forum.ziyouz.com

Kutubxona => O'zbek adabiyoti => O'zbek nasri => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 23 Yanvar 2007, 07:47:41

Nom: Pirimqul Qodirov. Yulduzli tunlar (roman)
Yuborildi: AbdulAziz 23 Yanvar 2007, 07:47:41
Yulduzli tunlar (roman)

(http://www.ziyouz.com/images/books/Bobur.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=24)

Muallif: Pirimqul Qodirov
Hajmi: 1,02 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=24)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1104.0)
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:37:48
(http://ziyouz.com/rasmlar/literature/yulduzli_tunlar.jpg)

MUALLIFDAN

Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin. «Yulduzli tunlar» ana shu majoziy kemalardan biri tarzida yuzaga keldi. Uni 1972-yilda ilk bor yozib nashrga topshirganimda tog‘day bir yuk yelkamdan tushganday bo‘lgan edi.
Lekin mustabid tuzum tazyiqi ostida roman olti yil chop etilmay yotdi. Bu yillar davomida o‘sha zalvarli yukni yana yelkamda ko‘tarib yurganday bo‘ldim. Qo‘lyozmani ko‘pgina mas’ul mutasaddilar, katta akademiklar o‘qib fikr aytishdi. Chop etish masalasi Qizil imperiya markazining ruxsati bilangina hal etilishi mumkin ekan. Qo‘lyozmaning satrma-satr tarjimasini Moskvada ham o‘qishib, yozma taqrizlar berishdi.
Xilma-xil fikr va mulohazalar changalzoridan tikanlarga tirnalib o‘tdim, yo‘limdan adashib ketmaslik uchun doim tarix haqiqatiga, xususan — «Boburnoma»day asl manbalarga tayandim. Olti yil davomida romanga kiritgan yangi tahrirlarim ko‘proq uning badiiy nuqsonlarini tuzatishga, tarix haqiqatini chuqurroq ochishga qaratildi.
1979-yilda rahmatli Sharof Rashidovning yordami bilan roman kitob bo‘lib chiqdi. 1981-yilda unga Davlat mukofoti ham berilganligi mustabid tuzum zolimlarining qahrini keltirgan bo‘lsa kerak. Ular «paxta ishi», «o‘zbek ishi» degan dahshatli tuhmatlar davrida Amir Temur va Bobur mirzoga qarshi yangi hujumlar uyushtirib, meni ham roman bilan birga loyqa sellar girdobiga tortib tushurishga urinib ko‘rdilar.
Lekin jamoat fikri uyg‘ongan, istiqlolimiz tongi otayotgan paytlar edi. Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekistonga rahbar bo‘lgan kundan boshlab tarixiy adolatni tiklashga juda katta e’tibor berdi. Dilimizda armon bo‘lib yurgan ezgu orzularning ushalishi uchun endi imkon yaratildi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:38:06
Bundan ellik yil burun talabalik yillarimda Bobur mirzoga ixlosmandlik menda Amir Temur asos solgan sulolaga qiziqish tufayli boshlangan edi. Bobur mirzo temuriylar sulolasini halokatdan qutqarib, asrdan-asrga, mamlakatdan-mamlakatga olib o‘tganligi, bu ulug‘ sulola Hind zaminida yana uch yuz yildan ortiq davr surganligi o‘sha yillardayoq dilimda hayrat va iftixor tuyg‘usini uyg‘otgan edi. Keyinchalik «Temur tuzuklari» bilan tanishganimda sohibqironning vasiyatlariga va ulug‘ bunyodkorlik an’analariga Bobur mirzo astoydil amal qilgani juda ko‘p tarixiy voqealarda ko‘zga tashlandi. «Temur tuzuklari»ni «Boburnoma»ga qiyoslab o‘qiganimda ularning orasida ruhiy va uslubiy yaqinlik borligini ham sezdim.
Ammo sho‘ro davrida bu haqiqatlarni yozish — arining uyasiga cho‘p tiqish bilan barobar edi. Chunki sho‘rolar har gal Amir Temurga qarshi hujum uyushtirganda nuqul Bobur mirzoni uning yoniga qo‘yib qoralashardi. Bu hujumlar elliginchi yillarda Bobur asarlari maktab darsliklaridan chiqarib tashlanganda bir xuruj qilgan, yetmishinchi yillarda «Temur tuzuklari» chop etilganda Moskvadan chiqadigan «Voprosu istorii» jurnali orqali jazava bilan davom ettirilgan, 1986-yilda Uchinchi plenum nomini olgan mash’um yig‘inda avjiga chiqarilgan edi.
Mana shu alg‘ov-dalg‘ovlar sababli Bobur mirzo to‘g‘risidagi romanning yozilishiga ilk bor turtki bo‘lgan yuqoridagi tarixiy haqiqatni o‘sha davrda kitobxonlarga yetkazib berishning iloji bo‘lmadi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:39:06
Ammo Amir Temur va Bobur mirzo orasidagi vorisiylikka, tarixiy, irsiy va ijodiy yaqinlikka bag‘ishlangan boblar va lavhalarning romanda o‘z o‘rni bor edi, ular avvaldan rejalashtirilgan, dilda pishitilgan, qisman qoralab ham qo‘yilgan edi. Faqat oradan o‘nlab yillar o‘tgandan so‘ng ularni syujet chiziqlariga uzviy bog‘lash, qaytadan avvalgi ijodiy jarayonlarga kirish ko‘p vaqt va qunt talab qildi.
Nihoyat, romanning avvalgi nashrlariga kirmay qolgan boblar va lavhalar bu yil vaqtli matbuot sahifalarida chop etilib, jamoatchilikning nazaridan o‘tkazilgandan so‘ng ushbu nashrga kiritildi.
Yillar davomida romandagi ayrim noaniqliklar va nuqsonlar haqida asosli tanqidiy fikrlar bildirilgan edi. Zokirjon Mashrabov boshliq Bobur ekspeditsiyasi jahonni kezib, ko‘pgina yangi tarixiy faktlarni kashf etdi. Ular ham ushbu nashrda baholi qudrat hisobga olindi.
Bundan o‘ttiz yil muqaddam 1969-yilning yanvarida boshlangan bu ish shoyadki shu bilan nihoyasiga yetgan bo‘lsa.

1999 yil.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:39:15
AROSAT
Birinchi qism
 
QUVA
QIL USTIDA TURGAN TAQDIRLAR

1


Milodiy 1494-yilning yozi. Saraton issig‘ida Far-g‘ona vodiysining osmoniga chiqqan quyuq bulutlar kuni bo‘yi havoni dim qilib turdi-yu, kechki payt birdan jala quyib berdi. Qizil tuproqli tepaliklar orasidan o‘tib kelayotgan sersuv Quvasoy qon qo‘shib oqizilgandek qip-qizil bo‘lib ketdi.
Soy bo‘yidagi majnuntollar panasida bir yigit bilan qiz shivirlashib gaplashmoqda edi.
— Robiya, inon, men tirik bo‘lsam, senga balo-qazoni yo‘latmasmen!
— Tangrim sizni ham panohida asrasin, Tohir og‘a!.. Yog‘iyning* ming-ming askari bor. Qaysi biriga bas kelursiz? Ana, qochqinlarga qarang!..
Tohir orqasiga o‘girilib, Quvasoyning quyi tomonlariga ko‘z yugurtirdi. Pastda qamishzor botqoqlik va uning ustidan o‘tgan uzun yog‘och ko‘prik bor edi. Ko‘prikdan chumoliday behisob odamlar, otlar, mollar, aravalar tizilib o‘tib kelayotgani yomg‘ir pardasi orasidan elas-elas ko‘zga chalinardi.
Samarqand podshosi Qo‘qonni bosib olib, qo‘shiniga talatgan va Marg‘ilonga hujum qilgan edi. Bosqinchilar shaharu qishloqlarni talash bilan qanoatlanmay, ko‘hlik qizlarni cho‘rilikka olib ketishar edi. Buning hammasini eshitgan odamlar yovdan qochib, tinch joy izlab bormoqda edilar.
— Ulusning sho‘ri qursin! — dedi Tohir. — Kasofat podsholar urushmay turolmasa. Biridan qochsang, boshqasiga tutilsang. Undan ko‘ra qochmaymiz! Tavakkal. Peshonaga bitilgani bo‘lur!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:39:34
Tohir yomg‘irda ho‘l bo‘lib, badaniga yopishib turgan qalami yaktak ustidan xanjar taqib olgan edi. Robiya xanjarga qo‘rqa-pisa ko‘z tashladi-da:
— Qaydam, — dedi. — Otamlar meni qo‘rg‘onga eltib qo‘ymoqchilar.
— Qaysi qo‘rg‘onga?
— Andijon qo‘rg‘onida amakim borlar-ku.
Tohir Robiyaning hoziroq jo‘nab ketishidan cho‘chiganday uning bilagidan oldi. Ilgarilar hurkovich ohudek tutqich bermaydigan Robiya hozir allanechuk yuvosh bo‘lib qolgan edi. Uning xina qo‘yilgan qo‘llari gulday chiroyli. Boshiga otasining qora jun chakmonini yopinib chiqqan ekan. Yomg‘irda ho‘l bo‘lib og‘irlashgan chakmon uning nozik bo‘yniga og‘irlik qildi. Robiya chakmonni yelkasiga tushirdi. Shunda yoqasining bitta bog‘ichi yechilib ketdi-yu, qizg‘ish marmarday silliq bo‘ynining pasti ko‘rindi. Yashil nimchasi o‘n yetti yoshlik qizlardagina bo‘ladigan tolma belidan quchib, qattiq ko‘kraklarini mahkam chirmab turar edi.
Bolalikdan Robiya bilan devordarmiyon qo‘shni bo‘lib o‘sgan Tohir uning qanchalik jozibali qiz ekanini, bosqinchi bek va navkarlar mana shunaqa qizlarga qanchalik o‘ch bo‘lishini go‘yo endi astoydil his qildi.
Bu yil bahorda ota-onalari ularni unashtirib qo‘ygan paytlarida ham Robiya Tohirga hozirgichalik chiroyli ko‘rinmas edi. Ramazon oyi o‘tgandan keyin ularning to‘ylari bo‘lishi kerak. Tohir Robiya bilan hademay bir yostiqqa bosh qo‘yishlariga ishonib, bexavotir yurgan edi. Biroq endi urush dovuli Quvaga yaqinlashib kelayotgan shu xatarli damlarda Robiya unga har qachongidan ham aziz, har qachongidan ham g‘animat ko‘rindi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:39:48
Tohir Robiyaning Andijon qo‘rg‘onida birorta bo‘yni yo‘g‘on bekning tuzog‘iga ilinib qolishi mumkinligini o‘yladi-yu:
— Yo‘q! — dedi. — Meni desang qo‘rg‘onga borma!
Robiya Tohirning baxmalday mayin mo‘ylovi tagida xiyol titrab turgan labiga va iztirob bilan chaqnayotgan qo‘ng‘ir ko‘zlariga tikildi.
— Mening ham sizdan yiroqqa ketkim yo‘q... Lekin neqilay... Qo‘rqamen!..
Tohir qizni chakmon bilan birga quchib, bag‘riga bosdi. Robiyaning mayin soch tolalari yigitning yuziga tegdi, bir lahza ikkovining nafasi nafasiga qo‘shilib ketdi. Tohir qizning badani titrayotganini sezdi-yu:
— Chindan qo‘rqqaningmi bu, Robiya? — dedi. — Senga ne bo‘ldi?..
— Men bir vahimali tush ko‘rdim, Tohir og‘a! Ilohi tushim o‘ng kelmasin!..
Endi Tohir ham xavotirlanib, qizni quchog‘idan bo‘shatdi-da, uning katta-katta bo‘lib ketgan ko‘zlariga qaradi:
— Yomon tushmi?
— Aytishga ham tilim bormaydir.
— Tushga nelar kirmas!.. Ayt!.. Mayli...
— Sizni bir qora ho‘kiz xanjarday shoxlari bilan suzib... Yo‘q! Yo‘q! Eslasam, etim junjikib ketadir!
Tohir yomon bir falokatni oldindan sezganday yuragi uvushdi:
— Shoshilmay gapir! Suzgan bo‘lsa, qon oqdimi?
— Qon? Ha, ha.. Qon tirqirab ketdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:40:03
— Unday bo‘lsa qo‘rqma. Tushdagi qon — yorug‘lik. Otam doim shunday deydi.
— Tangrim shu ta’birni rost keltirsin! Tohir og‘a, men... Agar Andijonga siz bormasangiz... men ham ketmasmen. Neki bo‘lsak, shu yerda... birga...
Majnuntol barglari orasidan sirqib tushayotgan yomg‘ir tomchilari qizning payvasta qoshlariga, tig‘iz kipriklariga tekkan. Tohirning nazarida, Robiya yomon bir baxtsizlik bo‘lishini hozirdan sezib, ko‘ziga yosh olayotgandek ko‘rinardi.
— Mendan ko‘p xavotirlanma, Robiya. Men bir dehqon odammen. Havo ochilsa, dalaga chiqib qo‘shimni haydaymen. O‘rog‘imni o‘ramen. Yog‘iyning menga ne ishi bor? Lekin sen... ehtiyotingni qil. Andijon qo‘rg‘onida amakilaring bor...
— Andijonda sizning ham mulla tog‘oyingiz borlar-ku! Yo birga ketaylikmi?
Tohir o‘ylanib qoldi. Uning Andijonda me’mor bo‘lib ishlaydigan Fazliddin tog‘asi el orasida tanilgan mashhur odam. Quvasoy botqog‘ining ustidan o‘tgan mana shu uzun yog‘och ko‘prik ham mulla Fazliddin chizib bergan tarh* bo‘yicha qurilgan. Andijon arkida mulla Fazliddin samoviy naqshlar va koshinlar bilan bezab qurgan devonxona tojdor Umarshayx mirzoga ma’qul bo‘lgandan keyin unga to‘bichoq ot va bir hamyon oltin in’om qilganini Tohir ham eshitgan. U tog‘asining shahar qo‘rg‘onidan tashqaridagi Bog‘ot mahallasida turishini biladi. Mulla Fazliddin Quvada turgan paytlarida Tohirga xat-savod o‘rgatgan edi. Endi jiyani panoh istab borsa, qanoti tagiga olishi mumkin. Lekin bu yerda chol-kampirlar nima derkin? Tohir — yolg‘iz o‘g‘il, javob bermasliklari mumkin. U Andijonga Robiya tufayli borishini esa ota-onasiga aytishdan uyaladi... Balki buni Robiyaning akasi Mahmud aytar?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:40:39
— Robiya, mayli, iloji bo‘lsa, Andijonga birga keturmiz. Lekin dadamlarni ko‘ndirish oson emas... Mahmud og‘ang eshikdami?*
— Do‘konga chiqqan edilar. Iftorgacha kelurlar. Nima edi?
— Iftordan so‘ng biznikiga o‘tsin. Maslahat bor.
— Xo‘p, men aytamen.
Robiya yuzini Tohirning keng ko‘kragiga bosdi:
— Tangrim bizni bir-birimizga ko‘p ko‘rmasin! — dedi-da, majnuntol shoxlari orasidan chiqdi.
Soy bo‘yida turgan bo‘sh mis ko‘zani yomg‘ir tomchilari chertib-chertib qo‘yadi. Robiya ko‘zaga qarab suvga kelganini esladi va uni to‘ldirib, uylari tomon ko‘tarib ketdi.
Qalliqlar odamlarning ko‘zidan yiroqda — yashiriqcha uchrashib yurar edilar. Qiz uzoqlashib ketgandan keyin Tohir ham majnuntollarning panasidan chiqdi.
Shunda Robiyaning tushiga kirgan qo‘rqinchli voqea uning esiga tushdi-da, noma’lum bir xatar vujudiga larza solib o‘tdi...

_____________
* Yo g‘ i y — yov.
* T a r h — chizma, loyiha.
* E sh i k — bu yerda uy, hovli ma’nosida.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:41:32
2

Bu yilgi ro‘za yoz chillasiga to‘g‘ri kelgan, jazirama kunlarda tong sahardan kechqurun qorong‘i tushguncha tuz totmay och yurish ko‘p odamning sillasini quritar, buning ustiga tashnalik azobi qo‘shilardi. Ro‘zadorlar kunni qanday kech qilishlarini bilmay, tezroq qosh qorayishini intizorlik bilan kutishardi.
G‘ira-shira qorong‘ilikda Quva masjidining minorasidan azon tovushi eshitildi. Urush tahlikasi qanchalik kuchli bo‘lmasin, dasturxon atrofiga yig‘ilgan odamlar ro‘zasini ochayotgan paytda ochlik va tashnalikdan qiynalgan vujudlari rohatlanib, dunyo g‘amlari birpasga bo‘lsa ham xayollaridan uzoqlashdi.
Tohir keksa ota-onasi bilan birga iftor qilmoqda edi. Dasturxondan sedanalik issiq non va handalak hidi keladi. Non yeb, bir kosadan qatiqli osh ichganlaridan keyin Tohir Andijonga ketish haqidagi gapning uchini chiqarishga chog‘landi.
Shu payt kimdir qamchi dastasi bilan darvozani taqillatdi. Hovlida yotgan keksa ko‘ppak it yo‘g‘on va xirri tovush bilan vovulladi. Tohir o‘rnidan turgan edi, otasi:
— Ehtiyot bo‘l! — dedi ovozini pasaytirib. — Avval kimligini so‘rab bil.
Tashqarida yomg‘ir tingan, lekin osmon bulutli, qorong‘ilikda hech narsani ko‘rib bo‘lmas edi. Tohir darvozaxonaga yaqin borib:
— Kim? — deb so‘radi. Ko‘ppak qattiqroq hura boshladi. Tashqaridagi odam ovozini balandlatib:
— Tohir, jiyan? — deb so‘radi. — Och, men tog‘o-yingmen!
Tohir tashqaridagi ovozni tanib, ochiq darcha orqali ichkariga:
— Aya, Fazliddin tog‘oyim! — dedi-yu, chopib borib darvozaning zanjirini tushirdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:41:45
Ichkaridan chiqqan chol-kampirlar mehmon bilan ko‘rishayotganda Tohir qorayib turgan ikki g‘ildirakli soyabon aravani ko‘rdi. Aravaga qo‘shilgan otning egari ustidan kimdir paypaslanib tushmoqda edi.
— Mulla tog‘a, arava sizdanmi?
— Ha, jiyanim. Ko‘ch-ko‘ronim bilan keldim.
— Shunaqami? — dedi Tohir hayron bo‘lib. Uning ko‘nglida boya tog‘asini ko‘rganda yongan quvonch endi tashvishli o‘ylar bilan almashindi. Tohirning Andijondagi panohi — mana shu tog‘asi edi. Tog‘asi ko‘chib kelgan bo‘lsa, Tohirning qo‘rg‘onga boradigan yo‘li bekilgani shu. Robiya nima bo‘ladi?
— Tohir, nega ag‘rayib turibsan? Yuklarni tushirishgin! — dedi onasi. — Mullo tog‘oying yomg‘irda ko‘p azob tortganga o‘xshaydir.
— E, azob ham gapmi, opa! Arava loylarga tiqilaverib jonimizdan to‘ydirdi. Yo‘llar tirband. Qochoqlar behisob.
Tohir aravadan yuk tushirayotib, otning sag‘risiga qo‘li tegib ketdi. Shunda qo‘liga shilimshiq loy ilashganini sezdi. Loy otning sag‘risigacha chiqqan bo‘lsa, bu bechoralar kela-kelguncha qanchalik qiynalganikin? Hamma yovdan qochib Andijonga qarab ketayotganda, bu-lar nega Quvaga ko‘chib kelganikin? Tohir qanor qopga solingan yukni aravadan tushirmoqchi bo‘lganda tog‘asi:
— Hushyor bo‘l, juda og‘ir, ikkovlashib ko‘taringlar,— dedi aravakashga.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:41:58
Tohir qopning ichida uncha katta bo‘lmagan po‘lat sandiq borligini sezdi. Mulla Fazliddin o‘tda kuymaydigan, suv kirmaydigan bu sandiqni Quvaning temirchi ustalariga buyurtma berib yasattirgan edi. Uning ichida tarhlar, loyihalar, suratlar saqlanardi. Mulla Fazliddin uch yil Samarqandda, to‘rt yil Hirotda tahsil ko‘rgan, o‘sha yoqdan me’morlik san’ati bilan birga musavvirlik*ni ham o‘rganib kelgan edi. Hirotda jangnomalar ichiga suratlar chizish odat tusiga kirgan, mavlono Behzod chizgan Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro tasvirlari rasmiy doiralarda shuhrat topgan, lekin Samarqandda, xususan, Farg‘ona vodiysida odam shaklini chizish hali ham qur’on nomidan qattiq taqiqlanib kelmoqda edi. Shuning uchun mulla Fazliddin o‘zi chizgan suratlarini mana shu po‘lat sandiqda doim maxfiy saqlar edi.
Tohir qopdagi po‘lat sandiqni aravakash bilan ko‘tarishib uyga olib kirishdi.
Mulla Fazliddin ho‘l bo‘lib og‘irlashgan piyozi chakmoni va etigini dahlizda yechib qoldirdi. Oyog‘iga charm kavush kiyib, obrez chetida bet-qo‘lini yuvdi. So‘ng boya Tohirlar o‘tirgan dasturxonlik uyga kirdi.
Uning chakmonidan o‘tgan yomg‘ir kalta yenglik abosini nam qilgan edi. Lekin yoz oqshomi iliq bo‘lganligi uchun kiyim almashtirish esiga kelmadi. Yo‘lda qattiq toliqqanligi uchun durust ovqat ham yemadi. Faqat bir-ikki tilim handalak yediyu uch-to‘rt piyola choy ichdi. Aravakash yigit ikki kosa to‘la qatiqli osh ichgandan keyin otlariga qarash uchun hovliga chiqib ketdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:42:31
— Obbo! Mulla Fazliddin-ey! — dedi Tohirning otasi uzun oq soqolini o‘ychan ezg‘ilab. — Zap kelibsizda. Shu notinch kunlarda birga bo‘lganimizga ne yetsin!
— Hamma yog‘iydan qochganda biz ajdahoning komiga yaqin kelib qolganimiz g‘alati bo‘ldi, — deb mulla Fazliddin jiyaniga ma’yus ko‘zlari bilan qaradi.
— Biron sabab bilan kelgandirsiz-da, mulla tog‘a?— so‘radi Tohir.
— Sabab shukim, jiyan, urush boshlansa, qurilish to‘xtaydi, me’morning keragi bo‘lmay qoladir...
— Ie, axir, sizni podshoning o‘zi xizmatiga olgan emasmidi?
— Podsho Axsi qo‘rg‘onida mudofaa bilan ovora. Toshkent xoni Mahmudxon ham Xo‘jand tomondan bizga qarshi qo‘shin tortib kelmoqda emish. Qashqar hokimi Abubakir dug‘lat degan yana bir bosqinchi sharqdan O‘zganning ustiga bostirib kelmishdir.
Tohirning keksa otasi qo‘rqib, yoqasini ushladi:
— Yo tavba! Bu yoqda Samarqand qo‘shini... Uch tomonimizdan yog‘iy bostirib kelibdimi, a? Bu ne ko‘rgulik, mulla Fazliddin? Axir bu podsholar sal murosa qilsalar bo‘lmaydimi, a? Hammasi bir-biriga qarindosh emish-ku. Shu rostmi?
— Ha, rost. Toshkent xoniga bizning podshomiz kuyov bo‘ladir. Qo‘qonni talab, bizning ustimizga qo‘shin tortib kelayotgan Samarqand podshosi Sulton Ahmad mirzo esa bizning podshomiz bilan bir otadan bo‘lgan og‘a-inidirlar. Yana bu ikki podsho bir-birlariga quda bo‘lmoqchi edilar. Samarqand podshosining qizi bizning valiahdimiz Bobur mirzoga besh yasharligidan unashtirib qo‘yilgan edi. Shundan bilingki, og‘a iniga, qaynota kuyovga qarshi qilich ko‘tarib chiqmishdirlar!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:43:08
— Yo poka parvardigor! Oxirzamon degani shumikin, mulla Fazliddin?
— Bilmadim, pochcha. Har qalay, yomon tojdorlarning zamonasi oxirlab qolayotganga o‘xshaydir. Koshki, o‘zlari bilan o‘zlari olishib, bizni tinch qo‘ysalar! Urushning butun jabru jafosi el-ulusning boshiga tushadir.
— Sho‘rimiz bor ekan-da!
— Ha, tole bo‘lmasa qiyin ekan! Men ne-ne orzular bilan ilm-hunar o‘rganib kelgan edim! Vatanimiz bo‘lmish Farg‘ona vodiysida Samarqanddagidek, Hirotdagidek madrasalaru ko‘rkam obidalar qurmoqchi edim. Bu saltanatu podsholardan ne qolur? Hammasi nom-nishonsiz ketgay! Bizdan yodgorlik bo‘lib qolsa Ulug‘bek madrasasidek, Navoiy Unsiyasidek san’at asarlari qolur!
Mulla Fazliddin og‘zidan chiqib ketgan so‘nggi gaplardan xavotirlanib, eshik tomonga qarab qo‘ydi. Uning saroy ahliga yaqin yurib, ayg‘oqchilardan yurak oldirib qo‘yganini Tohir ham sezdi.
— Mulla tog‘a, so‘zlayvering, bu yerda hamma o‘z-o‘zimiz... Andijon qo‘rg‘onidan nechun sizga joy bermadilar?
Mulla Fazliddin so‘nggi kunlarda boshdan kechirgan mudhish hodisalarni eslab, bir lahza og‘ir sukutga ketdi...
O‘tgan kuni xufton paytida mulla Fazliddin o‘zlaridan besh-olti uy narida turadigan bir xattot oshnasinikida iftor qilib o‘tirganda qandaydir noma’lum kishilar uning uyiga bostirib kiradi. Hovlidagi it vovullab qo‘ymaganda uni qilich bilan chopib tashlaydilar. Bugun bu yerga aravani minib kelgan xizmatkor yigitning og‘ziga latta tiqib, qo‘l-oyog‘ini bog‘laydilaru qaznoqqa tashlaydilar. So‘ng uyga kirib, tintuv o‘tkazadilar va po‘lat sandiqni ko‘radilar. Lekin uni ochishning ilojini topolmay, qulfini bolta bilan urib sindirishga kirishadilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:43:28
Qilich bilan chopilgan it qattiq vangillaganda devordarmiyon qo‘shnilar bir falokat bo‘lganini sezadilar. Ulardan biri chiqib mulla Fazliddindan xabar olmoqchi bo‘lsa, darvoza qarshisidagi daraxt panasida bir odam to‘rtta otning jilovidan ushlab turibdi. Uning yuzi qora niqob bilan bekitib olingan, faqat ko‘zlari ko‘rinadi.  Ichkaridan esa po‘lat sandiq qulfiga urilayotgan bolta tovush eshitiladi...
Mulla Fazliddinga qadrdon bo‘lgan qo‘shni uning uyiga yomon odamlar tushganini sezadi-yu, darhol xattotnikiga chopadi. Undan voqeani eshitgan mulla Fazliddin uyiga yugurib keldi.
Po‘lat sandiqning qulfini sindirib ochib, undagi qog‘ozlarni titkilayotgan bosqinchilar uy egasini ko‘rib, darchadan ayvonga sakrashdi.
— To‘xta, nobakor! — deb mulla Fazliddin bittasining qarshisidan chiqqan edi, yuziga qora niqob tutgan ayiqday zo‘r yigit uni yelkasi bilan urib chetlatdi-da, ko‘chaga otildi. Boshqalari ham ko‘chadagi otlariga minib, bir lahzada g‘oyib bo‘lishdi.
Mulla Fazliddin ularni quvlab yetolmasligini sezdida, to‘s-to‘polon bo‘lgan uyga qarab intildi va ochiq yotgan po‘lat sandiqning tepasiga keldi. Tokchada qo‘shaloq sham yonib turibdi. Uning yorug‘ida aralash-quralash bo‘lib ketgan, ba’zi joylari yirtilgan loyihalar va chizmalar ko‘zga tashlandi. Sandiq ichida podshoh in’om qilgan oltinning bir qismi hamyoni bilan turgan edi. Shu yo‘q. Lekin hozir mulla Fazliddinning ko‘ziga oltin ham ko‘rinmas edi. Uning butun xayoli sandiq tubidagi maxfiy tagqutini bekitib turgan silliq mis parchasida edi. Uni chapga sekin surgan edi, tagqutining kalit solinadigan joyi ochildi. Mulla Fazliddin atrofiga alangladi — uyda boshqa odam yo‘q, qo‘shnisi qaznoqdagi xizmatkorning oyoq-qo‘lini yechish bilan ovora edi. Mulla Fazliddin qo‘ynidan kichkina kalit olib, tagqutining qulfiga soldi. Qulf ochilgandan keyin tagqutining mis qopqog‘ini sekin ko‘tardi-yu, yupqa jild ichidagi suratlarni ochib ko‘rdi... Keksa bog‘bonning daraxt payvand qilayotgan payti... Chilmahram tog‘laridagi ov tasviri... Eng pastda chang chalayotgan go‘zal bir qizning surati...
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:43:51
Bu — Umarshayx mirzoning qizi. Andijon chorbog‘ida podshoh oilasi uchun tillakori ko‘shk qurgan paytlarida o‘n sakkiz yoshlik Xonzoda begim uning musavvir ham ekanligini bilib qolib, o‘zining suratini chizdirgan. Mulla Fazliddin bu ishni yashiriqcha qilgan. Agar shariat peshvolari uning odam suratini chizganini bilib qolishsa, sog‘ qo‘yishmaydi. Yana tag‘in go‘zal malika bilan yashiriqcha til biriktirib surat chizgani qizning podshoh otasiga ma’lum bo‘lsa bormi, mulla Fazliddinni tilka-pora qilib tashlashlari hech gap emas.
Shu sababli hozir uni eng qattiq qo‘rqitgan narsa— bu suratning bosqinchilar qo‘liga tushib qolish ehtimoli edi. Xayriyatki, ular sandiq tagida maxfiy tagquti borligini sezishmabdi. Lekin sandiqni otlariga o‘ngarib ketishsa nima bo‘lardi? Unda tagqutidagi suratlarni ham albatta topib olishardi!..
Xizmatkor yigit sal o‘ziga kelgandan so‘ng, mulla Fazliddin undan va qo‘shnisidan voqeaning tafsilotlarini so‘rab bildi, o‘zining ko‘rganlariga buni taqqoslab, shunday xulosaga keldiki, uning uyiga tushganlar — oddiy o‘g‘rilar emas, balki qaysi bir zo‘ravon bekning yigitlari. Ular uyni tintib nimani qidirishgan? Tarhlarni tashlab ketishibdi. Demak, suratlarni izlashgan... Mulla Fazliddinning surat chizishini biladigan odam... unda qasdi bor bek yuborgan bo‘lishi kerak bu yigitlarni!..
Iztirobli o‘ylar tuni bilan mulla Fazliddin ko‘ziga uyqu qo‘ndirmadi. Urushning alg‘ov-dalg‘ovida tobora bo‘yni yo‘g‘on bo‘lib ketayotgan bebosh beklar esiga tushgani sari ko‘ngli bezovta bo‘lardi.
Andijonlik beklardan Hasan Yoqub degani shu yili bahorda mulla Fazliddinni chorbog‘iga chaqirtirib, katta bir ish topshirmoqchi bo‘ldi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:44:01
— Mirzo hammomidan ham ulkanroq bir hammom qurdirmoqchimen... Yozda salqinlaydigan marmar xo-nalari bo‘lsin... — Yoqubbek ovozini pasaytirib davom etdi. — Chiroylik asira qizlar sotib olg‘aymen. Oltinim yetarli. O‘sha qizlar hammomning marmar hovuzida cho‘milganda men o‘ltirib tomosha qiladigan maxfiy tuynuklari ham bo‘lmog‘i lozim. Uqdingizmi? — deb Yoqubbek xaxolab kuldi-da, gapning xulosasini ayt-di.— Ana shu hammomning tarhini o‘zingiz chizing. Qurilishiga ham siz sarkor bo‘ling. Qancha haq tilasangiz beray. Xo‘pmi?
Me’morlikni muqaddas bir san’at deb ishongan mulla Fazliddin Yoqubbekning shahvoniy niyatlarini eshitib nafrati keldi:
— Janob bek, uzr, men harom ishdan qo‘rqamen!..
— Nimasi harom?.. Men hammomni o‘z aqchamga qurdirgaymen!
— Hammomga maxfiy tuynuklar qo‘yib quradigan sarkorlar boshqa... Siz o‘shalarga murojaat qiling. Menga Mirzo hazratlari pokiza bir dargoh qurdirmoqchilar. Shu kunlarda madrasa tarhini chizish bilan bandmen. Ruxsat eting, men boray...
O‘rinlaridan turganda Yoqubbek mulla Fazliddinga o‘qrayib ko‘z tikdi:
— Lekin men aytgan gap shu yerda qolsin, janob me’mor. Aks holda...
— Albatta, bu gap shu yerda qolur! Lekin siz ham mendan ozurda bo‘lmang. Ora ochiq! Ma’qulmi, janob bek?
— Ma’qul!
Mulla Fazliddin shu bilan bu bo‘yni yo‘g‘on bekdan qutuldim, deb o‘ylagan edi. Lekin bundan o‘n besh kuncha burun Ahmad Tanbal degan bir badavlat bek mulla Fazliddinni  so‘roqlab,  kechki  payt uning uyiga keldi. Ikkovlari xoli qolganda Ahmad Tanbal cho‘ntagidan bir hamyon oltin oldi-da, mulla Fazliddinga uzatdi:
— Taqsir, mana shu oltinni olingu bitta surat chizib bering.
— Qanaqa surat?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:44:15
Yoshi yigirma beshlardan oshgan bo‘lsa ham, yuziga hali durust soqol chiqmagan, ko‘sanamo Ahmad Tanbal og‘zini me’morning qulog‘iga yaqinlashtirib shivirladi:
— Malikamizning surati kerak menga!
— Qaysi malikamiz? — sergaklanib so‘radi mulla Fazliddin.
— Chorbog‘da tillakori ko‘shk qurganingizda ko‘rgansiz... Xonzoda begim... O‘zi ham sizning san’atingizga ixlosmand emish-ku...
Mulla Fazliddinning yuragi taka-puka bo‘lib ketdi. Nahotki bu bek po‘lat sandiqdagi suratdan xabardor bo‘lsa!
— Kim sizga shunday dedi?.. Men me’mormen... Men faqat imoratlarning suratini chizamen...
— Mendan yashirmang, janob me’mor! Men shariat peshvosi emasmen. Surat chizishni bizda man qilganlariga men ham qarshimen! Hirotda Shohruh mirzo Boysunqur mirzo uchun qurdirgan saroyning devorlari go‘zal qizlar surati bilan bezalgan ekan. To‘g‘rimi?
— To‘g‘ri-yu, lekin... Har joyning o‘z toshu tarozisi bor. Agar Xonzoda begimning surati haqida siz aytgan gapni podshoh hazratlari bilib qolsalar, nima bo‘lishini o‘ylaysizmi?
— Bilmagay! — deb shivirladi Ahmad Tanbal. — Ikkovimizdan boshqa hech kim ogoh bo‘lolmagay! Xo‘p deng! Mang, oltinni oling!
— Shoshmang, bek. Meni surat chizadi, deb sizga kim aytdi?..
— Eshitdik-da!
— Kimdan?.. Hasan Yoqubbekdanmi?..
— Hasan Yoqubbek bir bog‘bondan eshitgan ekan...
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:44:26
«Demak. Ahmad Tanbalning bu yerga kelganidan Hasan Yoqubbek xabardor! — o‘yladi mulla Fazliddin.— Bular birgalashib meni qo‘lga tushurmoqchi bo‘lsa kerak. Sendek qurbaqataxlit bek uchun Xonzoda begimning suratini chizib berib men ahmoq emasmen!».
— Janob Ahmadbek, kamina bog‘larning suratini chizganda bir chetiga bog‘bonni ham tasvirlashim mumkin. Me’morlik san’ati buni inkor etmaydi. Ammo malikaning suratini chizish uchun menda na san’at bor, na haq va na jur’at!
— Xullas, mening so‘zimni yerda qoldirmoqchimisiz?
— Boshqa ilojim yo‘q. Meni ma’zur tuting, janob bek. Bunday taklif bilan kelish siz uchun ham xatardan xoli emas!
— E, men buzdillardan* emasmen! — deb Ahmad Tanbal qahr bilan o‘rnidan turdi va yirik tishlarini irjaytirib qo‘shib qo‘ydi: — Lekin siz mening shaxtimni qaytarganingiz uchun hali pushaymon bo‘lursiz!
Bu tahdid mana endi to‘rtta bosqinchining qiyofasiga kirib, qorong‘ida uning uyiga bostirib kelgan bo‘lsa ajab emas. Qurolsiz, navkarsiz mulla Fazliddin Ahmad Tanbalday yuz-ikki yuztadan qurolli yigitlari bor beklarga qanday bas keladi? Lekin «bo‘lari bo‘ldi», deb indamay yuraversa, bu quturgan bek ertaga beshbattar yomonliklar qilishi mumkin emasmi?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:44:34
Mulla Fazliddin ertalab podshoh in’om qilgan to‘bichoq otni mindi-da, shahar dorug‘asi* qabul qiladigan mahkamaga yo‘l oldi. Uzun Hasan ismli ingichka, novcha dorug‘a askarlikka odam olish va shaharni yaqinlashib kelayotgan dushmandan himoya qilish tashvishi bilan band ekan. Mulla Fazliddinning arzini qayoqqadir ketmoqchi bo‘lib shoshilib turgan paytda tingladi-da:
— Tarhlaringizga tegmay, hamyoningizni olib ketgan bo‘lsa, bu — to‘qaydan chiqqan o‘g‘rilarning ishi, — dedi. — Yog‘iy tashvishidan qutulsak, to‘qaylarni o‘g‘rilardan tozalagaymiz... Hozir ahvolni ko‘rib turibsiz!..
Qo‘l qovushtirib tikka turgan mulla Fazliddin dorug‘aga yaqinroq keldi:
— Mening boshqa gumonim bor, janob dorug‘a, — dedi. So‘ng Ahmad Tanbalning surat chizdirmoqchi bo‘lganini, rad javobi olganda esa achchiqlanib ketganini aytib berdi.
— Kimning surati? — deb dorug‘a qiziqib qoldi.
Mulla Fazliddin Xonzoda begimning nomini tilga olishga qo‘rqdi.
— Parilar suratimidi? Yaxshi tushunmadim.
— Sandig‘ingizda parilar surati bormidi? Bosqinchilar shuni olib ketibdirmi?
— Surat o‘zi bo‘lmasa neni olib ketsin! Men hazrati oliylari buyurgan madrasa tarhini chizish bilan bandmen. Suratkashlikka vaqtim yo‘q. Sandiqda xomaki loyihalarim bor edi, xolos.
— Ular joyida qolganmi, axir? Undoq bo‘lsa Ahmadbekdan nechun gumonsiramoqdasiz?
— Sababini aytdim, janob dorug‘a! Taftish o‘tkazishingizni so‘raymen!
— Ahmadbek — sultonlar avlodidan ekanini unutgan bo‘lsangiz, men eslatib qo‘yay.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:44:45
Hazrati oliylarining katta xotinlari Fotima begim Ahmadbekka qarindosh bo‘lurlar. Fotima begimning chaqirig‘i bilan Sulton Ahmadbek bugun azonda poytaxtimiz Axsiga ketdilar.
«Agar o‘sha bek sandiqdagi suratlarni qo‘lga tushirsa, Axsiga eltib, podshoh oilasiga ko‘rsatmoqchi bo‘lganmi?— degan o‘y mulla Fazliddinning ichini muzlatib o‘tdi. — Bular mening qonimga shunchalik tashnami? Balki Ahmad Tanbal Xonzoda begimni ham shu surat orqali qo‘lga tushirmoqchidir? Hali uylanmagan bu bek podshoga kuyov va Xonzoda begimdek go‘zal qizga er bo‘lishni jon-dili bilan istasa kerak!»
O‘rgimchak to‘riga o‘xshash yopishqoq bir balo atrofini o‘rab kelayotganini sezgan mulla Fazliddin jon-jahdi bilan bu to‘rni yirtib chiqib ketishga urindi:
— Janob dorug‘a, men sizdan adolat istab keldim! Podshoh hazratlari meni sizning himoyangizga topshirgan edilar! Agar bosqinchilarni topib jazo bermasangiz, men podshoh hazratlarining huzurlariga panoh istab ketishga majbur bo‘lurmen!
— Ammo shuni bilingki, janob me’mor, hazrati oliyning huzuriga sizdan ham oldin ba’zi bir gaplaringiz yetib borishi mumkin!
— Ya’ni, qaysi gaplarim, janob dorug‘a?
— Ba’zi me’morlar o‘zlarini podshohlardan ham baland qo‘yarmishlar. «Bu taxtu saltanatlar benomu nishon yo‘qolur, faqat me’moru musavvirlar yaratgan zo‘r san’at asarlari tirik qolur», degan gustoxona aqidalar bizga ma’lum!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:44:53
Mulla Fazliddin bugun Quvada pochchasining uyida bexosdan aytib yuborgan bu e’tiqodini boshqa ishongan odamlariga ham aytgan paytlari bo‘lgan edi. Ana shu ishonganlaridan allaqaysisi ayg‘oqchilik qilib, bu gapni dorug‘aga yetkazganini, endi dorug‘a buni podshohga dasturxon qilib olib borishi mumkiligini sezdi-yu, badanidan sovuq ter chiqib ketdi. Lekin dorug‘aga sir boy berish qanchalik xatarli ekanini payqab:
— Bu hammasi ig‘vo! — deb xitob qildi: — Janob dorug‘a, sizning ustingizdan ig‘vo qiluvchilar ham oz emas! Buni bilursiz! Men Andijonda neki bino qilgan bo‘lsam, hammasiga Mirzo hazratlarining nomlarini bitmoqdamen! Arkdagi devonxonani ko‘ring! Chorbog‘dagi ko‘shkni ko‘ring! Men ularning biror joyiga o‘z nomimni yozibmenmi? Qani, ig‘vogarlar dalil keltursinlar! Men hammasiga Mirzo hazratlarining muborak nomlarini bitganmen! Demak, tarixda mening nomim emas, Mirzo hazratlarining nomi qolsin, deganmen! Shundoqmi, yo‘qmi? Qani ayting!
Dorug‘a bu mantiqli dalillarni rad etolmasdan:
— Shundoqlikka shundoq, ammo...
— Ammosi yo‘q, janob dorug‘a! Siz meni bosqinchilardan himoya qilish o‘rniga, ayg‘oqchilarning tuhmatiga ishonadirgan bo‘lsangiz, men alhol Axsiga borib, Mirzo hazratlariga arz qilurmen!..
Uzun Hasan bu do‘qni pisand qilmay:
— Mayli, boring, arz qiling! — dedi. — Lekin shuni bilingki, atrofimizni yog‘iy bosgan bu xatarli damlarda podshohga me’mordan ko‘ra navkar zarurroq! Ahmadbekdek, mendek jangovar beklar uchun podshoh hozir sizdeklardan qanchasining bahridan o‘tur!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:45:15
— Axsiga borganda ko‘rurmiz, — deb mulla Fazliddin mahkamadan shaxt bilan tashqariga chiqdi. Uning vajohati hoziroq Axsiga, podshoh huzuriga arzga boradiganga o‘xshardi.
Lekin u otlanib uyiga qaytayotganda sal hovuridan tushdi-yu, Uzun Hasan aytgan so‘nggi gaplarda achchiq bir haqiqat borligini sezdi. Yov qurshovida qolayotgan Umarshayx mirzo bitta me’morni deb yuz, ikki yuzdan navkari bor zo‘ravon beklarga qarshi bormasligi aniq. Ahmad Tanbal bugun Axsida — shoh saroyida. Agar u mulla Fazliddinning malika suratini chizgani haqida gap tarqatsa... Lekin Ahmad Tanbal buni qanday payqaganikin? Mulla Fazliddin Xonzoda begimning suratini chizish uchun u bilan tillakori ko‘shkda pinhon uchrashganda buni zimdan ko‘rib qolgan kanizlar yoki savdarlar* bo‘lsa, Ahmad Tanbal shuning bir chetini eshitib, haligi hamyonni ko‘tarib kelganmikin? Bosqinchi yigitlarini ishga solib ham maqsadiga yetolmagan bu yovuz bek endi shoh saroyiga borib peshgirlik qilishi mumkin. Agar u o‘zi eshitgan mish-mishni haramdagi ayollar orqali podshohning qulog‘iga yetkazsa... Umarshayx mirzo bo‘y yetgan qizining qayoqdagi bir me’mor bilan yashi-riqcha uchrashib, surat chizdirganini o‘z sha’niga katta isnod deb bilishi aniq. Shoh iskovuchlari ishga tushirilsa, mulla Fazliddin yashirib yurgan suratni topib olib, Ahmad Tanbalning gapiga dalil qilish qo‘llaridan keladi. Ana undan so‘ng shoh qiziga isnod keltirgan musavvirni ming qiynoqlarga solib o‘ldirishlari turgan gap!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:47:55
Mulla Fazliddin Xonzoda begimning suratini chizish bilan nechog‘liq xatarli ishga qo‘l urganini endi astoydil his qildi. Agar surat qo‘lga tushsa, u qiz ham malomatga qoladi. Dunyo busiz ham tashvish-tahlikaga to‘la!.. Mulla Fazliddin tagqutidagi malika suratini titroq qo‘llar bilan jilddan oldi. Ig‘vogar ablahlarga dalil qoldirmaslik uchun buni yo‘q qilishi kerak! Mulla Fazliddin o‘choqda yonayotgan olovga yaqin bordi.
Rangli bo‘yoqlar bilan ishlangan mo‘’jazgina suratdagi go‘zal qiz shu payt unga tirik bir odam bo‘lib ko‘rindi. Alanga yolqinida qizning kipriklari, lablari bilinar-bilinmas nafis harakatlar qilayotganga o‘xshab ketdi. Qizning aqlni shoshiradigan jozibasi bor edi. Bu joziba mulla Fazliddinni har galgiday yana sehrlab oldi, boyagi tahlika xayolidan uzoqlashib, qalbida iliq tuyg‘ular uyg‘ondi. «Nahotki men bu qizga oshiq bo‘lsam? — hayrat ichida o‘ylandi mulla Fazliddin. — Qora xalq orasidan chiqqan menday bir suratkashning shoh qiziga muhabbat qo‘yishi kulgili emasmi? Yo‘q! Men faqat o‘zim chizgan suratga— o‘z ijodimga mehr qo‘yganmen, xolos! Boshim omon bo‘lsa, bunday suratni yana chizgaymen!»
Shu o‘y bilan suratni o‘tga tashlamoqchi bo‘lib egildi. Qiz tasviri olovga yaqinlashganda yuzi qizarib bo‘g‘riqqandek, ko‘zlari esa chaqnab ketgandek ko‘rindi. Mulla Fazliddin tirik odamni o‘ldirayotgandek, seviklisini o‘tga tashlayotgandek seskanib orqaga chekindi. Ichki bir ovoz uni «Qo‘rqoqsen!» degandek jerkidi. «Dushmanlaring ustingga bostirib kelayotgani yo‘q-ku! Ahmad Tanbal ham Axsida. Bilib qo‘y, sen bunday go‘zal suratni ikkinchi marta chiza olmassen! Tasvirga bunchalik tirik joziba baxsh eta olganing— takrorlanmas bir ilhomning natijasi. Botir bo‘lsang, qutqarib qolursen!»
Mulla Fazliddin suratni tagqutiga qaytarib soldi-yu, xizmatkor yigitni chaqirdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:48:15
— Ko‘chlarni yig‘ishtir! Aravani qo‘sh! Quvaga jo‘nagaymiz!.. Tez!.. Tezroq!..
Mana hozir opasining uyida o‘tirib, yuz bergan voqeani pochchasi bilan jiyaniga so‘zlab berar ekan, po‘lat sandiqda Xonzoda begimning surati borligini ularga ham aytmadi. Bu sirni u hech kimga bildirmoqchi emas edi...
— Vo darig‘! — deb Tohirning otasi og‘ir ux tortdi:— Bizning suyangan tog‘imiz siz edingiz, mulla Fazliddin!.. Endi siz ham quvg‘inga uchragan bo‘lsangiz.
— Nachora? Hammamizning ham taqdirimiz qil ustida turibdi!
— Podshohga arzga borsangiz, dodingizga yetmasmikin, mulla tog‘a?
— Bu to‘polonlar bosilsa, bir marta borib arz qilishim aniq. Agar dodimga yetsa yetdi, yetmasa, yana Hirotga qaytib keturmen! Alisher Navoiy Shifoiya degan bino qurdirmoqchi, deb eshitgan edim. Olamda biz uchun yongan yagona umid chirog‘i o‘sha siymo bo‘lib qoldi.
— Hirot orzusini qilmang, mulla Fazliddin, Far-g‘onada  ham  hunaringizning  qadriga yetadigan odamlar bor. Quvaning ko‘prigi sizning rejangiz bilan qurilgan edi. Xalq haligacha sizni duo qilib yuribdir.
— Xalq! Qani endi bu ko‘prikdan faqat xalq o‘tsa! Erta-indin bu ko‘prikdan yog‘iy qo‘shinlari o‘tib kelur! Xalqning boshiga yog‘iladigan balolarni o‘ylasam, bugungi jalalar selga aylanib, o‘sha ko‘prikni oqizib ketmaganiga afsus qilamen! Agar yog‘iy, bu tomonga o‘tolmasin deb, o‘sha ko‘prikni hozir yondirib yuborsalar, men jon deb rozi bo‘lur edim!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:48:29
«Chindan ham, — o‘yladi Tohir o‘zicha, — yog‘och ko‘prik. Yog‘ sepsa yonur. Yog‘iy faqat shu ko‘prikdan o‘tishi mumkin. Kechuv ham yo‘q. Hammayoq botqoqlik, qamishzor. Agar ko‘prik yondirilsa yog‘iy o‘tolmagay!» Tohir kutilmagan joydan najot yo‘lini topganday bo‘ldi. Tasavvurida gavdalangan yong‘in alangasidan go‘yo uning badani qizib ketganday tuyuldi. Robiyani balo-qazodan asraydigan eng zo‘r qalqon ana o‘sha olov bo‘lishi mumkin! Tohir qaltis istakdan ko‘zlari yonib otasiga qaradi. «Aytsammikin? Yo‘q! Rozilik bermas. Yolg‘iz o‘g‘ilmen. Tog‘am... nozik odam, aralashmagani ma’qul. Tavakkalchi yigitlardan topishim kerak!».
Tohir sekin o‘rnidan turib, hovliga chiqdi.
Osmonni to‘ldirgan bulutlarning yirtig‘idan birda-yarim yulduzlar ko‘rinib qoladi. Uylar chiroqsiz. Ko‘chalar sukutda. Ahyon-ahyonda kuchuklar hurgani eshitiladi.
Iftorni qilib chiqqan Mahmud Tohirga darvoza oldida uchradi. Robiyaning akasi bo‘lgan bu kosib yigit Andijon qo‘rg‘oniga ketishdan gap ochgan edi:
— E, bu niyatlar hammasi puchga chiqdi! — deb Tohir unga tog‘asidan eshitganlarini aytib berdi. Mahmudni ham birdan g‘am bosib:
— Endi qaydan najot izlaymiz, e xudo! — dedi.
— O‘zing uchun o‘l yetim, degan gap bor, Mahmud... Yur, darvozaxonaga kiraylik. Bir sir aytamen. Og‘zing-dan chiqarma! Ko‘prikni yondiramiz!..
— Qanday qilib? — hayrat bilan so‘radi Mahmud.
Tohir unga o‘zining rejasini shivirlab tushuntirdi.
— Yog‘ sepsak, yog‘och tez yongay. Bildingmi?
— Jinni bo‘libsen! Ko‘prikda soqchilar bor-ku.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:50:04
— O‘zimizning beklar qo‘ygan soqchilarmi? Hali yog‘iy yaqin kelsa hammasi qo‘rg‘onga qochgay. O‘shanda biz...
— Yo‘q, shoshma! Axsidan bizning podshomiz qo‘shin tortib kelayotgan emish. Bu ko‘prik hali o‘zimizga kerak!..
— Podshoying qo‘rg‘onidan chiqsa shu kungacha chiqar edi! Ana, Marg‘ilon ham boy berilibdi! Podshodan darak yo‘q!..
— Bilmasam, kadxudo* guzarda ishontirib aytdi. «Podsho hazratlari yo‘lda, erta-indin himoyamizga yetib kelishlari aniq!» — dedi.
— Chindan yo‘lga chiqibdimi-a?
— Ha, o‘z qulog‘im bilan eshitdim! Bultur podshomiz yog‘iy bilan Xo‘janddan nari Xovosga borib urushgan ekan-ku. Quva Axsiga Xovosdan yovuqroq* emasmi?
— Yovuqlikka yovuq-ku!.. Zora sen aytganing rost chiqsa-ya, Mahmud?
— Ha, axir, ko‘prikka soqchilarni bekorga qo‘yganlarmi?.. Podshomiz erta-indin kelib jonimizga oro kirgay... Mana, ko‘rursen!..
Shu topda Tohirning ko‘nglida ham umid uchqunlaganday bo‘ldi. U qorong‘i osmonning uzoq bir chetida— Sirdaryodan narida joylashgan Axsi tomonga intizor ko‘zlar bilan tikildi.

______________
* M u s a v v i r — rassom.
* B u z d i l — echkiyurak, qo‘rqoq.
* D o r u g‘ a — shahar hokimi.
* S a v d a r — xos xizmatkor.
* K a d x u d o — qishloq oqsoqoli.
* Yo v u q — yaqin.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:50:21
AXSI
AJALGA DAVO YO‘Q

1


Baland tepalik ustiga qurilgan Axsi qal’asi tun og‘ushida tog‘ qoyasiga o‘xshab qorayib ko‘rinadi. Qal’a etagida Kosonsoyning Sirdaryoga guvullab quyilayotgani, ikki daryo to‘lqinlari bir-birlari bilan olishib, qirg‘oqqa shaloplab urilayotgani uzoqdan eshitilib turadi.
Axsining hukmroni Umarshayx mirzo bu kecha haramda o‘n sakkiz yoshlik Qorako‘z begimning xobgohida uxlab yotibdi. Shohona to‘shakning ipak pardasi ortida bittagina sham lipillab yonib turibdi. Uning zaif yog‘dusi tashqaridan bosib kirmoqchi bo‘layotgan tun qorong‘isidan qo‘rqqanday titrab-qaltiraydi.
Sahar paytida qal’a sukunatini buzib hazin surnay tovushi yangradi. So‘ng unga qo‘sh naqora tovushi jo‘r bo‘ldi. Ro‘za tutish — shohu malayga barobar kelgan majburiyat bo‘lgani uchun surnay va naqora saroy ahlini saharlikka uyg‘otmoqda edi.
Yoz tunlari qisqa, uyquga to‘ymay saharlikka turish xiyla noxush. Shunday bo‘lsa ham Qorako‘z begim o‘rnidan ohista turib yuvindi, kiyindi. Lekin parqu to‘shakda baquvvat qo‘llarini ipak choyshabdan chiqarib uxlab yotgan Umarshayx mirzo hamon uyg‘onmas edi.
Xobgohdan ikki xona narida hashamatli tanobiy uyda allaqachon tuzab qo‘yilgan dasturxon Mirzoga muntazir  edi.  Uning  kecha  iftordan so‘ng bergan amriga muvofiq bugungi saharlik uchala xotinlari va bolalari bilan birga qilinishi kerak edi. Mirzoning birinchi xotini Fotima Sulton, ikkinchi xotini Qutlug‘ Nigor xonim, o‘n sakkiz yoshlik qizi Xonzoda begim va o‘n yashar o‘g‘li Jahongir mirzo — hammalari o‘sha tanobiy uyga yig‘ilgan edilar. Lekin hazratning o‘zlari kelmaguncha hech kim tamaddi qila olmas edi.
Ichki eshikdan Qorako‘z begim chiqib keldi. Kichik jussali bu yosh juvon tepada yonayotgan qandil yorug‘ida behad chiroyli ko‘rindi. U katta begimlarga uyalibgina salom berdi-da, hazratni uyg‘otishga jur’at etolmaganini aytdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:50:38
Qorako‘z begimning yoshligi, go‘zalligi, xususan, uyalib gapirishi hozir uning eng suyukli xotin ekanini esga tushirdi-yu, Fotima Sultonning rashkini qo‘zg‘adi.
— Hazratimni muncha qattiq uxlatibsiz, endi uy-g‘otish nechun ilkingizdan kelmaydir?
Qutlug‘ Nigor xonim bolalar oldida qilingan bu kinoyadan ozorlanib:
— Qo‘ying, og‘a oyi. Bu begimda ayb yo‘q! — dedi.
Xonzoda begim oyisining yuziga ma’noli ko‘z tashlab: «Ayb bizning otamizdami?» demoqchi bo‘ldi. Podshoh ota qizi tenglik Qorako‘z begimning xobgohida, qonli urush hammani besaranjom qilib turgan shunday tahlikali tunda qotib uxlab yotishi unga behad xunuk tuyuldi. Hozir otasi kelsa, Xonzoda begim uning yuziga qaray olmasligini sezdi-yu, oyisidan iltimos qildi:
— Ruxsat bering, men ketay... Saharlikni boshqa qizlar bilan qilay...
— Hazrat otangiz so‘rasalar, biz ne deymiz? Xafa bo‘lmasinlar, tag‘in. Sabr qiling, qizim... Muncha oshiqmang...
Tashqari eshikdan ta’zim qilib kirgan choshnagir* ayol ovozini qo‘rquv bilan pasaytirib xabar berdi:
— Osmonda yulduzlar siyrak qoldi. Hademay tong yorishur. Hazrati oliy saharliksiz qolurlarmu?
Tong otib, azon aytilgandan so‘ng ro‘za o‘z kuchiga kiradi, hech kim hech narsa yeb-ichishi mumkin bo‘lmay qoladi. Uzun va issiq yoz kunida podshohni saharliksiz qoldirish begimlar uchun o‘zlari och-nahor qolishlaridan qo‘rqinchliroq edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:50:52
Barcha ko‘zlar ichki eshik oldida iymanib turgan Qorako‘z begimga tikildi. Mirzo uning xobgohida yotibdi, u yerga kirib hazratning shirin uyqusini buzishga boshqa hech kim botinolmaydi. Choshnagir ayol Qorako‘z begimga iltijo qildi:
— Iloho Rustamday o‘g‘il ko‘ring, begim!.. Bugun umidimiz sizdan!
Qorako‘z begim tashvishli yuz bilan sekin burildi-yu, ichki eshiklardan o‘tib, xobgohga qaytib bordi. Umarshayx mirzo boshi yostiqqa botib, qattiq uxlamoqda edi. Qorako‘z begim oltin shamdonni parda ortidan olib, naqshin tokchaga qo‘ydi. Sham yorug‘i Mirzoning yuziga tushdi. Ammo bu ham uni uyg‘otolmadi — Mirzo kechasi ma’jun* yegan edi.
Qorako‘z begim uni cho‘chitib yuborishdan qo‘rqib, mayin tovush bilan:
— Hazratim! — deb chaqirdi. Bu ham kor qilmadi. Qorako‘z begim gilam uzra cho‘kkalab, vahimadan xiyol titrayotgan nafis qo‘llarini hazratning mayin choyshab ustida yotgan zalvarli bilagiga qo‘ydi. To‘shakdan gul hidi kelmoqda edi — kecha oqshom choyshablarga gul atri sepilgan edi. Qorako‘z begim Mirzoning uyg‘onmayotganidan ajablanib, unga tikilib qaradi. Lablari yarim ochiq, oqish yuzi osoyishta. Shu yotishda u qo‘rqinchli podshoh emas, hali qirq yoshga to‘lmagan va bahodirona uyquga cho‘mgan ko‘hlik bir yigit bo‘lib ko‘rindi. Bu yigit Qorako‘z begimga to‘satdan juda g‘animat tuyuldi. Hozir yurt notinch, Axsiga yov bostirib kelyapti. Mirzoni ajal kutayotganini oldindan sezgandek, Qorako‘z begimning yuragi yomon bir uvushdi. U to‘satdan egilib, Mirzoning yuzidan, ko‘zlaridan vidolashgan kabi o‘pa boshladi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:51:09
Umarshayx mirzoning kipriklari titradi. U ko‘zini ochib, tepasida turgan Qorako‘z begimga karaxt yuz bilan bir lahza tikilib turdi.
Qorako‘z begimning katta-katta ko‘zlari xavotirlik to‘yg‘usidan yana ham ulkanlashib ketdi. U uyqudagi Mirzoni o‘pish beadablik sanalishidan tahlikaga tushgan edi. Mirzo:
— Sizmi? — dedi-yu, nima bo‘lganini fahmlab, kulimsiradi.
Qorako‘z begim endi yengil tortdi va dadillanib ta’zim qildi.
— Hazratim, saharlik vaqti o‘tib ketmasin.
— Sizning bo‘salaringiz saharlikdan shirinroq...
Begim jiddiy gapirdi:
— Og‘a oyim, xonim oyi — hammalari hazratimga muntazirlar.
Umarshayx mirzo bugungi rejalari va urush tashvishlarini eslab, qovog‘ini soldi-da, indamay o‘rnidan turdi.
U zardo‘zi ko‘rpachalar to‘shalgan tanobiyga to‘rdagi eshikdan kirib keldi. Sallasi va kamariga qadalgan qimmatbaho gavharlar sham yorug‘ida nafis jilolanardi. Odatdagi ta’zimlardan so‘ng, ayollar nafaslarini ichlariga olib, bir lahza jim qoldilar. Podshoh kimni qaysi yoniga taklif qilsa — kimning hurmati qay darajada ekani shu bilan belgilab beriladi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:51:15
Farg‘ona vodiysiga uch tomondan dushman hujum qilib kelayotgan shu og‘ir vaziyatda Umarshayx mirzo hamma xotinlariga iloji boricha iltifot ko‘rsatmoqchi bo‘ldi. Xotinlari orasida eng yoshi ulug‘i va eng obro‘parasti Fotima Sulton bo‘lganligi uchun Mirzo bi-rinchi bo‘lib uni yuqoriga taklif qildi. Fotima Sultonning ko‘zlari quvonchdan chaqnab ketdi. U podshohning o‘ng tomoniga o‘tmoqchi bo‘lib borayotgan edi. Biroq Umarshayx mirzo unga chap tomonidan joy ko‘rsatdi. Eng mo‘’tabar hisoblangan o‘ng tomonga esa Qutlug‘ Nigor xonimni taklif qildi. Xonim — taxt vorisi Zahiriddin Muhammad Boburning onasi edi, uning o‘ng tomonida o‘tirishi adolatdan ekanini kichik xotinlar tan olar edilar. Ammo Fotima Sulton o‘zining hurmati Qutlug‘ Nigor xonimnikidan past ekanini yana bir marta his qilib, ko‘zlari alam bilan qisildi.
Dasturxonga tortilayotgan kiyik kabobi, kaklik go‘shtlari hazratdan so‘ng Qutlug‘ Nigor xonimga qo‘yilar, undan keyin Fotima Sultonga navbat kelar edi. Shu sababli og‘izda eriydigan eng a’lo go‘shtlar ham Fotima Sultonga ilitma ovqatdek mazasiz tuyulardi.
Oqshom iftorda yoyilgan taomlar hazm bo‘lib ulgurmagan, dasturxon atrofidagilarning ko‘pchiligi hali kun bo‘yi och yurishini o‘ylab, o‘zini majbur qilib bo‘lsa ham ko‘proq ovqat yeyishga intilar edi. Qutlug‘ Nigor xonimning yonida o‘tirgan Qorako‘z begim ovqatdan ham ko‘proq bodring, handalak yer, sharbat ichar edi — kecha kun issig‘ida tashnalikdan nihoyatda qiynalgani esidan chiqmas edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:51:27
Osmon oqarib qoldi. Tong yorishgan sari qandildagi shamlarning nuri xira torta boshladi. Azon aytadigan payt o‘tib boryapti. Arkdan tashqaridagi masjidning imomi koshinlik minoraga chiqib, bakovul*ning ishorasini sabrsizlik bilan kutyapti. Axir Mirzo hazratlari saharlik qilib ulgurmasdan, azon aytish xatardan xoli emas. Ovqat yeyilib, choyga o‘tilganda Umarshayx mirzo xotinlariga vaziyat qanchalik og‘irlashayotganini aytib berdi.
Shu payt masjid tomondan azon tovushi eshitildi. Choy ichayotgan Xonzoda begim shoshilib piyolasini dasturxonga qo‘ydi. Umarshayx mirzo xotinlariga bir-bir qarab, dedi:
— Mo‘ysafidlar «to‘rt muchang butun bo‘lsin», deb duo qilurlar. Fotima Sulton, Qutlug‘ Nigor xonim, Qorako‘z begim, farzandlarimiz Xonzoda begim, Jahongir mirzo — har biringiz oilamizning aziz bir muchasidirsiz. Istaymenki, bu mushkul vaziyatda hamma muchalarimiz butun bo‘lsin, bir-birlariga mehru shafqat ko‘rsatsin. Ilik* o‘z o‘rnida aziz. Ko‘z o‘z o‘rnida mo‘’tabar. Agar ko‘z bilan ilik bir-biriga nizo qilsa, bundan har ikkisi jabr ko‘rur.
So‘nggi gap Fotima Sulton bilan Qutlug‘ Nigor xonimga qaratilganini hamma sezdi. Xonimning xayoli shu xatarli vaziyatda ota-onadan uzoqda — Andijonda turgan yolg‘iz o‘g‘li Boburda edi. Hazrat uni nega farzandlari qatori tilga olmadi?
— Hazratim, bergan o‘gitingizni bebaho gavhar o‘rnida qabul qilurmiz, — dedi Nigor xonim. — Ijozat bersangiz, bitta o‘tinchim bor.
— Ijozat.
— Urush xatari kuchlik ekan. Bobur mirzoni Andijondan poytaxtga chaqirtirsangiz, yonimizda bo‘lsalar...
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:51:37
— Andijon qal’asi mustahkam. Bobur mirzo u yerda bo‘lsa qal’a yanada mustahkam bo‘lur. Bizning Mirzoga ishonchimiz katta.
Bu javob bilan xonimning iltimosi rad etildi. Fotima Sulton yonida uyqusirab o‘tirgan o‘g‘ilchasi Jahongir mirzoni sekin bag‘riga bosib, boshini silab qo‘ydi. Bu bilan u Qutlug‘ Nigor xonimdan ko‘ra o‘zining ahvoli yaxshiroq ekanini namoyish qilmoqchi edi.
— Bobur mirzoning onasi sizdan umrbod minnatdor, hazratim, — dedi Qutlug‘ Nigor xonim, — faqat hali o‘n ikki yoshga to‘lmagan bola... urush maydonida...
— Xonim, ortiqcha xavotirga o‘rin yo‘q. Bobur mirzoning yoniga eng yaxshi beklarimiz yuborilgan. Yosh bo‘lsa ham sarkardalikka tayyorlanmog‘i zarur. Agar mening kunim bitsa, o‘rnimni Bobur mirzo olg‘ay.
Endi o‘ttiz to‘qqiz yoshga kirgan va qirchillama yigit yoshini yashayotgan Mirzoning o‘z o‘limi haqidagi so‘zlaridan haram ahli og‘ir jimlikka cho‘mdi. Hammaning xayoli qonli urushga ketdi. Xonzoda begim otasi haqidagi boyagi noxush o‘ylarini unutib, unga ko‘zi mo‘ltirab qaradi. Umarshayx mirzo gapining ta’sirini yanada oshirgisi kelib davom etdi.
— Agar men bu foniy dunyodan ko‘z yumsam, hammangiz  Bobur  mirzoning  amrini  hozirgi  mening amrim kabi bajo keltirgaysiz. Jahongir mirzo!
Podshoh otasi bilan muomalaga yaxshi o‘rgatilgan o‘n yashar bola darhol sergaklanib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi:
— Labbay, hazratim!..
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:51:55
— Mening bu gaplarimni sen ham esda tutgil. Bobur mirzo sendan faqat ikki yosh katta bo‘lsa ham, agar mening o‘rnimda qolsa, sen unga farzanddek sodiq bo‘lg‘il.
— Xo‘p, hazratim!..
Bola otasining so‘zlaridagi ma’noni durust tushunmagani uchun bunchalik tez va oson «xo‘p» dedi. Ammo ayollar murakkab hislar tug‘yonida qoldilar. Qorako‘z begimning Umarshayx mirzoga termilib turgan ko‘zlarida yosh yiltilladi. Mirzo buni ko‘rdi-yu, suyukli xotinining boyagi o‘pichlari esiga tushib, vidolashuv alomatiga o‘xshab tuyuldi. Umarshayx mirzo o‘zining so‘nggi gaplari ham vasiyatga o‘xshab ketganini endi sezdi. Yuziga birdan ajal sharpasi tekkanday yuragi «shig‘» etdi. «Menga ne bo‘ldi? O‘limni bo‘ynimga olib vasiyat qildimmi? Yo‘q, yo‘q!»
Mirzo o‘z gaplaridan o‘zi qo‘rqib ketganini payqagan Xonzoda begim bugun otasining allanechuk yordamga muhtoj bir ahvolda ekanini ko‘rib, unga bexosdan rahmi keldi.
— Hazratim, men mungliq qizingiz, sizga xudodan Shayx Sa’diyning umrini tilaymen! Ilohim yuzga kiring!
— Aytganing kelsin, qizim! — deb Umarshayx mirzo yengil bir so‘lish oldi. U qizining ziyrakligini, so‘nggi paytda bo‘y yetib, husni yetilib, ko‘zga nihoyatda yaqin bo‘lib qolganini go‘yo endi sezdi-da, qo‘shib qo‘ydi:— Men axir sening to‘yingni o‘tkazmoqchimen!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:52:16
Xonzoda begimni Samarqand podshosining o‘g‘li Boysunqur mirzoga so‘ratgan edilar. Lekin Umarshayx mirzo bunga rozi bo‘lmagan edi. Mana endi agar juda do‘ppi tor kelsa, balki u qizini podshoh akasining o‘g‘liga berib, shu yo‘l bilan urushni yarashga aylantirar? Lekin bunday istiqbol Xonzoda begimga qorong‘i tundek mavhum va vahimali tuyulardi. Uning boshqa orzulari bor edi. Shuning uchun otasining so‘nggi niyatidan cho‘chib, gapni boshqa yoqqa burdi:
— Agar inimiz Bobur mirzoni chaqirtirish imkonsiz bo‘lsa, men bilan oyimga ruxsat bering, biz Andijonga boraylik!
— Qizim, sen mening eng bebaho gavharlarimdansen. Bu xatarli asnoda seni qanotim ostidan chiqarmagaymen!
— Undoq bo‘lsa menga ruxsat bering, hazratim! — dedi Qutlug‘ Nigor xonim.
— Xonim, Marg‘ilondan chopar kutmoqdamiz. Vaziyat aniqlansa, ruxsat olursiz.
Umarshayx mirzo dasturxonga fotiha o‘qib, o‘rnidan turdi-yu, shoshilinch tadbirlar o‘ylab, haramdan chiqdi.
Haramga kirish huquqidan mahrum qo‘rchilar tuni bilan tashqarida qo‘riqchilik qilgan edilar. Endi hazrati oliyning e’tiborini tortmaslikka va xayolini bo‘lmaslikka tirishib, sekingina unga ergashdilar.

______________
* Ch o sh n a g i r — podshoning dasturxoniga qaraydigan xodima.
* M a ’ j u n — ziravor va dorivor giyohlardan tayyorlangan. Ko‘pincha unga afyun ham qo‘shganlar.
* B a k o v u l — podshoh oshxonasining javobgar xodimi.
* I l i k — bu yerda qo‘l ma’nosida.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:52:40
2

Tong endi otgan, hali oftob chiqmagan bo‘lsa ham ko‘pchilik beklar va mulozimlar devoniomda hozir erdilar. Hammalari Mirzoni ta’zim bilan qarshi oldilar. Zarbof to‘n kiygan, beliga tilla kamar bog‘lagan sersoqol eshik og‘a birinchi vazir darajasidagi eng katta bek edi. Mirzo unga yuzlanib, qaerdan chopar borligini so‘radi.
— Hazrati oliylari, Isfaradan.
Eshik og‘a ikki bukilib ta’zim qilar ekan, yuzi tund ko‘rindi.
— Qanday xabar, bek?
— Hazratim, qulingizning bir qoshiq qonidan o‘ting...
Demak, Isfara ham yov qo‘lida! Mirzo ichki bir titroq bilan Marg‘ilon choparini so‘radi.
— Hazratim, Marg‘ilon chopariga intizormiz.
Nahotki Marg‘ilon ham taslim bo‘lgan? Unda Andijon ham xavf ostida qoladi! Yoki choparlar yov qo‘liga tushganmikin? Balki birortasi xiyonat qilib, narigi yoqqa o‘tib ketgandir?
— Hazrati oliylari, yana chopar yuborishga farmon berurlarmi?
— Chopar yuborib yana necha kun yo‘liga qaraylik?!
Eshik og‘a uzr so‘ragandek, ta’zim qilib, orqaga chekindi.
Axsi qal’asining qamalda qolishi Mirzoga endi muqarrardek tuyuldi. U eshik og‘aga olti oylik zaxira tayyorlatishni buyurdi. Qal’a baland tepalikda turgani uchun unga suv chiqmas, suvni meshkobchilar tashib keltirishar edi. Mirzo o‘ttiz yoshlik, xushqomat Qosimbekka qal’a ichida bir toshhovuz qurdirish va uni suv bilan to‘ldirtirish amrini berdi.
Mirzoning avzoyi yomonligini sezib turgan beklar darhol uning farmonini bajarishga kirishdilar. Mirzoning o‘zi esa otlanib arkdan chiqdi. Mulozimlar va qo‘rchilar ham otlanib, odatdagiday, unga ergashdilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:52:47
Umarshayx mirzo qal’aning bir chetida, daryoning baland qirg‘og‘i ustida, jar labida turgan kabutarxonaga qarab yo‘l oldi. Otliq choparlar dom-daraksiz ketganliklari uchun Mirzo endi qanotlik «chopar»larini ishga solmoqchi edi.
Kabutarlarning don va suvlariga qarayotgan kabutarbonlar podshohni yaqin kelib qolganda ko‘rdilaru shosha-pisha ta’zimga chiqdilar. Mirzo otini to‘xtatdi. Orqadagi mulozimlardan ikkitasi — rikobdor* bilan jilovdor tez otdan tushdilar. Biri Mirzo mingan qora qashqa otning oltin jilovidan, ikkinchisi kumush uzangisidan tutdi. Mirzo kattagina qorin qo‘ygan semiz odam edi, otdan ehtiyot bilan sekin tushdi.
Marg‘ilon va Qo‘qonga uchadigan maxsus kabutarlar keltirildi. Naycha qilingan qisqa xatlar ularning qanotlari tagiga mahkamlandi. Umarshayx mirzo kabutarlarni o‘z qo‘li bilan uchirishni yaxshi ko‘rar edi. U havorang chiniy kabutarni qo‘liga olib, yog‘och zina bilan kabutarxonaning tomiga chiqdi.
Tomdan atrof juda yaxshi ko‘rinar edi. Uzoqdagi tog‘ ortidan quyosh jimgina ko‘tarilib kelar, pastda shovullayotgan daryoning to‘lqinlari nafis jilolanib turar, g‘ir-g‘ir esayotgan ertalabki shabada ipakday mayin tuyular edi. Umarshayx mirzo tom tepasida turib, o‘zi mustahkamlatgan va poytaxtga aylantirgan Axsiga ko‘z yugurtirib chiqdi. Qo‘rg‘onning qo‘l yetmas balandlikka qurilganidan va atrofi chuqur o‘ngirlar bilan ihota qilinganidan alohida bir mamnuniyat sezdi. «Hali bu jarlarga qanchadan-qancha yog‘iylarim qulagay», degan o‘y ko‘nglini shod qildi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:52:58
Biroq bu bahaybat o‘ngirlar oyoq ostidagi zaminni ichdan hilviratib qo‘yganini, kabutarxona ortidagi jarning tagini suv o‘yib ketganini, yer o‘pirilgudek bo‘lib turganini Mirzo ham, uning atrofidagi mulozimlar ham mutlaqo sezmas edilar. Tuprog‘i to‘kilib, qulashga bahona topolmay turgan jarning qa’rida xatarli bir sharpa borligini hozir faqat kabutarlar sezayotgan bo‘lsa ehtimol. Chiroyli to‘rlar va ozoda kataklar ichida o‘tirgan bu jonivorlar bugun kechasi negadir juda bezovtalanib, patir-patir qilib chiqishdi. Hozir ham ular don-suvga qaramay, nuqul tashqariga intilishar, katak chi-viqlarini asabiy cho‘qishar edi. Kabutarbonlar buning sababini tushunmay hayron edilar.
Faqat Umarshayx mirzoning qo‘lidagi chiniy kabutar katakdagi xatardan qutulganday osoyishta bo‘lib qolgan edi. Hozir butun olam Umarshayx mirzoga mana shu kabutarday ma’sum va osuda tuyuldi. U tom o‘rtasiga borib, kabutarning mayin qanotini yuziga bosdi. Uni uchirishdan oldin:
— Marg‘ilonga uch, qanotli choparim! — deb shivirladi.
Tagidan nurab turgan jar shu asnoda birdan o‘pirildi.
Kabutarlar qo‘nadigan ayri yog‘och «shaq» etib pastga uchib ketdi. Odamlar nima bo‘layotganini tushunib ulgurmaslaridan kabutarxonaning narigi devori jar bilan birga o‘ngirga qulab, tomni ham tortib ketdi. Tomning o‘rtasida turgan Umarshayx mirzo chang-to‘zon ichida qattiq bir chayqaldi-yu, gandiraklab yiqildi. Uning jon achchig‘i bilan qichqirgani vahimali qarsillash va gursillashlarga qo‘shilib eshitildi. U yiqilib tushayotganda qo‘lidagi kabutarni qo‘yib yuborgan edi. Chiniy kabutar chang-to‘zon orasidan yulqinib chiqib, osmonga qarab otildi. Mirzoning o‘zi esa tom yog‘ochlariga, somon su-voqlariga, jar tuproqlariga aralashib, uch terak bo‘yi pastga qulab ketdi.
Mirzoning ketidan tomga endi chiqqan kabutarbon zinapoyadan o‘zini yerga otdi. Mulozimlar va qo‘rchilar kutilmagan falokatdan vahimaga tushib orqaga qochdilar. Otlar hurkib, no‘xtalarini uzgudek siltanishar va kishnashardi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:53:07
Hazrati oliyni xavf-xatardan asraymiz, deb yurgan qo‘rchilar avval nima bo‘lganini fahmlay olmay esankirab qoldilar. Keyin ular jar o‘pirilganini fahmladilar, lekin Mirzoning oldiga tezda yetib bora olmadilar. Chunki bosh aylanadigan balandlikdan pastga tushib bo‘lmas, nurab turgan jarning labiga odam borsa yana o‘pirilishi mumkin edi. Qo‘rchilar va mulozimlar qal’adan ot choptirib chiqib, Mirzo qulab ketgan jar etagiga yetib borgunlaricha, so‘ng uyilib yotgan tuproq, kesak va yog‘ochlar orasidan uni topib, kavlab olgunlaricha o‘n jonidan biri ham qolmagan edi.
Uning jasadini arkka kiritib yuvdilar. Majaqlanib, tanib bo‘lmas holatga kelgan yuzini oq shohi bilan yopib qo‘ydilar.
Bugun ertalab Umarshayx mirzo saharlik yegan tanobiyda Qorako‘z begim Qutlug‘ Nigor xonimni quchoqlab uvvos tortib yig‘lar edi.
— Men sabab bo‘ldim, xonim aya! Hazratimni men nechun uyg‘otdim?! Uyg‘otmasam o‘sha joyga kechroq borar edilar-ku! Men yuzi qora sabab bo‘ldim bu o‘limga! Men!
Bugun saharlik paytida Mirzo xuddi o‘lishini bilganday vasiyat qilganini eslab, Qutlug‘ Nigor xonim ham o‘zini yig‘idan tutolmas edi.
— E, voh, rahmatlik kuni bitganini qanday bilgan ekan-a?! Shunday gaplarni aytdilar...
Qorako‘z begim xonimning quchog‘idan chiqib, kichkina mushti bilan chakkasiga urdi.
— Men hali tug‘ilmagan farzandimni otasidan judo qildim, xonim aya! — deb o‘rtanib shivirladi: — Bo‘yimda bo‘lganini shu kecha bilib edilar! «O‘g‘il bo‘lsin!» — deb orzu qilib edilar! Endi bu bolaga otasini qaydan topamiz?! Qaydan topamiz?! Men hazratimni nechun uyg‘otdim, xonim aya? U kishiga kelgan ajal meni olsa bo‘lmasmidi? O‘sha jardan men qulasam bo‘lmasmidi?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:53:19
— Undoq demang, jonim! Biz ham endi jar labida qoldik! Butun atrofimiz tahlikali jar!
Qutlug‘ Nigor xonim erining kutilmagan o‘limida qandaydir sirli bir ma’no borligini hozir tiliga kelgan shu so‘zlardan sezdi. Umarshayx mirzodek jangovar odam qonli urushlarda qilich chopib yurganda o‘lmasdan, jardan qulab o‘lgani tasodifmikin? Mirzoning ota-bobolari barpo etib ketgan davlat mana shunday baland jarlar labiga qurilgan binolarga o‘xshamasmikin? Parcha-parcha bo‘lib ketgan va o‘zaro urushlarda yemirilayotgan ulkan davlat Qutlug‘ Nigor xonimning tasavvurida jarga qulab tushayotgan o‘sha binolarga o‘xshab ko‘rindi-yu, vujudini seskantirib yubordi. Axir uning yolg‘iz o‘g‘li, suyukli farzandi Bobur ham mana shu binolarning birida istiqomat qilmayaptimi? Otasini olib ketgan o‘pirilishlar Boburning boshiga ham tushmasmikin?!
— Yo‘q, yo‘q! Tangrim uni panohida asrasin! Men boray, begim, Andijonga chopar yuboray! Bobur mirzoni bu falokatlardan ogoh qilay!
Qutlug‘ Nigor xonim ko‘z yoshlarini artib, o‘z xonasiga chiqdi va eng ishongan amirlaridan Qosimbekni chaqirtirdi. Uni topib kelgunlaricha Andijon chorbog‘ida Bobur bilan birga turgan onasi Eson Davlat begimning nomiga maktub yozdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:53:35
Fotima Sulton begimning topshirig‘i bilan Andijonga yashirincha jo‘nagan Ahmad Tanbal bu orada Sirdaryo ko‘prigidan o‘tib, Bandi Solor yo‘li bilan ancha joyga borib qolgan edi. Ko‘zga tashlanmaslik uchun bittagina navkar ergashtirib ketayotgan Ahmad Tanbal kecha Andijondan oltmishta navkar bilan kelgan edi. Bugun Fotima Sulton unga katta va’dalar berdi. Agar Ahmad Tanbal Andijondagi sodiq beklarning boshini qovushtirib, Boburni chetlatsa-yu, taxtga Jahongir mirzoni o‘tqazsa, marra uniki. Ahmad tanbal Umarshayx mirzo saroyida ikkinchi darajali beklar qatorida shuncha yil ko‘ngli cho‘kib yurdi. Endi bas! Jahongir mirzo podshoh bo‘lsa, Ahmad Tanbal uning eng birinchi vaziriga aylanadi. Norasida podshohga vazir bo‘lish esa podshoh bo‘lish bilan barobar! Ana unda qayoqdagi musavvirdan Xonzoda begimning suratini so‘rab yurmaydi. U Xonzoda begimning o‘zini oladi! Mana shu orzu bilan Andijonga ot surib borayotgan Ahmad Tanbal orqaga o‘g‘rincha o‘girilib qarab qo‘ydi.
Bandi Solor yo‘lida boshqa hech kim ko‘rinmas edi. Oradan bir necha soatlar o‘tib, Ahmad Tanbal ko‘zga ko‘rinmay ketganidan keyin Axsidan Qosimbek qavchin to‘rtta navkari bilan ot choptirib chiqdi. U ham tezroq Andijonga yetib borishga intilar, Bobur mirzoning tarafdorlarini yig‘ib, uni taxtga o‘tqazish ishtiyoqi bilan yonar edi.

___________
* R i k o b d o r — uzangichi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:53:49
ANDIJON
GUL VA QUYUN

1


Choparlar hali yo‘lda. Urush to‘poloni Andijonga yetib kelganicha yo‘q. Shaharning shimolidagi ko‘rkam chorbog‘ baland devor bilan o‘ralgan, darvozalarga soq-chilar qo‘yilgan. Chorbog‘ ichida o‘n ikki yoshlik Bobur mirzo chavandozlik mashqlari o‘tkazmoqda. U chorbog‘ chetidagi yalanglikdan bo‘z otni choptirib chiqdi-yu, birdan jilovni qo‘yib yubordi. Kamonga chapdastlik bilan o‘q o‘rnatdi va chopib borayotgan ot ustidan nishonga otdi. Yoy o‘qi nishon yog‘ochiga «taq» etib urilgani baralla eshitildi.
Bir to‘p otliqlar mashqni chinor soyasida turib kuzatmoqda edilar. Qora otliq Mazidbek nishonga birinchi bo‘lib yaqinlashdi. U Boburning bek atkasi* edi. Bobur otini qaytarib kelayotganda, Mazidbek unga:
— Mo‘ljalni andak balandroq olibsiz, ammo zarbingiz behad yaxshi, — dedi.
Mazidbek sopiga sadaf qadalgan yoy o‘qini nishondan avaylab sug‘urib oldi-da, qanchalik chuqur botganini barmog‘i bilan o‘lchab ko‘rdi:
— Bilagingizda kuch ko‘p, amirzodam! Sherpanjasiz. Podshoh hazratlari sizni Bobur deb ataganlari bejiz emas. Bobur  arabcha sher demakdir!
Bobur mirzoning navkarlari, yaroqbardor, tengdosh-ko‘kaldosh* mulozimlari ham nishon atrofiga yig‘ildilar. Ular Boburning hali yosh o‘spirin ekanini, qo‘lidagi kamoni bo‘yi-bastiga mos qilib kichraytirib ishlanganini bilar edilar. Shuni o‘ylab, Bobur maqtovni o‘ziga olgisi kelmadi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:53:57
— Sherpanja deb otamni aytsinlar. Men ko‘rganmen, zarblari bundan o‘n hissa ortiq. Musht ursalar, eng zo‘r yigitni ham yiqiturlar.
— Kamina ham aytmoqchi edimki, amirzodamning sherpanjaliklari podshoh otangizga tortganligingizdan nishonadir!
Mazidbek gapni mohirlik bilan burganini sezib Bobur kulib qo‘ydi. Uning mayin sarg‘ish tukli peshonasida, yuqori labining ustida ter rezalari yiltirardi.
— Kun isidi, amirzodam. Yoz ramazoni tinkani quritur. Iftorgacha toliqib qolmasinlar. Endi borib, salqinda mutolaa qilsinlar. Kamina Andijon qo‘rg‘onini mudofaaga tayyorlash bilan band bo‘lurmen.
Bobur mulozimlari bilan mashq maydonidan chiqayotganida ko‘nglida yangi bir istak uyg‘onib, ko‘zlari sho‘x yiltiradi. U otini to‘xtatib, orqasiga o‘girildi va jiyron qashqa ot mingan navkarni yoniga chaqirdi. Navkar yondashganda, qo‘lini cho‘zib, otining egarini silkitib ko‘rdi. Egar mahkam urilgan edi. Bobur navkarga ellik qadamcha nariga borishni, otdan tushib, jilovidan sekin yetaklab ketaverishni buyurdi.
Mulozimlar orasida eng e’tiborlisi Boburning opasi bilan bir onani emib o‘sgan o‘n yetti yoshlik No‘yon Ko‘kaldosh edi. Mazidbek yo‘qligida Boburni ehtiyot qilish No‘yonga topshirilgan edi. No‘yon Boburning nima qilmoqchi ekanini fahmlab, bezovtalandi:
— Amirzodam, hozirgina bir mashqdan chiqdingiz. Boshqa mushkul mashqlarni ertaga qoldiring.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:54:20
— Xo‘p, mushkuli ertaga qolsin, hozir osonini ko‘raylik, — kulib dedi Bobur.
Navkar aytilgan joyga borib otdan tushdi va jiyron qashqasini sekin yetakladi. Bobur bo‘z otni choptirib borib, navkarga yetganda oyoqlarini uzangidan bo‘shatdi, qamchini tishiga oldi. Bo‘z ot jiyron qashqa bilan jips kelgan zahoti Bobur bo‘y cho‘zib, narigi otning egaridan ikki qo‘llab ushladi-yu, bor kuchi bilan egardan egarga sakradi.
Biroq navkarning oti sakrash zarbidan cho‘chib, hurkib ketdi. Boburning xipcha gavdasi bir lahza havoda muallaq bo‘lib qoldi, keyin pastga tushib ketdi. Oyoqlari yerga «tap» etib urildi. Ammo u qo‘llarini egardan bo‘shatmadi — bo‘shatsa yomon yiqilishini sezib, jon-jahdi bilan yopishdi. Bilaklari chindan ham kuchli ekan, shunday og‘irlikka bardosh berdi. Faqat navkar otini to‘xtatib olguncha Boburning oyoqlari yerni tirnab sudralib bordi-yu, bejirim ipak sallasi boshidan uchib ketdi.
No‘yon Ko‘kaldosh yordamga yetib kelganda Bobur o‘zini o‘nglab oyoqda turar, biroq rangi juda oqarib ketgan edi. No‘yon otdan sakrab tushdi va Boburga sallasini olib bermoqchi bo‘ldi. Ammo Bobur tuproqqa tushgan sallaga qaragisi ham kelmadi. Qamchi hamon tishida edi, uni qo‘liga oldi, navkar yetaklab kelgan bo‘z otga indamay mindi. So‘ng otiga qamchi bosib, chorbog‘ daraxtlari orasidan ot choptirib ketdi.
No‘yon uning ketidan vahima bilan tikilganicha qoldi. Hammayoq dov-daraxt, ariq. Otliqlar yuradigan katta yo‘l chorbog‘ning narigi chetidan o‘tadi. Bobur esa to‘g‘riga ketgan tor so‘qmoqdan, qalin daraxtlar orasidan yelday uchib boryapti! Ot ariqdan sakrab o‘tayotganda Boburning boshi ariq bo‘yida o‘sgan o‘rikning katta bir shoxiga uriladigan edi. Ammo u otning bo‘ynini quchoqlab, pastga shunday egildiki, o‘rik novdalari orqasini ishqalab o‘tdi. Pishgan o‘riklardan bir qanchasi uzilib, ariqdagi suvga «cho‘lp-cho‘lp» etib tushdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:54:50
— Sen nega otni mahkam tutmading, avbosh! — deb No‘yon navkarni so‘kdi. — Hammamiz amirzodaning qahriga qoldik! Bizdan xafa bo‘lib ketdilar!
Bobur bog‘ to‘ridagi muhtasham ko‘shk oldiga borib, otini to‘xtatdi. Xizmatkorlaridan biri shoshilib kelib otning jilovidan olar ekan, Boburning yolg‘iz va bosh yalang qaytganidan taajjubga tushdi. Ko‘shkda Boburning buvisi Eson Davlat begim uni kutib o‘tirgan bo‘lsa kerak. Agar hozir u Boburning qay ahvolda qaytganini ko‘rsa-yu, nimalar bo‘lganini bilsa, mulozimlar ham, navkarlar ham jazo olishi aniq. Chunki podshoh hazratlari Boburni ko‘z qorachig‘iday asrashni Eson Davlat begimga topshirib, chorbog‘ va qasrni hamma xizmatkorlari bilan uning ixtiyoriga berib qo‘ygan.
Mulozim va navkarlar qo‘rqa-pisa ko‘shkka yaqinlashayotganlarida marmar hovuzdan beridagi behi shoxiga qantarib qo‘yilgan bo‘z otga ko‘zlari tushdi. Bobur hovuz bo‘yidagi tillakori shiyponga kirganini sezishib, shu yerda sekin otdan tushdilar. No‘yon Ko‘kaldosh Boburning sallasini changdan tozalab, qo‘lida avaylab olib kelmoqda edi. Shu payt shiypon ichidan boshiga bo‘rk kiygan Bobur chiqdi. Oti hurkkan navkar o‘zini Boburning oyog‘i tagiga tashlab, uzr so‘rashga chog‘landi.
No‘yon Ko‘kaldosh sallani nodir sovg‘aga o‘xshatib avaylab ko‘tarib kelayotgani Boburga birdan juda kulgili tuyuldi. Undan qahrli dashnom kutib bosh egib turganlar to‘satdan kulgi tovushini eshitib, hayrat bilan bosh ko‘tardilar. Bobur bolalarcha zavq bilan gavdasini orqaga tashlab, xandon urib kular edi. No‘yon Ko‘kaldosh ham qo‘lidagi sallaga endi boshqacha ko‘z bilan qaradi va kulib yubordi. Boshqalar ham yelkalaridan tog‘ qulab tushganday yayrab kular va jilmayar edi. Bobur kulgidan to‘xtab, oti hurkkan navkarga yuzlandi:
— Sizda ayb yo‘q edi...
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:54:56
Navkar undan katta bir in’om olganday astoydil minnatdor bo‘lib ta’zim qildi. Bobur No‘yonga tayinladi:
— Katta onam bilmasinlar.
— Muddaomiz o‘zi shu, amirzodam, — kuldi No‘yon va boshqa mulozimlarga sirdoshlarcha ko‘z qisib qo‘ydi.
Shunday paytda ko‘kaldosh va tengdoshlar o‘zlarini taxt vorisiga xizmat qilib yurgan yosh mulozimlar deb emas, uning sirlariga sherik bo‘lgan yaqin do‘stlar deb bilishar va bundan ko‘ngillari o‘sib, Boburga mehrlari oshar edi.
Ko‘shkdan chiqib kelgan savdar Bobur qarshisida qo‘l qovushtirib, ichkarida mudarris uni kutib o‘tirganini aytdi. Bobur bugun shariat ilmidan dars olishi kerakligini esladi va tengdoshlaridan istar-istamas ajralib, ko‘shkka yo‘naldi.
Eshiklari nafis o‘ymakorliklar bilan bezangan, ichidagi oltin-kumush buyumlar ko‘zni qamashtiradigan ko‘shkda hozir Boburni faqat bitta xona o‘ziga tortar edi. Mudarrisning kutib o‘tirganiga qaramay, Bobur yaxshi ko‘rgan kitoblari qo‘yilgan shu xonaga burildi. Baxmal va charm muqovalar ichidan sahifalarga bitilgan satrlarda ulug‘ shoirlarning otash nafaslari sezilib turganday bo‘ladi. Bobur Firdavsiydan, Sa’diydan minglab baytlarni yod biladi. Hozir u kitoblari orasidan «Xamsa»ni olar ekan, uzoq Hirotda yashayotgan Alisher Navoiyni xayol ko‘zi bilan ko‘rib turganday bo‘ldi. Hirotda ta’lim olib kelgan andijonlik me’mor mulla Fazliddin mana shu ko‘shk va marmar hovuzli tillakori shiyponni qurgan paytlarida yosh Boburga Navoiy haqida juda ko‘p ajo-yib hikoyalar aytib bergan edi. Me’mor Hirotdan Alisher Navoiyning Behzod chizgan rasmidan yaxshi bir nusxa ko‘chirtirib kelgan edi. Bobur ham Navoiyga ixlosmand ekanini sezgan me’mor unga mana shu rasmni in’om qilgan edi. Bobur «Farhod va Shirin» dostoni qatidan shu rasmni oldi-yu, shariat ilmiga oid daftarining ichiga soldi. So‘ng mudarris o‘tirgan xonaga chiqdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:55:05
Oppoq soqoli ko‘kragini qoplab yotgan, katta oq salla o‘ragan qoshlari o‘siq keksa mudarris darsxona to‘rida, banoras ko‘rpacha ustida o‘ltirib, qur’ondan qiroat bilan suralar o‘qigach, fors tilida fiqh* ilmining qonunlarini tushuntirishga kirishdi. Bobur arab-fors tillarini yaxshi o‘rgangan, qur’on suralarining ko‘pini yod bilar, ma’nosini ham tushunar edi, fiqh ilmining ba’zi nuqtalariga qiziqar ham edi-yu, ammo hozir shu daqiqalarda uning ko‘z oldidan Suhrob va Farhodlarning qahramonona ishlari suron solib o‘tmoqda edi. Chorbog‘dagi mashqlar paytida tanasiga sig‘may avjlanib ketgan sho‘x, bebosh bir kuch hali ham qalbini junbishga keltirib turibdi.
Unga yod bo‘lib qolgan sevimli baytlar goh turkiy, goh forsiy ohanglarda mudarris qiroatini yorib o‘tib, xayolida jaranglab eshitila boshladi:

«Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin?»
«Zi mardoni jahon mardi biyomuz!*»

Yod bo‘lib qolgan bu satrlar xayolidan o‘tayotganda, Bobur daftari orasiga solingan suratni mudarrisga ko‘rsatmaslikka urinib sekin oldi. Ko‘zlaridan ilhom va mehr yog‘ilayotgan Navoiy uzun qora chakmon kiygan, ingichka hassaga suyangan. Uning butun qiyofasi yaxshilik istab kelgan har bir kishiga katta yaxshiliklar qila olishidan dalolat beradi. Bobur suratga qarab turib o‘zicha so‘radi: «Ulug‘ amir, nasib qilsa, huzuringizga borsam, yo‘limda Axramanu ajdaho uchrasa, Farhodingizday hammasini yengib o‘tsam. O‘shanda siz menga... she’riyat tilsimini ochg‘uvchi kalit berurmisiz?»
Mudarris qiroat bilan uqtirayotgan darslari behuda ketayotganini birdan sezib qoldi, sekin o‘rnidan turdi-da, Boburning yoniga keldi. Bobur suratni yashirishga ulgurolmadi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:55:13
— Odam surati? — shiddat bilan so‘radi mudarris. — Siz qur’oni sharifdan saboq eshitish o‘rniga, shariat qat’iyan man etgan suratkashlik bilan mashg‘ulmisiz.
— Mudarris janoblari, bu suratni men chizgan emasmen. Buni menga Hirotdin keltirmishlar. Bu ulug‘ zot — Amir Alisher.
Mudarris Navoiyni shoir deb eshitgan, asarlarini hali o‘qimagan edi.
— Odam suratini tarqatmoq — shaytonu lainning ishi! Qani bu suratni menga bering, mirzom! Bering!
Mudarrisning qahrli vajohati suratni yirtib tashlashdan ham toymasligini ko‘rsatar edi. Shuning uchun Bobur suratni bermay turib oldi. Mudarrisning g‘azabi keldi-yu, ammo taxt vorisiga qattiq gapirishdan qo‘rqdi. Boburdan xafa bo‘lib, Eson Davlat begimga shikoyat qilgani ketdi.
Ellik besh yoshlardagi salobatli kampir sidirg‘a oq atlas ko‘ylagini shitirlatib darsxonaga kirib kelayotganda Bobur darhol o‘rnidan turib, buvisiga salom berdi. Eson Davlat begim suratni qo‘liga oldi va Navoiy tasviriga beixtiyor qiziqib:
— Yuzlarida farishtalari bor zot ekanlar, — deb qo‘ydi. So‘ng harir dakanasining bir cheti bilan yuzini mudarrisdan to‘sib, unga yarim o‘girilgan holda dedi:— Mudarris ja-noblari, bu surat Hirotda shariat peshvolarining ruxsatlari bilan chizilgan-ku.
— Meni ma’zur tuting, hazrat xonim, — dedi eshik oldida qovoq solib yerga qarab tur-gan mudarris,— ammo Hirotda shariat qonunlari buzilmishdir. Shialar ta’sirida chizilgan bu surat bizning pok sunniy mazhabimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Men taxt vo-risini ogoh qilmoqchimanki, bizga Muhammad alayhissalom vasiyat qilgan chin musulmonlik alhol Xurosonda emas, Movarounnahrdadir!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:55:21
Eson Davlat begim mudarris bilan mazhablar to‘g‘risida bahslashib o‘tirishni istamadi. Boburga yuzlanib:
— Mudarris janoblari bir jihatdan haqlar, — dedi, — fiqh darsida surat tomoshasi o‘rinsiz, azizim. Tangri inoyat qilsa, siz hukmdor bo‘lib yurt so‘ragaysiz. Shuning uchun fiqh qonunlarini boshidan-oxirigacha bilib oling. Suratni men olib ketay.
Bobur suratni buvisidan bir nafasga so‘rab oldi-yu, avaylab kitob orasiga solib berdi.
— Ehtiyot qilingiz, sizga orzuyimni topshirdim,— dedi.
Eson Davlat begim nevarasining so‘zlarini yoqtirib dedi:
— Balki Alisherbekni Andijonga taklif qilursiz.
— Kelurmikanlar? — ko‘zlari yonib so‘radi Bobur.
— Samarqandga kelganlar-ku, Farg‘ona vodiysining ta’rifi olamga mashhur. Iloj topsalar, albatta kelurlar. Alisherbek nihoyatda pok, avliyotabiat odam, deb eshitganmiz. O‘zlari kelsalar, mudarris janoblariga ham manzur bo‘lishlari shubhasiz!
Mudarrisning endi sal chehrasi ochildi. Qaddini tiklab:
— Shoyad shunday bo‘lsa! — deb qo‘ydi.
Eson Davlat begim ularni ustalik bilan yarashtirganidan mamnun bo‘lib darsxonadan chiqdi.

_______________
* B e k  a t k a — hali balog‘atga yetmagan mirzolarga homiylik qilish uchun podshoh tomonidan tayin etiladigan mas’ul bek.
* K o‘ k a l d o sh — bir onani emgan bolalar.
* F i q h — musulmon qonunshunosligi.
* «Mardlikni jahon mardlaridan o‘rgan».
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:55:34
2

Kun qiyomiga kelib, peshin namozi o‘qilgandan keyin ko‘shkning ich-tashi jimjit bo‘lib qoldi. Ro‘zaning azobi endi bilina boshlagan, yoz kunida chanqab holsizlangan odamlar kunni qanday kech qilishni bilmay betoqat bo‘lishar edi. Koshona egalari salqin xonalarda jimgina yotib, uyqu bilan jon saqlashni odat qilganlar.
Bobur ham bugungi saboqlarini tugatib, o‘z xonasida yonboshlab yotibdi. Biroq boyagi shirin orzular hamon xayolini to‘lqinlantirib, ko‘ziga uyqu qo‘ndirmaydi. U qog‘oz-qalam olib, she’r yozmoqchi bo‘ldi. Lekin hozir uning xayoliga yod bo‘lib qolgan mashhur baytlardan boshqa she’r kelmas edi. Shunda u ikkinchi bir daftarni oldi-yu, Farg‘ona vodiysi haqida bilganlarini oddiy nasr tariqasida yoza boshladi: «Girdo-girdi tog‘lar, ovi qushi ko‘p. Oq kiyikni Axsi cho‘lida ko‘rganbiz. Marg‘ilon yovug‘ida ham bor». Bobur Farg‘ona vodiysida nimaiki go‘zallik ko‘rgan bo‘lsa, hammasini yozgisi kelar edi. Keyin Hirotga Amir Alisherning huzuriga borganda bu yozuvlari juda kerak bo‘ladiganga o‘xshardi.
U yozuvga berilib ketib, ko‘shk oldigacha chopib kelgan otning dupurini eshitmadi. Birdan jimjit ko‘shkning allaqaysi xonasida ayol kishining o‘rtanib yig‘lagani eshitildi. Bobur cho‘chib boshini ko‘tardi. Yig‘i tovushi Eson Davlat begimning xonalari tomondan kelmoqda edi. Bobur o‘rnidan sakrab turdi, takror eshitilgan alamli yig‘idan eti junjikib, buvisining xonasiga qarab yugurdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:55:43
Eshik lang ochiq. Eson Davlat begimning ro‘moli boshidan tushib ketgan. U qizi Qutlug‘ Nigor xonim yuborgan xatni ochib o‘qimoqchi bo‘ladi, ammo yoshli ko‘zlari hech narsani ko‘rmaydi.
Axsidan o‘lim xabarini olib kelgan Qosimbek devorga yelkasi bilan majolsiz suyanib, oyoqlarida zo‘rg‘a turibdi. U sakson chaqirimlik yo‘lni otda dam olmay bosib o‘tgan va kipriklarigacha changga botgan edi.
Hozirgina gulday nafis tuyg‘ular ichida yurgan Boburga o‘lim xabari shu gul orasidan chiqqan ilon bo‘lib tuyuldi. U Qosimbekdan seskanganday rangi o‘chib, birdan orqaga tisarildi. Qosimbek esa unga intildi. Bobur qarshisida tiz cho‘kib, bo‘g‘iq va iltimoskorona ovoz bilan gapira boshladi:
— Mirzom!.. Tangri sizga quvvat bersin! Endi bizning pushti-panohimiz o‘zingizsiz! Ikki tarafimizni yog‘iy bosgan. Volidangiz tayinlab yubordilar. Darhol Andijon qo‘rg‘oniga borib, beklarni to‘plamoq kerak!
Eson Davlat begim qayg‘uga berilib, yig‘lab o‘tiradigan payt emasligini endi sezdi. Qosimbekni oyoqqa turg‘izdi-da:
— Sadoqatingizdan minnatdormiz, — dedi. — Siz Bobur mirzo bilan birga otlaning! Biz ham endi chorbog‘dan qo‘rg‘onga ko‘chamiz.
Mudhish xabar Boburni jimjit qilib qo‘ydi. U karaxt bir ahvolda kiyindi, otiga mindi. Shu payt uning ko‘ziga yashnab turgan daraxtlar, suvi to‘la marmar hovuz allanechuk mung‘ayib turganday ko‘rindi. Bularning hammasini otasi bino qilgan edi. Endi u odam bu joylarga hech qachon kelmaydi. Ana u nashvatilarning ko‘chatini Umarshayx mirzoning o‘zi o‘tqazdirgan edi. Hozir shular meva solgan, hademay pishadi. Ammo ularni ektirgan odam endi hech vaqt bu mevalardan tatib ko‘rolmaydi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:55:56
Chorbog‘dan chiqib, tosh yo‘ldan borayotganlarida Bobur yana otasini esladi. Bu yo‘lga otasi to‘shatgan toshlar ham turibdi. Uzoqda ko‘ringan baland qo‘rg‘onni ham otasi qurdirgan edi. Hammasi butun, hammasi bor. Faqat uning o‘zi yo‘q. Bobur endi otasini umrbod  ko‘rolmasligini  butun  vujudi  bilan his qildi-yu, achchiq judolik tuyg‘usi birdan uning borlig‘ini to‘ldirib, ko‘zlaridan yoqasiga yosh bo‘lib tomdi.
Oldinda suv to‘ldirilgan choh va o‘n bir paxsalik baland devor bilan o‘ralgan Andijon qo‘rg‘oni ko‘rindi. Ular Mirzo darvozasiga yaqinlashganlarida ichkaridan besh-olti kishi ot choptirib chiqdi. Oldinda saman ot minib kelayotgan qisiq ko‘zli mo‘g‘ultaxlit bek — Bo-burning onasiga qarindoshchiligi bo‘lgan Sherim tog‘oyi edi. U Boburning yuzida og‘ir musibat alomatini ko‘rdi-yu, otdan sakrab tushdi, ko‘ziga yosh kelmasa ham ho‘ngrab:
— Men ishonmagan edim, amirzodam! — dedi. — Pushti-panohimizdan ayrilganimiz rostmi? Oh, bevafo dunyo!
— Kimdan eshitdingiz? — so‘radi Qosimbek. — Bu xabar hozircha sir tutilmog‘i kerak edi!
Sherimbek yoqasini ushlab:
— Tangrining qudratini qarangki, — dedi, — bir aloqachi kabutarim osmonda uchib yurib birdan yo‘q bo‘lib qoldi. «Kim uni tushirib oldi?» — deb tom ustiga chiqdim. Anchadan keyin kabutar oldimga kelib qo‘ndi. Qanotining tagida bir qog‘oz ko‘rindi. Olib qarasam — mana shu qayg‘uli xabar! Kim yozgan? Osmonda farishtalar yozib yubordimi, bilmadim!
Sherimbek Boburning egariga bir qo‘lini qo‘yib, yuzini unga yaqinlashtirdi-da, past tovush bilan.
— Mirzom, qo‘rg‘onga kirmangiz, xatarli, — dedi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:56:10
Bu so‘zlarni Qosimbek ham eshitdi. Umarshayx mirzo tirikligida durustroq lavozim ololmay ko‘ngli cho‘kib yurgan Sherimbek endi Bobur mirzoga boshqalardan oldinroq mehru oqibat ko‘rsatib, uning ishonchini qozonmoqchi va kattaroq martabaga erishmoqchi edi. Qosimbek buni sezib Boburga osoyishta gapirdi:
— Amirzodam, ortiqcha tahlikaga o‘rin yo‘q. Tezroq qo‘rg‘onga kirib, sodiq beklarni to‘playlik.
Sherimbek ot ustidagi Qosimbek bilan yerda turib so‘zlashishni o‘ziga ep ko‘rmadi. Shoshib otiga mindi-da, shiddat bilan dedi:
— Siz hali ahvolni bilmaysiz, janob Qosimbek! Sodiq beklaringiz Xo‘jandni yog‘iyga topshirdi! Isfarani topshirdi! Marg‘ilonni topshirdi!
— Marg‘ilonni?! — seskanib so‘radi Bobur. — Qachon?
— Hozir xabar keldi! ?g‘iy mo‘ri malaxday yopirilib Quvaga yaqinlashdi! Endi navbat Andijonga. Sodiq beklar Andijonga qo‘shib Mirzomni ham yog‘iyga bersinlarmi? Yo‘q! Men tirik bo‘lsam, bunga yo‘l qo‘ymaymen!
Og‘ir musibat ustiga qo‘shilgan bu shum xabarlar Boburni juda esankiratib qo‘ydi. O‘zi kuni bilan ro‘za tutib, darmoni ketib borar, nihoyatda qattiq chanqaganligidan tili tanglayiga yopishib qolgandek tuyular edi. Uning tashna ko‘zlari qo‘rg‘on devori tagidagi xan-daqqa to‘ldirilgan qoramtir suvga tushdi. Turib qolgan shu qora suv ham unga allanechuk jozibali ko‘rindi. U quruqlashgan lablarini namsiz tili bilan yalab qo‘ydi.
Sherimbek dadil borib, Bobur mingan bo‘z otning oltin bezakli yuganidan oldi:
— Men sodiq tog‘oyingizmen, Mirzom, ijozat bering, sizni bu xatarlardan uzoqqa olib ketay!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:56:25
Bobur Sherimbek aytayotgan xatarlarni hozir uncha o‘ylamas va aniq his qilmas edi. Ammo uning qayg‘udan ezilgan ko‘ngli ham, tashnalikdan qiynalayotgan tani ham ko‘z oldidagi bekik va dim qo‘rg‘ondan ko‘ra, uzoqdagi daraxtzorlarni, keng, ochiq joylarni afzal ko‘rardi. Shuning uchun Sherimbek uning otini orqaga burayotganda Bobur qarshilik qilmadi. Qosimbek sarosima bo‘lib:
— Mirzom, volidangizning tayinlaganlari boshqa edi!— dedi.
— Volidalari bu yerdagi ahvolni bilmaganlar! — deb Boburning o‘rniga Sherimbek javob qildi. Ammo Qosimbek uning gapiga quloq solmay Boburga yondashdi:
— Xonim hazratlari bugun dafn marosimini o‘tkazib ertaga Andijonga kelurlar. Ulug‘ onangiz ham chorbog‘dan qo‘rg‘onga ko‘chmoqchi edilar. Ular sizni qayerdan topurlar?
Bobur endi sal xayolini yig‘ib, Sherimbekdan so‘radi:
— Qayoqqa bormoqchimiz?
Sherimbek Qosimbekka eshittirmaslikka tirishib, Boburning qulog‘iga shivirladi:
— Olatog‘ tomonlarga. O‘shga. Balki O‘zganga. Bobur buni Qosimbekdan sir tutishni istamay, sekin unga aytdi:
— O‘sh yo‘lida bo‘lurmiz. Onamga xabar bering.
— Men avval qo‘rg‘ondagi beklar bilan so‘zlashay, amirzodam! Ularning kayfiyatini bilay!
— Undan ko‘ra, Xo‘ja Abdullaga uchrang.
— Bu amringizni darhol bajo keltirurmen!
Qosimbek otini qo‘rg‘on darvozasi tomonga burdi. Bobur esa yonidagi ellikka yaqin otliq bilan qo‘rg‘ondan uzoqlashib keta boshladi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:56:38
3

Qo‘rg‘on ichidan darvozaxonaning tomiga chiqib olgan yapasqi bir navkar devor kungurasi orasidan ularni kuzatib turgan edi. Qosimbek Mirzo darvozasidan shitob bilan kirayotganda bu navkar ham tomdan sekin tushdi-yu, devor oldiga bog‘lab qo‘yilgan otni minib, xo‘jayini Ahmad Tanbal kutib turgan joyga qarab ketdi.
Mevalari g‘arq pishgan katta bog‘ning to‘rida marmar gumbazlik hammom bor edi. Bog‘ egasi Yoqubbek yozning issiq kunlarida shu hammomning mehmonxonaga o‘xshatib bezatilgan salqin bir xonasida dam olar edi. Asl gilamlar to‘shalgan bu xonaning to‘rida hozir Ahmad Tanbal o‘tiribdi. U kumush bilan bezatilgan qimiz kadidan jiyda gulli piyolaga qimiz quyib, sipqordi. So‘ng sarg‘ish mo‘ylovini kafti bilan artar ekan:
— Tangrim meni kechirsin, bugun ro‘zani buzdim,— dedi. — Yo‘lda tashnalikdan tilim tanglayimga yopishib qoldi. Hushimdan ketib otdan yiqiladigan holatga keldim.
— Bugun sizga ravo, — dedi Yoqubbek. — Zarurast— ma’zurast. Mushkul ishga bel bog‘labsiz. Agar kushoyishi koringizni berib, taxt Jahongir mirzog‘a o‘tsa, siz uning eng ishongan rahnamosi bo‘lursiz.
Ahmad Tanbal bu nurli istiqbolni ko‘z oldiga keltirib, bir entikdi. Oldingi tishlaridan ikkitasi tushib ketgan semiz Yoqubbek unga sinovchan nazar bilan qarab turardi. Yoqubbekning nigohida «Mening bu xatarli ishga nechun bosh qo‘shayotganimni unutmasmikansen?» degan ma’no bor edi. Ahmad Tanbal sergaklandi:
— Bek janoblari, siz bilan biz asli mo‘g‘ul* urug‘idanmiz. Barloslarning Farg‘ona viloyatida shuncha vaqt hukm surganlari yetar. Endi navbat bizniki. Men sizni mo‘g‘ul beklarining eng ulug‘i deb bilurmen. Tangri omad berib, agar men taxt vorisiga rahnamo bo‘lsam, o‘shanda ham menga siz rahnamolik qilg‘aysiz!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:56:51
— Inshoollo! — deb Yoqubbek mamnun yuz bilan kalta soqolini silab qo‘ydi. — Qani, Ahmadbek, chan-qoq bosilgandan so‘ng ochlik bilinadir. Yaxna go‘shtdin totining.
Ahmad Tanbal chinni lagandagi go‘shtga endi qo‘l uzatganda eshik sekin ochildi. Ahmad Tanbal laganni bir chetga surib, eshikka qadalib qaradi. Boyagi yapasqi navkar xo‘jayinining tinchini buzgani uchun uzr so‘raganday bo‘sag‘adan narida turib, ta’zim qildi:
— Bek janoblari, sevinchi bering! — dedi. — Bobur mirzo qo‘rg‘onga kirmay qaytib ketdilar.
— Ayni muddao!
Ahmad Tanbal uchun bu chindan ham quvonchli xabar edi. Charm hamyonidan bitta oltin tanga olib, bo‘sag‘a oldiga tashladi. Yapasqi navkar tangani shosha-pisha olib, ikki bukilib rahmat aytdi. So‘ng Ahmad Tanbalning ishorasi bilan eshikni sekin yopib, orqaga chekindi.
Axsidan Andijonga kelib to‘g‘ri Yoqubbeknikiga tushgan Ahmad Tanbal podshohning o‘limi haqidagi xabarni eng avval Sherim tog‘oyiga yetkazdirgan edi. Uning hovliqma fe’lini qo‘zg‘atib, o‘zi panada qolish uchun imzosiz xatni kabutar yordamida osmondan tushirtirgan edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:57:29
— Maslahatingiz bilan tuzilgan reja sharofatli chiqdi!— dedi Ahmad Tanbal uy egasiga mamnun ko‘z tashlab.
— Ha, Sherimbek endi jiyanini xavf-xatardan yaxshilab «xalos qilur». Uning eng nufuzli bekiga aylanish uchun Olatog‘dan ham oshur.
— Endi biz Boburning xatardan qo‘rqib qochganini xaloyiqning qulog‘iga yetkazmog‘imiz kerak. Bobur shunday paytda ota yurti Andijonni tashlab ketganini xalq bilsin, undan ixlosi qaytsin. Ana undan so‘ng Jahongir mirzoning taxtga o‘tirishiga hech bir monelik qolmas.
Yoqubbek soqolini tutamiga olib, bir lahza o‘ylanib turdi-yu:
— Ovoza tarqatishning eng afzal joyi bozor, — dedi.— Mening savdogar mijozlarim bor.
— Ammo ovoza bizdan chiqqanini hech kim bilmasligi zarur!
— Xotirjam bo‘lsinlar, janob Ahmadbek. Sir saqlashga qodirmiz...

_______________
* Bu yerda gap o‘zbeklashgan mo‘g‘ullar haqida boradi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:58:28
* * *

Andijon aholisi dushman qo‘shinlari yaqinlashib kelayotganini eshitib, shu kunlarda juda xavfsirab yurar edi. Shuning ustiga: «Podshoh jardan yiqilib o‘lganmish, shaharni bugun yog‘iy bosar emish, Bobur mirzo qo‘rqib qochganmish», degan ovoza tarqaldi. Andijon rastalaridagi va timning tagidagi do‘konlar savdo eng qizib turgan paytda birin-ketin yopila boshladi. Haligi ovozaning qayerdan chiqqanini hech kim aniq bilmas edi-yu, lekin xaloyiq unga bir-biridan vahimali tafsilotlar qo‘shar edi. Nihoyat, «Axsini ham yog‘iy bosganmish, yog‘iy podshoni jardan tashlab o‘ldirganmish», degan gaplar ham paydo bo‘ldi. Xaloyiq orasida yuradigan xufiyalar dahshatli mishmishlarni shahar hokimi — dorug‘aga yetkazish uchun arkka tomon shoshildilar.
Bu orada Qosimbek Bobur mirzoning ustozi Xo‘ja Abdullani uyidan qidirib topgan, ular ikkovlashib arkdagi beklar oldiga chiqishgan edi. Xo‘ja Abdulla ham, beklar ham podshohning o‘limidan mutlaqo bexabar edilar. Bu xabarni Qosimbekdan eshitganlaridan keyin, urush xatari ko‘zlariga yanada tahlikali ko‘rindi, yomon o‘zgarishlar bo‘lishini sezishib, sarosima bo‘lib qolishdi. Shuning ustiga bozorda dallol bo‘lib yuradigan ishonch-li bir xufiya kelib, xunuk ovozalardan hammayoq to‘polon bo‘lib ketganini aytib berdi-yu, Uzun Hasan nomli novcha dorug‘a esankirab qoldi.
— Bizdan omad ketdi, janoblar! — dedi yig‘lamsirab.— Tashqarida g‘anim. Ichkarida to‘polon. Bobur mirzo qo‘rg‘onga kirmay ketganlari bejiz emas!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:58:40
— Biz ham jon saqlash uchun har qayonga tarqab qochsakmikin? — kinoya bilan so‘radi Xo‘ja Abdulla.
O‘zi ham, soqol-mo‘ylovi ham qop-qora Xo‘ja Abdulla katta olim bo‘lishidan tashqari, Andijon beklarining eng nufuzli piri hisoblanar edi. Bobur mirzo ham uni o‘ziga murshid sanab qo‘l bergan edi. Shuning uchun Uzun Hasan Xo‘ja Abdullaning kinoyasiga qarshi keskin javob bera olmadi.
— Pirim, Bobur mirzo uzoqlashmasdan qaytarish zarur! — dedi Qosimbek.
— Bobur mirzoning ko‘ngillari menga ayon, — dedi Xo‘ja Abdulla. — U oliy zot qo‘rqib qochgan emaslar. Beklarning sadoqatini bilmoq uchun shunday qilganlar. Bozordagi ovoza — fitnaning belgisi. Agar fitna bo‘lmasa, podshohning qazo qilganini bizdan oldin bo-zordagilar qanday bilmishlar?
Uzun Hasan o‘zining aqli yetmagan bu mantiqli fikr-ga tan berdi. Boburning ko‘nglida nima borligini Xo‘ja Abdulla shu yerda turib bilganiga qoyil bo‘ldi. Xo‘ja Abdulla uning ko‘ziga chinakam avliyo bo‘lib ko‘rindi:
— Pirimga hammasi ayon bo‘lgan ekan! — dedi u chuqur e’tiqod bilan. — Endi pirim nima desalar biz shunga shaymiz!
— Menga ayon bo‘lgani shuki, — dedi Xo‘ja Abdulla ovozini pasaytirib, — agar bir tan-bir jon bo‘lib, Bobur mirzoga xizmat qilsak, hammamiz omon qolurmiz, hech qaysimizning bir mo‘yimiz kam bo‘lmag‘ay!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:59:01
Xo‘ja Abdullaning komil ishonch bilan aytgan bu so‘zlari Uzun Hasanni bir oz tahlikaga soldi. Agar ish Xo‘ja Abdulla aytganday bo‘lib chiqsa-yu, Bobur mirzo podshoh bo‘lsa... unda Uzun Hasanning bugungi ikkilanishlari qanday oqibatga olib keladi? Uning raqiblari bu ikkilanishlarni bo‘lajak podshohga aytib, dorug‘alik amalini tortib olishlari mumkin emasmi? Yo‘q, Uzun Hasan bunga yo‘l qo‘ymasligi kerak:
— Pirim, menga fotiha bering, Bobur mirzoning huzurlariga men o‘zim boray. Beklarning nomidan sadoqat izhor qilib, qo‘rg‘onga taklif etay!
— Niyatingiz tahsinga sazovor, janob Hasanbek. Ammo siz dorug‘asiz. Siz avval shahardagi g‘uluni bartaraf qiling, fitnaning uyasini toping, ana unda Bobur mirzoning inoyatlariga sazovor bo‘lg‘aysiz.
— Yana karomat qildingiz, pirim! Biz zudlik bilan bu ishga kirishurmiz!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:59:12
* * *

Yoz oftobi yeru ko‘kni shunday qizdirmoqdaki, ot tuyoqlaridan ko‘tarilgan chang yuzga alanga tillaridek tegadi. Havo dim. «G‘ir» etgan shamol yo‘q. Tuprog‘i bilqillab yotgan tor ko‘chadan o‘tayotganlarida Boburni ter bosdi. U benihoya chanqaganligidan og‘zi taxir bo‘lib ketgan edi. Kecha shu paytlarda Andijonsoy bo‘yida salqinlab yotgani esiga tushdi. Bundan bir necha soat oldingi hayoti, chorbog‘ning musaffo havosi, zilol suvli hovuz, salqin ko‘shk, betashvish damlar — hammasi birdan uzoq o‘tmishga aylangan edi. Nazarida, shiddatli bir quyun uni o‘sha mas’ud hayotdan yulib olib, allaqayoqlarga chirpirak qilib uchirib ketayotibdi. Ot tuyoqlaridan ko‘tarilgan chang unga mana shu quyunning changidek tuyuladi. Uni otasidan judo qilgan, pushti-panohidan ayirib, xavf-xatarlar komiga tortgan mash’um bir kuch go‘yo mana shu quyunning kuchi edi. Uni qo‘riqlab borayotgan ellik chog‘li otliqlar ham Boburga mana shu quyun ichida yurganday xira ko‘rinardi. Ro‘za tutib kuni bo‘yi tuz totmaganligidan uning boshi aylanmoqda edi. Atrofidagi otliqlar to‘g‘ri yurib borayotgan bo‘lsalar ham, Boburning nazarida ularning hammasini o‘sha quyun chirmab aylantirayotganday bo‘lardi.
O‘zgan yo‘li bilan borib Namozgohga yetganlarida uzoqda qorli tog‘lar ko‘rindi. Bobur tog‘ salqinini ko‘zi bilan his qilganday bo‘ldi va o‘sha yerga tezroq yetib borgisi kelib, otining biqiniga niqtadi. Qaqroq lablarini qiyinlik bilan ochib Sherimbekka:
— Tezroq! — dedi.
Sherimbek esa orqaga o‘girilib qarab:
— Chopar bor! — dedi. — To‘xtaylik.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:59:20
Andijon beklari yuborgan chopar Xo‘ja Abdullaning qo‘li bilan yozilgan maktubni Boburga topshirdi. Bobur o‘ram qilib yuborilgan maktubning ipak bog‘ichini uzib, yonida turgan No‘yon Ko‘kaldoshga berdi:
— O‘qing.
Maktubda Andijon beklarining Boburga sadoqat bildirganlari aytilgan edi. So‘z orasida yomon ovozalar tarqalayotgani, noma’lum fitnachilar «Bobur mirzo qo‘rqib qochdi», degan tuhmatni tarqatib, bunga elni ishontirmoqchi bo‘layotgani aytilgan edi.
— Men sizni ana o‘sha fitnachilardan ehtiyot qilgan edim, amirzodam! — dedi Sherimbek Boburga. — Hozir vaziyat yomon. Qo‘rg‘on — ig‘voning uyasi. Qo‘rg‘onga qaytmang, amirzodam! Sodiq beklar bo‘lsa ketingizdan kelsinlar!
«Ota yurtini tashlab qo‘rqib qochdi» — bu ovoza og‘izdan-og‘izga o‘tib shaharma-shahar, qishloqma-qishloq tarqab ketishi mumkin!
— Yo‘q! — dedi Bobur otini orqaga burib. — Men qochmoqchi emasmen!
— Amirzodam, bu hammasi ig‘vo!
— Men buning ig‘voligini isbot qilurmen! Qayting hammangiz. Qo‘rg‘onga qayting!
Bobur orqaga burgan otining yuganini bo‘shatdi-yu, sag‘risiga qamchi urdi. Ot chopib borayotganda ko‘kragiga shamol tegib, o‘zini bir oz yengil sezdi. Boyagi dahshatli quyun endi undan orqada — izma-iz yelib kelayotgan navkar va savdarlar orasida qolib ketganday bo‘ldi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 20:59:41
Ular oftob ufqqa yaqinlashgan paytda Andijon qo‘rg‘oniga kirib keldilar. Kechqurun gavjum bo‘ladigan ko‘chalar hozir allanechuk jimjit. Do‘konlar yopiq. Hammayoq huvillagan. Butun shahar xavf-xatardan qo‘rqib, biqinib turganga o‘xshardi.
Sherimbek oldinda borayotgan Boburni ehtiyot qilmoqchi bo‘lib, navkarlariga «qurshab boring» ishorasini qildi. O‘zi esa Boburning old tomoniga o‘ta boshladi. Atrofini otliqlar o‘rab ola boshlaganda Bobur yana quyunning ichiga tushib qolganday bo‘g‘ildi. Ko‘z o‘ngida yana otlar, odamlar chirpirak bo‘lib aylanishga tushdi. Bobur yutoqib oldinga intildi, otini qamchilab, navkarlar qurshovini yorib chiqqanda yuziga shabada tegib, xiyol yengillashdi. Sherimbek yana oldinga intilib, Boburga yondashmoqchi bo‘lganda No‘yon Ko‘kaldosh uning jilovidan mahkam ushladi:
— Bek janoblari, qo‘ying, amirzodam oldinda borsinlar. Fuqaro taxt vorisini ko‘rsin, ko‘ngli taskin topsin. Ana, tuynuklardan mo‘ralab turgan odamlar ig‘vogarlarning gapi yolg‘onligiga amin bo‘lsinlar!
— Fitnachilar biror teshikdan amirzodamni o‘qlasalar-chi?
— Niyatni yaxshi qiling!
Bobur boshliq otliqlar arkka yaqinlashganlarida ulkan darvozaning har ikki tavaqasi lang ochildi. Xo‘ja Abdulla va bir to‘da beklar, mulozimlar Boburga peshvoz chiqdilar. Bobur otdan tushib ustozi bilan ko‘rishar ekan, birdan ko‘ngli yumshab, ko‘zlariga yosh quyilib keldi. Xo‘ja Abdulla rangi o‘chgan, lablari titrayotgan Boburni bag‘riga bosib, tasalli bergisi keldi, ammo beklar va navkarlar oldida taxt vorisini quchoqlash odobsizlik sanalishini o‘ylab, o‘zini tutdi. U ham ko‘ziga yosh olib:
— Kulfatda qoldik, amirzodam, musibatda qoldik!— dedi. — Endi bizning pushti-panohimiz o‘zingizsiz!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 21:00:05
Mazidbek a’yonlar davrasidan bir-ikki qadam oldinga chiqdi. O‘zining Boburga bek atka ekanini bildirib qo‘ygisi kelib, Xo‘ja Abdullaning gapini og‘zidan oldi:
— Amirzodam, hamma beklar sizga sodiq xizmat qilishga tayyordurlar!
Bobur to‘planib turgan beklarga ko‘z tashlagan edi, ular hammasi Mazidbekning gapini tasdiqlab, qo‘llari ko‘kraklarida, ta’zim ado qilishdi. Bobur tovushi titrab:
— Minnatdormen, — dedi.
U yana otlanib ark darvozasidan kirayotganda orqadan Yoqubbek ham yetib kelib, beklar davrasiga qo‘shildi. U Bobur qaytganini eshitgan zahoti har qanday shubhadan xoli bo‘lish uchun darhol otlanib, sadoqat izhor qilishga shoshilgan edi. Xo‘ja Abdulla o‘ngda, Mazidbek chapda yurib Boburni ark to‘ridagi qishlik qasrga boshlab keldilar.
Ilgari poytaxt Andijondaligida taxt mana shu qasrga o‘rnatilgan edi. Keyin poytaxt Axsiga ko‘chirilgach, ustunlari o‘ymakorliklar bilan bezatilgan marmar zinapoyali bu qasr avvalgi hashamatidan mahrum bo‘lib, ko‘rimsizlashib qolgan edi. Bugun Bobur kelishidan oldin Xo‘ja Abdullaning farmoyishi bilan qasrning zinapoyalariga yana poyandoz to‘shaldi. Ilgari taxt qo‘yilgan shahnishinga turkman gilamlari va kimxob ko‘rpachalar solinib, maxsus joy hozirlandi.
Bobur binafsharang poyandozga qadam qo‘yganda quruqshab ketgan tomog‘ini ho‘llamoqchi bo‘lib yutindi. Ammo og‘zida nam yo‘qligidan tomog‘ini allanarsa qirib o‘tganday bo‘ldi. Bo‘lajak podshohga xizmat qilish uchun to‘plangan beklarning hech qaysisi Boburga hozir bir qultumgina suv kerakligini sezmas edi. Birda-yarim sezganlari ham shuncha odamning oldida yosh podshohning ro‘zasini ochirish musulmonchilikka to‘g‘ri kelmaydi, deb bunday ishni qilishdan qo‘rqishar edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 21:00:12
Hamma o‘ltirgach, Xo‘ja Abdulla qur’on o‘qib, Axsida bugun dafn etilgan Umarshayx mirzoning arvohiga bag‘ishladi. Bir necha kishi:
— Iloho joylari jannatdan bo‘lsin! — deb qo‘ydi. Yana bir necha kishi Boburga yuzlanib ko‘ngil so‘radi.
— Muhtaram beklar, davlatxohlar! — deb gap boshladi Xo‘ja Abdulla. — Urush tashvishi bo‘lmaganda biz avval motam marosimini o‘tkazgan bo‘lur edik. Eshitishimizcha, Axsida hazrati oliyni hurmatlariga yarasha ma’raka o‘tkazib qabrga qo‘yganlar. Andijonga yog‘iy yaqin kelib qolgan shu og‘ir kunda bizning avvalin mashvaratimiz davlatni yangi podshohga topshirmoq xususida bo‘lgani ma’qul.
Mazidbekdan nariroqda semiz Yoqubbek o‘tirgan edi. U Xo‘ja Abdullaning so‘zlarini hammadan oldin ilib ketdi:
— Dono tadbirni o‘rtaga soldingiz, pirim. Bandangizning fikricha, Zahiriddin Muhammad Bobur mirzoni qonuniy podshoh atab, muborak nomlarini xutbaga qo‘shib o‘qitmoq kerak!
Bobur «yalt» etib Yoqubbekka qaradi. Uning ovozidagi mayinlik, yuzidagi hayajon, hatto old tishlari tushib ketgan og‘zining kemshikligi Boburga allanechuk yoqimli tuyuldi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 21:00:24
Yoqubbekning eng nufuzli va qaysar mo‘g‘ul beklaridan ekanligini hamma bilardi. Faqat uning bundan bir necha soat oldin Boburga qarshi fitna uyushtirib yurgani o‘tirganlar uchun sir edi. Endi Yoqubbek mana shu sirni yaxshiroq bekitish uchun Boburga hammadan ortiq sadoqat bildirmoqda edi. Uning shu sir ochilib qolishidan iztirobga tushib, dardli va hayajonli ko‘zlar bilan Boburga qarashi, undan najot kutganday bo‘lib hayajonlanishi o‘zi qiynalib o‘tirgan Boburga g‘alati ta’sir qildi. Yoqubbek birinchi bo‘lib Boburni podshoh deb atagani yosh o‘spirinning o‘rtanib turgan qalbiga go‘yo sarin bir shabada bo‘lib tegdi. Qachondir bir vaqt taxtga chiqish va shu yurgan hamma beklarga bosh bo‘lib, g‘olibona janglar qilish Boburning eng kuchli orzularidan edi. Yoqubbekdan keyin gapirgan beklar ham birin-ketin Boburni podshoh deb tan olar ekanlar, uning mana shu orzusi bulut orasidan chiqqan to‘lin oyday charaqlab yuzaga chiqdi-yu, ko‘nglini birdan yorishtirib yubordi. Boshiga tushgan musibat ham, ichini kuydirayotgan tashnalik ham xayolidan uzoqlashdi.
Shu payt eshikdan shahar dorug‘asi Uzun Hasan ta’zim qilib kirdi.
— Amirzodam! — dedi u entikib. — Qulingizni avf eting, sizni kutib ololmadim. Men Andijonda nomunosib gaplar tarqatgan fitnachilarni ovlash bilan band edim. Alhol bir fitnachi arbobni tutib keltirdim.
Bobur beixtiyor oldinga intilib:
— Qaysi arbob? — dedi. — Kim u? Keltiring!
— Bajonidil, amirzodam! — deb Uzun Hasan shoshilib orqasiga qaytdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 21:00:42
Hamma ko‘zlar ochiq eshikka qadaldi. Yoqubbekning rangi «quv» o‘chdi. Nahotki Ahmad Tan-bal qo‘lga tushgan bo‘lsa? Unda sir ochiladi. Yoqubbek sarosima ko‘zlar bilan darchani qidirib topdi. Darcha u o‘tirgan joydan ancha uzoq. Darchadan narida arkning o‘n paxsalik baland devori bor. Yo‘q, bu yerdan qochib qutulib bo‘lmaydi! Yoqubbekni titroq bosdi...
Shu payt eshikdan narida yo‘g‘on bir ovoz:
— Qo‘limni yeching, men gunohkor emasmen! — degani eshitildi. Tovushidan Ahmad Tanbalga o‘xshamaydi.
Oq shohi yaktak kiygan yo‘g‘on gavdalik bo‘ydor kishini ikki navkar ikki tomonidan mahkam tutib olib kirdi.
— E, bu — Darvesh gov-ku! — dedi Yoqubbek birdan yengil tortib.
Andijon miroblarining boshlig‘i bo‘lgan bu odam gardani juda go‘shtdor bo‘lganligi uchun ho‘kizga o‘xshab bo‘ynini bir oz oldinga egib yurar, shuning uchun or-qavoratdan uni «gov», deb atashar edi. Andijon Qo‘rg‘oniga to‘qqiz ariq suv kirsa ham, bog‘-rog‘larning ko‘pligidan yoz oylarida suv yetishmaydi, amaldorlar oddiy fuqaroning navbatini ham olishga intilishardi. Shunday paytlarda Darvesh gov ko‘pincha fuqaroning tomonini olar, beklarga navbati kelmaguncha suv bermas edi. «Bek bo‘lsang, o‘zingga, xudoning oldida hamma bandasi barobar!» — deb tap tortmay gapirganini ko‘p odam eshitgan. Shu sababli beklar Darvesh govni yomon ko‘rishar, ayniqsa dorug‘a Uzun Hasan ko‘pdan beri unga kek saqlab yurardi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 21:00:50
Qo‘li bog‘log‘liq Darvesh gov Boburga va undan beriroqda o‘tirgan Xo‘ja Abdullaga bosh egib,  ta’zim qildi-yu:
— Adolat qiling, amirzodam! — dedi. — Men fitnachi emasmen, ustod! Bozorda bir yapasqi navkar menga aytdi. «Podshoh Axsida mast bo‘lib jardan yiqilib o‘libdir. Bobur mirzo yog‘iydan qo‘rqib Olatog‘ tomonga qochibdir», dedi.
Boburning g‘ashi kelib:
— Bo‘hton bu! — dedi.
— Bo‘htonligini men keyin bildim, amirzodam, meni avf qiling! — deb Darvesh gov bir-ikki qadam beriga kelib, qo‘li orqasiga bog‘langan holicha tiz cho‘kdi: — Tuhmatligiga bu yerda muborak yuzingizni ko‘rib amin bo‘ldim. Ammo bozorda xaloyiq vahimaga tushib to‘s-to‘polon bo‘lib qochganda o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Bir odamni to‘xtatib: «Shundoq gaplarni eshitdim, nahotki rost bo‘lsa?» deb so‘rayotganimda dorug‘a janoblarining xufiyalari gapimni eshitib turgan ekanlar...
— Yo‘q, sen gap so‘rash bahonasi bilan bu qabih ovozani tarqatib yurganingda qo‘lga tushding! — dedi Uzun Hasan.
— Kalomulloni bering, qasam ichamen!
— Kalomulloni ham xor qilmoqchi bu qasamxo‘r! — dedi Yoqubbek Boburga yuzlanib: — Amirzodam, agar bu mardak sadoqatli qulingiz bo‘lganda yomon ovoza tarqatgan o‘sha navkarni qo‘lidan tutib dorug‘aga topshirmasmidi? Vaholanki, bu o‘zi o‘sha ovozani boshqalarga aytgan, ya’ni ig‘vo tarqatgan. Buni hozir o‘z tilidan ham eshitdik!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 21:01:24
Darvesh gov hangu mang bo‘lib:
— Yo alhazar! — dedi.
Yoqubbek Boburga boyagidek muloyim ko‘z tashlab, kemshik og‘zini sodiq bir tabassum bilan ochdi:
— Amirzodam, sizning rahmatlik otangiz Darvesh govni miroblarga sardor qilib qo‘ygan edilar. Otangizning inoyati bilan shunday martabaga erishgan bu gov endi hazrati oliyni muqaddas ramazon oyida mast bo‘lib yiqilgan desa-ya! Bu qanday noinsoflik!
Boburning yosh qalbi bu mash’um ig‘voga qarshi g‘azab tuyg‘usiga to‘lib bormoqda edi. «Aldash uchun bola yaxshi!» o‘ylandi Yoqubbek umid bilan. Ig‘vo tarqatgan bu odam o‘zining aybini jon-dili bilan Darvesh govga ag‘darib, Boburni bunga ishontirishga butun kuchini sarflamoqda edi. Bu ishda Yoqubbek yolg‘iz emas edi, beklarning ko‘pchiligi Darvesh govni aybdor deb bilmoqda edilar.
— Ig‘vo tarqatganini o‘zi bo‘yniga oldi! — dedi Yoqubbek.
— Tilidan tutilmishdir, jazosini berish darkor!— deb Ali Do‘stbek nomli badqovoq ko‘sa bir kishi Yoqubbekning tarafini oldi.
O‘ychan o‘tirgan Qosimbek boya Sherimbek tog‘oyining imzosiz xat keltirgan kabutar haqidagi gapini esladi-yu:
— Balki yana taftish o‘tkazish lozimdir? — dedi.
Unga Mazidbek e’tiroz qildi:
— Ortiqcha taftishlarga fursat qani? Yog‘iy Mar-g‘ilonni olib, Andijonga bostirib kelur. Qonli urush paytida elni vahimaga tushirgan, podshohning martabasiga raxna solmoqchi bo‘lgan ig‘vogarlarga rahm qilinmaydir!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 21:01:50
— Siyosat uchun maydonda yasoqqa yetkazish kerak, toki boshqalarga ibrat bo‘lsin! — dedi Uzun Hasan.
«Yasoqqa yetkazish» — xaloyiq oldida boshini kesish degan gap edi.
Darvesh govning yuziga o‘lim sharpasi soya solib o‘tganday bo‘ldi. U tizzasi bilan yurib Boburga yaqinlashar ekan, yig‘lab iltijo qildi:
— Amirzodam, men ig‘vogar emasmen! Men ig‘vogarlarning qurbonimen! Menga rahm qiling! Beshta yosh bolam bor! Noumid qilmang, amirzodam!
Darvesh gov, yo‘g‘on gavdasi silkinib, o‘kirib yig‘lar ekan, qo‘li bog‘liq bo‘lgani uchun yuzini yashirolmas, ko‘z yoshlari mosh-guruch soqoliga tomchilab oqib tushar edi.
Shunday katta yoshli odamning bunchalik kuyunib yig‘lagani Boburning qalbida ko‘pirib turgan g‘azabni birdan bosdi. Uning Darvesh govga rahmi keldi-yu, ustozi Xo‘ja Abdulladan «shu bechoraning qonidan keching!»— degan bir gapni kutdi.
Biroq Xo‘ja Abdulla og‘iz ochguncha bo‘lmay, yana Yoqubbek gapirdi:
— Beshta bolasi bor odam tilini tiyib yursa bo‘lmasmidi!
— E, bu gov o‘zi haddidan oshgan! — dedi Uzun Hasan. — Bo‘lmasa, podshoh haqida ig‘vo qilganlarning gapini eshitgan hamono og‘ziga urmasmidi! Yoki u haromnamaklarni bizga tutib bermasmidi!
Bir-birini inkor qiluvchi bu gaplar Boburning xayollarini chalkashtirib yubordi. Vujudini o‘rtayotgan tashnalik yangi bir kuch bilan qaytib keldi. Yuzlar, devorlar, gilamlar bir-biriga qo‘shilib, chaplashib, chir-chir aylana boshladi. Darvesh govning yig‘lab gapirgan so‘zlari go‘yo uzoqdan eshitildi:
— Amirzodam! Adolat qiling! Men otangizning sodiq raiyyatlaridanmen! Siz yoshsiz, beg‘uborsiz. Siz hali bu beklarni bilmaysiz! Bularning menda keki bor! Beklarga ishonmang, amirzodam! Xalqdan so‘rang! Meni el ulus biladi! Raiyyat biladi!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 21:02:19
Ali Do‘stbek qo‘lini mirobga paxsa qilib:
— Eshitdingizmi, amirzodam? — dedi. — Bu govning ichi qoraligini ko‘rdingizmi?
Yoqubbek Bobur tomonga ta’zim bilan egilib,  boyagiday mehribon tovush bilan tushuntirdi:
— Bu gov el-ulusni beklarga qarshi qo‘zg‘amoqchi, amirzodam. Yog‘iy hujumi paytida bariyat bilan raiyyatning* orasiga nifoq solmoqchi!
— Niyati buzuqligi shundan ham ayon! — dedi Uzun Hasan va navkarlarga qarab buyurdi. — Bas, olib chiq!
Boyagi ikki navkar Darvesh govni ikki qo‘ltig‘idan olib, o‘rnidan turg‘izdi-da, kuch bilan eshikdan olib chiqa boshladi. Endi Boburdan ham umidini uzgan bandi:
— Men begunohmen! — deb qichqirdi. — Besh bolamning uvoli uradi sen beklarni! Mening begunoh qonim tutadi hammangni!
Bu qarg‘ish Boburning qalbiga o‘tkir tig‘day qadaldi. Uning qo‘l-oyoqlari titrab, o‘tirgan joyida ko‘zi tina boshladi. Nazarida, boyagi quyun avvalgidan battar xuruj qilar, uni mana shu odamlarga qo‘shib chirmab aylantirar edi. Atrof ko‘ziga chang-to‘zon orasida qolib ketganday xira ko‘rinar edi. U o‘tirgan joyida yiqilib ketmaslik uchun ikki qo‘lini ikki yoniga tiradi.
Darvesh govning qarg‘ishidan g‘azabi oshgan beklar endi uning o‘ldirilishini yana ham qattiq turib talab qildilar:
— Bu ko‘rnamak yasoqqa yetmagunga eldagi vahima bosilmaydir!
— Siyosat uchun bitta ig‘vogarning boshini kesmoq zarur!
— Yasoq!
— Yasoq!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 21:02:48
Boburning ko‘z oldidan boyagi odamning soqoliga oqib tushgan ko‘z yoshlari ketmas, qulog‘i tagida uning alamli qichqirig‘i hamon jaranglab turardi. Shu tirik odam murdaga aylanishi kerak. Bobur bunga farmon berishi kerak. Nechun? Beklar u odamni gunohkor deb Boburni ishontirgani uchunmi?
Balki bu beklar chindan ham Boburni aldayotgandir? Balki mana shunaqa beklar Axsida Umarshayx mirzoni jardan itarib yuborib o‘ldirgandirlar? Balki bular erta-indin Boburning joniga ham qasd qilishar?
Birdan Boburning beg‘am yurgan davri esiga tushdi. Kechagina u tengdosh o‘rtoqlari bilan ot choptirib o‘ynab yurmaganmidi? Alisher Navoiyning rasmiga tikilib musaffo yoshlik xayollariga berilgani qachon edi? Oradan bir necha yil o‘tganga o‘xshaydi. Holbuki, shu bugun ertalab, shu bugun choshgohda uning hayoti quyoshli osmonday tiniq va sof edi-ku. Bu qora bulutlar uning atrofiga qayoqdan yopirilib keldi? «Yasoq!» — deb qichqirayotgan har darg‘azab bek Boburdan quyoshni to‘sib olgan bir qora bulutga o‘xshardi. Boburni chir-mab aylantirayotgan dahshatli quyun mana shu qora bulutlarning shamoli emasmikan? Nahotki bu bulutlar doim toju taxt bilan birga yursa-yu, Darvesh govga o‘xshaganlarning qoniga shunchalik tashna bo‘lsa?! Boya Boburga xuddi bulutlar orasidan suzib chiqqan to‘lin oyday go‘zal ko‘ringan toju taxt endi oy tutilgan tunday vahimali tusga kirdi. Bobur noma’lum xavf-xatardan seskanib, Xo‘ja Abdullaga yordam so‘raganday qaradi:
— Ustod!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 21:03:30
Xo‘ja Abdulla unga tomon surilib:
— Amirzodam, bardam bo‘ling, — dedi.
— Ne qilay, ayting!.. — shivirladi Bobur.
— Hukm chiqaring! Beklar yasoqqa yetsin deb talab qilmoqdalar.
— Siz-chi, ustod?
Agar Xo‘ja Abdulla, o‘tirganlarga qarshi chiqib, Darvesh govni yoqlasa, shuncha amal-taqal bilan boshlari zo‘rg‘a qovushgan beklar yana parokanda bo‘lib ketishlari aniq edi.
— Amirzodam, — shivirladi Xo‘ja Abdulla, — podshohlik udumiga binoan xatarli urush paytida tojdorlar sha’niga nomunosib gap aytgan odam jinoyatchi hisoblanur! Darvesh gov yana bu yerda ham tilini tiymay chatoq qildi. Barcha beklarni yomonlab, qarg‘ab, olovga moy sepdi! Endi siz... bitta Darvesh govni deb barcha beklardan voz kecholmagaysiz. Vaziyat tahlikali... Siyosat uchun govni yasoqqa yetkazmoqdan boshqa iloj yo‘q!

___________
* B a r i ya t — bek va a’yonlar. R a i y y a t — fuqaro.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 01 Dekabr 2007, 21:06:13
* * *

Ertasi kuni peshinda Andijon arkining qarshisidagi jazo maydonida nog‘oralar chalindi. To‘plangan xaloyiqning ko‘zi oldida Darvesh gov, yomon ovoza tarqatishda ayblanib boshi kesildi.
Yoqubbek Ahmad Tanbalni yapasqi navkari bilan birga o‘sha kuni kechasi Axsiga yashiriqcha jo‘natib yuborgan edi. Ikki oradagi sir sirligicha qoldi.
Dushman Marg‘ilonni olib, Andijonga tahdid solmoqda edi. Xo‘ja Abdulla boshliq elchilar Boburning nomidan Samarqand podshosining Marg‘ilondan beridagi qarorgohiga borib, sulh tuzishni taklif qildilar.
— Siz bilan urush boshlagan iningiz Umarshayx mirzo jardan yiqilib shunqor bo‘ldi!* Bobur mirzoni farzand o‘rnida ko‘rgaysiz! Axir u zot sizga kuyov bo‘lish orzusidalar! Sizni bosh hukmdorimiz, deb tan olurlar! O‘lpon to‘lagaymiz! Urushni to‘xtating, hazratim!
Xo‘ja Abdullaning bu taklifiga samarqandlik beklar qattiq qarshi chiqdilar. Ular Andijon va Axsini bosib, talab, katta-katta o‘lja olish umidida edilar. Sulh ularni mana shu o‘ljalardan mahrum qilar, o‘lponni podshohning bir o‘zi olar edi.
— Shuncha joydan qon kechib, jon berib-jon olib kelib, endi yetdik deganda quruq qaytamizmi? — dedi Muhammad tarxon nomli bek.
— Sulh tuzmang, hazratim!
— Qattiq turing! — deyishdi boshqa beklar ham.
Sulton Ahmad mirzo beklarning ra’yini qaytarolmaydigan zaif tojdorlardan edi. Xo‘ja Abdulla boshliq elchilar undan rad javobi olib qaytdilar.
Endi avvalgidan battar qirg‘in bo‘lishini sezgan bek va navkarlar Andijon qo‘rg‘oniga kirib bekina boshladilar.

___________
* Vafot etdi ma’nosida.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 03 Dekabr 2007, 19:24:03
QUVA
JASORATNING JAZOSI

1


O‘tgan kuni otlanib Andijonga ketgan mulla Fazliddin bugun qattiq iztirob ichida yana Quvaga qaytdi.
U Boburning otasi o‘rniga hukmdor bo‘lganini eshitib undan himoya so‘rash niyatida arkka borgan edi. Agar uning huzuriga kirsa noumid qaytmasligiga ishonardi. Chunki mulla Fazliddin chorbog‘da ko‘shk qurgan paytlarda Bobur bilan ko‘p hamsuhbat bo‘lgan, uning zehni o‘tkir, shoirtabiat, zukko o‘spirin ekanini sezib, Alisher Navoiy suratini hadya qilgan edi. Endi mulla Fazliddin bo‘yni yo‘g‘on beklardan ko‘rgan yomonliklarini aytib bersa, Bobur uni himoyasiz tashlab qo‘ymasligi kerak. Lekin ark darvozasi oldida o‘sha dorug‘a Uzun Hasan turgan ekan.
— Bobur mirzoning huzuriga kirmoq uchun maxsus ruxsat kerak, — deb uning yo‘lini to‘sdi.
— Ruxsatni kim berur, janob dorug‘a?
— Eshik og‘a Yoqubbek janoblari!.. Ana, o‘zlari ichkaridan chiqmoqdalar!..
O‘ntacha navkar qurshovida ichkaridan otliq chiqib kelayotgan Yoqubbek faqat birinchi vazir darajasidagi eshik og‘alar taqadigan enli oltin kamarni beliga taqib olgan edi. Puli katta bu bek Andijon mudofaasiga hammadan ko‘p mablag‘ ajratgan edi. Uning navkarlari ham boshqa beklarnikidan ko‘proq edi, o‘zi ham Boburga ixlosi zo‘rligini har ishda namoyish qilib, tunu kun tinmas edi. U birinchi kuniyoq Boburga o‘zini sodiq ko‘rsatgani ustiga bu hammasi qo‘shilib, axiri sohib ixtiyor eshik og‘a bo‘lib olgan edi. Buni endi bilgan mulla Fazliddin xiyol sarosimaga tushdi. Lekin o‘zini dadil tutishga tirishib, otliq kelayotgan Yoqubbekning qarshisidan chiqdi:
— Janob eshik og‘a, ijozat bering, kamina Bobur mirzo huzurlariga kiray!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 03 Dekabr 2007, 19:24:28
Yoqubbek  otining  jilovini  tortib,  xiyol to‘xtadi-yu, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib turgan mulla Fazliddinga tepadan kinoyali nazar tashladi:
— Kirib ne qilmoqchisiz?
— Arzim bor... Me’morlik san’atiga oid...
— Hozir yosh podshohimizga me’morlar emas, mamlakat mudofaasiga yaraydigan navkarlar kerak! Urush tugagandan so‘ng keling!
Yoqubbek: «Gap tamom!» degandek qilib, otini yeldirganicha o‘tib ketdi. Mulla Fazliddin bir lahza qaqqayib turib qoldi. Bir vaqt Uzun Hasanning:
— Janob me’mor, tavochilar navkarlikka odam olmoqdalar, istasangiz borib navkar bo‘ling! — degan kinoyasi uni o‘ziga keltirdi.
— O‘lmasak hali me’mor kerak bo‘ladigan kunlarga ham yetishurmiz! — dedi mulla Fazliddin dorug‘aga nafratli nazar tashlab.
Endi uning Bobur huzuriga kirolmasligi aniq. Yoqubbek bilan Uzun Hasanning ixtiyoriga o‘tgan qal’ada qolish esa juda xatarli. Darvesh govning o‘limiga shu beklar sabab bo‘lganini mulla Fazliddin eshitgan edi. Hozir uning uchun sal bexatarroq joy — Quvadagi opasining uyi edi...
Mulla Fazliddin xufton payti hovliga kirib kelsa, pochchasi bilan opasi yov yaqinlashayotganini eshitib, vahimaga tushib o‘tirishgan ekan.
Quvasoydin narida — Karkidon adiridagi yov il-g‘orlari yoqqan gulxanlar milt-milt qilmoqda edi.
— Mulla Fazliddin, yog‘iy kelsa po‘lat sandig‘ingizni tinch qo‘ymas, — dedi pochchasi. — Buni tezroq yashiring.
— Bo‘sh o‘rangiz bormi, pochcha?
— Bor. Ana, bedaxonada.
— Tohir qani?
— Mahmud bilan ko‘prikka qarab ketdi. Bilmadim, ne ishi bor? So‘rasam, aytmadi.
Mulla Fazliddin pochchasining yordamida po‘lat sandiqni yana qopga solib, bedaxonada-gi bo‘sh o‘raga tushirib qo‘ydi-yu, o‘raning og‘zini taxtalar bilan bekitdi. Keyin bu taxtalar ustiga beda bog‘larini baland qilib taxlab tashladi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 03 Dekabr 2007, 19:24:58
* * *

Osmonni yana quyuq bulut qoplagan. Birda-yarim yomg‘ir tomchilab qo‘yadi. Quva ko‘chalari jimjit. Yov yaqinligini sezgan odamlar uy-uyiga bekinib olgan. Ahyon-ahyonda itlar hurgani eshitilmasa, butun Quva ko‘chib ketganga o‘xshardi. Quvasoy ustidan o‘tgan yog‘och ko‘prik ham kimsasiz. Elchilar yomon xabar bilan qaytgandan so‘ng, ko‘prikdagi soqchilar qo‘rg‘onga qochib ketishgan...
Tun yarimlaganda shu ko‘prikka qarab ketadigan yo‘l chetida uch-to‘rtta qora ko‘rindi. Yo‘l bo‘yidagi darvozaning bir tavaqasi sekin ochildi-yu, undan katta cho‘va ko‘targan pakana odam chiqdi.
Tohir shivirlab so‘radi:
— Chaqmoq bilan tutantiriqni ham oldingmi?
— Oldim.
Pakana yigitning kiyimlaridan zig‘ir yog‘ining hidi keladi — uning kasbi juvozkash.
Tohir yuziga yomg‘ir tomchilaganini sezib osmonga qaradi. Bulut quyuqlashib, yulduzlar ko‘rinmay qolgan.
«Jala quysa, olov yonmay balo bo‘larmikin? — o‘ylandi u. — Ko‘prikning yog‘ochlari ham ho‘l bo‘lib ivib yotgandir».
— Mahmud, men bitta bolta oldim. Endi yana bitta bolta bilan ikki kishilik katta arra kerak. Sen duradgorsen, asboblaring taxt.
— Arrani nima qilasen?
— Kerak! Umrzoq, sen ham birga bor. Darrov olib chiqinglar.
Ikki yigit bir tor ko‘chaga kirib ketishdi-yu, anchadan keyin aytilgan narsalarni olib kelishdi. Keyin hammalari devorning zehi bilan yurib oldinma-ketin ko‘prikka yaqinlashishdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 03 Dekabr 2007, 19:25:19
Tohir ko‘prikda qorovul yo‘qligini boya aniqlagan edi. Andijon qo‘shini orqaga chekinib, qo‘rg‘onga kirib ketgan, bostirib kelayotgan yov buni yaxshi bilar, shuning uchun Quvaday joylarda hech qanday xavf-xatar bo‘lishini kutmas edi.
Tohir ko‘prikdan beriroqda — qorayib turgan katta bir daraxtning tagida hamrohlarini to‘xtatdi:
— O‘zlaringdan qolar gap yo‘q. Beklar bilan navkarlar bizni yog‘iyning oyog‘i ostiga tashlab ketdi. «O‘zing uchun o‘l yetim», degan gap bor. Xudo kushoyishi korimizni bersa, hammamiz uy ichimiz bilan bir balodan xalos bo‘lamiz. Mabodo, ishimiz o‘ngidan kelma-sa... Bitta-yarimtamiz qo‘lga tushadigan bo‘lsak...
— O‘shanda ham mard bo‘lish kerak, — dedi Mahmud. — Ont ichaylik: kimki yog‘iyga sir bersa, onasi xotini bo‘lsin!
— Omin!
— Omin!
Hammalari yuzlariga fotiha tortishdi-yu, birin-ketin ko‘prikka chiqishdi. Tohirning mo‘ljali qirq-ellik qadam ichkariroqqa borib, ko‘prikning o‘rtasidan o‘t qo‘yish edi. Ammo ular ilgarilagan sari atroflari ochilib, o‘zlarini himoyasiz seza boshlashdi. Suvning ochiq sathi sohilga nisbatan yorug‘roq edi. Ko‘prik yov qo‘shinlari qarshisida nishon taxtasiga o‘xshab turgandek vahimali tuyulardi.
Bir vaqt duradgor yigitning qo‘lidagi katta arra egilib, yupqa po‘lati Tohirning boltasiga tegib ketdi. Uning jarangi qorong‘ida shunday keskin eshitildiki, yigitlar seskanib to‘xtashdi. Atrofga quloq solib, bir lahza qotib turishdi. Qurbaqalar bir tekis qurillamoqda edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 03 Dekabr 2007, 19:25:41
— Tohir, ko‘p nariga bormaylik! — deb shivirladi Mahmud. — Kelib qolsa qochib qutulishni ham o‘ylang-lar.
— Naryoqdan keladimi? Umrzoqni o‘sha yoqqa qorovul qilib qo‘yamiz. Qo‘rqmanglar, yog‘iy uzoqda.
Shu payt yomg‘ir savalay boshladi. Endi uzoqdagi gulxanlar ham ko‘zdan yo‘qoldi. Yov ularni ko‘rib qolish ehtimoli butunlay bartaraf bo‘lganini sezib, Tohir ichida suyunib qo‘ydi.
Ko‘prik xiyla uzun bo‘lganligi uchun uch-to‘rt joyida tagidan qo‘yilgan zo‘r sepoya tirgaklari bor edi. Tohir ko‘prikning qanotidan pastga egilib qarab,  shu tirgaklardan birini mo‘ljalga oldi-yu, to‘xtadi. Umrzoq ko‘prikning narigi chetida qorovul bo‘lib turish uchun ketdi. Qolganlar ko‘prik yog‘ochlarining osonroq yonishi mumkin bo‘lgan joylaridan tanlab, bolta bilan payraha ko‘chirishdi, so‘ng chuvadagi yog‘dan sepishdi. Uch kishilashib chaqmoqni toshga urib, tutani* yomg‘irdan bekitib, rosa uringanlaridan keyin, nihoyat achchiq paxta tutuni dimog‘lariga urildi. O‘t yoqishga epchilroq bo‘lgan juvozkash yigit tutani puflab-puflab cho‘g‘ qildi. Tohir chakmonning tagidan qo‘ltig‘iga qisib olib kelgan quruq poxolni shu cho‘qqa tutdi.
Poxolning zaif olovi zig‘ir yog‘i sepilgan payrahalarga ilashib endi sal ko‘tarilay deganda, shamol qayirib urayotgan yomg‘ir tomchilari «jiz-jiz» etib tegdi-yu, o‘chirib qo‘ydi.
— Yonmaydigan sirqindi moy ekan! — dedi Mahmud juvozkash yigitga ta’na qilib.
— Yomg‘ir o‘chirdi-ku! Shu moyni topib chiqqanimga ham jon de!
— Bas! — shipshidi Tohir juvozkash yigitga. — Tutani o‘chirmay tur!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 03 Dekabr 2007, 19:25:56
Tohir ikkita belbog‘ni bir-biriga ulab, bir chetini beliga bog‘lab, ko‘prikning tagiga osilib tushdi. Tirgaklarning nam tegmagan joylaridan payraha ko‘chirib olib yog‘ sepib, ming azob bilan endi olov oldirayotganda shamolning kuchli bir epkini yonayotgan payrahalarni suvga uchirib tushirdi.
Tohir ko‘prikka qaytib chiqdi-yu, boltani qo‘liga olib, g‘azab bilan ko‘prik qanotlarini urib sindira boshladi:
— Mana yonmasang! Mana yonmasang! Mana! Mana!
Juvozkash yigit ikkinchi boltani qo‘liga olib, ko‘prikning narigi qanotini sindirishga tushdi.
— Tohir, bu ishlaringdan nima foyda? — dedi Mahmud. — Undan ko‘ra boltani menga ber. Mana bu mixlangan yog‘ochlarini ko‘chirib tashlaylik.
Hansiragan Tohir Mahmudning oldiga keldi. Qorong‘ida mix ko‘rinmasa ham kasbi duradgor bo‘lgan Mahmud yog‘ochning mix qoqilgan joyini tusmollab topdi. Tohir ikkalasi ko‘prikka ko‘ndalang qo‘yib mixlangan taxtasimon bir yog‘ochni ko‘chirib olishdi. Ammo ikkinchi yog‘ochni ko‘chirish juda qiyin bo‘ldi.
— Aytmoqchi, arra bor-ku? — dedi Mahmud.
Bir chetda yotgan arrani Tohir paypaslab topdi. Ikki yigit uning ikki dastasidan olib, ko‘prik yog‘ochlarini arralashga tushishdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 03 Dekabr 2007, 19:26:18
— Shoshma! — dedi Tohir. — Bu yerdagi besh-o‘nta yog‘ochni arralab tashlaganimiz bilan hech ish chiqmaydi.
— Nega chiqmasin? Ot-arava o‘tolmaydigan qilamiz!
— Birorta ustani olib kelib, ko‘prikni tuzatib, o‘tib ketaversa-chi?
— Foydasi yo‘q ishga unnadik chamasi-da! — dedi juvozkash yigit umidsizlanib.
— Yo‘q, biz ko‘prikni bo‘yiga emas, eniga qarab arralashimiz kerak.
— Eniga qo‘yilgan yog‘ochlar juvozkundaday yo‘g‘on-ku. Arralab bo‘ladimi?
— Bo‘ladi!
To‘rt kishi navbatma-navbat arra tortib, ko‘prikning ko‘ndalangiga to‘sin qilib qo‘yilgan yo‘g‘on va qattiq yog‘ochni arralayotganda qora terga botib ketishdi. Iliq yomg‘ir hali ham savalab turar, ularning yuzlari va badanlaridan oqqan ter yomg‘ir suviga qo‘shilib kiyimlarini shalabbo qilgan edi. Yigitlarning maqsadi ko‘prikni ikki tomondan ushlab turgan o‘qyog‘ochlarni arralab, uni bir-ikki joyidan uzib tashlash edi. Ammo ular ko‘prikning har ikki tomonidagi yo‘g‘on o‘qyog‘ochlarni arralab qirqishdi hamki, ko‘prik ular kutganday uzilib tushmadi. Uni yana qandaydir mixlar, bir-biriga tishlatib qo‘yilgan bolorlar va «belbog‘» yog‘ochlar mahkam ushlab turardi. Tohir bilan Mahmud arrani qo‘yib, yana boltani qo‘lga olishdi, qorong‘ida timirskilanib, bolorlarga tishlatilgan qavs mixlardan besh-oltitasini topishdi va ko‘chirib tashlashdi.  Shundan  keyin  ko‘prikning allaqayeri qirsilladi-yu, ammo o‘zi avvalgiday turaverdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 03 Dekabr 2007, 19:26:30
— Bo‘ldi! — dedi Mahmud madorsizlanib. — Qo‘limizdan kelmaydigan ishga unnabmiz!
— Padariga la’nat! — deb, Tohir qo‘lidagi bolta bilan yana ko‘prik qanotlarini qarsillatib sindira ketdi. Shu payt ko‘prikning narigi chetidan ular qorovul qo‘ygan yi-git chopib keldi:
— Qo‘y, bas! Muncha qarsillatma! Narigi adirdan yog‘iy kelayotganga o‘xshaydi.
— A! Ko‘rdingmi?
— Tovushlarini eshitdim. «Otlan!», «Saflan!» deb baqirib-chaqirganlari qulog‘imga chalindi!
— Bo‘lmasa hozir bostirib keladi! — deb juvozkash qochishga chog‘landi.
— Arrangni ol, bu yerda hech narsani qoldirmanglar!— deb Tohir yonmagan payrahalarni, yog‘och siniqlarini suvga otdi.
Besh yigit muvaffaqiyatsizlikka uchraganday ruhlari tushib, uylariga tarqalganlarida tong yorisha boshlagan edi.

____________
* T u t a — chaqmoq uchqunidan yonishi qulay bo‘lgan paxta ipi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 03 Dekabr 2007, 19:26:52
2

Saharlikni yeb, yo‘lga tushgan yov qo‘shinining oldingi to‘pi ko‘prikka chiqa boshlaganda tong qorong‘isi hali tarqalmagan edi. Yomg‘ir tog‘larda qattiq quyayotganligi uchun Quvasoyning suvi tobora ko‘tarilib bormoqda edi. Oldinda kelayotgan otliq chig‘dovullar uncha ko‘p emas edi, shuning uchun ko‘prikdan siyrak saf bilan o‘tib ketishdi.
Ammo ulardan keyin kelayotgan saflar juda qalin edi. Har bir bekning navkarlari o‘zlariga qarashli yuklarni tuya qo‘shilgan og‘ir aravalarga ortib kelmoqda edilar.
Chug‘uruqday behisob qo‘shin otlari, tuyalari, aravalari bilan birga yomg‘irli tongda qop-qora selga o‘xshab ko‘prikni limmo-lim to‘ldirib kela boshladi.
Ko‘prikning o‘rtasida boyagi yigitlar mixlarni sug‘urib, to‘sinlarini arralab ketgan joy bunchalik og‘ir yukka bardosh berishi amrimahol edi. Buning ustiga, xuddi o‘sha joyda bir cho‘bir otning ikki oldingi oyog‘i mixi ko‘chirilgan yog‘ochlarning yorig‘iga tushib ketdi. Ot o‘mrovi bilan yiqilib tushib, oyog‘ini sug‘urib ololmay tipirchilay boshladi. Egarda o‘tirgan navkar otning boshidan oshib, boshqa otlarning oyog‘i tagiga uchib tushdi. Hozir behisob tuyoqlar ostida qolib yanchilishini sezdi-yu, dod solib qichqirdi. Hamrohlari beixtiyor jilovlarini tortishdi. Ba’zi otlar qo‘rqib orqaga tisarilib ketdi.
Orqadagilar esa hech narsadan bexabar, yopirilib kelmoqda edi. Bir lahzada ko‘prikning shu joyi haddan tashqari tiqilinch bo‘lib ketdi. Arra va bolta zarbalaridan nochorlashgan ko‘prik yog‘ochlari to‘satdan qarsillab sindi. Tiqin bo‘lib yotgan o‘nlab otlar, odamlar ko‘prik yog‘ochlariga qo‘shilib suvga qulab tushdi. Toshib turgan soyning suvi qulab tushganlarni lopillatib oqizib ketdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 03 Dekabr 2007, 19:27:05
Ko‘prik ustida qolganlar jonholatda orqaga burilib, qochmoqchi bo‘lishdi. Ammo orqadan hamon otliqlar, aravalar, tuyalar ko‘chkiday bostirib kelmoqda edi. Oldinda nima hodisa bo‘lganidan bexabar podshoh eng yaqin beklari bilan soyning narigi chetida turib, qo‘shinni ko‘prikka tomon yo‘naltirmoqda edi. Lekin ko‘prik o‘rtasidan ko‘tarilgan qiy-chuv, to‘polon tobora zo‘rayib borardi. Vahimaga tushgan qo‘shin birdan o‘zini orqaga tashladi, ammo ur-sur to‘polonda ko‘prikka sig‘may, ot-ulovlari bilan suvga tutday to‘kila boshladi.
Ko‘prik qanotlarining ancha joyi sindirib tashlangani ularning qulab tushishini osonlashtirardi. Tartibi buzilgan aravalar bir-birini itarib, ko‘prikning butun turgan qanotlarini ham sindirib qulamoqda edi. Ba’zi navkarlar yo‘lida uchragan tirik jonning hammasini qamchilab o‘tmoqchi bo‘lsa, ba’zi beklar qilich yalang‘ochlab, to‘polonni tig‘ bilan bosmoqchi bo‘lishadi. Ammo g‘ij-g‘ij bo‘lib, qurt-qumursqaday qaynab yotgan qo‘shin ko‘prikka shunday tiqilib qolgan ediki, unga na qamchi kor qilar edi, na qilich. Tuyalar bo‘kiradi. Odamlar qichqiradi. Talvasaga tushgan olomon tig‘ ko‘targan beklarning o‘zini otlari bilan surib borib, ko‘prikdan ag‘anatib yuboradi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 03 Dekabr 2007, 19:27:31
Podshoh bilan birga qirg‘oqda turgan xos navkarlar suvda oqib borayotganlarni qutqarishga farmon oldilar. Ular qamishlarni shaldiratib, suvga yaqin borganlarida o‘zlari ham balchiqqa botib keta boshladi. Keyin orqada qolganlari arqon tashlab ularning uch-to‘rttasini zo‘rg‘a qutqarib oldi. Boshqalarini qamishzor balchiq qa’riga tortib ketdi.
Suvga qulab tushganlarning cho‘kkani cho‘kib o‘ldi. Suzishni biladiganlari esa otlarning bo‘yniga yopishib qamishzor qirg‘oqqa chiqay deganda balchiqqa botdi. Sassiq botqoqlik ajdahoga aylanib odamni ham, otni ham oyog‘idan pastga tortar edi. Otlar jon achchig‘ida siltanib kishnar, odamlar qamishlardan qo‘llari tilinib dod solar, ammo ular talvasa qilganlari sari balchiqqa chuqurroq botib, yuz azoblar bilan jon berishar edi.
O‘rtasi sinib tushgan ko‘prikning ustida — ag‘darilgan aravalar, yiqilib yotgan ot va tuyalar orasida talay navkarlarning ezg‘ilangan jasadlari qoldi. Yovning shu bir-ikki soat ichida ko‘rgan talafoti urush boshlangandan beri ko‘rgan hamma talafotlaridan ko‘proq va dahshatliroq edi. Yana bu falokatning sababini hech kim bilmas edi. Shuncha odamning mislsiz qiynoqlarda jon berganini ko‘rgan jangchilar mag‘lubiyatga uchragandan battar esankirab, ruhsizlanib qoldilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 03 Dekabr 2007, 19:28:08
3

Quvaliklar tong yorishgandan kun yoyilguncha bo‘lib o‘tgan bu falokatni narigi qirg‘oqdagi devor va tomlardan mo‘ralab ko‘rib turar edilar. Ularning ba’zisi «yog‘iy battar bo‘lsin», deb shodlansa, ba’zisi ne-ne yigitlarning suvga oqib, balchiqqa botib, ming azoblar bilan o‘layotganidan achinardi. Tohir kechasi o‘rtoqlari bilan qilgan ishlarini boya Fazliddin tog‘asiga «uddasidan chiqolmadik», degan ma’noda ma’yuslanib aytib bergan edi. Keyin yuz bergan hodisani tomga chiqib ko‘rgan mulla Fazliddin narvondan tez pastga tushdi-yu, Tohirni bir chetga imlab chaqirib oldi:
— O‘rtoqlaringga ayt! Hammalaring tezroq berkininglar!
— Nechun, mulla tog‘a?
— Ko‘prik arralangan joyidan singanga o‘xshaydi. Agar ko‘prikka o‘t qo‘yib yuborganlaringda ham bunchalik talafot bo‘lmas edi. Chunki yog‘iy ko‘prikning yongan joyini tuzatmaguncha ustiga cherik chiqarmas edi. Ular g‘aflatda qolib baloga yo‘liqqan! Agar qilgan ishlaringni bilib qolsa, hammamizni qirib tashlashlari aniq!
— Yog‘iy hali naryoqda-ku?
— Chig‘dovullari bu yoqqa o‘tgan ekan, men ko‘rdim. Gapni ko‘paytirmay, tezroq yashirin. To‘qayga chiqib ketinglar. Tez!
Tog‘asi astoydil xavotir bo‘layotganini sezgan Tohir boshqa e’tiroz qilmadi-yu, o‘rtoqlariga sekin xabar berib chiqdi:
— Arqon bilan o‘roq olinglar. Kim so‘rasa, o‘tinga boramiz, denglar. Lekin xo‘rak ikki-uch kunlik bo‘lsin.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 03 Dekabr 2007, 19:28:38
Besh yigit odamlarning ko‘ziga tashlanmaslikka tirishib, qishloqdan yakka-yakka chiqishdi-yu, to‘qay ichida uchrashishdi.
Ko‘prik sinmasidan oldin berigi tomonga o‘tib qolgan chig‘dovullar Quvaning kadxudosini topib, uning yordamida duradgor ustalarni ko‘prik tuzatishga haydab chiqdi. Naryoqda qolgan navkarlar arqon tashlab, yog‘och tashib, ularga ko‘maklasha boshlashdi.
Ko‘prik tuzatishga chiqqanlarning orasida Tohirning otasi ham bor edi. U kechasi o‘g‘lining qayoqqadir borib, sahar paytida charchab qaytganini sezgan edi. Duradgorlardan biri yog‘ochning arralangan joyini Tohirning otasiga ko‘rsatib, o‘z shubhasini aytmoqchi bo‘lganda, usta buning oldini olib labini tishladi:
— Damingizni chiqarmang, — deb shivirladi. — Agar yog‘iy biror gumoningizga ishonsa, butun Quvaga o‘t qo‘yadi. Hammamizni qilichdan o‘tkazadi!
— Gapingiz haq!
Shundan keyin bu to‘g‘rida hech kim og‘iz ochmadi. Ikki kun deganda ko‘prik naridan-beri tuzatildi-yu, yovning otliq askarlari bitta-ikkitadan bo‘lib, ehtiyot bilan o‘tishdi. Nihoyat, podshoh ham mulozimlari bilan ko‘prikdan o‘tib, Quvada to‘xtamasdan yo‘lida davom etdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 03 Dekabr 2007, 19:29:01
Yovning aravalarga ortilgan og‘ir yuklari va tuya karvonlari ko‘prikdan narida qolib ketdi. Shunga qaraganda yovning rejalarida qandaydir bir o‘zgarishlar yuz bergan edi.
To‘qayda yashirinib yurgan Tohir Robiyadan xavotirda edi. Ota-onasi qizni qo‘llaridan kelganicha avaylab, yashirib yurganlarini bilsa ham, yovning hamon Quva atrofida o‘ralashib yurgani juda tahlikali edi. Uchinchi kuni yigitlarning xo‘raklari ham tugadi. Ahvol qanday bo‘layotganini bilish va xo‘rak g‘amlab kelish uchun Tohir o‘zi boradigan bo‘ldi. U kechki payt bir bog‘ qamishni orqalab sekin hovlilariga yaqinlashdi. Darvoza zanjir ekan, qo‘lining uchini tiqib, zanjirni tushirdi. Mulla Fazliddin bostirmaning oldida aravaning g‘ildiraklarini ko‘zdan kechirayotgan edi. Qamish ko‘tarib kirgan Tohirni ko‘rib unga qarab chopdi:
— Sulh muborak, jiyanim! Sulh!
— Urush tugadimi?
— Xudoga shukur, tugadi.
Tohir yelkasidan qamishni yerga tashlab yubordi. Tog‘asi uni bag‘riga bosib, qulog‘iga shivirladi:
— Jasoratlaring bekor ketmadi, jiyanim! Samarqand podshohining o‘zi sulh taklif qilgan emish! Ko‘prikdagi talafot yog‘iyning belini sindirgan ekan!
Mulla Fazliddin yelkasiga ensiz jiyak tikilgan kiftaki ko‘ylak kiygan edi. Tohir engagini jiyakning bog‘ichiga bosib va kutilmagan shodlikning zo‘ridan o‘pkasi to‘lib:
— Xayriyat! — deya oldi, xolos.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 03 Dekabr 2007, 19:29:12
Mulla Fazliddin uning zalvarli yelkasini silab past tovush bilan:
— Alomat bo‘ldi, — dedi. — Ne-ne beklarning qo‘lidan kelmagan xaloskorlik sendek tavakkalchi yigitlarning qo‘lidan kelgani alomat bo‘ldi! Kiborlar sendeklarni «qora xalq», deb pisand qilmaydilar. Ammo bugun shu «qora xalq»ning jasorati bilan urush balosidan xalos bo‘lganlarini bilsalar edi!
— Lekin munchalik bo‘lishini biz o‘zimiz ham bilmagan edik, mulla tog‘a. Bir chekkasi, sizning kelib qolganingiz yaxshi bo‘ldi. Siz bo‘lmaganingizda bu ish mening xayolimga ham kelmas edi, siz turtki berdingiz.
— Shundaymi, a, jiyanim? Agar shunday bo‘lsa mening boshimni sen ko‘kka yetkazding!
Mulla Fazliddin nuqul ovozini pasaytirib, qandaydir xavf sezib gapirmoqda edi.
— Mulla tog‘a, Quvada hali ham yog‘iy bormi? — dedi Tohir.
— Ha, yog‘iy o‘tib tamom bo‘lganicha yo‘q. Podshohlari Andijondan bir yog‘och* berida sulh tuzib orqaga qaytgan emish. Cherigining bir qismi ko‘prikdan nariga o‘tib ketganini, o‘zim ko‘rdim. Ammo qolgan-qutganlari endi qaytsa kerak. Ehtiyot shart, jiyanim, uyga kir.
Tohir ust-boshiga ilashgan qamish barglarini qoqib uyga kirayotganda qo‘shni hovlidan ayol kishining allasi eshitildi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 03 Dekabr 2007, 19:29:22
Tohir Robiyani esladi-yu yuragi bir orziqdi. Sulh tuzilganini eshitganmikin? Tohir uni juda sog‘ingan edi. Qani endi iloji bo‘lsa-yu, hozir devor oshib, qo‘shni hovliga o‘tsa. Robiyaga urush qanday daf bo‘lganini aytib berib, uning quvonganini ko‘rsa! Lekin qalliqlik odobi bunga yo‘l bermas, Tohir Robiya bilan faqat yashiriqcha uchrashar edi.
Tohir endi uyga kirib, onasini sulh bilan muborakbod qilayotgan edi, ko‘chada birdan itlar asabiy xurib, ot dupuri eshitila boshladi. Tohir shoshilib darchadan hovliga qaradi. Ayvondan pastda turgan mulla Fazliddin unga o‘tinxonani ko‘rsatib:
— Bu yoqqa chiq! — deb shipshidi. — Bekin!
Tohir beliga taqilgan xanjarni sopidan ushlab, ayvon orqali o‘tinxonaga chopib o‘tdi va qamish bog‘larining orasiga yashirindi.
Darvoza tavaqalari shaxt bilan ochildi. Egarlarining qoshiga yoy osilgan, boshlariga dubulg‘a kiygan, keng cholvorlari etiklarining qo‘njini yopib turgan otliq askarlar hovliga kirayotib, atrofga alang-jalang ko‘z yugurtirib chiqdi. Ulardan ikkitasi bitta qora otga mingashib olgan edi.
Dubulg‘asining uchiga yashil matodan bayroqcha qadalgan ponsod bostirmada turgan yaydoq otni ko‘rdi-yu, mingashib kelayotganlarga qarab:
— Ana u seniki! — dedi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 03 Dekabr 2007, 19:29:35
Habashday qorayib ketgan o‘siq mo‘ylovli yigit qora otning sag‘risidan sakrab tushdi-yu, bostirmaga qarab yugurdi. Qolgan yigitlar ponsodning ishorasi bilan uyga kirib, yangiroq kigizmi, gilammi, bo‘xchami hammasini hovliga ko‘tarib chiqa boshladi.
Ayvonning ustuniga suyanib jim turgan mulla Fazliddin bularni: «Ko‘prik voqeasidan xabar topib Tohirlarni qidirib kelganmi?» deb qattiq qo‘rqqan edi. Endi bularning badnafs talonchilar ekanini ko‘rib nafrati keldi. Otdan tushmay hovli o‘rtasida turgan ponsodga qarab:
— Mehmon, insof ham darkor! — dedi. — Podshohlarimiz sulh tuzganlaridan keyin bunchalik talon-toroj qilish musulmonchilikka to‘g‘ri kelarmikin?
Bostirmada mulla Fazliddinning otini allaqachon o‘ziniki qilib, unga egar urayotgan qora yigit:
— Sulh, omon-omon! — deb, bu so‘zlarni masxaralaganday kulib aytdi.
Boshqa bir yigit bo‘xchani titkilab, undan bir juft atlas topdi-da, ponsodga uzatib:
— Moli amon!* — dedi.
Ponsod atlasni olib xurjunga solar ekan, mulla Fazliddinga zug‘um qilib, samarqandcha talaffuz bilan gapira boshladi:
— Oltmishta otimiz o‘lat bo‘lib o‘ldi. Bizga kasofatlaring urdi. Sen bunda savori yurginu mani yigitim Samarqandga piyoda ketsunmi? Ikki kishi bir otga mingashib kirganini ko‘rdingmi?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 03 Dekabr 2007, 19:29:46
— Ko‘rdim. Agar aravaga qo‘shilgan shu cho‘bir ot yigitingizni Samarqandga ko‘tarib borolsa, mayli, oling. Lekin ayollarning bo‘xchasini kavlash, sizdek olijanob ponsodga joizmikan?
— Bizning ayollarimiz Farg‘ona atlasidan savg‘o keltiring, deb tayin qilgan. Biz shuncha joydan ovora bo‘lib kelib, endi besavg‘o qaytaylukmi? Insof shumi?!
Ponsod so‘nggi so‘zni alam bilan aytganiga qaraganda, urushning g‘alabasiz tugaganidan juda norozi edi. Bu odamlar, urushdan katta o‘ljalar olish umidida oylab-yillab qon kechib, hamma azob-uqubatlarga bardosh berib yurar edilar. Agar Andijon va Axsi kabi boy shaharlar bosib olinsa, jangchilarning har biri o‘ljador bo‘lishi shubhasiz edi. Biroq Quvadagi talafotdan keyin darhol sulh tuzildi. Andijondan yarashish uchun chiqqanlar Samarqand podshohiga oltin-kumush sovg‘alar, qimmatbaho sarupolar, bir necha yuz chopqir ot va tuyalar in’om qildilar. Bu in’omlar podshohning ichkilari, mulozimlari, beklari va boshqa yaqinlaridan ortmay qoldi. Mana bu ponsodga o‘xshagan jangchilar esa o‘ljasiz qoldi.
Shuning alamiga ular orqaga qaytishda yo‘llarida uchragan qishloqlarni tintib, o‘lja qidirishga tushgan edi.
Ulardan beshtasi hozir Robiyalarning hovlisiga ham bostirib kirgan edi. O‘tinxonaning bir devori Robiyalarning hovlisiga tutash bo‘lgani uchun Tohir qo‘shni hovlida ham to‘polon ko‘tarilganini eshitib qoldi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 03 Dekabr 2007, 19:30:12
Kecha ehtiyotini qilib ichkarida bekinib o‘tirgan Robiya urush tugaganini eshitgan, so‘ng hovliga sigir sog‘ishga chiqqan edi. Sigirga buzoqni qo‘yib, uni iydirish bilan andarmon bo‘ldi-da, hovlilariga otliq askarlar kirib kelganini kech sezdi.
Ayasi og‘ilxonaga chopib kirdi.
— Voy, o‘lay, sen shu yerdamiding?
— Nima bo‘ldi, aya?
— Yog‘iy! To‘xta! Hovliga chiqma!.. Ana u tuynukdan somonxonaga o‘t!
O‘lja ot qidirib yurgan navkarlarning ikkitasi darhol og‘ilxonaga kirdi-yu, uning to‘ridagi tuynukdan naryoqqa oshib o‘tayotgan qizni ko‘rib qoldi. Qisiq ko‘zli qipchoq yigit yonidagiga qarab:
— Suluv qizga o‘xshaydi! — dedi.
— Ot jo‘q ekan-da, — dedi sherigi afsuslanib.
— Jaxshi qiz otdan ham qiymat bo‘ladi. Jur, olib chig‘ayiq. Samarqandga olib borib Fozilbekka sotamiz!
Sigirning panasida turgan ona bu dahshatli so‘zlarning ma’nosini tushundi-yu, chopib borib tuynukning og‘zini gavdasi bilan bekitdi.
— Musulmon bo‘lsalaring qizimga tegmanglar! Meni o‘ldirsalaring o‘ldiringlar! Qizimga yaqinlashmanglar! Birovning omonati! Birovga fotiha bo‘lgan!
Bu so‘zlar qisiq ko‘zli yigitning nazarida qizning qiymatini yana ham oshirganday bo‘ldi. U kampirni qo‘lidan bir siltab, oxurga qarab uloqtirdi. Kampir oxurga boshi bilan urilib chinqirdi-yu, hushidan ketdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 03 Dekabr 2007, 19:30:20
Qipchoq yigit tuynukdan somonxonaga o‘tganda Robiya somonxonaning eshigidan qochib hovliga chiqdi. Shunda ikkinchi yigit qarshisidan chopib chiqib uni tutib oldi. Ichkaridan qisiq ko‘zligi yetib keldi. Qiz ularning qo‘lidan chiqib ketmoqchi bo‘lib baliqday patillar edi. Uchinchi bir yigit egaridan qop olib qopning og‘zini ochganicha ularga yaqinlasha boshladi. Qiz hozir boshiga qop kiydirilishini sezdi-yu, bor ovozi bilan dod solib qichqira boshladi.
Tohir shu vaqtgacha tishini-tishiga qo‘yib, uylarida bo‘layotgan talon-torojga chidab o‘tirgan edi. Ammo Robiyaning chinqirig‘ini eshitgandan keyin ko‘ziga hech narsa ko‘rinmay qoldi. O‘tinxonadan chopib chiqdi-da, qo‘shni hovlining devoriga tirmashdi. Devorning su-voqlarini ko‘chirib, naryoqqa oshib tushar ekan, shuncha kundan beri uni xavotirga solib yurgan eng yomon baxt-sizlik u kutgandan ham dahshatliroq bir tarzda ro‘y berayotganini ko‘rdi. Biri Robiyani oyoqlaridan ushlab olgan, ikkinchisi uning qo‘llarini beliga qo‘shib mahkam qisib turgan va uchinchisi qizning boshiga qop kiydirmoqchi bo‘layotgan yigitlar Tohirning badaniga ham zaharli ilon bo‘lib yopishayotganday tuyuldi. Tohir qichqirib yubordi. Hovlida bir yigit otlarni jilovidan tutib turibdi. Yana biri qo‘lida uzun nayzasi bilan ot ustida o‘tiribdi. Hammasining belida qilichi, yonida o‘q-yoyi. Tohir bir o‘zi bularga bas keloladimi, yo‘qmi, buni o‘ylab o‘tiradigan ahvolda emas. Robiyaga yopishgan ilonlarga tezroq tig‘ urishdan boshqa o‘yi ham, istagi ham yo‘q. U yugurib borayotib xanjarini qinidan sug‘urdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 03 Dekabr 2007, 19:30:28
Nayza ko‘targan otliq:
— To‘xta! To‘xta! — deb uning ketidan ot soldi. Tohir ikki sakrab mo‘ljallagan joyiga yetib bordi. Robiyani oyog‘idan quchoqlab olgan qisiq ko‘zli yigitning biqiniga xanjar urdi. Xanjar sopigacha botib ketgani, qisiq ko‘zli yigit ingrab Robiyaning oyoqlarini qo‘yib yuborgani esida. Tohir xanjarni tortib olayotganida o‘zining yelkasiga g‘archillab sanchilgan nayza zarbidan gandiraklab ketdi. Uning xanjar tutgan qo‘llari dahshatli bir og‘riqdan bo‘shashdi. Ot ustidan unga nayza sanchgan yigit nayzasining uzun sopidan tortib sug‘urib olayotganda Tohirning yelkasidan — ko‘ylagi bilan birga kesilgan badanidan qon tizillab otilib ketdi. U o‘zi qulatgan qisiq ko‘zli yigitning ustiga yiqilar ekan, Robiyaning kosasidan o‘ynoqlab chiqqan vahima to‘la ko‘zini ko‘rdi. Qizning:
— Voy, Tohir og‘am! — deb qichqirgani uzoqlardan kelgan sharpaday zo‘rg‘a eshitildi. So‘ng bu ham zulmat qa’riga sho‘ng‘ib yo‘q bo‘ldi.
Tohir qoniga belanganicha qoldi-yu, Robiyani Samarqand tomonga olib ketishdi.

____________
* B i r  yo g‘ o ch — taxminan o‘n olti chaqirim.
* M o l i  a m o n — urushda to‘lanadigan tovon.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:35:42
O‘SH
NAJOT QAYDA?

1


Baland qoyatoshlar bilan tekis vohalar bir-biriga g‘alati tarzda kirishib ketgan O‘sh atroflari bir necha kundan beri juda serharakat. Andijondan tuyalarga ortib kelingan hashamatli chodirlar Buratog‘* etagidan oqib o‘tadigan Jannatariq bo‘yiga o‘rnatildi. Oqburasoy bo‘ylarida ham, Chilmahram tog‘ining etaklaridagi ko‘kalamzorlarda ham yuzlab chodirlar va o‘tovlar paydo bo‘ldi. Tog‘dan haydab tushilgan dumbali qo‘ylar so‘yildi, kabob qo‘ralarida archaning pistoqi ko‘miri cho‘g‘latildi, doshqozonlarda go‘sht qaynay boshladi.
Bugun O‘shga Bobur mirzo boshliq hamma arkoni davlatlarning kelishi kutilmoqda.
Mulla Fazliddin yosh podshohning amri bilan Buratog‘ning chiqish qiyin bo‘lgan xushmanzara bir qoyatoshi ustiga kichkina hujra qurgan. Bobur mirzo bultur shu ishni unga topshirgandan keyin Samarqandga qo‘shin tortib ketgan va O‘shga mana endi yo‘li tushmoqda edi. Mulla Fazliddin savdarlar bilan pastga tushib, hujraga yarashadigan gilam va zarbof ko‘rpachalarni o‘zi tanladi. Tik, sirg‘anchiq qoyatoshga chiqib o‘rganmagan savdarlar jihozlarni olib kelayotganda juda qiynalib qolishdi. Qashqarcha kumush obdasta ko‘tarib kelayotgan semiz oftobachi har o‘n qadamda bir to‘xtab qolardi. Mulla Fazliddin uning qo‘lidan obdastasini olib, o‘zini suyab chiqdi.
Savdarboshi ayvonning sangfarsh qilingan zinalariga guldor poyandoz to‘shatgan edi, mulla Fazliddin iltimos qilib, uni oldirib tashladi. Chunki zinalarga ishlatilgan rangli toshlar har qanday poyandozdan qimmatroq va go‘zalroq edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:35:50
Tog‘ qirrasida turgan hujradan butun O‘sh shahri va uning atroflari kaftdagidek aniq ko‘rinar edi. Hali ham nafasini rostlab ololmay hansirab o‘tirgan oftobachi pastga tikilib qaradiyu, o‘rnidan sakrab turdi:
— Ana, keldilar!
Mulla Fazliddin ayvon chetiga borib, pastga ko‘z yugurtirdi.
Oq otliq Bobur mirzo yuzdan ortiq beklari va xos navkarlari bilan Javzo masjididan o‘tib, tog‘ etagiga yaqinlashib qolgan edi. Ular hammasi Jannatariq bo‘yiga o‘rnatilgan borgoh* va xirgoh* oldida to‘xtadilar. Ichi zarrin ipak, usti qimmatbaho mayin movut bilan qoplangan bu chodirlarning zarhal chilvirlari kumush qoziqlarga bog‘langan edi. Chodirlarda dam olish va katta ziyofatlar berish uchun hamma tayyorliklar ko‘rib qo‘yilganini mulla Fazliddin bilar edi. «Endi bugun Bobur mirzo o‘sha yerda dam olsalar kerak, bizning hujraga balki ertaga chiqarlar», degan o‘y bilan ishini sekin davom ettirdi. Ammo oradan bir soat o‘tar-o‘tmas pastdan sersoqol qo‘rchiboshi to‘rtta soqchisi bilan hansirab chiqib keldi:
— Hozir bu yerga oliy zotlar qadam ranjida qilurlar. Taxtiravon qayerda?
Savdarboshi mulla Fazliddinga yordam so‘raganday qilib qaradi. Zira beqasamdan yupqa to‘n kiygan mulla Fazliddin qo‘rchiboshi qarshisida qo‘l qovushtirib:
— Ma’zur tuting, janobi bek, — dedi.
— Xo‘sh?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:35:59
Mulla Fazliddin shu hujrani qurishda g‘ishtlarni zambilga solib ko‘tartirib chiqmoqchi bo‘lgan, ammo ilojini topolmagan edi. Chunki bu tik qoyaga odam faqat bitta-bitta bo‘lib, goho qo‘li bilan qoyaga suyanib chiqishi mumkin edi. Taxtiravonni esa to‘rt kishi to‘rt tomonidan ko‘taradi, uning ichida podshoh yoki malikalar o‘tiradi.
— Biz tajriba etib ko‘rdik, bu qoyaga taxtiravon ko‘tarib chiqish mumkin emas, — dedi mulla Fazliddin.
Qo‘rchiboshi uch tomoni devorday tik qoyatosh bo‘lgan, faqat bir tomonidan yolg‘iz odam zo‘rg‘a o‘tib keladigan toqqa durustroq qaradi-yu, taxtiravon ishlatish fikridan qaytdi. Savdarboshiga xo‘mrayib:
— Bu yerda ortiqcha odam bo‘lmasin! — deb buyurdi.
Hujra atrofidagi sahn torroq bo‘lsa ham qoyaning shimol tomonida — uyday baland toshlar ortida kichkina maydoncha bor edi. Soqchilardan ikkitasi oftobachi va savdarboshi bilan birga o‘sha yoqqa o‘tib turishdi. Boshqa savdarlar pastga tushib ketishdi. Qo‘rchiboshi mulla Fazliddinga qarab:
— Janobi me’mor, siz yo‘lni yaxshi bilursiz, podshohga peshvoz chiqing, — deb buyurdi. Qoidaga binoan qo‘rchiboshining o‘zi ham pastga qaytib tushib, podshoh bilan birga chiqishi kerak edi. Ammo bu toqqa ikki qayta ustma-ust tushib chiqish benihoya qiyin. Buni sezgan o‘rta yashar qo‘rchiboshi ikkita soqchini mulla Fazliddinga qo‘shib pastga tushirib yubordi-yu, o‘zi hujra yonidagi silliq tosh kursiga o‘tirib, terlab ketgan yo‘g‘on bo‘yinlarini arta boshladi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:36:30
Mulla Fazliddin Buratoqqa har kuni necha qaytadan tushib-chiqib o‘rganib qolgan. Uning oyog‘idagi ixcham mo‘kkisi toshdan-toshga yengil o‘tib boradi. Ammo ko‘ngli notinch. Hozir podshoh va uning beklariga duch kelishi kerakligi, ular bilan muomala qilishning qiyinligi qalbiga tahlika soladi.
Bobur mirzo va uning odamlari tog‘ning kunchiqish tomonidan otliq aylanib o‘tib, qoyatoshga janubdan yaqinlashdilar-da, mazoratdan yuqoriroqda otdan tusha boshladilar. Shunda mulla Fazliddin bek va navkarlarga qo‘shilmay alohida to‘p bo‘lib kelayotgan ayollarni ko‘rib qoldi. Yuvosh qora otda o‘tirgan va oppoq kiyingan o‘rta yashar ayol — Boburning onasi Qutlug‘ Nigor xonim edi. Gulibodom rangli sho‘x, o‘ynoqi otda qirmizi ipak kabo* kiygan Xonzoda begim kelmoqda edi. Mulla Fazliddin uni sho‘x ot ustida chavandoz yigitlarday yaxshi o‘tirganidan ham tanidi-yu, vujudi birdan qizib ketganday bo‘ldi. Ko‘nglidagi boyagi bezovtalik ustiga olovli bir hayajon qo‘shilib, yuragi qinidan chiqquday hapriqib ketdi. Mulla Fazliddin o‘zida birdan yuz bergan bu o‘zgarishni birovga sezdirib qo‘yishdan qo‘rqib, podshohni kutib olayotgan mulozimlarning panasiga o‘tdi-da, bosh egib, qo‘l qovushtirib turdi. Shunda tizzalari ham qaltirayotganini sezib, «Xudoyo o‘zing sharmanda qilma!» degan so‘zlarni dilidan o‘tkazdi.

_____________
* Buratog‘ ba’zi manbalarda Boratog‘ ham deb ataladi. Biroq «Oq Burasoy» kabi asli «bura» so‘zidan olingan bo‘lishi kerak. Turkiy tillarda nortuyaning eng ulkani «bura» yoki «bug‘ra» deb ataladi. Bu tog‘ chindan ham tekis joyda cho‘k tushib yotgan ulkan nortuyaga o‘xshab ketadi. (Avtor.)
* B o r g o h — podshohning xos chodiri.
* X i r g o h — podshohning taxti qo‘yiladigan va qabul marosimlari o‘tkaziladigan chodir.
* Asilzoda ayollar kiyadigan uzun yengli ustki kiyim. Kamzulga o‘xshash.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:36:46
2

Bobur mirzoning opasi Xonzoda begim mulla Fazliddinni ko‘pdan beri hayratga solib keladi. Bundan to‘rt yil muqaddam mulla Fazliddin Hirotdan kelib Umarshayx mirzoning Andijondagi chorbog‘ida ko‘shk qura boshlagan kezlarida Xonzoda begim o‘n olti yoshda edi. Asilzoda qizlar orasida eng ko‘hligi bo‘lgan Xonzoda begim bir marta erkakcha kiyinib ot minib, inisining o‘smir mulozimlari bilan chavgon* o‘ynagan. Mulla Fazliddin buni ko‘rib bir hayratga tushgan edi. Oradan ikki yil o‘tgach, mulla Fazliddin Andijon arkidagi to‘rxonaning ba’zi naqshlarini yangilash uchun chaqirildi. Shunda o‘n sakkiz yoshli Xonzoda begimni ravonda kanizlar orasida setor chalib o‘tirgan paytida yana bir ko‘rdi-yu, o‘z ko‘zlariga zo‘rg‘a ishondi. Chunki bir vaqtlar yigitcha kiyinib chavgon o‘ynagan o‘sha qiz endi setorda shunchalik nafis, shunchalik mayin kuy chalar, uning o‘zi ham shu qadar nafosatga to‘lib o‘tirar ediki, mulla Fazliddin beixtiyor uning sehriga berilib, g‘alati bo‘lib ketdi.
Keyin mulla Fazliddin devorga xomaki naqsh chizayotganda Xonzoda begim uning oldiga kelib, ishini qi¬ziqib tomosha qila boshladi. Mulla Fazliddinning qo‘lidagi pargor* hayajonidan yerga tushib ketdi.
— Ajoyib naqsh chizgan edingiz, ko‘zim tegdimi, mavlono? — dedi Xonzoda begim aybni o‘ziga olganday bo‘lib.
Mulla Fazliddin pargorni yerdan ko‘tarar ekan:
— Yo‘q, aksincha, begim, sizning nazaringiz tushgan naqsh yanada yaxshiroq chizilgay!
— Men eshitdimki, mavlono musavvir ham emishlar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:36:58
— Aslida me’morlar musavvirlik san’atidan xabardor bo‘lmoqlari darkor.
— Undoq bo‘lsa mening suratimni chizib ko‘ring!
Kutilmagan bu taklifdan cho‘chigan mulla Fazliddin atrofga alanglab qaradi. To‘rxonada boshqa hech kim yo‘q. Shunday bo‘lsa ham ovozini pasaytirib dedi:
— Bajonidil chizar edim... Faqat...
— Xavotir olmang, mavlono, men sir saqlashga qodirmen!
— Agar men chizgan surat narigi dunyoda jon talab qilsa, qaydan topurmen, begim?
Mulla Fazliddin bu so‘zlar bilan shariat surat chizishni man etganini, agar qo‘lga tushsa joni xavf ostida qo¬lishini aytmoqchi edi. Xonzoda begim uning ochiq aytolmagan fikrini tushundi-yu, jilmaydi:
— Agar suratim uchun sizdan jon talab qilsalar, menga ayting, men o‘z jonimni bergaymen!
...Mulla Fazliddin po‘lat sandiqda yashirib yurgan suratni mana shu gaplardan keyin chizishga jur’at etgan edi. Shundan keyingi to‘polonlarda u Xonzoda begimni uzoq vaqt uchratolmay yurdi.
Nihoyat, bultur kuzda mana shu Buratoqqa Xonzoda begimning o‘zi kelib qoldi. Bobur Samarqandga ketishda o‘z onasi va egachisiga «O‘shdagi hujradan xabar olursizlar», deb tayinlab qo‘ygan ekan. Mezon oyida O‘shga mehmon bo‘lib kelgan Xonzoda begim bitta kanizi bilan Buratoqqa chiqdi. Mulla Fazliddin o‘sha paytda yolg‘iz shogirdi bilan ishlamoqda edi. Har bitta g‘ishtni, yog‘ochni, har bir ko‘za suvni pastdan olib chiqqunlaricha tinkalari qurib ketardi. Marmar yo‘nib sangkorlik qilishga sangtarosh yo‘q. Sirlangan koshin olish-ga pul yo‘q. Bu hammasi mulla Fazliddinni juda qiynab qo‘ygan. Lekin bu mushkulotlarni Xonzoda begimga qandoq aytadi? Begimning marvarid qadalgan ipak toqisi*dan tortib uchi qayrilgan qizil etikchasigacha butun borlig‘i shunday nafis ko‘rinar, bu samoviy go‘zallik oldida tosh va g‘ishtdan gap ochish juda erish tuyulardi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:37:08
Biroq Xonzoda begim mulla Fazliddindan bo‘lajak hujraning rejasi chizilgan tarhni so‘rab oldi. Qog‘ozga qarab turib:
— Gumbazini koshin bilan bezatmoqchi bo‘libsiz, koshiningiz yetarlikmi? — dedi.
Mulla Fazliddin endi dardini aytishga majbur bo‘ldi. Bu qiz me’morlik san’atidan ham xabardor bo‘lib, anchagina kitob mutolaa qilgan ekan.
— Bobur mirzo zafar bilan qaytsalar, xudo rahmati otamning o‘sha orzularini ro‘yobga chiqarurlar, — dedi. O‘shanda yana o‘zingiz bosh bo‘lursiz, mavlono!
Dunyoda hali hech bir tovush mulla Fazliddinga bunchalik yoqimli tuyulmagan edi. Xonzoda begim har gal uni «mavlono», deb ulug‘lash bilan go‘yo porloq bir istiqbol va’da qilganday bo‘lardi. Podshoh oilasidan me’morchilik san’atini shunchalik biladigan, qadrlaydigan ittifoqdosh topilgani mulla Fazliddinning ko‘nglini ko‘taribgina qolmay, qalbida g‘alati bir zavq va dadillik uyg‘otdi.
U sirpanchiq qoyatoshga ko‘tarilishdan ko‘ra tushish qiyinligini bilar edi. Shuning uchun Xonzoda begimni pastga kuzatib tusha boshladi. Xalq «qilko‘prik» deb nom qo‘ygan tor va xatarli tosh so‘qmoqdan o‘tayotganlarida Xonzoda begimning oyog‘idagi tagi silliq charmdan ti¬kilgan etigi toyib ketdi. Xonzoda begim muvozanatini yo‘qotib, yonida borayotgan kaniziga qo‘l cho‘zdi. Ammo kaniz ham zo‘rg‘a kelayotgan edi, ikkovi barobar chayqalib ketdi. Kaniz qo‘rqib chinqirib yubordi. Ular pastdagi chaqir toshlarga yiqilib tushadigan bo‘lganda mulla Fazliddin oldinga sakrab o‘tib, ikkovini ikki qo‘li bilan quchoqlab tutib qoldi. Yoshgina kaniz qo‘rqqanidan mulla Fazliddinning yelkasiga yopishib oldi. Kiyikday chaqqon Xonzoda begim yigitning yelkasidan tutib, o‘zini tez o‘ngladi va unga sekin rahmat aytdi. Shu payt mulla Fazliddin o‘z yuzida Xonzoda begimning iliq nafasini his qildi. Qizning yuzidami, lablaridami, gul atriga o‘xshamaydigan, ammo undan ham yoqimliroq, sirliroq bir hid bor edi. Mulla Fazliddin shu hidni oldi-yu, Xonzoda begimning shoh qizi ekanligini go‘yo unutdi. Qizning salqin, yumshoq qo‘lidan ushlab naryog‘i tekis ketgan so‘qmoqqa chiqqunlaricha qo‘yib yubormadi. Besh-o‘n qadamlik masofada oddiy me’mor bilan malika orasidagi farq go‘yo yo‘qolib ketdi, ular bir-birlariga faqat zabardast yigitu go‘zal qiz bo‘lib tuyuldilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:37:40
Lekin undan narida yana kanizlar, jilovdorlar, savdarlar oraga tushib, Xonzoda begimni qurshab olib ketdilar. Mulla Fazliddin g‘alati bir tush ko‘rib uyg‘ongan odamday hayratlanib qolaverdi.
Ertasi kuni Xonzoda begim yordamga yuborgan ikkita norg‘ul yigit mulla Fazliddinga kerakli yuklarni pastdan tashib chiqa boshladi. Oradan bir hafta o‘tgach, tuyaga ortilgan koshinlar ham yetib keldi. Xonzoda begim yubortirgan har bir narsada mulla Fazliddin uning o‘zini ko‘rganday bo‘lardi. Po‘lat sandiqdagi suratni oqshomlari yolg‘iz qolganda qo‘liga olib uzoq-uzoq tiki¬ladi. Qiz sirg‘anib ketgan mana shu tog‘ning toshlaridan Xonzoda begimning o‘shandagi iliq nafasi va sirli hidi hamon kelib turganga o‘xshardi. «Nahotki bu muhabbat bo‘lsa? — derdi mulla Fazliddin o‘ziga-o‘zi. — Yo‘q, zinhor! Mendagi tuyg‘u — beg‘araz ilohiy bir mehrning nishonasi, xolos. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas!»
Hozir yana Xonzoda begim yaqinlashib kelayotganini ko‘rib, sarosimaga tushib qolgan mulla Fazliddin o‘zining mana shu e’tiqodida mahkam turishga tirishar va ayollar tomondan nigohini olib qochardi.

_______________
* Ch a v g o n — hozirgi xokkey o‘yiniga o‘xshaydi. Faqat ochiq maydonda ot minib o‘ynaladi.
* P a r g o r — sirkul.
* T o q i — cho‘qqisimon zaifona bosh kiyim.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:38:49
3

Bobur mirzo otdan tushganda bo‘yi o‘sib, katta yi¬gitlarga tenglashib qolgani bilindi. Qadam olishi ham xiyla salmoqli. Taxtga o‘tirganidan beri o‘tgan so‘nggi uch yil uni juda tez ulg‘aytirgan, ko‘z qarashlari ko‘pni ko‘rgan odamlarnikiday vazmin. Faqat xipcha qomati va hali uncha to‘lishmagan yelkalari endi o‘n besh yoshga kirganini eslatib turardi.
Ammo toqqa chiqishda Boburning o‘smirligi juda ish berdi. U hammadan oldinda toshdan-toshga yengil ko‘tarilib borar, goh onasiga, goh opasiga yuqoridan qo‘l cho‘zib yordamlashib qo‘yardi.
Beklar va mulozimlarning ko‘pchiligi pastda qolishdi. Yo‘l tor, hujra kichkina bo‘lganligi uchun hozir birinchi navbatda podshoh oilasi va Boburga eng yaqin kishi bo‘lgan eshik og‘a Qosimbek chiqishmoqda edi. Qavchin urug‘idan chiqqan Qosimbek to‘ladan kelgan barvasta kishi edi, tog‘ning yarmiga chiqquncha nafasi bo‘g‘ilib, qiynalib qoldi. Bobur buni ko‘rib, tekisroq bir tosh ustida to‘xtadi. Qosimbek ham to‘xtab, orqada kelayotgan mulla Fazliddinga yuzlandi:
— Janobi me’mor, bu toshlardan zinapoya tarashlash xotiralariga kelmabdir-da.
Mulla Fazliddin pastroqda to‘xtab qo‘l qovushtirdi-yu, yengil bir ta’zim bilan javob berdi:
— Agar zoti oliy amr bersalar, zinapoya tarashlash imkoni bor.
Qosimbek yuqoriga yuz o‘girib, Boburga savol nazari bilan qaradi. Bobur kulimsirab:
— Ajabo! — dedi endi yo‘g‘onlasha boshlagan o‘smir ovozi bilan. — Tog‘ cho‘qqisiga ham zinapoya bilan chiqurlarmi?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:38:59
Soddaroq odam bo‘lgan Qosimbek taklifi o‘rinsiz chiqqanini sezdi-yu, izzat-nafsga bormay, gapni kulgiga burdi:
— Amirzodam, lutf qildilar. Kaminani bu terlab-hansirashlardan zinapoya ham qutqarolmas edi.
Endi Qutlug‘ Nigor xonim ham kuldi:
— Qosimbek janoblari haqdir. Ot-ulov o‘tolmaydigan bu cho‘qqilarga shoh ham piyoda chiqur, malika ham!
— Hatto, xonzodalar ham! — deb Bobur opasiga qarab sho‘x kulimsiradi.
Shunaqa hazil-huzullar bilan hujraga yetib bordilar. Niliy gumbazli jajji bino ko‘klam quyoshida shunday nafis jilolanib ko‘rindiki, Boburning dili birdan ravshan tortib ketdi.
Atrofdagi tabiatning go‘zalligi, bahor va tog‘lar ayvonga ishlatilgan naqshlarni, gumbazdagi koshinlar rangini allanechuk juda ochib ko‘rsatar edi.
Qosimbek Boburni, uning onasi va opasini tavoze bilan ichkariga kuzatib qo‘ydi-yu, o‘zi marmar zinapoya oldida qo‘l qovushtirganicha qoldi. U ayollar bor joyga podshohdan ishora bo‘lmaguncha kirmas edi.
Mulla Fazliddin Qosimbekdan beriroqqa — ayvon tagiga kelib turdi.
Hujra eshigi yong‘oq yog‘ochidan o‘ymakor qilib, zar bilan ishlangan edi. Bobur go‘zal o‘ymakorliklarga, devor va shift bezaklariga bir-bir ko‘z tashlab chiqdi-da, hujraning eshigini ochdi. Onasi bilan opasiga yo‘l berib keyin o‘zi ichkariga kirdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:39:06
Hujraning ichi qorong‘i bo‘lmasa ham qoidaga binoan g‘arb tomonidagi mehrobga sham yoqib qo‘yilgan edi. Kunduzgi yorug‘lik qarshisida ko‘zga zo‘rg‘a tashlanayotgan sham yog‘dusi yon-veridagi gulgun naqshlarga tushib, elas-elas jilvalanardi.
Bu hammasi Boburda g‘alati bir zavq uyg‘otdi. U sham yonidagi to‘q-qizil naqshlarni Xonzoda begimga ko‘rsatib:
— Islimi gulxan shumi? — deb so‘radi.
Xonzoda begim bir ukasiga, bir naqshga qaradi-yu, sho‘x jilmaydi:
— Bir qoshiq qonimdan kechsangiz, ayturmen.
Bobur ham kulimsirab:
— Kechdim, aytingiz, — dedi.
Xonzoda begim o‘ngga qayrilib, eshik tepasidagi qip-qizil naqshlarni ko‘rsatdi.
— Islimi gulxan mana bu. Siz naqshi lolani bunga o‘xshatmishsiz, amirzodam.
Xonzoda begim ko‘rsatgan naqshlar haqiqatan qip-qizil olov tillarini eslatar, uning eshik tepasiga naqshlanishi ham bejiz emas edi. «Keluvchiga ergashgan balo-qazoni olov olib qoladi», degan qadimiy e’tiqod va kelin-kuyovni eshik oldiga yoqilgan olovdan aylantirib olib o‘tish odatlari Boburning esiga tushdi. U opasiga tan bergan kabi qarab:
— Siz haqsiz, men sahv qilibmen, — dedi.
Shunda Qutlug‘ Nigor xonim gap qo‘shdi:
— Bobur mirzoning sahvlari uzrlik. Chunki bu hujrada naqshi lola ham xuddi gulxandek yonib ko‘rinur!
Onasining lutf qilib aytgan so‘zlari Boburning hujradan olgan zavqini yana bir darajada oshirdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:39:15
Uchovlari ayvonga qaytib chiqar ekanlar, pastda turgan mulla Fazliddin Boburning chehrasi ochilib ketganini ko‘rdi. Bobur zinapoya oldida turgan Qosimbekka qarab:
— Buratoqqa juda munosib! — deb qo‘ydi.
Buratog‘ni Bobur yoshligidan yaxshi ko‘rar edi. Tekis vodiyning o‘rtasiga tushgan bu baland tog‘ odamlarni hayratlantirish uchun yaratilganga o‘xshardi. Go‘yo u ulkan tog‘ning bir parchasini ilohiy bir kuch shunday ko‘tarib olib kelganu tomosha uchun sayhon joyga chiroyli qilib o‘rnatib ketgan. Mana shunday toqqa munosib bo‘lish hujra uchun juda katta sharaf ekanini sezgan Qosimbek bir chetda qo‘l qovushtirib, sukut saqlab turgan me’morni chaqirdi.
Bobur podshoh bo‘lgandan beri o‘z ko‘nglidan chiqarib qurdirgan birinchi imorati juda kichik bo‘lsa ham unga aziz va g‘animat tuyuldi. Bu hujra tog‘ qirrasida shunday joziba bilan uzoq vaqt turishini istab, me’morga savol nazari bilan qaradi:
— Tog‘da qor-yomg‘irlar ko‘p bo‘lur. Hujra uzoq vaqtga bardosh berurmikin?
Ayvonda turgan Qutlug‘ Nigor xonim bilan Xonzoda begim ham me’morga ko‘z tikishdi. Mulla Fazliddin hayajonlanganidan tizzalari bukilib-bukilib ketmoqda edi. U qo‘lini ta’zim bilan ko‘ksiga qo‘yib:
— Inshoollo, bardosh berur, — dedi. Qosimbek uning gapini tasdiqlab:
— Ha, qirq-ellik yil yaxshi turur, — deb qo‘ydi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:39:23
«Qirq-ellik yil» degan so‘zlar mulla Fazliddinga ozor bergani uning Qosimbekka qisqa bir ko‘z tashlab qo‘yganidan sezildi. Shu payt mulla Fazliddin o‘z yuziga kimningdir mayin nigohi tushganini his qildi. Boshini ko‘tarsa, Xonzoda begim yuziga yopilgan yupqa oq harir parda orqali mulla Fazliddinga qarab turibdi. Mulla Fazliddinning butun vujudi olov seli ichida qolganday bo‘ldi. U hozir siri fosh bo‘lishi mumkinligini sezib, yana ta’zimga bosh egdi. Shunda Xonzoda begim Boburga izoh berdi:
— Amirzodam, xudo xohlasa, bu hujra ko‘p avlodlarni ko‘rgay. Qarang, qor-yomg‘ir tegadigan joylari sangkorlik qilingan. Poydevori qoyatoshga mahkam o‘rnatilgan. Mulla Fazliddinning mahoratlari baland — Hirot bilan Samarqand me’morlaridan ta’lim olmishlar.
Mulla Fazliddin Xonzoda begimning maqtovini ishga oid oddiy gaplardek qabul qilmasa, ko‘nglidagi nozik hislarni sezdirib qo‘ysa, o‘n jonidan biri ham omon qolmasligini sezdi. Axir jo‘n bir me’morning shoh qiziga muhabbati podshoh oilasiga ham, uning beklariga ham haqoratday tuyulishi mumkin!
Xayriyatki, hukmdorlar oldida hayajonga tushish va ta’zim qilish odat tusiga kirib qolgan. Mulla Fazliddin Xonzoda begimning iliq so‘zlariga javoban yana bir ta’¬zim qildi-da, yerga qarab, xuddi qilichning tig‘i ustidan yurib borayotganday ehtiyot bo‘lib gapira boshladi:
— Hazrati oliyga arzim shulki, Samarqandda Ulug‘bek madrasasining devorlari uchun qanday ganchu gilmoya, g‘ishtu koshin ishlatilgan bo‘lsa, bu hujraning devorlariga ham faqir shularni ishlatmishmen. Xudodan umidim bor. Bobur mirzoning muborak nomlariga mansub bu hujra asrlar davomida mustahkam turur*.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:39:34
Bobur bu so‘zlardan ta’sirlanib:
— Aytganingiz kelsin, — dedi. — Hujra biz istaganimizdan ham yaxshi!
Qosimbek «qirq-ellik yil turar», deb hujraning umrini qisqa qilib qo‘yganidan endi xijolat bo‘ldi. Hujradan narida xarsangtosh ortida buyruq kutib turgan savdarboshiga bir qarab oldida, keyin me’morga o‘girildi:
— Ofarin sizga, mulla Fazliddin!
Bobur Qosimbekning gapini to‘g‘rilab:
— Mavlono Fazliddin! — dedi.
Shu bilan me’morga mo‘’tabar mavlonolik unvoni berilganday bo‘ldi. Qosimbek podshohning oldida bir necha marta ustma-ust sahv qilganini bir harakat bilan to‘g‘rilagisi keldi-yu, savdarboshiga buyurdi:
— Mavlonoga to‘n keltirilsin!
Savdarboshi sarosima bo‘lib pastga qaradi. Mukofot uchun olib yuriladigan to‘nlar tog‘ etagidagi chodirlarda qolgan edi. Qosimbek buni sezdi-yu, o‘zining egnidagi yangi kimxob to‘nni yechmoqchi bo‘lib:
— Mirzo hazratlari, ijozat bering! — dedi. Bobur uning jo‘mardligiga tan bergandek, jilmayib bosh irg‘adi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:39:44
Qosimbek zar yoqali kimxob to‘nini yechib, mulla Fazliddinning yelkasiga tashladi.
— Mavlonoga  bizdan  bitta  ot  anjomi  bilan in’om qilinsin, — qo‘shimcha qildi Bobur.
Mulla Fazliddin ta’zimga egilib minnatdorchilik bildirar ekan, bir necha kishining.
— Muborak! Muborak! — degan so‘zlarini eshitdi.
Bu so‘zlarning orasida eng yoqimlisi — Xonzoda begimning muborakbodi bo‘ldi. Mavlono Fazliddin unga ikkinchi marta qarashga jur’at etolmay yerga ko‘z tikib turgan bo‘lsa ham, shu daqiqalarda o‘zini baxtiyor sezar edi.

________________
* Chindan ham, O‘shdagi bu hujra to‘rt yuz yildan ortiq mustahkam turdi. Tog‘ tepasida oqarib ko‘ringani uchun xalq uni «Oq uy» deb ataydigan bo‘ldi. Asrlar o‘tishi bilan ta’magir shayxlar bu binoni «Sulaymon payg‘ambar tomonidan qurilgan qadimjoy» deb e’lon qildilar, tarixdan bexabar odamlarni bunga ishontirib, nazr-niyoz undirish vositasiga aylantirdilar.
Yigirmanchi asrning o‘rtalarida akademik Ibrohim Mo‘minov Qirg‘iziston olimlari bilan hamkorlikda tarixiy haqiqatni tiklab, bu hujrani Bobur mirzo qurdirganini ilmiy jihatdan asoslab berdilar. Oq uyning peshtoqiga buni bildiradigan marmar yodgorlik o‘rnatildi.
Ammo Bobur nomining bunday ulug‘lanishi mustabid sho‘ro mafkurachilari¬ning qahrini keltirdi. Ular hujraning ziyoratgoh bo‘lganini bahona qilishib, dinga qarshi kurash shiori ostida 1963 yilda Oq uyni askariy qismlar yordamida portlatib buzib tashladilar.
Lekin hujraning mustahkam qoyatoshga o‘rnatilgan poydevori butun qolgan edi. Uning tasviri tushirilgan suratlar bor edi. Adolatparvar odamlarimiz orasida Bobur mirzo qurdirgan bu ajoyib obidani qayta tiklash niyati yillar o‘tgan sari kuchayib bordi.
Saksoninchi yillarning oxirida milliy uyg‘onish shabadalari esa boshlagan davrda O‘sh shahrining o‘zbek, qirg‘iz va boshqa millatlarga mansub vakillari Oq uyni qayta tiklash uchun maxsus jamg‘arma tashkil qildilar. Bu jamg‘armaga Bobur mirzoning barcha muxlislari tomonidan to‘plangan mablag‘lar hisobiga Oq uy tarixiy asliga mos go‘zal shaklda qayta tiklandi. (Muallif)
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:40:00
4

Kechki payt hujrada Boburning yolg‘iz o‘zi qoldi. Qosimbek kerakli odamlarga: «Hujra — mirzo hazratla¬rining xilvatgohlari bo‘ldi, kechasi ham o‘sha joyda tunamoqlari mumkin», deb bildirib qo‘ydi. Qo‘rchilar Boburning ko‘ziga tashlanmaslikka tirishib, hujraning orqa tomonida qo‘riqchilik qila boshladilar.
Doimo ko‘pchilikning diqqat-markazida bo‘lish va podshohning har bir gapi, har bir harakati kimningdir taqdiriga ta’sir qilishini unutmay hamisha ziyrak va ehtiyotkor turish Boburni juda siqiltirar edi. Yosh tanasi erkin bo‘lishni, oddiy tengdoshlari kabi ochiq-sochiq yayrab yurishni qo‘msar edi. Hozir u hujra ichkarisiga to‘shalgan beqasam ko‘rpachalar ustida boshiga yostiq qo‘ymasdan birpas chalqancha yotdi. Keyin ag‘anab yuztuban bo‘ldi-da, engagini kaftiga tirab, devordagi naqshlarga tikildi. Kuni bo‘yi otda yurib toliqqan bo‘lsa ham dam olib yotgisi kelmas edi. O‘rnidan sakrab turib bir-ikki marta qulochini yozib kerishdi, esnadi. So‘ng ayvonga chiqdi-da, yana atrofni tomosha qila boshladi.
To‘rt tomon bahor nafosatiga to‘la. Havo musaffo bo‘lgani uchun pastda yoqilayotgan olovning tutuni ham odatdagidan tiniqroq ko‘rinadi. Oxiri qorli tog‘lar bilan tutashib ketgan vodiyning ko‘z ilg‘agan hamma joyi ko‘kalamzor. Bir yog‘ida O‘zgan, bir yog‘ida Marg‘ilon, uzoqlarda Isfara, Xo‘jand, Koson va Axsi — bu o‘rchin*larning hammasida bog‘-rog‘lar chaman bo‘lib gullaganini Bobur go‘yo xayol ko‘zi bilan ko‘rib turibdi. Ulug‘vor tog‘lar afsonaviy Qal’a devorlaridek atrofni o‘rab turgan bu go‘zal vodiy hozir avvalgidan xiyla osuda. Urush tugaganiga ikki yildan oshdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:40:18
Bunday tinch, mas’ud damlarda uni qog‘oz-qalam o‘ziga tortardi. Savdarlar hujraga olti oyoqlik miz* keltirib qo‘yishgan. Bobur miz yoniga o‘tirib «Vaqoi’» deb atagan xotira daftarini ochdi. So‘nggi yozuvlari— o‘zi yaqinda ko‘rgan Konibodom va Isfara haqida edi. Endi bu yozuvlarini davom ettirib, O‘sh to‘g‘risida bita boshladi: «O‘sh qasobasi Andijondan to‘rt yig‘och yo‘ldir... Boratog‘ning tumshug‘ida tarix to‘qqiz yuz ikkida3 men bir ayvonlik hujra soldim. Bu hujra bisyor yaxshi voqe’ bo‘libdur. Tamom shahar va mahalla oyog‘ ostidadur...»
Bobur O‘shning binafshasi, lolalari, oqar suvlari, oq mavjli qizil toshlari haqida ham berilib yozayotgan edi, birdan Qosimbek eshik og‘zida paydo bo‘ldi:
— Amirzodam, xayolingizni bo‘lsam, ma’zur tuting. Buxorodan — Sulton Ali mirzodan maktub kelmishdir!
Boburdan ishora bo‘lgach, Qosimbek ichkariga kirib, o‘ram qilingan oltin bog‘ichli maktubni Boburga uzatdi. Bobur maktubni ochib o‘qidi-yu:
— Sulton Ali mirzo bizni Samarqand yurishiga chorlabdir, — dedi.
— Bitim tuzgan edingiz-da, amirzodam. Safarga chiqmoq kerak.
— Oshiqmang, bek. Avval onam hazratlarining rizoligini olaylik.
Bobur har muhim ishda onasidan maslahat so‘rashi Qosimbekka uncha yoqmas edi. Chunki ayollar jangu jadaldan juda bezgan edilar. Jangovar beklar esa urushsiz yursa qilichlari zanglab qoladigandek betoqat bo‘lishadi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:40:30
Qosimbek Qutlug‘ Nigor xonimning chodiriga Bobur bilan birga tushib bordi.
Xonzoda begim ham onasining huzurida o‘tirgan ekan. Ular Bobur uchun dasturxon yozdirib, chinni laganda kabob keltirdilar. Kabobdan so‘ng qimiz ichildi. Qosimbek mo‘yloviga tekkan qimiz yuqini kafti bilan artib, so‘z boshladi:
— Amirzodam Sulton Ali mirzo bilan ittifoq tuzganlar. Bu yerdan cherik tortib bormoqqa so‘z berganmiz.
— Tangrim bizni farahli kunlarga yetkazdi, — dedi Qutlug‘ Nigor xonim. — Endi shuni g‘animat bilaylik, janob Qosimbek, Sulton Ali mirzo o‘z og‘asi Boysunqur mirzo bilan Samarqand taxtini talashurlar. Bobur mirzo ulardan baland turmoqlari kerak. Tangriga shukur, amirzodamning Andijonda o‘z taxtlari bor.
Qosimbek bu so‘zlarga tezda javob topolmay taraddudlanib qoldi. Shunda Xonzoda begim gapga aralashdi:
— Amirzodam, Samarqand yurishining sarfu xarojatiga Andijonda saroylar, madrasalar qursangiz bo‘lur. Andijon ham Samarqanddek sayqali ro‘yi zamin bo‘lsa nomingiz Ulug‘bek mirzoning nomidek shuhrat qozonsa— biz mushtiparlaringizning orzuimiz shu!
Bobur hazilomuz kulimsiradi:
— Men avval Samarqand sayqalini bir ko‘rmoqchimen. Ibrat olsak, undan so‘ng olurmiz.
Qosimbek Boburning so‘zlarini yoqtirib:
— Lutf qildingiz, amirzodam! — deb qo‘ydi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:40:40
— Lekin amirzodam Samarqandni yoshliklarida ko‘rganlar, — deb e’tiroz qildi Qutlug‘ Nigor xonim.
— Besh yoshimda ko‘rganim yodimda uncha qolmabdir.
Xonzoda begim kuldi:
— Bultur Samarqand azimati bilan ketib bizni ko‘p sog‘intirgan edingiz-ku?
Bobur bulturgi muvaffaqiyatsiz yurishini eslab, jiddiylashdi:
— Rost, bultur to‘rt oy Samarqand atrofini kezdik. Ammo shahar darbozalari biz uchun biron marta ochilmadi. Biz bobokalonimizning poytaxtini ko‘rishga munosib emas emishmiz!
Bobur bu so‘zlarni shunday kuyunib, alami kelganini yashirolmay lablari titrab aytdiki, uning hali ham juda yosh ekanligi birdan bilinib qoldi. Holbuki, u Samarqandga qo‘shin tortib borgan, agar shaharga kirsa, taxtga o‘tirishi kerak edi. To‘g‘ri, Boysunqur mirzo ham temuriylar avlodidan bo‘lib, yana tag‘in Boburdan besh yosh katta edi, demak, taxtda o‘ltirishi qonuniy edi. Biroq Andijon beklari Boysunqur mirzodan yuz xil kam-chilik topib, uni hamisha yomonlab gapirishar va Samarqand taxtiga faqat Boburni munosib ko‘rishar edi. Boysunqur mirzo buni bilganligi uchun Boburni Samarqandga yo‘latmas edi. Mabodo, Bobur shaharga qo‘shinsiz, shunchayin poytaxtni ko‘rish uchun kiradigan bo‘lsa, Boysunqur mirzo uni tuttirib, yo‘q qilib yuborishi mumkin edi. Chunki oradagi taxt talashi va beklarning adovati ularni bir-birlariga dushman qilib qo‘ygan edi.
Qutlug‘ Nigor xonim endi o‘n besh yoshga kirgan o‘g‘lining bu talashlar va adovatlarga aralashmasdan, o‘z mulkida osoyishta hukm surishini istardi. U Boburning alamdan o‘zgarib ketgan yuziga onalarcha qayishib qaradi-yu, unga joni dilini bergisi kelib gapirdi:
— Boburjon, so‘zimga ishoning, bu besh kunlik dunyo sizning kuyunishingizga arzimaydir!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:41:04
Onasi o‘g‘lini podshoh bo‘lmasidan oldingi nomi bilan atab, mehri tovlanib gapirgani Boburga juda yoqimli tuyuldi. Bir lahza u o‘zini mehribon bir onaning beg‘am, betashvish bo‘taloq o‘g‘lidek sezdi-yu, yelkasidagi katta yuk yerga tushgandek yengil tortdi.
— Vaqti-soati kelur. Samarqand orzusiga ham yetishursiz, — deb davom etdi Qutlug‘ Nigor xonim. — Biroq hozir raiyyat osoyishta umr ko‘rishga mushtoq. Qanotingiz ostida Qosimbekdek tadbirkor amiru umarongiz bor. Mana shu O‘shdagi hujrani qurgan me’mordek hunarpeshalar sizning xizmatingizda. Endi onangiz sizdan iltimos qilur: Samarqand muhoribasini besh-olti yilga kechiktirsangiz. Barchamizga bosh bo‘lib, vodiyni obod qilsangiz, Andijonda, Marg‘ilonda, O‘shda katta obidalar qursangiz!
Qutlug‘ Nigor xonim podshoh o‘g‘liga ko‘pdan beri bunchalik jiddiy, bunchalik qat’iy iltimos bilan murojaat qilmagan edi. Qosimbek yerga qarab sukutga ketdi. Bobur ham bir lahza dasturxon chetida oltin jomda qizg‘ish ko‘rinayotgan qimizga ko‘z tikib jim qoldi. Umumiy sukunatda Xonzoda begimning nafis, tiniq ovozi eshitildi:
— Amirzodam, siz Navoiyning dostonlarini yod bi¬lursiz. Farhod qanday ajib binolar qurganini bir eslang. Men bir munglik egachingiz doim orzu qilurmen: siz ham Farhoddek bunyodkor bo‘lingiz! Dunyoda bundan ulug‘, bundan savobli ish yo‘q!
Bobur O‘shda o‘zi qurdirgan kichik bir hujradan bugun qanchalik zavq olganini esladi-yu, onasi bilan opasining tilaklarini qo‘llab-quvvatlagisi keldi. Ammo u bunday muhim davlat ishlarini bir o‘zi hal qilolmasligini ham bilar edi. Bobur Qosimbekka ko‘mak so‘ragan kabi qarab:
— Chorasi topilurmikin? — dedi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:41:31
Gap Samarqand yurishini qoldirish haqida ekanini Qosimbek sezdi. Asli harbiy odam bo‘lgan va juda ko‘p jangu jadallarda qatnashgan Qosimbek Bobur istagan chora topilmasligini ich-ichidan sezib turardi. Chunki Samarqand yurishi hamma nufuzli beklarning mashvaratida ma’qullangan, tayyorlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan. Katta bir to‘siqdan o‘tish uchun butun kuchi bilan sakrayotgan otni birdan to‘xtatib bo‘lmaydi, mabodo zo‘r bilan to‘xtatilganda ham ot yiqilishi, chavandozini yerga uloqtirishi mumkin. Qosimbek buni ochiq aytishga jur’at etolmadi-yu, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib:
— Amirzodam, qulingiz chora topishdan ojizmen,— dedi. Bu javob Boburga og‘ir botdi.
— Onamning iltimoslarini rad etaylikmi?
Bobur bu so‘zlarni shunday zarda qilib aytdiki, Qosimbek uning hozir onasi va opasi aytgan ishlarni qilgisi kelib turganini aniq sezdi. So‘ng u Boburning kechagina Samarqand yurishiga tarafdor bo‘lib, janglarda qatnashish ishtiyoqida yonib aytgan so‘zlarini esladi-yu, ichida g‘ijinib qo‘ydi. Boburdagi bu o‘zgaruvchanlikni Qosimbek yoshlik g‘o‘rligidan ko‘rar, xususan, bunday murakkab davlat ishlarida ayollarning gapiga kirishni katta bir zaiflik belgisi deb bilardi. Ammo Qosimbek Qutlug‘ Nigor xonim bilan ham hisoblashishga majbur, chunki yosh podshohga onasining ta’siri kuchli ekanini o‘z ko‘zi bilan ko‘rmoqda edi.
— Xonim hazratlarining iltimoslari menga toji sar bo‘lsin, — dedi Qosimbek cho‘kkalab o‘tirgan ko‘yicha bosh egib. — Qulingiz aytmoqchimenkim, bunday muhim ishda barcha nufuzli beklarning rizoligini olmasak bo‘lmas.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:41:40
Podshoh oilasi Qosimbekka alohida ehtirom bildirganda uning nomiga «amirlar amiri» degan unvonni qo‘shib aytar edi. Hozir ham Qutlug‘ Nigor xonim:
— Janobi amirul umaro, — dedi unga. — Siz boshqa beklarning rizoligini olishda Bobur mirzoga ko‘mak berurmisiz?
— Jonim bilan! Ammo beklarning ba’zi andeshalaridan faqir xabardormen. Gustohlik sanalmasa aytay.
— Aytingiz, — dedi Bobur.
Qosimbek yerga qarab, bir lahza o‘y surdi, hali oq tushmagan g‘ayir qo‘ng‘irtob soqolining uchlari sakarlot chakmani*ning zarrin, yoqasiga tegib, qayrildi. Nihoyat Qosimbek boshini ko‘tarib Boburga qaradi-yu, Samarqanddagi ulug‘ obidalar ulkan bir davlatning kuchi va butun viloyatlarning ishtiroki bilan qurilganini, hozir o‘sha yagona davlat parchalanib ketganini, Farg‘ona katta vodiy bo‘lsa ham, ammo Movarounnahrning faqat bir qismi ekanini gapira boshladi. Uning nima demoqchi ekanini sezgan Xonzoda begim istehzoli jilmayib so‘radi:
— Janobi amirul umaro, Andijonda obidalar qurishga kuchimiz yetmaydi, demoqchimisiz?
— Oliy nasab begim, siz Samarqanddek ulug‘ shahar qurish haqida so‘z ochdingiz. Beklar ayturlarki, ulug‘ shahar bunyod etmoq uchun yana o‘sha ulug‘ davlatni tiklamoq kerak. Butun viloyatlarning kuchini bir joyga yig‘moq kerak. Hozirgi parokandalik ulug‘ qurilishlar qilishga imkon bermagay.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:42:04
Qosimbekning bu gaplari Boburga juda mantiqli tuyuldi. U onasiga qarab bundan ham mantiqliroq bir so‘z kutdi.
— Janob Qosimbek, ulug‘ obidalarni faqat Amir Temurdek sohibqironlargina qurgan emas, — dedi Qutlug‘ Nigor xonim. — Hirotda Alisherbek Ixlosiya, Unsiya otliq binolar qurmishlar, Bobur mirzoning hokimiyatlari Alisherbekning hokimiyatlaricha emasmi? Axir Alisherbek bir tojdorning musohibi* bo‘lsalar, Bobur mirzo mustaqil davlatning podshosilar-ku!
Qutlug‘ Nigor xonimning bu so‘zlari Boburning qalbida cho‘kib yotgan eng o‘tli istaklarini yuzaga qalqitib chiqarganday bo‘ldi. Uning yoshlik ehtirosi bilan qalbiga tugib yurgan eng kuchli orzusi — janglarda katta g‘alabalarga erishib yoki ajoyib she’rlar, dostonlar yozib el og‘ziga tushish, so‘ng Navoiydek ulug‘ odamlarga tanilish va ularning maxsus e’tiborlariga sazovor bo‘lish edi. Yetti oy ovora bo‘lib Samarqandni ololmay kelganidan keyin, janglarda katta g‘alabalarga erishish hali ushalmaydigan bir orzu ekaniga uning ko‘zi yetib qoldi. Ulug‘ shoir bo‘lish orzusi ham qo‘l yetmas bir balandlikda uchib yurgan baxt qushiga o‘xshaydi. Bobur uni tutishga hali kuchi yetmasligini sezadi. Ammo hozir onasi Navoiy qurgan imoratlarni tilga olishi bilan Boburni o‘sha o‘tli orzusiga yetkazadigan boshqa bir yo‘l «yalt» etib ko‘ziga ko‘rinib ketdi. Navoiy qurgan Ixlosiya va Unsiyalarning shuhrati og‘izdan-og‘izga o‘tib, Farg‘ona vodiysiga yetib kelgan ekan, endi bu yerda o‘n besh yoshlik podshoh o‘shanaqa obidalar qurdirsa, ovozasi Hirotga ham yetib bormasmikin? Keyin, ehtimol, Navoiy ham buni eshitar, Boburning kimligini so‘rab bilar, uni orqavoratdan tanib qolar. Keyin balki Bobur Hirotga borar yoki Navoiy o‘zi bu tomonlarga kelishni ixtiyor qilar. Navoiy Husayn Boyqaroning saroyidan bezib yurganini Bobur ham eshitgan edi. Balki ulug‘ shoir Xurosondan Farg‘ona vodiysiga kelib, yosh Boburga murabbiy bo‘lar. O‘yi shu yerga yetganda Bobur juda hayajonlanib ketdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:42:12
Ko‘zlari yonib, Qosimbekka qaradi-yu:
— Onam haqlar, — dedi. — Beklarni ko‘ndirmoq kerak!
Boburning so‘nggi so‘zi farmondek eshitildi-yu, Qutlug‘ Nigor xonim bilan Xonzoda begimning chehralari ochilib ketdi. Ular, «Qosimbek endi yengildi», deb o‘yladilar. Ammo ulkan gavdali Qosimbek o‘zining keng yelkalari ortida zo‘r beklar turganini his qilganday hamon taslim bo‘lmas edi.
— Amirzodam, farmoyishingizni ado etishdan oldin beklarning yana bir andeshasini aytishga ruxsat eting.
Bobur istar-istamas bosh irg‘ab, ruxsat bergan bo‘ldi. Qosimbek lablarini yopib turgan uzun qo‘ng‘ir mo‘ylovini qo‘li bilan ikki yonga surdi-da, kulimsirab Xonzoda begimga qaradi:
— Begim, siz amirzodamni Farhodga yaxshi qiyos qildingiz. Beklarimiz zamon Farhodining xizmatida bo‘lishdan iftixor qilurlar. Bizning orzuyimiz — Farhodimizni o‘z Shirinlariga yetkazishdir. Ammo, — deb Qosimbek birdan jiddiylash-di, — ma’lumingizkim, bizning Shirin bugun Samarqandda yog‘iy qurshovida asira kabi iztirob chekmoqdalar.
Boburning yuziga nafis qizillik yugurdi. U uyalganini sezdirgisi kelmay, boshini egdi-yu, o‘z tizzalariga ko‘z tikdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:42:26
Qosimbek juda mushkul va nozik bir gapni qo‘zg‘agan edi. Bobur besh yoshligida unga Samarqand podshosi Sulton Ahmad mirzoning o‘rtancha qizi Oyisha begimni unashtirib qo‘yishgan edi. Hozir shu qiz o‘n uch yoshga kirgan. Bobur uni yaqin yillarda ko‘rgan emas, ammo ko‘rganlar hammasi Oyisha begimning g‘un¬chadek go‘zalligini maqtab kelganini eshitgan. O‘sha go‘zal qizcha Boburni o‘z najotkorini kutganday kutadi, buni ham Boburga kelib aytuvchilar bor. Bobur ham o‘zining malikasiga qahramonliklar ko‘rsatib yetishishni istaydi. U Oyisha begimning o‘zini eslolmasa ham, besh yoshida Sulton Ahmad mirzoga uzatilgan termizlik go‘zal bir kelinchakni yaqindan ko‘rgani yodida.
«Bet ochar» degan odatga binoan, yosh kelinchak¬ning yuzidagi pardasini pok nafasli yosh bola ochishi kerak edi. O‘sha kunlarda Qutlug‘ Nigor xonim besh yoshli jajji o‘g‘li Boburni Samarqandga to‘yga olib borgan edi. Sulton Ahmad mirzoning o‘g‘li yo‘q edi, Boburga podshoh oilasi havas bilan qarar edi. Shuning uchun kayvonilar «yangi tushgan kelin ham mana shu sherdek o‘g‘il ko‘rsinlar», deyishib, bet ochishga Boburni munosib topdilar. Bu hodisaning ko‘p tafsilotlari Boburning xotirasida qolmagan. Ammo oltin qo‘shib to‘qilgan harir oq pardani kelinchakning yuzidan olganda butun borlig‘ini nihoyatda yoqimli bir tuyg‘u chulg‘ab olgani hech esidan chiqmaydi. Bu — go‘zallik tuyg‘usi ekanini u endi biladi. Termizlik kelinchak aqlni shoshiradigan darajada ko‘hli bo‘lganiga besh yashar bolaning fahmi yetmagan bo‘lsa ham, ammo go‘dak qalbi afso¬naviy bir jozibadan to‘lqinlangani yodida qolgan. Shuning uchun hozir unga Samarqanddagi qallig‘ining husnini maqtaganlarida, o‘sha kelinchak esiga tushadi. Boshqa tafsilotlar o‘qigan kitoblaridagi go‘zallar tasviridan olib qo‘shiladi. Bobur Samarqanddagi qallig‘ini o‘smirlarcha bir soflik bilan g‘oyibona sevadi. Mana shu sevgilisi bugun Boburning dushmanlari asoratida ekan, u Andijonda bamaylixotir yura oladimi?
— Janob Qosimbek, — dedi Qutlug‘ Nigor xonim,— kelinimizning taqdiri bizni ham iztirobga solur. Biz onalaridan iltimos qilib kitobat yuborgan edikki, Oyisha begimni Toshkentga egachilari Robiya begim huzuriga jo‘natsinlar. Ehtimol, shu iltimosimiz bajo keltirilgandir?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:42:35
Qosimbek ma’yus bosh egib:
— Afsus, xonim hazratlari, afsus! — dedi. — Qulingiz Samarqanddagi xufiyalardan kelgan bir xabarni amirzodamga ko‘rsatishdan tortingan edim. Sizlarni ham xavotirlantirmoqchi emas edim...
— Nima xabar? Tinchlikmi? — xavotirlanib so‘radi Boburning onasi.
— Oyisha begim onalariyu opalari bilan birga Toshkentga yashirincha ketmoqchi bo‘lganlarida Boysunqur mirzo bilib qolib, monelik qilmishlar. Yog‘iylik maqomida qo‘pol gaplar aytmishdir. Uylari atrofiga odam qo‘ymishlar. Hovlilaridan chiqarmas emishlar. Asiralar endi butun najotni Andijondan kutar emishlar!
So‘nggi so‘zlar Boburning butun vujudini zirqiratib o‘tdi. Uning qallig‘iga qo‘pol gapirib, bechorani asiradek azoblayotgan Boysunqur mirzo shunday g‘azabini keltirdiki, ertagayoq uning ustiga qo‘shin tortib, bostirib borish va qallig‘ini asoratdan qutqarish istagi Boburning qalbidagi boshqa hamma istaklarini bosib keta boshladi.
Xonzoda begim ukasidagi o‘zgarishni sezib:
— Amirzodam, iloho asiralarni qutqarish sizga tezroq nasib bo‘lsin! — dedi. — Ammo najotni faqat jangu jadal keltirurmikin? Zaifa egachingizning e’tiqodi shulki, qon to‘kilsa, adovat kuchayur. Boysunqur mirzo asiralarga battar o‘chakishur. Najot urushda emas, amirzodam, najot — sulhda!
Begim hayajonlanib aytgan bu so‘zlar Boburning ko‘nglida qo‘zg‘agan boyagi g‘azabni ancha pasaytirdi. «Sulh» so‘zi qalbiga iliq tuyuldi.
Xonim darhol qizning gapini quvvatlab, o‘g‘liga yuzlandi:
— Boysunqur mirzoga elchi yuboringiz, amirzodam! Oradagi adovatni yo‘qotingiz!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:42:43
— Boysunqur mirzo zo‘ravonlik qilsin! Men mo‘minlarcha bosh egib elchi yuboray!
Bobur bu gaplarni aytar ekan, uning zo‘rlikka zo‘rlik, zarbga zarb bilan javob berish istagi naqadar kuchli ekanligi hammaga sezildi. Qosimbek undagi bu istakni qo‘llab-quvvatlashga tushdi:
— Xonim hazratlari, hozirgi zamonda zo‘ravonlikka mo‘minlik mutlaqo rost kelmas. Zo‘rlar orasida zo‘r bo‘lmoq kerak! Alhol, Shayboniyxon Samarqandga shimoldan ko‘z tikmishdir. Hisor hukmdori Xisravshoh iloj topsa, Samarqandga janubdan chang solg‘usidir. Boysunqur mirzo — noshud tojdor. Poytaxtni ertami-kechmi boy bergay. Agar Bobur mirzo Samarqandni tezroq egallamasalar, bobolaridan qolgan saltanat begona sulola ilkiga o‘tib ketgusidir. Xudo ko‘rsatmasin, agar Shayboniyxonmi, Xisravshohmi — birontasi Samar¬qandni zabt etsa, kuch-qudrati oshib, tez kunda Andijon ustiga ham qo‘shin tortib kelgusidir...
— Axir barcha temuriylar birlashib ittifoq tuzsalar bo‘lmasmi? — dedi Nigor xonim kuyunib.
— Barcha temuriylarning parokanda kuchlarini yig‘ib birlashtirmoq uchun ham qudrat kerak. Iste’dod kerak! Boysunqur mirzoga o‘xshaganlarda na unisi bor, na bunisi. Movarounnahrdagi temuriylar orasida eng sohibiste’dod, sohibqudrat siymo — Bobur mirzodirlar. Shuning uchun biz jonimizni amirzodam ko‘zlagan ulug‘ maqsadlar yo‘liga tikkanmiz. Inshoollo, Samarqandni bu yil zabt etsak, xavf-xatarlar bartaraf bo‘lg‘ay. Ana undan keyin chinakam osuda davr kelur, har qancha binolar qursak oson bo‘lur.
Xonzoda begim Qosimbekka tikilib so‘radi:
— Xullas, volidai muhtaramamizning iltimoslari rad etilurmi?
Qosimbek qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, bosh egdi:
— Qulingizning gustoxligini avf eting, begim, men amirzodamning ijozatlari bilan dilimda borini so‘zladim.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:42:50
Bobur arosatda qolib qiynalar edi. Onasi shunchalik ishontirib aytgan haqli iltimoslarni rad etishga uning tili ham bormas, ko‘ngli ham chopmas edi. Ammo Qosimbek uning qalbida shunday tug‘yonli hislar qo‘zg‘adiki, ulardan qutulishning ham iloji ko‘rinmay qoldi. Agar u Samarqanddan voz kechsa, narigi zo‘ravonlar poytaxtni olishi, keyin Andijonga bostirib kelishi muqarrar ekani, unga hozir juda aniq sezilmoqda edi. Butun Movarounnahrda urush girdobidan qochib qutuladigan biron viloyat ko‘ziga ko‘rinmas. Bobur qashqirlar qurshoviga tushib qolgandek bezovtalanar edi. Onasining: «Sulh tuzing, binokor bo‘ling!» — degani «kiyikday beozor yashang» degani edi. Lekin Bobur yirtqichlar orasida kiyik bo‘lib kun ko‘rolmasligini ich-ichidan his qilar, shuning uchun atrofini qurshab kela¬yotgan bo‘rilar bilan sher bo‘lib olishishni istar edi. Buni sezib turgan Qosimbek munozarani ortiq cho‘zib o‘tirgisi kelmadi.
— Amirzodam, bugun otliq sayrga chiqmoqchi edingiz, xonim hazratlarining takliflarini barcha beklar bilan kengashib ko‘rurmiz. Oqshom xirgohda mashvarat o‘tkazaylik.
Xonzoda begim onasiga «yalt» etib qaradi-yu: «Hozir birgina Qosimbekka o‘tkaza olmagan takliflarimizni keyin barcha beklarga qandoq o‘tkazurmiz?» demoqchi bo‘ldi. Qutlug‘ Nigor xonim Boburga yana nimalarnidir aytmoqchi bo‘lib og‘iz juftladi. Ammo Bobur Qosimbekka qarab:
— Mashvarat ertaga chaqirilsin, yaxshiroq o‘ylab ko‘raylik, — dedi-da, o‘rnidan turdi. So‘ng Qosimbek boshliq mulozimlari bilan otliq sayrga chiqib ketdi.

_______________
* O‘ r ch i n — hozirgi tuman tushunchasiga to‘g‘ri keladi.
* M i z — olti oyoqlik stolcha.
* Milodiy 1497-yil.
* S a k a r l o t  ch a k m a n — tuya junidan qilingan yengil, qimmatbaho chakmon.
* M u s o h i b i — yaqin suhbatdoshi, do‘sti.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:43:01
5

O‘shning janubidagi keng tekisliklar, to‘lqinsimon qir va adirlar turli-tuman dala gullari bilan bezangan. Sap-sariq qoqilar, ko‘k-qizg‘ish naxo‘taklar, nopormon er-baholar orasida uzoqdan qip-qizil gilamga o‘xshab ko‘zga tashlanadigan — qiyg‘os ochilgan lolaqizg‘aldoq¬lar edi.
Bobur olisdagi qorli tog‘larga qarab borar ekan, tizzaga chiqadigan yumshoq ko‘kat ustida otlar ham ma-yin qadam tashlab borayotganini sezardi. Bahor nafosati hozir uning ko‘zini erkalayotgan bo‘lsa ham, ammo diliga ta’sir qilolmas edi. Boyagi mushkul ziddiyatlar hali ham xayolini band qilib, ko‘nglida tugun bo‘lib turibdi. Bobur bu chigal tugunlarni o‘zi yecholmasligini sezadi. Bu tugunlarni u istaganday yechib bera oladigan dono odam bormikin? Uning esiga ustozi Xo‘ja Abdulla tushdi. Betob bo‘lib O‘shga birga kelolmagan Xo‘ja Abdulla ham Boburning Samarqandga qo‘shin tortib borishiga tarafdor edi. «Movarounnahrdagi parokandalikni tugatib, qudratli davlat tuzmaguncha katta orzularimiz ro‘yobga chiqmagay!» — degan so‘zlarni Bobur ustozidan ham ko‘p eshitgan. Ammo buning uchun yana urushish kerak. Urushga esa onasi qarshi. Kim haq? Bobur bu savolga javob topolmaydi.
Otliqlar uzun bir tepalikka ko‘tarilganlarida Qosimbek tog‘ tomonni ko‘rsatib:
— Suruvlar bu qadar ko‘p? — deb taajjub bildirdi.
Bobur u ko‘rsatgan tomonga ko‘z yugurtirdi. Qir va adirlarning har biridan bir nechtadan suruvlar yopirilib tushib kelmoqda edi. Xo‘ja Kalon degan yigirma besh yoshli qop-qora bek qo‘lini peshonasiga soyabon qilib kunbotish tomonga qaradi-yu:
— O‘-ho‘-o‘! — dedi. — Bu tomonda undan ham ko‘p!
— Kunchiqish tomonda ham bor!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:43:14
Suruvlar g‘uj-g‘uj kelayotganiga qaraganda, yoyilib yurgan qo‘ylar emas. Ana, to‘g‘ridagi qirlar ortidan yana ikki suruv chiqib keldi. So‘ng uzoqdagi adirlar orasidan  birin-ketin  uch  tavila  yilqi otilib chiqdi-yu, berigi tomonga qarab selday bostirib kela boshladi. Chap tomonda yana uch-to‘rt tavila yilqi ko‘rindi.
Yilqilar ham, qo‘y suruvlari ham uzoqdagi qorli tog‘lardan O‘shga qarab kelmoqda edilar. Nihoyat, tog‘ tomondan tizilib tushib kelayotgan otliq askarlar ko‘rindi.
Shunda Bobur tog‘larga qo‘y va yilqi undirish uchun uch yuz askar bilan chopqinga ketgan Ahmad Tanbalni esladi. Qosimbek quvonib:
— Azamatlarning o‘ljasi juda ulug‘-ku! — dedi.
Xo‘ja Kalon ham hayajonlanib:
— Beadad! — deb xitob qildi. — Bahodirona o‘lja!
Odatga binoan, bu behisob qo‘y va yilqilarning beshdan biri podshoh ixtiyoriga o‘tar, qolgan to‘rt qismi hamma bek va mulozimlarga taqsimlanar edi. Shuni bilgan beklar go‘yo osmondan tushayotgan bu katta boylikka qarab sevinchlarini yashirolmas edilar.
Bobur otini tog‘dan kelayotgan askarlar tomonga burib, jilovini bo‘shatdi. Bedov ot qushday uchib bora boshladi. Boshqalar ham Boburning ketidan ot choptirib ketdilar. Bir qir o‘tib, ikkinchisiga ko‘tarilganlarida, narigilar ham bularni ko‘rib, burilib kela boshladilar. Bobur baland bir joyda otini to‘xtatdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:43:22
Askarlarning oldida kelayotgan Ahmad Tanbal zirhli kiyimda edi. Yelkasi va ko‘kragini yopib turgan jibaning temiri oftobda yiltirardi. Uning bo‘yniga yoy o‘qi tek-kan, yarador joyini yashil mato bilan bog‘lab olgan edi. O‘zi ozib, mo‘g‘ulcha yonoqlarining suyaklari yana ham bo‘rtib chiqqan. U Boburdan ellik qadamcha narida otdan tushib, qo‘l qovushtirib keldi-da, yer o‘pib yukundi:
— Mirzo hazratlariga yog‘iylik maqomida bo‘lgan chagraklar o‘lpon to‘lashdan bosh tortganlari uchun o‘n olti ming qo‘ylari, ikki yarim ming yilqilari jarima tarzida tortib olib kelindi!
— Chopqin talafotsiz bo‘ldimi?
— Mirzo hazratlari, bizning uch yigitimiz halok bo‘ldi, o‘n kishi yaralandi. Ammo biz yog‘iylardan bu¬ning qasdini oldik!
Ahmad Tanbal oldingi safda turgan yigitlaridan biriga ishora qildi. Ayiqtaxlit, qo‘pol bir yigit egarining ustida do‘mpayib turgan xurjunni oldi-da, podshohga yaqinlashdi. Olachadan tikilgan xurjunning hammayog‘i qon edi. Ayiqtaxlit yigit Ahmad Tanbalning ishorasi bilan xurjunning har ikki ko‘zini to‘ldirgan narsani yerga ag‘dardi. O‘n-o‘n beshta odam kallasi ko‘katlar va lolaqizg‘aldoqlar ustiga yumalab tushdi. Bobur kallalarni ko‘rgan zahoti: «Chagraklar ham bizning odamlarga o‘xshar ekan-ku!» degan o‘ydan eti junjikib ketdi. Chorvador turkiy qabila bo‘lgan chagraklar ham Boburning vatandoshlari ekanligiga, hammalari bir el, bir ulusdanligiga uning ishongisi kelmas edi. Chunki chagraklar uning hukmiga bo‘ysunmas, yuborgan kishilarini qo‘lda qilich bilan qarshi olishardi. Mana endi o‘zlari qilichning tig‘idan o‘tib, boshlari oyoq ostida ag‘anab yotibdi. Bu jonsiz boshlardan birining soqoli yo‘q, ko‘k-sarg‘ish yuzi silliqqina, mo‘ylovi endi chiqa boshlagan. Bobur uning o‘n yetti-o‘n sakkiz yoshli yigit bo‘lganini payqadi-yu, engagi tagidan kesilgan go‘sht aralash qonli bo‘yniga qarab, ko‘ngli birdan behuzur bo‘ldi. Yordam so‘raganday, o‘ng tomonidan turgan Qosimbekka qaradi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:43:37
Sulton Ahmad Tanbal ham, uning otliq askarlari ham Boburdan maqtov va mukofot kutmoqda edilar. O‘n olti ming qo‘y, ikki yarim ming yilqi hazilakam boylik emas edi. Uch yigit o‘lgan bo‘lsa, ularning qasdiga o‘n besh-yigirmata yog‘iyning boshini kesib kelish ham shu turganlarning odatiga binoan mardona ish hisoblanar, buni taqdirlamaslik esa adolatsizlik sanalar edi.
Qosimbek Boburning yuzi oqarib ketganini ko‘rib hayron bo‘ldi. Uning fikricha, kesik kallalar Boburga bunchalik ta’sir qilmasligi kerak edi. Bultur Samarqand urushida yosh podshoh bunday boshlarni ko‘p ko‘rgan edi. Odatda: «Falonchi yuzta yog‘iyni o‘ldiribdi», deb quruq maqtasalar uncha ishonarli bo‘lmaydi, chunki ozgina ishni ko‘p qilib ko‘rsatib, lof uradigan bek va navkarlar ham bor. Jangchining xizmati ishonarli bo‘lishi uchun o‘ldirilgan dushmanlarining boshini kesib kelib hisob berish eskidan odat tusiga kirgan.
— Amirzodam, — deb shivirladi Qosimbek. — Qulingiz so‘zlayinmi?
Bobur tasdiq ma’nosida bosh irg‘adi. Qosimbek yuzini Boburga yaqinroq keltirib, yana eshitilar-eshitilmas qilib so‘radi:
— Mukofotiga qilich bersak... Rozimisiz?
Boburning yarog‘bardori olib yurgan tig‘lar orasida yoyday egik katta bag‘dodiy qilich bor edi, Bobur bir-ikki marta taqqanda juda og‘ir tuyulgan edi. Boburning nigohi shu qilichda to‘xtaganini ko‘rgan Qosimbek, «tushundim», degandek bosh irg‘adi.
— Sulton Ahmad janoblari, —deb ovozini ko‘tarib gapirdi Qosimbek. — Siz bahodirona zafar bilan qaytganingiz Mirzo hazratlarini behad shod qildi. Siz Bobur mirzoga nechog‘lik sodiq ekanligingizni yana bir bor isbot etdingiz. Butun mavkab* bugun sizlarni olqishlag‘ay! O‘shdagi qarorgohda bu oqshom sizlarning sharafing‘izga tantanali ziyofat berilur, hamma yigitlaringiz shohona in’omlar olurlar. Hozir Mirzo hazratlari Sulton Ahmad janoblariga shamshiri xos in’om etdilar!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:43:57
Qosimbek  bag‘dodiy  qilichni  yarog‘bardordan ol-di-yu, yerga ta’zim qilib turgan Sulton Ahmadga uzatdi. Sulton Ahmad tiz cho‘kib qilichni qinidan to‘rt enlikcha chiqardi-da, po‘latidan o‘pdi, so‘ng ovozi hayajondan titrab dedi:
— Mirzo hazratlari, o‘lgunimcha bu marhamatingizni unutmasmen! To umrim oxiricha sizga sodiq xizmatda bo‘lg‘aymen!
Shu kuni oqshom O‘sh qal’asining minoralari ustida, shahar atrofiga tikilgan yuzlab chodir va o‘tovlar oldida karnaylar, naqoralar chalindi, mash’allar yoqilib, katta tantanalar boshlandi. Ming-ming qo‘y va yilqilarni in’om tariqasida tekinga oladigan barcha beklar, navkarlar va mulozimlar bugun astoydil shodlanmoqda edilar. Podshohning hashamatli xirgohida oqshom qabul marosimi va bazm bo‘ldi. Sozandalar eng quvnoq kuy-larini chalishdi, hofizlar eng yaxshi ashulalarini aytishdi.
Bobur xirgoh to‘rida to‘rtta oltin zina bilan chiqiladigan baland shohsupa ustida yolg‘iz o‘ltiribdi. Bugun uning o‘ng tomonidan o‘rin olgan eng nufuzli beklari orasida Ahmad Tanbal ham paydo bo‘lgan. U kunduzgi zirhli kiyimlar o‘rniga zarbof to‘n va simobi salla kiygan, podshoh in’om qilgan oltin sopli qilichni kumush kamarga taqib olgan. Hamma uni mukofot bilan muborakbod qiladi. Tabriklarning barchasidan yoqimlisi — boya xirgohga kirganda uni Qutlug‘ Nigor xonim muborakbod qilgani bo‘ldi. Podshohning onasi bilan egachisi hozir katta dasturxonning narigi tomonida Ahmad Tanbalga yarim o‘girilgan holda o‘tirib, sozandalarning kuyiga quloq solishyapti. Ahmad Tanbal har zamonda ularga ko‘z qirini tashlab qo‘yadi. Xonzoda begimning nafis qaddi-qomati, haftkor* ipak matodan kiygan kamalakday tovlanuvchi kabosi Ahmad Tanbalga bugun har qachongidan ham jozibali ko‘rinadi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:44:07
Yosh podshohning bazmlarida ichkilik ichilmas, Bobur hali mayni og‘ziga ham olgan emas edi. Qosimbek ham ichkilikni yomon ko‘rar va uni bazmlarga yo‘latmas edi. Lekin Umarshayx mirzo davrida may ichib o‘rgangan boshqa beklar mana shunday bazmlarda Boburdan yashirib chet-chetda ichib olishar edi.
Ali Do‘stbek degan qotma, ko‘sanamo bir bek orqada sharbat ko‘tarib turgan sharbatchiga sirli ko‘z qisdi-yu, Ahmad Tanbalni ko‘rsatdi. Sharbatchi ma’noli kulimsirab Ahmad Tanbalga yaqinlashdi va kumush ko‘zachadan chinni piyolaga to‘ldirib ko‘kimtir sharbat quyib berdi. Ahmad Tanbal piyolani qo‘liga olar ekan, dimog‘iga o‘tkir may hidi urildi.
— Oling, bek, ilohim Samarqandda bundan ham ulug‘ zafarlarga muyassar bo‘ling! — dedi Ali Do‘stbek.
Ahmad Tanbal minnatdorona bosh irg‘ab, mayni sip-qardi-yu, keyin dasturxondagi tandirkabobga qo‘l cho‘zdi.
— Mana endi Samarqandu Buxoroni olguncha yetadigan zaxiramiz bor! — dedi shirakayf Do‘stbek. — Muhoribani tezlatmoq kerak.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:44:18
Ahmad Tanbalning o‘ng tomonida Uzun Hasan o‘tirgan edi. Turib yurganda juda novcha ko‘rinadigan bu ozg‘in odam o‘tirganda go‘yo qatlanib, kichkina bo‘lib qolar edi.
— Shayboniyxon Dashti Qipchoqdan Samarqandga bo‘yin cho‘zarmish, — dedi  Uzun Hasan.
— Tushini suvga aytsin! Samarqand bizniki bo‘lur!— dedi maydan badani qiziy boshlagan Ahmad Tanbal ovozini xiyol ko‘tarib.
Uning bu so‘zlari Boburning qulog‘iga ham chalindi. Bugun tog‘dan haydab tushilgan behisob qo‘y va yilqilar saroy ahlining Samarqandga yurish qilish ishtiyoqini yana ham oshirib yuborgani Boburga tobora aniq sezilmoqda edi. Ilgari ham ularning bu ishtiyoqlariga qarshi borish qiyin edi. Ammo hozir bek va navkarlarning Samarqandga intilishi — tog‘ daryosining yuqoridan pastga qarab otilishiga o‘xshardi. Bu daryoni orqaga qaytarish hech kimning qo‘lidan kelmasdi...

____________
* M a v k a b — podshoh va uning barcha a’yonlari, yaqinlari.
* H a f t k o r — yetti xil rang.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:44:28
6

Oqish suvli jo‘shqin Burasoy O‘sh qal’asining tosh yotqizilgan poydevoriga bosh urib, ko‘pirib o‘tadi. Soyning o‘ng betidagi serdaraxt mahallada mavlono Fazliddin bulturdan beri istiqomat qilayotgan peshayvonlik mo‘’jaz bir uy bor. Uning oldidagi besh-oltita nok va behi daraxtlari hozir oppoq bo‘lib gullab turipti. Hovlining chetidagi bostirmaga ikkita ot bog‘lab qo‘yilgan. Berigi yoqdagi oyoqlari uzun to‘riq qashqa otni anjomlari bilan Bobur mirzo in’om etgan edi. Mavlono Fazliddin podshohning xos me’mori qilib tayinlangan, unga yaxshigina ulufa* belgilangan edi. Buning hammasidan mavlono Fazliddin o‘zida yo‘q xursand bo‘lib yurgan edi. Biroq keyin ba’zi bir noxush xabarlarni eshitib, ko‘ngli g‘ash torta boshladi.
Mavlono Fazliddin Andijonda qurmoqchi bo‘lgan katta imoratlarini shu bu yil yozdayoq boshlash orzusida edi. Bobur mirzo ko‘rsatgan marhamatlar bu orzuning ro‘yobga chiqishiga yo‘l ochganday bo‘lgan edi. Hatto Bobur mirzoning o‘zi uni borgohda qabul qilib, qanaqa madrasa, qanday xonaqoh va kutubxonalar qurish haqida gaplashgan, mavlononing bu haqdagi takliflarini ma’qullagan, «Xonzoda begim biz yo‘g‘imizda mutasaddi bo‘lurlar, rejalarni butun tafsilotlari bilan tuzib, begimga ko‘rsatursiz», degan edi. Ish ustida yana Xonzoda begim bilan uchrashishini o‘ylaganda, mavlononing qalbida qo‘rquv aralash shirin bir hayajon qo‘zg‘alar edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:44:54
Biroq Bobur yaqinda yana Samarqandga qo‘shin tortib bormoqchi ekanligi, davlatning butun kuchi shunga ketib, qurilishlar noma’lum vaqtga kechiktirilishi ma’lum bo‘ldi. Agar Bobur Samarqandni ololmay, urushda yengilsa, unda mavlononing barcha orzulari o‘z-o‘zidan puchga chiqadi. Agar Bobur Samarqandni olsa, tabiiy, o‘sha yerda podshoh bo‘lib qoladi. Keyin u Farg‘ona vodiysida katta qurilishlar qiladimi, yo‘qmi? Odatda, podshohlar qayerni poytaxt qilsalar, o‘sha yer ko‘proq obod bo‘ladi. Andijon yana poytaxt bo‘lishi gumon. Demak, mavlononing bu yerda qilmoqchi bo‘lgan ishlari, barcha rejalari qum ustiga qurilganday omonat.
Hozir ayvonda eski handasa va riyoziyot kitoblarini titkilab, kerakli bir jadvalni axtarayotgan mavlono mana shu narsalarni o‘ylab, ta’bi tirriq bo‘lmoqda edi.
Bir payt darvoza ustma-ust taqilladi. Bostirmada otlarning tagini tozalayotgan keksa xizmatkor yog‘och kuragini devorga suyab qo‘yib, darvozaga qarab o‘tdi. Birpasdan so‘ng xizmatkor ayvonning oldiga qaytib keldi-yu:
— Mavlono, bir kimsa huzuringizga kirmoqchi.
— Kim?
— Kiyimi uvada, o‘zi bahaybat bir yigit. «Jiyanlari bo‘laman», dedi, ammo men sizdan beruxsat kirgazmadim.
— Jiyanim? Shoshmang-chi! — deb, mavlono o‘rnidan turdi. Yalang oyog‘iga charm kavush kiyib, yarim ochiq darvozaning oldiga bordi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:45:04
Olacha to‘ni ham, oyog‘idagi chang bosgan chorig‘i ham yirtilib ketgan novcha bir yigit ko‘zlari yaltirab, kulimsirab unga qarab yurdi. Qadam olishi, qarashi juda tanish. Yigit:
— Mulla tog‘a! — deb quchoq ochganda mavlono uning ovozini tanidi-yu:
— Tohir! Tohirjon! — deb u bilan quchoqlashib ketdi. — Shuncha o‘limlardan omon qolgan jiyanim, seni zo‘rg‘a tanibmen. Bu qadar o‘zgarib ketibsen! Yuzingga ne bo‘ldi?
— E, so‘ramang, mulla tog‘a...
— Mayli, yur, avval damingni ol. Keyin aytib berursen...
Ular ayvonga chiqar ekanlar, mavlono Fazliddin bundan salkam uch yil oldin Quvasoy bo‘yida bo‘lib o‘tgan qonli voqealarni yana bir esladi. O‘shanda Tohirga nayza sanchgan samarqandlik bosqinchi uni o‘ldirganiga shubha qilmay ketgan edi. Onasi yolg‘iz o‘g‘lining qoniga belanib, jonsizlanib yotganini ko‘rib, uni «o‘ldi» deb o‘ylagan va shaytonlab yiqilgan edi, bechora ona shu yotganicha qaytib turolmay, ertasi kuni vafot etdi. Tohir esa otasi topib kelgan tabiblar va doru darmonlar ta’sirida uch kundan keyin hushiga keldi. Nayza o‘pkaning bir chetini kesib o‘tgan bo‘lsa ham yurak va jigar kabi nozik a’zolarga tegmagan. Tohirning yoshligi va baquvvatligi ustun kelib, asta-sekin tuzalib ketgan edi. Qo‘ni-qo‘shnilar: «Tohirga kelgan o‘limni onasi o‘ziga oldi-yu, bu tirik qoldi», deyishardi. Mavlono Fazliddin o‘shanda opasining qirqini o‘tkazib kelganicha, qaytib Quvaga bormagan edi.
— Otang qalay, bardammi? — so‘radi mulla Fazliddin Tohirni yuqoriga taklif qilib.
Tohir chang bosgan chorig‘i bilan ko‘rpachaga chiqishdan ibo qildi-yu, poygahdagi sholcha ustiga o‘ltirdi:
— Otam sizga salom aytib yubordilar. Men bir yilcha qishloqda bo‘lmadim... Qarindoshlar «cholning issiq-sovug‘idan xabar olib tursin», deb bir beva kampirni olib beribdilar... Onam rahmatli esimga tushdi-yu, uyda turgim kelmadi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:45:17
Faqat onasining musibati emas, bosqinchilar bog‘lab olib ketayotganlarida Tohirdan najot kutib qichqirgan Robiya ham uning xayolidan nari ketmaydi. Qizning o‘shandagi nidosi hali ham Tohirning qulog‘iga eshitilib turganday bo‘ladi. U burnog‘i yili Samarqandgacha piyo¬da borib keldi, yo‘llarda o‘roqchilik qilib, karvonlarga qo‘shilib yurib, iloji bo‘lgan joydan Robiyani qidirdi, «singlim edi, Sulton Ahmad mirzoning navkarlari olib qochib ketgan edi», deb so‘roqladi. Ammo hech qayerdan daragini topolmadi.
Sulton Ahmad mirzo o‘sha yiliyoq o‘lib, qo‘shini tarqab ketgan, bir yil davomida Samarqand taxtida ikki marta podshoh almashingan, ko‘p to‘polonlar bo‘lib, it egasini tanimaydigan ahvolga kelgan edi. Jizzaxlik bir kishi Toshkent tomonlarga cho‘rilar ko‘p sotilganini aytib qoldi. Bultur kuzda Tohir piyoda Toshkentgacha bordi, yana har joylarda mardikorlik bilan kun o‘tkazib Robiyani so‘roqladi, ammo hech natija chiqmadi. Zamona notinch, yurt alg‘ov-dalg‘ov, hayot hamma joyda xuddi loyqalatilgan daryoga o‘xshab oqadi. Robiyani topish — loyqa daryoga tushib ketgan gavharni topishdek  qiyin  ekanini  Tohir ich-ichidan sezar edi-yu, baribir umidini uzolmas edi. Mavlono Fazliddin Tohirning gaplaridan shuni payqab:
— Jiyanim, sen o‘sha bechora qizni hali ham unutolmay ikki yil izlaganing —juda ajoyib bir diling borligidan dalolat  berur.  Men  sening sadoqatingga tan berdim! Ammo sen endi o‘zingga ham jabr qilmasliging kerak. U qiz taqdirida borini ko‘rgay. Agar tirik bo‘lsa, balki... birov unga uylangandir. Balki farzandlik ham bo‘lganlar. Axir uch yil uni tek qo‘yishlari mumkinmi? Sen o‘zing bir o‘ylab ko‘rgin...
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:45:30
— Men buning hammasini allaqachon ko‘nglimdan o‘tkazganmen, mulla tog‘a... Faqat men u qizning oldida o‘z gunohimni yuvmoqchimen, xolos.
— Qaysi gunohingni?
— O‘shanda Robiyani Andijonga qochirmoqchi bo‘lganlarida men Quvada olib qolganmen. Agar Andijonga ketganda bu falokat bo‘lmas ekan.
— Sen nima bo‘lishini qaydan bilibsen, jiyanim?
— Har qalay, men uni topib, shu gunohimni yuvmagunimcha tinchiyolmaymen. Robiya, siz aytgandek, uylik-joylik  bo‘lib, tinchib ketgan bo‘lsa, unda... mayli... Taqdirga tan berurmen. Agar hali ham najot izlab, meni kutib yurgan bo‘lsa-chi? Axir men uni unutolmay yuribmen-ku? Unga ham men kerak bo‘lsam-chi?
Mavlono Fazliddin bosh chayqab:
— Dil dardiga davo yo‘q ekan-da, — dedi va mavzuni o‘zgartirdi: — Yo‘qlab kelibsen, endi mehmon bo‘l.  Qani, dasturxonga qara...
Tog‘a-jiyan birga o‘ltirib shirchoy ichdilar. Keyin mulla Fazliddin Tohirning kiyim-boshlariga yana bir ko‘z yugurtirdi-yu:
— Jiyanim, tog‘ang hozir xiyla badavlat, — dedi qo‘yniga qo‘l solib, bog‘ichi popukli qora charm ham¬yon oldi. U hamyonni ochib, jiyaniga bir nechta oltin tanga olib bermoqchi edi. Hamyon tezda ochilavermagach, mavlono uni ochmasdan jiyaniga uzatdi. — Ma, O‘shning rastalariga chiq, bugun juma, mol ko‘p, o‘zingga kerakli kiyim-kechak ol.
Tohir hamyonni olmay turib dedi:
— Yo‘q, mulla tog‘a, menga o‘zingiz sanab, qarz bering.
— Ha, xo‘p, qarz! O‘zing keragicha ol, puldor bo‘lganingda qaytarursen.
— Unday bo‘lsa, mayli.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:45:41
Tohir hamyonni qo‘yniga solib chiqib ketganicha peshin kechroq oyog‘iga yangi askariy etik, boshiga mo‘g‘ulcha bo‘rk kiyib, chakmonga o‘xshash dag‘al yungli dag‘alani yelkasiga tashlab keldi. Uning qo‘lida qini eskirib ketgan arzon bir qilich ham bor edi. Mavlono Fazliddin hayron bo‘lib:
— Nechun bunday kiyimlar olding? — dedi. — Qilichni ne qilursen?
— Mulla tog‘a, yolg‘iz sargardon bo‘lib yurish mening jonimga tegdi. Endi Samarqandga Bobur mirzoning qo‘shini bilan birga bormoqchimen.
— Sarboz bo‘libmi?
— Ha, tavochilar askarlikka odam olayotgan emishlar...
Jiyani O‘shga ham shu niyat bilan kelganini mavlono Fazliddin endi sezdi-yu, undan qattiq ranjidi.
— Jinni bo‘libsen, Tohir! Hamma urushdan qochsa, sen bu ajdahoning komiga o‘z ixtiyoring bilan bormoq¬chisen! Bir marta nayza yeb, o‘limdan qolganing ozmidi?
— Mulla tog‘a, undan keyin men yana necha o‘limlardan qolganimni siz bilmaysiz. Toshkentda bir mo‘g‘ul begi bechora kosibning qizini zo‘ravonlik bilan tortib olmoqchi bo‘lganda men chidab turolmadim. Oraga tushganim uchun mana, yuzimda o‘sha bekning xanja-ridan chandiqlar qoldi.
— Zamona zo‘rnikiligini hali ham bilmaysenmi?
— Bilganim uchun men o‘shanday zo‘rlar bilan zo‘r qo‘shinning safida turib olishmoqchimen, mulla tog‘a. Men ko‘p yurtlarni ko‘rdim, turli odamlar bilan birga ishlab, birga yurdim. Bobur mirzoning tabiati pokiza, ko‘ngli tiyrak ekanini ko‘p odam bilar ekan. «Atrofdagi podshohlardan yaxshilik chiqmasa ham Bobur mirzodan bir yorug‘lik chiqar», deb umid qilamen.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:45:50
Mavlono Fazliddin yerga qarab:
— Qaydam, — dedi. — Bobur mirzo hali yoshlar. Men ham shu zotga umid bog‘lagan edim... Lekin yana urush, qon... Hammamiz tun zulmatiday intihosiz bir qorong‘ilik ichida yuribmiz. Mamlakat parokanda, zolim tojdorlar qon ustiga qon to‘kurlar. Bobur mirzoning atrofidagi beklar ham rahm-shafqatni unutmishlar. Muhit shundoq g‘addor bo‘lgach, sen ham yomon beklar xizmatida yurib, o‘zingga o‘xshash jabrdiyda zahmatkashlarning kushandasiga aylanmasmikinsan, jiya¬nim?
— Ishoning, mulla tog‘a, men yomon beklarning zulmiga ilojim boricha qarshi turgaymen!
— Bobur mirzo hukmdor bo‘la turib daf qilolmagan adolatsizliklarni sen nechun daf qilursen?
— Balki Bobur mirzoning mendek navkarlari bo‘lmagani uchun daf qilolmagandirlar? Balki u zotga men kerak¬durmen, mulla tog‘a! Men o‘zim uchun shundan ma’qul yo‘l topolmadim. Yolg‘iz yashashimning ma’nosi qolmadi. Ne qilay?
Mavlono Fazliddin jiyanining yuziga tikilib qaradi-yu, uni niyatidan qaytarib bo‘lmasligini sezdi. Tohir bundan uch yil oldin Quvasoy ko‘prigini buzib, yov qo‘shiniga katta talafot keltirgan paytlarda tarix daryosining qudratli oqimiga tortilmaganmi-di? Endi umrbod o‘sha oqimdan chiqolmasdan, tarixiy voqealar¬ning ichida yurishga mahkum etilganmikin? Har qalay, jiyanining so‘nggi gaplari mavlononi o‘ylantirib qo‘ydi. U birpas jim turgach:
— Tavochiga uchradingmi? — dedi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:45:57
— Uchradim. «Oting yo‘q ekan, piyoda qo‘shinga olamiz», dedi. Men piyoda yurib o‘rganib qolganmen, mulla tog‘a.
— Ammo jangda eng ko‘p talafot piyodalar orasida bo‘lur, buni bilursenmi?
— Mayli-da, qirq yil qirg‘in bo‘lsa ham ajali yetgan o‘lgay.
— Bas!
Mulla Fazliddin bu haqda boshqa gaplashmadi. Ertalab nonushtadan keyin xizmatkoriga aytib, bostirmada turgan har ikkala otni ham egarlatdi. Tohirga oyoqlari uzun jiyron otni ko‘rsatib:
— Sen mana shuni min, — dedi. — Men sening piyo¬da askar bo‘lishingni o‘zimga munosib ko‘rmasmen.
Mulla Fazliddin o‘zi Bobur in’om qilgan to‘riq qashqani mindi. So‘ng ikkovlari Boburning qarorgohiga otliq yo‘l oldilar.
Odatdagiday, Bobur huzuriga kirish uchun eshik og‘adan ruxsat olish kerak. Tog‘a-jiyan sakkiz burchakli ulkan oq o‘tovdan beriroqda otliq kelayotgan Qosim¬bekni ko‘rdilar va uning hurmatiga otdan tushib qo‘l qovushtirdilar.
— Janobi amirul umaro, jiyanim ham Bobur mirzoga sodiq xizmat qilish orzusida keldi, — dedi mavlono Fazliddin. — Ijozat bersangiz, amirzodaning huzuriga kirsak.
— Amirzodam hozir behad banddir, mavlono. Balki iltimosingizni menga aytursiz?..
— Jiyanim Tohir... amirzodamning xos navkarlari qatoriga olinishini o‘tinib so‘ramoqchi edim.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:46:03
Qosimbek Tohirning barvasta gavdasiga va yuzidagi chandiqqa qaradi-yu:
— Yigit, askariy xizmatda bo‘lganmisen? — dedi.
Qosimbekning «sensirab» gapirgani Tohirga uncha yoqmadi. Loqayd tovush bilan:
— Hali bo‘lgan emasmen, — dedi.
Mavlono Fazliddin oraga tushdi:
— Janobi amirul umaro, jiyanimiz asli dehqon bo‘lsa ham, lekin tabiatida jangovarlik bor. Esingizda bo‘lsa, Quvaning ko‘prigida yog‘iylarimiz juda katta talafot ko‘rib, o‘zlari sulh taklif qilgan edilar. O‘shanda bizga g‘alaba keltirgan azamat yigitlarning biri — mana shu Tohir!
— G‘alaba keltirgan?! — ishonqirmay so‘radi Qosimbek. — Qanday qilib?
Mavlono Fazliddin Quvada o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan voqealarni Qosimbekka qisqacha so‘zlab berdi. Uning hikoyasiga qaraganda, jangovar beklar va navkarlar eplay olmagan yovning belini oddiy «yalangoyoqlar» sindirgan bo‘lib chiqardi. Qosimbek bunga ishongisi kelmadi.
— Quvada g‘alabani tangrim o‘zi bizga in’om qilgan, mavlono! — dedi Qosimbek.
Bu gapga qarshi chiqib bo‘lmas edi.
— Albatta, bularning ko‘ngliga shu ishni xudo o‘zi solgan. Lekin o‘shandagi jasorati uchun yog‘iylar Tohirga nayza sanchib, uni og‘ir yarador qildilar. Jiyanim naq bir o‘limdan qoldi, janob Qosimbek!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:46:10
— Shundoqmi? — deb Qosimbek endi Tohirga iliqroq nazar bilan qaradi. — Samarqanddagi yog‘iylarimizda qasding bormi, yigit?
— Ha, o‘chim bor.
Qosimbek ketida sukut saqlab turgan tavochiga o‘gi¬rildi:
— Bu yigitni Chilmahram tog‘i etagida askariy mashq o‘tkazayotgan navkarlar qatoriga qo‘shing! — So‘ng u mulla Fazliddinga izoh berdi. — Jiyaningizning mashqi yetilsin, harbiy muomalani o‘rgansin. Undan so‘ng amirzodam lozim ko‘rsalar, xos navkarlari qatoriga olurlar.
Tohir mavlono Fazliddin bilan quchoqlashib xayr-lashdi-da, otiga mindi va tavochining ketidan Chilmahram tog‘iga qarab yo‘l oldi.

_______________
* U l u f a — maosh va turarjoy.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:46:24
7

Beklarning mashvaratida Samarqand yurishini ramazon oyida boshlashga, tayyorlik ishlarining asosiy qismini O‘shning o‘zidayoq bitirib ketishga qaror qilindi.
Bobur onasining so‘zini yerda qoldirganidan xijolat bo‘lib, Qutlug‘ Nigor xonimning ko‘ziga tashlanmaslikka tirishardi. Safar tayyorgarliklaridan bo‘shagan paytlarda o‘z chodirida yolg‘iz o‘tirib kitob o‘qirdi.
Bugun namozigar kechroq Bobur «Vaqoi’»* nomli daftarga otasining o‘limi haqida yozayotgan edi, yasovul kirib, Qutlug‘ Nigor xonim bilan Ali Do‘stbekning chodirga kirishga ijozat so‘rayotganlarini aytdi. Bobur daftarini yopib, onasini eshik oldida qarshi oldi va to‘rga o‘tqazdi.
Qutlug‘ Nigor xonimning rangi xiyol o‘chgan. Uning peshonasidan yuqorida — sochining farq ochilgan jo-yida Bobur bir tutam oqargan soch tolalarini ko‘rdi. Endi qirq yoshga kirgan onaizor kampirlardek odmi kiyi¬nar va qaddini egibroq yurar edi. Bobur onasiga allanechuk rahm qilib past tovush bilan gapirdi:
— Onajon, so‘zim yerda qoldi, deb kuyunmang. Nasib bo‘lsa, Samarqanddan qaytganda hamma aytganlaringizni qilurmen.
— Xudoning xohishi shunday bo‘lsa, biz bandalar qanoat qilgaymiz. Iloho, yaxshi niyatlaringizga yeting, shoh o‘g‘lim!
Ali Do‘stbek baquvvat qo‘llarini fotiha uchun ochib:
— Ilohi omin! — dedi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:46:34
So‘ng katta-katta panjalarini qop-qora silliq yuziga, soqolsiz uzun iyagiga surtdi.
Yuzi mo‘g‘ulcha bo‘rtgan bu chayir ko‘sa odam Boburning buvisi Eson Davlat begimga amakivachcha bo‘ladi. Shu sababli o‘z nomiga «tog‘oyi» degan so‘zni unvondek qo‘shib aytadi va Qutlug‘ Nigor xonimga akalarcha mehribonchilik ko‘rsatib yuradi. Hozir ham ko‘rpachalar ustiga o‘tirganlaridan keyin Ali Do‘stbek Qutlug‘ Nigor xonimga «Gapni ochaymi?» deganday bir qarab oldi. Xonim tasdiq ma’nosida bosh irg‘agach, Ali Do‘stbek tomoq qirib, siporish bilan so‘z boshladi:
— Amirzodam, volidangiz ikkovimiz nozik bir muammoda sizning maslahatingizni olgani keldik. Muhtarama egachingiz Xonzoda begim hozir yigirma yoshdalar. Ayni uzatiladigan paytlari. Begim oy desa oydek, kun desa kundek, oqilayu foziladirlar. Shu vaqtgacha munosib kuyov uchramay dog‘da edik. Volidangiz ham, tog‘oyingiz ham vaqt o‘tib ketayotganidan iztirobda edik.
— Yana bir-ikki yil uyda o‘ltirib qolsa, «qari qiz» deb kulurlar, — dedi Qutlug‘ Nigor xonim.
Opasining taqdiriga oid bunaqa gaplarni Bobur ilga¬rilari ham eshitgan edi. Ammo bugun Do‘stbekning gaplariga qaraganda, qandaydir kuyov topilganga o‘xshardi. Bobur shuni bilgisi kelib, o‘smirlarcha qiziqish bilan so‘radi:
— Kim bizga pochcha bo‘lmoqchi?
Ro‘yirost berilgan bu savol, Do‘stbekni shoshirib qo‘ydi. U yana gapni aylantirdi:
— Sizdek oliy zotga «munosib pochcha bo‘lurmen», deb hech kim jur’at qilib aytolmas. Ammo umarolaringiz orasida asilzoda beklar bor. Chunonchi, Sulton Ahmadbek. Yigirma besh yoshga kirgan norg‘ul yigit. Chopqunga borib, bahodirona zafar bilan qaytdi. Beklar orasida obro‘si baland. Yonida uch zabardast inisi bor. Uch yuz navkari bilan hammasi sizga to o‘lguncha sodiq xizmat qilmoqchilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:46:43
Bobur hali oila nimaligini, kuyov-kelin qanday bo‘lishini bilmasa ham opasi Xonzoda begimni Ahmad Tanbalning yoniga qo‘yib tasavvur qildi-yu, ikkovini bir-biriga to‘g‘ri keltirolmadi. So‘ng onasiga qarab:
— Siz rozimisiz? — dedi.
Qutlug‘ Nigor xonim og‘ir tin olib:
— Nachora! — dedi. — Xonzoda begim tojdor, taxt-dor kuyovlarga munosib qiz. Ammo hozirgi notinch zamonada qani biz istagan kuyov? Biz tog‘oyingiz bilan surishtirib bildik. Sulton Ahmadbekning avlod-ajdodi asilzodalardan ekan. Bobokalonlari Jo‘jixon, Chin¬gizxonlarga qon-qarindosh bo‘lgan sultonlar ekan. Hozir Tilba Sulton nomlik og‘asi Toshkentda tog‘oyingiz Mahmudxonda sohibixtiyor eshik og‘a ekan. Endi bu Ahmadbek kuyov bo‘lsa, oraga og‘asi tushib, tog‘oyingiz Mahmudxon bilan sizni yaqinlashtirarmikin? Shunday nufuzli bek sizga kuyov bo‘lib, butun urug‘lariyu navkarlari bilan qanotingiz tagiga kirsa, ishingizning rivoji yaxshiroq bo‘lurmikin?
— Shubhasiz, shunday bo‘lur! — dedi Do‘stbek chuqur e’tiqod bilan.
Bobur nima deyishini bilmay yelka qisdi: yosh o‘smir o‘zidan katta opasini kimga erga berish haqida o‘ylashdan ham tortinar edi. Ammo onasi va tog‘asi bu ishni uning podshohlik hukmi bilan amalga oshirishni istardilar.
— Begimning o‘zlari uchun ham yaxshi bo‘lur, — deb davom etdi Do‘stbek. — Agar boshqa bir yurtdagi tojdorga tushsalar, onalaridan yiroqda bo‘lurlar, amirzodamday suyukli inilarining himoyalaridan uzoqlashurlar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:46:54
— Ha, undan ko‘ra yonginamda bo‘lgani afzal, — dedi Qutlug‘ Nigor xonim. — Xonzoda mening to‘ng‘ich qizim, maslahatgo‘yim, Ahmadbekka bersak, ko‘z o‘ngimda mening yolg‘izligimni bilintirmay yurur.
Bobur bu borada o‘zi bilmaydigan ko‘p narsalarni onasi yaxshi bilishini o‘yladi-yu:
— Onam rozi bo‘lsalar, bo‘ldi, — dedi.
Do‘stbek quvonib ketdi:
— Haq gapirdingiz, amirzodam, juda haq! Ona ro-zi— xudo rozi, deb bejiz aytmaganlar!
Qutlug‘ Nigor xonim hamon xomush edi. Bobur buning sababini sezganday bo‘lib:
— Begimning o‘zlari nechuk? — deb so‘radi.
Qutlug‘ Nigor xonim og‘ir tin olib:
— Begim rozi emaslar, — dedi. — Eshitib ko‘p yig‘ladilar.
— Bunday paytlarda yig‘lash qizlarning azaliy odati,— deb kulib qo‘ydi Do‘stbek.
— Ammo, Xonzoda begimning ahvolidan men xavotirdamen, amirzodam, — dedi Qutlug‘ Nigor xonim. — «O‘zimni o‘ldiramen», degan so‘zlarini eshitib qoldim.
— Nahot? — dedi Bobur ham birdan xavotirga tushib.
— Egachingiz sizni jondan aziz ko‘rurlar, Mirzo hazratlari, so‘zingizni ikki qilmaslar, — dedi Do‘st-bek.— Volidai muhtaramangiz bilan ikkalamiz sizdan iltimos qilgani keldik. Xonzoda begimni huzuringizga chorlab, nasihat qiling. Davlatingizning manfaatlari uchun egachingiz rizolik bermoqlari kerak. Sulton Ahmadbek oraga odam qo‘ygan. Butun urug‘lari bilan sizning marhamatingizga muntazir. Rad javobi ularni sizdan... sovitib qo‘yishi mumkin. So‘ngra, agar Xonzoda begim rizo bo‘lmay, yana uch-to‘rt yil uyda o‘ltirib qolsalar, «kuyov topilmabdir, qari qiz bo‘libdir», deb yog‘iylaringiz malomat qilurlar. Bunday gaplar podshoh oilasining sha’niga mutlaqo to‘g‘ri kelmas. Agar Xonzoda begim sizga yaxshilik istasalar, rizo bo‘lmoqlari kerak. Buni endi begimga faqat siz tushuntirursiz, Mirzo hazratlari!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:47:06
Bobur boshini changallab bir lahza jim qoldi. Bunday nozik, bunday chigal ishga umrida birinchi duch kelishi. Begona bo‘lsa ham bir sari edi, gaplashishi osonroq bo‘lardi. O‘zining jonajon opasi. Bobur Xonzoda begim bilan bu to‘g‘rilarda gapirishishdan ham iymanadi. Lekin bu yoqda onasi mushkul ahvolga tushib, yordam kutib o‘tiribdi. Bu yoqda opasi joniga qasd qilmoqchi emish.
— Mayli, — dedi Bobur onasiga ma’yus ko‘z tashlarkan, — begim kelsinlar, o‘zim bir so‘zlashay.
Qutlug‘ Nigor xonim tez o‘rnidan qo‘zg‘alib:
— Hozir... hozir borib ayttirib yuborurmen, — dedi va chodir eshigiga yo‘naldi.
Do‘stbek yirik tishlarini ochib mamnun kulimsiradi-yu, chodirdan orqasi bilan yurib chiqa boshladi. Eshik oldida ta’zim qildi-da:
— Amirzodam, siz shohsiz, sizning hukmingiz vojib,— deb Boburni dadilroq bo‘lishga undab ketdi.

_______________
* «V a q o i ’» — «Chindan yuz bergan voqealar», demakdir. «Boburnoma» eng avval shunday deb atalgan.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:47:15
* * *

Bobur qator shamlari lipillab yonayotgan ikkita oltin qandil oralig‘ida sadaf bilan bezatilgan bejirim mizga ko‘kragini tirab kitob varaqlab o‘ltirganda Xonzoda begim chodir eshigidan sekin kirib keldi. Egnida sidirg‘a sariq atlas ko‘ylak. Hazin tovush bilan salomlashib, Bobur taklif qilgan zarbof ko‘rpacha ustiga xastalardek bo‘shashib o‘ltirdi. Uning qovoqlari shishinqiraganini ko‘rgan Bobur:
— Muncha g‘amginsiz, begim? — dedi.
— Amirzodam, men huzuringizga najot izlab keldim!
Xonzoda begimning so‘lg‘in yuziga ko‘zlaridan yosh sirg‘alib tushdi. Bobur yaqindagina yayrab-yashnab yurgan opasini hozir bu ahvolda ko‘rib, yuragini bir narsa timdalab o‘tdi. Onasi uning zimmasiga yuklab ketgan vazifa qanchalik mushkul ekanini u endi astoydil his qildi. Taqdir uning boshiga solayotgan mushkulotlar ozmidi, ustiga bu ham qo‘shildi? Bobur kuyunib gapira boshladi:
— Men o‘zim bu falakning dastidan najot izlaymen, begim. Yechilmas muammolar biri ustiga biri qo‘shilur. Shu asnoda nahotki siz ham mening mushkullarimni ko‘paytirmoqchi bo‘lursiz?
Xonzoda begim ukasining o‘zi chindan ham yordamga muhtojligini, yoshiga nomunosib ishlar uni juda qiynab yuborganini sezdi-yu, ko‘zini tez artdi. Boyagidan tetikroq ohang bilan gapira boshladi:
—Amirzodam, men bir gap eshitdim. Rostmikin?
— Qaysi gap?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:47:26
— Ahmad Tanbal tog‘dan bir xurjun odam kallasini olib tushganmish...
Bobur o‘tgan kuni ko‘rgan kesik kallalarni, xususan, hali soqoli o‘sib ulgurmagan yosh yigitning go‘shti chiqib yotgan qonli bo‘ynini esladi-yu, birdan seskanib tushdi.
— Jang o‘limsiz bo‘lmas, — deb Bobur go‘yo o‘zini-o‘zi bosmoqchi bo‘ldi. — Yog‘iy ham biznikilarni o‘ldirmishdir. Bu — eski odat. Siz buni unuting, begim.
— Bunisini unutsam, omiligi, johilligi bor. Men umrimni fozil kishi bilan o‘tkazish orzusida edim. Ahmad Tanbal qo‘li qon, berahm odam. Amirzodam, nahotki siz meni unga munosib ko‘rursiz?
— Sizga munosib yigit, balki yetti iqlimda ham yo‘qdir. Ammo... sabablarini onam aytgandirlar... Men ham... majburmen!
Xonzoda begim qandilda lipillab yonayotgan shamlarga qarab turib, Ahmad Tanbalni ko‘z oldiga keltirdi-yu, o‘sha badqovoq yigit bilan bir yostiqqa bosh qo‘yishini o‘ylab, eti junjikib ketdi:
— Men bu bekdan qo‘rqamen!
— Biz bor ekanmiz, siz hech kimdan qo‘rqmang, begim. Men sizga zarracha zulm o‘tkazishlariga yo‘l qo‘ymasmen.
— Meni ma’zur tuting, amirzodam. Ammo egachingizni xohlamagan odamiga zo‘rlab uzatsalar, shuning o‘zi katta bir zolimlik bo‘lmagaymi?
Bu mantiqli so‘zlar Boburni dovdiratib qo‘ydi:
— Zolimlik... Ha, falakning  o‘zi zolim! Men ham har kuni suymagan odamlarim bilan muomala qilurmen. Xohlamagan ishlarimga meni aralashtirurlar. Davlat manfaatlarini o‘ylab o‘zimni-o‘zim majbur qilurmen. Boshqa ilojim yo‘q!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:47:34
Bobur o‘z yoshiga yarashmaydigan bu so‘zlarni qanchalik qiynalib aytayotgan bo‘lsa, ko‘ngliga yoqmaydigan, ammo muhit, vaziyat talabi bilan majburan ado etadigan ishlarni undan ham ortiq azoblar bilan qilishi sezilib turardi. Bobur bu mushkul ahvoldan chiqishning yo‘lini topolmay ich-ichidan ezilib yurganini Xonzoda begim endi payqadi-yu, ukasiga rahmi keldi. Boburning podshohligini unutib, uni kichikligida erkalatib suygan paytlarini esladi.
— Boburjon, — dedi, — siz yolg‘iz inim, pushti-panohimsiz, men siz uchun jonimni ham ayamaymen! Agar sizga chindan ham shu zarur deb ishonsam, hozirgi gapingizga ham rizo bo‘lur edim. Lekin men sizning kuyrak ko‘nglingizni bilurmen. Agar men umrbod bebaxt bo‘lib qolsam, keyin siz hozirgidan ortiqroq iztirob chekursiz!
— Xudo xohlasa, bebaxt bo‘lmassiz.
— Ko‘nglim sezib turibdir, agar shu odamga tushsam, bebaxt o‘turmen. Boburjon, egachingizning so‘ziga ham ishoning. «Davlat manfaatlari» deb o‘zingizni ko‘p ezmang. Siz bilan biz uchun ham bu umr g‘animat. O‘z ko‘nglimizga ham ishonishimiz kerak! Ko‘ngil toza bo‘lsa, kishini aldamaydir!
Xonzoda begim shunday bir samimiyat bilan yonib gapirmoqda ediki, uning qalbidagi olov go‘yo Boburning qalbiga ham o‘tdi. Shafqatsiz beklar muhiti va podshohlik majburiyatlari yosh Boburning qalbini qahraton qishning muzlariday siqib yotar edi. Xonzoda begim esa o‘zining olovli nafasi bilan go‘yo shu muzlarni eritar, Boburning qalbiga bahor mayinligi, yoshlik erkinligi yana qaytib kelayotganday, eti jimir-jimir qilardi. Xonzoda begim yana ko‘zlariga yosh oldi:
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 06 Dekabr 2007, 20:47:50
— Boburjon, sizning dilingiz beg‘ubor, siz nodir iste’dodli fidokor yigitsiz! Bu beklar o‘z manfaatlarini ham «davlat manfaatlari» deb ko‘rsatishga o‘rganib qolganlar. Bular sizning yoshligingizdan foydalanurlar. Ammo siz suymagan ishni «davlat manfaatlari uchun» deb qildirmoqchi bo‘lganlarida, ko‘nglingizga ham bir quloq soling. Eng mahram do‘stingiz — sizning musaffo qalbingizdir. Siz bu do‘stingizga ishoning, jonim!
Xonzoda begim o‘tirgan ko‘yicha ukasiga qo‘l cho‘zib, yig‘i aralash iltijo qildi:
— Men sizning pok qalbingizdan adolat izlaymen! Qalbingiz nima buyursa, siz menga shuni buyuring! Men rozimen!
Bobur sakrab o‘rnidan turdi-yu, opasining qo‘llaridan olib, uni o‘rnidan turg‘azdi:
— Yig‘lamang, bas! — dedi. Ammo Boburning o‘zi ham ko‘ngli erib, ko‘z yoshini zo‘rg‘a tutib turardi. — Siz menga barcha beklarimdan yaqinroqsiz. Bir tug‘ishgan yagona egachimsiz. Siz tufayli ne og‘irlik kelsa, mayli, ko‘taray! Xotirjam bo‘ling! Toki bormen, suymagan odamingizga uzattirmasmen!
Xonzoda begim azbaroyi quvonganidan ukasini mahkam quchib peshonasidan, ko‘zlaridan o‘pdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:24:03
SAMARQAND
ZAFAR VA KULFAT

1


Boburning qo‘shini Samarqandni butun yoz va kuz bo‘yi qamal qildi. Boysunqur mirzo yetti oy shahar darvozalarini berkitib yotdi-yu, axiri ochlik va tanqislikka bardosh berolmay, sovuq qish kechalaridan birida yaqin odamlari bilan Samarqanddan yashirincha chiqib, Hisor tomonga qochdi.
Shaharda qolgan beklar bundan xabar topganlaridan keyin qal’a darvozalarini ochtirdilar. Boburning uch mingga yaqin qurolli kishilari zafar kuyini chalib, qo‘sh naqoralar va karnaylar sadosi ostida shaharga kira boshladilar.
Bobur besh yasharligida ko‘rganlari yaxshi esida qolmagan ekan. Samarqandning har yer-har yeridan moviy tog‘lar kabi ko‘kka bo‘y cho‘zib turgan ulug‘vor gumbaz¬larning qaysisi Ulug‘bek madrasasiniki ekanini, qaysisi Bibixonim madrasasiga mansubligini yonida borayotgan Qosimbekdan so‘rab bildi. Faqat arkka yaqinlashganda chap tomonda ko‘ringan ulkan obidaning Amir Temur maqbarasi ekanini jangchining dubulg‘asiga o‘xshash gumbazning afsonaviy go‘zal taram-taramlaridan tanidi. Qancha davrlar o‘tsa ham, bo‘yoqlari xuddi bugun surilganday yap-yangi turgan bu ajoyib binolar, ularning tantanavor ko‘rinishi va oftobda g‘alati tovlanishi Boburning qalbidagi zafar zavqiga yana zavq qo‘shardi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:24:25
Ark joylashgan balandlikka ko‘tarilayotganlarida Bobur o‘ngu so‘lda ko‘ringan ayvonli uylar va hovlilarga ko‘z tashladi-yu, birdan o‘zining asira qallig‘i Oyisha begimni esladi. Ajab emaski, begim mana shu uylardan birida darcha tirqishidan g‘oliblarga qarab turgan bo‘lsa. U bechora endi barcha azob-uqubatlardan qutulib, Samarqand qizlari orasida eng mo‘’tabari bo‘lishini, hamma uni «yosh podshohimizning qallig‘i», deb e’zoz¬lashini bilarmikin?
Bobur otini Qosimbekning otiga yaqinlashtirib, past ovoz bilan so‘radi:
— Asirlardan xabar olishga odam tayinlandimi?
Qosimbek bu savolning yashirin ma’nosiga tezda tushunolmadi:
— Amirzodam, qaysi asirlarni aytursiz?
Bobur otasi tengli Qosimbekning oldida qallig‘ini tilga olishdan uyalar edi. U allanechuk iymanib qovog‘ini solganidan Qosimbek gap nimadaligini fahmladi-yu:— Ha, asiralarmi? — deb, Bobur aytolmagan so‘zni o‘zi aytdi. — Bu ishga No‘yon Ko‘kaldoshni tayin etganmen. Avvalo Sulton Ahmad mirzoning farzandlaridan xabar olinur. Qulingiz aytganmen. Kechqurun No‘yon sizga axborot berur.Ark ichiga kirdilar. Bu yerdagi eng ulkan va salobatli bino — to‘rt qavatli Ko‘ksaroy edi. Ko‘ksaroyda juda ko‘p fojialar bo‘lgan, talay shahzodalar shu yerda o‘ldirilgan. Shuning uchun Samarqandning so‘nggi tojdorlari Ko‘ksaroyda turmas edilar, faqat mashhur Ko‘ktosh ustiga chiqib, tantana bilan taxtga o‘tirish marosimini o‘tkazar edilar. Bobur ham arkning o‘ng tomonida joylashgan Bo‘stonsaroyga tushdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:24:36
Oqshom Bo‘stonsaroyda qandillar yondirilganda Bobur o‘tirgan xonai xosga No‘yon Ko‘kaldosh kirib keldi. Zar bilan naqshlangan bu xona juda sovuq edi. Ular ikkovi po‘stinlarini va telpaklarini yechmasdan ko‘rpacha ustida o‘tirib gaplasha boshladilar.
No‘yon Ko‘kaldoshning ovozida iliq bir hayajon sezildi. Bobur podshoh bo‘lganidan beri ulug‘ beklar atrofini o‘rab olib, No‘yon Ko‘kaldoshday tengdoshlari ancha chetga chiqib qolgan edi. Bugun oralari yana ilgarigiday yaqin bo‘lib qolganidan quvongan No‘yon to‘lqinlanib so‘zlay boshladi:
— Amirzodamning nomlaridan oltin bilaguzuklar, asl matolar, subhoni o‘riklar*, lavzinalar* olib bordik. Ulug‘ xolangiz Mehr Nigor xonim peshvoz chiqdilar...
Bobur o‘z onasini esladi. Mehr Nigor xonim — Qutlug‘ Nigor xonimning tug‘ishgan opasi va Sulton Ahmad mirzoning katta xotini edi. Oyisha begimning onasi yoshligida o‘lib ketgan, uni farzandsiz Mehr Nigor xonim tarbiyalab o‘stirgan, hozir ham unga ona o‘rnida g‘amxo‘rlik qilar edi. Shuning uchun Mehr Nigor xonim Boburga ham xola-yu, ham bo‘lajak qaynona edi.
— Ozib ketibdilar, — deb davom etdi No‘yon. — Oshliqdan* juda qiynalmishlar. «Qahatchilik bo‘lib, pulga oshliq topilmay qoldi», deydilar. «Zog‘ora nonga ham zor» bo‘ldik, deb yig‘lab yubordilar. O‘tin-cho‘plari ham yo‘q ekan. «Sovuqda diydirab o‘ltiribmiz» deydilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:24:53
— Boysunqur  mirzo  shu  qadar noinsoflik qilibdirmi, a?
— Mirzoning o‘zi ham oxirgi paytlarda qorni to‘yib taom yemagan bo‘lsa kerak, amirzodam. Yetti oy qamalda yotish osonmi? Ko‘chalarda ochdan o‘lgan odamlarning o‘liklari yotibdi. Faqiru bechoralar ochdan o‘lmaslik uchun eshak go‘shtini, it go‘shtini yeyishgacha yetib bormishlar... Biz bundan bexabar ekanmiz. Dar-hol qaytib kelib, Qosimbek qavchinga uchradim. Bir arava un, guruch, bir arava o‘tin, o‘nta qo‘y oldik. Ke-yin hammasini yana o‘zim eltib topshirdim. Shunda meni ichkari uyga taklif qildilar.
No‘yon Ko‘kaldosh sirli kulimsirab, bir lahza taraddudlanib turdi. Bobur uning hozir Oyisha begim haqida gapirmoqchi ekanini sezib, sabrsizlandi:
— So‘zlang, No‘yon, so‘zlang!
— Tillakori uyda Oyisha begim yuzlariga oq ipak parda yopib qarshimdan chiqdilar... — No‘yon bir to‘xtab oldi. Oyisha begim uning ko‘ziga juda kichkina, norasida o‘smir qizchadek ko‘ringan edi. U buni Boburga aytishga jur’at etmadi. — Juda nozik ko‘rindilar. «Xush kelibsiz», dedilar. Ovozlari shunday mayin, shunday sof.
Bobur Andijondan Oyisha begimni o‘ylab kelib, endi ko‘risholmasligi, balki sabrsizlik qilgan kabi qiz tomonni ham ranjitishi unga bedavo bir dard bo‘lib tuyuldi.
No‘yon Ko‘kaldosh bu dardga dori topmoqchiga o‘xshab qo‘yniga qo‘l soldi-yu, jajjigina oq ipak xaltacha oldi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:25:10
— Oyisha begimning nomidan sizga buni Mehr Nigor xonim berib yubordilar.
Bobur xaltachani qo‘liga olganda ichida hech narsa yo‘qday tuyuldi. Bog‘ichini ochib xaltachani kaftiga sekin ag‘dargan edi, ikki dona gavhar tushdi. Har biri guruchdan sal kattaroq, ammo xiyla salmog‘i bor. Jilosi nafis va ulug‘vor.
— Sirtiga ham qarang, — dedi No‘yon.
Nozik munchoqlar bilan bezatilgan xaltachaning sirtiga kashtaga o‘xshatib tikilgan chiroyli ipak yozuvni Bobur endi ko‘rdi. «Najotkorimizga» degan birgina so‘z unga butun bir muhabbatnomadek shirin tuyuldi. Oyisha begim bu ipak yozuvni oldindan tika boshlagan bo‘lsa kerak. Aks holda, No‘yon borgan zahoti tikib ulgurmas edi. Demak, u Boburning najot keltirishiga ishongan!
— Amirzodam, qo‘lingizdagi gavharlarning tarixini eshiting, — deb davom etdi No‘yon. — Bular Sulton Ahmad mirzoning sallalariga qadalgan asl gavharlardan ekan. Uning mungliqlari tilak bildirdilarki, Sulton Ahmad mirzoning shu gavharlari siz bilan birga yana Samarqand taxtiga chiqsinu, sizning aziz boshingizda yuz yil bezavol porlab tursin!
Sulton Ahmad mirzo tilga olinganda Boburning ko‘ngli bir xira tortdi. Ammo uning qo‘lidagi gavharlar shunday musaffo tovlanar ediki, ularda porlagan go‘zal nur qallig‘ining ko‘zlaridan nishona berib turganga o‘xshardi.
— Mayli, mungliqlar tilagandek bo‘lsin! — dedi Bobur No‘yonga.
So‘ng sekin qarsak chalib, dastorpechni chaqirtirdi.
Dastorpech bu gavharlarni Boburning tantanali marosimlarda o‘raydigan sallasiga qadab qo‘ydi.
Shu oqshom Bobur g‘oyibona mehr qo‘ygan qallig‘ini ko‘rgisi kelib, g‘azal yoza boshladi:

Jamoling vasfini, ey oy, necha eldan eshitgaymen
Ne kun bo‘lg‘ay visolingga meni dil xasta yetgaymen?

___________
* S u b h o n i  o‘ r i k — danagi o‘rniga mag‘iz solingan o‘rik.
* L a v z i n a — bodom qo‘shib ishlangan shirinlik.
* O sh l i q — bu yerda don, un ma’nosida.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:25:36
2

Qish chillasi avjida. Izg‘irinli yellar esadi. Qo‘l-oyoqlariga kishan solingan, kiyimlari yirtiq mahbuslar Samarqandning Registon maydonida sovuqdan qaltirab, shahar qozisining hukmini tinglaydilar.
Ishonchli amaldorlarning aniqlashlariga qaraganda, bular Bobur mirzoga xiyonat qilganlar — qamal paytida unga maxfiy odam yuborib, «kechasi kelinglar, darvozani ochib berurmiz», deganlar. Boburning bir dasta botir navkarlari G‘ori Oshiqon oldidan qal’aga oshib o‘tganda, xiyonatchilar ularni dushmanlariga tutib berganlar.
— Biz emas! Tutib berganlar qochib ketmishlar! — yig‘lamsirab qichqirdi mahbuslardan biri.
Ammo uning so‘ziga hech kim e’tibor bermadi. Farmoni oliyga binoan jallod ularning qo‘llarini or-qalariga bog‘lab, maxsus chuqur oldiga cho‘kkalatib qo‘ydi-da, bo‘g‘izlariga xanjar tortdi. Qatl etilganlarning issiq qoni maydonning toshlariga sachrab, sovuqda hovur chiqarib bug‘lanar edi.
Kechasi bo‘ralab yoqqan qor buning hammasini be¬ki¬tib, borliqni oppoq qilib ketdi. Ertasi kuni tushdan havo yumshab, gumbazlarning qorlari erib tusha boshladi.
Peshin namozidan keyin Bobur mirzo otlanib Samarqand rastalarini aylanishga chiqdi. Yonida eshik og‘a Qosimbek, Ahmad Tanbal va Xonquli degan yana bir bek orqaroqda navkarlar bilan kelishmoqda. Shaharning qayerida nima borligini yaxshi biladigan sa-marqandlik keksa shoir Javhariy ularga yo‘l ko‘rsatib, oldinda boryapti.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:26:12
Ulug‘bek qurdirgan ulkan gumbazli xonaqodan o‘tganlaridan keyin Javhariy kunchiqish tomondagi ko‘chani ko‘rsatdi.
— Amir Alisher Samarqandga kelganlarida mana shu ko‘chadan ko‘p o‘tar edilar. Mazkur ko‘chaning oxirida Alisherbekning ustozlari faqih Abdullays istiqomat qilur edi. Uylari hali ham bor.
— Siz Mir Alisherning suhbatlarida bo‘lganmisiz? — so‘radi Bobur.
— Ha, yoshimiz Alisherbek bilan teng edi, ammo faqir u zotni ustoz o‘rnida ko‘rur edim, mudom ash’orlarimni o‘qib berib, maslahat olur edim. Unutmagan ekanlar, «Majolisun nafois» nomli kitoblarida faqirni ham tilga olmishlar.
Soqollari oppoq, qoshlariga ham oq tushgan Javhariy hozir Boburning havasini keltirdi. Qani u ham Navoiyning nazari tushgan shoirlardan bo‘lsa! Ammo Bobur hali mashq she’rlar yozishdan nariga o‘tgan emas, ularni birovga ko‘rsatishga uyaladi. Shunday bo‘lsa ham katta shoir bo‘lish orzusini hech tark etmaydi. Mana shu orzuning ta’sirida bugun Bobur o‘ziga yo‘l ko‘rsatuvchilikka Samarqandning mashhur beklarini emas, Navoiyni ko‘rgan mo‘’tabar shoirni taklif qilgan edi.
Javhariy ularni novvoylar mahallasiga boshladi. Ko‘chalar allanechuk huvillagan. Bosilmagan qor otlar¬ning tizzasiga chiqadi. Soya joylarda izg‘irin yuzni yalab o‘tsa ham, oftob tushib turgan paxsa devorlar va tom bo‘g‘otlari erigan qordan ho‘l bo‘lib borar edi.
Bobur tomlarga qaradi. Birortasi kuralmagan. Tom kurayotgan bironta odam ko‘rinmaydi. Novvoylik rastasiga kelsalar, qator do‘konlarning hammasi yopiq.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:26:41
Boburning taajjubi ortib, Javhariyga qaradi:
— Mavlono, novvoylar ko‘chib ketganmilar?
— Mirzo hazratlari uch oydirki, rastaga non chiqmaydi. Chunki un yo‘q. Qamalda ko‘p novvoylar ochdan o‘lib ketdi. Odamlar holdan toygan. Tomga chiqib qor kurashga ham madorlari yo‘q.
Bobur bunga sababchi bo‘lgan odamdek o‘ng‘aysiz¬lanib Qosimbekka qaradi. Qosimbek esa shoirga kesatib¬roq gapirdi:
— Novvoylarning tirik qolganlari ham bordir, mavlono?
— Albatta, bor. Lekin yordamga muhtoj. Qani, endi amirzodam buyursalaru novvoylarga un berilsa. Rastalar yana ochilsa, Samarqandning mashhur nonlaridan odamlar to‘yib yesa.
Bobur Javhariyning aytganini qilmoqchi bo‘layotganini sezib, Qosimbek buning oldini olishga intildi:
— Amirzodam, bizda ham oshliq oz qoldi. Qo‘shinga zaxira kerak. Rastalarga hozir un berolmasmiz. Balki keyinroq...
Keksa shoir Boburga umid bilan qarab turibdi... Shu payt uning qora movut chakmonimi, xiyol egik yelkasimi, kalta qirqilgan soqolimi, nimasidir Boburga Navoiyning Behzod chizgan rasmini eslatdi. Bobur mavlononi noumid qilsa, Navoiyning umidini ham oqlolmaydiganday bo‘ldi. U Qosimbekka buyruq ohangida gapirdi:
— Biz unni rastalarga emas, novvoylarga bermog‘imiz kerak. Ishonchli bir kishi nazorat qilsin, novvoylar non yopib, bizning nomimizdan ochlarga tarqatsinlar. Besh-olti qop un bilan qo‘shin zaxirasiz qolmas. Jizzaxga yuborilgan karvon erta-indin oshliq olib qaytgusi!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:26:55
— Saxovatingizga ofarin, Mirzo hazratlari! — deb Boburning so‘zlariga faqat Javhariy quvonch bildirdi.
Semiz to‘riq ayg‘irning jilovidan tortib turgan Ahmad Tanbal mavlonoga qarab po‘ng‘illadi:
— Amirzodam Boysunqurdan qolgan ochlarning qaysi biriga oshliq yetkazsinlar? Biz bularni boqishga keldikmi?
Ahmad Tanbal, «amirzodam» deb, go‘yo Boburga jon kuydirib gapirgan bo‘lsa ham, aslida Boburning hozirgi buyrug‘idan noroziligi sezilib turardi.
Ahmad Tanbal O‘shda Xonzoda begimga odam qo‘yib niyatiga yetolmaganidan beri Boburga qarshi adovati avvalgidan o‘n hissa ortiq bir kuch bilan xuruj qilmoqda edi.
— Janob Ahmadbek, — dedi Bobur. — Biz Samarqandni boqish uchun kelmagan bo‘lsak, talash uchun ham kelgan emasmiz!
Tanbal kecha zargarlarni talatganini eslab, ko‘zlari bir bejo bo‘ldi. Ammo o‘zini osoyishta ko‘rsatib:
— So‘zingiz to‘g‘ri, Mirzo hazratlari, — dedi. Biroq shuncha jangu jadal bilan olgan shahrimizdan ozgina o‘ljador bo‘lishga nahotki haqqimiz yo‘q? Axir g‘oliblar¬ning o‘lja olishi ota-bobolarimizdan qolgan rusum-ku!
Tanbalning gapi navkarlar orasida turgan Xon¬qulibekka juda yoqib tushgani uning kulimsirab bosh irg‘aganidan bilindi. Ko‘pchilik navkarlar ham Ahmad Tanbalni haq deb bilar edi. Samarqanddan durust o‘lja ololmagan beklarning barchasi norozi bo‘lib yurgani ma’lum edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:27:22
Shu topda Bobur o‘zini ikki o‘t orasida qolganday sezdi. Beklaru navkarlarning ko‘ngliga qaray desa, bu yoqda raiyyat ocharchilikdan o‘lyapti. Raiyyatni ochlik changalidan qutqazay desa, beklaru navkarlar: «Bular nega  bizning nasibamizga sherik bo‘ladi?» deb dod soladi.
Bobur Qosimbekka umid bilan ko‘z tikdi-yu:
— Ocharchilikka faqat Boysunqur mirzo sababchimi?— dedi. — Agar biz shaharni yetti oy qamal qilmasak, bu baxtsizlik bo‘lmasligi mumkin edi-ku!
Qosimbek Boburning Tanbal qarshisida yakkalanib qolishini istamadi-yu, munozarani tezroq tugatishga tirishdi:
— Amirzodamning so‘zlari qulingizga sari toj bo‘lsin! Ertagayoq novvoylarga un berib, ochlarga non yoptirib tarqatishni men o‘z zimmamga olurmen!
Bobur Qosimbekka minnatdorona ko‘z tashlab:
— Gap tamom, — dedi. So‘ng Javhariyga yuzlandi.— Qani endi sahhoflar* rastasiga o‘taylik.
Javhariy ularni qing‘ir-qiyshiq bir ko‘chaga boshlar ekan, Ahmad Tanbal, qovoq-tumshug‘i osilib, Boburning ketidan ergashdi. Keng bir sahnga chiqdilar. Yopiq turgan sahhoflik do‘konlari ko‘rindi. Ikki do‘kon oralig‘idagi ikki tavaqalik darvoza ichidan avval qandaydir shovqin eshitildi, so‘ng oyoq yalang, bosh yalang bir kampir dod solib chiqdi:
— Voy bolamni o‘ldirgan xudoning o‘zi o‘lsin! Och qolib shishib o‘lsin!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:27:56
Kampirning ketidan o‘rta yashar ozg‘in bir erkak yugurib chiqdi-yu, otliqlarni ko‘rib, qo‘rqqanidan bir lahza ag‘rayib turib qoldi. Kampir hamon bor ovozi bilan baqirib xudoni qarg‘ardi:
— Xudoning o‘zi qamalda qolib o‘lsin! Iloyo mening bolamday ochdan o‘lsin! O‘lsin!!!
Javhariy otini erkak kishi tomonga burib:
— Mulla Qutbiddin, nima bo‘ldi? — deb so‘radi.
Mulla Qutbiddin endi hushini yig‘ib, kampirga qarab chopdi. Ozg‘ingina, madorsiz kampirni sudrab hovliga olib kirib ketdi-da, entikib qaytib chiqdi. Qo‘l qovushtirib otliqlar tomonga kelar ekan:
— Afv etgaysizlar, — dedi. — Og‘amning zaifasi farzand dog‘idan telba bo‘lib qoldi. Bechoraning o‘g‘ilchasi ochlikdan kunjara yegan ekan, shishib o‘ldi.
Og‘ir sukunatda Boburning:
— Yana bu sho‘rliklardan o‘lja olmoqchi bo‘lurlar!— degan kinoyali so‘zlari eshitildi-yu, Ahmad Tanbal bilan Xonqulibekka o‘qday tegdi.
Mulla Qutbiddin Samarqandning taniqli sahhoflaridan edi. Mavlono kim kelganini sahhofga sekin aytdi. Mulla Qutbiddin ko‘pdan beri ochilmagan do‘konini shosha-pisha ochdi. Bobur otdan tushib, mavlono bilan birga do‘konga kirdi. Mulla Qutbiddin bisotida bor eng nodir kitoblarni bir-bir olib, changlarini artib, Boburga ko‘rsata boshladi. Qimmatbaho zarhal muqovalar ichida Mahmud Koshg‘ariy, Abdurahmon Jomiy... Sharafid-din Ali Yazdiyning Behzod suratlari bilan bezangan «Zafarnomasi»... Abdurazzoq Samarqandiy... Ha, mana. Navoiyning «Mezonul avzoni». Bu kitobni Bobur ko‘pdan beri so‘roqlab yurgan edi. U oltinga topilmaydigan ajoyib kitoblarning ko‘pligini ko‘rib, afsonaviy xazinaga kirib qolganday hayajonlanar, nuqul:
— Yana ne bor? Yana? — deb so‘rardi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:29:12
Mulla Qutbiddin ham biri-biridan noyob kitoblarni uning oldiga qalashtirib tashladi. Mashhur xattotlar katta pullar evaziga ko‘chirgan, har bir varag‘iga nafis bezaklar ishlangan bu qo‘lyozma kitoblarning har biri bir necha ming dinor turishini Boburning yonida turgan Qosimbek ham bilar edi. U  Samarqand xazinasi shipshiydam ekanini, Andijondan olib kelingan oltinlar esa ko‘pga bormasligini o‘ylab qarab turardi. Nihoyat, Bobur ajratib olgan kitoblar o‘ndan oshganda, Qosimbek sekin shipshidi:
— Amirzodam, hozir xizonachi yo‘q...
Kitoblardan boshqa narsani unutgan Bobur Qosimbekning shamasini tushunmadi.
— Xizonachini  yuborurmiz, — dedi  va  tanlagan kitob¬¬larini sahhofga ko‘rsatdi: — Hammasini hisoblab qo‘ying. Kitobdor bilan xizonachi pulini to‘lab olib keturlar.
Mulla Qutbiddin qo‘l qovushtirib:
— Bosh ustiga! — dedi-yu, ammo uning nimanidir aytolmay taraddudlanayotgani Boburga sezildi.
— Ne tilagingiz bor, mullo? Ayting, tortinmang. Kitoblaringiz bebaho!
Bobur bu kitoblar uchun mol-dunyosini ayamaydiganday ko‘rindi. Sahhof dadillanib:
— Mirzo hazratlari, — dedi. — Hozir pulga oshliq topilmaydi. Bolalarim, «non» deb yig‘lab, har kuni yurak-bag‘rimizni ezurlar. Agar iloji bo‘lsa, ozgina un...
Boburning  ko‘z  oldiga  boyagi  telba kampir keldi-yu, sahhofning muhtojligini oldinroq sezmagani uchun o‘zidan koyindi. Qosimbekning novvoylik rastasidagi e’tirozlari esiga tushib, unga hech nima demadi. Yana beklarning jinini qo‘zg‘amaslik uchun sahhofga kerakli narsani saroy oshpazidan berib yuborishni ko‘ngliga tugdi. Sahhofga past tovush bilan:
— G‘am chekmang, — dedi. — Tilagingiz amalga oshur. Xayr!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:29:36
Bobur tashqariga chiqdi. Ahmad Tanbal hamon otidan tushmay o‘shshayib turar edi.
Shu kuni shomda kitoblarni olib ketishga kelgan kitobdor va savdarlar sahhofga so‘ragan pulini berishdi-yu, uning uyiga bir qop un va bitta semiz qo‘y tushirib ketishdi.
Ertasi kuni novvoylik rastasiga Qosimbekning navkarlari bir arava un olib kelganliklari, qor tagida sovib yotgan tandirlarga o‘t qalanib, issiq non hidi atrofga taral-gani, otliq jarchilar podsho nomidan ochlarga non ulashilishini e’lon qilgani hammaning qulog‘iga borib yetdi. Novvoylik rastasiga kelib, xushbo‘y bug‘doy no¬nining ta’midan ko‘zi charaqlab ochilayotgan ochlar Boburdan nechog‘liq mamnun bo‘lsalar, tamagir bek va navkarlar: «Bizning og‘zimizdan olib, avboshlarga berdi!» — deb, yosh podshohdan shunchalik norozi edilar. Samarqanddagi ochlik va tanqislikdan bezgan bir qism jangchilar Andijonga qaytib ketishga intila boshladilar.

___________
* S a h h o f — muqovachi. Kitob savdosi bilan sahhoflar shug‘ullangan.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:30:08
3

Tandirdan uzilgan nonlarni qopga solib chiqib ochlarga ulashayotgan navkarlardan biri — Tohir edi. Avval u ham: «Menga nayza sanchib, onamning o‘limiga sabab bo‘lgan yog‘iylarga xizmat qilgani kelganmi men?!» deb achchiqlandi-yu, lekin uvada kiyingan, bo‘yinlari qiltiriqday bo‘lib qolgan och o‘smirlarga, chollarga, ayollarga ko‘zi tushganidan keyin hovuri bosildi. Ichkaridan ola qopda issiq non ko‘tarib chiqar ekan: «Balki bu ayollarning orasida Robiya ham bordir?— deb o‘ylandi. — Yoki Robiyani ko‘rgan-bilganlar uchrab qolar?»
Tohirning boshida tulki telpak, egnida pochapo‘stin, so‘nggi oylarda mudom otliq yurib, qadam olishi xiyla o‘zgargan. Uzangiga o‘rganib ketgan oyoqlari yerda avvalgiday ravon odimlay olmaydi. Ammo qo‘llari chavandozcha bir chaqqonlik bilan qopga tez tushib-chiqadi.
Ko‘zlari lo‘q ochlar Tohirning o‘zini emas, non ulashayotgan qo‘llarini ko‘rishadi, xolos. Ularning ko‘pi imillab, kichik-kichik qadam tashlab juda sekin harakat qilishadi. Yo‘llarida kichkina ariq yoki do‘nglik uchrab qolsa, o‘tolmay to‘xtab qolishadi. Baquvvatroqlari suyab, ko‘maklashib o‘tkazib qo‘yishadi.
Tohir odamlarning har birini sinchiklab ko‘zdan kechiradi. Nahotki ularning orasida Robiyani ko‘rgan-bilgan birorta odam bo‘lmasa?
Ana, bir ayol to‘n yopinib, yarim o‘girilib turibdi. Tohir uning yonidagi kampirga qarab:
— Xolalar, oralaringda andijonlik yoki quvalik ayollar bormi? — deb so‘radi.
Kampir tojikcha talaffuz bilan:
— Undoqlar yo‘q, aylanay, — dedi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:30:30
Tohir yuzlab marta aytgan so‘zlarini takrorlab:
— Singlimni izlab yuribman, — dedi. — Sulton Ahmad mirzoning askarlari Quvadan olib qochib ketganiga to‘rt yil bo‘ldi.
— Bechora! — deb qo‘ydi kampirning yonidagi ayol.
Nariroqda nonga ko‘z tikib turgan bir kishi sabr-sizlanib yo‘taldi. Tohir non ulashishda davom etar ekan, o‘ttiz besh yoshlardagi, siyrak malla mo‘ylovli novcha bir kishining qarshisida to‘xtadi.
— Siz ilgari navkar bo‘lganmisiz?
Yuzi shishinqiragan bu odam xavotirli tovush bilan:
— Ha, — dedi.
— Qachon?
— Ko‘p jil bo‘ldi.
— Andijonga borganmisiz?
— Jo‘q... berirog‘idan qaytkanmiz.
Bu odamning talaffuzi o‘shanda Robiyani qopga solib olib ketgan «jo‘q»chi yigitlarni eslatdi-yu, Tohirning vujudi qaltirab ketdi. Ehtimol, bu o‘sha bosqinchilar¬ning biridir?
Tohir orqasiga o‘girilib, novvoyxona tomonda turgan sherigini chaqirdi. Qopning tagida qolgan nonlarni unga berdi-yu, malla mo‘ylovli kishini bilagidan olib bir chetga boshladi. U odam qo‘rquvdan bo‘shashib, kalovlanib, to‘xtab qoldi:
— Ukajon, men bir bechora odamman! Meni qo‘yib jubaring! Nong‘a kelib edim... Nong‘a!...
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:30:54
Tohir kalavaning uchini shu odam topib berishi mumkinligini sezib, muloyimroq gapirishga tirishdi.
— Non olasiz. Sizga ko‘proq non beramen. Menga rostini ayting. Sulton Ahmad mirzoga navkar bo‘lganmisiz?
— Bo‘g‘anmen.
— Andijondan beridagi Quvaning ko‘prigidan o‘tganmisiz?
— Qaysi ko‘prik? Sinib ketib, bizni xarob qilg‘an ko‘prikma?
— Xuddi o‘zi! — dedi Tohir g‘azab aralash quvonch bilan. Mana, o‘sha bosqinchi! Tohir unga hozir xanjar ursa bir alamdan chiqar edi. Ammo Robiya nima bo‘ladi? Buni o‘ldirsa, Robiyani kimdan so‘roqlab topadi?
Tohir malla mo‘ylovli yigitni yoqasidan olib qahr bilan silkitdi:
— Robiya qani? Ayt tezroq!
Ochlikdan darmoni ketib, zo‘rg‘a yurgan yigit Tohirning siltalashidan to‘kilib, parchalanib ketadiganga o‘xshardi. U nafasi ichiga tushib:
— Qa-qaysi Rokiya? — dedi.
— Rokiya emas, Robiya? U qizni Quvadan olib qochib qayoqqa olib bordilaring? Hozir qayerda? Rostini aytmasang, kallangni olamen! Ayt!
— Uka! Ukajon! Men Robiya degan qizni ko‘rganim jo‘q. O‘ldirsang, mayli, o‘ldir, lekin mendan bekorga gumonsirama, o‘shanda men qiz obqochadigan ahvolda emas edim. Tug‘ushgan ukam ko‘prikdan jig‘ilib, suvg‘a og‘ib o‘ldi. Qamishlarning orasidan uch kun qidirib o‘ligini topolmadim. Balchiq jutib ketgan ekan.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:31:38
Tohir o‘sha ko‘prikni o‘zi buzganini esladi, malla mo‘ylovli yigitning ko‘zlari yoshlanganini ko‘rdi-yu, uning yoqasini qo‘yib yubordi.
Robiyani qopga solayotgan «jo‘q»chi yigitlardan biri ikkinchisini «Juman» deb atagani Tohirning yodida qolgan edi. U qarshisida ko‘zlari mo‘ltirab turgan odamga tikilib:
— Oting nima? — dedi.
— Otim Mamat.
— Mamatmi yo Jumanmi?
— Uka, ishonmasangiz, mana shu mahallaning odamlarini chaqirib so‘rang. Otim Mamatligini hamma biladi. O‘zim ko‘nchi kosibman.
Tohir o‘zicha o‘ylandi: «Agar ukasi Quvada balchiqqa botib o‘lgan bo‘lsa, bu ham mening giribo¬nimdan olishga haqqi bor!» Shu o‘y ta’sirida Tohir jahlidan tushdi. Mamatga yana «siz»lab gapira boshladi:
— Jumanni bilarmidingiz?
Mamat peshonasini ushlab, nimanidir eslashga tirishdi:
— To‘xtang, to‘xtang, Juman maymoq deganimiz bo‘lar edi. Sheriklari bilan o‘sha yoqdan ikkita qiz obqochib kelgan, deb eshitib edim.
— Samarqandga olib kelganmi?
— Qizlarnimi? Bunisini bilmadim. O‘ratepaning naryog‘ida Oqsuv degan soy bor. Oqsuvga jetganimizda podshomiz o‘lib qoldi. O‘shanda bir alg‘ov-dalg‘ov boshlandi, mana haligacha bosilmaydi. Navkarlik ham jonimga tegdi, bo‘shab ketdim.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:32:15
— Juman maymoq hozir qayerda?
— Bilmadim-ov. Uch-to‘rt jildan beri ko‘rgan emasmen. Battarin jigit edi, o‘lib ketdima yo boshqa podshoning xizmatiga o‘tib ketdima. Podsho ham ko‘p-ku. Toshkentda Mahmudxon degani, Turkistonda Shayboniyxon degani, Hisorda yana birovi.
— Bu podsholarning urush-janjallari boshlaridan qolsin! — dedi Tohir kuyunib. — Siz bir kosib bo‘lsangiz. Men bir dehqon edim. Kelib-kelib bizday zahmatkashlarni bir-birimizga dushman qilib qo‘ygan zamonaning uyi kuysin!
Mamat Tohirning xanjar izi qolgan yuziga endi botinibroq qaradi:
— U qiz kimingiz bo‘lar edi, uka? Singlingizmidi?
— Ko‘zimning oqu qorasi edi!
Mamat gap nimadaligini fahmlab, Tohirga xiyol hayratlanib tikildi. So‘ng uning armon to‘la ko‘zlarini ko‘rib, bu yigitga o‘zini allanechuk yaqin sezdi va unga tasalli bergisi keldi:
— Xudo xohlasa, toviladi! Mening tanish-bilishlarim ko‘p, uka. So‘roqlayman. Xotinimga aytaman. Ayollardan surishtiradi.
Mamatning astoydil yordam bermoqchi ekanini sezgan Tohir uni yengidan oldi-yu:
— Bu yoqqa yuring, — dedi. Mamatni novvoyxonaning yo‘lagiga olib kirdida, ichkaridan to‘rtta non olib chiqdi.
— Oling! Siz bu yerga nonga kelgan edingiz.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:33:35
Mamat nonlarni titroq qo‘llari bilan olib, qo‘yniga tiqdi. Issiq bug‘doy nonning hidi va taftidan og‘ir-og‘ir nafas olib, ustma-ust yutindi. U har qancha och bo‘lsa ham Tohirning oldida darhol non kavshashdan o‘zini tutdi. Faqat nonning hididan mast bo‘lganday ezma-lanib gapira boshladi:
— Nonday aziz bo‘ling, uka. Biz ko‘rgan kunlarni hech ko‘rmang. Qo‘ldan berganga qush to‘ymas. Jotib jesang bu non ikki kunga ham jetmaydi. Lekin men shuning kuchi bilan qishlog‘imga jetib olaman. Ana u tovning orqasida og‘a-inilarim bor. Biz o‘zbekning qo‘yanquloq urug‘idanmiz. Qishlog‘imga jetib borsam, bir-ikki qop g‘alla tovib kelaman. Lekin bo‘sh qop tik turmas ekan, uka. Bitta cho‘bir otim bor edi, kuzda so‘yib jeb qo‘ydik. Piyoda ketay desam, och odam tovda jig‘ilib sovuqda qotib o‘laman, deb qo‘rqdim. Mana en-di qo‘rqmasam bo‘ladi...
— Men sizni qayerdan topamen? — dedi Tohir unga avvalgi va’dasini eslatib.
— Ko‘nchilik guzarida uyim bor. Mamat polvon desangiz, hamma biladi. Bir vaqtlar polvon edik, uka. Mana endi gavdamizni zo‘rg‘a ko‘tarib juribmiz.
— Esingizda bo‘lsin, qizning oti Robiya.
Mamat polvon bu nomni bir-ikki takrorlab xotirasiga joylagach:
— Agar xabari chiqsa, sizni qayerdan tovaman? — dedi.
— Qosimbekning navkarimen. Otim Tohir.
— Xo‘p, Tohirbek, men sizni qidirib tovamen. Bizning odamlar sizga jamanliq qilgan bo‘lsa, siz menga jaxshiliq qildingiz. Bu jaxshilig‘izni albatta qaytaraman. Xayr!
Tohir uning orqasidan qarab qoldi. «Quvada ukasi¬ning balchiqqa botib o‘lganiga men sababchi bo‘lga¬nimni bilsa nima qilarkin?» deb o‘ylandi.
Mamat esa nariroqqa borib shosha-pisha qo‘yniga qo‘l tiqdi-yu, issiq nondan bir burda uzib olib, tez og‘ziga soldi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:34:23
4

Andijonlik bek va navkarlar «Samarqandni olsak hamma mushkullarimiz oson bo‘ladi», deb o‘ylagan edilar. Biroq eng katta ishkalliklar Samarqand olingandan keyin boshlandi. Uch ming kishilik qo‘shinning besh-olti ming ot-ulovi bor. Qahraton qishda qamaldan abgor bo‘lib chiqqan shaharda na ochlarni to‘ydirib bo‘ladi, na qo‘shinga oziq-ovqat yetkazib bo‘ladi, na otlarni yem-xashak bilan ta’minlab bo‘ladi. Shahar darvozalari ochilgan, bu yog‘i O‘ratepagacha, bu yog‘i Qarshigacha barcha tomonlarga tuya karvonlari jo‘natilgan, bozor va rastalarni tiriltirish uchun turli choralar ko‘rilayotgan bo‘lsa ham poytaxtda hayot hali-beri izga tushadiganga o‘xshamas edi. Samarqand so‘nggi yillarda ko‘p marta qo‘ldan-qo‘lga o‘tib, dahshatli talon-torojlardan qashshoqlanib qolgan edi.
— Bu mushkulotlar ko‘z ochib-yumguncha o‘tib ketgay,— deb, mashvaratlarda Boburning ustozi Xo‘ja Abdulla andijonlik beklarni sabr-qanoatga chaqirar edi:— Bahor yaqin, pishiqchilikka yetsak, og‘ir kunlarni ko‘rmagandek bo‘lib keturmiz. Tanqisliklar o‘tur, ammo bu yog‘i Qarshiyu Shahrisabzgacha, u yog‘i O‘shu O‘zgangacha — shunday ulug‘ mamlakat qolur. Tang¬rim bizga shunday katta kishvarni inoyat qilgani uchun, biz Samarqandday olamshumul dorussaltanaga muyassar bo‘lganimiz uchun shukronalar aytmog‘imiz kerak. Bobur mirzoning orzulari shulkim, Movarounnahr yana Ulug‘bek davridagi kabi birlashsa, poytaxt asliga qaytsa, hamma viloyatlar hamjihatu obod bo‘lsa. Amir¬zodamning bu orzulari sizu bizning muqaddas maqsadimizdir. Ilohi omin, parvardigori olam bizni bu maqsadimizga ham yetkazsin!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:34:58
Bu gaplar Xonqulibek va Ahmad Tanbalga o‘xshagan beklarning g‘ashiga tegsa ham, ular mashvaratga to‘plangan boshqa beklar qatori:
— Ilohim omin! — deyishib, yuzlariga fotiha tortadilar. Chetdan qaragan odam buni yakdillik belgisi deb o‘ylaydi.
Ammo beklar mashvaratdan yangi bir vazifani zimmalariga olib, uy-uylariga tarqalganlaridan keyin xilvatda ikkita-uchtadan bo‘lib olib, g‘iybatga tushib ketishadi:
— Xullasi kalom. Bobur mirzongiz Ulug‘bekdek ulug‘ odam bo‘lmoqchi ekanlar-da, Ahmadbek? — so‘raydi Xonqulibek istehzo qilib.
Ular baxmal ko‘rpa yopilgan issiq sandalning ikki chetida o‘tirib kechki taomni birga yemoqda edilar. Ahmad Tanbal qazidan bir parra olib, kinoya bilan kuldi:
— Ha, Bobur mirzoingiz ulug‘ odam bo‘lishlari uchun yana birgina narsa yetmay turganmish...
— Xo‘sh?
— Bugun mashvaratda aytdilar-ku! Samarqand dehqonlari ocharchilikda urug‘lik donlarini yeb qo‘ygan emishlar. Biz Qarshiga karvon yuborib olib kelgan donlarimizni dehqonlarga qarz berur emishmiz.
— Dard ustiga chipqon!
— Iloj qancha, Xonqulibek! Yosh podshohimiz ulug‘ bo‘lishlari uchun hammasiga chidaysiz. Yana bu kishim Samarqandga kuyovlar, qalliqlari bor. Domod raiyyatga o‘zlarini yaxshi ko‘rsatmoqlari zarur. Bu ham yetmaganday, yosh podshohimiz har haftada shoirlarni to‘plab mushoira o‘tkazmoqdalar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:35:10
— Shoir ham bo‘lmoqchilar shekilli-da!
— Ha, bizning nasibamizga qayoqdagi shoirlarni ham sherik qilganlari ana shu sababdan! Xazinadagi oltinlarni sovurib, qator-qator qimmatbaho kitoblar olishlari ham ana shundan!
Xonqulibek soqolini g‘ijimlab:
— Etak silkib Andijonga ketay desam, ruxsat bermaydir, — dedi. — Tangri haqqi, Boburingizdan to‘ydim, Ahmadbek!
Ahmad Tanbal zaharxanda qilib kuldi-da, o‘rnidan turib eshikni zichlab yopdi. Joyiga kelib o‘tirgach:
— Xonqulibek, — deb tovushini pasaytirib gapira boshladi, — beklar bo‘masa, podshohlarning ilkidan hech ish kelmaydir. Navkarning ko‘pchiligi bizniki. Jangni biz qildik. Azobni biz tortdik. Endi bunday mute bo‘lib, yosh yigitchadan ruxsat so‘rab o‘tirmog‘imiz ne kerak?
— Gapingiz rost! — shivirladi Xonqulibek. — Podsho bo‘lsa o‘ziga! Ruxsat bermasa bermasin, men baribir keturmen!
— Men ham bu yerda xor bo‘lib yurmoqchi emasmen. Omon bo‘lsam, podshoh topilur. Axsida Jahongir mirzo bor. Buxoroda Sulton Ali mirzo bor. Bularning urug‘i ko‘p. Hammasiga sizu bizdek beklar kerak. Sizga mening maslahatim — Andijonda ko‘p turmang. Ilikka tushib qolursiz.
— Axsiga boraymi?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:35:18
— Ha, Axsida Uzun Hasanga uchrang. Sizni Jahongir mirzoning xizmatiga olur.
— Olurmikin? Balki Jahongir mirzo Boburga qarshi borolmas?
— Sizu bizday beklari ko‘paysa borur! Jahongir mirzo Andijon taxtiga ishqiboz...
... Ikki bek shu kuni gapni bir joyga qo‘ydilaru ertasi kuni kechasi Ahmad Tanbalning ishonchli odamlari Feruza darvozasida soqchilik qilayotgan paytda Xonqulibek elliktacha navkari bilan sekin shu darvozadan chiqib qochdi. Oradan bir hafta o‘tgach, Ahmad Tanbalning o‘zi Zominga karvonni kuzatib bo¬rish bahonasi bilan navkarlarini ergashtirib ketdi-da, Samarqandga qaytmay, to‘g‘ri Axsiga yo‘l oldi. Shundan keyin shahardan tashqariga zarur ish bilan yuborilgan bek va navkarlarning qaytib kelmaslik hollari tobora ko‘paya boshladi. Kechalari qal’a devorlaridan oshib tushib qochayotganlar buning ustiga qo‘shildi. Qishning oxiriga borib, Samarqandga Bobur bilan kelgan bek va navkarlarning yarmi ham qolmadi. Odami juda siyraklashib qolgan Bobur ketganlarni qaytarib kelish uchun eng sodiq beklardan birini Andijonga yubordi. Biroq oradan yigirma kun o‘tgach, bu bekni Ahmad Tanbal va uning tarafdorlari Andijon bilan Axsi oralig‘ida tutib olib o‘ldirganligi haqida xabar keldi. Farg‘ona vodiysida yomon bir fitna boshlanganiga endi shubha yo‘q edi.
Fitnachi beklarning bir qanchasi Xo‘ja Abdullaga qo‘l berib, unga murid bo‘lganliklari ma’lum edi. Bobur Qosimbek bilan maslahatlashib, oxiri Xo‘ja Abdullani Andijonga yubordi. Bobur taxtga o‘tirgan kezlarda Xo‘ja Abdullaning gapiga kirgan Uzun Hasan va boshqa fitnachi beklar bu gal uning nasihatlariyu va’dalariga mutlaqo quloq solmadilar. Nihoyat, fitnachilar Andijonga hujum qildilar. Xo‘ja Abdulla boshliq sodiq beklar shahar darvozalarini berkitib, qamalda qoldilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:35:26
*  *  *

Bu mudhish xabar Samarqandga yetib kelganda Bobur qattiq betob bo‘lib, Bo‘stonsaroyning ikkinchi qavatidagi xobgohda isitmalab yotgan edi. Andijondan kelgan chopar o‘ram qilib so‘rg‘ichlangan maktubni yasovulga ko‘rsatdi-yu, ammo bermadi:
— Hazrati xonim «amirzodaning o‘z iliklariga bering», deb buyurganlar!
Bobur har kuni necha qayta: «Andijondan chopar bormi?» — deb so‘rar edi. Yasovul choparni darhol yuqoriga boshladi.
Xobgoh eshigi oldida ularni Boburning shaxsiy tabibi bo‘lgan kichik jussali mo‘ysafid to‘xtatdi:
— Bu kitobatni avval Qosimbek o‘qimoqlari kerak. Agar xushxabar bo‘lsa, keyin amirzodamga berursiz.
— Onalari, buyurganlar, ustodlari Xo‘ja Abdulla ham tayinlaganlar, amirzodamning o‘zlari o‘qimoqlari kerak.
— Yomon xabar Mirzo hazratlarini xarob qilishi mumkin! — dedi tabib kuyunib. — Asli o‘zlari tumovlab tuzalish arafasida edilar. Tashvish ustiga iztirob, iztirob ustiga kulfat, hammasi qo‘shildi-yu, muolajani oxiriga yetkazmay turib ketdilar. Mana bugun uzlikib ahvollari og‘irlashib yotibdilar!
— Andijon xavf ostida. Agar tezroq bildirmasak, keyin kech bo‘lur, bizdan norozi bo‘lurlar!
— Yo‘q, men hozir ijozat bermaydirmen!
— Janobi tabib...
— Yo‘q, yo‘q!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:35:33
Bu bahs ichkarida yotgan Boburning qulog‘iga chalindi. U baland tovush bilan:
— Chopar bo‘lsa kirsin! — deb buyurgandan keyin, tabib choparga yo‘l berdi.
Bobur katta tanobiy xonaning to‘rida yerdan bir gazcha baland qilib solingan parqu to‘shakda yotgan edi. Chopar to‘shakdan ancha berida yukundi-da, tizzasida sirg‘alib borib, maktubni Boburga ikki qo‘llab uzatdi.
Isitmaning zo‘ridan bo‘g‘riqib yotgan Bobur yonboshga turib, maktubni titroq qo‘llari bilan ochdi. Ichma-ich ikkita xat. Birida Xo‘ja Abdullaning imzosi. Birini Qutlug‘ Nigor xonim yozgan. Ular ikkovi ham Andijonning dahshatli ahvoli, qamal tafsilotlari haqida yozishgan. Boburdan boshqa najotkorlari yo‘qligini aytishib, tezroq yetib kelishini iltijo qilishgan edi.
Andijon qurshovda! Fitnachi beklar Andijon taxtiga Jahongir mirzoni o‘tkazmoqchilar. Ahmad Tanbalni lashkarboshi qilishib, Boburdan ota yurtini tortib ol-moqchilar! Bobur ularni bunchalikka boradi, deb hech o‘ylamagan edi. To‘satdan uning ustidan bir chelak sovuq suv quyilganday bo‘ldi-yu, a’zoyi badani muzlab, bo‘shashib, boshi yostiqqa «shilq» etib tushdi. Tamom!
Tanbal bilan Jahongir g‘alaba qilsa, ularning tomoniga qochib o‘tuvchilar yana ko‘payadi. Bobur kim bilan qoladi? Balki hozir ham Tanbal tomonga qochib o‘tayot¬ganlar bordir? Balki Qosimbekning o‘zi ham... Kutilmaganda xayoliga kelgan bu o‘ydan Bobur shunday dahshatga tushdiki, butun kuchini to‘plab, o‘rnidan sapchib turdi:
— Qosimbek qani??!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:38:20
— Hozir kelurlar, odam yubordik, — dedi tabib muloyim tovush bilan. — Amirzodam, yoting, sizga orom kerak!
Boburning xasta xayolida birdan qilich tutgan Tanbal gavdalandi. Bobur bu qilichni tanidi. O‘shda Tanbal shu qilichni o‘pib, «to o‘lgunimcha sodiq qulingizman», degan edi. Tanbal o‘sha qilichni hozir go‘yo Boburning boshi ustida o‘ynata boshladi... Tanbalning oyog‘i os-tida tog‘dan xurjunga solib kelingan kallalar yumalab yotipdi. Ularning biri tanishga o‘xshadi. Qutlug‘ Nigor xonimning boshi... Bobur alahsirab ko‘z oldiga keltirgan bu qo‘rqinchli xayol uni go‘yo to‘shakdan otib yubordi. U gilam ustida ichki kiyimda oyoq yalang turganicha:
— Shamshirni bering! — deb qichqirdi. — Menga shamshirni bering!
Tabib uni mahkam quchoqlab oldi:
— Amirzodam, xastasiz, yotmog‘ingiz kerak... Amirzodam! — Tabib Boburni go‘yo Tanbalning qilichiga tutib bermoqda edi. Bobur uning quchog‘idan yulqinib chiqib eshikka intildi:
— Ot keltiring! Men Andijonga boramen! Shamshir qani? Beklarga xabar bering! Tezroq tayyorlansinlar!
Tabib uning ketidan yugurdi. Dastorpech Boburning kimxob to‘nini olib borib yelkasiga yopdi, oyog‘iga kavushini berdi. Bobur kavushning bir poyini kiydi-yu, ikkinchisini kiyishga toqati yetmadi. Uning boshi gir-gir aylanar, havo yetishmay, nafasi qisilar edi. Ko‘z oldida hamon o‘sha qonli qilich va kesik kallalar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:38:32
— Xoin! — dedi u Tanbalga qarata. — Qonxo‘r!
Bobur ayvon eshigiga qarab chopdi. Lekin eshik oldida gandiraklab yiqildi. Tabib bilan dastorpech uni behush ahvolda to‘shakka ko‘tarib kelib yotqizishdi.
So‘ng u yarim kechaga borib sal hushiga keldi. Ko‘zini ochib, og‘ziga paxtadan suv tomizayotgan tabibni ko‘rdi. Nazarida, tili shishib, shunday katta bo‘lib ketgan ediki, butun tanasini tog‘day bosib yotardi. Bobur ko‘zini ochganini sezib, Qosimbek uning tepasiga keldi:
— Xayriyat-e!.. Amirzodam, bizni muncha qo‘rqitdingiz?
Bobur ko‘zlari mo‘ltirab nimadir demoqchi bo‘ldi, ammo behad og‘irlashib ketgan tilini qimirlatolmadi.
— Endi yaxshimisiz, amirzodam?
Bobur jim. Qaraydi-yu, gapirolmaydi. Uning tildan qolganini sezgan Qosimbek ko‘zidan tirqirab chiqqan yoshni ko‘rsatmaslik uchun yuzini chetga burdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:39:04
ANDIJON, XO‘JAND
UVOL BO‘LGAN ORZULAR

1


Tun qorong‘isi ustiga osmonni quyuq bulut qopladi-yu, qal’a ichini zulmat bosib ketdi. Andijon ko‘chalari tahlikali bir sukutga cho‘mgan. Jimjit kechada ark darvozasining g‘iyqillab ochilgani uzoqlarga eshitildi. Darvozaxonadan tushgan xira yorug‘da arkdan chiqib kelayotgan bir to‘p qurolli otliqlar ko‘rindi. Oldinda erkakcha to‘n va bo‘rk kiygan, beliga kamar bog‘lab, xanjar osgan Xonzoda begim. Uning navkarlari orasida kelayotgan mavlono Fazliddin ham to‘nining ustidan harbiycha kamar bog‘lab, beliga qilich taqib olgan.
Samarqanddan qaytgan chopar Boburning hayot bilan o‘lim orasida behush bo‘lib yotganini aytib bergandan keyin qal’a himoyachilarining bir qismi fitnachilar tomonga qochib o‘tib ketdi. Qo‘rg‘on devorlarining har bir gazini qo‘riqlab turishga odam yetishmay qoldi. Qorong‘i tunda dushmanning devorga narvon qo‘yib, oshib tushish xavfi kuchaydi. O‘n olti yoshida sho‘xlik bilan yigitcha kiyinib, chavgon o‘ynab yurgan Xonzoda begim endi chinakamiga qurollanib, hayot-mamotlari qil ustida turgan qal’a himoyachilariga ko‘makka boryapti.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:39:13
Quyuq qorong‘ilikda otlarning taqalari ko‘cha toshlariga urilib uchqun chiqaradi. Havodan yomg‘ir hidi keladi, mayin shabada esadi. Mavlono Fazliddin bahor kirganini, qal’a ichidagi bog‘chalarda o‘rik va bodom gullaganini esladi va atrofiga sinchiklab qaradi, ammo bironta oqargan narsa ko‘ziga chalinmadi. Tun butun borliqqa qop-qora parda tortib qo‘ygan edi.
Mavlono Fazliddin mana shu shaharda qurmoqchi bo‘lgan madrasa va saroy tarhini Xonzoda begimga ko‘rsatib, uning maqtovini eshitgan yorug‘ kunlarini esladi-yu, yuragini armon g‘ijimlab o‘tdi. Bobur Samarqandni olgani haqida xabar kelgandan keyin mavlono Fazliddin orzusi endi amalga oshishiga astoydil ishongan edi. Xonzoda begim ham uni bir necha marta o‘z huzuriga chaqirib, bo‘lajak qurilishlarga qayerdan o‘rin tanlash va tayyorgarlik ishlarini qanday boshlash haqida uzoq-uzoq gaplashgan edi.
Arkdan chiqqan otliqlar qorong‘ida tusmol bilan qal’aning Mirzo darvozasi tomonga borar ekanlar, mavlono Fazliddin oldinda xomush ketayotgan Xonzoda begimning o‘sha suhbatlar paytidagi ma’sum va shod qiyofasini eslay boshladi.
Odatda Xonzoda begim uni kanizlari bilan istiqomat qiladigan olti xonalik sirkor uyning tashqi bo‘lmasida qabul qilar edi. Begim erkaklar bilan gaplashganda maxsus ishlangan ipak pardaning ortida o‘ltiradi. Loyihaning ba’zi joylarini so‘z bilan izohlash mushkul bo‘lib qolsa, Xonzoda begim oradagi pardani ochib:
— Qani, gumbaz bilan minoralar orasida nelar bo‘lur? — deb so‘raydi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:39:34
Ular ikkovi ikki tomondan qog‘oz ustiga engashganlarida goh nafaslari bir-birlarinikiga qo‘shilib ketganday bo‘ladi. Mavlono Fazliddin O‘shda, qoyatosh ustida bi-rinchi marta boshdan kechirgan ajoyib tuyg‘u yana borlig‘ini mast qiladi. U ishdan boshqa narsa haqida gap ochishga qo‘rqadi, atroflarida yuradigan kanizlarga hayajonini sezdirmaslikka tirishadi. Qutlug‘ Nigor xonim duch kelib qolsa, egilib ta’zim qilish bilan ko‘zini undan yashiradi. Biroq so‘nggi marta uchrashganlarida Xonzoda begimning o‘zi to‘satdan:
— Mavlono, nechun shu yoshgacha uylanmagansiz?— deb so‘rab qoldi.
Qiz asilzodalarga xos bir nazokat bilan o‘zini erkin tutib kulimsirayotgan bo‘lsa ham, ko‘zining hayodan yaltillab ketganini mavlono Fazliddin payqadi. Mavlono siri ochilib qolishidan qo‘rqib, hazil bilan qutulmoqchi bo‘ldi:
— Begim, faqir dunyodan toq o‘tmoqchimen.
— Menga o‘xshabmi?
— Yo‘q, begimning toq o‘tishlariga aqlim bovar qilmaydir.
— Ne sababdan?
— Axir siz... bu dunyoda... ne-ne shahzodalar, asilzodalar bor.
— Bo‘lsa bordir. Ammo mavlono o‘zlari bilgan shahzodayu asilzodalarning qaysi biriga... meni munosib ko‘rurlar?
— Agar bo‘lsa, faqat Farhodni sizga munosib ko‘rur edim.
— Nechun faqat Farhodni?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:39:56
Mavlono javob topolmay taraddudlangan edi, Xonzoda begim yana savol berdi:
— Farhod ham sizdek me’moru binokor bo‘lgani uchundir?
— Bunday deyishga faqirning haddim sig‘maydir.
Mavlono ma’yus bo‘lib aytgan bu so‘zlar Xonzoda begimni ham ma’yuslantirib qo‘ydi. U og‘ir tin oldi-da:
— Xudoyim meni nega shoh qizi qilib yaratdi ekan?— dedi. — Men ham faqir bir qiz bo‘lsam, baxtimni topishim balki osonroq bo‘lur edi...
Mavlono Fazliddin begimning bu so‘zlarini har eslaganda ko‘ngli bir daraja ko‘tariladi. Demak, Xonzoda begim uning muhabbat dardini biladi. Biladigina emas, balki o‘z qalbida unga hamdardlik ham sezadi. Shoh qizi bilan oddiy me’mor orasidagi tog‘day farqlar begimni ham ezadi. Agar Xonzoda begim unga astoydil ko‘ngil bersa, mavlono bu to‘siqlarni yengib o‘tishi mumkin emasmikan? O‘shda qurgan kichik bir hujrasi uchun Bobur mirzo uni shunchalik e’zozlagan edi. Endi agar bu vodiyda katta obidalar qursa, mavlononing obro‘si ba’zi asilzodalarnikidan kam bo‘lmasligi mumkin. Bobur tanti yigit, opasini yaxshi ko‘radi. Balki ularga marhamat ko‘rsatar. Bundan qat’i nazar, mavlononing mehriga Xonzoda begimning qarshi emasligi, u bilan uchrashib turishga mayli borligi — mana shuning o‘zi ham mavlononing qalbini haroratli, yorug‘ tuyg‘ularga to‘ldirib yurar edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:40:08
Biroq Andijon qamalda qolgandan keyin mavlono¬ning orzu-umidlarini mana shu tun kabi qorong‘i zulmat o‘z qa’riga tortib ketdi. Barcha loyihalari keraksiz qog‘ozga aylandi. Mavlono Fazliddin urushni ham, navkarlikni ham butun vujudi bilan yomon ko‘rar edi. Biroq bugun arkka borib Samarqanddan kelgan yomon xabarni eshitdi va Xonzoda begimning qurollanib chiqayotganini ko‘rdi-yu, loqayd qarab turolmadi. Bu mushkul vaziyatda titrab-qaltirab, taqdir zarbasini kutib o‘tirgandan ko‘ra, qurol bilan himoyaga chiqish yaxshiroq ekanini sezib, umrida birinchi marta beliga qilich taqdi. Mana, hozir vahimali qorong‘ilikda suv quyganday jimib yotgan shaharni oralab borar ekan, bir necha qadam oldinda Xonzoda begim ham ketayotgani, mavlono uni shu navkarlar qatori himoya qilishi mumkinligi ko‘ngliga bir qadar taskin berardi.
Ular Mirzo darvozasiga yaqinlashganlarida qal’a tashqarisida birdan karnay va naqora chalingani, yuzlab navkarlarning qichqiriqlari eshitildi. Xonzoda begim orqaga o‘girilib:
— Yog‘iy darvozani ochmoqchi! — dedi-yu, otining boshini qo‘ydi. Boshqalar uning ketidan ot choptirishdi.
Yovning bir qism kuchlari Mirzo darvozasi qarshisida g‘avg‘o ko‘tarib, qal’aga yonib turgan o‘qlar otayot-gan paytda boshqa bir guruh navkarlar qal’aning pana tomoniga narvon qo‘yib, sekin chiqib kelmoqda edilar. Devor shinaklaridan birida o‘tirgan qorovul yigit buni sezib qoldi-yu, darvozaxona tepasida mash’ala yorug‘ida odamlarga  ish  buyurib  turgan Xo‘ja Abdullaga qichqirdi:
— Pirim, yog‘iylar bu yoqda narvon qo‘yib chiqmoq¬dalar! Narvon!!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:41:13
Xonzoda begim navkarlari bilan o‘sha qorovul turgan joyga borib otdan tushdi. Navkarlardan biri mash’ala yoqdi. Uning yorug‘ida devorga chiqiladigan zinapoya ko‘rindi. Mavlono Fazliddin devor tepasidagi xatarga Xonzoda begim hammadan avval ro‘baro‘ bo‘lishidan qo‘rqdi-yu, zinapoyaga birinchi bo‘lib qadam qo‘ydi. Shinakka yetganlarida begimning qo‘lidagi mash’alasini oldi:
— Ehtiyot bo‘ling, begim, yog‘iyga ko‘rinmang!
Devorga tashqaridan qo‘yilgan keng narvonlarning uchlari xiyol chiqib turar edi. Yordamchilar yetib kelganidan dadillangan boyagi qorovul yigit narvonlardan birini ikki qo‘llab itarib, ag‘darib tashlayotgan paytda pastdan zarb bilan otilgan yoy o‘qi uning ko‘kragiga qadaldi. Bechora yigitni ushlab qolishga ulgurolmadilar— narvon bilan birga qal’adan tashqariga uchib ketdi.
Shinak atrofiga qirrali toshlar tayyorlab qo‘yilgan edi. Xonzoda begim shu toshlardan birini ikki qo‘llab oldi-yu, pastga otdi. Boshqa navkarlar ham narvon qo‘yilgan joyning pastini mo‘l tosh ota boshladi. Pastda eshitilgan dod-voylar va ingrashlarga qaraganda, bu toshlar mo‘ljalga tegmoqda edi.
Shu payt qal’aning narigi chetida — Xakan darvozasi tomonda qo‘shkarnaylarning g‘at-g‘ati, tabl va naqora tovushlari, allakimlarning g‘olibona qichqiriqlari eshitildi. Mavlono Fazliddin shovqin kelayotgan tomonga quloq solib turib qo‘rqib ketdi. Bu galgi g‘avg‘o shahar ichida ko‘tarilmoqda edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:41:27
— Begim, quloq soling! Yog‘iy qal’aga kirganmi?
Shahar ichidan bu tomonga yopirilib kelayotgan shovqindan Xonzoda begim ham seskanib ketdi. Pastdan No‘yon Ko‘kaldosh jon-jahdi bilan qichqirdi:
— Begim, xiyonatchilar Xakan darvozasini yog‘iyga ochib bermishlar. Tezroq arkka qayting! Arkka!
No‘yon ot choptirgancha Mirzo darvozasi tomonga o‘tib ketdi. Xonzoda begim zinapoyadan pastga chopib tushar ekan, mavlono Fazliddin qo‘lidagi mash’ala bilan uning izidan yugurdi. Otga minganlaridan keyin Xonzoda begim:
— Mash’alani tashlang! — deb buyurdi.
Mash’ala mavlononi yov o‘qiga nishon qilib berishi mumkin edi. Mavlono Fazliddin yonib turgan mash’alani yerga tashladi-yu, begim bilan birga arkka qarab ot choptirib ketdi.
Ammo ular arkka yaqinlashganlarida bir necha yuz otliqlar oldilaridan qirqib chiqdilar va darvoza yo‘lini to‘sib qo‘ydilar. Qurolli otliqlar orasida mash’ala ko‘targan navkarlar ham bor edi. Mash’ala yorug‘ida beliga oltin kamar bog‘lagan, dubulg‘a va jiba kiygan Ahmad Tanbal ko‘rindi-yu, mavlono Fazliddinning borlig‘i muzlab ketganday bo‘ldi. Tanbalning qo‘shini Xonzoda begimni va uning navkarlarini darhol qurshovga oldi. Ahmad Tanbal yonidagi navkarga sho‘x tovush bilan gapirdi:
— Mash’alani yaqinroq tut! Ie, Xonzoda begimmilar? Ko‘zlarimga ishonmaymen! Begim, bu ne hol? Nechun mardona kiyim kiyibsiz?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:41:38
— Nomardlar ko‘payib ketgani uchun mardona ki-yindim!
Tanbal bu istehzoni o‘ziga olgisi kelmay kuldi:
— Qo‘rg‘onda mardlar qolmagan bo‘lsa, mana, biz keldik, begim!
Tanbalning ketida turgan Uzun Hasan bu gapni yoqtirib xaxoladi. Mash’ala yorug‘i beklar orasida ayanchli kulimsirab turgan ko‘sanamo Ali Do‘stbekka tushdi. Bobur Andijonni mana shu odamga ishonib topshirib ketgan edi. Ali Do‘stbek esa Boburni o‘lim to‘shagida yotipti, deb eshitib undan umidini uzgan edi. Boya Tanbalning qo‘shini Mirzo darvozasining oldida jo‘rttaga g‘avg‘o ko‘targan, devorga narvon qo‘yib chiqmoqchi bo‘lganlar ham himoyachilarni ataylab chal-g‘itgan edi. Ahmad Tanbal bilan til biriktirgan Ali Do‘stbek bugun mana shu to‘polon paytida qal’aning narigi chetidagi Xakan darvozasini yovga sekingina ochib  bergan  edi.  Xonzoda  begim buni endi fahmladiyu, Do‘stbek bilan Ahmad Tanbalga nafrati oshib, jirkanib ko‘z tashladi:
— Sizlarmi mardlar?! Sizlar uchun mardlik bilan xoinlikning farqi qolmadimi?! Kechagina Bobur mirzoga sodiqmiz, deb qasamyod etganlar bugun unga shunchalar yomonlik qilmoqdasiz! Men aminmen: ertaga siz Jahongir mirzoga ham xiyonat qilursiz!
Ahmad Tanbal qilichining sopini changallab:
— Haddingizdan oshmang, begim! — dedi. — Bobur mirzo adolatsizlik qildi. Samarqand olingandan keyin Andijon Jahongir mirzoga berilmog‘i kerak edi. Bobur mirzo bermadi! Biz adolat uchun jang qilib, mana bugun g‘alabaga erishdik! Ammo siz sharmu hayoni unutib, nechun bizni bunchalik haqorat qilmoqdasiz? Shoh qiziga yarashmaydigan bu qiliqni sizga kim o‘rgatdi? Yoningizdagi mullocha o‘rgatdimi?!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:41:48
Ahmad Tanbalning g‘azabli ko‘zlari mavlono Fazliddinga qadaldi. Mavlono Fazliddin ham uning ko‘zlariga ko‘zini qadab gapirdi:
— Begim sharmu hayodan sizu bizga saboq berishga qodirlar! Begimning haq so‘zlarini faqat qalloblar haqorat deb tushunurlar!
— Kim qallob? — deb Ahmad Tanbal qilichini sug‘urib, mavlonoga qarab ot choptirdi. Shunda Xonzoda begim otini niqtab uning yo‘lini to‘sib chiqdi:
— Ilmu hunar ahliga tig‘ tortish uyat!
Ikkovining otlari bir-biriga urilib, ayqashib ketdi. Ahmad Tanbal qilichini havoda o‘ynatar ekan:
— Begim, bu mullochani ma’shuqalardek himoya qilishlari uyat emasmi? — dedi. — Biz maxfiylardan eshitgan edik, ammo loyiha chizish bahonasi bilan bu mullocha begimni nechog‘lik rom qilganini bilmas ekanmiz!
Ko‘pchilik oldida Ahmad Tanbal Xonzoda begim¬ning nomiga dog‘ tushirmoqchi bo‘lgani Xonzoda begimni shunchalik g‘azablantirdiki, u belidan xanjarini sug‘urdi:
— Meni badnom qilolmaysen, alamzada xoin! — deb, bor kuchi bilan Tanbalning ko‘kragiga tig‘ urdi. Xanjar Ahmad Tanbalning to‘ni tagidan kiygan zirhli jibasiga tegdida, jaranglab, sirg‘anib ketdi. Ahmad Tanbal qilichini Xonzoda begimning tepasida sermadi. Qilich zarbidan Xonzoda begimning boshidagi bo‘rki uchib ketdi-yu, uzun sochlari yoyilib yelkasiga tushdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:42:01
Shu payt orqadan o‘n to‘rt yoshli Jahongir mirzo bir to‘p mulozimlari bilan kelib qoldi. Buni ko‘rgan Do‘stbek Ahmad Tanbalni ogohlantirdi:
— Ahmadbek janoblari, bas, bo‘ldi!
Xonzoda begim o‘gay bo‘lsa ham har qalay, Jahongir mirzoning opasi edi, shoh qizini ko‘pchilikning oldida sazoyi qilishga yo‘l qo‘ymas edi. Ahmad Tanbal Jahongir mirzo tomonga otini burdi va o‘zini oqlamoqchi bo‘lib gapirdi:
— Bu qanday hol, amirzodam? Nahotki egachingiz sizga qarshi qurol ko‘tarib chiqsa? Yonlaridagi fitnachi me’mor egachingizni yo‘ldan urmish, amirzodam!
— Mavlono Fazliddin sizdek xiyonatchi bekdan ming hissa sofdil, ming hissa olijanob! — dedi Xonzoda begim.— Mavlononing me’morlik san’ati Andijonning iftixori bo‘lishi mumkin edi. Ammo sizdek qonxo‘rlar uning orzularini uvol qildingiz! Ilohim shu orzularning uvoli tutsin sizni!
Xonzoda begim so‘nggi so‘zlarini yig‘lab aytdi-yu, otini qamchilab, ark darvozasiga qarab intildi. Biroq darvozani devordek to‘sib turgan navkarlar unga yo‘l bermadilar. Begim yoshli ko‘zlar bilan orqaga — mavlono Fazliddinga o‘girilib qaradi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:42:12
Mavlono Fazliddin belini paypaslab, qilichining sopini topdi-da, uni qinidan uquvsizlik bilan sug‘urib olib, Xonzoda begimning yo‘lini to‘sgan navkarlarga qarab in-tildi. Ammo Ahmad Tanbalning otliq navkarlari mavlono Fazliddinning yo‘lini to‘sib chiqdilar. Ikkitasi mavlono mingan otni jilovidan ushlab to‘xtatdi. Biri og‘ir cho‘qmor bilan mavlononing bilagiga urib, qilichini qo‘lidan tushirib yubordi.
Bu orada Jahongir mirzoning ishorasi bilan narigi navkarlar Xonzoda begimga yo‘l bergan edilar. Begim yolg‘iz o‘zi ark darvozasidan ot qo‘yib o‘tar ekan, yana orqaga o‘girilib qaradi. Navkarlar yana devordek bo‘lib, darvoza yo‘lini to‘sib olgan edilar. Mavlono Fazliddin yov qo‘lida qolganini sezgan begim o‘kirib yig‘ladi.
Uning yig‘isiga faqat darvozaxona shifti bo‘g‘iq bir nido bilan javob berdi, xolos.
Tanbalning odamlari mavlono Fazliddinni otdan tortib tushirdilar va qo‘lini orqasiga bog‘lab, piyoda haydab ketdilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:42:24
2

Cho‘qmor zarbidan jarohatlangan bilagi qattiq og‘riyotganini mavlono Fazliddin qorong‘i bir hibsxonada yolg‘iz o‘zi qolganda sezdi. Uni Andijonning Chaqaridagi tosh istehkom ichiga, o‘lim jazosini kutadigan mahbuslar hujrasiga qamab, eshigini tashqaridan qulflab oldilar. Bu bilan ham qanoat qilmay eshik oldiga ikkita soqchi qo‘yib qo‘ydilar. Boya ark darvozasi oldida Ahmad Tanbal bilan Jahongir mirzoning o‘zaro gaplaridan mavlono Fazliddin shuni aniq sezdiki, uni shoh qiziga tama qilishda va oliy zotlarga beadabona muno¬sabatda bo‘lishda ayblab, ertaga toshbo‘ron qilib o‘ldir¬tirmoqchilar. Shu bilan Ahmad Tanbal Xonzoda begimni ham badnom qilib, bir alamdan chiqsa kerak. Bobur va uning tarafdorlari xalq orasida yomonotliq bo‘lishlaridan Jahongir mirzo va uning onasi Fotima Sulton begim ham manfaatdor edilar, bu bilan ular Andijon taxtini narigilardan tortib olib to‘g‘ri ish qilganlarini isbotlaganday bo‘lardilar.
Rutubatli zax hujrada qorong‘ilikka tikilib o‘tirgan mavlono Fazliddin orqasiga bog‘langan qo‘llarini beliga bosib, bilagining og‘rig‘ini to‘xtatmoqchi bo‘lar, lekin og‘riq pasayish o‘rniga tobora zo‘rayar edi. Bu hali birgina cho‘qmorning zarbi... Ertaga uning ustiga do‘lday yog‘iladigan toshlarning og‘rig‘i qanchalik dahshatli bo‘larkin? Mavlono buni ko‘z oldiga keltirganda eti junjikib, o‘rnidan turib ketdi. Go‘yo u hozir hibsxonada emas, bir-biriga qarab qulayotgan ikki tog‘ning oralig‘ida turibdi-yu, endi har ikki tomondan uchib tushgan qo¬yatoshlar uni ezib majaqlashi kerak. Mavlono bu balodan qutulmoqchi bo‘lganday eshikka tomon intildi. Yelkasini yopiq eshikka urib, jon-jahdi bilan qichqirdi:
— Oching! Oching deyman! Oching!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:42:36
Kutilmagan bu qichqiriqdan cho‘chib tushgan bir soqchi qahr bilan so‘radi:
— Jin urdimi? Ne gap?
— Ilkimni yechinglar! Jonim kerak bo‘lsa ertaga olursiz! Ilkim jarohatlangan! Yechib qo‘yinglar!
Soqchilar bu yerda poyloqchi bo‘lib o‘tirganlaridan juda asabiy edilar. Chunki hozir boshqa g‘oliblar Bobur tarafdorlarining molu mulklarini talon-toroj qilib boyimoqda edi. Tun yarmidan oqqan bo‘lsa ham Andijonning ko‘chalari va hovlilaridan otlarning du-puri, itlarning vangillashi, ayollarning dod-voyi, bemahal qo‘zg‘atilgan sigir va qo‘ylarning ma’rashi eshitilmoqda edi. Bu yerda qolgan soqchilar qanchalik ko‘p o‘ljalardan mahrum bo‘layotganlarini mana shu tovushlardan payqab, ich-etlarini yeb o‘tirar edilar. Buning ustiga mahbusning asabiy gaplari qo‘shilib, ularning jahlini chiqardi. Xirillagan ovozga qaraganda yoshi anchaga borib qolgan bir soqchi:
— Ilki jarohatlangan emish-a! — dedi. — Ertaga asfalasofilinga ketadigan haromi, bugun ilkingni o‘ylab nima qilasen?
Eshik ortidagi mahbusning nafrat bilan:
— Jallodlar! — degani eshitildi.
Xirilloq soqchi o‘rnidan sapchib turib do‘q qildi:
— Jim yot, o‘laksa! Hozir kirib, bir jarohatingni o‘nga yetkazamen!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:42:55
«Qanday kunlarga qoldim? — dedi mavlono o‘ziga-o‘zi. — Odamzod shunchalik shafqatsizmi?» O‘lim shunchalik naqd ekan, bugun mana bu maxluqlardan gap eshitib, ertaga tosh-bo‘ronda xor bo‘lib o‘lgandan ko‘ra, Tanbal bilan olishib, qo‘lida qilichi bilan jon bergani yaxshi emasmidi? Boya Xonzoda begimning oldida mavlono shunga qodir edi-ku! Nega taqdir uni shundan ham mahrum qildi?
Tashqarida ot taqasining hovli toshlariga urilib qarsillagani eshitildi.
— Kim keldi? To‘xta!
Hovliga kirib kelgan uch otliqdan biri:
— Xo‘ja Abdulla, mavlono qozi yosh podshohning farmoyishi bilan keldilar! — dedi.
Kelganlar birin-ketin otdan tushdilar. Ikki soqchi uzun nayzalarini ularga to‘g‘riladilar:
— Farmoyishni avval o‘nboshiga ko‘rsatmoq kerak!— dedi xirilloq soqchi.
Uning tepasida xiragina fonus yonib turar edi. Malla chakman kiygan Xo‘ja Abdulla soqchilarning nayzasiga qarab kelar ekan:
— O‘nboshini topolmadik! — dedi. — Nechun bu yerda sizlardan boshqa hech kim yo‘q?
Yoshroq soqchi alamli tovush bilan:
— Boshqalar o‘ljaning ketidan quvib ketgandir-da, — dedi.
Xo‘ja Abdulla qo‘lida o‘ram qilingan qog‘oz bilan ikki soqchining nayzalari qarshisiga kelib:
— Unday bo‘lsa farmoyishni siz bajarmog‘ingiz kerak, — dedi. — Oling, o‘qing!
Narigi ikki navkar otlarini devor tagidagi ustunga bog‘lab, o‘zlari Xo‘ja Abdullaning ketidan kelmoqda edilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:43:14
— Sizlar o‘sha joyda to‘xtangiz! — dedi xirilloq soqchi. Navkarlar to‘xtashdi. Xirilloq soqchi nayzasini ko‘tarib, Xo‘ja Abdullaga yo‘l berdi, so‘ng uning qo‘lidagi qog‘ozni ochib ko‘rdi. Qimmatbaho qog‘ozdagi qisqagina yozuv tagiga shohona muhr bosilgan edi. Xirilloq soqchi muhrni chiroq yorug‘iga solib ko‘rdi, ammo o‘qiyolmadi. U chalasavod edi.
— Qani, sen o‘qi-chi, — deb yoshroq soqchiga berdi. Biroq unisi butunlay savodsiz edi. Qog‘ozni qo‘lida aylantirib, Xo‘ja Abdullaga qaradi:
— Pirim, bu qanaqa farmoyish?
— Bu yerda yotgan nobakor juda xatarli mahbus. Uni arkka olib ketmog‘imiz kerak.
Orqada turgan navkarlardan biri qo‘shimcha qildi:
— Mavlono qozi arkda u haromini so‘roq qilmoqlari zarur!
Xo‘ja Abdulla Andijonning eng mashhur qozisi va juda ko‘p mo‘’tabar odamlarning piri ekanini soqchilar ham bilar edilar. Ular Xo‘ja Abdullani bir ko‘rishdayoq tanigan edilaru, ammo uning Bobur tarafida turib jang qilganini eslab ikkilanar edilar.
— Bu o‘zi Jahongir mirzoning farmoyishlarimi?— so‘radi xirilloq soqchi.
— Shubhalansangiz, o‘qib ko‘ring!
— Mahkam saqlanglar, deb buyurgan edilar-da, pirim.
— Mahkam saqlaganlaring shumi? Yuzboshi qani? Nechun faqat ikkovlon qolmishsiz? Bu nobakorning tarafdorlari ko‘plashib hujum qilsa qandoq qilursiz? Yo‘q, buni tezroq arkka olib ketmoq zarur! Eshikni oching!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:44:14
Yosh soqchi keksasiga qarab: «Bu qozi ham endi Jahongir mirzo tomoniga o‘tibdi-da, bo‘lmasa bunchalik jon kuydirarmidi?» — demoqchi bo‘ldi. Biroq unisi hamon ikkilanar-di:
— Biz keyin ne deymiz?
— Siz ikkovingiz hozir biz bilan birga ketursiz! — dedi Xo‘ja Abdulla. — Buni ko‘plashib qo‘riqlab bormasak, oldirib qo‘yishimiz mumkin!
Shundan keyin xirilloq soqchi ham bo‘shashdi. Nayzasini devorga tirab qo‘yib, eshikni ochdi. U ichkariga qadam qo‘yishi bilan Xo‘ja Abdullaning hamrohlaridan biri yosh soqchining boshiga qora bir narsani yopib, o‘zini yerga ag‘anatdi. Ikkinchi navkar xirilloq soqchining boshidagi dubulg‘asiga cho‘qmor bilan qarsillatib urib, uni ichkariga qulatdi-da, ustidan bosib tushdi.
Xo‘ja Abdulla hamrohlariga shivirladi:
— O‘ldirmanglar, uvollariga qolmaylik!
— O‘ldirmasak keyin bular sizni tutib berurlar!
Mavlono Fazliddin jiyani Tohirning ovozini tanib:
— Jiyanim! Tohirjon! — deb qichqirdi.
Qora parda ichida talvasa qilayotgan yosh yigit esa:
— Pirim, shafqat qiling! — dedi. — Pirim! Sizga zinhor yomonlik qilmaymiz! Qutqaring, pirim!
— Bas! —deb shivirladi Xo‘ja Abdulla Tohirga.— Oyoq-qo‘llarini bog‘lasalaring bo‘ldi!
Mavlono Fazliddin Tohir bilan Xo‘ja Abdullaga tomon otildi:
— Ustod!... Jiyanim!.. Najotkorlarim!..
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:47:29
Tohir narigilarning qo‘l-oyog‘ini bog‘lash bilan ovora edi.
— Mavlono Fazliddin, qanisiz? — dedi Xo‘ja Abdulla.
Xo‘ja Abdulla mavlononi bag‘riga bosar ekan, uning qo‘li bog‘liq ekanini sezdi-yu, quchog‘idan qo‘ymay eshikdan tashqariga olib chiqdi. Fonus yorug‘ida belidan xanjarini olib, mavlononing qo‘li bog‘langan ola chilvirni kesib tashladi.
Tohir sherigi bilan narigi ikki soqchini ichkariga qamab, eshikni qulfladi-da, tog‘asining quchog‘iga otildi.
— Jiyanim, xudo seni qaydan yetkazdi?
— Boya Samarqanddan chopar bo‘lib keldim!
— Bobur mirzo sog‘milar?
— Ha, tuzalib qoldilar. Yordamga yetib kelmoqchilar!
— Andijon qo‘ldan ketganini bilurlarmi?
— Hali bilmaydilar-da!..
Xo‘ja Abdulla ularga shipshidi:
— Endi jim!
Tohir tog‘asini otiga mingashtirib oldi. Chaqardan sekin chiqib, qal’aning ovloq bir chetiga qarab ketdilar. G‘oliblar hovlilarda hamon talon-toroj bilan band edilar. To‘rtovlon uch otda qal’a devorining tagiga keldilar. Endi hamma himoyachilar tarqab ketib, devor atrofi huvillab qolgan edi.
— Mana shu yerda oshib o‘tishga qulay joy bor, — dedi Xo‘ja Abdulla.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:47:37
Hammalari otdan tushdilar. Tohirning sherigi hurjunidan o‘ram qilingan arqon oldi. To‘rtovlon maxsus zinapoyadan devor tepasiga chiqqanlarida Xo‘ja Abdulla mavlono Fazliddinga yondashdi:
— Mavlono sizni darvozadan otliq chiqarish xatarli. Tanib qolurlar.
— Minnatdormen, ustod!
Xo‘ja Abdulla qo‘ynidan bir narsa olib, mavlononing qo‘liga tutqazdi. Bu — ichi oltinga to‘la og‘irgina charm hamyon edi.
— Buni sizga xonim hazratlari berib yubordilar,— dedi Xo‘ja Abdulla.
— Voqeadan xonim hazratlari ham xabar topdilarmi?
— Hazrat xonim yig‘lab mendan iltimos qildilar. Ahmad Tanbal siz orqali begimu xonimlarni sharmisor qilmoqchi ekan. Ammo biz tirik bo‘lsak, Bobur mirzo¬ning oilasiga ham, muborak nomiga ham dog‘ tushurmagaymiz!
Mavlono hamyonni olib qo‘yin cho‘ntagiga solar ekan:
— Men to‘g‘ri Bobur mirzoning huzurlariga yo‘l olurmen! — dedi.
— Mavlono, — dedi Xo‘ja Abdulla ma’yus tovush bilan. — Biz xonim hazratlari bilan sizga boshqa bir maslahat bermoqchi edik.
Andijonda arab tilini Xo‘ja Abdullachilik yaxshi biladigan odam yo‘q edi. Bir vaqtlar mavlono Fazliddin ham shu odamdan arab tilidan saboq olgan edi va shundan beri uni ustod deb atar edi:
— Qanday maslahat bo‘lsa bosh ustiga, ustod!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:47:45
— Samarqandga Tohirbek borurlar.
— Men tog‘amni birga olib ketsam-chi? — dedi Tohir.
— Yo‘q, Tohirbek, siz choparsiz. Balki Bobur mirzo Samarqandni tashlab chiqqandirlar... Mavlono, sizning noyob iste’dodingiz bor. Siz o‘zingizni ehtiyot qilmog‘ingiz kerak. Movarounnahrdagi bu fatoratlar* hali-beri bosilmasa kerak. Mavlono, siz bir vaqtlar Hirotga ketish fikringiz borligini aytgan edingiz. Endi shu fikrni amalga oshiradigan payt keldi.
Hirotga bir marta borib kelgan mavlono Fazliddin notinch o‘lkalardan oylar davomida yurib o‘tiladigan behad mashaqqatli yo‘llarni ko‘z oldiga keltirdi-yu, yuragini g‘am bosdi. Jarohatli qo‘lining og‘rig‘i boya esidan chiqqan ekan, endi bu og‘riq yangi bir kuch bilan qaytib keldi. Mavlono og‘riyotgan bilagini changallab:
— Men vatanni qanday tark etay, pirim? — dedi.
— Hozir Alisher Navoiy yashab turgan Xuroson ham bizga vatan emasmi, mavlono?
— Vatan, albatta... Ammo men... balki qaytib kelolmasmen. Kulbamda kitoblarim, loyihalarim qolgan, Tohir jiyan!..
— Hoziroq qaytib borib, barchasini yashirtirib qo‘yurmen, xotirjam bo‘ling, mulla tog‘a!
Mavlono Fazliddin Xonzoda begimni endi umrbod ko‘rolmasligini oldindan sezayotganday yuragi uvushdi. Xo‘ja Abdulla bilan Qutlug‘ Nigor xonim uni Hirotga jo‘natayotganlarining bir sababi, mavlono bilan Xonzoda begim orasidagi nozik munosabat va shunga oid pastu baland gaplar edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:48:23
Mavlono Hirotga ketishi bilan Xonzoda begim atrofida bo‘layotgan gaplar tezroq bosilishi mumkin edi. Mavlono shuni o‘yladi-yu:
— Mayli, ustod, — dedi. — Men Bobur mirzoning nomlarini pok tutish uchun har ishga tayyormen. Ammo bir iltimos: xonim hazratlariga ayting, yolg‘on ovozalarga ishonmasinlar. Xonzoda begim halolu pokizalikda benazirlar!
— Siz ham shundaysiz, mavlono, men bilurmen. Biz bunga ishonmaganimizda, jonimizni garovga qo‘yib, boyagi soqchilarni aldab yurmas edik. Men umrimda shunday ishlar qilurmen, deb hech o‘ylamagan edim. Mana, Tohirbek menga dalda berdi. Ammo yog‘iylar¬ning g‘alamisligi ham kishini majbur qilar ekan!
— Sizlar menga yangidan jon ato qildilaringiz, ustod! Endi o‘zingiz ham ehtiyot bo‘ling! Jiyanim, sen ham!..
— Rost, pirim ham Andijondan uzoqroq ketsalar, bexavotir bo‘lur edik! — dedi Tohir.
— Hammamiz ketsak, xonimu begimlarga kim madad berur? — dedi Xo‘ja Abdulla. — Sho‘rlik mushtiparlar hozir meni kutib o‘tirgan bo‘lsalar kerak.
Osmonning sharq tomonidan bir parchasi xiyol oqarib kelmoqda edi. Mavlono Fazliddin shuni ko‘rib, arqonni beliga bog‘lay boshladi.
— Nasib bo‘lsa hali yana ko‘rishurmiz, mulla tog‘a!
— Tohir, jiyanim, mening tarhlarim... chizgan suratlarim yo‘qolib ketmasin. Sen harbiy odamsen, asrashing qiyin. Shuning uchun iloji bo‘lsa hammasini Xonzoda begimga bergin.
— Bajonidil!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:48:35
— Men bu iltimosingizni Xonzoda begimga ham yetkazurmen! — dedi Xo‘ja Abdulla.
Ular quchoqlashib xayrlashdilar. So‘ng mavlononi beliga bog‘langan arqon yordamida o‘n bir gazli devordan pastga tushirdilar.
Mavlono tong yorishganda Quvaning yo‘liga chiqib oldi.
Ammo qo‘rg‘on ichida qolgan Xo‘ja Abdulla ertasi kuni choshgoh paytida Xakan darvozasining yaqinida turadigan bir muridining hovlisida yashirinib o‘tirganda Ahmad Tanbalning odamlari uni qo‘lga tushirdilar. Chaqarda qo‘li bog‘liq yotgan soqchilar qattiq siquv ostida mavlono Fazliddinni kim ozod qilganini Ahmad Tanbalga aytgan edilar.
Ahmad Tanbal Xo‘ja Abdulla tutilgan joyga ot choptirib kelganda ko‘chani odam tutib ketgan edi. Qo‘li orqasiga bog‘langan ko‘ylakchan Xo‘ja Abdulla qurolli navkarlar qurshovida sekin yurib bormoqda edi. Uning oyoqlaridan mador ketgan, rangi o‘chgan. Oq sallasi va ko‘ylagining oqligi o‘siq soqolini odatdagidan qoraroq ko‘rsatar edi.
Xaloyiq Ahmad Tanbalga yo‘l berib chetlandi. Xo‘ja Abdullani haydab borayotganlar to‘xtadilar. Ahmad Tanbal ham otini jilovidan tortib to‘xtatdi:
— Ha, aldamchi pir! — dedi. — Bizga shuncha yog‘iyliklar qilganingiz ozmidi, endi soqchilarni aldab, haromi mullochani ham qochiribsiz!
— Men bir begunoh hunarpeshani adolatsiz o‘limdan qutqardim, xolos!
— Soqchilarga yolg‘on muhrlar ko‘rsatishga uyalmadingizmi, aldamchi pir?!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:48:49
O‘nlab ko‘zlar Xo‘ja Abdullaga tikildi. Agar Xo‘ja Abdulla Tanbaldan qo‘rqib, sarosimaga tushsa, o‘zini yo‘qotib qo‘ysa, gunohi bo‘yniga tushganday ko‘rinishi mumkin edi. Shuni o‘ylab, Xo‘ja Abdulla iloji boricha dadil gapirishga tirishdi:
— Men soqchilarga Bobur mirzoning muhrlarini ko‘rsatdim. Chunki Bobur mirzoni Andijonning yagona podshosi deb bilurmen!
— Sen, imonsiz, muridlaringni yana aldamoqdasen! Bobur mirzo Samarqandda vafot etgan. Hozir toju taxt Jahongir mirzoniki!
— Musulmonlar, bu gapga ishonmang! Alhamdulilloh, Bobur mirzo tiriklar! Andijonga yana kelurlar!
— Yolg‘on! Xaloyiq, sizdek muridlarini aldab yurgan, aybini yashirmoq uchun iflos bir haromini bizdan qochirgan bu imonsiz pir toshbo‘ron qilib o‘ldirilishi kerak! Tosh oting bunga! Savobtalab bo‘lsangiz tosh oting!
Ahmad Tanbal egar ustidan uloqchilarga o‘xshab pastga engashdi-yu, uzun qo‘li bilan yerdan mushtday bir toshni oldi. So‘ng qaddini tiklab, toshni Xo‘ja Abdullaga qarab otdi. Xo‘ja Abdullaning keng ko‘kragiga «to‘p» etib tekkan tosh oq ko‘ylakda changli iz qoldirib, yerga yumalab tushdi. Og‘riqdan Xo‘ja Abdullaning ko‘zlari yoshlandi, nafasi qaytdi. Navkarlardan ba’zi birlari ham yerga engashib tosh qidirayotganini ko‘rgan Xo‘ja Abdulla nafasi titrab:
— Musulmonlar! — dedi va hamon jim turgan xalo¬yiqqa tikildi. Ularning orasida yigirma besh yoshlardagi gardani yo‘g‘on bir yigitni ko‘rdi-yu, bir vaqtlar yolg‘on ovoza tarqatishda ayblanib o‘ldirilgan mirob Darvesh govni esladi. Bu yigit o‘sha mirobning o‘g‘li edi. Xo‘ja Abdulla o‘shanda yosh Boburga bir og‘iz: «Buni qatl ettirmang!» — desa, ehtimol mirob hali tirik yurar edi. Xo‘ja Abdulla o‘shanda Ahmad Tanbalga o‘xshash bek-larning ko‘ngliga qarab Darvesh govni qutqarib qololmagani endi qalbida armon qo‘zg‘adi. Hozir o‘zi ham o‘sha mirobning ahvoliga tushdi-ku! Nechun o‘shanda loqa¬yd¬lik qildi? Mirobning o‘g‘li otasining qasdi uchun Xo‘ja Abdullaga tosh otsa, balki haqli bo‘lar!.. Lekin begunoh me’morni qutqarib, o‘zi baloga qolayotgan Xo‘ja Abdullaga hech kim tosh otmadi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:48:56
— Musulmonlar! — kuyunib takrorladi Xo‘ja Abdulla. — Men adolat yo‘lida jon berishdan qo‘rqmaymen! Adolat kim tomonda — shuni bir o‘ylab ko‘ringlar. Inini og‘aga dushman qilganlar kimlar? Yaxshilarga baxil¬ligi kelib, poyiga bolta urayotganlar kimlar? Bu qora kunlarni boshimizga solganlar kimlar?!
— Sen o‘zing! — deb qichqirdi Ahmad Tanbal.
— Men Bobur mirzoga kichikligidan ilm o‘rgatdim, lison o‘rgatdim, men uni odil podshoh bo‘lishga undadim, Movarounnahr yana birlashsinu yurt ichki urushlardan qutulsin, dedim. Bobur mirzo mardona ishlar qilib, Samarqand bilan Andijonni birlashtirganda men ezgu orzularimga yetganday suyungan edim. Hayhot, mamlakat yana parchalandi. Yurt vayron bo‘ldi! Xaloyiq, agar meni o‘ldirish bilan mushkulingiz oson bo‘lsa, mayli, o‘ldiring!
— Toshbo‘ron qiling! — buyurdi Ahmad Tanbal xaloyiqqa.
Odamlar to‘pining orqarog‘idan yig‘lamsiragan tovush eshitildi:
— Shayxulislom fatvo bermaguncha toshbo‘ron qi¬lishga haqqimiz yo‘q!
Keksa bir kishi:
— Pirning qarg‘ishidan qo‘rqamiz! — dedi.
Navkarlar ham qo‘llaridagi toshlarini Xo‘ja Abdullaga otishga jur’at etolmay, Ahmad Tanbalga qaradilar. Ahmad Tanbal yuzboshiga buyurdi:
— Unday bo‘lsa, qilichingni ol, kallasini kes! Bo‘yniga tig‘ ur!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:49:02
Barzangiday qop-qora o‘rta yashar yuzboshi kumush sopli qilichini qinidan imillabroq sug‘urdi. Xo‘ja Abdulla unga tikilib, past tovush bilan dedi:
— Mirbadalbek, hushyor bo‘ling, mening qonim yetti pushtingizga sachraydi!
Xaloyiq orasidan qo‘rquv aralash nido eshitildi:
— Pirning qoni tutadi hammamizni!
Yuzboshining qo‘lidagi qilichi qaltiray boshladi. U Ahmad Tanbalga qarab yalindi:
— O‘tinamen, bu ishdan meni ozod qiling!
Ahmad Tanbal unga g‘azab qilib yelkasiga qamchi urdi.
— Seni yuzboshilikdan ozod qilurmen, qo‘rqoq!
Ahmad Tanbal boshqa navkarlariga buyurdi:
— Bu imonsizni darvozaxonaga haydang! Xaloyiq shu yerda qolsin! Kim bizga ergashsa qilich bilan cho¬ping! Ayamang!
Navkarlarning bir qismi Xo‘ja Abdullani darvozaxo¬naga haydab ketdi. Qolgan navkarlar xaloyiqning yo‘lini to‘sib, Xo‘ja Abdullaning ketidan borgani qo‘ymadi.
Oradan yarim soat o‘tgandan keyin Ahmad Tanbal odamlari bilan arkka tomon ot choptirib qaytib ketdi. Shundan so‘ng darvozaxonaga borgan odamlar Xo‘ja Abdullaning shiftdagi yo‘g‘on to‘singa osib o‘ldirilganini ko‘rdilar. Marhumning oq sallasi oyog‘i tagida chuvalib yotardi, bo‘yi esa tiriklik paytidagidan xiyla uzaygan edi. Odamlar uni dordan sekin tushirib oldilar. Kafan o‘rniga sallasiga o‘rab, shahidlardek ko‘mdilar.

_____________
* F a t o r a t — alg‘ov-dalg‘ov.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:49:15
3

Ustma-ust yoqqan bahor yomg‘irlari yo‘llarini balchiq qilib yuborgan. Andijonda yuz bergan dahshatlar xabarini tezroq Samarqandga yetkazish uchun loy sachratib, ot choptirib borayotgan Tohir endi Quvaga yaqinlashdi. Agar Bobur mirzo tuzalgan bo‘lsa-yu, Andijonga ishonib, Samarqandni tashlab chiqsa, ahvol hozirgidan battar bo‘lishi mumkin. Tohir shuni o‘ylab, tagidagi bedovni qistaydi. Ammo ot qanchalik zo‘r va chopqir bo‘lmasin, tizzaga chiqadigan loy uning yo‘lini bog‘laydi, tinkasini quritadi. Chopib kelayotgan ot balchiqqa yiqilib tushadi-yu, qaytib turolmasdan, burnidan qon kelib, jon beradi. Tohir uni yo‘l ustida qoldirib, egar-yuganlarini oladi-yu, Quvadan boshqa ot topadi. Ammo bir kun yurmasdan bu ot ham holdan ketib yiqiladi. Naryoqda Xo‘jand, Jizzax — yana o‘n kunlik yo‘l... Tohir osmonda uchib borayotgan qushlarga havas va armon bilan qaraydi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:49:25
*  *  *

Biroq Tohir qush bo‘lib uchganda ham endi Boburni Samarqanddan topolmas edi. Bobur xastalik to‘shagidan turgan zahoti onasi va ustozini qutqarishga shoshilib, Samarqandni allaqachon tashlab chiqqan edi. Unga kelgan axborotlarga binoan, Andijon qamali hali uzoq davom etishi kerak bo‘lib, bir yilga yetarli zaxira bor edi. Shunchalik abgorligi bilan Samarqand yetti oylik qamalga chidaganda o‘n ikki ming qo‘yi bor Andijon qo‘rg‘oni Xo‘ja Abdulladay dovyurak odam rahbarligida hali besh-olti oy «qilt» etmay turishi shubhasiz tuyulardi. Shu tuyg‘u bilan mingga yaqin odamlarning hammasini Samarqanddan olib kelayotgan Bobur Bulung‘ur va Xaliliya* qishloqlaridan o‘tib, Sangzor daryosiga yaqinlashib qolgan edi.
Og‘ir xastalikdan yaqinda turgan Bobur yana uzlikib qolmasligi uchun uni to‘rt otliq mahofaga o‘tkazganlar, tagiga yumshoq parqular solganlar. Mahofaning eshik va derazalariga osilgan qizg‘ish ipak pardalar yo‘lning o‘nqir-cho‘nqirlarida alanga tillariday muttasil silkinib o‘ynab boradi. Par yostiqqa yonboshlab o‘tirgan Bobur har zamonda bir o‘rnidan qo‘zg‘alib, mahofaning orqa tomonidagi pardani ko‘taradi-yu, uzoqlarga tikilib qaraydi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:49:33
Uning qo‘shinidan besh-olti chaqirim orqada yana bir mahofa kelmoqda edi. Bir talay otliqlar qo‘riqlab borayotgan bu ko‘rkam mahofada Boburning xolasi Mehr Nigor xonim va qallig‘i Oyisha begim safar qilmoq¬dalar. Bobur Samarqandni tashlab ketmoqchi ekanidan Buxorodagi Sulton Ali mirzo allaqachon xabar topgan va poytaxtni darhol egallash uchun Shahrisabzga kelib shaylanib turar edi. Bobur o‘z raqibi Sulton Ali mirzodan yaxshilik kutmas va qallig‘ini uning qo‘li ostida qoldirgisi kelmas edi. Bir vaqtlar Boysunqur mirzodan qattiq jabr ko‘rgan Mehr Nigor xonim va Oyisha begimlar ham endigi xavf-xatarlardan tezroq qutulgilari kelar edi. Hozir ular uchun eng bexatar joy — Toshkent edi. Toshkent xoni Mahmudxon — Mehr Nigor xonimning akasi, Oyisha begimning opasi Roziya Sulton begim ham Toshkentga, Mahmudxonga tushgan. Toshkent yo‘li Jizzaxgacha Andijon yo‘li bilan bir. Mana shu sabablarga ko‘ra  Bobur  xolasi  va qallig‘ini  butun  odamlariyu ko‘ch-ko‘ronlari bilan birga qo‘riqlab olib ketmoqda edi. Faqat urf-odatni buzmaslik uchun kuyov bilan qalliq orasida besh-olti chaqirimlik masofa qoldirib, ikki to‘p bo‘lib bormoqda edilar. Kechqurun Sangzordan o‘tib, ko‘m-ko‘k adirlarda tunash uchun to‘xtaganlarida ham o‘sha masofani saqlab, ikki joyga chodir va o‘tov tikdilar.
Yonbag‘irlarda lolalar ochilgan. Havo nihoyatda yoqimli. Bobur mayin ko‘kat ustiga qadam qo‘yganda o‘zini xiyla yengil sezdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:49:41
Samarqanddan chiqayotganda vujudini zilday bosib yotgan g‘am-g‘ussalar endi asta-sekin tarqab ketayotganday tuyuldi. Poytaxtni shuncha mashaqqatlar bilan olib, oxiri o‘z ixtiyori bilan boshqaga qoldirib ketishi unga so‘nggi yillarda qilgan barcha harakatlarini behuda ko‘rsatib, ta’bini tirriq qilgan edi. Hozir mana bu ko‘klam adirlarda yayrab nafas olar ekan, u onasi va ustozini qutqarish niyatida ketayotganini, bunda bir olijanoblik borligini, qallig‘ini asoratdan qo‘riqlab olib borayotgani ham mardlikdan ekanini o‘yladi-yu, ko‘ngli bir qadar taskin topdi.
Temur darvozasi deb atalgan ulug‘vor tangidan o‘tganlaridan keyin Bobur mahofaning eshigini ochib, miroxo‘r*ni chaqirtirdi.
Miroxo‘r mahofaga jips kelganda:
— B-b-bo‘z o-o-otimni kel-t-t-tiring, — deb buyurdi.
U sog‘ayib ketganday ko‘rinsa ham, ammo hali tilida o‘sha og‘ir xastalikning asorati bor edi. Uning duduqlanib gapirishidan xavotirlangan Qosimbek:
— Amirzodam, ot nechuk kerak? — dedi. — Minmoqchilarmi?
Bobur yana tili tutilishi mumkinligini sezib, tasdiq ma’nosida so‘zsiz bosh irg‘adi-yu, miroxo‘rga: «Aytganimni qiling!» degandek qaradi.
Mahofa yurib bormoqda edi. Miroxo‘r:
— Bosh ustiga! — deb otga ketdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:49:48
Qosimbek orqaroqda kelayotgan tabibni chaqirtirdi. Kalta oq soqolli o‘sha jikkak tabib mahofaga yondashib, Boburdan hali yana uch-to‘rt kun ot minmaslikni iltimos qildi. Ammo Bobur o‘zini yaxshi his qilmoqda edi:
— B-bir-pas otl-liq yuray!
— Tilingizdan kalolat ketmaguncha sabr qiling, amirzodam!
Egar-jabduqlaridagi oltin bezaklari quyosh nurida yalt-yalt qilayotgan bo‘z otni jilovdor yetaklab keldi.
Qosimbek unga:
— Qayt! — dedi-yu, Boburga mahofada tinchgina ketaverishni maslahat berdi.
U bilan tabib Boburning yana uzlikib qolishidan astoydil qo‘rqmoqda edilar. Ammo Bobur otni orqaga yetaklab ketayotgan jilovdorga kulib qaradi-yu:
— Yo‘-yo‘q, otni k-kell-tiring! — dedi.
So‘ng Qosimbekka ham kulimsirab gapirdi:
— X-xa-vo-otir olm-mangiz!
Jilovdor otni yana mahofa oldiga yetaklab keldi.  Mahofa to‘xtadi. Bobur uning zinasiga oyoq qo‘yib, bo‘z otning egaridan oldi-yu, bir sakrab otga mindi. Jilovdor bundan zavqi kelib jilmaydi va jilovning uchini Boburning qo‘liga tutqazdi.
Qosimbek Boburni ortdan sinchiklab kuzatib boradi, agar uning behol bo‘lgani sezilsa, darhol yordamga yetmoqchi bo‘ladi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:49:57
Ammo Jizzaxga yetib bordilar hamki, ot ustidagi Boburning behol bo‘lgani sezilmadi.
Kichikligidan ot minib suyagi qotgan chavandoz so‘nggi kunlarda suvorilikni juda sog‘ingan edi. Mahofaning yumshoq parqullari unga xastalik to‘shagini eslatardi. Tagidagi bo‘z otning sho‘x qadam olishi va sog‘lom bir qudrat bilan o‘ynoqlashi esa Boburning a’zolarida anchadan beri mudrab yotgan yoshlik kuchlarini uyg‘otganday bo‘lardi. U otliq yurgan sari badani  yayrab, bahri-dili ochilib borardi.
Jizzaxdan naridagi ko‘kalam adirlarga o‘tib tunash uchun to‘xtadilar va ikki joyga chodir tikdilar. Boburning bugun otliq yurgani va o‘zini juda sog‘lom sezayotgani haqidagi xabar xolasi bilan qallig‘iga ham yetib borgan edi.
Mehr Nigor xonimning kuyovga xola, ayni choqda, qizga ona ekani sovg‘a-salom yuborish va bordi-keldi qilish uchun qulay edi. Namozshom paytida Mehr Nigor xonimning eshik og‘asi Bobur mirzoga sovg‘a olib keldi: chiroyli zarbof to‘n, oltin kamar, kumush dastali qimmatbaho qamchi. To‘n — Boburning tuzalish shodi¬yonasi. Kamar — «kuyovning beli yana ham baquvvat bo‘lsin», degan tilakni bildiradi. Qamchi — bugun Bobur otliq yurgani tufaylimikin? Yoki «Podshoh otini qamchilab, tezroq Andijonga yetsinu yog‘iylarni savalasin!» degan ma’nosi ham bormikin? Nima bo‘lganda ham Bobur bu sovg‘alardan juda ta’sirlanib ketdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:50:32
Ertaga ular xayrlashishlari kerak. Toshkent yo‘li shimolga burilib ketadi. Bobur tomonidan ham sovg‘a yuborilishi lozim. Biroq ayollarga yoqadigan qimmatbaho matolaru taqinchoqlarni ular qayerdan topishadi? Hammalari erkaklar. Qo‘ngan joylari ham cho‘l. Qosimbek shuni Boburga aytib:
 — Kumush laganlarda oltin pul yubora qolsakmikin?— dedi.
Bobur esa shu lagan va oltinlarni bugun bo‘sh qolgan mahofaga solib yuborishni taklif qildi.
— Mahofa ham sovg‘a bo‘lsinmi? Balki ertaga o‘zingiz mahofada yurursiz, amirzodam?
— Xu-xudo xohl-lasa, yur-masmen. 3-zaifalar yurs-sinlar.
So‘nggi gapni Bobur buyruq ohangida aytdi, shuning uchun Qosimbek boshqa e’tiroz qilolmadi.
Ertasi kuni ertalab ikki muhtasham mahofa ko‘ch ortilgan tuyalaru aravalari bilan birga shimol tomonga burilib, Mirzacho‘l orqali Toshkentga yo‘l oldi.
Bobur o‘z qo‘shinidan yuz kishini qo‘riqchilikka ajratgan edi ular ham mahofalar bilan birga uzoqlashib keta boshladilar.
Andijon yo‘lidan chetroqda katta bir qorovultepa ko‘rindi. Bobur yolg‘iz o‘zi shu tepaning ustiga ot qo‘yib chiqdi-da, egardan tushdi. Otining jilovidan tutganicha cheksiz cho‘lda tobora kichrayib borayotgan mahofalarga ancha vaqt tikilib turdi. Go‘yo u shu turishda qallig‘i bilan xayrlashdi, unga o‘z ehtiromini bildirib, oq yo‘l tilagan bo‘ldi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:50:49
Bobur yuz kun Samarqandda turib Oyisha begim bilan biror marta yuzma-yuz ko‘rishgan emas. Bunga urf-odat ham yo‘l bermadi, yoshlik hayosi ham monelik qildi. Ko‘ksaroyda yoza  boshlagan g‘azalining «Ne kun bo‘lg‘ay visolingga meni dil xasta yetgaymen» degan satri esiga tushdi. So‘ng ot ustida kun bo‘yi yo‘l yurib bora¬yotib xayolan o‘sha g‘azalini davom ettirdi:
Muyassar bo‘lmasa boshimni qo‘ymoqlik oyog‘iga,
Boshimni olib, ey Bobur, oyoq yetguncha ketgaymen.
Kechqurun tunash uchun Qo‘shtegirmon degan joyda to‘xtaganlarida Bobur bu satrlarni qog‘ozga yozib qo‘ydi. G‘azal — shu satrlar bilan tugallanishi kerak. Lekin o‘rtada yana uch-to‘rtta bayt bo‘lishi kerak. Ularni keyinchalik, xotirjamroq paytda topmoqchi bo‘ldi.

_________________
* Hozirgi G‘allaorol yaqinidagi qadimiy qishloq.
* Miroxo‘r «amiri oxur» degani. M i r o x o‘ r — podshoh otboqarlarining boshlig‘i.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:51:01
*  *  *

Andijonda bo‘lgan voqealar dahshati Tohir qiyofasiga kirib Boburga tobora yaqinlashib kelmoqda edi.
Bobur odamlari bilan Novdan o‘tganda Tohir Qo‘qondan o‘tib, Xodarvish cho‘liga kirdi. Bobur cho‘llarda olti marta tunab, yettinchi kuni kechki payt Xo‘jandga yetganda qora oti loyga belangan, o‘zi tanib bo‘lmas darajada qorayib, ozib ketgan Tohir uning qarshisidan chiqdi.
Bobur hamma bek va navkarlari bilan kelayotganini ko‘rgan Tohir otdan o‘zini yerga tashlab, dod solib yig‘lab gapirdi:
— Nechun Samarqandni tashlab keldingiz, amirzodam?!
Bobur Andijon qo‘ldan ketganini eshitdi-yu, nazarida, butun borliq zilzila ichida qoldi, yeru ko‘k chayqa¬lib silkinib ketdi. Chapda yaltirab ko‘ringan Sirdaryo qirg‘oqlaridan toshib chiqa boshlaganday tuyuldi.
Daryodan narida Xo‘jand tog‘lari. Bu yerdan Andijon naqadar uzoq! Samarqand naqadar uzoq! O‘gay taqdir Boburni bu yerga go‘yo aldab olib kelganu birvarakayiga Samarqanddan ham, Andijondan ham mahrum qilgan! Endi uning ora yo‘lda muallaq bo‘lib qolganini Andijondagi Ahmad Tanbal ham, Samarqanddagi Sulton Ali mirzo ham, Turkistondagi Shayboniyxon ham go‘yo uzoqdan ko‘rib turar edilaru «Boladay aldanibdi!» deb qah-qah urib kular edilar. Ularning kulgilari atrofdagi tog‘lardan aks sado bo‘lib qaytayotganday tuyular edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:51:22
Tohir Ali Do‘stbekning xiyonat qilib, darvozani kechasi ochib berganini, Xo‘ja Abdulla esa Boburga sadoqati tufayli shu darvozaxonaga osib o‘ldirilganini aytganda Bobur ortiq bardosh qilolmay otiga qamchi bosdi. Qayoqqa ketayotganini o‘zi ham bilmas edi. Chanqagan ot uni daryoning jar bo‘lib yotgan baland qirg‘og‘iga olib keldi. Birdan Bobur Axsida jar qulashidan halok bo‘lgan otasini esladi. Nazarida u turgan zamin ham hozir qulab tushmoqda edi. Bobur otini orqaga burdi. Lekin orqadagi pastu baland yerlar ham jahannam qa’riga qulab tushayotganday lopillab ko‘rindi.
Bobur otining bo‘ynidan quchoqladi-yu, yelkalari silkina-silkina yig‘lab yubordi.
Qosimbek bilan tabib chol uning yoniga keldilar. Qosimbek qayg‘u to‘la tovush bilan yig‘lamsirab gapirdi:
— Amirzodam, hammamiz ham xonavayron bo‘ldik. Mening molu mulkimni talatibdilar. O‘g‘lim og‘ir yarador emish...
Bobur boshini ko‘tardi. Ko‘z yoshidan yuzi nam. Tabib uning yelkasini siladi.
— Amirzodam, shukur, onangiz, egachingiz salomat ekanlar. Ko‘p kuyunmang, boshingiz omon bo‘lsa, davlat topilur... O‘zingizni ehtiyot qiling, yana xastalanib qolmang!
Bobur darvozaxonaga osilgan ustozini esladi-yu, ko‘ziga yana yosh quyilib keldi:
— Pirim, meni kimlarga tashlab ketdingiz? Shunday odamni osib o‘ldirsalar?! Men ustozim uchun qasos olmog‘im kerak! Qasos!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:51:54
Tohir Ali Do‘stbekning xiyonat qilib, darvozani kechasi ochib berganini, Xo‘ja Abdulla esa Boburga sadoqati tufayli shu darvozaxonaga osib o‘ldirilganini aytganda Bobur ortiq bardosh qilolmay otiga qamchi bosdi. Qayoqqa ketayotganini o‘zi ham bilmas edi. Chanqagan ot uni daryoning jar bo‘lib yotgan baland qirg‘og‘iga olib keldi. Birdan Bobur Axsida jar qulashidan halok bo‘lgan otasini esladi. Nazarida u turgan zamin ham hozir qulab tushmoqda edi. Bobur otini orqaga burdi. Lekin orqadagi pastu baland yerlar ham jahannam qa’riga qulab tushayotganday lopillab ko‘rindi.
Bobur otining bo‘ynidan quchoqladi-yu, yelkalari silkina-silkina yig‘lab yubordi.
Qosimbek bilan tabib chol uning yoniga keldilar. Qosimbek qayg‘u to‘la tovush bilan yig‘lamsirab gapirdi:
— Amirzodam, hammamiz ham xonavayron bo‘ldik. Mening molu mulkimni talatibdilar. O‘g‘lim og‘ir yarador emish...
Bobur boshini ko‘tardi. Ko‘z yoshidan yuzi nam. Tabib uning yelkasini siladi.
— Amirzodam, shukur, onangiz, egachingiz salomat ekanlar. Ko‘p kuyunmang, boshingiz omon bo‘lsa, davlat topilur... O‘zingizni ehtiyot qiling, yana xastalanib qolmang!
Bobur darvozaxonaga osilgan ustozini esladi-yu, ko‘ziga yana yosh quyilib keldi:
— Pirim, meni kimlarga tashlab ketdingiz? Shunday odamni osib o‘ldirsalar?! Men ustozim uchun qasos olmog‘im kerak! Qasos!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:53:16
O‘rtanib gapirayotgan Boburning tili tutilmayotganidan tabib chol hayratga tushib, unga tikilib qoldi.
— Oxirgi nafasim qolguncha olishurmen!
Boburning yuzi qahru g‘azabdan bir oqarib, bir qizarib ketayotgan bo‘lsa ham so‘zlari ravon edi. Samarqandda Boburni tildan qoldirgan kasallik — g‘oyat kuchli bir ruhiy larzaning oqibati edi. Endi undan ham kuchliroq ruhiy larza Boburning tilida qolgan duduqlikni birdan yo‘q qilib yubordi. Dushmanlariga qarshi cheksiz bir nafrat va g‘azab unga kuch-quvvat bermoqda edi.
— Xoinlar jazosini olur! Chekinish yo‘q! Odamlarni to‘plang! Hammaga ayting! Andijonga borurmiz!
Bobur otini keskin burdi-yu, parishon bo‘lib tarqa¬yotgan odamlarga qarab ketdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:53:28
XO‘JAND, MARG‘ILON, ANDIJON
AMIR TEMUR SABOQLARI

1


Bobur mingan yoldor saman ot egasining iztiroblarini sezganday yugan suvlig‘ini asabiy chaynaydi, jilovni tortib, oldinga uchmoqchi bo‘ladi. Qosimbekning to‘riq qashqasi saman bilan yonma-yon yo‘rg‘alab boradi. Yo‘l Sirdaryoning baland qirg‘og‘idan kunchiqish tomonga qarab ketadi. Bobur tezroq Andijonga borib, ota yurtini Ahmad Tanbal istilosidan xalos qilishga oshiqadi. Qosimbek uni Xo‘jandda to‘xtab, kuch yig‘ishga, vazi¬yat yetilishini kutishga undaydi.
— Amirzodam, Samarqanddan bemavrid yo‘lga chiqqan ekanmiz. Andijon choparini kutsak bo‘larkan. Endi shoshilmaylik!
— Ustozim Xo‘ja Abdullani osib o‘ldirgan Tanbal onam bilan egachimni sog‘ qo‘ygaymi? Ularni kim qutqargay?
— Parvardigor o‘zi qutqaribdir. Hazrat onangiz bilan egachingiz Andijondan Qo‘qonga kelibdirlar.
— Kim aytdi?
— Tohir ularni Qo‘qondan berida yo‘lda ko‘ribdir. Bir kecha Konibodomda tunab, keyin Xo‘jandga borurmiz deyishibdir.
— Qo‘qon hali bizga tobe’mi?
— Ha, shukur. Xo‘jand ham sizga xayrixoh!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:53:35
Bu xabarlar Boburga xiyol taskin berganday bo‘ldi. Qosimbek so‘zida davom etdi:
— Onayizor sizni behad sog‘ingandirlar. Mulozimlar bilan peshvoz chiqib kutib olsangiz qanchalik shod bo‘lg‘aylar. Ungacha men Xo‘jand dorug‘asi bilan so‘zlashib, sizlarga joy hozirlagaymen.
Boburning o‘zi ham o‘n oydan beri ko‘rishmagan onasi va egachisining iliq mehrlariga juda tashna edi. Qosimbekning so‘nggi taklifi ma’qul tushib, mulozimlari va ikki yuztacha qo‘riqchi navkarlari bilan Xo‘janddan Konibodom yo‘liga chiqdi.
Qayroqqumdan berida tuya va xachirlarga ko‘ch ortgan karvon ko‘rindi. Karvon ortida sandiqlar yuklangan katta g‘ildiraklik qo‘qon aravalar ham kelmoqda. Ularning hammasini to‘rt-besh yuz kishilik otliq navkarlar uch tomondan qo‘riqlab yo‘l yurmoqda. Xon qizi bo‘lgan Qutlug‘ Nigor xonimning besh yuzdan ortiq xos navkari borligi Boburning yodiga tushdi.
Oldingi qatordagi qo‘riqchilar orasida bo‘z ot minib kelayotgan Qutlug‘ Nigor xonim Boburni sallasiga qadalgan tojdorlik belgisidan tanib otini o‘g‘li tomon yeldirdi.
Ona-bola va egachi-ini otlaridan tushib, qu¬choqlashib  ko‘rishar  ekanlar,  goh  xonumondan  ayri¬lish alamlarini, goh diydor ko‘rishish quvonchlarini ichlariga sig‘dirolmay, ko‘zlariga dam-badam yosh olishar edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:53:45
Yana otlanib Xo‘jandga yetgunlaricha ko‘rgan-kechirganlarini bir-birlariga so‘zlab berishdi.
— Tanbal asoratidan qanday qutuldilaringiz? — so‘radi Bobur onasidan.
— Mana shu qo‘riqchi navkarlarim Tanbalni biz turgan joyga yaqin keltirmadi. «Men Yunusxonning qi¬zimen, inim Mahmudxon Toshkent tojdoridir, agar Ahmadbek bizga ziyon yetkizsa, xonlar oldida javob berur!» deb, orada turgan odamlariga aytdim. Har qalay, gapim ta’sir qilibdi, beshikast chiqib keldik.
— Afsus, men bundan bexabar qoldim! Chopar kechikdi!
— Biz ham shunisiga kuyinurmiz, Boburjon! Siz bizni deb Samarqandni jangsiz topshiribsiz!
Shu tarzda dardlashib, Xo‘jandga yetib keldilar. Shahar dorug‘asi nufuzli a’yonlari bilan qo‘rg‘on darvozasidan chiqib, Bobur va uning onasini ehtirom bilan kutib oldilar. Bu qadimiy shahar xalqi Chingizxon bilan mardona olishgan Temur Malik davridan beri mo‘ng‘ul bosqinchilaridan ko‘p jabr ko‘rgan. Hozir ham Toshkentda hukmron bo‘lib olgan chingiziylar Xo‘jandga xavf solib turardi. Buning ustiga Andijon ham Ahmad Tanbalday zolimlarning qo‘liga o‘tgan paytda xo‘jandliklar Bobur kabi temuriy shahzodalar himoyasiga ehtiyoj sezardi. Shuning uchun shahar dorug‘asi Boburni oliy darajada e’zozlab, Sirdaryo sohilidagi ulkan bog‘ini ikki oshiyonlik qasri bilan uning ixtiyoriga berdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:53:56
Qosimbek Boburga, uning onasi va egachisiga ikkinchi  oshiyondagi eng yaxshi xonalarni tayyorlatib qo‘ydi. O‘zi beku mulozimlar va qo‘riqchi yigitlar bilan birinchi qavatni egalladi.
Hammalari narsalarini joylashtirib tinchiganlaridan so‘ng, ikkinchi oshiyondagi katta tanobiy uyda Bobur onasi va egachisi bilan yakkama-yakka qolib, boshqalar oldida aytilmaydigan dardu alamlarini to‘kib soldilar.
— Tole’ bizdan yuz o‘girdi! — dedi Bobur «uh» tor¬tib, — Tanbalning o‘n ming qo‘shini bor emish, rostmi?
— Rost! Nobakorlar sizni «Samarqandda vafot etdi», deb ovoza tarqatdilar, — dedi Qutlug‘ Nigor xonim. — Behush yotganingizni ko‘rib kelgan choparni guvoh qilib ko‘rsatib, ko‘p odamni bunga ishontirdilar. Shundan so‘ng tarafdorlaringiz ma’yus bo‘lib, Tanbal bilan Jahongirga bo‘yin egdilar.
— Qosimbek ham xato qilganki, meni behush ahvolda ko‘rgan navkarni Samarqandda to‘xtatib turmagan. Buni sir tutmoq kerak edi! Hozir bizning bir yarim mingga yetar-etmas navkarimiz qoldi. Ularning ham ko‘pi vodiydagi uylariga, ahli oilasiga talpinur, Xo‘jandda ko‘p turolmay tarqab ketgay. Men endi qaysi kuch bilan Tanbalga qarshi boray? Bu ne ko‘rgulikki, birvarakay ham Samarqanddan, ham Andijondan mahrum bo‘ldik! Ikki mulk orasida muallaq qoldik! Najot yo‘q! Atrofimiz zimziyo qorong‘ilik! Boshi berk ko‘cha!!
Bobur jigarbandlariga dil yorib so‘zlar ekan, ilojsizlikdan ko‘ngli ezilib, ruhi qiynalar, ko‘zlariga yosh quyulib kelardi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:54:06
Yaqindagina og‘ir xastalikdan turgan o‘n olti yoshlik o‘g‘lining bunchalik ezilib qiynalishlari Qutlug‘ Nigor xonimni iztirobga soldi.
— Boburjon, bolam, shukurki, sog‘-salomat ko‘rishdik! Xayriyat, tuzalib ketibsiz.
— Baraks, tuzalmay turganim ma’qul edi! Samar¬qandni tashlab chiqmas edik!
Bunday og‘ir kayfiyat bilan yolg‘iz o‘g‘li yana uzli¬kib yotib qolishi mumkin. Xavotirlangan ona Boburga taskin beradigan, uning ko‘nglini ko‘taradigan chora izlay boshladi.
Shunda qizi Xonzoda begim yordamga keldi:
— Onajon, amirzodamni mamnun qiladigan noyob bir sovg‘amiz bor edi-ku!
— Qaysi sovg‘a?
— Shaxnishinning orqasidan topilgan maxfiy sandiq-chi?
— Ha, aytmoqchi! — Qutlug‘ Nigor xonim o‘g‘liga yuzlanib, ovozini sirli tarzda pasaytirdi: — Boburjon, sizga atalgan buyuk bir meros topildi. Yuring, ko‘rsatay!
Qutlug‘ Nigor xonim Boburni va qizini o‘zi joylashgan narigi tomondagi xonaga boshladi. Bobur onasi bilan yonma-yon borar ekan, uning bo‘yi shu o‘n oy ichida xiyla o‘sganini, Bobur tez ulg‘ayib o‘n olti yoshida devqomat, pahlavon yigit bo‘layotganini sezgan Qutlug‘ Nigor xonim ichida yaratganga yana bir shukrona aytib qo‘ydi. Ayvoni Sirdaryoga qaragan bahavo, keng xonaga kirdilar. Gilamlar, beqasam ko‘rpachalar to‘shalgan xonaning to‘rida silliq charm qoplangan sandiq ko‘rindi. Uchovlari shu sandiqqa yaqinlashganlarida Qutlug‘ Nigor xonim Boburga qarab dedi:
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:54:15
— Esingizdami, otangiz sizga «Bobakalonimiz Amir Temurdan qolgan noyob meros bor, asrab-avaylab yuribmen, katta bo‘lganingizda berurmen» der edilar?
— Ha, otam bizga sohibqiron bobomiz haqida ko‘p g‘aroyib hikoyalar ham aytib berganlar.
— Bobokalonlariga ixloslari zo‘r edi-da. Vafotlaridan keyin o‘shal merosni Axsidan izladim, topolmadim. O‘tgan hafta Andijonda ko‘ch yig‘ishtirgan paytimizda xonayi xosning devoriga osilgan turkman gilamini olsak, usti shuvalgan tuynukning izi ko‘rindi... Tuynuk orqasidagi maxfiy joyga mana shu sandiq berkitilgan ekan!..
Qutlug‘ Nigor xonim namoz o‘qigan paytidagi kabi ezgu bir tovush bilan sekin:
— Bismillohir rohmanir rohiym! — dedi-da sandiqni ochdi. Undan nafis ipak matoga o‘ralgan oltin sopli qilichni ikki qo‘llab olib, o‘g‘liga ko‘rsatdi:
— Sohibqiron Amir Temurning qilichlari!
Bobur quloqlariga ishonmay, ko‘zlarini katta-katta ochib qilichga tikildi:
— Rostdanmi, a?
— Yozuvlari bor! Oling, bolam, o‘qib ko‘ring!
Qilichning qini yengil bir ma’dan qotishmasidan quyma qilib yasalgan, ustidan oltin suvi yugurtirilgan edi. Qinning yuz tomoniga ikkita yirik yashil zumrad toshi qadalgan, ularning oralig‘ida chiroyli xattotlik harflari bilan bitilgan arabcha yozuv bor edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:54:22
Bobur qilichni onasining qo‘lidan ikki qo‘llab oldida, yozuvini ko‘zlariga yaqin keltirib o‘qidi:
«Bizkim, maliki Turon, podshohi Turkiston Amir Temur Ko‘ragon farzandimiz Mironshoh Mirzoga To‘xtamish bilan muhoribada ko‘rsatgan jasorati uchun o‘z qilichlarimizdan birini in’om etdik».
Bobur bu qilich dastasiga Amir Temurning qo‘li tekkanini, balki Sohibqiron uni janglarda ishga solganini ko‘z oldiga keltirib hayajonlanib ketdi. To‘xtamishxon va boshqa chingiziylar bilan qilingan dahshatli janglar xa¬yolida gavdalandi.
— Qilichning o‘zida ham bitik bor, — dedi past tovush bilan Xonzoda begim.
Bobur qilichning oltin sopidan sekin tortib, uni bir qarichcha qinidan chiqardi. Shun-da olmosday yaltiragan qisqa bir yozuv ko‘ziga jilvalanib ko‘rindi. Amir Temurning muhridagi «Rosti-rasti», ya’ni «Kuch — adolatdadir» degan so‘zlar qilichning po‘latiga qadama tarzida mustahkam qilib bitilgan edi.
Bu qisqa so‘zlarni o‘qiganda negadir Boburning eti jimirlab ketdi, dilida qo‘zg‘algan kuchli bir tug‘yondan entikdi, olmos yozuvni ko‘zlariga surib, o‘pdi.
Qilich uncha og‘ir emas edi. Bobur uni beliga taqqanda atrofidagi hamma narsa ko‘ziga boyagidan boshqacha — allanechuk sokin va salobatli ko‘rindi.
— Onajon, siz menga yangi bir ruh ato qildingiz!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:54:32
— Bobokaloningizning ruhi sizga madadkor bo‘lsin, o‘g‘lim! Bu qilichni Mironshoh bahodirdan so‘ng otangizning otalari Sulton Abusa’yid bahodir taqqan ekanlar. Inshoolloh,  siz ham  bobolaringizdek  bahodir bo‘l¬g‘aysiz!
— Aytganingiz kelsin!
— Xudo rahmati Abusa’yid bobongiz vafot etganla¬ridan so‘ng qolgan meroslari o‘g‘illari orasida taqsim eti¬lur. Katta o‘g‘illar oltinu javohir to‘la sandiqlarni tala-shib olurlar. Ammo sizning jannatmakon otangiz mana shu sandiqdagi qilich bilan xotirotlar bitilgan daftarlarni afzal ko‘rurlar. Chunki bu xotirotlarda Amir Temur hazratlarining ko‘rgan-kechirganlari bitilmishdir. Xonzoda, qizim, siz o‘qib ko‘rdingiz, shekilli?
— Ha, Sohibqiron bobomiz yigitlik paytlarida chingiziylar hukmronligiga qarshi chiqqan ekanlar. El-yurt Samarqandda Temurbekni o‘z hukmdorlari, deb e’lon qilgan ekan. Chingiziylarni yurtimizdan quvmoqchi bo‘lganlar ko‘p ekan. Bundan g‘azablangan Tug‘luq Te-murxon bilan uning o‘g‘li Ilyosxo‘ja Mo‘g‘ulistondan ellik ming qo‘shin bilan kelib, Temurbek tarafdorlarini qirg‘in qilurlar. Temurbekning o‘zi Qoraqum, Qizilqum sahrolarida, Xisoru Badaxshon tog‘larida olti yil quvg‘inda yurib, kuch to‘playdirlar.
Bobur bu hodisalar haqida otasidan ham ko‘p ma¬roq¬li hikoyalar eshitganini esladi. Ayniqsa Temurbekning suyukli yosh xotini O‘ljoy Turkon og‘a bilan eng og‘ir damlarda birga bo‘lgani, goho xotinini otiga mindirib, o‘zi qum sahrosida piyoda yurganlari yosh Boburga kuchli ta’sir qilgan edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:54:41
Shuni biladigan Xonzoda begim inisiga mehri toblanib tikildi:
— Sizda ham Sohibqiron bobokaloningizdagi jo‘mardlikdan bor, amirzodam! — dedi. — O‘shdagi tajovuzdan meni qutqarganingizni umrbod unutmagaymen! Bo‘lajak kelinimiz Oyisha begimni siz Samar-qanddan yog‘iy asoratidan xalos qilib, bizga xayrixoh Toshkentga kuzatib qo‘yibsiz. Bu ham bir jo‘mardlik emasmi? Yetti oy qamal azobini tortgan samarqandliklarga oshlik tarqatibsiz, urug‘ligi qolmagan dehqonlarga bahorda urug‘lik keltirib beribsiz. Bu hammasi— dilingizda adolat tuyg‘usi kuchli ekanidan dalolatdir. Belingizdagi qilichga Sohibqiron bobokaloningizning «Kuch — adolatdadir» degan hikmatlari bejiz bitilmagan. Ahmad Tanbalning o‘n ming askari bo‘lgani uchun u hozir «Men kuchlimen!» deb yuribdir. Ammo yolg‘onning umri qisqa! Ahmad Tanbal Andijonni aldamchilik bilan egalladi, sizni «o‘ldi» deb ovoza tarqatdi. Siz sog‘-salomat qaytganingizni odamlar hademay bilurlar, Tanbalning yolg‘oni fosh bo‘lur. Uning zolimligidan hamma bezor bo‘ladigan kunlar kelur.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:54:52
— Ana o‘shal kunlar kelguncha sabr-bardoshli bo‘ling, Boburjon, — dedi onasi. — Sohibqiron bobongiz mana shu Xo‘jandga ham necha bor kelganlar. Sirdaryodan necha marta o‘tganlar, vaziyat yetilishini yillar davomida kutganlar, axiyri adolat g‘olib chiqqan kunlarga yetganlar. Siz ham yetursiz, ishoning!
— Ishondim, onajon! Siz bilan egachim mening di¬limda o‘chib qolgan umid chiroqlarini qayta yondirganday bo‘ldilaringiz. Minba’d men doim Sohibqiron bobokalonimizdan saboq olib ish tutgaymen!
Onasi in’om qilgan buyuk meros chindan ham Boburning dilini ravshan qilib yuborgan edi. Ular kelib tushgan bog‘da o‘riklar oppoq bo‘lib gullagani endi uning ko‘ziga tashlandi. Daryo bo‘yidagi qalin chakalakzorda bulbullar basma-bas sayrayotgani qulog‘iga chalindi. Ayvonga chiqqanda kechki shabada yuziga ipakday mayin salqinlik berdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:55:02
2

Ammo bu ma’sud damlardan keyin kelgan kunlar, oylar, hatto yillar lomakonlik va sargardonlikda o‘ta boshladi. Sohibqiron bobokalonidan saboq olib yashashga ahd qilgan Bobur buning qanchalik qiyin bo‘lishini o‘z boshiga og‘ir kunlar tushganda bildi. U onasi in’om qilgan sandiqdagi xotirotlarni takror-takror o‘qib, Sohibqiron bobosini yigitlik paytidagi ismi bilan xayolida Temurbek deb atashga o‘rgandi. Temurbek yigirma besh yoshida Samarqand va Shahrisabzdagi xonumonidan judo bo‘lgani va ota yurtining to‘rt tomoniga bosh urib najot izlagani Boburning  hozirgi ahvolini eslatardi.
To‘g‘ri, Temurbekka tajovuz qilgan Ilyosxo‘ja va Amir Bekchiklar Ahmad Tanbaldan yuz chandon qudratliroq va xatarliroq edi. Ular Temurbekni tutib olib o‘ldirish uchun minglab odamlarni safarbar etadilar. O‘lim xavfi yillar davomida Temurbek bilan izma-iz yuradi. Qoraqum sahrosidan narida Xiva bo‘sag‘asida Temurbek oltmish yigiti bilan ming kishilik yov qurshovini qo‘lda qilich bilan yorib chiqib, qutulib ketadi.
Endi o‘n yetti yoshga kirayotgan Bobur hali bunday dahshatli xatarlarga duch kelgan emas. Faqat ota yurtidan ayrilib, lomakon bo‘lib yurgani va Ahmad Tanbalga bas kela oladigan kuchli qo‘shin yig‘ish niho¬yatda mushkul bo‘layotgani uni qiynaydi. Boburning ishongan odamlari yashiriqcha Andijonu Axsiga, Marg‘ilon va O‘shga borib kelmoqda. Xayrixohlar ko‘p, ammo yurak yutib maydonga chiqadiganlar kam. Boburning o‘zi ham bu yog‘i Isfara va Konibodomga, u yog‘i Zomin va Jizzaxgacha, janubda O‘ratepa, shimolda Toshkentgacha hamma joyga bir necha marta borib keldi. Bir yarim yildan beri qishni qish, yozni yoz demay yo‘l bosdi. Sirdaryodan qayta-qayta suzib o‘tdi. Qishda muzni teshib cho‘milgan paytlari bo‘ldi. Uning o‘ziga o‘xshab chiniqqan yigitlari
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:55:19
Temurbekning Xisor tog‘la¬rida, afsonaviy g‘orlarda yashab toblangan yigitlarini eslatadi.
Biroq navkaru sardorlari bilan bir joyda uzoq vaqt mehmon bo‘lib turishga yuzi chidamaydi. Chunki haftalar, oylar davomida yuzlab odamlarga ovqat, otlarga yemish topib berish mezbonlarga juda og‘ir tushishini sezadi. Shuning uchun onasi va egachisini Xo‘janddan O‘ratepaga, xolasi Xub Nigor xonimning uylariga keltirib qo‘ydi. O‘zi uch yuzga yaqin beku navkarlari bilan janubdagi tog‘larga chiqib ketdi. Ovchi deb ataladigan bir qishloq yaqiniga chodir va o‘tovlar tikishib, ancha vaqt ov o‘ljalari bilan ro‘zg‘or tebratishdi.
Ovchi qishlog‘iga tor bir daradan o‘tib boriladi. Daraning tubidan odamni oqizadigan katta suv hayqirib oqadi. Suv bo‘yida besh qavatlik uyday bir bahaybat qoya¬tosh osmonga bo‘y cho‘zib turadi.
Bobur shu qoyatoshning ustini tekislatib, chodir o‘rnattirgan. Ovdan bo‘shagan paytlari-da chodirda o‘ltirib kitob o‘qiydi, xotira daftariga ko‘rgan-kechirganlarini yozadi, she’r mashq qiladi.
Bir kun shu chodirda Bobur Mirzo Ulug‘bekning «Tarixi arbaa ulus»* kitobini o‘qib o‘tirganda, daraning narigi chetidan bir otliq odam jadallab kelayotganiga ko‘zi tushdi.
Oti terga botgan bu otliq Marg‘ilondan kelgan chopar yigit edi. U Bobur qarshisida tiz cho‘kib arzini aytdi:
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:55:28
— Amirzodam, meni Marg‘ilon dorug‘asi Ali Do‘stbek tog‘oyingiz yubordilar.
— Bizga xiyonat qilib, Andijonni Tanbalga yashiriqcha topshirgan tog‘oyimizmi?
— Ha, tog‘oyingiz bu qilgan ishlaridan hozir ming pushaymonlar. Ahmad Tanbal uning uylariga bostirib kelib, yaxshi ko‘rgan qizlarini zo‘ravonlik bilan haramiga olib ketibdir. Mol-mulkini talatibdir!
— Qasos qaytar ekan-da! — dedi Qosimbek. — Do‘stbekning o‘zi Andijonda bizning mol-mulkimizni talatgan edi.
— Janob amiral umaro, Tanbalning amaldoru soliqchilari ham jabr-zulmni haddidan oshirib yubordi. El-yurt ularga qarshi isyon ko‘taradigan bo‘lib turibdir. Ayniqsa, marg‘ilonliklar hozir jo‘shu xurushga kelgan. «Bobur mirzo kelsalar qo‘rg‘on darvozalarini ochib bergaymiz!» deb, tog‘oyingiz meni huzuringizga yubordilar.
— Tog‘oyimiz Tanbal bilan til biriktirib, bizni unga tutib bersalar-chi?!
— Tepamizda xudo turibdir, amirzodam! — deb chopar qasam ichdi. — Hazrat momongiz Eson Davlat begim Ali Do‘stbekka yaqin qarindosh ekanlar. Momongiz yaqinda Marg‘ilonga boribdilar.
— Siz momomni o‘sha yerda ko‘rdingizmi?
— Ha, maslahatlarini ham oldim. «Ali Do‘stbek bilan Tanbalning yovlashgani rost!» dedilar. Momongiz sizga salom aytdilar, «Tezroq yetib kelsinlar!» deb tayinladilar.
Bobur endi hayajon bilan o‘rnidan ko‘tarildi:
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:55:38
— Janob Qosimbek, tavakkal qilaylik! Odamlarga buyuring. Darhol ko‘ch yig‘ishtirsinlar!
O‘sha kuni qorong‘i tushguncha barcha o‘tovlar qatori Boburning qoyatosh* ustidagi chodiri ham yig‘ishtirib olindi. Tuni bilan yo‘l yurib, sahar palla Xo‘janddan berida bir-ikki soat dam oldilar-da, yana yo‘lga tushdilar. To‘rt kunlik yo‘lni bir yarim kunda shitob bilan bosib o‘tdilar. Marg‘ilondan berida Isfayramsoy shovullab oqmoqda. Sahar palla edi. Soy bo‘yida birpas to‘xtadilar. Bobur soy suvidan tahorat olib, ikki rakat namoz o‘qidi. Joynamoz ustida o‘ltirib, Sohibqiron bobokaloniga bag‘ishlab tilovat qildi, ulug‘ ajdodlar ruhidan madad so‘rab, yuziga fotiha tortdi. So‘ng tong qorong‘usida Marg‘ilon qo‘rg‘onining yopiq darvozasi oldiga keldilar.
Ali Do‘stbek darvoza qorovulxonasida ularni kutib o‘ltirgan ekan. Darvozani to‘rt enlik ochib, qo‘rqa-pisa Boburga murojaat qildi:
— Amirzodam, Andijonda qilgan gunohlarim uchun afv so‘raymen! Tanbal hammamizni aldagan ekan!
— Minba’d sadoqat saqlay olurmisiz?! — shiddat bilan so‘radi Bobur.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:55:46
— Qur’oni karim oldida so‘z berurmen, umrbod sodiq qulingiz bo‘lurmen, amirzodam! Faqat meni ino¬yatlaringizdan mahrum qilmasangiz, bas!
— Inoyatlar istaganingizdan ham ziyoda bo‘lg‘usidir. Oching, darvozani!
Bu buyruqni Ali Do‘stbek darhol ado etdi. Bobur fonus yorug‘i tushib turgan darvozaxonaga kirganda Ali Do‘stbek o‘zini uning oyog‘i tagiga tashlab yukundi. Bobur uni qo‘ltig‘idan olib turg‘izdi:
— Ma’zursiz! Tanbalning sodiq odamlari bo‘lsa, hozir uyquda tutdirmoq kerak!
— Uning talonchilari uxlab yotgan joylarini bilurmen!
— Janob Qosimbek, bizning navkarlarimizga siz bosh bo‘ling!

________________
* Tarixi arbaa ulus to‘rt ulus tarixi demakdir.
* Ovchi qishlog‘i va undan pastroqdagi qoyatosh hozir ham bor. O‘sha joyning turkiyzabon aholisi bu qoyatoshni «Boburtosh» deydi, tojikzabon aholisi esa uni «Sangi Boburxon» deb ataydi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:55:52
*  *  *

Tong yorishganda Marg‘ilon ko‘chalarida otliq jarchilar Bobur mirzoning qaytib kelganini e’lon qildilar. Tanbalning ko‘pchilik odamlari qurolsizlantirilgani ham shaharliklarga ma’lum bo‘ldi. Butun Marg‘ilon ahli oyoqqa qalqdi. Shahar a’yonlari Bobur kelib tushgan ko‘shkka borib, uni g‘alaba bilan qutladilar. Bozorlarda Tanbal soliqchilari uchrab qolsa, odamlar ularni tayoq bilan urib, shahardan quvdilar. Mahallalarda naqoralar, karnay-surnaylar yangradi.
Qosimbek Bobur mirzo nomidan doshqozonlarda palov damlatib, minglab odamlarga osh ulashdi.
Kechagina Tanbal zulmidan motamsaro ahvolga tushgan Marg‘ilon bugun Bobur mirzo qaytgani tufayli bayram tusini oldi. Bu hodisa ko‘p o‘tmay Andijon, Axsi va O‘shlarga ham ma’lum bo‘ldi. Bobur mirzoning pinjiga kirib olgan Ali Do‘stbek Qosimbekning o‘rniga sohib ixtiyor eshik og‘a bo‘lish niyatida edi. U Boburni xoli topib, gapning uchini chiqardi:
— Amirzodam, kutganimdan ham ortiq inoyatlar qilmoqchi edingiz...
— Marg‘ilon dorug‘alig‘i sizga yetarlik emasmi?
— Dorug‘alikni menga Tanbal bergan edi. Endi bundan kattaroq inoyatni sizdan kutmoqdamen.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:56:00
— Qani, Andijonu O‘shlar ham bizga qayta nasib qilsa. Keyin o‘ylab ko‘rurmiz.
— Ittifoqo, O‘shdan Qambarbek keldi. O‘shliklar ham sizga muntazir emishlar.
— Ammo hozir Andijondan yomon xabar oldik. Ahmad Tanbal katta qo‘shin to‘plab Marg‘ilon tomonga bostirib kelmoqda.
— Unday bo‘lsa, O‘shga Qosimbek sizdan vakil bo‘lib borsin. O‘zganga ham o‘tib, tarafdorlaringizni ishga solsin!
Ayyor Ali Do‘stbek shunday nozik paytda Qosimbekni Boburdan uzoqlashtirib, sohib ixtiyor eshik og‘a vazifasini o‘zi boshqarmoqchi edi. Lekin Bobur barcha mashaqqatlarni birga boshdan kechirgan qadrdoni Qosimbekdan ajrashgisi kelmadi.
— Janob Do‘stbek, Tanbalday yog‘iy bostirib kela¬yotgan paytda ko‘pni ko‘rgan Qosimbek yonimizda bo‘lmog‘i kerak. O‘shga boshqa beku navkarlarni yuborgaymiz.
So‘zi yerda qolgan Ali Do‘stbek qovog‘ini solib, to‘mtayib qoldi.
Qosimbekning o‘z odamlari bilan Marg‘ilonda qolgani yaxshi bo‘lgan ekan. Tanbal Andijondan katta qo‘shin bilan Marg‘ilonga hujum qilib kelganda, barcha kuchlar birlashib himoyaga chiqdilar. Marg‘ilondagi beku navkarlar qo‘rg‘ondan tashqaridagi mahallalar va qishloqlardan yig‘ilgan minglab botir yigitlar yordamida Tanbal qo‘shinini uloqtirib tashladilar. Bu orada quvaliklar Tanbalga orqadan zarba berdilar.
O‘sh va O‘zgan xalqi ham Tanbalga qarshi isyon ko‘tarib, Boburga ko‘mak yubordi.
To‘rt tomonidan o‘t ketgan Tanbal tezroq Andijon qo‘rg‘oniga qaytib borib jon saqlamoqchi bo‘ldi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:56:10
U Andijonga Nosirbek degan kishini dorug‘a tayinlab kelgan edi. Ahmad Tanbal Marg‘ilonda Boburdan yengilib, talvasaga tushib kelayotganini eshitgan andijonliklar Nosirbekning qarorgohini o‘rab oldilar. To‘rt tarafdan hayqiriq va xitoblar eshitila boshladi:
— Ahmad Tanbal daf bo‘lsin!
— Darvozadan kiritilmasin bu zolim!
— Bobur mirzoga odam yuboring, tug‘ilgan yurtig‘a tezroq qaytsin!
— To‘ydik chingiziylardan! Bobur kelsin!
— Agar dorug‘a yana Tanbalga yon bossa, qo‘rg‘on darvozalarini biz o‘zimiz Bobur mirzoga ochib bergaymiz!
Toshgan daryoday to‘lqinlanayotgan bir necha ming kishilik izdihom Nosirbekni qo‘rqitib yubordi:
— Xaloyiq! Tinchlaning! Menga quloq soling! Oralaringizda mo‘ysafidlar bor! Mana, mening yonimda Shayxulislom janoblari turibdilar. Mo‘ysafidlar jome’ masjidiga borsinlar! Qurollangan yigitlar bizga yordamga kelsinlar. Darvozalarni darhol bekitgaymiz. Tanbalni Andijonga kiritmagaymiz. Juma namozida Bobur mirzoning nomini xutbaga qo‘shib o‘qigaymiz! Keyin bu¬ning xabarini mo‘’tabar odamlar orqali Bobur mirzoga yetkazgaymiz. Toki ul zoti oliy Andijonga izzat-ikrom bilan qaytib kelsinlar. Shunga rozimisizlar?
Bu reja amalga oshdi-yu, ertasi kuni andijonliklar Bobur mirzoni qo‘rg‘on darvozasi oldida karnay va naqoralar chalib kutib oldilar. U minib kelayotgan gulibodom otning oyog‘i tagiga gilam poyondozlar to‘shadilar. Bobur shodlikdan ko‘zlari yoshlanib, yonida kela¬yotgan Qosimbekka so‘z qotdi:
— El-yurtda adolat bor ekan-a!
— Ha, mehru oqibat ham kuchli ekan. Faqat yuzaga chiqishi oson bo‘lmas ekan!
— Shukr, mas’ud kunlarga yetishdik!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:56:24
*  *  *

Shu tarzda Andijondan quvilgan Ahmad Tanbal qolgan-qutgan odamlari va ko‘ch-ko‘roni bilan Axsiga yo‘l oldi. Biroq Axsida ham Tanbalga qarshi isyon ko‘tarilgan, Bobur tarafdorlari qo‘rg‘on darvozalarini egallashgan. Tanbalga sadoqat saqlab turgan Axsi dorug‘asi Uzun Hasan arkka kirib bekingan edi.
Bobur va Qosimbekning qo‘shini so‘nggi vaqtlarda besh mingdan ham oshib ketdi. Ular Andijonda ko‘p to‘xtamay, Bandi Solor yo‘li bilan Axsiga yetib bordilar va arkdagi Uzun Hasanni asir oldilar.
Bu xabarni eshitgan Ahmad Tanbal mustahkam qo‘rg‘onlardan biri bo‘lgan Popga qarab chekindi. Ammo u yetib borgunicha Bobur tarafdorlari Pop qo‘rg‘onini ham berkitib, Ahmad Tanbalni darvozadan kirgizmay quvdilar.
Ahmad Tanbal G‘ova orqali Chotqol tog‘lariga qarab chekindi. Uning so‘nggi umidi — katta akasi Tilba Sultondan va Toshkent xoni Mahmudxondan edi. Tilba Sulton xon saroyida so‘zi o‘tadigan eshik og‘a ekanini Bobur bilardi. Ahmad Tanbal Farg‘ona vodiysini talon-taroj qilib orttirgan boyliklaridan katta bir qismini Ohangaron orqali Toshkentga, Mahmudxonga sovg‘a qilib yuborgani ham xufiyalar ma’lumotidan ma’lum edi. Lekin Mahmudxon — Qutlug‘ Nigor xonimning akasi bo‘laturib, jiyani Boburning ashaddiy dushmani Ahmad Tanbalga yon bosishi mumkin emasday tuyulardi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 08 Dekabr 2007, 19:56:37
Shuning uchun Bobur qo‘shini Ahmad Tanbalni Chotqol tog‘i etagigacha ta’qib etib bordi.
Kun sovuq, yo‘llar toyg‘oq. Kechki payt Tanbal besh yuztacha askari bilan Arxiyon degan joydagi qo‘rg‘onga kirib bekindi. Bu qo‘rg‘on devorlariga shoti qo‘yib oshib o‘tish mumkin edi.
— Kech kiryapti, qorong‘i tushmasdan tezroq harakat qilaylik! — dedi Bobur. Ammo shotilarni o‘n chaqirimcha beridagi G‘aznayi Namangandan keltirgunlaricha g‘ira-shira qorong‘i tushdi. Kechki izg‘irinda og‘izdan chiqqan hovur uzoqdan ko‘zga tashlanadi, navkarlarning qo‘li qovushga kelmaydi, gapirganda lablari ham qiyinlik bilan harakatlanadi.
— Amirzodam, — deb Ali Do‘stbek Boburga arz qildi: — Qorong‘i tushib qoldi, yovni o‘zimiznikilardan ajratish qiyin bo‘lg‘ay. Qamalni ertalabdan boshlaylik.
— Ungacha Tanbal qochib ketsa-chi? — so‘radi Bobur.
— Qochib qayoqqa borgay? Naryog‘i tog‘, dovon bekilgan!
— Tanbalning akasi Tilba Sulton Archakent dovoni orqali inisining oldiga kelib ketibdi-ku! — dedi Qosimbek.
— Ne bo‘lganda ham, endi Tanbal ilikka tushmog‘i kerak! — dedi Bobur. — Arxiyon qo‘rg‘oni atrofiga chodirlar tikdiring! Ming kishi tuni bilan qorovullik qilsin! Ertadan besh ming kishi bilan devorga shotilarni qo‘yib hamla qilurmiz!
— Bosh ustiga! — deb Ali Do‘stbek bu farmonni bajarishga kirishdi.
Qosimbek Bobur uchun shu atrofning eng obod va ko‘rkam joyi bo‘lgan G‘aznayi Namanganda qarorgoh tayyorlata boshladi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:03:52
TOSHKENT, NAMANGAN, ANDIJON
CHINGIZIYLAR YANA HUKMRON BO‘LMOQCHI

1


Qirchillama qishda samur* po‘stin va qunduz telpak kiygan Mahmudxon xonai xosda eshik og‘a Tilba Sulton bilan yakkama-yakka suhbatlashmoqda. Osmonni quyuq bulut qoplagan. Kunduz kuni bo‘lishiga qaramay, xonayi xosdagi qandillarda shamlar lipillab yonmoqda.
Mahmudxon sham yorug‘ida Tilba Sultonning yuziga tikilib qaradi-yu, uning ozib ketganini payqadi.
Odob bilan cho‘kka tushib o‘ltirgan Tilba Sulton xonga tomon qaddini bukib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib so‘zlamoqda:
— Shu sovuq kunlarda dovon oshib Farg‘ona vodiysiga ikki marta borib keldim, xon hazratlari. Archakent dovoni pastroq ekan, undan oshib o‘tib, Kosonsoyga qishda ham borsa bo‘lar ekan.
Qorli dovonlardan qayta-qayta oshib o‘tish oson bo‘lmagani Tilba Sultonning sovuqda qorayib ketgan ko‘sanamo yuzidan, qalin lablarining u yer-bu yerini izg‘irin yorib yuborganidan bilinib turardi:
— Inim Ahmadbek butun najotni sizdan kutmoqda, xon hazratlari! Axir siz bugungi Chig‘atoy ulusining eng qudratli hukmdorisiz. Bizning yetti pushtimiz Chingizxon nasliga sodiq xizmat qilib kelmoqda. O‘zimiz ham aslan hazrati Chig‘atoyxonning qiz avlodlaridan tug‘ilganimiz sizga ma’lumdir.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:04:14
— Rost, siz bilan bizning uzoq qarindoshchiligimiz bor.
— Shuning uchun inim Ahmadbek Farg‘ona vodiysini Boburga emas, sizga topshirmoqchi!
— Ammo Bobur ham bizga jiyan-da.
— Xon hazratlari, bu jiyanning sizga biron foydasi tekkani yo‘q! Otasi Umarshayx mirzo sizdan Toshkentni tortib olmoqchi bo‘lib qancha urushlar qildi? Paytini topsa, Bobur ham sizga qarshi qilich yalang‘ochlagay!
— Unchalik emasdir, janob vazir. Bobur Toshkentga kelganda juda odobli, mehru oqibatlik ko‘ringan edi.
— Tashqi ko‘rinishdan shundaydir. Ammo qilayotgan ishlari batamom sizga qarshi! Men buni o‘zim borib ko‘rdim, el-yurt orasida aytgan gaplarini o‘z qulog‘im bilan eshitdim, xon hazratlari!
Tilba Sulton yolg‘onni ham rostday qilib gapirishga usta edi. U Bobur aytmagan so‘zlarni ichidan to‘qib chiqara boshladi:
— Boburning o‘zi ham, tarafdorlari ham chingiziylarni «jete»* deb kamsitadi. «Yo‘qolsin chingiziylar! Farg‘ona vodiysi temuriylar mulkidir! Jetelarni qir!» degan baqiriqlarni Farg‘ona vodiysining ko‘p joylarida men o‘zim eshitdim!
— Nahotki Bobur bizga jiyan bo‘laturib shunday gaplarni aytsa?!
— Aytish ham gapmi?! Bobur Amir Temurning qilichini taqib olgan. Bu qilichni To‘xtamishxon tor-mor bo‘lgan paytlarda Temurbek o‘g‘li Mironshohga in’om qilgan ekan. Endi Bobur boshqa chingiziylarni ham xuddi To‘xtamishga o‘xshatib shu qilich bilan tor-mor qilmoqchi emish!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:04:40
Mahmudxon achchiq istehzo bilan kuldi:
— Bu hammasi bekorchi xomxayol! Temuriylar Chig‘atoy ulusida yuz yildan ortiq hukm surgani yetar! Endi ularning davri tugadi! Bir yilda katta yoshlik, tajri¬bali temuriylardan uchtasi ketma-ket olamdan o‘tdi. Yana Boysunqur mirzo deganini Xisorda Xisravshoh o‘ldirib, taxtini egalladi. Buxoroda Sulton ali mirzo degan bo‘sh-bayov bir o‘smir hukmron edi. Shayboniyxon Buxoroni osongina undan tortib oldi.
— Shayboniyxonga siz yordam berdingiz-da, xon hazratlari! Bu odam avval temuriyzoda Sulton Ahmad mirzo xizmatida uch yuztagina navkari bilan ponsot darajasida xizmat qilib yurgan edi.
— Yordam berdik, chunki Shayboniyxon bilan ildi¬zimiz bir. Biz sohibqironi a’zam, xoqoni muazzam Chingizxonning o‘rtancha o‘g‘li Chig‘atoyxondan tarqagan xonlarmiz. Shayboniyxon Chingizxonning katta o‘g‘li Jo‘jixondan tarqagan xonlar avlodidandir. Buni bi-lurmisiz?
— Yaxshi bilurmen, xon hazratlari. Ammo Jo‘jixonning o‘g‘li Botuxon Chig‘atoy ulusini Oltin O‘rdaga bo‘ysundirmoqchi bo‘lib, sizning bobolaringizga ko‘p jabru sitamlar o‘tkazgan! Qancha-qancha chig‘atoylarni Botuxon begunoh yasoqqa yetkazgan!
— Lekin Shayboniyxon — Botuxon avlodidan emas, Shaybon ulusidandir, shuni unutmang, janob vazir! Shaybon — Jo‘jixonning beshinchi o‘g‘li bo‘lgan, Botuxonga qarshi turgan.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:05:06
— Bunisini bilurmen, xon hazratlari. Shaybon ulusi Yoyiq bilan Irtish daryolari orasidagi yaylovlarda ko‘chib yurgan. Shayboniyxonning nevara-chevaralaridan biri Abulxayrxon nomi bilan shuhrat qozongan. Hozirgi Muhammad Shayboniyxon ana o‘sha Abulxayrxonning nevarasi ekan. Otasi Shohbudoq sulton xonlik masnadiga yetisholmay o‘lib ketgan.
— Ha, rost, Shayboniyxonning asli oti — Shohbaxt ekan. Uni bolaligida Abulxayrxon o‘zi tarbiyalagan ekan. Bobosi o‘lgandan keyin alg‘ov-dalg‘ov boshlanib, Shohbaxtxon ko‘p azob tortadi. Axiyri Dashti Qipchoqdan Buxoroga ko‘chib kelib, jon saqlaydi.
— Tasanno, xon hazratlari! Buxoroda temuriylar xizmatida bir bek bo‘lib yurgan Shohbaxtxon sizning ko‘magingizda qaddini tiklab, kimsan, Shayboniyxon bo‘ldi-ya!*
— Lekin Shayboniyning o‘zi ham kallasi yaxshi ishlaydigan, pishiq, dovyurak odam ekanda. Chirchiq daryosi bo‘yidagi jangda jonini garovga qo‘yib bizga qanday ko‘mak bergani yodingizdami?
— Nega yodimda bo‘lmasin, xon hazratlari? O‘zim kechasi daryo bo‘ylariga borib vositalik qilgan edim-ku.
Xon bilan vazir ikkovlari uchun ham yoqimli bo‘lgan o‘sha voqealarning tafsilotlarini eslab ketdilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:05:44
Bu voqealarning orasida quda-andachilikning alohida o‘rni bor edi. Mahmudxonning otasi Yunusxon bir emas, uch qizini aka-uka temuriylarga uzatgan edi. Ulardan o‘rtanchasi Ahmad mirzo — Samarqand podshosi, ikkinchi kuyov — Mahmud mirzo — Hisor hukmdori, uchinchi kuyov — Umarshayx mirzo — Farg‘ona tojdori. Xonlar udumiga binoan, Yunusxon har bir qiziga mingdan ortiq mo‘g‘ul beklari, navkarlari, kaniz va xizmatkorlaridan qo‘shib yuborgan edi. Ular kuyovning dargohiga o‘rnashib, kelinning xizmatini qilishar, ayni vaqtda, temuriylarning ichki ishlariga aralashib, ularning oralarida nizo chiqishiga sabab bo‘lar edilar.
Ana shu tarzda chiqqan nizolar tufayli Ahmad va Umarshayx mirzolar bir-birlari bilan Toshkentni talashib ko‘p urushdilar. Qaynotalari Yunusxon ularni yarash¬tirish bahonasi bilan Mo‘g‘ulistondan Toshkentga kelib-ketib yurdi, axiyri bu shaharga o‘rnashib oldi.
Yunusxonning vafotidan so‘ng, uning katta o‘g‘li Mahmudxon Toshkentni butunlay mo‘g‘ul xonlarining qarorgohiga aylantirdi.
Chingiziylar hukmronligining qayta tiklanishi ko‘pchilik turonliklarni norozi qilmoqda edi. Samar-qand podshosi Ahmad mirzo shu norozilar orasidan oltmish ming qo‘shin to‘plab, Toshkent bo‘sag‘asida, Chirchiq daryosi bo‘yida hal qiluvchi jangga tayyorlana boshladi.
Jang arafasida Shayboniyxonning uch yuz kishilik navkarlariga Buxoro hokimi Abduali Tarxon boshchiligida juda mas’uliyatli vazifa yuklandi. Ularga qo‘shin markazida bo‘lish va Ahmad mirzoning tug‘larini, bayroqdorini qo‘riqlash topshirildi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:05:52
O‘ttiz olti yoshlik Shayboniyxon jang paytida bayroq va tug‘lar qanchalik ulkan ahamiyat kashf etishini yaxshi bilardi. Uning dili — o‘zi mansub bo‘lgan sulolaning vakili Mahmudxon tomonida edi. Jang arafasida Shayboniyxon ishonchli bir xufiyasini Mahmudxon qarorgohiga yashiriqcha jo‘natdi. Bu xufiyaga quyidagi gapni aytib yubordi:
«Men ham Chingizxon naslidanmen, temuriylarning ichki sirlarini bilurmen, agar Mahmudxon hazratlari lozim ko‘rsalar, kechasi yashiriqcha Chirchiq bo‘yiga kelsinlar, men bu tomondan o‘tib borurmen, ertangi jangda xonga g‘alaba keltiradigan bir rejaning maslahatini qilurmiz».
Bu xufiyaning gapi tayinlik ekanini taftish qilib bilgan eshik og‘a Tilba Sulton uni Mahmudxon bilan uchrashtirdi. So‘ng Tilba Sulton bilan Mahmudxon yarim tunda daryo bo‘yiga Shayboniyxon tayin etgan joyga bordilar. Shayboniyxon dadil yigit ekan, otni ham oqizadigan Chirchiq daryosidan kechasi suzib o‘tib keldi.
— Ahmad mirzo noshud sarkarda, — dedi u Mahmudxonga. — Uning ishongan amiri Abduali Tarxon ertaga bo‘ladigan jangda markazga — g‘ulga tayin bo‘ldi. Podsho ham, uning tug‘lari, bayroqdori ham g‘ulda bo‘lur. Siz qo‘shiningizni daryo qirg‘og‘idan orqaroqqa olib, go‘yo chekinganday bo‘lsangiz. Ular daryodan o‘tguncha, hammalari ho‘l bo‘lib saflari ancha-muncha to‘zg‘iydir. Shunda men uch yuz navkarim bilan ularning bayroqdorlarini urib yiqitib, siz tomonga qochib o‘tgaymen. Bayroq yerga tushib oyoqosti bo‘ldimi, qo‘shin yengilgan hisoblangay! Shunda siz hujumni kuchaytirursiz. Men ham navkarlarim bilan sizlar tomonda Ahmad mirzoga qarshi jang qilgaymen. Yog‘iyning orqasida toshqin daryo. Qochganlarining allaqanchasi suvga cho‘kib halok bo‘lur.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:06:13
Shayboniyxonning bu rejasi Mahmudxonga ma’qul tushdi. Ertasi kuni jangda o‘sha rejaga amal qilgan Mahmudxon Ahmad mirzo ustidan g‘alaba qozondi. Shundan keyin Mahmudxon dadillanib, O‘ratepani ham Ahmad mirzodan tortib oldi-da, u yerga o‘zining qadrdoni bo‘lgan mo‘g‘ul-dug‘lat amiri Muhammad Hu-saynni hokim qilib qo‘ydi.
Chirchiq bo‘yidagi jangda katta xizmat ko‘rsatgan Shohbaxt — Shayboniyxon Mahmudxondan mukofot kutmoqda edi. Mahmudxon uni o‘z huzuriga chaqirib shunday dedi:
— Turkiston shahri hamon temuriylar ilkida. Holbuki biz, chingiziylar, bu joylarni Chig‘atoyxondan meros olgan edik!
— Xon hazratlari, mening bobom Abulxayrxon ham Turkiston shahrini o‘ziga mulk qilgan edi.
— Chunki po‘lat varaqqa bitilgan ahdnomaga binoan, xonlik masnadiga faqat Chingizxon avlodlari munosib ko‘rilgan. Temurning bobokaloni Qorachor nuyon bu ahdnomaga imzo chekkan, ilohiy tangri oldida xonlik da’vosidan voz kechgan. Doim xonlar xizmatida lashkarboshi amir bo‘lib xizmat qilishga so‘z bergan. Amir Temur ham o‘zini xon deb atamaganku!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:06:39
— O‘zini xon deb atamagan-u, lekin xonlarni qo‘g‘irchoq qilib o‘ynatgan! — dedi Shayboniyxon alam bilan. — Chingizxon naslidan bo‘lgan Suyurg‘atmish¬xon, Mahmudxon deganlarni xo‘jako‘rsinga oq kiygizga solib xon ko‘targan. Aslida bu xonlar uning xizmatini qilgan. Faqat To‘xtamishxon Temur bilan dadil olishgan, ammo omadi kelmay yengilgan. Oltin O‘rda yer bilan yakson qilingan. Temur Mo‘g‘uliston xonlariga qarshi bir emas, yetti marta yurish qilib, Chingizxon avlodlarini Chig‘atoy ulusidan butunlay siqib chiqardi. Uning o‘g‘li Shohruh bilan nevarasi Ulug‘bek chingiziylarni Turonga yo‘latmay qo‘ydi. Mana endi, oradan yuz yil o‘tgandan keyin temuriylar davlati parchalanib, o‘zaro urushlardan batamom zaiflashdi-yu, sizu bizga omad keldi.
— Gapingiz to‘g‘ri, janob Shohbaxtxon, Chig‘atoy ulusidan temuriylarni siqib chiqarib, chingiziylar hukm-ronligini qayta tiklash siz bilan bizning zimmamizga tushadir. Sayramu Turkistonlar ham ikki yuz yil davo¬mida chingiziylar tasarrufida bo‘lgan. Keyin Amir Temur Yassaviy maqbarasini qurib, bu yerlarga ega bo‘lib oldi. Hozir ham Turkiston temuriylarga sadoqat saqlab turibdir. Men sizga uch ming kishilik sara qo‘shin beray. Bobongiz Abulxayrxonning mulkini temuriylardan qaytarib oling!
— Minnatdormen, xon hazratlari! Turkistonni temuriylardan tortib olib, sizning davlatingiz tarkibiga qo‘shish — mening orzuyimdir! Siz barcha chingiziylarga rahnamo bo‘lgaysiz! Mening ezgu niyatim — sizning yo‘lboshchiligingizda chingiziylarning ulug‘ saltanatini qayta tiklamoqdir!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:07:06
— Mana bu niyat — tahsinga sazovor, janob Shohbaxtxon. Ammo zamonlar o‘zgardi. Siz bilan biz ham Chingizxon davridagi mo‘g‘ullar emasmiz. Islomni qabul qildik. Turkiy til — ona tilimizga aylandi. Mana, siz madrasada o‘qidingiz. Biz ham forscha, arabcha o‘rgandik. Kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy tutish, hayot tarzi — hammasi o‘troq turkiy aholinikidan farq qilmagani yaxshi bo‘ldi. Chunki bu hammasi bizning Turonzaminga otgan yangi ildizlarimizga aylandi.
— Ammo o‘q ildizimiz — Chingizxon naslidan ekanligimizdir! — gap qo‘shdi Shohbaxtxon.
— Ha, ana shu o‘q ildizni mahkam tuting, ammo Turonzaminga otgan yangi ildizlaringizdan ham oziqla¬ning!
— Mening dilimdagi gapni aytdingiz, xon hazratlari. Men o‘z atrofimga Turondan ham, Dashti Qipchoqdan ham barcha turk-mo‘g‘ul qavmlarni yig‘moqdamen. Bularning biri qipchoq, biri nayman, biri qo‘ng‘irot, biri jaloyir, ammo hammalarini «o‘ziga-o‘zi bek — o‘zbek» degan chiroyli nom bilan atasam, ko‘pchiligiga ma’qul tushdi. Oralarida Qur’onni menchalik yaxshi qiroat qiladigan imomlari yo‘q. Shuning uchun hammalari meni «Imomi zamon!» deb tan olurlar!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:07:50
— Ko‘pchilikning boshini qovushtirish uchun nimayiki zarur bo‘lsa, hammasini qiling. Eng muhimi, ahillikdadir. O‘zaro urushlar temuriylarning boshiga yetmoqda. Siz bilan biz bir yoqadan bosh chiqarsak, Islom bayrog‘ini temuriylardan ko‘ra balandroq ko‘tarsak, barcha musulmonlar bizga ergashgay!
— To‘g‘ri aytdingiz, hazratim! Hozir bobokalonimiz Chingizxonning mafkurasi bilan ish yuritib bo‘lmagay! Endi faqat islomning sunniy mazhabi bizga mos kelur.
Mahmudxon Shayboniyxonning bu fikrini ham ma’qul ko‘rdi. Ularning maslakdosh ekanliklari, ayniqsa Shayboniyxonga qo‘l keldi. Mahmudxonning yordami bilan Shayboniyxon avval Turkistonni, so‘ng Buxoroni noshud temuriyzoda Sulton Ali mirzodan tortib oldi. Vaziyat yetilishi bilan Shayboniyxon Samarqandni ham egallaydi. Uning homiysi Mahmudxon bundan mamnun.
Shayboniyxonga rahnamo bo‘lib butun Turonda, undan so‘ng Xurosonu Eronlarda ham Chingizxon avlodlarining shonu shuhratini, davlatu hokimiyatini qayta tiklash Mahmudxonning eng ulkan orzusidir. Buni yaxshi biladigan Tilba Sulton:
— Ilohim, ana shu orzuyingiz tezroq ro‘yobga chiqsin, xon hazratlari! — deb tilyog‘lamalik qila boshladi. — Siz Sohibqiron a’zam Chingizxonning dahosini meros olgansiz. Ona tomondan Iskandar Zulqarnayn avlodlaridan ekansiz! Muhtarama volidangiz Shohbegim menga so‘zlab berdilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:08:01
— Ha, ona tomondan bobomiz Shoh Muhammad hazratlari buyuk yunon podshosi Iskandar Zulqarnaynning Pomirda qolib ketgan avlodlaridan ekanlar. Rahmatlik otamiz Yunusxon Shoh Muhammad hazratlari bilan Badaxshonda tanishgan ekanlar.
— Qarang, xon hazratlari, xudo suygan bandasiga qo‘sha-qo‘sha qilib berar ekan-da! Hali kelajakda Badaxshon ham sizga meros bo‘lib qolg‘ay. Toshkentu, Andijonu Farg‘onalar sizga buyuk Chingizxondan merosdir. Inim Ahmadbek Farg‘ona vodiysida orttirgan boyligini to‘qqiz tuyaga yuklab, sizga in’om qilib yuborgani shu boisdandir. Oltinu javohir, kimxobu atlas...
— Ko‘rdim! Ahmadbekning saxovati durust. Lekin u haligacha norasida bir temuriyzoda Jahongir mirzo xizmatida yurgani g‘alati.
— Bu hammasi noilojlikdan, xon hazratlari. Qani edi, siz katta o‘g‘lingiz Xonikaxonni inim Ahmadbekka yordamga yuborsangiz. Birgalashib temuriyzodalarni daf’ qilsak. Ana unda Farg‘ona vodiysi sizning o‘g‘lingizga tobe’ bo‘lg‘ay. Ahmadbek to o‘lguncha sizgayu, o‘g‘lingizga sodiq xizmat qilg‘ay.
— Mana bu reja haqida o‘ylab ko‘rsak bo‘ladi, — dedi Mahmudxon. — Boburga avom xalq tarafdor bo‘lib isyon ko‘targani, bizning odamlarni vodiyning shaharu qishloqlaridan quvib chiqargani menga yoqmaydi!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:08:24
— Siz ming bora haqsiz, xon hazratlari! Mening inim Ahmadbek o‘sha avomlarning yo‘lini to‘sib turibdir. Agar Ahmadbek mag‘lub bo‘lsa, bu isyonlar shunday tog‘dan oshib, Toshkentga yetib kelishi muqarrar! Bu yerda ham temuriylar davrini qo‘msab yurgan alam-zadalar oz emas. Buni xufiyalar axborotidan ham bilursiz. Xudo ko‘rsatmasin, agar ichkarida pusib yotgan g‘animlaringiz bosh ko‘tarsa, naryoqdan Bobur Amir Temurning qilichini yalang‘ochlab kelsa...
— Yo‘q, yo‘q, bunga mutlaqo yo‘l qo‘ymasligimiz kerak! Ayting-chi, Ahmadbek Farg‘ona vodiysini bizning davlatimiz tarkibiga qo‘shmoqchi ekani — shunchaki gapmi yoki asosi bormi?
— Asosi bor! Mana, Ahmadbek o‘z ilki bilan sizga maktub yozgan! Agar uni hozirgi xavf-xatardan saqlab qolsangiz, inim umrbod sizning xizmatingizni qilgusidur. Andijonu Axsini temuriylar nomidan emas, sizning nomingizdan idora etishga so‘z bergan!
Mahmudxon Ahmad Tanbalning imzosi qo‘yilgan va muhri bosilgan maktubni o‘qib ko‘rdi-da, o‘zining maxsus qog‘ozlari saqlanadigan juzdonga solib qo‘ydi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:08:40
Xonning yon berayotganini sezgan Tilba Sulton qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib iltijo qildi:
— Xon hazratlari, o‘n besh ming lashkaringiz ko‘pdan beri kuch yig‘ib yotibdir. Katta o‘g‘lingiz Xonikaxon ham yigit bo‘lib qoldi. Ulkan g‘alabalarga erishgilari kelur...
— Qish kunida o‘n besh ming qo‘shinni boshqarish oson emas. Farmon hozirlang, Xonikaxon olti ming lashkar bilan harbiy yurishga otlansin. Ammo bu yurishning butun mas’uliyati sizning zimmangizga tushadir, janob eshik og‘a!
— Boshim bilan javob berurmen, xon hazratlari!
— Ana shu so‘zlaringizni ahdnoma tarzida yozib, imzo cheking!
— Bosh ustiga!
Mazkur ahdnomaga binoan Mahmudxonning olti ming kishilik qo‘shini Ahmad Tanbalni qutqarish uchun Archakent dovonidan oshib, Kosonsoy atroflariga bos-tirib keldi.

_______________
* S a m u r — sobol.
* J ye t ye — bosqinchi, talonchi demakdir.
* Shayboniyxon va Mahmudxon munosabatlari Mirzo Muhammad Haydarning «Tarixi Rashidi» kitobida keltirilgan.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:08:57
2

Arxiyon qo‘rg‘onini qamal qilayotgan Bobur endi asosiy kuchlarini Kosonsoy tomonga burishga majbur bo‘ldi. U Ahmad Tanbalga keladigan har qanday ko‘makning yo‘lini to‘smoqchi, kerak bo‘lsa, tog‘asining o‘g‘li Xonikaxon bilan ham olishmoqchi edi.
Bu xabar Axsida turgan Qutlug‘ Nigor xonimga va uning keksa onasi Eson Davlat begimga ham yetib bordi. Onalar tog‘a-jiyan orasida urush boshlansa juda ko‘p begunoh qonlar to‘kilishidan iztirobga tushib, avval Axsidan Kosonsoyga bordilar, Tilba Sulton bilan Xonikaxonni yaxshilikcha Toshkentga qaytishga undab ko‘rdilar. Biroq olti ming qo‘shinning kuchiga ishongan Tilba Sulton Mahmudxonning nomidan bir qancha og‘ir shartlarni o‘rtaga qo‘ydi:
— Bobur mirzo qo‘shinini Andijon tomonga olib ketsinlar. Axsi bilan Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi hamma joylar avvalgiday Jahongir mirzo ixtiyorida qolsin. Ana undan so‘ng biz qo‘shinni Toshkentga olib qaytgaymiz.
Qutlug‘ Nigor xonim onasi bilan Kosonsoydan Namanganga, Bobur qarorgohiga keldilar.
Sakkiz burchaklik katta oq o‘tovda Bobur o‘ng yoniga onasi va buvisini e’zozlab o‘tqazdi. Uning chap yonidan Qosimbek va Ali Do‘stbek o‘rin oldilar. Onalar keltirgan noxush xabardan otashin bo‘lgan Bobur kuyunib so‘z boshladi:
— Biz Tanbal tufayli shuncha jabr ko‘rdik, ikki yil sargardon bo‘ldik, xon tog‘amiz bizga bironta ham navkarini yordamga yubormadi. Tanbal o‘z qilmishiga yarasha hamma joydan quvilib tor-mor bo‘layotgan paytda xonning olti ming qo‘shini uni qutqarish uchun tog‘ oshib yetib kelibdi! Buni qanday tushunmoq kerak, hazrat momojon? Qani bu yerda adolat?!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:09:07
Qutlug‘ Nigor xonim xon og‘asining qilmishidan xijolat bo‘lib yerga qaradi.
Eson Davlat begim tomoq qirib qiynalib gapirdi:
— Amirzodam, adolat siz tomonda. Lekin Mah¬mudxonning eshik og‘asi Tilba Sulton o‘ta mug‘ambir odamda. Xonni shu odam qo‘shin yuborishga ko‘ndirgan. Biz Kosonsoyda ular bilan so‘zlashdik. Maqsadlari urushish emas. Iningiz Jahongir mirzo bilan sizni yarashtirib qo‘yishmoqchi.
— Men Jahongir bilan emas, Tanbal bilan olishmoq¬damen. Mayli, Jahongir hali bola, uzr so‘rab kelsa u bilan yarashaylik. Ammo Tanbalni qamaldan bo‘shatmagaymiz! Bu qotil o‘z qilmishlari uchun javob bermog‘i kerak!
— Biroq Tanbal Jahongirning otalig‘i-ku! Biri bilan yarashsangiz, ikkinchisi bilan ham yarashmog‘ingiz kerak bo‘lur, — dedi Ali Do‘stbek. — Bundan tashqari, Ahmad Tanbal ham Chig‘atoyxon avlodlaridandir. Xon tog‘oyingiz shuning uchun uning himoyasiga katta qo‘shin yubormishdir!
— Ha, ana, kosa tagidagi nimkosa endi ko‘rindi!— dedi Qosimbek. — Mahmudxon hazratlari temuriylarga o‘gay ko‘z bilan qaraydirlar. Amirzodam, men buni ko‘pdan beri kuzatib yuribmen. Toshkentda, Buxoroda, Turkistonda sizning tarafdorlaringiz, bizga haqiqatni yetkazib turuvchi xufiyalarimiz bor. Ular Mah¬mud¬xonning Shayboniyxonga yon bosayotganligi bejiz emasligini ma’lum qilmoqdalar. Asli Chingizxon naslidan bo‘lgan bu xonlar hozir temuriylarga qarshi til biriktirganlar. Ular nafaqat Toshkentu Farg‘onada, balki butun Turonda Chingizxon avlodlarining hukmronligini qayta tiklamoqchilar!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:09:24
Bu gaplardan Qutlug‘ Nigor xonimning yuzi qizarib, ko‘zlari chaqnab ketdi:
— Men ham Chingizxon naslidanmen! Siz bizni Mahmudxonga qo‘shib o‘g‘limiz Bobur mirzodan begona qilmoqchimisiz?!
— Meni afvu eting, xonim hazratlari! Siz Bobur mirzoga Amir Temur qilichini, uning ruhiy madadini yetkazib berib, olijanob ishlar qildingiz!.. Salkam ikki yil barcha sargardonliklar azobini siz amirzodam bilan birga tortdingiz. Shunchalik qiynalgan paytlaringizda Mahmudxon og‘angiz sizga ham yon bosmadi-ku!
— Bu rost! — dedi Eson Davlat begim. — Mahmudxon boshqa onadan tug‘ilgan. Uning onasi Shohbegim Badaxshi menga kundoshlik qilur, bizni ko‘rarga ko‘zi yo‘q. Ana shuning ta’sirida Mahmudxon bizga o‘gaylik qilishi mumkin. Ammo buning uchun barcha chingiziylarni temuriylarga dushman qilib ko‘rsatishingiz noto‘g‘ri, janob Qosimbek!
— Meni ma’zur tuting, «barcha xonlar» deganim yo‘q. Faqat Mahmudxon bilan Shayboniyxonni, yana Ahmad Tanbalni nazarda tutdim!
— Bular ham sizu biz kabi turkiy tillik musulmonlar-ku! — deb gap qo‘shdi Ali Do‘stbek. — Ayirmachilik qi¬lish kimga kerak?
— Ayirmachilikni biz emas, ular qilishmoqda! — dedi Bobur. — Men tarix kitoblari-da o‘qidim. Eng qadimiy bobokalonimiz O‘g‘izxonning Kunxon, Oyxon, Tog‘xon degan o‘g‘illari bo‘lgan ekan. Shulardan bo‘lgan farzandlardan biri Yulduzxon deb atalgan ekan. Qarang, hammasi turkiy nomlar! Ana shu Yulduzxonning nevarasi — afsonaviy ayol Alanquva qurlos urug‘idan ekan. Qurlos barlosga qon-qarindosh. Nomi ham uy-qash. Men buni Mirzo Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi» kitobida o‘qidim. Ilohiy ruhdan homilador bo‘lib o‘g‘il tuqqan Alanquva turkiy qavmlarning afsonaviy onasi sanalarkan.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:09:54
— Ha, rost, — deb bu gapni Eson Davlat begim ma’qulladi, — otalari mo‘g‘ul qavmidan bo‘lgan Chingizxon ham Alanquvani o‘zining momokaloni deb bilgan. Shunday bo‘lgach, chingiziylarni temuriylarga ashaddiy dushman deb ta’riflash adolatdan emas-da, janob Qosimbek!
— Ammo bu ikki sulola tarixda bir-biri bilan ozmuncha yog‘iylashganmi, hazrat begim? Hokimiyat uchun kurashda og‘a-inini, qarindosh-urug‘ bir-birini ayamaganligi hech kimga sir emas-ku!
— Bobur mirzo o‘z ajdodlarining yog‘iylashgan davr-laridan emas, inoq bo‘lgan davrlaridan ibrat olmoqlari kerak! — dedi Eson Davlat begim. — Hazrati Amir Temurning bobokalonlari Qochuvli bahodir bilan hazrati Chingizxonning bobokalonlari Qobulxon inoq bo‘lish haqida ahdu paymon qilishib, po‘lot kitobga buni o‘yib yozdirgan ekanlar.
— Xo‘p, bu ahdnomani kimlar mudom buzib kelmoq¬da, hazrat momo? Sohibqiron bobokalonimiz Amir Temur Jo‘jixon avlodidan bo‘lgan To‘xtamishxonga qancha yaxshiliklar qilganini bilurmisiz?
— Bilurmiz, ammo...
— Endi shoshmang! To‘xtamishxon nechun bu yaxshiliklarga yomonlik bilan javob berdi? Nechun Amir Temur davlatiga qarshi tajovuzlar qildi? Chunki To‘xtamishxon Oltin O‘rdaga xon bo‘lgandan keyin atrofidagi xushomadgo‘ylari uni hovliqtirdi. «Siz Chingizxon naslidansiz, sizning martabangiz Temur¬beknikidan baland, davlatni faqat siz boshqarishingiz kerak, Temurbek lashkarboshi bo‘lib, sizga xizmat qilishi kerak!» degan aqidaga uni ishontirishdi!..
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:10:04
— Axiyri bu aqida To‘xtamishxonning boshiga yetdi, buni biz yaxshi bilurmiz, — dedi Eson Davlat begim.
— Ammo siz aqidaning hali ham tirik ekanini bilmasangiz kerak, hazrat begim! — deb Qosimbek Boburga yon bosa boshladi: — Bizga kelgan maxfiy axborotlar bor. Tilba Sulton hazrati Mahmudxonga xushomadlar qilib, Ahmad Tanbalning sovg‘alarini berib, xuddi shu aqida asosida bizga qarshi qo‘shin yuborishga xonni ko‘ndiribdur!
— Ayg‘oqchilarning axborotiga muncha inonmang, janob eshik og‘a, — deb e’tiroz qildi Ali Do‘stbek. — Hazrati Mahmudxon Tilba Sultonning aqli bilan ish qiladigan zaif tojdor emaslar. Ul zot bugungi Chig‘atoy ulusining eng qudratli sultonidurlar!
— Bugungi Chig‘atoy ulusi? — hayron bo‘lib so‘radi Bobur. — To‘g‘ri, ona tomondan biz ham Chig‘atoy¬xonga avlodmiz. Men hazrat onamni ardoqlab, boshimga ko‘tarurmen. Ammo Chig‘atoyxondan ming yillar oldin Turon, Turkiston deb nomlangan muazzam zaminni hanuzgacha Chig‘atoy ulusi deb atashga hech bir asos ko‘rmaymen! Axir Chig‘atoyxon Turonda biron yil yashamagan, bironta tarixiy obida qurdirmagan, biron joyni obod qilmagan! Aksincha, obod joylarni xarobaga aylantirgan, to‘g‘onlarni buzdirib, shaharu qishloqlarni suvga bostirgan!
— To‘g‘onlar hazrat Chingizxonning farmoni bilan buzdirilgan, shekilli, — deb gap qo‘shdi Eson Davlat begim.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:10:31
— Har qalay, barcha qirg‘inlar, buzg‘unchiliklarga Chig‘atoyxon ham katta ulush qo‘shgan, — davom etdi Bobur. — Tarix kitoblaridan o‘qidimki, Chingizxon o‘ziga ham bironta yodgorlik qurdirmagan ekan. «O‘lsam, tekis yerga dafn qilinglar, qabrim ustidan mingta ot yurib o‘tsin, toki ko‘milgan joyimni hech kim topolmasin», degan ekan. Vafot etganidan keyin xuddi uning aytganini qilishibdi. Mingta ot uning qabrini top¬tab o‘tibdi. Haligacha uning qabrini hech kim topolmas emish.
— E’tiqodi shunday bo‘lgan ekan-da, — dedi Eson Davlat begim. — Doim o‘tovda yoki otda, tabiat bag‘rida bo‘lishni istarkan. Shaharlarni, qo‘rg‘onlarni yomon ko‘rarkan.
— Begunoh shaharliklarni-chi? — so‘radi Bobur.— Tabiat bilan hamkorlik qilib cho‘llarga suv chiqargan, bog‘-rog‘lar bunyod qilgan butun o‘troq aholini nechun ayovsiz qirgan? Turon xalqining dodi parvardigorga yetgan ekan-ki, Amir Temurdek bir najotkorni yuboribdir. «Biz Chingizxon naslidanmiz!» deb ko‘kraklariga urib maqtanib yurganlar bilsinlar! Nasl-nasab bilan maqta¬nish zaiflik belgisidir! O‘zining ilkidan yaxshi ish kelmaydiganlar mudom nasl-nasablari bilan kerilurlar. Ammo odamning kimligini qilgan ishiyu avlodlarga qoldirgan merosi ko‘rsatgay. Chingizxondan, Chig‘a¬toyxondan, To‘xtamishxondan qanday meros qoldi-yu Amir Temurdan, Shohruhdan, Ulug‘bekdan qanday meros qoldi? Bir qiyoslab ko‘ring! Adolat kim tomonda ekani shunda darhol bilinur!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:10:45
Bahsga aralashmay boshini egib jim o‘ltirgan Qutlug‘ Nigor xonim o‘g‘liga mehr to‘la ko‘zlar bilan qaradi-da:
— Siz haqsiz, Boburjon! — dedi. — Bugun bo‘lmasa ertaga haq joyida qaror topgay. Men shunday pahlavon, haqgo‘y, bahodir o‘g‘lim borligi bilan iftixor qilurmen. Siz o‘z nomingizga munosib sher yigitsiz. Ammo Ahmad Tanbal bilan uning og‘asi chiyabo‘riga o‘xshaydilar. Siz o‘shalar bilan teng bo‘lmang, ular tufayli xon tog‘oyi¬ngiz bilan orani buzmang, sulh taklif qilishsa, yarasha qo¬ling, bolam!
— Qaysi shart bilan yarashaylik? — so‘radi Bobur.
— Axsi Jahongir mirzoda qolsin, mayli deng. Saxiy bo‘ling!
— Ie, ikki yil jon chekib olishganlarimiz bekor ketgaymi? — norozi bo‘lib so‘radi Qosimbek Boburdan. — Otangizdan qolgan yaxlit davlat yana parchalansinmi?!
— Agar bunga ko‘nmasangiz Mahmudxon yuborgan qo‘shin bilan jang qilurmisiz?! — tahdid qilib so‘radi Ali Do‘stbek.
Qosimbek ham unga tik javob berdi:
— Agar amirzodam buyursalar, jangga tayyormiz!
— Oldinda Mahmudxon! Orqada Tanbal! Siz amirzodamni ikki o‘t orasiga tashlamoqchimisiz?! — so‘radi Eson Davlat begim ham qizishib. — Siz Bobur mirzoga nuqul xonlarni yomonlab, ikki orani buzmoqdasiz-ku, janob Qosimbek!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:10:58
— Men haqiqatni aytdim, xolos, hazrat begim!
— Siz haqiqat degan narsa ayg‘oqchilarning yolg‘on-yashiq ig‘volaridir!
Ali Do‘stbek bu da’voni yana bir parda baland ko‘tardi:
— Janob Qosimbek shu ig‘volarga tayanib xonlarga tuhmat qilmoqdalar!
Bobur oraga tushdi:
— Janob Do‘stbek! Hazrat momo! Qizishmangizlar!
«Tuhmat!» degan gap Qosimbekka juda og‘ir botdi. U Boburdan himoya istardi. Ammo Bobur momosi bilan Do‘stbekni yanada asabiylashtirmaslik uchun Qo¬simbekni ochiqchasiga yoqlay olmadi:
— Janob Qosimbek, o‘ylab ko‘raylik, — dedi. — Balki biron murosa yo‘li topilar!
Qosimbek o‘zini bosolmadi:
— Men Tanbal bilan murosa qilolmagaymen! Amirzodam, menga ijozat bering, bu yerdan ketay! Sizga qachon kerak bo‘lsam, chaqirtirsangiz yana kelgaymen! Ammo hozir... tuhmat balosidan xudo asrasin! Hazrat begim, xonim hazratlari, uzr so‘raymen!
Qosimbek borgohdan cho‘g‘day qizargan, asabiy bir alpozda chiqib ketdi.
Yana Qutlug‘ Nigor xonim o‘g‘liga muloyimlik bilan gap qotdi:
— O‘ylab ko‘ring, Boburjon! Kosonsoyda xon tog‘oyingizning olti ming qo‘shini turibdir. Agar siz bu qo‘shin bilan jang qilib, uni yengsangiz... tog‘oyingiz jim qarab turmagay... Orqadan yana o‘n ming, balki yigirma ming qo‘shin bilan o‘zi yetib kelgay!.. Unda ne qilursiz?..
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:11:10
— Men tog‘oyim bilan jang qilmoqchi emasmen... Faqat Tanbalning qanday xoin ekanini xonlar ham bilsalar edi!..
— Vaqt o‘tishi bilan bilib qolarlar, — dedi Qutlug‘ Nigor xonim. — Sizga xiyonat qilgan Tanbal xonga ham xiyonat qilmay turolmagay. Xo‘ja Abdulladay pirni osib o‘ldirgan qotilga qasos qaytmay qolmas!
Bobur o‘ylanib jim qolganidan foydalangan Ali Do‘stbek gapni kutilmagan tomonga burdi:
— Ikki yildan buyon siz ko‘p azob tortdingiz, amirzodam! Endi bu dunyoning rohatini ham ko‘rishingiz kerak. Yoshingiz o‘n sakkizda, alpqomat yigitsiz. Ayni uylanadigan paytingiz. Qallig‘ingiz Oyisha begim ham o‘n oltiga to‘lib, sep yig‘moqda emishlar.
Mavzu o‘zgarganidan jonlangan Eson Davlat begim Oyisha begimni ta’riflay ketdi:
— Borib ko‘rganlar mahliyo bo‘lib gapirganlarini men o‘zim eshitdim! Egachilari Qorako‘z begimning go‘zalligi ta’rifga sig‘mas edi. Oyisha begim egachisidan ham ko‘hliroq bo‘lib yetilibdur!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:11:27
Boburning urush-janjallar qahratonidan junjikkan qalbiga birdan bahorning iliq shabadasi tekkanday bo‘ldi. O‘zi yozgan g‘azalning satrlari: «Jamoling vasfini, ey oy, necha eldin eshitgaymen? Ne kun bo‘lg‘ay visolingga meni dilxasta yetgaymen?» degan savollar dilida go‘yo nay navosiga qo‘shilib eshitildi. Agar tog‘asi Mah¬mudxon bilan yovlashsa, Toshkentdagi Oyisha begim¬ning taqdiri nima bo‘ladi? Yana Samarqanddagi kabi arosatga tushadimi?
— Xudo saqlasin! — dedi Eson Davlat begim. — Urush boshlansa qallig‘ingizni garovga olib azob bergaylar! Lekin sulh tuzilsa, xon tog‘angiz kelinimiz Oyisha begimni seplari bilan Andijonga xushu xursand jo‘natmoqchi ekanlar!
— Oh, qani, yolg‘iz o‘g‘limning to‘ylarini ko‘rsam! — deb orziqib xitob qildi Qutlug‘ Nigor xonim.
Bobur shuncha vaqtdan beri bir ko‘rishga mushtoq bo‘lib yurgan qallig‘iga yetishadigan kunlarni ko‘z oldiga keltirdi-yu, muloyim bo‘lib qoldi. Onalar Andijonda bo‘ladigan to‘y shodiyonasidan el-yurt ham tinchib bir yayrab olishini aytishdi va nihoyat Boburni Ahmad Tanbal bilan sulh tuzishga ko‘ndirishdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:11:41
3

Javzo oyining iliq oqshomlaridan birida Andijon arkidagi haramda ikki oylik kelinchak Oyisha begimning xobgohida kanizlar shohona to‘shakka gul atri sepdilar. Oltin-kumush buyumlar va ipak gilamlar bilan bezatilgan tanobiy uyning eshigi oldiga chiroyli poyandoz to‘shaldi. Oyisha begimning qo‘llariga xina, qoshiga o‘sma qo‘yilgan edi. Go‘zal kelinchakning boshqa pardozlari endi tugaganda kanizlardan biri quvonib shivirladi:
— Keldilar!
Ayvonda boshiga oltin jig‘a kiygan Bobur ko‘rindi.
So‘nggi yillarning tinimsiz olishuvlari uni xiyla pishitgan. Yelkalari to‘lishib, o‘n sakkiz yoshli durkun yigitga aylangan.
Xobgoh oldida Boburni ta’zim bilan kutib olgan o‘n olti yoshli Oyisha begim kuyovga nisbatan kichkinagina, ingichkagina ko‘rinadi. Uning boshiga kiygan serbezak baland toqisi, bo‘yniga taqilgan zebigardon va marjonlar nozik qomatiga og‘irlik qilayotgandek tuyuladi.
Kanizlar ta’zim qila-qila chiqib ketdilar. Bobur ulardan ba’zilarining ko‘zlari sho‘x chaqnaganini payqab, o‘ng‘aysizlanadi. Kuyov haramda tunaydigan tunni kaniz¬laru savdarlar oldindan bilib, maxsus tayyorgarlik ko‘rishi, xobgohga shuncha odamning kirib-chiqishi unga noxush tuyuladi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:11:48
Buning ustiga Oyisha begim haddan ortiq uyatchan. U Boburni:
— Marhabo, hazratim! — deb to‘rga taklif qilganda ovozi hayodan titrab, zo‘rg‘a eshitildi.
Uyning to‘rida — harir parda ortida ikki kishilik baland to‘shak bor. Oyisha begimning uyatchanligi Boburni battar o‘ng‘aysizlantirdi. U yuqoriga o‘tib o‘tirayotganda to‘rdagi to‘shakka qaramaslikka tirishdi. Ko‘zini dasturxonga tikib:
— Xushvaqt yuribsizmi, begim? — deb so‘rashdi.
— Shukr.
Oyisha begim azbaroyi tortinganidan dasturxonning Boburdan eng uzoq chetiga o‘tirdi. So‘ngra oraga noqulay jimlik cho‘kdi.
Oyisha begim xushsurat bo‘lsa ham, hali yetilmagan norasida qiz edi. Ota-onasidan erta ajralgan bu qiz ko‘p kasalga chalinib ozib ketgan.
Bir vaqtlar Bobur uni ko‘rmasdan oldin xayolida tasavvur etib yurgan afsonaviy parizod butunlay boshqa edi. Xayol bilan hayot orasidagi farq qanchalik katta bo‘lishini Bobur endi bildi.
Urf-odatga binoan ular bir-birlarini to‘ydan so‘ng go‘shangada birinchi marta ko‘rdilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:12:19
Ular hali biror marta hamsuhbat bo‘lmaslaridan va ruhan yaqinlashishga ulgurmaslaridan oldin boshlangan jismoniy yaqinlik Boburga uyat ishdek tuyular va uning ilgarigi musaffo tuyg‘ularini poymol qilayotganday bo‘lardi. Shuning uchun kechalari davlat ishlari bilan bo‘lib, ko‘pincha o‘zining xobgohida tunab qolardi... Hukmdorlik udumiga binoan uning faqat ba’zi tunlarni xotini bilan o‘tkazishi rasm-rusumga xilof hisoblanmas, Boburning otasi Umarshayx mirzo ham shunday qilardi. Lekin yosh kelin-kuyov orasida avvalgi xayoliy orzu bilan hozirgi ahvolning keskin farqidan kelib chiqqan noxush bir murakkablik borligini Oyisha begim ham payqar va o‘zini Boburga nomunosib sezib ich-ichidan iztirob chekardi.
Oyisha begim oraga tushgan noqulay jimlikda qirmizi choynakdan piyolaga choy quyib, tavoze bilan Boburga uzatdi.
Bobur piyolani olayotganda Oyisha begimning hali uncha to‘lishmagan ozg‘in qo‘llari titrab ketganini ko‘rdi.
— Rahmat, — deganda unga o‘z ovozi ham gunohkorona tovlanib eshitildi.
Bobur bir vaqtlar xayolida ardoqlab, oyog‘iga bosh qo‘ygisi kelib g‘azal yozgan qallig‘ini endi bunchalik uyaltirayotgani uchun o‘zini ham gunohkor sezardi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:12:41
Choshnagir ayol chinni laganda zira hidi kelayotgan kabob ko‘tarib kirdi. Yoshi ellikka borgan bo‘lsa ham durrani chakkasiga qiya qilib o‘ragan bu shaddod ayol kuyov-kelindagi uyatchanlikni sezib, hazil qildi:
— Amirzodam, yigit kishi yosh kelinchakni gapga solib o‘tirishi kerak emasmi? Qiziq-qiziq hangomalardan so‘zlab bering. Samarqanddan elchilar kelgan emish. Qanday xushxabarlar bor?
Choshnagir ayol laganni kuyov-kelinning o‘rtasiga qo‘yib, kumush sovrini* ochdi. Oq kiyikning go‘shtidan tayyorlangan toza kabobning hidi zira hidiga qo‘shilib atrofga taraldi.
— Begim, siz ham ochilibgina o‘ltiring. Bunday baxtli yoshlik bir marta keladir. Zavqini surib qoling, aylanay begim, bizga o‘xshab keksayganingizda eslab yurarsiz!
Choshnagir ayol kulib chiqib ketdi. Uning «zavqini surib qoling» degan so‘zlari Oyisha begimdagi uyatchanlikni kamaytirish o‘rniga battar oshirgan edi. Bobur esa bir oz dadillanib:
— Qani, begim, — dedi. Lagan ustiga qo‘l cho‘zdi-yu, lekin Oyisha begim kabobga qo‘l uzatishini kutdi.
— Siz boshlang, — shivirladi kelinchak.
— Xo‘p, mana. Qani, endi, siz...
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:12:52
Shu tarzda bir oz kabob yeganlaridan keyin yana choyga o‘tdilar.
— Begim, shahringizni sog‘inganingiz yo‘qmi?
Oyisha begim endi Boburning yuziga botinibroq qaradi:
— Samarqandnimi?.. Sog‘indim.
— Agar nasib qilsa, yozda Samarqandga qaytursiz.
— Koshki edi... Biroq men... o‘zim keturmenmi?
— Yo‘q, Samarqand nasib bo‘lsa, bu yerdan hammamiz ko‘chib keturmiz.
— Ko‘chib?.. Andijon kimga qolur?
Bobur horg‘in tovush bilan:
— Hozircha Ahmad Tanbal bilan Jahongir mirzoga,— dedi.
Oyisha begim hech narsaga tushunolmay taajjublanib qoldi. Bobur Andijonni qayta qo‘lga kiritguncha ozmuncha aziyat chekdimi? Endi nechuk Andijonni ixtiyoriy ravishda tashlab ketmoqchi?
— Men Samarqandni sog‘ingan bo‘lsam ham, — dedi Oyisha begim, — lekin sizning ota yurtingizda osuda yashashni afzal ko‘rurmen!
Oyisha begim boyagi uyatchanligini unutib, ochilib gapira boshlaganida Boburga uning yuzi avvalgidan jozi¬baliroq ko‘rindi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:13:03
— Sizdan ham o‘tinamen, hazratim, — davom etdi Oyisha begim, — ko‘p azob tortgansiz. Samarqand sizga jangsiz darvoza ochmas. Endi o‘zingizga rahm qiling. Urushga bormang, o‘tinamen!
— Begim, bu yerdagi hozirgi ahvolimiz sizga ham munosib emas, menga ham.
— Nechun bunday dedingiz? Axir siz o‘z yurtingizda podshohsiz-ku.
Bobur kinoyali kulimsirab, bosh chayqadi:
— Hozir faqat nomim podshoh, — deb qo‘ynidan bir varaq buklangan qog‘oz oldi-da, Oyisha begimga uzatdi.
So‘nggi oylarda Bobur ko‘ngil dardlarini qog‘ozga tushirishga ko‘p ehtiyoj sezar va deyarli har kuni she’r mashq qilar edi. Bu qog‘ozda uning shu bugun yozgan bir qit’asi bor edi. Oyisha begim qog‘ozni ochib, satrlarga ko‘z yugurtirdi:
Qolmadi hurmat ahli olamda,
Olamu olam ahlidan yuv ilik.
Boburo, ikki podshohlig‘din
Yaxshiroq bu zamonda bir beklik.
— Hazratim, she’ringiz muborak bo‘lsin!
— Qulluq. Endi mening dardimni tushungandirsiz?
— Tushundim. Siz Jahongir mirzoning Axsida ikkinchi podshoh bo‘lib olganidan dard chekmoqdasiz. Ilgarigi yagona davlat ikkiga bo‘lingan...
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:13:11
— Begim, gap faqat Jahongirda emas, hozir Ali Do‘stbek bilan Ahmad Tanbal bizni o‘rgimchak to‘riday chirmab kelurlar, — dedi Bobur Oyisha begimga. — Agar biz shu o‘rgimchak to‘rini yorib chiqib ketmasak, keyin bularga yemish bo‘lurmiz!
— Hazratim, Samarqandda ham yog‘iylaringiz behisob. Yana urush boshlansa...
— Samarqandda hozir do‘stlarimiz ham oz emas.
— Kelgan elchi sizni poytaxtga chorladimi?
Bobur elchi bilan bo‘lgan gaplarni hozircha juda maxfiy tutishi zarur edi.
Samarqand beklari bilan Sulton Ali mirzo orasida nifoq kuchaygan. Mazid tarxon boshliq beklar mingdan ortiq navkarlari bilan shaharni tashlab chiqqanlar. Ular Urgutda Boburga muntazir turgan emishlar. Yaqinda Buxoroni zabt etgan Shayboniyxon endi Samarqandga ko‘z tikkan emish. Agar Bobur tezda yetib bormasa, Sulton Ali mirzo poytaxtni Shayboniyxonga berib qo‘yishi aniq. Shayboniyxonning berahmliklarini ko‘p eshitgan odamlar undan qo‘rqib, endi shahar darvozalarini Boburga pinhona ochib bermoqchi emishlar. Bobur mana shu qulay paytdan foydalanib qolishni istaydi.
— Elchi bizni chorlagani rost, — deb, u Oyisha begimga umumiyroq javob qildi. — Ammo Sulton Ali mirzo taxtni bizga osonlikcha bermas.
— Demak, yana urush! Yana xavfu xatar!..
— Begim, tog‘ning boshi qorsiz bo‘lmas, yigitning boshi — xatarsiz.
— Hazratim boya o‘rgimchak to‘ridan gap ochgan edilar. Agar siz ketsangiz, o‘rgimchak to‘rida biz qanday qolurmiz?
— Istasangiz, sizni birga olib keturmen!
— Jang maydonigami?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:13:28
Oyisha begimning savolida ozgina kinoya ham bor edi. Buni sezgan Bobur xijolatdan xiyol qizardi.
— Urush tugaguncha onam bilan Xonzoda begim uchovlaringiz O‘ratepada turishlaringiz mumkin. Bahavo joy. Shahar hokimining xotini onamning tug‘ishgan singlisi.  U yerdan  Samarqandga  borishlaringiz  ham oson.
— O‘ratepa tog‘liq joymi? Yo‘llari juda yomondir? Men otliq yurolmaymen.
— Mahofada borishingiz mumkin.
Shahar qizi bo‘lgan Oyisha begim bir joyda muqim yashashni yaxshi ko‘rardi, yo‘l azobini ko‘tarolmas edi.
Boburning so‘nggi gapiga bosh chayqab:
— Mahofadan qo‘rqamen, — dedi.
«O‘gay taqdir menga bu borada ham kinoya qilmish!— dedi Bobur ichida. — Mendek qo‘nimsiz sayyohtabiat kishiga buningdek nozigu muqim tabiat rafiqa bermish!»
Oyisha begim hozir himoyaga muhtoj bir mushtipar qiz bo‘lib ko‘rindi. Bobur uning ko‘nglini ko‘targisi kelib, quvnoq ohangda gapirdi:
— Otda yurolmasangiz, begim, mahofadan qo‘rqsangiz, unda men sizni... kaftimda olib yururmen!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:13:51
— Kulmang, mirzo hazratlari! Men kaftingizda yu¬rishga munosib emasmen...
Oyisha begimning so‘nggi so‘zlari Boburga allanechuk shirin tuyuldi. Uning yigitlik qoni ko‘pirgandek bo‘lib o‘rnidan ko‘tarildi-yu:
— Yo‘q, munosibsiz! — dedi.
— Kulmang...
— Munosibligingizni isbot etaymi?
Oyisha begim hurkovich kiyikdek chaqqonlik bilan o‘rnidan turdi va qochishga hozirlandi. Bobur to‘y kechasi uni mahofadan qanday azod ko‘tarib tushirgan bo‘lsa, hozir ham o‘shanday ko‘tarib oldi. Uni to‘rdagi to‘shak tomonga olib o‘tayotib, pastki qandilda yonib turgan shamlarni puflab o‘chirdi.
Hozir shu daqiqalarda Oyisha begim Boburning ko‘ziga olovli jozibaga to‘lib ko‘rindi. O‘zining bu xobgohda uch-to‘rt kunda bir marta tunashi endi tushunib bo‘lmaydigan anglashilmovchilikday tuyuldi. «Minba’d har kuni shu xobgohga kelurmen! — deb o‘zicha ahd qildi. — Men Samarqandga ketsam, necha oy, necha haftalar ayriliqda o‘tgay. Undan ko‘ra Andijonda murosayu qanoat bilan yashayversammikin?»

______________
* S o v r i — ovqat sovib qolmasligi uchun ustiga yopiladigan maxsus idish.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:14:03
*  *  *

Tong otdi. Kechasi Boburning rejalarini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan sehrli tuyg‘ular ertalab oftobdan qochgan yulduzday qayoqqadir yashirindi. Er-xotin nonushta qilib o‘tirganlarida Ahmad Tanbal bilan Ali Do‘stbek¬ning o‘rgimchak to‘rlari yana uning xayolini chirmab oldi. Bobur kecha elchiga «Samarqandga albatta borurmiz», deb va’da bergan, Qosimbek boshliq sodiq kishilar yangi yurish tayyorligini boshlab ham yuborishgan edi. Bobur va’dasidan qaytishi mumkin emasligi ertalabki yorug‘likda aniqroq ko‘rinayotganga o‘xshadi.
Oyisha begim undagi xomushlikni sezib, sukut saqlab o‘tiribdi. Bobur uning yuziga botinib qaray olmay ko‘kragidagi oltin bargaklariga ko‘z tashladi:
— Begim, O‘ratepaga boradigan bo‘ldingizmi?
Boburning yana Samarqandga yurish qilishi qat’iy ekani uning gap ohangidan sezildi. Oldindagi bir necha oylik hijron Oyisha begim uchun behad og‘ir edi. Bu og‘irlikni Bobur unchalik sezmayotgani Oyisha begimga xuddi bemehrlik nishonasidek tuyuldi-yu, birdan alamini keltirdi.
— Hazratim, avval Samarqand sizga muyassar bo‘lsin. Keyin borsam birato‘la shahrimga borurmen. O‘ratepaga emas!
Boburning nazarida, Oyisha begim uning Samar-qandni qayta egallashiga ko‘p ham ishonmayotganday ko‘rindi. Shuning uchun Bobur haramdan chiqib keta turib:
— Mayli, begim, — dedi sovuq ohangda: — Xudo xohlasa, shahringizda ko‘rishganda bu gaplarni yana davom etkarurmiz.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:14:58
SAMARQAND
HAL QILUVCHI OLISHUV

1


Bo‘stonsaroyning bir chetida rang-barang toshlar bilan sangfarsh* qilingan marmar hovuzli hammom bor edi. Kechki payt shu hammomga Sulton Ali mirzoning haramidagi eng chiroyli qizlar cho‘milishga keldilar.
Hamomning ichida gilamlar va ko‘rpachalar to‘shalgan, shohona dasturxon tuzab qo‘yilgan maxsus bir xona bor edi. Bir vaqtlar Sulton Mahmud mirzo tirikligida shu xonadan qizlar cho‘miladigan bo‘lmaga maxfiy bir tuynuk ochilgan edi. Shahvoniyparastlik bilan dong chiqargan Sulton Mahmud mirzo o‘sha tuynukdan qizlarning cho‘milishini tomosha qilar edi.
Sulton Mahmud mirzo o‘lib ketganiga besh yil bo‘ldi. Hammomda maxfiy tuynuk borligini uning o‘n yetti yashar o‘g‘li, hozir Samarqand taxtida o‘tirgan Sulton Ali mirzo yaqinda bilib qoldi. Uni bu sirdan voqif qilgan Abu Yusuf Arg‘un haramga bir qancha chiroyli qizlar keltirib berib, yosh podshoning sohib ixtiyor, sirdosh bekiga aylandi.
Hozir Sulton Ali mirzo qo‘lida may to‘la billur qadah bilan maxfiy tuynuk oldida o‘tiribdi. Marmar hovuzda qiy-chuv qilib cho‘milayotgan yalang‘och qizlar uning ko‘zlarini yondirib, vujudini jingak qilayotganday bo‘ladi. U tomog‘i quruqshaganda may xo‘plab qo‘yadi-yu, ammo ko‘zini tuynukdan olmaydi.
Bir payt uning bu tomoshasiga kimdir xalaqit berdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:15:14
— Mirzo hazratlari, xufiyalar favqulodda xabar keltirmishlar.
Sulton Ali mirzo Abu Yusuf Arg‘unning mayin ovozini taniydi-yu, ammo unga o‘girilib qaragisi kelmaydi:
— Nima xabar bo‘lsa onamga aytavering.
— Begim hazratlari meni sizga yubordilar, amirzodam!
Sulton Ali mirzo endi Abu Yusuf Arg‘unga o‘girilib qaradi.
Uning quyuq ta’zimi ham, pastki tishlari tushib ketgan kemtik og‘zining tabassumi ham ko‘ziga juda yomon ko‘rindi:
— Janob bek, o‘zingiz-ku, bizga mehribonchilik ko‘rsatib go‘zal qizlar peshkash qildingiz... Endi nega orom olgani qo‘ymaysiz?
— Mirzo hazratlari, saltanatingiz xavf ostida! Men shuning uchun oromingizni buzishga jur’at etdim!
— Yana qanday xavf? Onam qayerdalar?
— Devoni xosda sizga muntazirlar.
Sulton Ali mirzo kayfini buzganlaridan achchig‘i kelib, qo‘lidagi qadahni mayi bilan marmar devorga otib urib chil-chil sindirdi. So‘ng barvaqt semirgan yo‘g‘on gavdasi kayfdan xiyol chayqalib, tashqariga chiqdi.
Qorong‘i tushib qolgan edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:15:50
Devoni xosning kiraverishida ellik yoshlardagi qovoq¬lari qalin, jingalak soqolli bir bek qo‘l qovushtirib, bosh egib turibdi. Uy to‘rida tikka turgan Zuhra begim¬ning yuzi qahrdanmi, qo‘rquvdanmi oqarib ketgan:
— Amirzodam, siz ayshu ishrat bilan bandsiz. Xiyonatchilar poytaxtni yog‘iyga pinhona topshirmoq¬chilig‘idan bexabarsiz!
Sulton Ali mirzodan norozi bo‘lib shaharni tashlab chiqqan mingdan ortiq bek va navkarlar Andijondan qo‘shin tortib kelgan Bobur bilan birga Darg‘om bo‘yla¬rida fursat kutib yurganlari ma’lum edi. Ammo Sulton Ali mirzo barcha darvozalarga eng ishonchli kishilarini qo‘yib, shaharni mahkam berkitib yotar edi. Shuning uchun onasiga zarda qilib:
— Yana nima vahima? — dedi.
— Menga ishonmasangiz, mana Muhammad Sulton janoblaridan so‘rang. Bu bek hozirgina Boburning qarorgohidan qochib kelmishlar. Shahar ichidagi fitnachilar bugun kechasi So‘zangaron darvozasini Boburga yashiriqcha ochib bermoqchi emishlar. Piringiz Xo‘ja Yahyo ham sizdan yuz o‘girib, Boburga tarafdor bo‘lgan emishlar.
— Ishonmaymen! — deb Sulton Ali mirzo qo‘l qovushtirib turgan Muhammad Sultonga tikildi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:16:03
— Amirzodam, gapim yolg‘on bo‘lsa bugun kechasi tekshirib ko‘ring! Men yog‘iylaringiz bilan Darg‘om bo‘yida ikki hafta yurdim. Xo‘ja Yahyoning rizoligini Bobur rosa o‘n bir kun kutdi. Nihoyat, bugun ertalab Mamadali kitobdor xo‘janing rizoligini olib boribdir. «Tun yarmida kelsinlar, shaharga kiritgaymiz», deganmish. Bobur bugun peshinda ishongan beklarini to‘plab, mashvarat o‘tkazdi. Xayriyatki, uning ishongan beklaridan biri, men — sizning sodiq qulingiz edim!..
Sulton Ali mirzo qovog‘i qalin bekka endi mamnun nazar tashladi-yu:
— O‘g‘rini qaroqchi urganday bo‘libdir! — deb xaxo¬lab kuldi.
Uning kayf bilan beparvo kulishi Zuhra begimning g‘ashini keltirdi:
— Amirzodam, har bir daqiqa g‘animat. Xos nav-karlaringiz otlangan. Hammasi farmoyishingizga muntazir.
— Farmoyishmi? — deb Sulton Ali mirzo bir lahza o‘ylanib oldi: — Mayli, Bobur darvozadan kirsin. Keyin tuttirib ko‘ziga mil torttirmoq kerak! Toki bizga qasd qilgani uchun abadiy ko‘r bo‘lib qolsin!
Abu Yusufbek oq oralagan qalin soqolining uchini tutamlab bosh chayqadi:
— Tuttirolsak yaxshi edi-yu, ammo bu reja ancha qaltis, amirzodam. Darvozani ochsak, so‘ngra yopib bo‘lmas. Boburning ulkan qo‘shini bor. Qal’a ichida ham tarafdorlari ko‘p. O‘tgan safar Samarqandga kirganda ochlarga non ulashib, dehqonlarga urug‘lik qarz berib, avomning ko‘nglini ovlagan ekan. Bir yoqdan Xo‘ja Yahyoning fatvosi bilan avom ko‘tarilsa, tashqaridan qo‘shin kirsa...
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:16:23
— Yo‘q, bu — juda xatarnok! — dedi Zuhra begim.
— Ha, undan ko‘ra tezroq So‘zangaron darvozasiga borib, u yerdagi soqchilarni almashtirish lozim, — dedi Abu Yusuf va zarhal jildga solingan bir qog‘oz keltirdi.— Amirzodam, mana bu — sizning muborak nomingizdan yozilgan nishon*. Bunda fitnachi beklarning nomlari ham ko‘rsatilgan. Shular bugun kechasi qo‘lga olinmog‘i lozim.
— Fitnachilarning molu mulklari mana bu Muhammad Sulton kabi sadoqatli beklarga olib berilsin!— deb qo‘shimcha qildi Sulton Ali mirzo.
Qovog‘i qalin bekning josuslik qilishdan maqsadi ham shu edi. U Sulton Ali mirzoga ikki bukilib ta’zim qildi:
— O‘lgunimcha xizmatingizdamen, amirzodam. Ijozat bering, mana bu muborak farmoyishingizni bajo keltirishda faqir ham navkarlarim bilan ishtirok etay.
Bu bek fitnachilarning hovlilarini talashda bevosita ishtirok etsa, ko‘proq o‘lja olishi mumkinligini sezib shunday demoqda edi.
— Ijozat berdik.
Muhrdor chaqirtirildi va qog‘ozdagi farmoyishga podshohning muhri bosildi.
— Qolgan ishni biz bajo eturmiz, — dedi Abu Yusuf Arg‘un.
Sulton Ali mirzo til uchida:
— Men ham birga boray, — dedi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:16:31
— Yo‘q, yo‘q! — dedi Zuhra begim tez. U yolg‘iz farzandini qorong‘i tunda dushman ko‘payib ketgan shaharga chiqarishni istamas edi. Mirzo onasining yuzidan o‘tolmaganday bo‘lib saroyda qoldi.
So‘ng ona-bola Bo‘stonsaroyning ikkinchi qavatidagi ochiq ayvonga chiqib, So‘zangaron darvozasi tomonga quloq sola boshladilar.
Tun sukunatida otlarning dupuri quloqqa baralla chalinardi. Amir Temur maqbarasidan sal nariroqda joylashgan So‘zangaron darvozasi Bo‘stonsaroyga ko‘p ham uzoq emas edi.
Yarim kechada Boburning ilg‘orlari darvozaga sekin yaqinlashganda Abu Yusuf va Muhammad Sultonning navkarlari darvozaxona ustidan ularga kamondan o‘q otib, bir qancha kishini yarador qildi.
Qorong‘ida devor tepasidan tusmol bilan otilgan ba’zi o‘qlar otlarga ham tekkan edi. Og‘riqdan asabiylashgan otlarning qattiq kishnagani Bo‘stonsaroyga ham eshitildi.
Darvozaxona ustidagi qo‘riqchilar Boburning odamlarini masxara qilib kulishardi:
— Mirzolaring barakni* xom sanabdir!
— Ha-ha-ha!
— Samarqandni endi tushlaringda ko‘ringlar!
— Keyin tushlaringni suvga aytursanlar?
— Ho-ho-ho!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:16:48
Boburning qo‘shini orqaga qaytib ketishi bilan darvoza oldida shovqin tindi-yu, keyin shaharni u yer-bu yerida itlarning jon-jahd bilan hurgani, odamlarning achchiq faryodi eshitila boshladi. Abu Yusuf Arg‘un boshliq xos navkarlar darvozani tinchitib, endi fitnachilarni ovlashga kirishganini ayvonda o‘ltirgan Sulton Ali mirzo shu uzuq-yuluq dod-voylar tovushidan sezdi.
— Endi tinch uxlasak bo‘lur, — deb xobgohiga kirib ketdi.
Ammo Zuhra begim qandillar yonib turgan o‘z xonasiga kelib, tong otguncha uxlamay o‘tirdi.
Hozirgina bir falokatning oldi olingan bo‘lsa ham, ammo kelajakdagi mushkulotlar uning uyqusini qochirmoqda edi. Bobur Samarqandni yana qamal qilishi mumkin. Uning o‘tgan galgi qamali hali ko‘pchilikning esidan chiqqan emas. Ichkarida Zuhra begim ishona-digan odamlar tobora kamayib boryapti. Bugun fitnachi beklar jazolansa va talansa, Sulton Ali mirzodan norozi bo‘luvchilar yana ko‘payadi. Ularning boshchisi — Xo‘ja Yahyo juda nufuzli ruhoniy. Sulton Ali mirzo Xo‘ja Yahyoga qarshi keskin chora ko‘rolmaydi. Chunki bu-tun dindorlar Xo‘janing tomonida. Agar Xo‘ja avom xalqqa fatvo berib, butun mullolarni ishga solsa, g‘ulu ko‘tarilib ketishi mumkin.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:16:58
Zuhra begim xayolida o‘ziga tayanch izlar ekan, yaqinda Buxoroni olgan, endi Samarqandga qo‘shin tortib kelishi kutilayotgan Shayboniyxon esiga tushdi. Bundan uch kun burun naqshbandiy darvishlaridan biri Zuhra begimga Shayboniyxondan maxfiy bir xat keltirib bergan edi. Begim pardali maxsus tokchada turadigan oltin sandiqchasiga kalit solib ochdi-da, o‘sha xatni olib, qandil yorug‘ida qayta o‘qiy boshladi.
Zarvaraqqa bitilgan chiroyli yozuvda Zuhra begim¬ning aqli va husni ustalik bilan ta’riflangan, yosh umrini o‘g‘liga fido qilib ersiz yurgani alohida ehtirom bilan tilga olingan edi. Xatning eng g‘alati joyi— Shay¬boniyxonning Zuhra begimga g‘oyibona ko‘ngil qo‘yib, unga uylanmoqchi ekanini she’r bilan aytgani edi:

«O‘g‘lingiz o‘g‘limu o‘zingiz yorim,
Dilbaru hamnafasu dildorim».

Hozir shu satrlarni o‘qiyotganda Zuhra begim zabardast bir erkakning o‘tli nafasini o‘z yuzida his qilganday bo‘ldi. Zuhra begim olti yildan beri mana bu to‘shakda yolg‘iz yotadi. Uning gulday umri bevalikda so‘lib boryapti. Zuhra begim tegaman, desa uni oladigan zodagonlar topilar edi. Axir u ta’rifi ketgan go‘zal qiz bo‘lgani uchun Sulton Mahmudxonday podshohning suyukli xotiniga aylangan edi. Biroq o‘g‘li taxtda o‘tirgan Zuhra begim faqat o‘ziga munosib podshohga tegishi mumkin, udum shunday.
Mana endi unga xaridor podshoh ham topildi. Begim Shayboniyxonning she’ridagi ikkinchi satrni yana bir o‘qiganda, xayoliy bir erkak uni quchib, «Dilbar yorim, dildorim!» deb erkalayotganday bo‘ldi-yu, badani qizib ketdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:17:30
U o‘rnidan turib, katta toshoyna oldiga bordi-da, o‘zining aksiga tikilib qaradi. Uyqusiz tundan ko‘z ostilari xiyol ko‘karib salqigan. Ammo qoshlar — qaldirg‘och qanoti. Qora ko‘zlari uchqun sochib porlaydi. Ko‘kraklar baland. Bo‘yni oq marmarday silliq, lab-lari ehtirosli.
Shayboniyxonning yoshi ellikka yaqinlashgan, xotinlari va bolalari bor, Zuhra begim buni biladi. Ammo begim o‘zining oynadagi aksiga mamnun tikilib turgan shu daqiqalarda: «Shayboniyxonning sahroyi xotinlari nima bo‘lipti? — deb o‘ylandi. — Men xonni o‘zimga shunday rom qilayki, hammasi og‘zini ochib qolsin!»
Ertasiga o‘sha darvish kelib, begimning javobini olib ketishi kerak. Begim Shayboniyxonga xat yozish uchun qog‘oz qalam oldi.
Biroq qandillarda ko‘pdan beri yonayotgan shamlarning tutunidan uy sal xira tortib qolgan edi. Zuhra begim havorang barqut darpardalarni ochdi-yu, sahar salqiniga yuzini tutib, ayvon eshigi oldida birpas turdi.
Shunda arkka yaqin bir mahalladan er kishining jon achchig‘i bilan qichqirgani eshtildi. Ayol kishining o‘kirib yig‘lagani unga jo‘r bo‘ldi.
Abu Yusuf Arg‘un bilan Muhammad Sulton hamon fitnachilarni ovlab yurgani, ularning uylarini talab boyiyo¬tgani, allakimlar o‘q yoki tig‘ zarbidan jon berayo¬tgani Zuhra begimning ko‘z oldiga keldi. Shunda xayoli birdan boshqa yoqqa burildi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:17:53
Shayboniyxon Samarqandni jangsiz olish uchun Zuhra begimga yolg‘ondakam ishq izhor qilayotgan bo‘lsa-chi? Samarqandni olganidan keyin so‘zidan qaytsayu, Zuhra begimni mana bu qorong‘i tunda o‘kirib yig‘layotgan ayolning ahvoliga solsachi?
Bu shubhadan begimning borlig‘i muzlab ketdi. U orqasiga qaytib Shayboniyxonning maktubini yana qo‘liga oldi. Xon uning shunday shubhalarga borishini oldindan sezganday, maktubning yana bir joyida she’r aytgan edi:
«Men Samarqandni sensiz netayin,
Jasadi tiyrani jonsiz netayin?»
Bu satrlarning taftidan Zuhra begimning qalbiga yana iliqlik yugurdi. Shu topda begimning o‘ziga ham yorsiz Samarqand — jonsiz tanaday sovuq tuyulardi. Shay¬boniyxon uning bevalik hayotiga issiq jon bo‘lib kirib kelishi ko‘z oldida gavdalandi-yu, qalamni qo‘liga olib, xonga javob yozishga kirishdi. Satr boshidan xonning ta’rifini yuksaklarga ko‘tarib:
«Hazrati imomi zamon, xalifayi rahmon», deb yoza boshladi...

_______________
* S a n g f a r sh — go‘zal toshlardan gul yasash.
* N i sh o n — farmon, buyruq.
* B a r a k — chuchvara.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:18:36
2

Samarqand qal’asining tashqarisidagi bog‘ ko‘chalar, Ulug‘bek rasadxonasining atroflari, Obirahmat arig‘ining bo‘ylari behisob qo‘shinga to‘lib ketgan. Cho‘ponota tog‘ining etaklarida, naryog‘i Zarafshon sohilida yuzlab o‘tovlar va chodirlar paydo bo‘lgan.
Bu qo‘shinning sarkardasi Shayboniyxon Bog‘i Maydonga, Ulug‘bek qurdirgan mashhur Chilsutun ko‘shkiga kelib tushgan edi. Shayboniyxon ko‘shkning yuqorigi qavatida to‘rt tarafi ayvonlik katta uyda peshin namozini o‘qib bo‘lgan ham ediki, yasovul kirib, Sulton Ali mirzo bir necha ichkilari bilan qal’adan xon huzuriga kelganini aytdi.
Shayboniyxonning kichik-kichik ko‘zlari quvonchdan yaltillab ketdi.
— Sultonlarni bu yerga chorlang. Keyin mirzoni boshlab kiring.
— Hazratim, taxtingiz pastki oshiyonda.
— Joynamozim taxtimdan baland!
— Lutf qildingiz, hazratim!
Yasovul ikki bukilib ta’zim qilganicha orqasi bilan yurib chiqib ketdi.
Shayboniyxon bo‘taloq junidan to‘qilgan mayin malla joynamoz chetiga qaytib o‘tirdi.
Yasovul poygakdagi eshikdan Sulton Ali mirzoni boshlab kirganda Shayboniyxon hali ham shahnishinda o‘sha joynamoz ustida o‘ltirgan edi. Shahnishin pastida uning o‘n chog‘li sultonlari cho‘kkalab o‘ltirishibdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:18:49
Shayboniyxon bezaksiz jo‘n kiyingan edi. Sulton Ali mirzo eshikdan kirgan zahoti uning sallasiga qadalgan duru gavharlar, to‘niga tikilgan oltinu marvaridlar dab¬daba bilan yaltirab ko‘zga tashlandi. Ammo Mirzoning ko‘zlari besaranjom, semiz gavdasi bo‘shashgan. U onasining va Abu Yusuf Arg‘unning gapiga kirib, qal’adan qo‘shinsiz chiqib kelgan edi. Bu yerda xonning behisob qo‘shinini ko‘rib, yuragi taka-puka bo‘lib ketdi.
Shayboniyxon bilan avvaldan til biriktirib yurgan Abu Yusuf Arg‘un Sulton Ali mirzoni xon huzuriga avrab olib kelish uchun boya tushki ovqat paytida mirzoga yaxshi ko‘rgan maylaridan ancha ichirgan edi. Hozir Sulton Ali mirzo Shayboniyxonga tomon ta’zim bilan borayotganda  oyoqlari  gilamda  qoqinib,  gavdasi  gandiraklab ketdi. Abu Yusuf Arg‘un suyab qolmaganda yiqilib tushardi.
Shayboniyxon o‘rnidan turib, Mirzo bilan ko‘rishar ekan, xushbo‘y may hidi dimog‘iga urildi. U Mirzoning kayfi borligini darrov sezdi-yu, uni o‘g‘li Temur Sulton va kuyovi Jonibek Sultondan quyiroqqa o‘tqazishni yasovulga imo qilib buyurdi.
Shayboniyxon boshiga qizil bo‘rk ustidan oq salla o‘ragan, ko‘k movutdan abo kiygan. Oltin tugmali abo tagidan kiygan yashil ko‘ylagi musulmon bayrog‘ining rangini eslatadi. Joynamoz ustida o‘ltirgani ham uni xudojo‘y bir odamga o‘xshatib ko‘rsatar edi. Buning hammasi  Sulton Ali mirzoning vahimasini sal bosdi-yu, ammo quyidan joy ko‘rsatilgani uning izzat-nafsiga tegdi. Boshqa sultonlar Shayboniyxonning oldida cho‘kkalab o‘tirganda, Sulton Ali mirzo ataylab chordana qurib oldi. Shayboniyxonning o‘g‘li unga g‘ashi kelib qarab qo‘ydi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:19:20
— Siz menga farzanddek yaqin bo‘lmoqchimisiz, Mirzo? — so‘radi Shayboniyxon muloyim tovush bilan.
— Xon hazratlari ittifoq tuzish uchun chorlabdirlar...
— Volidai muhtaramangiz kelmadilarmi?
— Onam meni yubordilar.
— Ammo o‘zlari ham kelmoqchi edilar.
— Ayol kishi, tortinurlar.
— Odam yuboring, Mirzo, onangiz ham kelsinlar.
Sulton Ali mirzo yonida cho‘kkalab o‘tirgan Abu Yusufbekka qaradi. Abu Yusuf Arg‘un darhol o‘rnidan turib, Shayboniyxonga ta’zim qildi:
— Ijozat bering, xon hazratlari, men hozir borib Zuhra begimni aytib kelay.
Bu nozik ishlarning hammasi Abu Yusuf Arg‘unning harakatlari bilan bitayotganini yaxshi biladigan Shay¬boniyxon yasovulga buyurdi:
— Abu Yusufbekka mening eng chopqir otlarimdan birini in’om qiling!
— Minnatdorman, hazratim!
— Bek, qaytishda Xo‘ja Yahyoga ham xabar qiling. Sulton Ali mirzo kelgan joyga Xo‘ja kelmasa ora uzilur.
— Haq gapni aytdingiz, xon hazratlari!
Abu Yusuf Arg‘un bu topshiriqni bajarish uchun ketgandan keyin Shayboniyxon o‘rnidan turdi-yu, sultonlariga qarab:
— Mirzo bilan suhbatlashib o‘tiringlar, — dedi, o‘zi esa orqa eshikdan ayvonga chiqib, pastga tushib ketdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:19:51
Sulton Ali mirzo atrofidagi sultonlarning adovatli yuzlariga qarab, ular orasida yolg‘iz qolishga qo‘rqdi va o‘rnidan turib, yon eshikka qarab yo‘naldi. Shunda tur¬kistonlik sultonlardan biri o‘rnidan sakrab turib, uning yo‘lini to‘sdi.
— Amirzoda, buyruq bo‘di*, endi bizing yanimizdan ketmaysiz!
Barvasta bir navkar qo‘lini xanjarining sopiga qo‘yib, eshikka ko‘ndalang bo‘lib oldi. Sulton Ali mirzo qopqonga tushganini endi sezdi-yu, kayfi birdan tarqab ketdi. Yuzi bo‘zdek bo‘lib, boyagi joyiga qaytib o‘tirdi.
Oradan bir-ikki soat o‘tgandan keyin Zuhra begim ham to‘rtta kanizi bilan Bog‘i Maydonga kirib keldi. Uning boshida kelinchaklarni eslatuvchi oq harir ro‘mol, peshonasiga esa tillaqosh taqilgan. Egnida xipcha belli gulgun kabo. Uning tagidan kiyilgan oq atlas ko‘ylagi¬ning etagi shunchalik uzunki, ikki kaniz ikki tomondan ko‘tarib kelyapti.
Zuhra begimni Chilsutunning pastki oshiyonida maxsus bezatilgan xonai xosga boshlab o‘tayotganlarini Shayboniyxonning qirq yoshlardan oshgan katta xotini ko‘rib qoldi:
— Bu ne degan yuzsiz xotin? — deb yonidagi ayolga shipshidi: — Ersiragan megajin izzatini bilib uyida o‘tirmaydimi? Sovchi borib ishni bitirgancha shoshmay turmaydimi? Iloyim kasofati o‘zidan beriga kelmasin!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:20:11
Zuhra begim xonai xosga kirganda Shayboniyxon taxt ustida o‘tirar edi. Zuhra begim ikki bukilib ta’zim qilar ekan, Shayboniyxon u bilan taxt ustidan tushmasdan so‘rashdi.
— Xush keldingiz, begim.
Xondan boshqacha muomala kutgan Zuhra begim to‘satdan ko‘ngli buzilib, ko‘ziga yosh oldi.
— Xon hazratlari, men o‘zimni sizga qurbon qildim. Farzandimni, xonu monim — hammasini marhamatingizga ishonib topshirdim!
Zuhra begimning yuzi oq ipak to‘r ortidan aniq ko‘rinmas edi. Xon uning gavhar ko‘zli oltin uzuklar taqilgan qo‘llariga qaradi. Tomirlari bo‘rtib turgan bu titroq qo‘llar begimning ancha yoshga borganidan dalolat berardi. Shayboniyxon yaqinda Buxoroda nikohlab olgan o‘n to‘qqiz yoshli kichik xotinini esladi. So‘ng Zuhra begimning kattagina o‘g‘li Sulton Ali mirzo ko‘z oldidan o‘tdi.
— Xotirjam bo‘ling, begim Sizning maqsadingiz bizga ma’lum. Xudo xohlasa, murodingiz hosil bo‘lmay qolmas.
Shayboniyxon boshqa hech narsa demadi. Yasovul Zuhra begimni xonai xosdan olib chiqib ketdi. Uni kaniz¬lari bilan boshqa bir kichikroq xonaga kiritib, eshikla¬rini tashqarisidan yopib oldilar.

______________
* B o‘ d i — «bo‘ldi» degani.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:20:35
*  *  *

Shayboniyxonning nima qilmoqchi ekanini hech kim tushunmas, ammo bugun Bog‘i Maydonda favqulodda bir hodisa bo‘layotganini sezgan barcha lashkarboshilar va a’yonlar Chilsutun koshonasining yon-verida ikki-uchtadan bo‘lib aylanib yurishar edi. Ularning orasida shoir Muhammad Solih ham bor edi. Uning ipak sallasi nozik qilib o‘ralgan, kalta yengil ipak abosi o‘ziga juda yopishib turadi. Yozda ham telpak kiyib yuradigan, urushdan boshqa narsani bilmay qo‘pollashib ketgan ko‘chmanchi sultonlar uning ziyolicha nozik kiyinishini yoqtirmaydilar, temuriylar xizmatida o‘tgan og‘ir o‘tmishini eslatib turishni yaxshi ko‘radilar.
Nayman urug‘ining boshlig‘i Qambarbiy bog‘da Muhammad Solihga tegishdi:
— Ha, janob shoir, Samarqanddan mirzongiz minan chechangiz* kelib, suyunib turibsizmi?
— Qambarbiy janoblari, Zuhra begim asli o‘zbekning nayman urug‘idan bo‘lurlar. Begimni mendan oldin siz checha deyishingiz lozim.
Mang‘it, do‘rmon va qo‘shchi urug‘ining sultonlari bu gapni yoqtirib xaxolob kuldilar. Qambarbiyning achchig‘i keldi. Muhammad Solihga o‘shqirib:
— Siz-chi? — dedi. — Siz barlos turkidanmisiz?!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:21:07
Temur va temuriylardan chiqqan barloslar Shayboniyxonning eng yomon ko‘rgan urug‘i edi. Muhammad Solih Xusayn Boyqaro saroyida xizmat qilgan, Sulton Ali mirzoga ham mulozim bo‘lgan, axiri mirzolardan aynib, Shayboniyxon tomoniga qochib o‘tgan edi. U Sulton Ali mirzoning harbiy sirlarini Shayboniyxonga aytib  berib, Buxoro va Dabusiya qal’asining olinishiga ko‘maklashgani uchun xon uni yoqtirib qolgan edi. Ammo Qambarbiy ichida uni: «Xiyonat yo‘li bilan obro‘ orttirgan beqaror turk!» deb yomon ko‘rar edi.
Muhammad Solih Qambarbiyning bu nafratini o‘ziga olgisi kelmay, gapni hazilga burdi:
— Janob Qambarbiy, men hozir — o‘zbek turkidanmen!
— Quvlik qilmang, o‘zbek boshqa, turk boshqa!
— Lekin o‘zbekda «ota yurtim Turkiston» degan naql borku, bunisiga ne deysiz?
— Voy-bo‘y, — dedi Ko‘pakbiy, — manav shoiring bizning Turkistonni ham turklarga berib jubormoqchi-g‘u!
Dashti Qipchoqdan chiqqan omi Ko‘pakbiy Turkistonday madaniy shaharni o‘ziniki qilib gapirganidan Muhammad Solihning kulgisi keldi:
— Janob Ko‘pakbiy, siz avval Turkiston degan so‘zning ma’nosini tushuning! Turkiston — turklar makoni degani-ku!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:21:28
— Ne demoqchisan? Biz Rum* turkidan tar¬qag‘anmizmi?
— Aksincha, Rum turklari ham Turkistonni «ota yurtim» derlar. Ular bilan bizning ildizimiz bir. Samarqand qo‘rg‘onidan berida turgan hu ana u tepalarga bir qarang. Ana o‘sha yerda bundan ming yil avval Afrosiyob degan ulkan shahar bo‘lgan. Afrosiyob esa Movarounnahr turklarining afsonaviy qahramoni edi. «Uning asli oti Alp Er To‘ng‘a bo‘lgan» deb, «Qutadg‘u bilik»da Yusuf Xos Hojib yozmishdir.
— Bu shoir o‘zbekning nonini yeb, nuqul turkni maqtaydi-ya!
— Janob Qambarbiy, o‘zbek, qozoq, turkman, qir¬g‘iz— barchasi ham turkiy uluslardir. Bir otaning bolala¬ridek yerimiz bir, tariximiz bir. Sizlar o‘zbek urug‘larining tarixini O‘zbekxon* boshlaysizlar. Bu to‘g‘ri emas.
— Nega to‘g‘ri bo‘lmas ekan? — o‘shqirdi Ko‘pakbiy,— O‘zbekxondan tarqalgan emasmizma?
— Janob Ko‘pakbiy, sizning qipchoq urug‘ingiz O‘zbekxondan ming yil oldin mashhur bo‘lgan. Qo‘ng‘irot urug‘ining tarixi ham olti-etti asrga boradi. Mang‘it, nayman, do‘rmon, qushchi urug‘lari ham qadimdan beri bor. Bu urug‘lar hammasi hozir onhazratim Shayboniyxon qo‘l ostiga birlashib «o‘zbek ulusi» degan umumiy nom olgan ekan, sizlar bu ulusning ta¬rixini esdan chiqarmanglar. O‘zbek degan ism turkiy xalqlarda O‘zbekxondan necha yuz yil oldin ham mavjud bo‘lgan. Men Xorazmda o‘smishmen. Qadimiy kitoblardan o‘qidimkim, Chingizxondan oldin shoh bo‘lgan Xorazmshoh Muhammad o‘z o‘g‘illaridan biriga O‘zbek deb nom qo‘ymishdir. Shundan ma’lumki, bu nom yurtimizda Chingizxon kelmasidan oldin ham mo‘’tabar bo‘lgan. O‘zbek nomini bizning ulusimiz O‘zbekxondan olgan emas. Aksincha, bu qadimiy nomni O‘zbekxon bizning turkiy uluslardan olmishdir!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:24:41
— Yana turkiy deydi-ya! Xon hazratlarining bobokalonlari ulug‘ Chingizxon turk bo‘lmag‘an-ku!
Qambarbiy qaltis mavzuda gap ochganini sezib, hamma jim bo‘lib qoldi. Chunki Chingizxonning g‘ayridin bo‘lganini, Buxoroning jome’ masjidiga ot minib kirganini Turonning ko‘pchilik aholisi bilardi. Shayboniyxon bu aholini cho‘chitmaslik uchun Chingizxon naslidan ekanini oshkor qilmasdan dil tubida saqlardi. Ammo xonning turkiy tilli musulmon ekanligi, islom bayroqdori bo‘lib maydonga chiqqanligi katta bir siyosat shaklida ochiqchasiga targ‘ib qilinardi. Muhammad Solih ham ana shu siyosatga mos keladigan so‘zlarni izlab topdi:
— Janob Qambarbiy, Shayboniyxonning bobolari Abulxayrxon, otalari Shohbudoq Sulton islom dinidan bahramand bo‘lishib, xoqoni a’zam Chingizxondan ham balandroq ma’naviy yuksaklikka ko‘tarilganlar. Shayboniyxon hazratlari hozir ana shu yuksaklikda turib, Turonning pok musulmon xalqiga rahnamo bo‘lmoqdalar!
— Ob-bo, sartting bolasi-ey, endi Turonni o‘rtaga solib, so‘zini o‘tkazmoqchi-da!
— Tarix shunday bo‘lsa men ne qilay, janob Qambarbiy? Ming yillardan buyon Xurosondan naryog‘i Eronu berigi yog‘i Turon deb yuritilur... Xon hazratlari buni yaxshi bilurlar. Imomi zamon Buxoro madrasasida tahsil qo‘rganlarida juda ko‘p turkiy she’rlarni yod olganlar. O‘zlari ham turkiy tilda g‘azallar yozganlar. Men onhazratning g‘azallaridan bir bayt keltiray, eshi¬ting:
«Firqat otidan yiqildim, yor keldi surg‘ali
Ey Shayboniy, yor dardingga davo qildi yana».
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:25:04
— Xon hazratlarining bu she’rlari turkiycha emas, o‘zbekcha! — dedi Qambarbiy.
— Lekin barcha turkigo‘y shoirlar xuddi shu tilda she’r yozganlar-ku! Agar bu o‘zbek tilida bo‘lsa, demak, Navoiy ham o‘zbek tilida yozgan. Demak, kamina ham hozir sizlar bilan o‘zbek tilida so‘zlashmoqdamen. Demak, Movarounnahrning turkiy tiliyu o‘zbek tili, asli¬da bir til. Janoblar, endi dilimiz ham bir bo‘lmog‘i kerak. Temuriylar turku o‘zbek deb ulusni ulusdan ajra¬tib, xalqni parokanda qildilar, mamlakat parchalanib, xarob bo‘ldi. Endi imomi zamon, Iskandari soniy* yana shu ulusni birlashtirib, mamlakatga yagona jon ato qilmoqchilar! Ilohim hazrat xonimiz shu maqsadlariga yetsinlar!
Muhammad Solihning bu gapiga endi hech kim e’tiroz qilolmadi. Munozarada ustalik bilan g‘olib chiqqan shoir ko‘shkka qarab ketdi.
Ko‘pakbiy Qambarbiyga qarab:
— Sartting bolasini ko‘rdingizma? — dedi. — Bularni gap bilan jengib bo‘lmaydi!
— Gap bilan yengmasak qilich bilan yengamiz! — dedi Qambarbiy. Hammalari xaholab kuldilar.

_________________
* Ch e ch a — bu yerda kelinoyi, yanga ma’nosida.
* R u m — Turkiya.
* O‘ z b e k x o n — Oltin O‘rda xoni, 1312—1342-yillarda hukmronlik qilgan, uning poytaxti Saroy Berke Volga bo‘yida, hozirgi Volgograd yaqinida bo‘lgan.
* I s k a n d a r i  s o n i y — Ikkinchi Iskandar, Shayboniyxonga berilgan yuksak ta’riflardan biri.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:25:24
*  *  *

Ko‘shkdan yasovul chiqib, bog‘da muntazir turgan lashkarboshi va a’yonlarni xon hazratlari yuqorigi qavatga kengashga chaqirganini aytdi.
Bog‘dagi arkoni davlat ko‘shkning to‘rt burchiga minoraga o‘xshatib ishlangan va torgina yo‘lak ichidan o‘tgan zinapoyalar bilan yuqoriga ko‘tarila boshladilar.
Xonning o‘zi hali ham pastdagi xonai xosda yana nimanidir kutmoqda edi.
Kechki payt Samarqanddan besh-oltita muridini ergashtirib, Xo‘ja Yahyo ham chiqib keldi. U Bog‘i Maydonga kirib otdan tushayotganda sarosima bo‘lib, oyog‘i uzangi qayishiga o‘ralib qoldi. Muridlari uni suyab tushirdilar.
Katta oq salla, malla saqarlot delagay kiygan Xo‘ja Yahyo Shayboniyxon o‘tirgan taxtning oldigacha ta’zim qilib bordi. Qiroatga o‘rgangan jarangdor tovush bilan:
— Assalomu alaykum, xon hazratlari, — dedi. — Samarqand darvozalari siz ulug‘ zot uchun ochiqdur!
Shayboniyxon Xo‘ja Yahyo bilan o‘rnidan turmay so‘rashdi-yu, kinoya qilib dedi:
— Samarqand qopqalarini biz uchun siz ochib keldingizmi?
— Hazratim, har ish xudoning xohishi bilan bo‘lur.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:25:32
— Biroq sizning xohishingiz — Samarqandni Boburga berish edi-ku?
— Osiy bandalarmiz, xon hazratlari. Xatolik o‘tgan bo‘lsa, afv eting, huzuringizga bosh egib keldim...
Xo‘ja Yahyo ko‘ziga yosh oldi.
Shayboniyxon yasovulga buyurdi:
— Yuqoriga olib chiqib mirzosining qaptaliga* o‘tirg‘izing!
Xo‘ja Yahyoni olib chiqib ketganlaridan keyin Shayboniyxon o‘zining eng yaqin maslahatgo‘yi bo‘lgan oltmish yoshli mo‘ysafid mulla Abdurahimni chaqirdi va u bilan nima haqdadir yakkama-yakka gaplasha boshladi.
Xonning shoshilmayotgani ba’zi sultonlarni taajjubga solmoqda edi. Samarqand darvozalari ochiq paytda nega poytaxtga ot qo‘yib kirmasdan, bu yerda imillab o‘tirishibdi?

_____________
* Q a p t a l i  — yoni, qatori.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:26:14
3

Shayboniyxon to‘rdagi eshikdan kirganda hamma o‘tirganlar o‘rinlaridan sapchib turib, xonga egilib ta’¬zim qildilar. Xon shahnishinga to‘shalgan kimxob ko‘rpacha ustiga chordana qurib o‘tirdi. Uning o‘ng yoniga cho‘kka tushgan mulla Abdurahim qur’ondan qisqa bir oyat o‘qib, xon hazratlariga eng oliy tilaklar bildirdi-yu, nihoyat maqsadga o‘tdi:
— Imomi zamon, xalifai rahmonning niyatlari faqat shahar olish emas, dinu millat dushmanlarini fosh etib, sizu bizni Muhammad alayhissalom yurgan muqaddas yo‘lga yetaklashdir. Agar faqat molu mulkni o‘ylaydigan podshoh bo‘lsa, Samarqand qopqalari ochilgan zahoti urho-ur, deb qal’aga ot qo‘yib kirur edi, karnay-surnay chaldirib, o‘z g‘alabasini tezroq xalqqa oshkor qilur edi. Ammo bizning ulug‘ xonimiz — donolikda Iskandari zamon Shayboniyxon molu mulkdan avval insofu imonni o‘ylayurlar.
— Barhaq! — deb qo‘ydi mulla Abdurahimdan past¬roqda o‘tirgan Muhammad Solih.
— Podshoh insofu imonni unutsa ne chog‘liq murdorliklar yuz berishi, mamlakat ne chog‘liq xarob bo‘lishi temuriylarning kirdikorlaridan bizga ayon. Abdullatif mirzo o‘z otasi Ulug‘bek mirzoni o‘ltirtirdi. Hirotda Husayn Boyqaro o‘z nevarasi Mo‘min mirzoni o‘ltirtirdi. Mana hozir biz bilan o‘ltirgan Sulton Ali mirzo o‘z og‘asi Boysunqur mirzoni tuttirib o‘ldirmoq¬chi bo‘lganda, og‘asi qochib qutuldi. Keyin Boysunqur mirzo bu inisini tuttirganda ko‘zini ko‘r qilmoqchi bo‘ldi. Ammo jallodni oltinga sotib olib, bu Mirzo ham qochib qutuldi. Mirzolarning saroyida sotqinlik, xiyonat, buzuqlik avj oldi. Qur’oni sharif mayni makruh deb qat’iy taqiqlagan. Ammo davramizda o‘ltirgan mana bu yosh Mirzo joynamoz ustida o‘ltirgan imomi zamon huzuriga may ichib shirakayf kelmish. Bu Mirzoning shahvoniyparastligi, shu yoshdan harom yo‘lga yurishligi imomi zamon xonimizga avvaldan ayon edi!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:26:24
Ko‘pakbiy g‘azablanib gap qo‘shdi:
— Osib o‘ldirish kerak bunday Mirzoni!
— Ayb faqat bu navjuvon Mirzoda emas, — deb Muhammad Solih unga e’tiroz qildi. — Buning otasi Mahmud mirzo bag‘oyat imonsiz buzuq odam edi. Samarqandda podshohlik qilganda xotinbozlikka qanoat qilmay, bachchabozlikni ham avjiga chiqargan edi. Bechora xalq chiroyli yosh o‘g‘lonlarini ko‘chaga chiqartirishga qo‘rqib, qizlarni yashirgandek ichkariga yashirar edi.
— O‘g‘il otasiga tortibdir-da?
— Onasi-chi? Mirzoning onasi qalay?
Bu qaltis savoldan hamma bir lahza jim bo‘lib qoldi. Chunki «Shayboniyxon Zuhra begimni nikohlab olmoq¬chi emish», degan ovoza ko‘pchilikning esiga tushdi. Xon bu ayolga uylansa obro‘si tushishini boyayoq sezgan va uylanmoqchi emasligini mulla Abdurahimga aytgan edi. Hozir mulla Abdurahim mish-mishlarni bartaraf qi¬lishga shoshildi:
— Mirzolarning kasofati xotinlariga ham urmish. Bu Mirzoning onasi o‘z nafsi uchun yolg‘iz o‘g‘lini qurbon qiladiganga o‘xshaydi!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:26:49
Mulla Abdurahimning bu gapidan keyin xonning Zuhra begimga munosabati ham ko‘pchilikka ayon bo‘ldi. Sultonlardan biri:
— Quturgan biyaga sudratib o‘ldirish kerak unday xotinni! — dedi.
Yana biri:
— Qopga solib eng baland minoradan tashlash kerak!— dedi.
Shayboniyxon munozaraga erk berib, o‘zi hamma¬ning gapiga zimdan quloq solib o‘ltirardi. Bir-biridan qo‘rqinchli takliflar ko‘payib ketgandan keyin Shay¬boniyxonning ishorasi bilan mulla Abdurahim hammani jim qildi.
Xon gapirar ekan, o‘nlab kishilar uning salmoqdor, vazmin ovozidan, dona-dona qilib aytayotgan so‘zlaridan sehrlanganday qotib quloq sola boshladi. Shayboniyxon mirzolarning insofni, imonni unutganlari, el-ulusni vayron qilganlariga yana bir talay misollar keltirdi-yu, birdan Xo‘ja Yahyoga yuzlandi:
— Bu mirzolaringning piri — sizning otangiz Xo‘ja Ahror edi. «Men valiyman» deb, podshohlarga hukmini o‘tkazib, juda katta boylik orttirgan edi. Bizning xabarimiz bor, otangizdan sizga juda ko‘p oltin qolg‘an. Otangiz o‘lgandan keyin, mana, o‘n bir yildan beri siz Samarqandg‘a ruhoniy ota bo‘lib yuribsiz. Siz ham nafs¬ga berilib, juda ko‘p siymu zar to‘plag‘ansiz. Baliq boshidan buziladi. Pir qanday bo‘lsa, murid ham shunday bo‘ladi. Qaptalingizda o‘tirg‘an mana shul shahvoniyparast yosh Mirzo sizning muridingiz, xudo oldida siz shung‘a javob beraman deb qo‘lini olg‘ansiz!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:27:09
Shayboniyxon shahodat barmog‘ini bigiz qilib, avval Mirzoni, so‘ng Xo‘ja Yahyoni ko‘rsatdi-da, keyin o‘sha barmog‘ini pastga qaratib silkitdi:
— Sizning yana bir muridingiz ayol boshi bilan er istab kelib, pastda o‘tiripti. Sizning qanday pirlig‘ingizni mana shular ko‘rsatib turipti! Siz avval muridlaringizga xiyonat qilib, Samarqandni Boburga bermoqchi bo‘ldingiz. Keyin bular pirlariga xiyonat qilib, mening oldimga keldi. Xiyonat ustiga xiyonat! Biri u yoqqa tortsa, biri bu yoqqa tortadi! Podshoh o‘zicha-yu, din rahnamosi o‘zicha! Biri birini aldaydi. Biri birining go‘shtini yemoq¬chi bo‘ladi! Muhammad alayhissalom ham payg‘ambar edilar, ham podshoh edilar, ham lashkarboshi edilar. Kim shunga qodir bo‘lmasa, kim payg‘ambarimizning muqaddas yo‘lidan yurmasa, mana shu pir bilan muridga o‘xshab kofirlik jariga yiqiladi!
Shayboniyxon bu gaplarni o‘zining qo‘l ostidagi a’yon¬lariga ham tegizib gapirmoqda edi. Chunki ular¬ning ba’zisi «xonimiz taxtu tojga qanoat qilmay imomi zamon, xalifai rahmon ham bo‘lib oldilar», deb shivirlashar edi. Temuriylarning ishini ko‘pdan beri kuzatib yurgan Shayboniyxon ularning saltanatlarida Xo‘ja Ahror kabi diniy rahbarlar o‘zlaricha mustaqil hukmdor bo‘lib olib, mirzolarning hokimiyatini ichdan zaiflashtirganini yaxshi bilar edi. Shayboniyxon xonlik hokimiyati bilan diniy hokimiyatni o‘z qo‘lida birlashtirib, temuriylarga nisbatan katta bir ustunlikka erishmoqda edi. U Buxoroda madrasada o‘qib yurganda shariat va tariqat ilmini yaxshi o‘rgangan, qur’onni yod bilar edi. Hozir Shayboniyxonning qarorgohida islom dinini undan yaxshi biladigan, qur’onni qiroat bilan o‘qishda undan o‘tadigan odam yo‘q edi. Uning imomlik va xalifalik unvonlari shundan ham kelib chiqqan edi. Shayboniyxon markazlashgan ulug‘ bir davlat tuzishga intilar ekan, bu maqsadga tezroq yetish uchun qo‘l ostidagi odamlarning ixlos va e’tiqodini ham qozonishga, ularning mafkurasini o‘ziga bo‘ysundirib, hammasini bir dohiy atrofiga jipslashtirishga alohida e’tibor berar edi. U o‘z davrining eng zo‘r mafkurasi — diniy mafkura ekanligini yaxshi bilardi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:27:36
Shuning uchun hozir o‘zi erishayotgan muvaffaqiyatlarni ham dinga va ilohiy kuchlarga bog‘lab gapira boshladi:
— Bizning Samarqanddagi dushmanlarimiz yetti boshliq ajdarhoday zo‘r edi. Bu ajdarho ne-ne qo‘shinlarni komiga tortib yutib yuborgan. Ammo bizning imonimiz pok, niyatimiz xolis. Ollo taolo shu ajdarhoni inidan tortib chiqarib, bizning huzurimizga olib keldi. «Nima qilsang qil!» deb qo‘limizga berdi. Xudoning qudrati bilan Samarqanddek shaharning qopqalari bizga jangsiz ochildi!
Samarqand urushsiz taslim bo‘layotganligi, uning podshohi va diniy rahbarlari o‘z oyoqlari bilan Shayboniyxon huzuriga kirib kelganligi naqadar ulkan bir zafar ekanini barcha a’yonlar go‘yo endi astoydil his qildilar. Bu zafarning xudo tomonidan berilganligi esa Shayboniyxonni ularning ko‘ziga xudoning nazari tushgan bir avliyo qilib ko‘rsatar edi. Shayboniyxon nafasi o‘tkir valiy bo‘lmasa, bu qadar murakkab, bu qadar qiyin ishni shunchalik donolik va ustalik bilan amalga oshirolarmidi?
Mulla Abdurahim o‘rnidan sakrab turib:
— Imomi zamonimiz ming yil umr ko‘rsinlar! — deb olqish aytdi.
Boshqalar ham oyoqqa qalqdilar. Ustma-ust olqish yangradi:
— Iskandari soniyga ofarin!
— Hazrati valiyga ming rahmat!
— Xalifai rahmon dunyo turguncha tursinlar!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:27:59
Hamma a’yonlar o‘rinlaridan turganlaridan keyin Sulton Ali mirzo bilan Xo‘ja Yahyo ham joylaridan ko‘tarildilar. Ammo ular tirik murdadek oyoqda zo‘rg‘a turishar edi. Agar hozir Shayboniyxon mana bu olqish aytayotganlarga bir og‘iz buyursa, ular Mirzo bilan Xo‘jani tilka-pora qilib tashlashlari aniq edi.
Xonning ishorasi bilan olqishlar tindi, hamma joyiga qaytib o‘tirdi.
— Manavi xo‘ja bilan mirzog‘a, — dedi Shay¬boniyxon, — ming azob berib o‘ldirsak haqqimiz bor. Biroq insofu imon qanchalik bo‘lishini bularga yana bir ko‘rsatib qo‘yaylik. Mayli, qonlaridan kechaylik, jonlari omon qolsin!
Boyatdan beri o‘limni bo‘yinlariga olib, jonlaridan umid uzib o‘tirgan Mirzo bilan Xo‘ja endi birdan egilib, xonga minnatdorchilik bildirdilar. Xo‘ja Yahyoning ko‘ngli yumshab, ko‘ziga hatto yosh keldi:
— Xudo umringizni bersin, xon hazratlari!..
— Biroq, — dedi xon ovozini ko‘tarib, — janob Xo‘ja Yahyo molu dunyoga hirs qo‘yib, tavfiqni unutgan. Imonlarini poklash uchun Makkai mukarramaga safar qilsinlar. Xo‘jaga ertalabgacha muhlat beramiz. Kerakli narsalarini yig‘ishtirib, ikki o‘g‘illari bilan birga hajga jo‘nasinlar. Ko‘pakbiy!
— Labbay, xon hazratlari!
— Xo‘ja Yahyoni o‘g‘illari bilan erta ertalab Samar-qanddan chiqarib qo‘yishni sizga topshirdik!
— Bosh ustiga, xon hazratlari!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:28:18
— Mana bu yosh Mirzo, — deb Shayboniyxon Sulton Ali mirzoga qarab davom etdi, — bizga o‘g‘il tutingisi kelibdi. Mayli, dindan qaytganni yana din yo‘liga solish — savob ish. Shahzoda Temurxon uni o‘z odamlari qatoriga olsinlar.
Otasiga yaqin o‘tirgan yigirma yoshli xushbichim Temurxon  semiz  Mirzoga  nafratli  bir nazar tashladi-yu, ammo xonga ta’zim qilib, buyruqni bajarajagini aytdi.
— Yaxshi bo‘lsa oshini yer, — qo‘shib qo‘ydi Shayboniyxon, — yomon bo‘lsa boshini!
Sulton Ali mirzo vaqtincha tirik qolayotganini ko‘p odam shu so‘zlardan sezdi. Endi pastki qavatda o‘tirgan Zuhra begimning taqdirini hal qilish kerak edi.
Shayboniyxon bir vaqtlar Zuhra begimni juda go‘zal deb eshitib, «o‘zimga g‘unchachi* qilib olarman», deb o‘ylagan edi. Shuning uchun begimga yozgan xatiga bir necha satr she’r qo‘shgan edi. Ammo uni bugun o‘z ko‘zi bilan ko‘rgandan keyin begimdan ixlosi qaytdi. To‘g‘ri, she’r yozib begimni aldagani ko‘nglining bir chetini xira qilib turar edi. Ammo bu yerda Zuhra begimdan nafratlanib gapirgan a’yonlar u xotinning buzuqligiga xonni ham ishontirdi-yu, ko‘nglidagi bu xiralikni tarqatib yubordi. «O‘zi shunday aldanishga munosib xotin ekan, — deb o‘ylandi xon. — Agar hozir qo‘yib bersam, sultonlar uni quturg‘an biyaga sudratib o‘ldiradi. Lekin men «Murodingizga yetasiz!»— dedim. Murodi — erga tegish ekan. Zo‘r bir er topib berib, so‘zimning ustidan chiqayin!»
Xonning ko‘zlari davrada o‘tirgan sultonlarni oralab o‘tib, poygakroqda o‘tirgan yo‘g‘on gavdali cho‘tir qora kishida to‘xtadi. Mansur baxshi deb ataladigan bu odam tabiblik qilar edi. U childirma chalib «ko‘chiriq» qilishni ham bilar edi, «ko‘taruvchi» degan laqabi bor edi. Unga xotin chidamas — olgan xotinlari yo bir-ikki yil umr ko‘rmay o‘lar, yoki qochib ketar edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:28:41
— Mansur baxshi, siz xotinga yolchimay yuribsiz,— dedi Shayboniyxon. — Pastdagi begim kelinchak yongliq yasanib kelibdi. Shuni sizga uzatayikmi?
Mansur baxshi o‘rnidan sakrab turdi, quvonganidan og‘zi qulog‘iga yetguday kulib ta’zim qildi:
— Marhamatingizdan aylanayin, hazratim, jon deyman!
Hamma kulib yubordi. Shayboniyxon bu tugunni ham sulton va a’yonlarga yoqadigan bir ustalik bilan yechganidan ko‘pchilik mamnun edi:
— Xon hazratlari dono yo‘l topdilar!
— Mansur ko‘taruvchi endi begimni quchog‘idan qo‘ymay rosa ko‘taradi.
— Biri biriga munosib!
— Biroq, — Shayboniyxon yana so‘z boshlagan edi, o‘zaro gaplar va kulgilar darhol bosildi, — baxshining to‘yini Samarqandda qilamiz. Hammamiz shaharga tar¬tib bilan kiramiz...
Samarqandda bir necha marta bo‘lgan va qayerda nima borligini yaxshi biladigan xon qo‘shinlarning shaharga kirish va joylashish tartibini oldindan o‘ylab qo‘ygan edi. Hozir shuni buyruq shakliga keltirib, lashkarboshilarga aniq ko‘rsatmalar bera boshladi.
Shayboniyxonning besh ming kishilik qo‘shini Chorraha darvozasidan Samarqandga kirib borganda shaharning narigi tomonidagi So‘zangaron darvozasidan yuzlab odamlar qochib chiqib ketmoqda edilar. Bobur hozir Shahrisabzda edi. Samarqanddan qochib chiqqan uning tarafdorlari Shahrisabzga qarab shoshilmoqda edilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:28:50
Ammo Shayboniyxonning quyunday yugurik otliqlari ularning ko‘pini quvib yetib, ko‘chlarini talashdi, ko‘plarini ayovsiz o‘ldirishdi.
Kechasi shaharda talonchilik avjiga chiqdi. Faqat Xo‘ja Yahyoning hashamatli uyiga va keng hovlisiga talonchilar yo‘latilmadi. Ko‘pakbiyning yuztacha navkari Xo‘ja Yahyoning hovlisini qo‘riqlab turdi. Biroq Ko‘pakbiy qo‘ygan maxsus odamlar Xo‘ja Ahrordan qolgan boyliklar, oltin va javohirlarning qaysi sandiqlarga joylashtirilayotganini pana-panadan kuzatib, ko‘z tagiga olib qo‘ydilar.
Xo‘ja Yahyo ikki o‘g‘li, uch xotini, o‘n beshtacha xizmatkori yordamida tuni bo‘yi ko‘ch yig‘ishtirdi. Tong otganda barcha sandig‘u bo‘g‘chalarini, ko‘ch-ko‘ronini to‘rtta aravaga va o‘n ikki tuyaga yuklatdi. Ayollarni soya¬bon aravaga chiqarishdi. Xo‘ja Yahyoning o‘zi, ikki o‘g‘li va o‘nta qo‘riqchi xizmatkor yigiti eng yaxshi otlarini mindilar, Samarqand bilan g‘amgin xayrlashib, qal’adan chiqdilar. Ko‘pakbiy o‘z navkarlari bilan birga Xo‘ja Yahyoni Ohaklik tog‘igacha kuzatib qo‘ydi. Termiz yo‘liga tog‘ oshib o‘tish kerak edi. Bir tog‘ darasining ichida Ko‘pakbiy Xo‘ja Yahyoga qarab:
— Biz onhazratimning buyrug‘ini bajardik, endi u yog‘iga o‘zingiz ketavering! — dedi-yu, navkarlari bilan orqaga burildi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:29:20
U ko‘rinishidan Samarqandga qaytmoqchiga o‘xshardi. Ammo daradan chiqqandan keyin yo‘lni o‘ngga burdi, boshqa bir dara orqali Xo‘ja Yahyoning o‘ng tomonidan aylanib o‘tdi.
G‘ira-shira qorong‘ilik tushib, odam odamni yaxshi tanimaydigan payt bo‘lganda Ko‘pakbiy barcha askarlari bilan yuqoridan ko‘chkiday yopirilib tushdi. Qiy-chuv, dod-voylarga qaramay, Xo‘ja Yahyoning o‘zini ham, ikki o‘g‘lini ham, qo‘riqchi yigitlarini ham qilichdan o‘tkazishdi. Tirik qolgan ayollar Ko‘pakbiyning o‘nboshilariga boshqa o‘ljalar qatorida ulashildi. Sandiqdagi javohirlar va oltin-kumushlarning yarmi kechasi xonning xazinasiga eltib topshirildi. Chunki Ko‘pakbiyning Xo‘ja Yahyoni hajga jo‘natish bahonasi bilan tog‘ ichida o‘ldirishi va boyligini musodara qilishi Shayboniyxonning imo-ishorasi bilan qilingan edi.
Bu voqeadan xabar topgan Sulton Ali mirzo o‘lim xavfi o‘ziga ham yaqinlashib kelayotganini sezdi-yu, qanday qilib bo‘lsa ham qochib qutulishning payiga tushdi. Quyuq tuman tushgan kuni azonda ikki navkari bilan Feruza darvozasidan yashiriqcha chiqib, Panjakent tomonga qochdi. Biroq Temur Sulton uning ketiga qo‘ygan xufiyalar bu voqeadan xabardor edilar. Sulton Ali mirzo qal’adan qochib chiqquncha uni ataylab qo‘yib bergan edilar. Chunki uning aybini bo‘yniga qo‘yib qochib ketayotgan paytida tutib o‘ldirmoqchi edilar. Sulton Ali mirzo Siyob bo‘ylariga bormasdanoq ketidan Temur Sulton ikki yuz navkari bilan uni quvib yetdi va darhol o‘rab olib, bir qilich zarbi bilan boshini tanasidan judo qildi.
Mansur baxshiga nikohlab berilgan Zuhra begim yolg‘iz o‘g‘lining tobutda boshsiz yotgan tanasini ko‘rganda o‘zining kallasiga mushtlarini urib dod soldi, yuzini qo‘li bilan tirnab qonatib yubordi, ko‘ylagining yoqasini yirtib chinqirdi. Lekin g‘oliblar buning hammasiga: «Battar bo‘l, o‘zing sababchisan!» degandek bir zaharxanda bilan qarashdi.

_______________
* G‘ u n ch a ch i  — muvaqqat xotin.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:29:50
4

Suvlarning yuzi xazonlarga to‘lib oqadigan sershamol kuz kunlari boshlandi. Samarqanddan o‘ttiz chaqirimcha sharq-janub tomonda, Panjakentdan quyida Zarafshon daryosini kechib o‘tgan ikki yuzdan ortiq qurolli suvoriylar qorong‘i tushganda Siyob bo‘yiga yaqinlashdilar. Ular yo‘llarida uchragan qishloqlarni chetlab o‘tishar, hech qayerda to‘xtamasdan, shovqin-suron ko‘tarmasdan, mumkin qadar sukut saqlab kelishar edi. Ularga birda-yarim duch kelib qolgan dehqonlar qo‘rqib o‘zlarini chetga olar edilar. Shayboniyxonning askarlari hamma¬ning yuragini olib qo‘ygan edi. Hozir Samarqand atroflarida xonning besh mingdan ortiq qo‘shini bor edi. Odamlar mana bu otliqlarni ham shu qo‘shinning bir bo‘lagi deb o‘ylab, ulardan balodan qochganday qochar edilar.
Biroq otliqlarning o‘zlari allanarsadan xavotiri borday ehtiyot bilan bormoqda edilar. Qorong‘ida Siyobdan o‘tayotganlarida, otlarning besh-oltitasi balchiqqa tiqilib qoldi. Ularni balchiqdan chiqarishga urinib, o‘zlari loyga botgan, yuzlarini qamishlar tirnagan navkarlar achchiq ustida baland ovoz bilan so‘zlashgan edilar, tanish ovoz ularni urishib berdi:
—  Muncha dodlaysiz? Yog‘iyga xabar bermoqchimisiz?
Boburning ovozini tanigan bir navkar:
— Ma’zur tuting, amirzodam, — dedi. — Harom o‘lgur ot yomon tiqildi!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:30:30
Buloq suvlaridan yig‘ilgan Siyob sovuq kuz kechasida bug‘lanib oqmoqda edi. Tun qorong‘isi ustiga suv bug‘lari ham qo‘shilib, balchiqni quruq yerdan ajratib bo‘lmas edi. Loyga botgan otlar ancha odamni yo‘ldan tutib qolayotganini ko‘rgan Bobur:
— Bas, chiqarib bo‘lmasa, qolsin! — dedi.
Qosimbek darhol uning so‘zini quvvatladi:
— Piyoda qolganlar mening otlarimdan olsinlar!
Oti loyga tiqilgan navkarlardan biri Tohir edi.
— Tog‘larda qancha otu tevalar qoldi, uchmalardan o‘tib kelgan otim endi shu balchiqda qolsinmi-a? — dedi Tohir otiga achinib.
— O‘zimizning jonimiz ham qil ustida!  — dedi Bobur.
Tohir Qosimbek uchun yetaklab kelinayotgan otlardan biriga mindi. Yana ikki navkar piyoda qolgan edi. Ularga Bobur o‘zining to‘rtta otidan ikkitasini berdi.
Hozir uning ko‘ziga ot-ulov ko‘rinmas edi. Eng muhimi, uning Samarqandga yaqinlashayotganini Shayboniyxon mutlaqo sezmasligi kerak.
Bobur yozi bilan tog‘larda yurdi, Shahrisabzdan Hisorga, undan Fondaryo bo‘ylariga oshib o‘tdi. Samar-qand beklari butun navkarlari bilan Hisor hokimi Xisravshoh tomoniga o‘tib ketdi. Andijondan Bobur bilan kelgan odamlarning ko‘pchiligi Iskandarko‘l bo‘ylaridan O‘ratepa orqali Farg‘ona vodiysiga qaytdilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:30:57
Jangdovullar bu xabarlarning hammasini Shay¬boniyxonga allaqachon yetkazgan edilar. Boburning bir necha yuz kishi bilan tog‘ orasida qiynalib yurganini aniq biladigan Shayboniyxon endi uning Andijonga qaytib ketishiga yoki O‘zgandan narida xonlik qilayotgan tog‘asi Olachaxon oldiga borishiga shubha qilmas edi. Shayboniyxon yov hujum qilishini kutmas, shuning uchun shaharda besh yuz kishilik qo‘shin qoldirib, qal’a tash¬qarisidagi Xo‘ja Diydor degan joyni qarorgoh qilgan edi.
Shayboniyxonning bexavotir yurganidan xabar topib, Samarqandga tavakkal qilib borayotgan Bobur juda qaltis bir ishga bel bog‘laganini sezardi. Shayboniyxonning josuslari ko‘pligi unga ma’lum edi. Xon o‘zini sezmaganga solib, Boburni shaharga yaqin kelguncha qo‘yib berishi, keyin qurshovga olishi mumkin edi. Shahar ichidagi qo‘shin ham Boburning odamlaridan ikki-uch barobar ko‘p. Bobur Shayboniyxonning qo‘liga tushsa, tirik qutulolmasligini biladi. Navkarlar, beklar omon qolishi va xon askarlari safida xizmat qilib ketishi mumkin — Sulton Ali mirzoning ko‘pchilik bek va navkarlarini xon o‘z lashkarlariga qo‘shib olgani hammaga ma’lum. Ammo yangi bir sulolaga asos solmoqchi bo‘lgan Shayboniyxon temuriylarni ayovsiz o‘ldirishga qasd qilganini Bobur bilar edi. Shuning uchun agar biron falokat bo‘lsa-yu, qutulib ketolmasa, oxirgi nafasigacha jang qilishga, xonning qo‘liga tirik tushmaslikka ahd qilib bormoqda edi.
Qorong‘ida yana bir talay ariqlardan o‘tdilar, kuz kirib, egalari ko‘chib ketgan kimsasiz bog‘otlarni oralab borib, Samarqanddan beriroqdagi Puli Mag‘oq ko‘prigi oldida to‘xtadilar. Bundan ikki kun oldin to‘rtta ishonch¬li navkar dehqon kiyimida shu yerga yuborilgan, ular qal’a devoriga qo‘yib chiqish uchun ulkan shotilar tay¬yo¬r¬lagan, shu bilan birga, vaziyatni o‘rgangan edilar. Oldindan tuzilgan rejaga binoan, navkarlardan yetmish saksontasi shu yerda otdan tushdilar va shotilarni ko‘ta¬rishib, sekin G‘ori Oshiqon deb ataladigan baland jarlikka tomon piyoda ketdilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:31:15
Bobur qolgan navkarlar bilan Feruza darvozasiga yaqin borib, daraxtzor tepalik panasida to‘xtadi.
Atrof jimjit. Uzoqdan xo‘rozning birinchi qichqirig‘i eshitildi. Osmon ola bulut. Qorayib turgan baland qo‘rg‘on ko‘zga zo‘rg‘a chalinadi. Bobur yonidagi Qosimbekning  yutoqib,  titrab  nafas olganini sezdi-yu, o‘zining ham eti ucha boshladi.
Qal’adan ajal sovug‘i esayotganday tuyulardi. Bundan to‘rt oy oldin mana shunday qorong‘i tunda Xo‘ja Yahyo shahar darvozasini yashiriqcha ochib berishiga ishonib dushmanning masxarasini eshitib qaytgani esiga tushdi. Undan oldin G‘ori Oshiqonga kechasi borgan yigitlar¬ning aldanib, qo‘lga tushib halok bo‘lgani ko‘z oldiga kelib, qalbiga tahlika solib o‘tdi. Bobur bu gal yana aldanmaslik uchun shahar ichidagi tarafdorlarning hech biriga xabar bermasdan, faqat o‘z kuchiga ishonib, tavakkal qilib keldi. Ammo uning ikki yuz qirq kishilik bir dasta qo‘shini Shayboniyxonning besh-olti ming kishilik lashkarlariga qanday bas kelishi mumkin? Yana xon qo‘shini mustahkam qal’a ichida. Tarixda bunchalik tavakkalchilik bo‘lganmikin?
Qo‘rg‘onga pinhon yetib oldilar. Agar Shayboniyxon ichkariga «qopqon» qo‘ygan bo‘lsa-chi? Bobur bu «qopqon»ga o‘z oyog‘i bilan kirib boradimi?
Ba’zi beklar mana shu andishalarni aytib, Boburni qaltis niyatidan qaytarmoqchi ham bo‘ldilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:31:28
Ammo bu niyatdan qaytish — Andijonga shumsha¬yib borib, yana Ali Do‘stbekka mute bo‘lish degan so‘z edi. Yoki uysiz, joysiz, kuz izg‘irinlariyu qish sovuqlarida xoru zor bo‘lib yurishlari kerak edi. Bobur muteligu xor-zorlikdan ko‘ra bir o‘limni bo‘yniga olib, Shay¬boniyxonga yo‘lbarsday dadil tashlanishni afzal ko‘rgan va beklarni ham shunga ko‘ndirgan edi.
Agar ishlari chappasidan kelsa-yu, Shayboniyxonning qopqoniga tushsalar, ajal sirtmog‘i eng avval Boburning bo‘yniga tushishini hammalari bilardilar. Boburning barcha harakati — yov «qopqoni»ning qopadigan joyiga tegmasdan o‘tishga qaratilgan edi. Shu yergacha sharpalarini yovga sezdirmay keldilar. Endi bu yog‘i qandoq bo‘larkin?
Bobur butun vujudi bilan atrofga quloq solar ekan tun sukunatida o‘z yuragining dukillab urishini baralla eshitdi. Bu dukillashda go‘yo taqdir otining dukuri ham bor edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:31:44
*  *  *

Og‘ir shotilarni sekin ko‘tarib, qadimiy Chaqardiza* qabristonini aylanib o‘tayotgan navkarlarning biri — Tohir edi. Ular qorong‘ida turtina-turtina Shohi Zindaning orqa tomonidagi bahaybat bir o‘ngirga yaqinlashdilar. O‘ngirning tepasi baland jar. Uning etagida g‘or ham bor. Bu vahimali joylarga kunduzlari ham hech kim kelmaydi. Oyoq osti chakalakzor. Qo‘rg‘onning devori mana shu jar ustidan o‘tadi. Shotilarni devor tagiga ko‘tarib borguncha, yigitlar qora terga botib ketishdi.
Ularga boshchilik qilayotgan No‘yon Ko‘kaldosh devor tepasiga tikilib birpas kutdi. Terak bo‘yi keladigan g‘ishtin devor juda enli bo‘lib, uning tepasidan bir necha kishi bemalol yurib o‘tishi mumkin edi. Biroq tepada hech bir sharpa sezilmas, qorovullar sovqotib pastga tushib ketganga o‘xshardi.
Shotilarni sekin tikladilar, uchini devor qirrasiga tirab qo‘ydilar.
— Qani, chiqinglar! — shivirladi No‘yon Ko‘kaldosh g‘uj bo‘lib turgan navkarlarga. Ammo o‘n uch gaz balandlikdagi devor juda vahimali, undan yiqilgan odam tirik qolmasligi aniq edi. Ehtimol, qorovullar sezib qo¬lisharda, chiqayotganlarga tosh otar, o‘q yog‘dirar? Sal itarib yuborsa ham tamom. Shuni sezgan navkarlarga birinchi bo‘lib chiqish juda dahshatli tuyulardi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:31:57
Oxiri No‘yon Ko‘kaldosh o‘zi shotining poyasiga oyoq qo‘ydi-yu:
— Bir o‘lim bo‘lsa hammavaqt bor, mardona bo‘ling-lar, qani! — dedi.
Tohir ikkinchi shotidan chiqa boshladi. Shotilar keng, mustahkam qilib ishlangan, har biri olti-etti kishini bemalol ko‘tarar edi.
Yigitlar oldinma-keyin yuqoriga chiqar ekanlar, No‘yon hammadan oldin devor tepasiga yetdi. Devorning usti yo‘lkaday keng, otliq yursa ham bo‘ladigan. Yaqin orada hech kim yo‘q.
Tohir ham chiqib, o‘zini devor kungurasining panasiga oldi va pastdan chiqqan navkarni qo‘lidan tortib shi¬vir¬ladi:
— Bolta qani?
— Mana.
Ikkinchi navkar beliga qistirilgan boltani Tohirga olib berdi.
— Shinakka bekin! — shivirladi No‘yon kimgadir.
Kungura va shinaklar bo‘lmasa, devor ustidagi odamning qorasi pastdan ko‘rinib qolishi mumkin edi. Shuning uchun pastdan chiqqan navkarlar shinaklarga bekinib turdilar. Hamma chiqib bo‘lgandan keyin, sekin-sekin yurib, engashib, devor usti bilan Feruza darvozasi tomonga bora boshladilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:32:10
Devorning ma’lum bir joylarida qorovulxonalar bor edi. Bir qorovulxonaga yaqin kelganlarida ichkaridan kimdir naymancha talaffuz bilan uyqu aralash:
— Irisbay, keldingma? — deb so‘radi.
Devor ustidan kelayotganlar taqqa to‘xtashdi. Tohir qo‘lidagi boltaning sopini ikki qo‘llab qisdi-yu:
— Ha, — dedi.
Ammo ichkaridagi qorovul uning ovozini tanimay hadiksiradi shekilli, uyqusi birdan o‘chib:
— Kimsan? — dedi.
No‘yon Ko‘kaldosh qorovulxonaga qarab otildi. Qorovul ichkaridan shoshib chiqayotganda ko‘kragiga g‘archillatib xanjar sanchdi. Qorovul jon achchig‘ida chinqirib yubordi. Pastdagi qorovullar ham uyg‘onib ketdi.
— Tohir to‘xtamasdan darvozaga yugur! — dedi No‘yon Ko‘kaldosh. U yigitlarning besh-o‘ntasini pastda uyg‘ongan  qorovullarni  bir  yoqli  qilish uchun qoldirdi-yu, o‘zi boshqa navkarlarni ergashtirib, Feruza darvozasiga tomon yugurib ketdi.
Shayboniyxon bu darvozani qo‘riqlashni Fozil Tarxon bilan uning yuz ellik yigitiga topshirgan edi. Hozir bu yigit¬larning ko‘pchiligi uy-uyiga tarqab ketgan, darvoza qorovulxonasida yigirmatacha odam uxlab yotar edi. Ular to uyg‘onib, qurol-yarog‘larini qo‘llariga olgunlaricha bolta ko‘targan Tohir darvoza qulfiga yaqinlashdi. Otning kallasiday keladigan qulf bir-ikki zarbani pisand qilmadi. Uyi bu yerga yaqin bo‘lgan Fozil Tarxon mash’ala ko‘targan yigitlari bilan darvozaxonaga yetib keldi. Ularning biri darvoza qulfiga bolta urayotgan Tohirga qarab nayza otdi. Nayza Tohirning dubulg‘asiga yonlama tegib sirg‘alib o‘tdi-yu, darvoza yog‘ochiga qadaldi. Dar¬vozaxonada nayzabozlik va qilichbozlik boshlandi. No‘yon Ko‘kaldosh boshliq yigitlar ko‘pchilik edi. Fozil tarxon bo‘ynidan qilich yeb, otdan yiqlib tushdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:32:22
Tohir boltani ikki qo‘llab ko‘tarib, goh qulfga, goh darvoza zanjirining zulfiga urar, temirdan uchqun sachrar, ammo zo‘r qulf, «qilt» etmas edi. Nihoyat, zulfin sindi-yu, zanjir sharaqlab tushdi.
Qo‘rg‘on atrofida suv to‘ldirib qo‘yilgan enli choh bor edi. Chohdan darvozaga o‘tiladigan ko‘prik ham maxsus zanjir bilan darvoza tomonga ko‘tarib qo‘yilgan edi. Tohir darvozani ochayotganda yigitlardan biri ko‘prikning zanjirini ham bo‘shatdi.
Bobur va Qosimbeklar ichkaridagi olishuv shovqinini eshitib, choh labiga kelib turgan edilar. Darvoza ochilib, ko‘prik tushishi bilan ular ichkariga ot qo‘yib, qilich yalang‘ochlab kirdilar. Fozil Tarxonning tirik qolgan navkarlari shahar ichiga qarab qochdilar.
Qosimbek boshliq otliqlar ularni quvib ketdi. No‘yon Ko‘kaldoshga otini keltirib berdilar. Tohir ham, boshqa piyodalar ham yana otlandilar. Bobur navkarlarning bir qismini No‘yon Ko‘kaldosh bilan birga Chorraha darvozasini egallashga yubordi. O‘zi qolgan navkarlar bilan So‘zangaron darvozasiga qarab ot choptirib ketdi. Agar darvozalar tezroq egallanmasa, tashqaridan Shay¬boniyxon butun qo‘shini bilan kirib kelishi mumkin edi.
Feruza darvozasi oldidan boshlangan jang shovqini birpasda butun shaharni qamrab oldi. Shahar dorug‘asi Jonvafo Shayxzoda darvozasi tomonda — Xo‘ja Yahyodan tortib olingan hashamatli hovlida uxlab yotgan edi. To‘polondan cho‘chib uyg‘onib, bor navkarlari bilan hovlidan otlanib chiqqunicha, Qosimbekning yigitlari Fozil Tarxonning odamlarini quvib keldi. Chorraha darvozasidan quvilgan Ko‘pakbiyning navkarlari ham dorug‘a yotgan joyga qochib kelmoqda edilar. Qorong‘ida yov qaysiyu o‘zining odamlari qaysi, dorug‘a ajratolmay qoldi. Uning ko‘ziga hamma chopib kelayotgan yov bo‘lib ko‘rindi. Nazarida, Samarqandga bir necha ming kishilik yov bostirib kirganga o‘xshadi.
Dorug‘a «behisob yovga bas kelolmayman», deb o‘ylab, otini Shayxzoda darvozasi tomonga burdi. Boburning odamlari hali bu darvozaga yetib kelmagan edilar. Dorug‘a o‘z navkarlariga buyurib, darvozani ochtirdi-yu, yuztacha odami bilan xon qarorgohiga tomon ot choptirib ketdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2007, 15:32:31
Sahar palla mast uyqudan qo‘rqib uyg‘ongan ko‘pchilik samarqandliklar xon navkarlarini Boburning odamlari quvib yurganini tong yorishganda fahmladilar, Shayboniyxondan norozi kishilar juda ko‘p edi. Kosiblar talangan, dehqonlarning ekinlarini ko‘chmanchi qo‘shinning behisob mollari toptab tashlagan. Haj yo‘lida ikki begunoh o‘g‘li bilan vahshiylarcha o‘ldirilgan Xo‘ja Yahyoning tarafdorlari qotillardan qasd olish uchun kosib va dehqonlarni qo‘zg‘atdilar. Hokimiyat o‘zgargandan keyin amalidan ajralgan ilgarigi amaldorlar: «Shayboniyxonning odamlari Sulton Ali mirzoni ham nomardlarcha o‘ldirdilar», deb xun talab qilib chiqdilar. Boburning ikki yuzu qirq kishisi yoniga besh-olti ming kishilik qasoskor olomon qo‘shildi. Selday dahshatli olomon xonning odamlarini yashiringan joylaridan topib chiqar, ko‘chada qochib borayotganlarning oldini to‘sib qurshab olar, pichoqmi, boltami, tayoqmi, toshmi, g‘ishtmi, qo‘llariga nimaiki tushsa, hammasi bilan zolimlarni ura-ura o‘ldirib, yanchib tashlardi. Olomon orasida avvalgi mirzalar va beklardan jabr ko‘rgan odamlar ham ko‘p edi, ular besh-o‘n yil oldingi qasoslarini ham endi mana bu zolimlardan olmoqda edilar.
Kun chiqayotganda shahar tashqarisida bir qism qo‘shini bilan Shayboniyxon paydo bo‘ldi, ammo suv to‘la chohdan beriga o‘tolmadi. Barcha darvozalar Boburning odamlari tomonidan bekitib olingan, chohlarning ko‘priklari ko‘tarilgan, ichkarida intiqom davom etmoqda edi.

____________
* Ch a q a r d i z a — keyinchalik «Shakarjiza» deb aytiladigan bo‘lgan.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:01:26
5

Tohir kechasi bilan uxlamay yugurib-elib yurgan bo‘lsa ham g‘alabaning shodligidan charchaganini sezmas, faqat qorni ochqab, Samarqandning novvoylik va oshpazlik rastalari dam-badam esiga tushar edi. Ertalab hamma darvozalarga qorovullar tayin bo‘lgandan keyin Qosimbek Tohirga javob berdi. Tohir otiga minib, yana ikkita otliq o‘rtog‘i bilan novvoylik rastasiga keldi. Bu yerda ham bir necha yuz kishilik izdihom besh-oltita xon navkarlarini o‘rab olib, toshbo‘ron qilmoqda edi. Navkarlarning ba’zilari yiqilib, tosh-kesaklar ostida jon bergan, bir-ikkitasi qo‘li bilan yuzini to‘sib dod solar, ingrar edi. Yalang boshidan qon oqayotgan, yirtilgan ko‘ylagi orasidan momataloq badani ko‘rinib turgan, o‘zi cho‘kka tushib, odamlardan shafqat so‘rayotgan yigirma yoshlardagi yigitga Tohirning rahmi keldi. U olomon orasiga ot solib:
— Xaloyiq Bobur mirzo farmon berdilar! — deb qichqirdi. — Taslim bo‘lganlarni asir olmoq kerak! Bular ham musulmon! Xaloyiq, bas qiling! Biz ham navkarmiz! Navkar aybdor bo‘lmasligi mumkin! Hamma ayb bular¬ning xonlarida! Xaloyiq to‘xtang! Bobur mirzoning farmonini bajaring!
Odamlar Boburning nomini eshitib otliq yigitning gapiga quloq sola boshladilar. Shunda narigi ikki otliq ham olomon orasiga yorib kirdi. Uchovlashib, toshbo‘ronni to‘xtatdilar.
Tohir bu yerga nega kelganini ham unutdi. Chala tirik yigitlardan uchtasining qo‘lini orqasiga bog‘latib, asir qilib olib ketmoqchi bo‘ldi.
Shunda olomon orasida turgan sarg‘ish mo‘ylovli, baland bo‘yli bir kishi:
— To‘xta, yigit, sen... Tohir emasmiding? — deb qoldi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:01:58
Tohir yo‘g‘on so‘yil ko‘tarib olgan bu odamga tikilib qaradi-yu, bundan uch yil oldin mana shu ko‘chada ochlarga non ulashgan paytini esladi.
— Mamat og‘a! Siz nega so‘yil ko‘tarib yuribsiz? O‘zingiz ham o‘zbek urug‘idan emasmi-siz?
— E, uka, bular o‘zbekka ko‘p jamanliq qildi. Mening  bechora  xotinim  shularning dastidan  o‘lib ketdi!
Mamatning ko‘zlarida yosh yiltiradi. Tohir bu odam bilan Robiya haqida gaplashganini esladi-yu, unutilgan alamlari birdan yangilandi. U asirlarni narigi ikki sherigiga haydatib yuborgach, o‘zi otini yetaklab, Mamatni chetga boshlab chiqdi.
— Mamat og‘a, men tayinlab ketgan gap esingizdami?
— Qaysi?.. Ha, ha... Aytmoqchi, bechora xotinim tirikligida bir gap eshitib kelgan ekan... Siz aytgan qiz andijonlikmidi?
— Quvalik.
— Bilmadim, ishqilib, o‘sha tomondan obqochib ke¬lishgan ekan. Keyin turkistonlik bir savdogar tarxon sotib olib ketgan ekan.
— Turkistongami?
— Ha, keyin shu tarxon Shayboniyxon bilan birga Samarqandga ko‘chib kelipti.
— Qiz bilanmi? Qiz tirikmi, yo‘qmi?
— Tirik!
Tohir Mamatning so‘yil tutgan qo‘llaridan mahkam ushladi-yu, shoshilib so‘radi.
— Oti Robiyami, a, Robiyami?
— Rahmatlik xotinim otini bilmas edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:02:19
— O‘zini ko‘riptimi? Qayerda ko‘ripti?
— Fozil tarxonning uyida.
— Qaysi Fozil tarxon?
— Bugun kechasi uni o‘zlaring o‘ldiribsizlar-ku?
— Uyi qayerda, uyi?
— Juring, men ko‘rsatib qo‘yayin!
Tohir bir sakrab otiga mindi-yu, Mamatni orqasiga mingashtirdi. Mamat so‘yilini tashladi, Tohirning qo‘ltig‘i tagidan ushlab, uni qing‘ir-qiyshiq ko‘chalardan boshlab bora boshladi.
Otini yo‘rttirib borayotgan Tohir: «Ilohim noumid qilmagin-da parvardigor! — derdi ichida. — Ilohim Robiya bo‘lsin-da!» U olti yildan beri Robiyani qidira-qidira, axiri, endi topilmaydi, degan fikrga kelgan va bu fikrga ko‘nika boshlagan edi. Hozir chaqmoqday chaqnagan umid uning vajohatiga momaqaldiroq larzasini solyapti. Bu umidning chaqinday tez so‘nishi mumkinligi yuragini taka-puka qilardi, a’zoyi badanini zir titratardi.
— Ana o‘sha uy! — deb Mamat orqasida katta bog‘i bor ikki qavatlik g‘ishtin imoratni ko‘rsatdi.
Darvoza lang ochiq, qurolli yigitlar ichkaridan jimjimali sandiqlar va cho‘g‘day gilamlar ko‘tarib chiqmoqda edilar. Yaqinroq borib, Tohir Qosimbekning navkarlarini tanidi. Ularga katta savdogar boy va Shayboniyxonning yaqin kishisi Fozil tarxonning mol-mulkini musodara qilish topshirilgan edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:02:50
Tohir darvoza oldida otdan tushdi-yu, tanish nav-karlarning hayhaylashlariga e’tibor bermay, to‘g‘ri ichkari hovliga yo‘naldi. Ravonda Fozil tarxonning qonga belangan murdasi yotipti. Yuqorigi qavatdan ayollarning yig‘i-sig‘isi eshitildi. Fozil tarxonning xotinlari erlari uchun aza ochgan, ba’zilari boylik to‘la sandiqlardan ajralayotganlari uchun ham dodlashar, ba’zilari esa yovdan qo‘rqib yig‘lashar edi.
Tohir pastki qavatdagi ochiq eshiklarga bosh tiqib qaradi. Hech kim yo‘q. Faqat ayollarning kiyimlariyu bezaklari turibdi. Bu tarxonning nechta xotini bo‘lganikin? Robiya shunga tushgan bo‘lsa, uni ham xotin qilib olganmikin? Tohirning xayoliga to‘satdan kelgan bu fikr qalbini o‘rtab o‘tdi. U ayvondan pastga sakrab tushib, hovlining o‘rtasiga keldi-yu, yuqorida yig‘layotgan ayollarga qarata qichqirdi:
— Hey, Robiya bormi? Robi-ya! Quvalik Robiya shu yerda bormi?
Xotinlarning yig‘isi birdan tindi. Yuqoridagi qavatning ayvonidan yashil durrali bir juvonning boshi ko‘rindi. Uning qosh-ko‘zi Robiyanikiga o‘xshardi. Tohir yuqoriga talpinib, qaltirab:
— Robiya! — dedi. — Robiya!
Yashil durrali juvon uni ko‘rdi-yu, o‘zini orqaga oldi, so‘ng yana ayvon chetiga chopib keldi. Tohir endi uning baxmal nimchasini, bo‘ynidagi marjonlarini ham ko‘rdi. Juvonga yigitning tovushi tanish tuyular, ammo qilich va xanjar taqqan, yuzida katta chandig‘i bor, soqol-mo‘ylovi o‘siq bahaybat navkar uning vahmini keltirardi. Juvon aldanishdan qo‘rqib, yana orqaga qochdi. Tohir yuqorigi qavatga qarab chopdi, ammo sarosima bo‘lganidan, ayvon chetidagi zinapoyani topolmadi. Negadir o‘pkasi to‘lib ko‘ziga yosh keldi:
— Robiya, men Tohirmen! Tohir!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:03:46
Yuqoridan juvonning chinqirig‘i eshitildi:
— Tohir og‘a!
So‘ng yashil durrali juvon chochpopugini shildiratib, zinapoyadan o‘zi chopib tusha boshladi. Yuz-ko‘zi Robiyaniki, ammo marjonlari, kiyimlari, yana nimasidir begona. Tohir uni ko‘rib joyida qotib qoldi. Robiya ham zinapoya oldida to‘xtadi, ko‘zlarini chaqchaytirib, qo‘rquv aralash shivirladi:
— Siz Tohir og‘amning arvohisiz!
Robiya Tohirni o‘sha nayza zarbidan o‘lib ketgan deb o‘ylar, uning arvohiga bag‘ishlab duolar o‘qir edi. «Endi tirik ko‘rmaymen, arvohini ko‘rsam ham rozi edim», deb xudodan astoydil so‘ragan paytlari ko‘p bo‘lur edi. Uning shu iltimosiga farishtalar omin degan ekanmi?
— Arvohingiz ham jonimdan aziz, Tohir og‘a!
— Men tirikmen, Robiya! Seni olti yildan beri izlab yuribmen!
— Tiriksiz?! — deb, Robiya Tohirga yaqin keldi. Uning chakmonini, qilichini, qo‘llarini bir-bir ushlab ko‘rdi. Tohir uni yelkasidan quchib bag‘riga bosgan edi, Robiya uning arvoh emasligiga endi ishonib, yig‘lab yubordi: — Tirik! Tirik! Xudoga shukr, tirik!
Tohir uning sariq atlas ko‘ylagi ustidan yelkasini silab:
— Robiyam, jonim! — dedi. — Xayriyat, o‘zing ham tirik ekansen! Men seni olti yil izladim, qayerlarda yurding? Nima bo‘ldi?
Robiya Fozil tarxonning yettinchi xotini bo‘lib o‘tkazgan yillarini esladi-yu, birdan orqaga siltanib, Tohirning qo‘llaridan yulqinib chiqdi:
— Meni quchmang, Tohir og‘a! Men sizga munosib emasmen!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:04:59
Robiya alamli ko‘zlari bilan ayvonda yotgan o‘likka qarab qo‘ydi. Fozil tarxon uni o‘sha bosqinchilardan bir hamyon oltinga sotib olgan edi. Robiya ellikdan oshgan bu choldan hazar qilar edi. Fozil tarxon Turkistonning Yassi shahrida uni nikohlab olgandan keyin besh-o‘n kun turar-turmas, savdo ishi bilan Buxoroga jo‘nadi, u yerdan boshqa bir ko‘hlik qizni olib, keyin o‘sha bilan bo‘lib ketdi. Robiya olti yildan beri uning haramida bevaday yashaydi. Lekin buni endi Tohirga qanday tushuntiradi? Tohirga fotiha qilingan Robiya keyin birovga xotin bo‘lgan, buning dog‘ini qanday yuvish mumkin?
Robiya yuzini qo‘llari bilan to‘sib yum-yum yig‘lay boshladi. Uning bo‘ynidagi marjonlari, sochiga taqilgan chiroyli kumush chochpopuklari, egnidagi atlas ko‘yla¬gi— hammasi o‘sha boy savdogarning puliga kelgan. Tohir shuni o‘yladi-yu, uning nazarida, Robiya o‘lgan eriga kuyunib yig‘layotganday ko‘rindi.
— Robiya, rostini ayt, sen eringga... sodiqmisen?!
— Meni pulga sotdilar! Zo‘rlab nikohladilar!
— Bo‘lmasa nechun muncha kuyunib yig‘laysen!
— Men sizga vafo qilolmaganimga kuyunamen! Sizni unutganim yo‘q edi, Tohirjon og‘a! Mana, tepamizda xudo turipti! Bu savdogar sizning tirnog‘ingizga ham ar¬zimas edi! Lekin meni unga qul qilib berdilar.
Tohir tishini-tishiga bosib so‘radi:
— Bolang bormi?
Robiya yig‘i aralash bosh chayqadi:
— Men nomiga xotin edim... Aslida beva...
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:05:24
Bir vaqtlar gulday qiz bo‘lgan Robiyaning o‘zini «xotin», «beva», deb atashi Tohirning borlig‘ini qaqsha¬tib yubordi. Robiyaday qizga olti yildan beri «it tegmay» yurishi mumkin emasligini u ilgari ham xayolida ko‘p o‘tkazardi. «Faqat tirik topsam bas!» deb qidirardi. Biroq Robiyani topgani bilan yoshlikdagi beg‘ubor, sodda baxti endi abadiy topilmasligini u ilgari bilmas edi. Badandagi og‘ir jarohat tuzalganda ham chandig‘i umrbod qolganiday, boshlariga tushgan savdoning dahshatli izi ko‘ngillaridan osonlikcha ketmasligini Tohir endi sezmoqda edi. Robiya ham abadiy yo‘qolgan beg‘ubor yoshligiga kuyunib yig‘lamoqda edi.
— Robiya, bas! Omon qolganimizga shukr qil, qani, yur!
Tohir Robiyaning bilagidan olib tashqariga boshladi. Qiz yig‘idan to‘xtab:
— Qayoqqa? — dedi.
— Sen hali ham mening qallig‘imsen. Yur, tezroq!
— Axir men... men narsalarimni olay!
— Hech narsa olmaysen. Hammasini unut. Ikkinchi yodimga solma!
Tashqi hovliga chiqqanlarida Robiya yuk tashiyotgan navkarlarni ko‘rdi-yu:
— Ko‘chada... uyalamen! — dedi. — Yopinchig‘im yo‘q.
Tohir chakmonini yechib berdi. Robiya tovoniga tushadigan uzun simobi chakmonni boshiga yopindi-yu, Tohirning otiga mingashib chiqib ketdi.
Keyin Tohir Qosimbekka arz qilib, Faqih Abullays mahallasidan Shayboniyxonning odamlari tashlab ketgan durustgina bir hovlini oldi. Robiyaning iddasi o‘tgach, mahalla imomi uni Tohirga nikohlab berdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:05:48
6

Kechasi yoqqan qalin qor har bir tomni, devorni, har bir daraxt va gumbazni mayin oq hoshiya bilan bezab chiqqan.
Bobur Bo‘stonsaroyning yuqorigi qavatidan shaharga qarab turibdi. Toza qor orasidan jimjima bo‘lib ko‘rinayo¬tgan daraxt shoxlari hozir uning nazarida xuddi oq qog‘ozga bitilgan nasta’liq* xatiga o‘xshab ketadi. Bugun Hirotdan, Alisher Navoiydan kelgan xat ham nasta’liq bilan yozilgani esiga tushdi-yu, qalbidagi quvonch va faxr tuyg‘usi yangi bir kuch bilan mavjlana boshladi.
Bobur Samarqandni Shayboniyxondan tortib olgandan beri uning jasoratiga tan berib she’r yozganlar, satrlardan abjad hisobi bilan g‘alabaning aniq sanasini chiqargan tarixnavislar ko‘p edi. Alisher Navoiydan Boburga kelgan tabrik esa hammasining gultoji bo‘ldi. Hirot Samarqanddan qanchalik uzoq, Navoiyning diqqat-e’tiborini band qiladigan mashhur odamlaru muhim ishlar qanchalik ko‘p! Shunga qaramay, Navoiy Boburni ham bilar ekan, uning taqdiriga uzoqdan qiziqib qarar ekan, Samarqandni avval bir marta olganidan xabardor ekan. «Bu daf’a Samarqandni o‘z nomingizga munosib hamla bilan olmishsiz», debdi. Boburning o‘tgan daf’a Samarqandni yetti oy qamal qilganda, shahar xalqi ochlikdan nechog‘liq azob tortganini Navoiy ham eshitgan bo‘lsa kerak. Bunday qamallarni u Boburga munosib ko‘rmagani uchun shunday deb yozganmikin?
Bobur qimmatbaho javonlariga kitoblar terib qo‘yilgan xonai xosning to‘riga o‘tdi. Xushbo‘y sandal daraxtidan ishlangan miz ustida Navoiydan kelgan oltin bog‘ichli xat turipti. Bobur miz oldiga to‘shalgan zarbof ko‘rpachaga o‘ltirib, xatni boshqatdan o‘qishga tushdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:06:05
Har bir satr turkiy tilning go‘zal jilvalari bilan to‘lgan. Bobur birinchi o‘qishda uncha e’tibor bermay o‘tkazib yuborgan bir necha jumlaga bu gal qayta-qayta tikildi. Navoiy Boburning shoirlik orzusi borligini andijonlik bir me’mordan eshitib, uni dadilroq yozishga undagan edi. Bu me’mor mavlono Fazliddin bo‘lsa kerak. Agar mavlono Hirotga yetib borib, Navoiyning huzuriga kirgan bo‘lsa, boshqa ko‘p narsalarni ham aytib bergan bo‘lishi kerak. Bobur Navoiyga yo‘llamoqchi bo‘lgan javob maktubiga yaxshi bir she’rini ham qo‘shib yubormoqchi bo‘ldi-yu, mashqlari yozilgan qalin daftarni olib varaqlay boshladi.
Ko‘pchiligi yo‘lda, ot ustida xayoliga kelgan, jangu jadallar orasida daftarga uzuq-yuluq yozib qo‘yilgan, ammo hali tugallanmagan she’rlar. Xiyonat ustiga xiyo-nat bo‘lgan, Bobur xonumonidan ayrilgan, atrofida bironta sirdosh do‘st topolmay o‘zini nihoyatda yolg‘iz sezgan og‘ir kunlarda bir g‘azal boshlagan edi:

«Jonimdan o‘zga yori vafodor topmadim,
Ko‘nglimdan o‘zga mahrami asror topmadim».

Ammo bu g‘azal chala yotipti. Balki shuni bitirib yuborish kerakdir? Alisher Navoiy ham atrofidagi kishilardan ko‘p bevafolik ko‘rganini, hatto yaqin do‘sti Husayn Boyqaro ham uning siru asroriga mahram bo‘lolmayotganini Bobur ishonchli bir odamdan eshitgan edi. Qani endi Bobur Navoiyning ko‘nglidagini ham topib aytolsa!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:06:25
Bu g‘azal Navoiyga yoqishi mumkin. Uni tezroq tugallash kerak. Bobur qog‘oz-qalam oldi.
Shu payt savdarboshi eshikdan hovliqib kirib, ta’zim qildi:
— Mirzo hazratlari, qo‘lingizni ma’zur tuting.
— Xo‘sh? — dedi Bobur norozi bo‘lib.
— Xonim hazratlari qabulingizga muntazirlar.
— Onammilar? — deb Bobur sakrab o‘rnidan turdi.— Keldilarmi?
— Begimlar ham keldilar!
— Voajab! — deb Bobur quvonib eshikka tomon shoshildi.

____________
* N a s t a ’ l i q — arab yozuvidagi husnixatning keng tarqalgan bir turi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:06:40
*  *  *

Ular salkam olti oydan beri ko‘rishmagan edilar. Qutlug‘ Nigor xonim Oyisha begim va Xonzoda begimlar bilan O‘ratepada qolgan edilar. Keyin Samarqand-dan Bobur yuborgan ishonchli odamlar ularni O‘ratepadan bu yerga ko‘chirtirib keldilar.
Bobur ular bilan Bo‘stonsaroyning birinchi qavatidagi katta tanobiy uyda ko‘rishdi. Onasi uni bag‘riga bosganda, Bobur onasining ozib, qo‘llari yengillashib qolganini sezdi. Opasi Xonzoda begim esa sovuqdan kirgani uchunmi, yuzlari cho‘g‘day yonib, ko‘zlari chaqnab turipti. Uzoq yo‘l uni hech qancha qiynamagandek quvnoq. Avvalgidan ham chiroyli. Bobur unga o‘ng yelkasini tutib so‘rashar ekan:
— Nechun bu qadar hayal qildilaring? — dedi. — Necha haftadan buyon muntazirmiz!
— E, so‘ramang, amirzodam, uzrli sabablarimiz bor,— deb Xonzoda begim Oyisha begimga ko‘z tashlab qo‘ydi.
Bir vaqtlar Oyisha begimni ko‘rmasdan sevib yurgan paytlarida uning oyog‘iga bosh qo‘ygisi kelib g‘azal yozganlari endi Boburga ta’biri xato chiqqan bir tushday tuyulardi... U Oyisha begimni oylar davomida ko‘rmasa ham sog‘inmasdi... shunday bo‘lsa ham u Oyisha begimga iloji boricha yaxshi muomala qilar edi. Hozir ham kichik jussali qotma kelinchakka yaqinlashib:
— Xush ko‘rdik, begim! — dedi-da, unga o‘ng yelkasini tutdi.
Oyisha begim ozg‘in qo‘lini uning yelkasiga qo‘yib ko‘rishar ekan:
— Hazratim, g‘alabangiz muborak! — dedi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:06:54
Hamma Boburni «amirzodam», desa Oyisha begim uni yana ham ulug‘lab «hazratim», derdi.
— Sizga ona shahringiz muborak, begim!
— Qulluq, — deb Oyisha begim ta’zimga bosh egdi.
— Kelinimiz yo‘lda ko‘p azob tortdilar, — dedi Xonzoda begim.
Bobur xotinining beli yo‘g‘onlashib, qorni do‘ppayib qolganini ko‘rdi. Ajabo, Bobur ota bo‘ladiganmi? Ko‘rishmaganlariga olti oy bo‘ldi. Demak, kamida olti oylik...
Oyisha begimning ozg‘in yuzida homilador xotinlarda bo‘ladigan dog‘lar paydo bo‘lgan edi. Ilgari ham otda yurolmaydigan, mahofada boshi aylanadigan begim endi og‘rioyoqligida qanchalik qiynalganini, unga qarab qanchalik sekin yo‘l bosganlarini Bobur o‘zicha tasavvur etdi.
— Xudo xohlasa, endi barcha mashaqqatlardan xalos bo‘ldilaringiz, — dedi. — Hammalaringiz uchun maxsus joylaru jihozlar tayyorlanmishdir. Yana neki darkor bo‘lsa buyurursiz. Bo‘stonsaroyda kimki bor, hammamiz xizmatlaringizda bo‘lurmiz!
Xonzoda begim quvnoq kulib:
— Minnatdormiz! — dedi. — Amirzodam bilan diydor ko‘rishib, boshimiz osmonga yetdi. Endi shu osmonda suhbatingizdan bahramand qilsangiz bas.
— Kamina ham suhbatlaringizni sog‘inganmen. Sizlar joylashgunlaringizcha osmonda dasturxon hozirlanur, — deb, Bobur qo‘li bilan yuqorigi qavatga ishora qildi.
Uning osmonni payrov qilib hazillashganidan hammalari kulib oldilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:07:08
Bobur yuqorigi qavatga chiqar ekan, qalbini to‘ldirgan shodliklar orasida surnay navosidek jarangli va yoqimli bir tuyg‘u yangrab eshitilayotganini sezdi. Bu uning dilida birdan uyg‘onib ketgan otalik tuyg‘usi edi. Uning bo‘lajak farzandini bag‘rida ko‘tarib yurgan Oyisha begim yuzidagi qo‘ng‘ir dog‘lari bilan Boburga avvalgidan qadirdonroq tuyulardi.
Buni sezgan Oyisha begim avvalgidan dadilroq muomala qilar edi. Er-xotin xobgohda chiroqni o‘chirib yotganlarida begim ko‘rpani yuziga tortib:
— Men faxrlanamen, — deb shivirladi.
Bobur o‘z so‘zining ustidan chiqqanligi uchun, «endi Samarqandda uchrashamiz», deb ketib, axiri shu aytganini qilgani uchun xotini undan iftixor qilmoqda edi.
U Boburning bo‘lajak farzandiga ona bo‘lish bilan faxrlanishini ham aytmoqchi edi. Bobur buni tushundi-yu, homilaning necha oylik bo‘lganini bilgisi keldi, ammo ro‘yirost so‘rashga tili bormay gapni aylantirdi:
— Endi... shodiyonasi qachon?
— Salkam uch oy bor. O‘ylasam, vahmim kelur.
— Vahmni qo‘ya turing. Hozir faxrdan gap ochdingiz-ku.
— Ha, agar xudo o‘g‘il bersa, ismini Faxriddin qo‘yurmizmi?
Oyisha begim Boburning nomi Zahiriddin ekanini o‘ylab, shunga ohangdosh nom topgan edi. Bobur mamnun tovush bilan:
— Xo‘p, o‘g‘il bo‘lsa, Faxriddin, — dedi. — Agar qiz bo‘lsa, Faxrinisomi?
Oyisha begim qiz bo‘lishini istamas edi, chunki o‘g‘il tug‘ib, taxt vorisiga ona bo‘lishni orzu qilardi. Shunday bo‘lsa ham Boburga:
— Mayli, — dedi. — Lekin men xudodan o‘g‘il tilaganmen.
— Aytganingiz kelsin!
Faxriddin... Faxriniso... Shu kunlarda Boburning ko‘nglini to‘ldirib-toshirgan iftixor tuyg‘usiga bu nomlar juda mos edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:07:25
*  *  *

Omad ham bir kelsa, qo‘sha-qo‘sha bo‘lib kelishini Bobur endi bilmoqda edi. Samarqand uning qo‘liga o‘tgandan keyin bu yog‘i Urgut, u yog‘i Sug‘d va Dabusiya qal’asi birin-ketin Shayboniyxonning ixtiyoridan chiqib, Boburning hokimiyatini tan oldi. Mana bugun Qarshi va G‘uzordan xushxabar keldi — bu shaharlar Shayboniyxon qo‘ygan dorug‘alarni quvibdi. Boburga sovg‘a-salomlar yuborib, uning ixtiyoriga bir necha yuz navkar ham yo‘llabdi. Bobur bu navkarlarni boshlab kelgan beklarni devoni xosda qabul qilib, hammasiga sarpo kiydirdi va ulufa tayinladi.
So‘ng kecha tamomlanmay qolgan maktubining davomini yozish uchun ikkinchi qavatga ko‘tarilar ekan, keng marmar zinapoyada opasi Xonzoda begimga duch keldi.
— Amirzodam, Hirotdan kitobat kelgani rostmi?
Bobur to‘xtab, opasining yuziga sinovchan ko‘z bilan qaradi-yu:
— Rost, hazrat Alisherbekdan, — dedi.
— Muborak bo‘lsin!
— Qulluq.
Xonzoda begim inisidan yana qandaydir murakkab bir xabar kutib, uning yuziga termilib qaradi. Bobur opasining ko‘nglidagi dardni sezib bir lahza taraddudlandi. So‘ng rost gapni yashirsa yolg‘on gapirganday bo‘lishini o‘yladi-yu:
— Yuring: kitobatni ko‘rsatay, — dedi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:07:40
Xonzoda begim xonai xosda Boburning qarshisida o‘tirib, Alisher Navoiyning maktubini o‘qir ekan, andijonlik me’mor tilga olingan joyiga yetganda ko‘zida yosh yiltiradi.
— Nechun ko‘zingiz yoshlandi, begim? Men sizni suyuntirmoqchi edim-ku!
— Qandoq qilay, toleim past ekan.
— Iningiz podshoh bo‘la turib, nahotki sizga yordam berolmasa?
— Siz hali ham meni deb ko‘p jafo chekdingiz. Agar o‘sha yili... O‘shda men rozi bo‘lsam, ehtimol keyin Ahmad Tanbal sizga buncha yog‘iylik qilmas edi.
Opasining bunchalik tantilik bilan aytgan so‘zlari go‘yo Boburni yana tanti bo‘lishga undar edi. Ko‘ngli yaxshi tuyg‘ularga to‘lib yurgan shu kunlarda nahotki tug‘ishgan egachisiga katta bir yaxshilik qilolmasa?
Mana, hozir ular Samarqandning muhtasham bir koshonasiga ko‘chib kelishdi. Bu yerda qancha asilzodayu shahzodalar yashagan. Ammo ko‘pchiligi iz qoldirmay ketgan. Faqat me’morlar yaratgan go‘zalliklar hali ham ko‘rgan ko‘zni quvontirib, yal-yal yonib turibdi. Yaxshi bir me’mor — hunarsiz asilzodaning yuztasidan afzal emasmi?
— Begim, siz Tanbalning yog‘iyligi uchun xijolat chekmang. Ilon baribir ilonligini qilur edi.
— Minnatdormen, amirzodam.
— Hazrati Alisherbek ham bizdan ulug‘ ishlar kutib kitobat yubormishlar. Nasib qilsa, biz ham umrboqiy obidalar qururmiz, hunarpeshalar yana yig‘ilib kelurlar. Men bu muborak kitobatning javobini maxsus elchidan berib yuborurmen. Agar Hirotga borgan o‘sha andijonlik me’mor — mavlono Fazliddin bo‘lsalar, elchi topib, Samarqandga taklif qilur.
Xonzoda begimning hali yoshi qurimagan ko‘zlarida endi shodlik uchqunladi. U inisiga zavq bilan tikilib shivirladi:
— Siz Movarounnahr osmonida bizning yagona umid yulduzimizsiz!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:07:59
— Endi parvardigor Shayboniyxonni tezroq daf  qilsinu yurt tinchisin, deng. O‘shanda nafasni rostlab, O‘shda qilgan orzularimizning ijrosiga kirishurmiz.
Mavlono Fazliddin Andijonda qurmoqchi bo‘lgan me’morlik obidalarining tarhlarini, loyihalarini Xonzoda begim onasidan olib, hamon asrab yurar edi. Hozir buni Boburga aytishdan iymandi-yu:
— Amirzodam, men endi kechayu kunduz xudoga iltijo qilurmen — dedi, — ilohim shu orzularimiz ro‘yobga chiqsin!
Xonzoda begim ruhi ko‘tarilib chiqib ketganidan keyin Bobur sandiqchadan she’r daftarini oldi-yu, kechagi mashqini davom ettirmoqchi bo‘ldi. Daftardagi bir matla’ uning hozirgi ruhiga mosroq edi:

«Har kimki vafo qilsa vafo topqusidir,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir...»

Alisher Navoiyga shu she’rni bitirib yuborsa yaxshiroq bo‘larmidi? U yana bir satr yozdi, o‘ziga yoqmagandan keyin o‘chirib, yana yozdi, yana o‘chirdi, nihoyat uchinchi urinishda:

«Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonliq hargiz»
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:08:27
degan satrni topdi-yu, uni ich-ichidan yoqtirib, ilhom hayajonidan nafasida titroq paydo bo‘ldi. Nazarida, Navoiy uning yelkasi osha bu yangi satrni o‘qiyotgandek edi. U odamlarga Navoiydek ko‘p yaxshilik qilgan siymoning hech qachon yomonlik ko‘rmasligini istar, endi shu istagini she’riga ham singdirmoqchi bo‘lardi.
Bobur to‘rtinchi satrni boshlaganda savdarboshi eshikdan bosh egib, qo‘rqa-pisa:
— Mirzo hazratlari, — dedi.
— Meni tinch qo‘ying demabmidim?
— Qulingizni afv eting...
— Yana ne tashvish?
— Amirzodam buyurgan edilar. Agar mulla Binoiyni keltirsalar, darhol xabar bering, degan edingiz.
— Shoir Binoiy Shahrisabzdan kelibdirmi?
— Qosimbek janoblari keltirmishlar.
Bobur bu xabarni eshitdi-yu, yozishdan to‘xtab, qalamni miz chetiga qo‘ydi. Pastdagi qabulxonaga tushib borayotganda Binoiyning taqdiriga oid murakkab voqealar xayolidan takror o‘ta boshladi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:09:07
*  *  *

Bobur hirotlik mashhur shoir Kamoliddin Binoiy bilan bundan uch yil oldin Samarqandga birinchi gal kelgan paytlarida tanishgan edi. Binoiyning san’atkor xattotlar tomonidan ko‘chirilgan nodir bir qo‘lyozma kitobi bor ekan. Kitob yig‘ishga havasmand Bobur bu kitobga juda havasi keldi. Binoiy kitobini unga sovg‘a qilmoqchi bo‘ldi. Bobur  Binoiyning Samarqandda musofir ekanini, tanqislik tortib qiynalganini bilar edi. Shuning uchun Bobur sahhoflarni chaqirib, bu kitobning eng baland narxi qancha bo‘lishini so‘radi. Sahhoflar «eng baland bahosi besh ming dirham», deyishdi. Bobur bu pulni Binoiyga yuborishga ulgurmay, qattiq betob bo‘lib yotib qolgan edi.
Keyin u kasallikdan turib, Andijonga jo‘nash uchun yo‘l hozirligini ko‘rayotganda «Majmuati Rashidi» deb ataladigan o‘sha kitobni ko‘rdi-yu, Binoiyga hali haqini bermagani esiga tushdi. Darhol xazinachini chaqirib, besh ming dirham oltinni sanatdi, so‘ng pulni kitobdorga berib, Binoiyga yubortirdi.
Bir vaqt kitobdor Binoiyni topolmay qaytib keldi. Musofir shoirning Samarqandda muqim turadigan uyi yo‘q, u bugun qayoqqadir mehmonga ketgan edi. Boburning odamlari Andijonga tezroq jo‘nash va kuch yig‘ish tashvishi bilan nihoyatda band bo‘lganliklari uchun hozir Binoiyni qidirib yurish ularga juda malol keldi. Lekin Bobur:
— Shu qiyomatlik qarzni uzmaguncha Samar¬qanddan qo‘zg‘almaymen! — deb turib oldi.
Shundan keyin savdaru navkarlar shaharning har tarafiga ot choptirishib, nihoyat Binoiyni topdilar, unga bo‘lgan voqeani aytib, besh ming dinor pulini topshirdilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:09:47
Kishi moliga suq podshohlarni ko‘p ko‘rgan Binoiy o‘n olti yoshli Bobur mirzoning bunchalik halolligidan juda qattiq ta’sirlandi-yu, unga atab bir she’r yozdi. Bu she’rdan bir nusxasini xattotga ko‘chirtirib, Bobur jo‘nayotganda unga esdalik qilib berib yubordi.
Qirq to‘rt yo‘llik bu she’rda u Boburni ko‘p maqtagan:
«Shoh sultoni Zahiriddin Bobur,
Ki jahon shud zi siti adlash pur!» —
deb, go‘yo jahon Boburning adolat bobidagi shuhratidan nurga to‘lganini aytgan edi. Bobur, «Jahon, qayda-yu, mening shuhratim qayda!» deb, bu satrlardagi mubolag‘adan kulgan bo‘lsa ham, lekin zamonadan ko‘p jabr ko‘rgan Binoiy uchun shu kichik yaxshilik tufayli, ehtimol, butun jahon adolatga to‘lib ko‘ringandir, deb o‘yladi.
Biroq keyinchalik Samarqandga Shayboniyxon xon bo‘ldi va shahar shoirlarini yig‘ib bir mushoira o‘tkazdi. Bu majlisida Binoiy ham qatnashib, she’r o‘qidi. Xon uning she’rini yoqtiradi-yu, Binoiyni o‘ziga mulozim qilib oladi va erishgan g‘alabalarining tarixini yozishni topshiradi. Binoiy «Shayboniynoma» degan asarini endi yoza boshlagan paytda Samarqand yana qaytadan Boburning qo‘liga o‘tadi. Shayboniyxon atrof tumanlar-dan ham quvilib, Buxoroga qarab chekingan kunlarda Binoiy uning qarorgohidan qochib, Samarqandga keladi. U Bobur bilan uchrashmoqchi bo‘ladi, lekin Qosimbek uni Shayboniyxon tarafdori deb, Boburning huzuriga kiritmay, Shahrisabzga jo‘natib yuboradi. Bobur bu hodisadan yaqinda xabar topib, Qosimbekka:
— Chakki qilibsiz, — dedi. Mulla Binoiy — katta shoir. O‘zi kelgan bo‘lsa ruxsat bermoq kerak edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:10:10
Qosimbek vaj ko‘rsatdi:
— Katta shoiringiz Shayboniyxonni maqtab she’r yozgan.
Bobur kuldi:
— Bizni maqtab she’r yozganini bilmasmisiz? Tojdorlar maqtovni suysalar, shoir ne qilsin!
Qosimbek jiddiy turib e’tiroz qilmoqda edi:
— Amirzodam, bu odam Shayboniyxonning xufiyasi bo‘lishi mumkin.
Bobur o‘ylab turib:
— Yo‘q, — dedi. — Hirotda Boyqaroday shohga xufiya bo‘lmagan kishi Shayboniyxonga xufiya bo‘lmas.
— Ammo bu shoir Xo‘ja Yahyoning hovlisida turib, uning tuzini ichgan, keyin Xo‘ja Yahyoni noinsoflarcha o‘ldirtirgan Shayboniyxonga mulozim bo‘lgan. Shu yaxshimi?
— Bu yaxshi bo‘lmasa, yaxshilik qanday bo‘lishini biz ko‘rsatmog‘imiz kerak. Odam yuboring, mulla Binoiyni Samarqandga beshikast olib kelsinlar.
So‘nggi so‘z farmoyish tarzida aytilgani uchun Qosimbek uni bajarishga majbur bo‘lgan edi.
...Bobur pastga tushib, devoniomga to‘rdagi eshikdan kirdi. Ko‘p o‘tmay poygakdagi eshikdan Qosimbek Binoiyni boshlab kirdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:10:31
Binoiyni Bobur bundan ikki-uch yil oldin ham bir ko‘rgan edi. O‘shanda u juda salobatli edi. Hozir esa juda ozib, gavdasi allanechuk kichrayib qolgan. To‘ni ham, sallasi ham eskirib ketgan. Faqat yirik-yirik ko‘zlari avvalgiday mag‘rur chaqnab turibdi. Bobur unga peshvoz chiqib uy o‘rtasida qo‘l berib ko‘rishdi. O‘ng yoniga Qosimbekni, chap yoniga Binoiyni o‘tqazib hol-ahvol so‘radi. Shunda Binoiy yodaki bir ruboiy aytib, yegulik g‘allasi yo‘qligini, kiyay desa g‘allaning qopi ham topilmasligini aytdi:
Ne g‘alla marokaz tavonam no‘shid,
Ne muhmali g‘alla to tavonam po‘shid
degan satrlardagi nozik so‘z o‘yinini sezib, Bobur beixtiyor jilmaydi. «Muhmal» aslida noaniq degan ma’noni bildirardi. Bu so‘z bilan mulla Binoiy o‘z ahvolining noaniqligiga ishora qilmoqchi edi. Ayni vaqtda, «muhmali g‘alla» — ya’ni qop kiyadigan darajaga yetganini ham aytib, o‘z ahvoliga kinoya qilmoqda edi. «Xon huzurida topgan martabamiz shu bo‘ldi!» demoqchi edi.
Bobur buning hammasini tushungan ma’noda bosh irg‘adi-yu, panjasini peshonasiga tirab, bir lahza jim qoldi. Uning avzoyidan she’rga she’r bilan javob bermoq¬chi ekanligini sezgan Qosimbek Binoiyga «Shoshmay turing!» deganday ishora qildi. Nihoyat, Bobur qo‘lini peshonasidan oldi-yu, Binoiyga kulimsirab qaradi:
In’omu vazifa bori buyrulg‘usidir,
Muhmalga bo‘yu g‘allaga uy to‘lg‘usidir.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:11:07
Boburda bunchalik she’riy iste’dod bor deb o‘ylamagan Binoiy bir lahza hayratlanib turdi-yu, so‘ng tojikcha talaffuz bilan:
— Yana bir takrorlang, amirzodam, faqir radifini uqib olmoqchiman! — dedi.
Bobur she’rni ikkinchi aytishda ba’zi joylarini silliqlab, «g‘allaga uy» jumlasini «g‘alladin uy to‘l¬g‘usidir», deb to‘g‘riladi. «Bo‘y» va «uy» degan ichki qofiyalar o‘ziga ham yoqimli tuyulib, zavqini keltirdi.
— Ta’bi nazmingizga tan berdim, amirzodam! — dedi Binoiy. So‘ng u oq oralagan qalin soqolining uchlarini tutamlab birpas javob qidirdi. Topdi shekilli, boshini tez ko‘tarib, qaddini tikladi:
Bir muhmal uchun muncha inoyat bo‘ldi,
Musta’mal agar desam nelar bo‘lg‘usidir!
Binoiyning turkiy she’rga ham bunchalik ustaligi endi Boburni hayratga soldi. Bu yerda «muhmal» so‘zi uchin¬chi bir ma’noda ishlatilgani — Binoiy avvalgi ruboiysiga kamtarona baho berib, uni «muhmal», ya’ni «xom» deb atagani ham ajoyib edi. «Muhmal»ga «musta’mal», ya’ni «pishiq», «mukammal» so‘zining ichki qofiya qilingani ham Boburga juda yoqdi, u munshiyni chaqirib, mulla Binoiy aytgan ruboiylarni yozib olishni buyurdi.
Ikki orada bo‘lib o‘tgan mushoiradan Qosimbek ham xiyla ta’sirlangan edi. U o‘sha kuniyoq Binoiyni yaxshi bir hovliga joylashtirdi, Boburning buyrug‘i bilan aravada un, guruch, bir qo‘y, issiq barra po‘stin berib yubordi. Binoiy podshoh mulozimlari qatorida ulufa ola boshladi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:11:47
Oradan ikki kun o‘tgach, yangi zira beqasam to‘n ustidan barra po‘stin kiygan Binoiy yana Bo‘stonsaroyga keldi. Bobur bu gal uni ikkinchi qavatdagi mehmonxo¬nada qabul qildi. Ular dasturxon atrofida yakkama-yakka suhbatlashdilar. Binoiy Boburning Shayboniyxon haqida savol berishini kutib, xon saroyida ko‘rganlarini kinoya bilan gapirib berishga tayyorlanib kelgan edi.
Lekin Bobur Binoiyni o‘ng‘aysizlantirmaslik uchun o‘tgan gal ham, bugungi suhbatda ham, Shayboniyxonni ataylab tilga olmadi. So‘nggi kunlarda Navoiydan kelgan xatning ta’sirida yurgan Bobur Hirotdan gap ochdi. U Navoiy bilan Binoiyning o‘zaro munosabatlari haqida ba’zi bir gaplar eshitgan, endi buning tafsilotlarini bilgisi kelar edi.
Shayboniyxon tilga olinmaganidan yengil tortgan Binoiy kulib gap boshladi:
— Alisherbekning quloqlari og‘riganda ko‘k qiyiq bog‘lagan ekanlar. Buni bazzoz eshitib, ko‘k ro‘molga «Nozi Alisheriy» deb nom qo‘yib sotadigan bo‘ldilar. Alisherbek — ulug‘ siymo, nomlariga yarashadigan ulug‘ ixtirolar qilganlar. Bachkana kishilar arzimagan narsalarga ham «Alisheriy» deb nom qo‘yib, pul ishlashlari faqirning g‘ashiga tegdi. Eshagimga g‘aroyib bir egar yasatdimu bunga ham «Alisheriy» deb ot qo‘ydim. Keyin shu egar ham mashhur bo‘ldi! Men bu bilan savdogarlarning bachkana gaplariga kinoya qilgan edim. Ammo ig‘vogarlar buni «Alisherbekka behurmatlik» deb ovoza qildilar, ikki oraga g‘ubor soldilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:12:02
Mulla Binoiy hazilomuz boshlagan gapini hasratli tovush bilan tugatdi:
— Amirzodam, mening Alisher Navoiyga ehtiromim cheksiz! Faqir u zotning suhbatlaridan bahramand bo‘lgan paytlarimni eslasam, yuragim ezilur.
— Yomon odamlar solgan g‘uborni oradan olib tashlash mumkin emasmikin?
— Men hozir shu g‘uborni tarqatish harakatidamen. Musofirotda yurib, Alisher Navoiyga atab bir qasida yozdim. Joiz bo‘lsa, ba’zi joylarini amirzodamga o‘qib beray.
— Marhamat!
Mulla Binoiy o‘zi yozgan she’riy asarlarning hammasini yoddan bilar edi. Hozir ham bir burchakka tikilib, «Majma’ul g‘aroyib» degan qasidasini yodaki ayta boshladi. Mulla Binoiy Navoiydan uzoqda uning suhbatini sog‘inib:
Be tu chun obi Darg‘amam dar g‘am,
Be tu chun rudi Ko‘hakam giryon*, —
deganda Bobur zavqdan bosh irg‘ab:
— O‘h! — deb qo‘ydi.
Qasida o‘qib tugatilganda Bobur ta’sirlanganidan qasrda o‘tirganini ham unutgan edi. U atrofiga qarab, go‘yo mehmonxonaga uzoqlardan qaytib kelganday bo‘ldi.
— Mavlono, bu qasidani Alisherbekka nega yubormaysiz?
— Hirotga boradigan tayinlik odam yo‘q, amirzodam.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:12:19
— Biz yaqinda Hirotga elchi yubormoqchimiz. Kaminaga Alisherbekdan kitobat kelgan edi. Javobini yozib yubormoqchimen.
— Amirzodam, qani edi, qulingizning bu qasidasini ham...
— Marhamat, xattotga berib ko‘chirtirmoq zarur bo‘lsa, men buyururmen. So‘ng elchidan berib yuborurmiz.
Gap shunga qaror topdi-yu, mulla Binoiy xursand bo‘lib chiqib ketdi.
Bobur yana xonai xosga kirib, chala qolgan she’rini qo‘liga oldi. Biroq endi katta shoir bilan bo‘lgan uzoq suhbatdan so‘ng, avvalgi she’rlari Navoiyga yuborishga munosib emasdek tuyuldi. Unga ilgari jo‘n tuyuladigan narsalar ham aslida juda murakkab ekani hozir juda aniq sezilayotganday bo‘lardi. Hamma narsani muhit, ahli jahon murakkablashtiradi. Hirotda yashayotgan Alisher Navoiy ham, hozir Boburga ko‘p narsalarni kuyunib aytib bergan Binoiy ham muhitdan, zamona ahlidan norozi bo‘lganlaricha bor edi. Boburning o‘zi bu zamo¬na¬dan ozmuncha jabr ko‘rdimi?
Kim ko‘ribdir, ey ko‘ngil, ahli jahondin yaxshilik!
Bu haroratli satr qog‘ozga tez va ravon tushdi. Bobur o‘z zehnining go‘yo qayralib, o‘tkirlashib qolganini sezib turardi. U hozir xayol ko‘zi bilan Hirotdagi Alisher Navoiyni aniq ko‘rayotganga o‘xshardi. Bobur muhitdan, zamonadan, faqat o‘z manfaatini ko‘zlaydigan jahon ahlidan yaxshilik kutgan odam aldanishi muqarrarligini Navoiyga aytib dardlashgisi kelardi:
Kimki andin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma andin yaxshilik.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:12:39
Ya’ni, o‘z muhitidan baland turolmaydigan odam birovga yaxshilik qilolmaydi. Alisher Navoiyning odamlarga shuncha ko‘p yaxshilik qilayotgani — Boburga uning jahon ahlidan beqiyos darajada yuksak ekanini yaqqol ko‘rsatayotganday bo‘lardi. U o‘z ko‘nglini ham mana shu yuksaklikka undab yana bir bayt yozdi.
Bori elga yaxshilik qilg‘ilki, mundin yaxshi yo‘q,
Kim degaylar dahr aro qoldi falondan yaxshilik.
Shu kuni kechasi Bobur Navoiyga atalgan maktubini ham, she’rini ham yozib tugatdi. Oradan ikki kun o‘tgach, bu maktub maxsus elchi bilan Samarqanddan Hirotga jo‘natildi. Bobur Navoiydan qish chiqquncha javob olish umidida edi. Biroq qish chiqib, endi boyche-chak ochilgan kunlarda Hirotdan musibatli xabar keldi: qish chillasi paytida hali Bobur yuborgan elchi yo‘lda ekanida Alisher Navoiy vafot etgan edi. Bobur o‘ziga ulug‘ bir murabbiy topdim, deb suyunib yurganda, o‘gay taqdir uni bu madadkoridan ham judo qilgan edi.

____________
* Sensiz Darg‘am suvidek dardu g‘amdamen,
   Sensiz Ko‘hak (Zarafshon) daryosidek giryonman.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:13:10
7

Tepalikka uchib chiqayotgan chopqir otning tuyog‘i yerdan bosh ko‘tarib, bugun-erta ochilay deb turgan lola g‘unchasini ezib-yanchib o‘tdi. Bu ot ustida o‘tirgan Shayboniyxonning ko‘zlari esa pastdagi keng tekislikda chug‘urchuqday yopirilib poyga o‘tkazayotgan otliqlarda edi.
Tiniq bahor osmonining bir chetida Samarqand bilan Buxoro oralig‘ining eng mashhur qo‘rg‘oni bo‘lgan Dabusiya* qal’asi savlat to‘kib turibdi. Kech kuzda bu qal’a ham Shayboniyxonning qo‘lidan chiqib, Boburga o‘tib ketganda, qo‘shini Buxoroga chekinib, og‘ir ahvolga tushib qolgan edi. Ruhi tushgan ba’zi sarkardalar: «Esimiz borida etak yopib, Turkistonga qayta qolaylik!» deyishgan edi. Ammo Shayboniyxonning Samar¬qanddagi xufiyalari Boburning shoirlar va olimlar suhbatiga berilib, yangi janglarga sust tayyorlanayotganini bildirib turar edilar. Qo‘ldan-qo‘lga o‘tib, juda ko‘p talangan Samarqand bahorga chiqib yana ochlik va qahatchilik balosiga yo‘liqqan edi. Buning hammasi Shayboniyxonni dadillashtirdi. Yaqinda u Buxorodan Dabusiyaga qo‘shin tortib keldi. Qal’aning baland devorlariga ulardan ham baland shotilar qo‘ydirdi. Qal’a himoyachilari tepadan o‘q va tosh yog‘dirishayotgan bo‘lsa ham xon o‘z askarlariga tap tortmay chiqaverishni buyurdi. Odamlar o‘lgan-qolganiga qaramay chiqib kelayotganini ko‘rgan himoyachilar tepadan katta yog‘och bolorlar otishdi, yonib turgan yog‘larni chiqayot¬ganlarning boshidan quyishdi. Devor taglari o‘liklarga to‘lib ketdi. Xon navkarlari qo‘rqib chekina boshladilar. Shunda Shayboniyxon o‘zining tug‘ishgan ukasi Mahmudxonni va suyukli o‘g‘li Temurxonni butun navkarlari bilan jangga soldi. Xon ukasi va o‘g‘lini ham ayamayotganini ko‘rgan jangchilar yana shotilarga yopishdilar. Yuqoridan yog‘ilayotgan ajal shotiga chiqqanlarni tutday to‘kayotgan bo‘lsa ham, bir necha yuz kishi shovqin-suron bilan devor tepasiga chiqib bordi. Devor tepasidagi jangda ikki tomondan ham juda ko‘p odam qirildi, o‘liklar tuynuklarni bekitib qo‘yganidan pastga o‘q otish mumkin bo‘lmay qoldi. Xon qo‘shini son jihatdan bir necha barobar ko‘p bo‘lib, shotilardan orqama-orqa chiqib bormoqda edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:13:59
Boburdan yordam so‘rab ketgan chopar Samar¬qandga yetib borguncha bo‘lmay Shayboniyxon Dabusiyani qonga belab axiri oldi-yu, himoyachilarni bitta qoldirmay qilichdan o‘tkazdi.
Bu zafar xon qo‘shinining ruhini ko‘tardi.
Endi Shayboniyxon Dabusiyani tog‘day bir tayanchga aylantirib, undan Samarqand ustiga sakrash tayyorli¬gini ko‘ryapti.
Hozir pastda o‘tkazilayotgan poyga ham — shunchaki ko‘ngil ochish uchun emas, Bobur bilan bo‘ladigan hal qiluvchi janglarda Shayboniyxonga eng zo‘r, eng chopqir otlar tanlash uchun kerak.
Kuni kecha Samarqanddan kelgan darvish kiyimidagi bir maxfiy Boburning xotini qiz tuqqanini, otini Faxriniso qo‘yganlarini aytib bergan edi.
Shayboniyxon poygada bir-biridan o‘zib, sor burgutlarday uchib borayotgan yigitlariga zavq bilan tikildi-yu, o‘zicha dedi, «Mayli, Bobur kuzdagi g‘alabasidan faxrlanib, qiziga Faxriniso deb ot qo‘ysin, kerilib, she’rini yozib yotaversin! Ungacha men burgutlarimning hammasini ovga o‘rgataman».
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:14:24
Shayboniyxon hali hech qaysi jangga bunchalik jon-jahdi bilan tayyorlangan emas. U Boburni yengish oson emasligini sezardi. Bobur endi o‘n to‘qqizga kirgan yosh yigit bo‘lsa ham nihoyatda iste’dodli, nihoyatda dovyurak sarkarda ekanini Shayboniyxon amalda ko‘rdi. Hozir bu atrofdagi shaharu qishloqlarning ko‘pchiligi Boburga yon bosadi. Shayboniyxonning dushmanlari esa behisob. Sulton Ali mirzoning ko‘pchilik bek va navkarlari bultur Shayboniyxonga qo‘shilgan edi, Bobur Samarqandni olgandan keyin hammasi uning tomoniga qochib o‘tib ketdi. Boburning qo‘shini kun sayin ko‘payib boryapti. Hatto Andijondagi Ahmad Tanbal ham ukasi Sulton Xalilni ikki yuz navkari bilan Boburning  ixtiyoriga yuboripti. Shayboniyxon shuni eshitgandan keyin, hozir Boburning obro‘si juda baland ekanini, undan hatto Ahmad Tanbal ham qo‘rqib qolganini sezdi. Bu ketishda yozga borib Boburning qo‘shini yana ham ko‘payadi. Shayboniyxon hal qiluvchi jangni tezlatmasa, keyin yutqizadi.

_____________
* D a b u s i ya — «Temir qo‘rg‘on» demakdir. Ziyoviddin degan joyda hozir bu qal’aning xarobalari bor.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:15:15
Bu munajjim ham shoir Binoiyga o‘xshab, xon qarorgohidan Bobur huzuriga qochib borgan edi. Xon Boburning rahmini keltirish uchun munajjimni Bobur huzuriga qochirishdan oldin kaltaklatib, og‘iz-burnini qon qilgan, kiyimlarini yirttirgan edi. Mavlono Shahobiddin ismli bu munajjim hozir Bobur saroyida izzat-ikromda ekani ham Shayboniyxonga ma’lum edi. Xonning yashirin topshirig‘i qalandar kiyimidagi kishi orqali  munajjimga yetkazilgan kuni kechasi Shay¬bo¬niyxon o‘n ming qo‘shini bilan Bobur o‘rdasiga bostirib bordi, naqoralar, karnaylar chaldirib, istehkom devorlari orqali o‘qlar yog‘dirdi.
Otlar xandaqlardan o‘tolmas, ammo xon askarlari¬ning haqoratomuz qichqiriqlari o‘rdada o‘tirgan Boburga va uning odamlariga baralla eshitilardi:
— Joning bo‘lsa maydonga chiq!
— Qo‘rqoqlar, kurk tovuqday moyak bosib o‘tira be¬rasanmi?!
— Boburingda yurak bo‘lsa ulug‘ xonga o‘zini ko‘r¬satsin!
— Mard bo‘lsa chiqsin maydonga!
Himoyada yotgan odamlarga tungi hujum va shovqin-suron og‘ir ta’sir qilishini Shayboniyxon yaxshi bilar edi. Boburning o‘rdasi atrofida uning yuzlab otliqlari urra-ur qilishib, borliqni larzaga keltirishdi, ihota qilingan shox-shabbalarga yonib turgan yoy o‘qla¬rini otishib, bir-ikki joyini yondirib yuborishdi. Ichkaridan ham o‘qlar otildi, achchiqlangan navkarlar¬ning haqoratlari eshitildi, ammo xon qo‘shini bilan olishish uchun hech kim yurak yutib chiqolmadi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:15:28
Shayboniyxon Boburning kecha qo‘qqisdan maydonga qo‘shin tortib chiqolmasligini oldindan bilardi, chunki hech bir aqlli-hushli sarkarda bu qorong‘i tunda selday yopirilib kelgan lashkar qarshisiga tayyorgarliksiz betartib otilib chiqmasligi o‘z-o‘zidan ayon edi. Bu tungi shovqin-suron Shayboniyxonga o‘z lashkarining ruhini ko‘tarish uchun kerak edi. U o‘zining hech narsadan qo‘rqmasligini, Bobur esa go‘yo tizzasi qaltirab, istehkomdan beriga chiqolmayotganini har ikki tomonga namoyish qilmoqchi, shu bilan yosh dushmanining iz-zat-nafsini qo‘zg‘atmoqchi edi. Ayni vaqtda, bu tungi hujum — Bobur qarorgohida ish olib borayotgan munajjimni ham dadillashtirishga qaratilgan edi.
Chindan ham bu tungi hujum Boburning izzat-nafsiga qattiq tegdi. Munajjim esa osmondagi yulduzlar tar¬tibini murakkab bir tarzda unga tushuntirib: «Hozir sakkiz yulduz siz tomonda rost turur, — dedi.— Yana ikki kun o‘tgach, bu sakkiz yulduz g‘animingiz tomo-niga og‘ib ketgay. Agar erta-indin jangga kirishsangiz, g‘alaba sizniki bo‘lishidan butun falakiyot dalolat bermoq¬da!»
Axiri shu sabablar bir bo‘lib, Bobur Shahrisabz va Toshkentdan keladigan katta ko‘makni kutib o‘ltirmasdan, indin chorshanba kuni jang maydoniga chiqishga qaror berdi. Munajjim buni o‘sha aloqachi qalandar orqali Shayboniyxonga yetkazdirdi.
Shayboniyxon chorshanba kuni hayot-mamoti hal bo‘lishini sezib, bor iste’dodini, butun tajribasini ishga sola boshladi. Kuni bo‘yi bo‘lajak jang maydonining har bir pastu baland joyini ko‘zdan kechirib chiqdi, oftob qayoqdan chiqib, shamol qayoqdan esishigacha e’tibor berdi. Kechasi esa otlarni egarlatib, hamma narsani taxt qilib yotishni buyurdi, yov maydonga chiqqan zahoti darhol qulay tomonni egallashning rejasini tuzib qo‘ydi. Ikki kecha deyarli uxlamadi. Yarim tunda ham, sahar pallada ham uning oq o‘tovidan kuchli ovoz va katta ixlos bilan yodaki qiroat qilinayotgan qur’on tovushi eshitilib turdi. Shayboniyxon joynamoz ustida sajdaga bosh qo‘yib, xudoga munojot qilar, ko‘zlariga yosh olib «Sharmanda qilma parvardigor!» deb pichirlardi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:15:38
Jangdovullar azon palla Bobur qo‘shinining sho¬shilinch saflanayotganini va tug‘ tikayotganini aytib kelgan zahoti Shayboniyxon ham bor askarlarini oyoqqa turg‘izdi. Chavkar otda saflarni aylanib chiqdi.
— Shunqorlarim! — deb jarangli ovoz bilan qo‘shinga murojaat qildi. — Bu atrofda bizning xudodan bo‘lak suyanchig‘imiz yo‘q. Ota yurtimiz uzoq, yengilsak yetolmaymiz. Birdan-bir najot — yengish! Mening parvardi¬gordan umidim katta. Tushimda ayon bo‘ldi— nasib qilsa, g‘alaba bizniki!
— Inshoollo! — dedi o‘nlab ovoz birdan.
Shayboniyxon qur’ondan qisqa bir surani ohangdor tovush bilan ta’sirli qilib o‘qidi-yu, diniy rahbarlarga xos sirli va salobatli tarzda fatvo berdi:
— Omin, ollohu akbar!
Minglab odam birdan:
— Ollohu akbar! — deb takbir tushirganda osmon titrab ketganday bo‘ldi. Shayboniyxonning valiyligiga ishonadigan, uning fatvosidan ruhlangan qo‘shin avvaldan o‘ylangan aniq reja bilan yov tomonga yo‘naldi.
Uzoq mashqlar bekor ketmagan edi. Xonning qo‘shini go‘yo bir tan-bir jon bo‘lib harakat qilar, xuddi tarang tortilgan yoyday o‘rtasi xiyol oldinga chiqib borar edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:15:56
Chap tomon daryo. Shayboniyxon qo‘shinini o‘ng tomondagi kengliklardan daryo tomonga qiyalatib yo‘naltirdi. Chunki daryo tomon nishabroq edi, bugun shamol ham janubdan esmoqda edi. Yo‘l nishab bo‘lsa-yu, shamol orqadan essa, chopqir otlar yanada tezroq uchishi mumkin. Shayboniyxon bugun qo‘llamoqchi bo‘lgan to‘lg‘ama usuli — yashin tezligida harakatlanishni talab qiladi. Shuning uchun u otlarning chopqirini avvaldan tanlab qo‘ygan, bugun esa shamolning yo‘na¬lishiyu yerning nishabligini ham hisobga olgan edi.
Shayboniyxon qo‘shinining janubdan qiyalab yaqinlashayotganini ko‘rgan Bobur qo‘shini yov bilan yuzma-yuz to‘qnashish uchun o‘ng qanotini oldinroq chiqarib, daryoga orqa o‘girdiyu, janubga tomon burila boshladi.
Orada ikki-uch chaqirimcha masofa qolganda Shayboniyxon xos navkalari, ichkilari va tug‘bardori bilan birga baland bir tepalikda to‘xtadi. Bobur ham shunaqa bir tepalikda otliq turar, uning orqasidagi daryo¬ning suvi ertalabki quyosh nuridan tovlanib ko‘rinardi.
Boburning qo‘shinlari orasida to‘ra* ko‘targan, das-tasi uzun nayzalar va oyboltalar bilan qurollangan piyodalar ham ko‘p edi. Agar otliqlar ularga to‘g‘ridan ro‘para bo‘lsa uzun nayzalar otga yoki otliqqa sanchiladi. Shayboniyxon piyodalarning markazda kelayotganini ko‘rib, o‘zining qo‘shiniga yov markazini ochiq qoldirishni, yovning ikki qanotini aylanib o‘tib, ikki biqinidan va orqadan zarba berishni buyurgan edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:16:10
Chap tomon daryo. Shayboniyxon qo‘shinini o‘ng tomondagi kengliklardan daryo tomonga qiyalatib yo‘naltirdi. Chunki daryo tomon nishabroq edi, bugun shamol ham janubdan esmoqda edi. Yo‘l nishab bo‘lsa-yu, shamol orqadan essa, chopqir otlar yanada tezroq uchishi mumkin. Shayboniyxon bugun qo‘llamoqchi bo‘lgan to‘lg‘ama usuli — yashin tezligida harakatlanishni talab qiladi. Shuning uchun u otlarning chopqirini avvaldan tanlab qo‘ygan, bugun esa shamolning yo‘na¬lishiyu yerning nishabligini ham hisobga olgan edi.
Shayboniyxon qo‘shinining janubdan qiyalab yaqinlashayotganini ko‘rgan Bobur qo‘shini yov bilan yuzma-yuz to‘qnashish uchun o‘ng qanotini oldinroq chiqarib, daryoga orqa o‘girdiyu, janubga tomon burila boshladi.
Orada ikki-uch chaqirimcha masofa qolganda Shayboniyxon xos navkalari, ichkilari va tug‘bardori bilan birga baland bir tepalikda to‘xtadi. Bobur ham shunaqa bir tepalikda otliq turar, uning orqasidagi daryo¬ning suvi ertalabki quyosh nuridan tovlanib ko‘rinardi.
Boburning qo‘shinlari orasida to‘ra* ko‘targan, das-tasi uzun nayzalar va oyboltalar bilan qurollangan piyodalar ham ko‘p edi. Agar otliqlar ularga to‘g‘ridan ro‘para bo‘lsa uzun nayzalar otga yoki otliqqa sanchiladi. Shayboniyxon piyodalarning markazda kelayotganini ko‘rib, o‘zining qo‘shiniga yov markazini ochiq qoldirishni, yovning ikki qanotini aylanib o‘tib, ikki biqinidan va orqadan zarba berishni buyurgan edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:16:26
O‘ng qanotdagi Mahmud Sulton, Jonibek Sulton va Temur Sulton xonning buyrug‘iga amal qilishib, yovga bir chaqirim qolganda otlarini to‘satdan o‘ng tomonga burishdi va Bobur qo‘shinining chap qanotini aylanib o‘ta boshlashdi. Shayboniyxon qo‘shinining chap qa¬notidagi mashhur lashkarboshilar Hamza Sulton va Madhi Sulton ham markazga tegmay, Boburning o‘ng qanotini aylanib o‘tmoqda edilar.
Eng zo‘r kuchlarini markazga qo‘ygan Bobur avval tuzgan rejasini shoshilinch ravishda o‘zgartira boshladi. Bobur markazga qo‘ygan qo‘shinning bir qismi o‘ng qanotga qo‘shilib, Shayboniyxonning chap qanotiga tashlandi.
To‘lg‘amaning bir qaltis joyi shunda ediki, markazga tegmay o‘tgan ikki qanot bir-biridan ajralib qolishi mumkin edi. Yov ularni ikkiga bo‘lib tashlashi, so‘ng orqadan hujum qilib to‘lg‘ama ishlatmoqchi bo‘lganlar¬ning o‘zlarini to‘lg‘ab, qurshab olishi mumkin edi. Hozir Shayboniyxon qo‘shinining chap qanoti xuddi mana shu ahvolga tusha boshladi.
Ammo ana shu yerda eng yugurik otlarning tanlangani ish berdi. Boburning otliqlari oldindan qirqib chiqishga ulgurmadilar. Mahmud Sulton boshliq uch-to‘rt yuz chavandoz yov qo‘shinining orqasiga o‘tib olishga muvaffaq bo‘ldi. O‘ng qanotdan Hamza Sultonning ikki yuz otlig‘i ham chopqir otlarda yovni aylanib o‘tib kelib, Mahmud Sultonning yigitlariga qo‘shildi. Bobur qo‘shini kutilmaganda ham ikki yondan, ham orqadan zarba yeb, esankirab qoldi. Jon achchig‘ida baqirayotgan, qilich va o‘q zarbidan yiqila¬yotgan, oyoq ostida majaqlanib chinqirgan vahimali ovozlar, tig‘, nayza zarbalari, «Urho, ur!» degan nidolar otlarni ham quturtirib yuborgan edi. Bobur qo‘shinining dastlabki yasog‘i buzilib ketdi, ikki tomonning otliqlari aralash-quralash bo‘lib, piyodalarning ustiga otda bostirib keldi. Piyodalarni endi o‘z qo‘shinining otliqlari ham bosib-yanchib keta boshladi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:17:08
Ochiq qolgan markazdan Bobur askarlarining bir qismi alanga tiliday otilib chiqdi-yu, Shayboniyxon turgan tepalikka hamla qilib kela boshladi. O‘ng qanotdagi Temur Sulton bilan Jonibek Sultonning yigitlari hali ham qurshovdan chiqolmas edi. Shayboniyxon tomonga bostirib kelayotgan ikki yuzdan ko‘proq otliqning raftori juda vahimali edi. Ko‘pakbiyning uch-to‘rt yuz yigiti qirg‘in bo‘layotgan joydan chiqib, yov otliqlarining keti-dan tushdi. Ammo oradagi masofa ancha uzoq, Ko‘pakbiy yetib kelguncha berigilar Shayboniyxonni butun ichkilari bilan yanchib o‘tishi mumkin edi. Buni sezgan xonning ichkilari sarosimaga tushib qolishdi. Yuvoshgina ot minib chiqqan mulla Abdurahim:
— Hazrati imomi zamon, vaqt o‘tdi, bexatar joyga chekinaylik! — dedi.
Shayboniyxonning rangida qon qolmagan. U ham bexatar joyga ketishni istardi. Ammo bu tepalikda u tug‘lar bilan turibdi. Agar pastga tushib ketsa-yu, askarlari o‘girilib qarab, uni va tug‘larni ko‘rmasa, «Yengilibmiz!» — deb o‘ylashadi. Xonning chekinishi— yengilish alomati bo‘ladi. Shuning uchun Shayboniyxon titrab-qaqshab:
— O‘lim bor, chekinish yo‘q! — deb qichqirdi. So‘ng u yuz qadamcha narida turgan xos navkarlariga buyurdi:
— Chiq hammang! Ana u kelayotgan otliqlarning yo‘lini to‘s!
Bu xos navkarlar xonning eng so‘nggi tayanchi hisoblanar, ular odatda yengilib qochish kerak bo‘lganda xonni qo‘riqlab olib ketish uchun saqlanar edi. Xon buyruq bergandan keyin yopirilib kelayotgan narigi yovning qarshisidan chiqib, yoylardan o‘q ota-ota ularga yaqinlashdilar. Xos navkarlar narigilarga qaraganda ikki barobar oz bo‘lsalar ham dadil savasha boshladilar. Naryoqdan Ko‘pakbiy ham uch-to‘rt yuz otlig‘i bilan yetib keldi. Endi yov ilg‘orlari qurshovda qoldi. Bir vaqt shu qurshovni o‘ntacha otliq yorib chiqdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:17:32
Xuddi ko‘pkari paytida uloq talashib to‘satdan tomoshabin ustiga bostirib kelib qoladigan uloqchilarga o‘xshab, Shayboniyxon turgan tepalikka chiqib bordi. Mulozimlardan bir nechasi «gur» etib orqaga qochdi. Ammo Shayboniyxon o‘z navkarlarining qo‘li baland kelayotganini ko‘rib turar edi. Kamonga o‘q o‘rnatib, tepani qiyalab qochib o‘tayotgan yov otliqlariga qarab otdi. O‘q hech kimga tegmagan bo‘lsa ham xon shaxsan o‘zi jangga qo‘l urganini ko‘rgan navkarlar avvalgidan ham qattiqroq qichqirishib, yov ilg‘orini bitta qo‘ymay qirib tashladilar.
Naryoqda yov qo‘shinini o‘rab, chulg‘ab, to‘lg‘ama usulini xon aytganday amalga oshirayotgan sultonlar mingga yaqin yigitlari bilan Bobur turgan tepalikka yetib bordilar. Piyodalar Boburga ish bermay qo‘ydi. Yaqinda Toshkentdan kelib qo‘shilgan mo‘g‘ul otliqlari Bobur-ning jangni boy berayotganini sezishdi-yu, o‘ljasiz ketmaslik uchun egasiz qolgan otlarni jilovidan tutib, yetaklab, jang maydonidan chiqib keta boshladilar. Ba’zi mo‘g‘ullar esa o‘zlari bilan bir safda jang qilayotgan andijonlik va samarqandlik yigitlarni egarlaridan ag‘darib tashlab, otlarini o‘lja qilib olib qochishga tushdilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:19:27
Bir vaqt Shayboniyxon Boburning o‘n-o‘n beshta ichkilari bilan tepalikdan tushib, daryo tomonga qarab chekinayotganini ko‘rib qoldi. Bu bir hiyla emasmikin, deb tikilib qarasa, Bobur to‘lib-toshib oqayotgan daryoga ot solib kirdi. Qirg‘oqda qolgan uning bir necha yuz navkarlari Bobur ketidan intilgan yovning yo‘lini devorday to‘sib oldi. Bobur Samarqandga qarab qochayotganiga endi astoydil ishongan Shayboniyxon qo‘llarini osmonga cho‘zib, hayajon bilan:
— Xudoyo o‘zingga shukr, o‘zingga shukr! — dedi. Ammo yovi yengilib qochayotgani endi unga ozlik qiladigan tuyuldi. Shu topda u o‘z g‘alabasining yana bir daraja baland bo‘lishini istardi. Shuning uchun ortda turgan chopar tomonga o‘girildi:
— Tez borib shunqorlarimga ayt. Boburning boshini kesib kelgan odamga boshi barobarlik oltin beraman!
Chopar endi otining jilovini bo‘shatib joyidan siltanib qo‘zg‘alganda Shayboniyxon:
— To‘xta! — dedi. U mag‘lub bo‘lgan Boburni asir olib, tavbasiga tayantirsa, g‘alabasining shuhrati yana bir daraja oshishini sezdi: — Shunqorlarimga yana bir buy-rug‘imizni yetkiz! Boburni tirik tutib kelganga bo‘yi barobarlik oltin beraman! Yo tirik, yo o‘lik, albatta, olib kelinglar!
Chopar tepalikdan ot choptirib tushib ketayotganda Shayboniyxon ko‘zlarining nam ekanini sezdi. G‘alaba zavqidan ko‘ziga yosh kelganini u endi payqadi-yu, kulimsirab, kafti bilan ko‘z yoshini sekin artib qo‘ydi.

___________________
* M a s o f  u r u sh — ochiq joyda yuzma-yuz olishish.
* S a r i p u l — hozirgi Kattaqo‘rg‘on shahri yaqinidagi bir qishloq.
* T o‘ r a — qalqonning bir turi. Otliqlarning qalqonidan kattaroq bo‘ladi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:19:40
8

Saraton o‘tib, asad oyi kirdi. Samarqand atrofidagi bog‘larda mevali daraxtlarning shoxlari yetilgan hosildan egilib, yerga salom bera boshladi. Shahar ichida ham mevali daraxtlar, toklar juda ko‘p, ammo ular hammasi hozirdanoq ship-shiydam bo‘lib qolgan. Hali sarg‘aymagan ko‘m-ko‘k barglar orasida birorta olma, birorta shaftoli, biror shingil uzum qolmagan. Besh oydan beri qamal azobini tortayotgan shahar xalqi bor mevalarni pishar-pishmas yeb tugatgan. Qo‘rg‘onning hamma darvozalari yopiq, shahar atrofini Shayboniyxonning qo‘shini qurshab yotibdi. Ichkaridan ham hech kimni chiqarmaydi, tashqaridan yordam bermoqchi bo‘lganlarning ham yo‘lini to‘sadi.
Ulug‘bek madrasasining baland tomi ustidagi tekis sahnga Boburning oq o‘tovi o‘rnatilgan, bu yerdan qo‘rg‘on devorlari, atrof mahallalar, shahar darvozalari yaxshi ko‘rinadi. Bobur goho och odamlarning tom bo‘g‘otlariga in qurgan musichalarni ovlab yurganini ko‘radi. Qanotli qushlar sillasi qurigan ochlarga tutqich bermaydi. Shahar ichida qushlar yeydigan don-dun, ovqat qoldiqlari ham topilmaydi. Shuning uchun bu yerdan qushlar ham o‘zini olib qochadi. Goho atrof ko‘chalarda biror kishi it yoki mushuk tutib olsa, ochlar shuni ham talashib, g‘ijillashib qolishadi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:19:59
Madrasaning orqa tomonida podshohning katta ot¬xonasi bor. Ilgari bu yerda saroyning yetmish-saksonta oti boqilar edi. Hozir shulardan to‘rttaginasi qolgan. Bir qismi Saripulda qo‘ldan ketdi. Ko‘pchiligi so‘yib yeyildi. Biroq shu to‘rtta otga ham yemish topilmaydi. Don yuzini ko‘rmaganlariga bir oydan oshdi. Pichanu bedalar allaqachon tugagan. Atrofdagi daraxtlarning barglarini ham yulib, qoqib, ot va tuyalarga yedirishgan. Hozir bargsiz daraxtlar yozda ham xuddi qishdagiday yalang‘ochlanib, ko‘zga juda xunuk ko‘rinadi.
Ot-ulovlarga barg ham topilmay qolgandan keyin daraxtlarning qurigan yog‘ochlarini randalab beradigan bo‘lishgan.
Bobur otxona hovlisida yog‘och randalayotgan Tohirni ko‘rdi. Saripulda bu yigit Boburning xos navkarlari orasida edi, daryodan o‘tishda ham, keyin ham jonbozlik ko‘rsatgan edi. Bobur yaqinda uning uylanish tarixini eshitdi. Shuncha azoblar bilan qayta topib olgan xotini ocharchilikda nobud bo‘lib ketmasin deb, Robiyani onasi Qutlug‘ Nigor xonimga kaniz qilib qo‘ydi.
Tohir mayda qilib randalagan yog‘ochni sarg‘ish mo‘ylovli Mamat suvga ivitib yumshatmoqda edi. Shunday qilinmasa uni ot yeyolmas edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:20:11
Saripul jangiga Mamat ham navkar bo‘lib qatnashgan edi. O‘sha qirg‘indan eson-omon qaytgan bu yigit o‘tgan hafta qo‘rg‘on tashqarisiga meva o‘g‘irlashga chiqib, bir qulog‘idan ajralib qaytdi.
Qo‘rg‘on devoridan bo‘y cho‘zib, tashqariga qaragan ochlar tashqi bog‘larda pishib, shoxlarda tiralib turgan, yerlarga to‘kilib yotgan olmalar, noklar, shaftolilarni ko‘rib chidab turolmas edi. Kechasi el uxlaganda Mamat uch-to‘rtta eski kosib oshnalari bilan qal’a devori tagidagi obmo‘ridan tashqariga chiqadi. Chohdan ham bir amallab o‘tib pishgan mevalardan to‘yganicha yeyishadi. Keyin qo‘llaridagi xalta va xurjunlarni ham mevaga to‘ldirishadi, ammo qo‘rg‘onga tomon qaytayotganlarida shafqatsiz Ko‘pakbiyning yigitlari ularni tutib olishadi. Mamat ham o‘zini kosib deb tanitdi. Agar «Boburning navkariman» desa tirik qolmas edi. Ko‘pakbiy «meva o‘g‘irlagisi kelganlarga ibrat bo‘lsin», deb tutilganlardan uchtasining burnini, ikkitasini qulog‘ini kestiradi-yu, qo‘yib yuboradi. Bir siqim meva uchun qilingan bu vahshiylik tufayli Mamat endi yozda ham telpagini kesik qulog‘idan pastgacha bostirib kiyadigan bo‘lgan. Ba’zida u o‘ziga-o‘zi tasalli beradi:
— Qo‘loqni-ku, jashirsa bo‘ladi, burnim kesilsa nima qilar edim?
Bobur ko‘chadan o‘tayotib goho burni kesilgan bechoralarni ham ko‘rib qoladi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:20:27
U bir vaqtlar o‘zi Samarqandni yetti oy qamal qilib yotganda odamlarning boshiga qanchalik og‘ir kulfatlar tushganini mana endi chinakam bilyapti. O‘sha ocharchilikda sahhoflik rastasiga borganlarida o‘g‘li kunjara yeb shishib o‘lgan, o‘zi jinni bo‘lib qolgan bir kampir xudoni qarg‘ab, «Ilohim o‘zi ham shu ko‘yga tushsin!» — deganini Bobur endi qasoskor taqdirning hukmidek eslaydi...
Kambag‘allar kulbasidan boshlangan ochlik asta-sekin navkarlar, beklar qarorgohiga ham, podshoh saroyiga ham o‘rmalab keldi. Mana, o‘n kundirki, Bobur non yuzini ko‘rmaydi. Un allaqachon tugagan, unga oltin-kumush idishlarda ertalab bir siqim mayiz bilan choy, kechqurun tuya go‘shtidan pishirilgan bir kosa sho‘rva yoki uch-to‘rt tuyur kabob beradilar. Bobur oltinlari yaltiragan shohona idish-tovoqlarga termilib qaraydi-yu, hozir shularning hammasidan bir parcha nonni afzal ko‘radi. Lekin non oltinga ham topilmaydi.
Oyisha begimning olti oylik emizikli qizchasi big‘illab yig‘laydi. Chunki ozib, madordan ketib qolgan Oyisha begimning siynasidan sut kelmaydi. Yaqinda bola ko‘rgan boshqa bir onani topib, Faxrinisoni besh-o‘n kun emizdirgan edilar, falokat yuz berdi, u ona vaboga uchragan xonadondan ekan. Dahshatli kasallik Faxrinisoga yuqdi-yu, ikki kun ichida bola mumday erib jon berdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:21:15
Bobur kafanga o‘ralgan go‘dakni yangi qazilgan qabr oldigacha ko‘tarib borar ekan, uning burishgan yuzchasiga yuzini bosib yig‘lab yubordi: «Mayli, shu vabo menga ham yuqsinu bu azoblardan birato‘la xalos bo‘lay!» — degan alamli o‘y bilan go‘dakning sovuq lablaridan o‘pdi.
G‘alaba kunlari dunyoga kelib Faxriniso nomini olgan qizchani qabrga qo‘yib, ustiga tuproq tortganlarida Bobur bir lahza o‘zini uning o‘rnida ko‘rdi, hali tirik bo‘lsa ham hayotining bir bo‘lagi, avvalgi zafarlariyu quvonchlari bilan birga umrbod tuproq tagida qolganini butun vujudi bilan his qildi.
Ichkarida Bobur kulfat chekib g‘am-g‘ussaga botgan sari tashqarida uning dushmanlari tantana qilishmoqda edi. Bobur Hirotdagi amakisi Husayn Boyqarodan, Toshkentdagi tog‘asi Mahmudxondan besh oy davomida yordam kutdi, kelmadi. Endi kelmasligi aniq. Shuni payqagan Shayboniyxon har kuni kechasi darvozalar tashqarisida naqora chaldiradi, karnay-surnaylar bilan shahar ahlini uyg‘otadi. So‘ng xon jarchilari qo‘rg‘on tashqarisidagi ko‘tarmalarga chiqib, shahardagilarni xon tomoniga o‘tishga chorlaydi, och odamlarga turli noz-ne’matlar va’da qiladi. Bobur endi urushni boy berganini sezgan bek va navkarlar devorlardan oshib tushib, suv mo‘rilaridan o‘tib, qamal balosidan qochadi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:21:28
Bir kun kechasi Boburni qo‘riqlab yuradigan qo‘rchi begi ham qal’adan yashirincha chiqib qochdi. Xos qo‘riqchilar orasida Tohir bor edi. Ertasi kuni kechasi Bobur uni o‘z huzuriga chaqirib oldi.
Tohir ozib ketganidan yelkalari puchayib qolgan, ko‘zlari ichiga o‘prilib tushgan. Yuzidagi chandig‘i esa bo‘rtib, go‘yo avvalgidan xiyla katta bo‘lib ketgan.
— Tohirbek, — dedi Bobur, — Amir Temur maqbarasining hoshiyasiga arab tilida bir hikmat bitilmishdir. Bu hikmatda «Jahon sendan yuz o‘girmasdan oldin sen jahondan ko‘ngil uza bilgin» deyilmishdir. Men endi jahondan ko‘ngil uzmoqchimen. Vabo meni olib ketsa, balki tez qutular edim. Lekin meni vabo ham chetlab o‘tdi...
— Xudo saqlasin, amirzodam! Bizning suyangan tog‘imiz o‘zingizsiz!
— Suyangan tog‘ingiz hozir yer bilan yakson bo‘lmishdir, Tohirbek! Kecha bir bayt bitmishmen:
Ey ko‘ngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb,
Tangri uchun de, bu olamning safosi qoldimu?!
Tohir she’rdan ta’sirlanib:
— Rost, hozirgi kunlarimizda safo qolmadi, amirzodam! — dedi. — Lekin oyning o‘n beshi qorong‘i bo‘lsa, o‘n beshi yorug‘. Shukr, hali tanda jon, belda shamshi¬rimiz bor!
Bobur o‘ylanib turdi-yu:
— Endi so‘nggi ilinj yog‘iy ilkiga tirik tushmaslik! — dedi. — Bor kuchlarni to‘plab, qulay bir paytda qal’adan chiqayligu yog‘iy halqasiga hamla qilaylik! Kunimiz bitmagan bo‘lsa yorib o‘turmiz, bitgan bo‘lsa qilich bilan jon berurmiz!..
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:22:09
— Xudo xohlasa yorib o‘turmiz, amirzodam!
— Bu sirni hozircha faqat Qosimbek bilur, siz ham sir saqlang, tayyorlik ko‘ring!
— Jonim bilan!
Tohir o‘sha kuni kechasi Qosimbekka uchrashdi. Ikkovlari qal’a devorining xokrezlari orqali tashqarini kuzatib, yovning asosiy kuchlari Ohanin, Feruza va Chorraha darvozalari tomonda joylashganini, Shayx-zoda darvozasining atroflarida esa yov halqasi zaifroq ekanini aniqladilar. Navkarlar va otliqlarning eng baquvvatlarini tanlab, ularni hamlaga tayyorlay boshladilar.
Bobur Bo‘stonsaroyda xonayi xosda kitoblari va qog‘ozlarini ko‘zdan kechirib, ularning eng keraklilarini olib ketmoqchi bo‘lib saralayotganda eshikdan Qutlug‘ Nigor  xonim, Eson davlat begim va Qosimbek kirib ke¬lishdi. Vajohatlaridan favqulodda bir gap bo‘lgan.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:22:38
*  *  *

— Amirzodam, — deb Boburning buvisi, so‘nggi yillarda ancha bukchayib qolgan Eson Davlat begim gap boshladi: — Shayboniyxon sulh taklif qilib odam yubormish!
Sulh so‘zi Boburning qulog‘iga najot ohangiday eshitildi. Ammo najotni hech qachon Shayboniyxondan kutmaganligi uchun quloqlariga ishonmay, ko‘zlarini buvisi bilan onasi-ga tikdi. Qutlug‘ Nigor xonim negadir qattiq iztirobga tushgan. Eson Davlat begimning qo‘lida zarhal hoshiyali qog‘oz. Kampir allanarsadan xijolat chekkanday bo‘lib:
— Xonning nomasi, — dedi-da, qo‘lidagi qog‘ozga istar-istamas qarab qo‘ydi.
Xonning nomasi nega eng avval buvisining qo‘liga kelib tushganidan Boburning taajjubi oshdi:
— Nomani kim keltirdi?
— Nufuzli bir darvish. Naqshbandiylardan. Rahmatlik Xo‘ja Yahyoga qo‘l bergan mo‘ysafid ekan.
Bobur onasiga qaradi:
— Sizga keltirib berdimi?
— Yo‘q, — deb Qutlug‘ Nigor xonim ma’yus bosh chayqadi.
Eson Davlat begim nomani Boburga uzatar ekan, uyalinqirab qo‘shib qo‘ydi:
— Aslida bu noma Xonzoda begimning nomlariga kelmishdir.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:23:14
— Ajabo! — deb Bobur xatni jirkanibroq qo‘liga oldi.
— Amirzodam, — dedi buvisi, — sizga aytishga ham uyalurmen... Shayboniyxon Xonzoda begimning ta’rif¬larini eshitib g‘oyibona dard chekarmish. Nomasida bir pora she’r ham bor.
Bobur Shayboniyxonning bu yil ellik yoshga kirganini, o‘g‘illarini allaqachon uylantirib, nevaralik ham bo‘lganini bilar edi. Zaharxanda bilan nomani ochar ekan, eng avval she’riy satrlarga ko‘zi tushdi:
«Sifatingni eshitib zor o‘ldim,
Ishqing ilkiga giriftor o‘ldim».
Boburning g‘ashi kelib, nomani gilam ustiga otdi:
— Bu xon bultur Sulton Ali mirzoning onasi Zuhra begimga g‘oyibona oshiq bo‘lib noma yuborganini nechun unutdilaringiz? Nahotki, ishonib bo‘lsa?!
Qutlug‘ Nigor xonim uh tortdi. Eson Davlat begim esa iloji boricha sovuqqonlik bilan gapira boshladi:
— Amirzodam, boshqa vaqt bo‘lsa dushmaningizning bu nomasini o‘qishga ham hazar qilur edik. Lekin hozir jonimiz qil ustida. Men-ku, yoshimni yashab, oshimni oshaganmen, besh kun oldinmi, keyinmi, bari bir keturmen. Lekin siz farzandimning yolg‘iz o‘g‘li, ko‘zimiz¬ning oqu qorasi...
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:23:42
— Men ham taqdirimda borini ko‘rurmen. Nasib qilsa yov halqasini yorib chiqurmiz!
Boburning qaltis qarorini Qutlug‘ Nigor xonim Qosimbekdan eshitgan ekan shekilli, tahlika to‘la tovush bilan gapirdi:
— Taqdir deb o‘zingizni o‘tga tashlamang, amirzodam! Bizni ham o‘ylang! Siz yov tig‘iga o‘zingizni ursangiz, biz ne qilurmiz? Umr yo‘ldoshingiz Oyisha begim ne qilur?
Bobur bunday xatarli jangga ayollarni olib chiqib bo‘lmasligini endi o‘yladi-yu, onasining so‘zlariga javob topolmay qoldi. Bir lahzalik sukutdan so‘ng Eson Davlat begim gilam ustida yotgan nomaga ishora qilib, istehzoli kulimsiradi:
— Buning kelganiga ikki kun bo‘ldi. Meni bilursiz, amirzodam. Ko‘p balolarni ko‘rib pishgan tadbirkor kampirmen. Noma keltirgan darvishni gapga soldim. Shubhalarimizni aytdim. Darvish qasam ichdi. «Xon astoydil sulh tuzmoqchi», deb bir talay dalil keltirdi. Bari-bir ishonmadim. «Bo‘lmasa vakil yuboring, xon o‘z niyatini qo‘lida qur’on bilan tasdiqlasin!» — dedi. Biz buni sizga aytishdan oldin o‘zimiz taftish qilmoqchi bo‘ldik. Rahmatlik Xo‘ja Yahyoga qo‘l bergan halolu pokiza bir mo‘ysafid bor edi. O‘shani darvish bilan birga xon o‘rdusiga chiqardik. Bugun ertalab qaytib keldi. Xon barcha sultonlarning oldida qo‘liga qur’on olib aytibdir: «Shuncha qon to‘kilgani yetar, endi Xonzoda begim ro-zi bo‘lsinlar, inilariga, onalariga, boshqa odamlariga tegmaymiz, qal’adan bexavotir chiqib ketsunlar», debdi. Katta to‘y-tomosha bilan uylanmoqchi emish. Samar¬qand xalqiga ham avfi umumiy bermoqchi emish! Bir qancha mo‘ysafidlar buni eshitib, bizdan iltimos qildilar. Nachora?
Bobur chakkalarini ikki qo‘li bilan qisib, bir lahza jim turdi-yu, so‘ng birdan alami kelib gapirdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:24:08
— Gulday Xonzoda begim nevaralik xonning haramida... Yo‘q, yo‘q! Bu insofsizlik!
— Amirzodam, — deb endi Qosimbek gapga aralashdi. — Shu ketishda Shayboniyxon Samarqandni baribir olur. O‘shanda zo‘rlik bilan bo‘lsa ham o‘z niyatiga yetur.
Bobur onasidan himoya kutib, Qutlug‘ Nigor xonimga yuzlandi:
— Onajon, Xonzoda begim ham sizning suyukli farzandingiz-ku. Shunday jigarbandimizni qaysi vijdon bilan o‘tga solurmiz?!
O‘zi zo‘rg‘a turgan Qutlug‘ Nigor xonim o‘g‘lining bu gapidan kuyunib yig‘lay boshladi:
— Xudo mening boshimga bu qora kunlarni solguncha jonimni olsa bo‘lmasmidi?! Xonzoda begim — mening to‘ng‘ichim! Yolg‘izligimni bildirmay yurgan sirdoshim, mehribonim! Men undan qandoq ayrilgaymen, e, parvardigor? Men shunday qizimni yog‘iy panjasiga qanday topshirurmen?!
Eson Davlat begim qizining yelkasidan silab, uning iztirobini bosishga tirishar ekan:
— O‘zingizni bosing, bolam! — dedi. — Sizdan ko‘ra qizingiz aqlliroq. Xonzoda begim hamma narsani tushundi. Mushkilotlarga fahmi yetdi. Yig‘lab-siqtab, axiri ko‘ndi.
Bobur hang-mang bo‘lib Qosimbekka yuzlandi:
— Nahotki shu gap rost? Xonzoda begim rozi bo‘ldilarmi?
— Ha, amirzodam!
— Ishonmaymen! — dedi Bobur. So‘ng kaftini kaftiga asabiy urib savdarboshini chaqirdi-yu: — Xonzoda begimni chorlang! — deb buyurdi. Keyin onasi, buvisi va Qosimbekka qarata dedi: — Meni ma’zur tutingiz, begim bilan yakkama-yakka so‘zlashmoqchimen.
Uchovlari indamay chiqib ketishdi. Anchadan keyin yashil kabo kiygan Xonzoda begim eshikdan motamsaro bir alfozda sekin kirib keldi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:24:33
Bobur uni qarshisiga o‘tqazib, bir lahza yuziga tikilib turdi. Ilgarigi gulgun yonoqlar endi sarg‘ayib ichiga botgan. Lablar so‘lg‘in. Faqat yirik-yirik ko‘zlarida qandaydir qat’iyat alomati bor.
— Begim, siz... Shayboniyxon taklifiga rizolik bergan emishsiz. Shu rostmi?
— Rizo bo‘lmay ne ilojim bor?
— Mening mag‘lubiyatim sizni ilojsiz qoldirgani rost. Lekin iningiz hali tirik. Men asir tushmoqchi emasmen. Bir o‘lim bo‘lsa, hammavaqt bor. Ajal yetmagan bo‘lsa, sizlarni olib chiqib keturmiz. Kunim bitgan bo‘lsa, ilkimda qilich bilan jon berurmen. Ana undan keyin rizolik bersangiz mayli. Unda hech kim: «O‘zi omon qolib egachisini qurbon qildi», deyolmas. Menga bunday malomatdan o‘lim afzal. Rizo bo‘lmang!
Xonzoda begimning ko‘ziga yosh quyulib keldi. U Boburni yov halqasini jang bilan yorib chiqib ketolmasligini bilardi. Bobur bir o‘limni astoydil bo‘yniga olib shunday deganini sezardi. U Boburni mana shu mardligi va dovyurakligi uchun ham jonidan ortiq ko‘rar, o‘zini yov qo‘liga tutqazib, ukasini naqd o‘limdan olib qolishni istardi.
Lekin u o‘zining bu niyatini Boburdan yashirishga majbur edi. Chunki Bobur, hozir o‘zi aytganday, opasini qurbon qilib qutulib ketish malomatidan o‘limni afzal ko‘rardi. Agar u Xonzoda begimning asl niyatini bilib qolsa, har qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham opasini niyatidan qaytaradi. Undan keyin najot yo‘li butunlay bekiladi!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:24:52
— Boburjon, siz meni deb bevaqt o‘limni bo‘yningizga olmang. Men sizning ulug‘ istiqbolingizga ishonurmen. Sizdek nodir iste’dodlar dunyoga kam kelishini boshqalar bilmasa ham men bilurmen. O‘zingizni ehti¬yot qiling! Taqdiringizni tolei past egachingizning taqdiri bilan tenglashtirmang!
— Nechun bunday deysiz? Hammamiz ham bu o‘tkinchi dunyoga mehmonmiz! Siz bilan men bir ona¬ning farzandlarimiz!
— Lekin men qiz tug‘ilganmen, farqimiz shunda! Yoshim yigirma beshga kirdi-yu, hamon yolg‘izmen. Men ko‘ngil qo‘ygan odamni taqdir menga ravo ko‘rmadi! Omadingiz kelib, Shayboniyxonni yengganingizda, balki mening orzularim ham ro‘yobga chiqur edi! O‘shanda balki mening ham baxtim ochilarmidi? Yo‘q hamma umidlarim tarixning g‘ildiragi tagida yan-childi! Qachongacha dargohingizda qari qiz bo‘lib yurgaymen, izzatimni bilishim kerak!
— Nahotki, siz nevaralik cholni o‘zingizga munosib ko‘rsangiz?
— Munosibimni topishdan umidim uzilgan! Endi keksami, yoshmi menga baribir!
— Bir vaqtlar O‘shda siz menga nelar degan edingiz? «Ko‘nglingizga ishoning», demagan edingizmi? Nahotki, sizning ko‘nglingiz shu berahm xonga moyil bo‘lsa? Bultur bu odam Zuhra begimga qanchalik noinsoflik qilganini bir eslang. Nahotki, siz shunday odam tufayli bizdan ajralib ketmoqchi bo‘lsangiz?!
Xonzoda begim o‘kirib yig‘lab yubordi:
— Ne qilay?! Boshqa najot yo‘q! Yo‘q!!!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:25:56
— Bir onadan tug‘ilganmiz, endi taqdirimizda neki bo‘lsa birga ko‘rurmiz! Bizdan ajralmang! Tunda yov halqasiga hamla qilurmiz! Tayyor turing!
Xonzoda begim ham yana erkakcha kiyinib, ukasi bilan jangga kirishni butun vujudi bilan istardi. Hozir unga ham dushman asoratidan ko‘ra qo‘lida qurol bilan o‘lish afzal tuyulardi. Xonzoda begim to‘satdan shu tuyg‘uga berilib:
— Qachon? — deb so‘radi.
Bobur ovozini pasaytirib:
— Shu bugun kechasi! — dedi.
Xonzoda begim bugun kechasi suyukli ukasining yov qurshovida halok bo‘lishi muqarrarligini go‘yo oldindan sezdi-yu, seskanib o‘rnidan turdi:
— Bugun emas! Yo‘q, yo‘q!
Bobur ham o‘rnidan turdi:
— Begim, mening inilarcha aytgan so‘zim inobatga o‘tmasa, buni podshohlik farmoni deb biling!
Xonzoda begim indamay Boburga yaqinlashdi. Yuzini ukasining ko‘kragiga bosib, yelkalari silkina-sil¬kina o‘rtanib yig‘ladi. Shu tarzda u Bobur bilan so‘zsiz vidolashdi-yu, keyin go‘yo uning farmoniga bo‘ysunganday bosh egib, chiqib ketdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:26:13
*  *  *

Yarim tunda Bobur, Qosimbek, Qutlug‘ Nigor xonim, Oyisha begim, Tohir xotini Robiya bilan birga, yana o‘ttiz-qirqta bek va navkarlar Shayxzoda darvozasiga yig‘ildilar. Biroq ularning orasida Xonzoda begim yo‘q. Bobur Xonzoda begimni birga olib chiqishni onasi-ga topshirgan edi.
Qutlug‘ Nigor xonim yig‘layverib ovozini oldirib qo‘ygan. Uning hazin tovush bilan bergan uzuq-yuluq izohidan Bobur shuni bildiki, Xonzoda begim buvisi bilan birga Chorraha darvozasiga qarab ketgan.
Shayboniyxonning qarorgohi o‘sha tomonda. Nahotki Xonzoda begim o‘sha niyatidan qaytmagan?
Bobur orqaroqda turgan navkarlariga o‘girildi-yu, ko‘zi Tohirga tushdi:
— Tez chorraha darvozasiga boring! Xonzoda begimni topib, mening buyrug‘imni yetkazing! Darhol bu yoqqa yetib kelsinlar! Begim kelmagunlaricha biz qo‘zg‘olmaymiz! Shuni borib ayting!
— Amirzodam!.. — deb Qosimbek Boburga e’tiroz qilmoqchi bo‘lgan edi. Bobur unga quloq solmay yana Tohirga buyurdi:
— Tezroq boring!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:26:26
Shiddat bilan chopayotgan otning taqalari toshlarga qarsillab urilib, ko‘chalarning tungi sukutini buzib o‘tdi. Tohir Chorraha darvozasiga yetib borganda Xonzoda begim tushgan mahofa mash’al ko‘targan otliqlar qurshovida qo‘rg‘ondan chiqib ketmoqda edi.
Ko‘pdan beri davom etayotgan qamal yov qo‘shinini ham toliqtirgan, hamma urush tugashini sabrsizlik bilan kutar, agar Boburning opasi xonning shartini qabul qilsa, sulh tuzilishini ko‘p odam bilar edi. Endi shahardan mash’alalar yoqib, darvozani ochib chiqqan shohona mahofa va uning ichida o‘tirgan Xonzoda begim  xon  qo‘shiniga  tinchlik alomati bo‘lib ko‘rindi-yu, hammani uyg‘otib yubordi. Sulh keltirayotgan malika sharafiga naqoralar va karnay-surnaylar chalindi.
Mahofa atrofiga mo‘ri-malahday qo‘shin to‘planib borayotganini Tohir ochiq darvoza orqali ko‘rdi-yu, otini tez orqaga burdi. Shayxzoda darvozasi oldiga uchib borib, hamma ko‘rganlarini Boburga aytib berdi.
Shodlikka to‘lib yangrayotgan naqora sadolari, karnayning «vah-vaha-hu-u»si, surnay navosi bu yerlarga ham eshitilmoqda edi. Boburning nazarida, Xonzoda begim qari qiz bo‘lishdan qo‘rqib va ukasi dargohida tortgan kulfatlaridan bezib, Shayboniyxon huzuriga rohat-farog‘at izlab ketgan edi.
— Dunyoda sadoqat yo‘q ekan! — dedi u alam bilan va otining jilovini siltadi: — Darvozani oching!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:26:42
Darvoza sekin ochildi. Choh ko‘prigi tushirildi. Olti oydan beri qo‘rg‘ondan chiqmagan bir dasta otlig‘u pi¬yoda odamlar qorong‘i tunda yuraklarini hovuchlab, choh ko‘prigidan o‘tdilar. Atrof tahlikaga to‘la. Go‘yo har daraxt ortida bir o‘lim kutib turibdi. Yo‘llarda yov jangdovullari uchrab qolishidan xavotirlanib, yo‘lsiz joylardan yurdilar, chuqur ariqlardan o‘tdilar. Lekin biror joyda yovga duch kelmadilar.
Samarqand qo‘rg‘oniga o‘ralib, uning olti darvozasini olti boshli ajdarhoday qo‘riqlab yotgan yov qo‘shini¬ning butun diqqat-e’tibori xon qarorgohidan kelayotgan karnay-surnay tovushiga va qal’adan go‘yo sulh timsoli bo‘lib chiqqan malikaga jalb bo‘lgan edi. Xonzoda begim xonning shartini qabul qilgandan so‘ng Boburni ta’qib etmaslik haqida butun qo‘shinga farmon berilgan edi.
Xonzoda begim hamma balolarga o‘zini tutib berib ukasini yov qurshovidan xalos qilganini Bobur bilmasa ham Qutlug‘ Nigor xonim yaxshi bilar edi. Uzoqdagi naqora va karnay-surnaylar to‘y shodiyonasini eslatuvchi quvnoq kuylar chalgan sari Qutlug‘ Nigor xonimning yuragi qon bo‘lib, ko‘zlaridan duv-duv yosh to‘kilardi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:48:51
TOSHKENT, O‘RATEPA, SO‘X
KO‘CHKI BOSGAN BULOQ

1


Toshkent... O‘n besh-yigirma yildan beri urushning sovuq nafasi tegmagan bu shahar Sa-marqandga nisbatan osuda hayot kechirmoqda edi. Toshkent qo‘rg‘onining har o‘n ikki darvozasidan odamlar bemalol kirib-chiqib turibdi. Bo‘zsuv va Solor arig‘ining bo‘ylaridagi mevali daraxtlar kuz yomg‘irida yuvingan. O‘rik, olcha barglari o‘z butoqlari bilan vidolashish oldidan shafaqday qizil tus olgan. Uzoqdan ko‘rinib turgan Chotqol tog‘lariga qor tushgan.
Qamal dahshatlarini boshdan kechirib kelayotgan Boburga Toshkentning to‘kin-sochin kuzi, bag‘ri kengligi, tog‘dan esgan sarin shabadasi ma’sud o‘smirlik davrini eslatdi. U o‘n olti yasharligida kelganida Xadradan pastdagi Hazrati Ukkosha bulog‘idan suv ichgan. O‘qchi mahallasida Toshkentning jahonga mashhur o‘q-yoyla¬rini yasagan ustalarga oltin bezakli «Kamoni Shoshiy» buyurtma bergan, Shayhantohurga ko‘milgan bobosi Yunusxonning qabrini ziyorat qilgan edi.
Hozir u elliktacha bek va navkari bilan (qolganlari uni O‘ratepada kutib turadigan bo‘lishdi) Besh-og‘och darvozasidan kirib, Qoratosh mahallasi orqali xon saroyi tomon borar ekan, yonidagi Qosimbek birdan bezovta bo‘ldi:
— Nechun dorug‘a peshvoz chiqmadi?
Bobur Toshkent xonining jiyani edi, o‘tgan gal kelganlarida shahar dorug‘asi ularni qo‘rg‘ondan tashqarida izzat-ikrom bilan kutib olib, saroyga boshlab borgan edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:49:17
— Bu gal biz xonumondin ayrilib, mag‘lub bo‘lib kelmoqdamiz, janob Qosimbek! — dedi Bobur ma’yus kulimsirab. — Shuning uchun ortiqcha ehtirom kutmang.
Chindan ham Mahmudxon saroyida Boburni juda sovuq qarshi olishdi. Uning navkarlarini hatto arkka kirgizishmadi. Bobur Qosimbekning izzat-nafsga borib asabiylashayotganini ko‘rdi-yu:
— Siz bilan biz Samarqandda naqd o‘limni zimmamizga olgan edik, hatto o‘limdan najot izlagan edik!— dedi. — O‘shal dahshatlarning oldida bu mayda behurmatliklar hech gap emas. Kecha O‘ratepada bir bayt bitdim, aytaymi?
— Bajonidil!
— Eshiting:
Davlat uchun ko‘ngulni zor etma,
Izzat uchun o‘zingni xor etma!
— Haq gapni bitibsiz, amirzodam. Bu bevafo dunyo g‘am yemakka arzimaydir!
Shu bilan ikkovlari bir-birlariga sal tasalli bergan bo‘ldilaru, Bobur xonning qabulxonasiga qarab ketdi.
Qo‘liga oltin dastali hassa ushlagan, zarbof to‘n kiygan shig‘ovul Mahmudxonning Shayboniyxon elchisi bilan band ekanini aytganda, Boburning qalbida birdan noxush tuyg‘ular qo‘zg‘aldi. U qamaldan chiqqandan so‘ng ikki oycha O‘ratepada xolasinikida turgan, Shayboniyxon Mahmudxonga elchi yuborib, Mova¬rounnahrni bo‘lib olish haqida bitim tuzishga intilayotganini o‘sha yerda eshitgan edi. Mishmishlarga qaraganda, Shayboniyxon Farg‘ona vodiysini Toshkent xoniga berib, O‘ratepani o‘zi ishg‘ol qilmoqchi emish. Agar shu gap rost chiqsa, Boburning bu atrofda jon saqlaydigan joyi qolmaydi, Movarounnahrdan bosh olib chiqib ketish kerak bo‘ladi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:53:14
Uning bugun Toshkentga kelishidan maqsadi — tog‘asini Shayboniyxonning makru hiylalaridan ogoh qilish va uni bosqinchilarga qarshi mudofaaga chorlash...
Bobur qabulxonada ancha vaqt muntazir turgandan keyin shig‘ovul chiqib, uni xonning huzuriga boshlab kirdi. To‘rda qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan shat¬ranj donalari ko‘rindi. Shayboniyxonning elchisi yo‘g‘on gavdali, bahaybat Jonibek Sulton xonga ta’zim qilib turibdi. Sarg‘ish yuzli, xushbichim Mahmudxon tillarang mo‘ylovini dikkaytirib mamnun kulimsirayotganiga qaraganda, hozir Jonibek Sultonni shatranjda yutgan edi. To‘rt yildan beri jiyanini ko‘rmagan tog‘asi shuncha uzoqdan boshiga kulfat tushib kelgan Boburni kuttirib qo‘yib, o‘zi Shayboniyxonning elchisi bilan shat¬ranj o‘ynab o‘tirganida qandaydir yashirin ma’no bor edi. Mahmudxon mag‘lub bo‘lgan jiyanidan ko‘ra g‘olib Shayboniyxonni ortiqroq hurmat qilishini elchiga sezdirib qo‘ymoqda edi.
Buni payqagan Bobur Jonibek  Sultonga ataylab salom bermadi, unga xuddi devorga qaraganday beparvo bir nazar tashladi-da, tog‘asiga yuzlandi:
— Xon hazratlari, men sizni yog‘iylaringizning makru hiylalaridan ogoh qilgali keldim!
U Jonibek Sultonning chiqib ketishini kutib bir lahza sukut qildi. Oraga tushgan noqulaylikni tarqatish uchun Mahmudxon elchiga maxsus ehtirom bildirib, uni eshik og‘zigacha kuzatib qo‘ydi. So‘ng Boburni zarbof ko‘rpacha ustiga taklif qilib, o‘ng yoniga o‘tqazdi:
— Xush kelibsiz, Mirzam! Ko‘p otashin bo‘lmang. Bu kunlar ham o‘tar. Siz hali yoshsiz, o‘n gulingizdan biri ham ochilgan emasdur.
— Mening ko‘p gullarim ochilmay xazon bo‘ldi, hazratim. Mening bir qanotim Ahmad Tanbalning olovida kuydi-yu, ikkinchi qanotimni Shayboniyxon kuydirdi. Ilohim, endi siz shu mash’um olovlarning orasida qolmang!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:53:46
Mahmudxon bu gapni sal boshqacha tushundi:
— To‘g‘ri, Tanbal bizga ham xiyonat qildi. Shuning uchun biz Tanbal elchisini emas, Shayboniyxon elchisini qabul qildik.
— Ammo siz uchun Tanbaldan ko‘ra Shayboniyxon yuz chandon xatarliroq, hazratim! Chunki Tanbalga Far-g‘ona vodiysi yetib ortadir. Ammo Shayboniyxon butun Movarounnahrni egallamoqchi. Xuroson bilan Eronni ham olmoqchi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, uning unvo-ni: «Xalifai rahmon, Iskandari soniy!». Shayboniyxon Iskandar Zulqarnayndek barcha mamlakatlarni fath etmoqchi, yana bu bilan qanoatlanmay, butun musulmon olamining diniy rahbari — xalifai zamon bo‘lmoq¬chi!
Shayboniyxonning niyati uning unvonidan ham ko‘rinib turishiga Mahmudxon ilgari uncha e’tibor bermagan edi. Hozir Boburning so‘zlari ta’sirida bir lahza o‘ylanib oldi, so‘ng boyagi xon elchisining so‘zla¬rini esladi:
— Nazarimda, Shayboniyxon bizga qarshi yurish qilmoqchi emas. Elchisining aytishicha, ular Hisorni, so‘ng Xuroson bilan Eronni egallashmoqchi.
— Xon hazratlari, bu hammasi sizni g‘aflatda qoldirish uchun keltirilgan yolg‘on dalillardir! Tarixni bir eslang: qaysi fotih avval Toshkent  bilan Farg‘onani olmay turib, Xurosonu Eronga yurish qilgan? Chingizxonmi? Yo‘q! Amir Temurmi? Yo‘q! Axir butun Movarounnahrni, Samarqandu, Toshkentu, Farg‘onani egallamasdan, ularning kuchiga tayanmasdan turib, Xurosonu Eronga yurish qilish ahmoqlik bo‘lur-ku! Buni Shayboniyxon bilmagay deysizmi?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:54:11
Shayboniyxonning Toshkentga hujum qilish ehtimoli Mahmudxonni anchadan beri tahlikaga solib kelardi. Shuning uchun u Issiqko‘ldan narida hukmronlik qilib yurgan ukasi Olachaxonni o‘n besh ming qo‘shini bilan yordamga chaqirgan. Bu qo‘shin hozir yo‘lda, biror oy ichida Toshkentga yetib keladi. Shayboniyxonning odamlari bundan allaqachon xabar topgan bo‘lishlari kerakki, Toshkentga elchi yuborib, murosa yo‘lini izlab qolishdi. Mahmudxon Shayboniyxonning sarkardalik qobiliyatini yaxshi biladi va u bilan urushishni istamaydi. Jiyani Bobur esa urush bo‘lishini juda naqd qilib qo‘yyapti. Nega? Mahmudxon jiyanining niyatini aniqroq bilmoqchi bo‘ldi:
— Xo‘sh, Mirzam, Shayboniyxonning urushishi aniq bo‘lsa, biz ne qilmog‘imiz kerak?
— Shayboniyxonga qarshi turgan barcha kuchlar to‘planib ittifoq tuzmog‘imiz lozim!
Mahmudxon qo‘ng‘ir ko‘zlarini Boburga sinovchan nazar bilan tikdi.
— Siz bilan ittifoq tuzaylikmi, Mirzam?
— Faqat biz emas, kichik xon dodam Olachaxon hazratlari borlar-ku.
— Ha, Olachaxonning qo‘shini bilan mening qo‘shinim birlashsa o‘ttiz ming bo‘lur. Keyin biz sizning qo‘shiningiz bilan birlashurmiz — shunda qancha bo‘lg‘ay?
Boburning ikki yuzu elliktagina odami qolgan edi. Buni yaxshi biladigan Mahmudxon Boburni kulgi qilmoqchi bo‘lib, shu savolni bermoqda edi. Chindan ham o‘ttiz ming qo‘shini bor xonlar bir dasta askari qolgan, xonumonidan ayrilgan Bobur bilan ittifoq tuzib o‘tirarmidi? Bobur Mahmudxonni o‘ziga yaqin olib, shu gapni aytganidan izza bo‘ldi.
— Hazratim, o‘gay taqdir hozir meni shu ko‘yga soldi. Ammo biz mag‘lubiyat zahrini ichishdan oldin g‘alaba sharobini ham tatib ko‘rgan edik. Shuning uchun sizga ko‘nglimni ochib gapirishga jur’at etdim!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:54:25
— Ochiq gapirganingiz ma’qul, albatta. Qalay, iloj bo‘lsa Shayboniyxon bilan yana olishmoqchimisiz?
Mahmudxonning savolida: «Yiqilgan kurashga to‘ymaydi, chamasi-da!» degan kinoyali ma’no bor edi.
— Olishishga mening haqqim bor, — dedi Bobur.— Chunki birda yiqilgan bo‘lsam, birda yiqitganmen! Ammo siz Shayboniyxonga ko‘p yordamlar bergansiz!..
— Bu — rost, rost! — dedi Mahmudxon. Shu topda uning ko‘nglidan: «Agar og‘a-ini ikkovimizning o‘ttiz ming qo‘shinimizga Boburni sarkarda qilib qo‘ysak, jiyanimiz Shayboniyxon bilan urushib, ancha tajriba orttirgan, o‘zi ham dovyurak yigit, yengib chiqishi mumkin», degan fikr kechdi.
Mahmudxonning o‘zida sarkardalik iste’dodi yo‘q edi. Agar Bobur uning qo‘shiniga bosh bo‘lib Shayboniyxonni yengsa, keyin odamlar Mahmudxonni emas, Boburni va uning iste’dodini ulug‘laydi. Undan so‘ng, Bobur Toshkentni ham tog‘asidan tortib olishga haqli bo‘ladi. Chunki azaldan ma’lum: qo‘shin kimning qo‘lida bo‘lsa, hokimiyat o‘shaniki.
Mahmudxon shuni o‘yladi-yu, o‘z qo‘shiniga Boburni sarkarda qilish fikridan darhol qaytdi. Gapni boshqa yoqqa burib:
— Sho‘rlik Xonzoda begim... ne ko‘ylarga tushdi-a?— dedi. — Shayboniyxon makkor tulki-da. Xonzoda begim ona tomondan bizga avlod, ota tomondan temuriylarga mansub. Begimni olsa obro‘si oshishini bilgan. Samarqandda dabdabali to‘y berib uylanganmish.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:54:33
Mahmudxonning gap avzoyidan, Bobur go‘yo opasini  qurbon qilib, o‘zi qutulib chiqqan edi. Bobur voqea¬ning boshqacha bo‘lganini ayta boshlaganda, Mah¬mudxon ishongisi kelmay bosh chayqadi:
— Juda uyat bo‘ldi-da, Mirzam, hammamiz malomatga qoldik!
— Davron mening boshimga toj kiydirgan edi, — dedi Bobur yana otashin bo‘lib. — Endi shu toj o‘rnida ta’na toshi! Hammasidan to‘ydim, xon hazratlari! Endi borsa kelmas bo‘lib bosh olib ketishdan boshqa ilojim qolmadi!
— Undoq demang, Mirzam! Minba’d siz bizning aziz mehmonimizsiz. Egachim Qutlug‘ Nigor xonim sizga muntazir edilar. Zaifangiz Oyisha begim ham shu yerdalar. Borib ular bilan ko‘rishing, dam oling. Ertaga Shayboniyxon elchisi sharafiga qabul marosimi o‘tkazmoqchimiz. Siz ham ishtirok eting!
Bobur xon huzuridan chiqar ekan, hamma gapi bekor ketganini, Mahmudxon Shayboniyxondan tahlikaga tushib qolganini va u bilan dadil olishishga jur’at etolmay, xushomad yo‘liga o‘tganini endi aniq sezdi. Ark hovlisidan o‘tib borayotganda Toshkentdagi osudalik hozir unga dovul oldidan bo‘ladigan xatarli sukunatdek tuyuldi. Yaqinlashib kelayotgan dovuldan onasi va xotinini olib chiqib ketish niyati bilan arkning to‘ridagi ayollar turadigan ichki hovlilarga qarab ketdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:54:45
*  *  *

Oyisha begim Toshkentga bundan ikki oy avval kelgandi. Samarqandda ilk farzandining o‘limi ustiga qamal azoblari qo‘shilib, yosh juvon kasalmand bo‘lib qolgan edi. Mahmudxonning suyukli xotini Roziya Sulton singlisiga o‘zi turgan qasrdan joy berib, uni eng yaxshi tabiblarga qaratgan va yaxshi parvarish qilib, oyoqqa turg‘izgan edi.
Bobur shuning hurmatini qilib, avval Roziya Sulton begim huzuriga kirdi. Oyisha begimga qilgan parvarishlari uchun qaynegachisiga minnatdorchilik bildirdi-yu, endi xotinini O‘ratepaga olib ketmoqchi ekanini aytdi. Laqabi «Qorako‘z begim» bo‘lgan o‘ttiz yoshlardagi bu chiroyli juvon shahlo ko‘zlaridan uchqunlar sochib:
— Amirzodam, Oyisha begim sargardonlikdan to‘ygan, endi uni chekka joyga yubormagaymiz! — dedi.
— Taqdirimizda bori shu bo‘lsa, nachora, hazrat begim?
— Meni ma’zur tuting, amirzodam, ammo har kim¬ning taqdiri o‘z peshonasiga bitilur.
— Biroq... kemaga tushganning joni bir bo‘lmasmi?
— «Jonimiz bir» deb bechora singlimga shuncha azob berganlaringiz yetar. Ozib cho‘p bo‘lib keldi. Endi sog‘ayganda yana sarsonlik, yana lomakonlik!
Bobur bugun mayda-chuyda behurmatliklarga bardosh berishni zimmasiga olib kelgan bo‘lsa ham, lekin xonning boyagi kinoyalari ustiga qaynegachisining bu beandisha gaplari qo‘shilib, jon-jonidan o‘tib ketdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:54:55
— Hazrat begim, maqsadingizni ochiq ayting — endi singlingizni mendan ajratib olmoqchimisiz?!
— Men undoq deganim yo‘q! Siz ham sargardonlikni bas qiling, amirzodam. Endi Toshkentda muqim turing!
Bobur: «Sizga sig‘indi bo‘libmi?» degisi keldi-yu, lekin yana o‘zini bosib:
— Taklifingiz uchun tashakkur! — dedi va xayrlashib chiqib ketdi. O‘sha kuni oqshom u Oyisha begim bilan yolg‘iz qolganda Roziya Sulton begimning gaplaridan norozi bo‘lganini aytdi:
— To‘n ilig‘ini egasi bilur, deydilar. Roziya Sulton begim bizni o‘zimizchalik bilmasalar kerak. Ko‘p aralashmasalar yaxshi bo‘lur edi.
— Ammo men egachimga hamma gapni aytib berganmen, Mirzam.
— Er-xotinning hech kimga aytmaydigan sirlari bo‘lmagaymi?
Oyisha begimning ilgarigi uyatchanliklari endi qa¬yoqqadir yo‘qolgandi. U ham opasiga o‘xshab, Boburga tik gapirdi:
— Mening egachimdan yashiradigan sirim yo‘q, Mirzam!
Bir vaqtlar Boburni ulug‘lab, «hazratim» deydigan Oyisha begim endi xonga o‘xshab, balandroqdan kelib, «mirzam» deyishi ham g‘alati edi.
Bobur kinoya bilan so‘radi:
— Demak, endi sizga men kerak emasmen, faqat egachingiz kerak?
— Nechun unday deysiz? Men hali ham sizning nikohingizdamen!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:55:20
— Unday bo‘lsa, men sizni bu yerdan olib keturmen. Safar tayyorgarligini ko‘ring!
Yo‘l azobiga chidami yo‘q Oyisha begim ozorlanib so‘radi:
— Yana O‘ratepagami? Men o‘sha yo‘llarni eslasam, ko‘nglim behuzur bo‘ladir. Hazratim, mening jonimni yo‘l oldi! Samarqandga bejon bo‘lib bormasam edim, jigarporam o‘lmas edi. Mana hozir bir yoshga kirib tetapoya bo‘lib yurib ketur edi!
Oyisha begim go‘dak o‘lgan qizalog‘ini eslab, ko‘zlari jiqqa yoshga to‘ldi. O‘shandagi o‘limning sovuq nafasi Boburning ham yuziga tegib o‘tganday eti uvushdi.
— Ajalga davo yo‘q ekan, begim. Lekin undan berida bir boshga necha qayta oftob tegib, necha marta kulfat tushar ekan. Yosh bo‘lsak ham buni ko‘p ko‘rdik. O‘lmasak, hali yana yorug‘ kunlarga yetishurmiz, far¬zand¬lik ham bo‘lurmiz. Shu mushkul damlarda bir-biri¬mizni tark etmaylik. Men bilan birga yuring.
— Birga yurgan paytlarimda siz menga qaradingizmi, Mirzam? Hamisha saltanat tashvishiyu urush-yurishlar... Men sizni deb shuncha sargardon bo‘ldim. Siz meni oylar davomida ko‘rmasangiz ham sog‘inmas edingiz... Balki men sizga munosib emasdurmen?.. Suymagan xotiningizning sizga ne keragi bor?!
Bobur xotiniga ko‘ngilsizroq bo‘lib yurgan paytlarini esladi. Hozir ham Oyisha begimni birga olib ketishga urinayotgani — uni ortiq darajada suyganidan yoki usiz yashay olmasligidan emas, balki Oyisha begimni yaqinlashib kelayotgan xavf-xatar girdobiga tashlab ketishni o‘z sha’niga munosib ko‘rmaganidan edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:55:47
— Xonzoda begimni yog‘iyga oldirganimiz ozmi? — dedi Bobur. — Shuning malomati ham menga yetib ortadir, begim! Endi sizni bunday balolardan uzoqqa olib ketmoqchimen!
— Hozir men uchun Toshkentdan tinch joy yo‘q!
— Bu hammasi — muvaqqat tinchlik, inoning! Ko‘p o‘tmay Shayboniyxon bu yerga ham bostirib kelur!
— Men egachimning qanoti ostida hech narsadan qo‘rqmaymen! Dargohingizdan adoi tamom bo‘lib kelib, egachimning yonida yana tirildim!
— Mening dargohimda qiynalganingiz rost. Lekin... yaxshi kunlarimiz ham bo‘lgan edi-ku!.. Insof bilan bir eslang axir!..
Oyisha begimning barcha alamlari yangilanib, xotirasi loyqalanib turgan shu daqiqalarda birorta yaxshi kun esiga tushmadi.
— Dargohingizda qachon yaxshi kun ko‘ribmen, Mirzam! Mudom safar! Mudom tahlika! Mudom sarsonlik! Mudom bemehrlik!
Bobur Oyisha begimdan bunchalik adolatsiz gap kutmagan edi. Axir u Samarqandni birinchi marta olganida Oyisha begim «najotkorimizga» deb sovg‘a yubormaganmidi? Keyingi g‘alabasida «faxrlanamen» deb shivirlagan kim edi? Bobur bularni eslab o‘tirishni o‘ziga ep ko‘rmadi-yu, xotiniga hayrat bilan tikilib:
— Nahotki hammasini unutgansiz? — dedi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:56:03
— Yo‘q, ko‘rgan azob-uqubatimni umrbod unutmasmen!
— Faqat azob-uqubat?!
— Bu ozmi? Oz bo‘lsa, xo‘rlanib yig‘laganlarimni ham unutmasmen! Endi qolgan umrimni egachimning duoi jonini qilib o‘tkazurmen. Sargardonlik bas! Xo‘rlik bas! Men ham shoh qizimen!
Bobur oltin kamariga osilgan charm hamyonini titroq qo‘llari bilan ochib, nimanidir qidirdi, ammo topolmadi. So‘ng indamay tashqari chiqdi-yu, mulozimlari turadigan xonaga o‘tdi.
Dastorpech ertaga bo‘ladigan qabul marosimi uchun Boburning shohona kiyimlarini sandiqdan olib, dazmollamoqda edi. Oltinlar, qimmatbaho gavharlar bilan bezatilgan ipak kiyimlar Bobur hozirgina xotini va qaynegachisidan eshitgan beandisha gaplar alamini yanada oshirib ko‘rsatganday bo‘ldi. Shuning ustiga Qosimbek Boburga ro‘para bo‘lib shikoyat qildi:
— Xon shig‘ovuli ertangi qabul marosimida Jonibek Sultonni sizdan balandroqqa o‘tqazmoqchi emish! Bu ne surbetlik! Axir siz shohsiz! Nahotki  dashtiy bir bekni sizdan ortiqroq e’zozlasalar?!
Qosimbek hali ham o‘zini Boburning eshik og‘asidek tutar va uning obro‘-izzatini himoya qilishni o‘zining burchi deb bilardi. Xon bugun Boburni qabulxonasida muntazir qilib qo‘yib, Shayboniyxonning elchisi bilan shatranj o‘ynab o‘tirganda ham dashtiy sultonni jiyanidan baland qo‘ygan emasmidi? Bir kunda shuncha kamsitish!.. Ertaga bunday mayda-chuyda kamsitishlar yanada ko‘payishi aniq. Buning hammasiga chidab, sig‘indi bo‘lib yurishga bardoshi yetmasligini endi aniq sezgan Bobur:
— Yo‘q! — dedi. — Hammasidan kechdim! Janob Qosimbek, men endi shoh emasmen! Kerak emas menga xon qabuli! Bas! Uloqtiring hammasini!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:56:27
Bobur dastorpechning qo‘lidagi oltin bezakli to‘nni yulqib olib, yerga otdi. Nariroqda gavhar va yoqutlar bilan bezatilgan shohona salla turgan edi. Bobur sallaga qadalgan ikkita gavhar donasini — bir vaqtlar Oyisha begim bergan sovg‘ani sitib, yulib oldi, so‘ng sallani eshikka qarab otdi. Salla chuvalib ketib, bir uchi ostona ustiga uzala tushdi.
Qosimbek sarosima bilan Boburning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi:
— Amirzodam, sizga ne bo‘ldi? Amirzodam!
Rangida qon qolmagan Bobur hansirab xitob qildi:
— Minba’d men bir darvish bo‘lib kun ko‘rmoqchimen! Janob Qosimbek, onamga ayting! Men hozir O‘ratepaga keturmen! Yuz chumchuqqa bir kesak! Toju taxt da’vosidan voz kechdim! Kim shunga ko‘nsa, men bilan yursin! Qolganlarga javob!
Bobur salladan yulib olgan ikkita gavharni siqimlaganicha ark hovlisiga chiqdi. «Suymagan xotiningiz sizga ne kerak?» degan so‘zlar qulog‘iga qaytadan eshitilib ketdi. Chindan ham yulduzi to‘g‘ri kelmagan begimni endi o‘z ixtiyoriga qo‘ygan ma’qul emasmi? Ammo bu begim endi til chiqarib, shuncha achchiq gaplarni aytishi, eridan bironta ham yaxshilik ko‘rmadim, de¬yishi, Boburning qalb yaralariga sepilgan tuzdek vujudini achishtirmoqda edi. U o‘z xonasiga kirib qog‘oz va daftarlari saqlanadigan sandiq tagidan Oyisha begim bir vaqtlar ipak bilan tikkan xaltachani qidirib topdi. Yillar davomida xaltachaning oq matosi sarg‘ayib, xiralashgan, ammo qizil ipak bilan tikilgan «Najotkorimizga» degan kashtasimon yozuv asliday turgan edi. Bobur gavharlarni xaltachaga solib, Oyisha begimning oldiga bordi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:56:41
— Begim, siz meni najotkor bilib, bu gavharlarni «taxtga chiqqanda tojga qadab chiqsinlar» deb yuborgan edingiz. Hozir mening toju taxtim yo‘q... Shohlik da’vosidan ham butunlay voz kechdim. Darvish bo‘lib tog‘larga chiqib ketmoqchimen. Siz esa shoh qizisiz... Oling gavharlaringizni!.. Balki yana boshqa biron... najotkoringizga sovg‘a qilursiz!
Oyisha begim xaltachani olar ekan, achchiq bilan bidillab dedi:
— Meni yana tashlab ketadigan bo‘lsangiz, javobimni berib keting!
— Shundoqmi? Ajrashmoqchimisiz?
— Ha. Ajrashamen!
— Bo‘lmasa... bugundan boshlab menga xotin emassiz! Boshingiz ochiq! Shariat bo‘yicha uch taloqsiz!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:56:51
2

O‘ratepaning janubidagi Turkiston tizma tog‘i etaklariga bahor ancha kechikib keladi. Hamal oyining oxirlarida dalalarga endi qo‘sh chiqadi. Qorli Piryax cho‘qqisining tagida to‘rt tomoni  baland tepaliklar bilan o‘ralgan shamolpana Dahkat qishlog‘ida o‘riklar savr oyiga borib gullaydi.
Qishloqning kunbotish tomonida baland tepalikka ko‘tariladigan tik yo‘l — baroz bor. Baroz shunchalik balandki, uning yuqorisidan Dahkatga qaralsa, qishloq teran bir chuqurlikning tubiga joylashganday ko‘rinadi.
Barozdan yuqoridagi tekis dalada Tohir yalang oyoq bo‘lib, ho‘kiz bilan yer haydamoqda. Samarqandda Tohirga  qo‘shilib  navkar  bo‘lib  kelgan  bir qulog‘i kesik Mamat esa hali haydalmagan zoyak yerga qulochkashlab urug‘ sochyapti. U ham yalang oyoq bo‘lib ishton pochasini shimarib olgan. Ulardan narida uch-to‘rtta dahkatlik tojik dehqonlar ham yer haydab, ekin ekayotir. Yer yumshoq, havo yoqimli, ishning unumi yaxshi. Shuning uchun hammalarining ruhlari ko‘tarinki. Shuncha vaqt jangu jadalda yurib, dehqonchilik kasbini sog‘ingan Tohir endi yayrab yer haydaydi va birda-yarim ashula xirgoyi qilib qo‘yadi.
Barozdan piyoda ko‘tarilib kelgan Bobur tog‘da qo‘y boqib yurgan, dalada qo‘sh haydayotgan yosh-yalanglarga qarar ekan, bir narsadan taajjublandi. Tog‘u toshga poyabzal chidamagani uchun kambag‘allarning ko‘pisi yalang oyoq yurardi. Ust-boshlari ham yupun, lekin ruhlari tetik, qorinlari to‘yib ovqat yeyishsa, kayflari chog‘.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:57:00
Bobur o‘zini shu yoshlarga qiyos qiladi: uning ham to‘rt muchasi sog‘, o‘zi kuchga to‘lgan yigirma yoshli yigit, qishloq yigitlaridan kamligi yo‘q. Lekin nega u bunchalik g‘amgin? Mana bu ulug‘vor tog‘lar bag‘rida nega u go‘zal tabiatning tirik bir bo‘lagiday yayray olmay-di?
Hamma gap yalang oyoq yurishda bo‘lganiday, Bobur ag‘darma etigini yechib marzaga qo‘ydi-yu, haydalgan yer ustida sarpoychan yurib ko‘rdi.
Tuproq baxmalday mayin, undan bahor va yoshlik¬ning hidi keladi. Odamning tuproqdan yaratilgani haqidagi rivoyat esga tushadi.
Navkarlar va dehqonlar Boburning yalang oyoq yurganini avval hazilga yo‘yib kulishdi. Keyin Bobur etigini marzada qoldirib, Dahkatning barozidan yalang oyoq tushib ketayotganini ko‘rishdi-yu, hayron bo‘lishdi.
Barozning mayda toshlari Boburning tovonlariga botar, tik joylardan tushayotganda chaqir toshlar oyog‘iga tikan bo‘lib kirib ketayotganday og‘riq qo‘zg‘ar edi. Lekin Bobur tishini-tishiga qo‘yib og‘riqqa chidab borar edi.
Barozning yarmigacha tushganda ketidan ag‘darma etikni qo‘liga olib, sakrab-sakrab Tohir yetib keldi:
— Amirzodam, etikni kiying! To‘xtang. Bu toshlar oyog‘ingizni yara qilmasin!
Bobur to‘xtab, Tohirning tovonlari qoraygan katta-katta oyoqlariga qaradi:
— Sizning oyog‘ingiz jarohatsiz-ku?
— E, amirzodam, biz o‘rganib ketganmiz.
— Men ham o‘rganmoq istaymen.
— Nechun?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:57:12
— Sizlarga havasim kelur, — dedi Bobur yo‘lida davom etib.
Tohir undan sal keyinroqda borar ekan, kuldi:
— Amirzodam, podshohning navkarga havasi kelishi mumkin emas.
Bobur Tohirdan xiyol ranjib:
— Siz ham menga ishonmadingizmi? — dedi. — Toshkentda podshohlik da’vosidan voz kechganimni ayt-gan edim-ku!
Bu hodisaga Qosimbek ham, boshqa ko‘pchilik bek va navkarlar ham «achchiq ustida shuncha-ki aytilgan gap», deb qarashgan va o‘sha ikki yuz ellik kishining hammasi Qutlug‘ Nigor xonim bilan birga Boburning ketidan Dahkatga kelishgan edi.
Tohir og‘ir tin oldi-yu:
— Amirzodam, men sizga o‘zimdan ham ortiq isho¬nurmen, — dedi. — Ammo sizning shohlik tashvishidan qutulishingiz mumkin emas.
— Nechun? Axir shahzodalarning toju taxtsiz o‘tganlari yo‘qmi?
— Bor. Ammo siz undaylardan emassiz.
— Ammo men toju taxtning bevafoligini bilganlardanmen. Shoh Jamshiddek, Iskandar Zulqarnayndek tojdorlar ham orttirgan davlatu molu dunyolarini tashlab, qabrga bitta kafan bilan ketgan emaslarmi?
Tohir yaqinda tog‘ning narigi tomonidagi Obburdon qishlog‘iga borganlarini esladi.
Boburning toju taxtdan ixlosi qaytganligi behazil bo‘lsa kerakki, shoh Jamshidning tilidan aytilgan tojikcha she’rni chashma bo‘yidagi toshga o‘ydirdi. To‘rt satrlik bu she’rning ikki satri Tohirning esida turibdi:

Giriftem olam ba mardi-yu zo‘r,
Va lekin naburdem bo xud ba go‘r*
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:57:24
Olamni zabt etgan jahongirlarning saltanati ham omonat — o‘zlari dunyodan ketishla-ri bilan tugaydi. Lekin shoirning yaxshi so‘zlari toshga bitilgan harflarday asrlar davomida o‘chmaydi. Shunday ekan, Bobur qolgan umrini shoirlikka bag‘ishlasa yaxshi emasmi?
— Men jon der edimu, lekin beklar sizni qo‘y¬maslar,— dedi Tohir.
— Beklarga ijozat berurmiz, keturlar.
Bobur shu so‘zining ustidan chiqa olishini yalang oyoq yurish bilan isbot qilmoqchi bo‘lganday, yana mayda toshlar ustidan sarpoychan yurib ketdi. Biroq uning qiynalib borayotgani mayishib yurishidan sezildi. Tohir uni quvib yetdi-yu:
— Amirzodam, etikni kiying, — dedi. — Yalang oyoqlikni havas qila ko‘rmang. Xudo sizni hech vaqt bu ko‘ylarga solmasin.
— Qaysi ko‘ylarga?
— Yalangoyoqlarning ahvoliga tushmang!
— Ajabo! Yalangoyoqlar odam emasdirlarmi?
— Odam. Lekin siz shoh bo‘lib tug‘ilgansiz!
— U holda — shoh odam emasdirmi?
Tohir javob topolmay qoldi. U shoh bilan navkar orasida tog‘day baland devor borligini bilar, Bobur bu devordan bir sakrab oshib o‘tmoqchi bo‘layotgani g‘alati tuyulardi.
Tohirning nazarida, Bobur qayta shoh bo‘lishdan umidini uzganu tushkunlikka uchragani uchun shu gaplarni aytyapti.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:57:32
— Amirzodam, agar siz shohlikdan shoirlikni afzal ko‘rsangiz, unda men ham... ahli ayolim bilan tinch bir go‘shada dehqonchilik qilib, sizga sadoqat bilan umr o‘tkazgan bo‘lur edim... Lekin buning iloji bo‘lmas...
Bobur etigini Tohirning qo‘lidan oldi.
— Siz qayting, — dedi Tohirga. — Ammo bu gaplar oramizda qolsin. Keyin yana kengashurmiz. Boring!
Tohir barozdan qaytib chiqar ekan, Boburning unga o‘zini yaqin olib shuncha g‘alati gaplar aytganidan ko‘ngli ko‘tarilib kulib qo‘ydi. Biroq Bobur bir go‘shada tinchgina yashaydigan miskintabiat odamlardan emas edi. Uning yalang oyoq yurishga o‘rganmoqchi bo‘lgani esa Tohirga shoirona bir sho‘xlik bo‘lib ko‘rinardi.
Tohir barozning tepasiga chiqqanda orqasiga o‘girilib qaradi. Bobur hamon etigini qo‘liga olib, pastlab bormoqda edi. Tohir uning chidamiga tan berib: «Lekin so‘zidan qaytmaydigan odati ham bor!» deb qo‘ydi.
Bobur oyog‘ining bir-ikki joyi qavarib shilinganini sezsa ham og‘rig‘iga chidab, qishloqning berigi chetidagi chashma bo‘yiga sarpoychan bordi. Undan narida yumshoq tuproqli so‘qmoq bor edi. Lekin qishloq odamlari uning yalang oyoq yurganini ko‘rib, pastu baland gap qilishlari mumkin edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:57:43
Unga uyini bergan qishloqning kadxudosi ham, bek va mulozimlar ham «Mirzo hazratlari» deb, Boburga hamisha ta’zim qilishar edi. Agar Bobur kambag‘al dehqonga o‘xshab sarpoychan yursa, bular oddiy yalang-oyoqqa ta’zim qilganday ko‘rinib, izzat-nafsga borishlari va xafa bo‘lishlari mumkin edi. Shuning uchun Bobur a’yonlar uchraydigan joylardan odatdagiday etik kiyib o‘tar edi-yu, Dahkatning atrofidagi yonbag‘irlarga borgach, yana yalang oyoq bo‘lib olardi. Oyog‘iga botib ozor beradigan g‘adir-budur toshlar, butalar dilini o‘rtayotgan alamli o‘ylarning taftini oladiganday bo‘lar edi. Kunlar o‘tishi bilan uning tovonlari sag‘ri charmiday qalinlashib tosh-poshlar, yog‘in-sochinlar kor qilmaydigan bo‘lib ketdi.

____________
* «Olamni mardlik va zo‘rlik bilan oldik, lekin o‘zimiz bilan birga go‘rga olib ketmadik». Bobur 1502-yilda toshga o‘ydirgan bu satrlarni oradan 452-yil o‘tgandan keyin 1954-yilda tojik olimi A. Muxtorov Obburdon qishlog‘idagi bir quduq yonidan topib oladi. Toshga bitilgan bu she’r hozir Dushanbeda muzeyda saqlanmoqda.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:57:54
*  *  *

Dahkatdan uch-to‘rt chaqirim quyida Qorazov deb ataladigan baland jarlar tagidan odamni oqizadigan ulkan Oqsuv yelib o‘tadi. Bu suvning o‘ngga burilib, yoyilib oqadigan sokinroq bir joyida kechuv bor.
Tog‘ bag‘ridan qiyalab o‘tgan so‘qmoq bilan archalar orasidan  yurib  kelayotgan  Bobur  tushga yaqin Oqsuvning shu kechuvi oldidan chiqdi va daryodan o‘tib kelayotgan yigirmatacha qurolli otliqlarga ro‘para kelib qoldi. Oldinda piyozi chakmon va qizil bo‘rk kiygan Qosimbek. Unga ergashib kelayotgan navkarlar ham ta¬nish.
Bobur ularga yalang oyoq yurganini ko‘rsatgisi kelmadi-yu, yo‘ldan chetlanib, baland bir archaning soya-siga borib o‘tirdi.
Lekin bu orada Qosimbek ham uni ko‘rib qoldi. Kechuvda qornigacha ho‘l bo‘lgan otini Boburdan ancha narida to‘xtatib, tez yerga tushdi. Navkarlar ham Boburni hurmat qilib apil-tapil otdan tushdilar. Qosimbek otining jilovini navkariga berib, egilib ta’zim qilgan ko‘yicha Boburga yaqinlashdi. Musibatli tovush bilan dedi:
— Amirzodam, bir qoshiq qonimdan keching! Yana bir shumxabar!...
Boburning xayoli Toshkentga ketdi. Qosimbek uch oydan beri o‘sha yoqlarda yurgan edi. Boburning tog‘asi Mahmudxon Shayboniyxonning elchisi sharafiga zi¬yofatlar berib yurib, axiri xon bilan bitim tuzgan edi. Bu bitimga binoan Shayboniyxon O‘ratepani Mah¬mudxonga berib, o‘zi Hisorga qo‘shin tortib ketgan edi. Paytdan foydalangan Mahmudxon ukasi Olachaxon bilan birga Farg‘ona vodiysidagi Ahmad Tanbalga qarshi urush ochgan edi. Ular vodiyni Ahmad Tanbaldan tor¬tib olib, Toshkent xonligiga qo‘shmoqchi edilar. Shay¬boniyxon avval bu niyatga qo‘shilgan edi. Nahotki endi so‘zidan qaytgan bo‘lsa?!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:58:02
— Ne bo‘ldi? So‘zlang!
— Shayboniyxon manfurlik bilan so‘zidan qaytmishdir, amirzodam! Tog‘alaringiz Farg‘ona vodiysida Ahmad Tanbal bilan olti oy olishib, uni yengolmay, ko‘p talafotlar berib, zaiflashib qolgan paytda Shayboniyxon bitimni buzib, kutilmaganda ketlaridan bostirib kelmishdir! Oldinda Ahmad Tanbal qo‘shini, ketlarida yolg‘on ittifoqchi Shayboniyxon qo‘shini! Tog‘angiz bu ikki baloning orasida qolib tor-mor bo‘ldilar! Shayboniy-xon uni asir olmishdir.
Bobur joyida o‘tirolmay o‘rnidan turib ketdi.
— Yo alhazar! Toshkent ham ketdimi, a?
— E, so‘ramang, amirzodam! Toshkentda ikki ming qo‘riqchi askar bor edi. Olti oyga yetgulik zaxira bor edi! Qo‘rg‘onni qattiq turib himoya qilsa bo‘lur edi. Biroq asir tushgan Mahmudxon behad uyatlik bir ish qilmishdir. Shayboniyxon uni qatl ettirmoqchi bo‘lganda, Mahmudxon: «Qonimdan keching, ne talabingiz bo‘lsa bajaray!» dedi. Shunda Shayboniyxon shart qo‘yurki, Toshkentdagi qo‘riqchi askarlaringizga buyruq yozib yuboring, toki qo‘rg‘onni jangsiz tashlab chiqib ketsinlar, ammo xazina bilan haram qo‘rg‘onda qolsin. Jon shirin-lik qilib, Mahmudxon bu shartni qabul qilmishdir!
— Nahotki butun haram Shayboniylar ilkiga tushgan bo‘lsa?!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:58:13
— Ha, amirzodam, g‘oliblar qo‘riqchisiz Toshkentda  uch kun elni talamishdir! Tog‘oyingiz Mahmudxonning eng ko‘hlik singlisi Davlat begim Shayboniyxonning o‘g‘li Temur Sulton haramiga uchinchi xotin bo‘lib kirmishdir. Ellik uch yashar Shayboniyxonning o‘zi Mahmudxonning o‘n olti yoshlik go‘zal qizi Mo‘g‘il xonimni nikohlab olmishdir! Mahmudxonning suyukli xotini Roziya Sulton begim ilgarigi elchi Jonibek Sultonga g‘unchachi qilib nikohlanmishdir! Bultur Xonzoda begim uchun bizni shunchalar malomat qilgan Mahmudxon endi suyukli xotinini, qizini, singlisini o‘z joni uchun bunchalik sharmandali ahvolga solgani butun el-ulusning nafratini keltirmishdir!
Boburning xayoli Oyisha begimga ketdi. Undan ko‘ngli qolib, ajrashib ketgan bo‘lsa ham, lekin bir vaqtlar ilk yoshlik mehri bilan suygan xotinining Shayboniyxon haramiga tushishi ehtimoli uni dahshatga keltirdi. Opasi Xonzoda begimning Shayboniyxon haramiga tushgani ozmi?
Bobur Qosimbekka dahshat to‘la ko‘zlarini tikib so‘radi:
— Nahotki Oyisha begim...Egachim Xonzoda begimning kundoshiga aylantirilgan bo‘lsa?!
— Yo‘q, amirzodam! Ne til bilan aytayki, Oyisha begim xonning amakisi — ellik besh yoshli Ko‘ch¬kinchixonga to‘qol xotin qilib nikohlanmishdir!
Bobur yuzini qo‘llari orasiga olib nido qildi:
— O, bu ne razolat? Ne sharmandalik?!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:58:25
Qora ko‘zlaridan uchqunlar sochib Boburga achchiq gaplar aytgan o‘sha Roziya Sulton begim bugun Jonibek Sultonning quchog‘ida! Bu yo‘g‘on gavdali makkor bek Mahmudxon saroyida elchi bo‘lib, xon bilan shatranj o‘ynab, ataylab yutqizib yurgan paytlaridayoq uning suyukli xotinini ko‘z ostiga olib qo‘ygan bo‘lsa ehtimol. Oyisha begim-chi?
Qosimbek armon to‘la tovush bilan so‘zida davom etdi:
— Koshki Mahmudxon shuncha uyat ishlar qilib, tirik qolgan bo‘lsa!
— Tog‘oyim o‘ldirildimi?!
— Shayboniyxon birinchi martasida uni o‘ldirmagan edi. Lekin haligi sharmandaliklar bilan ruhan o‘ldirgandan battar qilib Movarounnahr chegarasidan sharqqa — Oltoy tomonga quvib yuborgan edi. Bundan alami kelgan Mahmudxon o‘sha yoqlarda o‘ziga tarafdorlar topib, qo‘shin yig‘ib Shayboniyxondan qasd olish uchun yana Sirdaryo bo‘yiga keladi. Xo‘jand yaqinida ikkinchi  marta  jang  bo‘lib, Mahmudxon yana yengiladi-yu, ikki yosh o‘g‘li bilan asir tushadi. Bu gal Shayboniyxon Mahmudxonning o‘zini ham, yosh o‘g‘illarini ham ayovsiz qatl ettirmishdir!
— Yo alhazar!.. Yo rab!..
Bir vaqtlar Boburga oqibatsizlik qilib, alam o‘tkazgan yaqinlarining taqdir tomonidan bunchalik shafqatsizlarcha jazolanishi Boburni qora bosiriqday ezib, karaxt qilib qo‘ydi. Bobur ulardan har qancha ranjiganda ham bunday og‘ir  jazolarni  ularning  hech biriga ravo ko‘rmas edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:58:34
Boburning rangi quv o‘chib, yuz muskullari titrayotganini ko‘rgan Qosimbek shumxabar keltirgani uchun yana bir marta uzr so‘radi. Boburning sal taftini oladigan chora qidirib:
— Amirzodam, qani, o‘ltirsinlar, marhumlarning arvohiga tilovat qilaylik, — dedi.
Tizzalari bo‘shashib, oyog‘ida zo‘rg‘a turgan Bobur archa tagidagi boyagi joyiga qaytib o‘ltirdi. Qosimbek uning qarshisiga tiz cho‘kdi. Navkarlar ham birin-ketin cho‘nqaydilar. Qosimbek shirali, yo‘g‘on ovoz bilan qur’on suralarini  ohangdor  qilib aytib, uzoq tilovat qildi. Daryoday bir zaylda oqadigan bu ohanglar Boburga dunyoning bebaqoligini, o‘tib turgan har bir daqiqa umr qaytib kelmaydigan ne’mat ekanini, hayotning g‘animatligini eslatdi-yu, u o‘zini sal bosib, yalangoyoqlarini to‘nining etagi bilan bekitib qo‘ydi. Tilovat tugab, yuzlariga fotiha tortganlaridan so‘ng Qosimbek navkarlarga qo‘li bilan nariroq borib turish ishorasini qildi. Ular uzoqlashgach, Boburga yanada yaqinroq kelib, past ovoz bilan dedi:
— Shayboniyzodalar bu g‘alabalardan quturib, Andijonga ko‘z tikmishlar. Bosqinchilar erta-indin O‘ratepaga  ham  kelurlar.  Endi bu yerlarda yurish xatarli, amirzodam. Tog‘ oshib, Hisorga ketmoq kerak.
Hisor hukmdori Xisravshoh taxtni Boburning amakivachchasi Boysunqur mirzodan tortib olib, taxtga da’vogar bo‘lmasin, deb, o‘ldirtirgan edi. Bobur shuni esladi-yu:
— Mening qordan qochib do‘lga tutilishim ne dar¬kor, janob Qosimbek? — dedi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:58:51
— Mening maqsadim boshqa, amirzodam. Kamina Hisor beklari bilan bulturdan beri maxfiy muzokara olib bormoqdamen. Ularning ko‘pi Xisravshohdan norozi ekan. O‘zi bir navkardan chiqqan tagi past hukmdor. Taxtda o‘ltirishga haqqi yo‘q. Borsak, yaxshi beklari sizga yon bosgaylar.
— Yana taxt talashishmi? Yo‘q, janob Qosimbek! Men bu talashlardan juda to‘ydim! Hozir menga tinch bir go‘sha bo‘lsa, darvishona hayot kechirsam, ash’or yozsam — shu o‘zi bas!..
Qosimbek boyadan beri ko‘zini Boburning yalang oyoqlaridan olib qochmoqda edi. Shahzodaning bunday yurishi unga juda erish tuyulardi.
— Amirzodam, siz bizning taqdirimizni ham o‘ylang! Ikki yuz ellikta sodiq odamlaringiz — beklaru mulozimu navkarlaringiz sizga omad tilab, avvalgidan ham katta martabalarga yetishingizga ishonib, tog‘u toshda sargardon bo‘lib yurishi nechun?
Qosimbekning gapi tagida: «Chindan darvish bo‘lamen desangiz sizga buncha beku navkarlarning ne keragi bor? Nechun javobini bermaysiz?» degan ma’no yotar edi.
— Siz keltirgan mudhish xabarlardan ko‘nglim vayron bo‘lib turgan paytda yana bir mushkul gapni qo‘zg‘adingiz, janob Qosimbek!
— Gustoxligim uchun meni kechiring!
— Ammo siz haqsiz. Men sizdek sodiq kishilarim¬ning taqdirini ham unutmasligim kerak. Rostini ayting, janob Qosimbek, Xisravshohning o‘zi ham sizni xizmatga chorlaganmi?
— Chorlagan. Ikki qayta maxsus odam yubormishdir.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:59:05
Bobur Qosimbekning mardona yuziga, qirq yoshga bormasdan oq oralay boshlagan kalta soqol-mo‘yloviga ma’yus bir nazar tashladi.
— Sizdan mahrum bo‘lish men uchun behad mushkul!— dedi. — Otam o‘lgandan beri menga otadek g‘amxo‘rlik qildingiz. Men sizdan ko‘rgan sadoqatu yaxshilikni hali boshqa hech qaysi bekdan ko‘rgan emasmen!
— Sarafrozmen, amirzodam!
— Endi shu yaxshiliklaringiz hurmati, men sizga javob berurmen. Mayli, Hisorga boring!
— Sizni tark etib ketishga ko‘nglim yo‘q, amirzodam! Birga ketaylik!
— Men o‘zim ham shohlik zanjiridan butunlay ozod bo‘lishga intilmoqdamen, janob Qosimbek. Bu zanjir¬ning bir uchi tobe odamlarga bog‘langan bo‘lsa, uning ikkinchi uchi shohning o‘ziga bog‘lanur ekan! Shu sabab, tobelarni zanjirdan bo‘shatmaguncha podshoh¬ning o‘zi ham zanjirband bo‘lur ekan. Men endi mana shu tabiat bag‘rida zanjirsiz yashashga qasd qildim. Shuning uchun sizga javob! Boshqa beku mulozimu nav-karlar ham vaqt-soati bilan javob olurlar!
Bobur Qosimbek bilan xayrlashmoqchi bo‘lib o‘rnidan turdi. Samarqandda suyukli opasidan, Tosh¬kentda xotinidan ayrilgan, bugun esa shuncha mash’um xabarlar eshitib, yana eng ishongan bekidan ham ajrashishga majbur bo‘layotgan Bobur o‘zini har qancha tetik tutishga urinsa ham tizzalari bukilib, gandiraklab ketdi. Qosimbek uni quchoqlab xayrlashar ekan, ko‘zlari jiqqa yoshga to‘ldi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:59:18
3

Bobur o‘ziga azob beradigan og‘ir tuyg‘ularni tog‘lardan ko‘rinadigan kengliklarga sochib yubora olsa yoki go‘zal she’riy satrlarga joylay olsa bir qadar yengil tortadi.
Ne yerda sokin o‘lay? Ne qilay? Qayon ketayin?
Ne dayrdin eshigim ochilur, ne masjiddin.
Necha eshikdin eshikka gado kabi yetayin?
Kuyib-yonib yozgan bu satrlari qalbining taftini olar, dunyoda uning uchun hamma eshiklar bekilganda ham bir muqaddas qopqa — she’riyat qopqasi doim ochiq ekanini ich-ichidan sezib ko‘ngli ko‘tarilardi. U o‘z qalbida hali sarf etilmagan qudratli kuchlar borligini, opasi Xonzoda begim Bobur bilan vidolashgan paytida: «Sizning nodir iste’dodingiz bor, bu buyuk ne’matni hayf qilmang!» degan so‘zlari ko‘p esiga tushadi. Kecha mana shu Oqsuv bo‘yidagi bir qishloqda to‘y bo‘lgan, shunda yosh bir xonanda sehrli tovush bilan Boburning «Ko‘nglimdan o‘zga yori vafodor topmadim» deb boshlanadigan g‘azalini ashula qilib aytganini u o‘zi ko‘chadan o‘tayotib eshitgan edi. O‘sha daqiqalarda uning qalbidagi eng zo‘r kuch junbushga kelib, yuzaga chiqish uchun yo‘l axtargan edi. Bu ichki kuch unga Dahkatning kunchiqish tomonidan uch ming gaz balandlikdagi Osmon Yaylov tog‘ining uchidan otilib chiqib turgan mo‘’jizaviy buloqni eslatdi. Jilg‘alar bo‘yidan, tog‘ yon-bag‘rilarining tagidan ko‘z ochgan buloqlar ko‘p. Lekin shunday yuksak tog‘ning eng baland bir nuqtasidan yorib chiqqan bunday g‘alati chashmani Bobur birinchi marta shu yerda uchrat-di.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:59:27
Janubda mangu qorga burkangan ulug‘vor Piryax cho‘qqisi yaltirab turibdi. Ammo u cho‘qqi bilan Osmon Yaylov tog‘ning orasida behad chuqur jilg‘alar, katta-katta balandliklar bor. Bu buloqning suvi o‘sha cho‘qqidan tushib, yana Osmon Yaylovga chiqib kelguncha ikki oradagi chuqurliklardan ham teranroq joyga tushib, so‘ng yana yuksak toqqa ko‘tarilgan bo‘lishi kerak. Buloq buncha kuchni qaerdan olganikin? Uni shunchalik baland joyga chiqishga, shunday toshlar orasidan ko‘z ochishga nima majbur qilgan ekan? Ehtimol, ilgari uning ko‘zi pastdagi tog‘ kamarlarida bo‘lgandir? Balki buloq¬ning ustiga tog‘ ko‘chib tushib, avvalgi ko‘zini bekitib qo‘ygandir?
Boburga birdan o‘z hayoti ham ko‘chki bosgan buloq¬qa o‘xshab ko‘rindi. Axsida qulagan jar ham shu buloqning ko‘ziga tushgan. Ko‘chmanchi sultonlarning Samarqanddagi g‘alabasi ham... Ichki bir kuch bilan qaynab chiqayotgan buloq ko‘chkining tuproqlarini yuvib, toshlar orasidan yo‘l topib o‘ta boshlaganda Movarounnahrdagi ijtimoiy zilzilalar zarbidan yangi-yangi jarlar qulaydi, qoyalar ko‘chadi-da, yana shu buloq¬ning ko‘ziga tushadi.
Buloq hamon tug‘ilgan zaminining boshqa joylariga bosh urib, yorug‘ dunyoga olib chiqadigan yangi yo‘llar izlaydi.
Agar Osmon Yaylov bulog‘i toshlar orasidan yo‘l topib, mana shunday baland qoyani yorib chiqqan bo‘lsa, Bobur umidsizlanmasligi kerak. Ehtimol, uning tolei ham mana shu buloqqa o‘xshab, baland bir nuqtadan qayta ko‘z ochar. Balki bu baland nuqta she’riyatdadir?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:59:41
Bir kuni peshin kechroq Bobur Osmon Yaylov bulog‘i bo‘yida mana shu xayollarga g‘arq bo‘lib yolg‘iz o‘tirganda, katta-katta ikkita bo‘ribosar itni ergashtirib bir cho‘pon yigit kelib qoldi. Oyog‘ida choriq, boshida qizil xoshiyali oq qalpoq, beliga katta pichoq osib olgan, qo‘lida qizil irg‘ay tayoq. U tosh ustida o‘tirgan Boburga salom berdi-yu, itlarni orqaroqda qoldirib, o‘zi buloqdan kaftida suv olib ichdi. Keyin ho‘l qo‘llarini qalami yaktagining qo‘ltiqlariga arta turib, Boburga gap qotdi:
— Ha, jo‘ra, poshshong ziqnalik qildimi, toqqa yalang oyoq chiqibsen?
Cho‘ponning «sen-sen»lab gapirgani Boburning qulog‘ini tirnab o‘tganday bo‘ldi. Ammo o‘zini bosiq tutib:
— Qaysi podshohim? — deb so‘radi.
— Bobur degan bir podsho Dahkatda yurgan emish. Sen o‘shaning odamlaridanmisen?
Bobur eski kiyimlarini kiyib chiqqan, o‘zi tog‘ oftobida kuyib qoraygan, ammo uning yuzida, qo‘llarida asilzodalarga xos bir nazokat borligi bilinib turardi. Cho‘pon uni podshohning mulozimlaridan deb o‘yla¬moqda edi. Bobur o‘zini tanitgisi kelmay:
— Ha, — dedi.
Cho‘pon irg‘ay tayog‘iga keng ko‘kragini tirab, Boburga sinovchan nazar bilan tikildi:
— Podshongga juda sodiqmisen?
Bobur miyig‘ida kulib:
— Men o‘zimga sodiq bo‘lsam bas, — dedi.
— Podshong ham seni yomon ko‘rsa kerak-da, xor qilib qo‘yibdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:59:50
Endi Bobur cho‘ponning yuziga tikilib qaradi. Betiga hali ustara tegmagan yigirma yoshlardagi yigit. Lekin chuqur ko‘zlari qirq-ellik yoshga kirgan va ko‘p g‘am chekkan odamnikiday so‘lg‘in, keksanamo.
— Podshohimni muncha ko‘p so‘roqlading, biron arzing bormi? — dedi Bobur kulimsirab.
Cho‘pon qovoqlarini uyib:
— Men uni mana shu tog‘da yakkama-yakka uchratmoqchimen, — dedi.
— Agar uchratsang... Ne gaping bor?
Cho‘pon yigitning ko‘zlari g‘azab bilan qisildi:
— Otam bilan akamning boshini ne qilgan, shuni so‘rab bilmoqchimen.
— Boshini? Bobur-a?! Sen... sen kimsan o‘zing?
— Chagraklardanmen!
Bobur Andijon tog‘larida yashaydigan chorvador turkiy qabila — chagraklarni eslab hayrat bilan so‘radi:
— Bu yerda ham chagraklar bormi?
— Biz bu yerga O‘sh tomonlardan qochib kelganmiz. Men o‘shanda o‘n to‘rt yashar bola edim. Bobur kelib otam bilan akamning qo‘ylarini, yilqilarini tortib olmoq¬chi bo‘lgan. Cho‘ponlar: «Bermaymiz!» deb g‘alayon qilgan. Keyin Bobur hammasini o‘ldirib, boshlarini kesib ketgan. Onam bilan borsak, o‘n besh-yigirmata o‘lik yotibdi. Boshlari yo‘q. Tanasidan tanib olish qiyin bo‘larkan. Onam dam u tanani quchoqlab yig‘laydi, dam bu tanani...
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 18:59:59
Bobur O‘shning janubida bundan olti yil avval Ahmad Tanbalning qonli xurjunidan lolaqizg‘aldoqlar ustiga yumalab tushgan kallalarni yana ko‘z oldiga keltirdi. O‘shanda uni seskantirib yuborgan yoshgina yigitning kallasi va ustara tegmagan yuzi ko‘z oldida qaytadan gavdalandi. Mana bu turgan cho‘ponning yuzi Boburga birdan o‘sha yuzni eslatdi-yu, kesik bo‘yinning qon aralash go‘shtlari xayolida takror paydo bo‘lib, borlig‘ini dahshatga keltirdi. U cho‘ponga sarosima ko‘zlar bilan qarab:
— Ahmad Tanbal o‘ldirgan! — dedi. — Sulton Ahmad Tanbal!
Cho‘pon tayog‘ini ko‘kragidan olib, Boburga yaqinroq keldi:
— Sen o‘sha boshlarni ko‘rganmiding?
— Ha, yaylovda... O‘shning yaylovida Ahmad Tanbal o‘sha boshlarni keltirib ko‘rsatgan. Bunga olti yil bo‘ldi... Cho‘ponlar g‘ulu ko‘tarib, navkarlardan uch-to‘rttasini o‘ldirmishlar. Tanbal o‘shaning qasdiga bosh kesib kelgan edi!
— Tanbal emas! Menga ko‘rgan odamlar aytgan! Otamning boshini Bobur kesib ketgan!
— Odamlar yolg‘on aytmishlar! Men... aniq bilamen. Bobur norasida o‘smir edi. Toqqa Sulton Ahmad Tanbal borgan!
Bobur o‘zini oyoqlayotgan odamga o‘xshab shoshilib gapirayotgani uchun cho‘pon yigit endi undan gumonsiradi. Zug‘um qilib:
— Sen o‘zing kimsen? — dedi. — Bobur sening ki¬ming?
Bu savol Boburning etini junjiktirdi. Go‘yo cho‘pon hozir undan otasining xunini talab qiladigandek tuyuldi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:00:10
Egasining ovozidagi g‘azab va tahdidni payqagan  itlar birdan irillab, Boburga tashlanishga tayyorlanishdi. Bobur o‘rnidan sapchib turdi. Qo‘li beixtiyor belidagi xanjarning sopiga bordi.
Lekin uning oyoqlari yalang edi. Itlar eng avval uning oyog‘idan oladiganday ko‘rindi. Shu payt u o‘zining yalang oyoq yurganidan qattiq pushaymon bo‘ldi.
— Nega indamaysen? — dedi cho‘pon yana tahdid bilan.
Bobur o‘zini iloji boricha vazmin tutib:
— Ne deyin? Gapimga ishonmasang! — dedi.
Cho‘pon itlariga o‘girilib:
— To‘rtko‘z, Bo‘ynoq, yotinglar! — dedi. So‘ng yana Boburga yuzlandi: — Xo‘sh, gaping chin bo‘lsa, mening otamni Boburning o‘zi emas, Tanbal degan beki o‘ldirgan. Shundaymi?
— Shundoq.
— O‘sha bekka kim farmon bergan? Boburmi?
— Bobur bunday bo‘lishini bilmagan... Yoshlik qilgan!
— Yana poshshoyingning tarafini olasan-a! Agar men hozir mana bu itlarimga «ol»! — desam, seni tilka-pora qilib tashlagay. Shunda faqat itlar aybdor bo‘lgaymi? Bularni olqishlaganim uchun men gunohkor bo‘lmasmenmi?
Bobur cho‘ponning bu gapiga e’tiroz qilib bo‘lmasligini sezdi-yu, boshini quyi soldi:
— Balki sen haqlidirsen...
— Kimsen o‘zing? Ayt rostini!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:00:21
Cho‘ponning ovozidagi tahdidni sezishib, itlar yana irillashdi. Bobur qo‘rqqanini sezsa, itlar unga tashlanadiganga o‘xshardi. U bor kuchini go‘yo ko‘zlariga yig‘ib, cho‘ponga tik qaradi-yu, dadil turib:
— Men Boburmen! — dedi.
Cho‘pon quloqlariga ishonmay, uning yalang oyoqlariga yana bir qaradi:
— Nahotki podshoh Bobur sen bo‘lsang?!
— Ha, men podshoh edim!
— Hozir-chi?
— Hozir... toju taxt da’vosidan voz kechdim. Endi faqat shoirona hayot kechirmoqchimen.
— Shoshma, shoshma!
Oqsuv bo‘yida bo‘lgan kechagi to‘yda cho‘pon ham bor edi. U xushovoz yosh hofizning Bobur g‘azali bilan aytgan ashulasini tinglab g‘alati bo‘lib ketgan edi. Ashula oxirida:

Bobur, o‘zungni o‘rgata ko‘r yorsizki, men
Istab jahonni, muncha qilib yor topmadim! —

degan satrlar uning esida qolgan edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:00:33
Hozir Bobur bir o‘zi tog‘u toshda yolg‘iz yurgani ham uning o‘sha baytini tasdiqlagan ko‘rindi-yu, cho‘pon itlariga qarab:
— Yot! Bo‘ynoq, yot! — deb buyurdi. Itlar tinchlangach, yana Boburga ko‘z tikib so‘radi: — Shoirliging rost bo‘lsa, shu yerda yozgan she’rlaringdan birini ayt-chi?
Bobur yerga qarab o‘ylanib oldi-da, boshini ko‘tardi.
— Eshit:

Ne xesh meni xushlaru ne begona,
Ne g‘ayr rizo mendinu ne jonona.
Har nechaki yaxshilikda qilsam afsun,
Xalq ichra yomonlik bilan men afsona.

Ichki tug‘yon bilan o‘rtanib aytilgan bu satrlarning tafti cho‘ponning birdan yaltirab ketgan ko‘zlarida aks etdi.
— Sen ham kuyganlardan ekansen, shoirliginga tan berdim! Agar shu shoirliging bo‘lmasa, seni rahmatlik otamning qasdiga itlarimga talatib yuborar edim! Xayr, shoir, omon bo‘l!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:00:47
Cho‘pon itlarini ergashtirganicha chag‘atda yoyilib yurgan qo‘ylariga qarab ketdi.
Bobur shu kuni Osmon Yaylovdan Dahkatga qanday tushib kelganini bilmaydi. U mash’um o‘tmishidan osonlikcha qochib qutulolmasligini, yomon beklar Boburning nomidan qilgan zolimliklarni odamlar undan ko‘rishini o‘ylab, vujudini yangi bir bezovtalik chulg‘ab oldi. Yoshlikda beklarning ra’yiga qarab qilgan xatolari boyagi ikkita vahimali itning qiyofasiga kirib, hali ham ketidan quvib kelayotganga o‘xshardi.
Dahkatda esa uni yana bir tahlikali xabar kutib turardi. Shayboniyxon qo‘shinlari O‘ratepaga yetib kelgan, shaharga bozor qilish uchun borgan dahkatlik kadxudoni xon kishilari tutib olib kaltaklashgan.
— Bobur yashirinib yurgan joyini ko‘rsatasan! — deb talab qilishgan edi. Yuzlari qamchi izidan qontalash bo‘lib shishib ketgan ellik yoshlardagi kadxudo tojikchalab:
— Men mehmonimni tutib beradigan ablah emas!— dedi Boburga — Yovlaringizni Oqtangi degan daraga boshlab borib, adashtirib, o‘zim tog‘ma-tog‘ qochib keldim!
Oqtangi Dahkatdan o‘ttiz chaqirimcha g‘arbda edi. Xonning iskabtoparlari bugun bo‘lmasa, ertaga bu yerlarga yetib kelishi muqarrar. Shayboniyxon Boburning boshini kesib kelganlarga katta oltin va’da qilgan.
Ichki hovlidan Qutlug‘ Nigor xonim chiqdi:
— Boburjon, hammamiz najotni sizdan kutmoqdamiz! Darvishona yurishlarni endi bas qiling. Hamma sizni quvg‘indagi shoh deb bilur, boshqa gapga hech kim ishonmagay. Xon kishilari ham sizni taxtga da’vo qilishi mumkin bo‘lgan bir shahzoda deb izlab yururlar. Dahkatliklar ham shuncha vaqt bizga nonu tuz berdilar. Endi bu qishloqni xavf-xatardan qutqarish ham sizning burchingizdir, jonim!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:01:03
Bobur agar yov bilan bu yerda to‘qnashsa, qishloq oyoqosti bo‘lishini o‘yladi. Bu yerda u bilan birga yurgan onasini, bek va navkarlarini yovdan omon saqlash uchun ham, o‘zi boyagi cho‘ponga o‘xshash qasoskorlarning tasodifiy qurboni bo‘lib ketmasligi uchun, dahkatlik kadxudoning tuzini oqlash uchun ham Bobur yana qaytadan qurol-yarog‘ taqishga va odamlariga boshchilik qilishga majbur ekanini, hozir shundan boshqa iloji yo‘qligini his qildi-yu, og‘ir «uh» tortdi:
— Shohlik taqdirimdan yalang oyoq qochib qutulolmas ekanmen! Janob Sherimbek! Siz endi Qosimbekning o‘rnida amiral umarosiz!
Boburni o‘n ikki yoshida Olatog‘ tomonlarga olib qochib ketib qutqarmoqchi bo‘lgan keksa Sherimbek tog‘oyi quvonib ta’zim qildi:
— Inoyatingizdan sarafrozmen, amirzodam! — dedi.— Buyuring!
— Odamlarimizning barchasiga amrimizni yetkazing. Ko‘ch-ko‘ronni yig‘ishtirsinlar! Shu bugun kechasi Dahkatdan jo‘nab ketgaymiz!
— Muborak buyrug‘ingiz alhol ado etilur, amirzodam!
Yana zirhli kiyimlar kiygan, qurol-yarog‘ taqqan Bobur o‘sha kecha tog‘dan-toqqa oshib kun chiqish tomonga — Isfaradan naridagi So‘xga qarab ketdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:01:50
4

Tog‘dan tushib kelayotgan So‘x soyi toshlarga bosh urib shovullaydi. Bobur archazor so‘qmoqdan Oynatog‘ tomonga ko‘tarilib boradi. Tog‘larda ko‘p yurib har qancha chiniqqan bo‘lsa ham, tik so‘qmoq yo‘lda hansirab qoladi. Oynatoqqa yetguncha ikki-uch marta to‘xtab na-fas rostlaydi.
Tabiat mo‘’jizasi bo‘lgan bu tog‘ning silliq toshlarida atrof xuddi oynadagi kabi akslanib turadi. Bobur bu toqqa chiqqanda uning sehrli oynasida o‘z taqdirini ko‘rishga intiladi. Qachongacha tog‘dan-toqqa o‘tib, chet qishloqlarda Shayboniyxon qilichidan jon saqlarkan? Ana, yashil bog‘larga burkangan So‘x, Hushyor qishloqlari. Bular ham chingiziylar hurujidan himoya istab, Boburni uch yuztacha navkari bilan yil bo‘yi mehmonday e’zozlab yurishibdi. Bosqinchilarning shum qadamlari hali bu yerlarga yetib kelgan emas. Ular Sirdaryo bo‘ylarida va Andijon tomonlarida o‘zaro urushlar bilan band.
Bobur quyoshli kunda Oynatog‘ tepasiga chiqib, Qo‘qon tomonlarga oqib ketayotgan So‘x soyiga tikiladi. Bu soyning suvida tillarang shu’lalar o‘ynaydi. Aytishlaricha, So‘x suvining tarkibida oltin bor ekan, shuning uchun bu suvni ichgan odamning vujudi yayraydi. Nahotki shu Oynatog‘ ham, shu tilloli soy ham — hammasi yana chingiziylar istilosiga giriftor bo‘lsa?
Boburning ortidagi qorli tog‘lardan sovuq shamol esadi. Uzoqdagi yashil vodiylarga osmondagi oqish bulutlarning soyasi to‘shalib yotadi.
Hozir avji bahor, Farg‘ona vodiysi yashil libosda.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:02:37
Ufqning harir pardasi ortida — ko‘z ilg‘amas uzoqliklarda Chotqol tog‘lariyu Toshkent vohasi bor. Jizzax va Samarqandni, Marg‘ilon va Andijonni Bobur hozir go‘yo xayol ko‘zi bilan ko‘rdi-yu, bir vaqtlar shunday keng dunyoda bexavotir, erkin yurgan paytlarini eslab, yuragini armon timdaladi.
Hozir mana shu ulkan vatanda uning osuda yashaydigan makoni, tayinli bir uyi yo‘q. Hammasi Tanbal bilan Shayboniyxonning qo‘liga o‘tib ketgan. Eshik og‘a Sherim tog‘oyi Boburni Xurosonga ketishga undaydi.
Biroq Bobur ketsa, vatanidan umrbod ayrilishi mumkinligini go‘yo oldindan sezadi. Ilgari tug‘ilgan yurtida bemalol yurganda unchalik bilinmaydigan vatan tuyg‘usi endi vatanidan ayrilish xavfi tug‘ilganda uning butun vujudini qamrab olgan. U mana shu o‘lkani necha qayta u chetidan-bu chetigacha kezib chiqqan, uning har bir chaqirimiga ko‘z nurini to‘kib, yoshligini urug‘day sochib o‘tgan. Uning butun umri, butun borlig‘i mana shu muazzam zaminga ildiz otgan. Endi bu ildizlarning hammasini qanday yulib olib ketadi? Buning og‘rig‘iga qanday chidash mumkin?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:02:57
Ahmad Tanbal bilan Shayboniyxon avval bir-biri bilan ittifoq tuzib, hozir bir-birining payini qirqishga tushgan. Shu kunlarda ular jang qilayotganini Bobur aniq biladi. Zora bu ikkalasi bir-birining boshini yesa-yu, Boburning bekilgan yo‘llari ochil-sa...
Bobur shu umid bilan Andijon tomonga maxsus odamlar yuborgan. U ertayu kech shu odamlarning xushxabar bilan qaytishini kutadi.
Lekin yuborilgan odamlar bir yarim oydan beri qaytmayapti. Nima bo‘ldiykin? Kutish og‘ir. Kunlar benihoya sekin o‘tadi. Bobur nima qilishini bilmay tog‘ yonalarini yolg‘iz kezgani-kezgan. Tadbirkor Qosimbek ketib qolmaganda, balki undan yaxshi bir maslahat chiqarmidi? Jonkuyar safdoshi No‘yon Ko‘kaldosh ham yo‘q — bultur Toshkentning janubidagi Ohangaronda bir nomard uni baland jardan tashlab o‘ldirgan. Bir-biridan mash’um xotiralar Boburning xayolida muttasil charx uradi. U intihosiz g‘am-g‘ussalar qurshovidan chiqib ketishga intilib, xayolida she’r mashq qilib ko‘rdi. Ammo uni bu ko‘ylarga solgan dahshatli voqealarni qofiyaga solib, ohangdor qilib aytishga xushi kelmadi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:03:40
*  *  *

Kechki payt tog‘larga tuman tushdi. Archazor yonida xayol surib yurgan Bobur pastdagi vodiy yo‘llarini ham tuman to‘sib qo‘yganini ko‘rdi-yu, soy bo‘yiga keldi.
Quyuq tuman dunyoni allanechuk tor va sovuq qilib qo‘ydi. So‘x soyining yuqori-pastlari ham ko‘zdan yo‘qoldi. Tezoqar tog‘ daryochasining qayoqdan kelib, qayoqqa ketayotgani endi faqat uning toshlarga urilib shovullashidan bilinar edi, xolos.
Boburning hozirgi qarorgohi mana shu soyning yaqinida — keng bir sayhonlikda edi. Balandroq bir joyda uning qizil movut chodiri bor. Chodirning o‘ng yonida Qutlug‘ Nigor xonimning sakkiz burchakli oq o‘tovi turipti. Qolgan yigirma-o‘ttizta o‘tov va chodirlar ularning nari-berisiga o‘rnatilgan. Sovuq tuman ichida chodir va o‘tovlar go‘yo bir-birlaridan uzoqlashib ketganday va hammasini mog‘or bosayotganday ko‘rinardi.
Bobur yo‘lida uchragan odamlarning ta’zimlariga indamay bosh irg‘ab o‘tdi-yu, Mamadali kitobdorning o‘tovi tomonga burildi. Bu yerda Bobur doim o‘z ko‘chi bilan birga olib yuradigan kitoblari saqlanar edi. Besh-olti tuyaga yuk bo‘ladigan nodir kitoblar qalin charm qoplangan maxsus sandiq va qutilarga yog‘in-sochin o‘tmaydigan qilib joylangan edi. Keksayib qolgan bo‘lsa ham hamma safarlarda Bobur bilan birga yuradigan zaxil yuzli ellik besh yashar Mamadali kitobdor kitoblarni xuddi chaqalog‘ini avaylaydigan onaday avaylab-asrar edi. U Boburga ta’zim qilib:
— Buyuring, amirzodam! — dedi.
Bobur tarixiy kitoblardan bir-ikkitasining nomini aytdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:03:48
Mamadali kitobdor kitoblarga qo‘l urishdan oldin qo‘lini yaxshilab yuvadigan odati bor edi.
— Siz muntazir bo‘lmang, qulingiz elturmen!
Bobur o‘tovdan chiqib o‘z chodiriga kirdi. Oradan ancha vaqt o‘tganidan keyin Mamadali kitobdor aytilgan kitoblarni ipak matoga o‘ragan holda ikki qo‘llab ko‘tarib kirdi-yu, to‘rdagi miz ustiga sekin qo‘yib, orqasi bilan yurib chiqib ketdi.
Bobur mashhur sarkardalar va shohlarning hayotlari haqidagi tarixiy kitoblarni varaqlar ekan, murakkab jumlalar, jimjimador o‘xshatishlar, afsona va rivoyatlar orasidan chinakam bo‘lgan va odamni ishontiradigan voqealarni izlardi. Lekin ko‘pchilik kitoblarda nuqul g‘alabalar dabdabali uslub bilan kuylanardi.
Ehtimol, hozir Shayboniyxon haqida ham mana shunday dabdabali kitoblar yozilayotgandir. Bobur Binoiyning yana Shayboniyxon tomoniga o‘tib ketganidan, Muhammad Solih esa «Shayboniynoma» degan she’riy kitob yozayotganidan xabardor edi. Ular Shayboniyxonning Bobur bilan olishuvlarini qanday yozisharkin? Mana bu kitoblardagi kabi g‘olibni ko‘klarga ko‘tarib maqtashsa, Boburga bo‘lmagan ayblarni taqib, uni yomonlashsa, keyin odamlar haqiqatni qayerdan biladi?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:04:11
Bobur nuqul zafar tantanalarini kuylagan jangomalarni bir chetga surib qo‘ydi. So‘ng o‘rnidan turib, o‘zi¬ning «Vaqoi’» deb atalgan xotira daftarlarini sandiqdan oldi.
Qiziq: so‘nggi marta daftarga Bobur o‘zining Samarqandni Shayboniyxondan qanday tortib olganini yozganu keyin unga qo‘l urmagan edi. Demak, keyingi mag‘lubiyat va sargardonliklarni uning o‘zi ham yozishni istamagan ekan! Ammo bular daftarga yozilmagani bi-lan Boburning xotirasida muttasil takrorlanib yuribdi-ku. «Isitmani yashirsang, ichga urar», deydilar. Bobur qilgan xatolarini daftaridan yashirgani bilan ular har kuni ne-cha qayta yangi-yangi tafsilotlari bilan xayolidan o‘tib, qalb yarasini tirnagani-tirnagan. Bundan ko‘ra hamma voqealarni rostgo‘ylik bilan mana bu daftarga yozsa, balki o‘shanda isitma tashiga chiqib, dili xiyol yengillashar?
Bobur daftariga Saripulda qanday mag‘lub bo‘lganini, keyin qanday xo‘rliklar ko‘rganini yoza boshladi.
U bu ishni go‘yo o‘zi uchun, o‘z vijdoni oldida hisob bergisi kelib qilardi. Shuning uchun boya o‘qigan kitob¬laridagi jimjimador, balandparvoz uslub bu yozuvlarga mutlaqo yarashmasligini sezardi. Shu sezgi ta’sirida kitob¬lari orasida turgan Shomiyning «Zafarnoma»sini qo‘liga olib varaqladi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:04:28
Bu kitobning muqaddimasida Shomiyning Amir Temurdan qanday topshiriq olgani hikoya qilingan edi. Sohibqiron jangnomalar va tarix kitoblarida ko‘p uchraydigan hashamdor takalluflarni suymas ekanlar, ortiqcha lof urishlar, mubolag‘alar ichida haqiqat yo‘qolib ketishini, dabdabali uslub chindan sodir bo‘lgan voqealarning ma’no va mohiyatini odamlardan to‘sib qo‘yishini aytgan ekanlar. «Shuning uchun siz bor haqiqatni aniq ravon qilib yozing, toki uning ma’nosini avom xalq ham anglagay, xos kishilar ham maqbul ko‘rgay», — deb sohibqiron Shomiyga maxsus tayinlagan ekanlar.
Afsuski, Shomiy bu topshiriqni to‘liq uddalay olmagan ekan. Amir Temur uning «Zafarnoma»sini o‘qiganda qanoatlanmaganini Bobur onasi in’om qilgan sandiqdagi boshqa qo‘lyozma manbalardan bildi. Ehtimol, shundan so‘ng Amir Temurning ko‘rgan-kechirganlari va yaratgan tuzuklari uning o‘z tilidan aniq, iliq va ravon uslubda bayon etilgandir?
Hozir Boburning diliga eng yaqin uslub mana shu edi. U xotira yozishda ham sohibqiron bobokalonidan saboqlar olar, boshidan kechirgan barcha hodisalarni, yutuq va xatolarini eng ishongan sirdoshiga aytib dardlashgan kabi samimiyat bilan qalam tebratardi. Faqat uning endigi sirdoshi — o‘ziyu mana shu daftari edi. «Ko‘nglimdan o‘zga mahrami asror topmadim!» deb g‘azal bitgan Bobur endi barcha ko‘rgan-kechirganlarini mana shu mahramiga roz aytganga o‘xshab xotira yozardi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:04:36
Bu rozlar orasida faqat jabru jafolar emas, yodga tushganda ko‘ngilni ko‘taradigan voqealar ham yo‘q emas edi. Boshiga tushgan ko‘rguliklar Boburni nihoyatda chiniqtirgan, goho yalang oyoq qor kechib yurar, ammo shamollash nimaligini bilmas edi. Shu haqdagi bir lavhani daftariga yozib qo‘ydi:
«Xashtiyak kenti yaqinida mahkam zarb sovuq edikim, ikki-uch kishi sovuqning shiddatidan o‘lub edi. Manga g‘uslga ehtiyoj bo‘ldi. Bir ariq suvidakim chekkalari qalin muz to‘ng‘ib edi, o‘rtasi suvning tezligidan yax bog‘lamaydur edi, bu suvga kirib g‘usl qildim, o‘n olti qatla suvga cho‘mdim».
O‘shandagi sovuqning ta’siri yodiga tushib, eti yana bir junjikdi, lekin o‘n olti marta muz orasiga cho‘mgan bo‘lsa ham, sog‘-salomat qolgani — vujudida qanchalik pahlavonona kuch-quvvat yig‘ilganidan dalolat berishini o‘ylab suyunib qo‘ydi.
Ammo shundan keyingi voqealarni qalamga olganda Ahmad Tanbalga in’om qilgan bag‘dodiy qilichi aylanib kelib Boburning joniga qasd qilgani ko‘z oldida tahlikali tarzda gavdalandi.
O‘sha yili Bobur Ahmad Tanbal bilan qaytadan jangga kirishib, O‘sh va O‘zganni qo‘lga kiritgan, Andijon yaqinida uning askarlariga shikast yetkazib, qo‘rg‘on ichiga chekinishga majbur qilgan edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:04:46
Biroq kechasi Bobur qorovullikka tayin etgan nav-karlar beparvolik qilib uxlab qolganmi yoki tunda Tanbal bilan yashiriqcha til biriktirganmi, har qalay, tong qorong‘isida kimdir «Yog‘iy bosdi!» deb qichqirdi-da, ura qochdi. Xakan arig‘i yaqinida ochiq joyda uxlab yotgan odamlar cho‘chib uyg‘onishdi-yu, vahima ichida tum-taraqay bo‘lib ketishdi. Bobur tez otga minib, yoni-veriga qarasa, o‘ntacha odami qolibdi. Nariroqda yov¬ning jangdovullari qochganlarning ketidan o‘q otyapti:
— To‘xta! Qaytinglar! — deb qichqirdi Bobur o‘z odamlariga. Ammo hech kim qaytmadi.
Yov jangdovullari ozdek ko‘rindi. Bobur yoydan ularga qarab o‘q otdi. Jangdovullar qochdi. Bobur ularni quvish bilan bo‘lib, daraxtlar orasidan chiqib kelgan yuzga yaqin otliqlarni ancha kech ko‘rdi.
Tong yorishib qolgan edi. Hammadan oldinda qo‘lida qalqon tutgan, qilich yalang‘ochlagan Ahmad Tanbal kelmoqda edi.
Bobur uni tanigach, otining jilovini tortib, yon-veriga qaradi. U bilan faqat Tohir va yana ikkita yigit — uchtagina jangchi qolgan edi. «To‘rt kishi bularga bas kelolmaysen, qoch!» dedi ichki bir ovoz.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:05:00
Ammo shuncha xiyonatlar qilgan, doim qochib qutulib yurgan Ahmad Tanbal endi birinchi marta yuzma-yuz kelganda undan qo‘rqib qochishga oriyat yo‘l bermadi. Oriyat o‘limdan yomon deb, bejiz aytmagan ekanlar. Bobur darhol jilovini qo‘yib yuborib, kamoniga o‘q o‘rnatdi. Ahmad Tanbal qilichini sug‘urayotganda Bobur uning qisiq ko‘zlarini mo‘ljalga olib o‘q otdi. O‘q Tanbal boshiga kiygan zirhli dubulg‘aga qarsillab urildi, uni teshib o‘tolmagan bo‘lsa ham, Bobur xiyonatkor dushmanining boshiga musht tushirganday bo‘ldi. Bobur chapdastlik bilan yoyga yana o‘q o‘rnatib, uning bezraygan yuziga to‘g‘rilab otdi. Tanbal yuzini qalqoni bilan to‘sishga ulgurdi. Bobur otgan ikkinchi o‘q qalqon orqali Tanbalning yuziga urilgan tarsakidek ovoz chiqardi. Bu orada Tanbalning yonidagi kishilar Boburga ham yoydan o‘q yog‘dirdilar. Bir o‘q uning tizzasidan pastroq boldiriga qadaldi. Ahmad Tanbalning o‘zi otini «chu-chulab» qo‘lida qilichi bilan Boburga baqamti keldi. Bobur yarador oyog‘ining «jizillab» kuyib og‘riganini va Ahmad Tanbalning qo‘lidagi qilich allanechuk tanish ekanini bir vaqtda his qildi. Bu — Boburning nomidan Ahmad Tanbalga in’om qilingan egik bag‘dodiy qilich edi. Bu qilichni o‘pib, Boburga sadoqatli bo‘lish haqida qasam¬yod qilgan Ahmad Tanbal nahotki endi uni egasiga qarshi ko‘tarsa? Bobur buni o‘ylashga ham ulgurmasdan qilich uning boshidagi dubulg‘aga kelib tushdi. Boburning ko‘zlaridan go‘yo olovli uchqunlar sochilib ketdi, boshi birovning boshidek hissiz bo‘lib qoldi. Qilichning tig‘i dubulg‘a kiygizini kesib o‘tolmagan bo‘lsa ham bosh yaralangan edi. Boburning bo‘yniga dubulg‘a chetidan qon sirqib tushdi. Boldiridagi yaradan etigi issiq qonga to‘lmoqda edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:05:17
Ahmad Tanbal g‘olibona hayqirib qilichini yana ko‘tardi. U endi o‘tkir qilichini Boburning zirhli kiyimlari orasidan sal-pal ko‘rinib turgan bo‘yniga urmoqchi va boshini kesib tushirmoqchi edi. Shu payt ortdan Tohir yetib keldi-yu, Bobur mingan bo‘z otning jilovini siltab tortdi. Bedov ot o‘rnidan sakrab qo‘zg‘olar ekan. Ahmad Tanbal bo‘ynini mo‘l urgan qilich Boburning yoy-o‘qlari solingan saqdog‘iga tegib, uni shart kesib tushdi.
— Amirzodam! Jilovni oling! — qichqirdi Tohir.
O‘zi esa Boburning otiga qamchi bosdi.
Qamchi yeb o‘rganmagan uchqur bedov oldinga o‘qday otilib, egasini balo-qazodan olib chiqib ketdi.
Yarador Bobur O‘shga qaytdi, ancha kungacha boshi g‘uvillab, oyog‘i cho‘loqlanib yurdi.
Lekin uni yara og‘rig‘idan ham ortiq qiynagan dard— Qosimbekning taklifi bilan Tanbalga in’om etilgan bag‘dodiy qilichning aylanib kelib o‘z boshiga tushganligi edi. Qotilga kim qilich bersa o‘zi uning tig‘iga duchor bo‘larkanmi? Biroq dunyoda adolat bo‘lsa, shuncha qotilliklar, shuncha xiyonatlar qilgan Ahmad Tanbalga nega qasos qaytmaydi?
Bobur shu o‘ylar bilan xotira yozishga berilib ketib, qorong‘i tusha boshlaganini ham sezmadi. Savdarlar oltin qandildagi shamlarni yoqdilar. Boburga kechki ovqat keltirdilar. U yolg‘iz o‘tirib ovqatlandi. Xotira yozganda unga o‘z hayoti avvalgidan iliqroq va ma’noliroq tuyulgan edi. Bekor o‘tirganda esa yana o‘sha og‘ir o‘ylar, sovuq pushaymonlar xayoliga bosib kela boshladi. Bobur ulardan tezroq qutilgisi kelib, yana qalamini qo‘liga oldi.
Keyin yarim tungacha daftaridan bosh ko‘tarmay so‘nggi yilning voqealarini yozdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:05:29
*  *  *

Atrofdagi o‘tovlar jim, hamma uyquda.
Tun sukunatida otning dupuri, itlarning hurishi eshitildi. Qarorgohning chetiga qo‘yilgan qorovul zarda qilib:
— To‘xta! Kimsen? — dedi. O‘ronni* ayt!
— O‘ron — Andijon.
Qorovulning ovozi yumshadi:
— Andijon bo‘lsa kelaver. Ovozingdan Tohir chopuqqa o‘xshaysenmi?
— Ha, Tohirmen.
— Bemahalda yolg‘iz yuribsen?
— Meni gapga tutma. Mirzo hazratlariga shoshilinch xabar keltirdim.
Tohir qorong‘ida Boburning chodirini tusmollab topdi-yu, otini beriroqdagi qoziqqa bog‘ladi. U avval soqchilarni yoki mulozimlarni uyg‘otmoqchi bo‘lib, chodirning ro‘parasidagi o‘tovga qarab o‘ta boshladi. Shunda chodirning ichi yorug‘ ekanini, eshik o‘rniga tutilgan parda ochilib, Bobur chiqib kelganini ko‘rdi. Tohir Boburning qarshisiga kelib yukundi. Past tovush bilan:
— Amirzodam, muntazir qilganim uchun afv eting,— dedi. — Yog‘iylaringizning urushi endi tugadi.
Bobur sabrsizlanib so‘radi:
— Xushxabar bormi? Nechun yolg‘iz qaytdingiz?
Tohir boshini quyi solib, hazin tovush bilan dedi:
— Bir qoshiq qonimdan keching, amirzodam!..
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:05:39
Bobur sovuq xabarlar izg‘irinini oldindan sezganday eti uvushdi:
— Qani ichkari kiring.
Savdarlar uxlab qolgan. Bobur hech kimni uyg‘otgisi kelmadi. Baland, keng chodirning to‘rida to‘rt-beshta sham lipillab yonib turibdi.
Bobur sham yorug‘ida Tohirga endi zehn solib qaradi. Chakmonining etaklariga loy sachragan. Ozib ketganidan yelkalari puchayib qolgan, ko‘zlari ichiga o‘pi¬rilib tushgan. Yuzidagi chandig‘i esa bo‘rtib, go‘yo avvalgidan xiyla katta bo‘lib ketgan. Lablari pirpirab, o‘pkasi to‘lib gapirdi:
— Amirzodam, Andijon ham Shayboniyxonning ilkiga o‘tdi. Behisob ko‘p odam qirildi. Hamrohim qirg‘inda halok bo‘ldi.
Tohir shunchalik charchagan ediki, gavdasi chayqa¬lib, oyoq ustida zo‘rg‘a turar edi. So‘nggi umididan ham ayrilib bo‘shashgan Bobur ko‘rpacha ustiga o‘tib o‘tirdi-yu, Tohirni ham o‘tirishga taklif qildi.
Tohir gilam ustiga cho‘kkalab o‘tirgach, Bobur undan voqeaning tafsilotini va Ahmad Tanbal nima bo‘lganini so‘radi.
Tohir Andijon yaqinidagi Xo‘ja Katta degan qishloqda boy bir odamga aravakash bo‘lib yollangan, o‘zining kimligini bildirmay butun hodisalarni odamlardan so‘rab bilgan, boyning shahardagi do‘koniga mol olib borganda ko‘p narsani o‘zi ham ko‘rgan edi.
Ahmad Tanbal Andijon etagida bo‘lgan jangda shikast yegandan keyin qo‘rg‘onga kirib bekinadi. Qamal boshlanadi. Qo‘rg‘on ichida ochlik, kasallik va nifoq kuchayadi. Bir vaqtlar Samarqandda Boburni tashlab, Ahmad Tanbalga ergashib qochgan bek va navkarlar endi uning o‘zini tashlab, Shayboniyxon tomoniga qochib o‘tadilar. Xonning qo‘shini devorga shoti qo‘yib chiqib, qo‘rg‘onni bosib oladi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:05:50
Ahmad Tanbal akasi Bek Tilba, ukalari va boshqa odamlari bilan arkka kirib bekinishadi. Biroq arkning atrofida uylar ko‘p, ularga orqadan shoti qo‘yib tomiga chiqish oson. Ahmad Tanbal arkda jon saqlayolmasligini sezadi-yu, Shayboniyxondan shafqat so‘rashga qaror beradi. «Yiqqan barcha oltinlarimni hazrati xonga moli amon tariqasida to‘lamoq¬chimen, umrbod xizmatlarida bo‘lmoqchimen, qonimdan kechsinlar!» deb arkdan bir mo‘ysafidni vakil qilib chiqaradi. Ammo mo‘ysafid arkka qaytib kelmay yo‘q bo‘ladi. Xon askarlari arkning tomlari ustiga shoti qo‘yib chiqa boshlaydilar. Talvasaga tushgan Ahmad Tanbal aka-ukalari bilan birga arkning darvozaxonasiga boradi. Taslim bo‘lganlarini ko‘rsatish uchun qilichlarini bo‘yinlariga osib, darvozadan tashqariga shafqat so‘rab chiqadilar.
Ark darvozasi oldida Shayboniyxonning o‘g‘li Temur Sulton turgan ekan. Navkarlariga: «Asir olma, arzimaydi, qir hammasini!» — deb buyruq beradi. Ahmad Tanbalni aka-ukalariga qo‘shib, qilich bilan chopib, burdalab tashlaydilar. Keyin boshlarini kesib bir qopga tiqadilaru Shayboniyxonga ko‘rsatgani olib ketadilar.
Tohirning hikoyasi shu yerga kelganda Bobur:
— Yo xudoyo tavba! — deb beixtiyor yoqasini ushladi.
So‘nggi paytlarda Boburni ezib yurgan javobsiz savollardan biriga hozir go‘yo momaqaldiroqday vahimali javob kelgan edi. Xo‘ja Abdulladay mard, fidokor odamni qo‘rg‘on darvozasiga osib o‘ldirgan Ahmad Tanbalning o‘zi endi o‘sha qo‘rg‘ondagi ark darvozasi oldida itday xor bo‘lib o‘lgan edi! Bobur in’om qilgan qilichni uning boshiga razilona urgan Tanbal endi boshqa qilichlar zarbidan burdalangan edi!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:06:09
Tog‘dagi chagraklarning boshini vahshiylarcha kesib, xurjunga solib kelgan Tanbalning o‘z boshini yanada vahshiyroq bir tarzda kesib, qopga solib ketgan bo‘lsalar, uni, albatta xonga eltib ko‘rsatganlar.
Bobur qopdan Shayboniyxonning oyog‘i tagiga yumalab tushgan tanish kallalarni ko‘z oldiga keltirdi. Mahmudxonda eshik og‘a bo‘lib yurgan Tilba Sultonning yo‘g‘on bo‘yinli semiz boshini Shayboniyxon tanigan bo‘lsa kerak. Ammo xon Ahmad Tanbalning kallasini tanimaydi. Shayboniyxon o‘zini shuncha ovora qilgan Ahmad Tanbalning basharasini ko‘rib qo‘ygisi keladi, ammo yuztuban tushgan qonli kallaga qo‘l urgisi kelmaydi. Ahmad Tanbalning qonli kallasini oyog‘ining uchi bilan yumalatib o‘nglab, siyrak soqoliga, suyagi bo‘rtgan keng yuziga qaraydi. Bobur o‘zicha tasavvur etgan bu hodisadan aqli shoshib:
— Obbo! Obbo! — deb bir necha marta takrorlab qo‘ydi.
Bu hodisalarda qandaydir o‘zgacha bir adolat borli¬gini sezgan Bobur boshqa voqealarni aqliga sig‘dirolmay lol bo‘lib qoldi. Shayboniyxon berahmlikda Ahmad Tan-baldan ham o‘tib tushgan-ku. Nahotki falak intiqom qilichini shunday shafqatsiz xonning qo‘liga berib qo‘ysa? Bir vaqtlar Bobur orzu qilgan, ammo yetisholmagan ulkan maqsadga — Movarounnahrdagi parokanda viloyatlarni birlashtirib, yagona kuchli davlat barpo etish maqsadiga — endi Shayboniyxon yetishmoqdami? Nahotki buning  uchun Shayboniyxonday makkor, zolim va shafqatsiz bo‘lish kerak edi? Tohir Andijonda xonning buyrug‘i bilan bo‘lgan qirg‘inning tafsilotini aytib berganda Boburning sochlari tikka bo‘lib ketdi. Minglarcha ayollar, o‘smirlar, chollar Ahmad Tanbalning odamlari qatorida bekordan-bekorga nobud qilingan edi. Nahotki hozirgi zo‘rlar zamonasida yengib chiqish uchun Shayboniyxonday zo‘ravonliklar qilish shart bo‘lsa?!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:06:22
Bobur ma’rifatli shoh bo‘lishga urinib, she’ru san’atga ko‘p vaqt berib, insofu diyonatni o‘ylab, nahotki shu tufayli Shayboniyxonga yutqizgan bo‘lsa?!
— Amirzodam, xon kishilari sizni so‘roqlab yurganlarini eshitdim. Ayg‘oqchilari hid olib So‘xga kelib qolsalar ham ajab emas!
Bobur ota yurtidan batamom ajralganini endi astoydil his qildi. Ahmad Tanbalning mag‘lubiyati buloqning ko‘ziga tushgan yangi bir ko‘chki edi. Tog‘ning bu tomonida buloq qaytadan ko‘z ochishi mumkin bo‘lgan yo‘llarning hammasi bekildi. Agar Bobur tezroq tog‘ oshib Xurosonga ketmasa, Shayboniyxon aylanib o‘tib, uning so‘nggi yo‘lini ham bekitadi!
Bobur iztirob ichida Tohirning oddiy bir navkar ekanligini ham unutdi-yu, unga hasrat qilib gapirdi:
— Xonumondin ayrilganimiz ozmidi? Endi vatandin ham judo bo‘lurmizmi?!
Boburning ko‘zi yoshlanganini ko‘rgan Tohirning ham ko‘ngli buzilib, lablari pirpira-di:
— Amirzodam, musofirlik g‘ami mening ham yurak-bag‘rimni o‘rtaydi. Bizning Quvalar ham xonning posh-nasi tagida majaqlandi. Agar borsam mendan Fozil tar¬xonning qasdini olishlari aniq. Biz ham kindik qoni tomgan joydan ayrildik, amirzodam. Musofirlik taqdirimizda bor ekan. So‘xda ham musofirmiz. Hisorga borsak ham, undan nariga ketsak ham shu musofirlik... Yo‘lda kelayotib o‘ylanib keldim. Men sizdan ajralmayman, amirzodam!
Tohir butun najotni odil podshohdan izlaydigan dehqontabiat yigit ekanini Bobur bilardi.
— Lekin men siz kutgandek odil podshoh bo‘lolmadim! — dedi Bobur. — Kelgusida bo‘lamenmi, yo‘qmi, hali noma’lum...
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:06:38
Oraga bir lahza sukunat cho‘mdi. Tashqarida So‘x soyi go‘yo tun sukunatidan fig‘oni chiqib shovullardi.
Chodir ichida quvg‘indagi shoh bilan uning oddiy navkari yuzma-yuz o‘ltiribdi. Vatandan ajralish musibati oldida ularning oralaridagi katta farq go‘yo kichrayib, ahamiyatsiz bo‘lib qolgan. Boshlariga tushgan ko‘rgiliklar ularning taqdirlarini bir-biriga o‘xshash qilib qo‘ygan. Shuncha yil jangu jadallarda birga yurib, qanchadan-qancha o‘lim xavflarini birga kechirgan bu ikki yigit bugun birinchi marta sirdoshlarcha ochiq so‘zlashmoqda edilar. Tohir boshqa vaqtda Boburga aytolmaydigan so‘zlarini hozir ko‘ngli yumshab, erib turgan paytda aytdi:
— Amirzodam, men bir navkaringiz bo‘lsam ham sizga tug‘ushqonimdek mehr qo‘yganmen. Bo¬tirligingizgami, shoirligingizgami, odamgarchiligingizgami, ishqilib, mening... sizga ixlosim zo‘r! Sizning shuncha xavfu xatarlardan omon qolganingiz ham katta davlat!
Shu topda Tohir suyukli inisiga mehri toblanib, og‘ir paytda uning ko‘nglini ko‘tarayotgan jonkuyar akaga o‘xshar edi. Darhaqiqat, u Boburdan yetti yosh katta edi. Bobur ham bir lahza shohligini unutib, Tohirga xuddi akasiga qaraganday qaradi:
— Meni juda ko‘p xatarlardan siz olib qolgansiz. Men sizdan ko‘rgan yaxshiliklarimning o‘ndan birini ham qaytargan emasmen. Siz menga og‘amdek qadrdonsiz.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:07:49
— Rahmat sizga.
— Lekin hozir mening ko‘nglim yer bilan yakson. Taqdir menga iste’dod bergan, kuch bergan, g‘ayrat bergan, ammo nechun baxt bermagan?!
— Bu zamonda baxt o‘zi yo‘q, amirzodam! Axir sizdek nodir iste’dodlar dunyoga har kuni kelmaydi-ku! Nodon tojdorlardan qon yig‘lagan elyurtimiz sizdek ma’rifatli sarkardaga mushtoq. Lekin baxil zamona g‘alabani zolim xonga berib, bizni, mana vatanimizdan ham judo qilmoqchi. Ilohim bu baxil zamonaning bog‘lari qurib ketsinu sizu bizning qadrimizga yetadigan yaxshi zamonlar ham kelsin! Endi... amirzodam, bu yerdan tezroq ketish kerak. Hirot ham bizga begona yurt emas. Podshoh Husayn Boyqaro sizning qarindoshingiz. Mening tog‘oyim mavlono Fazliddin ham Hirotda ekan...
Bobur Xurosonga ketmay iloji yo‘qligini o‘yladi-yu, oshib o‘tishi kerak bo‘lgan tog‘larni ko‘z oldiga keltirdi. Uzoqdan moviy tusga kirib behad jozibali ko‘rinadigan bu tog‘lar tik dovonlardan, xatarli uchmalardan o‘tishi kerak bo‘lgan odamga qanchalik tund va berahm ko‘rinadi! Hozir Boburning tasavvurida baland cho‘qqilarning asriy qorlari kafanday beharakat va sovuq, o‘limday abadiy bo‘lib gavdalandi.
— Xatarli yo‘llarda men o‘z jonimni avval xudoga, so‘ng sizga ishonib topshirmoqchimen. Bugundan boshlab siz mening qo‘rchiboshimsiz. Ichki beklarim qatorida bo‘lursiz.
— Inoyatingizdan minnatdormen, amirzodam!
— Hozir bu  inoyatning sharafidan azobi ko‘proq. Yo‘lda charchagansiz. Borib dam oling. Ertadan safar tayyorligi boshlanur.
Tohir ta’zim qilganicha chiqib ketdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:08:47
— Rahmat sizga.
— Lekin hozir mening ko‘nglim yer bilan yakson. Taqdir menga iste’dod bergan, kuch bergan, g‘ayrat bergan, ammo nechun baxt bermagan?!
— Bu zamonda baxt o‘zi yo‘q, amirzodam! Axir sizdek nodir iste’dodlar dunyoga har kuni kelmaydi-ku! Nodon tojdorlardan qon yig‘lagan elyurtimiz sizdek ma’rifatli sarkardaga mushtoq. Lekin baxil zamona g‘alabani zolim xonga berib, bizni, mana vatanimizdan ham judo qilmoqchi. Ilohim bu baxil zamonaning bog‘lari qurib ketsinu sizu bizning qadrimizga yetadigan yaxshi zamonlar ham kelsin! Endi... amirzodam, bu yerdan tezroq ketish kerak. Hirot ham bizga begona yurt emas. Podshoh Husayn Boyqaro sizning qarindoshingiz. Mening tog‘oyim mavlono Fazliddin ham Hirotda ekan...
Bobur Xurosonga ketmay iloji yo‘qligini o‘yladi-yu, oshib o‘tishi kerak bo‘lgan tog‘larni ko‘z oldiga keltirdi. Uzoqdan moviy tusga kirib behad jozibali ko‘rinadigan bu tog‘lar tik dovonlardan, xatarli uchmalardan o‘tishi kerak bo‘lgan odamga qanchalik tund va berahm ko‘rinadi! Hozir Boburning tasavvurida baland cho‘qqilarning asriy qorlari kafanday beharakat va sovuq, o‘limday abadiy bo‘lib gavdalandi.
— Xatarli yo‘llarda men o‘z jonimni avval xudoga, so‘ng sizga ishonib topshirmoqchimen. Bugundan boshlab siz mening qo‘rchiboshimsiz. Ichki beklarim qatorida bo‘lursiz.
— Inoyatingizdan minnatdormen, amirzodam!
— Hozir bu  inoyatning sharafidan azobi ko‘proq. Yo‘lda charchagansiz. Borib dam oling. Ertadan safar tayyorligi boshlanur.
Tohir ta’zim qilganicha chiqib ketdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:10:06
Boburning uyqusi kelmas edi. U yana chodirdan chiqdi. Kunduzgi tuman tarqab ketgan, lekin osmonda bulut bor. Yulduzlar onda-sonda ko‘rinib qoladi. So‘x soyi osmonni boshiga ko‘tarib shag‘irlaydi. Tunda tog‘larning qorasi kunduzgidan haybatliroq ko‘rinadi.
Bobur qop-qora tog‘larga tikilib turganda yana ko‘chki bosgan buloq esiga tushdi. Tog‘larning bu tomonida hamma yo‘llari bekilgan buloq endi tog‘lar¬ning naryog‘idan ko‘z ochib chiqa olarmikin? Ulug‘tog‘dan narida bahaybat Pomir. Undan narida Himolay va Hindikush...
Buloq bu tog‘larning hammasidan o‘tib borib, nar-yoqlarda qaytadan ko‘z ochishi uchun qanchalik katta kuch-qudrat kerak!

________________
* O‘ r o n — parol.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:10:57
TAQDIR TAQOZOSI
Ikkinchi qism

HIROT
DOVULDAN OLDINGI OSUDALIK

1


Xazonrezlik payti. Hirot bog‘lariga suv beradigan Hiriyrud daryosi va Injil anhorining qirg‘oqlariga za’faron yaproqlar to‘kilgan. Qal’a tashqarisidagi mashhur Bog‘i Jahonoro, Bog‘i Muxtor, Bog‘i Zubayda, Bog‘i Chamanlardagi uzumzor va anorzorlar yoz bo‘yi ko‘tarib turgan mevalaridan ayrilib, yakkam-dukkam qovjiroq barglar bilan so‘ppayib qolganlar.
Biroq bu janubiy shaharda kuzning xazonrezlik odatiga bo‘ysunmaydigan daraxtlar ham ko‘p. Hirotga Qandahor tomonidan kelishda yo‘l bo‘yidagi xiyobon va sayrgohlarda o‘sgan minglarcha sarvlar, sanobar* daraxtlari kuzda ham bahordagidek yashnab turibdi. «Husayn Boyqaro hovuzi» deb atalgan ulkan toshhovuz bo‘yida kumushrang jajji yaproqlari qush tilini eslatadigan baland va go‘zal lisonittayr daraxtlari bor — bular ham xazon nimaligini bilmaydi.
Lisonittayrning barglari yara-chaqaga doriligini eshitgan Tohir hovuzdan beriroqda otdan tushdi-yu, jilovini yoshgina navkariga tutqizdi. So‘ng o‘zi hovuzning xilvat¬roq tomoniga o‘ta boshladi. U dorivor barglardan yulib olib ketmoqchi bo‘lib tepadagi shoxlarga tikilib borayotganda qarshidan kimdir:
— Menga qarang, bek yigit! — deb qoldi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:11:42
Tohir daraxtning yo‘g‘on tanasi ortidan chiqib kela¬yotgan mullanamo kishini ko‘rdi. Nimasidir Fazliddin tog‘asini eslatib, yuragini hapriqtirdi. Ammo soqolining uzunligi-yu, yuzining keksanamo ko‘rinishi Tohirni shubhaga soldi. U odob bilan:
— Labbay, — deb salom berdi.
Tohirning yuzidagi xanjar iziga tikilib turgan haligi kishi endi uning ovozini ham tanidi-yu:
— Tohir! Jiyanim! — deb qichqirib yubordi.
Tohir ham endi tog‘oyisini tanib, quchoq ochganicha unga qarab otildi. Hovuzning shishaday tiniq suvida ularning akslari bir-biriga qo‘shilib ketdi.
— Vatanimning hidini olib kelgan jiyanim! Xudoga shukr, eson-omon ekansen!
Mavlono Fazliddin jiyanini quchog‘idan qo‘ydi-yu, ko‘zidan yuziga oqib tushgan quvonch yoshlarini artib, Tohirning kumush kamariga, beklar taqadigan qimmatbaho xanjariga va saqorlot chakmoniga endi razm solib qaradi. Tohirning boshidagi dubulg‘aning tepasida ham beklarga xos kichkina bayroqcha bor edi.
— Jiyanim, martabang oshibdimi?
— Ha, tog‘a, qo‘rchibegimen.
— Muborak bo‘lsin. Ilohim senga yomon beklarning ta’siri urmasin!
— Bobur mirzo ham yomon beklaridan bezgandan keyin bittasining o‘rniga meni qo‘ydi... Xo‘sh, o‘zingiz qalaysiz, mulla tog‘a? Kelganimdan beri qidiramen. So‘roqlab-surishtiray desam, tanish-bilish yo‘q.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:11:58
Yoshi qirqqa kirar-kirmas yuziga ajin tushgan mavlono Fazliddin ma’yus tovush bilan dedi:
— Yuribmiz... Tuproqdan tashqarida. Xudo bizni omadsiz yaratgan ekan-da, jiyanim. Bu yerga kelib, endi Navoiy hazratlarining marhamatlaridan bahramand bo‘lay deganimda, u zoti oliy vafot etdilar. Katta quri¬lishlar Husayn Boyqaro zamonida ham uncha-muncha bo‘lib turgan edi. Mana shu yil Husayn Boyqaro ham olamdan o‘tdi. Qurilishlar taqa-taq to‘xtagan. Bizga o‘xshaganlarga yana ish yo‘q!
— Unday bo‘lsa, Bobur mirzoga bir uchrang.
— Bobur mirzo ham bu yerda mehmon... Meni qabul qiladimi, yo‘qmi? Orada nozik gaplar o‘tgan.
Tohir mavlono Fazliddin bilan Xonzoda begim orasida bo‘lgan murakkab voqealarning chet-yoqasini eshitgan edi.
— Bo‘lmasa, avval men u kishini xoli topib, siz to‘g‘ringizda gap ochib ko‘raymi, mulla tog‘a?
— Mayli, buni keyin yana maslahatlashurmiz. Obbo jiyanim-ey! Men Bobur mirzoning Hirotga kelganlarini eshitganimdan beri «sen ham bormikinsen, yo‘qmikinsen», deb har bir navkarga ko‘z tikib yurgan edim... Qani endi, yur, uyga boraylik! Agar senga mana bu dorivor yaproqlar kerak bo‘lsa, uydan topib beraman. Bizning bog‘chada ham shu daraxtdan bor.
— Bog‘chada... bir o‘zingizmisiz yoki uylandingizmi, mulla tog‘a?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:15:05
— Uylanganmiz, jiyan. Navoiy hazratlari maslahat berdilar. U kishida bog‘bon bo‘lgan durust bir odamning qizi bor ekan...
— Muborak bo‘lsin! Farzandlar ham bormi?
— Ha, bir o‘g‘il, bir qiz.
— E, ajoyib-ku! Unday bo‘lsa, men uyingizga to‘yonalar bilan borurmen!
— O‘zingni ko‘rganim ming to‘yonadan afzal, jiyan! Qani, yur!
Tohir bir necha qadam yurdi-yu, keyin nimanidir eslab, osmonga qaradi. Oftob og‘ib borar edi.
— Mulla tog‘a, uyingiz yaqinmi?
— Yo‘q, uzoqroq. Shahar chetidagi Nazargoh mahallotida. Nima edi?
— Men hozir bir soatdan so‘ng xizmatda bo‘lmog‘im kerak edi. Podshoh buyurgan edi.
— Obbo!.. Undoq bo‘lsa... Shu yerda birpas o‘tiraylik. Men sal diydoringga to‘yay! O‘zing qalaysen, jiya¬nim, uylanganmisen?
Tog‘a-jiyan hovuzdan chetroqdagi tosh kursiga borib o‘tirdilar. Tohir Robiyani qanday topganini aytib berdi-yu:
— Kobulga kelib bitta o‘g‘ilcha ko‘rdik! — dedi. — Otini Safarbek qo‘ydik.
— E, xayriyat! Men bir vaqtlar hamma narsadan umidimni uzgan edim.  Seni ham qayta ko‘rolmasmen, deb o‘ylagan edim. Bosh omon bo‘lsa, hammasi o‘tar ekan... Sen bilan biz-ku, qutulib keldik-a! Andijondagilarning ahvoli ne bo‘ldi?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:15:17
— Buni so‘ramang, mulla tog‘a! Shayboniyxonning qirg‘ini kechalari tushimga kirsa, bosinqirab chiqamen!.. U yoqda rosa abgor bo‘lib, ikki yuz qirqtagina odam bilan Xurosonga qarab jo‘nadik. Hisor tog‘larining orasida rosa qiynaldik. Ot-ulovlar o‘lib-so‘yilib tamom bo‘lgan. Bobur mirzo ham otini onasiga berib, o‘zi pi¬yoda yuradi. Oyoqlarimizda choriq. Qo‘llarimizda tayoq. Turadigan joyning tayini yo‘q. Birov beri kel, demaydi. Arzimagan amaldorlar Bobur mirzoday odamga behurmatlik qilib «yo‘llaringdan qolmanglar, Hisordan tezroq o‘tinglar», deydi. Bizning g‘azabimiz kelib, qo‘pol gapirgan amaldorlarni chopib tashlasak, deymiz. Lekin Bobur mirzo: «Bardosh qilinglar, tezroq Amudaryodan o‘tib olaylik», deb shoshiradi.
— Lekin shoshirganicha bor ekan-da, jiyan. Sizlardan sal keyin Shayboniyxon Hisorni ham bosibdi-ku.
— Ha, keyin bilsak, Bobur mirzo uzoqni o‘ylab shunday qilgan ekanlar. Hisor podshosi Xisravshoh umrida bir mushuk bilan ham urushib ko‘rmagan qo‘rqoq odam ekan. Beklarning ko‘pchiligi undan norozi ekan. Bobur mirzoga maxfiy odamlar yuborib: «Keling, Hisorni sizga beraylik!» der ekanlar. Lekin Bobur mirzo fitnaga aralashmadi. «Keling», degan haligi beklarga: «Xoqon bo‘lsalaring o‘zlaring kelinglar», deb yaxshi gaplar aytib odam yubordilar. Biz Amudaryodan bu yoqqa o‘tganda, Shayboniyxon Hisorga bostirib kiribdi. Qo‘rqoq Xisravshoh xon bilan jang qilishga yuragi betlamay, poytaxtni tashlab qochibdi. Uning o‘ttiz ming qo‘shini tarqab ketibdi. O‘zingiz bilasiz, mulla tog‘a, bunday paytda beklar nomi ulug‘roq bir podshoh izlab qolishadi. Bobur mirzo Shayboniyxon bilan dadil jang qilgani, birda yengilgan bo‘lsa, birda uni yenggani eslariga tushadi. Ilgarigi eshik og‘a Qosimbek o‘sha paytda Hisor qo‘shinining orasida edi. Uning Bobur mirzoga ixlosmandligini bilasiz.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:18:10
Xullas, ini buzilgan ariga o‘xshab tarqalgan Hisor qo‘shini Amudaryo bo‘yida bizga kelib qo‘shilaverdi. Eng avval Boqibek Chag‘oniyoniy degani to‘rt yuz askari bilan keldi. Bobur mirzo unga kutganidan ziyoda hurmat ko‘rsatdi. Boqibekni eng baland martabali eshik og‘a qilib  qo‘ydi.  Keyin  Xisravshohning  boshqa beklari-yu, navkarlari ketma-ket kelib bizga qo‘shilaberdi-da. O‘zimiz daryodan ikki yuz qirqtagina odam o‘tgan edik. Bir oy ichida to‘rt mingga yetdik...
Mavlono Fazliddin jiyanining so‘nggi yillarda bir qadar o‘zgarib qolganini endi aniqroq sezdi. Tohir ilgari bunchalik so‘zlay olmas edi. U gapdon asilzodalar orasida ko‘p yurib, mulozimlarga xos murakkab iboralar ishlatishga o‘rgangan edi.
— Biz Kobulga kelsak, arg‘in degan urug‘dan Muqimbek hokim bo‘lib o‘tirgan ekan. Taxt da’vo qi¬lishga haqqi ham yo‘q, biz bilan olishadigan kuchi ham yo‘q. Kobulni bizga jangsiz berdi. Keyin Husayn Boyqarodan Bobur mirzoga xat berdi. «Cherik bilan ke¬ling, Shayboniyxonga qarshi ittifoq bo‘lib chiqaylik», debdi. Otda qirq kun yurib shuncha joydan kelsak, Husayn Boyqaro olamdan o‘tibdi.
— Bir jihatdan Kobulni poytaxt qilib, bu yerga obro‘ bilan kelganlaring yaxshi bo‘libdir, jiyanim. Aks holda, Husayn Boyqaroning kalondimog‘ o‘g‘illari Bobur mirzoni pisand qilmagan bo‘lur edi.
— Lekin hozir hurmatimiz juda joyida. Shahar hokimini bizga qo‘shib qo‘yganlar. Hirotni aylantirib rosa tomosha qildirdi. Katta dargohlarda har kun ziyofat. Bugun kech Bobur mirzo yana saroyga borishlari kerak edi...
Tohir osmonga ko‘z tashlab, oftobning ancha pasa¬yib qolganini ko‘rdi-yu, bezovtalanib o‘rnidan qo‘zg‘aldi:
— Mulla tog‘a, men kech qolsam bo‘lmas. Sizning uyingizga ertaga borsam maylimi? Qanday topib boramen? Shuni ayting.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:18:31
Ular Tohirning otini jilovidan tutib turgan navkar¬ning  oldiga  borgunlaricha  mavlono Fazliddin uyining qayerdaligini Tohirga batafsil tushuntirdi. Tohir otining jilovini navkarining qo‘lidan olar ekan:
— Mulla tog‘a, otingiz qani? — dedi.
— Jiyanim, men piyoda yuramen.
— Uyingiz uzoq bo‘lsa ham-a?
— O‘rganib ketganmen.
Tohir tog‘asining kambag‘allashib qolganini endi sezdi-yu, otining kumush bezakli yuganini mavlono Fazliddinga tutqazdi:
— Bo‘lmasa mana shu ot sizniki.
— O‘zing-chi, jiyanim?
— Otxonada mening yana ikkita otim turibdi. Mining!
Tohir tog‘asini qo‘ymasdan otga mindirdi-yu, beliga qistirilgan qimmatbaho qamchini ham tog‘asiga berdi.
— Siz O‘shda menga mindirib yuborgan otning quluni bu, mulla tog‘a. O‘shanda meni boshdan-oyoq kiyintirgan edingiz-a, esingizdami?
— E, bosh omon bo‘lsa do‘ppi topiladi, jiyan! Buni eslatib o‘tirma.
«Ammo ertaga kelin ayamga ham, bolalariga ham bosh-oyoq kiyimlik olib borib, tog‘amni yana bir suyuntirishim kerak!» dedi Tohir o‘zicha.
Ikkinchi ot ustida o‘tirgan yoshgina navkar nima bo‘layotganiga unchalik tushunmasa ham tog‘a-jiyanga angrayib qarab turardi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:19:03
Mavlono Fazliddin xo‘shlashib keta boshladi. Tohir navkariga qarab shipshidi:
— Farosating bormi?
Bekni piyoda qoldirib, navkarning otliq turishi chindan ham odobga to‘g‘ri kelmas edi. Yosh navkar buni ertaroq sezmaganidan izza bo‘lib otdan sakrab tushdi va jilovini Tohirga tutdi:
— Afv eting, bek janoblari.
Mavlono Fazliddin o‘girilib qaradi-yu, Tohir nav-karning otida beklarcha savlat to‘kib borayotganini, navkar esa uning yonida yo‘rg‘alab piyoda ketayotganini ko‘rdi. Navkardan chiqqan ba’zi beklar obro‘talab bo‘lishi mavlononing esiga tushdi. «Ishqilib, Tohir o‘shalarga o‘xshamasin-da!» deb qo‘ydi ichida.

_________________
* S a n o b a r  — nina bargi och havorang tusdagi go‘zal qarag‘aysimon daraxt. Bizda masalan, Sayrobda uchraydi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:19:15
2

Bugun o‘n yetti kundirki, Bobur Hirotda Alisher Navoiy istiqomat qilgan muhtasham Unsiyada* yashaydi. Unsiyaning baland peshtoqlari, niliy gumbazi, oftobda jilolangan rang-barang koshinlari Boburga Samar¬qanddagi Ulug‘bek madrasasini eslatadi. Lekin Unsiya-ning to‘rt tomonidagi to‘rtta minorasi Ulug‘bek madrasasinikidan balandroq, binoning hajmi ham kattaroq edi. O‘zi bundan o‘n besh yilchagina oldin qurib bitirilgan, hali hamma bezaklari yap-yangi edi.
Unsiyaning ichidagi xonalardan bir qanchasini Navoiyning shaxsiy kutubxonasi egallagan. Bobur kutubxonadagi kitoblarni varaqlaganda, ularning ba’zi joylarida ulug‘ shoirning dastxatini ko‘rdi-yu, Samar-qandda undan olgan maktubni esladi. Navoiyni ko‘rishga muyassar bo‘lolmagani uchun yuragini ma’yus tuyg‘ular chulg‘adi.
Kutubxona eshigi oldiga chiroyli bir javonga o‘xshash katta soat qo‘yilgan. Belgili vaqtlarda bu soatning  tepasidagi  jajji  haykalcha harakatga keladi-yu, oltin bolg‘achalar bilan ohangdor qilib zang chaladi. Bunday soat yasash g‘oyasini soatsozga Navoiyning o‘zi aytib, maxsus buyurtma bergan edi. Keyin Hirotda «Alisheriy» deb ataladigan zang chaluvchi soatlar rasm bo‘lib ketgan edi.
Bobur kutubxonadan chiqar ekan, ustma-ust zang chalayotgan soatga qarab turib, o‘zicha o‘ylandi: «Ajab! Alisherbekning o‘zlari vafot etgan bo‘lsalar ham ixtirolari tirik. Umri soniy shulmikin? Bu soat o‘z egasining ikkinchi umrini o‘lchab zang chalmoqdamikin?»
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:19:36
Unsiyaning ich-tashida bu binoni qurgan va unda hayotining oxirgi kunigacha yashagan noyob insonning ruhi kezib yurganga o‘xshardi. Bobur Navoiyning qo‘li tekkan eshiklarni ehtiyot bilan ochar, marmar zinalarda uning ko‘zga ko‘rinmas izlarini bosib o‘tayotganini his qilib, mumkin qadar sekin qadam tashlar edi.
Hovlida toshhovuz bo‘yidagi chinorlar tagida farrosh yigit xazon supurmoqda edi. Bobur ikki tomonida to‘q yashil shamshod daraxtlari qator turgan chiroyli yo‘lkaga burildi. Bu yerda uni Navoiyning shogirdi Xondamir va uning eng yaqin nadim*laridan Sohib Doro kutib turar edilar. Hassa tayangan keksa Sohib Doro Bobur bilan ko‘rishayotib:
— Amirzodam, — dedi. — Hazrat Mirning vafotla¬ridan beri Unsiya ruhsiz tanadek edi. Siz kelganingizdan so‘ng bu tanada yangi jon, yangi ruh paydo bo‘ldi!
Yoshi o‘ttizlarga borgan tiyrak ko‘zli Xondamir Boburga sinovchan nazar bilan kulimsirab tikildi: «Andijondan kelgan yigirma to‘rt yoshlik shahzoda bu mubolag‘ali gapga yarasha kamtarona javob toparmikin?»
Qalbi ezgu va ma’yus tuyg‘ularga to‘lib turgan Bobur shoirona o‘xshatishlar qilib o‘tirgisi kelmay jo‘n javob berdi:
— Mavlono, hazrat Alisherning makonlari mening o‘zimda yangi bir ruh paydo qildi. Bu yerda men san’atu ma’rifatning hali umrimda ko‘rmagan kamolotini ko‘rmoqdamen.
Xondamir Boburning javobidan qanoatlangandek mamnun bosh irg‘adi. Sohib Doro ham:
— Siz haqsiz, amirzodam, — dedi. — Hazrati Mir neki yaratgan bo‘lsalar, hammasida o‘zlarining oliy ruhlaridan bir nishona qoldirmishlar. Mana bu minoralarga bir nazar tashlang!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:19:52
Bobur uchi osmondagi oq bulutlarga tegay deb turgan baland koshinkor minoralarga tikildi.
Odatda, yuksak minoralarning odam chiqib atrofga qaraydigan usti yopiq halqasi, ya’ni shiyponchasi eng tepasida bo‘ladi. Unsiya minoralarida esa tepadagi halqadan tashqari o‘rta belida ham maxsus halqalar bor edi. Sohib Doro buning sababini aytdi:
— Hazrati Mir Hirot manzaralariga baland bir joydan qarab o‘ltirib hordiq chiqarar edilar. Keksaygan paytlarida minora tepasidagi halqaga chiqishlari mumkin bo‘lmay qoldi. Shundan so‘ng me’morga o‘zlari aytib, pastroqqa ham halqa qurdirdilar.
— Iloj bo‘lsa, shu halqalardan biriga biz ham chiqsak, — dedi Bobur.
— Bajonidil!
Sohib Doro Boburni Xondamir bilan birga g‘arbiy minoraga tomon boshladi. Ammo minora ichidagi tik, aylanma zinalardan chiqolmasligini aytib, o‘zi pastda qoldi. Minoraning o‘rta halqasiga Boburni Xondamir boshlab chiqdi.
Ular atrofga ko‘z yugurtirishdi. Uzoqda qorli Muxtor va Iskalja tog‘lari. Pastda kuz kirib, suvi jildirab qolgan Injil anhori. Uning chap sohilida mashhur Gavharshodbegim madrasasi savlat to‘kib turibdi. Navoiy qurdirgan Ixlosiya madrasasi Injilning o‘ng qirg‘og‘ida — Gavharshodbegim madrasasiga yuzma-yuz tushgan edi. Ixlosiyadan narida bemorlar davolanadigan, ayni vaqtda, mudarrislar yoshlarga tibbiyot ilmini o‘rgatadigan Shifoiya nomli shifo¬xona— madrasa. Undan narida ulkan gumbazli Xalosiya xonaqohi. Katta bir mahallaning o‘rnini oladigan joy Alisher Navoiy qurdirgan nodir obidalarga to‘lib, Hirotning salobatiga salobat qo‘shgan edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:20:06
Shaharning narigi yoqlarida ham moviy tog‘larga o‘xshab yuksalib turgan minora va gumbazlarning ko‘pligi Boburga birdan Samarqandni eslatdi-yu, yuragini dard aralash sog‘inch tuyg‘usi chulg‘adi.
— Mavlono, — deb Bobur Xondamirga yuzlandi. — Hirot obidalarini qurgan me’morlar orasida Mova¬rounnahrdan kelganlari ham bormidi?
— Amirzoda, Siz Hirotda Samarqand sayqali ham borligini sezib turganga o‘xshaysiz.
— Ha, savolimning boisi ham shu.
— Hirotning ko‘p ulug‘ zotlari Samarqandda tahsil ko‘rmishlar. Ular Samarqand sayqalini qalblarida olib kelmishlar, yana Movarounnahrdagi fatoratlardan bezib qochgan talay iste’dodlar Hirotga kelib, hazrat Alisherdan panoh topmishlar. U oliy zotning fazilatlari behisob edi. Lekin faqirga eng ulug‘ tuyulgan fazilatlari— hazrat Mirning iste’dodshunosliklari-yu, zakovatparvarliklari edi. Ulug‘ ishlarini ulug‘ iste’dodlarsiz qilib bo‘lmasligini hazrat Alisher yaxshi bilur edilar. Shuning uchun hamisha el-ulus orasidan nodir iste’dodlar izlab o‘tdilar. Yonlarida yurgan nadimlariga, musohiblariga, biz kabi shogirdlariga aytar edilarki, baxillik doim nursiz, layoqatsiz, iste’dodsiz odamlardan chiqur. Xususan, oliy jamiyatda layoqatsiz baxillar doim iste’dodlarning yo‘lini to‘surlar, xudodod zakovatlarini yuzaga chiqarmay, xayf qilurlar, bundan butun xalq zarar ko‘rur. Dunyodagi eng mash’um baxillik, iste’dodlarning yo‘lini to‘sguvchi baxillikdir. Dunyodagi eng oliy saxovat esa nodir iste’dodlarni yuzaga chiqaruvchi saxovatdir.
— Ayni haqiqat! — zavqlanib xitob qildi Bobur.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:20:20
Xondamir bu xitobdan ruhlanib, ovozini xiyol ko‘tarib davom etdi:
— Biz biron safardan qaytsak yoki hazrat Alisherga bir-ikki kun ko‘rinmay yurib, keyin huzurlariga kelsak: «Qani, xo‘sh, yana qanday ajoyib iste’dod uchratdingiz?»— deb so‘rar edilar. Biz uchratgan nodir iste’dodlarning ba’zilari o‘n besh-o‘n olti yoshlik o‘spirinlar bo‘lar edi. Hazrat Alisher: «Bo‘ladigan bola o‘n besh yoshida bosh bo‘lur, bo‘lmaydigan odam qirq yoshida ham yosh bo‘lur», der edilaru topilgan iste’dod o‘spirin bo‘lsa ham huzurlariga chorlar edilar. «Sohib Doro iste’dodli shoir Zayniddin Vosifiyni o‘n besh yoshida hazrat Mirning huzuriga keltirgan edi. Hazratning saxovatlaridan bahramand bo‘lgan bu yosh shoir juda tez ulg‘ayib, butun Hirotga mashhur bo‘ldi. Ulug‘ musavvir Kamoliddin Behzod ham yoshlikdan hazrat Mirning tarbiyalari bilan ulg‘aydilar. Shoir Hiloliy, xattot Sulton Ali Mashhadiy ham hazrat Alisher kashf etib, tarbiyat qilgan iste’dodlardandir. Ko‘z o‘ngimizda turgan Hirot so‘nggi o‘ttiz-qirq yil mobaynida avvalgidan o‘n barobar go‘zalroq, ulug‘vorroq bo‘lib ketganini barcha fozil kishilar ay-turlar.
— So‘zingiz chin, mavlono. Men ko‘rgan Rub’i maskunda* Hirotdek shahar yo‘qdir!
— Amirzodam, bugungi Hirotni shunchalik go‘zal, shunchalik ulug‘ qilganlar — el-ulus orasidan chiqqan iste’dodlar emasmi?
— Rost! Ko‘z o‘ngimizda turgan barcha nodir obidalar — ulug‘ iste’dodlar xazinasidan chiqqan gavharlardir.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:20:38
— Lutf qildingiz, amirzodam. Hazrat Alisher — gavharday bebaho iste’dodlar xazinasini ochgan eng ulug‘ kashfiyotchi edilar. Buni sulton Sohibqiron Husayn Boyqaro ham tan olgan edilar. Eshitgandirsiz amirzodam, hazrat Alisher bilan Husayn Boyqaroning oralariga nifoq solgan baxillar ko‘p edi. Ma’lu¬mingizkim, sulton Husayn mastlikda ko‘p yomon ishlar ham qilgan edilar... Ammo ichmay yurgan ta’blari tiniq kunlarda hazrat Alisherga shundoq ehtiromlar ko‘rsatar edilarki, hammamiz hayron qolar edik.
Bobur Xondamirning zavqli bir voqeani eslagandek mamnun kulimsiraganini ko‘rdi-yu, uning hikoyasini kutib, yuziga tikildi.
Xondamir hali yigit yoshida bo‘lsa ham ko‘p o‘ltirib ishlash oqibatida bir oz semirib qolgan to‘la gavdali o‘rta bo‘y kishi edi. U go‘shtdor barmoqlari bilan qoshining ustini silab qo‘ydi-yu:
— Hazrat Alisher «Xamsa»larini bitirib Sulton Husayn Boyqaroga o‘qishga berdilar, — deya hikoya qila boshladi. — Sulton Husayn ta’bi nazmi o‘tkir zot edilar. «Xamsa»ni o‘qib hazrati Alisherni saroylariga chaqirmishlar, butun a’yonlari oldida tabrik aytmishlar. Sulton Husaynning yaxshi ko‘rgan bebaho bir oq otlari bor edi. Miroxo‘rga: «O‘shal otni keltiring!» — deb buyurmishlar. Mir hazratlari hayratga tushib: «Menga ot in’om qilmoq¬chilarmi? — deb o‘ylamishlar. Otni keltirgunlaricha podshoh Mir Alisherga qarab: «Endi siz she’ri¬yatda menga ustoz pirsiz, men sizga murid bo‘lmoqchimen», deganlar. Mir Alisher iztirob bilan e’tiroz qilganlarki: «Hazratim, siz podshohdirsiz, sizga men murid bo‘lmog‘im kerak». Shu asnoda oq otni oltin anjomlari bilan keltirurlar.  Sulton Husayn kulib turib so‘rabdilar: «Murid pirning amrini bajarmog‘i kerakmi?» Mir Ali-sher, albatta, tasdiq javob bermishlar. Shunda podshoh u oliy zotga aytmishlarki: «Bo‘lmasa, mana shul otga mi¬ning!» Shohning amri vojib. Mir Alisher otga yaqinlashurlar. Oq otning bir fe’li bor ekan: Sulton Husayndan boshqa odam minmoqchi bo‘lsa, belanglab qo‘ymas ekan.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:20:51
Mir Alisher yaqinlashganda ot belang¬lashga tushmish. Shunda Sulton Husayn otni jilovidan olib: «Tinch tur!» — deb o‘shqirurlar. Ot tinchlangach, hazrat Mir unga minurlar. Saroy ahli: «Endi nima bo‘larkin?» deb nafaslarini ichlariga olib sukutga ket-mish. Sulton Husayn otning jilovini ilklaridan qo‘ymay hovli bo‘ylab yurib ketmishlar. Hamma hayron. Shunda podshoh ot ustidagi hazrat Alisherga ayturlarki: «turkiy tilda birinchi bo‘lib yozgan ulug‘ «Xamsa»ngiz uchun mendek Sulton Sohibqiron sizga jilovdor murid bo‘lsa arzir!» Saroy ahli bu so‘zni eshitib, lol bo‘lib qolmish. Hazrat Alisherning o‘zlari shu darajada mutaassir bo‘lmishlarki, hushlaridan ketib qolmishlar. Keyin mulozimlar chopib borib hazratni otdan tushirib olmishlar... Ana, amirzodam...
— Fikringizga tushundim, mavlono, — dedi Bobur o‘ychan tovush bilan. — Qayerdaki iste’dodlarga baxillar zavol keltirolmasa-yu, saxiylar yo‘l ocha olsa, o‘sha joy bugungi Hirot kabi kamolot cho‘qqisiga ko‘tarilar ekan.
Xondamirning ko‘nglidagi gapni Bobur bunchalik yaxshi topib aytgani mavlonoga g‘alati ta’sir ko‘rsatdi. Xondamir Boburda o‘zining maslakdoshini topganday quvonib:
— Tasanno, amirzodam! — dedi. — O‘shal ulug‘ zotlar davrida Hirotning kamolot quyoshi osmonning eng baland nuqtasiga chiqqani rost! Lekin... afsuski, quyosh eng baland nuqtadan so‘ng pastga og‘ar ekan. So‘nggi yillarning mudhish voqealarini ko‘rib, qalbimni bir vahm titratur: «Hirotning tole quyoshi asta-sekin og‘ib tushmasdan, birdan zulmat qa’riga qulab ketsa... unda ne qilg‘aymiz?
Xondamir Movarounnahrdagi to‘polonlar va qir-g‘inlar Shayboniyxonning qo‘shini bilan birga Hirotga ham yaqinlashib kelayotganini sezgani uchun shu iztirobli savolni bergan edi. Uning nazarida, bu savolga Shayboniyxon bilan yuzma-yuz olishgan Boburgina javob berishi mumkin edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:21:45
— Iztirobingiz bejiz emas, mavlono, — dedi Bobur.— Hirotdagi bugungi osoyishtalik dahshatli to‘fon oldidan bo‘ladigan muvaqqat sokinlikni eslatur. Toshkent ham men so‘nggi marta borganimda, xuddi hozirgi Hirotga o‘xshar edi. Men ming balolarni boshdan kechirib, jahannam qa’ridan chiqib borgan edim. Marhum tog‘oyim Mahmudxonga: «Bu balolar sizning ham boshingizga tushmasin, birga chora topaylik», deganimda istehzo qilib kulgan edi. Rahmatlik siz aytgan iste’dodsiz, layoqatsiz tojdorlardan edi... Xiyla baxilligi bor edi... Mahmudxon axiri Shayboniyxonning oyog‘i tagida qandoq toptalganligi ma’lumingizdir.
— Nahotki, o‘sha hodisalar Hirotda yana takrorlansa, amirzodam?
Bobur Hirotning shimol-g‘arbida g‘ubor ichida ko‘rinayotgan Soqi Solmon cho‘lining xira ufqiga tikilib, o‘ylanib qoldi. U Hirotga temuriylarning boshini qovushtirib, Shayboniyxonga qarshi mustahkam ittifoq tuzish uchun kelgani, bu mavzuda qariyb yigirma kun-dan beri muzokara borayotgani Xondamirga ma’lum edi. Bobur tezda javob beravermagach, Xondamir andisha qilib dedi:
— Amirzodam, muzokaralar maxfiy bo‘lsa, faqir davlat sirlarini bilishga haqqim yo‘q. Faqat...
— Mavlono, minora ustida biz faqat ikkimiz turibmiz. Mening sizdan yashiradigan sirim yo‘q. Hirot taxtida ikki og‘a-ini birga podshohlik qilishlarini bilursiz.
— Ha,  asli  o‘zi  taxt  Badiuzzamon  mirzoniki edi-yu, lekin Xadicha begimning tarafdorlari Muzaffar mirzoni ikkinchi podshoh qilib ko‘tardilar. Tarixda hargiz misli ko‘rilmagan hodisa.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:22:12
Xondamirning bu hodisadan norozi ekanligi sezilib turardi. Bobur bosiq tovush bilan so‘zida davom etdi:
— Har ikki podshohlaringiz ham mehmondo‘stlikda, suhbatdorlikda, orasta bazm o‘tkazishda benazirlar. Ammo jangu jadalga xohishlari yo‘qmi, har qalay, Murg‘ob bo‘yida uchrashganimizda g‘alati bir hodisa bo‘ldi. Xonning bir pora qo‘shini Xurosonning Chechektu navohisini* bosgani to‘g‘risida xabar keldi. Xonning o‘zi Amudaryodan narida edi. Xondan ko‘ra biz turgan joy Chechektuga yaqinroq edi. Men taklif qildimki, Chechektuni besh-olti yuz kishilik yog‘iy bosgan bo‘lsa, darhol otlanib ularning o‘zlarini bosmoq kerak. Toki xon qo‘shini Xurosonga osonlikcha kelolmaydigan bo‘lsin. Badiuzzamon mirzo inilari Muzaffar mirzoni Chechektuga yubormoqchi bo‘ldilar. Ma’lumingizkim, har ikkovlarining o‘z eshik og‘alari, o‘z mulozimlari, o‘z cheriklariyu alohida sarkardalari bor. Muzaffar mirzo jang ko‘rmagan yigit. Chechektuga borishga jur’at qilmadi. «Hazrat og‘am borsalar, biz boshqa chegaralar himoyasida bo‘lurmiz», dedi. Badiuzzamon mirzo: «Men jangda nobud bo‘lsam, bu taxtni yolg‘iz o‘zi egallaydimi?» deb o‘yladi nazarimda, Chechektuga borgisi kelmadi. Ko‘p sansalor bo‘lgandan so‘ng men aytdimkim: «Ijozat bergaysizlar, men yigitlarim bilan borib, Chechektuni yog‘iydan ozod qilishga urinib ko‘ray». Og‘a-ini bir-birlariga qaradilaru el-ulusdan nomus qildilar. «Siz mehmonsiz» deb, meni bu ni¬yatimdan qaytardilar. Qo‘ymasdan Hirotga boshlab keldilar. Chechektu yog‘iy ilkida qoldi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:22:20
Xondamir kuyunib «uh» tortdi:
— Bu hammasi — Xurosondan tole yuz o‘girayotganining nishonasi! Amirzodam, boshimiz ustida qanday balolar to‘planayotganini bizning podshohlarimizdan ko‘ra siz yaxshi bilursiz. Chunki barchasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rmishsiz. Biz bu haqda mavlono Behzod bilan ham ko‘p gaplashdik. Hirotning barcha jonkuyar fozil kishilari umid ko‘zini sizga tikkanlar. Xatar qanchalik kuchli ekanligiga shoyad podshohlarimizni ishontir¬sangiz. Barcha yaxshi kuchlar birlashsa-yu, shoyad falokatning oldini olishga muyassar bo‘lsalar.
Bobur minoradan pastga tikilib:
— Bilmadim, mavlono, — dedi. — Bugun-erta podshohlar bilan yana shu haqda gaplashmoqchimen.
— Ilohim, kushoyishi koringizni bersinu muzokarangiz biz istagandek tugasin, amirzodam!
Bobur tashakkur aytib, minora zinapoyasiga tomon yo‘naldi. Pastga tushayotib, Hirot qal’asining ichida— baland tepalik ustida turgan ulkan arkka noxush nazar tashladi.

_______________
* N a d i m — qurdosh-suhbatdosh.
* R u b ’ i  m a s k u n — dunyoning inson obod qilgan qismi.
* U n s i ya — «Do‘stlik uyi» demakdir.
* N a v o h i — kichik o‘lka, tuman.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:22:36
3

Kuz iliq kelgani uchunmi, Hirot tojdorlari hali ham qal’a tashqarisidagi bog‘larda yashamoqda edilar. Shaharning shimol-sharqidagi Qipchoq darvozasidan narida Shohruh mirzo davrida mashhur bo‘lgan Bog‘i Safidda Muzaffar mirzo Bobur sharafiga katta ziyofat berdi. Hirotning eng zo‘r pazandalari tayyorlagan g‘izol* kaboblari, ishtaha ochuvchi nordon ocharlar*, mohicha nomi bilan mashhur bo‘lgan o‘ta nozik xushta’m suyuq oshlar Muzaffar mirzo o‘z mehmoni bilan o‘tirgan tillakori ko‘shkning yuqorigi qavatiga ketma-ket olib chiqilmoqda edi. Sozandalar poygahroqda o‘tirib, qonun va udda, g‘ijjak va nayda etni jimirlatuvchi kuylar cha¬lishardi. Hirotning mashhur hofizlari ovozlarini uncha baland ko‘tarmasdan, yurakning qat-qatiga singadigan sokin mayin tovush bilan ashula aytishar, bu hammasi Boburga juda ulug‘vor bir san’atning namunasi bo‘lib tuyulardi.
Bazm avjiga chiqqanda soqiy Bobur qarshisiga kelib, bir tizzasini gilamga tirab cho‘kkaladi, so‘ng yigirma yildan beri xumda kuch yig‘ib yotgan va bugungi ziyofat uchun ochilgan tiniq xushbo‘y mayi nobdan surohiyga quydi-da, Boburga uzatdi. Bobur hali may ichmagan edi. Ammo hozir eshitgan kuy va ashulalarining ta’sirida birdan uning may ichgisi keldi-yu, o‘ng yonidagi Qosimbekka qaradi.
Obburdonda Boburdan ajralib Hisorga ketgan Qosimbek Qavchin bultur Kobulda barcha navkari bilan birga Bobur xizmatiga qaytib kelgan va yana uning eng yaqin maslahatgo‘yiga aylangan edi. Qosimbekning o‘zi umrida may ichmagan xudotars kishi bo‘lgani uchun Boburni ham ichkilikka yo‘latgisi kelmas edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:22:48
— Amirzodam, — shivirladi Qosimbek. — Badiuzzamon mirzoning chog‘ir majlisida may taklif qilganlarida ichmagan edingiz. Bu yerda ichsangiz, narigi mirzo eshitib ko‘ngliga olmasmikin?
Bu so‘zlar Boburni sergaklantirdi. U bitmay yotgan murakkab va chigal ishlarini esladi-yu, Muzaffar mirzoga qarab:
— Faqirni ma’zur tuting, mirzo hazratlari, — dedi. — Men umrimda may ichmaganmen!
Muzaffar mirzo Boburning may ichishdan qo‘rqayotganini sezib, qah-qah urib kuldi. Uning anchagina kayf qilgani shu beandisharoq kulgisidan bilindi:
— Amirzodam, nahotki butun Andijonu Samarqand may zavqidan bexabar bo‘lsa?
— Mirzo hazratlari, may zavqi Samarqandu Andijonda ham keragidan ortiq. Ammo faqir boshqa zavqlardan ortmas edim. Uzrimni hazrat og‘angiz Badiuzzamon mirzo qabul qilgan edilar... Faqir andesha qilmoqdamen...
Badiuzzamon mirzo tilga olingach, Muzaffar mirzo ham  jiddiylashdi.  Boburning andishasi  unga asosli tuyuldi-yu, soqiyga: «Bas, qistama!» ishorasini qildi. Bazmda Badiuzzamon mirzoning eshik og‘asi Zunnunbek arg‘un ham bor edi. Soqiy podshosining ishorasi bilan Boburga qo‘yilgan mayni o‘sha Zunnunbekka berdi.
Odamlarning kayfi oshgan sari bazm qizib borar, ba’zi beklar ham o‘rtaga chiqib raqs qilishar, Mir Sarbarahna, Burxon gung degan mashhur qiziqchilar¬ning askiyalaridan ko‘tarilgan qahqahalar shiftdagi naqshlarni ham titratayotganday bo‘lar edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:23:17
Husayn Boyqaroning o‘limiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan. Hirot xavf ostida turgan og‘ir bir vaziyatda shunchalik xushchaqchaq bazm o‘tkazilayotgani Boburdan ham ko‘ra Qosimbekning g‘ashini keltirmoqda edi. Qosimbek kulgi, shovqin orasida Boburga shivirladi:
— Bu shirakayf shoh bilan endi muzokara qilib bo‘lmas. Buning ixtiyori onasi Xadicha begimda emish. Hozir begimning huzuriga chiqaylik, amirzodam.
— Ziyofat tugamasdan chiqib ketsak, behurmatlik bo‘lmasmi?
— Qulingiz kelishib qo‘yganmen. Begim o‘z qasrlari¬da bizga muntazirlar.
Askiyachilar musobaqasi tugab, kulgilar bosilgach, Bobur Muzaffar mirzodan hazrat begimning huzurlariga borish uchun ijozat oldi.

________________
* G‘ i z o l — kiyikning Xurosonda ko‘p uchraydigan bir turi.
* O ch a r — zira va sirka qo‘shib tayyorlangan go‘shtli taom.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:23:55
* * *

Oq marmardan qurilgan uch qavatli ulkan qasrda o‘nlab oltin qandillar yonmoqda edi. Bobur, Qosimbek, Zunnunbek va ularni boshlab borayotgan Burunduqbek zinalarga to‘shalgan mayin guldor poyandozlardan tovushsiz qadam tashlab, uchinchi qavatga ko‘tarildilar. Qasrning devorlariga Shohruh mirzo o‘zining san’atkor o‘g‘li Boysunqur mirzo uchun ishlatgan go‘zal rasmlar hali ohori to‘kilmay yap-yangi turar edi.
Xadicha begim Boburni qasrning muhtasham qabul¬xonasida kutib oldi va olti oyog‘i ham quyma oltindan ishlangan, ustiga yaxlit sadaf qoplangan miz yoniga o‘tqazdi.
Salobatli, xushqomat begimning orqarog‘ida — qabul¬xonaning eng ko‘zga ko‘rinarli joyida bir tup atirgul yarqirab turibdi: poyalari oltindan, barglari zumraddan, to‘q qizil gullari yoqutdan. Gul shoxiga qo‘nib turgan kichkina oltin bulbulning tumshuqchasida — don o‘rnida sof gavhar jilolanib turibdi. Qabulxonaning eshik va derazalariga osilgan shohi darpardalarga ham durlar, la’llar va boshqa qimmatbaho toshlar qadalgan edi.
Faqat Xadicha begimning o‘zi qoramtir kumushrang parchadan bezaksiz kabo kiygan, uning boshidagi ko‘kish toqida ko‘zga uncha tashlanmaydigan siyrak marvarid donalari ko‘rinar edi. Aqlni  shoshiradigan bunday javohirot orasida go‘zal qiz-juvonlar qurshovida o‘tirgan ellik yoshli ulug‘sifat malika Boburni ham, Qosimbekni ham ancha dovdiratib qo‘ydi.
Bobur ko‘ngliga tugib kelgan murakkab gaplarini begimning musohabalari va kelinlari oldida qanday aytishni bilmay bezovtalandi. Xadicha begim buni sezib osoyishta kulimsiradi:
— Amirzodam, siz bizga qarindoshsiz. Shuning uchun mening kelinlarim, musohabalarim sizni ham o‘z mirzolaridek e’zozlab suhbatingizga ishtirok etmoqchilar. Tortinmay erkin o‘ltiring.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:24:10
— Mutashakkirmen!
Yuzlarida yupqa oq pardalari bor qiz-juvonlarning yuz-ko‘zlari sham yorug‘ida uncha aniq ko‘rinmas edi. Ammo xina qo‘yilgan nafis qo‘llar, ipak kiyimlar og‘ushidagi ingichka bellar va baland ko‘kraklar ko‘pchilik ayollarning yosh juvonlar ekanidan dalolat berardi. Muzaffar mirzoning eng ko‘hlik xotinlaridan Qorako‘zbegim degani qaynonasining qulog‘iga labini yaqinlashtirib, yengil bir kulgi bilan allanarsa  dedi.  Xadicha  begim  ham sho‘x kulib bosh irg‘adi-yu, Boburga yuzlandi:
— Amirzodam, Hirotning asilzoda qizlari sizga maroq bilan ko‘z tikar emishlar. Shunday bahodir shoh, shunday ko‘hlik yigit, shunday iste’dodli shoir haramsiz bo‘ydoq yashar emishsiz. Rostmi?
Bobur qip-qizarib yerga qaradi-yu, bu to‘g‘rida gap ochilganidan ozorlanib:
— Hazrat begim, rost, — dedi. — Taqdiru nasibim shundoq bo‘ldi.
— Taqdiringiz endi tag‘ayyur topsin, amirzodam. Hirotda qolib, Muzaffar mirzoga ini bo‘ling. Siz ham temuriyzodalardansiz. Hirotdan sizga munosib go‘zalu oqila qizlar topaylik, to‘y-tomosha bilan uylaning.
Muzaffar mirzoga ini bo‘lish — uning tarafdoriga aylanish degan so‘z edi. Bir vaqtlar nevarasi Mo‘min mirzoning o‘ldirilishiga sabab bo‘lgan Xadicha begim, ehtimol, kelajakda Badiuzzamon mirzoni ham yo‘q qi¬lish va o‘g‘lini yakka podshohga aylantirish maqsadidadir. Bobur uning o‘g‘liga ini bo‘lsa, albatta, begimning bu maqsadini amalga oshirishga ishtirok etishi kerak.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:24:51
— Mutashakkirmen!
Yuzlarida yupqa oq pardalari bor qiz-juvonlarning yuz-ko‘zlari sham yorug‘ida uncha aniq ko‘rinmas edi. Ammo xina qo‘yilgan nafis qo‘llar, ipak kiyimlar og‘ushidagi ingichka bellar va baland ko‘kraklar ko‘pchilik ayollarning yosh juvonlar ekanidan dalolat berardi. Muzaffar mirzoning eng ko‘hlik xotinlaridan Qorako‘zbegim degani qaynonasining qulog‘iga labini yaqinlashtirib, yengil bir kulgi bilan allanarsa  dedi.  Xadicha  begim  ham sho‘x kulib bosh irg‘adi-yu, Boburga yuzlandi:
— Amirzodam, Hirotning asilzoda qizlari sizga maroq bilan ko‘z tikar emishlar. Shunday bahodir shoh, shunday ko‘hlik yigit, shunday iste’dodli shoir haramsiz bo‘ydoq yashar emishsiz. Rostmi?
Bobur qip-qizarib yerga qaradi-yu, bu to‘g‘rida gap ochilganidan ozorlanib:
— Hazrat begim, rost, — dedi. — Taqdiru nasibim shundoq bo‘ldi.
— Taqdiringiz endi tag‘ayyur topsin, amirzodam. Hirotda qolib, Muzaffar mirzoga ini bo‘ling. Siz ham temuriyzodalardansiz. Hirotdan sizga munosib go‘zalu oqila qizlar topaylik, to‘y-tomosha bilan uylaning.
Muzaffar mirzoga ini bo‘lish — uning tarafdoriga aylanish degan so‘z edi. Bir vaqtlar nevarasi Mo‘min mirzoning o‘ldirilishiga sabab bo‘lgan Xadicha begim, ehtimol, kelajakda Badiuzzamon mirzoni ham yo‘q qi¬lish va o‘g‘lini yakka podshohga aylantirish maqsadidadir. Bobur uning o‘g‘liga ini bo‘lsa, albatta, begimning bu maqsadini amalga oshirishga ishtirok etishi kerak.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:26:13
— G‘amxo‘rligingizdan minnatdormen, hazrat begim, — dedi Bobur.— Faqat mening bir andesham bor.
— Qanday andesha, amirzodam?
— Faqirni ma’zur tuting.
Bobur sukut qilib, yerga qaradi. U gapini faqat Xadicha begimning o‘ziga aytmoqchi ekanini sezgan ayollar ta’zim qila-qila chiqib ketdilar. Shundan keyin Bobur Shayboniyxonning Hirot ustiga bostirib kelishi muqarrarligi haqida, hozir to‘y-tomoshaga emas, hayot-mamot janglariga tayyorlanish kerakligi to‘g‘risida gapira boshladi.
— Shayboniyxon Andijondan Xorazmgacha, Marvdan Turkistongacha barcha joyni olib, behisob qo‘shin to‘plamishdir. Men uning har bir jangga qanchalik astoydil shaylanishini bilurmen. Balo-qazoday bostirib kelsa ancha-muncha cherik tit-pit bo‘lib ketishini ko‘rganmen!
Bobur Shayboniyxonning harbiy qudratini va shaf-qatsizligini isbotlaydigan dalillar keltira boshladi. Xadicha begim sabrsizlanib:
— Bu baloning balogardoni nedur? Shuni ayting, amirzodam! — dedi.
— Buning balogardoni barcha temuriyzodalarning birlashuvidir. Hamma viloyatlarga tavochilar yuborib, ellik-oltmish ming qo‘shin to‘plamoq kerak. Qish bo‘yi bu qo‘shinni mashq qildirib, yagona bir sarkarda boshchiligida jangga tayyorlamoq kerak.
— Yagona sarkarda kim bo‘lishi mumkin? — dedi Xadicha begim sergaklanib.
Qosimbek «yalt» etib Boburga qaradi. Hozir tirik qolgan temuriylar orasida Boburdan boshqa odam bu ishni eplolmasligi uning ko‘nglidan o‘tdi. Ammo qo‘shin kimniki bo‘lsa, hokimiyat ham o‘shaniki ekani azaldan ma’lum. Xadicha begim o‘g‘lining hokimiyatiga hech kimni yo‘latmasligi ham aniq.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:28:58
Bobur uning ko‘ngli uchun: «Yagona sarkarda — Muzaffar mirzo bo‘lsinlar!» demoqchi bo‘ldi-yu, orqa¬roq¬da Zunnunbek o‘tirgani esiga tushdi. Zunnunbek bu gapni Badiuzzamon mirzoga yetkazsa, ikki oraga nifoq tushadi.
— Bosh sarkarda kim bo‘lishini hazrat og‘a-inilar o‘zlari hal qilmoqlari kerak, — dedi. — Bazmlarni to‘xtatib, butun e’tiborni mudofaaga qaratmoq kerak. Har bir kun g‘animat, hazrat begim!
Xadicha begim Zunnunbek bilan Burunduqbekka murojaat qildi:
— Janob amirlar, sizlarning fikrlaringiz qalay?
Zunnunbek o‘siq qoshlarini dikkaytirib, ko‘zlarini Boburga qat’iyat bilan tikdi:
— Amirzodam Shayboniyxonning Movaroun¬nahr¬dagi g‘alabalariyu xunxo‘rliklaridan bizni ogoh qilganlari yaxshi. Ammo Shayboniyxonning Movarounnahrda sinmagan qilichi Xurosonga kelib, albatta sinur! Men bunga aminmen, hazrat begim! Shuning uchun ortiqcha tashvishu tahlikaga o‘rin yo‘q, deb hisoblaymen.
Zunnunbek ishonch va e’tiqod bilan aytgan bu so‘zlardan Xadicha begim darhol yengil tortdi. Bobur esa Zunnunbekka taajjub bilan tikilib dedi:
— Karomatingiz iloho to‘g‘ri kelsin, janob amir! Ammo bu karomatga qanday asoslar bor?
— Bu karomatni men emas, Hirotning eng obro‘li valiylari qilmishlar.
Zunnunbek shunday deb Xadicha begimga iymanib¬roq qarab qo‘ydi. Bu qarashning ma’nosini tushungan Xadicha begim Boburga kulimsirab izoh berdi:
— Hirotning Qutb nomli mashhur valiysi bor. Shu vaqtgacha Qutb nimani karomat qilgan bo‘lsa, hammasi to‘g‘ri chiqmish. Qutbga tushida ayon bo‘lurki, Shayboniyxonning qilichini amir Zunnunbek sindirurlar. Mo‘’tabar munajjimlar yulduzlarga qarab, bu karomatni tasdiq qildilar. Shundan so‘ng valiylar Zunnunbekning yelkalariga muqaddas fo‘ta solib, nomlariga Hizabrulla unvonini qo‘shib aytadigan bo‘ldilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2007, 19:31:57
«Hizabrulla» — arabcha «ollohning arsloni», ya’ni «engilmas botir» degani edi. Arabchani yaxshi biladigan Bobur bu unvonning ma’nosini tushunib, istehzoli kulimsiradi:
— Janob Zunnunbekda arslonning yuragi borligiga shak-shubha yo‘q. Ammo hazrat begim valiylaru munaj¬jimlarni tilga olganlarida faqir Saripulda Shayboniyxon bilan masof urushga chiqqan kunlarimni esladim. Mana, janob Qosimbek ham bor edilar. Shahobiddin nomlik munajjim kechasi osmonga qarab: «Sakkiz yulduz yel¬kan¬gizda rost turur, ertaga urushga kirsangiz, zafar, albatta, sizniki bo‘lg‘ay!» — deb valiylik qildi. Biz shunga ishonib, Shahrisabzdan keladigan ko‘makni ham kutmasdan, maydonga chiqdik... Mana, haligacha o‘shal xatomizning azobini tortib yuribmiz.
Boburning gaplaridan Xadicha begimning yuzlari tundlashib, lablari atrofida burushiqlar paydo bo‘ldi. Zunnunbek esa o‘tirgan joyida asabiy to‘lg‘anib:
— Amirzodam, niyatni yaxshi qilmoq kerak! — dedi. Hirotning valiylari Samarqand munajjimlaridek nodon emaslar! Saripuldagi xatoni Hirotday ulug‘ shaharda hech kim takror etmagay!
Zunnunbek ko‘zlari yonib, telbalanib gapirganini ko‘rgan Burunduqbek uni bosishga tirishdi:
— Janob Zunnunbek, oliy mehmon bizga yaxshilik istab Kobulday joydan kelmishlar. Vaziyat xatarli ekanligi rost. Shoshilinch choralar o‘ylamoq kerak!
Xadicha begim bahslashuvchilarni muloyimlik bilan yarashtirib qo‘yishga harakat qildi:
— Janob Zunnunbek, vaziyat chindan ham jiddiy, beparvo bo‘lmaslik kerak. Ammo janob Burunduqbek ham bir narsani unutmasinlar: mag‘lubiyatni ko‘p ko‘rgan odamga xatar goho aslidan kattaroq ko‘rinur. Amirzodam siz ko‘p tashvish chekmang. Shayboniyxon bizga tajovuz qilsa, o‘z tajovuzidan halok bo‘lur!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:30:10
* * *

— Xadicha begimdek ko‘pni ko‘rgan malika shayxlarning xushomad gapiga ishonib yurganlaridan men hayron, — dedi Bobur ertasi kuni Bog‘i Jahonoroda Badiuzzamon mirzo bilan gaplashib o‘tirganda.
Gavdasining shertaxlitligi va ko‘zining qisiqligi otasi Husayn Boyqaroga o‘xshab ketadigan Badiuzzamon mirzo istehzo bilan kulimsiradi:
— Hayron bo‘lmang, amirzodam. Ne qilsa ham ayol kishida, qisqa o‘ylab o‘rgangan.
— Ammo bu kaltabinlikning kasofati hammaga urishi mumkin-ku, hazratim?
— Nachora? Suyukli farzandimiz Mo‘min mirzo ham shu begimning kasofatidan halok bo‘lib ketdi!
— Hazratim, rahmatlik otangiz kayf ustida qilgan fojiaviy xatoni endi unuting!
— Unutolmaymen, chunki ayb marhum otamda emas edi! Sulton Sohibqiron Mo‘min mirzoni behad yaxshi ko‘rar edilar, she’rlarini yod bilar edilar. Avvallari otamning menga ham mehrlari yaxshi edi. Axir men— taxt vorisi edim! Xadicha begim men bilan otamni dushman qilishning yo‘lini izlar edi. Mo‘min mirzo asir tushgach, bu yo‘l topildi — uni shirakayf podshohning farmoni bilan o‘ldirdilaru men bilan otamni xundor dushmanga aylantirdilar. Shundan keyin begimning o‘g‘li Muzaffar mirzo mening o‘rnimga valiahd bo‘ldi. Bugungi sheriki podshohlik ham ana shu begimning ixtirosi!  Men  aniq  bilamen: begim meni muvaqqat tojdor deb bilurlar. Meni yo‘q qilib, Muzaffar mirzoni yago¬na podshohga aylantirishning qulay paytini poyla¬moqdalar!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:31:09
Bobur Badiuzzamon mirzoga Shayboniyxonni eslatdi:
— Hazratim, Shayboniyxon haqida ne yangi xabarlar bor?
— Xon Xorazmni olib, Samarqandga qaytgan emish...
— Undoq bo‘lsa, xon endi Xuroson yurishiga chiqmoqchidur? — so‘radi Bobur.
— Darhol-a? Xorazm yurishidan so‘ng biror yil dam olmasmikin?
Badiuzzamon mirzoning tusmol gaplari — uning dushman orasidan aniq xabar yuborib turadigan maxfiysi yo‘qlig‘idan dalolat berardi. O‘z inisining barcha mayda-chuyda sirlarini bilib turish uchun behisob maxfiylar yuborib qo‘ygan podshoh bu ishni ashaddiy dushmani Shayboniyxonga nisbatan qilmayotgani Boburni tang qoldirdi.
— Hazratim, Shaybonixonning revu rangini* faqir ozroq ko‘rganmen. Xonning maxfiylari hozir Hirotda darvish, yo savdogar, yoki navkar qiyofasida yurib, barcha zarur xabarlarni Samarqandga yetkazib turgan bo‘lsalar kerak.
Boburning koyinib gapirganini sezgan Badiuzzamon mirzo kinoyamuz kuldi:
— Amirzodam, siz ham shohsiz, ehtimol, sizning maxfiylaringiz Samarqanddan yangi xabar yuborgandirlar?
— Men sizni otamdek e’zozlaymen, hazratim. Gap maxfiylarda emas. Faqir tajribadan shuni bilamenki, Shayboniyxon charchagan askarlarini bosib olgan vilo¬yatda dam olish uchun qoldirib, avvaldan dam olib yotgan qo‘shini bilan darhol yangi yurishga otlanur. Uning butun kuchi shundaki, barcha og‘a-ini, qarindosh-urug‘lari bilan bir tan-bir jon bo‘lib, maydonga chiqur. Biz bu xatarli yog‘iy qarshisida ichki nizolarni unutmog‘imiz kerak. Biz ham bir tan-bir jon bo‘lib, yagona sarkarda boshchiligida jangga astoydil tayyorlanib kirmasak, oqibati yomon bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:32:53
— Yagona sarkarda, dedingizmi? Kim bizga sarkarda bo‘lmoqchi, amirzodam?
Birinchilikni talashayotgan bu ikki og‘a-ini «Menga bo‘lmasa, unga ham bo‘lmasin!» deyishga tayyor ekanligi Boburga hozir aniqroq sezildi. Raqib og‘a-ini talashayotgan mamlakat ulardan faqat biriga yoki amakivachchalari Boburga tekkanidan ko‘ra yetti yot begonaga tekkani afzalroq. Chunki begonalar ularning bunchalik baxilligini keltirmas edi.
— Nahotki jangga ham alohida-alohida chiqmoqchisizlar? — dedi Bobur.
— Nachora? Har kimning o‘z cherigi, o‘z sarkardasi bor. Men Muzaffar mirzoga ishonmaymen. Ammo siz bilan har qanday jangga birga kirishga tayyormen. Chunki sizga ishonamen. Amirzodam, siz Hirotda qo¬ling! Neki darkor bo‘lsa ayting! Muhayyo qilurmiz.
Bobur og‘a-inining faqat shu nuqtada yakdil ekanini sezdi. Jang ko‘rgan Bobur butun bek va navkarlari bilan Hirotda qolsa-yu, vaqti kelib, jangga birga chiqsa ular¬ning mushkullari osonroq bo‘ladiganga o‘xshardi.
Ammo og‘a-inining qo‘sh hokimiyati Boburga tagi chirib teshilgan kemaga o‘xshab ko‘rinardi. U bu kemada qolsa paymonasi to‘lgan og‘a-iniga qo‘shilib g‘arq bo‘lishi muqarrarligini tobora aniq his qilmoqda edi.
Ertasi kuni peshin namozidan keyin Unsiyaga Boburni ko‘rish uchun kelgan mavlono Fazliddin navkaru savdarlarning ko‘ch yig‘ishtirayotgan va safarga hozirlanayotganlarini sezdi. Yo‘lakda tog‘asiga duch kelib qolgan Tohir:
— E, xayriyat, o‘zingiz keldingiz, mulla tog‘a! — dedi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:36:19
— Ha, ne gap jiyanim?
— Ertaga tongda Hirotdan jo‘nab keturmiz.
— Kobulgami?
— Ha, — deb shivirladi Tohir. — Lekin podshohlar buni bilmasinlar. Ruxsati oliy shahar tashqarisida qishlamoq uchun berildi. Hammaga «Xurosonda qishlagaymiz» deb e’lon qilindi. Siz ham bildirmang.
Mavlono Fazliddinning ruhi tushib:
— Obbo, — dedi. — Bizni sag‘irdek mung‘aytirib ketar ekansizlar-da?
— Qish chiqsa, siz ham Kobulga ko‘chib boring. O‘tgan gal uchrashganingizda Bobur mirzo o‘zlari taklif qildilar-ku.
— Ko‘chib borish osonmi, jiyanim? Bir oy-qirq kunlik yo‘l... Ayolmand odammiz...
Mavlono Fazliddin xomush bo‘lib Boburning qabul¬xonasiga qarab ketdi. Bir vaqtlar Alisher Navoiyning qabulxonasi bo‘lgan ko‘rkam tanobiyning zarrin o‘ymakor eshigi oldida yasovul yigit turgan edi. U ichkariga kirib, tez qaytib chiqdi-yu, eshikni ochib, mavlonoga yo‘l berdi.
Uy to‘rida Bobur bilan suhbatlashib o‘ltirgan kishilarni mavlono bir qarashda tanidi. Navoiyning nadimla¬ridan bo‘lgan qirq besh yoshlardagi ko‘sa odam— shoir Sulton Muhammad edi. Undan beriga mashhur xattot Sulton Ali Mashhadiy cho‘kkalagan. Boburning o‘ng tomonida Kamoliddin Behzod va Xondamir o‘tirishibdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:37:33
Shoir Sulton Muhammadning ko‘zlari isyonkorona chaqnadi.
— Ularga buni so‘z bilan emas, faqat shamshir bilan uqtirish mumkin!
Xondamir eshik tomonga xavotirli ko‘z tashlab qo‘ydi. Bir vaqtlar Alisher Navoiydek odamga maxfiyla¬rini yuborib qo‘ygan podshohlar Boburning ketiga ham odam qo‘ygan bo‘lishlari mumkin edi.
Sulton Ali Mashhadiy suhbatni xatarli mavzulardan nariroq olib ketish uchun yonida turgan charm juzdonni ochdi-da, bir dasta zarvaraq oldi.
— Faqir oliy mehmonimizning g‘azallaridan bir nechasini ko‘chirib kelgan edim.
Varaqlar qo‘ldan-qo‘l o‘ta boshladi. Xattotning ajo¬yib san’ati tufayli har bir harf nafis va tirik tasvirga aylangan edi. Xondamir satrlarga ko‘z yugurtirib:
— O! — dedi hayrat bilan. Ko‘p shoirlar «yor»ni ilohiylashtirib, butun najotni «yor» dan izlab o‘rganmishlar. Amirzodam bu odatiy aldanishlarga qarshi isyon qilgan kabi yozmishlar:

Jonimdan o‘zga yori vafodor topmadim,
Ko‘nglimdan o‘zga mahrami asror topmadim...
Bobur, o‘zingni o‘rgata ko‘r yorsizki, men —
Istab jahonni, muncha qilib yor topmadim!

— Mardona so‘zlar! — dedi Behzod Boburga qarab.— Siz ming marta haqsiz! Odam o‘ziga ham ishonmog‘i kerak!
— Minnatdormen, mavlono.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:37:51
Shoir Sulton Muhammadga ikkinchi she’rning matlai yoqqan edi.
— Eshiting, janoblar:

Sendek menga bir yori jafokor topilmas,
Mendek senga bir zori vafodor topilmas.

Mavlono Fazliddin og‘ir tin oldi:
— Hozirgina so‘zlashgan dardimizni aytmishlar!
Bobur maqtovlardan xiyol o‘ng‘aysizlanib:
— Janoblar, — dedi, — men sizlardek san’atkorlar bilan uchrashib, suhbatlashganim uchun tangriga shukr qilamen. Faqirning qog‘ozni qoralab yozgan satrlarim mavlono Mashhadiyning tengsiz san’atlari tufayli sizlarga shunchalik manzur bo‘ldi. Joiz bo‘lsa, g‘azallardan xotira uchun mavlonolarga bir nusxadan bermoq¬chimen.
— Ayni muddao! — dedi Xondamir quvonib.
Bobur g‘azallaridan ataylab uch-to‘rt nusxadan ko‘chirtirgan edi. Xondamirga, Behzodga, Sulton Muhammadga o‘zlari yoqtirgan g‘azallardan bir nus¬xadan berdi. Ular shoir va xattotning hurmatlari uchun g‘azal bitilgan zarvaraqlarni olib, non kabi ko‘zlariga surtib qabul qildilar. Bobur so‘nggi g‘azaldan bir nusxa¬sini mavlono Fazliddinga uzatib:
— Mavlono, biz siz bilan faqat vatandosh emasmiz, hamdardu hasratdoshmiz, — dedi.
Mavlono  Fazliddin  g‘azalni olib ko‘ziga surtdi-yu:
— Men aminmen, Hirotda bitilgan ushbu g‘azal tez kunda Samarqandu Andijonga ham yetib borur, — dedi.— Xudo amirzodam bilan bizni ham vatanga sog‘-salomat qaytgulik qilsin!
— Aytganingiz kelsin, mavlono!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:37:59
Bobur Qosimbekni chaqirtirdi va Sulton Ali Mash-hadiyga g‘azallarni san’atkorona ko‘chirganligi uchun oltin tugmalik kimxob to‘n kiydirdi.
So‘ng u mavlonolarni hovliga kuzatib chiqdi. Hammalari xayrlashayotganlarida me’morga qarab:
— Balki kelgusi yilda Kobulga borursiz, mavlono? — dedi. — Rost, katta me’morlik obidalari qurishga hali imkonimiz yo‘q. Kobul hozir Hirotga nisbatan chekka bir viloyat. Ulug‘ san’atkorlarga makon bo‘larlik saro¬yimiz yo‘q. Lekin xudodan umidimiz borki, kelgusida tole bizga ham kulib boqqay, biz ham ulug‘ san’atkorlarga makon beradigan kunlarga yetgaymiz!
— Taklifingizni bajonidil qabul qilurmen! — dedi mavlono Fazliddin.
— Amirzodam, — dedi Xondamir. — Alisher Navoiyning dargohlarida qilgan pokiza niyatingiz ilohim ro‘yobga chiqsin! Ilohim hazrat Alisherning ruhlari hamisha sizga madadkor bo‘lsin!
Bu tilakka hammalari sidqidildan qo‘shilib, yuzlariga fotiha tortdilar.

______________
* R e v u  r a n g — shumlik, o‘z ishiga puxtalik.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:38:10
* * *

Ertalab kun chiqayotganda Bobur xos navkarlari va beklari bilan Hirotning tashqarisidagi keng bog‘-ko‘chadan ketib borar edi. Ko‘chaning ikki tomonida Hirot a’yonlarining g‘ishtin devorli, koshinkor gumbazli ko‘shk va chorbog‘lari bor edi. Salobatli bir bog‘ hovli¬ning baland devori yonidan o‘tayotganlarida, devor tepasidan kimdir uch-to‘rtta atirgul tashladi. To‘q qizil rangli gullardan biri Bobur mingan saman otning o‘siq yoliga kelib tushdi. Gulning tikanlari ot yoliga ilinib qolganini ko‘rgan Bobur devor tepasiga qaradi-yu, yosh bir qizning qiyg‘och qoshlarini va qosh ustiga bostirib kiygan guldor toqisini ko‘rdi. Keyin u ot yoliga ilinib qolgan gulni qo‘liga olib, labiga yaqinlashtirdi.
Uzoqda yastanib turgan Zanjirgoh tog‘larining baland cho‘qqilariga qor tushgan edi. Hirotning kech kuzida nima ham bo‘lib ochilgan bu gulning ajib hidi bor edi. Bobur gulning xush bo‘yi dimog‘iga urilgan zahoti jilovni  beixtiyor  tortib, otini to‘xtatdi. Uzangiga oyoqlarini tirab, egardan bo‘y cho‘zdi-da, devor tepasidagi qizga tikilib qaradi. Endi unga qizning olov chaqnatib turgan qop-qora ko‘zlari, bu ko‘zlarga nihoyat¬da yarashgan gulrang yonoqlari aniq ko‘rindi. Bobur bu ko‘chadan  avval ham o‘tgan edi. Qiz avvalari ham uni ko‘rib, tanib qolgan ekanmi, ko‘zlari mo‘ltirab va uyalib bosh egdi. Bu uning salom berganimidi yoki xayrlashganimidi? O‘n yetti-o‘n sakkiz yoshlardagi bu qiz¬ning jozibasiyu mo‘ltirab bosh egishi Boburga shunday ta’sir qildiki, u bir lahza nima qilishini bilmay esankirab turdi.
Bu orada boshqa mulozimlar ham qizni ko‘rib otla¬rini to‘xtatgan edilar. Boburni Muzaffar mirzoning Hirot bo‘yicha dorug‘asi Yusuf Alibek kuzatib bormoqda edi. Qirq yoshlardan oshgan ko‘ngilchan bu bek devor tepasidagi qizni tanib kuldi-yu:
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:38:18
— Iye, Mohimmisiz! — dedi. — Obbo, Mohchuchuk-ey, katta qiz bo‘lib qolibsiz-a!
Qiz go‘yo endi o‘ziga keldi, «lip» etib, boshini devor ortiga oldi-yu, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Yuzi qandaydir ichki olovning taftidan qizargan, ko‘zlari g‘alati chaqnagan Bobur Yusuf Alibekdan shoshib so‘radi:
— Kim? Kim dedingiz?
— Amirzodam, bu hovli Sulton Sohibqironning uzoq qarindoshlaridan biriga qarashli.  Qizning otasi Husayn Boyqaroning nufuzli devonboshilaridan edilar. Bordi-keldimiz bor edi.
— Hozir bormilar?
— Borlaru, lekin... davlat ishidan chetlanmishlar.
— Nechun?
— Bilmadim, hozirgi podshohlarimiz bilan oralari yaxshi bo‘lmasa kerak. Qandahorgami, G‘aznagami ko‘chib ketish taraddusida emishlar, deb eshitdim.
Otlar yurib bormoqda edi. Bobur Mohim deb atalgan qizning tobora uzoqda qolayotganini o‘ylab, ko‘nglida kuchli bir armon sezdi. Yigirma kun Hirotda yurib, bu qizni nega faqat endi, jo‘nab ketayotgan paytda ko‘rdi?
Bobur hali ham qo‘lida ushlab borayotgan gulga qaradi. Boyagi go‘zal qiz Hirotning butun nafosatini o‘z jozibasi bilan birga mana shu gulga muattar hid kabi joylab berganga o‘xshar edi.
Bobur gulni yana bir hidladi-da, boshidagi sallasining qatiga ko‘zga uncha tashlanmaydigan qilib qistirib qo‘ydi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:38:25
Lekin undagi nafis bir hayajonni Qosimbek zimdan kuzatib bormoqda edi. Boburga otadek g‘amxo‘r bo‘lgan bu odam shunday ko‘hlik yigitga munosib bir qiz uchrashini ko‘pdan beri kutib yurardi. Bobur esa ko‘z ochib ko‘rgan yostiqdoshi Oyisha begimning bevafoligi-dan qattiq ozor chekkani uchun ayol zotidan tortinar, ancha-muncha qizlarga moyillik bildirmas edi. Hirot malikasi Xadicha begim uni asilzoda xonadonlarga kuyov  qilishga  urinib  ko‘rdi. Bobur ro‘yxushlik bermadi.
Marhum Sulton Ahmad mirzoning kichik qizi Ma’suma begim onasi bilan Samarqanddan Hirotga kelib qolgan ekan. Kayvoni ayollar oraga tushib, bir mehmondorchilik paytida Boburni Ma’suma begim bilan uchrashtirdilar. Qiz juda nazokatli va go‘zal edi. Ammo Qosimbek uni ko‘rganda Toshkentda qolgan Oyisha begimni esladi.
Chindan ham Ma’suma begim — Oyisha begimning singlisi edi. Bobur orada turgan hirotlik amma-xolalar¬ning ko‘ngliga qarab, qizga moyillik bildirgan bo‘ldi, lekin to‘yni paysalga soldi. Qosimbek orqali shunday javob ayttirdi:
— Ma’suma begim onalari bilan Kobulga borsalar...
Qizning onasi:
— Xo‘p, Kobulga borgaymiz, — deb va’da berdi.
Lekin Qosimbek bu nozikkina qizning Hindikush tog‘lari osha Kobulga yetib borishiga uncha ishonmasdi. Yetib borganda ham Boburning boshi ustida charx urib yurgan intihosiz mushkulotlariga bardosh berolmasa kerak, deb o‘ylardi.
Ammo bog‘ ko‘cha devoridan gul tashlagan Mohim ismlik olov qizning yuz-ko‘zlarida nafis go‘zallikka yo‘g‘rilgan qudratli bir ohanrabo bor edi. Ana shu ohanrabo Boburni hamon o‘ziga tortib turar edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:38:33
Bog‘ ko‘chadan keng dalaga chiqqanlarida Bobur sallasi qatidagi pushti rang atirgulni sekin qo‘liga olib, yana bir hidlab ko‘rdi. Shunda devordan mo‘ralagan qiz uning ko‘z oldi-da qaytadan gavdalandi-yu, butun borlig‘ini nafis va shirin tuyg‘ularga to‘ldirdi. «Shuncha qilib, istab jahonni yor topmadim!» degan Boburga balki shu qiz yor bo‘lar? Nega undan bu qadar tez ayrildi? Nahotki bu qizni qayta ko‘rish nasib qilmasa?
Qosimbek otini Boburning otiga yaqin keltirib, past tovush bilan so‘radi:
— Amirzodam, bu atirgul qaysi gulzorda o‘sganini surushtirib ko‘raymi?..
— Ixtiyoringiz, — dedi Bobur uyalinqirab.
— Qizning otalari Husayn Boyqaroga xesh bo‘lsalar, men bu xonadon bilan albatta aloqa bog‘lagaymen.
Bobur bu rejani ma’qullagan ma’noda bosh irg‘adi.
— Amirzodam, agar yulduzi yulduzingizga to‘g‘ri kelsa, men Mohim bonuni Hirotdanmi, Qandahor yoki G‘aznadanmi, qayerdan bo‘lsa ham, albatta izlab topgaymen!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:38:46
HINDIKUSH, KOBUL
O‘LIM BILAN YUZMA-YUZ


Xirotdan uzoqlashganlari sari go‘zallik va nafosat nuriga yo‘g‘rilgan iliq tuyg‘ular o‘rnini Hindikush tog‘ining bahaybat qoyatoshlari va uning sovuq muzla¬riga o‘xshaydigan xavotirliklar egallay boshladi. Boburning Kobuldan chiqib kelganiga uch oydan oshyapti, lekin u yerdagi ishonchli odamlardan xabar kelmayapti. Ora uzoq — otda bir oy-qirq kunlik yo‘l. Karvon bilan Kobuldan kelgan savdogarlar noxush ovozalar eshitibdi. Go‘yo Bobur mirzo Hirot tojdorlari bilan yovlashib qolganmish, uni Ixtiyoriddin qal’asiga qamab qo‘yganmishlar.
Hisorda Xisravshohdan ajralib kelib, Bobur xizmatiga kirgan yigirma ming mo‘g‘ul sipohilari bu xabarga asoslanib, Kobulda o‘z hokimiyatlarini o‘rnatish harakatiga tushganmish. Mo‘g‘ullarning dug‘lat qavmidan bo‘lgan Muhammad Husayn (avvalgi O‘ratepa hokimi) fitnachilarga bosh bo‘lmoqda emish. Ammo Kobul dorug‘asi Mulla Bobo Boburga sadoqat saqlab, qo‘rg‘on darvozalarini berkitib olganmish. Agar shu gaplar rost bo‘lsa, qo‘rg‘on qamalda qoladi. Ammo tashqaridan yigirma ming qo‘shin hujum qilsa, qo‘rg‘onni egallashi hech gap emas. Unda Bobur Samarqand tufayli Andijondan ayrilgani kabi, Hirot sababli Kobuldan ham ajralib, yana ora yo‘lda muallaq qolishi mumkin.
Bu xatarning oldini olish uchun Bobur Kobulga tezroq yetib borish harakatiga tushdi.
Aksiga olib, qish erta boshlandi. Qavs oyidayoq tog‘ etaklariga yoqqan qalin qor otlarning tizzasiga yetib bordi. Chaxcharon degan joyda Bobur beklarni mashvaratga to‘pladi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:38:54
— Dovonlar bekilgandir, — dedi Xo‘ja Kalonbek.— Qandahor orqali borsak, yo‘l tekis. Hindikushni aylanib o‘tgaymiz.
— Aylanib o‘tganingizgacha qirq-ellik kun vaqt ketgay! — e’tiroz qildi Qosimbek. — Ungacha mo‘g‘ullar Kobul qo‘rg‘onini egallab olsa, keyin ne qilgaymiz?
— Xudo ko‘rsatmasin! — dedi Bobur. — Ilohim bu mishmish yolg‘on chiqsin!
— Ammo shamol bo‘lmasa terakning uchi qimirla¬magay, amirzodam! Kobulga tezroq yetib bormog‘imiz shart! To‘g‘ridagi Ko‘tali Zarrindan oshsak Qandahor yo‘liga nisbatan masofa ikki barobar qisqargay. Bir oy vaqt yutgaymiz!
— Unday bo‘lsa, mayli, janob Qosimbekning taklifini qabul qilaylik. Faqat dovon yo‘lini yaxshi biladigan yo‘lboshchi topish kerak.
— Bunisi menga tan! — dedi Qosimbek.
Ertasi kuni yana qor yog‘a boshladi. Bobur qo‘riqchi yigitlari bilan otlanib chiqayotganda Qosimbek af-g‘onlarning pashoyi qabilasi yashaydigan qishloqdan Sulton degan bir yo‘l ko‘rsatuvchini topib keldi.
Olachipor salla o‘ragan, baland bo‘yli, burni uzun, jingalak soqoliga oq oralagan bu odamning yuzi Boburga allanechuk tund ko‘rindi. Bobur u bilan ot ustida turib dariy tilida so‘zlashdi:
— Qishda Ko‘tali Zarrindan o‘tish mumkinmi yo‘qmi?
— O‘tganlar bor, — dedi Sulton. — Ammo bu yil qor juda ko‘p. Ko‘chki bosib qolishidan qo‘rqmasangiz...
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:39:02
— Siz qo‘rqmasangiz biz nechun qo‘rqaylik?..
— Men qishda o‘tsam, bir o‘limni zimmamga olib o‘taman. Ketishda uydagilardan rozi-rizolik so‘rab yo‘lga chiqaman. Qaytib kelmasligim mumkin.
Bobur Qosimbek tomonga o‘girilib turkiy tilda so‘radi:
— Nafasi muncha sovuq? Boshqasi yo‘qmidi?
— Boshqalari unamadi. «Dovon bekilgan, jon kerak!» deyishdi.
— Bizga jon kerak emasmi?
— E, bular shunaqa vahima qilib, qadrini oshirgay! Mana shu Sulton qishda ham Ko‘tali Zarrindan o‘tgan ekan. Kadxudosi aytdi!
Sulton pashoyi soqoliga ingan qor zarralarini kafti bilan sidirib tashlar ekan, istehzoli kulimsirab qo‘ydi. Bobur uning turkiychani tushunishini sezdi, ammo is-tehzosini yoqtirmadi. Sultonning dilida ortiqcha g‘ururmi, kuduratmi, sovuq bir narsa bordek tuyuldi.
— Janob Qosimbek, odamlarimizni ortiqcha xatarlarga giriftor qilmaylik. Hali ham bo‘lsa Qandahor yo‘liga qaytaylik!
— Ammo vaqtni boy bersak, Kobul ilikdan ketgay, amirzodam! Siz bilan biz qancha xatarli dovonlardan oshganmiz! Hisor tog‘laridan qor bo‘ronlari tagida dahshatli uchmalar, sekirtmalardan o‘tib, Iskandarko‘l-ga tushganimiz yodingizdami? Xudo asraymen desa, hech gap emas!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:39:15
— Xayr, bu gal ham xudo o‘zi asrasin! — deb Bobur Sultonning yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lishiga rozilik berdi.
Sulton uyiga borib, chindan ham onasidan, xotini va bo‘y yetgan farzandlaridan rozi-rizolik so‘rab chiqdi. Uning o‘ziga to‘q, badavlat oilasi bor, sayisxonasidagi sakkizta otiga maxsus otboqar qaraydi. Bu gal qishda yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lishdan maqsadi faqat pul ishlash emas. Yoshlikdan unga tinchlik bermay kelayotgan alam va intiqom tuyg‘usi uning shu ishga bosh qo‘shishiga sabab bo‘ldi.
U Qosimbekka rozilik berishdan oldin, dovondan o‘tmoqchi bo‘layotganlarning kimligini surishtirib bildi. Bobur — temuriylardan ekani, Abusaid mirzo uning bobosi bo‘lgani Sultonning o‘n yosharlik paytida boshdan kechirgan fojealarni esiga soldi.
Sultonning ota-bobolari Shohruh mirzo bilan yaxshi hamkorlik qilgan badavlat odamlar edi. Shohruhning o‘limidan keyin boshlangan alg‘ov-dalg‘ovlarda Turondan Abusaid mirzo o‘g‘li Mahmud mirzo bilan Xurosonga bostirib keldilar. Sultonning otasi Shohruh mirzodan ko‘p yaxshilik ko‘rgani uchun uning neva¬ralariga yon bosdi.
Lekin Abusaid mirzo g‘olib kelib, Shohruhning ko‘pchilik nevaralarini qilichdan o‘tkazdirdi. Sultonning otasi va akasini ham shohruhiylar tomonida turgani uchun boshlarini kesdirdi. Hovlilarida bor mol-hollarini, onasining bo‘qchalaridagi narsalarigacha talab ketishdi. Bu ham ozlik qilganday, Sultonning o‘n besh yoshlik chiroyli opasini asira qilib olib ketdilar. Keyin eshitsalar, uni Abusaid mirzo haramiga bir necha kunlik joriya qilib beribdilar...
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:39:28
Ustma-ust kelgan bu baxtsizliklardan Sultonning onasi kasal bo‘lib yotib qoldi. Lekin ularning badavlat qarindoshlari bor edi. Og‘ir paytda ular yordam qo‘lini cho‘zdilar. Sulton yigit yoshiga yetguncha zamonlar ham bir qadar tinchidi, karvonlar ko‘p qatnaydigan bo‘ldi. Sulton karvonlarga yo‘l ko‘rsatuvchilik qildi, savdo-sotiqdan ham yaxshi daromadlar olib, ro‘zg‘orini butlab oldi.
Hozir qahraton qish kunida uyida oilasi bilan tinchgina o‘ltirishi mumkin. Lekin Bobur ham bu yerlarga bobosi Abusaid mirzoning izidan kelganligi Sultonning dilidagi qasoskor tuyg‘ularni uyg‘otib yubordi. Nohaq o‘ldirilgan otasi va akasi, nomusi toptalgan opasi uchun mana bu temuriyzodadan xun talab qilib qasd olishga haqqi yo‘qmi? Bu ham o‘sha kelgindi fotihlarning biriku. Turondan kelib bu yerlarda xo‘jayin bo‘lib yuribdi. Qani, Hindikush tog‘iga ham xo‘jayin bo‘lib ko‘rsin-chi?! Sulton o‘z xundor dushmanini eng mashaqqatli yo‘llardan boshlab boradi, uning azob tortganlarini ko‘rib bir alamdan chiqadi. Ilojini topsa, dovon yo‘llarida qor bo‘ronlariga ko‘mib qaytadi. Shu bilan otasi va akasining ruhlari oldidagi qiyomatlik burchini bajargan bo‘lmaydimi?
Sulton shu o‘y bilan sayisxonaga kirdi. Tog‘larda yaxshi yuradigan eng baqquvvat qora qashqa otini egarladi. Jun xurjunga ikki haftaga yetadigan qilib qovurdoq go‘sht, yog‘liq patir va boshqa yeguliklar soldirdi. O‘zi qalin po‘stin kiyib, yana ikkita jun chakmon, issiq quloq¬chin, «jo‘rab» deb ataladigan qalin paypoqlar oldi. Otlarga yem-xashakni ham unutmadi. Po‘stin tagidan beliga xanjar taqib oldi. Hamma yuklarini qizg‘ish rangli miqti otga orttirdi-da, uni yetovga oldi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:39:43
Bobur va Qosimbek boshliq beku navkarlar uch yuz kishidan ortiq. Ko‘pchiligining yetovda oti bor. Tuyalarga turli yuklar, chodir va yig‘ma o‘tovlar ortilgan. Qish kuni bularning hammasini oziq-ovqat va yem-xashak bilan ta’minlash oson emas.
Avvalgi hokimlarning odatini yaxshi biladigan Sulton: «Bular ham aholining mol-holini zo‘ravonlik bilan tor¬tib olib zaxira yig‘sa kerak», deb o‘yladi.
Ammo Bobur xazinachiga buyurib, hamma zaxiralar uchun oltin-kumush tanga to‘latdi. Hatto yem-xashakni va qor kuraydigan yog‘och kuraklarni ham tangaga sotib olishdi.
Ko‘z ilg‘agan hamma joy oppoq qorga burkangan. Sulton qora qashqa otda oldinda yo‘l boshlab boradi. Bobur va Qosimbeklar uning ketidan otliq kelishmoqda. Orqada yuzlab beku navkarlar yetovdagi otlar va yuk ortilgan tuyalari bilan turnaqator bo‘lib tizilib yo‘l yuradi.
Bir haftadan beri har kuni qor yog‘adi. Goho qalin bulutlar yirtig‘idan oftob xiragina bo‘lib ko‘rinadi-da, ko‘p o‘tmay yo‘q bo‘lib ketadi.
Oppoq toza qor ko‘zni oladi. So‘ng yana maydalab qor yog‘ishga tushadi.
Yo‘llar qor tagida ko‘rinmay ketgan. Sulton bolalikdan yaxshi biladigan tepaliklar, jilg‘alar va qoyatoshlarga qarab tusmol bilan yo‘l boshlab boradi. Tog‘ etaklarida ularga bironta qo‘y suruvi, bironta qoramol uchramaydi— chorva yeydigan o‘t-o‘lanlar qor tagida qolib ketgan. Hatto kakliklar ham bu qorda don topolmay pastliklarga tushib kelgan. Ular qalin qorda durust ucholmay qolarkan, qanotlarini yozib, qorga tiqilib qolgan kakliklardan besh-o‘ntasini yigitlar yo‘l bo‘yidan tutib oldilar:
— Kechqurun tunashga to‘xtaganda kabob qilgaymiz!— deyishib, xurjunlariga joyladilar.
Tog‘ oraliqlariga kirganlarida qor otning tizzasidan balandga chiqdi. Qish chillasi qahrli, sovuqning qattiqligidan oyoq taglarida g‘archillagan qorning tovushi tog‘ yonlaridan aks-sado bo‘lib qaytadi. Yuqoriga ko‘ta¬rilganlari sari yurish qiyinlashadi, ot-ulovlar burunlaridan hovur chiqarib og‘ir-og‘ir nafas olishadi, horg‘in pishqirishadi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:39:57
Beku navkarlarning og‘izlaridan chiqqan hovur yog‘ayotgan qorga qo‘shilib, soqol-mo‘ylovlarga oppoq qirov bo‘lib yopishadi va hammani mo‘ysafidga o‘xshatib ko‘rsatadi.
Qish kuni qisqa, dovonga yetib borolmadilar. Kech kirganda nina bargli bolut daraxtlari o‘sib yotgan o‘rmonda to‘xtadilar. Tekisroq joylar topib, qorini kurab tashladilarda, o‘rmondan o‘tin kesib kelib, gulxanlar yoqdilar. Gulxan atroflarini erigan qorlardan tozalab, Bobur, Qosimbek va boshqa e’tiborli a’yonlar uchun chodirlar tikdilar. Yigit-yalanglar qori kuralgan yerlarga qalin kigizlar to‘shab o‘ltirdilar. Yuklar orasida qozon-tovoqlar ham bor ekan. Kunduz kuni tutilgan kakliklardan qilingan kabobning oldi Bobur va Qosimbekka suzildi. Gulxan olovida qovurdoqlar ham tayyorlandi.
Sulton mayxo‘rlik ham bo‘lishini kutgan edi. Lekin u hamroh bo‘lib borayotgan beku navkarlarning o‘zaro gap-so‘zlaridan shuni bildiki, yigirma besh yoshlik Bobur hali umrida may ichmagan namozxon yigit. Uning shunday qor sovuqlarida ham tahorat olib namoz o‘qiganini safar paytida bir necha marta ko‘rgan Sulton o‘zicha taajjublanib qo‘ydi.
Ertasi kuni yana dovon tomonga ko‘tarilib borayotganlarida qorning qalinligi otning o‘mrovigacha chiqdi. Otlar sal ilgarilaganlaridan so‘ng oyoqlari yerga tegmay, qorga botib to‘xtab qolishdi.
Qosimbek yigitlarga kurak bilan yo‘l ochishni buyurdi. Besh-olti kishi kurak olib oldinga o‘tdi. Ammo qalinligi odamning ko‘kragiga chiqadigan qorni kurak bilan uddalab bo‘lmas, ikki-uch qadam yo‘l ochguncha bir dunyo vaqt ketardi.
— E, bu bo‘lmas ekan, — dedi Bobur. — Bir kunda ikki chaqirim yo‘l bossak qachon yetgaymiz?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:40:06
Sulton oldinga o‘tdi-da, qorni tepa-tepa shibbalab, birpasda to‘rt-besh qadam yo‘l qildi.
— Buni biz tajribada ko‘rganmiz, — dedi Sulton Boburga. — Yigitlaringizga buyuring, mana shunday qor tepib yo‘l ochsinlar. Boshqa iloj yo‘q!
Qosimbek «Qandahor orqali tekis yo‘l bilan boraylik!» degan taklifga ko‘nmagani va dovon yo‘lidan yu¬rishga sababchi bo‘lgani uchun Boburdan xijolat chekmoqda edi. Shu sababli o‘g‘illari Tangiberdi va Qambaralini ikki yoniga olib, hammadan oldin o‘zi qor tepishga kirishdi. Orqadan yana Tohir boshliq to‘rt-besh yigit oldinga o‘tib, qorni g‘archillatib shibbalashga tushdilar.
Birpasda yuz qadamcha so‘qmoq yo‘l hosil bo‘ldi. Undan otlarni yetaklab o‘tishga to‘g‘ri kelardi. Qor tepayotgan Qosimbek hansirab dedi:
— Otni zo‘r jonivor derdik, bunday qorga odam otdan ham zo‘r bo‘larkan!
Orqada yo‘l ochilishini kutib otliq turgan beku navkarlar ko‘pchilik edi. Bu qattiq sovuqda ularning otdan tushgilari kelmasdi, chunki otning badanidan ozgina bo‘lsa ham issiqlik chiqib, suvoriyga iliq tapti urib turar, pastdagi odam bo‘yi qor esa kafanday sovuq tuyulardi. Juda sekinlik bilan ilgarilab borishar, bu ketishda bir kunlik yo‘l bir haftaga cho‘zilishi muqarrar edi. Ishboshi bo‘lib turgan Sulton har zamonda Bobur tomonga ko‘z tashlab qo‘yardi. «Qor qamalida qolayotgan bu temuriyzoda endi ne qilarkin?» deb uni zimdan kuzatardi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:40:13
Sulton Boburning sovqotib asabiylashishini, yo‘l juda sekinlab qolganidan tajang bo‘lishini, odamlariga baqirib-so‘kinib ish buyurishini, aytganini qilmaganlar bo‘lsa qamchi bilan savalashini kutmoqda edi. Otasi va akasini o‘limga buyurgan hukmdorlar qiyofasida Sulton ana shunaqa zolimlarni ko‘rgan, bugun esa ulardan birining talvasaga tushishiga guvoh bo‘lib, bir alamdan chiqqisi kelar edi.
Biroq Bobur jim. U oldinda qor tepayotgan keksa Qosimbekning hansirab, holdan ketib qolayotganini ko‘rdida, indamay otidan tushdi. Oldinga o‘tib, Qosimbekning yoniga bordi:
— Bas, siz endi nafasni roslang! — dedi, so‘ng uning o‘rniga qor tepib yo‘l ocha boshladi.
Orqada yo‘l ochilishini kutib, otdan tushmay o‘ltirgan beku navkarlar endi bunga loqayd qarab turolmadilar. Boburning indamay ko‘p qatori ishga tushib ketgani orqadagilarga zug‘um qilib buyruq bergandan ko‘ra kuchliroq ta’sir qildi. Yigitlardan yigirma-o‘ttiztasi apil-tapil otlaridan tushib, Bobur tomonga shoshildilar.
Balandga ko‘tarilganlari sari havo siyraklashib, nafas olish qiyinlashar, qirchillama sovuq buning ustiga qo‘shilar, eng baquvvat yigitlar ham yigirma-o‘ttiz qadam yo‘l ochguncha charchab, hansirab chetga chiqardi. Ikki-uch marta bu ishni qilib chiqqan odam-larning ko‘pi to‘rtinchi-beshinchi daf’a qor tepishga yaramay qolardi.
Ammo Bobur eng pahlavon yigitlar qatori qayta-qayta oldinga o‘tib, bir hafta davomida odamlariga yo‘l ochib borgani Sultonni lol qoldirdi. Beku navkarlar o‘zaro gaplashganda:
— Amirzodamga ko‘z tegmasin, alplarday pahlavonligi bor! — deb qo‘yishardi.
— Sarkardang bo‘lsa shunday bo‘lsin!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:40:20
Sulton ham ichida: «Xudo bu yigitga kuch-quvvatni ham, himmatni ham ayamay berganga o‘xshaydi», deb qo‘ydi. Kech kirganda baland bir yalanglikka ko‘ta¬rildilar. Bundan narida dovon boshlanishi kerak edi. Lekin bu balandlikda qor bo‘roni boshlandi. Qattiq shamol qor uchqunlarini yuz-ko‘zga keltirib ura boshladi. Sovuqning shiddati bir necha barobar oshib ketdi.
Havoli Kutiy deb ataladigan bu baland joyda shamol-pana tog‘ kamarlari borligini Sulton bilardi. U kichikroq bir kamarga Qosimbekni boshlab kirdi.
Ammo bu kamarga to‘rt-beshta odam zo‘rg‘a sig‘ardi. Qosimbek Boburni ham ichkariga taklif qildi.
Yuzlab odam tashqarida qor bo‘roni ostida diydirab turibdi. Suyak-suyaklargacha yetib borayotgan achchiq sovuqning zahriga dahshatli qor bo‘ronining zarbi qo‘shilyapti.
Agar odamlar shu ochiq joyda tunashga majbur bo‘lsa, ularning ko‘pi muzlab qolishi muqarrar. O‘lim xavfini sezgan navkarlardan biri:
— E-voh, jasadimiz qor tagida qolsa, bizni kim topib dafn etgay? — dedi.
— Qordan kafan kiygaymizmi-a? — dedi ikkinchi navkar.
— Hindikush deb bejiz aytmas ekanlar! Bu tog‘ odamkush toqqa o‘xshaydir!
Bobur bu navkarlarni ovozidan tanib, ularning oldiga keldi.
— Mirzoquli, niyatni yaxshi qilinglar! Xudo xohlasa, bu qor qamalidan eson-omon chiqib ketgaymiz. Mamatbek, kuraklaring bormi?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:40:27
— Bor! — deb Tohirning samarqandlik do‘sti Mamat otining egariga tang‘ib bog‘langan kurakni Boburga olib berdi.
Bobur eniga va bo‘yiga uch-to‘rt qadam keladigan joyning qorini kuray boshladi. Mamat podshohga qor kuratib, o‘zi qarab turishga uyaldi, kurakni Boburning qo‘lidan oldi:
— Bu yerda ne qilmoqchisiz, amirzodam?
— Qordan ihota yasamoqchimen. Yerto‘la qaziydilar-ku. Biz qorto‘la qazisak bo‘lmasmikan?
— Qani, ko‘raylik... E, yo‘q, qor hali juda yumshoq ekan, uvalib tushdi...
— Yerga yetguncha qaziylik-chi! — dedi Bobur.
Qorni ko‘kraklari barobar qazisalar ham, kurak yerga tegmadi:
— Ob-bo, qor bo‘roni bu yerga qorni uyib tashlagan bo‘lsa kerak! — dedi Mamat umidsizlanib.
— Mayli, bas, — dedi Bobur va Tohir qo‘rchibegini chaqirdi: — Bitta kigiz bilan joynamoz keltiring!
Ko‘krak bo‘yi keladigan qor devori shamolning shiddatini bir oz pasaytirganday bo‘ldi. Ammo tepada yana qor quyun bo‘lib yog‘ilmoqda edi. Tohir keltirgan kigizni oyoq ostiga to‘shadilar. Yoshlikdan sovuq suvlarda yuvinib chiniqqan, hatto muzni teshib g‘usl qilishga o‘rgangan Bobur hozir qor bilan ramziy tahorat olgan bo‘ldi-da:
— Tayammum! — deb qo‘ydi.
Tohir esa Mirzoquli va boshqa yigitlarga murojaat qildi:
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:40:34
— Beharakat turaversak, sovuqda to‘ng‘ib tamom bo‘lurmiz! Undan ko‘ra amirzodamga o‘xshab qorni qazib, shamolpana joylar yasaylik. Harakatlanib tursak, sovuq urmagay!
Bu gaplarga zimdan quloq solib turgan Sulton: «Ko‘raylik-chi, qani bu temuriyzodaning chidami qanchaga yetarkin?» dedi o‘zicha. Bobur esa sohibqiron bobokalonidan olgan saboqlariga binoan hayot-mamoti hal bo‘ladigan paytlarda ikki rakat namoz o‘qib, xudodan najot tilardi.
Hozir kigiz ustiga joynamoz to‘shab namoz o‘qir ekan, egnidagi po‘stinining yelkalari, gardishli qunduz telpagi bo‘ralab yog‘ayotgan qordan oppoq bo‘lib qoldi. Sulton buni ko‘rdi-yu, Bobur panalab o‘tirgan joyni bo‘ron tuni bilan qorga ko‘mib tashlashini o‘zicha tasavvur etdi. Dilida tugun bo‘lib turgan intiqom tuyg‘usi: «Qo‘yib ber, — dedi, — shahid bo‘lgan otam bilan akamning oldiga bu temuriyzoda ham borsin! Qor tepib charchagan odam sovuqdan karaxt bo‘lib, uyqusi eltsa, keyin qaytib uyg‘onmay ertalabgacha narigi dunyoga ketadi!..»
Lekin Boburning shunday mushkul ahvolda ham o‘zini yo‘qotmay, odamlarga dalda berayotgani, keksa Qosimbekni kamarga joylab, o‘zi ko‘pchilik navkarlar qatori ochiq yalanglikda qor bo‘roni tagida o‘ltirgani Sultonning insof va diyonat tuyg‘usini uyg‘ota boshladi. Ayniqsa, Boburning namoz o‘qiyotganini ko‘rganda va sajdaga bosh qo‘yib parvardigordan najot so‘raganini eshitganda ichki bir ovoz «Xudodan qo‘rqmaysanmi, Sulton? — deb so‘raganday bo‘ldi. — Axir xudo oldida har bir odam o‘z gunohi uchun o‘zi javob beradi-ku. Yomon temuriyzodalar qilgan gunohlar uchun nechun Bobur javob berishi kerak? Axir buning o‘zi senga yomonlik qilgani yo‘q-ku. Bir hafta qor tepib senga ham yo‘l ochib kelmadi-mi? Yaxshilikka javoban yomonlik qilsang, keyin qasosi o‘zingga qaytmaydimi?»
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:40:46
Bobur namozini tugatgandan so‘ng Sulton uning oldiga keldi:
— Hazrat shoh, tuni bilan qor bo‘roni ichida muzlab qolishdan qo‘rqmaysizmi?
— Nachora? Siz bizni ogohlantirgan edingiz. Dovon yo‘li chindan xatarli ekan...
— Qosimbek o‘ltirgan kamarga siz nechun kirmaysiz? Axir shohlar doim to‘rda o‘ltirishi kerak-ku!
— Hayot-mamot oldida shohu gado barobar, janob Sulton. Qosimbek keksa odam, menga otadek aziz. Men tashqarida qolgan bu yigitlarim bilan hayotning barcha achchiq-chuchuklarini birga tatib kelmoqdamen. Qancha xavfu xatarlarni birga boshdan kechirganmiz. Bugun ham biz o‘lim bilan yuzma-yuz turibmiz. Shunday paytda men eng qadrdon odamlarimni tashqaridagi xatar ichiga tashlab, o‘zim qaysi yuz bilan ichkarida jon saqlagaymen?
— Hazrat, men sizni faqat podshoh deb o‘ylagan edim. Lekin sizda darvishlik ham bor ekan. Bu so‘zimni ko‘nglingizga olmaysizmi?
— Nechun ko‘ngilga olay? Shohlardan ko‘ra darvishlarda adolat ko‘proq... Axir siz ham musulmonsiz-ku.
— Alhamdulilloh muslimman. Barcha muslimlar bir-birlariga birodardirlar. Yuring, men sizga hamma odamlaringiz sig‘adigan ulkan hovalni ko‘rsatay!
Bobur quvonib, tez o‘rnidan turdi-da, Tohir bilan Mamatni chaqirdi.
— Qani, janob Sulton bilan boringlar-chi, boshqa kamarlar bor emish!
Chindan ham orqasi ulkan g‘orga tutashib ketgan ikkita kamar bor ekan. Ularga tashqarida qolgan hamma odamlar kirib, tuni bilan shamolpana, quruq joyda gul¬xanlar yoqib isinishdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:40:53
Ertasi kuni qor bo‘roni to‘xtab, havo ochilib ketdi. Kechagi kuchli shamol qorlarni uchirib, hamma o‘ngir va jarlarni qorga to‘ldirgan va tekislab ketgan edi. Bo‘ron va sovuqning shiddatidan bu qorlar shibbalanib, qalin qatqaloq hosil bo‘lgan edi. Ana shu qatqaloqdan va o‘ydim-chuqurlarni to‘ldirib tekislagan qorning qalinligidan Sulton ustalik bilan foydalandi, Boburni barcha odamlari bilan tog‘ning narigi tomoniga boshlab ketdi. Yana kuni bo‘yi yo‘l yurib, kerak bo‘lganda qor tepib, kechki payt Yakkao‘lang* degan qishloqqa yetib bordilar.
Bu turkiyzabon qishloq odamlari:
— Osmondan tushdilaringizmi? — deb hayron qo¬lishdi: — Umrimiz bino bo‘lib qish chillasida bu dovondan tirik o‘tib kelgan shuncha ko‘p odamni ko‘rmagan edik!
Yakkao‘langliklar Bobur va Qosimbekning oyog‘i tagiga qo‘ylar so‘yib, katta ziyofatlar berishdi.
Bir kecha dam olganlaridan so‘ng Sulton qaytib ketishga ruxsat so‘radi.
— Bir o‘zingiz tog‘dan qanday o‘tasiz? — dedi Bobur.
— Kelgan yo‘limiz hali bekilmagandir. Otlarim bor-ku.
— Balki biz bilan qolursiz? Mamlakatning to‘rt tomoni tog‘. Bizga sizdek yo‘l ko‘rsatuvchi doim kerak.
— Taklifingiz uchun tashakkur, hazrat shoh. Men sizdek mard podshohni umrimda birinchi ko‘rishim. Uyga qaytib, barcha pashoyilarga sizning to‘g‘ringizda so‘zlab bermoqchiman. Xizmatingizga kelsam ham, yuz-ikki yuzta yigitlarni boshlab kelamen. Xudo hofiz!
Bobur xazinachiga buyurib, Sultonga kutganidan ham ortiq mukofotlar berib jo‘natdi.

_______________
* O‘ l a n g — yaylov degani.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:41:01
*  *  *

Kobulda ularni boshqa xavf-xatarlar kutmoqda edi. Fitnachilar Boburni «Hirotda qatl etilibdi» deb ovoza tarqatganlari rost ekan. O‘ratepaning sobiq hokimi Muhammad Husayn dug‘lat fitnachilarga bosh bo‘lib, Boburning o‘rniga uning amakivachchasi — marhum Mahmud mirzoning yigirma yoshlik o‘g‘li Mirzoxonni Kobul podshosi, deb e’lon qilibdi. Buning xabarini Kobulda qolgan sodiq navkarlardan Muhammad Andijoniy Langari Temur degan joyda Boburga yetkazib keldi. Ma’lum bo‘lishicha, Kobul qal’asini Bobur uchun berkitib turgan Mullo Bobo va Ahmad Yusuflarning ahvoli juda og‘ir. Qo‘rg‘onni qamal qilayotgan Mirzoxon boshliq mo‘g‘ullarning yigirma ming odami bor, devorlarga naqb solib borut bilan portlatib o‘tishga harakat qilishyapti. Qo‘rg‘on himoyasida ikki yuztagina odam turibdi. Ularning ham zaxiralari tugab boryapti. Shu ketishda fitnachilar ketma-ket hujum qilaversa qo‘rg‘onni bir hafta-o‘n kunda olib qo‘yishlari ehtimolga yaqin.
— Biz Langari Temurdan Kobulga to‘rt kunda yetib borgaymizmi, a, janob Qosimbek? — so‘radi Bobur.
— Ildam yursak, uch kunda ham yetgaymiz. Ammo Qandahor yo‘li bilan kelganimizda Kobulga yana bir oyda zo‘rg‘a yetgan bo‘lardik.
Muhammad Andijoniy bu gapni ma’qullab qo‘shimcha qildi:
— Fitnachilar sizlarning qish chillasida Hindikushdan oshib kelishlaringizni mutlaqo bilmaydi, amirzodam! Axir bu — aql bovar qilmaydigan ish! Shuning uchun fitnachilar asosiy kuchlarini Qandarhordan keladigan yo‘l bo‘ylariga joylashtirganlar. Qorovullari ham Qandahor tomonda poyloqchilik qilmoqda emish. Menga buni Mullo Bobo tayinlab aytib yubordi. «G‘azna tomondan kelmasinlar, Manor tog‘i tomondan kelsinlar» deb iltimos qildi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:41:09
— Ammo janob Qosimbek, siz uzoqni ko‘zlab dovon yo‘lini tanlagan ekansiz. Men sizning haqligingizga endi astoydil tan berdim.
— Tashakkur, amirzodam. Endi hamma gap Kobulga yog‘iylar kutmagan tomondan bilintirmay borishimizga bog‘liq. Ularni g‘aflatda bosmoq kerak!
Bobur, Qosimbek, Xo‘ja Kalon va boshqa ishonchli amirlar maslahatni bir joyga qo‘yishdi. Kobul qo‘rg‘onidagi Mullo Bobo boshliq sodiq kishilariga Bobur o‘z qo‘li bilan maxfiy maktub yozdi.
«Mardona bo‘ling, najot yaqin, xudo xohlasa, seshanba kuni tunda biz Manor tog‘ida ulkan o‘t yondir¬g‘umizdir. Sizlar ham arkda, eski ko‘shkning ustidakim, hozir xazinadur, ulug‘ o‘t yondiringiz, toki bilg‘aymizki, bizdan xabardor bo‘libsiz...»
Muhammad Andijoniy Boburning maktubini Kobul qo‘rg‘onidagilarga vaqtida yetkazib borgan ekan. Seshanba kuni kechasi Bobur odamlari bilan Manor tog‘iga yetib, Kobul qo‘rg‘oni ko‘rinadigan joyda ulkan olov yondirdilar. Ko‘p o‘tmay Kobul arkida xazinaning tomi ustida ham kattakon olov yaltillab ko‘rindi.
Shundan keyin Bobur odamlari bilan Kobulning shimol tomonidagi G‘urband Tangisidan sahar palla chiqib, eng avval fitnachilarning boshliqlari uxlab yotgan qasrlarga yaqinlashdilar. Tun juda sovuq, izg‘irin shamol esadi, ko‘pchilik qorovullar ham shamolpana iliq joylarga kirib ketishgan. Muhammad Husayn bilan Mirzoxon g‘aflat uyqusiga yotgan paytda qo‘rg‘on ichkarisidan Mullo Bobo va Ahmad Yusuf o‘z odamlari bilan Ohanin darvozasidan qurollanib chiqdilar. Qo‘rg‘onni qamal qilib yotgan mo‘g‘ullarning halqasi shimol tomonda siyrak edi, chunki ular Boburning janub-g‘arb tomondan kelishini kutmoqda edilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:41:18
Bobur shimoldagi G‘urband tomondan, qo‘rg‘onda¬gilar qal’a tomondan birvarakay zarba berishib, mo‘g‘ullar halqasini sindirib o‘tdilar.
Kobul podshosi deb e’lon qilingan Mirzoxon qo‘rg‘on tashqarisidagi hashamatli bir qasrda uxlab yotgan paytda Boburning Xo‘ja Kalonbek boshliq yigitlari qasr hovlisiga tig‘ yalang‘ochlab kirdilar. Mirzoxonning qo‘riqchi yigitlari ham qilichlarini qindan sug‘urdilar. Qilichbozlik jangidan bir necha navkar yaralanib yiqildi. Cho‘chib uyg‘ongan Mirzoxon:
— Bobur bostirib keldi! — degan xabarni eshitib o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. «O‘ldiga» chiqarilgan odamning birdan tirilib kelishi Mirzoxonni shunchalik vahimaga soldiki, u tarafdorlarini to‘plab jang qilishni xayoliga ham keltirmadi. Qantarib qo‘yilgan egarlog‘liq bir otga sapchib mindi-da, kunchiqish tomondagi tog‘larga qarab qochdi. Buni eshitgan Bobur Yusufbek boshliq bir to‘da yigitlarni Mirzoxonning ketidan quvg‘inchi qilib yubordi. O‘zi Bog‘i Bihisht deb ataladigan bog‘ning ikki qavatlik qasriga tomon ot surib ketdi.
Fitnachilarning boshlig‘i Muhammad Husayn dug‘lat shu qasrda edi. Darvozaning tomi ustida o‘ltirgan qo‘riqchilar Boburga yoydan o‘q yog‘dirdilar. O‘qlardan biri uning po‘lot dubulg‘asiga, yana biri ko‘kragidagi zirhli «chor oynaga» o‘ralib qapchib ketdi. So‘ng Bobur kamondan otgan o‘qlar tom ustidagi soqchilardan birini yerga qulatdi.
Darvozani qo‘riqlab turgan otliq mo‘g‘ul beklari qilich yalang‘ochlab, Boburga hamla qilishdi. Ulardan biri yaqin kelib qilich urganda Bobur o‘zini qalqoni bilan to‘sdi. So‘ng fitnachining bo‘yniga shunday qilich urdiki, egardan yerga uchirib, yumalatib yubordi. Yana ikkinchi, uchinchi... beshinchisini otidan qulatdi...
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:41:26
Qilich yalang‘ochlab kelayotgan har bir dushman unga yuzma-yuz kelgan o‘lim timsoli bo‘lib ko‘rinardi. Yovni qilich bilan urib yiqitganda o‘ziga chang solayotgan o‘limni bartaraf qilganday yengil tortardi.
Boburning o‘zi tig‘ bilan yovlarini urib, yiqitib kela¬yotganini eshitgan Muhammad Husayn dug‘lat hovliga chiqishga ham jur’at etolmadi. Xotinlarning ko‘rpa-to‘shak yig‘ib qo‘yiladigan xonasiga kirib, bo‘g‘jamaning ichiga yashirindi.
Mehr Nigor xonim — Boburning xolasi edi. Bultur Qutlug‘ Nigor xonim olamdan o‘tgandan beri Bobur bu xolasini ona o‘rnida hurmat qilib yurardi. Boburning odamlari ichkarilarni axtarib, Muhammad Husaynni topib chiqqanlaricha Bobur shu xolasi oldida farzanddek ta’zim qilib ko‘rishdi.
Toshkentda xon bo‘lgan marhum Mahmudxonning onasi Shohbegim ham shu qasrda ekan. Boburga o‘gay bo‘lsa ham, har qalay momo hisoblangan Shohbegim to‘satdan paydo bo‘lib qolgan Bobur oldida sarosima bo‘lib, duduqlanib biron so‘z ayta olmadi. Bobur uning ham hurmatini joyiga qo‘yib, ta’zimu tavoze bilan so‘rashdi.
Ichkaridan ikki yigit qo‘ltig‘idan mahkam ushlab olib chiqqan Muhammad Husayn esa:
— Menda ne ayb?! — deb peshgirlik qildi.
— Sizda ayb bo‘lmasa nechun mendan qochib to‘shakxonaga bekindingiz? — so‘radi Bobur.
— Qilich yalong‘ochlab kirganlardan qo‘rqdim, rost!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:41:39
— Ammo mening o‘rnimga Mirzoxonni podshoh ko‘targanda xudodan qo‘rqmadingizmi? Bir podshohga qarshi fitna uyushtirib, boshqa podshohni taxtga chiqa¬rish — davlat to‘ntarishi ekanini bilmasmisiz? Bunday xiyonatlar uchun eng og‘ir jazolar berilishi, tanasi pora-pora qilinib, ming qiynoqlar ichida qatl etilishi sizga ma’lum emasmidi?!
— Meni... mo‘g‘ul beklari yo‘ldan urdilar!.. Kechiring, amirzodam, kechiring — deb Muhammad Husayn ho‘ngrab yig‘lay boshladi va Boburning oyog‘i ostiga o‘zini tashladi.
Soqoliga oq tushgan bu odamning O‘ratepadagi uyida Bobur ko‘p marta mehmon bo‘lgan, uning o‘g‘illari bilan birga o‘sgan edi. Ayniqsa, Muhammad Husaynning kichik o‘g‘li Haydar Mirzo Boburga juda mehribon, zehni o‘tkir, yetti-sakkiz yoshdayoq kitob o‘qib, she’r aytadigan zakovatli bola edi*.
Mehr Nigor xonim ham, Shohbegim ham Muhammad Husaynning shu bolalarini o‘rtaga solib, Boburdan shafoat so‘radilar. Bobur Muhammad Husaynga nafrat bilan ko‘z tashlab dedi:
— Mana shu onalaru begunoh bolalar hurmati... Men sizning qoningizdan kechdim... Ammo endi siz bilan oramiz uzildi... Ko‘chingizni olib, mening qalamrovimdan chiqib keting! Tamom!
Bobur bu yerdan otlanib chiqqanda fitnachi qo‘shinlar Kobul qo‘rg‘onining atroflarini tark etib, tog‘larga qarab chekinmoqda edi. Qamal paytida qo‘rg‘onni ajdahoday o‘rab yotgan minglab mo‘g‘ul askarlari endi o‘z sardorlaridan ajralib, boshi kesilgan ilondek talvasa ichida go‘yo dumalab ketmoqda edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:41:58
Mirzoxonning ketidan yuborilgan quvg‘inchilar uni Qarg‘a Buloq degan joydan tutib olib, arkda devonxo¬nada o‘ltirgan Boburning oldiga olib kirdilar. Yengil kiyingan Mirzoxon sovuqda diydirab ko‘karib ketgan. Boburga egilib ta’zim qilayotganda yerga gursillab yiqilib tushdi. Yigitlar uni o‘rnidan turg‘izdilar. Yig‘lab iltijo qildi:
— Meni afu eting, hazratim! Siz mening yagona podshohimsiz!
— Ammo o‘zingizni ham podshoh deb e’lon qilibdilar-ku!
— Meni aldadilar! «Temuriylardan Kobulda faqat Siz qolgansiz, — dedilar. — Bobur mirzo qaytib kelguncha elga bosh bo‘lib turing» deb ko‘ndirdilar! Mana, xudoga shukr, eson-omon qaytib kelibsiz!
— Bizga peshvoz chiqib kutib olish o‘rniga, nechun toqqa qarab qochdingiz?
— Xom sut emgan banda, vahimaga berilibmen! Ammo men mo‘g‘ul beku navkarlaridan himoya istab qochganim yo‘q. Sizning huzuringizga jang tugagandan so‘ng qaytmoqchi edim.
Bobur uchun ham Mirzoxonning mo‘g‘ul beklari tomonga qochib ketmagani yaxshilik alomati edi. Agar Mirzoxon ular tomonga o‘tib ketganda, ikki oradagi urush uzoq davom etishi, yana ko‘p behuda qonlar to‘kilishi mumkin edi.
— Men sizning qahramonligingizga tan berib tiz cho‘kurmen, hazratim! — deb Mirzoxon yana yukundi.— Sizda Sohibqiron bobokalonimizning qilichi borligini bilurmen! Bu qilichga «Kuch—adolatdadir» degan muqaddas yozuv bitilganini o‘zingiz menga aytgan edingiz. Bugun siz ana shu qilich bilan bahodirona jang qilib g‘alabaga erishdingiz. Chindan ham, kuch—adolatda ekaniga men endi astoydil imon keltirdim! Buyuring, toki umrim boricha sizga xizmat qilay!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:42:09
Bobur Mirzoxonga o‘ng tomonidan joy ko‘rsatdi.
— Sharbat keltirilsin! — deb buyurdi.
Savdarboshi oltin kosada keltirgan sharbatdan Bobur avval o‘zi ichdi-yu, keyin Mirzoxonga berdi.
— Hozir Kobulda temuriylardan faqat ikkimiz qoldik, — dedi Bobur. — Bu mo‘g‘ullar azaldan temuriylar bilan olishib kelurlar. Qunduzda Shayboniyxonning qo‘shini turibdir. Ora yaqin. Kobulda xonning josuslari yolg‘on ovozalar tarqatib, meni ataylab «o‘ldiga» chiqargan bo‘lsalar kerak.
— Bu rost! Qunduz hokimi Qambarbiy Kobuldagi mo‘g‘ul beklari bilan til biriktirganini men ham sezdim.
— Kimlar o‘sha til biriktirgan beklar?
Mirzoxon bir necha mo‘g‘ul beklarining nomlarini aytdi.
— Ana shularni siz bizga tutib berishingiz kerak! — dedi Bobur. — Bo‘lmasa bular yana paytini topib, siz bilan meni Shayboniyxonga sotgaylar!
— Kemaga tushganning joni bir, hazratim! Men to o‘lgunimcha temuriylar kemasida sobit turgaymen! Agar o‘limga buyursangiz ham so‘z qaytarmay borurmen!
Mirzoxon devqomat yovqur yigit edi, uning tomirida ona tomondan bobokaloni Iskandar Zulqarnayn qoni ham borligiga Boburning ishongisi kelardi.
— Sizni o‘limga buyurmoqchi emasmen. Mirzoxon, balki hamkorlikka chorlamoqchimen!..
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:43:05
— Jonu tanim, butun borlig‘im bilan hamkoringiz bo‘lurmen, hazratim!
Mirzoxon shu so‘zining ustidan chiqib, Bobur buyurgan barcha ishlarni sidqidil bilan ado etadigan bo‘ldi.
Muhammad Husayn dug‘lat esa ko‘ch-ko‘ronini tuya va otlarga ortib jo‘nab ketdi va Murg‘ob bo‘ylarida Shayboniyxonga borib qo‘shildi. Ammo o‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas, deganlaridek, o‘sha yerda ham fisqu fasod ishlarga bosh qo‘shgani uchun Shayboniyxon tomonidan o‘ldirildi.
O‘sha qish Bobur ko‘rsatgan mardlik va dovyuraklikning mukofoti shu bo‘ldiki, Qosimbek Hirot chorbog‘ida uchragan go‘zal qizni izlab topdi. Bobur Kobulda katta to‘y qilib, Mohim bonu ismli bu olov qizga uylandi va oradan bir yil o‘tar-o‘tmas undan ajo¬yib o‘g‘il ko‘rdi. Baxtli istiqbol orzusi bilan bu to‘ng‘ich o‘g‘ilni Humoyun deb atadilar.

______________
* Kelajakda Muhammad Haydar Mirzo Bobur tarbiyasini olib ulkan adib bo‘lib yetishadi va mashhur «Tarixi rashidi» kitobini yaratadi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:43:38
HIROT, MARV
PAYMONASI TO‘LGANLAR

1


Hirot atroflarida qish osoyishta o‘tdi-yu, avji bahor kunlarida Shayboniyxon ellik ming qo‘shin bilan Murg‘ob daryosidan o‘tib, Xurosonga bostirib kirdi. Badiuzzamon mirzo bilan Muzaffar mirzo Hirotning shimolida Qorarabot va Tarnob degan joylarda ikki bo‘lak qo‘shin, ikki alohida sarkarda bilan lanj bir ahvolda o‘tirgan edilar.
Shayboniyxonning Ubaydulla Sulton va Temur Sulton boshliq otliq askarlari bu ikki qo‘shinning orasiga tig‘day yorib kirdi-yu, kuchli bir zarba bilan ikki podshohni ikki tomonga uloqtirib tashladi. Mirzolar ko‘pchilik bek va navkarlari bilan tumtaraqay bo‘lib qochdilar. Faqat Zunnunbek arg‘un o‘zining Hizabrulla bo‘lishiga va Shayboniyxonning qilichini sindirishiga hali ham ishongani uchun bir necha yuz navkarini xon qo‘shini qarshisiga boshlab chiqib, oxirgi nafasi qolguncha olishdi. Ubaydulla Sultonning otliqlari hayal o‘tmay uni egardan urib tushirdilar, boshini kesib nayzaga sanchdilaru Shayboniyxon mingan otning oyog‘i tagiga eltib tashladilar.
Jang maydonidan halloslab qochgan Badiuzzamon mirzo Hirotga hammadan oldin yetib keldi, ammo shahar ichiga kirmadi. Bog‘i Jahonoroda bir necha soat to‘xtab, otlariga dam berdi-yu, oltin-kumush va javohirlaridan ko‘targanicha oldi. Uning xotin-bolalari shahar ichida — arkda edi. Orqadan quvib kelayotgan yov tahlikasidan qo‘rqqan Badiuzzamon mirzo shahar dorug‘asini chaqirib, qal’a darvozalarini bekitib olishni buyurdi. «Qamalda qolishdan qo‘rqmanglar, biz Qandahor tomondan qo‘shin to‘plab kelib, sizlarni xalos qilurmiz», degan quruq va’da bilan xotinlari va bolalarini qo‘rg‘on ichida qoldirib o‘zi janubga qarab shoshildi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:44:07
Hirotga kechasi yetib kelgan Muzaffar mirzo hatto yengilish va qochishda ham akasi bilan musobaqalashgan kabi ish qildi. U ham shahar tashqarisidagi Bog‘i Safidda bir necha soat to‘xtab, nafasini rostlagach, eng kerakli narsalarini oldi-yu, yov yetib kelib qolishidan qo‘rqib, arkka kirmadi, onasi va xotinlarini qal’a ichida qoldirib, darvozalarni bekitishni buyurdi, u ham Qamalda qolsalaring o‘zim kelib qutqaramen!» deganicha Astrobodga qarab qochdi.
Mirzolarni kutganidan ham oson yenggan Shayboniyxon shahardan o‘n besh chaqirimcha sharqdagi Qahdiston degan xushhavo o‘tloqqa tushib, shohona chodirlarini tikdirdi.
Xadicha begim Hirotda bor a’yonlar va qo‘riqchi askar sarkardalarni to‘plab, qo‘rg‘on darvozalarini bekitishga urinib ko‘rdi. Ammo ikki og‘a-ini podshodan birontasi Hirot mudofaasiga bosh bo‘lmasdan qochib ketganligi hammaning ruhiga yomon ta’sir qilgan, qamal azobini hech kim zimmasiga olishni istamas edi. Xonning g‘azabiga qolmaslik uchun Hirotni unga jangsiz topshirishni ma’qul ko‘ruvchilar ko‘p edi. Axiri Hirot shayxulislomi Taftazani bir necha nufuzli kishilarni yoniga olib, Hirot shahrining kalitlarini qimmatbaho sovg‘a-salomlar bilan birga xonga eltib topshirdi.
Qahdistonning orombaxsh bahor havosida ulkan g‘alabadan ta’bi ochilib yurgan Shayboniyxon endi jozi¬bali bir ayol bilan qovushgisi kelar edi. U Hirotning eng ta’rifi ketgan go‘zal juvoni — Muzaffar mirzoning yigirma yoshlik suyukli xotini Qorako‘z begim deb eshitgan edi. Toshkentda va Andijonda Qorako‘z begim deb ot chiqargan qiz-juvonlar qanchalik chiroylik bo‘lganini xon yaxshi bilar edi. Hirotlik Qorako‘z begimning asl nomi boshqa bo‘lsa ham qora ko‘zli go‘zallar orasida eng chiroylisi bo‘lgani uchun el orasida shu ism bilan tanilgan edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:44:28
Shayboniyxon doimiy odatini qilib, bu juvonga g‘oyibona  oshiq  bo‘lgani  haqida  qisqa bir g‘azal yozdi-yu, shoir Muhammad Solihni oraga qo‘yib, she’rini begimga yetkazdirdi.
Muzaffar mirzo nomardlik qilib xotinlarini tashlab ketganidan qahri kelgan Qorako‘z begim xonning g‘azalini xush qabul qildi. Xadicha begim boshliq boshqa kelinlar Hirotning eng mustahkam istehkomi bo‘lgan Ixtiyoriddin qal’asiga kirib bekinganlarida Qorako‘z begim ulardan ajralib qoldi va otasining shahar tashqarisidagi chorbog‘iga ketdi. Keyin begimni hammomda yuvintirishib, kelinlarday yasantirishdi-yu, xon yuborgan shohona mahofaga solishib Qahdistonga olib ketishdi.
Kechki payt Hirotning shayxulislomi va qozisi xon qarorgohiga chaqirildi.
Bugun odatdagidan yoshroq ko‘rinayotgan Shay¬boniyxon shariat peshvolarini mahfuri* gilam to‘shalgan borgohda qabul qildi. Xonning yonida turgan mullo Abdurahim Qorako‘z begimni bugun imomi zamonga nikohlash haqida gap ochdi.
— Bugunmi? — deb shayxulislom qoziga sarosima bo‘lib ko‘z tashladi. Qozi bu qarashning ma’nosini tushundi.
Qorako‘z begim Muzaffar mirzoning nikohida edi. Erining tashlab ketganiga besh kun ham bo‘lgani yo‘q. Holbuki, bir musulmonning nikohidagi xotinning iddasi bo‘ladi, uch oy o‘tmaguncha boshqa kishiga nikohlash mumkin emas. Shariat buni qat’iyan man qilgan!
Shayxulislom xonning oyog‘i tagidagi gilamni o‘pib, shu to‘g‘rida gap boshlagan edi, xon uning so‘zini kesdi:
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:44:40
— Shariatni bizga o‘rgatmang! Begimni hezalak eri bundan to‘rt oy oldin uch taloq qo‘ygan. Siz uch oy deysiz! Begim to‘rt oy boshi ochiq yurgan! Nahotki, siz, shariat peshvolari bundan bexabarsiz?!
Xonning qahridan qo‘rqib ketgan shayxulislom oppoq soqolini mahfuri gilamga surkab yana yer o‘pdi.
— Xabardormiz, hazratim!
— Xabardormiz! — dedi qozi ham gilamni o‘pib. Ular Muzaffar mirzoning bundan to‘rt oy burun achchiq ustida xotinini uch taloq qo‘yganini bilar edilar. Biroq keyin mirzo xotini bilan yana yarashganda shayxulislom bilan qozi begimni eriga qaytadan nikohlab bergan edilar. Lekin begimning avvalgi yosh eri tilga olinganidan rashki kelib, sabr kosasi to‘lib turgan xonga buni aytish— o‘limni bo‘yniga olish bilan barobar edi.
Shariat peshvolari endi bu to‘g‘rida «churq» etmasdan nikoh o‘qishga hozirlandilar...

______________
* M a h f u r i — gullariga she’riy baytlar qo‘shib to‘qilgan nodir ipak gilam.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:44:51
*  *  *

Sallasiga la’l va gavhar bilan birga ukpar ham qadalgan Shayboniyxon kechasi begimning xobgohiga shahdam qadamlar bilan kirib ketdi. Xobgohning tashqi bo‘lmasida xonning haramiga qaraydigan keksa beka, ikkita bichilgan habash qul va begimga ergashib kelgan ikkita kaniz navbatchilik qilib qolishdi.
Bir vaqt xobgoh eshigi shaxt bilan ochildi-yu, yelvagay to‘n kiygan, boshidagi oq shabpo‘shi* bir yonga og‘ib ketgan Shayboniyxon chiqib keldi. Uning rang-quti o‘chgan, lablari pirpiraydi.
— Behayo ekan! Buzilib ketgan ekan! Bezbet!
Haram bekasi begimning kanizlari bilan birga shosha-pisha ichkariga kirdilar. To‘shak chetida yuzini qo‘llari bilan bekitib olgan go‘zal juvon yelkalari silkinib, piq-piq yig‘lar edi.
Ma’lum bo‘lishicha, Qorako‘z begim Hirotning so‘nggi podsholari yaxshi ko‘radigan va oliy tabaqa ayollari «g‘alvira» deb ot qo‘ygan sho‘x bir qiliq qiladi. Bu bilan u ellik olti yoshlik xonni qoyil qilmoqchi, balki uning ilhomini oshirmoqchi bo‘ladi. Biroq ko‘p marta uylangan, qancha qiz-juvonlar bilan bir yostiqqa bosh qo‘ygan xon umrida bunday qiliqlarni ko‘rmagan ekan. U avval sarosimaga tushadi, keyin Qorako‘z begimning avvalgi yosh erini eslaydi. Begim bunday qiliqlarni avvalgi eriga ham qilganlarini ko‘z oldiga keltiradi-yu, hafsalasi birdan pir bo‘ladi va so‘kinib o‘rnidan turib ketadi.
Begim bu sho‘xlikni xonga yoqish uchungina qilganini, Hirot asilzodalari orasida bu joiz ekanini kanizlar haram bekasiga tushuntirdilar. Begimga rahmi kelgan haram bekasi xonning oldiga chiqib, uni jahlidan tushirishga tirishdi:
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:45:04
— Hazratim, ayb faqat bu begimda emas! Ayb unga shu qiliqni o‘rgatganlarda! Hirotda behayolar ko‘p ekan.
— Bu shahar — dindan qaytgan rofiziylar* uyasi!— dedi xon ham endi g‘azabini boshqa tomonga yo‘naltirib. — Bu juvonning qaynonasi Xadicha begim — bezbetlarning eng kattasi! Eng avval o‘shani tutib jazosini berish kerak.
Shayboniyxon xobgohga qaytib kirmadi. Qorako‘z begimni tavfiq va hayo yo‘liga qaytarishni haram bekasi bilan habash qullarga topshirdi-yu, o‘zi borgohga joy soldirib yotdi. Ammo tong otguncha uxlay olmadi.
Ertalab azonda borgohdan hirgohga o‘tdi-yu, lashkarboshilardan Ubaydulla Sultonni, mulozimlardan Muhammad Solihni, mavlono Binoiyni va Mansur baxshini chaqirtirdi.
Eng avval jiyani Ubaydulla Sultonni so‘roqqa tutdi:
— Ixtiyoriddin qal’asi olindimi, yo‘qmi?
— Xon hazratlari, bugun-erta oling‘usidir!
— Bitta buzuq xotin bekitib yotgan qal’ani shuncha lashkar bilan haligacha ololmaysan! Yo o‘zim borib olaymi?
Xonga kechasi bir balo bo‘lganini hamma sezdi. Yigirma yoshli devqomat Ubaydulla Sulton ulkan gavdasini egib, xonga ikki bukilib ta’zim qildi:
— Hazratim, qal’ani shu bugun olamiz. Hozir men o‘zim borib hamla qilamen!
— Hamla qilamen deb, lashkaring dehqonlarning ekinini toptab ketibdi. Biz Hirotga mehmon bo‘lib kelganimiz yo‘q. Dehqonning hosili o‘zimizga kerak! Bog‘larni ham ot bosmasin! Mevasini o‘zing yeysan! Sen temuriyzodalarning urug‘ini qurit! O‘shalarga xizmat qilib quturgan shialarni bos!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:45:18
— Barcha aytganlaringizni bajo keltiramiz, hazratim!
Ubaydulla Sulton ketishga chog‘landi. Shunda Shayboniyxon:
— Agar qal’ani bugun oladigan bo‘lsang, Mansur baxshini ham olib ket! — dedi. — Bu baxshi yana bo‘ydoq yuribdi. Bunga xotin chidamaydi. Xadicha begim shunga o‘xshagan zo‘r bir er topolmay yurgan emish. Qal’a-ni olsang, o‘sha xotinni Mansur baxshiga nikohlab berasan!
Semirib, avvalgidan battar yo‘g‘onlashib ketgan o‘tovday katta Mansur baxshi:
— Aynalayin sizdan, xon hazratlari! — dedi. — Samarqandda nikohlab bergan Zuhra begimingiz o‘lgandan beri so‘qqaboshlik jonimga tegib yurgan edi!
— Lekin sen baxshi hadeb nafsingni o‘ylay berma!— dedi xon. — Hirotning eng katta boyliklari Xadicha begimning qo‘lida. Menga axboroti kelgan, bu xotin oltindan gul yasatgan emish, barglari zumraddan emish. Gulga qo‘nib turgan bulbulning og‘zida gavhari bor emish.
— Xon hazratlari, bunisini men sizga toptirib beraman! — dedi Mansur baxshi. — Xazinasi ham sizniki! Menga o‘zi bo‘lsa bas!
Bu sho‘x gaplardan keyin Shayboniyxonning chehrasi sal ochildi-yu, Ubaydulla Sulton bilan Mansur baxshiga ketish uchun ruxsat berdi. Muhammad Solih bilan mavlono Binoiy xon qarshisida hamon qo‘l qovushtirib, oyoq ustida sukut saqlab turishardi. Qizil kimxob ko‘rpacha ustida chordana qurib o‘tirgan xon Muhammad Solihga qarab:
— Sen, shoir, nuqul Hirotni maqtar eding, — dedi.— Hiroting hayosini yo‘qotgan betavfiqlarning uyasi ekan-ku!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:45:26
Muhammad Solih xonning boshiga kechasi qanday hangoma tushganini allaqachon payqagan edi. Shay¬boniyxon hozir keksalik zaifligiga chora topolmay alami kelayotgani ham sezilib turardi.
Muhammad Solih uning yarasiga tuz sepmaslik uchun gapni boshqa yoqqa burdi:
— Hazratim! Hirotning axloqini temuriylar buzgan. Siz temuriylarni jangda jismonan yengdingiz, endi ularni ma’nan yengmoqdasiz! Imomi zamonamizning axloqiy pokliklari hirotliklarga ibrat bo‘lmog‘i kerak.
— Gapga chechansen! Lekin Hirotning axloqini shoirlar ham buzganini nega aytmaysen! Temuriylarni maqtab, behayo she’rlar yozib, lagan-lagan oltin olgan shoirlaring bo‘lmag‘anmi?
— Bo‘lgan, xon hazratlari. Mana mavlono Binoiyni Hirotdan ana o‘shanaqa shoirlar ketkizib yuborgan!
Shayboniyxon mavlono Binoiyga yuzlandi:
— Shundaymi?
— Shundoq, hazratim! — dedi Binoiy ta’zim bilan.
— Unday bo‘lsa mavlono Binoiy adolat qilichini beliga taqib, yomon shoirlardan qasdini olsin! — dedi xon. — Bizning g‘olib navkarlarimizdan ellik-oltmishtasini mavlononing ixtiyoriga bering. Temuriylarning oltinidan quturib yurgan shoirlarning molu mulki musodara qilinsin! Barcha oltinlarini tortib olib xazinaga topshiring! Keyin bu shoirlarning ko‘zi ochilib, tavfiqu hayo yo‘liga qaytishi oson bo‘ladi!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:45:40
Mavlono Binoiy bezovtalanib Muhammad Solihga qaradi. U bir vaqtlar o‘ziga alam o‘tkazgan ba’zi Hirot shoirlarini har qancha yomon ko‘rsa ham, lekin yoniga askar olib, birovlarning uyini tintishni, molu mulkini musodara qilishni o‘ziga munosib ko‘rmas edi. Biroq buni xonga ro‘yi-rost aytish ham mumkin emas edi.
— Hazratim, shunday ulug‘ vazifani faqirga ishonib topshirmoq niyatingizdan sarfarozmen!.. Faqat bir andesham bor.
— Xo‘sh?
— Hazratim, men umrimda qilich chopmagan keksa odammen. Yoshim ellikdan oshgan. Bu farmoni oliyni jangovar bek shoir Muhammad Solih janoblari faqirdan yuz hissa yaxshi bajarurlar! Faqir bu janobga kuchim yetganicha yordam beray!
Muhammad Solih bu ishni o‘ziga yo‘latgisi kelmadi.
— Mavlono, men Hirot shoirlarini sizchalik yaxshi bilmaymen!
Buyrug‘i sansalor bo‘layotganini sezgan Shayboniyxon, ko‘zlari tahdidli yaltirab, Binoiyga tikildi.
— Ot in’om qildik — mindingiz. To‘n in’om qildik— kiydingiz. Ulufa berdik — yo‘q demadingiz. Endi ish buyursak, yo‘q deysizmi?!
Boshqa e’tirozga o‘rin qolmadi. Olti yildan beri xon xizmatida yurgan Binoiy uning hozirgi buyrug‘ini baja¬rishga majbur edi...

_______________
* Sh a b p o‘ sh — kechasi kiyib yotiladigan do‘ppisimon yengil bosh kiyimi.
* R o f i z i y l a r — islomning sunniy mazhabidan shia mazhabiga o‘tganlar va umuman, musulmonchilikdan chiqqanlar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:45:48
*  *  *

Shayboniyxonning o‘ng qo‘l vaziri — oltmish besh yoshlik mulla Abdurahim Hirot allomalaridan oltin undirishning boshqa bir yo‘lini o‘ylab topdi. Hirot atroflaridan g‘oliblarning qo‘liga tushgan o‘ljalar orasida suruv-suruv qo‘ylar ham bor edi. Mulla Abdurahim shu qo‘ylardan oltmishtasini Hirotning Qipchoq darvozasi tashqarisidagi bozorga haydab tushishni xizmatkorlariga buyurdi. So‘ng shaharga bir to‘p navkar yuborib, temu-riylar davrida mashhur bo‘lgan Xondamirni, Boburga yaqinligi bilan tanilgan mavlono Fazliddinni, Husayn Boyqaroga atab she’rlar yozgan «ko‘ksa» laqablik shoir Sulton Muhammadni, yana shularga o‘xshash besh-olti kishini qo‘y bozoriga majburan olib keltirdi. Keyin mulla Abdurahimning o‘zi ham bir to‘p mulozimlari bilan bozorga o‘ynoqi bir arg‘umoqni minib kirib keldi. Mulozimlardan biri piyoda qo‘l qovushtirib turgan Xondamirga va uning hamrohlariga shunday dedi:
— Sudurlar sadri Nizomiddin Abdurahim hazratlari o‘zlarining bu qo‘ylarini faqat sizlarga sotmoqchilar!
Xondamir sheriklariga: «Shu bilan qutulsak koshki!» deganday qilib qaradi-yu, keyin sudurlar sadriga ta’zim qildi:
— Bajonidil olurmiz. Narxini aytsinlar.
Mulozim ovoziga tantanali tus berib dedi:
— Bu qo‘ylar — sudurlar sadrining nafasi tekkan tabarruk qo‘ylardir. Sizlar temuriylar xizmatida haromxo‘rlikka o‘rganib, buzilib ketgan odamsizlar. Bu qo‘ylarni so‘yib yeb halqumlaringni poklashlaring kerak. Shuning uchun qo‘ylardan har birining narxi olti yuz dinor!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:45:56
Olti yuz dinorga bitta emas, yetti-sakkizta qo‘y olish mumkin edi. Biroq qo‘ylarni sudurlar sadri aytgan narxda olmaslik — uning g‘azabiga uchrash va shafqatsiz jazoga giriftor bo‘lish demak edi.
Puldan qiynalibroq yurgan mavlono Fazliddin bezovtalanib so‘radi:
— Janoblar, yaqinda moli omon ham to‘lagan edik-ku?
Shoir Muhammad Sulton istehzoli kulimsiradi:
— Mavlono, bu noyob qo‘ylarga hazratimizning muborak nazarlari tushgan ekan. Shuning uchun endi bu moli omon emas, balki moli imondir!
Mulla Abdurahim istehzoni payqab qahri keldi va navkarlariga buyurdi:
— Bularning har biriga qo‘ylardan o‘nta-o‘nta qo‘shaloqlab beringlar! Bularni temuriylarning oltini quturtirgan! Hammasining dimog‘i juda baland! Bularni osmondan yerga tushirib qo‘yish kerak. Qo‘ylarni uyla¬rigacha o‘zlari haydab ketsin! Hech kim haydashmasin! Uylarigacha kuzatib borib, pulini undirib kelinglar. Qaysi biri buyruqni bajarmasa, molu mulkini musodara qilib, o‘zini zindonga tashlanglar!
Navkarlar buyruqni bajarishga kirishdilar.
Hirotda ko‘pchilik taniydigan shoir, olim va me’mor issiq kunda halpillab, sertuproq, serchang ko‘chalardan qo‘y haydab ketdilar. Keyin bu «tabarruk» qo‘ylarning pulini qarz havola qilib bo‘lsa ham, to‘lab qutuldilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:46:10
2

Ubaydulla Sultonning bir yarim ming navkari o‘n kundan beri Ixtiyoriddin qal’asining atrofida g‘ivirlar, ammo o‘q ham, shoti ham yetmaydigan balandlikdagi qal’ani olishning hech ilojini topolmas edi. Temir darvozalarga to‘pdan o‘q otib ko‘rishdi, bo‘lmadi. Keyin yer tagidan g‘or qazishga tushishdi.
Shuni hisobga olmaganda, Hirot hozir bir qadar tinchib bormoqda edi. Musodara qilinadigan xazinalar bo‘shab qolgan, talanadigan molu mulklar talanib bo‘lgan edi.
Shayboniyxon Qahdistondan Bog‘i Jahonoroga ko‘chib kelib, Hirotning mashhur san’atkorlarini o‘z huzuriga chaqirtirdi. San’at ishlarini boshqarayotgan Muhammad Solih vositachi bo‘lib, Behzodni xon bilan bir-ikki marta uchrashtirdi. Xonning maslahatgo‘yi mulla Abdurahim rasm chizishni shialar va rofiziylarning ishi deb yomon ko‘rsa ham Shayboniyxon Behzodning rasmlari Husayn Boyqaroni qanchalik mashhur qilganini bilar, endi bu musavvirning iste’dodidan o‘z shuhrati uchun foydalanishni istar edi.
Behzodga Shayboniyxonning rasmini chizish topshi¬rildi.
Musavvirning iltimosi bilan xonni qip-qizil kimxob ko‘rpa ustiga o‘tqazdilar, uning orqasiga qora baxmal bolish qo‘ydilar, beliga ingichka oltin kamar bog‘latdilar, oldiga oltin muqovali kichik daftar, qalam va siyohdon qo‘ydilar. O‘ttiz yildan beri rassomlik qilib yurib, ko‘pgina podshohlarni ko‘rgan va ular bilan muomala qilishni yaxshi biladigan Behzod Shayboniyxonga ham faqat maqtov yoqishini allaqachon payqagan edi:
— Hazratimni arg‘umoq ot ustida qilich yalang‘ochlagan paytlarida tasvirlashim mumkin. Biroq hozir sizning eng zo‘r lashkarboshi ekanligingiz hammaga ayon. Ammo olam ahli sizning ko‘p yil madrasalarda o‘qigan fozil imomi zamon ekanligingizni ham suratda ko‘rmog‘i kerak. Shu sababli faqir sizni muqaddas kitobu oltin qalam bilan tasvir etmoqchimen!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:46:19
— Ma’qul, — deb xon bunga rozilik berdi.
Surat tayyor bo‘lgandan keyin Shayboniyxon, Muhammad Solih va boshqa bir necha mulozimlar Behzod ishlagan xonaga to‘plandilar. Mulla Abdurahim rasmga, so‘ng xonga qaradi-yu, hayron bo‘lib:
— Hazratimning xuddi o‘zlari-ya! — dedi.
Suratda Shayboniyxonning ko‘pni ko‘rgan tajribali odam ekanligi ko‘zga aniq tashlanib turardi. Bo‘yoqlar Behzodga xos ulug‘ bir mahorat bilan xillangan edi. Oddiy odam rasmdan hech bir kamchilik topolmas, Behzod xonni izzat-ikrom bilan tasvirlabdi, deb o‘ylar edi. Lekin Muhammad Solih xonning tagidagi ko‘rpa¬ning rangi qip-qizil qon rangida ekanini sezdi. Xon ko‘rpa ustida emas, go‘yo qon daryosi ustida o‘tirganga o‘xshardi. Xonning beliga bog‘langan ingichka oltin kamarning uchi chalmashgan oyoqlar tagidan xuddi qoramtir boshli sariq ilonga o‘xshab buralib turar edi. Xon suyangan qora bolish ham qora kuchlarning timsoliga o‘xshardi.
Shayboniyxonning barcha ishlaridan xabardor Behzod bu yashirin ramziy bo‘yoqlar bilan nimalar demoqchi bo‘lganini Muhammad Solih payqadi-yu, qo‘rqib ketdi. Agar u sezgan ma’noni xon sezib qolsa, Behzod ham omon qolmaydi, orada vositachi bo‘lgan Muhammad Solih ham! Shuning uchun u suratga xomush tikilib turgan Shayboniyxonning fikrini xatarli ramziy ma’nodan uzoqroq olib ketishga intildi:
— Muhammad alayhissalom yashil rangni yaxshi ko‘rar ekanlar. Imomi zamon xon hazratlari ham yashil rangni suyishlarini musavvir durust payqabdir. Qarang, hazratimning ko‘ylaklari yashil rangda. Suyangan devorlari ham yashil.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:46:29
— Bunisi ma’qul, — deb xon endi og‘zini ochdi. — Lekin... biz mavlono Behzodning boshqa suratlarini ham ko‘rgan edik...
Shayboniyxon Behzod tasviridagi shertaxlit Husayn Boyqaroni esladi. Husayn Boyqaroning safarga chiqqan paytini tasvir etgan boshqa bir rasmda go‘yo bulutlar ham, osmon ham, hatto tog‘u toshlar ham podshoning ketidan ergashib, u ketayotgan tomonga intilib borayotganday ko‘rsatilgan edi. Temuriylarni bunchalik ulug‘lagan Behzod Shayboniyxonni jo‘n bir odam qilib tasvirlaganga o‘xshardi. Xon suratni ko‘rganda ko‘nglida qo‘zg‘algan murakkab tuyg‘ularni aytishga munosib so‘z topolmadi-yu, Behzodga qarab:
— Mo‘yqalamni menga bering! — dedi.
Xonning avzoyi yomonligini hamma sezdi. Behzod maxsus qalamdonda turli bo‘yoqlar bilan birga turgan mo‘yqalamlarni xonga ta’zim bilan tutdi. Shayboniyxon qoramtir qo‘ng‘ir bo‘yoqqa botirib qo‘yilgan mo‘yqalamni oldi. U Buxoroda madrasada o‘qib yurgan paytlarida surat chizishni ham ancha mashq qilgan, mo‘yqalam  tutishni  sal-pal  bilar edi. Behzod chizgan suratda Shayboniyxonning soqol-mo‘ylovi haddan tash-qari qisqa va siyrak ko‘rsatilgan, xonning nazarida, tasvir shuning uchun jo‘nlashib ketganga o‘xshardi.
— Soqolni durustroq chizmoq kerak! — deb Shayboniyxon o‘zining suratida — quloq yaqinida juda siyrak ko‘rsatilgan soqolni bir oz qalinlashtirmoqchi bo‘ldi. Ammo mo‘yqalamda bo‘yoq ko‘proq ekan, quloq oldidagi soqol birdan kigizday qalinlashib ketdi. Behzod sog‘ tishi sug‘urib olinayotgan odamday:
— Ih! — dedi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:46:40
Ammo Muhammad Solih Behzodning bilagini ma’no¬dor qilib qisdi-yu:
— O! O! Hazratim mo‘yqalam tekkizishlari bilan suratga yana fayz kirdi! — dedi.
U Behzodni falokatdan faqat xonni maqtab qutqarish mumkin ekanligini sezib shunday demoqda edi, buni Behzodga ham sezdirgisi kelib:
— Mavlono, tarixiy bir hodisa yuz berdi! — dedi.— Siz chizgan suratga imomi zamon, Iskandari soniy o‘z muborak qo‘llarini tekkizdilar! Buni odamlar asrlar davomida bir-birlariga aytib yurgaylar!
Behzod xonning qilgan ishini — san’atkorga ahmoqona xo‘jayinlik qilishning namunasi deb bilmoqda edi. «Shu ma’noda chindan ham buni tarix unutmas, odamlar bir-birlariga kulib aytib yururlar», degan fikr Behzodning xayoliga endi keldi. Muhammad Solih rasm¬¬dagi ramziy ma’noni allaqachon payqaganini, endi xondan baloga qolmaslik uchun ataylab shu gaplarni aytayotganini Behzod tushundi-yu, ichki bir istehzo bilan xonga ta’zim qildi:
— Qulingiz chizgan suratga xalifai zamonamizning nazarlari tushganidan boshim ko‘kka yetdi!
— Barakalla! — deb xon uni endi maqtadi.
Xonning qo‘li bilan chaplangan soqol quloq yaqiniga yopishtirib qo‘yilgan po‘stak parchasiga o‘xshar edi. Behzod ichida: «Battar bo‘lsin!» dedi-yu, xon bu soqolni qanday xunuk chaplagan bo‘lsa, shundayligicha qoldirdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:46:56
3

Xadicha begim kirib bekingan Ixtiyoriddin qal’asi Ubaydulla Sultonni o‘n yetti kun ovora qildi. Nihoyat, qal’a devorining otbozoriga tutashgan nochorroq bir joyini tagidan kavlab, naqb solib* buzib kirdilar. Qal’ani mudofaa qilib turgan ellik-oltmish yigit bitta qolmay qirib tashlandi. Qo‘lga tushgan qiz-juvonlar g‘olib qo‘shinning bek va navkarlariga ulashildi.
Xadicha begimning o‘zi haramning ichma-ich eshiklarini orqasidan tambalatib, eng to‘rdagi bir xonaga kirdi-yu, yonida qolgan kanizlarga buyurdi:
— Tantanali marosimlarda kiyadigan kiyimlarimni keltiring!
Ubaydulla Sultonning navkarlari haramning ichida tambalangan eshiklarini buzib kirgunlaricha Xadicha begim katta gavhar qadalgan binafsharang toqisini boshiga kiyib, yasanib, oxirgi eshikdan o‘zi chiqib keldi. Oltin aralash ipakdan to‘qilgan qabosi ko‘zni qamashtirar edi. Qaddini tik tutib kelayotgan barvasta ayol malikalarga xos ulug‘vorlik bilan shoshilmay eshikdan chiqar ekan, qilich yalang‘ochlagan, hansiragan navkarlarni uning salobati bosdi. Xadicha begim boshini mag‘rur tutib yaqin kelganda navkarlar beixtiyor o‘zlarini chetga olib, unga yo‘l berdilar. Begim ularning sarkardasini so‘radi.
Navkarlar uni hovlida otliq turgan Ubaydulla Sultonning oldiga boshlab chiqdilar. Hamon kanizlar qurshovida kelayotgan begim yengil bir ta’zim bilan shoshilmay gap boshladi:
— Sulton janoblari, taqdir ekan, biz taslim bo‘ldik. Endi men Shayboniyxon hazratlarining huzuriga yo‘llashingizni iltimos qilamen!
Ubaydulla Sulton beklarining orasida turgan Mansur baxshi bilan ma’noli ko‘z urishtirib oldi-yu, masxaraomuz kulimsiradi:
— Xon hazratlari begimga aytadigan gaplarini bizga tayinlab yubordilar.
— Unday bo‘lsa qulog‘imiz sizda, sulton janoblari!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:47:07
Ubaydulla Sultonning beklari orasida oq sallalik bir eshon ham bor edi. Ubaydulla Sultonning ishorasi bilan Mansur baxshi va eshon otdan tushdilar. Mansur baxshi zar yoqalik to‘n, qizil etik kiyib, kuyovlarday yasanib kelgan edi. Yigitlardan yetti-sakkiztasi uning atrofini kuyovnavkarlar kabi o‘rab oldilar. Shundan keyin Ubaydulla Sulton Xadicha begimga yuzlandi:
— Imomi zamonning farmoni bilan siz bugun Mansurbekning nikohiga o‘tursiz!
— Begimning o‘zlari ham bilganday yasanib chiqibdilar! — deb kuldi mulozimlardan biri.
Xadicha begim qop-qora yo‘g‘on Mansur baxshining cho‘tir yuziga qaradi-yu, dahshatga keldi:
— Men... men xon hazratlari bilan o‘zim so‘zlashamen!
— Xonning siz bilan so‘zlashishga vaqtlari yo‘q!
— Axir men ham podshoh oilasidanmen! Bu qanday xo‘rlik?!
— Siz rofiziylar oilasidansiz! Rofiziylarni jazolash — savob!
— Sulton janoblari, sizning ham mendek keksa onangiz bordirlar. Hech bo‘lmasa onaligimni hurmat qiling!..
— Mening onam siz qilgan razilliklarni qilgan emas! Qaysi ona o‘z nevarasini o‘zi o‘ldirtiribdi?! Siz nevarangiz Mo‘min mirzoning o‘limiga sabab bo‘lgan xunxo‘rlardansiz!
Xadicha begimning boyagi ulug‘vor va mag‘rur qiyo¬fasi endi birdan ayanchli tusga kirdi, qaddi bukchayib, qo‘llari osilib qoldi.
Ubaydulla Sulton navkarlariga buyurdi:
— Ichkariga olib kiringlar. Endi buning ko‘zini Mansur baxshi ochsin!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:47:18
Xadicha begimning bo‘shashib, go‘yo to‘kilib keta¬yotgan gavdasini ikki kaniz ikki tomonidan suyab ichkariga olib kirib ketdilar.
Nikoh o‘qilgach, Mansur baxshi kanizlarni haramdan chiqarib yubordi-yu, Xadicha begim bilan yakkama-yakka qoldi.
Tun sukunatida qandaydir mislsiz qiynoqlardan chinqirgan begimning faryodi haram atrofidagi uylarga ham eshitilib turardi.
Yarim kechada Mansur baxshi oyoqda zo‘rg‘a turgan Xadicha begimni oldiga solib, haramdan chiqdi. Ikkovi oydin qal’aning bir chetiga qarab ketishdi.
— Oltin gul, — deb shivirladi Mansur baxshi. — Oltin bulbuli bor. Og‘zida gavhari bor. Ana shuni topib bermasang, hozirgidan beshbattar qilamen. Top tezroq!
Hozir jonidan boshqa narsa ko‘ziga ko‘rinmayotgan Xadicha begim Mansur baxshini qo‘rg‘on chetidagi yashirin xazinaga boshlab keldi. Yer ostidagi bu xazinaga salqin suv saqlanadigan sardobaning chetidagi maxfiy yo‘ldan kirilar edi. Mansur baxshi qo‘lida yoqmasdan olib kelayotgan mash’alani yer tagiga tushganda yoqdi.
Yer ostida besh-oltita temir sandiq qator turibdi. Xadicha begim madorsiz qo‘llar bilan ularga bir-bir kalit solib, ochib ko‘rdi. Ikkitasida kumush tangalar, bittasida oltin tangalar. Bittasida qilich va xanjarlarning oltin dastalari. Yana bir sandiqda ayollarning qimmatbaho taqinchoqlari. Mansur baxshi ko‘zlari  yonib,  bu  boyliklarga  bir-bir  qo‘l urib ko‘rdi-yu:
— Oltin gul qani? — dedi. — Barglari zumrad gul qaerda?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:47:29
Yer ostini ag‘dar-to‘ntar qilib qidirsalar ham bu gul topilmadi. Xadicha begim:
— Voh! — dedi musibatli tovush bilan. — Eng ishongan odamlarim ham menga xiyonat qilmishlar. Gulni o‘g‘irlab ketmishlar! So‘nggi najotimni ham o‘g‘irlatibmen! Oh!
— Sen oh-voh deb, Husayn Boyqaroni aldab o‘rgangansen. Lekin meni alday olmaysen. Top gulni! Qani, qaerga yashirgansen?
— Mana shu chetki sandiqda edi...
— Yolg‘on! Sen uni boshqa joyga yashirgansen! Ko‘rsat o‘sha joyni!
Mansur baxshi Xadicha begimni zinapoyadan yuqoriga sardoba bo‘yiga olib chiqdi.
— Meni alday olmaysen! Ko‘rsat!
— Men sizni aldaganim yo‘q? O‘zim aldandim! Mening paymonam to‘lgani rost ekan. Meni o‘g‘lim aldab ketdi! Muzaffar mirzoni deb men nimalar qilmagan edim! Oqibati shu bo‘ldi! Meni bu qiynoqlarga o‘g‘lim tashlab ketdi! O‘g‘lim!!!
— Lekin sen oltin gulni o‘g‘lingga ham bermagansen! Uni o‘zing yashirgansen! Xon hazratlari menga aytdilar. «Gavhar donasini tishlab turgan bulbuli bor», dedilar. Men bu gulni oltin bulbuli bilan xonga peshkash qilamen deb so‘z berganmen. Top hozir!
— O‘g‘irlatgan bo‘lsam qanday topay?!
— Topmaysenmi hali? Topmaysenmi?! Mana topmasang! Devday zo‘r Mansur baxshining bir zarbi bilan Xadicha begim suvi muzday sardobaga shaloplab qulab tushdi. Mansur baxshi uni sochidan tortib chiqarib oldi-yu, haramga tomon sudrab ketdi.
Bu qiynoqlar uch kun davom etdi, ammo oltin gul topilmadi. Xadicha begimning joni qattiq ekan, tirik qoldi. Mansur baxshini esa kelajakda bo‘ladigan janglardan birida ajal kutmoqda edi...

_________________
* N a q b  s o l i sh — tagi kavlangan devorni olov va borut (porox) bilan portlatib qulatish.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:47:43
4

«Nahotki  mening ham paymonam to‘lgan bo‘lsa?»— degan qo‘rqinchli o‘y Shayboniyxonning xayoliga Mur-g‘ob daryosining bo‘yida to‘satdan Shoh Ismoilning qo‘shinlari qurshoviga tushib qolgan paytda keldi.
Achchiq izg‘irin esib, qor uchqunlab turgan bu bad-qovoq kunda Shayboniyxon Murg‘ob bo‘yiga Shoh Ismoil Safaviyni ta’qib etib borib qolgan edi. Bundan bir necha soatgina oldin Shoh Ismoil bor qo‘shini bilan Marv qo‘rg‘onidan orqaga chekingan paytda Shaybo-niyxon o‘zining yana ulkan g‘alabaga erishishiga mutlaqo ishongan edi. Chunki Marv qo‘rg‘oni ichida ko‘pdan beri kuch saqlab o‘tirgan Shayboniyxonning o‘n besh ming qo‘shini bor edi. Xonga kelgan aniq axborotlarga qaraganda, Shoh Ismoilning Marv qo‘rg‘onini qamal qilib, qish sovug‘ida izg‘ib yurgan qo‘shini o‘n ikki mingdan oshmas edi. Sovqotib, orqaga betartib chekingan lashkarga ichkarida issiqqina joyda kuch to‘plab yotgan lashkar hamla qilsa — Shayboniyxonning g‘olib chiqishi muqarrardek tuyulardi.
So‘nggi yillarda Shayboniyxonning eng zo‘r istagi— Shoh Ismoil ustidan uzil-kesil g‘alaba qilish edi. O‘zini «xalifai rahmon» deb e’lon qilgan Shayboniyxon musulmon olamiga yagona diniy rahbar bo‘lish niyatida edi. Eron va Ozarboyjonda shia mazhabini davlat dini qilib ko‘targan Shoh Ismoil Safaviy esa o‘zini «sohibi zamon» deb e’lon qilgan edi. Demak, u ham musulmon olamiga rahbar bo‘lishga intilardi. «Bir qinga ikki qilich sig‘magay, musulmon olamiga yo men rahbar bo‘lishim kerak yoki Shoh Ismoil!» Shayboniyxon shu e’tiqod asosida Shoh Ismoil bilan bultur astoydil bellashmoqchi bo‘ldi. Hirotdan ellik ming qo‘shin bilan Eronning Kermon va Gurgon shaharlarigacha bostirib bordi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:47:55
O‘shanda Shoh Ismoil g‘arbdagi turk sultoni Boyazid II bilan jang qilib yurgan edi. Gurgonda va ayniqsa Kermonda shialar harakati juda avjiga chiqqan, Shayboniyxon bu shaharlardagi shialarning boshliqlarini ayovsiz qatl ettirdi, ularning masjid va ziyoratgohlarini buzdirdi, mol-mulklarini talattirdi. Bu hammasi shialar peshvosi Shoh Ismoilni darg‘azab qilishi va darhol jangga otlantirishi kerak edi. O‘sha paytda hal qiluvchi jang bo‘lsa, Shayboniyxon g‘olib chiqishi muqarrar, chunki Shoh Ismoilning yarim kuchi turk sultoni bilan urushda band edi. Buni shohning o‘zi ham sezgan bo‘lsa kerak-ki, hamma alamini ichiga yutib, Shayboniyxonga yaxshi muomala qildi, maxsus elchi yuborib, uni Movarounnahr va Xurosonning oliy hukmdori, deb tan oldi va oradagi adovatni urushsiz bartaraf qilishga istak bildirdi.
Shayboniyxonning o‘g‘li Temur Sulton, jiyani Ubaydulla Sultonlar shoh elchisiga iloji boricha yaxshi muomala qilishni, unga shirin gaplar aytib, shohga sovg‘a-salomlar yuborib, uni Samarqanddagi Sulton Ali mirzo va Toshkentdagi Mahmudxon kabi g‘aflatda qoldirishni, keyin payti kelganda o‘shalarga o‘xshatib yo‘q qilib yuborishni istar edilar. Lekin orada dinu mazhab nizosi ajdahoga o‘xshab og‘zini ochib turardi. Shayboniyxon Xurosonda turgan o‘z qo‘shinining shialar ta’sirida shu ajdahoning domiga tortilib ketishidan qo‘rqar, «dinu imon yo‘lida murosa yo‘q, kimki shialarga qo‘l bersa, dindan qaytib, rofiziy bo‘lg‘ay», degan gapni ko‘p takrorlardi. Endi agar Shayboniyxon o‘g‘li va jiyanining so‘ziga kirib, Shoh Ismoilni tan olsa, unga yaxshi muomalada bo‘lsa, shu bilan beixtiyor shia mazhabini tan olgan bo‘lmaydimi? Odamlar: «Xonimizning o‘zi ham rofiziylik yo‘liga kiryapti!» demaydimi? Yo‘q! Shayboniyxon o‘zining pok e’tiqodiga dog‘ tushirishni istamaydi! Uningcha, g‘ayridindan ham rofiziylik yomon. Chunki g‘ayridin — hali musul-monchilikdan bexabar. Rofiziylar esa avval musulmon bo‘lgan, keyin choryorlar nomiga xiyonat qilib, ulardan yuz o‘girgan. Shayboniyxon bunday odamlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lishi kerak.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:48:10
Shu fikr asosida u shoh elchisini behurmat qilib qaytardi. Shohning maktubiga esa osmondan kelib javob yozdi. «Sen bir shayxning o‘g‘lisan, toju taxtni senga kim qo‘yibdi, belingga kashkulingni bog‘lab, qalandarligingni qilsang-chi!» degan ma’noda unga kashkul va hassa «sovg‘a» qilib yubordi. Bu voqeadan keyin Shoh Ismoil turk sultoni bilan sulh tuzdi-yu, Shayboniyxonga qarshi jangga tayyor¬lana boshladi. Xonning Kermondagi shia masjidlarini buzdirgani ustiga endi Shoh Ismoilning elchisini behurmat qilib qaytargani qo‘shilgach, Shayboniyxondan qasos olishni istovchilarning soni ko‘payib ketdi.
Xuddi shu paytlarda Movarounnahrdan ham tashvishli xabarlar kela boshladi — ko‘chmanchi sultonlar zulmiga chiday olmagan Toshkent, Farg‘ona, Buxoro aholisi ularga qarshi isyon ko‘taradilar. G‘alayonlar Samarqandda ham, Hisorda ham bo‘layotganini eshit-gan Shayboniyxon Hirotdagi qo‘shinlaridan o‘ttiz mingini Movarounnahrdagi sultonlarga yordamga yubordi. Bu g‘alayonlarning sababini bilishiga yuborilgan maxsus kishilar Turkiston, Hisor va Buxoro sultonlarining o‘zboshimchalik yo‘liga o‘tganlarini aniqlab keldilar. Shayboniyxon uch yildan beri Hirotda yashamoqda edi. Uning uzoqdaligidan foydalangan sultonlar o‘zlarini xon, ko‘lankalari maydon bilib ish olib bormoqda edilar. Xufiyalar ularning ig‘vo gaplarini ham Shayboniyxonga yetkazib turar edilar. Xususan, Ubaydulla Sulton, Ko‘chkinchixon va Hamza Sultonlar Shayboniyxonning Shoh Ismoil bilan qaltis siyosat olib borayotganidan norozi edilar: «Jangni biz qilamiz, g‘alabani biz keltiramiz, xonimiz faqat yosh qizchalarni nikohiga olib, lazzatlanishni biladi, hech qaysimizning maslahatimizni olmaydi, shunday bo‘lgach, biz ham bu yerda istaganimizcha davron suraylik-da». Sultonlarning bu gaplari Shayboniyxonning g‘azabini avjiga chiqardi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:48:18
U ichki nizolarni bir zarba bilan bartaraf qilmoqchi bo‘ldi-yu, Ubaydulla Sultonni Buxoro hokimligidan, Ko‘ch¬kinchixonni Turkiston hokimligidan, Hamza Sultonni Hisor hokimligidan olib tashladi va ularning o‘rinlariga boshqa itoatkor odamlarni qo‘ydi. Albatta, bu keskin tadbir xon qo‘shini orasida katta obro‘ga ega bo‘lgan Ubaydulla Sulton va Hamza Sultonlarning tarafdorlarini qattiq norozi qildi.
Movarounnahrdagi g‘alayonlar va xon saroyidagi ichki nizolardan xabar topgan Shoh Ismoil bu qulay fursatdan foydalanib qolishga intildi. Odatda, katta harbiy yurishlar bahor va yoz oylarida boshlanar, Shayboniyxon ham shohning hujumini «bo‘lsa, qish o‘tgandan keyin bo‘lar», deb o‘ylar edi. Ungacha Movarounnahrga jo‘natilgan o‘ttiz ming qo‘shin Hirotga qaytib ulgurishi mumkin edi. Lekin Shoh Ismoil xon kutmagan kech kuz paytida Hirot ustiga qo‘shin tortib kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Xurosonda Shayboniyxondan norozi odamlar juda ko‘p, Shoh Ismoil yaqinlashsa, ular bosh ko‘tarishi muqarrar. Xonning asosiy kuchlari esa Amudaryodan narida. Shayboniyxon shoshilinch ravishda Murg‘ob bo‘yiga — Marv qo‘rg‘oniga chekinishga majbur bo‘ldi.
Xonning bunday seskanib chekinishini ko‘pdan beri ko‘rmagan a’yonlari qattiq sarosimaga tusha boshladilar. Shunda xon ularning o‘pkasini bosadigan bitta vaj ko‘rsatdi:
«O‘sha g‘addor rofiziylar yurtidan uzoqroq ketganimiz ma’qul. Shoh bizga ergashib Movarounnahrga yaqinroq borsin. O‘zimizning pok mazhabli sunniylar yurtidan madad olurmiz. Ungacha o‘ttiz ming lashkar yetib kelgay. Biz shohga Marvda qopqon qo‘yib, tumshug‘idan ilintirgaymiz!»
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:48:26
Xonning bu rejasini barcha mulozimlari va a’yonlari darhol: «Dono tadbir!» deb maqtadilar. Biroq ular Marv qal’asida bekinib o‘tirgan paytlarida Shoh Ismoil qo‘rg‘onni qamal qilib, Shayboniyxon nomiga kinoyali maktublar yo‘lladi. «Xon yuborgan hassaga suyanib, kashkulni belimizga bog‘lab keldik, qani endi xonda yurak bo‘lsa qo‘rg‘ondan chiqsin, shayxning o‘g‘li bilan bellashsin!» degan zaharxanda gaplar Shayboniyxonning izzat-nafsiga qanchalik qattiq tegmasin, u tishini tishiga qo‘yib, haftalar davomida qo‘rg‘onda o‘tirdi. U tajribali lashkarboshi sifatida shuni yaxshi bilar ediki, yigirma to‘rt yoshli Shoh Ismoil qanchalik urinmasin, ertami-kechmi qish sovuqlari va izg‘irinlari uni iliq joy izlashga majbur qiladi. Ochiq havoda diydirab yurgan askarlar qo‘li qovushga kelmay qunishib chekinishga tushsa, ana o‘shanda Shayboniyxon issiq qo‘rg‘onda kuch to‘plab yotgan o‘z askarlarini boshlab chiqadi. Ungacha albatta Movarounnahrdagi lashkar ham kelib qoladi. Ikki tomondan berilgan zarba Shoh Ismoilni tamom qilishi aniq. Ana undan keyin Eron ham Shayboniyxonniki bo‘ladi, naryog‘i Bag‘dodga va Makkayu Madinaga yo‘l ochiladi... Shayboniyxon chindan ham butun musulmon olamiga xalifai rahmon va Iskandari soniy bo‘ladi!..
Xonning bu shirin o‘ylarini faqat bir narsa taxir qilmoqda edi. Chopar ketidan chopar borib, Mova¬rounnahrdagi qo‘shinni tezroq Marvga yetib ke¬lishga undayotgan bo‘lsa ham o‘ttiz ming lashkar hamon Amudaryodan narida imillab yurar edi. Xon bu imillashning sababini bilardi. Qo‘shinda hali ham Ubaydulla Sulton va Hamza Sultonlarning ta’siri zo‘r. Ular hokimlikdan tushirilganliklari uchun xondan juda xafa. «Mana endi onhazratimiz bizsiz jang qilib ko‘rsinlar!» degandek arazlab yurishibdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:48:34
«Lekin men bo‘lmasam hammang kuchukbachchaday xor bo‘lib o‘lasan-ku!» — ichida sultonlarini so‘kardi Shayboniyxon.
— Hozir butun davlatimiz, butun sulolamiz xavf ostida-ya, nahotki shuni fahmlamasanglar? Hayot-mamo¬ting hal bo‘ladigan paytda, yo shoh meni yo‘q qiladigan, yoki men shohni nest-nobud qiladigan asnoda shunday arazlab yurishlaring itlik emasmi? Sen itlar hali ko‘rasenlar, shu qamaldan eson-omon qutulsak, hammangni tavbangga tayantirgaymen!»
Nihoyat, izg‘irinli sovuq kunlarning birida, Shoh Ismoil xonga yana bir maktub yo‘llab, uning qo‘rg‘ondan chiqmaganini qo‘rqoqlik deb atadi, bahorda yana qaytib kelajagini bildirdi, so‘ng Marvning g‘arbi janubidagi Mahmudi degan qishloq tomonga chekina boshladi.
Shayboniyxon o‘n besh ming qo‘shinni darhol otlantirdi. Uch yuztacha navkarni qal’ada qo‘riqchilik qilish uchun qoldirdi-yu, qolganlarini qo‘rg‘on darvozalaridan tashqariga boshlab chiqdi. Uzoqda shoh askarlari chodir va o‘tovlarini aravalarga ortib, betartib chekinib bormoqda.
Shayboniyxon baland bir joyga chiqib, Amudaryo tomonga uzoq tikilib qaradi. Qani endi o‘sha o‘ttiz ming qo‘shini hozir yetib kelsa! Lekin o‘sha yoqdan otini yeldirib kelgan chopar qo‘shinning hali ham Amudaryodan narida yurganini aytdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:48:44
Shoh Ismoil askarlari hamon chekinib bormoqda. Nahotki Shayboniyxon shunday qulay fursatni boy berishi kerak? Odamlar: «Xon qo‘rqoqlik qilgan, bo‘lmasa uning qo‘shini shohnikidan ko‘p, dadil hamla qilsa yengar edi», deyishmaydimi? Narigi sultonlar esa: «Ana, bizsiz xon hech vaqt jang qilolmaydi!» deyishi ham turgan gap. Eh, agar shu gal xon g‘alabani narigi Ubaydulla Sulton va Temur Sultonlarsiz qo‘lga kiritsa edi,  qolgan  butun umri shon-shuhrat ichida o‘tmasmidi?
Xon ikkilanib turganini ko‘rgan mulla Abdurahim izg‘irinda lablari ko‘karib, iltimos qildi:
— Hazratim, biz sizning ulug‘ joningizni xavf-xatardan uzoqroq tutmog‘imiz darkor. Movarounnahrdan keladigan qo‘shinni kutaylik.
Xon qahr bilan so‘radi:
— Qani o‘sha qo‘shin! Qani?!
— Qish izg‘irinida daryodan o‘tmoq mushkul. Biroq Ubaydulla Sulton bilan Temur Sultonlar hademay kelib qolurlar.
— Shoh Ismoil Tabriziga yetganda kelurmi? Agar bu it sultonlar istasa allaqachon yetib kelmasmidi? Bu sultonlaring jo‘rttaga meni yolg‘iz tashlab qo‘ydi! «Hamma g‘alabani biz qo‘lga kiritamiz!» deb maqtanar emishlar, ablahlar! Men bo‘lmasam g‘alabani tushlarida ham ko‘rishmas edi!
— Haq gapni aytdingiz, hazratim!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:48:55
— Men mana bu shunqorlarim bilan erishganmen butun g‘alabalarga! — Shayboniyxon shunday dedi-yu, jangga shay bo‘lib turgan o‘n to‘rt mingdan ortiq qo‘shinning saflari orasiga ot choptirib kirdi: — Shunqorlarim, yog‘iyning safi buzilib chekinganini ko‘rdilaring. Ular son jihatdan ham bizdan oz! O‘zlari sovuqda diydirab holdan ketgan. Men ishonamen, ollohu taolo bizga yana bir ulkan g‘alabani in’om etgusidir! Muhammad alayhissalomning arvohlari pok sunniy mazhabidagilarni qo‘llab-quvvatlagusidir! Choryori bosafolar madadkoringiz bo‘lsin, shunqorlarim. Dushman o‘z saflarini qayta tuzib ulgurmasdan yetib boringlar! Xudo omadlaringni bersin! Omin ollohu akbar!
Minglab ovozlarning:
— Ollohu akbar!
— Ollohu akbar! — degan hayqirig‘i barcha saflar bo‘ylab taraldi.
Ko‘pakbiy va Qambarbiylar oldinda, Shayboniyxon qo‘shinning o‘rtarog‘ida qizilboshlar ketidan ot choptirib ketdilar.
Ilgari xonga aniq axborotlar berib turadigan maxsus odamlar bu gal Shoh Ismoilning yolg‘ondakam che¬kinayotganini va harbiy nayrang ishlatmoqchi ekanini bilmay qolgan edilar.
Shoh Ismoil Marvni qamal qilish uchun askarlarning ozroq bir qismini boshlab borgan edi. Uning yana yigirma ming kishilik saralangan askarlari Marvdan yigirma chaqirimcha naridagi qumtepalar ortiga pistirma qilib qo‘yilgan edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:49:09
Bunday harbiy nayrangni Shayboniyxonning o‘zi o‘n ikki yil muqaddam Buxoroning Qorako‘l shahrida qo‘zg‘olon ko‘targan isyonchilarga qarshi ishlatgan edi. U ham qo‘shinning asosiy qismini Qorako‘lning sharqidagi pana joylarga bekitib qo‘yib, ozgina askari bilan hujumga borgan, qal’a ichidagi isyonchilar yovning ozligidan dadillanib tashqariga chiqqan edilar. Shunda xonning qo‘shini jo‘rttaga tumtaraqay bo‘lib qochgan, isyonchilar esa ularni «Yengdik» deb ketlaridan quvgan edi. Biroq qal’adan besh-olti chaqirim uzoqlashganlaridan keyin pistirmadagi xon askarlari yopirilib chiqqan va isyonchilarni qirib tashlagan edi. Keyin Shayboniyxon qal’a ichida qolganlarni ham qatliom qilib, Qorako‘lning otbozorida odam kallasidan ulkan minora yasatgan edi.
Hozir o‘z kuchiga ortiq darajada ishonadigan Shayboniyxon bu hiylani boshqa lashkarboshilar unga nisbatan ham ishlatishlari mumkinligini xayoliga keltirmas edi. Shoh Ismoilning Marvga ko‘rinish bergan o‘n ming chog‘lik qo‘shini Mahmudi degan joyda Murg‘ob daryosi ustiga qurilgan ko‘prikdan shosha-pisha o‘tib ketdi. Shoh Ismoil go‘yo bu ko‘prikni himoya qilib tu¬rish uchun uch yuztacha askar qoldirgan edi. Shayboniyxon ko‘prikka yaqinlashgach, bu uch yuz qizilbosh xo‘jako‘rsinga tiraqaylab qochdi. Daryodan faqat shu ko‘prik orqali o‘tish mumkin edi — har ikki qirg‘oq ham baland jar, kechuv yo‘q, buning ustiga, qishki daryoning suvi juda sovuq, to‘ng‘ib qolish hech gap emas edi. Shayboniyxonning butun qo‘shini ko‘prikdan o‘tib bo‘lguncha Shoh Ismoilning pistirmada yotgan kuchlari o‘zini sezdirmadi. Shayboniyxon uzoqda «qochib ketayotgan» Shoh Ismoil qo‘shinining izidan tushib, ko‘prikdan ancha uzoqlashgandan keyin pistirmada yotgan kuchlar birdan maydonga chiqdi. O‘qlab qo‘yilgan zambaraklar xon ustiga to‘satdan o‘q yog‘dirdi. To‘rt tarafni qizilboshlar tutib ketdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:49:20
Shayboniyxon o‘zining Qorako‘lda ishlatgan harbiy hiylasini endi esladi-yu, orqada qolgan ko‘prikka qarab chekindi. Ammo yog‘och ko‘prik allaqachon buzib tashlangan edi. Chekinib borgan qo‘shinning bir qismi jardan daryoga qulab tushdi. Daryoning o‘zanini otlar va odamlarning o‘ligi tutib ketdi. Xonning o‘zi saralangan xos navkarlari bilan mollar qishlaydigan atrofi yopiq bir qo‘raga kirdi. Qo‘rani qizilboshlarning olov halqasi o‘rab oldi. Xonning xosnavkarlari qizilboshlar qurshovida o‘lgan-qolganlariga qaramay jang qildilar. Qo‘ra darvozasining oldilari, paxsa devorlarning taglari har ikki tomondan qirilganlarning jasadiga to‘lib ketdi. Xon himoyada qattiq turganini ko‘rgan Shoh Ismoil zambaraklarni qo‘raning atrofiga o‘rnattirib, devor osha o‘q ottira boshladi.
Zambarak gumburlashidan hurkkan, yarador bo‘lib quturgan otlar bir-birlarini urib, yiqitib o‘zlarini u yoqdan-bu yoqqa tashlay boshladilar. Qo‘ra ichida dahshatli tiqilinch, ur-sur boshlandi. Shayboniyxon qo‘lida qilichi bilan odamlariga hayqirib, to‘polonni bosmoqchi bo‘la¬yotganda to‘pning tosh o‘qlaridan biri xon mingan otning boshiga kelib tegdi. Ot gandiraklab bir yoniga yiqildi-yu, egasini ham yerga otib urdi. Shayboniyxon oyog‘ini uzangidan chiqarishga ulgurmadi— bir oyog‘i otining tagida qoldi. Shu zahoti yana bir ot surinib yiqildi-da o‘mrovi bilan xonning ko‘kragidan bosib tushdi. Shayboniyxon qovurg‘alari sinib, vujudi ezilib, nafas ololmay qoldi-yu, hushidan ketdi.
Jang tugagandan keyin xonni taniydigan qizilbosh beklardan biri uning jasadini qalashib yotgan ot va odam o‘liklari orasidan arang qidirib topdi. Abdurahim Turkistoniy, Mansur baxshi ko‘taruvchi va boshqa juda ko‘p mulozimlar, navkarlar ham xonning nari-berisida o‘lib yotar edilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2007, 12:49:31
G‘oliblar Shayboniyxonning boshini kesib, nayzaga sanchdilaru Shoh Ismoil minib turgan otning oyog‘i tagiga eltib tashladilar. Keyin qizilboshlar Shayboniyxon qirgan shialar qasdiga uning kesik boshidan terisini shilib olib ichiga somon tiqdilar. G‘arbda shialarni quvg‘in qilayotgan va Shoh Ismoilga alam o‘tkazgan sunniyparastlardan yana biri — turk sultoni Boyazid II edi. Shoh Ismoil Shayboniyxonning somon tiqilgan boshini turk sultoniga: «Men bilan qasdlashgan sunniylar qay ahvolga tushishini ko‘rib qo‘y!» degan ma’noda «sovg‘a» qilib yubortirdi.
Sunniy — shia dushmanligi shu darajaga yetgan ediki, qizilboshlar bunga ham qanoat qilmay, Shay¬boniyxonning bosh suyagiga oltin qoplatib, undan may ichadigan kosa yasaydilar*.

_________________
* Aql bovar qilishi qiyin bo‘lgan bu tafsilotlar Shoh Ismoilning dushmanlari tomonidan yozib qoldirilsa mubolag‘a deb o‘ylash mumkin edi. Lekin bu tafsilotlar Shoh Ismoilning xayrixohlari yozgan «Tarixi olam oroyi Abbosiy»da va Xondamirning «Habib us-siyari»da ham keltirilgan.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:13:22
QUNDUZ. SAMARQAND
IKKI QILICH ORASIDA

1


Zarrin popuklar bilan bezatilgan oq tuyaning ustida malikalar o‘tiradigan baxmal soyabonli kajavada Xonzoda begim to‘qqiz yashar o‘g‘ilchasi Xurramshoh bilan Balxdan tog‘ oshib, suv kechib Qunduzga bormoq¬da edi. Begimni besh-oltita kanizlari, xizmatkorlari va yuzga yaqin shoh navkarlari kuzatib kelmoqda edilar.
Shayboniyxondan shunchalik shafqatsiz o‘ch olgan Shoh Ismoil xonning Marvda asir tushgan xotinlaridan biri — Bobur mirzoning egachisi ekanligini eshitib, unga alohida iltifot ko‘rsatgani tasodifiy emas edi.
Marvdagi voqealarni Qunduzda turib eshitgan Bobur Shoh Ismoilga maxsus maktub yo‘llab, uni Shay¬boniyxon ustidan erishgan katta g‘alabasi bilan tabriklagan, so‘ng xon haramidagi egachisi Xonzoda begimni beshikast Qunduzga jo‘natib yuborishni iltimos qilgan edi.
Boburni Shayboniyxon bilan dadil olishganligi uchun hurmat qiladigan Ismoil Safaviy endi uni o‘ziga ittifoqdosh qilgisi keldi-yu, Xonzoda begimga qo‘shib, eng ishongan kishilaridan biri — Muhammadjon eshik og‘asini Bobur huzuriga elchi qilib jo‘natdi.
Xonzoda begim shohning yashirin niyatlarini bilmasa ham yana allaqanday xatarlar uni yosh o‘g‘ilchasi bilan birga o‘z girdobiga tortmoqchi ekanini elas-elas sezar va noma’lum bir tahlikadan yuragi dam-badam uvushar edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:15:42
Shohning elchisi va navkarlari butun yo‘l davomida Xonzoda begimni ham, uning o‘g‘li va kanizlarini ham o‘z odamlari kabi astoydil avaylab va qo‘riqlab kelmoqda edilar. Ularning ayollar bilan muomaladagi odoblarini, olijanob ehtiromlarini begim ko‘p marta sezdi. Shoh Ismoildan boshqa podshoh bo‘lsa, Shayboniyxonday ashaddiy dushmanning norasida o‘g‘lini yo‘q qilib yuborishi, xonning xotinini o‘z haramining asirasiga ay-lantirishi yoki birorta bekiga nikohlab berishi mumkin edi. Shoh Ismoil shunday qilmagani, aksincha, Xonzoda begimni malikalarday izzat-ikrom qilib, yoniga mo‘’tabar elchilaru o‘nlab navkarlarini qo‘shib, Boburning huzuriga yuborgani, bu jabrdiyda juvonning qalbida umrbod unutilmaydigan bir minnatdorchilik tuyg‘usi uyg‘otgan edi.
Xonzoda begimni butun yo‘l bo‘yi sergaklantirib borayotgan noma’lum xavf go‘yo bahaybat tog‘lar va o‘rmonlarda yashirinib turganga o‘xshardi. Qish endi chiqqan, tog‘larda hali qor ko‘p. Baland dovonlardan, tor-tangilardan o‘tayotganlarida Xonzoda begimning nazarida, tog‘dan ko‘chki tushib, hammalarini bosib qoladiganday bo‘lardi. Momaqaldiroqli yomg‘irlar yoqqanda daralarning sellari begimning yonidagi o‘g‘ilchasini oqizib ketadiganday vahmini keltirardi. Bir kecha Amudaryoning chap qirg‘og‘idagi o‘rmonning chetida— Surbaytal degan joyda tunadilar. Xonzoda begim o‘rmonda kiyik ovlab yurgan yo‘lbarslarning haybatli bo‘kirishlarini eshitib, tuni bilan uxlay olmay chiqdi.
Ilgari Shayboniyxonning ukasi — juda ko‘p xatarli janglarda o‘lmagan Mahmud Sulton mana shu Qunduzga kelganda allaqanday yomon bezgakka uchrab, bir necha kun ichida o‘lib qolgan, keyin uni Qarshiga eltib ko‘mishgan edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:17:03
Qunduzning ilgarigi xonlari bahavo bir joyga qurdirgan mustahkam qal’a va uning ichidagi qasr ham Xonzoda begimga uzoqdan xiyla fayzli ko‘rindi. Bu qasr ichida hozir u o‘zining suyukli inisi bilan uchrashishini o‘ylaganda shodligi ko‘ksiga sig‘may entikdi.
Ularni kutib olgan mulozimlar Xonzoda begimni o‘g‘li va kanizlari bilan birga mehmonxonaning yaxshi bezatilgan alohida bir xonasiga kiritib qo‘ydilaru Boburga xabar berish uchun qo‘rg‘onning to‘riga qarab ketdilar.
Anchadan keyin Xonzoda begim o‘tirgan xonaning eshigidan chiroyli soqol-mo‘ylov qo‘ygan o‘ttiz yoshlardagi yigit shoshilib kirib keldi. Begim uni Boburning mulozimlaridan deb o‘yladi, sekin o‘rnidan turib, salomiga alik oldi. Yigit unga tomon yurib kelar ekan, ovozi titrab:
— Begim, qadamingiz qutlug‘ bo‘lsin! — dedi.
Bu — Bobur edi. Lekin Xonzoda begim ukasini soqol-mo‘ylov qo‘ymagan o‘n to‘qqiz yoshli silliqqina yigit qiyofasida eslab qolgan edi. Hozir uning qarshisida turgan keng yelkali, soqol-mo‘ylovi tekis tarashlangan yigitning kiyimlari ham shohona emas edi: boshida bezaksiz oddiy simobi salla, egnida zira beqasam to‘n. Begim yana uni Boburning beklaridan biri deb o‘yladi-yu, hayajonlanib aytgan so‘zlariga bosiq javob qildi:
— Qulluq!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:21:03
Devoni xosda yozuv-chizuv ishlarini qilib o‘tirgan Bobur opasining xabarini eshitib xonaki kiyimda chopib kelgan edi. Xonzoda begim esa hali ham podshoh ukasining kirishini kutib, eshikka olazarak bo‘lib qarar edi. Bobur opasiga ag‘rayib qarab qoldi. Eshikdan Muhammad Ko‘kaldosh degan mulozim kirganda begim undan:
— Amirzodam qanilar? — deb so‘radi.
Muhammad Ko‘kaldosh hayron bo‘lib Boburga qaradi. Bobur gap nimadaligini endi tushundi-yu, tomog‘iga bir narsa tiqilib, ovozi bo‘g‘ildi:
— Meni tanimadingizmi?
— Siz... Siz...
— Men Boburmen!
— Nahot?!
— Men  sizning  iningizmen!  Gunohkor iningiz Bo¬bur!
Xonzoda begim Boburning ko‘zlarini, boburona ovozni endi tanidi-yu, o‘zini inisining bag‘riga otdi. Qo‘llarini yuzi bilan birga Boburning ko‘kragiga bosdi. Bobur opasining yelkalaridan quchdi, uning sog‘inch va quvonch bilan aytgan so‘zlarini qulog‘i bilan emas, go‘yo ko‘ksi bilan eshitdi:
— Boburjon! Siz... Siz o‘shanda mendan ranjigansiz!.. Bilamen... Boshingizga ta’na toshlari yog‘ilgan... Men... aytolmagan edim. O‘zim uchun emas, siz uchun...
— Men ham buni keyin bildim. Siz meni qutqarish uchun o‘zingizni xonga tutib bermishsiz. Men sizdan umrbod qarzdormen!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:23:28
— O‘shal qarzingizni mana endi uzdingiz, Boburjon. Bu daf’a meni siz qutqardingiz! Agar Shoh Ismoilga yozgan nomangiz bormasa, meni ham, xon harami bilan asir tushgan ayollar qatori, biron bek yoki mulozimga tutqun qilib berur edilar. Shoh Ismoil siz tufayli meni shunchalar izzat-ikrom bilan ozod qilib, kuzatib qo‘ydi. Sizdek inim borligi uchun xudoga ming shukrlar qildim!
Xonzoda begim yuzini Boburning ko‘ksidan oldi-yu:
— Hazrat onamlar qaydalar? — dedi. — Bultur bir shumxabar eshitdim, rostmi?
— Besh yil burun... Xasba*dan jon berdilar. Kobulning Bog‘i Navro‘ziysig‘a qo‘ydik.
— E voh, ellikka ham to‘lmay ketibdilar-a!..
— Menga ham shunisi behad alam qildi! Saksonga, to‘qsonga kirganlar ozmi?
— Onamni g‘amu g‘urbat ado qilgan, amirzodam! Bizni deb ozmuncha kulfat chekdilarmi!
Muhammad Ko‘kaldosh gapni boshqa yoqqa burdi:
— Taqdirga chora yo‘q, begim. Mana bugun siz podshoh hazratlari bilan yana topishganingizdan hazrat onangizning arvohlari shod bo‘lur! Qani, o‘tirsinlar. Fotiha o‘qiylik.
Zarbof ko‘rpachalar ustiga o‘tib o‘tirdilar. Bu orada tashqaridan begimni ko‘rish uchun kirgan Qosimbek qavchin Qutlug‘ Nigor xonimning ruhiga bag‘ishlab tilovat qildi.
Keyin Xonzoda begim kanizlari orasida hammani jimgina kuzatib o‘tirgan o‘g‘ilchasi Xurramshohni imlab chaqirdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:24:47
Bolaning oq-sarg‘ish yuzi, ko‘zining ko‘kimtirligi, qisqa bo‘yni va siyrak qoshlari xuddi Shay¬boniy¬xonnikiga o‘xshar edi. Bobur Shayboniyxonni ko‘rmagan bo‘lsa ham Xonzoda begim o‘g‘lini unga tanishtirayotganda bolaning qiyofasida xon otasidan meros qolgan alomatlarni aniq ko‘rganday bo‘ldi.
Xurramshoh yetti yoshga kirar-kirmas otasi uni Balx  viloyatiga hokim qilib qo‘ygan edi. Hokimlikni bolaga atka qilib belgilangan Madhi Sulton qilsa ham Xurramshoh o‘z qarshisida katta-katta odamlarning bosh egib ta’zim qilishlariga anchagina o‘rgangan edi. Xonzoda begim o‘g‘liga Boburni ko‘rsatib:
— Tog‘oyingiz mana shu kishilar! — deganda Xurramshoh Boburning xayolidan o‘tgan narsani sezib yotsiradimi yoki uning kiyimlari jo‘nligini ko‘rib, nazariga ilmadimi, istar-istamas bosh irg‘ab salom berdi. Ammo tog‘asiga yaqin bormadi. Shunda Xonzoda begim uni yelkasidan sekin itarib qulog‘iga shivirladi:
— Esingizni yig‘ing, podshoh Bobur mirzo huzuridasiz! Shoh Ismoil shu hazrat tufayli sizni ozod qildi!
«Podshoh» va «hazrat» degan so‘zlardan bolaning ko‘zlari go‘yo charaqlab ochilib ketdi. Shu payt Bobur jiyanining ko‘zlari oyisinikiday yirik-yirik ekanini sezdi.
Tojdorlar bilan muomala qilishning mashqini yaxshi olgan bola endi tizzachasini gilamga tirab, Bobur qarshisida yukundi, so‘ng ikki qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, egilib ta’zim qilar ekan, chuchuk til bilan:
— Hazratim, men sizga... sizga xizmatqa keldim!— dedi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:25:38
Bobur uning burni ham Xonzoda begimniki kabi qirrali ekanini endi ko‘rdi va bu bolaga nisbatan qalbida tutun aralashgan olovday murakkab bir iliqlik sezdi.
— Xizmatga kelgan bo‘lsangiz xush ko‘rdik, shahzoda, — dedi-yu, bolani qo‘lidan olib, o‘ng yoniga o‘tqazdi.
Shu payt tashqaridan ellik yoshlardagi semiz haram bekasi ta’zim qilib kirdi:
— Podshoh hazratlari, Mohim begim olinasab egachingiz huzuriga kelishga ijozat so‘radilar!
Bobur Xonzoda begimga qarab sirli bir tarzda jilmaydi. So‘ng bekasiga buyurdi:
— Ayting, kelsinlar! Mirzo Humoyunni ham ola kelsinlar.
Boburning yosh xotini Mohim begim keksa Qosimbek o‘tirgan xonaga kirishdan iymanib kelolma¬yotganini hamma sezdi. Qosimbek va Muhammad Ko‘kaldosh Boburdan ruxsat olib, sekin eshikdan chiqdilar.
Mehmonxona oldida odam ko‘p. Marg‘ilonlik Xo‘ja Kalonbek, uning ukasi Kichik Xo‘ja, quvalik Tohir ko‘rchi, toshkentlik Saidxon, samarqandlik Majid barlos, Yusuf Andijoniy degan bir navkar — hammalari vatanlarining daragini olib kelgan Xonzoda begimni ko‘rmoq¬chi bo‘lishar, ammo ichkariga kirishdan istihola qilib turishar edi. Qosimbek ularga:
— Avval haram ahli bilan ko‘rishsinlar, keyin sizlarga ham ruxsat so‘rarmiz, — deb ularni tarqatib yubordi.

* X a s b a — ichterlama, tif.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:26:21
2

Shaftoli gulli ipak qabosi ingichka beliga, nazokatli qaddi-qomatiga juda yarashgan bir juvon shahzodalarcha yasantirilgan uch yashar bolani qo‘lidan yetaklab, eshikdan ohista kirib keldi. Bolachaning yuz-ko‘zi Boburga o‘xshashini Xonzoda begim bir qarashdayoq sezdi-yu, tez o‘rnidan turdi. Mohim begim kelinlik nazokati bilan egilib ta’zim qildi. Xonzoda begim unga peshvoz chiqib, avval yelkasiga qo‘llarini qo‘yib ko‘rishdi. So‘ng juvonning yuzidagi nafis oq pardani sekin ko‘tarib qaradi-da, uning ajib bir latofatini yurakdan his qilib zavqi keldi. Kelinini peshonasidan, ko‘zlaridan quvonib o‘pdi, so‘ng shodlikdan balqigan yuzini Boburga o‘girdi.
— Muborak bo‘lsin! Bir-birlaringizga benihoya munosibsizlar! Baxtli bo‘linglar!
Kichkina Humoyun bir qo‘lchasi bilan onasining etagidan tutib pastdan yuqoriga maroq bilan qarab turardi. Xonzoda begim uni qo‘liga ko‘tarib oldi. Bola ammasini birinchi marta ko‘rayotgan bo‘lsa ham, bu istarasi issiq ayolni ko‘pdan beri biladigandek begonasi-ramas edi. Xonzoda begim bolaning lo‘ppi yuziga yuzini qo‘yib erkalatganda Humoyun buni yoqtirib kulimsi¬radi.
Xonzoda begim uni o‘zining o‘g‘ilchasi oldiga ko‘tarib olib bordi-da, yerga qo‘ydi:
— Qani, kichkina tog‘acha «katta» jiyancha bilan tanishsinlar-chi!
Uch yashar boburiyzoda bilan to‘qqiz yashar shayboniyzoda avval bir-birlariga jim tikilib turdilar. Keyin Humoyun Xurramshohning belidagi kichkina bezakdor xanjarchasiga qiziqib qo‘l cho‘zdi. Xurramshoh uning qo‘lini olib ko‘rishdi-yu, ammo xanjarini bergisi kelmay orqaga chekindi. Buni ko‘rgan kattalar kulib yubordilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:26:51
Xonzoda begimning boshidan kechgan barcha dahshatlar, Qunduz yo‘lida uning yuragini titratgan noma’lum xavfu xatarlar shu bir quvnoq kulgi bilan go‘yo uzoq o‘tmishga aylandi. Xonzoda begim iymanib tabassum qilayotgan kelinini bir yoniga o‘tqazdi. Ikkinchi yonida xushchaqchaq kulimsirab bolalarga qarayotgan Boburni ko‘rdi. Yaqinginada o‘zlari ham mana shu tog‘acha-jiyan kabi yosh bola bo‘lgan paytlari esiga tushdi. Og‘ir ayriliq yillarida opa-uka ikkovlari ham farzandlik bo‘lganlari, dushman xonadonlaridan chiqqan bu bolalar endi go‘daklarcha bir ma’sumlik bilan ta¬nishayotganlari qahraton qish ketidan kelgan bahordek behad yoqimli edi.
Xonzoda begim keliniga yana bir qarab oldi-da, keyin Boburga sho‘x nazar tashladi:
— Tole sizga endi kulib boqibdi, amirzodam! O‘zingizga bunchalik munosib malikani qanday uchratdingiz! Mohim begim, qayerliksiz?
— Xurosonlik, hazrat begim.
Mohim begim Boburga: «Bog‘ko‘cha devoridan gul tashlaganimni aytib meni uyaltirib qo‘ymang yana!» degandek iltimoskorona qarab oldi. Bobur uning bu qarashidagi ma’noni sezib, zavqli jilmaydi. So‘ng Mohim begimning Husayn Boyqaroga qarindoshligi borligini, otalari bundan to‘rt yil burun Badiuzzamon mirzo bilan chiqisholmay G‘aznaga kelib qolishganini opasiga aytib berdi. Bobur Mohimning ota va og‘alarini G‘aznadan Kobulga taklif qilgan, keyin bu yerda Mohim bilan yana ko‘rishib unga uylangan edi.
— Hirot bilan Murg‘ob oralig‘ida Hazrati Jom degan shahar bor, ko‘rganmisiz? — so‘radi Bobur opasidan.
— Ko‘rganmen! Ulug‘ shoir Ahmad Jomiyning nomlariga qo‘yilgan.
— Begimning ona avlodlari ana o‘shal Hazrat Jomiyga xesh ekanlar. Ustod Abdurahmon Jomiyga hamshahar ekanlar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:27:26
Bobur hazilomuz kulib qo‘shib qo‘ydi:
— Begimning o‘zlari ham shunday shoirparvaru she’rshunoslarki, Jomiy bilan Navoiyning barcha g‘azallarini yod bilurlar. Ammo biz she’r yozsak, munaqqidlik* qilib, nuqsini ko‘rsaturlar.
Mohim erining haziliga hazil bilan javob berdi:
— Munaqqid bo‘lmay ilojim yo‘q, chunki hazratim mening ta’rifimda ko‘p mubolag‘a qilurlar!
Xonzoda begim er-xotinning hazilkashligidan zavq¬lanib kuldi:
— Lekin ta’rifingizda qancha mubolag‘a qilsalar ham oz!
— Minnatdormen, hazrat begim! — Mohim endi hayajonli tovush bilan gapirdi: — Men sizning jasoratingizni, fidoyiligingizni hazratimdan eshitib, o‘zingizni ko‘rish orzusida edim. Tangrimga shukr, bugun shu orzuyim ro‘yobga chiqdi. Hazrat begim, men sizni af-sonaviy bir malika deb o‘ylar edim. Biroq o‘zingizni ko‘rdimu sizdagi mehrigiyo afsonaviy malikalarda ham bo‘lmas, deb o‘yladim! Endi uyimizning peshgohi ham, ko‘nglimizning to‘ri ham sizniki!
Mohim begim bu gaplarni samimiy bir ixlos bilan aytganini sezgan Xonzoda begim:
— Bizga sizdek kelin bergan tangrimga shukr! — deb qo‘ydi.
Xonzoda begim birdan Oyisha begimni esladi va uni Mohim begimga taqqoslab ko‘rdi. «Bir hisobda, Boburjon avvalgi xotini bilan ajrashib ketgani ham yaxshi bo‘lgan ekan», deb qo‘ydi o‘zicha. So‘ng xon haramida o‘zining tortgan azoblarini eslab ketdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:29:19
Bobur o‘ttiz to‘rt yoshli Xonzoda begimning sochla¬riga bitta-yarimta oq oralab qolganini endi ko‘rdi. Shu turishda opasi Boburga onasining endi beva qolgan o‘ttiz yetti-o‘ttiz sakkiz yasharli paytlarini eslatdi. Xonzoda begim ham endi beva edi. Bobur shuni o‘yladi-yu:
— Siz meni deb ko‘p azob tortgansiz! — dedi. — Sizni eson-omon dargohimizga yetkazdirgan Shoh Ismoilning yaxshiligini hech vaqt unutmasmen!
Shoh Ismoil tilga olinishi bilan Xonzoda begimning chehrasi yana ochildi.
— Shohning Tojli xonim degan yoshgina, ko‘hlikkina xotini bor ekan, — deb hikoya qila boshladi. — Shu juvon meni shohning huzuriga boshlab kirdi. «Shoh Ismoil sunniy mazhabidagilarni o‘ldirib, terisiga somon tiqdirarmish» degan vahimali gaplarni ko‘p eshitgan edim. «Bahaybat bir odam bo‘lsa kerak», deb titrab-qaltirab bordim. Qarasam, yigirma to‘rt-yigirma besh yoshli xushsurat bir yigit taxtda o‘ltiribdi. Soqol qo‘ygan emas, faqat uzun, ingichka mo‘ylovi bor. Burgut burun. Ko‘zlari katta-katta. Ozariy tilda gapirdi, so‘zlarining hammasiga tushundim. Shialarning imomlari Bibi Fotimaning avlodlari bo‘lgan emasmi, shuning uchun ular ayol zotini juda hurmat qilar ekanlar. Men buni yo‘lda ham ko‘p sezdim.
— Lekin o‘zimizda ham ilgari ayollarga ehtirom kuchli bo‘lgan, — dedi Bobur.— Samarqandda Bibi Xonim nomli madrasa qurilgan, Tuman oqa maqbarasi bor. Hirotda Gavharshod begim madrasasi mashhur.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:30:30
— Bilmadim, u zamonlarda ulug‘ ayollar ko‘p bo‘lganmi yoki ularning ilmu san’atga ishtiroklari katta bo‘lganmi? — dedi Mohim begim eriga qarab. — Hozir nechukdir undoq emas-da, hazratim?
— Falakning gardishi ajib! — dedi Bobur. — Ayollarga munosabat hamisha ilmu san’-atga munosabat bilan rost kelur. Ilmu san’at barq urgan davrlarda ayollarning hurmati ham baland. Chunki ilmu san’at ayollarning ishtiroki bilangina astoydil yuksalgan. Ma’naviy inqiroz davrlarida olimlaru san’atkorlar nechog‘lik xor bo‘lsa ayollar ham shunchalik kamsitilmishdir.
— Siz aytgan shu inqiroz hozir Movarounnahrni chirmab olgan, hazratim! — dedi Xonzoda begim. — Ko‘chmanchi xonu sultonlar mamlakatning quruq gavdasini egallab olmishlar. Uning ruhi bilan ishlari yo‘q. O‘lgan odamning arvohini ranjitish adolatdan emas. Shayboniyxon parokanda bo‘lib yotgan o‘lkalarni birlashtirdi. Samarqandda o‘z nomiga madrasa qurdirdi. Ko‘hak* daryosining ustiga ko‘prik qurdirdi. Savob ishlari shu bo‘ldi. Lekin olimlaru san’atkorlarga muomalasi qandoq durusht bo‘lsa, ayollarga ham shundoq edi. Te-muriylar ayollarning nomiga madrasayu maqbaralar qurdirganini aytsangiz, g‘azabi kelur edi. Uningcha, Ulug‘bek ilmu san’atga berilib, dinu imonni unutgan emish, ayollarni taltaytirib, xalqning axloqini buzgan emish. Xon yozdirgan «Shayboniynoma», «Nusratnoma» degan kitoblarning birontasida birorta ayolning nomi tilga olingan emas. Shahzodayu sultonlarning onalari yoki xotinlari haqida so‘zlash zarur bo‘lib qolsa, «falonchining qizi», «falonchining xotini» deb, faqat otasi yoki erining nomini yozurlar. Chunki ayollarning nomini nomahramlar tilga olsalar gunoh bo‘lur emish! Hali bu— madrasa ko‘rgan ilmlik xonning davrida bo‘lgan ishlar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:30:57
Hozir tirik qolganlarida shu ilm ham yo‘q. Faqat dag‘al bir kuchu bid’atu xurofot. Ilmu san’at ahli sultonlar zulmidan qochib, biri Xurosonga, biri Istambulga ketdi, biri Kobulga keldi. Endi butun umidimiz sizdan, Boburjon! Siz Movarounnahrning ulug‘ ruhini tiklarsiz, ilmu ma’rifat quyoshini yurtimizga qaytarib olib borursiz deb, yo‘lingizga ko‘z tikkanlar ko‘p!
Bobur opasining aytganlari quruq gap emasligini bilardi. Shayboniyxon o‘lgandan keyin Samarqanddan, Buxorodan, Toshkentdan Boburga maxfiy xatlar va choparlar kelgan edi. Ko‘chmanchi sultonlar zulmidan bezgan odamlar Boburni tezroq yurtiga qaytishga chor-lar edilar.
— O‘tgan hafta Andijondan xushxabar keldi, — dedi Bobur opasiga mamnun ko‘z tashlab.— Farg‘ona vodiysidagi barcha xayrixohlarimiz ko‘chmanchi sultonlarni quvib yuboribdir. Menga kitobot keldiki, «Qorategin orqali Andijonga tezroq yetib keling, ota yurtingiz sizga muntazir!»
Xonzoda begim quvonch bilan:
— Tangrimga ming qatla shukr! — dedi.
— Hazratim bizni Kobuldan Qunduzga olib kelganlarining boyisi ham shuki, — dedi Mohim begim ovozini pasaytirib, — tezroq vatanlariga qaytmoqchilar!
— Andijongami? — shivirladi Xonzoda begim inisiga.
Bobur o‘ychan kulimsirab bosh chayqadi — u Andijonga ishonchli bir kishisini yubormoqchi, o‘zi esa Hisor orqali Samarqandga yurish qilmoqchi edi. Lekin Bobur o‘zining bu niyatini tarix sahnasida paydo bo‘lgan yangi bir kuch — Shoh Ismoil bilan kelishmasdan amalga oshirolmasligini sezib turardi. Chunki Shoh Ismoil ko‘chmanchi sultonlarga qarshi kurashni davom ettirish va ularni Movarounnahrdan quvib chiqarish uchun Bobur bilan ittifoq tuzmoqchi edi. Bugun Xonzoda begim bilan kelgan elchining qanday niyati borligini Bobur taxminan bilar edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:32:00
Basharti, u Shoh Ismoil taklif qilayotgan ittifoqni rad etib, Andijonga yoki Samarqandga o‘zicha yurish qilsa, shoh undan aynib, shayboniyzodalar bilan ittifoq tuzishi mumkin edi. Shayboniyxonning o‘g‘li Temur Sulton shohga elchilar va sovg‘alar yuborib, muzokara olib borganidan Bobur xabardor edi. Bu ikki zo‘r kuchga Bobur yolg‘iz bas kelolmasligi esa o‘z-o‘zidan ayon edi...
U ayollarga bu murakkab muammolarni aytib o‘ltirmadiyu, Shoh Ismoilning shoirligidan gap ochdi.
— Mirzoxon menga shohning she’rlaridan keltirib ko‘rsatdi, — dedi opasiga. — Ta’bi nazmi baland, ozarboyjon turkiysida juda chiroyli g‘azallar bitibdir. Yana kamtarlik bilan «Xatoiy» degan taxallus tanlabdir.
— Katta shoirligi rost, — dedi Xonzoda begim. — G‘azallarini odamlar qo‘shiq qilib aytganlarini eshitdim. Shoh meni qabul qilganda «Bobur podshohning shohli¬gini ham, shoirligini ham ehtirom edyurmiz» dedi. Keyin hazratimning Hirotda kuyga solingan g‘azallaridan bir baytini yod aytib, «Cho‘x yaxshi!» deb qo‘ydi.
Bobur shohning bu maqtovidan ko‘ngli iyib, uyalin-qirab:
— Qaysi g‘azal ekan? — dedi.
Xonzoda begim barmoqlarini lablariga qo‘yib g‘azalni so‘zma-so‘z eslashga tirishar ekan, Mohim begim unga ko‘maklasha boshladi:
— «Mening ko‘nglimki, gulning g‘unchasidek tahbatah qondir» deb boshlanurmi?
— Ha, ha, xuddi shu! — deb Xonzoda begim ikkinchi satrini o‘zi aytdi: — «Agar yuz ming bahor o‘lsa ochilmog‘i no imkondir».
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:33:33
— Shohga bu matla’ning yoqqani bejiz bo‘lmasa kerak, — dedi Bobur. — U ham bizga o‘xshab, otasidan yosh qolib, quvg‘inlarga uchrab, ko‘p kulfat chekkan ekan. Menga uning tarixini Mirzoxon aytib berdi. Endi Shoh Ismoil dunyoda adolat o‘rnatmoqchi emish.
— Shoh menga ham shuni aytdi, — dedi Xonzoda begim. — «Adolatni sunniylar o‘n ikki imom bilan birga o‘ldirmishlar», dedi. Lekin o‘n ikkinchi imom— Hazrati Madhi o‘lgan emas emishlar, hozir osmondan yerga tushib, sunniylarning jazosini berar emishlar. Shuning uchun shialar shohni «sohibi zamon» deb ulug‘lar emishlar.
Bobur bu yasama e’tiqodlardan g‘ashi kelib, bosh chayqadi-yu:
— Taajjub! — deb qo‘ydi. — Marhum Shayboniyxon o‘zini «Xalifai rahmon, imomi zamon» deb yurib, oxiri nima bo‘ldi? Dinni siyosatga aylantirish ne hojat?
— Lekin shialar bilan sunniylarning adovati aslida hokimiyat talashishdan kelib chiqqan emasmi, hazratim?— dedi Mohim.
Islom tarixini yaxshi biladigan Bobur sunniylar bilan shialarning qonli kurashlarini xayolidan o‘tkaza boshladi.
Bu kurash Bobur yashagan davrdan salkam to‘qqiz yuz yil avval — Muhammad payg‘ambarning o‘limi bilan boshlangan edi. Muhammad payg‘ambar tuzgan davlatni kim boshqarishi kerak? Kim uning davomchisi — xa¬lifi bo‘lishi kerak?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:34:57
Eng yaqin qarindoshni voris qilish tarafdori bo‘lganlar Alini birinchi xalif qilib ko‘tarmoqchi edilar. Chunki Ali payg‘ambarning amakivachchasi edi va uning yagona farzandi Bibi Fotimaga uylangan edi. Ammo Ali chor¬yorlar orasida eng yoshi edi. Qabila udumi, ya’ni sunnaga binoan eng yoshi ulug‘ va obro‘si baland o‘tag‘asi musulmon olamiga bosh bo‘lishi kerak edi. Shu sababli keksa Abubakirni birinchi xalif qilib ko‘tardilar. Shu bilan birga Ali ham payg‘ambarning to‘rtta eng yaqin salaflaridan — choryorlaridan biri deb tan olindi, faqat yoshiga qarab uni Abubakir, Umar va Usmondan keyingi to‘rtinchi o‘ringa qo‘ydilar.
Dushmanlari avval Umarni, keyin Usmonni suiqasd bilan o‘ldiradilar. Nihoyat Ali xalif bo‘ladi. Ammo oradan besh yil o‘tar-o‘tmas dushman taraf qasdma-qasdiga Alini ham o‘ldirdi.
Ali tarafdorlari uning o‘rniga o‘g‘illari — Bibi Fotimadan tug‘ilgan Hasan va Husanni musulmon olamining boshlig‘i deb e’lon qildilar. Ammo Imom Hasan kasallanib o‘ldi. Imom Husan Karbalo dashtida sunniylar bilan qilingan jangda halok bo‘ldi. Shundan keyin xalifalik yana sunniylar qo‘liga o‘tdi-yu, Alining avlodiga mansub bo‘lgan barcha imomlar birin-ketin o‘ldirilaverdi. Faqat o‘n ikkinchi Imom Muhammad yoshligida sirli bir tarzda yo‘qoldi, uning o‘lik-tirigi to¬pilmadi. Muxoliflari uni o‘g‘irlab ketib o‘ldirganlari taxmin qilinsa ham, uning tarafdorlari xalq orasida «Imom Muhammad osmonga chiqib ketgan, bir kun Imom Madhi nomi bilan qaytib tushib, dunyoda adolat o‘rnatadi» degan bir diniy e’tiqodni tarqatdilar. Adolatsizlikdan azob tortib yurgan juda ko‘p sodda odamlar bu gapga ishonadilar. Shialar musulmon olamidagi barcha baxtsizliklarga Alidan oldingi uch xa¬lifani va ularning keyingi avlodlarini sababchi qilib ko‘rsatdilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:35:12
Sunniylar uzoq vaqt davlat tepasida turgan va musulmon dinini juda ko‘p mamlakatlarga tarqatgan hokim kuch bo‘lganliklari uchun ularning zulmlaridan norozi bo‘lgan ko‘pgina olimlar, san’atkorlar, dehqonlar, kosiblar va boshqa turli tabaqa vakillari ham shialar tomoniga o‘tdilar. Qadimiy madaniyat markazi bo‘lgan Eron va Ozarboyjonda shialarning sunniylarga qarshi kurashi tobora o‘sib bordi. Shoh Ismoil shialarning mana shu kurashidan foydalanib, davlat tepasiga keldi, tarixda birinchi marta shia mazhabini katta bir davlatning diniga aylantirdi va sunniylarga qarshi g‘azavot e’lon qildi.
— Rost, shia-sunniy adovati qanday xunrezliklarga sabab bo‘lganini men Hirotda ko‘rib dahshatga kel¬dim!— dedi Xonzoda begim va bir voqeani hikoya qilib berdi.
Marvdan keyin Hirot qizilboshlar qo‘liga o‘tgach, bu yerda Shayboniyxon davrida qatag‘on qilingan shialar qasoskorona bosh ko‘tardilar. Ular Hirotda Shay¬boniyxonning barcha ishlariga fatvo bergan sakson yoshli shayxulislom Taftazanini shialarga tutib berdilar. Shialar cholni ko‘chaga — xaloyiq orasiga sudrab olib chiqdilar va darhol sunniy mazhabidan shia mazhabiga o‘tishni buyurdilar. Taftazani bunga ko‘nmadi. Shundan keyin shialar uni ko‘chadagi bir daraxtga osib o‘ldirdilar va jasadini daraxt bilan birga yoqib yubordilar.
Buni ko‘rgan xolis odamlar shia-sunniy dushmanligidan bezor bo‘lib, Abdurahmon Jomiy tirikligida yozib ketgan o‘tkir ruboiyni bir-birlariga shivirlab aytadilar:

Ey mug‘bachai dahr, bideh jomi mayam,
Ki omad zi nizoyi sunni-yu, shia qayam.
Go‘yandki, Jomiyo, chi mazhab dori?
Sad shukrki, sagi sunni-yu, xari shianayam!*
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:36:11
Bu ruboiyning so‘zlari og‘izdan-og‘izga o‘tib, shialarning qulog‘iga ham yetib boradi. Ayniqsa «shia¬ning eshagi» degan ibora ularning jonini chiqaradi. Qizilboshlar bid’atga berilgan hirotlik shialar va yosh bezorilar to‘dasini Abdurahmon Jomiyning maqbarasiga boshlab boradilar. Qabr ustiga qo‘yilgan marmar toshni ko‘chirib tashlaydilar. Toshga o‘yilgan «Jomiy» so‘zidagi arabcha «   »ning nuqtasini o‘chirib «   »  tarzida harf¬ning yuqorisiga qo‘yadilar. Natijada ulug‘ shoirning nomi «Xomiy» deb o‘qiladigan bo‘ladi. Johillar bu bilan ham qanoat qilmaydilar. Jomiy maqbarasiga Navoiy o‘rnattirgan zarrin o‘ymakorlik go‘zal eshikni sindirib, maqbara bilan birga yondirib yuboradilar.
Bu voqeani opasidan eshitgan Bobur g‘azab aralash hayrat bilan so‘radi:
— Nahotki Shoh Ismoil shunday jaholatga yo‘l bergan bo‘lsa?
— Mening bilishimcha, bu ishdan shoh bexabar qolgan. Hirotdagi mudhish ishlarga shohning Xuroson bo‘yicha noibi Najmi soniy boshchilik qilgan.
— Ne bo‘lganda ham hazrati Jomiy ming marta haqlar: shia-sunniy nizolari ko‘ngilni ozdiradigan darajada xunuk!.. Hayhot, dunyoning ishlari hamisha chigal! Tug‘ishganlardan-ku, do‘st-yor topolmadim. Endi taqdir menga Shoh Ismoildek bir mard, tanti, fozil do‘st berdi, deb suyunsam, buning ham ishkal ishlari bor ekan.
Mohim begim Boburning ko‘ngliga cho‘kkan g‘uborni tarqatgisi kelib, kulimsirab gapirdi:
— Gul tikansiz bo‘lmas ekan-da, hazratim!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:37:07
Bobur xotinining jilmaygan yuziga tikilib qaradi-yu, o‘zining ham chehrasi ochila boshladi. Shuncha ayriliqlardan keyin sevimli opasi bilan yana uchrashgani, bu quvonchga Shoh Ismoil tufayli muyassar bo‘lgani takror esiga tushdi. Qunduzda shayboniyzodalardan ixlosi qaytgan yigirma ming kishilik qo‘shin mo‘g‘ul beklari boshchiligida Bobur huzuriga kelgani va uning xizmatiga o‘tgani yana yodiga tushdi-yu, ko‘nglini yayratib o‘tdi.
Bobur ko‘zini Mohim begimdan olib opasiga qaradi:
— Endi hech bir gulning tikanidan qo‘rqmasmiz! Maqol borki, guli uchun tikani ham noiloj sug‘orilur... Shoh Ismoil shunchalik odamgarchilik qilibdi! Mayli!
Bobur o‘rnidan turdi. U shohdan kelgan elchi bilan uchrashishi kerak edi. Mohim uni eshik oldigacha kuza¬tib bordi. Bobur eshikdan chiqayotib, Xonzoda begimni qayerga joylashtirish va qanday e’zozlash haqida xotiniga ko‘p gapirib o‘tirmadi-yu:
— Egachimni onam o‘rnida ko‘rgaysiz! — dedi. Shu bir og‘iz gapdan hamma narsani anglagan Mohim ham:
— Jonim bilan! — deb qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi. — Sizdan ham bir iltimos, hazratim.
— Xo‘sh!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:37:59
— Biz tikan deb o‘ylagan narsalar og‘uli tig‘lar bo‘lib chiqmasin. Ehtiyot bo‘ling!
Bobur xotinining hamma narsaga fahmi yetadigan ziyrak bir do‘st ekanini hozir yana bir marta sezdi-yu, unga mehri toblanib:
— Xotirjam bo‘ling! — dedi.
So‘ng qalbi uchrashuv quvonchiga, mehribon ayollar nafosatiga va ma’sum bolalar zavqiga to‘lib, qo‘rg‘on hovlisiga chiqdi.
Devonxonaga yaqinlashganda elchilar bilan bo‘ladigan muomalani ko‘z oldiga keltirdi-yu: «Molu dunyoni ayamaslik kerak» degan niyatni ko‘ngliga tugdi.

______________
* M u n a q q i d l i k — tanqidchilik.
* K o‘ h a k — hozirgi Zarafshon.
* Tarjimasi: Ey dunyoning yosh otashparasti, menga mayim jomini bergilki, sunniy va shia nizolaridan qusgim kelmoqda. Desalar: Jomiy, sen qaysi mazhabdansen? Yuz shukrki, sunniyning iti-yu, shianing eshagi emasman!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:38:24
3

Boburning buyrug‘i bilan Vali xazinachi bisotida bor eng qimmatbaho duru gavharlardan, Badaxshon la’lilariyu oltin bezakli kiyimlardan, kamyob tig‘lar va buyumlardan shohga alohida, uning elchisiga alohida in’omlar hozirladi. Saroy bovurchilari, bakovul va yasovullar ikki kechayu ikki kunduz yugurib-yelib, Qunduzda hali misli ko‘rilmagan shohona ziyofat va bazmga hozirlik ko‘rdilar. Ulkan ziyofat uchun hisoriy qo‘ylarning o‘zidan yetmish-saksontasi so‘yildi. Tog‘lardan, o‘rmon va daryolardan ovlab kelingan g‘ozlar, kakliklar, ohular soni bundan ko‘proq edi.
Shoh Ismoilning mehmondorchiliklarini ko‘p ko‘rgan odamlardan biri — Boburning amakivachchasi Mirzoxon edi. U Boburga bir necha marta:
— Shoh elchilari chog‘irsiz ziyofatni ziyofat o‘rnida ko‘rmaslar,— deb aytdi.
Boburning eshik og‘asi Qosimbek esa ichkilikni juda yomon ko‘rardi. Boburning o‘zi ham hali beklari bilan biror marta ichkilik bazmi o‘tkazgan emas, faqat Kobulda Mohimga uylangandan keyin xushbo‘y chog‘irlardan bir-ikki marta tatib ko‘rgan edi.
Hozir uning ko‘nglida ko‘pirib turgan quvonch bilan birga Shoh Ismoilga va shialar bilan sunniylarning dushman munosabatlariga borib taqaladigan qandaydir g‘ashlik, chigallik bor edi. Bu g‘ashlikni bugun faqat may bilan tarqatish mumkinga o‘xshardi. Bundan tashqari, mehmonlarning ko‘ngli uchun ham Boburning ichishi zarur edi.
Uning amri bilan Qunduzdan topish mumkin bo‘lgan eng toza chog‘irlar, eng o‘tkir maylar toptirib keltirildi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:39:09
Gulgun parchadan zar yoqali abo kiygan o‘spirin soqiylar oltin ko‘zalardan oltin-kumush surohiylarga may quyib, avval Boburga, so‘ng uning yonida  o‘tirgan shoh elchisi Muhammadjon eshik og‘asiga, elchidan nariga cho‘kkalagan Mirzoxonga navbatma-navbat uzatdilar.
Ziyofatda Bobur tomonidan yuzdan ortiq a’yonlar, beklar va mulozimlar qatnashmoqda edilar. Avvalgi ziyo¬fatlarda Boburdan va Qosimbekdan yashirib may ichadigan ko‘pchilik beklar endi chog‘ir to‘la qadahlarini qo‘llarida bemalol tutgan holda bir-birlari bilan sho‘x-sho‘x ko‘z urishtirishar, quvnoq iljayishar va podshoh¬ning ishorasini kutishar edi. Poygahda kichik beklar orasida o‘tirgan Tohir ham qo‘lidagi may to‘la kumush qadahga jonli bir narsaga qaraganday ehtiyot bilan qarab qo‘yardi.
Mirzoxon yonidagi elchiga shivirlab izoh berdi;
— Oliy mehmon, siz g‘aroyib bir hodisaning guvohidirsiz. Bobur podshoh saroyida bugun birinchi marta chog‘ir majlisi!.. E’tibor bering: majlisda favqulodda bir hayajon hukmron!
Boshiga qizil jig‘alik katta salla o‘ragan, soqoli xina bilan bo‘yab qizartirilgan burgutburun elchi Boburga maroq bilan tikildi.
Bobur qo‘lidagi qadahni uchib ketishi yoki cho‘qib olishi mumkin bo‘lgan notanish bir qush kabi avaylab ushlab turardi. Odamlar uning so‘zini kutayotganlarini sezib, ovozi tovlanib gapira boshladi:
— Oliy zotlar davrasida shodiyona kunlarda uzum suvidan halolu pokiza qilib tayyorlangan chog‘ir ichmoq ota-bobolarimizdan qolgan odatdir. Hayotimizda shodlikdan ko‘ra g‘amu g‘urbat ko‘proq edi, shuning uchun hanuzgacha chog‘ir majlisiga mayl ko‘rsatmadik.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:40:10
Hirotda Badiuzzamon mirzo bilan Muzaffar mirzodek tojdor xeshlarimiz biz uchun orasta bazmlar berib, chog‘ir taklif qilganlari majlis ahliga ma’lum bo‘lsa kerak. O‘shanda ham biz uzrlar aytib, chog‘irdan o‘zimizni tortgan edik, chunki u mahallarda may ichib xursandchilik qilg‘udek shodmon emas edik. Tangrim bizni shod-xurram kunlarga mana endi yetkazdi. Biz bu mas’ud kunlarga Shoh Ismoil hazratlarining sharofatlari bilan yetishdik. Bugungi shod-xurramlikni bizga oliy mehmonimiz Muhammadjon eshik og‘asi janoblari keltirdilar! Shuning uchun bizning birinchi chog‘ir majlisimiz Shoh Ismoil hazratlariga cheksiz ishonch va ehtiromlarimizdan kichik bir nishona bo‘lg‘ay! Birinchi qadahimiz esa shohning mo‘’tabar elchisi Muhammadjon eshik og‘asi janoblariga yuksak hurmatimizning isboti bo‘lg‘ay!
Bu so‘zlardan ko‘ngli iyib, chuqur ko‘zlari olovlanib ketgan elchi o‘rnidan turib, Boburga egilib ta’zim qildi. So‘ng joyiga o‘tirib, qo‘lidagi chog‘irni oxirigacha sipqardi.
Pastda o‘tirgan sozandalar «Sarvi navo» kuyini chala boshladilar. Dasturxonga kiyik va kaklik kaboblari tortildi. Eng mazali taomlar orasida yana ikki-uch qayta may ichildi. Odamlar endi o‘zlarini boyagidan xiyla erkin seza boshladilar. Qahqaha, o‘yin-kulgi avjiga chiqdi. Quvnoq, sho‘x kuylar ketidan yana alyorlar aytildi. Nihoyat, so‘z navbati shoh elchisiga keldi. Shunda Muhammadjon eshik og‘asi yonidagi mulozimga nimadir deb shivirladi. Mulozim bosh irg‘ab, yon eshikdan chiqib ketdi-yu, navbatdagi quvnoq kuy tugagan paytda ustiga bir necha qavat oq ipak yopilgan qandaydir sovg‘ani oltin barkashga solib ko‘tarib kirdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:40:42
Muhammadjon eshik og‘asi Shoh Ismoilning Boburga berib yuborgan maktubini va oltin-kumush in’omlarini kunduz topshirgan edi. «Endi bu yana nima ekan?» deb hamma o‘tirganlar oltin barkashga tikilib qoldi. Umumiy jimlikda qizilbosh bek barkashdagi sovg‘a bilan Boburning qarshisiga ta’zim qilib keldi. Boburga yaqin o‘tirgan Muhammadjon eshik og‘asi o‘rnidan turib gap boshladi:
— Sulton Zahiriddin Muhammad Bobur bahodir hazratlarining sohibi zamon Shoh Ismoil hazratlari ya cho‘x yuksak, cho‘x semimiy hurmatlari varlig‘ina alhol bizim ishonchimiz kamil o‘ldi. Shu sebebli Shoh Ismoil hazratlari yubormish muqaddas in’omni Bobur podshoh hazratlariya topshirmog‘a ijoza vergaysiz!
Elchi oltin barkashdagi sovg‘aning ustidan ipak pardani oldi. Bobur yoqut va dur bilan bezalgan nafis oq ipak sallani ko‘rdi. Sallaning tepasiga o‘n ikki imomning qonini eslatuvchi qizil jig‘a suqib qo‘yilgan edi. Salla ancha katta — Bobur o‘ramlarning soni ham shahid bo‘lgan imomlar kabi o‘n ikkita ekanini taxmin qilib bildi. Shialarning e’tiqodiga binoan, bu o‘ramlarning har biri — bir imomning ruhi uchun muqaddas makon edi.
Ichgan chog‘irdan yuzi qizarib, ko‘zlari yaltillab turgan Bobur o‘zining a’yonlari orasida shivir-shivir boshlanganini payqadi-yu, kulimsirab Qosimbek tomonga qaradi. Ammo Qosimbek va undan narida o‘tirgan  Xo‘ja Xalifa nomli shayxulislom oltin barkashdagi dastorga jirkanib va hatto qo‘rqib qaramoqda edilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:41:00
Chunki Boburning o‘zi ham, Qosimbek ham, zi¬yofatda o‘ltirgan boshqa sunniy a’yonlar, mulozimlar ham choryorlarning hurmati uchun boshlariga to‘rt o‘ram qilingan salla o‘rar edilar. Kichikligidan ollohu taologa, payg‘ambar va choryorlarga cheksiz ishonch va e’tiqod ruhida tarbiyalangan odamlar boshlaridagi sallalarining to‘rt o‘ramida to‘rt choryorning ruhi yashaydi, deb ishonar edilar. Shialar shu choryorlarning uchtasini tan olmay haqorat qilishar, ularning o‘n ikki o‘ramlik sallalari esa Abubakir, Umar va Usmonlarning avlodla¬riga qarshi kurashgan shia imomlarini ulug‘lar edi.
Shialikni muqaddas choryorlardan yuz o‘girish, dindan chiqib, rofiziy bo‘lish, deb o‘rgangan keksa Qosimbekka oltin barkashdagi sallaning mayin yiltirgan ipagi — ilon terisining yiltirashidek ko‘rindi. Qosimbekning nazarida sallaga qadalgan yoqutlarning cho‘g‘day yonishi zaharli ilonning qizg‘ish ko‘zlari qonga to‘lib yonishiga o‘xshardi.
Muhammadjon eshik og‘asi Boburga yana bir marta ta’zim qildi-yu, Shoh Ismoil shaxsan berib yuborgan shu muqaddas dastorni qo‘liga olib boshiga kiyishini undan iltimos qila boshladi.
O‘nlab ko‘zlar Boburga «Ne qilarkin?» deb tikildi. Qosimbek Xo‘ja Xalifaga tahlika bilan shivirlab:
— Makru hiyla bilan hazratimni shia mazhabiga o‘tkazmoqchilarmi? — degani Boburning qulog‘iga chalindi.
Bobur agar shu dastorni boshiga qo‘ysa shia mazhabiga o‘tganday ko‘rinishi mumkinligini endi payqadi. U ichgan chog‘iridan durustgina kayf qilgan edi. Hozir vaziyat unga Qosimbek qo‘rqqanchalik vahimali tuyulmas edi. Choryorlar, o‘n ikki imom ham Bobur uchun bundan to‘qqiz asr burun o‘tgan tarixiy shaxslar edi. Uzoq o‘tmishga aylangan qonli dushmanlikni bugun davom ettirish kimga kerak?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:41:18
Qizilbosh bek hamon Boburning qarshisida tiz cho‘kib, oltin barkashdagi sallani unga tutib turibdi. Shoh elchisi unga iltimoskorona ta’zim qilyapti. Ular orqali Shoh Ismoil go‘yo Boburga hamkorona qo‘l cho‘zyapti. Bobur bu qo‘lni qaytarsa, shoh bilan orani uzishi kerak bo‘ladi. Keyin shayboniyzodalar shoh bilan ittifoq tuzishadi-yu, Boburning vatanga qaytadigan yo‘llarini yana bekitishadi. Bobur esa hozir butun vujudi bilan vataniga qaytishni istaydi. Bu istagi yo‘lida tog‘ kelsa kemirib, suv kelsa simirib o‘tmoqchi bo‘ladi.
Bobur elchiga muloyim ko‘z tashlab:
— Shoh Ismoil hazratlarining in’omlari biz uchun behad aziz, — dedi va barkashdagi sallaga qo‘l cho‘z¬moq¬chi bo‘ldi.
Shunda Qosimbek og‘zini uning qulog‘iga yaqinlashtirib, xavotir bilan shivirladi:
— Hazratim, zinhor boshingizga kiymang! Zinhor!
Bu so‘zlar elchiga ham eshitildi va uni ranjitgani avzoyi o‘zgarib ketganidan sezildi.
Suv quyganday jimjitlikda Bobur Muhammadjon eshik og‘asiga mayin kulimsirab qaradi:
— Oliy mehmonimiz imomiya* mazhabidanlar, shundaymi?
Elchi tasdiq ma’nosida bosh irg‘adi. Bobur yana o‘shanday muloyimlik bilan so‘zida davom etdi:
— Imomiyalar ham Muhammad alayhissalomning ummatlarimi?
— Alhamdulillo! — deb elchi darhol kalima keltirdi.
Shundan keyin Bobur Qosimbek tomonga o‘girildi.
— Siz ham Muhammad ummatimisiz, janobi amirul umaro?
Qosimbek ham kalima keltirdi-yu, oxirida:
— Hazratim, sizni iloho chohoryori bosafolar qo‘llab-quvvatlasinlar! — deb qo‘shib qo‘ydi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:41:35
Choryorlar tilga olinishi bilan elchining rangi o‘chib labi asabiy pirpiradi.
— Janob Muhammadjon eshik og‘asi! — dedi Bobur tez.
— Qur’oni sharifda aytilganki, «qulli muslimina ixvatun». Ya’ni, barcha musulmonlar og‘a-inilardir. Biz hammamiz bir dindamiz. Demak, hammamiz og‘a-inilardek yaqin bo‘lmog‘imiz kerak. Biz sizning musulmonlik e’tiqodlaringizni hurmat qilganimiz kabi, siz ham bizning, — deb Bobur ikki qo‘lini yoyib, barcha bek va mulozimlarini ko‘rsatdi, — musulmonlik e’tiqodlarimizni hurmat qilursiz, deb ishonamiz!
Elchi endi bir oz yumshab, ustma-ust bosh irg‘adi:
— Ushbu muqaddas armug‘on ham bizni sizlara buyuk ehtiromimiz alomatidir!
Bobur endi Qosimbekka yuzlandi:
— Hazrati Alini sizu biz hamisha boshimiz ustida olib yuribmiz, shundoqmi?
Qosimbek — sallasidagi to‘rt o‘ramning biri — Hazrati Alining ruhiga makon ekanini o‘ylab, qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi:
— Shundoq, hazratim.
— Muhammad alayhissalomning yagona farzandlari bo‘lgan Bibi Fotima biz uchun ham muqaddas volidadirlar, shundoqmi?
— Shundoq, hazratim.
— Shundoq bo‘lsa, Hazrati Ali bilan Bibi Fotimaning aziz avlodlari bo‘lgan imomlarni biz ham e’zozlasak musulmonlikka to‘g‘ri kelurmi, yo‘qmi?
Boya Boburga jon kuydirib haligi gapni uning qulog‘iga shivirlagan Qosimbek podshoni niyatidan qaytarolmasligini, shohning bu maxsus sovg‘asini Bobur qabul qilmay iloji yo‘qligini endi sezdi. U ko‘pchilikning oldida Boburga tan berganday bo‘lib, aslida uni yoqla¬gisi kelib bosh egdi:
— Podshoh hazratlari, siz haqsiz, qulingizni gus-toxligim uchun avf eting!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:41:50
Bobur Qosimbekka mamnun ko‘z tashlab:
— Ma’zursiz, — dedi. So‘ng dastor solingan og‘ir barkashni tutib turaverib qo‘llari tolib ketgan qizilbosh bek tomonga o‘girildi. Bobur dastorni dadil bir harakat bilan ikki qo‘llab barkashdan olganda uning o‘nlab bek va mulozimlari vahima bilan: «o!» deb yuborishdi. Bobur dastorni qo‘lida tutgan holda:
— Shoh Ismoil hazratlari o‘zi muborak iliklari bilan yuborgan bu armug‘onni biz ko‘zga surgaymiz! — dedi-yu, dastorni ko‘zi aralash peshonasiga tekkizib oldi.
Muhammadjon eshik og‘asining yuzi quvonchdan balqib ketdi:
— Mutashakkiram, podshoh hazratlari, mutashakkiram!
Lekin Boburning bek va mulozimlari orasida, xususan, yaqinda unga kelib qo‘shilgan mo‘g‘ul beklari orasida hayrat, qo‘rquv va koyinish ohanglariga to‘la bir shovur-shuvur eshitildi.
Bu g‘ovurdan Qosimbekning rangi oqarib ketdi. Muhammadjon eshik og‘asi esa Boburni shia mazhabiga o‘tkazib, katta g‘alabaga erishganday shodlanib gapirdi:
— Podshoh hazratlari, biz umid edyurmizki, siz shoh hazratlarining buyuk madadlari ila yana Samarqand taxtiya chiqqaningizda aziz boshingizda shu muqaddas dastorni ko‘rishga muyassar o‘lurmiz!
— Tangri bizni siz aytgan baxtiyor kunga yetkizsa, bu dastorni toj o‘rnida kiyurmiz. Shoh Ismoil hazratlariga shu ahdimizni borib aytgaysiz!
Bu gaplardan so‘ng mo‘g‘ul beklari orasidagi asabiy shovur-shovur yana kuchaydi. Shoh elchisi esa Boburning dadil odam ekaniga, Shoh Ismoil bilan mustahkam ittifoq tuzish uchun sunniyparast beklarining har qanday qarshiliklarini yengib o‘tishi mumkinligiga endi ishondi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:42:10
Mana shu ishonch Boburning shoh elchisi bilan ertasi kuni olib borgan muzokaralarini ancha yengillashtirdi.
Shoh Ismoilning Bobur bilan ittifoq tuzishdan maqsadi — Movarounnahrga u bilan birga qo‘shin tor¬tib borish va shayboniyzodalarni birga tor-mor qilish edi. Bobur shayboniyzodalar ustidan g‘alaba qilishni nechoqlik istamasin, Movarounnahrga o‘z qo‘shini bilan mustaqil kirib borishni istardi. Chunki agar u asosiy g‘alabani o‘zi mustaqil qo‘lga kiritmasa, vataniga obro‘ bilan qaytolmasligini, yovlari uni «Shoh Ismoilning nayzasiga minib kirib keldi!» deb malomat qilishlarini sezib turardi.
Bobur Shoh Ismoilning Marvda erishgan g‘alabasi yetarli ekanini, endi ular dam olishlari kerakligini, shayboniyzodalarni Hisordan, so‘ngra Samarqanddan quvib chiqarishni endi Bobur zimmasiga olishi kerakligini elchiga qayta-qayta aytib ko‘rdi. Lekin Shoh Ismoil ham Samarqandga intilmoqda edi, agar uning bu intilishi amalga oshmasa Bobur bilan ittifoq tuzishning qizig‘i qolmas edi. Elchining gapidan buni sezgan Bobur muzokarani boshqa yo‘nalishga burdi.
Shoh Ismoilning askarlari tog‘ yo‘llarida qiynalib, minglab chaqirim ortiqcha yo‘l yurib, Qunduz va Hisorga kelib yurishi ne kerak? Shoh qo‘shini karvon yo‘li bilan Termiz va Boysun orqali Samarqandga qarab otlansin. Bobur esa hozir Hisorga yaqin turibdi. Bir hamla bilan Hisorni ko‘chmanchi sultonlar qo‘lidan tortib olishga kuchi yetadi. Keyin u Samarqandga janub tomonidan yo‘l ochadi va Shoh Ismoilning qo‘shini bilan Shahrisabz — Qarshi atroflarida uchrashadi.
Mantiqan asosli bo‘lgan bu fikrga shoh elchisi e’tiroz qilolmadi-yu, Boburning taklifini qabul qildi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:42:30
Bobur elchi bilan tuzgan bu bitimni Shoh Ismoilning tasdig‘idan o‘tkazish uchun Mirzoxonni Tabrizga vakil qilib yubordi-yu, o‘zi Hindikush tog‘ining shimoli-g‘arbiy etaklariga to‘plangan qo‘shinlarini jangga tayyorlay boshladi.
Bahor oxirlab qolgan kunlarning birida Bobur Qosimbek bilan adir yo‘lidan mo‘g‘ul beklarining qarorgohlariga otliq ketmoqda edilar. Shunda Qosimbek Boburni yo‘ldan chetroqqa boshlab chiqib, bir shum¬xabarni aytdi.
Shoh Ismoil yuborgan shia dastorini Bobur ko‘ziga surib elchiga quyuq va’dalar berganidan mo‘g‘ul beklari qattiq ranjigan emishlar, uni «choryorlardan voz kechib, imomiya mazhabiga o‘tdi», deb fitna uyushtirgan emishlar. Bundan besh-to‘rt yil burun Kobulda Egu Salim, Sherquli degan mo‘g‘ul beklari Boburga suiqasd qilmoq¬chi bo‘lgan paytlarida qo‘lga tushgan, Bobur ularni yaqin tarafdorlari bilan qatl ettirgan edi. Shayboniyzodalardan aynib, yaqinda Boburga kelib qo‘shilgan mo‘g‘ul beklarining orasida o‘sha o‘ldirilganlarning urug‘doshlari bor bo‘lib, ular kek saqlab yurgan ekanlar. Endi shu beklar yashirincha til biriktirib, Boburni Qunduzda o‘ldirmoqchi yoki Kobulga quvib yubormoqchi  emishlar.  Uning  o‘rniga Boburning qo‘lida o‘sgan tog‘avachchasi, marhum Olachaxonning o‘n yetti yashar o‘g‘li Saidxonni taxtga chiqarmoqchi emishlar.
— Kimlar shunday qilmoqchi? Kimlar?! — deb Bobur g‘azabdan titrab so‘radi.
Qosimbek orqasiga o‘girilib qaradi. Mulozim va xos navkarlar uzoqda qolgan, ovoz ularga eshitilmaydi. Shunday bo‘lsa ham Qosimbek tovushini pasaytirib:
— Qambarali Salloh, Sayidali Shakma, — deb bir qancha fitnachilarning nomlarini aytdi.
— Iblislar! Qachongacha bular mening yelkamga tig‘ ururlar?! Andijondagi Ahmad Tanbal ham shu toifadan edi! Bas! Hammasini tuttiring! Pora-pora qilib, go‘shtlarini quzg‘unlarga tashlaturmiz!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:43:09
Qosimbek otining jilovini tortib, tog‘ etaklaridagi minglab o‘tovlarga xavotir bilan ko‘z yugurtirib chiqdi.
— Hazratim, qarang, bular juda ko‘p. Navkarlari bilan yigirma ming!
Ko‘p asrdan beri Movarounnahrda yashaydigan, turkiy tilda so‘zlashadigan, musulmon dinini qabul qilib, uning xurofotiga qattiq berilgan bu mo‘g‘ul beklari va navkarlarining kasbi harbiy ish edi. Qaysi podshoh ulufani ko‘proq bersa, qaysi jangdan o‘lja yaxshiroq tushadigan bo‘lsa, bularning ko‘pini o‘sha podshoh va o‘sha jang o‘ziga jalb qilar edi. Xisravshoh xizmatidan Shayboniyxonga o‘tgan, uning mag‘lubiyatidan so‘ng Boburga kelib qo‘shilgan bu yollanma askarlar beqarorlikka o‘rgangan edilar.
Agar Bobur fitnachi beklarni tuttirib jazolatadigan bo‘lsa, ularning urug‘-aymoqlari arazlab ketib qolishi, so‘ng qasd olishning payiga tushishi aniq edi. Agar ichki urush boshlanib ketsa, keyin Bobur shayboniyzodalar qarshisida zaiflashib, yengilishi muqarrar edi.
Bobur shuni o‘ylaganda qalbidagi g‘azab o‘rnini og‘ir xavotirlik tuyg‘usi egalladi.
— Mudom insofu imonga xilof xiyonatlar shu mo‘g‘ul beklaridan sodir bo‘lur! Yana bular dinu maz-habni himoya qilmoqchilarmi?!
— Butun jaholat ana shundoq nodonlardan chiqadi-da, hazratim! Qulingiz ana shu johillarning kayfiyatini sezib, dastorni olmang, degan edim.
— Lekin olmay ilojim bormidi?
— Yo‘q edi, hazratim, siz mutlaqo to‘g‘ri qildingiz! Endi buni hammaga yaxshilab uqtirish kerak. Mo‘g‘ullarning orasida ham yaxshilari bor, fitna tayyorlanganini menga mo‘g‘ul avlodidan chiqqan tog‘a¬vachchangiz Saidxonning o‘zi kelib aytdi. «Hazratimdan iltimos qiling, iloji bo‘lsa meni Andijonga yuborsinlar», dedi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:48:58
— Lekin Saidxon... bergan tuzimizni oqlabdir... Durust!
— Boshqa insoflik mo‘g‘ullar ham ko‘p, hazratim. Siz bir pora yomon beklarning fitnasidan ko‘p ma’yuslanmang. Faqir chorasini o‘ylab qo‘ymishmen.
— Xo‘sh, qani?
— Saidxon sizga sadoqatini isbot qildi. Uni xon ko‘tarmoqchi bo‘lgan besh-o‘nta fitnachi beklarga bir-ikki ming navkarlari bilan ruxsat beraylik. «Bor, Andijonni shayboniyzodalardan himoya qilib ol!» deyligu hammalarini Qorategin orqali jo‘natib yuboraylik. Shu bilan biz ham fitnachilardan xalos bo‘lurmiz, ular ham istagan xonlarning xizmatiga o‘tib tinchirlar.
— Qolganlari yana bir kun xiyonat yo‘liga o‘tsa-chi?
— Qolganlari bilan keyin men o‘zim yakkama-yakka gaplashib chiqurmen. «Podshohdan gunohlaringni so‘rab oldim, bir marta shafe bo‘ldim, ikkinchi marta bo‘lmasmen», deb tushuntirurmen. Bu ham kifoya qilmasa, shubhaliroqlarining ketiga ziyrak xufyalardan qo‘yib qo‘yganmen. Agar yana buzuqlik qilsalar, unda tutib keltirurmen, keyin istaganingizcha jazo berursiz!

__________________
* I m o m i ya — shia mazhabining rasmiy nomi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:49:57
4

Nihoyat, barcha rejalar gaplashilgan tarzda amalga oshdi-yu, Boburning mo‘g‘ullar bilan birgalikda yigirma besh mingdan oshadigan qo‘shini yoz kunlarida Amudaryoning Panj deb ataladigan yuqori oqimidan o‘tib, Ko‘lob orqali Vaxsh vodiysiga yo‘naldi.
Shayboniyzodalar Shoh Ismoil qo‘shinining Termiz tomondan kelayotganini, ular Bobur askarlari bilan qo‘shilsa, yengish mushkul bo‘lishini bilar edilar. Shuning uchun ular Ubaydulla Sulton boshliq bir qism qo‘shinlarini Qarshi va Samarqandda qoldirishib, asosiy kuchlarini Hisorga yig‘ib keldilar. Temur Sulton, Jonibek Sulton, Hamza Sulton va Mamat Sulton boshliq o‘ttiz ming otliq qo‘shin cho‘l va vodiylardan chiqib, baland tog‘ oraliqlariga shitob bilan ko‘tarilib kelmoqda edi. Ular Bobur qo‘shinini Vaxsh daryosidan o‘tkazmaslikka intilar edilar.
Biroq yuqoridan tez tushib kelayotgan Bobur butun askarlari bilan Vaxsh bo‘yiga dushmanidan ancha oldin yetib bordi va Puli Sangin* degan ko‘prikdan o‘tdi. So‘ng odam oyog‘i tegmagan tik qoyatoshlar va zovlar orasidagi bahaybat daraning dahanasini* va harbiy jihatdan qulay balandliklarni egallab oldi. Pastdan yopirilib chiqib kelgan yov qo‘shini torgina yo‘l bilan daraning ichiga kirishga jur’at etolmay to‘xtadi.
Sultonlar ot ustida turib ancha vaqt kengashganlaridan keyin Temur Sulton boshliq o‘n mingtacha askar daraning o‘ng tomoniga o‘tdi-yu, Bobur turgan balandlikka orqadan aylanib kelmoqchi bo‘ldi. Temur Sultonning orqadan chiqib kelib to‘lg‘ama ishlatishini Saripul jangida ko‘rgan Bobur uning niyatini fahmlab qoldi. Darhol Mirzoxon boshliq o‘n ming otliqni yov aylanib o‘tayotgan tomonga jo‘natdi. Aylanib o‘tayotganlardan ko‘ra to‘g‘ridan borayotganlar mo‘ljallangan joyga tezroq yetdilar va balandlikning Vaxsh daryosigacha borib taqaladigan hamma muhim nuqtalarini ishg‘ol qildilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:50:29
Vaxsh uchurimli qoyalar orasidan shunday dahshat solib oqar ediki, uning qirg‘og‘ini yoqalab o‘tib bo‘lmas edi. Temur Sulton qarshisidan chiqqan askarlarning safini yorib o‘tmoqchi bo‘lib, peshingacha jang qildi, lekin muxolif tomon yuqoridan tosh yumala¬tib, o‘q yog‘dirib, ularga yo‘l bermadi.
Ochiq cho‘llarda o‘sgan, tekis vodiylarda dadil harakat qiladigan sultonlar hammayog‘i bekik daralar va tik qoyatoshli tog‘lar orasida juda qiynalib qoldilar. Ularning dashtiy otlari ham tog‘da durust chopolmas edi. Ba’zilari tik yonadan tushayotganda tog‘da yurishga mo‘ljallanmagan quyushqon va ayillari uzilib ketar, egalari otlaridan yiqilib tushishar edi. Shunday yiqilib tushganlardan birini tutib olib, Boburning oldiga «til» tariqasida keltirdilar. Bobur «til»ni so‘roq qildirib, shayboniyzodalar orasida ularning eng iste’dodli sarkardasi bo‘lgan Ubaydulla Sulton yo‘qligini, boshqalari durust-roq olishishning epini topolmay, chekinishga ham jur’at etolmay, ikkilanib turganini aniqladi.
Bobur yov qo‘shini saflanib turgan pastlikning yaqinida suv yo‘qligini bilar edi. Havo issiq. Kuni bo‘yi yugurib-elib charchagan odamlar va otlar halizamon chanqab, suv qidirishga tushishi muqarrar. Suv esa yov turgan joydan besh-olti chaqirimcha orqada edi.
Kech kirib, kun bota boshlaganda Bobur odamlariga: «Bugun endi jang bo‘lmadi, ertani kutamiz», deganday qilib, otidan tushdi. Tepalikda Boburning yonida turgan mingdan ortiq askarlar ham otdan namoyishkorona tusha boshladilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:50:51
Buni daraning tashqarisidagi shayboniyzoda sultonlar ko‘rib turardilar. Lekin daraning ichida — sultonlarga ko‘rinmaydigan joyda Boburning asosiy kuchlari otdan tushmay, saf tortib, hujumga shaylanib turar edilar.
Tepalikda turgan Bobur yon-veridagi barcha navkarlari bilan kechki paytda otdan tushganini va navkarlar safini tarqatib yuborganini ko‘rgan sultonlar «bugun chindan ham jang bo‘lmaydi» deb o‘ylagan bo‘lsalar kerak. Ular ham saflarini buzib, ba’zilari otlarini yetaklagan holda orqaga burilishdi va suv izlay boshlashdi.
Boburga shu kerak edi. U sakrab otiga mindi-yu, dara ichida yovga ko‘rinmay tayyor turgan bek va nav-karlariga qarab qichqirdi:
— Yog‘iy chekindi! Zafar bizniki bo‘lur! Ta’qib eting! Bu buyruq og‘izdan-og‘izga o‘tib, bir lahzada butun saflarga tarqaldi. «Yov qochsa botir ko‘payadi» deganla¬ridek, yov chekinganiga ishongan daradagi askarlar dahana tashqarisiga sherday dadil hamla qilib chiqdilar. Bobur ham qilich yalang‘ochlab, tepadagi tug‘bardorlari va xos navkarlari bilan pastga otildi.
Shayboniyzodalar dara ichidan va tepadan tog‘ ko‘chkisiday otilib tushib kelayotgan o‘n besh ming qo‘shin qarshisida shoshib qoldilar. Ular buzilgan safla¬riga qaytadan tartib berishga ulgurolmay, vahima ichida qochishga tushdilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:51:30
Bu qochishni o‘ng tomonda Mirzoxon bilan olisha¬yotgan Temur Sultonning odamlari ham ko‘rdilaru yakkalanib, qurshovga tushib qolishdan qo‘rqib, narigi bir daraga qarab chekindilar.
Bobur xos navkarlari bilan birga yovning asosiy kuchlarini ta’qib qilib bormoqda edi. G‘ira-shira qorong‘ilik tushganda uning Muhammad Sulton Do‘lday degan beki Hamza Sultonning qo‘shinini tor-mor qilib, o‘zini asir olib keldi. Xufton kechroq Xo‘ja Kalon boshliq navkarlar Mahdi Sultonni ham qo‘lga tushirib keldilar.
Qorako‘l va Andijonda bo‘lgan ko‘pgina qirg‘inlar¬ning sababchilari mana shu sultonlar edi. Bobur ularni o‘limga hukm qildi.

_____________
* P u l i  S a n g i n — «Tosh ko‘prik». Hozirgi Norak shahrining yaqinida bo‘lgan.
* D a h a n a — daraning og‘zi, kirib-chiqiladigan joyi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:53:24
5

Tiniq kuz osmonida oq ipakdan ham nafis mezonlar uchadi. Samarqand bog‘larida katta dona anorlar yetilgan,  sohibi uzumlar va naqsh olmalarning eng shirinlari qolgan payt. Shaharning barcha darvozalari ochiq, kirdi-chiqdi bemalol. O‘n kundan beri Samarqandda na qo‘shin bor, na bir hokimiyat. Shayboniyzodalar Vaxsh bo‘yida Boburdan yengilganlaridan keyin G‘uzor va Qarshi atroflarida yana astoydil bir jang qilmoqchi bo‘lib, kuch to‘plab ko‘rdilar. Biroq Boysun tog‘laridan narida Bobur qo‘shiniga Shoh Ismoil yuborgan o‘ttiz ming qizilbosh askari kelib qo‘shilgani ma’lum bo‘lgandan keyin sultonlar ikkinchi marta mag‘lubiyatga uchrashdan qo‘rqdilaru Qarshi, Buxoro va Samarqandni jangsiz tashlab chiqdilar. Faqat ular dushmanlariga zaxira qoldirmaslikka tirishib qo‘llariga tushgan hamma ot-ulov, mol-hol, don-dunni talab olib ketdilar. Shu munosabat bilan ko‘chmanchi qabilalarning yana bir talon-torojini boshdan kechirgan va ularga qarshi nafrati benihoya oshgan o‘troq aholi endi butun najotni Boburdan kutib, uning yo‘liga umid bilan ko‘z tika boshladi.
Bobur ittifoqdoshlari bilan G‘uzordan Qarshiga, undan Buxoroga o‘tgan, bu qo‘rg‘onlarga ishonchli odamlarini qo‘yib, endi Samarqandga kelmoqda edi. Bundan xabar topgan samarqandliklar Chorraha darvozasini, unga kelib kiradigan Buxoro yo‘lining ikki chetini dorpech, gilam va palaklar bilan bezatdilar. Yo‘l bo‘yiga o‘nlab muvaqqat do‘konlar qurildi, hayit kunla¬ridagi kabi sayil boshlandi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:55:10
Shaharning eng obro‘li odamlaridan yigirma-o‘ttiztasi qo‘rg‘on kalitlari va qimmatbaho peshkashlar bilan Boburni bir kunlik yo‘lda peshvoz oldilar. Ertasi kuni Bobur saf-saf otliq qo‘shin oldida mulozimlari bilan Samarqandga yaqinlashar ekan, yo‘lning ikki bo‘yini xaloyiq tutib ketganini, hammayoq bayram tusini olganini, tom ustlarida, darvoza oldilarida karnaylar va naqoralar chalinayotganini ko‘rdi.
Boburning Hisordagi g‘alabasi sharafiga yozilgan she’riy ta’rixlar*, uning Samarqandga kelishini qutlaydigan satrlar xattotlar tomonidan yirik-yirik harflar bilan oq ipak matolarga yozilib, yo‘l bo‘ylariga, do‘kon tepalariga, qo‘rg‘on ichining ko‘zga ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilgan edi. Bobur xor-zor bo‘lib chiqib ketgan vatanida bunchalik izzat-ikrom bilan qarshi olinishini xayoliga keltirmagan edi. U mavkabi bilan shaharning markaziy xiyobonidan Ko‘ksaroyga qarab o‘tayotganda Ulug‘bek madrasasining baland peshtoqi va minoralari ustida qo‘shkarnaylar chalib, naqoralarni sayratib, quvonch bildirayotgan vatandoshlarini ko‘rdi. Shunda birdan eti jimirlab, ko‘ziga yosh keldi. Yonida borayotgan Qosimbekka qarab:
— Ishongim kelmas, tushimmi bu, o‘ngim? — dedi.
— O‘ngingiz, hazratim! O‘ngingiz!
Xos navkarlardan sal keyinroqda sallalariga qizil o‘tag‘alar qadalgan Shoh Ismoilning beklari Ahmadbek so‘fi o‘g‘li, Shohruhbek Afshar, Muhammadjon eshik og‘asi o‘z mulozimlari bilan bir to‘p bo‘lib kelmoqda edilar. Ular ot ustida g‘oliblarga xos viqor bilan o‘tirishar, yuzlaridan: «Biz bo‘lmasak Bobur Samarqandga qaytib ko‘rsin edi!» degan bir ma’no anglashilar edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:56:24
Samarqandliklar esa butun karnay-surnaylarini Boburga qaratib chalishardi. Shoh Ismoilning bek va navkarlari xaloyiq oldidan o‘ta boshlaganda karnaylar va naqoralar birin-ketin tinib qolardi. Qizilboshlarning shafqatsiz ishlari va shia mazhabini zo‘rlik bilan tarqatish borasidagi harakatlari Samarqandga juda vahimali ovozalar tarzida yetib kelgan edi. Shaharning sunniy aholisi saf-saf bo‘lib o‘tayotgan qurolli shialarga xavotirli, noxush nazar bilan qarashardi. Xaloyiqning sovuq munosabatidan qizilbosh beklarining qovoqlari osilib borar, Boburga ko‘rsatilayotgan izzat-ikromlar ularning g‘ashlarini keltirardi.
Bunday murakkab holatlar Qarshi va Buxoroda ham bo‘lgan edi. Bobur vatandoshlarining mehmondo‘stlik tuyg‘usini uyg‘otish uchun shu kuniyoq Samarqandning maydon va ko‘chalariga jarchi chiqartirib: «Shoh Ismoilning g‘oziylari bizning mo‘’tabar mehmonlarimizdandir!» deb e’lon qildirdi. So‘ng quvonchli ayyom munosabati bilan mehmonlarga va shahar aholisiga uch kungacha osh berishni buyurdi.
Bobur va uning odamlari bundan o‘n yil muqaddam qamalda qolib, ochlikdan intihosiz mashaqqatlar chekkan Bo‘stonsaroyda, mahalla va guzarlarda, bog‘ va sayrgohlardagi yuzlab tandirlarda osiyogi nonlar, shirmoylar, patirlar, chavatilar yopildi, minglab tovoq oshlar tortildi, behisob ko‘p qo‘ylarning go‘shtlaridan qovurdoqlar, kaboblar, sho‘rvalar tayyorlandi, asil chog‘irlarga to‘la xumlar ochildi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:56:47
Bobur har kuni mehmonlari va musohiblari bilan chog‘ir ichib xursandchilik qilar edi. To‘y-tomosha ustiga yana to‘rt tarafdan xushxabarlar kelib turardi. Andijon, Marg‘ilon, O‘sh va O‘zgan hammasi birin-ketin shayboniyzodalar hukmidan chiqib, Bobur tomoniga o‘tgan edi. Janubda Qunduz, Kobul, G‘azna barchasi endi Boburning qalamravidagi yagona mamlakatga aylangandi. Uning nazarida, hayotining eng baxtli davri boshlangan, barcha orzulari endi bekamu ko‘st ro‘yobga chiqishi kerak edi.
Biroq bu baxtning juda omonat, juda muvaqqat ekanligi eng avval masjid bilan bozorda bilindi.

_____________
* Sh e ’ r i y  t a ’ r i x — maxsus bir she’riy janr bo‘lib, harflaridan abjad hisobi bilan ma’lum yil va oy kelib chiqadi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:57:20
*  *  *

Samarqand qo‘rg‘onining Ohanin darvozasi yaqinidagi ulkan marmar masjidning tekis tosh to‘shalgan sahniga yigirma ming namozxon to‘plangan. Bugungi juma namozida xutba qanday o‘qilishini ko‘pchilik samarqandliklar o‘z quloqlari bilan eshitgilari keladi. Chunki: «Bobur podshoh shialar tomoniga o‘tganmish, choryorlardan yuz o‘girib, o‘n ikki imomni tan olganmish!» degan mish-mishlar ko‘paygan, Boburni quvonib qarshi olgan sunniy mazhabidagi odamlar, bu ovozaga ishongilari kelmas, biroq uning muxoliflari aholining asabiga tegadigan mish-mishlarni tobora ko‘p tarqatishar edi. Bugun jome masjidida o‘qiladigan xutba bu ovozalarning qanchalik rost, qanchalik yolg‘onligini aniqlab berishi kerak edi — qoidaga binoan, xutbaga yoki choryorlarning nomi, yoki o‘n ikki imomning nomi, albatta, qo‘shib o‘qilar edi. Buni biladigan odamlar jome masjidining ich-tashini to‘ldirib yuborgan edilar. Xutba o‘qilishiga bir soat qolganda masjid sahnida bo‘sh joy qolmadi. Shundan keyin eshik va darvozalar oldida turgan qurolli soqchilar ichkariga hech kimni kirgizmay qo‘ydilar.
Bir vaqt masjidning orqa eshigidan sadrlar suduri Xo‘ja Xalifa, Bobur, Qosimbek va uch-to‘rtta qizilbosh beklar kirib kelishdi. Bobur masjidning ich-tashiga odam benihoya ko‘p to‘planganini ko‘rib, yuragi iztirob bilan «shig‘» etdi. Bu odamlar uning hozir qilmoqchi bo‘lgan qaltis ishi muvaqqat bir chora ekanini tushu¬nisharmikan?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:57:35
Mana shu vaziyatda eng to‘g‘ri yo‘l — shoh qo‘shinini «otang yaxshi, onang yaxshi», deb silab-siypab, vataniga jo‘natib yuborish edi. Avvaldan kelishilgan shartlarga binoan, Bobur Shoh Ismoilni oliy hokim deb e’lon qilishi, xutbaga uning va o‘n ikki imomning nomini qo‘shib o‘qitishi, keyin shohning nomidan pul zarb qilishi kerak edi. Shu shartlar bajarilsa, Shoh Ismoilning beklari o‘z qo‘shinlarini Movarounnahrdan olib chiqib ketishga ko‘nar edilar. Yuqoridagi shartlarni xo‘ja-ko‘rsinga bo‘lsa ham bajarib, begona qo‘shindan tezroq xalos bo‘lish to‘g‘riroq ekanini Qosimbek ham, boshqa sirdosh a’yonlar ham tushungan edi. Xo‘ja Xalifa ham bugungi xutbani Bobur istagan tarzda o‘qishga rozi bo‘lgan edi. Rejaga binoan, Xo‘ja Xalifa samarqandlik sunniy namozxonlarning g‘azabiga qolmaslik uchun choryorlarni umumiy bir tarzda nomlarini tilga olmay aytib o‘tishi, o‘n ikki imomni esa qizilbosh beklarni qoniqtiradigan ohangda nomma-nom tilga olishi kerak edi.
Uzun mosh-guruch soqoli kindigiga tushadigan Xo‘ja Xalifa barcha qavmlarning oldida turib, juma namozini o‘qidi-yu, keyin qo‘liga hassasini olib, masjid to‘ridagi marmar zinapoyali minbarga ko‘tarila boshladi.
Yigirma ming namozxon hammasi jim. Masjid sahnini to‘ldirgan odamlarning hammasi go‘yo o‘zlarining sunniy mazhablarini namoyish qilmoqchi bo‘lgandek boshlariga to‘rt o‘ramlik sallalar o‘ragan edilar. Sunniy sallalarning sanoqsiz ko‘pligidan g‘ashi kelgan elchi Xo‘ja Xalifaning boshidagi dastorga qaradi. O‘ramlari to‘rttadan ko‘p, ammo o‘n ikkita ham emas. Sanab bo‘lmaydi. Muhammadjon eshik og‘asi Bobur va Qosimbekning boshlaridagi sallalarga qaradi. Bularning o‘ramlari ham to‘rttadan ko‘p, ammo o‘n ikkitadan oz. Bu sallalar shunday o‘ralganki, o‘ramini sanash mumkin emas.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:57:55
Muhammadjon eshik og‘asi bunda qandaydir ma’no borligini sezib, sergaklandi. Nahotki Bobur Qunduzda bergan va’dasini bajarishdan bosh tortmoqchi bo‘lsa?
Muhammadjon eshik og‘asi Xo‘ja Xalifaning harakatlarini sergak turib kuzata boshladi. Masjid sahnidagi odamlar ham nafaslarini ichlariga yutib, xutba¬ning boshlanishini kutmoqda edilar. Umumiy jimlikda Xo‘ja Xalifaning yo‘g‘on tovushi allanechuk titrab, iz-tirobga to‘lib eshitildi:
— Bismilla-ahu rahmo-onur rahim!
Minbarda turgan Xo‘ja Xalifa yigirma ming sunniy namozxonning o‘ziga sergaklanib tikilayotganini ko‘rdi-yu, tizzasi ham qaltiray boshladi. Mana, u olloh sha’niga, payg‘ambar sha’niga bitilgan surani o‘qib tugatyapti. Endi choryorlar tilga olinishi kerak. Nahotki, Xo‘ja Xalifa — yoshlikdan sunniy mazhabida choryorlarga zo‘r e’tiqod  bilan  tarbiyalangan  odam  endi  shuncha namozxonning umidini puchga chiqarsa? Uning qarshisida yigirma ming salla turibdi. Bu sallalardan har birining qatlarida choryorlarning ruhi yashashiga Xo‘ja Xalifa bolalikdan ishonadi. Hozir namozxonlarning boshlari sabrsizlik bilan qimirlaganda Xo‘ja Xalifaga salla o‘ramlaridagi arvohlar qimirlaganday tuyuldi. Agar u choryorlarga hurmatsizlik qilsa, arvoh urib ketadiganday bo‘ldi.
Yo‘q, Xo‘ja Xalifa choryorlarning arvohidan qo‘rqadi. Shuning uchun:
— Choryori bosafolar Hazrati Abubakir! Hazrati Umar! — deb hozir aytishi kerak bo‘lmagan nomlarini birdan xutbaga qo‘sha boshladi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:58:10
Boburning orqasida turgan minglab namozxonlarning quvonch bilan yengil nafas olgani eshitildi. Muhammadjon eshik og‘asining esa rangi o‘chib ketdi. Uning narigi yog‘ida turgan Shohruhbek Afshar qilichining sopini changallab, minbarga tomon intildi.
Shialar Abubakir, Umar va Usmonni bugungi tirik dushmanlaridek yomon ko‘rishar, masjidda ularni ulug‘lagan har bir sunniyni chopib tashlagilari kelar edi. Hirotning jome masjidida choryorlarni ulug‘lagan Zayniddin degan xotibni qizilboshlar namozxonlarning ko‘zlari oldida qilich bilan chopib parchalab tashlaganini Bobur eshitgan edi. Hozir u Shohruhbekni bilagidan olib, iltimoskorona tovush bilan:
— Bek janoblari, sabr qiling, sabr! — dedi. Bu orada  Xo‘ja  Xalifa  choryorlarning  nomini  aytib bo‘ldi-yu, qizilboshlar sevadigan imomlarni xutbaga qo‘sha boshladi.
— Hazrati Imom Hasan! Hazrati Imom Husayn! Hazrati Zaynaliddin Ali!
Shohruhbek Afshar bu nomlarni eshitib qo‘lini qilichining sopidan oldi-da, qatorga qaytib kirdi. Ammo orqadagi namozxonlar orasida shunday bir asabiy shovur-shuvur boshlandiki, Xo‘ja Xalifa qolgan imomlarning nomini baqirib aytishga majbur bo‘ldi.
Orqadan kimdir:
— E, bas, bas! — deb qichqirdi. Biroq namozxonlar orasiga tartib o‘rnatish uchun qo‘yilgan devqomat navkarlardan biri «bas!» deb qichqirgan odamning og‘zini ulkan kafti bilan bekitib, bo‘ynidan sudrab olib chiqib ketdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:58:27
Xotib o‘n ikki imomni nomma-nom sanab bo‘lib, ularning muqaddas ishini bugun davom ettirayotgan sohibi zamon Shoh Ismoil Safaviyni maqtab so‘zlay boshlaganda, masjid sahni yana ham asabiyroq junbushga keldi. Faqat Xo‘ja Xalifa Boburni Movarounnahrning podshosi, deb e’lon qilganda shovqin xiyol bosildi.
Xutbadan so‘ng uy-uyiga tarqalgan namozxonlarning ba’zilari: «Bobur mirzo Movarounnahrning podshosi bo‘ldi, taxtini kelgindiga bermadi», deb tasalli topmoq¬chi bo‘lsa, boshqalar:
— Pok mazhabimizga rofiziylik aralashdi, — deb shivirladi. — Harom bo‘ldik! Choryorlarning qarg‘ishiga qoldik! Yana qimmatchilik bo‘lgay! Yana ocharchilik boshlangay!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:58:52
*  *  *

Bobur qizilboshlarning shartlarini ado etib, ularni tezroq jo‘natib qo‘yish uchun Shoh Ismoil in’om qilgan o‘sha mashhur dastorni taxtga chiqqanda boshiga kiyib ko‘rinish berdi. So‘ng Shoh Ismoilning tamg‘asi bilan bir necha ming tanga pul zarb qildirib, bu pullarni qizilboshlarning o‘zlariga tarqatdi.
Shu munosabat bilan shaharu qishloqlarda har xil mish-mishlar avvalgidan ham ko‘payib ketdi. Go‘yo afsonaviy kitoblarda bitilgan Ya’juj-Ma’jujlar mana shu qizilboshlar emish. Bobur qizilboshlarning sallasini Ko‘ktoshga kiyib chiqqanda muqaddas toshning bir cheti yorilib ketgan emish. Endi Shoh Ismoil Samarqandga kelib mana shu Ko‘ktoshga chiqarmish. O‘shanda qi¬yomat-qoyim boshlanarmish.
Shayboniyzodalar Samarqandda qoldirib ketgan mulla va darvish kiyimidagi xufiyalar mahalla-kuylarda, bozorlarda vahimali ovozalar tarqatib, shia-sunniy nizolarini mumkin qadar alangalantirishga tirishar edilar. Bozorda narx-navo oshib ketayotganini ham shialarning kasofatidan ko‘rayotgan omi kishilar qizilboshlarga nafrat bilan qarar edilar.
Bitimdagi shartlar bajarilgandan keyin qizilboshlar yurtlariga qaytib ketishga hozirlana boshladilar. Ularning besh-oltitasi Samarqandning Chorsusidagi atlas do‘koniga sovg‘a sotib olish uchun keldi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:59:06
Bozor kuni. Chorsuda odam juda ko‘p. Qizilbosh navkarlar yetti xil rang bilan tovlanayotgan Samarqand atlasiga xaridor bo‘lib qolishdi. Mulla yoqa ko‘ylak kiygan semiz bazzozga qarab, to‘rt kiyimlik atlas kesishni buyurishdi.
Bazzoz yog‘och gazni qo‘liga oldi-yu, qizilbosh nav-karlarga istehzoli ko‘z tashlab:
— Avval pulingni ko‘rsat, — dedi. — Aqchang qandoqa? Tangang?
Katta cho‘girma kiygan bir yigit charm hamyonidan uch-to‘rtta kumush tanga olib, bazzozga berdi.
Bazzoz tangalarning old tomoniga Shoh Ismoilning tamg‘asi orqa tomoniga shia imomlarining nomi zarb berilganini ko‘rdi-yu, qo‘rqib ketdi. U sunniy mullalar¬ning: «Shia puli harom, uni olgan odam choryorlarning qarg‘ishiga uchraydi», degan gaplarini eshitgan edi. Shuning uchun qo‘liga tangani emas, zaharli chayonlarni olganday jirkanib va shoshib tangalarni egasiga qaytardi.
Beliga qilich va xanjar taqqan devqomat qizilbosh navkar avval kaftidagi yangi kumush tangalarga, so‘ng bazzozga taajjub bilan tikildi.
— Ne o‘ldi?! Bu oqchada ne illat va-ar?
— Bizda bu tangalar o‘tmaydi. Hech kim olmaydi.
— Nechun olmassan? Nechun? — kuyib-pishib so‘radi qizilbosh navkar.
— O‘tmaydi.
— Nechun o‘tmas?!
Bu savolga chetroqda turgan bezorinamo bir yigit javob berdi:
— Kelgindilarning puli harom!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:59:27
— Harom?! — deb qizilbosh navkar haligi yigitga qarab intildi. Ammo u yigit o‘zini bozor to‘la xaloyiq¬ning orasiga urdi. Shunda do‘konlar orasidan kimdir qizilbosh navkarga tosh otdi:
— Rofiziylar, ket yurtingga! — degan tovush eshitildi.
Ko‘zlaridan olov chaqnayotgan ikkinchi qizilbosh bazzozdan tahdid bilan cho‘zib so‘radi:
— Bizim aqchani olmas-sa-an?!
Bazzoz endi uning g‘azabidan qo‘rqib, muloyimroq gapirdi:
— Olsam, kuygaymen, mehmon. Biz eski aqchada savdo qilishga o‘tganmiz.
— Eski aqcha? Shayboniyxonning aqchasi kerakmi?
Hozir Samarqand bozorida chindan ham Shayboniyxon chiqargan tangalar yaxshi o‘tardi. Bu tangalarga sunniylar sig‘inadigan choryorlarning nomi bitilgan edi. Savdogarlar uchun bundan ham muhimi — Shayboniyxon tangalarining vazni og‘irroq, demak, qiymati balandroq edi.
Shayboniyxon o‘limidan uch-to‘rt yil burun Hirotdan to Toshkent va Turkistongacha bo‘lgan vilo¬yatlarda pul islohoti o‘tkazgan, raqiblaridan moliya sohasida ham ustun kelish uchun o‘z tangalarining og‘irligini temuriylar chiqargan tangalarning vazniga nisbatan bir dang* oshirgan edi. Shuning uchun hozirgacha butun Xuroson va Movarounnahr bozorlarida Shayboniyxon tangalarining xaridori ko‘proq edi. Lekin bazzoz g‘azabi kelib turgan qizilbosh navkariga buni ochiq aytmadi.
— Shayboniyxon yo‘q, o‘lgan, — dedi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 20:59:48
Shu payt kimdir uzoqdan:
— Samarqandni bo‘shat, kelgindi! — dedi-yu, do‘kon oldida turgan qizilboshga kesak otdi. Kesak uning telpagiga tegib ushaldi-da, changi yuziga tushdi. Xaloyiq orasidan allakimlarning kulgani eshitildi. Qizilbosh navkar egri qilichini qinidan sug‘urib, kesak otgan odamni ko‘zlari bilan qidirdi, ammo topolmadi. So‘ng yana semiz bazzozga yuzlandi. So‘zining oxirgi bo‘g‘inini cho‘zib so‘radi:
— Shoh Ismoilni aqchasin almas-san?
Bazzoz uning qilichidan qo‘rqib, titrab gapirdi:
— Men olsam baloga qolamen.
Qizilbosh yana bir marta:
— Almassa-an?! — deb cho‘zib so‘radi-yu, keyin chetdan otilgan tosh va kesaklarning alamini ham bazzozdan olib uning yelkasiga bor kuchi bilan qilich urdi. O‘tkir qilich bazzozning go‘shtdor yelkasini bo‘ynining oldidan kindigigacha kesib tushdi. Shunda ikkinchi qizilbosh ham qilichini yalang‘ochladi-yu, cho‘kkalab qolgan bazzozning boshini bir zarb bilan tanasidan judo qildi. Semiz bazzozning boshsiz bo‘ynidan sharillab otilgan qon do‘kon ichidagi atlaslar va ipak matolarga sachradi.
Buni ko‘rgan odamlar qiy-chuv ko‘tarib, vahima ichida qocha boshladilar.

_______________
* B i r  d a n g — «oltidan bir» demakdir. Temuriylar tangasining vazni 4,6 gramm bo‘lsa, Shayboniyxonning tangasi 5,2 gramm bo‘lgan.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:00:06
6

Shia-sunniy nizolari bunday qonli to‘qnashuvlarni tobora ko‘p keltirib chiqarayotgani qizilbosh beklarni ham tashvishga solib qo‘ydi. Bobur o‘zining Shoh Ismoil bilan tuzgan ittifoqiga sodiq ekanini ularga qayta-qayta uqtirib, nufuzli beklarga qimmatbaho sarupolar, otlar, oltin-kumush pullar in’om berib, nihoyat, qish chillasi chiqqanda o‘ttiz ming qo‘shinni Movarounnahrdan Eronga jo‘natib yubordi.
Shundan so‘ng Samarqand ancha tinchib qoldi. Toshkent, Xo‘jand, O‘ratepa ham shayboniylar hukmidan chiqib, Bobur tomoniga o‘tganligi haqida xush¬xabarlar keldi. Qizilboshlarni uch oy davomida boqish va qimmatbaho sovg‘alar bilan kuzatish paytida ancha bo‘shab qolgan xazina o‘sha shaharlardan kelgan peshkashlar bilan yana ancha to‘ldi.
Samarqand bog‘lari oq-pushti bodom gullari bilan bezana boshlagan ilk bahor kunlarida Bobur bir to‘p yaqinlari bilan otlanib, Ulug‘bek rasadxonasi tomonga sayrga chiqdi.
O‘ntacha qo‘rchi navkarlarni to‘riq qashqa ot mingan Tohir boshqarib bormoqda edi. Oq otliq Boburning ikki yonida Qosimbek bilan marg‘ilonlik Xo‘ja Kalonbek. Ulardan orqaroqda o‘tgan hafta Hirotdan kelgan mavlono Fazliddin yuvosh qora otga minib o‘ychan kelmoqda. Ichki beklar orasida munshi ham, maktab-madrasa ishlari bilan shug‘ullanuvchi bir mudarris ham bor. Otliqlar Obirahmat arig‘iga yetmay Bog‘i Maydon tomonga burildilar. Ulug‘bek zamonida juda obod va mashhur bo‘lgan, bundan o‘n besh yil oldin ham fayzlik turgan Bog‘i Maydon shayboniylar davrida qarovsiz qolib, ichki ariqlari bekilib ketgan, suvsizlikdan ko‘pgina daraxtlar qurib qolgan edi. Ikki qavatlik naqshin ko‘shk — Chinnixonaning shiftidan tomchilar o‘tib ajoyib rasmlarning anchasi o‘ngib ketgan edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:00:20
Bobur buning hammasini ko‘rib chiqqach, mavlono Fazliddinga yuzlandi:
— Mavlono, biz sizni Hirotdan chorlab keltirganda yangi qasrlar, chorbog‘lar qurdirish umidida edik. Ammo olamga mashhur qadimiy obidalarimizning bu ahvolini ko‘rib, o‘zingiz ham taassuf etsangiz kerak!
— Hazratim, Ulug‘bek mirzoning olamda yagona rasadxonasi ham mana shu Chinnixona kabi tashlandiq ahvoldadir, — dedi mavlono Fazliddin. — Kecha ko‘rib ko‘nglim vayron bo‘ldi. Oltmish yildan beri qarovsiz. Nodir asbob-olotlari talangan. Devorlaridan koshinlari, marmar toshlari ko‘chirib ketilgan. Shu ahvolda tashlab qo‘yilsa uch oshiyonlik rasadxona ko‘p vaqt o‘tmay xarobaga aylanur.
— Demak, shoshilinch choralar ko‘rmog‘imiz dar¬kor, janob Qosimbek. Bizning xos me’morimiz mavlono Fazliddin qanday mablag‘u ko‘mak talab qilsalar beraylik, Ulug‘bek mirzodan yodgor qolgan Chinnixonayu rasadxonalar darhol ta’mir etilib, aslidek tiklansin.
Qosimbek yengil bir ta’zim bilan:
— Hazratim, amringizni jonim bilan ado etgaymen! — dedi. — Chinnixonani ta’mirlash uncha mushkul emas. Bog‘ning ko‘milib ketgan ariqlarini ham ochgaymiz, gullar o‘stirurmiz.
— Navro‘z bayramigacha ulgurgaymisiz? — so‘radi Bobur. — Bu yilgi Navro‘z bazmini mana shu Chin¬nixonada o‘tkazaylikmi, a, janob Kalonbek?
Ichkilik bazmlarini yaxshi ko‘radigan Xo‘ja Kalonbek mamnun jilmaydi:
— Dono fikr aytdingiz, hazratim! — dedi. — Samarqandda bog‘bonlaru naqqoshlar yetarlik. Hamma hunarpeshalarga mavlono Fazliddin sarkor bo‘lurlar. Navro‘zgacha bu bog‘ obod qilinmog‘i kerak.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:00:58
Mavlono Fazliddin qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, Boburga yuzlandi:
— Chinnixonani tiklash mumkin, hazratim, ammo rasadxonani ne qilurmiz?
— Uni ham tiklamoq zarur, janob Qosimbek, — dedi Bobur.
Qosimbek rasadxonani tiklashdan qo‘rqardi. Chunki shayxlar so‘nggi o‘n yilliklar davomida rasadxonani dinsizlar makoni deb la’natlab, avom xalqni shunga ishontirib qo‘ygan edi. Agar Bobur rasadxonani qayta tiklab, yana ishga solib yuborsa, Ulug‘bekning boshini yegan qora kuchlar uning joniga ham qasd qilishi mumkin edi. Qosimbek shuni o‘ylab:
— Hazratim, yotgan ilonning dumini bosmaylik, — dedi. — Rasadxonani ta’mirlaganimiz bilan unda ish olib boradigan yetuk olimlarni qaydan topgaymiz? Oltmish yildan beri keksa avlod olimlar o‘lib, yoshlari boshqa yurtlarga ketib qolmishdir.
— Ketganlarini chorlab keltirish mumkin, janob Qosimbek, — dedi Bobur va munshiga yuzlandi: — Bizning nomimizdan qadag‘alar biting.
Munshi darhol qo‘ynidan daftar-qalam olib, tikka turgan ko‘yicha yoza boshladi.
— Ulug‘bek yaratgan falakiyot amaliy ilmidan xabardor olimlar Hirotdami, Rumdami, Tabrizdami, qayerdaki bo‘lsalar, bizning nomimizdan ularni Samarqandga taklif eting. Rasadxonani qayta ochmoqchi ekanligimizni, kimda-kim Mirzo Ulug‘bekning buyuk ishini davom ettirmoqchi bo‘lsa barcha imkoniyatlarni yaratib berajagimizni ma’lum qiling. Agar kelsalar yo‘l xarajatlarini biz zimmamizga olurmiz. Bu qadag‘alarni elchilarimiz orqali Hirotga ham, Rumga ham tezda jo‘natmoq sizga topshirildi, janob munshi!
Munshi Bobur aytganlarini daftariga yozib bo‘lib:
— Amringizni bajarishga darhol kirishurmen! — deya ta’zim qildi-da, Chinnixonadan pastga tushib ketdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:01:43
*  *  *

Mavlono Fazliddin sarkor bo‘lib, Bog‘i Maydonning ko‘milgan ariqlarini qayta kavlatishda, qurigan daraxtlarni olib tashlab, o‘rniga maysa va gullar o‘stirishda, Chinnixonani ta’mirlab orasta qilishda uncha qiynalmadi — insof bilan haq to‘lansa ishlab charchamaydigan hunarpeshalar, bog‘bon va dehqonlar juda ko‘p edi. Lekin ustalarni rasadxonaga olib borib ishlatish va uch qavatli ulug‘vor doirashakl binoning nuragan, buzilgan joylarini ta’mir etish benihoya mushkul bo‘ldi. Tepadan yer qa’riga tushib ketgan yarim doira shaklidagi zinapo¬yalarga yaqin borgan ustalar xuddi hozir jahannam qa’riga qulab tushadigandek qo‘rqa boshlardi. Dindorlar rasadxonani: «Do‘zaxiylar makoni, kim unga kirsa jin chalib, arvoh urib ketadi!» deb, aholining katta bir qismini bunga ishontirib qo‘ygan edilar. Ulug‘bekning vafotidan so‘nggi oltmish yil ichida juda ko‘p maktab va madrasalar bekilgan, savodsiz johil kishilar ko‘payib ketgan, ularga mutaassib shayxlarning ta’sirlari benihoya kuchaygan edi.
Shunday bo‘lsa ham mavlono Fazliddin ishsiz yurgan usta va korgarlar*ga yaxshi haq to‘lab, dastlabki kunlari elliktacha odamni rasadxonadagi ta’mir ishlariga olib chiqdi. Ikkinchi-uchinchi qavatning shift va devorlaridagi nuragan joylarini tuzatish uchun havozalar qurildi. Lekin o‘sha kundan boshlab rasadxona atroflarida johil qalandarlar to‘dasi ham ko‘payib ketdi. Ular davra tor¬tib, zikr tushib, «Haq do‘st yo ollo!»ni muttasil takrorlab, choryorlarning ruhiga shak keltirganlarini arvoh urishini she’rga solib, «karomat» qila boshladilar. Bu qalandarlar orasida shayboniyzodalarning josuslari ham bor edi. Ana shu josuslardan biri korgar bo‘lib yollanib, rasadxonaning ichida g‘isht tashib ishlamoqda edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:02:23
Bu josus uch-to‘rt kun ta’mirchilar ichida yurib, ularning eng dadili  va  Bobur  mirzoga ixlosmandi, qirq besh yoshlardagi bir koshinkor usta ekanini aniqladi. Xonlar josusi mana shu ustani uchinchi qavatda havoza ustida ishlayotgan paytida kishi bilmas qilib  havozadan past-ga itarib yubordi. Uchinchi qavatdan tosh uyumi ustiga boshi bilan qulab tushgan usta o‘sha zahoti jon berdi.
Ko‘chalarda zikr tushib yurgan qalandarlar: «Ustani arvoh urdi!», «Xudo g‘azabini ko‘rsatdi!» deb vaysay boshladilar. Bu falokatdan so‘ng qolgan usta va korgarlar rasadxonaga kelmay qo‘yishdi. Mavlono Fazliddin ishga zor bo‘lib yarim och yurgan boshqa usta va korgarlarni yollamoqchi bo‘lsa, nuqul: «Rasadxonada ishlab topilgan pul harom emish! Borgan odamni arvoh urib o‘ldirarmish!» degan vahimali gaplar eshitar, omi odamlar undan balodan qochganday qochar edi...

_______________
* K o r g a r — quruvchi ishchi
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:03:03
*  *  *

Bo‘stonsaroyning tillakori qabulxonasida Amudaryo bo‘yidagi Urganch va Qorako‘l shaharlaridan xushxabarlar bilan kelgan bek va a’yonlar sharafiga ziyofat berilmoqda edi. Shayboniyzodalardan ko‘p jabr ko‘rgan bu shaharlar ham Boburni o‘zlariga oliy hukmdor deb tan olishgan va qimmatbaho sovg‘alar berib yuborishgan edi. O‘z vaqtida Shayboniyxon Qorako‘l va Urganchni zabt etish uchun oylar davomida jang qilgan, behad ko‘p qon to‘kib ularni olgan edi. Mana endi bu shaharlar jangu jadalsiz elchi yuborib, Bobur tomoniga o‘tganligi unda zo‘r bir iftixor tuyg‘usini uyg‘otdi. Bobur yoshlikdan ko‘ngliga tukkan orzusiga — butun Movarounnahrni birlashtirish, Ulug‘bek davridagi ulkan davlatni qayta tiklashga mana endi muyassar bo‘layotganidan benihoya shod. Qunduzda birinchi marta boshlangan ichkilik bazmlari Samarqandda davom etib, avjiga chiqmoqda. Erishilayotgan g‘alabalar sharafiga bek va a’yonlar navbatma-navbat ziyofat berishib, Boburni deyarli har kuni taklif qilishadi, unga eng nodir, eng ajoyib maylarni ichirib, xursand qilishda bir-birlaridan o‘zishga intilishadi.
Faqat Qosimbek hamon ichkilikni og‘ziga olmas, paytini topsa Boburni ham hushyorlikka undar, mamlakat ichida qora kuchlar bosh ko‘tarayotganini, shimoldagi dashtda esa shayboniyzodalar hayot-mamot jangiga tayyorlanayotganini takror-takror eslatar edi.
Lekin Bobur unga javoban so‘nggi paytda yozgan bir g‘azalidan to‘rt satr o‘qib berdi:

Yoz fasli, yor vasli, do‘stlarning suhbati,
She’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati.
Yoz faslida chog‘ir ichmakning o‘zgacha holi bor,
Kimga bu nash’a muyassar bo‘lsa bordir davlati.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:03:28
Bu g‘azalga kuy bastalanib, qabul marosimlarida ham aytiladigan bo‘lgan edi. Shirakayf Bobur:
— Janob Qosimbek! — dedi. — Eshitdingizmi, Samarqand maktablarida bolalar men ixtiro qilgan xat bilan juda tez savodxon bo‘lmoqda emishlar. Mana, mudarris janoblaridan so‘rang...
Boshida sallayu qo‘lida may to‘la qadah bilan ta’zim qilib turgan mudarris:
— Janob Qosimbek, — dedi, — xalqimizni jaholat panjasidan qutqarib olishda hazratim ixtiro qilgan Xatti Boburiy ajoyib bir vosita bo‘lishi aniq! Qur’on xati gar-chi biz uchun aziz, ammo zeru zabarlari, shikasta usullari savod chiqarishga behad mushkul. Xatti Boburiy esa zeru zabarsiz, o‘rganishga oson.
Qosimbek Boburning bundan uch yil oldin Kobulda ixtiro qilgan xati Sirdaryo bo‘yidagi Sig‘noqdan topilgan qadimiy turkiy yozuvga* asoslanganini bilar edi. Arab yozuvini «Qur’on xati muqaddas», deb hisoblaydigan ruhoniylar islom dinidan oldin tarqalgan qadimiy yozuv¬larni qattiq qoralab, topilgan joyida o‘chirib tashlashni buyurar edilar. Bobur esa buni jaholat hisoblar, qadim zamonda ixtiro qilingan turkiy yozuvning dinga aloqasi yo‘qligini aytar, Xatti Boburiyni shuning uchun xalq orasida tarqatmoqchi bo‘lar edi.
Ichkilik bazmi paytida bu murakkab mavzularda gapirishni yoqtirmaydigan Qosimbek oradan ikki kun o‘tgach, devoni xosda o‘tirgan Boburning huzuriga mavlono Fazliddin bilan Xatti Boburiyni tarqatib yurgan mudarrisni boshlab kirdi.
Ularning uchovi ham allanarsadan juda bezovta ekanini sezgan Bobur:
— Tinchlikmi, janoblar? — dedi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:03:48
— Hazratim, — dedi mudarris. — Xatti Boburiyni targ‘ib qilib maktab ochgan bir maktabdorni avboshlar toshbo‘ron qilib o‘ldirmishlar.
— O‘ldirmishlar?! — deb Bobur o‘rnidan turib ketdi.— Bu ne jaholat, janob Qosimbek? Bizga qarshi g‘ulumi?!
— Hazratim, mutaassib shayxlar bilan qalandarlar hamma joyda bizga qarshi ish olib bormoqdalar. Rasadxonada bir usta havozadan yiqilib o‘lgandan beri ta’mir ishlariga odam yollash mumkin bo‘lmay qoldi. Masjidda va’z aytgan mullalar Xatti Boburiyni «Shoh Ismoil yuborgan shialar xatti» deb e’lon qilgan emishlar. Shu ovoza butun shaharga tarqalib, oxiri haligi maktabdorning toshbo‘ron bo‘lishiga olib kelmishdir.
— Bu yolg‘on ovozani tarqatganlarni nega hibsga olmadingiz? — qahr bilan so‘radi Bobur. — Axir bu xatning Shoh Ismoilga mutlaqo aloqasi yo‘q-ku.
— Xo‘ja Xalifa shuni masjidi jomeda minbarga chiqib aytmoqchi bo‘lgan ekan, «Yolg‘on! Kofirlar xati harom! Qur’on ursin sen Xalifani!» deyishib, johillar uni minbardan tortib tushirmishlar. Agar Tohirbek boshliq soqchilarimiz Xo‘ja Xalifani qutqarib qolmasalar, johillar uni ham o‘ldirishlari mumkin ekan. Avboshlardan yigirma-o‘ttiztasini hibsga oldik. Ammo Xo‘ja Xalifaga qarshi va’z aytgan mullalar Xo‘ja Ahrori valiyning avlodlaridan ekan. Ularni sizdan bemaslahat hibsga olishga jur’at etmadim.
Bobur ahvolning naqadar jiddiylashib ketganini endi sezdi. Xo‘ja Ahror avlodini hibsga olish — yonay deb turgan olovni puflab alangalatish bilan barobar edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:04:08
— Qo‘shinning kayfiyati ham yaxshi emas, hazratim,— deb davom etdi Qosimbek. — Hozir ichak uzildi payt, narx-navo ko‘tarilgan. Shayboniyzodalar chiqargan oltin-kumush tangalarning vazni biz chiqargan tangalar vaznidan ortiq bo‘lganligi uchun ularning bozori chaqqon. Beku navkarlar ulufani oshirishni talab qil¬moq¬dalar. Ularga ulufa oshirilsa, xazinada pulimiz yetmas.
— Undoq bo‘lsa taklifingiz nedur?
— Taklifim shuki, hazratim, beklarni darhol mashvaratga to‘plab, favqulodda choralar ko‘rmoq lozim.
— Bilamen, beklar dashtda izg‘ib yurgan shayboniyzodalarga qarshi urushmoq qasdidalar. Yangi viloyatlar olinsa, beku navkarlar o‘ljador bo‘lurlar. Besh oydan beri Samarqandda jangsiz turib qilichlari qonsiragan.
— Ularning kasblari urush bo‘lgandan so‘ng bekor turgilari kelmaydi-da. Hozir shayboniyzodalar shimoldan Buxoroga yaqinlashib kelmoqda emishlar.
— Aniq axborot bormi?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:05:16
— Ko‘rgan odam kelib aytdi. Sarkardalari Ubaydulla Sulton emish. O‘n ming qo‘shini bor emish. Buni Samarqanddagi shayxu qalandarlar ham eshitgan bo‘lsalar kerak. Shayboniyzodalar tashqarida jonlangan sari ichkarida bular bizni «Shiaga sotilgan rofiziylar!» — deb xalqqa yomonlab, qora kuchlarni qo‘zg‘atmoqdalar.
Bobur mavlono Fazliddin bilan mudarrisga afsusli bir nazar tashladi-da:
— Janoblar, ma’rifat muammolarini bu ahvolda hal etolmaydigan ko‘rinamiz, — dedi. — Xatti Boburiyni maktabda o‘qitish hozircha to‘xtatilsin. Rasadxonani ham keyinroq tiklagaymiz... Biz endi butun e’tiborni harbiy ishlarga berishga majburmiz.
Mudarris bilan mavlono Fazliddin ma’yus qiyofada orqalari bilan yurib chiqib ketdilar. Qosimbek bilan Bobur Ubaydulla Sultonga qarshi Buxoro tomonga qo‘shin tortib borishning maslahatini qila boshladilar...

______________
* Bu yozuv aslida O‘rxun-Yenisey runik yozuvining Bobur davrida Sig‘noqqa yetib kelgan bir turi bo‘lishi kerak.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:06:45
*  *  *

Buxoroga hujum qilgan Ubaydulla Sultonning o‘n ming kishilik qo‘shini Boburning Samarqanddan o‘ttiz ming qo‘shini bilan kelayotganidan xabar topib, Qizilqum sahrosiga qarab chekindi. Bobur qo‘shini Buxoro atrofida to‘xtab, dushmanning yana qaytib ke¬lishini kutishi mumkin edi. Lekin dushman askarlari son jihatdan uch barobar kam bo‘lgani uchun Bobur uni dadil ta’qib etishga qaror berdi-yu, qo‘shinini qumtepalar orasiga boshlab kirdi. Ubaydulla Sultonga shu kerak edi. Bobur qo‘shinining eng sadoqatli qismi tog‘lik joyda yaxshi jang qilib o‘rgangan, otlari cho‘lda, qumtepalar orasida durust chopolmaydigan jangchilar edi. Bundan tashqari, shia-sunniy ziddiyatlari Boburga Qunduzda qo‘shilgan yigirma ming kishilik mo‘g‘ul qo‘shinining ruhiga yomon ta’sir qilgan edi. Ularning orasiga kirib borgan sunniyparast mullalar: «Boburshoh shialar bilan ittifoq tuzib, pok mazhabini bulg‘adi, endi payg‘ambarimiz uni emas, sunniyni pok tutgan shayboniyzodalarni qo‘llab-quvvatlagay», degan e’tiqodga ko‘plarni ishontirgan edilar.
Barxanlar ichida zambarak ortilgan aravalar qumga botib, otlar yaxshi chopolmay, Bobur qo‘shinining safi chuvalib ketdi. Paytdan foydalangan besh mingga yaqin qunduzlik mo‘g‘ullar Ubaydulla Sulton tomoniga qochib o‘tib ketdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:07:55
Qizilqumda ko‘p yurib, uning pastu balandini biladigan, Ko‘li Malik* degan joyda otliq jang uchun eng qulay o‘rinlarni egallab yotgan Ubaydulla Sultonning qo‘shini yana to‘lg‘ama usulini ishlatib, Bobur qo‘shinining ikki qanotini bukdi-yu, orqasiga o‘tib oldi. To‘rt tomondan berilayotgan zarbalar ustiga besh ming xoinning birdan yov tomoniga o‘tib ketishi jang taqdirini bir necha soatdayoq hal qilib qo‘ydi.
Bobur Qizilqumda mag‘lubiyatga uchrab, qolgan-qutgan askarlari bilan Samarqandga, undan Hisorga chekinib borganda qarshisidan Shoh Ismoil yuborgan Najmi Soniy oltmish ming qizilbosh askari bilan tahdidli suratda chiqib keldi.
Og‘izda Najmi Soniy Boburga yordamga kelgan edi.
Biroq aslida u Boburga jazo bermoqchi edi. U qizilbosh qo‘shinlarining Samarqanddan tez qaytarib yuborilganidan norozi edi. Bobur Movarounnahrda mustaqil davlat tuzayotganini, uning shialarga yon bosishi — muvaqqat choraligini xufiyalar Shoh Ismoilga allaqachon yetkazgan edilar. Shoh Ismoil Movarounnahrga oid hamma ishlarni Najmi Soniyga ishonib topshirgan edi. Najmi Soniy shayboniyzodalarni bartaraf qilgandan keyin Boburni ham hokimiyatdan chetlatishi va Samarqand taxtiga boshqa ishonchli odamni o‘tqazib, Movarounnahrda qizilboshlar hokimiyatini uzil-kesil barqaror qilishi kerak edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:08:13
Bu reja qattiq sir tutilar, Bobur bilan ittifoq hozircha davom etar, ammo kalondimog‘ Najmi Soniy Boburni ham, uning o‘n mingtagina qolgan askarlarini ham nazar-pisand qilmasligi oshkora sezilar edi.
Boburni ikki tomondan chirmab kelgan ikki dahshatli qilich G‘ijduvonda bir-biriga zarb bilan urildi. Najmi Soniydan ixlosi qaytgan Bobur shayboniyzodalarning qo‘li baland kelayotganini sezdi-yu, qonli qilichlar orasidan chiqib, yana Hisor tomonga chekindi.
Bosqinchi qo‘shin sarkardasi Najmi Soniy G‘ijduvon jangida o‘ldirildi. Qizilboshlar tor-mor bo‘ldi, oltmish ming qo‘shinning bir qismi o‘ldi, bir qismi asir olindi, omon qolib qochganlarini esa g‘oliblar Amudaryogacha quvib bordilar va daryoga cho‘ktirib yubordilar.

________________
* K o‘ l i  M a l i k — hozir qurib qolgan. Buxoro oblastining Xayrobod degan joyida.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:09:26
7

Bundan bir yarim yil avval Xonzoda begim yolg‘iz o‘g‘ilchasi bilan Balxdan Qunduzga kelayotganda uning yuragini titratgan noma’lum xavf-xatarlar go‘yo mana shu og‘ir chekinish paytini kutib yotgan ekan.
Tun yarmidan oshgan edi. Boysun orqali Hisorning Qoratog‘iga chekinib kelgan Bobur yetti ming askar va ug‘rug‘i* bilan sayhon bir o‘tloqda tunamoqda edi. Xonzoda begim o‘g‘li va kanizi bilan uxlab yotgan o‘tov Boburning chodiriga yonma-yon edi.
Saharga yaqin birdan to‘polon ko‘tarildi. Xonzoda begim otlarning tasir-tusir qilib chopishi va itlarning asabiy hurishidan cho‘chib uyg‘ondi. G‘azabli tovushlar:
— Ur! Ur!
— Rofiziylarni ayamay qir! — deb qichqirar edi.
Xonzoda begim sapchib turdi. O‘tov to‘rida xira qorachiroq lipillab yonmoqda edi. Begim qattiq uxlab yotgan o‘g‘li Xurramshohni quchoqlab oyoqqa turg‘izdi.
— Yog‘iy bosdi! Yog‘iy! — deb, o‘g‘liga etigini kiydirib, to‘nining yengiga qo‘llarini tiqayotganda o‘tovning kigiziga allanarsa «tars» etib urildi. Yoy o‘qining charxlangan uchi kigizni kesib o‘tdi, lekin qanoti kigiz juniga o‘ralib turib qoldi. Qo‘rqib ketgan Xonzoda begim o‘g‘lini bag‘riga bosdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:10:42
Bu yil o‘n birga qadam qo‘ygan Xurramshohning bo‘yi onasining yelkasidan oshib qolgan edi. U uchi pastga osilib qolgan yoy o‘qiga qiziqib qarab turardi.
Tashqaridan Boburning sarosimali tovushi eshitildi:
— To‘fangandozlar qani? Xo‘ja Kalonbek! To‘fang otilsin! Qosimbek! Tohirbek! Haramga qarang! Bolalar tezroq olib chiqilsin! To‘fang!
O‘sha zamonning chaqmoqli miltig‘i bo‘lgan to‘fang yaqin bir joyda gumburlab otildi. Bobur qizilboshlar bilan ittifoq bo‘lib orttirgan bir narsasi — o‘sha davrning eng zamonaviy quroli bo‘lgan mana shu to‘fanglar edi. Hali juda kam tarqalgan to‘fanglar faqat Boburning xos navkarlarida bor edi.
Bir nechta to‘fangning ustma-ust otilgani eshitildi. Xonzoda  begim  endi  sal dadillanib, o‘g‘lining to‘ni ustidan bejirim xanjarchasi osilgan kamarini ham bog‘latdi.
Xurramshoh o‘tovning bir chetiga o‘ntacha yoy o‘qi solingan kichkina soqdog‘ini osib qo‘ygan edi. Onasining qo‘lidan chiqib shu soqdog‘ini yelkasiga osdi-da, kamonini qo‘liga oldi.
Onasini vahimaga solgan jang bolada qo‘rquv aralash maroq uyg‘otgan edi.  U kichikligidan  jangovar ruh bilan o‘sgan, tezroq katta bo‘lib, urushda botirliklar ko‘rsatgisi kelar edi. Samarqandda turgan paytlarida Xurramshoh Bobur tog‘asining Buxoro tomonda qilgan janglariga qatnashmoqchi bo‘lib, onasining oldidan qochib ham ketgan edi. Lekin Bobur uni bek atkasiga qo‘shib yo‘ldan qaytarib yuborgan edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:11:23
Xonzoda begimning Boburga qo‘ygan mehri o‘g‘liga ham yuqqan edi. Bolaga dars beradigan va harbiy mashq o‘rgatadigan kishilar hammasi Boburning ixlosmandlari edilar. Xurramshoh onasidan va murabbiylaridan Bobur haqida juda ko‘p yaxshi gaplar eshitar, o‘zi ham tog‘asini har ko‘rganda unga bolalarcha jo‘shqin bir mehr va ishonch bilan qarar edi. U tog‘asini og‘ir ahvollarga solayotgan shayboniyzodalarni — garchi o‘zining Shayboniyxonga o‘g‘il bo‘lishini bilsa ham — kun sayin yomon ko‘rib borar edi. Uning tasavvurida, hozir Bobur qarorgohiga hujum qilib kelgan, «Ur, qir!» deb qichqirayotganlar ham o‘sha ko‘chmanchi sultonlar edi. Xurramshoh soqdog‘ida bor o‘qlarini tog‘asining mana shu dushmanla¬riga qarab otgisi keldi-yu, o‘tov eshigini ochib chiqa boshladi.
— Hoy, shahzoda, to‘xtang!
Xonzoda begimning keksa kanizi yugurib borib bolani kamaridan tutdi-da, ichkariga tortdi. Bola qarshilik qilib kirmadi. Uni uzoqda bo‘lgan janglarga yubormagan edilar. Endi jang o‘zi Xurramshoh yotgan joyga yetib kelganda yana qo‘yishmaydimi?
— Qo‘yvoring meni! Hazrat tog‘oyimga ko‘mak beramen! Qo‘yvoring!
Bu orada Boburning xos navkarlari to‘fang ota-ota, yov otliqlarini ayollar va bolalar yotgan o‘tovlardan uzoq¬qa surib tashlagan edilar. Tohir Xonzoda begimning o‘tovi oldiga ikkita ot yetaklab keldi:
— Hazrat begim! Shahzoda! Tezroq chiqinglar!
Xonzoda begim sandiq va bo‘g‘chalariga qaradi.
— Ko‘ch-ko‘ronlar qolurmi?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:12:23
— E, jon omon bo‘lsa, buyum topilur! Chiqing tezroq! Hazratim buyurdilar!
Xonzoda begim kanizi bilan chiqquncha Xurramshoh otlarning kichikroq ko‘ringan bittasiga minib oldi.
Osmonda shom yegan sakkiz kunlik oy bor edi. Shuning yorug‘ida oq o‘tovdan besh yashar Humoyunni bag‘riga bosib chiqqan Mohim begim ko‘rindi. Ot ustida turgan Qosimbek tez engashib bolani onasining qo‘lidan avaylab oldi-da, yelkalarini chakmani bilan o‘radi.
Begimning yonida o‘n yashar o‘g‘ilchasi Safarni qo‘lidan yetaklab kelayotgan Robiya ham bor edi. Tohir o‘g‘li bilan xotinini tez bir biyaga mingashtirdi.
Qosimbek boshliq ellik-oltmishta xos navkarlarga ayollar va bolalar mingan otlarni o‘rtaga olib, janub tomonga yo‘naldilar.
Uch tomonni yov halqasi o‘rab olgan, faqat janub tomon ochiqroq edi. To‘fang gumburlashi, yarador bo‘lganlarning dodlashi, otlarning pishqirishi va kishnashi orasidan kimlarningdir asabiy baqiriqlari eshitilardi:
— Hammamiz shu podshoning kasofatiga qoldik!
— Shialarga sotilib bizni xarob qildi!
— Yo‘qolsin Bobur!
— Urug‘ini qurit! Qir hammasini!
Xonzoda begim hech narsaga tushunolmay yonida borayotgan Qosimbekdan so‘radi:
— Bu qanaqa yog‘iy?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:13:26
— O‘zimizdan o‘t chiqdi, begim! Burnog‘i yil Qunduzda shayboniyzodalardan bizga qochib o‘tgan mo‘g‘ul beklari isyon ko‘tardi! Quzg‘unlar hazratimni uyquda tutib o‘ldirmoqchi ekanlar. Xayriyat, Tohirbekning qo‘rchilari payqab qolibdi!
— Falokat ustiga falokat!
— Ha, bular bizdan ikki barobar ko‘p. Hammasi oldindan tayyorlanib chiqqan! O‘rtada yuringlar, o‘rtada!
Shu payt isyonchi otliqlar janub tomonga ham chopib o‘tdilar. O‘sha tomondan Boburning ovozi eshitildi:
— Ustod Ali! To‘fangandozlarni oldinga boshlang! Oldinga!
To‘fanglardan otilgan o‘qlar jiba va dubulg‘alarni bemalol teshib o‘tar, shuning uchun fitnachilar to‘fang qarshisida turish berolmas edi. Bobur to‘fanglar va eng ishongan xos navkarlari yordamida yov halqasini janub tomondan yorib o‘tmoqchi, so‘ng Bobotog‘ning shar-qidagi Hisor qal’asiga yetib olmoqchi edi. Biroq fitnachi beklar uni qal’aga o‘tkazmoqchi emas edilar— ular bu mustahkam qo‘rg‘onni o‘zlari egallash maqsadida isyon ko‘targan edilar.
Uch-to‘rt marta o‘q otilgandan keyin to‘fanglarning quvurlari qizib ketib, ish bermay qo‘ydi. Yov saflari sharq tomonda sal siyraklashganini ko‘rgan Bobur Xo‘ja Kalonbek boshliq mingtacha navkarini o‘sha tomonga tashladi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:15:07
Xos navkarlar qurshovida borayotgan Xurramshoh goho qilichlarning bir-biriga shaq-shuq urilganini eshitib qolardi. Bu tungi jang unga juda qo‘rqinchli tuyulsa ham u vahimani yengishga tirishardi. Tog‘asiga shunday paytda suiqasd qilgan xoinlarning hech bo‘lmasa bittasini soqdog‘idagi o‘qlari bilan otib yiqitgisi kelar edi.
Yov qurshovini yorib o‘tayotganlarida bolalar va ayollarni o‘rab borayotgan navkarlar ham jangga tushishga majbur bo‘ldilar. Shunda Xurramshoh ularning yoniga kirdi-yu, otining jilovini qo‘yib yuborib, kamonidan ustma-ust uchta o‘q otdi. Xonzoda begim tungi to‘polonda uni bir lahza ko‘zdan yo‘qotib qo‘ydi. Keyin bolaning navkarlar yonida o‘q otayotganini ko‘rib, otini unga tomon choptirdi. U o‘g‘liga yetib borgan ham ediki, qarshidan otilgan bir daydi o‘q bolaning o‘ng biqiniga «shart» etib sanchildi. Xurramshoh ingrab, kamonini qo‘lidan tushirib yubordi va egardan og‘ib tusha boshladi.
— Voy, bolam! — deb Xonzoda begim qichqirib o‘g‘liga tomon intildi.
Tohir ham shu yaqin joyda edi, otidan sirg‘alib tushayotgan Xurramshohni ushlab qoldi, so‘ng uni egari ustiga ko‘tarib o‘tqazdi.
Bola behush edi. Tohir bilan Xonzoda begim uni Boburning ovozi kelayotgan tomonga olib chopdilar. Bu tomonda yov qolmagan, Xo‘ja Kalonbekning navkarlari podshoh uchun yo‘l ochib, uning ketidan haram ahlini ham olib o‘ta boshlagan, orqadan ta’qib etishga uringan dushmanlarning esa yo‘lini to‘sgan edilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:16:45
Bobur Hisor qo‘rg‘onidan voz kechib, Vaxsh vodiysi tomonga yo‘l olganini sezgan fitnachilar uni boshqa ta’qib etmay, orqaga qaytdilar va shohona chodirlar ichida egasiz qolgan boyliklarni talashga tushdilar.
Tong yorishib qolgan edi. Bobur yarador jiyanini qo‘liga olar ekan, uning biqinidan issiq qon oqayotganini sezdi.
— Tabibni chaqiring! — qichqirdi u. — Tabib!
Podshohning xos tabibi bolani chakman ustiga yotqizib, yarasiga dori qo‘yib bog‘ladi. Xurramshoh hamon hushiga kelmas, faqat o‘qtin-o‘qtin ingrar edi.
Uning biqiniga sanchilgan o‘q o‘pka va qorin oralig‘idagi pardani yirtib, ichki a’zolariga yomon zarar yetkazgan edi. Tabib unga mumiyoyi asildan suv bilan ichirmoqchi bo‘ldi. Biroq behush bolaning tomog‘idan suv ham, dori ham o‘tmadi. Xonzoda begim buni ko‘rdi-yu, bolasini quchoqlab, qichqira boshladi:
— Xurramjon! Yolg‘izim! Xurramim!
Bolaning ko‘zlari ola-kula  bo‘lib bir ochildi, ke-yin qorachiqlari tepasiga qarab ketdi-yu, kipriklari yarim yumuq holda to‘xtab qoldi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:17:38
Bobur bolaning jon berganini sezdi-da, opasini quchoqlab, jasadning tepasidan olib ketmoqchi bo‘ldi. Lekin Xonzoda begim uning qo‘lidan yulqinib chiqdi. O‘g‘lining o‘lganiga ishongisi kelmas edi. U bolasini quchoqlab dast ko‘tardi-yu, dod solib, yana uni chaqira boshladi:
— Xurram! Xurramjon, qanisan? Qanisan, bolam! Bolam qani?!
Bobur ho‘ngrab yig‘lar ekan, bolani opasining qo‘lidan oldi-da, yana chakman ustiga yotqizdi. Qosimbek bolaning yarim ochiq qolgan ko‘zlarini yummoqchi bo‘lib, qoshlarini siladi, kipriklarini yotqizishga urinib ko‘rdi. Lekin kipriklar yotmadi, murg‘ak ko‘zlar yarim ochiqligicha qoldi. Xonzoda begim o‘g‘lining o‘lganiga endi ishondi-yu, o‘zining chakkalariga musht urib yig‘ladi:
— Seni bu yerlarga olib kelmay onang o‘lsin, bolam! Seni asrab qololmagan onaginang o‘lsin!!!
Bobur opasining musht bo‘lib tugilgan qo‘llarini ikki qo‘liga oldi-da, yuzini yuziga qaratdi.
— Qarg‘ash kerak bo‘lsa meni qarg‘ang! — dedi. — Siz yana mening kasofatimga qoldingiz! Ajalda adolat bo‘lsa bu begunoh boladan avval men gunohkorni olsin edi! Buni ikki qilich orasiga men olib kirdim! Sizlarni dinu mazhab balosiga men giriftor qildim!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:18:35
Qosimbek Boburning yelkasidan quchoqladi. U burnog‘i yil Qunduzda mo‘g‘ul beklarining Boburga qarshi fitnasi ilk bor ma’lum bo‘lganda oraga tushib xato qilganini, bugungi g‘ilu — o‘shanda kesib tashlanmagan yaraning patosi ekanini o‘yladi:
— Gunohkorni izlasangiz, hammamiz ham aybdormiz, hazratim! Dunyo o‘zi shundoq yaratilgan bo‘lsa biz qandoq qilaylik?!
Xonzoda begim yana o‘g‘ilchasining jasadini quchoqladi:
— To‘ydim bu dunyodan! Bas! To‘ydim! Meni bolam bilan birga ko‘minglar!..
Xurramshohning jasadini archadan yasalgan tobutga solib, shu kuni kechgacha qo‘lma-qo‘l ko‘tarib bordilar. Keyin uni Pomir tog‘ining etaklaridagi ko‘kalam bir tepalikka ko‘mdilaru qabri ustiga oq bayroqcha qadab qo‘ydilar.
Tirik murdaga o‘xshab qolgan Xonzoda begimni bir amallab Qunduzga, undan Kobulga olib ketdilar.

__________________
* U g‘ r u g‘ — oila a’zolari, ko‘chlari.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:18:58
KOBUL
TOSHGAN DARYO O‘ZAN IZLAYDI

1


Kechki payt Kobul qal’asining janubidagi ko‘ldan bir to‘p o‘rdak uchdi. Ko‘l bo‘yidagi bo‘liq o‘t-o‘lanlar orasida pisib o‘tirgan mirzo Humoyun kamondan ketma-ket ikkita o‘q otdi. Osmonga ko‘tarilib borayotgan tumshug‘i uzun o‘rdaklardan biri to‘pidan ayrilib pastlay boshladi, so‘ng qanotlarini majolsiz yoyib, ko‘lning narigi chetiga qulab tushdi.
Ko‘lning o‘sha tomonida podshohning sakkiz eshkakli, soyabonli kemasi yurgan edi. Humoyun bu yoqdan to otlanib, atkasi va mulozimlari bilan ko‘l sohilini aylanib o‘tib borgunicha kemadagilar o‘q tekkan o‘rdakni suvdan olib, qirg‘oqqa chiqdilar.
Ularning orasida Bobur ham bor edi. Humoyun o‘zi otgan  o‘rdakni  otasi  qo‘liga  olib qarayotganini ko‘rdi-yu, otidan sakrab tushdi va ancha berida ta’zim qilib to‘xtadi.
Bobur o‘rdakning to‘shiga qadalib qolgan yoy o‘qini keskin bir harakat bilan sug‘urib oldi-yu, o‘g‘liga ko‘zlarini suzib qaradi:
— Bu o‘q senikimi?
Humoyun otasinnig kayfi borligini sezdi. Bobur so‘nggi paytlarda ko‘p ichadigan bo‘lgan, bugun ham ulfat beklari bilan kemada chog‘ir ichib o‘tirgan edi. Humoyun ko‘l va uning atroflari podshohning daxlsiz, xos yerlari ekanini esladi. Otasi oldida odobsizlik qilib qo‘yganday ko‘zlari javdirab:
— Hazratim, — dedi, — afv eting, bemavrid o‘q otmishmen.
— Ammo o‘qni yaxshi otmishsen, — deb Bobur o‘g‘liga endi kulimsirab gapirdi. — Ma, haloling bo‘lsin!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:19:14
Humoyun chap qo‘lini ko‘ksiga qo‘yganicha, o‘ng qo‘li bilan ovini otasidan oldi-yu, mulozimlaridan biriga berdi.
Boburdan orqaroqda turgan ko‘zlari katta-katta ozg‘in qora yigit — Hindubek tig‘iz oq tishlarini ochib kuldi:
— Amirzodam merganlikda hazrat otalariga tortmishlar.
Shirakayf Xo‘ja Kalonbek bu gapga darhol qo‘shildi:
— Padari buzrukvorga munosib o‘g‘il!
Bobur esa bir chetda jim qo‘l qovushtirib turgan Qosimbekka mamnun nazar tashladi. Yoshi oltmishdan oshib, eshik og‘aliq lavozimidan ketgan Qosimbek hozir Humoyunga atkalik qilmoqda edi. Boburning o‘ziga shuncha yil sodiq xizmat qilgan bu odam endi bo‘y yetib kelayotgan Humoyunni ham otalarcha mehr bilan tarbiyalayotgani bilinib turardi.
— Janob Qosimbek Humoyunga merganlikdan yaxshi ta’lim bermishlar, — dedi Bobur. — Biroq amirzodam chavandozlikda nechuklar?
Qosimbek Humoyunga «javob bering» deganday qilib qaradi. Humoyun ko‘zlari go‘yo ilhom bilan yonib:
— Hazratim, ijozat bering, — dedi-da otlarni qo‘li bilan ko‘rsatdi. Bobur uning so‘nggi yillarda o‘rgangan chavandozlik mashqlaridan birini ko‘rsatmoqchi ekanini sezdi.
— Qani, qani, — dedi maroq bilan.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:20:04
Humoyunning yoshi o‘n uchga borib, bo‘yi otasining bo‘yiga yetay deb qolgan. Yurish-turishi ham Boburning o‘smirlik paytini eslatar edi. Qosimbekning ishorasi bilan navkarlar ikkita yuvoshroq otni bir chetga yetaklab chiqdilar-da, yonma-yon tutib turdilar. Humoyun o‘zi¬ning seryol qora qashqa otiga sakrab mindi, jilovni keskin burib, xiyol orqaga ketdi. So‘ng narigi ikki otga shitob bilan yaqinlashdi-da, jilovini qo‘yib yubordi. Otlar jips kelganda ikkinchi otning egaridan ikki qo‘llab tutganicha, egardan egarga sakrab o‘tdi. Shunda uchinchi ot joyidan qo‘zg‘alib ketdi. Humoyun mingan otining jilovini tez qo‘lga olayotib, uchinchi otning yuganidan tutgan navkariga:
— Mahkam ushlang! — dedi.
So‘ng tagidagi otni narigisiga jips keltirdi-yu, ikkinchi egardan uchinchisiga sakrab o‘tdi.
Shirakayf beklar davrasidan:
— Ofarin! Tasanno! — degan xitoblar eshitildi.
Humoyun hansirab otdan tushdi-da, otasi tomonga kela boshladi. Bobur o‘zining o‘smirlik paytida Andijon chorbog‘ida egardan-egarga sakrab o‘tolmay oyog‘i yerga tapillab tushganini esladi-yu:
— Tangrim Humoyunni yomon ko‘zdan asrasin, — dedi. — Chavandozlikda bizdan o‘tadigan ko‘rinadir.
— Hazratim, mirzo Humoyun har ishda sizdan ibrat olishga intilurlar, — dedi Qosimbek.
Bobur o‘ng‘aysizlanib bosh chayqadi:
— Mening shahzodaga ibrat bo‘lgudek holim yo‘q.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:21:04
Humoyun otasining ma’yus yuziga taajjub bilan tikildi.
— Nechun, hazratim! Atkam menga barcha janglaringizni aytib berdilar. Rustamu Suhroblar ham, Go‘ro‘g‘liyu Alpomishlar ham sizchalik ko‘p jang ko‘rgan bo‘lmasalar kerak!
— Jang hisob emas, amirzodam, jangning natijasi hisob, — dedi Bobur o‘zining mag‘lubiyatlarini eslab.
Lekin Humoyun uchun eng muhimi — otasining mislsiz  dahshatlarga  duch kelib, barcha o‘limlarni yengib o‘ta olgani va hamma qirg‘inlardan omon chiqqani edi. Boburga astoydil ixlos qo‘ygan Qosimbek: «Hazratimga duo ketgan, u kishini o‘q olmaydi, tig‘ kesmaydi», derdi va bu sodda e’tiqodini Humoyunning qalbiga ham singdirgan edi. Humoyun otasining Kobul bilan Hirot oralig‘idagi baland tog‘lardan odam zoti o‘tolmaydigan qahraton qish kunlarida yurak yutib o‘tganini, ko‘pchilik bek va navkarlar holdan ketib, otlar ham yurolmaydigan bo‘lib qolgan paytlarda Bobur o‘zi oldinga chiqib, ko‘kragigacha qorga botib, hammaga yo‘l ochib borganini, o‘shanda uning qulog‘ini sovuq olib, yuzi ko‘mirday qorayib, tanib bo‘lmas ahvolga kelganini Qosimbekdan yaqinda eshitgan edi.
Humoyun o‘sha paytlarda bo‘lgan bir g‘alati hodisani otasidan tasdiqlatib olgisi keldi:
— Hazratim, Kobul chorbog‘ida Do‘st degan bir pahlavon navkar sizni tanimay qilich bilan chopgani rost¬mi?
— Rost. Keyin tanib qolib, qilichini tashlab qochdi. Shukrki, hech shikast yetmadi. Bo‘lmasa Do‘st pahlavon tig‘ urgan odam hargiz tirik qolmagay edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:21:43
— Xudoning qudratini qarang-a! — dedi eshik og‘a Muhammad Do‘lday xushomad ohangi bilan.
Humoyun uning kayfdan qizarib, ko‘pchib turgan yuziga noxush nazar tashladi-yu, yana otasiga yuzlandi. U faqat otasi bilan gaplashishni istardi. Bobur to‘g‘risida Qosimbekdan va boshqa odamlardan shuncha g‘aroyib hikoyalar eshitib o‘sgan bola endi uning o‘zi bilan yurakdan yaqinlashishni istardi.
Lekin Bobur doim davlat ishiyu yozish-chizish bilan band bo‘lar, bo‘sh qolganda beklari chog‘ir majlisini boshlashar, Humoyunga esa ular hali hamsuhbat bo‘lolmaydigan yosh bola deb qarashar edi. Biroq Humoyunda otasi bilan suhbatlashish ishtiyoqi kun sayin ortib bormoqda edi.
— Hazratim, bultur Sind daryosining bo‘yida yo‘lbars bilan olishgan ekansiz...
— Qaydan bildingiz?
— Hazratimning  xonai xoslarida yo‘lbars terisini ko‘rdim.
Bobur orqasida turgan beklarga ishora qildi:
— Yo‘lbarsni biz ko‘plashib yengganmiz.
Hindubek kulib e’tiroz qildi:
— Hazratim bo‘lmaganlarida biz yo‘lbarsga ro‘baro‘ bo‘lolmas edik.
Humoyun Hindubekning gapini ma’qullagan kabi bosh irg‘adi va otasiga bolalarcha sof bir iftixor bilan qarab qo‘ydi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:22:04
Bobur Buxoro atroflarida va Hisorda boshiga tushgan kulfatlarni hamon unutolmas, o‘shandagi mag‘lubiyatlar alami avvalgilariga qo‘shilib, yuragini haligacha timdalar, dunyo g‘amlarini xayolidan uzoqlashtirish uchun ham u tez-tez chog‘ir ichar edi. Uning ruhi tushib, o‘z taqdiridan ixlosi qaytib yurgan mana shu kunlarda o‘g‘li otasi qilgan yaxshi ishlarni bunchalik e’zozlab tilga olishi Boburga g‘alati ta’sir ko‘rsatdi.
Bir lahza u o‘zini o‘smir o‘g‘lining ko‘zi bilan ko‘rganday bo‘ldi. Humoyun faxr bilan tilga olgan voqealar chindan ham bo‘lgan voqealar ekanligi to‘satdan Boburning ko‘nglini ko‘tardi. Shu daqiqagacha unga butun hayoti qop-qorong‘i bir tun bo‘lib tuyulgan bo‘lsa, endi u  bu  tunga  go‘yo  Humoyunning ko‘zi bilan qaradi-yu, qorong‘i osmonning u yer-bu yerida yulduzlar miltillayotganini ko‘rdi.
Humoyun otasi bilan yakkama-yakka gaplashgisi kelib, ovozini pasaytirib:
— Hazratim, — dedi, — in’om qilgan devoningizdagi barcha she’rlarni yod olmishmen. Lozim ko‘rsangiz imtihon qiling.
Bobur orqaroqda jim turgan bek va mulozimlarga o‘girilib qaradi. Ular Boburning o‘g‘li bilan gapini tezroq tugatishini va kemaga qaytishini kutmoqda edilar. Lekin Boburga endi chog‘ir majlisidan ko‘ra o‘g‘li bilan birga bo‘lish yoqimliroq tuyula boshladi.
— Janoblar, — dedi u beklariga yuzlanib, — bugun bizga kema sayri bas. Endi mirzo Humoyun bilan she’r mashg‘uloti o‘tkazmoqchimen. Ot keltirilsin!
Bobur otlangandan keyin Humoyun ham otiga quvonch bilan sakrab mindi. Ota-bola yonma-yon Kobul arkiga qarab yo‘l oldilar. Qosimbek va boshqa mulozimlar orqaroqda odob saqlab jim bormoqda edilar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:22:19
Bobur kemada ichgan chog‘irning tafti va karaxtligi uning yaltiragan suzuk ko‘zlaridan bilinar edi.
— Qani, amirzoda, eshitaylik, — dedi u Humoyunga kayf aralash kulimsirab qararkan.
Otasi birga ketayotganidan o‘zida yo‘q quvongan Humoyun Boburning devonidan yod olgan bir ruboiyni shoshilibroq o‘qidi:

Ozar ila necha guftigo‘* qilg‘aysiz,
Ozurda bo‘lurni justiju* qilg‘aysiz.
Munchaki ko‘ngullarga yetishdi ozor,
May bila magarki shustisho‘* qilg‘aysiz.

Humoyun bu she’r bilan otasining may ichish sababini tushunishligini va hozir kayfi borligi ham uzrli ekanini aytmoqchi edi, Bobur buni fahmladi-yu:
— Ma’qul, ma’qul, — deb kuldi. — Faqat avvalgi ikki satrning vaznini buzibroq o‘qiding. Aftidan, sen bu satrlardagi kinoyani yaxshi fahmlamagansen.
— Qandoq... kinoya? — deb bu satrlarni kamoli jiddiyat bilan o‘qigan Humoyun taajjublandi.
— Kinoyaki, odamlar bir-birlariga ozor beradigan gapni ko‘p gapirurlar. Goho ozor beradigan narsani o‘zimiz justijo‘ qilib topurmiz. Undan keyin bu ozorni ko‘ngildan may bilan yuvmoqchi bo‘lib ichishga ruju qi¬lurmiz.
Otasi o‘zining may ichishiga kinoya bilan qarashini Humoyun endi sezdi va yana hayron bo‘ldi:
— Nechun shunday?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:22:29
— Sening yoshingda buning sababini tushunib bo‘lmas. Men ham o‘ttiz yoshimgacha chog‘irga ehtiyoj sezgan emasmen. Sen qalaysen?.. Ko‘nglingda chog‘irga ishtiyoq bormi?
Humoyun uyalib bosh chayqadi. So‘ng otasining ichkilikdan shishgan qovoqlariga jiddiy bir qarab oldi-da:
— Men chog‘irni yomon ko‘ramen, — dedi.
O‘n uch yoshida Bobur o‘zi ham ichkilikdan hazar qilishini esladi-yu, o‘g‘lining javobini ma’qullab bosh irg‘adi.
— Xo‘sh, nelarni yaxshi ko‘rursen?
— Menmi? — deb Humoyun bir lahza o‘ylanib oldi. Uning yaxshi ko‘rgan narsalari ko‘p edi: — Safarda yu¬rishni, sayohatni yaxshi ko‘rurmen, yaxshi kitob bo‘lsa ertayu kech o‘qigim kelur...
«Bu jihatlari menga o‘xshabdir», dedi Bobur ichida va o‘g‘lining qamchi dastasini tutgan qo‘llariga qaradi. Humoyunning yuz-ko‘zi ham, qo‘llari ham Boburnikidan qoraroq edi. Balki janubda tug‘ilib o‘sa¬yotgani uchun shundaydir? Lekin panjasining shakli otasinikiga juda o‘xshash. Bobur o‘g‘lining bilagidan olib:
— Qani, kaftingni och, — dedi.
Humoyun qamchini taqimiga qistirdi-da, kaftini otasiga ochib ko‘rsatdi. Bobur uning kaftidagi chiziqlarga qaradi-da, keyin o‘z panjasini ochib, o‘g‘lining kaftiga kaftini yonma-yon tutdi. Katta va kichik har ikki kaftdagi ko‘ndalang chiziqlar bir-birining aynan takrori edi. Otasiga o‘xshashni juda-juda istaydigan Humoyun mamnun jilmaydi. Bobur chuqur tin oldi-da:
— Ilohim, men ko‘rgan balolarni sen ko‘rmagin! — dedi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:22:40
— Lekin men sizning barcha ishlaringizni o‘rgan¬moq¬chimen.
Boburning yaxshi-yomon ishlari xayolidan aralash-quralash bo‘lib o‘ta boshladi. Berahm muhit uni ham shafqatsiz bo‘lishga o‘rgatardi. Mana shu Kobul viloyatining o‘zida xirilchi qabilasiga mansub talay odamlar karvon yo‘llarida talonchilik qilganliklari uchun Bobur askarlari tomonidan ayovsiz o‘ldirilgan, hazora qabilasining o‘nlab jangovar yigitlari chopqin paytida qirib tashlangan edi... Bobur bu qonli lavhalarni umr kitobi bo‘lmish «Vaqoi’»ga birma-bir yozib borar edi. Ammo hali balog‘atga yetmagan va olamga bolalarcha musaffo bir ishonch bilan qarayotgan Humoyunni bunday shafqatsizliklardan mumkin qadar uzoq tutgisi kelardi.
— Sen hushyor bo‘l, — dedi Bobur, — mening havas qilib bo‘lmaydigan ishlarim ham bor!
— Qaysi ishlaringiz, hazratim?
— Qayg‘uli, fojiali ishlarim. Butun taqdirim...
— Buni bir g‘azalda ham aytmishsiz.
Humoyun yana yoddan otasining satrlarini ayta boshladi:

Har yong‘aki azm etsam, yonimda borur mehnat,
Har soriki yuzlansam, o‘trumg‘a kelur qayg‘u,
Yuz javru sitam ko‘rgan, ming mehnatu g‘am ko‘rgan,
Osoyishi kam ko‘rgan mendek yana bir bormu?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:22:55
She’rning g‘amgin va sehrli ohangidan ta’sirlangan Bobur:
— Yaxshi o‘qiding, — dedi o‘g‘liga. — Istaymenki, men ko‘rgan qayg‘ularu shafqatsizliklarni ilohim sen ko‘rmagin.
— Xo‘p, hazratim, men faqat siz bilgan ajoyibotlarni bilsam bas!
Ota-bola suhbatga berilib arkka qanday yetganlarini sezmay qoldilar. Keyin ular darichalari Shohi Kobul tog‘iga qarab ochiladigan xushhavo xonai xosda o‘tirganlarida Humoyun qo‘liga qog‘oz va qalam oldi-yu, otasi ixtiro qilgan Xatti Boburiy harflari bilan bir bayt she’r yozdi:

Turklar xatti nasibing bo‘lmasa, Bobur, ne tong,
Boburiy xatti emasdur, xatti Sig‘noqiydurur*.

Bobur so‘nggi daf’a Samarqandda yuz bergan mash’um voqealarni va Xatti Boburiyni maktabda bolalarga o‘rgatgan muallimning toshbo‘ron qilib o‘ldirilishini eslab «uh» tortdi.
Bir vaqtlar Ulug‘bekni halok etgan yovuz kuchlar uning rasadxonasini qayta tiklamoqchi bo‘lgan Boburni ham dinsizlikda va rofiziylikda ayblab, hatto qo‘shinning ko‘p qismini shunga ishontirgani Qizilqumdagi mag‘lubiyatga zamin yaratgan edi. Shundan beri Bobur o‘zi ixtiro etgan xatni joriy etish fikridan butunlay qaytgan edi.
— Senga buni qaysi mualliming o‘rgatdi? — so‘radi Bobur Humoyunning yozuviga ko‘z yugurtirib.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:23:07
— Mirbadal xattotdan o‘rgandim... Humoyunning yozuvida xato bo‘lmasa ham, lekin hali bu xatga qo‘li o‘rganmaganligidan harflar notekis chiqqan edi.
— Senga manzurmi?
— Juda! Belgilari oz. Tez yozish mumkin. O‘qishi jo‘n.
— Unday bo‘lsa ko‘proq mashq qil. Minba’d menga maktub yozsang, shu xat bilan biti. Men ham senga shu xat bilan javob yozurmen. Maxfiy tutmoq oson bo‘lur.
Humoyun podshoh otasi bilan maxfiy xatlar yozishini ko‘z oldiga keltirdi-yu, ko‘nglida yana issiq bir iftixor tuyg‘usi mavj urdi. Otasiga mehri toblanib, uning ko‘ngliga yoqadigan yana bir ish qilgisi keldi.
— Hazratim, lozim bo‘lsa, endi musiqadan bir imtihon qilib ko‘ring.
— Qani, qani!
Humoyun savdarboshiga afg‘on rubobini keltirishni buyurdi. So‘ng dur va sadaf bilan bezatilgan, tog‘lar sadosini eslatuvchi ulug‘vor tovush beradigan bag‘ri keng rubobni sozlab, avval navo yo‘lida bir kuy chaldi, keyin savtga o‘tdi. Bobur qulog‘iga juda yoqimli tuyulgan bu savtni darhol tanidi.
«Chorgoh savti» deb atalgan bu kuyni bultur Boburning  o‘zi  bastalagan  edi.  Humoyun buni ham izlab topibdi-da! Yoki murabbiylari unga ataylab otasi yozgan she’rlarni yodlatib, otasi bastalagan kuyni o‘rga¬tib, shu yo‘l bilan podshohdan tahsin eshit-moqchimikinlar?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:23:38
Murabbiylarda shunday bir xushomad bo‘lganda ham Humoyunning o‘zi kuyni samimiy ixlos bilan chalayotgani bilinib turardi. Bola o‘zining boyagi so‘zini — otasining ijodidan ibrat olishga havasi zo‘rligini hozir chindan isbot qilmoqda edi.
Bobur o‘g‘li chalayotgan go‘zal kuyga quloq solib turib, ko‘ngli zavqli tuyg‘ularga to‘lib ketdi.
Endi o‘zining hayoti ham unga eng yorug‘ va tiniq tomonlari bilan ko‘rina boshladi. Axir u ham bir vaqtlar Humoyun kabi beg‘ubor, musaffo yoshlik damlarini boshdan kechirmaganmidi? Uning hayoti ham tiniq bir buloq bo‘lib oqmaganmidi? Keyin bu buloqning ustiga jarlar qulab, uni loyqalatdi. Lekin hali bu buloq qurigan emas, uning obihayoti Humoyunning qalbini ham obod qilgani mana hozir bilinib turibdi.
Bobur o‘zi bilan o‘g‘lining orasida ajib bir bog‘lanish borligini bugun birinchi marta aniq sezdi. Otaning ha¬yoti o‘g‘lining hayotida aynan takrorlanmasa ham, lekin yangi bir tarzda davom etishi mumkinligiga, agar o‘g‘il astoydil otaga sodiq bo‘lsa, unga tortsa, otaning umri o‘g‘ilning umriga ulanib ketishiga Boburning endi ko‘zi yetdi. Shunday bo‘lgach, Humoyunni atkasi, onasi va murabbiylari Boburga ixlosmand qilib tarbiyalaganlari, unga otasining fazilatlarini saralab olib berishga intila¬yotganlari katta bir ne’mat emasmi? Boburning o‘zi ham o‘g‘liga faqat fazilatlarini ravo ko‘radiku. Faqat shunda¬gi¬na o‘g‘il u qilgan xatolarni qilmasligi, u tortgan azoblarni tortmasligi mumkin.
Fazilatlar... Bobur o‘z fazilatlarini bugun o‘g‘li orqali allanechuk saralangan holda ko‘rib, ko‘ngli ko‘tarildi, o‘ziga birdan hurmati ortdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:26:44
Keyin u Humoyunning atkasi Qosimbekni saroyga chaqirtirib, unga bosh-oyoq sarupo va ot in’om qildi. Shahzodaning boshqa murabbiylari va muallimlari ham katta-katta hadyalar oldilar.
— Senga ne in’om qilay, ayt! — deb Bobur o‘g‘liga kulimsirab tikildi.
Humoyun kitob yig‘ishni yaxshi ko‘rardi. Uning alohida bo‘lmani egallagan xos kutubxonasidan tashqari, xobgohida ham kitob to‘la javonlar bor edi. To‘shagi¬ning bosh tomoniga xushbo‘y sandal daraxtidan ishlangan javon qo‘yilgan, otasining she’riy devoni javonning alohida tokchasida yolg‘iz turar edi.
— Yana yangi she’riy kitoblar yozsangiz, — dedi Humoyun otasiga uyalinqirab ko‘z tashlarkan, — mana shu alohida tokcha sizning asarlaringiz bilan to‘lsa... O‘g‘lingizning tilagi shu!
Bobur zavq bilan qah-qah urib:
— E-ha, sening bu tilagingni o‘rinlatmoq uchun men bir umr mehnat qilmog‘im kerak-ku!.. — dedi. — Mayli, «yaxshi niyat — yarim davlat» derlar. Bugundan boshlab sen uchun bir she’riy kitob boshlagaymen. Qani, dafta¬ringni ber...
Humoyun muqovasi oltin suvi bilan ziynatlangan, nafis varaqlariga hali hech narsa yozilmagan yangi daftarini otasiga ikki qo‘llab tutdi.
Bobur xona to‘ridagi miz yoniga kelib o‘ltirdi-yu, birdan o‘g‘liga mehri toblanib, hayajon ichida:
«Jigarim bilan jonimga payvand farzandim!»— deb yozdi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:33:28
O‘zidagi otalik mehri va Humoyundagi farzandlik sadoqati tojdor otalar va valiahd o‘g‘illar orasida juda kam uchraydigan nodir tuyg‘ular ekanini, Ulug‘bek bilan Abdullatif orasida bo‘lib o‘tgan fojialarga solishtirganda, u o‘z o‘g‘lidagi samimiy hislarni qanchalik qadrlashi, qanchalik asrab-avaylab, kamolga yetkazishi zarurligini shu lahzada butun vujudi bilan his qildi. Qalbini to‘ldirgan otalik tuyg‘usi she’riy ohang bilan qog‘ozga tusha boshladi: «Davlatu baxt bila Humoyun bo‘l, komron bo‘l, jahonda yuz tuman obro‘yi izzat ko‘r!»
Bobur yozishdan to‘xtab o‘rnidan turdi:
— Davomini keyin bitgaymen!.. Kitobning nomi se¬ning ismingga qofiya bo‘lg‘usidir!..
Bobur o‘sha yili yozib tugallagan she’riy kitob — «Mubayyin» — Humoyunning nomiga chindan ham qofiyadosh edi. U o‘g‘lining daftariga bitgan ezgu tilaklarini ham shu kitobga she’riy satrlar shaklida joylab, hammasini san’atkor xattotga ko‘chirtirdi-da, Humoyunga taqdim qildi.
Humoyun shu vaqtgacha otasidan olgan sovg‘alar orasida eng ulkani va bebahosi — mana shu she’riy kitob ekanini sezib, uni qayta-qayta ko‘zlariga surdi...
U arab tilida yozilgan, murakkab fiqx kitoblarini tushunolmay qiynalib yurar edi. Otasi taqdim qilgan «Mubayyin» fiqxning qonun-qoidalarini ravon turkiy tilda go‘zal masnaviylarda ifodalab, Humoyun uchun ham darslik vazifasini bajarar, ham unga she’riy zavq berardi. Eng muhimi, uning otasiga bo‘lgan mehri, ixlosi shu kitob tufayli yangi bir kuch bilan o‘sib borardi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:33:58
Humoyun o‘n besh yoshga kirganda uning kitob javonida otasining yana bir asari — aruz ilmiga bag‘ishlangan «Muxtasar» paydo bo‘ldi. Humoyunning endigi istagi — otasining o‘smirlik yillaridan beri yozib yurgan «Vaqoi’» nomli kitobini o‘qish edi. U otasining eng katta, eng maroqli asari mana shu ekanini onasi Mohim begimdan eshitgan edi.
Humoyun o‘n olti yasharligida otasi unga Badaxshon viloyatini berib, askar va savdari bilan Kobuldan kuzatib qo‘ydi. Humoyun tog‘lar orasida otasi bilan xayrlasha¬yotganda oila a’zolari o‘zaro «Boburnoma» deb atay boshlagan o‘sha «Vaqoi’» kitobidan bir nusxa ko‘chirtirib yuborishni iltimos qildi.
O‘g‘lining boshqa ko‘p iltimoslarini so‘zsiz qabul qilgan Bobur bu gal yerga qarab bosh chayqadi:
— Hali u kitob bitgan emas. O‘lda-jo‘lda yotgan asarni ko‘chirtirib bo‘lmas.
— Qachon bitkurursiz, hazratim? Men intizormen!
Bobur o‘g‘lining yuziga xomush nazar bilan tikildi.
— Ko‘p intizor bo‘lma. Chunki u kitobning bitishi uchun mening umrim tugashi kerak.
Humoyun seskanib tushdi:
— Nechun bunday deysiz?
«Boburnoma»ning davomi ancha vaqtdan beri yozilmay yurar edi. Qizilboshlar bilan tuzilgan ittifoq, Bobur vataniga begona qo‘shinni boshlab borib, mag‘lubiyatga uchraganlari... buni yozish u yoqda tursin, hatto eslashdan ham yuragi bezillar edi. Nahotki umr kitobining so‘nggi bobi shu bo‘lsa? Bobur eng yirik asarini bu tarzda yozib tugatolmasligini sezardi. Uni ko‘ngildagidek tugallash uchun esa o‘sha mag‘lubiyatlar zahrini yuvib ketadigan katta g‘alabalarga erishishi kerak edi. Mana endi o‘g‘li Humoyun ulg‘ayib, yoniga kiryapti.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:34:36
U Humoyunning so‘nggi gapdan iztirobga tushganini sezib:
— Mening so‘zimdan tashvishlanma, — dedi. — Men «Vaqoi’»ni umrim bo‘yi yozmoqchi bo‘lganim uchun shunday dedim. Orzuyim  borki, uning kelgusi boblariga sening ham yaxshi ishlaring bitilgay. Zora o‘zim ham... bu kitobning poyoniga yorug‘ yuz bilan yetsam.
— Hazratim, undoq bo‘lsa, ilohim «Boburnoma»ni yana ellik yil yozing, yuz yil yozing!
— O‘shangacha kutishga sabr-toqating yeturmikin?— deb kuldi Bobur.
Humoyun jiddiy turib:
— Tangrim oldida ont ichib aytamenki, sabr-toqatim umrim yetgunicha yetur! — dedi.

______________
* G u f t i g o‘ — gaplashish.
* J u s t i j o‘ — qidirish.
* Sh u s t i sh o‘ — yuvish, ya’ni may bilan dil g‘uborini yuvish.
* S i g‘ n o q — Turkistondan shimolroqda Sirdaryo yaqinida joylashgan qadimiy shahar.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:35:22
2

Kobul daryosining bo‘yida Bobur egachisi Xonzoda begim uchun qurdirgan Bog‘i Dilkushoning ko‘k marmar ko‘shkida mavlono Fazliddin cho‘kka tushib o‘ltiribdi. Undan pastroqda mavlononing soqol-mo‘ylovi ko‘zga ko‘rinib qolgan o‘g‘li odob bilan qo‘l qovushtirib, yerdan ko‘zini olmay sukut saqlaydi.
Nafarmon kabo kiygan, yuziga oq harir parda tutgan Xonzoda begim siniq tovush bilan to‘xtab-to‘xtab so‘zlaydi:
— Hammadan ko‘ra.. o‘lgan odamga qiyin ekan, mavlono. O‘lgan qaytib kelmas ekan... Tiriklar... oh-voh qilib, ming kuyib-yonsalar ham, axiri bir kun... tasalli topar ekanlar. Mana, o‘zimdan qiyos...
— Begim, bu zamonda tiriklarga ham oson emas. Mening Andijondan bosh olib chiqib ketganimga yigirma uch yil bo‘ldi. Shundan beri sizning boshingizga qancha kulfatlar tushdi! Biz qancha balolarni ko‘rdik.
Xonzoda begim Andijonda qolib ketgan yoshlik yillarini ko‘z oldiga keltira boshladi. Mavlono Fazliddin o‘shanda qanchalik ko‘hlik yigit bo‘lganiga hozir isho¬nish qiyin. Azob-uqubatlarga to‘lib-toshgan so‘nggi o‘n yilliklar uning bo‘yinlariga ham ajinlardan to‘r solib ketgan, qo‘llarini suyakday qotirib, tomirlarini bo‘rttirgan, yelkasini bukchaytib, oltmish yoshlik mo‘ysafidga o‘xshatib ketgan. Holbuki, u endi ellik uch yoshga kirgani Xonzoda begimga ma’lum edi. «O‘zimchi?» deb begim har kuni ko‘zguda ko‘radigan aksini xayolidan o‘tkazdi. Xonzoda begimning old tishlaridan uch-to‘rttasi tushib ketib, lablari burisha boshlagan, sochi siyraklashib, kulrang tusga kirib qolgan edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:35:59
Go‘zal yoshliklari endi hech qachon qaytib kelmasligi, umrlarining eng yaxshi yillari ochilmay so‘lgan gulday umrbod  xazon bo‘lganligi Xonzoda begimning yurak-bag‘rini timdalab o‘tdi.
— Mavlono, o‘g‘lingiz necha yoshdalar?
— Yigirma birda, begim.
Xonzoda begim halok bo‘lgan Xurramshohning tirik bo‘lsa hozir yigirma ikki yoshga kirishini esladi. Bu yo‘qotishning unutilmas alami keyingi dardi ustiga qo‘shildi-yu, ko‘ziga yosh quyilib keldi:
— Ishqilib, o‘g‘lingizning umri uzoq bo‘lsin. Men ko‘rgan musibat sizning boshingizga hech vaqt tushmasin, mavlono. Men endi tirik qolmayman degan edim. Yolg‘iz o‘g‘limning ketidan ketaman degan edim. Lekin jonim qattiq ekan.
Mavlono begimning yig‘isidan sarosimaga tushib o‘g‘liga bir qarab oldi. So‘ng begimning xayolini boshqa yoqqa burish uchun o‘zining boshiga tushgan azob-uqubatlardan so‘zlashga tushdi:
— Hirotlar ham juda notinch bo‘lib ketdi, begim. Shoh Ismoil shaharni olib, sunniylarni quvg‘in qildi. Keyin yana shayboniyzodalar shaharni bosib olib, shia tarafdorlarini qatag‘on qildi. Shia mozorlarini ochirib, Marvda Shayboniyxonni o‘ldirtirgan ruhoniylarning suyaklarini to‘plarga solib ottirdilar. Keyin ko‘p o‘tmay, Hirotni yana qizilboshlar ulardan tortib olishdi. Qasd olish qaytadan boshlandi. Hammayoq alg‘ov-dalg‘ov. Kamoliddin Behzod Hirotdan Tabrizga shoh saroyiga xizmatga olib ketildi. Mavlono Xondamir shahardagi to‘polonlardan bezib, ota yurtlaridagi uzoq bir qishloqqa chiqib ketdilar. Bizga o‘xshagan musofirlarning ahvoli bundan  ham battar bo‘ldi... O‘g‘limiz Aloviddin Hirotda sangtaroshlik san’atini o‘rgangan edi. Lekin san’at bilan kimning ishi bor? Axiri, shoir Muhammad Sulton bilan maslahatni bir joyga qo‘ydigu Bobur mirzodan panoh istab Kobulga keldik.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:37:07
Bu gaplar davomida Xonzoda begim ko‘z yoshlarini artib, o‘zini ancha bosib oldi:
— Kelib behad yaxshi qilgansiz, mavlono... men sizga bir omonatingizni qanday qaytarishni bilmay yurgan edim.
Mavlono Fazliddin ko‘zlari pirpirab:
— Qaysi omonatim? — dedi.
Xonzoda begim ma’yus kulimsirab:
— Hozir, — dedi-yu, o‘rnidan ko‘tarildi va to‘rdagi o‘ymakor eshikdan ichkariga kirib ketdi.
Ko‘p o‘tmay u bir xizmatkorga oq ipak matoga o‘ralgan narsani ko‘tartirib qaytib chiqdi. Begimning ishorasi bilan xizmatkor haligi narsani mavlono Fazliddinning oldiga qo‘ydi-da, ta’zim qila-qila orqasi bilan yurib chiqib ketdi.
— Mavlono, ochib ko‘ring, — dedi Xonzoda begim.
Mavlono Fazliddin o‘ramni sekin ochdi-yu, chetlari sarg‘ayib ketgan chizmakashlik qog‘ozlarini ko‘rdi. So‘ng ularni avaylab varaqlar ekan, o‘zining Andijonda qurmoqchi bo‘lib, Xonzoda begim bilan bamaslahat chizgan loyihalarini tanidi. Yigitlik orzulari xayolida qaytadan uyg‘onib, ko‘zlari chaqnab ketdi. Andijonda qurilmay qolgan obidalarning loyihasini shuncha yildan beri asrab olib yurgan Xonzoda begim unga hozir o‘sha oshiqlik paytidagidek nafis va jozibali ko‘rindi. O‘shda, qoyatosh ustida noxosdan begimning belidan olgan paytidagi shirin tuyg‘ulari uyg‘ondi-yu, yuragini zavqqa to‘ldirdi:
— Hazrat begim, siz menga jonimni qaytarib bergandek bo‘ldingiz! Mo‘’jizani qarang! Orada shuncha yillar! Shuncha yo‘llar! Shuncha tog‘u daryolar!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:38:10
Mavlono Fazliddinni to‘lqinlantirgan zavq va quvonch Xonzoda begimga ham o‘tdi. Uning tovushida shodlik jarangi eshitildi:
— Rostdan, bu loyihalar menga qo‘shilib juda ko‘p balolarni boshdan kechirdi. Men qancha joyga borgan bo‘lsam, bular ham bisotlarimu javohirlarim orasida men bilan sargardon bo‘lib yurdi. Faqat oxirgi marta Qunduzdan Samarqandga jo‘naganimizda tog‘laru daryo¬lardan ko‘p yuk olib o‘tib bo‘lmadi. Sandiq¬larimdan bir qismi Qunduz qo‘rg‘onida qoldi. Shularning ichida bu loyiha ham qolgan ekan. Samarqandga borib ko‘p achindim. Yoz kelsa Qunduzga odam yuborib olib keltirmoqchi edim... Keyin haligi falokatlar bo‘ldi... Qunduzga qolgani yaxshi bo‘lgan ekan. Boshqa sandiqlarimning hammasi Hisorda fitnachi mo‘g‘ullarning ilkida qoldi... Mavlono, qarang-chi, hamma varaqlari joyidami?
Shunday deb, Xonzoda begim yuzidan harir pardasini boshi ustiga ko‘tarib qo‘ydi-yu, loyihalarga tikilib qaradi.
— Hammasi joyida! — dedi mavlono Fazliddin uning yuziga minnatdorona ko‘z tash-lab. — Samarqandda faqir sizning huzuringizga kirishga jur’at etolmagan edim.
— O‘zim sizni chorlamoqchi bo‘ldim. Ammo loyihalar Qunduzda qolganligi uchun andesha qildim...
Mavlono Fazliddin Andijonda Xonzoda begimning suratini ham chizganini, hozir loyihalar orasida o‘sha surat yo‘qligini begimga eslatgisi kelib:
— Balki... Suratlar yo‘qolib ketgandur? — dedi.
Xonzoda begimning yuziga nafis qizillik yugurdi:
— Hali ham musavvirlik qilmoqdamisiz, mavlono?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:38:24
— Hazrat begim, ko‘p yil mashq qilinmasa qo‘l musavvirlikdan chiqib qolar ekan... Hozir faqat me’morlik bilan mashg‘ulmen.
— Andijonda chizgan suratlaringizni men alohida saqlamoqdamen, — deb Xonzoda begim mavlononing o‘g‘liga iymanib ko‘z tashladi.
Bo‘y yetib qolgan bu yigit oldida o‘zlarining yoshlik muhabbatlarini eslatuvchi suratni Xonzoda begim ataylab olib chiqmaganini mavlono Fazliddin endi sezdi.
— Lutfan siz haqsiz, hazrat begim... O‘sha suratlar endi umrbod sizniki bo‘lg‘ay!
Buni juda istab turgan Xonzoda begim:
— Saxovatingizdan toabad minnatdormen! — dedi.
Mavlono Fazliddin qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, odob bilan bosh egdi. So‘ng gapni yana ochiq turgan eski lo¬yihalari ustiga burdi:
— Men endi bularni Hirotda o‘rgangan yangiliklarim bilan to‘ldirgaymen. Ana undan so‘ng bemalol amalga oshirsam bo‘lur... faqat... bu madrasayu qasrlar qaerga qurulmog‘i mumkin? Andijon... uzoqda qoldi. Kobulgami?
Xonzoda begim ma’yus bosh chayqadi:
— Kobul — biz orzu qilgandek qudratli davlat emas, mavlono. «Ulug‘ me’morlik obidalari qurmoq uchun ulkan davlatning qudratiga suyanmoq kerak» deganlar haq ekanlar. Nachora?..
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:38:39
Mavlono Fazliddin oldida ochiq turgan tarhlarga g‘amgin ko‘z tikib:
— Ha, taqdir bizni notavon qilib yaratmishdir, — dedi. Ovozi keksalarnikidek g‘ijirlab eshitilganini o‘zi ham sezdi-yu, qo‘shib qo‘ydi: — Men endi qarib qoldim. Qirg‘inlar, to‘polonlar, fatoratlar bilan umrim o‘tdi. Lekin nahotki bu hammasi uzluksiz davom etaversa? Axir bir men emas, o‘nlab zakovatli olimlar, hunarpeshalar, shoirlar jaholat dovuli bilan Movarounnahru Xurosondan quvilmishlar. Ilgari qora kuchlar bizni Andijondan quvsalar, Samarqanddan panoh topar edik. Samarqand johillari kun bermasalar Hirotdan najot izlar edik. Endi Andijonu Samarqand ham, Buxoroyu Hirot ham — barchasi ko‘chmanchi sultonlaru diniy adovatlar dovulidan zir titramoqda. Dovul uchirgan xazonday vatanidan quvilgan qancha ma’rifatlik olimu san’atkorlar, qancha nodir iste’dodlar behuda hayf bo‘lib ketmoq¬dalar. Bizning vatandan ayrilishimiz — daryoning o‘zanini yo‘qotib, dashtu biyobonga toshib chiqib ketishiga o‘xshaydir. Amudaryo bir vaqtlar shu kuyga tushgan ekanu to o‘ziga yangi yo‘l solib, boshqa bir dengizga borib qo‘yilguncha u yoqdan-bu yoqqa bosh urib, toshib yurgan ekan. Biz ham umr bo‘yi u yoqdan-bu yoqqa bosh urib munosib o‘zanimizni topolmaymiz. Endi bu kajraftor falak hech bo‘lmasa farzandlarimizga rahm qilsin! Biz bo‘lmasak, bular o‘zlariga munosib o‘zan chopib, yangi bir madaniyat dengiziga borib quyil¬sinlar!
Umr bo‘yi o‘z ijodiy rejalarini amalga oshirolmay kuyib yurgan iste’dodning bu alamli nidosi Xonzoda begimni titratib yubordi.
— Mavlono, faqat siz emas, Bobur mirzo ham o‘zanini yo‘qotgan daryodek bezovtalar!
— Bilamen, taqdir ul hazratga ham o‘gaylik qilmishdir!
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:39:10
— Ammo Bobur mirzo sargardon bo‘lib yurgan iste’dodlar daryosini bir joyga yig‘moqchilar, nasib bo‘lsa, ilmu san’atning yangi bir dengizini barpo qilmoqchilar.
— Biz uchun so‘nggi umid hali ham Bobur mirzodirlar. Shuning uchun o‘g‘lim bilan Kobulga keldik.
— Qaerga joylashdilaringiz, mavlono?
— Jiyanim Tohirbeknikiga tushdik. O‘zi safarda ekan...
Ota-bola ikkovlari ham eski kiyim kiyishgan, rang-larini juda oldirib qo‘yishgan. Ularning moddiy jihatdan ham qiynalib yurganlarini sezgan Xonzoda begim yana o‘rnidan turib, ichkari xonaga kirib ketdi. Qabosining cho‘ntagidan kalit olib, tokchada turgan po‘lat sandiqni ochdi.
Inisi Bobur mirzo Xonzoda begimga eng nufuzli a’yon¬lari qatori ulufa tayinlagan edi. Har oyda xazinadan charm hamyonga solingan ming dinor oltin kelib turar edi. Xizmatkorlar begimga berilgan mulkning ekin-tikini bilan tirikchilik o‘tkazishardi. Begimning bir o‘ziga ko‘p pul ketmas, shuning uchun xazinadan kelgan oltin to‘la hamyonlarning anchasi po‘lat sandiqda taxlanib turar edi.
Xonzoda begim mavlono Fazliddinning kichikroq bir hovli va ot sotib olishi, kiyim-kechagi, uch-to‘rt oylik tirikchiligi uchun qancha pul ketishini chamalab ko‘rdi-da, ming dinorlik hamyonlaridan ikkitasini oldi. So‘ng ularni boyagi xizmatkorga berib, oltin barkashda ko‘tartirganicha ota-bolaning oldiga qaytib chiqdi.
Mavlono Fazliddin hamyonni ko‘rib, xijolat cheka boshladi. Xonzoda begimdan pul olish unga og‘ir edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 21:40:01
Xonzoda begim mavlono Fazliddinning kichikroq bir hovli va ot sotib olishi, kiyim-kechagi, uch-to‘rt oylik tirikchiligi uchun qancha pul ketishini chamalab ko‘rdi-da, ming dinorlik hamyonlaridan ikkitasini oldi. So‘ng ularni boyagi xizmatkorga berib, oltin barkashda ko‘tartirganicha ota-bolaning oldiga qaytib chiqdi.
Mavlono Fazliddin hamyonni ko‘rib, xijolat cheka boshladi. Xonzoda begimdan pul olish unga og‘ir edi.
— Mavlono, bu hamyonlar Bobur mirzoning xazinalaridan kelmishdir. O‘zlari bo‘lmaganliklari uchun ulufalarini men sizga topshirmoqchimen. Biri — o‘g‘lingiz Aloviddinga. Marhamat! Olingiz!
Aloviddin qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, endi birinchi marta og‘iz ochib gapirdi:
— Rahmat, hazrat begim, biz sizdan behad minnatdormiz!
Uning yoqimli tovushi va so‘zlarni mayin talaffuz qilishi mavlono Fazliddinning yigitlik paytini eslatar edi... Shu tufayli ota-bola ikkovi ham begimga benihoya aziz ko‘rinardi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 22:03:27
3

Amudaryo tomondan tog‘ oshib uchib kelgan turnalar Kobulning ustidan janub-sharq tomonga o‘tmoqda edilar. Arkning tillakori ayvonida Mohim begim bilan nonushta qilib o‘tirgan Bobur turnalarning qisqa va sirli tovush bilan «qurey»lashini eshitdi-yu, o‘rnidan turib, ayvon chetiga bordi va osmonning ovoz kelayotgan tomoniga tikildi... Ko‘kda egilib-chayqalib kelayotgan bir shoda qora marjonni ko‘zlari bilan qidirib topgandan keyin turnalarning tovushi unga go‘yo aniqroq eshitila boshladi.
Go‘zal va tiniq «qur-ey», «qur-ey»larda qandaydir horg‘inlik ohanglari borga o‘xshardi va turnalarning uzoq-uzoqlardan uchib kelayotgani esga tushar edi. Balki ular shu kelishda Andijonning ustidan uchib o‘tirgandirlar? Yoki Toshkent va Samarqand atroflaridagi so-kin suvlar bo‘yiga qo‘nib dam olgandirlar?
Bu o‘ydan Boburning qalbini alamli bir sog‘inch tuyg‘usi chulg‘ab oldi. Hatto shu turnalar ko‘rib kelayot-gan joylarni u endi borib ko‘rolmaydi. Ko‘li Malikda va G‘ijduvonda yengilib, Hisorda fitnachilar xiyonatidan abgor bo‘lib qaytganiga, mana, o‘n uch yil bo‘lyapti. Bobur shundan beri qaltis harbiy yurishlardan o‘zini tiyib yuribdi. Mo‘g‘ul beklarining xiyonatlarini Qunduzdayoq bila turib, yana o‘shalarga va qizilboshlarga tavakkalchilik bilan suyanib ish qilgani uning vataniga qaytadigan barcha yo‘llarini bekitib tashlagan edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 22:04:05
Turnalarning uzoqlashib so‘nib borayotgan tovushlari ta’sirida Boburning ko‘ngliga: «Endi tug‘ilib-o‘sgan yur¬tingga umrbod qaytolmaysan!» degan alamli o‘y keldi-yu, yuzi birdan tundlashdi. Orqasiga o‘girilib, savdarboshiga chog‘ir keltirishni buyurdi.
Mohim begim dasturxon yonidan Boburga tomon kelar ekan:
— Hazratim, ertalabdan chog‘ir? — deb taajjublandi. Hozir farzandlaringiz salomga kelurlar... Ana, mirzo Hindol atkalari bilan kelmoqdalar.
Boshiga kichkina ipak salla o‘ragan, murassa’ kamariga kichkina qilich taqilgan sakkiz yoshli mirzo Hindol ayvonning baland zinapoyasidan kattalarday qo‘l qovushtirib, ta’zim qilib chiqdi. Otasi buni ko‘rib beixtiyor jilmaydi. Hindolni yelkasidan quchib erkalatdi, keyin uni yoniga olib, zarbof ko‘rpacha ustiga o‘ltirdi.
— Qilich taqib olibsiz, amirzodam, jangga bormoq¬chimisiz? — deb hazillashdi.
Hindol katta-katta ko‘zlarini chaqnatib Mohim begimga bir qarab oldi. Mohim begim «Ayting!» deganday bosh irg‘adi. Shunda Hindol burro til bilan otasiga:
— Meni ham olib boring, — dedi.
— Qayerga?
— Hin... Hindistonga.
— Hindistonda nima qilmoqchisiz?
— Yo‘l... yo‘lbarsni ko‘ramen...
— Ana xolos! — deb Bobur kuldi. — Biz sizga Hindol ismni bersak, siz faqat Hind yo‘lbarsini tomosha qilmoq¬chisiz xolosmi?
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 22:04:28
Bola qizarib:
— Yo‘q, — dedi va jajji qilichining sopini qisimiga oldi. — Agar yo‘lbars... «eyman» desa, men mana shu qilich bilan uni uramen!
Bobur Hindolni yana yelkasidan quchib erkalatdi:
— Barakallo! Unday bo‘lsa sizni Hindistonga albatta olib borurmiz...
Shu payt ayvon zinapoyasidan oltin ko‘zachada chog‘ir olib chiqayotgan sharbatchi ko‘rindi. Mohim unga qo‘li bilan «Qayting!» ishorasini qildi. Sharbatchi Boburga qo‘rqa-pisa ko‘z tashladi-da, uning o‘g‘li bilan ovunib, chog‘irni esidan chiqarganini sezdi va zinadan sekin qaytib tushib ketdi. Bobur Hindoldan xat-savodni qanchalik o‘rganganini, qanaqa she’rlar yod bilishini so‘radi.
— Men qur’on oyatlaridan yod bilurmen. Kulhu ollohu ahad...
— Hindolning she’rga unchalik ishi yo‘q, — deb izoh berdi Mohim begim. — Bunga o‘yin bo‘lsa, yoydan o‘q otsa, ot chopsa bas. Kitobga xushi yo‘q.
— Balki yoshi kichik bo‘lgani uchundur?
— Gulbadan bundan uch yosh kichik. Ammo savodi Hindoldan yaxshi. Hozir ko‘rursiz... Qizcha kitobga shunchalik o‘chki, taajjubdan yoqamni ushlaymen.
Bobur o‘ychan tovush bilan:
— Nahot Hindol o‘sha tog‘alariga tortsa? — dedi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 22:04:53
Boburning bu so‘zlarida qanchalik murakkab ma’no borligini faqat Mohim begim tushunardi. Chunki Hindol Mohim begimdan emas Boburning kichik xotini Dildor og‘achadan tug‘ilgan edi. Shariat beradigan ruxsat bo‘yicha Bobur ham uch xotinlik bo‘lib olgan, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan bu berahm odat Mohim begimni qanchalik ezmasin, alamini ichiga yutib chidab kelar edi. Boburning ikkinchi xotini Gulruh begimdan Mirzo Komron va Mirzo Askariy otliq ikki o‘g‘il tug‘ildi. Bular Humoyundan keyingi taxt vorislari edilar. Gulruh begim shu sababli Mohim begimga kundoshlarcha sovuq muomala qilar edi. Uch xotin Kobulning uch chekkasida har biri alohida ko‘shkda tursa ham bir-birlarining ahvollaridan xabardor edilar. Dildor og‘acha besh yilda ikki qiz tug‘di. Mohim begim esa uch marta farzand dog‘ini boshdan kechirdi. Uning Humoyundan keyin tuqqan ikki o‘g‘il, bir qizi birin-ketin o‘lib ketdi. Keyin umuman bo‘yida bo‘lmay qoldi. Buning hammasidan Mohim begim juda qattiq kuyib yurganini sezgan Bobur unga qanday tasalli berishni bilmas edi. Bir kuni mana shu ayvonda o‘tirganlarida Mohim begimning o‘zi: «Dildor og‘acha yana homilador emishlar, — deb qoldi.— Men kuyib ado bo‘ldim. Endi Dildor og‘acha shu gal o‘g‘il tug‘sa ham, qiz tug‘sa ham, agar menga bersangiz o‘z farzandimdek tarbiyalab o‘stirar edim».
Dildor og‘acha o‘z farzandini kundoshiga ishonib topshirishini tasavvur qilib bo‘lmas edi. Lekin Mohim begim Humoyunni qanchalik yaxshi tarbiyalaganini hamma bilar, uning yana farzand o‘stirish ishtiyoqi zo‘rligini Bobur ham sezar edi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 22:05:31
Dildor og‘acha Kobulning Bog‘i Yo‘ng‘ichqasida mana shu Hindolni tuqqanida Boburning maxsus farmoni bilan uch kunlik chaqaloqni arkda turadigan Mohim begimning tarbiyasiga keltirib berdilar.
Bu bolani to‘qqiz oy qalbi tagida ko‘tarib yurgan Dildor og‘acha: «O‘g‘limdan tiriklay judo bo‘ldim», deb ancha vaqt yig‘lab-siqtab yurdi. Bobur unga:
«Azaldan udum shundoq, — deb vaj ko‘rsatdi. Podshoh oilasida o‘g‘illarni katta xotin tarbiyat etmog‘i kerak. Mohim Humoyunni qandoq voyaga yetkazdi, ko‘rdingmi? Hozir Badaxshonda eng obro‘lik hokim! Xudo xohlasa, Mohim Hindolni ham shundoq voyaga yetkizgusidir!»
Mohim begim Hindolni o‘z farzandidan ham ziyoda tarbiya qilayotgani Boburga ma’lum edi-yu, lekin bola¬ning tog‘a avlodlari johil va ma’rifatsiz odamlar edi. Dildor og‘acha Hisor va Samarqandda ko‘p yomon ishlar qilgan Sulton Mahmud mirzoning avlodlaridan edi. Shayboniyxon tomonidan o‘ldirilgan Sulton Ali mirzoga ham xeshligi bor edi. Bobur Samarqandda so‘nggi gal g‘alaba bilan borganda va qizilboshlar bilan may ichib yurgan kunlarida Dildor og‘achaning husnini, xususan, dutor chalib ashula aytgandagi shirin ovozini yoqtirib qolib, kayf ustida uni haramiga olgan edi. Buning hammasidan xabardor bo‘lgan Mohim begim Boburning «Hindol ma’rifatsiz tog‘alariga tortmasin, tag‘in!» degan hadigini tarqatishga intildi:
— Hazratim, Humoyunning ko‘p fazilatlari Hindolda ham bor. Qalbi to‘la mehr.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 22:06:37
Ishonamenki, Hindol ham sizga tortgay. Egachingiz Xonzoda begimdan eshitganmen. Siz ham mana shu yoshda «urush-urush» o‘ynashni behad yaxshi ko‘rar ekansiz.
Bobur yana Hindolga yuzlandi:
— Men senga kitoblar sovg‘a qilsam o‘qurmisen?
— O‘qu... o‘qurmen! — deb Hindol tutilibroq javob berdi.
Bobur munshini chaqirib, Kobul kutubxonasidan Hindolga kerakli kitoblarni Mohim begimga keltirib berishni buyurdi. Shundan keyin savdarboshi ichki xo¬nadan bolaning bo‘y-bastiga moslab ishlangan oltin dastali Kamoni Shoshiy olib chiqdi. Chiroyli soqdoqda o‘n ikkita oltin bezakli yoy o‘qi ham bor edi. Bunday chiroyli o‘q-yoyni birinchi marta ko‘rayotgan bola nodir sovg‘ani qo‘liga olganda ko‘zlari quvonchdan yaltirab ketdi.
— Ana, tirandozliqni mashq qil, ammo kitob o‘qishni ham unutma! — deb tayinladi Bobur.
Hindol ta’zim bilan otasiga qulluq qilib, zinapoyadan pastga tushib ketdi. Oradan sal o‘tmay ayvonning ichki eshigidan ellik yoshlardagi enaga ayol kichkina Gulbadanni qo‘lidan yetaklab chiqdi. Bu istarasi issiq ayol — Tohirning xotini Robiya edi. Avvallari Qutlug‘ Nigor xonim xizmatida bo‘lgan Robiya hozir Mohim begim huzurida besh yashar Gulbadanga enagalik qilmoq¬da edi.
Bobur o‘z oilasiga yigirma to‘rt yillik qadrdon bo‘lgan Robiyaning ta’zim bilan bergan salomiga alik olib, u bilan iliq so‘rashdi. So‘ng qizchasi Gulbadanga yuzlandi.
Nom: Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Yuborildi: shoir 24 Dekabr 2007, 22:07:29
Qo‘g‘irchoqday yasantirilgan jajji qizchaning qosh-ko‘zi beixtiyor Dildor og‘achani eslatdi. Gulbadanni ham o‘sha go‘zal juvon tuqqan edi. Mohim begim Hindolni onalarcha suyib parvarish qilayotganini yillar davomida kuzatib yurgan Dildor og‘acha bu ayolning tantiliga qoyil bo‘lgan va Gulbadanni unga o‘zi farzandlikka bergan edi. Bu ikki ayol endi kalondimog‘ Gulruh begimga qarshi go‘yo bolalar orqali ittifoq tuzgan edilar. Gulruh begim esa bir emas, ikki o‘g‘li bo‘y yetib kela¬yotganidan behad mag‘rurlanar, Komron mirzo va Askariylarni taxt vorisi Humoyunga qarshi raqobat tuyg‘usi bilan tarbiyalar edi. Shu sababli Bobur ham Gulruh begimdan ko‘p ranjir, lekin oradagi kundoshlik balosini butunlay daf qilish qo‘lidan kelmas edi.
Murg‘ak qizchasini ko‘rgan zahoti esiga tushgan bu murakkabliklar Gulbadanning egilib ta’zim qilishi va shirin «assalomi» bilan xayolidan uzoqlasha boshladi. Bobur qizchasini qo‘lida ko‘tarib olib, peshonasidan o‘pdi