forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:30:23

Nom: Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:30:23
Muhammad Salamat Jabar

Qiyomat alomatlari.
Qiyomatning qoyim bo‘lishi shartlari va ularning sir-asrorlari

“Movarounnahr”
Toshkent


Muallif Muhammad Salamat Jabar

Tarjimon Muhammadjon Ahmad

Muharrir Bahodir Nurmuhammad


MUNDARIJA

Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32367#msg32367)
Qiyomat yaqin qoldi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32371#msg32371)
Qiyomatning yaqin qolgani haqida xabar beruvchi zikrlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32376#msg32376)
Qiyomatning ulkan shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32395#msg32395)
Mahdiyning chiqishi to‘g‘risidagi hadislar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32397#msg32397)
Kutilayotgan g‘aybiy yomonlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32405#msg32405)
Dajjol hozir hayotmi?  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32424#msg32424)
Ibn Sayyod Masih Dajjolmi?! (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32433#msg32433)
Dajjolning ota-onasi qanday ko‘rinishda bo‘ladi? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32445#msg32445)
Dajjolning jin-shayton  yoki insu jin hosilasi ekaniga dalillar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32478#msg32478)
Iso alayhissalomning tushishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32490#msg32490)
Iso alayhissalomning tushishlari haqidagi hadislar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32496#msg32496)
Iso alayhissalom sifatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32507#msg32507)
Iso alayhissalom yerda qancha muddat turadilar va so‘ng qaerga dafn etiladi? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32511#msg32511)
Ya’juj va Ma’jujning chiqishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32515#msg32515)
Zulqarnayn kim? Ya’juj va Ma’jujlar kimlar? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32521#msg32521)
Zulqarnayn qurgan to‘g‘on ochilganmi? Ya’juj va Ma’jujlar tashqariga chiqdimi? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32536#msg32536)
Quyoshning g‘arbdan chiqishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32558#msg32558)
Dobbatul arz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32567#msg32567)
Xushbo‘y shamol (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32575#msg32575)
Olovning chiqishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32581#msg32581)
Zamon yaqinlashuvi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32587#msg32587)
Uch marta yerning yorilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32590#msg32590)
Surga nafxa urilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32592#msg32592)
Qiyomat qoyimning yaqinligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32609#msg32609)
Qiyomat qachon? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32613#msg32613)
Qiyomat alomatlarining sirlari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32629#msg32629)
Insonning o‘zi kichik bir olam (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32637#msg32637)
Inson – borliq ruhi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32638#msg32638)
Qiyomatning ulkan alomatlari zamiridagi sir-asrorlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32648#msg32648)
Iso alayhissalom tushishlari siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32651#msg32651)
Dajjol chiqishining siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32660#msg32660)
Quyoshning mag‘ribdan chiqishi siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32662#msg32662)
Ya’juj va Ma’jujlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32664#msg32664)
Dobbatul arz chiqishining siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32670#msg32670)
Endi mo‘minlar haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32672#msg32672)
Odamlarni mashriqdan mag‘ribga to‘playdigan olov (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32673#msg32673)
So‘ngso‘z (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32674#msg32674)
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:31:14
Muqaddima

Qalblarimizni iymon nuri bilan oydin qilgan, nuri hidoyati ila iymonga muyassar etgan va bizga ehsonu ofiyatlar bilan fazlu marhamatlar ko‘rsatgan Zotga – yakkayu yolg‘iz Allohga hamdlar bo‘lsin. U bizga bilmagan narsamizni o‘rgatdi. Bizni Islom ne’mati ila haq yo‘lga hidoyat etdi.
Alloh taologa yuzining ulug‘ligiyu saltanatining buyukligi qadar hamd bo‘lsin.

Kuch-qudrat ham, yaxshiligu yomonlik ham yolg‘iz Alloh qo‘lida deb bilguvchi kishi sifatida Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga guvohlik beraman.

Foyda-ziyon yetkazguvchi ham, adashtirguvchi-yu haq yo‘lga boshlaguvchi ham yolg‘iz Allohdir.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:32:00
«Alloh xohlagan kishisini adashtirur, xohlagan kishisini to‘g‘ri yo‘lda (barqaror) qilur» (An’om, 39).

Bularning barchasi ayni haqiqat. Bu yerda hech qanday tabdil va ta’vil yo‘q! Hukm qilguvchilarning eng yaxshisi bo‘lgan Alloh barcha aybu nuqsondan pokdir!

«U o‘zi qiladigan biron narsa haqida mas’ul bo‘lmas, ular (ya’ni bandalar esa qiladigan har bir ish-amallari xususida) mas’ul bo‘lurlar» (Anbiyo, 23).

Javome’ul kalim (qisqa so‘zlar bilan ko‘p ma’nolarni ifodalash) sohibi, maqtovli maqom va shirin suvli hovuz egasi Muhammad ibn Abdullohga Allohning saloti va salomlari yog‘ilsin. U zot butun olamlarga rahmat, rasullarga peshvo-imom va insonlar uchun Qiyomatda shafoatchi qilib yuborilganlar. Alloh taolo u zotni go‘zal mukofotlar ila mukofotlasin.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:32:57
Odamlar borliq so‘nggi nafaslarini olayotganini, Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) yuborilishlari vaqtlar «nihoyaning avvali» ekanini aqllariga sig‘dira olmayapti. Chunki inson o‘limni uzoq deb o‘ylaydi. Orzu-umidlari juda ko‘p. Unga oxirgi qadamlarini tashlayotganini anglatish oson emas. Hech shak-shubha yo‘qki, aksariyat kavniy oyat-alomatlar hamda yaqiyniy dalillar Qiyomatning yaqin qolganini tasdiqlamoqda.

Kim bunga iymon keltirsa, inshaalloh, haqni tasdiq etgan bo‘ladi. Kim tan olmasa, biz nima ham qila olardik. Zero, kuch ham, qudrat ham yolg‘iz Alloh taolo bilandir.

«(Ey Muhammad, mushriklar) sizdan (o‘sha Qiyomat) soatining qachon voqe bo‘lishini so‘rarlar. Siz qaerdasiz-u, uni (ya’ni, Qiyomat qachon bo‘lishini) zikr qilib eslash (qaerda)? (Ya’ni, siz hech qachon u Kunning vaqtini aytib bera olmaysiz). Uni bilish yolg‘iz Parvardigoringizga borib to‘xtar. Siz faqat o‘sha (Qiyomat)dan qo‘rqadigan kishilarni ogohlantirguvchisiz, xolos. (Ammo u kunning qachon voqe bo‘lishini aytib berish sizning vazifangiz emasdir.) Ular u (Qiyomat soati)ni ko‘radigan Kunda (bu dunyoda) go‘yo birgina peshindan so‘ng yoki choshgoh paytida turgandek (ya’ni, bir kun ham yashamagandek) bo‘lib qolurlar» (Van-noziot, 42-46).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:33:14
Allohdan qo‘rqmaydigan ba’zi bir kimsalar Qiyomat hijriy 1709 (bir ming yetti yuz to‘qqizinchi) sanada bo‘ladi, deb da’vo qiladilar. Bu botil hisob go‘yoki Qur’on suralarining ta’viliga asosan qilingan emish. Suralarning boshida keluvchi harflar ostiga yashirilgan bu «sir»ni go‘yo o‘sha «dono» kimsalardan bo‘lak hech kim payqamaganmish!

Kitob so‘ngida biz bu haqda batafsil to‘xtalamiz, inshaalloh.

Bizni haq yo‘lga yo‘llab qo‘ygan Allohga hamdlar bo‘lsin. Zero, Allohning hidoyatisiz hech qachon bunga qodir bo‘lmas edik. Parvardigorimiz rasullari faqat haq bilan kelgandir!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:33:56
BIRINCHI BOB

Birinchi fasl
Qiyomat yaqin qoldi

«Ular (Makka kofirlari o‘tmishdagi o‘z payg‘ambarlarini yolg‘onchi qilgan qavmlar duchor bo‘lgan halokatlardan eslatma-ibrat olmadilar), endi faqat to‘satdan (Qiyomat) soati kelib qolishinigina kutmoqdalar. Darvoqe, uning alomatlari keldi. Bas, ularga (Qiyomat soati) kelgan vaqtida ularning eslatma-ibrat olishlari (uchun) qanday (imkon) bo‘lur?!»* (Muhammad, 18-oyat)

Insonlarga hayot muhlatining tugayotgani, Qiyomat kuni tobora yaqinlashayotgani haqida xabar beruvchi oyat-alomatlarning ayon qilinishi ham Alloh rahmatidir. Ushbu oyat-alomatlardan ibrat olib, insonlar shoyad o‘zlarini o‘nglab olsalar. Gunohlardan tavba-tazarru etib, Parvardigorlari toat-ibodatiga astoydil kirishsalar.

Qiyomatning yaqinligi haqidagi eng birinchi alomat Muhammad alayhissalomning yuborilishlari edi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Men payg‘ambar etib yuborilganimda Qiyomat mana shunday edi», deya o‘rta va ko‘rsatkich barmoqlariga ishora qildilar.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:40:39
Xolid ibn Umayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bizga xutba o‘qidilar. Alloh taologa hamdu sano aytib so‘z boshladilar: «Dunyo uzilishini e’lon qildi. Kovushini orqaga burdi. Undan (dunyodan) faqatgina bir tomchi qoldi. Bu xuddi sohibi oxirgi tomchisini ichayotgan idish (tubi)dagi (so‘nggi) tomchi kabidir» (Ahmad va Ibn Jarirlar rivoyati. Sanadi sahih).

Ya’ni, dunyo oxir bo‘lmoqda. U uzilishini e’lon qildi, ortiga burildi. Idish tubida qolgan, arzimas tomchichalik qoldig‘i — muddati bor, xolos.

Dunyoning oxirlab, Qiyomatning yaqin qolgani shunday ifodalangan. Mazkur hadis aytilganiga ham o‘n to‘rt asr bo‘ldi. Bu muddat ichida Qiyomatning shartlari birin-ketin voqelikda ko‘rindi. Ularning eng oxirgi ro‘y berganiga biz ham guvoh bo‘ldik, yalangoyoq, yalang‘och bo‘lgan kishilar uy qurishda bir-birlari bilan musobaqaga kirishdilar.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:41:01
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) davrlarida ko‘ringan Qiyomat alomatlaridan biri oyning bo‘linishi edi. Bu voqea Payg‘ambarimiz hali Makkada turganlarida yuz bergan.

«(Qiyomat) soati yaqinlashib qoldi va oy ham bo‘lindi. Agar ular (Quraysh kofirlari Muhammad alayhissalomning payg‘ambar ekanliklariga dalolat qiladigan) biron oyat-mo‘jiza ko‘rsalar (ham u payg‘ambarga iymon keltirish o‘rniga) yuz o‘girurlar va «(Bu) har doimgi sehr-ku!» derlar» (Qamar, 1-2).

Buxoriy va Muslim Anas ibn Molikdan rivoyat qiladi: «Makka ahli Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) oyat-mo‘’jiza ko‘rsatishni so‘radi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ularga oyni ikki bo‘lib ko‘rsatdilar. Makka ahli Hiro tog‘i oyning ikki bo‘lagi o‘rtasida qolganini ko‘rdi».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:41:29
Bayhaqiy va Ibn Jarir Abdulloh ibn Mas’uddan sahih sanad bilan rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) davrlarida oy bo‘lindi. Quraysh ahli: «Bu Abu Kabsha o‘g‘lining sehri», deyishdi. So‘ng aytdilar: «Safarda yurgan kishilar nima deyishiga qaranglar. Chunki Muhammad hammani baravar sehrlay olmaydi». Safardan qaytganlar ham shuni aytishdi». Ya’ni, oyning bo‘linganiga guvohlik berdilar.

Ibn Kasir aytadi: «Bunga ulamolar orasida ittifoq qilingan, ya’ni, oyning bo‘linishi Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) zamonlarida bo‘lgan va u eng katta mo‘’jizalardan hisoblanadi».

Inshaalloh, Qiyomatning kichik shartlariga oid hadislarni keyingi faslda keltiramiz. Biz kichik alomatlarning deyarli barchasi voqelikda ko‘ringaniga guvoh bo‘ldik. Faqat bitta alomat hozircha yuz bergan yo‘q va u katta shartlar jumlasiga kiradi. Ba’zilar uni kichik shartlar qatorida sanashgan. Vallohu a’lam!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:41:39
«Ilmning ko‘tarilishi, jaholatning yoyilishi, xamr (mast qiluvchi ichimliklar) ichilishi, zinoning keng tarqalishi va erkaklarning kamayib, ayollarning ko‘payib ketishi Qiyomat qoyim shartlaridandir, hatto ellikta ayolga bitta qarovchi (erkak) bo‘ladi» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Ushbu hadisda zikr etilgan alomatlarning deyarli barchasi bo‘lib o‘tdi. Faqat ellikta ayolga bir erkakning to‘g‘ri kelib qolishi hali hayotda yuz bermadi. Ulamolar voqelikdagi mazkur alomatlarni Qiyomatning kichik shartlari qatorida sanaydilar.

Alloh taolo bizni fitna domidan salomat saqlasin! Himoyachimiz Alloh! U eng ishonchli himoyachidir!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:46:20
Ikkinchi fasl
Qiyomatning yaqin qolgani haqida xabar beruvchi zikrlar

Bu faslda Qiyomatning yaqinligi va uning kichik shartlari bayon qilingan sahih hadislar keltiriladi. Tushunish qiyin bo‘lgan ayrim so‘zlar ustidagina bir oz to‘xtab o‘tiladi. Alloh madadkordir!

1. Buxoriy va Muslim Sahl ibn Sa’d as-Sayyodiydan (r.a.) rivoyat qilishadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ikki barmoqlariga ishora qilib, ularni cho‘zib turib aytdilar: «Men (payg‘ambar qilib) yuborilganimda Qiyomat mana shu ikkisidek edi».

2. Imom Ahmad Buraydadan rivoyat qiladi: «Men yuborildim. Qiyomat mendan o‘zay-o‘zay deb qoldi».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:46:38
3. Mustavrid ibn Shaddoddan rivoyat qilinadi: «Men Qiyomat nafasida yuborildim. Undan xuddi mana bunisi unisidan o‘zganidek o‘zdim». Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlariga ishora qildilar.

«Qiyomat nafasida» — ya’ni, nafas olishida. Bu ham yaqinlikni bildiruvchi belgi, ya’ni, inson boshqa bir kishining nafasini eshitish uchun juda yaqin turishi kerak.

4. Buxoriy va Muslim Ibn Umardan rivoyat qilishadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Sizlarning muhlat-ajallaringiz ilgarigilar ajali oldida asr namozidan quyosh botgunichalik (muddat), xolos».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:46:59
5. Ibn Umardan rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldlarida edik. Asrdan keyin edi. Quyosh Qu’ayqion tog‘i (Makkadagi tog‘) ustida edi. Nabiy alayhissalom dedilar: «O‘tgan kishilar umri oldida sizlarning umrlaringiz xuddi mana shu kunning o‘tgan qismi oldidagi qolgan qismi kabidir» (Ahmad rivoyati. Sanadi sahih).

Hadisda asrdan keyingi quyosh botishiga yaqin qolganidek, Qiyomat qoyimga ham yaqin qolgani aytilmoqda.

6. Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Jonim qo‘lida bo‘lgan, Zotga qasamki, imomlaringizni o‘ldirib, (bir-biringizga) qilich solmagunlaringizgacha va dunyolaringizni yomonlaringiz meros qilib olmagunicha, Qiyomat qoyim bo‘lmaydi».

Bu fitna bo‘lib o‘tgan. Usmon ibn Affon o‘ldirildi. So‘ng fitna avj oldi. Allohning o‘zi asrasin!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:47:20
7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Musulmonlarning ikki guruhi bir-birlari bilan urushmagunicha Qiyomat bo‘lmaydi. Ular o‘rtasida ulkan jang bo‘lib o‘tadi. Har ikkisining da’vosi bitta bo‘ladi» (Muttafaqun alayh).

Bu ish Siffin jangida ko‘rindi.

8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar:
— Harj ko‘paymagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi.
— Yo Rasululloh. Harj nima o‘zi? — deb so‘rashdi sahobalar.
Qatl, qatl, — deb javob berdilar Nabiy alayhissalom» (Muslim rivoyati).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:47:34
9. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Qiyomat oldidan qop-qorong‘u tun bo‘laklaridek fitnalar bo‘ladi. Kishi mo‘min holda tong ottirib, kofir holda kech kirgizadi. Mo‘minligida kech kirgizgan kishi kofir bo‘lib tong ottiradi. Qavmlar o‘z dinlarini dunyoning bir arazi — o‘tkinchi narsasi uchun sotadilar» (Termiziy rivoyati. Hasan sahih).

10. Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dunyoda eng saodatli kimsa Luka’ ibn Luka’ bo‘lib qolmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi» (Termiziy rivoyati, hasan).

Luka’ ibn Luka’ — past, yaramas qul yoki nodon kimsa.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:48:37
11. Anas ibn Molik (r.a.) vafoti yaqinlashganida aytdi: «Sizlarga Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) bir hadis aytib beraymi?! Mendan keyin hech kim uni sizga aytmaydi! Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) quyidagi so‘zlarini eshitganman:

— Ilmning ko‘tarilishi, jaholatning zohir bo‘lishi, xamrning ichilishi, zinoning yoyilishi va erkaklarning kamayib, ayollarning ko‘payib ketishi Qiyomat qoyim shartlaridandir. Hatto ellik ayolga bitta qarovchi-erkak bo‘ladi».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:48:49
12. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Hijoz yeridan olov chiqmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. (Hijozdan chiqqan bu olov) Busradagi tuyalarning bo‘ynini yoritadi» (Muttafaqun alayh).

Ibn Hajar aytadi: «Qurtubiy o‘zining «Tazkira»sida shunday deydi: «Hijoz olovi Madinadan chiqdi. U tungi ulkan zilzila bilan boshlandi. Bu 654 hijriy sana, jumodul oxirning uchinchi (seshanba) kunida boshlanib, juma kuni peshinga yaqin tugadi».

Navaviy aytadi: «Barcha Shom ahli bu olovning chiqqanini juda yaxshi biladi» («Fathul Boriy»dan).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:49:01
13. Avf ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga bordim. Payg‘ambarimiz dedilar: «Qiyomat oldidan olti narsani sana: mening vafotim, so‘ng Baytul Maqdis fathi, so‘ng xuddi chorva o‘lati kabi orangizda tarqaladigan o‘lat, so‘ng mol-dunyoning to‘lib-toshishi, so‘ng bironta arab xonadonini qoldirmay kiradigan fitna, so‘ng sizlar bilan Bani Asfar o‘rtasidagi tinchlik. Ular aldaydilar. Sizlarning ustingizga saksonta tug‘ bilan (bostirib) kelishadi. Har bir tug‘ tagida o‘n ikki ming (jangchi) bo‘ladi» (Buxoriy rivoyati).

«Chorva o‘lati kabi orangizda tarqaladigan o‘lat». Ya’ni, orangizda bir kasallik tarqaladi va shu sababli o‘lim ko‘payadi. Bu Umar (r.a.) davrida Shomda tarqalgan vabo deb taxmin qilinadi. Mana shu vaboda Abu Ubayda va boshqa ko‘plab musulmonlar o‘lgan.

Endi Bani Asfarning xiyonatiga kelsak, ular saksonta bayroqning har biri ostiga o‘n ikki ming jangchini to‘plab bostirib keladi. Ya’ni, qariyb bir million askar bilan hujumga o‘tadi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:49:29
14. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dajjol (kelishi) oldidan bir necha yillar aldov-makrlar bo‘ladi. Bu yillarda rostgo‘y yolg‘onchiga chiqarilib, yolg‘onchi rostgo‘y sanaladi. Omonatdor xiyonatchiga, xiyonatkor esa omonatdorga chiqariladi. Mana shu muddatda Ruvaybaza gapga tushadi» (Ahmad, Abu Ya’lo va Bazzozlar rivoyat qilgan. Sanadi juda yaxshi).

Xuddi shu mazmundagi boshqa bir hadisni Ibn Moja Abu Hurayradan rivoyat qilgan. Unda quyidagi qo‘shimcha ham bor:
«— Yo Rasululloh, ruvaybaza nima degani o‘zi? — deyishdi sahobalar.
Payg‘ambarimiz javob berdilar:
— U ommaning ishi haqida (o‘zicha) gapiruvchi bema’ni — bachkana kimsa».

Biz bugun uni ko‘pchilik notiq va jurnalistlar timsolida ko‘ryapmiz.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:49:43
15. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Qiyomat qoyim bo‘lmaydi, toki ikki ulkan jamoa urushmagunicha. Ular o‘rtasida katta jang bo‘lib o‘tadi. Har ikkisi bir narsani da’vo qiladi. Toki o‘zini payg‘ambar hisoblaguvchi o‘ttizta dajjol chiqmagunicha, toki ilm olib qo‘yilmagunicha, zilzilalar ko‘payib, zamon yaqinlashib, fitnalar zohir bo‘lib, harj (qatl) ko‘payib ketmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. Toki orangizda mol dunyo to‘lib-toshib, hatto mol egasiga zakotni oladigan kishi(ni topish) qayg‘u bo‘lmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. Mol egasi birovga zakotini bersa, u: «Buning menga keragi yo‘q», deb aytmagunicha, shuningdek, toki odamlar uy qurishda musobaqaga kirishib, toki qabr yonidan o‘tayotgan kishi: «Qani edi uning o‘rnida bo‘lsam», deb aytmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. Quyosh g‘arbdan bosh ko‘tarmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. Quyosh g‘arbdan bosh ko‘targach, uni ko‘rib hamma-hamma iymon keltiradi. Bu ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida xayr-yaxshilik kasb qilmagan kishiga iymoni foyda bermaydigan paytdir» (Muttafaqun alayh. Hadis lafzi Buxoriyniki).

Muslim ularni alohida-alohida rivoyat etgan. Hadisda sanab o‘tilgan kichik alomatlar voqeda ko‘rindi. Ammo katta alomatlar, ya’ni, quyoshning g‘arbdan chiqishi, zamonning qisqarishi va boshqalar Iso alayhissalom tushib, xinzirni (cho‘chqa) o‘ldirganlaridan so‘ng namoyon bo‘ladi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:49:56
Keyin Ya’juj va Ma’juj chiqadi. Alloh taolo Iso alayhissalom duolari barakoti bilan ularni o‘ldiradi.

Biz, hadisda aytib o‘tilgan kichik alomatlar voqeda ko‘rindi, dedik. Vallohu a’lam!

Eng avvalo, payg‘ambarlik da’vosini qiluvchi yolg‘onchilar chiqdi. Bu yolg‘onchilarning peshqadami va o‘ta xatarlisi Musaylama kazzob edi. Uni Abu Bakr xalifaligi davrida, Yamoma jangida Alloh qilichi Xolid ibn Valid qo‘shini o‘ldirdi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:50:09
Endi bir-birlari bilan urishgan ikki ulkan jamoa haqida to‘xtalsak. Usmon ibn Affon o‘ldirilganidan keyin fitnalar, sahobalar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuz berdi. Ular turlicha ijtihod qildilar. Natijada avval Jamal, so‘ngra Siffin janglari bo‘lib o‘tdi. So‘ng xulafoi roshidinlarning eng oxirgi vakili Ali ibn Abu Tolib shahid etildi. Uni ikki dunyo badbaxti Ibn Muljim o‘ldirdi. Hamma narsa aynan Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) xabar berganlaridek bo‘ldi: «(Ey Ali,) Seni dunyoyu oxiratda badbaxt bo‘lgan kimsa o‘ldiradi», degan edilar u zot.

Nihoyat, o‘zaro janglar barham topdi. Imom Hasan ibn Ali musulmonlarni birlashtirish uchun Muoviya ibn Abu Sufyon bilan kelishdi. Uni xalifa deb tan oldi. Hasanning (r.a.) fazli bilan ummat yana birlashdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bu haqda ham xabar bergan edilar: «Mening shu o‘g‘lim sayyiddir. Uni sabab qilib, Alloh taolo musulmonlarning ikki ulkan jamoasini birlashtiradi deb umid etaman».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:50:18
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlaridek bo‘ldi. Butun olamlar Parvardigoriga behad hamdu sanolar aytamiz!

Ilmning olinishini esa, bizga quyidagi hadis sharhlab beradi.

Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Alloh taolo odamlardan ilmni (shunday) olib qo‘ymaydi. Ilmni olimlarni olish bilan oladi. Hatto bironta olim qolmaydi. (So‘ng) odamlar o‘zlariga johil (ya’ni, olimlik da’vosini qiluvchi nodon) kimsalarni boshliq qiladilar-da, ulardan fatvo so‘raydilar. Ular o‘zlari bilmasdan turib fatvo beradilar. Natijada o‘zlari ham adashadilar, o‘zgalarni ham adashtiradilar» (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:50:29
Hadis zohiridan ko‘rinib turibdiki, olib qo‘yiladigan ilm dunyoga taalluqli ilm emas. U faqat diniy ilm bo‘ladi. Dunyoviy ilm gullab yashnamoqda. Odamlar fazoga uchyapti, oyni tekshiryapti. Lekin olinajak ilm — din yo‘qolib boraveradi. Haqiqiy olimlar qolmagach, johil kimsalar boshliq qilib olinadi va ular o‘zlari bilmagan narsalarga fatvo beradilar. Natijada hamma adashadi.

Bizga Alloh kifoya va U naqadar yaxshi kifoya qiluvchi!

«Zilzilalar ko‘payadi». Ehtimol, bu yerda yer yuzining hamma burchaklarida zilzilalarning ko‘payishi va uzluksiz davom qilishi aytilayotgandir. Chunki zilzila qadimdan mavjud edi. Demak, uning ko‘payishi va uzluksiz davom qilishi Qiyomat alomatlaridan bo‘ladi. Agar hadisni ana shunday tushunadigan bo‘lsak, hali bu alomat voqega chiqqani yo‘q. Ehtimol, u butun yer yuzini zilzilaga ko‘mib yuboruvchi yadroviy urush natijasida zohir bo‘lar. Vallohu a’lam!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:50:40
«Zamon yaqinlashadi». Mazkur jumlani Termiziyning Anasdan (r.a.) rivoyat qilgan boshqa bir hadisi sharhlaydi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Zamon yaqinlashmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. (Zamon shunchalik yaqinlashadiki), hatto yil oydek, oy juma (hafta)dek, juma kundek, kun esa bir parcha cho‘g‘dek (yalt etib o‘chadigan yolqindek) bo‘lib qoladi».

Agar hadis zohiri olinsa, hali bu alomat ham voqe bo‘lgani yo‘q. Balki bu voqea Qiyomat juda-juda yaqin qolganida yuzaga chiqar. Unda butun olam halokatga yuz tutadi, yer va yulduzlar harakati buziladi.

Agar hadisning zohiri olinmasa, unda zamon yaqinlashuvidan murod turli ehtiyojlarning tezda qondirilishi va juda uzoq masofalarni qisqa muddatda bosib o‘tish tushuniladi. Ilm-fanning gullab-yashnashi natijasida bu imkoniyatlar bugungi kunda mavjud. Qadimda bir yil qilingan ishni hozirda o‘n-yigirma kunda bitkazib qo‘yilmoqda.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:50:53
«Harj ko‘payadi. U qatldir». Zohiran olinganda, hadisda qatl-o‘ldirishning misli ko‘rilmagan suratda ko‘payib ketishi aytilmoqda. Chunki insoniyat tarixida qatl ilgari ham ko‘p bo‘lgan. Endi Qiyomatning katta alomatlaridan biri sifatida tushuniladigan qatlning ko‘payishiga kelsak, bu bizningcha, dahshatli yadroviy urush natijasida vujudga keladi. Vallohu a’lam!

Hatto mana shu jangdan omon qolgan kishi ham o‘zini ulkan balo-ofat ichida his qiladi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlaridek, qabr yonidan o‘tib ketayotib, marhumga havas qiladi: «Qani edi men uning o‘rnida bo‘lsam!»
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 07:51:01
Mol-dunyoning haddan ziyod ko‘payishi va hatto mol egasi: «Kim zakotimni olar ekan», deb tashvish chekib qolishi Umar ibn Abdulaziz davrida vujudga kelgan edi. Bu narsa Iso alayhissalom zamonida yana bir marta takrorlanadi.

Alloh taolo oshkoru yashirin fitnalardan asrasin. O‘zi bizga ofiyat-omonlik ato etsin. Alloh bizga kifoya va U naqadar yaxshi kifoya qilguvchi!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:06:46
IKKINCHI BOB
Qiyomatning ulkan shartlari

Qiyomat oldidan uning yaqinlashayotganini bildiruvchi alomatlar ko‘rinadi.

Kichik alomatlar Qiyomatning juda yaqinligini bildirmaydi. Ulardan keyin ham hayot ming-ikki ming yil davom etishi mumkin. Insoniyat boshidan kechirgan umriga nisbatan, albatta, bu yillar hech narsa emas. Avvalgi bobda Qiyomatning kichik shartlari va ularning avvaliyu oxiri haqida gapirgan edik.

Hozir Qiyomatning katta shartlari kutilmoqda. Ularning biri ko‘rinishi bilanoq xuddi shodasi uzilgan marjonlardek, bosh-qalari ham ketma-ket voqega chiqadi. So‘ng Qiyomat boshlanadi.

Bu oy-kuni to‘lgan ayolning qachon to‘lg‘oq tutishini bilmay, kutib yurganiga o‘xshaydi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:07:24
Qiyomatning ulkan alomatlari:
"¢ Mahdiyning chiqishi.
"¢ Masihi Dajjol.
"¢ Iso alayhissalomning tushishlari va Dajjolning o‘ldirilishi.
"¢ Ya’juj va Ma’jujlarning chiqishi.
"¢ Iso alayhissalom vafotlaridan so‘ng esadigan va mo‘minlar jonini oladigan shamol.
"¢ Dobbatul arz va quyoshning g‘arbdan bosh ko‘tarishi.
"¢ Insonlarni mahshargoh sari haydaydigan olov.

Mazkur alomatlarning qay biri avval-keyin bo‘lishi haqida olimlar turlicha fikr bildirganlar.

Bu bobda Qiyomat shartlari zikr qilingan hadislarning iloji boricha sahih va hasanlari keltiriladi, inshaalloh. Alloh madadkor!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:08:13
Birinchi fasl
Mahdiyning chiqishi to‘g‘risidagi hadislar


Ibn Taymiya o‘zining «Muntaqo» asarida shunday yozadi: «Mahdiyning chiqishi haqida sahih hadislar bor. Ularni Ahmad, Abu Dovud va Termiziylar rivoyat qilganlar. Masalan, Ibn Mas’uddan rivoyat etilgan ma’ruf hadis:

16. «Agar dunyodan faqat bir kun qolganida ham Alloh taolo uni uzun qilib qo‘ygan bo‘lardi. Hatto (toki) ismi mening ismimga, otasining ismi otamning ismiga to‘g‘ri keladigan bir kishi chiqadi. U dunyoni (oldin) qanday jabru zulmga to‘lgan bo‘lsa, (endi) uni shunchalik adlu adolatga to‘ldiradi».

17. Abu Dovud va Termiziy Ummi Salamadan rivoyat qiladilar: «Mahdiy mening avlodimdan, Fotimaning bolalaridan».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:10:33
18. Abu Dovud rivoyat qiladi: «Yerga yetti yil egalik qiladi».

19. Ali (r.a.) Hasanga (r.a.) qarab shunday dedi: «Uning pushti kamaridan hali bir kishi chiqadi. U Nabiylaringiz ismi bilan nomlangan bo‘ladi. Payg‘ambarga tuzilishda emas, xulq-atvorda o‘xshaydi. Yer yuzini adolatga to‘ldiradi».

Ammo «Iso ibn Maryamdan o‘zga Mahdiy bo‘lmas», degan hadis zaifdir. Shu sababli u boshqa hadislarga qarshi tura olmaydi» (Ibn Taymiya so‘zi tugadi).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:11:47
20. Tabaroniy Qays ibn Jobirdan, u otasidan, otasi bobosidan rivoyat qiladi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Hali mendan so‘ng xalifalar bo‘ladi. Xalifalardan keyin amirlar bo‘ladi. Amirlardan so‘ng podshohlar, podshohlardan so‘ng esa zo‘ravonlar bo‘ladi. So‘ng ahli baytimdan bir kishi chiqadi. U yer yuzini (oldin) qanday jabr-zulmga to‘lgan bo‘lsa, (endi) xuddi shunday adolatga to‘ldiradi. So‘ng qahtoniy amir qilinadi. Meni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, u (ahli baytdan chiqqan kishi) undan (qahtoniydan) keyin emas».

Ibn Xaldun aytadi: «Asrlar davomida ahli islom orasida mashhurki, oxir zamonda ahli baytdan bir kishi aniq chiqadi. Dinni quvvatlaydi, adlu adolat o‘rnatadi. Musulmonlar unga bo‘ysunadilar. Islom yerlariga egalik qiluvchi bu kishi Mahdiy nomi bilan taniladi. Dajjolning chiqishi va sahih hadislarda aytilgan Qiyomatning boshqa shartlari shundan keyin bo‘ladi».

Ibn Xaldun aynan shu mavzuga taalluqli bir qancha hadislarni ham keltirgan. Quyida ularning sahih va hasanlari beriladi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:12:48
21. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar:
«Ahli baytimdan bo‘lgan bir kishi arabga egalik qilmagunicha dunyo ketmaydi. Ismi mening ismim bilan bir bo‘ladi» (Termiziy rivoyati, hasan sahih).

22. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Agar dunyoning faqat bir kuni qolsa ham, albatta, Alloh taolo ahli baytimdan dunyoni (oldin) jabru zulmga to‘lganidek, adolat bilan to‘ldiradigan bir kishini yuboradi» (Abu Dovud rivoyati).

23. Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: Men Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) quyidagi so‘zlarini eshitganman: «Mahdiy mendandir. U peshonasi ochiq (ya’ni, boshining yarmigacha sochi yo‘q), burgut burun kishi. Yer jabru zulmga qanday to‘lgan bo‘lsa, (endi uni) adlu adolatga shunday to‘ldiradi. Yetti yil podshohlik qiladi» (Abu Dovud rivoyati. Sanadi hasan).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:13:27
24. Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Mahdiy mening ummatimdan chiqadi. Besh yoki olti yoki yetti yashaydi». Biz: «U (besh, oltilar) nima?» deb so‘radik. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: «Bu yillar. Uning (Mahdiyning) oldiga bir kishi kelib: «Ey Mahdiy, menga (biron nima) bergin», deydi. Mahdiy uning kiyimi (etagi)ga ko‘targanicha narsa to‘kadi» (Termiziy rivoyati, hasan).

25. Ibn Moja va Hokim quyidagicha rivoyat etganlar: «Ummatimda Mahdiy bo‘ladi. Kami yetti, ko‘pi to‘qqiz (yil turadi). Uning davrida ummatim misli ko‘rilmagan darajada ne’matlanadi. Yer o‘z mevalarini (xazinayu dafinalarini) chiqaradi. Hech narsani olib-zahira qilib qolmaydi. Mol u kunda toptalgan narsa (tuproq) kabi bo‘ladi. Kishi turib: «Ey Mahdiy! Menga bergin», deganida Mahdiy: «Ol», deydi».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:14:09
26. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Yer jabru zulmga, adovatga to‘lib ketmagunicha Qiyomat bo‘lmaydi. So‘ng ahli baytimdan bir kishi chiqib, (oldin) qanday jabr-zulmga to‘lgan bo‘lsa, (endi) shunday adlu adolat bilan to‘ldiradi» (Hokim rivoyati. U hadisni Buxoriy va Muslim shartiga ko‘ra sahih degan).

27. Quyidagi hadisni ham Hokim «Mustadrak»ida keltirgan va Buxoriy va Muslim shartiga ko‘ra sahih degan.

Muhammad ibn Hanafiy naql qiladi: «Biz Ali (r.a.) huzurida o‘tirar edik. Bir kishi u zotdan (r.a.) Mahdiy haqida so‘rab qoldi. Shunda Ali (r.a.) quyidagicha javob berdi:

— Bu oxir zamonda bo‘ladi. «Alloh! Alloh!» degan kishi o‘ldiriladi. Alloh taolo u (Mahdiy)ning atrofiga xuddi bulut bo‘laklaridek guruhlarni jamlab, qalblarini bir-birlariga oshno etadi. Ular hech kimga nafrat bilan qaramaydilar va biron kishining saflariga kirishi bilan quvonib ketmaydilar. Sonlari Badr ahli soniga teng bo‘ladi. Avvalgilar ulardan o‘zmaganlar, keyingilar ularga yetmaganlar. Yana ular Tolut bilan birga daryodan o‘tgan jangchilar - Tolut ashoblari adadicha bo‘lishadi».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:15:09
Abu Tufayl aytadi: «Muhammad ibn Hanafiy (Alining Fotimadan keyingi ayolidan tug‘ilgan o‘g‘li): «Uni (Mahdiyni ko‘rishni) xohlaysanmi», deb so‘radi. «Ha», dedim. «U (Makkaning) mana bu ikki tog‘i orasidan chiqadi». «Hechqisi yo‘q, — dedim men. — To o‘lgunimcha Makkani tark etmayman».

Muhammad ibn Hanafiy xabar berishicha, Abu Tufayl Mahdiy chiqishini kuta-kuta Makkada hayotdan ko‘z yumgan.

Mahdiy ashoblarining soni Badr ahli adadicha, ya’ni, 313 kishi. Ibn Qayyim «Zodul ma’od»da Odam alayhissalomdan to Muhammadgacha (sollallohu alayhi vasallam) bo‘lgan payg‘ambarlar soni ham 313ta degan.

Ibn Xaldun aytadi: «Mazkur hadis faqat Muslim shartiga ko‘ra (sahih)dir».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:15:54
28. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Xalifa o‘lganida ixtilof bo‘ladi. Madina ahlidan bir kishi qochib, Makka (tomon)ga chiqadi. Uni o‘zi xohlamagan tarzda chiqaradilar. Rukn bilan Maqom o‘rtasida unga bay’at berishadi. Unga Shomdan bir guruh yuboriladi. Makka bilan Madina oralig‘idagi cho‘lda guruhni (ortga) qochiradi. Kishilar buni ko‘rganlaridan so‘ng uning oldiga Shom abdol — solih kishilari va ahli Iroq asoib — birlashgan guruhlari kelib bay’at beradi. So‘ng Qurayshdan bir kishi chiqadi, uning tog‘alari Kalb (qabilasi). Ularga qo‘shin yuboriladi va bu qo‘shin g‘olib bo‘ladi. Bu Kalb yurishidir. Kalb g‘animasiga qatnashmagan kishilar omadsizlikda qoladi. (So‘ng) u molni taqsim qiladi. Kishilar o‘rtasida Nabiylari sunnati bilan ish yuritadi. Islomni yer yuzida barqaror o‘rnatadi. Yetti yil turib, so‘ng vafot etadi. Unga musulmonlar janoza o‘qiydilar» (Abu Dovud rivoyati. Sanadi hasan).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:16:27
Ikkinchi fasl
Masih Dajjol

Kutilayotgan g‘aybiy yomonlik


Mo‘minlar uchun eng katta fitna Masih Dajjol fitnasidir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) namozlari so‘ngida tashahhuddan keyin, salomdan oldin Dajjol fitnasidan panoh tilaganlar va shunday qilishga buyurganlar. Bu ham Dajjol fitnasining katta va xatarli ekaniga dalolat qiladi.

29. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «(Qay) biringiz oxirgi tashahhuddan forig‘ bo‘lsa, to‘rt narsadan Allohdan panoh tilasin: jahannam azobidan, qabr azobidan, tiriklik va o‘lim fitnasidan hamda Masih Dajjol yomonligidan» (Muslim rivoyati).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:17:04
30. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Alloh taolodan quyidagicha panoh so‘rardilar: «Parvardigoro! Men Sendan do‘zax azobidan, do‘zax fitnasidan, qabr azobidan, qabr fitnasidan, boylik fitnasining yomonligidan, faqirlik fitnasining yomonligidan va Masih Dajjol fitnasining yomonligidan panoh tilayman. Jurmu isyondan panoh berishingni so‘rayman» (Muttafaqun alayh).

Dajjol fitnasining mo‘minlarga yetadigan fitnalar orasida eng katta ekanini tasdiqlovchi sahih rivoyatlar kelgan.

31. Imron ibn Husayndan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Odamning yaratilishidan to Qiyomat qoyimga qadar Dajjol (fitnasi)dan kattaroq (fitna) yo‘q» (Muslim rivoyati).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:17:34
32. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dajjolning (chiqqanini) eshitgan kishi undan uzoqlashsin, Allohga qasamki, o‘zini (iymoni baquvvat) mo‘min hisoblaguvchi kishi oldiga (Dajjol) kelganida, haligi kishi unga ergashib ketadi» (Abu Dovud sahih sanad bilan rivoyat qilgan).

Ya’ni, iymonini baquvvat, Dajjol fitnasi qarshisida o‘zini sobit tura oladigan deb biluvchi kishilar ham uni ko‘rganda fitnalanib qoladilar. Allohning o‘zi saqlasin!

33. Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi: «Ummi Shariyk menga Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) shunday deganlarini xabar berdi: «U zot: «Odamlar Dajjoldan qochib tog‘larga chiqib ketadi», dedilar. Men: «Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), u kunda arablar qaerda bo‘lishadi», deb so‘radim. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Ular ozdirlar!» dedilar» (Muslim rivoyati).

Dajjol va uning chiqishi haqida ko‘plab hadislar bor. Alloh madadi bilan mazkur hadislarning ba’zilarini keltirib o‘tamiz.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:18:07
34. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Dajjol haqida bizga uzoq gapirib shunday degan edilar: «Dajjol chiqadi. Unga Madina o‘rovi (devori)ga kirish harom qilingan. Dajjol Madinadagi ba’zi o‘t unmas (yaydoq) yerlarga yetadi. O‘sha kunlarda unga eng yaxshi kishi yoki yaxshilardan bo‘lgan bir kishi chiqib aytadi: «Guvohlik beramanki, albatta sen Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bizga ta’riflagan Dajjoldirsan!» Shunda Dajjol (atrofdagi kishilarga): «Agar mana shuni o‘ldirib tiriltirsam, (keyin ham) ishda (ya’ni, mening haqligimda) shubha qilasizlarmi?» deydi. «Yo‘q!» deyishadi (odamlar). Dajjol haligi kishini o‘ldirib, so‘ng yana tiriltiradi. (Haq so‘zni aytgan o‘sha) kishi tirilganidan so‘ng shunday deydi: «Allohga qasamki, seni bugungichalik yaxshi tanib olmagan edim». Dajjol uni yana o‘ldiraman, deydi. Lekin (bu gal) unga qodir qilinmaydi» (Buxoriy rivoyati).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:18:48
35. Muslim Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qiladi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dajjol chiqadi. Uning qarshisida bir mo‘min kishi turadi. Shunda (Dajjolning) sipohiylari unga qarab: «Bizning parvardigorimizga iymon keltirmaysanmi?» deyishadi. «Parvardigorimizda maxfiylik yo‘q!» deb javob beradi mo‘min. «Uni o‘ldiringlar!» deyishadi sipohiylar. Shunda itlaridan qay biri aytadi: «Parvardigoringiz u(ning izni)siz biron kishini o‘ldirishdan sizni qaytarmaganmi?!»

Keyin mo‘minni olib Dajjol oldiga olib borishadi. Mo‘min kishi uni (Dajjolni) ko‘rishi bilan shunday deydi: «Ey odamlar! Bu Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytgan Dajjol (bo‘ladi)!» Dajjol uni yorish-yaralashga buyuradi: «Uni ushlanglar-da, yorib-yaralanglar!» Mo‘minning yelkasi va qornini yorib ketadilar. Keyin Dajjol so‘raydi: «(Endi ham) menga iymon keltirmaysanmi?! «Sen Masih Dajjoldirsan!» deydi mo‘min. So‘ng Dajjol buyrug‘iga binoan arra bilan uning boshidan oyog‘igacha bo‘lib tashlaydilar. Dajjol mo‘min tanasining ikki bo‘lagi o‘rtasidan yurib o‘tadi. Keyin «tur» deb amr qiladi. Mo‘min yana oyoqqa turadi. «(Endi ham) menga ishonmaysanmi?» deydi «Men endi seni yana-da yaxshiroq tanib oldim. Ey odamlar! Mendan so‘ng u endi hech kimga (hech narsa) qila olmaydi», deb aytadi mo‘min. Dajjol uni so‘ymoqchi bo‘ladi. Bo‘yni bilan o‘mrov suyagi oralig‘iga mis (pichoq) tiraydi. Lekin o‘ldirishga qurbi yetmaydi. So‘ng qo‘l-oyog‘idan ushlab, mo‘minni uloqtirib yuboradi. Odamlar uni olov-do‘zaxga uloqtirildi deb o‘ylaydilar. Lekin u jannatga tashlangan bo‘ladi. Bu odam Olamlar Parvardigori oldida eng ulug‘ guvohlik bergan kishi bo‘ladi».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:19:49
36. Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Men Dajjoldagi narsani uning o‘zidan yaxshiroq bilguvchiman. Dajjol bilan birga ikki daryo bo‘ladi. Biri ko‘zga oppoq suv bo‘lib ko‘rinsa, boshqasi alangalanab turgan olov bo‘lib ko‘rinadi. Agar biron kishi (Dajjolgacha) yetadigan bo‘lsa, olov bo‘lib ko‘ringan daryoga kelsin. (Ko‘zini) yumsin. So‘ng boshini egib, undan ichsin. U sovuq suv bo‘ladi. Dajjolning bir ko‘zi mash etilgan (yumuq). Uning (yumuq ko‘zning) ustida qalin-qo‘pol teri bor. Ikki ko‘zi o‘rtasiga «kofir» deb yozib qo‘yilgan. Bu yozuvni yozishni bilganu bilmagan barcha mo‘min o‘qiy oladi» (Muslim rivoyati).

«Dajjolning chap ko‘zi ko‘r. Sochi qalin, bir-biriga buralib-yopishib ketgan. Uning jannati va do‘zaxi bo‘ladi. Uning do‘zaxi jannat, jannati esa do‘zaxdir» (Muslim rivoyati).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:20:36
37. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dajjol haqida hali hech bir nabiy qavmiga aytmagan hadisni sizlarga aytayinmi?! U bir ko‘zli bo‘ladi. Jannat va do‘zaxning misli bilan keladi. Uning «jannat» degani do‘zax bo‘ladi. Men sizlarni xuddi Nuh o‘z qavmini undan ogohlantirganidek ogohlantiryapman» (Muttafaqun alayh).

Uboda ibn Somitdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Men sizlarga Dajjol haqida gapirdim. Hatto, aql yurgizmay qo‘yasizlarmi, deb qo‘rqdim. Masih Dajjol qisqa, maymoq (qiyshiq oyoq), jingalak sochli, bir ko‘zli. Uning bir ko‘zi yumuq (qoplangan). (Lekin bu yumuq ko‘zi) turtib ham chiqmagan, yashirin ham emas. Agar (Dajjolni yana) aniq ajratolmay qolsangiz, bilinglarki, Parvar-digoringiz bir ko‘zli emas!» (Abu Dovud rivoyati).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:21:01
38. Abu Bakr Siddiqdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: «Dajjol mashriq yerlaridan chiqadi. U yerni Xuroson deyishadi. Dajjolga yuzlari xuddi qalqon, bolg‘adek bo‘lgan qavmlar ergashadi» (Termiziy rivoyati. Hasan g‘arib).

39. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dajjolga Isbahon (Isfahon) yahudiylarining yetmish mingtasi ergashadi. Ular ustida taylason (rido) bo‘ladi» (Muslim rivoyati).

40. Mujamma’ ibn Jofiyadan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dajjolni Ibn Maryam Lud (Shom yoki Falastindagi joy nomi) darvozasi oldida o‘ldiradi» (Termiziy rivoyati. Sahih).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:21:54
41. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Madinaga kirish yo‘llarida farishtalar turadi. U yerga Dajjol ham, o‘lat ham kirmaydi» (Buxoriy rivoyati).

42. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dajjol Madina (yoni)ga kelib, u yerni qo‘riqlab turgan farishtalarni ko‘radi. Inshaalloh, Madinaga Dajjol ham, vabo ham yaqinlashmaydi» (Buxoriy rivoyati).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:22:27
43. Ansoriy sahobalarning biridan rivoyat qilinadiki, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Sizlarni Masihdan ogohlantiraman. U yer yuzida qirq tong (kun) turadi. Saltanati barcha buloq bo‘yiga yetadi. Faqat to‘rtta masjidga kelmaydi (kirmaydi): Ka’ba, Payg‘ambar masjidi, Masjidul Aqso va Tur (masjidi)».

Ibn Hajar: «Bu hadisni Ahmad rivoyat etgan, roviylari ishonchli kishilardir», deb aytgan («Fathul Boriy»dan).

Abu Nuaym siqot (ishonchli) tobe’inlardan biri Hasson ibn Atiyya tarjimai holida sahih sanad bilan rivoyat qiladi: «Dajjol fitnasidan faqat o‘n ikki ming erkak va yetti ming ayolgina omon qoladi (xolos)».

Ibn Hajar aytadi: «Bu o‘ylab turib aytiladigan gap emas. Ehtimol, ma’ruf hadisdir. Ehtimol, uni ba’zi bir ahli kitob so‘zidan olgandir» («Fathul Boriy»dan).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:23:06
44. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dajjol kelib, Madinaning yaqiniga tushadi. So‘ng Madina uch marta silkinadi. Shunda uning oldiga barcha kofir va munofiq kimsalar chiqadi» (Buxoriy rivoyati).

45. Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Tushimda Ka’bani tavof qildim. Qoracha, sochlari yoyilgan bir kishi boshidan suv tomchilardi. Men: «Bu kim?» deb so‘radim. «(Iso) ibn Maryam», deyishdi. So‘ng yana aylanishda davom etdim. Banogoh gavdali, qip-qizil, jingalak sochli bir ko‘zi ko‘r kishi(ga ko‘zim tushdi). Uning ko‘zi uzum donasidek nursiz edi. «Bu Dajjol», deyishdi. U xuzoalik Ibn Qatonga (Ibn Qaton — Abdul Uzzo Qaton. Xuzoadan. Johiliyatda hayotdan ko‘z yumgan) juda o‘xshab ketadi» (Buxoriy rivoyati).

«Dajjol Madinaga kirishdan mahrum qilingan-ku?! U qanday qilib Ka’bani tavof etishi mumkin?!» degan savolga qozi Iyoz shunday javob beradi: «Dajjol Makkaga oxir zamonda chiqqan payti kiritilmaydi».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:25:41
46. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) namozda Dajjol fitnasidan panoh tilaganlarini eshitganman» (Buxoriy rivoyati).

47. Nuvas ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Dajjol haqida gapirib shunday dedilar: «Agar u chiqqanida men orangizda bo‘lsam, qarshingizda o‘zim unga hujjat keltiruvchiman. Agar orangizda yo‘qligimda chiqsa, har kim o‘ziga-o‘zi hujjat keltiruvchi (himoyachi) bo‘ladi. Barcha muslim ustida Alloh o‘rinbosarim (hujjat keltiruvchi)dir. Sizlardan qay biringiz Dajjol (zamoni)ga yetsa, unga (qarshi) Kahf surasining avvalgi (oyatlari)ni o‘qisin. Bu oyatlar sizlarni Dajjol fitnasidan saqlovchi bo‘ladi.
— U qancha turadi? — deb so‘radik biz.
— Qirq kun, — dedilar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), — bir kuni yildek, bir kun oydek va yana bir kuni haftadek, qolgan kunlari (oddiy) kunlaringizdek bo‘ladi.
— Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam). Bir yildek bo‘ladigan kunda bir kecha-kunduzlik namoz bizga kifoya qiladimi?
— Yo‘q. Unga o‘z miqdorini belgilaysizlar. So‘ng Damashq sharqidagi oq minora oldiga Iso ibn Maryam tushadi. Lud darvozasi yonida Dajjolga yetib, uni o‘ldiradi» (Muslim va Termiziy batafsil rivoyat etishgan. Abu Dovud muxtasar bayon qilgan. Yuqoridagi lafz Abu Dovud rivoyatidan).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:26:14
Navaviy «Sharhi Sahihi Muslim»da aytadi: «Ulamolar mazkur hadisni zohiriga ko‘ra olishgan. Yuqorida aytib o‘tilgan uch kun uzunlikda haqiqatan yil, oy va haftaga teng keladi. Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Qolgan kunlari (oddiy) kunlaringizdek bo‘ladi», deganlari ham shunga dalolat qiladi. Endi o‘sha uzun kunlarga o‘z miqdor-o‘lchovini berishga kelsak, bu quyidagicha tushuniladi: o‘sha kunning tonggi otgach, har kuni o‘lchov bilan peshin kutiladi. Odatdagi vaqtga ko‘ra peshin kirganligi aniqlanib, namoz o‘qiladi. Peshindan so‘ng odatda asr kirishi uchun qancha kutilsa, shuncha turilib asr o‘qiladi. Asrdan so‘ng shom kirishi uchun ilgari qancha vaqt kutilgan bo‘lsa, yana shuncha muddat kutiladi-da, keyin shom o‘qiladi. Xufton va bomdodlar ham xuddi shunday belgilanadi».

Menimcha, mazkur uch kunning uzunligidan murod — u kunlarda Dajjol fitnasi sababli qattiq qayg‘urish bo‘lsa kerak. Ya’ni, kunlar qayg‘u-g‘am ko‘pligi bois yildek, oydek uzun tuyuladi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:27:05
*  *  *

Savol: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ashoblariga: «U kunlarga o‘z miqdorini belgilaysizlar», deb javob berishlari bilan sahobalarning u kunlarni haqiqatan ham yil-oy kabi uzun deb tushunganlarini tasdiqlamadilarmi?

Javob: Balki bu yerda shar’iy hukm bayon qilinayotgandir. Ya’ni, qutb va shimol tomonlardagi kabi uzun kunlar musulmonlar boshiga tushsa, nima qilish lozimligi tushuntirilgan. Yana Allohning o‘zi bilguvchiroqdir!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:27:48
Savol: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) qanday qilib sahobalari noto‘g‘ri tushunsalar ham, ularni tasdiqlab, indamay qo‘ydilar?

Javob: Bu taqrir tasdiq emas. Balki o‘ta muhim shar’iy ahkomlarni bayon qilib berishdir. Chunki kunning 24 soatdan ortiq bo‘lishi hayotda uchraydigan hodisa va ayni mana shunday holatda namoz hukmini bayon qilib berish vojibdir.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:28:28
Savol: Agar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Dajjol kunlarining uzunligini aytayotganlarida haqiqiy emas, nisbiy (ma’joziy) uzunlikni nazarda tutgan bo‘lsalar, nega endi ashoblariga buni ochiq aytib qo‘ymadilar?

Javob: Bu ta’riflash, ochiq-oydin bayon qilishdan ko‘ra balog‘atliroq. Bunga boshqa bir misol keltirish ham mumkin:

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) ayollaridan biri u kishidan: «Qay birimiz sizga eng tez yetishamiz?» deb so‘radi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Eng uzun qo‘lligingiz», dedilar. Ular bir qamishni olib, o‘lchashga kirishdilar. Savdaning qo‘li hammanikidan uzun chiqdi. Keyin bilsak, uning uzun qo‘lliligi sadaqa qilishi (ochiqqo‘lligi) ekan. Bizning ichimizda u eng birinchi Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) yetishdi. U sadaqa qilishni yaxshi ko‘rar edi» (Muttafaqun alayh).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:29:31
Demak, some’lar noto‘g‘ri tushunsalar ham, ba’zan bayon-izoh bermasdan sukut saqlash ham mumkin ekan. Ya’ni, kishilar keyinroq ishoralar orqali so‘zdan nima ko‘zda tutilganini bilib olishadi.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Eng uzun qo‘lligingiz», deganlarida faqir-miskinlarga ko‘p sadaqa qiluvchi ma’nosini nazarda tutgan edilar. Lekin onalarimiz so‘zning zohirini tushunib, qo‘l o‘lchashga tutinishdi. Ammo keyinroq o‘zlarining xatolarini anglab yetdilar.

Fikrimizga dalil sifatida yana bir misol keltiramiz:

Namrud: «Men ham kishilarga (xohlasam) hayot beraman, (xohlasam) o‘ldiraman», deb yolg‘on da’vo qilganida, Ibrohim alayhissalom uni yolg‘onchiga chiqarmagan edilar. Ya’ni bu yolg‘on da’voga sukut qilganlar. Lekin sukut tasdiqlash emasdi. Ibrohim alayhissalom uni quyidagi so‘zlar bilan mot qildi:

«Alloh podshohlik berganidan hovliqib Ibrohim bilan Parvardigori haqida talashgan kimsaning (Namrudning) holi-xabarini bilmadingizmi? Qaysiki Ibrohim: «Parvardigorim tiriltirib, o‘ldiradigan zotdir», deganida, u: «Men (ham) tiriltiraman va o‘ldiraman», dedi. Ibrohim aytdi: «Albatta, Alloh quyoshni mashriqdan chiqaradi. Sen uni mag‘ribdan chiqargin-chi?» Shunda bu inkor qiluvchi dovdirab qoldi. Alloh zolim kimsalarni hidoyat qilmaydi» (Baqara, 258).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:30:02
Namrud o‘zicha o‘ldirish va hayot berishni xato tushungan edi. Ibrohim alayhissalom uning bu noto‘g‘ri tushunishi haqida hech narsa demadilar-da, boshqa bir rad qilib bo‘lmaydigan dalil keltirdilar. Kofir kimsa lom-mim deya olmay qoldi.

Men so‘zimni qat’iy ravishda haq deb aytayotganim yo‘q. Bu bir ehtimol — taxmin xolos. Faqat bizning fikrimizni yoki yana boshqa bir ta’vilni keskin man qiladigan mone’ ko‘rilmayapti. Zero, Alloh taolo barcha narsaga qodirdir!

Endi Dajjol fitnasiga qarshi Kahf surasining avvalgi oyatlarini o‘qishga kelsak, uni quyidagi hadis sharhlab beradi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:30:53
48. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Kim Kahf surasining avvalidan o‘n oyatni yod olsa, Dajjol fitnasidan ma’sum qoladi» (Ahmad, Muslim va Nasoiylar rivoyati).

Hadislarda Dajjol fitnasiga yo‘liqmasdan ilgari yaxshi amallarni ko‘proq qilib qolishga buyurilgan.

49. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Yetti (narsa kelishidan oldin yaxshi) amallarga shoshilingiz. Nimani kutyapsizlar? (Hamma narsani) unuttirguvchi faqirliknimi, (insonni) haddidan oshirib tug‘yonga soluvchi boyliknimi, (sog‘lik-salomatlikni) buzuvchi-izdan chiqaruvchi kasalliknimi, aqlni zaif qilib qo‘yuvchi qariliknimi, (hamma narsaga xotima yasab) tugatuvchi o‘limnimi, kutilayotgan g‘aybiy yomonlik — Dajjolnimi yoki Qiyomat qoyimnimi (kutyapsizlar!)? Darhaqiqat, Qiyomat dahshatli va o‘ta achchiqdir» (Termiziy rivoyati, hasan).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:32:34
Uchinchi fasl
Dajjol hozir hayotmi?


Ajab savol.
Javob ham ajab.
Sahih hadislarda Masih Dajjolning Yaman dengizi orollarining birida tutqin ekani rivoyat qilingan.
Yana boshqa sahih rivoyatlarda esa Dajjol sifatlarini o‘zida jamlagan kimsa haqida xabar berilgan. Hadislarda aytilishicha, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) zamonlarida yashagan o‘sha kimsaning ismi Ibn Sayyod yoki Ibn Said bo‘lgan.

Shubhasiz mazkur hadislarning hammasi ham sahih va kuchli sanadli hadislar. Masalaning o‘ta nozikligi, rivoyatlarni jamlash yoki birini boshqasidan og‘ir-kuchli deyish mushkulligi bois ulamolar turlicha fikr bildirganlar.

Alloh taolo iznu irodasi bilan quyida mavzuga aloqador hadislarni va ulamolar so‘zini sanab o‘tamiz. So‘ng Alloh madadi ila, inshaalloh, bir to‘xtamga kelamiz.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:32:57
Tamim Doriy hadisi

50. Fotima binti Qays roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Jarchining «Jamoat namozi» deya jar solayotganini eshitib, masjidga chiqdim. Qavmning eng oxiridagi ayollar safida turib, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bilan namoz o‘qidim. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) namozlarini tugatgach, kulib minbarga o‘tirdilar. So‘ng: «Hech kim joyidan jilmasin. Sizlarni nega to‘plaganimni bilasizlarmi?» dedilar Nabiy alayhissalom. «Alloh va rasuli bilguvchiroqdir!» deb javob qaytardi kishilar. «Allohga qasamki, men sizlarni qo‘rquv yoki quvonch sababli jamlaganim yo‘q. Sabab shuki, Tamim Doriy nasroniy edi.  U kelib bay’at berdi va musulmon bo‘ldi. Tamim Doriy menga bir gap aytdi. Uning so‘zlari men sizlarga aytgan Dajjol haqidagi so‘zlarga muvofiq kelar ekan. Tamim Doriyning aytishicha, u Laxm va juzomlik o‘ttiz kishi bilan birga kemaga o‘tiribdi. (Dengiz) to‘lqini ularni(ng kemasini) bir oy o‘ynabdi. So‘ng kunbotarda ular bir orolga yaqinlashibdilar. Kichik-kichik qayiqlarga tushib, orolga kelishibdi. Ularga bir qalin sochli (jundor) hayvon (maxluq) ro‘baro‘ bo‘libdi. Uning (juni ko‘pligidan) orqasidan oldidagi narsani bilmabdilar.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:33:55
— Vayl bo‘lsin senga! Kimsan? — deb so‘rabdilar.
— Men Jassasa bo‘laman, — deydi.
— Nima u Jassasa?
— Ey qavm! Sizlar (mana bu) dayr (g‘or)dagi odamning oldiga kiringlar! U xabaringizga mushtoq (bo‘lib o‘tiribdi).
Maxluq ular tomon yura boshlaganini ko‘rgach, shayton-jin bo‘lishidan (qo‘rqib), undan uzoqlashibdilar.
(Tamim Doriyning o‘zi) aytadi: «Biz tez yurib dayrga kirdik. U yerda bahaybat bir inson turardi. (Bu ulkan gavdali kishi) mahkam zanjirlangan edi.
— Vayl bo‘lsin, sen kimsan? — deb so‘radik.
— Darhaqiqat, mening xabarimni (bilishga) qodir bo‘ldingiz. Aytinglar-chi, o‘zlaring kimsizlar?
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:34:23
— Biz arablarmiz. Kemaga chiqqan edik, dengiz to‘lqinlanib bizni bir oy o‘ynadi. So‘ng sening orolingga yaqin kelib qolibmiz. Qayiqlarga o‘tirib, orolga tushdik. Bizga bir jundor — sochi ko‘p hayvon ro‘baro‘ bo‘ldi. Sochi (juni) ko‘pligidan orqasidan oldida nima borligini bilmadik. Unga: «Vayl bo‘lsin senga, kimsan?» deb savol berdik. «Men Jassasaman», dedi. «Nima u Jassasa», dedik. U aytdiki: «Dayrda o‘tirgan anavi kimsa oldiga boringlar. U xabaringizga mushtoq». So‘ng sen tomonga tez yo‘l oldik. Uning shayton bo‘lishidan qo‘rqqan edik.
(G‘ordagi kimsa) dedi:
— Menga Bayson xurmolari haqida xabar beringiz.
— Uning nimasi haqida so‘rayapsan? — dedik biz.
— U yerning xurmolari meva solyaptimi?
— Ha!
— Meva bermay qolay demayaptimi? Endi Tabariya ko‘li haqida xabar beringiz.
— Uning qaysi narsasidan xabar berishimizni so‘rayapsan?
— Ko‘lda suv bormi?
— Ha, hali ko‘lning suvi ko‘p.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:35:12
— U quriy-quriy deb qolmadimi? (Endi) Zug‘ar bulog‘i haqida gapiringiz!
— Uning nimasi haqida xabar kerak?
— Buloqda suv bormi? Aholi uning suvi bilan ekin ekyaptimi?
— Ha, buloqda suv ko‘p. Buloq ahli uning suvidan foydalanib ekin ekishyapti.
— Ummiylar payg‘ambari haqida xabar beringiz! U nima qildi?
— Payg‘ambar Makkadan chiqdi. Madinaga tushdi.
— Arablar bilan urushdimi?
— Ha!
— Ularga qanday muomala qildi?
Unga payg‘ambarning atrofdagi arablar ustidan g‘olib kelganini va ularning itoatga kirganini aytib berdik.
— Shunday bo‘ldimi?
— Ha.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:35:56
— Unga itoat etishlari o‘zlariga yaxshi emasmidi? (Endi) sizlarga o‘zim haqimda xabar beray. Men Masih Dajjolman. Chiqishga izn berilishiga yaqin qoldi, deb turibman. Qirq kun ichida Makka va Toyyibadan boshqa barcha qishloq (shahar)ni kezib chiqaman. Makka bilan Toyyiba menga harom qilingan. Qachon ularga maqsad qilsam, meni qo‘lida yalong‘ochlangan qilich tutgan farishta qarshilab, u yerdan to‘sadi. Uning (shaharning) har bir (kirish) yo‘lida farishtalar qo‘riqchilik qiladi».

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) so‘ng asolari bilan minbarga urib: «Mana shu (er) Toyyiba (ya’ni, Madina) Axir men sizlarga mana shu gaplarni aytmaganmidim?!» dedilar. «Ha (aytgansiz)», deyishdi kishilar. «Tamimning so‘zlari mening Dajjol va Madina-Makka haqida sizlarga aytgan so‘zlarimga muvofiq kelganidan ajablandim. Ogoh bo‘lingizkim, u (Dajjol) Shom va Yaman dengizida. Yo‘q, balki u mashriq tomondan, mashriq tomondan, mashriq tomondan», deya Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) qo‘llari bilan mashriqqa ishora qildilar».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:36:21
Fotima binti Qays aytadi: «Men bularni Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) (eshitib) yodlab olganman» (Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyati).

Mazkur hadisni Fotima binti Qays bilan birgalikda Abu Hurayra, Oisha va Jobir (roziyallohu anhum) ham rivoyat qilishgan.

Yuqoridagi sahih hadis Masih Dajjolning Yaman va Shom dengizi orollaridan birida zanjirband ekaniga ochiq dalolat qilmoqda. Boshqa (38- va 39-) hadislarda sharhlanganidek, u mashriq tomondan — Xuroson yoki Isfahondan chiqadi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:37:33
*  *  *

Savol: Bugunga kelib barcha katta-kichik orollar kashf qilib bo‘lindi. Biron yerda Dajjolga tegishli bir narsa topilmadi. Xo‘sh, bunga nima deyiladi?

Javob: Biz Allohga va Uning rasuliga iymon keltirganmiz. Inshaalloh, bu savolga mana shu javob kifoya. Endi boshqacharoq bir javob aytishga ham urinib ko‘ramiz:
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:38:10
Alloh taolo Masih Dajjolni insonlar ko‘zidan yashirib qo‘ygan. Biz agar butun orollarni kezib chiqsak ham, baribir uni hozir ko‘ra olmaymiz. Tamim Doriyning ko‘rishi esa Alloh tomonidan Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) haqliklariga qilingan qo‘shimcha alomat bo‘lgan. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytgan so‘zlar bilan Tamim Doriy keltirgan xabar bir-biriga muvofiq edi.

Nabiy alayhissalom uning so‘zlarini kishilarga yetkazar ekanlar, quvonchlarini hech kimdan yashirmagan edilar.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:39:25
Ibn Sayyod Masih Dajjolmi?!

Ibn Sayyod Madinai Munavvarada tug‘ilgan. Ota-onasi yahudiy bo‘lgan. Unda Dajjol alomat-belgilari topilgan. Ashobi kiromlar uning Dajjol yoki Dajjol emasligini bila olmaganlar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bu haqda ochiq bir gap gapirmaganlar. Biz bu faslda Ibn Sayyod haqidagi hadislarni va masalaning daqiq o‘rinlarini sharhlagan ulamolar so‘zlarini keltirib o‘tamiz. So‘ng, inshaalloh, o‘zimiz haq deb topgan xulosani bayon qilamiz.

51. Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilinadi: «Umar ibn Xattob va bir guruh sahobalar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bilan Ibn Sayyod tomonga (uni izlab) chiqdilar. Ibn Sayyod Bani Mug‘olaning baland uylari yonida bolalar bilan o‘ynab yurgan ekan. Bu vaqtda u balog‘atga yetay deb qolgan edi. Ibn Sayyod to Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) uning yelkasiga turtmagunlariga qadar hech narsa sezmadi. «Mening Alloh payg‘ambari ekanimga guvohlik berasanmi?» deb so‘radilar. Ibn Sayyod Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) qaradi-da: «Sizning ummiylar payg‘ambari ekaningizga guvohlik beraman, siz meni Allohning rasuli deb guvohlik berasizmi?» dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) uni rad qildilar va: «Allohga va Uning rasuliga iymon keltirdim», dedilar. So‘ng Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ibn Sayyoddan so‘radilar: «Nimalar ko‘ryapsan?» «Menga rostgo‘y ham, yolg‘onchi ham kelyapti», javob berdi Ibn Sayyod. «Inshaalloh, sen uchun chigal bo‘libdi (aralashib ketibdi)», dedilar Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam). So‘ng yana Ibn Sayyodga gapirdilar: «Men sendan bir narsani yashirdim».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:44:21
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Duxon surasining quyidagi oyatini yashirgan edilar:

«Osmon ochiq tutun (duxon)ni keltiradigan kun» (Duxon, 10).

Ibn Sayyod: «Dux», dedi (ya’ni to‘liq ayta olmadi).

«Tur, yo‘qol! — dedilar Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam), — hech qachon haddingdan oshma!»

Shunda Umar ibn Xattob dedi: «Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)! Ruxsat bering, uning bo‘yniga uray!» Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Agar u (haqiqatan ham Dajjol) bo‘lsa, hech qachon uning ustida hukmingni o‘tkaza olmaysan. Agar u (Dajjol) bo‘lmasa, uni o‘ldirishda sen uchun biron yaxshilik yo‘q» (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:45:45
Olim aytadiki: «Men Ibn Umarning shunday deganini eshitganman: Shu (voqea)dan so‘ng Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ubay ibn Ka’b Ansoriy bilan Ibn Sayyod yotgan xurmozorga bordilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) xurmo shoxlariga tegib ketmaslik uchun ehtiyot bo‘lib xurmozorga kirdilar. Chunki Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) Ibn Sayyodga o‘zlarini ko‘rsatmay turib, uning so‘zlarini eshitmoqchi edilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ibn Sayyodning o‘z to‘shagida barxat yopinchig‘i ustida yotganini ko‘rdilar. U yerdan g‘o‘ng‘illagan ovoz kelardi. Banogoh Ibn Sayyodning onasi Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) ko‘rib qoldi va Ibn Sayyodga: «Ey Sof, ana Muhammad», dedi (Sof — Ibn Sayyodning ismi). (Onasining so‘zlarini eshitgan) Ibn Sayyod o‘rnidan sakrab turdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Agar (onasi) indamaganida, uning ishi oydinlashgan bo‘lardi».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:46:25
52. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumolar Madina yo‘llarining birida Ibn Sayyodni uchratib qolishdi.
— Mening Alloh rasuli ekanimga guvohlik berasanmi? — dedilar Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam).
— Siz meni Alloh rasuli deb guvohlik berasizmi? — dedi Ibn Sayyod.
— Allohga, farishtalariga va kitoblariga iymon keltirdim. (Ey Ibn Sayyod) Nimalarni ko‘ryapsan?
— Suv ustida turgan arshni ko‘ryapman.
— Sen dengiz ustida Iblis arshini ko‘rgansan. (Yana) nima ko‘ryapsan?
— Ikki rostgo‘y va bir yolg‘onchini yoki ikki yolg‘onchi va bir rostgo‘yni ko‘ryapman.
— Uniki chalkash-chigal bo‘lib ketibdi. Qo‘yinglar uni, — dedilar Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) (Muslim va Termiziy rivoyati).
«Uniki chalkash-chigal bo‘lib ketibdi», degan so‘zdan unga shayton xabar olib kelishi, hammasi aralashib ketgani tushuniladi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:46:59
53. Abu Said Xudriy (r.a.) aytadilar: «Makka yo‘lida Ibn Sayyodga hamroh bo‘ldim. Yo‘lda u menga shunday dedi:
— Meni Dajjol deb gumon qiladigan kishilarni uchratganmisan? Axir Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Dajjol Madinaga ham, Makkaga ham kirmaydi», degan so‘zlarini eshitmaganmisan?
— Ha (eshitganman), — dedim men.
— Men Madinada tug‘ilganman. Hozir Makkaga ketyapman...
So‘ng so‘zi oxirida yana shunday dedi:
— Allohga qasamki, Dajjolning tug‘ilgan joyini, makon-manzilini va qaerda ekanini bilmaymanmi?! (Bilaman.)
Abu Said Xudriy aytadi: «U meni shubhalantirib qo‘ydi» (Muslim rivoyati).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:47:29
54. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Haj (yoki umra) niyatida chiqqanimizda oramizda Ibn Sayyod ham bor edi. Yo‘lda bir manzilga qo‘ndik. Hamma har yoqqa tarqab ketdi. Men va Ibn Sayyoddan boshqa hech kim qolmadi. U haqda turli gaplar aytilgani bois, yolg‘iz qolganimdan juda cho‘chidim. Ibn Sayyod narsalarini olib kelib mening narsalarim yoniga qo‘ydi.
— Issiq qattiq (bo‘lyapti), — dedim men. — Narsalaringni anavi daraxt tagiga qo‘ymaysanmi?
U aytganimdek qildi.
Qo‘ylar ko‘rindi. Ibn Sayyod borib, katta kosa(da sut) olib keldi.
— Ey Abu Said, ich, — dedi.
— Issiq qattiq bo‘lyapti. Sut ham issiq, — dedim. Men uning qo‘lidan sut ichishni xohlamaganim uchungina shunday degan edim. Ibn Sayyod dedi:
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:48:01
— Ey Abu Said. Odamlarning men to‘g‘rimda aytayotgan gaplaridan (to‘yganim uchun) arqon olib, daraxtga o‘zimni ossam, deyman. Sizlarga — ansorlar jamoasiga maxfiy bo‘lmagan Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) (qaysi bir) hadislari biron kishidan maxfiy qolibdi?! Sen Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) hadislarini eng yaxshi biluvchilardan emasmisan?! Axir Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «U (Dajjol) kofir bo‘ladi», demaganmidilar?! Men musulmonman-ku! Yoki: «U bepusht bo‘ladi. Undan farzand tug‘ilmaydi», demaganmidilar?! Men Madinada farzandlarimni qoldirib kelyapman-ku! Yana Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Dajjol Madinaga ham, Makkaga ham kirmaydi», degan emasmilar? Axir men Madinadan chiqib, Makkaga ketmayapmanmi?!
Abu Said aytadi: «Hatto uni kechirib yuborishimga sal qoldi».
«So‘ng Ibn Sayyod dedi:
— Allohga qasamki, men Dajjolning qachon dunyoga kelishini va hozir qaerda ekanini bilmaymanmi?! (Ya’ni, juda yaxshi bilaman, demoqchi.)
Abu Said aytadi:
— Abadul abad senga halokat-hasrat bo‘lsin! — dedim men unga (Muslim rivoyati).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:49:10
55. Ibn Umarning mavlosi (ozod qilgan quli) Nofe’dan rivoyat qilinadi: Ibn Umar (r.a.) Madina yo‘llarining birida Ibn Sayyodni uchratib, unga g‘azabini qo‘zg‘aydigan bir so‘z aytdi. (G‘azablangan) Ibn Sayyod shishib-kattalashib, hatto ko‘chani to‘ldirdi. So‘ng Ibn Umar (r.a.) Hafsa roziyallohu anhoning oldiga kirdi. U ham voqeadan xabardor bo‘lgan edi. Hafsa Ibn Umarga dedi: «Alloh rahmatiga yo‘liqqur, Ibn Sayyoddan nimani xohlagan eding. Axir Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «U (Ibn Sayyod) avval g‘azab qilib keyin chiqadi», deganlarini bilmaysanmi?» (Muslim rivoyati)
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:50:37
56. Yana Nofe’dan rivoyat qilinadi: Ibn Umar aytadi: «Men uni (ya’ni, Ibn Sayyodni) ikki marta uchratdim. Bir gal uni qavm bilan ko‘rdim. Qavmdagilardan biriga: «Sizlar uni o‘sha (Dajjol) deb aytasizlarmi?» dedim. Ular qasam ichib: «Yo‘q (unday emas)», dedilar. «Meni aldayapsizlar, — dedim men. — Sizlardan kimdir aytgan edi. U to orangizda eng badavlat va serfarzand kishi bo‘lmaguncha o‘lmas emish». Biz bir oz gaplashib turib so‘ng ajralishdik. Boshqa safar uni uchratganimda (bir) ko‘zi chiqqan ekan. Men undan: «Bir ko‘zing qachon chiqdi?» deb so‘radim. «Bilmayman», dedi u.
«Boshingda turgan ko‘zingni ham bilmaysanmi?»
«Agar Alloh xohlaganida uni sening manavi asoingda ham yaratgan bo‘lardi».
Shundan so‘ng u xuddi eshakdek juda qattiq pishqirib, xirillab yubordi. Ba’zi yo‘ldoshlarim aytishicha, men uni qo‘limdagi aso bilan uribman va hatto asoim sinib ketibdi. O‘zim esa, Allohga qasamki, hech narsa sezganim yo‘q».
Ibn Umar keyin mo‘minlar onasi (Hafsa roziyallohu anho) oldiga kirib, bo‘lgan voqeani gapirib berdi. Ummul mo‘minin (Hafsa) dedi: «Undan nima istaysan? Axir Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) quyidagi so‘zlarini bilmaysanmi: «Albatta, uning insonlarga yuboradigan eng birinchi narsasi g‘azabidir» (Muslim rivoyati).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 16:52:02
«O‘zim hech narsa sezganim yo‘q», degani Ibn Umarning (r.a.) Ibn Sayyodga qattiq g‘azab qilganiga dalil bo‘ladi. Hatto Ibn Umar o‘zining nima qilganini sezmay qoldi. G‘azab, agar mana shu darajaga chiqsa, «ig‘loq» (yopish, berkitib tashlash, qorong‘u qilish) deyiladi. Chunki u kishiga maqsadini qorong‘u qiladi. (Ya’ni, odam o‘zining nima qilayotganini sezmaydi).
Hafsa roziyallohu anhoning Ibn Umarga aytgan so‘zidan, u ham otasi va inisining fikrida ekani, ya’ni, Ibn Sayyodni Dajjol deb bilishi ko‘rinadi. Umar (r.a.) Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldlarida Ibn Sayyodni Dajjol deb qasam ichgan edi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:00:37
58. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Ibn Sayyodni Harra kunida yo‘qotib qo‘ydik» (Abu Dovud sahih sanad bilan rivoyat qilgan).
Harra voqeasi taxminan hijratning 63 yilida Yazid ibn Muoviya zamonida bo‘lib o‘tgan. Demak, Ibn Sayyod Madinada musulmonlar orasida yetmish yildan ortiqroq yashagan. Harra jangi kunida yo‘qolib qolgan va hech kim uning qayoqqa ketganini bila olmagan. Hadisdan ko‘rinib turibdiki: «Ibn Sayyod o‘ldi, odamlar uning yuzini ochib ko‘rib, Dajjol emasligiga amin bo‘ldilar», kabi gaplar sahih emas ekan.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:02:57
59. Ibn Umar (r.a.) aytadi: «Allohga qasamki, men Masihi Dajjolning Ibn Sayyod ekaniga shubha qilmayman» (Abu Dovud sahih sanad bilan rivoyat qilgan).

60. Muhammad ibn Munkadirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men Jobir ibn Abdullohni (r.a.) Alloh nomiga qasam ichib:
— «Ibn Sayyod Dajjol» deganini ko‘rdim.
— Siz Alloh nomiga qasam ichyapsizmi? — deb so‘radim undan.
— Men Umarning mana shunday deb Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldlarida qasam ichganlarini eshitganman. Nabiy alayhissalom uni inkor qilmagan edilar» (Buxoriy, Muslim va Abu Dovud rivoyat qilgan).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:03:18
Dajjolning ota-onasi qanday ko‘rinishda bo‘ladi

Termiziy rivoyat qilgan bir hadisda Ibn Sayyodning Dajjol ekani deyarli ochiq aytilgan.

61. Abu Bakradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar:
— Dajjolning ota-onasi o‘ttiz yil yashab farzand ko‘rmaydilar. So‘ng bir ko‘zli bola tug‘iladi. U oilasida zarrari ko‘p, foydasi kam (bola bo‘ladi). Ko‘zlari uxlasa ham, qalbi uxlamaydi.
So‘ng Payg‘ambar alayhissalom uning ota-onasini ta’rifladilar.
— Otasi uzun bo‘yli, oriq, qushburun kishi, onasi esa ulkan gavdali, qo‘llari uzun ayol bo‘ladi».
Abu Bakra (r.a.) aytadi: «Madina yahudiylari orasida shunday ko‘rinishda tug‘ilgan bir bolaning daragini eshitdik. Men Zubayr ibn Avvom bilan birga uning ota-onasi oldiga bordim. Ularda Payg‘ambar alayhissalom aytgan sifatlar bor edi. Ulardan:
— Farzandingiz bormi? —  deb so‘radik.
— Biz o‘ttiz yil bola ko‘rmadik. So‘ng oilamizda bir ko‘zi ko‘r, zarari ko‘p, foydasi kam bir bola tug‘ildi. Uning ko‘zlari uxlaydi, ammo qalbi uyg‘oq bo‘ladi, — deb javob berdi yahudiy ota-ona.
Biz tashqariga chiqdik. Haligi bola yoping‘ichda o‘ranib, tashqarida yotgan ekan. U tomondan bir g‘o‘ldirash eshitilardi. Bola boshini ochib: «Nima dedinglar?» deb so‘radi. Biz ham: «Nima deganimizni eshitdingmi?» deb so‘radik.
«Ha — dedi u, — Mening ko‘zlarim uxlasa-da, qalbim uxlamaydi» (Termiziy rivoyati, hasan g‘arib).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:09:46
62. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir yahudiy ayoli bir ko‘zi ko‘r, boshqa ko‘zi esa bo‘rtib-turtib chiqqan bola tug‘di. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) uning Dajjol bo‘lib chiqishidan xavotir oldilar» (Imom Ahmad rivoyati).

63. Abu Zar G‘iforiydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) meni uning onasi oldiga yubordilar.
— So‘ra-chi, onasi uni necha oy qornida ko‘tarib yuribdi, — dedilar.
— Men uni 12 oy ko‘tarib yurdim, — dedi onasi, — tug‘ilgan vaqtida u xuddi bir yashar go‘dakdek chinqirdi» (Ahmad va Bazzoz rivoyati).

Endi Alloh izni va madadi bilan Ibn Sayyod haqidagi ulamolar so‘zini keltirib o‘tamiz.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:10:18
Xattobiyning fikri

Ibn Asir «Jome’ul usul»da Xattobiyning quyidagi so‘zlarini keltiradi:
«Ibn Sayyod xususida kishilar xilma-xil fikrlar bildirishgan. Ba’zan savol qilinadi: «Qanday qilib Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) yolg‘ondan payg‘ambarlik da’vosini qiluvchi kimsani Madinada sog‘-omon qoldirdilar? O‘zlariga hamshahar bo‘lib turishiga ruxsat berdilar? Buni qanday tushunmoq kerak? Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) nima uchun Duxon surasidan bir oyatni yashirdilar? So‘ng unga: «Tur, yo‘qol, hech qachon haddingdan oshma!» dedilar?»
Menimcha, bu voqea musulmonlar bilan Madina yahudiylari va uning ittifoqchilari o‘rtasida sulh tuzilgan vaqtlarda bo‘lib o‘tgan. Ya’ni, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Madinaga kelganlarida yahudiylar bilan quyidagi shartlar asosida sulh tuzgan edilar:
1. Yahudiylarning hech qachon shahardan chiqib ketmasliklari.
2. Ularning o‘z hollariga tashlab qo‘yilishlari.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:12:37
Ibn Sayyod ham yahudiy yoki ularga taalluqli hisoblanardi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ibn Sayyodning da’volarini, o‘ziga g‘oyibdan xabar berilishini eshitganlaridan so‘ng, uning oldiga borib sinab ko‘rdilar. Suhbat so‘ngida ma’lum bo‘ldiki, u ham sehrgar yoki folbin yoki jin xabar keltiruvchi kimsa yoxud shayton bilan «bitim tuzgan»lardan ekan.

Duxon surasini aytolmasdan «Dux» deb qolganidan keyin Payg‘ambar (a.s.) uni: «Tur, yo‘qol! Hech qachon haddingdan oshma!» deb quvib yubordilar.

Ya’ni, bu samoviy vahiy emas, balki shayton uning tiliga solayotgan vasvasa edi. Chunki Ibn Sayyod vahiy orqali xabar beradigan nabiylar martabasidan ham, qalb nurlari ila haqni to‘g‘ri topadigan, ba’zi narsalarga ilhomlanadigan avliyolar darajasidan ham yiroq edi. U o‘zicha g‘oyibdan xabar berib, goh topib, goh adashib yurardi. «Menga rostgo‘y ham, yolg‘onchi ham kelyapti», deganida, «Senga ish chalkash-chigal bo‘lib ketibdi», degan edilar unga Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:13:02
Xullas, Ibn Sayyod mo‘min bandalar uchun bir fitna-sinov qilib yuborilgan.

«Halok bo‘luvchilar (ya’ni kofirlik yo‘lini tutuvchilar) ochiq hujjat bilan (ya’ni, Allohning mo‘’jizasiga guvoh bo‘lgan hollarida) halok bo‘lsinlar, tirik qoluvchilar (ya’ni iymonga kiruvchilar) ham ochiq hujjat bilan tirik qolsinlar» (Anfol, 42).

Alloh taolo Muso alayhissalom qavmini buzoq bilan imtihon qilgan edi. Qavm buzoq sababli fitnalanib halok bo‘ldi. Faqat Alloh asragan va hidoyatda sobit etgan bandalargina omon  qoldilar. Ibn Sayyodning kofirligi va ulg‘ayganidan keyingi ahvoli haqida xilma-xil rivoyatlar bor. Ba’zi rivoyatlarda uning tavba qilgani va Madinada vafot etgani hikoya qilinadi. Aytishlaricha, Ibn Sayyodga janoza namozini o‘qimoqchi bo‘lgan musulmonlar uning yuzini ochib ko‘rdilar va «(Uning Dajjol emasligiga) Guvoh bo‘linglar!» deyilgan. Yana bir rivoyatda esa, Harra jangi kunida Ibn Sayyod yo‘qolib qolgani va hech kim uni topa olmagani aytilgan. Vallohu a’lam!» (Xattobiy so‘zi tugadi)
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:13:32
 «Ibn Sayyod Madinada o‘ldi», degan gap noto‘g‘ri, chunki Jobirdan (r.a.) sahih sanad bilan rivoyat qilinishicha, u Harra kunida yo‘qolgan.

Demak, Xattobiy fikricha, Ibn Said Dajjol emas balki, bir sehrgar yoki folbin edi. Barcha folbin yoki kohinlar kabi u ham jin-shaytonlari keltirgan xabarni aytgan. Uning xabarlari ba’zan rost, ba’zan yolg‘on bo‘lib chiqqan. Vallohu a’lam.

Ibn Hajar «Fathul Boriy»da yozadi: «Qurtubiy aytadi: «Ibn Sayyod kohin-folbinlar odatiga ko‘ra, o‘zicha g‘oyibdan xabar berar va uning xabarlari ba’zan rost, ba’zan yolg‘on chiqar edi. Uning xabari atrofga tarqaldi, (lekin) u haqda vahiy nozil bo‘lmadi».

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ibn Sayyodning aynan kim ekanini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldilar.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:14:06
Ahmad Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir yahudiy ayoli bir ko‘zi ko‘r, boshqa ko‘zi esa bo‘rtib-turtib chiqqan bola tug‘di. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) uning Dajjol bo‘lib chiqishidan xavotir oldilar».

Termiziy Abu Bakradan (r.a.) quyidagi marfu’ hadisni rivoyat qiladi:

«Dajjolning ota-onasi o‘ttiz yil yashab farzand ko‘rmaydilar...» (61-raqamli hadis takrorlangan).
Yana Ahmad va Bazzorlar Abu Zar G‘iforiydan rivoyat qilishadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) meni uning onasi oldiga yubordilar.

— So‘ra-chi, onasi uni necha oy qornida ko‘tarib yuribdi, — dedilar.
— Uni 12 oy ko‘tarib yurdim, — dedi onasi, — tug‘ilgan vaqtida u xuddi bir yashar go‘dakdek chinqirdi».

Demak, Qurtubiy ham xuddi Xattobiydek Ibn Sayyodni Dajjol emas, balki kohin-folbinlarning biri deb bilgan. Vallohu a’lam.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:14:48
Bayhaqiy fikri

«Fathul Boriy»dan keltiramiz: «Bayhaqiy Abu Bakradan Abu Dovud eshitgan quyidagi hadisni aytib o‘tgach, Ibn Sayyod qissasi haqida gapiradi:
«Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dajjolning ota-onasi o‘ttiz yil yashab farzand ko‘rmaydi. So‘ng (ularning oilasida) bir ko‘zli bola tug‘iladi...» (61-raqamli hadis).

Mazkur hadis faqat Ali ibn Yazid ibn Jud’an tomonidan rivoyat qilingan va u kuchli emas.

Endi Jobirdan (r.a.) rivoyat qilingan hadisga kelsak (60-hadis), unda ham ular qasamiga Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) jim turib javob berganidan boshqa narsa yo‘q. Ehtimol, o‘sha vaqtda Payg‘ambar alayhissalom Ibn Sayyod haqida aniq bir to‘xtamga kelmagandir. Ammo keyinchalik Alloh tarafidan uning Dajjol emasligi Payg‘ambarga (sollallohu alayhi vasallam) bildirilgan bo‘lishi mumkin.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:15:34
Tamim Doriy hadisi (50-raqam) ham ana shu ma’noga dalolat qilmoqda. «Dajjol Ibn Sayyod emas!» deb qat’iy aytuvchilar aynan shu hadisga asoslanadilar va bu yo‘l to‘g‘riroq.

Demak, Ibn Sayyod faqat sifatda Dajjolga o‘xshash bo‘lib qolgan, xolos».

Shundan so‘ng Bayhaqiy Tamim Doriy hadisini keltiradi. Dajjolning Yaman orollarining birida kishanlab qo‘yilgani aytiladi.

Bayhaqiy o‘z so‘zini quyidagicha davom ettiradi: «Tamim Doriyning hadisida oxir zamonda chiqadigan Dajjol Ibn Sayyod emasligiga dalil bor. Ibn Sayyod Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) chiqadi deb xabar bergan yolg‘onchi Dajjollarning bittasi, xolos. Bunaqa kichik Dajjollar ko‘p chiqqan. Qat’iy ravishda: «Ibn Sayyod Dajjol», deganlar Tamim Doriy qissasini eshitmaganga o‘xshaydilar. Illo Tamim Doriy qissasi bilan ular so‘zini sira bir-biriga bog‘lab bo‘lmaydi. Axir, qanday qilib Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bilan balog‘atga yetar yoshda savol-javob qilgan bola — vaholanki, bu nubuvvat hayoti o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan — nabaviy hayot oxirlariga kelib qaysi bir orolda kishanlanib yotgan bo‘ladi? «Payg‘ambar chiqdimi, yo‘qmi?» deb musofirlardan so‘raydi? Ularni Tamim Doriy qissasidan bexabar qolgan deyish, eng afzal (echimdir)». (Bayhaqiy so‘zi tugadi)
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:16:07
Bayhaqiy «ularni» deganda Umar va Jobirni (r.a.) ko‘zda tutmoqda.

Ya’ni, ular: «Ibn Sayyod Dajjol», deb qasam ichganlarida Tamim Doriy qissasidan bexabar bo‘lganlar. Lekin bu taxmin noto‘g‘ri. Chunki Jobir ibn Abdulloh (r.a.) Tamim Doriy qissasining roviylaridan biri hisoblanadi.

64. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) Abu Dovud hasan sanad bilan rivoyat qiladi. Rivoyatda jumladan shunday deyiladi.
«Ibn Abu Salama aytadi:
Jobir u (Dajjol) Ibn Sayyod deb guvohlik berdi.
— U (ya’ni, Ibn Sayyod) o‘lgan-ku, — dedim men.
— O‘lgan bo‘lsa ham! — dedi Jobir
— (Ibn Sayyod) Islomni qabul qilgan?
— Islomni qabul qilgan bo‘lsa ham!
— U Madinaga kirgan?
— Madinaga kirgan bo‘lsa ham!»
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:16:37
Jobir ibn Abdulloh baribir o‘z so‘zida qat’iy turgan. Bunga yuqoridagi hadis ochiq dalil bo‘la oladi. Bizningcha, Jobir (r.a.) Dajjolni juda ko‘p narsaga qodir deb o‘ylaydi. Ya’ni iymoni zaiflarni yo‘ldan ura oladigan darajada g‘ayri oddiy imkoniyatlari bor. Masalan, u bir mo‘minni odamlar ko‘zi o‘ngida o‘ldirib, so‘ng tiriltiradi. Dajjol uzoq orollarning birida zanjirband bo‘lib yotishi va keyin yahudiy oilasida go‘dak bo‘lib dunyoga kelishi ehtimoldan uzoq emas. So‘ng 63-yilda Harra kunida birdan g‘oyib bo‘ladi va to oxirzamonga qadar Isbahon yahudiylari yurtida yashirinib turadi. Vallohu a’lam!

Endi Bayhaqiy shubhalari haqida gaplashamiz. Alloma Ibn Sayyodning bolog‘atga yaqin yoshda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bilan uchrashganidan so‘ng qanday qilib oradan uncha uzoq vaqt o‘tmasdan qaysi bir oroldagi zanjirband qariyaga aylanib qolishidan ajablanadi. Ya’ni, bu ikki narsani bir-biriga bog‘lab bo‘lmasligini aytadi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:17:19
Agar Dajjolni ham bashariy qonun-qoidalarga, insoniy chegaralarga tushadi, deb hisoblansa, Bayhaqiy so‘zini tasdiqlashdan o‘zga chora qolmaydi. Lekin Dajjolga g‘ayri oddiy imkoniyatlar berilgan va u mana shu imkoniyatlar yordamida kishilarni fitnalaydi, degan fikrga qo‘shilsak, inshaalloh, masala o‘z-o‘zidan yechiladi. Shunda Umar ibn Xattob va uning o‘g‘li Abdulloh Ibn Umarlar rayi haq bo‘lib chiqadi.

Bayhaqiy: «Dajjol odamlardan: «Payg‘ambar chiqdimi?» deb xabar so‘radi. Nega?» mazmunida savol beradi. Ya’ni, Ibn Sayyodning Dajjol emasligiga mana shuni ham dalil qilib ko‘rsatadi. Lekin quruq savolning o‘zi uning bexabar ekanini anglatmaydi. Ba’zan kishi o‘rgatib qo‘yish niyatida (bilib olish uchun emas), bildirish uchun ham savol berishi mumkin. U holda savol-javob o‘rgatish uchun bir vosita hisoblanadi, xolos. Masalan, Dajjol Tamim Doriy va uning sheriklariga: «Axir unga (sollallohu alayhi vasallam) itoat qilishlari (arablarning) o‘zlari uchun yaxshi emasmi?» dedi. Alloh va Rasulini qattiq yomon ko‘radigan Dajjol nega endi payg‘ambarga itoatga da’vat qilyapti?!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:17:40
Ha! Alloh taolo ba’zida eng ashaddiy kofir tilidan ham haq kalimasini chiqarishi mumkin. Sahih hadisda shaytonning bir sahobaga quyidagi narsani o‘rgatgani rivoyat qilinadi: Shayton sahobaga dedi: «Oyatul kursiyni o‘qisang, Alloh seni men(ing yomonligim)dan saqlaydi». So‘ng sahobiy uning so‘zlarini Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) yetkazdi. «U o‘zi yolg‘onchiyu, (lekin) senga rost so‘zlabdi», dedilar Payg‘ambar alayhissalom.

Tamim Doriyning Makkaga kelib Islomni qabul qilishiga Dajjol so‘zlarining ham ta’siri bo‘ldi.

Yuqorida Bayhaqiyning Ali ibn Yazid ibn Jud’anni — Abu Bakra hadisi roviylaridan birini zaif degani aytib o‘tilgan edi. Lekin Termiziy Ali ibn Yazidni «rostgo‘y» deb sifatlagan. Ma’lumki, «jurh» (bir kishiga zaif, ishonchsiz, deb ta’rif berish) ochiq bo‘lmasa, qabul qilinmaydi. Ya’ni, tanqid qiluvchi kishi o‘z so‘ziga hujjat keltirishi shart. Aks holda tavsiq (roviyni ishonchli, rostgo‘y kabi so‘zlar bilan sifatlash) jurhdan yuqori qo‘yiladi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:18:07
Navaviyning fikri

Imom Navaviy «Sahihi Muslim» sharhida yozadi:
«Uni Ibn Sayyod yoki Ibn Said deyishadi. Asli ismi Sof. Ulamolar aytadilar: «Ibn Sayyodning Dajjol yoki Dajjol emasligi tortishuvli masala. Bu mushkul qissa. Lekin uning kichik Dajjollardan biri ekaniga hech shak-shubha yo‘q. Hadislar zohiriga ko‘ra, Ibn Sayyodning Dajjol yoki Dajjol emasligi haqida vahiy tushmagan. Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) faqat Dajjolning sifatlari tushirilgan va ba’zi o‘xshashliklar Ibn Sayyodda topilgan. Shuning uchun ham Payg‘ambar alayhissalom u haqda keskin bir so‘z aytmaganlar. Umar (r.a.) uni o‘ldirmoqchi bo‘lib izn so‘raganida ham: «Agar u Dajjol bo‘lsa, hech qachon o‘ldira olmaysan», deyish bilan kifoyalangan edilar».

Ammo Ibn Sayyodning musulmonligi, Dajjolning esa kofir bo‘lishi, uning bolasi borligi, Dajjolning esa farzandsiz o‘tishi, Ibn Sayyodning Madinaga kirgani va Makka tomon safar qilgani, Dajjolning Makka-Madinaga kirmasligi — bularning barchasi Ibn Sayyodning Dajjol emasligiga dalil bo‘la olmaydi. Chunki Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Dajjolning oxir zamondagi, ya’ni insonlarni fitnaga solgan vaqtidagi sifatini aytganlar.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:18:27
Ibn Sayyod qissasining ishtibohligi uning yolg‘onchi-kazzob Dajjollardan biri ekaniga Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Mening Rasululloh ekanimga guvohlik berasanmi?» deb so‘rashi va qilgan da’volari dalildir.

Ibn Sayyod quyidagi da’volarni qilar edi:
— Oldimga rostgo‘y ham, yolg‘onchi ham keladi.
— Suv ustida turgan arshni ko‘ryapman.
— Agar menga (Dajjol bo‘lish) taklif qilinsa, yomon ko‘rmasdim.
— Men u (Dajjol)ning o‘zini ham, tug‘ilishini ham va hozir qaerda ekanini ham yaxshi bilaman.
«Ibn Sayyod shishib-kattalashib, hatto yo‘lni to‘ldirdi».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:18:47
Ibn Sayyodning o‘zini muslim ko‘rsatishi, haj-jihod qilishi va unga nisbatan bildirilayotgan shabha-gumonlardan tonishi — bularning barchasi uning Dajjol emasligiga ochiq dalil bo‘la olmaydi» (Navaviy so‘zi tugadi).

Navaviyning oxirgi so‘zidan ham ko‘rinib turibdiki, u Umar ibn Xattob, Abdulloh ibn Umar va Jobir ibn Abdulloh rayini ma’qullagan. Chunki Ibn Sayyodda ko‘ringan ba’zi narsalar uning katta Dajjol bo‘lishini man qilmaydi. Zero, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytgan Dajjol sifatlari-ishlari faqat oxir zamonda — Dajjol chiqqan vaqtda zohir bo‘ladi. Vallohu a’lam!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:19:09
Ibn Battolning fikri

«Fathul Boriy»da yoziladi: «Ibn Battol Jobir (r.a.) dalilini, ya’ni, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) huzurlarida Umar ichgan qasamga tayanib, Jobirning ham qasam ichganini tasdiqlab shunday deydi:

«Ba’zilar aytishi mumkin: Umar (r.a.) Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam): «Ruxsat bering, uning bo‘yniga uray», deya murojaat etganida Payg‘ambar alayhissalom quyidagi javobni bergan edilar.

— Agar u Dajjol bo‘lsa, sen unga (uni o‘ldirishga) hargiz qodir qilinmassan!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:19:27
Bu Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) ikkilanganliklariga ochiq dalil. Ya’ni, Umar (r.a.): «Ibn Sayyod — Dajjol», deb qasam ichganida Payg‘ambar alayhissalomning sukut etganlari Umar qasamini tasdiqlaganlari bo‘lmaydi.

Biz bu e’tirozga quyidagi ikki javobni berishimiz mumkin.

1. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ikkilangan vaqtlarida ham Alloh taolo u zotga Ibn Sayyodning Dajjol ekanini bildirmagandir... Keyin, ya’ni, Alloh taolodan ilm kelganidan so‘ng Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Umar (r.a.) qasamlariga e’tiroz bildirmadilar.

2. Arablar ba’zan ochiq-oydin so‘zlarni ham xuddi shubhalanayotgan kishining uslubi bilan gapiradilar. Demak, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Umarni (r.a.) Ibn Sayyod qonini to‘kishdan lutf qilib qaytarganlar».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:19:56
Ya’ni, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Umarga «Agar u Dajjol bo‘lsa, hargiz (uni o‘ldirishga) qodir qilinmassan», deganlarida lutf qilgan edilar. Bu Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) ikkilanganliklarini anglatmaydi. Aksincha, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ibn Sayyodning Dajjol ekanini bilib turib, bir hikmat sababli ochiq aytmagandirlar. Zero, Alloh taolo Payg‘ambariga bu xabarni e’lon etishni buyurmagan edi. Shuning uchun ham Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Umarni qaytarar ekanlar, ochiq gapirmasdan, lutf bilan to‘xtatib qo‘ya qoldilar.

Ko‘rinib turibdiki, Ibn Battol Ibn Sayyodni Dajjol deb bilgan. Lekin u qat’iy o‘z fikrini bayon qilmagan. Vallohu a’lam!

Ibn Battol Ibn Sayyodning Dajjol ekaniga dalolat qiluvchi hujjat keltirgan:
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:20:18
65. Ibn Umardan (r.a.) Abdurazzoq sahih sanad bilan rivoyat qiladi:
«Ibn Sayyodni bir yahudiy kishisi bilan birga ko‘rdim. Uning bir ko‘zi so‘nib (ko‘r bo‘lib), xuddi tuyaning ko‘zidek tashqariga chiqib turardi.
— Ey Ibn Sayyod, Alloh haqqi ayt-chi, qachon ko‘zing so‘ndi (ko‘rmay qoldi)? — deb so‘radim.
— Rahmonga qasamki, bilmayman, — deb javob berdi Ibn Said.
— Yolg‘on gapiryapsan! Boshingdagi ko‘zingni bilmaysanmi?!
U ko‘zini siladi-da, uch marta xirillab yubordi. (Yonidagi) yahudiy meni qo‘li bilan uning ko‘kragiga urdi, deb o‘yladi. Men unga dedim:
— Tur, yo‘qol! Haddingdan oshma!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:20:37
 (Keyin) bu voqeani Hafsaga hikoya qilib berdim. Hafsa dediki:
— Sen undan uzoq yur. Aytishlaricha, Dajjol u g‘azab qilgan vaqtda chiqar ekan».
Muslim ham mazkur hadis ma’nosidagi rivoyatni keltirgan. (56-hadis).

Ibn Battol aytadi: «Agar bu ham ikkilanishga dalolat qiladi, deyishsa, unda quyidagicha bo‘ladi:

Ibn Sayyodning Iso ibn Maryam o‘ldiradigan ulkan Masih Dajjol ekani noaniq bo‘lsa ham, har qalay uning Qiyomat oldidan chiqadigan kazzob Dajjollarning biri ekanida hech qanday shubha yo‘q. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bunday kazzoblardan bizni ogohlantirib: «Qiyomat oldidan dajjollar-kazzoblar chiqadi», deganlar...» (Ibn Battol so‘zi tugadi)
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:20:56
Lekin Hafsa roziyallohu anhoning inisi Abdullohga aytgan so‘zi ikkilanishga dalolat qilmaydi. Hafsa roziyallohu anho Ibn Sayyodning g‘azabini keltirmaslik lozimligini uqtirgan. Chunki Dajjolning chiqishiga mana shu g‘azab sababchi bo‘lardi. Hafsa roziyallohu anho Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) eshitgani uchun shunday dedi (56-hadis). Ibn Hajar Ibn Battolning oxirgi so‘zlarini shunday sharhlaydi:

«Xulosa shuki, u (ya’ni, Ibn Battol) Ibn Sayyodni qat’iy ravishda Dajjol demagan. Natijada Umar, undan keyin Jobirlar (r.a.) ichgan qasam javoblari haqidagi savol yana o‘z o‘rnida qoladi». Ya’ni, modomiki Ibn Sayyodning Masihi Dajjol ekani hali aniq emas ekan, nega Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Umarni (r.a.) qasam ichib: «Ibn Sayyod Dajjol», deyayotganida to‘xtatmadilar?
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:21:12
Ammo Hafsa va Ibn Umar qissasida Ibn Battol ko‘zda tutgan ikkilanish aslida hech qanday asosga ega emas. Aksincha, dalil uning ziddiga dalolat qiladi. Aniqki, Hafsa ham, Ibn Umar ham (oxir zamonda chiqishi kutilayotgan) katta Dajjolni nazarda tutishgan. Bu haqda Ibn Hajar shunday deydi:

«Ibn Umar va Hafsa roziyallohu anhumolar qissasida ularning katta Dajjolni nazarda tutganiga dalil bor.

Abu Dovud sahih sanad bilan Muso ibn Aqabadan, u Nofe’dan rivoyat qiladi:

«Ibn Umar aytar edi:
— Allohga qasamki, men Masih Dajjol mana shu Ibn Sayyod ekaniga hech shubha qilmayman» (Ibn Hajar so‘zi tugadi).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:21:39
Ibn Hajarning fikri

Buxoriyning «Al-i’tisomu bil kitabi vas sunnati» kitobida rivoyat qilingan Jobirning (r.a.) hadisini sharhlar ekan, hofiz Ibn Hajar: «Ibn Sayyod Yaman orollaridan birida zanjirband qilingan o‘sha katta Masih Dajjoldir», degan fikrga yon bosgan.

Ibn Hajar aytadi: «Tamim Doriy hadisining ma’nosi bilan Ibn Sayyodning Dajjolligini bir-biriga bog‘laydigan eng yaqin fikr shuki, Tamim orolda aynan Masih Dajjolni ko‘rgan... (50-hadis)

Ibn Sayyod to Isbahonga yuzlanguniga qadar o‘zini Dajjol suratida ko‘rsatuvchi shaytondir. U Isbahonga kelib, Alloh  belgilab qo‘ygan muhlat bitmagunicha boshqa ko‘rinishda yashirinib yuradi. Insonlarni chalg‘itmoq niyatida oxir zamonida chiqquniga qadar shunday ishlar qiladi...

Buxoriy tarjeh yo‘lini tutgan va faqat Jobirning Umardan qilgan rivoyatini keltirish bilan kifoyalangan (60-hadis).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:21:56
So‘ng Ibn Hajar quyidagi hadisni keltiradi: «Umar ibn Abu Salama Jobirdan rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) minbarda turib aytdilar: «Kishilar dengizda (suzib) yurganlarida yeguliklari tugab qoldi. Ularga bir orol ko‘ringan edi, yegulik topmoq ilinjida orolga tushdilar...» (64-hadis)

Jobir uni (ya’ni, Dajjolni) Ibn Sayyod deb guvohlik berdi.
— Axir u o‘lgan-ku, — dedim men.
— O‘lgan bo‘lsa ham! — dedi Jobir
— (Ibn Sayyod) Islomni qabul qilgan?
— Islomni qabul qilgan bo‘lsa ham!
— U Madinaga kirgan?
— Madinaga kirgan bo‘lsa ham!» (Abu Dovud hasan sanad bilan rivoyat qilgan).

Jobir (r.a.) Masih Dajjolning ishi chalkash-noaniq ekaniga ishora etgan. Ya’ni, Dajjol tomonidan qilinayotgan ba’zi ishlar oxir zamonda qiladigan ishlariga zid emas. U bularning barini qilishi — ko‘rsatishi mumkin.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:22:29
66. Ahmad Abu Zarning (r.a.) quyidagi so‘zlarini rivoyat etadi: «Ibn Sayyodni Dajjol deb o‘n marta qasam ichish men uchun uni Dajjol emas deb qasam ichishdan yaxshiroqdir!» (Sanadi sahih).

67. Abdulloh ibn Mas’ud ham shunday degan edi. U faqat «o‘n marta» o‘rniga «etti marta» so‘zini ishlatgan. (Tabaroniy rivoyati)

Hadisda kishining g‘olibu zon (o‘zi to‘g‘ri deb gumon qilgan narsasi) bilan qasam ichishi mumkinligiga dalil bor. (Ibn Hajar so‘zi tugadi)

Avval aytganimizdek, Ibn Hajar so‘zlarida Umar ibn Xattob, Abdulloh ibn Umar, Hafsa binti Umar, Jobir ibn Abdulloh, Abu Zar G‘iforiy va Abdulloh ibn Mas’udlar rayiga moyillik sezilib turibdi.

Sahobalarning ulug‘lari hamda olimlari sanalmish ushbu zotlar fikriga tayanib, Ibn Sayyodni o‘sha Masih Dajjol desak bo‘laverar... Faqat hali Dajjol chiqishi uchun ruxsat berilmagan, xolos. Vallohu a’lam!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:22:53
Shavkoniyning fikri

Shavkoniy «Naylul avtor»da shunday yozadi: «Kishilar Ibn Sayyodning Dajjol yoki Dajjol emasligi xususida xilma-xil fikr bildirganlar. Bu haqda deyarli hamma gap aytildi. (51-raqamli) hadis zohiriga ko‘ra, Rasululloh  (sollallohu alayhi vasallam) bu masalada aniq bir narsa demaganlar.

Buxoriy, Muslim va Abu Dovud Muhammad ibn Munkadirdan rivoyat qilgan hadis Ibn Sayyodning Dajjol ekaniga dalolat qiladi:

Muhammad ibn Munkadir aytadi: Men Jobir ibn Abdullohning Alloh nomiga qasam ichib: «Ibn Sayyod Dajjol», deyayotganini ko‘rdim.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:23:13
— Siz Alloh nomiga qasam ichyapsizmi?! — so‘radim undan.
— Men Umarning mana shunday deb Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldlarida qasam ichganini eshitganman, — dedi Jobir, — Nabiy alayhissalom uni inkor qilmagan edilar.

Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan Ibn Umarning hadisida (51-hadis) Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) Ibn Sayyod xususida taraddudga tushganlari — ya’ni, ochiq bir so‘z aytmaganlari zikr qilingan. Bu ikkilanishni ikki xil sharhlaydilar:

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ikkilanganlarida hali Alloh taolo Ibn Sayyodning Dajjolligini u zotga bildirmagan edi. Alloh tomonidan Ibn Sayyodning Dajjol ekani ma’lum qilingandan so‘ng Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Umarni qasam ichishdan qaytarmadilar.

Arablar xabarda hech qanday shak-shubha bo‘lmasa ham, ba’zan xuddi shubhalidek gapiradilar (Imom Shavkoniy so‘zi tugadi).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:23:32
Abu Nuaym Isbahoniy fikri

Ibn Hajar aytadi: «Abu Nuaym Isbohoniy  «Isbahon tarixida Ibn Sayyodning Dajjol ekanini quvvatlaydigan bir rivoyatni keltirgan.

U Shubayldan, Hasan ibn Abdurahmondan va otasidan rivoyat qiladi: «O‘zimizga zarur narsalarni sotib olardik. Bir kuni yahudiylar qishlog‘ida doiralar chalib xursandchilik qilayotgan ekan. Men o‘sha yerdagi tanishimdan nima gapligini surishtirdim.

— Shohimiz tashrif buyurdi, — deydi u. — Biz uning yetakchiligida arablar ustiga yurish qilamiz — ularni fath etamiz.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:23:52
So‘ng tanishimning ayvonida tunab qoldim. Tongda turib bomdod o‘qidim. Quyosh chiqqanida ular tomonda yana chang-to‘zon ko‘tarildi. Qarasam, boshi ustida rayhon qubbasi o‘rnatilgan bir kishi atrofida yahudiylar daf chalib o‘yinga tushishyapti. Men haligi odamning Ibn Sayyod ekanini ko‘rib qoldim. U shaharga kirdi va qaytib chiqmadi» (u Qiyomatgacha qaytib chiqmaydi).

Ibn Hajar aytadi: «Abdurahmon ibn Hassonni (hadis roviylaridan biri) bilmayman, qolgan roviylar ishonchli kishilar» («Fathul Boriy»dan).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:24:14
Nuaym ibn Hammod fikri

Ibn Hajar aytadi: «Buxoriyning shayxi Nuaym ibn Hammod «Fitnalar» kitobida Dajjolga va uning chiqishiga taalluqli hadislarni rivoyat qilgan.

Kitobdan Jubayr ibn Nozir, Shurayh ibn Ubayd, Amr ibn Asvod va Kasir ibn Murralarning quyidagi so‘zi keltirilgan:

«Dajjol inson emas. U Yaman orollaridan birida yetmish halqa bilan kishanband qilingan shaytondir. Dajjol chiqqanida oldiga urg‘ochi eshagi keladi. Uning (eshakning) ikki qulog‘i orasi qirq ziro’ bo‘ladi. Eshagi ustiga misdan yasalgan minbar o‘rnatadi. So‘ng uni minib oladi. Dajjolga jin qabilalari ergashadi. Unga yer xazinalarini chiqarib berishadi».

Ular so‘ziga binoan Ibn Sayyodning Dajjol bo‘lishi mumkin emas. Bu ishonchli kishilar, garchi rostgo‘y-ishonchli bo‘lsalar-da, yuqoridagi gapni biron ahli kitobdan olishgan bo‘lishi ehtimol» (Ibn Hajar sharhi tugadi).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:24:33
Ibn Hajar mazkur to‘rt ishonchli kishining «Dajjol inson emas, shayton», degan so‘zini inkor qilyapti. Ibn Hajarning hujjati shuki, agar ularning gapi tasdiqlanadigan bo‘lsa, Ibn Sayyodning Dajjol ekani tasavvurga sig‘may qoladi (ya’ni Ibn Sayyod Dajjol bo‘lmaydi). Lekin bu inkor g‘ayri maqbuldir.

Chunki Dajjol inson emas, shayton, degan so‘z Dajjolning mutlaqo inson emasligini va uning to‘la-to‘kis jinlarga mansubligini anglatmaydi. Ehtimol, ular xuddi Ibn Vasif sharhlagani kabi Dajjolni ins va jin o‘rtasidagi aralash maxluq demoqchidirlar.

Tarixchi Ibn Vasif aytadi: «Dajjol Shaqning (mashhur folbin) o‘zi. Onasi jinlardan bo‘lgan. (Shaqning) otasini yaxshi ko‘rib qolib, undan farzand ko‘rgan...»

(Bu yerda Ibn Hajarning yuqoridagi gaplari takrorlangan).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:24:51
Har nima bo‘lganda ham, menimcha — yana tag‘in Allohning o‘zi bilguvchiroq — Dajjol insu jin o‘rtasidagi bir maxluq yoki aniq jin-shaytonmi, bilmadimu, lekin uning inson (jinga aloqasiz inson) emasligi aniq. Dajjol sifatlari, fitnalari, hatto o‘ziga ishongan mo‘minni ham aldab-fitnalab qo‘yishi, vaholanki, u qabih ko‘rinishli, bir ko‘zli maxluq edi va boshqa shu kabi insonga ta’sir qilish kuchlari faqat jin-shaytonda yoki shayton bilan ashaddiy kofir qo‘shiluvida hosil bo‘lgan. Aralash maxluqda shunday bo‘lishi mumkin, xolos.

Alloh taolo O‘z fazli karami ila bizni dunyo fitnalaridan, qabr va oxirat azobidan omon saqlasin. Omiyn.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:25:08
Dajjolning jin-shayton  yoki insu jin hosilasi ekaniga dalillar

a) Buxoriy va Muslim Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi:

68. «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) hayotining oxirgi kunlarida biz bilan xufton namozini o‘qidilar. Salom berganlaridan so‘ng  shunday dedilar: «Mana shu kechangizni ko‘ryapsizmi? Shu kechadan boshlab yuz yil o‘tgach, bugun yer yuzida bo‘lgan biron kishi (tirik) qolmaydi» (Muttafaqun alayh).

Yaman orollaridan birida kishanlanib yotgan Dajjolning inson emas, jin-shayton yoki ins-jin hosilasi ekaniga mazkur hadis ochiq dalildir. Agar u inson bo‘lganida, 110 yilgacha o‘lgan bo‘lar edi. Bir qancha hadislarda  uning to oxir zamongacha tirik bo‘lishi rivoyat etilgan. Bu ham Dajjol haqidagi yuqorida aytilgan fikrlarni tasdiqlaydi;
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:25:39
b) Dajjolning bir orolda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) zamonlaridan beri to bugungi kungacha hech narsa yemay-ichmay tutqunlikda yashashi ham uning inson emasligini ko‘rsatadi. Uning taomlangani haqida hech nima deyilmagan. Vaholanki, u hayot. Axir bu hol inson xususiyatlaridan emas. Endi Dajjolning ko‘zlardan yashirin bo‘lishini oling. Uni Tamim Doriydan so‘ng hali hech kim ko‘rgani, ko‘ra olgani yo‘q. Qizil dengiz bo‘yidagi barcha orollar kashf qilingan bo‘lsa-da, hanuz Dajjolning ko‘zga ko‘rinmasligi ham Nuaym ibn Hammod rivoyat etgan ishonchli kishilar so‘zini qo‘llab-quvvatlovchi dalildir. Vallohu a’lam;
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:26:05
v) Ibn Sayyodning Abu Said Xudriyga aytgan quyidagi so‘zlari Dajjolning sof inson bolasi emasligiga eng katta dalil hisoblanadi:
— Allohga qasamki, — dedi Ibn Sayyod, — men uning (ya’ni, Dajjolning) o‘zini ham, tug‘ilishini ham va hozir qaerda ekanini ham bilaman» (Muslim rivoyati).

Ibn Sayyodning bu so‘zi o‘zining  Dajjolligiga iqrori desak ham bo‘ladi. Chunki u katta-katta sahobalar bexabar bo‘lgan Dajjolga tegishli xabarlarni bilishini aytyapti. Unga jin-shaytoni o‘rgatgan deyish noto‘g‘ri. Ibn Sayyodning Alloh nomiga qasam ichishi Dajjol sifatlarini g‘aybiy eshitib bilishga emas, aynan ko‘rib — shohidi bo‘lib bilishiga dalolat qiladi. Aslida sahobalar ham Dajjolning sifatlari orqali yaxshi bilar edilar. Lekin Ibn Sayyod bundan yuqori darajadagi daxldorlikni da’vo qildi: «Uning tug‘ilishini bilaman!»
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:26:26
Ibn Sayyodning bu so‘zini ikki xil tushinish mumkin: Ibn Sayyod Masih Dajjolning birinchi, ya’ni, orolga zanjirband qilinishidan oldingi tug‘ilishini nazarda tutgan.

So‘ng tug‘ilajak joyini aytgan. Bu oxir zamonda bo‘ladi. Uning oxir zamonda tug‘iladigan o‘rni Misr yurtidagi Qavs degan makon:

Buxoriyning shayxi Nuaym ibn Hammod Ka’bul Ahbordan rivoyat qiladi: «Dajjolni onasi Misrdagi Qavs degan joyda tug‘adi».

«Uning tug‘ilishi bilan chiqishi orasi o‘ttiz yil bo‘ladi. Dajjol haqida na Tavrot va na Injilda hech qanday xabar nozil qilinmagan. Faqat ba’zi payg‘ambarlar kitobida bor».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:30:02
Imom Ibn Hajar mazkur asar (sahobiy so‘zi)ni sahih hadisga zid degan hujjat bilan inkor qilgan. Hadisda hamma payg‘ambarlarning o‘z qavmini Dajjoldan ogohlantirgani aytilgan. Yana uning (Dajjolning) chiqishidan o‘ttiz yil ilgari dunyoga kelishi ham «Ibn Sayyod — Dajjol» degan fikrga, Dajjolning qaysi bir orolda zanjirband ekaniga to‘g‘ri kelmaydi».

Lekin Ibn Hajar ko‘rsatgan sabablar Ka’bul Ahbor rivoyatini zaifga chiqarmaydi. Chunki Dajjol haqida Tavrotu Injilda hech narsa nozil qilinmagan bo‘lsa, bu hol Muso va Iso alayhissalomlarning qavmini Dajjoldan ogohlantirmaganini ang-latmaydi.

Shuningdek, Dajjolning Misr qishloqlaridan birida tug‘ilishi ham Ibn Sayyodning Madinada tug‘ilganiga, uning Yaman dengizi orollaridan birida zanjirband qilinganiga zid emas. Chunki bu Dajjolning jin-shayton yoki insu jin hosilasi ekanini tasdiqlaydi. Demak, uning holati hatto hukmlari insonlar ahvol-ahkomidan to‘la farq qiladi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:30:25
Alloh taolo Dajjolga shunday imkoniyatlarni bergan bo‘lishi mumkin. Shu bois uzoq bir orolda zanjirband holda turib, so‘ng yahudiy oilasida yana qaytadan tug‘ila oladi.

Demak, uning yahudiy otasi nomigagina ota. Ibn Sayyod o‘n ikki oy (to‘qqiz oy emas!) ona qornida yotdi va tug‘ilganida xuddi bir yashar go‘dakdek chinqirib yig‘ladi. So‘ng Harra kunida birdan g‘oyib bo‘lib qoldi-da, Isbahon yahudiylari orasida paydo bo‘ldi. Yahudiylar uni tanidilar. Atrofida daf-doiralar chalib raqsga tushishdi. Keyin bu yerdan ham yo‘qolib qoldi. Biron kishi uni ko‘rdim, ham demadi.

Agar yuqoridagi gaplar sahih deb topilsa, Dajjolning yana bir bor Qavsdagi yahudiy oilasida dunyoga kelishi unchalik g‘ayrioddiy bo‘lmaydi. Tug‘ilganidan so‘ng o‘ttiz yil o‘tgach, dunyoga Dajjol bo‘lib chiqadi. Vallohu a’lam!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:30:44
g) biz Ibn Sayyodning shaytonligiga uning quyidagi so‘zlarini ham dalil qilib ko‘rsatishimiz mumkin.

«Ibn Sayyod Abu Said Xudriyga (r.a.) dedi:
— Allohga qasamki, men uning (ya’ni Dajjolning) hozir qaerdaligini ham, ota-onasini ham bilaman» (Muslim rivoyati). Ibn Sayyod: «Dajjolning hozir qaerdaligini bilaman», deganida uning uzoq bir orolda kishanlanib yotganini aytayotgani yo‘q. Chunki, buni sahobalarning o‘zlari ham yaxshi biladi.

Bu yerda Ibn Sayyod ko‘proq o‘zini nazarda tutgan va ushbu taxminimizga Abu Saidning quyidagi so‘zlari ham dalolat qiladi: «U meni shubhalantirib qo‘ydi».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:31:11
Yana bir dalil: «Ibn Sayyoddan so‘rashdi:
— O‘sha kishi (ya’ni, Dajjol) bo‘lib qolishni xohlarmiding?
— Agar menga taklif qilinsa, yomon ko‘rmasdim (yo‘q demasdim), — javob berdi Ibn Sayyod».
«Men uning ota-onasini ham bilaman!»
So‘z zohiriga ko‘ra, Ibn Sayyod o‘zining haqiqiy jin-shayton ota-onasini nazarda tutgan deyish mumkin. Biz bu haqda avvalroq ham gapirib o‘tgan edik.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:31:38
*  *  *

Savol: Dajjol Isbahondan chiqadi va unga yetmish ming yahudiy ergashadi (39-raqamli hadis), deyildi. Ka’bul Ahbor rivoyatida esa, uning Misrdagi Qavs degan joyda tug‘ilishi aytilgan. Bu ikki rivoyat bir-biriga zid emasmi?

Javob: Biz Ka’b rivoyatini sahih deb topadigan bo‘lsak, unda Dajjol Misrda tug‘ilib, Isbahondan chiqadi va unga shu yerlik yetmish ming yahudiy ergashadi. Axir Ibn Sayyod ham Madinada tug‘ilib, Isbahonga qochmaganmidi?! Uning Isbahonda qaerga yashiringanini hech kim bilmay qolgan edi-ku!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:32:05
Savol: Dajjolning Payg‘ambar zamonida Ibn Sayyod bo‘lib gavdalanishini qanday tushinmoq kerak? Bu yerda qanday hikmat bor?

Javob: Biz Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) faqat ochiq bir yetkazguvchi ekanliklarini, hech kimni o‘z ixtiyorlaricha hidoyatga yo‘llay olmasliklarini yaxshi bilamiz va bunga iymon keltiramiz. Shuningdek, shayton ham garchi hech kimni o‘zicha zalolatga botirib yubora olmasa-da, insonlarga gunoh-ma’siyatlarni imkon qadar chiroyli qilib, ziynatlab ko‘rsatuvchi xolos. Alloh taolo Muhammad alayhissalom ashoblarini shu Dajjol bilan imtihon qiladi. Toki iymoni kuchli zotlar o‘z iymonlarida yana-da kuchli o‘rnashsinlar! Qalblarida munofiqlik kasali bor kimsalar imtihondan yiqilib halokatga yuz tutsin!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:32:34
*  *  *

Agar siz Ibn Sayyod haqidagi hadislarni diqqat bilan o‘rganib chiqsangiz, uning tug‘ilishi payg‘ambarlik zamoniga juda yaqin bo‘lganini ko‘rasiz. Ibn Sayyodning yashirin tarixi esa musulmonlar boshiga eng katta sinov-balo tushgan kunlarga to‘g‘ri keldi. O‘sha kuni hijrat hovlisi ansorlar yurti — Madinaga Shom qo‘shini bostirib kirdi va u yerda turli xunuk ishlarga qo‘l urdi.

Ibn Sayyod mana shu kuni — Harra kunida g‘oyib bo‘lgan.

Guyo Ibn Sayyod bu kunni ataylab kutganga o‘xshaydi. Musulmonlar boshiga fitna balosi ag‘darilganini ko‘rib, qalbi bir oz orom oldi va shu bilan kifoyalanib, ko‘zdan yo‘qoldi. Vallohu a’lam!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:33:04
Men hadislarni ko‘zdan kechirar ekanman, yana bir bor Umar (r.a.) qasamlarini ko‘nglimda tasdiqlayman. Darvoqe, Abdulloh ibn Umar, Jobir ibn Abdulloh, Abu Zar G‘iforiy va Abdulloh ibn Mas’udlar ham Umar (r.a.) bilan bir xil fikrda bo‘lishgan.

Dajjol Qizil dengiz bo‘yidagi orollardan birida kishanlab qo‘yilgan. Dajjol Ibn Sayyod qiyofasida Madinaga «tashrif buyurgan». Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) yuborilgan o‘sha vaqtlarda u ham payg‘ambarlik da’vosi bilan chiqdi. Ashobi kiromlarni fitna domiga tortishga urindi. Lekin Alloh taolo mo‘minlarni uning yomonligidan omon saqladi. Dajjol Islom g‘olib bo‘lgach, boshqa yahudiylar kabi shahardan quvilmaslik uchun o‘zini musulmon qilib ko‘rsatdi. Musulmonlar orasiga fitna urug‘ini sochishda uning qanchalik xizmat ko‘rsatgani yolg‘iz Allohga ayon! Usmonning (r.a.) o‘ldirilishidan boshlab Harra kuniga qadar barchasi uning fitnalaridir. So‘ng u Harra kunida izsiz yo‘qoldi.

Mazkur dalillarga suyanib men ana shunday xulosaga keldim. Yana Allohning O‘zi bilguvchiroqdir!
Butun olamlar Parvardigoriga hamdlar bo‘lsin!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:34:11
To‘rtinchi fasl

Iso alayhissalom
Iso alayhissalomning tushishlari

«Har bir ahli kitob o‘limi oldidan unga (Isoga) albatta iymon keltirur. Qiyomat kunda esa, u bularning zarrariga guvoh bo‘lur» (Niso, 159).

Iso alayhissalom hozir hayotlar.

«Yana kofirliklari va Maryam xususida ulug‘ bo‘hton qilganliklari sababli hamda Allohning payg‘ambari bo‘lgan al-Masih Iso binni Maryamni «bizlar o‘ldirganmiz» degan so‘zlari sababli (Biz ularni la’natladik). Holbuki ular uni o‘ldirganlari ham, osganlari ham yo‘q. Faqat ular uchun (boshqa birov Isoga) o‘xshatib qo‘yildi, xolos. Albatta, Iso haqida talashib-tortishgan kimsalar uning (o‘ldirilgan-o‘ldirilmagani) haqida shubhada qolganlar. Balki uni Alloh O‘z huzuriga ko‘targandir. Alloh qudrat va hikmat egasi bo‘lgan zotdir. Har bir ahli kitob o‘limi oldidan unga (Isoga) albatta iymon keltirur. Qiyomat kunda esa u bularning zarrariga guvoh bo‘lur» (Niso, 157-159).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:34:43
«Ey ahli kitob, (Isoni xudo deyish bilan) diningizda haddingizdan oshmangiz! Alloh sha’niga esa faqat haq gapni aytingiz! Albatta, al-Masih Iso binni Maryam faqat Allohning payg‘ambari va Uning Maryamga yetkazgan so‘zi hamda uning tomonidan bo‘lgan ruh (sohibidir), xolos. Bas, Alloh va Uning payg‘ambarlariga iymon keltiringiz! «(Tangri) uchta (ya’ni Alloh, Maryam va Iso uchalalari ham tangrilardir)» demangiz! (Bunday botil e’tiqoddan) to‘xtangiz, shunda o‘zingiz uchun yaxshi bo‘lur. Hech shak-shubhasiz Alloh yakka-yagonadir. U farzandlik bo‘lishdan pok zotdir. Osmonlardagi va yerdagi bor narsa Unikidir. Allohning o‘zi yetarli vakildir» (Niso, 171).

Ibn Jarir at-Tabariy Niso surasining 159-oyati tafsirida bir qancha sahobiy va tobe’inlar so‘zlarini keltirib, oxirida shunday deydi:

«Har bir ahli kitob o‘limi oldidan unga (Isoga) albatta iymon keltirur» (Niso, 159). Mazkur so‘zlarning eng sahihi birinchisidir. Ya’ni, Iso alayhissalom yer yuziga qaytib tushganlaridan so‘ng, albatta, har bir ahli kitob Iso o‘lmaslaridan ilgari u Zotga iymon keltiradi. U Zotga iymon keltirmagan bironta ahli kitob qolmaydi» (Ibn Jarir so‘zi tugadi).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:35:29
Ibn Kasir aytadi: «Ibn Jarir so‘zi shubhasiz haq. Chunki yahudiylarning Isoni o‘ldirdik, osdik degan da’volari hamda nodon nasorolarning bu bo‘htonni qabul qilishlari botil-no-to‘g‘ri ekanini ta’kidlashdan murod ham shu edi. Ular Iso alayhissalomni o‘ldirmaganlar. Alloh taolo Isoni samoga ko‘tardi va u zot sog‘-omon hayotdirlar. Isoni o‘ldirmoqchi bo‘lgan kimsalar ko‘ziga boshqa birov Iso alayhissalom qilib ko‘rsatildi. Ular o‘sha kishini Iso gumon qilib o‘ldirdilar. Iso alayhissalom Qiyomat oldidan yerga tushadilar. Mutavotir hadislarda ta’kidlanganidek, Masihi Dajjolni o‘ldiradilar, xochni sindiradilar, xinzir (to‘ng‘iz)ni ham o‘ldirib, jiz’yani tugatadilar. Ya’ni, barcha din egalari faqat Islomni qabul qiladi. Aks holda (endi jiz’ya emas) qilich masalani yechib beradi».

— Barcha ahli kitob u Zotga iymon keltiradi. Ularning birontasi ham Isoni tasdiqlamasdan qolmaydi.

Alloh taolo aytadi: «Har bir ahli kitob o‘limi oldidan (ya’ni Isoga) albatta iymon keltirur».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:36:32
Ya’ni, Iso alayhissalom o‘limlari oldidan u Zotga iymon keltiradi. Yahudiylar va ularga hamfikr nasorolar Isoni o‘ldirilgan va osilgan deb yuribdilar.

«Qiyomat kunida esa u bularning zarrariga guvoh bo‘lur».

Ya’ni, samoga ko‘tarilishlaridan oldin va yerga tushganlaridan keyin ko‘rgan ularning yomon ishlariga guvohlik beradi» (Ibn Kasir so‘zi tugadi).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:37:09
Anusiy «Ruhul ma’oniy»da yozadi: «Oyatdagi har ikkala zamir Iso alayhissalomga tegishli deyilgan (Ya’ni, (Isoning) o‘limi oldidan, unga (Isoga) iymon keltiradi). Ushbu ma’nodagi so‘z-tafsir Ibn Abbos (r.a.), Abu Molik, Hasan, Qatodalardan ham rivoyat qilingan. Tabariy ham shuni ixtiyor etgan. Ya’ni, Iso alayhissalom tushganlarida yer yuzida mavjud barcha ahli kitob o‘limlari oldidan u Zotga iymon keltiradi. O‘sha kunga kelib, dinlar bitta dinga aylanadi» (Anusiy so‘zi tugadi).

Lekin ba’zi mufassirlardan — ular orasida Ibn Abbos ham bor — sahih sanad bilan boshqacharoq tafsir ham vorid bo‘lgan. Ya’ni, Iso alayhissalomga iymon keltirmay turib (bironta) yahudiy o‘lmaydi».

Har ikkala tafsir to‘g‘ri. Ular bir-birini inkor qilmaydi. Zero, haq ahli quyidagi haqiqat qarshisida bir xil fikrdalar:

Har bir bandaga o‘limi oldidan bilmagan (tushunmagan) narsasi oydinlashadi va u shunda iymon keltiradi. Lekin u vaqtdagi iymon kishiga hech qanday foyda bermaydi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:37:47
«Na gunoh ishlarni mudom qilib yurib, qachonki, birovlariga o‘lim kelganida, «endi tavba qildim», deydigan va na kofir holida o‘lib ketadigan kimsalarning tavbalari qabul qilinur» (Niso, 18).

Demak, oyati karimani quyidagicha tushunmog‘imiz joiz ekan. Barcha ahli kitob — xoh o‘zlarining o‘limlari oldidan bo‘lsin, xoh Iso alayhissalom tushganlarida u Zotning o‘limlari oldidan — albatta, Isoga iymon keltiradilar. O‘shanda barcha dinlar bitta Islom diniga aylanadi.

Bu ahli sunnat o‘rtasida ittifoq qilingan tafsirdir. Allohga behad hamdlar bo‘lsinkim, Iso alayhissalomning tushishlari va u zot Masih Dajjolni o‘ldirishlari mutavotir hadislarda rivoyat qilingan.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:38:17
Iso alayhissalomning tushishlari haqidagi hadislar

69. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, sizlarning orangizga Ibn  Maryamning tushishi yaqin qoldi. U adolat bilan hukm qiladi, xochni sindiradi, xinzir (to‘ng‘iz)ni o‘ldiradi va jiz’yani tugatadi. Mol-dunyo shu darajada ko‘payib ketadiki, hatto uni hech kim qabul qilmay qo‘yadi. Kishiga dunyoyu undagi bor narsadan bitta sajda yaxshiroq bo‘lib qoladi».

So‘ng Abu Hurayra: «Xohlasangiz, (ushbu oyatni) o‘qingiz: «Har bir ahli kitob o‘limi oldidan unga, albatta iymon keltirur. Qiyomat kunida esa, u bularning zarariga guvoh bo‘lur» (Niso, 159-oyat), dedi (Buxoriy va Muslim rivoyati. Hadis lafzi Buxoriyniki).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:38:52
70. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Iso ibn Maryam tushib, xinzirni o‘ldiradi, xochni yo‘qotadi. Namoz unga (uning imomligiga) jamlanadi. Mol-dunyoni (kishi) qabul qilmay qo‘yadi. Xirojni to‘xtatadi. Ravhoga tushib, u yerdan haj yoki umra qiladi. Yoki har ikkisini jam qiladi» (Imom Ahmad sahih sanad bilan rivoyat qilgan).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:39:22
71. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Orangizga Ibn Maryam tushsa va sizlarga imom bo‘lsa, qanday holga tushasizlar...»

Boshqa bir rivoyatda: «Sizlarga imomlik qilsa», deyilgan.
Ibn Abu Zi’b so‘radi:
— «Sizlarga imomlik qilsa» nima degani ekanini bilasizmi?
— O‘zingiz meni xabardor qiling, — dedim.
— Bu «Sizlarga Parvardigoringiz kitobi va payg‘ambaringizning sunnati ila boshchilik qilsa», deganidir! (Muslim rivoyati)
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:39:52
72. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Payg‘ambarlarning otasi bitta, onalari boshqa-boshqadir. (Ya’ni, iymon bir, shariatlar xilma-xil). Dinlari bir. Men Iso ibn Maryamga eng haqli insonman. Chunki o‘rtamizda boshqa payg‘ambar o‘tmagan. Albatta, u tushadi. Uni ko‘rgan chog‘ingizda, taningizlar. U o‘rta bo‘ylik, oq-qizilga moyil inson. Ustida oq-sariq kiyim-bosh bo‘ladi. Garchi suv tegmagan bo‘lsa-da, boshidan tomchilab turganga o‘xshaydi. Iso xochni parchalaydi, to‘ng‘izni o‘ldiradi, jiz’yani bekor qiladi va kishilarni Islomga chaqiradi. Alloh taolo uning zamonida Islomdan o‘zga barcha millatlarni halok qiladi, Masih Dajjolni o‘ldiradi. So‘ng yer yuzida tinchlik-omonlik hukm suradi. Hatto, sherlar tuyalar bilan, yo‘lbarslar sigirlar bilan, bo‘rilar qo‘ylar bilan birga yuradi. Bolalar ilonlar bilan o‘ynaydi. Ular bolalarga ziyon-zahmat yetkazmaydi. Iso qirq yil yashab, so‘ng vafot etadi. Uning janozasini musulmonlar o‘qiydi» (Imom Ahmad sahih sanad bilan rivoyat qilgan).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:40:16
73. Nuvos ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir kuni ertalab Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bizga Dajjol haqida gapirdilar. Uni yomonlab, haqir ekanini aytdilar, fitnasining xatarli bo‘lishini hikoya qildilar. Biz (Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) gaplaridan keyin) Dajjolni Nahl toifasidan chiqsa kerak deb o‘ylab qoldik. Kechqurun Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga qaytganimizda Payg‘ambar alayhissalom yuzimizdan mana shu ma’noni uqdilar.
— Sizlarga nima bo‘ldi, — deb so‘radilar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam).
— Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), — dedik biz, — ertalab Dajjol haqida gapirdingiz. Uning haqirligini ham, fitnasining xatarli ekanini ham aytdingiz. Biz uni Nahldan chiqsa kerak deb o‘ylab qoldik.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:40:46
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) dedilar:
— Sizlarni o‘ylab (Dajjol emas), boshqa narsa meni xavotirga solyapti. Agar u (ya’ni, Dajjol) men orangizda ekanimda chiqsa, o‘zim sizlarning qarshingizda turib, hujjat keltiruvchi bo‘laman. Agar mening yo‘qligimda chiqsa, unda har kim o‘ziga o‘zi hujjat keltiruvchi bo‘ladi. Barcha musulmon ustida Alloh xalifadir! U (Dajjol) sochi jingalak, ko‘zi so‘nuk bir yosh. Men uni Abdul Uzzo ibn Qattonga o‘xshataman. Qay biringiz Dajjolga yetsa, unga Kahf surasining boshlarini o‘qisin. Dajjol Shom bilan Iroq oralig‘idagi bir joydan chiqadi. O‘ngu so‘lga fasod tarqatishga kirishadi. Ey Allohning bandalari, sobitqadam bo‘lingiz!
— Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)! U yer yuzida qancha vaqt turadi, — deb so‘radik.
— Qirq kun, — dedilar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam). — Bir kuni yildek, yana bir kuni oydek, yana bir kuni haftadek bo‘ladi. Qolgan kunlari odatdagi kunlaringiz kabidir.
— Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), o‘sha yildek bo‘ladigan kunda bir kunlik namoz bizga kifoyami?
— Yo‘q. Uning miqdorini belgilanglar.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:41:04
— Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), Dajjolning yer yuzida tezligi qanday bo‘ladi?
— U xuddi shamol haydayotgan yomg‘irdek (bulutdek) yuradi. Bir qavmning oldiga kelib, da’vat qiladi. Qavm Dajjolga iymon keltirib, da’vatiga ijobat qiladi. Dajjol osmonga buyurib, yomg‘ir yog‘diradi, yerga buyurib, o‘simlik o‘stiradi. Qavmning mol-hollari kechqurun qorinlari o‘tga, yelinlari sutga to‘lib qaytadi. So‘ng Dajjol yana boshqa bir qavm oldiga keladi. Bu qavm uning da’vatini qabul qilmaydi. Dajjol ularning oldidan ketadi. Qavm bor-budidan ayrilgan holda tong ottiradi. Ularning qo‘lidan hech narsa kelmaydi. Dajjol bir xaroba yonidan o‘tayotib unga: «Xazinalaringni chiqar», deya buyruq beradi. Shunda xuddi arilar o‘z boshliqlarining atrofiga yig‘ilganidek, xaroba xazinalari uning oldiga to‘planadi. So‘ngra Dajjol bir yosh yigitni da’vat qiladi. Haligi yigitni qilich bilan urib, qoq ikkiga bo‘lib tashlaydi. Keyin uni (bo‘laklangan yigitni) chaqiradi. Yigit unga yuzlanadi. Yuzi yorishib kulib yuboradi. Mana shu paytda Alloh taolo Masih ibn Maryamni yuboradi. Ibn Maryam ikki sariq libosda sharqiy Damashqning oq minorasi yoniga ikkala kaftini ikki malak qanotiga qo‘yib tushadi. U boshini egsa, (suv tomchilari) tomchilaydi. Boshini ko‘targanida esa undan misli kumushdek qatralar sochiladi. Isoning nafasini sezgan kofir o‘lmay qolmaydi. Uning nafasi nigohi yetgan joyga yetadi. Iso ibn Maryam Dajjolni Lud darvozasi yonida quvib yetib o‘ldiradi. So‘ng Iso alayhissalom Alloh (Masih fitnasidan) ma’sum saqlagan qavm oldiga keladi. Ularning yuzini mash etadi va jannatda erishajak darajalari haqida so‘zlab beradi. Shunda Alloh taolo Iso alayhissalomga quyidagicha vahiy qiladi: «Darhaqiqat, men shunday bir bandalarni chiqardimki, hech kim ularni o‘ldirishga qodir emas. Bandalarimni Tur tog‘iga olib chiqib ket». So‘ngra Alloh taolo Ya’juj va Ma’jujlarni yuboradi. Ular har bir tepalikdan bosh ko‘taradilar. Ya’juj va Ma’jujlarning avvalidagilar Tabariya ko‘li yonidan o‘tayotib, uning suvini ichib qo‘yadi. Oxiridagilar ko‘l oldiga kelib: «Ko‘lda suv bor edi», deyishadi. Ular Iso alayhissalom va uning ashoblarini o‘rab olishadi. Shunda Iso ashoblariga hatto ho‘kizning boshi bugun sizlardagi yuz dinordan ham yaxshiroq bo‘lib qoladi. Iso va ashoblari Allohga iltijolar qilishadi. Alloh taolo Ya’juj va Ma’jujlarning bo‘yinlariga qurt tushiradi. Tonggacha hammalari xuddi bir kishining o‘limidek o‘ladilar. So‘ng Iso alayhissalom va ashoblari pastga tushishadi. Pastlikdagi har bir qarich yer ularning badbo‘y hidlari bilan to‘lgan bo‘ladi. Iso alayhissalom va ashoblari yana Allohga yolvoradilar. Alloh taolo tuya bo‘ynilaridek (katta) qush(lar)ni yuboradi. Qushlar Ya’juj va Ma’jujlar jasadini ko‘tarib, Alloh xohlagan joyga tashlab qaytadilar. So‘ng Alloh taolo bir yomg‘irni yuboradi. Undan na shahar va na qishloqdagi uy omon qoladi. Bu yomg‘ir yerni oynadek yuvib ketadi. So‘ng yerga amr qilinadi:
— Mevalaringni chiqar! Barakotlaringni qaytar!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:41:33
O‘sha kuni bir jamoat anor yeb, uning po‘stlog‘ida soyalanadi. Alloh taolo sutga barakot ato etadi. Hatto bitta tuyaning suti bir jamoatga yetadi. Xuddi mana shu holatda Alloh taolo xushbo‘y shamol yuboradi. Bu shamol ularni o‘z bag‘riga oladi va Alloh taolo barcha mo‘min-musulmonlarning jonini qabz etadi. Yer yuzida faqat eng yomon kishilar qoladi. Ular odamlar ko‘z o‘ngida xuddi eshaklardek ayollariga sakraydilar (yaqinlik qiladilar). Ana o‘shalar ustiga Qiyomat qoyim bo‘ladi» (Muslim rivoyati).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:42:22
74. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Ummatimda Dajjol chiqib qirq muddat turadi (kun, oy yoki yilligini bilmayman). Alloh taolo Iso ibn Maryamni yuboradi. U Urva ibn Mas’udga o‘xshab ketadi. Iso Dajjolni izlab topib o‘ldiradi. So‘ng kishilar yetti yil yashaydilar. Mana shu muddatda ikki kishi o‘rtasida (ham aslo) adovat bo‘lmaydi. Keyin Alloh taolo Shom tomondan salqin shamolni yuboradi. Bu shamol yer yuzida qalbida zarra misqolicha yaxshiligi yoki iymoni bor bironta ham kishini qoldirmasdan jonini oladi. Hatto birontangiz tog‘ning o‘rtasiga kirib olsa, uning oldiga ham kirib jonini oladi. Yerda yaxshilikni bilmaydigan, yomonlikdan qaytarmaydigan yomon kimsalar qoladi» (Muslim va Nasoiy rivoyati).

Muddat borasidagi ikkilanish Abdulloh ibn Amr tarafidan bo‘lsa kerak. Chunki boshqa sahih hadislarda Dajjolning qirq kun turishi aniq aytilgan.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:43:45
75. Mujma ibn Joriyadan (r.a.) rivoyat qilinadi: Men Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) shunday deganlarini eshitganman: «Iso ibn Maryam Dajjolni Lud darvozasi yonida o‘ldiradi» (Imom Ahmad sahih sanad bilan rivoyat qilgan).

76. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: «Ummatimdan bir toifa haq himoyasida jang qilib, to Qiyomat kuniga qadar zohir bo‘lib turadi. So‘ng Iso alayhissalom tushadi. Shunda musulmon toifaning amiri unga: «Keling, bizga (imom bo‘lib) namoz o‘qib bering», deydi. Iso aytadi: «Yo‘q, sizlar o‘zlaringiz bir-biringizga amirdirsiz».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:44:58
«Bu Allohning mana shu ummatga ko‘rsatgan fazlu karamidir» (Muslim rivoyati).

Olimlar aytadilar: «Bu hol Isoning endi tushgan vaqtiga taalluqli. Keyin esa musulmonlarga, albatta, Isoning o‘zi imomlik qiladi. Ibn Moja rivoyat etgan boshqa bir hadisda shunday deyiladi: «O‘zing oldinga chiqib namozni boshlayver, — deydi Iso musulmonlar amiriga, — hozir sen uchun iqomat aytildi». Rojih (to‘g‘riroq) gap shuki, aynan o‘sha kuni musulmonlarga Mahdiy — Muhammad ibn Abdulloh imom bo‘ladi. Vallohu a’lam.

Hadis zohiridan ko‘rinib turibdiki, yer Qiyomatga qadar solih bandalardan xoli bo‘lmas ekan. Ular o‘zlari aniq ishonadigan haqiqatning himoyasi uchun jang qiladilar.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:46:44
Iso alayhissalom sifatlari

Yuqorida keltirilgan hadislarda Iso alayhissalomning ushbu sifatlari sanab o‘tildi:
— uni ko‘rgan chog‘ingizda taningizlar. U o‘rta bo‘yli, oq-qizilga moyil inson. Ustida ochsariq kiyim-bosh (ikki libos). Garchi suv tegmagan bo‘lsa-da, boshidan (suv) tomchilab turganga o‘xshaydi;

— Ibn Maryam ikki sariq libosda sharqiy Damashqning oq minorasi yoniga ikkala kaftini ikki malak qanotiga qo‘yib tushadi. U boshini egsa, (suv tomchilari) tomchilaydi. Boshini ko‘targanida esa undan misli kumushdek qatralar sochiladi. Isoning nafasini sezgan kofir o‘lmay qolmaydi. Uning nafasi nigohi yetgan joygacha yetadi.

Navaviy aytadi: Qozi Iyoz bu jumlani zohiriga ko‘ra olgan. Ya’ni, Iso alayhissalom nafasini sezgan kofir til tortmay o‘ladi. Uning (Isoning) nafasi esa, nigohi qanchalik uzoqqa yetsa, shuncha masofaga yetadi...
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:47:38
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Isro kechasida Muso alayhissalomni uchratdim...»

Payg‘ambar alayhissalom Musoning sochi jingalak ekanini aytib, uni Shanua qabilasining kishilariga o‘xshatdilar.

«So‘ng Isoni uchratdim. U o‘rta bo‘yli, xuddi (hozirgina) hammomdan chiqqan kishidek qip-qizil... Va Ibrohim alayhissalomni ko‘rdim. Unga bolalarining ichida eng ko‘p o‘xshaydigani menman» (Muttafaqun alayh).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:48:24
Demak, Iso alayhissalom yuqorida tavsiflangan ko‘rinishda bo‘lgan. Inshaalloh, risolamizning to‘rtinchi faslida yana shu mavzuga qaytamiz.

«Musulmonlar jangga hozirlik ko‘rib, saflarini tiklayotgan paytlarida namoz vaqti bo‘lib qoladi. Shunda Iso alayhissalom tushadilar va musulmonlarga imomlik qiladilar. Iso alayhissalomni ko‘rgan Allohning dushmani — Dajjol xuddi suvga tashlangan tuzdek eriydi. Agar unga (Iso) tushmaganida, erib halok bo‘lardi. Lekin Alloh taolo uni Iso alayhissalom qo‘li bilan o‘ldiradi. (Ibn Maryam) musulmonlarga Dajjolning qonini nayzasida olib ko‘rsatadi» (Muslim rivoyati).

«Agar unga (Iso) tushmaganida, erib halok bo‘lardi».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:51:17
Bu jumla yuqorida aytilgan ma’noni yana-da ta’kidliroq suratda ifodalagan. Ya’ni, Iso nafasi yetgan kofir aslo tirik qolmaydi.

Endi Iso alayhissalomning imomlik qilishlari masalasi haqida. Yuqorida Iso alayhissalom imomlikka o‘tmasdan: «Siz o‘tavering», deb musulmonlar amirini oldinga chiqarganlari aytilgan edi. Demak, Iso alayhissalom mana shu namozdan so‘ng imomlikka o‘ta boshlaydilar. Yoki imomlikni «boshliqlik, amirlik» ma’nosida tushunilishi lozim. Umuman, har ikki ma’no ham sahih. Zero, musulmonlar amiri ularning namozdagi imomi hamdir. Islomning avvalgi yillarida xalifalar jamoatga imomlik qilishardi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:52:02
Iso alayhissalom yerda qancha muddat turadilar va so‘ng qaerga dafn etiladi?

Ibn Kasir tafsirida yozadi: «Abdurahmon ibn Odam Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Iso alayhissalomning samodan tushib, yerda qirq yil yashashlari, so‘ng vafot etishlari va u Zotga musulmonlar janoza o‘qishi hikoya qilingan. Muslim keltirgan Abdulloh ibn Umar rivoyatida esa, Isoning yerda yetti yil bo‘lishlari aytilgan. Ehtimol, Isoning yer yuzida qirq yil turishida u Zotning samoga ko‘tarilishlaridan oldingi va yerga qaytib tushishlaridan keyingi umrlari qo‘shib hisoblangandir. Vallohu a’lam!

Ya’ni, sahih qavlga ko‘ra, u Zot 33 yoshida samoga ko‘tarilganlar. Jannat ahli haqidagi hadisda jannatga kirgan mo‘minlar otalari Odam alayhissalom suratida bo‘lishlari va yoshlari esa Iso yoshida — 33da bo‘lishi xabar qilingan. Ibn Asokirning: «Iso 150 yoshida osmonga ko‘tarilgan», degan rivoyati esa, haqiqatdan yiroq hamda sahih naqllarga ziddir.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:54:20
Hofiz ibn Asokir Iso alayhissalom haqida gapirayotib, ba’zi salaflardan: «U Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) yonlariga qo‘yiladi», degan so‘zni keltirgan. Vallohu a’lam (Ibn Kasir so‘zi tugadi).

Ibn Asokir keltirgan rivoyatni Termiziy Abdulloh ibn Salomdan rivoyat qiladi: «Tavrotda Muhammad alayhissalom sifatlari va Isoning u zot yonlariga qo‘yilishi yozilgan».

Abu Mavdud Madaniy aytadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) qo‘yilgan hujrada bir qarich joy qolgan» (Termiziy rivoyati, hasan).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:55:51
Ibn Kasirning yuqoridagi ikki — «40 yil» va «7 yil» haqidagi rivoyatni jamlashi (33ga 7ni qo‘shib, 40 yil qilgan edi), ya’ni, bir-biriga bog‘lashi to‘g‘ri, kuchli qavl. Chunki mazkur ikkala rivoyat ham sahih. Shu bois, modomiki ularni bir-biriga bog‘lash mumkin ekan, hech qaysi rivoyatni rad etishning hojati yo‘q. Vallohu a’lam.

Men Iso alayhissalomning Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) hujralariga dafn qilinishlari haqidagi rivoyatni ham to‘g‘ri deb bilaman. Vallohu a’lam. Chunki roviy (ya’ni, Abdulloh ibn Salom) yahudiylarning ulkan ulamolaridan bo‘lgan. U Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) sifatlarini Tavrotda topganidan so‘ng Alloh hidoyati ila Islomni qabul qilgan edi. Payg‘ambar alayhissalom davrlariga qadar Tavrotda tahrif — buzilgan o‘rinlar unchalik ko‘p emasdi. Demak, Abdulloh ibn Salom aytgan yuqoridagi xabar ham Tavrotning aslidan olingan. Chunki tahrif Tavrotga ilgariroq kiritilganida edi, yahudiylar undagi Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) sifatlari zikrini ham, mazkur rivoyatni ham olib tashlagan bo‘lardilar. Vallohu a’lam.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:56:33
Beshinchi fasl

Ya’juj va Ma’juj



«Hatto Ya’juj va Ma’juj (to‘g‘oni) ochilib, ular har bir tepalikdan oqib keladilar» (Anbiyo, 96).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:57:17
Ya’juj va Ma’jujning chiqishi

Ular Iso alayhissalom samodan tushib, Masih Dajjolni o‘ldirganlaridan so‘ng chiqadi. So‘ng Alloh taolo Iso alayhissalomga mo‘minlarni Tur tog‘iga olib chiqib ketishni, chunki hech kim bas kela olmaydigan maxluqlar chiqarilganini vahiy etadi. Ya’juj va Ma’juj kuchli qavlga ko‘ra, Yofas ibn Nuh avlodidan bo‘ladi.

77. Hokim Abdulloh ibn Umar (r.a.) yo‘lidan rivoyat qiladi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Ya’juj va Ma’juj (ham) Odam zurriyoti. Ularning har biri o‘zidan mingta va undan ko‘p bola qoldirmagunicha o‘lmaydi».

Abd ibn Hamid ham Abdulloh ibn Salomdan (r.a.) xuddi shunday rivoyatni sahih sanad bilan keltirib o‘tgan. Agar mazkur rivoyat sahih bo‘lib chiqsa, demak, ular juda uzoq umr ko‘radilar. Hatto har biri to bola-chaqa, nevara-chevaralarining soni mingta va undan oshib ketgunicha yashaydi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:58:26
78. Ibn Abu Hotim va Hokim Abu Javzo yo‘li orqali Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Nuh alayhissalom Som, Hom va Yofas ismli farzandlar ko‘rdi. Somdan arab, fors va rum, Homdan esa qibt, barbar va sudonlar dunyoga keldi. Yofasning avlodi Ya’juj va Ma’juj, turk hamda saqolibalar bo‘ldi».

Ibn Hajar mazkur hadis sanadida zaiflik bor degan.

Lekin tarixdan aynan mana shu hadisga guvohliklar topish mumkin. Vallohu a’lam!

Ibn Hajar aytadi: «Shayx Muhiddinning fatvolarida quyidagi so‘zlar uchraydi: «Ya’juj va Ma’juj Odamning bolalariyu, lekin ular Havvo (Odam alayhissalom jufti haloli)dan tug‘ilmagan». Demak, Ya’juj va Ma’jujlar biz bilan o‘gay og‘a-inidirlar».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:59:13
Biz ushbu ma’nodagi so‘zni salaflardan faqat Ka’bul Ahborda uchratishimiz mumkin. Lekin «Ya’juj va Ma’jujlar Nuh avlodidan», degan marfu’ hadis ular so‘zini inkor qiladi. Zero, Nuh alayhissalomning Odam va Havvo zurriyoti ekanliklarida hech shak-shubha yo‘q» (Ibn Hajar so‘zi tugadi).

Biz yuqorida Ya’juj va Ma’jujlar haqida Muslimning Nuvos ibn Sam’ondan keltirgan rivoyatini o‘rganib chiqqan edik (73-hadisga qarang).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 17:59:56
79. Sahih hadisda Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Yer yuzida «Alloh, Alloh», deyilmay qolguniga qadar Qiyomat qoyim bo‘lmaydi» (Muslim rivoyati).

80. «Yer yuzida «La ilaha illalloh» aytilmay qolguniga qadar Qiyomat qoyim bo‘lmaydi» (Imom Ahmad sahih sanad bilan rivoyat qilgan).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 18:00:30
81/82. Ummul mo‘minin Zaynab roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bir kuni uning oldiga xavotirlangan holda kirib keldilar:
— Yaqinlashib qolgan yomonlikdan arablarga vayl bo‘lsin. Bugun Ya’juj va Ma’juj to‘g‘onidan mana shuncha ochildi (Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ikki barmog‘ini halqa shakliga keltirib ko‘rsatdilar).

Zaynab aytadi: «Men Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) so‘radim:
— Yo Rasululloh! Oramizda solih insonlar bo‘lsa ham, hammamiz halok bo‘lamizmi?
— Ha, — dedilar Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam), — agar iflosliklar ko‘payib ketsa».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 18:00:56
Ibn Hajar «Fathul Boriy»da yozadi: «Olimlar «iflosliklar» kalimasini «zino, valadi zinolar va fisqu fujur» deya sharhlaganlar».

Ibn Arabiy aytadi: «Demak, yaxshilar ham yomonlar bilan birga — agar ularni o‘zgartirmasalar — halok bo‘ladilar. Shuningdek, yomonlar yaxshilar nasihatiga quloq solmasdan, o‘z fisqu fujurlarida qaysarlik bilan davom qilsalar va buning natijasida fasod chor-atrofga tarqalib ketsa, hamma birdek halok bo‘ladi. So‘ng har kim niyatiga qarab turg‘iziladi. Zaynab onamiz Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) so‘zlaridan agar o‘sha kichkina tuynuk kattarishda davom etsa, bir kun Ya’juj va Ma’jujlar chiqadigan katta yoriqqa aylanishini tushunganlar. U Ya’juj va Ma’jujlar chiqishi insoniyat uchun umumiy halokat ekanini bilgan» (Ibn Hajar so‘zi tugadi).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 18:01:22
Zulqarnayn kim?
Ya’juj va Ma’jujlar kimlar?


Zulqarnayn Kahf surasida zikr etilgan solih podshohdir. U Ya’juj va Ma’jujlar bilan ularga qo‘shni turuvchi zolimlar o‘rtasiga to‘siq qurgan.

«Ular: «Ey Zulqarnayn, shak-shubhasiz, (shu tog‘lar ortidagi) Ya’juj va Ma’juj (qabilalari) yer yuzida buzg‘unchilik qilguvchilardir. Bizlar senga bir (miqdor) to‘lov to‘lasak, biz bilan ularning o‘rtasiga bir sad chekib (bir to‘g‘on qurib) berurmisan?» dedilar. U (Zulqarnayn) aytdi: «Parvardigorim menga ato etgan (saltanat) sizlar beradigan (mol-dunyodan) yaxshiroqdir. Bas, sizlar menga (mol-dunyo bilan emas, balki) kuch-quvvat bilan yordam beringlar, men sizlar bilan ularning o‘rtasiga bir devor bino qilay» (Kahf, 94-95).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 18:01:50
Biz Zulqarnayn qurdirgan devorning sharqda ekanini qat’iy ayta olamiz. Chunki Zulqarnayn kunchiqar tomonda o‘sha zaif qavmni uchratgan edi.

«Hatto (u) kunchiqarga yetgach...» (Kahf, 90).

Ammo aynan ma’lum bir devorni: «Mana shu Zulqarnayn qurdirgan to‘g‘on», demoqlik mushkul.
Balki bu o‘sha mashhur Xitoy devoridir. Yoki ulug‘ muhaddis Imom Termiziy yurti Termizda topilgan devordir. Vallohu a’lam!

«Fi zilalil Qur’an»da yozilishicha: «Termiz shahridagi bir maqbara yonidan (eski) devor topilgan. U «Temir darvoza» nomi bilan tanilgan. Milodiy o‘n beshinchi asrning boshlarida u yerdan nemis olimi Sayld Berger o‘tayotib, o‘z kitobida mazkur devor haqida yozgan edi. Shuningdek, ispan tarixchisi Klavixo ham o‘zining 1403 yildagi safari tarixini yozar ekan, devor haqida to‘xtalib o‘tadi. «Temir darvoza shahrining devori Samarqand — Hind yo‘li ustida joylashgan. Bu Zulqarnayn tiklagan o‘sha devor bo‘lishi ham mumkin».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 18:02:09
Yuqoridagi fikrlarning qay biri tasdiqlanishidan qat’iy nazar, Ya’juj va Ma’jujlarning kichik sharqdan chiqishi aniq.

Endi Zulqarnayn haqida gapiradigan bo‘lsak, ba’zilar uni nabiy desa, yana ba’zilar uni payg‘ambar emas, faqat solih podshoh deyishadi.

Xo‘sh, Zulqarnayn kim o‘zi? U Iskandariyani qurdirgan yunon shohi Iskandarmi? Yoki Ibrohim alayhissalom bilan bir zamonda yashagan Yaman shohimi? Olimlar bu xususda turlicha fikr bildirganlar. Haqiqat esa yolg‘iz Allohga ayon.

Ba’zi mufassiflar Aleksandr Makedonskiyning (makedoniyalik Iskandar) Zulqarnayn emasligini yozadi va bunga yunon shohi Iskandarning kofir ekanini, Qur’onda zikr qilingan Zulqarnayn esa mo‘min-musulmon kishi bo‘lganini hujjat qilib keltiradi. Lekin bu dalil kuchli emas. Chunki biz faqat tarixga suyanib, makedoniyalik Iskandarni kofirga chiqaryapmiz. Tarix esa hamisha faqat aniq haqiqat bo‘lavermaydi. Biz tarixning unchalik ishonarli hujjat bo‘la olmasligiga quyida bir misol keltiramiz.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 18:02:27
Tarix Ibrohim, Muso va Iso alayhissalomlar haqida hech narsa demagan. Axir Qur’oni karimda hikoya qilingan mazkur haqiqatlar tarixning ochiq, nurli sahifalarida naqshlanishga haqli emasmidi?! Afsuski, bunday bo‘lmadi. Tarix ular haqida hanuz gung.

Menimcha, tarixning tumanli va gumonli ekaniga yuqoridagi dalil kifoya qilsa kerak. Biz faqat salafi solihlarimiz tomonidan aytib o‘tilgan xabarlarni mahkam tuta olamiz. Alloh taologa behad hamdu sanolar bo‘lsin!

«Fathul Boriy»da Ibn Hajar quyidagicha yozadi: «Ulkan faqih tobe’inlardan bo‘lmish Ubayd ibn Umayr yo‘lidan rivoyat qilishicha, Zulqarnayn piyoda haj qilgan va uning xabarini eshitgan Ibrohim alayhissalom Zulqarnaynga peshvoz chiqqanlar».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 18:03:30
Abdulloh ibn Abbosdan rivoyat qilinadiki: «Zulqarnayn Masjidul Haromga kirgan. Ibrohim alayhissalomga salom berib, u zotning qo‘lini olib ko‘rishgan».

Usmon ibn Saj yo‘lidan rivoyat qilinishicha: «Zulqarnayn Ibrohim alayhissalomdan: «Meni duo qiling», deb so‘raydi. «Qanday qilib seni duo qilay, — deydilar Ibrohim alayhissalom. — Axir sizlar (Zamzam) bulog‘ini bulg‘adingiz-ku!»

«Bu ish mening tarafimdan sodir etilgani yo‘q», deydi Zulqarnayn. Ya’ni, bu ishni mendan beso‘roq qilishgan.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 18:04:15
Ibn Hishom yozadi: «Ibrohim bir masalada Zulqarnayndan hukm so‘radi. Zulqarnayn unga hukm chiqarib berdi».

Ibn Hajar aytadi: «Mazkur rivoyatlar bir-birini tasdiqlab-quvvatlab kelyapti».

Yuqoridagi rivoyatlarga ko‘ra, Zulqarnayn Ibrohim alayhissalomga zamondosh bo‘lgan. Demak, u Ibrohim alayhissalom Alloh amriga binoan kishilarni hajga chaqirganida hajga kelgan.

«Va odamlar orasida (yurib ularni) hajga chaqirgin, ular senga (ya’ni, sening da’vatingga javoban) yayov hollarida va yiroq yo‘llardan keladigan oriq-holdan toygan tuyalar ustida kelurlar» (Haj, 27).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 18:04:58
Ibn Hishom yozadi: «Ibrohim bir masalada Zulqarnayndan hukm so‘radi. Zulqarnayn unga hukm chiqarib berdi».

Ibn Hajar aytadi: «Mazkur rivoyatlar bir-birini tasdiqlab-quvvatlab kelyapti».

Yuqoridagi rivoyatlarga ko‘ra, Zulqarnayn Ibrohim alayhissalomga zamondosh bo‘lgan. Demak, u Ibrohim alayhissalom Alloh amriga binoan kishilarni hajga chaqirganida hajga kelgan.

«Va odamlar orasida (yurib ularni) hajga chaqirgin, ular senga (ya’ni, sening da’vatingga javoban) yayov hollarida va yiroq yo‘llardan keladigan oriq-holdan toygan tuyalar ustida kelurlar» (Haj, 27).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 18:05:46
Qur’onda zikr etilgan Zulqarnaynning yunon shohi Iskandar emasligiga Ibn Hajar mana shuni dalil qilib ko‘rsatgan. Chunki Iskandar Iso alayhissalom zamonlariga yaqin yashab o‘tgan. Demak, bu Ibrohim alayhissalom zamonlaridan qariyb 2000 yil keyin bo‘lgan.

Faxrur Roziy yozadi: «Zulqarnayn nabiy bo‘lgan. Iskandar esa kofir. Unga kofirligiga hech qanday shak-shubha bo‘lmagan Arastu ustozlik qilgan. Iskandar uning maslahatiga ko‘ra ish yuritgan».

Ibn Hajar aytadi: «Zulqarnaynni Iskandar deb biluvchilar Tabariy va Muhammad ibn Robe’larning «Misrga tushgan sahobalar» kitobida keltirilgan quyidagi hadisiga suyanishadi. Lekin bu hadis roviylari orasida Ibn Lahiya ham bor:
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Yanvar 2007, 18:06:22
83. Bir kishi Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) Zulqarnayn haqida so‘radi. Payg‘ambar alayhissalom shunday javob berdilar: «U rumlik bo‘lgan. Shohlik-mulk ato qilingach, Misrga kelib Iskandariyani bino qildi. Iskandariyani qurib bitirganidan so‘ng uning oldiga bir malak keldi. Zulqarnayn samoga ko‘tarildi. Malak unga: «Pastga bir qara», dedi. «Men (faqat) bitta shaharni ko‘ryapman», deb javob berdi Zulqarnayn. Malak dedi: «Bu yer. Alloh taolo (uni) senga ko‘rsatishimni xohladi. Darhaqiqat, Alloh yer yuzida senga saltanat-hokimlik berdi. Endi sen yer uzra yurib, bilmagan kishiga bildirgin, bilganlarni esa (yanada) sobit qilgin».

Agar ushbu hadis sahih bo‘lganida, masala o‘z yechimini topardi. Lekin bu hadis zaif. Vallohu a’lam» (Ibn Hajar so‘zi tugadi).

Ibn Hajarning hadisni Ibn Lahiya sababidan zaifga chiqarishi unchalik to‘g‘ri emas. Abdulloh ibn Lahiya rivoyat qilgan hadislarni rojih-kuchli gapga ko‘ra hasan deyish mumkin.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 12 Yanvar 2007, 14:32:08
Zulqarnayn qurgan to‘g‘on ochilganmi?
Ya’juj va Ma’jujlar tashqariga chiqdimi?


To‘g‘ondan kichkina teshikcha ochilgani haqiqat. Biz yuqorida aynan mana shu ma’noga dalolat qiluvchi ikkita hadis keltirib o‘tgan edik. Risolamizdagi 81 — 82-raqamli hadislarning birini Buxoriy va Muslim, ikinchisini esa Buxoriyning yolg‘iz o‘zi rivoyat qilgan.

Har ikkala hadis to‘g‘onning buzila boshlaganiga dalolat qiladi. To‘g‘on to Iso alayhissalom zamonlarigacha turadi. Iso alayhissalom zamonida Alloh izni ila Ya’juj va Ma’jujlar butunlay tashqariga chiqib oladilar. Bu chiqish Qiyomatning ulkan alomatlaridan biri hisoblanadi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 12 Yanvar 2007, 14:32:39
«Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bir kuni qo‘rqqan-xavotirlangan holda kirib keldilar:
— Yaqinlashib qolgan yomonlikdan arablarga vayl bo‘lsin. Bugun Ya’juj va Ma’juj to‘g‘onidan mana shuncha ochildi (Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ikki barmog‘ini halqa shakliga keltirib ko‘rsatdilar).

Zaynab aytadilar: «Men Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) so‘radim:
— Yo Rasululloh! Oramizda solih insonlar bo‘lsa ham, hammamiz halok bo‘lamizmi?
— Ha, — dedilar Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam), — agar iflosliklar ko‘payib ketsa».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 01:50:08
Menimcha, vallohu a’lam, Ya’juj va Ma’jujlarning bir martalik chiqishi mo‘g‘ul-tatarlar bosqinida bo‘lib o‘tgan. Mo‘g‘ullar Islom davlatlarini birin-ketin bosib oldilar. Bog‘dodni vayronaga aylantirib, u yerda qariyb sakkiz yuz ming kishini qilichdan o‘tkazdilar. Xalifa Mo‘’tasim va uning oilasi ham qatl qilindi. Hijriy yettinchi yilning boshlarida bo‘lgan bu qirg‘in — mo‘g‘ullarning behisob qo‘shin bilan bostirib kelishi Ya’juj va Ma’jujlarning so‘nggi chiqishi emas edi. Musulmonlar orasida ma’siyatlar, fisqu fujur ko‘payb ketganidan so‘ng, Alloh taolo ularni mana shunday jazoladi. Ilohiy hikmat taqozosiga ko‘ra berilgan ushbu jazo musulmonlar uchun o‘zlarini o‘nglab olishga - g‘aflatdan uyg‘onishga bir turtki edi.

Ha, musulmonlar orasida ma’siyatlarning avj olib ketishi ular uchun halokatli yakunlandi. Nahot endi ham biz o‘zimizni o‘nglab olmasak?! Nahot endi ham nima uchun xorlik va halokat yoqasida turganimizni anglab yetmasak?! Nahot hali ham nafslarimizu shaharlarimizni ma’siyat-buzuqliklardan tozalamasak?!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 01:50:29
Shoyad shundan keyin bizga Allohning rahmi kelsa, yana xusrat yuborsa! Zero, Alloh taolo Qur’oni karimda quyidagicha marhamat qiladi:

«Aniqki, to biron qavm o‘zlarini o‘zgartirmagunlaricha Alloh ularning ahvolini o‘zgartirmas» (Ra’d, 11).

Ba’zi mufassiflar mo‘g‘ullar bosqini bilan Ya’juj va Ma’jujlar chiqishini nihoyasiga yetgan deb fikr bildirgan. Ya’ni, Qiyomatning ulkan alomatlaridan bo‘lgan Ya’juj va Ma’jujlarning chiqishi hijriy yettinchi asrda voqelikda ko‘rindi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 01:50:55
«To Ya’juj va Ma’juj (to‘g‘oni) ochilib, ular har bir tepalikdan oqib keladigan va haq va’da (ya’ni Qiyomat) yaqin bo‘ladigan vaqtgacha ular qaytmaydilar» (Anbiyo, 96).

«Fi zilalil Qur’an»da yoziladi: «Yuqoridagi oyati karima Ya’juj va Ma’jujlarning qaysi zamonda chiqishini aniq belgilab berayotgani yo‘q. «Haq va’da yaqin bo‘ladigan...» demakkim, Qiyomat yaqinlashyapti. Bu esa hali Payg‘ambar alayhissalom hayot bo‘lgan vaqtdayoq aytilgan edi:

«(Qiyomat) soati yaqinlashib qoldi va oy ham bo‘lindi» (Qamar, 1).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 01:51:20
Zero, ilohiy hisobdagi zamon bashar sanog‘idagi zamondan farqlidir.

Demak, «(Qiyomat) soati yaqinlashib qoldi»dan boshlab to bugungi kunimizgacha, ya’ni, mana shu vaqt oralig‘ida, Ya’juj va Ma’jujlar to‘g‘oni ochildi deyish mumkin. Unda mo‘g‘ul-tatarlarning sharqqa qilgan bosqini o‘sha Ya’juj va Ma’jujlarning (so‘nggi) chiqishi bo‘ladi.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bundan o‘n uch yarim asr muqaddam Zulqarnayn qurgan to‘g‘ondan kichik teshik ochilganini aytgan edilar. Mo‘g‘ul-tatarlar bosqini ham undan keyin bo‘ldi. Mo‘g‘ul-tatarlar Halako‘xon boshchiligida Abbosiylarning so‘nggi vakili Mo‘’tasim xalifaligi davrida arab shaharlarining kulini ko‘kka sovurdi. Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) Ya’juj va Ma’jujlar haqidagi so‘zlari voqeda ana shunday gavdalandi. Biz faqat o‘zimizcha shu to‘g‘ri deb aytyapmiz xolos. Keskin hukm qilayotganimiz yo‘q. Zero, uning haqiqati yolg‘iz Allohgagina ayon!»
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 01:51:40
Hech shak-shubha yo‘qki, Qur’oni karimda Qiyomatning ulkan alomatlaridan sanalgan, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) hadislarida rivoyat qilingan Ya’juj va Ma’juj-larning chiqishi hali voqeda kuzatilmadi. Chunki bu «ulkan chiqish»ning eng yorqin alomati uning Iso alayhissalom samodan tushgan vaqtda bo‘lishidir. Alloh taolo ularni Iso va uning ashoblari duosi barakoti bilan halok etadi. Ya’juj va Ma’jujlar ustiga qurtlar yuboriladi va ular xuddi bir kishining o‘limidek, baravar jon beradilar.

Bu haqda sahih hadislar rivoyat qilingan.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 01:52:01
Oltinchi fasl

Quyoshning g‘arbdan chiqishi

«Parvardigoringizning ayrim oyatlari keladigan kunda esa ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan biron jonga (endi keltirgan) iymoni foyda bermas. Ayting: «Kutaveringlar! Biz ham kutguvchilarmiz!»
(An’om, 158).

Tavba eshiklarining taqa-taq berkilishi — quyoshning g‘arbdan (sharqdan emas!) bosh ko‘tarishi. Mazkur oyat bayoni bir qancha muta-votir hadislarda kelgan. Bu kun quyosh g‘arbdan chiqadigan kun! Quyosh g‘arbdan chiqqan zahoti har bir qalb oxirgi soniyadagi holati-kechinmasi bilan tosh qotadi. Alloh oqibatimizni xayrli etsin!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 01:52:22
Iso alayhissalom vafotidan so‘ng quyosh g‘arbdan chiqadi. So‘ng Dobbatul arz, so‘ng mo‘minlarning jonini oluvchi hushbo‘y shamol, so‘ng insonlarni o‘z mashhargohlari tomon haydovchi olov va so‘ng Qiyomat bo‘ladi.

Bizga Allohning O‘zi kifoya va U naqadar yaxshi kifoya qilguvchi!

Quyida quyoshning mag‘ribdan bosh ko‘tarishi haqidagi ba’zi hadislarni keltirib o‘tamiz.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 01:52:59
84. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «To quyosh mag‘ribdan chiqmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. Quyosh mag‘ribdan chiqqach, uni ko‘rib, hamma iymon keltiradi. Lekin bu paytda ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan biron jonga (keltirgan) iymoni foyda bermaydi» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

85. Abu Zar G‘iforiydan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Ey Abu Zar! Hali unga: «Qaerdan kelgan bo‘lsang, o‘sha yerga qayt», deyiladigan (zamon) keladi. Bu shunday vaqtki, unda ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan biron jonga (endi keltirgan) iymoni foyda bermas» (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 01:53:34
86. Huzayfa ibn Usayd G‘iforiydan rivoyat qilinadi: «Biz Qiyomat haqida gaplashib o‘tirganimizda Rasulluloh (sollallohu alayhi vasallam) hujralaridan chiqib keldilar.

— To o‘n oyat-alomatni ko‘rmaguningizga qadar Qiyomat qoyim bo‘lmaydi, — dedilar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam). — Quyoshning g‘arbdan chiqishi, duxon-tutun, dobba, Ya’juj va Ma’jujlarning chiqishi, Iso alayhissalomning chiqishi, Dajjolning chiqishi, uch joyda — mashriqda, mag‘ribda va arab jazirasida oyning tutilishi hamda odamlarni haydaydigan — yoki to‘playdigan — Adan qa’ridan chiquvchi olov. U kishilarga kechki uyquda ham, kunduzgi uyquda ham sherik bo‘ladi (ya’ni, ular bilan birga yuradi) (Sunan sohiblari rivoyati. Termiziy hasan sahih degan. Muslimda ham shunga o‘xshash hadis rivoyat qilingan).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 01:53:48
87. Safron ibn Assoldan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) bunday deganlarini eshitdim: «Alloh taolo tavba uchun mag‘rib tomondan kengligi yetmish yillik yo‘l bo‘lgan bir darvozani ochib qo‘ydi. Bu darvoza to quyosh o‘sha yerdan chiqquniga qadar berkilmaydi» (Termiziy rivoyati. Nasoiy va Ibn Moja sahih degan).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 01:54:10
88. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Albatta, hijrat ikki xislatdir. Ularning biri yomon ishlardan uzoqlashish. Ikkinchisi esa Alloh va Rasuli tomon (uchun) hijrat qilish. Hijrat, modomiki tavba qabul qilinar ekan, to‘xtamaydi. Tavba esa to quyosh mag‘ribdan bosh ko‘tarmaguniga qadar qabul qilinaveradi. Qachonki quyosh mag‘ribdan chiqsa, har bir qalb (oxirgi lahzadagi) narsasi bilan muhrlanadi. Odamlar amaldan kifoyalanadilar (Ya’ni, amallar ham to‘xtaydi)». (Hadis ma’nosi tarjima qilindi. Vallohu a’lam!)

Ibn Kasir aytadi: «Ushbu hadisning isnodi hasan. Lekin uni olti kitob muallifidan birontasi ham rivoyat etmagan. Vallohu a’lam!»

«Ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan biron jonga (endi keltirgan iymoni) foyda bermas».

Ibn Kasir ushbu oyat tafsirida shunday deydi: «Ya’ni agar o‘sha kuni biron kofir iymon keltirsa, uning iymoni qabul qilinmaydi. Ammo mo‘min kishi avvaldan yaxshi amallar qilib yurgan bo‘lsa, u, albatta, ulug‘ yaxshilik ustida turadi. Agar mo‘min bo‘laturib solih amal qilmagan bo‘lsa va faqat o‘sha kuni tavba-tazarrular qila boshlasa, endi uning tavbasi qabul qilinmaydi. Bunga boshqa bir qancha hadislar ham dalolat qiladi. Oyati karimada «yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan bo‘lsa» deyilgan. Ya’ni, agar mo‘min ilgaridan solih amallar qilib kelmagan bo‘lsa, endi qiladigan yaxshi ishlari qabul etilmas» (Ibn Kasir so‘zi tugadi).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 01:54:39
89. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «(Quyidagi) olti (narsa kelmasidan burun yaxshi) amallarga shoshilinglar: quyoshning mag‘ribdan chiqishi, duxon-tutun, Dajjol, Dobba, biringizning fitnalar(ga uchrashi) va umumiy fitnalarning (kelishi)» (Muslim rivoyati. Hadis ma’nosi tarjima qilindi. Vallohu a’lam).

Duxon-tutun — rojih qavlga ko‘ra, u Makka kofirlari ustida bo‘lib o‘tgan. Ba’zilar Duxon voqeasi hali bo‘lmagan deyishadi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 01:55:02
90. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) bir hadis yodladim va uni hanuz unutganim yo‘q. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytgan edilar: «(Qiyomatning ulkan) alomatlarining eng birinchi bo‘lib ko‘rinadiganlari quyoshning mag‘ribdan chiqishi va choshgohda odamlar oldiga Dobbaning chiqishidir. Ularning qay biri ko‘rinsa, ikkinchisi ham tezda ko‘rinadi» (Muslim rivoyati).

Quyoshning kunbotishdan bosh ko‘tarishi olamning umri juda oz qolganini bildiruvchi alomatdir. Quyoshning g‘arbdan chiqishi bu borliqning tebranishga tushganidan, olamning xarob bo‘layotganidan darak.

Iso alayhissalomning tushishi, Dajjolni o‘ldirishi, so‘ng Ya’juj va Ma’jujlarning chiqishi sahih hadislarda quyoshning g‘arbdan chiqishidan muqaddam berilgan. Yana bir dalil: Quyosh g‘arbdan chiqishi bilan tavba eshigi berkitiladi. Lekin Iso alayhissalom yerga tushgan vaqtlarda Islomga kirgan kishining islomi qabul qilinar edi.

Abdulloh ibn Salomning quyidagi so‘zini ham mana shunday tushunmog‘imiz lozim.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 01:55:17
91. Abdulloh ibn Salom aytadi: «Qiyomat shartlarining eng avvali kishilarni mashriqdan mag‘ribga to‘playdigan olovdir» (Buxoriy rivoyati).

Ya’ni, Qiyomat qoyim bo‘lishiga dalolat qiluvchi eng birinchi alomat mana shu olovdir. Keyin surga nafxa uriladi.

Ibn Hajar yozadi: «Hadislar majmuidan ko‘rinadiki, Dajjolning chiqishi yerning katta qismida umumiy ahvolning o‘zgarayotganini bildiradi va u (ya’ni, bu alomatlar) Iso alayhissalom vafot etishi bilan tugallanadi. Quyoshning g‘arbdan chiqishi esa, yuqori olamda-samoda holatlarning o‘zgarayotganini bildiruvchi katta alomatlarning eng avvalidir va u Qiyomat qoyim bo‘lishi bilan yakun topadi» (Ibn Hajar so‘zi tugadi).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 01:55:38
Yettinchi fasl

Dobbatul arz


Dobbatul arz (er hayvoni) — Allohning bir maxluqi. Faqat hech kim uning mohiyati-ichini, sirini bilmaydi. Haqiqati yolg‘iz Allohga ma’lum. Biz faqat uning bir kun chiqishini bilamiz, xolos.

Yer hayvoni mo‘minni kofirdan ajratish, kofir burniga belgi qo‘yib, mo‘minning yuzini yoritish uchun chiqadi. Ana o‘shanda hammaning asl basharasi ochiladi. Har kim yonidagi kishining kofir yoki mo‘min ekanini ajratib olishga qodir bo‘ladi. Hadislar zohiriga ko‘ra, Dobba Iso alayhissalom vafotidan so‘ng, quyosh mag‘ribdan chiqqanidan ozgina keyin yoki ozgina oldin chiqadi. Vallohu a’lam. Ushbu so‘zimizga Abdulloh ibn Amr rivoyatini dalil sifatida keltirishimiz mumkin:
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 01:56:22
92. «Men Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) bir hadis yodladim va uni hanuz unutganim yo‘q».

Mazkur hadis «Sahihi Muslim»da rivoyat qilingan. (90-hadisga qarang).

Musiy yozadi: «Haq gap shuki, Dobbatul arz chiqqan vaqtda odamlar orasida mo‘mini ham, kofiri ham bo‘ladi».
Quyidagi rivoyat ham fikrimizga dalil bo‘la oladi:
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 01:57:23
93. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dobbatul arz chiqqanida, unda Musoning asosi va Sulaymonning uzugi bo‘ladi. Uzuk bilan mo‘minning yuzini yorishtiradi, aso bilan kofir burnida iz-belgi qoldiradi. Hatto (so‘ng) hamma bir dasturxon ustiga yig‘iladi va mo‘min kofirdan ajraladi» (Ahmad, Tayolisiy, Nuaym ibn Hammod, Abd ibn Hamid, Termiziy, Ibn Moja, Ibn Jarir, Ibn Munzir, Ibn Abu Hotim, Ibn Muravayh va Bayhaqiylar rivoyat qilgan. Termiziy hasan degan).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 01:58:01
94. Burayda (r.a.) rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Makka yaqinidagi bir cho‘lga meni olib bordilar. Qup-quruq yer, chor atrof qum. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dobba mana shu yerdan chiqadi. (Uning chiqadigan joyi) bir qarichga bir qarich yer bo‘ladi». (Buxoriy rivoyati)

Dobbatul arz haqida bizning fikrimiz quyidagicha: U oyog‘i bor ulkan jonzot. Mutlaqo inson zotidan emas. Alloh taolo oxir zamonda uni yerdan chiqaradi. Alloh taoloning «erdan» degan so‘zida, bir fikrga ko‘ra, uning ko‘paymasligiga ishora bor.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 01:59:03
Ibn Kasir o‘z tafsirida yozadi: «Oxir zamonda insonlar buzilib ketib, Alloh buyruqlarini qilmasdan, haq dinni buzib, o‘zgartirib yurgan vaqatlarida Alloh taolo yerdan mana shu Dobbani chiqaradi. Uni ba’zilar Makkadan, yana ba’zilar boshqa yerdan chiqadi, deyishgan. Dobba insonlarga ana shularni gapiradi. Ibn Abbos, Hasan va Qatodalar: «U odamlar bilan suhbatlashadi», deyishdi. Ato Xurosoniy esa boshqacharoq so‘z aytgan: «Ularga gapiradi. Aytadiki, insonlar bizning oyatlarimizga inonmas edilar».

Bu xabar Ali (r.a.) yo‘lidan rivoyat qilingan va Ibn Jarir ham mana shu qavlni tanlagan».

Bizningcha, Dobba quyosh g‘arbdan chiqqanidan so‘ng paydo bo‘ladi. Chunki aynan mana shu kavniy o‘zgarish, ya’ni quyoshning g‘arbdan chiqishidan keyin tavba eshigi berkitilardi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 01:59:38
Dobba chiqadi, mo‘min kim, kofir kim aniq bo‘lib qoladi. So‘ng Shom yoki Yaman tarafdan xushbo‘y shamol esib, mo‘minlarning jonini oladi. Yer yuzida faqat Luka’ ibn Luka’(lar)gina qoladi va Qiyomat ana shu kimsalar ustida bo‘ladi.

Allohning O‘zi asrasin!

Quyoshning g‘arbdan chiqishi Dobba chiqishidan oldin bo‘lishiga Ibn Hajar keltirgan rivoyatlar ham dalolat qiladi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:00:01
Ibn Hajar «Fathul Boriy»da yozadi: «Nuaym ibn Hammod Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qiladi:

— Odamlar Ya’juj va Ma’jujlardan so‘ng ozgina muhlat turadilar. Hatto quyosh kunbotishdan bosh ko‘taradi. Shunda ularga bir jarchi nido qiladi: «Ey iymon keltirganlar! Darhaqiqat, sizlardan qabul qilindi. Ey kofirlar! Endi sizlardan tavba eshigi berkitildi. Qalamlar (siyohi) quridi, sahifalar yopildi».

Yazid ibn Shurayh yo‘lidan rivoyat qilinadi: «Quyosh mag‘ribdan chiqqach, qalblarga (ayni holatdagi) narsalari muhrlanib qoladi. Hafaza (kotib, saqlovchi) farishtalar ko‘tariladi. Ularga hech qanday amalni yozmaslik buyuriladi».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:00:50
Abd ibn Hamid va Tabariy sahih sanad bilan Oishadan (r.a.) rivoyat qiladilar:

«(Qiyomatning) eng dastlabki oyat-alomatlari ko‘rinishi bilan qalamlar tashlanadi, sahifalar yopiladi, hafazalar ozod qilinadi, tanalar (qilingan) amallarga guvohlik beradi».

Mazkur rivoyat garchi Oisha onamiz tilidan aytilayotgan bo‘lsa-da, uning Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) olingani shubhasizdir. Yuqoridagi rivoyatlar bir-birlarini quvvatlab, quyidagi ma’noga dalolat qiladi. Quyoshning g‘arbdan chiqishi tavba eshigini yopadi va bu eshik qaytib ochilmaydi. Bu faqat quyosh g‘arbdan chiqqan kungagina xos emas. Balki to Qiyomat kuniga qadar cho‘ziladi. Demak, quyoshning g‘arbdan chiqishi Qiyomat kuni yaqin qolganini bildiruvchi eng birinchi alomat» (Ibn Hajar so‘zi tugadi).

Demak, Dobba quyosh mag‘ribdan chiqqanidan so‘ng, choshgoh mahalida zohir bo‘ladi. Qiyomat ana shundan so‘ng juda-juda yaqin qoladi. Hatto o‘sha vaqtda endi tug‘ilgan go‘dak gunoh yoziladigan yoshga yetmay turib Qiyomat boshlanadi. Tavba eshigi Qiyomat kunigacha berk bo‘ladi. Ilohiy adolat otaning gunohiga bolani javobgar qilmaydi. Tavba eshigi balki faqat quyoshning g‘arbdan chiqishini ko‘rganlargagina tegishli bo‘lar. Vallohu a’lam!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:01:29
Sakkizinchi fasl

Xushbo‘y shamol


Quyida Muslim rivoyat qilgan ikki rivoyatni keltirib o‘tamiz. Ular avvalgi boblarda to‘la rivoyat qilingan edi.

«Xuddi mana shu holatda Alloh taolo xushbo‘y shamol yuboradi. Bu shamol ularni o‘z bag‘riga oladi va Alloh taolo barcha mo‘min-musulmonlarning jonini oladi. Yer yuzida faqat yomon kimsalar qoladi. Ular odamlar ko‘z o‘ngida xuddi eshakdek ayollarga sakraydilar (yaqinlik qiladilar). Ana shu kimsalar ustiga Qiyomat qoyim bo‘ladi» (Muslim rivoyati).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:01:51
«Alloh taolo Iso ibn Maryamni yuboradi. U Urva ibn Mas’udga o‘xshab ketadi. Iso Dajjolni izlab topib o‘ldiradi. So‘ng kishilar yetti yil yashaydilar. Mana shu muddatda ikki kishi o‘rtasida adovat bo‘lmaydi. Keyin Alloh taolo Shom tomondan sovuq bir shamolni yuboradi. Bu shamol yer yuzida qalbida zarra misqolcha yaxshiligi — yoki iymoni — bor bironta ham kishini qoldirmasdan jonini oladi. Hatto birontangiz tog‘ning o‘rtasiga kirib olsa, uning ham jonini oladi. Yerda yaxshilikni bilmaydigan, yomonlikdan qaytarmaydigan yomon kimsalar qoladi».

Bu xushbo‘y shamol Iso alayhissalom vafotidan so‘ng bo‘ladi. Sahih hadisda Iso alayhissalomning yerda qirq yil turganidan so‘ng vafot etishi va unga musulmonlar janoza o‘qishlari rivoyat qilingan. Agar xushbo‘y shamol undan ilgari esganida Iso alayhissalomga janoza o‘qigani bironta ham musulmon topilmagan bo‘lardi. Demak, Abdulloh ibn Amr hadisida aytilganidek, musulmonlar jonini oluvchi bu xushbo‘y shamol Iso alayhissalom vafotlaridan so‘ng yetti yil o‘tgach esadi. Vallohu a’lam!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:02:15
95. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi (r.a.): Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Alloh taolo Yaman tomondan ipakdan-da mayin bir shamol yuboradi. Bu shamol qalbida zarra misqolicha iymoni bor biron kishini qoldirmasdan jonini oladi» (Muslim rivoyati).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:02:38
*  *  *

Savol: Abdulloh ibn Amr hadisida «Alloh taolo Shom tomondan sovuq bir shamol yuboradi», deyilgan. Bu yerda esa shamol Yaman tarafdan esadi, deyilyapti. Hadislar bir-biriga qarama-qarshi ma’noni bildirmayaptimi?

Javob: Imom Navaviy aytadi: «Savolga quyidagi ikki javobni berish mumkin:
1. Ular ikki shamol bo‘ladi. Biri Shomdan, boshqasi esa Yaman tomondan esadi.
2. Bu shamolning paydo bo‘lish joyi yuqoridagi ikki iqlimning biri bo‘ladi. Ya’ni, agar Shomdan paydo bo‘lsa, so‘ng Yamanga o‘tadi. Vallohu a’lam!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:03:22
Endi yana bir masala.

«Ummatimdan bir toifa to Qiyomat kuniga qadar haq ustida zohir turadi» hadisi ham yuqoridagi hadislar ma’nosiga zid emas. Chunki bu yerda ma’no quyidagichadir: «Ummatimdan bir toifa kishilar to jonlarini xushbo‘y shamol olmagunicha haq ustida qoyim turadilar». Ya’ni, ular Qiyomat shartlari oxirlaguniga qadar turadilar. Vallohu a’lam!

Hadisdagi «Zarra yoki urug‘ misqolichalik iymon» jumlasi iymonning ko‘payib yoki kamayib turishiga dalildir. «Ipakdan-da mayin shamol», jumlasida mo‘minlarga nisbatan muloyim munosabat va izzat-ikrom bo‘lishiga ishora bor» (Navaviy so‘zi tugadi).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:03:55
Mayin shamolning esishi Qiyomat qoyim yaqinligini bildiruvchi ulkan alomatlarning so‘nggisidir.

Endi vaqt juda-juda oz qoldi. Misli oy-kuni to‘lgan ayol. Uning qachon ko‘zi yorishini hech kim bilmaydi. Kechasi yoki kunduzi to‘satdan uni to‘lg‘oq tutishi mumkin. Alloh taolo bu olamning kuni bitganini, endi yangi, boqiy olamga ko‘chish vaqti yetganini e’lon qilar ekan, buning eng birinchi alomati Adan qa’ridan chiqib insonlarni mahshargohlari sari haydaydigan olov bo‘ladi. Keyingi faslda, Xudo xohlasa, ana shu alomat haqida suhbatlashamiz.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:04:14
To‘qqizinchi fasl
Olovning chiqishi


Qiyomatning bu ulkan alomati haqida xilma-xil hadislar rivoyat etilgan. Ulamolar ularni bir-biriga bog‘lashga harakat qildilar. Haqiqat esa yolg‘iz Allohgagina ayon!

96. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «To Hijoz yeridan olov chiqmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. (Hijozdan chiqqan bu olov) Busradagi tuyalarning bo‘ynini yoritadi» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Qiyomat shart (alomat)larining eng avvali odamlarni mashriqdan mag‘ribga to‘plovchi olovdir» (Buxoriy rivoyati).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:04:57
97. Huzayfa ibn Usayd G‘iforiydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldimizga chiqdilar. Biz Qiyomat haqida so‘zlashib o‘tirgan edik. Payg‘ambar alayhissalom dedilar:

— O‘n oyat-alomatni ko‘rmaguningizga qadar, Qiyomat bo‘lmaydi.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Duxon, Dajjol, Dobba, quyoshning g‘arbdan chiqishi, Isoning tushishi, Ya’juj va Ma’juj, Mashriq, Mag‘rib hamda arab jazirasidagi yer yorilishini sanadilar. Oxirida esa odamlarni mahshargohlari tomon haydaydigan olovni aytdilar» (Muslim rivoyati).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:06:01
97. Huzayfa ibn Usayd G‘iforiydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldimizga chiqdilar. Biz Qiyomat haqida so‘zlashib o‘tirgan edik. Payg‘ambar alayhissalom dedilar:

— O‘n oyat-alomatni ko‘rmaguningizga qadar, Qiyomat bo‘lmaydi.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Duxon, Dajjol, Dobba, quyoshning g‘arbdan chiqishi, Isoning tushishi, Ya’juj va Ma’juj, Mashriq, Mag‘rib hamda arab jazirasidagi yer yorilishini sanadilar. Oxirida esa odamlarni mahshargohlari tomon haydaydigan olovni aytdilar» (Muslim rivoyati).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:06:25
Abu Dovud rivoyatining oxirida: «Yamandan, Adan qa’ridan olov chiqadi va odamlarni mahshargohlari tomon haydaydi», deyilgan.

Qiyomat oldidan chiqadigan olov haqida mana shunday hadislar rivoyat qilingan.

Birinchi hadisda: «Hijoz yeridan olov chiqadi», deyilgan edi. Bu oyat-alomat voqeda bo‘lib o‘tgan.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:06:40
Qurtubiy «Tazkira»da yozadi: «Hijoz yerlarida — Madinada bu olov chiqdi. U 654 yil, jumodul oxir oyining uchinchi tuni chorshanba kechasida qattiq zilzila bilan boshlandi va juma kunining choshgohigacha davom etdi».

Ibn Hajar «Fathul Boriy»da yozadi: «Menimcha ham hadisda zikr qilingan olov Madina tomonlardan chiqqan. Ammo odamlarni to‘playdigan olov hali chiqqani yo‘q, u boshqa olovdir».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:06:53
Hadislardagi xilma-xillikni Ibn Hajar quyidagicha izohlagan: «Bu olovning Adan qa’ridan chiqishi uning odamlarni mashriqdan mag‘ribga to‘plashiga zid emas. Ya’ni u boshlab Adan qa’ridan chiqadi va atrofga tarqaladi. «Odamlarni mashriqdan mag‘ribga to‘playdi», degan so‘zda sharq yoki g‘arb xoslanayotgani yo‘q. Umumiy hashr-to‘plash maqsad qilinyapti. Yoki u (ya’ni, olov) yer yuzida yoyilganidan so‘ng eng birinchi mashriq ahlini to‘playdi».

Hadislar olimlarimiz tomonidan ana shunday sharhlangan. Lekin bu olovning haqiqat-mohiyati, odamlarni qanday to‘plashi qorong‘u. Bu sirni ham yolg‘iz Alloh biladi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:07:12
Zamon yaqinlashuvi

Qiyomat qoyim xabarini beruvchi bu alomatning aynan qachon bo‘lishi, qaysi oyat-alomatdan so‘ng ko‘rinishi hadislarda aytilmagan. Demak, uning qachon bo‘lishini ham Alloh biladi.

98. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Zamonning yaqinlashuvi, ilmning kamayib ketishi, fitnalarning zohir bo‘lishi, xasislikning urchishi va harjning ko‘payishi Qiyomat shartlaridandir», dedilar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam).
— Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)! Nima u harj? — deb so‘rashdi sahobalar.
— Qatl, qatl, — dedilar Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam)» (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:07:45
Ibn Asir zamon yaqinlashuvini umrlarning qisqarishi va barakaning kamayishi deb sharhlagan.

Ibn Asir yozadi: «Lekin ba’zilar uni boshqacha sharhlaganlar. Ya’ni, zamon yaqinlashadi, hatto yil oydek, oy haftadek, hafta kundek, kun soatdek, soat xurmo bargining yonishidek bo‘lib qoladi».

Mana shu oxirgi tafsir sahihroq. Vallohu a’lam! Chunki aynan mana shu ma’noga dalolat qiluvchi zaif hadis bor. Lekin Buxoriy va Muslim rivoyat etgan hadis uning sahihligini bildiradi. Vallohu a’lam!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:08:08
99. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «To zamon yaqinlashib qolguniga qadar Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. (Zamonlar yaqinlashadi) hatto yil oydek, oy haftadek, hafta kundek, kun soatdek, soat esa bir uchqunchalik bo‘lib qoladi» (Termiziy rivoyati).

Alloh taolo yerni o‘z o‘qi atrofida bundan-da tezroq aylantirishga qodir. Quyoshning g‘arbdan chiqishi kabi bu ham olamning umri tugayotganiga bir alomat bo‘ladi. Zero, Alloh taolo barcha narsaga qodir Zotdir!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:08:52
Uch marta yerning yorilishi

Yerning uch marta yorilishi — mag‘ribda, mashriqda va Arab jazirasida bo‘ladigan zilzilalar. Qiyomat xabarini beruvchi bu yer yorilishlar odatdagi zilzilalardan farqli bo‘ladi. Chunki deyarli har yili olamning qaysi bir burchagida yer qimirlayotgani yoki vulqon otilgani haqida eshitib turamiz. Ehtimol, hadisda aytilgan sharqu g‘arbdagi yer yorilishi yadroviy urush natijasida yuz berar. Ammo arab jazirasida bo‘ladigan tabiiy ofat — Qiyomat alomatiga kelsak, uni bizga quyidagi sahih hadis sharhlab beradi, degan umiddamiz:

100. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Ka’baga bir qo‘shin g‘azot qilib chiqadi. Qo‘shin sahroda turganida, ularning avvalu oxirini yer yutadi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:09:47
Shunda Oisha onamiz: «Bu qo‘shin orasida boshqalar ham bo‘ladi-ku», mazmunida savol berdilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Ularning avvalu oxirini yer yutadi. So‘ng (Qiyomatda) niyatlariga qarab turg‘iziladilar» (Muttafaqun alayh. Hadis lafzi Buxoriyniki).

Abul Farj Javziy «Fuhumul asar» kitobida Iroq va Mag‘ribda yer yorilganini hamda bu ofat natijasida juda ko‘p kishining yostig‘i quriganini yozgan. To‘g‘ri, haqiqatan ham tarixda shunday hodisa bo‘lgan. Lekin biz hadisda aytilgan Qiyomat alomatlaridan bo‘lmish yer yorilishi ofati mana shu edi, deb ayta olmaymiz.

Bizningcha, u zilzila — yer yorilishi hali bo‘lganicha yo‘q. Allohning o‘zi asrasin!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:10:44
Surga nafxa urilishi

Sur chalinishi olamning umri tugagani, Qiyomat qoyim bo‘lgani va insonlarning endi boqiy olamga ko‘chishlari haqidagi xabardir. Boqiy olamda Qiyomat kuni uchun adolat tarozulari o‘rnatilgan. U kunda hech bir jonga zulm qilinmas va bandalarning yaxshi amallariga ziyoda ajru savoblar berilur.

«Ular: «Agar rostgo‘y bo‘lsangizlar (aytinglar-chi), mana shu va’da (qilingan azob) qachon bo‘ladi?» derlar. Ular faqat birgina dahshatli qichqiriqni kutmoqdalar, xolos. U ularni (o‘limdan mutlaqo bexabar hollarida ko‘cha-kuy va bozorlarda bir-birlari bilan) janjallashib turganlarida olib ketar (ya’ni halok etar). Bas, ular na biron vasiyat qilishga va na uylariga qaytishga qodir bo‘lurlar» (Yosin, 48-50).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:11:20
Osmonlaru yerdagi bor jonzotni jonsiz etuvchi bu birinchi nafxa (chalinish)dan faqat Alloh xohlagan ba’zi muqarrab-yaqin farishtalargina tirik qoladi. Lekin Alloh taolo quyidagi kalimasining haqligini ko‘rsatish uchun so‘ng ularning ham jonini oladi:

«(Yer) yuzidagi barcha jonzod foniydir. Buyuklik va karam sohibi bo‘lgan Parvardigoringizning yuzi — o‘zigina boqiy mangu qolur» (Rahmon, 26-27).

«Barcha narsa halok bo‘lguvchidir, magar Uning o‘zigina (mangudir)» (Qasos, 88).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:11:43
«Har bir jon o‘limni totguvchidir» (Oli Imron, 185).

So‘ng Alloh taolo Sur sohibi — Isrofil alayhissalomni tiriltirib, Surga yana nafxa urishni buyuradi. Surga ikkinchi nafxa urilganidan so‘ng hamma qayta tiriladi. Ular endi kutadilar.

«(Qiyomat soati kelib farishta Isrofilning) suri chalinishi bilan banogoh ular qabrlaridan Parvardigorlari (huzuriga hisob-kitob uchun) sug‘irilib chiqurlar. Ular: «Ey bizlarga o‘lim bo‘lsin! Kim bizlarni yotgan joyimizdan (qabrlarimizdan) turg‘az-di?» deganlarida, (ularga aytilur): «Mana shu Rahmon va’da qilgan va payg‘ambarlar rost so‘zlagan narsa — Qiyomatdir» (Yosin, 51-52).

Ikki nafxa orasi qirqdir. Qirq yilmi, oymi yoki kunmi, noma’lum. Ularning qay biri bo‘lishini yolg‘iz Allohgina biladi. Ikki nafxa orasining qirq yil bo‘lishini rivoyat qiluvchi hadislar sahih emas. Sahih hadislarda esa aynan «qirq» yil, oy yoki kun ekani aniq aytilmagan.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:12:12
101. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Ikki nafxa orasi qirqdir!»
— Qirq kunmi? — deb so‘rashdi.
Abu Hurayra dedi:
— Xohlamadim (ya’ni, aniqlashtirishni xohlamadim).
— Qirq yilmi?
— Xohlamadim. So‘ng osmondan bir suv tushadi (yomg‘ir yog‘adi). (Hamma) xuddi o‘t-o‘lan o‘sgani kabi o‘sib chiqadi. Insondagi bor narsa chirib bitgan bo‘ladi. Faqatgina bitta suyak chirimaydi. U ajbuz-zanabdir. Butun yaralmish Qiyomat kunida mana shu suyakdan qayta shakllanadi» (Muttafaq alayh).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:12:58
Muslim rivoyati esa quyidagicha: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Insonda bir suyak borki, uni yer hech qachon yemaydi. Qiyomat kunida (tanalar) undan (qayta) tiklanadi.
— Yo Rasululloh! U qanday suyak? — deb so‘rashdi sahobalar.
— Ajbuz-zanab, — dedilar Payg‘ambar alayhissalom».

Hamma biladiki, insonning butun tanasi — garchi suyaklar go‘shtdan bir oz keyinroq chirisa-da — yo‘q bo‘lib ketadi. Hadisning sahihligi ham aniq. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) hech qachon havoyi narsani gapirmaganlar. Naza-ringizda, hadis ma’nosi siz bilgan voqelikka zid kelib qolmayaptimi? Balki hadisni noto‘g‘ri tushunayotgandirmiz?!

Hadisda zikr qilingan ajbuz-zanab kalimasi dumg‘aza suyagini anglatmaydi. U asliy bir zarra va aynan mana shu zarradan inson yaraladi. Bu juda kichkina zarra bizga otamiz Odam alayhissalomdan o‘tib kelyapti. U shu qadar kichkinaki, bitta Odam alayhissalom pushti kamariga butun zurriyotning asliy zarrasi joylab qo‘yilgan va ular nasldan-naslga ko‘chib o‘tmoqda. Quyidagi sahih hadisni so‘zimiz dalili sifatida keltirib o‘tamiz.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:13:24
102. Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar:

«Alloh taolo Arafa kuni No‘’monda (No‘’mon — Arafa yaqinidagi tog‘, vodiy) Odam alayhissalom ustidan ahd-paymon oldi. U Odam alayhissalom pushti kamaridan uning butun zurriyotini chiqardi, ularni yaratdi va qo‘l ostiga yoyib qo‘yib bevosita gaplashdi.

Alloh dedi:
— Men sizlarning Rabbingiz emasmanmi?
— Ha (Rabbimiz o‘zingsan! Va) biz buning guvohimiz, — dedi insonlar» (Ahmad, Nasoiy, Ibn Abu Hotim, Hokim rivoyat qilgan).

Insonning mana shu asliy zarradan yaratilganiga yana bir dalil.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Yanvar 2007, 02:13:45
103. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Hamma odam bolasi tuproqqa yem bo‘ladi. Faqat ajbuz-zanabgina qoladi. Yaralish ham, (qayta) shakllanish ham undandir» (Muslim, Abu Dovud va Nasoiy rivoyati).

Ma’lumki, inson dumg‘aza suyagidan paydo bo‘lmagan. Inson yaralishi nutfadan boshlanadi. Demak, asliy zarra nutfada yashiringan. Vallohu a’lam!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:26:30
UCHINCHI BOB

«Odamlarga hisob-kitoblari (ya’ni Qiyomat qoyim bo‘lishi) yaqinlashib qoldi. Ular esa g‘aflatda, (iymon keltirib, yaxshi amallar qilishdan) yuz o‘girguvchilardir» (Anbiyo, 1).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:27:07
Qiyomat qoyimning yaqinligi

Qiyomat qoyim deyilganda ikki xil ma’no tushuniladi.

Birinchi ma’no: Har bir insonning o‘z qiyomati bor. Kishining o‘limi uning qiyomatidir.

Ikkinchi ma’no: Ulkan Qiyomat. Dunyo hayotining tugashi va oxirat olamiga safar. U kunda har bir jon amaliga yarasha jazo-mukofot oladi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:27:30
Quyidagi hadis Qiyomat qoyimning birinchi ma’nosiga tegishli.

104. Oisha (r.a.) aytadi: «Sahroi arablar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga kelishsa, u zotdan Qiyomat haqida so‘rashardi.

Payg‘ambar alayhissalom ularning yoshi eng kichkinasiga qarab aytar edilar:
— Agar mana bu o‘lmasa, hatto unga qarilik yetmasdan turib, ustingizga Qiyomat keladi» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ularga Qiyomat qoyimni o‘ylamasdan o‘zlarining Qiyomatlari — o‘limlari g‘amini yemoqlari lozimligini aytganlar. Kim o‘lsa, demak uning Qiyomati qoyim bo‘libdi. Marhum uchun qabr jannat bog‘laridan bir bog‘ga yoki jahannam chohlaridan bir chohga aylanadi. Inson eng avvalo yaqinda boshiga tushadigan narsaga tayyorlanmog‘i lozim. U: «Qiyomat qoyim qachon bo‘ladi?» deb boshini og‘ritib yurishning o‘rniga yaxshi amallarini ko‘paytirsin, niyatini xolis qilsin va mana shu tariqa o‘z qiyomat — o‘limiga hozirlik ko‘rsin!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:27:49
105. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir kishi Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam): «Qiyomat qoyim qachon bo‘ladi?» deb so‘radi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bir oz jim turdilar-da, so‘ng yonlaridagi Azd shanualik (Azd Shanua — Yamandagi qabila) bolaga qarab dedilar: «Agar manavi bola umr ko‘rsa, unga qarilik yetmasdan turib Qiyomat qoyim bo‘ladi».

Anas (r.a.) aytadi: «O‘sha kunlarda u bola men bilan tengqur edi» (Muslim rivoyati).

Yuqorida keltirilgan hadislarda Qiyomat so‘zi birinchi ma’noga ko‘ra ishlatilgan.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:28:01
Ulkan Qiyomat, ya’ni butun olam hayotining tugallanishi haqida esa juda ko‘p hadislar rivoyat qilingan. Men Qiyomatning juda yaqin qolganini ta’kidlamoqchiman. Hatto, qo‘rqamanki, nabiralarimiz Qiyomat qoyimni ko‘rmasalar edi.

Alloh taolo bizni ham, zurriyotimizni ham bu kunni ko‘rishdan asrasin! Chunki U kun faqat Alloh g‘azabi va la’natiga duchor bo‘lgan kimsalar ustiga keladi va ular orasida «La ilaha illalloh» kalimasini aytuvchi biron tirik jon qolmaydi. Alloh asrasin!

Endi yana Qiyomat yaqin qolganini bildiruvchi hadislarga hamda voqeiy misollarga o‘tamiz. Alloh madadkor!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:28:56
Qiyomat qachon?

Qiyomatning aniq vaqti yolg‘iz Allohgagina ma’lumdir.

«(Ey Muhammad), sizdan soat (ya’ni, Qiyomat) qachon voqe bo‘ladi, deb so‘raydilar. Ayting: «Uning bilimi faqatgina Parvardigorning dargohidadir. Vaqti-soati kelganida ham faqat O‘zi oshkor qilur. U (ya’ni, Qiyomat) samovot va yer uchun juda og‘ir (dahshatli) bir ishdir. U sizlarga faqat to‘satdan — kutilmaganda kelur». Go‘yo siz u haqda yaxshi biladigandek so‘raydilar. Ayting: «Uning bilimi faqatgina Alloh dargohidadir. Lekin juda ko‘p odamlar uni bilmaydilar» (A’rof, 187).

Lekin Qiyomat yaqinlashganini taxminan bilish mumkin va bu ish shariatda ham qaytarilmagan. Qiyomatning katta va kichik shartlari sahih hadislarda bayon etilgan. Biz ularga qarab ko‘p narsani bilishimiz mumkin. Butun olamlar Parvardigori Alloh taologa hamdlar bo‘lsin.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:29:13
Shu bois voqeiy hodisalarga, zohir bo‘lgan alomatlarga asoslanishning Qiyomat yaqinligi xususida bahs yuritar ekanmiz, bu bilan befoyda yoki imkonsiz narsaga qo‘l urgan hisoblanmaymiz. Alloh haq yo‘ldan adashtirmasin!

Ibn Hajar aytadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Payg‘ambar qilib yuborilganimda Qiyomat va men mana bu (ikki barmog‘im)dek edi», deganlar. Qur’oni Karimda esa quyidagi mazmunda oyat nozil qilingan:

«Darhaqiqat, yolg‘iz Allohning huzuridagina (Qiyomat) soati (qachon bo‘lishi to‘g‘risidagi) bilim bordir» (Luqmon, 34).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:29:22
Hadis va oyat ma’nolari bir-biriga zid emas. Chunki Qiyomatning yaqinligini bilish bu uning aynan qachon bo‘lishini aytish hisoblanmaydi» (Ibn Hajar so‘zi tugadi).

Biz ham mana shu yo‘ldan boramiz. Qiyomatning yaqin qolganligi haqida bahs yuritar ekanmiz, uning muayyan vaqtini belgilashni barcha g‘oyiblarni bilguvchi Zotga havola qilamiz.

O‘tgan bobda Qiyomat qoyimning yaqinligiga dalolat qiluvchi bir qancha hadislar aytildi. Ulardan ba’zi birlarini eslab o‘tamiz.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:29:35
106. Mustavrid ibn Shaddoddan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Men Qiyomat soati nafasida yuborildim. Manavi (barmog‘im) bunisidan o‘zganidek undan o‘zdim». Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlariga ishora qildilar» (Termiziy va Tabaroniy rivoyati).

Ibn Hajar «nafas» kalimasini yaqinlik ma’nosida sharh-lagan.

Ibn Asir «Nihoya»da yozadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) «Men (Qiyomat) soati nafasida yuborildim», dedilar. Ya’ni, men Qiyomat qoyim vaqti yetilib qolgan paytda yuborildim. Faqat Alloh taolo uni bir oz keyinga surdi va meni mana shu nafasda yubordi». Bu yerda «nafas» yaqinlik ma’nosida qo‘llangan.

Ba’zilar aytadiki: Alloh taolo Qiyomatga ham xuddi inson nafasi kabi nafas ato etgan.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytmoqchilarki: «Men Qiyomatga yaqin bir paytda yuborildim. Xuddi yaqinda turgan kishining nafasi sezilganidek, uning nafasini his qildim».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:29:46
107. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «(Payg‘ambar qilib) yuborilganimda, men va Qiyomat mana bu ikkisidek edik. (Ularning orasi) xuddi ulardan birining ikkinchisidan ortiqligidek». Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini juftlashtirdilar» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Ya’ni, o‘rta barmoqning ko‘rsatkich barmoqdan qanchalik uzunligiga qarab yana qancha muddat hayot davom etishini o‘ylang.

Odam alayhissalomdan to Qiyomatga qadar yashash o‘rta barmoqchalik bo‘lsa, bu hayotning ko‘rsatkich barmoqchalik umri tugadi. Endi o‘rta barmoqning ko‘rsatkich barmoqdan uzunligi miqdorida hayot qoldi, xolos.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:29:57
Qozi Iyoz va boshqalar aytadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) o‘zlari bilan Qiyomat o‘rtasidagi muddatning kamligiga nisbatan aytilgan lafzlarning har xilligiga ishora qilganlar».

Qurtubiy «Mufhim»da yozadi: «Hadisi sharifdan Qiyomat qoyimning yaqinlashgani va tezda kelishi xulosa qilinadi».

«Tazkira»da yozadi: «Bu gapdan: «Qiyomat aynan falon kuni bo‘ladi», degan ma’no kelib chiqmaydi. Faqat jumla siyoqi Uning yaqin qolganiga dalolat qilyapti, xolos. Chunki Qiyomat shartlari ketma-ket bo‘ladi. Qur’onda ham: «Darhaqiqat, uning shartlari keldi», deyilgan».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:30:06
Imom Tabariy bir asarida Ibn Abbosning quyidagi so‘zini keltirgan: «Dunyo oxirat jumalaridan bir jumadir. U yetti ming yil».

Mazkur rivoyat sanadida Yahyo ibn Ya’qub va Hammod ibn Abu Sulaymonlar ham bor. Ularni ba’zilar tanqid qilgan. Lekin Abu Hotam Yahyo haqida «Uning mahalli sidqdir», degan. Hammod esa Ko‘faning faqihi bo‘lgan. Uni Ibn Ma’in va boshqalar ishonchli kishi deb ta’kidlashgan. Demak, Ibn Abbosdan rivoyat qilingan bu mavquf hadis sanadi sahih ekan. Mazkur rivoyatni Tabariy Ka’bul Ahbor va Vahb ibn Munabbahlardan naql qilingan quyidagi rivoyatlardan ustun qo‘ygan. Vahb va Ka’bdan naql qilingan rivoyat: «Dunyo 6000 yildir. Uning 5600 yili o‘tdi».

Ibn Jarir «Sahihayn»da keltirilgan Ibn Umarning (r.a.) hadisini naql qiladi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Sizlarning ajal (muhlat)ingiz sizlardan ilgari o‘tganlar ajali oldida asr namozidan kun botgunigacha (bo‘lgan muddatchadir)».
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:30:15
Ibn Hajar yozadi: «Ibn Umarning ushbu hadisi muttafaqun alayh sahih hadisdir. Unga e’timod qilinadi. Hadisni ikki xil tushunish mumkin.

Birinchi: Hadisdagi miqdor-muddat zohiriga ko‘ra tushunilmaydi. Faqat Qiyomatning yaqin qolgani tashbeh bilan aytilyapti, xolos.

Ikkinchi: Hadis zohiriga ko‘ra olinadi. Demak, mana shu ummatning yerda yashash muddati taqriban kunning beshdan bir qismiga teng ekan» (Ibn Hajar so‘zi tugadi).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:30:35
Olimlar ushbu masalada turlicha fikr yuritganlar. Lekin bularning barchasi taxmin, xolos. Qiyomatning aynan qay soatda bo‘lishi yolg‘iz Allohgagina ayon.

Shunisi aniqki, Qiyomat juda yaqin qolgan. Haq da’vatchisi nidosiga javob qaytaruvchi biron jon yo‘q. Vaholanki, Qiyomatning barcha kichik shartlari bo‘lib o‘tdi.

«Odamlarga hisob-kitoblari (ya’ni Qiyomat qoyim bo‘lishi) yaqinlashib qoldi. Ular esa g‘aflatda, (iymon keltirib, yaxshi amallar qilishdan) yuz o‘girguvchilardir» (Anbiyo, 1).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:30:45
Dunyo hayotining beshdan to‘rt qismi o‘tib bo‘ldi. Dunyo umri deyilganida, albatta bashariyat umri tushuniladi. Dunyo umri, ya’ni, bashariyat hayoti (mana shu yer ustidagi albatta) yetti ming yildan oshmaydi.

Lekin ba’zilar bu fikrga qo‘shilmaydilar. Ular qadimgi g‘orlardan topilgan inson suyaklari va bosh chanoqlari bundan qirq ming yil muqaddam yashagan ajdodlarga tegishli deyishadi. Hatto yerda inson hayoti boshlanganligiga million yil bo‘lgan deb o‘ylovchilar ham bor.

Ularga beriladigan eng oson javob shuki, inson tarixini o‘rganuvchi o‘sha olimlarning o‘zlari ham g‘orlardan topilgan suyaklar insonga tegishlimi yoki noma’lum jonzot qoldiqlarimi buni aniq bilmaydilar. Ular aytayotgan farazlarning to‘g‘riligiga yo‘q?!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:30:55
Faylasuf va tarixchi Vul Dyurant yozadi: «Frantsuz arxeologlari mana shu iqlimda (ya’ni, Iroq va Eronda) yigirma ming yil muqaddam o‘tgan odamlar qoldig‘i-suyaklarini topdilar. Shuningdek, miloddan ilgari 4500yilda yuksak madaniyat bo‘lganiga dalolat qiluvchi topilmalar ham mavjud».

Vul Dyurant fikrini davom ettirib, insoniyat tarixi, uning qachondan boshlab temirdan foydalangani, umuman ijtimoiy-madaniy hayoti haqida bahs yuritadi.

Haqiqatni yolg‘iz gumonu taxminlarga tayanib topmoqchi bo‘layotgan kimsalarning nodonligini bir tomosha qiling! Payg‘ambarlarni tasdiqlash va iymon ne’matidan mahrum olimlarning holini ko‘ring.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:31:12
Alhamdu lillahki, musulmonman va bir musulmon sifatida Odam alayhissalomning Vul Dyurant kabi faylasuf olimlardan madaniyatu ma’rifat borasida yuksakda ekaniga e’tiqod qilaman. Zero, Alloh taolo unga hayot uchun zaruriy bo‘lgan barcha bilimlarni o‘rgatgan edi:

«Va U zot Odamga barcha narsalarning ismini o‘rgatdi» (Baqara, 31).

Haq din ta’limotini olmagan ba’zi kimsalar Odam va uning zurriyotini (avvalo ularga ishonsalar, albatta) hech narsaga aqli yetmaydigan nodon, gapira olmaydigan soqov, Parvardigorlarini tanimaydigan kofiru johil qilib tasvirlaydilar.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:31:21
Ular bilgan din tarixi ham, insoniyat tarixi ham mana shunday deydi. Bunday «olimlar» fikriga ko‘ra inson so‘zlashishni keyinchalik qush va hayvonlarga qarab o‘rgangan. Ilk ajdodlar, ularning fikricha, to olov tasodifan kashf etilmaguniga qadar go‘shtni xomligicha yeganlar, tabiat yomonligidan saqlanmoq ilinjida turli narsalarga sig‘inganlar.

So‘ng hayot kechirish darajalari sekin-sekin rivojlanib borgan va taxminan bundan olti ming yillar muqaddam tasodifan temir-ma’danlar kashf qilingan. To o‘shangacha, ya’ni kam deganda qirq ming yil, agar million yil deyishmasa, odamlar jaholatda, zulmatda hayot kechirganlar. Tosh qurollari yordamida kun ko‘rib, g‘orlarda yashashgan.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:31:32
Bu iymon ne’matidan benasib qolgan kimsalar taxmini, ular qurgan farazlar. Lekin Allohga va oxirat kuniga ishongan mo‘minlar boshqacha e’tiqod qiladilar. Ular Odam alayhissalomning nabiy ekaniga, Alloh taoloning unga barcha narsalar ismini o‘rgatganiga va hayot uchun zaruriy bilimlarni bildirganidan so‘nggina otamizni yerga tushirganiga ishonadilar (Odam alayhissalom farzandlari ham hech narsani bilmaydigan johil, nodon, kofir bo‘lishmagan).

Hech kim Qiyomatning aniq qaysi soatda bo‘lishini aytib bera olmaydi. Insonlar hisob-kitobida esa xato bo‘lishi shubhasizdir.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:32:01
«(Ey Muhammad), sizdan soat (ya’ni, Qiyomat) qachon voqe bo‘ladi deb so‘raydilar. Ayting: «Uning bilimi faqatgina Parvardigorim dargohidadir. Vaqti-soati kelganida ham faqat o‘zi oshkor qilur. U (ya’ni Qiyomat) samovat va yer uchun juda og‘ir (dahshatli) bir ishdir. U sizlarga faqat to‘satdan-kutilmaganda kelur». Go‘yo siz u haqda yaxshi biladigandek so‘raydilar. Ayting: «Uning bilimi faqatgina Alloh dargohidadir. Lekin juda ko‘p odamlar uni bilmaydilar» (A’rof, 187).

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Qiyomatning juda yaqin qolgani, farishta faqat surga nafxa urishga buyruq kutayotgani haqida gapirganlarida sahobai kiromlarga bu bir oz og‘ir keldi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:33:15
Ular:
— Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)! Biz nima qilamiz? — deb so‘radilar. Payg‘ambar alayhissalom aytdilar:
— Sizlar: «Alloh bizga kifoyadir va u naqadar yaxshi vakil — kifoya qilguvchi. Biz Allohga tavakkul qildik!» denglar» (Hadis ma’nosi o‘girildi. Termiziy rivoyati).

Bizni haq yo‘lga hidoyat qilib qo‘ygan Allohga hamdlar bo‘lsin!

Agar Alloh hidoyat etmaganida, biz hech qachon buni bilmagan bo‘lardik. Darhaqiqat, Parvardigorimiz elchilari faqat haqni olib keldilar.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:49:25
TO‘RTINCHI BOB

Qiyomat alomatlarining sirlari haqida

Borliqdagi ramziylik

Garchand ramziylik borliqdagi ochiq haqiqat bo‘lsa-da, o‘ta nozikligi, daqiqligi sababli ko‘pincha sezilmay qoladi. Aslida atrofdagi har bitta narsa juda ko‘p oliy sirlaru maxfiy ma’nolarga dalolat qiladi. Ularni faqat Alloh bildirgan zotlargina anglay oladi.

Inshaalloh, quyida borliqdagi ramziylikka oid ba’zi hadislarni keltirib o‘tamiz. So‘ng esa Qiyomat shartlarining sirlari va ularning ramziy ma’nolari haqida bahs yuritamiz.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:50:12
108. Hudaybiya sulhida musulmonlar bilan muzokara o‘tkazish uchun Makka kofirlari Suhayl ibn Amrni yuborishdi. Uni ko‘rib, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ashoblariga dedilar: «Endi sizlarga ishlaringiz yengil bo‘ldi («Suhayl» kalimasi arab tilida «engillik» ma’nosini anglatadi)» (Buxoriy rivoyati).

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Qurayshning Suhaylni yuborishidan, ya’ni, Allohning mana shuni xohlashidan juda chigal holatda turgan sulh ishining Alloh iznu irodasi ila yengillik asosida hal etilganini tushundilar. Go‘yo Suhaylning kelishi yengillik-yaxshilikka bir ramziy ishora edi. Haqiqatan ham, Suhayl ibn Amr elchiligi ostida Hudaybiya sulhi tuzildi. Alloh taolo musulmonlarning ishini oson qildi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:50:22
109. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Tushimda go‘yo biz Aqaba ibn Rofe’ning hovlisida ekanmiz. Rutab ibn Tobanikidan kelibmiz. Men buni dunyodagi oliyligimiz (rofe’ — baland), oxiratdagi (yaxshi) oqibatimiz (aqaba — oqibat) va dinimizning yaxshiligi-pokligi (toba — yaxshi, pok) deb ta’vil qildim» (Sahih hadis. Vallohu a’lam!)

Biz tushda ham, o‘ngda ham ramziylik bo‘lishiga dalil keltiryapmiz. Quyida fikrimizga yana-da yorqinroq, yana-da yaqinroq bo‘lgan boshqa bir dalil keltiramiz.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:51:32
110. Abu Muso Ash’ariy uyidan tahorat olib chiqdi. U, bugun Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) yonlaridan jilmay, kunimni u zot bilan birga o‘tkazaman, deb niyat qildi. Masjidga kelib, Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) so‘ragan edi: «Manavi tomonga ketdilar», deyishdi. Abu Muso aytadi:
— Men Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) odamlardan so‘rab-surishtirib yurib, Aris qudug‘i oldiga keldim. Uning (qo‘rg‘onining) eshigi oldida to Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) qazoi hojat qilib, so‘ng tahorat olgunlariga qadar kutib o‘tirdim. Keyin Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) quduq labidagi sal ko‘tarilgan joyga — quduq to‘sig‘i ustiga o‘tirdilar. O‘rtasiga joylashib olgach, boldirlarini ochib oyoqlarini osiltirdilar. Men Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldlariga borib salom berdim-da, yana ortimga qaytdim. Payg‘ambarning (sollallohu alayhi vasallam) dorboni (eshik og‘asi) bo‘laman, deb eshik oldiga o‘tirib oldim. Abu Bakr (r.a.) kelib eshikni itardi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:51:42
— Kim u? — deb so‘radim.
— Abu Bakr!
— Bir oz kutib turing, — dedim-da, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldlariga borib, Abu Bakrning kirishga izn so‘rayotganini aytdim.
— Unga izn ber va jannat xushxabarini ayt, — dedilar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam).
Men yana eshik yoniga qaytdim.
— Kiring, — dedim unga, — Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) sizga jannat xushxabarini aytdilar!
Abu Bakr kirib Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) o‘ng yonlaridan joy oldi. U ham xuddi Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) kabi boldirlarini ochib, oyoqlarini osiltirib o‘tirdi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:51:51
Keyin men yana joyimga bordim. Ukam tahorat olayotganida chiqib ketgan edim. U orqamdan kelishi kerak edi. Agar Alloh  ukamga yaxshilikni xohlasa, uni (shu yerga) keltiradi, deya umidvor turardim.
Shu payt kimdir eshikni itardi.
— Kim u? — deb so‘radim men.
— Umar ibn Xattob!
— Bir oz kutib turing.
Men Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldlariga borib, salom berdim va:
— Umar ibn Xattob kirishga izn so‘rayapti, — dedim.
— Unga izn ber va jannat xushxabarini ayt, — dedilar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:52:00
Umar yoniga qaytib, unga:
— Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) sizga izn berdilar va jannat xushxabarini aytdilar, — dedim.
Umar kirib, Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) chap yonlarida oyoqlarini quduqqa osiltirib o‘tirdi. Men joyimga qaytdim. Alloh ukamga yaxshilikni xohlasa, uni (shu yerga) keltiradi, deya hanuz umidvor turardim. So‘ng kimdir kelib eshikni taqillatdi. Usmon (r.a.) ekan.
— Bir oz kutib turing! — dedim-da, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldlariga borib, Usmon ibn Affonning kirishga izn so‘rayotganini aytdim.
— Unga izn ber va boshiga tushadigan bir balo-sinov bilan birga jannatiy bo‘lishini ham ayt, — dedilar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam).
— Kiravering, — dedim Usmonga, — Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) boshingizga tushadigan bir balo-sinov bilan birga jannatiy bo‘lishingizni ham aytdilar!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:52:08
Usmon Allohga hamd aytib: «Allohning O‘zi madadkor!» deb qo‘ydi. U kirib quduq atrofining to‘lganini ko‘rdi-da, boshqa tomondan ularning ro‘parasiga o‘tirdi».
Sayyid ibn Musayyab aytadi: «Men buni ularning qabrlariga ta’vil qildim» (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Ya’ni, ushbu hodisa ularning qabrlariga nisbatan bir ramziy ishora sifatida olindi. Haqiqatan ham Abu Bakr va Umarlarning qabri Payg‘ambar alayhissalom qabrlari bilan yonma-yon, bir hujrada joylashgan. Usmonga (r.a.) esa bu hujrada joy qolmagan va u zot hujraning qarshisidagi qabristonga dafn qilingan.
Menimcha, mazkur hodisa ramziylikning e’tiborli ekaniga kuchli va ochiq hujjat bo‘la oladi.
Butun olamlar Parvardigoriga hamdlar bo‘lsin!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:52:48
Birinchi fasl

Insonning o‘zi kichik bir olam


Borliqdagi ramziylikni tasdiqlab hakim zotlardan biri: «Insonning o‘zi kichik bir olam», deb aytgan ekan.

Hukamolardan biri yozadi: «Faraz qil, senda — kichkina bir jasadda butun olam gavdalangan. Suyaklaring ulkan tog‘ga o‘xshab ketadi. Ularsiz tanang shubhasiz qulab-nurab bir uyum go‘shtga aylanadi. Qoning dengizlar, tomirlaring anhorlar, soching esa o‘t-o‘lanlar timsoli. Sochingning qalin-chigal joylari o‘rmon-changalzorlarga ishora».

Risolalarida yerni erkak, oyni ayol muqobiliga qo‘yishgan.

Bu o‘rinda esa, Xudo xohlasa, mana shu ulkan borliq bilan kichkinagina inson o‘rtasidagi o‘xshashliklar haqida suhbatlashamiz. Alloh madad bersin!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:53:04
Inson — borliq ruhi

Inson mana shu borliqning jonidir. Aslida butun dunyo inson sababli va inson uchun yaratilgan. Shuning uchun ham bashariyat to‘la kofir bo‘lib, Uning oyatlarini inkor qilganida dunyoning umri tugaydi.

«Alloh, Alloh!» deguvchi inson ustida Qiyomat qoyim bo‘lmas!» (Muslim rivoyati)

Insoniyat iymon ne’matidan butunlay mahrum qilinganida, yer yuzida «La ilaha illalloh» kalimasini aytadigan bironta odam topilmaydigan zamonlar kelganida borliq ham ruhi jonidan judo bo‘ladi. Zero, borliq mana shu ruh bilan tirik turadi. U aynan ushbu ruh sababli yaratilgan edi. Xuddi ruh yashashi uchun inson yaratilganidek.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:53:55
Chunki inson faqat go‘shtu qondan tarkib topgan emas. Unda yashayotgan ruh insoniyat haqiqati, uning mohiyatidir. Inson — Allohning yerdagi xalifasi! Bu oliy martabaga u nafxa sohibi bo‘lgani bois erishdi.

«Bas, qachon uni tiklab, ichiga o‘z (dargohimdagi) jondan kiritganimda, sizlar unga sajda qilgan holingizda yiqilingiz!» (Hijr, 29)

Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan sahih hadisda aytilishicha, homila yuz yigirma kunlik bo‘lganidan so‘ng unga ruh kiritiladi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:54:23
Borliqda Odam alayhissalomning yaratilishi ham mana shunga o‘xshaydi. Ya’ni, nutfa (bir tomchi suv) inson ruhini qabul qilib olishga tayyor bo‘lgach, Alloh taolo unga bir farishtani yuboradi va Alloh izni bilan homilaga jon-ruh kirgiziladi.

Xuddi shunday borliq ham xalifaning istiqboliga tayyor bo‘lgach, Alloh taolo farishtalarga dedi:

«Men yerda (odamni) xalifa qilmoqchiman». (Baqara, 30)
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:55:11
Yer xalifasi Odam va uning zurriyoti borliq uchun ruh-jon maqomida turadi. Alloh taolo yerdagi barcha narsani yana o‘ziga qaytarib olguniga qadar borliq inson bilan tirik bo‘ladi. Bu holat inson vafot etguniga qadar ruhi bilan yerda yashaganiga o‘xshaydi.

Oqibat esa turlicha bo‘ladi. Kimdir yerdagi xalifalikni to‘g‘ri ado etgani uchun rohat-farog‘atga erishadi. Yana kimdir noto‘g‘ri xatti-harakatlari bois azob-uqubatga duchor qilinadi.

Ibrohim alayhissalom zamonigacha bashariyat o‘spirin bolalardek yengiltaklik va quloqsizlik bilan yashadi. Ular pand-nasihatlarni tinglamadi, hikmatga e’tibor ham bormadi. Natijada mana shu yengiltakliklari, quloqsizliklari tufayli ko‘plari Nuh alayhissalom o‘z qavmi 950 yil hidoyatga da’vat qildilar. halok bo‘ldi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:55:29
«Darvoqe, har qachon men ularni Sening mag‘firatingga (sabab bo‘ladigan din yo‘liga) da’vat qilsam, ular (mening so‘zlarimni eshitmaslik uchun) barmoqlarini quloqlariga tiqib (meni ko‘rmaslik uchun yuzu ko‘zlariga) oyoq tirab turdilar hamda (menga itoat etishdan bosh tortib) kibr-havo qildilar». (Nuh, 7)

Nuh alayhissalom shu qadar uzoq muddatli da’vatdan so‘ng qavmining iymonga kelishidan umid uzdilar va ularni duoibad qildilar. Zero, bu qavm yerda xalifalik ma’no-mohiyatini to‘g‘ri ado etuvchi mo‘minlar uchun yaratilgan hayotga loyiq emas edi!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:55:43
«Nuh aytdi: «Parvardigorim, yer kofirlaridan biron hovli-joy egasini qoldirmagin. Chunki Sen agar ularni (er yuzida) qoldirsang, ular bandalaringni yo‘ldan ozdirurlar va ular faqat ko‘rnamak, nopok (kimsalar)ni tug‘ib-ko‘paytirurlar». (Nuh, 26-27)

Ba’zi rivoyatlarda aytilishicha, Nuh alayhissalomga iymon keltirgan, uning kemasida jon saqlab qolgan mo‘min va mo‘minalar soni bor-yo‘g‘i saksonta bo‘lgan. 950 yillik da’vatlari hosilasi edi bu!

Keyingi qavmlar ham Nuh alayhissalom qavmlaridan deyarli farq qilmaydi. Biz Od, Samud, Tubba’ va boshqa qavmlar qissasidan xabardormiz. Ularning barchalari o‘z payg‘ambarlarini yolg‘onchiga chiqardi va natijada Alloh azobiga duchor bo‘ldilar. Chunki ulardan ham, zurriyotlaridan ham biror yaxshilik chiqishi umid qilinmadi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:56:09
Nuh alayhissalom aytgan edilar: «Chunki Sen agar ularni (er yuzida) qoldirsang, ular bandalaringni yo‘ldan ozdirurlar va ular faqat ko‘rnamak, nopok (kimsalar)ni tug‘ib-ko‘paytirurlar». (Nuh, 27)

Mo‘minlar avlodiga yer keng-mo‘l bo‘lishi uchun ilohiy hikmat taqozosiga ko‘ra kofir qavmlarning hayot tomirlari yulib tashlandi. Endi bashariyatning yoshi bir oz ulg‘aygan edi. Insonlar o‘spirinlik yoshidan o‘tib, ko‘p narsani aql tarozusida tortib ko‘radigan bo‘lishdi. Bu davrda, ya’ni, Ibrohim alayhissalomdan keyin to Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) davrlarigacha bo‘lgan muddatda rasullar da’vatini qabul qiladigan kishilar soni ortib bordi. Hatto ashaddiy kofirlar avlodidan ham mo‘min farzandlar chiqishi umidli hodisaga aylandi va shu sababli butun qavmni yer yuzidan yo‘qotib tashlash jazosi to‘xtatildi. Endi faqat o‘lim va asirlik jazolari qolgan edi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:56:16
Nihoyat bashariyat Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) zamonlariga kelib, aqliy komillikka yetishdi. Ya’ni, aqli to‘ldi. Bu hol inson hayotidagi qirq yoshga qiyos qilinadi.

Agar butun o‘tgan umr bor-yo‘q hayotning beshdan to‘rt qismini tashkil etadigan bo‘lsa, bugun insoniyat — agar kishi umri bilan hisoblaydigan bo‘lsak — ellik yoshga kirdi va buyog‘i bizning hisobimizda juda-juda oz qoldi.

Odamlar turli ma’siyatlar, fisqu fujurlar, mast qiluvchi ichimliklar bilan o‘zlarini-o‘zlari o‘limga hukm etar ekanlar, yigitlik yoshida ham hayot bilan vidolashishlari mumkin!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:56:30
Bugun biz ayni shu holatning tirik guvohlarimiz. Butun bashariyat tarixi mana shunday o‘z-o‘zini o‘ldirish bilan to‘lib-toshgan. Bu zulmatdek qop-qora, zulm, kufr va fisqu fujur bilan to‘lgan qora kunlar, qora tarixdir.

Nopok kimsalar olamga hukmron. Barcha-barcha imkoniyat va qulayliklar fasod tarqatuvchi «zot»lar qo‘lida. Insoniyat bugun olamni hatto to‘rt marta izdan chiqarib yuborishi mumkin. U ana shunday xarob qiluvchi qurollarga ega.

Xo‘sh, mana shunday hayot tarziga ega qavm yer yuzida uzoq hayot kechiradi, deb o‘ylaysizmi?!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:56:39
Menimcha, vallohu a’lam, Alloh taolo bandalarini bu zulm-zulmat orasiga tashlab qo‘ymaydi. U juda mehribon Zot!

Hayot oxirlamoqda, bashariyat umri juda oz qoldi. Qiyomat alomatlari asta-sekin ko‘rinyapti.

Bandalar Parvardigorlari huzurida hisob-kitob qilinadilar. Alloh bizga kifoya va U naqadar yaxshi kifoya etguvchi!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:57:07
Ikkinchi fasl

Qiyomatning ulkan alomatlari zamiridagi sir-asrorlar


Biz yuqorida insonning kichik bir olam ekani, unga yuz yigirma kunlik homila ekanida ruh puflangani va bu ruh insonga hayvon hayotini kechirish uchun emas, balki inson bo‘lib yashamog‘i uchun berilgani haqida suhbatlashdik. Inson aynan mana shu ruhi sababli ilohiy ma’rifat va yerdagi xalifalikka munosib ko‘rildi. Alloh iznu irodasi bilan butun borliq unga bo‘ysundirildi. Inson yerda xalifa bo‘ldi. Lekin odam tug‘yonga tushib, o‘zgalarga jabr-zulm o‘tkazsa, yaratgan ulug‘ Parvardigorini unutib, fisqu fujur ishlarga sho‘ng‘isa, o‘zicha kibru havo qilib haq yo‘ldan yuz o‘girsa, Alloh taolo uni parcha-parcha qilib tashlaydi. Shuningdek, olamda ham fasod, qirg‘inlar haddan ziyod ko‘payib ketsa, dunyo oxirgi soatlariga tobora yaqinlashadi. Agar mana shunday buzuq dunyoda Qiyomat alomatlari ko‘rinayotgan bo‘lsa, bunga sira-sira ajablanmaslik kerak.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:58:14
Qiyomatning ulkan shartlarining eng avvali Mahdiy — Muhammad ibn Abdullohning chiqishidir. Alloh taolo uning vositasida ummat holini o‘nglaydi, ularni hidoyatga yo‘llaydi. Bu ish xuddi o‘lim to‘shagida yotgan kasal kishining holatiga o‘xshaydi. Ya’ni, ramziy qilib aytadigan bo‘lsak, o‘lim to‘shagida yotgan kishining hayvoniy hislari zaiflashib, ruhoniyat nurlari yuksaladi. U Parvardigor rahmatiga talpinadi.

Demak, Mahdiyning chiqishini ramziy ma’noda o‘lim to‘shagidagi kishi holatiga o‘xshatish mumkin bo‘ladi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:58:37
Qiyomat shartlarining eng avvali o‘lim to‘shagidagi insonda ko‘riladigan birinchi alomat-belgiga o‘xshashi o‘zaro munosabatli holatlardir. Hayotining so‘nggi lahzalarini yashayotgan kishi uchun yolg‘iz bitta davo bor — o‘lim!

Bugungi kunda olamning bir emas, bir nechta bedavo kasallik bilan og‘riyotgani oqil kishi uchun sir emas. Bu «kasalliklar» barcha «tabib»larni ojiz qoldirdi. Endi olamga ham bitta davo bor —Qiyomat qoyim! Alloh taolo yer va undagi bor mavjudotni meros qilib olgach, bandalarini amallariga ko‘ra so‘roq qiladi. O‘shanda:

«Bas, kim (hayoti-dunyodalik paytida) zarra misqolichalik yaxshilik qilsa, (Qiyomat kunida) o‘shani ko‘rur. Kim zarra misqolichalik yomonlik qilsa, uni ham ko‘rur!» (Zalzala, 7-8)
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 07:59:27
Iso alayhissalom tushishlari siri

Iso alayhissalomning tushishlari o‘lim mastligining ilk lahzalarida kuzatiladigan bir ochilish - o‘ziga kelishga o‘xshaydi. Inson o‘limi oldidan o‘zini bir oz tetik his qiladi. Hatto ba’zilar "œtuzalyapmiz" deb o‘ylaydi. So‘ng esa adashganini sezadilar. O‘shanda haqiqat barchaga ayon bo‘ladi. Kofir, fojir kimsalar o‘zlarining haqdan yiroq yurganlarini anglaydilar. Ammo joni uzilayotgan kishi mo‘min bo‘lsa, jannatdagi maqomini ko‘radi, o‘limning yuziga kulib qaraydi va Parvardigoriga ro‘baro‘ bo‘lishini o‘ylab quvonadi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 15 Yanvar 2007, 08:00:14
*  *  *

Savol: Nega aynan Iso alayhissalom tushadilar?

Javob: Iso alayhissalom otasiz tug‘ilganlar. Alloh qudrati ila Maryam unga (Isoga) homilador bo‘lgan edi. Shuning uchun ham Iso alayhissalomni "œAllohning kalimasi", "œRuhulloh" deydilar. Chunki Ruhulloh Alloh izni bilan o‘liklarni tiriltirar edilar. "œRuhulloh" nomini eshitib, Isoning Allohga biron bog‘liqligi bor, deb tushunmaslik kerak. Alloh taolo bunday bo‘htonlardan pokdir. U maxluqotlarida aslo ko‘rinmas va maxluqotlar ham hech qachon Alloh taoloda ko‘rina olmaslar! Alloh ba’zi kimsalar aytayotgan nomunosib sifatlardan pokdir!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 16 Yanvar 2007, 13:46:45
«(Ey Muhammad), ayting: «U - Alloh birdir (Ya’ni, uning hech qanday sherigi yo‘qdir. U yakkayu yolg‘izdir). Alloh (barcha hojatlar bilan) ko‘zlanguvchidir (ya’ni, barcha hojatlar Undan so‘raladi, ammo U hech kimga muhtoj emasdir). U tug‘magan va tug‘ilmagandir (ya’ni, Allohning o‘g‘il-qizi ham, ota-onasi ham yo‘qdir. U azaliy va abadiy zotdir). Va hech kim U zotga teng emasdir» (Ixlos surasi).

Kimki Iso alayhissalomni g‘ayribashariy, ya’ni, ilohiy biron sifat bilan sifatlar ekan, u shak-shubhasiz kofir bo‘ladi. Bu borada barcha imomlar bir xil fatvo berishgan.

Iso alayhissalom sharafini oshirish uchun «Ruhulloh» deydilar. Masalan, biz «Baytulloh» deymiz. Ya’ni, Allohning bayti — uyi deb uni sharaflaymiz.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 16 Yanvar 2007, 13:48:06
Isoning Alloh izni bilan o‘liklarni tiriltirish xislatiga Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) quyidagi tavsiflari ham dalolat qiladi:
— U boshini egsa, (suv) tomchilaydi. Agar boshini ko‘tarsa, undan la’ldek tomchilar sachraydi;
— Uning boshidan xuddi (hozirgina) hammomdan chiqqanga o‘xshab (suv) tomchilaydi;
— Unga suv tegmagan bo‘lsa ham, boshidan (suv) tomchilab turadi.

Biz nega buni dalil sifatida keltiryapmiz? Chunki uning boshidan tomchilayotgan tomchilar (vaholanki, hali unga suv tekani yo‘q) hayot suviga dalolat qiladi.

"œVa barcha tirik mavjudotni suvdan (paydo) qildik» (Anbiyo, 30).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 16 Yanvar 2007, 13:48:26
Dajjol chiqishining siri

Dajjol Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlaridek kutilayotgan g‘aybiy yomonlikdir. Qiyomat shartlaridan sanalmish uning ulkan fitnasi o‘lim mastligini boshidan kechirayotgan kishining fitnasiga (ya’ni, fitnaga solinishiga) o‘xshaydi. Jon berayotgan kishi oldiga Iblis kelib, uni yahudiy yoki nasroniy bo‘lib o‘lishga da’vat qiladi, islomida shak-shubhaga solishga urinadi.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) masih Dajjol fitnasi yoniga qo‘ygan o‘lim fitnasi mana shu edi.
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 16 Yanvar 2007, 13:49:27
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Parvardigoro! Men Sendan do‘zax azobidan, qabr azobidan, tiriklik va o‘lim fitnasidan hamda Masih Dajjol fitnasidan panoh tilayman!»

Iblisning jon chiqar mahalda insonni fitnaga solishi Qiyomat qoyim oldidan bo‘ladigan Dajjol fitnasiga muqobildir. Axir Qiyomat ham butun olamning o‘limi emasmi?!

Alloh taolodan dunyoyu oxirat omonligini so‘raymiz! Amiyn!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 16 Yanvar 2007, 13:50:35
Quyoshning mag‘ribdan chiqishi siri

Oxirat olami... Dunyo olamiga nisbatan u kunbotar tarafdir. Jon bo‘g‘izga tiqilib, haqiqat olamiga o‘tay-o‘tay deb turganida mana shu o‘zga olamdan haqiqat quyoshi balqiydi. Ruh botgan tarafdan nurli yog‘dular ko‘rinadi va ana shunda tavba eshigi yopiladi, amallar qabul qilinmaydi.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Quyosh mag‘ribdan chiqmagunga qadar Qiyomat bo‘lmaydi. Quyosh mag‘ribdan chiqqach, uni ko‘rib hamma iymon keltiradi. Ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan kimsaga u paytda (endi keltirgan) iymoni foyda bermas» (Buxoriy rivoyati. Muslim ham shu ma’nodagi hadisni rivoyat qilgan).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 16 Yanvar 2007, 13:51:11
Demak, quyoshning g‘arbdan chiqishi ramziy ma’noda oxirgi lahzada - jon chiqar chog‘ida o‘zga olamdan porlaydigan haqiqat quyoshining chiqishiga muqobil ekan. Zero, undan keyin faqat o‘limgina qoladi. Mo‘minning joni yengil, yumshoq olinadi. Kofirning ruhi esa qattiq sug‘irib olinadi. Axir xushbo‘y shamol ham mo‘minlarning jonini avaylab, ohista olmasmidi?! So‘ng ayollari ustiga xuddi eshaklardek sakraydigan fojiru kofir kimsalarga Qiyomat qoyim keladi va ularning joni qattiq, alamli sug‘irib olinadi. Alloh taolodan dunyoyu oxirat salomatligini so‘raymiz! Amiyn!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 16 Yanvar 2007, 13:52:50
Ya’juj va Ma’jujlar

Iso alayhissalom tushib, Dajjolni o‘ldirganlaridan so‘ng, Ya’juj va Ma’jujlar chiqadi. Musulmonlar hali Iso alayhissalom hukmi ostida rohat qilib yashamagan bo‘ladi.

Biz bu davrni har bir kishi boshidan kechiradigan o‘lim oldidagi tetiklikka, uning naqadar qisqaligiga qiyosladik. Ya’ni, musulmonlar ozgina muddat Iso hukmi ostida yashaydilar. Ya’juj va Ma’jujlarning chiqishi esa inson jismini halok qiluvchi fano omillarining hujumiga ramziy bir ishoraga o‘xshaydi. Zero, xuddi Ya’juj va Ma’jujlar kabi bu fano omillari hujumini hech kim qaytarishga qodir bo‘lmaydi. Ya’ni, Ya’juj va Ma’jujlarni to‘xtatishdan hatto Iso hamda uning ashoblari ham ojiz bo‘ladilar. O‘lim soati yaqinlashgan vaqtda fano omillarini hech kim to‘xtatib qola olmaydi. Endi Iso alayhissalomning duosi bilan Ya’juj va Ma’jujlarning o‘ldirilishiga kelsak, bu ham o‘lim oldidagi tetiklikka ramzdir. Vallohu a’lam!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 17 Yanvar 2007, 11:01:54
Dobbatul arz chiqishining siri

Dobba quyosh mag‘ribdan bosh ko‘tarib, tavba eshigi berkitilganidan so‘ng chiqadi. "œOdamlar bizning oyatlarimizga ishonmas edilar", deb gapiradi. Mo‘minning yuzini yana-da yorishtirib, kofirning burniga belgi qo‘yadi. Hamma bir dasturxon atrofida jamlanib, kim mo‘min va kim kofir ekani bilib olinadi. Bu o‘lim to‘shagida yotgan kishiga farishtalarning xabar keltirishiga o‘xshaydi. Maloikalar mo‘minga jannat xushxabarini beradi, joni uzilayotgan kofirni do‘zax bilan qo‘rqitadilar!

«(Ey Muhammad), bu zolimlarni o‘lim girdobida qolgan, o‘lim farishtalari qo‘llarini cho‘zib: «Jonlaringizni beringiz! Bu kun - Alloh sha’niga nohaq gaplarni aytganingiz va Uning oyatlaridan yuz o‘girib kibru havo qilganingiz sababli xorlik azobi bilan jazolanadigan kuningizdir», deb turgan paytda bir ko‘rsangiz edi» (An’om, 93).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 17 Yanvar 2007, 11:02:31
«Agar farishtalar kofir kimsalarning yuz va ketlariga urib jonlarini olayotgan va: «Do‘zax azobini totingiz! Bunga sabab o‘zlaringiz qilgan amallaringizdir, zero Alloh hargiz bandalariga zulm qiluvchi emasdir», deyayotgan paytini ko‘rsangiz edi» (Anfol, 50).
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 17 Yanvar 2007, 11:02:56
Endi mo‘minlar haqida

«Ular (shirk va isyondan) pok bo‘lgan hollarida, farishtalar ularning jonlarini olar ekanlar: «Sizlarga tinchlik-omonlik bo‘lgay. (Endi) qilib o‘tgan amallaringiz sababli jannatga kiringiz», derlar» (Nahl, 32).

Dobbaning chiqishi ana shunday o‘lim sir-asrorlariga va olamning umri tugayotganiga ishora qiluvchi alomatdir.

So‘ng abadiy hayot boshlanadi. Alloh taolodan bizni ham fazlu karami ila haq yo‘lga hidoyatlanganlar qatorida qilishini so‘raymiz. Amiyn!
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 17 Yanvar 2007, 11:03:27
Odamlarni mashriqdan mag‘ribga to‘playdigan olov

O‘lim to‘shagida yotgan kishining joni sug‘irilib o‘zining sharqiy olami — dunyo olamidan g‘arbiy olami — oxirat olamiga o‘tkaziladi. Ruh quyoshi bizga nisbatan mana shu yerda botadi, oxirat olamiga nisbatan esa chiqadi...
Nom: Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: Muslimaxon 17 Yanvar 2007, 11:03:54
So‘ngso‘z

Qiyomat shartlari va ularning sir-asrorlari haqida Alloh izni bilan baholi qudrat bilgan-tushunganlarimni bayon etdik.

Alloh taolodan ushbu amalimizni qabul etishini va uni xolis karim yuzi uchun qilishini so‘raymiz.

Risoladagi qalam adashgan, toyilgan o‘rinlarni Uning O‘zi kechirsin!

Bizni mana shunga yo‘llab qo‘ygan Allohga hamdlar bo‘lsin! Zero, o‘zimizcha hech qachon uni topa olmasdik!

Albatta, Parvardigorimiz rasullari faqat haqni keltirganlar!

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh!
Nom: Re: QIYOMAT ALOMATLARI. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: AbdulAziz 31 Mart 2008, 07:52:33
MUNDARIJA

Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32367#msg32367)
Qiyomat yaqin qoldi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32371#msg32371)
Qiyomatning yaqin qolgani haqida xabar beruvchi zikrlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32376#msg32376)
Qiyomatning ulkan shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32395#msg32395)
Mahdiyning chiqishi to‘g‘risidagi hadislar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32397#msg32397)
Kutilayotgan g‘aybiy yomonlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32405#msg32405)
Dajjol hozir hayotmi?  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32424#msg32424)
Ibn Sayyod Masih Dajjolmi?! (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32433#msg32433)
Dajjolning ota-onasi qanday ko‘rinishda bo‘ladi? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32445#msg32445)
Dajjolning jin-shayton  yoki insu jin hosilasi ekaniga dalillar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32478#msg32478)
Iso alayhissalomning tushishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32490#msg32490)
Iso alayhissalomning tushishlari haqidagi hadislar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32496#msg32496)
Iso alayhissalom sifatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32507#msg32507)
Iso alayhissalom yerda qancha muddat turadilar va so‘ng qaerga dafn etiladi? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32511#msg32511)
Ya’juj va Ma’jujning chiqishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32515#msg32515)
Zulqarnayn kim? Ya’juj va Ma’jujlar kimlar? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32521#msg32521)
Zulqarnayn qurgan to‘g‘on ochilganmi? Ya’juj va Ma’jujlar tashqariga chiqdimi? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32536#msg32536)
Quyoshning g‘arbdan chiqishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32558#msg32558)
Dobbatul arz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32567#msg32567)
Xushbo‘y shamol (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32575#msg32575)
Olovning chiqishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32581#msg32581)
Zamon yaqinlashuvi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32587#msg32587)
Uch marta yerning yorilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32590#msg32590)
Surga nafxa urilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32592#msg32592)
Qiyomat qoyimning yaqinligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32609#msg32609)
Qiyomat qachon? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32613#msg32613)
Qiyomat alomatlarining sirlari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32629#msg32629)
Insonning o‘zi kichik bir olam (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32637#msg32637)
Inson — borliq ruhi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32638#msg32638)
Qiyomatning ulkan alomatlari zamiridagi sir-asrorlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32648#msg32648)
Iso alayhissalom tushishlari siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32651#msg32651)
Dajjol chiqishining siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32660#msg32660)
Quyoshning mag‘ribdan chiqishi siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32662#msg32662)
Ya’juj va Ma’jujlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32664#msg32664)
Dobbatul arz chiqishining siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32670#msg32670)
Endi mo‘minlar haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32672#msg32672)
Odamlarni mashriqdan mag‘ribga to‘playdigan olov (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32673#msg32673)
So‘ngso‘z (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.msg32674#msg32674)
Nom: Re: QIYOMAT ALOMATLARI. Muhammad Salamat Jabar
Yuborildi: AbdulAziz 31 Mart 2008, 07:56:00
Qiyomat alomatlari

(http://www.ziyouz.com/images/books/qiyomat.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=47)

Muallif: Muhammad Salamat Jabar

Hajmi: 391 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=47)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.0)