forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => Mavzu boshlandi: Shahina 04 Fevral 2007, 19:52:48

Nom: Tez aytishlar
Yuborildi: Shahina 04 Fevral 2007, 19:52:48
Boqi qoqini Soqiga sotdimi,
Soqi qoqini Boqiga sotdimi?

* * *

Asalari asalini ayiqdan ayamadi.
Nom: Re: Tez aytishlar
Yuborildi: Shahina 04 Fevral 2007, 19:53:01
Soli hovlida xoli qoldi.

* * *

Erkin egatga ekin ekdi.
Nom: Re: Tez aytishlar
Yuborildi: Shahina 04 Fevral 2007, 19:53:13
Ergash Erkinga ergashdimi,
Erkin Ergashga ergashdimi?

* * *

Hamma Xayriga hayron.
Nom: Re: Tez aytishlar
Yuborildi: Shahina 04 Fevral 2007, 19:53:29
Tolib to‘pni tepib toldi,
so‘ngra to‘pni sumkaga soldi.

* * *

Qobil qordan Qorbobo yasadi.
Nom: Re: Tez aytishlar
Yuborildi: Shahina 04 Fevral 2007, 19:53:43
Izg‘irin Izzatni izillatdi.

* * *

Ra’no Ravshandan ranjidimi,
Ravshan Ra’nodan ranjidimi?
Nom: Re: Tez aytishlar
Yuborildi: Shahina 04 Fevral 2007, 19:54:00
Soat soatiga soatlab qaradi.

* * *

Salim sumkasiga patirni soldi,
Salima sumkasidan atirni oldi.
Nom: Re: Tez aytishlar
Yuborildi: Shahina 04 Fevral 2007, 19:54:16
Surayyo, surmani ko‘zingga surma!

* * *

Sabohat bu safar Samar¬qandga safarga chiqdi.

* * *

Chori childirmani chaldi.
Nom: TEZ AYTISHLAR
Yuborildi: Mahdiyah 31 Mart 2007, 07:25:49
Assalomu alaykum azizlar!

Bu bo'limda bilganingiz, tez aytishlarni birma-bir joylaymiz.
Hohlasangiz bu tez aytishlarni mashq ham qilib ko'ring. Foydasi bor albatta...  :D
Nom: Re: TEZ AYTISHLAR
Yuborildi: Mahdiyah 31 Mart 2007, 07:35:07
OQ CHOYNAKKA OQ QOPQOQ, KO'K CHOYNAKKA KO'K QOPQOQ
Nom: Re: TEZ AYTISHLAR
Yuborildi: Mahdiyah 31 Mart 2007, 07:39:08
rus tilida

SASHA SHLA PO SHOSSE
Nom: Re: TEZ AYTISHLAR
Yuborildi: Abdusalom 03 Aprel 2007, 07:08:41
G'ani g'ildirakni g'ildiratib ketdi.
Nom: Re: TEZ AYTISHLAR
Yuborildi: Shoxjahon12 03 Aprel 2007, 11:13:20
G'ani g'ildirakni g'ildiratib ketdi.

))))  G'ani g'ildirakni g'ildiratib g'ildiratdi.
Nom: Re: TEZ AYTISHLAR
Yuborildi: Flower 03 Aprel 2007, 14:22:43
ingliz tilida

She sells seashells at the seashore.
Nom: Re: TEZ AYTISHLAR
Yuborildi: Salsabiyla 05 Aprel 2007, 23:29:42
Tyanshan tog'ining tagida traktor tarillab turibdi, tarillab turgan traktorning tagida tamaraxonim tansaga tushib turibti.
Nom: Re: TEZ AYTISHLAR
Yuborildi: Mahdiyah 06 Aprel 2007, 07:41:37
ingliz tilida

She sells seashells at the seashore.

ingliz tilida bo'lsa ingliz tilida-da  :D

Peter Piper picked a peck of pickled pepper.
A peck of pickled pepper Peter Piper picked.
If Peter Piper picked a peck of pickled pepper.
Where’s the peck of pickled pepper Peter Piper picked?
Nom: Re: TEZ AYTISHLAR
Yuborildi: Mahdiyah 13 Aprel 2007, 07:48:30
1 sinf kitobidan  :D

Tilim-tilim tilla qovunning
To’rt tilimi tilimni tildi
Nom: Re: TEZ AYTISHLAR
Yuborildi: Mahdiyah 13 Aprel 2007, 07:51:20
Tovuq sovuqda sovqatadimi?
Sovuqda tovuq sovqatadimi?
Nom: Re: TEZ AYTISHLAR
Yuborildi: Mahdiyah 13 Aprel 2007, 07:52:06
Oydinga oynadan oy mo’ralaydi.
Keyin oydinga oyisi mo’ralaydi.
Nom: Re: TEZ AYTISHLAR
Yuborildi: Mahdiyah 13 Aprel 2007, 07:52:32
Bashar bilan Yashar yashil yarim sharda yashashar.
Nom: Re: TEZ AYTISHLAR
Yuborildi: Mahdiyah 13 Aprel 2007, 07:53:06
Temur bilan Yo’lchi — temir yo’lchi,
Temir yo’lchilarga aytib ko’r-chi!
Nom: Re: TEZ AYTISHLAR
Yuborildi: Mahdiyah 13 Aprel 2007, 07:53:34
Tushlikda teshik tishim tushmay,
Kemtik tishim tushibdi.
Nom: Re: TEZ AYTISHLAR
Yuborildi: Mahdiyah 13 Aprel 2007, 07:54:01
Darsda Nasim rasm soldi,
Nasim rasmga razm soldi.
Nom: Re: TEZ AYTISHLAR
Yuborildi: Mahdiyah 13 Aprel 2007, 07:54:24
Jamila jamlagan jami jiydadan Mavjuda jamlagan jami jiyda juda oz.
Nom: Re: TEZ AYTISHLAR
Yuborildi: Murod_bek 14 Aprel 2007, 21:55:39
Assalomu Alaykum!
Bilmadim bu tez aytishmi,men bittasidan eshitgandim "tez aytish" degandi:

Tepada ikkita kal kalhat,bittasi oq kal kalhat,bittasi qora kal kalhat,
Oq kal kalhat qora kalhatni boshini cho'qidi
Qora kal kalhat oq kalhatni boshini cho'qidi!
Assalomu Alaykum!
 :7
Nom: Re: TEZ AYTISHLAR
Yuborildi: lolo 17 Aprel 2007, 15:41:39
Bir tup tut tagida bir tup turp.
Nom: Re: TEZ AYTISHLAR
Yuborildi: Murod_bek 17 Aprel 2007, 22:37:46
Assalomu alaykum.
Murod_bek, ozgina yanglish joyi bor ekan yozib kuydim,faqat uzr

Tepada ikkita kal kalhatlar, biri oq kal kalhat biri qora kal kalhat,
Oq kal kalhat qora kal kalhatni boshini chuqibdi,
Qora kal kalhat oq kal kalhatni boshini chuqibdi.
!
Hato uchun uzr!Nozli ko'rsatgan iltifotingiz uchun minnatdorman!!!
Nom: Re: TEZ AYTISHLAR
Yuborildi: Mahdiyah 19 Aprel 2007, 10:09:43
Qishda qatiq qattiq qotib qolibdi
Nom: Re: TEZ AYTISHLAR
Yuborildi: Mahdiyah 19 Aprel 2007, 10:11:55
Tolib tandir tagidan tanga topdi
Nom: Re: TEZ AYTISHLAR
Yuborildi: Mahdiyah 19 Aprel 2007, 10:14:05
San’at saroyi saroylarning sarasi.

Nom: Re: TEZ AYTISHLAR
Yuborildi: Mahdiyah 19 Aprel 2007, 10:15:13

Salimning sadadagi sap-sariq savasi sahar sayraydi.
Nom: Re: TEZ AYTISHLAR
Yuborildi: Mahdiyah 20 Aprel 2007, 10:54:27
Oltoy olmasi Almati olmasidan oldin pishadimi,
Almati olmasi Oltoy olmasidan oldin pishadimi?

***

Go'zalning gullari gultuvakda gulladi.

***

Uchuvchi suzuvchini uchratdimi,
suzuvchi uchuvchini uchratdimi?
Nom: Re: Tez aytishlar
Yuborildi: AbdulAziz 14 May 2007, 16:34:37
Qishda qatiq qattiq qotib qoldi.

* * *

Tolib tandir tagidan tanga topdi.
Nom: Re: Tez aytishlar
Yuborildi: AbdulAziz 14 May 2007, 16:35:04
Salimning sadadagi sap-sariq sa'vasi saxar sayraydi.

* * *

Qobil qahraton qishda qishloqda qishladi.
Nom: Re: Tez aytishlar
Yuborildi: AbdulAziz 16 May 2007, 06:14:48
Ko'k karam ko'pmi,
Po'k karam ko'pmi?

* * *

Sobir sakkizta sabzi sanadi,
Sakkizta sabzini Sobir sanadi.
Nom: Re: Tez aytishlar
Yuborildi: Mahliyoqiz 23 May 2007, 18:56:58
Sardor savzini sevatga soldimi,
 Sardor savzini sevatdan oldimi.
Nom: Re: Tez aytishlar
Yuborildi: Mahliyoqiz 23 May 2007, 20:45:00
Gani gildirakni gizzillatib gildiratdi.
Nom: Re: Tez aytishlar
Yuborildi: Farida 03 Fevral 2008, 16:42:25
Osmonning osti yermi, yerning usti osmonmi?

***

Kitoblar kitobxonlarga kerak, kitobxonlarga kitoblar kerak.
Nom: Re: Tez aytishlar
Yuborildi: Farida 03 Fevral 2008, 16:42:40
Ortiqali oshpazning oshini yeganlar yuzdan osharmish.

***

Bedanalar bedanazorda sayrayverib, Berdiboyni bezor qildi.
Nom: Re: Tez aytishlar
Yuborildi: AL_laziz87 05 Fevral 2008, 17:43:49
Bashar bilan Yashar
yarim yashil sharda yashashar
Nom: Re: Tez aytishlar
Yuborildi: AL_laziz87 05 Fevral 2008, 17:47:37
Tiyanshan tog'ining tagida Tursunboy tog'aning traktori to'rta tolni tortolmay trillab turibdi.
Nom: Re: Tez aytishlar
Yuborildi: siddiqa 06 Mart 2009, 11:41:27
OQ CHOYNAKKA OQ QOPQOQ, KO'K CHOYNAKKA KO'K QOPQOQ
voy yahshi ko'rgan tez aytishimidi ,(yoshligimda )  :D :D
Nom: Re: Tez aytishlar
Yuborildi: Hamza 06 Mart 2009, 15:14:27
rahmat
Nom: Re: Tez aytishlar
Yuborildi: Hamza 06 Mart 2009, 15:19:25
Noza nozizi onasiga qildi...
Nom: Re: Tez aytishlar
Yuborildi: Abdullоh 06 Mart 2009, 18:04:27
Noza nozizi onasiga qildi...

Assalomu alaykum. Birodar, kechirasiz-u lekin hech narsaga tushunmadim. ???
Nom: Re: Tez aytishlar
Yuborildi: ZUBAIR 06 Mart 2009, 18:31:31
Assalomu alaykum. Birodar, kechirasiz-u lekin hech narsaga tushunmadim. ???

Qo'yavering, yangi userlar shunaqa bo'lishadi =)
Nom: Re: Tez aytishlar
Yuborildi: Mahdiyah 18 Noyabr 2009, 00:42:54
Noza nozizi onasiga qildi...

Assalomu alaykum. Birodar, kechirasiz-u lekin hech narsaga tushunmadim. ???

Ya tavba bunaqasini endi ko'rvomman...

U payt netga sal kamro kirganakanman shekilli ko'rmabmanda...

Nom: Re: Tez aytishlar
Yuborildi: Abdunaimova27 18 Noyabr 2009, 21:48:35
Hammaga Assalomu Aleykum!
Englishcha tez aytish
she sells sea shells down by the sea shore
Nom: Re: Tez aytishlar
Yuborildi: AbdulAziz 04 Mart 2011, 16:49:08
Shunday yaxshi mavzu davom etmay qolibdi.

Demak, ketdik:

Asalari asalini ayiqdan ayamadi.

* * *

Tolib tandir tagidan tanga topdi.

* * *

Lola arralaydi, Sora allalaydi.
Nom: Re: Tez aytishlar
Yuborildi: ree7 04 Mart 2011, 17:53:45
Qishda kishmish pishmasmish, pishsa kishmish qishmasmish, kishmish yegan kishining tishi qamashmasmish..!  Ana silaga tez aytish 8)