Forumda ishlash bo'yicha yordam

«forum.ziyouz.com»ga xush kelibsiz. Forum Simple Machines® Forum (SMF) tizimida ishlaydi.

Forum orqali siz turli mavzulardagi muhokamalarda ishtirok etishingiz, o'zingizga kerakli mavzularni o'qishingiz, o'zingiz ham ma'lumot kiritishingiz, so'rovnomalar tashkil etishingiz mumkin.

Avvalo forumning umumiy qoidalari bilan tanishib chiqing.

TAQIQLAYMIZ:

- Mazax qilish. Hech qaysi shaxsni, forum ishtirokchilarini mazax qilish, kinoya,  istehzo bilan mulohaza bildirish mumkin emas.
- Biror bir shaxs bilan ittifoq tuzib, boshqalarga “hujum qilish” mumkin emas.
- Fahsh, behayo va haqorat so‘zlar bilan ro‘yxatdan o‘tish man qilinadi. Administrator tomonidan  bunday so‘zlar bilan ro‘yxatdan o‘tganlarning nomlari o‘chirib tashlanadi va ban qo’yiladi.
-  Irqiy va diniy kamsitish man etiladi.
- Terroristik, shaxvoniy va zararli, tahdidlovchi, haqoratlovchi, asabga teguvchi, qo‘pol, birovni shaxsiyatiga teguvchi, g‘azabli, irqiy va etnik qarshilikni ifodalovchi, fitnaga sabab bo‘ladigan postlar qilish, shunday saytlarga link berish qat’iyan man etiladi. Mana shunday post kiritgan a’zolar ban qilinadi.
- Takroriy mavzular ochish mumkin emas. Bir mavzu ochishdan ilgari avvalo oldin shunaqa mavzu ochilmaganligiga e’tibor bering.
- Muhokama qilinayotgan mavzuga tegishli bo’lmagan postlar qilish, offtop va floodlar mumkin emas. Bunday postlar zudlik bilan o’chiriladi.
- Bir xil mavzularni har xil bo’limlarda ochish va bir xil postni hamma mavzularda qo’llash man qilinadi.
- Ortiqcha ranglar, smaylik va o’lchamlardan foydalanish, faqat bosh harda yozish mumkin emas. Matn go’zalligini saqlash va o’quvc higa qulay bo’lishi uchun 3 dan ortiq effektlardan foydalanmaslik tavsiya etiladi.
- O’zbek tiliga yot bo’lgan jargonlar va til uslubini buzuvchi unsurlardan foydalanish, turli xil tillarni betayin aralashtirib mulohaza kiritish taqiqlanadi.
- Forum qoidalarini buzganlarga dastlab 2 kunlik ban, agar yana haddidan oshsa, accountni o’chirish va butunlay ban qilish jazosi qo’llaniladi.

TAVSIYA ETAMIZ:

- Mualliflik huquqi qonunlariga muvofiq  boshqa saytlardan material, rasm ko’chirib berilganda linkini ko’rsating.
- Fikringizni ochiq bayon qiling. Mavzudan chetlashmaslikka harakat qiling.
- O’qish qiyin bo’lgan juda uzun post qilmang. Bu holatda bir materialni 2-3 postga bo’lib berishingiz mumkin.
- Agar muhim xabar bo’lmasa faqat bosh harflarda yozmang. Shriftda turli ranglardan foydalanmagan ma’qul. E’tiborni qaratish maqsadida, qalin va egik shriflardan foydalanishingiz mumkin.
- Avatar tanlashda ham yuqorida taqiqlangan holatlardan tashqari, go’zal rasmlar tanlashga harakat qiling.
- Muhokamalar paytida o’zaro hurmat, bag’rikenglikka rioya qiling.
- Post qilib bo’lgach, uni yana o’zgartirishingiz mumkin.
- Agar  forumning ba’zi joylariga tushunmasangiz bu haqda administrator va moderatorlardan PM yoki e-mail orqali so’rashingiz mumkin.
- Forumning qidiruv sistemasidan foydalaning.
- Yangi mavzu ochishda o’zgalar e’tiborini o’ziga qaratib fikr yozing.

Shuningdek, ushbu mavzu bilan ham tanishib chiqing:

Forumda ishlash qoidalari va foydalari

  • Registering - Many forums require users to register to gain full access.
  • Logging In - Once registered, users must login to access their account.
  • Profile - Each member has their own personal profile.
  • Search - Searching is an extremely helpful tool for finding information in posts and topics.
  • Posting - The whole point of a forum, posting allows users to express themselves.
  • Bulletin Board Code (BBC) - Posts can be spiced up with a little BBC.
  • Personal Messages - Users can send personal messages to each other.
  • Memberlist - The memberlist shows all the members of a forum.
  • Calendar - Users can keep track of events, holidays, and birthdays with the calendar.
  • Features - Here is a list of the most popular features in SMF.

For more information about how to use SMF, please see the Simple Machines Documentation Wiki and check out the credits to find out who has made SMF what it is today.