forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Rasululloh SAV va sahobalar => Mavzu boshlandi: Muslimaxon 08 Noyabr 2006, 07:57:58

Nom: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: Muslimaxon 08 Noyabr 2006, 07:57:58
Ilm olinglar. Ilm bilan birga xotirjamlik, viqor va hilmni (muloyimlikni) ham olinglar. Sizga ta’lim berayotgan kishiga tavoze’li bo‘linglar. Sizdan ta’lim olayotgan kishilar ham tavoze’li bo‘lishsin. Jabr qiluvchi olimlardan bo‘lmanglar. Ilmingiz johilligingiz ustiga qoyim bo‘lmasin.

Ali ibn Abu Tolib
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 08 Noyabr 2006, 07:58:16
Olimning ado etilishi lozim bo‘lgan haqlari bor. Unga ko‘p savol bermaslik, javobiga e’tiroz qilmaslik, erinib turganida javob berishga zo‘rlamaslik, o‘rnidan turishga qo‘ymay, etagiga osilib olmaslik, sirlarini oshkor etmaslik, huzurida biror kishini g‘iybat qilmaslik, undan xato qidirmaslik, bordi-yu xato qilsa, uzrini qabul qilish, modomiki Allohning amriga itoat etarkan, unga ham Alloh uchun hurmat ko‘rsatish, oldida o‘tirib olmaslik, biror ehtiyoji bo‘lsa, uni ravo qilish uchun hammadan oldin shoshilish olimning haqlaridandir.

Ali ibn Abu Tolib
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 08 Noyabr 2006, 07:59:29
Ilm sarvat (boylik)dan ustundir. Chunki sen sarvatni qo‘riqlaysan, ilm esa seni qo‘riqlaydi.

Ali ibn Abu Tolib
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:33:30
Ilmiga amal qilmagan olim johillar qatoriga kiradi.

* * *

Ilm moldan yaxshidir, u seni muhofaza qiladi, molni esa sen qo‘riqlaysan. Ilm hokim, mol mahkumdir. Mol nafaqa qilish bilan kamaysa, ilm ziyoda bo‘ladi.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:33:44
Olim kishi kechalari qoyim, kunduzlari ro‘zador mujohiddan afzaldir. Olim vafot etsa, Islomda bir yoriq paydo bo‘ladi. U yoriqni faqat olimning o‘rinbosarigina to‘ldiradi.

* * *

Aql kabi mol, yaxshi xulq kabi do‘st, odob kabi meros, tavfiq kabi rahbar, ilm kabi sharaf yo‘qdir.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:33:58
Kufrga ketishning to‘rtta asosi bor: juda chuqurlashib ketish, o‘zaro kurash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosh tortish, darz ketish, bo‘linish.

* * *

Xudojo‘ylikning eng yaxshisi ibodatni ko‘z-ko‘z qilmasdan, yashiribroq bajo keltirishdir.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:34:13
Xushu’ bo‘lmagan namozda, keraksiz narsalardan saqlanmasdan tutilgan ro‘zada, tartil (qiroat) bilan o‘qilmagan Qur’onda, gunohlardan tiyilmasdan qilingan amalda, saxiylik bilinmagan molda, jiddiy bog‘lanmagan birodarlikda, ixlos bo‘lmagan duoda yaxshilik yo‘qdir.

* * *

Uch narsa xotirani ziyoda etadi va safroni ketkazadi: misvok ishlatish, ro‘za tutish va Qur’on tilovat qilish.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:34:31
Hayo va sabr qilishdek iymon bo‘lmas.

* * *

Har narsaning zakoti bor, badan zakoti ro‘za tutishdir.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:34:44
Kishi o‘zi bilan Alloh o‘rtasidagi aloqasini yaxshilasa, Alloh ham bandalari va uning o‘rtasidagi aloqasini yaxshilaydi.

* * *

Og‘izlaringiz Qur’on yo‘lidir, uni misvok bilan tozalangiz.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:34:57
Iymonlaringizni sadaqa berish bilan mahkam qilinglar, mollaringizni zakot berish bilan omon saqlanglar, balolar to‘lqinini duo bilan daf qilinglar.

* * *

Agar kishi jannatni istasa, o‘z istaklaridan qo‘l tortadi. Do‘zaxdan qo‘rqsa, harom narsalardan o‘zini tiyadi.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:35:14
Sabr qilinglar, chunki sabr etish - iymondan. Xuddi bosh jasadda bo‘lganidek, sabr ham iymonda bo‘ladi.

* * *

Allohning bir farishtasi har kuni "œO’lmoq uchun tug‘ilinglar, foniy bo‘lmoq uchun yig‘ilinglar, xarob bo‘lmog‘i uchun imorat quringlar", deb nido qilib turadi.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:35:27
Modomiki Allohdan boshqadan umid qilmas ekansan, Allohdan boshqadan ham qo‘rqma!

* * *

Taqvo - Yaratgandan qo‘rqish, tanzil (Qur’oni karim)ga amal, ozga qanoat qilish va oxiratga tayyorgarlik ko‘rishdir.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:35:43
Har kim amalga tanballik qilsa, Alloh uni bir g‘amga duchor qiladi.

* * *

Eng ulug‘ taqvo harom narsadan qo‘l tortishdir.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:35:56
Zohidlik misoli bir xazina bo‘lsa, xudojo‘ylik unga bir qalqon sanaladi.

* * *

Kimki xolis niyat bilan duo qilsa, duosi ijobatdan mahrum bo‘lmaydi.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:36:12
O’qishni bilsangiz, har bir inson bir kitobdir.

* * *

Aqlini ishlatgan odam aqllidir. Boshqalarningham aqlini ishlatgan odam undan-da aqlliroqdir.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:36:24
Qalb ko‘r bo‘lganidan keyin ko‘zning ko‘rishligidan foyda yo‘qdir.

Bilmagan narsani bilmayman, deb javob berishdan uyalmang.

Aqlli kishining tili yuragining ortida bo‘ladi, ahmoqning yuragi tilining orqasida bo‘ladi.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:36:50
Aqldek xazina yo‘q, jahldek faqirlik yo‘q, odobday meros yo‘q, mashvaratdek yordamchi yo‘q.

Dunyo hayotida sog‘lom odam xastadir. Zavqu safo surgan odam oxiri pushaymon    bo‘lgusidir.    Faqir    odam    hazindir.    Boy    odam    baloga giriftordir. Molining halolining hisobi, haromining azobi bor, shubhali foydalardan ozor topilgusidir.

Dunyo hayoti bilan oxirat hayoti bir erkakning ayni vaqtda nikohida bo‘lgan ikki xotiniga o‘xshaydi. Biri mamnun bo‘lsa, ikkinchisi kuyaveradi.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:36:58
Agar ne’matning bir chekkasiga erisha olsangiz, noshukr bo‘lib undan uzoqlashmang, yuz ham o‘girmang.

Orzu - tamannoga berilmaslik eng sharafli boylikdir, orzuning o‘zi yomon bir amaldir.

Poklik faqirlikning ziynati sanaladi, shukr qilish esa mol-dunyoning ziynati sanaladi.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:37:06
Boylik g‘urbatda ham vatan bo‘ladi, faqirlik vatanda ham g‘urbat bo‘ladi.

Jannatga ishtiyoqi bo‘lgan kishi dunyoda nafsoniy orzu-havaslaridan tiyilsin.

So‘ralmasidan avval berilsa, bu saxovat hisoblanadi. So‘ralganidan so‘ng berilsa, hayo yoki mazammat bilan bog‘liq bo‘lib qoladi.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:37:15
Qizg‘anchilik ojizlikning isyonidir.

Xasis kishi o‘z shahrida ham begona.

Rizqu ro‘zing ko‘p bo‘lsin desang, ko‘p sadaqa qil.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:37:23
Bir-ikki so’ bug‘doydan ovqat tayyorlab, birodarimni chaqirishim men uchun bozorlaringizga chiqib, qul ozod qilishimdan mahbubroqdir.

Eng ezgu ehson hojatmandga berilganidir.

Boylik ehson qilinsa - izzat, berkitilsa - xorlik keltiradi.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:37:33
Adolat - oxiratda najot, dunyoda saodat boshidir.

Muhtojga yordam berishni ertaga qoldirmang. Zero, sizga yoki unga ertaga nima bo‘lishini bilmaysiz.

Kimning hojati tushsa, unga ko‘mak berish sizga vojibdir.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:37:43
Har bir nafas tortish bilan birga umrdan bir qismi o‘tib ketaveradi.

Makorimul-axloq (yuksak xulq) quyidagi o‘n xislatdan ibodatdir: saxovat va hayo, rostgo‘ylik va omonatni joyiga berish, kamtarlik va rashk, shijoat va halimlik, sabr va shukr.

Insof - oliyjanoblik belgisidir.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:37:50
Dahr orzularni yangilaydi, taqdirni yaqinlashtiradi, yomon istaklardan uzoqlashtiradi.

Insonlarga marhamatli bo‘ling, qadringiz oshadi.

Alloh banda yaxshiligiga muhtoj emas, ammo bir yomonlik seni yaxshilikka eltsa ajab emas.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:37:58
Sabr ikki xil bo‘ladi: yomon ko‘rilgan narsaga chidamoqlik va yaxshi narsani eshitishga sabr etmoqlik.

Yordamini o‘zgalardan darig‘ tutmagan inson zikri keng yoyiladi.

O’zgalarga ozor berishdan saqlanish yaxshilik alomatlaridandir.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:38:10
Kechirish - eng yaxshi g‘alabadir.

Ishining mazasi bo‘lmagan kishining nasabi ish bermay qo‘yadi.

Ichimizda saqlar ekanmiz, har qanday sir bizning asirimizdir. Oshkor etgan paytimizdan boshlab biz uning asiriga aylanamiz.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:38:19
Til misoli tishlaydigan hayvondir. Agar qo‘yib bersang, g‘ajib tashlaydi. Shunisi borki, faqat uni tishlashdan xoli qilish kerak.

Sukut saqlang, uning eng oz foydasi - omonlikdir.

Kimki kerilib, o‘zidan mamnun-u mag‘rur bo‘lib yursa, u o‘ziga nisbatan boshqalarning nafratini keltiradi.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:38:29
Ey mutakabbir banda, sen jannatga kirishni xayolingga ham keltirmagin. Chunki Iblis jannatdan kibru havosi tufayli haydalgan. Kibru havo qilgan insonlar jannatga kiritilmaydilar.

Iffat hech narsaga ehtiyoj qoldirmaydi.

Avratga qaragan kishiga ham, (avratni) ko‘rsatgan kishiga ham Allohning la’nati bo‘lsin!
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:38:39
Ochko‘zlikdan hamda yaxshi ovqat, ichkilik, xotin-xalajga berilishdan o‘zini tutish iffat sanaladi.

Shaxsingizga dushmanlik qilganni avf etingiz. Lekin vataningizga, millatingizga va diningizga dushmanlik qilgan kishini kechirmangiz.

O’ziga do‘st topolmagan kishi odamlarning eng ojizi sanaladi. Bundan ham ojizrog‘i esa oldiniga birorta do‘st topadi-yu keyinchalik uni ham yo‘qotib qo‘yadi.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:38:47
Chin birodar og‘ir kuningda bilinadi.

Yaxshi qarindoshlik chidamlilik bilan yuzaga keladi.

Xotinning jihodi - erga itoat etmoqlikdir.
Nom: Re: Hazrati Ali hikmatlari
Yuborildi: Muslimaxon 05 Mart 2007, 10:38:56
Yomon xotin misoli go‘zal kiyingan chayonning o‘zidir.

O’z ahlingizni qadrlang. Zero, ular uchar qanotingiz, o‘rnashgan poydevoringiz va tutar qo‘lingizdir.

Kimda-kim g‘arazgo‘ylik jilovi bilan bir narsaga erishishga harakat qilar ekan, u shu istagiga erisholmaydi, hatto ajali ham yetmay o‘lib ketadi.
Nom: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: Mahdiyah 28 Mart 2008, 11:27:55
Ali karramallohu vajhadan quyidagi 7 narsa haqida so'rashganida shunday javob bergan ekanlar:
1. osmondan og'irroq narsa bormi?
- pok kishilarga bo'xton qilish
2. yerdan kengroq narsa nima?
- haqiqat
3. dengizdan boyroq narsa nima?
- qanoatli kishining qalbi
4. toshdan qattiqroq narsa nima?
- munofiqning qalbi
5. olovdan issiqroq narsa nima ?
- zolim podsho
6. muzdan sovuqroq narsa nima ?
- pastkashga muhtoj bo'lmoq
7. zahardan achchiqroq narsa nima ?
- sabr
Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: Mahdiyah 28 Mart 2008, 11:28:37
HAZRATI  ALINING RUBOYISI

YOMAN BIKA HOJATI VA RUHI BIYADAYKA,
AN G`AYRIKA A`RIZTU VA AQBALTU ILAYKA.
MOLI AMALUN SOLIHUN ISTAZHIRHU,
QAD JI`TUKA ROHIMAN, TAVAKKALTU ALAYKA.
Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: Mahdiyah 28 Mart 2008, 11:29:41
Qalb ko’r bo’lganidan keyin ko’zning ko’rishligidan foyda yo’q
Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: Mahdiyah 28 Mart 2008, 11:30:44
Ali raziyallohu anhu aytadilar: "Yig'lash uch ko'rinishda bo'ladi:
1-Alloh azobidan havf qilish
2-Alloh g'azabidan havf qilish
3-Uzilib qolishdan qo'rqish
Bularning birinchisi - gunohlarga kafforatdir. Ikkinchisi - ayblar uchun tozalanishdir.
Uchinchisi - yaxshi ko'rgan narsasiga rozi bo'lish bilan birga unga ega bo'lishdir. Gunohlarga kafforat bo'lishning mevasi uqubatlardan najot topishdir.
Ayblardan tozalanishning mevasi doimiy ne'mat va oliy darajalardir. Yaxshi ko'rishga muyassar bo'lish farishtalarni ziyorat etish va fazilatning ziyoda bo'lishidir".
Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: Munira xonim 22 Fevral 2009, 10:56:08
Assalamu alaykum.
Ali r.a. dedilar:
"DUnyo va oxirat mashriq va mag'ribga o'xshaydi. Agar biriga yaqinlashsang, biridan uzoqlashasan".
Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: Munira xonim 22 Fevral 2009, 10:58:40
Bir kishi Ali r.a. ga kelib dunyoga tavsif berishlarini so'radi.
U kishi dedilar:"Sog'lar kasal bo'ladigan, suyangan afsus nadomat etadigan, muhtoj kishi mahzun bo'ladigan, mustag'niy (behojat0 kishi sinov imtihon etiladigan, dunyoni tavsiflab o'tirmayman. Haloliga hisob, xaromiga azob va shubhalisiga itob-ta'na bordir".
Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: Munira xonim 22 Fevral 2009, 11:00:00
Hasan r.a. Ali r.a.ga dedi:
"Odamlar dunoyni yaxshi ko'rishini ko'ryapsizmi?"
Hazrati ALi dedilar:"Ular dunyoning bolalaridir. Kishi ota-onasini yaxshi ko'rgani uchun malomat qilinadimi?"
Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: Abdulhafiz 25 Fevral 2009, 08:06:16
 :as:
Ali r.a:"Dunyo vaqtincha hovlidan abadiy hovliga ko'chib o'tiladigan joydir. Odamlar unda ikki toifadir: bir toifa nafsini sotib, uni halok etadi. Bir toifa nafsni sotib olib, qutqaradi".
Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: Munira xonim 25 Fevral 2009, 08:38:30
Ali r.a. dedilar:"Mol-davlat, bola-chqangni ko'payishi yaxshilik emas, balki ilming va halimligingni ko'payishi yaxshilikdir".
Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: Abdulhafiz 25 Fevral 2009, 09:15:43
"Aql kabi mol, yaxshi xulq kabi do'st, odob kabi meros, tavfiq kabi rahbar, ilm kabi sharaf yo'qdir".
Ali ibn Abu Tolib r.a
Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: siddiqa 25 Fevral 2009, 13:43:40
Dunyoning haloli ustida hisob ,haromi ustida esa jazo bordir .
                                                                       
                                                            hazrati ALI(ra)
Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: Abdulhafiz 26 Fevral 2009, 22:37:44
"Sukut saqlang, uning eng oz foydasi-omonlikdir".
Ali ibn Abu Tolib r.a.
Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: Abdulhafiz 26 Fevral 2009, 22:40:54
"Qalb ko'r bo'lgandan keyin, ko'zning ko'rishligidan foyda yo'qdir".
Ali ibn Abu Tolib r.a.
Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 08:51:45
Bizning Rasululloh (sav) bo'lgan sevgimiz qattiq tashna odamning suvga talpinishidan ham kuchliroq edi .
                                     
                                          Ali ibn Abu Tolib
Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: Abdulhafiz 25 Iyul 2009, 23:23:17
Til misoli tishlaydigan hayvondir. Agar qo'yib bersang, g'ajib tashlaydi. Shunisi borki, faqat uni tishlashdan xoli qilish kerak.
Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: Hadija 08 Oktyabr 2009, 19:57:45
Ali radiyallohu anhu  mehrobda namoz  o'qir ekanlar, soqollari ko'z yoshidan ho'l bo'lib ketardi va
"Ey meni chalg'itgan va g'urur-haddan oshishga chaqirgan dunyo, sen uch taloqsan, senga qaytish yo'qdir!"
der edilar.
Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: Mahdiyah 23 Fevral 2010, 22:47:59
Ali karamullohu vajhahu o’g’li Hasanga dedi: "œEy o’g’lim! Haqiqiy g’arib habibi (do’sti) yo’q kishidir".
Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: Mahdiyah 23 Fevral 2010, 22:51:36
Boyning xasis bo`lishi unga berilgan jazodir.
Hazrat Ali
Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: Mahdiyah 23 Fevral 2010, 22:55:44
Kim ilm talabida bo’lsa, jannat uning talabida bo’ladi. Kimki ma’siyat talabida bo’lsa, jahannam uning talabida bo’ladi.

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu
Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: Mahdiyah 23 Fevral 2010, 22:57:14
Taqvo Yaratgandan qo’rqish, nozil bo’lgan narsaga amal qilish, ozga qanoat etish va oxiratga tayyorgarlik ko’rishdir.

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu
Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: Mahdiyah 23 Fevral 2010, 22:58:04
Aqlini ishlatgan odam aqllidir. Boshqalarning ham aqlini ishga solgan odam undan-da aqlliroqdir.

Hazrati Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu
Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: Mahdiyah 23 Fevral 2010, 23:00:43
Mana shu so'zlar manga juda yoqdi... naqadar keng ma'no... Alloh rozi bo'lsin shunday insonlardan

Hazrati Ali roziyallohu anhudan so’radilar:
- Aql insonning qayerida?
- Aql qalbdadir
.

Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: Mahdiyah 23 Fevral 2010, 23:04:12
Hazrati Alidan  :ra: rivoyat qilinadi:

"œDunyo ne’matidan Islom ne’mati senga kifoya qiladi.
Mashg’ulotdan toat mashg’uloti senga kifoya qiladi.
Ibrat olishda o’limdan ibrat olish senga kifoya qiladi"
.
Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: Muzayyana 29 Aprel 2010, 15:34:06
Hohlagan kishingga karam ko'rsat, uning amiriga aylanasan.
Hohlagan kishingdan so'ra, uning asiriga aylanasan.
Hohlagan kishingdan behojat bo'l, uning o'xshashi bo'lasan.

Ali ibn Abu Tolib :ra:
Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: JaviK 30 Aprel 2010, 08:29:01
Ali Karramallohu Vajhahuning juda bir chiroyli so`zlari borki, u bizlarga o`rnak bo`larlidir: "Mening qo`rqadigon narsam havoiy nafsga tobe` bo`lish va uzun orzular qilishdir. Havoi Nafsga tobe` bo`lish haqdan qaytaradi, Uzun orzular esa oxiratni esdan chiqaradi.  "
=====================================================================================
Sizlar oxiratning bolasi bo`linglar, bu dunyoni bolasi bo`lib qolmanglar.  

=====================================================================================
Bu kunda amal borku hisob yo`qdir, Ertaga esa hisob borku, amal yo`qdur.    
Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: Shukrona 19 May 2011, 09:52:17
Assalomu alaykum.

Solih amal qilmasdan turib,jannatni istovchilardan,hali ko’p yashayman deb,tavbani kechiktiruvchilardan bo’lma.

Kasal bo’lsangvoy,uf dema.Agar tuzalsang, huddi hech qachon o’lmaydigandek kibrlanma.

Ertaga qolmasa bugungi ishi, Bu dunyoda g’olib yashar shul kishi.
                                                                                                Xazrati Ali (r.a).

Nom: Re: Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Yuborildi: Abdulhafiz 13 Yanvar 2012, 20:42:25
"Allohning Kitobini o'rganing, chunki Allohning Kitobi so'zlarning eng ustunidir. Qur'onga doir bilimlarni egallang, chunki Qur'on qalblarning bahoridir. Qur'on nuridan shifo tilang, chunki Kalomulloh ko'ksingizdagi kasalliklarga shifodir."

Ali ibn Abu Tolib r.a