forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Muslima_subh 10 Yanvar 2007, 09:05:33

Nom: Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (O'limni eslash kitobi)
Yuborildi: Muslima_subh 10 Yanvar 2007, 09:05:33
Imom G’azzoliy

IHYOU ULUMID-DIN
O’LIMNI ESLASH KITOBI

MUNDARIJA

Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg32346#msg32346)

Birinchi bob. O’limni eslash va unga targ‘ib xususida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg32348#msg32348)
O’limni eslashning fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg32354#msg32354)
O’lim qanday eslanadi? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg32354#msg32354)

Ikkinchi bob. Dunyo havasidan tiyilish fazilati, unga berilishning sabablari va bu dard muolajasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg32539#msg32539)
Sahobalar va olimlarning so‘zlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg32543#msg32543)
Dunyo havasiga berilishning sabablari va bu dardning muolajasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg34256#msg34256)
O’tkinchi dunyoga munosabatda insonlarning farqlanishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg34259#msg34259)
Solih amalga shoshilish va uni kechiktirish ofatidan saqlanmoq bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg34261#msg34261)

Uchinchi bob. O’lim talvasasi va shu holatda qilinishi mahbub sanalgan ishlar xususida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg34266#msg34266)
O’lim onlarida mahbub ko‘rilgan amallar bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg34274#msg34274)
O’lim farishtasi bilan uchrashuv onlaridagi hasrat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg34276#msg34276)

To‘rtinchi bob. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam va xulofoi roshidinlarning vafotlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg35262#msg35262)
Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning vafotlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg35262#msg35262)
Abu Bakr Siddiq roziyallohu taolo anhuning vafotlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg35291#msg35291)
Umar ibn Xattob roziyallohu taolo anhuning vafotlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg134224#msg134224)
Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning vafotlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg134230#msg134230)
Ali karramallohu vajhahuning vafotlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg134233#msg134233)

Beshinchi bob. Xalifalar, amirlar va solih insonlarning o‘lim onlarida aytgan so‘zlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg134235#msg134235)

Oltinchi bob. Janoza va qabriston xususida oriflarning so‘zlari, qabr ziyoratining hukmi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg134240#msg134240)
Farzand o‘limi xususida salaflarning so‘zlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg134246#msg134246)

Yettinchi bob. O’limning mohiyati haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg134250#msg134250)


MUQADDIMA

Ne-ne bahodirlarni yer tishlatgan, qanchadan-qancha kisrolarni yakson etgan, o‘limni mutloq unutgan qaysarlarning orzu-umidlarini yo‘kqa chiqargan zot — Ollohga hamd bo‘lsin. Darhaqiqat, «dunyoga ustunman» degan sonsiz bahodirlarga, kisroyu qaysarlarga va’da haq bo‘ldi. Ollohularni tubsiz chohga qulatdi. Bas, ular qasrlardan qabrlarga, nur balqqan beshiklardan qop-qorong‘u go‘rlarga ko‘chdilar, ayollar va bolalarni erkalash lazzatidan mahrum bo‘lib, hasharot va ochofat kurtlarga yem bo‘ldi-lar. Taom va sharob ne’matidan kesilib, qaro tuproqqa qorildilar. Ulfatlarning huzurbaxsh bazmidan uzilib, dahshatli yolg‘izlik, so‘ngsiz bezovtalik ichra qoldilar.
Aytingchi, dunyoda o‘limdan saqlaydigan biror qal’a yoki kuch bormi?! Bor bo‘lsa, u bilan himoyalaning, qani, o‘zingizni o‘limdan to‘sib ko‘ring-chi!
«Biz ulardan ilgari ham ancha avlodni halok qilganmiz. Siz ulardan birortasini ko‘rurmisiz yoki ovozlarini eshiturmisiz?!» (Maryam surasi, 98-oyat)2.
Buyuklik va qudratda yagona bo‘lgan Olloh shirk va nuqson kirlaridan pokdir. U zot baqoning egasi, Undan o‘zgasi fanodir. Boqiy zot foniylarga baxt ato etdi. O’limni muttaqiylar uchun najot va uchrashuv va’dalashilgan manzil qildi. Qabr esa badbaxtlar uchun zindon, to yaxshilik yomonlikdan ajraladigan jazo kunigacha tor xibsxona bo‘ldi.
Barcha ne’matlarni ato qilguvchi - Olloh, so‘ngsiz qahr bilan intiqom oluvchi ham Olloh. Osmonlaru yerda U zotga shukrlar ko‘p. Avvalu oxir U zot uchun hamdlarga to‘la!
Ochiq mo‘jizalari bilan bani Odam ichra mumtoz janobi pang‘ambarimiz Muxammad alayhissalomga, uning ahli baytlari hamda ashobiga salovotu salomlar bo‘lsin!
O’lim - qismati, kabr - qarorgohi, tuprok - to‘shagi, Munkar va Nakir - suxbatdoshi, qurt-qumursqalar - ulfati, yer osti - xosxonasi, mahshargoh - va’dalashgan joyi, jannat yo do‘zax - so‘nggi manzili bo‘lgan har bir kishining fikru zikri - o‘lim, tadbiru tadorigi xam o‘lim uchun bo‘lishi tabiiy. Uning butun diqqat e’tibori o‘limga qaratilgan, qo‘rqinch va quvonchi ham o‘limdan, u o‘limga muntazir. U nafsini o‘liklar qatorida sanab, o‘zini qabrda ko‘radi. Chunki keluvchi narsa doimo yaqin, kelmaydigani esa uzokdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, dedilar:
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 10 Yanvar 2007, 09:08:38
«Nafsini tergaydigan va o‘limdan keyingi ishlarni o‘ylab amal qiladigan kishi asl ziyrakdir».
Qalbda neki ko‘p yod etilsa, u narsaning kelishiga hozir turish oson kechadi. Nimanidir qayta-qayta eslab turish uchun esa, uni esga soluvchi ishoratlarga doimo diqqatni qaratish, unga rag‘bat uyg‘otuvchi narsalar xususida jiddiy mulohazani tark etmaslik lozim.
Keling, o‘lim va unga bog‘liq masalalar xususida to‘xtalaylik. Ha, banda o‘lim va u bilan bog‘lik jihatlarni takror-takror eslamog‘i, tafakkur va basirat bilan bu manzaralarni xotirida doimiy qaror toptirmog‘i kerak. Chunki bu o‘y va zikrlar bandani og‘ir safarga tayyorlaydi, doimiy safarbarlikka undaydi. Jo‘nash vaqti yaqin, umrdan oz koldi, xalq esa, bundan g‘ofil:
«Odamlarga hisob-kitoblari yaqinlashib qoldi. Ular esa, g‘aflatda, (iymon keltirib, yaxshi amallar qilishdan) yuzo‘girguvchidirlar» (Anbiyo surasi, 1-oyat).
                     
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 10 Yanvar 2007, 09:11:45
                                           Birinchi bob
O’limni eslash va unga targ‘ib xususida

Biling! Dunyoga mukkasidan ketgan, uning aldovlariga ishonib, shahvatlar og‘ushida qolgan kishining qalbi, shubhasiz, o‘limni eslash amalidan g‘ofil, bu ne’matdan bebahradir. Bun-day odam o‘limni esga olishni yoqtirmaydi, bundan qochadi. Olloh taolo deydi:
«Ayting: «Sizlar qochayotgan bu o‘lim, albatta sizlarga yo‘liqquvchidir. So‘ngra sizlar g‘aybu shahodatni biluvchi Zotga qaytarilursizlar. Bas, U zot sizlarga qilib o‘tgan amallaringizning xabarini berur!» (Jum’a surasi, 8-oyat).
Demak, odamlar uch xil bo‘ladi:
—dunyoga mukkasidan ketganlar;
—tavba yo‘liga kirganlar;
—kamolga yetgan oriflar.
Dunyoga mukkasidan ketgan kishi o‘limni eslamaydi. Eslagan taqdirda ham dunyosi qolib ketayotganiga afsus qilib, bunga o‘lim sababchi bo‘lyapti, degan bema’ni xayolga boradi. O’limni bu tarzda eslash yaqinlik hosil bo‘lishiga emas, balki Ollohdan uzoqlashishga sabab bo‘ladi.
Tavba yo‘liga kirgan kishi o‘limni ko‘p eslaydi. Eslagani sayin qalbi qo‘rkinchu istig‘forga, vujudi xushu’ va xuzu’ga limmo-lim to‘ladi. To‘g‘ri, u ba’zan o‘lim qo‘qqis kelib, tavba tamomiga yetmay, oxirat ozug‘i g‘amlanmay qolishidan cho‘chib, o‘limni xoxlamaydi. Lekin uning bu holati uzrli. Shuning uchun ham u Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadisida aytilgan kishilar jumlasiga kirmaydi:
«Kim Olloh bilan uchrashishni xohlamasa, Olloh ham u bilan uchrashishni xohlamaydi» [/i](Abu Hurayra rivoyati, muttafaqun alayh). Chunki, tavba yo‘liga kirgan odam Ollohning diydori va o‘limdan qochmaydi. Balki o‘zining qusr va nuqsonlari sabab, Olloh diydoriga yetish kabi buyuk ne’matni boy berib qo‘yishdan xavfsiraydi. Go‘yo u suyuklisi rozi bo‘ladigan uchrashuvga tayyorlanish bilan mashg‘ul bo‘lib, visolga kechikishdan cho‘chiyotgan kishiga o‘xshaydi. Visolga kechikishdan cho‘chish esa visolni xoxlamaslik emas.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 10 Yanvar 2007, 09:13:01
Xullas, tavba yo‘liga kirgan kishining alomati shuki, u hamisha o‘zini o‘limga hozirlaydi, bu uning doimiy mashg‘ulotiga aylanadi. Kimki shunday emas ekan, demak, u dunyoga muk-kasidan ketganlar jumlasidandir.
Orif kishi o‘limni uzluksiz eslaydi. Negaki, u yaxshi biladi: o‘lim suyukli Zot huzuriga ilk qadam, diydorlashuv va’dalashilgan manzil. Habib mahbubining visol va’dasini aslo unutmaydi. Ko‘pincha, orif zot osiylar uyi bo‘lmish ushbu isyonli dunyodan batamom kutulib, butun olamlar Parvardigoriga yaqin bo‘lish uchun o‘limning kelishini intizorlik bilan kutadi.
Olloh rozi bo‘lsin, Huzayfadan rivoyat qilinadi, o‘lim onlari yaqinlashgach, u dedi: «...Ey Olloh! Agar men uchun qashshoqlik boylikdan, xastalik sog‘likdan, o‘lim hayotdan afzal bo‘lsa, o‘limni menga oson qil, huzuringga tezroq yetay».[/i]
Demak, tavba yo‘liga kirgan kishining o‘limni xohlamasligi uzrli bo‘lganidek, oriflarning o‘limni sog‘inishi ham uzrli sanaladi. Lekin eng a’losi - ishni butkul Ollohtaologa xavola etishdir. Bu holatga kirgan kishida na o‘lim va na hayotni tanlash ixtiyori bor. Balki Mavlosiga nima suyukliroq bo‘lsa, o‘sha narsa uning uchun avlodir. Bu hol taraqqiysi chu-qur muhabbat va yaqinlik bilan eng so‘nggi chegara - taslim va rizo maqomiga yetadi.Har qanday holatda o‘limni eslash savob va fazlga daxldor. Hatto dunyoga mukkasidan ketgan kishi ham o‘limni eslaganida dunyodan tiyiladi. Bora-bora dunyo ne’matlari uning me’dasi-ga uradi, dunyo lazzatlarida tot qolmaydi. Demak, inson qalbini dunyo lazzatlari va shahvatdan xalos etuvchi har qanday narsa oxirat saodatiga sabab bo‘ladi.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 10 Yanvar 2007, 09:14:49
O’limni eslashning fazilati
Rasulullohsollallohu alayhi vasallam dedilar:«Lazzatlarni mag‘lub etadigan narsalarni ko‘p zikr qilinglar» (Abu Hurayradan Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja rivoyati). Ya’ni o‘limni ko‘p eslash bilan lazzatlar kasrini buzing. Shunda, shahvatlarga bo‘lgan maylingiz so‘nadi, Olloh taologa yaqin bo‘lasiz.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«Agar hayvonlar ham odam farzandlari darajasida o‘limni anglaganlarida zdi, ularning semizini yemagan bo‘lar edinglar» (Bayhaqiy rivoyati).
Oisha roziyalloxu anho Payg‘ambarimizdan so‘radi:
— Ey Rasululloh, maxsharda shahidlar bilan birga tiri-ladigan kishi ham bo‘ladimi?
— Ha, bir kecha-kunduzda o‘limni yigirma mahal yod etgan banda shahidlar bilan birga tiriladi,- dedilar Nabiy sollallohu alayhi vasallam.
Demak, o‘limni eslash shunday fazlki, bandani oxiratga tayyorlaydi, yolg‘on dunyodan uzoqlashtiradi. O’limdan g‘ofillik esa, dunyo shahvatlariga mukkasidan ketishga undaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«O’lim mo‘minga tuhfadir» (Abdulloh ibn Umardan Ibn Abu Dunyo, Tabaroniy va Hokim rivoyati). Darhaqiqat, dunyo mo‘minning zindoni. Mo‘min kishi bu zindonda nafs shafqatsizliklaridan ozor ko‘radi, shahvatlar yuki ostida shayton hujumlaridan aziyat chekadi. Ulim uni o‘sha azoblardan ozod etadi. Bu ozodlik esa, mo‘min uchun tuhfadir.Rasulullox sollallohu alayhi vasallam dedilar:«O’lim har bir musulmonga kafforatdir» (Anas roziyallohu anhudan Bayhaqiy rivoyati).Ya’ni, haqiqiy musulmon shunday sodik mo‘minki, musulmonlar uning tili va qo‘lidan ozor ko‘rmaydi. Garchi kichik gunoxlardan xali poklanmagan bo‘lsa-da, mana shu nuqtada mo‘min-lar axloqi yuzaga chiqadi, o‘lim unn poklaydi. Modomiki, farz-larni ado qilib, katta gunohlardan sakdangan ekan, o‘lim uning kichik gunohlariga kafforat bo‘ladi.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 10 Yanvar 2007, 09:16:19
Ato al-Xurosoniy dedi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suhbatlashib o‘tirgan bir to‘p odamlar yonidan o‘tayotib, kulgu tovushini eshitdilar va ularga:
- Majlislaringizga dunyo lazzatlarini aritadigan zikrni
qo‘shinglar, - dedilar.
- Lazzatlarni nima aritadi? — deb so‘rashdi.
- O’lim, - dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam» (Anas roziyallohu anhudan).
Anas roziyallohu anqu Payg‘ambarimiz sollallohu alay-hi vasallamdan rivoyat qiladilar;«O’limni ko‘p eslanglar. Chunki u gunohlardan poklaydi, dunyodan tiyilishga undaydi» (Ibn Abu Dunyo rivoyati). Payg‘ambar sollalloxu alayhi vasallam dedilar:«O’lim nasixatlanishga kifoyadir» (Tabaroniy va Bayhaqiyrivoyati).Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga chiqayotib, suhbatlashib, kulishib o‘tirgan odamlarni ko‘rib dedilar:
«O’limni eslanglar! Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga kasamki, agar mening bilganlarimni bilganlaringda, kamrok kulib, ko‘proq yig‘lagan bo‘lar edinglar» (Ibn Abu Dunyo zaif isnod bilan Ibn Umardan rivoyat qilgan).
«Rasulullox sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida bir kishini eslashib, uni rosa maqtashdi. Shunda Payg‘ambar alayhissalom:
- Do‘stingiz o‘limni ham eslab turarmidi? - deb so‘radilar.
- O’limni eslaganini hech eshitmadik, - deyishdi.
- Demak, do‘stingiz sizlar aytganday emas ekan, - dedilar Ollohning rasuli» (Anas roziyalloxu anhudan Ibn Abu Dunyo zaif sanad bilan chiqargan).
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 10 Yanvar 2007, 09:18:04
Olloh rozi bo‘lsin, Ibn Umar dedilar: «Payg‘ambar alayhis-salom huzurlariga keldim. Shunda ansorlardan bittasi so‘radi:
- Ey Ollohning rasuli! Odamlarning eng zakiyi kim?
- O’limni ko‘p eslaydigan, unga jiddiy hozirlik ko‘radi-gan kishilar. Ana o‘shalar dunyo sharafiga va oxirat karomati-ga noil bo‘lgan zakovat egalaridir» (Ibn Moja rivoyati).
Hasan Basriy hazratlari aytadilar: «O’lim dunyoning bori-ni oshkor etdi. Aqli borlar uchun dunyoning quvonchi kolmadi». Robe’ ibn Xasim deydilar: «Mo‘min kishi intizorlik bi-lan kutadigan g‘oyib narsalarning yaxshirog‘i o‘limdir».
Axli donishlardan biri birodariga shunday mazmunda maktub yozgan ekan: «Ey birodarim! O’limni qancha orzu qilsang ham o‘lib bo‘lmaydigan dunega ketishdan oldin mana shu dunyoda o‘limdan ogox bo‘l!»
Aytishlaricha, o‘lim zikr qilinganda Ibn Sirinning har bir tuki xavfdan titrab ketardi. Umar ibn Abdulaziz har kecha faqihlarni jamlab, o‘lim, qiyomat, oxirat ko‘rqinchla-rini yodga olishar, go‘yo oldlarida bir tobut turgandek yig‘la-shardi.Ibrohim Taymiy deydilar: «Ikki narsa meni dunyo lazzati-dan uzadi: o‘limni eslash va Ollohning oldida turish».
Ka’b aytadilar: «Kim o‘limni anglasa, unga bu dunyoning musibatlariyu mashaqqatlari arzimas bo‘lib qoladi».Mutarrif: «Xuddi tushda bo‘layotgandek zdi: Basradagi mas-jidning o‘rtasida bir odam: «Olloxdan qo‘rkuvchi qalblar o‘lim-ni eslashdan to‘xtasa, Ollohga qasamki, albatta, ular hushdan ayriladi», deb qichqirar edi», deya hikoya qiladilar.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 10 Yanvar 2007, 09:18:43
Iso alayhissalom o‘limni eslagan paytlarida terilaridan qon tomib turar ekan. Dovud alayhissalom o‘lim va qiyomatni eslaganlarida, yig‘lab, hushlaridan ketar edilar. Ollohning rahmatini eslaganlarida, o‘zlariga kelardilar.Umar ibn Abdulaziz olimlardan biriga:
- Menga nasihat qiling, - dedilar.
- O’lim sari borayotgan birinchi xalifa emassan, - dedi u.
- Yana nasihat qiling, - dedilar amirul mo‘minin.
- Odam alayhissalomdan to ota-bobolaringga qadar biror kishi yo‘qki, o‘lim sharbatini totmagan bo‘lsa. Endi sening navbating kelyapti.
Keyin Umar ibn Abdulaziz yig‘ladilar.
Robe’ ibn Xasim hovlilarida kabr qazdirib qo‘ygan edilar. Har kuni bir necha marta lahadga kirib yotar, shu yo‘l bilan o‘limni doimiy yodda tutar va: «Agar kadbim bir soat o‘limni unutsa, fasod bo‘ladi», der edilar.
Mutarrif ibn Abdulloh ibn Shuxayr deydilar: «O’lim har qanday dunyo ne’matiga zavol yetkazuvchidir. Bas, bezavol ne’matlarni izlang!»
Umar ibn Abdulaziz Anbasaga: «O’limni ko‘p esla, agar to‘kinlikda bo‘lsang, tanglik neligini bilasan. Agar ahvoling tang bo‘lsa, o‘lim yodi seni kenglikka chiqaradi», deb nasihat qilgan edilar.
Abu Sulaymon Doroniy aytadilar: «Ummu Horundan:
- O’limni yaxshi ko‘rasanmi? - deb so‘radim.
- Yo‘q, - dedi u.
- Nega?
- Axir bir odamga isyon qilsam, unga ro‘baro‘ kelishdan xijolat bo‘laman. Shunday ekan qanaqasiga tinimsiz osiylik qilayotganim Olloh bilan yuzma-yuz bo‘lishim mumkin?! - deb javob berdi».

Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 10 Yanvar 2007, 09:19:29
O’lim qanday eslanadi?
Bilingki, o‘limning xatari va dahshati buyukdir. Odamlar kam fikrlab, oz esga olgani uchun ham o‘limdan g‘ofildirlar. Eslaganlar xam qalblarini hamma narsadan forig‘ qilib emas, dunyoga mashg‘ul bo‘lgan hollarida eslaydilar. Bunday zslash-dan foyda yo‘q. O’limni haqiqiy eslash yo‘li - o‘limni doimo yonida bilish, o‘limdan boshqa narsani qalbdan chiqarishdir, Buni bamisoli xatarli sahro yoki dengiz orqali safarga otlangan kishi holatiga o‘xshatish mumkin. Uning butun fikri-zikri safarda bo‘ladi. Qalb ham o‘limni eslash bilan mashg‘ul bo‘lsa, bu ish qalbni butkul band etadi. O’lim bilan band bo‘l-gan qalbda aysh-ishrat talabi, dunyo quvonchi kamayadi, toshqin-lik bosiladi. Kishi o‘limni ko‘p eslagani sayin har xil o‘lim onlari, bu dahshatli onlarni boshidan o‘tkazgan do‘stlari, tengqurlarining iltijo to‘la so‘nggi nigohlari xotirida jonlanadi. Ularning o‘limlarini, so‘nggi manzillarini eslab, og‘ir o‘ylar girdobida qoladi: ular kim va qanday edilar? Endi ularning mavqelari, holatlari qanday? Bu chiroyli siymolar tup-roqqa qanday singib yo‘qoladi? Ularning jasadlari qabrlar-da qanday parchalanadi? Ular aellarini beva, farzandlarini yetim qoldirdilar, mol-dunyolarini tashlab ketdilar. Ularnnng masjid va majlislardagi o‘rni bo‘sh, qadamlari dunyodan uzil-gan...
Ha, kishi o‘limni eslagani sayin qalbida mana shunday uzoq va yaqin o‘limlar, vahimali suratlar batafsil jonlanaveradi. Ba’zan ortga qaytib, ularning shijoat to‘la yoshligi, dovdirash-lari, hayotga bo‘lgan mayllari va unda o‘zini go‘yo boqny qoladigandeyok tutishlari, o‘limni unutishlari, yoshlikdagi kuvvat va g‘ay-ratga suyanib qolishlari, o‘yin-kulguga berilishlari, shundoq yoni-dagi o‘limdan, uning kutilmaganda kelishidan g‘ofil bo‘lganlari-ni eslaysiz. Tiriklikda vujudini ko‘tarib turgan oyoqlar, hara-katga sabab bo‘lgan a’zolar yakson bo‘ldi, endi qanday yursin?! Tilini qurtlar kemirdi, kanday gapirsin?! Og‘ziga tuproqto‘lgan, qanday kulsin?!
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 10 Yanvar 2007, 09:19:57
O’lib bo‘ldi, endi nafsga o‘limning tadbirini qilishdan ne hojat?! Shuncha yillar beparvo, g‘ofil yurdi, o‘lim farishtasi esa u kutmagan vaqtda keldi va nido kildi: «Yo jan-nat, yo do‘zax».Ana shu payt kishi o‘ziga nazar soladi, o‘zining ham o‘shalarga o‘xshashligini ko‘radi, g‘aflati ham, oqibati ham ular bilan bir xil bo‘lishi mumkinligini his etadi.Abu Dardo roziyallohu anhu aytadilar: «O’liklarni eslar ekansan, o‘zingni ham shulardan biri kabi hisobla».
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu esa: «O’zgadan ibratlangan odamgina saodatmanddir», deganlar.
Mana shunday fikrlar va misollar orkali o‘limni eslaysiz, o‘lim yonginangizda turganini xis qilasiz. Allaqachon o‘limga hozirlik ko‘rish fursati yetganini, dunyoning esa naqadar al-damchiligini teran anglay boshlaysiz. Endi o‘limni nomigagina, til uchida eslab, ibrat va ogohlik hosil qilib bo‘lmasligi-ni yaxshi bilasiz. Demak, qachonki, qalb dunyo bilan ovuna boshlasa, o‘sha zahoti o‘limni eslang, aslingizga qaytasiz.
Bir kuni Ibn Muti’ hovlilariga nazar solib, uning go‘zalligidan hayratga tushdilar. Keyin: «Ollohga qasamki, agar o‘lim bo‘lmaganida, seni ko‘rib shodlanar edim. Agar qop-qorong‘u, tor qabrlarga qaytish bo‘lmaganida, dunyo bilan ko‘zlari-miz quvonar edi», dedilar.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 12 Yanvar 2007, 20:51:40
                                           Ikkinchi bob
Dunyo havasidan tiyilish fazilati, unga berilishning sabablari va bu dard muolajasi

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abdulloh ibn Umarga dedilar:
«Saharda uyg‘onar ekansan, oqshom orzusini qilma! Okshomga yetganingda, sahar orzusini qilma! Hayotingdan o‘lim uchun, sog‘lig‘ingdan xastaliging uchun ulush ajrat. Chunki, ey Abdulloh, ertaga qanday nom olishingni bilmaysan» (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Hazrati Ali (karramallohu vajhahu) Rasululloh sollal-lohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: «Ikkita xislat borki, sizlarga ular tufayli zarar yetishidan xavfdaman: kibru havoga ergashish va orzu-havasga berilish. Kibru havoga erga-shish - hakdan to‘silish, orzu-havasga berilish esa dunyoni yaxshi ko‘rishdir. Ogoh bo‘ling! Olloh taolo dunyoni suygan bandasi-ga ham, suymagan bandasiga ham beradi. Iymonni esa faqat suygan bandasiga ato etadi. Esda tuting! Dinning ham, dunyo-ning ham farzandlari bor. Sizlar dunyo farzandi emas, din farzandi bo‘linglar. Bilingki, dunyo sizlarga orqa o‘giruvchi oxirat esa peshvoz chiquvchidir. Ogoh bo‘ling! Bu kun amal kuni, unda hisob yo‘q. Yana ogoh bo‘linglarki, hisob kuni yaqin, u kunda amal kilish yo‘q!» (Ibn Abu Dunyo rivoyati). Ummu Munzir aytadi:
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 12 Yanvar 2007, 20:54:56
«Bir kuni kechqurun Rasululloh sollallohu alayhi vasal-lam: «Ey odamlar! Olloxdan uyalmaysizlarmi?» dedilar. «Nima uchun, ey Rasululloh?" deyishdi. «Yeyolmaydigan narsalaringizni to‘playsiz, yetolmaydigan narsalarni orzu qilasiz, nchida yashol-maydigan uylar bino qilasnz», dedilar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam» (Ibn Abu Dunyo rivoyati).
Abu Said Xudriy deydi: «Usoma ibn Zayd pulini bir oydan so‘ng berish sharti bilan Zayd ibn Sobitdan yuz dinorga cho‘ri sotib oldi. Buning xabari Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yetgach, u zot; «Pulini bir oydan so‘ng berishga kelishgan Usomaga ajablanmaysizmi?! Ha, darqakikat, Usoma orzu-havas-ga berilibdi! Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, har safar ko‘zimni yumib-ochar ekanman, shu onda: yumilgan ko‘zlarimni yopgan qovoklarim qaytadan ko‘tarilgunicha Olloh jonimni olmas-mikan, degan gumonga boraman. Biror luqmani og‘zimga solsam, uni yutib ulgurmay: shu luqma bo‘g‘zimda qolib ketmasmikan, de-gan xavfda bo‘laman. Ey Odam farzandlari! Agar oqil bo‘lsang-lar, o‘zingizni o‘liklardan deb hisoblang. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, «Albatta, sizlarga va’da qilingan narsa shak-shubhasiz kelguvchidir» (An’om surasi, 134-oyat), dedilar» (Ibn Abu Dunyo, Tabaroniy va Bayhaqiy rivoyati).Rivoyat qilinishicha, Rasulullohsollallohu alayhi vasal-lam uchta cho‘p olib, bittasini oldilariga, ikkinchisini uning yoniga, uchinchisini uzoqroqqa sanchib, dedilar:
— Bu nima ekanini bilasizlarmi?
— Olloh va Uning rasuli biluvchirok,- deyishdi.
— Mana bu inson, bunksi ajal, ana unisi esa, insonning orzu-havasi. Odam farzandi orzu-havasga beriladi. Ajal uni talvasaga solganida, orzu-havasdan nishon qolmaydi», dedilar Nabiy sollallohu alayhi vasallam (Imom Ahmad rivoyatlari).
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 12 Yanvar 2007, 21:02:49
Payg‘ambar alayhissalom dedilar: «Odam farzandining atrofida to‘qson to‘qqizta o‘lim bor. Agar bu o‘limlar Odam far-zandini nishonga olishda adashsa, u qarilik tomon odimlaydi» (Termiziy rivoyati).
Ibn Mas’ud dedi: «Kishining atrofidagi o‘limlar unga el-tuvchi ko‘chalardir. So‘ng qarilik keladi, keyin orzu-havas. Kishi orzu-havasga berilar ekan, o‘lim ko‘chalariga kirib boradi. O’lim-larga uning orzu-havaslarini ushlash buyuriladi. Agar o‘lim-lar adashsa, baribir qarilik bu orzu-havaslarning boshiga yetadi. Inson esa ularning ruyobga chiqishini kutaveradi».
Abdulloh dedi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, bizga to‘rtburchak shakl chizib, uning o‘rtasiga uzun chiziq tortdilar. Keyin uzun chiziq atrofiga bir necha kalta chiziq-lar chizdilar. Bitta chiziqning uchini to‘rtburchakning tashqa-risiga chiqarib qo‘ydilar va:
— Bilasizmi, bu nima?- so‘radilar.
— Olloh va Uning rasuli biluvchirokdir, dedik.
— To‘rtburchak hosil qilib, insonni o‘rab turgan chiziq-lar uning ajali. Kalta chiziqlar dunyoda yetadigan yomonliklar bo‘lib, agar insonni bu yomonlik adashtirsa, bunisining, u yomonlik adashtirsa, unisining jabrini tortadi. Uchi tashqa-riga chiqqan chiziq esa insonning orzu-havasidir» (Buxoriy rivoyati).
Anasdan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«Odam farzandi qariydi. Undagi ikki xislat: hirs va orzu-havas esa aslo qarimaydi». Yana bir rivoyatda: «Ikki xislat yasharib boradi: mol-dunyoga hirs va umrga hirs» (Imom Muslim rivoyati).
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 12 Yanvar 2007, 21:08:51
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, dedilar:
«Bu ummatning avvalgisi yaqiyn (aniq, beshubha bilish) va zuxd tufayli najot topdi. Bu ummatning oxirgisi baxillik va orzu-havasga berilish tufayli halok bo‘ladi» (Ibn Abu Dunyo rivoyati).
Aytilishicha, «Iso alayhissalom belkurak bilan yer ag‘da-rayotgan qariyaga ko‘zi tushib: «Ey Olloh, bu choldan orzu-havas tuyg‘usini olib qo‘y», dedi.
Bir payt chol qo‘lidagi belkurakni ko‘yib, chekkaroqqa chi-qib, yotib oldi. Iso alayhissalom yana duo qildi: «Ey Olloh, unga orzu-havasini qaytar».
Chol o‘rnidan turib, ishlay boshladi. Iso alayhissalom ajablanib, choldan bu holning sirini so‘radi. Chol dedi:
— Ishlayotgan paytimda nafsim: «Qachongacha ishlaysan, o‘zing qartaygan bir chol bo‘lsang!» dedi. Darhol belkurakni uloq-tirdim va cho‘zilib yotib oldim. Sal turib, nafsim menga dedi: «Ollohga kasam, sen hali qolgan umringni ham yashashing ke-rak». Shu zahoti o‘rnimdan turib, belkurakka yopishdim».
Hasan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:
— Jannatni hammangiz yaxshi ko‘rasizmi?
— Albatta, ey Ollohning rasuli,- deyishdi.
— Orzu-havasdan tiyilinglar, ajalni doimo ko‘z oldingizda tuting! Olloxdan haqiqiy hayo qilinglar».
Rasululloh sollallohu alayxi vasallam duolarida derdilar:
«Ey Olloh, oxirat yaxshiligini to‘sadigan dunyodan saqla, panohingga ol! O’lim yaxshiligini to‘sadigan hayotdan saqla, pa-nohingga ol. Yaxshi amalni to‘sadigan orzu-havasdan saqla, panohingga ol» (Ibn Abu Dunyo rivoyati).

Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 12 Yanvar 2007, 21:10:48
Sahobalar va  olimlarning so‘zlari
Mutarrif ibn Abdulloh dedi: «Ehtimol ajalim qachon ke-lishini bilganimda, aqldan ozib qolardim. Lekin Olloh taolo bandalariga o‘limdan g‘ofillikni ato etdi. Agar ana shu g‘aflat bo‘lmaganida, bandalar hayot lazzatini totolmas edi-lar. Bozorlar kurmas edilar».
Hasan Basriy deydi: «Odam farzandiga unutish va orzu-havas kabi ikkita ulug‘ ne’mat berilgan. Agar shu ne’mat bo‘l-maganida musulmonlar yo‘llarida yurmas edilar».Sufyon Savriy deydi: «Agar inson ahmoq bo‘lmaganida hayot-dan huzurlanmas edi».Olloh rozi bo‘lsin, Salmon Forsiy dedi: «Uchta ish bor, kulgimni qistatadigan darajada ajablantiradi:
- inson farzandining o‘lim chorlab turgan bir paytda dunyo orzusiga berilishi;
- har nafasidan ogoh bo‘linayotgan bir paytda insonning bu ogohlikdan g‘ofilligi;
- olamlar Parvardigorining o‘zidan rozi yoki g‘azabda ekan-ligidan bexabar holda og‘zini to‘ldirib kulishi.
Yana uchta ish borki, yig‘latadigan darajada meni ma’yus etadi:
- do‘stlardan — Muhammad alayhissalom va u zotning jamoatidan ayrilish;
- qiyomat dahshati;
- jannat yoki do‘zaxga yuborshshshingni bilmasdan Olloh huzurida (dovdirab) turish».
Utganlardan biri dedi: «Zurora ibn Abu Avfo olamdan o‘tgandan keyin uni tushimda ko‘rdim. O’shanda undan:
- Sizning nazdingizda eng balig‘ (komil) amal qaysi?-deb so‘radim.
- Ollohga tavakkul va dunyo havasidan tiyilish,- dedi Zurora».
Sufyon Savriy dedi: «Dunyodan zuxd qilnsh faqat qattiq non yeb, janda kiyishgina emas, balki asl zohidlik orzu-havas-dan tiyilishdir».
O’tgan azizlardan biri dedi: «Mening holatim boshi kundaga qo‘yilgan, boshi uzra ko‘tarilgan qilichning bo‘yniga tushishini kutayotgan kishining holatiga o‘xshaydi».
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 12 Yanvar 2007, 21:12:31
Dovud Toiy dedi: «Agar ko‘nglimga bir oydan ortiqroq yashash
orzusi kelsa, o‘zimni katta gunohga botgan, deb hisoblayman. Axir odamlarning kunduzni fojealar bilan o‘tkazib, kechga fojealar bilan kirayotganini ko‘rib, qanday bir oy yashashni orzu qilishim mumkin?!»
Umar ibn Abdulaziz bir xutbasida dedi: «Albatta, har kanday safar oldidan yo‘l ozig‘i hozirlanadi. Bas, dunyodan oxirat sari bo‘ladigan safaringiz uchun taqvo ozig‘ini hozirlang. Olloh tayyorlab ko‘ygan mukofot va jazoni xuddi ko‘rib turgan kishidek bo‘ling. Ibodatga rag‘bat qilib, gunohdan chekining. Muddatni uzoq bilib, qalbingiz qotmasin, dushmanga bo‘ysu-nib qolmang. Olloxga qasamki, kechasi uxlab, ertalab uyg‘onishni, ertalab uyg‘onganidan so‘ng kechga yetishetmasligini bilmagan kishi zinhor orzu-havasga berilmaydi. Ulim changali bo‘g‘zimizda, qaerga kochamiz? Dunyoga aldanganlarning ko‘pini ko‘rdik. Lekin haqiqiy quvonch — Olloh taoloning azobidan najot topishiga ishongan ko‘zlar quvonchi, qiyomat dahshatlaridan emin bo‘lgan kishining quvonchidir. Bitta jarohatni davolay-man deb, boshqa jaroxat orttirgan kishi qanday quvonsin? Uzim nafsimni tiyolmasam-u, sizga nafsni tiyishni buyursam, bu qanday bo‘ldi?! Aks holda, axdimga ziyon yetadi, aybim ochiladi. Haqiqiy boylik va kambag‘allik ayon bo‘ladigan, tarozu quril-gan kunda qashshokligim namoyon bo‘ladi.
Darhaqiqat, siz shunday bir ish bilan mashg‘ul bo‘ldingizki, agar yulduzlar bu ishni qilsa, xira tortardi, tog‘lar erib yitardi, yer yorilib ketardi. Albatta, siz jannat va do‘zaxdan boshqa manzil yo‘qligini bilasiz! Amallaringiz sizni yo jannatga, yo jahannamga yetaklaydi».O’tgan azizlardan biri do‘stiga shu mazmunda maktub bitdi: «Dunyo tushdir, oxirat uyg‘oqlik. O’lim bu ikkalasining or-sida. Biz bir-biriga bog‘lanmagan, poyintar-soyintar tushlar ichidamiz, vassalom!»
Yana biri birodariga yozdi: «Dunyo uchun g‘am chekmoqnnkg cheki yo‘q. O’lim esa insonga naqadar yaqin! Inson umrining o‘tayotgan har kunida o‘limning ulushi bor. Umr davomida inson jismiga qanchadan-qancha balolar yo‘liqadi. Bas, ketishga nido keli-shidan avval hozirlik ko‘ring, vassalom».
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 12 Yanvar 2007, 21:16:13
Abdulloh ibn Somit deydi: «Otamning shunday deganini eshitdim: «Ey, doimo shunday sog‘lom bo‘lib yuraman, deb aldangan kimsa! Xastalikka chalinmasdan o‘lgan kishini ko‘rmaganmisan? Ey, muddat uzoq, deb aldangan kimsa! Tayyorgarliksiz ko‘lga olingan qal’ani ko‘rmaganmisan? Agar umringning nechog‘ln uzun-ligini fikr etganingda edi, o‘tmish lazzatlarini unutarding. Xush kayfiyatning davomiyligiga addanyapsanmi? Yoki o‘limdan omon qolishni, o‘lim farishtasiga karshi jasoratni xayol qilyap-sanmi? Bilgil, na boylik, na lak-lak qo‘shining seni o‘limdan qutkara oladi. Bilgil! O’lim soati — kayg‘u va hasrat, beparvo o‘tgan damlarga pushaymonlikdir. O’limdan keyingi bokiy xayot uchun amal qilgan bandasiga, o‘lim kelnshdan avval nazarini o‘ziga qaratgan bandasiga Ollohning rahmati bo‘lsin!»
Abu Zakariyo at-Taymiy dedi; «Sulaymon ibn Abdumalik bilan Masjidul-haramda edik. Ustiga yozuvlar o‘yilgan bir toshni keltirishdi va yozuvni o‘qiy oladigan odamni izlashdi. Vahb ibn Munabbihni chaqirishdi. U toshdagi yozuvni o‘qidi: «Ey odam farzandi! Agar ajaling qanchalik yaqin kelganini bilganingda edi, bunchalik uzun orzu-havaslarga berilmas eding, solih amallaringni ziyoda qilishga intilib, hirs va hiyladan uzoq bo‘larding. Bugun adashsang, ertaga pushaymon bo‘lasan, ahlingga, xizmatkoringga bo‘ysunasan. Otang va qarindoshla-ring seni tark etadi, farzandlaring va ahling seni inkor etadi. Orqaga qaytolmaysan, savob amallaringni ko‘paytirol-maysan. Bas, hasrat va nadomatda qolishingdan avval qiyomatni o‘ylab, savob amallarga shoshil!»Bu so‘zlarni tinglayotgan xalifa Sulaymon ibn Abdumalik ho‘ngrab yig‘lab yubordi».
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 12 Yanvar 2007, 21:19:11
Azizlardan biri dedi: «Muxammad ibn Yusufning Abdu-rahmon ibn Yusufga yozgan maktubini ko‘rdim. Unda shunday deyilgan edi: «Senga salom!
Yakkayu yagona zot — Ollohga hamd bo‘lsin! Men seni o‘tkinchi dunyodan amallaringga yarasha javob bo‘ladigan boqiy dunyoga o‘tishing uchun sababchi narsadan ogoh etaman. Yer yuzidan yer ostiga ketasan. Munkar va Nakir yoningga kelib, seni o‘tirg‘izishadi, savollar yog‘dirib qiynashadi. Agar Olloh sen bilan birga bo‘lsa, umidsizlikka, xavfga, qashshoqlikka o‘rin yo‘q. Ollox asrasin, agar aksi bo‘lsa, halokat yuzlanadi, qabr to-rayib siqadi. Keyin sen Mahshar kichqirig‘ini eshitasan, sur puflanadi. Olloh maxluqotlari orasida xaq va nohaqni yuzaga chiqarish, yeru osmonlarni mavjudotlardan xoli qilish uchun hukmini joriy etadi. Sirlar ochiladi. Olov gurillaydi. Ta-rozilar qurilgan. Payg‘ambarlar va shaxidlar keltiriladi. Ular orasida haq karor topadi. Butun olamlar Parvardigori — Ollohga hamd aytiladi.
Ajabo sharmanda bo‘lganlar qancha! Aybi yepilganlar qancha! Halok bo‘lganlar va najot topganlar kancha! Azobga duchor bo‘lganlar va raxmatga erishganlar kdncha! Koshki, u kun me-ning xolim va sening holing ne kechajagini bilsaydim. Bas, ana shunda lazzatlar unutilib, shahvatlar kesilar edi. Orzu-xavaslar qisqarib, uyqudagilar uyg‘onar, g‘ofillar ogoh bo‘lar edi. Bu ulkan xatar oldida sizu bizga Ollohning o‘zi madadkor bo‘lsin. Muttaqiylar kalbida dunyo va oxirat qanday mav-qeda bo‘lsa, mening va sening qalbingda xam Olloh ularni shu mavqeda joylashtirsin. Biz Ollox tufayli va Olloq uchun mavjudmiz, vassalom!»
Umar ibn Abdulaznz Ollox taologa hamdu sano aytib, ushbu xutbani o‘qidi: «Ey insonlar! Bilingki, sizlar bekorga yaralma-dingiz va hech qachon bekorga tashlab qo‘yilmaysiz. Va’da qilingan kun, albatta, keladi. Ollohu kunda barchangizni to‘play-di, haqni noxakdan ajratib, xukmini joriy etadi. Umrini zoe qilgan badbaxt bandani ertaga Olloh o‘zining har narsa-dan keng rahmatidan, osmonlaru yerni sig‘dirgan jannatidan to‘sadi. Olloxdan qo‘rqqan, taqvo qilgan, ozga ko‘pni, fanoga baqoni, shaqovatga saodatni sotib olgan banda ertaga najot topadi. Sizlar vafot etib ketgan otangizning pushti kamarida edingizlar, sizdan so‘ng farzandlaringiz qolajak, ibrat olmaysizmi?! Ibratlanmaysizmi: har kuni muddatn bitgan, orzu-umidi so‘ngan bir kishini ulug‘ va qudratli Zot huzuriga kuzatasiz. Uni yostiqsiz, to‘shaksiz qaro yer bag‘riga ko‘yasiz. Uning ahvoli og‘ir: tiriklik sabablaridan uzilgan, do‘stla-ridan ajralgan, hisob bilan yuzma-yuz...
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 12 Yanvar 2007, 21:20:01
Ollohga qasam, bu so‘zlarni aytyapman, balki gunohim siznikidan ko‘prokdir. Albatta, Ollohning qonuni odil, toatga buyuradi, ma’siyatdan qaytaradi. Ollohdan mag‘firat tilay-man», dedi va yuzini yenggi bilan yopib, yig‘lay boshladi. Ko‘z yoshlari soqolnni yuvar edi...»
Abu Muhammad ibn Aliy Zohid dedi: «Kufada bir janozaga chikdik. Dovud Toiy ham u yerda bor edi. Ulik dafn qilinganidan so‘ng, u chekkaroqqa chiqib o‘tirdi. Men ham uning yoniga borib o‘tirdim. Dovud shunday dedi: «Kimda qiyomat qo‘rqinchi bo‘lsa, uzoq yaqinlashadi. Kim orzu-havasga berilsa, amali zaiflashadi. Har bir keluvchi narsa yaqindir. Bilgil, ey birodarim! Parvar-digoringdan chalg‘ituvchi har narsa falokat keltiradi. Bilgil, dunyo axlining barchasi qabr axlidandir. Dunyo ahli ortda qolga-niga pushaymon bo‘ladi, qo‘lga kiritilganiga kuvonadi. Qabr axli pushaymon bo‘ladigan narsa uchun dunyo ahli talashib tortishadi, kelisholmay qoziga murojaat qidishadi, xusumatga borishadi».
Muhammad ibn Abu Tavba deydi: «Olloh rahmatiga olsin, Ma’ruf al-Karxiy namozga iqomat aytdi va meni imomlikka chorladi. Shunda men:
— Mayli, bu namozda imomlikka o‘tsam ham, boshqasida imomlikka o‘tmayman, - dedim.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 12 Yanvar 2007, 21:22:41
— Nima, sen hali nafsingga boshqa namozgacha yashab, uni ado qilishni aytyapsanmi? Olloh bizni orzu-havasga berilishdan saqlasin. Orzu-havasga berilish xayrli amalni to‘sadi, - dedi Karxiy».
Umar ibn Abdulaziz bir xutbasida shunday dedi: «Dunyo doimiy qarorgohimiz emas. Olloh unga foniylikni bitgan. Dunyo aqliga esa dunyodan ketish bitilgan. Dunyoning eng mustahkam, ishonchli qal’asi ham ozgina fursat o‘tib, xarob bo‘ladi. Eng muqim quvonch ham sal turib tarqaydi. Olloh sizga rahmatini yog‘dirsin, go‘zal amallar bilan rixlat (oxirat sa-fari) ni bezang. Yo‘l ozig‘ini hozirlang. Albatta, eng yaxshi oziqtaqvodir.
Dunyo bamisoli soya, qisqarib-qisqarib yo‘qoladi. Odam farzandi dunyoga sho‘ng‘iydi, dunyo kurashlarida g‘olib kelib, ko‘zlari quvonchga to‘ladi. Kunlardan bir kun Olloh uni O’z takdiriga muvofiq huzuriga chorlaydi. Lahaddan joy beradi, dunyodan mahrum qiladi. Uning korxona-yu boyliklari boshqa qavm ko‘liga o‘tadi. Darhaqiqat, dunyoning ulashgan quvonchi u yetkazgan za-rar oldida arzimasdir...»
Abu Bakr Siddik, Olloh undan rozi bo‘lsin, bir xutbasi-da shunday dedi: «Yoshlik ko‘rkamligi gupirib turgan go‘zal, yorug‘ yuzlar qani? Shaxarlar bino qilib, ularni mustahkam devorlar bilan o‘ragan podshohlar qani? Jang maydonlarida g‘olib, g‘alaba nashidasini surganlar qani? Zamon ularning kuragini yerga tekizdi, qabr zulmatlariga oshno kildi. Siz najotga, najotga shoshiling!»
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Fevral 2007, 07:00:04
Dunyo havasiga berilishning sabablari va bu dardning muolajasi

Biling, orzu-havaslarga berilishning ikkita sababi bor: jaholat va dunyoga muhabbat.
«Hubbud-dunyo», ya’ni «dunyoga muhabbat» degani nima?
Inson dunyoni, dunyo istaklarini, dunyoni qo‘lga kiritish vositalarini do‘st tutadi. Bu tuyg‘udan ajralish, bu ayriliqqa sabab bo‘luvchi o‘lim haqida fikrlash qalbga og‘ir. Nega-ki, nimanidir yomon ko‘rish, o‘sha narsani o‘zidan uzoqlashti-rishga majbur qiladi.
Inson bo‘lmag‘ur orzu-havaslar oshig‘idir. U doimo maqsadiga muvofiq kelgan narsa orzusida bo‘ladi. Maksadiga muvo-fiq kelgan narsa esa dunyoda abadiy qolish. U shu maqsad yo‘lida izlanadi, bu izlanish hayotining mazmuniga aylanadi. U o‘zining hech qachon amalga oshmaydigan maksadini amalga oshi-rish uchun mol-dunyo, ahli ayol, uy-joy, yor-do‘st, ulov-markab kabi dunyoviy sabablarni shu darajada kadrlaydiki, go‘yo shu-larning o‘zi ayni baqo, go‘yo shu vositalargina yagona chora!?
Ha, inson qalbi shu yolg‘onlarga aldangan. O’limni eslash, bu tuyg‘uga yaqin borish unga begona, Ba’zan o‘lim va o‘limga hozir-lik ko‘rish haqidagi o‘ylar xotiriga keladi. Lekin inson o‘sha zaxoti bu o‘ylarni xayolidan quvib: hali yoshsan, oldingda qancha kunlar bor, tavbaga ulgurasan, deydi, o‘ziga o‘zi. Vaqt o‘tib, yoshi ulg‘aygach, aytadi: ayni kuchga to‘lgan payting, qarib, kek-sayguncha sabr qil, keyin tavba qilarsan. Qarib, cholga aylan-gach, tavbani kechiktirishga sabab bo‘luvchi bahonalar yana ko‘pa-yadi: shu imoratni va mol qo‘rani kurib bitkazay yoki shu safar-dan qaytay, keyin albatta tavba qilaman; o‘g‘limning uyiga falon-falon jihozlarni olib beray yoki falon dushmanimni ham bir yoqli qilay, keyin bir yo‘la tavbaga yuzlanaman, deydi. Shu tarzda bir ishga o‘n ish ulanib ketaveradi, dunyo tashvishi tuga-maydi. Kunlar ketidan kunlar o‘taveradi, tavbani kechiktirish esa to so‘nggi kungacha, kutilmaganda o‘lim yoqadan oladigan na-fasgacha davom etadi. O’sha daqiqalarda hasrat ko‘p, qayg‘u cheksiz bo‘ladi, Axir, do‘zax ahli qichqirig‘ining aksari tavbani kechik-tirganligi uchun emasmi?! Ular: biz tavbani kechiktiruvchilarning axvoliga voy bo‘lsin, deb alam bilan baqiradilar.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Fevral 2007, 07:03:55
Tavbani kechiktiruvchi sho‘rlik inson bugun tavbani orkaga surishga undayotgan sabab ertaga ham o‘zi bilan birga bo‘lishi-ni anglamaydi. Muddat cho‘zilgani sayin bu sarkashlik quvvat olib, mustahkamlanib boradi. Bechora inson ham dunyoga sho‘ng‘-iydi, ham dunyodan uzulishini orzu qiladi?! Hayhot! Dunyo muhabbatidan kechish dunyoga quchoq ochish bilan emas, undan yuz o‘girish bilangina hosil bo‘ladi.
Ba’zan inson: hali yigit yoshida bo‘lsam, o‘lim menga uzoq, degan o‘yda yoshligiga ortiqcha ishonadi. Holbuki, «sho‘rlik bola» butun shahardagi erkaklarga nisbatan qariyalar soni o‘ndanbir mikdordan xam kamroq ekanligini xayoliga keltirmaydi, Axir, o‘lim yoshlar ichida ko‘proq bo‘lgani uchun ham qariyalar soni kam-ku?! Agar solishtirilsa, bitta keksa kishining vafotiga qadar mingga yaqin go‘dak va o‘spirin hayot bilan vidolashadi. Inson hali jismonan sog‘lom bo‘lgani uchun o‘limni, o‘limning kutilmaganda kelishini uzoq muddatlardan keyin sodir bo‘lishi mumkin hodisa deb biladi, uning yaqinligini his qilmaydi.Garchi, «o‘limning sharpasi hali uzokda», deb o‘zni ishontirilsada, dard, dardning to‘satdan kelishi aslo extimoldan uzoq emas. Balki, daf’atanlik har qanday dard, har qanday xastalikka xos xususiyatdir. Xastalikka chalingan kishining sog‘lom kishiga nisbatan o‘limga yaqinligi ko‘pchilikka ayon haqikat.
Kimki mana shular haqida fikr yuritsa, g‘aflatdan ogohlik sari qadam tashlagan bo‘ladi. Ogoh inson o‘lim uchun yigitlik, qarilik, o‘rta yosh yoki yoz-qish, kuz-bahor, erta-kech kabi maxsus vaqtlar tayinlanmaganini yaxshi biladi. O’limni ko‘z oldida tutib. doimo unga tayyorgarlik bilan mashg‘ul bo‘ladi.Ammo jaholat va dunyoga muxabbat insonni uzun dunyo hava-siga, o‘limning yaqinligidan g‘ofil qolishga undaydi.
To‘g‘ri, ba’zan nimalardir sabab bo‘lib, u o‘limni eslay boshlaydi, Lekin inson bu hodisa aynan o‘zi bilan sodir bo‘li-shiga, bir kun o‘zi ham albatta bu dunyo bilan xayrlashishi anik ekanligiga jidqiy qaramaydi. U janoza namozlariga chikadi, marhumlarni so‘nggi manziliga kuzatadi. Ammo o‘zi ham yaqinda shunday kuzatilishini xayoliga keltirmaydi. Chunki oyoklar o‘zga-larning janozalariga yurishga odatlangan, ko‘zlar o‘zgalar o‘limini ko‘rib o‘rgangan. Shunday ekan, inson qanday qilib o‘zining o‘limini tasavvur eta olsin?! Bu unga notanish hissiyot. Negaki, u hali o‘lmagan. Ba’zan o‘limni eslab qo‘yish masalasiga kelsak, bu o‘tkinchi holat. Inson bu holatdan tez chiqib ketadi, uni darhol unutadi. Shuning uchun o‘limni anglash yo‘lida paydo bo‘lgan bu holat har safar birinchi va oxirgi holat bo‘lib qolaveradi.
Biling, qachonki banda boshqa birovlar takdiridan o‘zi uchun ibrat ola boshlasa, unga ma’rifat eshigi ochiladi. Bu eshik-dan kirgan orif ertaga tobuti ko‘tarilishini, jasadi sovuq va qorong‘u lahadga qo‘yilib, qaro yerga topshirilishini, qabr og‘zi xom g‘isht bilan yogtilib, odamlar qabrdan asta uzoqlashi-shini tasavvur qiladi. Buni anglamaslik, anglashni kechikti-rish jaholatdan boshqa narsa emas!
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Fevral 2007, 07:04:11
Demak, uzundan uzoq orzu-havaslarga bog‘lanib qolish ham bir kasallik, dard ekan. Dard muolajasi uni keltirib chiqa-ruvchi sabablarni bartaraf qilish bilan amalga oshiriladi. Agar bu dardning jaholat va dunyoga muhabbat kabi ikkita illati daf’ qilinsa, kasallik barham topadi. Jaholatdan qutilish yuli — oxiratga doimo safarbar qalbdan chiqadigan sof fikr hamda pokiza qalb egalari aytgan purma’no hikmat-ni tinglashdir.
Dunyoga muhabbat og‘ir dard. Bu dardning muolajasi avvalgilaru oxirgilarni qiynab keladi. Shubhasiz, bu dardning yagona davosi oxirat kuniga, oxiratda beriladigan kattiq azob va ulug‘ savoblarga iymon keltiryshdir.
Ishonch «yaqiyn» darajasiga yetganida, ya’ni shak-shubhadan batamom xalos bo‘lganida dunyoga muhabbat tuyg‘usi qalbdan ketadi, qalbda havasga joy qolmaydi. Chunki qalbni undan ulkanroq muhabbat egallaydi. Dunyoning naqadar haqir va oxiratning naqadar ulug‘ligini anglagan kishi, agar mashrikdan mag‘ribgacha bo‘lgan yerlarning podshohligi ato qilinsa ham, bu arzimas dunyoga qiyo boqmaydi. Negaki, bezovtalik va g‘am-kudurat manbai bo‘lgan ushbu dunyo, uning nazdida, zarracha kadri yo‘q. Beqadr narsaga esa kuvonib bo‘lmaydi! Bebaho ganj, ya’ni oxiratga iymon turganida, o‘tkinchi dunyoga muhabbat qalbga qanday o‘rnashishi mumkin?!
Olloh taolodan solih bandalariga bu dunyoni qanday ko‘rsatgan bo‘lsa, bizga ham shunday namoyon qilishini so‘raymiz. Dunyo bilan vidolashayotganlarni ko‘rayapsizmi? O’lim kelganida ular qay ahvolda edilar? Ular o‘limni kutganmidilar?
Ulimga hozirlik ko‘rgan kishi ulug‘ zafarga erishadi. Kimki o‘tkinchi dunyo orzu-havaslariga aldansa, ochiq-oydin ziyon ko‘radi.
Inson har lahza o‘z a’zolariga nazar solsin. Vaqti kelib, bu a’zolarni kurtlar kanday kemirishini, suyaklar qanday sochilishini tadabbur qilsin. Shoshilmasdan, batafsil ko‘z oldi-ga keltirsin: qurt-qumusqalar kemirishni avval o‘ng ko‘zining qorachig‘idan boshlaydimi yoki chap ko‘zining qorachig‘idan?
Darhaqiqat, insonnng butun a’zoi badani qurt-kumursqaga yem bo‘lishdan o‘zgaga yaramaydi. Olloh taolo roziligi uchun hosil bo‘lgan ilm va xolis amaligini u bilan qoladi.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Fevral 2007, 07:05:17
O’tkinchi dunyoga munosabatda insonlarning farqlanishi

Biling! Shunday insonlar borki, mangu yashashni orzu qili-shadi:
«...ularning ayrimlari ming yil umr ko‘rishni istaydi-lar...» (Baqara surasi, 96-oyat).
Shundaylar borki, karib, munkillab qolish darajasigacha uzoq umr ko‘rishni xohlaydi. Ular dunyoga qattiq muhabbat qo‘yishgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«Kishi qarib, munkillab qolsa ham, qalbi doimo uzoq umr ko‘rish va boylikni sevishdek ikki narsaga nisbatan yosh bo‘ladi» (Abu Hurayradan Buxoriy va Muslim rivoyati).
Yana shunday insonlar borki, bir yillik umr orzusida bo‘lishadi. Undan u yog‘iga boshini qotirmaydi. O’zini kelgusi yil yashamaydigandek tutadi. Lekin u yozda qish uchun, qishda yoz uchun hozirlik ko‘rishni unutmaydi. Bir yilga yetadigan zahi-ra to‘plagach, ibodat bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Shunday insonlar ham borki, bir mavsumgina yashashni orzuqiladi. Ular yozda qishlik, qishda yozlik kiyimi uchun qayg‘ur-maydi.Kimlardir bir kecha-kunduz yashash orzusida bo‘ladi. Ularda shu kunning g‘ami bor, ertaning g‘ami yo‘q. Iso alayhissalom dedi: «Ertagi rizq uchun g‘am yemang. Maboda ertaga ajalingiz yetadigan kun bo‘lsa, ajalingiz bilan birga rizqingiz ham ke-ladi. Agar ajalingiz yetmasa ham, baribir ertangi rizqingiz belgilangan. Shunday ekan, o‘zganing ajali uchun qayg‘urmoqqa ne hojat?!»
Shunday insonlar borki, yashash orzusi soatdan oshmaydi. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhisalom dedilar: «Ey Abdulloh! Sahar uyg‘onar ekansan, oqshom orzusini qilma! Oqshomga yetgan ekansan, sahar orzusini qilma!» (Buxoriy).
Shunday insonlar borki, ular o‘limni bir fursat ham unutmaydi, doimo ko‘z o‘ngida tutadi, Ular bamisoli umrining vaqti-soati yetishini kutib turgan odamga o‘xshaydi. Bunday in-son o‘qiyotgan namoz vidolashayotgan inson namozini eslatadi.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Fevral 2007, 07:20:02
Bir kuni Muoz ibn Jabal Payg‘ambar alayhissalomdan iy-mon haqikdti (mohiyati) haqida so‘radi. Sarvari olam dedilar;«Har odim otganimda mana shunisi so‘nggi qadamnm emasmi-kan, degan o‘yga boraman» (Anas ibn Molik rivoyati).Demak, insonlar ana shu tariqa darajalanadi. Ularning har biri Olloh huzurida o‘z martabasiga ega. Bir oy yashashni istagan kishi martabasi bilan bir oyu bir kun yashashni orzu qilgan kishi martabasi bir xil emas. Ularning Olloh huzu-ridagi darajalarida tafovut bor:
«Olloh birovga bir zarra vazncha zulm qilmas» (Niso, 40-oyat).
Orzu-havasdan tiyilnsh kuchaygan sayin, solih amal salmog‘i oshadi. Kimki: men orzu-havasga berilmayman, desa, bilingki, u yolg‘onchidir. Inson to tirik ekan, orzu-havaslar og‘ushida bo‘ladi. Orzu-havasdan tiyilish esa, amallarga qarab bilinadi. In-son umri davomida ehtiyojdan tashqari narsalar g‘amida yuradi. Mana shu uning orzu-havasga berilganiga yetarli dalildir.
Kimda tavfiq bo‘lsa, buning alomati shuki, o‘lim doimo uning ko‘z oldida, u biron soat o‘limdan g‘ofil qolmaydi. Belgilangan vaqtidan bir nafasga ham kechikmay keladigan ajalga u hamisha tayyor turadi. Agar sahar uyg‘onib, umri oqshomgacha yetsa, shu kungi toatlari uchun Ollohga cheksiz shukrona ayta-di. Kunni zoe qilmagani uchun mamnun. Axir u bugundan ulu-shini oldi, ertaga-saharga hozirlik ko‘rib qo‘ydi, endi u kishi quvonmay, kim kuvonsin!
Ha, u kishi har kuni shu ruxda yangidan yashaydi, har kuni shu hol davom etaveradi. Albatta, bunday holat faqatgina erta va ertangi ishlar g‘amidan ozod bo‘lgan qalbgagina muyassar bo‘ladi. Mana shu holatda yashagan insonning hayoti xotirjam-lik sururi va munojot lazzatiga to‘liq. Uning o‘limi — sao-datli o‘lim, hayoti koni ibratdir.
Ey miskin inson! O’lim doim esingda bo‘lsin. Bu tentirab yurnshlaring o‘zingni unuttiradi, o‘zingni o‘zingdan yufil etadi. Ko‘zingni och, balki so‘nggi manzilga oz qolgandir. Fursatni g‘animat bilib, solih amalga shoshil!

Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Fevral 2007, 07:21:20
Solih amalga shoshilish va uni kechiktirish ofatidan saqlanmoq bayoni

Bir kishiningo‘zga yurtda ikkita birodari bo‘lib, ulardan biri ertaga, ikkinchisi esa bir oy yoki bir yildan so‘ng kelishini kutilayotgan edi. Aytingchi, qaysi bir mehmon uchun tayyorgarlik avvalroq boshlanadi? Albatta, yaqin kunlarda tash-rifi kutilayotgan mehmonning kelnshiga ko‘proq hozirlik ko‘riladi. Nimagadir tayyorgarlik ko‘rish shu narsaning yaqinda yuzaga chiqishidan darakdir. Masalan, kimki o‘limni bir yildan so‘ng keladi, deb e’tiqod qilsa, qalbiga shu muddat o‘rnashib qola-di, boshqa muddatlar uni qiziqtirmaydi. Kunlar umrning birqismini olib ketayotganini xayoliga ham keltirmaydi. Agar bir kunlik umri qolgan bo‘lsa ham, go‘yoki butun umri hali oldin-da turganday beparvo yuradi.
Bunday inson yaxshi ishlar qilishga shoshilmaydi. Vaqti behuda o‘tadi, solih amallari kechikadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:
«Sizning dunyodan kutadiganingiz tug‘yonga soluvchi boylik yoki oxiratni unuttiruvchi qashshoqlik, fasod qo‘zg‘ovchi dard yoki oyoqqa tushov qarilik, tish-tirnog‘i bilan kurollangan o‘lim yoki dajjoldir. Siz kutayotgan g‘oyib narsalarning eng yomoni Dajjol yoki Qiyomat soatidir! Qiyomat soati eng dah-shatlisi va achchig‘idir!» (Abu Hurayra rivoyati. Termiziy)
Ibn Abbos dedi: «Payg‘ambar alayhissalom bir kishiga shunday nasihat qildilar:«Beshta narsadan oldin beshta narsani g‘animat bil: qarilikdan oldin yoshlikni, xastalikdan oldin sog‘likni, qashshoq-likdan oldin boshshkni, mashg‘ulliqdan oldin farog‘atni, o‘lim-dan oldin hayotni» (Amr ibn Maymun al-Azdiydan. Ibn Abu Dunyo rivoyati).Payg‘ambar alayhissalom dedilar: «Insonlarning aksari ikki ne’mat — sog‘lik va bo‘sh vaqtning kddriga yetmaydi» (Ibn Abbos rivoyati. Buxoriy).Rasululloh, sollallohu alayhi vassallam, dedilar:«Qo‘rqqan kishi tunda yo‘lga otlanadi. Tunda yo‘lga otlan-gan odam manzilga yetadi. Ogoh bo‘ling! Olloh molining bahosi baland. Ogoh bo‘ling, Ollohning moli jannatdir» (Abu Huray-ra rivoyati. Termiziy).
Payg‘ambar alayxissalom dedilar;«Rojifa kelur (ya’ni, titratguvchi yer titrab, ustidagi bor jonzot halok qilinadi) unga Rodifa ergashur (ya’ni oradan qirq sana o‘tgach, sur ikkinchi marta chalinib, barcha narsaga qaytadan hayot ato etiladi) va o‘lim butun borlig‘i bilan kelur (ya’ni, Qiyomat kuni boshlanadi)» (Ubay ibn Ka’bdan Ter-miziy rivoyati).
Rasululloh sollalloxu alayhi vassallam ashobining g‘aflat yoki e’tiborsizlik sari mayl etayotganini ko‘rsalar, baland ovozda nido qilardi:«O’lim qanday lozim bo‘lsa, shu holda kelib, sizni yo shaqovat yoki saodat sari eltadi» (Zayd Sulaymiydan Ibn Abu Dunyo rivoyati).
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Fevral 2007, 07:22:18
Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:«Men ogohlantirguvchiman. O’lim hujumkor, Qiyomat soati va’da etilgan vaqtdir» (Ibn Abu Dunyo rivoyati).
Ibn Umar dedi: «Quyosh nurlari xurmo barglariga tushayotgan paytda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga chikdilar va shunday dedilar: «Kechagi kunga nisbatan bugundan qancha qolgan bo‘lsa, dunyodan ham atigi shuncha qoldi» (Termiziy rivoyati). Rasulullox, sollallohu alayhi va sallam dedilar:«Dunyo boshidan oxirgacha yirtilib, bittagina ipga osilib qolgan kiyimga o‘xshaydi. Mana shu bittagina ip ham uzilay-uzilay deb turibdi» (Anasdan. Ibn Abu Dunyo rivoyati.)
Jobir dedi: «Payg‘ambar alayhissalom xutbada Qiyomat so-atini esga olar ekanlar, ovozlari ko‘tarilar, yanokdari qizarib ketardi. Guyo ertalab yo kechqurun yopirilib kelishi mum-kin ko‘shindan ogohlantirayotganday der edilar: «Men va Qiyo-mat soati mana shu ikkisi kabi yaqindir», deb ikkala barmoq-lari orasini yaqinlashtirib ko‘rsatardilar» (Muslim).
Olloh rozi bo‘lsin, Ibn Mas’ud dedi:
«Olloh kimni hidoyat qilishni istasa, uning ko‘nglini i-lom uchun keng qilib qo‘yar»(An’om surasi, 125-oyat), ushbu oyatni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tilovat qilib, dedilar: «Tahqiqki, agar nur qalbga kirsa, qalb kengayadi.
— Buning alomati qanday bo‘ladi?- deya so‘rashdi.
— Yolg‘onchi dunyodan uzoqlashmoq, boqiy dunyoga qaytmoq, o‘lim kelishidan oldin o‘limga hozirlik ko‘rmoq naqadar go‘zal!-deb javob berdilar Rasululloh, sollallohu alayhi va sal-lam» (Ibn Mas’uddan Ibn Abu Dunyo rivoyati).
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Fevral 2007, 07:24:03
«(Olloh) sizlarning qaysilaringiz chiroyliroq-yaxshiroq amal qilguvchi ekanligingizni imtihon qilish uchun o‘lim va hayotni yaragan Zotdir» (Mulk surasi, 2-oyat). Suddiy (to‘liq ismi — Muhammad ibn Marvon al-Kufiy) bu oyatni shunday tafsir qiladi: «...Sizlardan kaysilaringiz o‘limni ko‘proq esga oluvchi va unga chiroyli hozirlik ko‘ruvchi, o‘lnmdan qat-tiq qo‘rqib, undan ogoh bo‘luvchi ekanligingizni imtihon qilish uchun o‘lim va hayotni yaratgan Zotdir».Huzayfa dedi: «Xar kuni ertalab va kechqurun bir muno-diy: «Ey insonlar! Otlaninglar, otlaninglar! - deb nido qiladi. Ushbu oyat buning tasdig‘idir:
«Albatta u (jahannam barcha) insonlar uchun-sizlarning orangizda (yaxshilik va toat-ibodat tomonga) ilgarilayotgan yoki (kufru isyon tomoniga) chekinayotgan kishilar uchun-ogohlantirguvchi bo‘lgan ulkan (balo)lardan biridir» (Muddassir surasi. 35-36-37-oyatlar).
Olloh rozi bo‘lsin, Umar dedi: «Kimki shoshilmayotgan ekan, bunda xayr bor. Lekin oxirat uchun qilinadigan xayr amallar bundan mustasnodir».
Munzir ibn Sa’laba al-Abdiy dedi: «Molik ibn Dinorning o‘ziga o‘zi shunday deganini eshitganman: «Qolingga voy, o‘lim kelishidan burun shoshil! Holingga voy, o‘lim kelishidan burun shoshil!» U bu lafzni o‘ttiz bor takrorladi. Men uni eshitib turardim, u meni ko‘rmasdi».
Qasan Basriy mav’izasida derdi: «Shoshiling, shoshiling! Agar nafaslaringiz to‘xtasa, sizni ulug‘ va qudratli Ollohga yaqinlashtiradigan amallardan kesilasiz, O’z nafsiga nazar solib, gunoxlarining ko‘pligini eslab yig‘lagan kishini Olloh rahmatiga olsin!» Keyin ushbu oyatni o‘qidi:
«Hech shak-shubuhasiz biz ularni aniq hisob-kitob qilib tururmiz» (Maryam surasi, 84-oyat). Ya’ni nafaslaringni, nafa-singning oxirgi damlarini, ahlingdan ajralayotgan payting-dagi oxirgi damlarni aniq hisob-kitob qilib tururmiz.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Fevral 2007, 07:26:13
Abu Muso Ash’oriy o‘limiga yaqin qolgan kunlarda ibodatga qattiq berildi. Shunda unga: «Sal tin olib, nafsingizga yen-gillik bermaysizmi?» deyildi. «Chopayotgan otlar marraga yetay deb qolganida butun jon-jaxdi bilan tashlanib chopmaydimi?! Mening ajalimga bundan ham ozroq qoldi» - dedi Abu Muso.Sal turib u jon berdi.Xalifalardan biri minbarga chiqib, degan edi: «Ey, Olloh-ning bandalari! Quvvatingiz boricha Ollohdan qo‘rqinglar. Biling! Dunyo foniydir, o‘lim boshingiz uzra soya solyapti, safar tadorigini ko‘ring. Qisqagina muddat uchun yaralgan bu dunyo lahza sayin kemtshshb, soat sayin yemrilyapti. Kun va tun atalmish g‘oyib sharpa uni yeb bitiryapti. Bu maydonga kirgan inson yo zafar quchadi yo mag‘lub bo‘ladi. Demak, inson doimo safarbar turishi shart. Nafsiga nasihat etgan, tavba qilib, shahvatdan g‘olib bo‘lgan kishi Parvardigoriga yorug‘ yuz bilan yo‘liqadi. Ajal qachon yetishini inson bilmaydi. Orzu-havas-lar insonni aldaydi. Shayton uning yonida turib, tavbani ke-chiktirishga, gunoh qilishga undaydi. Gunoh amallarni chiroy-li ko‘rsatib, o‘limdan g‘ofil qoldirmoq qasdida bo‘ladi. Ogoh bo‘ling! Sizlar bilan jannat yo do‘zaxning orasida faqat o‘lim bordir. Voh! O’lim kelsa-yu, siz bundan g‘ofil bo‘lsangiz, o‘tgan umringiz o‘zingizga qarshi hujjat bo‘lsa, kunlar sizni bad-baxtlik sari sudrasa, bu qanday hasrat!
Olloh bizni va sizni O’zining ne’matiga shukr qilguvchi, toatida bardavom etsin. O’limdan so‘nggi hasratdan saqlasin. Albatta, Olloh duolarni eshitguvchi, barcha yaxshiliklar ko‘lida bo‘lgan Zotdir. U Zot nimani xohlasa, albatta uni qilguvchidir».
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Fevral 2007, 07:26:54
«...o‘zlaringizni fitnaga duchor qildinglar, ko‘z tutdinglar hamda shubhalandinglar va to Ollohning amri kelgunicha sizlarni xomxayollar aldadi...» (Hadid surasi, 14-oyat). Mufassirlardan biri ushbu oyat tafsirida deydi: «O’zlaringizni shahvatlar va lazzatlarga duchor qildinglar. To o‘lim kelgunicha, shayton sizlarni aldadi».
Hasan Basriy dedi: «Sabrli bo‘ling, belni mahkam bog‘lang. Kunlar o‘tkinchi. Siz go‘yo karvonsiz. Manzilga oz qoldi. «To‘xta» deyilsa, bas chaqiriqqa javob berasiz. Ko‘chyapsiz, manzilga eng yaxshi narsalar bilan boring».
Ibn Mas’ud dedi: «Tundan o‘tib, saharga yetgan kishi mehmondir. Uning moli omonat. Mehmon ketadi, omonat egasiga qaytariladi».
Abu Ubayda Al-Bojiy dedi: «Xasta paytida Hasan Basriyning huzuriga kirdik (shu xastalik uni o‘lim sari yetaklagan edi). U bizga: «Marhabo, xush kelibsizlar. Sizlarga Olloh-ning salomi bo‘lsin, deya o‘zi sari chorladi. Yaratgan Egam sizu bizga jannatni nasib qilsin. Biling, agar sabrli bo‘lib, rost gapirsangiz va taqvo qilsangiz — bu ochiq-oydin yaxshilik. Olloh sizga rahmatini yog‘dirsin, eshitganlaringiz bu qulo-g‘ingizdan kirib, unisidan chiqib ketmasin. Ollohning elchi-si — Muhammad alayhissalomdan ibrat oling... Shoshiling, najotga shoshing! Qayon yuz buryapsiz?! Ka’baning Egasi haqqi, biling, o‘lim yonginangizda, siz bilan barobar turibdi. Parcha nonga qanoatlangan, yamoq kiyimga rozi, yerga yopishib ibodatga berilgan, xatolari uchun yig‘lagan, uqubatdan qochib, rahmati-dan umidvor bo‘lgan kishiga Ollohning rahmati bo‘lsin».
Hasan Basriy shu ahvolda jon berdi».
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Fevral 2007, 07:28:57

                                              Uchinchi bob
O’lim talvasasi va shu holatda qilinishi mahbub* sanalgan ishlar xususida

Biling! Bu bandai miskindan dunyoning barcha kayg‘usi-yu ko‘rkinchi, g‘amlari-yu musibatlari olib tashlanib, yolg‘iz o‘lim talvasasi qoldirilgan takdirda ham, mana shu azobning o‘zi uning butun hayotini zaqarlab, sevinchini qayg‘uga aylantirmokqa, unutish va g‘aflat neligini bilmasdan, fakat shu azob haqida o‘ylab o‘tishn-ga kifoyadir. Ha, o‘lim talvasasi uzoq va chuqur o‘ylamoqqa, ti-nimsiz hozirlik ko‘rmoqqa munosib azobdir.
Lukmoni Hakimni o‘g‘liga qilgan nasihatini eslang: «O’g‘lim! O’limning qachon kelishini bilmaysan, Bas, to‘satdan senga yo‘li-qishidan oldin o‘limga hozir tur».
Agar inson eng to‘kin va lazzatli ziyofat og‘ushida xush kayfiyat bilan o‘tirgan paytida nogoh bir sokchi kirib, uni besh qamchi urishini eslab qolsa, nima bo‘ladi? Endi unga bu o‘tirishning lazzati tatiydimi?! Yo‘k! Lazzatdan asar kolmaydn, kuvonchi qayg‘uga aylanadi.
O’lim farishtasi oldida bu soqchi nima degan gap? O’lim talvasasi oldida besh qamchi emas, undan ko‘prog‘i ham arznmas narsa-ku! Axir har bir nafasda o‘lim farishtasi inson oldida hozir bo‘lishi, uni talvasaga solib qo‘yishi mumkin, U esa bundan g‘ofil. Bu borib turgan nodonlik va aldanishdan boshqa narsa emas.
Anglang! O’lim talvasasidagi og‘riq azobini faqat uni totganlar biladi. Bu azob shiddatini totmagan odam shunchaki og‘riklarga qiyosan yoki o‘lim talvasasiga guvoq bo‘lgan odamlarning dalillariga suyanib, bu qakda nimadir deyishi mumkin.
Jonsiz a’zo og‘riq sezmaydi. Og‘rikri jon bildiradi. A’zoga biron jaroxdt yetsa yoki kuisa, buning ta’siri ruxda namoyon bo‘ladi. Jon shu ta’sir mikdorida og‘riqni xas kiladi. So‘ngra og‘rik etga, qonga va boshkd kdsmlarga taqsimlanada. Albatta jonga xam og‘rikdan ulush yetadi. Jonga yetgan mana shu ulushni boshkd a’zolar totib ko‘rganida, aslo tokat qilolmas edilar. Bu juda ulkan azobdir.
Mahbub sanalgan ishlar — qilinsa durust va chnroyli bo‘ladigan ishlar.
Na’z (ya’ni jon chiqar) holati jonning bemisl azobi bo‘lib, keyin bu og‘riq badanning har bir nuqtasiga, butun a’zolariga tarqaladi. Agar badanga tikan sanchilsa, eng avval og‘riqni jon sezadi. Badanni kuydirgan o‘tning ta’siri bundan-da ulug‘dir. Chunki olovning yolqini badanni to‘la qoplaydi, o‘t yetmagan bironta a’zo qolmaydi. Etning har bir toridagi jon rishtalari buni his qiladi.Pichoq, qilich va nayzaga o‘xshash narsalardan yetgan jarohat tir tekkan joydagina bo‘ladi. Shuning uchun ham, bu jarohat-ning og‘rig‘i olov yetkazgan og‘riqqa bas kelolmaydi. Jon chiqar azobi ayni jonga qilingan hujumdir. Jonning barcha juzlari bu og‘riqqa g‘arq bo‘ladi. Chunki jon har bir tomirdan, har bir asab tolasidan, har bir bo‘g‘indan, boshdan oyoqqacha bo‘lgan har bir tuku teridan sug‘urilib chiqadi. Bu qayg‘u, bu og‘riq haqida so‘ramang'..
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Fevral 2007, 07:29:46
Aytishadi, o‘lim kilich zarbidan, arraning tishidan, kaychiningdamidan ko‘ra shiddatliroq. Badanni kilich kessa, jon og‘riy-di. Agar zarba to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonga bo‘lsa-chi?! Qilich zarbalari ostidagi kishining to kuvvati bor ekan, baqiradi, yolvoradi, yordam so‘raydi. Jon chiqar holatda esa og‘riq shiddatidan un o‘chib qoladi. Qayg‘u zulmati quyuklashib, qalbni to‘la egallaydi, kuv-vat butkul yakson bo‘ladk. Quvvat yo‘qolgach, ingrashga majol qol-maydi?!Bu holatda akl choshib loyqalanadi. Til og‘irlashib, a’zoi badan bo‘shashadi. Kishi ingrash, qichqirish, yordam so‘rash bilan o‘zini ovutmoq istaydi, lekin bunga kuvvat qayda? Agar ozgina quvvat qolgan bo‘lsa, u ham so‘nggi damlarda xirillashni, ko‘tari-lib tushayotgan ko‘krakka bir yetib, bir yetmasdan, xalqumdan kaytib ketayotgan oxirgi nafaslarni — g‘arg‘ara tovushlarini eshitishga sarf bo‘ladi. Rango‘zgarib, kulrang tusga kira boshlaydi. Bu damda insonning, asl fitrati-tuproqqa do‘nayotgandek, barcha tomirlari uzilgudek tortiladi, og‘riq ichu tashiga dahshatli tarzda yoyiladi. Ko‘z qorachiklari ko‘tariladi, lablar qattiq qisiladi, til tanglayga yopishadi. Erkaklik moyagi quvuqqa tiqiladi, barmoqlarning uchi ko‘karib ketadi.
Xar bitta tomiri uzilgudek tortishayotgan badanning axvolini so‘ramang! Bitta tomir tortishganda ham buning azobi naqadar qattiq. Ammo, bitta emas, barcha tomirlararo o‘tgan jon tomiri tortilsa-chi?!
Keyin birin-ketin a’zolar o‘la boshlaydi. Avval, oyok panjalari, so‘ngra boldirlar, so‘ng sonlar soviydi. To jon halqumga kelguncha, har bir a’zo takror-takror o‘lim talvasasini, o‘lim qayg‘usini chekadi. Keyin kishining nazari dunyo va dunyo ahlidan batamom uziladi. Tavba eshiklari yopiladi. Hasrat va nadomat uni chulg‘ab oladi.Rasululloh sallalohu alayhi vasallam dedilar:«Jon g‘arg‘araga kelgunicha, bandaning tavbasi qabul qilinadi»(Ibn Umar rivoyati, Termiziy).
Odamlar o‘lim talvasasidan bexabar bo‘lgani uchun unga e’tibor bermaydilar, uning dahshatidan panoh tilamaydilar. Anbiyo va avliyo esa bu xavfdan ogoh. Payg‘ambarlik va valiylik nuri orqali ular hali o‘lim kelmay turib, o‘lim talvasasini idrok qilishadi. Shu sabab ularning qo‘rkinchi bisyor.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Fevral 2007, 07:30:46
Iso alayhissalom dedilar: «Ey havoriylar jamoasi! Olloh taolodan o‘lim talvasasini yengil qilishini so‘ranglar. Darhaqiqat, ulimdan qo‘rqinchim meni o‘limdan voqif etdi».
Rivoyat qilinadi: «Bani Isroildan bir guruhi qabr yonidan o‘tayotib bir-biriga: «Olloh taolodan mana shu qabrdagi jasadni tiriltirishini so‘raylik», deyishdi. Keyin ular Olloh taologa duo qilishdi. Shunda ularning qoshida bir kishi paydo bo‘ldi. Qaysidir qabrdan chiqqan bu kishining peshonasida sajda alomati zohir edi. U dedi: «Ey odamlar! Mendan ne xohlaysiz? O’limni totganimga ellik yil bo‘libdiki, hanuzgacha uningta’mi kalbimdan ketgani yo‘q».Olloh undan rozi bo‘lsin, Oisha onamiz dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi vasallam boshidan kechirgan o‘lim shiddatini ko‘rganimdan so‘ng, o‘limi yengil kechgan kishiga havas qilmay ko‘ydim».
Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlari rivoyat qilinadi:
Rasululloh sallallohu alayhi vassalam dedilar:«Ollohim! Jonni paylardan, bo‘g‘imlardan, tirnoq uchlaridan sug‘urib olguvchi O’zingsan. Ollohim, o‘lim onlarida menga madad ber, o‘limni menga oson kil» (Ibn Abu Dunyo).
Rasululloh sallallohu alayhi vassalamdan o‘limning shiddati haqida so‘ralganida dedilar;«O’limning eng yengili, bamisoli, junga qadalgan tikan-larni tortganda har bir tikan jun bilan qo‘shilib sug‘uri-lib chiqkani kabidir» (Ibn Abu Du'nyo rivoyati).
Ali karramallohu vajhahu jangga undab derdi: «Agar o‘ldirmasangiz, o‘lasiz. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, qilichning ming zarbasi to‘shakdagi o‘limdan yengilrokdir».Zayd ibn Aslam otasidan rivoyat qiladi: «Mo‘min faqat amali bilan oxirat martabalariga yeta olmaydi. U o‘zining jannatdagi darajasiga o‘lim talvasasi va qayg‘usi orqali erishadi. Kofir uchun esa bu dunyoda misli ko‘rilmagan yaxshilik-lar ato etiladi va bu yaxshiliklar yanada to‘lik bo‘lsin uchun ularga o‘lim ham yengil qilinadi. Keyin ular to‘g‘ri jahannam-ga kiritiladi».O’tganlardan rivoyat qilinadi: «O’lim to‘shagida yotgan be-mordan o‘lim haqida so‘ralganida, shunday javob bergan edi: «Go‘yo osmonlar yerni qoplab olgan, go‘yo jonim ignaning teshi-gidan o‘tyapti».«Nogohoniy o‘lim mo‘min uchun rohat, fojirga hasratdir» (Oishadan, Imom Ahmad rivoyati).Rivoyat qilinadi: «Ibrohim alayhissalom vafot etgach, Olloh taolo unga dedi:
— Ey Xalilim! O’lim qanday ekan?!
— O’lim holati, bamisoli, namiqqan junga tiqib, so‘ngra tortib olingan sixga o‘xshaydi, o‘ziga tortadi.
— Albatta, biz senga o‘limni yengil qildik,- dedi butun olamlar Parvardigori».

Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Fevral 2007, 07:31:02
Rivoyat qilinadi: «Muso alayhissalomning ruhi Olloh ta-olo huzuriga chorlangach, Parvardigori olam undan o‘lim haqida so‘radi. Muso alayhissalom dedi: «Jonim qizib turgan tovada qovrilayotgan, lekin o‘lmagan qush kabi edi. Keyin u tinchlandi, ammo qutilmadi, Birozdan so‘ng uchib ketdi».
Yana bir rivoyatda Muso alayqissalom dedi: «Jonim misoli qassobning qo‘lida tiriklayin terisi shilinayotgan qo‘ydek azobda edi».
Rivoyat qilinadiki: «O’lim onlarida Payg‘ambar alayhissalomning yonlarida suv to‘la idish bor zdi. Sarvari olam qo‘llarini suvli idishga tiqib, suv oldi. So‘ngra uni yuzlariga surib, dedilar: «Ollohim! O’lim talvasasini menga oson qil» (Oisha rivoyati, muttafaqun alayh). Olloh rozi bo‘lsin, Umar Ka’bul Axborga dedi:
— Ey Ka’b! Bizga o‘lim haqida gapir.
— Mayli, ey amiral-mo‘minin,- dedi Ka’b. — O’lim, bami-soln, kishining qorniga sanchilgan tikanli shoxdir. Har bir tikan tomir bilan birga sug‘uriladi. Keyin bir kishi bu ti-kanlarni qattiq tortadi, olingani olinadi, qolgani qoladi.
Payg‘ambar alayhissalom dedilar«Banda albatta o‘lim kayg‘usi va o‘lim talvasasini boshidan o‘tkazadi. Albatta, unnng a’zolari biri biriga salom berib deydi: «Senga salom bo‘lsin, mendan ajralding va men ham to qiyomatgacha sendan ajraldim» (Anas ibn Molik rivoyati).
Ollohning do‘stlari va habiblarida o‘lim talvasasi shun-day kechsa, bo‘g‘zigacha gunohga botgan biz osiylarning ahvoli qanday bo‘larkin?!
Albatta, o‘lim talvasasi bilan bizga boshqa musibatlar ham yuzlanadi. Bunday musibatlar uchtadir.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Fevral 2007, 07:31:22
Birinchisi, oldin aytilganidek, jon chiqar azobi.
Ikkinchisi, o‘lim farishtasini ko‘rish va qalbni dahshatli ko‘rkuv egallashi. Joni olinayotgan kishi qanchalik baquvvat bo‘lmasin, agar u ma’siyatga botgan bo‘lsa, o‘lim farishtasiga boqishga ojizlik qiladi.
Rivoyat qilinadi: «Ibrohim Xalilulloh o‘lim farishtasi-dan so‘radi:
— Fojir kishining jonini qanday suratda olasan? O’sha suratda namoyon bo‘la olasanmi? . 
  — Toqat qilolmaysan,- dedi o‘lim farishtasi.
— Balki toqat qilarman.
— Bas, u holda mendan yuzingni o‘gir.
Ibrohim alayhissalom undan yuz o‘girdi. Keyin qayrilib qaradi va: u zot ro‘parasida sochlari tikkaygan qop-qora kishi turardi. Qora kiyimdagi bu kishidan qo‘lansa hid taralar, og‘zidan olov yolqinlanib, burun kataklaridan buruqsib tutun chiqardi. Ibrohim alayhissalom hushidan ketdi. Birozdan so‘ng o‘ziga keldi. O’lim farishtasi avvalgi suratiga qaytdi. Ibrohim Xalilulloh unga dedi;
— Ey o‘lim farishtasi! Agar o‘lim onlarida fojirga mana shu suratda yo‘liqsang, shuning o‘zi unga kifoya qiladi».
Abu Hurayra Payg‘ambar alayhissalomdan rnvoyat qiladi: «Dovud alayhissalom g‘ayur (rashki kuchli) inson edi. Tashqariga chiqsa uyining eshigini qattik berkitardi. Kunlarning bi-rida odatdagidek, eshigini maxkam bekitib, ko‘chaga chiqib ketdi. Ayoli uni kuzatib koldi. Bir payt ayoli xovlida notanish kishi turganini ko‘rib: «Bu kishini hovliga kim kiritdi? Agar Dovud kelsa, albatta, bir ko‘ngilsizlik ro‘y beradi-ku» deb turga-ida Dovud alayhissalom kelib koldi va u kishiga dedi:
— Kimsan?
— Men shunday zotmankn, na podshohlar meni qo‘rqitur va na biror to‘siq meni to‘sa olur!
— Demak, Ollohga qasamki, sen o‘lim farishtasi ekansan, dedi Dovud alayhissalom va unga ergashdi».
Rivoyat qilinadi: «Iso alayhissalom o‘tib ketayotib, bosh chanog‘iga qoqildi va dedi:
— Ollohning izni bilan menga gapir! Bosh chanog‘i gapira boshladi:
— Ey Ruhulloh! Men falon-falon zamondagi podshohman. Saltanat taxtida o‘tirganimda boshimda tojim, atrofimda qo‘shinlarim, kuch-qudratim va hashamatim bor edi. Kunlarning birida qoshimda o‘lim farishtasi paydo bo‘ldi. Keyin uning yo‘rig‘iga ko‘ra, har bir a’zom meni tark eta boshladi. So‘ngra o‘lim farishtasi jonimni oldi. Koshki edi, o‘sha yig‘inu anju-manlar bo‘lmasa, bugun ayrilig‘u mahrumlikka aylangan! Koshki edi, o‘sha ulfatchiliklar bo‘lmasa, endi kimsasizlikka, dahshatli yolg‘izlikka sudragan!»
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Fevral 2007, 07:31:32
Xikoya qilinadiki, payg‘ambarlar o‘lim farishtasini dahshatli suratda ko‘rgan kishi tuygan ko‘rqinchni emas balki, faqat jon chiqar talvasasini his etadilar.Agar o‘lim farishtasi kishining tushiga kirsa, uning kolgan hayoti bezovtalikka aylanadi, umridan tot ketadi. Bu holat uning o‘ngida sodir bo‘lsachi?!Ammo Ollohning ibodatidagi bandaga o‘lim farishtasi chi-royli tusda ko‘rinadi.Ikrima Ibn Abbosdan rnvoyat qiladi: «Ibrohim alayhissalom o‘ta g‘ayur inson edi. Uyida ibodat qilar, uyidan chiqkdnida eshigini qattiq bekitardi. Bir kuni tashqaridan uyiga kirar ekan, xovli o‘rtasida notanish bir kishi turganini ko‘rdi.
— Seni hovlimga kim kiritdi? - so‘radi Ibrohim Xalilulloh.
— Bu uyga egalik qilishga men va sendan ham haqliroq Zot meni bu hovliga kiritdi.
— Sen qanday farishtasan?
— O’lim farishtasiman.
— Mo‘minlar jonini oladigan suratda menga ko‘rina ola-sanmi?
— Ha, mendan yuzingni o‘gir!
Ibrohim alayhissalom undan yuzini o‘girdi, keyin qayrilib qaradi: ro‘parasida go‘zal libosli, xush bo‘yli, yuzlaridan nur balqqan yigit turardi. Shunda Ibrohim alayhissalom dedn:
— Ey o‘lim farishtasi! Agar mo‘min o‘lim onlarida mana shu suratingda senga yo‘liksa, bu uning uchun kifoyadir».
Qilingan har bir amallarni yod olib, yozib boruvchi ikki farishtani ko‘rish ham o‘lim musibatlaridandir. Vaxib deydi: «Aytilishicha, o‘lgan kishiga amallarni yozib boruvchi ikki farishta ko‘rinadi. Agar o‘lgan kishi toat ibodatli bo‘lsa, farishtalar unga:
— Olloh seni biz uchun ham yaxshilik bilan mukofotlasin. Bizni qanchadan-qancha sodiqlar majlisiga olib kirding va qanchadan-qancha solihamallar uzra hozir qilding.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Fevral 2007, 07:31:44
Agar o‘lgan kishi fojir bo‘lsa, ikki farishta unga deydi:
— Olloh seni biz uchun ham yomonlik bilan jazolasin. Bizni qancha buzuq majlislarga olib kirding, yomon amallaring uzra hozir qilding, qabiq so‘zlarni eshittirding. Bu-ning uchun Olloh sening jazoingni bersin!»
O’lik ko‘zlarning amallarini yozib boruvchi ikki farishtaga tikilib qolishi mana shudir. Bu nigoh endi hech qachon dunyoga qaytmaydi.
O’limdagi uchinchi musibat osnylarning o‘z joylari jahan-namni ko‘rishlari va ko‘rishdan oldingi xavfdir. Ular o‘lim talvasasida (sakarot) yotgan paytlarida kuch-quvvatdan ajrala-dilar, jonlarini topshirishga hozirlanadilar. O’lim farish-tasi olib keladigan ikkita xabardan birini eshitmaguncha ular-ning joni chiqmaydi. O’lim farishtasi shunday ogoh etadi: «Ey Ollohning dushmani! Jahannam bilan seni qutlayman». Yoki: «Ey Ollohning do‘sti! Jannat senga muborak bo‘lsin».
Aql egalarining qo‘rqinchi mana shu tufaylidirPayg‘ambar alayhissalom dedilar: «Sizlardan biror kimsa borar joyi qaer ekanligini bilma-gunicha, o‘rni jannatmi yo do‘zaxmi ekanini ko‘rmagunicha, bu dunyodan ketmaydi» (Ibn Abu Dunyo rivoyati. Hadisning boshqa rivoya-ti ikkala «Saxih»da Uboda ibn Somitdan rivoyat qilingan).
Rivoyat qilinadi: «Huzayfa ibn Yaman umrining so‘nggi kechalarining birida Ibn Mas’udga dedi:
— Borib qarangchi, xozir qaysi vaqt?
Ibn Ma’sud o‘rnidan turib uning oldiga keldi va:
— Kun qizaryapti,- dedi,
— Do‘zaxga eltuvchi tongdan Ollox asrasin,- dedi Huzayfa». Umrining so‘nggi soatlarida Abu Hurayraning yonida Marvon bor edi.
— Ollohim, unga o‘limni yengil qil,- derdi Marvon. Shunda Abu Hurayra:
— Ollohim, o‘limni qattiq qil,- dedi va yig‘ladi.
— Ollohga qasam, dunyo uchun g‘am chekib yoki sizlardan ayri-lib qolishdan qo‘rqib yig‘layotganim yo‘q. Lekin kutyapman, Rabbim nimani suyunchilar ekan: jannatnimi yoki do‘zaxni?!»
Payg‘ambar alayxissalomdan rivoyat qilinadi: «Agar Ol-loh bandasidan rozi bo‘lsa, aytadi: «Ey o‘lim farishtasi! Falonchining huzuriga bor, uning jonnni keltir, unga huzur bag‘ishlay. Uning amali menga kifoya, uni sinadim. U mening suyukli bandamdir».
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Fevral 2007, 07:31:55
Keyin o‘lim farishtasi xushbo‘y rayhonlar va za’faron il-dizlar bilan bezangan besh yuz farishta bilan bu suyukli bandaning huzuriga tushadi. Har bir farishta boshqalarnikidan farqli, faqat o‘zigagina xos xushxabarni suyunchilaydi. Rux badandan ayrilar ekan, rayhonlar bilan bezangan farishta-lar banda yonida ikki-saf bo‘lib hozir turishadi. Bu holatni ko‘rgan Iblis qo‘lini boshiga ko‘yib chinqirib yuboradi. Shun-da Iblisning lashkarlari:
— Senga nima bo‘ldi, ey yetakchi zot?- deyishadi.
— Bu bandaga qilinayotgan hurmatni ko‘rmayapsizlarmi? Ko‘zingiz qaerda edi, nega uni yo‘ldan ozdirmadingiz?!
— Qattiq tirishdik. U begunoh edi» (Ibn Abu Dunyo rivoyati).
Hasan Basriy dedi: «Mo‘min kishi faqat Olloh diydori bilan rohat topadi. Olloh diydoridan rohat topgan kishining o‘lim kuni — shodlik va surur kuni, eminlik kuni, izzat va sharaf kunidir».
O’lim arafasida Jobir ibn Zayddan:
— Nimani xohlayapsan?- deb so‘raldi.
— Hasan Basriyni bir ko‘rsam,- dedi Jobir.
— Mana Hasan Basriy!- deyishdi. Jobir unga tikilib dedi:
— Birodarim! Vaqt bo‘ldi. Olloxga qasamki, endi men siz-larni tashlab jannat yoki do‘zax tomon ketyapman».
Muhammad ibn Vosi’ o‘limi arafasida: «Birodarlarim! Sizlarga Ollohning salomi bo‘lsin, do‘zaxga yo Ollohning afviga ketyapman», dedi.
Ba’zilar jonchiqar holati abadiy davom etishini xohlay-di, Ular na savob uchun va na azob uchun tirilishni istashadi.
Bas, yomon xotima xavfi oriflar qalbini parchalaydi. Bu ham o‘lim onlaridagi ulkan musibatlardan biridir.

Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Fevral 2007, 07:32:17
 O’lim onlarida mahbub ko‘rilgan amallar bayoni

Bilgil! O’lim onlarida xotirjamlik va sokinlik, tilning faqat «La ilaxa illalloh» kalimasini aytib, dilning shakgumondan to‘la xoli bo‘lishi o‘limi yaqinlashgan kishi uchun eng mahbub holatdir.
Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qilinadi:
«O’limi yaqin qolgan kishida uchta holatni kuzating: peshonasidan ter toshadi, ko‘zlaridan yosh okadi, lablari quriydi. Bu holat Ollohning ushbu kishiga tushirgan raxmatidir. Agar jon taslim qilayotgan kishi bo‘g‘ilganday xirillasa, ranggi bo‘g‘riqib qizarsa, lablari kulrang tusga kirsa, bu unga Ol-loxning azobidir» (Salmon Forsiy rivoyati, Termiziy).
Tilning shahodat kalimasini qayta-qayta takrorlashi yaxshilik alomatidir. Abu Sayid Xudriy aytadi: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam dedilar:
«O’limi yaqinlashgan kishilaringizga «La ilaha illalloh» ni takrorlab turinglar» (Ibn Hibbon rivoyati).
«Rasululloh sallollohu alayhi vasallam shunday degan edi-lar, deydi Usmon roziyallohu anhu:«Kim Olloxdan o‘zga iloh yo‘qligini, faqat Olloxgina bor-ligini bilgan holda vafot etsa, jannatga kiradi» (Imom Ahmad, Muslim, Nisoiylar rivoyati).Olloh rozi bo‘lsin, Umar dedi: «O’limi yaqinlashgan kishi-laringizdan ogoh bo‘lib turing, ularga Ollohni zikr qiling.Chunki, ular siz ko‘rmayotgan narsalarni ko‘radi, «La nlaha illalloh»ni ularga takrorlang».
Abu Huranra dedi: «Rasulullox sallollohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim:«O’lim farishtasi o‘layotgan kishining oldida hozir bo‘lib, uning kalbiga nazar soladi. Qalbidan xech narsa topmaydi. So‘ngra uning ikkala jag‘ini ochib, tilining «La ilaha illalloh» degan xolda tanglayiga yopishib qolganini ko‘radi. Ixlos kalimasi tufayli bu banda mag‘firat kilinadi» (Bayxakiy rivoyati).
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Fevral 2007, 07:32:46
O’limi yaqinlashgan kishiga shaxodat kalimasini keskin talab bilan emas, balki xalimlik ila aytib turmoq lozim. Ba’zan til so‘zga qovushmay qoladi. Bunday xolatda qat’iyat ma-shaqqat tug‘dirishi, kalimalarni aytishni og‘irlashtirishi, xatto xoxishni so‘ndirishgacha olib borishi mumkin.
Bu kalimani aytishga shunchalik jiddu jaxd qilinishidan maqsad — xayot bilan vidolashayotgan inson so‘ntti nafaslari-gacha qalbida Olloxdan o‘zgasiga o‘rin qoldirmaslik. Qachonki qalbda yakkayu yagona Zotdan o‘zga matlub qolmas zkan, o‘limga tashrif maxbub tomon yaqinlashish, ne’matlar manbaiga yetish xisoblanadi. Agar qalb dunega mukkasidan ketib, butun bor-lig‘i bilan unga yopishsa, qolib ketaetgan o‘tkinchi lazzatlarga achinsa, shaxodat kalimasi qalbdan emas, til uchidan chiqadi. Bu naqadar yomon xotima! Negaki, dil ishtirokisiz tilning harakatidan foyda kam, Lekin Ollox taolo fazl etsa, ne tong! O’lim onlarida yaxshi gumonda bo‘lish xam mustahab amallardan xisoblanadi.Voila ibn Asqo’ o‘limi yaqinlashgan bemor huzuriga kirib, so‘radi:Ollox taolo haqida nimalarni o‘ylayapsan?
— Gunoxlarim meni g‘arq kildi xalokatim yaqin. Lekin Rabbimning rahmatidan umidvorman.
Boila takbir aytdi. Bemorning axli baytlari ham «Olloxu akbar» deyishdi. Keyin Voila Rasululloh sallollohu alayhi vasallam shunday deganlarini eshitganini aytdi: «Olloh taolo deydi: Men meni o‘ylayotgan bandamning o‘yidaman, men xaqimda xohlaganini o‘ylayversin».
«Payg‘ambar alayhissalom o‘limi yaqinlashib qolgan yigitning oldiga kirib so‘radilar:
— O’zingni qanday his qilyapsan?
— Olloxtaolodan umidvorman, gunohlarimdan qo‘rkyapman,
—Shunda Rasululloh sallolloxu alayxi vasallam:
 — Bu ikki xislat bir bandaning qalbida jamlansa, Ollox u bandaga umid qilganini ato etadi, qo‘rqayotgan narsasidan saqlaydi» (Termiziy rivoyati).
Bitta a’robiy betob bo‘lib qoldi. Unga:
— Sen o‘lasan,- deyishdi.
— Meni qaerga olib ketishadi?- deb so‘radi a’robiy.
— Ollohning xuzuriga!
—   U holda, yaxshiliklar egasi bo‘lgan Zotga qaytishimning nimasi yemon?!- dedi a’robiy.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Fevral 2007, 07:33:14
O’lim farishtasi bilan uchrashuv onlaridagi hasrat

Ash’as ibn Aslam deydi; «Ibrohim alayxissalom o‘lim farishtasidan so‘radi:
— Ey o‘lim farishtasi! Bitta jon mashrikda, bittasi mag‘ribda bo‘lsa, yer yuzida vabo o‘lati tarqalsa, qaerlardadir ikki qo‘shin to‘qnashsa, shuncha odamlarning jonini qanday olasan?
—   Olloxning izni bilan ruxlarini chaqiraman. Ular darxol mana shu ikki barmog‘im orasida hozir bo‘lishadi.
Keyin yer o‘lim farishtasi oldida lagandek aylantiriladi. O’lim farishtasi uning ichidan xohlagan jonni sug‘urib oladi...»
Vahb ibn Munabbih hikoya qiladi: «O’tgan podshohlardan biri qaergadir sayohatga otlandi. Yurish oldidan u o‘ziga hammani hayratga soladigan kiyim keltirishlarini buyurdi. Olib kelingan kiyim podshohning didiga o‘tirmadi. Darhol bundan ham yaxshirog‘ini keltirishlarini buyurdi. To hayratdan yoqa ushlaydigan darajadagi ajabtovur kiyim keltirgunlaricha bu hol davom etdi. Podshoh ulovni ham shu talab bilan tanladi. Har safar ko‘rsatilayotgan otlarni qaytarib, yanada chnroyliroq yanada xushbichimroq ot keltirishlarini buyuradi. Nihoyat, podshoh antiqa kiyimlar kiyib, eng chiroyli ot ustiga mindi. O’sha paytda Iblis uning burniga dam urdi, podshohning ichi kibrga to‘ldi. Endi uning ko‘zi ko‘r bo‘lib, na atrofdagi otliqlarni, na yo‘ldagi odamlarni ko‘rardi.
Shu payt uvada kiyimda, holi xarob bir kishi yo‘l o‘rtasiga chiqib, podshohga salom berdi. Podshoh uning salomiga alik olmadi. U otning jilovidan ushlab, yo‘lga ko‘ndalang turib oldi. Shunda podshoh:
— Jilovni qo‘yvor! Qattiqjazoga munosib ish qilyapsan,-dedi unga g‘azabnok.
— Senda hojatim bor,- dedi u podshohga.
— Sabr qil otdan tushay.
— Yo‘k, hoziroq, shu hojatimni ravo qilasan. Podshoh ulovning jilovini unga topshirishga majbur bo‘ldi va:
— Ayt xojatingni,- dedi.
— Bu sir!
Podshoh boshini egib unga kulog‘ini tutdi. U sirni ochdi:
— Men o‘lim farishtasiman!
Podshohning rangi o‘zgarib, tili kalimaga kelmay qoldi, Keyin o‘ziga kelib:
— Fursat ber, ahlimni oldiga qaytib, omonatlarimni ado qilay,- dedi o‘lim farishtasiga.
— Yo‘q, Ollohga qasamki, endi sen ahlingni ham, qoldirgan mol-dunyoyingni ham hech qachon ko‘rolmaysan,- dedi o‘lim farishtasi va uning jonini oldi.
Podshoh kurigan yog‘och kabi yerga kuladi.
Keyin o‘lim farishtasi shu ahvolda mo‘min bandasiga yo‘liqdi, unga salom berdi. Mo‘min banda uning salomiga alik oldi.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Fevral 2007, 07:33:50
— Senda hojatim bor,- dedi o‘lim farishtasi unga.
— Aytaqol, qulog‘im senda.
— Yaqinroq kel, dedi o‘lim farishtasi va unga sirni ochdi:
— Men o‘lim farishtasiman!
— Xush kelibsan, marhabo, ey intizor kutilgan zot! Yer yuzida g‘oyib narsalar ichida men uchun eng suyuklisi sensan!
— Nimani xohlaysan? Hojatlaring bo‘lsa, bemalol ado qilishing mumkin.
—Yo‘q! Olloh taoloning diydoridan ulug‘roq va suyukliroq hojat bormi! - dedi mo‘min banda.
— Ayt joningni qanday shaklda olishimni istaysan?
— Sen men istaganday jonimni olishga qodirmisan?
— Ha, men shunga buyurilganman.
— U xolda ozgina muxlat ber, tahorat olay ibodat qilay. Boshim sajdaga qo‘yilgan payti jonimni ol.
Darxaqiqat shunday bo‘ldi: mo‘min banda boshini sajdaga qo‘ygani zahoti o‘lim farishtasi uning jonini oldi».
Abu Bakr ibn Abdulloh Muzaniy deydi: «Bani isroillik bir kishi ko‘p mol-dunyo to‘pladi. Ajali yaqinlashgach, o‘g‘illa-riga dedi:
— Qani, to‘plagan mol-dunyolarimdan bir qismini menga ko‘rsatnng-chi!
Otlar, tuyalar, qullar, cho‘rilar va boshqa mulk, boyliklarining xilma-xnlidan keltirib, unga ko‘rsatishdi. Shuncha boyliklarining qolib ketayotganiga achinib, hasrat bilan yig‘ladi. Uning ko‘z yosh to‘kayotganini ko‘rgan o‘lim farishtasi:
— Nega yig‘layapsan? Bu boyliklarni senga ato etgan Zotga qasamki, to badaningdan joningni sug‘urib olmaguncha, bu uydan chiqmayman!-dedi.
— Menga muhlat ber, boyliklarimni tarqatay.
— Zinhor! Muhlating tugab bitdi. Ajaling yetishidan bu-run qaerda eding?!
Keyin o‘lim farishtasi uning jonini oldi».
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Fevral 2007, 07:34:05
Rivoyat qilinadiki, bitta boy to‘plagan butun mol-dunyosini bitta ham qoldirmasdan bekitib qo‘ydi. Qasr kurdirib, unga ikkita mustahkam eshik o‘rnattirdi. Eshikka qo‘riqchilar qo‘y-ildi. So‘ngra ahlini to‘plab, ular uchun taom hozirlatdi. Taxtga oyoqlarini chalishtirib o‘tirib, ahliga bokdi: ular yoggpasiga taomlanardi. Taomdan so‘ng ularga va o‘ziga xitoban dedi:
— Ey nafs! Ne’matlardan istaganingcha bahramand bo‘l. To‘plagan mol-dunyoyim yillar bo‘yi senga kifoya qiladi.
Xo‘jayin bu so‘zini aytib, tugatar-tugatmas, egnida uvada janda, bo‘yniga miskinlarnikidek to‘rva osib olgan kishi eshik qokdi. Tungi sukunatni buzib, shiddat bilan qoqilayotgan eshikning ovozida qandaydir vahima bordek. Ko‘rimsiz ahvoliga qaramasdan shunchalik salobatga ega, atrofga qutqu solayotgan bu miskin kim o‘zi?!
Xo‘jayin endi to‘shakka cho‘zilgan edi. Qullar eshik oldiga chopib borib, u miskindan so‘rashdi:
— Nima ishing bor?
— Xo‘jayiningizni chaqiringlar.
— Xo‘jayinimiz sendek miskinni qabul qilarmikin?
— Qabul qiladi!
Qandaydir bir miskin eshik tagiga kelib, xo‘jayinni chaqirayotganini aytishdi.
— Nega quvib solmadinglar!-dedi ularga xo‘jayin. Shu payt eshik avvalgidanda shiddatliroq taqillay boshladi. Qorovullar yana eshik tomon otilishdi.
— Xo‘jayiningizga xabar bering, men o‘lim farishtasiman, degan dahshatli tovushdan go‘yo qasr titrab ketdi. Soqchilar qo‘rqinchdan qotib qolishdi. Ulkan bir musibatning yaqinlashganini his qilgan xo‘jayin ham yuvosh tortib qoldi va dedi;
— Unga yumshoqlik bilan aytib ko‘ringchi, mening o‘rnimga boshqa birortasining jonini olmasmikin?
Shunda o‘lim farishtasi uning huzurida hozir bo‘lib:
— Mol-dunyoyingni nima qilsang, o‘zing bilasan. Men sening joningni olish uchun bu yerda hozirman. To joningni olmaguncha ketmayman,- dedi.
Xo‘jayin butun mol-dunyosini shu yerga keltirishlarini bu-yurdi. So‘ngra boyliklariga qarata:
— Sizga Ollohning la’nati bo‘lsin! Siz emasmi, meni Rabbimning ibodatidan chalg‘itgan va Rabbim bilan oramizni to‘sgan?! - deya so‘ka boshladi.
Shunda Olloh molga nutk, ato etdi:
— Meni so‘kma, muttaqiy kishilar sultonlar eshigidan quvilgan bir paytda, sen emasmi, meni vosita qilib, sultonlar huzuriga shoshilgan?! Sen emasmi, meni shohona aysh-ishratlarga sarflab, yomonlik yo‘lida sochgan?! Agar xayr uchun meni infoq etsang, kim sening yo‘lingni to‘sa olardi? Men ham Odam farzandi yanglig‘ tuprokdan yaraldim. Kimdir savob tomon, kimdir azob tomon yo‘l oladi.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Fevral 2007, 07:34:19
Keyin o‘lim farishtasi bu mol egasining jonini oldi. Jon-siz banda yerga kuladi».
Vahb ibn Munabbihdeydi: «O’lim farishtasi yer yuzida mio li yo‘q shafqatsiz, zolim kishining jonini oldi. Keyin os-monga ko‘tarildi. Farishtalar undan;
— Sen jonini olganlar ichida o‘ta rahmingni keltirganlari ham bormi? - deb so‘rashdi.
— Yer yuzida qaysidir bir sahroda qolgan ayolning jonini olishga buyurildim. Ayolning ko‘zi yoriyotgan edi. Ushanda u ayolning naqadar g‘arib va nochorligini ko‘rib achindim. Mittigina chaqaloqning esa kimsasiz sahroda yolg‘iz, qarovsiz qolayotganiga juda raxmim kelgan edi,- dedi o‘lim farishtasi.
Shunda farishtalar unga:
— Hozir sen jonini olgan, yer yuzidagi eng zolim kishi — sening rahmingni keltirgan o‘sha chakaloq bo‘ladi,- deyishdi.
— Subhanolloh! Hikmatlari latif Zotning xohlagani bo‘lur,- dedi o‘lim farishtasi».
Hasan Basriy deydi: «O’lim farishtasi har kuni har bir uy atrofini uch marotaba aylanadi. Agar bu uylarning birortasida rizqi tugagan, ajali yetgan kishi bo‘lsa, o‘lim farishtasi uningjonini oladi. Ulgan odamning yaqinlari yig‘lab, oh-faryod qilishadi. Shunda o‘lim farishtasi eshikning ikkita ke-sakisiga yottishib deydi:
— Ollohga qasamki, bu marhumning rizqini men yemadim, umrini men tugatmadim, ajal paymonasini men to‘ldirmadim. Albatta oldingizga qaytaman. To birortangiz qolmaguncha bu yerga kelaveraman.
Ollohga qasamki, agar odamlar o‘lim farishtasini mana shu yerda ko‘rib, uning shu so‘zlarini eshitsa, albatta, o‘likni unutib, fakat o‘zlari uchun ko‘z yosh to‘kkan bo‘lar edilar».
Yazid ibn Rakkoshiy deydi: «Bani isroillik eng shafqatsiz bir kishi xonasida yolg‘iz, tashvishlardan xoli holda o‘tirgan edi. Shu payt uning huzuriga notanish bir odam kirdi, darhol unga g‘azabnni to‘kib-sochdi:
— Kimsan, kim seni xonamga kiritdi?!
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Fevral 2007, 07:35:08
— Shu yerning Egasi meni bu xonaga kiritdi,-dedi notanish odam bamaylyxotir. — Meni biron joyga kirishim uchun hech qanday to‘siq yo‘q. Men podshoxlardan izn so‘ramayman. Sultonlarning kuch-qudratidan hayikmayman. Na beshafqat zolim, na itoatsiz shayton menga qarshi chiqa oladi.
Shunda u zolimning qo‘llari shalvirab, ko‘rquvdan zir tit-ray boshladi, hatto yuz tuban yiqildi. Keyin boshini ko‘tarib, xoru zalil holda:
— Demak, sen o‘lim farishtasisan, shundaymi? - dedi.
— Ha!
— Muhlat ber tavba qilay.
— Muddating tugadi, nafaslaring sanoqdi soating bitdi.Kechiktirishga aslo yo‘l yo‘q!
— Meni qaerga olib ketasan?
— Qilgan amallaring qoshiga va o‘zing uchun tayyorlagan uyingga!
— Axir men solih amal qilib ulgurmadim, o‘zim uchun yaxshi uy xam hozirlamadim-ku?!
— U holda bosh terilarini sidirib olguvchi olov — do‘zaxga ketasan!
So‘ngra o‘lim farishtasi uning jonini oldi. Jonsiz jasad o‘z ahli oldida kuladk. Kimdir bu o‘lik uchun o‘kirib, kimdir ho‘ngrab yig‘ladi.
Agar ular xotimaning yomonligini bilganlarida bundan-da qattiqroq yig‘lagan bo‘lar edilar».
A’moshdan rivoyat qilinadi: «Sulaymon ibn Dovud huzuriga o‘lim farishtasi kirdi va shu yerda o‘tirganlardan biriga uzoq tikilib qoldi. O’lim farishtasi tashqariga chiqqach, u kishi:
—   Bu kim? - deb so‘radi.
—   — O’lim farishtasi,-dedi Sulaymon ibn Dovud.
 — U xuddi biror ishi bordek menga juda ko‘p tikildi.
— Xo‘sh nimani istaysan?
— Meni undan xalos et.Sulaymon ibn Dovud shamolga bu kishini Hindistonning
eng chekka joyiga eltib qo‘yishini buyurdi. Shamol amrni darhol bajardi.
O’lim farishtasi ikkinchi marotaba kelganida, Sulaymon ibn Dovud undan:
— Yonimda o‘tirgan kishilardan biriga nimaga buncha ko‘p tikilding?-deb so‘radi.
—   Ha, juda ajablandim. Axir Hindistonning chekka bir joyida bu kishining jonini olishga buyurilgandim. Buyruq-ning adosiga juda oz vaqt qolgan edi. Ajabo! U esa sening huzuringda o‘tirardi?! - deya javob berdi o‘lim farishtasi».
                                 
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 22 Fevral 2007, 21:49:39

                                           To‘rtinchi bob

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam va xulofoi roshidinlarning vafotlari

Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning vafotlari
Biling! Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning hayotlari va vafotlarida, fe’llari va so‘zlarida go‘zal namuna bor. Ul zotning jamiki holatlari tushungan kishilar uchun ibrat, qalb ko‘zi ochiq insonlarga nurafshon yo‘ldir. Chunki Olloh taologa u zotdan mukarram kishi yo‘q. Chunki u zot Olloh taoloning xalili, habibi, eng yaqin do‘stidir. Chunki u Olloh taoloning tanlagani, rasuli, payg‘ambaridir.
Qarang, mulohaza qiling! Suyukli Payg‘ambarning umri poyoniga yetib, muddati tugagach, Olloh taolo u zotga bu dunyoda yana ozgina, atigi bir daqiqa muhlat berdimi? Ulim soati yetgach, lahza kechiktirdimi?!
Yo‘q! Muhlat bitgach, bandalarning jonlarini olishga vakil qilingan mukarram farishtalar Rasululloh sallallohu alayhi vasallam huzuriga jo‘natildi. Yaratuvchisining amriga muntazir farishtalar pok jasaddan pok ruhni olib, uni rahmatu rizvonga, eng go‘zal yaxshiliklar sari eltishga, bu pok ruhni Rahimu Rahmon bo‘lmish zotning yaqiniga, sidq maqomiga ko‘tarishga oshikdilar.Shunchalik ulug‘ martabalarga ega bo‘lsalarda, jon chikdr paytidagi shiddat Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni chetlab o‘tmadi. Qiynaldilar, ingradilar, iztirob chekdilar. Ranglari o‘zgardi, peshonalaridan ter toshdi, ko‘kraklari tez-tez ko‘tarilib tusha boshladi. Bu holatga tikilgan ko‘zlarga yosh to‘ldi, ho‘ngrab yubordilar. Bu holatga guvoh ko‘ngillar g‘amga botdi, erib okdilar.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 22 Fevral 2007, 21:53:11
O’lim qarshisida shoh ham gado ham barobar. Haqqa yordamchi, xalqqa jannat haqida xushxabar beruvchi, do‘zaxdan ogohlantiruvchi Payg‘ambar ham takdir oldida ojiz. O’lim farishtasi buyurilganiga bo‘ysundi, «lavhul-mahfuz»da bitilganini ado etdi.Ollohning huzuridagi «maqomi mahmud» sohibi, Kavsar hovuzining egasi Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning o‘lim onlaridagi holati mana shu! Holbuki, u zot qabrdan eng avval chiqadigan, kiyomat kunida shafoat sohibi bo‘la-digan zotdir.
Ajabo! Nega o‘limdan g‘ofilmiz?! Oldimizda nimalar bo‘lishini bilmaymiz-u, shahvatlarga asir bo‘lamiz. Ma’siyat va yomonliklarni o‘zimizga do‘st tutamiz. Nima uchun sayyidul-mursalin, imomul-muttaqin, habibu rabbil-olamin bo‘lgan Muhammad alayhissalomning o‘limidan ibrat olmaymiz?! Bal-ki, «dunyoda abadiy qolamiz» degan o‘y yoki «shuncha yomon fe’llarimiz bilan ham Ollohning huzurida mukarram bo‘lamiz», degan gumon bizni aldayotgandir?
Hayhot! Balki, aniq bilamiz: barchamiz jaxannamga kirguvchimiz. Jahannamdan faqat muttaqiylargina najot topadi. Ha, jahannamga borishimiz xususida zarracha gumonimiz yo‘q. Lekin undan qay birimiz chiqamiz, buni bilmaymiz.
Yo‘q! Balki, biz nafsimizga zulm etdik, yomonliklar qilib yaxshilikka ko‘z tiqdik. Biz muttaqiy ham emasmiz! Butun olam-larning Parvardigori dedi:
«Sizlardan har biringiz unga (jahannamga) tushguvchidirsiz. (Bu) Parvardigoringiz (amriga binoan) vojib bo‘lgan hukmdir. So‘ng taqvo egalarini (undan) qutqarurmiz va zolim kimsalarni tiz cho‘kkan hollarida (jahannamda) qoldirurmiz» (Maryam surasi, 71-72-oyatlar).
Demak, har bir banda o‘ziga nazar solsin: u zolimlarga yaqinroqmi yoki muttaqiylarga?
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 22 Fevral 2007, 21:56:55
Solih salaflarimizning siyratiga nazar soling, keyin o‘zingizga boqing! Ular qanchalik yuksak darajaga erishmasinlar, Olloxdan qo‘rqquvchi edilar. So‘ngra Payg‘ambarlar sayyidi, muttaqiylar yetakchisi Muhammad sallallohu alayhi vasallamning holatiga diqqat qiling: dunyodan ajralish onlarida u zot naqadar g‘ussaga ko‘mildilar! Jannati ma’voga borayotgan bo‘lsalar ham ahvol naqadar shiddatli bo‘ldi.Olloh undan rozi bo‘lsin, Ibn Mas’ud deydi: «Bu dunyodan ajralish onlari yaqinlashgan bir paytda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bizga qaradilar, ko‘zlaridan yosh oqib, dedilar:
— Marhabo, xush kelibsiz! Sizlarga Ollohning salomi bo‘lsin. Olloh sizni panohiga olsin. Olloh sizga nusrat bersin. Olloxdan taqvo qilishni sizga vasiyat qilaman. Sizlarni Ollohga topshiraman. Albatta, men sizlar uchun Olloh tarafidan tanlangan ochiq-oydin ogohlantirguvchiman. Ollohning o‘lkalarida, Ollohning bandalari orasida Ollohga kibru havo qilsangiz. Ajal yaqinlashdi, Ollohga qaytamiz. Qaytadigan joyimiz — «sidratul-muntaho», «jannatul-ma’vo», «ka’sul-uvfo» dir. Bas, men (dunyodan o‘tganim) dan so‘ng diningizga kirganlarga salomimni yetkazing, ularga Ollohning rahmati bo‘lishini ayting» (Al-Bazor rivoyati).
Rivoyat qilinadiki, « Rasululloh sallallohu alayhi vasallam o‘lim onlarnda Jibril alayhissalomdan so‘radilar:
— Mendan so‘ng ummatimning ahvoli qanday bo‘ladi?
Shunda Olloh taolo Jibril alayhissallomga vahiy etdi: «Habibimga xushxabar ber. Ummati ichida uni uyaltirmayman. Hashr kunida u qabrdan eng avval chiqadigan insonlardan bo‘ladi va Mahshargoxda to‘planganlarning sayyidi qilinadi. To uning ummati kirmagunicha boshqa ummatlarga jannatga kirish haromdir».
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 22 Fevral 2007, 21:57:21
— Ana endi ko‘zim kuvonchga to‘ldi, dedilar Rasulullox sallallohu alayxi vasallam» (Tabaroniy rivoyati).Oisha roziyalloxu anho dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi vasallam yettita qudukdan keltirilgan yetti mesh bilan o‘zlarini g‘usl qildirmog‘imizni buyurdilar. Shunday qildik,Rasululloh biroz orom oldilar. Masjidga chiqib, odamlarga namoz o‘qib berdilar. Uhud ahliga mag‘firat tilab, ularning haqqiga duo qildilar. Ansorlarga vasiyat qilib, dedilar;
— Ey muhojirlar jamoasi! Ansorlar menga boshpana bergan, ishonchimni qozongan kishilardnr. Bas, hurmat egalarini, ya’ni ularning muhsinlarini e’zozlanglar, xatolarini kechiringlar.
Keyin dedilar:
— Bir bandaga yo dunyoni yo Olloh huzuridagi narsalarni tanlash ixtiyori berildi. U Olloh huzuridagi narsani ixtiyor kildi.
Shunda Abu Bakr roziyallahu anhu yig‘ladi, Olloh rasulining bu so‘zlari o‘ziga tegishli ekanini sezgan edi.
— Tinchlan, ey Abu Bakr. Masjiddan ko‘chaga ochilgan eshik-larning barchasi yopilsin, Illo, Abu Bakrning eshigi ochik qoldirilsin. Chunki men uchun Abu Bakrdan afzalroq bir do‘st kishi borligini bilmayman» (Dorimiy rivoyati).
Oisha roziyallohu anho dedilar: « Rasululloh sallallohu alayhi vasallam mening xonamda, men bilan bo‘ladigan kuni qo‘llarimda jon taslim qilgan edilar. O’lim onlarida Olloh mening va Rasulullohning tupuklarini jamladi.
O’shanda birodarim Abdurahmon qo‘lida misvok bilan Payg‘ambar alayhissalom huzurlaryaga kirgan edi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Abdurahmonning qo‘lidagi misvokka qaradilar.
— Uni sizga olib beraymi?- dedim. Boshlari bilan «ha» ishoratini klldilar. Misvokni og‘izlariga qo‘ydim, qattiqlik qildi. — Yumshatibroq beraymi?-dedim. «Ha» ishoratini qildilar. Yumshatib berdim.
Rasululloh yenlarida turgan suvli idishga qo‘llarini tiqib: «Ollohdan o‘zga iloh yo‘q! Albatta o‘lim talvzsasi, o‘limning achchig‘i bor»- dedilar. Keyin qo‘lini yuqoriga ko‘tarib aytdilar:
— Ar-rafikul a’lo, ar-rafikul a’lo.
— Ollohga qasamki Rasululloh sallalloxu alayhi vasallam ortiq bizni xohlamayaptilar-dedim» (Muttafaqun alayh).
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 22 Fevral 2007, 21:58:57
Said ibn Abdulloh otasidan rivoyat qiladi: «Ansorlar Payg‘ambar alayhissalomning ahvoli og‘irlashganini ko‘rishgach, masjid atrofida to‘plana boshlashdi. Abbos roziyallohu anhu Pay-g‘ambar alayhissalomning oldilariga kirib, u zotga tashqarida ansorlar payg‘ambarining holidan tashvish chekib qayg‘urayotgan-larini bildirdi. Xonaga keyinroq kirgan Fazl va undan so‘ng kelgan Ali roziyallohu anhu ham shu xabarni yetkazdi.Rasululloh sallallohu alayhi vasallam qo‘lini uzatdilar. Ular Rasulullohning qo‘lidan ushladilar.
— Nima deyapsiz?-dedi Rasululloh sallallohu alayxhi vasallam.
— Ulib qolishingizdan ko‘rqyapmiz, dedik.
Erlari Payg‘ambar alayhissalomning uyi tevaragida to‘plana-yotganini ko‘rgan ayollar nimanidir sezib, baqirib yig‘lashardi.
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam o‘rnidan qo‘zg‘aldilar, Ali va Fazlga suyanib xonadan chiqdilar, oldda Abbos yo‘l boshlab bordi. Payg‘ambar alayhissalom oyoqlarini zo‘rg‘a sudrab bosardi, to minbargacha bordilar va birinchi zinaga o‘tirdilar. Odamlar Rasululloh sallallohu alayhi vasallam atrofiga jamlanishdi.
Payg‘ambar alayhissalom so‘zlarini Olloh taologa hamdu sano aytish bilan boshlab dednlar«Ey insonlar! Aytishlaricha, menga yuzlangan o‘limdan qo‘r-qayotgan ekansiz. Sizning bu ishingiz go‘yo o‘limni inkor qilish kabidir. Payg‘ambaringizning o‘limini tan olmayapsiz. O’zimga va sizlarga yetadigan o‘limning xabarini bermadimmi? Ajabo! Mendan oldin yuborilgan payg‘ambarlarning birortasi ummati orasida mangu yashab qolganmi, men orangizda abadiy kolsam?! Ogoh bo‘ling! Albatta men Rabbimga qaytuvchiman, sizlar ham unga qaytuvchisiz.
Muhojirlarning avvalgilariga yaxshi munosabatda bo‘lishlaringizni tavsiya etaman. Muhojirlar ham o‘zaro yaxshi bo‘lsinlar. Chunki ulug‘ va qudratli Olloh deydi:
 Asr  (vaqti) ga qasamki, (barcha) inson ziyon-baxtsizlikdadir. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan, bir-bilariga xaq (yo‘li)ini tavsiya etgan va bir-birlariga (mana shu Haq yo‘lida) sabr-toqat qilishni tavsiya etgan zotlargina (najot topguvchilardir)»(Val-Asr surasi, 1-3- oyatlar).
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 22 Fevral 2007, 21:59:42
Shubhasiz, barcha ishlar Ollohning izni bilan joriy bo‘la-di. Sekinni tezlatishga urinmang. Negaki, ulug‘ va qudratli Olloh biron kishining shoshilishi bilan ishni tezlatmaydi. Kimki Ollohni aldashga harakat qilsa, aldanib qoladi:
«Agar iymondan yuz o‘girsangizlar, yaqinki, sizlar yerda buzg‘unchilik qilursizlar va qarindosh-urug‘larshgiz (bilan ham  aloqalaringiz)ni uzursizlar» (Muhammad surasi, 22- oyat).
Ansorlarga yaxshi munosabatda bo‘lishingizni tavsiya qilaman. Chunki ular siz (kelishingiz)dan oldin Madinani boshpana va iymon diyori qilib hozirladilar. Ular emasmi, meva-chevalarini siz bilan teng baham ko‘rishgan?! Ular emasmi, (tor) uylarini siz uchun keng qilgan?! Ular emasmi, qashshoq-liklariga qaramasdan, sizlarni o‘zlaridan ustun qo‘ygan (ya’ni, o‘zlari och bo‘la turib, sizlarga yedirgan)?!
Ogoh bo‘ling! Kimgaki ikki kishi o‘rtasida hukm etish top-shirilsa, ansorlardan muhsinlarining yaxshiligini qabul etib, yomonliklarini kechirsin. O’zlaringizni ulardan ustun qo‘ymang.
Ogoh bo‘ling! Albatta men sizdan avval borguvchiman. Siz-lar ham menga yetib olasiz. Ogoh bo‘ling! Va’dalashgan joyi-miz havzi Kavsardir... Kavsarning suvi sutdan oq, kaymokdan yumshoq, asaldan shirindir. Undan ichgan odam hech qachon chan-qamaydi. Havzi Kavsarning toshlari marvarid, o‘zani mushkdnr.
Kimki ertaga (mahshar kunida) bu yerga kelishdan mahrum bo‘lsa, demak u barcha yaxshiliklardan mahrum bo‘libdi.
Ogoh bo‘ling! Kimki ertaga bu manzilda bo‘lishni istasa, tilini va qo‘lini yomonlikdan tiysin». Shunda Abbos:
— Ey Ollohning rasuli, kurayshliklarga ham vasiyat qiling dedi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam dednlar:
«Men bu vasiyatlarni qurayshliklarga qildim. Boshqalar ularga tobe’dir. Ularning yaxshilari qurayshning yaxshilari-ga, fojirlari qurayshning fojirlariga ergashadi.Ey quraysh ahli! (Barcha) insonlarga yaxshi munosabatda bo‘lishingizni tavsiya etaman.Ey insonlar! Gunoxlar ne’matlarningo‘zgarishiga, nasibaning almashinishiga sabab bo‘ladi. Agar xalq mehrli bo‘lsa, boshlikda-ri ularga mehrli bo‘ladi. Agar odamlar buzg‘unchi bo‘lsa, boshliq-lar ularning arz-dodlariga kuloq tutmaydi. Olloh taolo dedi:
«Shuningdek, qilib yurgan gunoxlari sababli zolim kimsalarni bir-birlariga do‘st qilib qo‘yurmiz» (An’om surasi, 129 - oyat).
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 22 Fevral 2007, 22:00:14
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rasululloh sallalloxu alayhi vasallam Abu Bakr roziyallohu anxuga:
— Ey Abu Bakr, so‘ra,-dedilar.
— Ey Ollohning rasuli, ajal vaqti yaqinla^pdimi? - deya so‘ra-di Abu Bakr.
— Ajal yaqinlashdi, oz qoldi.
— Olloh huzuridagi ne’mat Sizga muborak bo‘lsin, ey Na-biyyalloh! Koshki, qaytadigan joydan xabardor bo‘lsaydim.
— Ollohga va sidratul-muntahoga, keyin jannatul ma’voga, firdavsul- a’loga, ka’sul uvfoga, rafiqul a’loga, saodatga, ma-shaqqatsiz hayotga qaytajaksan.
— Ey Ollohning payg‘ambari, Sizni kim yuvadi?-so‘radi Abu Bakr.
— Axli baytimdan eng yaqinlarim.
— Sizni nimaga kafanlaylik?
— Meni egnimdagi ko‘ylagimga, yamaniy bir hullaga, oq bir matoga kafanlanglar.
—   Janoza namozini kdnday o‘kdymiz?
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam yig‘ladilar, biz ham yig‘ladik. Dedilar:
—   Olloh sizni mag‘firat qilsin, shoshmang. Olloh ajrin-gizni bersin, shoshmanglar. Ha, jasadimni yuvasiz, tobutga so-lasiz va hujramning bir chekkasidan qabr qaziysiz. So‘ngra bir soat meni xoli qo‘ying. Avvalo, ulug‘ va qudratli Zot Ol-lohning o‘zi menga rahmatini yog‘diradi:
«U  sizlarga marhamat ko‘rsatadiganZotdir. Uning farishtalari ham (haqlaringizga duo qilurlar)» (Ahzob surasi, 43 - oyat).
Keyin menga salovot aytishlari uchun farishtalarga izn beriladi. Olloh yaratgan jonzotlardan huzurimga birinchi bo‘lib kiradigan va mag‘firat tilaydigan zot Jibril alayhis-salom bo‘ladi, Keyin Mikoil, keyin Isrofil, keyin Mala-kul-mavt — o‘lim farishtasi ko‘p qo‘shnilari va (boshqa) farish-talar huzurimga kirib, men uchun mag‘firat tilaydi. Olloh ularning barchasini rahmatiga olsin.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 22 Fevral 2007, 22:00:31
Keyin sizlar huzurimga guruh-guruh kirib, menga salovot va salomlar aytinglar. Baqirib-chaqirib menga aziyat yetkazmang-lar. Janoza namozini sizlar va ahli baytim boshlab bersin. Keyin ayollar guruhi, so‘ngra o‘smir yoshlar guruh-guruh bo‘lib huzurimga kirsin, salovot va salomlar aytsin.
— Sizni kim kabrga qo‘yadi? - so‘radi Abu Bakr,
— Ahli baytlarim va sizlar ko‘rolmasangiz ham sizlarni ko‘radigan farishtalar meni qabrga ko‘yadi...
Endi boring, mendan keyingilarga diningizni yetkazing, -dedilar Rasululloh sallallohu alayhi vasallam» (Ibn Sa’d rivoyati).
Abdulloh ibn Zam’a hikoya qiladi: «Robi’al-avval oyi-ning boshi edi. Bilol masjidga kelib, namozga azon aytdi. Shunda Rasululloh:
— Boring, Abu Bakrni chaqiring, odamlarga namoz o‘kib bersin,- dedilar.
Keyin men chiqib qaradim. Masjid eshigi oldida Umar va yana bir nechta kishilar bo‘lib, ularning ichida Abu Bakr yo‘q edi. Shunda men:
— Ey Umar, odamlarga imomlik qiling,- dedim. Umar o‘rnidan turib takbir aytdi, Ovozi yo‘g‘on kishi bo‘lga-ni uchun Payg‘ambar alayhissalom Umarni ovozidan tanidilar:
— Abu Bakr qani? Olloh ham, musulmonlar ham Abu Bakr-dan o‘zgasi imom bo‘lishini xohlamaydi.
Rasululloh bu gapni uch bora takrorladilar va:
— Boringlar. Abu Bakrni chaqiring. Odamlarga imomlik qilsin,-dedilar.
Shunda Oisha roziyallohu anho aytdilar:
— Ey Ollohning rasuli, Abu Bakr ko‘ngilchan kishi. Agar u sizning o‘rningizda namoz o‘qisa, o‘zini tutib turolmaydi, ho‘ngrab yig‘lab yuboradi.
— Albatta, siz xotinlar Yusuf alayhissalomning xotin-lariga o‘xshaysizlar. Boringlar. Abu Bakrni chaqiring, odam-larga namoz o‘qib bersin,- dedilar Rasululloh sallallohu alayhi vasallam.
Umardan so‘ng Abu Bakr namoz o‘qib berdilar. Namozdan forig‘ bo‘lishgach Umar Abdulloh ibn Zam’aga:
— Voy bo‘lsnn senga, ey Ibn Zam’a! Nima qilib qo‘yding. Valloh! Koshki Rasululloh senga bu ishni buyurgan deb gu-monga bormasam va bu ishni kilmasam edi, - dedilar.
— Axir o‘sha payt bu ishga sizdan munosibrog‘ini ko‘rma-dim-da!-dedi, Abdulloh ibn Zam’a hazrati Umarga».
Oisha roziyallohu anho dedilar: «O’shanda Abu Bakr xususi-da Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga aytganimning sa-babi uning dunyoga yaqinlashishini xoxlamagan edim. Xalqni bosh-qarish xatarli va halokatli ish. Faqat Olloh asragan kishigi-na bu xatardan omon bo‘lishi mumkin.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 22 Fevral 2007, 22:00:58
Yana bir sababi, Payg‘ambar alayxissalomning hayot bo‘la turib, u zotning o‘rniga namoz o‘qigan kishini xalq bir umrga yoqtirmay qolishidan cho‘chidim. Lekin Ollohning xoxlagani bo‘ldi. Ha, Abu Bakrga hasad qildilar, qarshi bo‘ldilar, uning xalifaligini mash’um alomati deb bil-dilar. Ammo, Ollohning amri, Ollohning hukmi hamisha g‘olib-dir. Yaratuvchining o‘zi Abu Bakrni din va dunyo ishlarida men
qo‘rqkan barcha xatarlardan sakladi»( Abu Dovud rivoyati),
Oisha roziyallohu anho deydilar: «Vafotlaridan sal av-valroq, ya’ni o‘sha kuni ertalab Rasululloh sallallohu alayhi vasallamda bir yengillik paydo bo‘ldi. Sahobalar bu o‘zgarish-dan quvonchga to‘lib, uylariga, ishlariga tarkaldilar. Ollox rasulini ahli bayti bilan xoli qoldirdilar. Biz ham bu holdan boshimiz osmonga yetdi. Misli ko‘rnlmagan sevinch va umid bilan quvondik. Kutilmaganda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bizga:
— Meni xoli qoldiring. Bu farishta huzurimga kirishga izn so‘rayapti,- dedilar.
Mendan boshka barcha ayollar xonadan chivdi. Rasulullohning boshi tizzamda edi. O’tirib oldilar. Men uyning bir burchagiga borib turdim. Farishta bilan uzok suxbatlashganlaridan so‘ng meni chaqirib, boshini tizzamga qo‘ydilar va ayollarga huzuriga kirnshni buyurdilar. Keyin men Rasulullohga:
— Bu Jibril alayhissalomga o‘xshamayapti?-dedim,
— Ha, ey Oisha. Bu o‘lim farishtasidir. U menga dedi: «Ulug‘ va qudratli Olloh sendan izn bo‘lmaguncha xuzuringga kirmas-ligimni buyurdi. Agar izn bermasang qaytaman. Izn bersang, xuzuringga kiraman. Yana Olloh taolo: To Muxammadning o‘zi ixtiyor etmaguncha jonini olma,- deb buyurdi. Ayt, nimani xoh-laysan».
— To Jibril alayhissalom kelgunicha menga tegma. Mana hozir uning keladigan vaqti bo‘ldi, dedim.
Oisha roziyallohu anxo deydilar; Ushanda biz shunday mush-kul ishga duch keldikki, bu ish qarshisida barchamiz hayratdan lol qotdik. Go‘yoki dahshatli bir qichqirik bizni domiga tort-gan, bu ulkan ishning haybati kalblarimizni to‘la egallab olgan edi.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 22 Fevral 2007, 22:01:13
Jibril alayhissalom o‘z soatida keldi. Men uning kelga-nini his etdim. Ahli bayt uydan chiqdi. Jibril alayhissa-lom uyga kirib, Rasulullohga dedi;
— Ulug‘ va kudratli Olloxdan senga salom bo‘lsin. GarchiOlloh taolo sening ahvolingni sendan yaxshiroq bilguvchi bo‘lsa-da, o‘zingni qanday xis qilayotganingni so‘radi. Albat-ta, Olloh taolo o‘zining bu so‘rovi bilan sening hurmating va sharafingni yanada ziyoda qilishni, barchanikidan ustun hurma-ting va sharafingni komil etishni va bu yo‘riq ummating ora-sida sunnat bo‘lishini iroda qildi.
— O’zimni nimjon his qilyapman,- dedilar Payg‘ambar alayhissalom.
— Xushxabar aytay: Olloh taolo sen uchun tayyorlab qo‘y-gan ne’matga seni musharraf qilmoqni iroda etdi,- dedi Jib-ril alayhissalom.
— Ey Jibril, o‘lim farishtasi kelib, huzurimga kirish uchun mendan izn so‘radi,- dedilar Rasululloh va bo‘lgan voqe-ani aytib berdilar.
Shunda Jibril alayhissalom:
— Ey Ollohning rasuli! Rabbing senga mushtokdir. Ol-loxga qasamki, o‘lim farishtasi shu paytgacha birontasidan huzu-riga kirish uchun izn so‘ramagan va bundan keyin ham so‘ramay-di. Lekin sendan izn so‘radi. Bularning barchasi sharafingni komil darajaga ko‘tarish uchun Rabbingning senga marhamati-dir, U Zot senga mushtok,-dedi.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 22 Fevral 2007, 22:01:28
— U xolda to o‘lim farishtasi kelguncha, meni tark etma,-dedilar Rasulullox Jibril alayhissalomga. So‘ngra ahli bay-tni ichkariga chorladilar.
— Ey Fotima, yaqinroq kel,- dedilar Rasululloh sallal-lohu alayhi vasallam. Fotima otasining yoniga bordi va en-gashdi. Payg‘ambar alayhissalom suyukli qizining qulog‘iga ni-madir shivirladilar. Fotima boshini ko‘tardi, uning ko‘zla-ridan yosh tomdi, so‘zlashga majoli yo‘q edi. Keyin Rasulullox sallallohu alayhi vasallam unga:
Boshingni menga yaqinroq tut,- dedilar. Fotima engash-di. Rasululloh uning qulog‘iga nimanidir pichirladilar. Fo-tima jilmayib boshini ko‘tardi, gapirishga so‘z yo‘k, edi. Biz bu holdan ajablandik. Keyinroq bu haqda Fotimadan so‘raganimizda: — Rasululloh sallallohu alayhi vasallam «bugun men o‘laman», deb qulog‘imga shivirladilar, yig‘ladim. «Ahlim-dan birinchi bo‘lib oldimga yetib keluvchi va men bilan birga qoluvchi sen bo‘lishingni Ollohdan so‘radim», deb pichirladi-lar, jilmaydim degan edi.
So‘ngra Fotima ikki o‘g‘lini Rasulullohning yoniga olib keldi. Payg‘ambar alayhissalom ularni hidladilar.
Keyin o‘lim farishtasi keldi, kirishga izn so‘radi. Pay-g‘ambar alayhissalom unga izn berdi. O’lim farishtasi dedi:
— Ey Muhammad! Bizga nimani buyurasan?
— Endi meni Rabbimga yetkazing.
— Ha, bugun shu ish bo‘ladi. Albatta Rabbingsenga mushtoq... Ulim farishtasi chikdi. Jibril alayhissalom kelib, dedi:
— Salom senga ey Ollohning rasuli! Mana shu kelishim— yerga oxirgi tushishimdir. Vahiy kesildi, dunyoning poyoni ko‘-rindi. Endi yer yuzida Sendan o‘zga, Sening huzuringda bo‘lish-dan o‘zga hojatim qolmadi...
Oisha roziyallohu anho deydilar: «Muhammadni haq ila jo‘natgan Zotga qasamki, o‘shanda uydagi bironta jon Rasu-lullohga na bitta kalima aytishga, na tashqaridagi erkaklarga xabar berishga botinoldi. Tinglangan so‘zlarning naqadar ulug‘ va muhimligi barchamizni lol qoldirgan edi.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 22 Fevral 2007, 22:02:54
Men o‘rnimdan turib, Rasulullohning oldiga bordim, boshlarini ko‘ksimga qo‘ydim va yelkalaridan ushladim. Payg‘ambar alay-hissalom deyarli hushidan ketayozgan edi. Peshonalaridan shu da-rajada ko‘p ter kuyulayotgan ediki, hech bir insonda bunaqasini ko‘rmaganman. Terlarini arta boshladim, juda yoqimli, bu dunyoda misli yo‘qxush bo‘y taraldi. Rasululloh sallallohu alayhi va-sallam o‘ziga kelganlarida dedim:
— Ota-onam, jonim va butun ahlim sizga fido bo‘lsin, ey Ollohning rasuli! Peshonangizdan namuncha ko‘p ter toshyapti?
— Ey Oisha! Mo‘minning joni ter bilan chiqadi. Kofirning joni xuddi hayvonlarnikidek og‘zining ikkala chetidan chiqadi,- dedilar Rasululloh sallallohu alayhi vasallam.
Biz qo‘rqib qoldik va ahlimizni chaqirdik. Yonimizga birinchi bo‘lib yetib kelgan kishi birodarim Abdurahmon bo‘ldi. Uni otam jo‘natgan ekan.
Shunday qilib, Rasululohning vafot onlarida huzurida bironta erkak kishi yo‘q edi. So‘nggi damlarida Ollohning rasuliga Jibril va Mikoil alayhissalomlar mutasaddi qilingani uchun ham Olloh taolo o‘zgalarni undan to‘sdi..
Har safar hushidan ketayotib, Rasululloh: «Rafiqul-a’lo» {ya’ni, «eng oliy rafiqim, do‘stim Ollohni istadim») derdi. Go‘yoki undan har safar istagi so‘ralayotgandek va u javob be-rayotgandek edi...Qachon so‘zlashga madori kelsa: «Namoz! Namoz!-derdilar. Albatta namozni jamoat bo‘lib ado qilar ekansiz, birligin-giz buzilmagay, mustahkam bo‘lgay».Payg‘ambar alayhissalom to so‘nggi nafaslarigacha «namoz», «namoz» deya ibodatga tavsiya etdilar» (Tabaroniy rivoyati).Oisha roziyallohu anho deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi vasallam dushanba kuni choshgoh va peshin oralig‘ida dunyodan ko‘z yumdilar» (Ibn Abdulbar rivoyati).Fotima roziyallohu anho deydilar: «Dushanba kunida ni-magadir yo‘liqaman. Ollohga qasamki, ummatga yuzlangan ul-kan musibatlar doimo dushanba kuni sodir bo‘ladi»...
Oisha roziyallohu anho deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi vasallam jon taslim qilgach, odamlar sarosimaga tushishdi. Dod-faryodlar kuchaydi. Farishtalar Payg‘ambar alayhissa-lomning o‘zining kiyimiga o‘radilar. Odamlar Olloh rasulining o‘lim xususida ixtilofga borishdi. Kimlardir bu o‘limni yolg‘on-ga chiqarsa, kimlardir ancha vaqtgacha sukut sakladi. Ba’zilar so‘zlarni qorishtirib, tushunib bo‘lmaydigan darajada valdira-di. Yana ba’zilar bu voqeaga aql bilan yondoshdi. Ayrimlar o‘zini yo‘qotib, cho‘kib qoldilar.
Umar ibn Xattob roziyallohu anxu bu o‘limni yolg‘on deguvchi-lar jumlasidan bo‘lsa, Ali roziyallohu anhu cho‘kib qolganlar, Usmon roziyalloxu anhu sukut saklaganlar jumlasidan bo‘ldi.O’shanda Umar xalqning oldida: «Albatta, Rasululloh sal-lallohu alayhi vasallam o‘lmadi. Ulug‘ va qudratli Olloh uni batahqiq qaytaradi. Ollohning rasulini «o‘ldi» degan xayolga borayotgan munofiq kishilarining oyoq-qo‘llari albat-ta kesilajakdir. Ulug‘ va qudratli Olloh : «U sizlarga kay-tib kelguvchidir», deb Muso alayhissalomga va’da bergani kabi, Rasulullohga ham va’dasi bor» (Sanadi noma’lum).Yana bir rivoyatda keladi: «Ey insonlar! Rasululloh sal-lallohu alayxi vasallamni «o‘ldi» deyishdan tilingizni tiying-lar. Albatta u o‘lmadi. Ollohga qasamki, kimning: «Rasululloho‘ldi», deganini eshitsam mana shu qilichim bilan boshini chopaman».
Ali roziyallohu anhu uyidan tashqariga chiqmadi. Usmon roziyallohu anhu hech kimga gapirmadi, u o‘zini batamom yo‘qo-tib qo‘ygan edi. Uni ko‘lidan ushlab olib kelishdi va qo‘lidan ushlab olib ketishdi.
Shunday og‘ir vaziyatda o‘zini tutishdan birorta musulmon Abu Bakr Siddiq va Abbosga teng kelolmadi. Chunki ulug‘ va qudratli Zot bu ikkala shaxsni tavfiq va to‘rrilik ila quv-vatlantirgan edi.
Odamlar faqat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning so‘zlariga rioya qilishlari mumkin bir sharoitda hazrati Ab-bos kelib dedi: «Yolg‘iz Ollohga qasamki, Rasululloh sallal-lohu alayhi vasallam o‘lim ta’mini totdilar. U zot hayot paytla-rida ushbu oyatni aytar edilar:
«(Ey Muhammad), hech shubha yo‘qki, siz ham o‘lguvchidirsiz, ular ham o‘lguvchidirlar. So‘ngra albatta sizlar qiyomat kunida Parvardigoringiz huzurida (bir-birlaringiz bilan) talashib tortishursizlar» (Zumar surasi, 30-31- oyatlar).
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 22 Fevral 2007, 22:03:58
Payg‘ambar alayxissalomning vafotlari haqidagi xabar yetib kelganida Abu Bakr Siddiq Horis ibn Hazraj qabilasi orasida edilar. Xabarni eshitgan zahoti darhol Rasululloh sallal-lohu alayhi vasallam tomon shoshdilar. Yetib borgach, Payg‘am-bar alayhissalom hujralariga kirib, u Zotga tikildilar. So‘ngra egilib, yuzlaridan o‘pdilar va dedilar: «Ota-onam Sizga fido bo‘lsin, ey Ollohning rasuli! Olloh taolo sizga o‘limni ikki marta tottirmaydi. Ollohga qasamki, Rasululloh sallal-lohu alayhi vasallam vafot etdi».Keyin odamlar oldiga chiqib dedilar:
— Ey insonlar! Bilingki, kim Muhammadga ibodat qilayot-gan ekan, Muhammad vafot etdi. Kim Muhammadning Rabbiga ibodat qilayotgan ekan, albatta, U zot hamisha tirik, o‘lmay-di. Olloh taolo deydi:
«Muhammad faqat bir Payg‘ambar, xolos. Undan ilgari ham payg‘ambarlar o‘tgandir. Bas, agar u vafot etsa yoki o‘ldirilsa, ketingizga (kufrga) ketasizmi?!..» (Oli-Imron surasi, 144 - oyat). (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Go‘yoki odamlar bu oyatni bugun eshitayotgandek edilar.Yana bir rivoyatda keladi: «Abu Bakr roziyallohu anhuga Rasulullohning o‘limi haqidagn xabar yetgach, yig‘lab, salovot aytib, Payg‘ambar alayhissalomning xujralariga kirdilar. Tamoman russaga botgan edilar. Lekin so‘zi ham, ishi xam mustaxkam Abu Bakr Siddiq o‘zini tutib oldi. Engashib, Payg‘am-bar alayhissalomning yuzlariga yopib qo‘yilgan matoni oldi, peshonasi va yonoqlaridan o‘pdilar, yuzlarini siladilar. Yana yig‘lay boshladilar:
Ota-onam, jonim, ahlim Sizga fido bo‘lsin, ey Ollohning payg‘ambari! Tirigingiz ham, o‘ligingiz ham go‘zaldir. Hech bir payg‘ambarning o‘limi bilan nihoya topmagan payg‘ambar-lik Sizning o‘limingiz bilan xotimalandi. Siz har qanday maqtovdan yuksak, yig‘i-yu ko‘z yoshlardan ustunsiz. Tasalli bo‘ladigan darajada xossiz, bizdan farklanmaydigan darajada umu-miysiz. Agar o‘limni o‘zingiz ixtiyor etmaganingizda edi, jon-larimizni sizga fido qilardnk. Agar yig‘idan qaytarmaganin-gizda edi, (to‘xtovsiz ho‘ngrashlardan) ko‘z yoshlarimiz tugab qolar edi. Ammo harchand urinmaylik, ikki narsa — qayg‘u va xotiradan kecholmaymiz. Bir-biriga chambarchas bog‘liq bu ikki holat (hech qachon) bizni tark etmaydi.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 22 Fevral 2007, 22:04:23
Ollohim! Bizni salovot va salomimizni Rasulingga yetkaz. Ey Muhammad! Sizga Olloxning raxmati bo‘lsin, Rabbingizning huzurida bizni yod eting. Agar o‘zingizdan so‘ng sakinat va xotirjamlikni koldirmaganingizda o‘limingiz sodir et-gan dahshatdan hech kim qutulolmagan bo‘lardi.
Ollohim! Payg‘ambarimizga bizning salomimizni yetkaz va sunnatlarini doimo biz bilan birga qil» (Ibn Abu Dunyo rivoyati).
Ibn Umardan rivoyat qilinadi: «Abu Bakr Rasululloh sal-lallohu alayxi vasallamning xujralariga kirib, salovot va sano aytdi. Ahli bayt (Payg‘ambar alayhissalomning yaqinla-ri) masjiddagi namozxonlar eshitadigan darajada ohu-faryod qilishdi. Har safar Abu Bakr nimanidir zikr qilganida fa-ryod kuchayardi. Bu faryodlar to eshik oldiga kelgan bir kishi-ning qat’iyat to‘la ovoz bilan: «Ey ahli bayt! «Har bir jon o‘lim (sharbati)sh totguvchidir»(Ankabut surasi, 57 - oyat).
Albatta har bir o‘tgan jonning o‘rniga keyingisini paydo qil-moq, xar bir rag‘bat ztilgan narsaga erishmoq, xar bir xavfdan najot topmoq Ollohning izmidadir. Bas, Olloh taologa umid qiling, U zotga maxkam bog‘laning!» - degunicha davom etdi.
Jamoat bu so‘zlarini jim tingladi, lekin ovoz egasini tanimadilar. Yig‘ilar to‘xtagach, haligi ovoz ham tindi. Yon-atrofga boqib, hech kimni ko‘rishmadi. Odamlar yana faryodura boshladi. Shunda ovozi notanish boshqa bir kishi nido qildi: «Ey ahli bayt! Olloh taoloni zikr eting. Har qanday xolat-da Unga xamd ayting, muxlislardan bo‘lasiz. Albatta, xar bir musibat uchun Ollohning tasallisi, har bir rag‘bat uchun bir evazi bor. Bas, Olloh taoloning amriga itoat etinglar, amal qilinglar!»
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 22 Fevral 2007, 22:05:02
Shunda Abu Bakr: «Bu ovozning egalari Rasulullox sallallohu alayhi vasallamni oxirgi manzilga kuzatishga kel-gan Xizr va Ilyos alayhimassalomdir», dedi. (Tabaroniy rn-voyati, isnodi zaif).
Abu Bakr roziyalloxu anhuning xutbalarini to‘liq hikoya qilar ekan, Qa’qa’a ibn Amr deydi: «Abu Bakr o‘rnidan turib, nnsoniyatga ibrat bo‘larlik xutbasini o‘qidi. Xutbani Olloh taologa hamdu sano, Payg‘ambar alayhisalomga salovot aytib, boshladilar: «Olloxdan o‘zga iloh yo‘qligiga guvohlik bera-man. Olloh taolo va’dasiga vafo qildi, bandasiga yordam berdi, dushmanlarni mag‘lub ztdi. Barcha maqtov yolg‘iz Ollohga xos.
Guvohlik beraman, Muxammad Ollohning quli va rasuli, payg‘ambarlarning so‘nggisidir. Guvoxlik beraman, Kitob (Qur’oni karim) qanday nozil qilingan bo‘lsa, hadis qanday aytidgan bo‘lsa, so‘zlar qanday so‘zlangan bo‘lsa, hech bir o‘zga-rishsiz shundaydir! Albatta, Ollox Haqqul Mubin (aniq haq)dir.Ollohim! Quling va rasuling, payg‘ambaring va habibing, amining va tanlaganing Muhammadga bironta bandangga ato et-magan eng afzal salovoting bo‘lsin!Ollohim! Rasullar sayyidi, nabiylar xotami, muttaqiy-lar imomi, xayrning boshi va boshlovchisi, rahmat elchisi Muhammadga salovoting, afving, rahmatingni indir!
Ollohim! Rasulingni O’zingga yanada yaqinroq et.Dalilini ulug‘, maqomini mukarram qil. Habibingni avvalgilaru oxir-gilar havas qiladigan maqomi mahmudda tiriltir. Qiyomat ku-nida bizni u zotning maqtalgan maqomi bilan manfaatlan-tir. Dunyo va oxiratda bizga Muhammad Mustafo sallallohu alayxi vasallamni xalifa qil. Uni jannatdagi daraja va vasilaga yetkaz.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 22 Fevral 2007, 22:06:16
Ollohim! Muhammadga va uning axliga salovot bo‘lsin. Ib-rohimga barakat yog‘dirganing kabi Muhammad va uning ahliga ham barakat yog‘dir. Albatta Sen maqtovga munosib ulug‘ Zotsan!
Ey insonlar! Kimki Ollohga ibodat qilayotgan bo‘lsa, al-batta Olloh hamisha tirik, hargiz o‘lmas. Muhaqqak, sizga Ollohning buyurgani bo‘ldi. Jazavaga berilmang. Zero, ulug‘ va qudratli Olloh payg‘ambari Muhammad sallallohu alayhi vasallamni endi sizlarni orangizda bo‘lishdan ko‘ra O’zining huzuridagi ne’matga munosibroq bildi va uni O’zining savo-bi sari eltdi.
Olloh sizlarga O’zining Kitobi va payg‘ambari sallallohu alayhi vasallamning sunnatini qoldirdi. Kimki mana shu ikki narsani mahkam ushlasa, oriflar jumlasidan, ularni ajrat-gan kishi munkirlar jumlasidan bo‘ladi:
«Ey mo‘minlar! Adolat bilan turguvchi bo‘linglar...» (Niso surasi, 135 - oyat).Payg‘ambaringizning o‘limi tufaqli shayton sizni chalg‘itmasin, diningizdan adashtirmasin. Yaxshilik bilan shaytondan pesh-qadam bo‘ling, shunda u ojiz qoladi. Shaytonga intizor ko‘z tik-mang, aks holda izingizdan yetib, sizni fitnaga soladi».
Ibn Abbos rivoyatiga ko‘ra: «Abu Bakr xutbasini tugatib, dedi:
— Ey Umar, menga aytishlaricha: «Ollohning payg‘ambari o‘lmadi», degan emishsan? Axir Payg‘ambar alayhissalomning falon kunida «falon-falon», yana boshqa kuni «falon-falon» deganlarini nahotki unutgan bo‘lsang?! Ollohtaolo Kitobi-da aytdi: «(Ey Muhammad), Hech shak-shubhasiz siz ham o‘lguvchidirsiz, ular ham o‘lguvchidirlar» (Zumar surasi, 30 - oyat).
— Ollohga qasamki,- dedi Umar,- boshimizga tushgan musi-bat tufayli go‘yo Ollohning Kitobida bunday oyat borligini eshitmagandayman. Guvohlik beraman, Ollohning Kitobi qan-day nozil bo‘lgan bo‘lsa, shundaydir! Rasulullohning hadisla-ri qanday aytilgan bo‘lsa, shundaydir. Ollohhamisha tirik, hech qachon o‘lmaydi. «Albatta biz Ollohning (bandalarimiz) va olbatta biz Uzotga qaytguvchilardanmiz» (Baqara sura-si, 156 - oyat). Ollohning rasuliga Ollohning salovoti bo‘lsin. Ollohning huzurida Rasululloh sallallohu alayhi va-sallam uchun ajrlar bordir, -deb Umar Abu Bakrning yoniga o‘tirdi».Oisha roziyallohu anho dedilar: «Rasulullohning jasadlarini yuvish uchun jamlanishgach, aytishdi:
— Ollohga qasamki, Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning jasadlarini qanday yuvishni bilmayapmiz: boshqa o‘liklarimizga qilgandek, kiyimlarini yechamizmi yoki yechmasdan yuvamizmi?
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 22 Fevral 2007, 22:06:34
O’shanda Olloh taolo ko‘zlarni uyquga eltdi. Hozir bo‘lganlarning barchasi soqollari ko‘ksiga tekkan holda (ya’ni boshi egilib) uyquga ketdi. Keyin kimligi noma’lum ovoz egasi: «Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni kiyimida yuvinglar»,-dedi.Barcha uyg‘ondi. Rasulullohni ko‘ylagida yuvishdi. Yuvib bo‘lishgach kafanlashdi».
Ali karramallohu vajhahu dedilar: «Ko‘ylaklarini yechmokchi edik, nido keldi: « Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning kiyimini yechmanglar!»
Biz bo‘ysundik. Boshqa o‘liklarimizni chalqancha yotqizib yuvgan kabi Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni ham shu holatda ko‘ylaklarini yechmasdan yuva boshladik. To yuvib bo‘lgunimizgacha har bir a’zoning o‘zi biz xohlagan tomonga burilardi. Hujrada mayin shabadaning esishi eshitilayotgandek, «Rasulullohga yumshoq, muloyim bo‘linglar...» deyayotgandek edi.Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning vafotlari shunday bo‘ldi. Hech bir a’zosi, hatto bir tuki qoldirilmasdan o‘zlari bilan birga dafn qilindi.Abu Ja’far deydi: «... Vafotlaridan so‘ng Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan mol-dunyo qolmadi. Hayot paytida esa na g‘isht ustiga G‘ISHT bino qildi, na qamish ustiga qamish ko‘ydi».Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning vafotlari musulmonlar uchun haqiqiy ibrat va go‘zal namunadir.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 22 Fevral 2007, 22:08:19
Abu Bakr Siddiq roziyallohu taolo anhuning vafotlari

Abu Bakr Siddiq roziyallohu taolo anhuning vafotlari yaqinlashgach, Oisha onamiz otalari huzuriga kirib, quyida-gi baytni o‘qidilar:
Qasamki umringizga aziz padar,
Qachonki kelsa yetib, qazo qadar.
Jon xalqumga borsa, siqilsa ko‘krak,
Naf bo‘lurmi mardga boyligu tirak*

Shunda Abu Bakr yuzini ochib:
— Unday emas, mana bunday deb, quyidagi oyatni o‘qidilar:
«Mana o‘lim mastligi (ya’ni jon chiqar payti) haqqirost (etib) keldi. (Ey inson), bu (o‘lim) sen qochguvchi bo‘lgan narsadir» (Qof surasi, 19 oyat). Keyin dedilar: — Mana shu ikkita ko‘ylagimni yuvib, meni ularga kafanlanglar. Yangi narsaga o‘likdan ko‘ra tiriklar muhtojroqdir».
«Ollohundan rozi bo‘lsin, Salmon Forsiy Abu Bakr haz-ratlaridan hol so‘rab huzuriga kirdi va:
— Ey Abu Bakr! Bizga nasihat qiling,- dedi.
— Albatta, Olloh oldingizda dunyolar ochadi. Undan o‘zing-ga yetarlisini ol! Bilgilki, kim bomdod namozini ado qilsa, bas u Ollohning himoyatidadir. Ollohning himoyatida bo‘lgan holda Ollohning ahdini buzma. Agar buzsang, yuzing bilan jahannamga uloqtirilajaksan!»
* She’rlarni Fozil Zohid o‘zbekchalashtirgan
«Abu Bakr roziyalloxu taolo anhuning ahvollari og‘irlashgach, odamlar undan xalifa tayinlashini so‘rashdi. U zot Umar roziyallohu anhuni xalifa etib tayinladilar. Shunda odamlar:
— Bizga ko‘pol, dag‘al bir kishini xalifa qilyapsiz. Ertaga Rabbingizga nima deb javob berasiz?! - deya e’tiroz bildi-rishdi.
— Bandalaringga bandalaring ichidan eng yaxshisini xali-fa qildim, deyman,- dedi ularga Abu Bakr Siddiq.
Keyin Umar roziyallohu anhuga odam yuborildi. Umar kelgach, Abu Bakr hazratlari u kishiga qarata dedilar: «Men senga shunday vasiyat qilaman. Bilgilki, kunduzda Ollohning haqqi bor, kechasi unn qabul qilmaydi. Kechada Ollohning hakki bor, kunduzi uni kabul qilmaydi. To farz ibodatla-ringni ado qilmaguningcha, nafl ibodatlaring maqbul emas, Bu dunyoda haqqa ergashgan va haqning og‘irligini anglagan ki-shining tarozusi Qiyomat kunida xam og‘ir keladi. Chunki ichiga hakdan o‘zgasi qo‘yilmaydigan tarozu pallasining og‘ir bosi-shi ayni haqiqatdir.
Bu dunyoda botilga ergashgan va uni yengil (oson) kabul qil-gan kishining tarozusi qiyomat kunida ham yengil keladi. Nega-ki, ichiga botildan boshqa narsa qo‘yilmaydngan tarozu palla-sining yengil qilinishi ham shubxasiz haqiqatdir.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 22 Fevral 2007, 22:08:33
Ollohjannat ahlini yaxshi amallari tufayli zikr etadi, yomonliklarini kechiradi. Shunda biri deydi: «Men bulardan pastman, bularning martabasiga yetolmayman».Olloh do‘zax ahlini yomon amallari tufayli zikr etadi, solih amallarini o‘zlariga qaytaradi, rad etadi. Shunda biri aytur: «Men bulardan afzalman».
Olloh taolo mo‘minlarda rag‘bat xosil bo‘lishi uchun rah-mat oyatini, qo‘rquv hosil bo‘lishi uchun azob oyatini zikr etdi. Toki ular o‘z qo‘llari bilan o‘zlarini halokatga sudra-masin! Olloxdan hakdan o‘zgasini kutmasin!
Agar ushbu vasiyatimni xotiringga maxkam joylasang, g‘oyib narsalar ichida sen uchun o‘limdan suyuklirog‘i bo‘lmaydi. Holbuki, o‘lim hakdir. Agar ushbu vasiyatimni zoe etsang (unut-sang), g‘oyib narsalar ichida senga o‘limdan manfurroq narsa yo‘q! Holbuki, o‘lim muqarrar, undan qochib qutulolmaysan».
Sayid ibn Musayyab deydi: «Abu Bakr roziyallohu anhu-ning o‘lim onlari yaqinlashgach, sahobalardan bir guruhi uning huzuriga kirishdi va:
— Ey Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning xali-fasi! Ahvolingizni anglab turibmiz. Biznn nasihatingiz bilan oziklantiring.-deyishdi.
Olloh rozi bo‘lsin Abu Bakr dedilar:
Kim ushbu kalimalarni aytib, joni uzilsa, Olloh taolo uning ruhini «Al-ufuqul mubin»ga ko‘taradi.
— «Al-ufukul mubin» nima?-so‘rashdi.
— Arsh oldidagi maydondir. U yerda Ollohning bog‘lari, daryolar, daraxtlar bor. Har kuni bu manzilga yuz rahmat yog‘ila-di. Kim ushbu so‘zlarni aytsa, Olloh uning ruhini o‘sha man-zilda hozir qiladi: «Ollohim! Albatta, Sen xalqingga ehtiyo-jing bo‘lmagan holda ularni yaratding. So‘ngra ularni ikki guruhga: jannat va jahannam ahliga ajratding. Meni jannat axlidan qil, jahannam ahlidan emas.
Ollohim! Xalqingni tafovutli qilib yaratding. Yaratishing-dan oldin ularni tanlading. Kimnidir badbaxt etding, kimnidir saodatmand! Kimnidir adashgan qilding, kimnidir to‘g‘ri yo‘lda! Gunohlarim tufayli meni badbaxtlar toifasidan qilma.
Nom: Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
Yuborildi: Muslima_subh 22 Fevral 2007, 22:08:56
Ollohim! Har bir jonni yaratishdan oldin uning amalla-rini bilguvchi Zotsan. Hech bandangda Sen bilgan narsadan qochib qutulish imkoni yo‘q! Meni o‘zingga itoat qiladigan-lar jumlasidan ayla.
Ollohim! Bandalaring harakatini O’zing takdir etding. Bi-ron narsa sening izningsiz harakatlana olmas. Harakatlarimga taqvoni asos qil.
Ollohim! Yaxshilikni va yomonlikni yaratding. Yaxshilik va yomonlik qilguvchini ham yaratgan O’zing. Bas, meni yaxshilik qilguvchilar jumlasidan ayla.
Ollohnm! Jannat va do‘zaxni yaratding. Jannat va do‘zax axlini yaratgan ham O’zing. Bas, meni jannat ahlidan qil.Olloxim! Qaysi bir kavmga zalolatni yor etding, ko‘kragini tangu tor ztding. Bas, mening ko‘ksimni iymon uchun och, qalbimni iymon bilan ziynatla.
Ollohim! Ishlarning tadbirini etguvchi O’zingsan. Nati-jani ham belgilovchi O’zing. O’limdan so‘ng meni go‘zal xayot bilan tiriltir va O’zingga yaqin et.
Ollohim! Kimki kunduzi va kechasini Sendan o‘zgaga ishonch va umid bog‘lab o‘tkazsa, ziyondadir. Olloxlm, O’zing mening ishon-chim va umidimsan. Mutloq kuch va kudrat O’zinggagina xosdir.
Bu aytganlarimning barchasi ulug‘ va qudratli Ollohning Kitobida bordir».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 08:19:15
Umar ibn Xattob roziyallohu taolo anhuning vafotlari

Amr ibn Maymun deydi: «Umar roziyallohu anhuga jarohat yetkazilgan paytda men bilan amirul mo‘minin orasida Abdulloh ibn Abbosgina bor edi.

Umar roziyallohu anhu qachon safda ochiq joy qolganini ko‘rsalar: «Safni to‘g‘ri olinglar», deb buyurardilar. Bo‘sh joy to‘lgach, oldga chiqib takbir aytardilar. To jamoat to‘p-languncha bomdod namozining avvalgi rakatida «Yusuf» yoki «Nahl» yo shunga o‘xshash suralardan birnni qiroat qilardilar.

O’sha kuni takbirdan so‘ng Umar roziyallohu anhuning: «Meni o‘ldirdi» yoki «Bu it meni yedi», deganlarini eshitdim. Abu Lu’lu'a ikki tig‘li pichog‘i bilan hazrati Umarga jarohat yetkazib, keyingi safdagilarni ham yoppasiga yaraladi. O’n uch kishi pichoq zarbini yedi. Shulardan to‘qkdztasn, yana bir rivoyatda yettitasi olamdan ko‘z yumdi.O’shanda musulmonlardan biri u qonxo‘rni ko‘rib qolib, ustiga to‘nini otdi. U kofir ko‘lga tushganini anglab, o‘ziga pichoq urdi.Umar roziyallohu taolo anhu Abdurahmon ibn Avfni ko‘lidan ushlab, imomlikka o‘tkazdi. Amirul mo‘mininning yonidagilar sodir bo‘lgan voqeani o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi. Ammo masjid atrofidagilar bo‘lgan ishdan bexabar edi. Ular Umar roziyallohu anhuning ovozi eshitilmay kolganidan ajabla-nib: «Subhanolloh, subhanolloh!» deb yuborishdi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 08:19:50
Abdurahmon ibn Avf namozni qisqa o‘qib berdilar.

Jamoat tarqalgach, Umar roziyallohu anhu:
— Ey ibn Abbos! Borib bil-chi, menga tashlangan kim ekan? - dedilar.
Birozdan so‘ng Ibn Abbos kelib, u kofirning nomini aytdi:
— Mug‘ira ibn Sho‘baning quli! Shunda Umar roziyallohu anhu:
— Olloh uni la’natlagay, men unga yaxshilik qilishlari-ni buyurgan edim. Ollohga hamd bo‘lsin, o‘limimni musulmon kishi qo‘lidan qilmadi. Sen (ey Ibn Abbos) va otang Ma-dinada qullar ko‘p bo‘lishini xush ko‘rardinglar!

Darhaqiqat, Abbos Madinada kuli eng ko‘p kishilardan edi.
— Agar xohlasangiz, ularning barchasini qatl etamiz,- dedi Ibn Abbos.
Hazrati Umar dedilar:
— Tillaringizda gapirib, qiblangizga yuzlanib, namoz o‘qib, sizga o‘xshab xajlarini ado qilayotganlaridan so‘ng ular-ni qatl qilmoqchimisiz?!

Keyin Umar roziyallohu anhuni uyiga olib ketishdi. Biz ham birga bordik, Go‘yoki odamlar bunday musibatni birinchi bor ko‘rayotgan edi! Kimdir: «Bu o‘lim oqibatlaridan qo‘rqyap-man»,-desa, yana biri: «Hechqisi yo‘q»,- derdi.

Umar roziyallohu anhuga sharbat keltirishdi. Ichdilar. Ichgan sharbat qornidan to‘kildi. Sut keltirishdi. Ichgan suti jarohatidan oqib chikdi. Shundan so‘ng odamlar, Olloh rozn bo‘lsin, Umarning o‘limi yaqin qolganini anglashdi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 08:20:27
Amirul mo‘mininning huzuriga kirdik. Odamlar uning fazilatlarini aytishardi. Yoshroq kishi kelib, dedi: «Ey amiral mo‘minin! Ulug‘ va qudratli Ollohdan sizga xushxabar bo‘lsin. Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning do‘sti edingiz.

Keyin hukm yurgizdingiz, adolat ko‘rsatdingiz. So‘ng shahidlikka yetdingiz».

U kishi qayrilib ketar ekan, Umar roziyallohu anhuning ko‘zlari uning yerda sudralib borayotgan izor (shim)iga tushdi.
— Uni yonimga qaytaring,- buyurdi amiral-mo‘minin va dedilar, — Ey jiyan! Kiyimingni ko‘tarib ol, yerga sudralmasin. Kiyimingni pok tut! Rabbingdan qo‘rq...

So‘ngra Umar roziyallohu anhu o‘g‘lidan so‘radi:
— Ey Abdulloh! Qarzlarimni hisoblab ko‘r, qancha ekan?

Hisob-kitobdan so‘ng qarz mikdori sakson olti ming dirham yoki shunga yaqinroq ekanlign aniqlandi. Umar roziyallohu anhu o‘g‘li Abdullohga dedilar:
— Agar Umarning oila a’zolarida bu qarzni to‘lashga imkon bo‘lsa, ularning mollaridan olib qarzlarini ado qil. Imkoni bo‘lmasa, Adiy ibn Ka’b jamoasidan so‘ra. Agar ularning mollari ham yetmasa, Qurayshdan so‘ra, boshqalarga muro-jaat etma. Qarzni mening nomimdan to‘la.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 08:22:32
Ummul mo‘minin Oishaning huzurlariga borib: «Umar Sizga salom yo‘lladilar» deb ayt. «Amirul mo‘minin» demagin. Bu-gundan e’tiboran mo‘minlar amiri emasman.

Yana shunday deb ayt: «Mo‘minlar onasi Oisha! Umar ibn Xattob Sizdan ikki do‘stining yonnga dafn qilinmog‘iga izn so‘raydi».

Abdulloh Oisha roziyallohu anho huzurlariga bordi, izn so‘rab, salom berib ichkariga kirdi. Oisha onamiz o‘tirgan ko‘yi yig‘layotgan edilar.

Umar in Xattob Sizga salom yo‘lladi va ikki do‘stining yoniga dafn qilinmog‘iga izn berishingizni so‘radilar,-dedi Abdulloh.
— Men u yerni o‘zim uchun ajratgan edim. Bugun u yerga mendan ko‘ra Umar ibn Xattob munosibroqdir!-dedilar Oisha onamiz.

Abdulloh qaytgach; «Ibn Umar keldi», deyishdi.
— Meni ko‘taring,- dedi Umar. Bir kishi suyab, uni o‘rnidan turg‘izdi. — Qanday xabar keltirding?
— Sizni suyuntiradigan xabar, ey amiral mo‘minin. Mo‘minlar onasi izn berdilar! - dedi Abdulloh ibn Umar.
— Ollohga hamd bo‘lsin, men uchun bundan muhim xabar yo‘q! Qachon jonim uzilsa, tobutimni ko‘taring, salom bering va ummul mo‘minin Oishadan izn so‘rang. Izn bo‘lsa, meni ichkariga olib kiring, izn bo‘lmasa, meni musulmonlar qabristoniga elting».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 08:23:01
Ummul mo‘minin Hafsa roziyallohu anho ham keldilar, u ayollar qurshovida ko‘rinmasdi. Uni ko‘rgach, o‘rnimizdan qo‘z-g‘aldik. Hafsa onamiz otasi uzra egilib, bir soatlar davomida yig‘ladi. Erkaklar kirishga izn so‘ragach, Hafsa roziyal-lohu anho ichkariga o‘tdilar. Ychkaridan uning yig‘laetgani eshitilardi.

Klrganlar deyishdi:
— Bizga vasiyat qiling, ey amiral mo‘minin, o‘rningizga xalifa tayinlang.
— Bu ishga Rasululloh sallallohu alayhi vasallam so‘nggi damlarigacha rozi bo‘lib ketgan quyidagi kishilardan haqlirog‘i-ni ko‘rmayapman: Ali, Usmon, Zubayr, Talha, Sa’d va Abdurahmon. Abdulloh ibn Umar ham siz bilan hozir bo‘ladi. Lekin uning xalifalikda haqqi yo‘q. Agar xal.ifalik Sa’dga yetishsa, bas u xalifadir. Illo, sizlardan kay biringiz xalifa kilinsa, Sa’-ddan maslahat olsin. Sa’dni Kufa voliyligidan ozod etishimning boisi ojizlik ham, xiyonat ham emas.

Mendan so‘nggi xalifaga islomdagi ilk muhojirlarning afzalligini doimo yodda tutishini va xurmatini saqlashini vasiyat etaman. Ansorlarga yaxshi munosabatda bo‘lishini tavsiya qilaman. Chunki, ular sizlar (kelishingiz)dan oldin Madinani bosh-pana va iymon diyori qilib hozirladilar. Bo‘lajak xalifa ularning yaxshiligini qabul etsin, yomonligini kechirsin.

Vasiyat qilaman! Xalifa o‘z qo‘li ostidagi shaxar ahliga yaxshi munosabatda bo‘lsin. Chunki ular islomning tayanchi, mollarni to‘plovchi, dushmanlarga sochilgan qahru g‘azabdir. Ularning ortiqcha mollari o‘zlarining roziligi bilan olinsin.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 08:23:58
Vasiyat qilaman! Xalifa arablarga yaxshi munosabatda bo‘lsin. Ular arabning asosi, islomning moddasidir. Ularning zakot mollaridan faqirlariga ulashilsin.

Xalifaga ulug‘ va qudratli Ollohning, Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning himoyasini tavsiya etaman. U xalq oldidagi axdini bajarsin. Ularga toqatidan tashqari ishni yuklamasin.

Umar roziyallohu anhu vafot etgach, uning tobutini ko‘ta-rib chikdik. Abdulloh ibn Umar salom berib, Oisha onamizga: «Umar ibn Xattob izn so‘rayapti»,-dedi.
— Uni ichkariga olib kiraveringlar,- dedi mo‘minlar onasi Oisha roziyallohu anho.

Olloh rozi bo‘lsin, hazrati Umarni ikki do‘sti yoniga olib kirishdi...»

Ibn Abbosdan: «Olloh rozi bo‘lsin, Umarning jasadlari sarirga (chorpo) qo‘yildi. Uni kafanladilar. Tobutni ko‘ta-rishdan oldin xaqqiga duo qilib, mag‘firat tiladilar. Men ham ularnikg orasida edim. Bir kishi yelkamdan tortdi, qo‘r-qib ketdim. Qayrilib qarasam, Ali ibn Abu Tolib roziyalloxu anhu ekanlar. Olloh rozi bo‘lsin, Umarga rahmat tilab dedilar:

Qasamki, Olloh seni ikkala do‘sting bilan birga qilajak. Chunki men Payg‘ambar alayhissalomning: «Men, Abu Bakr va Umar bordik», «Men, Abu Bakr va Umar chikdik», «Men, Abu Bakr va Umar kirdik» deganlarini ko‘p bora eshitganman Umid qilamanki, Olloh seni ikki do‘stingta qovushtiradi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 08:26:19
Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning vafotlari

Abdulloh ibn Salom deydi; «Birodarim Usmon bilan salomlashgani huzuriga bordim, Uning hovlisi qurshovda edi. Uyiga kirdim.

— Xush kelibsan, ey birodarim,- deya Usmon meni qarshi oldi. — Bugun kechasi Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni tushimda ko‘rdim. Mana shu darcha oldida turib:
— Ey Usmon! Seni qurshovga olishdim - dedilar.
— Ha, - dedim.
— Seni chanqatib ko‘yishdim -dedilar.
— Ha,- dedim. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va-sallam menga bir chelak suv uzatdilar, qonguncha ichdim. Hatto hozir ham ko‘kraklarim va kiftlarimda shu suvning sizib oqayotganini his etyapman. So‘ng Rasululloh sallallohu alayhi vasallam menga dedilar:
— Xohlasang, ular ustidan g‘olib bo‘lasan. Xohlasang, biz bilan birga iftor qilasan,

Men Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning huzurlarida iftor qilishni ixtiyor etdim.

Bas, o‘sha kuni Usmon roziyallohu anhu o‘ldirildi». Abdulloh ibn Salom Usmon roziyallohu anhuning o‘limi oldidan qonga belanib yotganiga guvoh bo‘lgan kishilardan so‘radi:
— Konlarga belanib yotgan Usmon so‘nggi nafaslarida nima dedi?
— Ollohim! Muhammad sallallohu alayhi vasallamning ummatini birlashtir, deb uch marta takrorlaganini eshitdik,- deyishdi.
— Jonim ko‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar Olloh bu ummatni hech qachon birlashmaslikka chaqirganida edi, to qiyomatgacha ular birlasholmagan bo‘lardi»,- dedi Abdulloh ibn Salom.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 08:37:47
Samoma ibn Hazin Qushayriydan: «Usmon roziyallohu anhu uyini qurshovga olganlarga karata:

— Sizlarni menga qarshi gijgijlagan o‘sha ikki kishnni koshimga olib keling, -deganlarida men ham u yerda edim. Keyin o‘sha ikkitasi keltirildi. Ular bamisoli ikkita taka yoki ikkita eshakdek edi. Usmon roziyallohu anhu ularga yaqin borib, dedilar:
— Olloh va islom haqqi sizga bildiraman, eslaysizmi,Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Madinaga kelgan paytlarida bu yerda Ruma qudug‘idan boshqa chuchuk suv yo‘q edi.O’shanda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Kim Ruma qudug‘ini sotib olib, o‘z paqirini musulmonlarning paqiriga kuysa (ya’ni, kuduqni sotib olib, Olloh yo‘lida musulmonlarga vaqf etsa), jannatda bu kishiga undan ham yaxshirog‘i ato etiladi» - degan edilar. Bas, o‘shanda men quduqni sotib olgan edim. Sizlar esa bugun u quduqdan, hatto dengizning suvidan meni to‘syapsiz-a?!
— Ha, shunday,- deyishdi.
— Olloh va islom haqqi bildiraman, mushkul holda qolgan qo‘shinga molimdan sarflab, uni qanday oyokda turg‘izganimni eslaysizmi?
— Ha,- deyishdi.
— Olloh va islom haqqi sizga bildiraman, eslaysizmi, qavm ko‘payib, masjidga sig‘may qolganida Rasululloh sallallohu alayhi vasallam; «Masjidga yondosh falonchining yerini kim sotib olib, masjidga ko‘shsa, u kishiga jannatda undan ham xayrli-rog‘i ato etiladi»-degan edilar. Men u yerni sotib olib, mas-jid hududini kengaytirdim. Sizlar esa bugui meni u yerda ikki rakat namoz o‘qishdan to‘syapsizlar-a?!
— Ha, shunday,- deyishdi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 08:40:38
Olloh va islom hakki bildiraman, Rasululloh sallal-lohu alayhi vasallam Makkadagi Sabir tog‘i ustiga chiqqanida yonlarida Abu Bakr, Umar va men bor edim. O’shanda tog‘ shu darajada silkindiki, toshlar pastga qulay dedi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam oyoklarini tog‘-toshga urib: «Tinchlan, ey Sabir! Senga nima bo‘ldi? Axir, ustingda Payrambar, Siddiq va ikkita shahid turibdi-ku?!»- deganlarinn eslaysizmi?
— Ha,- deyishdi. Shunda Olloh rozi bo‘lsin Usmon:
— Ollohu akbar! Ka’baning Parvardigoriga qasamki, bular mening shahidligimga guvohdir»,- dedilar (Termiziy rivoyati).

Rivoyat qshshnadi: «Usmon roziyallohu anhu yarador qilinganida, soqollari qonga bo‘yalgan holda dedilar: «Hech iloh yo‘q, magar O’zing bordirsan, ey pok Parvardigor! Darhaqi-qat, men o‘z jonimga zulm qilguvchilardan bo‘lib qoldim. Ollohim! Ulardan himoya et. Barcha ishlarimda O’zingdan ko‘mak so‘rayman. Menga sabr ber».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 08:41:54
Ali karramallohu vajhahuning vafotlari

Asbag‘ al-Hanzoliy dedi: «...Endi tong yorishayotgan payt edi. Ibn Tayyoh, Olloh undan rozi bo‘lsin, Alining huzuriga kirib, uni namozga chorladi. Ali karramallohu vajhahu horg‘in holatda yotardilar. Ikkinchi marta chorlaganida xam holat o‘zgarmadi. Uchinchi marta azon aytilganida, o‘rnidan qo‘zg‘aldilar va ushbu baytni aytib yura boshladilar:

Uchrashuv hak, o‘lim bilan bir kuni,
Qalbingni hozarlab, vazmin kut uni.
Qilsa hamla, izlama qocharga yer,
Qo‘rkma rozi bo‘lab, omonatni ber.


Ali karramallohu vajhahu kichik eshik oldiga yetib kelganlarida, Ibn Muljim unga tashlanib, xanjar sanchdi. Shunda Olloh rozi bo‘lsin, Alining qizi Ummu tashkariga chiqib dedi: «Vo ajab! Bu nimasi?! Erim — amirul mo‘minin (Umar roziyallohu anhu) bomdod namozi paytida o‘ldirilgan edi. Endi ayni shu mahal otam (Ali roziyallohu anhu)ning xam joniga qasd qilindi!»Rivoyat qilinadi: «Ibn Muljim pichoq sanchgan paytda Ali karramallohu vajhaxu dedilar: «Ka’baning Rabbiga qasamki, men g‘olib bo‘ldim».Muhammad ibn Alidan rivoyat kilinadi: «Joniga qasd etilganidan so‘ng hazrati Ali o‘g‘illariga vasiyat qildilar. Keyin oxirgi nafaslarigacha «La ilaxa illalloh»dan o‘zga so‘zni tilga olmadilar».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 08:45:37
«Xasan roznyallohu anhuning ahvoli og‘irlashgach, Olloh rozi bo‘lsin, Husayn akasining huzuriga kirdi va:
—Ey aka! Nega buncha bezovtasiz? Axir Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning, Ali ibn Tolibning huzuriga ketyapsiz. Ular sizning otalaringizdir. Xadicha binti Xuvaylidning, Fotima binti Muhammadning xuzuriga ketyapsiz, ular sizning onalaringizdir!-dedi.

Shunda Hasan roziyallohu anhu aytdilar:
— Ey uka! Men shunday bir ishga yuzma-yuz turibmanki,bunaqasi oldin bo‘lmagan».

Muhammad ibn Hasan roziyallohu anhumadan: «Muxolif tomon (Ibn Ziyodning kushini) Husayn roziyaddoxu anhuni kurshab olgach, Xusayn roziyallohu anhu ularning maqsadini angladi, o‘rnidan qalqib, asqobiga shunday xutba qildi: «Ollohga hamdu sanolar bo‘lsin! Nima bo‘layotganiga o‘zingiz guvoxsiz. Dunyo o‘zgardi. Dunyoning yaxshiliklari dunyodan yuz o‘girdi. Dunyodan nima qoldi o‘zi?! Bamisoli, idish tagida yiltillayotgan bir ho‘plam suv!

Bas, yetar! Buzilgan bu hayot menga kifoya. Ko‘rmaysizmi, Haqqa amal yo‘q, botildan qaytish yo‘q.

Bas! Mo‘min kishi Olloh taoloning diydoriga rag‘bat qil-sin. Mening nazdimda o‘lim safari saodatdan, zolimlar bilan birga kun kechirish zsa jinoyatdan boshka narsa emas!
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 08:47:42
Beshinchi bob
Xalifalar, amirlar va solih insonlarning o‘lim onlarida aytgan so‘zlari


Muoviya ibn Abu Sufyon vafoti arafasida dedi: «Meni suyab tyog‘izing». Aytgani bajarildi. Keyin Olloh taologa taslnx ayta boshladi, Ollohni zikr etdi, ko‘zlariga yesh keldi va Ey Muoviya! Qarib, axvoling pasayganidan so‘ng Rabbingni 1Glayapsanmi? Gullab-yashnagan, to‘lib-toshgan yigitlik paytingda qaerda eding?!» deya xo‘ngrab yubordi. So‘ngra iltijo eta boshladi: «Ey Rabbim! Kalbi toshdek kotgan bu osii cholga O’zing rahm et. Ollohim! So‘nggi nafaslarda qoqilish va toiilishdan asra. O’zingdan o‘zgaga umidi, ishonchi yo‘k kimsani hilming bilan yorlaqa».

Rivoyat qilinishicha, Muoviya xasta yotgan paytida bir guruh kishilar undan hol so‘rab xuzuriga kirishdi. Ular bemorning axvoli og‘ir ekanligini sezishdi. Muoviya Ollohga hamdu sano aytib, shunday dedi: «Nahot bu dunyo bizning bilganimizdan boshqacha bo‘lsa?! Ollohga qasamki, biz bu dunening chi-royiga uchdik. Butun jiddu jahdimiz, lazzatga uchligimiz bilan unga tashlandik. Lekin xech qancha vaqt o‘tmasdan dune ularni bizdan ketma-ket, bosqichma-bosqich tortib oldi, Dune bizga vafo qilmadi, dunyo bizga malomat bo‘ldi. Bu dunyo uyiga «tuf» va yana «tuf!»

Rivoyat kilinishicha, Muoviya oxirgi xutbasida dedi: «Ey insonlar! Men o‘rib olshishga tayyor ekinman, Albatta, men sizlarni idora kildim. Mendan keyin sizlarni boshqarajak kishi mendan xam yomonrok bo‘ladi. Xuddi mendan oldin idora qilgan zot mendan yaxshirok bo‘lganidek!
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 08:48:19
Ey Yazid! Qachon ajalim yetsa, jasadimni yuvishni okil kishiga topshir Negaki, Olloh nazdida oqilning o‘rni bo‘lak. Jasadimni muloyimlik bilan yuvsin. Takbirni ovoz chikdrib aytsin Ey Yazid! Ollohning ota-ona haqidagi nasihatinn unutma! Meni yangi «ko‘ylagim»ga o‘rab, qabrimga ko‘yganlaringdan sung Rahmlilardan raxshshrok bo‘lmish Zot bilan Muoviyani xoli qoldiring».

Muhammad ibn Uqba deydi: «O’lim onlarida Muoviya dedi: «Koshki «Zu-Tuvo»dagi oddiy kurayshlik kishilardan bo‘lib qolsam, koshki bu vazifada ishlamasam edi».

Abdulmalik ibn Marvon vafoti yaqinlashgach, damashqlik bir kir yuvuvchining ishiga qarab: «Koshki bir kir yuvuvchi bo‘lgan bo‘lsam-u, kunlarim shu hunar orkdsidan o‘tgan, shu huna-rim tufayli non topib yegan bo‘lsam. Koshki dunyo ishlariga boshchi bo‘lmasam edi», dedi.

Bu so‘zlardan xabar topgan Abu Hozim (Salama ibn Dinor al-A’roj al-Madaniy - tobe’inlardan) shunday deydi:

«Ollohga hamdu sanolar bo‘lsinkn, ular o‘limi arafasida biz yashayotgan hayotni orzu qildilar. Biz esa o‘lim yaqinlashga-nida ular yashayotgan hayotni orzu qilmaymiz».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 08:50:10
Xasta yotgan paytida Abdulmalik ibn Marvonga deyildi:
— O’zingizni qanday his etyapsiz, ey amiral-mo‘minin?
— Olloh taoloning ushbu oyatida aytilganidek: «Mana, Bizning huzurimizga sizlarni aeval boshda qanday yaratgan bo‘lsak, shunday yolgiz holda keldingiz. Sizlarga bergan narsalarimizni ortingizda qoldiribsiz...» (An’om sura-si, 94 oyat), dedi amirul mo‘minin va joni uzildi».

Umar ibn Abdulazizning xotini, Abdulmalik ibn Marvonning qizi Fotima dedi: «Umar o‘lim xastaligiga chalingan paytida aytardi:
— Ollohim! Gar kunning bir soati mikdoricha bo‘lsa ham, o‘limimni ulardan maxfiy tut.

Umarning vafoti kuni edi. Men uning huzuridan chiqib, qo‘shni xonada o‘tirdim. Men bilan erim yotgan qubbali xonaning o‘rtasini birgina eshik to‘sib turgan edi. Qo‘shni xonadan Umarning ovozini eshitdim:
«Biz o‘sha oxirat diyorini yer yuzida zulmu zo‘ravonlik va buzgunchilik qilishni istamaydigan kishilar uchun qilurmiz. Oqibat taqvo qilguvchi kishilarnikidir» (Qasas surasi, 83-oyat). Keyin Umar jimib qoldi, na bir harakat, na bir so‘z eshitildi. — Borib karachi, Umar uxlab qoldimikan?- dedim xodimga. U Umarning xonasiga kirar ekan, chinqirib yubordi. Sapchib turib, u tomon yo‘naldim. Xonaga kirdim, Umar vafot etganedi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 08:51:05
Umar ibn Abdulazizning ahvoli og‘irlashgach, tabib chaqirildi. Tabib unga qarab:
— Bemor zaharlangan, omon qolishini aytolmayman,- dedi. Shunda Umar ibn Abdulaziz ko‘zini ochib tabibga tikildi va:
— Zahar ichmagan kishilarning ham omon qolishini aytolmaysan,-dedi.
— Zaharni sezdingizmi, ey amiral-mo‘minin?-so‘radi tabib.
— Zahar qornimga tushganidayoq sezgan edim.
— Nechun davoga rag‘bat etmaysiz, ey mo‘minlar amiri? Axir ahvolingiz og‘ir-ku!
— Xuzuriga boriladiganlarning eng yaxshisi Rabbimdir. Ollohga qasamki, agar dardimning davosi qulog‘imning yum-shog‘i kadar yaqin ekanligini bilganimda ham unga qo‘l cho‘zmagan bo‘lardim. Olloqim! Diydoringni Umarga xayrli qil...

Vafoti arafasida Umar yig‘ladi.
— Nega yig‘layapsiz, ey amiral-mo‘minin? Olloh siz tufayli sunnatlarni jonlantirdi, adolatni yuzaga chiqardi. Axir bular quvonchga bois ishlar-ku?!-deyishdi.
— Hali hisobga turg‘izilib, bu xalqning ishlari xususida so‘ralmaymanmi? Ollohga qasamki, xalqqa qilgan biror adolatimni Yaratuvchining o‘zi tilimga joriy etmaguncha ulug‘ va buyuk Zot qarshisida gapirishdan qo‘rqaman. Axir zoe ketkizgan amallarimiz qancha, - Umar ibn Abdulazizning ko‘zlaridan yosh to‘xtamas edi. — Meni o‘tirg‘izinglar,- dedi u.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 08:51:48
O’tirg‘izishdi, keyin u:
Buyurganingni nuksonli kilgan, kaytarganingdan qaytmagan osiy menman,- deb uch marta takrorladi. So‘ng: «La ilaha illalloh»,- dedi va boshini ko‘tarib, bir nuktaga tikilib qoldi va dedi;
— Bir yashillikni ko‘ryapman, ular na ins va na jin...» Hikoya kilinadiki, Horun ar-Rashid o‘limi arafasida kafanlarini o‘z ko‘li bilan tanladi va ularga qarab dedi:
«Menga(ne mashaqqatlar bilan topgan) mol-dunyoying asqotmadi-ya! Mulku saltaiatim ham halok bo‘lib ketdi-ya» (Al-haaqqa surasi, 28-29 oyatlar).

Xalifa Ma’mun yerga kul to‘shatib ustiga yotdi va shunday dedi: «Ey mulki abadiy barqaror Zot! Mulki sovrilib bitgan zotga O’zing rahm qil».

Xalifa Mo‘‘tasim o‘limi arafasida dedi: «Agar haetimning buncha qisqaligini bilganimda edi, ko‘p narsalardan ti-yilgan bo‘lardim».

Xalifa Muntasir o‘lim onlarida o‘z holiga achinib, izti-rob chekdi. Shunda unga:
— Sizda ko‘rqiladigan holat yo‘q, ey amiral mo‘minin,-deyyashdya.
— Ha, dunyo ketib, oxirat menga yuzlanganidan boshqa narsa yo‘k, dedi Muntasir...

Hajjoj o‘limi arafasida dedi; «Odamlar: «Olloh sening gunohlaringni kechirmaydi»- deyapti. Ollohim! O’zing meni mag‘firat qnl».

Hajjojning bu so‘zlari Umar ibn Abdulazizni ajablan-tirar, unga havasini orttirar edi. Hajjojning bu so‘zlari Hasan Basrshga borib aytilganida:
— U shunday dedimi?- deb so‘radi Hasan Basriy.
— Ha,-deyishdi.
— Mumkin (ya’ni, Olloh Hajjojni mag‘firat qilishi mumkin),- dedi Hasan Basriy..
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 08:52:46
Oltinchi bob
Janoza va qabriston xususida oriflarning so‘zlari, qabr ziyoratining hukmi


Biling! Janoza orif kishi uchun ibrat, g‘aflat ahli uchun tanbeh va eslatmadir. Tobut g‘ofil kishining qalbini yumshatmaydi. Negaki, g‘ofil banda bu tobutda o‘zi emas, boshqalar yotadi, deb o‘ylaydi. Bir kuni odamlar uning ham tobutini ko‘tarishlarini xayoliga keltirmaydi. Xayoliga keltirsa ham yaqin orada bu ish voqe’ bo‘lmasligiga kattiq ishonadi. O’ylamaydiki, tobutda olib ketilayotganlarning aksari yakin-yaqnn-gacha shunday fikrda edilar. Lekin oqibat: ishonchlari yer bilan yakson bo‘ldi, hayot shamlarn butkul so‘ndi.

Ogoh bo‘ling! Inson ertami-indin, albatta, tobutga tushadi. Shunday ekan, tobutga yelka tutgan banda nima uchun tobut ichida o‘zining jasadi yotgandek his etmasin?!

Abu Hurayradan bir tobutni ko‘rib, shunday deganligi rivoyat qilinadi: «O’ting.lar (ya’ni tobut tomon o‘tib, uni ko‘taringlar)! Biz ham tez o‘tguvchimiz».

Molik ibn Dinor akasi o‘lganida uning tobuti oldiga borib yig‘ladi va: «Ollohga qasamki, sening qaerga ketganligingni bilmagunimcha, ko‘z yoshlarim tinmaydi. Qaerga ketganingni esa, to hayot ekanman, bilmayman», degan edi.

A’mosh deydi: «Janozalarda hozir bo‘lardik. Hazinlik, g‘am barchada barobar bo‘lganidan, kimga ta’ziya bildirishni bilmasdik».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 08:54:07
Sobit al-Banoniy deydi: «Janozalarda hammaning yuzlari-ni yopib yig‘laganini ko‘rar edik».

Ha, sahobalarning o‘limdan xavfi mana shunday edi. Hozir-chi? Janoza marosimida hozir bo‘lgan jamoatning aksariyati ko‘p kulib, ko‘p gapiradi, hazil-huzil qiladi, marhumning me-rosi, vorislariga nimalar qoldirib ketayotgani haqida gap sotadi. Ammo, eng asosiysi — o‘zlari ham bir kuni mana shun-day tobutga tushishi, o‘sha paytda ahvollari qanday bo‘lishi xususida fikrlashmaydi. Nega..?Chunki ustma-ust gunohlar qilib, qotgan qalb g‘aflat og‘ushida qolgan. Endi u na Olloh taoloni, na oxiratni eslaydi. Er-taning dahshatli manzaralari unga yot. Bu qalbning yolg‘iz ovunchi — dunyo, ulfati — o‘yin-kulgu, mashg‘uloti — ma’siyat.

Ollohim! Bu g‘aflatdan bizni uyg‘ot. Oxiratda yordam bera-digan ishlar bilan mashg‘ul bo‘laylik.

...Oldimizda tobut turibdi. Janozada hozir bo‘lganlar uchun eng yaxshi holat o‘likning ahvoliga yig‘lamoq, agar oqil bo‘lsalar, o‘zlari uchun yig‘lamokdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 08:55:27
Sobit al-Banoniy deydi: «Janozalarda hammaning yuzlari-ni yopib yig‘laganini ko‘rar edik».

Ha, sahobalarning o‘limdan xavfi mana shunday edi. Hozir-chi? Janoza marosimida hozir bo‘lgan jamoatning aksariyati ko‘p kulib, ko‘p gapiradi, hazil-huzil qiladi, marhumning me-rosi, vorislariga nimalar qoldirib ketayotgani haqida gap sotadi. Ammo, eng asosiysi — o‘zlari ham bir kuni mana shun-day tobutga tushishi, o‘sha paytda ahvollari qanday bo‘lishi xususida fikrlashmaydi. Nega..?Chunki ustma-ust gunohlar qilib, qotgan qalb g‘aflat og‘ushida qolgan. Endi u na Olloh taoloni, na oxiratni eslaydi. Er-taning dahshatli manzaralari unga yot. Bu qalbning yolg‘iz ovunchi — dunyo, ulfati — o‘yin-kulgu, mashg‘uloti — ma’siyat.

Ollohim! Bu g‘aflatdan bizni uyg‘ot. Oxiratda yordam bera-digan ishlar bilan mashg‘ul bo‘laylik.

...Oldimizda tobut turibdi. Janozada hozir bo‘lganlar uchun eng yaxshi holat o‘likning ahvoliga yig‘lamoq, agar oqil bo‘lsalar, o‘zlari uchun yig‘lamokdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 08:56:39
Ibrohim az-Ziyot janozada mayyitga rahmat tilayotgan odamlarni ko‘rib dedi: «Rahmatni o‘zlaringiz uchun tilaganlaringizda yaxshiroq bo‘lur edi. Chunki bu marxum uchta dah-shatdan qutildi, ya’ni:
— o‘lim farishtasini yuziga boqish dahshatidan, allaqachon uni ko‘rdi;
— o‘limning achchiqligi dahshatidan, allaqachon uni totdi;
— so‘nggi nafas xavfidan, xavf o‘tdi».

Abu Bakr ibn Alo deydi: «Jarirning huzurida edim. U kotibiga she’r aytib yozdirayotgan edi. Shu payt ko‘chadan tobut ko‘targan odamlar o‘tib qoldi. Darhol mashg‘ulotdan to‘xtab: «Ollohga qasamki, bu tobutlar mening soqolimni oqartir-di», dedi va ushbu baytni o‘qidi:

Ulim dahshat, tobutlar duch kelganda
 Chekar qayg‘u alam xavf ichra banda.
Mayyit o‘tib keteach, na xatar, na g‘am,
Yana shod-xurramlik, qahqaha-xanda
 O’xshar bu hol: go‘yoki suruv aro
 Karib bo‘ri, yuzlandp ofat balo.
 Bo‘ri ketgach, qo‘ylar yana yaylovda
O’tlay boshladilar yayrab mosuvo.


Ulimni o‘ylash, o‘limdan ibratlanish, o‘limga tayyor bo‘lish, tobut oldida tavozu’ bilan yurish janoza odoblaridandir.

Garchi marhum fosiq bo‘lsa ham, unga nisbatan yaxshi gumonda bo‘lish, o‘z nafsini esa itob qilish ham odob sanaladi. Nega-ki, xotimaning qanday bo‘lishini hech kim bilmaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 08:57:32
Umar ibn Zardan rivoyat qilinadi: «Uning ko‘shnilaridan biri vafot etdi. Marhum faqat o‘zini o‘ylaydigan, o‘ta xudbin kishi edi. Ko‘pchnlik uning janozasiga bormadi. Shunda Umar ibn Zar u yerda hozir bo‘lib, marhumning janozasini o‘qidi. So‘nggi mayazilga kuzatar ekan, kabri tepasida turib, dedi: «Ey falonchi! Olloh seni rahmatiga olsin. Umring tavhidda kechdi, peshonang sajdalar qidib, changlarga belandi. Yana seni gunohkor adashgan deyishadi-ya! Ichimizda kimning gunohi yo‘q, kim adashmagan?!»

Hikoya qilinadiki, Basraning kaysidir nohiyasida fasodga botgan bir kishi vafot etdi. Uning ayoli erining tobutini ko‘taradigan odam topolmadi. Marhum o‘ta fosiq bo‘lgani uchun ham qo‘shnilar uning o‘limidan bexabar qoldilar, Tobutni ko‘ta-rish uchun ayol ikkita hammol yolladi. Ular tobutni ma’lum bir joygacha ko‘tarib kelishdi. Ammo marhumga janoza o‘qiy-digan birorta kishi ham topilmadi. So‘ngra uni dafn qilish uchun qabriston tomon eltishdi. Shu yerga yaqin tog‘larda ulug‘ bir zohid istiqomat qilardi. Qarangki, o‘sha zohid janoza namoziga muntazir bir holatda ayolning ko‘z o‘ngidan o‘tdi va marhumga janoza namozini o‘qishga chog‘landi. Bu xabar sha-harga yoyildi. Zohid janoza namozini ado qilar ekan, butun shahar ahli unga iqtido etdi.

Odamlar zohidning bu ishidan ajablanib, sababini so‘rashganida; «Tushimda menga aytildi: falon yerga borsang, u yerda bir tobutni ko‘rasan. Tobut yenida bitta ayoldan boshqa hech kim yo‘q. Tobutdagi o‘likning janozasini o‘qi! U mag‘firat qilingandir»,dedi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 09:01:38
Odamlarning ajablanishi yanada ortdi. Zohid ayolni chaqi-rib, undan marhumning holat va siyrati qanday bo‘lganini so‘radi. Ayol:
— Har kuni mayxonada may ichish bilan mashg‘ul edn,- dedi
— Uning biror xayrli ish qilganini ko‘rganmisan?- deb so‘radi zohid.
— Ha, uchta ishi bor edi. Birinchisi, har kuni kayfi tarkab, hushiga kelgach, erta bilan kiyimlarini almashtirar-di, tahorat olib, jamoat bilan bomdod namozini ado qilar-di. Keyin yana o‘zining ishiga sho‘ng‘ir edi.

Ikkinchisi, uyida har doim bir-ikki yetim bola bo‘lar edi. Ularga ehson berib, o‘z farzandlaridan xam yaxshiroq e’tibor qilar edi.

Uchinchisi, kayfi tarqab, xushiga kelgach, qok tunda: «Rabbim! Bu jirkanch nafs bilan jahannamning qaysi chukurini to‘ldirmoq istaysan» deb yig‘lar edi.

Sabab ayon bo‘lgach, zohid ketdi».
Sila ibn Ashim akasi dafn qilingan paytda, uning qabri tepasida turib, shunday deganligi rivoyat qilinadi:

Qabr azobidan gar bo‘ldang ozod,
Ulkan, bir balodan topibsan najot!..
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 09:02:28
Farzand o‘limi xususida salaflarning so‘zlari

Farzandi yoki yaqinlaridan biri vafot etgan kishi shuni anglamog‘i lozim: ajal kimnidir oldin, kimnidir keyin, albatta kuvib yetadi. Tasavvur qiling, ota va bola safarda edilar. Shahar-ga, ya’ni muqim manzil bo‘lmish asl Vatanga bola otasidan oldin-roq yetib keldi. Sal vaqtdan keyin o‘zi ham Vatanga qaytishini bilgan ota farzandining manzilga ertaroq borganidan u kadar afsus chekmaydi. Negaki, o‘rtada cheksiz firoq emas, balki «ol-din» va «keyin» degan oraliq bor, xolos. Xuddi shuningdek, o‘lim bu — izingdan kelayotganlardan ilgariroq Vatanga qaytishdir.

Kim o‘limga nisbatan mana shuvday qarashda bo‘lsa , uning o‘limdan qo‘rqishi kam bo‘ladi.

Farzandining o‘limiga sabr etgan kishiga yetadigan savoblar haqida ko‘p xabarlar vorid bo‘lgan.Rasululloh sallallohu alayhi vasallam dedilar: «Sikt (chala tushgan bola) men uchun har biri Olloh yo‘lida jang qilayotgan yuz otlikdan suyuklidir» (Ibn Moja). «Siqt» so‘zi eng oz (chala tushgan bola) orqali eng ko‘pga (barkamol inson) diqqatni qaratish maksadida zikr qilingan. Farzand qalbdan qanchalik ko‘p joy egallagan bo‘lsa, uni yo‘qotgan payt-dagi sabrga ham shunchalik savob bo‘ladi.

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam dedilar: «Qaysi musulmonning uchta farzandi vafot etsa-yu, u bu musibatni sabr bilan o‘tkazsa, o‘lgan farzandlari uni do‘zaxdan to‘suvchi qalqon bo‘ladi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 09:03:48
Shunda Rasululloh yonida turgan ayol:
— Ikkita farzandi vafot etgan bo‘lsa-chi?-deb so‘radi.
— Ikkitasi ham,- dedilar Rasululloh sallallohu alayhi vasallam». (Muslim, Ibn Hibbon rivoyati).

Farzandi vafot etgan paytdagi otaning xolis duosi eng umidli, ijobati yaqin duodir.

Muhammad ibn Sulaymon o‘g‘lining qabri tepasida turib dedi: «Ollohim! O’g‘lim uchun rahmatingni umid etaman, azobingdan xavfdaman. Umidimni yuzaga chiqar, xavfimdan uni omon et». Abu Sinon farzandi qabri tepasida shunday dedi: «Ollohim! Farzandimning zimmasida qolgan hakdimni men o‘tdim. Sen ham uning zimmasida kolgan haqqingni o‘t. Chunki Sen eng saxiy, eng karim Zotsan!»

Bitta a’robiy o‘g‘lining qabri tepasida turib dedi: «Ollohim! O’g‘limning menga qilgan xizmatidagi qusurini kechirdim. Sen ham uning toatingdagi qusurini afv et!»

«Zar ibn Umar ibn Zar vafot etdi. Marhum lahadga qo‘yilgach, otasi Umar ibn Zar dedi: «Ey Zar! Seni yo‘qotganimiz uchun chekilgan qayg‘u bizni oxirating qayg‘usidan chalg‘itdi. Koshki nelar xaqida so‘ralganingni va nimalar deb javob berganingni bilsam? Ollohim, bu mening o‘g‘lim Zardir. U bilanvaktimni xush, dimog‘imni chog‘ etding. Uning kunini to‘lnq, rizkini butun qilding. Unga zulm etmading. Ollohim, uni o‘zingning va mening itoatimga bo‘ysundirding. Ollohim! O’zing va’da ztgan — farzandimning o‘limi tufayli chekkan musibatimning ajrini farzandimga hadya etdim. Bas, uning azobini menga hadya et, uni azobdan xalos qilgin».Qabr tepasida xozir bo‘lganlar, yig‘lab yubordi. Ketayotib Umar ibn Zar dedi: «Ey Zar! Sen ketding, bizning Ollohdan o‘zgaga ehtiyojimiz yo‘q...»
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 09:04:18
Basrada bir kishi bir ayolga qarab:
— Ajabo! Bu ko‘rkamlikning sababi, g‘am-g‘ussadan yiroqlik bo‘lsa kerak,- dedi. Shunda ayol:
— Ey Ollohning bandasi! G’am-g‘ussa neligini mendan so‘ra. Men shunday qayg‘u ichidamanki, bu borada hech kim menga bas kelolmaydi,- dedi.
— U qanday qayg‘u ekan?- deya ajablanib so‘radi haligi kishi. Ayol hikoya qila boshladi:
— Qurbon hayiti kuni edi. Erim qurbonlikka qo‘y so‘ydi. Shiringina ikkita o‘g‘lim shu yerda o‘ynab yurishgan edi. Bir payt katta o‘g‘lim kichigiga: «Otam qo‘yni qanday so‘yganini senga ko‘rsataymi?» debdi. «Ha, kani ko‘rsat», debdi kichik o‘g‘lim. Shunda katta o‘g‘lim ukasining bo‘yniga pichoq tortibdi. Biz g‘aflatda qoldik. Qonlarga belangan o‘g‘limizning qichqirig‘idan so‘nggina voqeadan xabar topdik. Katta o‘g‘lim qo‘rqqanidan toqqa qochib ketdi. Tog‘da u och bo‘rilarga yem bo‘libdi. O’g‘limning otasi ham harorat shiddatidan chanqoklikdan vafot etdi. Mana, o‘sha qismatlarni boshidan kechirgan ayolni ko‘rib turibsan,- deb so‘zini tamom qildi».

Bunga o‘xshash musibatlarni xotirlamoq qayg‘uning shiddatini yumshatadi. Doimo har qanday musibatdan kattaroq musibat mavjud bo‘ladi va har qanday holatda musibatni ketkazuvchi Ollohdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 09:05:17
Yettinchi bob
O’limning mohiyati haqida


Biling! limning mohiyati xususida odamlarda har xil asossiz karashlar mavjud.Ba’zilar: «O’lim bu yo‘qlikdir. Inson o‘lgandan so‘ng qayta tirilmaydi, ishlari uchun hisob ham bermaydi. Yaxshilik va yomonlikning oqibati yo‘q. Inson o‘limi hayvon o‘limi, shuningdek, o‘t-o‘lanlarning qurishi orasida hech qanday fark yo‘q», deya gumon qiladi.

Bu dinsizlarning, Ollohga va oxirat kuniga ishonmaydiganlarning qarashidir.

Ba’zilar: «Inson o‘lim bilan yo‘qlikka yuz tutadi. To qiematgacha qabrda na jazo alamini, na savob ne’matini his qiladi», deb o‘ylaydi.

Boshqa birovlar: «Ruh boqiydir, u o‘lim bilan yo‘qolmaydi. Savob oladigan ham, azoblanadigan ham jasad emas ruxdir. Jasadlar na tiriladi, na hisob-kitob uchun to‘planadi», deydi.

Bu fikrlarning hammasi haqiqatdan yiroq, buzuq karashlardir. O’lim haqidagi eng to‘g‘ri qarash oyat va xabarlarda so-bit bo‘lgan. Shunga ko‘ra o‘limning ma’nosi holat o‘zgarishidan boshqa narsa emas. Ruh tanaddn ajralishi esa jasadda ruh tasarrufining to‘xtashi, jasadning ruh izmidan chiqishidir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 09:06:53
Inson a’zolari ruhning vositalaridir. Ruh shu vositalardan foydalanadi. Qo‘l bilan ushlaydi, quloq bilan eshitadi, ko‘z bilan ko‘radi, qalb bilan narsalar mohiyatini anglaydi. Bu o‘rinda zikr qilinayotgan qalb ruxdir. Ruhning o‘zi vosita-siz ham narsalar mohiyatini anglaydi. Shuning uchun ba’zan hech bir a’zo ishtirokisiz qalbning o‘zi turli xil g‘am, kulfatlar alamini tortsa, ba’zan kuvonchu shodliklarga to‘lib suyunadi.

Ruhning o‘zida bo‘lgan sifat ruh tanadan ajraganidan so‘ng Ham ruh bilan birga qoladi. Ruhga a’zolar orkali bog‘langan narsalar faoliyati, jasad o‘limi bilan to‘xtaydi. Bu harakat-sizlik to ruh yana jasadga qaytguncha davom etadi.

Ruxning qabrda jasadga qaytarilishi ehtimoldan uzoq ish emas. Shuningdek, bu ishning to qiyomat kunigacha kechiktiri-lish ehtimoli ham bor. Ollohning o‘zi bandalariga kanday hukm etishni eng yaxshi bilguvchi Zotdir.

Ulim tufayli jasadning faoliyatdan to‘xtashi xastalikka chalingan kishi a’zolarining faoliyatdan to‘xtashiga o‘xshaydi...

Agarda barcha a’zolar ruhga bo‘ysunishdan to‘xtasa, o‘lim ro‘y beradi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 09:08:53
Inson holatining o‘lim bilan bog‘liq o‘zgarishida ikki jihat bor:

Birinchisi, inson o‘lishi bilan undan ko‘zi, qulog‘i, tili, qo‘li, oyog‘i, umuman barcha a’zolari tortib olinadi. Shuningdek, u ayoli, farzandi, yaqinlari va boshqa tanishlaridan ajra-ladi. Chorva hayvonlari, xizmatkorlari, dalalari, hovlilari va boshqa mulklari qo‘lidan ketadi.

Aslida bu ashyolarning insondan tortib olinishi bilan insonning bu ashyolardan tortib olinishi o‘rtasida farq yo‘k. Ne-gaki, og‘riq beruvchi narsa bu — firok, ayrilikdir. Bir gal ayrilik, kishvdan molini tortib olish tufayli yuz bergan bo‘lsa, keyingi safar kishini mulki va molidan ajratib, asir qilish orqali sodir bo‘lgan. Og‘riq ikkala holatda ham bir xil.

Demak, o‘limning ma’nosi, insonni bu olamga o‘xshamagan boshqa olamga eltish orqali uni mol-mulkidan sug‘urib olish yoki sug‘urib olinishidir.

Agar inson bu duneda nimanidir o‘ziga do‘st tutsa, shu narsa bilan ovunib, uning borligiga odatlangan bo‘lsa, undan ajralishning hasrati katta bo‘ladi, borligiga odatlangan narsaning yo‘qolishi uni cheksiz g‘amga botiradi. Dunyoni do‘st tutgan bu qalb egasi qolib ketayotgan mol-mulkidan, mavqe-martabalarian, hovli-joylaridan, hatto bir paytlar kiyib, u bilan ko‘zla-ri kuvongan ko‘ylagidan e’tiborini uzolmaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 09:09:52
Agar u inson faqatgina Ollohni do‘st tutib, quvonchi ham faqat Olloh zikri bilan bo‘lganida edi, unga ato qilingan ne’mat yanada ulug‘lashar, saodati komil bo‘lardi. Oradan parda ko‘tarilib, Mahbubga eltuvchi yo‘l ochilardi. Har qanday tashvishlarning bu yo‘lni to‘sishiga chek ko‘yilardi. Zero, dunyoga mehr uyg‘otuvchi sabablarning barchasi Ollohning zikridan chalg‘ituvchi tashvishlardir.Xullas, o‘lim va tiriklik holatlari o‘rtasidagi o‘zaro zid ikki jihatning birinchisi mana shudir.

Inson holatining o‘lim bilan bogliq o‘zgarishidagi ikkinchi jihat shuki, unga tirikligida oshkor bo‘lmagan narsalar o‘limdan so‘ng oydinlashadi. Bu holat bamisoli, uyquda ayon bo‘lmagan narsalar uyg‘oqlikda namoyon bo‘lganiga o‘xshaydi. Odamlar uyqudadirlar, o‘lgach uyg‘onadilar. Vafotidan so‘ng insonga eng avval zarar beradigan yomonliklar va foyda beradigan yaxshiliklar ko‘rinadi. Bular inson qalbining ichkarisiga yashirilgan kitobda bitilgandir. Dunyo tashvishlari in-sonni bu kitobga diqqat qilishdan chalg‘itgan zdi. Tashvishlar kesilgach, unga barcha amallari ko‘rinadi. Yomonliklarini ko‘rib, shu darajada hasrat chekadiki, bu hasratdan xalos bo‘lish uchun hatto olovning tubiga o‘zni otishni afzal biladi. Shunda unga aytiladi: «Nomai a’molingni o‘qi! Bugun o‘z nafsing o‘zingga qarshi yetarli hisobchidir» (Al-isro surasi, 14-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 09:11:38
Bularning barchasi jon uzilishi arafasida, dafndan oldin yuz beradi. Insonning ichini firoq o‘ti yondiradi. Bu o‘t ko‘ngilni beg‘am qilib qo‘ygan o‘tkinchi dunyodan ayriliq o‘ti-dir. Lekin bunda oxirat ozig‘iga sabab bo‘ladigan, qanoat darajasidagi dunyo nazarda tutilmayapti. Negaki, kifoya qilar-lik oziq talabida bo‘lgan kishi maqsadiga erishishi bilan ortiqcha yuk mashakdatidan qutuladi va bundan uning boshi osmonga yetadi. Chunki u niyatiga ko‘ra, oxirat ozig‘iga sabab bo‘ladigan darajadagi dunyoga ega bo‘ldi, qolgani unga ortiqcha yo’q.

Ehtiyoji mikdoridagina dunyoga ega bo‘lgan kishining holati mana shudir. U dunyodan to‘la behojat bo‘lishi uchun zaruriy ehtiyojdan ham uzilishni xohlaydi. Albatta, uning bu xohi-shi hosil bo‘ladi va u dunyodan batamom uziladi...
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 09:27:33
MUNDARIJA

Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg32346#msg32346)

Birinchi bob. O’limni eslash va unga targ‘ib xususida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg32348#msg32348)
O’limni eslashning fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg32354#msg32354)
O’lim qanday eslanadi? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg32354#msg32354)

Ikkinchi bob. Dunyo havasidan tiyilish fazilati, unga berilishning sabablari va bu dard muolajasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg32539#msg32539)
Sahobalar va olimlarning so‘zlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg32543#msg32543)
Dunyo havasiga berilishning sabablari va bu dardning muolajasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg34256#msg34256)
O’tkinchi dunyoga munosabatda insonlarning farqlanishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg34259#msg34259)
Solih amalga shoshilish va uni kechiktirish ofatidan saqlanmoq bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg34261#msg34261)

Uchinchi bob. O’lim talvasasi va shu holatda qilinishi mahbub sanalgan ishlar xususida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg34266#msg34266)
O’lim onlarida mahbub ko‘rilgan amallar bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg34274#msg34274)
O’lim farishtasi bilan uchrashuv onlaridagi hasrat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg34276#msg34276)

To‘rtinchi bob. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam va xulofoi roshidinlarning vafotlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg35262#msg35262)
Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning vafotlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg35262#msg35262)
Abu Bakr Siddiq roziyallohu taolo anhuning vafotlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg35291#msg35291)
Umar ibn Xattob roziyallohu taolo anhuning vafotlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg134224#msg134224)
Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning vafotlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg134230#msg134230)
Ali karramallohu vajhahuning vafotlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg134233#msg134233)

Beshinchi bob. Xalifalar, amirlar va solih insonlarning o‘lim onlarida aytgan so‘zlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg134235#msg134235)

Oltinchi bob. Janoza va qabriston xususida oriflarning so‘zlari, qabr ziyoratining hukmi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg134240#msg134240)
Farzand o‘limi xususida salaflarning so‘zlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg134246#msg134246)

Yettinchi bob. O’limning mohiyati haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.msg134250#msg134250)
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN (O'limni eslash kitobi). Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 09:39:38
Ihyou ulumid-din. O'limni eslash kitobi

(http://www.ziyouz.com/images/books/ihyo_ulimni_eslash.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=221)

Muallif: Imom G'azzoliy

Hajmi: 200 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=221)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1095.0)