forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => Mavzu boshlandi: Shahina 04 Fevral 2007, 19:54:51

Nom: Topishmoqlar
Yuborildi: Shahina 04 Fevral 2007, 19:54:51
Shakli xuddi shar,
To‘ni beqasam.
Mazasi shakar,
Men totib ko‘rsam.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Shahina 04 Fevral 2007, 19:54:59
Beli bog‘liq, bir tutam,
Lekin emas guldasta.
U bilan uy, hovlini.
Qilsa bo‘lar orasta.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Shahina 04 Fevral 2007, 19:55:07
Kecha-kunduz yurar jadallab,
Yurmoqlikda tinim bilmaydi.
O‘z burchini o‘tar-u, lekin,
Yurgan bilan joydan jilmaydi.
Kunda qarar unga har kishi,
Chunki tushar hammaning ishi.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Shahina 04 Fevral 2007, 19:55:15
Suvda yashar bir hayvon,
O‘zi juda ham polvon.
Qalindir uning tani,
Tanida bor fontani.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: mutaallimah 05 Fevral 2007, 06:18:04
1-Tarvuz
2-supurgi
3-soat
4-delfin tugrimi?
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: ikbaljohn 09 Fevral 2007, 12:48:27
1.Tarvuz
2.Supurgi
3.Soat
4.Kit
O'zimga malades,ozimga ofarin.Qani sovg'am? ::)
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Shahina 10 Fevral 2007, 13:21:15
Javoblaringiz to'g'ri.
Masturaxon, 4-chisi kit.

Sizlardan ham kutib qolaman.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdulAziz 14 May 2007, 16:32:55
1. O'zini yeb tugatadi.

2. O'zi yerda, boshi ko'kda.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: ikbaljohn 14 May 2007, 18:29:24
1. O'zini yeb tugatadi.
Sham
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdulAziz 14 May 2007, 18:38:41
1. O'zini yeb tugatadi.
Sham

Javobingiz to'g'ri.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: ikbaljohn 14 May 2007, 18:39:52
2. O'zi yerda, boshi ko'kda.
Ko'tarma kranimasmi?
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdulAziz 14 May 2007, 19:01:18
2. O'zi yerda, boshi ko'kda.
Ko'tarma kranimasmi?

Yo'q.
Uning boshi ko'tarma krannikidanda yuksakda.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdulAziz 16 May 2007, 06:37:46
Qo'lsiz, qalamsiz, bo'yoqsiz rasm chizar.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdulAziz 16 May 2007, 06:38:00
Yo'lga qo'yilgan narvon
Undan o'tar uy-karvon.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 16 May 2007, 09:37:28

2. O'zi yerda, boshi ko'kda.

Minor bo'lsa kerak.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 16 May 2007, 09:39:41
Qo'lsiz, qalamsiz, bo'yoqsiz rasm chizar.

Qishadagi izg'irin sovuq-ayoz. Vallohu a'lam.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 16 May 2007, 09:42:17
Yo'lga qo'yilgan narvon
Undan o'tar uy-karvon.

yo'lga qo'yilgan narvon-bu temir yo'l
unda o'tadigan uy-karvon esa-poyezd.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 16 May 2007, 09:57:56
Qorni yo'q, suvdan o'tar.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Odina 16 May 2007, 12:15:56
Qorni yo'q, suvdan o'tar.

Kapalak
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 16 May 2007, 12:18:11
Qorni yo'q, suvdan o'tar.

Kapalak

Javobiz to'g'ri. Ofarin.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdulAziz 17 May 2007, 09:44:12
2. O'zi yerda, boshi ko'kda.

Minor bo'lsa kerak.

Yo'q, topolmadingiz.
Man buni 2-sinf jiyanimning kitobidan olgandim.
U yerdagi javob tutun ekan.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdulAziz 17 May 2007, 09:44:47
Qo'lsiz, qalamsiz, bo'yoqsiz rasm chizar.

Qishadagi izg'irin sovuq-ayoz. Vallohu a'lam.

Javobingiz to'g'ri.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdulAziz 17 May 2007, 09:45:13
Yo'lga qo'yilgan narvon
Undan o'tar uy-karvon.

yo'lga qo'yilgan narvon-bu temir yo'l
unda o'tadigan uy-karvon esa-poyezd.

Javobingiz to'g'ri.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdulAziz 17 May 2007, 09:46:44
Qavat-qavat ko'ylagi bor,
Tugmasi yo'q.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdulAziz 17 May 2007, 09:46:52
Ko'k beqasam to'nim bor,
Ichim baxmal lolazor.
Mazam shirin, go'yo qand,
Meni yegan tortmas dard.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 17 May 2007, 10:41:26
Qavat-qavat ko'ylagi bor,
Tugmasi yo'q.

Karom bo'lsa kere.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 17 May 2007, 10:45:31
Ko'k beqasam to'nim bor,
Ichim baxmal lolazor.
Mazam shirin, go'yo qand,
Meni yegan tortmas dard.

Tarvuzmasmi??
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdulAziz 17 May 2007, 17:27:37
Qavat-qavat ko'ylagi bor,
Tugmasi yo'q.

Karom bo'lsa kere.

To'g'ri
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdulAziz 17 May 2007, 17:30:49
Ko'k beqasam to'nim bor,
Ichim baxmal lolazor.
Mazam shirin, go'yo qand,
Meni yegan tortmas dard.

Tarvuzmasmi??

Javob to'g'ri.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 17 May 2007, 17:55:49
yana yozingla topishmoq. bir bolaligimni eslay.  :D
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdulAziz 17 May 2007, 18:05:40
yana yozingla topishmoq. bir bolaligimni eslay.  :D

Man yozayotgan topishmoqlar juda oson-da. 2-sing O'qish kitobidan olingan.

Navbatdagi topishmoqlar

O'zi bir kichkina narsa,
Kerak bo'lar har darsda.
Chizib qo'ysang noto'g'ri,
Yo'q qiladi bir pasda.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdulAziz 17 May 2007, 18:05:52
Sirti tayoq,
Ichi bo'yoq.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdulAziz 17 May 2007, 18:06:01
Qush emas qanoti bor,
Burgutdan zo'r haybati bor.
Uchsa lochin yetolmas,
Tolmas zo'r qanoti bor.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdulAziz 17 May 2007, 18:06:09
Bir ajoyib ishxona,
Ichi doim qishxona.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 17 May 2007, 18:14:21

Man yozayotgan topishmoqlar juda oson-da. 2-sing O'qish kitobidan olingan.

Navbatdagi topishmoqlar

O'zi bir kichkina narsa,
Kerak bo'lar har darsda.
Chizib qo'ysang noto'g'ri,
Yo'q qiladi bir pasda.

o'chirg'ich :D
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 17 May 2007, 18:15:32
Sirti tayoq,
Ichi bo'yoq.

qalam.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 17 May 2007, 18:17:49
Qush emas qanoti bor,
Burgutdan zo'r haybati bor.
Uchsa lochin yetolmas,
Tolmas zo'r qanoti bor.

Samolyot.
PS: bo'ldi boshqa yozmiman. kechirasila silaga imkon bermaganim uchun. so sorry.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: ikbaljohn 18 May 2007, 08:26:22
Bir ajoyib ishxona,
Ichi doim qishxona.
Muzlatgich-xolodilnik
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdulAziz 18 May 2007, 10:31:35
Barcha topishmoqlar javobi to'g'ri.

Yangi topishmoqlar

Sharti: Bir user faqat bitta topishmoqni topadi. Qolganini boshqalarga qoldiradi.


Ikki ajib qulog'i bor
Biri tinglar, biri so'zlar.

Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdulAziz 18 May 2007, 10:32:17
O'zi bitta,
Qo'li ikkita,
Tishi yuzta.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdulAziz 18 May 2007, 10:32:32
O'tin yorar erta-kech,
O'zi yorilmaydi hech.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: mutaallimah 18 May 2007, 10:36:24
Barcha topishmoqlar javobi to'g'ri.

Yangi topishmoqlar

Sharti: Bir user faqat bitta topishmoqni topadi. Qolganini boshqalarga qoldiradi.


Ikki ajib qulog'i bor
Biri tinglar, biri so'zlar.


Telefon go'shagi :D
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 18 May 2007, 10:58:38
O'zi bitta,
Qo'li ikkita,
Tishi yuzta.

Arra bo'lsa kere.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: ikbaljohn 18 May 2007, 15:17:44
O'tin yorar erta-kech,
O'zi yorilmaydi hech.
Bolta
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2007, 11:20:14
Barcha javoblar to'g'ri.

Navbatdagi topishmoq

Yorug'i bor, dovrug'i bor,
O'zi yo'q, ovozi bor.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Abdusalom 19 May 2007, 15:32:58
Barcha javoblar to'g'ri.

Navbatdagi topishmoq

Yorug'i bor, dovrug'i bor,
O'zi yo'q, ovozi bor.

Chaqmoq
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Abdusalom 19 May 2007, 15:38:40
Yer tagida oltin qoziq,
U hammaga bo'lar oziq.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: ikbaljohn 19 May 2007, 15:41:31
Yer tagida oltin qoziq,
U hammaga bo'lar oziq.
Sabziiii
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Abdusalom 19 May 2007, 15:42:56
Yer tagida oltin qoziq,
U hammaga bo'lar oziq.
Sabziiii
Ofarin! Buni yosh bollar ham biladi :)
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 23 May 2007, 17:51:52
Yer bilan osmon o'rtasida nima bor??
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: SHahinur 23 May 2007, 18:01:24
Yer bilan osmon o'rtasida nima bor??
Bilan so'zi bor.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 23 May 2007, 18:08:55
Yer bilan osmon o'rtasida nima bor??
Bilan so'zi bor.
qoyilman, opajon. javobiz to'g'ri!
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 24 May 2007, 14:12:58
Navbatdagi topishmoqlar

Qator-qator tosh terdim, jayron otni bo`sh qo`ydim
 
 

Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 24 May 2007, 14:13:37
Tanasi bor boshi yo`q, qo`li bor oyog`i yo`q
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 24 May 2007, 14:15:38
U yog`i zarang, buyog`i zarang, o`rtasida boymirza garang.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 24 May 2007, 14:19:37
O`yib oldim izi yuq.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 25 May 2007, 19:28:41
1 va 2 topishmoq javobi chun kotta shahar berdim  ::)

3) J: Yongoq

4) J: Suv bulishi kere

3-javobiz xato.

4-si to'g'ri ofarin.

boshqalar ham topishga harakat qilsinchi
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: SHahinur 26 May 2007, 15:10:28
Navbatdagi topishmoqlar

Qator-qator tosh terdim, jayron otni bo`sh qo`ydim
 
 


Til va tishlar.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 26 May 2007, 15:14:40
Navbatdagi topishmoqlar

Qator-qator tosh terdim, jayron otni bo`sh qo`ydim
 
 


Til va tishlar.

qoyil opajon topdiz! : )
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: ikbaljohn 30 May 2007, 16:33:42
Yana topishmoqlardan bo'lsa bering B-boy.Zo'r topishmoqlar ekan..
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 30 May 2007, 16:46:03
Yana topishmoqlardan bo'lsa bering B-boy.Zo'r topishmoqlar ekan..
oldingilani 2tasi bor hali shulani topin
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: BaÑ…tiyor 31 May 2007, 18:44:09
NIMA XAMMA TILDA GAPIRADI ?
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Fatima 04 Iyun 2007, 12:40:27
Javobi Tarozi :)
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Fatima 04 Iyun 2007, 12:52:42
U yog`i zarang, buyog`i zarang, o`rtasida boymirza garang.

Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Dilnura 09 Iyun 2007, 17:04:09
Bir yigit bir kiz bilan ketyotib ro'paradan yana bir boshka yuradigan kizini ko'rib kolibdi,agar ular to'knashsa ikkovidan ham kuruk koladi,shunda yigit shunde bir so'z aytadiki ikkovi ham sevgilisi bo'lib koladi va bola vaziyatdan chikib ketadi???
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: BaÑ…tiyor 09 Iyun 2007, 20:40:42
MAFIYA_BAXTIYOR:
NIMA XAMMA TILDA GAPIRADI ?

Lola:
Javobi Tarozi
 





YO'Q!!!!
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 10 Iyun 2007, 10:46:24
U yog`i zarang, buyog`i zarang, o`rtasida boymirza garang.

Javobi Tarozi :)

Javobiz to'g'ri  )))) faqat bu gal aniqroq yozing iltimos
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Fatima 11 Iyun 2007, 14:22:23
Xo`p. Xatoim uchun uzr so`riyman.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: BaÑ…tiyor 12 Iyun 2007, 09:40:13
SAVOL:
TOPISHMOQ SO'ZINI QANDAY O'QISH MUMKIN ?
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: mutaallimah 12 Iyun 2007, 16:44:08
SAVOL:
TOPISHMOQ SO'ZINI QANDAY O'QISH MUMKIN ?


ISH-TOPMOQ
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: BaÑ…tiyor 12 Iyun 2007, 18:47:39
YO'Q...JAVOB NOTO'G'RI!!!
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 31 Iyul 2007, 13:11:05
SAVOL:
TOPISHMOQ SO'ZINI QANDAY O'QISH MUMKIN ?

savolga unchalik tushunmadim to'risi, lekin tushunganimcha javob berishga harakat qilaman.

"topishmoq" so'zini o'zagi "topmoq"
"top"  fe'liga -ish bigalik nisbat qo'shimchasi qo'shilgan, ya'ni "birgalikda  uylashib topmoq, topishmoq" ma;nosini beradi. keyinchalik bu so'z ot so'z turkumiga ko'chgan, aniqrog'i Konversiya!
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: lolo 02 Avgust 2007, 06:20:25
Bir yigit bir kiz bilan ketyotib ro'paradan yana bir boshka yuradigan kizini ko'rib kolibdi,agar ular to'knashsa ikkovidan ham kuruk koladi,shunda yigit shunde bir so'z aytadiki ikkovi ham sevgilisi bo'lib koladi va bola vaziyatdan chikib ketadi???
islomda 4 tagacha hotinga uylanish joizligini aytadi...
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: lolo 02 Avgust 2007, 06:21:47
TOPISHMOQ SO'ZINI QANDAY O'QISH MUMKIN ?
Javob: ma'nosini boshqacha chunmoq mumkin: UCHRASHMOQ (yoki tanishmoq)
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: BaÑ…tiyor 19 Avgust 2007, 00:27:27
Mushukni dushmani ? ??? :D
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: mutaallimah 19 Avgust 2007, 03:46:48
Assalomu alaykum!
Mushukni dushmani kuchukligini yosh bolayam biladi-yu :(
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 25 Avgust 2007, 14:47:51
Mushukni dushmani ? ??? :D
manimcha sichqon bo'sa kere, shu uchun doim ta'qib qiladi sichqonni.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 31 Avgust 2007, 15:40:27
Chiroyli qizcha ko'rdim
Baxtiyorlar bog'ida.

Atirdullar sochadi,
Tabassumi chog'ida.

Ra'no qiz shuncha so'lim
Bir ko'rgan unga shaydo.

Oy yuzi porlab turar
Qora ko'zlari shahlo.

So'radim: Oting nadur?
Dedi: Har baytdadur.


Savol: qizni ismi nima??
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 12 Sentyabr 2007, 19:23:06
Xich kim yozmasa kerak javobini?!
qizni ismi Charos.

Chiroyli qizcha ko'rdim
Baxtiyorlar bog'ida.

Atirdullar sochadi,
Tabassumi chog'ida.

Ra'no qiz shuncha so'lim
Bir ko'rgan unga shaydo.

Oy yuzi porlab turar
Qora ko'zlari shahlo.

So'radim: Oting nadur?
Dedi: Har baytdadur.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: lolo 15 Sentyabr 2007, 06:49:42
man javobini bilardim, lekin anchadanberi forumga kirmayatudim, buncha shoshqaloqsiz (http://us.i1.yimg.com/us.yimg.com/i/mesg/emoticons7/29.gif)
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: ikbaljohn 15 Sentyabr 2007, 11:56:18
man javobini bilardim, lekin anchadanberi forumga kirmayatudim, buncha shoshqaloqsiz (http://us.i1.yimg.com/us.yimg.com/i/mesg/emoticons7/29.gif)

Lolo- jangdan keyingi qahramon..(http://img.uz/images/1724754.gif) (http://img.uz)
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 15 Sentyabr 2007, 13:26:13
man javobini bilardim, lekin anchadanberi forumga kirmayatudim, buncha shoshqaloqsiz (http://us.i1.yimg.com/us.yimg.com/i/mesg/emoticons7/29.gif)
manam rasa 2 hafta kuttim!
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Muhammad Amin 01 Oktyabr 2007, 19:31:10
Yerga ko'milmaydi,
Kosaga quyilmaydi,
Dunyoda hamma odam
Ichmay qo'ymaydi.

Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Muhammad Amin 01 Oktyabr 2007, 19:33:13
Sultonxon degan podsho umrining oxirida Huroyim degan qizga uylanmoqchi bo'ladi. Sultonxon Huroyimga sovchi yuboribdi.
Huroyim qalinimga:
O'nta uloq,
Yigirmata bo'ri,
O'ttizta yo'lbars,
Qirqta tulki,
Ellikta no'xta,
Oltmishta axta,
Yetmishta sarg'aldoq,
Saksonta chaqaloq,
To'qsonta tumaloq,
Yusta jumaloq bersin

va shu so'zimning ma'nosini ayirib bersin debdi.
Podsho fikr qilib, Huroyimning aqlli ekanligini aytadi. Bu topishmoqning ma'nosi kishining hayotiga bog'liqligini aytadi. Kishi:

O'nda uloqday bo'ladi,
Yigirmada bo'riday bo'ladi,
O'ttizda yo'lbarsday bo'ladi,
Qirqda tulkiday bo'ladi,
Ellikda no'xtalgan otday aqli raso bo'ladi,
Oltmishda axtalangan otday qaytib qoladi.
Yetmishda sarg'aldoqday tilda boru dilda hech narsa bo'lmaydi,
Saksonda go'dak boladay bo'lib qoladi.
To'qsonda uydan chiqmay dumaloq bo'ladi,
Yuzda bergiligidan nargiligi o'ng'ayliroq bo'lib qoladi.

Sultonxon Huroyimning so'rog'iga javob bergandan keyin, Huroyim unga turmushga chiqib, Rustamxon degan o'g'il tug'adi
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Muhammad Amin 01 Oktyabr 2007, 19:34:08
Sultonxon degan podsho umrining oxirida Huroyim degan qizga uylanmoqchi bo'ladi. Sultonxon Huroyimga sovchi yuboribdi.
Huroyim qalinimga:
O'nta uloq,
Yigirmata bo'ri,
O'ttizta yo'lbars,
Qirqta tulki,
Ellikta no'xta,
Oltmishta axta,
Yetmishta sarg'aldoq,
Saksonta chaqaloq,
To'qsonta tumaloq,
Yusta jumaloq bersin

va shu so'zimning ma'nosini ayirib bersin debdi.
Podsho fikr qilib, Huroyimning aqlli ekanligini aytadi. Bu topishmoqning ma'nosi kishining hayotiga bog'liqligini aytadi. Kishi:

O'nda uloqday bo'ladi,
Yigirmada bo'riday bo'ladi,
O'ttizda yo'lbarsday bo'ladi,
Qirqda tulkiday bo'ladi,
Ellikda no'xtalgan otday aqli raso bo'ladi,
Oltmishda axtalangan otday qaytib qoladi.
Yetmishda sarg'aldoqday tilda boru dilda hech narsa bo'lmaydi,
Saksonda go'dak boladay bo'lib qoladi.
To'qsonda uydan chiqmay dumaloq bo'ladi,
Yuzda bergiligidan nargiligi o'ng'ayliroq bo'lib qoladi.

Sultonxon Huroyimning so'rog'iga javob bergandan keyin, Huroyim unga turmushga chiqib, Rustamxon degan o'g'il tug'adi
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: mutaallimah 01 Oktyabr 2007, 23:02:35
Yerga ko'milmaydi,
Kosaga quyilmaydi,
Dunyoda hamma odam
Ichmay qo'ymaydi.
Assalomu alaykum!
Menimcha "qasam" bo'lsa kerak.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: JaviK 01 Yanvar 2008, 03:34:05
SAVOL:
TOPISHMOQ SO'ZINI QANDAY O'QISH MUMKIN ?


Topishmoq so`zini CHapdan o`nga qarab o`qish kerak
Nom: Topishmoq
Yuborildi: lolo 02 Yanvar 2008, 21:33:27
Mushukni dushmani ?
ragatka
Nom: Topishmoq
Yuborildi: lolo 02 Yanvar 2008, 21:36:30
Bir parcha patir,
Olamga tatir!


Bu nima?
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: JaviK 03 Yanvar 2008, 07:53:57
oy :11
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Usmon 03 Yanvar 2008, 11:23:07
Quyosh :9
Nom: Topishmoqlar
Yuborildi: lolo 03 Yanvar 2008, 20:45:41
oy :11
to'g'ri!
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Mahzunabonu 03 Yanvar 2008, 21:47:29
Pakana kampir tom supurar

nima bu?
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: shoir 04 Fevral 2008, 11:16:15
Ko‘k ko‘ylakka qo‘l yetmas.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: shoir 04 Fevral 2008, 11:19:01
Oppoq sandiq ochildi,
Olamga nur sochildi.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: shoir 04 Fevral 2008, 11:19:34
Bir parcha patir,
Olamga tatir.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: shoir 04 Fevral 2008, 11:20:27
Onasi bitta,
Bolasi mingta.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: shoir 04 Fevral 2008, 11:21:56
Zar gilam, zar-zar gilam
Ko‘taray desam og‘ir gilam.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: shoir 04 Fevral 2008, 11:22:41
Otasi egri-bugri,
Onasi silliq juvon,
O’g‘li qo‘shiqchi,
Qizi o‘yinchi.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Robiya 04 Fevral 2008, 12:18:23
Ko‘k ko‘ylakka qo‘l yetmas.

 Osmon
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Robiya 04 Fevral 2008, 12:19:03
Zar gilam, zar-zar gilam
Ko‘taray desam og‘ir gilam.


Yer
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Robiya 04 Fevral 2008, 12:19:40
Bir parcha patir,
Olamga tatir.


Oy
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Robiya 04 Fevral 2008, 12:24:09
Oppoq sandiq ochildi,
Olamga nur sochildi.


Quyosh
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Farida 04 Fevral 2008, 19:02:17
Onasi bitta,
Bolasi mingta.


Oy va yulduzlar
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Farida 04 Fevral 2008, 19:09:19
Otasi egri-bugri,
Onasi silliq juvon,
O’g‘li qo‘shiqchi,
Qizi o‘yinchi.

Ariq, suv, baqa, baliq
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Mahzunabonu 04 Fevral 2008, 22:23:36
Pakana kampir tom supurar
nima bu?
bu soch oladigan mashinka bo'sa kere-a nima dediz.
Tug'ri
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 05 Fevral 2008, 10:55:54
O'zbekona topishmoq:

Yettitasi birga bo'lsa,
U beshovlon birlashar!!!

Savol, nima bu?
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 05 Fevral 2008, 10:57:20
Ruscha topishmoq:

Ajinli yigit butun qishloqni yig'ar!
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:48:53
Qoil, men bergan topishmoqlarning barchasiga to'g'ri javob beribsizlar.

Navbatdagi topishmoqlar:

Qanoti bor, Qoni yo‘q. Tuxum qo‘yar, Soni yo‘q.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:49:00
Hasan aka tikka turadi,
Bolalari chapak chaladi.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:49:06
Yozda ham qishda,
Bir xil kiyimda.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:49:15
Chopsang kular,
Chopmasang o‘lar.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:49:21
Ariq bo‘yida to‘shak.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:49:30
Qat-qat quloq,
Dum-dumaloq.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:49:41
Bir savat anor,
Hadding bo‘lsa ol.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:49:48
Yalt-yalt etadi,
Yamlab ketadi.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: shoir 05 Fevral 2008, 13:49:54
Oyoqsiz, qo‘lsiz tomga qarab yo‘rg‘alar. 
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Usmon 05 Fevral 2008, 13:54:42
Qoil, men bergan topishmoqlarning barchasiga to'g'ri javob beribsizlar.
Navbatdagi topishmoqlar:
Qanoti bor, Qoni yo‘q. Tuxum qo‘yar, Soni yo‘q.
Kapalak
Yozda ham qishda,
Bir xil kiyimda.
Archa
Ariq bo‘yida to‘shak.

Maysa ???

Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 05 Fevral 2008, 14:54:39
Oyoqsiz, qo‘lsiz tomga qarab yo‘rg‘alar. 

Pechak gul
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 05 Fevral 2008, 19:02:45
Qoil, men bergan topishmoqlarning barchasiga to'g'ri javob beribsizlar.

Navbatdagi topishmoqlar:

Qanoti bor, Qoni yo‘q. Tuxum qo‘yar, Soni yo‘q.
baliq bo'lishi kere
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AbdurRohman 05 Fevral 2008, 19:06:51
Qat-qat quloq,
Dum-dumaloq.

karom
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: qaysar 06 Fevral 2008, 14:38:09
Hasan aka tikka turadi,
Bolalari chapak chaladi.

Терак ва барглари
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: qaysar 06 Fevral 2008, 14:39:31
Chopsang kular,
Chopmasang o‘lar.

Гсза
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: qaysar 06 Fevral 2008, 14:40:54
Yalt-yalt etadi,
Yamlab ketadi.

O't
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: shoir 06 Fevral 2008, 17:41:01
Qoil, men bergan topishmoqlarning barchasiga to'g'ri javob beribsizlar.
Navbatdagi topishmoqlar:
Qanoti bor, Qoni yo‘q. Tuxum qo‘yar, Soni yo‘q.
Kapalak
Yozda ham qishda,
Bir xil kiyimda.
Archa
Ariq bo‘yida to‘shak.

Maysa ???

Uchala javob ham to'g'ri.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: shoir 06 Fevral 2008, 17:42:27
Oyoqsiz, qo‘lsiz tomga qarab yo‘rg‘alar. 

Pechak gul

Bu javob ham mantiqan to'g'ri.
Men o'ylagan javob esa olov edi.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: shoir 06 Fevral 2008, 17:44:11
Qat-qat quloq,
Dum-dumaloq.

karom

To'g'ri.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: shoir 06 Fevral 2008, 17:50:50
Hasan aka tikka turadi,
Bolalari chapak chaladi.

Терак ва барглари

To'g'ri.
Qaysar, qolgan javoblaringiz ham to'g'ri.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: shoir 06 Fevral 2008, 17:53:38
Bir savat anor,
Hadding bo‘lsa ol.

Cho‘g‘
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: shoir 06 Fevral 2008, 17:54:33
Yangilaridan:

Erta bilan to‘rt oyoqlab yuradi,
Tushda ikki oyoqlab yuradi,
Kechqurun uch oyoqlab yuradi.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: shoir 06 Fevral 2008, 17:57:10
To‘rtida tariqday,
O’ttizda ayiqday,
To‘qsonida tovuqday.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: shoir 06 Fevral 2008, 17:57:49
O’zi bitta, Kallasi ikkita,
Dumi bitta, Oyog‘i oltita.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: shoir 06 Fevral 2008, 17:58:21
Bir to‘bada yetti teshik.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: ikbaljohn 06 Fevral 2008, 18:09:58

Erta bilan to‘rt oyoqlab yuradi,
Tushda ikki oyoqlab yuradi,
Kechqurun uch oyoqlab yuradi.
Inson chaqaloqligida emgaklab yuradi,voyaga yetganda ikki oyoqlab,qariligida xassaga tayanib yuadi!
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Mohinur 07 Fevral 2008, 10:52:14
Bir to‘bada yetti teshik.

Bosh, og‘iz, burun, ko‘z va quloq
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: shoir 10 Fevral 2008, 14:27:32
Iqboljon, Mohinur, javoblaringiz to'g'ri.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Robiya 29 Fevral 2008, 11:01:01
Qorong'i uyim bor edi,
Parangi to'nim bor edi,
Urdi pichoqni belimdan,
Nima gunohim bor edi?

Topishmoqning javobi nima?
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Robiya 29 Fevral 2008, 11:14:25
Tog'da ulaymonni ko'rdim,
Suvda sulaymonni ko'rdim,
Betuz pishgan oshni ichdim,
Yo'lda qotgan toshni ko'rdim,
Ko'chada gadoymonni ko'rdim.

Bu yerda 5 narsa haqida gap ketyapti.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Mahzunabonu 29 Fevral 2008, 19:52:31
Qorong'i uyim bor edi,
Parangi to'nim bor edi,
Urdi pichoqni belimdan,
Nima gunohim bor edi?

Topishmoqning javobi nima?
Manimcha tarvuz bo'lsa kerak
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Muhammad Amin 01 Mart 2008, 18:04:18
Tog'da ulaymonni ko'rdim,
Suvda sulaymonni ko'rdim,
Betuz pishgan oshni ichdim,
Yo'lda qotgan toshni ko'rdim,
Ko'chada gadoymonni ko'rdim.

Bu yerda 5 narsa haqida gap ketyapti.

1. Bo'ri
2.Baliq
3.Sumalak
4.Toshbaqa
5.Bunisini bilmadim.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Robiya 04 Mart 2008, 09:43:42
Qorong'i uyim bor edi,
Parangi to'nim bor edi,
Urdi pichoqni belimdan,
Nima gunohim bor edi?

Topishmoqning javobi nima?
Manimcha tarvuz bo'lsa kerak

Yo'q, javob noto'g'ri. Yana harakat qilib ko'ring. Yordam: uni bozorlarda ikki ko'rinishda ko'rish mumkin: biri xom, biri pishgan.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Robiya 04 Mart 2008, 09:47:45
Tog'da ulaymonni ko'rdim,
Suvda sulaymonni ko'rdim,
Betuz pishgan oshni ichdim,
Yo'lda qotgan toshni ko'rdim,
Ko'chada gadoymonni ko'rdim.

Bu yerda 5 narsa haqida gap ketyapti.

1. Bo'ri
2.Baliq
3.Sumalak
4.Toshbaqa
5.Bunisini bilmadim.

Assalomu alaykum! 2,3,4-savollarga bergan javobingiz to'g'ri. Qolganlarini ham topishga harakat qilib ko'ring.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Mart 2008, 18:37:45
Tog'da ulaymonni ko'rdim,
Suvda sulaymonni ko'rdim,
Betuz pishgan oshni ichdim,
Yo'lda qotgan toshni ko'rdim,
Ko'chada gadoymonni ko'rdim.

Bu yerda 5 narsa haqida gap ketyapti.

1. Bo'ri
2.Baliq
3.Sumalak
4.Toshbaqa
5.Bunisini bilmadim.

Assalomu alaykum! 2,3,4-savollarga bergan javobingiz to'g'ri. Qolganlarini ham topishga harakat qilib ko'ring.

1. Ilon
5. Eshshak
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Robiya 05 Mart 2008, 10:27:52
Tog'da ulaymonni ko'rdim,
Suvda sulaymonni ko'rdim,
Betuz pishgan oshni ichdim,
Yo'lda qotgan toshni ko'rdim,
Ko'chada gadoymonni ko'rdim.

Bu yerda 5 narsa haqida gap ketyapti.

1. Bo'ri
2.Baliq
3.Sumalak
4.Toshbaqa
5.Bunisini bilmadim.

Assalomu alaykum! 2,3,4-savollarga bergan javobingiz to'g'ri. Qolganlarini ham topishga harakat qilib ko'ring.

1. Ilon
5. Eshshak

Yo'q, yana biroz o'ylab ko'ring.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Robiya 11 Mart 2008, 15:58:25
Tog'da tulaymonni ko'rdim,
Suvda sulaymonni ko'rdim,
Betuz pishgan oshni ichdim,
Yo'lda qotgan toshni ko'rdim,
Ko'chada gadoymonni ko'rdim.

Bu yerda 5 narsa haqida gap ketyapti.
To'g'ri javoblar:

1. Tulki
2. Baliq
3. Sumalak
4. Toshbaqa
5. Tovuq

PS.: 2,3,4-savollarga Akbar to'g'ri javob berganlar.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Robiya 11 Mart 2008, 16:03:05
Qorong'i uyim bor edi,
Parangi to'nim bor edi,
Urdi pichoqni belimdan,
Nima gunohim bor edi?

Topishmoqning javobi nima?

To'g'ri javob: lavlagi
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Robiya 23 Mart 2008, 16:03:52
1 qassob qirq qo'yni 7 kunga toq bo'libdi. Qanday qilib?
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Robiya 23 Mart 2008, 16:06:56
Bir uyim bor bir bolor.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: saraton07 26 May 2008, 16:58:11
Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu,Robiya xonim. Kechirasiz,qassob to'g'risidagi topishmoq aslicha berilganmi,boshqacharoqmasmidi? Ikkinchisi  manimcha  qabr.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Robiya 28 May 2008, 09:59:07
Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu,Robiya xonim. Kechirasiz,qassob to'g'risidagi topishmoq aslicha berilganmi,boshqacharoqmasmidi? Ikkinchisi  manimcha  qabr.

Vaalaykum assalom, Saraton07! Qassob to'g'risidagi savol o'z ma'nosida emas, mantiqan o'ylab javob topsa bo'ladi.
 2-savolga bergan javobingiz ham noto'g'ri, u narsa har bir o'zbek xonadonida bor.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: saraton07 28 May 2008, 15:47:18
Sandiq
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Robiya 29 May 2008, 13:21:30
Sandiq

Yo'q, yana biroz o'ylab ko'ring.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: ikbaljohn 29 May 2008, 16:56:49
Bir uyim bor bir bolor.

Erto'la-podvalmasmi? :5
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: saraton07 30 May 2008, 03:40:23
Ko'rpa
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Robiya 30 May 2008, 15:56:26
Bir uyim bor bir bolor.

Erto'la-podvalmasmi? :5

Assalamu alaykum, Ikbaljohn aka! Yo'q, podval ham emas.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Robiya 30 May 2008, 15:59:24
Ko'rpa

Yo'q, topa olmadingiz. Dushanba kunigacha javoblaringizni kutaman.Dushanba kun to'g'ri javobni kiritaman.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Robiya 03 Iyun 2008, 01:52:57
Bir uyim bor bir bolor.

To'g'ri javob - Beshik
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: JaviK 22 Fevral 2010, 11:35:45
bir podshox qiz va uni oilalarini o`ldirishga hukm qilibdi, shunda qiz so`ngi iltimosim menga suv berilar dedi, suv olib kirishibdi suvni ichib bo`lgach qiz shunday debdi....
shox qizni aqliga qoyil qolib ularni ozod qilibdi.
Savol: qiz qanday javob qilgan
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: JaviK 08 Aprel 2010, 11:42:41
meni savolimga hechkim tushunmagan yoki hech kim topa olmayapti shekilli? ??? :o
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: munisaxon 08 Aprel 2010, 23:48:17
bir podshox qiz va uni oilalarini o`ldirishga hukm qilibdi, shunda qiz so`ngi iltimosim menga suv berilar dedi, suv olib kirishibdi suvni ichib bo`lgach qiz shunday debdi....
shox qizni aqliga qoyil qolib ularni ozod qilibdi.
Savol: qiz qanday javob qilgan

Qiz unga men endi sizning mehmonimgiz bo`ldim. <ehmon esa otangdan ulug`deganlar deb javob bergan
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: BelleQizcha 09 Aprel 2010, 05:11:33
Qishda yozda bir hil rangda,,.,, Archa mas lekin,...
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: JaviK 09 Aprel 2010, 08:50:49
$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$ emasmi
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: BelleQizcha 09 Aprel 2010, 17:37:06
$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$ emasmi
Qoil.. topdizz hehehehehehehehehehhehehe yosh bolani topishmoqi edi oziyam..
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: JaviK 11 Aprel 2010, 13:24:54
Sizdan bundan ortiqroq topishmoq ham kutmiman o`zi :D
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: UzMuslim 11 Aprel 2010, 20:04:42
Topishmoq\

Go'st ichidan Miq Chiqdi?Bu NIma?
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: JaviK 09 May 2010, 12:28:41
Topishmoq\

Go'st ichidan Miq Chiqdi?Bu NIma?

Shashlik :D
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Abdumuhaymin 10 May 2010, 23:49:07
Topishmoq\

Go'st ichidan Miq Chiqdi?Bu NIma?

Shashlik :D
Shashliyni ichidan mixmas six chiqardi adashmasam, manimcha topishmoni javopi mixli go'sht :D
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AL_laziz87 24 Avgust 2010, 00:34:43
Topishmoq:
ikki tomon tog' o'rtasi saryog'
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Billur 24 Avgust 2010, 10:19:04
Topishmoq:
ikki tomon tog' o'rtasi saryog'

Semechka (Kungaboqar) yoki yong'oq emasmi?
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: AL_laziz87 24 Avgust 2010, 11:29:51
Topishmoq:
ikki tomon tog' o'rtasi saryog'

Semechka (Kungaboqar) yoki yong'oq emasmi?
Yong'oq
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: jasur.best 25 Noyabr 2010, 21:24:11
Shakli xuddi shar,
To‘ni beqasam.
Mazasi shakar,
Men totib ko‘rsam.
tarvuz
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: jasur.best 25 Noyabr 2010, 21:28:22
Topishmoq\

Go'st ichidan Miq Chiqdi?Bu NIma?
baliq emasmi?
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: jasur.best 25 Noyabr 2010, 21:35:27
Qishda yozda bir hil rangda,,.,, Archa mas lekin,...
Svetofor emasmi?    : )
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: Habibilloh 26 Noyabr 2010, 05:53:14
g'it-g'it deydi ishlaydi yerga kukun tashlaydi
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: JaviK 26 Noyabr 2010, 10:35:11
g'it-g'it deydi ishlaydi yerga kukun tashlaydi

Arra
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: jasur.best 28 Noyabr 2010, 23:42:17
Topishmoq.
Kichkina dekcha
Ichi to'la mixcha
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: JaviK 29 Noyabr 2010, 22:04:43
Anor
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: JaviK 29 Noyabr 2010, 22:06:34
Yangi topishmoq. Oy yuzli qalam qoshli,uni topgan ming yoshli.
Nom: Re: Topishmoqlar
Yuborildi: jasur.best 29 Noyabr 2010, 23:17:26
Anor
to'g'ri