ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Umumiy bo'lim => Fikr va mulohazalar => Mavzu boshlandi: shoir 03 Yanvar 2007, 17:39:07

Nom: Takliflar
Yuborildi: shoir 03 Yanvar 2007, 17:39:07
Assalomu alaykum!

Ziyouz sayti tobora kengayib borayotganidan xursandmiz.

Shu adabiyotga bog'liq materiallarni alohida qilib, yangi sayt tashkil qilinsa qanday bo'larkin?
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: ikbaljohn 10 Fevral 2007, 15:11:16
Keyin forum juda ham jiddiy!Mani ma'zur tutilar,lekin ba'zan odam ko'nglini sal yozgisi keganda kiradigan birorta bo'lim ochilsa yaxshi bo'lardi. Masalan nomni taklif qilishim mumkin!"Bekorchilar uchun" mi yo Shout box mi endi adminni xukmiga havola.Agar shunaqa bo'lim ochilganda qiziqarli mavzular ochishni va moderatorlikni o'z bo'ynimga olardim.Qisqa va lo'nda... ::) 
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: AbdulAziz 12 Fevral 2007, 00:41:20
Taklifingiz qabul qilindi.
Moderatorlik ham sizga topshirildi.
Harakat qilishingiz mumkin.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Suvon 20 Fevral 2007, 12:44:05
Mana ziyouz.com sayti ancha vaqtdan beri ishlamoqda (ko`z tegmasin), shu vaqt buyon ko`plab yigit va qizlar bialn g`oyibona tanishmiz. Mening taklifim yilda 1-2 marotaba ziyouz.com a`zolari yig`ilishib, yuzma-yuz suhbatlashib tursak.Bir-birimiz yaqindan tanirmidik. Shuning iloji bormi.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Shoxjahon12 20 Fevral 2007, 13:10:30
Mana ziyouz.com sayti ancha vaqtdan beri ishlamoqda (ko`z tegmasin), shu vaqt buyon ko`plab yigit va qizlar bialn g`oyibona tanishmiz. Mening taklifim yilda 1-2 marotaba ziyouz.com a`zolari yig`ilishib, yuzma-yuz suhbatlashib tursak.Bir-birimiz yaqindan tanirmidik. Shuning iloji bormi.
Bu mavzu "Forumdoshlar,qachon uchrashamiz",degan bo'limda ko'tarilgan.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: mutaallimah 21 Fevral 2007, 05:55:29
Assalomu-alaykum sizlardan iltimos hozir toshkentda A.L.Qozonchini SAODAT  ASRI QISSALARI kitobini 4 qismi chiqibdi deb eshitgan edim, agar shu kitobni kutubhonaga joylashni iloji bulsa .Kutubhonaga quysanglar .Alloh ajrlarizni hayrlik qilsin.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Asal 04 Mart 2007, 13:45:48
Ko'rdilami Shaytanat filmini 2-nashri chiqibdi man ko'rdim vashshem zo'rakan lekin.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: AbdulAziz 04 Mart 2007, 14:28:27
Assalomu-alaykum sizlardan iltimos hozir toshkentda A.L.Qozonchini SAODAT  ASRI QISSALARI kitobini 4 qismi chiqibdi deb eshitgan edim, agar shu kitobni kutubhonaga joylashni iloji bulsa .Kutubhonaga quysanglar .Alloh ajrlarizni hayrlik qilsin.

Va alaykum assalom!
Inshaalloh bu kitobni topib saytga joylash niyatimiz bor.
Duo qilib turinglar.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Murod_bek 25 Aprel 2007, 20:52:24
Assalomu Alaykum!
Muslimalar bo'limi bor ekan!
Muslimlar bo'limi ham bormi?
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: AbdulAziz 29 Aprel 2007, 13:01:42
Va alaykum assalom!
Agar ko'pchilik qo'llab quvvatlashsa, biz ham bo'limimizni ochib olishimiz mumkin :)
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: AbdurRohman 29 Aprel 2007, 15:33:20
juda yaxshi fikr!! man qo'shilaman!
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: abduaziz 02 May 2007, 15:32:15
Assalomu-alaykum hurmatli sayt yaratuvchilari!
Sayt juda yaxshi tuzilgan, men undan ko'p foydalanaman.
Bir taklifim bor edi, iloji bo'lsa sizlarda berilayotgan chet tilidan tarjima qilingan asarlarini original nusxalarini o'zlarining tilida ham bersalaring. Ko'pincha chet tilini o'rganuvchilar yaxshiroq badiiy adabiyotlar topa olishmaydi. Bu ularga yordam beradi degan fikrdaman.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Muhammad Amin 02 May 2007, 16:32:46
Men bu forumga a'zo bo'lganimdan juda xursandman. Men ko'p narsalarni mana shu forum orqali bilib olyapman. Forumingiz yanada kengayishini xohlaymiz. Men ham iloji boricha o'z fikrlarim bilan o'z hissamni qo'shishni xohlayman.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Muhammad Amin 02 May 2007, 16:39:46
Ziyouz. com haqiqatdan biz yoshlar uchun ornak bo'ladigan saytdir. Hamma o'zining fikrini bildirishi mumkin bu ajoyib albatda. Mana shunaqa forumlar ko'paysa yana ham yaxshi bo'lardi.
Biz yoshlar ilm olishimiz va o'z vatanimiz uchun munosib farzand bo'lishimiz lozim.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: ikbaljohn 11 May 2007, 14:03:40
Hosh,Muslim bo'limi ochiladimi? :1
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: inson 16 May 2007, 23:39:07
 ;)O'ylab chiqadigan bo'sak bunda antikuvar  malumotla yo'g'akan misol uchun  ginnesga kirganlani en qiziqlari yoki quron yod olish bo'yicha qorilar reytingimi dunyo bo'yicha  shuni ko'rib chiqarsla  :1
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: AbdulAziz 17 May 2007, 09:50:25
Assalamu alaykum!
Ajoyibotlar bo'limiga kiring:
http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=blogcategory&id=0&Itemid=288

Ginnesning rekordlar kitobidan:
http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=282&Itemid=288
http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=599&Itemid=288
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Murod_bek 11 Avgust 2007, 10:22:16
Hosh,Muslim bo'limi ochiladimi? :1
Hurmatli Admin shu ish nima bo'ldi?
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Huseyn 18 Sentyabr 2007, 09:29:01
Taklif: http://quran.ziyo.uz/sura%2056/sura%2056.htm - bu yerda voqea surasining 71 oyatini yana bir ko'zdan kechirsangiz. Yog'ayotgan olovmi yoki yonayotgan olovmi?
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: AbdulAziz 18 Sentyabr 2007, 14:05:08
Taklif: http://quran.ziyo.uz/sura%2056/sura%2056.htm - bu yerda voqea surasining 71 oyatini yana bir ko'zdan kechirsangiz. Yog'ayotgan olovmi yoki yonayotgan olovmi?

Assalomu alaykum!
Siz keltirgan Abdulaziz Mansur tarjimasida Voqea surasining 71-oyati shunday tarjima qilinadi:
71. Sizlar yog'ayotgan olovni (o'ylab) ko'rdingizmi?!   

Shayx Alouddin Mansur tarjimasida esa quyidagicha:
71. Sizlar yoqadigan o‘t-olov haqida hech o‘ylab ko‘rdinglarmi?

Demak, Abdulaziz Mansurning tarjimasida raspechatka ketgan. Yoqayotgan yoki yonayotgan bo'lishi kerak, vallohi a'lam.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: AbdurRohman 22 Sentyabr 2007, 14:37:45
Hosh,Muslim bo'limi ochiladimi? :1
Hurmatli Admin shu ish nima bo'ldi?
Admin aka, juda zo'r ish bo'lardi shu bo'lim ochilsa!
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Lincoln 22 Sentyabr 2007, 14:43:18
Hosh,Muslim bo'limi ochiladimi? :1
Hurmatli Admin shu ish nima bo'ldi?
Muslim bo'limida muslim birodarlarimizdan so'raydigan bir islomiy savolim bor edi, to'g'rirog'i bir do'stimiz so'rab berishni iltimos qilgandi. Iloji bo'lsa, tezroq ochsalaringiz!
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: AbdulAziz 22 Sentyabr 2007, 14:49:12
Hosh,Muslim bo'limi ochiladimi? :1
Hurmatli Admin shu ish nima bo'ldi?
Muslim bo'limida muslim birodarlarimizdan so'raydigan bir islomiy savolim bor edi, to'g'rirog'i bir do'stimiz so'rab berishni iltimos qilgandi. Iloji bo'lsa, tezroq ochsalaringiz!

Assalamu alaykum!
Savolni PMda qoldirishingiz mumkin.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Munira xonim 22 Sentyabr 2007, 15:55:18
Assalamu alaykum.
Abdulaziz, hafa bo'lmasangiz meni bir taklifim bor edi.
Shu ko'ngilochar bo'limi ochilganidan keyin va u yerda har hil bemaza va bachkana mavzular ko'payib ketganidan keyin, forumdan fayz ketdi nazarimda. Bu faqat meni fikrim emas, bu ko'pchilikni fikri. Shuning uchun bu bo'limdagi insonlar uchun foydasi tegadigan mavzularni Madaniyat bo'limiga qo'shib bu bo'limni umuman yopib yuborsangiz juda yahshi bo'lardi.
Chunki ko'pchilik vaqtini bekorga o'tkazishni yahshi ko'radiganlar va ko'nglini chog' qilishni hohlaganlar shu bo'limga kirib har hil bemaza postlar ko'payib bormoqda. Va natijada forumdan fayz ketmoqda.
Buni o'qigan ba'zi shu bo'limni shinavandalari hafa bo'lishmaydi, deb umid qilaman.
Bu meni taklifim xolos, uni bajarish yoki bajarmaslik o'zingizga bog'liq.
Buni Pm orqali yozib yuborsam ham bo'lardi, lekin hammani orqasidan ish qilgim kelmadi.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: AbdulAziz 23 Sentyabr 2007, 08:21:38
Va alaykum assalom!
Man ham anchadan beri shu haqda o'ylab kelayotganadim. Aynan shu bo'limda oldin forumimizda kuzatilmagan birqancha qoidabuzarliklar va dilxiraliklar bo'lib o'tdi.
Bu taklifga menimcha ko'pchilik qarshi bo'lmaydi. Agar biron mulohazalaringiz bo'lsa, bemalol qoldirishingiz mumkin.

Ko'ngilochar bo'limni yopish sekin-asta amalga oshiriladi. Avvalo keraksiz mavzular yopilib, ba'zi mavzular boshqa bo'limlarga o'tkaziladi. Bu haqda foydalanuvchilarimizga ma'lum qilishimiz kerak. Mana shu ishlar amalga oshirib bo'lganidan so'ng, bu bo'lim tamoman yopiladi.

Hozircha bu bo'limda quyidagi qisqartiruvlar amalga oshirildi:

Nozli ochgan Ruslan Chagayev.....Yutib chiqdi mavzusi Yangiliklar bo'limidagi Valuyev vs Chagayev!!!Kim kuchli? mavzusiga birlashtirildi.
Mastura ochgan kitob o'qish haqidagi savol?! mavzusi Umumiy bo'limdagi Kitob o'qish kimga yoqar... mavzusi bilan birlashtirildi.

Ushbu mavzular boshqa bo'limlarga ko'chirildi:
Zakovat - Intellekt bo'limiga.
Stop complaining yoki hayotdan norozimisan?  - Oila va jamiyat bo'limiga.
Bog'cha/maktab/universitetdegi qiziq voqealar - Oila va jamiyat bo'limiga.
Tushlar... Ne haqiqat ayon ularda? - Oila va jamiyat bo'limiga.
Tez aytishlar - Ma'rifat bo'limiga.
Nimasiz yashay olmaysiz? - Umumiy bo'limga.
OG`ABEK SOBIROV - Sehrli ovoz sohibi - Qo'shiqlar bo'limiga.
Siz sevgan qo'shiq - Qo'shiqlar bo'limiga.
 
Ushbu mavzular avval, shunaqa mavzular ochilgani sababidan yopildi:
Donolar bisotidan
Xotirangizni sinab ko'ring
Ajoyib "she'r Zanjir" o'yni

Ushbu mavzular forumning asl maqsadi va g'oyalariga to'g'ril kelmaganligi uchun yopildi:
Gulmisiz,rayxonmisiz,jambilmisiz?
Agar tanlash imkoni berilganda?
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Farida 24 Sentyabr 2007, 10:43:31
Assalomu alaykum!
Shaxsan man qarshi emasman, yopilishiga.
Mavzular boshqa bo'limlarga ko'chirilsa ham, o'sha yerda fikr bildirish mumkin.
Lekin u yerdagi mavzularni o'chirib yubormasliklaringizni iltimos qilaman.
Tortishuv va masharaga aylanib qolgan mavzularni yopganilar yaxshi bo'libdi.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: AbdulAziz 27 Sentyabr 2007, 07:29:00
Assalomu alaykum!

Ko'ngilochar bo'limdagi keraksiz mavzular yopilib, foydali mavzular boshqa bo'limlarga ko'chirib bo'lindi.
Bu bo'lim rasman yopildi.

Bo'limda yopilgan va ko'chirilgan mavzular haqida axborotlar qoldirildi. To userlar ko'nikib, mavzularning yangi manzillarini bilib olgunlariga qadar Ko'ngilochar faqatgina o'qisa bo'ladigan, lekin yozib bo'lmaydigan rejimda turadi. Faqatgina shu bo'lim haqidagi fikrlar mavzusi ochiq qoladi. Keyinchalik esa bo'lim batamom yopiladi.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: mutaallimah 28 Sentyabr 2007, 05:02:10
Assalomu alaykum!
Ko'ngilochar bo'limidagi bir haftaga ban yegan  "Shoutbox" "oqmi qorami"  mavzulariga nima bo'ladi?!
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: AbdulAziz 28 Sentyabr 2007, 07:01:46
Assalomu alaykum!
Ko'ngilochar bo'limidagi bir haftaga ban yegan  "Shoutbox" "oqmi qorami"  mavzulariga nima bo'ladi?!

Va alaykum assalom!
Bu mavzular hech kimga foydasi tegmaydigan mavzular qatorida qoldi.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Muzayyana 14 Oktyabr 2007, 10:16:10
Assalomu alekum! Forumga gap yo'q! Forumga "Chat" ni xam kirtishni iloji yo'mi a? Forumdoshlani suxbtlashishi osonro b'lardide!
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: AbdulAziz 15 Oktyabr 2007, 19:12:40
Assalomu alekum! Forumga gap yo'q! Forumga "Chat" ni xam kirtishni iloji yo'mi a? Forumdoshlani suxbtlashishi osonro b'lardide!
Va alaykum assalom!
Chat tashkil etish niyatimiz yo'q. Forumda PMdan foydalanishingiz mumkin.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Xudayshukur 02 Dekabr 2007, 15:57:56
Bu mavzuda har bir harakatni baholashni ishga tushirish kerak.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Chustiy 04 Dekabr 2007, 14:30:18
Assalamu alaykum
Hurmatli AbdulAziz aka va mutasaddilar.
 Islom bo'limining umumiy bo'limida bir muslima forumdosh missioner mavzusini ochgan ekanlar, ikkinchi sahifa o'tmay turib, yaxshiroq qaramasdan mana yaha huddi o'sha mavzuga o'xshash mavzu ochibman iltimos shu mavzuni birlashtirib qo'yinglar agar lozim topsangiz albatta.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: AbdulAziz 05 Dekabr 2007, 07:24:57
Assalamu alaykum
Hurmatli AbdulAziz aka va mutasaddilar.
 Islom bo'limining umumiy bo'limida bir muslima forumdosh missioner mavzusini ochgan ekanlar, ikkinchi sahifa o'tmay turib, yaxshiroq qaramasdan mana yaha huddi o'sha mavzuga o'xshash mavzu ochibman iltimos shu mavzuni birlashtirib qo'yinglar agar lozim topsangiz albatta.

Va alaykum assalom!
Mavzu birlashtirildi.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: djepotai 19 Yanvar 2008, 16:12:16
Хурматли форум эгалари ёки администратор ва модераторлар!
Мавзудаги олдинги постларни укиб чикмадим, шу учун мабодо менинг бу кушимчам олдинги постларда мавжуд булса, менинг ушбу постимни кабул килмаслигингиз мумкин. Тайинроги: форумга бир икки кушимча таклиф этмокчиман:

1. Форумда ишловчи user лар, яъни фойдаланувчилар диккатига форумдаги белгилар хакида кискача тухталиб утилса, яъни, мавзудан олдин турган белгилар нимани англатади, янги руйхатга киритилган фойдаланувчи неча постдан сунг кандай лавозим эгаси булади (ёки бошкача килиб айтганда, мисол учун Сизларда member ёки super member), кайси лавозимда кандай фойдаланувчи уз имзосини куйганида нечта белгиларни ишлатиши мумкин
2. Мавзу олди белгиларида кушимча белгиларни кушиш таклиф этаман (агар улар булмаса албатта): масалан, а) фойдаланувчи форумга кириб, бирор мавзуга бирор пост ёздирса, бу хакда ушбу мавзу олдида белги куйиб, бу белги "ушбу мавзуда Сизнинг постингиз мавжуд" деган маънони англатса; б) иложи булса, янги очилган мавзулар олдида "янги" деган  белги эмас, балки мавзунинг номини семизрок (bolt) харфлар билан безатилса, ва у кандайдир вакт утиши билан уз кучини йукотса.
3. Ушбу белгилар тугрисида форумнинг бошида энг пастки кисмида - кандай белгилар нимани англатиши тугрисида кискача жадвал ёки бошка бирор хил турда киритиб куйилса. Яна бир нарса, юлдузлар кандай белгини англатиши хакида айтиб утсангиз?!
    Хурматли юртдошлар! Хатимнинг бошида ёзганимдек, булар хаммаси кушимча. Форумда хозирча камчилик курганим йук. Яна бир бор такрорламокчийдим, агарда
ушбу пост олдиндан ёзилган булса, узр
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Murod_bek 20 Yanvar 2008, 22:55:36
Assalomu ALaykum!
Ikbaljohn aka! Yilning eng Opttopchisi degan so'rovnoma ochibsiz...
"Yilning eng ma'noli postlar sohibi,sohibasi" degan so'rovnoma ham ochsak qanday bo'lar ekan?
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: ikbaljohn 21 Yanvar 2008, 18:40:14
Assalomu ALaykum!
Ikbaljohn aka! Yilning eng Opttopchisi degan so'rovnoma ochibsiz...
"Yilning eng ma'noli postlar sohibi,sohibasi" degan so'rovnoma ham ochsak qanday bo'lar ekan?
Vaalaykum assalom!
Marhamat,bemalol ochishingiz mumkin :)
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Murod_bek 09 Mart 2008, 10:17:45
Assalomu ALaykum!
ZiyoUZ viktorinasidagi hamma savol javoblarni Word variantiga ko'chirganlar bormi?
Bo'lsa yaxhi bo'lar edi..Printerdan chiqarib olmoqchi edim...
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: AbdulAziz 09 Mart 2008, 15:13:58
Assalomu ALaykum!
ZiyoUZ viktorinasidagi hamma savol javoblarni Word variantiga ko'chirganlar bormi?
Bo'lsa yaxhi bo'lar edi..Printerdan chiqarib olmoqchi edim...

Va alaykum assalom!
Ushbu sahifaga kirib, Ctrl C qilib, Wordga Ctrl V qilsangiz, hamma savollar javobi bilan sizda bo'ladi, inshaalloh:
http://forum.ziyouz.com/index.php?action=printpage;topic=197.0
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Murod_bek 13 Mart 2008, 14:10:42
Assalomu ALaykum!
ZiyoUZ viktorinasidagi hamma savol javoblarni Word variantiga ko'chirganlar bormi?
Bo'lsa yaxhi bo'lar edi..Printerdan chiqarib olmoqchi edim...

Va alaykum assalom!
Ushbu sahifaga kirib, Ctrl C qilib, Wordga Ctrl V qilsangiz, hamma savollar javobi bilan sizda bo'ladi, inshaalloh:
http://forum.ziyouz.com/index.php?action=printpage;topic=197.0
Minnatdorman Davron aka! Ilmingiz ziyoda bo'lsin!
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Robiya 05 Sentyabr 2008, 11:56:51
Assalomu alaykum! Menda bir taklif bor edi: mana , bir necha yillardan buyon forumning a'zosimiz, ammo bizda hech qanaqa belgi-nishon yo'q. Ya'ni, shu forum a'zoligini bildirib turuvchi biror narsa demoqchiman.
  Taklifim: sayt administratori va boshqalarning ishtiroki, maslahati asosida o'zimizning Forum.ziyouz.com dan ekanligmizni bildirish va butun respublikada (dunyoda desak ham bo'ladi) "ziyo.uz"chilar safini kengaytirish maqsadida biror nishon tashkil qilinsa, yoki vizitkaga o'xshash (aynan nimaligini bilmaganligim uchun shu misolni keltiryapman) o'zida user haqida ma'lumotni jamlagan bir belgi berilsa zo'r bo'lardi.

PS.: tushuntirolmagan bo'lsam, uzr.

OFF: bu oddiy narsa bo'lib ko'rinishi mumkin, ammo keng ko'lamda ish olib borayotgan forum boshqalardan ajralib turishi keragu...Vallohi a'lam!
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Mars 06 Sentyabr 2008, 01:24:48
Assalomu alaykum! Menda bir taklif bor edi: mana , bir necha yillardan buyon forumning a'zosimiz, ammo bizda hech qanaqa belgi-nishon yo'q. Ya'ni, shu forum a'zoligini bildirib turuvchi biror narsa demoqchiman.
  Taklifim: sayt administratori va boshqalarning ishtiroki, maslahati asosida o'zimizning Forum.ziyouz.com dan ekanligmizni bildirish va butun respublikada (dunyoda desak ham bo'ladi) "ziyo.uz"chilar safini kengaytirish maqsadida biror nishon tashkil qilinsa, yoki vizitkaga o'xshash (aynan nimaligini bilmaganligim uchun shu misolni keltiryapman) o'zida user haqida ma'lumotni jamlagan bir belgi berilsa zo'r bo'lardi.

PS.: tushuntirolmagan bo'lsam, uzr.

Yahshi fikir bo'libdi,menga ham yoqdi amalga oshirilsa yahshi bo'lari.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: AbdulAziz 06 Sentyabr 2008, 07:55:51
Robiya, taklifingizni to'liqroq yoritsangiz.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 14:55:36
Robiya, taklifingizni to'liqroq yoritsangiz.

Qanday tushuntirishni bilmayapman. Hozir.... mana masalan "O'zbekiston Qahramoni" mukofoti egalari nishon taqib yurishadi, Zulfiya mukofoti egalari ham shunday. Xuddi shunga o'xshash forum a'zolariga yoki hozircha faqat moderator, administratorlarga shunaqa belgi-nishon tashkil qilinsa degandim. Bu biror medal bo'lishi shartmas, shunchaki Ziyouz.com danligimizni bildirib tursa bo'ldi.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Mr.Twister 06 Sentyabr 2008, 16:59:31
Yaxshi fikr lekin, bir birimiz bilan ko`cha ko`yda uchrashib ham olardik!
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: ZUBAIR 12 Noyabr 2008, 01:49:44
Assalamu Alaykum. Mening fikrimcha forumda smayliklar yetarli emas. Yana smayliklar qo'shishni iloji bormi? Masalan Yahoo messengerdagi smayliklarni. Smayliklar ham o'z fikrimizni to'g'ri tushuntirish uchun hizmat qiladi deb hisoblayman.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Robiya 13 Noyabr 2008, 13:46:25
Assalamu Alaykum. Mening fikrimcha forumda smayliklar yetarli emas. Yana smayliklar qo'shishni iloji bormi? Masalan Yahoo messengerdagi smayliklarni. Smayliklar ham o'z fikrimizni to'g'ri tushuntirish uchun hizmat qiladi deb hisoblayman.

Vaalaykum assalam! Menimcha smayliklar yetarli.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: ZUBAIR 13 Noyabr 2008, 22:25:43
Iqtibos
Vaalaykum assalam! Menimcha smayliklar yetarli.

O'z fikringizni bildirganingiz uchun rahmat. Bu haqda admin Abdulaziz aka ham fikrlarini aytsalar foydadan xoli bo'lmasdi.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Munavvara 13 Noyabr 2008, 23:34:22
Menimcha smilelar kam bo'lgani bir tarafdan yaxshi chunki ko'pi ham backana bo'lib ketadi meni nazarimda... Aytishadiku "Asalniyam ozi shirin deb"
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Rukhiya 14 Noyabr 2008, 00:53:07
Smayliklar ko'paysa,xech bachkana bo'lmaydi. Nimasi bachkana,qaytanga ba'zan kerak bo'ladi. Shaxsan man ba'zan biror narsalarni tushuntirayorganda smaylikga ihtiyoj sezaman. Tushuntirmoqchi bo'lgan narsamni aksini tushunishadi. Smayliklar shunaqa paytlarda kk bo'ladi. Albatta smayliklarni yaxshisi,odamdagi hissiyotlarni ifodalab beradigani kk.
Ba'zi keraksiz smayliklarni olib tashlab,yangilarini kiritish kerakmikin?
Yana bilmadim.........
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2008, 08:50:56
Assalamu alaykum!
Agar yaxshi, xayrli smayliklrdan taklif qilsalaringiz qo’shishimiz mumkin.
Ha, keyin keraksiz bo’lgan smayliklarni ham aytsangizlar, ularning o’rnini boshqa smayliklar bilan to’ldiramiz.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: ZUBAIR 15 Noyabr 2008, 12:42:50
Assalamu Alaykum.
Menimcha keraksiz smayliklar;  ::) :P :-X :-\ :-* :'( >:D :4 :5 :6 :8 :12 :13 :14 bo'lsa kerak.
Mana bu smiliklarni qo'shishni taklif qilaman.

(http://rasm.sb.uz/pics/9767fd736eca7f2986f526b6d5059ea8.bmp) (http://rasm.sb.uz/#9767fd736eca7f2986f526b6d5059ea8.bmp)

Yana arab tilidagi bismillah, subhanalloh, alhamdulillah deb yozilgan xatlar bo'lsa ham yaxshi bo'lardi.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Robiya 15 Noyabr 2008, 13:44:30
Assalamu alaykum, Zubairning fikrlarini qo'llab-quvvatlayman. Boshqalarning ham takliflarini kutamiz.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Azza binti Baxrom 15 Noyabr 2008, 16:13:41
 Assalomu aleykum va rahmatullohu va barokotuh!
Assalomu aleykum aziz dindoshim! manimcha ham zo'r - a'lo fikr... keraksiz smayliklar ni o'rniga keraklilarni qo'yish... Zubayrning fikrlariga men ham qo'shilaman.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Munavvara 15 Noyabr 2008, 18:44:17

Yana arab tilidagi bismillah, subhanalloh, alhamdulillah deb yozilgan xatlar bo'lsa ham yaxshi bo'lardi.
[/quote]
Assalamu alaykum mana bu fikrga qo'shilaman agar arabcha Assalamu alaykum ham bo'lsa zo'r bo'lardide :)
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: ZUBAIR 17 Noyabr 2008, 00:13:09
Keraksiz smayliklar olib tashlanibdi, lekin yangilar qo'shilmabdi. Qiziq!
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: AbdulAziz 17 Noyabr 2008, 10:25:47
Keraksiz smayliklar olib tashlanibdi, lekin yangilar qo'shilmabdi. Qiziq!
Sabr, birodar, sabr.

Yangi go'zal smayliklar qo'shildi:

 :?:  :!:  :>:

 :bs1:  :bs2:  :as:
 :jl:  :sw:  :ra:
 :amn:  :iyd:

baho berishingiz mumkin.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Munavvara 17 Noyabr 2008, 13:48:15
 :as: Abdulaziz aka baraka toping zo'r bo'libti endi  : )
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: registan 17 Noyabr 2008, 14:04:56
(http://www.pic4ever.com/images/97.gif) (http://www.pic4ever.com/images/237.gif) (http://www.pic4ever.com/images/8.gif) (http://www.pic4ever.com/images/109.gif) (http://www.pic4ever.com/images/wow.gif) (http://www.pic4ever.com/images/352nmsp.gif) (http://www.pic4ever.com/images/smashfreak.gif) (http://www.pic4ever.com/images/happy0196.gif) (http://www.pic4ever.com/images/oath.png) (http://www.pic4ever.com/images/maniac.gif) (http://www.pic4ever.com/images/2i1d1co.gif)

Bu smayliklarga tobingiz qalay? :)
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Rukhiya 17 Noyabr 2008, 14:05:41
 :as:

Baraka toping AbdulAziz. Mana bular endi o'zgacha ko'rinish beryapdi ,Ziyo-uzga mos bo'libdi.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Rukhiya 17 Noyabr 2008, 14:07:40
(http://www.pic4ever.com/images/97.gif) (http://www.pic4ever.com/images/237.gif) (http://www.pic4ever.com/images/8.gif) (http://www.pic4ever.com/images/109.gif) (http://www.pic4ever.com/images/wow.gif) (http://www.pic4ever.com/images/352nmsp.gif) (http://www.pic4ever.com/images/smashfreak.gif) (http://www.pic4ever.com/images/happy0196.gif) (http://www.pic4ever.com/images/oath.png) (http://www.pic4ever.com/images/maniac.gif) (http://www.pic4ever.com/images/2i1d1co.gif)

Bu smayliklarga tobingiz qalay? :)

Off topic degani ba'zan kerak bo'ladi shekillik,qolganlari bog'cha yoshdagi bollarga
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: registan 17 Noyabr 2008, 14:22:24
(http://www.smiliegenerator.de/s36/smilies-5100.png)

Bunisichi? :)
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: registan 17 Noyabr 2008, 14:49:55
(http://www.pic4ever.com/images/97.gif) (http://www.pic4ever.com/images/237.gif) (http://www.pic4ever.com/images/8.gif) (http://www.pic4ever.com/images/109.gif) (http://www.pic4ever.com/images/wow.gif) (http://www.pic4ever.com/images/352nmsp.gif) (http://www.pic4ever.com/images/smashfreak.gif) (http://www.pic4ever.com/images/happy0196.gif) (http://www.pic4ever.com/images/oath.png) (http://www.pic4ever.com/images/maniac.gif) (http://www.pic4ever.com/images/2i1d1co.gif)

Bu smayliklarga tobingiz qalay? :)

Off topic degani ba'zan kerak bo'ladi shekillik,qolganlari bog'cha yoshdagi bollarga

To'g'risini aytsam yangi qo'shilgan smileylaga smiley orqali "zo'r chiqibdi" deb baho bermoqchi edim, to'g'ri keladigan smileyni topolmadim. Shuning uchun taklif qilgandim.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: ZUBAIR 18 Noyabr 2008, 02:32:07
 :as:

Alloh rozi bo'lsin, juda ajoyib ish bo'libdi.
(http://www.pic4ever.com/images/97.gif) (http://www.pic4ever.com/images/237.gif) (http://www.pic4ever.com/images/8.gif) (http://www.pic4ever.com/images/109.gif) (http://www.pic4ever.com/images/wow.gif) (http://www.pic4ever.com/images/352nmsp.gif) (http://www.pic4ever.com/images/smashfreak.gif) (http://www.pic4ever.com/images/happy0196.gif) (http://www.pic4ever.com/images/oath.png) (http://www.pic4ever.com/images/maniac.gif) (http://www.pic4ever.com/images/2i1d1co.gif)

Bu smayliklarga tobingiz qalay? :)

Lekin bu smiliklar qani? Bir pasda olib tashlandimi yoki menda ko'rinmayaptimi?

(http://www.smiliegenerator.de/s36/smilies-5100.png)

Bunisichi? :)

Bunisi qolsa zarari yo'q edi, vallohu a'lam
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: registan 20 Noyabr 2008, 01:24:27
Va alaykum assalom ZUBAIR!

Bu smileylar hali forumga qo'shilgani yo'q, men taklif qilgandim xolos. www.pic4ever.com saytidan forum uchun xohlagan smiley kodini olishingiz mumkin. Yoki www.smileygenerator.com saytida o'zingiz smiley yaratsangiz ham bo'ladi.
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: Munavvara 20 Noyabr 2008, 18:07:41
(http://www.pic4ever.com/images/97.gif) (http://www.pic4ever.com/images/237.gif) (http://www.pic4ever.com/images/8.gif) (http://www.pic4ever.com/images/109.gif) (http://www.pic4ever.com/images/wow.gif) (http://www.pic4ever.com/images/352nmsp.gif) (http://www.pic4ever.com/images/smashfreak.gif) (http://www.pic4ever.com/images/happy0196.gif) (http://www.pic4ever.com/images/oath.png) (http://www.pic4ever.com/images/maniac.gif) (http://www.pic4ever.com/images/2i1d1co.gif)

Bu smayliklarga tobingiz qalay? :)

 :as: Registanbey meni mazur tutasiz shu smilelar sal bachkanaroq emasmi??? meni nazarimda umuman smile qo'yish k-k emas, agarda qo'yilganda ham ma'nolirog'i bo'lsa yaxshi bo'lardi Valahu alam. boshqa userlarni fikrini ham eshitib ko'rsak yomon bo'lmasdi menimcha...
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: registan 21 Noyabr 2008, 12:19:05

Dilsora! Smileylar siz aytganingizdek bachkana bo'lishi mumkin, lekin aynan bachkana postlarga juda mos tushadi. Aslida mening qiz bolalar bilan tortishish odatim yo'q, shuning uchun "bachkana bog'cha bolasi" bo'lishga ham roziman. :D
Nom: Re: Takliflar
Yuborildi: ZUBAIR 28 Noyabr 2008, 21:38:33
Assalamu Alaykum.
 :as: - Mana shu yozuvga e'tirozim bor. Menimcha السلام عليكم yozilishi kerak. Shuni tahrir qilib to'g'rilab qo'yishni iloji bormi :?:

Keyin yozuvni kattalashtiradigan kod menda chiqmay qoldi. Nimagaligini tushunmayapman.