ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Kutubxona => Jahon adabiyoti => Mavzu boshlandi: Munira xonim 29 Noyabr 2006, 08:54:15

Nom: Ahmad Lutfiy Qozonchi. Qaynona (roman)
Yuborildi: Munira xonim 29 Noyabr 2006, 08:54:15
Dunyo adabiyoti xazinasidan

Ahmad Lutfi Qozonchi

QAYNONA
(roman)

Tarjimon: Yo‘ldosh Eshbek

Toshkent
«Movarounnahr»
2004


O’zbek o‘quvchilariga «Saodat asri qissalari», «O’gay ona» romanlari orqali yaxshi tanish bo‘lgan Ahmad Lutfi Qozonchining mazkur asari chin go‘zallik, yuksak axloq, qaynona-o‘g‘il-kelin o‘rtasidagi muammolar va ularning go‘zal yechimi haqida.
Bu kitob muhtarama qaynonalar, suyukli kelinlar, bo‘lajak kuyovlarimiz uchun sodiq xamroh bo‘lishiga aminmiz.

So‘zboshi muallifi:
O’zbekiston xalq yozuvchisi
Tohir MALIK

Muharrir:
Filologiya fanlari doktori
Bahodir KARIM

Mas’ul muharrir:
Filologiya fanlari nomzodi
Abdumurod TILAVOV


Assalamu alaykum, aziz opa-singillar, aka-ukalar.
Bu yerda turk yozuvchisi Ahmad Lutfi Qozonchining "Qaynona" nomli kitobini Alloh qodir qilganicha berib borishga harakat qilamiz. Bu kitobni aslida "KUtibhona" bo'limiga joylashimiz lozim edi. Lekin bu kitob Islom dini va uning go'zal ahkom va hukmlari haqida bo'lganligi va bu - Islom bo'limiga ko'pmehmon va ishtirokchilarimizni kirishlarini hisobga olgan holda shu yerga joylashga qaror qildik. Bu kitobni o'qigan har bir yigit va qizlarimiz juda ham ko'p foydali narsalarni olishadi, Inshaalloh. Albatta, har yigit - kuyov va har bir qiz kelin bo'ladi, Alloh nasib qilsa. Qizlarimiz esa ona bo'lishlik bahti va undan keyin qaynona bo'lishlik bahtiga musharraf bo'lishadi. Bu kitobda haqiqiy Islomiy oila va islomiy insonlar ularni o'rnak bo'lgudek fazilatlari bilan tanishasiz. Shuningdek, yomon hulqli kishilar haqida o'qib o'zingizda bunday illatlarni bo'lmasligiga Alloh qodir qilganicha harkat qilasiz, deya umid qilaman. Bu mening eng sevimli kitoblarimdan. Har safar o'qiganimda yangi narsa olaman va o'rganaman. Bunda haqiqiy Islomiy hayotni guvohi bo'lasiz....
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 29 Noyabr 2006, 09:07:23
* * *
Munavvarhonim asr namozini o'qib bo'ldi. Shu payt o'g'lining:"Yahhsi qoling,onajon. Alloh yor bo'lsin", degan gapidan odati bo'yicha bozorga katayotganini angladi. Ona boshini qimirlatib:"Oq yo'lo'g'lim," deya javob berdi va tasbeh o'girishda davom etdi. Muntazam bir holatda tasbeh donalari uning botinida kechayotgan ma'lum bir zikr jarayonidan dalolat berardi. Yuziga dilidagi huzur-halovat va ma'naviy zavq aks etgan Sokin va nurli ko'zlari esa muloyim bir tarzda tizzalariga qaragan. Gohida bu sokin ko'zlar bir nuqtaga tikilib qolar va ehtimol, hech narsa ko'rmas edi.
Har bir ona farzandini yahshi ko'rishi tabiiy. Biroq Munavvarhonimning o'g'liga bo'lgan mehr-muhabbati boshqacha,o'g'lidagi go'zal odob-ahloq yillar davomida chekkan mehnati hosilasi edi. O'g'li kelishgan, qovurli yigit edi. Bundan tashqari o'g'lining oliyjanobligi ona ko'ngliga huzur bahsh etar edi. Mustafoning ahloqidan onasining ko'ngli to'q. Be'amni tengqurlaridan uzoqligini biladi. Bu ishonchni tog'asining o'g'li ham tasdiqladi. "Munavvar, men Mustafoni juda ham yahshi ko'raman. U bizning huzurimizda qanday bo'lsa, boshqalar yonida ham huddi shunday.Odobi, tarbiyasi haqida ortiqcha tashvishlanishning hojati yo'q. Biroq,mening so'zlarim seni hotirjam qilmas, ehtimol. Balkim uning hatolarini sezmayotgandirman. Mayli, boshqalardan fikr so'raylik-chi,nima deyisharkin?".
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 29 Noyabr 2006, 09:33:03
* * *
Cho'rumning tinch va osuda choyhonalaridan biri. Choyho'larning ko'pchiligi qariyalar. Yusuf afandi shu choyhonaning doimiy mijozlaridan biri. Ammo ba'zan asrdan so'ng ikki yosh yigit ham keksalar suhbatiga some' bo'lishadi.Ulardan biriMustafo. Yosh bo'lishiga qaramay kattalarga el bo'ldi. Yoshlikning jo'shqin tuyg'ularini aqliga boy'sundirdi. Saratoning kishi nagfasini qaytaruvchi harorati sekin asta pasaydi. Asr namozini jome'dao'qiga namozhonlar bir piyola choy uchun choyhona tomon yurishdi. Yusuf afandi ham ikki do'sti bilan choyhonaga kirdi. Joylashib ulgurmaslaridan hizmatga yetib kelgan choyhonachi yigit stol ustini chaqqonlik bialn artgach qaddini rostladi. "Nima istaysiz?'degan savolga o'rin qoldirmay:
- Choy bolam,deyishgach, "Ho'p bo'ladi" deb uzoqlashdi.
Jome'dan chiqqach,Usmon og'a bir yetim masalasida so'z ochdi. Rahmatli bo'lgan mahaladoshining bolalaridan birini asrab olishiga qaror qiligan edi. Boqib katta qilish savobini olish niyatida edi. Biroz nafas rostlagach:
- Nima qilay,og'ayni? Allohning ne'matiga shukr, Bizga berdi. Bermadi deb nonko'rlik qilmay, bir bolani olib katta qilsam nimam kamayadi?Hotinim ham Hudo yo'lida buncha rozi bo'ldi. Alloh dargohiga olib boradigan nima amalimiz bor? shu bola sabab Alloh bizni avf etar,-dedi.Hursand bo'ldim. Qarshi chiqarmikan deb havotirlangan edim, - dedi.
Yusuf afandi gapga qo'shildi:
- Usmon og'a, juda ajoyib ish bo'ldi. Alloh sendan rozi bo'lsin. Bir yetimning ko'nglini olish, uyingda ulg'aytirish naqadar yahshi. Bu yahshilik tufayli senga savoblar yog'iladi. Bunday holatni boshdan o'tkazmagan odam yetarlicha his qila olmaydi. Ammo yetim haqqiga yetarlicha rioya qila olarmikansan?Bu haqda yahshiroq o'ylab ko'r. So'nggida noliydigan ahvolga tushgandan ko'ra hozir chorasini qilgan maqulroq. Yetim yesirga shayton yondosh bo'ladi,deydilar. Ularning ko'nglini topish juda mushkul. Otasi o'lgudek urganida ovozini chiqarmagan bola, u o'lgandan so'ng boshini silagan qo'lni urayapti deb hisoblaydi. Yetimning ko'ngli yarim bo'ladi, og'a. Shuning uchun bu ishni uddalash juda qiyin....
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 29 Noyabr 2006, 09:51:02
Bir - ikki ho'plam choy ichib so'zida davom etdi:
- Men senga maqbulroq bir yo'l ko'rsatay,maqul topsang amal qil. Bu sen uchun qulay va savobliroq.
Usmon og'a so'radi:
- Qanday?
Yusuf afandi yana bir ho'plam choy ichgach:
- Bola onasining yonida qolsin. Haftada, oyda bir ehtiyojlari uchun pul berib tur. Yegulik yubor. biror do'kondan savdo- sotiq qilsinlar, pulini to'la. Birorta nonvoyhona bilan kelish, nonlarini o'sh yerdan olsinlar. Menga qolsa bui yo'l yahshiroqdir. Bolasi bittami?
- Yo'q, uchta. Kenjasini olmoqchiman.
- Juda yahshi.Lekin butun oila bilan hizmatida tursangiz ham unga ona muhabbati hasratini unuttira olasizmi? Menimcha, yo'q. Eng johil, hatto bolasini kunda kaltaklaydigan oan ham o'sha bola uchun dunyoning eng dilbar, mehribon onalaridan ko'ra sevimliroqdir. Oqshomgacha bir burda non bermay yig'atsa ham uning bu holi saroylarda noz-ne'mat ichida ulg'aymoqdan yahsiroqdir bola nazdida. Qolaversa, sen bu bolani olgach bir dardlari ming bo'ladi. Onadan tug'ishganlaridan ayrilish dardi yomon...
Yusuf afandi ohangini biroz o'zgartirib so'radi:
- Bu boalning onasi, aka ukalari siznikiga kelib-ketib turishadi,shundaymi?
- Albatta, hohlagan paytlarida. Hoh kecha bo'lsin. hpoh kundus. Istagan paytlarida eshigim ular uchun ochiq. Bolalar kelsinlar, birga o'ynasinlar. Onasi kelsin,ko'rsin, mehrini qondirsin. Bu ularning haqlari. Zero, ularning uchrashishlariga yo'l qo'ymasam qilgan ishim zulmdan boshqa narsa bo'lmaydi.
Yusuf afandi so'nggi ho'plam choyini ichgach, Alhamdulillah, deb dastro'moli bilan og'zini artgandan so'ng so'radi:
- Bola olgach yahshi kiyintirasanmi?
- Albatta, o'z farzandimdek ko'raman. Uni oldingi ahvolida tashlab qo'yolmayman-ku. O'z farzandimdek bag'rimga bosmasam olib nima qilaman. Hizmatkordek tahslab qo'ysam Alloh nima deydi. Sen nima deysan og'a?
Shu paytgach so'zga aralashmay o'tirgan Mahmud og'a gap- so'zlarni diqqat bilan eshitmoqda edi. Ko'zlarini bir nuqtadan olmay javob berdi:
- Siz, ishga meni aralshtirmang, bir to'htamga keling, men ohirida fikrimni aytaman.
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 29 Noyabr 2006, 10:13:53
Yusuf afandi davom etdi:
- Juda yahshi, bu bolani kiyintirasan. Uni kelgan holida tahslab qo'ymaysan, men buni bilaman. Bunga ishonchim komil. Balki u sening uyingda hech yerda topolmaydigan darajadagi huzur halovatni topar. Lekin ish bu bilan bitmaydi. uning nozik bir jihati bor:qolgan ikki bola siznikiga kelganlarida uni yahshi liboslarini ko'radilar. Rafiqang ularga uylarida doim ham bo'lavermaydigan yeguliklar tutadi. Bu aslida juda yahshi, lekin o'sha bolalar ukalaridek sharoitda bo'lmagach ranjiydilar. Buni ko'tara olmaydilar.Uyga borib ehtimol onalariga:"Bizga ham o'sha narsalardan olib ber", harhasha qiladilar. Bu yoshlarida ular:"Ha,mayli ukamiz yahshi yashayotgan ekan, biz sabr qilaylik", demaydi albatta. Ulardan buni kutish yahshi emas. Bola-da! Demak qarang, bir bolaga yahshilik qilasiz, ikkinchi tarafdan ikki bola hafa bo'lishi mumkin.
Shu payt Mahmud og'a choy tashuvchini ishora bilan to'htatib, dedi:
- Choylarni yangilab, qaynog'idan keltirgin bolam.
Yusuf afandi so'zida bir oz davom etdi:
- Siz yana mening aytganlarimni o'ylab ko'ring, dovdiramang. Bir bola sizning uyingizda go'shtli palov yeydi, boshqa ikkovi quruq piyoz bilan qorib to'ydiradi. Menimcha, uchchovining bir yerda yovg'on yegani afzal. Agar hayrli bo'lsin desangiz, shunday qiling. Fikrim shu. Nima deysiz,Mahmud og'a?
Mahmud og'a o'ylamasdan so'ylamaydi. Hozirga qadar u ham muammo ustida jimgina bosh qotirdi. Ikki suhbatdoshni diqqat bilan tinglab, to'g'ri fikrni ajrim etishga harakat qilardi. Bu orada choychi qaynoq choy keltirdi.Og'a choyiga shakar solib aralashtirarkan:
- Bu masalada shohsmagan maqul. Cgoydan ichinglar marhamat. Ho'sh, modomiki,niyatimiz hayrli ekan, ishimiz ham shunga muvifiq bo'ladi, Inshaalloh. Qani-qani choydan ichinglar.
Choy ichib bo'lingach, Mahmud og'a bazminlik bilan so'z boshladi:
- Azizim, to'g'ri, yetim boshini silash juda savobli, juda hayrli sih.Biroq yetim haqiga risoladagidek rioya etish esa har kimning ham qo'lidan kelmaydi. Holbuki, savob olishning asosiy sabablaridan biri ham shu!
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 29 Noyabr 2006, 11:05:43
Usmon og'aga qarab:
- Modomiki, ezgu bir ishni niyat qilgan ekansiz, menga qolsa Yusuf afandi aytgan taklif munosibga o'hshaydi. Agar bolaning onasi ham oatsi ham bo'lmasa uni uyingizga olib borganingiz maqulroq edi. Biroq hozirgi vaziyat boshqacha. Demak, bolani olmasdan orqavarotdan yordam berish hayrliroq bo'ladi. Agar rozi bo'lsangiz bu ishga men ham bosh qo'shsam. Og'ayni, tashabbus zidan, albatta. Ammo barobar harakat qilib, savobdan men ham hissa olayin. Muhimi shuki, bu yordam faqat mahfi bo'lishi lozim. Uyga borib, bolani olmaslikka qaror qildim deysiz. "Bolani urib so'kib savob o'rniga gunoh orttirmaylik tag'in", deysiz. Ayolingiz mabodo:"Boalni olmadikku, yeb ichishini ta'minlab turibmiz" deb qolsa bormi, bu gapni o'sha ona eshitsa, ko'ngil qolishma bo'lmasin. Shunay emasmi, afandim.
Yusuf afandining haq so'ziga Usmon og'a nima ham deya olardi.
- To'g'ri juda ham to'g'ri. Alloh madadkoringiz bo'lsin. Alloh savobdan bebahra qilmasin, dedi. Yetim masalasi shu bilan yopildi.
Bir necha daqiqa jim qoldilar. Eshik tomonga qarab o'tirgan Yusuf afandi Mustafo bilan o'rtog'i kirib kelganini ko'rgach, mavzuni ochishga qulay fursat ekldi deb, sekingina chaqirdi:
- Mahmud og'a.
Og'a boshini ko'tardi:
- Ha, afandim,-dedi. Ko'pincha unga faqat afandi deb hitob etardi.
- Og'a, ana bu bolalarni ko'ryapsizmi? Huv anavi stolda o'tiribdilar.
Og'a boshini o'sha tomonga burdi, qaradi:
- Ha, ana u yigitlarmi? Ularni anchadan beri ko'rib turaman.
- Hosh, nima deysan?
-Nimaga, nima deyman?
- Ya'ni bu yigitlarning bizdek kesa yoshli kishilarning orasiga qo'shilishiga, bu choyhonaga kelib ketishlariga. Ko'ryapsizki, oramizda boshqa yoshlar yo'q.
Mahmud o'g'a unga taajjub aralash qarab turdi-da,gap boshladi:
- Hazillashaypsizmi?Sizga nima bo'ldi? Charchagan ko'rinasiz. Bular oliyjanob, azamat yigitlar, menimcha, bu yerga bizdan ko'ra ko'proq yarashadi.Agar choyhona bir bog'u bo'ston bo'lsa, uning eng toza gullari shu ikki azamatdir. Biz bugun aql hushimizni yig'ib olganmiz. Ammo agar biz shu yigitlar yoshida bo'lsak, vujudimizda kuch-quvvat to'lqinlanib tursa o'zimizni tuta bilarmidik? O'ylab ko'raylik biz o'spirinlik paytimizda shularga o'hsharmidik?Yo'q. Hozirgi serfayz bir holga kirgunga qadar nelar qilmadik?Ular esa hosirdanoq hayotini o'zgacha bir mezonlar asosiga qurganlar. Kim bilsin,bizning yoshimizga yetganda qanday bo'ladi,ular?Fazilatlari shuki, ular yomonlikka kuchi yetmay qolganidan so'nggina yomonlikdan yuz o'girgan emas...
Mahmud o'ga ikki yigitga yana bir qur ko'z qirini tashladi va so'zida davom etdi:
-Kesa kishi nima uchun hurmat qilinadi?Menga tushuntiring. Vazmin, podob ahloqda ibratli, hayotda tajribali tarbiyali bo'lgani uchun measmi? Masalan, oltmishga chiqqan kishi oppoq soqoli bilan mast alast yursa nima bo'ladi?Hatto bola ham uni kalaka qiladi. Xorlaydi. Odamlar oldida bir pullik hurmati qolmaydi. Yoki yomon so'zlar bilan ikki gapning birida so'kinib, og'ziga kelganini aytadigan odamni kim ham hurmat qiladi?!Insonning izzt hurmatga loyiq noloyiqligi hatti harakatidan ham bilinadi. Nazarimda, bu bolalar, garchand yosh bo'lsalarda, ma'naviy ahloqiy jihatidan yuksak darajaga yetishibdi.Bular ham tengdoshlariga o'hshab kayf safoga berilib, turli qimorhona yoki mayhonalarda kunini tunga ulasa nima ham qilardingiz? Ota-oanlari yoki qarindosh urug'arini isnodga qoldirsachi?Dinga iymonga hamiyyatga dushman dog' bo'lsa amallarini anglamasa ne qilardingiz?Hayvonlardek maqsadsiz tilsiz jonivorlardek beparvo yurish bular tabiatiga noloyiqdir. Menimcha bular ba'zi bezori yoshlarga aralashmadan to'g'ri yo'l tutmoqdalar. Oramizda bularday azamatlarning ko'paygani yahshi-da!
Usmon og'a uning gaplarini tasdiqladi:
- Juda o'rinli zarur gapni aytdingiz. Shularga o'hshash odobli o'g'lim edi, yana Allohdan nima istardim?Qonlari qaynagan kuch qavvatlari to'lib toshgan bir paytda quchoq ochib turgan munkirga berilmasdan,ibodatida etsa, otasi bobosi, tengdoshlarining jiddiyatiga erishsa, koshki zamonaviy yoshlarimiz shularday hech bo'lmasa, shularning yarmicha bo'lsa?
Usmon og'a so'zini tugatarkan achinib, afsuslanganday boshini chayqab qo'ydida, Yusuf afandiga qaradi:
- Afandim, siz har holda bir yahshilikni niyat qildingiz.
So'ng choy tashuvchiga sal ovozini ko'tarib:
- Bolam..., - dedi va qo'li bilan bu yoqqa kel imladi.
- Sen bizga uchta qahva keltir, hov anavi ikki azamatga ikkita choy olib bor.Bizdan ekanini aytma.
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2006, 09:54:01
Yusuf afandining uyi. Kechki taom payti...Uy bekasi nazarida Yusuf afandi biroz ma'yusdek ko'rindi.
-Afandi, bugun biroz hafa ko'rinasiz? Biron narsadan hafamisiz?
-Ha, honim, bugun biroz hafa bo'ldim.
-Bir gap bo'ldimi?Yahshilikka bo'lsin ishqilib.
-Bo'ldi. Do'stlarimizdan Usmon og'a bor-u, shu kishi bir yetimni asramoqchi...
- Hafa bo'lganingizga qarang. Buni nimasiga qayg'urasiz?
-Sen shoshilma honim.Men ham bir yetimga yordam berilayotgani uchun hafa bo'lyapman demadimku. Oladigan yetimi uch aka-ukaning biri ekan. Otalari yaqinda vafot etibdi. Usmon og'a birini olmoqchi,boshqa ikkisi shunday qolar ekan. Hammasi onasining bag'rida bo'lsin, siz tashqaridan yordam bering, dedim. Qabul qildi.Mahmud og'a ham unga yordam bermoqchi. Faqat bu yahshilikka men ham qo'shilayin, bu savobga men ham sherikbo'layin deyolmadim. O'yladim, o'zimiz tirnog'imizning kirini so'rib o'tirgan bo'lsak, ularga qanday qilib yordam beramiz, hayronman? Sharoitmiz bemalol bo'lsa, biz ham yetimni boshini silab, ko'ngini olsak hursand qilsak honim.
Honim unga tasalli berdi:
-Afandi,szi ham bir yahshilik qilgansiz. Biri sevinib, boshqalari boshini egib qolishiningoldini olgansiz. Yahshiliko'rniga, yahshilik qiluvchilarni to'sg'uvchilardan bo'lganingizda dodimiznikimga aytardik! Hudo saqlasin. To'g'ri qo'limiz uzun bo'lsa qani edi, biz ham bu ishga qo'shilsak...Ko'ngil istaydi,ammo nachora. Bobom aytardi, bir hayrli ishni bajarmoq istab, imkoni bo'lmasa, shu niyati uchun ham savob olarkan. Endi duo qilaylik, Alloh ishimizni o'nglasin, niyatlarimizning ro'yobga chiqishiga madadkor bo'lsin.
Yusuf afandi bu so'zlardan mamnun bo'ldi. Imkoni bo'lsa, Usmon va Mahmud og'alarga sheriklik qilardi. Ayni paytda yahshilik etgani kabi savobga sazovar bo'lish tushunchasi uni sevintirdi. Yaqinda imom aytgan gapniyahshilab eslashga harakat qildi:"Agar biror kishi daryo sohiliga yo'lovchilar damolganda otlarini bog'lab qo'yish uchun bir qoziq qoqib qo'ysa Alloh taolo shu sababli unga savob beradi. Undan keyin yana bir kishi kelib odamlar surinib yiqilmasinlar deya shu qoziqni sug'urib tashlasa, unga ham huddi shunday savob beriladi. Niyatning ahamiyati muhimdir".
Hotini bir piyola qahva keltigunicha shularni o'ylab quvondi, ko'ngli taskin topdi. Endi bemalol qahva ichsa bo'ladi. Piyolani bo'shatar ekan ko'nglida bir savol tug'ildi.
-Daftarga yozilgan savobning bu yetimlarga qanday aloqasi bor? Bu savob ularning qornini to'yg'izadimi yohursand qiladimi? Yo'qsa ustiga bir kiyim kiydiradimi? Bechora Yusuf sen, nomayi a'molingga yozilgan savobda darhol hursand bo'lding. Yetimlarchi? Ularning ko'z yoshlari tinadimi?
Ha,masala g'oyat muhim. Mabodo bu faqat o'ziga aloqador bo'lsa ish osongina ko'char edi. Afsuski, bunday emas. Yusuf afandi o'zining shirin o'ylaridan o'zi uyalib ketdi. "Ey, hudoyim, menga to'g'ri o'ylashni to'g'ri yo'ldan yurishni nasib etgin". Bu orada hotini kirob keldi. Hozirgina hayolidan o'tgan fikrlarni so'zladi, hotini boshini qimirlatib, uning gaplarini tasdiqladi:
- Afandi ko'p o'ylanmang, yetimlarning onasi bor muammo hal bo'ladi. Mana mening uchta ko'ylagim bor, bittasini neraylik. Inshaalloh, hursand bo'ladi. Ehtimol o'zikiyar yoki bolalariga kiyim qilib berar.
Oradan jinday fursat o'tib hotini ichkaridan yangi bir ko'ylak bilan  ro'mololib chiqdi. Yahhsilab o'rab erining qo'liga berdi. Shu payt muazzin hufton namoziga azon aytdi. Yusuf afandi:"Yo, Alloh" deb o'rnidan turdi. Jome'da namzoini ado etgach, hotini bergan tugunchani olib, tim qorong'u ko'chaga oydin niyat bilan chiqdi.
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2006, 10:10:17
Tong g'ira-shira yorishgan damlar... Harobroq uyning kichik bog'i o'z bag'rida uy bekasi uchun kutilmagan sovg'a saqlardi. Tong namoziga uyg'ongan uy bekasining  lablari bir muddat qimirlab turdi. So'ng ko'zlari otasiz uhlashga endi-endi ko'nikayotgan uch go'dagiga tushdi. Ezildi. Jimgina yotoqdan chiqdi. Farzandlariga rizq so'rab, ularni parishon qilmaslikni tilab Allohga duolar qildi. Ko'zlarida paydo bo'lgan ikki tomchi yoshni sidirib hovliga chiqdi. Yuzlariga urilgan sarin shamol uyqusini haydadi. Duolar qilib, tahorat olgach, o'rnidan yurarkan devor tubidaghi qoraygan narsaga ko'zi tushdi. Nima ekan u ? Qarasa bog'langan tuguncha. Ochib ko'rdi. Yangi,pokiza ko'ylak, bitta ro'mol. Bir zum nima qilishini bilmay qoldi. Kim qo'ydi ekan? Olsammi, yo'qmi? So'ng bildirmay yahhsilik qiluvchilarning ishi deya olib ichkariga kirdi. Namoz o'qidi. Qur'oni karimni ochdi. Eri o'lganidan beri har tong "Yosin" o'qishniodat qilgan edi. Uning ruhi o'qigan o'qigan Qur'on savobi bilan huzur topishini o'ylab, tilovatga kirishdi. Qaysi biri oldin o'lsa, tirik qolgani o'lgunicha unga bag'ishlab Qur'on o'qishni,unutmasdan duolar qilishni eri bilan ahdlashishgan edi. Bu o'sha va'daga vafo edi. O'qidi. Qur'oni karimni yopdi.O'pib ko'zlariga surdi. Kelin bo'lib tushganida tikkan jildning ichiga soldi va joyiga ildi....
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2006, 10:32:36
Ertalab soat sakkizlarda eshik taqqiladi. Usmon og'aning hotini kelgan edi. Kenja o'g'lini o'zlariga olish taklifi...
Ona yuragini ta'riflab bo'lmas darajada qattiq iztiroblar to'ldirgan edi. Bir bahona bilan tashqariga chiqdi. O'g'lini bag'riga bosdi. hidladi,o'pdi, takror quchdi. Bir yoqda ko'z yoshlarini artar, bir tarafdan:
- Go'dagim, bolam, yetim farzandim,- deya sekin ingrar, bola esa nimalar bo'layotganini anglamasdi.
- Ona, yig'lamnag, yig'lamng ona,- deya boshladi. Ovozidagi titroqdan uning ham yig'lab yuborishini anglagan ona, o'zini tutdi,. bolasini ezilishini hohlamadi. Dardini ichiga yutib, ko'zlarini artdi va ichkariga kirdi. Nima deb boshlashni bilmasdi:
- Bolamni olib ketishga keldingizmi?- demoqchi edi, aytolmadi. So'zni mehmon honimdan kutdi. Usmon og'aning hotini yengilgina yo'talib:
- Qizim, bugun bolani olib ketmoqchi edim,-dedi.Shu mahal onanng yuragi dahsahtli darajada ura boshladi. O'rtanishi yuzida zuhur etdi.
- Biroq, og'angiz kechasdi kelib, fikridan qaytganini aytdi."Balki yetim haqqiga yetarlicha rioya qilolmasmiz", dedi."Savob olaman deya gunohga qolmaylik, qizimga ayt hafa bo'lmasin', dedi.
Ona hayajonlandi. Farzandining ketmasligi undan judo bo'lmaslik sevinchi bilan qayg'ulari qorishib ketdi.n Ortiq gapirolmadi.
- Nega hafa bo'layin, majbur emassiz ahir. Alloh rizqlarini berar, rahmat,- deya oldi, holos.
Usmon og'aning hotini ketdi. Uni kuzatib qolgan ona bolalariga bildirmasdan, huddi biror ish bilan mashg'ul bo'lgandek uy ortidagi devorga suyanib yig'aldi, selu-selob bo'lib yig'ladi, shashqator yig'ladi, to'yib-to'yib yig'ladi. Ularni boqish uchun ertaga kimningdir hizmatini qilishga, birovlar eshigida bolalarini to'ydirish uchun ularning bolalariga ermak o'yinchoq bo'lishga rozi eekanini o'ylab, kuyib-kuyib yig'ladi. Boshqa bolalar nozu-niyoz ichida, o'z bolalari boshi egik, horu has ichida o'sishini o'ylab, to'yib-to'yib yig'ladi....
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2006, 10:53:54
Qancha vaqt o'tdi bilmadi. Birdan esiga tuguncha tushdi. Noma'lum hayr sohibi kim? Yoki o'g'rimi? Qochayotib, quvib yetishlariga ko'zi yetib tugunchani bu tomonga otdimi?Yo'g'e, o'g'ri bir ko'ylak va bir ro'mol uchun o'zini tahlikaga qo'ymas? Bu - g'amho'rlik,yahshilik alomati. Ona buni hayrga yo'ydi. Alloh go'daklarini och-yalang'och qoldirmaydi, rizqini yetkazadi. Usmon og'aning hotini bolani ololmaydigan bo'ldik deganini qanday tushinish mumkin?Nima bo'lganda ham bolasini olib ketmaganlari yahshi bo'ldi. Bolalari ko'z oldida, o'z bag'rida o'sadi. Ammo bularni boqib ulg'aytirmoq oson bo'lmaydi. Kimga ishonadi,kimning yumushini bajaradi?Bir kunlik non topish uchun o'zgalar eshigida ishlashi, birovlarning bolalariga qarab, o'z bolalarini qarovsiz qoldiradi. Bolalarning qornini to'yg'azdi. Tozaligiga kiyim boshiga qaradi. Yuz-ko'zlarini siladi. Vaqt peshinga yaqinlashgan edi. Tuyqus eshik taqqiladi. Uyga 12 yoshlardagi bir bolakirdi. Ustida qurigan hamirlar yopishgan uniqqan etak. Bundan bolaning nonvoyhonada ishlashini bilish mumkin. Sochlari, yuz ko'zlariga un urib qolgan. Sokin,so'lg'in chehrasi, zaifgina vujudi kishida yengilroq bo'lsada, achinish hissini uyg'otadi. Bola bir-ikki yo'talib:
- Hola, Jamila hola sizmisiz?
- Ha, o'g'lim.
Bola mo'ljaldagi honadonga kelganiga ishonch hosil qilgach, cho'ntagidan bir kichik daftar olib, qarshidagi beva ayolga uzatdi.
- Hola, bu daftarni olib anavi qayrilishdagi nonvoyhonaga borasiz. Bir varag'ini yirtib, uzatib bitta bnon olasiz. Ikki varag'ini uzatib ikkita non olasiz.
- O'g'lim buni kim berdi?
- Ustam berib yubordi. Nonvoyhonaga bir keksa odam keldi, usta bilan suhbatlashdi, keyin shu daftarni qo'limga tutqazib, sziga berib yuborishdi.
- Yahshi o'sha kishini ismini bilasanmi?
- Bilmayman hola.
 - Suhbat payti eshitmadingmi otini?
- Yo'q, unda men ichkarida edim. Eshitmadim.
Jamila honimning o'yga tolganini ko'rib, bola so'raydigan savoli qolmaganini anglab:
- Men katyapman, hola, ko'pqolsam ustam urushadi. ,- deya chiqib ketdi. Jamilahonim bunda bir yahshlik bordir,deya eshikni yopib ichkariga kirdi. Tongdagi tuguncha, Usmon og'aning hotinining kelib ketishi va nihoyat nonvoyhonadan non olish....
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2006, 11:26:51
Eri o'lganidan keyingi ko'ngilsiz hodisalar... Agar u hayot bo'lsa, jigarporasini birovga boqish uchun berish kimning ham aqliga kelardi. Nochorlik qursin. Hozirgi sirli holatlar g'oyibona marhamatlar...Bularning oqibati qanday bo'ladi. Bir qarasang, bolani olishni o'zlari taklif qiladilar va yana o'zlari rad etadilar.Bir yoqdan bildirmay tugun tashlab ketishadi, yana kimligini aytmasdan kunlik nonlarini ta'min etishadi. Shubhasiz, bu Allohning bir lutfi karamidir. Mo'min bandasi diliga yetimlarga mehribonlik tuyg'ularini ehson etgan, Allohning O'zidir. Yer yuzida o'ziga o'hshagan tul bevalarning holi parishon, qancha qanchasi yo'qchilik girdobida. nima qilish kerak? Bu yordamlarni rad etsinmi, qabul etsinmi? Rad qilsa hovuchida ne yemishi bor va qo'lidan nima ham kelardi? Bolalarni qanday boqadi? Eridan o'ziga va bolalariga qolgani bir bog' va ikki honalik kichik uy. Daromad keladigan joy yo'q. Sotishga arzigulik narsa ham. Bundat yordamni qabul qilmoqdan o'zga chora va mulohaza yo'q. Zotan, shu paytgacha birovdan biror narsa so'ragan emas. So'rab olgandan ko;ra, so'ramasdan kelganiga rozi bo'lmoq yahhsiroqdir. Bu mahfiy yordam edi. Bunda ALloh rizosidan boshqa maqsad ko'rinmas edi. Jamilahonim holiga hsukr etishi lozim. To'g'ri, mol-mulki bisyor emsdi. Istaganiga erishgan ham emas. Eri o'ldi. Bolalarini bazo'r to'yg'izar edi. Qolaversa, farzandlari bilan birga yashashning o'zi ham katta ne'mat. Hudoga shukr. Salomatligi joyida. Tiriklik uchun nomusini toptamaydi. Qolaversa, bu dunyo rohat va farog'at makoni emasku!Kim ham istaganini topib murodga yetib g'am tashvish ko'rmay o'tgan bu dunyodan? 
Birvaqtlar onasi unga shunday rivoyat so'zlab bergan edi:
Bir podshoh hastalanib uzoq yotib qolibdi. Tabiblar davo top[olmabdi. Nihoyat sayyoh bir tabib podshoh yaqiblariga:"Agar hech dardi yo'q bir kishining ko'ylagini kiydirsangiz kasal shifo topadi, - debdi. Buni eshitganlar bundan osoni bormi, deya,ko'ylakni so'rab surishtira boshladilar. Biroq, dardim yo'q, deguvchi topilmabdi. Shaharning boylariga mansabdorlariga uchrabdi. Hammasi olam jahon dardi borligini aytishibdi. Nihoyat, eshikma eshik yurib izlaganlari holda ham darddan shikoyat etmagan odam topilmabdi. Shundan so'ng qo'shni shaharga habarlar yuborib dardi yo'qlar bo'lsa podshoh hursand qilishini bildirishibdi. Nihoyat, bir kun qo'shiq aytib tog'dan o'tin terib kelayotgan bir kishiga ro'baro' bo'lib undan:
-Ota, darding yo'qmi?Nega hursandsan? Ustingda yuk, hirgoyi qilib ketyapsan?-deb so'rashibdi.
- Nima dardim bo'lsin, hech qanday dardim yo'q.
Ishonmay qayta so'rashibdi. Shu javobni takror eshitgach:
- Jiddiy so'zlayotgan bo'lsang, seni hursand qilamiz. Bizga ko'ylagingni berasan, biz og'irligiga teng tillo beramiz,-debdilar unga.
Kishi javob beribdi:
- Jiddiy aytayapman, hech qanday dardim yo'q, ammo afsuski, ko'ylagim ham yo'q.
Ishonmay uni yechintirib ko'rishibdi, rostdan ham uning ko'ylagi ham yo'q edi.
Jamilaning onasi hikoyani tugatgach:
- Qizim, dunyoda dardsiz odam yo'q. Ahvoling bundan ham yomon emasli uchun shukr qil. Musibatlarga sabrli bo'l,- degan edi...
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2006, 10:23:17
o'sha kuni non olish uchun do'konga borsa odam juda ko'p ekan. Ortiga qaytdi. Birpas kutib yana bordi. Deyarli navbat yo'q edi. Uyalib-tortinib do'knga kirdi va non chekini uzatdi. Nonvoy biroz avval o'zi yuborgan chekni tanidi, non olib Jamilaning oldiga qo'ydi. Jamila qo'lini uzatmadi:
- Amaki, daftarni menga yuborgan ehson sohibini bilmoqchi edim.
Do'kon egasi ko'pni ko'rgan odamga o'hshaydi:
-Qizim,o'sha kishi o'zini tanitishni hohlasa chekni boladan berib yubormay o'zi olib borgan yoki o'zingizni chaqirib bergan bo'lardi. Bilib ham nimaqilasiz? Bu bir yahshilik. Istagi: siz bilmasangiz, uni oldida tilingiz qisilmasa, hijolat ham bo'lmasangiz. Uni niyati shu.
honimni faromush ko'rib, samimiy ohangda qo'shimcha qildi;
- Buning zamirida yomon niyat yo'q, qizim. Sizning qiyin holga tushmasligingiz uchun, Alloh rizosi uchun yordan qizim. O'zingiz so'rab borgan emassiz, to'g'rimi? Hech kimdan hech narsa so'ramadingiz-ku. Alloh sizga va bolalaringizga mehribonlik qilib yahshiligini yuzingizga solmaydigan bir yordamchi yubordi. Bemalol yordamini qabul qiling.U odam ham savobga erishsin. Sizning nonga ehtiyojingiz qanday bo'lsa u kishining ajr va savobga ehtiyoji shunday! Va hatto undan ham ziyod. Nonni hotirjam yeyaveringlar qizim.
- Ho'p amaki, bu oliyjanob kishini tanisam, haqqiga duo qilsam,degandim.
Do'kin egasi bu soddalikdan yengilgina kulimsirab qo'yishdan o'zini tiyolmadi. Nonni uning qo'liga qo'ygach:
- Duo qiling. Agar siz ismini aytmasangiz ham duoyingiz ijobat bo'ladi, Inshaalloh. Alloh bu yahhsilikni kim qilganini bilmaydi deb o'ylaysizmi? Boshqa safar siz ovora bo'lib kelmang, daftarni bolangiz olib kelsin. Buning hech ham hijolat bo'ladigan joyi yo'q.
Jamilahonim nonni olib uyiga jo'nadi. Non chekini savobtalab Usmon og'a jo'natganini bilmadi. Shunday yahshilik qilinajagini eshitgan nonvoy - yetimparvar kimsa ularga nonni yarim bahosida berishini aytgan edi. Mahmud og'a, Usmon og'a va nonvoydan iborat savobtalab insonlarning shu zaylda boshlagan ishi sirligicha qoldi...
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2006, 10:35:37
* * *

Oradan bir hafta o'tdi. Yusuf afandi Munavvarhonimning iltimosiga ko'ra Mustafo haqida mahmud va Usmon og'alardan, boshqa choyhonachiga o'hshash yana bir  ikki tanishlaridan so'rab bildi. Barchaning fikri ijobiy bo'ldi. "Bu yoshdagi yigitning ayni holatidan quvonmoq lozim bo'ladi',- deyishdi ular. Munavvarhonim Yusuf afandi tavsifidan manun bo'ldi. Allohga shukronalar aytdi. Yonidagi 11 yashar o'g'li Aliga ham havas bilan qaradi. ichidan akasiga o'hshasin,Ilohim,dedi. O'sha seshanba kuni Mustafoning uylanishidan so'z ochildi.Munavvarhonim buni anchadan buyon o'ylayotgan edi. Endi yurak yutib tog'asining o'g'liga maslahat soldi.
- Meni yolg'iz tashlab qo'ymang, Mustafo meni o'g'lim bo'lsa, sizga jiyan bo'ladi. birgalashib uni boshini ikki qilib qo'yaylik. Munosib joydan kelin izlaylik.
Yusuf afandi nimadir demoqchi edi gapga hotini aralashdi:
- Izlab uzoqqa borishni hojati yo'q. Ana, Mahmud og'aning qizi Amina bor. Unga hammaning havasi keladi. Odobli, yoqimli, go'zal qiz. Ular ham Mustafodan ortiq yahshi yigit topisholmaydi, menimcha.
Yusuf afandi hotining mulohazasini maqulladi:
- To'g'ri, Mahmud og'aning qizi juda munosib. Munavvar shuni bir o'ylab ko'ring. Otasi mening yaqin do'stim. O'tgan kuni Mustafoni menga o'zi maqtab qoldi. Yahshi odam. Pokiza bir musulmon kishi. birovdan yordamini ayamaydi. Mahmud og'a uchun men kafil,lekin qizi to'g'risida bir nima deyolmayman. Qo'shnilaridan so'rab surishtiring. Lekin ehtiyot bo'ling, meni hijolat qilib qo'ymang...
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2006, 10:53:18
Qo'shnilarning samimiy va holis maqtovlaridan keyin yahshi hulosa chiqarildi. Amina Mustafo uchun so'rab boriladigan bo'ldi. Yusuf afandi dangaliga ko'chdi:
- Menimcha, hayrli ishni cho'zishdan ma'no yo'q. Avval ayollar bir necha marta borib, keyin erkaklar qatnaydilar. Menga qolsa,bu qatnovlardan foyda yo'q. O'zim borib Mahmud og'a bilan gaplashayin. Atrofga ovoza qilmay bir so'rab ko'raychi. Ko'nishsa, gap yo'q, masala hal. Aksi bo'lsa, o'zlari biladi. Yopig'liq qozon yopig'liq qoladi. Jilla qursa beribdi-bermabdi degan mish-mishlar bo'lmaydi.
Bu taklif Munavvarhonimga ma'qul keldi. To'yga bog'liq erkaklar bilan bitadigan har hususdagi ishni Yusuf og'aga topshirdi. "Alloh hayrli qilsin",-deya duolar bilan maslahatga yakun yasaldi. Vaqt allamahla bo'lib qolgani uchun Ali sekin-asta mudray boshlagan edi.

Mustafodan so'raldi:
-Onang seni uylantirmoqchi nima deysan?
- Nima ham derdim/
- Ko'z ostingga olib yurganing bormi?
- Yo'q. Iymonli, pokiza, hushhulq bir qiz bo'lsa, boshqa istagim yo'q.
Bu qisqa suhbat onasiga bildirildi...
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2006, 10:58:34
Mustafo bu masalada onasi bilan gaplashmadi. Faqat to'y bo'lguncha namozlarida, yolg'iz qolgan kezlarida duoda bo'ldi:"Yo, Rabbim, uylanadigan bo'lsam, menga pokiza bir honim nasib et. Halol sut emgan, Senga bandalik qiladigan,meni Sening yo'lingan qo'ymaydigan umr yo'ldoshga ro'baro qil. Mening ham, onamning ham haqqiga rioya qiladigan, bu dunyo u dunyo yuzimni yorug' qiladigan bir jufti halol nasib et.Ey, Allohim, yahshi turmush, go'zal hayot, nasib ayla. Agar turmush yahshi kechmasa, bir-birimizni tushunmasak, mening uylanishdan foyda yo'q. Allohim, meni huzuri pokingda uyatga qo'yma!"
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2006, 11:27:03
Mahmud o'ga bilan Yusuf afandi asr namozini Qubbali jome'sida o'qib chiqishdi.Quyosh shomga asta sekin yo'l olgan. Daraxt shohlari yengilgina qimirlaydi.
- Afandi, biror piyola choy ichib ikki og'zi gurunglashsak, nima deysiz?
-Yahshi,ammo holiroq joyni tanlasak. Choy bizdan...
- Buning ahamiyati yo'q. Choy bahona biroz gurunglashsak.
Ularga choyhonaning holiroq joyi ham ma'qul kelmadi.Shunda Mahmud og'a:
-Yusuf og'a, yahshisi biznikiga borsak. Ho'p deng. Biroz damolib, bemalolroq o'tiramiz.
Do'sti ikkilanganini ko'rib Mahmud og'a uning qo'ltig'idan oldi.
- Qani, qani, menga bu joylar yoqmaydi. Hali zamon har hil odamlar keladi, turib ketishga majbur bo'lamiz. Yahshisi, uyga yuring.
- Men siz bilan shahsiy masalada gaplashmoqchiman.
- Juda yahshi uyda bunday suhbatlar taqiqlanmagan. Bemalol gaplashamiz. Hech kim halal bermaydi.
Yusuf og'a ko'ndi. Uyga borishdi. Mahmud og'a ichkariladi. Birozdan keyin:"Keling, marhamat qiling!"taklif qildi. Ichkari kirildi. Oyoq kiyimlarini yechib bir chekkaga qo'yar ekan Yusuf og'a dedi:
- Bolaligimizdan onam shunday o'rgatgan. Rahmatli, intizomga juda qattiq edilar. Oyoq kiyimlarni mahsus joyga qo'yilmasa, qulog'imizni yengilgina cho'zar va aytganini qldirar edi. Har narsani o'z joyiga qo'yishga odatlanganmiz. Tunda chanqab uyg'ongan kishi suvni qiynalmay topardi. Kiyim-kechaklar har doim saranjom turardi.
Mahmud og'a buni maqulladi.
- Alloh rahmatiga olgan bo'lsin. Ota-onamiz tarbiya bermasa,hudo biladi hozir kim bo'lardik. Bolalikdan menga namzo o'qishni o'rgatdi. O'yin eng qizigan payti otam behosdan so'rab qolardi:"Namoz o'qidingmi, o'g'lim?" Yolg'on gapirsang jahannamga tushasan. Bu tushuncha miyamga muhrlangan. Shu sabab to'g'risini aytardim:"Yo'q, birozdan keyin o'qiyman". Otamning bunga javobini ham juda yahshi bilaman. Ammo o'yinni tashlab ketish ham qiyin. Ilinj bilan otamga qarayman. Otam esa:"Bo'lmaydi bolam, namoz o'tib ketadi. O'yin o'tmaydi",der edilar. Shunda o'yinni qoldirib namozga shosh.ardim. Shunday ulg'aydik. Hudoga shukr, shu yoshga kirdik, namozni o'tkazib yubormadik. Esdan chiqarmadik. Alloh taolo oatmni behisob rahmat bilan siylagan bo'lsin!
Shu payt eshik ohista taqqiladi. Ostonada 17-18 yoshlardagi go'zal bir qiz paydo bo'ldi. Boshiga chiroyli ro'mol o'rab olgan, muslimalarning bejirim libosidagi istarali qiz otasiga qarab:"Labbay,otajon",dedi.Otasi Yusuf afandiga ishora qilib:
- Qizim, amaking mehmon. Choy-non keltirgin.
- Ho'p ota, amaki hush kelibsiz.
- Alloh hushbahtu, hushvaqt qilsin, qizim.
Qiz sekingina iziga qaytdi...
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 06 Dekabr 2006, 10:31:22
Mahmud og'a:
- Mening yolg'izgizna qizim bor, afandi. Ibodatli,itoatli, Allohdan qo'rquvchi bo'lsin duolar qildim,Hudoga shukr,shunday bo'ldi.
- Mashaalloh,qizingiz odobli tarbiyali ekan.Alloh qo'llasin.
Suhbat asnosida maqsad o'z-o'zidan o'rtaga chiqib kelmoqda edi. Yusuf afandi gapni nimadan boshlashni bilmay taraddudlanar ekan,og'a bir narsa nogoh esiga tushgandek:
- Afandi, hali shahsiy bir masala hususida gapirdingiz,-dedi.
Endi ikkilnaishga hojat qolmaganini sezgan mehmon hozirlanib tomoq qirdi. Negadir yurak urishi tezlashgandek bo'ldi. Tashqarida sukunat,qadam qadam tovushlari ham tindi. Hali bir daqiqa avval yonida bo'lgan Aminaning otasiga Yusuf og'a dedi:
-Og'a, sizga bir kuni choyhonada ikki yigitni ko'rsatgan edim. Esingizdami?
-Ha. O'tgan kuni gaplashgan yigitlar...
- Ha. Ulardan biri Mustafo,ammamning nabirasi, qizining o'g'li.
Og'a birdan hayajonlanib:
-Shundaymi?
Yusuf afandi:
-Shunday og'a. Uning buvisi bilan mening otam tug'ishgan aka-singil.
- Ko'p yahshi,juda soz,unday bo'lsa,nega o'sha kuni tanimaganga oldingiz?
- Bir kuni onasi biznikiga kelib,Mustafoni chetdan kuzatgan bir-ikki odamlar fikrini bilib ber, deb mendan iltimos qildi. Men sizlardan so'radim og'a. Tabiiyki,hatoyimiz uchun jazoga tayyormiz, og'a...Biz shu yigitni uylantirish harakatidamiz.
Bu orada tashqaridan qadam tovushi eshitilib yaqinlab kela boshladi. Yusuf afandi jim bo'ldi. Bir-ikki soniyadan keyin Amina ichkariga kirdi. Olib kelgan ayronni izzat-ikrom bilan avval mehmonga, keyin esa otasiga tutdi. Otasi:
-Qo'ling dard ko'rmasin,qizim. Ayronni shu yerga qo'ygin.Sen boraver,-dedi.
Amina ayronni qo'yib chiqib ketgach, Yusuf afandi davom etdi:
- Nima edi, ha, o'sha Musatfoni uylantirmoqchimiz. Allohning amri, Rasululloh s.a.v. sunnatlariga binoan qizingiz Aminani o'g'limiz, jiyanimiz Mustafoga so'rab keldim,og'a. Mana, siz bilan bo'ladigan shahsiy gapimiz shu.
Yusuf afandi bir ikki lahza tin olib, Mahmud og'aning og'ziga tikildi va javob kutib o'tirmasdan so'zida davom etdi:
-Odatimizga ko'ra avval ayollar bir ikki marta qatnaydi, so'ng ishga erkaklar aralashadi. Men esa boshqacha yo'l tutmoqchi bo'ldim. Tabiiyki, masala faqat sizning maqullashingiz bilan hal bo'lmaydi. Albatta, onasidan so'raysiz, qizning fikrini bilasiz va shunga ko'ra javob berasiz. Agar rizolik bersangizlar yahshi bo'lardi. Shunda sovchiligimizni oshkor etardik. Biror sababga ko'ra bermaydigan bo'lsangiz, bu sirligicha qolardi.
Mahmud og'ani hayajon bosgandek bo'ldi. Quloqlarim aldamayaptimi, degandek ko'zlarini bir nuqtadan olmasdan so'radi:
- Aminani Musatfoga dedingizmi,afandi?
- Ha,og'a.
- Musatfo yahshi yigit. Madaniyatli. O'tgan kun ham u haqdagi fikrimni aytib edim. Vazmin,oliyjanob yigit.
So'ng Yusuf afandiga qaradi:
- Afandi, inshaalloh bu ishni cho'zmasmiz. Men ra'yimni hozirdaniq bildirishim mumkin. Agar onasi va qizim rozi bo'lsalar, men ham bu taklifni ma'qullayman. Alloh hayrli etsin. Barobar duoda bo'laylik. Mendan so'rasangiz, qizim Mustafodek yigitga aslida loyiq ham emas. Endi bizgabiroz muhlat bersangiz. Uydagilarga vaziyatni tushuntiray. Chunki turmush qiladigan Amina.
- To'g'ri og'a, aslida qiz va hotindan so'ramay maslahatlashmay, o'zboshimchalik bilan qizini duch kelganga berib yuborishga men ham qarshiman. Bu dinimizga zid. Ba'zilar puliga, mol-davlatiga qarab qizini uzatadi va ikki kun o'tar - o'tmas ish mahkama eshigiga taqaladi. Qiz bormayman deb qarshilik qilishiga qaramay ota qaysarlik qilib turib oladi. Natijada qiz bir oliyjanob yigit bilan qochib ketadi. Ikki kundan keyin esa majburan nikoh o'qiladi.
Ular bu mavzuda uzoq suhbatlashib o'tirdilar.Yusuf afandi oqshom yaqinlashgani uchun og;aning qistoviga qaramasdan o'rnidan turdi:
- O'tirsam bo'lar edi, ammo kech qaytishimni uyga aytmagan edim...
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 06 Dekabr 2006, 10:51:31
Amina otasi bilan kelgan birga kelgan mehmonning maqsadini bilmaydi. Tashqarida qo'ylarini sog'moqda. Ayni paytda ichkarida ota-onasi uning turmushga uzatilishi huzusida maslahatlashayotganidan ham habari yo'q. Oradan biroz vaqy o'tgach, shom namzoiga chorlagan muazzining tiniq ovozi yangradi. Otasi qo'liga hassasini olib honasidan chiqdi. Oyoq kiyimlarini kiydi, odatdagidek nimalarnidir pichirlab bog' eshigiga qarab yurdi. Amina qo'lida sut chelakni ko'targanicha har diomgidek:
- Alloh qabul qilsin,-deyishni unutmadi.Otasi:"Rahmat, sog'a bo'l,qizim!', degandek bosh qimirlatib qo'ydi. Hech narsadan habarsiz qiziga mehr  va iztirob bilan qaradi. So'ng jamoatdan kechikmaslik uchun qadamini tezlatdi. Namozda va namozdan so'ng, agar bu turmushga chiqishning oqibati hayrli bo'lsa osonlik va saodatlar ato etishini, yo'qsa, o'rtaga bir to'siq chiqarishini har ishga Qodir Allohdan so'radi.

Shu kuni taomni biroz vaqtliroq tanavvul qilib, ertaroq uyidan chiqqan Mahmud og'a ko'ngliga orom beradigan masjid burchagida jimgina o'tirgandek ko'rinsada, aslida Allohning uyida ekanini, Uning uyida zikr bilan mashg'ul bo'lish kerakligini yahshi biladi. Yana biladiki, mehmonni e'zozlashga buyurgan bir din sohibi ALloh,jome'larda mehmondorchilik odobiga rioya etgan mo'min qullarni mutlaqo mamnun etajak.
Til jim. Faqat dil yo'li Allohga ochilgan,o'z istagini o'zidan yahshi biluvchi Parvardigori huzuriga chiqqan, arzi hol aylagan. Yillar shamolida to'zimas ixlos bilan qilingan ibodatdan, oppoq nurga g'arq boo'lgan soqol ham qalbdan qo'zg'alib ko'zdan oqqan yoshlar bilan nam bo'lmoqda.
Bu orada masjid minorasidan bir sado eshitildi. Qarshi binolarda aks-sadolar berib yangradi. Ko'ngildan chiqib, ko'ngillarni to'ldiruvchi nido. Allohning buyukligini e'lon etuvchi fig'on. Yuksaklik,ulug'lik,kamol Allohga oidligini anglatuvchi nola:"Allohu Akbar! Allohu AKbar!". Mo'minlarni ALlohning uyiga chorlov. Mo'minlarni Allohnig uyiga mehmonga, ma'naviy ziyofatlarga chorlovchi eng go'zal, eng dilbar tovush! Yangroq navo. Bu ss oyoqni tolg'in, tazzaru holidan umidli holatga keltiradi. Buyuk Alloh uyida qilingan so'rivni qaytarmasligi va huzurida samimiyat ila ko'tarilgan qo'llarni bo'sh qo'ymasligi ko'nglida bir qanoat hosil etadi. Namoz ibodati shu qanoat va huzur ichida ado qilinadi...
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 06 Dekabr 2006, 10:58:38
Uyda ona bilan qiz yolg'iz. Onasi Aminani yoniga chorladi. "Qizim, senga gapim bor". Ona so'z boshladi:
- Amina, bugun biznikiga keligan kishi bor-ku...
- Ha, ona.
- Shu kishi sovchi bo'lib, Mustafo degan jiyaniga seni so'rab kelibdi,qizim...
Amina bunday taklifni kutmagani uchun dovdiran qoldi. Yuzi hayodan qirmizi tus oldi. Tili tutilib, yerga qardi. Bir muddat shu zaylda jim o'tirdi. Uning javob bermaganini ko'rgan onasisochlarini tuzata turib, ilova etdi:
-Nima bo'ldi senga Amina? Hafa bo'ldingmi,qizim? Bu barchaning boshida bor gap. Bu Allohning bir qonuni-ki, uni o'zgartirib bo'lmaydi. Hech kim bunga qarshi borolmaydi. Otangning aytishicha, pokiza, ahloqli, odobli, oliyjanob yigit emish. Onasining onasi Munavvar, otasi avvalroq vafot etgan ekan. Yana 11 yoshli o'g'li ham bor emish. O'ylab ko'r. Uch kun ichida menga javobingni aytgin, qizim.
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 07 Dekabr 2006, 10:23:15
Mahmud og'aning oydek qizi Amina o'zicha kelin bo'lishiga hali uch-to'rt yil borligini chamalab qo'ygandiyu,lekin onasining nogoh taklifi uni shoshirib qo'ydi,hayajonlantirdi, o'ylantirib qo'ydi. Yoshi o'n yettida edi. Yigirma yoshga qadar hali fursatim bor degan qanoat bilan o'zini ovutib yurardi. Yana to'g'risini istasangiz, Amina hatto turmushga chiqmaslikka ham rozi edi. Nechun deysizmi?
Atrofda bunday hayol-hulosaga olib keluvchi misollar ko'p edi. U hech bir qaynona va kelin o'zaro turmushlaridan mamnun ekanliklarini eshitgan emas. Honadon siri ko'chaga chiqmasindeguvchilarning til uchida:"Yahshimiz,  binoyidek yashab yuribmiz",desalar ham, ularning gap ohanglaridan "Chiqisha olmayapmiz, ammo nachora", degan ma'noni uqish qiyin meas edi. Ikki hotin uchrashib qolishsa, qaynonasi yoki kelinidan shikoyat qiladi. Yoki mahalla kuydagi shunday bahtsizlardan gap ochadi. Oddiy bir misol:to'rt eshik naridagi qo'shning kelini Kazbon. Uning aytishicha eri bozordan kelganda kutib olishga uyalgan. Qaynonasi darhol:
-O'g'limni kutib olmaysizmi? Nimaga turibsiz? Sizni kim uchun olib keldim?-deya arazlagan emish. Ikki kun o'tganidan keyin uyida bir mehmon borligida, bog' eshigidan kirayotgan erini kutib olish uchun borayotsa, qaynonasi:
- Qizim ayb bo'ladi.el yurt bor-a, deya mehmon oldida izza qilgan emish.
Bunday aqldan, mantiq va insoniylikdan yiroq hodisalarni tinglash Aminaning ko'nglini hira qilar, turmushga chiqish istagini sekin asta yo'qqa chiqarib borardi. Yana Kazbon aytishicha, biroz e'tiborsizligi tufayli pishirayotgan taomi tagiga olib kuyadi.Qaynona ovi o'ngidan kelgan qoplandek unga tashlandi. Ahir kelin ko'r bo'lmasa, o'g'li otdek ishlab topgan narsalarni isrof etadimi? Beli og'rib pul topmaganda...Ustiga ustak o'tin ham ko'p, istaganingcha kuydir, yoq...
Qaynonam birpas to'ng'illagach, menga qarab shunday dedi:
- Allohdan qo'rqing, qizim, boshqa narsa demayman. U mening o'g'lim bo'lsa, sizning eringiz.
- Ona bilmay qolibman. Atay kuydirmadimku....
- Albatta,bilmay kuydirasiz. Qanday topilayotganini, qandat ter to'kilayotganini bilmaganingiz uchun,kuydirsangiz ham zararini sezmaysiz. Agar ota uyida shu ishni qilsangiz nima bo'ladi? Ehtimol hech narsa...tarbiyaga qaraydi-da.Bo'y o'sgani bilan ish bitmaydi. Terakda ham boi'y bor, natija meva yo'q...
Qaynonam arzimagan bahonani topib avjiga chiqardi. Ovqatni bilmasdan kudirib qo'yganim uchun shunchalik qilishi shartmi? Shunga hafa qilish shartmi? Shumi insoniylik? Qaysi ahloq kitobida bitilgan bu? O'zimni aybli sanab:
- Ona boshqa takrorlanmaydi. E'tiborli bo'laman,desam, javobi hammasidan oshib tushdi. Ikki soatcha javradiyu, tag'in nima deydi deng:
- Yahshiyam bugun birovga ozor berilmaydigan muborak kun. Yo'qsa ko'nglingizni hufton qilardim. Shukr eting. Yana bir bor shunday ish tutadigan bo'lsangiz, o'zingizdan ko'ring. Qozonning qopqog'ini shunday eringizni oldida ochaman!...
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 07 Dekabr 2006, 10:48:41
Shunchalik achchiq so'zlar aytib ko'nglimni og'ritgach:"Hafa qilardimu, shukr eting", deganichi. O'yladiki, men hafa bo'lmadim. Uning meni hafa qilmadi, shunchaki nadihat qildi. Ko'rgulik deya o'yladim, ko'rgulik. Haqoratni fazilat deya sanaydigan ayol bilan yashaymanmi? Ko'rglik emasmi? Bunday achchiq gaplarni umrimda eshitmaganman. Ota-oanm mnega bunday so'zlarni aslo aytgan emas. Bu gaplar o'y hayolimga ham kelmagan. Ko'ngil qolish  va hafagarchilik neligini bilib oldim...
-Inson zoti bior ayb uchun bundan ortiq malomatga qolishi mumkinmi? Ahir uyimizdan bundey qo'pol, qattiq gapirilmas, otam bunga yo'l qo'ymas edilar.Mehribon oanjonim menga bu tarzda muomala qilgan emas, boshimga shunday kunlar kelishini hayolimga ham keltirmagandim. Qiziq, bizning uyda ham kelin bo'lsa unga qanday muomala qilgan bo'lardik-a? Inson zulmni boshidan kechiragni, tanigani uchun ham shunday zolim bo'larmikan yo?Aslida har bir qaynona ham kelin bo'lib ko'rgan-ku ahir. Ho'sh, nega endi mushketti? O'zi tortgan zulm alamini birovdan olmoq kerakj? Yigirma besh yil keyingi hayorimni hayolan tasavvur qilamna. Sochlarim oqargan, o'g'lim uylangan. Kelin hizmatda. Qahva tayyorlab oldimga qo'yadi. Mening qo'llarim titraydi, qahvani to'kib yuboraman. Ustiga-ustak kelinga jahl qilaman. Baqiraman:"Biroz nari qo'ysang bo'lmasmidi?"Ko'nglini og'ritaman.Aybsiz kelin,mening achchiq zahar gaplarimga chidolmaydi,yig'laydi.Unga rahm qilish o'rniga, jahl qilaman:
-Yig'la, yig'la,bir paytlar meni ham yig'latganlar.Men boshimdan o'tkazdim bu ko'rgulikni. Sen ham totib ko'r. Bunisi hali holva, boshimdan o'tgan azoblarni senga ham torttirmasam,Kazbon otimni boshqa qo'yaman. Qahva to'kishni ko'rsataman hali senga...
"Imillama,Kazbon ovqat kechga qolmasin".
Qaynonam ovozidan cho'chib o'zimga keldim. Yeng shimarib darhol ovqatni pishira boshladim. Haligi hayolim ko'z o'ngimdan ketmadi. Yo, ALloh men ham nahot shunday insofsiz bo'lsam.Agar shunday qaynona bo'ladigan bo'lsam, o'sha kunga yetkazmay meni jonimni ol,Rabbim,-deya duo qildim.
Bu safar bir nuhoshlik bo'lmasin deya e'tibor berib pishirdim ovqatni. Kechqurun dasturhonga tortilganida negadir yana kuygan hid kelgandek bo'ldi. Erim bir ikki qoshiq ovqat yegandan keyin menga:
- kazbon, ovqatda kuyik hidi bormi, qaragin-a?-dedi. Inkor eta olmadim. Chunki hidni men ham sezgan edim.
- Ha biroz kuygan shekilli,-dedim noiloj. Gapga qaynonam aralashdi:
-0 Shunaqasi ham bo'lib turadi,kelin hali o'rganmagan.O'rganib ketadi. Keyingiz safar e;tibor beradi. E, bolam,biz ham shunaqa edik. Yangi kelin bo'lib tushganimda necha martalab kuydirganman...
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 08 Dekabr 2006, 10:18:53
Onasining gaplaridan erimning kayfiyati chog' bo'lgan edi. Kulimsirab so'radi:
- Ona, siz ham ovqatni kuydirgnamisiz?
-Albatta,o'g'lim,-dedi qaynonam va menga qarab:
-Hali yangi kelinsan. Baland pastni yahhsi bilmaysan. Hohlaysanmi, yo'qmi bunday aks hollar sodir bo'ladi. Bir kuni o'choqqa obqat qo'yib qo'shni honaga o'tdim. Bir payt burnimga kuygan narsani hidi urilgandek bo'ldi. Bu nima ekan-a?Qo'shnilardan birortasi o'choqqa ovqat qo'yganu unutgan. Qozondagi ovqat esa chasir chusur kuymoqda degan hayolga bordim. Tashqariga chiqdim, hid ozaydi. Birdan ovqat qo'yganim esimga tushdi. Va boshimdan bir paqir qaynoq suv quygandek bo'ldi. Yugurdim. Ne ko'z bilan ko'rayki, ovqat kuyib jizg'anak bo'libdi. Eshik yopiq bo'lgani uchun hid tashqariga chgiqmagan. Shundagi ovqatga suv quymaganim esimga tushdi. Biroq g'isht qopildan ko'chgan edi. Darhol onamga:"Shu-shu narsalarni olib keling',deya habar yubordim. Hech ham unutmayman, onam aytib yuborgan narsalarimni o'zlari yugurib olib keldilar. "Tinchlikmi,qizim". Ovqatni kuydirib qo'yganimni aytdim. Onam yeng shimarib ovqat tayorlashga kirishdi.Men qozon tagidagi kuyganlarni qirib tozaladim.Ularni boqqa ko'mayotgan mahalim qaynonamkeldilar. Hech narsani sezmadi.
Qaynonam bularni gapirib bo'lgach,kerishib:
- Eh-he, qayda qoldi u eski qaynonalik davri. Shunday holat yuz bersa, eri bor demay qozonni naq boshiga kiygizib qo'yadi. Bunday holatlar bo'lib turadi,bolam. Qani yeylik,bo'lar ish bo'libdi.
Bu yerda bir anglashilmovchilik borga o'hshaydi. Chunki ovqat pishishi bilan mazasini tatib qo'ygan edim. Yahshi edi. Balki qaynonam kunduzi aytgan gaplariga pushaymon bo'lganmikin?Menga gap tegmasligi uchun bunday insoniylik namunasini ko'rsatayotganmikin? Tun bo'yi bunday savollar menga tinchlik bermadi.Biroq saharda idish tovoqlarga qarar ekanman, turgan joyimda qotib qoldim. Men kuygan qozonni yahhsilab yuvmagan ekanman. Qozon ichida qolib ketgan kuyik qoldiqlari bir qoshiq bilan yahshilan qirib olingan edi. O'zimcha o'yladim:ovqatdan o'z-o'zidan kuyik hidi kelsa, kuygan qozonni birov tozalab qo'ysa...Buning mohiyatiga aql yetmaslik uchun ahmoq bo'lish kerak holos. Tishimni tishimga qo'yib, sabr qildim. Ovozimni chiqarmadim.
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 08 Dekabr 2006, 11:05:21
Oradan bir necha kun o'tdi. Kunduzlari menga dushmandek tashlanadigan qaynonam, o'g'lining yonida onamdek mehribon edi.Uning bu munofqiligi  menga shunday alam qilardiki, bir necha bor bu ishini yuziga aytmoqchi bo'ldim. Uni sharmanda qilib ichimni bo';shatib yengil tortay dedimu, o'zimni tiydim. Kunlarim shu zaylda hafagarchilik bilan o'tdi. Erim so'raganda "tobim yo'q" dedim. Ishondi, surishtirib o'tirmadi. Bir kuni kayfiyatim yahshi edi, to'planib qolgan kirlarni yuvayotgan edim. Charchab dam olgan kezlarim daraxtdagi qushlarni tomosha qilardim. Bu orada ikki chumchuq urishib qoldi. osmonda bir-biriga urilib, keyin novdadan uzilib yerga tushgan ikki olmadek, yerga tap etib tushardi. Yerda ham go'yoki, bir-birini yer edi.Atrofida boshqa qushlar chug'urlashib ularga qo'shialr, ehtimol ularni ajratmoq bo'lib aralashar edilar. bu orada to'dadan ajragan ikki qush yana osmonga ko'tarilin yonma yon uchib urushar edilar. Shu qushlarning ham bir-biriga shu qadar shafqatsiz ekanliklarimeni hayron qoldirdi. Ular nimani talashadi? Ahir bu dunyo ularniki kemasku? Yuvgan kirlarni qurishi uchun dorga osib quriganlarini yig'ar edim. Qaynonamning kiyimlarini diqqat bilan yuvib daraxt ostiga osgan edim. Bir mahal qarasam, qushlar iflos qilibdi. Darhol qayta yuvishga kirishdim. Agar bu holdan voqif bo'ls qaynonam yana allanimalar deb yulib olishi aniq edi. Qayrilib ikki qadam yurib yurmay uning yoqimsiz ovozidan cho'chib tushdim. Derazadan baqirardi:
-Kazbon, ko'ylagimni nega oldingiz.
Yolg'on gapirgim kelmadi. Hojat ham yo'q edi. Tabiiy hol deb o'yladim.
-Qush iflos qilib qo'yibdi. Boshqadan yuvmmoqchiman.
-Daraxt ostiga ossangiz qush iflos qiladi-da, chang tushadi. Boshqa bo'ladi. Nega o'zingiznikini u yerga emas, ochiq joyga ildingiz. Tabiiy, honimafandining liboslari toza, bizniki esa ne bo'lsa bo'lsin.
Qaynonam yana shunga o'hshash so'zlar bilan o'yib oldi. So'ngra:
-Onangiz o'rnida onangizman. Lekin siz onangizdek ko'rmaysiz, uni hurm,at qilgandek qilmaysiz. Buning uchun hali Alloh huzurida javob berasiz,Allohdan qo';rqing. Qilgan ishingiz onaga zulm emasmi?-desa bo'ladimi. Tepa sochim tikka bo'ldi. Kelinlikning ham bir chegarasi, haddi bordir dedim. O'zimni tutib turolmadim. Ko'nglimni bo'shatdim:
-Qanday qilib onam o'rnida ona bo'lasiz? Bunday so'zlarni dushmanga ham aytmaydilarku. Qanday qilib onam o'rnida ona bo'lasiz?Hato qilsam onam meni kechirganlar. Sizdek o'yib olgan measlar. Yoki siz qizingizga menga gapirgandek gapirasizmi?Nechun kun bo'yi turli jafolar qilib,oqshom o'g'lingiz kelganida o'zingizni sipo tutasiz?Shumi ona o'rnida ona bo'lganingiz? Uyalmaysizmi? Allohdan qo'rqmaysizmi?Kelganimdan beri yegan ichganimni zahar qilib,jonimdan to'ydirdingiz. Onadan tug'ilganimga pushaymon bo'ldim. Bu yolg'onlar, bu zulmlaruchun siz ALloh oldida javob bermaysizmi?
Miaymga qon quyildi. O'zimni yo'qotgan edim. Baqirib chaqirish  va yomon so'zalr aytishni ko'tarolmas edim.Qaynonam nimalar dedi,men nimalar dedim bilmayman.   Qaynonam so'zini  tugatar tugatmas men boshlardim. Tilimga kelganini aytardim. Birozdan keyin ikkimiz ham shunady holga keldikki, na u, na men aytayotgan so'zimizni bilmasdik. Bir mahal behosdan bir juft boshni ko'rdim.  Qo'shnilar tomoshaga chiqishgan ekan. Aqlim o'zimga  qaytgandek bo'ldi.Shu yerda gapni kesdim:
-Inshaalloh, yayrab kiyolmassiz,-deya boshqadan yuva boshladim...                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                 
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 12 Dekabr 2006, 08:16:48
Ishim bitgach honamga kirib yotdim. Ko'pdan beri bunday rohat qilib uhlamagandim. Ertalab jonim kirib uyg'ondim. Endi jim turishdan foydan yo'q edi. G'avg'o bo'larmikan?Albatta, g'avg'osiz kunni o'zi yo'q. Qaynonamni hurmat qilishim kerakmi? Aslo! Hech qachon! Chunki u hurmatga loyiq emas. Arzimas narsalarga g'avg'o kootaruvchi bu ayolni hurmat qilishga ne hojat?Kechqurun erim keib uyda nimalardir bo'lib o'tganini sezdi. So'radi, hech narsa bo'lgani yo'q, biroz behuzurlik, dedim. Ishonmadi, yana so'radi. Keyin aytdim:
- Endi chidolmayman. Kular yuzim so'ldi. Har kuni ming turli so'z eshitdim. Yeb-ichganim zahar bo'ldi. Men ham insonman. Meni bu yerga faqat qahru g'azab ko'rsin deb olib keldingizmi?
Bu so'zalrni eshitib erimni qovog'i osildi.
- Nega bunday gapiryapsan, Kazbon? Ahir onam sendan shikoyat etgan emas. Har doim yahshiligingan so'zlaydilar. Nega o'shanda hech narsa demading?Senga har kuni yomonlik qilgan kishi kelib menga maqtaydimi?Boshqa bunday holni ko'rmayin. Bor, endi qo'llarini borib o'p.Yana shunday qiladigan bo'lsang, u yog'ini yahshi bilasan, boshqa gapim yo'q! - dedi va bu masala shu tariqa yopildi.
Erim haqli deya o'yladim. Bugungach o'zini meni yahhsi ko'rgandek ko'rsatgan qaynonam hammasini shunday kunga tayyorlab yurgan ekan. Ovqat kuygan kunda tug'ilgan savolga javob endi topildi. Kechki ovqat mahalida ham qaynonamning qovog'i soliq edi. Ovqatlanib bo'lgach:
- O'g'lim, kel yonimga o'tir. Gaplashib olaylik,-dedi. Erim yoniga o'tirdi. "Ho'p, ona", dedi. Qaynonam meni boshdan oyoq ko'zdan kechirgach, unga qaradi:
- Hotiningdan shikoyatim bor o'g'lim. Mana bu yerimga keldi(bo'g'ziga ishora qildi). Bugungach hech narsa demadim, faqat yahshiligini aytdim. Yaqinda ota uyidan kelgan, ham yosh, o'rganib ketar dedim. Mayda-chuyda qusurlarini senga aytmadim. Kechirimli bo'ldim. Ammo endi ortiq chidolmayman. Kelin zahrini ko'tara olmayman. Bunga majbur ham emasman. Kelin qaynonaga bunday muomala qilmaydi. Men ona hisobidaman,ahir. Bugungacha yahhsi muomala qildim, foydasi yo'q. Yoshim ulug'.Ulug'larga hurmat qani? Qaynonaga hurmat-izzat shumi?
Qaynonam yana nimalar dedi bilmadim. Uyatdan yer yorilmadi. Qizardim. Bu qadar hayosiz gapirgan kishining o'zida hayo bor deyish mushkul. Ortiq chidab turolmadim. Qo'llarimni yuzimga bosib tashqariga otildim. Kechasi erimdan yana gap eshitdim. Men qaynonamga dushman bo'lish uchunbu uyga kelmagandim. U haqida hech bir yomon hayolga bormagandim. Istardimki, u menga do'stona quchoq ochsin, men ham unga chin dildan hizmat qilay. Ammo, bo'lmadi. Bir-birimizga ming yillik dushmanlardek bo'ldik. Boshqalar qanday bilmadim,ammo men omadsiz ekanman, singlim. Oradan oylar o'tdi. Men ham tilimga erk berdim. U nima desa men ham gap qaytardim. Bir kunimiz ham janjalsiz o'tmadi. Hech bo'lmasa yoshini hurmatidan tilimni tiyay dedim, qo'limdan kelmadi. Bu ahvol yana qancha davom etadi, bilmadim singlim...
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 12 Dekabr 2006, 08:47:44
Kazbon hikoyasi Aminaning ko'ngil osmoniga ma'yuslik bulutlarini haydadi. Nahotki mening ham hayotim qaynona zulmi ko'lankasida o'tsa! Uch kun... shu uch kun ichida Amina nimalarni o'ylamadi. Kelin bo'lib boradigan oilani, o'g'lining ismi Mustafo ekanini biladi,lekin ular yahshi yomon degan fikrga borolmadi,chunki ularni tanimas, yahshi bilmas edi. Hufton namozini odatdagidan ertaroq o'qib honasiga kirdi. Chiroqni o'chirdi, derazani ochdi. Chuqur o'yga toldi, o'ylari beqaror bo'ldi. Dam-badam hayoliga Mustafo ismi taqalib, zehn qorong'uligidan o'zi tanimagan yigitni quvib chiqarmoqchi bo'ldi. Lekin baribir ko'z oldiga kelishgan bir yigitning g'ira-shira qiyofasi namoyon bo'laverdi. Keyin bo'ljak qaynonaning ismi Munavvar ekanini esladi. Bu ism unga avvalroq bo'lib o'tgan bir hodisani eslatdi. O'shanda onasi hasta edi. Doktorlar ilojini topolmagan bir hastalik. Amina onasining sog' kunlarini eslolmaydi. Yilning bir burchida yillarcha ingrab yotgan bir bemor. Bolaligidan qolgan eng teran, eng chuqur, unutilmas hotira. Aminaning onasi hasta. Qachon honasiga kirsa yotgan holda ko'radi, doimo ingraydi. Shu bois u boshqalardan ziyodaroq sevardi onasini. Aminaning ko'nglida bir yara, bir dard bor edi. Bu dard kasalvand onasining qizini bir bor bag'riga bosibonalik mehri bilan suyub, sochlarini silamagani tufayli paydo bo'lgan dard edi...Go'dagiga o'z qo'li bilan non tutmagan, hastalikdan boshi chiqmagan onaning farzandi ko'nglida jarohat bor edi...
Bir kuniotasi uyga hursand kirib keldi. Amina bu holni anglay olmadi. So'rab bilarman deb qo'ydi, o'zicha. Faqat otasi avvalroq juda bilimdon  bir doktor borligini aytdi. Onasini shifohonaga olib borishmoqchi edi.Amina yig'ladi, iztirob chekdi, bormasin dedi. Faqat tuzalishiga ishontirishgach rozi bo'ldi. Shifohonaga og'ir ahvolda tushgan onasi bir oyda oyoqqa turdi. U yerda onasi oppoq halat kiygan, mas'um chehrali farishtaday bir ayol hamshiralik qilar edi. Uning ismi Munavvar edi.Balki uni hozir taniy olmas. Ammo Aminaning ko'nglida yahhsi hotiralar, go'zal taassurotlar qoldirgandi. Har gal bu ismni eshitishi bilan ko'nglini minnatdorlik va hurmat tuyg'ulari egallaydi. Bir kuni kelib o'sha honimga hizmat qilishni ko'ngliga tugib qo'ygan edi.
Ajabo o'sha Munavvar honimmikan yo? Lekin bu dunyoda Munavvar ismli ayol bittagina emasdir?Kim bilsin...O'g'lini uylantirmoqchi bo'layotgan qanchadan - qancha Munavvarlar bordir bu shahri aziymda. Shu zaylda qancha vaqt o'tganini bilmadi. faqat qoboqlariga tushgan yuk uxlash lozimligini anglatib turar, turib yotog'iga kirdi. Tilovat va duolar qildi. Bu ishni hayrli bo'lishini Alloh taolodan so'radi...
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 15 Dekabr 2006, 08:08:58
*  *  *

Juda issiq bir kun. Odamni lohas qiluvchi havo. Amina bog'da kuymanadi. Charchagan, holdan toygan,tomoqlariqurigan. Oh, qani suv bo'lsa, qona-qona ichsa?Suv so'ray deb atrofga qaradi, hech kim yo'q. Noiloj sabr etishni lozim ko'rdi. Qimirlashga harakat qildi. Bo'lmadi. Oyoqlari bog'langandek. Onasi yodiga tushdi. "Onajon, suv bering", deya baqirdi. Javob bo'lmadi. Hech kim ko'rinmadi. Yana shu hol takrorlandi. Nima qilsam ekan deb o'ylanib yotganida, o'ng tarafida bir ayol ko'rindi. Yuz-qo'lidan boshqa joylari yopiq bir honim. Yuzlaridan nur yog'iladi. Aminaga yaqin keldi va suv to'la piyolani uztdi. Amina uni darhol olib ohirigacha ichdi. Boshini ko'tardi:
- Hola, Alloh rozi bo'lsin, tashakkur,-dedi.Ayol javob berdi:
- Menga emas, suvni yaratganga shukr et, bolam!
Amina Allohga shukr etdi. Ayol boshqa gapirmadi va chiqib ketdi. Bu pokiza, nuryuzli honimning ortidan qarab qolarkan, azon eshitildi. Amina ko'zlarini ochdi. Tong namoziga yaqin ko'rilgan tushlar hayrli bo'ladi, deya eshitgandi. Turib tahorat oldi, namozini o'qidi. Uzundan-uzun o'y surdi. Chanqaganda notanish bir ayol unga muzday berdi - bu yahshilik alomati. Onasi o'rniga g'amho'rlik qilgan notanish ayol - boradigan joyida rohat ko'rishiga ishorat edi. Aminaning aqli shunday derdi. Ammo hislari-chi?
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 15 Dekabr 2006, 08:26:10
Oradan uch kun o'tdi...Amina ovqat pishirish bilan mashg'ul. Onasi qo'lidagi yopinchiqqa yamoq solmoqda. Aminaga berilgan muhlatni ohirgi kuni. Bugun o'sha masala hal bo'ladi. Amina javob aytishi lozim. Ketish yoki qolish tanlanadi. Mushkul ish, qiyin ahvol bu. Amina yoshidagilar uchun mashaqqatli kechishi tabiiy, chunki bu masalaga ilk duch kelishi. Hattoki onasi bo'lsa ham, turnushga chiqish istagini bildirish - og'ir ish. Ko'rgan tushi hayrli va ezgu ishga ishorat bo'lsa-da uyini tark etmoq oson meas. Uch kun ichida Amina og'ir o'y ichida qoldi. Uy ashyolariga, qo'ylariga huddi vidolashayotgandek qaradi. Ko'z yoshlarini zo'rg'a tiydi,bo'g'ziga nimadir tiqildi. Ba'zan onasidan, sizlarni joningizga tegdimmi, deya ich-ichidan so'ragisi keladi. Faqat onasining:"Bu Allohning qonuni qizim. Uni o'zgartirmoq hech kimni qo'lidan kelmas", degani yodiga tushib mehr muhabbat bilan avaylab o'stirgan ota-onasi haqida shunday o'ylagani uchun o'zidan hafa bo'ladi. Ayriliq beshafqat edi. Kim bilsin boradiga joyi qanday?Borgan uyida tanimagan ayolni onam deydi, ko'pincha uni yonida bo'ladi. Hatto o'zi tug'ilib o'sgan uyiga mehmonga keladi. O'z ota-onasini haftada balki oyda bir ko'radi. Onasini ko'rish uchun izn so'raladi, ruhsat berilmasa yana ayriliqda qoladi. Qanday qattiq va shafqatsiz ish bu - ayriliq.Yo Rabbiy!Inson o'z otasini onasini ko'rish uchun boshqa birovdan, umuman o'zida hech qanday haqqi bo'lmagan kishidan ruhsat so'rasa. Yillar bo'yi oq yuvib, oq taragan shirin uyqularini tark etgan yeru ko'kka ichonmagan o'stirgan, ko'ksi mehr shafqatga to'la o'z onasi endi ikkinchi ona o'rniga tushadi. Birinchi ona esa notanish ona bo'ladi. Juda ham og'ir ish bu. Hatto o'ylasa yuragi orqaga tortib ketadi. Amina shu ko'yi qolsa yana nimalarni o'ylardi, noma'lum, faqat:
- Amina, - deb chaqirgan onasi uning hayolini bo'ldi.
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 15 Dekabr 2006, 08:51:41
- Labbay onajn,- der ekan Amina hozirgina surgan hayollari ta'sirida paydo bo'lgan ko'zyoshlarini bazo'r tutdi.
- Qizim qanday fikrga kelding. Tunov kuni aytganlarimga nima deysan, qizim?
Onasining vujudini ham ayriliq azobi ezayotgan bo'lsa ham so'zlaridagi o'ta mayinlikdan, odatdagidan oz'gacha bir mehribonlikdan sezish mumkin. Endi Aminaning ko'zlari ro'y- eost yoshlandi. Onasining ko'ksiga boshini qo'yib yig'lay boshladi. Bu jondan aziz ko'krakka bosh qo'yarkan, ta'rifiga so'z ojiz onalik hididan ko'ngli bo'shab, qattiqroq quchib ko'z yosh to'kardi. Aminaning bu holi onasining ham dardini oshirdi. Jigarporam endi qo'limdan uchgan qush kabi uchib o'zga qo'lga qo'nadi, degan uyqusini qochirgan o'ylari, o'zini qadrsiz ko'rsatishlari, sabr matonatlari tugaganday, yo'q, balki to'lib toshganday edi. Qo'llari endi bir mehmonday ko'rinayotgan qizining schlarini silar ekan, ohista titrar, ko'z yoshlarini tutib turolmasdi. Ona-bola bir muddat shunday yig'lashdilar.
Yig'lash kimga foyda keltirgan? Hech kimga. Yig'lamoq bilan biror ish bitadimi? Yig'lamoq qaysi dardning davosi? Ko'z yosh ko'ngil bo'shatmoqdan boshqa bir narsaga yarasa, ketgan qaytsa, bu dunyoda kulganlar juda-juda oz qolardi. Shu sabab ona ko'zalrini ro'molining uchi bilan artdi.
- Bo'ldi qizim, meni ham parishon qilma. Boshqa yig'lama,- deya Aminaga tasalli berdi. Ko'z yoshlarini artib, ohista siladi, yonoqlarini o'pdi. Amina go'yo bir necha yoshga kichrayib qolgandek edi. Aslida vazmin Aminaga onasining bu harakati o'zgacha ta'sir qildi. Mas'um g'dakdek yoshli ko'zlarini onasiga tikdi:
- Ona, mendan bezor bo'ldingizmi? endi meni yahshi ko'rmay qo'ydingizmi?
- Qizim, hech zamonda ota-ona o'z bolasidan bezor bo'ladimi? Bunga qanday tiling bordi, bunday gaplar qanday ahyolingga keldi?
- Unda nega meni uzatmoqchisiz?Nega otam bizning kelin bo'ladigan qizimiz yo'q deb o'sha kishini qaytarmadi?Men borgan yerimda rohat ko'ramanmi? Ular meni sizlar yahshi ko'rgandek yahhsi ko'radilarmi? Ularni ona deymanmi? Uyda, ko'nglingizda Amina uchun joy qolmadimi? Birkun kelib boshqa uyga jo'natar ekansiz, nega meni bu qadar yahshi ko'rdingiz? Nechun har kuni urib so'kmadingiz/ Nechun quruq non bilan boqmadingiz? O'zingizga shunchalar bog'lab qo'yib, endi nega meni o'zga eshikka yo'llaysiz? Ko'nglingiz bunga nechuk rozi bo'ldi? Ichingiz achimadimi, ona?Bu uyda men ortiqhca bolib qoldimmi? Ota-onasiga yuk bo'lib qolgan menmi?
Aminaning bu so'zlarini tinglab yig'lamoq gali endi onasiga keldi. Bu so'zlarni tinglab turib, chidash mushkul edi.
- Bo'ldi, Amina. Bunday gaplarga qnaday tiling bordi? Sendan kim bezor bo'libdi? Seni kim yomon ko'ribdi, qizim? Sen ona ko'nglini hali his qila olmaysan, bolam. Sening qo'lingga kirgan tikon mening qalbimga botadi. Jigarporamni kelin qilib uzatish, ayrilish azobi mening ko'nglimni poralamaydi, deb o'ylaysanmi?Hatto hayvon ham bolasidan ko'ngli og'rib ayrilarkan. Men insnmanku! Ammo, Allohning amri bu. Sen kelin bo'lmasang, men bo'lmasam,kim bo'ladi?Har ayol Allohning irodasiga qarshi borolmaydi. Shu tariqa naslimiz, hayotimiz davom etadi. Ertyaga bizga kim fotiha o'qiydi. Alloh hohlasa, u yerda rohat topasan, yahshi qaynonaga duch kelasan, Inshaalloh.
Ona bola shu tariq uzoq gaplashishdi, dardlashishdi. Amina turmush qurmaslikka chora yo'qligini tushunib yetdi.
- Mayli, ona, agar borgan yerimda behuzur bo'lsam, aroqho'r,qimirboz, ahloqsiz bir kimsaga uztsangiz, ikki qo'lim yoqangizda bo'adi,- deya so'zini tugatdi...
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 17 Dekabr 2006, 08:55:47
O'tgan bir-ikki haftalik vaqt Mustafo va Munavvarhonimni bilish uchun yetarli bo'ldi. Mahmud og'a Mustafoni oldindan tanir edi. Onasi-chi? Onasi qanday ayol? Buni o'rganmoq kerak. Mustafo qanchalik yahhsi bo'lmasin, onasi muammo chiqaruvchi bo'lsa, oilada tinchlik bo'lmaydi,kelin-kuyov bir-birga qarshi bo'lib qolishadi. Mahmud og'a:"O'g'li yahshi ekan, deb tanimagan qaynona qo'liga qizimni berolmayman", degan hotiniga tan berdi. Munavvarhonim haqida orqavarotdan so'rab surishtirildi.
- Pokiza ayol. Yomonligini ko'rmagnamiz. Shuncha yillik qo'shnimiz,birov bilan urushganini bilmadik. Ortidan yomonlagan ham bo'lmadi. Unga havasimiz keladi,- dedi qo'shni ayol. Boshqasi:
- Munavvarhonimmi? Nimasini aytasiz? Odobli, hush ahloq. Sasi sadosi yo'q. Ishi ibodat va zikr. Uyini bir ko'ring. Hammayog'i toza, sarnjom sarishta. Har kuni ertadan kechgacha uyini yig'ishtiradimi, deysiz. Bir hafat avval ularnikiga boruvdik,bittasi:
- Vo ajab, Munavvarhonim, uyingizda huddi bo'yi yetgan qiz borga o'hshaydi, qachon kjelsang, qachon qarasang toza, tartibli. Mening uyimda qizim, kelinim bor, yana o'zim ham yordamlashaman. Bari-bir sizning uyingizdek sarishta bo'lmaydi. Mayli qiz, qiz. Lekin kelinim tinib-tinchimydi.
Buni eshitib Munavvarhonim kulimsiradi:
- Tongda uyni saranjomlab, narsalarni joy-joyiga qo'yib, tartibga keltiraman. Olingan narsalarni yana qaytarib o'z o'rniga qo'yaman. Shunday qilsangiz izlagan narsalarngizni o'z joyidan topasiz. Supurgini joyida bo'lmasligi ishni qiyinlashtiradi. Lozim bo'lganda izlab ovora bo'lasiz. Holbuki, men tunda turib chiroq yoqmasdan izlagan narsamni topaman. Buni sizga ham tavsiya qilaman. Ortiqcha ovora bo'lmaysiz.
- Munavvarhonim shunaqa ayol. O'zimiz u kabi bo'lmasak ham, shunday qo'shnimiz borligidan hursandmiz. 
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 17 Dekabr 2006, 09:44:12
Bir kun o'tirib suhbatlashar ekanlar, Yusuf afandi Mahmudog'aga Mustafo bilan Aminani munosib bir tarzda ko'rishtirish kerakligini aytdi. Og'a bu taklifni yahshi qabul qildi:
- Juda o'rinli gap, Inshaalloh, ertaga juma namozini o'qigandan keyin Mustafo bilan biznikiga keling. Alloh nasib etganini baham ko'ramiz. Bu orda yohlar ham bir-birlarini ko'rishadi,- dedi.
- Ammo biz uchun ortiqcha tashvish qilmang. Uyda har kuni ne bo'lsa shu. Undan ortig'iga biz rozi emasmiz.
- Hijolat bo'lmang. Samimiyatimiz bunaqa narsalarda ustun. Qirq yillik do'stmiz-ku ahir. Hammasi joyida bo'ladi, Inshaalloh.
Juma namozidan chiqib, oyoq kiyim ipini bog'layotgan Mustafoni ko'rgan odam qattiq hayajonda ekanini sezish qiyin emasdi. Hatto Yusuf afandi ham shunga yaqinroq holda edi. Hozir u ham o'zining uylanganligi va honimini to'y kechasiga qadar ko'rmaganligini o'yladi:"Biz ham o'shanda ko'rishganimizda nimalarni his etgan bo'lardim, o'zimni qanday tutardim".
Uch kishi dasturhon atrofida o'tirdilar. Dasturhonda mehmon kutilganini bildiruvchi alohida tayyorgarli yo'q.
- Hudoga shukr, bundan ziyodaroq ziyofatga ham qurbimiz yetmaydi desak, noshukrlik qilgan bo'lamiz. Alloh bergan ne'matni inkor qilgan bo'lamiz. Faqat dasturhon atrofiga o'tirganimda mahalladagi fuqaro ko'z oldimga keladi. O'rta holdan ziyoda yeydigan bo'lsam, huddi ularning haqqini tanavvul qilayotgandek bo'laman. Shu sabab siz kabi samimiy do'stlarim bilan shu tarzda taomlanaman. Bu gapni ham ilk bora sizlarga aytyapman. Boshqa birov eshitsa, namoyishkorlik hisoblaydi. Bizlar esa ko'pdan bir-birmizni bilamiz, yahhsi tushunamiz.Ovqatdan keyin eshik ohista taqqiladi.Amina qo'lida qahva bilan ichkariga kirdi. Yuz-qo'lida boshqa joylari yopiq. Mehmonlarga qahva uzatarkan:
-Hush kelibsizlar,- dedi.
Mahmud og'a kursiga ishora qilib:
- O'tir, qizim,- dedi. Amina o'tirdi. Qattiq hayajonlanayotgani yuzini qirmizi tus olganidan bilinib turardi. Bir zamon ko'zlarini yerga tikib, bir nuqtaga tikilib qoldi. Bu orada Mustafo Aminani ko'ridi. Qusur topolmadi. Sof,pokizaligi shunday bilinib turardi. Kim bilsin yonlariga kelib o'tirish uchun qancha kuch sarflagan.
Yusuf afandi Mustafoni suhbatga tortish uchun bir-ikkita savol berdi. Uch erkak suhbatlashar ekan, biroz o'ziga kelgan Amina necha kunki tasavvurida jonlantirayotgan - Mustafoga qaradi. Yoqimsiz hech qanday narsa yo'q. Dono-dono so'lzashi, ko'proq tinglashi o'ziga juda yarashadi. Birpas o'tib mehmonlar qo'zg'oldi. Mahmud og'a esa honimiga vaziyatni bilishni tayinladi. Onasi Mustafo yoqqan yoqmagani so'rashi bilan Aminaning yuzi qizarib yerga qaradi. Bu holni eshitgan Mahmud og'a "Sukut - alomati rizo" deya o'yladi.
Bir kuni Yusuf afandini topib Mustafoga Allohning amri bilan qizini berishini aytdi. Hayrli turmush, baht-saodat tiladi. Ikki do'st bu mavzuda biroz suhbatlashdilar. Mahmud og'a roziligini sababi yahshi oila ekanligini bir bor eslatgach:
- Men uchun yahshi turmush muhim. Qizimni oltin kumush injular bilan bezatganingiz bilan tumushi yahhsi bo'lmasa boylikni bir pullik qiymati yo'q. Ishonamanki,qizim borgan joyida kelinlik burchini ado etadi. Kattalarni hurmat - izzatda va hizmatda qusur qilmaydi. Albatta, hali yosh, kamchiliklari bor. Agar qasddan kamchilikka yo'l qo'yadigan bo'lsa, bu boshqa gap. Faqat bilmasdan qilsa, hatolarini kechirsangiz, qizidan ayrilgan bag'ri yoniq otaga tasalli bergan bo'lardingiz,- dedi.
Og'a so'nggi so'zalrini aytayotib, boshini burib derazadan tashqarini kuzatayotgan qilib ko'rsatdi. Ammo Yusuf afandiu uning ko'zlarida paydo bo'lgan yoshlarini payqadi. Yusuf afandi bir muddat og'ani o'z holiga qo'ydi. So'ng dona-dona qilib hunday dedi:
- O'ga,men sizni yahshi ko'raman. Sizning ko'nglingiz o'ksisa, men ham hafa bo'laman. Amina borgan joyida behuzur bo'lsa, mening ham vijdonim qiynaladi. Agar bu uyda Amina yahshi yashashiga ishonmasam, uni so'rab bormas edim. Mustafo oliyjanob yigit. Uni o'zingiz ham yahshi bilasiz. Onasiga kelsak ajoyib ayol. Mustafodek yigitni yigirma yil tarbiyalab voyaga yetkazgan ayol Munavvarhonim. Yana ochiqroq aytadigan bo'lsak, bu uyda qizingizni qaynona meas, o'z farzandidek bag'riga bosuvchi,mehribon bir ona kutadi. Bunga ishonchingiz komil o'lsin. Qizingiz Munavvarhonim faqat insoniylik va yahshilik ko'radi. Sohtalikni bilmaydigan, samimiy ayol Munavvarhonim.Bir kun kelib bu ishga sababchi bo'lgan kaminga rahmatlar aytasiz, Inshaalloh.
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 14 Fevral 2007, 08:43:35
Munavvarhonim qirq yoshlarda, bo'yi o'rtadan baland, oriq ham, semiz ham bo'lmagan go'zal yuzli bir honim. Yillarning goh vazmin, goh mahzun shamollari sochining yarmini oqartirgan. Yuzida paydo bo'lgan bir-ikki chiziq, gohi-gohida taqiladigan ko'zoynak yetuklikdan keksalikka qo'yilgan ilk odimdir. Agar ismi jismiga, hulqiga, o'ziga mos honimga misol izlash lozim bo'lsa misollar boshida Munavvarhonim turardi. Hatti-harakatlaridagi samimiyat Munavvar(nurli va nurlangan)ismini olishga loyiq ekanligini isbot etadigan darajada ochiq oydindir. Qo'shnilar hurmatini qozongan, vazmin, sokin ayol. Lozim bo'lmaganda so'zlash unga yot,o'ylamasdan so'zlash uning lug'atida yo'q.Shu sabab so'zlagan so'zidan pushaymon bo'lmaydi. Go'yo jimligi uchun afsus chekmagani kabi. Kichikligidan beri to'ylarda ham taqinchoq taqmagan. maqsad - bir faqir ko'rib, menda ham bo'lsaydi, deb o'ksinmasin. Munavvarhonimning taqinchoq taqmasligi bilan ish bitadimi? Yo'q. To'ylarga maqtanish, ko'z - ko'z qilish, uchun qimmatbaho taqinchoqlar taqin keluvchilar ozmi? Faqirlarni hayollaridan o'tkazmaydiganlar ko'p. Shu sababli Munavvarhonim taqinchoq taqsada, taqmasada faqirning ko'ngli o'ksiydi. Faqat Munavvarhonim bu ko'ngilsiz ishga o'z hissasini qo'shishni istamaydi. Kimki balchiqqa botsa es-hushiga kelgach bu ishdan o'zini tortishi tabiiy. Yomonga qo'shilgan yahshilanmaydi.
Munavvarhonim jag'i ochiq, ezma hotinlardan emas. Suhbatni ham, sukut saqlashni ham biladi. No'rin so'zlamaydi. Bir kuni g'iybatga chog'langan bir ayolga:
- Alloh sizni ham, uni ham, meni ham avf etsin,- deyish bilan kifoyalandi. Ayol hovliqdi:
- Alloh meni nechun kechiradi?
- Chunki siz dinimiz taqiqlagan narsani qidingiz, gap tashidingiz,u aytgan gapni menga yetkazdingiz. Bu ish gunoh, to'g'ri emas. Mabodo gapirgan bo'lsa ham, menga aytmasligingiz lozim. Ikkimizning oramiz buziladigan bo'lsa, bundan siz faqat gunoh orttirasiz,-dedi Munavvarhonim.
Bundayt muomalani kutmagan ayolning kayfiyati buzildi. Rajasiga ko'ra Munavvarhonim uni tinglagach:
- Voy shunaqami....- deya o'sha hotinni yomonlashi, oraga sovuqlik tushishi kerak edi. Dovdirab qolgan ayol yana so'radi:
- Uning va sizning gunohingizni avf etilishi nedan?
- U mening g'iybatimni qildi va gunoh orttirdi. Men ham gunohkor bir ayolman. Ikkingizdan ham ko'proq gunohkorman. Buning ustiga suyanadigan, ishonadigan biror amalim ham yo'q. Allohning kechirishidan umidvorman.
Samimiy aytilgan bu gaplar ayol ko'nglida kuchli hayajon qo'zg'ab yubordi. O'zini tavbaga boshlaydigan quvvat ta'sirida qoldi.Fasodchi zehnidagi b u hotin ketayotib Munavvarhonimning fazilatlarini o'ylab, o'zining bu fazilatlardan yiroq yashagan umriga badal bo'lishini his qildi...
Nom: Re: "Qaynona". Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 15 Fevral 2007, 08:47:30
Boshqa birovning qabohatini ko'rmaslik mumkinmi?Yo'q, mumkin meas. Ammo Munavvarhonim bu qusurni o'zidan qidiradi,topolmasa boshqa kamchiligim bor deb o'ylaydi,aslo o'zgalar qabohatini tilga olmaydi,aksincha o'z nuqsonlarini tuzatish yo'liga kiradi. Har ovqatlanganida Robbiga niyoz qiladi,bu taomdan ibodat uchun quvvat ber, agar gunoh uchun bo'lsa bo'g'zimdan o'tkazma. Ne'matning javobini o'ylab titraydi, hatto ba'zan ko'zlari yoshlanadi.
Ertalab turib merhum eri va yaqinlariga "fotiha" va uchu "ixlos' o'qimasdan ovqatlanishni muruvvatsizlik sanaydi. O'tganlarni eslamasak, kelgusi avlod bizni o'ylamaydilar, marhumlar tiriklar non-suvga muhtoj bo'lganidan ziyodaroq fotihaga duoga muhtojdirlar deb o'ylaydi. Ularni mahrum etmaydi,duo ila yod qilib, ruhlarini shod etadi. Marhumlar duolarimizni kutib turishiga qattiq ishonadi.
Munavvarhonimning eshigiga "pochtachilar"ko'p qatnaydi. U pochtachi deb faqir, miskinlarni aytadi. Yahshi niyat bilan berilgan har bir sadaqa, ehsonni oxiratga, ko'zlangan manzilga eltuvchi "pochtachilar".Dunyoda eng katta va mashhur pochtahona ham, pochtachilar ham yanglishishi mumkin. Hatto omonatlar ham ba'zan talonchil;ik sabab yo'qolishi mumkin. Ammo oxirat pochtachilar unday emas. BNerilgan sadaqaning yo'qolishi yoki o'zga manzilga tushib qolishi mumkin emas. Pochta puli(muhri, belgisi, markasi) o'rnida ixloa va samimiyat bo'lsa, zoye ketmasligiga Allohning va'dasi bor. Ba'zan faqir miskinlarni o'ziga sherik deb biladi. Ya'ni mol o'zingdan, ekib-tikib oxiratda kam deganda o'n barobar hosil ko'tarish shartnomasini tashkil qilgan sherik. Shu sabab har kelganda ozmi -ko'pmi ularni hursand qilishga harakat qiladi, berganlari oxiratda Alloh tarafidan o'n barobardan ziyoda qaytarilishiga ishonadi.
Munavvarhonim alohida diniy tahsil ko'rmagan. Lekin Qur'on o'qishni, namozda o'qiladigan suralarni o'rgangan,eng ko'p o'qiydigan "Tabarok" va "yosin" suralarini yodlagan, yetarlicha diniy bilimi bor. Uyining bir burchida doimo toza joynamoz, yaqinidagi javonda Qur'oni karim, faqat namozu Qur'on uchun ajratilgan oq ro'mol.... Bu o'zi uchun hozirlagan masjidi...
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 28 Avgust 2008, 09:10:32
Davomi…

Namozni vaqtida ado etgach ikki-uch sahifa Qur’on o’qiydi, o’pib, ko’ziga suradi, shu hol har kuni takrorlanadi. :Yo Rabbiy, bizni bu Kitobing va bu kitob bilan yuborgan sevikli Payg’ambaring shafoatlariga muyassar ayla’,- deya duolar qiladi. Tong namozini vaqtida ado etadi. “Namoz va Qur’on bilan boshlanmagan kundan qanday hayr kutish mumkin “, deydi. Kechasi yotarkan istig’for aytar, bilib-bilmay qilgan, yashirin-oshkor gunohlarini kechirishini so’rab Parvardiforga yolvarar, agar ajalim yetsa so’nggi so’zim shahodat kalimasi bo’lsin, deya iltijo etar, keyin tilini qimirlatmasdan dili Alloh,Alloh… deya uyquga ketardi.
Uy ishlarini bajarayotganida, ovqat pishiraytoganida ko’nglida Allohni zikr etar, ba’zan har igna o’tkazganda bir bor “La ilaha illaloh’ deyishni unutmasdi. Dastlab qiyindek tuyuldi, bir – iki, nihoyat uch daqiqa davom ettirardi-da, so’ng ishi bilan band bo’lib qolardi. Oradan yarim bir soatlar o’tgach tamoman ishga berilib ketganini eslar va takror zikrni boshlardi. O’zidan uyalib ketardi. Menga hisobsiz ne’matlar ato etgan Rabbimni bir-ikki daqiqa xotirlab, shuncha soatlar unutibman, gunohku bu deya, yana-da diqqatli bo’lish azmi bilan mashg’ulotini, zikrini davom ettirardi. Avvalari buni bajara olmasam kerak deb o’yladi. Masalan biror soat ishlab tanaffusda zikr bilan mashg’ul bo’lmoqhci edi, voz kechdi. Aqlini ishimga ham, zikrimga ham ishlata olaman dedi, azm etdi. Bir zamon keldiki, qo’liga qachon ish olsa, ko’ngli hech zo’riqmasdan Alloh zikrini boshlardi.
 Munavvarxonimni ikki jumla bilan ta’rif etsak, dini xususida doimo o’zidan ilg’orlarga qarab ulardek bo’lishga g’ayrat qiladi, dunyosi haqida o’zidan ortdagilarga boqib, holidan rozi bo’ladi va Robbiga shukr etadi. Mana uning axloqi. Noni yog’sizmi, go’shtsizmi, pishloqsizmi, holvasizmi? Gap bunda emas. Chunki yog’siz quruq non topolmayotganlar ham bor. Bir kun och qolganmi? Ikki – uch kun yeydigan narsa topolmayotgan ham yo’q emas. Munavvarxonim bunga o’xshash moddiy har narsadan kechishi mumkin. Faqat odob va tarbiya, din va axloq xususida aslo bunday emas. Masalan, u:”Har kim har kun yolg’on gapiradi, men bir marta so’zlasam hech narsa qilmaydi’, deyolmaydi. “hech namoz o’qimaganlar, qiblaga hech yo’nalmaganlar,Alloh va Payg’ambarni SAV hech xotirlamaydiganlar bor”, deb bir vaqt namozini qazoga qoldirishni xush ko’rmaydi.
Kimlardir odobdan ayrilgan, kimlardir axloqsizlikni g’ururla namoyish etgan bu olamda irodasiga hokim, to’g’ri yo’lda yolg’zi qolsada umidsizlikka tushmagan, xonimlar xonimini keyinroq yanada yaxshiroq tanib olish imkoni bordir.

Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 28 Avgust 2008, 09:11:23
Odamlarning bari to’g’ri,bari vijdon sohibi bo’lmasligi mumkin. Xayrli sih qilmoqchimiszi? Oldingda devordek turuvchi yo’lto’sarlar, boshqaning falokatidan huzurlanivchilar, tagi past, kelib chiqishi noma’lum, notayin badbaxtlar bor. Har qayda, har qachon, har davrda bu tur inson qiyofasidagi insoniyat dushmanlari topiladi.
Bular jamiyat vujudiga tushgan qurtlardir, yara ochmaguncha tinchimaydilar. Ikki oila, ikki dos’t orasini buzib zavqlanadilar. Yetolmagan ne’matini o’zganing qo’lida ko’rib  unga adovat tuyadi. Ovini oldirgan yitqichdek unga tashlanmoq payida bo’ladi. Yoki tulkidek payt poylaydi. Amina Mustafoga unashtirilgach, bu och qurtlar faqat bir hafta sabr eta bildilar. Bir kuni peshindan so’ng Munavvarxonimning eshigini sekin taqqilatdi. Notanish bir ayol keldi. Eshik ochilar-ochilmas o’zini ichkariga oldi.
- Mehmon qabul qialsizmi?
- Marhamat,-deya Munavvarxonim uni ichkariga taklif etdi. So’rashdi. Ayol nimadir demoqchi.
- Sizni yaxshiroq taniyolmay turibman, hijolatdaman. Kimlardansiz?
Ayol ayni payti kelganidan gap boshaldi. Aminalar mahallasidane kan, Aminani o’g’liga unashtirilayotganini tasodifan eshitib hayrli bo’lsin demoqqa kelganini aytgandan so’ng:
-Alloh hayrli qilsin, yaxshi bo’pti, Egachi, yaxshi bo’pti-yu, ammo o’g’lingiz oliyjanob bir insonligini eshitdim. Aina ham yaxshi qiz-u, lekin, to’g’risini aytsam ko’nglim rozi emas. Og’lingizga kimlar qizni bermaydi? Kimni kimga qo’shayotganingizni so’rab- surishtirsangiz bo’lmaydimi?           
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 28 Avgust 2008, 09:11:50
Munavvarxonim ayolga so’zida boshqa davom etishi uchun imkon bermadi. Hali eshikdan shoshilib, taklifni kutmay kirishidanoq bu xotinning buzg’unchi ekanini naglagandek bo’lgandi. Endi gumoni kundek ayon bo’ldi.
- Bu masalani qo’yaylik, jigarim, boshqa gaplardan gaplashaylik,- dedi Munavvarxonim.     
- Ammo bolangizni mushkul holga qo’ymoqdasiz?
Munavvarxonim gapni bo’ldi.:
- Men o’g’limni boshqalardan ziyodaroq o’ylayman. Bozordan pomidorni ham tekshirib olasiz, men bir umr birga yashaydigan kelinimni surishtirmasdan olamanmi? Shu qadar nodonmanmi xonim? Bizni johil hisoblaysizmi? O’g’lini o’yalydigan menman. Sizning qizingizni olib berayotganim yo’qku. Kelinim  haqida biror narsa so’rasam javob bering. Ortiqcha gapga hojat yo’q. Jim turgan ma’qul. Menga yaxshilikni ravo ko’rsangiz, ortimdan duo eting. Kelinim boshdan oyoq qusurli bo’lsa ham, tanlaganim shu. U bilan yashaydigan ham men.
Vaziyat xotin kutgandek bo’lib chiqmadi. Bunday bo’lishini hech o’ylamagandi. Munavvarxonim choy, qahva keltirdi: har na bo’lsa mehmon. Ayol qahvani  ichar ichmas qo’zg’aldi. Munavvarxonimning ko’ngli xotirjam edi. Kerakli saboq berildi. Faqat uning ko’ngli joyiga tushishi kerak. Insoniylik, yaxshilik qilganga yaxshilik qilishgina emas, undan ziyoda yaxshilik qaytarish, yomonlik qilganni esa avval avf etib, keyin unga yaxshilik qilishdir. Shu sabab Munavvarxonim bu ayolga yaxshilik qilgisi keldi va buni insoniy burch deb bilardi. Balki xotin Aminaning qo’shnisidir yoki qarindoshidir. Oralarida ozmi – ko’pmi kelishmovchilik bordir. Bu gaplar Aminaning qulog’iga yetishi ham mumkin. Bu xotinni ortiqcha uyaltirishning ma’nosi yo’qdir.
- Xonimafandi,sizni tanimayman. Balki eklinimni qarindoshidirsiz.Qanday bo’lmasin,boshqa bunday ish qilmasligingizni o’tinardim.Men kelinimni avval so’rab surishtirdim, keyin olishga qaror qildim. Yana qirq kishi kelib, ualrni qoralasa ham meni fikrimdan qaytara olmaydi, shunday, endi sizga kelsak, xavotirlanmang, shu gap shu yerda qoladi.Borib Aminaga aytmayman. SO’zim rost. Men bunday ishlarni yoqtirmayman. Bunga ishonchingiz komil bo’lishini istardim.
Ayol qarshisidagi xonim mustaqil firkli bo’lib, tortilgan tarafga sudralmasligini tushunib yetdi. Turarkan uzr so’radi. Ich-ichidan boshqa bunday ish tutmaslikka qaror berib ajraldi. Munavvarxonim uning gapiga aldanmagani, yaxshini yomondan ajratolgani uchun Allohga shukronalar aytdi. So’ngra:
- Yo Rabbim! Bu ayolni bunday yomonliklarga tushmoqdan O’zing qo’riqla, uni avf et! – dey duo qildi.     
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 02 Oktyabr 2008, 14:42:44
Mahallada Munavvarxonimdan yomonlik ko’rgan biror hamsoya-qo’shni, bir xesh aqrobo biror qarindosh – urug’ yo’q edi. Bir kun Aminalarning eshigi taqqiladi. Kelgan bo’xchachi ayol edi. Choyshab, ko’rpa-yostiq jildlariga o’xshash narsalar so’tadi. Tilini chapillatib:
-Qizim, juda chanqadim, muzdek suv ber, ichayin,- deb gap boshladi. Sovni oxirigacha sipqorgach, bo’xchasidagi narsalarni birma-bir chiqarib ko’rsata boshladi. Yoqtirmaganlarini bir chetga qo’ydi:
-Uyda yaxshirog’I bor, hohlasangiz ertaga olib kelaman,-dedi. Xotin juda ezma edi. Shaharda tanimaydigan odami yo’qdek falonchi shu moviy ko’rpa jildidan olgan, pistonchi bir dunyo ko’rpa-to’shak, yostiq jildlarini sotib oldi va hokazo.
-Odamalr har xil qizim. Birov sariqni xush ko’radi, birov qirmizini yo’qtirib oladi. Kimdir yaxshiga,yaxshilikka, kimdir esa yomonga, yomonlikka ishlatadi pulini. Kuchi yetmaydigan kambag’lari bor, yana xasis, ziqnasi bor. Shuning uchun har qaysining istagiga, imkoniga, ko’ngliga mos mol topib keltiraman,-dedi.
U bir choyshab va ko’rpa jildini ochmasdan sekin ehtiyotlab yon tomoniga olib qo’ydi.
-Xola, uni ham ko’ryalik,-dedi Amina.
-Bular sotildi, qizim. Kecha birovga va’da beruvdim. Qolaversa sizga yoqmaydi, juda odmi narsa. Hohlasangiz ko’ring,-deb ularni ham ko’rsatdi xotin. Haqiqatan, naryog’I ko’rinar darajada yupqa, harir, bir pulga qimmat narsa ekan. Xotinning yana jag’i ochildi:
-Aytdimku qizim, besh barmoq barobar emas. Biri qashshoq, biri xasis kimdir olgisi keladiyu, olmaydi. O’g’lini uylayotgan emish. Gapiga qaraganda quda tarafa biroz boyroq emish:
-Otasining yolg’iz qizi, hamma narsani to’kis qilishalri tayin, men harajat qilib nima qilaman, men uchun qilmaydilarku, o’z qiziga beradi-da,deydi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 02 Oktyabr 2008, 14:43:09
Chuqur nafas olgach:
-Har kim ham sendek emas, bolam. Birov harakat qilib topadi, mol-mulkini farzandi uchun sarflaydi, birovbning tuki ham qimirlab qo’ymaydi. Ne qilasan elchilik!...
SO’ngra o’sha narsalarni taxlab, joyiga qo’yarkan o’chicha qo’shib qo’ydi:
-Inson buni faqirga bergani ham uyaladi. Koshki uyi yaqinroq bo’lsa, jahannamning tubi. Bormasdimu, ammo nachora non qayg’usi…
Amina beovtalandi. Haligi matohni bir ayol uylanadigan o’g’li uchun olmoqda. Qiz oilaning yolg’iz qizi. Bu shubha atrofida uzoq to’xtamadi AMina. Ayol ishini bitirgandi. Amina shubhadan tamoman qutulishni istadi. O’sha ayol Munavvarxonimmi yo boshqami?
-Xola,,bu narsalarni o’sha ayolga eltasizmi?
-Ha, qizim, nimaydi, nechora.-Qo’li bilan bo’g’ziga ishora qilib,-shuncha og’izni to’ydirmoq lozim. U yerdan boshqa mushtariylar chiqar.
Shu payt onasi ham gapga qo’shildi:
-U ayol qaysi mahalladan? Kimlardan? Bilasizmi?
Bo’xchaga e’tibor bermagandek boshini biroz ko’tarib ilgariga ishora qildi:
-Xuv, o’sha yoqda, QOrako’ldan nari. Nimaydi otiyam. Hozir, Muruvvatmidi, Munavvarmidi…shunaqa bo’lsa kerak.
Ona bola bir-birlariga qarab qo’yishdi. Qarashlarida ko’p mazmun nihon edi. Amina ma’yus tortdi. Xotin aytgan ayol o’sha Munavvarxonim edi. Hozirdan bu tushunchada bo’lgan qaynona yonida men nima qilaman degan hayolda edi. Onasi xotinga qarab dedi:
-Shoshmang, buvi, bunday ishlar ayb-ku, bularni o’z qizingizga ravo ko’rasizmi, demadingizmi?
Xotin ko’zlarini yarim yumib, sal iyagini ko’tarib, :qani bo’sh kelma” degandek:
-Ey, mening ishim nima qizim. Aqli, vijdoni bor bo’lsa, mening maslahatimga ehtiyoji bormi? Demak, hamiyati buni ko’taradi. Menday bir bo’hchachining gapi deb o’z so’zidan qaytarmidi? Haqiqatda shayton chalg’itgan. Sizga bir narsa aytaymi? O’sha uyga kelin bo’lib boradigan qizga yuragim achiydi, og’ir bo’ldi unga deyinmi, nima deyishni ham bilmayman. Ota-onasi so’rab surishtirishsa bo’lardi-da. Ota-onasining joni yo’qmi, zardasi yo’qmi, bilmadim. Bolamni bunday kuydirgandan ko’ra uyda saqlardim. So’ng o’zicha soz’aldi:
-Qornini to’yg’izolmasang, bo’g’ziga ip solib tort. Hech bo’lmasa bola bechora kimligi noma’lum bir kishining qo’lida umr bo’yi qiynalishdan ozod bo’ladi.
Ayol soz’alri yetarli bo’lganini fahmladi, shekilli, bo’g’chasini olib, “Allohga topshirdik,hayr”, derkan:
-Kimning qizini olayotganini bilganimda edi, tap tortmay ogohlantirgan bo’lardim. Bunday ishlar savob. Hech bo’lmasa mas’um bir qizchani qutqargan bo’lardim. Odamgarchilik bizni tark etdi. Onam akamni uylantirayotganida nimalar qilmadi. O’sha kunlar o’tdi-ketdi…
Shularni aytib-aytib bo’xchasini ko’tarib chiqdi-ketdi. Ortidan eshik yopgan Amina va onasi bu so’zlardan bir qarich cho’kkandek bo’ldi. 
Umuman ayollar shunday. Yu daf’a yolg’on tuzog’iga tushib, yana yolg’onni eshitsa, ishonadi, shu qadar ko’p boshdan kechirdimku, deyish ularga yot. Bo’xchachi ayol bu ish bilan nimaga erishib, nimani yo’qotadi. Yo’qotadigannarsasi yo’q. Aslida odobdan, hayodan iffatdan mahrum kimsaning odatiy ishi. Har kun shu zaylda kechadi. U uchun muhimi, pul, ig’vo, g’iybat. B ishi to’g’rimi, yo’qmi, o’ylab ham ko’rmaydi.

Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 02 Oktyabr 2008, 14:43:43
Mahmud og’a  oqshom uyga kelib qovoqlari osilgan ona-bolani ko’rdi. Hol so’radi. Amina darhol tashqariga otildi. Onasi ahvolini, bo’lib o’tgan gaplarning hammasini aytdi. So’ngra qo’shimcha qildi;
-Shoshildik, otasi. Yigitni bilaman, yaxshi, yaxshi dedingiz. Yaxshilab so’rab surishtirmasdan qizingizni berdingiz qo’ydingiz. Tezda “xo’p” dedingiz. Xo’p, o’g’li yaxshi, qaynonachi? Jigarporam ertayu kech u bilan qoladimi? Ne savdolar soladi, qizimning boshiga. Bu ishda bir gap bor deb, ko’nglijm sezuvdi-ya. Hech ko’rmagan edik sovchilikka ayollar qolib erkaklar kelganini. Nechun hozirgacha qorasini ko’rsatmadi bu ayol? Boshida kali bo’lmasa, kelib ko’ringan bo’lardi. Biz ham bilar edik.
Onasi chuqur xo’rsinib qo’ydi. Ko’ngli negadir xufton bo’ldi. Ko’p pushaymonlar chekdi,nechun rozi bo’ldim? Alamini og’adan olmoqchi bo’ldi.
-Piyozni kelin qilmishlaru qirq kun hidi chiqmabdi. Buning hidi bir haftada chiqdi. Qani, ko’raylikchi, yana nimalar eshitamiz. Kuydirdingiz qizni, o’zimga qo’yib bermadingiz. Qayda ko’rilgan, bir hafta ichida sovchi kelib, qizni olsin. Men yakkayu yagona qizimni shunday joyga berib, shunday uztamanmi? Shoshib boshni yordingiz. YAxshilab o’ylab ko’raylik, o’zingiz tuzata olarsiz. O’zingiz boshladingiz, endi chorasini ham o’zingiz toping.
Mahmud og’a xotining so’zlari nega bunchalik tushkun va kuygun ekanligini bilardi. Har gapni sanab, har eshitganiga ishonishini, buning ustiga olovga tarasha qalab, yermoy sepishini necha yilki biladi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 02 Oktyabr 2008, 14:46:13
Bir hafta avval o’zi ham Munanvar xonimni bir nech qo’shnilaridan so’rab surishtirgach;
-Menga qolsa, bundan yaxshi ayol bo’lmaydi. Hamma yaxhsi dedi, maqtadi. Koshki bizni ham odamlar shunday maqtashsa,- degan xotinining o’zi edi. Bir haftadan beri jim edi. Bunday voqaelarni ko’p ko’rgani uchun ahamiyat bermadi. Faqat asablari joyiga tushib, tinchlanishini kutish kerak edi.
-Ko’ramiz, keragicha hal qilamiz. Sen kuyinma, bu ishni menga qo’yib ber,-dedi, og’a va tashqariga chiqdi.
-Amina, qani bolam, dasturxon yoz…Otam keldi, ochiqqandir ham demaysan? Hah sen xoin qiz-a…hah sen-a…
Amina birozdan keyin keldi. Yuzi g’amgin.  Ko’zlaridan yig’lagni bilinib turardi.
-Qizim nima bo’ldi? Yo mendan hafamisan? Taomni yolg’iz o’zimga yedirmoqchimisan? O’zingchi? Kel, yonimga o’tir, men ham xotirjam bo’layin. Mayli, qani kel, bunday. Yo’qsa hafa bo’laman,-dedi otasi.
Ovqatlanishayotganida ham ona-bolani chehrasi yorishmadi.
Otasining;
-Qani, Amina men sening yoshingda bunday oz ovqatlanmasdim, - deyishiga qaramasdan hech narsa yemadi. Nihoyat dasturxon atrofidan qo’zg’alishdi. Amina otasiga choy,qahva tayorlash bilan ovora ekan, MAhmud og’a bunday vaziyatda Munavvarxonimning kelish xabarini qanday aytishni o’ylardi.
Asr namozidan chiqar ekan Yusuf afandi aytgan edi:
-Og’a bu oqshom sizlarnikiga boramiz. Munavvarxonim tezroq boraylik,desa-da, ikki kundan beri men orqaga tashlab kelyapman. Nasib etsa bugun boraylik degandi.
Uyga eklib uydagilarni bu holda ko’raman deb o’ylamagandi. Hozir to’g’ridan to’g’ri bu oqshom biznkiga ular keladilar desa kim bilsin ne qiyomatlar ko’radi. Qahvasini ichayotib birdan yodiga tushib qoldi;
-Onasi,senga latifa aytib beraymi, nima deysan?
-Nima derdim, bekorchilikda latifabozlikdan boshqa nimayam qilardingiz? Qizni ja-a o’rniga joyladingiz. Endi navbat latifaga keldi.
Xotini iztirob bilan gapirar edi. Zarda bilan yuzini o’girib olmasidan dedi;
-Xotin,shu Ho’ja Nasriddin haligi Nasriddin Afandi qancha yashab, qachon vafot etganini bilasanmi?
-Hey,otasi, siz meni nega masxara qilyapsiz? Vafotini so’ragincha, qachon tug’ildi,qachon sunnat qilindi, qaysi kun uylandi, nechta bolasi bo’lgan,qanday yashagan, deb so’ramaysizmi? Tavba. Men maktab-madrasa ko’ribmanmi? Qachon o’lsa o’lsin. Birov o’laman desa, bu kishi kulaman deydilar. Hozir shuning o’rnimi? Nega meni kalaka qilyapsiz?
Og’a arqonni yanada uzunroq tashladi. Past keldi. Yanada pastroqdan keldi. Xotining tizzasiga yengilgina urib qo’ygach:
-Qachon o’lganligini bilmasligingni bilaman.O’zim ham achon yashab, qachon o’lganini bilmayman. Faqat ko’p qadim zamonlarda yashab o’tganini bilarsan,-dedi.
-Bilaman, xo’sh?
-Eshit. Bir kuni Afandining yoniga kelib eshagini so’rashibdi. Xo’ja eshagi uyda emasligini aytishi bilan, eshagi hangrab qolibdi.
-Xojam oppoq soch-soqolingiz bilan uyalmaysizmi yolg’on gapirishga? Eshak hovlingizda ekanku.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 02 Oktyabr 2008, 14:46:39
Afandi darhol javob qaytaribdi:
-Oppoq soch-soqolim bilan mening gapimga ihsonmay, eshakning gapiga ishonasanmi? – debdi. Xulos shulki, Xo’ja Nasriddin o’lganiga ko’p bo’lgnan, ammo so’zlari qimmatli. Sen ham shunday. Bir xonimni maqtab gapirgan elning so’ziga quloq solmaysan, bir tayinsiz, bir bo’xchachining gapiga kirasan, ishonasan. Uyatmasmi? Men qizim borayotgan oila yaxshi chiqishini xohlamaymanmi? Yomon joyga tushsa mening ko’nglim to’ladi deb o’ylaysanmi? Qizim falokatga tushsa, men saodatga erishamanmi? Yo qizimni faat faqat sen yaxshi ko’rasanmi? U ayolni hali ko’rmadingku? Ko’rib,tanib uyalarsan, bu ishingga pushaymon bo’larsan. Inson duch kelganga, ayniqsam fisq fasodchiga ishonib ketaveradimi? Bir emas, besh uyda so’rading. Biriga ishonmading boshqasiga bording. Yaxshiligini aytganlarga ishonmasdan, yomonligini so’zlagan allaqanday notayinga ishonasanmi? Men ham senga o’xshab ishonib, ishni buzsam, nima bo’ladi? Munavvarxonim biz eshitganlarimizdan ortiqroq fazilatli ayol bo’lsachi?
Og’a soz’alrini aytayotib qanday ta’sir qilayotganini bilish uchun xotining yuziga qarab qo’ydi.
-Bugun ular biznikiga keisharkan. Vazmin, sipo bo’l. Mehmon ekanliklarini unutma. Mehmonlarga munosib izzat ikrom ko’rsat. O’zing o’yla, haqiqat avvalgi eshitganlaringmi, bugungismi rosti…InshaAlloh oxiri hayrli bo’lar.
Yarim soatlardan keyin darvoza taqqiladi.

Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 02 Oktyabr 2008, 14:47:04
Sodda, lekin toza kiyingan bir xonim. Vazmin. Soz’alshi ham, sukut saqlashi ham o’rinli. Har holi hurmatga sazovar fazilat sohibasi. Mahmud og’a aytganidek, ikki soat ilgari aytgan soz;alri uchun xotinini xijolat chektiradigan,uyaltiradigan yetuk xislatlarga ega bir ayol. Aminaning ko’ngliga bu kecha ishonch  hislari to’ldi. Uni ko’rishi bilan yuragi huzurlandi. Odamlar shunaqa. Mehri ko’zidan, yaxshiligi yuzidan bilinib turadi. Bir xillari bor-ki, qancha harakat qilinsa-da, yuzi-ko’zini ko’rib so’zini eshitib,aslo yaxshi ko’rib bo’lmaydi. Shunday odamlar borki, ularni ko’rishing bilan, ko’nglingda yaxshilik qilish tuyg’ulari tuyuladi. Ular ta’sirida latif hislar og’ushiga kiradi inson. Yuzlarida nur bor, iliqilik bor. Alloh ular ko’ngliga muhabbat bilan nazar solgan, ularning yuzlari Allohning zikri bilan nurlangan qalblari aks etgan oynadir. Odam ularning yuzlarida qalblaridagi samimiyat va ixlos go’zal insoniy tuyg’ular aksini ko’rib darhol mehri ortadi. Azaldan taniydigan, biladigandek bir-biriga el bo’lib qoladi.
Munavvarxonim Aminada shundat taassurot qoldirdi. Amina yiroqdan kelgan xolasi qarshisida turgandek his etdi o’zini. Uning dona-dona soz’lari, so’zlayotib ma’nolarga to’la mas’um ko’zlari bilan Aminaga qarab qo’yishlari ko’ngliga orom berardi. Yarim soat avval koshki kelmasalar edi deya o’ylagan Amina ketishlari yaqinlagan sayin yana biroz o’tirishlarini chin ko’ngildan istardi.
Ey, hush hulq! Ey,go’zal ahloq! Qanday qimmatli, qanday buyuksan. Sen-la dushmanlar do’stga, musibatlar saodatga aylanadi. Ey, go’zal ahloq! Alloh huzurida sharafing ulug’!!!!Aminaning bo’lajak qaynonasi haqidagi tushunchasi Munavvarxonimning hush fe’li, go’zal hulqi, ochiq chehrasi tufayli qisqa bir fursatda o’zgardi.

-Qanday onasi, nima deysan? Boshida kali bo’lmasa bir bora kelardi, deganding. O’sha o’ydamisan?
Xotini kulimsirab turardi. Mamnun edi.
-Hozircha bir narsa deb bo’lmaydi. Yaxshi ayolga o’xshaydi. InshaAlloh oxiri hayrli bo’lar.

Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 02 Oktyabr 2008, 14:48:02
Mustafo o’qirdi. Uylanadigan erkak vazifalarini, o’ziga omonat berilayotgan bir xonimga haqsizlik qilmaslikni o’qib o’rganmoqda edi. Adolatli, mehribon oila boshlig’i qanday ahloq qoidalariga rioya etishi kerakligi to’g’risida izlanmoqda edi u. Uning izlanishi o’ziga oid vazifalarini bilishiga aloqador. Aminaga aloqadorini Amina o’ylasin. Oilada yaxshilik va insoniylik yo’lini, har bir yaxshi ishni o’ziga ravo ko’rish, shu bilan birga Aminaga ham go’zal muomala qilish yo’lini tutish lozim. Avvalo pichoqni o’zingga ur og’rimasa birovga. Nomusga aloqasi bo’lmagan ayblarni berkitib avf etmoq yo’lini, yillar bo’yi onasidan o’rgangan sabr, azmu qaror yo’lini tutmoq lozim. Amina ham bularni bilsa kerak,ehtimol eshitgandir. U ham inson. Mustafoning yaxshiligiga yomonlik bilan javob qaytarmas, axir?!
Xato kamchiliksiz, bekamu ko’st insonni axtarish… imkondan tashqari ish. Shu qadar imkonsiz-ku, o’z yaratganiga qarshi hatto kech-kunduz isyon qilgan inson, o’ziga o’xshash bir insonga nisbatan vazifasini ado etolmasa, bu g’arib-g’alat qabul qilinmasligi kerak, ya’ni bundan ajablanmasa bo’ladi. Modomiki gulning ham tikani bor ekan, Mustafo gulni tikani bilan birga yaxshi ko’radi. Kim bilsin, o’zining ham qilajak qancha xatolari bor? O’zaro munosabatlarda Mustafo yaxshi insonligini ko’rsatishga azmu qaror qildi. Hayotda ham, oilada ham yaxshi yashashni ta’minlash – Alloh rizosini topish uchun harakatdir. Mustafo shunday qilmoqchi. Aslo odamlar yaxshi yashadilar, deyishalri uchun emas.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 02 Oktyabr 2008, 14:48:24
Amina yana ikki bor qaynonasini uchratdi. Uni o’z xolasidek ko’rib qoldi. Chunki xayolidagi qaynonaga zid o’laroq, bir samimiyatni ko’rdi unda. Uyiga kelguncha soxta mehr tuygan, uyiga kelgach esa har kuni oz-ozdan o’zgarib boruvchi qaynona hislati unda yo’q. Shu sabab Amina uni o’ziga yaqin oldi. Unga nisbatan ko’nglida mehr-muhabbat va hurmat jo’sh urdi.
Ajabo, Mustafosi qanday ekan Aminaning. Agar u Munavvarxonimning o’g’li bo’lib, tarbiyani undan olgan bo’lsa,muammo yo’q. Ammo ish faqat uning o’g’li bo’lish bilan bitmaydi, albatta. Ota-onasi pok, xush ahloqli bo’lib, bolalari odobsizlar ham uchrab turibdi-ku hayotda. Ularda o’sha ota-ona tarbiyasidan hech bir alomat ko’rinmaydi. Hatto ba’zilari umrini ibodat bilan ziynatlagan ota-onasini ayblashgacha boradi-ku.
Xuddi bebaho injuni o’g’lidan asragandek sochlari ham begona ko’zlardan yashirib o’rab-chirmab, asrab avaylab o’stirilgan qizlar shu qadar ochildiki, hatto hayosizlik va yalang’ochlikning eng so’nggi darajasiga qadar yetib bordilar. Ko’zini haromdan saqlash uchun ko’r bo’lishni orzu qilganlarning o’g’illari islavotxonalarda tunashni odat qildi. Ertalabgacha qimorxona va mayxonalarni obod qiluvchilarning bir qismini ota-onasi harom yemoqdan olov yutishni afzal ko’ruvchilar edi.
Mustafo-chi, deb o’ylar edi Amina. U ham shunaqa toifadanmi yoki ona tarbiyasi bilan hayoli o’sgan bir yigitmi? Lekin hozircha bu savollar javobsiz qolib, hayolida aylanar,uni bezovta qilardi. Oh!!! Munavvarxonim kelsa edi,u haqida bir ikki og’iz so’zlasaydi, uyalmasaydi, yo’lini topib so’rasay u haqida. Ba’zan Aminani nekbin tuyg’ular tuyg’ular chulg’ar, Munavvarxonimdek ayol o’g’li loyiq bo’lmasa uylantirishga otlamsdi deb o’ylardi. Ertaga uyaltirib qo’yishini bilib bu ishga qadam ham qo’ymasdi, birovlarning eshigiga qiz so’rab, kelin axtarib bormasdi. Lekin qaysi ona o’g’lini yomon deydi, yomon ko’radi va o’g’lining uylanmasligini istaydi? Agar Mustafoni uylantirish lozim bo’lsa, o’zi chekinib, qarindoshlariga tashlab qo’ymaydi-ku…Lekin bo’lar ish bo’ldi. So’z berildi. Otasi so’zidan qaytadigan kishi emas. Agar Mustafoga bermasa, kimga uztadi? Yana o’shandek notanish birovga. Shunday ekan ne bo’lsa bo’lar. Hech qursa Munavvarxonimdek asl va pokiza bir qaynona bor-ku…

Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 02 Oktyabr 2008, 14:48:54
Amina duo qilmoqda. Mustafo aroqxo’r, qimorboz bir kim bo’lib chiqmasligini so’rab, duolar qilmoqda. “Yo Rabbim, har ishga qodirsan, har ne sening qudrat qo’lingda, har ne sening xazinangda yetarli. Boradigan joyimda uyaltirma, turmush qilolmay ortga qaytishdan O’zing saqla. Odobli, nomusli yashashni, iymonli, ibodatli dunyodan o’tishni, huzuringga pokiza holda borishni nasib ayla yo Rabbiy!”
Amina namozdan keyin shunday duolar qilardi.

To’y uchun lozim bo’lgan hozirliklar ko’rildi. Bu borada ancha tushuncha va hayotiy tajribasi bo’lgan Mahmud og’a Yusuf afandi orqali Munavvarxonimga shu xabarni yetkazdi:
-Ba’zilarga ergashib, afsuski, urf holiga kleib qolgan isrof va turli tashvishlarga berilmasin. Mutlaqo shart bo’lganini bajarsin. Elning og’ziga elak tutib bo’lmaydi. Ularni mamnun qilish uchun urinib qolmasin.
Munavvarxonim Mahmud og’aning bunday fayzli maslahati va takliflarini juda yaxshi qabul qildi. Og’a so’zida haqli edi. To’ylarda behisob pullar nechun behuda sarflanmoqda?Xositsizlik uchun! Maqtanish uchun! Shuhrat uchun!!!
Kelinposhsha bir kun, bor yo’g’I bir soatgina kiyadigan liboslar uchun! Har biri bir faqirning bir necha oyligiga teng bo’lgan qimmatbaho, lekin o’rinsiz ziynat ashyolari uchun! Bular qancha kambag’allarni tanglikdan qutqarishi, qancha mas’um go’daklarga shodlik ulashish mumkin edi, deya yaqinlariga tushuntirishdan charchamsdi Munavvarxonim. Elning bu holga tushishiga sabab bo’lgan ikki toifa insonlar bor. Birinchi toifa molini sarflab tugatolmaydigan, o’rinsiz joylarga isrof etadigan boylar. Ikkinchisi, shunday boylardan olingan qarz ostida qolib to’y – ma’raka o’tkazib, boylar bilan bellashmoqchi bo’lib, beli sinadigan faqirlar. Ana shu ikki toifa orasidan ba’zan tikanlar aro qulf urgan rangin chechakdek, aqlli va bu aqlini hayrli yo’lda ishlatadiganlar ham chiqib qoladi. Ularning to’yga hadyasi isrofu harajat emas, shu yoshlar tarbiyasidir. To’y va turmush faqat mol dunyo bilan emas ma’naviy hol, bir-birini tushunish, go’zal ahloq bilan bunyod bo’lishini yaxshi biladilar, yoshlarni shu yo’lda tayyorlab yetishtiradilar.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 02 Oktyabr 2008, 14:49:19
Demak, Mahmud og’a shularning biri. Isrof emas, yaxshi turmush zarurligini chuqur anglagan bo’lsa kerak-ki, qudalariga ham shunday xabar jo’natdi.
Oradan ikki oy o’tdi. To’y hozirligi tugadi. Aslida hech bir to’yda bunday tayorgarlik mukamml bo’lgan emas. To’y xoh kelishuvdan  bir oy so’ng qilinsin,xoh ikki yil keyin qilinsin, natija bari bir shu, bari bir yana talay ishlar, tikilishi, bichilishi, olinishi kerak bo’lgan ashyolar qolib ketadi. Inson bu dunyodan har bir ishini tamomlab ketolmaganiga o’xshaydi bu hol.
Uch kundan keyin Aminani olib ketadilar. Endi o’zga bir oilaning qizi bo’ladi, u yerni yurt tutadi va bir umr o’sha yerda qoladi. Hozirlangan narsalar o’raldi, chirmaldi, tugildi, sandiqqa solindi. Yo’lga chiqishi yaqin musofir go’yo. Et bilan tirnoq ajralishidek holat bu hol. Non va suvdan ortiq sevilgan ota-onaning qo’llari o’pilajak. Bu mahalla, bu uy, bu bog’ Aminaga faqat bir mehmonxona bo’lajak. Endi Amina yayrab kezgan, shodlanib, o’ynab-kulgan, umrining eng shirin, eng saodatli kunlari kechgan bu xonadonga xohlagan paytida kelolmaydi. Qo’ylarini sog’arkan otasi yelkasiga ohistagina urib, silab “hayr, Amina” deyishini eshitmaydi va javoban:”Ishingizni Alloh o’nglasin!” deyish zavqini endi tuymaydi.
Ha, otlanish damlari yaqinlashmoqda. Har bo’yi yetgan qizning boshida bor bu hodisa. Buni chetlab o’tib bo’lmaydi. Lekin ba’zan Amina chiday olmay qoladi, ayriliq o’gir ko’rinadi. Dunyoga kelmasaydim, ayol bo’lmasaydim demoqchi bo’lardi. Faqat bu bilan hech narsa o’zgarmasligini, bu fikr Allohga xush kelmasligini yaxshui tushunadi. Istig’for aytadi darhol. U bo’lmasa, boshqa bir qiz o’sha uydan ketadi. Ayriliq azobini tortib, uning yuragi ham dog’lanmaydimi?
Amina ota-onasiga ichdan toshib kelayotgan nimalarnidir aytmoqchi bo’ladi. Faqat nima deydi? Oh, ularga dilini yorsaydi, shashqator yoshlar to’ksaydi. Yo’q, bu holat ularni ham yig’latadi, dardlarini ziyoda qiladi. Lekin qo’ylari unaqa emas, ular Aminaning hamdardlari. Shu sabab ikki-uch kun dardini ularga yordi, ko’zlaridan o’pdi, boshlarini siladi, hidladi, erkaladi. To’yib-to’yib yig’ladi…
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 02 Oktyabr 2008, 14:49:54
O’sha oqshom Amina o’z xonasida ekan, tashqaridan oyoq tovushi kelgandek bo’ldi. QUloq soldi. Ha, zinadan kimdir ko’tarilmoqda. Otasi:
-Amina, yotdingmi qizim?
Amina eshikni ochi:
-Hali yotmadim, ota, kiring,-dedi.
-Bolam, bilasan, sening xonanagga kirish odatim yo’q,ammo bugun ikki o’giz suhbatlashib bir pas o’tirsam dedim.
Otasining rostan ham  bunday odati yo’q edi. Amina biroz hayajonlandi,ammo bu tezda o’tib ketdi. O’zini o’ngladi.
-Qizim,ikki kundan keyin kelin bo’lib ketsan. Alloh hayrli turmush ato qilsin. Ikki dunyo yuzingni yorug’ qilsin. Bu yerdan ketib, borgan yeringni qizi bo’lasan. Qaynonangni onangdek hurmat qilishngni istardim. Doimo kichikligingni, kattalarga izzat-ikrom ko’rsatishni untma, yomon so’z eshitsang ham yaxshi so’zla. Sen samimiyatdan ayrilma. Shuni unutma-ki, qilgan kichik yaxshiliging, Alloh tarafidan ziyoda qilib qaytariladi. Bugun kattalarga hurmat ko’rsatsang, ertangilar seni ham hurmat etishadi. Seni borgan joyingda uyalmaydigan bir odaob o’rganishga, yaxshi tarbiya berishga harakat qildim. Umid qilamanki, sen ham meni uyaltirmaslik uchun qo’lingdan kelganinicha g’ayrat ko’rsatasan.
Mahmud og’a sukut saqladi. Qareshisida bosh egib turgan qiziga bir-ikki lahza qarab qoldi. O’zi ham hayajonlandi. Yolg’iz qizini uzatish arafasida bu soz’alrni aytish osonmi? Ellikdan oshganiga, tajribalarda kechgan umriga qaramasdan hayajonlana boshladi. Qarshisida odob va tarbiya bilan o’stirgan yolg’iz guli, malaksifat qizi,lekin bir mehmondek o’tiribdi. Og’a umr bo’yi uning o’sib unishiga harakat qildi.Umrini shu gulni yetishtirish zavqi bezadi. Shu zavq bilan ovunardi. Endi, mana ayriliq kunlari Endi u ketmoqda. Farzand mehri bilan to’la keksayib borayotgan ko’ngli ham u bilan ketmoqda. Faqat endi hisning emas, aqlning amriga muvofiq ish tutish payti edi. Qiziga aytishi kerak bo’lgan so’zlari bor edi. Shu bois so’zlarini dona-dona, vazmin-vazmin davom ettirdi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 02 Oktyabr 2008, 14:50:21
-Ular bilan kelganingda doimo eshigim ochiq. Faqat ulardan shikoyat qilib, turmushingdan nolib kelmagaysan. Doimo o’z holingdan rozi bo’l, qizim,shukr qil. Dunyo inson istagan narsasini topadigan joy emas. Unutma-ki, turmushi buzilib ichidan qon yig’lahan ayollar bor. Seni onangdek yaxshi ko’radigan bir qaynonaga ro’baro’ kelishingga, sening haqlaring toptalmasligiga ishonamiz. Yaxshi tarbiyali kuyov topishga harakat qildik. Alloh bizni uyaltirmasin. Hamma ham turmush quradi, bunga qarshi bormoqqa birovning haqqi yo’q. Shu sababli hafa bo’lma, bolam. Allohning qonuniga, amriga sen ham albatta, itoat etursan. Sen ham Allohning buyrug’iga muvofiq oila qurursan. Qur’on va namoz o’qishda davom et. Allohning quli eknaligingni hech ham unutma. Yaxshi turmush ato etishi uchun doimo Unga yolvor. Sen Allohni unutmasang,Alloh ham seni aslo unutmaydi. Qani, endi menga ruxsat, qizim.Senga hayrli tun tilayman.
-Xudo hayringizni bersin, ota.
Amina otasining ko’ngli to’lib- to’liqib, sal buzilib, jon qulog’I bilan tingladi va uzoq vaqt uning ma’nodor so’zlarini o’ylab yotdi. Uning nasihatlari hayolidan ketmadi. Ko’nglini band etdi. O’zicha ularni aql tarozusiga qo’yib, otasining har so’zi naqadar salmoqdor ekaniga tan berdi va jon deb qabul qildi. Yaxshi turmush qurishni istagan har bir aqlli inson bunday nasihatlarga amal qilish majburiyatida ekanini, buni chetlab o’tishning iloji yo’qligini e’tirof etmoqdan o’zga chora topolmadi. Zotan, hayot tajribasiga ega, yaxshi yomonni ajratadigan ota qiziga yanglish o’git bermaydi. Shularni o’ylab Amina o’z yotog’iga, o’rniga kirdi va birpasdan keyin uyquga ketdi. To’y ajoyib bir narsa, go’zal yig’in. Bor-faqir, do’stu g’anim bir joyga to’planadi. Dardlini ham chorlaydi to’y. Hatto inson taxammul qilish mushkul bo’lgan dardi bepayonlar ham kelishadi to’yga. Barchasi shod xurramga o’xshaydi. Ammo koplarning dardi to’yda yangilanadi, ko’plari yangi dard orttirib oladilar. Masalan, bu to’yda farzand dog’I, yo’qotish azonbini kechirayotgan bir ona bor. Odamlar orasida o’zini tutib turgan, qalbi pora-pora bo’layotgan yillar davomida oq yuvib, oq tarab o’stirgan gul yuzli bolasini qo’ldan oldirgan ona dardini o’zidan boshqa kim ham chuqurrqo his etardi? To’yga taklif etilganlar orasida bir xonim bor, yonida so’lg’in yuzli ikki farzandi bilan mahzun-mahzun atrofni tomosha qilmoqda. Goh-goh oylardan buyon ota qo’li tegmagan yetimlar boshlarini, tosh kabi qattiqlashgan boshlarini silab, sochlarini tarab qo’ygandek bo’lardi. Ismi Jamila uning. Jamilaxonim har kuni ikki do’sti bilan unikiga non va oziq ovqatlar yuborayotgan Mahmud akaning uyida ekanligni bilmasdi. Bu xonim hozir Kelinlik libosi ichida ming bir hayajon bilan ota ota uyida so’nggi kechani o’tkazayotgan qizga boqardi. U qadar hayajonli emas, faqat unda ziyoda o’ychanlik bor. Necha yillar bu hayotni bugungi holga tushishini hayoliga keltirmasdan yashadi. Bugun ikkisi yonida, biri qo’shnisi qaramog’ida, jami uch yetimi bo’lgan Jamilaxonim kelinlik zavqini to’yib-to’yib totgan edi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 02 Oktyabr 2008, 14:50:48
To’yda yosh qizlar bor. Aminaga hasad-havas aralash boqib, bir kun kleib biz ham yopinchiqqa o’ranib kelin bo’lamiz, deya mag’rur yurgan qizlar. Yana bu to’yda borgan joyida totli hayotga vido aytgan, kelin bo’lganiga emas, dunyoga kelganiga pushaymon bo’lib, ota-onasiga la’nat yog’dirganlar ham bor. Bu yerda o’tirib,sassiz-sadosiz yig’lashgan, atrofga e’tiborsiz ikki yosh xonimga ne deysiz? Yuz – ko’zlari bir biriga naqadar o’xshash bularning. To’yga faqat yig’almoq uchun kelishganmi? Boshqa topishib yig’laydigan joylari yo’qmi? Ha, bular oylardir bir-birini ko’rishdan mahrum, agar tasodifan uchrashsalar-da, suhbatlashish man etilagn baxti qaro opa singillar. Ikkovi ham oilali, erlari orasidagi kelishmovchilik tufayli toy’da ham suhbatlasholmaydilar. Suhbatlashsalar erlari ajrashishni shart qilgan. Aslida to’yga bir-biridan tamoman xabrasiz kelgan bu xonimlar tasodifan ko’rishib, quchoqlashib, o’pishib, yig’lashdilar,ammo bir so’z aytolamydilar, qalaysan, jigarim deyolmaydilar. Endi yonma – yon o’tirish zavqini totar ekanlar, ayni paytda suhbatlashmaslik iztirobidan ezilar, bu ikki tuyg’u qo’shilib, sevinch va azob ostida yig’lashar edi. Bir uyda o’sib, minglab shirin – achchiq xotirlarni soz’alshdan mahrum. Bu zulm. Qaysi ahloq qoidasida bor bu.
Shunga qaramasdan to’y ko’ngilxushlik bilan davom etardi. Ba’zan bir-biriga qarab o’ynaymiz deb turishgan ikki bolakay tomoshabinlarga zavq ulashar, ularni kuldirishardi. Ba’zan bazo’r qo’llaridan tortib o’rtaga taklif etilgan kelinlar bir ikki aylanib o’z joyiga o’tirishardi. Bu orada semiz qornini sakrata-sakrata o’rtaga yosh bir juvon chiqdi. Modomiki, to’yga kelidikmi, o’ynab kulaylik deya aylandi. Turli nag’ma, muqom hunarlarini ko’rsatib, goh o’ngga, goh chapga aylanib zavq va shodlik ulashardi.

“Qozonda hedik qaynona,
Tishlari kemtik qaynona,
O’g’ling yegulik keltirmish,
Sensiz yedik qaynona.”
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 02 Oktyabr 2008, 14:51:13
Munavvarxonimga qarab sizga aytyapman, degandek bo’lardi. Yoshi o’ttiz beshlar atrofida ko’ringan bu ayolning yo qaynonasi yo’q, yo uning o’gzini ochirmaydigan holga keltirgan. Yana kim bilsin, o’z uyida kelinidan mag’lub, o’’g;ini uylantirganidan, shu o’y boshiga kelganidan pushaymon, har kun kelinidan yomon so’z eshitadigan,kaltak yeydigan qancha – qancha qaynonalar bordir-ki, bu soz’alr ularga balki ignadek botib borardi. Boshalriga musht tushgandek bo’lardi. Qorindor ayol yetarlicha o’ynadi. So’ng tishlarining bir qismi tushgan, bir qismi chiriy boshlagan o’n olti  o’n yettilarga kirgan bir qizni terlarini artib, bir tarafdan qiz sening qanday hunarlaring bor, degandek kulimsirab o’rtadagi qizni kuzata boshladi. Qiz agar boshqasi taklif etmasa, o’zi o’rtaga otilib chiqadiganlar xilidan edi. Ba’zilarning uyala-uyala, bir aylanib – qoqilib, o’tirib qoladigan o’yingohni zavq va hayajonla kezsihlari butun mahoratini namoyon qilib ustaliklarini ko’rsatardi. Tishlarining xunukligiga qaramasdan nihoyatda xush ovoz edi.

“Onajonim, jigarni mushuklar yedi,
Oh, shu mushukni tutib olsam…
Shu mushukning tukalrini yulib olsam,
Etlarini dudlab qoq qilsam,
Qaynonamga, qaynsinglimga yedirsam…”

Shu zaylda kuylab hammani kuldirar, to’yni qizdirardi. Faqat u o;ylab ko’rmagan balki o’ylasa-da beparvo qaraydigan bir narsa bor edi. Balki bo’lajak qaynonasi hozir uni tinglayotgandir. Na qadar xunuk bo’lsa ham, bitli yosmiqqa ham bir ko’r xaridor topiladi. Unga:”Eh, bir qo’limga tushsayding”, deb tish qayraganlar bilan birga:”Alloh sendan o’zi qarasin, hozirdan shunday desang, kim bilsin borgan joyingdagilarning boshiga ne savdolar, ne kunlar solasan.Alloh bo’lkaj qaynonagga sabr bersin”, deguvchilar ham bor. Tajribali kelinlar uning bu so’zlaridan keljak hayotini tasavvur qilayotgandek, achinayotgandek bo’lishardi. Shulardan birining ko’zlari unga:”Dunyo neligini tezda bilarsan va bu soz’alrinng pushmon qilarsan”, degandek boqib turardi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 02 Oktyabr 2008, 14:51:41
Munavvarxonim hammasini tinglar, atrofni vazmin va ohista kuzatib yurardi. U bu xil qaynonalardan bo’lmoqchi emas. Bo’lmaydi ham. Buning uchun qo’lidan kelgancha harakat qiladi. Uning sabri bir kun, biro y, bir yillik emas. Toshlarni chatnatib, eng marhamatsiz, eng vijdonsiz kimsalarni tiz cho’ktirajak bir sabr bu! Hach bir qaynonaga nasib bo’lmagan tengsiz bir sabr! Munavvarxonim kechirimli, bu xislatni keliniga ko’rsatadi. Har kun qusurli ish qiluvchi, har kun qabih bir yomonlik etadigan kelin kelsa ham uni kechiradi. Yaxshilik yomonlikni ketkazishini biladi. Yaxshilik dushmanlarni do’st aylashiga ishongan bir azmu qaror ila avf etadi. Faqat odamlar:”Munavvarxonim kelinini yaxshi idora etdi”, deyishlari uchun emas, Alloh rizosi cuhun va hurmati uchun kechiradi, sabr etadi. Munavvarxonim shunday to’yga tarafdormidi? Yo’q. Qo’lidan kelsa yanada soda va samimiy bir to’y qilardi. Faqat turli odatlarga ko’nikkan jamoatni qanday qilib birdaniga ko’ngildagidek to’yga ko’ndira oladi? U zimmasiga tushgan vazifani qo’lidan kelganicha ado etdi. Masalan, ayollar orasiga erkak cholg’uchi kirgizmoq u yoqda tursin, har  biri erkaksifat, ayollik odobidan yiroq behayo cholg’uchilarni ham yaqinlashtirmadi. Ammo bu mahrumiyat ichida ham o’zicha bir ko’ngilxushlik tartibi tuzib olganlarga uddavuron ayollar har to’yda topiladi. Qolaversa to;y ham bir ko’ngilochar dilxushlik bo’lgani cuhun bundaylar, agar Allohga isyon darajasiga bormasa, yaxshi kutib olinishi kerak. Kemtik tishli qiz qorindor ayol namoyish etgan maqomlarni davom ettirdi. U maromiga yetkaza olmagan o’rinlarni qoyillatishga harakat qilardi, oyoqlarini kuyga mos tarzda o’ynatar ekan:
“Qozonda pish qaynona,
Tilarga tush qaynona,
O’g’lingni senga qoldirmam,
Kel, undan kech, qaynona”.
Shu to’rtlikni kuylab yana aylana boshladi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 02 Oktyabr 2008, 14:52:22
Munavvraxonimnig chap tomonida bir ayol o’tiribdi. Yuzida hech kulgu, tabassum yo’q. Munavvarxonim uni ilk ko’rganini,uyiga kelganini esladi. Ayol uni ko’rishi bilan uyalib, biroz ortga chekingandek bo’ldi. Lekin Munavvarxonim o’zini hech narsani bilmagandek, u ayolni tanimagandek ko’rsatdi. To’y davom etgan ikki-uch soat ichida ayolni xijolat qilmaslik cuhun u tarafga biror marta ham qaramadi. Keyin ham bu ayol,Aminaning qarindoshidir, ora-sira Munavvarxonimga ro’baro’ keladi. Bir kuni yolg’iz qolganlarida uzr so’rash uchun bu mavzuda o’giz ochsa Munavvarxonim:”O’tmishdagi yomonliklarni faqat tavba qilish uchun eslaylik”, deydi albatta. Munavvarxonimning oldidan o’tar ekan boshlagan ashulasini nihoyasiga yetkazdi:
“Men boshqa dard istamam,
Qaynona dardim bor mening”.
To’yga kelganlar,ayniqsa qaynonadan kuyganlar,yuragini oldirib qo’yganlar, o’z dardlariga sherik bo’lgan qizni telbalarcha olqishladilar. Vaqt allamahal bo’lib qoldi. Mehmonlar birin-ketin tarqala boshladilar. Amina bu so’nggi kechada ota-onasi bilan uyda yolg’iz qoldi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 19 Fevral 2009, 08:25:25
Bugun Mustafolar xonadoniga kelin keladigan sevinchli bir kun. Lekin vaziyat boshqacharoq. Mustafoga kelinning kelganligi xushxabarini beriladigan peshin vaqti. Shu mahalda katta jome' hovlisida Mustafoning ko'zlaridan yosh quyilmoqda. Shu onda Amina ota uyini tark qilayotganini o'ylamoqda Mustafo. O'ziga omonat sifatida topshirilayotgan bir ayolning haqlariga ko'ngildagidek rioya etolmaslik qo'rquvidan ko'z yosh to'kmoqda.
Uch kun avval onasi aytgan nasihatlarni esladi Mustafo. Kechki ovqatdan so'ng onasi shunday nasihat qilgandi. "O'g'lim, Alloh nasib qilsa uch kundan keyin kelin keladi. Uyimizga bir qiz ota-onasini tark qilib keladi.AHil bo'laylik, kelganiga afsus chekmasin. Shafqatli, marhamatli bo'lib, unga insoniy muomala qilishingni istayman. Hech qachon uni hafa qilmasligingni so'rayman. Seni har kimdan ziyoda yaxshi ko'raman. Lekin Alloh omonat sifatida bergan kelin,agar o'g'limdan norozi bo'lsa, men kleinni emas, o'g'limni aybdor deb bilaman. Bir kun Alloh huzuriga sen bilan chiqamiz va kelin haqqi rioyasining hisobini beramiz. Uni hurmat qilganing meni hurmat qilganingdir. Uni hafa qilsang, emn battar hafa bo'laman. Men uning qaynonasi emas, o'z onasiman. U ham mening kelinim emas, qizimdir.
Hamma oila ham bir xil emas. Unga o'z uyining odatlarini tark etish qiyin kechishi mumkin.Sen va menga nisbatan kamchilikka yo'l qo'yishi mumkin. Bundan hafa bo'lma. Inson ba'zan Allohning yo'liga yura olmay xatoga yo'l qo'yadi. Bu bandaga nisbatan ham bo'lishi mumkinligini o'ylab, tasalli top, tinchlan. XOm sut emgan banda, lekin u ham vijdon sohibi, sekin asta xonim bo'lar, yaxshilik yo'lini tutar.
Doimo Allohga duo qil. Yaxshilik va yaxshi turmush ato etishini so'rab yolvor o'g'lim. Seni uylnatirdim, meni uyaltirma!Mening sutimni emganingni, meni o'g'lim ekaningni isbotla. Alloh seni shod etsin,ikki dunyoda yuzingni yorug' qilsin.
Munavvarxonim shunday deb ikki qo'lini Mustafoning yelkasiga qo'yib:
-Menga so'z ber, Mustafo, qo'lingdan kelganicha, kuching yetganicha, aytganlarimni bajar. YAxhsi turmush kechirish uchu sabr matonat bilan harakat qilishga so'z ber. Musulmon so'zidan qaytmaydi, so'z ber o'g'lim,-dedi va Mustafoning va'dasini oldi.
Mustafo katta jome' hovlisida ana shularni esladi. Koshki bergan so'zim yol'on chiqmasaydi, deb o'ylar edi.
Osmon tiniq, quyoshli, sarin shabada esib turgan bir kunda Amina ko'z yoshlari sel bo'lib,ota uyi bilan xo'shalshdi. Ulug'larning qo'llarini o'pdi, duolarini oldi. Yangi uyga bormoq uchun murakkab, g'aroyib tuyg'ular og'ushida mashinaga, shu besh-o'n kun ichida taniy boshlagan bir ikki ayol orasiga o'tirdi. Ulov yo'lga tushdi. Aminani bir uyga tushirdilar. Unib - o'ssin deyildi. Ustidan tang pul sochdilar. Erkaklar chekingach ilk bor Munavvaxonim uning yoniga bordi. Aminaga:
-Qaynonagni qo'lini o'p-, deyishdi.
Munavvarxonim ularga qayrilib qaradi:
-Yo'q, bu mening qizim, onasining qo'lini o'padi,-dedi va qo'lini tutdi.
Amina yillar bo'yi faqat yaxshilik uchun ochilgan, faqat yaxshilik cuhun cho'zilgan gullardek pok ozoda qo'lni o'pdi va ko'ziga pshonasiga ohista bosdi. Uyga qadam tashlashi bilan aytilgan bir jumla so'z beran ishionch unga kifoya. Go'yo g'ariblik va yolg'izlik hislari tumandek tarqab ko'ngli oftobli osmondek charaqlab ketdi. Munavvarxonimning :Xush kelding, bolam!" deb ochilgan quchog'i Aminaga orom va huzur bog'idek tuyuldi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 24 Fevral 2009, 10:54:51
Oqshomgacha kelib ketuvchilar ko'p bo'ldi. Kechgacha uy ayollarga to'ldi. Oqshom yaqinlashgach, erkak mehmonlar kela boshladi. Yusuf afandi uy sohibi sifatida kelganlarni kutib oldi. Azon aytilgach, jome'ga borildi. Shom namozidan keyin taom tortildi. Taklif etilan ikki hofiz Qur'oni Karim o'qidi. Amina xonasida ilohiyni tingladi:
Xos bog'ingga kelganlar,
Gullaringni terganlar,
Xabar berdi ko'rganlar,
Nuri Qur'on ichinda.

Bu hikmatlar barchaning ko'zalrini yoshladi. Ma'no maqomi bilan ko'ngillarda huzurbaxsh tuyg'ular uyg'otardi.Hofiz afandi Faxri Koinot sav uchun yozilgan bir na't ham o'qidi:
Sevarmiz sunnatingizni sizdan asar, iz deyaroq,
Eslarmiz ismingizni har on Sarvarimiz deyaroq,
Uzoq tushmasak szining lutfingizdan.shohi Rasul,
Torttarmiz sharbati mavtni,qo'rqmasdan Alloh deyaroq.
Tilarmiz: qolamylik hech sizni sevmoqdan yiroq,
Ummatingiz mahsharga yetgay shafoat deyaroq.

Oxiri mahalla imomi duo qildi. So'ng Mustafo imomdan boshlab ulug'larning qo'llarini o'pdi. Do'stlari bilan qo'l siqishib ko'rishdi. Keyin onasining oldiga kirdi.
-Bolam, Alloh seni ikki dunyoda mas'ud etsin,-deya duo qildi Munavvarxonim. Mustafo onasining qo'lini o'pdi. Kelinning xonasiga, Aminaning oldiga kirdi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 24 Fevral 2009, 10:59:03
Yusuf afandi qarindosh ayollarga taom yeyilgan dasturxonlarni, kosa tovoqlarni tozalashni buyurmoqda. Mehmonlar hufton namozi cuhun jome'ga ketisharkan, azon ovozi eshitildi. Bu azon har kimga - uylnagan Mustafoga ham Allohning bandasi ekanini, farzini ado etish vaqti kirgani va shart ekanini eslatardi.
Ichkari kirarkan Mustafo tahoratli bo'lgani uchun:
-Qani, Amina avval namozni o'qiylik, bandalik burchimizni ado etaylik,-dedi. Joynamozlar yozildi va Mustafo "ALLOHU AKBAR!" deb namozni boshladi. Amina umr bo'yi itoat etmoq qarori bilan unga ergashdi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 24 Fevral 2009, 11:09:26
Amina tongda uyg'onib Munavvarxonimning qo'llarini o'pdi. Yangi oila qurganlar uchun bir odat bu. Juma bo'lgani uchun Mustafo masjidga ketdi. Munavvarxonim kelini bilan yolg'iz qoldi:
-Qizim, bundan so'ng sendan har kim :Qaynonang bilan qandaysan" deb so'raydi. Men aslida bir yaxshi ayol emasman. Balki senga nohaqlik qilib, bilib bilmay hafa qilib qo'yishim mumkin.Bular o'zimizning dardimiz, uyning ichida qolsin. Senga nisbatan nohaqlik qilsam, faqat o'zimga ayt,tuzataman. Ammo boshqalarga gapirma,yaxshimiz degin. Bu savollarni beganlarning maqsadi dardingga chora izlamoq emas, qo'shib chatib elga tarqatish. Ikkimiz qaynona kelin emas, ona bolamiz. Shunday yashashga harakat qilamiz. Bugundan e'tiboran kelinliging nihoyasiga yetdi. Balki men senga onalik qilishni uddalay olmasman, ammo sen qiz bo'lishni uddalarsan, InshaAlloh.
Munavvarxonim bu gaplarni aytgacha, so'radi:
-Qur'on o'qishni bilasanmi?
-Ha,ona.
-Yaxshi, uyimizda har tongda Qur'on o'qish odat. Bu odat senga ham tegishli. Alloh hargiz seni uyaltirmagay. Bandam har kun Meni birinchi, eng avval eslaydi,Kalomimni o'qiydi, deb saodatlar ato etgay,InshaAlloh.
Bu odat, bu nasihat Aminaga juda ma'qul keldi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 08 Mart 2009, 10:02:20
To’ydan keyin uyda Mahmud og’a bilan xotinidan boshqa hech kim qolmadi. Ular oldiga qo’yilgan turli taomlarga qo’l uzatmagan va tomoqlaridan o’tmasdi ham. Uy Cho’rum ta’biri bilan aytganda, suvi tingan tegirmonday jimib qolgan. Ketgan faqat Amina edi. U o’zi bilan uyning barcha nash’u namosini ham olib ketgandi. Mahmud og’a qorni ochligiga qaramasdan:
-Onasi, ol dasturxonni hech narsa yemaymiz,-dedi. Xonimning yig’lashi uchun shuning o’zi kifoya.
-Onasi, yana yig’layapsanmi?
-Yig’lamay nima qilay, kulayinmi?
-Kul, Allohga shukr, qizing yaxshi bir xonadonga tushdi. InshaAlloh, endi yuzimiz yorug’, xursand bo’lamiz.
-Xo’sh, unda nega xursand emassiz?
-Meniki hozir o’tib ketadi onasi. Faqat undan ayrilganim uchun ko’nglim biroz qayg’uli. Lekin kelin qilib uzatganim uchun hafa emasman.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 08 Mart 2009, 10:02:59
Aminani odatga binoan to’ydan so’ng ota uyiga qo’l o’pmoqqa olib bordilar.Mehmondorchilikka chaqirilgan bir-ikki yaqin qarindoshlar ham bor edi. Kirganda-chiqqanda yolg’iz duch kelgan har bir kishi:
-Qaynonang bilan qandaysan?-der edi. Amina o’rgatilganiga binoan:
-Allohga shukr, juda yaxshimiz,- deb javob berardi.
To’ydan bor yo’gi ikki kun o’tdi. Ikki kun ichida ham savollariga javob bo’lgudek biror hodisa bo’lgandir deb o’ylashardi. Lekin Aminadan yaxshi javob olishardi. Aslida oila muhiti javobdanb ham yaxshiroq edi. Bir ona farzandiga shafqat ko’rsatadi. Amina ham bu shafqatni ko’rmadim deyolmaydi. Onasidan mehr muhabbat ko’rmagan farzand bo’lmaydi. Bu o’lguncha davom etadi. Amina kelin bo’lgach, Munavvarxonimni onasiday yaxshi ko’rmaganligini iddao etolmaydi. U buyuk shuurli, mehr muhabbat bilan yaxshi ko’rishiga har vaqt guvoh bo’lajakdir. Onasi xavotirlanib uning yuzida hafalik izlari bormikin deb qaragan bo’lsa-da, mamnuniyatdan boshqa narsa ko’rmadi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 08 Mart 2009, 10:03:33
Har mahallada suvni loyqlatib yurivchi bekorchi xotinlar topiladi. Ular kelin tushgan uyga o’ralashib qoladilar. Kelin ko’rish bahona, niyatlari ezmalik, g’iybatchilik. Juda ham qiziqib to’y bo’lib o’tgan xonadonga yuguradi ular. Kelinni, seplarini ko’radilar, kim nima hadya etganligi to’g’risida ma’lumot oladilar. Boylar bilan bellasholmagan, keragicha yoki oshirib toshirib uyini bezab tuzay olmaganlar bo’ladiki, kelganlarga uy ko’rsatishni istamaydilar. Bu bekorchi g’iybatchilar esa hehc uzrni qabul qilmaydilar. Go’yo hokimday, tergovchiday turib oladilar. Hamma yoqni titib ko’radilar, tekshiradilar. Hadyalar haqida nasihatlar o’qib, qaynona qaynota quruq qolganligini, bu ish juda katta ayb ekanligini uqtiradilar. Kelgan hadyalarni bir qismi oddiy, bularni keltirgandan keltirmagan afzal deyishadi.  HAdyalarni bir-bir ko’zadan kechirib, yaxshi yomonga ajratib bergan bo’lishadi. Kamchiliklarni aytib o’tishgach, navbat uy tuzashga, narsalarni joylashtirishga keladi. Shu karavot burchakka emas, unisiga munosib ko’chirish kerak. Chetda turgan mana bu kichik taglik bir qarich yana o’ngroqqa olinsa uyga boshqacha fayz kiradi. Ko’rpa yostiq och moviydan nim pushti bo’lsa, yotoqdagi narsalar falochinikiga o’xshab joylashtirilsa yaxshi bo’lardi. Shunga o’xshash maslahatlar aytib chiqib ketishadi. Kelinposhsha o’sha ondan boshlab ma’yuslanadi. 
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 08 Mart 2009, 10:04:45
Ne-ne zahmatlar evaziga yig’ilgan seplar, hadyalar yerga urildi, kelin ko’ziga past ko’rsatildi. Bu ishlar bir – ikki g’iybatchi ayollar tomonidan amalgam oshiriladi. Bu xotinlar seplarni yig’ish uchun ertani erta, kechni kech demay ter to’kkan ota mehnatining qadriga yetarmidi? Qo’l qadoqlarini ko’rarmidi? Ularning yana bir maqsadi kleinning qusurlarini topib, elga yoyishdir. Qusur topolmasa, qo’shib chatib g’iybatnamo gaplarni ko’paytiradilar, shundan zavqlanib, ko’nglini xushlab yuradilar.
Munavvarxonim bularni yaxshi bilgani uchun brogan joyda kelin xonasini, sepini ko’rishga intilmaydi. Hatto uy egalari:
-Kelinning xonasini ko’rmaysizmi?-deb taklif etsa ham, shunday javob beradi:
-Yo’q, u joy faqat kelin kuyovga tegishli, menga hech qanday aloqasi yo’q.
Amina kelgach bu odat takrorlanadimi? Albatta. Lekin Munavvarxonim bunga ruxsat bermaydi. Begona ayol tugul, hatto o’zi ham ularning xonasiga kirmaydi. Derazasidan ham qaramaydi. Garchand hozirgacha yuzlab kelin uylari kezilgan bo’lsa-da, g’iybatchi xotinlar uchun ham, kelin uchun ham aslo foyda bergan emas. Munavvarxonim biladiki, ruxsat etmasa, buni ham g’iybat qiladilar, albatta.Yo’q yerdagi gaplarni to’qib chiqaradilar. Bu gaplar yo Munavvarxonim yoki Amina haqida bo’ladi. Uy ko’rishni istaydilarmi? MArhamat! Mehmonxona, oshxonani ko’rsinlar.Ular uydan, uydagilardan, Aminadan qanchalik kamchilik axtarmasin, aslo topolmaydilar. Chunki Amina uy ishlariga ota uyida yaxshilab o’rgangan. Qolaversa, Munavvarxonim ham qarab turmaydi. Kutilmagan bir paytda mehmon kelib qolishi yoki odamlar o’zi uchun emas, balki pokizalarni Alloh sevgani va Alloh rizosi cuhun ozodalikka e’tibor beriladi bu xonadonda. Bir umr mish-mishu g’iybatlardan uzoq yurgan, dili pok Munavvarxonim tonglari:
-Meni banda haqqi bilan huzuringga kelmoqdan O’zing saqla, emn haqimda g’iybat qilganlarni avf et,- deya duolar, iltijolar, nolalar qilgan. Allohni eslab, Rasulullohga SAV salovat aytib ko’ngil uyini nurlantirgan Munavvarxonim uyida biror tartibsizlik ko’rolmaydi. Aminaga ayb taqolmaydi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 08 Mart 2009, 10:06:06
Yangi kelin tushgan uyga kelib o’tirgan g’iybatsevar xotinlar baribir bir yo’l topib maqsadiga erishishga intiladilar. Aminaning bir daqiqa tashqariga chiqishidan foydalanib so’rashadi:
-Munavvarxonim, shu kelin bug’doyrang yoki jinday qoramag’iz emasmi,emnga shunday tuyuldi-da.Bir oz  go’zalrog’ini topsangiz bo’lmasmidi?
-Bo’lishi mumkin. Qoralik Allohdan. Yonida bo’lib, bu Munavvarxonimning bo’lajak kelini, yo Rabbiy, yana bir oz go’zalroq yarat dermidingiz,-degan javobni oldilar. Xotinlarning rangi ro’yi salgina o’zgarganday bo’ldi. Munavvarxonim davom etdi:
-Tashqi chiroy ikki kunda o’tib ketadi,birovga vafo qilmaydi. Qarigach bizni hech kim yoshlikda go’zal bo’lganimiz uchun hurmat qilmaydi. Ammo ko’ngil go’zalligi o’tkinchi emas. Muhimi ham shu – ichki go’zallik, qalb go’zalligidir. Men kelinimning tashqi chiroyidan ziyodaroq ichki go’zalligi, odobi va tarbiyasi cuhun oldim. Mayli, mening kelinim qoramag’iz, bug’doyrang bo’lsinu, go’zallik boshqlaarga qolsin. Bug’doyrang chirkinlik alomati emasku! Birov oqni, birov sariqni yaxshi ko’radi. Men esa qoramag’iz, bug’doyrangni yoqtiraman.
Amina kirishi bilan Munavvarxonim gapini to’xtatdi. Maqtashni lozim ko’rmadi. Birovning yonida kelinining kamchiligini aytishni yoqtirmaganidek, maqtashni ham xush ko’rmadi. Xotinlar ketishga chog’landi. Keksaroq bir ayol Aminaning qulog’iga pichirladi:
-Qizim, qaynonagga e’tibor ber. Umring bo’yi Allohga yolvorsang ham, ehtimol bundan yaxshi, bundan go’zalroq bir qaynona topolmas eding. Qadriga yetgin.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 08 Mart 2009, 10:07:07
Uch eshik naridagi qo’shnilarga kelin tushdi. Kelinni uyini mahalla kezuvchi xotinlar obdon tekshirdilar. Zarur gaplar aytildi. Ketar chog’I qaynsingil kelinga eshitilmaydigan tovushda:
-Xomroq chiqdi,opa. Qaynota uchun aqalli bir sochiq ham qo’ymadi. Bir juft paypoqqa ham loyiq emasmi? Uyalib ketdim. O’zim qo’ydim. Eshitsa qiyomatni boshlaydi. Nechora boshga tushganni ko’z  ko’radi,-dedi.
So’ngra xo’rsinib qo’shib qo’ydi:
-Bilmay qoldik, bilolmadik.
Yana gapirilajak nimalar bor? Ikki kun ichida mish-mishga arzirlik qanday voqealar ro’y berdi? Kelinni ko’rib, uning kamchiliklarini atrifga yoyish uchun kelgan, bundan zavq oladigan xotinlar uchun hozirgi voqea ham g’iybatlari uchun yetarli xom ashyodir. Ular to’g’ri o’z uylariga bormaydilar, avval qaysidir dugonlarinikiga kirib, ostanadayoq voqealarga o’zlaridan qo’shib, navbatdagi dugonanikiga shoshadilar. Axir vazifa juda og’ir,shoshilish kerak. G’iybatni tarqatish kerak. Bu orada yo’lda tanishi to’xtatadi.
-Qayoqqa bunday shoshilyapsiz, Zakiya xonim?
-(…..) nikidan kelyapman. Kelin ko’rgani brogan edim.
-Qanday ekan?
-Bilmadim, oxiri baxyr bo’lsin. Har holda yaxshi emas. Chiqayotganimizda qaynsinglisi bir ikki gapni aytdi. Fursat bo’lganida kim biladi yana nelarni soz’alrdi. Ikki kun ichida shuncha gap, bilmadim oxiri nima bo’ladi? Yana birovlarga gapirib yurmang, egachi. Oilasi buzilib ketsa bizlardan ko’rishadi. YAxshi bo’lsa ikki kunda shuncha qabohat toparmidilar? Bu mening kelinim-ku, deb yomonini yashirib yaxshisini oshirardilar.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 11 Mart 2009, 10:59:18
So’ng xo’rsinib:
-Kelinga achinaman. Qiz ne niyatlar bilan kelgan bu uyga. Qanday qilib uyalmasdan o’zlarini o’zlari maqtaydilar. Hech kimga bildirmasdan ikki kunda kelinni keltirdilar qo’ydilar. Men bilsaydim, qarab turmasdim, bermang bularga qizingizni, deb dunyoni ostin ustun qilib yuborardim. Menga nimayam qilishardi? Ko’rasiz ko’p o’tmay kelinni qay ahvolga solisharkin? Fursatini topib bularning kimligini kelinga bildirib qo’yarman. Bilsin-da bu qizcha, hech bo’lmasa shunga yarasha oyog’ini, qadamini ular bilan tang tashlasin.
Suhbatdoshi bosh tebratadi:
-Avvalgi kelinga nimalar qilishmadi bular. E, egachi siz bulardan insoniylikni qidirib yuribsiz. Tag’inam klein bardoshli yaxshi kelin ekan, ikki yil sabr toqat qilib yashadi. Qutuldi, ammo dunyosidan kechib qutuldi.
Suhbatlasharkanlar yo’l o’rtasida ekanliklarini, oyoqlari tolganini his etishib,qo’llari bilan o’taylik deganday ishora qilishib, yo’lning chetiga o’tib olishdi. Xotin takror so’z boshladi:
-Nima deyapgan edim? Ha…biznikilar sudlariga borishdi. Hakam:”Qizim, eringni deysanmi, otangni?” deb so’rabdi. Qiz:”Hakam afandi, men na erimni deyman, na otamni deyman.  Meni bularni qo’llaridan qutqaring. Istasangiz meni dorga osib o’ldiring,hatto shunga ham roziman”, debdi. Qiz bularni aytayotganida hakamning ko’zlari yoshlanganmish.
 Xotin yana davom etdi:
-Egachi, bular Allohdan qo’rqmaydilar, hech bo’lmasa bandadan uyalsalar edi.Yo’q.
Uyida bolasini yolg’iz qoldirgani esiga tushib:
-Turaylik, egachi, bolam uyda yolg’iz uxlab qolgandi, uyg’onsa yig’laydi,-dedi va ketdi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 11 Mart 2009, 11:00:26
Bir kun qaynona va qaynsingil uyda yo’q paytida “tasodifan” eshik taqqiladi. Aslida, bu tasodif tashrif emas, balki u qaynona va qaynsingil birga chiqib ketganini ko’rib, shosho-pisha kelgandi.
-Mehmon olasizmi qizim?
-Marhamat kiring xola.
Ichkari kirdi, oyoq kiyimlarini yechdi. Kelin ohistagina qaynonasi uyda yo’qligini aytdi. Ayol go’yo mahzunlandi:
-Ko’rdingizmi, qizim,shosha – pisha keluvdim.Mayli, bolam, salom deng,men ketay.
-Besh daqiqa o’tiring xola, hoz kelib qolsalar kerak.
-Ketay chirog’im ishim bor.Men bu yerda ekanimda kelsalar nari beri gap bo’ladi. Ular shu yerda ekanida kelarman.
Kelin zerikkan edi.Biroz suhbatlashgisi kelardi. Necha kunki qaynonaning qovog’i soliq. Uyga hokimlik havasida bo’lgan qaynsingilning gaplaridan siqilgandi. Shu sabab ular yo’g’ida Xo’jayi Hizrdek paydo bo’lgan bu ayolning kelishi bir ne’mat bo’lib, biroz suhbatlashamiz deya sevindi. Biroz o’trisa hech narsa bo’lmaydi, odam taftini odam oladi, ochilishadi.
-Xola, o’tiring, qahva olib kelay,ichib ketasiz. Yo’qsa, hurmat etmabsan, deb qaynonam mendan hafa bo’ladi. Men ham zerikib o’tiribman, besh daqiqa suhbatlashamiz, meni hafa qilmang. Xo’p deng, xola, keling, xo’p deng.
Aslida o’tirgisi kelib turgan ayol:
-Mayli, besh daqiqa bo’lsa, o’tirayin. Ammo sening hurmating uchun, bolam. Ishom bor edi,- deb qahva quygan kelinning yoniga o’tirdi. Qahvadan ustma-ust ikki marta xo’plab, yaxshi deb maqtadi, qo’li yengil, odobli, tarbiyali ekanini aytgach dedi:
-Qizim, seni yaxshi ko’rib qoldim. Oyoq ostida qolib ketmasliging uchun gapiraman. Qaynonang yaxshidir-u, faqat ba’zan bo’lar bo’lmasga asabiylashadi, pashshadan fil yasaydi. Hushingni yig’ib ol. Hurmat qil, nachora qizim. Kelinlik bu. Biz ham boshimizdan kechirdik.
Qahvaning qolganini bir ikki xo’plab xo’rillatib ichdi:
-Ofarin bolam, qo’ling dard ko’rmasin. Ko’pdan beri bunday shirin qahva ichmagan edim. Aytganday, qo’ling yengil ekan.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 11 Mart 2009, 11:00:53
Chuqur nafas olib:
-O-oh, oh, kim taqdirlaydi seni. Asosiy masala shu, qizim, shu. Kuni bilan ishlaysan, bir pullik qadring yo’q. Kelinsan. Mening ham ikki qaynsinglim, bir qaynonam bor edi. Darrov qaynsingillar qovog’I solinadi, qaynona og’ziga talqon solib olgan. Uning ham qovog’idan qor yog’iladi. Savolingga jerkib javob beradi yoki umuman javob bermay qo’ya qoladi, so’z hayf. Ovqatda sal kamchilik ko’rilsa, jag’lari ochilib ketadi. Ovqat dasturxonga qo’yilishi bilan hech kim yig’ilmaydi. Bir qoshiq luqma olib, darhol tashqariga otilib tuflab tashlaydi, so’ng quruq non yeydi. Boshqasi yana nimadir keltirib yeydi. Biri yana bir burchakka chekinib qovog’ini uyib o’tirib oladi. Erim ne qilishini bilmay hayron. Ularga bir narsa demaydi, emnga ham hech narsa demaydi. Bir kuni yana shunday chekinishayotganda erim jahl bilan baqirdi:
-Nigor, enga turib ketding,ovqatlanmaysanmi? Dedi singlisiga.
-Qornim to’q aka, yeyolmayman.
Qaynsinglim bunday pishirilgan ovqatdan to’ydim, degan ohangda gapirdi.
-Qorning to’q-u, bir luqma olish cuhun o’triganmiding. Yemasang ham hech bo’lmasa aftingni bujmaytma. Odamning kayfiyatini buzma. Sizlarga nima bo’lyapti, o’zi, bilmadim. Kechgacha ishlsam, uyga kelib sizlarning qor yoqqan qovog’ingizga qarayman. Sizlar ham hech o’ylaysizalrmi? Bizni deb shuncha urinyapti, charchab kelyapti, biz ham bir oz sabrliroq bo’laylik, uni hafa qilmaylik, demaysizlarmi? Xo’sh, ovqatlanayotganda, nega qovog’ingni solib, aftingni bujmaytirasan?
Erimning bu soz’alridan mamnun bo’ldim. Faqat bu mamnunligim uzoqqa cho’zilmadi. Qaynsinglimning javobidan yer yorilmadi – kirib ketsam.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 11 Mart 2009, 11:01:21
-Qovoq solsak o’zimiz uchun emas, sizga achinganimizdan. ALbatta, bir ovqatga ikki uch ovqatlik yog’ solinsa, mazali bo’ladi. Bilmaganingiz uchun sizga mazali tuyuladi. Lekin men akamni o’ylaganim, yog’ puli topay deb ertadan ekchgacha ter to’kkanini bilganim cuhun menga achchiq tuyuladi. Yuzom shundan o’zgaradi. Onasi uyida yog’ solsa taom totli bo’lishidan boshqa narsa o’rgatmagan kelinposhshalar bu ishni qilayotib ichi achimaydi. Akamiz ham ikki kunlik xotinini deb, yigirma yillik singlisini ayblaydi, hafa qiladi. Birovning qizi yaxshi ko’rinadi-da.
Bu sozlar boshimga bolg’aday urildi. Ular o’zlari kunduzlari taom pishiradilar va buni menga to’nkaydilar. Haqiqatdan ham bir haftadan so’ng yog ‘tamom bo’ldi deganimda erim menga dediki:
“Xonim faqat ko’p isrof qilmang,avval olib kelganimda bir yarim oyga yetardi, endi o’n besh kunda tugayapti”.
Holbuki, men taomga ortiqcha mo’l yog’ solmasdim, bu o’zlarining qilig’i. “Onasinikida ovqatga mo’l yog’ solishdan boshqasini o’rganmagan” degan gapi menga alam qildi. Chunki buni aytgan qaynsinglim o’zi tuxum pishirishdan boshqasini bilmasdi. Buni hech bo’lmasa, qo’lidan ish keladigan qaynonam aytsa menga alam qilmasdi. Rostini aytsam, qaynonam taomni juda shirin qilib pishirardi. O’sha qaynsinglim kelin bo’lib brogan joyida qanday ish tutarkin? Loaqal biror xil taom pishrishini bilmasa? Ayniqsa uning:”Birovning qizi yaxshi ko’rinadi-da” deyishi aniq nishonga urilgan edi.  Shu sabab oqshom erim bilan rossa aytishdilar. Oxiri qaynonam:
-Bas, yetar, ikkingiz ham juda oshirib yubordinglar, endi tayoq yeysizlar,-deganidan keyin bas qilishdi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 11 Mart 2009, 11:02:08
Ertalab qaynsinglimdan garchi pazandalikda no’noqligini bilsamda, ovqat pishirishni iltimos qildim. Shunday javob berdi;
-Ovqat pishirish mening vazifammi? Siz nima uchun kelin bo’lib kelgansiz?
So’ng dag’al ohangda qo’shib qo’ydi:
Menga qarang kennoyi, bu uyda sizning emas, bizning aytganimiz bo’ladi.
Mening nima deyishimni kutib o’tirmasdan:
-Hih, shu ham o’zini odam sanaydi,-deb labini burib chiqib ketdi.
Qizim, kelin bo’lgandan ko’ra har narsa bo’lgan yaxshi. Menga juda og’ir botdi. Xonamga kirib yig’ladim. Holbuki, emn ularni mensimaydigan hech bir ish qilganim yo’q.Hali uydaligimda:”O’zing tengi ikki qaynsingling bor” deyishganida, xursand bo’lgandim:”Ular meni tushunishadi, do’stlashib ketamiz”, deb o’ylagandim. Bu umidlarim puchga chiqdi. O’sha kuni ovqat tayorlayotganimda qaynsinglim yonimga kelib, bir muddat tikilib, tomosha qilib turdi.Ertalabki soz’alri yetmagandek yana nimalardir demoqchi bo’lardi.
-O’tiring,Nigor xonim,-dedim. Tomdan tarasha tushgandek:
-Ko’ramiz, bugun taomni qanday tayorlarkansiz? Kechagidek bo’lmasin,-dedi.
-Bo’lmaydi, undan shirinroq bo’ladi. Bu gap sizga ham ma’qul qilaman,-dedim. Yana meni picha kuzatib turgach:
-Ovqatni onam pishirganda ko’ring. Men onam pishirgan taomni yaxshi ko’raman,-dedi.
Jahlim chiqdi.
-Onangizga gap yo’q, ammo bundan sizga nima foyda? Onangiz siz tushgan joyga borib taom pishirib bermaydiku,-dedim. Bu so’zim uning g’azabini qo’zg’atdi:
-Menga qarang, siz mening ishimga aralashmang. Har holda sizchalik balsam kerak. Siz kimsizki, menga aql o’rgatasiz? Go’yo kelinlik vazifangizni do’ndirib bajarib qo’ygandek menga nasihat qilasiz. O’zingizni bilmasangiz, bildirib o’zingizga keltirib qo’yadiganlar, bor. Ja-a bizday yuvosh qaynsingillarning boshiga chiqib olyapsiz. Aslida ayb o’zimizda, insonday muomala qildik,-dedi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: Munira xonim 11 Mart 2009, 11:03:14
Gapni cho’zmadim. Vaysayotgan qaynsinglimga biroz tikilib turdim. Inson zoti shu qadar orsiz bo’lishini shu kungacha bilmasdim. So’zlarini javobsiz qoldirganim uchun qayrilib ketdi. Qozonga masalliq solib, boshqa ishalr bilan mashg’ul bo’ldim. Orada ovqat tagiga olmasin, deb suviga qaradim, ta’mini ko’rdim. Olovni past baland qildim, qani bu kech nima deyisharkin? Menimcha ovqatning hech kamchiligi yo’q. Lekin qayerdadir kamchilik qilganday, yana gap eshitadiganday tuyulaverdi. Haqiqatdan ham kutganimdek bo’lib chiqdi. Erim birinchi qoshiqni olar olmas yuzini burishtirdi. “ey, voh endi u ham kamchilik axtara boshlaydi” Yuragimni urushi tezlashdi. Ajabo, nima bo’lyapti? Qaynonam ko’zlarini menga tikdi. Bir narsalar demoqchi bo’ldi. Indamadi. Balki erimning so’z boshlashi uni to’xtatdi. Erim to’g’ri qaynsingillarimning oldiga borib so’radi:
-Kim pishirdi bu ovqatni?
-Men pishirdim.
Ulardan avval javob berdim.
Erim mulohazakor:
-Unday bo’lsa bir qoshiq sen ham ol. Ko’r, qanday bo’libdi.
Tezda bir qoshiq oldim. Mening ham yuzim burishdi. Yeyishning hehc ilojisi yo’q edi. Sho’r, juda ham sho’r edi ovqat. Yuzlarim qirmizi tus oldi, lekin bu xatolik cuhun measdi. Kapalaklarday bir burchakka o’zini urgan qaynsingillarimdan keyin qaynonam ham qo’zg’oldi. Erim ham qo’liga non olib o’rnidan turgach:
-HasbunAlloh va ne’mal vakiyl,-deb jo’nab qoldi. Dasturxon atrofida mendan boshqa hech kim qolmadi. Men ham turaymi – turmaymi, deb taraddudlandim. Nima qilishimni bilmay hayron qoldim. Tursam o’ziyam yeyolmadiku deyishadi, qolsam, bilmadim yana nima balolar deyishadi. Baraka topsin erim:
-Dasturxonni yig’ishtir, har kim topganini yesin,-dedi va dasturxonni o’rab olib qo’ydim.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: AbdulAziz 01 Fevral 2010, 17:25:56
Yotish oldidan erimga so‘z ochdim:
— Agar musulmon bo‘lsangiz so‘zimga ishoning. Taom sho‘r emasdi. Oqshomgacha necha marta suvini ham, tuzini ham ko‘rdim. Dasturxonga qo‘yishdan oldin ham hammasi joyida edi, — dedim. Bu gaplarim erimni hayron qoldirdi.
— Tushunolmadim, taomning tuzi yaxshi edi dedingmi?
— Ha, yaxshiydi.
— Xo‘sh, unda qanday qilib sho‘r bo‘lib qoldi?
— Mana, shunisini bilolmayapman. Bilganim shuki, men buncha tuz solganim yo‘q.
Erim o‘ylanib qoldi. So‘zimga ishonsinmi? Bir to‘xtamga kelolmasdi. Juda sof, pok va beg‘ubor yigit edi. Singillari shu xiyonatni qilishlari xayoliga ham kelmasdi.
— Men endi bunday hiylalarga chidayolmayman. Yodingizda bo‘lsin, ertaga taomga umuman tuz solmayman. Ko‘raylik-chi, nima bo‘larkin? — dedim.
Erim hayratlanib so‘radi:
— Nima bo‘ladi?
— Bilmadim. Lekin shuni biling-ki, ertangi taomni tuzsiz pishiraman.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: AbdulAziz 01 Fevral 2010, 17:26:09
Gap shu yerda to‘xtadi. Lekin erim hanuz asabiy holda edi. Turib yuzini yuvdi. Derazani ochdi, uyga salqin shabada kirdi.
Yarim soatcha shunday turdi. Men mayda-chuyda ishlarim bilan band edim. Ko‘nglimda:
— Yo Robbiy, meni uyaltirganlarni, o‘zing parishon qil, xor qil, yuzlarini qaro ayla, — deya duoyibad qildim.
Nihoyat erim derazani yopdi:
— Qani. Endi uxlaylik, — dedi va uxladik.
Ertasi kunni bu ishni qanday amalga oshirish kerak degan o‘y bilan o‘tkazdim. Kecha hech narsa bo‘lmaganday ko‘rindim ularga, ochiq chehra bilan muomala qildim. Biron narsa so‘raganda, yaxshi javob berdim. Aytganimday taomni tuz qo‘shmay pishirdim. Kechqurun erim jome’dan qaytib keldi. Dasturxon tuzadim. Bu gal qanday bo‘larkin, deya hayajon bilan kutardim. Natija, yana avvalgi kechagidek bo‘ldi: ilk luqmadanoq burishgan yuzlar, tark etilgan qoshiqlar, yuzimga g‘azabla tikilgan ko‘zlar va yana birin-ketin dasturxondan uzoqlashishlar. Bu gal ulardan oldinroq men so‘zladim:
— Nega ovqatlanmayapsizlar? — dedim, — Bu gal o‘zingizga havola deya hech tuz solmadim, yana xatolik bo‘ldimi? Mana o‘zingiz istagancha solib oling, — deb yonimdagi tuzdonni oldilariga qo‘ydim.
— Mashaalloh, qizim. Demak, sizningcha tuzsiz shunday bo‘ladi, to‘g‘rimi? Bu ovqatni bir ko‘ring, agar umringizda zahar yemagan bo‘lsangiz, zahar qanaqa bo‘lishini bilib olasiz, — dedi qaynonam.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: AbdulAziz 01 Fevral 2010, 17:26:20
Bir qoshiq oldim. Yutishning iloji yo‘q. Tuz og‘usi deysiz. Holimni o‘zgartmadim.
— Men bugungi taomga bir chimdim ham tuz qo‘shmadim. Kim qo‘shgan bo‘lsa, Alloh qo‘lini sindirsin, razil-rasvo aylasin, — dedim.
— Sizning qo‘lingizni sindirsin, aybni o‘zingiz qilib birovga to‘nkaysiz, suvdan quruq chiqmoqchimisiz?! Uyalmaysizmi-a!?
Bu so‘zni aytgan Nigor edi. O’zini oshkor qildi. Erim endi tushunganday bo‘ldi:
— Nigor, nega bunday qilyapsan? Aybmasmi singlim? Kecha taom sho‘r bo‘ldi, yemadik, to‘kdik. Bu oqshom yana shunday. Menga osonmi, singlim? Sizlar bu yerda ovqatni yeyolmaydigan darajaga keltirar ekansiz, men bir kunlik ovqat pulini topish uchun oftobda ter to‘kaman. Yuk ko‘tarib qiynalaman. Sizlar yordam berish o‘rniga, bunday ishlar qilasizlar, Alloh rozi bo‘larmikin, singlim?!
Nigor boshini egib qoldi, hech narsa demadi. Erim ham so‘zini cho‘zmadi. Qaynonam ham jim edi. Erim xuftongacha odatdagidek "Taborak" o‘qidi... Vaqtliroq uyquga ketdik.
Ertalab oshxonada yolg‘iz edim. Nigor keldi. Devorga suyandi, oyog‘ini chalkashtirib turdi. Meni bir past kuzatib turgach:
— Kennoyi, judayam ma’rifatlisiz, — dedi kinoya bilan.
— Siz ham yaxshisiz, g‘ayratlisiz, — dedim.
Balki mendan bu so‘zni kutmagandi. Uningcha, uzr so‘rashim kerakmidi, yo‘qsa nima qilishim kerakligini bilmasdim. Bu so‘zimdan so‘ng gapirmay chiqib ketdi.
Yana nimalar bo‘lganini aytsam, katta bir kitob bo‘ladi. Har qalay ko‘p o‘tmadi, bir yildan so‘ng Nigor uzatildi. Tushgan joyida baloday bir qaynsingil mening haqimni ziyoda qilib olibdi. Zulm qilgan zulm ko‘rishi aniq. O’z turmushi to‘g‘risida mening oldimda so‘zlamasdi, ammo men sezardim.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: AbdulAziz 01 Fevral 2010, 17:26:30
Nigorning uzatilganiga bir yarim yil bo‘lgan edi. Bir kun uyda yolg‘iz edim. Qaynonam kichik qaynsinglim bilan aylangani ketgan edi. Eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi, ochdim. Nigor va qaynonasi. Nigor kirgach, qaynonasi:
— Men xolamlarnikiga kirib chiqaman. Biror soatda qaytaman. Siz o‘tiravering, — dedi va ketdi. O’tirib birpas suhbatlashdik. Dardli edi Nigor. Nimalardir demoqchi bo‘lar, lekin istihola qilib, ochilib gapirolmas edi. Oxiri:
— Yanga, sizga bir narsa aytmoqchiman, mendan rozi bo‘ling, — dedi.
Nigorning goho "kelin oyi", ko‘pincha "kelin poshsho", "kelin xonim" deyishiga o‘rganib qolgandim, hozir "yanga" deyishiga hayratlanganday bo‘ldim. Ko‘nglida po‘rtanalar, dovulu bo‘ronlar qo‘zg‘algandek to‘lqinlanar va chekayotgan vijdon azobidan xalos bo‘lishni istayotgani ko‘rinib turardi. Ko‘nglim zirqirab ketdi, unga achindim. Mehrim tovlab samimiyat bilan:
— Nigor, men roziman. Nima bo‘ldi? — dedim.
Ko‘z yoshlarini artib dediki:
— Ko‘p haqqingiz bor menda, yanga. Sizga ko‘p haqsizliklar qildim. Bir kun o‘zimga qaytishini o‘ylamadim. Bugun jazoyimni olayapman. Bunchalik qiyin, achchiq bo‘lishini bilmagan ekanman. Bir yarim yilki, tortmagan azobim qolmadi, bo‘g‘zimga keldi. Endi chidolmayman, yanga.
Nigorning ko‘zlaridan jaladay ko‘zyoshlar to‘kildi, ro‘molchasi ho‘l bo‘ldi. Davom etdi:
— Faqat qaynsingil dardi, qaynsingil balosi bo‘lsa chidardim, sabr etardim. Ikki kundan so‘ng egalik bo‘lib ketadi derdim. Lekin er dardi undan oshib tushdi. Har oqshom ichib keladi. Kunim mastni ovutish, so‘kish eshitish bilan o‘tmoqda.
«Gapir, — deydi, — gapir, men yaxshimanmi?»
«Yaxshisiz, hammadan yaxshisiz!» deyman.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: AbdulAziz 01 Fevral 2010, 17:27:04
«Men yaxshiligimni sendan so‘rab bilamanmi? Sen kim bo‘lding-ki, mening yaxshiligimni ta’riflasang», dey baqiradi. Uyat so‘zlar aytib so‘kinadi. Jim turish ilojsiz, yomonsan desang bu ham bo‘lmaydi. Qusadi. Ertalab libosini iflos holda ko‘rib, aybni menga ag‘daradi.
Nigor shu tariqa gapirib, ko‘nglida borini to‘ki bo‘shatdi:
— Sizga qilganim ortig‘i bilan qaytdi, yanga. Oh, bir qutulsaydim, — deb so‘zini tugatdi. Tasalli berdim:
— Xafa bo‘lmang desam, foydasiz, ammo nachora, sabrdan o‘zga chora yo‘q. Dunyo rohat dunyosi emas. Hammaning bir dardi bor. Bir kun siz ham huzur ko‘rasiz, — dedim. Shu yerda so‘zimni bo‘ldi:
— Mening dardim boshqalarnikidek emas. Bu ketishda faqat o‘lim huzuriga boraman, — dedi va ko‘zlarini yumdi. Ko‘z yoshlari duv-duv to‘kilarkan, diqqat qildim: Nigor bir yarim yil avvalgi Nigor emas, xarob bo‘lgandi, o‘n yoshga qarigandek edi. Avval o‘chim oshig‘i bilan olindi deb o‘yladim, so‘ng yana achindim. Bechora mendan ham ko‘proq aziyat chekibdi.
Ayol hikoyasi so‘nggida yana shularni aytdi:
— Mana, shunday, qizim. Seplaringni ko‘rdik. Dunyo keltirmaysan-ku. Kuching nimaga yetsa, qo‘lingdan nima kelsa shuni ado etasan. Qani nimalar deyisharkin deya bir yo‘qlab qo‘ygim keldi. Ular yonida bir-ikki og‘iz gapirdim, siz ham bor edingiz. Chiqayotganimda qulog‘imga nimalar demadi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: AbdulAziz 01 Fevral 2010, 17:27:11
Sochiq, paypoq keltirib oldilariga qo‘ymabsizmi-ey... Yana nima balolar. Bunday qilish uyat. Buni gapirib yurish insonga yarashmaydi. Tarbiyali odam bunday izzattalab bo‘lmaydi. Yana to‘yning ikkinchi kuniyoq kelgan-ketganga bularni gapirib yurish yaxshimas. Shundaymasmi, bolam?! Mashaalloh, go‘zalsiz, odoblisiz, ko‘lingizdan ish keladi. Ko‘rdim, uyni tartibga keltiribsiz. Yana nima kerak?
Uyga bir ko‘z yugurtirib chiqqach:
— Siz kelguncha iflos bo‘lib yotardi bu uy. Hamma narsa ostin-ustun, ayqash-uyqash edi. Nachora, bolam. O’z boshidagi kalini ko‘rmaganlar, boshqaning sunbul sochidan ayb axtararkan. Dunyo shunday, teskari dunyo, teskari aylanmoqda.
Kelinning dardi qo‘zg‘aldi. Haqiqatdan ayol aytgandek emasmi?! Ne qilsa, yoqtirishmaydi. Mehmon oldida izza qiladi, kiygan kiyimigacha gapirib kamsitadi:
«Buni kiyib bo‘lmaydi, qizim, borib pushti ko‘ylak kiyib keling», deydi. Boshqa mehmon oldida boshqacha gapirishadi.
«I-e, qizim, har kelganning yonida bu kiyilavermaydi-ku, ayb bo‘ladi. Tez o‘zgartirib, boshqasini kiyib keling. Qo‘limni o‘pishni unutmang».
Buyruq beraverishadi. Istasa unisini, istamasa bunisini kiydirgizishadi. Har kelgan mehmon uchun alohida libos kiymoq kerak, degan xulosaga kelgan holda ertadan kechgacha kiyim almashtiradi.
Kelin bugun o‘ziga bir hamdard (aslida dardiga dard qo‘shuvchi) topgandi. Uning hikoyasi dardiga malhamday ko‘rinsa, aslida tuz, undan ham battar bir zahar edikim, ikki tomonni — qaynona, qaynsingil va kelinni jiqqa musht qilishga, oila va ayniqsa kelinning dardini kuchaytirishga bemalol yetib ortardi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: AbdulAziz 01 Fevral 2010, 17:27:23
Bechora kelin tushuna olmasdi. «Men bu yerga turmush qurgani keldim, g‘avg‘o uchun emas» deya olmasdi. Ularning yomonliklari haqida eshittan har yomon gapni intiqomning bir turi sifatida qabul etar va ruhi bu so‘zlardan shifo topajagini o‘ylardi. Qolaversa, uning so‘zlari kunlar kelib asqotib qolishi mumkin.
Qaydan kelib qoldi bu ayol? Har kuni kelsaydi. Har kuni suhbatlashsaydi. Unga dardini yorsa, biroz yengil tortarmidi? Besh daqiqa degan ayol ikki soat o‘tirib qolganini juda yaxshi bilardi. Buguncha shunisi kifoyaligini, vazifasini yetarli bajarganini, hali zamon uy egalari — qaynona va qaynsingil kelib qolishi sezgan ayol:
— Vaqt kech bo‘ldi, bolam. Besh daqiqa deb shuncha qolib ketdim. Sizning hurmatingiz uchun, qizim. Yana kelaman, sizni yana yo‘qlayman. Hozir kelsalar nari-beri, past-baland gapirib yurishar. Yaxshisi ketayin. Kelganimni aytmang, hech narsa gapirmang, yaxshisi, — dedi.
Turdi, ro‘molini oldi, eshikka tomon yurarkan, nogoh to‘xtadi, yodiga muhim narsa tushib qolganday kelinposhshoga nasihat qilishni unutmadi:
— Sabr qiling, chirog‘im. Sabr bilan har ish hal bo‘ladi. Sabr qilsang, g‘o‘radan holva pishar deb bejiz aytishmagan. Bu dunyoga hech kim ustun bo‘lmaydi. Hamma ketadi. Bir kun; qarabsizki, eringiz bilan yolg‘iz qolibsiz.. Ikki kunda qaynsinglingiz uzatiladi. Uy o‘zingizga qoladi. Bir eringizni amallab idora qilarsiz.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: AbdulAziz 01 Fevral 2010, 17:27:30
Darvoza tomon yurishdi. Shunda kelin:
— Xola, aybga buyurmaysiz, qo‘lingizni o‘pishni unutibman, — dedi.
— Unday demang, chirog‘im. Tushunmaymanmi?! Begona emasmanku, xolangiz hisoblanaman-a?! Falon-pismadon desangiz xafa bo‘laman. Qo‘l o‘pishga havasmandlar qo‘lini o‘ping. Meni qo‘yavering. Xayr, xo‘sh, Alloh yor bo‘lsin!
Darvozani ochdi, asta boshini chiqarib, alangladi so‘ng birov ko‘rib qolmasin degan tarzda tez chiqib, yo‘rg‘alab qoldi. Kelinning ohistagina:
— Yana kutaman sizni xola, boshqa keling, bizni unutmang, — deyishiga tasdiq ma’nosida bosh qimirlatib, uzoqlashdi.
Ayol qay darajada samimiy edi? Albatta, kelin bu haqida o‘ylab ham ko‘rmadi, ayol o‘sha kun boshqasiga:
«Kelini juda ahmoq. Bugun bordim o‘tirdim-o‘tirdim, to darvoza oddiga kelib xayrlashguncha qo‘l o‘pish esiga kelmadi» deb aytganlarini eshitsa, har holda o‘sha ayol kimligini darhol bilib olar edi. U ketishi bilan kelin eshikni ohista bekitdi. Necha kun-ki, o‘ziga hamdard bir do‘st topolmayotgan kelin tomonga ham sarin bir shabada esganday bo‘ldi. Chuqur nafas oldi, xo‘rsindi. Qaynonasi ketayotib aylanishga uni ham taklif etmagani uchun o‘zicha koyinib xafa bo‘lgandi, hozir esa bundan xursand bo‘ldi. Sabr qil dedi ayol, qarabsiz-ki, uyda bir er, bir xotin qolibsiz.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: AbdulAziz 01 Fevral 2010, 17:27:36
To‘g‘ri aytadi. Sulton Sulaymonga qolmagan dunyo qaynonasiga vafo qilarmidi, u ham bir kun xayr-xo‘sh qiladi, dunyoga vido aytadi. U ketgach, o‘zi xon, ko‘lankasi maydon. Yolg‘iz qaynsingilning qo‘lidan nima ham kelardi. Bir-ikki yil o‘tsin, ketishmasa ikkisiga ham o‘zi bas keladi. Hozirning ushdanoq qaynsingil bilan yolg‘iz qolsa, uni cho‘qib tashlaydiganday kuchli his etardi o‘zini. Hatto o‘tgan kun qaynonasining bog‘chada yo‘qligidan foydalanib, ishga joylashmoqchi bo‘lgan qaynsingilga shunday tikildiki, so‘zsiz, umi chekinmoqqa majbur etdi. Qaynonasi bo‘lsa, bunday qilolmasdi, ammo unga ham navbat keladi. Zotan, opasi kelin bo‘layotganda unga:
— Singlim, qaynona va qaynsingil shunday-ki, jim tursang, ular gapiradi, agar sen gapiradigan bo‘lsang, ular jim bo‘ladi. Ovozingni chiqarmasang boshingga chiqib oladi, bir oz dag‘alroq muomala qil, darhol bo‘yin egadilar, — degandi. Aytishicha, kelganining ikkinchi haftasidayoq qaynsinglisiga qo‘rslik qilgan edi:
— Qani keting-chi, siz kimsizki mening ishimga aralashasiz?! Bu uyning kelinposhshosi menman. Ikki kun o‘tar-o‘tmas kimningdir eshigiga ketasiz, shu ikki kun erimning nonini yeyish uchun ishlarimga aralashasizmi?! Qorningizni to‘ydirganimiz yetmaganiday, endi gapingizniyam eshitamizmi?! Odobingizni tuzating, — dedi va qiz jimib kolgan edi o‘shanda...
Yolg‘iz qolib ortiqcha totli xayollar surolmadi. Eshik ochilganday bo‘ldi. Derazadan qaradi. Keldilar. Qahva idishlarini yig‘ishtirmagani yodiga tushib, tezlik bilan saranjomladi. So‘ng: "Xush keldingiz", deya ularni kutib olmoq uchun tashqari chiqdi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: AbdulAziz 02 Fevral 2010, 09:19:00
* * *

Har kelin xonasiga kirib, o‘zlaricha taftish o‘tkazib, xotinlarga g‘iybat qilish uchun axborot to‘plash havasida bo‘lganlar Aminaning xonasiga kirish imkonini topa olmadilar. Lekin bari bir gap topish ilinjida kelinga "Qalaysiz?" deyishni unutmadilar. U haqida yomon gap eshitmagan, hatto Munavvarxonimning mish-mish, g‘iybat qilmasligini bilsalar ham, har duch kelganda bu savolni takrorlaydiganlar bor edi.
Bir kun xasta qo‘shni xotindan hol so‘ragani ketishgandi. Bemor og‘riq va iztirob ichida edi. Bir xilda yotolmay behuzur bo‘lar, goh o‘ng, goh chap yoniga ag‘darilardi. Munavvarxonim sog‘ayib keting, deb shifolar tiladi. Ayol chekayotgan azob qarshisida iztirobga tushmoqda edi. Shu sabab xastalikdan qutulolmasligini so‘zlardi.
— Hech bo‘lmasa, o‘lib qutulsam, — derdi. Munavvarxonim tasalli berdi:
Noumid bo‘lmang, singlim. Alloh buyukdir. Xastaligingiz uning mag‘firati uchun balki bir kafforatdir. Hali tuzalib qolasiz. Alloh taoloning o‘zi bir kun ichida shifo berishga qodir. Hech narsa ko‘rmaganday bo‘lib ketasiz. Shifo bergani uchun shukr etib, yaxshi ishlar qilasiz. O’limni orzu qilish yaxshi emas. Hammamiz o‘lamiz. Biroq qanday? Bo‘sh qo‘l bilanmi yoki oxirat uchun yig‘ilgan sarmoya bilanmi? Gap shunda. Allohdan shifo so‘rang. Xayrli umr so‘rang. Bu orada qo‘shnining tobi qochganligini eshitgan boshqa bir xotin ham kirib keldi.
— Hoy qiz, judayam mazangiz yo‘q. Nima buldi? Xabar yubormabsiz. Kelib ko‘rardik. U-bu narsa kerakmi, yolg‘izlikdan siqilmayapsizmi, ahvolingiz qalay? Qarang, qaboqlaringiz, chakkalariigiz cho‘kib ketibdi. Odam sal o‘ziga qaramaydimi? Bir ustixon bo‘lib qolibsiz.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: AbdulAziz 02 Fevral 2010, 09:19:10
U bir oz shunga o‘xshash gaplarni vaysagach, Munavvarxonimga qaradi.
— Qalaysiz, Munavvarxonim? Yaxshimisiz?
— Xudoga shukr, yaxshiman?
— Kelin ham yaxshidir, inshaalloh. Ie, shu yerdamisan, qalaysan qizim?
— Rahmat, yaxshi xola.
Oradan besh daqiqa sassiz sadosiz kechdi. Faqat bemor ayolning ingroqlari eshitilib turdi: Munavvarxonimga qaradi.
— Bir oz suv...
Amina darhol suv keltirish uchun tashqari chiqdi. Xastaning to‘qqiz yoshlardagi qizi hovli supirish bilaya mashg‘ul edi. Onasi suv so‘rayotganini eshitib ichkari kirdi.
Bir ozdan so‘ng Amina Munavvarxonimning qulog‘iga yaqin qilib sekingina:
— Ona, hovliga chiqmoqchiman, — dedi. Munavvarxonim bosh qimirlatib tasdiqladi va Amina tashqari chiqdi. Bu orada haligi xotin bemor yonida o‘rinsiz so‘zlarini davom ettirdi. Bu gal Munavvarxonimga:
— Kelin bilan yaxshisan, inshaalloh, shundaymi? — dedi. Bu birinchi, ikkinchi yoki beshinchi so‘rashi emas edi.
— Xudoga shukr, yaxshimiz, — degan javobni oldi.
— Kelin biroz yotsiraganday, g‘alatiroq ko‘rindi. Yuzi ham tundroq bugun, bir gap bo‘ldimi deyman?
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: AbdulAziz 02 Fevral 2010, 09:19:17
Kelgandan beri xastaga xastalik, dardiga dard qo‘shgan, ozgina yashash umidi bo‘lsa shuni ham so‘ndirgan bu ezma xotinga ne kerak o‘zi? Nimaga erishmoqchi?
— Masalan, kelinim bilan yomon bo‘lsam, bunga biror chorangiz bormi yoki bu bilan biror narsaga ega bo‘lasizmi?
— Bu qanaqasi, Munavvarxonim, sizlar yaxshi yashamasangiz, chiqishmasangiz men nimaga ega bo‘lardim?!
— Unday bo‘lsa, bunchalik so‘rab-surishtirishda qanday ma’no bor? Tushunolmayapman. Yaxshi yashasa sizga foydasi yo‘q, yomon bo‘lsa ham biror zarar ko‘rmaysiz. Tashvishlanmang, chiqisha olmasak, atrofga yoyilib ketardi, gapirishga hojat qolmasdi. Umuman, nega endi chiqisholmasligimiz kerak? U o‘zimning qizim, men esa onasiman. Hayron qoladigan joyim shuki, birov qizingiz bilan qalaysiz demasdi, keliningiz bilan qalaysiz deydi. Nega u ko‘pchilikni bunchalik qiziqtiradi: hech tushunolmayapman. Yana takror aytaman, men kelinim bilan yaxshiman. Bundan keyin ham Xudo xohlasa yaxshi yashaymiz. Kelinimning hozirgi ma’yusligiga kelsak, mening qizim bemor yonida o‘zini qanday tutishni yaxshi biladi. Albatta, bu yerda to‘y bo‘layotgani yo‘q. Allohdan bemorga shifo so‘rab, qalban duo etarkan, kulolmaydi, albatta, kulsa odobsizlik qilgan bo‘ladi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: AbdulAziz 02 Fevral 2010, 09:19:24
Yana ko‘p gapirishi mumkin edi, biroq o‘z dardi bilan ovora xastaning yonida noqulay. Zotan, bemorni xafa qilgan bu ayolga ozgina saboq berildi. Xastalar ziyorati haqida ham ozroq gapirsa bo‘lardi, biroq ayol allaqachon chiqib ketgan edi. U ketgach bemorning Munavvarxonimga birinchi so‘zi shu bo‘ldi:
— To‘g‘risi, ahvolim shunchalik bo‘lib qoldimi? Demak, ancha yomonlashibman-da ?
— Yo‘q, singlim. Xudoga shukr, yaxshisiz. Aytganimday, Allohdan umid uzmang. Shu yoshga kirdim, har yil nihollarning, daraxtlarning yozdan so‘ng qup-quruq bo‘lib qolganini ko‘raman. Ilk bahor kelishi bilan Alloh ularga yana hayot baxsh etadi, ular yana jonlanadi. O’sha jonsiz quruq novdalar, shoxlar yoz kelishi bilan qancha odamga soya bo‘ladi, qanchasiga meva beradi. Siz ham shunday bo‘lasiz, singlim. Bu xastalik siz uchun, bahor yozdan so‘nggi bir mavsumdir-ki, daraxt yaproqlaridek gunohlaringaz to‘kilmoqda. Alloh nasib etsa, yaqinda onadan qayta tug‘ilgandek pokiza, beg‘ubor bir musulmon xonim bo‘lib oyoqqa turasiz. Uzoq yillar qanchadan-qancha odamlarga foyda keltirgansiz. Faqat sabr eting. Kelgan-kettanga ahvolingizdan shikoyat qilmang. Doim Allohni yodingizda tuting, unutmang, tilingiz tolsa, dilingiz bilan go‘zal ismini takrorlang, singlim.
Xasta yonida uzoq qolmaslik lozim edi, birozdan so‘ng ketishga ruxsat so‘radilar. Bemor eshitgan so‘zlaridan mamnun edi. Yana bir oz o‘tirishlarini, yo‘qsa tez-tez yo‘qlab turishlarini iltimos qildi. Munavvarxonim so‘z berdi. Takror-takror shifolar tilab, Aminani yoniga olib xayrlashdi, o‘ziga aytalgan so‘zlardan farog‘at topgan, bir talay yaxshiliklar his etgan bir xasta vujud va bu vujudda iliq yoshlarga to‘lgan bir juft ko‘z bor edi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: AbdulAziz 02 Fevral 2010, 09:19:40
VIII

1966 yil. Bahorning oxirgi kunlari... Havo bir salqinlab, goh isiydigan kunlar...
Bir kun Amina o‘rnidan holsiz turdi. Vujudida bir lanjlik sezdi. Munavvarxonim odatdagiday:
— Xayrli tong, qizim, qalaysiz? — der ekan uning holsizligini darhol bildi.
— Xayrli tong, ona!
— Nega holsiz ko‘rinasiz, Amina?
— O’tib ketadi, ona, unchalik og‘irmas. Munavvarxonim qo‘lini uning peshonasiga ko‘ydi, harorati baland edi. Dam olishi kerak.
— Amina, dam oling, bolam. Issig‘ingiz baland.
— Hozir o‘tib ketadi, ishlarim bor, ona.
— Ishingizni qarang-u, bir-ikkita kir-chir bilan bir uyni supurish ish bo‘ptimi?! Yaxshi bo‘lgach, qilasiz.
Amina majburan yotdi. Boshi qattiq og‘rirdi. Munavvarxonim sochiqni ho‘llab peshonasiga bosib qo‘ydi.
— Alloh shifo bersin, qizim!
Amina ko‘zlarini yumdi. Munavvarxonim zo‘rlab yotqizmasa bari bir bir-ikki soatdan so‘ng o‘zi ham yotishga mayasbur bo‘lardi. Butun vujudi pichoq sanchganday og‘rirdi. Qo‘li qaeriga tegsa, igna kirganday his etardi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: AbdulAziz 02 Fevral 2010, 09:19:46
Oradan yarim soat o‘tdi. To‘shagida bir o‘ngga, bir chapga ag‘darilib, to‘lg‘anib yotgan Amina, eshik ohista taqillab, sekin ochilganini eshitdi. Bir-ikki lahzadan so‘ng
Munavvarxonimning past ovozda:
— Amina, Amina! — deganini eshitib ko‘zlarini ochdi. Amina turishga harakat qildi. Bu orada qo‘lidagi la’li patnisni qo‘yib, Munavvarxonim yordamga yetib keldi. Yelkasiga ikki yostiqni tayab qo‘ydi, jun choyshab bilan yaxshilab o‘radi, so‘ngra jo‘ka guli qaynatmasi to‘la istakonni og‘ziga tutdi.
— Qo‘ying, ona, ovora bo‘lmang, o‘zim ichaman.
— Yo‘q, qo‘llaringiz sovuq qotmasin, o‘zim ichiraman.
— Uyaltirmang, ona!
— Uyati yo‘q, qizim. Bir ona bemor qiziga xizmat etsa, nimasi uyat?! Men xasta bo‘lsam, siz ichirmaysizmi? Qani, «Bismilloh» deng.
Amina «Bismilloh»ni aytib ichdi. Yutum-yutum, ho‘plam-ho‘plam ichar, har ichganda onasiga minnatdor boqib qo‘yardi. Har bir qaynona kelinga shunday muomalada bo‘larmikan? Ustma-ust ichirgach, yana o‘rniga o‘rab-chirmab yotqizdi.
— Issiqlab ketdim, deb ustingizni ochib yubormang, qizim. Terlang, inshaalloh shifo topasiz, — dedi Munavvarxonim.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: AbdulAziz 02 Fevral 2010, 09:19:52
Amina yotdi. Noma’lum bir narsa boshidan aylangandek bo‘ldi. Bu tushuncha, bu fikr, bu hodisa bir, besh, o‘n besh bor o‘tdi kallasidan. Miyasi zirqiraydi. Qutulmoq istaydi, ammo imkon yo‘q. Hech bo‘lmasa boshida tasmaday davomli aylanayotgan narsaning nimaligini bilsa edi. Goho o‘ziga kelganda zehn charchoqligini his etdi. Boshidagi nima ekanligini bilgani yo‘q. Ba’zan Munavvarxonim eshikni asta ochib, uning parishon yotganini kuzatib ohista chekinardi.
Ikki soatlardan so‘ng Aminaning peshonasida ter donalari paydo bo‘ldi. Tashqarida ishlarini bitirib kelgan Munavvarxonim uning bosh tomoniga o‘tirib, yetti bor "fotiha" o‘qib, Alloh taolodan shifo tiladi.
Amina isitma ta’sirida choyshabdan qo‘lini tashqari chiqardi, endi-endi terlayotganini ko‘rgan Munavvarxonim uni o‘rab qo‘ydi.
Orada goh Aminaning peshonasini artardi. Yarim soatcha Amina rosa terga botdi. So‘ng ko‘zlarini ochdi. Boshi ustida qaynonasini ko‘rdi. Dudoqlarida holsiz bir kulimsirash paydo bo‘ldi.
— Qalaysiz, qizim?
— Terlabman, ona.
— Ha, terladingiz, qizim. O’tib ketadi, inshaalloh. Munavvarxonim turdi, kiyim keltirdi. Tezda almashtirib yana o‘rniga yotqizib qo‘ydi.
O’sha kuni Amina yana bir necha bor terladi. Butun tanasi har gal jiqqa-jiqqa terlarga botdi.
— Ona, juda holsizman, miyam chaqnaganday bo‘lyapti.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: AbdulAziz 02 Fevral 2010, 09:19:58
— Sabr eting, Amina. Bunday deyishdan foyda yo‘q, qizim. Juda qiynalganingizni bilyapman. Agar sabr etsangiz Alloh ko‘p ajru savob beradi. Sabr etib dardingizni Allohdan boshqasiga shikoyat etmasangiz, bu ter gunohlaringizni ham yuvib yuboradi. Pok-pokiza, gunohlardan forig‘ bo‘lasiz, Amina. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) sabr etgan xastaning gunohlari kuzgi daraxt yaproqlaridek to‘kilishini marhamat qilganlar.
Munavvarxonim asr vaqti Aminaning kiyimlarini qayta almashtirdi, ustidan yechib olganlarini ko‘tarib tashqari chiqarkan Aminaning:
— Ona, kiyimlarimni bir chetga qo‘ying, turgach o‘zim yuvaman, — deganini eshitib:
— Xo‘p, qizim, endi dam oling. Men namozimni o‘qib kelaman, — deb tashqariga chiqdi. Namozini o‘qidi, kirlarni yuvib, ilib qo‘ydi. So‘ng Amina uchun tahorat suvi olib kirdi.
— Amina, qani tahorat qilib, namozingizni o‘qib oling, — deb uni turg‘azdi. Yordamlashib tahorat oldirdi. Amina namozini o‘qib, yana yotdi.
— Ona!
— Labbay, Amina!
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi.
Yuborildi: AbdulAziz 02 Fevral 2010, 09:20:05
— Tongdan beri nima bo‘layotganini bilmay ovoraman. Boshimda bir narsa muzlab, qotib qolganday. Hech qutulolmayapman. Zehnim shu qadar toldiki, tushuntirib berolmayman. Nima qilishni bilmay hayronman?
— Bu nimadanligini bilasizmi, qizim? Inson sog‘ paytida nima bilan ko‘p shug‘ullangan bo‘lsa, o‘ziga hokim bo‘lolmay xastalanib qolganida ham o‘y-xayollari majburan o‘sha narsa bilan mashg‘ul bo‘ladi. Bundan keyin ko‘nglingizni Allohning zikri bilan nurlantiring. Xastalanganda o‘zingiz bilib-bilmay tilu dilingiz Uning zikri bilan mashg‘ul bo‘ladi. Shunda holsizlanmaysiz. Uxlayotganda ham o‘z-o‘zidan uni eslaysiz, uyqungiz ham ibodatga aylanadi.
Amina oqshomga borib o‘ziga kelganday bo‘ldi. Turayin dedi, ruxsat etilmadi, yana yotdi. Xastaligini oyoqda utkazadiganlar bor.
— Kasal bo‘ladigan nima bor, yotishga balo bormi, noz qiladi-da, endi bir xizmatchi kerak bu kelinposhshaga, — degan so‘zlarni eshitadigan kelinlar ham bor.
Bu xastalik Munavvarxonimning olijanobligini, qaynona bunday holda o‘zini qanday tutishi kerakligini va bu holda kelinga samimiy yordam ko‘rsatish yaxshi bir vazifa janini namoyon qildi. Bu jihatdan Amina baxtiyor edi. Chunki bu uyda insoniy muomala tufayli qaynonasini onasiday yaxshi ko‘rib qolgan bir kelin, bir umr Alloh rizosini topay deb harakat qilib yashayotgan sharafli bir qaynona bor.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 02 Fevral 2010, 13:16:14
* * *

Bir millatni mahv etmoq uchun izlab topilgan yo‘llarning eng tahlikali buzuvchisi moda, degan kishi yanglishmaydi. Moda ehtirosi, modaparastlik, moda tajovuzi millat ichiga vaboday kirib tarqalsa, bu yo‘l oxirida falokat bor, xolos.
Amina xastaligining uchinchi kunida yon qo‘shnisi Soriya xonim, kelini, qizi hol so‘ragani kirishdi. Eski bilan yangini bir onda ko‘rishni istagan kishi Soriya xonim bilan qiziga nazar tashlasa yetadi. Soriya xonim sochining bir tolasi ko‘rinmaydigan shaklda munosib kiyingan, qizi esa boshi tamoman, qo‘llari tirsakdan yuqorisiga va oyoqlari tizzalarigacha ochiq holda. Ona qizining bu kiyimidan, qizi onasining eskicha qolganidan uyalishmoqda. Biri qizida odob va iffat tuyg‘usi qolmaganidan, qizi oila sharafini bir pulga chiqarganidan ma’yus va iztirobda. Boshqasi onasining eski tushunchalariga berilib, madaniy olamga munosib va muvofiq qadam tashlashda g‘ayrat ko‘rsatmagani uchun mahzun. Ona istaydiki, qizi ham o‘ziday o‘ransin, sotiladigan molday o‘rtaga chiqmasin. Qizi orzu etadiki, onasi xonanishin bo‘lib, uyda bekinib qolmasin va dunyodan bir oz bo‘lsada nasibasini olsin.
Mehmonlar keldilar, o‘tirdilar. Amina endi o‘rnida yotmas, turib o‘tirardi.
— Tuzukmisiz, Amina, xasta deb eshitdik?
— Rahmat, Soriya xola, bir oz shamollabman. Xudoga shukr o‘tib ketdi.
— O’zingizga qarang, qizim, yaxshi qarang. Ehtiyot bo‘lish kerak.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 02 Fevral 2010, 13:16:25
So‘ng Munavvarxonimga qaradi:
— Bizning qizimiz gapga kirmayapti, so‘zimizni olmayapti, qo‘shnijon. Qizim bunchalik ochilma, shamollab qolasan desam, quloq solmaydi. Boshiga ro‘mol o‘ratolmayman. Ko‘ylagini tizzasidan baland kiyarmish. Moda bu yil shunaqamish. Shu yetmay turgandi o‘zi. Bu modasi qayoqdan chiqdi. Avvallar biz bunaqa moda-podani bilmasdik. Shundaymi, Munavvarxonim?!
Qiz "portladi":
— Siz onamga qaramang, quloq solmang, Munavvar xola. Eskilik sarkitlariga yopishib olganlar. Zamonga moslashaylik degan maqsad yo‘q. Qo‘llaridan kelsa, meni erli xotinlar, kampirlarday kiyintiradilar. Ro‘mol o‘rarmishman, tizzamdan bir qarich past libos kiyarmishman. Kinoga borish yo‘q. Yana bir qancha mantiqsiz ishlar. Hech bu ham yosh, aylansin, ko‘ngil ochsin, yoshlik zavqini totsin demaydilar.
So‘ng onasiga qaradi:
— Ona, nima bo‘ldi o‘zi sizga?! Uyda gapirasiz mayli, endi bu yerda nimaga tinmaysiz?! Uyning gapini tashqariga chiqarishdan ne foyda? Hamma kulmaydimi? Bunchalik mutaassib bo‘lish to‘g‘rimi? O’zingiz amal qilmaysiz, bizga xalal bermang, masxara bo‘lmaylik.
Amina xastaligini unutdi. Ona-bola hol so‘ragani emas, bahslashgani, gurunglashgani chiqqanday. Soriya xonim qizining gaplaridan ko‘ngli og‘ridi.
— To‘g‘ri aytasan qizim, hamma mendan kulmoqda. Qizini modaga o‘rgatdi, odobga o‘rgatmadi, axloqini unutdirdi, sotiladigan narsaning mazasi, hidini ko‘rsatganday qizining qo‘l-oyog‘ini ochib qo‘ydi, deb mendan kulishmoqda. Qarang qizimga, ochiq joylarini ko‘rib qo‘ying, shunga ko‘ra baho bering, deyayotganlar bu holga tushganim uchun kulsalar o‘rinli, qizim. Mening otam: «Xotinim, qizim nomusli bo‘lsin, hayo bilan yashasin, yo‘qsa o‘laman», deb dushman bilan urushdi, shu yo‘lda shahid bo‘ldi. Men uning vasiyatiga amal qilib, shu kungacha bir tola sochimni nomahramga ko‘rsatmadim. Faqat sen meni xor qilding, naslingga tortmading. Nima, soyangni sotasanmi, hammaga ko‘z-ko‘z qilasan?
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 02 Fevral 2010, 13:16:34
Onasi o‘rtanib, yuragi yonib-yonib, ko‘zlari yoshlarga to‘lib so‘zladi. Kizi bu so‘zlarni miyig‘ida kulib tingladi. Onasi: «Sen meni xor qilding, naslingga tortmading», deganda qah-qaha otib kuldi. So‘ng jiddiy tortdi.
— Nimalar deysiz, ona, faqat o‘ranganlar nomusli bo‘ladimi? Nomus insonning ichidagi bir tuyg‘u. O’zimni jiddiy tutsam, kim menga nima deydi? Ochilganimiz uchun xor bo‘larmishmiz. Naslu nasabimizga tortmayotgan emishmiz. Naslimizga tortamiz deb, nima, uyda qamalib o‘tiramizmi?
Keyin Munavvarxonimga qaradi:
— Munavvar xola, onam bunchalik iskanjaga olmasin. Aytib qo‘ying. Zamon senga boqmasa, sen zamonga boq demaydilarmi? Bir oz aqlni ishlatish kerak-da. Bunchalik qilishlari ayb emasmi?
Munavvarxonim, bir tarafdan bu qizning hayosizligini, odobsizligini, ikkinchi tomondan yosh qizlarning, hatto onalarining sekin-asta ochilib borayotganini, uyat tuyg‘usidan uzoqlashayotganini o‘ylardi.
Qizning «Munavvar xola» degan murojaati o‘ylarini tarqatib yubordi. Bechora qiz yordam umidida murojaat qilardi.
— Qizim, keling, men sizlarga bir orachilik qilay. Ona-bola bahslashib, bir-biringizni xafa qilishingizning asosiy sababini aytay. Bu, bir suhbatda yechilib, hal bo‘ladigan masala emas. Bularning bir asosiy manbai bor. Masalan, sen bir gazmol olsang uni tikish yoki tiktirish uchun darhol bir andoza izlaysan, shundaymi?
— Shunday, xola.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 02 Fevral 2010, 13:16:42
— Andoza kitoblarni olib takror-takror qaraysan, nihoyat bittasiga o‘xshatib tikasan. Ya’ni sening doimiy bir mo‘ljallagan, o‘rnak oladigan nusxang yo‘q. Bugun bir turlisini, ertaga boshqa bir turlisini tiktirasan. O’tgan yili modangiz tizzadan pastda edi. Bu yil tizzaga chiqdi, men aminman-ki, kelgusi yil tizzadan balandda bo‘ladi. Kelajak yillarda bir qarich yana yuqori ko‘tarasiz va bundan uyalmaysizlar. Men yana aminman-ki, bir kun keladi-ki, uyat joylaringizni ham ochasiz, uyatli joylaringizni ham ko‘rsatib yurish sizlar uchun sharaf va obro‘ga aylanadi. Moda tufayli kimdir qo‘liga qaychi olib, libosining oldini qirqadi, yirtadi va modaning yangi shaklini, joriy etadi. Moda deb sizlarni kimlardir barmog‘ida o‘ynatadilar, aylantiradilar, xohlagan kuylariga soladilar. Kimlar bular? Bir pullik, nasli-nasabining tayini yo‘q kimsalar emasmi? Barcha o‘y-maqsadi sodda xalqni aldamoq, oila nomusini toptamoq, musulmonlar sharafini yo‘qqa chiqarmoq, mo‘minlarni ham o‘zlariga o‘xshatmoqchi bo‘lgan buzg‘unchi kimsalar ishi emasmi bu? Boshlaringiz, sochlaringiz, har oy har tusga kiradi, qo‘llaringiz, yelkalaringiz ochildi. Ertaga ko‘ksingiz ochilmog‘i amr etiladi, keyin yana bir kun keladi-ki, onadan tug‘ilgandek qip-yalang‘och kezmoqdan nomus qilmay qo‘yasiz.
Munavvarxonim bir oz sukut qilgach:
— Hozir mehmondorchilikda ayol-erkak aralash-quralash o‘tiradi, shundaymi? To‘g‘rimi? — dedi.
So‘zlarini qiziqish va hayratlanish bilan tinglayotgan qiz:
— Ha, shunday xola, — dedi
— Xo‘sh, ular birga o‘tirishganda ayol-erkakning bir-biriga ko‘zi tushmaydimi, ko‘zlarini urishtirmaydimi? Ertaga bir bahona bilan bir-birlariga yanada yaqinroq kelmaydilarmi? Hozir yangicha to‘ylarda bir-birlarining xotinlari bilan tansaga tusha boshladilar.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 02 Fevral 2010, 13:16:50
Munavvarxonim so‘zlayotganda sekin-sekin peshonasida va yonoqlaridan chiqqan terlar bu nuroniy yuzni yomg‘ir tomchilariday yuvib, go‘yo bir gul holiga keltirayotgandek edi. Kizning bir oz avval onasiga nisbatan masxaromuz qarashi jiddiylasha boshladi. Va masala ham jiddiyroq tus oldi. Chunki qarshisida turgan ayol onasi emas, va onasiga o‘xshab «Biz shularni ko‘rdik, sen ham shunday bo‘l», demayotgandi. Munavvarxonim bir oz hayajonlandi. Bir muddat hayajoni bosilishini kutib, sukut qilgach, davom etdi:
— Biz bunday emasmiz, qizim. Sen moda deya bir yo‘lga kiryapsan. Bu modaning yetakchisi kim, boshqaruvchisi qaysi imonsiz bilmaysan. Imonsiz deyapman, mening ta’rifim shu so‘zda mujassam. Butun bir mamlakatni buzdilar, yuz minglarcha insonni odob-axloqidan judo qildilar. Nomahramdan arslondan qochganday berkingan ayollarning qizlarini fohishalar kabi yalang‘ochladilar. Dengiz qirg‘oqlarida xammomda yechinganday yechinib, erkaklarga aralashib yurganlar akasining yonida tizzasini ochishdan uyalgan ayollarning qizlari edi. Yana nimalar qiladi? Qaysi dushman bir millatga bundai kattaroq yomonlik qilgan yoki kilishi mumkin?
Shunday qizim, sizning modalaringiz sizga shularni o‘rgatmoqda. Bu yashash shakli sizningcha nomusli, fazilat to‘la bir turmush tarzi emish. Bilmadim. Bo‘lishi mumkin. Bir narsa deyolmayman.
Munavvarxonim qattiq hayajonlanar, ovozi ko‘tarilib borar, ko‘tarilgan sayin qiz ezilardi.
— Bizning ham andozalarimiz bor. Bizning ham o‘rnak oladigan ulug‘larimiz bor, qizim. Faqat ularni yaxshi bilmaysizlar. Sizlar amrini bajo keltirganlaringiz, bir kuni kelib sizlarni har kimning ayoliga aylantirajak, zotan vaziyat shuni ko‘rsatmoqda. Biz amrini tutgan buyuklar esa bizga faqat erlarimizga qarashli ekanimizni, ulardan boshqa hech kimning oldida ochilmasligimiz kerakligini bildirmoqda. Ochiq-sochiq yurganlar qimmatli hayosini yo‘qotdilar, biz esa, Xudoga shukr, bugungacha nomus bilan yashadik. Ota-bobolarimiz shu yo‘lda jon berdilar. Bizning birgina "moda"miz bor qizim, lekin u bugungacha o‘zgarmadi, qiyomatga qadar o‘zgarmaydi, inshaalloh. Bu "moda" sohibiga sharafdan boshqa narsa keltirmaydi. Bizning "moda"chilarimiz sha’n va sharafni boshlariga toj qilgan, har kim ularni o‘z onasiday ko‘rgan, o‘z onasiday hurmat etgan, yoshu qari ehtirom bilan tilga oladigan xonimlardir ular. Sizning modachilaringiz tonggacha mayxonalarda, qimorxonalarda begonalar qo‘ynida safolat bilan ovunadilar. Biznikilar esa fazilatli turmushi bilan ko‘ngillarda taxt qurganlar, har bir harakati Allohdan qo‘rquv hissi bilan to‘la, har ishi Alloh rizosi uchun bo‘lgan, sharafli hayot kechirgan ayollardir.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 02 Fevral 2010, 13:16:58
Munavvarxonim so‘zlari farosatli bir inson uchun kifoya ekanligini o‘ylab to‘xtadi. Qiz parishon bo‘lib qoldi, umridagi eng kuchli zarbani oldi. Shu bilan birga ko‘nglida  bir maroq, bir qiziqish paydo bo‘ldi. Kim ekan bu Munavvarxonimlarning «moda»chilari? Nega shu paytgacha hech kim eshitmagan ularni. Sekingina so‘radi:
— Kechirasiz, Munavvarxonim, kimlar sizlarning modachilaringiz? Nega hech kim bilmaydi, nega hech kim eshitmagan? Siz aytgan moda qay bichimda?
— Qizim bizning «moda»chilarimiz, Xadicha onamiz, Oysha onamiz va Fotima onamizdir. Biz ularning andozasiga ergashamiz. Bu yuz, qo‘limizdan boshqa joylarimiz yopiq bo‘lishi, nomahramga ko‘rsatmaslik, nomahramlar bilan birga o‘tirmaslik, yolg‘iz holda ham uyatli bir qiyofada qolmaslikdir. Mana, hammasi shu. Bu ulug‘ millatlarni tiklagan, ma’naviyatlarni saqlagandir. Bu ulug‘ zot ayollarni eshitmaganligingiz masalasiga kelsak, ko‘pgina yoshlarnint quloqlari ochig‘u, jon qulog‘i, qalb ko‘zi berkilgan. Aksincha bo‘lsa, yaxshi, edi. Ya’ni, inson qulog‘ini turli zararli shamollar, yomon so‘zlar, ma’naviy xastaliklar kirishidan to‘ssa, berkitsa, shundagina ko‘ngil ko‘zi va qulog‘i ochilsa ajab emas...
— Kim bu Xadicha onamiz, Fotima onamiz, xola?
— Xadicha va Oysha onamiz Payg‘ambarimizning (s.a.v.) xotinlari. Fotima esa qizlari.
— Xola, unday bo‘lsa onam ikkingiz bir «moda»da ekansiz-da?
— Shunday, qizim. Faqat bitta farqi bor. Sofiya xonim vaqtida bularni qiziga anglatmadi. Qalbiga Allohdan qo‘rqishni joylamadi. Boshiga ro‘mol o‘ratsam bo‘ldi, ish bitadi, deb boshqa tomonlarini esdan chiqardi. Bugun o‘sha unutishning jazosini tortmoqda.
Bu orada Amina mehmonlarga choy keltirdi. Mavzu shu yerda tugadi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 02 Fevral 2010, 13:17:05
Yana yarim soatcha o‘tirishgan mehmonlar takror-takror shifolar tilab qo‘zg‘alishdi. Qo‘shni qizning holida o‘zgarish borligi ko‘zga tashlandi. Endi avvalgiga nisbatan biroz o‘ransa, yanada odobliroq yo‘ldan ketsa ajabmas. Ular ketishi bilan Amina hayratini yashirolmadi:
— Ona, sizning bunchalik gapirganingizni ko‘rmagandim.
— Qizim, bunday paytlarda gapirish jim turmoqdan xayrlidir. Qiz to‘g‘ri (haq) yo‘lga kirsa ajabmas.
Ko‘shni qiz bir necha kun o‘tib, eshik qo‘ng‘irog‘ini chaldi. Knyim-kechagi nisbatan odob doirasida edi. Onasiga bir kiyim tiktirmoqchi ekan. O’sha kun eshitganiga ko‘ra qanday bichimda tiktirishni so‘ramoqchi bo‘libdi. Munavvarxonim kulimsiradi:
— Qizim, bizning andozamizning shakli yo‘q. Oson. Faqat chegaralari bor, buni o‘sha kun aytdim. Yuz-qo‘ldan boshqa joylarning yopiq bo‘lishi. Shaklini esa har kimning xohishi, ta’bi, didi belgilaydi. Har kim istaganday tiktiradi va sizning bunga aqlingiz yetadi. Go‘zal bir kiyim tiktiring-ki, yoshlarimizga ham yoqadigan bo‘lsin.
Oradan kunlar, oylar o‘tdi. Amina Munavvarxonimdan faqat yaxshilik va samimiyat ko‘rdi. Munavvarxonim unga ona o‘rnida ona, keragida opa va bir yaqin jigar mavqeida bo‘ldi. Unga yo‘l ko‘rsatdi, qadrladi, rag‘batlantirdi, o‘rni kelganda ko‘nglini og‘ritmay tanbeh-nasihatlar qildi. Bu uning ona mehri bilan birga aqliy, mantiqiy bir shafqati ham edi. Balki bu shafqatni ona o‘z qiziga ko‘rsata olmas, lekin Munavvarxonim kelinini aslo ranjitmadi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 02 Fevral 2010, 13:17:13
Uyquning eng shirin payti saharga to‘g‘ri keladi. Bomdod vaqti. Bu vaqt Xoliq oshiqlari uchun bedorlik, g‘ofillar uchun g‘aflat paytidir.
Mana shu damlarda Aminaning eshigi ohista chertilar va tashqaridan:
— Mustafo, Amina, turinglar, bolalarim, — degan ovoz eshitilardi.
Ba’zai turmush qurganlariga endigina bir necha oy bo‘lgan ikki yosh uyg‘onishga uyg‘onsalar-da, joylaridan ko‘zg‘alishga qiynalishar, mudrab qolishardi. Bu paytlar joynamoz ustida qiblaga yo‘nalgan, ko‘nglini Parvardigorga bog‘lagan bir mo‘mina o‘rnidan turib, takror eshikni chertardi:
— Mustafo, Amina turinglar endi, hozir quyosh chiqib qoladi, — deb takrorlaydi, «namoz uyqudan xayrli» ekanini eslatardi. Amina bilan Mustafo turib tahorat oladilar. Amina xonasiga Munavvarxonim kabi hozirlagan masjidiga kirar, Mustafo esa jome’ga yo‘l oladi. Bu xonadonda namozdan so‘ng qo‘llar Qur’oni karimga uzanar, ikki-uch sahifa o‘qilgach, o‘pib joyiga qo‘yiladi.
Qizim kech yotdi, o‘g‘lim ishga boradi, deb tonggi nomozga uyg‘otmaydigan onalar ham topiladi. Ammo natijasi zarar keltiradi. Uch kun uyqusiz bo‘lsa ham, namoziga turmasa ma’naviy zarar ko‘rajaklarini yaxshi his etadi. Shu bomdod namozini o‘qigach, ularga yana uxlab olishlari uchun ruxsat beradi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 02 Fevral 2010, 13:17:24
* * *

To‘y o‘tganiga ikki yil bo‘lay deb qoldi. Bu vaqt ichida kelin-qaynona o‘rtasida hech qanday ko‘ngilsiz voqea bo‘lmadi. Ammo, keyingi bir voqea, oq qandday shirin turmushga siyohday sizib dog‘ solmoqchi bo‘ldimi?
O’sha kun Amina yuragi g‘ash bo‘lib uyg‘ondi. Ko‘ngilsiz tushlar ko‘rgan edi. Uni ochiq chehra bilan qarshilagan Munavvarxonim:
— Bugun qalaysiz, qizim? — derkan undagi parishonlikni sezganday bo‘ldi.
— Tuzukman, ona.
— Alloh yanada yaxshi aylasin, qizim.
Munavvarxonim boshqa hech narsa so‘ramadi. Lekin Aminaning ichini bir narsa kemirardi. Sabr etolmadi. Munavvarxonimning yoniga o‘tirdi:
— Ona, sizga bir narsa aytmoqchiman.
— Ayting, Amina.
— Ko‘nglim g‘ash. Aloq-chaloq narsalarni tush ko‘rdim tongda, qo‘rqdim.
— Yaxshilikdir, inshaalloh, Alloh xayrli o‘ng atasin.
— Aytaymi?
— Yo‘q qizim. Aytmang, qo‘rqinchli tushlar aytilmaydi, faqat Allohdan yaxshilik ato etish tilanadi. Hech kimga o‘sha tushni aytmang. Xayrli bo‘lishini Allohdan so‘rang.
Darvoza qo‘ng‘irog‘i jiringladi. Amina borib ochdi:
— Ona, pochtachi keldi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 02 Fevral 2010, 13:17:35
Lekin kelgan pochtachi emas, bir faqir edi. Biroz kutib turishini aytib, Amina ichkari kirdi.
— Sadaqa berish yaxshi ish. Shunday tush ko‘rsang sadaqa berishni unutmang. O’z oyog‘i bilan kelibdi, mamnun eting.
— Nima beray, ona?
— So‘rab o‘tirasizmi?! O’zingizni faqir o‘rniga ko‘ying, nima berilsa mamnun bo‘lishini o‘ylab ko‘ring va o‘shani bering. Bu uyda siz yaxshilik qilaman desangiz, kim qarshilik etadi?
Amina ichkaridan bir narsalar olib, faqirga berdi. Sadaqa behuda ketmaydi. Baloni qaytaradi, sadaqa — raddi balo. Oxiratda o‘n barobardan ziyodasi bilan qaytadi. Yana bu faqir duolar qiladi.
Bugun Yusuf afandi amakilar kelmoqchi. Amina bu odamni juda yaxshi ko‘rardi. Avval sovchi bo‘lib borgani uchun xafa bo‘ldi, keyin bu uydagi insoniy muhit uni bu hisdan uzoqlashtirdi. Baribir turmushga chiqishi kerak bo‘lgan Amina uchun Mustafoday er, Munavvarxonimday qaynonani topish oson emas, albatta. Yaxshilikmi? Shuning uchun Amina Yusuf afandini amakisiday yaxshi ko‘rar va hurmat qilar edi.
Ular peshindan so‘ng kelishmoqchi edi. Yusuf afandi kechki ovqatga qolmoqchi edi. Peshingacha ham ancha vaqt bor. Amina bir-ikkita kir-chirlarini yuvib-chayib olmoqchi bo‘ldi. Tashqarida alohida katta qozonda suv isitish zarurati yo‘q, shuning uchun uydagi qozonga suv ko‘ydi.
Aslini olganda Munavvarxonimning ko‘ngli ham bir oz g‘ash edi. Tilovat qilar, Allohdan sabr tilar, yomonlikni to‘sib, yaxshilikka aylantirishni Parvardigordan so‘rardi.
Eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi, kelgan Ali edi. Munavvarxonim unga:
— Kel, onasining guli, qo‘zichog‘im, — dedi. Ali bir oz xasta ko‘rinardi.
— Ona, tobim yo‘q. Yotgim kelyapti.
— Xo‘p mayli, bolam, choyshab yopib qo‘yaman, yotaver.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 02 Fevral 2010, 13:17:43
Ali yotdi. Onasi yoniga o‘tirdi, Qur’on o‘qidi, Allohdan shifo tiladi. Amina yuviladigan kirlarni tayyorlab, suv isiganiga qarash uchun ichkariga kirdi. Suv endi iligandi, yana bir oz kutish kerak edi, tashqariga chiqdi.
Yarim soatlar o‘tib, tag‘in ichkari kirganida suv qaynamoqda edi. Issiq bo‘lganidan olish qiyin edi.
— Qo‘lingiz kuymasin Amina, bir narsa bilan ushlang, — dedi Munavvarxonim.
Amina qo‘liga qalinroq ikkita latta olib, ular bilan qozonni ko‘tardi. Tashqari chiqayotib, qaynisi yoniga kelganda negadir qo‘llari titrab, qozon uyqudagi Alining ustiga ag‘darildi. Munavvar xonim o‘qday otilib qozonni olarkan, ayni zamonda Aminani ham itarib yubordi. Bu bir lahzada bo‘ldi. O’n uchlarga kirgan Ali sapchib uyg‘onganida, qo‘lida qozon.
— Bolaginam, nima ham bo‘ldiyu, ag‘darib yubordim-a, — deya faryod chekayotgan onasi bilan bir oz narida bu ibrat sahnasiga hayrat ichra qarab qolgan Aminani ko‘rdi. Suv qaynoq, lekin jun ko‘rpadan o‘tib, Aliga ta’sir qilguncha bir-ikki lahza o‘tgan, bu orada onasi juda ham tez harakat bilan yechintirgan, balki bir hamlada ko‘ylagini ustidan yirtib olib tashlagan edi.
Ali bir oz kuydi. Lekin shunisi ham xasta bolaga yetib ortdi, faryodi ko‘klarga yetdi. Aminaning yuzi sarg‘aydi, qo‘l-oyog‘i titrab, nima deyishini, nima qilishini bilmadi. Qaltirardi. Munavvarxonimga yordam qilsinmi yo qo‘shnilarni yordamga chaqirsinmi? Bir qarorga, bir fikrga kelolmasdi.
Bolaning yelkasi ancha qattiq kuygan, hatto ba’zi joylarining terisi shishib chiqqandi. Busiz ham dardmand bolasining bu ahvolini ko‘rib Munavvarxonimning yuragi ham kuyib-yondi. Ko‘zlaridan injularidek tizilgan yoshlar nurli yuzlariga dumalab tushar, bolaning azobini ziyodaroq his etardi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 02 Fevral 2010, 13:17:50
— Uyda kuyishga qarshi dori bor, Amina, tez keltiring qizim.
Amina yugurdi, javonni ochdi, uch-to‘rt xil dori bor edi, qaysi biri ekanini bilmadi, hammasini to‘plab keltirdi. Bu achchiq hodisa qarshisida o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan Munavvarxonim dorini olib, Alining kuygan joylariga «shifo bo‘lsin» deb mo‘l-mo‘l surdi.
Peshindan so‘ng kelgan Yusuf afandining xotini Alini yuztuban yotgan holda ko‘rdi. «Mazasi yo‘q, xasta», dedilar.
— Nega yuz tuban yotibdi? — dedi. Ali javob berdi:
— Kuyib qoldim. Ustimga suv to‘kildi.
— Kim to‘kdi, bolam.
Ali javob bermadi. Onasiga qaradi. U kuydirdi demoqchi bo‘ldi. Munavvarxonim:
— Na chora, shunday bo‘lib qoldi, jigarim. Falokat oyoq ostida bo‘larkan. Buning ustiga bolamning sal tobi qochgandi, dedi. Amina ich-ichini yerdi, vijdoni qiynalardi. Kuygan bolasining azobi yetarli bo‘lsa ham Munavvarxonim Aminani o‘ylab bu ishni o‘z bo‘yniga oldi. Uning ko‘ziga qaradi. Amina: «Alini men kuydirdim, aybni onam o‘z bo‘yniga olmoqda», demoqchi edi. Munavvarxonim «tovushingni chiqarma» degandek unga ilkis qaradi. Amina indamadi. Lekin ko‘ngli ham tinchimadi. Ichidan qon yig‘lardi Amina.
Oqshom Yusuf afandi va Mustafo kelgach, voqeani qisqacha tushuntirdilar.
— Voh bolam-a, voh bolam, — deb Alining boshini silardi Yusuf afandi.
— Amina yangam shu yerda edi, onam unga qildirsaydi balki to‘kilmasdi, — ilk bor tovushini chiqardi Ali.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 02 Fevral 2010, 13:17:58
— Ne iloj, qo‘zim. Shunday bo‘lishini bilibmanmi? Mendan xafa bo‘ldingmi, o‘g‘lim.
— Yo‘q, ona, sizdan xafa bo‘larmidim, siz mening birdan bir onamsiz-ku?!
Shu bilan masala yechildi. Mehmonlar kechgacha o‘tirdi, shifo tiladilar.
Shundan so‘ng Munavvarxonim Aminaning qulog‘iga:
— Meni yaxshi ko‘rasizmi, Amina? — dedi. Amina uning yuziga hayron bo‘lib qaradi:
— Bu nima deganingiz, ona, sizni yaxshi ko‘rmasam, kimni yaxshi ko‘raman?!
— Shunday bo‘lsa, Ali haqida Mustafoga boshqacha gapirmang. Meni yaxshi ko‘rsangiz...
— Lekin, ona, nechun?
— Bu mening sizga buyrug‘im!
Amina g‘alati bo‘lib ketdi, ajablandi.
— Bu bo‘ladigan narsa emas, chidolmayapman, ona.
— Agar gapimga quloq solmasangiz, rozi emasman. Aqlingizni yig‘ing, — dedi Munavvarxonim. Bu orada mehmonlarni kuzatib qaytgan Mustafo ichkari kirdi:
— Nimani gaplashyapsizlar, ona? — dedi. Onasi kulimsirab:
— Ona va qiz nimani gaplashsa, biz ham shuni gaplashyapmiz, — dedi.
Shu kecha tonggacha uxlayolmagan uch juft ko‘z bor edi.
Bu ko‘zlar kuygan bir vujudni, mahzun bir qalbni, zirqiragan bir vijdonni tamsil etardi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:22:35
* * *

Bu hodisa... Bunda Munavvarxonimning insoniyligi, vazminligi, oqila va oliyjanobligi qarshisida Amina dovdirab qoldi, hayratlandi. O’yladi. Kechalar o‘yladi, kunduzlar o‘yladi. Qarindosh-urug‘larini, onasining barcha tanigan ayollarini bir-bir ko‘z oldidan o‘tkazdi. Hech birining bu darajadagi oliy fazilatlarini eslayolmadi. Kelinining eng kichik qusurini ham har kelganga aytib, tillarda "doston" qilgan g‘alati qaynonalar oldida o‘z qaynonasi ulug‘lashib, buyuklashib, uning yuksak fazilatlari qarshisida o‘zining naqadar kichik ekanligini o‘yladi. Yana Munavvarxonim shu gapi shu yerda qolishini, kuyish voqeasini ikkisidan boshqa hech kim bilmasligi kerakligini uqtirdi.
Amina ko‘p kutdi. Kunlar, oylar o‘tdi hamki, bir chetga chaqirib: "Bu xatoni o‘z bo‘ynimga oldim, boshqa takrorlanmasin" demadi. Amina shu so‘zlarni behuda kutdi. Qaynonasining qarashlarida, harakatlarida hech o‘zgarish sezmadi. Muomalasi ham xuddi ilgarigidek.
Bir kun Amina qo‘lida paypoq to‘qir, Munavvarxonim tasbeh o‘girish bilan mashg‘ul, pok, nuroniy yuzidan yoqqan samimiyat Parvardigorga bo‘lgan taslimiyatini ifoda etardi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:22:41
Amina qo‘lidagi ishini to‘xtatib nimadir so‘ramoqchi bo‘lar, lekin Munavvarxonimning holini ko‘rib, ma’naviy halovatiga to‘sqinlik qilishni istamas va yana ishida davom etardi. Oxiri:
— Ona, — dedi. Munavvarxonim unga qaradi:
— Labbay, marhamat, qizim, gapiring.
— Ona, nega meni hanuzgacha jazolamaysiz, koyimaysiz?
— Nima sababdan jazolashim kerak, Amina?!
— Alini kuydirib qo‘ytanim uchun.
— Bu gapni qaydan topdingiz? O’tdi-ketdi. Bir yil bo‘ldi. Nega haligacha o‘ylab yuribsiz?
— Men o‘ylamay kim o‘ylasin, ona?
— Qizim, eslashdan ne naf? Xafa bo‘lsangiz, Alloh taologa yahshi qul bo‘lmayotganimizdan, yaxshi bandalik qilmayotganimizdan xafa bo‘ling. Siz aytgan ishdan emas. Yaxshilik qiling. Bilmasdan xatolikka yo‘l qo‘ysangiz, ona sifatida bekitmog‘im lozim. Meni xafa qilishni istamasangiz, buni hech kimga aytmang, yodingizdan o‘chiring. Buni o‘sha kun ham aytganman. Bu gapni boshqa qo‘zg‘amang. Aks holda, kechirmayman, Amina.
Bu gap shu tariqa yakun topdi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:22:48
* * *

Bir kuni Amina Munavvarxonimga shunday savol berdi:
— Ona, siz ham qaynona dardini tortganmisiz?
— Qaynonam vafotiga o‘n besh yil bo‘ldi, qizim. Amina kulimsiradi:
— Har holda sal boshqacharoq tushundingiz, ona. Qaynonangiz qachon vafot etdi demadim, qaynona dardini tortganmisiz, deb so‘radim.
— Bildim, qizim. Men ham sizga vafotiga o‘n besh yil bo‘ldi demadimmi?
— Dedingiz. Ammo savolimning bu gapga aloqasi bormi?
— Unda, tushuntiray. Bizning tarbiyamiz hatto tirik odamning ortidan gapirishni ma’n etadi. Uning dunyodan o‘tganiga o‘n besh yil bo‘ldi. Xatosi bo‘lsa, agar lozim kelsa, tirigida yuziga aytgan bo‘lardim. Endi aytadigan yagona so‘zim — Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin!
Amina bugun qaynonasining odatini unutganday ko‘rindi. Uni gapirtirmoqchi edi. So‘zlashgisi keldi.
— Agar meni yaxshi ko‘rsangiz, qisqacha bo‘lsa ham gapirib bering.
Munavvarxonim gapirib berolmasdi. Bular bir imtihon edi. U o‘z aqidalarida sodiq va sobit. Aytolmaydi. Amina yolvorib so‘rasa ham, o‘lgan odamni yomonlab gapirolmaydi. Yo‘q. Agar sevimli do‘sti kelib, cho‘g‘ni kaftiga olishni taklif etsa, kim ham rozi bo‘lardi?! Munavvarxonimning fikricha, kuyishidan ham axloqsizlik zararliroqdir. So‘rovchini mamnun etish uchun beodoblik qilishga rozi emasdi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:22:54
— Qizim, sizni yaxshi ko‘raman, ammo bu boshqa masala. Siz uchun, nomaqbul bir ishni qilish esa yana boshqa gap. Siz so‘ragan masalangiz yuzasidan suhbatlashishimni xohlaysiz, mening Janobim esa sukut saqlashimni istabdi.
— Sizning Janobingiz kim, ona?
— Payg‘ambarim.
Devorda osig‘liq Ravzai Mutahhara suvratiga qaradi. Shunda Amina Munavvarxonim har on bir ulug‘ zot qarshisida turib odob saqlaganday ohista so‘zlashining sababini endi angladi. Demakki, bu xonimlar xonimi har on o‘zini Payg‘ambarlarning huzuri poklarida sanaydi.
Amina bu maqsadiga yetolmadi. Yetolmasdi ham. Munavvarxonim uni qanoatlantirish uchun:
— Amina, siz bir insonning zarariga sabab bo‘lsangiz, masalan, bir bolani aldab ishontirib o‘g‘rilik qildirsangiz, bir necha kun o‘tgach, sir ochilsa va bola jazolansa, bundan xafa bo‘lasizmi? Bu ham shunga o‘xshash. Savolingizga javob bermaganim sizni ham xuddi o‘zimday o‘ylaganimdan, tushundingizmi, qizim?!
— Tushundim, ona. Uzr so‘rayman.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:23:08
* * *
Munavvar xonimning yoshligi, kelinligi

1942 yil... Olmon harbi shiddat bilan davom etayotgan yillar. Qahatchilik. Qiyinchilik. Qimmatchilik. Ocharchilik.
Bir kilo bug‘doy narxi osmonda. Non, yog‘ chek bilan olinadi... Mana shunday davrda uch bolali, nochor oila. Bizga tanish bo‘lgan to‘ng‘ich qiz endi o‘n sakkizga qadam qo‘yayotir, boshqa bolalarning biri o‘n ikki, biri o‘n yoshlarda.
Faqirlik — hayot sinovi, mashaqqatli bir holdir. Bu o‘n sakkiz yashar qiz faqirlikning tor tuynukchasidan dunyoga bo‘ylagan, ta’bir joiz bo‘lsa, insoniylik va hayot maktabining tirishqoq tolibasidir.
Chek bilan olinadigan non bir odamga judayam kamlik qiladi. Ko‘proq olishning aslo imkoni yo‘q. Non yopish uchun esa bozorda bug‘doy juda ham qimmat. Pullari yetmaydi. Bug‘doy topilmaydi ham. Tirik qolishning birdan bir chorasi chek bilan olinadigan nonga qanoat qilish. Boshqa iloj yo‘q.
Chek bilan non sotilishining ilk haftasi edi. Dasturxondagi nondan birinchi bo‘lib qo‘l tortgan to‘ng‘ich qiz bo‘ldi.
— Nega olmaysan, Munavvar?
— Yetarlicha yedim, ota.
— Yaxshi to‘ymading qizim, qara, noningning yarmi qoldi.
—   Ko‘p yemoqchi emasman. Siz oling, ota, menga qaramang.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:23:14
Otasi to‘g‘ri aytdi, Munavvar to‘ymagandi. Shugina nonga odam to‘ymaydi. Zotan, necha kunki o‘z ulushini yemaydi, bari-bir to‘ymadi Munavvar. Ikki kichik ukasi-chi? Ular ham o‘ziday och qoladi. Munavvar chidaydi, ammo ular-chi? Shu sababdan dasturxondan qo‘l tortdi. Qolgan nonni ikki bo‘lib ukalariga uzatdi. Kichigiga:
— Bakr, mana buni ham yeyaolasanmi? — dedi.
Bolaning ko‘zlari porladi. Sevinch bilan ha deganday bosh qimirlatdi.
— Unday bo‘lsa, ko‘raylik-chi, yeb qo‘yaolasanmi?
— Yeb qo‘yaman, opa.
Bolalar ham to‘ymayotgandi. Uchovi och qolgandan ko‘ra, ikkovi picha to‘ygani ma’qul. O’sha kundan e’tiboran Munavvar opalari o‘z ulushining yarmidan ko‘pini yemadi. Onasi bir kun iltimos qildi, qistadi, och qolasan, dedi.
— Och qolsam yemasmidim, ona, och qolishni istaymanmi? Bir oz keyin o‘n sakkizga to‘lgan Munavvar ham kelinlik hayotiga qadam qo‘ydi. Zamonaning og‘irligiga qaramay turli xarajatlar bilan qizlarini uzatayotganlar oldida Munavvarga ham nimalardir tayyorlandi deyishga til bormaydi. Bundai kuyinib. tashvishlangan onasiga Munavvar tasalli berdi:
— Kuyinmang onajon, kiyimning, ziynat ashyosining nima qiymati bor?! Hozirgacha ularni taqdimmi? Endi taqarmidim? Siz meni yaxshi ko‘rasiz-ku, shuning o‘zi menga yetarli. Ko‘lingizda ne bo‘lsa, mendan ayamasligingizni bilmaymanmi? Duo qiling. Baxtli turmush ato etishini so‘rab Allohga yolvoraman. Sizdan oshiqcha narsa kutmayman, ona.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:23:21
To‘g‘ri gapirardi Munavvar. Otasi ne hasratda qiynalib olib bergan bir-ikki taqinchokdarini uydan tashqarida taqqanini hech kim ko‘rmadi. To‘yga ketarkan taqinchoqlarini bir chetga qo‘yar, kelgach otasi taqmaganiga xafa bo‘lmasin uchun yana taqib olardi. Hatto bir kun onasi:
— Nega bo‘yningdagi tillo taqinchoqlarni olib qo‘yding, Munavvar, qayga qo‘yding? — deganida:
— Ona, topgan bor, topmagan bor, biror faqirning ko‘ngli og‘rimasin, — deb javob berdi.
— Qizim, hamma taqadi-ku, sen ham taqsang nima qiladi?
— Har kim o‘ysiz taqib, o‘zini atay namoyon qilsa, men ham shunday yo‘l tutaymi? Bir insonning ko‘ngli ezilishiga men sababchi bo‘lmayin, ona.
— Xo‘p, mayli sen aytganday bo‘lsin, — deya boshqa qistovga olmadi onasi.
Agar bu ziynat ashyolari insonga bir fazilat keltirsa, Munavvar ularni uyda yetarlicha taqardi. Kibr va g‘ururdan boshqa ne foydasi bor?! Vaqti kelib bir ehtiyojini qondiradigan har narsa ziynat, lekin o‘ziga foydasiz oltin yo olmosning bezakdan boshqa ne nafi bor?! Bir yil avval otasining muhtoj kunida oltin taqinchog‘ini olib, uning oldiga qo‘ydi, otasi ololmayman deb qaytarganda:
— Buni siz olgansiz. Hozir ehtiyojni ketkazing, keyin yana olib berasiz. Siz iztirob chekib yurasizu, men istirohat qilib taqib yuraymi, ota? — deya otasini ko‘ndirdi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:23:27
Munavvar boy bo‘lishi, taqinchoqlarini taqishi mumkin, lekin bir shart bilan — qarshisida hech kimsaning ko‘ngli ezilmasin, molining ko‘pligi uni sevinch va g‘urur ko‘chasiga yo‘llamasin, qo‘lidan ketsa, g‘ussa va qayg‘u chekmasin. Faqat bunday bo‘lishi qiyin.
Munavvar ota uyini kelin bo‘lib tark etgach, boshidan nimalar kechdi? U ham qaynona dardini tortdimi? Bu savollarga bir so‘z bilan javob berish mumkin emas.
Chunki ba’zi narsalar kishilar va ularning dunyoqarashiga ko‘ra o‘zgaradi va tushunchalariga ko‘ra qiymat topadi, birining fikricha dard, boshqasining fikricha hech narsa emas. Bular Alloh tomonidan yuborilgan sinovlar-ki, sabr etganlarning maqomi yuksaladi.
Kelin, ya’ni Munavvar borgan joyida rohat topmadi. Yomon so‘z eshitdi va haqsiz muomala ko‘rdi. Qilmagan ishi uchun aybdor sanalgan paytlari bo‘ldi. Rag‘bat o‘rniga tuhmatga qoldi, yaxshi so‘z o‘rniga tanbeh eshitdi. Samimiyat ko‘rsatib, iztirob chekdi. «Lekin bularni mendan ziyodaroq chekayotganlar bor-ku», deb ko‘p ham ahamiyat bermadi. «Shunday muomalaga loyiq bo‘lib, gap eshitganimda edi, bundan yomoni bo‘lmasdi», deya o‘ziga tasalli berdi. «Mening namozimga, ro‘zamga aralashmayaptilar, dinu imonimga to‘sqinlik qilmayaptilar, kufr keltirmayaptilar, axloqsizlikka tashviq etmayaptilar, bundan yomonrog‘ini ko‘rishim mumkin edi», deya ovunardi. «Parvardigorim oldida qancha qusurim bor, balki, bular shuning jazosidir», deya o‘ylar va sabr etardi. Bu ishlar kelajaqda asqotib qolishini o‘ylab, fikr suzgichidan o‘tkazar, yaxshi-yomonga, yoqimli-yoqimsizga ajratardi. Aslida yoqimlisi oz, hatto yo‘q deyishi mumkin. Faqat yoqimsizi bor. Munavvar shu o‘ylar bilan, harakat qilar, ta’bir joiz bo‘lsa, qaynona elagida elanib, tandrida pishib yetilardi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:23:34
Turmushidan, qaynonasidan g‘iybat qilish uchun kamchilik axtarganlarning urinishlari behuda bo‘ldi. Bir oz dadilroq, dag‘alroq muomala qilib qaynonangga haddingni bildirib ko‘y, haqqingni ketkazma, iloji bo‘lsa qo‘lga olib ol deguvchi nasihatgo‘ylarga:
— Qaynonam yomon deb sizlarga kim aytdi? U zot katta, men kichik, — degan javobni oldilar. «U kattaligini bilmaydi», dedilar. «Men kichikligimni bilaman», dedi. Hech bo‘lmasa, yomon so‘zlasa, javob qaytarishni nasihat qilganlar bo‘lardi.
— Men bu uyga aytishish yoki g‘avg‘o chiqarish uchun kelmadim, — dedi va jim bo‘ldi.
Yillar davomida kelinlik hayotidan shikoyat qilganini birov ko‘rmadi, hech kim eshitmadi. Bu uyga janjal uchun emas, yaxshi turmush uchun kelganini barcha xatti-harakatlari bilan isbot etdi. O’rnak bir qaynona bo‘lib yetishganidek, avval namunali kelin bo‘lib yashadi.
Yomonlikka qarshi yaxshilik, turli muomalalarga nisbatan hurmat, teskari gapirganlarning, mish-mish tarqatganlarning foydasini o‘ylab so‘zlash fazilati u kelin bo‘lgan uyda kunlik hodisalar orasida o‘rin oldi.
Har qachon, har mahallada bo‘lganidek, jag‘i ochilgan vaysaqi xotinlardan biri qaynonasidan eshitganlariga bir talay gaplarni qo‘shib-chatib, unga aytib berish, to‘g‘rirog‘i, chaqish uchun chiqdi. Munavvar bir pasda uning umidini puchga chiqardi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:23:41
— Xola, men uning qiziman, bundan ortiqroq tanbeh berishga haqqi bor. Siz nega bekorga zahmat chekyapsiz? Uzoqda emasman-ku, chaqirib yuzimga aytar. Bunday ishlar uchun o‘zingizni urintirmang. Yoshman, ularchalik tajribam yo‘q. Albatta, qusurim bor; ular gapiradilar. Agar ular gapirib, o‘rgatmasalar holim ne kechadi. El-elatga sharmanda bo‘lmaymanmi?
Eshitgan tanbehlari o‘z-o‘zini tarbiyalashga, kamchiliklarini yo‘qotishga yordam berardi.
Avval o‘ylab ko‘radi: «Men haqiqatan ham shundaymanmi?» Shunday bo‘lsa, bu fe’ldan voz kechtiradigan choralar axtaradi. Aksincha bo‘lsa, Allohdan qaynonasini afv etishini so‘raydi.
Munavvar qaynonasi ayblagandek soxtakor emasdi. Hiyladan, ikki yuzlamachilikdan nafratlanardi. O’zini bir muddat soxtakor emasman deya ovutdi. Lekin bir kun ro‘y bergan hodisa sababli o‘z-o‘zidan uyaldi.
Muhim bo‘lmagan bir narsa xususida ikki ayol suhbatlashardi. Zotan, banogoh uchrashib qolgan ikki xotin qanday muhim gapni gaplashardi. Dindan, Allohdan, fazilatdanmi?! Munavvar bunday mish-mishlarni tinglashni xush ko‘rmasdi. Lekin, uyiga kelgan bu ikki mehmon ayolni tashlab ketib bo‘lmasdi. Ikkisi ham nimadir to‘qir, gaplashishni ham unutmasdi. Biri to‘qiyotgan narsasining tugunlarini sanay boshladi. Qarshisidagi xotin bundan xabarsiz edi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:23:47
— Ertaga, Fotima xonimlarnikiga kelasizmi? — dedi. Javob bo‘lmagach, boshini ko‘tarib qaradi, tugun sanamoqda.
Savolni takrorladi. Ayolning fikri hisoblash bilan band edi. Tugatib qaradi:
— Bir narsa dedingizmi, ish bilan bo‘lib yaxshi tushunmadim, uzr, sanayotuvdim-da, — dedi.
To‘g‘ri. Hisoblayotganda tinglayolmaydi, tinglasa hisoblayolmaydi. Bir insonning fikri-zikri, kasbi bir onda ikki narsaga mashg‘ul bo‘lolmaydi. Biri bilan mashg‘ul ekan, boshqasini unutishga majbur. Munavvar mana shu fikr ustida to‘xtalib qoldi. Shu paytda soxtakor ekanini yaxshi angladi.
Ha, Munavvar soxtakor edi. Namozda tili zarur, lozim bo‘lgan oyat, takbir, tasbehlarni takrorlar, dili esa namozga mutlaqo aloqasiz narsalarga mashg‘ul edi; uy supurar, kir yuvar, ovqat pishirar, liboslarining so‘kiklarini tikar, namozidan tashqarida bo‘lardi. Ajablanarli tomoni bu ahvolni namoz o‘qish hisoblab, Munavvar o‘zini aldardi. Mana, shu soxta namoz. Demak, bunday namoz o‘quvchi kim bo‘lishi ma’lum. Alloh huzurida turib hushsiz o‘qigan namozlaridan uyaldi. Necha yillar bu ma’naviy huzurdan bebahra qolganidan o‘kindi. Natijada uni soxtakor atab, bilmasdan o‘zini o‘ziga tanitgan qaynonasini duolar qildi.
Munavvardagi axloqiy o‘zgarishlar asosan shundan boshlandi. Noto‘g‘ri ishga qo‘li, noto‘g‘ri so‘zga tili bormay qoldi, bunga ko‘ngli rozi bo‘lmas, qandaydir ichki his jilovlab turardi. Bir soat avval Alloh huzurida turganini, bir-ikki soat keyin yana turajagini o‘ylar, ko‘nglini bir soat avvalgiga nisbatan kirli ko‘rsatishga Parvardigordan uyalar, buni muruvvatsizlik hisoblardi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:23:53
Bir kun Parvardigori:
— Senga pokiza qalb ato etdim, nechun dog‘ tushirdint? Ne uchun omonatimga xiyonat etding? — deya hisob-kitob qilajagini o‘ylar edi. Munavvar bularni o‘ylar ekan, ko‘nglida yolg‘on so‘zlash, mish-mishga o‘rin qolmadi.
Munavvarda g‘ayriinsoniy harakatlarga nisbatan insoniy muomala bilan javob qaytarish, uyga ikkinchi kelin kelishi bilan boshlandi. To‘g‘rirog‘i, qaynonaning fikricha, uning istagini kelini bo‘yin tovlamasdan bajarishi kerak. Munavvar shunday edi. Ikkinchi kelinni ham Munavvarday egib, bukib olmoqni istardi. Bu uning tabiiy haqqiday, hatto boshqasini xayoliga ham keltirmasdi. Qiz bola ba’zan o‘z onasidan tanbeh eshitadi-ku, qaynonadan ko‘proq eshitishi tabiiydek edi go‘yo. Ne bo‘lsa-da, qaynonalikiing ham alohida, o‘zicha sharafi bor.
Ikkinchi kelin kelganiga, oradan o‘n besh yigirma kun o‘tguncha qaynonasi shunday fikrda edi.
Inson ko‘pincha yaxshilikning qadriga yetolmaydi. Unutadi. Lekin musibat, esini joyiga tushirib qo‘yadi. Shu jihatdap musibat rag‘batga loyiqdir!
Munavvarning qaynonasi uchun ham bir musibat kutilgandek edi. Keldi. Qaynona xonim Munavvardan yaxshirog‘ini ko‘zlab yurganida, Munavvarning qadrini bildirib yangi kelin keldi. Qo‘lini o‘pish o‘rniga yuziga tupurilgan, salom berish yoki alik olish o‘rniga so‘kish eshitgan, haqoratlangan odam qanday holga tushsa, qaynona ham shunday holga tushdi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:23:59
Qaynona dovdirab qoldi. Munavvar salomatga o‘xshasa, yangi kelin, yumshoq qilib aytganda naq xastalikning o‘zi edi. Sihatlik qadrlanmagan, uning o‘rniga xastalik bosh ko‘targan edi. Behalovat holat tinchlikning qadrini bildirib qo‘yadi. Munavvar qaynonasini har jihatdan mamnun etadigan bir fazilat egasi edi. Lekin noshukr qaynona undan mamnun bo‘lmagandi. Buning evaziga balo-ofat kelgan edi. Ko‘raylik-chi nima bo‘lar ekan?
Munavvardan mamnun bo‘linmadi? Shundaymi? Yo‘q. Chunki tongdan shomgacha ish bilan mashg‘ul. Axloqidan shikoyat bormi? Bu masala ozgina tafsilga muhtoj. Aslida, agar o‘ziday yuzlab qaynonaning faqat yaxshi taraflarini yig‘salar ham bir Munavvar chiqmasdi. Ertadan-kechgacha mish-mishdan, g‘iybatdan zavqlanadigan xotinlarda qanaqa fazilat bo‘lsin? Ulardagi qiymatli bir narsa — faqat onalik shafqati. Biroq bu shafqat hayvonda ham bor. Bu shafqat tufayli ona bolasini emizadi, asrab-avaylaydi. Qo‘y suruvdan ajrab daladan qaytarkan, yelinlariga to‘lgan sutni qo‘zichog‘i tezroq emsin deya yuguradi. Lekin bu xotinlarning bir xususiyati bor, o‘g‘li uchun atalgan mehrga sherik bo‘lgan kelinini raqibday ko‘rib, shunga yarasha muomala qilishadi. O’zini g‘iybatchi xotinlardan himoya qilgan Munavvarga ham shunday qaraldi. Bu ayolning dardi nima? Munavvardan nima istaydi? Hech narsa istamaydi, Shunchaki vaysaqilik, ezmalik va ko‘ngil halovati. Negaki, ona-bola mehr-muhabbatiga sherik chiqib qoldi. Yanayam to‘g‘rirog‘i, o‘g‘limni mendan sovutadi, degan his shunchalikka olib keldi. Shu sabab kelgan-ketgan Munavvar haqida bo‘lar-bo‘lmas so‘zlar eshitar, Munavvar qanchalik ochiq chehra bo‘lmasin qanchalik qaramasin, bari bir uyulgan qovoqni ko‘rdi, yomon so‘z eshitdi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:24:05
Ko‘raylik-chi, endi nima bo‘larkin? Yangi kelin ham shunday munosabatda bo‘larmikan? Qaynona xonim shu zavqli hayotini davom ettira olarmikin?
Bu savolga kelinning dastlabki besh-o‘n kunlik turmushi javob berolmaydi. Ammo ishning chappasiga ketayotganini ko‘rsatuvchi alomatlar sekin-sekin namoyon bo‘lmoqda edi. Ilk kunlardayoq, qanday ish yuritishini tushuntirayotganda: "Hasbunalloh va ne’mal vakil", deganday bosh chayqab qo‘yishi shunday hollardan edi. Bu hol qaynonaning asabiga tegar, lekin bir oy o‘tmasidan g‘avg‘o chiqarmaylik degan o‘yda jim qolardi.
Bu vaziyatda Munavvar o‘zini qanday tutdi? Bundan avval qaynonasining yomon muomalasiga yaxshi javob-hurmat ko‘rsatdi. Haqsiz gaplarni onaning qiziga aytgan samimiy tanbehlari deya qabul qildi. Lekin endi uyga boshqa kelin tushdi. Vaziyat yanada nozik, noqulay ko‘rinish oldi. Yangi kelin tishli-tirnoqli edi. Osongina taslim bo‘la qolmasligini, qaynona qahriga loyiq javob berishi mumkinligini sezdirdi. Kichik bo‘lsa ham, yoshiga yarashmagan g‘alati qaysarlik, qo‘rslik va o‘jarlik bor edi yangi kelinda.
Bu o‘rinda Munavvar o‘zini bir oz tortib turishi, meni yoqtirmagan qaynonam endi bu yog‘ini totib ko‘rsin va o‘zidan ko‘rsin qabilida ish tutishi mumkin. Biroq: "Mana endi mening qadrimni biladi, qanday yaxshi bo‘ldi", degan fikr uning axloq daftarida yo‘q edi. Uning maqsadi — yaxshi turmush. Shu sababli yana fazilat yo‘lidan ketdi. Tez orada qaynona-kelin orasida chiqishi aniq bo‘lgan ko‘ngilsizliklarning oldini olishi yoki iloji boricha kechiktirishi kerak edi. Vaziyat shuni ko‘rsatib turardi. Oldini olsa-ku yanada yaxshi, hech bo‘lmasa, yengillatishga, yaxshilashga urinib ko‘radi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:24:12
Ovsin bilan birga qilinadigan yumushlarni Munavvarning o‘zi jimgina bajaraverdi. Tongda har kungidan va kelinposhshadan bir oz oldinroq turib bog‘ni supurdi. Nonushta qilar-qilmas bir gap bo‘lmasin deya idish-tovoqlarni, kir-chirlarni yuvdi.
Bu holni ko‘rgan qaynonasi:
— Munavvar, navbat bilan yuvinglar. Bir kun sen, bir kun Komila yuvsin, — dedi.
— Mayli, ona. Bugun men boshlayveray-chi.
Lekin har kun navbat uniki edi. Va bu holdan u xafa bo‘lmadi. Bu ne ko‘rgilik, faqat men ishlayman, demadi. Bir kun qaynonasi Komilaga:
— Qani, Komila, mana buni yuvib qo‘ying, — deyishi bilan janjalning birinchi pardasi ochilganday bo‘ldi. Kelin xonim:
— Men qiladigan ishni sizdan o‘rganmoqchi emasman. Qilmoqchi bo‘lsam, o‘zim turib qilaveraman, — deb gap qaytardi.
— Xo‘sh, bo‘lmasa nimaga qilmayapsiz?
— Buning sizga aloqasi yo‘q. Nima qilishni o‘zim bilaman.
— Menga aloqasi bo‘lmasa, kimga aloqasi bor, qizim? Bu uyga nima uchun keldingiz?
— Har holda sizga cho‘rilik qilish uchun emas! Ishning bunday tus olganini ko‘rgan Munavvar:
— Ona, bugun mening navbatim. Komila, ertaga qilar, dedi.
— Qizim, har kun navbat sizniki bo‘lmaydi-ku. Hammasini siz bajaryapsiz.
— Mayli, ona. Bugun men boshlayveray... Gap to‘xtadi. Munavvar barcha ishni o‘zi qildi, janjalning oldi olindi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:24:18
Asrdan keyin qaynona qo‘shnilar uyiga chiqib ketdi. Ikki kelin uyda qoldi. Komilaga bir oz nasihat qilish maqsadida:
— Komila, bugun janjal chiqishiga sal qoldi-ya, ehtiyot bo‘ling, singlim, — dedi Munavvar.
— Chiqsa nima bo‘pti? Ko‘rqarmidim undan?! Munavvar sekin davom etdi:
— Maqsad — yaxshi turmush, janjal emas, bu inson bizning onamiz. Kattadan yomonlik chiqmaydi. Sizga yaxshilikdan boshqa narsa istamaydi. Ona qiziga baqiradi, yaxshi-yomon so‘z aytishi ham mumkin.
Komila kelin bu uyda istaganini ko‘rmadi, izlaganini topmadi. Bir kelin borligini eshitgach, qaynonani qayirib olamiz, degan o‘yda edi. Munavvarning fe’li bu o‘yga muvofiq emasligini ilk haftadayoq tushundi. Bu gal ikkisining haqlarini birdan berib qo‘yishni mo‘ljalladi. Faqat qaysi biridan boshlash kerak?
Munavvar sokin va xotirjam ohangda so‘zladi. "Ishni bundan keyin boshlash ma’qul". Munavvarni ortiq tinglamadi.
— Qayoqdan bizning onamiz bo‘lsin?! Qaynonaning ona deyish odat bo‘ldimi deyman?!
— Odat emas, singlim. Agar turmushingiz yaxshi bo‘lishini xohlasangiz, ona deb bilasiz. Menga quloq solsangiz, sabrli bo‘ling. Yomonlik qilganga yaxshilik qiling. Insondan yaxshilik, insoniylik qoladi. Albatta kelin bo‘lish oson emas. Ota uyidagi rohat borgan joyda topilavermaydi. Qovoq solsa, kulib qarang. Dag‘al gapirsa, yumshoq javob bering. Hiyla qilganga, yaxshilik qiling, oxiri baxayr bo‘ladi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:24:24
— Xo‘sh, siz shunday qildingizmi? Qaynona qo‘pol muomala etganda siz uni ona bildingizmi, sabr etdingizmi?
Munavvar bu savolga javob bermadi. Sukut saqladi. Kelin davom etdi:
— Boshqaga o‘rgatish oson. Ammo amal qilish qiyin. O’zingiz amal etmagan ishni menga qil deyishga uyalmaysizmi? Siz oqlovchimisiz? Ikkingiz bir bo‘lib meni ezmoqchimisizlar? Men hayvonday ishlarmishman-da, xonimlar istirohat qilmoqchi emishlar. Yana ona-bola bo‘larmishmiz.
Ovoz balandroq ko‘tarildi:
— Menga qarang! Hushingizni yig‘ing! Men o‘zimni ezdirib, xor qilib qo‘ymayman. Shunday qaynonaga yolg‘ondan cho‘ri bo‘lib, meni ham shu ko‘yga tushirmoqchimisiz? Haddingizdan oshmang. Bugungacha jim yurdim, sabr etdim.
Munavvar bu surbetlik oldida jim turishni ma’qul ko‘rdi. Lekin kelinning og‘zi hali zamon yopiladiganga o‘xshamaydi.
Dag‘al ohangda amr etdi:
— Bugundan boshlab bu uyda biror ishga aralashmaysiz. Sizga birinchi tanbehim shu.
Nima demoqchiligini Munavvar anglay olmadi:
— Tushunmadim, Komila...
— Tushunmaydigan joyi yo‘q. Bugundan boshlab bu uyda ishlamaysiz.
Vo ajab! Shu kungacha qo‘lini sovuq suvga urmagan Komila barcha ishni o‘z zimmasiga olmoqchimi? Yo‘q, ololmaydi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:24:31
Uyning butun ishlarini unga yuklab, o‘zi bir chekkaga chiqib o‘tirish xonimning qo‘lidan kelmaydi. Darhol e’tiroz etdi:
— Bo‘lmaydi. Barchasini sizga topshirib, o‘zim qarab turolmayman. Birga bajaramiz.
Bu gapni yangi kelin anglamadi:
— Qanday qilib, barcha ishni menga qoldirarmishsiz?
— Men ish qilmasam, barcha ish sizga qolmaydimi? Kelin qahqaha otdi.
— Tentak, ikkimiz ham ish qilmaymiz.
— Unda kim, bajaradi?
— Qaynonam. So‘ng masxaraomuz qo‘shib qo‘ydi:
— Ya’ni sizning onangiz.
— Yo‘q, bunaqasi bo‘lmaydi.
— Shunaqayam bo‘ladi-ki!...
— Siz ishlamoqchi emassiz, shundaymi, bir chetga chiqib turmoqchisiz? Ammo men ishlayman. Mendan yigarma yosh katta odamni ishlatib qo‘yib, qarab turolmayman. Xudoga shukr, vijdonim bor.
— Vijdoningizni qarang-u! So‘ng buyruq ohangida dedi:
— Men ortiqcha nozu karashmani ko‘tarolmayman. Nima desam, shuni bajarasiz. O’zingizga zarar bo‘lishini istamasangiz, so‘zimni ikki qilmaysiz. Yo‘qsa, o‘zingizdan ko‘ring.
Kelinning surbetligi oshib borardi. Yaxshilikni anglamagani yetmaganidek, birovni ham yo‘ldan urib, zo‘ravonlik qilib izmiga solmoqchi. Yoshi kichik bo‘lsa-da, Munavvardan sal bo‘ychanroq edi. Janjal-to‘polon ichida o‘sganga o‘xshaydi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:24:37
Munavvar yana past kelib, gapni uzoqdan boshladi, yumshoq ohangda dedi:
— Men bu uyda shunga o‘rgandim, boshqacha ish tutolmayman. Kelinning ko‘zlarida g‘azab chaqnadi. Hayqirdi:
— Tutasan dedim, tutasan!
Munavvarning yuziga shapoloq tushirdi. Uch shapoloq yegan Munavvar nima qilarini bilmay dovdirab qoldi. Bir odim chekindi.
— Nima bo‘lyapti, Komila.
— Nima bo‘lyapdi deydi-ya, tag‘in!
Shunday deya shiddat bilan qaytadan qo‘l ko‘tardi. Munavvar chaqqonlik bilan uning qo‘lini tutib, to‘sqinlik qildi. O’zini zo‘ravonlik bilan yo‘ldan urmoqchi bo‘lgan bu ayoldan tayoq yeb, jimgina ketaverish har qalay insoniylik alomati emas. Unga saboq bermoq kerak, chunki nasihat bilan, yaxshilik bilan qabul qilmadi. Hamma ishni qaynonaga qoldirishni buyurdi, Munavvar ko‘nmagach urushga otlandi. Xudo biladi, qo‘yib bersa, ikkinchi-uchinchi galda qaynonasini urishga buyruq berar, e’tiroz etsa, yana kaltaklashga tushar?! Shu sababdan ushlab olgan qo‘lini qo‘yib yubormadi va:
— Odob saqlang, — dedi.
Kelin qutulmoq uchun tipirchiladi:
— Qo‘yvor, keyin dabdala qilaman seni! — deya baqirdi va ikkinchi ko‘li bilan urmoqchi bo‘ldi. Munavvar ikkinchi qo‘lini ham qattiq tutib turdi. So‘ng o‘z holiga qo‘ydi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:24:43
— Komila, mayli sizni kechiraman. Oldimdan keting, — dedi. Kelin jahlga mindi. Tinglamadi, yana urishmoqchi bo‘ldi. Faqat yuz-ko‘ziga chaqmoqday tushgan shapaloq uni dovdiratib qo‘ydi. O’zini tutib yana hujumga o‘tdi, bu safar ustma-ust ikki shapaloq tushgach, esankirab qoldi. Chunki bu avvalroq urgani uchun olingan o‘chgina bo‘lmay, haqiqat uchun tushirilgan zarba edi. Kelin takror hujumga o‘tmoqchi bo‘ldi.
— Komila, siz uch marta urdingiz, men ham. Keling yarashaylik xohlasangiz, yana bir marta oshiqcha uring.
Kelin e’tibor bermas, uraman-o‘ldiraman deb uyatli so‘zlar bilan haqoratlardi. Munavvar bu so‘zlar ta’siriga berilmadi. O’zini bosib olgan edi. Shu sababdan uni o‘z holiga qo‘yib, tashqariga chiqa boshladi. Lekin bexosdan sochlari tortildi. Qattiq og‘riq sezgach, odamgarchilikni bilmagan bu kelinning adabini berib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Bu orada Komila Munavvarning sochlarini tortib silkitardi. Sochlari tubidan sug‘urilgandek og‘rir, ko‘zlari yoshlanar, qo‘llari bilan uning bilaklarni siqardi. Qattiq siqdi. Nihoyat barmoqlari bo‘shab, sochlari bu iflos qo‘ldan xalos bo‘ldi. Bilaklari biroz jonlansin deya indamadi. Qo‘llari darmonsiz paytda urishmoq muruvvatdan emas, deb o‘yladi. Lekin kelin takror tashlanib krldi. Munavvar uni yana tutdi.
— Tashvishlanma, yana urishamiz. Faqat qo‘llaring og‘ridi. Bir oz dam ber.
Lekin hirs Komilani qo‘zg‘ar, haqoratlab, tashlanar edi. Qarab turishdan foyda yo‘q.
— Tinchimadingmi, mana ol, tinchi! Tipirchilashi, tashlanishiga qaramasdan shapaloq ostida Komilaning vujudi holsizlanib, yana ustma-ust tushgan zarbadan darmoni qurib, chayqalib qoldi. Munavvar uni quchoqlaganday bukdi va ostiga bosib oldi. Urush uchun emas, tavba qildirmoq uchun shunday qildi. Komilaning tarbiyaga muhtojligi kunday ravshan edi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:24:49
Nihoyat tarbiyaning birinchi darsi uchun shuni kifoya bilib to‘xtadi va tashqariga chiqdi. Oqshom yaqin edi. Qaynonasi qaydandir keldi. Oshxona tomonga o‘tdi. Kelin borib yuz-qo‘lini yuvdi. Munavvarning yonidan o‘tayotib:
— Ko‘rsatib qo‘yaman, senga — deya ming‘illadi.
— Nasihat qildim-tushunmadingiz, odobsizlik qilib oxiri kaltak yedingiz. Agar aqlingizni yig‘ib olmasangiz, biling-ki, bu boshlanishi. Ikkinchi martasida yomon uraman. Tayoq bilan tarbiyalash sizga yoqadiganga o‘xshaydi.
Kelin mag‘lubiyatni hech qabul qilolmayotgan edi.
— Kim kimni uradi, ko‘rasan, nimalar qilarkanman seni. Hech narsa qilolmasdi. Qo‘lidan po‘pisadan boshqa hech narsa kelmasdi.
Birinchi ishni uning aytganlarini bajarmasliqdan boshladi. Nima deyapsan, demadi. Eshitmaganday turdi. Bilmaganday yurdi. Maqsadi — uni hurmat qilmasligini bildirmoq. Ba’zan hatto uning aytganlarining tamoman teskarisini bajarardi. Qaynona janjallardan xabarsiz edi. Kelin borib meni Munavvar urdi, deyolmasdi. Munavvar esa maqtanmaydi.
Munavvar bilan bo‘lgan ikkinchi janjaldan keyin chamasi yigirma-yigirma besh kunlar o‘tdi. Uyda yangi kelin va qaynona orasidagi vaziyat nihoyatda tarang tortilgan bir payt. Go‘yo ikki kelin orasida endi bunday hol yo‘qday ko‘rinardi. Lekin yangi kelin va qaynona bir-birini ko‘rganda ho‘rpayishardi. Aslida bu holatning mag‘lubiyat eshigida qaynona turardi. Jangda g‘olib chiqish uchun emas, bir oz kechroq taslim bo‘lish uchun qo‘lida qolgan qurol-yarog‘lardan foydalanayotgan yarador jangchi holiga tushgandi. Ne qilarini bilmasdi. Bugunga qadar bir gapini ikki qilmagan katta kelinidan yordam umid etolmasdi. Uning xonimlik sha’niga, tarbiyasiga endi tan berar, dildan qadrlar, ammo endi buning qanday foydasi bor?! Bugungacha uni xafa etmoqdan, kelgan-ketganga g‘iybat qilmoqdan boshqa unga ne karomat ko‘rsatdi-ki, bugun undan ikkinchi kelinga qarshi yordam so‘rasin? Yordam so‘rasa: "Yaxshilikka yomonlik qilib, endi yordam so‘rashga uyalmaysizmi?" demaydimi? Shunday desa, yana ne kuyga tushadi?
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:24:57
Bugungacha Munavvardan yomonlik ko‘rdimi? Yo‘q. Ammo u ham kelin. Hech bir kelin qaynonani himoya qilib, boshqa kelinga qarshi chiqqanmi?! Shuning uchun Munavvardan foyda yo‘q. Endi faqat o‘g‘li qoldi. Ammo o‘g‘il... uylanganiga bir hafta o‘tmasdanoq qorasini ko‘rsatmay qo‘ydi hisob. Faqat ishga ketayotib:
— Xayr ona, — deydi, xolos. Xotinining qovog‘i uyulsa darhol:
— Komila, nima bo‘ldi? Xastamisan, — deb tipirchilab qoladi. Vo ajab! Agar onasi xastalansa, shunday zahmat chekarmikan? Yaxshiyam xasta bo‘lib, ularning qo‘lida xor emas. Ilgari boshqacha edi bu o‘g‘il. Kelin gah deya qo‘liga qo‘ndirib oldi. Begona bir qiz kelib uni o‘ziga bo‘ysundirib olganini tushunolmasdi. Tunov kun bozorday bir to‘rvachada narsa keltirib, Komilaning qo‘liga tutqazdi. Keyin bilsa, uzum ekan. Ko‘rsatmasdan nelar qilishadi, nimalar yeymshadi? Kim bilsin? "Ona, sizga mana shuni olib keldim", deb biror narsa bermaydi. Qo‘lidagi narsalarni, xalta-to‘rvalarni Komilaga berar-bermas to‘g‘ri hojatxonaga shoshildi. Axir odam yorilib ketmaydi-ku. Besh daqiqa keyin borsa ham bo‘lar edi. Uyga olinishi kerak bo‘lgan narsalarni ham kelindan so‘raydi. Onadan so‘rash lozim emasmi? Ikki kun avval kelgan kelin oldida ne degan odam bo‘ldi? Odam o‘rnida ko‘rishmi bu? Oldin onaning hurmatini o‘rinlatish kerak emasmi? Onasining yoniga o‘tirib: «Qalaysiz, keliningiz bilan chiqishyapsizlarmi? Yo shikoyatingiz bormi? Odobsiz bo‘lsa menga bildiring, kulog‘ini cho‘zib ko‘yaman!» — demaydimi? O’g‘il shu paytgacha hech bo‘lmasa, bir-ikki marta xotinini ozorlashi, ko‘z oldida musht o‘qtalib tayoq ko‘tarishi kerak emasmidi? «Aqlingni yig‘. Agar onam zig‘ircha igikoyat qilsa yoki qosh chimirsa, o‘zing. bilasan, ko‘radiganingni ko‘rasan», demaydimi?
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:25:04
Ne o‘ylar, ne safsatalar aylanardi qaynonaning boshida. Endi uning yangi onasi bor. Kelgan-ketganida otilib turib: «Marhamat ona, buyuring ona!» deb joy ko‘rsatadi, qo‘lini o‘padi. Uning oldida o‘z onasi kim bo‘pti. Yillar bo‘yi yuvib-tarab o‘stirgan qizini bergan ayoldan qimmatli bo‘lisharmidi onasi?! Nega o‘g‘li kelinning qilmishlarini tekshirib ko‘rmaydi? Qisqasi, kelin o‘g‘lini xohlagan maqomiga o‘ynatadi. Kelinini qayirib olishga hech ko‘zi yetmasdi. Oh, bir oz yosh bo‘lsaydi, kuchi yetsaydi boplab adabini berardi-ya kelinning. Endi nima qilsin? Ba’zan ertalab chiqib ketib, tushgacha vaqtini qo‘ni-qo‘shnilarnikida o‘tkazadi. Ba’zan uyga kelganlarni qistab o‘tqizar, ketgani qo‘ymas, dardini to‘kib soladi. Lekin bir kuni bu ishi ham teskari natija berdi. Nari-beri so‘zlaganlarini g‘iybatchi xotinlardan biri keliniga yetkazdi. Kelin kelib og‘ziga kelganini shang‘illadi:
— Yana bir bor men haqimda boshqalarga yomonlab gapirganingizni eshitadigan bo‘lsam, o‘zingizdan ko‘ring, — dedi. Ogohlantirdi.
Bugungacha odobsizligi bilan jonini zada qilgay kelinidan har narsa kutsa bo‘ladi. Hozirgi qilig‘i holva. Uni pnsofga chaqirish yo‘llarini topolmadi. Yana bir urinib ko‘ray deb, ikki og‘iz gapirmasidan, so‘zi og‘zida qoldi.
— Yana xo‘jayinlikmi? Nasihatingizni boshqa vaqtga qoldiring. Bugun jonim chiqib turibdi. Men sizga nasihat tinglaydigan vaqtni aytaman, o‘shanda boshlarsiz, — deya ermakladi. Bir gal qaynona sinab ko‘rish uchun:
— Qiliqlaringning hammasini o‘g‘limga aytaman, nima qildirishimni ko‘rasan, — deyishi bilan kelin qahqaha otdi:
— Bizning tilimiz yo‘qmi? Ayting, kim tayoq yeyishini o‘shanda ko‘ramiz, — deb javob berdi. Keyin biroz jiddiylashganday:
— Sizga bir narsa aytaymi, sevimli onajonim? Bunday ishlarga yaqinlasha ko‘rmang. Agar erimdan bir gap eshitadigan bo‘lsam jazosini ortig‘i bilan qaytaraman. Aytganingizga pushaymon qildiramap, — dedi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:25:15
Vaziyatdan o‘g‘lini xabardor qilmoqchi edimi? Yo‘q, buning imkoni yo‘q. Kelinga po‘pisa qilib qo‘ymoqchi edi, xolos. Lekin bu ham behuda ketdi. Katta o‘g‘liga ham bir narsa deyolmasdi. Desa-chi? Borib ukasinipg xotinini urmaydi-ku. Nari borsa, ukasiga aytadi, ukasi xotiniga, aylanib zarari yana o‘ziga qaytadi. Qaynona ne qilarini bilmasdi. Munavvar unga achinardi. Bir kuni kichik kelini eri bilan onasining uyiga ketgach, erkin nafas olayotgan qaynona yoniga Munavvar kelib o‘tirdi. Muhim masalani gaplashmoqchi.
— Ona, siz bilan biroz gaplashib o‘tiraylik, — dedi. «Ona» so‘zi qaynonaga xush yoqdi. Kichik kelindan bunday so‘zni eshitish amrimahol. Ba’zan «qariya», ba’zan «kampir», deb kamsitadi, ba’zan, masxaralab «sevimli onajonim», deydi. Komilaning oldida Munavvarga chindan tan berardi. Dardli edi, dardli bo‘lganidan umidsiz edi. Uningcha hech iloj qolmagan. Suhbatdan ne naf? Boshini «Hayhot, hammasi tugadi», deganday tebratgach:
— Nimani gaplashamiz, qizim? — dedi.
— Uydan turmushning toti ketib qolmadimi ona! — dedi. Qaynonaning ko‘zlarida yoshlar yiltilladi. Ro‘molchasi bilan artdi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:25:22
— Nimalar dedingiz, qizim? Kanaqa turmush? Kundan-kunga kunlarimiz qiyin kechmoqda. Kundan-kunga battarlashmoqda. Ko‘rmayapsizmi, ona-boladay yashagan kunlarimiz qani?
To‘g‘ri so‘zlardi qaynona. Ona-qizday yashadilar. Ammo o‘sha hayotda o‘ziga qanday foydasi tegdi. Agar kelini Munavvar sabr etmasa, ona-boladay yashashlari mumkin edimi?
— Ona, birgalashib biror chorasini topamiz.
— Qanaqa chora topilardi, qizim? Ko‘rmaysizmi, nima desangiz, betga chopadi. Quloqsiz xilidan ekan. Gapni tinglamaydi.
— Ruxsat bersangiz, bu ishni o‘zim hal qilaman.
— Qanday qilib qizim? Biror kimsa eplaydigan narsa emas.
— U yog‘ini menga ko‘yib bering. Faqat bundan so‘ng indamang. Uni qil, buni qil demang. Nima qilishi kerak bo‘lsa, men bajaraman. Siz faqat kuzating.
— Siz bilan urishsa, sizni ursa-chi qizim?!
— Ursin. Meni urmasa, sizni uradi.
— Mayli, bilganingizni qiling.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:25:29
* * *

Bir kundan so‘ng... Kichik kelinning qovog‘i odatdagidek soliq. Har kungiday hozirlangan dasturxon atrofiga kelib o‘tirdi. Nonushtadan keyin doimiy odatiga ko‘ra bir-ikki soat qaytib chiqmaydigan bo‘lib xonasiga kirib ketdi.
Bugun qaynona Munavvarning taklifiga binoan ishga aralashmaydi. Ikki kelin yuzma-yuz keladi. Yuvvosh Munavvar bilan badjahl, o‘jar Komila orasida maroqli tomosha bo‘ladi. Komila Munavvarning so‘ziga kirmasliga sababli janjal chiqishi aniq. Dasturxondan turib bir chetga o‘tib olgan qaynona hayiqardi.
Munavvar ovqatini yeyar-emas, uyiga kirib ketgan kelin ortidan:
— Komila bir daqiqa chiqasizmi? — deya chaqirdi. Qaynonaning xayoliga janjal keldi, sochlari yulingan kichik kelin ostida chirpingan Munavvar ko‘z oldiga keldi:
— Ehtiyot bo‘ling, janjal qilmang, — deya yolvordi. Munavvar javob bermagan kelinni yana balandroq ovozda chaqirdi.
— Komila, bir daqiqaga chiqing. Deraza ochildi:
— Nima deysiz?
— Bir daqiqaga chiqing, sizga aytadigan gaplarim bor.
Komila keldi...
— Nima deysiz, mana keldim? Shu dasturxonni yig‘ishtirib qo‘ysangiz. Mening tashqarida ishim bor edi.
— Xonim afandi aytadiganlari shumi? O’zlarining tashqarida ishlari bo‘lsa, mening ichkarida ishim bor. Yig‘ishtirsinlarda, keyin tashqaridagi ishlarini bajarsinlar.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:25:36
— Hammaning ham ichkarida o‘ziga xos ishlari bor. Faqatgina sizning emas. Ammo ko‘ryapsiz-ki, bu ishlarni men bajaryapman, siz uyingizga kirib olyapsiz.
— Xohlasam chiqaman, xohlasam o‘tirib olaman. Sizga aloqasi yo‘q. Ish qilishni xohlamasangiz, siz ham uyga kirib o‘tirib olardingiz. Onamiz nega ishlamaydi?
— U ishlamaydi. Ishlatmayman ham. Barcha ishlarni men qilib, siz uyda bemalol o‘tirsangiz Alloh rozi bo‘larmikan?!
— Men rozi bo‘lsam, shu yetarli!
— Komila sizga bir narsa aytaman! Bundan buyon bu uyda men qancha ishlasam, siz ham shuncha ishlaysiz. Onam ikki oy avval ishlarimizni taqsimladi, biror ish qilmadingiz. Bir kun insofga kelar, vijdoniga quloq solar dedim, bo‘lmadi. Endi bugundan boshlab har ishni teng bajaramiz.
— Bajarmasam-chi?
— Bajarishga majbursiz.
Bu orada janjal chiqishini sezgan qaynonaning yuragi qattiq urar, qo‘l oyoqlari qaltirardi. Ammo uning gapiga kim kirardi, kim quloq solardi?!
— Kim majbur etarkan, ko‘ray-chi?
— Men!
So‘ng hayqirdi:
— Tez yig‘ishtir dasturxonni, jahlimni chiqarma!
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:25:47
Munavvarning ovozidaga shiddat qaynonasini qo‘rqitib yubordi, sapchib tushdi. Munavvar Komila tomonga ikki odim otdi; zora janjalsiz bajarsa. Komilaning yuz-ko‘zidagi shishlar hali ketgan emas. Ikki marta mag‘lub bo‘lgani esiga keldi, tashlanmay jim turdi. Yana bir tomoni; agar tashlansa, sngilib qaynona oldida sharmanda bo‘ladi. Maqsad qaynonani bukmoq ekan, Munavvardan mag‘lub bo‘lishga chidash qiyin. Ammo bu holda mushtlarini tugib, itoat qilishdan boshqa chora yo‘q. Ming‘irlanib, dasturxonni yig‘ishtirishga tushdi.
— Undan keyin kirlarni yuving. Men bog‘ni supuraman, — deya buyruq berdi Munavvar. Keyin:
— Agar xohlasangiz, bog‘ni siz supuring, kirni menga qoldiring, — deb tashqari chiqdi.
Qaynona hayratlandi; shu paytgacha sassiz, sadosiz Munavvar, besh daqiqa ichida qaysar, qaytmas Komilani urish-janjalsiz taslim etdi. Albatta, qaynona avvalgi ikki janjaldan xabarsiz edi. Hayron bo‘lardi qaynona; bunday jasoratli Munavvar bugungacha qanday va nechun o‘ziga itoat etdi? Qo‘rqarmidi? «Ha» demoqni yo‘qqa chiqargandi hozirgi holat. Bu itoat Munavvarga yaxshi muomala qilganidanmi? Tamoman vijdonsiz bo‘lsaydi «Ha» deb javob bergan bo‘lardi. Qolgan birgina asos — Munavvarning yuksak xonimlik sha’ni, ayollik sharafi edi. To‘g‘ri so‘z ham, to‘g‘ri hukm ham shu! Kunlar o‘tishi bilan malak yuzli Munavvar aytgan har bir ishni istasa-istamasa Komila ado etadigan bo‘ldi. Qaynona bu darddan uzoqlashdi. Endi qaynona o‘rnini o‘z-o‘zidan Munavvar ola boshladi. Ertalabdan ishlarni taqsimlardi:
— Shularni siz bajaring, mana bularni men, xohlasangiz almashib olib yoki barobar, teng bajaramiz, — derdi adolat yuzasidan taklif etib, ixtiyoriga qo‘yib, xohishiga qarardi. Komila istar-istamasdan itoat etardi. U sekin-asta ishga o‘rgangan sayin Munavvarning ham chimirilgan qoshlari joyiga tushib, sekin-sekin yuzi yorishib borardi.
Bir oycha vaqt o‘tgandan so‘ng bu uyda qaysarligi ketgan itoatli, uy ishlariga ancha qobil Komila bilan unint dag‘alligini mag‘lub etgan, go‘zal bir muomala bilan yo‘lga kiritgan Munavvar va bu holdan mamnun qaynona yashardi.
Mana, Munavvar xonimning Amina so‘raganda javob bermagan aziyat va himmatu muruvatlarga to‘la kelinlik hayoti...
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:25:53
* * *

Munavvarning butun hayotiga qaralsa, kichikligidan o‘rnak oladigan ayol ekanligi namoyon bo‘ladi. Xo‘sh, bu yetuklik, kamolot manbaining ildizi qaerda va nimada?
Maktab va ta’lim-tarbiya insonni nimalarga erishtirishi mumkin, nimalar berishi mumkin? Ba’zilarga ko‘p narsa, kimlargadir hech narsa. Munavvar maxsus tarbiya beradigan bir maktab ko‘rgan emas. Diniy tahsil ham olmagan. Chunki zamonning diniy tahsil bilan hech qanday aloqasi yo‘q edi. Hatto bir kun muallim sinfda:
— Qani bolalar, Allohdan qand so‘ranglar-chi, berarmikan? — degan, hamma qand so‘ragan, bir ish chiqmagan, so‘ngra, — qani endi mendan so‘rab ko‘ringlar-chi, — degan, bolalar undan so‘ragach, qand tarqatgandi. Shu orada bolalardan bir qo‘lini ko‘tardi.
— Nima deysan?
— Muallim, onam menga qand yegizmaydi, tishing chiriydi, deydi. Qand o‘rniga menga olma bersangiz...
Muallim shoshib qoldi. Uning maqsadi bolalarga, qand tarqatmoqdan tashqari Allohning borligi va yo‘qligi xususida bir-ikki so‘z aytmoq va natijada: «Mana undan qand so‘rasangiz bermaydi, men berdim» demoqchi edi. Lekin muammo chiqdi.Uning oldini olish uchun:
— Senga ham ertaga olma keltiraman, — deb masalani yopdi. Ammo endi ikki qator oldindagi bir qiz qo‘lini ko‘tardi.
— Nima deysan, Munavvar?
— Dugonam qand yemayapti. Boshqa hamma yeyapti. Men ham yemayman, u yolg‘iz qolmasin. Ertaga ikkimiz olma yeymiz.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:26:00
Masala cho‘zilib ketmasligani istagan muallim «mayli» dedi. Ammo olma so‘rab ololmagan bolaning xafaligi oldida, ko‘pgina do‘stlariga qand tarqatgani holda, bir bolaga olma berolmagan muallimning ko‘zbo‘yamachiligi sezildi.
Ana shunday qiyofali maktab bolalarga yaxshi axloq berishi mushkul edi. Diniy tarbiyani uyda olish ham ancha qiyin edi. Lekin onasidan Qur’on va namoz o‘qishni o‘rgandi. Ozgina bo‘lsa ham diniy ma’lumot oldi.
Munavvar, tug‘ma — fitratan pokiza edi. Fazilatlarining manbai va ildizi mana shu. Agar iste’dod yaxshi tomonga yo‘naltirilsa, bebaho inson bo‘lib, kamolotga erishadi. Shu yo‘l — Munavvarning hayot yo‘lidir. Yaxshi-yomonni nozik fahmlagani uchun shunday voyaga yetdi.
Masalan, otasi oqshomlari horib-charchab qaytganida onasi noxush qarshilardi. Xo‘sh, onasi o‘zini otasining o‘rniga ko‘yib qarasa-chi? Qanday kutib olishini istardi? Bir kun bu savolga go‘zal javob topdi.
Bog‘larida tut bor edi. Shu sabab qushlar, ayniqsa, chumchuqlar ko‘p bo‘ladi. Hatto yon devorga uya qurgan, in solgan qushlar ham bor edi. Munavvar ularni derazadan bemalol ko‘ra olardi. Bu uyalarning birida ertalabdan-kechgacha onasi va onasi keltiradigan yegulikni kutishdan boshqa narsaga yaramaydigan ikki polapon bor. Nogoh boshqa chumchuqlar sayrog‘i aro ularning ham shiddatliroq chirqillashi eshitilib qolar, bu onalari kelganidan ishorat edi. Va uyasidan oshib tushgudek talpinib: «Ona, menga bering, menga bering, ona», degandek bo‘lardi. Og‘izlar shu qadar katta ochilib ketadi-ki!.. Ona naridan-beri to‘plab og‘zida olib kelgan yegulikni bo‘lib berib, tag‘in ularga rizq axtarmoq uchun uchib ketadi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:26:09
Munavvarning otasi ham yaxshi kutib olinishi, bemalol dam olishi uchun sharoit hozirlab, birga sevinib, birga dard chekib insoniylik ko‘rsatilishi lozim emasmi?!
Onasi qovog‘i soliq holda kutib oladi, otasining ko‘nglini Munavvar ko‘tarolmaydi. Xech bo‘lmasa ochiq chehra bilan kutib olsa, otasining boshi osmonga yetmaydimi?
Bir kun devor chetida o‘rgimchakning to‘r to‘qishini kuzatdi. Tartibi yoqdi. Shu kundan boshlab uyga boshqacha bir fayz, o‘zgacha bir tartib kirdi. Boshqa kun katakdagi ikki tovuq, bir xo‘rozga don sochdi, ajabo, xo‘roz qichqirib tovuqlarni chaqirdi va ular to‘yguncha don cho‘qimay turdi. O’zidan kichiklarga yaxshi muomala qilish, o‘zidan avval ularning g‘amini yeyish lozimligini o‘shanda chuqur angladi.
Shu tariqa atrofidagi voqealardan kerakli xulosalar chiqarib, o‘z hayotiga tadbiq qilish Munavvarxonimning odatiga aylandi.
O’n to‘rt-o‘n besh yoshlarida onasi bilan qarindoshlarinikiga borishdi. Xotinlar alohida xonada. Uy bekasi:
— Qizlar bu tarafga, — deb Munavvarni boshqa xonaga oldi. Ichkaridigilar yangi kelganga bir qarab qo‘ydilar. Yana suhbatlarida davom etdilar. Munavvar tanimaydigan kimdir xaqida gaplashdilar. Libos tiktirgani to‘g‘risida. O’sha qizga qaralsa, yangi libosni kiyar-kiymas ulg‘ayganmish, hatto o‘tgan kun o‘ziga: «Olti oyki, doim bir kiyimni kiyadi», deganday qarab, labini burib o‘taverganmish. Qiz bularni dugonalariga aytgach:
— Ixtiyor menda, xohlaganimni kiyaman. U nega aralashadi. U bir libos kiygach o‘zini odam sanay boshladi. Uyalmaydi. Bir kun sharmanda qilaman. Masxaralashni ko‘rsatib qo‘yaman. Ko‘rsatmasam, odam emasman, — dedi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:26:17
Boshqa bir qiz aralashdi:
— Shunga xafamiding? Seni qara-yu men esa aslo xafa bo‘lmayman. O’tgan hafta yamoqli ko‘ylakda ichimizda ezilib turgan shu emasmidi?! Xohlasak, otamizga aytib, yangi kiyimlar oldirolmaymizmi?
Yana shu mavzuda bir muddat suhbatlashdilar. Munavvarni tanigan bir qiz:
— Sen nega jimsan, Munavvar? — deb so‘radi.
— Siz gapirayotgan qizni men tanimayman-ku, — deb javob berdi Munavvar.
Bir payt ochilgan eshikdan bir bola:
— Opa, yuring, ketyapmiz. Onam chaqiryapti, — dedi. Gap majburan bo‘lindi. Boyadan beri dugonasining o‘ziga lab burganidan tortib, boshqa turli qusurlarini aytayottan qiz:
— Menga ruxsat bering, dugonalar, — deb chiqdi. Oyoq tovushlari hali tinib ulgurmasidanoq qizlardan biri:
— Ezma: Uning-buning kamchiligini gapirishdan boshqa ishi yo‘q. Tinmay gapiradi. Osmondan tushganday, kamchiliksiz dunyoga kelganday. Shu ishlariga jahlim chiqadi. Shular ham odam bo‘ldimi?
Holbuki bu qizning o‘zi hozirgina ketgan qizni quvvatlab gapirgan edi. Ortidan g‘iybat qildi. Shunga ko‘ra, kim bilsin tag‘in Munavvar ketsa, u haqida nimalar deydi? Turib ketishni xohlardi. Bunday odobsizlar orasida siqila boshladi. Shularni o‘ylab turganida eshik . ochilib, bir xotinning boshi ko‘rindi; «Qani, ketamiz!» deganday ishora qildi. Birinchi bo‘lib ketganni yomonlagan qiz xotinning ortidan ergashdi. Ketayotib qolganlarni uyiga taklif etdi. Va’dalarini olib tashqari chiqdi. Endi yomonlanish navbati shu qizga keldi. Munavvarni taniydigan qiz so‘z boshladi:
— Tarbiyasiz. Dugonasi ketar-ketmas ortidan nimalar demadi. O’zi yaxshi bo‘lsa, har kimning ortidan gapiraveradimi?! Ertaga ko‘zi-ko‘ziga tushadi-ku. Jonajon dugonaday gaplashib ketadi. Inson do‘stining orqasidan shunday gapiradimi?
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:26:23
Munavvar boshqa tinglamadi, turdi. Onasi o‘tirgan xonaga kirdi. Yoniga o‘tirdi. Bu yerda ham g‘iybat. Uning-buning ortidan gapirish... Onasi turishi bilan bu ko‘ngilsiz suhbatdan qutuldi. Shundan so‘ng Munavvar uy ishlarini bahona qilib bunday jamoatlarda qatnashmaydigan bo‘ldi.
Munavvar madaniyatli qiz bo‘lish yo‘lida edi. Oila a’zolari bilan birga tamsil etmoq lozim bo‘lsa, bir gul g‘unchasini ko‘z oldiga keltirish kifoya. G’uncha, bandi, novdasi, yaproqlari, tikanlari bir oilani tashkil etadi. Shoxchalar, yaproqlardan, tikonlardan murod g‘uncha — gul. G’unchasiz qaralganda, mo‘lyasaldagi zavqli huzur hosil bo‘lmaydi. Shu gulg‘uncha go‘zalligi hurmatidan qo‘lga kiruvchi tikanlarga ham yomon nazar solinmaydi. Uning xushbo‘yli malhami tikan zahmini yengillashtirib, hatto unuttirib yuboradi. Yoki uning go‘zal, muattar hidlaridan atrofdagilar shu qadar mast bo‘ladilar-ki, hatto qo‘llariga kirgan tikandan xabarsiz qoladilar. Oilada Munavvar bir gulg‘unchaki, oilasy uning xush fe’li, go‘zal axloqi soyasida, kaftda, qo‘lda tutilar holga kelmoqda.
Gulg‘uncha qayda bo‘lsa, u yerni xush bo‘yi bilan gulistonga aylantiradi. Bu muattar hidlardan ko‘ngillar entikadi. Atrof ham chiroyli holatga keladi. Munavvar gulg‘unchani qanday avaylashni yaxshi biladi. Kelini Aminaga ham gulbog‘ zavqini munosib ko‘rdi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:26:33
IX

Munavvarxonim Aminani haftada bir marta, juma kunlari ota-onasinikiga olib borardi. Qaynonasi yonida Aminaning aytolmaydigan, maxfiy bir gapi yo‘q edi. Shu bilan birga u:
— Amina bugun juma, qizim, menga bir joynamoz bering, ibodatni ado etayin, — der, bir xonaga kirib, uzundan-uzoq namozini o‘qib chiqar edi.
Kelinligiga olti oycha bo‘lib qolgandi, bir gal onasi Aminadan turmushi haqida jiddiyroq so‘radi:
— Qizim, har safar yaxshiman deysan. To‘g‘risini ayt, balki mening yordamim tegar. Ering, qaynonang bilan qalaysan? Shikoyating bormi, ayt, qizim.
Amina har gal yaxshiman deb aytardi. Bu gal jiddiy bir tarzda:
— Hamma ishim yaxshi, baridan mamnunman. Lekin qaynonamning bir kamchiligi bor. Oh, shu... Bo‘lmasa...
Onaning yuragi hapriqdi:
— Nima u, qizim?
Amina jiddiyatini buzmasdan davom etdi.
— Menga qaynonaligini ko‘rsatgani yo‘q. Men kelin emasmanmi? Boshqalarday bo‘lishga haqqim yo‘qmi? Ulardan kam joyim bormi?
Onasi hech narsani anglamadi:
— Tushunmadim, qizim. Qaysi qaynonang? Qanaqa haq? Ochiqroq gapir, yuragimni siqma.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:26:43
— Hech ortimdan gapirmaydi. O’zimga yomon so‘z aytmaydi. O’g‘liga yomonlab, urdirmaydi. Kamchiligimni yuzimga solmaydi. Qizishmaydi. Nima qilay bunday qaynonani, ona?!
Aminaning yuzi jiddiy, hazil alomatlari yo‘q; «Ajabo hazilmi, rost gapiryaptimi?»
— Qizim, nimalar deyansan? Bunday fazilat qaysi qaynonada bor? Qaysi kelin shunday qaynonaga, shunday imkonga ega? Sen shundan shikoyat qilyapsanmi hali? Yo hazillashayapsanmi?
Amina onasini tashvishga qo‘ymoqchi emas. Chidolmadi.
Kuldi.
— Ah, sen qiz, menga tegishyapsan, shundaymi? — deb onasi kulib yubordi. Picha kulib olgach Amina:
— Hazillashdim, onajon. Allohga shukr, hech qanday shikoyatim yo‘q. Na qaynonamdan, na erimdan. Faqat sizlardan boshqa yashayapmiz, bu shikoyatga kirmaydi. Chunki o‘zingiz ko‘ryapsiz, har juma kelib guribmiz. Siz bilan, otam bilan ko‘rishyapmiz. Hasratga o‘rin yo‘q. Ahvolim yaxshn oulgach, nimadan shikoyat qilay, onajon?!
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:26:48
To‘ydan so‘ng uch oy o‘tgach, bunday ko‘rishish masalasini Munavvarxonim qat’iy bir qoidaga bog‘ladi. Aminani juma kunlari onasining uyiga olib boradi. Bir gal shunday taklif bo‘ldi:
— Oyshaxonim, bir taklifim bor. Aminani har hafta siznikiga olib kelyapman...
Aminaning onasi gapni bo‘ldi:
— Tabiiy, bu yer onasining uyi, har kun keling. U qizim bo‘lsa, siz opam. Shunday emasmi?
Munavvarxonim davom etdi:
— Mening aytmoqchi bo‘lganim shuki, Amina bu yerga juma kunlari kelyapti, men esa sizlarning tezroq ko‘rishib turishingizg‘i istayman. Buning u^gun siz ham haftaning bir kuni biznikiga borsangiz. Masalan, dushanba kuni. Shunda uch kunda bir ko‘rishgan bo‘lasiz. Mabodo yanada ko‘proq uchrashishni istasaigiz, marhamat, eshigimiz siz uchun doimo ochiq. Faqat o‘n besh kunda, oyda bir borayin demang, — dedi va o‘sha kundan boshlab, Amina dushanba o‘z uyida, jumada onasining uyida diydorlashuv imkoniga ega bo‘ldi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:26:58
* * *

Yusuf afandi aytganidek, Mahmud og‘a qiznni «Yaxshi bir oilaga» tushishiga sababchi bo‘lgan birodarini duo qildi. Hurmati yanada ziyoda bo‘ldi. Goh Mustafoga, goh Munavvar xonimga nisbatan qizlariga ko‘rsatayotgan insoniy muomalalari uchun ko‘nglida mehr-muhabbat uyg‘ondi.
Bir kun uyda xotini bilan suhbatlashayotib, gap Aminaning bir necha kun kelib uyda turishiga taqaldi. Onasi istardi buni. Bir-ikki kun ko‘z oldida bo‘lishini istardi:
— Mustafoga aytsangiz, bir-ikki kun keltirib qo‘ysa, — dedi. Og‘aga bu fikr ma’qul kelmadi.
— Nima qilarding, onasi, bu yerda turishidan bir foyda yo‘q. Uyida bo‘lgani yaxshi-ku. Uzoq emas, xohlaganda borib ko‘rasan. Haftada bir kelib turibdi. Xudoga shukr, shikoyat-hasratga o‘rin yo‘q. Erining uyiga ko‘ngli ilisin.
— Otasi, u yer uyi-yu, bu yer uyi emasmi? Nega unday deysiz?
— Shuning uchunki, Aminaning uyi bu yer emas. Bu yer ota-onasining uyi. Endi o‘sha yerda yashaydi, kun kechiradi, bu yerga faqat mehmon bo‘lib keladi. Biz uchun odatiy mehmonlardan emas, o‘z qizimiz sifatida keladi. Lekin uni tunab qolishiga ko‘ndirish uchun harakat qilma.
— Sizning qizingizga mehr-muhabbatingiz bormidi?
— Men qizimni yaxshi ko‘raman. Lekin uni qanday yaxshi ko‘rishimni bilmaysan. Mehr-muhabbat seningcha, bir xil bo‘lsa, menimcha yana boshqacha. Uch yoshli qizaloqni suyganday jonim, jigarim qilib erkalashimniistayman. Og‘a xotinining ko‘ziga bir qarab, davom etdi: — Men qizimni juda yaxshi ko‘raman, ammo qalban yaxshi ko‘raman. Masalan, uning bu yerda turishidan ko‘ra, erining uyida turishini istayman. Men uchun muhimi bu yerga kelib  olishi emas, balki eri, qaynonasi bilan yaxshi yashashidir. Xudoga shukr, tinch.
Mahmud og‘a gapining so‘ngida xotiniga Aminani tunab qolishga majbur qilmasligini uqtirdi. Faqat bu suhbatdan Aminaning xabari yo‘q.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:27:04
* * *

To‘ydan so‘ng oylar o‘tdi. Shu kunlarda Aminaning ko‘zi yorishi kutilmoqda. Bir payshanba oqshomi xuftonni o‘qib yotdilar. Yarim kecha. Amina yengilroq sanchishdan uyg‘ondi. «Bismilloh»ni aytdi. Sanchish davom etmadi. O’tib ketdi. Amina yana uxlash uchun ko‘zlarini yumdi. Endi uyquga ketay deganida ikkinchi sanchiq turib, ko‘zlarini ochishga majbur bo‘ldi. Shundan so‘ng Amina uxlolmadi. Mustafoni uyg‘otib onasini chaqirishini aytdi.
Mustafo bomdodni o‘qib uyga qaytganda, onasi uni ochiq chehra va mamnunlik bilan kutib oldi:
— Muborak bo‘lsin, bolam, o‘g‘illi bo‘ldik. Beadad shukr, Alloh shu kunlarga yetkazdi, — dedi.
Bir kun o‘tgach, Mustafo onasidan so‘radi:
— Ona, nevarangizga qanday ism qo‘yasiz?
— Munosib ko‘rganingni qo‘y, o‘g‘lim. Onasi bilan kelishib yaxshi bir ism topib qo‘yinglar.
— Bu uyda bizning aytganimiz bo‘ladimi?
— Bo‘lmaydimi, o‘tlim? Juda bo‘ladi. Xudoga shukr uylanding, farzandli bo‘lding. Uyning boshlig‘i sensan.
— Xo‘p; men ismqo‘yish haqqimizni sizga bag‘ishlayman, ona.
— U holda, shu to‘rt ismdan birini tanlang: Ahmad, Ibrohim, Abdulloh, Nuriddin. Bulardan qaysi birini qo‘ysangiz ham mening aytganim bo‘lgan bo‘ladi.
— Endi Aminani bir ko‘rib chiq. Go‘dakka Abdulloh deb ism ko‘yildi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:27:11
* * *

Aminaning o‘g‘illi bo‘lganini eshitgan qarindoshlar va qo‘shnilar: «Muborak bo‘lsin, qutlug‘ bo‘lsin, unib-o‘ssin», deya duolar qilib, tabriklab birin-ketin kela boshladilar. Mezbonlar: «Rahmat. Qulluq, qulluq» deb kutib olishdi. Shundan so‘ng birinchi savollari shu bo‘ldi:
— Ismini nima deb qo‘ydingizlar?
Abdulloh ismini yoqtirganlar, juda yaxshi bo‘libdi deyishdi. Mahalla imomining xotini:
— Payg‘ambarimizning (s.a.v.) otasining ismi ham Abdulloh ekan. O’tgan kun biznikilar Payg‘ambarimizning (s.a.v.): «Ismlarning eng yaxshisi Abdulloh va Abdurahmondir», deganlarini kimgadir aytayotgan edilar. Yaxshi bo‘libdi. Bundan yaxshi ism bo‘lmaydi, — dedi.
Boshqa biri:
— Endi ishlar teskarisiga kstdi. Xayolga kelmagan ismlarni qo‘yishmoqda. Hayvonlarning nomlari bilan atashmoqda, ism qilib qo‘yishmoqda. Bir oy avval opam nevarali bo‘ldi. Otini nima qo‘ydingiz, desam kelin darhol:
«Oltoy qo‘ydik, xolajonim. Qanday, yaxshimi?», deydi.
«A? Qanday yaxshi bo‘lsin, qizim? Xech bo‘lmasa Bo‘ztoy demaysizmi?», dedim. Kelin poshshaga gapim yoqmadi. Lekin hech narsa demadi. Xafa bo‘lgani yuzidan bilinib turardi. Darhol eri ko‘shildi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:27:18
«Xolam-a ja hazilkash, Evo, hazillashdilar, — dedi. So‘ng menga qarab, shundaymi, xola? Qarang Evo xafa bo‘ldi, ko‘nglini oling».
«Hazil bir yoqda tursin-u, ammo, bu ishda o‘zing hazil qilmagin, o‘g‘lim. Rostdan ham bolaning oti Oltoymi?»
«Oltoy, xola. Yo sizga yoqmadimi?»
«Yoqdi desam, yolg‘on bo‘lsa. Toy deb otning bolasini aytishadi. Qo‘yar ekansiz, hech bo‘lmasa, Qirtoy qo‘ying, el bo‘ladi, otlarning ola-qizil ranglisidan ko‘ra bo‘z bo‘lgani yaxshiroq», dedim. Yigit ham bir oz ranjidi.
Ranjisa ranjisin, menga nima?! Oltoydan ham ism bo‘ladimi? Bugun Oltoy deydi, ertaga Bo‘ztoy, indinga, Xudo bilsin, qanday toy deydi. Bir kun kelib, otlar ham qolib, boshqa hayvonlar xayollariga keladi. Kelinning ismi ham Evo emish. Yetti pushtimda yo‘q. O’zini Istambuldan topib keltiribdi. Opamdan so‘radim, kimlardan dedim, u ham yaxshi bilmaydi. Musulmonmi, boshqami?... Yigit menga bir balolarni tushuntirgan bo‘ldi. Oltoy qaylardagi bir tog‘ning nomi emish, avval bobolarimiz u yerda yashaganmish, qahatchilik, ocharchilik bo‘lgach, bu yerga kelganmish, falon-piston dedi, ammo koshki quloq solsam. Endi navbat tog‘larga kelibdi.
Boshqa bir xotin:
— Bizning bolalar qo‘ygan ismiga aql yetmaydi, singlim. Mening ham ikki nevaram bor. Er-xotin bir bo‘lib, yaxshi ism qo‘yamiz dedilar. Biriga Tongut deyishdi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:27:25
— Ikkinchisiga to‘g‘ri, durust bir ot qo‘yinglar, — dedim. O’g‘lim: «Bu bizning ishimiz, o‘zimiz bilamiz», — dedi. Bunisini Oykut ko‘ydilar. Kattasini Tahsin, kichigini Oliya deya boshladim. «Bolani hozirdan boshqa ismga ko‘niktirmang, o‘rganib qolmasin», deb jahllari chiqdi. Men ham endi bir narsa demaydigan bo‘ldim. Tilim kelmaydi, ularning ismiga, ayb emasmi, singlim.
Munavvarxonim bu suhbatlarni tinglab o‘tiribdi. Allohga shukr, o‘g‘li ular aytgan xilidan emas. Kelini ham ko‘nglidagidek. To‘rt ismdan birini qo‘ying deganida: «Yo‘q, men bunaqasnni istamayman», deyishi mumkin edi. Deya olardi. Qaynonani biror ishga aralashtirmaslik hozirgi kelinlar uchun odat holiga keldi. Shunday bo‘lmagani uchun, Allohga shukronalar aytdi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:27:31
* * *

Mustafo bu paytda o‘g‘lining otasi bo‘lish nash’asi ichida edi. Hayotidan behad mamnun edi. Munavvarxonim kabi bir ona, Amina kabi bir xonim sohibi bo‘lmoq va uch yildan beri na onasidan, na xonimidan kichik bir shikoyat eshitmaylik, buning ustiga samimiyat ichida yashashlarini ko‘rmoq bu ko‘hna Cho‘rumda necha kishiga nasib bo‘lgan ne’mat edi?! Agar bir begona odam ularning turmushini bir-ikki hafta kuzatsa, Munavvarxonim Aminaning onasimi, qaynonasimi — bilii qiyin edi.
Gul tikansiz demoq, haqiqatdan yuz o‘girmoqdir. Amina bir gul. Tikani ham bor. Tikanchalik bo‘lsin og‘riqlari, qusurlari bor. Bular Mustafonint fikricha, arzimas narsalar. Ammo bir kun Mustafo onasiga aytmoqchi bo‘ldi. Masalan, o‘tgan kun tuflisini tozalamabdi. Ikki kun avval ovqatni sho‘r qilib yubordi. Falon kun kiyimining tugmasini qadab qo‘yishni unutdi. Shunga o‘xshash bir-ikki kamchilik... Shularni gapirmoqchi edi. Munavvarxonim darhol:
— Mustafo, o‘g‘lim, sen har holda dunyoda turib jannatni talab qilayotganga o‘xshaysan. Shu ham gapmi? Senday er yigitga bu yarashmaydi. Bunday kamchilik har kimda bo‘lishi mumkin. Amina jannatdan kelgan bir farishta emas-ki, istagan narsangni istagan shaklda, istagan vaqtingda bajarsin. Yoki bunday mayda-chuyda gaplarni senga onang o‘rgatgan edimi? Sen gapirmading, men eshitmadim. Agar shularni gapirib, qizimni xafa qiladigan bo‘lsang, men ham seni xafa qilaman, — dedi. Shu bilan gap tugadi. Aslida Mustafo bu gaplarni shikoyat uchun aytmagan edi. Qani onam nima derkin, oldidan bir o‘tib quyayin qabilida ish tutgan edi. Onasining bunday fikrini bir ne’mat bilib, shukronalik bilan qabul qildi. Chunki hamma joyda azaldan kelib, abadga o‘tayotgan bir dard bor edi. Odamning ilk uylanishi bilan boshlangan va so‘nggi uylanganning uyida ham shu zaylda davom etayotgan bir dard... Har kun yangilanuvchi va boshqa bir yerdan yorib chiquvchi, kamayish o‘rniga ortib boruvchi bir dard. Qaynona-kelin murosasi dardi... O’rtadagi erkak esa o‘zi ishtirokchisi bo‘lmagan jangaing tomonlarini mamnun eta olmagan nohaq hakam...
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:27:38
Shunday hukm berilishi bilan ish bitarmidi? Ya’ni nohaqligi aytilgan tomon haqiqatni tan oladimi? Qarshi tomondan uzr so‘rab, ahvolni yaxshilashga harakat qiladimi. Aslo!
Haqiqat shuki: tushunchasi mulohazasiz tor qaynona bilan tarbiyasiz kelin orasida krlgan erkakdek mushkul ahvolga tushgan hakam bo‘lgan emas.
Hakam nimaga asosan, kimning so‘zlarini e’tiborga olib hukm chiqarsin? Bir tomonda yigirma yil zahmat chekib o‘g‘shsh o‘stirgan, cheksiz huquqi bo‘lgan ona, ikkinchi tomonda butun umidm eridan bo‘lgan o‘ziga omonat sifatida berilgan rafiqa. Ikkalasi ham norozi, ikkalasi ham o‘zini haqli deb biladi, ikkalasi ham mazlum qiyofasidagi zolim yoki zolim ko‘rinishidagi mazlum.
Hali hech bir erkak bu ikki azaliy va abadiy raqib o‘rtasida chiqargan hukm bilan ikkala tomonni xursand qila olgan emas. Chunki zolim hisoblangan aslida mazlum deyilganning zulmi bilan mazlum, mazlum ko‘ringan esa zolim bo‘lib chiqaveradi.
Bular ikki raqibdirlar: biri sharqda, boshqasi g‘arbda bo‘lsa ham janjal uchun bir-biriga eng yaqin, lekin yonma-yon bo‘lsalar tinchgina yashashlari uchun koinot qadar keladigan, masofagarni oshishi kerak bo‘lgan darajada uzoqlar.
Mustafo shularni ko‘nglidan o‘tkazar ekan, turmushida yana-da mamnun bo‘lardi. Do‘sti Orif uylanganiga o‘n besh kun bo‘ldi. Kecha tushdan so‘ng aylanib kelish uchun istirohat bog‘i tomon yurarkan uning ilk dardini tingladi. G’amgin ko‘rinar edi Orif. Biroz yurdilar. Litsey qarshisiga kelgan edilar, Mustafo:
— Orif, bugun xafaroqsan? — dedi. Orif bosh irg‘adi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:27:44
— Ha, afsuski, xafaman, Mustafo.
— Nima gap, biron nima bo‘ldimi?
— Bir nima bo‘lishi ham gapmi Mustafo? Kecha oqsho janjal bo‘ldi.
— Tinchlikmi?
— Tinchlikka o‘xshamaydi, oshna. Kecha sen bilan xayrlashgach uyga bordim. Dasturxon tayyor ekan. Ikkita likop qo‘yilgan. Alohida idishlarda ovqat yeyishga o‘rganmaganimiz dan hayron bo‘ldim. Ko‘ray-chi nima bo‘lar ekan deb kutdim. Bir mahal rafiqam qozonni keltirdi, likoplardan biriga oz, boshqasiga ko‘proq ovqat soldi.
— Nima gap? — deb so‘radim. Javob berdi.
— Endi alohida likoplarda ovqat yeymiz.
— Xo‘sh, yana bitta likop qani? Ikkita keltiribsan.
— Ikkita yetadi. Onang ana u likopdan, biz ikkalamiz bunisidan yeymiz.
Shunday deb ko‘proq ovqat solingan likopchani oldimizga tortdi. Siqildim:
— Nega onam alohida yeyishi kerak yoki nega biz birga yeyishimiz kerak? — dedim.
— U ovqat yeyishni ham zo‘rg‘a eplaydi. Biz bo‘lsak ikkalamiz birgamiz, bittamiz. Birga yeyishimizda ma’no yo‘q. Nima bo‘lganda ham u boshqa, biz boshqamiz, shunday emasmi?
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:27:51
Qanchalar ezilganimni so‘z bilan ifodalay olmayman. Dasturxon ham chirpirak bo‘lib aylanayotgandek edi nazarimda. Kelganiga o‘n besh kungina bo‘lgan xotinim menga xo‘jayin, ega chiqib, birgalashib onam bir chetta surib chiqaradigan bo‘ldik. O’zimni tutdim va so‘radim:
— Agar shu yerda mening emas, sening onang o‘tirgan bo‘lsa-yu, men uni bir tomonga ajratib, ikkalamizning birga ovqat yeyishimizni taklif qilsam, nima degan bo‘larding?
— Mening onam senikidaymi? Shunday qilishga loyiq ayolmi onam?
— Ya’ni, sening onang hurmatga loyiq, shundaymi?
— Albatta.
— Men uchun esa o‘z onam qadrliroqdir. Dunyoda undan qadrliroq ayol yo‘q.
— Shu yuzi burishgan ayolmi onam deb sevganing, Orif? Bunday g‘alati gaplarni gapirma. Xafa bo‘laman.
— Afsuski, ranjishing uchun yana bir bor takrorlayman. Qarshingdagi, sen xushlamagan keksa ayol men uchun dunyodagi jamiki ayollardan azizroqair. Men uning bir tola sochiga dunyoni beraman.
Onam gap-so‘zlarimizni hayrat va hasrat bilan tinglamoqda edi. Menga:
— Ug‘lim, kelin haq. Qo‘y, ikki kunlik umri qolgan bu kampir ovqatini alohida idishda yesin. Bu bilan bir narsa bo‘lib qolmaydi. Sizlar yaxshi bo‘lsangiz bas, — dedi.
— Yo‘q, ona, — dedim. Men tirik ekanman bu uyda mening onam xo‘rlanmaydi: Hech kim mening onamni kamsita olmaydi. Bunga hech kimning haqqi yo‘q!
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:27:57
Keyin xotinimga yuzlandim:
— Bu birinchi va so‘nggisi bo‘lsin. Bu voqeani bir shart bilan bo‘lmadi deb hisoblayman. Bundan keyin onamga qarshi harakatingni zarracha sezmay. Agar shunday biror narsadan shubhalansam, o‘zingdan ko‘r. Hozir yana bir likop keltir. Faqat bu oqshom ayaohida idishlarda ovqat yeymiz. Ertaga bunday razolatni ko‘rmayin, — dedim. Shu bilan ish bitdi.
Istirohat bog‘iga yetib kelgan edilar. Bir o‘rindiqqa o‘tirdilar. Orif davom etdi:
— Mustafo, onam bu holdan qattiq ranjidi degan fikrdaman. Chunki u dasturxondan och turib ketdi. Meni yemayapti demasin deb qo‘li taomga borib kelardi-yu ammo ovqat hech kamaymadi. Yolvordim, majbur qildim, foydasi bo‘lmadi.
— Qornim och emas edi, — deb turib ketdi. Kechqurun xotinimga qattiq tanbeh berdim. Ko‘raylik-chi, nima bo‘lar ekan. Turmush qurganimizga bor-yo‘g‘i o‘n besh kun bo‘ldi. Hozirdan shu ahvol bo‘lsa, keyinroq nima bo‘ladi? Tongda onamning ko‘nglini ko‘taray dedim-u hali turmagan ekan. Uyg‘otgim kelmadi.
Mustafo eshitganlaridan ta’sirlandi, qattiq ranjidi. Ammo nima ham qila olardi. Qo‘lidan biron ish kelsaydi, do‘sti uchun jon deb qilgan bo‘lardi.
Kechagana kelin bo‘lib kelgan ayol bu holda bo‘lsa, keyinroq yaxshi bo‘ladi deyish soddalik bo‘lar edi. Sabr qil deya olmasdi. Onasining ezilishiga sabr qilishni tavsiya etish na unga yarashardi, na Orif bunga sabr qila olardi. Bu aslida sabr emas, zulmdan ko‘z yumish bo‘lar edi. Shunday zulmki, ezilgan onasi, ezgan xotini. Shu bilan birga uni yaxshilik bilan to‘g‘ri yo‘lga solishga harakat qilishini, nasihatlar, yaxshi gaplar bilan o‘git berishini Orifga maslahat berdi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:28:04
Taskin berishga harakat qildi. Oxiri baxayr bo‘lishi uchun birgalikda duo qilaylik, dedi.
Oqshom bu voqeani eshitgan Munavvarxonim juda ranjidi. Orifdek yaxshi yigitning boshida shunday savdolar bor ekanmi deb yig‘ladi, keksa ayol ko‘rgan zulm uchun ko‘z yosh to‘kdi, qo‘llarini ochib duo qildi.
Bu voqeadan so‘ng uch kun o‘tgach Orif Mustafoga bundan-da qayg‘uliroq xabarni yetkazdi:
— Uch kunki onam nonushtaga chiqmadi. Men uxlayapti deb o‘ylab uyg‘otgani ko‘zim qiymasdi. Bugun tongda yana turmagach ko‘nglimga shubha oraladi. Ajabo, onam uyg‘oq bo‘lsa ham yonimga chiqmayaptimikin, deb xonasiga bordim, eshikni sekingina taqillatib:
— Ona, ona, — deb chaqirdim. Javob bo‘lmadi. Yana eshikni taqillatdim, chaqirdim, yana javob bo‘lmadi. Uchinchi marta taqillatmoqchi edim, xonamizning eshigi ochildi, xotinim:
— Onang u yerda emas, — dedi. Hayron bo‘ldim:
— Qaerda bo‘lmasa? — dedim va xona eshigini ochdim. Haqiqatdan ham hech kim yo‘q edi. Yotoq olib tashlangan, uy boshqacha jihozlangan edi. Hech narsani anglay olmadim. Xotinimga qarab:
— Onam qaerda? Nega bu yer bunday jihozlangan? — dedim. Xotinim o‘ta xotirjam ovozda:
— Bu yerni mehmonxona qildim. Uni bemalolroq yerga ko‘chirdim. O’ziga juda munosib joyga.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:28:10
Bu gaplarni shu qadar sokin, xotirjam gapirar ediki, hayron qolasan. Go‘yoki, uydagi bir stulning o‘rnini almashtirganini aytayotgandek befarq edi. Uyda onam uchun bu xonadan qulayroq joy yo‘q edi. Uchinchisi o‘tiradigan xonamiz edi.
— Qaerda?
— Yuring, — deb qo‘limdan tutdi. Shunda miyamda chaqmoq chaqqandek bo‘ldi. So‘z bilan ta’riflab bo‘lmas iztirob tuydim. Meni narvon tomon boshlamoqtsa edi. Narvon bilan chiqiladigan yagona joy chordoq edi. Sabr kosam to‘lgan edi. Sho‘rlik onaizorimni ko‘rish uchun tishimni tishimga bosdim, chidadim. Narvonga tirmashdim:
— Shu yerdami?
— Ha, degandek boshini qimirlatdi.
— Qachon ko‘chirding?
— Idishini alohida qiltan kunimiz o‘rnini ham ko‘chirgan edim.
Ortiq kuta olmadim. Tezda narvondan ko‘tarilib, eshikni ochdim. Chang va mag‘orli havo dimog‘imga urildi. Ko‘zlarim ko‘nikkuncha kuta olmadim.
— Ona, ona, deb chaqirdim. Ko‘rpaning ostidan ovoz keldi:
— Nima deysan, bolam?
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:28:17
Onamning ovozi edi. Ichkariga yurdim. Ko‘rgan manzaram shunday edi: onam o‘rinda, ustiga ko‘rpani tortgan, orqasini eshikka o‘girib o‘tirar edi. Ko‘rpa-to‘shak zo‘rg‘a sig‘adigan joy naridan-beri tozalangan, singan ashqol-dashqollar bir tomonga surib qo‘yilgan, atrofi changligidan oyoq bosib bo‘lmaydigan holga kelgan bu iflos yer onam uchun yotoqxona, xotinimning ta’biri bilan aytganda, munosib xona bo‘lgan edi.
Turganida boshini egmasa shiftga tegar, yillar bo‘yi yig‘ilgan chang va mog‘ordan boshqa fazilati bo‘lmagan chordoq edi onamga loyiq ko‘rilgan joy. Ko‘zlarimdan qo‘yilgan yoshlarni artib:
— Ona, bu yerda nima qilayapsiz? Qani, pastga tushaylik, — dedim. Boshini ham burmasdan:
— Sizlar pastda yashayveringlar. Bu yerda bemalolroqman, menga shu yer qulay, — dedi. Ovozi siniq edi.
— Nega menga aytmadingiz, ona? "Menga shu yerda yot deyapti", deb nega aytmadingiz?
— Nega aytay, o‘g‘lim. O’zing: "Men aytsam yaxshi bo‘lmaydi. Sen ayt, onam ovqatini alohida yesin, pastda ham yotmasin. Mening xabarim yo‘qdek chiqaversin. Mehmon kelganda siqilishib qolamiz. Men aytsam xafa bo‘ladi", debsan-ku, — dedi.
Keyin chuqur xo‘rsinib:
— Shunaqa, o‘g‘lim, — dedi. — Bir paytlar jajjigina go‘dak bo‘lganing, meni tong sahargacha uxlatmaganlaring, yuzingga birorta pashsha qo‘nmasin deb soatlab qo‘riganlarimni bilmaganliging uchun shunday qilsang ranjimayman. Shu yoshga kelguningcha bir og‘iz yomon so‘z aytdimmi? Seni o‘rtoqlaringdan uyaladigan axloq bilan ulg‘aytirdimmi? Yoki jomelarda domlalar onangizni shu kuyga soling, deb nasihat beradimi?
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:28:22
Qo‘lini ko‘tarib ko‘z yoshlarini artdi va davom etdi:
— Nima qilay. Madomiki, o‘g‘lim meni ko‘rishni istamas ekan, men o‘g‘limga ortiqcha yuk bo‘layotgan ekanman, buning haad chorasi topilar; Ikki-uch kundan so‘ng Alloh o‘lim yuborar, xor-zor bo‘lmasman deb chidayman. Sen ishingga boraver, o‘g‘lim. Yaxshi bor. Alloh ishingni o‘nglasin. Seni ikki dunyoda uyaltirmasin. Ertang buguningdan yaxshi bo‘lsin. Faqat oqshomda menga bir lampa olib kel. Tunda qorong‘u bo‘ladi, atrofni ko‘ra olmayapman.
Onamning bu so‘zlarini eshitib qanday ahvolga tushganimni tasavvur qila olmaysan. Men ham ta’riflab bera olmayman.
— Turing, ona, sizning bu yerga ko‘chganingizdan xabarim yo‘q. Men unga ko‘rsatib qo‘yaman, turing, — dedim.
— Turmayman, o‘g‘lim. Bor ishingga boraver. Sizlar pastda baxtli bo‘lsangiz, men uchun bu yerda yashash — saroylarda yashashdan afzaldir. Sen saodat ichida yashasang, men uchun eng katta saodat shudir.
Pastga qarab baqirdim:
— Sarob!
Meni yuqoriga chiqarib, o‘zi pastga tushgan edi.
— Ha, Orif!
— Bu yoqqa kel! Sarob keldi.
— Menga qara, — dedim. — Razillik ustiga razillik qilayapsan. Men qachon senga "onam shu yerda yotsin" dedim?
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:28:34
Xotinimning avzoyi birdaniga o‘zgardi:
— Nima qilaylik Orif? Menga mehmonxona kerak. Hayhotday xonani qaynonaginam egallagan, men mehmonlar qarshisida xijolatdaman. Buiday narsalarga ortiqcha e’tibor berish yaramaydi. "O’g‘lingiz shuni istaydi", deb xato qildimmi? Yoki kemshik bir kampirni deb meni ranjitasanmi? O’shanda aytmagan bo‘lsang, endi ayt.
Keyin onamga yuzlandi:
— Mana, o‘g‘lingning o‘zi aytayapti. Mendan ayb qidirma. Bundan keyin sening joying shu yerda. Ovqatingni ham shu yerda yeysan.
Menga qarab:
— To‘g‘rimi, Orif, gapirsang-chi? — dedi.
Miyamga qon quyilgan edi. Shallaqilikning, odobsizlikning bu darajasini hech kim ko‘rgan emas. Shiddat bilan hayqirdim.
— Tezda to‘shakni yig‘ishtir. Onamni o‘z qo‘ling bilan xonasiga joylashtir, — deb buyurdim. Meni eshitmadi ham:
— Nega tushar ekan? Mening uyimda qolishga qaynonamning nima haqqi bor? Chordoqning nimasi bo‘lmas ekan? — deb baqirdi.
Onamga tegishli uyga kelgan kelinning uni chordoqda yashashga majbur qilishi aqlga sig‘masdi.
— Ko‘rsatib qo‘yaman senga, tez to‘shakni yig‘ishtir, — deb u tomon yurdim.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:28:45
— Men ko‘tara olmayman. Kim keltirgan bo‘lsa o‘sha ko‘tarsin. Men bu yerda qaynonaga cho‘ri emasman. Asrandi xizmatkor ham emasman, — deb javob berdi.
Demak, sho‘rlik onaizorim o‘z uyida shunday haqoratlanish ustiga ko‘rpa-to‘shakni olib chiqishga ham majbur qilingan. Ortiq toqat qilolmadim. Xotinimga tashlandim, uch-to‘rt shapaloq tushirdim. Nima qilayotganimni bilmas edim. Onamning qo‘limdan ushlashi bilan o‘zimga keldim.
— Qo‘y, o‘g‘lim. Meni yaxshi ko‘rsang, bas qil. Xudo haqqi, bas qil, — derdi.
To‘xtadim. Keyin to‘shakni oldim va pastga tushirdim. Xonasiga yoydim.
— Ozgina hurmatsizlik qilsa menga ayting, — dedim. Uydan chiqdim. Qaynotamni qidirib topdim, voqeani aytib berdim. Oxirida:
— Sizning onangizga shunday qilishsa nima qilgan bo‘lardingiz? — deb so‘radim.
— Avvalo yaxshilab do‘pposlardim dedi. Men ham shunday qilganimni aytdim.
— Qo‘ling dard ko‘rmasin, yaxshi qilibsan, o‘g‘lim, — dedi. So‘ngra:
— Sen tush paytida uyda bo‘l. Men jomedan chiqishim bilan sizlarnikiga boraman. Bu ishni shunday qoldirib bo‘lmaydi, — dedi. Qaynotam tushdan so‘ng yetib keldi. Biroz suhbatlashdik. Keyin menga:
— Ruxsat bersang, Sarob bilan xonangizda gaplashsam, deb o‘rnidan turdi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:28:53
Sarob qovoq-tumshug‘ini osib uning ortidan ergashdi. Yarim soatcha gaplashdilar va qaytib keldilar. Qaynotam menga: "Masala hal", — degach, qiziga:
— Takror aytaman, qizim. Inson yaxshilik qilgan paytida insondir. Sendan bu uyda inson bo‘lishingni kutaman. Sen bu insoniy harakatni bajarishga, kattalarni hurmat qilishga, eringga itoat etishga majbursan. Qilasan. Yaxshilik bilan qilmasang, qanday yo‘l tutishimni juda yaxshi bilasan. Sen bugun qaynonangga yomonlik qilsang, ertaga sening boshinga undan yomoni keladi. Kelmaganda ham ertaga Alloh sendan bularning hisobini birma-bir so‘raydi. Sen bu yerda yaxshi yashasang, mening ko‘nglim ko‘tariladi, xursand bo‘laman. Bizning uyimizga kelgan kelin sening qilgashiringni onangga qaytarishni istasang sen ham davom ettiraver. Lekin shuni unutmaki, qizimning boshi majaqlansa ham qaynonasining dili og‘rishiga rozi bo‘lolmayman. Bundan keyin shunga ko‘ra ish tut.
Qaynotam shundan so‘ng qiziga:
— Oldimga tush, onangning qo‘lini o‘pib uzr so‘rab, yarashasan, — dedi.
Turdik. Birgalikda onamning xonasiga kirdik. Qo‘lini o‘pdi. Qaynotam qizining ishlaridan hijolatda ekanini, bundan keyin bunday odobsizlik qilmasligiga kafil ekanligani, qizining otasini uyaltirmasligini aytdi, ruxsat so‘rab xonadan chiqdi.
Orif:
— Mana og‘ayni, bu ikkinchi voqea. Turmush qurganimizga o‘n sakkiz kun bo‘ldi. Ko‘raylik-chi, otasining bu tanbeh, nasihatlari kor qilarmikin, — deya so‘zini tugatdi.
Oqshom cho‘kayotgandi. Ular o‘rinlaridan turdilar va yo‘l bo‘ylab pastga tusha boshladilar.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:29:03
X

Ramazon oyining ilk kuni, Abdulloh ikki oylik bo‘lgan edi. Munavvarxonim bu ikki oy ichida yeng shimarib ishga sho‘ng‘idi, ta’bir joiz bo‘lsa, uyning keliniga aylandi. Aslida Aminaning oy-kuni yaqinlasha boshlagach, ishlarni birgaliqda bajarishar, hatto ba’zi kunlar:
— Bo‘ldi, Amina, sen bugun biroz dam ol, urinib qolma, — deb biror ishni bajargani qo‘ymas, uning:
— Ona, hamma ish sizga qoladimi? — degan so‘zlariga e’tibor bermas:
— Sen bugun qaynonasan.. Qaynonalar ish qilmaydilar. Sen o‘tir, «Qur’on» o‘qi, o‘tirgan joyingda qiladigan ishing bo‘lsa qil, — deb o‘tqazib qo‘yardi.
Bola tug‘ilganidan so‘ng tunlari uxlay olmagan Amina Munavvarxonimning sharofati bilan kunduzi uxlab olar edi. Uydagi ishlarni birga bitirishgach:
— Amina, navbatni menga ber. Sen kechalari uxlolmayapsan, — deb Abdullohning beshigi yoniga o‘tirar, gul yuzli nabirasining beshigini Alloh, Alloh deb tebratar edi. Bu orada Amina tungi b,edorlik o‘rnini to‘ldirishga harakat qilar edi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Munavvarxonimning bu insoniy harakatlari, Aminani kelin emas, qiz o‘rnida ko‘rishlari, doimo tushunishga harakat qilishlari Aminani aslo taltaytirmadi. Uning bu ezguligidan yomonlik yo‘lida foydalanishni xayoliga ham keltirmadi. Hamma ham shunday yo‘l tutadimi? Ko‘rgan yaxshilitaga yaxshilik bilan javob qaytaradimi? Yohud har bir kelin qaynonasidan yaxshi muomala ko‘rsa, qaynonasi unga o‘z onasidek munbsabatda bo‘lsa, buni qadrlab, onasiga ko‘rsatadigan hurmatni qaynonasiga ham ko‘rsata oladimi? Hamma kelinlar shunday bo‘ladi, deya olmaymiz. Yaxshi, osuda hayot emas, naqadar foydali ekanin minglab qizlar idrok etsa, minglab oila huzur-halovat topadi. Amina ona shunday qizlardan biri.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:29:12
Agarda Amina Munavvarxonimdek emas, uning naq aksi bo‘lgan qaynona qo‘liga tushsa nima qilgan bo‘lardi? Unga ham Munavvarxonimga qilgan xonimligini, olijanobligini ko‘rsatib, bugungi Amina bo‘la olarmidi? Bunga javob berish mushkul. Unda har bir qizni borgan yerini gulzorga aylantirgan Munavvar deb tasavvur qilish kerak. Qizligida, kelinligida, qaynonaligida, har holida gullar kabi diltortar, zilol suvdek tiniq, o‘n to‘rt kunlik oydek sokin va mag‘rur Munavvar... Yoshligi keksaligidan go‘zal, keksaligi yoshligidan nuroniy butun hayoti odob pardasi bilan o‘ralgan, har bir harakati samimiyat bilan yo‘g‘rilgan Munavvar... Har bir qiz shunday bo‘la oladimi? Harakat qilsa, bo‘la oladi. Amina ham shunday ayol bo‘lishi uchun qaynonasidan o‘rnak oladi.
Munavvarxonim Ramazon oyida saharlikni Aminani turg‘izmasdan o‘zi tayyorlashga harakat qiladi. Ulardan bir soat avval turar, qo‘li ish bilan, qalbi Robbi bilan band holda yegulik hozirlar, shu topda son-sanoqsiz musulmonlarning Yaratganga ibodat niyatida shirin uyqusidan kechib, turganligini o‘ylar edi. Og‘iz yonilishiga qirq-ellik daqiqa qolganda o‘g‘li bilan qizining eshigini sekingina taqillatib, ularni uyg‘otar, Aminaning:
— Ona, nega meni uyg‘otmadingiz? Birga tayyorlasak bo‘lmasmidi? — deyishiga javoban kulimsirab:
— Nasib bo‘lsa, keyingi Ramazonda birga turamiz, qizim, der, birga ovqatlanar edilar. Keyin esa har erining oldida bittadan «Kur’oni karim», Mustafo ularga eshitiladigan ovoz va ular kuzata oladigan tezlik bilan bomdod namozigacha o‘qiydilar, azon aytilishi bilan kitoblar hurmat bilan yopiladi, Mustafo bomdod nomozini jome’da o‘qish niyatida, har qadamiga savob yozilishini o‘ylay-o‘ylay yo‘lga chiqadi, uyda esa huzuri pokda hurmat bilan qo‘l qovushtirib turgan ikki ayol qoladi. Go‘yoki insoniyat bog‘ida ochilgan atirgul va uning bag‘ridan chiqib ochilmoqqa chog‘langan bir g‘uncha...
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:29:18
Ramazon Amina uchun umri davomida o‘tkazgan barcha ramazonlardan barakaliroq keldi. Shu paytgacha tongdan oqshomgacha och yurishdan iborat bo‘lgan ro‘zaning mohiyatini onasida ko‘rgan o‘rnaklar yordamida angladi. Bir kuni Abdullohni hech ovutolmadi, unga baqirishga majbur bo‘ldi.
— Qizim, bola baqirishni qaydan tushunsin? Bizga aytolmayotgan bir dardi bordir, — degan onasiga:
— Ona, ro‘za og‘iz inson asabiylashadi. Qarang hech tinmayapti, — deb javob berdi.
Munavvarxonim vazmin ohangda:
— Amina, ro‘za asabiylashish uchun emas, asablarga hokim bo‘lish uchun tutilishi kerak. Inson ro‘zador bo‘lgan paytida tongdan oqshomgacha namoz o‘qiyotgandek, o‘zini ibodatda deb bilishi kerak, — dedi.
Qaynonasi to‘g‘ri gapirayotgan edi. Chunki o‘zi ham har doimgidanda sokin, mulohazali edi ramazonda...
Bir oqshom Mustafo qo‘lida tarvuz bilan ichkariga kirdi. Onam chanqagandir, iftorlikda muzday tarvuz yediray, duosini olay deb sotib olgan edi. Lekin tarvuzni so‘yganida hafsalasi pir bo‘ldi. Tarvuz xom chiqdi. Yuragi siqildi. Ham pul bekorga sarflangan, ham onasining ko‘nglini ololmagan edi. Dardini onasiga aytganida Munavvarxonim:
— Xafa bo‘lma, o‘g‘lim, Alloh sendan rozi bo‘lsin. Meni xursand qilay deb olding-ku, shuning o‘zi yetarli. Men xursandman, — deb taskin berdi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:29:25
— Ammo pul ham bekorga ketdi, ona.
— Bunda ham bir xayr bordir, o‘g‘lim.
— Bunda qanday xayr bo‘lishi mumkin? Bekordan-bekorga pul ketishi xayrmi?
— Hozir sen istasang, yoki men, Mustafo, menga yana bitta tarvuz keltir desam borib olishga puling yetadi, to‘g‘rimi?
— Xudoga shukr, ona, yetadi.
— Holbuki oqshomgacha harakat qilib, urinib, bor-yo‘q topganini kundalik yeguliklarga yetkiza olmaydigan qanchadan-qancha odamlar bor, agar bu tarvuzni ular olganlarida borib boshqasini ololmas edilar. Hech bo‘lmasa, qo‘lida besh tangasi bo‘lmagan faqirga duch kelmasdan senga kelganiga shukr qil. O’zi faqir va xasta bir kishisi ham bo‘lsa, nima qilardi u sho‘rlik?
Mustafo boshini egdi va oldin aytgan so‘zlaridan xijolat chekdi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:29:33
* * *

Bu uyda Aminaning diniy, axloqiy bilimlari ham ortmoqda edi. Chunki juma va yakshanba oqshomlari Munavvar xonim Mustafodan:
— O’g‘lim, bugun imom jome’da nimalar dedi? Esingda qolganlarini gapir, biz ham biron narsa o‘rganaylik, — der, Mustafo xotirasida qolganlarini aytib berar edi. Hatto shu vajdan aytilganlarni jon qulog‘i bilan tinglar, uyda eshitganlarini anglatar, shu tariqa Munavvarxonimning ham Aminaning ham diniy va axloqiy bilimlari ortar edi. Munavvarxonim eshitish bilan qanoatlanmas, bularni qanday amalga oshirish haqida uzoq-uzoq o‘ylar edi. Avval aytganimizdek, uning insoniy tutumlarida eng buyuk hissa tushunchalariga oid edi. Ko‘rganlarini bir voqea-da, demasdan axloqiy jihatdan baholardi.
Cho‘rumda Arafa kunlari qabristonlar ziyorat qilinadi. O’tganlar ruhiga fotiha o‘qiladi. O’sha kuni erta tongdan to kechgacha son-sanoqsiz erkak-ayol qabristonga kelib-ketadi. Maqsad ibrat olish bo‘lgani holda maqsadga erishish imkonsiz bo‘ladi.
Munavvarxonim Mustafoga Arafadan bir kun oldin:
— O’g‘lim, bugun qabristonga borib, o‘tganlar ruhiga fotiha o‘qiylik. Asr namozidan chiqqach, kelib bizni olib bor.
Mustafo:
— Xo‘p bo‘ladi, ona, xudo xohlasa, — deb javob berdi. Keyin esiga tushib qolgandek so‘radi:
— Arafa ertaga-ku, ertaga borsak-chi?
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:29:41
— Ertaga hamma boradi, o‘g‘lim. Odam to‘lib ketadi. Bemalol ziyorat qilib bo‘lmaydi. Biz bugun boraylik.
— Bo‘pti, ona. Nima desangiz shu.
Mustafo tayinlangan vaqtda keldi. Munavvarxonim va Amina hozir edilar. Abdullohga qo‘shni ayol qarab turadigan bo‘ldi. Birgalikda yo‘lga chiqdilar. Munavvarxonim Mustafoni to‘xtatdi. Sekin shivirladi:
— Shu yerda o‘qiylik, ko‘p ichkari kirmaylik.
Mustafo ovozini chiqarmadi. Devor tagiga o‘tirib o‘qiy boshladilar. Bir daqiqadan so‘ng ko‘zlar yumilgan, ko‘ngillar go‘yoki dunyodan uzilgan edi. Qarshilarida tuproq va toshdan iborat bir uyum bor ediki, kechagina hayot bo‘lgan insonlarni ifoda etar edi. Bu yerda ne-ne mard yigitlar, qahramonlar dafn qilingan edilar. Oralarida fazilatdan boshqa narsadan qo‘l tortgai, yaxshilikdan boshqa yo‘lga biron odim otmagan hurmatli insonlar bor edi. Yana bular orasida umrnni yomonlik yo‘lida sarflagan, biror kishiga nafi tegmagan kishilar ham bor. Dunyo tegirmoni ularni shunday yanchgan ediki, har ikkalasidan ham oldin yashaganliklariga yagona guvoh bo‘lgap chirigai suyaklardai boshqa nom-nishon qolmagandnr.
Ziyoratchilar fotihalarini o‘qir ekanlar, ko‘zlari o‘ngida achiparli manzara jonlangan edi. Ona sutiga to‘ymagan, hatto ona yuzini ko‘rmagan go‘daklar, dunyodan, dunyodagi hamma narsadan to‘ygap, yagopa istagi o‘lim bo‘lganlar xayollariga keldi. Kelinlar libosida dunyoga vido aytgan qizlar, bir daqiqa yashashi uchun xazinalar sarf etilgan nozanin vujudlar, yetim-esirlarini och-yalang‘och qoldirib kslgap bagri kuyik otalar, onalar qarshilarnda namoyon bo‘ladilar. Bir so‘z bilan dunsga hukmini o‘tkazgap sultonlarning egniga kiygani yamoq ko‘pligi ham bo‘lmagan faqirlar bilan ayni holdagi hazin ahvoli ko‘z oldilariga keldi. Zolim va mazlum, olim va johnl, sulton va qul bu yerda yonma-yon yotar edi. Dunyo bozoridan bir kafan olib kelgan, ikki yo‘qlik orasidagi o‘tkinchi borliqqa ishonib, mag‘rur yurganlarning yurti edi bu yer.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:29:47
Bu yerda bir hid bor edi. Hech narsada mavjud bo‘lmagan hid. Bu hidki; Robbiga qul bo‘lib yashagan, gulzorga kirayotgandek qabrga kirgan, nega qullik yo‘lida yana bir odim ota olmadim deb pushaymon bo‘lganlar bilan, oxiratni xayoliga ham keltirmasdan oxirat olamiga ko‘chgan, haqiqat olami kechgach nadomatdan g‘amga botganlarning tuprog‘idan qorishtirilgan hid. Bu tuproqda yaxshi yashagan xayrli insonlarnnn gullardan xushbo‘yroq, mushku anbardan ham muattarroq hid bilan yomonlikdan boshqa narsani bilmaganlarning jirkanch hidlariiing birlashishidan hosil bo‘lgan g‘alati hid bor edi. Bu yerda hozirdayoq jannat hayotini yashayotgan, dunyoning turli lazzatlarini ko‘pdan unutgan, qabrida ma’naviy saltanat hukm surgan tolei baland saodat ahli, mo‘minlar bor. Yana bu sr chekkan azoblari zo‘ridan hayqirig‘i falakka qadar chiqqan sasi dunyoni to‘ldirguchi necha gunohkorlar borki, ko‘rganlar ularnp uyqudalar deb o‘ylaydilar.
Har daqiqada o‘tgan-qaytgandan fotiha umid qilib dengizga tushgan nochor kishidek madad kutgan bu jamoat o‘qilgan fotihalar va qilingan duolardan so‘ng Munavvarxonim ko‘zlarini artdi va Mustafoga:
— Ketaylik endi, — degandek qaradi.
Mustafo o‘rnidan turdi. U oldinda, ikki ayol orqada, sekin-asta qabristonni tark etdilar. Og‘ir qadamlar bilan uyga tomon yurdilar. Uydan chiqqanlariga endigina kirq besh daqiqa bo‘lgan edi. Abdulloh beshikda tinchgina uxlamoqda edi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:29:54
* * *

Bayram hech bir kelin bilan qaynonani Munavvarxonim bilan Aminaning o‘rtasidagi samimiyat darajasida yaqinlashtirmagan. Mustafo hayit namozini o‘qib jome’dan qaytgach, Alloh bergan ne’matni, qullik vazifamizni bajarishda quvvat bo‘lsin degan niyat va duo bilan yegan oila dasturxonidan turgach, odatga ko‘ra bir-birlarni qutladilar. Munavvarxonimning qo‘lini ehtirom bilan o‘pgan Amina, so‘ng bir-birini quchoqlagan bu ikki ayolni, aslida qaynona-kelin ekanliklari hech kimning, hatto Mustafoning ham xayoliga kelmaydi.
Tabriklagani kelgan bir-ikki qarindosh bilan diydorlashgandan so‘ng Munavvarxonim Mustafoga:
— Mustafo, sen endi Yusuf afandinikiga bor. Qo‘lini o‘p. Salomimni yetkaz. Bayram bilan qutla. O’ yerdai Aminalarnikiga o‘t, kechqurun borishimizni ayt. Undan keyin istagan joyingga bor, — deb, jo‘natdi. Uyda bayram shukuhi ichra ikki ayol va uyning quvonchi Abdulloh qoldi.
Asrdan so‘nggi sarin shabada shoxlarni sekin-sekin qimirlatar ekan, Abdulloh uyqudan uyg‘onib, ko‘zlarini ochdi. Eshik taqilladi, Ali kelgandi. Yoshi ulug‘larni ziyorat qilgan, duolarini olgan, qarindoshlarga onasi va yangasining salomlarini yetkazgan, jajji Abdullohning sog‘ligi haqyda xabar bergan edi.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 09:30:06
— Ona, bugun yaxshigina charchadim, — der ekan, onasining uning boshini silagan qo‘lidan ushladi, takror-takror o‘pdi. Shu orada ularga qarab turgan Aminaning ko‘zlari uning bo‘ynidagi kuyishdan qolgan izlarga tushdi. Iztirobli xotira jonlandi. Yangasiga nisbatan yomonlik his qilmasin deb butun aybni o‘z bo‘yniga oltan, buni bugungacha biror kishiga sezdirmagan fazilat obidasi bo‘lgan onaning chizgan manzarasi bir lahzada ko‘z o‘ngiga keldi. Bu voqeadan so‘ng bir hafta-yuz tuban yotgan, tez-tez ingragan bu bolaning o‘sha paytdagi holini o‘yladi...
— Ona, eshik taqilladi.
Ali shunday deya eshikka yugurdi. Mustafo kelgan edi.
— Ona, borgan joylarimda salomingizni yetkazdim. Aminalarnikiga ham kirdim. "Kechki ovqatda, albatta kutamiz", — dedilar. Nima deysiz?
Munavvarxonim:
— Juda ham yaxshi, taklif etishayotgan ekan, borish kerak. Amina, Abdullohni kiyintir, yo‘lga chiqaylik.
O’n besh daqiqadan so‘ng, quyosh botishga hozirlanar ekan, Abdulloh og‘zida so‘rg‘ich, bobosining qo‘lini o‘pish uchun buvisi quchog‘ida yo‘lga chiqqan edi.

Cho‘rum shahri, 28.8.1969. Juma.
Nom: Re: QAYNONA. Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 10:27:33
Qaynona (roman)

(http://ziyouz.com/images/books/qaynona.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=601)

Muallif: Ahmad Lutfiy Qozonchi
Hajmi: 591 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=601)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1048.0)