forum.ziyouz.com

Kutubxona => O'zbek adabiyoti => O'zbek nasri => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:19:25

Nom: Tog'ay Murod. Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman)
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:19:25
Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod

(http://www.ziyouz.com/images/books/ulib_bulmaydi.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=5)

Muallif: Tog'ay Murod
Hajmi: 379 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=5)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1049.0)
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:20:39
(http://ziyouz.com/rasmlar/literature/ulib_bulmaydi.jpg)

Abdulla Qodiriy nomli Davlat mukofoti laureati, O’zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» romani XX asr o‘zbek ziyolilarining ko‘rgiliklari, dard-alamlari, fojialari haqidadir.

BU DUNYODA O'LIB BO'LMAYDI

Tagi ko‘rmaganga gilam bitmasin. .
Qodir qulni chevarasi, Xolmat malayni nevarasi, Eson xizmatkorni bolasi Botir qo‘shchi tumandan aynib keldi.
Qo‘shchi kalondimog‘-kalondimog‘ qadam bosdi. Kibor-kibor quloch otdi. Kerma qosh-kerma qosh boqdi.
Kolxoz idorasi qoshida oyoq ildi. Idora tomiga serdimoq nazar soldi. Gap yo‘q, so‘z yo‘q — narvondan tomladi.
Tomda qo‘llarini ketiga qo‘ydi. Tom bosh-adog‘ilab qadamladi. Vazmin-vazmin qadamladi. Olislarga dono-dono boqib qadamladi.
Birdan qoziqday qoqilib qoldi. Misoli haykal bo‘lib qoldi. Yerga shahodat barmoq o‘ynatdi. Lik-lik o‘ynatdi. Qorovulni imladi.
Qorovul hadaha-hadaha keldi. Narvon poyida hayrona-hayrona turdi. Qoshi uzra kaft soyabon eta-eta mo‘ltaydi.
—   Chaqirganday bo‘ldingizmi? — dedi. Qo‘shchi hokimona-hokimona siyosat etdi.
—   Xalq yig‘ilsin! — dedi. — Xalqni yig‘ing! Qo‘shchi qo‘llari ketida tag‘in qadam oldi. Mag‘ribga
boqib qadam oldi. Mashriqqa boqib qadam oldi. Qorovul gapni kulgi-mutoyibaga yo‘ydi.
—   Ha, xalq keladi! — dedi. — Tayinlab qo‘yib edim, xalq halizamat kelib qoladi!
—   Xalq yig‘ilsin, dedimmi, yig‘ilsin!
Qorovul hayrondan-hayron bo‘ldi. Turib-turib... g‘ashi keldi.
«O’zing bir qo‘shchi bo‘lsang, — demoqchi bo‘ldi. — Senga kim qo‘yibdi idorani tomiga chiqishga?»
Yana-tag‘in, shaytonga hay berdi.
—   Xalqni nima qilasiz? — dedi. — Mana men xalq, o‘zimga ayta  bering!
—   Yo‘q, xalq yig‘ilsin!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:21:46
Shu vaqt darvoza oldida besh-olti dehqon qora berdi. Dehqonlar narvon poyiga to‘p bo‘ldi. Kulgi-mutoyibaga o‘tdi:
—   Sin-simbatingizni daladan ko‘rib keldik.
—   Tumanda nima gaplar bor, gapiring, qani?
—   Qani, tumandan gurung bering, qani?
Qo‘shchi tomdan tushdi. Hovuz bo‘ylab yurdi. Hovuz supada tik turdi. Qo‘llarini orqa etdi. Yo‘q qorinni olg‘a surdi. Io‘q qorinni olg‘a suraman deya... ketiga chalqayib qoldi. Yo‘q qorin oldinda qoldi... Keti ich-kari kirib yo‘qoldi. O’zi ketiga chalqayib qoldi!
Qo‘shchi dehqonlarga barmoq nish etdi.
—   Shunday turinglar! — dedi. Dehqonlar supa poyiga to‘p bo‘ldi. Qo‘shchi supaga barmoq bigiz etdi.
—   O’tiringlar! — dedi.
Dehqonlar cho‘k tushdi. Chordana qurib o‘tirdi.
Qo‘shchi belqarsdan bilak o‘tkazdi. Belqars tutamladi. Io‘q qorinni tag‘in-da olg‘a surdi. Keti tag‘in-da ichkari kirib yo‘qoldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:23:55
—   Ammo-lekin! — dedi. — Aytinglar, qani, men kimman?
Dehqonlar o‘zaro qarashib oldi. Bilamiz demishday, bosh irg‘adi. Hazil demishday, miyiqlarida kuldi.
—   Kim bo‘lardingiz, o‘zimizni Botir qo‘shchi-da, —
dedi.
Qo‘shchi yo‘q qorinni olg‘a siltadi.
—   Yo‘q! — dedi. — Ammo-lekin topolmadilaring!
Dehqonlar burchakka bet burib keldi. Dehqonlar og‘iz
ushlab kuldi.
—   Kolxoz tuzilgani qachon edi? — dedi qo‘shchi. —
Sizlarga qachon aql kiradi? Topinglar, men kimman?
Dehqonlar yuzidan kulgich qochdi. Bari o‘ylab qoldi. Oxiri chidab o‘tirolmadi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:24:17
—   Unda, o‘zingiz  ayting?   
—   Biz bir dalada yurgan dehqon bo‘lsak?
—   Siz tuman borib keldingiz, siz ayting?
Qo‘shchi ikki qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi. Ko‘kragini olg‘a shishirdi.
—   Mana shu... men-a? — dedi. — Mana shu men!
Aytinglar, qani, mana shu men  kimman?
Dehqonlar tag‘in bir-biroviga qaradi.
—   Ha, shu siz, shu siz! — dedi.
—   Unda, sizlarga topshiriq: boringlar, meni kim ekanimni bilib kelinglar!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:25:19
Qo‘shchi shunday deya, supadan tushdi. Ko‘chaga ravona bo‘ldi.
Bir dehqon qo‘shchini izidan yetdi. Qo‘shchini bilagidan tutamladi.
—   Menga qara, Botir, — dedi. — Otangni ko‘rdim, ahmadi forig‘, enangni ko‘rdim, tovoni yoriq, deydilar. Otang shul, enang shul, nima qilasan, osmonga chiqib? Tush pastga, tush!
Qo‘shchi qaytib keldi. Qo‘shchi ko‘kragiga kaft qo‘ydi.
—   Men! — deya ko‘krak urdi. — Mana shu men, Botir firqaman, Botir firqa!
Dehqonlar o‘zaro qarashib-qarashib oldi.
—   Kim-kim? — dedi.
—   Bir so‘z bilan aytsak: Botir firqa!
Qo‘shchi shunday deya, supa bosh-adog‘ilab odimladi. Dehqonlarga qarab-qarab odimladi.
—   Bir so‘z bilan aytsak, men shu kundan boshlab Botir firqa bo‘ldim! Ayni vaqtda, qishloq sho‘rosini raisi-da bo‘ldim! — dedi. — Kimda-kim meni Botir firqa demas ekan, o‘zidan ko‘rsin!
Dehqonlar baqa bo‘lib qoldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:26:16
2

Qo‘shchini Botir firqa demagichlar bo‘ldi.
Birov — firqa so‘ziga tushunolmay aytmadi. Birov — qo‘shchi so‘ziga o‘rganib qolib aytmadi. Tag‘in birov — qo‘shchiga firqa so‘zi yarashmaydi, deya aytmadi.
Ana shunda, Botir qo‘shchi... chillasida chiroq ko‘rmagan bo‘ldi.
Qo‘shchi birovni mehnat haqini qirqib tashladi. Birovni tomorqasini suvdan qisdi. Birovni mol-holini yemishdan tortdi.
Otiga «firqa» so‘zini qo‘shib aytmagichlarni: «Xalq dushmani», deya aybladi.
Shu-shu, qo‘shchi bir og‘izdan — Botir firqa bo‘ldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:26:24
3

Botir firqa O’zbekiston poytaxti Samarqandda olti oylik siyosiy o‘qishni bitirib keldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:26:35
4

1933 yil to‘ldi.
Non chuchuk bo‘ldi. Non shirin bo‘ldi. Ota o‘z o‘g‘lini bir zog‘ora nonga almashdi. Ona o‘z qizini bir hovuch kepakka almashdi. Odamzot kunjara yeyishgacha bordi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:26:43
5

Ona bir eshakli o‘tkinchiga kaftlarini uzatdi.
—   Mana shu qizaloqni olib keting, katta bo‘lsa,
eshigingizni supuradi! — dedi. — Bir hovuch kepakka
beraman, bir hovuchgina!
O’tkinchi o‘zini eshitmaslikka oldi. Bozor uchun narx-navoni so‘ramadi. Boshli-ko‘zli bolani so‘rab-surishtirmadi.
Ona o‘ngga qaradi, ona chapga qaradi. Bozorda o‘zidan boshqa qolmadi.
Shunda, ona bolasiga boqib ho‘ng-ho‘ng yig‘ladi. Bolasiga boqib uvv-uvv yig‘ladi.
Ona enkaydi. Bo‘yin egdi. Bolasini bo‘yniga mindirmoqchi bo‘ldi.
Ammo bolasi o‘zini orqaga oldi. Yo‘q, ishorasini berdi.
Shunda, ona, bolasini yelkalariga qo‘yib-qo‘yib oldi.
Bolasi ovozi boricha yig‘ladi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:26:51
Ona o‘ng gapirmadi — chap gapirdi:
—   O’chir, bozori kasod! O’chir, zog‘ora non!
Ona endi bolasini quloq-chakkasi aralash qo‘yib-qo‘yib oldi.
Nihoyat, tayoq o‘tdi. Bolasi jonholatda turdi. Jonholatda onasi yelkasiga osildi. Bo‘ynidan quchoqlab oldi.
Ona ro‘moli uchiga tutiklik bir nimani qo‘ltig‘iga oldi. Tugunni ehtiyotlab-ehtiyotlab qo‘ltiqladi. Yo pirim, deya, joyidan qo‘zg‘oldi. Oeqlayotib, qalqib-qalqib oldi. O’zini o‘nglab oldi. Bir-ikki qadam bosdi.
Ona yelkasida bola, yo‘l oldi. Ona qo‘ltig‘ida tugun, yo‘l oldi.
Bola onasi boshini opichlab bordi. Ovoz berib, yig‘lay, dedi. Onasidan qo‘rqdi. Onasi oyoqlarini chimchilab olishidan qo‘rqdi. Bola bor-yo‘g‘i ing-ing etib bordi.
Baribir, ona ko‘ksida shalvirab borajak bolasi oyoqlaridan o‘yib-o‘yib oldi.
Ona o‘ng gapirmadi — chap gapirdi:
—   O’chir, bozori kasod! Sidirg‘a o‘tir, bozori kasod, sidirg‘a o‘tir!
Bola ingillamay qoldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:26:59
Ona yolg‘izoyoq so‘qmoq bo‘ylab yurdi. Qishloqni mo‘l yurdi.
Qishloq bir qadam ko‘rinsa-da, xiyla olis bo‘ldi.
Bir ilon so‘qmoqni kesib o‘tdi.
Ona taqqa to‘xtadi. Seskanib oldi. O’zini orqaga oldi.
Shunda, yelkasidagi bolasi ketiga chalqayib ketdi. Keti bilan yiqilib tushay dedi.
Ona bolasini oyoqlaridan ushlab qoldi.
Ona yoqasini ko‘tarib, ichiga «tuf-tuf» etdi. Ilon yurmish o‘t-o‘lan shitir-shitir tingunicha qimirlamadi. Joyida turdi.
Tag‘in yo‘lida davom etdi.
Bola onasini boshini opichlab-opichlab oldi.
—   Ena, non... — dedi.
Ona parvo etmadi. Bir maromda odimladi. Qosh qorayib bordi.
Ona qadamini katta oldi. Ammo qadami o‘ngmadi. Boshi aylandi. Ko‘z oldi tebrandi.
—   Ena, no-on...
Elas-elas bir it hurdi. It kimga hurdi? It nima-ga hurdi?
Ona oyoq ildi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:27:08
«It menga huryapti, menga! — deya o‘yladi. — It bir nimani hidini oldi. It non hidini oldi, non. It ana endi chopib keladi!»
Ona it hurishini... bolasidan ko‘rdi.
«Bolam non-non deyapti. It «non» so‘zini eshitdi», deya o‘yladi.
—   Non dema-ya, qirilib ketgur! — deya, bolasi
sonini o‘yib-o‘yib oldi. — Ana, it kelyapti, non
dema-ya!
Bolasini nafasi ichiga tushib ketdi. Ona tag‘in yo‘lida davom etdi. It yana bir hurdi.
Ona ana shunda it bor tarafga qarab ketayotganini angladi.  Yo‘lini chap solishni o‘yladi.
Ammo so‘qmoq yolg‘iz bo‘ldi. O’z oti o‘zi bilan, yolg‘iz.
Ona: «It non hidini oldi-yov. Chopib kelib yopishmasa-yov», deya o‘yladi.
—   Ona, no-on...
Ona yo‘lini so‘qmoqdan chap solmoqchi bo‘ldi. Besh-olti odim bosdi. Ammo oyoqlari chirmovuqlarga ilashib qoldi. Yovvoyi bedalarga ilashib qoldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:27:16
Shunday ketsa, oyoqlari chalishib yiqilishidan qo‘rqdi. Yomondan-yomoni... o‘t-o‘lanlar ichida boyagiday ilonni bosib olishidan qo‘rqdi.
Ona yana qaytib so‘qmoqqa tushdi. Qo‘ltiq tugunini mahkamroq bosdi.
—   Ena, no-on...
Ona yelkalarini uchirdi. Bolasini silkib-silkib oldi. Jerkib-jerkib oldi. Oyoqlarini shapillatib-shapillatib urib oldi.
—   Non dema! — dedi. — Nonni otini atama!
Ona hamon hadik bilan qadamladi.
It yopishadi, deya hadiksiradi. Kun botib bordi.
Kunbotar alvon-alvon shafaq bo‘ldi. Havodan salqinlik ufurdi. Havodan oqshom nafasi ufurdi.
—   Ena, no-on...
It tobora yaqin bo‘la bordi.
Ona ehtiyot uchun... it taraf qo‘ltig‘i — o‘ng qo‘ltig‘i-dan tugunni oldi. Avaylabgina... chap qo‘ltig‘iga qis-tirdi. Ko‘ngli xiyol orom oldi. Dadil odimladi.
Bolasi ich-etini tirnab zorlandi:
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:27:24
—   Ena, no-o-on, no-o-on...
Ona itdan ellik-oltmish qadam beridan o‘tdi. Batamom bemalol o‘tdi. Boisi, it... bog‘loqlik bo‘ldi.
Qosh qorayib-qorayib qoldi.
Ona kulbasiga yetib keldi. O’choq boshida cho‘nqaydi.
Bolasi yelkasidan sirg‘alib tushdi. Joyida o‘tirib qoldi. O’rmalab-o‘rmalab oldi. Oyoqqa qalqdi. Toy-toy yurdi. Atak-chechak yurdi. Tetapoya-tetapoya yurdi. Oyoqlarini yoydi. Tevarak-boshga ser soldi: qaerlarda non bo‘ladi?
Bola ana shu joylarni titkiladi. Dasturxonni ochib qaradi. To‘ntariqlik toboqlar ostini qaradi. O’rog‘lik suprani yoyib qaradi...
Onani enka-tenkasi quridi. Entikib-entikib na-fas oldi. O’zini o‘ngladi. Uziga keldi.
So‘g‘in, qo‘ltig‘idan tugunni oldi. O’choq boshiga yoydi: tugunda kaftday zog‘ora non bo‘ldi!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:27:33
Uzalib, obtovani oldi. Jo‘mragidan yerga ikki tom-chi tomizdi. Jo‘mrakni og‘ziga qo‘yib ko‘tardi. Ko‘tarib suv ichdi. Entikib suv ichdi.
Zog‘ora nonni olib... chappa burildi. Nonni katta-katta tishladi. Nonni katta-katta chaynadi. Nonni kat-ta-katta yutdi...
Zog‘oradan ushoq-da qolmadi!
Tag‘in... o‘ng burildi...
Bolasi hali-hamon toboqlar ostidan... non qidirdi!
—   Beri kel! — dedi ona. — Beri kel, mana non!
Bola hadahalab keldi.
Ona bolasini bag‘riga oldi. Ona bolasi og‘ziga... ko‘krak soldi. Bolasiga ko‘krak berdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:28:19
6

Onalar... tasbehday-tasbehday tizilib o‘tirdi. Ona bir yo‘lovchiga qo‘l cho‘zdi.
—   Mana shu qizaloqni ola keting, sizga qiz bo‘ladi! — dedi. — Bir kulchaga almashaman, bir kulchaga!
Ona bir yo‘lovchiga bolasini ko‘rsatdi.
—   Mana shuni zog‘ora nonga almashaman! — dedi. —
Kaftday zog‘ora non bo‘lsa bo‘ladi!
Mazkur yo‘lovchi... Botir firqa bo‘ldi. U e’tibor bermadi. Beparvo o‘tdi.
Besh-o‘n qadam o‘tib, oyoq ildi. Boisi, ovoz tanish tuyuldi. Ketiga qayrilib qaradi. Ketiga qaytib keldi.
Chin, tuyulganicha bor bo‘ldi. Bolasini oldiga olib o‘tirmish ona... Mirzaxo‘jaboyni bevasi bo‘ldi.
Botir firqa qo‘llarini beliga qo‘ydi. Bevaga qarab turdi.
Ona yerga qaradi. Bolasini butlari orasiga tortibroq o‘tirdi. Bolasini yelkalaridan quchoqlab o‘tirdi. Peshonasini bolasi boshiga qo‘yib o‘tirdi. Ona betlarini bekitib o‘tirdi.
—   Izimdan yurilsin!
Botir firqa shunday deya, yo‘lida odimladi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:28:27
Ona joyidan qo‘zg‘oldi. Bolasini ust-boshini qoqdi: boladan xas-cho‘p tushdi. Boladan chang-tuproq tushdi. Bola... gupillab-gupillab changidi!
Ona o‘z ust-boshini tuzatdi. Etagini qoqdi. Jelagini betiga tortib qo‘ydi. Bolasini qo‘lidan yetakladi.
Botir firqa ketiga qayrilmay qadamladi. Yerdan ko‘zini olmay qadamladi.
Xolilatib-xolilatib oyoq ildi. Onaga qayrilmay gap ochdi. Yerdan ko‘z olmay gap ochdi. Ohista-ohista gap ochdi:
—   Siz Mirzaxo‘jaboyni kenja zaifasi... Zaynab... Zaynab xotinmisiz?
—   Shunday, shunday.
—   Qizalog‘ingizni oti nima?
—   Obod.
—   Obod, Obod... Mirzaxo‘jaboyni qizimi?
—   Shunday, Obod... o‘sha kishidan!
—   Siz kimni zurriyotini bozorga olib chiqqaningizni bilyapsizmi? Kimsan, Mirzaxo‘jaboyni zurriyoti!
Ona miq etmadi. Ona yerga tikildi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:28:46
—   Mirzaxo‘jaboyni zurriyoti-ya! — dedi Botir firqa. — Chin, Mirzaxo‘jaboylar sovet hukumatini tan
olmay, Afg‘onistonga qochib ketdi. Lekin u kishi
Saidxo‘ja eshonni to‘ng‘ich o‘g‘illari. Bir so‘z bilan
aytsak,  eshonzoda,  eshonzoda!
Ana shunda, ona tilga kirdi. Jelagi yoqasi bilan og‘zini ushlab tilga kirdi.
—   Bir norasidani tovoniga qolmayin deyapman-da, firqa bova, — deya yig‘ladi. — Shugina norasida peshonamga sig‘mayapti!
—   Shugina bir... go‘dakni boqib bo‘lmay qoldimi?
—   Yo‘q-da, firqa bova, yo‘q-da. Xonumonimiz kuydi! Biz kuyib-kuyib... kul bo‘ldik!
—   Mirzaxo‘jaboyni go‘dagi uchun-a?
—   Kunjara bersam, yemasa nima qilayin? Zog‘ora non otliqqa yo‘q bo‘lsa, nima qilayin?
—   Bir borib aytsangiz... qadamingiz kira tilaydimi?
Botir firqa umid suvlari sepib, umid suvlari sepib ketdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:29:04
7

Botir firqa oqshom vaqti ayoliga tayinladi:
—   Mirzaxo‘jaboyni bevasiga bitta kulcha olib bo-rib ber, — dedi. — Faqat birov bilmasin, zamon yomon.
—   Bitta kulcha nima bo‘ladi? — dedi ayoli.
—   Har tandir yopishingda bittadan kulcha berib
kelasan, tushundingmi? Bevasiga ayt, birov bilmasin.
Zamon yomon, juda yomon...
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:30:01
8

1934 yil oyoqladi.
Non chuchukdan-da chuchuk bo‘ldi. Non shirindan-da shirin bo‘ldi. Ilik uzildi!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:30:08
9

Kulbalarda bekasi bilan xo‘jasi uzala tushib o‘lib yotdi.
Bekasi bag‘rida qizalog‘i o‘lib yotdi. Xo‘jasi qo‘yni-da o‘g‘ilchasi o‘lib yotdi.
Odamzot yo‘llarda o‘lib yotdi. Ariq bo‘ylarida o‘lib yotdi. Daraxt taglarida o‘lib yotdi.
Birov zog‘ora nondan shishib o‘ldi. Birov kunjara-dan shishib o‘ldi. Birov shularni-da topolmay — ochidan o‘ldi!
Qabristonlar liq-liq to‘ldi. Jasad qo‘yajak yer tugul, oyoq bosajak yer qolmadi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:30:16
10

Shunda Botir firqa boshliq faollar tuman yo‘l oldi. Kattalarga murojaat etdi.
—   Mozoristonda sog‘ joy qolmadi, — dedi Botir firqa.
—   Butun tumanda shunday, — dedi kattalar. — Biz yuqoriga xabar berdik, yordam beramiz, dedi.
—   Ungacha jasadlarni qaerga qo‘yamiz?
—   Topiladi, tirikka topilgan yer, o‘likkayam topiladi!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:30:24
11

Qish qaridi.
El ko‘klamni poyladi. Intiq-intiq poyladi. O’t-o‘lan amal olishini qaradi. O’t-o‘lanlar bilan kun kechirishni o‘yladi. Ko‘kat yeb, qorin to‘ydirishni o‘yladi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:30:41
12

Chin, yuqoridan yordam keldi. Polutorka minib kel-di.
Uchta NKVD xodimi keldi. Uchovini-da belida mau-zer bo‘ldi.
Tuman vakili NKVDchilarni tanitdi.
—   Bu o‘rtoqlar ocharchilikka qarshi kurashish uchun keldi! — dedi.
—   Ocharchilikni tugatish uchun! — deya tuzatdi NKVD komandiri.
—   Vinovat, o‘rtoq komandir, vinovat, — dedi tuman vakili. — Siz faollar, mana shu hukumat vakillari ocharchilikni bartaraf etishlari uchun yaqindan yordam berasizlar!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:30:48
—   Biz, siz faollarga suyanamiz! — dedi komandir. — Sizlar qanchalik ko‘p yordam bersalaringiz, biz ocharchilikni shunchalik tez tugatamiz. Biz bu borada yetarli tajribaga egamiz. Yigirmanchi yillarda Ukrainada xuddi shunday ocharchilik avj olib edi. Million-million qurbonlar bo‘lib edi, million-million! Moskva bizni Ukrainaga safarbar etdi. Biz juda qisqa muddat ichida Ukrainada ocharchilikka nuqga qo‘yib keldik!
—   Biz uchun kelibsizlar, qo‘limizdan kelgan yordamni beramiz, — dedi Botir firqa. — Mana, tushunchali-tushunchali faollarimiz o‘tiribdi.
—   Bizga tushunchali odam kerak emas, — dedi ko-mandir. — Bizga yuk tashuvchi odam kerak!
—   Xo‘p, mana faollarimiz, tanlab oling.
NKVDchilar oltita faolni tanlab oldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:31:37
13

Aytilmish mahkamani o‘z qabristoni bo‘ldi. O’z mo-zori bo‘ldi.
NKVD hrdimlari o‘r-jarlarni ko‘rdi. Soy-qirlar-ni ko‘rdi. O’ydim-chuqurlarni ko‘rdi. Xaroba-choldevor-larni ko‘rdi. Nihoyat, ana shu... qabristonni topdi!
Qishloqtsan besh-olti chaqirimda eski bir hovuz bo‘ldi. Gir aylanmish tolzor hovuz bo‘ldi. Ko‘pdan buyon qarovsiz yotmish hovuz bo‘ldi. Suv to‘ldirilmasa-da, tagi sernam hovuz bo‘ldi.
—   Mana shu joyni tanladik, — dedi komandir.
Botir firqa tushunmadi. Bir hovuzga qaradi, bir komandirga qaradi. Qishloq qiblasida yoyilib yotmish qabristonga qaradi.
—   Ammo-lekin har yurtni o‘z qabristoni bor, — dedi.
—   Bor, to‘g‘ri, bor, — dedi komandir. — Lekin ana shunday buyruq ham bor!
—   Qabriston ko‘chirilsin, degich buyruqmi?
—   Yo‘q, boshqacharoq buyruq, boshqacharoq...
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:31:45
—   Xo‘p, ayting, qandaychikin buyruq ekan? Men qishloq sho‘rosi raisiman, bilishim kerak? ;
—   Qizimang, o‘rtoq rais, qizimang. Biz ishimizni bilib qilamiz. Biz Ukrainada ocharchilikka qarshi kurashib, rosa tajriba to‘plaganmiz. Biz ana shu tajribalarimizdan kelib chiqib ish qilamiz.
—   Xo‘p, qani, tajribalaringizni ayting?
—   Tajribalarimiz bunday: siz aytgan anavi qabriston o‘z ajali bilan o‘lganlar uchundir. Faqat... ochliqdan o‘lganlar uchun emas!
—   Nima farqi bor, o‘z ajali bilan o‘ldi nima, ochlikdan o‘ldi nima? Bariyam o‘lim-da, bariyam go‘rga kiradi-da?
—   Baribir emas-da, o‘rtoq rais, baribir emas-da. Axir... nega ochliqdan o‘ladi? Sovet zamonida-ya? Nega siz bilan biz yuribmiz, ular esa ochlikdan o‘ladi? Sovet zamonida-ya? Buni sovet tuzumi dushmanlari eshitib qolsa nima deydi? Jar solib yoyadi, karnay qilib chaladi-ku! O’zingizdan qolar gap yo‘q, yosh sovet tuzumining dushmanlari ko‘p. Ular sovet tuzumini bo‘g‘ib tashlamoqchi, ha, yosh sovet tuzumini yo‘q qilmoqchi. Siz bilan biz firqamiz. Shunday ekan, siz bilan biz sovet tuzumi dushmanlariga qarshi ko‘kragimizni qalqon qilishimiz kerak.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:32:01
—   Firqamiz, firqa! — dedi Botir firqa g‘urur bilan. — Ha, firqamiz!
—   Ha-a, ana, ana! Og‘zing to‘la qon bo‘lsayam, dushmaning oldida tupurma, deydilar. Shuning uchun siz bilan biz ocharchilikka qarshi shafqatsizlarcha kurash olib borishimiz kerak. Ya’ni ochlikdan o‘lganlarni hech kimga bildirmasdan... imi-jimida... mana shunday o‘ralarga... ko‘mib tashlashimiz kerak.
Botir firqa birdan sergak bo‘ldi. Qulog‘i ding bo‘ldi. Ko‘zlari pir-pir bo‘ldi.
—   Manavigami? Bu... hovuz-ku? — dedi.
—   Nima farqi bor, o‘rtoq rais, nima farqi bor? Tayyorgina chuqur! Birov biladi, birov bilmaydi. Bilmasa, hovuzni ko‘mib tashlabdi, deydi-qo‘yadi. Shu bilan gap tamom bo‘ladi. Biz mana shunday yo‘l bilan ocharchilikka qarshi kurashamiz. Qarabsizki, tez kunda ocharchilikni tugatamiz.
—   Buni... buni tuman kattalari bilan bir maslahatlashib ko‘rish kerak.
—   Tuman kattalari uyoqtsa tursin, butun sovet hukumati kattalari biladi, o‘rtoq rais. Bu haqda buyruq bor. Ocharchilikka qarshi ana shunday kurashilsin, degan buyruq bor. Ukrainada ocharchilikni ana shunday yo‘l bilan bartaraf etdik. Nasib bo‘lsa, O’zbekistonda ham ocharchilikni ana shunday uslubda tugatamiz. Ana ikkitasini olib keldik, ana.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:32:09
Botir firqa gap bilan andarmon bo‘lib bilmadi. E’tibor etmadi.
Ana endi e’tibor berdi. Hovuz tagiga qaradi. Qunt bilan qaradi.
Hovuz tagida... ikkita qora narsa ustma-ust taxlab qo‘yildi. Ikkita qora narsa uzala-uzala taxlab qo‘yildi.
Botir firqa angrayib qoldi. Bir narsalarga ang-rayib qaradi, bir komandirga angrayib qaradi.
—   Bular... odam... — deya duduqlandi Botir firqa. — Bular... odammi?
—   Yo‘q, ular ochdan o‘lganlar, — dedi komandir. — Ular... sovet hukumatiga qarshi ochdan o‘lganlar!
Botir firqa beixtiyor... beixtiyor hovuzga tushib bordi.
Taxlanib yotmish jasadlarni qaradi. Yuzlarni ochib qaradi. Ikkovini-da tanidi: birovi Ashir momo bo‘ldi, biri Chori bobo bo‘ldi.
Botir firqa marhumlarga tikilib turdi-turdi... be-ixtiyor qo‘llarini ko‘tardi. Marhumlar haqiga duo o‘qimoqchi bo‘ldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:32:17
Birdan esini yig‘ib oldi. Firqa ekanini o‘yladi. Sho‘ro raisi ekanini o‘yladi. Eng yomoni — tepasida NKVDchilar qarab turishi bo‘ldi.
Botir firqa qo‘llarini tushirdi. Hadik bilan NKVDchilarga ko‘z qiri tashladi: yo‘q, ular o‘zlaricha gapirishib turdi.
«Xayriyat, qo‘llarimni ko‘targanimni ko‘rib qolmadi, xayriyat», deb xotirjamlandi.
Botir firqa taxlanib yotmish marhumlarga tikildi... ichida fotiha o‘qidi, ichida qur’on o‘qidi.
So‘g‘in, yuqoriladi. NKVDchilar oldiga borib turdi.
—   Rangingiz oqarib ketibdi, qo‘rqdingizmi? — dedi komandir.
—   Yo‘q, nega qo‘rqaman, yo‘q... — deya ming‘illadi Botir firqa.
—   Rangingiz dokaday oqarib ketibdi? Yana-tag‘in, duduqlanyapsiz?
—   Ha, endi... el-yurtchilik, o‘rtoq komandir, el-yurtchilik. O’z el-yurtingiz emasmi, odamga picha botar ekan. Uncha-muncha malol kelar ekan.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:32:35
—   O’rtoq rais, bu haqda buyruq bor, buyruq! — deya
ovozini ko‘tardi komandir. — Buyruq! Sovet hukumatining buyrug‘i! Sovet hukumatining xohish-irodasi!
Yoki sovet hukumatidan norozimisiz?
Ana shunda, Botir firqa bir seskanib oldi. Teva-rakka olazarak-olazarak bo‘lib oldi.
—   Unday demang, unday demang... — deya kalovlandi. — Axir, men... firqaman, firqa!
—   Firqa bo‘lsangiz, nega ikkilanasiz?
Botir firqa birdan... qaddini rostladi. Qomatini adl-adl etdi. Boshini tik-tik tutdi.
—   Yashasin, sho‘ro hukumati! — dedi tantanavor. —
Sho‘ro hukumatkga shon-sharaflar bo‘lsin!
Botir firqa shu qo‘yi qotib turdi. Mijja-da qoqma-di. Nafas-da olmadi!
—   Ana bu boshqa gap! — dedi komandir.
Anaglundan keyin Botir firqa o‘zini... odam his etdi.  O’zini  erkin his  etdi.   Odamga o‘xshab  nafas oldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:32:43
14

Shu vaqt so‘qmoq yo‘lda polutorka ko‘rindi.
Polutorka hovuz kemtigi oldida ko‘ndalang bo‘ldi.
Mashinadan bir NKVDchi «tap» etib tushdi. Mashi-na orqasini ochdi. Mashinaga yelka tutib turdi.
Mashina ustidagisi sholchaga o‘rog‘liq bir narsani burchidan sudrab keldi. O’ram bir uchini sherigi yelkasiga qo‘ydi. O’ram ikkinchi uchini o‘z yelkasiga qo‘ydi.
Ikkita NKVDchi o‘ramni yelkalab, hovuzga tushdi. O’ramni boyagi ustma-ust jasadlar ustiga qo‘ydi. Shol-chani bir chetidan tortdi. Sholcha ichidan... uchta jasad... jasadlar ustiga yumalab tushdi!
NKVDchilar sholchani qoqib-qoqib taxladi. Hovuzdan chiqib keldi. Sholchani mashina ustiga tashladi. Komandirlari oldiga keldi.
—   Tag‘in uchtasini olib keldik, — dedi birovi.
—   Ikkita desayam bo‘ladi. Bitta maydagina bolacha, — dedi ikkinchisi. — Menimcha, bolasi bo‘lsa kerak, bag‘riga bosib yotibdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:32:55
—   Bolasi o‘g‘ilmi-qizmi? — so‘radi komandir.
—   Kim qarabdi, o‘rtoq komandir. Ishqilib, bir go‘dak odamcha-da.
Shunda, Botir firqa ajabtovur bir ovoz eshitdi. Firqa alang-jalang bo‘ldi. Ovoz ko‘kdan kelyapti yo yerdan chiqyaptimi,  bilolmadi.  Bir ko‘kka qaradi,  bir tevarakka qaradi, bir NKVDchilarga qaradi. Komandir iyagi bilan hovuzga imo etdi.
—   O’radan kelyapti, o‘radan, — dedi.
Botir firqa hovuzga tikildi. Chin, ovoz hovuzdan kelmish bo‘ldi. Nazarida... nazarida, jasadlar qimir-qimir etmish bo‘ldi.
Botir firqa yoqa tutamlab-yoqa tutamlab, angraydi. Botir firqa yoqa tuflab-yoqa tuflab, angraydi.
—   Iya! — deya komandirga qaradi. — Iya-iya...
O’z-o‘zidan... hovuzga tushib bordi. Qo‘rqa-qo‘rqa bordi.
Ovoz qadam sayin yaqin eshitildi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:33:05
Botir firqa joyida qotib qoldi. Qadam bosishini-da bilmadi,   ketiga qaytishini-da bilmadi.
Ovoz tobora yaqindan keldi.
Botir firqa yoqasini mahkam tutamladi. Ko‘zlarini yarim yumdi. Ham qo‘rquv, ham shijoat bilan yumdi. Ichida pichir-pichir kalima qaytardi. Dadil-dadil qadam qo‘ydi. Jasadlar boshiga bordi. Ko‘zlarini chirt yumib turdi-turdi... birdan yalt-yalt ochdi.
Shunda... shunda, Mirzaxo‘jaboyni bevasini ko‘rdi! Mirzaxo‘jaboyni zurriyotini ko‘rdi!
Botir firqani ichidan... bir nima o‘pirilib tushdi. Tan-joni jimir-jimir etdi. Tan-joni uvishib-uvishib oldi. Sochlari orasida misoli qumursqa yurdi. Ko‘zlarini tag‘in chirt-chirt yumdi...
—   Ularni tanidingizmi, o‘rtoq rais?
Botir firqa ana shunda ko‘zlarini ochdi. Yonlarida NKVDchilarni ko‘rdi.
Botir firqa tanidim, demishday bosh irg‘adi. Tag‘in jasadlarga tikildi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:33:21
Ana shunda, Mirzaxo‘jaboyni bevasi ko‘zlarini yarim ochdi! Boshidagilarga o‘lik nigoh bilan boqdi.
Botir firqa... biqinini changallab-changallab inqilladi.
—   U-u-uh!.. — deya oh urdi. — Tirik, tirik! O’rtoq komandir, ular tirik!
Komandir sheriklariga yuz soldi.
—   Darhaqiqat, ular hali nafas olmoqda-ku? — dedi.
—   To‘g‘ri, tirik, to‘g‘ri! — dedi birovi. — Lekin hozircha tirik, hozircha!
—   Baribir... o‘ladi! Bugun, bugun bo‘lmasayam... ertaga o‘ladi! — dedi ikkinchisi.
Mirzaxo‘jaboyni bevasi jonsarak-jonsarak boqdi. Mo‘lt-mo‘lt boqdi.
—   Yo‘q, yo‘q... — deya pichirladi. — Firqa bova, non
yo‘q. Bo‘lmasa, kelmas edim...
Gapidan, Mirzaxo‘jaboyni bevasi qaerga kelib qolganini bilmadi, qaerdaligini  bilmadi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:33:36
—   Tag‘in bitta kulcha bering, firqa bova, — dedi beva. — Bolamga berayin, non deyapti...
—   Beraman, beraman... — Botir firqa shunday deya, komandirga yuz soldi.
—   Urtoq komandir, tiriklarni ko‘mish qanday bo‘ladi?
—   Endi, nima qilaylik, o‘rtoq rais? Zamon shunday! Ocharchilikni bartaraf etmasak bo‘lmaydi.
—   Ammo-lekin... tirik-da, tirik! Ana, bag‘ridagi bolasi-da tirik! Sho‘ro hukumatiga ishchi kuchi kerak, o‘rtoq komandir, ular hali ish beradi.
—   Tushunaman, o‘rtoq rais, tushunaman. Ammo ular baribir... o‘ladi-da, o‘ladi! Nima yeb, jon saqlaydi?
—   Men ularga bittadan kulcha berib turar edim, o‘rtoq komandir. Bunday bo‘lishini bilsam, ikkitadan kulcha berar edim, o‘rtoq komandir. Men endi ularga ikkitadan kulcha berib turaman, o‘rtoq komandir, ikkitadan!
Komandir Botir firqaga o‘smoqchilab-o‘smoqchilab qaradi. Bir ko‘zini qisib-qisib oldi.
U bilan... apoq-chapoqmisiz deyman? — dedi. — Balki qo‘lidagi bolasiyam... o‘zlariga qarashlidir, o‘rtoq rais?
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:33:47
—   Yo‘q, yo‘q, unday xayolga bormang, o‘rtoq komandir, unday xayolga bormang. Gap shundaki...
—   Xo‘sh, gap nimada?
—   Gap shundaki, o‘rtoq komandir, ular juda aziz zotlarni bevasi, juda tabarruk zotlarni zurriyoti.
—   O’rtoq rais, siz aytgandek, kazo-kazolarga qaraladigan bo‘lsa, ocharchilikni tugatib bo‘lmaydi. Ukrainada generallarning bola-baqrasini ko‘mdik, generallarning! Ko‘plarini tiriklay ko‘mib tashladik, tiriklay! Bo‘lmasa ocharchilikni tugatib bo‘lmas edi!
Mirzaxo‘jaboyni bevasi Botir firqaga mo‘ltiradi.
—   Suv, suv... — dedi. — Bolamga suv bering.
—   Uchir! — deya o‘shqirdi bir xodim. — O’ladigan odamga... suv nima kerak?
—   To‘g‘ri, o‘likka... suv nima kerak? — dedi ikkinchi xodim.
Mirzaxo‘jaboyni bevasi ana shunda qaerda ekanini bildi. Olazarak bo‘ldi. Botir firqaga yolvordi.
—   Firqa bova, meni olib keting, — deya inqilladi.
—   O’zimga en bo‘lolmayman, sizga qanday bo‘y bo‘la-man? — deya o‘ksindi Botir firqa.
—   Men otasini yolg‘iz tirnog‘ini odam qilishim
kerak...
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:33:59
Bir xodim birdan hushyor bo‘ldi. Alang-jalang bo‘ldi.
—   Nima-nima?! — dedi. — Uyga ketasan? Ketasan-a, ketasan, ketib bo‘psan! Endi, sening... o‘ligingni orqalab kelish uchun yana boramizmi? Nima, sening... o‘ligingdan boshqa ishimiz yo‘qmi?
—   Uliklarga do‘q qilmang, o‘rtoq, o‘liklarga do‘q qilmang, — ded Botir firqa.
—   Do‘q qilmay bo‘ladimi? O’zi, allaqachon o‘lib bo‘lgan. Yana-tag‘in, uyga ketaman, deydi.
—   Oldin o‘lsin... — dedi Botir firqa.
—   O’ladi! O’limga mahkum etydgan, o‘ladi! Ana, rangida hayot asari yo‘q. Birgina shu... o‘lik uchun tag‘in boramizmi? Bunaqada ocharchilikni qachon tugatamiz?
—   Yo‘q, ular o‘limga mahkum etilmagan, — dedi
Botir firqa. — Men oldin ularga bittadan kulcha be-
rar edim. Endi, ikkitadan kulcha beraman...
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:34:07
Komandir sheriklariga nazar soldi.
—   Ana, o‘rtoq rais, ikkitadan kulcha beraman, de-
yapti, — dedi. — Bitta shu... o‘likka rahm-shafqat qilay-
lik? Kelinglar, uyiga olib borib qo‘yinglar.
NKVDchilar o‘zaro qarashib-qarashib oldi. Noiloj qoldi.
Bittasi mashinadan sholchani olib keldi. Alam bi-lan yoydi. Bittasi ona-bolani oyog‘idan oldi, bittasi boshidan oldi. Achchiq ham zarda bilan sholchaga o‘radi. O’ramni qo‘ltiqlab, mashinaga yo‘l oldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:34:21
15

Birinchi kinoteatr qurilajak bo‘ldi.
Loyiha tasdiq bo‘ldi.
Botir firqa kinoteatr dovrug‘ini olamga yoyajak bo‘ldi. Respublika miqyosida doston etajak bo‘ldi.
Shu maqsadda Yo‘ldosh Oxunboboevni taklif etdi.
Qurilish boshida katta yig‘in bo‘ldi. Karnay-surnay chalindi. O’yin-kulgi bo‘ldi. Qozon osildi.
Yo‘ldosh Oxunboboev qarsaklar ostida poydevor ora-siga esdalik yodnomasini joylashtirdi. Yodnoma ustidan birinchi g‘ishtni qo‘ydi. G’isht ustini andava   bilan loyladi. Keyin, andavani Botir firqaga uzatdi.
—   Marhamat, o‘rtoq Esonov, marhamat! — dedi.
Botir firqa Oxunboboevni qo‘lidan andavani oldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:34:29
Bir qo‘liga g‘isht oldi.
Botir firqa kinoteatrni... ikkinchi g‘ishtini qo‘ydi!
Qars-qars qarsaklar bo‘ldi. Ura-ura, hayqiriqlar bo‘ldi.
Botir firqa Yo‘ldosh Oxunboboevni nazariga tushdi. Botir firqa Io‘ldosh Oxunboboevni dasturiga tushdi.
—   Bizga sizdek kommunistlar kerak! — dedi Oxun-
boboev. — Oldin Toshkentda o‘qitamiz, keyin Moskvada o‘qitamiz. Biz sizni ko‘taramiz!
Turmush baxtiyor bo‘ldi, Botir firqa undan-da baxtiyor bo‘ldi!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:34:37
16

Besh-olti kundan keyin... NKVD xodimlari keldi. Qurilishni aylanib qaradi. Bosh irg‘ab-irg‘ab qaradi.
—   Madaniy-maishiy inshootlarga keng yo‘l! — dedi.
Keyin, tevarak-atrofni aylandi. Shunda, Saidxo‘ja eshonni xonaqosini ko‘rib qoldi.
Xonaqo kinoteatrdan yuz qadamlar xolisda bo‘ldi. Ariq bo‘yida bo‘ldi.
Ariq shovullab-shovullab oqdi. Suvi toza ham tiniq oqdi.
El-yurt ana shu ariqdan suv ichdi. Qo‘shhovuchlab-qo‘shhovuchlab suv ichdi.
El-yurt ariqqa yomon narsa tashlamadi. Ariqni harom etmadi. Suvni bulg‘amadi.
Shu boisdan-da Saidxo‘ja eshon ana shu suv bo‘yida xonaqo qurdi.
NKVDchilar xonaqoni gir aylanib ko‘rdi. Ichkarini aylanib ko‘rdi. Ilma-teshik etib ko‘rdi.
—   Buzilsin! — deya buyurdi. — Yangi turmush yonida
eskilik sarqiti bo‘lishi mumkin emas! Buzilsin!
NKVD gapi — qonun! NKVD gapi — otilgan o‘q! El-yurt nafas yutdi. El-yurt suv sepmishday jimjit bo‘ldi. El-yurt aza tutdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:34:44
17

Xonaqoni mumtoz ustalar qurib edi.
Xonaqo darvozalari naqshinkor-naqshinkor darvozalar edi. Derazalari jimjimador-jimjimador derazalar edi. G’oyat ohanjomali eshik-darvozalar edi, deraza-peshtoqlar edi.
Deraza-darvozalar qadimgi Sharq me’morchilik san’atini noyob namunasi edi!
Ayniqsa, mazkur ohanjoma deraza-darvozalar... archa daraxtidan edi. Archadan yasalib edi. Archadan yaratilib edi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:34:58
18

Botir firqa faollarga yuz soldi. Faollardan maslahat so‘radi.
Faollar... Birov yuzini olib qochdi. Birov eshitib-eshitmaslikka oldi.
Faol zoti bor — o‘zini olib qochdi.
Botir firqa endi... yakkash o‘zi o‘yladi. Bir eskicha o‘yladi, bir yangicha o‘yladi. Eskicha bilan yangichani qo‘shib o‘yladi.
Ana shunda, Botir firqa yurak yutib... bir ishga qo‘l urdi.
Kechasi el-yurtni uxlatdi. To‘rtta halol dehqonni ergashtirib, xonaqoga bordi. Darvoza-derazalarni buzdirib oldi. Kolxoz o‘tinxonasiga tashitdi. Bir burchakka qalatdi. Ustidan tut kundalarini bostirdi. Kundalar ustidan shox-shabbalar tashlatdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:35:06
Utinxonani qulfladi. Kalitni cho‘ntakka soldi.
—   Tuya ko‘rdilaringmi-yo‘q? — dedi.
—   Yo‘q, — dedi dehqonlar.
—   Agar hidi chiqsa, beshtamiz ham manavi yoqqa boramiz.
Botir firqa barmoqlarini panjara-qamoqxona qilib ko‘rsatdi.
Ertasi kuni xonaqo buzildi. Izlar bosti-bosti bo‘ldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:35:21
19

Kinoteatr kun sayin qad ko‘tardi.
Markazdan ashyo-anjomlar keldi.
Botir firqa kinoteatr eshik-derazalarini maktabga qo‘ndirdi. Boisi, maktab eshik-derazalari qiyshayib yotib edi. Qish esa, bo‘sag‘ada edi.
Kinoteatr eshik-derazalarini qo‘ndirish vaqtida quruvchilar qarasa — eshik-da, deraza-da yo‘q bo‘ldi.
Quruvchilar markazga xabar berdi.
Markazdan taftish keldi. Tekshir-tekshir boshladi. Shunda,   Botir  firqa taftishchilarga maktabni ko‘rsatdi. Vaj-sabablarini aytdi.
—   Ammo-lekin o‘quvchi avlodni sovuqdan saqlab qoldim! — dedi.
Taftishchilar bosh irg‘adi. Botir firqani qo‘llab-quvvatladi.
—   To‘g‘ri qilibsiz, — dedi. — Xo‘sh, endi nima
qilmoqchisiz?
—   Endi... Endi, gap bunday, — dedi Botir firqa. — Xabarlaringiz bo‘lsa kerak, anavi suv bo‘yida bir... eskilik sarqiti bo‘lar edi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:35:34
—   Eskilik sarqiti?
—   Shunday-shunday. Xonaqomi, machitmi... shunday bir balo deyilar edi. Ishqilib, dindorlar yiqilib-turadigan namozxona edi. Men otam zamondan qolgan ana shu namozxonani buzdirib tashlab edim. Shara-baralarini tashlatib yuborib edim. Eskilik sarqitini shara-barasi kimga kerak, to‘g‘rimi? Ana shu shara-baralarni qorovullar o‘tin qilish uchun o‘tinxonaga olib borib tashlabdi. Qorovullar biladi-da, archa yog‘och yaxshi yonadi.
—   Archa yog‘ochdanmidi? — dedi taftishchi.

—   Bari ashqol-dashqol archa yog‘ochdan edi-da, archa yog‘ochdan! Endi, ana shu eski-tuskilardan foydalanib tursak deb edim.
—   Qani, o‘sha eski-tuskilar?
Botir firqaga jon kirdi. Taftishchilarni o‘tinxonaga olib bordi.
Taftishchilar enkayib qaradi. Taftishchilar qiyshayib qaradi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:35:42
—   Voy-bu-uy, qani, ko‘rinmaydi-yu? — dedi.
—   Mana shularni «tagida yotibdi, — dedi Botir firqa.
—   Tayyor jihozniyam shunday qiladimi-a? — deya bosh chayqadi taftishchi.
—   Bu o‘zi bir... eskilik sarqiti bo‘lsa, nimasini ayaydi? — dedi Botir firqa. — Bu ish xalqni eskilikka nafrati-yu, sovet tuzumiga hurmatidan!
—   To‘g‘ri, lekin shunday jihozlar bekordan-bekor o‘tin bo‘lgandan ko‘ra... foydalansa bo‘lmaydimi?
—   Bo‘ladi, bo‘ladi.
—   Uzi, qayta tiklasa bo‘ladimi?
—   Juda bo‘ladi-da! Shunday qo‘li gul ustalarimiz bor, boplab tashlaydi.
—   Unda, o‘sha ustalaringizni chaqirib, darhol tuzattiring! Keyin, foydalanishga topshiring!
Botir firqa uchun shu gap kerak edi. U yuqorini buyrug‘ini bajardi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:35:49
20

Botir firqa Toshkentda to‘qqiz oylik siyosiy o‘qishni tamomlab keldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:35:57
21

«Gitler urush boshlashdan oldin... mag‘lub bo‘ldi. O’z-o‘ziga go‘r kovladi. O’z boshini o‘zi yedi.
Gitler SSSR armiyasi imkoniyatlarini bildi. 1-front kuchlarini tosh-tarozi etib ko‘rdi. 2-front qudratini-da o‘lchab ko‘rdi.
Ammo-lekin 3-front haqida o‘ylab ko‘rmadi. Oqibat, 3-frontni hisobga olmadi.
3-front... front orti bo‘ldi. Mehnatkash xalq bo‘ldi. Chol-kampirlar bo‘ldi. Beva-bechoralar bo‘ldi. Yetim-esirlar bo‘ldi. Mayib-majruhlar bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytsak, tongdan shomgacha... front uchun ter to‘kuvchi jafokash xalq bo‘ldi».
Botir firqa ikkinchi jahon urushidan keyin ana shunday o‘yladi. G’alabani ana shunday sharhladi.
—   Ammo-lekin Gitler... meni sezmadi, — dedi Bo-
tir firqa. — Front ortida... men mehnat qilayotanimni Gitler bilmay qoldi!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:36:09
22

Tuman ijroiya qo‘mitasi binosi ikki qavatli bo‘ldi.
Botir firqa bino xonalarini aylandi. Har bir xonani alohida qarab ko‘rdi. Devorlarni ko‘rdi. Eshiklarni ko‘rdi. Derazalarni ko‘rdi.
—   Otasiga rahmat, — dedi. — Hamma ishni partiyaviy aniklik bilan bajaribdi.
Keyin, qo‘mita hovlisini aylandi. Bino tevarak-boshini qaradi.
Favqulodda qaqqayib qoldi. Ensasi qotdi. Peshonasi tirishdi. Lablarini burdi. Tevarak alanglab, yelka qisdi. Ajablanib, quchog‘ini bir ochib oldi.
—   Quruvchilar qani? — dedi.
—   Quruvchilar binoni topshirib ketdi.
—   Endi qachon keladi?
—   Quruvchi kelarmidi, firqa bova. Binoni topshi-rish qog‘oziga qo‘limizni qo‘ydirdi-yu, jo‘nab qoldi.
—   Oldingi raislaringiz shunday qabul qilib oldimi?
—   Ha-da, mana tayyor bino. O’zingiz ham otasiga rahmat, deyapsiz-ku.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:36:16
Botir firqa keskin bosh chayqadi. Keskin hay-hay, dedi.
Boisi, binoni yigirma gektarcha hovlisi... biyday bo‘m-bo‘sh bo‘ldi. Qup-quruq dala bo‘ldi. Tep-tekis dala bo‘ldi.
Aqalli bir nihol bo‘lmadi. Aqalli bir... yantoq bo‘lmadi!
«Qasam urgan yerga o‘xshaydi, — deya o‘yladi Botir firqa. — Qarg‘ishga uchragan yerga o‘xshaydi».
—   Bugun qanday kun? —dedi Botir firqa.
—   Beshinchi may, — dedi bir xodim.
—   Vaqt picha o‘tibdi, — dedi Botir firqa. — Pichagina o‘tibdi. Ammo-lekin haliyam kech emas.
Botir firqa bir hafta qo‘mita binosi ichiga kirmadi.
Hovlida xodimlar bilan xandaq qazidi. Xodimlar bilan turli-tuman nihol ekdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:36:27
O’rik ekdi. Olma ekdi. Gilos ekdi. Deraza ostida atirgul ekdi. Bo‘sag‘a oldida namozshomgul ekdi.
Botir firqa ulkan darvoza oldida o‘ylab qoldi. Ketmon suyanib o‘yladi. Tevarak alanglab o‘yladi.
«Hovlini to‘ldirib mevali daraxt ekdik, — dedi. Endi, darvoza oldiga-da mevali daraxt eksak. Masalan, olma eksak. Olmani soyasi o‘ziga yarasha bo‘ladi. Bersa, besh-olti kishiga soya beradi. Bu darvoza o‘z oti o‘zi bilan ijroqo‘m darvozasi bo‘ladi. Kelim-ketim ko‘p bo‘ladi. Xalq darvoza oldida yig‘iladi. Ichkari kirish uchun navbat kutadi. Olma qaysi biriga soya beradi? Yo‘q, besh-oltita ulkan daraxt kerak, ulkan!»
Botir firqa o‘iladi-o‘yladi — darvoza oldida... yong‘oq ekar bo‘ldi. Yong‘oq ham mevali daraxt, ham ulkan daraxt, deya o‘yladi. Keyin, ushbu fikridan-da qaytdi.
«Yong‘oq o‘zidan odam uchun ziyon hid chiqaradi, — dedi. — Ijroqo‘mga ko‘zidan yoshi oqqanlar keladi. Birortasi yig‘lab-yig‘lab, yong‘oq ostida... uxlab qolsa nima bo‘ladi?»
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:36:35
Botir firqa tag‘in o‘yladi. Nihoyat, chinor ekajak bo‘ldi.
—   O’n tup chinor kerak, — dedi Botir firqa. —
Birdan unib o‘sadigan, dadil-dadili kerak.
Xodimlar mashinada kolxoz-sovxozlarga yo‘l oldi. Yaxshi-yaxshi chinor topib keldi.
Xodimlar chinor tomirini xandaqqa soldi. Chinor bo‘g‘zidan bir qo‘llab ushladi.
Botir firqa chinor ostiga bir satil suv soldi. Ustidan nurab tushgan devor tuprog‘ini soldi. Chinor tomirlarini devor tuproq bilan ko‘mdi. Ustidan yengil-engil tepkiladi. Tag‘in bir satil suv soldi. Endi, xandaqqa o‘zidan chiqqan tuproqni soldi. Tepkilab-tepkilab tekisladi.
Botir firqa shu qabilda o‘n-o‘n beshtacha chinor ekdi.
—   Nasib bo‘lsa, qulf urib o‘sadi! — deya kuldi u. —
Nasib bo‘lsa, bu chinorlar butun tumanga soya beradi!
Botir firqa ertasi kuni ijroqo‘m raisi kreslosidan joy oldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:37:05
23

1956 yil bo‘ldi.
O’zbekistonda televizor joriy bo‘ldi.
O’zbek xalqi televizor ko‘rajak bo‘ldi.
Shu bois televizor otliqqa yo‘q bo‘ldi.
Ushbu antiqadan bir donasi tuman xotin-qizlar qo‘mitasi ixtiyoriga keldi.
Qo‘mita faollari mazkur mujda otini topolmay qiynaldi. To‘poriroq, faol «quti», dedi. Ilg‘orroq faol, «oyna», dedi. O’qimishliroq faol «dilbuzar», dedi.
Faollar mujdani qo‘yib ko‘rajak bo‘ldi. To‘pori faol mujda qog‘oz xaltasini, yirtdi. Ilg‘or faol mujdani xaltadan sug‘urib oldi. O’qimishli faol mujdani «qizil burchak»ka ko‘tarib qo‘ydi.
Bo‘ldi — undan uyog‘iga birovini-da aqli yetmadi!
Televizor shu turishida oylab turdi. «Qizil burchak»ni bezab turdi.
Begim kunlar — 8 mart keldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:37:16
Qo‘mita sovg‘a-salomlar tayyorladi. Xayr-ehsonlar tayyorladi. Ana shu televizor Obod Mirzaxo‘jaevaga sovg‘a etilar bo‘ldi.
Qo‘mita faollari televizor qo‘ygich usta topib keldi.
Usta televizorni bir aravachaga bosdi. Aravachani o‘zi tortdi.
Faollar tuman ijroqo‘mi raisi Esonov boshchili-gida Mirzaxo‘jaevalarnikiga kirib bordi.
Dasturxon turlandi, turlandi!
Ko‘ngiltortarlar dasturxon tevaragidan joy oldi.
Usta televizorni qo‘yish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Uyga kirdi-uydan chiqdi. Tomga chiqdi-tomdan tushdi. Oxiri televizorni qo‘yib berdi.
Televizor binoyiday ko‘rsatdi.
Barcha chapak chalib yubordi.
—   Yashasin, mehribon sho‘ro hukumati! — dedi Botir firqa. — Ozod Sharq xotin-qizlariga alangali
salomlar bo‘lsin!
Tag‘in chapak bo‘ldi.
Erkaklar yonma-yon xonadan joy oldi. O’rta deraza ochib qo‘yildi. Erkaklar ana shu derazadan televizor ko‘rib o‘tirdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:37:25
Botir firqa bilan usta qittay-qittay oldi.
Botir firqa derazaga qarab qadah ko‘tardi. Derazaga qarab tantanavor so‘zladi:
— Hurmatli o‘rtoq Obod Mirzaxo‘jaeva! Biz, shonli sovet xalqi, xalqaro xotin-qizlar bayrami 8 martni butun xalqimiz, jonajon kommunistik partiyamiz, mehnatkash kolxozchi dehqonlarimiz, qahramon ishchilar sinfimiz, qo‘yingki, jamiki shonli sovet ziyolilarimiz KPSS XX s’ezdi tarixiy qarorlarini ulkan g‘ayrat-shijoat bilan turmushga tadbiq etmoqda bo‘lgan bir vaziyatda keng bayram qilmoqdamiz. Ha, shonli kommunistik partiyamiz XX s’ezdidan keyin hali hech qancha vaqt o‘tganicha yo‘q. Ammo-lekin biz sovet xalqi shugina qisqa vaqt mobaynida olamshumul muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdik, bu bilan butun sovet xalqi, shu jumladan, ozod Sharq xotin-qizlari har qancha faxrlansalar arziydi...
Botir firqa qishloq xo‘jaligi, xalq xo‘jaligi, sanoat sohasida erishilgan yutuqlarni raqamlar bilan sanab berdi.
Erkaklar ana shu shonli yutuqlar uchun qadah cho‘qishtirdi. Ayollar... choy cho‘qishtirdi.
Shu vaqt ayollar davrasi g‘imir-g‘imir etib qoldi.
—   Voy, o‘ldim, voy! — deya ovoz eshitildi. — Voy,
sharmanda bo‘ldim!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:37:33
Eshiklar qarsillab yopildi. Ayollar biri qo‘yib, biri ovoz berdi:
—   Nima gap?
—   Tinchlikmi?
Botir firqa derazadan qarashdan orlandi. Dasturxondan ko‘z olmay so‘radi:
—   Nima bo‘ldi, o‘rtoq Mirzaxo‘jaeva?
Javob bo‘lmadi. Ichkaridagi voy-voylar tashqariladi. Ichkaridagi ha-hular hovliladi.
Botir firqa joyidan qo‘zg‘oldi. Eshikni yarim ochdi. Hovliga mo‘raladi.
Hovlida bir paranjilik ayol bo‘ldi. Paranjilik ayol qo‘lida hassa bo‘ldi. Ayolni bukchayishidan — momo bo‘ldi.
Ana shu momo hovli darvozasiga qarab talpindi. Darvozaga qarab yulqindi.
Bir ayol momoni tirsagidan oldi. Bir ayol yelkasidan oldi. Bir ayol paranji burchidan ushladi.
Mirzaxo‘jaeva momoni yo‘lida to‘g‘onoq bo‘ldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:37:43
—   Ha, borasiz-da, ena, — dedi Mirzaxo‘jaeva. — Allaqaytib aylanib kepsiz, borasiz-da.
—   Qoch, yo‘limni ber! Qoch deyman!
—   Xo‘p, ichkari kiring. Odam hovrini odam bosadi!
—   Betingni murdasho‘y ko‘rgurlar! Qari-qartang bir momoni gunohga botirgan senlarni xudo ko‘tarsin!
—   Ena, u bir oyna, eshityapsizmi, oyna!

—   Ha, oynang boshingdan qolsin, boshginangdan qolsin!
—   U bir dilbuzar, xola, dilbuzar!
—   Qarigan chog‘imda yuruvsiz bo‘ldim-a, yuruvsiz-a!
—   Xola, anavi ichkarida firqa bovalar o‘tiribdi, ko‘p javramang.
—   Ichkarilang. Ikki piyola choy iching. Non egasi bilan chuchuk!
Shunda, momo uy taraf qaradi. Botir firqaga qaradi. Hassasini uy tarafga qo‘yib do‘qillatdi. Ohista iziga burildi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:37:57
—   Mayli, tuz tortgan ekan, kiraman, — dedi. —
Lekin birovingniyam betingga qayrilib qaramayman!
Botir firqa momoni tanidi. U Mirzaxo‘jaevani keksa onasi Zaynab momo bo‘ldi.
Zaynab momo hassasini do‘q-do‘q urib ichkariladi. Ostonada hassasini devorga suyab qo‘ydi. Bo‘sag‘ada tik turdi. Tevarakka razm soldi.
Televizor qiblagohda — Zaynab momoni chap tarafida bo‘ldi. Shu bois, Zaynab momo chap tarafidan yuzini burdi. Ro‘molini peshonasiga tortib qo‘ydi. Ro‘moli chap tarafi burchidan ushladi. Ro‘moli burchini yuzi uzra ko‘tarib... yuzini yashirdi. Televizorda so‘zlovchi diktordan... yuzini yashirdi.
Zaynab momo shu holda ichkariladi. Hali o‘zi o‘tirmish to‘rdan joy oldi. Sandiqqa qarab o‘tirdi. Ro‘moli burchini ushlab, televizorga... yelka burib o‘tirdi. Televizordan yuzini bekitib o‘tirdi.
Uzatilmish choyni yengi ichida oldi. Ro‘molini qo‘yib yubormay oldi. Qayrilib qaramay oldi.
—   Dasturxonga qarab o‘tiring, xola, — dedi bir faol.
—   Yo‘q, qaramayman, — dedi. — Nomahramlarga qaramayman!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:38:05
—   Dasturxon nomahram emas-ku?
—   Dasturxon bo‘lmasa, anavi qutida javrayotgan be-
tavfiq nomahram!
Faollar og‘iz ushlab kuldi. Bir-birini turtib kuldi. Bir-birini chimchilab kuldi.
Botir firqa barini bilib o‘tirdi. Zimdan kuzatib o‘tirdi. Ko‘ngli, Zaynab momo bilan salomlashay, dedi. Piyola gardishiga tikilib gap boshladi:
—   Zaynab momo, maza qanday? — dedi. — O’ynab-kulib yuribsizmi? Suyak dadilmi?
—   Shukur, firqa bova, shukur. O’zingiz qanday, bola-baqra katta bo‘lyaptimi...
—   Shukur, shukur. Ammo-lekin ovozingiz baland-baland chiqyapti, tinchlikmi?
—   Tinchlik bo‘lmay nima bo‘lardi, firqa bova. Xudoga shukur, qizlarim o‘zidan tingan. Shu qizlari qurg‘ur, o‘ylamay-netmay, nomahram erkaklarga ro‘para qiladi-da. O’lganimni kunidan o‘tiraman-da.
—   Endi, u televizor-da, Zaynab momo, televizor.
—   Ha... qutisi boshidan qolsin! Bir surbet... qutidan boshini chiqarib qaraydi deng. Gunohlarga botib o‘ldim, gunohlarga-ya!
—   U bir diktor-da, Zaynab momo, dikgor.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:38:13
—   Ha... Unday erkakni oti o‘chsin, otginasi o‘chsin! Erkak zoti bunchalik surbet bo‘lmaydi-da! Shunday kelib o‘tirishimni bilaman — menga ko‘zini lo‘q qilib... gap otib qolsa bo‘ladimi?
—   Shunday tuyuladi, Zaynab momo. Aslida, diktor hammaga qarab gapiradi.
—   Qirchiningdan qiyilgur, menga qarab gapirdi! Ko‘zimga baqrayib gapirdi! Ishshayib kuldi ham!
Shu vaqt televizor bir kuy chaldi. Bir faol Obod Mirzaxo‘jaevani yetti-sakkiz yoshli ko‘hlikkina qizini silab-siypadi.
—   Oting nima? — deya so‘radi.
—   Dilya! — dedi qiz.
—   Yo‘q, o‘zingni oting nima?
—   Dilbarchik.
Ha-a, Dilbar. Mana shu mehmonlarga bir o‘ynab ber, Dilbar. Ashula bilsang, ashula aytib o‘yna, xo‘pmi?
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:38:23
Dilya ashula aytib-aytib xirom etdi:
Muncha uyqu bosdi sizi, onalar,
Fikr etingiz, o‘ylab u peshonalar,
Ilm, maorif bila begonalar,
Bo‘ldingiz olamga siz afsonalar,
Mazlumalar, jonlara jononalar,
Qizlaringizni o‘qiting, onalar!
Ayollar qars-qars qarsak chaldi. Qiyqirib-qiyqirib olqishladi.
—   Qizlar... erkaklab ketdi! Ana, qizlar erkaklab
ketdi! — dedi Zaynab momo.
Zaynab momo 8 mart davrasi davomida televizor diktordan... betini bekitib o‘tirdi!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:38:41
24

Botir firqa oliy partiya maktabida o‘qib keldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:38:56
25

Yuqoridan katta kelsa — faollar yig‘ilishidan qaytar edi. Yuqoridan katta kelsa — bog‘lar qo‘ynidan qaytar edi. Yuqoridan katta kelsa... baliq ovidan qaytar edi.
Bir saratonda Sharof Rashidov keldi.
Quyosh sharq burjidan... falak gilamiga qadam qo‘yar bo‘ldi. Olamni sodiq zotlar qalbiday ravshan ham musaffo etar bo‘ldi.
Sharof Rashidov tumanma-tuman aylandi. Kolxozma-kolxoz aylandi. Dalama-dala aylandi.
—   Endi, mana buyoqqa haydang!
Sharof Rashidov shunday deya, adir tarafni ko‘rsatdi.
Mayda mashinalar karvoni adir oralab yo‘l oldi. Mashinalar adir oralab yurdi-yurdi... biyday cho‘ldan
chiqib qoldi!
—   Mana shu yerda to‘xtating! — buyurdi Sharof Rashidov.
Sharof Rashidov mashinadan tushdi. Tevarakka nazar soldi. Kaftini peshonasiga soyabonlab qaradi. Ko‘zlarini qisib qaradi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:39:18
Qiblai olam biyday cho‘l bo‘ldi. Dunyo misoli cho‘ldan iborat bo‘ldi. Kunbotar-da ko‘rinib turdi, kunchiqar-da qo‘rinib turdi.
Saraton... oshiq yuragiday yondi! Ma’shuq yuragiday yondi!
Bir chaqirimcha olisda oppoq bir tasma uzala tushib yotdi. Oppoq tasma bir... mashina yo‘l bo‘lib ko‘rindi, bir... so‘qmoq yo‘l bo‘lib ko‘rindi.
Bu — Amudaryo bo‘ldi.
Amudaryo sokin-sokin oqdi. Shu bois, oqib ketyaptimi yo to‘xtab turibdimi — bilib bo‘lmadi.
Sharof Rashidov faollarga qarab-qarab yurdi, oyoqlari osti qum-tuproqlarga tikilib qoldi. Tuproqdan ko‘z olmay bosh chayqadi.
—   Ishlamabsiz, o‘rtoq Rajabov, ishlamabsiz, —
dedi.
Viloyat partiya qo‘mitasini birinchi kotibi Rajabov kalovlanib qoldi.
—   Endi, o‘rtoq Rashidov... Men obkomga yakinda keldim, — deya manqalandi. — Hali-hozircha, oblastni yaxshi o‘rganganim yo‘q. Shu sababli, hamma ishni kelgan joyidan davom ettirib turibman.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:39:40
—   Siz ishni kelgan joyidan davom ettirmang! — ovozini ko‘tardi Sharof Rashidov. — Bilasizmi, sovet hokimiyati kelgunicha bu yerlar kimga qarashli edi?
—   Buxoro amirligiga qarashli edi.
—   Ha, Buxoro amirligiga qarashli edi. Buxoro amiri kim edi?
—   Amir Olimxon edi.
—   Ana shu amir Olimxon... haramidan nari ketmasdi. Deydilarki, qavmi Lutni ishini ham qilgan fursat topsa. Nima, endi siz ham amir Olimxonni ishlarini... kelgan joyidan davom ettirmoqchimisiz?
—   Men... men...
—   Sovet hokimiyati o‘rnatilganiga necha yil bo‘ldi? Javob bering?
—   Men... halol kommunistman, Sharof Rashidovich, halol! — deya quti o‘chdi Rajabov. — Chin kommunist so‘zim. Men ba’zi birovlar yurgan yo‘llaridan
yurmayman. Mana, obkom a’zolari guvoh.
—   Men sizni oxirgi amirga tenglashtirmoqchi emasman. Mana, siz farg‘onaliksiz. Bog‘-rog‘lar vodiysidansiz, qo‘li gul bog‘bonlar yurtidansiz. Shuning uchun ham partiya sizni mana shu vohalarni bog‘-bo‘stonlarga aylantirsin, deb yubordi.  Mana shu el-yurtni obod qilsin, deb yubordi. KPSS Markaziy Komitetining cho‘llarni bog‘-bo‘stonga aylantirish haqidagi qaroriga necha yil bo‘ldi? Javob bering?
Vinovat, Sharof Rashidovich, vinovat. Men... tushunmabman.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:40:07
—   Ishni kelgan joyidan davom ettiryapman emish. Qanaqa ishni? Amirlarga o‘xshab, cho‘llarni cho‘lligicha qoldirish, dashtlarni dashtligicha qoldirish ishinimi? Xonlarga o‘xshab, faqat o‘z nafsini qondirish, o‘z qornini to‘ydirish ishinimi?
Sharof Rashidov nega yo‘lini cho‘lga burdi? Nega cho‘l o‘rtasida to‘xtadi? Nega dabdurustdan bunday gap boshladi?
Rajabov bu burilish tasodif emasligini endi bildi. Bu gaplar oldindan o‘ylab qo‘yilganini endi bildi.
Bildi-yu... O’zbekistonni barcha kattalariga xos bahonani qo‘lladi. O’zbekistonni barcha katta zoti dastak etib olmish bahonani qo‘lladi:
—   Suv yo‘q, Sharof Rashidovich, suv yo‘q! — dedi.
Rajabov O’zbekiston kattalarini qo‘llab-quvvatlab
kelmish suv bahonasini aytdi-yu... balolarga qoldi!
—   Suv? Anavi suv bo‘lmay, nima?!
Sharof Rashidov shahodat barmog‘ini Amudaryoga nish etdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:40:15
—   Anavi suv bo‘lmay, nima? Ko‘z bormi?!
Rajabov mung‘ayib-mung‘ayib qoldi. Rajabov boshini yelkalari ichiga oldi.
—   Suv, to‘g‘ri, suv... — deya ming‘-ming‘ etdi. — Lekin Orol... chekinyapti.
—   Nima-nima?
—   Amudaryo suvi to‘laligicha yetib borolmayotganligi uchun Orol dengizi quriyapti.
Orol dengizi? Endi, shu bahonani topdingizmi? Orol siz bilan bizdan oldin ham bor edi, siz bilan bizdan keyin ham bo‘ladi! Suvi kamayadi, ammo qurimaydi. Suvi kamaysa, siz bilan biz aybdor bo‘lmaymiz. Amudaryo bilan Sirdaryo ham aybdor bo‘lmaydi. Chunki Orol hamma tarafdan yopiq bir... ko‘l. Dengiz okeanga chiqishi kerak. Orol esa, okeanga chiqmaydi. Demak, Orol — ko‘l. Okean bilan tutashmaydigan, okean suvi tushib turmaydigan har qanday suv — qurish xavfi ostida bo‘ladi. O’nta Amudaryoni olib borib quysalar ham suvi kamayib boraveradi. Orol ham shunday. Siz, cho‘l-biyobonda hayot kechirayotgan xalqni o‘ylang!  Siz, oyoqlaringiz ostida cho‘llab yotgan tuproqni o‘ylang! Qarang, yer qaqrab yotibdi, qaqrab! Yer chatnab yotibdi, chatnab! Asrlardan buyon cho‘l-biyobon bo‘lib yotibdi. Siz bilan biz mana shu cho‘l-biyobonlarni inson yashaydigan makonga aylantirmasak... kommunist bo‘lib nima qilib yuribmiz? Jaydari til bilan aytganda... odam bo‘lib nima qilib yuribmiz? Qani, O’zbekiston gimnini aytinglar-chi? Qani-qani?
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:40:25
Viloyat kattalari tasbehday-tasbehday tizilib turdi. Kattalar yer chizdi. Kattalar qizarib-bo‘zardi.
—   Hali, O’zbekiston gimniniyam bilmaysizlarmi? — deya dimog‘ida kuldi Sharof Rashidov. — O’zbekiston gimnini-ya? Ana, xolos! Cho‘l o‘zlashtirishni eplay
olmasalaringiz, gimn aytishni bilmasalaringiz... kommunist bo‘lib nima qilib yuribsizlar?
Ana shunda, raykom Esonov jonlandi. O’z joyidan ovoz berdi:
—   Men picha ayta olaman, o‘rtoq Rashidov.
—   Pichami, to‘liqmi?
—   Ha, endi, gimn bo‘lgach, to‘liq bo‘ladi-da, o‘rtoq Rashidov.
—   Unda, ikkalamiz aytamiz. Qani, keling!
Raykom Esonov chopqillab-chopqillab bordi. Sharof Rashidovni yonida banda misol-banda misol turdi. Sharof Rashidovga ko‘z qiri bilan qarab-qarab turdi.
—   Qani, o‘rtoq raykom, ikkalamiz mana shularga
bir namuna bo‘laylik!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:40:44
Sharof Rashidov qo‘llarini yonlariga bosdi. Qomatini mag‘rur kerdi. Boshini adl ko‘tardi.
Sharof Rashidov bepoyon cho‘l-biyobonga boqib-boqib... Sho‘rolar O’zbekistoni gimnini aytdi:
Serquyosh o‘lkada ko‘rmasdik ziyo,
Daryolar bo‘yida edik suvga zor...

Ufqlarga tutash cho‘l. Sap-sariq cho‘l. Biyday cho‘l.
Ana shu sap-sariq cho‘l qo‘ynida gimn yangradi.
Bari katta g‘oz turdi. Gimn aytar bo‘lib, og‘iz pichirlatdi.
Sharof Rashidov kattalarga murojaat etdi. So‘zni qalin-qalin qilib aytdi:
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:41:02
—   Ana, eshitdilaringizmi? Daryolar bo‘yida edik
suvga zor... Bu, kim haqida? Siz bilan biz haqimizda!
Uzbekistonda yashovchi barcha qorako‘z xalq haqida. Lekin qorako‘z xalqda ayb yo‘q. Xalq saraton sarig‘ida
chang yutib, qahraton sovug‘ida muz qotib mehnat qiladi! Ayb siz bilan bizda! Qarang, asrlar mobaynida Amudaryo, Sirdaryo degan azim daryolar bo‘yida yashaganmiz. Ammo suvga zor bo‘lib yashaganmiz. Asrlar davomida azim-azim daryolarning shundaygina qirg‘og‘ida yashaganmiz. Ammo suvga tashna bo‘lib turmush kechirganmiz. Bu nimadan? Bu, siz bilan bizning... Gap kelganda, otangni ayama, deydilar. Mana shu biyday cho‘lda aytay, norasmiy ravishda aytay, quloqlaringizga aytay: bu siz bilan bizning yuvoshligimizdan, ha, qo‘ymijozligimizdan! Begona tillar bizni «baran-baran», deydi. Mana, baranlik! Endi, buni qarang: butun boshli oblast rahbariyati, o‘nlab rayon rahbariyati... O’zbekiston gimnini bilmaydi! Ana, qo‘ymijozlik!
Raykom Esonov shuncha zot orasida bitta o‘zi O’zbekiston gimnini ayta olishidan quvondi. Ammo Sharof Rashidovni gaplaridan g‘oyat ta’sirlandi.
«O’zi, o‘rtoq Rashidov kuyunganicha bor-da,— dedi raykom Esonov. — «Baran» bo‘lmasak, Amudaryo bo‘yida suvga tashna yashaymizmi? «Baran» bo‘lmasak, el-yurt yo‘lboshchisi bo‘la turib, O’zbekiston gimnini bilmaymizmi?»
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:41:18
26

Tushdan keyin qabulga kiruvchilar ado bo‘ldi.
Raykom Esonov kerishib-kerishib yayradi. Emin-erkin bo‘ldi.
Bir choynak choy buyurdi.
Choyni kotiba qiz emas... Obod Mirzaxo‘jaeva ko‘tarib kirdi.
Raykom Esonov ajablanib qoldi. Joyidan turib bordi. Mirzaxo‘jaevani qo‘lidan choynakni olmoqchi bo‘ldi.
Ammo Mirzaxo‘jaeva ko‘nmadi. Choyni o‘zi olib keldi. Choynak qoshida o‘tirdi.
Raykom Esonov Mirzaxo‘jaeva bilan yuzma-yuz o‘tirdi. Undan hol so‘radi.
Mirzaxo‘jaeva choy qaytara-qaytara bosh irg‘adi. Choy suza-suza javob berdi. Bir piyola choydan keyin maqsadga o‘tdi.
—   Bir bola bor, Botir Esonovich, — dedi_. — O’zi Moskvani bitirib kelgan. Gazetada ishlaydi. O’sadigan bola. Shoir!
—   Shoir? Zo‘r-ku!
—   Zo‘r bo‘lgandayam, ulay-bulay zo‘r emas. Labbaygo‘y emas. Sarkash shoir. Yangi oqim shoiri. Frantsuz avan-gardizmi... deydimi... Ana shunday avangard shoir!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:41:29
—   Siz frantsuz avangardizmini qaerdan bilasiz, o‘rtoq Mirzaxo‘jaeva? — deya jilmaydi raykom Esonov.
—   Men tushunmayman, Botir Esonovich. Qizimdan eshitaman, qizimdan.
—   Aytganday, qizingiz shoira bo‘ldi-a?
—   Ha, she’r yozadi. She’rlari qo‘shiq ham bo‘ldi.
Raykom Esonov ko‘zlarini pirpiratdi. Ko‘zlarini
olib qochdi. Derazaga qaradi. Undan chinorlarga qaradi. «She’rlari qo‘shiq bo‘libdi. Qizingizni o‘zi kim bo‘libdi?» — degisi keldi. Boisi, Mirzaxo‘jaevani ana shu kizi haqida uzun-kalta gaplar eshitdi. Yaxshi-yomon gaplar eshitdi. — Ammo-lekin shunday faollarimizni qizi ishqboz bo‘lsa, boshqalardan nima umid, nima xayr? — dedi raykom Esonov. — Kimsan, ilg‘or faol Obod Mirzaxo‘jaevani qizi nopok yo‘llardan yursa. O’zidan so‘rasammikin? Uyat, ming qilsa-da, onasi. Hartugul, bir ilmoqli gap otib ko‘ray. Qizidan xabari bo‘lsa — yarasini yoradi».
—   Hozirgi yoshlar... o‘yinqaroq bo‘lib qoldi, o‘rtoq Mirzaxo‘jaeva.
—   Zamoni kelibdi, o‘ynab-kulsin-da, Botir Esonovich.
—   Chekish, ichish...
—   Bizni Dilya ham chekadi. Ichishini bilmadim. To‘y-ma’rakalarda ichadi, deyishadi. Men hali ko‘rmadim.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:41:41
—   Sovet xotin-qizlari chekmasligi kerak, o‘rtoq Mirzaxo‘jaeva. Chekish-ichish sovet xotin-qizlarini axloq-odob normalariga to‘g‘ri kelmaydi.
—   Xotin-qizlarni chekib-ichishi eskichagayam to‘g‘ri kelmaydi, Botir Esonovich. Dilyaga ko‘p aytdim. Chekma-chekma, dedim. Qayda, foydasi bo‘lmadi.
—   Bir so‘z bilan aytsak, xotin-qizlarimizda kommunistik axloqqa zid qiliqlar ko‘payib ketmoqda.
Raykom Esonov shunday deya, ko‘z qiri bilan Mirzaxo‘jaevaga razm soldi: Mirzaxo‘jaevada o‘zgarish sezmadi.
«Demak, qizini... ishqboz ekanini bilmaydi, — dedi raykom Esonov. — Qizidan xabari yo‘q. Bo‘lmasa, qizarib-bo‘zarar edi. Ganini yo‘qotib qo‘yar edi. Mayli, ishqbozlik dardi shaxsiy masala».
—   Mayli, yoshlarni o‘zi biladi. Xo‘sh, shu qizingiz?
—   Shu qizim tushuntirib turadi. Shu bola yetuk avangard shoirimiz, deydi.
—   Tushundim, xo‘sh?
—   Shu bola necha yildan beri partiyaga o‘tolmay
yuribdi ekan. O’rin yo‘q, deyishar ekan.
—   U bola sizga kim bo‘ladi?
—   Qizim bilan bir joyda ishlaydi. Qizimni she’rlarini o‘rischaga so‘zma-so‘z tarjima qilib beradi. O’rischani suvday ichadi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:41:49
—   O’rischani suvday ichadi? Shundaylar kerak.
—   Juda kerakli bola. Shu bolaga... hidoyat qo‘lingizni uzatsangiz, deb edim?
—   Boshidan o‘tmaganni qoshidan o‘tma, deydilar.
Qani o‘zi?
—   Tashqarida. Chinorni ostida o‘tiribdi. Chaqiraymi?
Mirzaxo‘jaeva qabulxonaga chiqib keldi.
—   Kotiba qizga aytdim, chaqirib keladi, — dedi.
Raykom Esonov o‘z kreslosiga borib o‘tirdi.
Mirzaxo‘jaeva... choyni oqlab keldi.
Ostonada bir yigit qora berdi: daroz-daroz. Soch-lari yelkalarida. Quloqlari ostida.
Raykom Esonov yigitni ichkari taklif etdi. Ko‘rishib-so‘rashdi. Gapni nimadan boshlashni o‘yladi.
«Daroz odamni esi kamroq bo‘ladi, — deya o‘yladi.— Shu bois, faqat bo‘yiga o‘sadi. Buni esi qanaqa ekan?»
—   Qani, o‘zingizni tanishtiring-chi?
—   Men Madiev... Lenin rayon, Lenin sovxoz, Le-nin uchastkasida tug‘ildim. Lenin nomli maktabda o‘qidim, Lenin nomli universitetni tamomladim. Le-nin komsomol safiga ariza berib kirdim.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:41:57
—   Endi, Lenin partiyasi safiga kirmoqchisiz, shundaymi?
—   Ha! — dedi Madiev tantana bilan. — Men Lenin shanbaliklarida qatnashaman. Lenin haqidagi she’rlarni yoddan bilaman. Leninning bolalik hayotidan insholar yozganman. Lenin asarlaridan diplom ishi yoklaganman. Men Lenin siymosini ko‘ksimda olib yuraman!
Madiev shunday deya, kafti bilan yoqa siladi. Yoqasida Lenin rasmi bor dumaloq znachok bo‘ldi.
—   Ko‘rdim, ko‘rdim, — dedi raykom Esonov. — Ko‘kragingizdagi rasm, o‘rtoq Leninni yosh vaqti bo‘lsa kerak?
—   Ha, dohiymiz Lenin hamisha yosh! — dedi Madiev. — Lenin hamisha navqiron! Lenin tiriklar ichra: tirik! Lenin hamisha biz bilan!
—   O’rtoq Lenin haqida she’r yozganmisiz?
— Yeshlik qildim, tajribam yetmadi, — dedi Madiev. — Lenin haqida albatta she’r yozaman!
Raykom Esonov partiyaviy-tashkiliy ishlar bo‘lim mudirini chaqirdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:42:04
«O’zingdan baland amaldor nima desa — ana shuni bajar. So‘zsiz bajar. Ahmoqona bo‘lsa-da, bajar. Ablahona bo‘lsa-da, bajar. Ko‘r-ko‘rona bajar. Ana shunda — o‘sasan!
O’zingdan baland amaldordan... qo‘rqib yasha. O’zing-dan katta amaldor.. yetti pushtingni haqorat etib so‘ksa, sen... kechirim so‘ra!
«Hammamiz uchun hurmatli va aziz» qo‘shimchasi bilan ataluvchi amaldorni... Munkar-nakir deb bil! «Muhtaram zot», «ulug‘ zot» «vich-vich» qo‘shimchalari bilan ataluvchi amaldordan qo‘rq. Qo‘rqmasang-da, o‘zingni qo‘rqqanga ol. Boisi, amaldor zoti... hayiqib turuvchi odamni yoqtiradi. Amaldor zoti qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib turuvchi odamni yaxshi ko‘radi.
Bir qudratli amaldor... otalig‘ida bo‘l. Ana shu amal-dorga qo‘l ber. Ana shu amaldorni pirim — shefim, deb bil. Ana shunda — ko‘tarilasan!»
Botir firqa kommunist bo‘libdiki — ana shu hayot mantiqlarini shior etib oldi. Ana shu hayot mantiqlariga amal etib yashadi.
Oqibat — huzur-halovat ko‘rdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:42:12
Botir firqani tag‘in nimalar kutardi?
Qo‘rquv! Kimdandir qo‘rquv, nimadandir qo‘rquv: gap tegib qolmasa edi. Shov-shuv bo‘lib ketmasa edi. Xo‘jayin bilib qolmasa edi. Reviziya kelib qolmasa edi. Oxiri voy bo‘lmasa edi...
Botir firqani tag‘in nimalar odam qildi? Hujjatlar! Partiyaviy-siyosiy hujjatlar. Huquqiy hujjatlar. Moliyaviy hujjatlar...
Botir firqa... tirik insonga ishonmadi. Botir firqa... qog‘oz-hujjatga ishondi. Botir firqa... yuz-xotirga ishonmadi, qasam-lafzga ishonmadi. Botir firqa... qog‘oz-hujjatga ishonib yashadi.
Oqibat — Botir firqa qog‘oz-hujjatlardan... tayanch-sadoqat ko‘rdi!
Ana shunday bir muhtaram zot telefon etib qoldi. Yotar vaqti... yotar vaqti partiyaviy topshiriq berib qoldi.
Oqshom vaqti To‘raqulov vafot etib edi. To‘raqulov sobiq raykom sekretari edi. Marhum ertaga dafn etilar edi.
Partiyaviy topshiriq ana shu haqda bo‘ldi.
Botir firqa yotolmadi. Yotish uchun yurak betlamadi. Uyqusi yo‘qoldi.
Partiyaviy topshiriqni bajarish uchun shaylandi. Mashina buyurdi.
To‘raqulovni xonadoniga yo‘l oldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:42:34
Mashina xiyolda yo‘l tanobini tortdi.
Xonadon... motamxona bo‘ldi. Zim-ziyo qorong‘izor bo‘ldi. Jimjit zulmat bo‘ldi. Mungli ham qayg‘uli bo‘ldi.
Xonadondan ajab-ajab is anqidi.
Botir firqa bo‘sag‘ada mashinaga suyanib turdi. To‘raqulovni to‘ng‘ich o‘g‘lini ayttirib keldi.
—   Mana shu anqiyotgan nima? — dedi Botir firqa.
—   Isiriq.
—   Isiriq, isiriq... qirqinchi yillarda mana shu isiriq uchun odamlar surgun bo‘lgan, qatag‘on bo‘lgan. Shuni bilasizmi?
—   Isiriq tutatib, otamni... ins-jinslardan qo‘riqlayapman.
—   Ana gap, ana! Kim aytadi sizni raykom sekretarini o‘g‘li deb? Ins-jins emish! Siz o‘zi qaysi jamiyatda yashayapsiz?
—   Ichkarida... otam yotibdi. Gigiena deganday, gigiena...
—   Gigiena kerak bo‘lsa... dezodorant seping, dezodorant! Isiriq... eskilik sarqiti! Shunday, isiriq eskilik sarqiti!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:42:44
—   Xo‘p, o‘chirib tashlayman, xo‘p.
—   Bu, bir. Ikkinchi: ertaga dafn marosimida partiya-sovet arboblari keladi, obkom sekretarlari keladi. Bir so‘z bilan aytsak, jamiyatni qaymog‘i keladi. Ammo-lekin dafn marosimida janoza o‘qilmaydi.
-A?
—   O’rtoq To‘raqulovga janoza o‘qilmaydi! To‘raqulov raykom sekretari edi, deputat edi, qo‘sha-qo‘sha orden-medallar sohibi edi. Bir so‘z bilan aytsak, asl kommunist edi. Asl kommunist eskilik sarkitlaridan yuksak turadi! Shunday ekan, biz o‘rtoq To‘raqulovni asl kommunistchasiga dafn etamiz. Harbiy orkestr motam marshini chaladi. Partiya-sovet arboblari faxriy qorovul bo‘ladi...
—   Otam...
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:42:53
—   Katta gapirganda, jim turing! Qanaqa odamsiz, o‘zi? Siz qaysi jamiyatda yashayapsiz, o‘zi? Mana, kuni kecha o‘rtoq Xrushchev katta nutq so‘zladi. KPSS programmasi qabul qilindi. Programmada: sovet xalqini hozirgi avlodi kommunizmda yashaydi, deb aytildi. Dunyo bo‘ylab bir sharpa — kommunizm sharpasi kezib yurib-di, deyildi. Sizni xonadoningazda esa... isiriq kezib yuribdi, isiriq! Qanaqa odamsiz, o‘zi?
—   Xo‘p, uzr.
—   KPSS programmasida kommunizmga ta’rif berildi. Kommunizm — erkin va ongli mehnatkashlarni yuksak darajada uyushgan jamiyatidir, taraqqiy etgan jamiyatidir, deyildi. Ana shunday jamiyatda... janozaga balo bormi?
—   To‘g‘ri, lekin... musulmonchilik, uvol-savob, degan gaplar bor.
—   Mashinaga kiring. Mana, ruchka, mana, qog‘oz. Yozing: tilxat...
To‘raqulov... janozasiz ko‘mildi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:43:04
28

Jamoat sudi shahar madaniyat uyida bo‘ldi.
Sud raisi — madaniyat uyi direktori sahna to‘rida o‘tirdi.
Sud hay’ati a’zosi Botir firqa raisni qabatidan joy oldi.
Aybdor sahna bilan zal oralig‘ida o‘tirdi.
Zal deyarli to‘ldi.
Ana shunda rais jarayonni boshladi. Rasmiy bo‘limdan keyin maqsadga o‘tdi. Aybdorga so‘z berdi.
O’rtada o‘tirmish aybdor joyidan qo‘zg‘oldi. Bir sahnaga qaradi, bir zalga qaradi. Vazmin-vazmin so‘zladi. Sipo-sipo so‘zladi:
—   Men, jurnalist Madiev... redaktsiya topshirig‘i
bilan komandirovkaga borib edim, qaytishimda ob-
havo yomonlashib, samolyot ucholmay qoldi. Aeroportda
uyoqqa yugurdim, buyoqqa yugurdim. Nima qilishimni bil-
madim. Redaktsiyaga telefon qildim. O’sha kuni hamma
paxtaga ketgan ekan, hech kim telefonni olmadi. Paxta
vaqtida bunday yurish yomon oqibatlarga olib kelishini o‘yladim. Bir o‘rtog‘imga telefon qildim. «Shahar
huvillab yotibdi, hamma paxtaga ketgan», dedi o‘rtog‘im.
«Biror-bir rahbarga uzrimni aytib qo‘ymoqchiman», dedim men. «Shahar bo‘yicha faqat obkom sekretari Rajabovni derazasi yorug‘ bo‘lib turibdi. Boshqa rahbarlar dalada yuribdi», dedi o‘rtog‘im. Men o‘ylab-o‘ylab, aeroportdan oblast partiya komitetini birinchi sekretari Rajabovni qabulxonasiga telefon qilmoqchi bo‘ldim. Lekin tortindim. Obkom sekretarini telefonda bezovta qilish odobdan emas, deb o‘yladim. Keyin, o‘rtoq Rajabov nomiga srochniy telefonogramma berdim.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:44:31
—   Nega aynan o‘rtoq Rajabovga telegramma berdingiz? Axir, o‘rtoq Rajabov sizning redaktoringiz emas-ku? — dedi rais.
—   Bosh redaktorimiz paxtada ekan-da. Qolaversa, gazetamiz obkomni organi. O’rtoq Rajabov bizning eng katta boshlig‘imiz hisoblanadi. Shu sababli, katta boshlig‘imizga telegramma berdim. Boshliqqa telegramma berish ayb emas-ku? Qaysi aybim uchun meni jamoatchilik sudiga qo‘yayapsizlar?
—   Qaysi aybingiz uchun? Hali, aybingizni bilmaysizmi?
Rais bir telegrammani boshi uzra ko‘tardi. Telegrammani tantanali suratda chapga ko‘rsatdi, o‘ngga ko‘rsatdi. Keyin, telegrammani o‘qib berdi:
—   «Ya, korrespondent Madiev... zaderjivayus!»
Zal birdan jonlandi.
Bir partiya aktivi bosh chayqadi. Bir partaktiv lablarini cho‘chchaytirdi. Tag‘in bir partaktiv hushtaknamo ovoz chiqardi. — Qanday naglost!
—   Valakisalang, valakisalang!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:46:53
—   Etika yo‘q, etika!
—   Siyosiy ko‘rlik bu, siyosiy ko‘rlik!
—   Bundaylarga partiya safida o‘rin yo‘q!
Madiev chuchukso‘z-chuchukso‘z bo‘ldi. Madiev tavallo-tavallo etdi.
—   Xo‘p ustozlar, xo‘p. Tavba, ustozlar, tavba, —
dedi. — Uzi, nima gap? Men tushunmayapman, o‘zi,
nima gap?
Sud raisi ruchkasini Madievga nish etdi.
—   Sudlanuvchi, qora kursingizga o‘tiring! — dedi.
Aybdorni shaxsiy ishi muhokama bo‘ldi.
Birinchi bo‘lib oblast partiya komitetini ideologiya sekretari so‘z oldi:
—   Hurmatli jamoatchilik sudi, muhtaram rais,
partiya aktivlari! Marksizm-leninizm sotsial-siyosiy
taraqkiyot sohasida shahar bilan qishloq o‘rtasidagi,
jismoniy mehnat bilan aqliy mehnat o‘rtasidagi muhim tafovutlarni bartaraf etish, sotsialistik millatlarning bir-biriga yanada ko‘proq yaqinlashuvi, maorif sistemasini takomillashtirish va madaniyatni o‘stirish, davlatni mustahkamlash, sotsialistik demokratiyani takomillashtirish sohasidagi problemalar — aktual problemalar bo‘lmoqtsa. Burjua va revizionistik ideologiyaga qarshi murosasiz kurash masalalari, mehnatkashlarni kommunistik ruhda tarbiyalash, ularning markscha-lenincha dunyoqarashini shakllantirish masalalari birinchi darajali muhim problema bo‘lmoqda... Ana shunday bir sharoitda, kommunist Madievning xatti-harakati — burjuacha xatti-harakat bo‘lib qolmoqda. Kommunist Madievning xatti-harakati — partiya-sovet rahbariyatiga, shaxsan o‘rtoq Rajabovga nisbatan hurmatsizlik bo‘lib qolmoqda!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:48:24
Madiev sapchib turdi. Madiev tutaqdi. Madiev ji-g‘ibiyron bo‘ldi.    .
— Qanaqa burjuaziya?! Qanaqa hurmatsizlik?! Aytsalaringiz-chi, o‘zi, nima gap?! — deya bobillab-bobillab berdi.
Madiev Botir firqaga ko‘z tikdi. Iltijo bilan ko‘z tikdi. Panoh so‘rab ko‘z tiqtsi.
Botir firqa... zalga tikildi. Botir firqa... pinak buzmadi. Botir firqa... kiprik qoqmadi!   -
Zaldan orden-medallik bir keksa kishi qo‘l ko‘tardi. So‘z berishlarini poylamadi — qo‘l ko‘tarib chiqib keldi. Madievni yelkasidan bosib o‘tirg‘izdi. Jerkib-jerkib o‘tirg‘izdi.
—- Picha tiyilsang-chi, qanaqa bolasan, o‘zi? Onang-ni ichida qanaqa yotgansan, o‘zi? — deya jerkidi. — Mana, quloq sol: partiya-sovet rahbarlariga, osobenno, birinchi shaxsga bunaqa telegramma jo‘natish mumkin emas. Birinchi shaxsga: «Ya zaderjivayus», deyish o‘ta haqorat bo‘ladi, o‘ta surbetlik bo‘ladi. «Nachalstvo ne opazdivaet, a zaderjivaetsya», degan gap bor-ku? Hamma gap shundan kelib chiqmoqtsa! Sen o‘zi kimsan-ki, «zaderjivat» qilasan? Sen bilan biz faqat «opazdnvat» qilamiz, faqat ayb qilamiz. Partiya-sovet rahbariyati, osobenno, birinchi shaxs kechikmaydi, ayb ham qilmaydi! Sen: «Ya zaderjivayus», degan telegrammang bilan o‘zingai... birinchi shaxs qilib qo‘ygansan. Birinchi shaxs o‘rtoq Rajabovni esa... peshka qilib qo‘ygansan, peshka! Endi tushundingmi?
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:48:33
Oblast komsomol komitetini birinchi sekretari gapirdi. Oblast gazetasini bosh redaktori gapirdi.
Aybdorni jazolash uchun takliflar muhokamasi bo‘ldi.
Gap... o‘zgacha to‘n kiydi:
—   Strogiy vigovor berilsin!
—   Ishdan haydalsin!
Madiev chidab o‘tirolmadi. Vajohat bilan turdi. Te-varakka olazarak qaradi. Xunibiyron qaradi. Pish-pish entiqdi. Pish-pish nafas oldi.
—   Shu ikkita so‘z uchun ishdan haydaysizlarmi? —
deya pishilladi, — Shu ikkitagina so‘z uchun-a?
Madiev chuchuk so‘z tilab... Botir firqaga mo‘ltiradi. Mute-mute mo‘ltiradi.
Botir firqadan... sado bo‘lmadi.
Endi, Madiev sud ahliga qaradi. Bejo-bejo qaradi. G’azabnok-g‘azabnok qaradi... Endi, chaparastalabcha-parastalab so‘qdi:
—   Unda, sen chinovniklarni..! Chinovniklar to‘nka!
Chinovniklar baran! Chinovniklar cho‘chqa! T-fu, chinovniklar, t-fu!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:48:43
Madiev bot-bot tupurdi. Ichidan balg‘am tortib-tortib tupurdi. Qaqirib-qaqirib tupurdi. Ichida tupugi tugagunicha tupurdi.
Madiev shahd bilan tashqari otildi.
Ketidan partaktivlar chikib keldi. Biri qo‘yib, biri xitob etdi:
—   Ushlang banditni, ushlang!
—   Xuligan ketdi, xuligan!
—   Militsiya chaqiring, militsiya!
Madiev militsiyani eshitib, to‘xtadi. Partaktivlarga shiddatli qayrildi. Qulochlarini yoydi. Partaktivlarni o‘ziga chorladi. Qahr ham alam bilan bobilladi:
—   Kel, kel! Kel, burjuaziya vakilini ushla! Kel,
sovet hukumati dushmanini ushla! Kel, chet el razvedkachisini ushla, kel!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:48:53
Partaktivlar joyida qoldi. Bir odim oldin bosolmadi. Aksincha, ketiga tis-tis bo‘ldi.
Madiev bir partaktivni ushlab, ikkinchi partaktivga olib borib urdi. Unisini bunisiga urdi.
To‘s-to‘polon bo‘ldi. Tasir-tusur bo‘ldi. Qiy-chuv bo‘ldi.
Shu vaqt zinapoyada militsiya ko‘rindi.
Madiev militsiyachilar changalida talpindi. Madiev militsiyachilar changalida baqirdi:
—   Qo‘yib yuboringlar, men razvedkachiman! Men chet
elga ketaman!
Militsiyachilar Madievni qo‘llarini asir misol ketiga qayirdi. Asir misol tashqari olib chiqdi. Asir misol — oldilariga solib ketdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:49:02
29

Botir firqa Madievni ketidan qarab qoldi.
«Tuz-qalampir bola ekan, tuz-qalampir. Endi, organ shtraf oladi yo o‘n besh sutkaga yotqizadi, — deya o‘yladi. — Hartugul, organ jinoiy ish qo‘zg‘amasa bo‘ldi. Bolapaqir, shoirligiga boradi. O’ziga javr etadi».
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:49:11
30

Jamoat sudi raisi Rajabovni huzuriga yo‘l oldi. Rajabovga sud jarayonini oqizmay-tomizmay aytib berdi.
—   Nu-nu! — dedi Rajabov. — Axir, biz u bolani bir... tarbiyalab qo‘ymoqchi edik-ku? Shunaqa qildimi-a?
—   Shunaqa qili. Sotsialistik jamiyatga antipatiyasi borligini oshkora namoyish etdi. Partaktivlarga tupurdi. Tuf-tuf, dedi.
—   Nu-nu! Men bu bolada ruhiy kasallik alomatlarini qo‘ryapman, ruhiy kasallik!
—   Uzini burjuyman, dedi.
—   Burjuy?
—   Razvedkachiman, deb ko‘kragiga urdi.
—   Razvedkachi? Qanaqa razvedkachi?
—   Razvedkachi bo‘lgach, kapitalistik bo‘ladi-da! Sotsialistik bo‘ladimi?
—   Demak, jinni!
—   Kapitalizm jamiyatiga simpatiyasi bor ekan. Chet elga qochib ketmoqchi bo‘ldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:49:19
Rajabov sapchib turdi. Galstugini tortqiladi. Bo‘ynini bo‘shatdi. Qo‘llarini shimi cho‘ntagiga soldi,
—   «Chet elga» qochib ketmoqchi bo‘ldi? — deya, olako‘z bo‘ldi. — Pryamo, sud zalidan... chet elga qochmoqchi bo‘ldimi? Kommunist Ibodov, o‘ylab gapiryapsizmi?
—   Chet elga... ketaman, dedi.
—   «Ketaman» deyish boshqa, o‘rtoq Ibodov, qochib ketmoqchi bo‘lish boshqa!
—   Ishqilib, kommunistik partiyaga oshkora tupurdi. Burjuaziya dunyosiga simpatiyasini tantanavor namoyish etdi.
—   Nu-nu, haqiqiy jinni!
—   Butun partaktiv oldida, afkor omma oldida
shunday qildi.
—   Jinni, jinni! Jinnini joyi — jinnixona!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:49:27
31

Raykomni mashinasi bahaybat darvoza oldida bel bo‘ldi.
Mashinadan Botir firqa tushib keldi. Darvozani tomosha etdi.
Darvoza qop-qora bo‘yoqlik bo‘ldi. Darvoza avtomat bilan boshqarildi. Ochilsa — chap tarafiga kirib yo‘qoldi. Yopilsa — tag‘in qaytib keldi. Darvoza ovozidan — darvoza cho‘yandan bo‘ldi.
Darvoza o‘ng yonboshida qabulxona bo‘ldi. Darvoza bilan qabulxona orasida o‘tish yo‘lagi bo‘ldi. Io‘lak bilakday trubalar bilan o‘rog‘lik bo‘ldi.
Io‘lak boshida ikkita oq xalatli yigit o‘tirdi. Oq xalatli yigitlar avzoyidan... yo harbiy, yo melisa bo‘ldi.
Qabulxona devorida: «...psixonevrologicheskaya bolnitsa» bitikli viveska bo‘ldi.
Oq xalatli yigitlar Botir firqani hujjatini tekshirib ko‘rdi, yuz-ko‘zlarini qarab ko‘rdi.
Birovi Botir firqani ichkari ergashtirib jo‘nadi. Bosh vrach qabuliga olib bordi.
Bosh vrach oyoqqa qalqidi. Boshliqning kreslosiga... Botir firqani o‘tirg‘izdi. O’zi pastdan joy oldi. Maktab o‘quvchisi misol itoatkor tikilib o‘tirdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:49:34
Botir fira raykomona gap ochdi:
—   O’rtoq Mirzaev, vaqt ziq, maqsadga o‘tamiz. Bir jurnalistimiz shu yoqqa tushib qolibdi. Familiyasi Madiev.
—   Bor, Madiev bor. Klara, bemor Madievning kasallik varaqasini olib keling!
Hamshira bemor Madievni kasallik daftarini olib keldi.
—   Mana, Madiev Mirza — 1948 yidda tug‘ilgan, —
o‘qidi bosh vrach. Diagnoz: shizofreniya paranoial
nыy sindrom. Reaktivnыy psixoz. Depressivno-paranoidnыy sindrom.
—   Iya-iya... — deya ajablandi Botir firqa. — Qanaqa-qanaqa?
—   Maniakalno-depressivnsh psixoz. Vyalo protekayushaya shizofreniya.
O’rtoq bosh vrach, men partiya rahbariman. Bir so‘z bilan aytsak, men masalaga partiyaviy yondashaman. Siz ham masalaga partiyaviy yondashib, meditsina terminlarini partiyaviy tushuntirib bering.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:49:42
—   Xo‘p bo‘ladi, Botir Esonovich. Shizofreniya — bu, miya qobiliyatining buzilishi, fikrlash tarzining ishdan chiqishi, parokanda bo‘lishidir. Shizofreniyani birinchi bo‘lib Shveytsariya vrach Eygen Bleyler o‘ylab topgan va joriy etgan. Bleylerning ta’limoticha, shizofreniyaga yo‘liqqan bemor, hayot hodisalari oldida o‘zini jilovlab ololmaydi, tilini tiyib turolmaydi, yopib yurolmaydi. Insoniy qonun-qoidalarga itoat etolmaydi, insoniy axloq-odobga rioya etolmaydi. Shizofreniya — ko‘ngliga nima keladi, ana shuni bajaradi, tiliga nima keladi, ana shuni aytadi. Aytgandayam, telbalarcha aytadi, surbetlarcha aytadi. Shu sabab, shizofreniya — partiya-hukumat uchun bamisoli bemahal qichqirgan xo‘roz bo‘ladi.
—   Io‘q-e, unchalik emasdir?
Shunchalik, Botir Esonovich, mana shu... Madievchalik! Xo‘-o‘sh, paranoyya — bu muntazam davom etadigan ruhiy parokandaliqdir. Bunda, bemor vosvos holatda hayot kechiradi. Vosvoslik uzluksiz davom etadi. Bu dardga chalingan bemorga kim qarshi gapirsa, ana o‘sha odamni o‘ziga dushman deb biladi. Sovet meditsinasi taraqqiy etib, shizofreniya bilan paranoyyaning yangi-yangi turlari ochildi. Akademik Snejnevskiy «vyalo protekayuvdaya shizofreniya» — sekin-asta, ko‘zga chalinmay dardmand etadigan shizofreniyani kashf etdi. Bu o‘ta xavfli kasallikdir. Akademik Snejnevskiy kashfiyotining buyukligi shundaki, bu diagnozni... man-man degan odamni peshonasiga yopishtirib... psixbolnitsaga o‘tqizsa bo‘ladi. Bu diagnoz sovet meditsinasi uchun... o‘ta qulay diagnozdir. Chunki insonparvar sovet davrida... g‘ayritabiiy fikrlovchilar bo‘lishi mumkin emas, hardamxayollar bo‘lishi mumkin emas. Partiyaviy til bilan aytganda, oramizda «inakomnslyayushie dissident»larga o‘rin yo‘q!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:49:52
—   Shunday, shunday.
—   O’ziga bino qo‘yish, o‘ta tajanglik, o‘ta ta’sirchanlik, har narsani ko‘ngliga olish... ruhiy kasallik simptomlari!  Shizofreniya! Paranoyya! Mana, bemor Madiev... o‘z vatanini rad etish dardi, o‘z vatanidan kechmoqchi bo‘lish dardi, o‘z vatanini tark etmoqchi bo‘lish dardi! Bemor qonunga xilof ravishda o‘z ona vatanidan chet elga chiqib ketmoqchi bo‘lgan.
—   Chet elga ketmoqchi bo‘lgan?
—   Ha, chet elga qochib ketmoqchi bo‘lgan.
—   Iya-iya...
—   O’zini chet el razvedkachisiman, degan.
—   Iya-iya...
—   Xullas, chet elga qochib ketmoqchi bo‘lib yurganda... fosh bo‘lib qolgan!
—   Iya-iya... Tuppa-tuzuk bola edi-ya! O’sadigan kommunist edi-ya! Hay, attang, sizlarga tushib qolibdi.
—   Gap bizda emas. Madiev kundalik turmushda o‘zi shunday bo‘lgan.
—   Siz Madievni qaerdan bilasiz?
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:50:01
—   Qaerdan bilardim, ishonchli manbalardan bilaman. Mana, oblast partiya komitetining birinchi sekretari o‘rtoq Rajabovning raporti. Jamoatchilik sudi, xalq militsiyasining hujjatlari. Inkor etib bo‘lmas hujjatlar! Biz ana shu hujjatlar asosida... diagnoz qo‘ydik! Kommunistik partiya so‘zi — diagnoz! Kommunistik partiya diagnozi — sovet meditsinasi diagnozi!
Botir firqa joyidan qo‘zg‘oldi. Kabinetni ichkaridan qulflab keldi. Bosh vrach ro‘parasidan joy oldi. Vrach bilan betma-bet bo‘lib o‘tirdi. Samimiy gap ochdi:
—   Uka, shaxsan men o‘zim sizni kommunistik partiya safiga qabul qildim. Shu darajaga ko‘tarilishingiz uchun xiyol bo‘lsa-da, ulushim bor, deb o‘ilayman.
—   Albatta, Botir Esonovich, albatta. Meni partiyaga o‘tqazmaganingizda, bosh vrachlik kreslosi qaerda edi?

Rahmat, uka, rahmat. Hali, yana qo‘llab-quvvatlayman. Endi, mana shu kasalxona rayonimiz territoriyasida ekanidanmi yo sizni qo‘llab-quvvatlashimni bilganidanmi, o‘rtoq Rajabov meni jo‘natdi. Shaxsan o‘zlari jo‘natdi!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:50:11
—   Bajonidil, kommunistik partiya nima desa shu, bajonidil.
—   Yashang, partiya chizig‘idan chiqmasangiz, kam bo‘lmaysiz. Gap oramizda qolsin: mana shu Madievni chiqarib yuboring. Faqat birov bilmasin.
Bosh vrach birdan o‘zgardi. Yelkalari tik bo‘ldi. Ko‘ksi kerildi. Yuzi beshafqat tus oldi. Ko‘zlari sinov ham gumon bilan tikildi.

—   Iloj yo‘q, Botir Esonovich, iloj yo‘q. Kasalxonamizning o‘z ichki qonun-qoidalari bor. Ana shu ichki qonun-qoidalarni buzgan vrach... boshi bilan javob beradi.
—   Partiya talab qilyapti, uka, partiya!
—   To‘g‘ri, partiyaning talabi biz uchun qonun! Lekin meditsinaning o‘z ichki qonun-qoidalari bor. Biz Gippokrat oldida qasam ichganmiz. Gippokrat! Qasamni buzgan vrach — vrach emas.
—   Shaxsan o‘rtoq Rajabov iltimos qilmoqdalar! Mana, o‘sha Rajabovning raporti. Mana, shaxsiy imzosi. Shaxsan o‘zi qo‘l qo‘ygan! O’rtoq bosh vrach, Lev Trotskiyni mashhur bir gapi bor. O’rtoq Trotskiy bunday deydi: partiya misoli ikki qavatli binoda yashaydi. Ikkinchi qavatda partiya qaror qiladi. Birinchi qavatda partiya mazqur qarorni ijro etadi. O’rtoq Trotskiy aytganidek, ikkinchi qavatda obkompartiya qaror qildi, birinchi qavatda raykompartiya — biz ana shu qarorni bajarmoqchimiz, xolos.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:50:24
—   Shunday ekan, o‘shanda o‘rtoq Rajabov raport yozmasin edi? Keyin, so‘zidan qaytmasin edi?
—   Rajabov so‘zidan qaytmas edi. Shu, ovozing o‘chgur... radio yomon-da.
—   Bu ishga radioning nima aloqasi bor?
—   Iya, hali xabaringiz yo‘qmi?
Botir firqa yuzlarini egdi. Shahodat barmog‘i bilan vrachni imladi. Vrachni qulog‘iga ohista shivirladi:
—   Yaqinda, ovozing o‘chgur «Golos Ameriki» shu haqda... huribdi. SSSR, KPSS, jinnixona, shoir, deb huribdi.
—   Gapirsa-gapiraversin!
—   Endi, butun dunyoga sharmanda bo‘lmaylik deyman-da. Moskva nima deydi? Yuqoridagilar nima deydi? Partiyaviy jazo olamiz, partiyaviy! Shu bois, o‘rtoq Rajabov masalani bosdi-bosdi etmoqchi.
—   Iloji yo‘q, Botir Esonovich. Bemor keltirilganda, uch-to‘rt kun meditsina tekshirishidan o‘tkaziladi. Diagnoz belgilanadi. Ana o‘shanda bir ilojini qilsa bo‘lar edi. Endi, bemor belgilangan muddat mobaynida yotib davolanmasa... ozodlikka chiqarilmaydi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:50:35
—   Bizni Madiev qancha yotadi?
—   Bemor Madievmi, xo‘-o‘sh... bir yil yotadi!
—   Bir yil?
—   Shunaqa, bir yil yotadi. Lekin sizning hurmatingiz uchun davolanish muddatini olti oyga kamaytirib berishim mumkin. Buyog‘i, masala syyosiy tus olibdi ekan, shuning uchun.
—   Siyosiy tus olmas edi-yu, bolasi qurg‘urni... she’r yozadigan qilig‘i bor-da.
—   She’r? Shoir deng?
—   Shunday, shunday. Bolapaqir, shu holiga... she’r yozishni odat qilib olgan! Odatlangan... qilig‘ini qarang? Yomonni bir qilig‘i ortiq deganlari shu-da. Yemonni ana shu... she’r yozish qilig‘ini «Golos Ameriki»... do‘mbira qilib chalibdi! KPSS adabiyotni buzyapti. KPSS talantlarni jinnixonaga o‘tqizyapti... deb akillabdi.
—   «Golos Ameriki» gapiraveradi. Gap shu, Botir Esonovich, davolash muddatini bir yildan olti oyga kamaytirish qo‘limdan keladi, xolos.
Xo‘p bo‘lmasa, o‘rtoq Mirzaev.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:47:00
32

Botir firqa bosh vrach bilan uzun dahliz bo‘ylab yurdi. Tevarakka qarab-qarab yurdi.
Dahlizni ikki tarafida qator palatalar bo‘ldi. Palatalar panjara-devorlik bo‘ldi. Panjara-devorlar yo‘g‘on barmoqday temirdan bo‘ldi. Panjara-devorlar orasi barmoq sig‘ar darajada zich-zich bo‘ldi.
Ichkarida... bemorlar sulayib-sulayib o‘tdi. Davra bo‘lib o‘ynadi. O’zlaricha raqsga tushdi. Bir-birini quchoqlab tantsaga tushdi. Bir-biriga navbat bermay ashula aytdi.
Bemorlar panjara-devordan... tilini chiqardi, tilini osiltirdi, tilini o‘ynatdi. Beo‘xshov-beo‘xshov tirjaydi...
—   Men bu dargohga birinchi kelishim, o‘rtoq bosh vrach. Bunday, uyoq-buyoqni tanishtiring-da?
—   Tanishtirmayman, Botir Esonovich, tanishti-rolmayman.
Men raykomni birinchi sekretariman, partiya posboniman. Mendan nimani bekitasiz? Kisqacha spravka bering, bilib qo‘yay. Partiyaviy-tashkiliy ishlarda kerak bo‘lib qoladi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:47:20
—   Faqat, gap shu yerda qoladi.
—   Partbiletim bilan javob beraman!
U holda, umumiy spravka beraman. Mana bu korpusimiz besh qavatdan iborat. Har qavatida o‘n ikkitadan palatamiz bor. Bemorlarimiz yigirma xilga bo‘linadi. Ya’ni yigirma xil ruhiy kasalni davolaymiz. Yigirma xil ruhiy notavonga shifo beramiz. Masalan, mana bu palatalarda diniy-ruhiy bemorlar davolanadi. Diniy-ruhiy kasal deganimiz shuki, jamiyatimiz kommunizm qurayotgan bir davrda... bular shariat ishlari bilan shug‘ullanganlar. Namoz o‘qiganlar. Toat-ibodat qilganlar. O’zlari kamday, sof vijdonli sovet kishilari orasida diniy targ‘ibot ishlari olib borganlar. Shu sabab, bular — diniy-ruhiy bemorlardir. Mana bular esa — huquqni himoya qiluvchi bemorlar hisoblanadi. Aniqrog‘i, tarixchi-ruhiy kasallardir. Bu tarixchi-ruhiy kasallar tarix darsliklariga qarshi chiqqanlar. Xalqqa tarixni qing‘ir-qiyshiq qilib targ‘ib qilganlar. Bu qing‘irliklari bilan «ozod va hur» sovet xalqi ongini zaharlaganlar. Masalan, anavi tirjayib turgan bemor... akam o‘zlaricha Rossiya O’zbekistonni qo‘shib olmagan aksincha, bosib olgan, deb targ‘ibot qiladilar. Biz bu dononi davolayapmiz. Manavilar — boyvachcha bemorlar. Bularda uy-joy, mashina, mol-dunyo mo‘l. Bular ana shu mol-dunyosini birovga meros qoldirishni istamaydi. Merosxo‘rlari esa ko‘p. Oqibat, merosxo‘rlar o‘zaro janjal qiladi. Boyvachcha esa, xasta bo‘lib qoladi. Keyin, bir merosxo‘ri, mana bo‘lmasa deb, boyvachcha bemorni...
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:47:42
bizga olib kelib topshiradi. Mana bu bemorlar esa — harbiy qonun-qoida qurbonlari. Bular o‘z vaqtida harbiy xizmat qilishdan bosh tortgan. Armiyada xizmat qilishni istamagan. Harbiy xizmat vaqtida armiyadan qochib ketgan. Sovet armiyasi sha’niga haqoratomuz so‘zlar aytgan. Sovet armiyasi qamoqxona, degan. Xullas, sovet armiyasining dushmanlari. Manavilar — ixtirochi-kashfiyotchilar. Bu bemorlar o‘z kasblari bo‘yicha ulkan kashfiyotlar qilgan, ixtirolar yaratgan. Kashfiyotlarini o‘z aqllari bilan yaratgan. Ixtirolarini o‘z qo‘llari bilan yaratgan. Manavi bemor o‘zining kashfiyot — ixtirosi sovet faniga qabul qilinayotgan vaqtda... tentakligini namoyish qilib qo‘ygan. Bilasiz, sovet jamiyati kollektivizm asosiga qurilgan. Kollektiv bo‘lib mehnat qilish, kollektiv bo‘lib yaratish, kollektiv bo‘lib yashash... Shu jumladan, sovet fani ham kollektiv mehnat samarasidir. Shu sabab, ilmiy tekshirish instituti direktori, direktor o‘rinbosari, laboratoriya mudiri... jami besh kishi mana shu bemor... bilan soavtorlik qilmoqchi bo‘ladi. Bu tentak esa... soavtorlikni rad etadi! Yelg‘iz o‘zi kashfiyot qilib, fan yaratmoqchi bo‘ladi. Bundan keyin, buni kim deb atash kerak? Jinni-da, jinni. Ana, o‘tiribdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:48:16
Botir firqa eshitib bordi. Tevarakka qarab bordi. Bosh irg‘ab-irg‘ab bordi.
«Bu kasalxona emas, qamoqxona. Shunday, qamoqxona», deya bosh irg‘adi.
Bosh vrach, raykom gapimni qo‘llayapti, deya o‘yladi. Gapida davom etdi:
—   Mana bular - partiya-hukumat rahbarlari hayotiga suiqasd qilmoqchi bo‘lganlar. Partiya-sovet arboblarini haqorat qilganlar. Kommunistik partiya biletini yirtganlar. Tabiblikni da’vo kilganlar. Uchar tarelkalar bilan Qor odamni targ‘ib qilganlar. Sovet organlari ishiga qarshi chiqqan nonko‘r yuristlar... Mana bular esa - haqiqatsevarlar.
—   Kim-kim?
—   Haqiqatsevarlar, adolatparvarlar. Siz shoir-shoir deysiz. Mana shu palatada... general yotibdi, general!
—   General?
—   Ha, sovet generali. General Grigorenko, Grigorenko!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:48:40
Botir firqa matbuot xabarlarini esladi: general Grigorenko Moskvada — partiya konferentsiyasida so‘zga chiqib, KPSS faoliyatini keskin tanqid qiladi. Shundan keyin KPSS general Grigorenkoni partiyadan o‘chiradi. Uzoq Sharqqa surgun qiladi. Shu vaqtda Novocherkasskda ishchilar o‘z haq-huquqlarini talab qilib, namoyish o‘tkazadi. KPSSni buyrug‘i bilan harbiylar... namoyishchilarni otadi. Ushbu fojiani partiya-hukumat bekitadi. General Grigorenko esa, ana shu fojia tafsilotini... varaqa qilib tarqatadi! General Grigorenkoni bu ishi KPSSni g‘azablantiradi. Bir yig‘ilishda KPSS Markaziy Komiteti sekretari o‘rtoq Suslov: «Grigorenko jinni», deb yuboradi. O’rtoq Suslovni ana shu gapi... sovet meditsinasi uchun diagnoz bo‘ladi! General Grigorenkoni Moskvadagi Serbskiy nomli institut ekspert-psixiatrlariga jo‘natadi. Professorlar: «General Grigorenko paranoyya ko‘rinishli ruhiy kasal», deb diagnoz qo‘yadi. Davolash uchun Leningradga yuborgandi. Yaqinda esa, Toshkentga jo‘natdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:49:13
—   Shunday zot... shu yerda yotibdimi-a? — dedi Bo-tir firqa.
—   Ha, ichkarida yotibdi. Endi, Toshkent Kremldan yiroqroqda. Bu degan so‘z, general Grigorenko sovet xalqi nazaridan olisda, chet el matbuotidan olisda, jahon ommasi e’tiboridan olisda, degan so‘z.
—   Ammo-lekin ana shu general halol kommunist, deyishadi. Beyoziqdan-beyoziq yotibdi, deyishadi.
—   Bo‘lsa bordir. Lekin KPSS diagnoz qo‘ygan! O’rtoq Suslov: «Grigorenko jinni», deb aytgan! Ana, bizda kimlar davolanyapti! Siz bo‘lsa, shoir-shoir, deysiz. Shoiringiz kim bo‘pti?

—   Davolash kerak, jamiyatimizga sog‘lom kommunistlar zarur, davolash kerak.
—   Davolayapmiz, sovet meditsinasining so‘nggi yutuqlari asosida davolayapmiz.
Botir firqa kasalxonaga qaray-qaray yurdi. Kasalxonaga qaray-qaray mashinaga o‘tirdi.
«Qabriston, qabriston! — dedi Botir firqa. — Bu kasalxona emas, tirik insonlar qabristoni. Asl qabristonga o‘lik insonlarni ko‘madi, bu qabristonga... tirik insonlarni ko‘madi».
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:50:07
33

Brejnevdan keyin SSSR ostin-ustin bo‘ldi.
Sharof Rashidovdan keyin... O’zbekiston alg‘ov-dalg‘ov bo‘ldi.
El-yurtda: qayta qurish, demokratiya, shariat so‘zlari oralab qoldi.
Zamon qaltis keldi. Do‘ppi tor keldi.
Botir firqa o‘z arizasi bilan... pensiyaga jo‘nadi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:50:56
34

Tong sahar — sut oqarmagan vaqt.
Tong sahar — oq ip bilan qora ipni ajratib bo‘lmas vaqt.
Botir firqa ziroat suvladi.
Shlang bilan nastarlariga sachratib suv sepdi. Atirgullariga sachratib suv sepdi. Suvni tok jo‘yasi boshidan oqizib qo‘ydi.
O’zi ziroat aylandi.
Sahar salqin bo‘ldi. Suvli ziroat sahardan-da salqin bo‘ldi.
Shu vaqt ko‘chadan ikkita oppoq soya o‘tdi. Soyalar ziroat qabatlab-qabatlab o‘tdi. Gangir-gungir gaplashib o‘tdi:
—   Manavi bog‘da kimdir yuribdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:51:49
—   Kim bo‘ladi, egasi-da.
—   O’zi, kimni bog‘i bu?
—   Esonov degan bor-ku, o‘shaniki.
—   Ha, Qizil deng, Qizil!
—   Kizilki... aytgili yo‘q. Qizil Bayroq!
—   Shugina Qizilda olam-jahon bog‘ bor-a?
—   Qizillar umrida qo‘lini sovuq suvga urmagan. Avom xalqni ishlatib bog‘ yaratgan.
Oppoq soyalar o‘tib ketdi.
Botir firqa ularni ketidan qarab qoldi.
«Ajabo, bular nega bunday oppoq, libosda yuribdi? — deya o‘yladi. —Arvoh-a, arvoh. Uzi, bular bemahalda qaerdan kelyapti?»
Ichkari kirdi. Ko‘rganlarini kampiriga aytib berdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:53:20
—   Bilaman, ko‘zim tushgan, bilaman,— dedi kampiri.
—   Arvohga o‘xshaydi-ya? Og‘iroyoq ayol duch kelsa... bo‘yidan tushirib qo‘yadi.
—   Hammayoq musulmonobod bo‘lib ketdi, rais bova, musulmonobod bo‘lib ketdi. Musulmonlar ana shunday kiyinadi. Sizgayam shunaqa ust-bosh olib beraymi?
—   O’zi, u qanaqa kiyim bo‘ldi?
—   Oppoq ishton-ko‘ylak. Nima qipti?
—   Boshidagi... tuvakka balo bormi?
 — Tuvak?
—   Ha, yosh bolani tagiga qo‘yadigan tuvak.
Kampiri hiring-hiring kuldi. Tizzasiga urib-urib kuldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:53:41
—   Takya, rais bova, takya! — dedi.
—   Takya? U nima endi?
—   Musulmonchilik belgisi.
—   Endi, shularni kiymasa nima qipti?
—   Takya kiymasa musulmon bo‘lmaydi, rais bova.
Olib ber, desangiz, olib beraman.
—   Ularni kiyib nima qilaman?
—   Musulmon bo‘lasiz, nima qilardingiz, musulmon bo‘lasiz.
—   T-fu-u-u!
Kampirini dami ichiga tushdi. Darhol gapni burdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:53:52
—   Aytdim-qo‘ydim-da, rais bova, — dedi. — Siz
katta odamsiz, partiya veteranisiz. Sizga yarashmaydi.
Botir firqa kampirini gapidan tinchlandi. O’zicha bosh irg‘adi.

—   O’zi, bu bolachalar tong saharda nima qilib yuribdi? — dedi.
—   Choyxonada azon namozi o‘qib kelyapti.

—   Azon namozi? Shular namoz o‘qigich bo‘ldimi? Men bularni bilaman. Bular eski alkashlar, eski bangilar. Anavi Madiev degichi kerosindan boshqa narsani ichadi. Qilmagan ahmoqchiligi qolmagan. Kelib-kelib, shular namoz o‘qiydimi? Yana-tag‘in, choyxonada namoz o‘qiydimi?
—   Choyxonada namoz o‘qisa, el-yurt ko‘radi, rais bova.
—   Namoz o‘qishni birov ko‘rishi shartmi? Namoz o‘qish — e’tiqod. E’tiqod — yurakda bo‘ladi.
E-e, rais bova, bu namozxonlarda... e’tiqod nima qiladi? Zamon eski iziga qaytgudek bo‘lsa, firqaga a’zo bo‘ladi qayta, azon namozi qolib...
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:54:04
—   Shu namozini uyida o‘qisa bo‘lmaydimi?

—   Uyida namoz o‘qisa, kim ko‘radi? Uyida takya kiysa, kim ko‘radi? Hech kim ko‘rmaydi! Ko‘cha-ko‘yda namoz o‘qisa — el-yurt ko‘radi. Falonchi namozxon ekan, deydi. Ko‘cha-ko‘yda takya kiysa, yurt ko‘radi. Falonchi musulmon ekan, deydi.
—   Shu bolachalar nega shularni oldin qilmadi? Oldin ham takya uchun surp bor edi. Joynamoz uchun surp bor edi.
—   Bu zamonni bolalarini qilig‘i ko‘p, rais bova, qilig‘i ko‘p.
—   Shartmi endi, musulmon bo‘lish uchun boshiga oppoq tuvak...
—   Takya!
Oppoq takya kiyib olish? Oppoq ishton-ko‘ylak kiyib olish? Ammo-lekin latta-puttaga suyangan, soqol-mo‘ylovga ishongan musulmonchilikni oxiri voy bo‘ladi. Toat-ibodatga berilgan musulmonchilikni oqibati yomon bo‘ladi. Musulmonchilik... dilda bo‘ladi, kampir. Musulmonchilik odamni dilida bo‘ladi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:54:15
—   Imoningiz pok bo‘lsa bo‘pti-da, rais bova.
—   Shunday, shunday. Hamma gap — imonda! Insonni inson etuvchi — imon. Dunyoni dunyo etuvchi — imon. Bir so‘z bilan aytsak, imon bilan yashash kerak! Zamon bo‘lsa — teskari ketyapti. Mana, hamma xudoga sig‘inib boshladi. Buni oqibati yaxshi bo‘lmaydi. Xudoga sig‘inish bora-bora nimalarga olib keladi, bilasanmi? Xudoga sig‘inish... shaxsga sig‘inishga olib boradi! Ishonchim komil, xudoga sig‘inish... shaxsga sig‘inishga olib boradi.
—   Shular xudoni biladimi? Ishi yo‘q namoz o‘qiydi, noni yo‘q ro‘za tutadi, deydilar. Ana, bular kimlar.
Chin, har bir musulmon farzandi uchun Qur’on tabarruk kitob. Aytishlaricha, Qur’on yettinchi asrda nozil bo‘lgan. Ammo-lekin hozir yigirmanchi asr yakunlanyapti, yigirmanchi asr! Yettinchi asr gapi tugul, mana shu yigirmanchi asr boshidagi gaplar bugungi kunga to‘g‘ri kelmay qoldi. Yigirmanchi asr shunday bir nuqtaga keldi... O’tgan yilgi gap bu yilga to‘g‘ri kelmay qoldi. Kechagi gap bugunga to‘g‘ri kelmay qoldi! Masalan, Qur’on ham Hadislarda... otangni o‘ldirganga... onangni ber, deydi. Dushmaning chap yuzingga ursa, sen... o‘ng yuzingni tutib ber, deydi. Ushbu pand-nasihatlarni qanday tushunsa bo‘ladi? Kim qanday tushunadi — o‘zi biladi. Ammo-lekin ushbu pand-nasihatlarni men mana bunday tushunaman: ey xalq, qo‘ymijoz bo‘l! Ey xalq, poda bo‘l! Bizni baran-baran deydilar. Afsuski, shu gapda jon bor. Asrlar mobaynida miyamizga singdirib kelinmish mazkur pand-nasihatlar... baranligamizni tamal toshi emasmikin? Yillar mobaynida qulog‘imizga quyib kelinmish ushbu pand-nasihatlar bizni... qo‘ymijoz qilib qo‘ymadimikin? Ertadan-kechgacha qulogimiz ostida jaranglab turmish pand-nasihatlaridan... qo‘ymijoz bo‘lib qolmadikmikin? Xudoga shukur, biz ham musulmon farzandimiz. Xudoni o‘zi kechirsin. Ammo-lekin shu haqda bir o‘ylab ko‘rishimiz kerak...
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:56:44
35

U, televizorga... o‘ta iltifotli edi! Televizorni buragichdan o‘chirar edi. Stabilizatordan o‘chirar edi. Ustidan baxmal yopib qo‘yar edi.
—   Bamisoli kelin, kelin! — der edi.
Bugun... shahd bilan turdi. Shahd bilan bordi. Rozetkani changallab ushladi. Silkilab tortdi. Rozetkani qulochkashlab otdi.
Rozetka bir burchakka tarsillab tushdi.
Televizor bir aylanib... ana shu burchakka yuz burib qoldi!
Kampiri eshiqdan yuz ko‘rsatdi.
—   Ha, rais bova? — dedi.
—   Choy! — deya baqirdi. Kampiri choy damlab keldi.
—   Tinchlikmi, rais bova? — dedi.
Botir firqa yonboshladi. Oyoqlarini uzatdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:57:01

—   O’lmagan jon ko‘rar ekan! — dedi.
—   Ha, yana nima gap?
—   Gap ko‘p! Moskvalik qayta quruvchilar o‘rtoq Leninni mavzoleydan olib chiqib tashlash tashabbusi bilan chiqibdi. Shuni televizorda ko‘rsatdi.
—   Ye tavba, Leninni-ya? Leninday bir zotni-ya?
Qayoqqa olib chiqib tashlar emish?
—   Kim biladi, qayoqqa olib chiqib tashlaydi. Birovi, Lenin kommunistlar qabristoniga ko‘milsin, dedi. Birovi, Novodeviche qabristoniga qo‘yilsin, dedi.
—   Sizningcha, qaerga qo‘ygani ma’qul?
Masalaga partiyaviy yondashadigan bo‘lsak, o‘rtoq Leninni Volkovskiy qabristoniga qo‘yish kerak. Leningradda ana shunday qabriston bor. O’rtoq Leninni onasi bilan singlisiyam ana shu qabristonda yotibdi. Hayotligida o‘rtoq Leninni o‘ziyam ana shunday vasiyat qilib edi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:57:11
Botir firqa tokchadan Lenin haqidagi kitobni olib keldi. Bir boshdan varaqladi. Leninni rasmlarini tomosha etdi. Lenin mavzoleyi rasmini kampiriga ko‘rsatdi.
—   Ana, KPSS o‘ylab topgan qasr, — dedi. — Ana, KPSS qurgan qasr. Qasr bo‘lgandayam, san’at qasri. Partiya san’ati qasri! Sehrli qasr, sirli qasr. Ana shu qasrda buyuk Lenin yotibdi. Bir o‘zi adyolga o‘ralib yotibdi. Mavzoley — KPSSni ilohiy qudrati. Shu ilohiy qudrat bor ekan — KPSS ruhi hukm suradi. KPSS mangu yashaydi! KPSS yulduzi mangu porlaydi!
—   Porlaydi, porlaydi.
—   O’rtoq Lenin hayotbaxsh zot edi, umidbaxsh zot
edi. Masalan, hamma ish o‘nglab bo‘lmas darajada pachava bo‘lar edi. Oqibat, hamma o‘zini yo‘qotib qo‘yar edi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:57:22
Ammo-lekin o‘rtoq Lenin o‘zini yo‘qotmas edi. U kishi,
eng avvalo, dushmanlarini xatosini poylar edi. Go‘yo,
taqdirga tan bergan kishi bo‘lib turar edi. Dushmanlari xatolikka yo‘l qo‘ydimi — o‘rtoq Lenin birdan oyoqqa turar edi. Dushmanlari xatosidan o‘z vaqtida, unumli foydalanar edi. O’rtoq Lenin dushmanlarini xatolari tufayli zafar qozonar edi. O’rtoq Lenin omadli zot edi. Omad deganlari hammaga ham nasib etavermaydi. Eng oxirigacha chiday olgich zotlargagina omad nasib etadi. Boshi berk ishlarda ham eng so‘nggi daqiqagacha kurasha olgich zotlargagina omad nasib etadi. O’rtoq Lenin ana shunday zot edi! Shu bois, o‘rtoq Leninga hamisha omad yor edi.
—   Lenin o‘z oti o‘zi bilan Lenin-da.
—   Mana endi, kommunistlar bitta-bittadan taslim bo‘lmoqda. Birov qo‘shqo‘llab ishini topshirmoqda. Birov qo‘shqo‘llab partiya biletini topshirmoqda. Sadqai kommunist degan nom ketgurlar. Sadqai inson degan nom ketgurlar. Yo‘q, men oxirigacha boraman. Men oxirigacha kurashaman!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:57:34
—   Hali otdaysiz, rais bova, otday!
—   Yo bir Mrskvaga borib-kelsammikin? O’rtoq Leninni ziyorat etsammikin? O’rtoq Lenin, turing, joyingizdan — yurtingizdan kapitalizm hidi anqib qoldi, desammikin? Kapitalizm... nomini eshitib, o‘rtoq Lenin... go‘rida tikka turib ketsa kerak? O’zi o‘rtoq Leninda... go‘r bormi? Mana o‘z oti bilan mavzoley, KPSS qasri. Unda, o‘rtoq Leninni... go‘ri qaerda?
Botir firqa kitobni varaqlab-varaqlab o‘yladi. Choy ho‘plab-ho‘plab o‘yladi. Oxiratni o‘yladi. Besh kunlik dunyoni o‘yladi...
Ammo-lekin inson dunyoga bir keladi, inson dunyodan bir ketadi, — dedi. — Inson dunyodan ketar vaqti — uch kun. Jon berdimi — uch kun ichida ketishi kerak bo‘ladi. Uch kun! Aytishlaricha, marhum uch kun mobaynida yerga ko‘milmasa, marhum qabrga kirmaydi, shunday, qabrga kirmaydi. Marhum jisman qabrga kiradi, ammo-lekin arvohi qabrga kirmay qoladi. Marhumni o‘zi yer ostida bo‘ladi, arvohi esa... yer ustida qoladi! Shu boisdan-da, uch kunlik o‘lik g‘oyatda azob chekadi, g‘oyatda kiynaladi. Uch kunlik o‘lik falak bilan yer o‘rtasida arosatda qoladi: tiriklar orasiga qaytay deydi — qaytish yo‘lini bilmaydi. O’liklar orasiga boray deydi — borish yo‘lini bilmaydi. Uch kunlik o‘lik — arosat azobini tortadi, sarsonlik azobini tortadi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:57:47
—   Oqibat, tiriklarni qiynab boshlaydi. Tiriklarni qon-qaqshatib boshlaydi, tiriklarni kuydirib boshlaydi.
—   Ha, yasha. Nihoyat, uch kunlik o‘lik... tiriklardan alam oladi, tiriklardan xun oladi. Motam hovlida bir nima... chirq-chirq uchadi.
—   Ana o‘sha... uch kunlik o‘lik arvohi, rais bova, uch kunlik o‘lik arvohi. Ana shu arvoh tiriklardan... o‘ch olish uchun uchadi. Tiriklardan qasos olish uchun... chirq-chirq etadi.
—   Arvoh chirq-chirq etib... tiriklar ko‘ngliga g‘ulg‘ula soladi, tiriklar qalbiga tahlika soladi. Ana shu arvoh chirq-chirq etib... tiriklarni adoyi tamom qiladi! Shu bois — uch kun! Marhum uch kun mehmon bo‘ladi.
—   O’lmak, o‘lmakni ishi ko‘mmak, deydilar.
—   O’rtoq Lenin esa, yetmish yil... yetmish yildan buyon... ko‘milmaydi! Yetmish yildan buyon o‘rtoq Lenin arvohi chirq-chirq etadi. Yetmish yiddan buyon o‘rtoq Leninni arvohi chirq-chirq etib... sovet xalqlarini qiynaydi! Yetmish yildan buyon o‘rtoq Leninni arvohi chirq-chirq etib... sovet xalqlaridan qasos oladi!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:57:58
—   Uch kunlik o‘lik yetmish yildan buyon arosatda yotadi, deng. Arvohi... allaqachon xilqatda sayr etib yuribdi, deng.
—   O’rtoq Leninni miyasi... Davlat Bankasida saqlanadi, shunday, Davlat Bankasida. Ichak-chavoqlari... o‘sha vaqtdayoq olib tashlangan. O’zini ustidan esa... Siyosiy byuro a’zolari qator bo‘lib yuradi! Bayram oti bor, parad oti bor — Siyosiy byuro a’zolari o‘rtoq Lenin ustida... saf bo‘lib turadi, ura-ura deya, qo‘l silkib turadi. O’rtoq Lenin ustidan... tepkilab-tepkilab turadi. Mana, yetmish yildan buyon o‘rtoq Lenin... Siyosiy byuroga oyoqosti bo‘ladi!
—   Bechora Lenin... na tiriklar orasida bor, na o‘liklar orasida bor!
—   Men senga bir nima aytaymi, kampir? Shu... mavzoleyga o‘rtoq Leninni ko‘rish uchun kirgan odam, u yerdan chiqib... bir boshqa bo‘lib qoladi! Ha, odam mavzoleydan chiqib... ajabtovur bo‘lib qoladi!
—   O’lik — o‘z oti bilan o‘lik-da.
Mavzoleydan chiqqan odamlar bir boshqa bo‘lib... uy-uylariga tarqaladi. Chirq-chirq... tovushlar ostida tarqaladi. Chirq-chirq... ovozlar og‘ushida tarqaladi. G’arb mamlakatlari sovet davlatini «yovuzlik imperiyasi», deb ataydi. «Yovuzlik imperiyasi» deb atalishi — shu... mavzoley bois emasmikin? Shu mavzoleydan kelib chiqmish... ajabtovurlikda emasmikin? Ana shu chirq-chirq... tovushdan emasmikin? Chin aytaman, kampir, bechora Lenin na... tiriklar orasida bor, na... o‘liklar orasida bor.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:58:08
36

Botir firqa qayta quruvchi demokratlarni... uch toifaga bo‘ldi. Uch avlodga bo‘ldi.
O’z topqirligidan o‘zi quvonib oldi. O’z topqirli-gidan o‘zi... seskanib oldi!
«Bu avlod o‘z o‘rnini topmagan avlod. Bu avlod hamiyatga muhtoj avlod, — dedi Botir firqa. — Birinchi avlod... yetti-o‘n sakkiz yoshlilar avlodi. Bu yoshdagilar... bozorda olibsotarlik qiladi. Ko‘cha-ko‘yda savdo-sotiq qiladi. Saqich sotadi. Aroq sotadi. Bekatlarda yo‘lovchi mashinalarni yuvib, pul ishlaydi. Transportlarda cho‘ntak qirqadi. Ko‘cha-ko‘yda xotin-qizlar taqinchog‘ini qulog‘idan yulib qochadi, bo‘ynidan shilib qochadi...
Ikkinchi toifa avlod — o‘n sakkiz-o‘ttiz yoshlilar avlodi. Bu avlod... mafiya avlod, reket avlod. Bu avlod xolidan bitta mashina olib qochish uchun... tuqqan onasini beradi, nikohidagi xotinini beradi. Xonadondan bitta videomagnitofon o‘g‘irlab chiqish uchun... aziz jonini beradi, gulday umrini beradi...
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:58:18
Uchinchi toifa avlod — o‘ttiz-qirq besh yoshlilar avlodi. Bu avlod... hayotdan ko‘p narsalarni xohlab edi. Ko‘ksini to‘ldirib orzu-havaslab edi. Og‘zini to‘ldirib o‘y-niyatlab edi. Bu avlod... mansabdor bo‘lmoqchi edi, amaldor bo‘lmoqchi edi, shon-shuhrat taxtiga o‘tirmoqchi edi. Bu avlod... Abdulla Qodiriy bo‘laman, deb edi, Chingiz Aytmatov bo‘laman, deb edi, Abdulla Oripov bo‘laman, deb edi. Oyni ko‘zlab edi, yulduzni ko‘zlab edi...
Oxir-oqibat, bu avlod... qayta quruvchi demokrat bo‘ldi. Ammo-lekin hayot uchun kullan ziyon avlod bo‘ldi. Xalq uchun xavf-xatar avlod bo‘ldi.
Boisi — bu avlod... omadsiz-omadsiz avlod! Alam-zada-alamzada avlod!
Bu avlod... havoda muallaq osilib qoldi. O’z kasb-kori bo‘yicha uyoqlik-da bo‘lmadi, buyoqlik-da bo‘lmadi. Arosatda qoldi! Oqibat g‘ayir avlod bo‘lib qoldi!»
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:58:27
37

«Xo‘p, qayta quruvchi demokratlarchalik ham boraylik, — dedi Botir firqa. — Mayli, shularniyam sazasi o‘lmasin. Qayta quruvchilar sovet tuzumi... joyi-da yangi jamiyat quramiz, deydi. Xo‘p, qur! Tag‘in aytaman — qur!
Ammo-lekin qani o‘sha yangi jamiyat?
Jamiyat misoli bir imorat bo‘ladi. Eski imoratni buzishdan oldin yangi imoratni qurish kerak bo‘ladi. Bo‘lmasa, buzuvchi xaroba imorat ichida qoladi. Yomondan-yomoni — buzuvchi vayron imoratda qolishini-da bilmaydi, hali bitmagan imoratga ko‘chib o‘tishini-da bilmaydi. Arosatda qoladi. Arosatdan yomoni yo‘q!
Chin, biz dunyoda birinchi bo‘lib sotsialistik jamiyat qurib edik. Sovet tuzumi qurib edik. Yangi tuzum tamal toshini qo‘ymasdan — eskisini buzib edik. Qo‘limizga qurol olib edik. Yelkamizga bayroq ko‘tarib edik. Boshimiz uzra shior hilpiratib edik.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:58:36
Ammo-lekin bizda... marksizm-leninizm utopiyasi bor edi, marksizm-leninizm utopiyasi! Chin, marksizm-leninizm o‘z oti o‘zi bilan utopiya edi. Ammo-lekin utopiya bo‘lsa-da... bor edi-da, bor!
Manavilarda esa... utopiya-da yo‘q! Aqalli, utopiyagina-da yo‘q!
Yana-tag‘in, o‘zlarini: oppozitsiya, oppozitsiya, deydi.
Uzi, oppozitsiya nima? Oppozitsiyani uchta talab-tamg‘asi bor: nima qilsa — kelajak yaxshi bo‘ladi? Nima qilsa — kelajakda yurt obod bo‘ladi? Nima qilsa — kelajaqda xalq to‘q bo‘ladi?
Ana shu uchta talabga javob beruvchi zot... oppozitsiya shon-shavkatiga loyiq bo‘ladi. Ana shu uchta talab uchun kurashuvchi zot... oppozitsiya shon-shavkatiga munosib bo‘ladi...
O’tmishga qayrilib bosh eguvchi zot, kelajakka talpinib yeng shimaruvchi zot — chin oppozitsiyachidir!
Manavilar esa o‘z tarixiga tosh otishdan boshqa nimani bilmaydi. O’z o‘tmishiga tupurishdan boshqa narsaga kuchi yetmaydi. O’z ajdodlari sha’niga loy chaplashdan boshqa ish qo‘lidan kelmaydi».
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:58:46
38

Botir firqa partiyaviy o‘yladi:
«Yetmish yil Ulug‘ Oktyabr revolyutsiyasi... deya sig‘inib keldik. Ulug‘, ulug‘... deya hamdu sanolar aytib keldik. Endi, Oktyabr to‘ntarishi, Oktyabr suiqasdi... degich gaplar chiqib qoldi. Hatto, o‘n yettinchi yil oktyabrida toj-taxt xo‘jasiz edi. Bolsheviklar bittayam o‘q otmay, taxtni egallab oldi, degich gaplar oralab qoldi. Yo‘q, men ishonmayman, yo‘q».
Botir firqani ichini it tirnadi. Muvozanatini yo‘qotdi. Qo‘li ishga bormay qoldi. Gazeta-jurnal titkilab boshladi. Shu hakda bir tarixiy hujjat topdi.
Chin, 1917 yil 25-oktyabrida Nikolay II taxtini topshirib ketadi.  Kerenskiy lashkar to‘plash uchun Pskovga jo‘nab ketadi. Oq podsho taxti xo‘jasiz qoladi! Smolniy harbiy-inqilob qo‘mitasi a’zosi Pestkovskiy shu kuni polyak hamshahri Dzerjinskiy bilan uchrashib qoladi. Dzerjinskiy bu favqulodda uchrashuvdan foydalanadi. «Hozir biz senga mandat yozib beramiz, sen shu mandat bilan borib, pochtamptni egallaysan», deydi. Pestkovskiy hamshahrini topshirig‘ini bajarishga kirishadi. Yo‘lda yana bir tanishini ergashtirib oladi. Ikkovi yo‘lovchi mashina ushlaydi. Pochtamptni egallash uchun yo‘l oladi. Eng oldin qorovulxonaga kirib boradi. Askarlar bilan o‘zaro kelishib oladi. Shundan keyin telegraf, telefon stantsiyalarini qo‘lga oladi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:58:56
Bittayam otishma bo‘lmaydi, bittayam qurbon bo‘lmaydi!
Bu vaqtda o‘rtoq Lenin Fofanovlar uyi yerto‘lasida bekinib o‘tiradi. Revolyutsionerlar o‘rtoq Leninni taklif etmaydi. Chunki o‘rtoq Lenin bundan oldin ikki marta qo‘zg‘olon uyushtirib, har ikki qo‘zg‘olonni-da xarob etib edi. Shu bois, revolyutsionerlar o‘rtoq Leninga xabar bermaydi. Hatto... o‘rtoq Leninga bildirmaydilar. Sababi, revolyutsionerlar o‘rtoq Leninni... o‘ta ekstremist, deb biladi.
Ammo-lekin o‘sha Oktyabr kechasi o‘rtoq Leninni qalbi nimalarnidir sezadi. O’rtoq Leninni qalbi Oktyabr revolyutsiyasi... Leninsiz g‘alaba qozonajagini tushunib qoladi. O’rtoq Leninni qalbi Rossiya toj-taxti... Leninsiz egallanajagini bilib qoladi. O’rtoq Leninsiz-a?
O’rtoq Lenin kechani qorong‘ilatib, ko‘chaga chiqadi. Revolyutsionerlar taklif etmasalar-da, Smolniyga o‘zi kirib boradi!
O’sha Oktyabr kechasi soat birlarda bir to‘da revolyutsioner bosh shtab arkidan chiqib... imperator darvozasi tomon yuradi.
Ular orasida mashhur Jon Rid ham bo‘ladi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:00:36
Qishki saroy telefonchisi o‘z jurnaliga: «Taxminan uch yuz kishidan iborat delegatsiya saroyga yaqinlashib kelmoqda», deya qayd etib qo‘yadi.
Ana shu delegatsiya qish uchun g‘amlab qo‘yilgan o‘tinlar uyumi ustidan o‘tib... darvoza oldiga keladi. Ammo darvoza berk bo‘ladi. Bir revolyutsioner shu yaqinda joylashgan Preobrajenskiy polki kazarmasiga yo‘l oladi. Revolyutsioner kazarmadan lom so‘raydi. Polk soqchisi esa: «Polk uxlayapti, senlar bo‘lsa, revolyutsiya qilaman, deya ivirsib yuribsan», deya so‘kib beradi.
Shunday bo‘lsa-da, revolyutsionerlar kechasi soat bir yarimlarda bir amallab darvozani ochadi. Qishki saroyga kirib boradi. Saroy ichida bir soatcha... daydib yuradi. Nima qilishlarini bilmaydi. Oxir-oqibat, Qishki saroy ichida... adashib qoladilar!
Botir firqa ushbu hujjatni o‘qib, tevarakka qaradi! Tevarak jimjit bo‘ldi, odamzot yo‘q bo‘ldi!
Tag‘in hujjatga qaradi: barcha satrlar chin. Barcha so‘zlar chin. Barcha harflar chin. Ana, manaman, deb turibdi. Ana, askarday saf tortib turibdi. O’chirg‘ich bilan o‘chirsa o‘chmaydi. Olmos bilan tirnasa, ketmaydi.
Bu sovuq satrlarni qanday yo‘qotsak bo‘ladi? Bu qop-qora harflardan qanday qutulsa bo‘ladi?
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:00:45
Botir firqa gazetani oldin to‘rt buklab yirtdi. Keyin, ikki buklab yirtdi. Tag‘in mayda-mayda etmoqchi bo‘ldi. Ammo qurbi yetmadi. Gazetani qulochkashlab, paqirga otdi.
Gazeta ustidan... og‘zini to‘ldirib-to‘ldirib tupurdi. Tomog‘ini qirib-qirib tupurdi. Gazeta ustidan... burunlarini qoqib-qoqib tashladi.
Bir piyola sovuq suv ichdi. O’zini bosolmay entikdi. Og‘ir-og‘ir entikdi. Paqirga tikilib qoldi.
Nazarida, gazeta paqir ichidan... chiqib kelajakday bo‘ldi. Odamlar orasida qo‘lma-qo‘l... o‘qilajaqday bo‘ldi.
Botir firqa shahd bilan qo‘zg‘oldi. Qahr bilan gugurt chaqdi. G’azab bilan gazetani... yoqdi!
«Ana, ana endi birov o‘qib bo‘pti, — dedi. — Mendan boshqa birov o‘qib bo‘pti. Men esa, tuya ko‘rdingmi yo‘q».
U ana shunda gazeta nusxasini esladi. Gazeta... uch million nusxada bo‘ldi. Yana-tag‘in... Moskvani gazetasi bo‘ldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:01:06
Shunday bo‘lsa-da, o‘z-o‘zidan ko‘ngli to‘ldi. O’z-o‘zidan minnatdor bo‘ldi. Ich-ichidan orom topdi. Ich-ichidan taskin topdi.
«Men o‘z partiyaviy burchimni bajardim, — dedi. — Bitta g‘alamislikni yo‘q qildim. Bitta fisq-fasodni tor-mor etdim. Hali yana... o‘n sakkiz million kommunist bor. Uch millionta gazeta o‘n sakkiz million kommunist oldida nima degan gap? Ishonamanki, mening o‘n sakkiz million kommunist safdoshlarim ana shu uch millionta gazetani... burda-burda qilib tashlaydi! Yashasin va yashnasin, Ulug‘ Oktyabr sotsialistik revolyutsiyasi!»
— Ura-a-a! — deya xitob etdi.
Xitobdan uy ichi zir-zir etdi. Deraza tokchasida turmish musicha pirillab uchdi.
Botir firqa bosib-bosib choy ichdi. O’zini bosib oldi.
Peshona terlarini arta-arta yotdi. Chalqancha yotdi. Dastro‘molini peshonasiga qo‘yib yotdi. Ko‘zlarini yumib yotdi.
U endi zamonaviy o‘yladi. Qayta quruvchilarcha o‘yladi. Demokratlarcha o‘yladi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:02:35
«Zamon senga boqmasa, sen zamonga boq, deydilar, — dedi. — Xo‘p, anavi qayta quruvchi shoirlarcha o‘ylaylik, deylik. Chin, Ulug‘ Oktyabr revolyutsiyasi... qaysi bir yurtlar uchun inqiroz bo‘ldi, qaysi bir xalqlar uchun fojia bo‘ldi. Masalan, Boltiqbo‘yi respublikalari uchun... inqiroz bo‘ldi. Boltiqbo‘yi xalqlari uchun... fojia bo‘ldi. Boisi, Boltiqbo‘yi yurtlari Yevropa mamlakatlari edi, tsivilizatsiya o‘lkalari edi. Litva nemisdan qolishmas edi. Latish inglizdan, eston frantsuzdan kam emas edi. Sovet tuzumi ana shu tsivilizatsiyali Boltiqbo‘yi respublikalarini... ko‘p qatori kilib qo‘ydi. Sovet tuzumi tsivilizatsiyali latish bilan... o‘z yozuvi yo‘q chukchani... bab-baravar etib qo‘ydi. Sovet tuzumi Sankt-Peterburgdan Saxalingacha yoyilgan mamlakatni... bir xil etib qo‘ydi. Sankt-Peterbugdan Saxalingacha yoyilgan turli darajadagi xalqlarni... tenglar ichra teng etib qo‘ydi. Vaholanki, Ulug‘ Oktyabr revolyutsiyasigacha yolg‘iz... Sankt-Peterburg Yevropa tsivilizatsiyasi darajasida edi. Sovet tuzumi kelgunicha O’zbekiston... feodal o‘lka edi, feodal! Sovet tuzumi o‘zbek xalqi turmushiga... tsivilizatsiya olib keldi! Chin, bizda oldinlari-da tsivilizatsiya bor edi. Buxoroda tsivilizatsiya bor edi. Samarqandda tsivilizatsiya bor edi. Xivada tsivilizatsiya bor edi! U... osiyocha tsivilizatsiya edi! Sovet tuzumi... yevropacha tsivilizatsiya olib keldi! Ilg‘or tsivilizatsiya olib keldi! O’zi, imperiya — tsivilizatsiya, demak! Imperiya azal-azaldan tsivilizatsiya tarqatadi. Imperiyani imperiya etib turuvchi qudratlardan biriyam — tsivilizatsiyadir. Shu bois, imperiyani qadami borgan joyga tsivilizatsiya-da boradi. Masalan, Iskandar Zulqarnayn zabt etgan el-yurt madaniyati gullab-yashnadi. Ikki-uch asr yashnadi! Ushbu barq urib gullagan davr tarihda ellinizm davri, deya nom oldi. Ana shu ellinizm davridan keyin Iskandar Zulqarnayn imperiyasi-da tugadi. Keyin, rimliklar Yevropaga yurish boshladi. Rimliklar... varvar Yevropani tsivilizatsiyaga da’vat etdi. Rimliklar varvar yevropaliklarga... varvarlarcha munosabatda bo‘ldi. Varvar yevropaliklarni... tsivilizatsiyalashtirdi! Ko‘p o‘tmadi, rimliklar imperiyasi-da barham topdi. Sovet imperiyasi-da... ana shunday bo‘ldi! Sovet imperiyasi... feodal o‘zbek xalqini tsivilizatsiyalashtirdi! Sovet imperiyasi... feodal o‘zbek xalqini... o‘ris xalqi saviyasiga ko‘tardi, ukrain xalqi saviyasiga ko‘tardi. Bilmadim, sovet imperiyasi bo‘lmasa... saviyamiz qanday bo‘lar edi...»
—    Yashasin sovet tuzumi! — dedi Botir firqa. — Sovet tuzumiga shon-sharaflar bo‘lsin!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:02:44
39


U darvozadan inqillab kirdi. Tokso‘ri ostida cho‘kdi. Dami chiqmish koptok misol o‘tirdi.
Kampiri oshxona derazasidan yuz ko‘rsatdi.
—    Keldingizmi, rais bova? — dedi.
—    Charchadim, itday charchadim.
—    Yig‘ilish yaxshi o‘tdimi?
—    Dunyoni... surbet bosib ketibdi, kampir. Kechagina tug‘ilgan bolalar... shunday surbet, shunday bezbet! Oldi-ketiga qaramay, akillaydi. Bugunni ertasi bor, demay akillaydi.
—    Esi kirib qoladi. Bir to‘xtamga kelib qoladi. Oshkoralik bo‘lib, bolalar o‘zvdan ketib qoldi. Oshkoralik — yangilik. Odamzot yangilikni ko‘rsa, bosar-tusarini bilmay qoladi.
—    Chin, oshkoralik — yangilik. Ammo-lekin oshkoralik — shallaqilik emas. Oshkoralik — bezbetlik emas.
—    Zamon senga boqmasa, sen zamonga boq, deydilar. Siz zamongayam... bunday bir qarang-da, rais bova. Hozir hammayoq... oti nima edi?
—    Demokratiya!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:02:53
—    Hammayoq... ana o‘shanaqa bo‘lib ketdi!
—    Kampir, demokratiya — konstitutsiyaga amal qilish, demakdir. Demokratiya — konstitutsiyaviy yashash, demaqdir. Demokratiya — qonun-qoidalarni to‘la-to‘kis bajarish demakdir, qonun-qoidalar chegarasidan chiqmaslik, demakdir. Bu demokratlar konstitutsiyani oyoqosti qilmoqda, qonun-qoidalarni yer tepkilamoqda.
—    Hali, demokratiyani... aql tishi chiqib qoladi.
—    Sen qaerdan bilasan?
—    Itga bitgan-bitga bitgan aql tishi... demokratiya-ga bitmaydimi? Bitadi, demokratiyani-da... esi kirib qoladi.
—    Nima ovqat qilyapsan?
—    Jiyaningiz qishloqdan zig‘ir moy olib keldi. Shuni chuchityapman.
Shu vaqt ayvonda telefon jiringlab qoldi. Kampiri oshxonadan hadahalab keldi. Botir firqani qo‘ltig‘idan oldi.
—    Moyimga qarab turing, rais bova, — dedi. — Bo‘ling-bo‘ling! Men telefonni olay. Turing-turing!
—    He...
Botir firqa so‘kinib-so‘kinib qimirladi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:03:01
Oshxonadan... dimog‘ini zig‘ir moy isi oldi. Horg‘in tani tetik bo‘ldi. So‘lg‘in ruhi quvvat oldi.
Qozon boshida tik turay dedi. Bo‘lmadi — oyoqlari holsizlandi.
Osma radio osti stulchaga o‘tirdi. Devorga suyandi. Devorga boshini qo‘ydi.
Nutq so‘zlovchi radio birdan tindi. Birdan gulduros qarsaklar bo‘ldi. Sovet Ittifoqi gimni yangradi.   
Botir firqa... lik etib turdi. Yoqalarini tuzatdi. O’ngirlarini tortib qo‘ydi. Qo‘llarini yonlariga bosdi. Qomatini rostladi. Boshini tik-tik tutdi. Shiftga tikilib... qotib qoldi.
Oshxonani tutun oldi. Oshxonani moy isi oldi. Moy isi... dimoqni quydirdi.
Kampiri shang‘illab kirib keldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:03:13
—    Voy o‘ldim, voy o‘libgina qoldim, — deya shang‘illadi.
Kampiri pitir-pitir etib, gazni o‘chirdi. Sovet Ittifoqi gimni-da sob bo‘ldi, qozon to‘la zig‘ir moy-da sob bo‘ldi.
—    Qozon shunday qoshingizda edi-ku, rais bova. Shunday kelib, qarasangiz... qadamingiz kira tilaydimi?
—    SSSR gimni yangraganda... qozonga balo bor-mi?
—    Zig‘ir moyim kuyib ketdi-ya, zig‘irgina moyim kuyib, ado bo‘ldi-ya! Ha, o‘sha ashulangizga kuydirgi chiqsin, ashulaginangizga kuydirgigina chiqsin!
—    Men masalaga partiyaviy yondashaman, partiyaviy!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:03:22
40


Botir firqa... o‘ziga-o‘zi gapirgich odat chiqardi. O’zi gapirib-o‘zi eshitgich odat chiqardi. Uzi gapirib-o‘zi kulgich odat chiqardi.
Bu odatini oldin o‘ziyam bilmadi. O’ylab ko‘rmadi. E’tibor bermadi. Keyin bilib qoldi. Biddi-yu... vos-vos kunda qoldi.
—    Tentak-pentak bo‘lib qolgan bo‘lsam-a? — dedi. —
Bo‘lmasa, odam o‘ziga-o‘ziyam... gapiradimi?
Botir firqa tevarak-atrofiga alang-jalang bo‘ldi. Tevaraqda odamzot yo‘q bo‘ldi.
—    Xayriyat, birov yo‘q. Bo‘lmasa, bechora partiya ishida ishlab-ishlab, esini... yeb qo‘yibdi, der edi. Xudoni o‘zi ko‘rsatibdi, der edi, — dedi. — Baribir, esimni... yeb qo‘yganimni hech kim isbot qilolmaydi. Kimda-kim og‘zini ochsa... men senga gapirganim yo‘q, deyman...
Botir firqani bir ko‘ngli, do‘xtirga bor, dedi. Ammo bu fikridan qaytdi. Do‘xtir xalqini og‘zi bo‘sh bo‘ladi. Birovga aytib qo‘yadi. Oqibati yomon bo‘ladi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:03:32
Boisi, zamon yomon: sovet tuzumida kim amaldor bo‘lsa — o‘sha odam maraz. Sovet tuzumida kim mansabdor bo‘lsa — o‘sha odam mal’un. Sovet tuzumi raisi — muttaham. Sovet tuzumi direktori — ablah.
Kechagina tuxumdan chiqqan zumrashalar... sovet tuzumi arboblari tagini kovlaydi. Hali burniniyam artib olmagan jinqarchalar... sovet tuzumi rahbarlari tagini kovlaydi.
Bu jo‘jalar Botir firqani mazkur qiliqlarini bilib qolsa... olamga doston qiladi! Mayna qilib kuladi. Barmoqlarini chakkalariga nuqib-nuqib kuladi. Anavi... ana shunaqa, deya kuladi. El-yurt ichida yuruvsiz kuladi.
Yo‘q, do‘xtirga borib bo‘lmaydi. Birovga-da aytib bo‘lmaydi. Ammo kampiriga aytsa bo‘ladi. Kampiri davosini topadi.
Botir firqa tortina-qimtina dardini aytdi. Keyin, kampiriga ko‘z ostidan qarab-qarab oldi. Ko‘zlarini pirpiratib-pirpiratib qarab oldi.
Kampiri pinak buzmadi. O’zini sokin tutdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:03:42
—    Bilaman, bilaman... — deya ming‘illadi.
—    Nimani bilasan, nimani bilasan? — deya bidilladi Botir firqa.
—    S privetom... anaqaroq bo‘lib qolganingizni.
—    He, enangni... — deya o‘dag‘ayladi Botir firqa.
Kampiri hovliga yugurgilab chiqdi. Hovli o‘rtasida kaftini og‘ziga qo‘yib kuldi. Ko‘zlarini artib-artib kuldi.
—    Rais bova, nima, umr bo‘yi qirchillama yigit
bo‘lib o‘taman, deb edingizmi? — dedi. — Qarilik
qariligini qiladi-da. Starost — ne radost, deydilar. Hammasi yoshdan, rais bova, umrdan...
Kampiri deraza oynasidan ko‘rib turdi: Botir firqa bolishga yonboshladi.
Ana shundan keyin ichkariladi. Yana qochib chiqish qulay bo‘lsin uchun... eshik oldirog‘idan joy oldi. Tizzalariga yig‘ilib qolmish etaklarini tortib-tortib tekisladi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:03:52
—    Siz, o‘zi... kim ekanligingizni bilasizmi, rais bova? — dedi.
Botir firqa teskari o‘girilib yotib oldi. Zarda bilan yotib oldi.
—    Bilmayman! — deya to‘ng‘illadi.
—    Siz, respublika yaratgan odamsiz, rais bova, siz respublika qurgan odamsiz! Siz bo‘lmaganingizda... bunday respublika qaerda edi, bunday kunlar qaerda edi?
—    Qanday respublika? — tag‘in to‘ng‘illadi. — Qanaqa respublika?
—    Qanaqa respublika bo‘lardi — mustaqil O’zbekiston Respublikasi!
Botir firqa o‘ngiga ag‘darildi. Kampiriga qarab yotdi.
—    O’zbekiston-a? — dedi. — Mustaqil O’zbekiston-a?
—    Albatta-da, rais bova. Siz bo‘lmaganingizda... bu imoratlar qaerda edi, bu yurtlar qaerda edi?
Botir firqaga... jon kirdi! Qimir-qimir to‘lg‘ondi. Ohista-ohista turdi. Kampiriga qarab o‘tirdi.
—    Ko‘p gapirma-da, achchiq choy damlab kel, — dedi.
Kampiri darrov turdi. Kalishlarini oyokdariga ila-ila yugurgiladi. Choy damlab keldi. Dasturxon yozdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:04:02
Botir firqa chordana qurib o‘tirdi. Chap qo‘lini tizzasiga tiradi. Baqaloq shishirdi. Tomoq qirdi. Qi-roat bilan yo‘taldi. Saltanat bilan yo‘taldi.
Amaldorona-amaldorona choy ho‘pladi. Mansabdorona-mansabdorona choy ho‘pladi. O’ziga-o‘zi haykal qo‘ydi: — Erkak... xudoni yerdagi payg‘ambari! — dedi.
Kampiri dasturxon bir burchida mung‘ayib-mung‘ayib qarab o‘tirdi. Cholini og‘ziga qaradi. Cholini peshonasiga qaradi. Cholini piyolasiga qaradi.
Kampiri amaldordan pensiya so‘rab kelgan mushtipar misoli... mo‘ltirab-mo‘ltirab qarab o‘tirdi.
Botir firqa ko‘rsatkich barmog‘ini kampiri tarafga nish etdi.
—    Mana, sen! — dedi. — Tiling bor-a?
—    Til? Til, bor, ha, til bor!
—    Tiling bo‘lsa, ayt: anovi Hamza kinoteatrini kim qurgan? Tiling bo‘lsa, ayt!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:04:13
—    Hamza kinoteatrinimi? Davlat qurgan, nima edi?
Botir firqa o‘ng kaftini kampiriga peshladi. Achchiq ham xunibiyron bobilladi:
—    Qanaqa davlat?! Qanday davlat?!
—    Siz qurgansiz, rais bova, siz qurgansiz! — bid-bid etdi kampiri. — Davlat degani siz, siz degani davlat, rais bova!
—    Shunday de! Davlat, davlat, deysan! — deya tinchlandi. — Ana shu kinoteatrni... machit qilibdilar! Ana, bo‘lmasa!
Kampiri bu gapni allaqachon eshitgan bo‘lsa-da — o‘zini endi eshitganga oldi. Mazkur kinoteatr allaqachon machit bo‘lganini bilsa-da — o‘zini endi bilganga oldi. Yoqalarini kampirona-kampirona ushlab-ushlab... ajablandi.
—    Yo tavba, kinoteatrni-ya? — dedi. — O’sha Hamza kinoteatrini-ya? Yo tavba, shunday bir madaniyat dargohini machitga aylantiribdilarmi-a? Bu tentaklik qaysi ahmoqtsan chiqibdi-a?
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:04:23
—    Qaysi ahmoqdan bo‘lardi, anavi ko‘cha-ko‘yda akillab yurgan... muslim va muslimalardan chiqadi-da.
—    Endi nima bo‘ladi, rais bova?
—    Nima bo‘lardi, endi... kechayu kunduz namoz o‘kiydilar-da, qayta qurish qo‘lidan kelmagach... namoz o‘qiydilar-da. El-yurt uchun biror narsa yaratolmagach... besh vaqti namoz o‘qiydilar-da.
—    Esizgina kinoteatr-a? Yaxshi-yaxshy kinolar qo‘yib berardi. Kontsertlar bo‘lardi.
—    Endi kinoni tushingda ko‘rasan. Ma, choyingdan bosib-bosib quy.
Achchiq-achchiq choy hovurini bosdi. O’pkasini bosdi. Vujudini vazmin-vazmin etdi.
Ammo ko‘ngil xijilligi bosilmadi. Ko‘ngil g‘ashligi bosilmadi.
Lik etib turdi. Ust-boshini tuzatdi. Tashqari yo‘l oldi.
Izidan kampiri ergashib keldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:04:49
—    Ha, yo‘l bo‘lsin, rais bova? — dedi.
—    Uyoq-buyoqni aylanib, oyog‘imni yoyib kelay.
—    Binoyi qilasiz, rais bova, binoyi qilasiz.
Ko‘ngilni chigili yoziladi-da.
Kampiri shunday deya-deya, ichkarilamoqchi bo‘ldi. Yana-tag‘in o‘ylab qoldi. Aytaymi-aytmaymi, demishday, og‘zini ushlab o‘yladi, choli ketidan qarab o‘yladi. Oxiri choli ketidan aytdi:
—    Ay, rais bova, yo‘l-yuzda birov bilan mayda-chuyda gap qilib yurmang?
—    Gap? — deya ketiga qaradi Botir firqa. — Gap-ku, gap... Shu qayta quruvchi demokratlarga... o‘ngirim tegib ketsin, shu o‘ngirimni qirqib-qirqib tashlayman!
—    Binoyi qilasiz, rais bova, binoyi qilasiz.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:05:05
41


U daraxt taglaridan yurdi. Qo‘llarini orqasiga qo‘yib yurdi.
Xiyobon aylandi: skameykalarda dam olib-dam olib aylandi. Kuz yaprokdarini shitir-shitir bosib aylandi. Yaproqlar ust-boshlariga to‘kilib-to‘kilib aylandi. Daraxtlarda gurr-gurr etmish chumchuqlar galasini tomosha etib-etib aylandi. Ariqda tip-tiniq kuz suvlarini kuzatib-kuzatib aylandi.
Kuz suvlarini yoqalab yurdi-yurdi — o‘sha Hamza kinoteatri oldidan chiqdi.
Bir kelgan yo‘liga qaradi, bir suvga qaradi, bir kinoteatrga qaradi. Cho‘ntagidan qo‘lro‘molini oldi. Skameyka ustini artdi. Qo‘lro‘molini qoqib, joyiga soldi. Plashi etaklarini yig‘ib, skameykaga o‘tirdi. Yelkasidan nafas oldi. Suvga tikildi. Suvda o‘z aksini ko‘rdi. O’z aksiga qarab o‘tirdi.
Boshlari uzra xazon yog‘di. Ust-boshi uzra xazon yog‘di.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:05:15
Suv yuzini xazon yopdi. Suv yuzida xazon qalqdi.
Suv bo‘yida bir kaptar bo‘qoq shishirib... g‘animiga yag‘rin berdi.
Havodan kuz hidi anqidi. Havodan xazon hidi anqidi.
Qishdan... chopar keldi!
Dunyo kuz bo‘ldi. Dunyo xazon bo‘ldi.
Botir firqani ko‘ngli... kuzdan-da kuz bo‘ldi. Botir firqani ko‘ngli... xazondan-da xazon bo‘ldi.
Kinoteatrga tikildi: ana, o‘sha... qo‘sh tavaqali, zalvorli darvoza! Ana, o‘sha... naqshinkor eshik! Ana, o‘sha... jimjimador deraza!
Kinoteatrdan bir to‘da yosh-yosh... muslim yigitchalar chiqib keldi. Muslim yigitchalar boshida oppoq-oppoq takya bo‘ldi. Yelkalarida oppoq-oppoq jelaklar bo‘ldi.
Muslim yigitchalar yerga qarab odimladi. Qiroat bilan odimladi. Shariat peshvolaricha odimladi. Muslimona-muslimona odimladi.
Muslim-muslim yigitchalar... demokratlarcha odimladi. Qayta quruvchilarcha odimladi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:05:23
Botir firqa tag‘in suvga tikilib qoldi. Hadeb o‘tirishi joniga tegdi. Joyidan ohista qo‘zg‘oldi.
Bu vaqt... quyoshdan nur ketdi. Yorug‘dan quvvat ketdi. Oqlikdan rang ketdi.
Oppoq olam dog‘landi-dog‘landi... Oqshom degich rang kirib keldi.
Botir firqa namozxonlarga xalaqit bermaslik uchun — kinoteatr orqa tarafidan keldi. Kinoteatr devorlariga bosh-adoq qaradi. Sinchiklab-sinchiklab qaradi.
Kinoteatr burchagiga borib turdi. Devorga o‘ng kaftini qo‘ydi. Devorni silab-silab oldi. Go‘dak peshonasini silamishday... devor betini siladi. Devordan kaft olmay — kinoteatr yoqalab yurdi.
Kaftlari devordan mayda kesaklarni umatib tushirdi. Xaslarni uchirib tushirdi. Qumlarni ko‘chirib tushirdi.
Devor kaftlariga g‘adir-budur botdi. Devor kaftlarini tirnaladi. Devor kaftlarini qitiqladi.
Ayni vaqtda kaftlari... devordan huzur oldi. Devordan zavq oldi. Devordan rohat oldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:05:31
Kaftlari ushbu zavq-shavqni... ko‘ngliga uzatdi. Kaftlari ushbu huzur-halovatni... ko‘ngliga takdim etdi.
Botir firqa entikdi. Botir firqa orziqdi. Botir firqa misoli... kaptar bo‘lib uchdi!
Kaptar misol... devor boshida oyoq ildi. Devordan kaftini oldi. Kaftini kaftiga urib qoqdi. Puflab-puflab qoqdi.
Botir firqa kaftlariga qarab-qarab... kulimsidi. Devorga qarab-qarab... kulimsidi.
—    Ana, bizni kinoteatrimiz, ana! — dedi.
Botir firqa kinoteatr sin-simbatiga nazar solib... kulimsidi.
—    Har bir makonda.. bizni qadamimiz bor! — dedi. —
Har bir imoratda... bizni qo‘limiz bor!
O’zi g‘isht qo‘ygan joyni o‘yladi. Shu joy qaerda edi, deya odimladi. Devor yoqalab odimladi. Xomcho‘tlab-xomcho‘tlab odimladi.
—    Mana shu yerda edi, mana... — dedi.
Ana shu joyga egildi. Ana shu joy devorini siypadi. Ana shu joy poydevorini siladi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:05:39
Yo‘ldosh Oxunboboev birinchi g‘ishtni qo‘yib edi. Men esa... ikkinchi g‘ishtni qo‘yib edim! — dedi.
Shu vaqt ikkita yosh-yosh muslim kinoteatrga keldi. Oldinma-ketin o‘tdi. Devor tagida egilib turmish odamni ko‘rdi.
—    Anavi mo‘min banda kim bo‘ldi? — dedi bir muslim.
—    Oti nima edi. Qizil, Qizil! — dedi ikkinchi muslim.
—    Astag‘furullo, Kizil bunday tabarruk dargohda nima kilib yuribdi, taqsir?
—    Kim biladi, balkim namoz o‘qimoqni ixtiyor etgandir?
—    Astag‘furullo, Kizil namoz o‘qiydimi? Qizil kofirdan battar-ku? O’z oti o‘zi bilan Qizil-ku? Qaydam, dargohga... uchirmoqchidir.
—    Unchalik emasdir, taqsir.
—    Kizillardan keladi, taqsir. Qizillardan har balo keladi. Ulardan xonaqoh devoriga... churillatish keladi! Borib, haydab yuboringiz!
—    Yoshi ulug‘ odam, yaxshi emas. Ichkari kirib, mo‘ysafidlarga aytamiz, mo‘ysafidlar gaplashib qo‘yadi. Qani, kirsinlar, taqsir!
Vaqt shom yedi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:05:51
Botir firqani ko‘ngli... shomdan-da shom bo‘ldi. Botir firqani ko‘ngli... shomdan-da ma’yus bo‘ldi, shomdan-da mungli bo‘ldi.
—    Juvonmarg bo‘lgur muslimlar! — dedi Botir firqa.  — Ha,  biz Qizilmiz,  Qizil! Ammo-lekin biz Qizil bo‘lib, yaratdik! Biz Qizil bo‘lib, qurdik! Bu muslimlar oppoq qayta quruvchi bo‘lib... nimani yaratdi? Bu muslimlar oppoq demokrat bo‘lib... nimani qurdi? Ha, biz Qizil Bayroq ostida mehnat qildik. Ammo-lekin mehnat qildik! Bu muslimlarni qo‘lidan besh vaqti namoz o‘qishdan boshqa ish kelmaydi. Bu muslimlar besh vaqgi namozdan boshqa nimani bilmaydi. Mayli, menga desa,.. oq bo‘l, ko‘k bo‘l. Lekin yarat, qur! Mayli, menga desa, qora bo‘l, sariq bo‘l, pistoqi bo‘l. Lekin yarat, qur! Mayli, shu muslimlarchalik ham boraylik. Mana, mana shu imorat. Shu imoratni biz qurib edik. Xo‘sh, shu imoratni qaysi joyi Sovet? Qaysi joyi Qizil? Shu imoratni qaysi joyi kommunistik? Bir so‘z bilan aytsak, imoratni qaysi joyi ziyon-zahmat? He, senday qayta quruvchi muslimlarni... Botir firqa katta yo‘lga qarab yurdi. Yurdi-yurdi — ketiga burilib qaradi. Kinoteatrga bosh-adoq razm soldi.
—    Birinchi g‘ishtini Yo‘ldosh Oxunboboev qo‘yib edi, — dedi. — Ikkinchi g‘ishtini... men qo‘yib edim, men!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:06:29
42


O’zbek xotin-qizlarini... xotin-qizlar majlisiga olib kelish azob edi! O’zbek xotin-qizlarini bir joyga to‘plash qiyin edi. O’zbek xotin-qizlarini uyidan ko‘chaga chiqarishni o‘zi... katta gap edi!
Birov — kasal der edi. Birov — qozon-tobog‘ini vaj etar edi. Birov — erkagim javob bermaydi, der edi.
Shunda, erkaklarni chaqirib javob so‘ralar edi. Shunda-da javob bermagichlar bo‘lar edi.
Ana shunda, Botir firqa erkaklarni majlislarda muhokamaga qo‘yar edi.
—    Sen feodalsan, feodal! — der edi. — Sen sovet xotin-qizlariga boylarcha munosabatda bo‘lasan!
Botir firqa xotin-qizlarni... xotin-qizlar yig‘ilishiga olib_ kelmay, maktabdan o‘quvchi qizlarni chaqirar edi. O’quvchi qizlarni qator o‘tirg‘izib qo‘yib, tumandan kelmish vakilaga tavsiya etar edi:
—    Mana, faol xotin-qizlarimiz! — der edi.
Bugun — qayta qurish davrida...
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:06:38
Botir firqa 8 mart bayramini ko‘p ko‘rib edi. 8 mart marosimlarini o‘zi tashkil etib edi. Ammo... bugungiday 8 mart bayramini ko‘rmab edi!
Bu nima — xalq saylimi? Xotin-qizlar gap-gashtagimi? Xotin-qizlar qurultoyimi?
Barchasi desa-da bo‘ladi!
«Ana buni demokratiya desa bo‘ladi! — deya o‘yladi Botir firqa. — Ana, qayta qurish sharofati, ana!»
Odaticha, saroy bir burchidan joy oldi. Tevarak-boshdagilar bilan bosh irg‘ab salom-alik etdi.
«Sovet hukumati... yetmish yilda yetolmagan yutuqqa, qayta qurishni dastlabki kunlaridayoq... yetdilar! — deya fikrladi Botir firqa. — Ha, jamiyat qayta qurilyapti. Yangi hayot boshlanyapti. Ha, o‘zbek xotin-qizlari qayta hayot quryapti. Bu tahsinga loyiq. Ana buni qayta qurish desa bo‘ladi».
Xotin-qizlar biri qo‘yib, biri minbar ko‘tarildi. Birovi Orolni himoya etdi. Birovi tabiatni muhofaza etdi. Birovi atrof-muhitni ifloslanishiga qarshi nutq so‘zladi. Birovi alyumin zavodiga qarshi bong urdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:06:45
«Mana shular... qozon-tobog‘idan beri kelmas edi, — dedi Botir firqa. — Ana endi... o‘s, o‘zbek xotin-qizlari, o‘s! Olg‘a, o‘zbek xotin-qizlari, olg‘a! Barchasi... Ulug‘ Oktyabr sotsialistik revolyutsiyasi tufayli. Barchasi... sovet tuzumi tufayli».
8 mart yig‘ilishini boshqarib boruvchi aytdi:
— Endi so‘z, otashnafas qayta quruvchimiz, demokratiya bayrog‘ini boshi uzra ko‘tarib yuruvchimiz... Dilbar Mirzaxo‘ja qiziga!
Baland peshtoqli deraza ostidan oppoq bir narsa qimirladi. Oppoq narsa... bosh-adoq oppoq bo‘ldi. Bosh-adoq oppoq matoga burkanmish bo‘ldi.
Oppoq narsani... boshi qaerda, bilib bo‘lmadi. Yuzi qaerda, bilib bo‘lmadi. Yelkasi qaerda, bilib bo‘lmadi. Oyoq-qo‘li qaerda, bilib bo‘lmadi.
Oppoq narsa minbar sari qimirlab bordi. Ha-ha, qimirlab bordi!
Oppoq narsa qimirladi-qimirladi — minbarga chiqib bordi. Yig‘ilganlar sari yuzlandi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:06:52
Botir firqa ana shunda oppoq narsani bet-boshini ko‘rdi: kulchaday bir yuz bo‘ldi, qoramag‘iz bir yuz bo‘ldi.
Kulcha yuz xaloyiqqa tik qaramadi. Xaloyiqdan nigoxini bekitdi. Qo‘lidagi qog‘ozdan ko‘z olmadi.
Botir firqa oppoq narsaga tigashdi-tikildi — kim ekanini bilmadi. Tevarak-boshdan so‘ray dedi — ayol kishini surishtirishdan orlandi.
«Iya, bu otinbibi kim bo‘ldi? — dedi Botir firqa. — Bunday otinbibilar yo‘q edi-ku? Bunday oppoq kiyim-bosh kiyish yo‘q edi-ku? Yo shunday oq kiyim-bosh moda bo‘ldimi?»
Oppoq narsani lablari... bulk-bulk etdi. Aftidan, oppoq narsa... kalima o‘qidi. Kulcha yuzlariga fotiha tortdi. Oldin o‘ng tarafiga tuf-tuf-tuf etdi. Keyin chap tarafiga tuf-tuf-tuf etdi.
Botir firqa minbar ko‘rdi — bunday minbar ko‘rmadi. Notiq ko‘rdi — bunday notikni ko‘rmadi.
«Chindan-da, bosh-adoq oppoq kiyinish... moda bo‘ldimikin-a?»
Botir firqa shu xayolda saroy alangladi. Chindan-da, saroyda oppoq matoga burkangan xotin-qizlar mo‘l bo‘ldi. Har uchta xotin-qizni bittasi oppoq matoga o‘ralgan edi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:07:03
«Ha-a, buyam yaxshi, — dedi Botir firqa. — Oqlik — ezgulik!»
Oppoq narsa tag‘in tevarak-boshiga tuf-tuf, etdi. Yonboshlariga tuf-tuf etdi. Keyin, nutqini boshladi:
—    Bismilloxir raxmonir rohiym. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam ansorlariga iymondan o‘git berib, hayo iymondandur, deydilar....
Botir firqa ana shunda oppoq narsani tanidi. «Iya, bu Dilya-ku, Dilya! — dedi. — O’sha o‘zimizni Dilya...»
Botir firqa oppoq narsani og‘zidan ko‘z uzmadi. Ko‘zlari oppoq narsani og‘zida bo‘ldi, xayollari oppoq narsani o‘tmishida bo‘ldi...
Oppoq narsa davomi etdi:
—    Janob payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom
Qur’oni karim muqaddas kitoblarining yigirma to‘rtinchi sura, o‘ttiz birinchi oyatlarida shunday deydilar: mo‘minalarga ham ayting, ko‘zlarini nomahram erkaklarga tikishdan to‘ssinlar va avratlarini haromdan saqlasinlar! Hamda ko‘rinib turgandan boshqa zeb-ziynatlarini, ya’ni, ustlaridagi liboslaridan boshqa zeb-ziynatlarini nomahramlarga ko‘rsatmasinlar va ko‘kraklarini ro‘mollari bilan to‘ssinlar! Ular zeb-ziynatlarini ko‘rsatmasinlar, magar erlariga yo otalariga, yo erlarining otalariga, yo o‘g‘illariga, yo erlarining o‘g‘illariga, yo o‘zlarining og‘a-inilariga, yo o‘zlarining og‘a-inilariga, yo og‘a-inilarining o‘g‘illariga, yo opa-singillarining o‘g‘illariga, yo o‘zlari kabi ayollarga,    qo‘l ostidagi cho‘rilarga, yo ayollardan behojat bo‘lgan, ya’ni juda keqsayib qolgan yoki aqlsiz-devona erkak xizmatkor qullarga, yo ayollarning avratlaridan xabardor bo‘lmagan go‘daklargagina ko‘rsatishlari joizdir. Yana yashirgan zeb-ziynatlari bilinsin uchun oyoklarini yerga urmasinlar! Barchalaringiz Ollohga tavba qilinglar, ey mo‘minlar! Shoyadki, shunda najot topsangizlar! Shunday ekan, men ojiza banda, shu yerda o‘tirgan barcha mo‘min-musulmon mazlumalarga Muhammad, alayhissalomimiz o‘gitlariga amal qilib, boshlariga ro‘mol yopinishlarini so‘rayman...
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:07:12
Ana shunda Botir firqa bir qalqib tushdi. Tevarak-boshiga alangladi.
—    Iya-iya! — dedi. — Bu nima deyapti?
Old qatorda o‘tirmish bir ayol ketiga burilib qaradi.
—    To‘g‘ri aytmoqda! — dedi ayol. — Musulmonchilikka qaytish vaqti keldi!
Botir firqa tag‘in uyoq-buyog‘iga alangladi. Boshqa bir gap kutdi. Ammo shu gapni eshitolmadi. Boisi, shu gapni aytajak zotni topolmadi.
Ilojsiz qoldi. Boshini egdi. Tizzalariga tikildi. Oyoqlari uchiga tikiddi. Joyidan ohista qo‘zgoldi. Ohista tashqari yo‘l oldi.
«Musulmonchilikka qaytish vaqti keldi emish, — dedi Botir firqa. — Shu vaqtgacha qaerda eding? Shu vaqtgacha kim eding?»
Botir firqani qo‘llari belida bo‘ldi, xayollari allaqayoqlarda bo‘ldi...
«Bu juvon qaysi bir erkaklarni tizzasida o‘tir-madi, — o‘yladi Botir firqa. — Bu juvon qaysi bir erkaklarni quchog‘ida yotmadi».
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:08:59
43


Botir firqa xayollar og‘ushida uyiga kirib keldi.
Uyida chalqancha yotib o‘yladi. Yonboshlab yotib o‘yladi:
«Bular kim bo‘ldi, o‘zi? Monax ayollarmi? Monax ayollar o‘rislarda bo‘ladi-ku? Monax ayollar qop-qora libosga burkanib yuradi-ku? Bular oppoq matoga o‘ranib, majlislarda nutq so‘zlayapti-ku. Barchasi musulmon farzandi-ku. AKShda ana shunday oppoq libosga o‘ralgan bir to‘da bor. Otini ku-ku-luks-klan deydi. Ku-ku-luks-klanlar hamisha boshdan-oyoq oppoq libosga burkanib yuradi. Shu bois, ku-ku-luks-klanlarni kimligini bilib bo‘lmaydi. Yo bular ham ku-ku-luks-klan bo‘lmoqchimi?»
Botir firqa ana shu yerda o‘z fikridan qaytdi.
«Ku-ku-luks-klanlar AQShda-ku? — deya mulohaza etdi. — AQSh kapitalistik mamlakat-ku? Yo‘q, mening ko‘rganlarim sovet xotin-qizlari, sotsialistik xotin-qizlar! Masalaga partiyaviy yondashish kerak, o‘rtoq Esonov, partiyaviy!»
Botir firqa ana shunday mulohazaga borgani uchun... o‘zini-o‘zi aybladi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:09:09
«Padarla’nat, megajin! — deya so‘kindi Botir firqa. — O’zi, bular nima qilmoqchi? Uzbek xotin-qizlari yigirmanchi asr... boshiga qaytmoqchimi? Feodalizmga... feodalizmga qaytmoqchimi? Qaysi maqsad bilan feodalizmga qaytmoqchi? Musulmonchilikkami? Eskicha urf-odatgami? Iffatgami? O’zbek xotin-qizlari... feodalizmda shunchalar musulmon edimi? O’zbek xotin-qizlari feodalizmda shunchalar... iffatli muslima edimi? O’zbek xotin-qizlari feodalizmda shunchalar... hur-erkin edimi?»
Botir firqa... g‘oyasiz xayollarga bormaslik uchun tokchadan «KPSS programmasi»ni oldi. Yoniga qo‘ydi. KPSS programmasiga qarab-qarab ovqat yedi. KPSS programmasiga qarab-qarab choy ichdi.
Kampiri Botir firqani bu qilig‘idan hayron bo‘lmadi. Aksincha, Botir firqani qo‘nglini olish yo‘lini qildi: KPSS programmasini silab-silab qo‘ydi.
—    Xo‘p binoyi qilasiz, rais bova, — dedi kampiri. — Qayta mutolaa ilmni onasi, ilmginani onasi!   
Botir firqa ma’qullab bosh irg‘adi. Baribir, oppoq narsalar xayolidan ketmadi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:09:27
«Agar feodalizm zamonida bo‘lsa edi, Dilyaday ayollar... biror boyni yo o‘ninchi, yo o‘n beshinchi xotini bo‘lar edi, — dedi Botir firqa. — Dilyalar feodalizmda qaerda ishlar edi? Bu holi bilan... hech qaerga sig‘mas edi! Qaysi bir boyni kir-chirini yuvib kun ko‘rar edi. Oyog‘i buzuqlar... feodalizmga-da sig‘maydi! Bundaylar qaysi bir... fohishaxonalarda jon saqlar edi».
—    G’animat g‘arniki, deydilar, — dedi Botir firqa.
—    Labbay?
—    G’ar qarisa otin bo‘ladi!
—    KPSS programmasi ustida unday demang, rais bova.
Botir" firqa xiyol bo‘lsa-da, o‘zini tiydi. KPSS programmasiga qarab-qarab bosh irg‘adi:
—    Chin aytasan, kampir, partiyaviy fikrlash kerak, partiyaviy, — dedi.
Botir firqa kampiriga 8 mart yig‘ilishini aytib berdi. Oppoq-oppoq narsalarni aytib berdi.
—    Koshki, odamlar ularni kimligini bilmasa, — dedi Botir firqa. — Kaysi yuz bilan toat-ibodat qiladi? Odamda bet bo‘lsa! Or-nomus bo‘lsa! G’ar qarisa otin bo‘lib... Qur’ondan saboq berib o‘tiribdi. Olatlaringizni yuving, deydi! He, olating boshingdan qolsin! Olatingga... kuydirgi chiqsin!
Botir firqa oppoq narsalarni... chaparastalab so‘kmokchi bo‘ldi. Yana-tag‘in... KPSS programmasini yuz-xotir etdi!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:09:49
44


Lik etib qo‘zg‘oldi.
Hovli aylandi: daraxtlarni ushlab-ushlab aylandi. Daraxt uchlariga qarab-qarab aylandi. Yer tupurib-er tupurib aylandi.
«Namoz o‘qish uchun torgina burchak kerak. Xilvatgina burchak kerak, — dedi Botir firqa. — Namoz bir metrcha joyda o‘qiladi. Ha, yiqilib-turish uchun bir metrgina yer kerak. Besh-olti minutgina vaqg kerak. Axir, sovet davridayam tor burchaklar bor edi-ku? Sovet davridayam besh-olti minutlik vaqt bor edi-ku? Nega bular sovet davrida namoz o‘qimadi? Chin, kommunistik partiya namozga qarshi edi. Ammo-lekin KPSS shu namoz o‘qimasin deya... derazangdan mo‘ralab turmagan edi-ku? KPSS shu yotib-turmasin deya... oyoq-qo‘lingni ushlab turmagan edi-ku? KPSS shu namoz vaqtini bilolmay qolsin deya... bilagingdagi soatingni olib qo‘ymagan edi-ku?
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:10:00
Namoz o‘qish uchun... tahorat olish lozim bo‘ladi. Axir, KPSS tahoratxonang tirqishidan mo‘ralab turmagan edi-ku, shu tahorat olmasin, deya? Tahorat — yuvinib-chayinish demak, halollanib-poklanish, demak. Axir KPSS tahoratxonangga kirib kelib... pok-halol bo‘lma, deya, zug‘um etib turmagan edi-ku?
Chin, sovet tuzumini qusurlari ko‘p edi. Chin, sovet tuzumi ko‘p narsalarga qarshi edi. Ammo-lekin inson tahoratiga qarshi emas edi! Unda, nega bular birdan... shariatpesha bo‘lib qoldi? Birdan... namozxon bo‘lib qoldi? Birdan... muslim va muslimalar bo‘lib qoldi?
Bir ulug‘ zot shu haqda zo‘r gap aytib edi. Bu zot Kamol Otaturk edimi yo Lev Tolstoy edimi? Kim bo‘lsa-da, xo‘p aytib edi. Ana shu dono gapni davri keldi: bechora din... g‘ar-o‘g‘rilar uchun qalqon bo‘ladi. Bechora din... maraz-muttahamlar uchun qalqon bo‘ladi. Bechora din... ablahlar uchun qalqon bo‘ladi. Din, baloga qolgan din!
Ishdan haydalgan ojiz banda — o‘zini shariatga uradi. Ish topolmagan qo‘li kalta — xudojo‘y bo‘ladi. Qo‘lidan foydali ish kelmasa — namozxon bo‘ladi. Yegani non topolmay qolsa — qo‘liga tasbeh oladi. Boradigan joy topolmay qolsa — machitga boradi. Yurar yo‘lini bilmay qolsa — shariat yo‘lidan yuradi. Muslim bo‘ladi! Muslima bo‘ladi!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:10:36
Bechora xudo, bechoragina xudo! Bechora payg‘ambar, bechoragina payg‘ambar!
Chin, odam o‘z dinidan tashqarida yashay olmaydi. Odamni odam etib turuvchi-da dinidir. Odam qiyofasiga soluvchi-da diniy mazhabidir.
Mana, XX asr tamom bo‘lyapti. XX asr yakunlanyapti. Ana shunday kunda... manavilarni ishini! Shunday taraqqiyot kunida manavilarni qilig‘ini!»
Botir firqani xayollari o‘tmishlarga uchdi. Oyoqlari zaminda bo‘ldi. Xayollari kechmishda bo‘ldi...
«Sovet tuzumi o‘zbek xotin-qizlariga nima karomat ko‘rsatdi? — dedi Botir firqa. — Sovet tuzumi o‘zbek xotin-qizlariga beshta karomat ko‘rsatdi. Karomat desa degulik! O’zi, sovet tuzumidan oldin o‘zbek xotin-qizlari bor edimi? Bor bo‘lsa... oti... ojiza edi! Oti... tavqi la’nat edi! Sovet tuzumi ularga nom berdi: o‘zbek xotin-kizlari! Ular ana shu nom bilan... inson sanaldi. Ana shu nom bilan ijtimoiy-siyosiy kuch bo‘ldi. Ana shu nom bilan madaniy-ma’naviy qudrat kasb etdi.
Bu — sovet tuzumini birinchi karomati bo‘ldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:11:24
Sovet tuzumini ikkinchi karomati — sovet tuzumi o‘zbek xotin-qizlariga... paranji-chimmat tashlattirdi! O’zbek xotin-qizlari xaltaga o‘rog‘lik... bulbul edi. O’zbek xotin-qizlari yeng ichidagi... bedana edi. Uzbek xotin-qizlari yuziga parda tortig‘lik... oyna edi.
Sovet tuzumini uchinchi karomati — sovet tuzumi o‘zbek xotin-qizlarini... xat-savodli etdi! Chin, eskicha maktab-madrasa bor edi. Ammo-lekin maktab-madrasalarda faqat... o‘g‘il bolalar o‘qitilar edi. O’qish zaifalar uchun... gunoh edi! Sovet tuzumi ana shu gunohni... bekor etdi!
Sovet tuzumini to‘rtinchi karomati — sovet tuzumi o‘zbek xotin-qizlarini... nikohdan o‘tkazdi! Chin, eskida ham nikoh bor edi. Ammo-lekin eski nikoh... Eski nikoh xotin-qizlar haq-huquqi bilan hisoblashmadi. Sovet tuzumi o‘zbek xotin-qizlarini... ZAGSdan o‘tkazdi!
Sovet tuzumini beshinchi karomatini... tan olish lozim! Sovet tuzumi ana shu beshinchi karomatda... qosh qo‘yaman, deb, ko‘z chiqarib qo‘ydi! Chin, sovet tuzumini maqsadi — o‘zbek xotin-qizlarini erkaklar bilan teng huquqli etish edi. Chin, teng huquqli etdi. Ayollar bilan erkaklarni tengma-teng ko‘rdi. Ammo-lekin ayol bilan erkakni bir qolipga soldi. Ayol kim, erkak kim — bilib bo‘lmay qoldi. O’zbek xotin-qizlariga... buldozer haydattirdi, traktor haydattirdi!»
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:11:33
45


Botir firqa oyoqyoydi uchun tashqariladi. Xiyobonga yo‘l oldi.
Xiyobonda odam kam bo‘ldi. Barcha ishga shoshildi. Birov pitir-pitir shoshildi. Birov bir nimalar yeb-eb shoshildi. Birov chopqillab-chopqillab shoshildi.
Odam odamga qaramadi. Odamlar ko‘zi oyog‘i ostida bo‘ldi. Bilagidagi soatda bo‘ldi. Bekatda bo‘ldi.
Botir firqa tevarakka sokin boqdi. Xotirjam nafas olib boqdi.
Lenin haykali qoshiga keldi. Boshidan poxol shlyapasini oldi. Leninga qarab... ta’zim bajo etdi.
—    Salomatmisiz, o‘rtoq Lenin! — dedi.
Shlyapasini boshiga qo‘ndirdi. Yo‘lida davom etdi.
Ko‘m-ko‘k o‘tlar yoqalab yurdi. Turli-tuman atirgullar oldidan yurdi.
Atirgullar... atriyot anqitdi.
U gullarga qarab... dimog‘ini to‘ldirib-to‘ldirib nafas oldi.
—    Oh-oh-oh! — dedi.
Botir firqa miriqdi!
Sayr etib yura-yura — xiyobon chetidan chiqib qoldi. Tag‘in iziga qaytar bo‘ldi. Ammo oyoqlari toliqqanday bo‘ldi. Anig‘i, picha o‘tirgisi keldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:11:41
Shu yaqinda turmish uzun skameykadan joy oldi. Skameyka suyanchiqlariga qulochlarini yoydi. Oyoqlarini kerib-kerib uzatdi. Oyoqlari shunday rohat oldi, shunday rohat oldi!
U hayotdan zavq-shavq oldi. U to‘yib-to‘yib xo‘rsindi. U hayotdan... shukur etdi.
Shunda, shu yaqindan shitir-shitir tovush eshitildi. Misoli, daraxt yaproqlari shitirlab uchib tushmish bo‘ldi. Misoli, yellar xazonlarni shitirlatib uchirmish bo‘ldi. Misoli, chumchuqlar xazonlar oralab yurmish bo‘ldi.
Botir firqa e’tibor bermadi. Diqqat etmadi.
Shitir-shitir muntazam bo‘ldi. Tez-tez bo‘ldi. Tobora yaqindan bo‘ldi.
Ana shunda Botir firqa alangladi. Bosh-adoq nazar soldi.
Skameyka ketida yoyilib yotmish ko‘kalamzorda ikkita oppoq... Oppoqdan-oppoq narsa turdi. Eng hayratli joyi — oppoq narsalar... mayda-mayda bo‘ldi. Do‘mboq-do‘mboq bo‘ldi!
Oppoq-oppoq do‘mboqchalar... besh-olti yoshlik... qizaloqlar bo‘ldi! Oppoq ko‘ylak-lozim kiyguvchi qizaloqlar bo‘ldi. Oppoq ro‘mol o‘raguvchi qizaloqlar bo‘ldi.
Qayta quruvchi shariatpeshvolar tili bilan aytsak... muslimalar bo‘ldi!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:12:01
«Yo tavba! — dedi Botir firqa. — Tushimmi yo o‘ngimmi? Nima balo, qayta quruvchilar meni esimni kiritib qo‘yish uchun shunday tashkil etyaptimikin? Qayta quruvchilardan keladi. Juvonmarg bo‘lgur qayta quruvchilardan har balo keladi».
Botir firqa alang-jalang bo‘ldi. Sinchkov-sinchkov alangladi. Diqqat-e’tibor bilan alangladi.
Yo‘q, bu yaqinda qayta quruvchi suvratlar yo‘q. Yo‘q, bu yaqinda shariatpeshvo siymolar yo‘q.
Botir firqa xotirjam bo‘ldi. Ung tirsagini skameyka ustiga tiradi. Yuzini o‘ng kaftiga qo‘ydi. Do‘mboq muslimalarga o‘ychan tikilib qoldi. Ma’yus tikilib qoldi.
«Shularni yoshi, bo‘lsa, besh-oltilarda. Kechagina tug‘ilgan qizaloqlar, — dedi Botir firqa. — Aftidan, bular hali maktabniyam ko‘rmagan. Bular hali burniniyam artib olmagan. Nega endi, aynan shu bugun... shular ko‘zimga ko‘rinyapti?»
Botir firqa o‘ylab qoldi. Go‘yo, tush ko‘rdi. Go‘yo, dunyoni endi ko‘rdi. Go‘yo... bir baloga yo‘liqtsi!
Qomatini xiyol rostladi. Tomog‘ini qirdi. Boshini uyoq-buyoqqa qimirlatdi. O’ta jiddiy bo‘ldi. Endi, partiyaviy o‘yladi. Partiyaviy fikrladi:
«Menimcha, bunday jajji muslimalarni ko‘p ko‘rgan bo‘lishim kerak. Ammo-lekin rahbarlik fe’lim qo‘zib... mayda-mayda odamchalarga e’tibor bermagan bo‘lishim kerak. Rahbarlik dimog‘im qo‘ymay... oyoq ostida o‘ralashib yurgan muslimachalarga qayrilib qaramagan bo‘lishim kerak. Yana-tag‘in, keksalik... bemalolxo‘jaligim ham qo‘shilib, go‘dak muslimalarga diqqat etmagan bo‘lishim kerak».
Botir firqa jajji muslimalar bilan so‘rashmoqchi bo‘ldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:12:14
—    Ha-a, yaxshimisizlar? — dedi.
Go‘dak muslimalar joyida qoldi. Yonma-yon bo‘ldi. Qo‘llarini ko‘ksilariga qo‘ydi. Boshlarini egdi. Ko‘zlarini kalishlari uchiga qadadi.
—    Dimog‘laring chog‘mi?
Go‘dak muslimalar sukut saqladi. Kalishlaridan ko‘z uzmadi. Miq etmadi. Salom bermadi.
Botir firqa ana shunda tushundi. Negaligini anglab oldi. O’zicha bosh irg‘adi.
«Aytmoqchi, shariat bo‘yicha muslimalar erkaklarga qaramaydi. Erkaklar bilan salom-alik etmaydi, — dedi. — To‘g‘ri, mana shuginalar toat-ibodat etadi. Namoz o‘qiydi, ro‘za tutadi. Ammo-lekin muslima bo‘lish uchun... xudoni kimligini bilish kerak. Muhammad payg‘ambarni kimligini bilish kerak. Buning uchun avvalo... Qur’onni o‘qish kerak, Hadislarni o‘qish kerak. Bor-yo‘g‘i besh-olti yoshlik muslimalar buncha ilmni qachon o‘rganib oldi? Bor-yo‘g‘i besh-olti yoshliq muslimalar Qur’onu Hadislarni qachon o‘qib oldi? Yomondan-yomoni, bu muslimachalar... katta bo‘lsa, kim bo‘ladi? El-yurt taqdiri shularga qoladimi? Shular yurt kelajagi bo‘ladimi?»
Botir firqa chidab o‘tirolmadi. Tizzalarini mushtlab qo‘zg‘oldi. Yerga tupurib qo‘zg‘oldi. Oh-oh urib qo‘zg‘oldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:12:32
46


Botir firqa Moskva televideniesini ko‘rib kofe ichdi. «Tong» tomoshasini ko‘rib kofe ichdi.
Mazkur tomoshada ajab bir sinoatni ko‘rdi: Parij oliy o‘quv yurtlarida saboq oluvchi eronlik qizlar... paranji o‘rabdi! Ko‘chada paranji o‘rab yuribdi! Institutda paranji o‘rab yuribdi. Darsda-da paranji o‘rab o‘tiribdi!
Parij meri bundan xabar topibdi. Paranjida yurish taqiqlansin, deya qaror chiqaribdi. Kim paranjida yursa, oldin jarima solinsin. Keyin, o‘z yurtiga qaytarib yuborilsin, debdi.
Eron xotin-qizlari ushbu qarorni eshitib, Tehrondagi Frantsiya elchixonasi oldida namoyish o‘tkazibdi. Bu, musulmonchilikka qarshi qaror, tezda bekor qilinsin, deya norozilik bildiribdi.
Elchixona oldida to‘da-to‘da xotin-qizlar, qop-qora paranjilik xotin-qizlar. Boshdan-oyoq qop-qora xotin-qizlar!
Botir firqani zavqi keldi. Ich-ichidan shod bo‘ldi.
«Juda to‘g‘ri qaror! — deya ma’qulladi. — Ana mer, ana rahbar! Axir, Parij meri... kommunist emas-ku? Axir, Parij meri... Qizil emas-ku?»
Botir firqa g‘ayrati jo‘shdi. Joyidan dast qo‘zg‘oldi. Kaftini kaftiga urdi. Kaftini kaftiga ishqadi.
—    Baribir... haqiqat bor! — dedi.
Ayvonda timirskilanib yurmish kampiri ovoz berdi:
—    Chakirdingizmi, rais bova?
—    Yashasa bo‘ladi! — dedi Botir firqa.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:12:40
47


Xiyobon to‘la odam bo‘ldi.
Odam misoli chumchuq bo‘ldi.
Odamlar yelkasiga chumchuq bo‘lib qo‘nsa bo‘ldi... ammo odamlar oralab yurib bo‘lmadi.
Odam.. qaynadi!
«Raykom buyursayam buncha odam yig‘ilmas edi, — deya o‘yladi Botir firqa. — Raykom partiyadan o‘chiraman, desayam buncha odam kelmas edi. Demokratiya sharofati bu, demokratiya sharofati».
Botir firqa odamlarni yorib yurolmadi. Ichkariroq kirolmadi. Tevarak-bosh alangladi. Azim chinor ostida turmish bir kishiga ko‘zi tushdi.
Bu kishi — sobiq obkom sekretari o‘rtoq Rajabov bo‘ldi.
U ana shu Rajabovni qoralab bordi. Rajabov bilan ko‘rishib-so‘rashdi. Qo‘llarini kostyumi cho‘ntaklariga soldi. Minbarga qaradi. Yig‘ilish boshlanishini poyladi.
O’rta yashar kishi bir minbarga qaradi, bir Botir firqaga qaradi, bir chinor shoxlariga qaradi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:12:50
—    Biz ham bor, mana shu chinorlar ham bor. Nima dedingiz? — dedi.
—    Chin, chin, — dedi Botir firqa. — Chinorlar ham bor... biz ham bor!
—    Shu chinorlargayam... yigirma yillar bo‘lib qol-di-yov?
—    Unday, past ketmang. Bu chinorlarni umri... yarim asrdan oshib ketdi.
—    Yarim asr? Gapingizda jon bor. Chunki men ham bor, shu chinorlar ham bor.
—    Shunday, asrlik chinorlar, shunday.
—    Qarang, yarim asrdan ziyod el-yurtga soya-salqin berib keladi-ya?
—    Shunday, shunday.
—    Boboning tol tikkani — o‘ziga nom ekkani, deydilar. Qaysi bir... ota-bobolarimiz ekib ketgan-da?
Botir firqa yuzlarini chetga burib kulimsidi. Chinor shoxlariga qarab kulimsidi.
—    Kim biladi, — dedi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:13:00
—    Qarang, butun bir xiyobonni yashnatib turibdi. Yaxshidan... bog‘ qoladi, deganlari shu-da?
Botir firqa ko‘zlarini olib qochib kulimsidi. Bosh irg‘ab-bosh irg‘ab kulimsidi.
—    Chin, yaxshidan bog‘ qoladi, chin, — dedi.
—    Shu chinorlarni kim ekib ketgan bo‘lsayam... joyi jannatda bo‘lsin!
Botir firqa oyoqlari uchiga tikildi. Botir firqa xiyol xo‘rsindi. Botir firqa xiyol qizardi.
«Rahmat, rahmat», — dedi ichida.
Shu vaqt, minbarga qayta quruvchi demokratlar ko‘tarildi. Joy-joyini egalladi.
Yig‘ilish Orol dengizini himoya etish haqida bo‘ldi.
Orol himoyachilari birin-birin minbar ko‘tarildi. Alang-jalang nutqlar so‘zladi.
Botir firqa nutqlarni qunt bilan eshitdi. Ung qulog‘ini notiqlarga qaratib eshitdi. Kaftini qulog‘iga yelpana etib eshitdi.
Botir firqa bir narsani fahmlab qoldi: ular nutqini Oroldan boshlab... boshqa gaplarga burdi. Orol nomi butunlay yo‘qoldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:13:47
Yig‘ilish Orol haqida bo‘ldi. Chinorlarda osig‘lik shiorlar Orol haqida bo‘ldi. Minbar betida ilig‘lik alvon chaqiriq Orol haqida bo‘ldi. Nutqlar boshlanishi-da Orol haqida bo‘ldi. Keyin, Orol nomi... tamomila g‘oyib bo‘ldi!
«Bularni dardi Orol emas, — dedi Botir firqa. — Yo‘q, bularni qayg‘usi Orol emas. Bo‘lmasa, nima?»
—    Endi so‘z... Mirzabulloh ibn Usmon o‘g‘li al-Madiyga!
Yig‘ilish ahli chayqaldi. Yig‘ilish ahli; qarsak chaldi.
«Ismi sharifidan... Arabistondan mehmon kelgan chiqadi, — dedi Botir firqa. — Ismi sharifidan... arab shayxlaridan bo‘lsa kerak».
Minbarga darozdan-daroz bir bola chiqib keldi.
Botir firqa keksa ko‘zlariga ishonmadi. Ko‘krak cho‘ntagidan ko‘zoynagini olib taqdi, e’tibor berib qaradi.
Chin, bu o‘sha... Madiev bo‘ldi. O’sha daroz shoir bo‘ldi.
«Tavba, — dedi Botir firqa. — Bular o‘zi nima istaydi? Bu bilan nima demoqchi? O’zlarini namozxon qilib ko‘rsatmoqchimi? O’zlarini shariat peshvolari qilib ko‘rsatmoqchimi?»
—    Bismillohir rahmonir rohiym... — deya so‘z boshladi Madiev.
«Avvalo, gap ismi sharifdami? — dedi Botir firqa. Masalan, men o‘zimni al-kommunist... ibn firqa... deya atasam, shariat peshvosi bo‘lib qolarmidim? Namozxon bo‘lib qolarmidim?»
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:14:03
Madiev nutqini Oroldan boshladi. Bir-ikki marta Orol-Orol, dedi. Keyin...
—    Janoblar, aftidan, keksa avlod osonlikcha taslim bo‘lmoqchi emasga o‘xshaydi. Keksa avlod osonlikcha jon bermoqchi emasga o‘xshaydi! — dedi. — Shu sababdan, keksa avlod duch kelgan narsaga yopishmoqda. Ko‘ziga ko‘ringan narsaga tish-tirnog‘i bilan yopishmoqda. Ha, bu tabiiy hol. Cho‘kayotgan odam cho‘pga yopishishi tabiiy hol. Sizga ma’lumki, keksa avlod urush g‘alabasiga yopishib ko‘rdi. Biz g‘alaba qozondik, deb ko‘kraklariga orden-medallar taqdilar. Paradlar o‘tkazdilar. Janoblar, g‘alabani oddiy soldat qo‘lga kiritgan, oddiy soldat! G’alaba qozonganlar Yevropa qabrlarida yotibdi. Ular yigirma million, ha, yigirma million! Keksa avlodning totalitarizm o‘tmishlari, militarizm kechmishlari endi o‘tmaganidek, bu yolg‘on da’volari ham o‘tmaydi! Janoblar, keksa avlod o‘zlari ona-vatanimizni zulmatga aylantirgan totalitarizm rejimiga, ona xalqimizni qulga aylantirgan o‘sha militarizm tuzumiga sizni ham, bizni ham qaytarish uchun yosh avlodning... etagidan tortmoqda, ha, etagidan tortmoqda!
Xalq... ko‘klam yellaridan chayqalmish bug‘doyzor misol... to‘lqinlanib-to‘lqinlanib oldi! Xalq... ko‘kni ko‘tardi!
—    O-o-o! U-u-u! — deya nido etdi.
Botir firqani ko‘ksi qizidi. Ko‘ksi yondi. Ko‘ksi g‘alayon etdi.
—    O’rtoq Rajabov, uyga mehmon kelmoqchi edi,— dedi.
—    Meniyam ishim bor edi, — dedi Rajabov.
—    Unda, ketdik!
Ular odamlarni yorib-yorib yurdi. Katta ko‘chaga chiqib oldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:14:30
48


Botir firqa yelkadan nafas oldi. Yuzlarini ro‘molcha bilan artdi.
Rajabov... og‘iz to‘ldirib-og‘iz to‘ldirib tupurdi. Qaqirib-qaqirib tupurdi. Bosib-bosib burun qoqdi.
—    Bular nima deyapti, o‘rtoq Rajabov?
—    Itim biladimi, nima deyapti!
—    Gapira beradi-da.
—    Shu-da, o‘rtoq Esonov. Minbarga otilib chiqib, laqillayveradi-da.
—    O’z oti o‘zi bilan qayta quruvchi-da.
—    Nima, shulardan boshqa qayta quruvchi yo‘qmi?
—    Bor, mana, siz, biz ham qayta quruvchimiz.
—    Bo‘pti-da, hozir hamma qayta quruvchi.
—    Endi bular lider, ha, lider!
—    Qaysi, o‘shalarmi? Mahmadona, deng, mahmadona.
—    Yo‘q, ular intellektual, o‘rtoq Esonov, ha, ular intellektual.
—    Men bularni yuzida ham, so‘zida ham intellektuallik ko‘rmayapman, o‘rtoq Rajabov.
—    Bor, siz bilan biz yoshlarni bilmaymiz, bor. Yoshlar Nitssheni o‘qigan, Kamyuni o‘kigan, Prustni o‘kigan, Freydni o‘qigan.
—    Siz obkom Rajabovsiz, siz burjua mafkurachilarini namuna qilmang, o‘rtoq Rajabov!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:14:43
—    Baqirmang, o‘rtoq Esonov, baqirmang. Ko‘chadan o‘tgan-ketganlar nima deb o‘ylaydi? Bor, baribir, yoshlarda bor.
—    Baqirsam-baqirmasam? Nima bor, nima bor?
—    Intellektuallik bor. Intellektuallik donolik deb o‘ylaysizmi? Kechirib qo‘yasiz. Intellektuallar xalq hisobiga yashovchi betayin bir toifa bo‘ladi. Intellektuallar xalq qalbida nima dard bor, hech qachon anglab yetmaydi. Shu sabab, intellektuallar xalqdan oyog‘i uzilib qolgan zotlar bo‘ladi. Intellektuallar kitobga qarab o‘ylaydi, kitobga qarab fikrlaydi. Intellektuallar kitob sahifalarida yashaydi, kitobiy yashaydi. Shu sabab, kitoblardan og‘zini to‘ldirib tsitatalar keltiradi, tarihdan saboqlar o‘qiydi. Ammo... ko‘chat ekib, daraxt o‘stirolmaydi. Loy qorib, imorat qurolmaydi. Go‘ng sepib, yerni to‘ydirolmaydi. Sababi, intellektuallarda hayotiy aql bo‘lmaydi! Kitob boshqa, hayot boshqaligini tasavvur ham etolmaydi. Oqibat, hayot haqida qog‘ozday quruq o‘ylaydi, qog‘ozday jonsiz o‘ylaydi. O’ylari hayotdan juda-juda olis bo‘ladi. Lekin intellektuallar o‘zlarini nihoyatda akdli deb biladi, nihoyatda zamonaviy deb biladi. Shu sabab, o‘zlarini hamisha men haq, deb biladi. Aslida esa, intellektuallar jisman ham, ruhan ham zaif zotlar bo‘ladi. Masalan, intellektuallar izg‘irin shamol nimaligini yaxshi biladi, ammo ana shu shamolga bardosh berish qo‘lidan kelmaydi. Intellektuallar o‘z maqsadlari yo‘lida hech balodan tap tortmaydi. Marazlik bilan bo‘lsa ham — ko‘zlagan martaba-mansablarini egallaydi. Ablahlik bilan bo‘lsa ham — o‘ylagan shon-shuhratlariga erishadi. Keyin... Vatani yonib ketmaydimi — intellektuallar televizorga qarab o‘tiraveradi. Xalqi o‘lib ketmaydimi — intellektuallar gazeta-jurnal o‘qib o‘tiraveradi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:14:55
— O’zi, bular namuncha baqirib-chaqiradi? Namuncha shataloq otib yuguradi? Namuncha pitir-pitir etadi? Bitta shularmikin desam, butun SSSR xalqlari shunday bo‘lib qoldi. Qafasda yashayotgan kaptarni qo‘yib yuborsa nima bo‘ladi? Kaptar pat-pat etib, ozodlikka otilib chiqadi. Dastlab, qayoqqa uchishini bilmaydi. Yerga qo‘nishiniyam bilmaydi, ko‘kka uchishiniyam bilmaydi. Oqibat, boshi oqqan tarafga qarab uchadi. Shamol esgan yoqqa qarab uchadi. Poyintar-soyintar uchadi, pala-partish uchadi. Qayoqqa uchayotganini o‘ziyam bilmaydi. Taqdiri endi nima bo‘lishiniyam bilmaydi. Ozodlikka qanday erishdi? Ozodlikni xudo berdimi yo o‘z xo‘jayini berdimi? Buniyam bilmaydi! Ozod bo‘ldim, deya patira-putur uchaveradi. Shunday o‘chib ketaversa — bir baloga duchor bo‘lishiniyam bilmaydi. SSSR xalqlari ana shu... kaptar holiga tushib qoldi! Sovet xalqlari hali... ozod yashash nima ekanini bilmaydi! Sovet xalqlari hali... hur-erkin parvoz etish nima ekanini bilmaydi. Nega shunday? Sovet xalqlari shu vaqtgacha kommunistik partiya qanotlari ostida yashab o‘rgangan. Kommunistik partiya nimani ixtiyor etsa — ana shuni bajarib yashab kelgan. Kommunistik partiya nimani bersa — ana shuni yeb yashab kelgan. Sovet xalqlari o‘zlaricha... mustaqil bir qadam bosib yashab ko‘rmagan!
—    Siz, sovet xalqlarini qafasdan qutulib chiqqan... kaptarga o‘xshatyapsiz-da? Yo‘q, kaptar beozor bo‘ladi. Kaptar ezgu niyatli bo‘ladi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:15:07
—    Unda, kimga o‘xshat, deysiz?
—    Bular.. Burjua mafkurachilari SSSRni xalqlar turmasi, deydi-ku? Endi, ana shu gapdan kelib chiqamiz-da? Bular... Turmadan ozod bo‘lib chiqqan... mahbuslarga o‘xshaydi! Bular turmadan xalos bo‘lgan mahbus kabi xavf-xatarli. Boisi — mahbus turmada xohish-irodasiz yashagan. Orzu-umidsiz yashagan. Uy-xayolsiz yashagan. Tashabbus-ilhomsiz yashagan. Chin, u, to‘g‘ri, mahbus bo‘lgan. Ammo partiya uni tekin davolagan. Chin, u mahbus bo‘lgan. Ammo partiya bir so‘m puli bilan... bir kun yashagan! U favqulodda ozodlikka chiqib qarasa... tevarakda oldingiday nazoratchi yo‘q, taqiqlovchi yo‘q! Demak, ko‘ngilga kelganini qilsa bo‘ladi! Qayta qurishchasiga aytsak... ozodlik, demokratiya! U shu vaqtgacha faqat... plan bajarar edi, sotsialistik majburiyat bajarar edi. U... yashash nimaligini bilmas edi! Yashash qanaqa bo‘ladi — bu haqda o‘ylab ko‘rmas edi. Aniqrog‘i... u yashamas edi! U... qimirlab yurar edi! Hol so‘rasalar... qimirlab turibmiz, deb qo‘yar edi. Chin-chin, u oylik maoshini qo‘l qo‘yib olish uchun... qimirlab turar edi! Ana shu mahbuslar... qayta quruvchi bo‘ldi! O’zi xon, o‘zi bek bo‘ldi!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:15:20
49


Rajabov oldinda yurdi, Esonov keyinda yurdi. Yurdi-yurdi — yo‘l cheti skameykadan joy oldi. Yo‘lovchi mashinalarni kuzatib o‘tirdi.
—    Qalaysiz endi, o‘rtoq Esonov?
—    Bir navi, o‘rtoq Rajabov, bir navi.
—    Qayta quruvchilar ozodlik, ozodlik, deydi. Ozodlik — to‘rt tarafing qibla, og‘zingga kelganini gapir, degani emas-ku? Ozodlik — baqirib-chaqirib mansab egalla, shon-shuhratga erish, degani emas-ku? Yo ozod bo‘lish... it bo‘lib hurishmi? Ozod bo‘lish... ko‘rin-gan odamni etagiga kuchuk bo‘lib yopishishmi?
—    Chin, o‘rtoq Rajabov, chin. Ozodlik — namoyish o‘tkazish emas, majlis qilish emas. Televizorda mahmadonachilik qilish emas, gazeta-jurnallarda yaltiroq so‘zlar aytish emas.
—    To‘g‘ri, ozodlikni quylash kerak, ko‘klarga ko‘tarib kuylash kerak. Lekin ozodlikni quylash uchun... el-yurt uzra ozodlikni o‘rnatish kerak! Bunday kunlarga yetish uchun... bir o‘lib... bir tiriladi! O’rtoq Esonov, biz uchun ozodlik — taqdir in’omi bo‘ldi! Biz uchun ozodlik — baxt qushi bo‘ldi!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:15:32
—    Ozodlik uchun... og‘izni yumish kerak, quloqni bekitish kerak, qadamni tiyish kerak! Ozodlik uchun... shon-shuhrat talashmaslik kerak, mansab-amal talashmaslik kerak!
—    Afsuski, aynan ana shundaylar davraga otilib chiqadi. Ko‘kragiga urib... o‘zini xalqparvar ko‘rsatadi, o‘zini vatanparvar ko‘rsatadi! O’zini botir ko‘rsatadi! Ana shundaylar oldinda bayroq ko‘tarib yuradi, shior ko‘tarib yuradi. Nutq so‘zlab yuradi, baqirib-chaqirib yuradi. Aslida esa... teskarisi bo‘ladi! Shu sabab, azal-azaldan dunyo bir kam dunyo bo‘lib keladi. Shu sabab, azal-azaldan xalq boshiga endi oftob chiqqanda... xalqni burni qonaydi!
—    Ozodlik demak — o‘z olamini o‘zi topib olish demak. O’z yo‘lini o‘zi topib olish demak. O’zligini topib olish demak.
—    Ming afsuslar bo‘lsin, biz hali... ozodlikka tayyor emas edik! Ongimiz... ozodlikka tayyor emas edi! Aqlimiz... ozodlikka tayyor emas edi! Ozodlik-ozodlik, so‘zlarini bilar edik. Ammo mazqur so‘zlarni mazmuni nima ekanini bilmas edik! Chunki mazkur so‘z bag‘rida... bir kun bo‘lsa-da... ha-ha, bir kun bo‘lsa-da... yashab ko‘rmagan edik! Mana, Yaratganni o‘zi bizni mazkur so‘z bag‘riga topshirdi. Biz mazkur so‘z bag‘rida... chaqaloq bo‘lib yotibmiz! Biz hali otamiz kim, bilmaymiz, onamiz kim, bilmaymiz. Eng fojiali joy... do‘st-dushmanimiz kim — bilmaymiz!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:15:43
—    O’zi, yaxshilab o‘ylab qaralsa, siz aytgan ozodlik... tengsizlik, demak. Shunday, ozodlik, tengsizlik demak.
Ko‘rasiz, boy boyga, kambag‘al kambag‘alga ajralib qoladi.
Kim boy, kim kambag‘al — ko‘rinib qoladi. Masalan, magazinga kirasiz — kimmatbaho kiyim turadi. Boy bo‘lsangiz, ana shu qimmat kiyimni olib kiyasiz. Oshxonaga kirasiz — qimmat taomlar qatorlashib turadi. Boy bo‘lsangiz, ana shu qimmat taomni olib yeysiz. Aytaylik, boy bo‘lsangiz — samolyotda yurasiz. Kambag‘al bo‘lsangiz — liqir-liqir poezdda yurasiz. Ana sizga ozodlik, mana sizga ozodlik! Oldinlari... tenglik edi, xalq magazindan xohlagan kiyimini olib kiyar edi. Xalq oshxonadan ishtahasi tortgan taomini olib yer edi. Xalqdan har biri samolyotda ucha olar edi!
Sovet hukumati davlat boshiga kelib qoliboq... yerni xalqqa bo‘lib berdi. Xalq uchun shahar-qishloqlarda yoppasiga uy-joy qurib berdi, boshpanohsiz xalq birdan uy-joyli bo‘ldi. O’zi qurib bergan uy-joy uchun xalqdan pul olmadi! Bundan ortiq yana qanaqa hukumat bo‘lsin? Men uni oliydan-oliy karomati — bepul uy-joy deb bilaman! Ezgudan-ezgu merosi —- tekin uy-joy deb bilaman!
—    Chin aytasiz, o‘rtoq Rajabov, chin aytasiz.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:15:54
—    Endi, sovet meditsinasini ayting... Sovet xalqi onasini qornidayoq meditsina yordami oldi. Hali tug‘ilmagan sovet chaqalog‘i meditsina yordami oldi. Keyin, ayol tug‘ruqxonaga tushdi. Sovet chaqalog‘i tug‘ruqxonada vrachlar ko‘zi oldida yotdi. Sovet chaqalog‘i... sovet meditsinasi qo‘li bilan tug‘ildi. Sovet chaqalog‘i... sovet vrachlari kaftida dunyoni ko‘rdi, oppoq choyshablarda o‘ralib yotdi. Sovet chaqalog‘i... tekin davolandi! Endi, manavi qayta quruvchilar sovet meditsinasini so‘kib boshladi. Agar sovet meditsinasi bo‘lmasa, manavi qayta quruvchilarni ko‘pchiligi... onasini qornida o‘lib ketar edi! To‘g‘ri, sovet meditsinasi malakasiz davoladi. Bu sovet meditsinasi yomon, degan gap emas. Bizda xalq ko‘p, yer ko‘p. Hammani malakali meditsina bilan ta’minlash qiyin. Endi...
—    SSSR xalqlar turmasi, xalqlar turmasi... deydi.
O’zi, shu gap kimdan chiqqan, o‘rtoq Rajabov?
—    Albatta, G’arb mafkurachilaridan chiqqan-da! Kimdan bo‘lardi?
—    Yo‘q, bu fitna, bu ig‘vo. Chin, SSSR ulkan devorlar mamlakati, uzun devorlar mamlakati. Bu ulkan devorlar metin qonun-qoida uchun xizmat qiladi. Pokdomon xulq-axloq uchun xizmat qiladi. Chayir tartib-intizom uchun xizmat qiladi. Masalaga partiyaviy yondashsak, SSSR tarkibida yuzlab elatlar bor. Ular necha-necha asrlardan buyon kindik qoni tomgan azaliy yurtida yashab keldi. Hali millat darajasiga ko‘tarilmagan elatlar-da bekamu ko‘st umr kechirdi. Mayda-mayda elatlar ulg‘ayib... millat darajasiga ko‘tarildi. Mitti-mitti urug‘-aymoqlar ko‘payib... xalq darajasiga yetdi!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:16:04
Xalq bo‘ldi! Sovet tuzumida... aymoqlar millat bo‘ldi! Elatlar xalq bo‘ldi! Sovet tuzumida... bironta-da xalq yo‘q bo‘lmadi! G’arb mamlakatlarida xalkdarni son-sanog‘i yo‘q edi. Bosh-adog‘i yo‘q edi. Ana shu xalqlar o‘z-o‘zidan... parokanda bo‘lib boshladi! Ana shu xalqlar o‘z-o‘zidan... yo‘qolib boshladi! Butun-butun xalqlar yer yuzidan... g‘oyib bo‘ldi! Masalan, Yevropada kelt hamda illiriy, degan xalqlar bo‘lar edi. Keltlar-da, illiriylar-da tarixiy xalqlar edi. Yuksak madaniyatli xalqlar edi. Bilasizmi, «Buyuk Britaniya» nomi qaerdan kelib chiqadi? Ana shu tarixiy kelt xalqlari oilasiga mansub «britt» xalqi nomidan kelib chiqadi! Qani o‘sha xalqlar, qani? Brittlarni nemislar bilan inglizlarni o‘zi... yo‘q qilib yubordi! Ulkan-ulkan slavyan xalklari bor edi. Boltiq xalqlari bor edi. Roman xalqlari bor edi. Masalan, pruss, degich Boltiq xalqi bo‘lar edi. Nihoyatda o‘ziga xos xalq edi, qani o‘sha pruss xalqi? Prusslarni boshiga... nemislar yetdi! Shunday madaniyatli xalqdan pruss, degan nom qoldi, xolos. Prussiya nomi tarixiy manbalarda bir uchrab qo‘yadi, xolos. Hozir ham Yevropada bir qator xalqlar yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida yashamoqda. Masalan, Buyuk Britaniyadagi irland xalqi, Yspaniyadagi bask xalqi. Irlandlar-da, basklar-da xalq sifatida yo‘q bo‘lib ketmaslik uchun... jon talvasada kurash olib bormoqda! Shunday ekan, endi masalaga partiyaviy yondashaylik...
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:16:14
—    Masalani partiyaviy hal etaylik!
—    Xo‘p, masalani partiyaviy hal etaylik. Endi, G’arb mamlakatlarini... nima deb atasak bo‘ladi? Yevropa — xalqlar qabristoni, desak yarashadimi? Yevropa — xalqlar mozoristoni, desak ep bo‘ladimi?
—    U-u-u, o‘rtoq Esonov... kallangiz kalla emas — qomus, ha, qomus! Mayli, G’arb mafkurachilarini qo‘yib turaylik. O’zimizni KPSSga qaytaylik. Manavi qayta quruvchilar KPSSni... sud qilamiz, deydimi?
—    Aytdi, KPSSni sud qilamiz, deb aytdi.
—    Unda, qora kursida kim o‘tiradi? Kim aybdor bo‘ladi? O’rtoq Leninmi? U zot mavzoleyda yotibdi-ku? Urtoq Brejnevmi? U kishi allaqachon xilqatga ketdi-ku. O’zi, nimani sud qiladi? Marksizm-leninizmnimi? Sotsializmnimi? KPSS qora kursiga o‘tirmaydi. KPSS tavba-tazarru etmaydi. KPSS uchun... mana, men aybdor bo‘laman! KPSS nima noma’qulchilik qilgan bo‘lsa — shu noma’qulchilikni men qildim! KPSS qanday xatolikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, shu xatolikni men qildim! Mana, men — obkom Rajabov! KPSS — Stalin degani emas. KPSS — Brejnev degani emas. KPSS — million-million faqirdan-faqir kommunist demaqdir. KPSS — million-million mehnatkashdan-mehnatkash ishchi-dehqon demakdir! Qayta quruvchilar ana shu millionlar yuziga loy chaplamoqda. Ana shu millionlarni badnom etmoqda! Umr bo‘yi KPSS osh-tuzini yeb, endi KPSSga... tupurmoqda! Bular... xunasalar! Erkak emas, xunasalar! Mana, men KPSSni bir zarrasi edim — men KPSSni zarrasi bo‘lib qolaman! Sudda KPSS uchun... o‘zim javob beraman, o‘zim!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:16:27
—    Bular sudni biladimi, o‘rtoq Rajabov. Og‘ziga kelganini gapiraveradi-da. Bular bir... olomon, olomon! Olomonda to‘rtta tarkibiy xislat bo‘ladi. Bu qanday xislatlar? Bular — g‘oya, iroda, ruh, axloq. Ana shu to‘rtta xislat jam bo‘lsa — olomon bo‘ladi. Ana shu to‘rtta xislat tufayli olomon qudratli ham dahshatlidir. Olomon — bo‘ron, olomon — yong‘in, olomon — sel! Shu boisdan-da, olomon bo‘lar-bo‘lmasga qo‘zg‘ola bermaydi. Olomon biror-bir g‘oya uchun qo‘zg‘oladi. Yangi bir g‘oya dunyoga kelsa — olomon ana shu yangi g‘oya uchun qo‘zg‘oladi. Mazkur g‘oya porloqmi yo tubanmi — olomon uchun  ahamiyatsiz bo‘ladi.   Olomon qatordan qolma, ko‘pdan qolma — shiorlari ostida saf bo‘ladi. Olomon uchun jamiyatni yaxshi kuniyam bir, yomon kuniyam bir. Jamiyat biror yutuqqa erishsa — olomon qo‘zg‘oladi. Jamiyat biror parokandalikka uchrasa — tag‘in olomon qo‘zg‘oladi. Olomon yaxshi kunda bir siyosatdonni ulug‘laydi. Yemon kunda... ayni shu siyosatdonni yer bilan baravar etadi! Olomon... to‘qimtabiat bo‘ladi! Bir kunlik kayfiyat bilan jam bo‘ladi. Bir soatlik maqsad bilan yig‘iladi. Keyin, birdan  ... aynib qoladi. Birdan... tariqday tarqab ketadi! Olomon juda osonlik bilan o‘ziga lider topadi. Chunki olomon lidersiz bir qadam bosolmaydi. Lidersiz bir so‘z aytolmaydi! Lider olomon nomidan g‘animiga qarata birinchi bo‘lib tosh otadi. Birinchi bo‘lib o‘q otadi. Shu bois, olomon o‘z lideri ketidan... ko‘rlarcha ergashadi! O’z lideri izidan... podalarcha yuradi! Kim olomon lideri bo‘la oladi? O’zida yo‘q... fazilatlar bilan olomonni ishontira oluvchi, yolg‘on-yashiq g‘oyalar bilan olomonga ta’sir eta oluvchi, maza-bemaza shiorlarni xorijiy tillar bilan qo‘shib so‘zlay oluvchi zot — lider bo‘la oladi! Inson general bo‘lishi mumkin, aksincha, lider bo‘lolmaydi. Inson ministr bo‘lishi mumkin, aksincha lider bo‘lolmaydi. Masalan, Nikolay II oqposhsho bo‘ldi. Ammo-lekin lider bo‘lolmadi. O’rtoq Lenin oqposhsho bo‘lolmadi. Ammo-lekin lider bo‘ldi!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:16:42
50


Gazetada Orol dengizini qutqarish majlisi haqida e’lon berildi.
Ushbu majlis bo‘ldi.
Orolpanohlar birin-ketin minbarladi.
Orolpanoh Madiev bir o‘ngga ta’zim etdi, bir chapga ta’zim etdi, bir olg‘a ta’zim etdi.
—    Xonimlar va janoblar! — dedi.
Botir firqa kulib yubormasin uchun — kaftini og‘ziga qo‘ydi. Uzini yo‘tal tutayotgan ko‘rsatish uchun og‘zini ushladi. O’zini kulgidan arang tiydi. Yerga qarab o‘tirdi.
«E, tavba, — dedi, — senga kim qo‘yibdi bunday gaplarni? Nima balo, ingliz lordimisan yo frantsuz qirolimisan?»
—    Xonimlar va janoblar, mana, qayta qurish tufayli ona-vatanimiz tubdan o‘zgarib bormoqda. Zavodlar, fabrikalar qurilmoqda. Madaniy-maishiy korxonalar, madaniyat uylari ochilmoqda. Mana shunday madaniy-maishiy korxonalardan biri tarixiy va ko‘hna Qo‘qon shahrida ochildi. Bu Qo‘qon zardo‘zlik fabrikasidir. Bu fabrikada qo‘li gul chevarlarimiz turli-tuman jilolik zardo‘zlik matolari, sarpolari, dasturxonu pardalar, qo‘yingki, turfa rang zardo‘zlik liboslari tikib chiqarmoqda. Buni qarangki, shu qo‘qonlik zardo‘z chevaralar tikib chiqarayotgan matolar ichida joynamoz ham bor ekan. Joynamoz! Oppoq joynamoz! To‘rt burchakli joynamoz! Hozirjavoblikni qarang, milliylikni qarang! Axir, ozod vatanimiz musulmonobod bo‘lib qoldi-da, mustaqil xalqimiz namozxon bo‘lib qoldi-da. Qo‘qon chevarlari hur va ozod xalqimiz xohish-irodasi uchun labbay, deb javob bergan-da. Endi, ana shu Qo‘qon chevarlari joynamozidan sobiq partiya-sovet arboblari, bugungi pensionerlar ham bitta-bittadan olsalar. Joynamozga peshonalarini qo‘yib... besh vaqti namozni boshlasalar. Partiya-sovet tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatib, qilgan ayb-gunohlarini yuvsalar. Xudoi taoloning bag‘ri keng — gunohlarini bo‘yniga olib,  toat-ibodatni boshlab yuborgan bandasining gunohidan o‘tadi. Besh vaqti namoz gunohlarini yuvadi! Marhamat, sobiq partiya-sovet arboblari, chevarlarimiz tikkan joynamozlar sizlarga muntazir!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:16:52
Qayta quruvchilar partiya-sovet arboblaridan tavba-tazarru kutdi. Qayta quruvchilar partiya-sovet arboblaridan... uzr-ma’zur kutdi.
Partiya-sovet arboblari kommunist edi... kommunist bo‘lib qoldi!
Partiya-sovet arboblari... Brejnev misol miq etmadi! Brejnev misol mijja qoqmadi. Brejnev misol... turg‘un bo‘lib o‘tirdi. Brejnev misol... haykal bo‘lib o‘tirdi!
Madiev kuydi,  Madiev yondi!  Madiev... lo‘lilik yo‘liga o‘tdi.
— Yo‘q, biz endi sabr-toqat qilolmaymiz! — dedi. — Yo‘q, sabr-bardoshimiz nihoyasiga yetdi! Biz endi sodir etilgan jinoyatlar uchun kimlar aybdor ekanligini aniqlab olishimiz kerak va zarur. Biz yetmish yil mobaynida jinoyatchi partiya-sovet arboblarining butun bir avlodini tayyorlab yetishtirdik. Ming afsuslar bo‘lsinki, ular har qadamda uchrab turadi, har daqiqada uchrab turadi!
Madiev partiya-sovet arboblariga qo‘lini peshladi. Ko‘rsatkich barmog‘ini bigizladi.
— Biz bular bilan... bo‘lmaymiz! — dedi. — Yo‘q, yo‘q, biz bular bilan bo‘lmaymiz!
Botir firqani nazarida... Madiev ko‘rsatkich barmog‘ini... Botir firqani peshonasiga nuqidi. Nazarida, barmoq uchi Botir firqani... peshonasiga tegdi. Duk-duk tegdi... tik-tik tegdi! Nazarida, barmoq uchi Botir firqani peshonasida... yopishib qoldi!
Botir firqa ko‘zlarini yumdi — Madievni barmog‘ini ko‘rmay dedi! Madievni barmog‘idan qutulay dedi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:17:04
Shu bilan majlis ado bo‘ldi.
Majlis ahli tarqaldi.
Botir firqa bilan Rajabov hamroh bo‘ldi.
—    Bular hali-hozir tili bilan yuryapti. Keyin-keyin, ustimizdan to‘rt tarafga yozadi. Bu shaxslardan keladi, — dedi Botir firqa.
—    Shaxs? Shular shaxsmi? — deya qo‘l siltadi Rajabov. — Bular... bechora go‘rso‘xtalar! Bular go‘rso‘xta bo‘lmay, kim go‘rso‘xta bo‘ladi? Mana, men. Men qurdim, men yaratdim, men savob ishlar qildim! Shunday ekan, men piri badavlat shaxsman. Men bus-butun shaxsman. Men yetuk shaxsman! Xo‘p, ana shularchalik ham boraylik. Aytaylik, toat-ibodat qilish uchun xudoni bilish kerak. Bu bechora go‘rso‘xtalar xudoni qaerdan biladi? Bular eski alkashlar, eski g‘arlar!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:17:40
51


Ular yo‘l chetidan yurdi. Oyoqlari uchiga tikilib yurdi. Gap-so‘zsiz yurdi.
Yo‘lbo‘yi choyxonaga keldi. Yuzma-yuz o‘tirdi. Bir-biriga tikildi. Yelkadan nafas oldi.
Nihoyat, Botir firqa ko‘kka barmoq nishlab-nishlab so‘zladi:
—    So‘zlovchi nodon bo‘lsa, sen dono bo‘l! Xalq maqoli!
Rajabov birdan jonlandi. Yuzlarida yorug‘lik o‘ynadi. Ko‘zlarida quvonch balqdi.
—    Ofarin, o‘rtoq Esonov, ofarin! — dedi Rajabov. — Siz dono partiya-sovet arbobisiz!
Botir firqa qomat rostladi. Botir firqa ko‘krak kerdi. Kirinib-qirinib yo‘taldi. Tevarakka mag‘rur-mag‘rur boqdi.
—    Kurashamiz, kurashamiz, deydi, — dedi Botir firqa. — Kim bilan kurashadi? Men bilanmi? Axir, men Gitler bo‘lib, shahar-qishloqlarni vayron etmadim, xalqni qatl qilmadim. Gimmler bo‘lib, tirik odamlarni o‘tda kuydirmadim, bug‘doyzorlarga o‘t qo‘ymadim. Nihoyati... kommunist bo‘ldim! Meni nimam bilan kurashadi? Otni o‘limi — itni bayrami, deydilar. Bular... qari-qurilar bilan kurashmoqchi bo‘lib yuribdi. Bular... Don Kixot! Yo‘q narsa bilan kurashuvchi Don Kixot! Bular qup-quruq galvarslar. G’arib-benavo galvarslar. Bular oldin-da shunday edi, bundan keyin-da shunday bo‘lib qoladi. Mana, Boris Yeltsin. U oldin ham o‘g‘il bola edi, hozir ham o‘g‘il bola!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:17:50
—    O’rtoq Yeltsin kommunistik e’tiqod bilan yeng shimarib, kommunistik ishonch bilan bel bog‘lab... yangicha ishlamoqda! Kommunistik vatanparvarlik, kommunistik xalqparvarlik bilan ter to‘kib mehnat qilmoqda. O’rtoq Yeltsin oldin kim edi? Sobiq partkom, raykom, obkom, gorkom... xullas, kommunist, ha, kommunist! Keling, masalani partiyaviy hal etaylik: o‘rtoq Yeltsin kommunist bo‘lmasa, prezidentlik shohsupasigacha ko‘tarilib kela olar edimi? Yo‘q, ko‘tarilib kelmas edi. O’rtoq Yeltsin kommunist bo‘lmasa... prezident bo‘lolmas edi! O’rtoq Yeltsin g‘ayrat-shijoat bilan qayta qurib boshladi. Ishonch-e’tiqod bilan demokratiya tuzib boshladi. O’rtoq Yeltsin o‘tmishidan qechmadi. Ya’ni o‘zidan kechmadi. O’rtoq Yeltsin yo‘lini o‘zgartirdi, xolos.
—    Bu borada o‘rtoq Yeltsinni protopop Avvakum bilan qiyoslasa bo‘ladi. Avvakum ota-bobolardan qolgan qadriyatlar va o‘tmish meroslarini qayta tiklash, asrab-avaylash uchun kurashadi. O’rtoq Yeltsin ham Avvakum misol yo‘ldan bordi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:17:58
—    Mana shu qayta quruvchilar oldin kim edi? Men hamma qayta quruvchi o‘rtoq Yeltsinga o‘xshab, oldin obkom bo‘lsin, demayman. Axir, yangi tuzum demak — yangi qurilajak imorat demak. Yangi imorat qurish uchun kuch-quvvat kerak, mablag‘ kerak, malaka kerak. Men mana shu Madievni she’rlarini o‘kiganman. She’rlarida hayotdan nishona bo‘lsa — o‘lsin agar! Avangard shoir emish. Frantsuz avangardlariga taqlid qilib, besh-oltita she’r yozgan. Frantsuz avangardlari qachonlardir o‘tib ketgan. Bu zot frantsuz avangardizmiga... endi yetib kelibdi! Shu besh-oltita she’riniyam o‘zicha eplay olmay, frantsuzlarga taqlid qilib yozibdi. O’zidan chiqarib, to‘rtta she’r yozolmagan zot... qanday qilib qayta quradi? O’zining to‘rtta mustakil fikri yo‘q zot... qanday qilib demokratiya quradi?
—    Bulardan nima umidu, nima xayr, o‘rtoq Rajabov.
—    Unda, kimdan umidlanish kerak? Dehqon o‘z oti o‘zi bilan dehqon. Dehqon bechoraga ketmon bo‘lsa bo‘ldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:18:07
—    Bular mansabga talpinyapti, o‘rtoq Rajabov, mansabga! Mayli, davri kelibdi, mansablarni egallasin. Ammo-lekin biz demokratmiz, deya ko‘krak uradi. Yaxshi, demokratiya yaxshi. Demokratiya — hur fikrlash demak. Demokratiya faqat hur fikrlash bilan kifoyalanib qolmaydi. Demokratiya — kelajak foydasi yo‘lida halol ham ilg‘or baholash demakdir! Ana shu Madievlarga aytgim keladi: demokrat,  sen o‘tmishga tosh otma. O’tmishga tosh otish, o‘likni tepkilash demakdir. O’lik tirilib, xatolari uchun sendan kechirim so‘ramaydi. O’lik tirilib, qayta qurish uchun bir ish qilib berib bermaydi. Demokrat, o‘tmishdan saboq olish kerak, saboq. Ana shu saboqni xulosalab, bugunni o‘ylash kerak, bugunni. Bugunni xulosalab, kelajakni o‘ylash kerak, kelajakni. Demokrat, sen o‘tmishga to‘pponcha otsang, o‘tmish seni to‘pga tutadi!

—    Nega endi bari yoppasiga minbarga otilib boshladi? Bari shior ko‘tarib boshladi? Tevaragiga guruh to‘plab boshladi?
—    Bular deputat bo‘lmoqchi, o‘rtoq Rajabov, deputat.
—    Deputat bo‘lish uchun minbardan tushmaslik kerakmi? Baqirib-chaqirish kerakmi? Shakkoklik qilish kerakmi?
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:18:16
—    Odatda, uch toifa odam xalq e’tiborini oladi. Uch toifa odam ovoz oladi. Birinchi toifa — ritsar bo‘ladi. Bizda ritsarni xalq qahramoni, deydi. Xalq qahramoni botir bo‘ladi, jasur bo‘ladi. Shu bois, kurashsiz yashay olmaydi. Xalq qahramoni osoyishta hayot nimaligini bilmaydi. Bilsa ham tinch-osoyishta yashamaydi. Boisi, xalq qahramoni... tinchlikni yomon ko‘radi. Bu toifa odam inqilob vaqtida birinchilardan bo‘lib qo‘liga qurol oladi. Yalovbardor bo‘ladi, ura-urachi bo‘ladi, otashzabon bo‘ladi. Qahramonliklar ko‘rsatgisi keladi. Mardlik-jasorat namoyish etgisi keladi. Shon-shuhrat orttirgisi keladi. Orden-medallar olib taqqisi keladi. Ikkinchi toifa odam — olijanob odamdir, ulug‘namo odamdir, avliyonamo odamdir. Bu toifalar xo‘rlangan xalq uchun qayg‘uradi, haqoratlangan xalq o‘chun qayg‘uradi, ezilgan xalq uchun qayg‘uradi. G’arib xalq uchun, mushtipar xalq uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qiladi. Bechora xalq uchun oylik maoshini beradi, qarilik nafaqasini beradi, o‘limligini beradi. Bu toifalar elyurtga ezgulik ham ma’rifat tarqatadi. Uchinchi toifa odam — ishbilarmon odamdir, tadbirkor odamdir, uddaburon odamdir. Bular faqat kirim-chiqimni biladi, foyda-ziyonni biladi. Yaratib beradi, qurib beradi. Bir so‘z bilan aytsak, bu toifa odamlar faqat foyda beradi. Ana, ana shu uch toifa odam ko‘p ovoz oladi! Endi, manavi Madievlarni olaylik. Avvalo, bularda mansab-martabani o‘zi yo‘q. El-yurt oldida burch nima, javobgarlik nima, bilmaydi. Turgan gap, xalq boshqalarga ovoz beradi. Bular esa, yo‘l-yo‘lakay kulgi bo‘lib qoladi, mayna bo‘lib qoladi. Oqibat, o‘zlarini xo‘rlangan his etadi, ezilgan his etadi. Bular endi haqiqatni tiklash uchun ana shu... g‘oliblarga qarshi kurash olib boradi. G’oliblar bilan tashlashadi. G’oliblar qarab turarmidi? O’rtada yomon-yomon — sizu bizga yomon bo‘ladi. Sizu biz jafo chekamiz. Birimiz ikki bo‘lmaydi. Bular bilmayapti.— ular o‘zlarini o‘zlari ko‘tarish uchun Madievlarni zinapoya o‘rnida ishlatib yuribdi. O’zlarini o‘zlari saylash uchun — Madievlarni qo‘g‘irchoq qilib o‘ynatib yuribdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:18:25
—    Manavi Madiev shoirni... soqolidan boshqa nimasi yo‘q bo‘lsa kerak?
—    Soqolda gap ko‘p, o‘rtoq Rajabov. Soqoldor odam ancha-muncha xalqni o‘ziga ergashtiradi. Chunki soqol kishiga avliyonamolik baxshida etadi. Masalan, Fidel Kastroni «qudrati» — soqolida.
—    Bittayam oq oralamagan sochlar. Bittayam sochi to‘kilmagan boshlar. Oynaday tep-tekis, gard yuqmagan peshonalar. Tip-tiniq, yaltiroq yuzlar... Ana, qayta quruvchilarni portreti! Ana, demokratlar kim! Ko‘pchilik qayta quruvchilarni hali... mo‘yloviyam sabza urmagan! Shunday ekan, qayta quruvchilar nimasiga suyanib va’z o‘qiydi? Demokratlar nimasiga tayanib oqsoqolchilik qiladi? Biz nima uchun shularga quloq solishimiz kerak ekan? Biz nima uchun shularga ergashishimiz kerak ekan? Keling, masalani partiyaviy hal etaylik: odamda... erkakcha yuz bo‘lsa! Bu yuzda ko‘pni ko‘rgan peshona bo‘lsa. Bu peshonada uzun-uzun chiziqlar — olis-olis yo‘llar bo‘lsa. Mazkur chiziq-yo‘llar sermashaqqat taqdirdan so‘ylab tursa, el-yurt tarixidan so‘ylab tursa. Peshona degani misoli bir tarix kitobi bo‘lsa, misoli bir qomus bo‘lsa. O’rtoq Esonov... insonda mazmun-ma’noli yuz bo‘lsa! Bu yuzda... mo‘l-mo‘l ajinlar bo‘lsa, mashaqqatlar ramzi bo‘lgan tirtiqlar bo‘lsa, turli-tuman dardlar asorati bo‘lsa! Bu yuzda... zo‘r qayg‘ular tamg‘asi bo‘lsa, ko‘rgiliklar belgisi bo‘lsa, qora kunlar suvrati bo‘lsa! O’rtoq Esonov, inson ko‘zlarida... mung bo‘lsa, qayg‘u bo‘lsa, dard-alam bo‘lsa! Inson ko‘zlari ham... tarihdan so‘ylab tursa, ham... kelajakka chorlab tursa! Inson ko‘zlari ostida qavat-qavat... ajinlar bo‘lsa! Ushbu ajinlar varaq-varaq... tarix bo‘lsa! Inson ko‘zlari ostida dumaloq-dumaloq... xaltalar bo‘lsa! Ushbu xaltalar yaxshi-yomon kunlarni bekitib yotgan bo‘lsa... O’rtoq Esonov, ana shunday ko‘zlarga qarab o‘tirsa bo‘ladi! Ana shunday peshonalarga ergashsa bo‘ladi! Ana shunday yuzlarga quloq solsa bo‘ladi!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:18:33
—    Bularni maqsadi qayta qurish emas. Bular leninchi keksa avlodni chetga surib tashlasak — marra bizniki bo‘ladi, deb o‘ylayapti. Leninchi avloddan qutulib olsak — tantana qilamiz, deb niyat qilyapti. Hamma mansab-martabalarni egallab olib — davrimizni surib yotamiz, deb maqsad qilyapti.   
—    Shunday, o‘rtoq Esonov, shunday.
—    Bular o‘zlarini qayta quruvchi, deb yuribdi. Bular qayta quruvchilar emas, bular... qayta buzuvchilar! Ha, o‘rtoq Rajabov, bular — qayta buzuvchilar! Qayta buzuvchi bo‘lganda-da... nonko‘r buzuvchilar! Ko‘rnamak buzuvchilar!
—    Shu donoligingiz uchun... ikki choynak choy olib kelmasam bo‘lmadi.
—    Qimirlamang, o‘rtoq Rajabov, o‘zim olib kelaman.
—    Men sizning aql-zakovatingizga... obkomdayoq qoyil bo‘lib edim! Endi esa — men sizga sig‘inaman!
—    O’rtoq Rajabov, siz obkomni birinchi sekretarisiz, byuro a’zosiz! Siz o‘tiring, o‘zim choy olib kelaman.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:23:01
52


—    Xonimlar va janoblar! — dedi Madiev. — Keyingi yillarda iqtisodiy va ma’naviy, siyosiy turmushimizdagi tarixiy o‘zgarishlar, ulkan burilishlar o‘zbek xalqi hayotini tamomila o‘zgacha baholashga ehtiyoj o‘yg‘otmoqda. Qonli Oktyabr to‘ntarishidan keyin boshlangan va haligacha davom etib kelayotgan e’tiqodlar kurashi, g‘oyalar kurashining g‘oyatda qarama-qarshiligi bugunga kelib hammaning diqqat markazida turibdi. Keskin kurashlardan iborat bu mafkuraviy siyosatlar ichida milliy masala alohida o‘rin tutadi.
Botir firqa bir qimirlab oldi. Uyoq-buyog‘iga qaradi. Madievni nutqidan hayron bo‘ldi.
«Galvars... gapni olisdan boshladi. Yaxshilikka bo‘lsin... — deya o‘yladi. — Baribir, gapini bizga olib kelib taqaydi. Ishqilib, otimni atamasa bo‘ldi. El-yurt oldida sharmanda qilmasa bo‘ldi».
Tarihdan ma’lumki, turli-tuman xonlar o‘zbek mo‘min-musulmonlarining qonini so‘rib keldi... teri-sini shilib keldi, musulmonlarning o‘sib-ulg‘ayishiga, yuksak taraqqiy etishiga to‘g‘anoq bo‘ldi. Sobiq totalitar tuzum mo‘min-musulmonlar o‘z aql-hushlarini yig‘ib olmasliklari uchun, ma’naviy va madaniy rivojlanmasliklari uchun, milliy madaniyat va milliy til taraqqiy etmasligi uchun, bir so‘z bilan aytganda — o‘zligini anglab olishiga yo‘l bermaslik uchun qo‘lidan kelgan barcha chora-tadbirlarni ishlab chikdi va amalga tadbiq etdi. Mo‘min-musulmonlar o‘ris jallodlari zulmi ostida bir amallab kun kechirdi. Qonxo‘rlar mo‘min-musulmonlarni «yovvoyi», deb atab keldi...
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:23:12
Botir firqa misoli... yangi kino ko‘rdi. Misoli yangi kinoda yangi qiyofa ko‘rdi. Shu vaqtgacha turli kinolarda turli qiyofalarda ko‘rib yurgan artistini endi yangi qiyofada ko‘rdi.
Bugungi kinodan gangib qoldi. Es-hushini yig‘ib ololmadi. Minbardan ko‘z ololmasdi.
Ichida Madievni so‘kdi. Burab-burab so‘kdi.
Nihoyat, o‘zini bosdi. Osoyishta bo‘ldi. Sokin bo‘ldi. O’zicha bosh irg‘adi. O’zicha... Madievni... qo‘llab-quvvatladi!
Boisi, Botir firqa qalban... millatchi edi! Ha-ha, ich-ichidan:.. millatchi edi!
Mana, umr o‘tdi — Botir firqa millatchiligini tiliga chiqarmadi. Mana, umr o‘tdi — Botir firqa millatchiligini yuzaga chiqarmadi.
Vazmin-bosiqligidanmi? Ichimdan top odam ekanligidanmi?
Botir firqa og‘iz ochmaslikni... ichki bir dunyoqarashdan deb bildi. Ichki bir aqldan deb bildi.
«Kommunistik partiya siyosatiga begona g‘oyalar — men uchun-da begonadir», deya o‘yladi.
Ammo... o‘zi bilan o‘zi gaplashdi! Ich-ichidan gaplashdi:
«Millatchilik — o‘z kindik qoni to‘kilgan yerga sadoqatdan bino bo‘ladi. O’z xalqiga mehr-oqibatdan bino bo‘ladi. O’z qarindosh-urug‘lariga mehr-muhabbatdan bino bo‘ladi. Ammo-lekin millatchilikni yomon taraflari-da bor. Millatchilik — iblislar panoh topajak eng so‘nggi panoh, demak. Millatchilik — jaholat, demak. Millatchilik — bir xalqni boshqa bir xalqqa nisbatan nafrati, demak. Shu boisdan, juda ko‘p fojialar ana shu millatchilikdan kelib chiqadi».
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:23:22
Yo Botir firqa mansabidan tushib qolishdan qo‘rqdimi? Partbiletidan ajralib qolishidan qo‘rqdimi? Yo‘q, yana yo‘q!
«Millatchilik misoli bir olov, — deya o‘yladi Bo-tir firqa. — Olov o‘z oti o‘zi bilan olov. Olov bilan o‘ynashib bo‘lmaydi. Odam olovni ehtiyot qilmasa, bet-qo‘lini kuydirib qo‘yadi. Odam olovni avaylamasa, o‘z uyini olov oldirib yuboradi. Butun... dunyoni o‘t oldirib qo‘yadi!
Chin, ashaddiy millatchi bo‘lish kerak. O’z el-yurti uchun o‘limga-da shay millatchi bo‘lish kerak! Ko‘nglida millatchilik his-tuyg‘ulari yo‘q inson... inson emas! U bir... robot, robot!
Ammo-lekin aql-farosat bilan millatchi bo‘lish kerak. O’ta bilim bilan millatchi bo‘lish kerak. Zamon shamollari esishiga qarab millatchi bo‘lish kerak.
Mana, XX asr oyoqladi. XX asr misoli eski uy bo‘lib qoldi. Ammo-lekin ana shu eski uy bo‘sag‘asida tag‘in bir uy bor.
U — butunlay yangi uy. Inson qadam bosmagan uy. Hali eshiklari ochilmagan uy. Hali chiroqlari yoqilmagan uy.
Bu uyni nomi — XXI asr! Mo‘min-musulmonlar orziqib oshiqajak XXI asr! Mo‘min-musulmonlar baxt-saodat kutajak XXI asr!
Endi, ana shu yangi uy uchun... talash bo‘ladi! Yer ol-ol bo‘ladi. Yurt ol-ol bo‘ladi. El ol-ol bo‘ladi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:23:32
Barcha o‘z maqsadlari yo‘lida... millatchilikni ishga soladi! Xalqlarni... milliy tuyg‘usini ishga soladi. Xalqlarni... milliy g‘ururini olov misol kovlaydi!
Bolshavoylar musulmonlarni terisini shilib keldi, qonini so‘rib keldi... emish. Ana gap!
Avvalambor, sovet tuzumi davrida... xo‘roz hamma yurtda bir xil qichqirdi! Bu xo‘rozni oti — KPSS bo‘ldi!
KPSS xo‘rozi ovozi ostida o‘ris-da bo‘ldi, gurji-da bo‘ldi, latish-da bo‘ldi, o‘zbek-da bo‘ldi. Qaytanga, KPSS xo‘rozi dastidan o‘zbekdan ko‘ra... o‘ris ko‘p talafot ko‘rdi!»
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:23:44
53


—    Ketdikmi, o‘rtoq Esonov?
—    Ketdik, o‘rtoq Rajabov, ketdik.
—    Qaysi yo‘ldan yuramiz?
—    Manavi yoqdan yuraylik. Yo‘lda muzqaymoq olib beraman.
—    Yo‘q, muzqaymoq yemayman, shamollab qolaman.
—    Xo‘sh, taassurotlar qalay?
—    Shu, o‘sha-o‘sha!
—    Bularni o‘zi kim... da’volari dunyoni buzadi?
—    Bularni guruh desa-da bo‘ladi, to‘da desa-da bo‘ladi. To‘da deyish ma’qulroq. To‘dada olomonga xos to‘rtta xislat yo‘q bo‘ladi. Shu bois, to‘da olomondan tuban turadi. O’z oti o‘zi bilan to‘da bo‘ladi. To‘da biror yomonlikni oldini olish uchun to‘da bo‘lmaydi. To‘da biror masala yuzasidan qayg‘urmaydi. To‘dada aniq bir maqsad ham bo‘lmaydi, orzu-niyat ham bo‘lmaydi. To‘da hamisha aybdor izlaydi, hamisha gunohkor izlaydi. O’sha aybdor yo gunohkor, mana men, deya to‘da oldiga otilib chiqsa — to‘da nima qilishini bilmay qoladi, nima deyishini bilmay qoladi! Boisi, to‘dada aybdorni jazolash niyati bo‘lmaydi. To‘da bor-yo‘g‘i: «Ana, davlatni o‘tirg‘izgan», «Ana, xalq qonini so‘rgan», «Ana, turg‘unlik timsoli», degan balandparvoz xitoblar aytib turadi. To‘da faqat... baqirib-chaqirib turadi, shiorlar silkib turadi, bayroqlar hilpiratib turadi! Qo‘l paxsa qilib turadi, musht do‘laytib turadi! To‘dani hamisha kimdir yig‘adi, kimdir jamlaydi. Ana shu kimdir to‘dani boshqaradi, to‘dani yo‘llaydi. O’zi esa... to‘dadan sug‘urilib chiqib qoladi, bekinib qoladi! To‘da esa... bir-biridan ilhom olib ketaveradi, bir-biridan rang olib ketaveradi. Birinchi qadamdayoq... to‘da odam sifatida o‘zini yo‘qotadi... o‘zini boy beradi. To‘da oqni qora, deydi, qorani oq, deydi! To‘da el-yurtga... o‘t qo‘ya oladi! Ha, to‘da el-yurtga o‘t qo‘ya oladi! Nima uchun to‘da tez e’tibor qozonadi, tez ko‘zga ko‘rinadi? Boisi, to‘dani kasbi — fitna-fasod bo‘ladi, ig‘vo-g‘alamislik bo‘ladi. Fitna-fasod bilan ig‘vo-g‘alamislik esa — o‘ta yomon qurol, o‘ta o‘tkir qurol! Ig‘vo shamol misol tez yoyiladi. O’q yetmagan joyga ig‘vo yetadi! O’q yetmas joyni fitna teshadi! Chivin uchib kirolmovchi xonadonlarga ig‘vo kirib boradi. Bomba qo‘rqitolmovchi qalblarni fitna titratib yuboradi, fitna qaltiratib yuboradi! Fitna-fasod qanchalar yolg‘on bo‘lsa — shunchalar yashin tezligida tarqaladi. Fitna-fasod yashin tezligida el-yurt e’tiborini oladi, jamiyat aqlini oladi. Fitna-fasod yashin tezligida... haqiqatga aylanadi!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:23:54
—    O’zi, shu to‘dalarga nima yetmayapti-a?
—    Faqat bir taxchillik bor: amal-mansab taxchil, rahbarlik lavozimlari taxchil! O’lib ketgur, amal-mansab deganlari... qovun-tarvuz bo‘lsa ekan, paykaldan uzib olib, qo‘ltig‘iga qistirib yuborsang. Amal-mansab deganlari dala bo‘lsa ekan, besh-olti sotihdan yer bo‘lib bersang. Qachon demokratiya bo‘ladi, qachon qayta qurish bo‘ladi? Mana shu baqirib-chaqirib yurganlar mansab bilan ta’minlanmaguncha... qayta qurib bo‘lmaydi!
—    O’zi, azal-azaldan xalq ikki toifaga bo‘linadi. Biri, amal-mansab gashtini surib yuruvchi rahbarlar. Ikkinchisi, shu rahbarlarni... tagini kovlab yuruvchi mansabtalab da’vogarlar. Ana shu ikki toifa hamisha kurashib keladi. Oldinlari sovet tuzumidan qo‘rqar edilar. Endi esa, qo‘rqmay qo‘ydi. Oshkoraliqka o‘tdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:24:09
—    Yig‘ilishlarda baqirib-chaqiradilar. O’z ovozlari kamday, og‘izlarini mikrofonga qo‘yib chinqiradilar, qiyqiradilar. Kim qanday o‘ylaydi, o‘rtoq Rajabov, har kimni o‘zi biladi. Ammo-lekin men mana bunday o‘ylayman: el-yurtga bo‘lgan mehr-muhabbat... o‘ta ichki bir muhabbat bo‘ladi. O’ta sehrli-sirli bir mehr bo‘ladi. Masalan... yigitni qizga bo‘lgan muhabbati misol bo‘ladi. Ona yurtga bo‘lgan muhabbat... yigitni qizga bo‘lgan muhabbati misol... botinan bo‘ladi, asl bo‘ladi. Bu mehr-muhabbatni... olomon oldida izhor etib bo‘lmaydi. El-yurtga bo‘lgan mehr-muhabbatni... mikrofon orqali izhor etib bo‘lmaydi! Shu boisdan-da uni oti mehr-muhabbat. El-yurtga bo‘lgan mehr-muhabbatni... amal-da bajaradilar, amalda ko‘rsatadilar! Masalan... tan-jonini qurbon qilib ko‘rsatadilar! Tinchlik zamonida esa — mehnat jasorati bilan ko‘rsatadilar, fidoyiligi bilan ko‘rsatadilar, sabr-bardoshi bilan ko‘rsatadilar. Chunki el-yurt demak, qon demak, tan-jon demak!
—    U siz, o‘rtoq Esonov, u siz Botir firqa, kommunist Esonov, raykom Esonov! Bular... reformator, reformator!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:24:22
—    Reformator? O’rgildim, bunday reformatorlardan! Reforma, reforma, deb baqiradi. Bular hali reforma nimaligini bilmaydi. Reforma qayoqda, bular qayoqda? Reforma ko‘p ulug‘ ham... qonli so‘z. Reforma qilish uchun... kallani kundaga qo‘yish kerak! Ana shu kallada... otni kallasiday yurak bo‘lishi kerak! Pyotr Birinchi ana shunday zot edi, ana shunday kalla edi. Rossiyani Rossiya qilgan ana shu Petr Birinchi bo‘ldi. Petr Birinchi tufayli Rossiya Yevropa mamlakatlari qatoriga kelib qo‘shildi. Petr Birinchi Yevropaga yetib olish uchun qanchalab qurbon berdi, qanchalab qon to‘kdi. Rossiya ag‘dar-to‘ntar bo‘ldi, madaniyati xarob bo‘ldi, ma’naviyati xor-zor bo‘ldi. Petr Birinchi madaniyat va ma’naviyat evaziga... ulkan armiya to‘pladi, qurol-yarog‘ to‘pladi. Oqibat... ayiqnamo Rossiya tuzildi, yovvoyinamo Rossiya qaror topdi. Rossiyani madaniyati va ma’naviyati... harbiy kuch hamda qurol-yarog‘ bo‘lib qoldi. Rossiya dushmanlari Petr Birinchi reformasiga... hay-barakallachilik qilib turdi! Bular rus oppozitsiyachilari edi, beti yo‘q mansabparast-shuhratparastlar edi. Ikkinchi ulkan reformator Aleksandr II bo‘ldi. Ana u haqiqiy reformator edi, buyuk reformator edi! Aleksandr II 1861 yilda krepostnoy huquqni bekor qildi. Dehqonlarni... qulliqdan ozod etdi! Undan keyin Petr Stolipin reforma o‘tkazdi. U agrar reformani amalga oshirdi. Oddin tinchlik, ana undan keyin reforma, shiori ostida reforma kiddi. Keyin, Speranskiy. Undan keyin o‘rtoq Lenin reforma qiddi. Tan olish kerak, ana shu yerda kommunistik partiya katta hatoga yo‘l qo‘ydi. Kommunistik partiya... Petr Birinchini yo‘lidan bordi. Kommunistik partiya mamlakatni... askarxona qildi, qurolxona qildi! Birinchi kommunist o‘rtoq Leninmi yo Petr Birinchimi? Ana shuni bilib bo‘lmay qoldi!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:24:32
—    Xalqni aql-idrokida qayta o‘zgarish qilish kerak, xalqni ongida chuqur yangilanish sodir etish kerak. Ong... ongni qayta qurish kerak! Reformani eng og‘ir joyi ana shu yerda!
—    Xalq esa yangicha yashashni... aqliga sig‘dirolmayapti! Aniqrog‘i, xalqni... aqli yetmayapti! Shu sabab, kim nima desa, xalq... ergashib ketyapti! Yo... baqrayib qarab turibdi!
—    Oldinlari har bir yaxshi ish uchun ham, yomon ish uchun ham — partiya-hukumat javob berar edi. Endi esa, har bir odam o‘zi uchun javob beradi. Shu sabab, odamlar qayoqqa qarab yurishini bilmay qoldi, kimga ishonishini bilmay qoldi. Odamlar o‘zi uchun o‘zi javob berolmay qoldi.
—    Mafkura... mafkurasiz yashab bo‘lmaydi. Mafkurasiz olg‘a bosib bo‘lmaydi. Kelajakka qadam qo‘yib bo‘lmaydi. Mafkura esa — g‘oyalarsiz bo‘lmaydi, g‘oya — mafkurani qon tomiridir. El-yurt hamisha g‘oyalarga ishonib keldi, g‘oyalarga suyanib keldi. El-yurt g‘oyalar bilan o‘sib-ulg‘aydi. Qayta quruvchilar tili bilan aytsak: «vatan turg‘unlik holatida o‘sdi, xalq turg‘un bo‘lib yashadi». Ana shu g‘oyalar... el-yurtni turg‘un holatda saqlab keldi!» Urushlarga yo‘l bermadi. Mafiya, reket, degan bosqinchiliklarga yo‘l bermadi. Turli alg‘ov-dalg‘ovlarga yo‘l bermadi. Sovet xalqi... misoli burgut qanoti ostida yashadi: yaxshi-yomondan qo‘rqmadi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:24:43
Issiq-sovuqdan qo‘rqmadi. Och-yalang‘ochliqtsan qo‘rqmadi. Ofat-balodan qo‘rqmadi. Ana shu g‘oyalar... mamlakatni turg‘un holatda saqladi! Ammo-lekin mamlakatni... osoyishta-farovon saqladi! G’oya-g‘oya! Ulug‘ inqilob g‘oyasi, sotsializm g‘oyasi, baynalminallik g‘oyasi, kommunizm g‘oyasi. El-yurtni ana shu g‘oyalar qudratli etib turdi!
—    Jamiyat misoli bir tan-jon. Jamiyat ruhiyati — mafkuradan iborat. Shu sabab, jamiyat mafkura bilan tirik, mafkura bilan hayot. Mafkura haminqadar chayir bo‘lsa, haminqadar qudratli bo‘lsa, haminqadar pokiza bo‘lsa — jamiyat shu qadar o‘sib-unadi!
—    Mafkura jamiyat manfaatlarini himoya etuvchi huquqiy-falsafiy g‘oyalardir, axloqiy-diniy qarashlardir. Shu bois, ulug‘ niyatlar, ulkan rejalar — mafkuradan bino bo‘ladi. Bizda ana shunday mafkura bor edi. Uni kommunistik ideologiya, der edilar. Endi, kommunistik ideologiya yo‘q... Endi, millat manfaati dunyoga keldi, millat maqsadi dunyoga keldi. Endi, millat shavkati dunyoga keldi, millat orzusi dunyoga keldi. Qayta quruvchilar ana shulardan... mafkura tizimi bitishlary lozim bo‘lady. Ana shularni jamlab... milliy mafkura yaratishlari lozim bo‘ladi. Uni — o‘zbekona mafkura, deb atashlari lozim bo‘ladi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:24:55
—    Qayta qurish demak — inqilob demak. Inqilobni karomatlari ko‘p. Shunday karomatlaridan biri — inqilob... to‘da-to‘da ko‘piklarni yuzaga olib chiqadi. To‘da ko‘piklar... yuzada qalqib yuradi, havolanib yuradi, savlat to‘kib yuradi. Ko‘piklar asl narsalarni... pastga uradi, chetga suradi! Yuzada esa... yolg‘iz o‘zlari qoladi! Olisdan qarasangiz — ko‘piklar juda dahshatli ko‘rinadi. Yaqindan qarasangiz — tayin-tuturig‘i yo‘q... pufaklar bo‘ladi! Qo‘lingizga olib ko‘rsangiz... yo‘q bir narsa bo‘ladi! Ana, o‘sha ko‘piklar, ana! To‘da ko‘piklar... asl mehnat samaralarini yerga urmoqda, asl zotlarni yerga urmoqda! Yuzada misoli to‘da ko‘pik bo‘lib... o‘zlari qolmoqda! Bir to‘da ko‘piklar... Oktyabr inqilobi Rimdan kelgan, deydimi? Ulug‘ Oktyabr inqilobi-ya?
—    O’zi, bular ko‘pik desa... ko‘pik ekan! Shuniyam to‘liq bilmas ekan — tushuntirolmadi. Aslida esa, gap bunday. Buni birovga aytmang, o‘rtoq Rajabov, gap oramizda qolsin. XVI asr boshlarida Moskvani buyuk knyazi Vasiliy III Pskov oqsoqoli Filofeydan bir qator murojaatnomalar oladi. Filofey shulardan birida buyuk qnyazdan Moskvani... «uchinchi Rim» qilishini talab etadi. Boisi, birinchi Rim — «eretik» popistlar qo‘lida qolib ketgan bo‘ladi. Ikkinchi Rim— Konstantinopolni esa, musulmonlar egallab olgan bo‘ladi.
—    Konstantinopol...
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:25:06
—    Ha, ha, o‘sha shahar. Endi, buyuk rus knyazi Vasiliy III oldida ikkita olamshumul masala ko‘ndalang bo‘lib qoladi: butun yer yuzida Xristos g‘oyalarini tantana qildirish va cherkov pravoslavi hukmini o‘rnatish. Shunday qilib, buyuk knyaz oqsoqol Filofeyni da’vatlarini amalga oshirib boshlaydi. Dastlab, knyazni o‘g‘li Ivan Grozniy o‘zini podsho deb e’lon qiladi. Ivan Grozniy o‘zini Rim va Vizantiya «tsezarlari» merosxo‘ri etib tanitadi. Qirg‘inbarot faoliyat boshlab yuboradi. Undan keyin bu faoliyatni Petr Birinchi davom ettiradi. Keng qamrov bilan davom ettiradi! Mazkur g‘oya XIX asrda «slavyanofillar» nomi bilan keng avj oladi. Kuchli oqim sifatida tarmoq otib boradi. Slavyanofillar, slavyanofillar... 1917 yilda mazkur g‘oyani — «uchinchi Rim» g‘oyasini... kommunistlar ilib oladi! Kommunistlar «uchinchi Rim» g‘oyasini o‘zlashtirib olib... «Oktyabr inkilobi» nomi bilan hayotga tadbiq etadi. Bir so‘z bilan aytsak, KPSS... Ivan Grozniy bilan Vladimir Leninni payvandidan hosil bo‘ladi!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:25:16
54


Tok osti so‘ri olachalpoq ko‘laga bo‘ldi.
Botir firqa ana shu so‘rida o‘tirdi. So‘ri panjaraga orqa berib o‘tirdi. Inqillab-inqillab o‘tirdi. O’qchib-o‘qchib o‘tirdi, yerga tupurib-tupurib o‘tirdi.
Kampiri nim piyola asal olib keldi.
Asaldan... bahor hidi keldi! Asal... gul atrini taratdi!
Kampiri asalni choy bilan suyultirdi. Botir firqani og‘ziga olib bordi.
Botir firqa asal hididan bir seskandi. Asal hididan ikki ijirg‘andi. Betini chetga burdi.
—    Ko‘zni chirt yumib, yutib yuboring, — dedi kampiri. — Men sizga aroq iching, deganim yo‘q.
—    Obkom Rajabov qo‘ymadi, Rajabov.
—    Hanifa Rajabovna telefonda aytib edi. Choli qurg‘ur otyapti, deb edi.
—    Shunday, obkom Rajabov ko‘p ichgich bo‘pti. Menimcha, manavi alg‘ov-dalg‘ov kunlarga chiday olmayapti. Sovet davrida kelajak aniq edi, yashashdan maqsad anyq edi.Sovet xalqi yorqin kelajakka ishonib yashar edi. Orzu-havas bilan yashar edi. Sovet tuzo‘mini o‘z shiorla-ri bor edi. Masalan, sovet tuzumini «ozodlik — teng-lik — qardoshlik — baxt-saodat», degan shiori bo‘lar edi. Qanchalar hayotbaxsh shior edi, qanchalar ezgu shior edi! Odam ana shunday shiorlarni ko‘rib... yashagan sayin yashagisi kelar edi! Endi, qaysi shiorga ishonib yashab bo‘ladi? Endi, qaysi shiorga ergashib yashab bo‘ladi? Endi, manavinday shiorlar davri keldi: «urush — bosqinchilik — o‘g‘rilik — talonchilik». Endi, manavinday shiorlar zamoni keldi: «kambag‘allik — bechoralik — ochlik — quvg‘inlik». Obkom Rajabovni ana shunday shiorlar qiynayapti. O’zi oshkora aytdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:25:25
—    Chin, kun kechirish qiyin bo‘lib boradi. Bozor-o‘char qimmat bo‘ldi. Narx-navo beqaror.
—    Shunday, hamma narsa qimmatlashib, faqat... inson arzonlashib boryapti, inson. Inson sariq chaqachalik bo‘lmay qoldi. Inson sassiq sarimsoqchalik bo‘lmay qoldi. Bir magnitofonni o‘g‘irlash uchun... odamni otib ketyapti. Ushoqday tilla taqinchoqni olish uchun... ayolni pichoqlab ketyapti. Falakmi kajraftor, turmushmi bemaza? Bu — iqtisodiy tanglikdan, demoqdalar. Yo‘q, bu iqtisodiy qiyinchiliqdan emas, yo‘q. Bu — mafkuraviy ojizlikdan, kampir, mafkuraviy zaiflikdan.
Kampiri limon qirqdi. Limon archdi. Botir firqani og‘ziga soldi.
—    Chaynab-chaynab yuting, — dedi. — Uh-uhlamang!
Aroq sovuqlik. Limon sovuqlikni oladi. Endi, bosib-bosib asal choy iching.
Botir firqa asal choy ichdi. Peshonasidan duv-duv ter to‘kiddi. Yuzlaridan yilt-yilt ter sizildi.
Kampiri sochiq bilan terlarni artib-artib oldi.
—    Obkom Rajabov tag‘in nimalar dedi? — deya so‘radi.
—    Nimayam deydi... taqdir-peshonasidan kuyadi. Porloq kelajak uchun umr bo‘yi mehnat qiddik... deb ichadi. Porloq kelajakka yetib kelib, nima qo‘rdik... deb tag‘in ichadi.
—    Kimdan kuyadi?
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:25:35
—    Kimdan bo‘ladi, qayta quruvchi demokratlardan-da. Obkom Rajabovgayam hayronman. Shu qayta quruvchilarni nimasiga kuyadi? Qayta quruvchi demokratlar... kasal, kampir, kasal. Qayta quruvchi demokratlar... mansab-martaba kasaliga yo‘liqqan, shon-shuhrat kasaliga yo‘liqqan. Yurakni davolasa bo‘ladi, suyakni davolasa bo‘ladi. Ammo-lekin qayta quruvchi demokratlarni davolab bo‘lmaydi. Mansab-martaba dardi — davolab bo‘lmas dard. Shon-shuhrat dardi — surunkali dard. Bu dardlarga yo‘liqqan odam... o‘lib qutuladi! Shu bois, mansab-martaba dardiga yo‘liqqan odam — qalloblik, poraxo‘rliqdan qaytmaydi. Shon-shuhrat dardiga yo‘liqqan odam — marazlik, yovuzlikdan qaytmaydi.
—    O’zi, shu qayta quruvchi demokratlar o‘zlarini bir balo chog‘laydilar, bir balo chog‘laydilar-e?
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:25:45
—    Buni, «maniya velichiya», deydi. Uni ruhiy kasallik-da deb bo‘lmaydi, aqliy sog‘lomlik-da deb bo‘lmaydi. Maniya velichiya — el-yurt boshiga bitgan balo bo‘ladi. Maniya velichiya — mansab-martabalarga o‘ch bo‘ladi, shon-shuhratlarga o‘ch bo‘ladi, shov-shuvlarga o‘ch bo‘ladi. Maniya velichiya — jamiyatni qo‘lga olish uchun kurashadi, jamiyatni boshqarish uchun kurashadi, jamiyatni kaftida ushlab turish uchun kurashadi. Bir so‘z bilan aytsak, jamiyat — el-yurt guli bo‘lish uchun kurashadi. O’z maqsadi yo‘lida qo‘lidan kelgan barcha ishni kiladi. Masalan, maniya velichiya — o‘zini kimdir qilib ko‘rsatishga usta bo‘ladi, o‘zida yo‘q narsani bor qilib ko‘rsatishga usta bo‘ladi. Chala-chulpa shaxsni — yorqin yulduz etib ko‘rsatadi. Chiroq yoqsa yorishmovchi qalbini — otash yurak etib ko‘rsatadi. Xom kallasini — aql xaltasi qilib ko‘rsatadi. Maniya velichiya — el-yurt oldida o‘zini jon fido etib ko‘rsatadi, el-yurt oldida o‘zini ulug‘lar ulug‘i etib ko‘rsatadi. Oxir-oqibat — aql bovar qilmaydigan yutuqqa erishadi. Yuradigan yo‘lini bilmaydigan, qiladigan ishini bilmaydigan, gapiradigan gapini bilmaydigan bir jazavador... el-yurtni og‘ziga qaratib oladi! Bir qilig‘i ortiq, esi kirar-chiqar bir jazavador... el-yurtni o‘ziga ergashtirib oladi! Bularni barchasi jamiyat betobligidan bo‘ladi, jamiyat xor-zorligidan bo‘ladi!
—    Sovet hukumatini qadri o‘tdi, rais bova.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:25:58
—    Shunday, sovet hukumatini qadri o‘tdi. Shunday, KPSSni qadri o‘tdi. Qayta quruvchi demokratlar... sovet hukumati unday edi, KPSS bunday edi, deydi. Bekorlarni besh marta aytibdi! Qayta quruvchi demokratlar quldorlik jamiyati illatlarini sovet hukumatiga olib kelib yopishtiryapti. Feodalizm jamiyati qusurlarini KPSS boshiga ag‘daryapti. Kapitalizm jamiyati ayblarini sovet hukumati ustidan mag‘zava qilib to‘kyapti. Yomon — sovet hukumati yomon, KPSS yomon. Ivan Grozniy o‘n beshinchi asrda hukmronlik qilib edi. U o‘z davri uchun davlatni boshqarish tartib-qoidasini yaratdi. Masalan, oprichnik nomli alohida bir qo‘shin tuzdi. Oprichnik faqat Ivan Grozniy buyrug‘ini bajardi. Oprichniklar — eski jinoyatchilar, oilasidan voz kechganlar, jinoyat ko‘chasiga kirib qolganlar, hech balodan tap tortmaydigan qonxo‘rlar edi. Oprichniklar xalqni xohlasa osdi, xohlasa so‘ydi, xohlasa otdi. Ivan Grozniy topshirig‘i bilan ayg‘oqchilar podshodan norozi shaxslarni aniqladi, g‘ayritabiiy fikrlovchi shaxslarni topdi. Oprichniklar ularni beshafqat qiynoqlar, kaltaklar, to‘qmoqlar zarbi ostida bo‘yniga olishga majbur etdi. Ayblovchilar yovuzona qiynoqlardan keyin qilmagan ishlarini qildim, deyishga majbur bo‘ldi. Ayblanuvchilar qonxo‘rona azoblardan keyin begunoh odamlar nomini sotishga majbur bo‘ldi. Oprichniklar begunoh aybdorlarni ozod-liqda yurmish o‘g‘il-qizlarini ham zindon qildi, urug‘-aymoqlari, do‘st-birodarlarini zindon qildi, hatto, ayblanuvchilarni voyaga yetmagan, norasida bolalarini-da qamadi yo surgun qildi. Ivan Grozniy o‘z o‘g‘lini qatl ettirdi, amaki akasini qatl ettirdi, jiyanlarini qatl ettirdi. Qayta quruvchi demokratlar Ivan Grozniy faoliyatini... sovet hukumatiga to‘nkab o‘tiribdi, o‘rtoq Stalinga to‘nkab o‘tiribdi. Axir, XV asr qaerda, XX asr qaerda?
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:26:08
—    Uyamas-da-buyamas, el-yurtni sho‘ri quridi, rais bova.
—    Shunday, qiyin-qiyin, xalqqa qiyin bo‘ldi. Xalq umri mobaynida KPSS chizig‘idan chiqmay yashadi, KPSS buyrug‘ini bajarib yashadi. Shu bois, xalq — iqtisodiy o‘qimay yashadi, mafkuraviy izlanmay yashadi, kelajak haqida o‘ylamay yashadi. Xalq uchun KPSS o‘yladi, xalq uchun hukumat izlandi. Xalq faqat... ishladi! Xalq jonajon kommunistik partiya uchun jon fido etib ishladi, xalq mehribon sovet hukumati uchun jonini jabborga berib ishladi. Bunday xalqni yo‘ldan urish oson. Bunday xalqni qo‘lidan yetaklab ketish oson. Bunday xalqni... qo‘yday haydab ketish oson! Qayta quruvchi demokratlar ana shunday qilmoqda. Burnini artib olmagan mishiqilar... xalqni laqillatib yuribdi, xalqni qo‘yday yetaklab yuribdi. Azal-azaldan shunday: kimdir birov lakillab, nutq so‘zlab qo‘yadi. Baloga qolgan... xalq bo‘ladi! Xalq... dardini ichiga yutadi! Shu bois, xalq hamisha hukumatdan norozi bo‘ladi. Go‘yo, hukumat xalq g‘animi. Go‘yo, hukumat xalq ziyoniga siyosat olib boradi. Aslida esa hukumat — xalq posbonidir, xalq himoyachisidir. Xalqni xalq qiluvchi — hukumat. Xalqni ichki-tashqi ofat-g‘animlardan himoya etuvchi — hukumat. Oppozitsiya, oppozitsiya! Ana, xalq g‘animi kim! Afsuslar bo‘lsinki, xalq oppozitsiyani... do‘st deb biladi. Xalq oppozitsiyani... advokat deb biladi. Shu bois, xalq hamisha oppozitsiyani... hukumatga qarshi qo‘yadi. Xalqni o‘ziyam oppozitsiyaga qo‘shilib... hukumatga qarshi otlanadi. Aslida esa, oppozitsiya — xalq himoyachisi niqobidagi... xalq dushmani! Shunday, oppozitsiya — xalq dushmani!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:26:17
—    Qayta quruvchilar loy chaplamagan odam qolmadi. Qayta quruvchilar boshidan mag‘zava ag‘darmagan odam qolmadi. Bir kuni radioni qo‘yib edim, qayta quruvchilar radiodan... Xrushchevga mag‘zava to‘kdi.
—    Radiodan mag‘zava to‘kdi?
—    Ha, kuppa-kunduz kuni! Xrushchevni boshiga... radiodan mag‘zava to‘kdi. Xrushchev — arpa un, dedi. Xrushchev — makkajo‘xori, dedi.
—    Makkajo‘xori bo‘lsa nima bo‘pti? Makkajo‘xori — dala malikasi! Shunday, makkajo‘xori dala malikasi, mo‘l-ko‘l ozuqa. Xrushchev davrida asrlar mobaynida qaqrab yotgan cho‘l-biyobonlar... bog‘-bo‘ston bo‘ldi, shahar-qishloq bo‘ldi. Xrushchev davrida odamzot fazoga uchdi. Xrushchev davri... oyga uchdi! Gagarin, Gagarin!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:26:25
—    Brejnev davrini aytmaysizmi, Brejnev? Hay, bir davr edi-da...
—    U-u-u, Brejnev davri, Brejnev davri! Brejnev davri — sokin davr edi, osuda davr edi, suv sepganday jimjit davr edi! Brejnev davrida turmush bir maromda davom etar edi. Biror o‘zgarish bo‘lmas edi, biror yangilik bo‘lmas edi. Barcha narsa joy-joyida kimir etmay turar edi. Brejnev davri... mangu haykal edi, mangu haykal! Brejnev davrida... quyosh yorqin nur sochar edi! Brejnev davri quyoshi... yarqiroq edi! Brejnev davrida... suvlar sokin-sokin oqar edi! Suvlar... qilt etmas edi. Brejnev davrida... osmon musaffo edi! Olam ko‘m-ko‘k edi, daraxtlar yam-yashil edi. Ko‘katlar bodroq-bodroq edi. Brejnev davrida... shabadalar mayin-mayin esar edi! Brejnev davri... bolalari-da mo‘min-qobil edi! Katta-kichikka izzat-hurmatda edi. Or-nomusli edi, diyonatli edi. Brejnev davri keksalari... Misoli toshkitob, misoli toshoyna, misoli tarix! Mana, manavi ajinlarim — kolxoz-sovxoz tuzish, manavi ajinlarim — cho‘l-biyobonlarni o‘zlashtirish, manavinisi — million-million tonnalab paxta terish... Ajinlar — umr, ajinlar — yodgorlik. Brejnev davridan yodgorlik.
—    Brejnev davrida barcha sizni o‘rtoq Esonov, der edi, Botir firqa, der edi.
—    Endi esa... Qizil, deydi, Qizil!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:26:33
—    Brejnev davrida bizni quyuq-quyuq ziyofatlarga chaqirar edi. Bizni to‘rga o‘tirg‘izib qo‘yar edi. Sovg‘a-salomlar berar edi. Sirg‘alar, uzuklar berar edi. Oldimga noyob-noyob sarpolar qo‘yar edi. Siz nomer birinchi erkak edingiz, men nomer birinchi ayol edim.
—    Endi esa, bizni familiyamiz... pensionerlar! XX asrni qurgan million-million kazo-kazolarni familiyasi bitta — pensionerlar! XX asrni yaratgan million-million kazo-kazolarni familiyasi bitta — veteranlar! Juda hurmat-e’zoz etsa — qariyalar! Bir asrcha el-yurt uchun ter to‘kkan million-million partiya-sovet arbobida... familiyada qolmadi, unvon-da qolmadi, orden-da qolmadi! Hatto, familiyasidagi... «o‘rtoq» qo‘shimchasi-da qolmadi!
—    Sovet tuzumi... oydaygina tuzum edi-ya! Oydaygina tuzumni yo‘q qilishdi-ya?
—    Sovet tuzumini birov yo‘q qilmadi. Sovet tuzumi... o‘zini-o‘zi yo‘q qiddi. O’rtoq Lenin bilan o‘rtoq Stalin yaratgan sovet tuzumi diktatura asosiga qurilgan edi, irib bitgan ideologiya asosiga qurilgan edi, chirib ketgan siyosiy tarmoqlar asosiga qurilgan edi. Shu bois, oldin KPSS qulab tushdi. Keyin, SSSR ag‘anab tushdi. Bu birin-ketin fojia nimadan bo‘ldi: Gorbachev, Gorbachev! O’rtoq Gorbachev Kremlga kelib, o‘ta keskin ham siyosiy yo‘l tanladi: davlat bilan partiya funktsiyasini bo‘lib-bo‘lib tashladi. Ideologiya bilan siyosiy tarmoqni partiya qo‘liga berdi. Barcha xo‘jalik tarmoqlarini hukumat qo‘liga berdi. Ana shunda... sovet tuzumi poydevoriga zil ketdi! Kreml saroyida o‘rtoq Yeltsin partiya biletini minbarga tashladi. KPSS saroyidan tantana bilan chiqib ketdi. O’rtoq Yeltsin KPSSni tashlab ketdi. Ana shunda... KPSS poydevoriga zil ketdi! Sovet tuzumini Gorbachev tugatdi, deydilar, GKChP tugatdi, deydilar, Yeltsin tugatdi, deydilar, jidomasonlar tugatdi, deydilar. Yo‘q, tag‘in, yo‘q! Sovet tuzumi... o‘zini-o‘zi tugatdi. Sovet tuzumi... o‘z boshini o‘zi yedi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:26:42
—    Men tovuq sho‘rvani suzib kelay. Tovuq sho‘rva ichdagi sovuqlikni oladi.
Botir firqa o‘tmishini o‘yladi. Botir firqa kechmishini o‘yladi.
Olislarda qolmish... sovet tuzumini o‘yladi. Yetim qolmish... Sovet hukumatini o‘yladi. Yesir qolmish... KPSSni o‘yladi.
«Sovet tuzumi bunchalar aziz edi? Sovet hukumati bunchalar qadrdon edi? KPSS bunchalar ardoqli edi? — dedi Botir firqa. — Masalan, sovet tuzumida... yoshligim qoldi. Sovet huqumatida... martabam qoldi. KPSSda... shavkatim qoldi. Masalan, Stalin davrida... dunyo yosh edi, men yosh edim, kampirim yosh edi. Stalin davri-da... kampirim qiz edi! Sochlari taqimini uruvchi qiz edi. Sochlari to‘lg‘onib yuruvchi qiz edi. O’rimdan qochgan zulflari bor qiz edi. Yuzlari yuz emas... anor edi! Stalin davrida... men oshiq edim, kampirim ma’shuq edi!»
Oshxona tarafdan kampiri kelar bo‘ldi. Qo‘sh qo‘lida sho‘rva bo‘ldi. Qo‘ltig‘ida tandir non bo‘ldi.
Kampirini sochlari... doka ro‘moliday oppoq-oppoq bo‘ldi. Yuzlari... ajin-ajin bo‘ldi.
Munkillab-munkillab qadamlar bo‘ldi. Qadamlari ushbu dunyoday... tor-tor bo‘ldi. Qadamlari ushbu dunyoday... qari-qari bo‘ldi.
—    Stalin davrida... mana shu kampirim... qiz edi!
Barchin yuzli-barchin yuzli qiz edi! — pichirladi Botir firqa. — Men oshiq edim, kampirim ma’shuq edi...
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:26:51
55


«.. .psixonevrologicheskaya bolnitsa».
Botir firqa ushbu viveskani o‘qidi. Qayta-qayta o‘qidi. Viveskaga tikilib qoldi.
«Shu viveska oldiga kelganimga-da yigirma yil bo‘pti! Bir yigit yoshi vaqt. Bir qiz bo‘yi vaqt! — deya o‘yladi. — Ammo-lekin o‘shanda raykomni mashinasida yurar edim. Otda edim, oyog‘im uzangida edi. Endi, piyoda-peshka bo‘lib keldim, piyoda-peshka...»
Botir firqa o‘ylagancha bo‘ldi.
Qabulxonada uni... bir daydini tekshirmishday tekshirdi. Bir gadoyni tekshirmishday tekshirdi.
—    Mayli, bir pensioner chol ekansiz, — deya kiritdi.
Botir firqa ichkariladi. Yo‘lak bo‘ylab yo‘l oldi. Izidan Hanifa Rajabovna yurdi.
—    Devordagi viveskani ko‘rdingizmi, Hanifa Rajabovna? — dedi.
—    O’qidim-o‘qidim.
—    Qaerga kelib qoldingiz, bilyapsizmi? Bir so‘z bilan aytsak, bu joy — shunaqa joy. Bu joyni nomi kasalxona, xolos. Hali ko‘rasiz. Do‘stingiz-ku do‘stingiz, dushmaningizni ham bu joyga tushgulik qilmasin.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:27:02
—    Menda nima ayb, Botir Esonovich, menda nima ayb? Rajabov kafeda ichgan-da, kafeda.
—    Ko‘cha-ko‘yda ichmasin edi. Kimsan, obkom Rajabov oti bor.
—    Yana-tag‘in, bir o‘zi ichgan deng. Keyin, avtobus bekatiga borib, skameykada uxlab qolgan.
—    Ana, shu ishi kommunist odamga epmi endi?
—    Bekatdagilar Rajabovni yuragi yomon bo‘lib qoldi, deb o‘ylab, «skoriy pomosh» chaqirgan. «Skoriy pomosh»chilar Rajabovni mashinaga solib ko‘rsalar, g‘irt mast bo‘lgan. Aytishlaricha, mast odamni kasalxonaga olmas emish-ku?
—    Shunday, mast odamni shifoxonalar qabul qilmaydi. Mast odamni yo mana shu joy qabul qiladi, yo hushyorxona qabul qiladi.
—    Yana-tag‘in, «skoriy pomosh» mana shu yerni mashinasi ekan deng.
—    Mana shu joynimi?
—    Ha, mana shu yerni. Shu sababdan, Rajabovni to‘g‘ri shu yerga olib kelibdi.
—    Bu joydan ko‘ra hushyorxonaga olib borsa yaxshi edi. Besh-olti so‘m jarima to‘lab, qutulib ketar edi. Bilmayman, endi nima bo‘ladi.
—    Endi bor umid sizdan, Botir Esonovich.
—    Hanifa Rajabovna, men... o‘zimga en bo‘lolmayman, sizga qanday bo‘y bo‘laman?
—    Siz Rajabovni ham sinfdoshisiz, ham do‘stisiz. O’shani uchun faqat sizga telefon qildim.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:27:10
—    Ayni vaqtida telefon qilibsiz. Shu uch-to‘rt kunda hal etmasak, kech bo‘ladi. Gap shundaki, bemorga uch-to‘rt kun mobaynida diagnoz qo‘yiladi. Ana shu diagnoz qo‘yilmasdan, obkom Rajabovni bu joydan olib ketishimiz kerak. Bugun ikkinchi kun. Hali vaqt bor. Ishoning, bu borada... tajribam bor!
Botir firqa bundan yigirma yil muqaddam kelmish kunlarini esladi. Bir-bir esladi. Ammo Hanifa Rajabovnaga bildirmadi.
«Qaytar dunyo deganlari chin ekan, — deya o‘yladi. — O’shanda obkom Rajabov shoir Madievni mana shu joyga jo‘natib edi. Beyoziqdan-beyoziq jo‘natib edi! Mana endi... obkom Rajabovni o‘zi keldi! O’z oyog‘i bilan keldi! Yo obkom Rajabovni... xudoni o‘zi jo‘natdimi? Unda... xudo bor ekan-da?»
Botir firqa bosh bino oldida chekib turmish oq xalatli bilan salom-alik etdi,
—    Bosh vrach Mirzaev hokimiyat majlisiga ketdi, bugun kelmaydi, — dedi oq xalatli.
Botir firqa oq xalatli bilan gaplashdi. Maqsadini aytdi.
Oq xalatli hamdardlik bilan bosh irg‘adi. Ikki qavatli binoni ko‘rsatdi.
Botir firqa ana shu binoga yo‘l oldi. Hanifa Rajabovna ergashdi.
—    Eshitdingizmi, Hanifa Rajabovna? — dedi. —
Hali aniq bir xulosaga kelishmaydi. Buyog‘i, Mirzaev haliyam bosh vrach ekan. Bo‘ldi, obkom Rajabovni chiqarib olamiz!
Botir firqa narkologiya bo‘limiga kirib bordi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:27:21
Bo‘lim boshlig‘i Botir firqani tanib qoldi. Taklif-takalluf etdi. Hurmat-e’zoz etdi. Kasallik daftarini yoyib ko‘rsatdi.
—    Yaxshisi, o‘zingiz tanishib chiking, otaxon, — dedi.
Botir firqa Rajabovni kasallik varaqasi bilan tanishdi:
«... Bemor Rajabov ostonada vrachlar ko‘rinishi bilan karavotdan sapchib turdi. Palata o‘rtasida g‘oz bo‘ldi. Oyoqlarini ikki yoniga kerdi. Qo‘llarini beliga tiradi. Bo‘ynini olg‘a cho‘zdi. Yuzlarini dahshatli burishtirdi. Lablarini cho‘chchaytirdi. Ko‘zlarini ola-bula etdi. Vajohat bilan baqirdi:
—    Yaqinlashmang deyapman, yaqinlashmang!
Ammo vrachlar ichkari kirib bordi.
Bemor Rajabov yovvoyilarcha haykirib... «Internatsional» aytdi:

Vstavay, proklyatem zakleymennыy
Ves mir golodnыx i rabov!
Kipit nash razum vozmushenniy,
I v smertniy boy vesti gotov!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:27:32
Bemor Rajabov yugurib, deraza tokchasiga chiqib bordi. Deraza ustida osig‘lik Kizil Bayroqni yulib oldi. Tap etib, pastga tushdi. Qizil Bayroq dastasidan ushlab baland ko‘tardi.
—    Mana, Qizil Bayrog‘im, mana! — deb baqirdi. —
Boshimda Qizil Bayrog‘im bor! Men Kizil Bayrog‘imdan panoh topaman!
Aslida esa, bemor Rajabov Qizil Bayroq dastasi bilan... vrachlarni urmoqchi bo‘ldi! Buni payqab qolgan vrachlar sanitar yigitlarni yordamga chaqirdi.
Sanitar yigitlar Qizil Bayroq bilan... qurollangan bemor Rajabovni qurolsizlantirdi! Rajabovni... Qizil Bayroq qurolini tortib oldi! Ana shu o‘z quroli bilan Rajabovni oyoq-qo‘lini bog‘lab tashladi.
Bemor Rajabov o‘zini uyoq-buyoqqa olib urdi. Sanitarlarga baqirdi:
—    Qizil Bayroqni oyoqqa o‘rab... xor qilmang! Shonli Qizil Bayroqni oyoqdan oling!
Shunday ko‘rinib turibdi — bemor Rajabov oyoq-qo‘llarini bo‘shatishni talab etdi. Talabi amalga oshmagach, baqirib... «Internatsional» aytdi:

Ves mir nasilya mы razrushim
Do osnovanya, a zatem
Mы nash, mы novыy mir postroim,
Kto bыl nichem, tot stanem vsem!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:27:41
Keyin, bemor Rajabov g‘ayritabiiy fikrlar aytdi:
—    Odam maymundan tarqalgan! Marks, Marks! Lekin men maymun emasman, meni bog‘lamang!
—    Inson ozod bo‘lmog‘i kerak! Lenin, o‘rtoq Lenin! Shunday ekan, meni qo‘yib yuboring!
—    Marks, Engels, Lenin tirik! Marksizm-leninizm g‘oyalari tirik!
—    Inson o‘z taqdirini o‘zi hal qilmog‘i kerak! Oyoq-qo‘limni qo‘yib yuboring, o‘rtoq Rashidovga boraman!
—    Rashidov olamdan o‘tgan? Yo‘q, o‘rtoq Rashidov barhayot! XX asr turkiy xalqlarida ikkita dohiy bor:
Kamol Otaturk va Sharof Rashidov!
Bemor Rajabov qay darajada betobligini ana shu gaplaridan bilib olsa bo‘ladi».
Botir firqa qog‘ozga tikilib o‘ylab qoldi.
—    Shu, o‘ziniyam bir ko‘ray? — dedi.
—    Aslida mumkin emas. Lekin sizga mayli. Faqat tez kirib chiqish kerak, — dedi boshliq.
Bir sanitar yigit ichkari boshladi.
Botir firqa ichkariladi. Jarang-jurung qulf-kalitlardan o‘tdi. Taraq-turuq temir eshiklardan o‘tdi. Bir eshik-panjaralardan kirdi.
Palatada o‘ntacha karavot bo‘ldi. Barcha karavotni o‘z bemori bo‘ldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:27:49
Bir bemor karavot qirrasiga oyoqlarini qo‘yib yotdi. Bir bemor oyoqlarini devorga chiqarib yotdi. Birovi qo‘llarini og‘ziga karnay etib, «Andijon polka»sini chaldi. Birovi karavot ustida «Andijon polka»siga o‘ynadi.
Tag‘in besh-olti bemor karavotga mixlab tashlanmishday yotdi. Sokin yotdi. Odob bilan yotdi. Unsiz yotdi. To‘shak ostida bor-yo‘qligini bildirmay yotdi.
Rajabov ana shu bemorlar sirasidan bo‘ldi. U yuzlarini devorga burib yotdi. Ko‘zlarini yumib yotdi. Nafas olishini biddirmay yotdi. Qo‘llari qaerda, oyoqlari qaerda — bildirmay yotdi. Tirik jonmi-yo‘qmi — nishona bermay yotdi.
Botir firqa Rajabovday otashin bir kommunist holidan... ezildi! Otashin kommunist holidan... kuyundi!
Sanitar Rajabovni turtdi. Yuziga ohista shapatiladi.
—    Bemor, ko‘zingizni oching, bemor, — dedi.
Rajabov ko‘z ochib qaradi. Yuzida iliqlik aks etdi.
Yuzida yorug‘lik aks etdi.
—    Hay, tuzukmisiz? — deya bosh siltadi Hanifa Rajabovna.
Rajabov ko‘zlarini ochib yumdi: tuppa-tuzuk, demish bo‘ldi.
Hanifa Rajabovna... erini o‘pib-o‘pib yig‘ladi. Yenglari bilan ko‘zlarini artib-artib yig‘ladi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:27:59
—    Oyni o‘n beshi qorong‘i bo‘lsa, o‘n beshi yorug‘. Bu kunlar o‘tib ketadi, — deya yig‘ladi.
Hanifa Rajabovna hamyonini og‘ziga bosib-bosib yig‘ladi. Erini yuziga... yuzini qo‘yib-qo‘yib yig‘ladi.
—    Peshonam qursin... — deya yig‘ladi. Rajabov nimjon ham nogiron ovoz berdi:
—    O’rtoq Esonov, meni olib keting...
—    Bardam bo‘ling, o‘rtoq Rajabov, bardam bo‘ling! — dedi Botir firqa. — Men sizni olib ketaman!
Sanitar Rajabovni ustidan adyolni surdi. Oyoklari tarafga surib-surib qo‘ydi.
Botir firqa ana shunda... ajab bir sinoatni ko‘rdi!
O’rtoq Rajabovni qo‘llari... karavotga bog‘lab qo‘yildi. It boylagich... qayish bilan boylandi. Oyoqlari-da yonlariga yoyib-yoyib boylandi. Oyoqlari-da... it qayish bilan boylandi! Mahkam-mahkam boylandi! Bellaridan... otni ayiliday qalin qayish bilan tortib boylab tashlandi.
Botir firqa titradi. Botir firqa qizidi. Botir firqa olov oldi.
—    Bu nima qiliq?! — deya baqirdi. — Obkom sekretari, Oliy Sovet deputati, mehnat veterani-ya?!
Botir firqa Rajabovni qo‘liga yopishdi. Tugunni timdaladi! Kuchi yetmadi. Yecholmadi. Tugunga og‘zini qo‘ydi. Tugunni... tishlab-tishlab tortdi! Tag‘in bo‘lmadi. Yecholmadi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:28:15
Sanitar Botir firqani qo‘ltig‘idan kirdi. Quchoqlab tortdi. Rajabovdan ajratib oldi.
—    Urtoq Esonov, og‘ir bo‘ling! — dedi.
—    Axir, obkom Rajabov... quturgan it emas-ku?! — deya baqirdi. — Obkom Rajabov... adirdan ushlab kelgan yovvoyi it emas-ku?!
Sanitar... gapni elamadi. Gapni korlamadi.
—    To‘g‘ri, bemor obkom, bemor deputat... lekin sobiq! Ha, sobiq! — dedi.
—    Sobiq bo‘lsa nima qipti, sobiq bo‘lsa nima qipti?!
—    Sobiq... hayiting o‘tdi, demaqdir! Sobiq... hayiting o‘tgach, xinoni... ketingga qo‘y, demaqdir!
—    Qanaqa hayit, qanaqa hayit?!
—    Shon-shuhrat — arafa hayit! Mansab-martaba — uchkunlik hayit! Hayit o‘tgach, xinoni... ketingga qo‘y, deydilar!
Botir firqa... haykal bo‘lib qoldi. Yuz-ko‘zi bo‘zrayib qoldi. Tili aylanmay qoldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:28:29
57


Shu vaqt uzun ayvonda... gurs-gurs tovush bo‘ldi. Qars-qars ovoz bo‘ldi. Chil-chil sinish bo‘ldi.
Mazkur palatada yotmish bemorlar... yoppa-baraka qo‘zg‘oldi. Yoppa-baraka eshikka yopirildi. Yoppa-baraka bois — eshikka tiqilib qoldi!
Oqibat — birovi birovini itardi. Birovi birovini mushtladi. Birovi birovini timdaladi. Qiy-chuv bilan ayvonladi.
Sanitar... bemorlar ketidan chopdi!
Botir firqa hayron bo‘ldi. Uyam ayvonladi.
Ayvonda bir to‘da bemor... bo‘lim boshlig‘i tevaragini olib turdi. Boshliqni og‘ziga qaradi. Angrayib qaradi. Baqrayib qaradi. Mo‘ltayib qaradi. Bejo-bejo qaradi.
Boshliq    qo‘llarini beliga qo‘ydi. Siyosat bilan havolandi. Yerga tikilib havolandi. Sukut saqlab havolandi.
Chivin uchsa bilinajak sukunat cho‘qdi!
Boshliq havolanib bosh ko‘tardi. Ohista-ohista gap boshladi. Sokin-sokin gap boshladi:
—    Xo‘sh, nima gap, janob bemorlar?
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:28:38
Shunda, bemorlar... baravar so‘zladi! Bab-baravar so‘zladi! Shovqin-suron bilan so‘zladi. G’ala-g‘ovur bilan so‘zladi:
—    Manavi Napoleon bo‘lib... vatanimizga bostirib keldi!
—    Mana bu Petr Perviy... ona yurtimizga zambarak otdi!
—    Sen-chi, sen? Sen Kutuzov bo‘lib... qarshi hujumga o‘tding-ku?
—    Sen palatadagilarni qilichdan o‘tkazding!
—    Sen to‘pponcha bilan otding!
—    Sen zambarak otding!
—    Bo‘hton, bo‘hton! Men zambaraklardan bir yo‘la yigirmatadan o‘q otilsin, deb buyruq berdim, xolos!
—    Polundra, polundra!
—    Men qayta quruvchiman!
—    Men demokratman, demokrat!
Botir firqa... masalani tushunmishday bo‘ldi. Bemorlarga bir-bir nazar soldi.
Bir bemorni boshida to‘ntariqlik oq toboq — Napoleonni qalpogi bo‘ldi. Qo‘lida uzun nayza — supurgi tayoq bo‘ldi. Tag‘in bir bemorni qo‘lida ichi teshik truba — durbin bo‘ldi. Birovida uzun supurgi — qilich bo‘ldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:28:48
Bemorlar Napoleon bilan Petr Birinchi lashkarlari kiyimida bo‘ldi: birov qalpog‘ini teskari kiyib oldi. Birov kostyumini teskari kiyib oldi. Birov beqasam to‘nini chappa kiyib oldi. Tag‘in birov alyumin laganni baraban misol bo‘yniga osib oldi. Ikkita alyumin qoshiq bilan baraban urdi.
Boshliq... bayroq ko‘tarib olmish bir bemorga yuzlandi.
—    Sizga nima bo‘ldi? — dedi. — Tuppa-tuzuk professor-a, professor!
—    Men bularga teng bo‘lmoqchi emas edim, janob do‘xtir. Bunday qarasam, birovi Napoleon bo‘lib, yana birovi Petr Perviy bo‘lib urush boshlab yuboribdi. Men aytdim, hoy savodsizlar, dedim. Axir, Napoleon boshqa asrda yashagan, Petr Perviy boshqa asrda yashagan, dedim. Shunday ekan, ular qanday qilib, bir-biri bilan urushadi, dedim. Shunday Petr Perviyni bir generali o‘rtaga otilib chiqdi. Unda, Napoleon bilan kim urush qilgan, deb qoldi. Men aytdim, kim bo‘lardi, marshall Kutuzov-da, dedim. Petr Perviyni generali mana men Kutuzov deb, boshimga bir solsa bo‘ladimi? Men aytdim, sen Kutuzov, shoshmay tur, dedim. Sen Kutuzovni bir ko‘zing-ku yo‘q... endi bu ko‘zingniyam o‘yib olmasam ko‘rasan, dedim. Men ham o‘z qo‘shinlarimni to‘pladim.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:28:55
—    Sizda ham qo‘shin bormi? — dedi boshliq.
—    O-o-o, qo‘shin bizda bor-da! Qayta quruvchilar qo‘shini! Ha, qayta quruvchi zamonaviy qo‘shin! Manavilarni qo‘shini almisoqdan qolgan qo‘shin. Otam zamondan qolgan qo‘shin! Bizning qo‘shinimizda... kimlar yo‘q deysiz? Mana, kuni kecha qo‘shinimiz... obkom sekretari bilan boyidi, obkom sekretari! Deputat, ha, deputat!
Botir firqani badani jimir-jimir etdi. Boshi qizidi. Yuzi lov-lov yondi.
—    Sizga necha marta aytaman, aralashmang, deb?
Mana, yana aralashibsiz! — kuyundi boshliq.
—    Aralashmay bo‘ladimi, janob do‘xtir, aralashmay bo‘ladimi? Mana, qayta qurish davom etmoqda. Biz demokratik jamiyat qurish yo‘lidan bormoqdamiz. Biz millatni oqlashimiz kerak, janob do‘xtir, millatni oqlashimiz kerak! Biz qadriyatlarimizni tiklashimiz kerak, janob do‘xtir, qadriyatlarimizni tiklashimiz kerak! Napoleon, Kutuzov, Petr Perviy... Axir, bu yerda milliylik qani, milliylik? Aytaylik, Kutuzov kim? Kutuzov sizga kim bo‘ladi? O’zingizni panaga olmay, javob bering! Hoy Kutuzov, o‘zingizni ko‘rsating!
Botir firqa bemor qo‘l peshlamish yoqqa qaradi.
Bir bemor... bir ko‘zini qora latta bilan boylab olmish bo‘ldi. Boshiga kubanka qalpog‘ini ko‘ndalang qo‘ndirib olmish bo‘ldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:29:03
—    Ana, Kutuzov, ana! — dedi bemor professor. —
Kutuzov emish! Kutuzov kimingiz bo‘ladi? Xolavachchangizmi, pochchangizmi? Qani, bu yerda vatanparvarlik? Qani, bu yerda o‘z xalqiga sadoqat? Siz eng avvalo, o‘z ona-vataningizni farzandi bo‘ling! O’z ona xalqingizni o‘g‘loni bo‘ling! Siz Amir Temur bo‘ling! Siz Bobur bo‘ling! Siz Ibrohimbek bo‘ling!
— Bu professor millatchi ekan! Ur millatchini, ur!
—    Shovinistlarga o‘lim! Sol shovinistni, sol!
—    Xaloskor frantsuz qo‘shinlari, millatchilar ustiga olg‘a!
—    Petr Perviy matroslari, bos shovinistni, bos!
Ur-to‘polon bo‘ldi. Tars-turs bo‘ldi.
Botir firqa palataga qarab qochdi.
—    Hanifa Rajabovna, ketdik-ketdik! — deya bid-bid so‘zladi. — O’rtoq Rajabov, siz qimirlamay yoting, o‘zim kelib olib ketaman!
Botir firqa Hanifa Rajabovnani tirsagidan oldi. Eshikka yetakladi. Tashqari yetakladi.
Tashqari chiqib oldi.
Uf-uf, deya entikdi, galstugini bo‘shatib entikdi.
«O’sha-o‘sha qabriston, — deya entikdi. — Tirik murdalar qabristoni!»
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:29:13
58


Xiyoldan keyin boshliq chiqib keldi. Boshliq Botir firqani qo‘ltiqlab oldi. Skameykaga olib borib o‘tirg‘izdi. Tevarakka qarab bosh irg‘adi.
—    Ha-a, o‘zingiz yaxshimisiz, otaxon, o‘zingiz? — deya bosh irg‘adi. — O’zingiz qalaysiz endi, o‘zingiz?
—    Shu, ko‘rib turibsiz?
Ichkaridan sanitar yigit chiqib keldi.
—    Bo‘ldi, Napoleonni ham, Petr Perviyni ham... bog‘lab tashladim! —dedi.
—    Endi, Napoleon bilan Petr Perviyni reanimatsiya xonasiga olib kiring. Napoleonga... sulfozin bering, sulfozin! Petr Perviyga esa... skipidar bering, skipidar! Qo‘shin tortib, urush ochish oqibati nima bo‘lishini bir bilib qo‘ysin!
—    Bo‘ldi, boplaymiz!
Boshliq Botir firqaga bet bo‘ldi.
—    Ha-a, o‘zingiz yaxshimisiz, otaxon, o‘zingiz? Qalaysiz endi, otaxon?
—    Hozircha bir navi.
—    Endi, gap bunday, otaxon. Siz ham, o‘rtoq Rajabov ham ona-vatanga xizmat qilib qo‘ygan zotsizlar! Shu sabab, men sizlarga yomonlik sog‘inmayman. Aslo, haligilar holiga tushmangizlar. Shuning uchun o‘rtoq Rajabovga tayinlab qo‘ying, aql bilan ish qilsin.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:29:21
—    Obkom Rajabov aqlli kommunist! Nima qilishini biladi.
—    Ko‘rdik... kelganida aqlini ko‘rdik!
—    Obkom Rajabovni... ichkilik yo‘ldan ozdirdi.
—    Men sizlarga yomonlik sog‘inmayman. Qulog‘iga shivirlab qo‘ying, o‘zini bossin. Bo‘lmasa, haligilarday bo‘ladi. Haligilar dastlab kelishida... tuppa-tuzuk odamlar edi! Ana, oqibatini ko‘rdingiz?
—    O’zi, bular kim?
—    Kim bo‘lardi, narkomanlar, alkashlar-da. Bular o‘zini: «jef», «mulka», «ignaga o‘tirgan», «chifir», deb ataydi. Bularni oti shunaqa. Ko‘zingiz tushmadimi, «ignaga o‘tirgan»larni vena qon tomirlari oldida ukollar izi bor? Qo‘llarida tatuirovkalar bor?
—    Obkom Rajabovni bularga teng qilmang, uka.
—    Kechagiday bayroq ko‘tarib baqiraversa... davolovchi vrachlar bitta ukol beradi... haligilarday bo‘lib qoladi, tamom!
—    Ukol... foydali bo‘ladi shekilli?
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:29:31
—    Siz aytgan ukollar boshqa, otaxon, boshqa. Masalan, sulfozin ukolimiz bor. Ana shu sulfozin ukoli berilsa... shunday og‘riydi! Og‘rig‘i do‘zax azobi bo‘ladi. Kasalni tan harorati... qirq gradusga ko‘tariladi. Bitta sulfozindan keyinoq kasal dod, deb chinqiradi. O’zini uyoq-buyoqqa olib uradi. Palata bo‘ylab baqirib chopadi. Kasal bitta sulfozindan keyin tartibga kelmasa, unda, ikkita kuragi ostiga bittadan sulfozin beriladi. Keyin, kasalni qo‘llari... shol bo‘lib qoladi! Kasalni dumbalariga bittadan ikkita sulfozin beriladi. Undan keyin, kasalni oyoqlari yurolmay qoladi! Qarabsizki, kasalni qo‘llari ham ishlamaydi, oyoqlari ham yurolmaydi. Kasal qo‘l-oyoqsiz bo‘lib qoladi! Bu holatni meditsinada: «to‘rt uyali uslubda davolash», deydilar. Mana, ukol bilan davolayapmiz, deydilar. Aslida esa, sulfozin ukoli... tayoq, darra vazifasini bajaradi! Sulfozin... jazo ukolidir! To‘g‘ri, sulfozin vaqtincha talvasa-telbalikni bosadi. Kasalni vaqtincha karaxt qilib uxlatadi. Ammo kasalni... umrbod ruhiy kasal qilib qo‘yadi! Yarim jon qilib qo‘yadi! Skipidar deganlari... sulfozindan ham yomon! Skipidar ukoli ham kaltak va darra sifatida ishlatiladi. Skipidar oyoq-qo‘lni... shol qilib tashlovchi... chilvir-arqon o‘rnida foydalaniladi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:29:40
—    Kasal odamni chilvir-kaltak bilan davolaydimi?
—    Sovet meditsinasida kasalni davolash uchun chilvir bilan kaltak ishlatish... qoloqlik, ibtidoiylik sanalar edi-da. Kasalni ursa — iz qoladi, shish qoladi, qon ketadi. Kasal ko‘rish uchun kelgan qarindosh-urug‘lari buni ko‘rib nima deydi? Albatta, yuqoriga shikoyat yozadi. Tekshir-tekshir o‘tkazadi. Sulfozin bilan skipidar ukoli esa... bilinmaydi, ko‘rinmaydi.
—    Uka, jon uka! — deya sapchib turdi Botir firqa. — Obkom Rajabovni ozod qiling! Bizni Rajabovni ozod qiling, jo-o-on uka!
—    Xo‘p, bosh vrach Mirzaev bilan maslahatlashay. Ertagayam kelasizlarmi? Unda, o‘rtoq Rajabovga aytinglar: uch-to‘rt kun o‘zini bosib tursin, xo‘pmi? Xo‘p, xudoni panohiga!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:29:48
59


Kampiri Botir firqaga bo‘qoqlik shim kiydirdi. Ukraincha ko‘ylak kiydirdi. Kitel-kostyum kiydirdi. Baxmal shlyapa kiydirdi.
Kitel-kostyumga Mehnat Kizil Bayroq ordenini taqib qo‘ydi.
—    Nega shu ordenni taqyapsiz, rais bova? — dedi.
—    Yig‘ilish «O’zbekistonda suv xo‘jaligi ishlari» deb atalar emish.
—    Ha-a, shu ordenni Katta Farg‘ona kanalidan olib edingiz-a?
—    Shunday, Katta Farg‘ona kanalidan olib kelib edim.
—    Shungayam, kim qancha vaqt bo‘ldi-ya?
—    O’ttiz to‘qqizinchi yilda edi. Avji saratonda boshlab, sumbula tuqqanida qazib bo‘lib edik.
—    Qayta quruvchilar Katta Farg‘ona kanali kunini o‘tkazar emishmi?
—    Bu bir gap. Aslida, qayta quruvchilar gapni Orol dengiziga olib kelib ulamoqchi.
—    Orolga ulasa, sizga nima. Siz xizmat qilib qo‘ygansiz. Mana isboti — orden!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:29:58
—    Iya, ha-da, ha! Katta Farg‘ona kanalini qirq besh kunda qazib tashlaganmiz, qirq besh kunda! Yana-tag‘in, ketmon bilan qaziganmiz, faqat ketmon bilan! U vaqtlarda texnika qaerda edi!
—    Ordeningiz uzukni ko‘ziday yarashib turibdi. O’zingizni ordeningiz ekanligi shundaygina ko‘rinib turibdi. Faqat shu... ust-boshingiz ajabtovur-da, rais bova.
—    Ust-boshimga nima qipti? Manavi galife shim frantsuz generali Galife nomi bilan ataladi. Bir so‘z bilan aytsak, men frantsuz generali Galife nomi bilan ataluvchi shim kiyaman! Manavi ukraincha ko‘ylak. Xrushchevskiy ko‘ylak!
—    Bilaman, bilaman.
—    Bir vaqtlar, bunaqa ukrainskiy ko‘ylak faqat... ikki kishida bor edi, ikki kishida! O’rtoq Xrushchevda bor edi va ... menda bor edi!
—    Bilaman, bilaman. Endi, shu ust-boshni... vaqti o‘tib qoldimikin deyman-da?
—    Vakti o‘tmaydi. Men bor — galife shim bor, men bor — ukrainskiy ko‘ylak bor!
—    Qayta quruvchilar... kulmasa edi, deyman-da?
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:30:09
—    Qayta quruvchilar — boshsiz chavandoz! Demokratlar — boshsiz chavandoz! Qayta quruvchi demokratlar qayoqqa ketyapti, nega ketyapti — o‘zlariyam bilmaydi! Qayta quruvchi demokratlar o‘zlarini o‘zlari hurmat qilmaydi. Qayta quruvchi demokratlar o‘z qadr-qimmatlarini bilmaydi, o‘z izzat-obro‘larini bilmaydi. Shu bois, qayta quruvchi demokratlar... o‘zlariga ishonmaydi, safdoshlariga ishonmaydi. Oqibat, huzur-halovatini yo‘qotadi, jig‘ibiyron bo‘ladi. Oqibat, o‘zini ko‘z-ko‘z etish, otashin nutqlar so‘zlash — qayta quruvchi demokratlar uchun tasalli-taskin bo‘ladi. Oqibat, qayta quruvchi demokratlar uchun mansab-martaba, shon-shuhrat — dori-darmon bo‘ladi. Shunday ekan, qayta quruvchi demokratlar kuladimi, yig‘laydimi — sadqai sarima!
—    Xo‘p, yaxshi borib keling, rais bova.
Botir firqa yo‘lda tevarak-atrofni tomosha etib yurdi. To‘xtab-to‘xtab yurdi. Pichir-pichir etib yurdi.
Lenin haykali qabatidan o‘tdi. Haykal qabatida oyoq ildi. Baxmal shlyapasini boshidan oldi. Lenin haykaliga qarab... bosh egdi. Lenin haykaliga qarab... bosh irg‘adi.
—    Salomlar bo‘lsin, o‘rtoq Lenin! — dedi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:30:18
Shlyapasini boshiga qo‘ndirdi. Yo‘lida davom etdi.
Yig‘ilishda odam mo‘l bo‘ldi.
Botir firqa bir chetdan joy oldi. Shlyapasini tizzasiga kiydirdi. Tanish-bilishlar bilan bosh irg‘ab salom-alik etdi.
Raislik etuvchi kirish so‘zi bilan yig‘ilishni ochdi.
Birinchi bo‘lib Madiev so‘zladi.
—    Xonimlar va janoblar! — dedi Madiev. — Jamiyat qanday bo‘lsa, inson ham shunday bo‘ladi. Jamiyat qanday bo‘lsa, hukumat ham shunday bo‘ladi, huquq-tartibot ham shunday bo‘ladi, turish-turmush ham shunday bo‘ladi. Biz yashagan jamiyat — sotsializm jamiyati edi. Biz qurmoqchi bo‘lgan jamiyat — kommunistik jamiyat edi. Bilasiz, sotsializm jamiyati aqlli shaxslarni jini yoqtirmas edi. Sotsializm aql-zakovatli shaxslarni bir chetga surib qo‘yar edi, ovozini chiqarmas edi. Chunki sotsializm aql-zakovatli shaxslardan ko‘rqar edi!
Mana, vatanimizga ham ozodlik shamoli ufurib, bizga ham erkinlik huquqi tegdi. Biz ham o‘z so‘zimizni aytish haq-huquqiga ega bo‘ldik. Buning uchun xudoga ming qatla shukurlar bo‘lsin! Biz nega yetmish yil och-nahor yashadik? Chunki biz sotsializm tuzumi zanjirida yashadik. Sotsializm tuzumi qonimizni so‘rib keldi. Sotsializm mehnat haqimizning uchdan birini berib keldi, gadoyga beriladigan mehnat haqini berib keldi. Natijada, biz gadoylarcha yashadik. Biz kommunizm uchun suv tekin mehnat qilib yashadik. Peshona terimiz bilan topilgan mehnat haqimizni esa, SSSR otli ajdarho o‘z domiga tortib keldi. Biz esa, quruq qo‘l bilan qolaverdik.
SSSR bizni aldadi. SSSR bizning mehnat mahsulotlarimizni, yer osti-er usti boyliklarimizni tashib ketdi. Biz endi o‘z yurtimizga o‘zimiz bosh bo‘lishimiz kerak. Biz endi o‘z mulkimizga o‘zimiz egalik qilishimiz kerak. Biz endi xalq bo‘lishimiz kerak, xalq!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:30:30
Gulduros qarsaklar bo‘ldi.
Qayta quruvchi demokratlar birin-ketin so‘zladi:
—    Bundan besh-olti kun oldin Moskvada bo‘lgan Orol kunlari yangicha tushuncha va yangicha ekologik tafakkurning bugungi jarayondagi real imkoniyatlarini namoyish etdi. Millionlab insoniyat umid nigohini tikib turgan Orol fojiasi insoniyatni mudhish fojialardan ogoh etuvchi achchiq saboq sifatida qayd etil-di. Anjumanda Orol taqdirini hal etuvchi tadbirlar dasturi olg‘a surildi...
—    Sharqiy daryolarda besh-olti yilcha umr ko‘ruvchi keta, mittigina baliq bor.Tabiat keta balig‘iga go‘zal va fojiali umr ato etgan. Keta balig‘i nasl qoldirish uchun yuzlab kilometr yo‘l bosib, toza suvlarga suzib keladi. Toza suvda urug‘ tashlab... jon beradi. Ya’ni, zurriyot uchun o‘zini... qurbon qiladi. Biz insonlar-chi? Avlodlarga nima qoldirib ketyapmiz? Nahotki, shu mittigina keta balig‘ichalik bo‘lmasak?
—    Paxtani «oq oltin» deb, ko‘klarga ko‘tardilar.
Boshqa barcha noz-ne’matlardan yuqori qo‘ydilar. Bu bir yoqlama siyosat barcha noz-ne’matlarni dalalardan surib chiqardi. Paxta deb... Orolni mana shu fojiaga olib keldi. Bu fojialar uchun paxta yakkahokimligi aybdor. Bunga yo‘l qo‘yib bergan rahbarlar aybdor!
Minbarda oppoq liboslik bir otinbibi bo‘y berdi. Otinbibi yuz ochdi.
Bu — Dilya bo‘ldi! Mirzaxo‘jaevalar sulolasidan bo‘ldi.
«Bu juvon... suyuqoyoq edi, — o‘yladi Botir firqa. — Yuz-ko‘zidan... hamon o‘sha-o‘sha! Ana, yuzlari suyuq, suyuq! Ko‘zlari... g‘ar, g‘ar!»
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:30:41
Dilya qog‘ozini ochdi. Qog‘ozini o‘qidi:
—    Olloi taolo yakshanba kuni quyosh, osmon, yerni yaratdi. Dushanba kuni oy, kun, yulduzni yaratdi. Seshanba kuni qush, qurt, qumursqani yaratdi. Chorshanba kuni suv, shamol, bulutni yaratdi. Jumladan, dov-daraxtni, o‘t-o‘lanni yaratdi. Ayni ana shu kuni rizq-nasiba-da ulashib berdi. Payshanba kuni jannat bilan do‘zaxni yaratdi. Nihoyat, Olloi taolo juma kuni... odamzotni yaratdi! Shanba kuni yaratmadi. Olloi taolo shanba kuni... dam oldi! Shu bilan hafta  yetti kun bo‘lib qoldi. Nechun hafta yetti kundan iborat bo‘lib qoldi? Nechun hafta olti kun bo‘lmadi yo sakkiz kun bo‘lmadi? Sababi, toqlik — faqat Olloi taologa xos. Toqlik — faqat Olloi taologa yarashadi. Chunki Olloi taolo yagonadir, yagona! Men ana shu yakkayu yagona Olloi taolo nomidan so‘rayman: sovet kommunistlari orden-medallarini topshirsin!
Botir firqa gap tagini ilg‘amadi. Gap mag‘zini anglamadi. Derazaga qarab xayol so‘rdi:
«Ana endi, qayta quruvchilar xudoni nomidan so‘zlagich bo‘libdilar. Kelib-kelib, xudoni nomidan so‘zlovchi... odamni qarang! Qayta quruvchilar xudoga shak keltirmasalar ekan, xudoni tinch qo‘ysalar ekan. O’zi aytmoqchi, xudo bitta. Qayta quruvchi zoti bor... o‘zini xudo fahmlaydi! Demokrat zoti bor... o‘zini xudo chog‘laydi! Yomondan-yomoni — inson o‘z marazligini... toat-ibodat bilan niqoblab yashaydi. Inson o‘z ablahligini... shariatpeshvolik bilan bekitib yashaydi. Inson o‘z haromiligini... xudoga e’tiqod qo‘yish bilan yashirib yashaydi! Azal-azaldan shunday. Baloga qolgan... xudo, xudo!»
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:30:51
Dilya cho‘ntagidan narsa oldi. Minbarga bir quticha qo‘ydi.
—    Mana, Mehnat shuhrati ordeni! — dedi. — Qaysi bir yili 8 mart bayrami munosabati bilan berib edilar. Na iloj, men nodon olaveribman. O’ylamay-netmay, olaveribman. Men ana shu yo‘l qo‘ygan xatom uchun siz azizlardan uzr so‘rayman! Men ana shu aybim uchun siz yaxshilar oldida o‘zimni gunohkor deb bilaman! Qizil sovet hukumatining o‘ziday qizil ordenini qabul qilib olganim uchun... men siz ulug‘lar oldida uyatliman, uyatli! Qizil hukumatning qizil ordenini ko‘ksimda taqib yurganim uchun... meni kechiring, mo‘min-musulmonlar, meni kechiring!
Dilya lablarini burdi. Ko‘zlarini ro‘molcha bilan artdi. Ro‘molchani og‘iz-burniga bosib... bosh egdi! Ana shunda... yelkalari bilinar-bilinmas titradi. Dilya... yig‘ladi! Dilya yig‘ladi!
Buzuqi qarisa-da, g‘amzasi qarimas, bo‘ldi!
Botir firqa ana shunda tushundi. Hang-mang bo‘ldi. Alang-jalang bo‘ldi. Olazarak bo‘ldi.
Sarosima bilan... ordeniga qaradi! Keyin, minbarga qaradi.
Dilya yuz-ko‘zini artdi. Og‘iz-burnini artdi. Yanada dadil so‘zladi:
—    Qizil kommunistlar orden-medalini olib kelib... mana shu yerga qo‘ysin! — deya, minbarni mushtladi.
—    Qanaqa orden? Qanaqa kommunist? — zaldan luqma tushdi.
Dilya... minbarni mushtlab-mushtlab aytdi:
—    Sobiq partiya-sovet chinovniklari! Yetmish yil xalq qonini so‘rib, evaziga qo‘sha-qo‘sha ordenlar olgan qizil partokratlar! Paxta yakkahokimligini o‘rnatib, Orolni quritib yuborgan qizil partnomenklaturachilar! Ana, kimlar ordenini olib kelib topshirishi kerak!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:30:59
Ana shunda, Botir firqani chap ko‘ksida... og‘riq qo‘zg‘oldi. Ko‘krak osti sanchdi. Ko‘krak osti siqildi.
U siqilish joy usti — ordeniga kaftini qo‘ydi. Ordenini ushlab qo‘zg‘oldi. Ordenini ushlab yurdi. Qator oralab yurdi.
Qo‘li ko‘ksida ketajak Botir firqani kuzatmish o‘ng qatordagilar... firqa biz bilan qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, xayrlashyapti, deya o‘yladi. Ular-da... qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi:
—    Xayr, otaxon, xayr, — dedi.
Chap qatorda o‘tirmish yosh-yosh yigitlar Botir firqani qo‘li ko‘ksida — ordenida ekanini ko‘rib... piq-piq kuldi! Pichir-pichir etdi:
—    Qara, Qizil ketdi, Qizil.
—    Qizillarni ust-boshiyam... sovetskiy!
—    Ordenini mahkam ushlab olishini qara.
—    Ordenimni tortib oladi, deb qo‘rqyapti.
—    Bechora qizillarni orden-medalidan boshqa narsasiyam yo‘q.
Botir firqa zinapoyadan qo‘lini ordeni — ko‘ksiga qo‘yib tushdi.
Eshikog‘a oldidan qo‘lini ordeni — ko‘ksiga qo‘yib o‘tdi.
Eshikog‘a-da qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, xayr-ma’zur etdi.
Botir firqa bir amallab tashqariladi. Yo‘lga tushib oldi.
Yo‘l bo‘yi gullarga qarab entikdi. Ko‘m-ko‘k daraxtlarga qarab entiqdi. Shoxlarda chug‘ur-chug‘ur etmish qushlarga quloq solib entikdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:31:07
Og‘ir-og‘ir nafas oldi. Chuqur-chuqur nafas oldi.
Nihoyat... yuragi qo‘yib yubordi! Yuragi ozod ham vazmin bo‘ldi.
«Orden olasan-a, orden olasan! — dedi Botir firqa. — Olib bo‘psan! Senlardan orden qarzim bormi? Senlar qachon menga orden berib eding? Bu ordenlarni menga Yo‘ldosh Oxunboboev bergan, Sharof Rashidov bergan. Orden olganlaringniyam ko‘raman!»
Botir firqa ko‘ksi — ordenidan qo‘lini oldi. Quloch otib-quloch otib qadam bosdi.
«Shartaki bo‘l, sanamarasta bo‘l, evi bilan bo‘l-da! Nonko‘r bo‘l, evi bilan bo‘l-da! — dedi. — Senlar, o‘zi, qaerdansan? Senlar, o‘zi, qaerda o‘sding? Senlar, o‘zi, kimni bolasisan? Osmondan tush-a, nonko‘rlar, osmondan shaloplab tush-a, nonko‘rlar! Senlar sovet tuzumi tug‘ruqxonasida tug‘ilding, sovet tuzumi bog‘chasida katta bo‘lding. Senlar sovet tuzumi maktabida o‘qiding, sovet tuzumi institutida o‘qiding. Bir yumalab... jurnalni oynoma, deb atading, gazetani ro‘znoma, deb atading, redaktorni muharrir, deb atading. Ismi-familiyangni... Mirzaxo‘ja qizi, deb atading. Bir yangilik shu, bor o‘sish shu, bor farq shu! Bu qadar nonko‘r bo‘lma-da, qayta quruvchi demokrat! Senlar, o‘zi, sotsializmdan chiqding. Senlar, o‘zi, porloq kommunizm sari olg‘a borayotib eding. Senlar pioner eding, komsomol eding. Senlar kommunist eding, kommunist! Ana shunday bir vaqtda Moskvadan... shunday, Moskvadan... bir baxt qushi uchib keldi. Baxt qushi boshing uzra aylandi-aylandi... Oxir-oqibat — boshingga kelib qo‘ndi. Bu baxt qushini oti mustaqillik bo‘ldi, mustaqillik! Bu baxt qushini oti — ozodlik bo‘ldi, ozodlik! Bu baxt qushini... oshkoralik shamoli uchirib keldi, demokratiya shamoli uchirib keldi, qayta qurish shamoli uchirib keldi! Bunday baxt qushiga erishish uchun xalqlar... ariq-ariq qon to‘kadi, ariq-ariq qon! Bunday baxt qushiga erishish uchun vatanlari kunpayakun bo‘ladi, kunpayakun! Senlar esa... tayyor oshga ega bo‘lding, tayyor oshga! Shunday ekan, tayyor oshni ye endi. Og‘zingdagi oshni yut endi».
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:31:17
60


Bo‘sag‘ada kampiri kutib oldi.
Kampiri boshidan shlyapasini oldi. Yelkasidan kostyumini oldi.
—    Qalay o‘tdi, rais bova? — dedi.
—    Buzuqi qarisa-da, g‘amzasi qarimas, deydilar! — dedi Botir firqa. — Gap ko‘p. Bari maza-matrasiz gaplar.
—    O’zi, maylis shunday bo‘ladi-da, rais bova.
—    Bu qayta quruvchilar hali besh-olti ko‘ylak yirtishi kerak. Qayta quruvchilarda o‘sha... ko‘ylakni o‘zi yo‘q! Qayta quruvchilar hali... ko‘ylak ko‘rmagan! Qayta quruvchi demokrat — yalang‘och qirol! Shunday, qayta quruvchi demokratlar yalang‘och qirol!
—    Gap desang, qop-qop deng?
—    Yana-tag‘in, qayta quruvchi demokrat zoti bor — faqat... xudoni nomidan gapiradi! O’sha xudo — Yaratganni o‘zi har bandasiga bir arava beradi. Demak, har bandani o‘z aravasi bo‘ladi. Ana shu aravasini yo‘lda qoldirgan banda — odam bo‘lmaydi! Biri ikki bo‘lmaydi. Shu bois, har banda o‘z aravasini o‘zi tortishi kerak. Dehqon ekinini ekishi kerak. Quruvchi imoratini qurishi kerak. Olim fanini yaratishi kerak. Ashulachi ashulasini aytishi kerak. Shoir... she’rini yozishi ke-rak! Ana o‘sha demokratlar — shoir. Demak, ular she’r yozishi kerak, she’r! Bir so‘z bilan aytsak, har banda o‘z kasbiy aravasini tortishi kerak. Ana o‘shanda... qayta qurish bo‘ladi! Ana o‘shanda... el-yurt obod bo‘ladi. Bular bir og‘izdan  Orol-Orol, deydi.  Nima,  qayta qurish demak — Orol dengizi, demakmi? Qayta qurish demak — Orolni to‘ldirish, demakmi? Yaxshilab eshitsam, qayta quruvchi demokratlarni dardi boshqa, kampir.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 06:31:27
—    Nima ekan, bildingizmi?
—    Hali aytib beraman.
Botir firqa yonboshladi. Qayta quruvchilarni o‘yladi. Xayolidan ajab-ajab gaplar o‘tdi.
«Biz uchun bor e’zoz-ehromlarni nobud etmoqdalar. Ulug‘ siymolarni inkor etmoqdalar. Tabarruk bisotlarni tortib olmoqdalar, — dedi. — O’zi... bisotda biror nima qoldimi? Menda, manavi... kampirim qoldi! Bor-yo‘q bisotim — kampirim. Topgan-tutgan xazinam — kampirim. Suyangan qanot-quyrug‘im — kampirim».   
Botir firqa kampiriga tikilib o‘yladi. Kampiriga tikilib so‘zladi:   
—    Kampir, shu qayta quruvchi demokratlar bir kun emas, bir kun... kommunistlar, kampirlaringni topshiringlar, deb qolsa-ya!
— Nima-nima?
—    Kommunistlar, kampirlaringni olib kelib topshiringlar, deb qolsa... nima qilamiz?
Kampiri sokin kuldi. Bosh chayqab kuldi. Og‘iz ushlab kuldi.
—    Har narsa deyavermang, rais bova. Daqqiyunusdan qolgan kampir kimga kerak?
—    Iya, o‘ttiz to‘qqizinchi yildan qolgan ordenni topshir, degan qayta quruvchi... kampiringni topshir, demaydimi?
Kampiri ketiga chalqayib-chalqayib kuldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 07:37:58
61


«Bular buncha baqiradi? Og‘iz faqat shularda bormi? — deya o‘yladi Botir firqa. — Gapingda maza-matra bo‘lsa, baqirma. Odamga o‘xshab gapir. Odatda, boshida aql-farosat yo‘qlar baqirib-chaqiradi. Baqirib-chaqirish esa... ojizlik alomati!
Bular bu ojizlik bilan... nimani qayta quradi? Qanday qayta quradi? Qachon qayta quradi?
Qayta quruvchilar oldin o‘tmish-kechmishini unutdi. O’zlarini kimligini unutdi. Endi esa... kelajagini-da unutdi!
Kelajak qaytib kelmaydi!
Kelajaqda el-yurt nima bo‘ladi? O’zlari kelajaqda kim bo‘ladi?
Bilmaydi, birovi-da bilmaydi. Kelajakni bilish uchun — o‘tmishdan saboq olish kerak. Ana shu saboqlar zaminida kelajak rejalarini tuzish kerak.
O’tmishsiz kelajak yo‘q!
O’zbek ziyolilari nega bechora bo‘lib qoldi? Nega g‘arib-benavo bo‘lib qoldi? Nega mushtipar bo‘lib qoldi?
Boisi, ziyolilar... o‘zini yo‘qotdi! O’zini ziyoliman deb yuruvchilar olomon bo‘lib qoldi. O’zini olim deya, ko‘krak keruvchilar soyaga o‘xshab qoldi. O’zini arbob deya, ko‘kragiga uruvchilar qo‘g‘irchoq bo‘lib qoldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 07:38:15
Ziyolilarni... bir guruh o‘ngga boshladi. Bir guruh chapga boshladi. Ziyolilar ertalab o‘ngga bordi, peshinda chapga bordi. Qayta quruvchilar nima desa — bosh irg‘ab o‘tirdi. Chapak chalib o‘tirdi!
Oqibat, ziyoli o‘z yuzini yo‘qotdi. O’z so‘zini yo‘qotdi. O’z yuzi yo‘q, o‘z so‘zi yo‘q odam... ziyoli bo‘larmidi?
Endi nima bo‘ladi? Qayta quruvchilar ziyolilarni chiqitga chiqarib tashlaydimi? Qaerga olib borib tashlaydi? Ziyolilar hali sog‘-omon-ku? Sog‘-salomat ziyolini chiqindiga tashlab bo‘ladimi?»
Botir firqa yig‘ilishda bo‘lmish gaplarni bir-bir yodladi. Gaplarni o‘zicha mushohada etdi.
— Mana bu zotlar ziyoli emas! Yo‘q, ziyoli emas! Bular xalqdan chiqqan odamlar...
«Madiev shunday dedimi? Ha, Madiev shunday dedi, — o‘yladi Botir firqa. — Xo‘p, Madievchasiga ham boraylik. Chin, biz xalqdan chiqdik. Chin, biz shunchaiki odamlar. Xo‘p, odam shunchaiki bo‘lmay, qanchaiki bo‘ladi? Xo‘p, odam xalqdan chiqmay, qaerdan chiqadi? Odam... yerdan chiqadimi? Odam... moldan chiqadimi?
Madievni she’rlari-da shunaqa! She’rlariga: «xalq yo‘lida», «xalq ohanglarida», deb qo‘yadi.
Ey, fitna shoir, xalq yo‘lida yozmay, kimni yo‘lida yozasan? Sigir-buzoqlarni yo‘lida yozasanmi? Qo‘y-qo‘zilarni yo‘lida yozasanmi?
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 07:38:34
Madievlar o‘zdni avangard-avangard, deydi. Ilg‘or, demoqchi-da?
Menimcha, avangard... yelvizak, yelvizak, demak! Adabiy avangard — adabiy yelvizak, demak!
Sovet davrida eshiklar berk edi. Adabiy yelvizaklar... adabiyot eshigidan kirolmas edi! Ko‘cha-ko‘yda yelib-elib... dunyodan o‘tib ketar edi.
Demokratiya davrida barcha eshiklar baralla ochildi. Adabiy yelvizaklar adabiyot eshigiga... bostirib kirdi!
Adabiy yelvizaklar yo‘lida uchramish adabiyot darg‘alarini... belidan olib, belangi qildi. Boshidan olib, tumov qildi. Burnidan suv oqizdi, ko‘zidan yosh oqizdi. Og‘zidan qon oqizdi...
Eshikdan yelvizakday hurillab kirib... Adabiyot toj-taxtiga yopishdi! Shu toj-taxtni olsak... Adabiyot bizniki, deya o‘yladi.
Afsus bo‘lsin, yelvizak — o‘z oti o‘zi bilan yelvizak! G’uvv etib o‘tib ketadi!
Kim asl ziyoli?
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 07:38:47
Imon bilan yashaguvchi, nohaqlikka chidolmovchi, xo‘rlik — zolimlikdan nafratlanuvchi, chin inson bo‘lib yashaguvchi zot — asl ziyolidir!
Madievlar ziyolimi? Ziyoli bo‘lsa, ushbu talablarga javob bera oladimi?
Mana, Madiev og‘iz ko‘pirtirib nutq so‘zladi. Tosh otmagan odami qolmadi. Urtoq Lenindan tortib... mengacha tosh otdi! Tosh otishidan maqsadi — mansabdor bo‘lish!
Ana shu tosh otishini o‘zi... Madiev or-nomussiz
ekanini ko‘rsatadi. Shon-shavkatsiz ekanini biddiradi. Yuz-g‘urursiz ekanini aytib turadi.    .
Or-nomussiz odamga el-yurt taqdirini topshirib bo‘ladimi? Yuz-g‘urursiz odamga el-yurt ixtiyorini berib bo‘ladimi?
Dunyoda qaltis ishlar ko‘p. Ana shunday qaltis ishlardan biri... tentak odam qo‘liga miltiq berish, yuzsiz odam qo‘liga mansab berish!
El-yurt uchun ikkovi-da qaltis!»
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 07:40:16
62


Matbuotda Orol dengizini qutqarish haqida xabar berildi.
Devorlarda e’lon osildi.
Yig‘ilishga ommaviy ravishda taklif etildi. Te-lefonda taklif etildi. Og‘izma-og‘iz taklif etildi.
Botir firqa telefonda taklif etildi. Shaxsan taklif etildi!
Yig‘ilish xiyobonda bo‘ldi.
Xiyobon mo‘l-mo‘l odam bo‘ldi.
Botir firqa mehnat va urush veteranlari qatorida o‘tirdi.
«O’zi, odam yig‘ilsa yig‘ilgudek tashvish. Bunday tashvishni ko‘payishib hal etmasa bo‘lmaydi, — deya o‘yladi Botir firqa. — Orol el-yurt dardi bo‘lib qoldi. Men ham shu el-yurtni bir zarrasiman. Ammo-lekin shaxsan men Orolga qanday yordam bersam bo‘ladi? Kommunist Esonov, siz Orolga qanday yordam berasiz, desalar nima deyman? Oddi-qochdi gaplar bilan Orolni qutqarib bo‘lmaydi. Balandparvoz safsatalar bilan Orolga yordam berib bo‘lmaydi. Men... pensiya pulimdan Orolga beraman! Mana shu oylik pensiyamni Orol fondiga bag‘ishladim, deb aytaman».
Orolpanohlar birin-ketin minbarladi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 07:40:36
Otashin-otashin nutkdar bilan Orolni... to‘ldirib-to‘ldirib tashladi! Lirik-lirik she’rlar bilan Orolni... qutqarib-qutqarib tashladi!
Minbarga ashaddiy orolpanoh Madiev ko‘tarildi. Yig‘ilish ahliga qarab bosh irg‘adi. O’ng qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib bosh irg‘adi. Birdan... asl maqsadga o‘tdi:
—    Xonimlar va janoblar! — dedi. — Men umrimga achinmayman, men marksizm-leninizmni o‘rganishga ketgan vaqgimga achinaman!
Yig‘ilish guvv-guvv etdi. Yig‘ilish qiy-chuv etdi. Yig‘ilish chuvv-chuvv etdi.
Madiev qarsaklar ostida qoldi.
Madiev ko‘krak cho‘ntagidan bir hujjat oldi. Hujjatni xalqqa peshladi.
—    Mana, KPSS bileti! - dedi. - KPSS, KPSS...
Barcha taraqqiyparvar mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy qonun-qoidalar inson huquqlari manfaatidan kelib chiqadi. Bizda esa, yetmish yil mobaynida hamma narsa hukumat manfaatlari nuqtai nazaridan kelib chiqtsi. Hukumat kim? KPSS! Chunki KPSS yetmish yil davomida hukmron bo‘lib keldi. Kommunistik partiya yetmish yil davomida mamlakatni boshqarib keldi. Kommunistik partiya yetmish yil mobaynida biz sizlarga farovon turmush ato qildik, deb qayta-qayta uqtirib keldi. KPSS bizga go‘zal hayot taqdim etgan emish! Buni qarang-a! Mana shu qip-qizil bilet bizga hayot hadya etibdi! Shugina bilet-a! Demak, shu qizil bilet bo‘lmasa — hayot bo‘lmas ekan-da? Shu qalin qog‘oz bo‘lmasa — biz yashamas ekanmiz-da? Buni qarang-a! Men endi mana shu quruqdan-quruq KPSS qonun-qoidalariga qarab emas,  taraqqiyparvar jahon mamlakatlarida qabul qilingan umuminsoniy qonun-qoidalar, umumbashariy xulq-axloq talablari asosida o‘z taqdirimni o‘zim hal qilmoqchiman. Meni shu kundan boshlab Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi a’zosi hisoblamasliklaringizni so‘rayman!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 07:40:52
Gulduros qarsak bo‘ldi. Uzluksiz qarsak bo‘ldi.
Madiev KPSS biletini minbarga tashladi. Xalqqa qarata qo‘l silkidi.
«Nahotki, partiya tashkilotlari befarq qaraydi? — uyladi Botir firqa. — Nahotki, kommunistlar sukut saqlaydi?»
Minbarga Dilya ko‘tarildi.
— Ha, KPSS — partiya emas edi! — dedi Dilya. — KPSS hukmron edi, KPSS hokim edi! Go‘ringdan tutun chiqqur Brejnev KPSS yakkahokimligini yangi Konstitutsiya bilan qonunlashtirib ham berdi. Kamina ana shundan keyin KPSS safiga o‘tishga majbur bo‘ldim. Chunki ko‘rib turibsiz — kamina bir ojizai zaifa, KPSS esa, diktator edi! KPSS zolim edi! Biz ojizai zaifalar diktatorlik zulmi ostida o‘z... ayollik iffatimizni yo‘qotib qo‘ymasligimiz uchun KPSS safiga kirishga majbur edik. Biz zaifalar, zolim KPSS qamchisi ostida... nogironu notavon bo‘lib qolmasligimiz uchun KPSS vznosini to‘lab turishga majbur edik. Atoqli shoirimiz G’afur G’ulom aytganlaridek, bizning ayollarga hayo fazilat! KPSS uchun esa — hayo begona, or-nomus begona! Men endi KPSS safida qololmayman! Nomi ulug‘, suprasi quruq KPSS safida qololmayman! Shunday bir jirkanch partiya safiga o‘tganim uchun men siz qorako‘zlardan... kechirim so‘rayman! Shunday bir jallod KPSS safida yillab vznos to‘lab yurganim uchun men siz qorako‘zlardan... ming bora uzr so‘rayman! Meni afv eting, yaxshilar! Mana, jallod KPSS bileti!
Dilya KPSS biletini minbarga tashlab tushdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 07:41:07
«Bularni yo‘ldan qaytarish kerak, — o‘yladi Botir firqa. — Bular hali yosh kommunistlar. Bularga tushuntirish ishlari olib borish kerak. Bularni partiya o‘quv yurtlariga, siyosiy kurslarga o‘qishga yuborish kerak. Ana o‘shanda ko‘zlari ochiladi. Ana o‘shanda KPSS nimaligini anglab yetadi. KPSSni la’natlab bo‘lmaydi. KPSSga shak keltirib bo‘lmaydi».
Madiev boshi bilan imo etdi — qayta quruvchilar bir dasta shoxcha qo‘ltiqlab keldi. Shoxchalarni o‘rtaga to‘dalab qo‘ydi.
Madiev nigohi bilan imo etdi — qayta quruvchilar bir shisha yermoyi olib keldi. Yermoyini shoxchalarga sachratib sepdi.
Madiev qo‘li bilan ishora etdi — qayta quruvchilar gugurt qutisini ocha-ocha keldi. Shoxchalar ostidan chirsillatib gugurt yoqdi.
Shoxcha o‘tin olov oldi. Olov odam bo‘yi ko‘tarildi.
Madiev minbardan KPSS biletini oldi. Olov oldiga keldi. Misoli o‘lik sichqonni dumidan ushlab ko‘tarmishday... KPSS biletini uchidan ushlab ko‘tardi. Misoli o‘lik sichqonni tevarakka ko‘rsatmishday... KPSS biletini boshi uzra aylantirib-aylantirib ko‘rsatdi.
KPSS... o‘lik sichqon misol shalvir-shalvir etdi!
Madiev KPSS biletini... olov uchiga tutdi!
Olov uchi bilan... KPSS uchi uchrashdi. KPSS bilan olov... yuzma-yuz bo‘ldi!
KPSS olov oldi! KPSS yondi!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 07:41:33
Majlis ahli qiyqirib qarsak chaldi. Majlis ahli hayqirib oldi.
Botir firqa o‘tirolmadi. Sapchib turdi. Tishlari g‘ijir-g‘ijir etdi. Qo‘llari musht bo‘ldi. Mushtini shim cho‘ntagiga tiqdi. Xalqqa jovdirab boqdi. Jovdirab-jovdirab boqdi.
Xalqdan najot bo‘lmadi! Xalqdan panoh bo‘lmadi!
KPSS... lov-lov yondi!
Madievni qo‘li kuydi — KPSSni... tashlab yubordi!
KPSS olov ichiga tushdi. KPSS olov ichida qoldi!
Madiev yig‘ilish ahliga qarab ta’zim etdi. Qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib ta’zim etdi.
Endi, Dilya keldi. Madievni qiliqlarini takrorladi. Madiev nima kildi — Dilya ham shuni qildi.
Yig‘ilish ahli Dilyani hayqiriq-qarsaklar bilan olqishladi.
Keyin, uchinchi qayta quruvchi, to‘rtinchi qayta quruvchi, beshinchi... elliginchi qayta quruvchi demokrat keldi!
Botir firqa... ellikdan keyin tahlikada qoldi. Dovdirab qoldi. Es-hushini yig‘olmay qoldi.
Botir firqa... gimn aytayotgan arbob misol g‘oz-g‘oz turdi. Gimn eshitayotgan kommunist misol mag‘rur-mag‘rur turdi.
KPSS... olov bo‘lib yondi! Olov bo‘lib osmon o‘rladi. Buralib-buralib o‘rladi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 07:41:52
«O’rtoq Lenin siymosiday mangu olov! — dedi Botir firqa. — KPSS g‘oyalariday nurafshon olov! Kommunist qalbiday otashin olov! Kommunist faoliyatiday shon-shavkatlarga, mehnat jasoratlariga boy olov!»
Botir firqa beixtiyor... chap ko‘kragini ushladi. KPSS biletini... ustidan ushlab-ushlab qo‘ydi. Kaftini... biletlik cho‘ntagi ustiga qo‘yib turdi.
«KPSS yaralandi! Juda yomon yaralandi! — dedi Botir firqa. — Ammo-lekin KPSS o‘lgan emas! Yo‘q, KPSS o‘lgan emas...»
Botir firqa ketga tis bo‘ldi-tis bo‘ldi — yig‘ilishdan chiqib oldi.
Boshi bukik, qadam oldi. Boshi ko‘ksida, qadam oldi. Bexayol qadam oldi.
Uyda ko‘rpa-to‘shak qilib yotib oldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 07:48:07
63


«To‘ydim, men endi ketaman!»
Botir firqa yotdi-yotdi — ana shunday xulosaga keldi.
«Bo‘ldi, men yashashdan charchadim, — dedi. — Mehr-oqibat, hurmat-izzatlardan charchadim. Mansab-amal, shon-shuhratlardan charchadim. Qahr-g‘azab, nafrat-alamlardan charchadim. Mayli, mendan nafratlansinlar, mendan jirkansinlar. Mendan hazar qilsinlar. To‘ydim, men yashashdan toldim.
Har bandani o‘z sig‘inajak qiblagohi bo‘ladi. O’z sig‘inajak ulug‘ zoti bo‘ladi. Sig‘inish esa — e’tiqoddan bino bo‘ladi. E’tiqodsiz yashab bo‘lmaydi!
Men pionerga e’tiqod qo‘yib yashadim. Men komsomolga e’tiqod qo‘yib yashadim. Men partiyaga e’tiqod qo‘yib yashadim.
O’rtoq Lenin ulug‘ zotim bo‘ldi! Jonajon KPSS qiblagohim bo‘ldi!
Men ulug‘ zotim Lenin uchun ichki-tashqi g‘animlar bilan kurashdim. Jon olib, jon berdim. Men o‘rtoq Lenin g‘animini o‘z g‘animim deb bildim!
Men qiblagohim KPSS uchun necha-necha besh yilliklarni oshirib-oshirib bajardim. Necha-necha o‘n yilliklarni bajarib-bajarib tashladim. Men qiblagohim KPSS uchun million-million tonnalab paxta terib berdim!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 07:48:18
Qiblagohim KPSS barcha yutukdarim ilhomchisi va tashkilotchisi bo‘ldi!
Insonda vatan bitta bo‘ladi. Vatan yolg‘iz bo‘ladi. Shu bois — vatanga ohanjoma taqib bo‘lmaydi. Vatanga upa-surma qo‘yib bo‘lmaydi. Vatanga gard yuqtirib bo‘lmaydi.
Vatan o‘z oti o‘zi bilan — vatan!
Juda bo‘lsa — vatanga ona so‘zini qo‘shib aytsa bo‘ladi. Boisi, vatan bilan ona ayrilmasdir. Vatan bilan ona mangudir. Shu boisdan — ona-vatan, deymiz. Ona-vatan!
Ammo-lekin men — kommunist Esonov, vatanga... sotsialistik so‘zini qo‘shib aytdim! Sotsialistik vatan! Ona qolib... sotsialistik nomini qo‘lladim! Ona qolib... sotsialistik vatan, deb aytdim!
Birdan... bari xarob bo‘ldi. Bari sarob bo‘ldi.
Yomondan-yomoni — endi bu xarobani tiklab bo‘lmaydi. Endi bu sarobani to‘ldirib bo‘lmaydi».
Botir firqa chap yoniga ag‘darilib o‘yladi, o‘ng yoniga ag‘darilib o‘yladi. Chalqancha yotib o‘yladi. Qarori qat’iy bo‘ldi:
«To‘ydim, men endi ketaman!»
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 07:53:06
64


Odam qarisa... umidini yo‘qotadi. Umidini boy beradi. Kelajaqdan umidini uzadi.
Odamni ana shu... odam qilib turadi. Odamni ana shu umid... suyab yuradi. Shu bois, odam... umidsiz yashay olmaydi!
Odam hamisha... ufqqa qarab yashaydi. Ufqqa qarab yuradi. Ufqqa qarab xayol suradi. Ufqqa qarab orzu qiladi. Ufqqa qarab... duoi fotiha o‘qiydi.
Umid — odam uchun misoli ufq. Umid — odamzot uchun odamzot ufqi.
Olamni oxiri — ufq. Odamni oxiri — umid!
Olamni so‘ngga tayanch nuqtasi — ufq. Odamni so‘nggi tayanch nuqtasi — umid!
Olam ufqqa borib tamom bo‘ladi. Odam umidini yo‘qotib tamom bo‘ladi. Odam qarisa, ana shu tayanch nuqta — umidini yo‘qotadi!
Shu boisdan, qari odam yursa — oyog‘i ostiga qarab yuradi. Qari odam o‘tirsa — yerga qarab o‘tiradi.
Botir firqa-da ana shunday bo‘ldi!
«O’zi, peshonam sho‘r ekan, — dedi Botir firqa. — Bir donishmand aytib edi: xudo yomon ko‘rgan bandasi-ni... qayta qurish davrida yaratadi, deb edi. Xudo sho‘ri qurigan bandasini... o‘tish davrida yaratadi, deb edi. Shu gap chin ekan. Men sho‘rpeshona ekanman. Mana, umrim qayta qurish bilan o‘tdi. Qayta yaratish bilan o‘tdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 07:53:19
20—30-yillarda o‘rtoq Lenin qur-qur, dedi. Men sovet davlatini qurdim. 30—40-yillarda o‘rtoq Stalin yarat-yarat, dedi. Men sotsializm jamiyatini yaratdim. 40—50-yillarda Yo‘ldosh Oxunboboev barpo et-barpo et, dedi. Men zavod-fabrikalar barpo etdim. 50—60-yillarda o‘rtoq Xrushchev cho‘llarni o‘zlashtir-o‘zlashtir, dedi. Men cho‘l-biyobonlarni bog‘-bo‘stonga aylantirdim. 70—80-yillarda o‘rtoq Brejnev bilan o‘rtoq Rashidov mo‘l-mo‘l paxta ber-paxta ber, dedi. Men har yili olti million tonnalab «oq oltin» terib berdim, olti million!
Partiya-hukumat nima desa — labbay, deb javob berdim. El-yurt uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. Qayta qurdim, qayta tuzdim, qayta yaratdim!
Qayta, qayta, qayta... umrim ana shu «qayta» so‘zi bilan o‘tdi! Tarjimai holim ana shu «qayta» so‘zi bilan to‘ldi!
Mana endi, tag‘in... qayta qurish! Nimani qayta quraman? Qariyb bir asr... qayta qurdim! Bir asr... qayta yaratdim! Bir asr yo‘qni bor qildim! Bir asrlik mehnatim kam bo‘ldimi?
Endi nima qilsam — tinch bo‘laman? Nima qilsam — qur-qur, degan gaplardan qutulib... orom olaman? Nima qilsam — yarat-yarat, degan gaplardan qutulib... oyog‘imni uzatib yotaman?»
Yolg‘iz bir yo‘l qoldi. Yagona yo‘l qoldi... U umrida barini ko‘rdi: XX asrni bosh-adoq ko‘rdi. XX asrni o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. XX asrni qo‘li bilan ushlab ko‘rdi. XX asrni o‘z boshidan kechirdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 07:53:30
Hayotda ma’no qolmadi. Turmushda mazmun qolmadi, Yashashda maqsad qolmadi.
Faqat bir yo‘l qoldi. Eng qiyini qoldi. Eng yomoni qoldi.
Ana shu yomon yo‘lga... qanday yetsa bo‘ladi? Qachon shu... yomon kun keladi?
Qachon shu... qayta quruvchilardan qutuladi?
Odamda ichki bir ruh-qudrati bo‘ladi. Uni o‘z-o‘zini balogardonlardan himoya etish ichki ruh-qudrati desa bo‘ladi. O’z-o‘zini balo-qazolardan avaylash ruh-qudrati desa-da bo‘ladi.
Bu ruh-qudratni yengib bo‘lmaydi. Bu ruh-qudratni daf etib bo‘lmaydi.
Ammo bu ruh-qudratni ulug‘ maqsadlar yo‘lida fido etsa bo‘ladi. Masalan, el-yurt yo‘lida fido etsa bo‘ladi. El-yurt yo‘lida sadaqa etsa bo‘ladi. El-yurt yo‘lida qurbon etsa bo‘ladi.
Aynan... o‘lim inson kim ekanini ko‘rsatadi! Inson tosh-tarozisini... taroziga qo‘yib ko‘rsatadi. Inson qiyofasini oynaga solib ko‘rsatadi. Inson qadr-qimmatini... oppoq qog‘ozga bitib ko‘rsatadi.
Asl insonni asl bahosini... o‘lim beradi! Shu bois, asl inson uchun o‘lim pisand emas! Asl inson o‘limni ochiq yuz bilan kutib oladi. Asl inson o‘limni tabassum bilan kutib oladi.
Boisi, asl inson el-yurt uchun qo‘lidan kelmish ezgulikni bajarib bo‘ladi. Asl inson el-yurt oldida o‘z burchini ado etib bo‘ladi.
Ana shunda, asl inson o‘z hayotidan ko‘ngli to‘ladi. Asl inson o‘z yashashidan ko‘zi to‘yadi.
Tevarak-boshiga munis-munis boqadi. To‘q ko‘ngil bilan boqadi. To‘q ko‘z bilan boqadi.
«Men endi... ketaqolay», deydi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 03 Dekabr 2006, 07:53:41
Inson dunyoga keldi, deydilar. Chin, inson dunyoga keladi. Ammo inson dunyoga o‘zi kelmaydi. O’z oyog‘i bilan kelmaydi.
Boisi, inson onasi ko‘kragida yurolmaydi. Oyoqlari bo‘ladi, ammo yurolmaydi. Shu bois — inson onasi ko‘kragidan yorug‘ dunyoga qadam bosib tusholmaydi.
Inson tug‘ilsa: «inga-inga — men keldim», deya ovoz beradi. Insonni birinchi bo‘lib... enaga ko‘tarib oladi! Enaga bag‘riga bosadi. Enaga insonni o‘rab-chirmaydi. Enaga insonni yo‘rgaklaydi.
Enagadan keyin... hamshiralar insonni aylanib-o‘rgiladi. Do‘xtirlar insonni ko‘z qorachig‘iday avaylaydi.
Endi, inson: «dod, dunyodan ketaman», desa-chi?
Birov... oting nima, demaydi! Birov... holing nima, demaydi. Hatto, birov... itmisan-eshakmisan, demaydi!
«Hay, nomard dunyo, nomard dunyo! — dedi Botir firqa. — Dunyo notanti ekan, notanti! Odam dunyoga kelaman desa... Inga-ingani eshitib... quloqlar ding bo‘ladi! Enaga, hamshira, do‘xtirlar quchoq ochib keladi! Odam: «dunyodan ketaman», desa... Biror zot itmisan-eshakmisan, demaydi! Odam... dardini kimga aytishini bilmaydi! Kampirga aytsammikin? Hay-hay, uv-vos solib yig‘laydi! Dunyoni boshiga ko‘taradi! Do‘xtirdan maslahat so‘rasammikin? Yo‘q, chol aynib qolibdi, deydi. Unda, insonni dunyodan kim kuzatib qo‘yadi? Enaga toifa bir zot bormi? Kimga murojaat etsa bo‘ladi? Kimdan maslahat so‘rasa bo‘ladi?»
Botir firqa o‘yladi. Birdan tan-joni iliq-iliq bo‘ldi. Yuz-ko‘zlari yorug‘-yorug‘ bo‘ldi.
U shunday maslahatchini topdi. U shunday enagani topdi:
«Go‘rkov! Qari odamni enagasi — go‘rkov!»
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:33:39
65


U ulkan darvoza oldida oyoq ildi.
Darvoza o‘ngida turmish toshga cho‘kdi. O’tkinchi-ketkinchilarga qarab o‘tirdi. Birorta tanish-bilish uchratmadi. Ko‘ngli tinch bo‘ldi. Ohista qo‘zg‘oldi.
Temir darvozadan ichkariladi.
Ana shunda, ajab bir sinoatni ko‘rdi: sonsiz qabrlar. Panjara bilan o‘rog‘lik qabrlar. Hovli misol o‘rog‘lik qabrlar. Yalt-yult sag‘analar. Marmar plitalar. Ohanjoma toshlar. Yolg‘izoyoq yo‘llar...
«Shahar, misoli shahar! — dedi Botir firqa. — Bu shahar abadiy uyquda yotadi. Mangu oyoq uzatib yotadi. Bu shahar ko‘zlarini yumib o‘ylaydi. Faqat o‘ylaydi. Ana, odamzotni ibtidosi! Ana, odamzotni intihosi! Odamzotni so‘ngga manzili — bir parchagina yer. Odamzotni so‘nggi makoni — bir siqimgana tuproq. Barcha inson ana shu makonga keladi. Inson qip-yalang‘och keladi. Inson ship-shiydam keladi. Men... hammadan oldin kelaman! O’z oyog‘im bilan kelaman!»
Botir firqa marhumlar shahri oralab yurdi. Marhumlar yo‘lagi bo‘ylab yurdi. Tevarak-boshga ko‘z solib yurdi. Bo‘sh joy... bo‘sh joy topolmadi!
Marhumlar shahri shu qadar seraholi bo‘ldi, shu qadar tig‘iz shahar bo‘ldi!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:33:54
U marhumlar shahri oralab yurdi-yurdi, bir kulbaga duch keldi. Kulba eshigani qiya ochib qaradi: ichkarida bir odam ustachilik qilib o‘tirdi.
Usta Botir firqaga bosh irg‘adi. Asbob-anjomlarini yoniga qo‘ydi. Botir firqani ichkari taklif etdi. Bir dumaloq kundani qo‘rsatdi.
Botir firqa dumaloq kundaga o‘tirdi. Ustadan hol-ahvol so‘radi.
Usta bosh irg‘ab-bosh irg‘ab javob berdi. Botir firqaga bir piyola choy uzatdi.
Botir firqa kulba ashqol-dashqollarini tomosha etdi. Bosh irg‘ab-irg‘ab tomosha etdi.
 — Xo‘sh, keling-keling? — dedi usta.
—    Shunday... O’tgan-ketganlarni yodga olib deganday? — dedi Botir firqa.
—    Yaxshi, yaxshi. O’tganlarni xotirlash savob ish. Ba’zi birovlar o‘z ota-onasini qabri qaerdaligini bilmaydi. Ana, obod qilib qo‘ydik. Aylanib ko‘rishingiz mumkin.
—    Aylanib ko‘rdim. Xo‘p obod shahar bo‘pti!
—    Qanaqa bo‘pti-qanaqa bo‘pti?
—    Obod shahar bo‘pti!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:34:06
—    Shahar? Ha, tilingizga bol, tilginangizga bol-a! Shahar qilib qo‘ydik-da, ha, shahar! Ba’zi bir qabristonlarni ko‘rib, odam ham tiriklar sha’niga achinadi, ham marhumlar holiga achinadi. Devorlari nurab tushgan supurib-sidirilmagan, mollar oyoqosti qilgan. O’shanaqa qabristonlarni ko‘rib, odam... o‘lishgayam qo‘rqadi! Odam o‘lishiniyam bilmaydi, qolishiniyam bilmaydi! Ana, bizni shahrimiz — yaraqlaydi! Bizni shahrimizni ko‘rgan odam... o‘lgisi keladi! O’lgan sayin, o‘lgisi keladi! Bizni shahrimizni ko‘rgan odam... tezroq omonatimni topshirib... shu shahardan makon topsam deydi!
—    Rahmat, rahmat...
Botir firqa bosh irg‘adi. Botir firqa duduqlandi.
«Biz ham keladigan bo‘ldik, uka», deyishiga bir bahya qoldi!
Ammo nafasini ichiga yutdi. Gapni boshqa yoqqa burdi. Asl maqsadga o‘tdi:
—    Siz bu shaharda ko‘pdan buyon ishlaysizmi, uka?
—    Shu, yigarma yillar bo‘p qoldi-yov. Nima edi?
—    Haligi... go‘rkov, degich odamlar ham bo‘lar edi?
—    Bor, go‘rkov bor. Go‘rkovni kulbasi mana buyoqda. Shaharni o‘ng burchagida. Biror ish bo‘lsa aytavering, xizmatingizga tayyorman.
—    Siz...
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:34:27
—    Men toshga bitik bituvchiman. Oldin tosh qo‘yuvchi edim. Keyin, mahoratim oshdi. Toshga shakl beruvchi bo‘ldim. Hozir, toshga bitik bituvchi bo‘lib xizmat qilyapman. Oxir-oqibat, shu shaharlik bo‘lib qoldim. Xudoga ming qatla shukur, mencha bo‘lgan ham, bo‘lmagan ham bor.
—    Chin, chin. Toshga bitik bitishni o‘zi bo‘ladimi? Mana shu qabr toshlar tayyor marmarga shakl berilib kilinadimi yo biror-bir qolipga solib tayyorlanadimi?
—    Asl sag‘analar sof marmardan bo‘ladi. Shunchaki sag‘analar tsementdan bo‘ladi. Qum va marmar uvoqlari aralashmasidan bo‘ladi. Barchasi tayyor holga keltirilgach, marmar plitasi yopishtiriladi. Ana undan keyin, marhumni ismi sharifi husnixat bilan o‘yib-o‘yib bitiladi.
—    U-u-u, tashvishi ko‘p ekan!
—    Ha-da! O’lishni... o‘zi bo‘ladimi? O’lishni... chidaganga chiqargan!
—    Chin, o‘lishni o‘zi bo‘lmaydi. Hozir tanqischilik davri. Ashqol-dashqolni qaerdan topyapsiz?
—    Bir inson jon berib keladi-yu... tosh topmaymizmi? Topamiz! Toshlarni marmar zavodidan sotib olamiz. Armatura bilan tsementni duch kelgan qurilish inshootlaridan olib kelamiz. Shag‘al-qum deganlarni ariqlardan olamiz.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:35:40
—    Shunday qimmatbaho toshlar, sag‘analar, panjaralar... Menimcha, bu nodonlik, manmanlik alomati deb o‘ylayman. Dunyodan o‘tganlar ketidan shon-shuhrat, obro‘ olmokchi bo‘lish, deb o‘ylayman.
—    Endi, manavi besh qo‘l baravar emas, otaxon. Hayotda harom pulini qayoqqa qo‘yishni bilmay yurgan tentaklar ko‘p. Aslida, eskichada... qabr tosh qo‘yish gunoh! Ha, qabr tosh qo‘yish gunoh! Musulmonchilikda qabrni toshlar bilan bostirib qo‘yish man etiladi. Aslida, musulmonchiliqda qabrlar yer bilan bir tekis bo‘lishi kerak. Qabrlar yer bilan baravar bo‘lishi kerak. Payg‘ambarlarimiz ham ana shunday yo‘l-yo‘riq berganlar. Payg‘ambarlarimiz qabrlar ustiga faqat bittagina belgi qo‘yishni buyurganlar. Sababi, Rasululloh alayhissalom Usmon ibn Maz’un qabri boshiga bittagina tosh qo‘yganlar. Bu tosh: «Birodarim qabri qaerdaligini bilishim va boshqa qazo qilgan urug‘larimni ana shu qabr qabatiga olib kelib dafn etishim uchun belgidir», degan. Rasululloh alayhissalomimizni o‘z qabrlari ham yerdan bor-yo‘g‘i bir qarichgana baland, xolos. Shu sababdan ham qabrlar boshiga g‘ishtin binolar qurish, beton ohanjomalar o‘rnatish, suratlar o‘yib solishni aslo buyurmaganlar.
—    Men ham shunday deb o‘ylayman. Qaytanga sovet davrida yaxshi edi.
—    To‘g‘ri, sovet davrida xalq qonunlardan qo‘rqib... kamtarona yashar edi! Sovet xalqi insof bilan ish qilar edi. Sovet xalqi og‘zini katta ochmas edi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:35:56
—    Sovet xalqi ko‘p sabr-qanoatli xalq edi. Sovet xalqi bor bo‘lsayam, yo‘q bo‘lsayam... boriga shukur qilar edi! Sovet xalqi qorni och bo‘lsayam... boriga shukur qilar edi! Boisi, sovet tuzumi ko‘p xalqparvar tuzum edi, ko‘p mexr-oqibatli tuzum edi. Sovet tuzumini baynalminalligini aytmaysizmi, baynalminalligini!
—    Lekin sovet davriniyam tashvishlari ko‘p edi. Shu bugungiday esimda: sovet rahbarlari siyosiy taftish uchun kelar edi. Sag‘analardagi: «Xudo rahmat qilsin», «Joyi jannatda bo‘lsin», degan bitiklarni o‘chirtirib tashlar edi. Marmar toshlardagi yarim oy shakllarini o‘ydirtirib tashlar edi. Qabrlarni nom-nishonsiz qoldirganlari kamday, «Yana shunday takrorlasam, jinoiy javobgarlikka tortinglar», degan tilxat yozdirib olardi.
—    Mabodo o‘shalar orasida... men yo‘qmidim?
—    Yo‘q, siz yo‘q edingiz. Bo‘lsangiz, tanir edim. Rahbarlar ham har xil bo‘ladi. Ichida bir... xudo bezorisi bor edi! Xudo yo‘q-xudo yo‘q, deb do‘q urar edi. Mana, xudo bor ekan, bechorani... jinni qilib qo‘yibdi!
—    Jinni? Yo‘g‘-e?
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:36:18
—    Ha-da! Savdoyi bo‘lib, jinnixonada yotgan emish! Familiyasi... ha, familiyang qursin... ha-ha, Rajabov, Rajabov! Padaringga la’nat, bir kelib: «Toshlardagi duoi fotihalarni o‘chir», dedi. Ikki kelib: «Sag‘analardagi bayt-g‘azallarni o‘chir», dedi. Jonga tegib edi! Ana, xudoni o‘zi ko‘rsatdi. Jinni qilib qo‘ydi, jinni!
—    Rajabov... Rajabov... ha, tanish familiya, tanish. Jinni emasdir-e?
—    Endi, psixbolnitsada yotgandan keyin... kim bo‘ladi? Imom-xatib bo‘ladimi? Albatta, jinni bo‘ladi-da!
—    Rajabov, Rajabov...
—    Ana o‘sha: «Barcha qabr toshlar ustida besh qirralik yulduzlar porlab tursin», deya buyruq berib ketar edi. Buyog‘iga nima deysiz?
Botir firqa nafas yutdi. Qilt etib yutindi. Derazadan tashqari qarab oldi. Birdan sergaklandi. Birdan jonlandi.
—    Bizga... besh yulduz yaxshi! — deb yubordi.
—    Xo‘p, siz omonatingizni bemalol topshirib kelavering. Buyog‘ini bizga qo‘yib bering.
—    Nima qilay-nima qilay?
—    Siz oldin omonatingizni berib keling. Buyog‘ini biz boplaymiz!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:38:50
66


Odamzotni yoshi qaytsa... marosimma-marosim yuradi. Ma’rakama-ma’raka yuradi. Chaqirsa-da boradi, chaqirmasa-da boradi. Orqavoratdan eshitib qolsa-da, boradi. Gap yo‘q, so‘z yo‘q — qo‘li ko‘ksida kirib boradi.
Odamzot martaba-mansabda ekanida... ana shu dargohlarga qo‘y so‘yib chaqirsa-da bormaydi! Odamzot oyog‘i uzangida ekanida... ana shu marosimlarga yalinib-yolvorsa-da bormaydi!
Botir firqa-da ana shunday bo‘ldi.
—    Bir professor qazo qipti, deyishyapti, — dedi kampiri.
—    Xudo rahmat qilsin, nechada ketibdi?
—    Hali payg‘ambar yoshiga yetmagan ekan. Bir balo kasal ekan, deyishdi.
—    Xudo rahmat qilsin. Dard yomon, o‘z vaqtida qaratmasa yomon.
Yonboshlab yotmish Botir firqa qo‘zg‘oldi. Marosim uchun tayyor bo‘ldi. Ko‘chaga yo‘l oldi. .
Marhumni oti nima — ishi bo‘lmadi. Marhum kimi bo‘ladi — ishi bo‘lmadi. So‘rab-surishtirib kirib bordi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:39:03
Hovli to‘la... sonsiz olado‘ppi bo‘ldi! Sonsiz beqasam to‘n bo‘ldi. Sonsiz belbog‘ bo‘ldi.
Hovli qilt etmas sokin bo‘ldi. Pashsha uchmas sokin bo‘ldi. Nafas bilinmas sokin bo‘ldi.
Ushbu sokinlik oti... motam... motam bo‘ldi!
Motamda... ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmas bir tovush kezib yurdi. Quloq bilan eshitib bo‘lmas bir tovush uchib yurdi.
Ushbu tovush... hovli uzra uchdi. Daraxt yaproqlari bo‘ylab uchdi. To‘n-do‘ppilar uzra uchdi. Ma’yus yuzlar aro uchdi. Mungli ko‘zlar aro uchdi. Yoshli yonoqlar aro uchdi.
Ushbu tovush oti... unsiz yig‘i... unsiz yig‘i bo‘ldi!
Botir firqa hovli bo‘sag‘asida manzil oldi. Qo‘l qovushtirib o‘tirdi. Gap-so‘z orasida marhumni bilib oldi.
«Ha-a, institut dekani ekan-da, — deya o‘yladi Botir firqa. — Dekan bozori chaqqon odam bo‘ladi, og‘zi oshdagi odam bo‘ladi. Dekanni qo‘lida butun boshli fakultet bo‘ladi. Ha-a, shu boisdan ham odam tumonot ekan-da».
Tumonot qo‘zg‘oldi: ichkaridan tobut qalqib-qalqib chiqib keldi. Katta ko‘chaga qarab yo‘l oldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:39:46
Ana shunda, Botir firqa bir savob olmoqchi bo‘ldi: tobutni bir chetidan besh-o‘n qadam ko‘tarib bormoqchi bo‘ldi... Shu maqsadda tobut ketidan ergashdi. Tobutga qo‘l uzatdi. Tobutga barmoq o‘ynatdi.
Ammo qo‘li yetmadi — tobut qadam sayin olislab bordi. Botir firqa qo‘l uzata-uzata qoldi. Tobutga qo‘li yetmagani uchun yoshidan o‘pkalamadi. Quvvatsizligidan-da o‘pkalamadi.
Odam tumonot bo‘ldi, tumonot!
Botir firqa tumonot odamdan ko‘ngli yorug‘ bo‘ldi.
«Qaysiki marhumni janozasiga tumonot odam yig‘ildimi, bo‘ldi, ana shu odam jannati bo‘ladi! — o‘yladi Botir firqa. — Ana, tumonot odam, ana! Demak, professor jannati bo‘ldi, jannati!»
Botir firqa tobutga ergashib bordi. Tumonot odamni oralab bordi. Ko‘nglidan manavi gaplar o‘tib bordi:
«Mengayam... shuncha odam kelarmikin? — dedi. — Kelmaydi, kelmaydi! Sovet davrida partiya-sovet organlari barchani safarbar etar edi. Pionerlar faxriy qorovulda turar edi. Komsomollar orden-medallar ko‘tarib yurar edi. Kommunistlar otashin nutklar so‘zlar edi. Endi, komsomol ham yo‘q, partiya ham yo‘q. Ammo-lekin o‘lim bor! Ana o‘lim, ana...»
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:39:58
Katta ko‘chada odam tag‘in-da ko‘paydi. Odam tumonotdan-tumonot bo‘ldi!
«Men bechorani janozamga hech kim kelmaydi! — dedi Botir firqa. — Kizil edi, deb kelmaydi. Kommunist edi, deb kelmaydi. O’z oti o‘zi bilan Botir firqa edi, deb kelmaydi. Shunday ekan, men bechorayam... shu bugun omonatimdan qutulib olsam bo‘lardi! Ana, tayyor tumonot odam. Men bechorayam... shu bugun ketaqolsam bo‘lardi! Ana, o‘z oyog‘i bilan kelgan tumonot. Ana, tayyor tumonot odam, tayyor...»
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:41:34
67


«Siz omonatingizni topshirib kelavering. Buyog‘ini bizga qo‘yib bering».
Botir firqa tosh bitikchini ushbu gapini o‘yladi. Chalqancha yotib o‘yladi. Radiodan muzika eshitib o‘yladi.
«Omonatni topshirish kerakligini bilaman, — dedi. — Ammo-lekin shu omonatni qanday topshiraman? Ana shuni bilmayman! Dono bo‘lsang, ayt? Omonatni uzish yo‘lini ayt».
Radio xo‘p muzika chaldi. Mumtoz-mumtoz muzika chaldi.
Botir firqa muzika og‘ushida yotdi-yotdi — ruhi orom oldi. Qalbi rohat oldi.
Qalbida munislik davr surdi. Tan-jonida muntazamlik davr surdi.
Joyidan ohista qo‘zg‘oldi. O’ziga oro berdi. Tashqariladi.
—    Yo‘l bo‘lsin? — dedi kampiri.
—    Oyog‘imni yoyib kelaman, — dedi. Tag‘in qabriston yo‘l oldi. O’tkinchi-ketkinchilar bilan salom-alik etmaslik uchun — yo‘lini chetlardan oldi. Odamlarni ko‘rib-ko‘rmaslikka oldi. Tikka qarab yurdi.
Qabristonga-da tikka kirib bordi. Tosh bitikchini kulbasiga-da tikka kirib bordi.
Tosh bitikchi bilan ko‘rishib-so‘rashdi. Tosh bitikchini yonidan joy oldi. Yuzlariga fotiha surtdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:41:43
—    Marhumlarni yo‘qlab kelibsiz-da, otaxon? — dedi tosh bitikchi. — Marhumlarni yo‘qlab turish savob ish. Ko‘p savob ish. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytadilarki, dafn etilgan marhumni holi bamisoli suvga g‘arq bo‘layotib, yordam so‘rayotgan insonni holiga o‘xshaydi. Bordi-yu, ota-onasi, yor-birodarlaridan duo yoxud istig‘for borib qolsa, bu marhum uchun dunyodagi barcha narsalardan mahbubroq bo‘ladi. Darhaqiqat, Olloh taboraka va taolo qabrlarga ahli tiriklarning duolarini yetkazadi. Tiriklarning marhumlarga qiladigan hadyalarini talabi g‘ufron va rahmat hamda istig‘fordir...
—    Shu maqsadda keldim, uka... — deya manqalandi Botir firqa.
—    Yashang, otaxon, yashang. Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam naql qiladilarki, inson qabriston yonidan shunchaiki o‘tib ketayotganda ham: «Qul huvallohu ahad»ni o‘n bir marta aytib, marhumlarga uning savobini bag‘ishlasa, marhumlar odaticha, o‘sha insonga ham savobi tegadi.
Botir firqa bosh irg‘ab ma’qulladi. Kafti bilan lablarini siladi. Tomog‘ini qirdi. Nimadan gap boshlashini bilmadi.
—    Shu, biz partiya-sovet organlarida ishlab, shu... namozxonlikka vaqtimiz bo‘lmadi, uka... — deya chaynaldi Botir firqa.
—    Iya, hali namoz o‘qishni bilmaysizmi?
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:42:05
—    Partiya-sovet ishlarini bilamiz, uka. O’zingizdan qolar gap yo‘q. Kabinet, kreslo, telefon, majlis, nutq... Umrimiz ana shunday o‘tdi, uka. Uvol-savob ishlaridan bebahra qoldik.
—    Namozxonlikni foydasi katta, otaxon. Namoz o‘qish vaqtida namozxonni asab tomirlari muloyim bo‘ladi, diqqat-e’tibori bir nuqtaga jam bo‘ladi. Namozxon ruhiyati tirikchilik tashvishlaridan xoli bo‘ladi. Hordiq-orom oladi. Zehn-zakovati peshlanadi, fikr yuritish uchun sog‘lom bo‘ladi. Namozxonlik yettilik raqamiga imon keltiradi. Ya’ni, namozxon yerga sajda qilganda — namozxonni tashqi a’zolaridan yettita joyi yerga tegib-tegib oladi. Burni-peshonasi, ikkita qo‘li, ikkita tizzasi va ikkita oyog‘ini ikkita uchlaridir. Namoz vaktida namozxonni ichki a’zolari cho‘qqidan samo sari talpingan... burgut misol parvoz tuyg‘ularini his etadi! Shu sababdan donolar: «namoz o‘qish — me’rojga chiqish demakdir», deydilar. Boisi, namozxonni ichki a’zolari bilan ilohiy dunyoni ichki muloqotda bo‘lishi — me’rojni bir ko‘rinishi, demakdir.
Tosh bitikchi derazadan marhumlar shahriga qaradi. Keyin, Botir firqaga qaradi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:42:54
—    Uvol-savob ishlarini bilmasangiz, unda qiyin ekan, — dedi. — Savob ishlarni hadislarga qarab qilmasangiz, marhumlar uvoliga qolasiz, otaxon. Yaxshisi, bunday qilasiz: shunday borib, qabrni bir chetiga o‘tirasiz. Aslo, qabr ustiga oyoq bosmaysiz. Hadislarda: qabr ustida o‘tirishdan ko‘ra cho‘g‘ ustida o‘tirib... kiyim va badanlaringiz kuysa, yaxshiroqdir, deyiladi! Qabr boshiga borganingizda, marhumdan biror narsa so‘ramang. Ovoz chiqarib yig‘lamang. Qabr boshida chiroq yoqmang. Qabrni bir chetginasida o‘tirib, duoi fotiha o‘qing. Hali duoniyam bilmaysizmi? Unda, yon daftaringizni oling. Qani, yozing...
Botir firqa yon daftarini ko‘krak cho‘ntagiga soldi. Ruchkasini joyiga qistirdi. Ohista qo‘zg‘oldi.
—    Kelib turing, keladigan joyingiz, — dedi tosh bitikchi. — Ha, keladigan joyingiz!
—    Keladigan joyimiz, shunday, keladigan joyimiz!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:44:03
68


Botir firqa marhumlar shahri aro ravona bo‘ldi.
«Bilaman, keladigan joyim, bilaman, — dedi. — Ammo-lekin qanday qilib kelaman?»
Botir firqa marhumlar shahrini sayr etdi. Shahar yo‘laklari bo‘ylab sayr etdi.
Marhumlar shahri obod ham sarishta bo‘ldi. Marhumlar shahri xushhavo ham xushmanzara bo‘ldi.
U shaharni sayr etdi-etdi — qaytib ketmoqchi bo‘ldi.
Shunda, oppoq panjarali bir qabrga ko‘zi tushdi. Marmardagi marhum siymosi ko‘zlariga issiq-issiq ko‘rindi.
U ana shu qabr oldida oyoq ildi. Cho‘ntagidan qo‘llarini oldi. Ko‘zoynagini peshladi. Marmardagi siymoga tikildi...
Ana, o‘sha raykom bo‘lib o‘lmish, ammo... janozasiz ko‘milmish To‘raqulov! Ana, o‘sha raykom bo‘lib dafn etilmish, ammo... janozasiz dafn etilmish To‘raqulov!
Ana-ana, hamon raykom bo‘lib yotmish, ammo hamon... janozasiz yotmish To‘raqulov!
Botir firqa raykom To‘raqulovga tikilib qoldi... Qalbi qon bo‘ldi! Qalbi qop-qora qon bo‘ldi!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:44:19
— Ey, parvardigor! — deya kaftlarini ochdi. — Sen rahmdil va kechiruvchi zotsan, ey, parvardigor! Bizdan oldin o‘tgan mana shu zotlarni gunoh-ayblarini mag‘firat aylagin! Ana shu zotlarga nisbatan qalbingda gina-kudurating bo‘lsa, yuvib tashlagin, ey, parvardigor!
Botir firqa yuzlariga fotiha surtdi.
Shunda, yon daftari esiga tushdi. Ko‘krak cho‘ntagini paypasladi. Yon daftarini oldi. Barmoqlarini tupukladi. Daftarini varaqladi. Hali yozib to‘lg‘izmish betini topdi.
Qabrni kunbotar tarafidan keldi. Panjara oldida cho‘nqaydi. Daftarchani panjara orasiga qo‘ydi — daftarcha siljib tushdi. Tag‘in olib qo‘ydi. Daftarcha panjara tirqishida joylashdi.
Botir firqa daftarcha boshida joylashib o‘tirdi. Oyoqlarini ichiga qayirdi. Tizzalariga tirsak tiradi. Kaftlarini ochdi. Kaftlari uzra daftarchaga ko‘z tikdi.
Machitda o‘tirmish mulla qiyofasini oldi.
Qabr boshida oyat o‘qidi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:44:30
So‘zlar Qur’ondan bo‘ldi, ovoz... partiyaviy bo‘ldi! Ovoz... raykomona bo‘ldi! So‘zlar payg‘ambardan bo‘ldi, ohang... partiya s’ezdida so‘zlovchi ohang bo‘ldi. So‘zlar oxiratdan bo‘ldi, ohang... raykom byurosida dag‘dag‘a etuvchi ohang bo‘ldi:
—    Assalamo alaykum ahlad diyori minal mo‘‘mina va muslimiyna va inna inshollohu bikum lohikun.
Antum faratuna va nahnu lakum taba’un...
Ana shu joyda Botir firqa chidab turolmadi. Botir firqani ko‘ngli buzildi. Botir firqani ko‘ngli vayron bo‘ldi.
Botir firqa... ho‘ng-ho‘ng yig‘lab qo‘ya berdi! Botir firqa... o‘kirib-o‘kirib yig‘lab qo‘ya berdi!
—    Uv-uv-uv!.. — deya yig‘ladi.
Ko‘zlarini qo‘llari yuzi bilan artib-artib yig‘ladi. Burunlarini tortib-tortib yig‘ladi. Yuz-ko‘zlarini kostyumi etaklari bilan artib-artib yig‘ladi.
—    Ey xudo, men bir notavon bandangman! — dedi. —
Meniyam... yig‘ishtirib ol! Men g‘arib bandangniyam yig‘ishtirib ol-da qo‘y!
Botir firqa kostyumi yoqalariga yuz-ko‘zlarini artdi. Hiq-hiq eta-eta, peshonasini bilaklariga ko‘ydi. O’pkasini bosolmay — hiq-hiq etdi. Yelkalari silkinib-silkinib — hiq-hiq etdi. Ko‘zlarini yumib... og‘ir tin oldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:44:49
Shunda, chala qolmish oyatni esladi. Tag‘in boshini ko‘tardi. Daftariga qaradi. Kaftlarini duo uchun ochdi. Oyatni davomini o‘qidi.
Oyatlar... sukunatga singib-singib bordi:
—    Nas’alulloha lana va lakamul ofiyata. Ollohum mag‘fir lahum, Ollohu marham hum...
Shu vaqt turli-tuman ovozlar eshitildi. Ovozlar tobora yaqin keldi.
U yelkasi osha qaradi. Kaftlari muallaq ko‘yi qaradi. Ko‘zlarini pirpiratib qaradi.
Orqa tarafda bir-ikkita qora ko‘rindi. Qoralar yaqin-yaqin keldi. Birovini boshida... harbiy kaska bo‘ldi. Birovini boshida... qizil askar telpagi bo‘ldi. Ikkovini-da qo‘lida... miltiq bo‘ldi! Ular... miltiq peshlab-miltiq peshlab keldi!
Botir firqa yuzlarini o‘nglab oldi. Muallaq kaftlariga tikilib qoldi.
«KGB-KGB! — deya o‘yladi. — Bular KGB! Ko‘za kunda sinmaydi, kunida sinadi, deganlari ana shu bo‘ladi. Men o‘rtoq Yagoda qilichlarini aylanib o‘tdim. Men o‘rtoq Yejov o‘qlariga chap berdim. Men Lavrentiy Beriya qamoqlaridan eson-omon o‘tdim. Ana, ana endi qo‘lga tushdim! Nihoyat qo‘llik bo‘ldim».
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:45:06
—    Tur joyingdan, tur!
Botir firqa oldin bir tizza bo‘ldi. Keyin, ikki tizza bo‘ldi. Kaftlarini yerga tiradi. Ohista qo‘zg‘oldi. Yelkalarini qisib, turdi. G’aribona turdi.
—    Qo‘lingni ko‘tar!
Botir firqa qo‘llarini ohista ko‘tardi. Yelkalari osha qo‘tardi. Boshp uzra ko‘tardi.
—    Qimirlama, otib tashlayman!
Botir firqa qotib qoldi. Raykom To‘raqulovni siymosiga qarab qotdi. Ikki ko‘zi To‘raqulovni siymosida bo‘ldi, bor es-hushi orqa tarafda bo‘ldi.
«Men bu yerda oyat o‘qiyotganimni KGB qaerdan bildi ekan? — dedi. — Aytmoqchi, tosh bitikchi! Padarla’nat tosh bitikchi! Demak, tosh bitikchi KGBni agenti ekan! Tosh bitikchini ejakilab-ejakilab gap kovlashidan bilib edim. Bir gapi bor, deb o‘ylab edim. Aniq, tosh bitikchi KGBni agenti, aniq! Endi nima bo‘ladi?»
—    Pix-pix-pix!
—    Paq-paq-paq!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:45:19
Botir firqani yonidan birovi chopib o‘tdi. Izidan ikkinchisi quvib o‘tdi.
Birovini boshida harbiy kaska-tovoq bo‘ldi. Birovini boshida harbiy telpak — choynakxalta bo‘ldi. Qo‘llarida miltiq — shoxcho‘p bo‘ldi.
Bolalar... urush-urush o‘ynadi!
Botir firqa... hammomdan chiqmishday yengil bo‘ldi. Botir firqa... yelkasidan bir qop unni tashlamishday yengil bo‘ldi.
Qo‘llarini ohista-ohista tushirdi. Bolalarni ketidan qarab-qarab qoldi.
«Turq-tarovatidan... qayta quruvchi demokratlarni bolasi! — o‘yladi Botir firqa. — Shunday, tana buzoqni turqi tuqqanidan tamg‘a!»
—    T-fu! Itdan bo‘lgan qurbonlikka yaramaslar! — dedi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:46:33
69


Bir inson tavalludi nishonlanar bo‘lsa... xalq yubilyarni ko‘klarga ko‘tarib maqtaydi. Yubilyarni xizmatlarini ulug‘laydi. Savob ishlarini barmoq bilan sanab beradi. Yubilyarga... haykal qo‘yadi!
Ana shu zot bandachilik etsa... hayhot, marhum erta ketdi, deydi. Hayhot, marhumni ko‘p ishlari chala qoldi, deydi.
«Bilaman, men haqimda-da shunday deydi, — o‘yladi Botir firqa. — Xo‘sh, qaysi ishim chala qoldi? Uzi, keksalik... bir umrlik mehnat samarasi, demak. Keksalik... bir umrlik azob-uqubat, demak. Keksalik... bir umrlik g‘am-anduh demak. Shu bois, keksa odam... haminqadar e’zozga loyiq. Haminqadar marhamatga loyiq. Boisi, keksa odam... yashamaydi, yashamaydi! Keksa odam... so‘nggi marosimiga hozirlik ko‘radi. Keksa odam... dafn marosimini poylaydi! Dafn marosimini... uzi-kib-uzikib poylaydi...»
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:47:50
70


«Bu safar dangal gaplashaman, — dedi Botir firqa. — O’ziyam, tosh bitikchi bilmagan balo yo‘q ekan. Shundan bir ish chiqadi. Hind choyni ko‘rsa, tag‘in-da ochilib gaplashadi».
Botir firqa tokchadan bir yumaloq hind choy oldi. Kampiriga bildirmay, kostyum cho‘ntakka soldi.
Baxmal shlyapani boshga qo‘ndirdi.
—    Fotihaga borish inson uchun ham qarz, ham farz! — dedi.
—    Fotihali joy bor edimi? Aylanay, rais bovamdan, aylanay...
U xayollar og‘ushida marhumlar shahriga kirib keldi.
Kulba ochiq bo‘ldi. Ammo tosh bitikchi yo‘q bo‘ldi. Vaziyatdan, tosh bitikchi shu tevarakda yurmish bo‘ldi.
Botir firqa tosh bitikchi kelgunicha marhumlar shahrini sayr etdi. Qo‘llarini orqasiga qo‘yib sayr etdi. To‘xtab-to‘xtab sayr etdi. Favqulodda... tosh bitikchini oldidan chiqib qoldi!
Tosh bitikchi bir qabr panjarasini tuzatar bo‘ldi. Panjarani ding-ding urib ko‘rsatdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:48:05
—    Manavini qarang, otaxon, — dedi. — Shunday temirni mayishtirib ketibdi-ya! Yosh boladan hech balo qolmaydi-ya!
—    Yosh bola, yosh bola-da, — dedi Botir firqa.
—    Boshqa narsa quriganday, shu panjarani mayishtirib olib, qilichbozlik o‘ynaydi-ya! Birovini qulog‘idan cho‘zib, panjara ichidagi qabrni ko‘rsatdim.
Manavi nima, dedim. Anavi suratdagi odamni hovlisi, deydi!  Unda,  birovni hovlisida o‘ynama,  bor, o‘zingni hovlingga o‘yna, dedim.
—    Binoyi qilibsiz, xo‘p binoyi qilibsiz.
Botir firqa shunday deya, panjara oldi skameykaga cho‘kdi.
Tosh bitikchi panjarani tuzatib bo‘ldi. Asbob-anjomlarini xaltaga soldi. Botir firqani yonidan joy oldi. Nafasini rostladi.
—    Ha-a, keling, otaxon? — dedi. — Olamda nima gaplar, endi?
—    Olam tinch-osoyishta. Shu, qayta quruvchilar baqirib-chaqirib yuribdi, xolos.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:50:49
—    Men qayta quruvchilardan qo‘rqmayman, otaxon. Qayta quruvchilar meni ishdan bo‘shatolmaydi. Men ishsiz qolmayman. Chunki odam bor — o‘lim bor. O’lim bor — men bor! O’limni ishi — mensiz bitmaydi.
—    Ishqilib, qayta quruvchilar hammani haydayapti.
—    O’zbek o‘zagini qirqadi, otaxon, o‘zbek o‘zagini qirqadi!
—    Shu bois, ishdan hayda-hayda, shtat qisqarishlar avj olyapti.
—    Men shtat qisqarishlardan ham qo‘rqmayman. Yuzlab ish joylar taqa-taq yopilib qoladi. Ammo... o‘lim ishi taqa-taq yopilmaydi! Dunyoda hamma shtat qisqaradi. Ammo... o‘lim qisqarmaydi! Dunyoda hamma narsa tamom bo‘ladi. Ammo o‘lim tamom bo‘lmaydi! O’lim mangu yashaydi! O’lim barcha tuzumlar uchun abadiydir! Yashasin, o‘lim!
—    Shunday, ishingiz zo‘r, kasbingiz noyob kasb, shunday.
—    Ha-da, ha!. Men noyob odamman, otaxon, noyob! Ish joyim ham noyob. Mana ish joyim — shahrimizda barcha sharoit muhayyo. Shahrimizda... jondan boshqa narsa bor! Shahrimizda faqat... jon yo‘q, jon!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:53:00
Botir firqa ana shunda maqsadga o‘tar bo‘ldi. Maqsadini aytish uchun so‘z izladi. Partiyaviy so‘z izladi. Ilmiy so‘z izladi. Xalqona so‘z izladi.
Oxiri, meditsina so‘zida bir to‘xtamga keldi.
—    Shu, suitsid... suitsid... — dedi.
—    Kim-kim?
—    Suitsid, deyman...
—    U kim?
—    Suitsid... mana shu shaharga o‘z ixtiyori bilan tashrif buyurish, demak.
—    Ha-a, o‘z joniga o‘zi qasd qilish, deng! Tinchlikmi, otaxon?
—    Tinchlik-tinchlik. Shu, bittasi bor. Shuni hayotida suitsid sodir bo‘lmasa edi, deb qo‘rqaman.
—    Esi joyidami, o‘zi?
—    Joyida, esi joyida. Aql-zakovat bobida... ul zotga teng kam topiladi! Yuksak intellektual, shunday, yuksak intellektual!
—    Unda, nega... haligidaqa holatga tushadi?
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:53:10
Botir firqa... yarasini yordi! Madda olib ketmish yarasini yordi:
—    Odamga alam qilar ekan, uka. Qariyb bir asr mobaynida o‘rtoq Lenin dohiy, dedilar. O’rtoq Lenin ulug‘, dedilar. Shunday deb o‘qitdilar, shunday deb tarbiya berdilar. Endi, birdan... Lenin jallod, Lenin fashist, deb boshladi! Sovet tuzumi bir asr mobaynida hur zamon bo‘lib keldi, to‘kin-sochin zamon bo‘lib keldi. Endi, birdan... Sovet tuzumi qamoqxona, deb boshladi! Sovet tuzumi do‘zax, deb boshladi! Ideal qolmadi, uka, ideal qolmadi! Idealsiz yashab bo‘lmaydi, uka, idealsiz yashab bo‘lmaydi! Idealsiz hayot — hayot emas, uka. Mana, idealsizlik okibati — sovet xalqi bir-birini itday talab boshladi. Sovet xalqi bir-birini jallodday otib boshladi!
—    Tuzum almashyapti, otaxon, tuzum almashyapti. Tuzum almashish davri eng yomon davr emish. Tuzum almashish davri urush davri bilan baravar emish.
—    Ammo-lekin odamga alam qiladi-da, uka. Gazetalarni ochib qaraysiz: urush qatnashchisi yo mehnat veterani qazo qilgan bo‘ladi. Bechoralar, qayta quruvchilarni dag‘dag‘asiga yuraklari bardosh berolmay... olamdan o‘tmoqda!
—    Bo‘laman degan el bir-birini botirim, deydi, bo‘lmayman degan el bir-birini etini yeydi!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:55:05
—    Buyog‘i qimmatchilik. Go‘sht qimmat, dori-darmon undan-da qimmat. Pensiya pul dori-darmonga yetmaydi. Vaholanki, keksa odam dori-darmon bilan tirik. Pensiya... arpaga upoq bo‘lmaydi! Oqibat, keksalar birin-ketin ketyapti. Gazetani eng so‘nggi chetida — qora ramkaga o‘ralib-o‘ralib ketyapti. Ana o‘sha qora ramkaga o‘rog‘liklar — urush va mehnat veteranlari. Mana shu XX asrni yaratgan zotlar! XX asrni qurgan zotlar! Bu zotlar urushda polk-polk bo‘lib jon berdi. Armiya-armiya bo‘lib jon berdi. Endi esa... bitta-bitta bo‘lib ketyapti! Yakka-yolg‘iz bo‘lib ketyapti! Eni barmoqdaygina ramka ichida ketyapti! To‘rttagina ramka ichida ketyapti! Bechoralarni qetayotganini birov bilyapti, birov bilmay qolyapti. XX asrni yaratgan zotlarni qadri shu bo‘ldimi? Bilsam, ta’ziyanoma berish uchun — gazetaga yaxshigina pul to‘lash kerak ekan. Arpaga upoq bo‘lmas... pensiya qaysi biriga bo‘ladi? Hademay, urush va mehnat veteranlaridan faqat xotira qoladi, xolos. Hali, shu xotira qolsa! Zamon shunday ketsa, XX asrni bino etgan zotlardan xotira-da qolmaydi...
—    O’z joniga o‘zi qasd qiluvchilar yomon odam bo‘lmaydi, deyishadi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:55:30
—    Bo‘lmasam-chi, uka, bo‘lmasam-chi! Suitsidlar dono odam bo‘ladi, uka, suitsidlar halol odam bo‘ladi! Erazm Rotterdamskiy: faqat mutafakkir zotlargina o‘z joniga o‘zi qasd qila oladi, deb edi!
—    Sovet davrida o‘z joniga o‘zi qasd qilish juda ko‘p bo‘lar edi. Birov o‘zini osar edi, birov o‘zini tomdan tashlar edi. Tag‘in birov yo‘g‘on tomirini kesar edi, uksus ichar edi. Bir inson nima uchun o‘z joniga o‘zi qasd qilgani bilan sovet rahbarlari shug‘ullanmas edi. Shug‘ullansa ham... bechora marhumni o‘zini ayblashar edi.
—    O’zimiz ham... bundan mustasno emasmiz, uka.
—    O’zingiz ham?
—    Beayb parvardigor, deydilar, uka. Sovet davrida... biz kommunizm quramiz, bizda suitsid bo‘lishi mumkin emas, deb keldik. Shu bilan suitsidga barham berdikmi? Aksincha, o‘z joniga qasd qiluvchilar soni yil sayin ko‘paydi. Har yili minglab inson o‘z joniga o‘zi qasd qildi. Biz bu holatni sovet turmush tarziga zid, deb baholadik. Suitsid hollarni bekitib keldik. Mabodo oshkor bo‘lib qolsa, o‘sha suitsidchini... o‘zini aybladik! O’z joniga o‘zi qasd qiluvchilarni... badnom qildik! Chunki eng yaxshi guvoh — o‘lik guvoh, deydilar. Ko‘zi yumuq inson sukut saqlab yotaveradi. Ko‘zi ochiq insonlar esa mazza qilib yashayveradi. Bo‘lmasa, bittagina ko‘zi yumuq inson uchun o‘nlab rahbar hayfsan oladi, partiyadan o‘chadi, ishdan haydaladi. Vaholanki, sovet sud-jamoat kodeksida: «Insonni o‘z joniga qasd qilishiga olib kelganlar besh yil muddatgacha jinoiy javobgarlikka tortiladi», deyilgan. Men haligacha biror rahbarni ana shu modda bilan javobgarlikka tortilganini eslay olmayman.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:57:43
—    Unda, siz ham chatoq ekansiz, otaxon.
—    Beayb parvardigor, uka, beayb parvardigor.
—    Unda, siz bilan muloqotda bo‘lish xavfli ekan...
—    Iya, unday demang, uka, unday demang.
Botir firqa dovdirab qoldi. Joyidan lik etib turdi.
Apil-tapil o‘ng cho‘ntagini kovladi. Chap cho‘ntagini kovladi. Shoshib, hind choyni oldi.
Tezlik bilan tosh bitikchini kaftiga qo‘ydi. Tosh bitikchini barmoqlarini yumib, choyni ushlatdi.
—    Mana, uka, mana. Haqimizga duo qilib ichasiz, deb olib keldim.
—    Bu, xind choymi?
—    Shunday, yaxshi choy, shunday.
—    Nima qilardingiz, otaxon, o‘zingiz ichsangiz bo‘lardi?
—    Endi, siz el-yurtni savob ishlarini qilyapsiz, uka. El-yurt xizmatini qilyapsiz. Shu bois, ko‘ngildan chiqarib olib keldim.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:57:58
—    Rahmat, rahmat. Ilohi omin, umringizga umr qo‘shilsin, Olloh-akbar! Men sizga aytsam, otaxon, bandachilik — xudoyi taoloning dargohiga mehmon bo‘lib borish, demaqdir. Marhumlar shahriga sayyoh bo‘lib borish, demakdir. Shunday ekan, inson mehmon bo‘lish uchun shoshilmasligi kerak. Mehmon bo‘lishni erta-kechi bo‘lmaydi. Qolaversa, o‘z joniga o‘zi qasd qilishni yomon tomonlari ko‘p. Avvalambor, o‘z joniga o‘zi qasd qilish — xudo oldida jinoyat qilish, demakdir. Ma’lumki, bandasiga issiq jonni xudoyim taolo ato etadi. Ol, qulim, deydi! Issiq jon — eng noyob bisotdir. Issiq jon — eng shirin ne’matdir. O’z joniga o‘zi qasd qilish — xudoyim taoloni noyob mulkiga qasd qilish, demakdir! O’z joniga o‘zi qasd qilish — xudoyim taoloni ne’matiga qasd qilish, demaqdir! Shu bois, o‘z joniga o‘zi qasd qilish — xudoga qo‘l ko‘tarish, demakdir! Albatta, xudoyim taolo bunday bandalarini la’natlaydi. Ey inson, sen mening bandam emassan, deya la’natlaydi. Shu bois, o‘z joniga o‘zi qasd etgan bandasini... yuvmay ko‘mishni buyuradi!
—    Nima qiladi-nima qiladi?
—    O’z jonini o‘zi olgan insonni... yuvmaydilar. Marhumni tobutga solishdan oldin... yuvib-chaymaydilar.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:58:11
Botir firqa seskandi. Badanlari uvishdi. Ko‘zlari pirpiradi. Ko‘zoynagi ustidan olayib-olayib qaradi.
—    Bir inson-a? — deya hayratlandi. — O’z ixtiyori bilan tarki dunyo etayotgan inson-a...
—    Xudoyim taolo: bu mening bandam emas, la’natini yuvib-chaymasdan... ko‘mib tashlanglar, deydi. Sadqai inson nomi ketsin, deydi. Haromlayin... haromlayin ko‘mib tashlanglar, deydi.
—    Insonni yuvmasdan ko‘mish? Inson... mol emas-ku?
—    Bandasiyam emas-da? Bandasiyam emas ekanki... o‘z joniga o‘zi qasd qiladi!
—    Inson-a, bir inson-a...
—    Xudoyim taolo o‘z joniga o‘zi qasd qilganlar uchun... janoza ham buyurmaydi, janoza! Suf senga janoza, suf, deydi!
—    A-a?! U-uh! U-u-u...
Botir firqa... hir-hir tovush chiqardi. Pish-pish nido chiqardi. Shir-shir hushtak chiqardi.
Ammo... tili aylanmadi! Tili kalimaga kelmadi. Bir so‘z-da aytolmadi.
Beixtiyor-beixtiyor joyidan qo‘zg‘oldi. Qo‘llarini yon cho‘ntaklariga soldi. Marhumlar shahriga qarab serrayib qoldi. Marhumlar shahriga qarab qotib qoldi...
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:58:22
Botir firqa seskandi. Badanlari uvishdi. Ko‘zlari pirpiradi. Ko‘zoynagi ustidan olayib-olayib qaradi.
—    Bir inson-a? — deya hayratlandi. — O’z ixtiyori bilan tarki dunyo etayotgan inson-a...
—    Xudoyim taolo: bu mening bandam emas, la’natini yuvib-chaymasdan... ko‘mib tashlanglar, deydi. Sadqai inson nomi ketsin, deydi. Haromlayin... haromlayin ko‘mib tashlanglar, deydi.
—    Insonni yuvmasdan ko‘mish? Inson... mol emas-ku?
—    Bandasiyam emas-da? Bandasiyam emas ekanki... o‘z joniga o‘zi qasd qiladi!
—    Inson-a, bir inson-a...
—    Xudoyim taolo o‘z joniga o‘zi qasd qilganlar uchun... janoza ham buyurmaydi, janoza! Suf senga janoza, suf, deydi!
—    A-a?! U-uh! U-u-u...
Botir firqa... hir-hir tovush chiqardi. Pish-pish nido chiqardi. Shir-shir hushtak chiqardi.
Ammo... tili aylanmadi! Tili kalimaga kelmadi. Bir so‘z-da aytolmadi.
Beixtiyor-beixtiyor joyidan qo‘zg‘oldi. Qo‘llarini yon cho‘ntaklariga soldi. Marhumlar shahriga qarab serrayib qoldi. Marhumlar shahriga qarab qotib qoldi...
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:58:37
Botir firqa ana shularni... bilmas edi! Dafn urf-odatlari barcha mo‘min-musulmonlar uchun bir xil, deya o‘ylar edi. Marhumlar bir xil rasm-rusumda dafn etiladi, deya o‘ylar edi. Marhummi, bo‘ldi — ko‘p qatori dafn etiladi, deya o‘ylar edi.
—    Birdan turib ketdingiz, otaxon?
Botir firqa tosh bitikchini ovozidan o‘ziga keldi. Sergak bo‘lib, tevarak-boshiga qaradi.
—    A? Oyoqlarim uyushib qoldi, uka, oyoklarim! — dedi.
—    Ha-a, meniyam oyoqlarim qotib qoldi. Xo‘p, otaxon, men endi boray. Meni yo‘qlayottan bo‘lishlari mumkin. Botir bo‘ling: o‘zbek — o‘zagini qirqadi! Bo‘laman degan el bir-birini botirim, deydi, bo‘lmayman degan el bir-birini etini yeydi! Keling, keladigan joyingiz!   
—    Kelaman, albatta kelaman!
—    Xudoyim taolo quyoshni ziyo, oyni nur qilib yaratgan, otaxon. Emishki, xudoyim taolo odamzotni zuvalasini loydan pishitib bo‘lgach... odamzot ustidan atigi bir kun... bir kungina quvonch yomg‘irini yog‘diribdi! Keyin, odamzot ustidan... qirq kun, ha-ha, qirq kun... g‘am selini yog‘diribdi! Ana shu g‘am seliga bardosh berish... bandasi uchun ham qarz, ham farz, otaxon!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:59:40
71


Qabriston darvozasidan... bir soya chiqib keldi. Shunday, bir soya chiqib keldi.
Soyada hayot alomati bo‘lmadi. Jon alomati bo‘lmadi. Yuzlarida rang bo‘lmadi. Ko‘zlarida nur bo‘lmadi.
Soya... siljib-siljib qimirladi. Shunday, soya siljidi, soya qimirladi.
Boisi, soya tor-tor qadam bosdi. Ohista-ohista qadami bosdi. Oqibat, oyoqlari ko‘rinmadi. Qadamlari bilinmadi.
Shu bois, soya yuryaptimi yo siljiyaptimi, bilinmadi. Yuryaptimi yo qimirlayaptimi, bilinmadi.
Soya quloch otmadi. Soya qo‘l kimirlatmadi. Qo‘llarini yonlariga bosdi.
Soya bosh ko‘tarmadi. Yuzlarini ko‘ksiga egdi. Iyaklarini yoqasiga bosdi. Ko‘zlarini tuflisiga tiqdi.
Soya birdan... siljimay qoldi. Joyida turdi-turdi — yo‘l cheti skameykaga cho‘kdi.
Soya  —  Botir firqa bo‘ldi.  Kommunist Esonov bo‘ldi.
U ohista chapiga — marhumlar shahriga qaradi. O’ngiga — tiriklar shahriga qaradi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 00:59:56
U marhumlar shahri bilan tiriklar shahri o‘rtasida o‘tirdi. Muztar bo‘lib qoldi. Mushtipar ham notavon bo‘lib o‘tirdi.
O’tirdi-o‘tirdi... unsiz-unsiz yig‘ladi. Peshonasini ushlab-ushlab yig‘ladi.
«Nima kunlarga qoldim-a? — deya yig‘ladi. — Bu qanday zamon bo‘ldi? Qariyb bir asr mehnat qildim. Bir umr ter to‘kdim. Bir umr el-yurt xizmatini qildim. Men uchun mehnat shon-sharaf bo‘ldi. Men uchun mehnat g‘urur ham faxr bo‘ldi. Men hayotni mehnat deb bildim. Men yashashni mehnat deb bildim. Men yaratdim, men bino etdim. Mana shu XX asrni... men yaratdim, men!
Ana shunday zot ketsa — men o‘lsam, meni... yuvmaydilar, yuvmaydilar! Harom o‘lgan mol misol ko‘mib tashlaydilar! Sassiq masliq misol ko‘mib tashlaydilar!
Menday bir zot o‘lsa... Menga... janoza o‘qimaydilar, janoza o‘qimaydilar! Oyog‘imdan sudrab... ko‘mib tashlaydilar! Nom-nishonsiz ko‘mib tashlaydilar. Oting nima demay, ko‘mib tashlaydilar. Itmisan-eshakmisan demay... ko‘mib tashlaydilar!
Demak, shariat bo‘yicha... o‘lib bo‘lmaydi! Urf-odatlar bilan o‘lib bo‘lmaydi. Eskichasiga o‘lib bo‘lmaydi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 01:00:07
Men chin kommunistman. Leninchi kommunistman. Men el-yurtga partiyaviy nazar bilan mehnat qildim. Men el-yurtga marksizm-leninizm g‘oyalari bilan xizmat qildim. Bir so‘z bilan aytsak, men mehnat qildim, mehnat!
Men bola-baqram demadim — jamiyatim, dedim. Men bola-baqram uchun mehnat qilmadim — jamiyatim uchun mehnat qildim. Bir so‘z bilan aytsak, sovet jamiyati bor bo‘lsin, dedim. Kommunistik jamiyat bor bo‘lsin, dedim.
Shunday bir otashin kommunist hayotdan ko‘z yumsa... Shunday bir sodiq leninchini yuragi urishdan to‘xtasa...
Tobutim tepasida... harbiy orkestr motam marshi chalmaydi! Komsomollar orden-medallarim to‘la baxmal yostiqchalarni ko‘z-ko‘z etib o‘tmaydi. Kommunistlar tobutim ketidan gulchambarlar ko‘tarib yurmaydi. Partiya-sovet arboblari bilaklariga qora lentalar taqib, tobutim boshida faxriy qorovulliqda turmaydi.
Yemondan-yomoni... partiya-sovet arboblari qabrim boshida: «U asl kommunist edi», deya otashin nutqlar so‘zlamaydi!
Demak, kommunistchasiga-da... o‘lib bo‘lmaydi! Partiyaviy o‘lib bo‘lmaydi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 01:01:52
Bir so‘z bilan aytsak, eskichasiga-da o‘lib bo‘lmay-di, yangichasiga-da o‘lib bo‘lmaydi!»
Botir firqa unsiz-unsiz yig‘ladi. Og‘iz-burnini kafti bilan artib-artib yig‘ladi. Kaftiga yo‘talib-yo‘talib yig‘ladi. Kaftiga o‘ksib-o‘ksib yig‘ladi.
«Chin, men kommunistman, kommunist. Ammo-lekin men ham odamman, odam. Men jannat bilan do‘zaxga ishonaman. Ko‘plar hamma go‘r — bir go‘r, deydi. Yo‘q, hamma go‘r — bir go‘r emas, yo‘q! Go‘r bilan go‘rni farqi bor. Aytaylik, bir inson dunyodan ko‘z yumadi. Uni olib borib qabrga ko‘madilar. Bo‘ldi, shu bilan u zotni unutadilar, otini atamaydilar. Boisi, u zot bu dunyosida birorta ezgulik yaratmagan bo‘ladi. Biror nima qurmagan bo‘ladi. Birorta bog‘ yaratmagan bo‘ladi. Shu bois, u zotni nomi zim-ziyo yo‘qoladi. Bir so‘z bilan aytsak, u zotni... bu dunyosi yo‘qoladi! U dunyosi esa... do‘zax bo‘ladi! Go‘ri go‘r emas — o‘ra bo‘ladi! Go‘ri go‘r emas — do‘zax bo‘ladi! Mazkur o‘rada odamzot yotibdi yo masliq yotibdimi — el-yurtni ishi bo‘lmaydi. Do‘zax — ana shu go‘r!
O’zi, bu dunyo ajab dunyo ekan. Odam o‘zini do‘zaxi yo jannatiligini bilishi uchun... o‘lishi kerak ekan, o‘lishi!
Masalan, Sharof Rashidov hayotligida jannati mehnat qildi, jannati yaratuvchilik qildi, jannati ishlar qildi. Sharof Rashidov... cho‘l-biyobonlarni bog‘-bo‘ston etdi. Shahar-qishloqlar yaratdi. Zilziladan keyin Toshkentni qayta qurdi. O’zbek xalqi nomini jahonga yoydi. Toshkentda metro qurdi...
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 01:02:05
Ammo-lekin o‘rtoq Rashidov o‘zini jannati zot ekanini bilmay o‘tdi. O’zgalar-da... bilib-bilmaslikka oldi!
O’lim... Sharof Rashidov jannati zot ekanini tasdiqladi!
Bu dunyodan Sharof Rashidov o‘tdi — demak, bu dunyodan hamma o‘tadi!
Mana, men yaratdim, men bino etdim. Endi, bemalol oyoq uzatsam bo‘ladi. Ammo-lekin qayta quruvchilar qanday qilib... o‘ladi? Demokratlar qaysi yuz bilan o‘ladi? Shariatpeshvo mullavachchalar bilan yuvuqsiz otinchalar qaysi imon bilan o‘ladi? Qaysi shon-sharaf bilan o‘ladi?
Qayta quruvchi mullavachchalarni ko‘mib... odam o‘lishini-da bilmaydi, qolishini-da bilmaydi! O’lay desang... qayta quruvchi mullavachcha-otinchalarga bu dunyoni tashlab ketib bo‘lmaydi. Qolay desang... iroda bardosh bermaydi.
Mayli, bir jon bo‘lsa — beraman! Bir jon — boshdan sadaqa!
Ammo-lekin qaysi g‘oya uchun jon beraman? Men bir umr g‘oya deb yashadim. G’oya deb mehnat qildim. G’oya deb peshona teri to‘kdim.
Men bir umr g‘oya deb ezildim. G’oya deb azob chekdim. G’oya deb... jon olib-jon berdim!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 01:02:17
Boisi, kommunist uchun g‘oya — birlamchidir, birlamchi!
Shunday ekan, men qaysi g‘oya uchun jon beraman? Shunday aziz jonimni qaysi g‘oya uchun sadaqa etaman? Meni jonim uncha-muncha jonlardan emas. Kimsan — Botir firqani joni! Kommunist Esonovni joni! Ko‘chada qolgan jon yo‘q!»
Botir firqa oyoqlari ostidan bir siqim tuproq oldi. Tuproqni kaftida yoyib ko‘rdi. Ko‘zlari oldiga olib kelib ko‘rdi. Hidlab-hidlab ko‘rdi. Dimog‘ida... yer hidini tuyib-tuyib o‘yladi...
«Mana, odamzotni otasi. Mana, odamzotni onasi. Mana, odamzotni beshigi! Dunyodan necha-necha jamiyatlar o‘tdi — faqat yer qoldi. Necha-necha partiyalar o‘tdi — faqat yer qoldi. Necha-necha siyosatlar o‘tdi — faqat yer qoldi.
Demak, bu dunyoda-da, u dunyoda-da... yerdan boshqasi bekor ekan!
Biz ana shu yerdan yaraldik. Biz ana shu yerdan odam bo‘ldik.
Aytaylik, ona o‘z bolasini tuproq yerga qo‘yib yuboradi. Yalang oyoq qo‘yib yuboradi. Bola yer changitib o‘ynaydi. Holdan toyguncha o‘ynaydi. Madori quriguncha o‘ynaydi... Keyin, ona bolasini yana qaytib o‘z bag‘riga oladi. Ona bolasini yana qaytib o‘z ko‘ksiga bosadi...
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 01:02:28
Yer ana shu ona misol. Inson ana shu bola misol. Insonni o‘tmishi-da yer, insonni kelajagi-da yer.
Ana, meni-da onam keldi. Onam: kuning qaytdi, deyapti. Ketar vaqting bo‘ldi, deyapti. Kuning to‘ldi, deyapti...
Shunday, ketar vaktim bo‘ldi. Shunday, kunim to‘ldi. Yashashdan mazmun qolmadi. Yashashdan maqsad qolmadi. Boisi, el-yurtga foydam tegmay qoldi. El-yurt xizmatiga yaramay qoldim. El-yurtga yaxshilik qilish qo‘limdan kelmay qoldi. Oqibat, el-yurtga kerak bo‘lmay qoldim. El-yurtga kerak bo‘lmaslik — juda yomon!
Odamzotni ibtidosi-da g‘oyibda bo‘ladi, intihosi-da g‘oyibda bo‘ladi. G’oyibdan yo‘lga chiqib, mana, yana g‘oyibga ketdik.
Endi, fanodan baqoga rixlat etamiz. Endi, ruhimiz tanamizdan ajraladi. Foniy duneda poklanmish ruhimiz farishtalar hamrohligida Olloh taolo makoniga safar etadi. Ruhimiz noklana olmasa — farishtalar tazyiqida azob chekamiz.
Mana, men poklana olmadim. Boisi, qanday poklanishni bilmadim. Shu bois, farishtalar iskanjasida azobdaman!
Hayot misol bir bog‘ bo‘ladi. Bog‘da daraxt mo‘l bo‘ladi. Gul mo‘l bo‘ladi. Ana shu bog‘ni sara muattar guli — odamzot bo‘ladi. Serhosil daraxti — odamzot bo‘ladi. Odamzotda daraxt misol urug‘dan unadi. Niholdan o‘sadi. Daraxt bo‘lib yetiladi. Meva tugadi. El-yurtga meva pishirib beradi. Nihoyat, kuni bitadi. Oyog‘i yerdan uziladi. Boqiylik sari ravona bo‘ladi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 01:02:38
Yaratganni o‘zi odamzotga jon ato etadi. Jon odamzotni oldin halqumiga kiradi.   Keyin,  ko‘zlariga kiradi. Undan keyin, tanani boshqa joylariga kiradi. Jon eng oxirida odamzotni... oyoqlariga kiradi. Shu boisdan-da, odamzotni joni eng oldin... oyoqdan uziladi. Keyin, tanani boshqa joylaridan jon uziladi.
Odamzot qachon jon byoradi? Qachon ko‘z yumadi? Odamzot ayni kuch-quvvatga to‘lib, jon bermaydi. Odamzot ayni pishib, yetilib ko‘z yummaydi.
Odamzot... jisman ishlab bo‘lib jon beradi. Odamzot... ruhan mehnat qilib bo‘lib ko‘z yumadi. Odamzot... qalban ham jisman horib-tolib jon taslim etadi.
Mana, men qalban qaridim. Men jisman tolidim. Safarim qaridi, safarim qaridi!
Biz... o‘lishdan qo‘rqamiz! O’lik so‘zidan qo‘rqamiz. Tobut so‘zidan qo‘rqamiz. Marhum so‘zidan qo‘rqamiz. Qalbimiz muzlab qoladi. Tilimiz aylanmay qoladi. Boshimiz egilib, yelkalarimiz cho‘kib qoladi. Bir kun emas, bir kun... o‘laman, deya qo‘rqamiz.
Biz... o‘lishni bilmaymiz, o‘lishni bilmaymiz!
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 01:02:52
Shu bois, ko‘p odam... o‘lishdan qo‘rqqanidan... o‘lib qoladi! Shunday, o‘lishdan qo‘rqqanidan o‘lib qoladi. Uh, ana o‘ldim-mana o‘ldim, deya o‘z o‘limini o‘zi tezlatadi. O’lim dahshatidan qo‘rqib — o‘z jonini apil-tapil topshirib qo‘yadi.
Aslida, tabiiy o‘lim... tong vaqti keladi, tong vaqti! Boisi, odamzot tuni bilan tiniqadi. Tuni bilan huzur oladi. Tuni bilan rohatlanadi.
Nihoyat, tong vaqti so‘nggi bor... iroda bilan entikadi. So‘nggi bor... ozod ham og‘ir entikadi.
Shunday, o‘lim haq, shunday... Shunday ekan, xudo men bechoraga-da rahm etsa edi. Xudo men bandasini-da o‘z rahmatiga olsa edi!
Olmaydi, xudo meni o‘z rahmatiga olmaydi! Xudo meni gapimga... quloq-da solmaydi!
Boisi, men umrimda xudoni otini atamay yashadim. Men umrim mobaynida xudoga tosh otib yashadim. Men umrim davomida xudoga shak keltirib yashadim!
Shunday ekan, xudo meni... itmisan-eshakmisan, demaydi!»
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 01:09:34
72


Marhumlar shahri... jimjit bo‘ldi. Jon alomati bo‘lmadi. Hayot nafasi bo‘lmadi.
Marhumlar shahridan... motam nafasi ufurdi.
Tiriklar shahri... hayqirib turdi! Ashula aytib turdi. Xanda otib turdi.
Tiriklar shahridan... palov hidi anqidi. Kabob hidi anqidi.
O’rtada... Botir firqa bo‘ldi. Kommunist Esonov bo‘ldi.
Osmon yiroq, yer qattiq bo‘ldi!
U tiriklar shahriga qarab o‘yladi. U marhumlar shahriga qarab o‘yladi. U osmonga qarab o‘yladi.
«Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi! Bu dunyoda yashab bo‘ladi. Shu boisdan-da, bu dunyo otini hayot, deydi. Hayot — yashash, demak, quyosh — yashash, demak.
U dunyoda... o‘lsa bo‘ldi! U dunyoda quyosh yo‘q.
U dunyoda suv yo‘q. U dunyoda non yo‘q. Shu bois, u dunyoda yaratib bo‘lmaydi. U dunyoda ekin ekib bo‘lmaydi.
U dunyoda... KPSS yo‘q, KPSS yo‘q! U dunyoda sotsializm qurib bo‘lmaydi!. U dunyoda kommunizm qurib bo‘lmaydi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 01:09:46
U dunyoda... orden-medal yo‘q, orden-medal yo‘q! Qo‘sha-qo‘sha unvonlar yo‘q.
U dunyoda... gimn aytib bo‘lmaydi! U dunyoda «Internatsional» aytib bo‘lmaydi!
U dunyoda... pensiya bermaydi! U dunyoda pensiya yo‘q!
U dunyoda... kampiri nozik ta’b bilan boqmaydi. Silab-siypalamaydi. Saranjom-sarishtalamaydi.
Shu bois, u dunyoda o‘lsa bo‘ladi! U dunyoda oyoq uzatib yotsa bo‘ladi! Ko‘z yumib yotsa bo‘ladi!
Bu dunyoda esa... yashasa bo‘ladi! Bu dunyo — yashash uchundir! Sen yashaguvchi dunyoga kelding. Sen hayot zavqini totuvchi dunyoga keling. Sen umr gashtini suruvchi dunyoga kelding.
Bu dunyoga keddingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Alp-alp odim otib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!
Bu dunyoga keldingmi? Endi chida! Dunyo — chidagan-niki! Oxirigacha chida, xudo bergan kungacha chida!»
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 01:15:17
73


U tushlik uyquda yotdi, g‘arq uyquda yotdi.
Uyqusida telefon jiring etdi. Uzun jiring etdi.
Botir firqa jiringni eshitib, yotdi. Ko‘zlarini ochib yotdi. Shiftga tikilib yotdi. Turay deya hafsala etmadi.
«Telefon ayvonda, — dedi. — Ayvonga borish uchun kim qancha yo‘l? Divandan turish kerak. Ust-boshni kiyish kerak. Uyquxonadan yo‘l bosib o‘tish kerak. Ayvon eshigini ochish kerak. Zinapoyadan tushish kerak. Ana undan keyin telefonni ko‘tarish kerak. Kim qancha yo‘l, kim qancha azob».
Telefon betinim jiring etdi. Yotish uchun qo‘ymadi.
Botir firqa inqillab qo‘zg‘oldi. Esnab kerildi. Uyquchil kiyindi.
«Padarla’nat, bunday telefonni! — dedi. Ovozi qayta quruvchi demokratlarni ovoziga o‘xshaydi-ya? Bilmayman, telefonlar ham qayta quruvchi demokrat bo‘lib qoldimi?»
Botir firqa imilladi-imilladi — telefonni oldi.
Telefon etuvchi o‘zini tanitdi. Hol so‘radi. Maqsadini aytdi:
—    Otaxon, eski gorkom — hozirgi hokimiyat binosi oldidan Buyuk ipak yo‘li o‘tadi, demoqdalar.
Botir firqa uyquchil pish-pish etdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 01:15:30
—    Yo‘lingiz unsin, o‘rtoq hokim, yo‘lingiz unsin, — dedi.
—    Gap shundaki, otaxon, hokimiyat binosi oldida besh-o‘nta o‘risi daraxt bor.
—    O’risi daraxt? Chinor deng, chinor.
—    Xo‘p, chinor, chinor. Gap shundaki, otaxon, Buyuk ipak yo‘li ana shu chinorlar joyidan o‘tar emish. Hokimiyat ma’muriyati kengashib, ana shu o‘risi daraxt... chinorlarni hashar yo‘li bilan olib tashlamoqchi bo‘ldi. Besh-oltita oqsoqolni hasharga aytmoqchi bo‘ldi.
—    Qulluq, o‘rtoq hokim, qulluq. Bizni yoshimiz to‘qsonni qoralab qoldi. Endi, hashar beli baquvvat yoshlarni ishi.
—    Ko‘pni duosi ko‘l, deydilar, otaxon. Siz oqsoqollar faqatgina duoi fotiha berasizlar, bo‘ldi. Hasharni yosh avlodni o‘zi boplaydi.
—    Bo‘pti, borganimiz bo‘lsin. Soat uchga? Bo‘pti, boramiz.
Botir firqani umrida ko‘ngilsiz vaziyatlar mo‘l bo‘ldi. Xijil daqiqalar mo‘l bo‘ldi. O’zini o‘zi ezuvchi vaqtlar mo‘l bo‘ldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 01:15:46
Ammo... kunduzgi uyqudan keyingi vaziyat! Odam tars yorilib ketay deydi. Ko‘ngilga qil sig‘maydi. Odam o‘rtanib ketadi. Odamni pashsha g‘ing‘illashi ezadi. G’ing-g‘ing pashshani miltiq bilan otsam deydi. Kunduzgi uyqu yomon!
Kunduzgi uyqudan so‘nggi holatdan qutulishni bilmovchilar ko‘chaga chiqadi. Ko‘ngilochar holat izlaydi. Ko‘ngilyozar muloqot izlaydi.
Ushbu holatdan qutulishni biluvchilar achchiq choy ichadi.
Botir firqa kofe ichadi. Bu safar kofe ichmadi.
Uyqusi birdan ochildi. Tan-joni jimir-jimir etdi. Vujud-vujudi lov-lov etdi. Ich-ichi qizidi.
Botir firqani ko‘ngli... kuldi. Botir firqani yuzi... kuldi.
—    Kampir... ular meniyam duoi fotihamni olar bo‘pti... — dedi.
Afsus, kampiri yo‘q bo‘ldi. To‘yda kelinko‘rdi uchun ketdi. Hali qaytib kelmadi.
Ichiga chiroq yoqsa yonmaydi, deydi el. Bu gap ichi qora odamlar uchun aytiladimi? Ichimdan top, degich odamlar uchun aytiladimi? Ziqnadan-ziqna odamlar uchun aytiladimi?
Botir firqa ushbu gap mazmunini tushunmas edi. Elni topgan gapini qarang-a, der edi. Odamni ichi bir uy yo ko‘chamidiki — chiroq yoqadi, deya o‘ylar edi. Kulgisi kelar edi. Mushtday lampochka og‘ziga sig‘maydi — qanday qilib odamni ichiga yoqib bo‘ladi, deya o‘ylar edi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 01:16:02
U mazkur gap mag‘zini ana endi chaqdi. Ayni shu vaziyatda chaqdi.
Botir firqani... ichi yondi! Ichi... yorug‘-yorug‘ bo‘ldi. Ichi... oydin-oydin bo‘ldi. Ko‘zlari-da ravshan-ravshan bo‘ldi. Ravshan ko‘zlaridan ravshan-ravshan yoshlar oqdi...
—    Kampir, ular meniyam... odam o‘rnida ko‘ribdilar... — dedi.
Botir firqa alang-jalang bo‘ldi. Kampiri kelinko‘rdidan qaytmaganini bildi.
Ohista divanga cho‘kdi. Yelkasi bilan suyandi. Boshini chapga chalqaytdi. Ko‘zlarini yumdi... Unsiz-unsiz yig‘ladi. Ich-ichidan yig‘ladi. Ko‘zlarini qo‘l yuzasi bilan artib-artib yig‘ladi...
Ko‘ngli xiyol bosildi. Tani sokin bo‘ldi. Ruhi vazmin bo‘ldi. Og‘ir tin oldi.
Darvoza tarafga qaradi. Bedarak kampirini aybladi. Kampirini koyidi. Kampirini oqladi:
«U bechora bunaqa telefon bo‘lishini qaerdan bilibdi? Bechorani umri meni qoboq-tumshug‘imga qarab o‘tyapti. Mayli, bir to‘y-to‘ylasa to‘ylabdi-da».
Botir firqa bet-boshini yuvdi. Bet-boshini atirladi. Bet-qo‘lini moyladi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 01:16:17
Tag‘in darvoza tarafga qaradi. Kampiridan hamon darak bo‘lmadi.
— O’zim kiyinaman, kampirni qarab o‘tiramanmi.
Shunday deya shifonerni ochdi. Kiyim-boshini ko‘zdan kechirdi. Bo‘qoqlik shimni oldi. Ukraincha ko‘ylakni oldi.
Ana shunda... kampiri yo‘qligi bilindi. O’ta bilindi.
Botir firqa ukraincha ko‘ylakni... kostyum deb o‘yladi! Ukraincha ko‘ylakni jimjimador gullarini... kostyum yoqasi deb o‘yladi!
Shifonerda osig‘lik kostyumlarni ushladi-ushladi — orden-medali bor qora kostyumni sug‘urib oldi. Cho‘ntagidan partbiletni topdi. Silab-silab, ukraincha ko‘ylakni ko‘krak cho‘ntagiga soldi.
U orden-medallariga tikilib qoldi.
«Besh-oltita oqsoqol deyapti. Demak, tanlab-tanlab taklif etibdi, — deya o‘yladi. — Unday kazo-kazolar oddiga bor topgan-tutganni taqib borib bo‘lmaydi. Tanlab-tanlab taqib borish kerak».
Ana shunda... kampiri yo‘qligi tag‘indan-tag‘in bilindi!
U ukraincha, ko‘ylakni hamon... kostyum deya o‘yladi. Hamon... kostyum kiyayapman, deya o‘yladi.
Botir firqa ukraincha ko‘ylakka... orden taqib boshladi!
«Bir... ikki... uch. Manovni-da ko‘ngli qolmasin».
Taqir boshiga poxol shlyapa qo‘ndirdi. Ko‘zoynak taqdi.
U o‘zini oynaga soldi. Dimog‘ ham g‘urur bilan tomoq qirdi.
Eshik-darvozalarni qulfladi. Hokimiyat sari yo‘l oldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 01:19:43
74


Botir firqa qo‘llari ketida qadamladi. Ohista qadamladi. Tantanali qadamladi.
Beton ko‘priqdan o‘tdi. Pastlab endi. Oyoq tirab-tirab endi. Oyoq ilib-ilib endi. Nafas rostlab-rostlab endi.
Hokimiyat binosi oldida qatorlanmish mashinalarni qoralab keldi. Mashinalarga suyanib turmish shofyorlar bilan salom-alik etdi.
Shofyorlar Botir firqani bosh-adoq qaradi. Ukraincha ko‘ylakdagi... ordenlarga qaradi.
Bir shofyor og‘zini ushlab kulimsidi. Bir shofyor betini burchakka burib kulimsidi. Bir shofyor chappa burilib... chuchkirdi.
Bahonatalab shofyorlar chuchkurikdan... yayrab kuldi.
—    Iya, salomat bo‘lsinlar, salomat bo‘lsinlar! — deya kuldi.
Botir firqa-da... qo‘shilib kuldi! Bosh irg‘ab-irg‘ab kuldi.
—    Biz-da shu tilakka yormiz! — deya kuldi.
Ko‘zidan ko‘zoynakni oldi. Ro‘molcha bilan artdi.
Hokimiyat bog‘iga qaradi. E’tibor bilan qaradi. Sinchkovlik bilan qaradi.
Bog‘... yo‘q bo‘ldi. Kuyuq-quyuq bog‘ yo‘q bo‘ldi. Yam-yashil bog‘ yo‘q bo‘ldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 01:19:58
Har-har yerda kundalar yumalab yotdi. Shoxlar to‘da bo‘lib yotdi. Tuproqlar uyum bo‘lib yotdi.
Arralar qirr-qirr borib keldi. Boltalar tars-tars yordi. Shoxlar qars-qars sindi.
Bog‘ markazida bitta chinor omon qolmish bo‘ldi. Uyam bo‘lsa, bir yonbosh qiyshayib yotmish bo‘ldi.
Chinor tevaragida odam mo‘l bo‘ldi. Sariq-sariq ust-boshlaridan — quruvchilar bo‘ldi.
Bir quruvchi chinor shoxiga arqon boylab tortdi. Birovi chinor shoxi ayrisiga arqon tashlab osildi. Birovi chinor tomirini boltaladi.
—    Chinorni beliga tross solib, anavi samosval bilan tortish kerak, — dedi Botir firqa.
—    Trossi yo‘q ekan-da kambag‘allarni, — dedi bir shofyor.
Botir firqa boshidan shlyapasini olib silkitdi: xayr, ishorasini berdi.
—    Yo‘l bo‘lsin, otaxon? — dedi bir shofyor.
—    Mana shu bog‘ hasharga taklif qilib edilar, — dedi.
—    Ha-a, rasmiy qismi o‘tib bo‘ldi, otaxon.
—    Iya-iya! — dedi Botir firqa.
—    Lekin sizni ko‘p qaradilar.
—    Hamma bo‘ldi, faqat siz bo‘lmadingiz.
—    Iya-iya, shunaqa deng?
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 01:21:08
Botir firqa bir kelgan yo‘liga qaradi. Bir shofyorlarga qaradi. Bir oyoqlari ostiga qaradi.
«Chin-da, bitta meni kutib o‘tiradimi? — dedi. — Endi, qaytib ketaversammikin?»
—    Otaxon, ozib-yozib kelibsiz, — dedi bir shofyor. — Endi bir borib, quruvchilarga hormang-bor bo‘ling etib keling.
—    Shunday deng, ammo-lekin shunday deng?
Botir firqa yo‘lida davom etdi. Hokimiyat oldi yo‘laqdan yurdi. Yo‘lakdan boqqa bordi.
Bog‘ aylanasi arg‘amchi ip bilan o‘ralmish bo‘ldi. Arg‘amchini har-har yerida qizil bayroqchalar ilig‘lik bo‘ldi. Ogoh etuvchi yozmalar ilig‘lik bo‘ldi.
Botir firqa arg‘amchi ostidan o‘tmoqchi bo‘ddi. Bir o‘ngiga qaradi, bir chapiga qaradi. Bir qo‘li bilan shlyapasini boshiga bosdi. Bir qo‘li bilan arg‘amchini ko‘tardi. Arg‘amchi ostiga egildi.
—    Hay-hay! — deya ovoz keldi.
Botir firqa qaddini ko‘tarib qaradi.
Sariq kiyimlik kishi shahodat barmog‘i bilan yandi. Arg‘amchida ilig‘lik yozmaga ishora etdi.
Botir firqa boshidan shlyapasini olib, kishiga qarata silkitdi: uzr-uzr, demish bo‘ldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 01:21:42
Shlyapasini boshiga qo‘ndirib, arg‘amchi-devor yoqalab yurdi. Shahodat barmog‘ini boshi uzra nish etdi.
—    Chin, texnika xavfsizligi! — dedi. — O’rtoq
Esonov, texnika xavfsizligi!
Arg‘amchi-devor yoqalashda davom etdi. Bog‘ni chap tarafiga keldi. Oyoqlari toldi. Yo‘l bo‘yi skameykaga cho‘kdi. Shlyapasini tizzasiga qo‘ydi. Chuqur nafas oldi. Taqir boshini ro‘molcha bilan artdi. Hokimiyat maydoniga tikildi: xuddi o‘zini boshiday tep-tekis maydon. O’zini boshiday tap-taqir maydon.
«Sovet davrida har shaharni o‘z Lenini bo‘lar edi. O’rtoq Lenin shahar bosh maydonida tikka turar edi, — dedi Botir firqa. — Bizni Lenin mana shu maydonda tikka turar edi. O’rtoq Lenin qo‘lini mana bunday uzatib, yo‘l ko‘rsatib turar edi. XX asr o‘zbek xalqi dohiysi Sharof Rashidov bayramlarda kelar edi. Otalarcha quchoq ochib turar edi. Endi o‘rtoq Lenin yo‘q. Endi o‘rtoq Rashidov yo‘q...»
Shu vaqt bir nima qars etdi.
Botir firqa sapchib oyoqladi. O’pkasini qo‘ltiqpadi. Voh-voh etdi. Ichiga tuf-tuf etdi. Tevarakka alangladi. Birov miltiq otdi-yov, deya o‘yladi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 01:21:59
Yo‘q, bog‘da... bog‘da so‘nggi chinor quladi!
Birdan motorlar o‘chdi. Quruvchilar ovozi tindi. Ola-tasir bosildi.
Botir firqa uyoqqa alangladi, buyoqqa alangladi. Soatiga qaradi: ish vaqti tamom bo‘ldi.
Shlyapani boshga qo‘ndirdi. Shimi ketini qoqdi. Shimini tortdi. Ukraincha ko‘ylak yoqani tuzatdi. Bog‘ sari yurdi.
Bu safar arg‘amchi-devor oldida egilib o‘tirmadi. Arg‘amchini shunday ko‘tarib, ichkari kirdi.
Shoxchalarni qisir-qisir bosib bordi. Shoxlardan hatlab-hatlab bordi. Yaproqlarni ezib-ezib bordi.
So‘nggi... so‘nggi chinor oldida oyoq ildi.
Bir uy ichi joy o‘ra bo‘lib yotdi. O’ra odam bo‘yi chuqur bo‘ldi. O’ra girdi uyum-uyum tuproq bo‘ddi. Ura ichi patila-patila tomir bo‘ldi. Barmoqday tomir bo‘ldi. Bilaqday tomir bo‘ldi. Odamni soniday tomir bo‘ldi. O’qtomiri... odamni beliday bo‘ldi!
Chinorni o‘zi... o‘ra yonboshida suyanib yotdi. Haybatli shoxlari ellik qadam olislarda tarvaqaylab yotdi...
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 01:23:07
Botir firqa entiqdi. Botir firqa qizidi. Botir firqa lov-lov etdi.
Qo‘llari qalt-qalt etdi. Yuzlari dir-dir etdi. Ko‘zlari pir-pir uchdi. Ko‘z oldi tuman bo‘ldi. Ko‘z oldi zim-ziyo bo‘ldi.
Oyoq oldi bir kundaga... shilq tushdi.
Birdan... olam yorug‘ bo‘ldi. Dunyo tiniq bo‘ldi. Hayot tirildi.
Botir firqaga... dunyoni endi ko‘rmish odam misol o‘raga mo‘ltaydi. Uykudan endi uyg‘onmish odam misol chinorga mo‘ltaydi. Munis-munis mo‘ltaydi.
Mo‘ltaydi-mo‘ltaydi... ho‘ngrab yig‘ladi. Ho‘ng-ho‘ng yig‘ladi. Notavon-notavon yig‘ladi. Xokisor-xokisor yig‘ladi.
Yonoqlaridan dardlari duv-duv to‘kildi.
Favqulodda kulimsidi! Totli-totli kulimsidi. Endi... kulimsib-kulimsib yig‘ladi.
— Kampir, bizni bog‘larimiz... xalqaro yo‘l bo‘lar emish, — dedi. — Bizni bog‘larimiz... Buyuk ipak yo‘li bo‘lar emish. Biz endi Buyuk ipak yo‘lidan yuramiz.
Botir firqa kundadan qo‘zg‘oldi. Oyoqqa qalqdi.
Shunda, o‘ra labidan tuproq ko‘chdi. Ko‘char tuproq Botir firqani oyoqlari oldida bo‘ldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 01:23:25
Shu bois, Botir firqa muvozanatni boy berdi. Qulochlari yoyildi. Ketiga chalqaydi. Shasht bilan o‘zini o‘nglab oldi.
Ordenlari jarang-jurung etdi. Nimadir bir nima... lip etib yerga tushdi. Ko‘char tuproq bilan o‘ra ostiga siljib ketdi.
Botir firqa enkayib qaradi. Sinchiklab qaradi. Nima ekan — bilolmadi. Boisi, o‘ra chuqur bo‘ldi, tuproq qora bo‘ldi. Botir firqa ordenlarini qaradi. Ordenlarini ushlab-ushlab sanadi. Ordenlar... tugal bo‘ldi!
Ko‘krak cho‘ntakni paypasladi. Ana shunda angladi.
Partbileti... partbileti o‘raga tushib ketibdi! Kommunistik partiya bileti o‘rada yotibdi! O’rtoq Lenin siymosi tuproqda qorishib yotibdi!
Botir firqa suvga kalla qilajak cho‘miluvchi misol quloch yoydi. Qulochini bitta jamladi. Boshi baravar etdi. O’raga nish etdi. O’raga bosh egdi.
O’ra chuqur bo‘ldi, o‘ra qaltis bo‘ldi.
Qaltisdan-qaltis joyi — o‘raga tashlovchi... qari bo‘ldi! To‘qsonlarni qoralab qolgan munis chol bo‘ldi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 01:23:39
Shu bois, qariya shaytonga hay berdi. Qariya shashtidan qaytdi.
Ammo qariya ahdidan qaytmadi. O’ra labiga kaftlarini qo‘ydi. Oldin o‘ng oyog‘ini o‘raga soldi. Keyin chap oyog‘ini o‘raga soldi. Qariya o‘raga tushib boshladi.
Shunda, oyog‘i osti tuproq ko‘chdi. Ko‘chki ohista endi. Uyam ko‘chki bilan endi. Ko‘z ochib yumguncha o‘ra ostida bo‘ldi.
Botir firqa qaddini qomatladi. Kaftini kaftiga urib qoqdi. Ordenlarini ushlab-ushlab ko‘rdi. Sokin tin oldi.
Tevarak-boshga qaradi. Enkayib qaradi. Tomirlar orasini mo‘ralab qaradi: partbilet ko‘rinmadi.
«Yo men tushib kelgunimcha sichqon tortib ketdimikin? — dedi. — Endi qazilgan o‘rada sichqon nima qiladi?»
Botir firqa serrayib turdi. Endi, o‘zi enib kelmish tuproqni kovladi. Partbilet ana shu ko‘chki ostida bo‘ldi!
Botir firqa partbiletni qo‘shqo‘llab ushladi. Puflab-puflab tozaladi. Ko‘zlari oldiga olib keldi. Misoli olis ayriliqdan keyin tikildi. Sog‘inch-sog‘inch bilan tikildi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 01:23:51
«Bu partbilet meni o‘qitdi, xat-savodli etdi, — dedi. — Shu partbilet tufayli o‘sib-undim, katta martabalarda ishladim. Yeganim oldimda bo‘ldi, yemaganim ketimda bo‘ldi. Mana, qarilik pensiyasi olib yotibman. Bir so‘z bilan aytsak, ushbu partbilet men uchun non-nasiba bo‘ldi. Ushbu partbilet rizq-ro‘zim bo‘ldi».   
Botir firqa partbiletni tag‘in pufladi. Silab-siypadi. Ehtiyot uchun galife shim kissasiga soldi. Endi, oshkora aytdi:
— O’rtoq Yeltsin shunday bir tabarruk partbiletni tashladi, — dedi. — Yana-tag‘in, Kreml saroyida tashladi. Ming qilsa-da, o‘rtoq Yeltsin... nasroniy-da, nasroniy, o‘rtoq Yeltsin nasroniyligiga bordi. Xudoga shukur, men musulmonman, musulmon. Men musulmon farzandi... meni boqqan partbiletni tashlamayman. Men musulmon farzandi, partbiletni tashlab... nonko‘r bo‘lmayman!
Botir firqa yuzaga chiqish yo‘lini o‘yladi. Tushib kelmish yo‘lidan... to‘rt oyoq bo‘lib o‘rmaladi. O’ra beligacha yuqorilab bordi. O’ra belidan tuproq bilan qaytib tushdi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 01:24:00
Kaftlarini artdi. Shlyapasini bosib kiydi. Tevaragiga boqdi. Tomirlarni tutamlab, chinor kundaga chiqdi. Kunda ustidan o‘rmaladi. To‘rt oyoq bo‘lib o‘rmaladi. O’rmaladi-o‘rmaladi — yuzaga chiqib oldi.
O’zini tap etib yerga tashladi. Yelkasidan nafas oldi. Ust-boshini tuzatdi. Galife shimini qoqdi. Boya o‘tirmish qundaga cho‘kdi. Osoyishta tin oldi. .
O’raga qarab o‘tirdi-o‘tirdi... o‘ziga-o‘zi qoyil bo‘ldi:
«Yerni yetti qatiga tushib keldim-a, yerni yetti qatiga-ya? — dedi. — Aql bovar etmas jasorat! Shu jasoratimni kampir bir ko‘rsa edi? Kampir har gapini o‘rolida meni kamsitadi. Sharting ketib-parting qoldi, deydi. U deydi, bu deydi... Mana, men kimman, mana! Tili bo‘lsa, mana shu chinor aytsin!»
Botir firqa yumalab yotmish chinorga qarab xayol surdi. Xayollari bir joylarga ketdi. Xayollari qaerlargadir ketdi... 
Xayollar og‘ushida o‘tirdi-o‘tirdi... tag‘in yig‘ladi. Ho‘ngir-ho‘ngir yig‘ladi. U ushbu chinorlarni... o‘z qo‘li bilan ekib edi. U ushbu chinorlarni... o‘zi parvarishlab o‘stirib edi.
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 04 Dekabr 2006, 01:24:27
Mazkur chinorlar ostida el-yurt uchun jon fido etdi. Yaxshi-yomon kunlari mazkur chinorlar ostida o‘tdi.
Umri mazkur chinorlar ostida ado bo‘ldi. Oldin bahor — oxir xazon bo‘ldi. Umr yo‘li — borsa kelmas yo‘l bo‘ldi.
Botir firqani joni achidi. Botir firqani tani kuydi. Botir firqani tan-joni... shodlandi.
—    O’rtoq Rashidov... — deya entiqdi. — Sharof Rashidovich, biz ekkan chinorlar... Buyuk ipak yo‘li bo‘ldi, Buyuk ipak yo‘li!
Botir firqani ichi kuydi. Botir firqani ichi kul-di...
—    O’rtoq Rashidov... biz yaratgan bog‘lar... Buyuk ipak yo‘li bo‘ldi, Buyuk ipak yo‘li!
Botir firqani ko‘zlarida qayg‘u bo‘ldi. Botir firqani ko‘zlarida bayram bo‘ldi...
—    O’rtoq Rashidov... biz endi Buyuk ipak yo‘lidan yuramiz. Buyuk ipak yo‘li bizni jahonga olib boradi. Istanbul, Parij, London...

1994-1998 yillar

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1163&Itemid=1
Nom: Re: Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 21 Noyabr 2009, 11:37:15
Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod

(http://www.ziyouz.com/images/books/ulib_bulmaydi.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=5)

Muallif: Tog'ay Murod
Hajmi: 379 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=5)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1049.0)