forum.ziyouz.com

Yurtdosh => Hamyurtlar => Mavzu boshlandi: Farida 09 Noyabr 2006, 06:29:49

Nom: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Farida 09 Noyabr 2006, 06:29:49
Assalomu alaykum!
O'zbekistonda har xil shevalar bor.
Lekin har bir bir shevaning o'ziga xosliklari mavjud.

Sizga qaysi sheva yoqadi?
O'sha shevaning qaysi so'zlari sizga yoqqan?
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Shoxjahon12 09 Noyabr 2006, 12:40:04
Assalomu alaykum!
O'zbekistonda har xil shevalar bor.
Lekin har bir bir shevaning o'ziga xosliklari mavjud.

Sizga qaysi sheva yoqadi?
O'sha shevaning qaysi so'zlari sizga yoqqan?

O'zimni shevamdan tashqari :)  Xorazmliklarning shevasi yoqadi.Ularning "nichiksiz?" (qalaysiz? bo'lsa kerak) degan so'zi juda yoqimli..:)))
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Farida 13 Noyabr 2006, 06:56:41
Manga farg'onalilani shevasi yoqadi.
yapti, yapti deyoishlari yoqadi.
Xorazm shevasi ham go'zal, lekin biroz tushunish qiyinroq. :)
Toshkent viloyatini kevottim, qivottim deyishlari yoqadi.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Muslimа 13 Noyabr 2006, 08:50:43
Assalomu alaykum!
Manimcha hamma shevalar uziga hos.
Lekin manga Farg'ona vodiysini shevasi, ayniqsa Marg'ilon va Qo'qon shevalari yoqadi. Bu shevada qandaydir bir erkalatishmi bor nazarimda...
Negadir shu shevalarda gapirishganda so'zlar judayam yoqimli eshtiladi.
Namanganliklar hafa bo'lishmasinku, lekin nazarimda ularni shevasida gapirishganda oddiy gaplar ham hazilga o'hshab chiqadi...
Yana bilmadim, bu mani fikrim halos!
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: AbdulAziz 14 Noyabr 2006, 07:28:12
Assalomu alaykum!

Qo'qonliklarning b] deyishlari,ala, apa deyishlari yoqadi.
Bag'dodliklarning qipchoq shevasida bordim tog'in deyishlari,
Buvayda, Uchko'prikliklarning ng'lab keling'lar, borg'andan keyin deyishlari,
Rishtonliklarning ettamatanp deyishlari,
Oltiariqliklarning oyappan, keyappan deyishlari,
Anjanlillarning bo'looradi, kelooradi deyishlari yoqadi.
Namanganliklarning shevasi juda yoqadi, erkalab gapirishadi. Keyin ba'zi qo'shimchalarni cho'zib-cho'zib gapirishadi. Masalan, bo'maaaydi, maaatab.
Toshkenlilarning kotta itlarni ham kuchu deyishlari yoqadi.
Qashqadaryoliklarning -da bilan -gani almashtirib gapirishlari yoqadi.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Shahina 05 Dekabr 2006, 00:10:27
Mangayam farg'ona shevasi juda yoqadi. Ayniqsa erkalanib gapirishlari...
Vodiyliklarni shevasidan andijonliklarniki biroz to'poriroq tuyuladi manga, balki Valijon Shasiyev juda orttirvorgandir.
Marg'ilonliklar xonadon-uyni eshik deb ham ishlatisharkan:
Bizi eshikka ham o'tinglar.

Jizzaxliklarni shevasi ham o'ziga xos. Ayniqsa tog' qishloqlarining shevasi ajoyib:
damnigina juripsanma, ayna.

Xorazmlilarni shevasiga umuman gap yo'q. Tezroq gapirishsa umuman tushunib bo'lmaydi. Manga "nichiksan, janlimi?" deyishlari yoqadi.

Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Mahdiyah 15 Dekabr 2006, 13:59:24
Manga shevalar ichida eng yoqadigani bu bolalar shevasi.  :D

Ashalomalekum. Shu ichvoshe maylimi?
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Munira xonim 15 Dekabr 2006, 14:42:15
Manga shevalar ichida eng yoqadigani bu bolalar shevasi.  :D

Ashalomalekum. Shu ichvoshe maylimi?

To'g'ri, hamma shevani o'ziga yarasha tomonlari bor.
Lekin bolalarnikiga yetadigani yo'q.
Juda topib gapiribsiz, Noza.
Meni kichik qizim akasi yoki opachasi bilan tortishib qolsa shunday deydi:
"Hoji bashavangni yoyib qo'yaman"
:)  :)  :)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Sumayya 17 Dekabr 2006, 22:51:19
Assalamu aleykum!
Man toshkentliklarni shevasidan boshqasini bilmas, ekanman sizlarni postlaringizni uqib, havasim keldi.  :)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Sumayya 17 Dekabr 2006, 22:53:20
"Hoji bashavangni yoyib qo'yaman"
:)  :)  :)
:D
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Muhammadiy 18 Dekabr 2006, 00:01:29

Rishtonliklarning ettamatanp deyishlari,

Bu nima degani?
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: ikbaljohn 09 Fevral 2007, 16:10:37
Assalomu alaykum!
Manimcha hamma shevalar uziga hos.
Lekin manga Farg'ona vodiysini shevasi, ayniqsa Marg'ilon va Qo'qon shevalari yoqadi. Bu shevada qandaydir bir erkalatishmi bor nazarimda...
Negadir shu shevalarda gapirishganda so'zlar judayam yoqimli eshtiladi.
Namanganliklar hafa bo'lishmasinku, lekin nazarimda ularni shevasida gapirishganda oddiy gaplar ham hazilga o'hshab chiqadi...
Yana bilmadim, bu mani fikrim halos!
Ha haqqatta Mag'ilon bilan Qo'qondi shevasi boshqachata.Umrizdan baraka topin
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Shahina 10 Fevral 2007, 13:24:34
Yana qanaqa shevalarni bilasizlar?
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: ikbaljohn 10 Fevral 2007, 14:59:03
Yana qanaqa shevalarni bilasizlar?
Qoraqalpoq bilan Xorazm shevasi,Samarqandning Ishtixon shevasi,Shaxrisabz,Buvayda,Pop va Chilonzor tumanini shevasini cho'tkiy bilaman... 8)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Farida 10 Fevral 2007, 19:33:04
Misol keltira olasizmi?
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: ikbaljohn 12 Fevral 2007, 09:21:39
Misol keltira olasizmi?
Qaysi biriga misol kere?
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Muslimа 12 Fevral 2007, 10:15:06
Horazimchaga bitta misol eshitilu! :)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: ikbaljohn 12 Fevral 2007, 10:30:27
Horazimchaga bitta misol eshitilu! :)
Hm.Nichiksiz,janlimisiz?Nog'a go'rinmisiz?
Agar xorazmlilar o'qib qolishsa mani toshbo'ron qilishsa kere..
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Farida 12 Fevral 2007, 13:50:13
Horazimchaga bitta misol eshitilu! :)

Hovva, nichiksiz...

Yana masalan, ayni so'zlar qayerda qanday ishlatiladi. Shu haqda ham yozinglar.

Masalan,
Narvon (toshkent shevasida)
Shoti (Farg'ona)
Yana qayerlarda qanday ataladi?
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Muslimа 12 Fevral 2007, 14:32:18
Masalan,
supurgi (Toshkent)
shiprgi (vodiy)
shipirtki (Samarqand).

Mushuk (Toshkent)
pishak (Samarqand)

Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: ikbaljohn 12 Fevral 2007, 16:05:08

Mushuk (Toshkent)
pishak (Samarqand)

Mishiq (Farg'ona)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: AbdulAziz 12 Fevral 2007, 17:55:21
Yana ba'zi so'zlar borki, bir joydagi ma'no boshqa joyda uning teskarisi bo'lib chiqishi mumkin.
Masaln, Toshkentda, opoqi so'zi ayol kishiga nisbatan qo'llaniladi.
Bizda esa (Marg'ilon va uning atrofida) bu so'z ayol kishiga nisbatan ishlatiladi.

Bir qiziq voqea yuz bergan ekan.
Marg'ilondan bir yosh nonvoy yigit Toshkentga keladi va nonvoyxponada ishlaydi.
Ishning birinchi kunida bir otaxon nonga kelsa, haligi yigit:
- Keling, opoqi, nondan beraymi, desa, haligi otaxon hassasi bilan bir tushirgan ekan

:) :) :)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Shahina 15 Fevral 2007, 03:31:06
Ona so'zi har bir hududda har xil ishlatiladi:

Masalan Toshkentda "opa", "oyi" deyishadi.
Marg'ilonda "aya" deyishadi.
"ena" deydigan hududlar ham bor.

Eng qizig'i xorazmliklarning dadasini "aka" deyishlaridir. Birinchi marta eshitib hayron qolgan edim.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Odina 16 Fevral 2007, 16:01:14
Assalomu  Alaykum!!!

Bizda   onani  Va, deyishadi  otani esa  Dado, akani ako , opani apo ,  ukani  iko  deyishadi. Alabtta  bu sheva  Namanganni Chustida tumanida  ishlatiladi.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: ikbaljohn 14 Aprel 2007, 13:04:27
Lekin yomonam prikol sheva Namangan shaharni shevasi... :14 Eshitsam mazza qivoraman... :13
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: shoir 18 Yanvar 2008, 17:31:58
Assalomu  Alaykum!!!

Bizda   onani  Va, deyishadi  otani esa  Dado, akani ako , opani apo ,  ukani  iko  deyishadi. Alabtta  bu sheva  Namanganni Chustida tumanida  ishlatiladi.

Tojikcha aksentga yaqin ekan-da-a?

Sizlar ham Namangan shaharnikiga o'xshab, so'zlarni cho'zib aytasizlarmi?
Masalan, maaaatab, Bo'maaaydi...

Yana qanaqa ajoyib so'zlari bor?
Nom: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: lolo 20 Yanvar 2008, 08:08:12
Hamma uchun o'zini shevasi qulay bo'lsa kerak va o'zining shevasi yoqsa kerak! Manga faqat va faqat Toshken shevasi yoqadi. Aniqrog'i - eski shahar!
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Rukhiya 26 Yanvar 2008, 16:41:49
Yana ba'zi so'zlar borki, bir joydagi ma'no boshqa joyda uning teskarisi bo'lib chiqishi mumkin.
Masaln, Toshkentda, opoqi so'zi ayol kishiga nisbatan qo'llaniladi.
Bizda esa (Marg'ilon va uning atrofida) bu so'z ayol kishiga nisbatan ishlatiladi.

Bizda ya'ni Qo'qonda "Opoqi" so'zi ayamizi dadalariga yoki dadamizi dadalariga ishlatiladi.Erkak kishiga nisbatan ishlatamiz.
Tushuntiraoldimmi?Dada so'zi bilan aya so'zini bilsilar kerak-a?
Manimcha Qo'qon shevasi juda sodda bo'lsa kerak.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: zakiya 25 Fevral 2008, 20:18:31
menga andijon shevasi yoqadi va xozir men toshkenchani andijonchaga o'girishim keak{tadbir uchun}qayerga murojaat qilay/iltimos yordam beringlar. :o
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: zakiya 25 Fevral 2008, 20:20:19
menga andijon shevasini yoqishini sababi.ularni tilini tishunish osonroq.shevaladan eng yahshi tushunadiganim andijoncha. :3
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: zakiya 25 Fevral 2008, 20:39:23
andijoncha zo'r shevaladan bittasi.masalan;ayodan-ashaqdan,obering-abering,ozgina-jichcha....kabi zo'r so'zlari bor
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: ikbaljohn 26 Fevral 2008, 13:55:06
andijoncha zo'r shevaladan bittasi.masalan;ayodan-ashaqdan,obering-abering,ozgina-jichcha....kabi zo'r so'zlari bor
Уша угириш кере буган гапларни шатга ёзинг,дарров угириб,угра-чучвара киберамиз
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Mars 26 Fevral 2008, 14:08:56
andijoncha zo'r shevaladan bittasi.masalan;ayodan-ashaqdan,obering-abering,ozgina-jichcha....kabi zo'r so'zlari bor
Men yordam beraman Anjanliman
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Mahzunabonu 27 Fevral 2008, 11:46:45
Men yordam beraman Anjanliman
Mars, darrov hamshaharlar bilan topishib oldizmi ::)

Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Mars 27 Fevral 2008, 12:23:23
Mahzunabonu bu yerda ham bor shekilli.
Aytgancha aytganizdek ancha qiziqarli ekan bu forum rahmat
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: 20aziz01 12 Mart 2008, 10:24:54
har bir shevaning o'z kelib chiqish tarixi bor ularning birini yaxshi birini yomon deb bo'lmaydi chunki hammamiz turkiylarmiz
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Chustiy 12 Mart 2008, 10:33:35
Sheva nafaqat Uzbda balki, dunyoning turli mintaqalaridayam sheva bor hatto Arab davlatlaridayam Slavyan davlatlaridayam borligini eshitgandik.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Muzayyana 08 Aprel 2008, 15:58:19
Assalomu alekum! Man Chustiy ni gaplariga qo'shilaman, dunyoda tildan ko'ra shevalar ko'p. Masalan man ingiliz tilini o'rganaman, o'xxo', nafaqat ingiliz tili, balki Birgina londonni o'zida bir qancha shevalar bor.
Manga Farg'ona-Qo'qon shevasi yoqadi, sababi, u xamma uchun tushunarli va adabiy tilga juda yaqin...
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Chustiy 08 Aprel 2008, 22:07:31
Yog'e Qqon va Fargonadayam tliq tushunarli va adabiy emas "aqa-baqa", "erta-matan" kabi szlarni hamma ham tushunmasa k/k, yoki Andijonchasiga "ma kelish" desa birinchi eshitgan odam tushunmasa kerak hullas mani ojizona fikrimcha Uzb viloyatlarini hech birida tliq adabiy tilda gaplashishmasa kerak matbuot, tv va radiodan tashqari.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Muzayyana 15 Aprel 2008, 16:47:52
Assalomu alekum, Man to'liq mos keladi dimadim, shunchaki juda yaqin didim, to'ri ayrim so'zlarni xisobga olmaganda. Ona tilidan o'tganmiz,  Farg'ona sheva yaqin xisoblanadi, mani ojizona fikrimcha......
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Olimxon 15 Aprel 2008, 17:00:24
Muzayyanani gapi to'ppa to'g'ri.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Sakina 15 Aprel 2008, 22:48:32
Manga toshkent bilan andijoni va o'zimizni shevamiz yoqadi.
Asosan mana bu so'zlari:(andijoncha)
Shunaqa - Ashnaka.
O'sha - Ashi.
Olib qo'ying - oppo'ying.
Kotta odamlar ham yosh bolaga o'hshab gapiryotganga o'hshidi
Uzbekistondegi eng adabiy sheva Sirdaryoniki bo'sa kere bizi shevamiz :P aksentla juda ham kam ishllatiliadi. Misol uchun:
o'shada -  o'shada, shuda. (toshkentchada - shude. andijonchada ashida ba'zida ashta dib eshitaman :D)
Mana bu yerdan - manavi yerdan, manetdan. andijonchada manettan. toshkentchada mambttan.
Hullas to'risi yozomadim. Lekin manga hamma shevalar yoqadi :) ayniqsa enggg yoqtirganim andijoncha. Lekin tushunishga qiynalaman andijonlikla bilan gaplashib qosam bitta so'zi 100 martta qaytarib so'rasamam tushunmiman bazila qulog'i og'irroqmi dib o'ylashsa kere : ((( Yoki tushunmasam ham ha dib turvuraman.
Bir kuni qo'qonlik bo'sa kere, bittasi manga nimadur diyudim "ha issalba gullagandaami?!" tushunmadim, disam issalba gullagandami 3 - 4 marotabada ham tushunmadim keyin ha dib qo'ya qosam, tushundizmi didi ha disam nima didim?didi. salba digan qanaqadur daraxt bormi? :P dib so'ramman rossa qotti. Keyin bilsam stolba divotganakanla...
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Chustiy 15 Aprel 2008, 23:31:06
Sirdaryo, Ohonbabayev,Malek, Baht, Guliston, Hovos va Yangiyerlarga kp borganim va u yerdagilarlar b/n juda ham kp suhbatlashganim bois u yerdayam eshitganizda yge diydigan iboralar kp oddiy misol: jinnini Sirdaryoda jindi deydi, yoki qovoqni kadili deyishsa birinchi eshitgan odam ensasi qotadi, ammo buni ham ziga yarasha gashti bor, Sayhunobod yoki Bahtdagi Zoominlik turklaniku shevasini umuman gapirmasa ham bladi, gaplashseyiz miriqib kulasiz, "uytib, shuytib, voy mnerim, oh betim qaro" kabi gaplari zrde, Forishliklar: "vijjilaq suv bilan bitta taxta pichini berin", "gazli suv bilan bitta korjik bering" deganida :D   
 
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Sakina 15 Aprel 2008, 23:41:16
Qovoqni - kadili diyishini birinchi eshitishim rosti ::) lekin to'g'ri jinni - jindi, n harifini o'rniga ba'zan d qo'shib gapiriladi :) u ham bilinar bilinmas. . .
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Chustiy 15 Aprel 2008, 23:53:37
Unda Bahtga tashrif buyuring kadili haqida eshtasiz,;) Horazm shevasidan kra qiyin sheva blmas k/k.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Rukhiya 16 Aprel 2008, 00:09:44
Qovoqni - kadili diyishini birinchi eshitishim rosti ::) lekin to'g'ri jinni - jindi, n harifini o'rniga ba'zan d qo'shib gapiriladi :) u ham bilinar bilinmas. . .

Hmmm... Sakina man ham birinchi marta eshityappan, bu so'zdi. Shuncha payt qo'qonda  yashap eshitmagan akanman.    :) Lekin Qo'qon shevasi rasa o'zgartirib gapiriladida, qayesi so'z qularoq jaranglasa ashuni gapirovramiz.
Ana haqiqi Qo'qoncha shevasida yozdim.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Chustiy 16 Aprel 2008, 00:18:17
Sakina Qoqon shevasini emas Sirdaryoni shevasini nazarda tutdilar vAllhu a'lam, hullas hamma viloyatni shevasi zr hammasini ziga yarasha yoqimliligi bor. Hamma vl. shevalarini hurmat qilaman.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Rukhiya 16 Aprel 2008, 00:43:11
Ha,  man adashippan.  Qovoqni Qo'qon deb o'qibman. Uzr..
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Muzayyana 01 May 2008, 14:51:15
Assalomu alekum!
Rukhiya, opajon rostdan xam Qo'qondanmisiz? Yoki xazillashdizmi? A?
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Ulugbek-Uz 20 May 2008, 13:03:04
Манга Хоразм шеваси ёқади.
Аишатиб стирибсан, ҳаз стиб юрибсанми, ёшулли .....нечиксан, ховва,нердасан
    А остдан хар бир шевани сзига хослиги бор. Масалан, ман туғилиб ссган жойдаги ширкат хсжалигида (илгариги совхоз) нечта қишлоқ бслса ҳар бир қишлоқни шеваси бслакча, (ва албатта шунга мос уруғлари хам, масалан, кснгирот, барлос, қатағон ва ҳ.к.) бунга нима дейсиз?

     Бу шевалар орасида Бухоро, Самарқанд шевасига схшаш шева ҳам, ж-чи сзбеклар шеваси ҳам, адабий тилга сқин шева ҳам, бошқа шеваларга схшамаган сзига хос шевалар ҳам мавжуд.
Кичкина мисол:
Борспман - боропман-бороппан-боромман
Борспти - боропти-боротир.

     p.s. ошқовоқни бизда хам кади, ошкади дейишади :) ошқовоқ деб куринг, манави шаҳарликни кара деб устингиздан кулишади :)))

    Аки қишлоқда адабий тилда гапирсангиз ҳам сх-ху бу шаҳарлик булиб кетиб тили сзгариб кетибтими, дейишади.

Хуллас, қаерда бслсак ҳам, қандай бслсак ҳам, сзимизни, сзлигимизни унутмасак бслди!    
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: saraton07 20 May 2008, 13:53:52
Assalomu-alaykum Xonimlar va Janoblar.
Bilasizmi, hamma shevaning o'ziga yarasha  chiroyi va  jozibasi bor. Mang hamma shevalar yoqadi. Surxon,Qashqadaryo, Buxoro,Xorazm,Toshkent, Vodiyliklar.. ....Juda chiroyli shevalar. Bular orasida ko'pincha Xorazm, Vodiy, Surqash shevalari   jozibadorroq manimcha, Toshkentnikini ham  qolishmaydi. Lekin toshkent yoshlari, boshqa shevalarga munosabatlari g;alatiroq.Negadir shunaqa, shu uchun Viloyatliklar Toshkentda, Toshkentchasiga harakat qilishadi.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Mr.Twister 04 Avgust 2008, 23:54:04
Buxoro shevasiga gap yo
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Munavvara 05 Avgust 2008, 11:02:49
Mr.Twister fikrizga qo'shilaman :)))
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Mohlaroyim 12 Avgust 2008, 17:17:59
Assalaamu alaikum
Menga Margilon shevasiyam rossa yoqadi, baribir Anjonchasi ko'pro yoqadi.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Hadija 01 Sentyabr 2008, 14:46:37
Buxorodek chiroyli sheva yo'q mani fikrimcha :))). Albatta boshqa shevalar ham yomonmasu, lekin Buxoroni shevasi boshqacha.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: mutaallimah 02 Sentyabr 2008, 05:05:31
Qovoqni - kadili diyishini birinchi eshitishim rosti ::) lekin to'g'ri jinni - jindi, n harifini o'rniga ba'zan d qo'shib gapiriladi :) u ham bilinar bilinmas. . .

Hmmm... Sakina man ham birinchi marta eshityappan, bu so'zdi. Shuncha payt qo'qonda  yashap eshitmagan akanman.    :) Lekin Qo'qon shevasi rasa o'zgartirib gapiriladida, qayesi so'z qularoq jaranglasa ashuni gapirovramiz.
Ana haqiqi Qo'qoncha shevasida yozdim.

Iyyee opajon Farg'ona Qo'qon Matg'ilon shevalarini bir biriga kiydirip tashabsizuu :D
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Munavvara 01 Oktyabr 2008, 21:51:42
Sheva haqida bir qiziq ma'lumot
Xorazmliklar o'z yaxshi ko'rgan insonlarini "KADI" deb murojaat qilisharkan qizig'a
a bizani Buxoro shevada bu so'z Qovoqni anglatadi :D :D :D
Nom: Ziyouz.com
Yuborildi: Mr.Twister 05 Oktyabr 2008, 20:21:13
O birodar yaxshi ma'lumot berdingiz. Nasib qilsa Xorazmga borsam qovoqni kadi demaslikka harakat qilaman.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Feruz Sodiqov 01 Dekabr 2008, 06:57:58
fikringizga 100% qo'shilaman
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Fatima 17 Avgust 2009, 12:35:18
 :as:

manga ashi vodiy shevasi yoqadi  : )
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Ansora 22 Avgust 2009, 14:58:01
A.alaykum azizlar. Qalay Ramazonlar bilan charchamay yuribsizlarmi:)
Har bir tilning shevasi u tilning boyligidir. Shevalar buketning ichidagi turfa gullarga o'hshaydi. Qaysi shevada gapirsa gapirsin muloyimlik bilan gapirsa chiroyli eshitilaveradi, lekin dunyoning eng chiryoli tili bo'lsa ham baqirib gapirsinchi menimcha uning chiroyliligidan asar ham qolmaydi:)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 09 Noyabr 2009, 17:37:51
Sheva haqida bir qiziq ma'lumot
Xorazmliklar o'z yaxshi ko'rgan insonlarini "KADI" deb murojaat qilisharkan qizig'a
a bizani Buxoro shevada bu so'z Qovoqni anglatadi :D :D :D

Kechirasiz-u, lekin Xorazmda KADI so'zi boshqa ma'noda ishlatiladi. Ular yaxshi ko'rgan insonini unaqa atamaydilar, balki umuman yomon insonlarni, aniqrog'i ko'cha qizlarini shunaqa deydilar.

Aslida bu haqida aytib o'tirishim shartmas edi-ku, lekin biror ko'ngilsizlikni oldini olish uchun aytishni xohladim. Tag'in Xorazmga borganda biror kishiga siz KADIsiz deb bilmasdan aytib qo'ymang... Ayniqsa Mr.Twister. Tag'in ko'zingiz ko'karib qolmasin...
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Mr.Twister 09 Noyabr 2009, 17:41:22
Afsus bir marta bir xorazmlikka kallang kadi ekan deb yuboruvdim... NIgohlkari bilan yeb qo`yay degandi o`shanda, keyin kechirim so`rab, Qovoq kalla degandim
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: lolo 09 Noyabr 2009, 18:37:07
Assalamu alaikoum!
Manga toshken shevasi yoqadi "VOTTI-VOTTI". Balki toshkenli bo'ganim uchundir. Boshqalari esa g'ashimga teyadi eshitganimda. Lekin Radio va TVlarda imkon qadar harakat qilib gapirilvatgan ADABIY TIL chiroyli, va vallohu a'lam u o'z yo'liga...
Keyn manga arab tili (Qur'on tili) yoqadi. Qaniyni butun dunyo arab tiliga o'tsa...
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Arbuzchi 09 Noyabr 2009, 18:39:39
Assalamu alaikoum!
Manga toshken shevasi yoqadi "VOTTI-VOTTI". Balki toshkenli bo'ganim uchundir. Boshqalari esa g'ashimga teyadi eshitganimda. Lekin Radio va TVlarda imkon qadar harakat qilib gapirilvatgan ADABIY TIL chiroyli, va vallohu a'lam u o'z yo'liga...
Keyn manga arab tili (Qur'on tili) yoqadi. Qaniyni butun dunyo arab tiliga o'tsa...
:vslm: Maqas Toshkencha shevani yoqtirib. Nimasi yaxshi. Qo'poldan qo'pol. U bu forumga yangi user bo'p kirib, adashib toshkenchasiga opketib qoseyz, srazu namyokla qilishni boshlashvorishadi... :D Boshimda sinaganmiza... :1
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Ansora 09 Noyabr 2009, 18:59:13
Assalamu alaikoum!
Manga toshken shevasi yoqadi "VOTTI-VOTTI". Balki toshkenli bo'ganim uchundir. Boshqalari esa g'ashimga teyadi eshitganimda. Lekin Radio va TVlarda imkon qadar harakat qilib gapirilvatgan ADABIY TIL chiroyli, va vallohu a'lam u o'z yo'liga...
Keyn manga arab tili (Qur'on tili) yoqadi. Qaniyni butun dunyo arab tiliga o'tsa...

V.assalom...

Voy asal qiz, sizday pedagog "g'ashimga tegadi" deb tursa boshqalar nima desin.

Menam ANJANLİKMAN, palakdi ezmang : )

Yuqorida ham yozganimday, qaysi sheva bo'lsa bo'lsin, shirin gaplarni gapirsa yaxshi eshitilaveradi, urishganda esa "eng chiroyli" deganimiz ham "dunyoning eng hunuk ovoz chiqarishiday" bo'ladi!
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: lolo 09 Noyabr 2009, 19:11:20
Subhanalloh!
Kapalak, gaplarizdan mazam qochip qovatti, odammi unaqa qo'rqitmen...
Arbuzchi, yonizda bironta yure dori yo'mi?...

Yoki bekinadigan joy bomi bironta???
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Ansora 09 Noyabr 2009, 19:17:34
Subhanalloh!
Kapalak, gaplarizdan mazam qochip qovatti, odammi unaqa qo'rqitmen...
Arbuzchi, yonizda bironta yure dori yo'mi?...

Yoki bekinadigan joy bomi bironta???

Qo'rqitmadim, shunchaki men ham svevamni yaxshi ko'raman, dedim.

Chunki bu shevada ilk marotaba ayam alla aytganlar, ilk marotaba gapirishni o'rgatganlar....Alloh nasib bo'lsa ohirgi so'zim ham yana bu shevada bo'ladi...
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: registan 09 Noyabr 2009, 19:23:02
Subhanalloh!
Kapalak, gaplarizdan mazam qochip qovatti, odammi unaqa qo'rqitmen...
Arbuzchi, yonizda bironta yure dori yo'mi?...

Yoki bekinadigan joy bomi bironta???

Qo'rqitmadim, shunchaki men ham svevamni yaxshi ko'raman, dedim.

Chunki bu shevada ilk marotaba ayam alla aytganlar, ilk marotaba gapirishni o'rgatganlar....Alloh nasib bo'lsa ohirgi so'zim ham yana bu shevada bo'ladi...

InshaAlloh oxirgi so'zingiz Anjan shevasidamas Arab tilidagi kalimai shahodat bo'ladi.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Ansora 09 Noyabr 2009, 19:26:57

Har kallada har xayol....Buni yozishdan maqsadim boshqa edi....
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Muhseena 09 Noyabr 2009, 20:37:43
Manga adabiy shevada yozish va o'qish,Toshkent shevasida gapirish,hamma shevalarni eshitish yoqadi...Hammasi ajoyib o'ylab qarasam...Allohning bir hikmati  deb o'ylayman.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Muhseena 09 Noyabr 2009, 20:47:21
Manga adabiy shevada yozish va o'qish,Toshkent shevasida gapirish,hamma shevalarni eshitish yoqadi...Hammasi ajoyib o'ylab qarasam...Allohning bir hikmati  deb o'ylayman.

gappiyam chachib quydizu :) FKG ga mos qilib

adabiy sheva borligini endi eshitishim ikkam tuqsonga kirib :)

Ha,endi bizadan har xillarini eshitvuras,sheva haqida gap ketgan ekan uchun sheva deb olaverdim.Adabiy til,adabiy sheva,sizga nima farqi bor.Man domlalarimdan ko'p eshitganman,balki silaga yetib bormagandir  ;)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Bekmirzo 09 Noyabr 2009, 20:57:24
helo-helo qimo'nar!  ;)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Chustiy 11 Noyabr 2009, 19:04:23
Assalamu alaikoum!
Manga toshken shevasi yoqadi "VOTTI-VOTTI". Balki toshkenli bo'ganim uchundir. Boshqalari esa g'ashimga teyadi eshitganimda. Lekin Radio va TVlarda imkon qadar harakat qilib gapirilvatgan ADABIY TIL chiroyli, va vallohu a'lam u o'z yo'liga...
Keyn manga arab tili (Qur'on tili) yoqadi. Qaniyni butun dunyo arab tiliga o'tsa...

Qani barcha lolohonning g'ashiga tegib gaplashadiganlar, qo'lini ko'tarib duoga qo'l ochishsin...  ;D
Iloyim, shu kishini g'ashiga tegadigan joyladan, ularni umri mobaynida g'ashiga tegsayam, zato ularni hamisha tushunib yetadigan va ikki dunyo bahtu saodatiga erishishi uchun sababchi bo'ldigan yor uchrasin...

Ishqilib ertaga taqdirni taqozosi bilan Voha yoki Vodiy taraplaga kelib bo'lib tushib qolsangiz Chustiyning go'riga g'ish tashimasangiz bo'lgani...  ;D
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Chustiy 11 Noyabr 2009, 19:06:28
helo-helo qimo'nar!  ;)

Chi guftid nafamedam...  ;D
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Chustiy 11 Noyabr 2009, 19:56:02
helo-helo qimo'nar!  ;)

Chi guftid nafamedam...  ;D

petinjon ko'tarib ketotudim,ontarilib tushdem  degan joylari ham bormidi? ;D

Kulish keremidi bu gapizga?  ::) iltimos qitiqlab yuboring...  ;D "Bu aksiya ekan" (marif sharif kinosidan...)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Chustiy 11 Noyabr 2009, 20:07:47
Ontarish manimcha anjancha shevada... Horazimliklar bormi? shevasi ajoyibde...
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: lolo 11 Noyabr 2009, 20:52:38
Qani barcha lolohonning g'ashiga tegib gaplashadiganlar, qo'lini ko'tarib duoga qo'l ochishsin...  ;D
Nima agar qo'l ko'tarmasez duolariz qabul bo'masakanmi?
Mani g'ashimga ko'pro shu narsa tevatti...
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Ansora 11 Noyabr 2009, 20:55:19
Subhanalloh!
Kapalak, gaplarizdan mazam qochip qovatti, odammi unaqa qo'rqitmen...
Arbuzchi, yonizda bironta yure dori yo'mi?...

Yoki bekinadigan joy bomi bironta???

Qo'rqitmadim, shunchaki men ham svevamni yaxshi ko'raman, dedim.

Chunki bu shevada ilk marotaba ayam alla aytganlar, ilk marotaba gapirishni o'rgatganlar....Alloh nasib bo'lsa ohirgi so'zim ham yana bu shevada bo'ladi...

InshaAlloh oxirgi so'zingiz Anjan shevasidamas Arab tilidagi kalimai shahodat bo'ladi.

İnson yangi bir til o'rganganda ham yana o'zining shevasini ta'siri katta bo'ladi. İnglizcha bo'ladimi, yoki Arabchami.
Masalan bizni Andijon shevasida butun harflar qattiq qattiq talaffuz qilinadi. Buni bir tilshunos sifatida aytyabman, yana taraf tutyabdi, demanglar.

Harqalay necha yillab FONETİKA- tovushlar haqidagi fanni o'rgatishgan ustozlar:)
Bolani tili chiqa boshlab, ilk harflarni talaffuz qilar ekan, ovoz naychalari ham shunga qarab moslashar ekan.
Masalan Xorazmlikni undoshlarni talaffuz qilishi bilan, Andijonlikni talaffuzi umuman farq eiladi.

Arab tilida bizni tilimizda bo'lmagan, (aslida bor, lekin harflar ojiz bularni ko'rsatishga) undoshlar bor: birgina T, Z, S larni bir necha varyanti bor, buni Arab tiliga hokim qardoshlarimiz mendan ham yaxshi bilishadi.
Turkiyada bazan Qur'ondan oyatlar o'qishga to'g'ri kelib qoldi. Duo qilar ekanmiz, men o'qiy boshlaganimda hamma birdan menga qarardi. Chunki bazi undoshlarni Arabchaga yaqin yani asl holida talaffuz qilishga harakat qilgandim. (Ayam Alloh rozi bo'lsin, har qancha Arab tili o'rganmagan bo'lsam ham suralarni asliga mos qilib o'qishni o'rgatgandilar vaqtida)
Turkcha biladigan, Turklar bilan muloqotda bo'lganlar yaxshi bilishadi, ularda Arabcha bizdan boshqacharoq (yumshoqromi-yey) talaffuz qilinadi.

Yuqoridagi postimda Anjancha der ekanman, yana ohirgi so'zlarimni Arabchaga eng yaqin shaklda Kalima-i Shahodatni aytish nasib bo'ladi, degan ma'noda yozgan edim.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: registan 11 Noyabr 2009, 21:05:17
Yaqinda yangiliklardan o'qib qoldim. Germaniya va Fransiya olimlari tadqiqot o'tkazishibdi. Ularning fikrlaricha yangi tug'ilgan chaqaloq o'z ona tilida  yig'larmish. Qoyil! (qiziq bo'larkan, chaqaloqni ham ona tili bo'larkanmi?)

Yana bir rus ayg'oqchi ayolini bolasi tug'ilayotgan vaqtda o'z tilida baqirganidan bilib qolishgan ekan. ;D

Ona tilimiz xohlaymizmi-yo'qmi qon-qonimizga o'rnashib qolgan.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: lolo 11 Noyabr 2009, 21:30:16
Ona tilimiz xohlaymizmi-yo'qmi qon-qonimizga o'rnashib qolgan.
Haaa, ta'rifga so'z topolmay qolgan fikrlarimni ayni o'zini etibsiz, qoyil. Shunichunam manga yoqadi dedim: votti-votti-votti-votti...
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 12 Noyabr 2009, 11:45:18
Ona tilimiz xohlaymizmi-yo'qmi qon-qonimizga o'rnashib qolgan.
Haaa, ta'rifga so'z topolmay qolgan fikrlarimni ayni o'zini etibsiz, qoyil. Shunichunam manga yoqadi dedim: votti-votti-votti-votti...

Ona tili bilan shevani farqi bor-ku.... demoqchi edim, qarasam bu postni lolo opamiz qoldirgan ekan, indamay qo'ya qoldim. :-))))
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Bekmirzo 12 Noyabr 2009, 13:29:46
Wuuuu, baraka topqirlarding bolalariiii!
Silar byarda galavlashib, shevalarding g'iybatini qip jotibsilarakanda. Molades nekin!
Bizding Qoshqadayra, Surxandayra tomannarda ko'p gapirilaytig'an shevamizdi wo'zimizding wo'zbek tilimizda rasman Qo'ng'irat lahjasidan deydi.
Shul, boynag'i Alpomish minan Barchin yekoviyam shul shevada sevishib, doston bo'lishqan, bilsanggizar. :)

Silarda cholop-polop jo'xma? Y_U_R_I_S_Tboy, bul qizlarg'a bir toboq-bir toboqtan cholop oyttirib jaring, qotixti yoxshilab do'qalashsin, moyi chig'ib cholop bo'latta keyin :)

De'qonovotting tondiridan, Chiroqchining yoxnasidan, Umakayding jezidan monakay, dosturxonga obkeldim, olayberingizar katta-katta!

:)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 12 Noyabr 2009, 15:16:33

Mana aka, xozircha Chiroqchini yaxnisidan yeb turing, chalop xozir tayyor bo'ladi:

(http://forum.ziyouz.com/index.php?action=dlattach;topic=3528.0;attach=1429;image)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Chustiy 12 Noyabr 2009, 22:24:39
Qani barcha lolohonning g'ashiga tegib gaplashadiganlar, qo'lini ko'tarib duoga qo'l ochishsin...  ;D
Nima agar qo'l ko'tarmasez duolariz qabul bo'masakanmi?
Mani g'ashimga ko'pro shu narsa tevatti...

Eee ming bor uzr, sizlarni "e'tiqodingizda" qo'l ko'tarib duo qilish bu BID'AT ekanligini unitib qo'yibman...

P/S: Bu qo'l ko'tarish nolasi, hozirdagi, o'zini fikriga qo'shimaganlarni zalolat va johillikda ayblab, ko'p amallarni bid'atga chiqaruvchi "yangi avlod"ga qaratilmaganligi uchun ular qo'llarini tushurib duo qivurishsin...  ;)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Nurzoda 13 Noyabr 2009, 03:36:28
Manga ko'pro buhoro i Toshkanni shevasi  : ) i o'zimni xorazmcha shevam yoqadi  ;)

xorazmcha ayrim so'zla  ;)

istadim-sog'indim digani

nachun?-nega diganibiyi-kelinoyi digani

ho'shro'y-chiroyli digani

nerdan -qayerdan digani

navlin - bilmasam digani

Manimcha bu so'zla toshkenlila i vodiylik barcha viloyatla uchun yengi so'zla dib o'yliman noyob so'zladan yozdim kam eshtilgam kam tarqalgan xorazmcha so'zladan  :)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: lolo 13 Noyabr 2009, 04:28:49
Man Chustiyga juda oddiygina savol yozgandim.
Javob berolmasa uni har tomonlama aylantirib kalaka qilish shartakanmi?
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Arbuzchi 13 Noyabr 2009, 07:21:33
Manga ko'pro buhoro i Toshkanni shevasi  : ) i o'zimni xorazmcha shevam yoqadi  ;)

xorazmcha ayrim so'zla  ;)

istadim-sog'indim digani

nachun?-nega diganibiyi-kelinoyi digani

ho'shro'y-chiroyli digani

nerdan -qayerdan digani

navlin - bilmasam digani

Manimcha bu so'zla toshkenlila i vodiylik barcha viloyatla uchun yengi so'zla dib o'yliman noyob so'zladan yozdim kam eshtilgam kam tarqalgan xorazmcha so'zladan  :)

Yo'g'a ja unchaliymas.
Bitta navlin degan so'z yangiliy bo'p chiqadi. Qogani o'sha o'sha eski gapla... ;)
Yana shunaqa areginal so'zla o'sa yozuvrin, o'rganib boruramiza... :1
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Ansora 13 Noyabr 2009, 12:35:32
Manga ko'pro buhoro i Toshkanni shevasi  : ) i o'zimni xorazmcha shevam yoqadi  ;)

xorazmcha ayrim so'zla  ;)

istadim-sog'indim digani

nachun?-nega diganibiyi-kelinoyi digani

ho'shro'y-chiroyli digani

nerdan -qayerdan digani

navlin - bilmasam digani

Manimcha bu so'zla toshkenlila i vodiylik barcha viloyatla uchun yengi so'zla dib o'yliman noyob so'zladan yozdim kam eshtilgam kam tarqalgan xorazmcha so'zladan  :)

Katta rahmat- men uchun bu so'zlar, yanglikmas, chunki Nizomiyda 2 yil Shevashunoslik o'qidik, undan keyin kursimizda Xorazmliklar bor edi ancha.. Qolaversa Turkiya Turkchasiga ancha o'hshaydi, soham bo'lganligi uchun juda ko'zimga issiq, qulog'imga tanish keldi  : )
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Arbuzchi 13 Noyabr 2009, 13:50:55
Navlin digan so'zniyam eshitganmisiz turklada?! :(
Birinchi bor eshitishim bunaqa navlin digan so'zni? :(
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Ansora 13 Noyabr 2009, 14:12:11
Navlin digan so'zniyam eshitganmisiz turklada?! :(
Birinchi bor eshitishim bunaqa navlin digan so'zni? :(

"Navlin"-Turkiya Turkchasida "ne bileyim" qisqartirilgan shaklida esa "nebilim" ga to'g'ri keladi.

O'zbek tili bilan Turk tili orasidagi so'zlarda asosan m-b (men-ben) b-p (barmoq-parmak) v-b (varmak-bormoq) vhk farqlar bor...
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Mubashshir Muhammad 13 Noyabr 2009, 15:34:11
 :as:
Menga arabcha turkcha tillar juda yoqadi

(sen ham) sende (men ham) bende (ko'p) cok (bor) var (yo'q) yok, hayir  (qurol) silah...
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Sh_O_H_I_D_A 13 Noyabr 2009, 15:57:36
 :as:
Turkcha ruscha  Andijoncha namangancha toshkentcha va arabcha  shu tillar yoqadi.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Nurzoda 20 Noyabr 2009, 17:29:00
Arbuzchi akamizni talablariga binoan xorazmcha original so'zla  :)

Kelinoyi - Biyi
Tog'a -Doyi
Eshik- Qopi
Qo'l - Al
Xola -Xolabiyi
Oyi-Opa
Dada-Aka
Opa-Apka
Amakiniyam-og'o didi bizada sal yoshi kota bo'sa amakini Ota didi  :)
singil-uka (bizada ukaniyam uka didi singilniyam uka didi) ;)

bilishi olagan so'zlariz bo'sa marhamat bemalol so'riyvuriyla  ;)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Arbuzchi 20 Noyabr 2009, 17:42:49
Opa-Apka
Opani o'rislaga o'xshab Apka dirkansilade a?! :D
Akani esa bratka diseyla keregaa... ;D

Keyin bir narsa... Turkchani yaxshi bilganim uchun mashu joyiga chummadim. Nimaga Qo'l - Al diysila. Yo silada A harfi kak bizani E harfi kabi aytiladimi a?! ???
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: registan 20 Noyabr 2009, 17:54:54
Arbuzchi akamizni talablariga binoan xorazmcha original so'zla  :)

Kelinoyi - Biyi
Tog'a -Doyi
Eshik- Qopi
Qo'l - Al
Xola -Xolabiyi
Oyi-Opa
Dada-Aka
Opa-Apka
Amakiniyam-og'o didi bizada sal yoshi kota bo'sa amakini Ota didi  :)
singil-uka (bizada ukaniyam uka didi singilniyam uka didi) ;)

bilishi olagan so'zlariz bo'sa marhamat bemalol so'riyvuriyla  ;)

Juda qiziq sheva ekanu. :)

"Tog'a qo'liz bilan eshikni oching oyimning dadalari bilan opalari kelishdi."=> shuni tarjima qilib beringchi, iltimos. :)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Nurzoda 20 Noyabr 2009, 17:58:03
Opa-Apka
Opani o'rislaga o'xshab Apka dirkansilade a?! :D
Akani esa bratka diseyla keregaa... ;D

Keyin bir narsa... Turkchani yaxshi bilganim uchun mashu joyiga chummadim. Nimaga Qo'l - Al diysila. Yo silada A harfi kak bizani E harfi kabi aytiladimi a?! ???

Yo'g'e ruslada Apka digan so'z yog'i tag'in bilmadim man uchratmaganikanman =)
Apkani bratka diseyla kerey diganizga tushunmadim uzr =)
ha bir hil so'zlada shunaqa etiladi masalak silani "kereymas" so'ziyla bizada "garakmidi " deyiladi e harfini o'rniga A ishlatilgan K ni o'rnida G ishlatiladi ko'pincha

Tushunmagan Savolla bo'sa marhamat qo'ldan kegancha javob berishga harakat qilaman  :)[/b][/color]
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Nurzoda 20 Noyabr 2009, 23:03:08
Arbuzchi akamizni talablariga binoan xorazmcha original so'zla  :)

Kelinoyi - Biyi
Tog'a -Doyi
Eshik- Qopi
Qo'l - Al
Xola -Xolabiyi
Oyi-Opa
Dada-Aka
Opa-Apka
Amakiniyam-og'o didi bizada sal yoshi kota bo'sa amakini Ota didi  :)
singil-uka (bizada ukaniyam uka didi singilniyam uka didi) ;)

bilishi olagan so'zlariz bo'sa marhamat bemalol so'riyvuriyla  ;)

Juda qiziq sheva ekanu. :)

"Tog'a qo'liz bilan eshikni oching oyimning dadalari bilan opalari kelishdi."=> shuni tarjima qilib beringchi, iltimos. :)
Assalomu Alekum!
uzr hali javob beromadim postizga o'qidimde chiqib keturdim uzr  :3
Doyi aliz bilan qopini oching opamni akasi bilan apkalari galdila  :) (biroz kulgili tuyilishi mumkin eshtmagan odamga xorazmcha sheva )

yana savolla bo'sa bemalol  :)[/b][/color]
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: lolo 21 Noyabr 2009, 07:11:33
Iya?! Xorazmcha sheva bo'yicha darslar boshlanib ketiptiyu!! Forumdoshla, slovarga qalin daftar tuttilami?
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Afruza 21 Noyabr 2009, 23:49:47
Universitetimizda eng ko'pi xorazmliklar. Eng katta xorazmlik -  dekanimiz. O'qituvchilar ham xorazmlik talabalarga murojat qilganda ba'zan hazillashib "hey jonli" deb qo'yishadi. Guruhimizda ham 3 ta xorazmlik qizlar bor. Ular birga gaplashib qolishsa, 4 odam ortiqcha, baribir gapiga tushunmiydi. Biram tez gapirishadi. Lekin shevasi chiroyli.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Ansora 24 Noyabr 2009, 12:14:48
Bizni gruppada ham 2 Xorazmlik 2 Qoraqalpag'istonlik qizlarimiz bor edi. Ular bir oraga kelib "chug'urlashib" qolishsa, ularni tushuna olish amrimahol edi.
 
Toshkentlik qizimiz esa ularga : "Qizlaaa O'zbecha gapirilaa", derdi doim :7
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: MSJON 30 Noyabr 2009, 09:43:13
Albatta o'zimning shevam yoqadi
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: uzboy 19 Fevral 2010, 15:46:18
farg'onani buvaydasida zo'r shevada gaplashishadi, eslolmayman aniq so'zlarni, lekin juda yoqimli.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Mars 29 Mart 2010, 00:19:49
Menga Qo'qonliklarni shevasi yoqadi ja hushmomulada
(Men birortasi bilan gaplashayotganimda qo'qonlik oshnam urushmeng o'zizi bosing deb turadi.Uni nazarida  huddi urushayaotganga o'hshedikan hahahahaha)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Abdumuhaymin 29 Mart 2010, 00:23:19
Menga Qo'qonliklarni shevasi yoqadi ja hushmomulada
(Men birortasi bilan gaplashayotganimda qo'qonlik oshnam urushmeng o'zizi bosing deb turadi.Uni nazarida  huddi urushayaotganga o'hshedikan hahahahaha)
Ha muomala madaniyati bo'yicha qo'qonlikla yuqori o'rinda tursa kere o'zbda.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: BelleQizcha 29 Mart 2010, 03:33:05
manga Toshkentcha Yoqadiii...
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Mars 29 Mart 2010, 04:15:05
Toshkentcha ham yomonmas,faqat tushunish qilyin.Alahsilayotganga o'hshashadi
 ;D
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Abdumuhaymin 29 Mart 2010, 12:16:50
Toshkentcha ham yomonmas,faqat tushunish qilyin.Alahsilayotganga o'hshashadi
 ;D
Hammaga fitratiga aylangan shevasi ma'qul.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Ansora 29 Mart 2010, 14:27:00
Vatandan uzoqda yurgan odamga O'zbekchamizdagi butun shevalar yoqadi : )
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: JaviK 29 Mart 2010, 14:43:11
Toshkentcha ham yomonmas,faqat tushunish qilyin.Alahsilayotganga o'hshashadi
 ;D

Votti, Vottilarni aytapsizda edi ;)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Habib 29 Mart 2010, 15:20:37
Bu mavzu borgan sari fitna qo'zg'atuvchi bo'la boshlayapti.
So'zlardan oqilona foydalanaylik.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Ansora 29 Mart 2010, 15:41:11
Bu mavzuda shevalarimizga oid turfa xil so'zlarni yozsak ham bo'ladi.

Masalan Andijon shevasida onaga: Aya, buvi, deyiladi.
Boshqa shevalarda qanday ekanligini sizlar ham yozsangiz biz ham o'rganib olgan bo'lardik..
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Habib 29 Mart 2010, 15:52:21
Masalan Namanganda onani: Aba deyishadi. Dadasini Deda  Buvini Acha deyishadi. Bobosini Opodda deyishadi. O'qituvchilarni Oya deyishadi.
Toshkentda: Ona: Oyi,Opa.(ba'zilar opa deydi)  Ota: Ada. Kelinlar qaynotasini Doda deyishni urf qilganlar hozirda.
Bobo va momosini: Doda, Buvi. Baz'ilar kotta oyi, oyi deyishadi.
Qo'qonlik vatandoshlarimiz bobolarini Opoqi deyishlarini eshitganman.
Anjanliklar onani aya deyishadi. Shaxsan men ham anjonlik bo'lmasam ham onamni  aya diyman :-)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Shokir63 29 Mart 2010, 17:38:57
Birinchi kursda shevalarning qaysi biri adabiy tilga aslida yaqinroq deb ko'p tortishardik. Ko'p kulishardik. Birinchi marta Buxoroga qaytganimda, mashhur adabiyotchi va tilchi Mirzoahmat Olimovning yonlariga borodim, maqsadim aniqlab olish, qanaqangidir dalillar to'plash edi. Lekin domla kutilmagan javobni berdilar.

Barcha shevalar tilimizning boyligidir, dedilar. Tortishmang, aksincha o'rganing, bunda katta bilim va madaniyat bor dedilar. O'shandan keyin hech tortishmadim. BU aslida boylimiz derdim :).

Albatta harkim o'z shevasi yoqadi, qalbidagi eng nozik torlarni eng kuchli cherta oladingan so'zlar, o'z shevasidagi so'zlar bo'ladi.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Habib 29 Mart 2010, 17:58:49

Chindan-da, til bu millat boyligi. Uni asrab,ajdodlardan avlodlarga qadar beshikast yetishini ta'minlash bizning zimmamizdagi burch hisoblanadi. Biroq bugungi kunda tilimizga,shevamizga bo'lgan e'tibor biroz susaygandek. So'zlashganda boshqa tildagi so'zlarni qo'shib,qisqartirib gaplashamiz. Bu esa kelajakda tilning,shevaning buzilishiga olib boradi nazarimda.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: JaviK 30 Mart 2010, 10:17:34
Anjanda endi silarga aytsam: rayon tomonlarda sabzini-so`zi, bizlarda esa sazi, sochiqni-chachi, piyola-piyala, supurgini-shipirgi, chelakni-paqir, bulgor qalampirini -balgarskiy ;) davomi bor
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Mars 30 Mart 2010, 10:25:22
Anjanda endi silarga aytsam: rayon tomonlarda sabzini-so`zi, bizlarda esa sazi, sochiqni-chachi, piyola-piyala, supurgini-shipirgi, chelakni-paqir, bulgor qalampirini -balgarskiy ;) davomi bor
wow you are really  from Andijan men   ;D
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Habib 30 Mart 2010, 10:28:28
Qashqadaryoning yakkabog'liklari supurgini shivitti deyishadi. Mushukni pishak derdilar eshtishimcha.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: JaviK 30 Mart 2010, 10:40:52
Qashqadaryoning yakkabog'liklari supurgini shivitti deyishadi. Mushukni pishak derdilar eshtishimcha.

bizda Mushukni-mishiq deyishadi ;)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Mars 30 Mart 2010, 10:57:47
Menga bir farg'onlaik bola aytib qoldi:
Silar borardik ni borasti  kelrdikni  kelasti   deb gapirasilara deb

Keyin rostan etibor bersan rostan ashnaqekan haahaahaha
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: JaviK 30 Mart 2010, 12:20:35
Ashnaqaeganda endi, akahonlar bir Anjanga keselar bir anjanchasiga oshlashamizda ;)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Mars 30 Mart 2010, 21:28:14
Ashnaqaeganda endi, akahonlar bir Anjanga keselar bir anjanchasiga oshlashamizda ;)
Biz Anjanga bormeligu o'ziz dezra guruch op keloring masherga a  ;D
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Abdumuhaymin 30 Mart 2010, 21:37:11
Anjanliklar chachib,yayib po'yadi gappi ;D
Oma Qo'qanni ballariyam yomonbas..Ata-batta qib o'tirishmedi..

Aynitvosla endi
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: JaviK 31 Mart 2010, 09:37:01
Anjanliklar chachib,yayib po'yadi gappi ;D
Oma Qo'qanni ballariyam yomonbas..Ata-batta qib o'tirishmedi..

Aynitvosla endi

Haqiqiy toshkentcha cheva bo`sa kere ;)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Habib 31 Mart 2010, 09:50:23
Anjanliklar chachib,yayib po'yadi gappi ;D
Oma Qo'qanni ballariyam yomonbas..Ata-batta qib o'tirishmedi..

Aynitvosla endi

Haqiqiy toshkentcha cheva bo`sa kere ;)
Aynitganimiz yo'qku manimcha. Mayli o'chirib tashadik postni.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: JaviK 03 Aprel 2010, 16:36:07
ha akahonlar anjanga kemeslarmi bu bir aylanib, somovorda o`tiib bir osh yemeylimi? ;)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: BelleQizcha 03 Aprel 2010, 17:06:42
Toshkentchada eng yoqqan gapla..
Anaqa biza Boruvdi-de lekin oxshamiy qoldi..
Ketuvviza, Keluvviza, Gaplashuvviza,,,
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Zulfina 03 Aprel 2010, 18:18:46
Man Andijon shevasini rosa yoqtiraman :)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: UzMuslim 03 Aprel 2010, 19:23:07
Albatta Hamma Shevani O'ziga Yarashadigan Tomonlari bor ,Har Bitta Inson Begona Joyga borganda O'zini Shevasida gapirsa Atrofdagilar hayron bo''lishadi sababi Ularga Ajoyib Ko'rinadide bu sheva Aslida esa o'sha borgan odam ham Ularni shevasini eshitib hayratda turgan bo'ladi.. ;)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Mars 08 Aprel 2010, 20:03:06
Albatta Hamma Shevani O'ziga Yarashadigan Tomonlari bor ,Har Bitta Inson Begona Joyga borganda O'zini Shevasida gapirsa Atrofdagilar hayron bo''lishadi sababi Ularga Ajoyib Ko'rinadide bu sheva Aslida esa o'sha borgan odam ham Ularni shevasini eshitib hayratda turgan bo'ladi.. ;)
Sizga qaysinisi yoqishini yozmabsizu
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Mars 08 Aprel 2010, 20:03:53
Man Andijon shevasini rosa yoqtiraman :)
Siz ham menga yoqib qoldiz
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: ibrohim 08 Aprel 2010, 23:00:13
ehhe bag'i sevgi izhori bo'pkettiyu-A?   ;D ;D
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: lilu 09 Aprel 2010, 04:30:15
Namanganni shevasiyam yoqimli eshitilarkan :) boruttiman,keluttiman deb gapirisharkan,birinchi eshitganimda hazillashishyapdi deb uylagandim,keyin bilsam u ularni shevasi ekan:)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: lilu 09 Aprel 2010, 05:03:08
Horazmcha shevadan:

shim-cholur

ko'ylak-go'ynak

sabzi-gashir

tuhum-yimirta(yumurta)

go'sht-et,go'sh

guruch-burunch

dazmol-utik

yostiq-taka

gilam-g'oli

Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: JaviK 09 Aprel 2010, 14:58:56
Horazmcha shevadan:

shim-cholur

ko'ylak-go'ynak

sabzi-gashir

tuhum-yimirta(yumurta)

go'sht-et,go'sh

guruch-burunch

dazmol-utik

yostiq-taka

gilam-g'oli

Xorazimlik shekilli userkamiz ;)
Man Andijon shevasini rosa yoqtiraman :)
Siz ham menga yoqib qoldiz

aka mars anjanchasiga gap otyapsizmi?
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: UzMuslim 09 Aprel 2010, 18:34:21
Albatta Hamma Shevani O'ziga Yarashadigan Tomonlari bor ,Har Bitta Inson Begona Joyga borganda O'zini Shevasida gapirsa Atrofdagilar hayron bo''lishadi sababi Ularga Ajoyib Ko'rinadide bu sheva Aslida esa o'sha borgan odam ham Ularni shevasini eshitib hayratda turgan bo'ladi.. ;)
Sizga qaysinisi yoqishini yozmabsizu
Manga Qo'qonni Yani O'zimizni Shevamiz Yoqadi...
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: JaviK 11 Aprel 2010, 19:27:51
Rostdan ham qo`qonda bollarni "Ballar " deydimi?
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Mars 11 Aprel 2010, 21:53:10
Ha qo'qonliklar Bolalarni rostan Ballar
bu yerdani  Batta
Shu yerdani shatta
 
Deyishadi
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Mars 09 Iyul 2010, 11:19:39
Qo'qonliklardan bir gap eshitdim.Cho'milamiz dega gapnii hopitamiz deyisharkan  ;D
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: JeeS 09 Iyul 2010, 11:25:44
Qo`qonliklar cho`ntak deymiz, qaerdadur kissa yana boshqalar cho`nche deyishadi.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Billur 09 Iyul 2010, 12:03:37
Yaqinda bir forishlik bilan gaplashib qoldim,ularning shevasi ham g'alati ekan. Forishliklar gapirvotganda so'zlarga qattiq-qattiq urg'u berib gapirarkan.
Pichoqni-Bichaq
Voy degan so'zni Pe deyisharkan.
Chuchvara- Barak

Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: braupov 09 Iyul 2010, 14:04:17
 :as:
Eng yahshi sheva mani fikrimcha toshkent shevasi bo'sa kerak.  :7
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Margiloniy 09 Iyul 2010, 14:29:41
yeee silar u bu diyo'rasilaru maaaag'ilondi shevasi sindiripppo'yatta hama shevani :1
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Ummu Muslima 09 Iyul 2010, 23:04:10
 :as:
albatta Marg'ilon sheva  ;)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Ansora 10 Iyul 2010, 20:18:50
Vatan+Ona+Til+Sheva= Hammasi bir butundir.

İnsonni onasi o'zi uchun hech qachon yomon bo'lmaganiday shevasi ham hech qachon qadrsizlanmaydi...

Shunday ekan- Har kimniki o'ziga oy ko'rinar ko'ziga : )
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: elnura 21 Iyul 2010, 22:51:35
Vatan+Ona+Til+Sheva= Hammasi bir butundir.

İnsonni onasi o'zi uchun hech qachon yomon bo'lmaganiday shevasi ham hech qachon qadrsizlanmaydi...

Shunday ekan- Har kimniki o'ziga oy ko'rinar ko'ziga : )
Kapalak opa juda ham zo`r fikr bildiribsiz. Haqatanam hamani shevasi o`ziga yoqadi, biza toshkentlilaga o`zimizaniki ;  :D
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Ansora 22 Iyul 2010, 17:18:40
Xilma-xil gullardan iborat buketni ichida hunuk gul topa olmaganingizday-hunuk sheva yo'q : )
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Mars 24 Iyul 2010, 14:02:02
O'zi Anjan shevasi eng chiroyligi
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Zuxurov 10 Avgust 2010, 18:49:20
Man lo'li emasman, lekin manga lo'lilar shevasi yoqadi.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Mars 15 Avgust 2010, 15:08:52
Man lo'li emasman, lekin manga lo'lilar shevasi yoqadi.

Bekorga yoqmasa keragoooooo   ;D
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: BelleQizcha 15 Avgust 2010, 19:30:51
Man lo'li emasman, lekin manga lo'lilar shevasi yoqadi.
mangayam lo'lilaniki yoqadi.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: ibnUyayna 15 Avgust 2010, 19:41:36

 qani lo`lila shevasida u-bu narsa devorila...
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Zamiraxon 15 Avgust 2010, 20:35:12
Charxpalak filmidan...
"ako egam"
"oshiq-moshig'ini... (uyog'i esimda yöq)"
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Robiya 15 Avgust 2010, 21:08:47
Manga unoqchig'in gap qimang,xayme? Hozer bir uraman, oshig' moshig'ingiz chiqib ketade...

Ey Xedojon, shu bachchaginalani otasini hayotga qaytar..

P/s. Zamiraxonni postlarini davomi.. :)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: shirin_a 15 Avgust 2010, 21:23:44
 :bs1:

 :as:
Har bir shevani o`ziga yarasha go`zalligi bor, manga Horazm shevasi yoqadi, ula qanaqangidur erkalanib gapiradimiyey yana Alloh biladi.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Zamiraxon 16 Avgust 2010, 18:15:05

 qani lo`lila shevasida u-bu narsa devorila...
Shimo nag'ezme?
Nag'ez nag'ez.
Ahvollar yaxshimi desa yaxshi yaxshi deyapti  :)
Bular ham sal tezro gaplashishvoradida!!!

Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: UzMuslim 16 Avgust 2010, 20:52:19
Har Bir Shevani O'z O'rini Bor,Har bir Joyda O'zining Odatlari Bor.Manag Samarqand Shevasi Yoqadi,Ha Keyin To'risini Aytsam Surxondaryo shevasi juda ham Qo'pol Shevalardan Biri Bo'lsa KEreg Mamlakatimizda,KeyiN O'zizmizi Qo'qon Shevasi ham Yoqadi...
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: shirin_a 16 Avgust 2010, 20:56:41
KeyiN O'zizmizi Qo'qon Shevasi ham Yoqadi...

12 ni tohkenda o`n ikki deyishadi, qo`qonda bo`lsa o`n akki deyilarmidi? :)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: ibrohim 22 Sentyabr 2010, 18:14:47
Har Bir Shevani O'z O'rini Bor,Har bir Joyda O'zining Odatlari Bor.Manag Samarqand Shevasi Yoqadi,Ha Keyin To'risini Aytsam Surxondaryo shevasi juda ham Qo'pol Shevalardan Biri Bo'lsa KEreg Mamlakatimizda,KeyiN O'zizmizi Qo'qon Shevasi ham Yoqadi...

birodari aziz, sizdek ilmli, aqlli, ko'p kitob o'qigan insonga bunday deyish yarashmas ekan...
boshgqa millatni yomonlab o'zining millatini maqtash yaxshi emasligini siz mendan ko'ra yaxshi bilasiz (tanqidimni yaxshi tomonga dib tushuning , sizni yomonlamoqchi emasman)  :7

ON: menga bo'sa buxaraning shevasi hamda namangan shevasi yoqadi
 
ayniqsa, buxoroliklarnin gap o'rtasida xay, xaymi,o' xarfini u deb gapirishlari
namanganliklarning kemaaaysilami, boraaaylik bdiyeshlari yoqadi
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: yoqutxon 22 Sentyabr 2010, 22:20:55
Assalom aleykum. Har bir sheva o'ziga hos. Lekin menga eng yoqqani bu andijon shevasi. Andijonlik ikkita opajonlarim bor. Ancha bo'lgan ko'rishmaganimizga. Ular bilan gaplashganimda mazza qiilib andijon shevasidan bahramand bo'lardim. Eng tushunmaydigan shevam esa bu horazm shevasi.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Nurdinboy 26 Dekabr 2010, 23:13:55
Har bir viloyat wevasining o'ziga xosligi bor. Xorazm wevasida qizlari chiroyli gapiriwadi. Namangan wevasi muloyim wevalardan. Farg'onaniki, ayniqsa Buvayda (yangiqo'rg'onlik) larni wevasi ham bir dunyo. Keyin ularda Kaminterin degan joy bor ekan ulardagi wevalar ham ?ziga hos. Anjan wevasi chapani wevalardan. Hullas qaysi wevada gaplawmaylik qalban anglawning o'zi go'zal.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Nurdinboy 26 Dekabr 2010, 23:20:25
Viloyatlar, tumanlar bir navi, bizi uchqo'rg'onning o'zidayam u xil weva bor.
Masalan Qayqi qiwlog'idagilarning wevasi mutlaqo boshqacha, Qo'g'ay, Andijon kolxoz(CHEK qiwlog'i)dagilar bowqacharoq, Uchqo'rg'on markazi va bizning 4-bo'lim tomonlar adabiy tilga yaqin gaplawamiz.
Qildiynami, bordinami, keldinami, jicha.
Shunaqa gaplar.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Shuhrat_ 03 Yanvar 2011, 12:34:25
assalomu alaykum menga Namangan shaxrini shevasi judayam yoqadi ajoyib, bunga uxshagan sheva yuq manimcha.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Ansora 06 Yanvar 2011, 14:56:22
assalomu alaykum menga Namangan shaxrini shevasi judayam yoqadi ajoyib, bunga uxshagan sheva yuq manimcha.

To'g'ri aytasiz:) Namangonlilar gaplashganda xuddi erkalayotganday tuyulaveradi, janjal qilganda qanaqa eshitilarkan bilmadim lekin:)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Lu`lu` 08 Yanvar 2011, 08:58:36
Узбегим дарёдек, шевалари ирмокдек.
А­нди ухлилу, коганини сртага гаплашамиза  ::)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Zuhriddinoka 21 Fevral 2011, 09:01:43
assalamu alaykum ! UZB respublikasida  fergana shevasi yoqadi bu shevani butun resbublika bilish kere dib oyliman chunki bu adabiy til!!
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: ан-Насафий 05 Iyun 2011, 02:03:26
Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳ!

     Шаҳрисабзликларни шевасини бир сшитиб ксринг, ажойиб гапирашади-да. (Унинг учун Шаҳрисабзга келиб, бозорига киришингиз керак)

     «Ака нонингизни гидди куйган скон»

     Тошканликларга гап йсқ, гапиришши қийиворишади.

     «Машиттан борасиз, сшатта бсмаса, нарёғга борсиз, сшатта аммамми бузоғи турипти»

     Анжанликларни биламизки, чақолоқни ҳам сизлашади. Чақолоққа ҳам ёқишга харакат қилишади шоввозлар.

     «Ишановринг, ошни гуручларини юргизиварамиз»

     Аумонгонликлар оғизларини чуччайтириб гапишадими дейман.

     «Келуттилами, боруттилами»

     Қисқаси, шевалар ксп, ҳаммасининг ҳам сзига сраша гсзал томонлари бор.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Aqoid 05 Iyun 2011, 07:36:13
O'zimizi Anjanni shaharliklarini shevasi ja ajoyipta. Q ni K deyishadi.  -Ketormasdan kolorilar.
-men boomaardim, borasdik.
Xorazm shevasiyam ajoyib.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Shoxjahon12 19 Iyun 2011, 20:06:33
Andijonliklarda "Bosmoq" fe'lini "Ezmoq" deyishar ekan))))
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: ibnUyayna 19 Iyun 2011, 20:24:50
O'zimizi Anjanni shaharliklarini shevasi ja ajoyipta. Q ni K deyishadi.  -Ketormasdan kolorilar.
-men boomaardim, borasdik.
Xorazm shevasiyam ajoyib.

 Anjanchaniyam sog'indi odam..birorta anjalli zemlyak bn gaplashib qosam juda hursand bopketamanda..anjancha gapirsa  :)
 eee boor ashaada oyna,toshini ter
 kuchayippoldimmi ozincha.. :)
 beeeehijolat aka,oshshnaa qalesan  dip :)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: ibnUyayna 19 Iyun 2011, 20:27:24
 
 Manga Jizzaxni shevasi aniqrog'i baxmal taraplani shevasi juda qiziq tuyuladi..qayta-qayta eshitgim keladi..
 Univrda potochnii darslada Navoiyli 1 qiz boridi,doskaga chiqib javob berib qosa rossa eshitardim,leksiyasinimas shevasini :)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Музаффар 19 Iyun 2011, 22:05:22
А­нг чиройли шева Марғилон шеваси. Хсп дсрилар, адабий тилимиз хам Марғилон шевасидан олинган...
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Lobar AZIZ 20 Iyun 2011, 00:58:21
anu kuni ikkita samarqandlik, bitta anjanlik hamkasblarim bir bövolib toshkenni she'vasini qöpolga chiqarishdi. Hapa böldiiiim!
:)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Solihatun 20 Iyun 2011, 01:23:26
anu kuni ikkita samarqandlik, bitta anjanlik hamkasblarim bir bövolib toshkenni she'vasini qöpolga chiqarishdi. Hapa böldiiiim!
:)

Hafa bo`lmang=)
Andijonliklarnining shevasi yoqimliroq deyishadi. Samarqandliklarnikini eshitmaganman. Andijonliklarni sizlab gapirishini yoqtiraman. Qizlarga murojaat qilishda ismini oldiga qiz deyishadi. Lobar qiz siz andijonlik  hamkasbingizga "nandirog`da yuring" desangiz lol qolsa kerak=)) Samarqandlik hamkasbingizga ham bir narsa o`ylab toparmiz!
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Абдурроҳман 20 Iyun 2011, 02:01:15
Andijonliklarga qaraganda Farg'ona shevasi yanada yoqimliroq. Gaplashib mazza qilasiz. Judayam muloyim muomalada bo'lishadi. Farg'onada o'qish-ish bilan 7 yil yurib, keyin Toshkentga borganimda u yerdagi odamlarning muomalasiga juda hayron qolganman. Tanigan tanimagan kishisiga SEN deb gapirishlari odamga juda qo'pol tuyuladi...
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: azizbek_mx 20 Iyun 2011, 10:32:44
yo yo toshkenlila hamasiyam senlashormasa kere. Masalan menam ko'p vaqt toshkenda bo'ldim, bunaqa qilishganini eslomadim. Yana kim biladi, besh qo'l barobarmas deyishadiyu. Lekin baribir vodiydagi shevala boshqachade
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Shoxjahon12 20 Iyun 2011, 11:47:53
Talabaligimizda bir do'stim bilan Toshkentdagi Qushbegi mavzesiga borishimiz kerak edi. Qushbegi mavzesiga 69 va 12- avtobuslar yurarkan. Svetaforni yashil chirog'ini kutib 69-avtobusga yetolmay qoldik. (Ikkimiz ham Toshkent viloyatidanmiz). Men:"OLMISH TO'QQIZdan qoldik", dedim oltmishda "t" harfini tushirib aytadigan surxondaryoliklarni shevasida. U ham pinagini buzmasdan:"Kutaylikchi, O'N AKI kelib qolar" desa bo'ladimi andijonliklarni shevasida.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Saliha 20 Iyun 2011, 12:29:28
manga bollarimni shevasi yoqadi.. :D ularni uzbechasini togirleman deb ba'zida, boree bilganincha gapirlarin deb yuboraman....
o'glim-- ovqat eyaman..eyaman-mas eyman bo'ladi..

Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Shoxjahon12 24 Iyul 2011, 19:26:21
Andijonliklar shevasida:"QO'RQMOQ" fe'lidagi "R" harfi aytilmas ekan. "QO'QMOQ" deyilarkan. :)
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: azizbek_mx 24 Iyul 2011, 20:51:37
Namanganda esa "QO'XMOQ" böladi ;D
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Shuhrat_ 25 Iyul 2011, 01:09:06
 :asl3:
toshkenda,*xech bumaganda*ni urniga hacha deyisharkan,
masalan.
hech bumasa 5000 bering,
hacha 5000bering : )
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: akula 25 Iyul 2011, 01:20:16
bir paytla dadam etuvdila  tozza uzbek tilida shu faqat vodiyda Farg'onada suzlashadi deb !

xorazimliklar shevasi ham uzgacha og'a og'a  "moskvani" mosqva deyishadi )))

uzim namangali buganim bilan namangan shevasida gaplashomiman

Anjanlilar shevasi ham yaxshi "kelish bizanikiga mehmonga"
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Lobar AZIZ 25 Iyul 2011, 13:34:44
:asl3:
toshkenda,*xech bumaganda*ni urniga hacha deyisharkan,
masalan.
hech bumasa 5000 bering,
hacha 5000bering : )
bo`magan gap. "Xotyabi"ni hacha deb eshitgan bo`sez kere
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Usmon 25 Iyul 2011, 19:05:02
Namangan shahrini shevasidagi "a" ni cho'zib etisham ajoyib chiqadi: "bo'maaaaydi, kemaaaydi..."
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Shoxjahon12 10 Avgust 2011, 18:48:44
Vodiyliklar shevasida:"Izlamoq" so'zi "istamoq" shaklida kelishini bildik.  ;D Masalan, "Seni rosa izladik" --->  "Seni rosa istadik".  :1
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Boyazid 25 Noyabr 2011, 09:05:23
Albatta har bir shevani o'ziga hosliklari bor. Men bilmadim Surhondaryodanman o'zimni shevam yoqadi menga juda.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Sayyid90 14 Iyun 2012, 14:46:37
namangan shevasi juda ajib.
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Abdulhafizaka 24 Iyul 2012, 18:54:42
Mengaham Qoqonliklarni muomalasi yoqadi
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: BilmasOY 25 Iyul 2012, 19:04:54
 Menga Vodiyni shevasi yoqadi. Boshqacha shirin gaplashishadida vodiyliklar. (Ishanaver! Ketsak keto'ramiz. Dadamni dadalari - opoqim bo'ladida! :))
 Ha  yana ba'zi joylarida uyquni ufu, uxlayapmanni uflayapman deyisharkan))
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: ibnUyayna 25 Iyul 2012, 19:53:01

 manga toshkent,anjan shevasi yoqadi
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: ibnUyayna 25 Iyul 2012, 19:56:53
 Lekin bir paytla yunusobod bozorida ishlaganimda Jizzaxni Baxmal tumanidan bolla boridi,gaplari juda prikolniy edi manga ))
 Keyn Univerdayam bir qiz bolardi Navoiyni qaysidur tumanidan,shu qiz doskaga chiqib leksiya qilishi boshlasa rosa qiziqib eshtardim,man uni leksiyasigamas,gapirishiga qarab oturvurardim..
 Xorazm shevasi yoqardi,hoz uncha yoqmiyopti (Xorazmlila hapa bomeyla))
Nom: Re: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Bobur Sharipov 30 Noyabr 2012, 20:02:56
Xorazm shevasi yoqardi,hoz uncha yoqmiyopti (Xorazmlila hapa bomeyla))
Assalomu alaykum! Nima sabab bilan yoqtirmay qo'ydiz jo'ra?
Nom: Javob: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: sadida 01 Fevral 2013, 09:53:30
Qo'qon shevasi eng chiroyli, shirin sheva : )
Nom: Javob: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: kamoliddinov 01 Fevral 2013, 10:10:13
Namangan shevasi boshqacha, Okomlar, Ukomlar, Dodomlar. Quluttisan, Boruttisan, Keluttisan...
Nom: Javob: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: azizbek_mx 02 Fevral 2013, 04:26:32
Namangan shevasi boshqacha, Okomlar, Ukomlar, Dodomlar. Quluttisan, Boruttisan, Keluttisan...
iyy vey nima dussiz oka. qulluttisan-keluttisan qimastan borip kiling nomongonga okaginam
Nom: Javob: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: kamoliddinov 07 Fevral 2013, 04:44:38
Namangan shevasi boshqacha, Okomlar, Ukomlar, Dodomlar. Quluttisan, Boruttisan, Keluttisan...
iyy vey nima dussiz oka. qulluttisan-keluttisan qimastan borip kiling nomongonga okaginam

namanganlikmisiz?
Nom: Javob: Sizga qaysi sheva yoqadi?
Yuborildi: Turonii 03 Iyun 2017, 11:19:38
Tilimiz tamomila chiroyli, shevalari ham bir-biridan qolishmaydi. Lekin davlat tili sifatida ham Farg'onaning xususan Marg'ilon shevasi olingandir. Haqiqatdan ham Marg'ilon shevasi boshqacha shirin, yana shu borki, Marg'ilon shevasining yoqimliligi faqat shevadan emas. Bu yerliklarda har so'zga alohida "ohang" bor. Ohangiga qarab so'zning qanday ma'noda  chiqishi yoxud suhbatdoshning qay darajada yaqinligi bilinadi. Keyin Marg'ilonda ovozdan tashqar  so'z ohangiga qarab jins ajratiladi. Qo'qon shevasi ham yaxshi, chiroyli lekin ular erkak, ayol ham bir xil ohangda gapirishadi. Marg'olon shevasining boshqalardan ustun jihati ham ko'p. Yana bir gap hozirda eng toza til ham shu yerda ya'ni kundalik so'zlashuvimizda chet so'zlar asosan ruscha nisbatan ancha ozdir.