ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Muslimа 15 Fevral 2007, 16:59:55

Nom: Bugungi kun...
Yuborildi: Muslimа 15 Fevral 2007, 16:59:55
Assalomu alaykum!
Aziz forumdoshlar bu mavzuda sizning e'tiboringizga bugungi kun voqealaridan, yani turmushimizda va umuman har kuni duch kelayotgan ba'zi muammoli holatlar haqidagi hikoyalarni havola qilmoqchiman! Ushbu hikoyalarning barchasi bo'lgan voqealar. Hikoyalarni o'qib fikrlaringizni bildirasiz digan umiddaman! Allohdan ushbu ishimda madad so'rab birinchi hikoyani sizga havola qilaman. Har bir hikoyadan hulosa chiqarish har kimning o'ziga havola.

Bekatdagi suhbat
Bir kuni bekatda avtobus kutayotgan edim. Bekatda o’tirgan hushro’ygina, ammo yarim yalang’och kiyingan bir qizcha diqqatimni tortdi. Transport kelgunicha, oramizda suhbat bo’lib o’tdi. Suhbatni qanday bo’lsa, shundayligicha qog’ozga tushirishga harakat qildim.
-   Kechirasan, singlim nechanchi sinfda o’qiysan?
-   Sakkizinchi, nimeydi?
-   Shundoq o’zim. O’zingni tutishingga qarab biron litsey yoki kollej o’quvchisi deb o’yladim.
-   Ota – onang o’zbekmi?
-   Ha. Ular o’zbeklar. Nimaga buni so’rayapsiz?
-   Shunchaki. Yoki dugonalaring rus qizlarmi?
-   Yo’q unday emas. To’g’ri uch – to’rtta rus dugonalarim ham bor.
-   Ovrupaliklar singari kiyinib olganingni ko’rib, shunday hayolga keldim.
-   Tushunmadim, kiyinishim yomonmi? Nimasi yoqmadi sizga?
-   Sening o’zingga yoqadimi? O’zing bunga qanday munosabat bildirasan?
-   Albatta yoqadi, yoqmasa shunday yurarmidim?
-   Ota–onang bunga qanday qarashadi, bunday yurishdan qaytarishmaydimi?
-   Nabarot. O’zlari olib berishadi bunaqa kiyimlarni.
-   Hafa bo’lmagin-u, bunday yurishing o’zbek qizlariga umuman yarashmaydi. 
-   Yarashmasa – yarashmas. O’zbek qizlari qanday kiyinishadi? Uzun ko’ylak, lozimmi? Bu hozirgi zamonga mos emas.
-   Siz o’zi televizor ko’rasizmi? – so’radi qizcha.
-   Onda – sonda ko’rib turaman, nimeydi?
-   Faqat O’zbekiston kanallarini ko’rsangiz kerak-da? “Kamalak”ni, “Kabel”ni ko’rmaysizmi?
-   Yo’q, menda unaqa imkoniyat yo’q.
-   Agar bu kanallar orqali qo’yilayotgan kinolarni ko’rganizda meni ko’rib hayron qolmasdiz!
-   Huddi o’g’il bolalardek kiyinib olganing meni taajjubga solyapti.
-   Mejdu prochim, o’g’il bolalarga qornini ochib yurishlik yarashmaydi. Qizlarga esa bu yarashadi. Yoki siz kindigini ko’rsatib, qornini ochib yurgan bironta o’g’il bolani ko’rganmisiz? Bu MODA! Bu madaniyat faqat qizlar uchun!
-   Demak, o’g’il bolalar Alloh ko’rsatish harom qilgan joylarini berkitib yuradi. Sen kabi qizlar esa…
-   Ha, siz mullamisiz? Meni buvim ham namoz o’qiydilar!
-   Unday bo’lsa, buving seni bunday yurishdan qaytarmaganmi?
-   Qaytarganlar. Faqat ularni oldilariga bunday kiyimda bormayman-da.
-   Faqat ko’chada, o’zingni ko’z-ko’z qilib shunaqa yarim yalang’och yurasan, shundaymi?
-   Men bilan hech kimni ishi bo’lmasin! Xo’jayinlik qiladigan o’z ota – onam bor! Bildiyzmi?
Qizchaga  boshqa gapirish, tushuntirish befoyda ekanini anglab, suhbatni yakunlashga qaror qildim. Ha-ya, avtobus ham kelib qolgandi.

        Rahmatulloh
“Musulmonlar taqvimi” kitobidan olindi.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: islimakhanim 15 Fevral 2007, 17:45:56
    Assalamu alaykum!
Jazakahllah, opajon!!!
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: shoir 16 Fevral 2007, 01:00:46
Avtobusda ketar ekanman, yonimdagi o‘rindiqda o‘tirgan yo‘lovchiga qarayman. O‘n olti-o‘n yetti yoshlardagi bu yigitcha qo‘lidagi telefonni o‘ynab o‘tirar, hozirzamon bolasi ekanligi bilinib turardi.
Bekorchilikdan kuzatib bordim. U ham zerikdi, shekilli, qo‘l telefonini ishga soldi. E’tibor bersam, yarim soat ichida oltita qizga “sevgi” izhor qildi. Har bir muvaffaqiyatidan so‘ng esa o‘rtog‘iga sim qoqib maqtandi.
Ko‘nglim g‘ash tortdi. Manzilga yetgach, bir do‘stimga bu haqda gapirib berdim. U esa:
— Bu hali o‘spirin yigitchaning muhabbati. Sen “haqiqiy muhabbatlar”ni bilmaysan, shekilli, — dedi qah-qah otib.
Otabekning avlodi ekanligimizga shubhalanib qoldim. Odam Atoning tengdoshi bo‘lgan insoniy muhabbatda mavjud bo‘lgan axloq qoidalari nahot bugun o‘z rangini yo‘qotdi?!
Qalbimdagi yarimjon ishonch bilan talabalar orasida so‘rovnoma o‘tkazishga qaror qildim. Talabalar turar joyidagi bo‘sh vaqtimizdan foydalanib, talaba yoshlardan so‘rov qog‘ozlarini to‘ldirishni iltimos qildim. 50 ta talabadan 23 tasi talabalarning muhabbatga oshufta bo‘lishlariga sabab zerikish, bekorchilik deb hisoblashsa, 16 tasi “muhabbat uchun vaqt yo‘q”ligini e’tirof etdi. Qolgan talabalar esa (11 ta) talabalikdagi muhabbatni haqiqiy sevgi deb sanashar ekan.
Bu, albatta, nisbiy holat. Haqiqiy vaziyatni esa har bir inson o‘zidan qidirsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
 
Sitora TOJIDDINOVA,
O‘zMU talabasi
hurriyat gazetasidan
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: mutaallimah 16 Fevral 2007, 01:09:56
Bugun tasatturni qoloqlik belgisi  hisoblovchilar faqat biz kabi yosh qizchalar emas.Achinarlisi bunday fikrlar ota-onalar tomonidan singdirilayotgani.Dugonalarim va bazi opa-singillarimga achinib ketaman aziz shanlarini poymol qilib yashayotganlariga.Uzlarini nima kutayotganini bilsalarda bazilari nafslarini boshqara olmay halokatga uzlarini qurbon qilib yashamoqdalar.Bazi internet sahifalarida u'zbek ayollari u'zbeklik va muslimalikni haqoratlash darajasida maqolalar va bahslar uyishtirayotganiga tomoshabin bulib qarab tura olmaydi inson...
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2007, 09:31:50
                        O’zlaridan so’rang!   

Yaqinda qishlog’imizda taomilga hilof, kamdan – kam uchraydigan voqea ro’y berdi: TO’Y ICHKILIKSIZ OTDI! Davradagilar hayron, egulik ne’matlar muhayyo, shira – sharbat serob, shirmoyi non, qo’y va parranda go’shtidan tayyorlangan taomlar keltirildi. Ammo “bir narsa” ko’rinmaydi: aroq- vinodan darak yo’q. Kimlar bunga befarq qarasa ham, ba’zilar bezovta, har tomonga alanglab qolishdi.
     Ashaddiy ichuvchilardan bo’lsa kerak, oliftanamo yigit ovozini baland ko’tarib: “Obi zam – zamdan ham bo’lsin!” dedi.
   - Hay, hay, tavba qil. Harom ichkilikni tabarruk zam-zam suviga tenglama! – tanbeh berdi mo’ysafidlardan biri.
   Kayf qilishga ishqiboz bir boyvachcha to’y egasiga o’shqirdi:
   - Hasislik qilgan bilan boyimaysan. Aroqsiz toy – to’y emas!
   - Kambag’allashishdan havfsirab emas, ALLOHDAN qo’rqib dinimizda taqiqlangan harom narsani odamlarga ravo ko’rmadim, - dedi honadon sohibi.
   Boy badavlat hisoblangan honadonda to’yning aroqsiz o’tishi duv – duv gapga sabab bo’ldi. Diyonatli kishilar bu yahshi alomat ekanini anglab, shukur qildilar. Mas’ul lavozimda ishlaydigan do’sti to’y egasidan so’radi:
-   Nega ichkilik qo’ymadingiz?
-   Musulmonman, axir.
-   Boshqalar qo’yishdi – ku! Ular musulmon emasmi?
-   Buni ularning o’zidan so’rang…
                          Fozil Zohid
Musulmonlar taqvim kitobidan.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Mahdiyah 17 Fevral 2007, 10:52:02
BEZOVTA QALB NOLASI

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.
Hurmatli Hilol hodimlari. Men avallari shim kiyib, sochlarimni ko’z-ko’z qilib yoyib, chiroyli kiyimlarni kiyib, xullas, o’zimga judayam oro berib yurardim. Ko’chalarda sho’x kulgilarim bilan hammani o’zimga jalb qilishga intilardim. Orada o’zimdan kichik bola bilan tanishib, uning so’zlariga laqqa tushib, menga uylanmoqchi bo’lgan yigitdan yuz o’girdim. O’qishni bitirib, o’sha yigit uchun institutda ishga qoldim (u hali talaba edi). Yaxshi ishlar taklif qilishdi, lekin unamadim. Men xayolimda bahtiyor edim. Men tenggi qizlar turmushga chiqib, yigitlar uylanib bo’lishdi. Bir kuni unga: Hech bo’lmasa, belgilab oling, dedim. U har turli bahonalar qildi. Shundan keyin qalbim bezovta bo’la boshladi. Xullas, bir kuni u: Bekorga sizni sevgan ekanman, dedi. Nafratdan titrab ketdim. Shundan keyin hech kimga e’tibor bermaydigan, sevgi to’grisida gapirganlarga qo’l siltaydigan, qahrli bo’lib qoldim. Ilmga kirishdim, hozir nomzodlik ishi yoqlash arafasidaman. Ammo aspiranturada birga o’qiganim bir namozxon yigitning diniy mavzudagi gaplari qalbimda yangicha tuyg’ularni uyg’otdi. Men o’limdan qo’rqmasdim, chunki o’lib ketsam, orqamda mensiz qiynaladigan erim, farzandlarim yo’q, uydagilar ham mendan bezor bo’lishgan, deb o’ylardim. Endi esa namozxon yigitning so’zlari qalbimda qo’rquv Xudodan, hisob-kitobdan qo’rquv uyg’otgan edi. O’zimdan uyala boshladim, avval faqat bomdod namozini, keyin xuftonni, keyinchalik esa, qazo qilib bo’lsa-da, besh vaqt namozni o’qiy boshladim. Bir kuni tush ko’rdim, oppoq libosli farishtalar meni osmonga olib chiqishdi, so’ng kimsasiz dashtga oborishdi. Hayron bo’lib, ulardan, nimaga bu joy kimsasiz, nimaga hech narsa yo’q deb so’radim. Ular menga: Bu sening bir kuning, sen namozlaringni qazo qilib o’qiyapsan, shuning uchun shu kuning bo’sh qoldi , deyishdi. Ertasidan besh mahal namozni vaqtida o’qiy boshladim. Ammo qalbim hamon behalovat edi. Ko’chada ro’molli qizlarni ko’rganimda, ularga havas bilan boqardim. Nihoyat, hech kimning so’ziga qaramay, men ham ro’mol o’radim. Endi bir oz xotirjamdayman. To’la xotirjam bo’lolmayotganimga esa, mening o’tmishim xalaqit bermoqda. Azizlar, ayting-chi, oldingi holatim, ya’ni, shim kiyib, sochlarimni turli xil turmaklab, o’zimni ko’z-ko’z qilib yurganimni Alloh kechirdimikan. Afsuslarim cheksiz, eslasam, yuragim tirnaladi, bilmayman, men ham Alloh sevgan bandalardan bo’la olamanmi?..
Iltimos, savolimga befarq qaramangiz, javobingizni kutaman. Alloh sizlardan rozi bo’lsin.

Hurmat ila Nodira
Hilol taqvimi 1-son 1428 yil 
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Munira xonim 17 Fevral 2007, 15:14:33
Assalamu alaykum,Noza.
Bu hikoyani o'qib ko'zimga yosh keldi.
Juda ham rahmim keldi bu singlimizga(opamizga)
Noza sizga bir iltimos bor edi. Shu Nodirahonni manzillarini yoki ularni o'zlarini topishni iloji bormikin???
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Munira xonim 18 Fevral 2007, 09:04:14
Oxirat hovlisi.

- Umrimning asosiy qismini hovli, uy joy qurish bilan o'tkazdim desam hato qilmagan bo'laman,-dedi o'zini tanishtirar ekan Umrzoq aka. - Dastlab o'zimga chiroyli hovli qura boshladim. Hovli bitar bitmas bolalar ham katta bo'lib qolishdi. Endi ularga uy qurish uchun mablag' yig'a boshladim. Shu tariqa besh o'g'limga dang'illama imoratlar soldim.
Umrzoq akaning so'zlarini tinglagan Abdulla aka bir vaqtlari otasining:O'glim, dunyoning mehri issiq bo'ladi, dunyo hovlisiga qattiq berilib ketib oxirat diyorini unutib qo'yma", degan nasihatini esladi va:
- Umrzoq aka, endi nima bilan shug'ullanyapsiz?, deb so'radi.
- Nabiralarimga imorat solaymi, deb turibman,-dedi Umrzoq aka.
- Insonning farzandlarini, nabiralarini o'ylab ish tutish yahshi ish albatta. Shu bilan birga oxirat hovlingizni ham obod qilyapsizmi?- dedi Abdulla aka kulimsirab.
- Oxirat hovlisi? Iya, hali narigi dunyo uchun ham hovli qurishga to'g'ri keladimi?- dedi ajablanib Umrzoq aka.
- Ha, albatta, oxiratda ham hovli kerak bo'ladi. Tayin uy joyi bo'lmagan kishi bu dunyoda qancha qiynalsa, oxirat hovlisi bo'lmagan kishi undan-da ko'proq qiynaladi,- dedi Abdulla aka.
- Oxirat hovlisini qurish uchun nima kerak?
- O'zingiz ta'kidlaganingizdek, hovli qurish uchun mablag' to'plash lozim. Alloh va oxirat kuniga ishonib, yahshi amallar qilsak, bula oxirat diyori uchun mablag' bo'lib tushadi.Aksincha, ularni unutib qo'ysak oxiratimizni ham unutgan bo'lamiz. Yoki savob ishlarni bir qilib keyin to'htatib qo'ysak, oxirat hovlimizni mablag'ini, uning qurilishini to'htatib qo'ygan bo'lamiz.
Azizlar, dunyo hovlisi bilan birgalikda oxirat hovlisini ham obod qilishga kirishaylik!

"Musulmonlar taqvim kitobidan".1428.1-kitob.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muslimа 21 Fevral 2007, 09:16:33
                                  Yomon hotima.

   Bir do’stim shunday voqeani hikoya qilib bergan edi. Institutda o’qib yurgan payitlarimda boy oilaning farzandi bo’lgan bir kursdoshim bo’lardi. U hamma narsani pul bilan o’lchar, kayf – safoni barcha narsadan ustun qo’yardi. O’zining ojiz inson ekanini sedan chiqarib, tiliga ham erk berib yuborgandi. Hatto bir kuni: “Men o’lsam, jahannamga tushaman. Birga yuradigan qizlarim, men bilan birga aroq ichadigan o’rtoqlarim ham u erga tushishadi. Jannatga kirganimning foydasi yo’q, chunki men u erda zerikib qolaman, hech kimni tanimasam…”.
   Yigit bu gaplarni gapira turib, o’ziga o’zi hokum qilganini bilmagandir, balki. Shunchaki o’rtoqlarini kuldirish uchun “valdiragandir”.
   Oqibatni qarangki, ko’p o’tmay o’sha yigit o’zini o’zi osib o’ldirdi. Bu voqea ko’pchilikka ibrat bo’ladigan darajada edi.
                        Bahromiddin.
                Musulmonlar taqvim kitobidan.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: mutaallimah 21 Fevral 2007, 20:32:39
Rohatoy opa sizdan Alloh rozi bu'lsin .Biz ham Toshkentda yashab turgan vaqtimizda Musulmonlar taqvim kitobchasi va Hidoyat jurnali oilamizni ajralmas du'stlari edi.Mana hozir siz singari opajonlarimni yahshiliklaring evaziga bu dustlarimdan yan habarlar olayapman.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2007, 09:02:54
Rohatoy opa sizdan Alloh rozi bu'lsin .Biz ham Toshkentda yashab turgan vaqtimizda Musulmonlar taqvim kitobchasi va Hidoyat jurnali oilamizni ajralmas du'stlari edi.Mana hozir siz singari opajonlarimni yahshiliklaring evaziga bu dustlarimdan yan habarlar olayapman.
Singiljonim Masturaxon! Samimiy fikringiz uchun tashakkur sizga!
Biz qilayotgan ish sizga ozgina bo'lsada quvonch ulashayotganidan hursandmiz! Inshaolloh sizni doim "Musulmonlar taqvim kitobi" va yurtimizda chiqayotgan boshqa shu kabi nashrlardan bohabar qilib turamiz!
Yana eng oxirgi taqvim kitobidagi ba'zi hikoyalarni sizga va boshqalarga taqdim qilamiz! Allohni O'zi bizga madatkor bo'lsin!
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2007, 09:07:20
                                  Qaytar dunyo   

Bir keksa ayol bo’lardi. O’g’linikiga kelsa, kelini uyga kiritmas, qo’liga ozgina eguliklar berib jo’natib yuborardi. Ko’ochilik kelinga nasihat qilgani bilan qulog’iga olmasdi. Kampirgina qo’liga tutqazilgan nonmi, shirinlikmi uy atrofidagi o’rindiqda o’tirib eb ketaverardi. Qachonki o’g’li uyida bo’lsagina ona ichkariga kirar edi.
   Oradan ancha yillar o’tib, o’sha kelinni ko’rib qoldim. Qarib yuzlariga ajin tushib ketibdi. Eshitishimcha, qaynonasini qanday ho’rlagan bo’lsa, unga ham huddi shunday kunlar tushibdi. Eri bilan allaqachon ajrashib ketgan, o’g’li esa ichkilikka berilib, onasini uyidan tinmay haydar ekan. Oxir – oqibat qynonasiga qilgan qilg’iliklari o’ziga qaytibdi. “Qaytar dunyo” deb shuni aytishsa kerak – da!
       Norniso Qosimova
      â€œMusulmonlar taqvim kitobi”  2007 yil 1- kitob
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2007, 09:10:30
                               Oxirat hovlisi


   - Umrimning asosiy qismi uy – joy qurish bilan o’tdi, desam hato qilmagan bo’laman, - dedi o’zini tanishtirar ekan Umrzoq aka. – Dastlab o’zimga chiroyli hovli qura boshladim. Hovli bitar – bitmas, bolalar ham katta bo’lib qolishdi. Endi ularga hovli qurish uchun mablag’ yig’a boshladim. Shu tariqa besh o’g’ilga dang’illama imoratlar soldim.
   Umrzoq akaning so’zlarini tinglagan Abdulla aka bir vaqtlar otasining: “O’g’lim, dunyoning mehri issiq bo’ladi. Dunyo hovlisiga qattiq berilib ketib, oxirat diyorini unutib qo’yma” degan nasihati esiga tushdi va:
   - Umrzoq aka, endi nima bilan shug’ullanayapsiz? – deb so’radi.
   - Nevaralarimga imorat solishni boshlasammi, deb turibman, - dedi.
   - Insonning farzand, nevaralarining kelajagini o’ylab ish tutishi ko’p yaxshi ish. Shu bilan birga oxirat hovlingizni ham obod qilyapsizmi? – dedi Abdulla aka kulimsirab.
   - Oxirat hovlisi?! Iya, hali narigi dunyo uchun ham hovli qurishga to’g’ri keladimi? – dedi ajablanib Umrzoq aka.
   - Ha, albatta, oxiratda ham hovli kerak bo’ladi. Tayin uy – joyi bo’lmagan kishi bu dunyoda qiynalgani kabi oxirat hovlisi bo’lmagan undan – da ko’proq qiynaladi, - dedi Abdulla aka.
   - Oxirat hovlisini qurish uchun nima kerak? – so’rab qoldi Umrzoq aka.
   - O’zingiz ta’kidlaganingizdek, hovli qurish uchun mablag’ to’plash lozim. Alloh va oxirat kuniga ishonib, yaxshi amallarni qilsak, bular oxirat diyori uchun mablag’ bo’lib tushadi. Aksincha ularni unutsak, oxiratimizni ham unutgan bo’lamiz. Yoki savob ishlarni bir qilib, keyin to’xtatib qo’ysak, oxirat hovlimizning mablag’ini, uning qurilishini to’xtatib qo’ygan bo’lamiz.
   Azizlar, dunyo hovlisi bilan birgalikda oxirat hoxlisini ham obod qilishga kirishaylik!

   Ruhiddin Akbarov
   â€œMusulmonlar taqvim kitobi”  2007 yil 1- kitob
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Abdullox 25 Fevral 2007, 13:35:08
                                                            Chiroyli o'lim

            Bir necha yil avval akamni chin dunyoga kuzatdik.Ko'zlarimizda yosh,qo'llarimizda Qur'on bilan.Akam,akajonim oilamiz to'ng'ichi bo'lib,undan so'ng men va ukam tug'ilganmiz.Demak,besh aka-uka edik.
           Namozni beshalamiz o'qiganmiz.Ramazon oyida kim ilgariroq tursa qolganlarni uyg'otardi.Har qanday ishni ota-onam va akam bilan maslahatdan so'ng boshlash-taomil.Shunday bo'lsada,akam hech qachon o'zlarini baland olmaganlar,ham
og'a-ini,ham yaxshi do'st edilar. Allohning taqdiri ekan,shunday inson 22 yoshlarida qaytish qildilar.
2003 yil 9 may kuni edi. Akam og'irlashib qoldilar.Hali-hanuz bizni u kishining qanday jon taslim qilgani ovutib keladi.Bu bir ta'bir joiz bo'lsa,g'o'zal o'lim edi.Shom namozi o'qilgandan keyin kordikki,akamning ajal bilan olishuvi boshlandi.Akam bilan ajrashish
onlari yurakni ezib yuborayotganinga qaramay,u yotgan xona atrofida o'n beshta saboqdoshi-kursdoshi kalimai shahodatni jo'r bo'lib baravar aytib turar,akajonim ham ular bilan shu so'zlarni takrorlab yotar ediki,ko'ngling yuksalar edi.Taskin,hatto quvonch
topganday bo'lar edi.
 Ota-onam akamninjg ikki qo'lidan ushlab olishgan,diydor qiyomatga qolayotganini his etib farzandlari yuz-ko'zlariga termulardilar.Ularning og'zida ham kalimai shahodat.Men esa ,qo'lmda Qur'oni karim,surai "Yosin"ni ,surai "Taborak"ni ketma-ket,takror va takror o'qiyman.Ko'zlarim yosh bilan,yuragim akajonoimni sog'inchi,titroqqa olgan iztirob bilan limmo-lim .
Nihoyat,bir mahal akam jim bo'lib qoldilar.Allohning kalimasini zikr qilayotgan xona ham sukunatga cho'mdi.Bilmadim,yarim soatmi,bir soat hech kim o'rnidan turgani yo'q.Hamma hozirgina ko'rganlarini mushohadasiga tolgan,umrga tatigulik xulosalar
chiqarayotgani aniq edi.

                                                                                       Nozim Muhammadoxun.

                                                                                          Irfon taqvimi, 2007 yil II son.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Nodi 25 Fevral 2007, 21:54:04
SOYABONINGIZ UNUTMANG!

Yoz mavsumlarining birida kuchli qurg’oqchnlik avj olib, kichkinagina qishloqdagi ekin-tekinlarga tahdid sola boshlaydi. Jaziramali bozor kunlarining birida qishloq imomi jamoat ahliga qarata shunday deydi: "Bizni yomg’ir duosidan boshqa hech narsa qutqara olmaydi. Uyga boring, duo qiling, ishoning va kelasi yakshanba tangri yomg’ir yuborgani bois rahmat aytishga tayyor bo’lib keling".
Odamlar o’zlariga tayinlangan vazifalarni ado etib, keyingi yakshanba kuni aytilgan joyga  to’plandilar. Ammo imom ularni ko’rishi bilan jahl otiga minib:
- Bugun duo qilmabsiz. Demak, hali ham yetarlicha ishonmayapsiz, - deydi.
-Iya, - deb e'tiroz qiladi odamlar,  - duo qildik va chindan ham ishonyapmiz.
-Ishonyapsizmi? - deb so’raydi imom, - unda soyabonlaringiz qani?
Hikoya barchamiz uchun birdek taalluqli. Soyabonlarini uylarida qoldirgan insonlar juda ko’p. Bu insonlar umr bo’yi istak va duolarining ijobat bo’lishini umid qiladi, lekin aslida ro’yobga chiqishini kutmaydi. Ba'zilar bo’lsa, orzulari va istaklarining amalga oshishini kutadi. Umrlarining boshidan to so’nggi nuqtasigacha har on go’yoki biron hodisa yuz berishi mumkindek hozirlik ko’rib yashaydi. Bugun orzu qilganingizga yetish uchun nelar qilmoqchisiz? Tilaklaringgizning ijobat bo’lishini hamda natija berishi uchun harakat qilayapsizmi?
Unda soyaboningizni unutmang!
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Nodi 25 Fevral 2007, 21:54:34
ROSTGO’YLIK EHTIYOJI

Buyuk tennischi Artur Ashe 17 yoshida shunday voqeani boshidai kechiradi:
Artur harbiy Virjiniyadagi bir turnirda ishtirok etardi. Ko’p hollarda bo’lgani kabi musobaqadagi
yolg’iz qora tanli ishtirokchi edi. Kunlarning birida bir nechta bola yaqin atrofdagi do’konga zarar yetkazadi. Do’konni butunlay ostin-ustun qilishadi. Ertasi kun ular siri ochilgach, Arturni ham o’zlarining hamtovog’i, deb aytishadi. Voqea tafsiloti mahalliy gazetalarda yoritiladi. Artur bu ishga aloqador bo’lganligini rad etadi, bolalar esa tuhmat qilishda davom etishadi. Artur uchun eng yomoni bunga otasining nima deyishi-yu, nima qilishi edi. Nihoyat uni cho’chitayotgan telefon orqali suhbat oni ham yetib keladi.
Taxmin qilganidek, otasi voqeadan boxabar edi. Shu bois tovush toni ham juda baland edi. U o’g’lidan birgina savol so’raydi: "Artur, bilmoqchi edim, bu ko’ngilsizlikda qatnashdingmi?" Artur: "Yo’q, ota  qatnashmadim!" deb javob beradi. Otasi bu mavzuda boshqa hech narsa so’ramaydi. Artur shu on nima sababdan har doim to’g’ri so’zlash tashviq qilinganligini anglaydi. To’g’ri so’zga ishonadigan kun kelishi aniq edi. Otasining ishonchi va hurmatini ancha oldin qozonganini bilardi. Shu kundan keyin rostgo’y inson bo’lib, umr o’tkazishga har narsadan ko’proq ahamiyat beradigan bo’ldi.
Afsuski, har qadamda to’g’rilik va rostgo’ylikka imkon bermaydigan odamlar oramizda topiladi. Ammo bizning to’g’ri so’zlarga ehtiyojimiz katta, Rostgo’yligi bilan alohlda ajralib turadigan odamlarga, fazilatlari bilan yashashga qaror qilganlarga, yoshi va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, nima bo’lganda ham o’zgalarning ishonch va hurmatini kundan-kunga qozonadigan odamlarga muhtojligimiz bor. Dunyomizga yangi rostgo’yning keragi yo’q. Siz bor-ku!
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Nodi 25 Fevral 2007, 21:55:44
SIZ KO’KLARGA LOYIQSIZ

Ushbu hikoya bizga xayol kuchining ham muhim ekanligini eslatadi: Bir odam burgut tuxumini topib oladi va uni tuxum bosib yotgan tovuq katagiga qo’yadi. Yovvoyi burgut polaponi tovuq ochgan jo’jalar bilan birgalikda tuxumdan chiqadi va ular bilan birga yashay boshlaydi. To’dadagi boshqa jo’jalar singari u ham qurt-qumursqa izlab, yer kavlash hadisini o’zlashtiradi. Tovuqlar singari qanotlarini ochib, yerdan faqatgina bir necha metrcha yuqoriga sakrashni o’rganadi.
Yillar o’tib, butunlay "tovuqlashgan" burgutning yoshi bir joyga borib qoladi. Kunlardan bir kun
moviy osmonda bir qushga ko’zi tushadi. U shu paytgacha bunday bahaybat qushni hech ko’rmagandi. Uning  patlari xuddi oltinga o’xshab tovlanar, juda ham baquvvatligi bilinib turgan qanotlarining epchil harakatlari bilan ko’k uzra bemalol parvoz etardi.
Qari burgut samodagi bu qushni hayratla ancha vaqt kuzatgach, "Bu nima?" deb so’raydi yonidagi do’stlaridan.
- U burgut, - deb javob beradi tovuqdardan biri. - U samoning qiroli, manzil-makoni osmon, sen va mening joyimiz yerdir, birodar.
Keksa burgut uzoq muddat tepasida uchayotgan hamjinsiga hangu-mang tikilib  qoladi. O’zini tovuq his qilgani uchun tovuqlar qatori o’tib ketadi...
Siz hazrati insonsiz, siz ko’klarga loyiqsiz, "tovuq katagi"ga emas... O’zingizga, qalbingiz-ga
ishoning, agar ishonmasangaz, unda sizga kim ham ishonadi ?
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Nodi 25 Fevral 2007, 21:56:24
YONIMIZDAGI XAZINA

Bundan yuz yillar muqaddam Rassel Konvel ismli bir sayyoh butun Amerikani aylanib chiqib, o’z taassurotlarini odamlarga ulashardi. Sarguzashtlari debochasida u "Oltin ma'dani" nomli hikoyani aytishni kanda qilmasdi. Hikoya esa quyidagicha edi;
...Yala universitetining geologiya muhandisligida ta'lim oladigan bir yigit o’qishining bitishi
arafasida "Oltinga hujum" vasvasasiga berilib, o’z xazinasini topish ilinjida Kaliforniyaga
ketishga qaror qiladi. Yala universiteti rahbariyati yigitni o’z a'zoligiga taklif etadi, ammo u taklifni rad etadi. Onasini Masachusetidagi fermasini sotib, o’zi bilan olib ketishga ko’ndiradi.
Ammo sarguzasht orzularning chilparchin bo’lishi bilan o’z intihosiga yetadi. Yosh geolog hech-qanday xazina topolmaydi va oxir-oqibat Minnesotada bir ma'dan shirkatiga ishga kirishga majbur bo’ladi. Oladigan maoshi esa Yala universiteti taklif etgan maoshdan ancha past edi.
Eng qizig’i, yigitning beva onasidan fermani sotib olgan yigit bilan sodir bo’ladi. U kunlarning
birida fermada yetishtirgan kartoshkalarini yig’ishtirayotganda tuproq ustida yotgan g’alati bir toshni ko’rib qoladi. Toshni olib, tekshirtirib ko’rgach, uning tosh emas, kumush ekanligi oydinlashadi. Ma'lum bo’lishicha, ferma katta bir kumush konining ustiga qurilgan ekan. Xo’sh, ayni o’sha xazinaning yonidan balki yuz martalab o’tgan yosh muhandis shuni nimaga farqlamadi? Balki xazina deganlarining bunchalik oson topilishi yetti uxlab tushiga ham kirmagandir. Yoki xohlagan xazina izlovchi uzoq-uzoqlarga ketib, o’z orzusini ro’yobga chiqara olishdek ertak syujetiga ishongandir...
Qidirganigiz qanday narsa bo’lishidan qat'i nazar, u aynan yoningazda ekanligini unutmang.
Hayotingizni o’zgartirib yuboradigan antiqa narsalar hali ham mavjud, ammo buni fahmlab yetishingiz  uchun eng avvalo ongingizni o’zgartirmog’ingiz joiz. Baxt, ishonch, maqsad yoki yuksalish, umuman,  qidirganingiz balki hovuchlaringizning ichidadir.
Balki ayni damda ishlayotgan ishxonangizda, o’qishingizda, o’zgalar bilan munosabatingizda yoki yashayotgan joyingizda siz uchun sir bo’lgan xazina bordir. Orzularingiz hovuchlaringiz orasida, dedik, buning mumkin bo’lishiga chindan ishoning, albatta, erishasiz. Hayotingizni o’zgartirmasdan oldin atrofga bir boqing, Olmos ma'dani ustida o’tirgandirsiz, ehtimol, kim bilsin!
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Nodi 25 Fevral 2007, 21:57:01
ILHOMLANTIRUVCHI BIR SO’Z

Polshalik bir yosh bolakay pianino chalishga juda qiziqardi, ammo musiqa o’qituvchisi barmoqlarining qisqa va qalin bo’lganligi bois hech qachon undan yaxshi pianinochi chiqmasligini aytadi. Undan ko’ra klarnet chalishni tavsiya qiladi. Biroq ko’p o’tmay klarnet o’rgatuvchi ustozi lablarining klarnetga uyg’un emasligini va undan yaxshi klarnetchi chiqmasligini e'tirof etadi.
Kunlarning birida kutilmaganda yosh qahramonimiz mashhur pianinochi Anton Robinshteyn bilan tanishadi. Taniqldi bastakor bolaga shu kungacha hech kim aytmagan kichik, ammo ilhomlantiruvchi bir so’zni aytadi: "Ey, yosh odam! Pianino chalishga imkoniyating bor. Aslida seni yaxshi bir pianist bo’lishingga aminman, biroq buning uchun sen kuniga yetti soat mashq qilishing kerak".
Bolakayning butun umidi kimdandir bu ilhomlantiruvchi so’zni eshitish edi, aslida!
Robinshteyn tayinlaganidek, kunning asosiy qismini mashq qilish bilan o’tkazadi va xarakatchanligi, intilishi ko’p o’tmay o’z mevasini beradi... Jon Podovskiy zamonasining eng mashhur pianinochilaridan biri bo’lib yetishadi. Kichik tirgak vazifasini bajargan so’z bir bolakay imkoniyatlarining oydinlikka chiqishiga va yillar davomida atrofga nur sochishiga sababchi bo’ldi.
Shuni unutmangki, bugun sizga aytilayotgan har bir so’z ufqingizni ocha bilguvchi va butun hayotingizni o’zgartirguvchi kuchga ega bo’lishi mumkin.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muslimа 26 Fevral 2007, 09:24:55
                                  Shukrona   

Bugun dunyo jadallik bilan rivojlanib borayotgan bir zamonda butun insoniyat zaif bo’lib ko’rinyapti ko’zimga. Hatto duosining qabul bo’lmayotganidan ko’ngli to’lmay, nolib yurganlarga ham guvohman. Bu borada o’zimni misol qilib keltirishim mumkin. Yoshlik paytlarimda Allohga qilgan iltijolarim qabul bo’lmayotganiga, Allohning duolarimga javob bermayotganiga aqlim etmasdi. Vaholanki, U har narsani bilib, ko’rib turguvchi Zotdir. Yaqinda hayot sahifalarimni varaqlab turib, Allohning har bir ishni hikmat ila qilguvchi buyuk Zot ekaniga yana bir bor amin bo’ldim…
   Men Allohdan kuch so’ragandim, U menga bir qancha qiyinchiliklarni in’om etdi. Ularni engib o’tish davomida ana shu so’ragan narsamga ega bo’lgan ekanman.
   Allohdan aql so’ragandim. U meni hayot muammolariga duchor qilib, bu iltijoyimni ham amalda tasdiqlab bergan ekan.
   Qilayotgan ishimga rivoj so’ragandim. Alloh esa meni ishga ko’mib tashlab, hayotimning jo’shqin o’tishini ta’minlab bergan ekan.
   Men Allohdan iymon so’ragandim, Alloh iltijolarim asosida iymonimni mustahkamlayotgan ekan.
   Allohdan jasorat so’ragandim. U menga musulmonlarga yordam qo’lini cho’zishdek imkoniyatni bekamu ko’st yaratib bergan ekan.
   Men Allohdan halovat so’ragandim. U menga qalb berib, iymon ila uni bezatib qo’ygan ekan.
   Undan yana husn so’ragandim. U menga butun qo’l, butun oyoq, butun tana in’om qilgan ekan.
   Men Allohdan to’g’ri yo’lni so’ragan edim, U menga eng to’g’ri yo’l bo’lmish Islomni ko’rsatib qo’ygan ekan.
   Men Allohdan duolarimning qabul bo’lishini so’ragan edim. U hamma iltijolarimni O’zining buyukligi bilan ta’minlab qo’ygan ekan.
   Hullas, men so’ragan narsalarimga erishgan ekanman… O’ziga shukur!

      Gulnora Turg’un qizi
      â€œMusulmonlar taqvim kitobi”  2007 yil 1- kitob
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muslimа 02 Mart 2007, 20:11:59
Adashishning eng yomoni


 Kollejda o'qib yurgan kezlarimda guruhimizdagi bir dugonam o'qishga kelmay qo'ydi. Undan habar olish maqsadida besh - oltita kursdosh qizlar bilan yo'lga tushdik. Dugonamnikiga etib kelgach, bizni uyga taklif qildi. Uning onasi biz bilan suhbatga kirishib, g'alati gaplarni gapira boshladi. "Shuncha yil namoz o'qib, foydasini ko'rmadim, Islom dinidan hech qanday naf bo'lmadi", dedi u. Biz bu gapdan yoqmizni ushladik. Keyin menga bir kitob uzatib: "Ovozingni chiqarib o'qi, qolgan qizlar ham eshitsin", dedi. Kitobni qo'imga olsam, Injil ekan. Men uni o'qiy olmasligimni aytib, qaytarib berdim. Chunki bizning yagona kitobimiz Qur'oni karim ekanini tushunar edim.
 Dugonamning onasi kitobni o'zi o'qib, o'zicha tavsiflay boshladi. Iso payg'ambarni Xudo bilib, unga sig'inishini va u istagan narsasini berayotganini, hamma oila a'zolarini ishi yurishib ketganini gapira ketdi. Men bu gaplardan "Astag'firulloh", deya oldim halos.
 Onasidan dugonamizning o'qishga bormayotganini sababini so'rasak, qandaydir raqs to'garagiga qatnashayotganini, u erda o'g'il - qizlar kun bo'yi ashula aytib, raqs tushishini bamaylihotir so'zladi. O'z navbatida bizlarni ham shunga da'vat qildi. Oxiri bunga chidab turolmasdan o'rnimizdan turdik.
 Axir bu ochiqdan - ochiq dindan chiqish emasmi? Butun olamlarning egasi Alloh, ibodatga loyiq bo'lgan zot Uning o'zi emasmi?! Bugungi kunda aslida musulmon millatiga mansub ba'zi bir yurtdoshlarimizning haq yo'ldan adashib, o'zga dinlarga kirib ketayotganini qanday izohlash mumkin? Axir Alloh taolo Qur'oni karimda: "Albatta, Alloh nazdidagi (maqbul bo'ladigan) din Islomdir", (Moida, 3) deb aytib qo'ygan - ku!
 Alloh taolo barchamizni adashishdan asrasin. Zero, adashishning eng yomoni hidoyatdan keyingi zalolatdir.
     Hilola   
     "Musulmonlar taqvim kitobi" dan olindi
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Munira xonim 06 Mart 2007, 08:09:28
Kechasi bilan yoqqan yomg'ir kechasi bilan tinmadi. Ishga ketayotsam, ko'chada o'n-o'n ikki yoshlar chamasidagi bola og'ir sumkasini yerga qo'yganicha "moloko, qatiq qaymoq"deya chaqirardi. Uning yuki og'ir, egni yupqa, allaqachon ezilib, shalabbo bo'lgan, soyaboni ham yo'q. Bo'lganida ham uni tutgani uchinchi qo'li yo'qku. Ketolmay to'htadim.
- Nechanchi sinfda o'qiysiz o'g'lim?
- Beshinchida,-dedi bolasalom berarkan,darrov sumkasiga ishora qilib. - Hola sut oling,boshqalardan arzon sotaman,qatig'im ham bor.
- Necha puldan sotyapsiz?
- Uch yuzdan.
- Maktabga bormadingizmi?
- Yo'q, bugun, erta mening qolish navbatim. Indin akam sotishga chiqadi.
- Qayerdan kelganisz?
- Soldatiskiydan.
- Sizga bir gap aytayin, oyingizga yetkazing. Agar sutlaringizga suv qo'shmasangiz, doimiy mijozlaringiz bo'ladi, tushga yaqin tarqatib vaqtli uyingizga qaytasiz. Maktabdan ham qolib yurmaysiz. Qani sutingizni ko'raychi?
- Hozir suv qo'shmaydigan bo'ldik,- dedi bola uch litrlik bankani qo'liga olar ekan.
- Sizga ishonaman.
Sutga ehtiyojim bo'lmasa ham shu bolani ayab uch litr sutini olib qoldim. Tezroq uyiga qaytsin, ishqilib shamollab qolmasin. Agar kasal bo'lib qolsa topgan puli dori darmonga yetmaydi. Afsuski sutni qatiq qilsa, sutni yog'i shilib olinganidan shildiragan qatiq bo'ldi.
Bolaligimni esladim. Sut yuqi chelakni syv bilan chayadigan buvimiz hatto sut yuqi suvni ham sutga qo'shmasdilar. Nega deganda:"Kimki sutiga suv qo'shib sotsa qiyomatda sut bilan suvni kiprigi bilan ajratib beradi", degandilar.
Ertasi kuni sutchi bola yana qarshimdan chiqdi. Egnida o'sha kiyimlari, qo'lida zil-zambil sumkasi. Meni ko'rib darrov salom berdi,kechagi yolg'oniga vijdoni qiynalgandek "sut olasizmi?' deyolmadi. Men unga:"O'g'lim, shartimizga amal qilganingizda men sizning doimiy mijozingiz bo'lmoqchi edim. Endi shu gaplarim sizga omonat, oyingizga yetkazing. Sutga suv qo'shganni qiyomatda jazosi og'ir bo'lar ekan,qo'shgan suvini kipriklari bilan ajratib berarkan. Agar siz bu ishni uddalay olsangiz, kelajakda albatta mashhur, halol boy tijoratchi bo'lasiz",dedim.
Bola uyalganidan yerga qaradi.

Musulmonlar taqvim kitobi.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Munira xonim 06 Mart 2007, 08:23:26
Nevaram meni uzoqdan ko'rib qarshimga yugurdi:
- Obkeldingizmi?-dedi sumkamga osilib.
- Nimani obkelaman, qo'zichog'im?
- Bog'cha opamga sovg'anida.Kecha oyim aytdilarku! - hafa bo'ldi nevaram.
- Hali bayramga ertaku, qizalog'im.
- Erta emas,o'n kungina qoldi,- barmoqlarini bukib yozib sanay ketdi.
- Yahshi yahshi, hali vaqtimiz bor ekanuyga boraylikmaslahatlashib chiroyli suldasta olamiz.
- Ey,buvijon, gul bo'lmaydi, qurib qoladi. Bog'cha opam uni "supurgi", deb savatga tashlab yuboradi. Ko'ylak sovg'a qilsangiz meni yahshi ko'radilar.
- Bo'ldi-bo'ldi,ko'ylak olamiz. mudira opaga palto olamiz. Keyin seni juda yahshi ko'rishadi.
Kinoyamni anglamagan nevaram bag'rimga otildi:
- Urr-rre! Endi meni hammadan ko'proq yahshi ko'rishadi.
Nevaram nimalarnidir bijillar,men esa ko'zlarimga, quloqlarimga ishonmasdim. Ichimda o'zimga - o'zim takrorlayman:"qiyomat, qiyomat..."

Musulmonlar taqvim kitobi.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2007, 19:57:13
Sofdillik mo‘jizasi

Ushbu voqea bir vaqtlar Markaziy Afrikada ishlagan yevropalik shifokor ayolning ish hayotida yuz bergan. O'shanda yarim kecha edi. Men bilan hamshiralar o'ta jiddiy ish - ko'z yorishi og'ir bulgan xomilador ayolni qabul qilishga to'g'ri keldi.  Bizning barcha sa'y-harakatlarimizga qaramay, endigina ko'z yorgan ayol vafot etdi. U bizga muddatidan avval tug'ilgan bir burdagina chaqaloqni va yig'lab turgan ikki yoshli qizchasini tashlab ketdi.

Biz yangi tug'ilgan chaqaloqni endi qanday qilib asrashimizni tasavvur ham qila olmasdik, chunki shifoxonamizda muddatidan oldin tug'ilgan bolalar uchun eng oddiy shart-sharoitlar ham mavjud emasdi. Buning ustiga, o'sha vaqtda inkubatorni ishlatish uchun oddiygina elektr energiyasi ham yo'q edi. Garchi biz ekvatorda joylashgan bo'lsak-da, bu yerning badanni junjiktiruvchi shamolli kechalari  anchagina salqin bo'lardi. Yordamchilarimdan biri, stajer-akusher yordamchi binoga qarab yugurdi va u yerdan dunyoga endigina kelgan, qaltirab turgan chaqaloqni o'rash uchun momiq paxta olib keldi. Hamshira esa gorelka olib kelish uchun yugurdi. Birozdan so'ng u juda xafa holda qaytib keldi va yig'lamsiragan holda gorelkani issiq suvga to'ldirishi bilanoq yorilib ketganini aytdi.  «Bu bizning oxirgi gorelkamiz edi!», - dedi u xo'rsinib.

Darvoqe, tropik iqlim sharoitida rezina o'z xususiyatini tez yo'qotadi, men bunga ko'p duch kelganman. Ammo kelib-kelib aynan hozir, gorelka hayotiy zaruriyat bo'lgan bir paytda bunday bo'lishi o'ta achinarli edi. Ammo, g'arbliklar o'tgan ishga salavot deyishganidek, bu yerda - Markaziy Afrikada ham yirtilgan gorelka uchun qayg'urishning hech bir nafi yo'q edi. Gorelkalarning daraxtda yetishmasligi qanchalar ma'lum bo'lsa, yaqin atrofda na biron dorixonaning, na gorelka sotiladigan do'konning borligi ham shunchalar aniq edi.  «Mayli, nima ham qila olardik, - dedim xo'rsinib qolganlarga yuzlanarkanman. - Endi chaqaloqni bunday salqin kechada nobud bo'lmasligi uchun o'ta ehtiyotkorlik bilan unga kerakli issiqlikni ta'minlovchi olovga yaqin joyga yotqizishimiz kerak. O'zimiz esa navbat bilan chaqaloqning oldida yotamiz, birimiz esa eshikdan shamol kirmasligi uchun mas'ulmiz. Bizning asosiy vazifamiz - bir necha kun ichida bolani issiq saqlashimiz kerak».

Ertasiga men odatdagiday bolalar uyiga bordim va u yerda uz xohishlari bilan menga hamroh bo'lgan bir necha bolalar bilan ibodat qildim. Ibodatga qadar men bolalarga o'tgan kecha bo'lgan voqeani gapirib berdim, gorelkaning yorilib ketgani va chaqaloq uchun kerakli issiqlikni qanday qilib ta'minlaganimizni tushuntirdim. «Gorelka bo'lganda bizga juda asqotgan bo'lardi, - qo'shimcha qildim men. - Axir chaqaloq biroz sovqotsa xam nobud bo'lishi mumkin». Bundan tashqari men bolalarga yangi tug'ilgan chaqaloqning vafot qilgan, endi hech qachon qaytib kelmaydigan onasini qo'msab yig'layotgan, ammo yetim bo'lib qolganini hali tushunib yetmagan ikki yoshli opasi haqida ham gapirib berdim. Bolalar meni diqqat bilan tinglashdi va ibodatga otlanishdi. Ibodat vaqtida ularning orasidagi o'n yoshli qizcha  e'tiborimni tortdi. U shu qadar chin ko'ngildan ilohiy ishonch bilan ibodat qildiki, duolari begunoh bir go'dakning butun yuragidan to'kilardi. «O'tinaman, Ollohim, - duo qilardi u, - bizga bir dona gorelka yuborgil. Yo Ollohim, uni bizga bugunoq yubor, axir ertaga kech bo'lishi, chaqaloq o'lib qolishi mumkin». Qizcha duosining oxirida qo'shimcha qildi: «Yo Ollohim, shu chaqaloqning opasi uchun bir qo'g'irchoq ham yuborsang, toki u yolg'iz emasligini, Sen uni yaxshi ko'rishingni bilsin, yolvoraman, Ollohim!» Bu so'zlarga lol qolib, bolalikning sof va sodda qalbiga butunlay taslim bo'lgandim. Men o'sha paytda bunday duoga «Omin» deyishim mumkin edimi?.. Yo'q, deb o'ylayman. Men Ollohning ushbu iltijoni bajarishiga shunchaki ishona olmasdim. Albatta, Qur'onda Ollohning qodir, cheksiz qudrat egasi ekanligi, O'zi ixtiyor qilgan har narsani qila olishi yozilganini bilardim. Ammo har narsada, shu jumladan, so'rashda ham chegara bor, deb o'ylardim. Mening nazdimda, o'sha paytda bizning sharoitimizda bunday iltijoning amalga oshishi imkonsiz edi. Chunki gorelkaga ega bo'lishimiz ehtimolining birdan bir yo'li - bu mening vatanimdan posilka olishimiz edi. Ammo men bu yerda deyarli to'rt yildan beri ishlayotgan edim va haligacha hech kim menga bironta ham posilka yubormagandi. Buning ustiga, kimdir menga posilka jo'natishga qaror qilgan taqdirda ham, nimaga asoslanib ham uning ichiga gorelka solardi? Axir kimning xayoliga ham menga - ekvatorda, tropik jaziramada ishlayotgan kishiga gorelka jo'natish kelardi? Shunday badgumon o'ylar bilan ishga qaytdim. Oradan ikki soatcha o'tgach, o'quvchilarimga tibbiyot asoslaridan dars o'tayotganim bir vaqtda,  uyim oldiga (u shifoxona yaqinida edi) mashina kelib to'xtaganini xabar qilishdi. Shoshilib uyga kelganimda mashina ketib qolgandi. Lekin ayvonda meni 22 kilolik posilka kutayotgan edi. Ko'zlarimga yosh quyilib kelayotganini his qilib turardim. Xayajondan posilkani ocha olmadim va yordamga chaqirdim. Zum o'tmay bugun biz birgalikda ibodat qilgan mehribonlik uyining bolalari yordamga yetib kelishdi. Ularning ichida o'sha o'n yoshli qizcha ham bor edi. Bolalar bilan birgalikda har bir tugunni yechib, arqonni bo'shatdik. Keyin posilkani pichoq bilan ichidagi narsalarni zararlantirmasdan ocha boshladik. Biz hammamiz hayajon ichra bu tilsimli qutidan ko'zimizni uza olmasdik. O'ttizdan ortiq ko'zlar posilka ichidagi narsalarni ola boshlagan mening qo'l harakatlarimga qadalgandi. Eng ustdan men bir nechta turli rangdagi sviterlarni oldim. Ularni bolalarga tarqatganimda, beg'ubor ko'zlari yanada chaqnab ketdi. Keyin kasallar uchun yuborilgan bandajlarni chiqardim. So'ngra turli xil tibbiyot uskunalarini oldim. Undan keyin mayiz solingan bir necha paket chiqdi. Va nihoyat qutiga navbatdagi narsani olish uchun paypaslagan qo'llarim ... Yo'q... Bo'lishi mumkin emas!

Ko'zlarimga ishonmagan holda, tushimmi o'ngim ekanligini aniqlash uchun o'zimni chimchilagim kelardi, men qutidan... ha, ha, yap-yangi rezina gorelkani chiqardim! Bolalar maftun bo'lib, qichqirib yuborishdi, men esa ko'z yoshlarimga ko'milgandim. Men Ollohdan gorelka yuborishini so'ramagan edim, chunki buning mumkinligiga shunchaki ishonmagan edim. Axmoq bo'lmasam, duoning kuchiga shubha qilamanmi! Shunda o'sha o'n yoshli qizcha xursand bulib, yonimga keldi. «Modomiki Olloh bizga gorelka yuboribdimi, demak U qo'g'irchoqni ham yuborgan», - ishonch bilan shivirladi u qutiga nazar tashlarkan. Albatta! Bo'lmasam-chi! Qutining eng tagidagi jozibali qo'g'irchoqni biz birgalashib chiqardik. Qizchaning ko'zlari misoli ikki kichik yulduzdek porlardi. U BUNGA MUTLAQO SHUBHA QILMAGANDI! «Olloh uni juda yaxshi ko'rishini bilishi uchun siz bilan birga borib, ushbu qo'g'irchoqni o'sha ikki yoshli qizchaga bersam maylimi? ... Iltimos», - so'radi mendan qizaloq. «Albatta, shirinim», - ko'z yoshlar ichida ma'qulladim men. Aslida mazkur posilka besh oy davomida yo'lda bo'lgan edi. Uni menga sobiq o'quvchilarim ilgari men bilan birga ishlagan Ollohga ishongan va uning amrlariga buyinsungan bir hamkasb ayolning tashabbusi bilan yuborishgan edi. Buning ustiga gorelkani naq ekvatorga hamda eng kerakli vaqtda yetkazib berishgandi! Sobiq o'quvchilarimdan biri posilkaga qo'g'irchoqni Ollohga butun vujudi bilan ishonib duo qilgan haligi qizaloqning iltijosiga javoban ikki yoshli yetim qolgan qizcha uchun solib qo'ygan edi.

«Ular hali so'rmaslaridan avval Men ularning duolariga labbay deya javob beraman»
 Robbimiz chindan ham hamma narsani eshitguvchi va bilguvchidir. U bizni naqadar yaxshi ko'radi!

Muhammadjon Sobirov tarjima qildi
http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1474&Itemid=1
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: islimakhanim 08 Mart 2007, 20:06:38
 Assalamu alaykum!
Jazakallah, AbdulAziz bey! Allah jannatiga vasila qilsin ilohim, shu hikoyani yiglab yig-lab o'qib chiqdim! Nega biz musulmonlar birodarlarimizni shu 10 yashar qizchalik chin dildan duo qilmayq o'ydik? Qadrli forumdoshla, kelingla, ertaga Sayyidul Ayyom - Muberak Cumada qo'llarimizni ochib barcha muslim va muslimala uchun chin ko'ngildan duo qilaylik, zero, payg'ambarimiz (sav) aytganlariday, mo'minning boshqa bir mo'min birodari haqqiga chin dildan qilgan duosi shaksiz mustajobdir!
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2007, 20:17:31
Assalamu alaykum!
Jazakallah, AbdulAziz bey! Allah jannatiga vasila qilsin ilohim, shu hikoyani yiglab yig-lab o'qib chiqdim! Nega biz musulmonlar birodarlarimizni shu 10 yashar qizchalik chin dildan duo qilmayq o'ydik? Qadrli forumdoshla, kelingla, ertaga Sayyidul Ayyom - Muberak Cumada qo'llarimizni ochib barcha muslim va muslimala uchun chin ko'ngildan duo qilaylik, zero, payg'ambarimiz (sav) aytganlariday, mo'minning boshqa bir mo'min birodari haqqiga chin dildan qilgan duosi shaksiz mustajobdir!

va alaykumussalam.
Inshaalloh duoda bo'lamiz.
Zero har birimiz birodarmiz, birodarning boshqa bir birodariga qilgan duosi inshaalloh qabuldir.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Munira xonim 09 Mart 2007, 09:05:10
Namozhon.

Dadam bir necha oydan beri boqilayotgan qo'chqorni sotib kelishni buyurdilar. Ukam erta tongdan mol bozoriga yetib bordik. Haridorlar qo'yimizga har hil baho berishar, biz ham tanishlar aytgan chamaga yetguncha mahkam turardik. Ko'chamizda Abdug'affor aka degan odam turardi. U ham haridor chiqib, qo'yni oladigan bo'ldi.
Bir dasta pulni tutqazib:
- O'g'lim sanagin,pul sanashga no'noqroqman,men qarab turay,-dedi.
Men tez-tez sanab tegishli pulni olib qolganini qaytarib berdim. "Bor baraka" deb qo'yning arqonini olib, pattasini topshirib bozordan chiqib ketdik. Yo'lda ketayotib o'zimga ishonmay pulni qaytadan sanadim, ancha kam chiqdi, bozorda adashganimni bildim va ukamga:
- Yur, qolganini uyiga borib olamiz,namozhon odam g'irromlik qilmas,-dedim.
Ukam esa:
- Qaytarib berarmidi, yahshilab sanash kerak edi,-dedi zarda bilan.
Abdug'affor akani chaqirganimizda jiddiy ko'rinishda chiqib keldilar:
- Ho'sh, hizmat o'g'lim?
Vaziyatni tushuntirdim. U kishi bo'lsa:
- O'z qo'ling bilan sanab olding, to'g'rimi?-dedi.
- To'g'ri,-dedim.
- To'g'ri bo'lsa bo';ptida,- deb eshikni yopib kirib ketdilar.
Orqamda turgan ukam "ana sizga namozxon" deb g'alaba qo'shig'ini aytgandek bo'ldi. Sir boy bermay, "jim bo'l" deb yo'lga tushdik. Eshikdan kirganimizda dadam:
- Yahshiyam tanishga sotibsizlar. Insofli odam ekan,pulning qolganini berib ketdi,-dedilar.
Abdug'affor aka bizdan oldinroq uyiga kelgan,pulini kam sanab olganimizni bilib,dadamga keltirib bergan ekanlar.
Ukamga qaradim va kulib:
- Mana senga namozxon!!!- dedim.


Erkin Madolimov.
"Musulmonlar taqvim kitobi".
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muslimа 12 Mart 2007, 10:19:21
RAYHONLAR ISI

KECHAGINA SIZU BIZGA HAMNAFAS BO’LIB YASHAGAN, BUGUN RAHMONNING HUZURIGA SAFAR QILGAN YURTDOSHIMIZ HAYOTINING SO’NGGI DAQIQALARIDAN SO’NGGI DAQIQALARIDAN BIR LAVHANI SIZ AZIZLARGA HIKOYA QILISH NIYATIDA QALAM USHLADIM. BU HIKOYAM YANA QAYSIMIZNINGDIR HIDOYATIMIZGA VA ENG MUHIMI SO’NGGI NAFASDA SHAHODAT KELTIRA OLISHIMIZGA VASILA BO’LAR, DEGAN XAYRLI MAQSADNI DILGA TUGDIM. SIZ AZIZLARGA XAYRLI UZOQ UMR IMKONINI, SHAHRISABZDA YASHAB, UMRINING YIGIRMA OLTINCHI BAHORIDA VAFOT QILGAN SINGLIMIZ NODIRAXONGA ALLOHNING RAHMATINI SOG’INIB:
GULBAHOR ABDULLOH QIZI

Zulayho xola qizi Nodiraning betob bo’lib qolganini eshitgach, qo’li ishga bormay qoldi. O’tirsa-tursa, faqat: “Qizimga nima bo’lgan ekan? Xudoyim shifo bergin!.. Bolalarigayam qarayolmay qolgandir...” degan hayol nari ketmadi. 
Kechga tomon darvozadan kimdir ovoz berdi.
- Shavkatjon, kimdir kelganga o’xshaydi, - dedi xola shom namozini o’qimoqlik uchun joynamoz yozarkan.
Kelgan mehmon Nodiraning umr yo’ldoshi Akromjon edi. Salomlashib, hol-ahvol so’rashgach, xola darhol qizi haqida so’radi.
- Do’xtirga olib bordik, lekin aniq bir to’xtamga kelishgani yo’q. Hozircha uyda shifokorlarning nazoratida muolaja olyapti, - dedi kuyovi.
- Bolalargayam qarayolmayatgandir?..
- Bolalarga onam qarayptilar, siz xavotir olmang.
- O’rgilay, Akromjon, yaxshiyam taqdiriga sizday tushunadigan turmush o’rtog’i, onangizday mehribon qaynona bitilgan ekan, ming rahmat…
Kunlar o’taverdi. Xastaning rangi kun o’tgan sayin so’lib boraverdi.
Uni ko’rsatishmagan tabib-do’xtirlari qolmadi, hisob.
“Cho’kayotgan odam xasga yopishadi” deganlaridek, kim nima desa, hammasini qilib ko’rishdi. Nodira tuzalish o’rniga brogan sari og’irlashaverdi… Bundan xavotirga tushgan onasi Akromga:
- O’rgilay o’g’lim, meni to’g’ri tushunsangiz, bittagina iltimosim bor. Har kuni qizimning ahvolidan xabar ololmayman, qarichilik… Lekin, ko’rmasam ham ko’nglim tinchimaydi. Rozi bo’lsangiz, ozgina o’ziga kelgungacha men olib ketsam. Onangiz ham sizga, bolalarga, qizimga qarab, ancha toliqib qolganga o’xshaydi, nima deysiz? – dedi.
 Akromning roziligi bilan Nodira ota uuyiga olib kelindi. Hovliga ekib qo’yilgan, kuzak shamolida bitta-bitta barg to’kayotgan gullarga deraza osha termulgancha yotgan Nodira:
- Onajon, namoz vaqti kirdimi? – deya so’radi.
- Ha bolam, peshin endigina kirdi.
- Men o’qib olayin.
- Avval ovqatingni yeb ol, keyin o’qiysan. Yangang sen uchun ataylab qaynatma pishiribdi.
- Onajon, jon omonat ekan… Shunday og’ir ahvolga tushganimdan keyin anglab yetdim bu haqiqatni. Har bir nafasimiz g’animat… Bir kosa ovqatni yeb bitirgunimizcha yetadigan imkon berilganmi-yo’qmi, bilolmaymiz. Avval Allohning buyrug’ini ado qilay. Yemak bu dunyolik, ibodat oxiratlik…- dedi-yu, tayammum qilishga hozirlandi.
Zulayho xola qizining og’zidan chiqayotgan har bir so’zdan hayratlanar, nazarida uning gaplari oddiy gap emas, hikmatlarga o’xshardi…
Ona bir kuni tanishlaridan bir gap topib keldi:
-Nodira qizim, bir folbin xotin bor ekan. Judayam kuchli deyishyapti. Do’xtirlar davolay olmagan kasallarni qararkan, tuzatarkan. Shuni olib kelsak, nima deysan?
-Folbin? Onajon, axir folbinga borish ham, fol ochirish ham gunoh-ku! Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida fol ochguvchiyam, ochirguvchiyam la’natlangan, - dedi.
- Sening qiynalayotganingni ko’rib turib qanday chidayman, bolam? Axir onangman!..
- G’am chekmang, onajon. Kasallikni bergan Xudoyim, xohlasa, shifosini ham O’zi beradi. Alloh bizga nimaniki taqdir qilgan bo’lsa, hammasida hikmat bor. Shu yotishimda qancha-qancha gunohlarim to’kildi, buning hisobini na siz, na men bilamiz. Har doim Xudoning aytgani bo’ladi, ko’nmay ilojimiz yo’q. Yaxshisi, namozlaringizda haqqimga duo qiling, - dedi.
Nodira hufton namozini o’qigach, uzoq vaqt duo qildi, so’ng uyquga ketdi. Tush ko’rdi. Tushida u yotgan uyning qibla taraf devoridan ikki barobar balandlikdan qo’zni qamashtiradigan darajada nurdan parda bor emish. Nodira hayrat ichra pardaga boqib turarkan, undan bir ayol chiqib kelibdi. Ayol qo’llarida o’zidan nur taratib turgan Qur’oni Karimni ushlagancha jilmayib turarmish. Yaxshilab qarasa, unga ilk bor namoz o’qishni o’rgatgan, “Muallimi soniy”dan saboq bergan ustozi ekan. Ayol Nodiraning o’ng qo’liga bir bilaguzuk taqibdi-yu, nurdan bino bo’lgan parda bag’riga singib ketibdi…
Nodira o’ziga kelgach, qo’liga qarabdi. Bilaguzuk oltindan ishlangan bo’lib, o’rtasida ta’riflarga sig’mas darajada benihoyat go’zal, mo’jazgina Qur’oni Karim o’rnatilgan emish…
Tush ta’sirida uyg’onib ketdi-yu, ko’zlariga qaytib uyqu kelmadi.
Tuni bilan yig’lab chiqqan Zulayho xola nima qilishini bilmasdi. Folbinga boray desa, Xudodan qo’qadi, bormay desa, “Chiqmagan jondan umid, shuniyam bir ko’rsak, keyin armon bo’lmasmidi…” degan xayolni shayton ongiga quyaverdi.   
Ertasi turib, folbinga borishga qaror qildi.
Uylariga folbin ayol doirasini ko’tarib kirib kelganda Nodira peshin namozini o’qiyotgan edi. Unga ko’zi tushgan folbin bir seskanib tushdi.
Nodira onasiga savol nazari bilan qararkan, ona qizining o’tkir nigohidan ko’zlarini olib qochdi.
Folbin ayol darhol ishni boshlab yubordi:
- Sening foling ko’rinyapti, qizim! Tez orada sog’ayib ketasan va mendan ham kuchli folbin bo’lasan. Faqat buning uchun qirq kun chillada o’tirishing kerak va mening ko’rsatmalarimni to’la ado etishing shart! Sen “odamli” ekansan, “qo’l” olmasang, jinni bo’lib qolishing hech gapmas, dedi.
- Nima qilishim kerak? – so’radi Nodira.
- Bir daraxtning tagiga borasan-da, “Momolarim, kelinglar-o-o, kelingla-a-r, menga madad beringlar!” deysan. Momolar o’zi kelib,  davolab olishadi. Keyin ular senga nimani buyurishsa,  o’shani qilasan, - dedi.
- Shu xolosmi? – dedi Nodira.
- Eng asosiy bir narsani unutibman. Momolardan folbinlikka “qo’l” olganingdan keyin also “A’uzu billahi minash-shaytonir-rojiym”ni aytmaysan, “Oyat al-Kursiy”niyam o’qimaysan, buni unutma! Hozir kasalsan, namoz o’qishing ham shartmas. Tuzalganingda o’qirsan. Hali yosh bo’lsang, hammasiga ulgurasan! – dedi.
Nodiraning qulog’iga kimdir: “Shu folbinning etagidan mahkam tut. Tezda shifo topasa, ham el ichida tanilib, pulga ko’milasan. Boyidingmi bas, ko’ngling tusaganiday yashaysan. Dunyo besh kun bo’lsa, o’zingni qiynab nima qilasan? O’qiyotgan namozlaring senga nima ham qilib berardi?!” – deya shivirlaganini aniq eshitdi. Bir muddat karaxt ahvolda turib qoldi.
So’ngra:
- Astag’firulloh! – dedi. Va “La ilaha illalloh”, deya o’zini qo’lga olishga urindi:
- “Momolaringiz” – jinlar, shundaymi? Balki ular dunyodagi ishlaringizga yordam berayotgandir. Oxirat-chi?! Jannatga kirishingizga ham kafolat bera olishadimi o’sha “odamlaringiz”?! Bu dunyo uch-besh kun, o’tadi-ketadi. Lekin haqiqiy-abadiy qoladigan joyimizda ahvolimiz nima kechadi? Bu dunyoda shaytonga ergashganlar oxiratda uning ortidan do’zaxga tashlanadi-ku? – dedi.
Folbindan sado chiqmadi.
Nodira:
- Oldin siz kecha tunda ko’rgan tushimni eshiting. Xulosani o’zingiz chiqarasiz, - dedi.
Tushini so’zlab bergach:
- O’ng qo’limda o’sha bilaguzukning zalvorini hamon sezyapman, - dedi.
Folbin nima qilishini bilmay qoldi. Shunda ham tayyor “o’lja”ni qo’ldan chiqarmaslik ilinjida doirasini qo’lga olib ura boshladi. Lekin doira qo’lidan otilib chiqib ketdi. Bu holat uch bora takrorlandi. Qaro terga botgan folbin ayol oxiri tan oldi:
- O’zi kirib kelishimdan namoz o’qiyotganini ko’riboq, ko’nglim bir nimani sezganday bo’luvdi. Qizim, men ham folbinlikka “qo’l” olmasimdan oldin bir tush ko’rganman. Tushimda buvimdan qolgan eski sandiq ichida o’zidan nur taratib turgan benihoyat chiroyli kitobni ko’rdim. Turib kitobni olish uchun qo’l uzatarkanman, kimdir doira tutqazib ketdi. Kitobni ololmadim. Keyin balsam, o’sha kitob Qur’on ekan. Kitobni tushimda ololmagan bo’lsam ham, o’ngimda gunohlarimga tavba qilib, namoz o’qiganimda, men ham hozir jin-shaytonlarning tuzog’iga ilinganman, folbinlik qilmagan bo’larmidim? Shu-shu shaytonning yo’lidaman, hech chiqolmayman, - dedi.
Folbin ayol ketgach, Nodira onasiga tahorat olmoqchi ekanini aytdi. So’ng “Istig’for” namoziga niyat qildi. Sajdaga bosh qo’ydi va shu holatda umrining yakun topishini dildan istadi… Bir ozgina folbinni tinglagani uchun, uning fol ko’rishiga ruxsat bergani uchun o’zini kechirolmas edi.  Inson ozgina ojizlik qilib qo’ysa bas, shaytonning tuzog’iga tushib qolishi tayin ekanini anglab yetgandi. Va uni shaytonning sharridan asrab qolgani uchun Tangri Taologa shukrlar aytib yig’lardi…
Shifokorlarning tavsiyasi bilan Nodirani poytaxtdagi shifoxonaga olib ketishadigan bo’lishdi.
U otasidan iltimos qildi.
- Otajon, agar iloji bo’lsa, Maxsum bobo biz bilan borsinlar…
Yil davomida faqat Ramazon va Qurbon hayitidagina og’zi “ochiq”, qolgan paytlar hamisha ro’zador holatda yuradigan, o’ta taqvodorligi bois, el ichida “non yemas bobo” nomini olgan Maxsum bobo xastaning iltimosini yerda qoldirmadi.
Palataning shiftiga termulganicha har nafasida “Alloh, Alloh” deya zikr aytayotgan Nodira o’ng yoniga o’girildi va negadir ko’zlari porlagancha:
- Onajon, menga bir dona rayhon uzib bering, dedi.
Uning bu gapidan ajablangan onaizor darhol qiziga egilgancha, peshonasiga qo’l uzatdi.
Nodira:
- Onajon, tashvishlanmang, xayolim joyida. Qarang, nahotki ko’rmayotgan bo’lsangiz, oyog’ingizning osti to’la rayhon-ku! – dedi. So’ngra uch bora rayhon uzayotgandek harakat qildi-da, ohista o’rniga uzalarkan: - Oh-h!.. Bunchalar xushbo’y bo’lmasa!.. – deya jilmaydi.
Onaizor dilbandining harakatlarini ming hayrat ichra kuzatarkan, xonani tutib ketgan rayhon hididan sarxush bo’ldi-yu, bu sir-sanoat qarshisida lol qoldi…
- Onajon, qishlog’imizdagi imom-domla so’nggi namozlarini yotib o’qigan ekan, deganmidingiz?
- Ha, bolam, nima edi?
- Unda men ham domlaga o’xshab…
- Bolam, meni qo’rqitma, onaginang o’rgilsin! – degancha qizini mahkam bag’riga bosdi-yu, onaning ko’zlaridan qaynoq yoshlar seli quyildi…
- Qo’rqmang, onajon!.. O’limdan qo’rqish kerakmas, unga tayyorlanish kerak, - deya, zaifgina barmoqlari bilan onasining yuzlarini siladi Nodira…
Namozdan so’ng U Maxsum boboni so’radi.
Bobo kirgach:
- Bu yog’i sizga xavola, bobojon, - dedi.
Maxsum bobo xastaning yoniga cho’kkancha “Yasin” tilovatini boshladi. “Yasin” yetti bor o’qildi. Xasta ham yetti bor tilovatga hamrohlik qildi. So’ngra:
- Allohim, diydoringga, ishqingga intizor bandangman. Meni Rahmatingdan judo aylama! – dedi.
Avval chap yoniga, so’ngra o’ng yoniga qaradi-da:
- Ash-hadu al-la ila-ha il-lal-lo-o-oh… dedi-yu, tabassum ichra ko’zlarini manguga yumdi…
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Munira xonim 12 Mart 2007, 10:31:19
БИР СОАТ УМРИНГИЗ КОЛДИ
   

(Бўлган воқеа)

Тез ёрдам бўлимида эдим. ÐŽқишни тугатиб ишга энди киришганим учун бу ердаги ҳамма ҳодиса менга ўзига яраша ҳаяжон ва завқ бағишларди. “Доктор” деган мурожаатдан ўзимда ғурур туйиб, энди ҳар доим бу мурожаатга кўникишимни ўйлардим. Ҳар бир катта касалхоналарнинг ўз тез ёрдам бўлими бўлиб, бу ерда докторлар навбатчилик қилишарди. Тажрибали мутахассис докторларнинг ёнида менга кўп масъулият тушмасди. Мен фақат уларни диққат билан кузатиб, тажриба орттиришга ҳаракат қилардим.
Бир куни кеч соат 1 лар эди. 16-17 ёшлардаги ўспиринни олиб келишди. Ўспиринга икки аёл юришга ёрдамлашиб келишарди. Ортларидан югуриб келаётган киши эса нафаси бўғзига тиқилганча:
- Илтимос, Ñžғлимни қўтқаринг, қўтқаринг боламни! – деб такрорларди.
Тезгина навбатчи доктор келди. Мен эса докторнинг ёнида уни ташхис қўйишини кўтардим. Йигитчанининг отаси эса сўзлашда давом этарди:
- Доктор, Ñžғлим ўзини ўлдирмоқчи бўлиб дори ичибди. Билиб қолиб дарров бу ерга олиб келдик.

- Ичган дорилари ёнингиздами?
Ота чўнтагидан бир неча дори қутиларни олиб докторга кўрсатди.
- Мана бунисидан ўн бештача, бунисидан ўнта, бунисидан эса уч беш дона ичибди.
- Бу дориларни ичганига тахминан қанча вақÑ‚ бўлди.
- Икки соатча бўлди.
Доктор дори қутиларини синчиклаб қаради. Сўнг эса бир йигитчага бир қутиларга қаради. Кейин эса бошини “йўқ” ифодаси билан қимирлатиб юзини буриштирди:
- Ҳмм, афсус, афсус!
Йигитчанинг оиласи эса докторнинг бирор нима дейишини кутишарди, аммо ундан бир сас ҳам чиқмади. Мен эса йигитчанинг ошқозонини ювиш мумкинлигини ўйлардим. Бу жимжитликни отанинг овози бузди:
- Нима қиламиз доктор?
Докторнинг юзи жиддийлашди, йигитчага умидсизлик билан боқди. Бошини қимирлатиб, қўллари билан чорасизлигини кўрсатди. Сўзлари йигитчанинг отасининг юрагига Ñžқ каби санчилди гўё.
- Афсус, қилнадиган ҳеч бир амалиёт ёрдам бермайди. Жуда кеч олиб келибсиз, устига устак бу дорилар...
Мен эса оила аъзоларини кузатардим. Ҳаммаларининг кўзларида чорасизлик қотганди. Йигитчанинг юзида эса қўрқинч кўринарди. Онаси ва синглисига таяниб турган йигитча докторнинг юзига ўтинч билан қаради. Унинг сўзларида кескинликни ва юзидаги жиддийликни кўриб, оёқлари мадори қолмади шекилли, секин сидирилиб ерга ўтириб қолди. Йигитнинг отаси ҳам онаси ҳам бир нималар дейишарди. Узоқ давом этган бу сукунатдан сўнг:
- Нима бўлади, наҳотки ҳеч нарса қила олмасангиз?
- Ёрдам бериш учун энди кеч. Бундай ҳолатларда афсуски бизнинг қўлимиздан ҳеч нарса келмайди. Бир соатлардан сўнг уни йўқотамиз. Мен эса унгачан фақат беморни кузатувга олишим мумкин.
Мен ҳам бу сўзлардан довдираб қолдим. Йигитчанинг юзига қарардим. Ўлим қўрқуви ва умидсизлик унинг кўзларида зоҳир эди. Ўзимча унинг ҳозир нималар ҳис қилаётганини тасаввур қилдим. Ўлим шунчалар яқинлашиши ҳақиқатан қийин ҳолат эди. Аммо инсон бир соат кейин ўлишини билса нималар ўйлар, нималар ҳис қилиб, қайси ишларни бажарарди. Аслида ҳар биримиз учун ҳам бундай вақÑ‚ келади-ку?! Ҳаётнинг ташвишлари билан бўлиб ўлимни бизга етиб келмас нарса дея тушунамиз. Ҳозир бу йигитча балки, ҳаётини, дўстларини, оиласини ўйламоқда ёки ўлимдан сўнгра нима бўлишини, яъни бир соат сўнг... Балкида унинг ортидан нима дейишларини, ёки қабрда қандай аҳволга тушишини ўйлармиди?! Балки унинг шу вақтга қадар режалаштирган ишлари бордир, энди эса бу ҳаёлларини бир ёнга суриб, сўнгги соатини қандай кечиришни ўйларди, гўё.
Бошқа тарафдан ҳаёт давом этарди. Ичкаридаги бир беморнинг яқинлари келиб доктордан баъзи нарсаларни сўрар, бошқа ёндан эса оғир бир беморни олиб келишарди. У хаста учун бошқа бир навбати докторни чақиришди. “Бир инсон бироздан сўнг ўлимини қаршиласа ҳам бу ҳаёт бошқалар учун давом этаверади”, деб ўйлардим.
Ота эса ўз саволи, Ñ‚Ñžғрироғи ўтинчини яна бир бор такрорлади:
- Ҳеч умид йўқми доктор? Наҳотки ҳеч нарса қилишнинг иложи бўлмаса.
Ичкарига кирган бошқа бир доктор ишора билан “нима бўлди?” дея сўради. Доктор ўрнидан туриб, кескинлик билан жавоб берди:
- Жонига қасд қилмоқчи бўлибди. Афсуски кеч олиб келишибди. Сўнгра сўзлаб бераман сизга.
Бу сўзларни диққат билан тинглаган йигитчанинг юзидаги умид сўлиб борарди. Пушаймонлик туйғуси ичидаги титроқ бир овоз билан: “Қўтқаринг мени, нима лозим бўлса ҳаммасини бажаришга розиман. Нима бўлади энди. Ўлишни истамайман!” дерди. Доктор унга ҳеч нарса демади. Мен эса ўлимга шунчалар яқинлашиб турган инсонни биринчи маротаба кўраётган эдим. Устига устак жуда ёш эди. Ҳаёлан моргга кириб унинг совуқ баданини кўздан кечиришимни ўйлаб этим жўнжикиб кетди. Демак, қаршимда турган бу тирик инсон бироз сўнг ўлади ва биз унинг мурдасига қараб ташхис қўйиб сўнг рапорт ёзамиз! Ҳаёт ва ўлим, яшаш ва ўлиш... ёшлик, қарилик ҳаётни англаб етмоқ, ўлимни тушунмоқ... Яшаган ҳаётимизнинг ниҳояси ўлим эканлигини хотирламоқ. Ўлимга ҳар он ҳозир бўлмоқ ёки ўзини тайёр деб ҳис етмоқ. Бу каби ўйлар ҳаёлимдан ўтарди.
Доктор хонадан чиқиб кетаркан, мен ҳам унинг ортидан эргашдим. Узун каридорлардан кетар эканмиз, бироз ачиниш билан дедим:
- Доктор, ошқозонини ювиб қонини тозалашга ҳаракат қилиб кўрсак бўлмасмикин?
Доктор бирдан менга қаради ва кўзларимга тикилди:
- Укам, кўриб турибсанку, бу ерда оёқда зўрға турадиган, ёши ўтиб қолган одамлар ҳаётда ортиқча бир соат яшаш учун қанчалик курашадилар. Бу ёш йигитча эса ўн етти ёшида ўз жонига қасд қилмоқчи бўлибди. Ўлишни истаса нега мен унга қаршилик кўрсатишим керак? Бироз истаган тақдири билан юзма юз келсин, кейин кўрамиз. Ўлим нима ва ҳаёт нима тушунсин! Яшашнинг қадрини, оиласига бу иши билан қанчалик зуғум қилганлигини фарқ этсин. Аллоҳни, Уни қўли эканлигини эсласин. Ўлимни ва ундан кейинги ҳаётини ҳам...
Бу сўзларнинг ортидан мени ҳайратга тушурган бир қаҳқаҳа эшитилди.
- Сен ҳам ишондингми унинг ўлишига:
- Нима, яъни йигитча ўлмайдими?
Доткор кулги ичида дори қутиларини кўрсатди. Қўлидаги витамин, йўталга қарши ва балғам кўчирувчи дорилари эди.

 
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muslimа 12 Mart 2007, 13:40:42
Bu hikoyat Turkiyalik bir yigit tomonidan aytib berilgan.

   â€œMen uni yaxshi ko’rardim. Iste’dodli, o’z ishiga puxta yigit edi. Kam gapirardiyu, lekin chertib – chertib gapirardi. Kelishgan edi, churoyli kiyinardi. Birgina kamchiligi namoz o’qimasdi. Men dinga bo’lgan layoqatini uyg’otish niyatida namoz haqida ko’p gapirardim unga. Biroq bir xil sababni ro’kach qilardi menga u: “To’g’ri tushun, men chiroyli kiyinishni yaxshi ko’raman. Buning ustiga, e’tibor bergan bo’lsang yashil rangga mehrim bo’lakcha. Yashil shimim bor, uni shu qadar yaxshi ko’ramanki, xotinimga har kuni dazmollatib ko’chaga chiqaman. Namoz o’qisam, shimimning dazmoli ketib qolishi mumkin”.
   Qiziq bahonaku, lekin men uning shu bahonasini sabab o’rnida ko’rganman. Chunki har kuni uchratsam, yashil shim va qizil ko’ylagi unga ancha yarashganini his qilardim.
   Bir kuni yo’lim tushib Istambulning katta masjidlaridan biriga kirdim. Ne ajabki mening tanishim jamoatning oldi qatorida edi. Bir umr shimining dazmoli buzilishidan cho’chib masjid hatlamagan tanishimni birinchi safda ko’rib boshida ajablandim, ammo keyin o’zimni bosib uning oldiga bordim. “Xa! Baribir kelar ekansanku! O’zincha yashil shimingni ro’kach qilib, meni holu jonimga qo’ymasding. Men seni juda sa’viyali deb bilsamda, aynan shu bahonangga hayratlanardim. “Qiziq! Sa’viyali bo’la turib ham odam shunchalik sa’viyasiz bahona topishi mumkinmi? ” degan savol ich – ichimni tirnardi. Yashil shiming deb bir umr masjidga kirmay o’tding – a? Lekin men seni bugun shu erda ko’rib turibman. Baribir kelibsan – a?”
   U indamasdi. Chunki tanishim yashil matoga o’ralgan tobut ichida indamay yotardi.”

   Xa, ushbu hikoyatning zamirida katta hikmat yotadi. O’zini “mo’minman” deb hisoblagan odam baribir masjidga keladi. Bugun shimlarini dazmoli emas, balki yuqorida hikoya qilingan yigitning javobidan ham sa’viyali, ba’zilarning nazdida sabab o’rnida o’tadigan bahonalarni keltirib masjid hatlamayotgan oyoqlarni bir kunmas bir kun baribir Allohning uyiga olib kelishadi. Baribir birinchi safda turish bor. Lekin Allohning nazdida inson insonlar tomonidan emas, balki o’zi ixtiyoriy ravishda o’z oyog’i bilan masjidga kelsa qadrlidir. Sevgan rangdagi tobutda yotgunga qadar, Allohning sevgan insonlari to’planadigan masjidlarga kelib turinglar aziz yurtdoshlar!

         Hayrullo Hamidovning
         â€œXolislik sari” dasturidan olindi.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muslimа 14 Mart 2007, 13:28:45
                                    Xotima

   â€œYigirma yoshli qiz avtomobil halokati tufayli kasalxonada vafot etdi. Vafotidan biroz avval yaqinlarining “ahvoling qanday?” degan savoliga “Allohga hamd bo’lsin, yaxshi!”, deb javob berib turgan edi. Biroq oz vaqt ichida dunyodan ko’z yumdi. Marhumani maxsus yuvish xonasiga olib kelishdi. Biz uni yuva boshladik. U go’yo shirin uyquda-yu, hozir uyg’onadigandek yuzi tabassumdan yonar, badanida jarohat, siniq yoki qon asoratlari ko’rinmasdi.
   Shu vaqt g’aroyib hodisa ro’y berdi. Biz yuvish asnosida marhumani ko’targan edik, burnidan oq modda sizib chiqdi va xona xushbo’y mushk hidi bilan to’ldi. Subhonalloh! Bu chindan ham mushk hidi edi…
   Takbirlar aytib, Allohni zikr qildik. Yaqinlaridan marhumaning hayotlik vaqtida qanday bo’lgani haqida so’radim.
   â€œVoyaga etgandan buyon namozni kanda qilmagan, o’n uch yoshga to’lgandan buyon dushanba, payshanba kunlari nafl ro’za tutishni odat qilgan edi. O’limidan oldin Alloh yo’lida o’liklarni yuvib tayyorlash bilan shug’ullanmoqchi edi… Biroq birovlarni yuvishdan oldin o’zi yuvildi… Muallimlari, dugonalari uning taqvosi, go’zal hulqi va muomalasi haqida to’lqinlanib gapirishardi. Mana endi vafotidan keyin eslashadigan bo’ldi”, deya so’zini yakunladi Ummu Ahmad.
   Yomon xotima topgan boshqa qiz haqida hikoya qilib so’zida davom etadi: “O’n etti yoshli bir qizning jasadini yuvish uchun keltirishdi. Singillarimiz yuvishga kirishdilar. Yuvishni boshlaganlarida tanasi oq edi. Asta – sekin qoraya boshladi.
   Uning holi qanday kechgani bizga qorong’u. Yaqinlaridan u haqida so’rolmadik, chunki biz ko’rgan narsa ularni qo’rqitishi mumkin. Shuningdek, uning bu holini yashirishimiz ham kerak”.
   Allohdan salomatlik va ofiyat so’raymiz!

      Abu Abdurahmon tayyorladi
      â€œMusulmonlar taqvim kitobi” 2007 yil, 1-chi kitob
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muslimа 19 Mart 2007, 10:18:30
                                   Tilanchi qiz.


   Kichkinagina qizcha yo’l bo’yida o’tirib pul so’rardi. Ustidagi kiyimlari yirtiq – yamoq, yuz – qo’llari kir.
   U odamlarga yolborib, qo’l cho’zarkan, yonginasidan yosh, boy, go’zal ko’rinishli kishi o’tdi. Kishi qizchaga bir qiyo boqdi-yu, e’tiborsiz yo’lida davom etdi. Uni hashamatli uyida xotini va bolalari, kechki ovqat va xotirjam hayot kutardi.
   Ovqatdan so’ng birdan uning hayoliga o’sha tilanchi qiz keldi. Negadur, unga rahmi kela boshladi, ko’rinishini ko’z oldiga keltirdiyu, ich – ichidan achindi. Shu tuyg’ular og’ushida Allohga yuzlandi: “Nega bunday ishlar bo’lishiga izn berasan. Nega shu kichkinagina qizga yordam berish uchun hech narsa qilmaysan?” Ana shunday o’kinch so’zlarni ayta – ayta uyquga ketdi. Ko’zlari ilinar – ilinmas, tushida haybatli bir ovozdan uyg’onib ketdi: “Aynan shuning uchun ham seni yaratdim!”.
      Madina Zaripova tayyorladi
      â€œMusulmonlar taqvim kitobi” 2007 yil, 1-chi kitob
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Munira xonim 25 Mart 2007, 07:56:22
Bahorda bodom gulladi, ko'zlarni quvontirdi.
Kuzda esa...
Bodom mevalari hali yetilmay turib, "boshqalar terib ketishmasin" degan havotirda qoqdilar. Bechora daraxt inson bolasiga meva tugib bergani uchun tayoq yeya boshladi. Daraxt barglari ko'z yosh misol to'kildi. Lekin inson bolalari bunga e'tibor bermadilar. Hali tirik barglarni toptadilar. "daraxtning tayoq yegan shohlari, novdalari ham azoblanar, ozor chekar-ku", degan fikr hech kimning hayoliga ham kelmadi.
Bu-ku, daraxt tilsiz, bizning nazarimizda jonsiz bir narsa. Daraxtlarni savalash bilan kifoyalansak koshki edi.
Hayotda...
O'z birodarlarimizni zaharli so'z tayoqlari bilan savalaymiz. Yuraklari qon qaqshab ketsa ham savalayveramiz. Unli yig'isiga ham, unsiz faryodiga ham ahamiyat bermaymiz. Savalay-savalay rohatlanamiz.
Daraxtlarni savalashdan maqsad mevalarni terib olish. O'z birodarlarimizni savalab nimalarni terib olamiz? Gunohlar ortilayotgan qoplarni to'ldirmaymizmi?
Bodom to'la qopni orqalb bozorga shoshamiz.
Gunohlar to'la qopni ortmoqlab qayga boramiz?.....

Tohir Malik.
"Iymonlashish umidi" kitobidan.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muslimа 26 Mart 2007, 12:51:21
“Iymon halovati”.
(parcha)


   â€¦- Gapir! Nega qachon qarasam, joynamoz ustida o’tirganing – o’tirgan? Men keladigan vaqtni kutib turib namoz boshlaysanmi? Shunday qilsam, urolmaydi deb o’ylayapsanmi?! Menga xotin bo’lib, nima qilib berding? Bittagina o’g’il tug’ib berolmading-ku?!
   Boshini quyi solganicha yum – yum yig’layotgan Soliha: “Shukur qiling!...Qiz farzand emasmi?...Bittagina bo’lsa ham, Parvardigor bizga farzand ne’matini berdi-ku!...Tirnoqqa zorlar yo’qmi?...” dedi.
   Xuddi shuni kutib turgan er ayolning ustiga bostirib keldi v aura ketdi: “Senga gapirishni kim qo’yibdi?! Menga, eringga gap qaytaryapsanmi?”…
   Onasiga qo’shilib Shukrona ham dod solib yig’lar, oraga tushib qolganidan, otasining zarblariga goh – goh nishon bo’lardi…
   Bu kabi to’polonlar, deyarli har kuni, yarim tungacha – ichkilikka butkul mubtalo bo’lgan er yiqilib, g’aflat uyqusiga cho’mgunicha davom etardi…
         To’lqin Nurmuhammad, Gulbahor Abdulloh qizi
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muslimа 31 Mart 2007, 07:26:57
Basirat ko’zlarim ochildi

   Hayotda nimalar bo’lmaydi deysiz? Mening hayotimda ham ibratli voqealar bo’lib o’tgan. Oqu qorani tanimasdan yurgan johillik davrimda jinoyatim uchun o’n to’rt yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hikum o’qildi. Qamoqda ham, undan oldin ham mast qiluvchi ichimliklar, narkotik moddalar joni dilim edi. Shu tariqa etti yil nina sanchish yo’li bilan kayf – safo qilardim. Bunga shunchalik o’rganib qolgan edimki, agar qabul qilmasam, boshim, suyaklarim, butun a’zoi badanim zir qaqshab og’rirdi.
   Bir kuni hovlida o’tirsam, o’zimdan ikki-uch yosh kichik yigit kelib:
   - Assalomu alaykum, birodar! – deb men bilan ko’rishdi. Men esa alik olishni o’zimga ep ko’rmay, zo’rg’a qo’limni cho’zdim. Yigit xotirjam yonimga o’tirdi-da, meni savollarga ko’mib tashladi: “Bu dunyoda nima uchun yashayapsiz, aka? Maqsad nima o’zi?”
   Bu savollar meni ozgina bo’lsa-da o’ylantirib qo’ydi. Javob toplomay:
   - Qo’y, boshimni og’ritma. Hozir hech narsa yoqmay turibdi, - dedim. U esa so’zida davom etdi:
   - Meni to’g’ri tushuning, aka. Faqat hayvonlargina bilmaydi nima uchun yashayotganini, chunki ularga aql ne’mati berilmagan. Siz bilan biz esa aqli raso insonlarmiz. Bu dunyoning, borliqning yaralishiga hech e’tibor berganmisiz? Quyoshning chiqishi, fasllarning ketma – ketligi, tun va kunning almashib kelishi, yomg’ir – qorning yog’ishi haqida o’ylab ko’rganmisiz? Shuning uchun ham biz aql egalari fikrlashga buyurilganmiz. Tabiatdagi barcha hodisalar bir kuch tomonidan boshqarilib turiladi. Masalan, bog’bon bog’iga, qo’ychivon qo’ylarga qarab turganidek, koinotning ham o’z boshqaruvchisi, Egasi bor.
   Bu kunlar menga ta’sir qilganday bo’lib, o’sha kundan dunyoga boshqacha qaray boshladim, olamdagi harakatlarni o’zgacha nazar bilan kuzata boshladim. Uning aytgani rost ekan – bunday fikirlash insonning basirat ko’zini ochar ekan. Har kuni ko’rib yuradigan yulduzlar endi ko’zimga boshqacha ko’rinadigan bo’lib qoldi: ular samoga marjonday terib qo’yilgan.
   Ikki kundan so’ng o’sha yigitni qidirib topdim. Chunki u bergan tushuncha va fikrlar meni tinch qo’ymadi. Biz yana o’n besh kundan ortiqroq birga bo’ldik. Shu davr ichida do’stim menga din haqida shunday tushunchalarni berdiki, qalb ko’zlarim yanada ochilib, Allohni yaqinroq taniy boshladim. Keyin uni ozod qilishdi. Yaqin hamsuhbatim, bir do’stimdan uzilgandey bo’lsamda, men endi yolg’iz emas edim – endi men bilan Alloh bor edi.
   U birodarimdan Alloh rozi bo’lsin. Meni “botqoqlik” dan tortib olib, to’g’ri yo’lni ko’rsatib qo’ydi. Boshimdan o’tgan bu voqea ko’pchilikka ibrat bo’lar degan umiddaman. Chunki Allohni bilish boshqa, tanish boshqa ekan. Mana besh yildirki, kayf – safo, aysh-ishrat hammasini yig’ishtirganman. Qo’limdan kelganicha ibodatimni ado qilmoqdaman.
   Shu dunyoning arzimas kayfu safolariga aldanib yurganlarga ham aytmoqchimanki, yashashning asl ma’nosi Allohga itoat, haqiqiy lazzat esa U Zotga bo’lgan muhabbatda ekan.
      Abdusobir, Parkent tumani
      â€œMusulmonlar taqvim kitobi” 2006/1427 (II)
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Mahdiyah 05 Aprel 2007, 09:03:59
HOZIRGI QIZLAR

Zamonlar o’zgardi, o’zgardi dunyo,
Ular-la, albatta, o’zgardik bizlar.
Lek goho o’tirib yoqa ushlaysan –
Ancha boshqachadir hozirgi qizlar.

Siz – vrach, injener, siz – olimasiz,
Sizning ismingizda bugun yulduzlar.
Siz – rassom, xonanda, siz – shoirasiz.
Eh, hozirgi qizlar, hozirgi qizlar.

Fabrikada ilg’or, zavodda ilg’or,
Hatto yigitlardan ham o’zdingizlar.
Ilg’orsiz, buni hech etmaymiz inkor,
Eh, hozirgi qizlar, hozirgi qizlar.

Ortda qolmaylik deb madaniyatdan
Tirnoqlar bo’yalar, bo’yalar ko’zlar.
Ishdan qochishni ham kanda qilmaymiz,
Eh, hozirgi qizlar, hozirgi qizlar.

Ba’zan o’zingizni osmonda bilib,
Go’yoki ko’klarda hur uchasizlar.
Oyoq uchida ham ko’rmaysiz goho,
Eh, hozirgi qizlar, hozirgi qizlar.

O’ltirib-o’ltirib o’ylaymiz, nechun
Shirin tillaringiz og’uli so’zlar&
Javob qaytarasiz istar-istamay.
Eh, hozirgi qizlar, hozirgi qizlar.

Barchasi uchun ham mayli deymiz biz,
Chunki, axir, qizlar, qizlar-da, sizlar!
Mayli, biz zaminda, siz – osmondasiz.
Eh, hozirgi qizlar, hozirgi qizlar…

Faxriddin Ashurov
“Yoshlik” jurnali 1991

Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: mutaallimah 20 Aprel 2007, 17:19:54
O'zbek qizi
Bor ekanu yo'q ekan,
Yaqin o'tgan zamonda,
"Ajoyib"qiz bor ekan,
Bizning O'zbekistonda.
Hayo-iboli, Hushro'y,
Bitta ekan tumanda.
Yetolmay bu qizga
Ko'plar ekan armonda.
So'ylay kelganda kezi
Budir O'zbekning qizi.

Taqdir ekan nachora,
Chopmay baht-u iqboli,
Ajib ishlar bo'libdi
Bir biridan g'avg'oli.
Kundan kunga bu qizning
Tang bo'libdi ahvoli
Lekin shunday bo'lsa ham,
"Ochilibdi jamoli"
Bu bir o'zbekning qizi
Hayodan qizil yuzi

Eakimikan ko'ylagi
Yirtilibdi etagi,
Qo'li tegmas tikishga,
Boshqa yo'qmi ermagi?!
Yangisini olishga
Chidamaydi cho'ntagi,
Otasida ham pul yo'q
Oylikning yo'q daragi.
Bu bir o'zbekning qizi
Ishoning xuddi o'zi.

Bir kun yirtiq ko'ylak-la
Chiqishga qilibmi or,
Singlisining ko'ylagin,
Kiyib chiqibdi nochor.
Uyalib kettim juda
Ko'z tushib beixtiyor,
Ko'ylak tizzadan baland,
Boz ustiga juda tor.
Bu bir o'zbekning qizi
Ishoning xuddi o'zi.

Yana vaqti bo'lmabdi
Tikishga kiyimini,
Bir kiyim kiyish kerak
Topolmay yechimini,
Ko'p o'ylabdi va oxir
U buzib udumini,
Kiyib olibdi shartta
Akasining shimini.
Bu bir o'zbekning qizi
Ishoning huddi o'zi

Bir kun bu qiz sochidan
Bir jondorni ushlabdi.
Nima qilishin bilmay,
Rosa boshin qashlabdi.
Su yetmay tyrgandi deb
Rosa ko'zin yoshlabdi,
So'ng chorasin topolmay,
Sochin kesib tashlabdi.
Bu bir o'zbekning qizi
Ishoning huddi o'zi.

Gapim balki noo'rin,
Lekin qilaman ta'kid!
Boshqa qizlar ham unga,
Qila boshladi taqlid.
Ularning bu holati
Taomilga juda zid,
Hamma bilar, lek hech kim
Qilmas ularni tanqid.
Budir o'zbek qizlari
Bejo boqar ko'zlari
Hayodanmas bo'yoqdan
Qizargandir yuzlari. :3 :2
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 May 2007, 18:09:41
Qadimda bir ayol va uning bir o'g'li bo'lgan ekan. Uning o'g'li voyaga etibdi. Va bezorilarga qo'shilib ketibdi. Kunlarning birida u qo'lga tushibdi va qamoqqa olinibdi. Shunda undan so'rashibdi. Nima gaping bo'lsa ayt biz bajaramiz faqat bir marta deyishibdi. Shunda u onasini chaqirishlarini so'rabdi. Uning onasi kelibdi. Shunda u onasini oldiga chaqirib og'zini ochishini so'rabdi. Onasi og'zini ochgan ham ekanki u onasining tilini tishlab uzib olibdi. Shunda buni ko'rib turganlar hayron bo'lib buning sababini so'rashibdi. Shunda u yigit shunday deb javob beribdi:
- Menga ona bo'la turib o'g'irlik qilma, yomon yo'lga kirma deb bir og'g'iz bo'lsa ham aytmagan. Mening bu qilgan ishim boshqa onalar uchun o'rnak bo'lsin debdi.

Ha haqiqatdan ham yoshligidan bolalariga to'g'ri maslahatlar berib yaxshi inson qilib etkazish o'z ota onalarining qo'lida.
Buni unitmang aziz ota-onalarimiz.   
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muslimа 22 Iyun 2007, 07:31:21
Qo’shningiz tinchmi?

-   Eh, qaniydi eshik taqillasa, birov holimdan xabar olsa…
-   Birovga ko’z yoshi qilmasimdan, zor qaqshamasimdan avval kimdir yordam qo’lini cho’zsaydi!..
-   Mana shunday yog’in-sochin paytida, tomomdan chakki o’tgani, devorim darz ketgani, bolalarim ochlik va kasallikdan bir ahvolga kelib qolganini birov bilarmikin?
-   Erim bilan janjallarimizni, meni kaltaklashini, bolalarimni yig’lab-siqtashidan xabardor inson bormikan o’zi?!
-   Atrofimda to’rt devordan boshqa narsa bormi? Undan narida biror ovoz, hayot bormi? Yo bundan narisi ham devormi? Insonlar qani?! INSONIYLIK qani? Qo’shnichilik qani?
Darhaqiqat, qay birimiz yuqoridagi nolalarni “oshirib yuborilgan” deydigan darajada qo’shnimizdan xabardormiz? Qaysi birimiz devor-darmiyon qo’shnimizning ehtiyojlari, dardlari, quvonchu iztiroblaridan voqifmiz?
   Sog’lig’I, to’y-hashami, qarzi-havolasi va muammolaridan nechog’lik xabardormiz?
Eski zamonlarda buning javobi oson edi. Mahallalar kichkinaligida, insonlar orasida manfaat va manmanlik deb atalgan qala’lar qurilmasidan avval, hammasi boshqacha edi.
Go’zal O’zbekistonimizning juda ko’p shahar va qishloqlarida yaxshi qo’ni-qo’shnichilik aloqalari, shukurki, hali-hanuz mavjud. Odamlar bir-biriga tug’ishgandan yaqin, qo’shnisiz uchun har narsaga xozir.
Lekin nomi “katta” shaharlardachi? Ko’p qavatli uylardachi? Ularda “qo’shnichilikka” imkoniyat bormi?” deysizmi? Unda ozgina baland qo’yilgan musiqa ovozi uchun eshikni taqillatib kelishlar-chi?!
Bitta pod’ezdda turadigan bir odamning uyida har kuni turfa hil ovqatlar pishirilsa, boshqasi nonga kimdan pul so’rashni bilolmay tang.
O’ng tarafdagi qo’shnining bolasi pishloq yeyaverish joniga tekkanidan onasiga noliydi. Chap tomonda yashovchi bolalar pishloq ta’mini allaqachon unutib yuborishgan.
Qo’shni qiz dadasiga faloncha dollar turadigan palto kiygisi borligini aytib hiqillaydi. Uning dugonasi esa etigidan suv o’tib ketayotgani bois o’qishga borolmaydi…
Keling, yaxshisi “Eh, attang, anavi qo’shnimiz puldan qiynalgan ekan-ku, bilmay qolibmiz”, deb qolmasdan avval, oxiratda Alloh va  Rasuli sallallohu alayhi va sallam oldida yomon holatga tushib qolishdan ilgari, qo’shnimiz eshigini qoqaylik, holidan xabar olaylik!..
Balki osha qo’shningiz ham honadoningizga tashrif buyurishni o’ylab turgandur, lekin nimadir yo’l qo’ymayotgandur.
Balki biron do’stingiz ko’ngil eshigini taqillatishingizni kutayotgandir.
Qani qalbingizga nazar soling, qalbingiz ila nazar soling!..

         Shabnam.
      â€œIrfon taqvimi”1428(III)/2007 dan olindi.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muslimа 02 Iyul 2007, 09:08:59
E’tiqodingizga ko’ra yashamayotgan bo’lsangiz, yashayotganingiz kabi e’tiqod qila boshlaysiz.
      Umar ibn Hattob



  Birni ko’rib…

Bir kuni xizmat vazifam bois “Kar – soqovlar” jamiyatiga bordim. Diniy atamalarni tushuntirib berishimni so’ragan edilar. Yig’ilishga taklif etilgan jamiyat a’zolari bu so’zlarni o’z jamiyatdoshlariga qanday qilib tushuntirish haqida bahslashar, barchaga tushunarli belgi topilganiga ishonch hosil qilgachgina, o’sha belgini yozib qo’yardilar.
   Men so’zlarni izohlar ekanman, ular garchi so’zlarimni eshitmasalar-da, tikilgan ko’yi xuddi meni tushunayotgandek, jimgina o’tirishar, so’zlarimni Munavvar opa xatti-harakat orqali tushuntirib bergach, bahs yana avj olardi. Shu asnoda jamiyat raisasi:
-   Bizda gung va karlar uchun diniy kitoblar yo’q. Ko’pchilik a’zolarimiz esa dinimizni o’rganish ishtiyoqida. Shuning uchun diniy istilohdagi so’zlarning izohli lug’atini yaratmoqchimiz, - deya menga bahsning ma’nosini anglatgandek bo’ldi.
Yig’ilish ishtirokchilarining xatti-harakatlarini kuzatarkanman, ularning dini o’rganishiga bo’lgan ishtiyoq, intilishini ko’rib goh ko’nglim og’rindi, goh shodlandim. Allohga shukronalar aytib, Undan jamiyat a’zolarini bu yo’lda sobitqadam qilishini so’radim.
Nega ko’nglim og’rindi? Atrof olamga boqsang, yetti muchasi sog’, aqlan yetuk, mavjudotlar ichra sarvar etib yaratilgan insonlar bandalik burchlarini unutib qo’yganini ko’rasan. Alloh buyurgan amallarni o’rganishga, aqalli diniy so’zlarni tushuntirishga ushbu jamiyat a’zolaridek jiddu jahd qilayotganlar kam.
Aksariyat hollarda esa kishilar musulmonchilikni “Ko’ngilda bo’lsa bo’ldi”, “Xudoga shukur musulmonman”, degan so’zlardangina iborat, deb o’ylaydilar. O’n to’rt asr muqaddam olamlarga rahmat qilib yuborilgan zot – Muhammad sallallohu alayhi vassallamning chaqiriqlarini eshitmaymiz. Farz etilgan ibodat – namoz chaqirig’I – azonning muborak so’zlari quloqlarimizga kirmaydi. Alloh belgilab qo’ygan chaegaralari buzilayotgan paytda esa tillar gung bo’lib qoladi. Vaholanki, Rasuli akram sallallohu alayhi vassallamning: “Yomon ishni ko’rsangiz qo’lingiz bilan qaytaring, bunga qodir bo’lmasangiz tilingiz bilan qaytaring, agar bunga ham qodir bo’lmasangiz dilingiz bilan qaytaring. Lekin bu iymonning eng zaif darajasidir”, degan so’zlaridan bohabarmiz. Qo’limiz tugul tilimiz bilan insonlarni yomonlikdan qaytarishni o’ylab ham ko’rmaymiz. “Sen menga tegma, men senga tegmayman” qabilida ish ko’ramiz…
Yana hayolimdan qancha-qancha narsalar kechdi. Yig’ilish yakunlangach, u yerdan chiqarkanman, ongimda qarama-qarshi savollar g’ujg’on urardi: ASLIDA KAR KIM-U, SOG’ KIM? GUNG EMASMAN, ZABONIM BOR, DEGANLARNING TILIGA NA OYATI KARIMA, NA TAVBA TAZARRU VA NA SHUKUR KELMASA BU XIL ZABONNING BIYRONLIGIDAN NE SAMAR?
Bu savollarga javob topishga ojiz edim.

N. Mamasaidova
“Irfon taqvimi” 1428(III)/2007 dan olindi.
 
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muslimа 07 Sentyabr 2007, 11:05:29
Uyat o’limdan qattiq.

   â€œHazil, hazilning tagi zil” deb bekorga aytishmagan. Ayniqsa, qaltis hazil bilan qo’rqitish hunuk oqibatlarga olib kelishi mumkin.
   Rostga yolg’onni qo’shib so’zlashga odatlangan, birovni mazah qilishni yaxshi ko’radigan oshnamiz qiziq bir voqeani aytib berdi. Uning qaltis hazili sababli o’ta go’l, sodda bir ulfatining o’takasi yorilishiga sal qolibdi.
   Mana uning hazilini eshiting: antiqa oyna kashf qilinibdi, savdoga chiqarilibdi. Odamning qilgan yaxshi-yomon ishlari, hatto fikr-o’ylari kinodagi kabi ko’rinarkan. Nojo’ya, uyat qilmishlari, mahfiy sirlari oshkor bo’larkan. Aytishlariga qaraganda, inson sodir qilgan ish-harakatlarning izlari miyadagi hujayralarda saqlanib qolarmish.
   Serigi go’l bo’lsa ham, bu so’zlarga avval ishonqiramadi.
-   Ishonmasang, yur, boramiz. Tomosha ko’rasan.
-   Kompyutermi? Shunisi yetmay turgandi. Uyat o’limdan qattiq. Yo’q, bormayman! Dahshat! Xalq oldida rasvo bo’lishdan yomoni bormi? – dedi tutoqib. Bir lahza hushi boshidan uchib, ulfati hazillashganini bilgach, o’ziga keldi…
Vo ajab!!! Qandaydir asbobdan, asl basharamiz ko’zguda ko’rinishidan  bu qadar qo’rqsak, xalq oldida sharmisor bo’lishdan cho’chisak. Oshkoru pinhon qilmishlarimizni ko’rib turgan ROBBIMIZNI esa unutsak! Buni qanday izohlash mumkin? Gunohlar va savoblar nomai a’molga bitilib borayotganini nahotki bilmasak?
BUGUN YASHIRGAN BILAN ERTAGA PARDALAR OCHILADI, HISOB KUNI ALBATTA KELADI.
PARVARDIGORO! O’ZINGGA ISHONGAN, O’ZINGDAN NAJOT TILAGAN MO’MINLARNI OSHA ULUG’ KUNDA UYALTIRMAGIL, AYBLARIMIZNI AVF HIJOBI BILAN BERKITGIL.


   Fozil Zohid.
“Hilol taqvimi” 3-son
(1428 yil, rajab/ sha’bon/ ramazon) dan olindi.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Amina 12 Sentyabr 2007, 12:09:38
Assalomu alaykum! hammalaringizni kirib kelgan muborak ramazon oyi bilan tabrikliman! Olloh hammamizning qalbimizzi nurga toldirsin va pok qilsin! Shu kunlarga yetqazgani uchun beadad shukrlar bolsin!
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muslimа 26 Oktyabr 2007, 08:00:18
Yolg’iz

Bu qandoq kun, bu qandoq zamon,
O’tib borar umrlar izsiz.
Shahzodalar bozorga ketgan,
Malikalar uyida yolg’iz.

Ko’chalarda qashqirlar kezar,
Bo’rilarga kun qolgan afsus.
Alpomishlar yurt oshib ketgan,
Barchinoylar yuribdi yolg’iz.

Chaqalarga sotilgan sevgi,
Bunda nikoh, nigohlar hissiz.
Yusuflarni pul chalib ketgan,
Zulayholar uxlaydi yolg’iz.

Mardning kori mardikorlikmi?
Shoirlari qolmishdir so’zsiz.
Mardlar ketgan supurgi olib,
Ojizalar maydonda yolg’iz.

O’ttiz yilki baxt kutar qizlar,
Ehtiroslar, tuyg’ular essiz.
Shahzodalar shamolga ketgan,
Malikalar yolg’izdan yolg’iz.

Guljamol Asqarova
“Uyg’otuvchi alla” she’rlar to’plamidan.

Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Foniy 07 Noyabr 2007, 16:26:03
Alla aytmay qo‘ydi onalar

Tarbiyani butkul unutib,
Nechun yuzsiz o‘sar bolalar.
Barcha tongni g‘aflatda kutib,
Alla aytmay qo‘ydi onalar.

Fikru yodi bozor bilan band,
Ololmadim deya o‘ylanar.
Udum deya qilmayin pisand,
Alla aytmay qo‘ydi onalar.

Go‘dak qolar termulgan kuyi,
Faryod solar bolalar uyi.
Ne deb aldar juvonning o‘yi.
Alla aytmay qo‘ydi onalar.

Chin mehr-la o‘stirgan ona,
Oxir bolam emasding, deydi.
U ham erta ketsa-chi yana,
Yoshlar g‘amin qay kimsa yeydi?!

«Yumushimni bajarmas nuqul,
Emasdi-ku aytganim mushkul.»-
Qarg‘ab o‘tar bolasin butkul,
Alla aytmay qo‘ygan onalar.

Qanday ongi bo‘ladi paydo,
His bermasa alladay sado?!
O‘zlaricha bebaho, tanho,
Allar aytmay qo‘ygan onalar.

Javlon Abdullo
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muslimа 19 Yanvar 2008, 09:20:55
Kechikkan kelin

Tala-to’polonga uncha hushim bo’lmasada, Rasululloh sallallohu alayhi vassallamning: “Chaqirilgan joyga boring”, degan da’vatlariga amal qilib dugonamning to’yiga yo’l oldim. Yetib kelganimda barcha dugonalarimiz to’planib ulgurgan, urf-odatlarimizga ko’ra kelin qo’shni xonadonda o’tirardi. Salom alik, hol-ahvol so’rashgach, baxtidan ko’zlari yonib turgan kelinchak meni ichkari xonadonga yetakladi. To’rida oppoq kelinlik libosi turardi. Uning gullari shu qadar bejirim ediki, qarab havasing keladi.
-   Juda ham chiroyli ko’ylak tanlabsan, - dedim.
-   Axir, ikki hafta yugurdim bunaqasini topguncha, - fahr bilan libosiga tikilib, dedi dugonam. Shu payt allaqanday g’ala – g’ovur boshlandi, kelin bo’lmishning holasi kirib keldi. Bo’laqol, kuyov kiryapti, nikoh boshlanadi, deya jiyanini tayyorgarlik ko’rishga chorladi. Dugonam esa shosha-pisha nimanidir qidirishga tushdi. Bir-muncha fursat o’tgach, qizlardan allaqanday qog’ozchani surishtirishga tushdi. Hech narsaga tushunmay bu manzarani tomosha qilib turarkanman, dugonamning bir so’zi meni o’zimga keltirdi. U endigina eshikdan ko’ringan singlisiga: “Tezroq oyimni chaqirib kel, menga kalimani o’rgatib qo’ysin, yozib olgan varag’imni yo’qotib qo’ydim”, - dedi. Bu orada to’y tashvishlari bilan chopib yurgan onaizor yetib keldi, kalimai shaxodatni qiziga o’rgata boshladi: “Ashhadu anla ilaha illallohu ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluhu”…
Nikoh o’qildi, men esa dugonamni tabrikladimu, uyga qaytdim. Dilimda esa nohush o’ylar kezardi:
Nikoh onlari yaqinlashgan chog’da qiziga kalimai shahodatni o’rgatayotgan aziz onajon! Yaxshilikni erta kechi yo’g’-u, ammo kalimani o’rgatishga bir oz kechikmadizmikan?! Axir bu so’zlar quruq yodlanib, takrorlanadigan emas, ona suti bilan go’dakning qon-tomiriga singadigan, alaloqibat uning ish-amalida, fe’li sajiyasida o’z ta’sirini ko’rsatadigan so’zlar emasmidi?!
Endigina Islom dinining “kalit kalimasi”ni o’rgangan gulg’unchangiz begona bir honadonda qiynalib qolmasmikan?
Axir bu umr yo’lining har bir oni dini Islom qoidalari asosida olib borilishi, har bir amalni niyatu “bismillah” kalimasi bilan boshlash lozim emasmidi? Erta onalik taxtiga o’tirib, ummati Muhammaddan birining onasi bo’lgan qizning nabirangizga dinning besh arkoni, Allohning farz amallariyu, sunnati nabaviyni o’rgata olarmikan?
Senchi aziz dugonam, bir kunlik to’y ko’ylagiga ikki hafta vaqtni sarf etganding. Ho’sh, bu umr yo’llarining har bir sahifasida kerak bo’ladigan IMON LIBOSINI GO’ZAL VA MUKAMMAL ETISH UCHUN AQALLI BIR SOAT VAQT SARFLAY OLMADINGMI?


Nigora Abdumuhtor qizi.
“Irfon taqvimi” (I) 2007-2008/(1428/29) 
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 04:16:28

Инсон дунёга келган кун қувончли. Ота-она, қарин-дош-урурлар, эл-элат ўз сафига яна бир инсон қўшил-ганидан бахтиёр. Бугун оилада оппоқ йўргакларга ўралиб, қўлма-қўл ардоқланган чақалоқ йиллар оша ул-ғайиб, кишилар сафига қўшилади, ўзига муносиб ўрин ахтаради. Ҳамма гап шундаки, жамиятнинг бу янги аъзосининг ўрни қаерда?
Мураккаб ҳаёт сабоқларига, унинг серқирра ма-шаққатларига бардош бериб, ўзига муносиб ўрин то-падими ёки алдамчи саробларига йўлиқиб, иродасиз-лик қилиб, тубанликка кетадими? Мана шу масала-нинг Ñ‚Ñžғри ҳал қилиниши инсон ҳаётининг мазмунини, мундарижасини. аниқлайди! Унинг яшашдан мақсади нима эди?— деган саволга жавоб бўлади,
Маълумки, ҳаётда фақат инсон эмас, балки ҳамма жонзотлар яшаш учун курашадилар. Агар инсонни жонзот нуқтаи назаридан қарасак, уни ҳайвонлар, пар-рандалар ва қушлардан унчалик фарқи йўқ. Чунки^ дунёда яшаётган барча жонзотларнинг интилиши бир. Уларнинг ҳаёт мазмуни қорин тўйғазиш, турли хавф-хатардан, иссиқ-совуқдан ўзларини сақлашдир.
Инсонга, инсон нуқтаи-назаридан қарасак, у Ер юзидаги барча жонзотларнинг онглиси бўлиб, унда бутунлай бошқа маъно ва мазмун бор. Инсоннинг яшаш тарзи, яшашдан мақсади бор, унинг маслаги бор, ғояси бор; инсон шу туфайли ижтимойй ҳаётда„ жамиятда ўзининг муносиб ўрнини топиб, мақсадлар учун курашиб яшайди, ҳаётдан ўз ўрнини топиш учун одамзодга икки йўл бор:
Биринчи йўл — инсон ўз пешона тери, меҳнати, би-лими ва олган тарбияси, ирода ва матонати билан бо-сиб ўтиладиган зиналар. Бу йўлдан борувчилар юксак инсоний фазилатга, касб-камолотга, илм ва тарбияга эга бўлган гўзал хулқли, ўз қадрини, бурчини билув-чи, ўзига тегишли ишларни ҳалол ва виждонан адо этувчи, масъулиятни ҳис этадиган кишилардир. Бу йўлдан борганлар аввало ўзи учун, қолаверса жамият учун наф келтиради. Келажак авлод учун ўрнак бўлади.
Иккинчи йўл — осонроқ, жони койимасдан, меҳнат қшшасдан бировлар меҳнати эвазига, Ñžғрилик, ҳаром-хўрлик, безорилик каби ноинсоний хислатлари билав. борадиган қинғир-қийшиқ сўқмоқлар бўлиб, улар ор-қали борувчилар — виждонсиз, уятсиз, ор-номуси йўқ. Жон куйдирмасдан, меҳнат қилмасдан мол топувчи ва ана шу ҳаром ризқ билан оила тебратиб, тирикчи-лик ўтказадиган кишилар жамият ва замон кушанда-ларидирлар.
Нега ҳамма битта йўлдан — Ñ‚Ñžғри йўлдан боравер-майди?— деган ҳақли савол туғилиши табиийдир. Гап шундаки, ҳамма одамлар ҳам ўша Ñ‚Ñžғри ва шарафли йўлдан боришни истайди, лекин айримлар сабр-тоқат-сиздирлар, қаноатсиздирлар, меҳнатга чидамсиздир-лар, умуман ахлоқсиздирлар.
ЁМОН йўлга кириб қолганлар қачон адашган? Нега улар ўз иродаларини чиниқтириб яхши йўлга қайтмай-дилар? ЁМОН йўлга кирганлар ҳаёт йўлининг бошида адашганлар. Инсоннинг ҳаёт йўли бешикдан бошла-ниб, цабрда тугайди. Унга бешикдан бошлаб берилган тарбия, одоб Ñ‚Ñžғри ва етарли бўлса, одам ҳаёт йўлини бошланишидан адашмайди.
Бу йўл шунчалар мураккабки, у гўё узоқ сафарга чиққан саёҳнинт йўлига ўхшайди. Баъзи жойлари ра-вон бўлса, баъзи жойлари қум-саҳро, баъзи жойлар эса жарликлардан иборат. Агар йўлга чиққан саёҳ йўлида компас ёки картаси бўлса, кўзлаган манзилга боради. Компас ва картаси бўлмай таваккалига йўлга чиққан одам эса йўлда адашади.
Яна йўлдан адаштирувчилар ҳам бор. Бошқа то-монга бошлаб кетувчи фирибгарлар учраб туради. Ҳаёт йўли худди шунга ўхшайди.
Билимсиз, Ñžқимаган, бирор-бир касб-корга эга бўл-маган, меҳнат қилишга раъйи йўқ одамлар ўша компассиз ва харитасиз йўлга чиққан сайёҳга ўхшайди. Уларга насиҳат қилиб қўлингга компас (илм) олгин, харита (тарбия ва касб) олгин деганда гапга кир-маганлар. Иўлдан адашиб, осонроқ йўлдан боришни маслаҳат берган Ñžғри, алдамчи ва қаллобларнинг ор-тидан кетиб қолганлар. Энди уларнинг Ñ‚Ñžғри йўлга ўтиши қийин. «ÐÐ³Ð°Ñ€ бир киши ёшлигидан нафси бу-зилиб, тарбиясиз, ахлоқсиз бўлиб ўсадими, оллоҳу акбар бундай кишилардан яхшилик кутмак, ердан ту-риб юлдузларга қўл узатмак кабидур», деган эди Аб-дулла Авлоний.
Ҳаётда ўз ўрнини топишида одамнинг болаликда-гн фаолияти, олган бйлими ва тарбияси катта ўрин тутади: «Ð˜Ð½ÑÐ¾Ð½ болаликдан бошланади»,— деб Ñ‚Ñžғри -айтади халқимиз. Болалик катта одамнинг тақди-рини белгилайди. Ҳа, бола катталарнинг тажрибала-рига суянмоғи, панду насиҳатларига қулоқ солиб, улар билан муносабат ва мулоқатда бўлмоғи керак. Катта-ларнинг болаларига нисбатан ҳаёт тажрибаси ортиқ, кўпни кўрган.
Болалик гўё қуриб битказилаётган иморатга ўх-шайди. Иморат қанчалар кўкка бўй чўзса, унинг пой-девори шунча чуқур бўлиши баробарида унга ишлов зарур, уни мустаҳкам суваб, безаклар берилади. Ин-сонга ҳам болалигидан бошлаб тарбия-билим зарур. Болалигидан яхши тарбия ва чуқур билим олганлар келгусида Самарқанду Бухородаги осмонўпар, нақ-шинкор бинолар — халқ обидалари каби кишилар ора-сидан қад кўтариб чиқадилар ва бобокалонларимиз Имом Бухорийлар, ҳазрат Навоий, Ал Беруний, Абу Али ибн Сино, Ат Термизий каби ҳаёт осмонининг ёрур юлдузи бўлиб вояга етишмоқлари мумкин.
Болаликда одамзоднинг тафаккури ўткир бўлади, бу даврдаги Ñžқиб-ўрганилган нарсани мармар тошга битилган хатга ўхшатилади. Тошга битилган хат ўч-мас бўлганидай, болаликда хотирага кирган нарса ҳам унутилмас бўлади.
Болаликда ва ўсмирлик ҳамда ўспиринлик йилла-рида одам боласининг мақсади аниқ бўлиб, бу, асо-сан, билим олиш, китоб мутолаа қилиш, ўз жисмини чиниқтириб боришга қаратилган бўлмоғи зарур. Ин-соннинг бутун умрида қиладиган орзу-умидлари ва келажак режаларини мақсадларига эришмоқнинг «Ð¾Ð»Ñ‚ин калити» болаликда илк бор қўлга тегади. Бу «Ð¾Ð»-тин калит» илм бўлиб, ҳаёт «Ð´Ð°Ñ€Ð²Ð¾Ð·Ð°» сининг ҳар қан-дай сеҳрли қулфини очиш имкониятини беради. Пайғамбаримиз Муҳаммад алайҳис салом ҳамма вақÑ‚ инсонларни илм олишга чақирганлар. Балкиз Алад-дин ўзининг «ÐœÑƒҳаммад қиссаси» китобида шундай ёзади: «Ð˜Ð»Ð¼ эгалланг,— дерди у ўз издошларига. Илм саҳрода дўст, ҳаёт йўлларида таянч, ёлғизлик дамларида — йўлдош, бахтиёр дақиқаларда — раҳбар, қайғули онларда — мададкор, одамлар орасида — зебу зийнат, душманларга қарши курашда — қуролдир».
«ÐžÐ»Ñ‚ин калит» қўлга теккан вақтда ҳамма бола-лар ҳам унинг қадрига етмайдилар. Бўш вақтларини китоб Ñžқишга, кўпроқ билим олишга сарф қилиш ўр-нига ўйинқароқлик қиладилар. Олтиндан қиммат вақÑ‚-ларини зое кетказадилар. Дунёда ҳар қандай нарсани йўқотса уни ўрнига тиклаш мумкин, аммо йўқотилган вақтни қайта тиклаб бўлмайди. Тўғри, болаликни ўйинларсиз тасаввур қилиб бўлмайди. Бироқ мақсад-сиз ва кўр-кўронасига ташкил қилинган ўйинлар би-лан кўп шуғулланавериш, гарчн жисмоний чиниқиш бўлса ҳам, ақлий чиниқишга унча нафи тегмайди. Уйин орқасидан қувиш натижасида, катталардан, ки-тобдан узоқлашилади. Бу эса билимни ва фикрлаш қобилиятини ўстирувчи асосий маълумот (информация) оқимини камайишига олиб келади, фикрлаш қобилия-тига салбий таъсир кўрсатади.
Яшашдан мақсад нима? деган савол устида суҳ-бат ўтказилаётган эди. Бу саволга шунчаки эҳтирос-ларга берилиб жавоб бериш ноўрин. Биздан олдин ўтган ота-боболаримиз ҳам бу саволга жавоб иста-ганлар, бу борада ўзларининг бой меросларини қол-дирганлар. Шу мерослардан Ñ‚Ñžғри фойдаланиш учун китобга мурожаат қилмоғимиз зарур.
Мақсадларнинг улуғлиги, ҳаёт ва турмуш ранг-баранглиги унинг мазмунини ташкил қилади. Мазмун-сиз ҳаёт кечириш лоқайдликдир. Лоқайдлик ёмон ка-сал. Бу касалга чалинган одам кишилар орасида аж-раб қолади. Ҳамма унга ёмон назар билан қарайди. Инсон ҳаётда ўз мақсади учун қатъий курашчи бўл-моғи лозим. Хуллас, танланадиган мақсад ҳаёт маз-мунини белгилайди.
Кимдир олий мақсадни бир умр одамларни бахтли қилиш учун белгиласа, кимдир ҳаром-ҳариш йўллар билан бўлса-да, кўпроқ пул-мол тўплашни афзал кў-ради. Бундай одамлар ор-номусдан, диёнатдан ке-чиб, мақсадга эришмоқни кўзлайди.
«ÐšÐ¸Ð¼Ð´Ð¸Ñ€ ўзгаларнинг юкини енгил қилиб, яхшилик қилганидан ҳурсанд бўлса,— деб ёзади Э. Юсупов, X. Исмоилов ўзининг «Ð˜Ð½ÑÐ¾Ð½ камолоти» китобида,— бошқа биров ўзгаларга ёмонлик қилиб, ҳасад ўтида алангаланган юрагини совитганидан мамнун: олим ўз кашфиётининг одамлар учун қанчалик фойдали зкан-лигини ҳйс қилиб, ўз бахтидан мамнун бўладй. Ялпи қирғин қуролини ишлаб чиққан ва уни синаб кўраёт-ган -одам қиёфасидаги махлуқ эса, юз минглаб киши-ларнинг ёстиғини қуритиши мумкинлигини ўйлаб ўзйча ҳузур қилади».
Кўриниб турибдики, ҳаёт принципи ғояси ҳар ким-да ҳар хил. Биров инсонларни бахтли қилишни мақ-сад қилиб олган бўлса, биров ҳамманинг бахтини қурбон қилиб бўлса-да, мақсадига эришмоқни орзу қи-лади. Уз ғоясини амалга ошириш ниятида фашизм-нинг ер юзидаги тантанасини мақсад қилиб олган Хитлер эллик миллйонга яқин киши ёстйғини қуритди. Хитлер фашизми қилган ваҳшийликни инсоният бо-шига тушган бирорта кулфатларга тенглаштириб бўл-майди.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 04:17:13
Davomi

— 1978 йил октябрида биз сайёҳлар Австриянинг Залцбург шаҳрига сайёҳатга бораётиб, шу шаҳар яқи-нидаги «ÐœÐ°ÑƒÑ‚хаузен» концлагери билан танишдик— дейди педагог Қумри опа. Фашизмнинг йиртқичлиги-ни дунёдаги ҳар қандай ваҳшийликдан ортиқ экан-лигини ўшанда кўрганмиз. У ердаги аҳволни кўрган-да тошмеҳÑ€ одамнинг ҳам кўзларидан ёш келади. Баланд девор тепадан сим панжара билан ўралган. Темир дарвоза олдига бориб тўхтаганингизда тиш-тирноғигача қуролланган ва бу ўлим маҳкамасини қўриқлаб турган фашист газандаларнинг беўхшов овози қулоғингизда жаранглаб тургандай, жисму жон-лари тирик мурдага айланиб, бемажол қадам босаёт-ган маҳбусларни елкаларига автомат билан ниқтаёт-гани кўз ўнгимиздан ўтди. Концлагерь дарвозасидан ичкари кирсангиз яна ҳам .ваҳимали: қийноқ ва азоблар билан қишнинг қаҳратон кунларида устидан со-вуқ сув қуйиб музлатиб, қийнаб ўлдирилган генерал Карбишевнинг тошга айланган танаси (тош ҳайкал)га кўзингиз тушганда халқим, Ватаним деб жон фидо қилган бу одамнинг тош гавдаси ичидан Ҳ. Олимжон-нинг Халққа   Ð°Ð¹Ñ‚инг,   Ð¼ÐµÐ½   Ð°ÑÐ»Ð¾  ўлганим   Ð¹Ñžқ, ЁВ  қўлига таслим  ҳам  бўлганим йўқ. Мен   ÑÐ»Ð¸Ð¼Ð½Ð¸Ð½Ð³   ÑŽÑ€Ð°Ð³Ð¸Ð´Ð°   ÑÑˆÐ°Ð¹Ð¼Ð°Ð½, Эрк  деганнинг  тилагида   ÑÑˆÐ°Ð¹Ð¼Ð°Ð½ деган оташин сатрлари жаранглаб чиқаётгандай тую-лади.
Шундоққина «ÐœÐ°ÑƒÑ‚хаузен» яқинидаги чуқур жар-ликдан тош кўтариб, кимдир аравачада қовурғалари саналиб қолган гавдаси билан олға интилиб, манзил-га етолмай ёки тош юкланган аравачани силжита олмай бемажол йиқилганларни пўстакдек думалатиб тепаётган фашистларнинг ваҳшийликлари кўз ўнгизда гавдаланди.
Уша ерда инсон таҳқирланади, беҳад қийналади, Ñ‘қилади ва ўша ерда инсон жисму жасади кулга ай-ланади. Жасади кулга айланган ёш йигитларни ота-онаси зор-интизор кутади, Афсуски, улар ота-онаси бағрига, фарзандлари олдига қайтишолмайди.
Мана, нияти қора, ўзининг машъум ғояси учун ўз-галарнинг бахтини, ҳаётини қурбон қилиб, мақсадга эришувчи одам қиёфасидаги маҳлуқнинг разиллиги.
Энди бошқа манзарага эътибор беринг: Абу Али ибн Синога тиббиёт илмини ривожлантириш осон бўл-маганди. Эл дардига малҳам истаб ўз ҳаётини неча бор хавф остида қолишига қарамай, у ўз ғоясидан кечма-ди. Кечаси қабристондан янги вафот қилган бир мур-дани яширинча олиб келиб, ўша одамнинг ўлимига сабаб бўлган «ÐºÑžÑ€ ичак» касалини топди ва буни фа-қат жарроҳлик йўли билан -даволаш мумкинлигини дунёда биринчилардан бўлиб кашф қилди. Агар у хавф-хатардан қўрққанида, жонини аяганида эди, тажри-баларини давом эттирмаганида эди, ўз ғоясини амал-га ошира олмасди, олижаноб мақсадига эриша олмас-ди.
Умуман олганда ўзбек халқининг ифтихори ибн Сино инсонларни бахтли қилишни мақсад қилиб қўй-ди. Бутун дунё тиббиёт илми тан оладиган «Ñ‚иб қо-нунлари»Ð½Ð¸ ва бунга ўхшаш ноёб асарлар яратди.
Ҳозирги замон тиббиётини «ÐœÐµÐ´Ð¸Ñ†Ð¸Ð½Ð°» деб аталиши-нинг сабаби ҳам ибн Синонинг меҳнати шарафига «ÐœÐ°Ð´Ð°Ð´Ð¸ сино» деб аталди. Уша атама ҳозирги даврда «Ð¼ÐµÐ´Ð¸Ñ†Ð¸Ð½Ð°» деб юритилади.
Айрим кишилар яшашдан мақсадни фақат ўз шах-си учун имконият яратишдан иборат деб биладилар. Улар эл-юрт манфаатини, одамгарчиликни бир чекка-га суриб қўйиб, ўз истагини, нафсини қондириш учун ҳар қандай қора ишдан қайтмайдилар. Бундай киши-ларнинг кўпайиб боришига йўл қўймаслик ғоясини ёшлар онгига сингдириш лозим.
ЁШ авлоднинг олдига қўйган вазифаси, мақсади ўз билимини орттириб, иродасини чиниқтириб, буюк алломалар — бобокалонларимизнинг ҳаётидан ўрнак олиб, ўз Ñ….аёт йўлини танлашта ўргатиш керак. Ҳар бир ақлли фарзанд ўз келажагини ўзи учунгина эмас, балки ота-юрти, она халқи учун зарурлигини тушуниб етмоғи лозим.
Бу ўринда мусулмон оламининг буюк даҳоси Му-ҳаммад алайҳис саломнинг ҳаёти ҳамма учун ибратли-дир. У одамзодни нопок йўллардан қайтарди. Дилига иймон, эътиқодни киритиб, пок юриш, пок яшашга ўргатди. Одамларни фақат ўз меҳнати эвазига ризқу насиба топиб яшашга ундади.
Унинг айтганлари, унинг қилганлари мусулмон олами учун бешак ўрнак бўлиб қолди ва буни ҳаёт исботлади. Узи эса жуда камтарона ҳаёт кечирди. Бу ҳақда Балкиз Аладдин ўзининг «ÐœÑƒҳаммад қиссаси» китобида шундай ёзади: «... Муҳаммад ҳар бир нар-сани икир-чикиригача ўзи назаридан ўтказмагунча тинчимасди. Шунингдек, у бошқа ҳукмдорларга ўх-шаб ҳашаматли саройда яшамас, хизматида чўрилар ҳам, мулозимлар ҳам йўқ эди».
Ҳаттоки, у бутун Арабистонга ҳукмдор бўлиб, айт-ган сўзи қонун тусини олган шароитда ҳам, у содда ва камтарин ҳаёт кечиради. Унинг Маккада иккита уйи бор эди. У Мадинага қочаркан, уйларини мусода-ра этишади. Лекин у кейинчалик Маккага қайтгач, ўша уйларини қайтариб олиш ҳақида ўйламайди. Унинг ухлаши учун тўшаги ҳам йўқ эди. Тўнини икки қатлаб тўшарди-да, ётаверарди. Меҳмон келганда болишини унга узатиб, ўзи ерга ёнбошларди.
«... Муҳаммад йиртиқ-ямоғини ўзи тикади, каву-шини ўзи ямайди, кийим-бошини ўзи ювади. У овқатни одатда оз ер, кўпинча бева-бечораларга тарқатар эди».
«ÐœÐµÐ½» (манманлик) касалига мубтало бўлганлар учун ҳеч қандай ишонч, эътиқод йўқ. Унинг тортина-диган, қўрқадиган, олдида виждони, азобланадиган на илоҳий, на инсоний эътиқоди йўқ. Унинг айтганлари ижобат бўлса, истаклари бажо этилса, ғолиб нафси қондирилса бас, у ўзини бахтли деб билади.
Бахт бу ейиш-ичиш, кийиниш эмас. Бахт — инсон-лар орасидан муносиб ўрнини топиш, ўзининг ҳалол-пок меҳнати билан ўзгаларнинг юкини енгил қилиш, она халқи орасида номи ардоқ билан тилга олинйши, эл фаровонлиги учун қўшган ҳиссаси, келажак авлод-га қолдира олган туҳфаси.
«Ð•Ñ€ юзида лоақал биргина бўлса ҳам бахтсиз ки-ши яшаётганини кўриб туриб, хотиржам яшаш ва бахт-ли бўлиш мумкин эмас. Яшашдан мақсад бутун ин-соният фаровонлигини ва бахтини кўзлашдир»,— де-ган эди венгер математиги Больяй Янош.
Ота-боболаримиз шунинг учун ҳам «Ð­Ð»Ð³Ð° бергин, кўпга бергин, кўпнинг қаторида менга ҳам бергин» деб, тилак қилганлар. Бунинг маъноси шуки, агар кўпда бўлмай биргина одамда бўлса, у кўпчиликка бериб етказа олмайди, кўпчиликни тўйғиза олмайди. Кўпда бўлса, бир чимдимдан берса, бир одам тўяди. Мамлакат бой-бадавлат бўлса, битта оилани таъмин-лаш осон. Аммо битта оилада бўлса-ÑŽ, эл-юрт, мам-лакатда бўлмаса, битта оилани қўлидан ҳеч нарса келмайди. «Ð£Ð· бахтингни ўзгаларнинг бахтидан қи-дир» деган ҳикматнинг маъноси ҳам шу. Бугунги ёш авлоднинг тилаги, мақсади ота-боболаримизнинг тилак ва истакларига мутаносиб бўлса, жамиятда ривож бўлади.
Хулоса шуки, инсоннинг яшашдан мақсади, ҳаёти-нинг мазмуни эл-юрт билан ҳамоҳанг яшаш, эл-юрти-га садоқатли бўлиш, ота-она эса ўз фарзандларини илмли, одоб ва ахлоқли қилиб тарбиялашдир.
Яшашдан мақсад—ўзи бахтли яшаб, ўзгаларни ҳам бахтли қила олишдан иборатдир.
— Яшашдан    мақсад — қўлингдан    келганича    бировларга яхшилик қилиш, йиқилганни суяш, одамлар-га меҳрибонлик билан инсон инсонга дўст-биродар, ака-ука эканлигини ҳаётда кўрсата олиш.
—  Яшашдан мақсад — сени тарбиялаб вояга етказ-ган  ота-онангга,   Ñ…алқингга,   Ð¾Ñ‚а-Ватанингга    муносиб хизмат қилмоқ.
—  Яшашдан    мақсад — инсон ўз  ҳаёт    мазмунини элга   Ð¼Ð°Ð½Ð·ÑƒÑ€  гўзал  ишлари  билан    бойитмоқ,  ҳаётда ўзидан яхши ном, яхши из қолдирмоқ. Инсон шундай яшамоғи  керакки,  ҳаётининг сўнгги дамларида  орқа-сига — ўтган кунларига боқиб афсусланмасин.
Узининг жамиятга қўша олган ҳиссасидан, оила бошқариши, фарзанд тарбиялаш ва уни эл-юртга қÑž-ша олганлигидан, қисқаси яхшилик билан дунёга қол-дириб кетаётган туҳфасидан ўзи қаноатлансин, ўзга-лар унутмасин, фарзандлар эса унинг номи билан фахрланиб юрсинлар.

Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 02 Fevral 2008, 14:35:38
Дунёни пул бошқарадими?
Дунёни пул бошқарадими?
Телевизорда қандайдир кўрсатув кетаяпти. Бир гуруҳ йигит қизлар жон куйдириб баҳслашмокдалар. Ҳаммаси ўз фикрини айтишга ошиқади, қай бири ҳовлиқиб гапиради, яна бири машҳур кишиларга тақлидан чертиб-чертиб гапиришга ҳаракат қилса, бошқаси қимтинибгина сўзлайди. Хуллас, ҳар қайсиси ўзича «ÐÐ¼ÐµÑ€Ð¸ÐºÐ° очишга уринади». Мавзу эса тахминан мана бундай «Ð”унё-ни нима бошқаради» (жумланинг жарангдорлиги-ÑŽ улуғворлигини қаранг!) «ÐÐ¸Ð¼Ð°Ð»Ð°Ñ€Ð½Ð¸ ўйлаб топишмайди-я, бутиниб тинчимаган одамлар» Дарвоқе, дунёни нима бошқаради ўзи? Ҳеч ўйлаб кўрмаган эканман. Бир пайтлар адабиёт муаллимимиз уч-тўртта одамнинг бир мавзу ҳақидаги фикрини жамлаб чиройли бир хулоса ясай оладиган одамнинг келажакда тўрт қатор нарса ёза олишига умид қилса бўлади-дегач, аллақандай мавзуни дарс давомида терлаб-пишиб ёзиб муаллимга топширгандик. Янаги дарсимизда муаллим ёзганларимизни ўзимизга қайтараркан, тушкун кайфиятда: Бирортангданам умид йўқ,-деб қўйганди. Ўшанда мен адашдимми ёки муаллимми, билмадим. Ҳартугул Ñžқишни битириб тумандаги таҳририятда кичик ходим бўлиб ишлаб юрибман. Езганларимни олдига олиб кирганимда бош муҳарриримизнинг ҳикояларингиз жудаям бўш! ÐŽқувчининг қўлидан ушлаб ололмайсиз^гдеб зуғум қилишини ҳисобга олсак, мен адашган чиқарманов. Лекин мен ҳам ўзимча ÑŽқоридаги саволга жавоб излаб кўрдим. Ҳожар - 38 ёшда, уй бекаси -Дунёни меҳÑ€-оқибат, яхшилик яна... армон бошқаради синглим. Оилада саккиз қиз эдик. Мўл-кўлчиликда, Ñ‚Ñžқчиликда яшардик. Ота-онам бир-бирисиз туролмас, бизларни жонларидан ортиқ кўришарди. Уларнинг биттаю-битта армонлари-Ñžғиллари йўқлиги эди. Қишлоқда одамлар орқаваротдан биз ҳақимизда «Ñ‡Ð¸Ñ€Ð¾қсиз уй» дейишарди. Ўн саккиз ёшимда аммамга келин бўлиб, бир йилдан кейин туғруқхонада биринчи болам дунёга келгач, доя хотиннинг-ойдеккина қизалоқ экан,-деган сўзларини эшитиб, биринчи айтган гапим-уф-Ñ„, қизми? сўз-лари бўлди. Лекин уни эмизганимдан кейин шунчалар яхши кўриб қолдим-ки, еру-кўкка ишонмасдим. Қизалоғим олти ойлик бўлганида шамоллаб қолди. Ўша куни кечаси аксига олиб, эрим заводга кечки сменага ишга кетганди. Ярим тунга бориб қизгинамнинг нафас олиши қийинлашди. Мен нима қиларимни билмас, унинг жажжигина қўлчаларидан ушлаб юзига термулардим. Қизалоғим қоп-қора чарос кўзларини менга тикиб ётар, оғир-оғир нафас оларди. Кейин... кўзлари менга қараган куйи ёпилмай қолди. Тонггача қизгинамнинг очиқ қолган кўзларига қараб дам йиғладим, дам кулдим, нималар дедим эсимда йўқ. Эртасига уни олиб кетишди. Тушдан кейин ҳай-ҳайлашларига қарамай қабристонга бордим. Мурғаккина қизалоғимдан бор-йўғи қолгани-қорамтир қизғиш тупроқ уюми қолди. Кичкина қабрни қучоқлаб то ҳушимдан кетгунча додлаб йиғладим. Сўнг.. саккиз йил «қиз тугул қизиган тошга зор» бўлиб яшадим. Шўрлик аммам, шўрлик эрим. Мени касалхонама-касалхона олиб юришдан, юпатишдан чарчашмади.
  Баъзи оилаларда келини бир ойгина касал ётса ҳайдаб юборганларини эшитиб қоламан. Шунда аммамнинг, эримнинг менга қилган чексиз яхшиликлари, меҳÑ€-оқибатлари олдида қанчалар қарздор эканлигимни ҳис қиламан. Замира. 36 ёшда -Дунёни алам-нафрат, ёвузлик, қасос бошқаради. Кечқурун холамникидан қайтаётиб, икки аблаҳнинг қўлига тушиб қолганимда ўн олти ёшдайдим. Отам бу шармандаликни кўтаролмади, юраги хуруж қилиб оламдан ўтди. Кейин онам мени уйдан ҳайдаб юборди. Ўшанда кимсасиз, зимистон кўчада бошим оққан томонга кетиб борарканман. икки аблахдан албатта ўч оламан деб онт ичдим. Кўчада қолган ўн олти ёшли қизалоққа <<гўеш йўлни» кўрсатиб юборадиганларам дарров топила қолди. У Ñ‘ғи ... ҳар-хил одамлар, ҳар хил танишлар, ҳар хил севгилар, ҳар хил тўшаклар. Кунларнинг бирида вакг тегирмони айланиб ўша икковининг қизлари олдимга келиб қолди. Барибир «Ð´ÑƒÐ½Ñ‘ шунчалар тор> Қизлар бу йўлга аллақачон кириб бўлишган, икковлариям оталарининг пиёнисталиги-ÑŽ, уйларидаги йўқчиликдан нолишди. Бир-икки ҳафтадан кейин оталари излаб келишганда мени кўриб дарров танишди, икковиям мум тишлаб ер чизиб қолди. Шунча йилдан бери ичимда сақлаб келаётган нафрат- аламларни тўкиб солиб, анча енгил тортдим. Охирида -Ана қизларинг, олиб кетаверингларЬдеб қўшиб қўйдим. Лекин қизлар уйига қайтишни исташмади, қолишди. Ўша икки аблаҳнинг ночор, аҳволини кўриб, улар аллақачон жазоларини олиб бўлишганини англадим. Лекин барибир кимсасиз пахтазорда йиғлаб қолган номусим, отамнинг бевақÑ‚ ўлими, барбод бўлган орзуларим-ҳаётим ҳаққи уларни ҳеч қачон кечирмайман.

 ÐœÐ°ÑŠÑ€ÑƒÑ„-тадбиркор, 32 ёшда. - Дунёни пул, яккаш пул бошқаради. Фақат бу фикрингиз нотўғри дейишга шошилманг, синглим. Ҳали ёшсиз, ота-онангизнинг бағрида муҳтожлик, йўқчилик, ночорликнинг нималигини билмайсиз. Мана шу оддий, шафқатсиз, аччиқ ҳақи-қатни тушуниб етгунимча жуда азиз одамларимдан ажралдим. Ўшанда шу пулларим бўлганида онам, муштипаргина, бир ҳовучгина опам зотилжам касалининг асоратидан ўлиб кетмаган бўларди. Шу пулларим бўпганида севган қизимникига юборган совчиларимга унинг отаси. -Бир камим келиб-келиб сен ялангоёқлар билан қуда бўлишим қолувди ўзи-демаган бўларди. Шу пулларим бўлганида укам мардикорчиликда ўн кун ишлаб келиб қайтиб туролмайдиган ногирон бўлиб қолмасди. Ишлаган жойида жуда кўп оғир юк кўтартиришган экан, дўхтирлар жигари эзилиб кетган дейишди. Ана шунақа гаплар. синглим. Бу гапларни хохланг ёзинг, хохланг ёзманг. Шунчаки, сўраганиигиз учун айтдим, лекин газетангизга келмаса керак... Э-эҳ! Бу уч одамнинг уч хил фикридан ўлақолсамам битта хулоса қилолмасам керак. Ишдан қайтишда гЎЕЕИ онамнинг хонасига буриламан. Онам одатдагидай қиблага қараб намоз Ñžқияпти. Тугатгач, бориб онамнинг {эўпарасига чўкаман. Ҳол-аҳвол сўрагач-Нима бўлди? Шаштинг паст-дейдилар. Ўзи умуман мени онамчалик ҳеч ким тушунмаса керак. Узук-юлуқ сўзлар билан бир нималарни минғиллаб тушунтирмоқчи бўламан.
-Дунёни Яратганнинг Ўзи бошқаради. Дунёни қандайдир ожиз бандалар-у уларнинг амаллари бошқаради деб ўйлашнинг ўзи тентаклик болам^ дейдилар.
-Мен суҳбатлашган кишилар ҳар хил фикрда яна чайналаман. -Дунёда мутлақ ҳақиқат йўқ. Ҳар бир одам ўз яшаш тарзидан келиб чиқиб ўз ҳақиқатини яратади. Ҳар ким ўзича ҳақ. -Одамлар касал бўлмай қўйди^гДеб зорланаётган табиб ҳам.
-Одамлар ўлмай қўйди ^деб нолиётган гўрков ҳам ўзича мен ҳақман деб ҳисоблайди... -Чарчабсан. Бу ҳаммаси кўп Ñžқишингнинг оқибати, болам...
Дунё шунчалар кенг-айрилиқ азобига маҳкум севишганлар минг уринмасин бир-бирига ҳеч етиша олмадилар. Охир-оқибат умрлари адо бўлди, юракларда тоғдай «Ð°Ñ€Ð¼Ð¾Ð½ билан ўтиб кетдилар. Дунё шунчалар кенг... Дунё шунчалар тор-бир етимнинг боши ҳеч ерга, на амма-холасининг, на тоға-амакисининг уйига сиғди. Ахийри унга етимхонадан бўйрадеккина жой-ётиб туриши учун берилган каравот тегди. Дунё жуда тор, то-о-Ñ€ - дея фарёд урди етимнинг кўнгли.
Даштда умргузаронлик қиладиган жониворлар орасида шундай қоида бор. Икки-уч йилда бир марта маълум бир вақтда юз берадиган қурғоқчилик даврида сойнинг тубидаги кўзнинг ёшидеккина бўлиб қолган сувдан ичиш учун келган бўш, қуён. тулки. тустовуқлар ёнма-ён туриб чан-қоғини қондиради. То қурғоқчилик тугагунча шундай. Одамларам шу. Бошларига кулфат тушганда ўзаро аҳилроқ. Меҳрибонроқ бўлиб қолишади. Кулфат ортга чекингач эса ... Дилором Валиева.  www.bekajon.uz


 
 
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 08 Fevral 2008, 11:52:30
ISLOMIY AHLOQLAR Rasululloh s.a.v: Oliy hulqlarni barkamol qilishlik uchun payg'ambar qilib jo'natilindim dedilar.Oliy hulq nima? oliy hulqlar qanday bo'lishligi kerak? biror-bir kishi o'zini badhulq deb nomlagan kishi tarihda eshitilgan ham emas.Birov o'zini hozirda ham aytmaydi.Buni bu yog'ida ham aytmasa kerak Ollohu 'Alam.Hech kim o'zini badhulq deb nomlamaydi.Men yomon hulq egasiman degan kishi tarihda ham o'tgan emas,hozirda ham yo'q.Buni buyog'ida ham Qiyomatgacha ham bo'lmasa kerak.Demak,yer yuzidagi hamma odam ahloqli bo'lib chiqadi.Agar odamlar o'lchoviga qo'yib qo'yadigan bo'lsak.Birorta-bir beodob,behulq odam yo'q.Hamma odam ahloqli.Hamma odam hatto,hayoti bo'yi,hayoti davomida o'g'rilik bilan tirikchilik o'tkazayotgan odam,o'ziga falsafa qurib olgan.Hamma odam shirin uyquda istirohat qilayotgan vaqtida,men mehnat qilib,tashvishlar bilan topayotgan harakatim,nima uchun be ahloqlik bo'ladi deydi.Nima uchun meni topgan pulim harom bo'lar ekan deydi.O'zi fohisha bilan shug'ullanayotgan kimsalar ham,birovni manfaatlantirayotganligini,jasadini rohatini o'tayotganligini aytishlik bilan bu ham eng ahloqli odamman deb da'vo qilishlik mumkin.O'zini bozorda,ko'chalarda jamolini nomusini sotib,o'zini fohishabozligi bilan yurgan ayol ham,men jamiyatga ziynat bo'lib yuribman deb da'vo qilib,nimaga meni hulqlarim badhulqlik bo'ladi deb da'vo qilishligi mumkin bo'ladi.Men odamlarni foydalantiryapman deb da'vo qilishligi mumkin.Vaholanki,hayotda eng bir sharmandalik bo'lgan hulq,mana bu hulqdir.Shuning uchun bizda bir asosiy o'lchov bo'lmog'lig'i kerak.Bu o'lchov,o'zgarmas o'lchov bo'lishligi kerak.Bu o'lchov,davrlar o'tishligi bilan o'zgarmas bo'lib qolishligi kerak.Hayotning o'zgarishligi bilan hozirgi johiliy odamlarning talafuzi bilan aytganda,taraqqiyot rivojlangan sari degan so'zni iste'mol qilishadi.Bunday narsalar bilan o'zgarmas bo'ladigan o'lchov bo'lishligi kerak.Agar bu o'lchov bo'lmasa,bir davrda hulqlik bo'lgan odamlar,davrlar o'tishligi bilan badhulq odamlar bo'lishligi mumkin.Tarihda o'zlaricha odamlarning manfaati uchun ishlagan odamlar,keyingi davrda bular keraksiz jamiyatga zarar kunanda odamlar deb o'lchab qo'yishligi mumkin.Nima uchun? - o'lchov o'zgarishligi natijasida.Demak bu yo'lga na mol,na harakat,na quvvat sarf qilinishligiga hojat yo'q bo'lib qolinadi.Shuning uchun bu o'zgarmas o'lchov,savol qilamiz nima? qani kishilarga savol qilaylikchi.Bu o'zgarmas o'lchov kimda bor? tarih bizga guvohki,olib ketilinayotgan yo'llar hammasi o'zgaryapti.Odamlarning bir davrda bo'lgan pokizaliklari,keyingi davrdagi odamlarning o'lchovida bu qoloqlik bo'lib o'lchayapti.Demak,o'zgarmas o'lchov hech qaysi odamlarning oldida yo'q.Magar ahli Islom musulmonlarning oldidagina bu o'zgarmas o'lchov bor.Bu o'lchov - Islom o'lchovidir.Bu o'lchov - Olloh tarafidan kelgan o'lchovdir.Bu o'lchov - bashariyatning birinchi otasi vujudga kelgan vaqtda berilgan o'lchovdir.Va bu o'lchov - Qiyomatgacha o'zgarmas bo'lib qoluvchi o'lchovdir.Bu o'lchov - takomillashib borgan o'lchovdir.Ya'ni bashariyat go'yoinki,avvalgi payg'ambarlar tarihida go'daklik bosqichini bosib o'tgan bo'ldi.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 08 Fevral 2008, 11:54:38
Bu go'daklik bosqichi - kamolot yoshiga yetguncha Olloh subhana va taolo ularni tarbiya qildi.Kamolot yoshiga yetdi.Bu davr Rasululloh s.a.v ning davrlari bo'ldi.Bu kishi bilan risolatga muhir bosildi.Risolat to'htadi.Rasululloh s.a.v o'zlaridan ilgari kelgan payg'ambarlarning ahloqi qurib ketayotgan ya'ni ahloq qurib borgan.Ahloqni rivojlantirib bergan birodarlarning komil takomillashtiruvchi zot bo'lib qoldilar.Mana shu so'zlarning ma'nosi ham.Men ahloqlarni vujudga keltirishlik uchun keldim demadilar.Oliy hulqlarning kamoliga yetkazishligi uchun payg'ambar qilib jo'natilindim dedilar.Dunyodagi qaysi bir insoniyatda turgan hulq bo'lar ekan,bu risolat mevasidan eyishligi natijasida,shu hulq vujudga kelgan.Hoh buni tan olishsin,hoh tan olishmasin.Insoflik toifalar tan olishmoqda.Shu yerda biz boshqa jamoalarni qo'yamizda,ular bilan bahs yurutmimizda,musulmonlar uchun bo'lgan jome' islomiy asosiy hulqlar haqida biz bahs yuritamiz.Bu bahs ya'ni jome' degan so'zimdan shuni bilinsinki,hamma tarafni o'z ichiga oluvchi asosiy hulqlar bu,musulmon kishi bilishligi zarur bo'lgan.Va hozirgi jamiyatimizdagi musulmonni da'vo qilgan kishilar,noqis qolib kelgan tarmoq ham shu bo'lsa kerak Va Ollohu 'Alam. Hammamiz yoddan biladigan sura *ASR*.Mana bu sura musulmon kishining 4 ta hulqini o'z ichiga olyapti.Asr surasida har-hil ma'nolar bor.Biz shu bittasini ihtiyor qilamiz.Vaqtga qasam ichib,vaqt qadr qiymatlik bo'lganligi uchun.Insonni ziyonda ekanligini qat'iy bayon qilib.4 ta hulq egasini mustasno qilyapti.1.Iymon keltirgan kishilar.2.Amali solih qilgan kishilar.3.Bir-birlariga haqni vasiyat qilgan kishilar.4.Sabrni vasiyat qilgan kishilar.Bir-birlariga nasihat qilgan kishilar.Mana shu 4 ta sifatni egallamagan kishilarning har-birini ziyonkor ekanligida shak-shubha yo'q deyapti.Agar shu sifatlar egallanmagan bo'lsa,bu odam ziyondan boshqa narsada emas.Avvalgi ikkita hulq,iymonu amali solih,Islomni da'vo qilgan kishilarning aksarlarida topishligi mumkin.Ammo haqni vasiyat qilish,haq yo'ldagi kurashdagi haqni vasiyat qilish.Bu hamma musulmonlarda topiladigan sifatlar emas.Musulmon kishilar,avvalgi zamoni saodatdagi musulmonlarga bir nazar tashlaymiz.Avvalgi musulmon kishi,Islom shariyatiga olim bo'lgan.Ya'ni sahobai kiromlar Islomni mukammal bilishgan.Va shu bilan birga zohid bo'lishgan.Ya'ni dunyoni qalblariga joylamagan.Qo'llarida bo'lgan dunyo.Olim bo'lishligi bilan birga *obid* (ya'ni ibodat qiluvchi) sifatiga ega bo'lishgan.Qaysi bir ibodatni tarmoqini olsangiz,shunda komil bo'lishgan.Va shu bilan birga olim bo'lib,dunyoni qalbiga joylamab,qo'liga joylab va shu bilan birga ibodatda *tahajjud* o'quvchi ibodatlarga nihoyatda mukammal bajaruvchi bo'lishi bilan birga,jang maydonida jangchi bo'lishgan.Shu bilan birga da'vat maydonida kuchlik do'iy bo'lishgan.Har qanday odamning kambag'alligiga rahmi kelib,haqni aytmay qoymagan.Davlatmand odamning davlatiga rioya qilib,haqni aytmay qo'ymagan.Zolimning zulmini rioya qilib,haqni aytmay qo'ymagan.Har bir o'rinda haqqa da'vat qiluvchi ham bo'lgan.Jur'atlik bo'lgan va ochiq bo'lgan.O'zini kimligini bayon qila olgan va hikmatlik ham bo'lgan.Va shunday tillik notiq bo'lgan.Ya'ni haqni oldida kim nutqni to'htatib qo'yadi? Agar har qanday notiq odam,o'zi jinoyatchi aybdor bo'lsa,nutqi yo'q bo'lib qoladi.Va hamda fikrda siyosiy bo'lgan.Har kim uni aldab ketaveradigan kishi bo'lmagan.Va har bir narsani bir idoriy o'ringa qo'ysa,idora qila olgan va zakiy bo'lgan.Nihoyatda farosatli bo'lgan (ya'ni birovga aldanmaydigan) bo'lgan.Bir musulmon kishini kechqurunda ko'rsangiz,tahajjudda sajda qilib yeg'layotgan bo'lsa,bu odam endi kunduzi bilan damoladi desangiz,kunduzi jang maydonida mujohid bo'lgan.Shu odamning o'zidan shariat ilmini so'rasangiz,olim bo'lgan.Shu odam yana birovga muhtoj bo'lmaydigan tamagir bo'lmagan.Davlati qo'lida bo'lgan.Yoinki kambag'al bo'lsa,ma'nan nihoyatda boy bo'lgan.Ma'naviy tarafdan qashshoq bo'lmagan.Agar buni har bir sohada tekshirib ko'rsangiz,Islomiy ahloq egasi bo'lgan.Mana bu birinchi zamoni saodatdagi musulmon kishining keyingi davrda paydo bo'lgan,musulmon kishidan farqi shu yerda birodar.Keyingi vaqtdagi musulmonlarning farqi qayerda? ular shariat olimi bo'lsa,tekshirib qarasangiz mutahasislik maydonida hech narsada yo'q.Agar biror-bir zolimga hitob qilishlik shunday bo'ladigan bo'lsa,eng orqada turuvchi kishi bo'lgan.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 08 Fevral 2008, 11:55:47
Keyingi musulmonlarni tekshirib ko'rsangiz,biror-bir kishida jur'at haybat bo'ladigan bo'lsa,shariat ilmida mutlaqo behabar.Hozir biz o'zimizni ahvolimiz haqida bahs yuritsak,hozirgi shu fursatdan foydalanib.Ba'zi kishilarga Islom yo'lida agarki,oz bo'lsa ham hususan hozirgi davrda.Ollohni yo'lida shu molingizni sarg qiling? - desangiz,juda ko'p miqdorda sarf qila oladi.Lekin farzandingizni tarbiya qiling degan vaqtda mutlaqo behabar.Bir kishi kechasi bilan tahajjudni o'qiydi.Namozni yeg'lab o'qiydi.Ammo halol kasb qilish maydonida hech kim emas.Agar shariat jiddiy bo'ladigan bo'lsa,u shariatga hilof qiluvchi kishilarning birinchisi bo'lib qoladi.Ammo kechasi bilan yeg'lab ibodat qilish,5 vaqt namozni joyida o'qish,jamoat bilan o'qish maydonida hammasi joyida.Lekin farzandlarini tarbiya qilishlikda hech kim emas.Ba'zi bir kishi Qur'oni Karimni yod biladi,Qur'oni Karimni to'la o'qiy oladi,harflarini joyidan chiqarib o'qiydi.Ammo Islomiy ahloqlardan biror-bir jur'at maydoniga solsangiz,undan qo'rqoq odam yo'q.Ba'zi bir kishilar,zakotni shunday beradiki,birinchi kunida ado qila oladi.Lekin o'ziga qarasangiz,honadoniga qarasangiz,Islomdan boshqa hamma narsa bor.Ba'zi bir kishilar,ro'za tutish,nafl ro'za tutish maydonida juda mukammal.Lekin ilm talab qiling desangiz,mutlaqo bu ilmdan behabar.Qur'onni o'qishlikni hech qanday hohlamaydi.Umumiy qilib aytganda,musulmonlar ong nuqtai nazardan hammadan orqada qolgan.Mutahassis sohalarida mutlaqo hech kim bo'lmay qoladi.Shunday Islomni mukammal bilgan kishilar borki,tahassus maydonini agar ko'rsatadigan bo'lsangiz,hech kim bo'lmay qoladi.Ana bu keyingi musulmonlarning o'zgarish holati mana bu yerga kelib qolgan. Musulmonlar o'rtalaridagi munozaralarni qarasangiz,yahshilik tarafi bilan ko'rmoqchi bo'lsangiz,haligi aytib o'tgan zakot beradigan kishi juda vaqtida beradigan ulug' zot deb maqtashingiz mumkin! Ammo yomonlamoqchi bo'lsangiz,Islomda farzandlarini tarbiya qilishlikda hech kim emas.Hamma farzandlari namoz o'qimaydi.Ibodatda yo'q.Lekin zakotni birinchi kunda berishlikdan gapirsangiz,nihoyatda ma'qul bo'ladi.Farzandlarini mukammal tarbiya qilayotgan kishini bir qarasangiz,o'zi Qur'onni tajvid bilan o'qishda yo'q.Yoinki shariat ilmini bilishlikka harakat qilmaydi.Farzandlarini o'qitishlikda juda ham tayor.Molingizni har qanday joyga sarf qiling deb o'rgatsangiz,hop deb sarf qilgan kishi.Bu kishini boshqa Islomni maydonlarida qarasangiz,hech kim emas.O'rtadagi munozaralar ham bundan kelib chiqyaptiki,mobodo bir kishi bir kishini yomonlamoqchi bo'lsa,Islomga hizmat qilayotgan kishini,bu kim bo'lib qolibdi Qur'onni durust o'qiy olmaydi deydi.Gapi to'g'ri! Qur'oni durust o'qiyotgan kishini malomat qilayotgan kishi,bu kim bo'lib qolibdi,Qur'onni durust o'qigan bilan farzandlarini hammasi dinda yo'q deydi.Bir kishi farzandlarini ham tarbiya qilgan bo'lsa,o'zi ilmdan behabar,yoinki zakot berishlikka beparvo.Yoinki ibodatlarga beparvo.Mana bu tarafi bilan mazammat qilamiz.Misoli shunga o'hshaydiki,ba'zi bir amo kishilar,Hindiston viloyatiga borganlik haqida bir hikoya bor.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 08 Fevral 2008, 11:56:40
Hindiston viloyatida eshitib yurgan edik.Ko'zlari amo bo'lganligi uchun fil degan narsani eshitib yurardik.Shu filni oldiga borib bir ushlab ko'rsak.Ular ko'ra olmaydi endi.Shuning uchun bir ushlasak.Filni oldiga olib borilgandan keyin,ba'zilari filni oyog'ini ushlab: - ho'o'o'o'o'o' bu fil ancha yo'g'on narsa bo'lar ekanda!?.Ikkinchilari bir qulog'ini ushlab: bir yapaloq bir yumshoq narsani his qilib,fil degani shunday bo'lar ekand-a?! Hullas bittalarini filni ustiga mindirilib ko'rilgandan keyin: fil bir keng joy bo'lar ekand-a?! Bittalarini shu ma'lumotlar bilan hullas diyorlariga kelgandan keyin,Hindistonga borib kelganligini habar qilinib,bu yerdagi ular hech bir ko'rgan narsalaringni aytib hitob qilinish mumkin emas.Hindistonga borib kelgandan keyin,bular fil degan narsani ushladik biz.Fil qanday bo'lar ekan? - desa! Fil bir yo'g'on narsa bo'lar ekan deb oyog'ini ushlagan odam aytsa.Bekor aytibsan,fil degan narsa yapaloq bir yumshoq narsa bo'ladi desa.Uchinchisi,bekor aytibsan,fil degan narsa keng maydon bo'ladi.Uni ustiga chiqib o'tirsa bo'ladigan deb,munozara qilib ketganga o'hshaydi hozirgi savollar.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 08 Fevral 2008, 11:58:04
Islom nima? - desa.Siz o'zingizda faqat 5 vaqt namozni o'qiysiz.Farzandlarni tarbiya qilishlikda ishingiz yo'q.Islom nima? - desa.Siz Islomda 5 vaqt namozni gapirilsayu,faqat o'zingizni o'qishingiz haqida bo'lgan savollar,va'dalarni eshitsangiz holos.Farzandlar tarbiyasi haqida bir narsani eshitmasangiz.Farzandni tarbiya qilayotgan odam,o'zini tuzatishlik haqida bir gap eshitmasa.Farzandlarini tarbiya qilish haqidagi ajrni eshitsa,din nima? - desa.Farzandlarini tarbiya qilish desa.Ba'zi bir kishilar zakotni vaqtida berish.Bu ming amal qilgani bilan bekor zakot Islomdagi farzni qilmaydi.Islom zakot degani deydi.Ana bunga o'hshagan bizni o'zimizdagi tark qilingan narsalarni tekshirib qaraydigan bo'lsak,hammamizda Islomiy ahloqning bittadan oyog'i,qulog'i,tepasi borga o'hshaydi.Biz faqat filni ustida,yo o'tirgan odammiz,yo filni oyog'ini ushlagan odammiz,yo filni qulog'ini ushlagan odammizda,filni boshqa joyini bilmaymiz.Fil odamlar aytgan hammasi to'g'ri,hamda noto'g'ri.To'g'riligi aytgan qismida to'g'ri.Lekin noto'g'riligi mukammal emasligida noto'g'ridir.Bizning ba'zi bir Islomiy ahloqlarimiz ham shunday bo'lib qolgan.Va shu haqda eshitishlikni hohlaymiz.O'zimizga qarshi bo'lgan,o'zimizda yo'q bo'lgan narsani eshitishlikni hohlamaymiz.Mana shu bilan biz Islomni yo'qotib qo'ydik birodar.Va dushmanlar bizga boshqa narsani tushuntirishliklari ham oson bo'ldi.Masalan: dushman sizga Islomdagi maqsadini o'tashligi uchun Islomdagi narsadan foydalanadi.Mabodo sizni bir ishlatmoqchi bo'lsa,birovga hizmat qilishlikni savobi ko'p to'g'rimi? - deydi.Birovga hizmat qilishlikni savobi ko'p bo'lsa,siz menga hizmat qiling deng.Dushmanga ayting! Siz bilan bir dushman kurashayotgan bo'lsa,yengilib qolgan vaqtida Islomda kechirishlikni savobi ko'p-u desa,kechirishlikni savobi ko'p bo'lsa,men buni sizga qo'ydim,siz kechiring deng.Islom halimlikni yahshi degan.Lekin siz bilan bir odam kurashib turib yengilgandan keyin halimlikni yahshiligini sizga aytsa,halimlikni men sizga qo'ydim deng.Ana dushman tarafidan musulmon kishi onglik bo'lib,zakiy bo'lishligi shuki,dushmanga aldanmasligi.Dushman Islomda bor narsalarni hammasini o'zining foydasiga ishlatmoqchi bo'ladi.Agar musulmon kishi ahloqi jome' bo'lsa,hamma tarafdan komil bo'lsa,u dushmanning makriga aldanmaydi.Shuning uchun bizning hozirgi vaqtdagi musulmonlar Islomiy jome' ahloqning egasi emas.Lekin Islom hulqlardan yo'q demoqchi emasman.Islomiy hulqlardan bor.Yo oyog'i bor,yo qulog'i bor,yoinki tepasi bor.Boshqa tarafini ko'rmaydi.Yoinki ko'rishlikni hohlamaydi.Mana bu narsaning natijasida musulmon shahsiyat vujutga kelmagan.Rasululloh s.a.v ning davrlarida ota-onaga yahshilik qilishlikni bilgan musulmonlar bo'lishligi bilan birga dindan boshqa bo'lsa,ota-onadan voz kechishlikni ham bilgan.Farzandga yahshilik qilishlikni otalar bilgan va shu bilan birga farzandi dinda bo'lmasa,farzandi bilan o'zini o'rtasidagi aloqani uzgan.Dinda har qancha mol-davlatni dinni rivoji uchun bera olgan.Ammo bir tangani dinga zarar bo'ladigan bo'lsa bermagan.Hatto zolim podishohlar namoz o'qiydigan,ro'za tutadiganu,lekin zolim podshoh.Shu podishohlar bir olimdan qalamini so'ragan vaqtda,bir narsani yozishlik o'rtasidagi qalamim yo'q desam,yolg'on gapirgan bo'laman.Qalamim bor bo'lib senga bersam,biror-bir zulmni kitobot qilsang,shunga sheriklik bo'lishlikdan Ollohdan qo'rqaman deydigan musulmon ham bo'lgan va jonini va molini din yo'lida berolgan.Ammo qalamida yozishlikni zulmda yozib qo'yishligidan Ollohni huzuridan turushligidan qo'rqgan.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 08 Fevral 2008, 11:59:04
Biz mana bu tomondan nuqsonlimiz.Biz Qur'onni har bir harfini o'qisa,qancha savob bo'lishligini bilamiz.Ammo Qur'onni buyrug'ini mutlaqo qilmaymiz.Rasululloh s.a.v ga muhabbat qilamiz.Ollohni yahshi ko'ramiz deb tilimiz bilan da'vo qilamiz.Lekin,Ollohni yahshi ko'rgan,Rasululloh s.a.v ga ergashsinlar degan buyruqqa itoat qilmaymiz.Mana bu hulq bizda topilmaydi birodar.Bizni noqis bo'lgan tarafimiz shu yerda. Hozirgi vaqtda biror masjid qurulishida fidokor bo'lib,harakat qilishimiz mumkin.To'g'ri,bir kishining imkoniyatida hamma ishni qilishlik mumkin bo'lmay qoladi.Lekin asosiy Islomiy ahloqlarni qilishlik,toqatdan tashqari narsa emas.Shuning uchun mana bu sohada biz fikrlab qo'ymog'lig'imiz kerak.Ba'zi kishilar namozni ham o'qishadi,ro'zani ham tutishadi.Hamma Islomdagi amallarni qiladi.Olloh uchun Ollohni do'stini yahshi ko'rish,Olloh uchun Ollohni dushmanini yomon ko'rish sifati yo'q.Qaysi bilan bo'lsa,dinsizmi,bu narsani mutlaqo qalbidan dindor ahli tavhidni yomon ko'rib,bu bilan murosa qilmaydi-yu,lekin dinning ashaddiy dushmani bilan murosa qilib ketaveradi.Mana bu sohalarda biz tekshirib qarasak,jome' bo'lgan Islomiy ahloqlarni o'zimizda gavdala olgan emasmiz birodar.Mana bu narsa bizning Islomdagi nuqsoni eng kattasi shudir.Olloh s.t Rasululloh s.a.v ga shunday zotlarni berdiki va ularni ogohlantirdiki,agar shu yo'ldan qaytib ketsalar,Olloh boshqa bir 4 ta sifatga ega bo'lgan kishilarni vujudga keltirishligini.Olloh taolo: Ey iymon keltirgan kishilar,sizlarni ichinglarda kim qaytib ketadigan bo'lsa,Olloh s.t o'zi yahshi ko'radigan va ular ham Ollohni yahshi ko'radigan jamoani vujudga keltiradi.Birinchi eng Islomiy ahloq bo'lgan jamoa kim? Olloh yahshi ko'rgan va Ollohni yahshi ko'rgan jamoadir.Mana bu sifat bo'lishligi kerak.Biz Ollohni hammamiz yahshi ko'ramiz deymiz.Lekin Ollohni yahshi ko'ramiz degan kishining da'vosi nima bo'lishi kerak? bu da'voni isbotlashligi - Olloh taolo: ayting ey Muhammad alayhissalom,Ollohni yahshi ko'radigan bo'lsanglar,menga ergashinglar deng.Shunda Olloh sizlarni yahshi ko'radi va Olloh gunohinglarni mag'firat qiladi deyapti.Demak Olloh bizni yahshi ko'rishligi uchun Rasululloh s.a.v ga ergashmog'lig'imiz kerak.Shunda Olloh bizni yahshi ko'rishligida shak-shubha qolmaydi.Chunki o'zi yahshi ko'rgan bandalarini gunohini kechiradi.Biz bir ishni qilishlikdan ilgari,Rasululloh s.a.v nimaga buyurganlar degan narsa haqida bosh qotirish kerak bo'ladi.O'zimizni hamma sohada o'hshtmog'lig'imiz kerak.Ikkinchi sifat mo'minlarga muloyim.Ba'zi kishilar juda muloyim.Lekin hammaga bir hil muloyim.Lekin Olloh yahshi ko'rgan jamoa kim? Mo'minlarga muloyim,kofirlarga izzatlik.Ya'ni nihoyatda g'ayur.Hech bir narsada tama' qilmaydigan.Izzati nafs,ya'ni o'zini oliy tutuvchi.Dinsiz odamni oldida o'zini oliy tutuvchidir.Ammo mo'minlarga qanotini pastlatib muloyim bo'luvchidir.Mana bu Olloh yahshi ko'rgan jamoani sifatlarini ikkinchisi.Mo'minlarga muloyim ikkinchisi.Kofirlarga izzati nafs o'zini oliy tutuchi uchinchisi.To'rtinchisi Ollohni yo'lida mujohid.Hamma imkoniyatini Ollohni yo'lidan sarf qiladi.Mana bu Olloh yahshi ko'rgan jamoani sifatlaridandir.Va beshinchi sifati.Malomatchining malomatidan haq yo'lda hech qanday qo'rqmaydi.Har bir ishda malomatchining malomatidan qo'rqmaydi.Avval Olloh va Rasululloh s.a.v ning buyrug'ini bilib olgandan keyin malomatchining malomatidan qo'rqmaydi.Mana bu ashobu kiromlarning sifati bo'lgan.Olloh s.t mana shu sifatlarni yo'qotsanglar,dindan qaytganinglarni belgisi deyapti.Agar shu sifatlardan qaytsanglar,Olloh sizlarni o'rniylarga mana bunday pokiza jamoani keltiradi deb,sahobadek pokiza zotlarni shunday qo'rqityapti.Bu Ollohning fazli.Olloh hohlaganga beradi.Bizni hozirgi vaqtdagi har bir kishi o'zini bir holatiga tekshirib qarasa,shu sifatlarni bitta-bittadan har bir kishida topilishligi mumkin.Ammo bu sifatlarni ko'pini bir kishida topa olmaymiz.Mana bu narsa musulmonlar nuqsonlik bo'lib qolgan sifatlar.Shuning uchun Rasululloh s.a.v oliy hulqlarni barkamol qilishlik uchun payg'ambar qilib jo'natildim dedilar.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 08 Fevral 2008, 12:01:27
Rasululloh s.a.v oliy hulqlarning barkamol qilishlik uchun jo'natilgan bo'lsalar,oliy hulq nima edi? Rasululloh s.a.v da to'la shakllangan edi va u kishiga ergashgan sahobalarda shakllangan edi.Payg'ambarimiz s.a.v aytdilar: avvalinu ohirin ilmi menga berildi dedilar.Qur'on va Qur'oncha ilm menga berildi dedilar.Rasululloh s.a.v olim bo'lishlik bilan birga obid edilar.Ya'ni ibodatda bu kishiga hech bir misl yo'q edi.U kishini kechalari bedorligi hammamizga ma'lumki,u kishi kechaning uchdan bir qismini hayotlari bo'yicha uhlamasdan tahajjudda bo'lganlar.Tahajjud Rasululloh s.a.v ga nisbatan aksar mufassirlarning fikrida farz bo'lgan.Boshqalarga mustahab bo'lsa,ammo Rasululloh s.a.v ga farz bo'lgan.Rasululloh s.a.v ning obidliklari shu darajada ediki,tahajjudda ko'p tilovat qilganliklaridan,surai Baqaracha miqdorda ruku sujudda qolganliklari rivoyat qilinadi.Rasululloh s.a.v ninig oldilariga kechqurunda keldim.U kishi namozda turibdilar.Go'yoinki qozon qaynayotgan tovush ichlaridan chiqib turibdi yig'i bilan.Har bir holatni Payg'ambarimiz s.a.v ibodatlaridaka-ibodatni biror-bir kishi rivoyat qilgan emas. Rasululloh s.a.v ning ro'zalari haqida! Ro'za ibodatlarida.Bu kishi 3 chi - 4 chi kungacha saharlik qilmasdan ro'za tutar edilar.Ashoblar bu kishiga ergashmoqchi bo'lganlarida qaytardilar.O'tkarma ro'za tutishlikdan qaytardilar.Shu bilan birga o'tkarma ro'za tutgan odam,shunchalik behol bo'lib qoladigan kishi hech qanday *qiyom layldan* qolmasdilar.Kechqhurunda namoz o'qib,kunduzida ro'za tutgan kishi jismoniy tarafdan shunday quvvatlik edilarki,sahobalar Handaqda kavlashayotganlarida,bir tosh chiqib,shu toshni ko'tara olishmaganlarida,o'zlari shuni ko'tarib olib qo'ydilar.Rasululloh s.a.v ning shunday jihod maydonida,bu kishidan dovyurak kishi yo'q edi.Ish og'irlashib ketsa,Payg'ambarimizning orqalariga o'tib olardik deyishadilar.Eng jur'atlik Umar ibn Hattob,Holid ibn Validdek kishilar ham ish og'irlashayotganda,Payg'ambarimiz s.a.v ning oldilariga kelib olardik deydilar.Har bir sohani tekshirib qaralsa,Payg'ambarimiz s.a.v bunchalik o'tkarma ro'za tutgan ibodatda bo'lgan kishi yer yuzini siyosiy arboblariga hat yozganlarida,hatlarining ta'siri bilan ular larzaga kelardi.U kishini oldilariga,u kishini haybatlarida har qanday jur'atlik kishi o'zini yo'qotib qo'yardi.Payg'ambarimiz s.a.v ning kechqurunda obid,kunduzida zohid,mujohid.Hamma ashoblar Payg'ambarimiz s.a.v ga shu sohada ergashgan edi o'zlarining imkoniyatlari boricha.Ammo bizchi! biz dunyo topish haqida ketsak,tamomiy ilmdan behabar bo'lib turib,dunyo topamiz.Mabodo ilm o'qiydiga bo'lsak,hayotdan tamomiy judo bo'lib qolamiz.Hayotda nima bo'lyapti!? - odamlar nima dard tortyapti buni bilmaymiz.Hayot bilan odamlarning dardi bilan ovora bo'lsak,Qur'onni haftalab qo'limizga ushlamaymiz.Yagona Olloh subhana va taolo tarafidan bashariyatga mukarram qilib tushurilgan Qur'onni ushlamay o'tib ketamiz.Nafl namoz o'qiydigan bo'lsak,tamomiy fuqarolarni haqqini esdan chiqaramiz.Qaysi bir sohada bo'lsak,mabodo ilm o'qishlikka kattalarni targ'ib qiladigan bo'lsak,farzandlarni tarbiyasidan voz kechib yuboradi.Mana bu narsa bizning noqisligimiz va Islom ummatining pastlatib borayotgan narsa shudir.Qaysi bir sohani tekshirib qaralsa,hayo manzilatida kelinlardan ko'ra Rasululloh sallollohu alayhi vasallam hayolik edilar deb rivoyat qilinadi.Lekin boshqalarning falsafasidan hayolik kishidan hech qanday bir yahshilik chiqishi mumkin emas deb tushuntiradi.Ko'zi tik qaragan ayollardan,hayosiz ayollardangina madaniyat chiqishligi mumkin deb tushuntiriladi.*Hayo*- kishining jur'at yo'lidan to'smagan.*Jur'at*-muloyimlik yo'lidan to'smagan.*Muloyimlik*-dushmanlardan qisos olishlik yo'lidan to'smagan.Dushmalardan qisos olishlik,adolat yo'lini to'smagan.Bunday katta harakat kishining faqirlarga mehribon bo'lishlikdan to'smagan.Shunchalik kunduzi harakat,kechqurunda bedor bo'lishlikdan to'smagan.Kechqurundagi bedor bo'lishlik,kunduzidagi harakatlardan to'sa olmagan.Bizchi,mabodo kechqurun bedor bo'lib qolsak,kunduzi bilan uyquga g'arq bo'lib qolamiz.Biz mana bu sohada muvaffaqiyatsiz bo'lib qolgan narsa shudir.Dushman shuning uchun odamlarning mafkurasini,ularning g'arizalari orqali yo'lga kirishadi-da,dinu Islomga hizmat qilishlikdan boshqa tarafga burib tashlaydi.Huddi hozirgi davrda kishilarni hammasini iqtisod tarafiga bog'lab turib,boshqa tarafdan tortib olayotganga o'hshagan.Iqtisod tarafdan mohir bo'lishliginglarni hohlayman,lekin bu narsa dindagi harakatni to'smasligi sharti bilan bo'lmoqligi kerak.Bizni o'tgan ajdodlarni ham hayotiga nazar tashlansa,shuncha ming-ming kitoblar talif qilgan zotlar,halqlarning g'amidan behabar qolmagan.Ularning maktablardagi talif kitob yozishlari,halq bilan birga bo'lishlikdan to'sa olmagan.Va shu bilan birga ularning shunday maktablardagi kitob yozishlari,ju'ratdan yo'lini to'sa olmagan va fuqarolarning g'amidan habar olishlikdan to'sa olmagan.Abu Hanifa (rahimahulloh) ni hayotlariga nazar tashlaydigan bo'lsak,bu kishining katta miqdorda dasmoyalari bor ekan.Shu bilan tijorat qilar ekanlar.1 yilda-2marta va shundan topgan joydani tamomiy birinchi bo'ladigani Sufyoni Savriy va Sufyon ibn Uyayma ikkita muhaddis katta olimga mollarini bir yillik maoshlarini bo'lib turib,qolganini tolibi ilmlarga ajratib,bir qismini o'zlarining qarindosh urug'lariga berib,yana dasmoyani yurg'izar ekanlar.Abu Hanifani bir odam savdogar deb tanimaydi birodar.U kishini katta olim deb taniydi.Lekin u kishi savdo maydonida mana bunday yuqori qismni egallab turib,ko'p yahshiliklar qila olganlar.Shu bilan birga savdoga kirib ketishlik bilan birga,taqvodan mahrum bo'lib qolmaganlar.Abu Hanifa (rahimahulloh) ning bir g'ulomlari bor ekan.Shunda to'n purusht qilganliklarida,savdoda to'nni ikki hil narhini ikki hil to'nni savdosida bir shubha paydo bo'lib qolganligi uchun keltirganlarida,shu yahshi to'n ham orasiga kirib qolganligi uchun shu savdoda shubha bo'lib qoldi deb,aslida masala shuki,bir odam savdo qilsa,savdoda shubha paydo bo'ladigan bo'lsa,shu savdodan bo'lgan foydani birovga aytmasdan berib yuborishligi kerak.Harom bay bo'lib qolsa,lekin dastmoyaga putr yetmaydi.Bu kishi shu dastmoyasini ham qo'shib turib berib yuborgan ekanlar.Shunda shu to'nni sotgan odam olib aytgan ekanki,men bu to'nni bundan ortiqqa sotolmasdim deb,biz tarafda bundan ozroqqa sotardi.Men roziman deganlarida.Sen men uchun rozi bo'lsang,men mo'min birodarim uchun bunga rozi emasman degan ekanlar.Shuncha katta savdo maydonida katta maydonni egallagan zotni taqvodan to'sa olmagan.Agar kishida iymon jamlanadigan bo'lsa,shu maydonning hammasida harakat qila olishligi mumkin birodar.Bir narsa bir tarafga ketib qolmaydi.Savdodagi yuqorilik - taqvodan to'sa olmagan.Taqvodagi yuqori bo'lishlik - odamlardan tama' qiladigan holatlarga olib kela olmaydi.Biz agar tarki dunyo qilib,taqvo qilib,o'zimizni tuzatadigan bo'lsak,odamlarga qaram bo'lib qoladigan holatda bo'lib qolamiz.Mana bu sohalardagi narsalar,bizni Islomdagi millatni orqaga tushirgan narsadir.Olloh taolo shu darsimizdan manfaatlanishligimizni nasib qilsin.Olloh taolo shu darsga amal qilishlikni nasib qilsin.Olloh taolo dini Islomga hizmat qiladigan kishilardan qilsin.Gunohlarimizni mag'firat qilsin Parvardigoro.Ajdodlarimizni hammasini rahmat qilsin.Qiyomatgacha avlodlarimizni solih-solihalardan qilsin.

http://sita.nm.ru/Islomiy%20ahloqlar.html (http://sita.nm.ru/Islomiy%20ahloqlar.html)
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: shoir 10 Fevral 2008, 14:30:42
Tanbeh

Bolaligimda yegan kaltak hamon yodimda. Bu kaltakni otamdan, onamdan emas, qo‘shni mahalladagi Soli amakidan yeganman. Maktabga kech qolayotgan edim. Shoshib ketayotib Soli amakiga salom berishni unutibman. Ortimdan meni chaqirdilar. Yugurib oldilariga keldim. Kelganimni bilaman, birdan tarsaki tushirib qoldilar. Yuzlarim qizarib lovullab ketdi. Bu kaltak kattalarga salom bermaganim va odobsizlik qilib oldini kesib o‘tganimning jazosi edi. Kechirim so‘rab, maktab tomon yugurdim...
Soli amakining bu tanbehi bir umrga yodimda qoldi. Ko‘cha-ko‘yda kattalar ko‘rinsa, salom beraman. Ulardan oldin yurmaslikka harakat qilaman...
 
UMRZOQ,
Toshkent shahri, "Hidoyat"dan
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: shoir 10 Fevral 2008, 14:31:10
Dunyo ishining madori yo’qdir

Anchadan buyon savdo bilan mashg‘ulman. Umrimning ko‘p qismi ko‘chada, bozorda o‘tadi. Bolalarimni har doim nazorat qilolmayman. Ota-onamning oldiga borishim uzoqib ketsa, gohida otamning o‘zlari uyimizga keladilar. Farzandlarim bilan davra qurib she’rxonlik qilishadi. Goh o‘zbekcha, goh o‘rischa, goh frantsuzcha she’rlarni yodaki o‘qiydilar. Bolalar zavqlanib eshitishadi. Chetdan ularni kuzataman. Bizning bolalagimiz shunday o‘tardi. Men esa bolalarimga otam bizga bergan narsalarni berolmadim. Ular bolalarga vaqt ajratishimni jiddiy talab qilardilar. Men esa har galgiday turmush tashvishlarini vaj qilaman. O‘sha kun ham yana shu vajimni ro‘kach qildim. Tanbeh o‘laroq Fuzuliydan o‘qidilar:
«Dunyo ishining madori yo‘xdur,
Hech kimsaya e’tibori yo‘xdur.
Aylar birisini sohibi toj,
Ul birisin aylar anga muhtoj».
«Qaysidan o‘qidim?» dedilar keyin otam. Bilmasligimni aytdim. «Suhbatul asmor» (Mevalar suhbati)dan dedilar. Dadamga taslim bo‘ldim.

AZIZ,
Marg‘ilon shahri, "Hidoyat"dan
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: shoir 10 Fevral 2008, 14:31:32
Insof

Bozorda uni hamma o‘g‘ri deb bilardi. Shu bois, men ham  undan ehtiyotimni qilib yurardim. Bir kuni o‘sha odam yonimga keldi. U yoqdan-bu yoqdan gaplashganday bo‘ldik. Bechora siqilgan shekilli, ancha-muncha gapni gapirib qo‘ydi.
— Menga ko‘pchilik undoq qilma, bundoq qil, deb nasihat qilishardi. Birortasini quloqqa ilmaganman. Ammo... Birovniki birovga yuqmas ekan. Yaqinda birovning yuz mingini o‘g‘irlagan edim. Ikki-uch baravar bo‘lib chiqib ketdi. Hali u bolam, hali bu bolam og‘rigani-og‘rigan. Barini kasalxonaga sarfladim. Birovniki buyurmadi. Ilohim, bolalarim yaxshi bo‘lib ketishsin... Aqlimni endi taniyapman...
Quloqlarimga hech ishonmadim. U hech qachon bunday gapirmas, birovga boshini egmas edi. Hayotidagi bu ko‘rgiliklar xato ishlariga tavba qildirgan edi.

Ravshan,
Toshkent tumani, "Hidoyat"dan
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 09:52:49
Qizaloqni qumsaydi ko’ngil.

Inson Alloh taoloning mahluqotlari ichida eng sharaflisi, ayni chog’da eng sirlisi. Uni goh osmonlar qadar yuksak ko’rasan, goho esa…
   Aksariyat kishilar umrini qanchadur qismini yashab bo’lgach, ortiga bir boqadi-yu, nadomat ummoniga g’arq bo’ladi. Boshqalarning esa qilgan savobli amallari bois ko’ngli bir oz taskin topadi. Ne sabab bo’ldi-yu, bir kuni men ham ortimga o’tgan umr yo’limga nazar soldim. Unda bir qizaloq nimanidir bag’riga qattiq bosganicha odamlardan yashirishga, uyatdan cho’g’dek qizargan yuzchalarini hech kimga ko’rsatmaslikka harakat qilardi…
…O’shanda uchinchi sinifdaydim. Yaxshi o’quvchi bo’lganim bois ustozlarim mendan uy vazifasini so’ramaydigan, sinfda bo’ladigan tortishuvlarda ham, baholash jarayonida ham menga yon bosadigan odat chiqarishdi. Bu bir tomondan mening jahlimni chiqarsa, boshqa tomondan dilimning tub-tubidan faxru g’ururni uyg’otardi. Ana shunday qorishiq tuyg’ular orsaida bir kuni uy vazifasini juda hafsalasizlik bilan bajardim. Ertasiga o’qituvchimiz daftarlarni tekshirish uchun yig’ib oldi. Daftar qaytarib berilganda esa, uning sahifasida menga qo’yilgan “3” baho, umrimda ilk va so’nggi bor olgan “3” ni ko’rdimu, uyatdan qaltirab ketdim. Daftarim to’lmagan, hatto yarimlamagan bo’lishiga qaramay, uni yashirib tashladimda, yangi daftar tutdim. Ertasi kuni oldimdagi yangi daftarni ko’rgan o’qituvchim savol nazari bilan qaraganida ko’zlarimni olib qochdim. U indamaygina mendan uzoqlashdi…
bugun shu voqeani eslarkanman, qalbim alamdan o’rtandi. Kundan-kunga tosh qotib borayotgan ko’ngil o’sha QIZALOQNI, qilgan ayb ishidan UYALIB QIZARGAN QIZALOQNI qumsadi.
Chunki hozirgi holatim havas qilgulik emas. Ba’zan ibodatlarim dunyo ishlari bilan band ekanligim, ba’zan esa e’tiborsizligim tufayli qazo bo’ladi. Goho esa, kun bo’yi televizor qarshisida befoyda narsalarni tomosha qilaman. Bir oyati karimani tilovat qilishga esa, vaqt topolmayman. Ba’zan menga o’lchovli qilib berilgan vaqtni kim bilandur behuda gaplar gaplashib o’tkazaman. Garchi vaqtni ortga qaytarib bo’lmasligini, bir kun nadomat chekilishini bilsamda! Boshqacha qilib aytganda bugun nomai a’molim “3” baholarga to’lib ketgan. Lekin ularni yashirishga o’sha qizaloqdek intilmayman. Aksincha, kimgadir “… bugun bomdodga tura olmadim…”, “…asr payti bozorga edim...”, “…ishdaligim bois peshin qazo bo’ldi…”, deya ayblarimni bir-bir ochaman. Vaholanki, mehribon va rahmli Alloh gunohlar agar O’zi va bandasi orasida sir bo’lib qolsa, ularni kechirib yuborishini aytgan. Umr daftarim – nomai a’molim esa, samovatdagi farishtalar ko’rib turganini bilganim holda, uni go’zal amallar bilan bezashga harakat qilmayman. Menga berilgan “UY VAZIFALARINI” ihlos bilan bajarib, “A’LO BAHO” olishga harakat qilmayman.
Bu yomon baholarga to’la “DAFTAR”ni yangisi bilan almashtirish iloji bo’lsa qaniydi! Faraz qilayki, buning imkoni topildi. Lekin Alloh azza va jalla ham o’qituvchimdek indamay qo’yarmikan?! Axir endi daftardagi YOMON BAHOLAR soni bitta emas, mingta! Balki undan ko’proq, son-sanoqsizdir?!
Eh qizaloq – qizaloq! Sen tushgan birgina vaziyat menga qanchadan – qancha ibrat darsini o’taganini bilsang edi! Seni tez- tez eslayman, seni tinmay qumsayman! Sen bois men “DAFTARIM”ni emas, undagi baholarni yaxshisiga, yo’q-yo’q a’losiga o’zgartirish harakatidaman. Bu yo’lda menga Allohning O’zi madadkor bo’lsin! Sen ham men uchun duo qil.
Siz azizlar, bir-biringizning haqqingizga duo uchun qo’l oching. Zero, musulmon kishinig musulmon birodari uchun qilgan duosi ijobatdir. Shunday farahli onlarda meni ham eslang.

Duolaringizga muhtoj singlingiz Nigora.
“Irfon taqvimi” 2007/1428 (II)
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 16 Fevral 2008, 17:29:36
ҚИЗ БОЛАДА БЎЛМАСА ҲАЁ...
ҚÑžқоннинг Чорсу мавзеси ҳар сафаргидек гавжум. Биз бир сўрига келиб жойлашишимиз билан сўрининг нариги чеккасига иккита қиз келиб ўтирди. Чой ичаётиб уларга разм солдим. Агар бўлса, иккита яхши йигитни бахтли қила оладиган қизларга ўхшайди. Орадан бироз вақÑ‚ ўтиши билан қизларнинг биттаси менга тикилиб, нимадир демоқчи бўлди.

- Қаердансизлар, тоға?

- Нимайди, - дейман уларга.

- Ҳар ҳолда бу ерликларга ўхшамайсизлар, - дейди иккинчиси.

- Тошкент томонлардан...

- Меҳмон экансизлар-да, сизлардан ёрдам сўрамоқчи эдик.

- Қанақа ёрдам керак? - ҳушёр тортиб қарайман қизлар томонга.

- Уйимиз узоқда, Бувайда томонларда, кетолмаяпмиз...

- Бувайда мана бу ерда-ку, аксирсангиз аксангиз етади, пиёда кетиш ҳам мумкин.Қизлар индашмай, бир-бирларига сирли боқишди. Уларни дастурхонга таклиф қилдим. Ийманмасдан яқинроқ келишди. Қора чой ичишмас экан, жияним дарҳол кўк чой олиб келди. - Бизга ёрдам беролмайсизми, амаки? Кўп керак эмас, атиги беш юз сўм бўлса, уйимизга етиб олардик, - дейди қизларнинг сариқроқдан келгани. - Овқатланиб олинглар, беш юз сўм бўлса, бир гап бўлар, - дедим уларга. Бироз туриб уларнинг қулфи дилига калит солдим: - Нима қилиб юрибсизлар, ҚÑžқонда? Кўринишдан яхшигина қизларга ўхшайсизлар... - Исмим Холбуви, - дейди ёнимда ўтиргани, - буники - Анорхон. Иккинчи қизга қарадим: Анорхон деганича бор экан, пешонаси қизилроқ, аммо ўзига ярашиб турган майда сочлари буни бироз беркитиб турибди... - Иш ахтариб ҚÑžқонга келгандик, бир киши Бувайдага борсаларинг яхши иш бор, ошхонада идиш-товоқ ювасизлар, овқат ташийсизлар, кунига тўрт минг сўмдан тўлайман, деганди, унга ишониб, уйдагиларга айтмасдан келгандик, - дея ҳикоясини бошлади Холбуви. - Келиб уни топдик, аммо бизни ошхонагамас, Ғишткўприкдаги бир маҳаллага обориб, бир уйга қамаб қўйди. Икки кундан сўнг Тошкентга олиб бориб, қўйлиқлик бир хотинга топширди. У хотин бизни Қўйлиқдан узоқроқ жойга бир уйга олиб борди. Орадан икки кун ўтгач, ўша аёл келди. "Энди сиз Амирликка борасизлар, Холмурод акадан сизларни икки юз долларга сотиб олганман", деди. Эртаси куни бошқа бир аёл келиб, бизни ўз уйига олиб кетди. У ердан қочиб кетдик. Бошқа бир аёл Олой бозори, деган жойда бизга раҳмдиллик қилиб уйига олиб борди. Ўша ерда бир кун тунадик. Аёл бизга пул топиб бермоқчи, шу билан уйимизга қайтармоқчи бўлди. Ўша кечаси иккита маст йигитни бошлаб келди... Уриш, тўпалон, жанжал... қичқириғимизни биров эшитмади. Хуллас... иккимизнинг ҳам иффатимиз поймол бўлди. Эрталаб бир амаллаб қочиб чиқдик. Бир тийинсиз Қўйлиққа келдик. Қани энди ҳамшаҳар ҳайдовчилар олиб кета қолишса... Улар ҳам Ñ‘ пул сўрайди, Ñ‘... Катта бир юк машинасининг юкхонасида аранг ҚÑžқонга етиб келдик. Кечадан бери туз тотганимиз йўқ, амаки, беш юз сўм бера қолинг, уйимизга етиб олайлик... Наҳотки, қизларнинг гаплари рост бўлса?! Яхши, уларни ўша қÑžқонлик киши ишга таклиф қилибди, нега уйдагиларига айтмасдан йўлга чиқишган? Тошкентга ҳам уларнинг оёқ-қўлларини боғлаб олиб боришмагандир? Ниҳоят, Олой бозоридаги аёл... Нега ички ишлар бўлинмасига эрталаб хабар қилишмаган? Нега, нега, нега? - Анорхон, - дедим унга синчков қараб. - Тўғрисини айтинглар, наҳотки шу гаплар рост бўлса? Агар Ñ‚Ñžғрисини айтиб, ҳақиқатан ҳам уйга кетмоқчи бўлсаларинг беш юз эмас, беш минг сўм бераман, мана пул... - Ростданми! - деб юборди бирдан севиниб, қўлимдаги беш минг сўмга суқланиб қараб Холбуви. - Балки хожатингизни чиқарармиз, яхшигина жой бор... Ана энди улар ниқобларини очдилар! - Тўғрисини айтинглар, ота-оналаринг, уйларинг борми? Мана беш минг сўм қўлимда, паспортларингни кўрай-чи! - Анорхон кир босган сумкасидан иккита паспорт олиб қўлимга берди. Бу ҳужжатлар уларнинг шахсини тасдиқларди. Ғазабдан титраб кетдим. Агар уларга ҳозир пул берсам... олади-ÑŽ яна бошқасига бориб пул илинжида "дафтарини очади". Машойихлар: "Қиз болада бўлмаса ҳаё, қора либос кияди дунё!" дея рост айтишган экан. - Менга қаранглар. Ҳозир мен билан Ñ‘ милицияга, ёки уйларингга борасизлар. Ўзларинг танланглар. Лекин қочаман, деб уйламанглар. - Нима бало, мелисамисиз? - дея ўрнидан турмоқчи бўлди Холбуви. Ҳайдовчи жияним билан бирга иккласини машинага етакладик. - Қани, машинага, - шиддатлироқ буйруқ бердим қизларга. Назаримда улар мени формасиз ички ишлар ходими, деб ўйлашди шекилли, индамай машинага ўтиришди. Бувайдада Анорхонларнинг уйини топиш унча қийин бўлмади. Ичкаридан бироз қарироқ лекин истараликкина аёл чиқди. - Шу сизнинг қизингизми, опа? - дея сўрадим. Аёл уввос солиб Анорхонга ёпишди, йиғлади, қучоқлаб бошларини силади, менинг борлигим эсидан чиқди, ҳатто... - Беш ойдан бери қайларда юрибсан, бебош, бошимизга не-не кулфату иснодларни солмадинг... Анорхон индамай ерга қараганича пиқиллаб йиғлайди. Шу аснода кўчанинг нариги бетидан бошқа бир кампир ҳаллослаб югуриб келди. Холбувини унга топширдик. Бувиси экан. Йиғи-сиғи, ҳам қарғиш, ҳам олқиш... - Бўлиб ўтган воқеаларни "Оила ва жамият" газетасига ёзмоқчи эдим, нима маслаҳат берасизлар? - дея юзланаман шу можаро устига келган Лобархон деган аёлга. - Сизга аввало раҳмат, ака, - деди Лобархон. - Лекин номларини ўзгартириб ёзсангиз, зора бошқаларга ўрнак бўлса. Оқибати нималарга олиб келишини ўйламай қадам босган бебош қизларнинг тақдири зора ўзгаларга сабоқ бўлса... Йўлда жияним машинада кетаётиб, мендан бироз ранжиди: - Қизиқсиз-да, тоға, нима кераги бор эди, шу қизларни уйига олиб келиб, юрса юравермайдими санқиб, сизга нима? - Шу ишни мен қилмасам, сиз қилмасангиз, бошқа биров қилмаса, бу икки қизнинг кейинги тақдири нима бўлади? Улар ҳам одам, улар ҳам жамиятимиз учун фойда келтирадиган, Ñ‚Ñžғри йўлни тутган, ҳаётда оқилона ўрнини топиб олган одам бўлиши керак... Ўйга толаман: Бу икки қизнинг уйидан чиқиб кетганига беш ой бўлади-ÑŽ, лекин ҳеч ким изламайдими? Ахир одам игна эмас-ку, тушган жойида йўқолиб қолса?.. Оналари-ку қариб қолган экан, ночор яшаркан, маҳалла-кўй, қариндош-уруғлари қаёққа қарашди экан? Маҳалладаги маслаҳатчи опахонлар-чи? Қолаверса, бувайдаликлар жуда ориятли халқ эди-ку!

Хулосани ўзингиз чиқаринг, муҳтарам муштарий.
 
 
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 17 Fevral 2008, 18:00:17
КИТОБ ÐŽҚИЁТГАН ЁШЛАР

Ишга келаётиб, «Ð”амас»Ð³Ð° китоб кўтариб чиққан қизни кўриб, юрагимда унга нисбатан меҳÑ€ туйғусини ҳис қилдим. Ишонинг, худди эски қадрдонимни кўргандай бўлдим. Қизгина ўрнашиб ўтириб олгач, секингина китобини очиб, мутолаага шўнғиди. Одмигина кийинган, қарашларида сокинлик ва виқор барқ уриб турган бу қиз бутун вужуди билан машғулотга берилган эди...

Сизни билмадим-у, мен бундай ҳолатни кўпдан бери кўрмаган эдим. Бу одатлар аввалги талабаларда бўлгувчи эди. Бугунги ёшлар, назаримда, барча билим ва кўникмаларни компьютердан олаётган сирли хилқатлардай туюларди. Шу сабабли бўлса керак, йўлга сарфланадиган 20 дақиқалик вақтидан ҳам мутолаа учун фойдаланаётган ҳалиги қизгинани кўрганимда, эски қадрдонимни кутилмаганда учратиб қолгандай ҳолатга тушдим. Ана шу ҳолат мени қўлга қалам олиб, мақола ёзишга ундади.

Бугунги кунда болаларимизни китоб Ñžқишга қизиқтириш учун нималар қилаяпмиз? Қўшним, кўп йиллардан буён Самарқанд шаҳрининг кўзга кўринган клиникаларида врачлик қилаётган Мелихўроз Саъдинов билан баъзан болалар тарбияси мавзусида суҳбатлашиб қоламиз.

— Болаларим билан кечқурунлари китобхонлик қиламан — дейди у, — яқинда Ғафур Ғуломнинг «ÐÐ´Ð³Ð¾Ñ€» қиссасини олдириб Ñžқитдим. Биласизми, болалар китобдаги 30-40 фоиз сўзларни тушунмайди. Бу ҳол мени ўйлантириб қўйди. Шу зайл давом этаверса, яна йигирма йилда болалар умуман китобни тушунмайдиган бўлиб қолмайдиларми?

— Улар интернетдан сизу биз билмаган маълумотларни ҳам ўзлаштирмоқдалар, — дейман ёшларга ён босиб, — сиз уларнинг ёшида компьютер нималигини ҳам билмасдингиз.

— Интернетдан олинган билимлар китоб мутолааси ўрнини қоплай олмайди — дейди суҳбатдошим қизишиб — компьютердан олинган билимлар доим бирёқлама бўлади, масалани ҳар томонлама қамраб олмайди, қамраб ололмайди...

— Замон тезкор — дейман, унинг гапини бўлиб, — бу замонда ҳар ким ўзига тегишли маълумотларни тез ва ихчам ўзлаштириши керак, атрофлича таҳлил қилиб ўтиришга вақÑ‚ йўқ.

— Замон тезкорми, йўқми, одам ўзгаргани йўқ, — дейди у мунозарага астойдил киришиб, — одам организми минг йил аввал, Ибн Сино замонида қандай бўлса, ҳозир ҳам ўшандай. Менинг соҳамда китобсиз иш битмайди, сизнинг соҳангиздаям. Чунки инсон феъл-атвори, унинг руҳиятида ҳам ўзгаришлар жуда секинлик билан рўй беради. Минг йил олдинги одам билан ҳозирги одам ўртасида ахлоқий тушунчалар, меҳру оқибат, одамийлик, ишқу муҳаббат, рашк кабиларни ҳис қилишда унақа катта тафовут юз бергани йўқ.

— Тўғри, — дейман шу нуқтада унинг ҳақ эканини тан олиб.

— Тўғри бўлса, бу туйғуларни ёшларда тарбиялаш учун алмойи-алжойи қўшиқларни тинглаб эмас, Ҳазрат Навоийнинг, Абдуҳамид Ёаззолийнинг, Заҳириддин Муҳаммад Бобурнинг ва улар каби юзлаб улуғларимизнинг китобларини Ñžқиб, улардаги маънавий меросни инсонийлик илмини ўзлаштирмоқ, болаларимизга ўргатмоқ ҳар биримизнинг ишимиз бўлиши керак эмасми?

Суҳбатдошимнинг жўяли фикрларини рад қилишга бирон сўз Ñ‘ узр топиш душворлигидан унинг фикрларига қўшиламан. Менинг ҳам фарзандларим вояга етмоқда. Мен учинчи-тўртинчи синфларда Ñžқиган китоблар ҳозир ҳам кутубхонамда бор. Катта Ñžғлим олтинчи, кейингиси тўртинчи синфда Ñžқияпти. Уларни бу китобларга қизиқтиришни эплай олмадим, аммо компьютер клублари, интернет кафелардан қайтариш учун кўп машаққатлар чекдим. Аҳвол умумий тарзда ҳамма жойда ҳам шунга ўхшаш ёки шунга яқин. Ҳозир китобга муккасидан кетган болалар жамиятда етарлича рағбатлантириляптими? Бир қараганда, уларни рағбатлантириш учун айрим чора-тадбирлар кўрилаётгандай: мактабларда «ÐºÐ¸Ñ‚об тақдимоти» деган тадбирлар ўтказилиб турилибди, ўрта махсус Ñžқув юртларида «ÑÐ½Ð³ яхши китобхон» кўрик танлови ўтказилмоқда. Кейинги пайтларда республика телевидениеси ва радиосида ҳам китоб тарғиботи, китобхон кишилар ҳақида кўрсатувлар бўлиб турибди. Самарқанд вилоят телерадиокомпанияси ижодий ходимларидан бирига бу ҳақда:

— Китоб тарғиботи бўйича махсус кўрсатувларингиз борми? — деб савол берганимизда, у киши «Ð—амон» информацион дастуримизда китоблар ҳақида берилади, доимий кўрсатувимиз йўқ, бу бизнинг ўзимизга боғлиқ эмас, кўрсатувни қаердан оламиз?» дея саволга савол билан жавоб қилдилар.

Бир пайтлар китобсеварлар жамияти бўларди, адабиёт тарғиботи маркази бўларди. Бозор иқтисодиёти шароитида бу ташкилотлар яшаб қола олмади. Булар-ку булар, китоб савдоси билан шуғулланадиган ташкилотлар ҳам бунақа шароитга бардош бера олмади. Шаҳримизда бор-йўғи иккита китоб дўкони қолди. Бунинг ҳам бири қаерда эканини кўпчилик билмайди. Бирининг ҳам «Ð¶Ð¾Ð½Ð¸ ҳалқумига келиб» яшаб қолгани турли «Ð¾Ñ‚критка»Ð»Ð°Ñ€, плакатлару бошқа хил майда-чуйдалар савдоси орқали кўпроқ фойда олаётгани ҳам сир эмас...

Сайёр китобфурушлар чиройли муқовали китобларни кўтариб юриб ишхоналарга, хонадонларга олиб бориб таклиф қилишмоқда, бу китобларнинг нархи ўттиз-қирқ минг бўлса-да, керакли бўлгани учун кишилар уларни харид қилмоқдалар. Шундай китобфурушларнинг бирига:

— Одамларнинг китоб харид килишлари қандай? Савдо яхши бўлаяптими?— деган саволлар билан мурожаат қилдик.

— Ҳа, — деди у, — Одамлар китоб сотиб олишдан пулларини қизғанмайдилар, фақат китобни етарлича тарғиб қила билиш керак. Биргина бизнинг компания томонидан йилига тўрт юз минг дона китоб сотилади.

Яна бир маърифатли дўстимиз билан китоб савдоси, унинг бугунги аҳволи ҳақида суҳбатлашганимизда у шундай фикр билдирди. «Ҳозир одамларнинг вақти зиқ, уларга реклама қилмасангиз энг зарур нарсани ҳам излаб боришга вақтини қизҚанади. Лекин олиб бориб таклиф қилсангиз, қизиқтирсангиз одамлар китобни сотиб ҳам олади, уни Ñžқийди ҳам»

Хизмат юзасидан кўплаб ижодкор ёшлар билан суҳбатлашаман. Уларга берадиган биринчи саволим шундай бўлди:

—Уйларингда китоб борми? Афсуски, ўзини ижодкор санаб кўрик-танловларда жой талашиб юрган бу ёшларнинг уйларида кутубхона йўқ. Ҳатто ўзлари мукофот таъма қилиб юрган соҳага оид китоблар ҳам уларнинг уйларида йўқлигига нима дейсиз? Айрим ота-оналар болалари учун миллионлаб сарф-харажат қилиб бўлса-да, танловда бошқаларни доғда қолдиришга ҳаракат қиладилар-у, шу пулнинг ўндан бирига ўз фарзандларига бир умр мулк бўлиб қоладиган китобларни сотиб олиб бермайдилар, балки китоб дўконининг қаердалигини билмайдиган ота-оналар ҳам борлигига нима дейсиз? Ахир, китобни офтобга ўхшатадилар, у фарзандларимиз йўлини ёритгувчи нур, қалбини иситгувчи ҳарорат эмасми? Китоб Ñžқишга одатлантирилган боладан ёмонлик чиқмайди. Китоб Ñžқишга одатланган бола ким қайга етакласа, эргашиб кетавермайди.Китоб Ñžқишга одатланган бола яхши- ёмонни, фойда-зиённи ўзи ажратиб ола билади. Болаларимизни шундай яхши мураббийдан, шундай содиқ дўстдан маҳрум қилмайлик, азизлар!

Яна ўша йўлда китоб Ñžқиб кетаётган қизга қайтсак, унинг кўзларида осойишта бир нур бор, унинг равиш-рафторида, ҳаракатларида сокинлик бор эди. У менинг кўзларимга ғоят одобли бўлиб кўринди. Ўша қиз шунча эзгу сифатларни китоблардан олганига асло шубҳа қилмадим. Китоб Ñžқиётган ёшлар токи бор экан, эртанги кун бугунгидан гўзалроқ, эртанги кун одамлари бугунгидан донороқ ва бахтлироқ бўлишлари шубҳасиздир.

Ориф ҲОЖИ "Parvona" gazetasidan olindi.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 10:50:35
SIRLI XONA

Kechasi uyqum kelmay, hayol bilan shaxsiy kutubxonam sari qadam bosdim. Kirdim-u, hayron qoldim. Oynalari mahkam berkitilgan, nur tushib turgan joining o’zi yo’q, zimiston. To’g’ri anchadan beri kirmagan edim bu yerga. Devorida alifbo tartibida terilgan kitoblar turibdi. Duch kelganiga qo’l uzatdim-u o’qiy boshladim. “Men sevgan insonlar”… Muqaddimaga ko’zim tushiboq kitobni joyiga qo’ydim. To’g’risi bu kitobni o’qishdan qo’rqaman. Aslida bu xonaga kirishning o’zidan hayiqaman. Bu yerda mening butun hayotim yozilgan hujjatlar saqlanadi. Shunday qilib, hadik bilan kitoblarga ko’z tashlay boshladim. “Do’stlarimga hiyonat”, “So’zlagan yolg’onlarim”, “Haqoratomuz hazillar”, “Manfaatim yo’lida”… Ba’zida “Yoshlik janjallari” degan quvnoqlari ham chiqib qoladi. “Yoshlikdagi injiqliklar”, “Ota-onamga harhashalarim” deganlarini o’qisam, kulgim qistaydi. Bular mening o’ttiz yillik hazinam, hammasini o’zm bitganman. “Zoe ketgan vaqtlarim”, “Isrof bo’lgan olti yil” degan kitoblarimni qo’limga olsam, ichimni muz qoplaydi.
Narigi tomondagi javonda atigi bitta kitob bor. Kichkina, sahifalari kamgina bu kitob “Savob ishlarim”, deb nomlanadi va men uni o’qishni yoqtiraman. Qo’limga olishim bilan xona yorishganday tuyuladi. Shu payt yig’lagim keldi va to’yib-to’yib yig’ladim. Kech bo’lsa ham, Allohning yo’liga kirganimga hamdlar aytdim. Javondagi kitoblarning ko’pida gunohlarim yozilganidan afsuslanaman. Bularni o’zgartirishning iloji borligi esa, ko’nglimni ko’taradi. Shu hayollar bilan xonadan chiqdim. Mening bu kutubxonam “QALB” deya ataladi…
Bilaman, sizda ham shunday kutubxona bor. Kaliti qo’lingizda turibdi, lekin ochishni, ichiga kirishni ko’pam xushlamaysiz. MASLAHATIM, TEZ-TEZ BU XONAGA KIRIB, “KITOB”LARINGIZNI NAZARDAN O’TKAZIB TURING!
Olimjon Abdushukurov tarjimasi.
“Hilol-2” 2006, mart (1427, safar)
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 04 Mart 2008, 10:14:16
Bugungi kunda televidenie­ning hayotimizdagi o‘rni qanchalik muhim ekanligi hammamizga ma’lum. Garchi kuni bilan ishlab kelsak-da, kechqurun u bilan hamroh bo‘lmaguncha ko‘nglimiz tinchimaydi. Yoshi yetmishdan oshgan buvimizdan tortib, ikki yoshli go‘dagimizgacha televizorga shunchalar o‘rganib qolganmizki, hatto usiz bir kun ham hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Balki, farzandimiz bilan gaplashishga vaqt topa olmasmiz, lekin teleserialni aslo o‘tkazib yubormaymiz. Gaplarimizni uyqusiragancha chala-yarim eshitadigan bolamizga ham televizor ko‘rishni taqiqlab qo‘ya olmaymiz.

Xo‘sh, nega farzandlarimiz oynai jahonga bunchalik bog‘lanib qolgan? Ekran orqali beriladigan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ko‘rsatuvlar, ko‘ngilochar dasturlar bola ma’naviyatini o‘stirishga xizmat qilsa nur ustiga  nur. Ammo bolalar kun bo‘yi o‘zi ham yaxshi tushunmaydigan ko‘rsatuv, jangari chet el filmini ko‘rishdan qanday naf oladi? Bu uning ruhiyatiga, sog‘­ligiga qanchalik ta’sir ko‘rsatadi?

Tan olish kerak, televizor bolalarning ovunchog‘iga aylanishiga o‘zimiz  aybdormiz. Bolalarni televizor yoki kompyuter oldiga o‘zimiz «mixlab» qo‘yganmiz. Chunki har bir ota-ona ham kundalik turmush tashvishlaridan, «oxiri ko‘rinmaydigan» ishidan ortib, bolasiga qaray olmaydi. Uning oldida parvona bo‘lib, ertak aytib, kitob o‘qib bera olmaydi. Shu bois ham, «tinchgina» televizorini ko‘rib yoki kompyuterini o‘ynab o‘tirsa bo‘ldi, deb qo‘ya qolishadi.

Bir kuni bolalarning salomatligi haqida so‘z ochilganida, bir ayol mavzuga oid voqeani gapirib qoldi. «O‘g‘limning ko‘rish qobiliyati pasayib ketdi. Aslida bunga o‘zim sababchiman.  O‘shanda yangi ro‘zg‘orning ishlari bilan bo‘lib, yumushlarimni tezroq bajarib olish uchun farzandimni televizor oldiga qo‘yib ketardim. U esa tushunsa-tushunmasa televizorga tikilib o‘tirardi. Ammo bora-bora unda ko‘z bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘la boshladi. Hozir bolam o‘smir yoshida. Shifokorlarning aytishicha, organizm rivojlana borishi bilan birga ko‘rish qobiliyatining susayishi ham tezlashadi. Ya’ni, avvalgi —2 (manfiy) ko‘rsatkich o‘sib borayotgan organizmda — 5 darajagacha chiqib olishi va unda ko‘rish qobiliyati yana ham susayishi mumkin ekan. Hozir farzandimning uzoqni ko‘ra olmay qiynalishini ko‘rib, bilib-bilmay qilgan xatoyim uchun  afsuslanib ketaman.»

Farzand salomatligi yaqinlarining chinakam baxti hisoblanadi. Sog‘ligi tufayli farzandi aziyat cheksa, ota-ona o‘zini qo‘yarga joy topa olmay qoladi. Xo‘sh, oynai jahon oldiga «mixlanganligi» bolalarga qanday ziyon yetkazadi? Ular o‘rtasida qanday ko‘z kasalliklari ko‘proq kuzatilmoqda? Mazkur savollar bilan Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi «Bolalar bo‘limi» shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Ra’no Rasulovaga murojaat qildik.

— Bolalar har qancha himoyalangan monitor qarshisida bo‘lsa-da,  ularning ko‘ziga zararli nurlar ta’sir qilmay qolmaydi. O‘quvchi kun bo‘yi 5-6 soat darsda o‘tirib shundoq ham charchaydi. Shu bo‘yi darsdan keyin yana kompyuterxonaga kirish yoki uyga keliboq televizor qarshisiga cho‘kkalash bolalar o‘rtasida ko‘rish qobiliyatining susayishiga olib keladi. Mutaxassislarning ma’lumotlariga qaraganda, bugungi kunda 30 foizdan ortiq o‘smir yoshidagi bolalarda uzoqni ko‘ra olmaslik kasalligi uchramoqda. Bunday holatda eng birinchi navbatda ota-ona hushyorlik bilan ish tutishi kerak. Bolada ko‘z bilan bog‘liq biror muammo sezilishi bilan tushkunlikka tushmasdan uni vrach qabuliga olib borish, lozim bo‘lsa farzandiga tavsiya qilingan ko‘zoynak yoki dori-darmonlarni olib berishi muammo kattalashib ketishining oldini oladi.  Bola baribir bola-da, ko‘zi xira ko‘rsa, hamma shunday ko‘ryapti, deb o‘ylaydi. Ko‘pincha ota-onalar bolaning ko‘rish qobiliyati pasayib ketganligidan xabar topmay, ancha kechikib keladilar. Har qanday holatda ham bolani olti oyda bir marta vrach qabuliga olib kelishga erinmaslik kerak.

Ayniqsa, farzandlari
1-sinf­ga boradigan yosh ota-onalar bolasining ko‘rish qobiliyatini turli rangdagi rasmlarni ko‘rsatish orqali aniqlashlari mumkin.

— Bolalar ekran qarshisida qancha vaqt bo‘lishi mumkinligi xususida me’yor belgilanganmi?

— Mutaxassislarning fikricha, 1—5-sinf o‘quvchisi, ya’ni 7—12 yoshli bola uchun televizor yoki kompyuter qarshisida 10—15 daqiqa o‘tirish tavsiya qilinadi. 5—9-sinf o‘quvchisi 20 daqiqani kompyuter uchun ajratishi lozim bo‘lsa, 5-sinf­gacha bo‘lgan bolalar televizor qarshisida 30 daqiqadan ortiq o‘tirishi mumkin emas. Beshinchi sinfdan yuqori yoshdagi o‘smirlarning uzluksiz televizor ko‘rishi 40 daqiqadan oshib ketsa, uning salomatligiga ziyon yetkazishi mumkin. Ko‘pincha bolalar oynai jahon qarshisiga juda yaqin o‘tiradilar. Aslida o‘sib kelayotgan farzandlarimiz televizordan kamida 3 metr, displey, kompyuterdan esa 35-40 sm. uzoqlikda o‘tirishlari kerak. Bu borada ota-onalar farzandlariga nisbatan e’tiborli bo‘lishi talab qilinadi. Farzandlarimiz turli maishiy, turmush ikir-chikirlarini aks ettiruvchi seriallarga chalg‘imasdan, ma’naviy va ma’rifiy mavzudagi, bolaning dunyo­qarashi, bilimini rivojlantirishga asoslangan ko‘rsatuvlar, multfilmlarnigina ko‘rishi ham maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

... Bir gal kun bo‘yi televizor qarshisida o‘tiradigan jiyanim  bilan birga o‘yin o‘ynamoqchi bo‘ldim. U bir televizor ko‘rsa, bir televizor bilan ulanib o‘ynaladigan «Dendi» o‘yinlarga chalg‘irdi. Kompyuter o‘yinlari shu qadar kishini jalb qilib qo‘yar ekanki, beixtiyor o‘yinga kirishib ketganimni sezmabman. Keyinroq, e’tibor berib qarasam, o‘yinlarning barchasi qandaydir dushmanlarni o‘ldirishga, oldingizga chiqqan mayda mavjudotlarni yo‘qotish — «eb qo‘yishga» qaratilgan ekan. Yana ushbu o‘yinlar foniga asosan, to‘q (qizil, sariq, moviy) ranglar berilganligini aytmaysizmi? Axir, bu ranglar kishini jalb etgani, unga jo‘shqinlik bag‘ishlagani bilan kichik yoshdagi bolalarning ko‘z nuriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi-ku!

Ko‘chadagi kompyuterxonalar, Internet-kafelarning bolalar bilan to‘la ekanligi ham mavzuning nechog‘li dolzarb ekanligini ko‘rsatib turibdi.  Sizning bu boradagi fikringiz biz uchun qiziqarli, aziz forumdosh. Manba (http://www.marifat.uz/uzbl/manaviyat/ekranga_mixlangan_bolalar.mgr//Manba)

Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:55:35
Gapning indallosi.

Rasululloh (S.A.V.): “Bir banda Alloh taolo rozi bo’ladigan bir so’zni aytadi-da, natijasini o’ylamay yuraveradi, ammo Alloh taolo o’zi bilib, uning martabasini ulug’ qiladi, yana bir banda Alloh taoloni norozi qiladigan bir so'zn’ aytib, natijasini o'yl’may yuraveradi, biroq Alloh taolo buni ham o'zi’bilib, jahannam qa'ri’a tashlaydi”, dedilar. Abu Hurayra (r.a.) hikoya qilganlar.

 Hamsuhbatlaridan birining sabri tugaydi-da, sherigiga:
-   Gapning indallosini ayt, qancha berasan? – deydi.
 Sal ikkilanib turgani ham hushyor tortadiyu cho’rt kesadi. Masala hal.
  Deylik, bu o’rinda birov pora bersa, boshqasi pora oladi.
  Gazeta-jurnallarda o’qib qolamiz: “Gapning indallosini aytganda, ba’zilar spirtli ichimliklarni ortiqcha iste’mol qilib, boshqalar tinchini buzadilar”.
  Shu gaplarni tahlil qilib ko’raylik. “Indallo” nima degani o’zi? “Indalloh” – Allohning huzurida degan ma’noni beradi. Demak, Allohning huzuridagi gapni, U rozi bo’ladigan, buyurgan so’zni gapirishni talab qilamiz.
  Pora bergan ham, olgan ham, vositachilik qilgan ham qayoqqa borishi yaxshi ma’lum. O’zi asrasin. Kiftimizdagi farishtalar guvohligida gapning indalosini aytib, nojo’ya ishga va’dalashsak, uni qilsak…
  “Ortiqcha spirtli ichimlik ichish” xato bo’lsa, me’yorida ichsa bo’larmikan? Buning hukmini ham bilamizku? Hushyor bo’laylik. Har bir o’ylaganimiz, so’ylaganimizning hisob-kitobi bor, savol-javobi bor. Gapning indallosi shu, birodarlar.  Musulmonlar taqvimi, 2001 yil, I chorak. 


Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 20 Mart 2008, 13:46:01
Эркакмисан, эркак бул!

Ибн Аббос розияллоху анху ривоят килибдилар: Лаънатладилар Пайгамбаримиз узи эркак булиб, хотинчалишлик килганларни. Аёллар киядиган кийимларни киядиган аёлга ухшаб буянадиган, кошу - кузини буяйдиган, аёллар такадиган такинчокларни такадиган эркакларни лаънатладилар. Эркакнинг «ÐºÐ¸Ð¹Ð¸Ð¼Ð¸Ð½Ð¸ кийган, эркакча килик, килиб юрган аёлларни хам».
Совет пайтида «ÐÑ‘ллар эркак билан тенг хукукли», деб аёлларнинг юзини очишиб, эркаклар киладиган ишларга аёлларни жалб килишди. Неча - неча аёллар трактор хайдаб, кутарма кранларни бошкариб, пахта териш машиналарини хайдаб, майиб - мажрух, булиб кетди. Советча «Ð¢ÐµÐ½Ð³ хукуклилик» мойдай ёккан куп текинхур, танбал эркаклар хотинининг кулига кетмонни бериб куйиб, хотин жазирамада кетмон чопиб ётган пайтда соя-салкиннинг куюгида арок, пиво ичиб ётди. Хали хам бундай эркаклар кам эмас. Динсизларку аронкни текинга таркатиб, чучка гуштини ейишни ургатиб, аёлларимизни трактор хайдашга, кетмон чопишга касддан ургатишди «ÐœÑƒÑÑƒÐ»Ð¼Ð¾Ð½Ð»Ð°Ñ€Ð½Ð¸Ð½Ð³ кам давлатида иймон сусайсин, бузукчиликлар купайсин», деб, аммо хали хам бу нарса мойдай ёкиб тушган айрим хезалаклар «Ð‘ор, пул топиб кел, менинг ичишимга арок, сигарет Ñ‘ нос топиб кел», деб хотинини бозорга, кучага чикариб юбормокда. Каердан, кандай килиб у пулни топиб келади бу билан иши йук,.
Абу Хурайрадан ривоят килинади: «ÐŸÐ°Ð¹Ð³Ð°Ð¼Ð±Ð°Ñ€Ð¸Ð¼Ð¸Ð· лаьнатладилар, эркакнинг кийимини кийган аёлни ва аёлнинг кийимини кийган эркакни». Азизлар, Пайгамбаримиз эркакларни тилла такинчок такишдан ва ипак кийим кийишдан кайтарганлар. Бир каранг, куп йигитчалар ипак кийимларни кийиб олишган. Сал колаяптида, атласни хам кийишларига. Кулогига халка такканига нима деса булади йигитларнинг? Буйнига тилла занжир, мунчок хатто марварид таккан эркакни эркак деб буладими? Тирногини буяган бир йигитни курдим. Эркак бу ишларни килиши «ÐœÐµÐ½ эркак эмасман, халигидака хилиданман», дегани эмасми? Эй, эркак! ЭРКАК булиб яратилганинг хуснинг эмасми? Нима кутасан безаниб, буяниб? Пайгамбаримиз айтганлар: «Ð¢ÑƒÑ€Ñ‚ тоифа одамга бу дунёда хам, охиратда хам лаънат булди.

*Биринчиси эркак булиб тугилганидан хафа булиб, аёлнинг килигини килади. «ÐœÐ°Ð¹Ð´Ð° кадам» дейишади бундайларни.

*Иккинчиси узи аёлу, эркакнинг килигини килади. Бунда эркакчалиш аёллар какида эшитгансиз, аёл аёлга уйланиб, бирга яшашармиш! Оллох бундайларни каттик лаънатлайди.

*Учинчиси кур одамни адаштириб кетадиган одам. Узи адашган, тугри йулни йукотган, бошкани хам нотугри йулга солиб юборади улар.

*Туртинчиси хеч хам уйланмаган одам. Инсоният тарихида битта Яхё алайхиссаломга Оллок рухсат берган. Колган жамики уйланмаган эркак зотини Оллок лаънатлади. Уйланмаган эркак малъундир. Ундай эркакдан яхшилик чикмайди. Ундай эркакдан хазар килинг, эхтиёт булинг! Уйланмай юрган эркак зур олим булиб кетган булсада, унинг жамоатга имом утишига рухсат берилмайди. Чунки, улар хунаса гумон килинади. (Хуноса -хам аёллик, хам эркаклик жинсий аъзолари бор одам дегани). «Ð’або касали таркалмасин десангиз, кутурган итларни, сасиган кудукларни ва халигиндака эркакларни йукотинглар», дебдилар Пайгамбаримиз. Булар наслнинг, миллатнинг бузилишига олиб келаркан.
Пайгамбаримиз айтганлар: «Ð£Ñ‡ тоифа одам умуман жаннатга кирмайди.

*Биринчиси ота-онага ок, булган одам.

*Иккинчиси даюс. Даюс -хотинини бузуклигини билиб туриб, индамай яшаб юрган, рухсат бериб куйган эркак. Билиб куйинг, аёл уйидан чикдими, хамрохи шайтон булади. Хажга борадиган аёлга махрам булган хамрох биринчи шарт килиб куйилган. Аслида онасиникига бориб келадиган аёлга хам махрам керак. «ÐœÐµÐ½ гаюрман, яъни рашкчиман ва гаюр умматларимни яхши кураман», деганлар Расулуллох. Оиласини рашк киладиган одамлар Расулуллохга якин буларканлар. Афсуски, олдинги тарбия рашк деган нарсани камайтириб юборди. Одамлар хотинини давраларга олиб кирди. Кулини уптирди. Кейин хотини бошка эркаклар билан упишиб куришадиган хам булди.

*Учинчиси хотинчалиш эркак экан. Хотини билан ойна талашадиган, атир -упа талашадиган эркак. Эй, эркак, хотининг упа суртилган бетингни нима килади? Аввало эркаклигингни килиб куй! Едир, ичир, кийинтир, вазифангни бажар! Эркак булиб тугилганинг хуснинг!

Азизлар, аёллар аёллигини йукотмасин, эркаклар эркак булсин!
Ассалому алайкум ва рахматуллоху ва баракотух.  Манба (http://aralash.vo.uz/news/2007-06-08-157//Манба)



Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muslimа 16 May 2008, 07:32:35
Kecha va bugun.

    Bundan ming to’rt yuz yillar oldin… Saodat asri… Olamlar Sarvarining muborak shaharlari… Allohning Rasuli bir masala sabab mahzun edilar. Og’ir odimlar bilan xonai saodatlariga ilgariladilar. Saodat uyining eshigini onamiz Oisha ochib, tabassum bilan Payg’ambarimizni qarshiladilar. Rasululloh (s.a.v.) o’rinlariga o’tirgach, Oisha onamiz ham u zotning yonlariga cho’kdilar. “Gapir, ey Oisha,- dedilar shunda Payg’ambarimiz,- gapir ko’nglim bir oz ko’tarilsin!”
     Oisha onamiz gapira boshladilar. Allohning rahmatidan, marhamatidan, Payg’ambarning shafqatidan, dunyoni foniyligidan so’zladilar. Onamiz gapirar ekanlar, Rasuli Akram sallallohu alayhi vassallamning hafaliklari ko’tarildi, lablariga tabassum yugurdi, qalblari fahrlandi. Parvardigorga hamd aytdilar…
     
     Oradan ming to’rt yuz yilcha vaqt o’tdi. Olamlar Sarvarining Mahmud ismli bir ummati ko’ngliga qil sig’may uyiga qaytdi. Yo’l bo’yi ishxonada bo’lgan voqeani eslab, yo’qotgan foydasini o’ylardi. Raqib korxona uning eng yaxshi mijozini o’zi tomon og’dirib olgan edi. Uyi yoniga kelganida, mashina qo’yishga bo’sh joy qolmaganini ko’rib, battar ko’ngli g’ashlandi. Mashinasini uzoqroq joyga qo’yishga to’g’ri keldi. Liftga chiqar ekan, u ham zo’rg’a harakat qilayotgandek tuyuldi. Eshik qo’ng’irog’ini bosdi. Tabassum bilan xotini eshikni ochdi. Uyga kirar ekan, bolalarning uymalashib yotgan oyoq kiyimlarini ko’rib, yana jahli chiqdi. Oldiga yugurib chiqqan bolalarini bir-ikki og’iz “shirin” so’z bilan siyladi.
      Oshxonaga kiriboq: “Rosa ochiqib ketdim. Tez ovqat tayorla”, dedi.
      “Xozir, o’n besh daqiqada tayyor bo’ladi”, dedi xotini. Bu gapdan Mahmudning jahli yana ortdi: “Kuni bilan nima ish qilding? Qay mahal kelishimni bilasan, shunga moslab pishirib qo’ysang bo’lmaydimi? Kun bo’yi ishlab itday charchagan bo’lsam, sen bitta ovqatni pishirib oldimga qo’ya olmaysan”, deya o’shqira ketdi. Mahmud baqirib, bir oz hovuridan tushganday bo’ldi, so’ng hammomga kirib, yuz-qo’llarini yuvib, kiyimlarini alishtirgunga qadar ovqat ham tayyor bo’ldi. Ovqat mahali ham janjal davom etib, xotin yana “shirin” gaplar eshitdi. Bolalar ham damlari ichiga tushib, tez-tez ovqatlanib, xonalariga yo’l oldilar. Ovqatdan so’ng Payg’ambar sallallohu alayhi vassallamga ummat bo’lmish Mahmudjon qo’lida “pult”, oinai jahonga tikildi. Dunyodagi yangiliklar orasida do’llor tushib, evro ko’tarilib ketayotganini eshitib, yana jahli chiqa boshladi. Pullarini evroda saqlamaganiga afsus qildi.
   Oshxonadagi ishini bitirgan xotin choy damlab, erining yoniga o’tirdi. Choy uzatar ekan, havoning yomonligidan nolidi. Mahmud bir qulog’I bilan televizorni, bir qulog’I bilan xotinini gaplarini eshitardi. Sekingina boshini yostiqqa qo’yib, oyog’ini uzatdi. Endi xotinining ham, televizorning ham ovozi g’ashiga tegdi. Erini uxlab qolishini sezgan xotin kuni bilan o’ylab yurgan gapini aytishga shoshildi: “Do’stingiz Murod xotiniga kir yuvish mashinasi olib beribdi. Shu desangiz, rosa ishni yengillatarkan-da”.
    “Ha, uning maoshi ko’p bo’lganidan keyin oladi-da”.
     â€œVoy, mana, yonimizdagi qo’shnilar ham olishdi-ku. Demak, unchalik qimmat emasdir-da. Men bechora qachongacha kirlarni shu eski mashinada yuvaman? Bolalar katta bo’lgan bo’lsa, kir-chirlari ko’p. Mana shu eskisini birorta bechoraga berib yuborib, yangisini olsak bo’larmidi? Ham savob… Menga qarang, hoy…”
     Mahmud xotinini gapini eshitishni istamasdi. nihoyat, toqati toq bo’lib baqirdi: “Bo’ldi, Oisha, o’chir ovozingni! Bo’ldi, bir oz dam olay. Har kuni bitta ming’-ming’…”
     Bu gapni ming to’rt yuz yil avval Muhammad sallallohu alayhi vassallamning: “Gapir, Oisha, ko’nglim ko’tarilsin! degan so’zlarini tinglagan farishtalar ham eshitdi…

Sadoqat.
“Hilol taqvimi” 1429/2008 2-son.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 17 May 2008, 14:57:55
Alloh rozi bo'lsin, opajon! Juda ibratli gaplarni yozibsiz.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 17 May 2008, 15:00:09
Ривоят қилишларича, бир Ñžғри катта бойнинг уйига Ñžғриликка тушибди. Қўлига тушган дуру жавоҳирларни халтасига сола туриб, кўзи қоронғида ялтираётган бир тошга тушибди. Нима эканлигига қизиқиб ялаб кўрса қотиб тошга айланган туз экан. ÐŽғри бироз ўйланиб қолибди ва халтасига жойлаб олган нарсаларни тўкиб, қайтиб чиқиб кетибди. Атайин Ñžғриликка тушиб, олган нарсасини ташлаб чиқиб кетишига сабаб - Ñžғри билмай туз ялаб қўйиб шу уйнинг меҳмони бўлиб қолган экан. Қаранг, кимсан Ñžғрининг нафси (?!) эътиқодидан, ғуруридан устун кела олмабди! (Ҳар қалай диёнатли экан...) Доно халқимизнинг: "Бир кун туз ичган жойингга қирқ кун салом бер", деган нақли бор. Улуғ даҳо Жалолиддин Румий: "Мусулмон бўлиш учун минг йиллик йўлни босиб ўтиш керак. ОДАМ "даража"сига етишиш учун яна минг йиллик йўл бор", деб айтган гаплари бор экан. "Бир пиёла чой ёки бир тотим тузга бу ҳикматнинг нима алоқаси бор?" дейиш мумкин. Ўйлайманки, алоқаси бор. Чунки биз яхшими, ёмонми ЙЎЛдамиз. Йўлда эканмиз, одам даражасига етишиш йўлидан кетаяпмизми, ёки қалбимизни турли хил нафсу ҳавасларга ўраб ташлаб, дилимизни қотириб (Ўстирмагандан кейин қотади-да!) ғарибу нотавон қилиб қўйганимизча яшаб, умрни бой бермаяпмизми? Биз шулар ҳақида ўйлашимиз керак, ўзимизга ўзимиз баҳо бера олишимиз керак.

Улуғларнинг айтишича, очиқ, беғубор қалбли, гўзал хулқ, одоб эгаси бўлиш одам даражасига етишишда бир қадам. Илм-ҳунар эгаси бўлиб, ҳалол яшаш, бу ҳам бир қадам. Ўз-ўзини англаш, ўз нафсини енга олиш, ўз-ўзини такомиллаштириб бориш - бу ўн қадам! Биз қандай ижтимоий воқеликда, яшамайлик, ўзаро қандай муносабатда бўлмайлик, биз яшаяпмиз, йўлда кетаяпмиз. Шу билан бирга инсон нафақат табиатнинг, балки ижтимоий ҳаётнинг ҳам маҳсули эканлигини англай олишимиз керак. Ўзбек урф-одатлари, анъаналаридан совчи бўлиб бориш, совчи кутиш, Ñžғил уйлантириш, қиз чиқариш, тўй қилиш - булар ҳам ижтимоий воқеалигимизнинг кўринишларидан. Лекин урф-одат деб биз анъаналаримизни бузиб қўймаётибмизми, маънавиятимиз оёғига болта урмаётибмизми? Мана шундай ижтимоий таъсирлар натижасида фарзандларимиз қандай "шаклланаяптилар"? Худди ана шулар ҳам бизнинг қандай йўлдан кетаётганлигимизни белгилай олади. Агарда кетаётган йўлимизни йилдан-йилга авж олаётган янги урф-одатларимиз билан боғлаб таҳлил қилсак, бунинг "бир пиёла чой" ва "бир тотим туз"га алоқаси жуда катта эканлигини билиб оламиз. Гапни совчиликдан бошласак. Қиз бола бор уйга совчи келади. Халқ тили билан айтганда шоҳ ҳам келади, гадо ҳам келади. Совчиликнинг ҳам ўзига яраша одоби бор. Ҳозирги замонда телефон деган яхши алоқачи бор. Аввал уй эгаси билан гаплашиб, уйингизга келсак майлими, деган илтимос билан мурожаат қилиниши керак, деб ўйлайман. Лекин телефонда совчи бўлиб эмас, терговчи бўлиб қизингизни, ўзингизни, дадасини суриштираётган аёлларимизга қандай баҳо бериш керак? Ҳар ким ҳар хил ниятда совчи бўлиб келар экан. Кимдир зиёли, маданиятли келин олсам, Ñžғлимнинг ҳаётини безай олса, невараларимга яхши она, Ñ‚Ñžғри йўл кўрсатувчи бўлса, деб ният қилади. Дилдан чиққан эзгу, пок ният ҳам одам даражасига етишишга олиб борадиган йўл. Яна бир бошқа тоифадагилар эса келин хизматимни қилсин, мол-мулк билан уйимни тўлдирсин, ҳар ҳафта уйидан тоғора-ÑŽ, йўқловлар келсин, мени, Ñžғлимни, невараларимни (ҳар хил тўйлар, маросимлар баҳонасида) таъминласин. Хуллас, бировнинг ҳисобидан "орзу, ҳавас кўрай" деб ният қилар экан. Шунинг учун ҳам шундай тоифадагилар совчиликка боришганда уларни қизнинг олган тарбияси, унинг қалби, зиёси умуман қизиқтирмайди. Уларни қизиқтирадиган нарса: қизнинг уй-жойи, ота-онасининг мавқеи, унинг бой-бадавлатлиги, орзу-ҳавасликми, йўқми ва ҳ.к. Агар хонадон эгасининг туриш-турмуши Ñ‘қмаса орқасидан албатта: "Уйини таъмирлаб қўйса бўлмайдими? Дастурхонга ёпган нон қўйди, патир нон қўйса бўлмайдими, дастурхонлик эмас экан?!" ва ҳ.к. каби гапларни гапириб, хонадон эгасининг шаънини ерга уришади. Мана сизга "бир пиёла чой" ва "бир тотим туз"нинг ҳурмати! Ривоятдаги Ñžғрининг мавқеи буларникидан баланд! Бу кетишда бундай одамлар албатта "икки минг йиллик йўл"ни босиб ўтиш у Ñ‘қда турсин, "бошқа жойга" олиб борадиган йўлда кетаётган бўладилар.

Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 17 May 2008, 15:00:49
Энди иккинчи масалага ўтсак...

Айтайлик, сиз ўз хонадонингизда гул ўстирдингиз.

Гулингиз дарагини эшитиб, харидор-боғбон чиқди. Боғингизда ўсаётган гулни олиш учун боғбон анча-мунча жон койитиши керак. Лекин, ҳозирги "боғбон"лар жон койитмаса-да, индамай олиб кетса. Бунинг устига сизнинг зиммангизда нафақат гулнинг ўзини, унга керак бўладиган ер, сув, Ñžғитлар ва бошқа, бошқаларни ҳам бериш масъулияти юкланган. Ҳамма вақÑ‚ ўзингиз иссиқ-совуғидан бохабар бўлиб туришингиз, бировнинг ерида ўзингиз парваришни давом эттиришингиз керак. Ҳам жонинг, ҳам молинг, деганларидек, Ñžғил уйлантириш эмас, қиз узатиш ота-онанинг зиммасига оғир юк бўлиб тушаяпти. Бечора ота-она қиз узатгандан кейин ҳам тинчи йўқ. Бешик тўйи, Ñžғил тўйи деб аталадиган орзу-ҳавасли маросимлар қизнинг ота-онаси зиммасида. Яна талаб қилинади: ундай бўлсин, бундай бўлсин, деб. Икки ёш турмуш қураётганда никоҳ Ñžқилади. Никоҳ шундай муқаддас нарсаки, минг афсус, буни нафақат Ñžғил-қизларимиз, балки биз катталар ҳам яхши англай олмаймиз. Бир оғиз "қабул қилдим" деган сўзнинг тагида бир дунё маъно ётибди, йигит худонинг олдида сўз бераяпти. Бутун вужуди, қалби билан қизни "қабул қилдим" деб. Шу билан у ўз зиммасига ҳамма нарсани олади. Ҳамма нарса мебель бўладими, боласига керакли нарсалар бўладими ва ҳ.к. Қандай қилиб бу нарсалар қизнинг ота-онаси зиммасига тушиб қолди? Энг даҳшатлиси - ҳозирги кунда шу нарсаларнинг талаб қилиниши, мажбур, шартликка айланиб қолганлиги! Куёв томонининг (минг бор узр, ўзининг ориятини, йигитлик ғурурини биладиганларга бу гап тегишли эмас!) танглайини шу нарсалар билан кўтарилиб қолганлигидир. Мана, бизнинг урф-одатларимизнинг бузилиши, маъанавиятимиз оёғига болта урилиши! Ислом динида эса бундай воқелик харом ҳисобланади. Биз аёллар йигитларимизни қандай тарбиялаяпмиз? Бировнинг ҳисобидан орзу-ҳавас қиламан деб, йигитларимизни бебурд қилиб қўймаётибмизми? Ҳар қандай орзу-ҳавасингиз бўлса қилинг, —фақат бировнинг ҳисобига эмас! Бу таъмагирлик ҳисобланади. Мен гувоҳ бўлган бир воқеа: келиннинг бўйида бўлиб, касалхонага Ñ‘Ñ‚қизишга Ñ‚Ñžғри келиб қолди. Дўхтирлар билан гаплашиб, Ñ‘Ñ‚қизишни ваъда қилан куёв жим-жит. Сабаби сўралса: "Ойим айтдилар, мен эмас, қизнинг ота-онаси касалхонага Ñ‘Ñ‚қизиши керак экан", деб хотинига жавоб берган. ÐŽқимишли, бўлажак педагогларга дарс берадиган аёл сарф-харажатдан қочиб, бу нарсани ҳам қизнинг ота-онаси елкасига ташлаб, Ñžғлини кимга айлантириб қўйди?! Албатта, эркак кишига эмас! (Бундай йўлдан юришдан худо асрасин!) "Оч баччағардан - қоч баччағар", дейди халқимиз. Бу ерда очлик маъноси кўзи очлик маъносида ишлатилаяпти. Сиз қудангизнинг (албатта агар кўзи оч бўлса) "оғзини юмиш" учун ўзингизни фидо қилсангиз ҳам камлик қилади. Чунки, Юсуф Хос Хожиб кўзи суқ одамлар ҳақида "оламни олса ҳам бари бир гадой" деб айтганлар. Лекин ўзим ҳам бир хил вақтда ўйлаб қоламан, нима, ҳақиқатан ҳам ҳаммамиз очмизми? Меҳмон кутиш майли, ўз йўлига, меҳмонга борсак ҳам тоғора. Йигирмата одам борса йигирмата тоғора! "Қудаларникига тоғора кўтариб бормасангиз - уят!" Тоғора - бу бизнинг мавқеимиз, обрўимиз... Мен бир нарсага ҳеч тушунмайман: эски урф-одатларимиз бўйича куёв томон қиз томонга тўй юборади. Бу — қиз томон сарф-харажатини куёв томон кўтаради, дегани. Ахир гул олишаяпти-да! Лекин кимдир бу одатни бузган ҳолда, қиз томон ҳам қайтаришини ўйлаб топган: Норинга норин, сомсага сомса ва ҳ.к. Бунинг устига битта тоғора ортиқ жўнатишадиган бўлди, энди эса иккита тоғора, балки бундан буён яна ортар? Бу урф-одат эмас, бу маънавиятимизнинг бузилиши, бу "ман-ман"лик, бу риё...

Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 17 May 2008, 15:02:46
Тошкентдан бошқа вилоятларда уйланадиган йигит ҳамма нарсани ўзи қилади. Мебел ҳам, қиз томон ўтказадиган тўйни ҳам, ҳатто тилла тақинчоқларигача... Чунки у ўз боғига Гул олиб келаяпти-да! Келиннинг отаси ўзига Ñ‚Ñžқ бўлиб, бадавлат бўлса ҳам қизига мол-мулк қилмайди чунки... бу нарса уларнинг дафтарида ёзилмаган! Бир вақтлар бизнинг дафтаримизда ҳам ёзилмаган эди, лекин кимдир ёзишни бошлаб, қолганлар йилдан-йилга тўлдираверди. Қарабсизки, дафтар тайёр, энди мана, деб юзингизга бешик тўйи, Ñžғил тўйи, ҳайит йўқлов деб уришаверади. Наҳотки энди туғилган гўдакка ҳали юрмасиданоқ бутун дўконни кўчириб олиб келиш шарт бўлса?! Ҳали нафасингизни ростламасданоқ Ñžғил тўйига ҳаракат бошласангиз, орзу-ҳаваслар яна сизнинг зиммангизда. Ўзи энди тўйдан қутулиб улгурмаган ҳам эдингиз, ҳайит тоғоралари... Бизнинг нафсимиз тўядими? Бу дунёга шу нарсаларни кўз-кўз қилиш учун ёки бўйнимизга мажбуриятни юклаб, ўзимизни қийнаш учун келган эканмизми? Наҳотки ИНСОНдек буюк зотнинг қадр-қиммати фақат шу нарсалар билан ўлчанса, шу нарсалар орқали ҳурмат қилинса? Бу не шармандалик!

Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Otabek Nuritdinov 17 May 2008, 15:03:39
Ayol.Uz saytida (http://"http://www.ayol.uz") qo'yilgan "Chaqalog'ingiz nimalar o'qiydi" nomli maqolasini o'qib chiqdim. To'g'risi, maqola meni o'ylantirib qo'ydi. O'zimning "chaqalog'im" ancha katta bo'ib qolgan bo'lsa-da, u yaxshi ko'rib o'qiydigan kitoblar ichida qalin, sifatli, antiqalari deyarli yo'q. Aksar kitobchalari hozirda o'zbek tilida chop etilayotgan broshyurasifat kitobchalardir. Ular qiziqarli, rangba-rang, chiroyli, lekin ularning yagona kamchiligi shundaki, to'polonchi bolalar qo'lida sihat-salomatlik bilan uzoq umr ko'ra olmaydilar.

Tinib tinchimas uch yashar bolakayimning kitoblarini ko'zdan kechirib shunga amin bo'ldimki, ularning ko'pi sahifalari yirtilgani bois skochlangan, ba'zilarining muqovasi yo'q, deyarli hammasining varaqlari g'ijimlangan. "Sifatli kitoblar rus tilida-da, o'zbek tilida bo'lsa olardim," deb o'tirsam, bolajonim o'sib ulg'aymoqda, vaqt o'tmoqda, hozir, ayni vaqtda kerak unga bunday kitoblar. Rus tilida bo'lsa bo'lsin, hech bo'lmasa rasmlarini ko'radi-ku, dedim o'zimga. Unga nafaqat o'ziga, balki kelajak avlodga ham xizmat qila oladigan, qalin, sifatli kitoblar olib bergim keldi. Ertasi kuni o'sha maqolada nomi zikr etilgan "Sharq ziyokori" kitob do'koniga yo'l oldik.
Bolalar bo'limida hali u kitobni, hali bu kitobni qo'liga olayotgan o'g'limga qarab shunaqa zavqlandimki, qani endi iloji bo'lsa-yu, kitoblarning hammasini olib bersam deb o'yladim. Ayniqsa ko'zli kitobchalar bolakayimga juda yoqdi. Unga uy hayvonlari, aqlli mashinalar va shirinxo'r ayiqcha haqida uchta kitob oldim. Birinchi kuni kitoblar qo'lidan tushmadi. O'g'il bola bo'lganigami, avvalo "Umnie mashini" degan kitobni ochib, har bir mashina nomini bir necha bor so'radi. Ko'zchalari u yoq-bu yoqqa qaraydigan uy hayvonlarini o'zi bir-bir sanab chiqdi. Sevimli o'yinchiq ayiqchasini eslatadigan ayiqcha haqidagi kitobchani ham o'zicha "o'qib" chiqdi. Lekin qiziqishi keyingi kungacha yetib bormadi."O'qib bering" degan iltimosiga yo'q deya olmay kitoblarni rus tilida o'qidim. Qarasam o'zbekcha kitoblarni o'qiganimdek qiziqish yo'q. Ayiqcha haqidagi kitob nasr yo'lida, qolgani esa she'riy tarzda yozilgan edi. Nasriy kitobchani tarjima qilib o'zbek tilida aytib bersam, ko'zlari chaqnab, maza qilib eshitdi. Ora-orada: "Qani, rasmini ko'rsating" deb o'qilgan syujet bilan rasmlarni taqqoslab turdi.

O'g'lim uxlaganda qo'limga daftar-qalam oldim-da, qolgan kitobchalardagi she'rlarni ham birin-ketin qo'ldan kelgancha tarjima qildim. Ba'zi she'rlarda badiiy chekinish tarzida bolakayimning o'zini qahramon qildim. Menimcha yomon chiqmadi. she'rlarimning u yer-bu yeriga sayqal berib, birrov taxrirdan o'tkazdimu, kitoblarni olib ruscha she'rlarning ostiga o'zbekchasini yozib chiqdim. Mana bunday she'rlar hozil bo'ldi:

Yuk ko'tarar yuksakka

Bizning novcha paxlavon

Quruvchiga ko'makka

Kelar Ko'taruvchi kran.

***

Tirillab yurar traktor

Ham tekkislar, ham qazir

***

Raketada uchaman

Koinotni quchaman

Fazogir bo'lsam agar

Yangi yulduz ochaman.

***

Kuchukvoy poylar uyni

Ba'zan it deymiz uni

Xizmatda qishu-yozda

Jazirama, ayozda

Sodiq do'stdir insonga

O'xshar qo'rqmas posbonga.

Ertasi kuni to'polonchimga kitoblarini rus tilida emas, endi o'zbek tilida, she'riy qilib o'qib berdim. Oldingi safar o'qiganimdan ko'ra bu safar qiziqishi sezilarli darajada ortdi. Endi shu uch kitob uning eng yaxshi ko'rgan kitoblariga aylandi. Har kuni uxlashdan oldin ularni birgalikda o'qiymiz, She'rlarning anchasini yodlab ham oldi.

Men ko'pgina o'zbek onalari qatori eng kichik kitobxonlarga mos keladigan, o'zbek tilida, qalin, ko'zli, yumshoq, lattali, suv o'tkazmaydigan, rangba-rang, rivojlanishiga xizmat qiladigan turli xil kitobchalar paydo bo'lishini juda-juda istayman. Bunday kitoblarni yaqin kelajakda o'zimizning kitob rastalaridan xarid qilishimizga ishonaman. Negaki o'sha do'konga borgan kunimiz "Qushlar", "Xaritalar" deb nomlangan qalin, o'zbek, rus, ingliz tillarida yozilgan rasmli kichik kitobchalarni ko'rib, "ana, bo'larkanku," dedim. Demak kitobchilarimizning qo'lidan bunday kitoblar chiqarish keladi. Aminmanki, bunday kitoblarga talab ham anchayin katta. Lekin hozircha biz onalar qo'l qovushtirib o'tirsak, bolalarimizni kitob o'qish zavqidan to'sgan bo'lamiz.

Albatta bu maqolani o'qigan onalar ichida "men shoirmidim, yo tarjimonmidim" deydiganlar ham topiladi. Lekin o'ylab ko'rsangiz bunday kitoblar yagona nus'hada, faqat sizning farzandingiz uchun yozilgandak bo'ladi go'yo. Shu tufayligina bunday kitoblar uning uchun eng qadrli, eng betakror kitoblarga aylanadi. Ularning qadri yillar o'tgan sari oshsa oshadiki, hech kamaymaydi. Qolaversa bu sizning yashirinib yotgan ijod qirralaringizni ochsa ajab emas. Balki bu farzandingizning hali siz bilmagan qobiliyatlarini ochishga sabab bo'lar.

Hullas, biz yaqin kunlarda kitob javonimizni yana yangi kotoblar bilan to'ldirmoqchimiz. Siz-chi?

http://www.ayol.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=167&Itemid=57 (http://www.ayol.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=167&Itemid=57)
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 17 May 2008, 15:04:45
Энди, энг катта масала ҳақида озроқ тўхталиб ўтсак: умр йўлдош танлаш масаласига. Худо бандасига айтар экан: "Мен Сенинг қалбингдаман, Мен Сенинг олаётган нафасингман, ҳар доим Сенга йўл кўрсатиб тураман-у, лекин, Сен нафсингга, хаёлингга қулоқ соласан. Оқибатда Ñ‚Ñžғри йўлдан адашиб қоласан. Нафсингга, хаёлингга эмас, Менга-Қалбингга қулоқ сол!".

Қалбингиз сизга бир нимани айтаётган бўлса-ÑŽ, Сизнинг нафсингиз хаёлингизни бошқа жойларга учириб кетса. Йигитларимизга ҳам, қизларимизга ҳам шу нарсани тилардим. Ўртага ҳеч қачон нафс, хаёл тушмасин. Ҳамиша қалбингизга қулоқ тутинг. Қалбингиз ҳеч қачон алдамайди! Бунинг учун эса биз фарзандларимизга аввало маърифат нурини бера олишимиз керакки, бу нур уларни ҳамиша Ñ‚Ñžғри йўлдан бошласин. Биз бу дунёга меҳмонмиз. Биз бу дунёга шунчаки яшаш-чун келмаганмиз. Биз ваъда бериб келганмиз. Фақат уни унутганмиз холос. Биз қулфлоғлик қалбимизни очиш учун келганмиз. Тўй қилиш яхши нарса. Ҳаммага ҳам буюрсин. Лекин гўзал нарсага ҳунук нарсани аралаштирмайлик. Гўзаллигича қолсин. Ота-боболар урф-одатини бузмайлик, маънавиятимиз, маданиятимиз бўлиб қолсинки, фарзандларимиз ҳаётига маъно олиб кирсин. Илм-маърифат, зиёни устун деб билайликки, молпарастлик, риё, кибр, мақтанчоқлик бизни бошқа йўлга чорламасин. Бу дунёга меҳмон эканмиз, меҳмон бўлишлик одобини сақлайлик. "Икки минг йиллик йўл" устида ҳеч қаёққа оғишмай юриш ҳаммамизга насиб этсин!

Юлдузхон Амиржонова   Manba (http://oilavajamiyat.uz/cgi-bin/main.cgi?lan=u&raz=7&pg=1&id=409)
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 30 May 2008, 18:08:31
                                                       ÐžÐ›ҚИШ ОЛМА, ДУО ОЛ

Халқимизда кексаларни қадрлашдек ажойиб бир хислат бор. Бу хислат асрлар оша авлоддан-авлодга ўтиб келаяпти. "Кексаларни этсанг иззату ҳурмат, сени ҳам кексайгач, этишар иззат", дейди XII-XIII асрнинг мутасаввиф шоирларидан бири Фаридиддин Аттор. Бу улуғ зотнинг панд-насиҳатларидан Алишер Навоий ҳам баҳраманд бўлган. Носир Хисрав эса: "Тутгил қариларнинг қалтироқ қўлин, қаригач, билурсан қарилик йўлин", дейди. Ҳар қандай инсон учун, аввало, ота-онадан азиз кимса йўқ. Фарзанд ота-онасини рози қилмаса, бу дунёда бахтини топмас, охиратда жаннатга кирмас экан.

Ҳар куни тонг саҳар деразамдан ташқарига тикилиб ўтириб, чуқур ўйга толаман: негадир нуқул қалтироқ қўлларида ит етаклаган қариялар - чоллар ва кампирлар ўтади. Уларнинг орасида оз бўлса-да, ўзимизнинг миллатга мансуб кексалар ҳам бор. Қанийди, шу қалтироқ қўллар фақат невара, чевара ва эвараларни етакласа! Уларнинг фарзандларига бир улуғ шоирнинг қуйидаги насиҳатини эслатгим келади: "Ёшлик, телбаликни чиқар бошингдан, ота-онанг хизматида бўлғил ёшингдан".

Гап қарияларга фарзандлар, қариндош-уруғлар, қўни-қўшнилар, маҳалладошлар, таниш ва нотаниш одамларнинг эътибори ҳақида бораяпти. Биз кексалар, ногиронлар ва ёлғиз инсонларга ҳукумат даражасида эътибор берилаётганини яхши биламиз. Бутун бир йил мамлакатимизда қарияларни қадрлаш йили деб ҳам эълон қилинди. Ундан кейин ҳам қарияларга эътибор ҳамиша диққат-эътиборда бўлиб келаяпти. Бироқ, биз кексаларни ҳурмат қилиш, эъзозлаш ва қадрлашга даҳлдор миллий ва маънавий қадриятларимиз ҳақида мулоҳаза юритмоқчимиз.

Хўш, ҳозир бу қадриятларга қай даражада амал қилаяпмиз?! Одатда, тўй-маросимлар ва турли маъракаларда қарияларга алоҳида жой тайёрланади. Уларнинг ўзлари ҳам ёш-яланглар ичида ўтиришни хоҳлашмайди. Биздан тортиниб-ийманиб ўтиришмасин, деб истиҳола қилишади. Умуман, катталарга иззат-ҳурмат кўрсатиб, уларнинг дуосини олиш қандай яхши. Ҳозир ҳам кўп жойларда, асосан маҳаллаларда шунга амал қилинаяпти.

Бироқ, баъзи жойларда бошқача манзара кузатилмоқда. Яъни, турли маърака-маросимларда қарияларга эмас, бойлар ва мансабдорларга алоҳида жой тайёрланаяпти. Гўё ёшнинг улуғлиги, қадамнинг сустлиги ва қўлнинг қалтироқлиги иззат-икром учун асос бўлмай қолгандай. Айниқса, бундай ҳолат ном қозониб, олқиш олиш учун катта-катта ресторан ва кафеларда ўтказилаётган маърака-маросимларда яққол кўзга ташланиб қолмоқда. Бойми ёки камбағалми, мансабдорми ёки оддий ходимми, азиз инсонга муносабат бир хил бўлиши керак. Фақат ёши улуғ, ногирон, меҳрга муҳтож инсонларга савоб учун алоҳида иззат-икром кўрсатилади.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 30 May 2008, 18:09:52
Афсуски, бойлар билан камбағаллар ўртасидаги фарқ ҳамда одамларни маърака-маросимлардаги табақалаштириш, умуман, кибр-ҳаво ўлган одамларга нисбатан муносабатда ҳам намоён бўлмоқда. Қабристонларда бўлганда эътибор бергандирсиз, ўлган бойнинг қабри бошқаларнинг қабридан ажралиб туради. Тириклигида ўзини эътиқодлиман, деб юрган одамнинг қабри музейдек безатилганига нима дейсиз? Кибр-ҳаво эътиқодга Ñ‘Ñ‚. Айниқса, ўлган одамга нисбатан. Тирик пайтида ўзига кошона қабр қурдириб қўяётган "мусулмон"лар-чи? Ёнидаги қўшниси эса ўн-ўн беш киши чақириб, ўлган отаси ёки онасининг маъракасини ўтказа олмай гаранг. Наҳотки, бу дунёда эришган бойлиги охиратда ҳам асқотади, деб ўйлайдиганлар бўлса? Ўлганларидан кейин ўша кошона қабр эгаларига насиб этмаган ҳолатлар ҳаётда учраб турибди. Умуман, тирикларни табақалаштиришдан ташқари ўлганларни ҳам табақалаштирадиганларни мусулмон деб бўладими? Эҳтимол бойликка ҳирс қўйиб, унга орқа қилаётганлар бу дунёдаги шайтонлар каби у дунёда ҳам фаришталарни сотиб олиш мумкин, деб ўйлашар... Юртбошимиз ўтган йил феврал ойида Вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маърузасида таъкидлаб ўтганидек, жамиятимизда ўта бойлар ҳам, ўта камбағаллар ҳам бўлмаслиги керак. Албатта, бойликка ҳеч ким қарши эмас. Халқимиз Ñ‚Ñžқ-бадавлат, тўкин-сочинликда яшагани яхши. Бироқ, бойлик одамларни табақалашга, жамиятда тенгсизликка, биров бошқа бировга қарам бўлишига, ҳамда ҳамжиҳатлик, бирлик ва аҳилликка раҳна солишга хизмат қилмаслиги керак. Шунинг учун бойларга саҳоват ярашади. Саҳоватдан олинадиган савоб иш бу дунёда ҳам, у дунёда ҳам асқотади. Бойларнинг саҳоватига, меҳÑ€-мурувватига, ёрдамига муҳтож одамлар ҳамма жойда бор. Хоҳ шаҳарда, хоҳ қишлоқда бўлсин, биз билан ёнма-ён яшайдиган жуда кексайиб қолган қариялар ҳамда ногирон, дардманд, оз бўлса-да, ёрдамга муҳтож, бир оғиз ширин сўзга муштоқ одамлар бор. МеҳÑ€-мурувват кўрсатсак, ширин сўзимиз билан уларнинг дил қулфини оча олсак, катта савоб иш қилган бўламиз. Умар Хайём айтганидек:

Бир ғариб кўнглини қила олсанг шод,

Яхшидир ер юзин қилгандан обод.

Лутфинг-ла бир дилни қул қила олсанг,

Афзалдир юз қулни қилмоқдан озод. Демак, биз кўплаб одам чақириб, тўй-маросим ва маъракаларимизни овоза этишдан, одамларни олий, ўрта ва кичик табақаларга бўлиш билан жамиятдаги ўз ўрнимиз ва мавқеимизни бошқаларга кўз-кўз қилишдан, тирик пайтда ўзимизга музей-мақбаралар қурдириб гуноҳга ботишдан, бойлигимизни ҳаром-хариш ишларга сарфлаб давру даврон суришдан кўра ғариб кўнгилларни шод қилганимиз афзал экан. Қачонки, биз олқишдан дуонинг афзаллигини англаб етсак, савоб ишларга қўл урамиз. Аввало, ота-оналар, кексалар, бева-бечора ва етим-есирлар, ёрдамга муҳтож, ҳалол-пок ва диёнатли инсонлар дуоси ижобат бўлишини унутмайлик.

Олқиш эмас, дуо олайлик, азизлар!   Manba (http://oilavajamiyat.uz/cgi-bin/main.cgi?lan=u&raz=7&pg=1&id=476//Manba)
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 21 Iyun 2008, 01:17:16
Йўл бўлсин кизлар?

Хотин-кизларимизнинг бугунги юриш-туришларини кўриб шундай дегим келади: йўл бўлсин, кайси томонга караб кетяпсиз? Негаки, чекиш кусур эмас, хуснга, ичиш айб эмас, безакка айланиб бораётгандек. Аслида хар бир окибатнинг ўзига яраша сабаблари бўлади. Лекин назокат ахлининг бу каби иллатларга ружу кўйишаётган дурустрок сабаб ахтариб топиш мушкул.
Якинда бир дўстим изнинг ишхонасида сухбатлашиб турганимизда хонага хамкасабаларидан бири кириб келди. У сумкасидан бир кути сигарета чикариб, тортмасига ташларкан, атрофдагиларнинг изох кутаётганини сезгандек кўшиб кўйди: "Ойимларникига кетаётгандим, сумкамни ковлаганимда кўриниб колмасин, деяпман". - Чеккингиз келмасаям, ўзингизни мажбурлайсиз-а? - гап ташлаган бўлди дўстимиз. - Йўк, ўрганиб колганман. Энди бизани "круг" да чакмасаям бўлмайдиде.
Бу аёл кўринишидан ёши кирк бешларнинг устида.
Тахминимиз тўгри чикди. Дўстимизнинг айтишича, икки фарзанди хам оила кургудек экан. Энди ўзингиз бир ўйлаб кўринг, "нуфузли" доирасида викор учун тамаки чекаётган аёл фарзандига буни таъкиклармикин? Ёки! онасининг сигарета буруксатишини кўраверган ўгил - киз ундан "ранг" олмайдими? Энг ёмони, баъзи ёшлар! онгида оммадан ажралиб туриш учун чекиш керак экан, деган тасаввур уйгониб бўлган. Шу боис, бугунги ўспиринларнинг орасида лабига сигарета кистирмайдиганларини топиш мушкул. Уларнинг ичида киз болаларнинп кўпайиб бораётгани эса келажагини хар кандай кишини ташвишга солиб кўймайди. Хар холда соглом онадан соглом фарзанд тугилажагини хеч ким инкор этмаса керак.
Аммо шу даражага етдикки, айрим замонавий хонимчалар бу каби иллатлардан нари ўтаётганларни калака килишаяпти хам. Ўйлаб коласан, аслида кимнинг ахволи кулгига лойик? Кизлик латофатини улоктираётганларнингми ёки...

"Эркаклаб кетишибди"

- Уятдан ўлиб бўлдим, - дейди кашкадарёлик Курбоной момо лабини тишлаганча, - болам томошалаб келасиз, деб кўярда - кўймай судраб келганди. Томошаси курсин, замон - замон бўлиб бунакасини кўрмагандим. Тавба, бўйнинг сингур кизлар эркаклаб кетишганми, "дейман... Ўгил билан! кизни фарклолмайсан. Бегонани кўйинг, жувонмарг неварамни айтмайсизми. Нима эмиш, агар бундай кий-инмаса, дугоналари кулармиш. Кистовимдан сўнг эпакага кела колди.
Рости, бугун Кумушбибини излаб кўзлар толди. Отабекни кўмсаганлар-чи?
Курбоной момонинг таъбири билан айтганда, кизлар эркаклаб кетишган, йигитлар эса нозиклашиб. Бу гап исботнинг хожати бўлмаса керак. Негаки, сочини йигитларнинг шимига "бартер" килган сахий кизларимиз энди зиракларини хам уларга инъом этишган кўринади. Шу боисми, кейинги пайтларда йигитлар орасида янги киёфа - реппэрлар сафи кенгайиб бораяпти. Кизларнику асти кўяверинг. Ёкавайронлиги етмагандек, энди корнини очиб, киндикларини кўз - кўз килишга ўтишган. Кўча - кўйда бундай тоифадаги ўзбек йигит - кизларини кўрганда хайрон бўламан. Нахот уларни назорат киладиган ота - онаси бўлмаса? Ахир улар хам осмондан тушиб колмаган. Кимнингдир кизи, синглиси, борингки, кўни - кўшниси. Ёки бир бола тарбиясига етти махалла масъуллиги ўтмишга айландими?
Бунинг сабабини ёшларнинг ўзлари замон билан боглашади. Уларнинг фикрича, давр билан хамнафас бўлиш керак. Тўгри, цивилизация кайсидир маънода миллийликни емириши хакикат. Аммо бу кўр - кўрона таклид, аллакимлардан андоза олиш, дегани эмасда. Эхтимол, бунда телевидениенинг "ёрдами" катта бўлаётгандир. Чунки менталитетимиздан анчайин йирок бўлган телесериаллару, ажнабий клипларни суяги котмаган болаларимиз "мирикиб" томоша килишмокда. Улар майликуя, эстрадамизга сукилиб кираётган баъзи кўшикчиларнинг клипларини айтмайсизми. Ундаги айрим сахналарни кўрган илон пўст ташлайди. Хохлаймизми - йўкми, бу ёшларга ўзгача дунёни таргиб килаётир. Окибат кизларимиз дагаллашиб, йигитларимиз майинлашиб кетмокда.
Дехкончиликдан бохабар киши яхши билади. Полиз - сабзавот экинларининг эркаклаб кетганлари юлиб ташланиб тозаланади. Аммо юкоридаги холатда-чи?

Ишкибозликми ёки...

Халкимиз санъатсевар. Бу кўп бор айтилган. Доимо санъат ахлининг иззат - хурматини жойига кўйиб келишгани хам бор гап. Хакикий санъатни кадрлаши эса айни хакикат. Неажаб-ки, ана шундай нозик дидли халкимиз андишапик килибми ёхуд ноиложликданми, ишкилиб миллий эстрамиз кушандаси бўлган хонандаларни кўллаб – кувватлашаяпти. Хатто спорт майдонларини томошабинга тўлдириб уларнинг концертларини уюштираяпти хам. Ана шундай тадбирлардан бири якинда Хива туманида бўлди. Эхтимол, ўзбекларнинг Майкл Жексони деб ном олган бу хонанданинг фалон пуллик дастуридан кимлардир манфаатдордир. Майли, бу бошка масала. Биз мулохаза килмокчи бўлганимиз...
Хонанда тушмагур стадионнинг у бошидан бу бошига югуриб муком килганиданми ёки унинг кўшикларига ерликлар шунчалик чанкокми, томо-шабинлар бирпасда жонланди - колди. Тўгрироги, жунбушга келди. Дастлаб кўшилиб хиргойи килган кизларнинг кайсисидир дастхат олиш учун ўзини отган. Бирга суратга тушолмаган киз(лар)нинг йигисигиси. Хуллас, назоратчиларни уриб - йикитгудек талваса. Ажабланарлиси, уларнинг орасида бир рўзгорнинг боши бўлган ёши катта аёллар хам бор...
Ўйлаб коласан, кизларимиз качондан бошлаб уятни кўйиб, ўзини санъаткорнинг оёгига отяпти? Андишасисини йигиштириб, ўртага чикиб хонандани ўпяпти? Нега эрта - индин бир оилани эплайдиган кизларимиз жамоат жойида аюханнос солаяпти? Кизларимиздаги ўзбекона ибо, хаё каерда колди?
Орамизда буни ишкибозлик, мухлисликка йўювчилар хам топилар Аммо ишкибозлик бу нарсалар билан белгиланмайди - да! Катталарнинг айтишича, Комилжон Отаниёзов, Олмахон Хайитова, Отажон Худойшукуровларни тинглаб, сел бўлганлар хам ўрнидан сакраб кетмаган. Хотин - кизларимиз даврага югуриб хам чикишмаган. Ана шундай забардаст санъаткорлар юрти - Хоразм ёшлари бугун кимни олкишламокда? Ёки шунчалик эстетик савиямиз пасайиб бўлдими? Майли, санъаткорнинг "ялангоч" яллолари ўзининг савиясига хавола. Лекин качонгача назоратчиларнинг куршовида тадбирларни ўтказамиз? Бунга ким айбдор аслида?...

Саид РАХМОНОВ  Manba (http://uzigabek.clan.su/news/2007-08-20-955//Manba)

Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 21 Iyun 2008, 03:53:19
                      ZIYORAT ...MOLU DAVLAT ZIYODALIGINI SO‘RASH UCHUNMI?
   Muqaddas qadamjoga kelgan ziyoratchilarning orasida molu dunyosiga baraka so‘raydiganlar ham yo‘q emas! ...Ta’til kunlarida ko‘hna Samarqand shahri yaqinida joylashgan Imom al-Buxoriy ziyoratgohiga bordik. Ma’lumki, XVI asrda bunyod etilgan bu me’moriy yodgorlik buyuk ajdodlarimizdan biri sanalgan Imom al-Buxoriyning 1225 yillik yubileyi munosabati bilan Mustaqillik davrida, ya’ni 1998 yilda qayta qurilgan va obod qiyofaga kirgan. Bugun ziyoratgoh yurtimizning barcha hududlaridan, shuningdek, dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan minglab ziyoratchilar, sayyohlar bilan gavjum. 
Ziyorat chog‘ida uchratganim bir hol meni o‘yga toldirdi. Ziyoratgohga kelgan bir guruh ayollar Imom al-Buxoriy qabri ustida qurilgan maqbara yoniga kelib, marmar toshni tavof qila boshlashdi. Ularning nelarnidir pichirlashib, marmar toshni yuz-ko‘zlariga surtishlari boshqa ziyoratchilarning e’tiborini tortdi, albatta. Bizga alloma hayoti haqida so‘zlab turgan ziyoratgoh xizmatchisi o‘sha ayollarga yuzlandi: — Onajonlar, nima qilayapsiz? Nega toshlarni yuz-ko‘zingizga surtasiz?! — Uzoq yo‘l bosib keldik, shu yerga ko‘milgan aziz avliyo ruhidan niyatlarimiz ushalishini so‘rayapmiz-da, — dedi ayollardan biri. Marmar toshni tavof qilayotgan boshqa ayollar yuqoridagi savol-javobga parvo ham qilmay, tilaklarini bayon qilishda davom etishdi. Ziyoratgoh xizmatchisi ularga yaqinlashib, yana bosiqlik bilan tushuntirdi: — Niyat qilinglar, lekin bu devoru toshlarni ko‘zga surtib emas... Ayollar o‘z bilganlaridan qolishmadi, marmar devorni obdon silab-siypab, besh-o‘n daqiqa pirchirlagancha o‘tirishdi. Yuqoridagi suhbat davomida men ham ayollarga yaqinlashib qolibman, ularning biri aytayotgan niyatlar beixtiyor qulog‘imga chalindi: “...o‘g‘ilginamning topgan-tutganiga baraka kirsin, molu davlatini ziyoda qil... qizginamning ro‘zg‘ori but bo‘lsin...” Ana xolos! Axir bu so‘zlar moddiy ne’matlardan umidvorlik ifodasi-ku! Bu yerga ziyorat maqsadida kelgan kishi buyuk hadisshunos olim ruhiga tilovat bag‘ishlab, avvalo o‘zi va yaqinlari uchun yolg‘iz Allohdan imon butligi, mag‘firat so‘rashi joiz emasmi? Shu kabi “duogo‘ylar”ni Bahouddin Naqshband ziyoratgohida ham ko‘rgandik. Odamlar uch asrga guvoh azim daraxt atrofida ko‘z yosh to‘kkancha tavallolar qilardilar. To‘g‘ri, muqaddas qadamjolarda yerdagi giyoh ham musbat, ya’ni ijobiy quvvatga to‘yingan bo‘lishini, shu tufayli ziyorat qilgach, kishi o‘zini ruhan yengil, ko‘tarinki his qilishini mutaxassis olimlar ilmiy jihatdan asoslab berganlar. Ammo nega endi ilohiy qudratni yog‘ochu toshlardan kutamiz? Ziyoratgohlar allomayu solih o‘tgan ajdodlarimizni yod etib, ruhlariga duoi mag‘firat bag‘ishlanadigan, o‘tkinchi dunyo tashvishlarini bir zumga bo‘lsa ham unutib, qalbimiz, ruhiyatimizga orom, ozuqa beradigan maskanlar emasmi? Ba’zan qulog‘imizga “falonchi falon joyga ziyoratga borib, kasali tuzalibdi...”, degan gaplar chalinadi. Qarabsizki, ziyoratga otlangan kishining xayolida ming xil o‘y-xayol... To‘g‘ri, “Ixlos — xalos” degan naql bor xalqimizda. Bundan tashqari, ko‘pgina muqaddas qadamjolar atrofidagi tuproq, suv ayrim dardlarni davolash xususiyatiga ham egaligi rost. Lekin, nega ayrim kishilar bu muqaddas qadamjolarga botiniy dunyo tashvishlarini, moddiy manfaatlar unumini ko‘zlab boradilar? Nega bu ziyoratgohlarni faqat dardimizga shifo istab yoki muammolar yechimini izlab yodga olamiz!? Nega biz orzu-umidlarimizni Shohizinda majmuidagi zinalar soni yoki Xiva shahridagi Pahlavon Mahmud maqbarasi hovuziga tashlangan chelakning suvga to‘lib yo to‘lmay ko‘tarilishiga bog‘laymiz? Balki bu aqli shuurimiz hali ojiz bo‘lgan sinoatdir, balki shunday irim-sirimlar, rivoyatlar haqiqatga yaqindir. Ammo hayotimizdagi muayyan voqea-hodisalarni ularga bog‘lash, faqat shunday o‘y bilan hayot kechirish to‘g‘rimikan? Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi ziyoratidan qaytar ekanman, majmua yonida buyuk hadisshunosning hayoti va ezgu amallari haqida hikoya qiluvchi kitobchalarning bir nechtasini qo‘lida tutgan ayollarni uchratdim. Ularning biri ikkinchisiga “Bolalar o‘qishar, deb oldim. Shunaqa kitoblarni ham o‘qitib turish kerak ularga, bildingizmi...” deya nasihat ohangida so‘zladi. Xo‘sh, ularning o‘zlari-chi? O‘zlari ham o‘qisharmikan bu kitoblarni? “Albatta, o‘qishadi! Axir ma’naviy ozuqa, imon darsi kattayu kichikka birdek kerak-ku!” degan o‘y keldi xayolimga. Bu o‘yni muqaddas ziyoratgohda qilingan yaxshi niyat deb hisoblasa ham bo‘ladi, menimcha...    Manba (http://www.mahalla.uz/uzbl/munozara_va_munosabat/ziyorat_molu_davlat_ziyodaligini_sorash_uchunmi.mgr//Manba)
 
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 28 Iyun 2008, 16:22:29
                                         Ð­Ð—ГУЛИК КУШАНДАСИ

Бир неча кун олдин қўл телефонимга келган хабарни Ñžқиб, ғалати аҳволга тушиб қолдим. Нима деб ўйлашни, вазиятни қандай баҳолашни билолмай карахт эдим. Аввал инглиз сўнг ўзбек тилида юборилган хабар қуйидагича эди: “Ҳаёт бу синов, Ислом энг мақбул, намоз бу суннат, сараловчи охират. Дунё ғубордек, гар Қуръон қалбда бўлса, муаммо йўқдек. Аллоҳ ягона десанг, омад ўзи келади. Ушбу калимани саккиз кишига юборсангиз, йигирма тўрт соат ичида учта ниятингиз ижобат бўлади. Юз фоиз кафолат. Ўчириб ташламанг!”

 Ð­Ñ€Ñ‚аси кун дугуналарим ҳғам айнан шундай хабар олишганини эшитдим. Улардан кимдир буни турли инсонларга юборишга шошилар, яна кимдир тилаги амалга ошмаганидан афсусланиб, “меҳнат”ига ачинарди. “Қизлар, наҳотки шунақа гапларга ишониб, ортидан эргашсангиз?”, десам, “Бу оддий ўйин-ку!”, - дейишди, эътирозимдан норози оҳангда. Улардан хафа бўлиш ҳам ноўрин. Ёшлар-ниҳол. Юборилган сатларнинг мазмунига ўзлари тушуниб етмай, уни бошқаларга тарқатишаяпти. Буни ўйин ўйнаяпман, деб билишмоқда. Ҳа, ўйин. Даҳшатли ўйин. Фақат уни оддий ёшлар эмас, ёвуз ниятли ғаламис кимсалар ўйнашаяпти. Бировни яхшиликка даъват этиш – хайрли иш. Ҳадиси шарифларда ҳам “Бир мусулмон ўз биродарига уни Ñ‚Ñžғри йўл топишига ёки ёмонликдан қайтишига сабаб бўладиган фойдали сўздан ортиқ ҳадя бера олмас”, - дейилган. Лекин ÑŽқоридаги сўзлар яхшиликка чорлай оладими?

Сатрлар эгаси бу орқали динимиз таълимотидан нечоғлик узоқлигини кўрсатиб турибди: “Намоз бу суннат”. Ахир намоз суннат эмас, фарз амал-ку! “Гар Қуръон қалбда бўлса, муаммо йўқдек”. Қуръон илоҳий китоб. Аммо уни муаммоларимиздан ҳоли бўлиш мақсадида эъзозламаймиз. “Аллоҳ ягона, десанг, омад ўзи келади”. Аллоҳдан ўзга илоҳ йўқ, дейиш мусулмон киши учун жаннат эшикларини очувчи калит эканлигини дииний китобларда Ñžқигандим. Бироқ бу сўзни омад умидида бўлиб эмас, юрагимиздан айтишимиз керак. Ҳамма нарса Аллоҳнинг инон-ихтиёрида. Бир дақиқа сўнг нима бўлиши ҳам Аллоҳдан ўзгага аён эмас. Аммо ÑŽқоридаги хабарни жўнатаётганлар аниқ вақтни белгилаб, ўша пайтда учта тилагимиз ижобат бўлишини башорат қилмоқдалар. Аллоҳнинг иродаси ҳақида фикр юритмай, бунга юз фоиз кафолат ҳам бермоқдалар. Ундан ташқари, бу ҳаракат замирида инсонлар орасида динимизда қораланган амал – фолбинлик юзага келмоқда. Чин мўмин тилагини Аллоҳдан илтижо қилиб сўрамайдими? Бир файласуф мантиқсиз асарлар ҳақида сўз юритиб, “Истеъдодсизликни истеъдод сифатида қабул қилган адабиёт Ñžқувчини адабиётидан бездиради. Адабиётнинг кушандаси адабиётдир”, деган экан. Бу фақат адабиётгагина эмас, барча соҳаларга таалуқли. Ўзини яхшиликка даъват қилаётгандек кўрсатиб, ёвуз мақсадларини амалга оширишга ҳаракат қилаётган кимсалар эса аслида эзгулик кушандасидир. Уларнинг бундай найрангларидан огоҳ бўлайлик. http://www.muslima.uz/node/349

Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 18 Iyul 2008, 13:46:26
БИР ЎЙЛАБ КЎРАЙЛИК!

Ушбу мақола муаллифининг маъракаларимизни тўйга ўхшатиб ўтказилаётганлигини кўриб, ачинганида жон бор. Ўзим яшайдиган туманда марҳумлар учун ўтказилаётган маъракаларга бориб, ундаги исрофгарчиликни кўриб, қаттиқ куюнаман. Маъракага келган ёши улуғлардан бирига:

- Бунча дастурхонни тўкин-сочин қилишибди. Марҳумнинг эгаларига оғирлик қилмайдими? Ўлим маъракасида кимнинг ҳам томоғидан таом ўтарди, - десам:

- Ҳа, энди элдан чиқиб бўлмайди-да, эл нима қилса, булар ҳам шуни қилишган, - деган жавобни олдим.

Эл ҳам, элат ҳам ўзимиз-да. Маърака ўтказиш керак бўлган хонадон эгаси ўзи яшаётган маҳалла оқсоқоли, кексалари масжиднинг мулла, домлалари билан маслаҳат қилади. Баъзи вақтларда маҳалла оқсоқоли маъракага кетадиган маҳсулот рўйхатини ҳам тузиб беради. Маърака эгаси "эл-элати" ёзиб берган маҳсулотни олиб дастурхон безайди. Харажатининг оғирлигидан "бели синар" даражага келса ҳам дастурхонни кам қилмаслиги керак. Нима унинг отаси ёки онасини "мушук олиб кетдими", элати қилган ишни қилмайди?

Маҳалламизда бир маърака, яъни бир отахоннинг вафотларига қирқ кунлиги маъракаси ўтказилди. Маъракага Ñžғлим ҳам борган экан.

- Она, нимагадир шундай маъракаларга боргим келмай қолди, - деди.

- Нимага, Ñžғлим. Тўйга борилмаса ҳам маъракаларга бориш керак. Ахир отахон ўз маҳалламиздан-ку? - дедим.

- Қирқдан чиқиб келаётсам бир идоранинг беш-олти хизматчиси маърака ўтказилаётган дарвозадан тўрт қадам ҳам нарига бормасдан: "Дастурхон зўр экан-у, яримта бўлмади-да", деб хо-холашиб кулиб кетишаяпти, - деди.

Мана, маъракага бориб, "гап-сўз" қилаётган "эл-элатимиз" ҳам шулар-да. Бугунги кунларда таъзия маросимлари тўйлардан асло қолишмаяпти. Бу зиёфатларни баъзилар садақа ёки савоб деб тушунишса керак. Ислом кўрсатмасида жаноза куни, учинчи кун, етти, йигирма, қирқ, йил, деб аталган маросимларда таом пишириш нотўғри дейилган. Ушбу кунларда сўйилган мол ва пиширилган таомлар садақа ҳисобланмайди. Ҳар бир иш шариат кўрсатмасига мувофиқ бўлсагина Аллоҳ даргоҳида қабул бўлади. Савоби тегади. Яхши кўриниш, шу маъракалар орқали обрў орттириш учун бўлса, албатта, бу бидъатдир. Мол сўйиб, зиёрат қилиш, шодлик кунида бўлади. Майит кетидан қўй-мол сўйиш ислом динида йўқ, деб бежиз айтилмаган. Маърака ўтказилаётган хонадонга марҳум ҳақига дуо-фотиҳа қилиш учун келган масжидимиз пешволари уй эгасига, маҳалла аҳлига шулар ҳақида тушунча бериб борсалар, исрофгарчиликлар Ñ‘Ñ‚ одатлар эканлигини айтсалар яхши бўларди.

- Фалонча отасининг қирқига зиғир ва қўй мойига девзира гуручдан ош дамлатди!

- Фалончи отаси марҳум бўлганлигининг ўн беш йиллигига ош берди. Дастурхонда турли-туман ичимликлар бор экан. Мен фақат конъяк ичдим.

Мана шундай дабдабали маъракаларни ўтказаётган ҳозирги бойлар шу йўл билан "садақа" қилдим, савоб олдим дейиш ўрнига ўзлари кириб-чиқиб юрадиган йўлларни текислаб, болалари ва ўзининг лой, чанг кўчалардан юрмасликлари иложини қилсалар тузук бўларди. Йўлда ётган тиканни олиб, четга ташласанг ҳам садақа, дейилган Ҳадисда.

Адолат РаҲимова,

Қашқадарё вилояти,

Қарши тумани.  Manba (http://www.oilavajamiyat.uz/cgi-bin/main.cgi?lan=u&raz=0&nom=32&id=507)
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 12:51:46
Umr shunday kechadi.

   Bir guruh ulfatlar tijorat maqsadida chet elga borishdi. Sayyohlari ko’p shaharning sakson qavatli mehmonxonasida yetmish beshinchi qavatga joylashishdi. Chunki bundan pastda joy yo’q edi. Yuqorida havo tozaligi, shaharni tomosha qilish qulayligini o’ylab, shu qavatda qolishga rozi bo’lishdi. “Ammo, - deya ogohlantirdi mehmonxona xodimi ularni, - shuni eslatib qo’yishim lozimki, ichki tartib qoidamizga ko’ra, kech soat o’n birdan ertalabki yettigacha lift ishlamaydi. Shuning uchun soat o’n birgacha xonangizga chiqib olishni unutmang”.
 
   Ulfatlar birinchi va ikkinchi kunlari aytilgan vatqgacha ishlarini tugatib, xonalariga ko’tarilib olishdi. Ammo uchinchi kuni ko’ngilochar bazmda uzoqroq qolib ketishdi. Mehmonxonaga qaytishganida, soat o’n birdan o’n daqiqa o’tgan edi. Xizmatchilardan iltimos qilishdi, foydasi bo’lmadi. Chunki lift avtomatik ravishda o’char ekan. Pastda qolishning ham iloji yo’q, yetmish beshinchi qavatga piyoda chiqish esa, azob. Shunda bittasi: “Kelinglar, sekin suhbatlashib chiqib ketaveramiz. Avvalgi yigirma besh qavatda latifa aytamiz, hazil-huzul qilamiz. Keyingi yigirma besh qavatda hayotiy hikoyalardan suhybatlashamiz. Oxirgi yigirma besh qavatda esa, qo’rqicnchli voqealardan gaplashamiz. Qarabsizlarki, xonamizga yetib olganimizni bilmay qolamiz” dedi. Bu gap hammalaraiga ma’qul keldi. Qolaversa, ularning boshqa iloji ham yo’q edi. Shunday qilib, yengilroq bo’lish uchun ko’zlariga arzimas va arzon ko’ringan narsalarni pastda – mehmonxona eshik og’asida qoldirishib, yuqoriga o’rlashdi.

  Darhaqiqat, qiziq-qiziq hangomalar bilan dastlabki yigirma besh qavat ancha tez bosib o’tildi. Keyin jiddiy voqealarning, mardlik qissalarining gali keldi. Ulfatlar ikkinchi bosqichni ham amallab ortda qoldirishdi. So’nggi yigirma besh qavatni fojea va g’am-g’ussaga to’la hikoyalar, yurakni ezadigan alam, musibat, xiyonat, kasallik haqidagi qissalarni aytib, ming mashaqqat bilan bosib o’tishdi. Nihoyat, sillalari qurib, hansirab, tillari og’izlaridan osilib, eshiklari oldiga yetib kelishdi. Shunda ulardan biri o’sha kunning eng musibatli qissasini aytdi: “Kalit pastda qolib ketibdi!”

   Aziz o’quvchi, yuqorida yozganlarimiz bir majoziy hikoya edi. Insonning hayoti mazkur ulfatlarning safariga o’xshab ketadi, shunday emasmi? Kishi yoshlik davrini o’yin-kulgi, yengil-yelpilik bilan o’tkazadi. Hayotning nima ekanini anglab ulgurmay, 20-25 yoshni “urib” qo’yadi. Keyin hayot tashvishlari boshlanadi, ish deydi, bola-chaqa deydi. 50-55 yoshgacha tiriklik orzu-havasi bilan yashaydi. Undan u yog’iga jismi zaiflashadi, kuch-quvvati ketadi, tashvishlar esa, yanada ortadi, kasalliklar qiynaydi. Xullas, tashvish-mashaqqatlar so’nggida oxiratga yo’l oladi. O’shanda bir savol tug’iladi, xo’sh ro’para keladigani jannat eshigining kalitini o’zi bilan olib ketdimi yoki “past”da g’aflat-la unutib qoldirdimi?  "Hilol" taqvimi, III chorak
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 31 Avgust 2008, 16:04:41
                                                                    АЙБ КИМДА?

Кўчага чиқсангиз кўзингиз тўп-тўп ёш йигит-қизларга тушади. Ёшларимизнинг бўй-бастини кўриб бир қувонсангиз, улар эгнига илиб олган (агар кийим деб аташ жоиз бўлса) кийимини кўриб, этингиз жунжикади.

Мактаб яқинлашаётганлиги учун ҳамма ота-она боламга форма, сумка, китоб-дафтар олсам, дейди. ÐŽғил-қизларини етаклаб, бозору дўконларни айланиб ўзларига Ñ‘ққанини кийдириб, олиб бераётган пайт. Мен ҳам бозорга тушиб, қизимнинг оёғига туфли излаётган эдим. Шунда бир она-боланинг тортишаётганининг гувоҳи бўлдим. Қиз 14-15 ёш атрофида экан. Битта кофта-юбкани ушлаб олиб онасига "Шуни олиб берасиз, агар олиб бермасангиз мактабингизга бормайман!",-деб оёқ тираб олганди. Қиз айтган буюмни кўриб ҳайрон қолдим, кофта деганининг умуман енги йўқ, орқа-олди Ñ‘қалари ҳам очиқ, юбка худди қайчи билан тиззанинг тепасигача қиймалагандай бўлак-бўлак, яна торлигини айтмайсизми? Онасига ҳам Ñ‘қмади шекилли: "Бунинг нимасини оласан? Олдинг ҳам дейлик, мактабингга қандай киясан? Отанг кўрса, Ñ‘қиб юборади, ÑŽÑ€ бошқа тузукроғини оламиз", - деди. Қизи йиғламсирай бошлади: "Шуни оламиз, ҳозир синфдош қизларимиз шунақа кийишяпти. Ҳамма кийяпти-ку, бошқасини кийсам устимдан кулишади". Онаси бир қизига—бир кийимга қаради-да, "Э, бор-э", деб нари кетди. Мен улардан узоқлашар эканман, битта савол хаёлимда айланаверди: "Лобар қизлар сизга нима бўлди? Очиқ кийиш модами? Агар мода бўлса унда шарм-ҳаё, жозиба қаерда қолди? Айб модадами? Ё ёшларимиздами? Ёки фарзандларини очиқ-сочиқ кийинишига қўйиб қўйган биз—ота-оналардами?"...   www.oilavajamiyat.uz

Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 17 Sentyabr 2008, 16:18:50
MO‘TABAR HAQIQAT


...Negadir bugun ko‘nglim toza havoni istab qoldi. Qaysi tepalikda yurganimni ham o‘ylagim kelmaydi. Oyoq osti to‘la lolaqizg‘aldoq... Tavba, kuzda ham-a?! Nega hech zog‘ yo‘q? Yerning yumshoqligini qarang. Bizning qishloqda bunday joy yo‘q edi-ku?! Ana, tepalik tugab...jarlikmi? U yoqqa yo‘l yo‘qmi? Ortimda...lolazor qani? Bu cheksiz ummon qaerdan paydo bo‘ldi? Nimalar bo‘lyapti o‘zi? Ie, oyog‘im yerga kirib ketyaptimi?.. Tamom, endi tirik qolishim gumon. Jarlikda parcha-parcha bo‘laman. Onajo-o-o-on!..

Namuncha paxtaday yumshoq bo‘lmasa? Axir bu tuproq-ku! Oh, mayinligini qarang...

—        Bolam,  yomon tushmadingmi?

Bu tanish ovozdan cho‘chib uyg‘onib ketdim. Karavotdan polga tushganimni ko‘rgan onam peshonamni silabdi. Qo‘limdagi tuproq... Onamning qo‘llari shunchalar yumshoqmidi?..

Shundan keyin kun bo‘yi tushimni o‘ylab yurdim. O‘zimcha ta’birini ham topmoqchi bo‘ldim. O‘sha toza havo, adir, lolaqizg‘aldoqlar, tuproq, cheksiz ummon va anavi jarlik...

Bunday o‘ylab qarasam, tuproq ham ona kabi ekan. Chunki odam tuproqdan yaralgan. Olloh ham onalarni yaratuvchi qilib qo‘ygan. Ona bo‘lmasa,  hayot yo‘q bo‘lganidek, tuproqsiz ham umr o‘tkazish mumkin emas. Bizning tuproq mana shu zaminda, shu Vatanda. Shu qishlog‘imiz, shudgorlarimiz, adiru lolazorlarimiz — bizning Vatanimiz. Unda Vatanni ham Onadek e’zozlashimiz kerak ekan-da? Juda to‘g‘ri savol. Chunki Ona Vatan deb bejiz aytilmaydi.

Jajjiligimizda bir chopqillab, bir o‘mbaloq oshib yurgan tuproq bu. Hatto uni ota-onamizdan yashirib, og‘zimizga ham solib ko‘rganmiz. Qiziq, o‘shanda qandaydir mazali tuyulardi. Keyin sekin-asta o‘sib, maktabga bordik. U yerda ham urishib-surishib, yana shu tuproqqa bulandik. Demoqchimanki, inson tug‘ilishi bilan shu tuproq unga ham do‘st, ham ustoz. Shu tuproq orqali u hayotni o‘rgana boshlaydi.

Endi kengroq mushohadaga o‘tsak. Hech narsa o‘zgarmaydi, faqat tuproqning «katta»rog‘i, ya’ni Vatan haqida gapiramiz. O‘zga millat egalarining Manguberdidek mard, Temurday jasur, Bobur kabi sarkarda daholari, podsholari bo‘lmagandek tuyuladi,  nazarimda. Ayniqsa, ma’rifatparvar shoi­ru yozuvchilarimiz, o‘z Vatani ozodligini ko‘rishga ulgurmagan qatag‘on qurbonlari shu aziz tuproq uchun o‘z jonlarini berishgan edi-ku! Ular ko‘z qorachig‘idek asrab kelgan bu Vatanning qadriga yetyapmizmi? Axir, har kim o‘z otasidan yoki bobosidan qolgan narsalarni alohida ardoq va e’tibor bilan asrab qo‘yadi-ku! Bu Ona zamin ham bizga ota-bobomizdan qolgan meros.

Bir kuni ko‘chada ketayotsam, to‘rt-besh yoshli bolakay to‘xtatib, men bilan so‘rashdi. Ke­yin birdaniga: «Vatanizi bilasmi», deya so‘rab qoldi. Avvaliga hayron bo‘ldim. So‘ngra bu bolakayning nega Vatan haqida so‘raganiga qiziqdim. Savolini o‘ziga berdim:

—        Sen o‘zing bilasanmi?

—        Ha, meni Vatanim — ayam. Siziki-chi?

—        Buni senga kim aytdi? — savoliga  savol bilan javob qaytardim yanada qiziqib.

—        Dadam aytdi. Tilizo‘rda ko‘ruvdim. Shu rostmi?

Bolaning shu narsaga aqli yetadi deb o‘ylamagandim. Chunki buni ayrim katta yoshdagilar ham anglay olmasdi. Bu safar savoliga to‘g‘ri javob bergim keldi.

—        Ha, rost. Ayang —  sening Vataning, — dedim kulib.

Boshini silab, endi ketmoqchi edim, u yana qo‘limdan tutib, savol berishga tushib ketdi:

—        Unda nimaga uni yomonlashadi?

Ie, qiziq savol bo‘ldi-yu. Nima demoqchi o‘zi bu bola?

—        Kim yomonladi? Nima deb yomonladi?

—        Ikkita katta akadan ham shuni so‘rovdim, ular sizdaqa gapirishmadi.

—        Nima deyishdi?

Bola lablarini cho‘chchaytirib, xuddi bir muhim narsani muhokama qilayotgan boshliqlarday gapira ketdi:

—        Bizi Vatan shu yerda, uka. Hozirdan ja unaqa Vatan, Vatan demagin. Avval katta bo‘l. Ko‘ramiz o‘shandayam Vatan deysanmi? Hozir o‘yiningni o‘yna, deb kulishdi. Keyin yomon ko‘rasizlarmi desam, so‘kib berishdi.

—        Nima deb? — ularning maqsadlariga tushunolmay so‘radim.

—        Obbo, jonga tegdingu. Yomon ko‘rmasak, shu yerda yurarmidik, deb yana kulishdi.

Bolajonligim tutib yana so‘radim:

—        Vatan ayam ekan, demadingmi?

—        Aytdim. Nima bo‘pti ayang bo‘lsa, katta bo‘lsang, o‘sha ayangniyam esdan chiqarasan, deyishdi.

—        Xo‘sh, men nima qilishim kerak? — dedim «muzokara»ni to‘xtatmoqchi bo‘lib.

—        Vatan ayam bo‘lsa, men ayammi, ayam meni yaxshi ko‘ra-di-yu. Yo katta bo‘lsam, yomon ko‘rib qoladimi?

Bu bolakayning aqli yetgan shu narsaga nega boshqalar beparvo, loqaydlarcha qarashar ekan? O‘sha kuni anchagacha o‘ylanib yurdim. Nega endi Ona bilan Vatanga bir xil munosabatda bo‘linmaydi? Axir, Onani hamma yoqtiradi. Uni ardoqlaydi, e’zozlaydi, ko‘klarga ko‘taradi.

Shularni o‘ylab, kech bo‘lganini ham sezmay qolibman. Mayli,  ertaga qiladigan ishlarim ko‘p, vaqtliroq uxlay...

— Ie, aya, bu yerda nima qilib o‘tiribsiz? Uxlamaysizmi?

—        Tur, bolam. Bir siqim tuproq ham ol, — dedi-da qo‘limdan tutib,  ko‘tarila boshladi.  Atrofimga qarasam, boyagi jarlikdan uchib chiqyapmiz. Ana, lolazor ham ko‘rindi. Onam oq ko‘ylak kiyib olibdimi?

—        Bolam, shu yerda xayrlashamiz. U yog‘iga o‘zim ketaman. Senga esa oq fotiha beraman: iloyim, umring uzun, baxting butun bo‘lsin. Onangni hech ham unutmagin. Ollohu Akbar. Mayli, bolam xayr!

 Onam shunday deb qo‘limdagi tuproqni oldiyu osmonga sochdi.  Tuproq havoda muallaq qolib, nurga aylandi va Onamni olib chiqib ketdi...

Bobur NABI

Manba (http://www.marifat.uz/uzbl/manaviyat/motabar_haqiqat.mgr)
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muzayyana 19 Sentyabr 2008, 14:33:47
Жим ёт, ана бобов келяпти!
   
Йиғлаб хархаша қилаётган фарзандингизни алдаб ҳам кўрдингиз, яхши гапириб ҳам кўрдингиз, лекин фойдаси бўлмаяпти. Нима қилишни билмай бошингиз қотиб, энг сўнгги чора - қўрқитишга ўгасиз. «Ð–им Ñ‘Ñ‚, ялмоғиз кампирга бериб юбораман», «ÐÐ½Ð° бобов келяпти» каби бола тасаввуридаги қўрқинчли манзаралар билан уни тинчлантирмоқчи бўласиз. Фарзанд тарбиясининг«Ð°Ð¶Ñ€Ð°Ð»Ð¼Ð°Ñ қисми»Ð³Ð° айланиб улгурган бундай услуб ҳақиқатдан ҳам Ñ‚Ñžғрими?

Қўрқув жонли борлиқлар орасида кўзга кўринадиган ва кўринмайдиган хавф-хатарга дуч келганда содир бўладиган жараёндир. Психология китобларида ёзилишича, қўрқув асосий туйғулар сирасига киради ва ундан қочиб қутулиб бўлмайди. Қўрқиб улгайган болаларнинг аксариятида бошқаларни огоҳлантириш ва ўзини-ўзи ҳимоя қилиш «Ð¼ÐµÑ…анизми» зарарланган бўлади.
Янги тугилган, атрофидаги борлиқни ҳали яхши англолмай ўз дунёсида яшаётган гўдаклар қўрқувни ҳис қилмайдилар. Одатда, бу туйғу болада 2-3 ёшлардан шакллана бошлайди. Яъни бу жараён ақлий қобилиятнинг илк ривожланиш даврига Ñ‚Ñžғри келади, Тадқиқотлар натижасига кўра, бу ёшдаги болалар, асосан, қулоқларига эшитилган кучли овоз ёки зарбдан ва ҳушдан кетиб қолишдан қаттиқ қўрқишар экан.
Болаларда ёшлари улғайган сари қурқув сабаблари ҳам ортиб боради. Аммо бир боланинг қачон, қаерда ва нима учун қўрқишини оддиндан тахмин қилиш қийин. Чунки қўрқувни келтириб чиқарувчи сабаблар турли омилларга боғлиқ, Масалан, қишлоқ шароитида яшайдиган болаларда қўрқувнинг келиб чиқиши, асосан (75 фоиз) турли жонзотлар билан боғлиқ бўлиб, Ñžғил болалар йиртқич ҳайвонлардан, қиз болалар эса ҳашаротлардан қўрқиш ҳолатлари учрайди.
Ўтказилган тажрибалар якунига кўра, фарзандларимизнинг қўрқишига сабаб бўладиган омиллар қуйидагилар:

* Қоронғулик ва ҳайвонлар (96 фоиз);
* Танадаги оғриқлар (95 фоиз);
* Хаёллар, жинлар, ташқаридан бостириб келадиган инсонлар (91 фоиз);
* Ёвуз эртак қаҳрамонлари (82 фоиз);
* Қўрқинчли тушлар (81 фоиз);
* Бегоналар, ёмон хулқли инсонлар (80 фоиз);
* Ота-оналарнинг ташлаб кетиши (63 фоиз);
* Сув, денгиз ва анҳорлар (41 фоиз);
* Момақалдироқ ва чақмоқ (39 фоиз).

Бу омиллардан келиб чиқиб айтиш мумкинки, болаларнинг қўрқишига олиб келадиган учта умумий ҳолат мавжуд:

1. Боланинг ёлғиз қолиши.
2. Қоронғулик.
3. Узига нотаниш инсонарни учратиш.

Болалардаги қўрқувнинг 90 фоиз сабаблари нотўғри тарбия натижаси экани кузатилган. Чунки фарзандларимиз туғилганида бирор-бир нарса ҳақида тушунчага эга бўлмайдилар. Уларга биз, ота-оналар йиллар давомида барча нарсалар ҳақида тушунча бериб борамиз. Мана шу тушунтиришимиз натижаси ўлароқ, болаларимиз биз тилга олган нарсаларга кўнгил қўйишлари ёки улардан безиб қолишлари мумкин.
Шу ўринда яна бир маълумотни келтирмоқчимиз. 6 ойлик бир қизчага жонли, аммо заҳарсиз илонни ўйинчоқ сифатида берилади. У йиллар давомида илон билан бирга ўйнаб улғаяди. Вояга етгач, бу қиз ҳеч қандай илондан) қўрқмайдиган бўлади.
Бу воқеа ҳақида сўз очи-шимизга сабаб, болаларга ҳар бир нарсани Ñ‚Ñžғри ҳолида тушунтириш лозимлигини таъкидлашдир. Яъни биз, ота-оналар фарзандларимизга тушунчаларнингасл моҳиятини етказа билишимиз, уларга яхшилик ва ёмонлик, айб ва жазо, Ñ‚Ñžғри ва нотўғри каби тушунчаларнинг негизини Ñ‚Ñžғри талқин қилиб беришимиз керак.
Унутмаслигимиз лозимки, болажонларимиз ота-оналаридан, аниқроғи, уларнинг жазоларидан қўрқишлари эмас, балки уларни севишлари, ота-оналар эса ўзларини севдира олишлари даркор.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 28 Sentyabr 2008, 17:50:34
ЮРАГИМИЗ НЕЧТА ЎЗИ?

Бозорда эркаклар пайпоғини сотиб ўтирган кишининг ёнига яқинлашдим, ювганда ранги чиқиб кетмайдими, деган саволимга:
— Агар ранги чиқиб кетса, топган пулим ҳаром бўлсин, берган пулингизни боламнинг ўлимига ишлатай, — деди ҳеч иккиланмай. Дарҳол ундан уч жуфт пайпоқ сотиб олдим.
Ҳар гал юваётганимда гўё пайпоқдан эмас, менинг дилимдан сим-сиёҳ ранг оқаётгандек титрашга тушаман. Нега ўша саволни бердим, нега уни қасам ичишга мажбур этдим... Рицарни бўса олмоққа чорлаган маликага рицар: “Менинг юрагим битта, уни парчалашни истамайман”, дея жавоб берган эди. Дунё ҳар дақиқада бетакрор ҳусн ва фусун билан бўсалар олмоққа чорлайди. Биз эса унинг чақириғига жавоб бераверамиз, бераверамиз.

Юрагимиз нечта ўзи?!
Кўчага чиқишим билан оёғим остига қарайман. Қарайман-у, Ерга ачиниб кетаман. Ҳамма унинг юзига тупуради. Қуёшга ҳавасим келади. Қуёш эса мўминнинг қалбига ҳавасда. Чунки мўминларнингқалбидаги нурнинг саксон мингдан бир бўлагига эга бўлган қуёш фақат оламни ёритар, тупроқдан-да қаро дилларни ёрита билмас.
Бугун кўнгиллар бир-бирин севмас бир ҳолатдадир, Фиръавннинг соқоли мисол диллар сиёҳ (соқолини қорага бўяган илк инсон Фиръавн эди). Соқолларингизни қорага бўяманг, у жаҳаннамнинг рангидир, деган эдилар Расулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам).
ОИТС дейилса, ҳаммани ваҳм қоплайди. Аслида унинг давоси бор. У орттирилган иммунитет танқислиги. Аммо туғма, азалий мийсоқдаёқ берилган бир иммунитет бор. Инсониятда ўша иммунитетнинг пасайиши, йўқлиги хавфли. У имон-эътиқод иммунитетидир.
Бишри Хофий ҳазратлари “Ўлимнинг давоси бор, у имондир”, дейдилар. Ўлимгача бўлган касалликларнинг давоси ҳам шу. Чунки у оғриқларга, чинқириқларга, санчиқларга, тиғларга муносиб қаршилик кўрсатади, қийинчиликларга сабр қилади, курашади. Ундан кучлироқ, курашувчанроқ бошқа иммунитетни билмайман.

Сурайё ЗОҲИР
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 03 Oktyabr 2008, 16:34:22
                                            Изҳор ортидаги хавотир 

Оммавий ахборот воситаларида қизларнинг кийиниш маданияти ҳақидаги кўп ва хўп ёзилди. Бу чиқишларнинг таъсир доираси нечоғлик бўлмоқда, билмадигу бизни қизларимизнинг маънавий дунёқарашга оид яна бир жиҳат ўзига тортди. Аслида бу Ñ‚Ñžғрида ёзиш ҳам бироз ноқулай. Шундай бўлса-да, матбуот нашрларини кундан-кун «Ð±ÐµÐ·Ð°Ð±» бораётган дил изҳорлари кишини безовта қилади.

Кўпчиликнинг ҳафталик ҳамроҳига айланган нашрларда турли қизиқарли мавзулар билан бирга «ÐœÑƒҳаббат бекати», «Ð”ил изҳори» каби саҳифалар ҳам борки, ёшларимиз унга бефарқ қарай олишмайди.

Бундай газеталарни варақларканмиз, улардаги мактубларнинг аксарияти қизлар томонидан ёзилганини кўрамиз. Бир саҳифада 8 та хат берилган бўлса, шундан 7 таси қизларники. Очиғи, улардаги дил розларидан огоҳ бўлиб, бугунги қизларимизнинг тарбияси ҳақида жиддий бош қотириш зарурлигига амин бўлдик.

«Ð¤Ð°Ñ€ҳод билан интернет орқали танишганмиз. Бир-биримизни кўрмаган бўлсак-да, ўртамизда муҳаббат уйғонганига ишончим комил» деб ёзади бир қиз.

Бор-йўғи интернет тармоғи орқали танишган йигитни севиб қолганига «Ð¸ÑˆÐ¾Ð½Ñ‡Ð¸ комил»Ð»Ð¸Ð³Ð¸ бу қизнинг дунёқараши ҳаминқадар эканлигини кўрсатиб турибди. Бундан ташқари, ёшларнинг эрмагига айланган «Ñ‡Ð°Ñ‚»Ð»Ð°Ñ€Ð´Ð°Ð³Ð¸ севги мактублари, улардаги маълумотлар ҳаққонийлигига ким кафолат беради?

«Қиз боланинг изҳори ғалати туюлса керак. Аммо... Юрагимдаги ғалаёнга ортиқ чидолмайман. Фахриддин, мен сизни яхши кўраман. Кимлигимни вақти келганда билиб оласиз...» деб ёзади кейинги мактуб соҳибаси. Ҳақиқатан ҳам, қиз боланинг севги изҳор қилиши ҳар қандай йигитни ҳам ҳушёр торттиради. Аммо турмуш ўртоғининг ҳатто уйланганини эшитганда ҳам ўзбекона ибосини унутмаган Кумушнинг оғзидан бирор марта «Ð¡ÐµÐ²Ð°Ð¼Ð°Ð½» деган сўз чиққанмиди? Бир неча ойлаб севгилисини кўрмаса-да, «Ð§Ð¸Ð´Ð¾Ð»Ð¼Ð°Ð¹Ð¼Ð°Ð½» деганмиди у?

Шу мазмундаги дил номаларини Ñžқирканмиз, уларда «Ð­Ð½Ð´Ð¸ севги азобидан қандай қутулай, энди нима бўлади?» каби саволлар кўплигини сездик. Хат ёзаётган қизларнинг онаси улар билан суҳбатлашармикан, уларнинг ўй-хаёлларидан бохабармикан деган саволлар дилга тикандек қадалади. Ахир балоғат остонасидаги қизларга ҳаммадан ҳам кўра онаси яқин бўлиши лозимлиги ҳаммамизга маълум-ку. Мактабларда ташкил қилинган қизлар клублари фаолиятида Ñžқувчилар билан қайси мавзуларда суҳбатлар уюштирмоқда? Таълим муассасасида қизлар мажлиси ўтказилганда ҳозирги кунда нима масала кун тартибига қўйиляпти? У ҳақиқий маънода қизларнинг йиғинига айланаяптими? Тарбиявий сабоқларимиздан самарани ололаяпмизми?

Дил изҳорлари орасида энг кўп тарқалганлари хонандаларга аталган мактублардир.

Биз фақат қизларни танқид қилиш фикридан йироқмиз. Ўз ўрнида, қизларимизнинг миллатимизга хос тарбиясига оилада ва мактабда жиддий эътибор бериш лозимлигини ҳам таъкидлаб ўтмоқчимиз.

Баъзан концертларда эркак хонандаларга қизларимизнинг муносабатини кўриб уялиб кетасан киши. Уларнинг ўзини тутиши олдида бояги қўшиқчи ҳам хижолат тортади.

«Ð¡ÐµÐ²Ð¸Ð¼Ð»Ð¸ хонандам...! Қўшиқларингиз, табассумингиз мухлислар дилини сел қилади. Нега сўнгги пайтларда телевиденияда ҳам, газетада ҳам интервью бермай қўйдингиз? Биз томонларга қачон гастрол сафари билан келасиз? Бораман дегандингиз. Қанча кутайлик?»

Қанча кутайлик? Сўроқнинг ўзи жуда ғалати. Мухлиса қизимиз хонандадан нима кутаяпти, нима талаб қилаяпти? Илгари аҳдлашган йигитни ҳарбийга кузатган, у йўғида совчи келганида отасига бир оғиз сири ҳақида гапира олмай турмушга чиққанларни кўп эшитганмиз. Балки, ана шундай иболи аёлнинг набираси ёзгандир бу мактубни?

«...нинг «...» фильмидаги ролини кўриб, унга нисбатан қизиқишим янада ошди. Кўзлари, ажойиб табассуми, Ñ‘қимли чеҳраси қизларни беъэтибор қолдирмаслиги аниқ.» Аслида Яратган ҳар бир ишда эркакни ташаббускор қилиб яратган. Наҳотки, бизнинг номусимиз саналган қизларимиз табиатнинг ана шу қонунига қарши чиқиб бўлмаслигини уқмаганлар?

«Ð’исол борлигига ишонаман, энди қандоқ чидайман» каби яланғоч сатрларни Ñžқиб, улар орасида бизнинг ҳам синглимиз, қўшнимиз, танишимиз йўқмикан, деб хавотирландик. Manba (http://muslimaat.uz/content/view/506/112/)

 
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Hadija 06 Oktyabr 2008, 12:32:23
Нима киласиз яшириб?!

Эй аёллар, нима киласиз яшириб, барибир уларга ўхшагингиз келади-ку! Харир матодан тикилган либослари билаклари-ю, товонлари, ёкаларию юзларигача беркитиб турганини кўриб доимо хавас ила бокасиз-ку.
Жамоат транспорти, ишда ёки кўчада, хуллас, каерда бўлса хам ўзингизга ўхшаб кийинмаган мунис аёлларни кўриб колсангиз, уларга эътибор бериб, мен хам имкони бўлса шундай кийинардим, деган хаёл ўтган-ку качондир. балки, бу хаёл Сизга хар куни бир келиб кетар?! Нега буни амалга ошириш имконияти йўк экан. Бор-да, бўлганда хам кандок. Факатгина фикрларингизни бир оз ўзгартириб, нафсингизни жиловласангиз кифоя. Кийинми? Билмасангиз билиб кўйинг, мана шу кийин кўринаётганлиги шайтондандир.
Хеч эътибор берганмисиз, очик кийинган аёл билан Аллох амрига жавобан авратларини беркитиб юрган аёлнинг ёнма-ён ўтирганини! Жуда кизик холат-а! Агар гувох бўлган эрсангиз биласиз ким гўзалроклигини. Баъзи эркаклар очик кийинган аёлга карайди. Караганда хам ХИРС билан карайди. Авратлари ёпилган, яъни мастура аёлга караган эркаклар ичларида рахматлар айтадилар ўзини-ўзи асраб юргани учун. Йўк деб кўринг-чи. Ундай деёлмайсиз хам. Чунки, бу Сизга хам маълум. Сиз аёллар минг уринманг хамки, барибир эркакларнинг аслида нима истаётганларини билолмайсиз. Агар Сиз очик кийиниб эркакларни каратаётган бўлсангиз, билингки, улар Сизга факат ва факат ХИРС назари билан, КЎНГИЛХУШЛИК нияти билан караётган бўладилар. Агар Сизга айнан шу нарса керак бўлса, мархамат, кўчага чикиб фохишалик билан шугулланинг — барибир улар билан бир хил гунохли ишни килмокдасиз, таъбир жоиз бўлса улар билан хамкасбсиз!

Мавриди келганда бир нарсани сўраб олай, нари-бериси билан 1 карич чикадиган мини юбка (уни юбка дейиш хам галати, бошка термин топиш керак, «Welcome» каби), лямка ёки калта либос кийиб олган «Ñ…урлико» негадир жамоат жойида, масалан метрода ўтириб кетаётганда икки оёгини бир бирига капиштириб, очик тиззаси хамда лямкаси сабаб очилиб колган жойларини метрода кетаётган йўловчилардан ёпишга уринади. Шуни тушунмайман. Ахир ўзингиз шу «ÐºÐ¸Ð¹Ð¸Ð¼»Ð»Ð°Ñ€Ð½Ð¸ баъзи ерларингиз очилиб туришини билиб туриб, хаммага кўрсатиб юришга рози бўлиб кийгансизку, ахир ўша «ÐºÐ¸Ð¹Ð¸Ð¼»Ð»Ð°Ñ€Ð½Ð¸ кийишдан максадингиз хам барчанинг эътиборини тортиш-ку, нима киласиз шундок хам очилиб ётган авратларингизни беркитишга уриниб. Уларни беркитишни метрода эмас, уйдан чикаётганда, тўгрироги ўша кийимларни сотиб олаётганда ўйлаш керак эди. Бу худди овкатнинг тузини атайин шўр килиб тайёрлаб, таом тортилганда, вой, ман билмабман, деб гўёки барчанинг устидан кулишга ўхшайди, бу факат ва факат ўз-ўзини алдашдир. Энг кизиги, бутун елка кисмларини ёпа олмайдиган лямкаларини тепага тортиб кўядилар, худди елка-ÑŽ бошларигача етадигандек. Бу бечора ярим метрли мато ўзи сизнинг елкангизга 2та ип оркали илиниб турибди-ку. Ёки 1 карич юбкаларини тиззаларига тортиб кўйишади! Худди 1 карич мато тиззаларни ёпиб, товонгача тушадигандек. Сал ишончлирок ишни килсангизчи-а! Шундок хам барчанинг назари тушавериб, тобора хунуклашиб бораётган елка ва оёк кисмингизни нима киласиз хаммага мактанишга уриниб. Сиз бу кийимларни киявериб «ÐºÐ¸Ñ‚айский товар»Ð³Ð° ўхшаб колгансиз. Бизга эса хакикий аёл керак. Тушунгандирсиз-а, нима демокчи бўлганимни. Тушунмаган бўлсангиз, унда сизни бир оз мактаб юборибман, узр!

Узр-ку, биз эркакларга МАСТУРА-МУНИСА кизлар ёкади. Ёкканда хам шунчалик ёкадики, уйланиш учун жуфт кидирилаётганда унинг гўзаллигига эмас, балки, унинг ХОТИН бўла оладими-йўкми, шунисига эътибор киламиз. Шу гапнинг ўзи етади баъзи очик кийинаётган аёлларга.

Айтарсиз балки канча очик кийинадиган дугонам эрга тегди-ку, деб. Тўгри, бундан кейин хам тегадилар. Ахир гуруч курмаксиз бўлмайди-ку. Эркакларнинг орасида хам турли хиллари бор. Хакикий эркак хакикий аёлни, иболи-хаёли ва мунис аёлни кидиради. Бундай аёлларнинг биринчи белгиси Аллох рухсат берган ишларни килиб, кайтарганидан тийилиб юришларидир. Яна айтарсиз ўраниб юрганларнинг кўпини кўрганмиз, гунох ишдан боши чикмайдиган, деб. Тўгри, хозир айтдим-ку гуруч курмаксиз бўлмайди деб. Рўмолни никоб килиб, гунох ишлар билан шугулланувчиларга килмишларига яраша жазо белгиланар киёматда. Асосийси Сиз биласиз ўранганларга факат гўзал амаллар ярашишини. Исломда бир одам факат ўзига жавоб бера олади холос. Сиз нега авратларингизни ёпиб юрмаганингиз учун киёматда факат ўзингиз учун жавоб берасиз, Сиз айтолмайсиз «Ð‘ошкалар хам ўрамасди-ку» кабилидаги гапингизни. Сизга маълум эди бу иш ФАРЗ эканлиги. Худди бир арокхўр бошка арокхўрга «ÐÑ€Ð¾Ðº ичма, бу харом, Аллох харом килган», деса, бошкаси «ÐŽÐ·Ð¸Ð½Ð³ ичиб юрибсан-ку» дейди. Киёматда эса ўша одам сўрок килинаётганда «ÐÐµÐ³Ð° хамр ичгансан» дейилади. Гунохкор банда «ÐœÐµÐ½ билмаганман», деса, «Ð¥Ð°Ð¼Ñ€ харомлигини сенга манави пайтда, манави киши айтган-ку» деган жавоб янграйди. «ÐÑ…ир унинг ўзи хам арок ичарди-ку», деса, унга жавобан «Ð£ ўзининг гунохларига ўзи жавоб беради, сен эмас. Сенга хамрнинг харомлиги ўша арокхўр оркали билдирилган. Сен кизикиб хам кўрмадинг унинг гапи хакми Ñ‘ ёлгон», дейилади.

Билиб кўйинг, Сиз авратларни очиб юриш мумкин эмаслигини биласиз, БИЗ СИЗЛАРНИ ОГОХЛАНТИРМОКДАМИЗ, ЭХТИЁТ БЎЛИНГ, ДЎЗАХ БИЛАН ХАЗИЛЛАШМАНГ...

Айтганча, бу маколани «ÑƒÐ½Ð´Ð°Ð¹Ð»Ð°Ñ€» ўкимасалар хам керак. Майли, шундай бўлса хам биз эркакларнинг бахти учун маколаларимизни мастуралар ўкишсин ва билиб кўйишсин улар ЖУДА ТЎГРИ ИШНИ КИЛМОКДАЛАР! Сизларга рахмат. Минг бора рахмат! Хеч кўнглингизни чўктирманг, Сиз бизларнинг наздимизда энг олий хушхулк, энг гўзал, энг латофатли ва энг лобар аёлсиз! Сизга «ÑžÑˆÐ°Ð»Ð°Ñ€» хавас ила бокишсин.

Агар бу маколани авратларини ёпиб юрмаётган аёлларимиз хам ўкиган бўлсалар уларга хам минг рахмат. Хар холда хакикатни билиб кўйдингиз, ким аслида ким эканлигидан бохабар бўлганингиз учун ташаккур! Юкоридаги мактовлар Сизга хам багишланарди, агар ўзингизни харомдан тия олсангиз. Уриниб кўринг, балки Сиз хам мактовимизга арзирсиз, балки, биз эркакларнинг орзусидаги аёллардан бирига айланарсиз. Нима киласиз яшириб, барибир уларга хавасингиз келмокда-ку!!!
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 17 Oktyabr 2008, 15:02:55
ҲАР БИРИМИЗ МАСЪУЛМИЗ

Онадек буюк, онадек суюк, онадек муқаддас нарсалар бармоқ билан санарли. Она - Ватан, она-замин, она-қизимиз... Давом эттиришга уринманг, онага тенглашадиган бошқа нарсанинг ўзи йўқ. Шулар қаторида ўз тилимизни ҳам онага менгзаб, она қадар улуғлаймиз.

Мустақиллик шарофати ила бошқа қадриятларимиз сингари жонажон тилимизга ҳам эътибор кўрсатила бошланди. Аммо тилимиз ардоқлана бошлангани билан унинг том маънодаги софлигига эришдик, - деб айта олмаймиз. Узоққа бормай, кундалик мулоқотларга, ўз сўзлаш тарзимизга четдан туриб, бир разм солинг. Гуруч орасида курмакдек, Ñ‘Ñ‚ сўзлар ҳар қадамда қулоққа чалиниб туради.

Шаҳар транспортида ҳайдовчи ёрдамчиси йўловчиларни чорламоқда:

- Горбольница, "Детский мир", мединститут... (Шаҳар касалхонаси, "Болалар дунёси", тиббиёт институти, дейиш хаёлида ҳам йўқ).

- "Горгаз"га шу автобусда бориладими? - сўрайди йўловчилардан бири.

- Йўқ, кругни айланиб, нариги тарафга ўтасиз. Ўша остановкадан любой маршруткага ўтирсангиз, олиб бориб қўяди, - дейди ҳайдовчи.

Бозор айланасиз. Олиб-сотар аёлнинг харидор чақириб шанғиллаши бозорни тутади:

- Зеленларга кеп қолинг, болгарскийларнинг свежийси бор...

Нарироқда жоноқи олма сотилаётган экан, беихтиёр навбатдагилар орасини ёриб ўтиб, олмани томоша қилган бўласиз.

- Очиридга туринг, - кимнингдир силтовидан изза тортиб, орқага тисланаркансиз, ўткинчилардан бири сизга маслаҳат беради:

- Прилавкани айланиб, магазин олдига ўтинг, шу сортидан сотишаяпти.

Худди шу "сорт"идан харид қилиб, сумкага жойламоқчи бўлсангиз, сотувчи илтифот қилади: "Халтангиз бўлмаса, целлофан мешочкага солиб берайми?"

"Ўзингиз кўриб-билиб, эшитиб, айтиб юрган бундай ажабтовур ҳолатлардан хулоса чиқаринг, чет тилдаги қолдиқ сўзларни истеъмолдан чиқариб ташланг", десак бироз ноўрин бўлади. Негаки, бундан ўн Ñ‚Ñžққиз йил аввал ўзбек тили давлат мақомига эга бўлган йилдаёқ "қолган-қутган" чет жумлаларни истеъмолдан чиқариш пайти бўлган эди. Унда нега бу ишга ўзимиз, ҳар биримиз дадиллик билан киришмаяпмиз? Наҳот бу иш шунчалик қийин, машаққат бўлса? Менимча, тилимиз софлигига эришиш учун ҳар биримиз қайғуришимиз керак.  Manba (http://oilavajamiyat.uz/cgi-bin/main.cgi?lan=u&raz=7&pg=1&id=550)
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 06 Noyabr 2008, 15:26:53
 
Аёллик қисмати: ошхона билан офис ўртасида…


   Ð¡ÑžÐ½Ð³Ð³Ð¸ пайтларда муслима ишлаши мумкинми ёки унинг учун энг яхши нарса – уй ва оилами? - деган савол тез-тез бериладиган бўлиб қолди. Айтиш керакки, икки юз йилча аввал бундай савол умуман ҳеч кимнинг хаёлига ҳам келмас, ҳатто Европада ҳам аёлнинг фақат уй ва оила учун яратилганлиги табиий ҳол, деб ҳисобланарди. Ёки немислар айтганидек: «Ð°Ñ‘л учун уч нарса бор: фарзандлар, ошхона, черков, қолган нарсаларнинг унга даҳли йўқ».

Бироқ бу Европа эди ва аёлларнинг бундай аҳволи охир-оқибат феминизмни – аёлларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш ҳаракатини юзага келтирди. Феминисткалар бугунги кунда ўз мавқеларини ҳаддан ташқари мустаҳкамлаб олишди, эндиликда аёллар фақат хизмат пиллапоясидан кўтарилиш имкониятидан маҳрум бўлиб қолмаслик учунгина эрга тегишни, бола туғишни истамаяптилар. Хуллас, Ғарбда ÑŽқоридаги савол кўндаланг қўйилган: Ñ‘ иш, Ñ‘ уй – учинчи йўл йўқ.

Бироқ, Шарқда аҳвол бошқача. Ўн тўрт аср муқаддам аёлга нафақат ишлаш, балки ишлаб пул топиш ва топган пулини оилани таъминлашга эмас, балки ўз билганича тасарруф қилиш ҳуқуқи берилди.

Исломда оилани таъминлаш масъулияти фақат эркак кишига юклатилганлиги очиқ-ойдин айтиб қўйилган, ҳатто рафиқаси унинг ўзидан кўпроқ маош олса ҳам. Аёл кишининг зиммасига эса фарзандларни парваришлаш ва эр топиб келган ризқ билан оила аъзоларини таъминлаш юклатилган. Айни пайтда, Қуръонда ҳам, ҳадиси шарифларда ҳам уй юмушлари оиланинг муайян бир аъзосига аниқ юклатиб қўйилмаганлиги турли талқинларга сабаб бўлиб, бу борада кўпдан-кўп фатволар чиқарилган бўлиб, бу фатволар кўпинча бир-бирига зид келиб қолади.

Ҳар бир мусулмон бу фатволарнинг исталган бирига амал қилишга ҳақли, албатта. Бироқ, унинг турмуш ўртоғи бунга тескари келадиган бошқа фатвони танласа-чи? Бундай зиддиятли оила узоққа бора олармикин?

Келинг, гапни бир бошдан бошлайлик. Аввало, нима учун аёл киши истаса, ишлаши мумкин, ишлаб топган даромадини эса истаган нарсасига сарфлаши мумкин-да, оилани эса фақат эркак таъминлаши керак?

Бир қарашда, бу ерда эркакларга нисбатан анчагина адолатсизлик қилингандек. Бунинг устига, аёл киши эркак кишидан кўра кўпроқ даромад топиши мумкин бўлган касблар етарлигина. Бироқ, бу нисбий фикр, нисбий қараш. Эркак киши асл яратилиш руҳиятига кўра боқувчи, таъминотчидир. Айни шу нуқтада аёлнинг эркак билан тенг ҳуқуқли бўлиши эркакнинг аёлдан устунлигини йўққа чиқариб қўяди. Яна таъкидлаш керакки, эркак киши айни пайтда оиланинг бошлиғи ҳамдир – аёли, фарзандлари унинг мулкидир. Наҳотки у ўз оиласини, ўз қўл остидагиларни таъминлашга қодир бўла олмаса?

Шунинг учун ҳам эркак киши ишлаб, пул топиб, эрини ва болаларини таъминлаётган аёлга ўзининг мулкидек муносабатда бўла олмайди, бундай оилаларда эр кўпинча ўзининг мавқеини йўқота бориб, уни таъминлаш ҳуқуқи учун курашаётган аёллар ўртасида қўлдан-қўлга ўтиб юрувчи «ÑÐ¾Ð²Ñ€Ð¸Ð½»Ð³Ð° (совет давридаги «ÐºÑžÑ‡Ð¼Ð° қизил байроқ» каби) айланиб қолади.

Бундай эркакларнинг ички олами кескин зиддиятларга тўла бўлади: бундай аҳволга тушиб қолган эркаклар кўпинча тажовузкор, баджаҳл, муштумзўр бўлиб қоладилар (уйда ким хўжайинлигини кўрсатиб қўйиш керак-да!) ёки «Ð³Ð°ҳ» деса қўлга қўнадиган мулойим супургига айланадилар (қорнини тўйдириб, нафсини қондириб туришса бўлди, қолгани унга барибир…), натижада барча муаммоларни ҳал қилиш юки аёлнинг нозик елкасига тушади.

Ислом бу муаммоларнинг барчасини ҳал қилиб қўйган: оилани таъминлаш айнан эркак кишининг зиммасига юклатилган, вассалом.

Кези келганда айтиб ўтиш керакки, аёл киши рўзғор тебратиш ташвишини ҳар доим ҳам елкасида кўтариб юра олмайди. Аёл маълум муддат фарзанд кутади, сўнг чақалоқни эмизади, уни парваришлайди. Агар эркак шу пайтда аёлга ҳеч бўлмаса моддий жиҳатдан бўлса ҳам ёрдам бера олмаса, бундан биринчи навбатда болага жабр бўлади. Ҳомиладорлик пайтида оғир меҳнат ҳам, сунъий овқатлантиришга эрта ўтиб олиш ҳам (ахир аёл яна ишга бориши, пул топиши керак-ку!) боланинг соғлиғига зарар келтиради.

Қолаверса, бундай бола тез-тез касалга чалинаверса – аёл яна ишга чиқа олмайди, уй тўла қариндошлару шаҳар поликлиникасининг ярми болага қараб қолса ҳам, уйда боласи касал ётган ҳар қандай она тўлақонли ишлай олмайди. Она болани ўзининг бир қисмидек ҳис қилади, боланинг касали айнан онага оғир зарба бўлиб тушади.

Энди масаланинг иккинчи томонига, аёлнинг уйдан бир қадам чиқиб ишлашини ман қиладиган, аёл фақат уйда ўтириб, болага қараши, рўзғор юмушлари билан банд бўлиши керак, деб ҳисобловчиларнинг фикрини тинглашга ўтамиз.

Бу фикрни эътироз билдириб бўлмайдиган қонун, дея олмаймиз. Бу борада фақатгина аёл ўзининг эри ва фарзандларига ғамхўрлик қилиши керак деб ёзиб қўйилган. Албатта, «Ð­Ñ€Ð¸Ð½Ð¸ рози қилган аёлларгина жаннатга кира оладилар». Айнан шу «ÑÑ€Ð½Ð¸ рози қилиш» деган маъно жуда кенг талқин қилинади.

Қўйиб берсангиз, эр исталган нарсадан – сал тагига олган ошдан тортиб дазмолланмаган пайпоққача - норози бўлиши мумкин. Тагига олган ошни-ку аёлнинг камчилиги десак бўлар, бироқ кейингиси – аёлни яна нима биландир машғул қилиш истаги эмасмикан?
Ҳар қалай, эр ҳар қандай аёл учун ҳаётда Аллоҳ Таолодан кейин иккинчи ўринда турадиган зотдир. Бинобарин, эрнинг истаги адо этилиши керак, бу истакларнинг қанчалик оқилона эканлигига эса унинг ўзи жавоб беради.

Уйдан ташқарида ишлаш истагини билдирган кўпчилик аёллар эрининг норози бўлаётганлигига, болаларнинг қаровсиз қолаётганлигига, уйнинг бесаранжом ётганлигига эътибор бермайдилар. Бундай ҳолатда эр аёлни уйга «ÑžÑ‚қазиб» қўйиб, ҳамма ишни ўз жойига қўймагунича уни уйдан бир қадам ҳам чиқазмасликка мутлақо ҳақлидир. Бундай аёл Аллоҳ таолонинг ҳузурида қаттиқ саволга тутилиши муқаррар. Бундай қилиш эрнинг ҳуқуқигина эмас, балки унинг бевосита бурчи бўлади.

Аммо, баъзан бошқача ҳолатлар ҳам учраб туради: аёлнинг ҳамма иши жой-жойида – эри рози, болаларнинг тарбияси яхши, уй саранжом-саришта, лекин барибир эри ишлашга рухсат бермайди! Ана энди бунинг сабабларини ўрганиб чиқиш керак: балки эрингиз сизни энди уйга қарашга улгура олмайди, деб ўйлаётгандир, бегона эркаклар билан кўп мулоқотда бўлади, деб қизғанаётгандир, балки, мендан кўп маош олади, деб қўрқаётгандир! Эҳтимол, эрингиз яна фарзанд кўришни ҳоҳлар, ҳомиладорлик эса ишлашингизга халал беради…
Нима бўлганда ҳам, бундай муаммо жанжаллар, даҳанаки жангларда эмас, балки оила кенгашида, бамаслаҳат ҳал қилиниши керак. Сабаблар ҳар доим бор, фақат уларни топа билиш лозим.

Агар эрингиз умуман ишлашингизга эмас, балки фақат уйдан ташқарида ишлашингизга қарши бўлса – балки Интернетдан иш топилиб қолар? Излаган топади, дейишади-ку ахир… Бунинг устига, Интернет ёрдамида Исломий илмларни, дунёвий илмларни, чет тилларни ўрганиш ва ўргатиш мумкин, баъзи олий Ñžқув юртларида эса масофадан Ñžқитиш курслари йўлга қўйилган.

Уйда ўтириб ишлаш вариантлари жуда кўп. Ҳатто интернет бўлмаса ҳам, китоблар ёки видеодарсликлар ёрдамида ҳам бирор касб-ҳунар ўрганиш мумкин. Масалан, ҳозир турли пишириқлар пишириш, бичиш-тикиш, Ñ‚Ñžқиш ва бошқа кўп нарсаларни ўргатувчи китоблар, видеоқўлланмалар жуда кўпайиб бормоқда. Ким билсин, балки шундан бошланиб, бир неча йилдан сўнг оилавий ҳалол таомлар кафесини очарсиз?

Бундан ташқари, турмушга чиқмасдан олдин олган маълумотингиз, эгаллаган касбингизни ҳам ҳисобга олиш керак. Масалан, инженер ёки котиба бўлиб ишлашингизга ҳар қандай эр ҳам рози бўлавермайди, албатта. Лекин, айтайлик, иқтисодчи, бухгалтер, юрист бўлсангиз, бемалол уйда ўтириб ишлашингиз мумкин. Балки, эрингиз ишлаётган фирмага ишга кириб, эрингиз билан бирга ишларсиз. Агар касбингиз адабиёт ёки санъат соҳасида бўлса-ку, уйда ўтириб ишлашга ҳеч қандай муаммо бўлмайди (эрингиз рози бўлса, албатта).

Бироқ, ижтимоий зарурати ÑŽқори бўлган шундай касблар, мутахассисликлар борки, бу касб эгалари бўлган аёлларни уйда ушлаб ўтириш ҳар доим ҳам Ñ‚Ñžғри бўлавермайди. Масалан, ҳамширалар, шифокорлар, муаллималар уйда ўтириб ишлай олмайдилар. Буни нафақат аёллар, балки эркаклар ҳам Ñ‚Ñžғри тушунишлари керак.

Бугунги кунда Россиялик мусулмонларнинг аксарияти мусулмон шифокорнинг қабулига кириш, фарзандларини мусулмон мактабига бериш, кексайиб қолган ота-оналарига, касалманд боласига муслима энага ёллашни фақат орзу қила оладилар, холос. Шунинг учун ҳозир аёлларимизга ишлашни тақиқлаш ўрнига, ҳамфикр мусулмонлар билан бирлашиб, шариат асосида фаолият кўрсатадиган касалхоналар, болалар боғчалари, мактаблар, ижтимоий хизматларни ташкил қилиш мақсадга мувофиқроқ бўлур эди.
Албатта, эркак киши ўз манфаатларидан келиб чиқиб, аёлига ишлашга рухсат бериш масаласини ўзи ҳал қилиш ҳуқуқига эга, бироқ оқил мусулмон ҳар бир ишда нафақат ўзини, балки Россия шароитларида эндигина шаклланиб келаётган умматни ҳам ўйлайди, унинг равнақи ҳақида ғамхўрлик қилади.
Бир зум чалғиб, тасаввур қилиб кўрайлик: дунёдаги барча аёллар фақат уйда ўтирса… Бундай дунёда қизлар маълумот ола олмайди (муаллималар йўқ бўлса!), аёлларга тиббий ёрдам кўрсатилмайди (ҳамширалар, шифокор аёллар йўқ), санъатда, адабиётда, журналистикада аёллар мавзуси кўтарилмайди (бундай мавзуни фақат аёлгина Ñ‚Ñžғри ёрита олади)… Жуда кўримсиз дунё бўларди, шундай эмасми?
Айтиш керакки, Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг асри саодатларида, хулафои рошидийн даврларида аёллар Ислом қонунларига қатъий риоя қилган ҳолда жамоат ишларида ишлаганлар, ҳеч ким бунга эътироз билдирмаган. Бу табиий ҳол бўлган.
Бошқа томондан қарасак, баъзи ажойиб оилалар борки, уларда эр аёлининг ишлашига мутлақо қарши эмас, аксинча, аёлнинг ишлаши ёки ижтимоий фойдали меҳнат билан шуғулланишига рози, бироқ, аёлнинг ўзи буни истамай, уйда «ÐºÑžÐ¼Ð¸Ð»Ð¸Ð±» ўтиргиси келади.
Ҳаёт ўзи шунақа мураккаб, қизиқ нарса экан.
Шу десангиз, келинни ота-онам топсин, деганлар Ñ‚Ñžғри қилар экан, деган фикрга ҳам бориб қоласан киши. Чунки бунда қудалар нафақат тўйнинг сарф-харажатларини, балки бўлғуси келинпошшанинг тўйдан кейин Ñžқиш-Ñžқимаслигини ҳам, ишлаш-ишламаслигини ҳам олдиндан ҳал қилиб қўйишади. Ҳали тўй бўлмай туриб, қиз қандай оилага келин бўлиб тушаётганлигини, йигит ҳам қандай хотинга уйланаётганлигини билади – уйни ҳам, ишни ҳам қойил қиладиган «ÐµÐ½Ð³Ð¸Ð» кавалерия»Ð¼Ð¸ ёки уйда «ÐºÑžÐ¼Ð¸Ð»Ð¸Ð±» ўтирадиган уй бекасигами…
Ҳар қалай, бирор масала қизнинг, йигитнинг ёки қудалардан бирининг истагига Ñ‚Ñžғри келмаса, била туриб сержанжал оила қуришнинг олди олинади.
Бугунги кунимиз шундайки, танишувлар кўпинча тасодифий, никоҳлар эса шошилинч ва ҳатто баъзан яширин ҳам бўлмоқда: бундай шароитда совуққонлик билан, хотиржам ўтириб, биз бир-биримизга Ñ‚Ñžғри келамизми, дунёқарашларимиз муштаракми, муқаддас никоҳимизни умримизнинг охиригача сақлаб юра оламизми, деб яхшилаб ўйлаб, маслаҳатлашишга имкон бўлмайди.
Юлдузимиз юлдузимизга Ñ‚Ñžғри келиб, қарашларимиз мос келса-ку, Аллоҳнинг раҳмати, бироқ аксинча бўлиб чиқса-чи? Аксинча бўлиб чиқса – эр норози, аёл бахтсиз, оила бахтсиз, болалар бахтсиз…
Ҳадиси шарифларда айтилган, дунёдаги энг баркамол оила, исломий оила шундай бўлиши керакми?

Эҳтимол, айнан шунинг учун Қуръони каримда ҳам, ҳадиси шарифларда ҳам турмуш қурган аёлнинг ишлаш-ишламаслиги ҳақида очиқ-ойдин кўрсатма йўқдир… Зеро, бу масалани ҳар бир оила фақат ўзи учун, ўз аъзолари даврасида, ўз ички шарт-шароитларидан, имконият ва манфаатларидан, шаръий қонун-қоидалардан келиб чиққан ҳолдагина ҳал қилиши лозим.

Фотима Манзур  Manba (http://muslimaat.uz/content/view/646/111/)
 
   
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 09 Mart 2009, 11:44:02
:bs2:
:as:


Bozor va mozor

   Bozorda hayot qaynaydi…mozor esa marhumlar makoni…
   Bozorda shosh-shoh, gado-gado. Mozorda esa shohu gado barobar…
   Bozorda kunu tun shovqin tinmaydi. Mozor esa sukunat maskani…
   Bozor bilan mozor bir-biridan naqadar uzoq…
   Lekin…
   Aqli raso odam hech qachon bozorni buzmaydi. Aqli raso odam hech qachon mozorni ham buzmaydi…
   Aqli raso odam qay yurtga bormasin, bozorni aylanadi. Aqli raso odam qay yurtga bormasin, mozorni ham aylanadi. Bozorga kirib, bu yurtning moddiy boyligini ko’radi. Mozorga kirib, manaviy boyligiga baho beradi…
   Bozor bilan Mozor bir-biridan naqadar uzoq. Bozor bilan Mozor bir-biriga naqadar yaqin!
Irfon taqvimi, 2008-2009, 1429/30 (I)


Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 14 Mart 2009, 13:39:46
:bs2:

 :as:

KELISH VA KETISH

Bir soniya ichida qancha chaqaloq dunyoga kelar ekan? Tug‘ilish — bu quvonch. Qaniydi, olamdagi barcha odamlar qaytadan dunyoga kelsayu beg‘ubor bir go‘dak singari bir-biriga ozor bermasa.

Bayram desa, ko‘pchilikning ko‘ngli yorishadi, yuziga tabassum yuguradi. Ayniqsa, yangi yilning kelishi qancha-qancha dillarni xushnud aylaydi. Ayni paytda umrimizning bir yili ortda qolib, bir yoshga qariymiz ham.

Kimlardir o‘tib ketgan yil kabi yangisi ham omadli, quvonchli kelishini o‘ylab, qalbi yana ham nurga to‘ladi. Biroq... yangi yil hamisha ham quvonchli kechavermas ekan. Bayramni oilamiz davrasida nishonlash uchun uyga bordim. Anchadan beri kelmaganim bois, ko‘p narsa o‘zgarib ketibdi. Kun bo‘yi uyda bo‘ldim, ota-onam, diydorimga to‘ydim, ular esa mening, dildan suhbatlashdik.
  Davomi (http://www.marifat.uz/uzbl/manaviyat/kelish_va_ketish.mgr)
 

Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 27 Mart 2009, 14:21:24

:bs2:

 :as:

BIR LAHZANI YASHASH HADISI

Aqlli va donishmand kishilar umrni qadrlab, undan unumli foydalanishga harakat qilganlar. Bir faylasuf shunday degan: «Vaqt bizning eng arzon va ayni vaqtda eng qimmatbaho mulkimizdir, chunki vaqt tufayli biz hamma narsaga erishamiz». Darhaqiqat, tanamizga kirib-chiqayotgan har bir nafas bizni abadiy tark etayotgan betakror vaqtimizning ifodasidir.

Abul Faroj: «Odam tabiatan qiziq yaratilgan, boyligini yo‘qotsa xafa bo‘ladiyu, umri zoe ketayotganiga esa parvo qilmaydi», degan. Abu Homid G‘azzoliy yigirma to‘rt soatni yigirma to‘rt xazina, degan. Qachonki, bu xazinadan birining eshigi ochilsa, yo yaxshi, yo yomon amallar ko‘rinadi. Yana birining eshigi ochilsa, na yaxshi va na yomon amallar bo‘lmas ekan. Bunisi hech amal qilmay zoe o‘tkazilgan vaqt bo‘lib, undan egasi qimmatli vaqtini boy berganidan qattiq afsuslanar ekan. Shu bois, yigirma to‘rt xazinani na o‘zi va na boshqalar uchun befoyda amallar evaziga sovurish aqli raso kishining ishi emas.
O‘tgan ulug‘ zotlar umrga loqayd qaramagandan tashqari nafsini tergab, har kunini qanday o‘tkazgani va bundan qanchalik manfaat yetishini tafakkur qilib turishgan.

Shayx Najmiddin Kubro vaqtni qilichga o‘xshatib, shunday degan: “Vaqt keskir bir qilichdir. Agar keskir bo‘lmasaydi, anglab idrok etguning­cha seni kutardi. Holbuki, u keskir bir qilich harakati ila hukmini ado aylar”.

She’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy inson umrini bebaho xazinaga qiyoslab, uning qadr-qimmatini to‘g‘ri anglashga alohida e’tibor qaratadi. Ul zot har bir nafas va daqiqani duru gavharlar bilan teng ko‘rib, undan oqilona foydalanish lozimligini uqtiradi. Chuqurroq fikr qilsak, bir lahzalik yashash hadisini bilmagan kishi butun hayoti davomida to‘g‘ri yashay olmaydi. Inson boylikni juda mis­qollab va sabr-toqat bilan qo‘lga kiritadi. Shuningdek, inson sarf qilib turgan vaqt ham shunday qadrli boylik. Biroq u bu “boylik”­ka mehnatu zahmat chekib erishmagani bois, qadriga yetmaydi. Hazrat Navoiy «Hayrat ul-abror» dostonida aynan inson umri va hayotining har bir nafas va lahzasiga ulug‘ bir ne’mat, deya ta’rif-tavsif beradi. Har bir nafasni hayot gulshanidan esib turgan nasim bilan teng ko‘radi. Chunki shu nasim mavjud ekanki, bu dunyoning lazzat va ne’matlaridan bahramand bo‘lib turamiz. Afsuski, hamma ham bunga yetarli darajada ahamiyat beravermaydi. Chunki u umr imorati asta-sekin qulab borayotgani, xarobalik sari yuz tutayotganiga to‘g‘ri nazar tashlamaydi. Shuningdek, umrdan boy berilgan biron daqiqani ham oldinga qaytarib bo‘lmaydi. Navoiy aytganidek:

Umrki, xorijdurur o‘tgan ishi,
Har nekim o‘tti anga yetmas kishi.

Ha, shunday. Qanchalik afsus-nadomat qilmaylik, oh-voh chekmaylik, baribir umrning biron lahzasini ham iziga qaytarishning imkoni yo‘q. Inson yashab turgan kun, soat va lahzalar xususida kengroq mushohada yuritadigan bo‘lsak, bu ulkan imkoniyat qo‘ldan birma-bir boy berilayotganini anglatadi. Hazrat bobomiz buni shunday tavsiflaydi:

Qaysi nafas ayshg‘a topsang mahal,
Angla g‘animatki, erur bebadal.
Har nafasing javhari erur nafis,
Kim sanga ul bir nafas erur anis.

Tiriklikning asos va ustuni — nafas. Nafas havo ma’nosidan tashqari vaqt va hayot degan ma’noni ham anglatadi. Hazrat Navoiy har bir nafasni javhar bilan teng ko‘rib, bu javharni garonmoya (qimmatbaho) deb tashbeh qilgan. Shuning uchun inson buni g‘animat (o‘lja) deb bilishi kerakki, bu o‘ljani qo‘ldan chiqargandan keyin qaytadan tuta olmaydi.

Vaqtni qadrlash va undan samarali foydalanishga Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati ham yorqin misol bo‘la oladi. Haligacha Navoiy Husayn Boyqaro saroyida katta lavozimning tashvish va muammolaridan bo‘sh vaqt topib, ulkan ijodiy ishlarni amalga oshirgani hayratlanarlidir.

Shuningdek, she’riy asarlardan tashqari tarixiy-ilmiy manbalarni o‘qib-o‘rganish va bundan ijod davomida foydalanish ham oz vaqtni olmasa kerak. Shuningdek, shoir ko‘p vaqtini Qur’oni karim, tafsirlar va hadisi shariflarni mutolaa qilishga sarflashni “Nazm ul-javohir” asarida e’tirof etadi. Bundan olingan saboq shuki, inson umri qanchalik qisqa va o‘lchovli bo‘lmasin, uni to‘g‘ri taqsimlay olgan taqdirdagina juda katta muvaffaqiyatlarga erishishi mumkin.

Bu olamda yashab turgan har bir jonzotning tirikligi bevosita shu nafas bilan bog‘liq:

Kirmagi bir ne’mat erur mug‘tanam,
O‘ylaki, kirmakligi chiqmog‘i ham.
Bo‘ldi aning birla tirik barcha zot,
Ko‘rma ajab gar desam obi hayot.

Mug‘tanam — o‘ljaga olingan narsa. Navoiy aytmoqchiki, barcha jonzot uchun nafasni obi hayot (tiriklik suvi) deb aytsam, bu so‘zimdan ajablanmagin. Chunki nafas olmagan jonzot o‘limga mahkumdir. Ertayu kech nafas olmasdan yashashni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ammo inson uning qadr-qimmatini baholashga kelganda haqqoniy bahoni bermaydi. Shuni afsus bilan ta’kidlash lozimki, ayrim yoshlarning ong-tasavvurida Navoiy mushohadaga undagan har bir «nafas»ni qadr­lash, umrni behuda sarflamaslik va o‘z o‘rnida foydalanish to‘g‘ri shakllanmagan. Ko‘pchilik yoshlar davru davron surib, o‘ynab qolishim kerak, qariganimda hech narsaga yaramay qolaman, deya noto‘g‘ri tushunchada bo‘lishadi. Ayrim ota-onalar ularga hayot va umr­ni qadrlash ruhida to‘g‘ri tarbiya bermaydilar.

Inson har bir daqiqa qadrini to‘g‘ri baholay olsagina yaxshi amallar ko‘payib, yomon amallar kamayib boradi. Navoiy buni shunday ta’rif bilan keltiradi:

Har nafasing holidin ogoh bo‘l,
Balki anga hush ila hamroh bo‘l.

Bir vaqtlar maktabda o‘qib yurganimda adabiyot fanidan saboq bergan ustozimiz atoqli yozuvchi Sadriddin Ayniy hayotidan bir voqeani aytib bergandi. Ustozning so‘ziga qaraganda, Sadriddin Ayniy va’dani qattiq tutadigan va tartibli kishi bo‘lgan ekan. Bir kishini o‘z uyida falon vaqtda kutib o‘tirishga va’dalashibdi. Ertasi va’da bergan kishi o‘sha vaqtdan biroz kechikib boribdi. Yozuvchi eshikni ochib qarasa, o‘zi bilan va’dalashgan kishi. Shunda soatiga qarab, kechirasiz, va’da bergan vaqt­dan kechikdingiz, endi vaqtim yo‘q, degan ekan.

Buni ustoz shunchaki qiziq bir voqea ma’nosida dars vaqtida aytib bergandi. Lekin men bu voqeani unchalik tushunmagandim. O‘quvchilar ham shunchaki kulib qo‘yishgandi. Biroq yoshim ulg‘aygan sari buning nechog‘lik ibratli voqea ekanini anglay boshladim. Hayotda o‘z vaqtingni qanchalik qadrli bilsang, boshqalar uchun ham vaqtni shundan-da qadrliroq bilish kerak, degan hikmatni angladim. Avvalo, va’daga vafo qilish, keyin esa vaqtni qadrlash atoqli adibni shunga majbur qilganiga ancha yillardan keyin aqlim yetdi. Shunisi qiziqki, ma’naviyatimizning ulkan durdonalari va jahonshumul ilmiy kashfiyotlar o‘tmishda ko‘plab yaratilgan. Nega hozir shunday ulug‘ ishlarni amalga oshiradigan insonlar oramizda juda kam? Buning ham bir sababi vaqtni yoshlikdan to‘g‘ri taqsimlay olmaslik bo‘lsa kerak.

Holbuki, aksar vaqtini huda-behuda ishlarga sarf qilib yurgan kishilarni ko‘rganimda hazrat Navoiyning da’vati behuda emasligiga amin bo‘laman. Asosiy vaqtini kompyuter oldida bekorchi o‘yin va filmlarga boy berayotgan yoshlar ko‘p. Umr shiddat bilan kechib borar ekan, lahzalar soatni, soatlar kun va haftani, kun va hafta oylarni, oylar esa yillarni yetaklab, birma-bir bildirmasdan o‘taveradi. Ammo ularni ortga qaytarish yo‘llari to‘sib qo‘yilgan. Har bir inson buni to‘g‘ri anglay olsagina, hayotda adashmaydi va o‘tgan umridan afsuslanmaydi.


Bobomurod ERALI,
tadqiqotchi
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muzayyana 06 Aprel 2009, 10:52:21
...oqil kishi umrining qolgan qismiga emas, balki toatsiz o'tgan umri uchun yig'lasa edi, bu yig'i uning o'limigacha davom etgan bo'lardi.
Ajabo, inson o'z umrining johillik bilam kechgan qismiga nazar solsa, qolgan qismini qanday kutib olarkin?

Abu Homid G'azzoliyning "Tavba" kitobidan

Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Hadija 07 Aprel 2009, 19:52:49
JANOZA

Hasan-ul Basriy bir janoza namozida qatnashganidan keyin, o’sha qabrning yonida o’tirib shunday dedi: “bir ish bor-ki, uning oxiri va uning avvalida taqvo qilish kerak. Yana boshqa bir ish bor-ki, uning avvali va uning oxirida qo’rqish qilish kerak. Ular Dunyo va Qabrdir”. Ilohim bizga rahim qil, qabrimiz yuvilib, nomimiz unutilib va zikrimiz o’chib ketgan-da, bizni biron eslovchi eslamaydi, bizni biron ziyoratchi ziyorat qilmaydi. Ilohim bizga rahim qil, ahlimiz bizni yuvganlarida, Ilohim bizga rahim qil ular bizni kafanlaganlarida, Ilohim bizga rahim qil ular bizni yelkalarida ko’targanlarida.   
Kasseta tez aylanardi, men imomning duosini ishtiyoq va diqqat e’tibor bilan tinglab o’tirar edim. Bu duoni ikki marta qaytarib eshitdim. Uning aytgan gaplari va qilgan duolari hammasi Haq. Yaqinda bizning ham hayotimiz tugaydi. Keyin yuvilamiz, kafanlanamiz va nihoyat yerning tagiga lahatga qo’yilamiz. Keyin bizning nomimiz ham unitiladi. Lekin, o’sha hush’u bilan aytilgan ovoz meni biroz o’ylantirib qo’ydi va kassetani uchinchi marta qaytarib eshitishga majbur qildi. Opam nihoyatda g’ayratli qiz. U meni namozlarga boshqa ibodatlarga doimo rioya qilishim uchun, o’zidagi bor kuch g’ayrat va imkonyatlar, yaxshi so’z va kassetalar bilan harakat qilar edi. Kunlarning birida u men bilan birga mashinada ketayotganimizda suhbatimiz qizib ketdi va mashinadan tushmoqchi bo’lib turganimizda, o’sha kassetani magnitafonga qo’ydi. Ertasiga chiqib, o’zim sezmagan holda, tabiiy harakat bilan, kassetani yana qo’ydim. Vaholanki men unda nima borligini ham eslolmayman. Lekin, odatdagidek o’zim yaxshi ko’radigan honanda ayolning qo’shig’ini kutardim. Ammo Alloh o’sha imomning kassetasi bo’lishini hohladi, kassetani o’sha kuni ertalab, kechqurun eshitdim va huftondan keyin, qaytarib yana ehsitdim. Opamdan “sen bergan kasseta qanaqa kasseta”- deb so’radim? 
-“Senga yoqdimi” dedi
-“shubhasiz” dedim unga
Odatda men hecham bunday hursand bo’lib javob bermasdim va hursand bo’ldi. Qo’lida kitob bor edi. Uni yoniga qo’yib qayta so’radi.
-Imomning ovozi, qiroati senga yoqdimi?
Men unga – “Ha” dedim. Bu javob uzun suhbatning muqaddimasiga aylanib ketdi. Bunaqa suhbat ko’p takrorlanib turardi. Lekin, bu safar ko’p o’zgarish bo’ldi. Oxirida u menga shunday dedi:
-men senga ilgari o’qigan narsamni aytib beraman. “Hasan Basriy o’z do’stlari bilan hoholashib kulib o’tirgan yigitning yonidan o’tib qoldi, va unga aytdi: -yigit sirot ko’prigidan o’tib bo’lding-mi? “Yo’q” Jannatga borasanmi yoki do’zaxga shuni bilasanmi? -“Yo’q” Unda bu kulgining boisi nima?”
Biz biroz jim bo’lib qoldik. Keyin u menga qarab, shunday dedi: -“qachongacha bu g’aflat?”
Men o’yladim, “Ha, qachongacha bu g’aflat?”

“Abdulmalik Qosim” qalamiga mansub.
“Xolislik sari” dasturidan


Bugun, "Xast Imom" masjidi yonidan avtobusda ketayotib, bir mayyitni yashil duxobadan bo'lgan yopinchiqqa o'rab tobutni yelkalariga ko'tarib masjib ichkasirisiga olib kirishayotganini ko'rdim. Butun avtobus, o'zicha bir nimalar bilan band avtobus, yelkada ko'tarilib ketayotgan tobutga qarab o'zlaricha duo qilib hammalari qotib qoldilar... Tavba, haqiqatda Inson Qanchalik o'zining bu dunyodagi so'nggi ahvolini ko'rib eslagani sari, ko'rgani sari bu dunyoning qanchalik o'tkinchi ekanini eslaydi, InshaAlloh...
Bugungi kunim xotiralaridan...
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Hadija 08 Aprel 2009, 18:42:29
 :as:

Abu Dardo shunday rivoyat qilgan ekanlar:
-“Rasululloh  :sw: dedilarkim: agar mening bilganlarimni bilsaydingiz, oz kular, ko’p yig’lar edingiz. Havoyi nafs orzularga berilib yashalgan bu dunyo hayoti, sizlarga tuban ko’rinardi. Alloh yo’lida hayot kechirishni ustun qo’ygan bo’lardingiz.” Abu Dardo  :ra: payg’ambarimizdan bu hadisni naql etganlaridan so’ng, yig’ilgan jamoaga qarab shunday hitob qilgan ekanlar:
- “mening bilganlarimni bilsaydingiz, tog’larga chiqib Allohga yolvorardingiz va shuning barobarida o’z holingizga yig’lardingiz. Butun borlig’ingiz bilan yig’lagan bo’lardingiz! Mol-mulkingizni tashlab, ular hech narsa emasligiga ishonardingiz. Afsuski, uzun amal sizlarning qalbingizdan “oxirat” tushunchasini sidirib tashlagan.Dunyo hayoti birdan-bir amalingiz bo’lib qolgan! Shu tufayli to’g’rilikdan yuz o’girgansiz! Ba’zilaringiz qilgan ishi oldidagi falokatni o’ylamagani uchun, havoyi istaklarini tark etolmagan hayvonlardan ham yomonroqsiz! Sizlarga nima bo’lgan o’zi?! Bir-biringizni sevmaysiz, bir-biringizni to’g’ri yo’lga solmaysiz?! Ahvol shunday-ki so’zda bir-biringizning diniy birodarisiz, ichingizning yomonligi sizni bir-biringizdan ayirgan, bir-biringizni yiqitasiz! Agar, to’g’ri yo’lda bo’lsaydingiz bir-biringizni sevardingiz! Sizlarga nima bo’lgan o’zi?! Dunyoviy ishlarda bir-biringizga yo’l ko’rsatasiz-u, oxirat masalasida xuddi shu ishni qilmaysizlar! Hech biringiz dunyoviy masalalarda sevgan va yordam bergan kishingizga oxiratga oid hususlarda sira nasihat qilmaysiz! Bu hol sizlarning qalbingizdagi Iymonning sustligi sababli yuz beradi. Agar dunyo hayotini bilganingizdek, oxirat hayotini ham bilsaydingiz, unga ishonsaydingiz, u dunyo uchun ham biror ish qilar, Alloh o’rtaga qo’ygan Iymon va ahloq asoslariga moslashardingiz! Chunsi oxirat hayoti, siz uchun abadiydir! “-Yo’q, dunyo hayotiga bo’lgan sevgimiz ajoyibroq” deyolmaysiz! Chunki, dunyo hayotida ham ba’zan kelajakda qo’linga kiritishingiz kerak bo’lgan narsa uchun, qo’lingizdagi bor-yo’q narsalaringizni fido qilasiz! Masalan, bir yil keyin erishishingiz kerak bo’lgan hosil uchun, hozir qo’lingizda tayyor turgan urug’ni sochasiz. Kutgan narsangiz bo’lmay qolish ehtimolini bila turib ham, zahmat-u, mashaqqatlarga ko’milib, naqd narsangizni qo’ldan chiqarasiz. Komil iymon sohiblariga xos, alomatlardan mahrum qanday yomon insonlarsiz?! Yoki ayting, Allohning rasuli hazrati Muhammad s.a.v taqdim etgan haqiqatlardan shubhangiz bormi? Agar shunday bo’lsa bu shubhalaringizni bayon eting! Men esa haqiqatni dalillari bilan ko’rsatay! Qalblaringizni qanoatlantiruvchi nur bilan yoritay! Allohga ont ichib aytaman-ki, sizlar aqli noqis kishilardan emassiz-ki, ma’zur ko’rsam. Chunki, dunyoviy ishlaringizda, to’g’ri va foydali narsalaringizni farqlay olasizlar! Qorningizga yaraydigan narsalarni qo’lga kiritishni yaxshi bilasizlar. Sizlarga nima bo’lgan o’zi?! Oz bir dunyolikni qo’lga kiritsangiz, sevinib sakraysiz. Lekin, ozgina bu dunyolikni yo’qotsangiz, qayg’urasiz. Shundayin qayg’urasiz-ki bu narsa yuzingizdan uqilib turadi. Tilingiz uyalmay shundan gap ochaveradi. Shu arzimas yo’qotishni musibat deb ta’riflaysiz. Bilmaysiz-ki, bu xususda gunohga botasiz. Ko’plaringiz din asoslarining aksarini tark etgansiz. Shunday bo’la turib, yuzlaringizda zarracha o’zgarish, qayg’u alomatlari yo’q. Holbu-ki, zarracha bu dunyolikni yo’qotsangiz. Yuzlaringizda qayg’u alomatlari ko’rinib qoladi. Men hozircha sizlardan Alloh yuz o’girgan deb o’ylamayman. Ba’zingiz ba’zingiz bilan sevinib suhbatlashasiz, har biringiz boshqa biringizni qabul qilganda uni ranjimaslikka tirishasiz, ammo buni faqatgina u ham meni qabul qilgan-da ham hush muomilada bo’lsin deb shunday qilasiz. Qalblaringizda esa, bir-biringizga nisbatan gina-yu adovat va dushmanlik bo’ladi. Butun hayotingiz uzun amaldan iborat.ajalni unutish borasida bir-biringizni ortda qoldirib ketgansiz. Istayman-ki, Alloh meni sizlarning bu hollaringizdan meni qutqarsin. Tinchlik hotirjamlik bersin va meni Allohning rasuliga yetishtirsin. Agar, u zot hayot bo’lsaydilar sizlarning bu hatti harakatingizga chiday olmasdilar. Sizlarda Zako bo’lsa mana sizlarga haqiqatni eshittirdim. Allohning nazdidagi narsalarni izlasangiz. Osonlik bilan topasiz! Men o’z nafsim uchun, sizlar uchun yolg’iz Allohdan tilab qolaman!”

"Xolislik sari" dasturining "Muhammad  :sw: ummati" eshittirishidan.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 29 Aprel 2009, 14:25:37
:bsm:

 :as:

Omadingiz bor ekan…

•   Agar bugun ertalab sog’ – salomat uyg’ongan bo’lsangiz, dunyodagi 330 million insondan baxtliroq ekansiz!
•   Agar bu tongni tanda dardsiz kutib olgan bo’lsangiz, ayni damda 1 milliard insondan omadliroq ekansiz!
•   Urush tahlikasi va xavf – xatarsiz, hayotingizga tahdidsiz kun kechirayotgan bo’lsangiz, 500 million insondan toleliroq ekansiz!
•   Muzlatgich va javonlaringizda oziq – ovqat, egningizda kiyimingiz va tunda uxlash uchun uyingiz bo’lsa, dunyodagi 3 milliard inson sizga havas qiladi!
•   Cho’ntagingizda yoki hisob raqamingizda pulingiz bo’lsa, dunyodagi omadi kulgan 1 milliard insondan birisiz!
•   Ushbu maqolani o’qiy olyapsizmi, demak, dunyodagi 2 milliard savodsizning biri emassiz!
•   ota – onangiz, turmush o’rtog’ingiz va farzandlaringiz yoningizda, oilangiz ahil bo’lsa, Siz dunyodagi juda noyob insonlar qatorida o’z o’rningizga egasiz!

Shunday ekan, nega jimsiz? Shukr qilmaysizmi?!  Irfon taqvimi, 2009, 1430 (II)
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Hadija 29 Aprel 2009, 22:50:32
:bsm:

 :as:

Omadingiz bor ekan…

•   Agar bugun ertalab sog’ – salomat uyg’ongan bo’lsangiz, dunyodagi 330 million insondan baxtliroq ekansiz!
•   Agar bu tongni tanda dardsiz kutib olgan bo’lsangiz, ayni damda 1 milliard insondan omadliroq ekansiz!
•   Urush tahlikasi va xavf – xatarsiz, hayotingizga tahdidsiz kun kechirayotgan bo’lsangiz, 500 million insondan toleliroq ekansiz!
•   Muzlatgich va javonlaringizda oziq – ovqat, egningizda kiyimingiz va tunda uxlash uchun uyingiz bo’lsa, dunyodagi 3 milliard inson sizga havas qiladi!
•   Cho’ntagingizda yoki hisob raqamingizda pulingiz bo’lsa, dunyodagi omadi kulgan 1 milliard insondan birisiz!
•   Ushbu maqolani o’qiy olyapsizmi, demak, dunyodagi 2 milliard savodsizning biri emassiz!
•   ota – onangiz, turmush o’rtog’ingiz va farzandlaringiz yoningizda, oilangiz ahil bo’lsa, Siz dunyodagi juda noyob insonlar qatorida o’z o’rningizga egasiz!

Shunday ekan, nega jimsiz? Shukr qilmaysizmi?!  Irfon taqvimi, 2009, 1430 (II)


 :ms: Alloh rozi bo'lsin, haqiqatda yonimizda bo'la turib e'tibor bermasdan, noshukurchilikka borayapmiz... Olayotgan nafasimizning o'zi ham, to'rt muchchamizning sog'lig'i u-n ham qanchalar shukur qilsak oz...
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 20 May 2009, 17:32:13
Хонимлар, сизлар улар олдида кимсиз?

Бисмиллаҳир роҳманир роҳийм

Барча ҳамдлар Аллоҳга хосдир... Биз Ундан ёрдам, нафсимизнинг ёмонлиги ва амалларимизнинг шумлигидан паноҳ ҳамда мағфират сўраймиз. Аллоҳ ҳидоят қилган кимсани адаштирувчи, адаштирган окимсани ҳидоятловчи йўқдир. Мен ягона, шериксиз Аллоҳдан бошқа илоҳ йўқ, Муҳаммад эса Унинг бандаси ва элчиси эканига гувоҳлик бераман.

«Ҳой мўъминлар, Аллоҳдан лойиқ бўлганидек қўрқинглар ва мусулмон бўлган ҳолингизда вафот этинглар!» (Оли Имрон: 102).

«Ð­Ð¹ инсонлар! Сизларни бир жондан (Одамдан) яратган ва ундан жуфтини вужудга келтирган ҳамда у икковидан кўп эркак ва аёлларни тарқатган Роббингиздан қўрқингиз! Яна ораларингиздаги савол-жавобларда ўртага номи солинадиган Аллоҳдан қўрқингиз ва қариндош-уруғларингиз (билан ажралиб кетишдан қўрқингиз)! Албатта Аллоҳ устингизда кузатувчи бўлган зотдир» (Нисо: 1).

«Ð­Ð¹ мўминлар, Аллоҳдан қўрқинглар, Ñ‚Ñžғри сўзни сўзланглар! (Шунда Аллоҳ) ишларингизни ўнглар ва гуноҳларингизни мағфират қилар. Ким Аллоҳга ва Унинг пайғамбарига итоат этса, бас у улуғ бахтга эришибди» (Аҳзоб: 70 – 71).

Сўнг ...

Дўстлар, билингларки, гапларнинг Ñ‚Ñžғрироғи – Аллоҳнинг каломи, йўлларнинг яхшироғи – Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг йўли, ишларнинг ёмонроғи – янги пайдо бўлганлари, ҳар бир янги пайдо бўлган нарса – бидъат ва барча бидъат – залолатдир.

Ҳурматли Арш соҳиби бўлган Аллоҳдан биз ва сизларни ўзининг ҳурматлар диёрида бирга қилишини, Ўз паноҳида сақлашини, биз ва сизларни Ўз пардаси билан тўсишини сўрайман.

Мен Аллоҳ таолодан бизни адашмаган ва адаштирмаган Ñ‚Ñžғри йўлдаги ҳидоятланганлар қаторида қилишини тилайман.

Синглим, бу кечадаги суҳбат сизга аталган. Чунки, сиз ҳар мавзунинг негизи бўлдингиз.

Аёл тузалса жамият тузалади.

Агар аёл киши ўз вазифасини бажарса, иншааллоҳ, Ер юзидаги мусулмонларнинг устуворлиги яқинлашади ...

Опа–сингиллар, «Ð¥Ð¾Ð½Ð¸Ð¼Ð»Ð°Ñ€, сизлар улар олдида кимсиз?» сарлавҳали суҳбатимизга хуш келибсизлар!

Мавзуга киришишдан илгари бу мавзуга туртки бўлган омиллар ҳақида ҳам бир икки оғиз гапирмоқчиман.

Аввало, аёл кишининг ўрнакка эҳтиёжи.

Сўнгра:

– муслима аёлларнинг ўрнаклар топилмаган бир пайтда ўрнакка эҳтиёжи;
– кўплаб муслималарнинг пасайиб кетган ҳимматларини кўтариш;
– биз яшаётган воқеълик;
– одамларнинг дунёга берилишлари;
– охиратни – Аллоҳ таоло унда мўъмин ва мўъминалар учун дунё ва дунёдаги неъматлардан кўра яхшироқ нарсаларни тайёрлаб қўйганини нафсга ва бошқа эркагу аёлларга хотирлатиш;
– висолни хоҳлаган кимсанинг усулларни ушлаши лозим экани. Зеро, йўлга тушган одам, Аллоҳнинг изни билан, мақсадига етиб боради.

Ҳой, сиз бебаҳо гавҳар, биз (шонли тарихимизда) яшаб ўтган эркак ва аёллар ҳаётини ўрганишга ўта муҳтожмиз!
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 20 May 2009, 17:34:51
Сингилжон, биз улардан намуна олишга ўта муҳтожмиз!

Абдуллоҳ ибн Масъуд (разияллоҳу анҳу): «ÐŽÑ€Ð½Ð°Ðº олмоқчи бўлган одам, вафот этганлардан ўрнак олсин! Чунки, тирикларнинг фитланиш хатарлари бор»â€“ деган.
Ҳой бебаҳо гавҳар, биз ҳақиқатан ҳам йўналишимизни тузатишимиз, ўша эркак ва аёлларни ўзимиз учун намуна олароқ олишимиз керак!

Биз, ўрнаклар озайган пайтда намунага муҳтожмиз.

Биз, иззатли ва устувор эркак ва аёллар камайган бир замонда, ўшалардан иззат ва устуворликни ўрганишга муҳтожмиз!

Ҳой гавҳар, тушунчалар бутунлай ўзгариб кетганини кўрмаяпсизми?!

Ҳатто, артист ва артисткалар, хонанда эркак ва қўшиқчи аёллар ўрнак бўла бошладилар!

У ғофил ва ғофилаларни кузатиш ва улар ҳақидаги нарсаларни Ñžқиш учун кўплаб вақÑ‚ ва талайгина бойликлар сарфланмоқда!!

Сингилжон, такрор айтаман: «Ð‘из оқимни ўзгартириш ва ўрнак бўладиган шахслар кимлар эканини билишга муҳтожмиз!».
Муқаддимадан сўнгра мавзуйимиз, Аллоҳнинг изни билан, қуйидаги кичик мавзуларни ўз ичига олади:

    – иззат ва устуворлик намунаси
    – муҳаббат ва унинг маъноси
    – Аллоҳ ва Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламга бўлган муҳаббат намунаси
    – қаҳрамонлар ижодкори
    – мўъмина ва ҳаё
    – хотима.

Ҳой гавҳар, сиз қавмига: «Ҳа, мен Унинг динидаман!» деган аёл ва унинг қиссасини эшитганмисиз?! У – Ғузайя Жобир ибн Ҳаким қизи (разияллоҳу анҳо) бўлиб, Қурайшнинг Омир уруғидан, Ислом динини турмуш ўртоғи билан илк қабул қилганлардан биридир.Унинг ўзи ҳаётини шундай ҳикоя қилади:

«ÐšÑƒÐ½Ð»Ð°Ñ€Ð½Ð¸Ð½Ð³ бирида эримнинг қариндошлари келиб менга: Шояд сен Муҳаммаднинг динида бўлсанг керак?! Шояд сен Муҳаммаднинг динида бўлсанг керак?!– деб қолдилар. Мен: Ҳа, Аллоҳга қасамки, мен Унинг динидаман!– дея жавоб бердим».Сиз бу аёлдаги иззат чақмоғи ҳақида фикр юритинг! «ÐœÐµÐ½: Ҳа, Аллоҳга қасамки, мен Унинг динидаман!– дея жавоб бердим.
Улар: Аллоҳга қасамки, бизни сени қаттиқ қийноққа соламиз,– дедилар.
Мени энг асов туяларига миндириб олиб кетдилар ...
Менга асал билан нон едириб, сув бермадилар ...
Кун ярмига келиб, қуёш жазирамаси ҳамма Ñ‘қни қоплагач мени туядан туширдилар. Ўзларига чодир тикиб, мени қуёшда тик турган ҳолимда ташлаб қўйдилар. Уч кун шу алфозда қолдим.
Охири, ҳеч нарсани эшитмай, кўрмай қолдим ва ҳушимни йўқотдим ...

Менга учинчи куни: Муҳаммаднинг динидан ва қилаётган ибодатларингдан воз кеч!– дедилар. Ичимда: Шояд булар менинг кўриш ва эшитиш қобилиятларимни йўқотиб, беҳуш бўлгунимча кўрсатган сабримни кўриб, инсофга келган бўлсалар. Шояд улар ўзларининг залолат ва бу қилмишларидан қайтиб Аллоҳнинг динига – мен ҳаловатини тотган динга қайтсалар,– дедим».

Ҳа, бебаҳо гавҳар, бу саҳобия ўзини қийноқлардан қутқариб қолиш учун етарли бўлган дунё – молу мулкка эга бўлмасада, қувончи қалбларга аралашиб, Ғайблар Билимдони бўлган Аллоҳ муҳаббати билан тўлиб–тошган ИЙМОНга эга эди!!

Ҳа, бу саҳобияни ҳаракатлантирган куч – ИЙМОН эди!!

Ғузайя (разияллоҳу анҳо) сўзида давом этди:
«ÐœÐµÐ½ улар айтаётган гапларни сўзма-сўз эшита олмас эдим. Мен Аллоҳнинг битта эканида устивор эканимга ишора ўлароқ бармоғим билан осмонни кўрсатар эдим: У − биттадир!!

Мени энг оғир қийноқларга солдилар. Шундай бўлсада, Аллоҳ таоло менга шу балолардан кейин Ўз лутфини насиб этди..

Ахир Аллоҳ таоло қуйидаги оятларни айтмаганмиди:

«ÐÐ»Â­Ð±Ð°Ñ‚та Биз, то сизларнинг орангиздаги (Бизнинг йўлимизда молу жонлари билан) жиҳод қилгувчи ва (яхши-ёмон кунларда) сабр қилгувчи зотларни билгунимизча ҳамда сизларнинг ҳоли-хабарларингизни текшириб — юзага чиқаргунимизча, сизларни имтиҳон қиламиз» (Муҳаммад: 31);

«(Эй мўминлар), ёки Аллоҳ сизларнинг ичингиздан ким ҳақ йўлда курашган-у, ким сабр-тоқат қилганини мутлақо билмай туриб жаннатга кирамиз, деб ўйладингизми?!» (Оли Имрон: 142).

Мен шу аҳволда турганимда кўксимга теккан пақирнинг совуқлигини ҳис этдим. Уни олиб бир қултум сув ичдим. Кейин у пақирни тортиб олинди. У кунлари кўзим кўр бўлишига қарамай, пақир ортидан қараб қолдим. У осмон билан ер ўртасида муаллақ турар эди. Қўлимни узатдим, бироқ етмади ...

Кейин менга иккинчи марта пақирни узатилди. Яна бир қултум сув ичдим ...
Кейин менга учинчи марта пақирни узатилди. Яна бир қултум сув ичдим ва чанқоғим босилди. Ортган сувни бошим, юзим ва кийимларим устидан қуйдим ...

Эримнинг қариндошлари чиқиб менинг ҳолатимни кўрдилар ва: Ҳой Аллоҳнинг душмани, сенга сувни ким берди?– дедилар.

Мен иззат ва сабот билан: Аллоҳнинг душмани – мендан бошқасидир!! Аллоҳнинг душмани – Аллоҳнинг динига мухолиф бўлган ва Унинг амрларига осий бўлгандир!! Сизлар ўрганмоқчи бўлган нарса – Аллоҳнинг менга берган ризқидир!! У Аллоҳки: «ÐÐºÐ¸ музтар-ночор одам дуо-илтижо қилган вақтида (дуосини) ижобат қиладиган» (Намл: 62) ва: «Ð‘андаларим Сиздан (эй Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва саллам) Мен ҳақимда сўрасалар. Мен уларга яқинман» (Бақара: 186) деган Зотдир.
Мен яқинман ...
Эшитиб, ижобат қиламан ...
Узоқдагига ҳам, яқиндагига ҳам, дўстга ҳам, душманга ҳам ризқларини бераман ...
Мен яқинман ...
Музтарга ёрдам бераман, очни тўйдираман, чанқаганга сув бераман, эҳсонларимни узлуксиз давом эттираман ...
Мен яқинман ...
Атоларимиз берилажак, эзгуликларим эртаю кеч кезажак ...
Дарвозам ҳар доим очиқ ...
Мен – Ҳалим, Карим (жўмард) ва Кечиргувчиман ...
Мен яқинман ...
Мени денгизда ғарқ бўлаётган ҳам, саҳроларда адашган ҳам, деворлар ортида қамалган ҳам, ғорда қолиб кетган бандам ҳам чорлайди ...
Мен яқинман ...
Кушойишим бир лаҳзададир ...
Ёрдамларим бир ондадир ...
Енгилаётган Мени чорласа Ғолибга айланади ...
Субҳонаҳу ва таоло!!
У (гуноҳларни) кўрса яширади ...
Билса кечиради ...
Унга сиғинилса миннатдор бўлади!!!Унга озор берилса сабр қилади ...
Ундан ўзга илоҳ йўқ!
Субҳонаҳу ва таоло!! ...
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 20 May 2009, 17:36:03
Мен: Сизлар ўрганмоқчи бўлган нарса Аллоҳ азза ва жалла томонидан келди. У: «Ð¼ÑƒÐ·Ñ‚ар-ночор одам дуо-илтижо қилган вақтида (дуосини) ижобат қиладиган» (Намл: 62) Аллоҳнинг менга берган ризқидир,– дедим. Улар Ñ‚Ñžғри гапирганимни билиш учун дарҳол сув билан тўлдирилган осиғлиқ меш ва бошқа идишларига бориб қарадилар. Чунки меш ва идишлар олдида аниқ хабар бор эди!!

Мешларнинг сувга тўла ва оғзи ечилмаганини кўрдилар ва менинг олдимга қайтиб келиб: Сенинг Роббинг бизнинг ҳам Роббимиз эканига, бундай ер ва бундай ҳолатда биз берган қийноқлардан кейин ҳам сенга ризқ берган Зот бу буюк динни машруълаштирган эканига гувоҳлик берамиз!– дедилар.

У – ҳақиқий илоҳдир!!

Сўнгра, улар ҳам Ислом динини қабул қилдилар ва ҳаммалари бирга Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг олдига ҳижрат этдилар ...

Бу хотиннинг саботи, иззати ва қийинчиликлар олдидаги матонати туфайли одамлар Ислом динин қабул қилдилар ...

Одамлар Ислом динин қабул қилдилар ... Чунки уларга ҳақиқат аён бўлди ...
Бу – мўъминаларни қўзғалмас тоғдек қилган иймон ва устуворлик дарсидир.
На таҳдид ва на қийноқлар уларни таъвиз беришга ундай олди ...

Балки улар душманларнинг талабидан бош тортдилар, матонат ва устуворлик билан турдилар ...

Билол ибн Рабоҳ (разияллоҳу анҳу) энг оғир қийноқларни бошидан кечирган ва унга: Сен бу қийноқларга қандай бардош бердинг!,– деб савол берилганида: Менга қийноқ аламларига иймон ҳаловати қориштириб берилган ва иймон ҳаловати ғолиб келганди,– деб жавоб берган эди ...

Менга уларнинг сўзларин такрорла ҳар дам,
Жилоласин моғор босган қалбларни бирам!


«Ð¡Ð°ҳиҳ»Ð´Ð° Анас разияллоҳу анҳудан Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ушбу ҳадиси нақл қилинган: «Ð£Ñ‡ нарса борки, улар кимда бўлса иймон ҳаловатини тотибди – бошқа ривоятда: иймон завқини тотибди:

– Аллоҳ ва Расули унга бошқалардан кўра севимлироқ бўлса;
– одамни Аллоҳ учунгина севса;
– Аллоҳ таоло қутқарганидан сўнгра куфрга қайтишни оловга отилишни ётирмагандек Ñ‘қтирмаса» ...
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 20 May 2009, 17:36:58
Сингилчам!

Иймон – орзу-умид ва безаниш билан эмас, қалбга ўрнашиши, уни тил талаффуз қилиши ва амал тасдиқлаши билан бўлади ...

Иймон – тоат-ибодат билан кучаяди, гуноҳ-маъсият билан камаяди ...

Ҳой, бебаҳо гавҳар!

Илоҳ – бандалар муҳаббат ва ҳокисорлик, хавф ва умид, улуғлаш ва итоат билан сиғиниладиган ЗОТдир. Яъни У, қалблар суядиган ва олдида ҳокисор бўладиган тангридир.

Ақллар Аллоҳнинг муҳаббатини одамлар муҳаббати, нафс, мол, оила, фарзанд ва бошқа барча нарсалардан устун қўйишга қатъий ҳукм қилади. Бу устунликка ундамаган ақлларга эътибор берилмайди!!

Зеро ақл, фитрат ва дунёқарашнинг барчаси Аллоҳ субҳонаҳу ва таолонинг муҳаббати, балки муҳаббатдаги тавҳидига чақиради ...

Кўп айтиб ўтилганидек, пайғамбарлар ҳам фитрат ва ақллардаги бу нарсани устувор қилиш учун келганлар.

Рабб таоло ҳузуридан юборилган у пайғомлар,
Ақлу фитрат хилқатига хўп ярашган эмасму?
Кимнинг ақли бунга қилолмаса итоат
Соғ ақллар бунга доим даъват этган эмасму?
Жамолларнинг гўзали ёлғиз Аллоҳга лойиқ,
Аллоҳимиз Китобида баён этган эмасму?
Бунга мункир бўлган кимса, ақлингни йўқотдингми?
Муваҳҳидман десангда, ҳолинг битган эмасму?
Суй Аллоҳ таолони пинҳонаю ошкорада,
Уни севмас одамларнинг ақли кетган эмасму?
Уни суймак фитратингда яралмишдир,
Касбинг-ла топай десанг, оёқ тойган эмасму?
Аллоҳни рози қил қашшоқлигу боёнликда,
Душманнинг макрини У кетказган эмасму?

Аллоҳнинг чўриси!

Онажоним!

Сингилчам!

Садоқатли ва севимли саҳобиялар ҳақидаги ҳикоятларга қулоқ беринг ва: «Ð‘из улар олдида киммиз?!»â€“ дея ўзингизга савол бериб кўринг!

Имом Бухорий ва Имом Муслимларнинг «Ð¡Ð°ҳиҳ»Ð»Ð°Ñ€Ð¸Ð´Ð° Оиша разияллоҳу анҳодан ушбу ривоят бор: «Ð Ð°ÑÑƒÐ»ÑƒÐ»Ð»Ð¾ҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам Хадичага жаннатда қайғу ва шовқини бўлмаган марвариддан қурилган уйни башорат қилдилар» (Имом Бухорий: 3533, 3536, 5545)...

Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳу айтди: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар: «Ҳузуримга Жибрил келди ва: Ё Расулуллоҳ, Мана бу Хадича сизга идишда овқат ва ичадиган нарсалар олиб келаяпти. Агар келса унга Роббиси ва Менинг номимдан салом айтинг!,– деди» (Имом Бухорий: 3533, 3536, 5545) ...
Аллоҳу акбар!!
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 20 May 2009, 17:38:46
Роббиси Хадичага салом айтибди!! ...

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламга Муззаммил сурасида таҳажжуд намози Ñžқишга буюриб оятлар нозил қилганида, ота-онам фидо бўлсин Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам билан бирга Хадича (разияллоҳу анҳо) ҳам таҳажжуд намози учун турар эди.

Саҳобалар ҳам ўн икки ой муттасил таҳажжуд намози Ñžқидилар...
Намоздаги қиёмнинг узунлигидан оёқлари шишиб кетди ...

Аллоҳ таоло уларнинг садоқатини кўргач, енгиллик нозил қилди:

«(Эй Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва саллам), албатта Роббингиз сиз ва сиз билан бирга бўлган кишилардан иборат тоифа (яъни саҳобаларингиз гоҳо) кечанинг учдан иккисидан озроғида, (гоҳо) унинг ярмида ва (гоҳо) учдан бирида (бедор бўлиб, намозда) туришларингизни билади. Кеча ва кундуз (соатлари)ни Аллоҳ белгилар. У зот (фасллар ўзгариши билан кечалар ҳам узун-қисқа бўлиб туриши сабабли сизлар у кечаларда бедор бўлишларингиз лозим бўлган соатларнинг) саноғига ета олмасликларингизни билиб, сизларга қайта енгиллик берди.—Энди (кечалари намозларингизда) Қуръондан муяссар бўлган миқдорда Ñžқийверинглар» (Муззаммил: 20).

Ахир Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам Хадича (разияллоҳу анҳо) ҳақида: «Ð£ менга одамлар менга кофир бўлган кунари иймон келтирган, одамлар қувган куни менга паноҳ берган, одамлар рад этган куни мени тасдиқлаган, молларини одамлар молларини менга беришни ҳаром қилганларида берган эди»â€“ демаганмиди?!
Роббисининг унга салом айтиши беҳудага эмас эди ...
Оиша разияллоҳу анҳога ҳам бир нигоҳ ташланг ..
У – покдомонлиги етти қават Осмон устидан тасдиқланган Сиддиқа Сиддиқ қизидир ...
Қосим (раҳимаҳуллоҳ) айтади: «ÐžÐ¸ÑˆÐ° (разияллоҳу анҳо) доим рўзадор юрар эди»â€“ деди.

Яна шундай деди: «Ҳар куни эрталаб Оиша разияллоҳу анҳонинг олдига борар ва унга салом берар эдим. Кунларнинг бирида борсам тик туриб тасбиҳ айтар ва: «ÐœÐ°Ð½Ð°, Аллоҳ бизларга марҳамат кўргузди ва бизларни самумдан (яъни баданларни илма-тешик қилиб юборадиган жаҳаннамий шамолдан) сақлади. 28. Дарҳақиқат бизлар илгари (ҳаёти-дунёда) У зотга дуо-илтижо қилар эдик» (Тур: 27, 28) оятини Ñžқир эди.
У дуо қилар, йиғлар ва яна ўша оятни такрорлар эди.

Мен кута бошладим. Кута-кута зерикдим. Бозорга эҳтиёжларимни олиш учун кетдим. Қайтиб келсам Оиша разияллоҳу анҳо ҳануз жойидан жилмаган, намоз Ñžқир, йиғлар ва ҳалиги оятни такрорларди: «ÐœÐ°Ð½Ð°, Аллоҳ бизларга марҳамат кўргузди ва бизларни самумдан (яъни баданларни илма-тешик қилиб юборадиган дўзахий шамолдан) сақлади. 28. Дарҳақиқат бизлар илгари (ҳаёти-дунёда) У зотга дуо-илтижо қилар эдик» (Тур: 27, 28)».

Аллоҳ сизни ўз паноҳида асрасин, бу ривоят ҳақида ўйлаб кўринг.

Оиша (разияллоҳу анҳо) кундузи бу бўлса, атрофни қоронғулик қоплаган пайтидаги ҳоли нима экан?!

Модомики Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам обидларнинг саййиди эканлар, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг тунлари, тундаги ибодатлари ва витрини жуда яхши билган Оишаи Сиддиқа (разияллоҳу анҳо) таҳажжуд Ñžқиган аёлларнинг саййидаси эдилар!!

«Ð‘ас, ибодат-итоатли ва эрлари йўқлигида Аллоҳнинг ҳифзу ҳимояти билан (эрларининг мол-мулкларини ва ўз иффатларини) сақловчи хотинлар — яхши хотинлардир» (Нисо: 34).

Форуқ – Умар ибн Хаттоб (разияллоҳу анҳу)нинг қизи Ҳафса (разияллоҳу анҳо)-чи?!
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар: «Ð–ибрил (Менга): Ҳафсани қайта никоҳингизга олинг! Чунки у кўп рўза тутадиган ва кўп қиёмда турадиган (аёл)дир»â€“ деди» (Ҳоким: 4/15, Табароний: 18/934).

Нофеъ (разияллоҳу анҳу): «Ҳафса (разияллоҳу анҳо) вафот этгунича рўза тутишни қўймади»â€“ деди.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 20 May 2009, 17:40:46
Сингилчам!

Умрнинг у бурчагида лаҳад турганини билган одам, ҳаётини бешикни пардозлаш билангина ўтказмайди!!

Шу ерда бир савол бермоқчиман: Чимилдиққа кирилган илк кечада нима қиласиз?Гапларимга яхшилаб қулоқ солинг ва: «Ð”арҳақиқат, уларнинг қиссаларида ақл эгалари учун ибрат бордир» (Юсуф: 111), денг.

Муоза Адавийя (раҳимаҳаллоҳ) Сила ибн Ушайм (раҳимаҳуллоҳ)га узатилаётганида, жияни Силани ҳаммомга олиб борди. Кейин атирлар уфуриб турган уйдаги келин олдига киритди. У тонг отгунича намоз Ñžқиб чиқди. Муоза эса унга иқтидо қилган эди. Эрталаб жияни унга бу қилган иши сабабли дашном берди. Сила (раҳимаҳуллоҳ) эса бундай деди: «ÐÐ²Ð²Ð°Ð» мени киргизган жойинг (ҳаммом) менга жаҳаннамни эслатди. Кейин киргизган жойинг (чимилдиқ) эса жаннатни эслатди. Мен жаннат ҳақида тонггача ўйлаб чиқдим!!».
Барака топсинлар!!
Уларнинг ҳимматлари нақадар буюкмиш!
Уларнинг бу ишларини қайси сўзлар билан ифодалаш мумкин!!
Аёл киши «Ñ‡Ð¸Ð¼Ð¸Ð»Ð´Ð¸қ» кечасини ибодат билан ўтказишга сабабчи бўлибди ...
Бизга замондош аёлларга нима бўлди?!!
Йўқ, замондошимиз бўлган эркакларга нима бўлди?!!
Кўзларимга чодирлари ўша чодиру,
Аёллари бошқа аёлларга ўхшайди ...

Муоза (разияллоҳу анҳо) тонг отса: «Ð‘у – мен ўладиган кун», кеч кирса: «Ð‘у – мен ўладиган кеча»â€“ дер ва тонггача ухламас эди.

Унинг турмуш ўртоғи ва Ñžғлининг Ислом ғазотларидан бирида иштирок этиб, ҳалок бўлганининг хабари етиб келди. Бу жуда оғир мусибат бўлиб кўринсада, мўъминалар учун оғир эмасдир ...

Келинг, Собит Баноний (раҳимаҳуллоҳ)нинг ушбу ривоятини Ñžқийлик:
«ÐœÑƒÐ¾Ð·Ð°Ð½Ð¸Ð½Ð³ олдига ҳамдардлик билдириб, аёллар кириб келдилар. Уларни дарвозаси олдида кутиб олган Муоза: Агар мени табриклаш учун келган бўлсангизлар, хуш келибсизлар! Агар бошқа нарса учун келган бўлсангизлар, келган жойларингизга қайтаверинглар!,– деди».

Аллоҳу акбар!
Муоза барака топсин!
Бу тақводор аёл хотин-қизларнинг қайси тоифасидан экан-а?!
Унинг ишларига ҳайратланманг!
Чунки у – мўъминалар онаси Оиша разияллоҳу анҳонинг Ñžқувчисидир!!
Ҳой Жарир, ундайларни чақиргин
Майдонга бел боғлаб чиқа олишса!

Ҳасан (раҳимаҳуллоҳ) айтди: «ÐœÑƒÐ¾Ð·Ð°Ð½Ð¸Ð½Ð³ турмуш ўртоғи вафот этгач, кечалари мижжа қоқмай чикарди. У сутдош синглисига: Қизалоғим, менинг лаззатли маишат ёки мулойим шаббодаси учун бу дунёда қолишга муҳаббатим йўқ. Аллоҳга қасамки, мен Роббимга (шаръий) василалар билан яқинлашиб, боқийликни хоҳлайман! Шояд Роббим мени Абу Саҳбоъ ва фарзанди билан бирга қилар,– деди».

Машҳур обида аёллардан бири бўлган Уфайра (раҳимаҳуллоҳ) ривоят қилади: «ÐœÑƒÐ¾Ð·Ð° (раҳимаҳаллоҳ) ўлими олдидан йиғлади ва кулиб юборди. Ундан: Нега йиғладингиз ва нега кулдингиз?,– деб сўралганида: Сиз кўрган йиғи – рўза, намоз ва зикрдан айрилиб қолаётганим учун эди!! Табассумим ва кулгум эса, эгнига яшил ипак сарупони кийиб олган Абу Саҳбони ҳаётимда ўхшашини кўрмаганим бир гуруҳ ичида, ҳовлининг ўртасида кўрдим. Мен унга қараб, у эса менга қараб кулди. Менимча, сизлар билан бирга бошқа фарз намозини Ñžқий олмайман шекилли,– деди. (Ҳақиқатан ҳам) у, келгуси намознинг вақти кирмай туриб вафот этди».

Субҳоналлоҳ!
У йиғлабди. Лекин, нима учун? ...
Намоз, рўза ва зикрдан айрилаётгани учун!!
Ҳой, бебаҳо гавҳар!
Сиз нима учун йиғлаяпсиз?
Сиз нима учун қайғураяпсиз?!
Бу бебаҳо жолалар нега тўкилаяпти?!
Уларни кимлар учун тўкаяпсиз?!
Ўлсалар ҳам доимо яшамоқдалар,
Яшаган кунларин айлашиб байрам,
Байрам ўша байрам, вақÑ‚ ўша вақÑ‚,
Биз–чи, тирик шаклида ўликмиз ҳар дам!

Сингилчам, иймоннинг илк аломати – Аллоҳ таоло ва Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламни суюшдир.

Бу муҳаббатни иддао қилган одамлар кўпайганида, бу иддаонинг Ñ‚Ñžғрилигини исботлаб бериш учун ҳужжат талаб қилинди. Аллоҳ таоло айтди: «ÐÐ¹Ñ‚инг (эй Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва саллам): «ÐÐ³Ð°Ñ€ Аллоҳни севсангиз, менга эргашинглар. Шунда Аллоҳ сизларни севади ва гуноҳларингизни мағфират қилади» (Оли Имрон: 31).
Натижада, кўпчиликнинг иддаоси пуч чиқди ...

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламга амаллари, сўзлари ва аҳлоқида издош бўла олганларгина устувор қола олдилар ...

Барака топинг, «Ð›Ð° илаҳа иллоҳ» (Аллоҳдан бошқа илоҳ йўқдир) деб гувоҳлик беришнинг тақозоси ва шартларидан бири бўлган бу муҳаббат ҳақида салафлар нима деганига бир қулоқ беринг!
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 20 May 2009, 17:51:35
Абдуллоҳ Қураший (раҳимаҳуллоҳ): «ÐœÑƒҳаббат – борлиғингни суйган Зотга беришинг ва ундан бирон нарсани ўзингга олиб қолмаслигингдир»â€“ деди.
Унинг сўзларининг маъноси: хоҳишингиз, азмингиз, ишларингиз, нафсингиз, сарватингиз ва вақтингизни суйган зотингизга беришингиз, унинг розилиги ва суйган нарсалари йўлида вақÑ„ этишингиз, ундан, У зот берган нарсадан бошқа бирон нарсани ўзингиз учун олиб қолмаслигингиздир. Ундан, унинг учунгина оласиз.
Баъзилар: «ÐœÑƒҳаббат – жўшиб турган қалб билан мудом мойил бўлишдир»,– дедилар.
Баъзилар: «ÐœÑƒҳаббат – эгалик қилган барча нарса устидан маҳбубни афзал кўришдир»,– дедилар.
Бу бобда айтилган сўзларнинг энг чиройлиси Абу Бакр Каттоний (раҳимаҳуллоҳ) қилган ривоятдир. У айтди: «ÐÐ»Ð»Ð¾ҳ азиз қилсин, Маккада ҳаж мавсумида муҳаббат ҳақида масъала бўлиб қолди. Катта устозлар – шайхлар муҳаббат ҳақида гапирдилар. Жунайд (раҳимаҳуллоҳ) улар ичида энг кичиги эди. Шайхлар унга ҳам: Ҳой ироқлик, қани, сен ҳам бирон нарса де?,– деб қолишди. У бошини қимирлатди. Кўзларидан ёшлар оқа бошлади ва айтди: Ошиқ:

– Ўзидан кетган ...
– Роббисининг зикридан айрилмаган ...
– Роббисининг ҳақларини адо этган ...
– Роббисига қалби билан боққан ...
– гапирса – Аллоҳ билан ва Аллоҳдан гапирган ...
– ҳаракат қилса – Аллоҳнинг амри билан ҳаракат қилган ...
– сокин бўлса – Аллоҳ билан сокин бўлган одамдир.

У – Аллоҳнинг ёрдами билан, Аллоҳ учун ва Аллоҳ билан бирга бўлади ...
Устозлар ҳам йиғлаб юбордилар ва: Бундан ортиқча бўлмайди?,– дедилар».
Садоқатли ошиқ гапирса – Аллоҳ учун гапиради ...
Сукут қилса – Аллоҳ учун сукут қилади ...
Берса – Аллоҳ учун беради ...
Манъ қилса – Аллоҳ учун манъ қилади ...
«Ð£ – Аллоҳнинг ёрдами билан, Аллоҳ учун ва Аллоҳ билан бирга бўлади ...
Устозлар ҳам йиғлаб юбордилар ва: Бундан ортиқча бўлмайди?,– дедилар».
Ибн Қоййим (раҳимаҳуллоҳ) Аллоҳ таолонинг муҳаббатига олиб борадиган ўнта нарсани санаб ўтди:
«Ð‘иринчи: Қуръонни тафаккур, маъно ва маънодаги мақсадларни тушуниш билан Ñžқиш;
Иккинчи: Аллоҳ таолога фарзлардан ташқари нафл ибодатлар билан ҳам яқин бўлиш;
Учинчи: Қалб ва тил билан мудом зикрда бўлиш;
Тўртинчи: Аллоҳ суйган нарсаларни ўзи суйган нарсалардан афзал кўриш;
Бешинчи: Қалбнинг Аллоҳ таолонинг исм ва сифатларини ҳис этиши;
Олтинчи: Аллоҳ таоло берган ботиний ва зоҳирий неъмат ва атоларини мушоҳада этиш;
Еттинчи: Қалбнинг бутунлай Аллоҳ таоло ҳузурида ҳокисор бўлиши. Бу – санаб ўтилганларнинг энг ажойибидир.
Саккизинчи: Аллоҳ таолонинг қуйи осмонга тушган пайтларида У билан муножот қилиш, Қуръонни Ñžқиш ва қалб билан танҳо қолиш ҳамда Аллоҳ даргоҳида бандалик одоби билан туриш;
Тўққизиничи: садоқатли ошиқлар билан суҳбатдош бўлиш, уларнинг суҳбатларидан худди ширин меваларни танлаб олинганидек, ҳикмат дурдоналарини шодалаш;
Ўнинчи: қалб билан Аллоҳ ўртасига Ñ‚Ñžғаноқ бўладиган барча нарсалардан қочиш»....
Мен у обидалар ҳаётидан яна мисоллар келтираман ...
Сиз: «Ð‘из улар олдида киммиз?» дея такрорлаб, ўзингизни сўроқланг ...
Ҳой, бебаҳо гавҳар бўлган она ва сингил!
Бугун фарзандларимизни қандай тарбия қилаяпмиз?!
Улар учун қандай орзулар қилмоқдамиз?!   Ð”авоми (http://muslimaat.uz/content/view/800/115/)
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muzayyana 25 May 2009, 12:54:44
Assalamu alaykum.
O'tgan Jum'a kuni edi...Yozma ishni yozayotib, biroz qo'llarim toliqdi...
Derazadan tashqariga qaradim. Institut yonida, yani yaqinroqda masjid bor.
Jum'a namozi o'qib bo'lingach, to'da-to'da oq do'ppi kiygan, yuzlari nurli, qo'llarida joynamoz ko'targan, ko'pchiligi oq kiyimlar kiygan hamshaharlar ko'chani to'ldirib namozdan qaytishadi. Hozir ham ayni shu hodisaga guvoh bo'lib turibman...ular namozni o'qib yuzlarida tabassum bilan bir-birlari bilan suhbatlashib namozdan qaytishayapti. Shu payt ko'zim yo'lni narigi tomonida skameykada sigareta tutatib o'tirgan 3-4 yigitga tushdi...ular bugun Juma ekanidan bexabar, Allohning amrlariga beparvodek huddi...
Qiziq...

Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Shokir63 25 May 2009, 13:07:57
Assalamu alaykum.
O'tgan Jum'a kuni edi...Yozma ishni yozayotib, biroz qo'llarim toliqdi...
Derazadan tashqariga qaradim. Institut yonida, yani yaqinroqda masjid bor.
Jum'a namozi o'qib bo'lingach, to'da-to'da oq do'ppi kiygan, yuzlari nurli, qo'llarida joynamoz ko'targan, ko'pchiligi oq kiyimlar kiygan hamshaharlar ko'chani to'ldirib namozdan qaytishadi. Hozir ham ayni shu hodisaga guvoh bo'lib turibman...ular namozni o'qib yuzlarida tabassum bilan bir-birlari bilan suhbatlashib namozdan qaytishayapti. Shu payt ko'zim yo'lni narigi tomonida skameykada sigareta tutatib o'tirgan 3-4 yigitga tushdi...ular bugun Juma ekanidan bexabar, Allohning amrlariga beparvodek huddi...
Qiziq...



Aloh ularni isloh etsin
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muzayyana 25 May 2009, 13:33:20
Aytganingiz kelsin, Alloh ularga hidoyat bersin!
Bilasizlarmi nima, mani eng yomon ko'rgan narsam, birorta birodarga hijob yoki namozdan gap ochilsa, "hali ulguramiz" yoki bo'lmasa "insonni qalbida bo'lsa bo'ldi" yoki hijobli qizlarga nisbatan, "aslida shu hijoblilar yaxshi qizlar emas, hammadan ajratib, o'zlarini ko'z-ko'z qilish uchun mana shunday ro'dapoga o'xshab yurishadi", va mana shu tahlit gap-so'zlar.
"Hali ulguramiz" deyishadi, Vallohi ular kim o'zi, qancha yashalarini qayerdan bilishadi a?! Kim ularga san mana buncha umr ko'rasan deb aytib qo'ygan ekan a?!
"Insonni qalbida bo'lsa bo'ldi", xop mayli, qalbda bo'lishi kerak, lekin qalbdagi narsani yuzada ko'ringani bu amal emasmikin?!
"Aslida shu hijoblilar yaxshi qizlar emas, hammadan ajratib, o'zlarini ko'z-ko'z qilish uchun mana shunday ro'dapoga o'xshab yurishadi". Ko'z-ko'z qilsak, shavatni qo'zg'aydigan ochiq avratimizni emas, Allohga bo'lgan muhabbatimizu, Unga bo'lgan taqvomizni, Uning amrlariga qilayotgan itoatimizni ko'rsatayapmizku!
Buni tushunishmaydi, aslida bularni tushunish uchun ularda iymon deya atalmish narsa kerakligini bilishmaydi...
Shokir63 aytganlariday, Alloh ularni isloh qilsin, amin...
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Shokir63 25 May 2009, 15:43:01
Aytganingiz kelsin, Alloh ularga hidoyat bersin!
Bilasizlarmi nima, mani eng yomon ko'rgan narsam, birorta birodarga hijob yoki namozdan gap ochilsa, "hali ulguramiz" yoki bo'lmasa "insonni qalbida bo'lsa bo'ldi" yoki hijobli qizlarga nisbatan, "aslida shu hijoblilar yaxshi qizlar emas, hammadan ajratib, o'zlarini ko'z-ko'z qilish uchun mana shunday ro'dapoga o'xshab yurishadi", va mana shu tahlit gap-so'zlar.
"Hali ulguramiz" deyishadi, Vallohi ular kim o'zi, qancha yashalarini qayerdan bilishadi a?! Kim ularga san mana buncha umr ko'rasan deb aytib qo'ygan ekan a?!
"Insonni qalbida bo'lsa bo'ldi", xop mayli, qalbda bo'lishi kerak, lekin qalbdagi narsani yuzada ko'ringani bu amal emasmikin?!
"Aslida shu hijoblilar yaxshi qizlar emas, hammadan ajratib, o'zlarini ko'z-ko'z qilish uchun mana shunday ro'dapoga o'xshab yurishadi". Ko'z-ko'z qilsak, shavatni qo'zg'aydigan ochiq avratimizni emas, Allohga bo'lgan muhabbatimizu, Unga bo'lgan taqvomizni, Uning amrlariga qilayotgan itoatimizni ko'rsatayapmizku!
Buni tushunishmaydi, aslida bularni tushunish uchun ularda iymon deya atalmish narsa kerakligini bilishmaydi...
Shokir63 aytganlariday, Alloh ularni isloh qilsin, amin...

Mashinada faqatgina gazni bosib rul, tormoz bilan ishing bo'lmasin, gazni bossang bo'ldi, degan kishining oqibati qanday bo'lsa, din qalbingda bo'lsa bo'ldi, qalbing pok bo'lsa bo'ldi, qolgani hech narsa emas deydiganlarning ahvoli undan ham battarroq. Chunki avto halokat foniy dunyoni ado etadi, ikkinchi guruhning esa abadiy hayoti.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: imlaah 26 May 2009, 08:24:59
Отам ўлимидан севиндим, аммо...

Менинг исмим Қоя. Ҳозир Абубакрман. Бугун отам мозорга, онам қамоққа кетди. Мен оиламизнинг тўнғич фарзандиман. Мен учун жону жаҳоним, ҳар кимим укам ёлғиз Чингиз (Али) қолди. Ажал онамнинг қўли билан отамни олиб кетди!!! Онам ҳибсда нима қилади? Онам отамнинг қотилими? Йўқса, отамни, болаларини, ҳатто жамиятни қутқармоқчи бўлган фидокорми? Саволлар... Жавоблари борми-йўқми? Онамизни қамоққа, отамизни мозорга йўлладик, икки бола ўртада қолдик! Бу жамиятнинг тасқара башарасидир... Бу ҳаёт бир неча кишининг ҳаёти эмас, отаси ароқхўр, онаси қотил, бизнинг кўзёшларимиз, машаққатларни бўлишганларнинг ҳаёти...

Биз икки ака-ука онамизнинг ҳаётини билишга қизиқардик. Онажонимиз бироз жим бўлиб қоларди. Юзини машаққат чулғарди. Сўнгра ғамгин табассум қилардики, шу юз ҳаракатлари унинг дардли аёл эканини англатарди. Ўша пайтларда бизни хафа қилмаслик учун бизга қарамасликка, юзларини кўрсатмасликка, яширишга уринарди.

"Отангиз билан орамизда бешиккерти даган нарса бор эди. Отангиз мени севганини айтар, ўзлари келишган, севимли ҳамда муаллимликка меҳÑ€ қўйган эди... Уйланиш учун ўша пайтларда шу хусусиятларнинг ўзи етарли эди. Мусулмонлик ахтармасдим, Ñ‚Ñžғрироғи, мен ҳам диндан хабардор эмасдим. Мени отамдан сўратди, бермадилар. Мени олиб қочди, турмуш қурдик. Бир йилча бахтли яшадим. У пайтлар ҳам ичарди, лекин оз ичарди. Уйда ҳаддан ташқари тўполон кўтармас эди. Бир йилдан кейин ичкиликка ружу қўйди. Биринчи фарзандимиз қиз бўлди, лекин ўлди. Кейин сен туғилдинг. Уч йилдан сўнг Чингиз... Бундан кейинги ҳаётим ҳар кун бир хил кечди. Таёқ, зулм, очлик, кейин ўзларингиз улғайиб, ҳаммасини ўз кўзларинигиз билан кўрдингиз".

Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: imlaah 26 May 2009, 08:25:49
Кошки, улғаймасайдик, кўзимиз билан кўрмасайдик, онажоним! Сизга қилинган зулмлар, калтакларга жавобан йиғлардик. Бошқа қўлимиздан ҳеч нарса келмасди. Отамни инсон дейишимиз учун ўзимиз инсонликдан чиқишимиз керак бўларди. Ҳайвон ҳам деёлмасдик... Чунки бунақа ҳайвон йўқ эди... Отамиз инсон кўринишидаги ғалати яратиқ эди. Муаллим бўлгани учун, мактабга боришига Ñ‚Ñžғри келар, лекин бормасди. Дарс ўтишга бизларни юборар, мудир сўраса, касал дердик. Келолмаслигини айтардик. Давлат муаллим тайёрлаб, диплом беради ва бир синф 20-25 та Ñžқувчини қўлига топширади, у уларга хушахлоқ бўлишни ўргатиши зарур. Лекин у маст, мактабга келмайди. Оиласига зуғм қилади, оч қолдиради. Лекин ой бошида маошини нақд ундириб кетади. Отам динсиз одам эди. Онамни ҳам ўз таъсирига олар, ўзига ўхшатмоқчи бўлар, лекин онам Оллоҳдан кўнгил узмасликка ҳаракат қиларди. Лекин отам онамнинг намоз Ñžқиши, рўза тутишига тўсқинлик қиларди. Доим ўткир асбобларни яшириб қўярдик, бизни яралаб ёки ўлдириб қўйишидан қўрқардик.

Бир куни бесўнақай оёқлари билан онамни тепди, онамнинг ўнг қоши ёрилиб, атрофни қонларга бўяди. Отам онамни қанча урса ҳам онам бизни ўртага аралаштирмасди. Бизни урдирмас, бор зулму жафони ўзи чекарди. Лекин ўнг қоши ёрилиб, ҳар тарафга қон тизиллаб отилганда, неча йиллардан буён илк марта мени чақирди.

-Қоя! Мени қутқар! Қутқар, болам, ёрдам бер! Онамнинг ўлиб қолишини ўйладим. Отамни ушлаб тортдим. Отам турди, тиғли нарсаларни ахтарди. Тополмагач, мени урди. Эрталаб Чингиз мактабга кетишидан олдин уни ҳам урди... Отам олган маошини деярли ичкиликка сарфлар, ора-сира онамга ҳам берарди. Бозорга борилмас, тузукроқ таом емасдик. Ароқхўр одам ҳайвондан ҳам баттар бўларкан. Отамиз уйда яланғоч юрар, ҳожатхонага бормас, уйда тоғорага ёзиларди. Тоғорани ҳам биз ёки онам келтирардик. Ҳайвонга ўхшаб бўкирарди. Агар тоғорани келтиравермасак, уйнинг дуч келган жойига катта-кичик ёзилаверарди. Ҳа, булар ичкиликнинг кўрсатган ҳунарлари эди... Онам отамни ўлдиришидан бир кун аввалги оқшом ҳам маст эди. Онамни, мени, Чингизни урди. Шомданоқ ҳайвондай бақира бошлади. Даф бўлишимизни, йўқса, ҳаммамизни ўлдиришини айтди. Йиллар тинглаган таҳдидлар эди бу. Эрталаб мактабга кетдим, шомга яқин соат бешларда амакимнинг қаҳвахонасига ўтдим. Амаким отамни кўрсатиб:

Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: imlaah 26 May 2009, 08:26:43
-Эплай олмаётир,-деди.

Отам одатдагидай маст, чой қуймоқчи бўлар, лекин тўкиб-сочарди. Отамни уйга олиб келдик. Укам мактабда. Онам ўтинларни майдалаб, тешани унутиб пойгоҳга қолдирган. Отам ичкари кириши биланоқ одатдагидай бақириб-чақирди. Отамнинг пойафзалини ечмоқчи бўлганида, отам онамни тепиб юборди. Ва болтани олиб онамга ташланди, онам қўлига ногаҳон теша тушиши билан ҳушини йўқотиб, отамнинг бошига урди. Онам камзул кийиб эшикни қулфлаб чиққанларида мактабдан Чингиз келиб қолди. Онам йўлда воқеани Чингизга айтмагани учун, у отам онамни уриб, қариндошлариникига кетган, деб ўйлаган. Ва албатта, кейинроқ ҳаммасидан хабардор бўлди.

Онам вазиятни тоғамнинг Ñžғлига тушунтирди. У:

-Бор, таслим бўл,-деди. Онам қотил каби маҳкамага борди. Ҳолбуки, онам қотил эмас эди, ўн Ñ‚Ñžққиз йиллик азобга нуқта қўйган, ўзини-ўзи ҳимоя қилган бир аёл. Агар онам отамни ўлдирмаганда, отам онамни ўлдирарди... Лекин воқеани халққа ёйган газеталар ўзлари истаганларидай ёлғон-яшиқни ёзмоқдалар, бу ўзини ҳимоя қилган аёлга туҳмат қилишдан бошқа нарса эмас. Мана, шу газеталардан биттасининг хабари: "Маст эрини ўлдирган хотин- икки боланинг онаси ўзини миршабга топширди. Ичкилик ва таёқ 19 йиллик оилани бузди, вайрон қилди, орқада оталари ёки оналарига йиғлашни билмаган икки бола қолди. Эр-хотин ўртасида 19 йилдан бери давом этиб келаётган жанжал ўтган куни жиноят билан якунланди.

Болалари мактабдалигида эрини эшик ортига яшриниб кутган Ойша Қушчи уни ичкари кирар-кирмас, илгаридан ҳозирлаб қўйган теша билан бошига уради. "Мени эзаётган эримнинг ўлими эмас, болаларимнинг ҳам онасиз, ҳам отасиз қолишидир", дейди".

Фидойи онажонимиз энг қийналган пайтида ҳам бизларни ўйларди. Ўн йилларки, ўша азобларга бизни деб чидаб келмадими?! Бизни эзаётган нарса ҳам онамиздан айрилиш эди.

Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: imlaah 26 May 2009, 08:27:21
Отамиз ҳар куни сўкар, телбалар каби бақирарди. Онам теша билан бошига уриб, уни тинчитди. Ҳеч бўлмаганда, отамизнинг дунёда чекаётган азобига якун ясади. Баъзан отам бўлгани, онамга зулм қилгани эсимга тушиб, яхшиям ўлди, деб юбораман. Қисқаси, ўйлаб қарасам, отамнинг ўлганига севинар эканман. Отам ўз қариндошларига ҳам иснод келтирар, улар бизникига келишмасди. Онам қамалгунича отам учун намоз Ñžқиди. Динсиз бўлган отамнинг жаноза намозини Ñžқишиб, уни мусулмон қабилида кўмдилар. Онам қамалгач, синовли кунлар бошланди. Бир кун бу, бир кун у қариндошимизникида турамиз. Овқат бериб кузатадилар, кузатадилар эмас, кетказадилар. Кейинроқ, баъзи мусулмонлар бизларга ёрдам беришди. Ҳозир шу мусулмонлар ёнидамиз.

Биз Ñžқиб, динимиз учун фойдали инсон бўлишни орзу қиламиз. Энг улуғ тилагимиз: онамиз бироз олдинроқ бўлса-да, ҳибсдан озод бўлишини, тўйиб-тўйиб бизни бағрига босиши, бошимизни силашини кутамиз. Шуни айтиш эсимдан чиқмасинки, динимизни ўрганар эканмиз, исмларимизни ҳам ўзгартирдик. Мен Абубакр, укам Али номларини олдик. Аммо динни ўрганганимиздан сўнг, отамизнинг иймонсиз ўлганидан қайғурдик, маъюсландик, ғуссаларга чўмдик...

Абубакр

Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 02 Iyun 2009, 16:56:14
Ҳозирги бозор иқтисодиёти шароитида дўкон пештахталарини турли хил хорижий маркали косметик воситалар тўлдириб юборганлигининг гувоҳи бўламиз. Албатта, харидорлар чўн­тагига қараб косметика танлайди. Баъзилар қимматини, баъзилар арзонини...

 Ð¥ÑžÑˆ, ушбу косметик воситалар таркибидаги моддалар организмга фақат ижобий таъсир кўрсатадими ёки уларнинг зарарли таъсири ҳам борми?!
 
Буни билиш учун косметик восита таркибидаги қуйидаги моддаларга эъ­тибор беришингиз талаб этилади:

Техник мой-косметикада намлантирувчи восита сифатида қўлланилади. Натижада тери ўзининг эластиклик хусусиятини сақлаб қолади. Бироқ техник мой теридаги сувнинг ўзинигина эмас, балки теридан чиқиб кетиши зарур бўлган заҳарли токсинларни ҳам ушлаб қолади. Мой тери юзасини бир текисда қоплаб олганлиги боис терига кислород киришига тўсқинлик қилади. Оқибатда тери ҳужайраларининг янгиланиши тўхтаб, терида доимий тарзда ҳуснбузарлар тошиши кузатилади.

Пропилен намлантирувчи восита си­фатида ишлатилади. Бироқ тадқиқотларда унинг ҳуснбузарларни келтириб чиқариши аниқланган.

Глицерин намлантирувчи восита си­фа­тида турли косметик воситалар таркибига киритилган. Ушбу восита тери ичига кириб, намликни ушлаб туради.  Аниқланишича, ҳаво намлиги паст бўлган вақтда глицерин намликни тери ичидаги сувдан тортиб олиб, тери устида ушлаб туради. Натижада тери қуруқлиги баттар ошади. 

Натрий лорел сульфат кокос ёнғоғидан олинади. Ушбу модда соч пиёзчаларига зарарли таъсир қилиб, соч­ларнинг тўкилишига сабаб бўлади. Бошда қазғоқ келтириб чиқаради.

Каолин - терини қуруқлаштиради.

Ланолин - терида турли аллергик жараёнларни келтириб чиқаради.

Шампунларда РН нинг ÑŽқори бўлиши сочларни зарарлаши мумкин.

Асалари сути - асалари сути терига яшартирувчи ҳусн бериши рекламаларда эътироф этилса-да, бироқ ушбу модда икки ҳафталик муддатдан сўнг ўз хусусиятларини йўқотади. Ахир, шампун ва бошқа косметик воситалар икки ҳафталик муддат билан ишлаб чиқарилмайди-ку?!

Ош тузи косметик воситаларни қуюлтириш учун ишлатилади. Бироқ ош тузи юз терисини, тери ҳужайраларини таъсирлаши мумкин.   ÐœÐ°Ð½Ð±Ð° (http://www.bekajon.uz/uzbk/guzallik_va_salomatlik/foydalimi_yoki.mgr)

 
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 07 Iyun 2009, 11:02:03
ФИТРАТИНГНИ ҚИЙНАМА

Даставвал мавзуимиз таркибидаги «Ñ„итрат» сўзининг шарҳига тўхталамиз. Бу сўз «Ð¸Ð½ÑÐ¾Ð½Ð½Ð¸Ð½Ð³ табиатан яратилиши», «Ð¸Ð½ÑÐ¾Ð½Ð½Ð¸Ð½Ð³ табиий ҳолати» каби маъноларни билдиради. Ёйиброқ айтганда, биров ундай туғилган, биров бундай, биров чиройли, биров яна бошқача.

Энди сенга савол: Бир жойда оқ атиргул ўсиб турибди. Сен қўлингга ҳар хил бўёқлар, агар имконинг бўлса, аёллар бўянадиган косметик бўёқлардан, «ÑÐ½Ð³ зўри» деб мақташадиганидан ол-да, атиргул шохларидан бирида чйройли бўлиб турган бир нечта донасидан биттасини бўя. Фараз қиламиз, сен унга маҳоратли уста рассом каби дид билан яхши ранглар бердинг. Кейин уни ўз ҳолига қолдир ва кузат ҳамда натижани атрофидаги шериклари билан таққосла. Хўш, нима бўлди? Ўша гул аввал қандай ҳолда эди-ÑŽ, кейин қандай ҳолга келиб қолди; атрофидаги гуллар қандай ҳолда-ÑŽ, у қандай ҳолда? Оддий тил билан айтганда, сен ўша гулнинг фитратини бузиб қўйдинг, ваҳоланки, сен «ÑÐ½Ð³ зўр» деб баҳоланадиган бўёқдан фойдаланган эдинг. Бу қилган ишинг ўзингга Ñ‘қдими? Ўша атиргулга-чи? Албатта, бу нотўғри иш, шундай эмасми?!

Мазкур ишдан ибрат олиш керак. Ээ, бир атиргул экан-ку, шунга шунчами, демагин. Чунки ўша атиргулни ҳам, сени ҳам битта Худо яратган. Яна ўзгача таърифлайдиган бўлсак, сен ҳам ўша атиргулга ўхшайсан. Шунингдек, бошқа барча инсонлар ҳам. Демак, сен билиб олдингки, фитратни бузишда ҳеч қандай яхшилик йўқ. Қиссадан ҳисса шуки, қанчадан-қанча миллионлаб аёллар ўзларининг у ер-бу ерини бўяб ёки бўятиб, фитратларини бузишаётганлигини фаҳмлаб олдинг.

Бўяладиган, пардозланадиган жойларни би-ир санаймизми, яна кўп нарсани идрок қилиб оласан?! Мана, ўзинг ҳам биладиган нарсалар:

1. Юз (баъзан ёноқнинг ўзи алоҳида);
2. Лаб;
3. Кўз;
4. Киприк;
5. Соч;
6. Тирноқ (баъзан оёқники алоҳида, қўлники алоҳида);
7. Ҳош;
8. Кавоқ.

Хўш, шунча жойни бўяш учун қанча вақÑ‚ кетади, қанча бўёқ кетади, қанча пул кетади? Бу кетган нарсалар исроф эканлигини аниқ биласан-ку! Яна қанақа исроф — инсон ўзининг (бошқанинг эмас!) фитратини бузиши учун йўл қўядиган исроф. Сен ақлли қизсан, шундай бемаъни исрофларга ич-ичингдан, қалбинг тубидан розимисан? Шундай ишларни қилаётган, қилдираётган аёлларни ким шундай қилишга мажбур қиляпти? Ёки уларни шундай қадам қўйишга нима мажбурлаяпти? Кейин улар ўз фитратини қайтиб тиклай олмайдилар-ку, наҳотки тушунмасалар! Бузилган тери ва бузилган фитрат инсонни бир умр ҳар томонлама қийнаб қўйишини улар, афсуски, кеч тушунадилар. Улар ўшанда пушаймон бўлишадики: «Ð­ҳ, бекор шундай қилибман!». Ҳозирда эса улар ақлли бўла туриб, бунга эътибор қилмайдилар; фойдали нарса учун эмас, зарарли нарса учун, бошқанинг эмас, шахсан ўзининг фитратини бузиш учун шундай нотўғри қадам қўйиб алданаётганларини билмайдилар ёки билишни истамайдилар.

Ёки хушбўйлик истагида бўлиб, доимий равишда ҳар турли атир, духи ва шунга ўхшаш нарсалар билан хушбўйланаётган, қўлтиқ тагига доимий равишда ўзининг махсус нарсаларини ишлатаётган кишилар ўзларида аста-секин қўланса ҳид пайдо бўлаётганини билиб қолишганларидан кейин, яна ҳам кучлироғини ишлатишга мажбур бўлиб қоладилар.

Бундан 10-11 йил олдин бир идорада ишлаганман. Бирга ишайдиганларимиздан бир эркак киши ва бир аёл доимо ана шундай нарсалар ишлатганликларидан уларда пайдо бўлиб қолган қўланса ҳид ҳаммага таниш бўлиб қолган эди. Натижада уларнинг келган-келмаганликлари ўзларининг чиқарган ҳидларидан билинарди, ваҳоланки улар энг замонавий кишилардан эдилар. Бу ҳам фитратни бузиб қўйишга бир мисол бўлади.

Отахон шоиримиз Абдулла Орипов ўзининг машҳур «ÐÑ‘л» деган шеърида ёзади:

Баъзида тирноқлар безаги учун
Саҳардан шомгача қиласиз тоқат.
Бироқ ёрингизни кутгали нечун
Топилмас тирноқча сабру қаноат.


(Бу бандда «Ñ‚ирноқ» сўзи иккита ҳамда чуқур маънода ишлатилгани учун у сўзларни ажратилган рангда ёздим).

Қизим, оқ варақдай умринг оддинда, сен қандай йўл тутасан? Ўшандай бир умр пардозланиб, бўяниб юрган танишларинг бўлса, ёки ўшандай юришни ўзига лозим тутадиган аёллар билан бемалол суҳбатлашиш имконинг бўлса, ўзинг бир гаплашиб, фикрлашиб кўр-чи, нима дейишар экан? Сўнг эса шунақа қадам қўйиш ёки қўймаслик ҳақида бирор қарор қабул қилиш ўзингга ҳавола.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Hadija 08 Iyul 2009, 23:23:57
«O‘CHIR OVOZINGNI, MAHMADONA!..»

Keling, gapni chuvalatmay, asosiy maqsadga o‘taqolay. O‘zingiz ham fahmlab turibsiz, gap farzandlarimizning ta’lim-tarbiyasi haqida.
Xo‘sh, ayrim o‘quvchilar yuqorida tilga olingan qiz kabi «daholik»ka erishayotgan ekan, buning asosiy sabablari nimada?
Masalani siyosatga taqashning hojati yo‘q. Yurtimizda maktab ta’limini isloh qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarga barchamiz guvoh bo‘lib turibmiz. O‘qiyman, degan odamga har qanday shart-sharoit muhayyo. Shunday ekan, aqalli bir bor xolis bo‘laylik-da, aybni har doimgiday boshqalarga ag‘darmay, o‘zimizdan qidirib ko‘raylik.
Allaqaysi zamonda yosh ota-ona mashhur allomaning huzuriga kelishibdi. «Yaqinda farzandli bo‘ldik, uning tarbiyasini qachondan boshlashimiz darkor?» deb so‘rashibdi ular. Alloma ham savol beribdi: «Farzandingiz necha oylik bo‘ldi?» «Uch oylik», javob qaytaribdi ular. «Uning tarbiyasini roppa-rosa uch oyga kechiktiribsizlar», degan ekan alloma. Ushbu rivoyatdan xulosa chiqarish o‘zingizga havola. O‘zbeklarda esa farzandlar tarbiyasi haqida o‘ziga xos oddiy falsafa bor: «Ha-a, bir-biri bilan urishib-tepishib katta bo‘ladi-da...» To‘g‘risini tan olish kerak, tarbiya borasida ancha no‘noqmiz. Nobel mukofotini olishi mumkin bo‘lgan bolamizga nonni «nanna», ovqatni «ashsha» qilib o‘rgatgunimizcha, rus qo‘shnimizning farzandi hamma narsani o‘z oti bilan atab, burro-burro gapirayotgan bo‘ladi. Dilbandimiz endigina dunyoni anglay boshlab, «U kim? Bu nima?» qabilida savollar bera boshlasa, «Uf-f, boshimni qotirib yubording, birpas jim o‘tir», «O‘chir ovozingni, mahmadona!» tariqasida javoblar eshitadi. Bora-bora, u savol so‘ramay qo‘yadi, endigina kurtak otgan iste’dodi va qobiliyati bo‘g‘iladi-qoladi.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Hadija 08 Iyul 2009, 23:25:30
ZO‘RAVONLAR

Akademik litseyda ishlab yurgan paytida hamkasblarim aytib qolishdi: «Hozirgi o‘quvchilar juda taltayib ketdi, agar biror erkak o‘qituvchi yoqmay qolsa bormi, panaroqqa olib chiqib, kaltaklashdan ham toyishmaydi...» Bu haqida oldin ham eshitgandim, baribir ishonmadim. «Bor gap, bunaqa voqealar bo‘lib turadi, o‘qituvchi bechora esa hech kimga og‘iz ocholmaydi», deyishdi ular. Nahotki, o‘quvchi ta’lim bergan ustoziga qo‘l ko‘tarsa?! «Ustoz otangday ulug‘» degan gap qaerda qoldi unda? «Senga bir harfni o‘rgatgan ustozning haqqini mingta boylik bilan ham ado etolmaysan», degan gap-chi?
Bunday ko‘nglisiz holatning asl sababchilari albatta ota-onalardir. Yilda arang bir marta qorasini ko‘rsatgan ota-onaga farzandidan shikoyat qilsangiz, «Ertadan-kechgacha ishdamiz, tirikchilik bilan ovora bo‘lib, bolalarga vaqt ajratolmayapmiz», deya uzrxohlik qilishadi. O‘g‘liga yo qiziga qattiqroq gapirib ko‘ring-chi, ayuhannos solib, yelday uchib kelishadi. «Nimaga mening bolamni xafa qilding? Hatto chertishga ham haqqing yo‘q», deb do‘q-po‘pisa qilishadi. Bunaqada o‘qituvchining obro‘si qolarkanmi?
Afsuski, biz o‘z farzandimizga maktabda yaxshi bilim olish kerakligini uqtirmaymiz. Aksincha, o‘qishiga mutlaqo beparvo qarab, institut yoki universitetga PUL bilan kiritib qo‘yishga va’da qilamiz (qarabsizki, yana bir tanbal tayyor-da). Keyin esa pul bilan ishga joylaymiz, uni boshqalardan pul olishga o‘rgatamiz. E’tiqodi pulga aylangan odamning esa manqurtdan farqi yo‘qligini biz g‘ofillar qayoqdan ham bilaylik?..
Abror Adhamzoda,
"7 iqlim" gazetasidan.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Муҳаммад Соҳиб 08 Iyul 2009, 23:59:41
 ÐÐ¶Ð¾Ð¹Ð¸Ð± мақолалар экан! Аллоҳ ажрини берсин!
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 15 Iyul 2009, 14:16:55
Миллатимиз тўйни яхши кўради. Умр бўйи тўйларга тараддуд кўриб яшайди. Ориятли, ҳаё-иболи келин, яхши куёвларни орзу қилади. Тирикчилигидан орттириб, тўрт-беш сўм жамғарса, уни тўй учун харжлашни ният қилиб юради. Оилада фарзанд дунёга келган пайтданоқ, ота-оналар унинг учун алоҳида сандиқда тўйга, деб недир тўплай бошлайди. Истайсизми, йўқми – бизнинг миллий урф-одатимиз шу ёки шунга яқин.

Эл-элатдаги хатна тўйлардан фарқли ўлароқ, никоҳ тўйларининг ташвиши ҳам, шоду хуррамлиги ҳам катта бўлади. Аллоҳ таоло ҳар кимга фарзандлари камолини қўша-қўша тўйлар қилиб, шодлигини яқинлари, қўни-қўшнилари билан баҳам кўришни насиб этсин!
Никоҳ тўйларидаги файзли, қувончли дамларни эслаб, энтикиш гаштли, албатта. Аммо юртимизнинг айрим вилоятларида никоҳ тўйларида узоқ вақтлардан бери давом этиб келаётган ва миллий одат тусини олган бир маросим борки, унинг маънисизлигини, савобсиз оқибатини ўйлаб, Ñ‚Ñžғриси, одамнинг юраги эзилади. Мавжуд ҳолатдан ёки хаёлдан кечган манзарасидан ачинади киши. Бу нарса келин билан куёвнинг олов атрофини айланиши – «Ñ‚авоф қилиш» одатидир.

Биринчи воқеа: бир тўйда олов атрофини қўлтиқлашиб, айланаётган келиннинг оппоқ французча бичимли ҳарир либосининг этагига кутилмаганда олов илашди. Тўй-тўйловчилар, куёвжўра, келиндугоналар типирчилаб қолишди. «Ҳай-ҳай, ўчир-ўчир», югур-югур бўлди. Ким сувга чопди, ким белкуракка... Олов базўр ўчирилди, албатта. Акс ҳолда, сизу биз тасаввур этган фожеа ёки шармандалик содир бўлиши табиий эди. Шундай файзли, улуғ, узоқ кутилган ва умрбодга хотирада сақланиб қоладиган бир кунда бундай нохуш, кўнгилсиз ҳодисотнинг нима кераги бор?

Иккинчи воқеа: ҳозир келинларни хориж машиналарида куёв уйига элтиш одат тусига кирганини яхши биласиз. Бир тўйда келин янги уй остонасига қоп-қора «ÐœÐµÑ€ÑÐµÐ´ÐµÑ»Ð´Ð° олиб келинди. Шу топда тўйхонадан чаққонгина кайвони янгалардан бири бир парча қоғоз, бир сиқим тез аланга оладиган хас-чўпга нақ машина олдида гугурт чақди. Машинадан башанг кийинган бақувват бир йигит тушиб, олов аралаш хас-чўпни чангаллаб, йўл четига отди: «ÐœÐ°ÑˆÐ¸Ð½Ð°Ð¼Ð½Ð¸Ð½Ð³ қора култепага айланишини истамайман».

Баҳарнав, шу ёки шунга яқин воқеа-ҳодисаларга сиз ҳам гувоҳ бўлгандирсиз, эҳтимол.
Мақсадга кўчайлик. Хўш, олов атрофида айланиш ёки машинани оловдан юргизиб ўтишдан қандай наф бор? Бу амал келин билан куёвга нечук фойда беради? Дарвоқе, бу одатга эл-юрт, одамларнинг ўзи қандай маъно беришади?

Бу хусусда социологик сўровнома ўтказиб, бирон нарса аниқлаган эмасмиз. Аммо туппа-тузук журналист онахонларимиздан бири ушбу одатни келин-куёвга ёпишиб келаётган бало-офатларнинг шу оловда ёниб кул бўлиши, оловнинг нури-Ñ‘ғдуси – келин-куёвнинг ойдин йўли, шунингдек, оловнинг тафти – янги бир оила остонасида турган икки ёшнинг орасидаги илиқ муносабатлар тарзида изоҳлаганидан хабарим бор.
Таассуфки, бу ғариб изоҳдан кўра, шеърий ҳамда публицистик ижодининг муайян даври покиза исломий тушунчалар билан тўйинган таниқли шоир ва адиб Ҳамза Ҳакимзода Ниёзийнинг қачонлардир ёзган фикрлари ҳақиқатга яқиндир. Зотан, Ҳамза 1914 йилда қоғозга туширган «Ð‘идъатми, мажусиятми?» деган мақоласини айни биз учун оғриқли бўлган масаладан бошлайди: «ÐœÐ°Ð¹Ð´Ð¾Ð½Ð¸ исломиятда жоҳилият тиғи ила заҳмланиш бир жаҳолатимиз, Ñ‚Ñžғриси, Туркистон мусулмонлари бошига носир марази каби бир бало бор бўлса, ул шубҳасиз, никоҳдан сўнгра келинни куёвнинг уйига келатурулғон кеча ҳовлига зўр ўт Ñ‘қиб, келинни янгалари ила ўтнинг атрофидан айлантурмакликдир. Бу бидъати умумий урфу одат бўлуб, исломиятдан илгари мажусиятдан бир намуналар, десам шояд ёлғончи бўлмасман».

Демак, муаллиф фикрича, оловнинг атрофини айланиш одати Исломгача бўлган мажусиятдан, оловпарастликдан қолган бир урфдир. Дарҳақиқат, шундай. Биз ўша маросимга ўзимизча қанча гўзал ва ойдин изоҳлар бермайлик, ирим-сиримга бориб, юракни ҳовучламайлик, барибир ўжар тарихий ҳақиқатни инкор этиб бўлмайди. Бу маросимда на бу дунё ва на охират учун фойда бор. Олов эътиқодли кишининг имонини куйдиради. Эътиқодсиз киши тасодифий эҳтиётсизлик оқибатида оловда жизғанак бўлиши ҳам ҳеч гап эмас.

Билиш жоизким, бахт-саодат, икки дунё ободлиги, охират хотиржамлиги ловуллаб ёнаётган олов атрофида эмас. Кирланган кўнгилни, моғор босган тафаккурни оловнинг ҳеч бир хусусияти покизалай олмайди. Хулоса қилиб айтганда, энди-энди бино бўлаётган янги бир оила ўз турмуш тарзини оловга топиниб, гуноҳга ботишликдан бошламасин.

Баҳодир Нурмуҳаммад

www.muslimaat.uz sayti
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Hadija 24 Iyul 2009, 21:06:08
Assalam alaykum Wa Rahmatulloh...
Alloh ajrini bersin, yaxshi mavzu bo'libdi, quyida yozmoqchi bo'lganim bizning kunimizda juda ko'p uchraydigan ba'zan bila turib ba'zan esa bilmay qilgan xatolarimiz qatoridan...


Дунёни деб динни сотмайлик

Бундан бир қанча вақÑ‚ илгари электрон хат (e-mail) қутимга бир хат келди. Бу хатда Буюк Британияда бўлб ўтган бир воқеа баён қилинган эди. Нафақат Ғарбда, балки дунёнинг барча бурчакларида одамлар мусулмонга қараб Ислом динига баҳо берганлари учун, бу воқеани сизлар билан ҳам баҳам кўрмоқчиман. Умид қиламанки, бир куни шундай воқеа биз билан ҳам содир бўлганида, биз ҳам ушбу воқеадаги қаҳрамон сингари йўл тутамиз.

Лондондаги жомеъ масжидларнинг бирига янги имом тайинланибди. Имом Лондон шаҳридан ташқарида яшаганлиги туфайли, шаҳарга келиш учун бир автобусга минар, кўпинча бир ҳайдовчининг автобусига чиқишга Ñ‚Ñžғри келиб қолар экан.

Мана шундай одатий кунларгнинг бирида, имом ҳар доимгидай чипта олса, ҳайдовчи унга 20 тийин (Буюк Британияда пенс-pence деб номланади; Ñžқувчимизга тушунарлироқ бўлиши учун тийин деб олинди) кўпроқ қайтим бериб юборибди. Имом ҳам буни ўз ўрнига ўтириб, пулини санаганидагина билиб қолибди. Шундай вазиятда унинг бошидан турли фикрлар ўта бошлабди. Хаёлидан "Шу 20 тийинни қайтариб берсаммикин? Ахир бу пул бошқаларга тегишлику!" деган фикр ўтибди. Аксинча ичидан бошқа бир товуш: "Бу пул арзимаган миқдорку! Автобусчининг бу пулга қараб қолган жойи йўқ, нима қиламан қайтариб? Автобус ширкатига ҳар куни қанчадан қанча пул топширилади, арзимаган 20 тийин ҳеч нарсани ҳал қилиб бермайди, бекорга кулгуга қоламан..." деб, уни биринчи фикрдан қайтарибди. Имом бу пулни Аллоҳ тарафидан юборилган бир ҳадя сифатида қабул қилибди ва чўнтагига солиб қўйибди.

Ўз бекатига етиб келганида имом ўрнидан туриб, бировнинг ҳаққи туфайли Аллоҳнинг қандай азоб беришидан қўрқиши-тақвоси уни бирдан фикрини ўзгартиришига сабаб бўлиб, тушааётганида ҳайдовчига юзланиб:
- Мана бу пулни адашиб кўпроқ бериб юборибсиз шекилли, қайтариб олинг - дебди ва ўша ортиқча 20 тийинни қайтариб берибди.

Ҳайдовчи эса, бундан унчалик ҳам ажабланмай, кулимсираб жавоб қайтарибди:
- Сиз шаҳардаги фалон жомеънинг янги имомисиз шекилли?! Аслида анчадан бери масжидга бориб, Исломни ўрганиш мақсадида, сизни зиёрат қилиш ниятида юргандим... Шу бугун "Қани нима қилар экансиз, бир кузатай" деб атайин сизга ортиқча қайтим бериб, ўзимча синаб кўрмоқчи эдим. Бунинг учун мени айбламайсиз, жаноб...

Имом автобусдан тушар экан, ўз оёқларини ҳис қила олмас, ерга йиқилмаслик учун бир устунга суяниб қолган, ўзига келишга интилар, аммо кўз ёшини тўхтата олмай: "Аллоҳим, сал қолса Исломни 20 тийинга сотар эдим!..." деб истиғфор айтар эди.

Мазкур қиссадан хисса шуки, нафақат имомларимиз балким, ҳар бир диндошларимиз ҳақиқий муслимларнинг шиори бўлмиш ҳалоллик, адолат, ўзгалар хаққига хиёнат қилмаслик каби хислатлар билан зийнатланса, дин равнақи учун катта аҳамият касб этажак, иншаАллоҳу таоло. Ахир ота-боболаримиз бу муқаддас динни қилич билан эмас, балки гўзал ахлоқ эвазига қабул қилганларку! Шунинг учун ҳам, арзимаган вақÑ‚ оралиғида Имом Бухорий, Имом Термизий, Фаробий, Ибн Синолар етишиб чиққан эдилар. Замонамизда ҳам, аксарият намозхон ва диндорларга қараб, Исломга баҳо бераётганларини, Ғарб оламида Ислом душманлари одамларни Исломдан бездириш учун турли ниқобларни (террорчилик, мутаассиблик ва шу кабилар) қўллаётганлари, одамларнинг эса, Ислом ахлоқини сал ўрганиб, Исломга ошно бўлаётганларини эслатиш шарт эмас деб ўйлайман.

Аллоҳ барчамизни ўз динини арзимаган матоҳларга сотадиганлардан қилмасин...
Manba: www.uzislam.com
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2009, 23:31:41
Millionlarga ishonmang! (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3784&Itemid=71)

(http://ziyouz.com/images/spam.jpg)

Elektron pochtangizni tekshirasiz. Sizga xat kelibdi. Yo'q, spam ekan. O'chirishga chog'lanasizu, beixtiyor o'sha spamga qo'yilgan sarlavhalar e'tiboringizni tortadi. Ingliz tilida "Tabriklayman, siz yutdingiz!", "Pul yutug'ingizni oling!", "Mana sizga millionlar!", "Siz lotoreya g'olibisiz!", "Bu juda muhim!", "Eng yaxshi biznes-taklif" so'zlari katta harflar bilan yozilgan. Iye, bunisi qanday bo'ldi, qachon, nimada g'olib bo'libman, deb xatni ochasiz. Xabar qisqa. "Sizning e-mail adresingiz lotoreyada g'olib bo'ldi.  Pulni olish uchun, ism-familiyangiz, yoshingiz, mamlakatingizni javob sifatida yozib yuboring". Ishonmaysiz. Yutib olgan pulingiz hajmi ham ishonmaydigan darajada bo'ladi. Uzun sondan keyin dollar, yevro, funt sterling belgisi. (masalan 15.000.000 $) Nima karomat ko'rsatdimki, bu pullarni yutib olaman, deysiz. Yana "orqaga" tugmasini bosishga, xatni o'chirishga chog'lanasiz. "Shoshma, mendan nima ketdi - deysiz shu payt - so'ragan shu ikki-uchta ma'lumotni yozib yuborsam bo'ldiku, qani ko'raylik-chi nima bo'larkin?".

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3784&Itemid=71)
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Ansora 17 Sentyabr 2009, 19:22:40
Turkiyadagi web saytlarga kirayotgan birodarlarga ham shuni eslatay. Orada shunday yozuvlar chiqadi: "Tabriklaymiz, siz saytimizga kirgan 1000 chi kishi bo'ldingiz, shuncha miqdorda kontur qozondingiz. Telefon nomeringizni bering, darrov sizga jo'nataylik". Bularning hammasi yolg'on. Virus faqatgina kompyuteringizga kiribgina qolmay, balki telefon nomeringizni olgani uchun butun konturingizni "shilib" oladi. Ehtiyor bo'ling!
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Muslima.bgm 22 Sentyabr 2009, 11:48:50
Kapalak opa. Rostan xam gaplaringiz to'g'ri. 1oy oldin manda xuddi shunday voqea bo'ldi. 1-2ta ma'lumotniyam kirittim. Endi o'ylab ko'rsam xammasi bekorchi narsalar ekan. Bir freelotto.com saytidan 10.mln$ yutdingiz chek orqali sovg'ani yuboramiz manzilingizni kiriting deb yozdi. Faqat e-mailimni kiritgandim. 1 oydan beri tinmay xat kelaverib bezor qilvordi odamni... Eslatganingiz uchun raxmat, endi xech qachon ishonmiman......
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Foniy 05 Oktyabr 2009, 18:52:20
 :as:

"Hayotda uchraydi takror va takror:
- Ahmoqlar hurmatda, aqllilar xor..."
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 06 Oktyabr 2009, 11:04:58
Ўзимиз бировнинг гапидан хафа бўламизу, лекин биз ҳам кимнидир хафа қилишимиз мумкинлигини ўйламаймиз ҳам. Худдики, ҳамма одам биздан қарздор. Зотан, юздаги оддий табассум ҳам кимнидир кўнглини кўтариши мумкин. Мурожаат қилаётган инсонга исмини айтиб гапиришимиз эса унга бефарқ эмаслигимизни, наздимизда аҳамиятли одам эканлигидан далолат беради. Бу эса ўз ўзидан суҳбатдошимизда ўзига ва сизга нисбатан ишонч ҳиссини ўйғотади. Буларнинг ҳаммасига озгина эътибор лозим холос. Пайғамбаримиз с.а.в. “Табассум ҳам садақадир”, деб бежиз айтмаганлар

Инсонмиз, гўзал фитрат соҳиби этиб яратилганмиз. Ўз қўлларимиз билан оламни гуллатишимиз ёки аксинча пайҳона этишимиз мумкин. Ўзимиз гўзал, қалбимиз гўзал. Аммо баъзан бошқа бир инсонда ҳам қалб борлигини, уни ҳам оғритиш мумкинлигини унутган ҳолда қаршимиздаги инсонга қаттиқ гапирамиз, кўнгилини синдирамиз. Қалб, кўнгил бир биллур мисол, синган жойидан ямасанг изи қолади, кўзингизга гўзал кўринган жозибасини йўқотади. Бир ташкилотга иш билан бордим. Қабулхонадаги котиба қиз
- Тўлдиринг! – дедию, олдимга бир неча бланка ташлади. Мен эса бу ҳужжатларни қандай тўлдиришни, нима ёзишни билмаганим боис довдираб турардим. Қиз келган ҳам бир одамга шундай қурс гапирардики, ундан ёрдам сўрашга юрагим бетламай, ишимни ҳам битирмай кўчага отилдим. Йўлакда кетаётган йигит менга йўл беришни ўйламасди ҳам. Жиғибийрон бўлдим: “Бефаросат”, деган ўй билан уни туртиб ўтиб йўлимда давом этдим. Кўчага чиқар эканман, котибанинг муомаласини эслаб хўрлигим келарди. Ўзимни жиноятчидек ҳис қилардим. Гўё мен оғир жиноят қилганману, энди тузук муомалага лойиқ эмасман. Кўчага чиқгач, атрофдаги одамларни кузата бошладим.
“Нега одамлар бунчалик қўпол бўлиб қолишган. “Бировни кўнглини оғритишим мумкинку ахир” деган уйдан йироқлар. Гўё қўполлик оддий ҳолатдек, наҳотки виждонлари яхши иш қилмаётганларидан хабар бермаса”, шу фикрлар билан бир четда туриб қолдим.
“Синглим”, деган овоздан ўзимга келдим. Қаршимда боя йўлакда туртиб ўтган “бефаросат” йигит турарди. Қўлида ҳужжатларим солинган папка.
“Боя йўлакда тушириб қолдирдингиз”, деди папкани қўлимга тутқазар экан. Ҳатто сезмабман ҳам тушиб қолганини.
- Раҳмат.
- Арзимайди, энди йўқотманг, дея жилмайиб мендан узоқлашди.
Шундагина ҳушимни йиғдим. Ахир, ўзим кимдандир хафа бўлган ҳолда асабийлашиб йигитни туртиб ўтдим, ўзимча унга “бефаросат” деган тамға ҳам босдим. Аммо менинг қўполлигим эвазига у яхшилик қайтарди. Шундагина бу кўнгилбузарликлар занжиринг бошини топгандек бўламан. Балки котиба қизнинг ҳам кимдандир кўнгли оғригандир, менга ўхшаб унинг олдига келадиганлар озми ахир. Қай бирини кўнглига қараб, қай бирига тушунтирсин. Мен эса ёмон гумонларга бориб ўзимнинг беэътиборлигим туфайли яна кимнидир хафа қилган бўлишим мумкин.
Ўзимиз бировнинг гапидан хафа бўламизу, лекин биз ҳам кимнидир хафа қилишимиз мумкинлигини ўйламаймиз ҳам. Худдики, ҳамма одам биздан қарздор. Зотан, юздаги оддий табассум ҳам кимнидир кўнглини кўтариши мумкин. Мурожаат қилаётган инсонга исмини айтиб гапиришимиз эса унга бефарқ эмаслигимизни, наздимизда аҳамиятли одам эканлигидан далолат беради. Бу эса ўз ўзидан суҳбатдошимизда ўзига ва сизга нисбатан ишонч ҳиссини ўйғотади. Буларнинг ҳаммасига озгина эътибор лозим холос. Пайғамбаримиз с.а.в. “Табассум ҳам садақадир”, деб бежиз айтмаганлар. Бошқа бундай гумонларга бормаслик ва бошқанинг кўнгилини оғритмасликка ўзимга ўзим ваъда берган ҳолда йўлимда давом этдим. Қаршимда қўлларида гўзал гулдаста билан бир аёл келарди. Гулдастани кўрганим заҳоти қалбим фараҳланди, юзимга табассум югурди. Барча кўнгилбузарликлар йўқолди. Рўпарамга келган аёл тўсатдан тўхтадида, қўлларимдан ушлади. Мен эса ҳайрон унга боқиб туриб қолдим. У гулдастадан бир нечта гулларни чиқарди-да менга тутқазди. Бирон сўз дейишга улгурмадим, у йўлида давом этди. “Раҳмат опажон”, дедим ортидан. Бу гўзал пушти атиргуллар эди. Бугун ҳаёт менга кўнгил дарсини берарди. Атиргулларнинг ширин буйига маст бўлиб ҳидлар эканман, бармоғимга бир нарса санчилди. Бу гўзал атиргулларнинг тиканлари ҳам бор эди. Бу гуллар ҳам назаримда дунёга ўхшарди. Бир тарафи бизни сармаст айласа, бир тарафи ҳушёрликка ундайди. Аммо бу тиканлар бизга атиргулларни севишга тўсиқ бўла олмайди. Гулни севган уни тиканлари билан бирга севади.
Қалбимда ўзгача фараҳ, лабларимда табассум, қўлларимда гул билан йўлимда давом этдим.

Сизларга тилагим, қалбингиздан яхшилик, юзингиздан табассум аримасин азиз китобхон!

"Irfon taqvimi"dan, Madina Zaripova
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 06 Oktyabr 2009, 11:32:22

(http://s49.radikal.ru/i126/0910/db/fa4717969e48.jpg) (http://www.radikal.ru)
Аллоҳга ҳамду сано, Росулуллоҳга саловоту дурудлар. Бу мақоламиз нозик хилқат вакилалари бўлмиш аёлларга бағишланади. Чунки бу айни бугуннинг мавзуи бўлиб, ҳақиқат чашмасидан баҳра олган кўнгил, ундан қониб-қониб ичгиси ва шу баҳонада бошқа кўнгилларга улашгиси келади. Ислом аёллар учун орзу бўлиб келаётган, ҳам тарихда кузатилмаган чин маънодаги қадр-қимматни туҳфа этганлиги ҳақида ҳаммамиз биламиз.

Эслаб кўринг, Исломгача бўлган даврда аёл инсонийлик жиҳатдан эркак билан тенгликни ҳоҳлар эдими?
Ҳа, албатта ҳоҳлар эди ва Ислом бу тенгликни ҳам назарий, ҳам Амалий тарзда олиб келди ва бу тенгликни шаръан қонунийлаштириб қўйди.

Аёл ҳам инсон сифатида иқтисодий мустақилликни ва бошқа инсонлар билан муомалада бевосита озодликни ҳоҳлар эдими?
Ҳа, албатта ҳоҳлар эди ва Ислом тарихда биринчи бўлиб аёлга бу ҳуқуқни берди.

Аёл таълим олиш ҳуқуқини ҳоҳлар эдими?
Ҳа, албатта ҳоҳлар эди ва Ислом унга бу ҳуқуқни ҳам берди, ҳатто таълим олишни мажбурият қилиб қўйди.

Аёл ўзининг ҳоҳишига биноан турмушга чиқишни ёки эркакка ўзи таклиф қилиш ҳуқуқини ҳоҳлар эдими?
Аёл оилавий ҳаётда ўзига нисбатан адолатли ва етарли даражада эътибор берилишини ҳоҳлармиди? Аёл агар ўзига нисбатан одилона муносабат қилинмаса ўз ҳоҳишига биноан ажралиш ҳуқуқини ҳоҳлармиди?
Ҳа албатта ҳоҳларди, чунки у инсон.
Ислом унга бу ҳуқуқларни ҳаммасини берди. Эркакга эса аёлнинг бу ҳуқуқларига даҳл қилмаслигини ва уларни қўллаб қувватлашини билдириб қўйди. Аёл меҳнат қилиш ҳуқуқини ҳам ҳоҳларди. Ислом аёлни меҳнат қилишга бўлган лаёқатини ҳисобга олиб, эҳтиёж туғилганида исломий шарт-шароитлар асносида меҳнат қилиш ҳуқуқини ҳам берди.
Демак, аёл шариат таклифлари олдида эркаклар билан инсоний тенгликка эришди.

Хўш, Ислом аёлни бу тенгликка олиб чиққанидан кейин худди эркакларга юклагани каби аёлга ҳам бурч ва вазифалар юкладими?
Аёлни Ислом қаршисидаги бурч ва вазифалари нималардан иборат бўлди?
Ҳа, албатта Ислом эркакларга вазифалар берганида аёлни ҳам эътибордан четда қолдирмади. Фиқҳий масалаларда эркаклик ва аёллик ҳолатларига қараб баъзи ўринларда фарқ қилади. Аммо эътиқод масалалари олдида имон талаблари олдида эркагу-аёл баробар масъулдирлар. Аввало Қуръони каримдаги «Ð­Ð¹ иймон келтирганлар» деган чақириқдан кейинги вазифалар, огоҳлантириш ва башоратлар мўмин эркагу-мўмина аёлга тенг таъалуқлидир. Шунингдек, иймон, намоз, рўза, закот, ҳаж вазифалари аёлга ҳам фарз қилинди. Росулуллоҳ с.а.в. илм олишни фарз (яъни лозим) эканлигини айтганларида, умумий суратда айтмадилар, балки эркакка ҳам, аёлга ҳам алоҳида баробар таъкидлаб: «Ð˜Ð»Ð¼ талаб қилишлик ҳар бир муслим ва муслимага фарздир» дедилар. Бухорий ривояти.

Ислом эркак кишини гуноҳдан қандай қайтарган бўлса аёл кишини ҳам шундай қайтарди. Хулоса қилиб айтадиган бўлсак Ислом аёлни қандай қадрлаган бўлса, шунга яраша бурч ва мажбуриятлар ҳам юклади.
Энди ислом келганидан кейинги тарих мобайнида аёл ўзига белгиланган вазифаларни адо этишлик билан жамиятга қандай наф келтирганлиги қандай фарзандларни туҳфа этганлигига эътибор қаратинг!
Аёл нафақат ислом оламида қадрланадиган, балки бутун инсоният унинг номини эшитганда ҳурмат билан тилга оладиган шахсларни Исломдан кейинги тарих мобайнида тарбиялаб етиштирди. Илм-фан соҳасида пойдевор бўлган илм аҳлининг асосини исломга тўла таслим бўлган тақводор оналар туғиб тарбиялаган эдилар.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 06 Oktyabr 2009, 11:32:45
Бугунги кун аёлларимиз тарихига бир назар қаратинг!

Ислом оламида қиёматгача устоз бўлиб қолган уламолар имом Бухорий, Термизийлар, фалакиёт илмига асос солган Улуғбеклар, бутун дунё тиббиётига бугун ҳам устозлик қилаётган Ибн Синоларга ислом олдидаги вазифаларини тўла ҳис қилиб яшаган момоларимиз оналик қилишган. Бошқача қилиб айтадиган бўлсак, уларни шундай олиму-уламо бўлишига покиза аёллар, оналар сабабчи бўлишган. Навоийдек нозик қалб шоирларни ҳам, Мирзо Бобурдек моҳир саркардаларни ҳам шу муслима оналар туғиб тарбия қилишган. Шундай улуғ зотларга оналик қилган аёллар қандай қилиб бу каби фарзандларни инсониятга туҳфа эта оладилар? Уларнинг бугунги кун аёлларидан фарқи нимада эди?

Уларнинг фарқи Ислом олдидаги бурч ва мажбуриятларини ҳис қила олишликлари ва шуни адо этишликларида эди. Исломий маънавият ва маданият билан иш тутишларида эди. Ислом динини чексиз ҳурмат қилишларида эди. Агар умумислом тарихига назар солинса, кишини лол қолдирадиган мисоллар жуда кўп. Ўзлари чўри бўла туриб тарбиялаган фарзандларини ислом оламидаги энг катта олимларга ҳам устозлик қила оладиган даражада тарбия қилган аёллар ҳам бор. Бу каби мисолларни фақатгина Исломдан кейинги тарихда муслима аёллар тарихида учратиш мумкин. Биз ÑŽқорида зикр қилган илм дарғаларининг болалик тарихига назар солинса, бошланғич таълимларини уйида, гўдаклик чоғида Ñžқишган. Алишер Навоий, Ибн Синоларнинг ўн ёшлар атрофида Қуръони каримни тўлиқ ёд этганлиги манбаларда баён қилинган. Уларни бунчалик ÑŽқори савияда тарбия топишига, бунчалик илм-маърифатга эга бўлишига кимлар сабабчи. Албатта бу зотларни Аллоҳнинг зикрисиз эмизмаган, Аллоҳнинг зикрисиз бешигини тебратмаган оналар сабабчи. Бугунги куннинг «Ð·Ð°Ð±Ð°Ñ€Ð´Ð°ÑÑ‚ олимлари» деб аталаётган профессор, Фан докторлари эга бўлган илмдан кўра кўпроқ илмни гўдаклик чоғидаёқ уларга таълим бера олган, биринчи устозлари, оналари яъни аёл сабабчи. Демак, Исломдан кейинги тарихда қайси даврда бўлмасин, жамиятнинг салоҳиятига иймон эътиқоди мустаҳкам, солиҳа аёллар яъни оналар асос бўла олганлар. Чунки ислом олдидаги вазифаларини ҳис қила олган аёлларни Ислом ўз-ўзидан шу даражага олиб чиққан. Шунинг учун ҳам Исломдан аввалги тарихларда ва Исломдан бошқа муҳитларда аёл ўзининг жамиятига бу қадар таъсир ўтказа олмаган. Чунки фақат Исломгина аёлга мазкур таъсир кучини берган, фақатгина Исломгина аёлни шундай тарбия қила олади. Ёки бошқача қилиб айтадиган бўлсак, Исломга бўйсунган аёлгина бу даражага кўтарила олади. Шу ўринда баъзи саволлар туғилади.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 06 Oktyabr 2009, 11:33:51
 1) Хўш, илм ва маърифат осмонида юлдуз каби порлаган олимлар туғулиб ўсган даврнинг аёллари қандай аёл эди?
2) Уларни ўзларидан кейинги аёллардан устунлиги бормиди?
3) Бугуннинг аёли улардан қанчалик узоқлашди?
4) Бугуннинг аёли ўша момоларнинг фарзандларимиз деб фахрланишга ҳақлими?
5) Нега ўша аёллар туққан фарзандларини нега юз йилларки бошқа аёллар туға олмаяптилар ёки бугунги кун аёлларидан ҳам шундай фарзандлар туғилиши мумкинми?

1)Илм ва маърифат осмонида юлдуз каби порлаган олимлар туғилиб ўсган даврнинг аёллари қандай аёллар эди?
Жавоб: Илм ва маърифат осмонида юлдуз каби порлаган олимларни туғиб тарбия қилган аёллар аввало ўзларининг мўмина эканлигини ҳис қилиб яшаганлар.
Иккинчидан: Ҳар қандай инсоннинг қалбидан жой олган, ўзи учун муқаддас саналмиш нарсалар бор. Гоҳида шу нарсани муқаддаслаштириб олганини ўзи ҳам билмаслиги мумкин. Кимнингдир қалбини бойлик орттириш «Ð±ÐµÐ·Ð°Ð±» турган бўлса, кимнингдир қалби бир инсонга нисбатан муҳаббатга тўла, кимникидир ҳасадга тўла. Кимлардир инсонлар ўртасидаги обрў-эътиборни муқаддас санаб унга эришиш йўлида ҳамма нарсадан хатто динидан ҳам воз кечишга тайёр. Албатта агар дини бўлса. Баъзилар ўзининг нафсини ҳамма нарсадан устун қўйиб, унинг талабини қондиришда ҳаромми, ҳалолми фарқламаган ҳолида унинг ҳам қалби нима биландир банд. Юқорида зикр қилинган аёллар эса динини муқаддас билдилар. Қалби билан севиб, эъзозладилар. Ислом буюрганидек ҳаёт кечиришга ҳаракат қилдилар. Ислом аёлга берган қадр-қимматни Ñ‚Ñžғри баҳолаб, Исломнинг огоҳлантиришига ҳам эътибор қаратдилар.

2) уларни ўзларидан кейинги аёллардан устунлиги бормиди? Яъни нега уларнинг туққан фарзандлари илм дарғалари бўлиб етишди-ÑŽ, улардан кейинги даврларнинг аёли туққан фарзандлари бундай бўлмади?
Жавоб: Ҳа, бутун инсониятга фойдаси тегадиган олимларни туққан аёлларни кейинги даврларнинг аёлларидан устунлиги бор эди. Уларнинг бу устунлиги молу-дунё, шон-шуҳрат билан эмас, балки қалб билан эди. Исломнинг муқаддаслигини қалб билан ҳис қилишларида эди. Ўзларининг бўйнидаги вазифаларни ҳис қилишларида эди. Мана шундай эътиқодга эга бўлган аёллардан имом Бухорийлар, имом Термизийлар дунёга келдилар. Мана шундай фарзандларга она бўлган аёллар албатта бошқа аёллардан устун ҳисобланади. Чунки фарзандлари имом Бухорий, имом Термизий даражасига етгунча уларга қилинган хизматларнинг энг катта қисми манна шу оналарга тегишлидир.

3) Бугуннинг аёли улардан қанчалик узоқлашди?
Жавоб: Бугуннинг аёли улардан яъни Бухорий, Термизийларни туққан момоларидан шундай узоқлашдики, худди уларнинг ўртасида ҳеч қандай боғлиқлик йўқдек. Гўёки жинслари ҳам бошқа-бошқадек. Чунки ҳар қандай виждонли одам ўша момоларимиз ҳақида фикр юритар экан, албатта юксак эҳтиром билан эслайди. Уларни ислом билан зийнатланганини эътироф этади.
Ўша покизалик, ўша эътиқод, ўша иймон билан шундай фарзандларни туғиб тарбия қилганлигини тан олади. Энди бугунги кун аёлларининг туққан фарзандларининг онги ҳақида хатто ойнаи жаҳон орқали ҳам арз қилаётганликларини эшитиб қоламиз. Фарзандлар оналарининг гапига парво ҳам қилмаётганига, менсимаётганига гувоҳ бўламиз. Хўш бу фарзандларни Ким туғиб тарбия қилаяпти? Бугуннинг аёли. Динини унутган бугуннинг аёли. Агар улар динини билишганда эди, фарзандлари «Ð–аннат оналар оёғи остидадир» деган таълим тарбия билан суғорилар эди. Мана шу бугунинг аёлини улардан қанчалик узоқлашганини билдиради, улардан қанчалик пастда эканлигини исботлайди.

4) Бугуннинг аёли ўша момоларнинг фарзандларимиз деб фахрланишга ҳақлиймилар?
Жавоб: Бу масалага жавоб топиш бироз мушкул. Чунки Бухорий, Термизийларни туққан момоларимиз жуда ҳам иффатли, иймон эътиқодли бўлганлиги ҳақида айтдик. Ҳар қандай масалага Аллоҳ ва пайғамбарини ҳакам қилишган. Яъни, Қуръон ва ҳадис билан муаммоларини ҳал қилишган. Ҳаётлари Қуръон ва ҳадисга мувофиқ тарзда ўтган. Табиъийки, гуноҳлардан, агарчи кичкина деб эътибор қилинса ҳам, эҳтиёт бўлишган. Шу тақволарининг ҳосиласи ўлароқ бахтли она бўлишди. Қиёматгача бўладиган фарзандларни туғиб тарбиялашди.
Афсуски, уларнинг тасаввурларидаги даҳшатли ҳисобланган, инсонни аниқ ҳалокатга олиб борадиган гуноҳлар бугунги кунда арзимас хатолар, камчиликлар деб эътибор қилинмоқда ёки мутлақо эътибордан ташқарида. Хатто баъзи гуноҳларга ёшлик қилибди, деган баҳона қилинса баъзи номуссизликларча, орсизликларча қилинган гуноҳларни «ÑÐµÐ²Ð³Ð¸-муҳаббат» деган либос билан ўраб қўйилмоқда. Агар ÑŽқорида зикр қилинган момоларимиз бугунги кун аёллари билан Ñ‚Ñžқнаш келиб қолишса эди, аминманки улар албатта Қуръон ва ҳадисга мувофиқ муомала қилган бўлар эдилар. Қуръон ва ҳадисга мувофиқ муомала шуки гуноҳ ва маъсиятдан иложини борича қайтарилади. Ота-она сифатида норизо эканлиги эълон қилинади. Агар балоғатдан ўтган фарзанд шунда ҳам гуноҳдан қайтмаса, қайтмаслигини айтса, ундай фарзанддан шу дунёни ўзида кечиб юборилади. Мана энди ўйлаб кўринг, агар ўша момолар бугунги эркатой қизлари билан Ñ‚Ñžқнаш келсалар нима деган бўлардилар. Улар бугунги кун эркатой қизларининг нафсу-хавоси кетидан бунчалик қувлашларини кўриб туриб, «Ñ‘шлик» деб завқланишмасди. Балоғатга етиб ўтган қизи ота-онасини олдида тор футболка-ÑŽ, калта юбкани кийиб олиб, қорнини, хатто киндигидан ярим қарич пастгача очиб юришини ёшлар модаси ёки замона зайли деб ҳимоя қилишмасди. Қизлари Аллоҳ қўйган муҳрларини, иффатларини кўчаларда кимлар биландир бузиб келса бугунги кун «Ð¼Ðµҳрибон» оналарига ўхшаб қизларининг бу «Ñ‘шликларини» жарроҳлик йўли билан ҳаракат қилиб беркитиб кўз бўямачилик қилишмас эдилар. Менинг қизим покиза иффатли яхши қиз деб кимнидир алдаб, қизининг ҳаётини аввал бошдан хиёнат пойдеворига қуриб бермас эдилар. Балки Қуръон ва ҳадисга мувофиқ ҳолда муомала қилардилар. (Қуръон ва ҳадисга мувофиқ муомалани биз ÑŽқорида айтиб ўтдик, тавба қилмаса, гуноҳдан тўхтамаса, шу гуноҳини ёмон иш эмас деса ундай фарзанддан кечилади). Уларнинг қизлари ҳам бу каби тубанликка бормас эдилар. Чунки улар иймон билан тарбия қилинарди. Мана нима учун бу масалага жавоб бериш бироз мушкул. Бугунги кун аёли, мен ҳам ўша покиза момолар силсиласининг давомчисиман, мен ҳам уларнинг наслиданман дейишдан олдин, агар уларга рўбарў келиб қолсам уялиб қолмасмиканман, агар улар мени уйимга келиб қолсалар кириб бир пиёла чойини ичишга таклиф қилсам, мени аврат жойларимни очиқлигини кўриб, мени қўлимдан чой ичармиканлар ёки юзимга ҳам қарамасдан кетиб қолармиканлар, деб савол қўйсин. Ўзига ўзи виждон билан жавоб берсин. Агар ижобий жавоб бера олса фахрланиши мумкин.

6) Нега ўша аёллар туққан фарзандларни неча юз йилларки бошқа аёллар туға олмаяптилар? Бугунги кун аёлларидан ҳам шундай фарзандлар туғулиши мумкинми?
Жавоб: Мана неча асрларки, ўша аёлларнинг туққан фарзандларига ўхшаш фарзандларни улардан кейинги давр аёллари туға олмаяптилар. Тарихни безаб турган ўша олимлар каби кишилар, қайта туғилмаяптилар. Чунки улардан кейинги аёллар, динини мустаҳкам тутмадилар. Исломдан узоқлашдилар. Ислом келган даврдан узоқлашилгани сари диндан ҳам узоқлашилди. Ислом қоралаган хурофотлар дин номи билан кириб келди. Ҳаромга, гуноҳга эътибор камайиб борди. Дин билан хурофот аралашган, ҳаром ва гуноҳ ишларга эътибор камайган даврнинг аёли ўша ҳолатга хос савия билан шаклланди. Аёллар фарзандларини ўша ўзлари билганча дин асносида тарбия қилдилар. Албатта бу савияга эга бўлган аёлнинг туғиб тарбия қилган фарзандлари, илгариги аёллар, яъни динини аҳкам тутган, ислом олдидаги масъулиятини ҳис қилган аёллар туғиб тарбия қилган фарзандлар каби бўла олмадилар. Чунки оналар бир хил эмас эдилар. Хўш бугунги кун аёли ҳам биз ÑŽқорида зикр қилган илм осмонида Ñ‘Ñ€қин юлдуздек порлаб турган уламоларни туғиши мумкинми?
Бу саволга жавоб излашдан олдин, бу масалага бошқачароқ назар солиб кўрайлик. Биз ÑŽқорида «Ð¸Ð»Ð¼ устунлари» яшаган даврдан кейинги даврларда, дин билан хурофот аралашиб кетганлиги ва аёллар эса Ислом олдидаги масъулиятини кам ҳис қилганлигини ва шунинг оқибатида диндан узоқлашилганини ва бу эса авлодга қандай таъсир қилганлигини айтдик. Агар динининг вазифаларига эътибори бироз камроқ бўлгани, Ислом олдидаги масъулиятини камроқ ҳис қилгани ҳолида туғиб тарбия қилган фарзандларидан «Ð¸Ð»Ð¼ устунлари»Ð³Ð° ўхшаш уламолар чиқаган бўлса, угунги кундагидек динни деярли мутлақо эсдан чиқарган аёлларимиздан ҳалол ва ҳаромни фарқ қилмайдиган, динни эшитса қандайдир лақаблар Ñ‚Ñžқийдиган, мени дилим тоза, кўнглим пок деб кийим кийган яланғоч суратида юрган Хотин-қизларимиздан ҳақиқий олимлар, бўлиб ҳам ўша ÑŽқорида савол қилганимиздек илм устунлари туғилармикан? Тўғриси бу саволни бошқачароқ қўйиш керак. Бугун динини унутган, балки унга терс юрган ва шу юрушини маданият деб атаётган аёлларимиздан кимлар Ñ‚Ñžғилар экан?
Бу саволга жавоб сифатида онгингга келган фикрдан қўрқасан киши.
Аҳвол шундай бўлса, биз ÑŽқорида зикр қилган илм дарғалари эмас, балки оддийгина мусулмон фарзандларни кўплаб туғилишига гумон қиласан киши. Аллоҳ асрасин.
Чунки бугунги кун аёли қўрқинчли суратга кириб бормоқда. Илгари аёллар орасида эркакларга ўхшаб шим кийишликни тасаввур қилиб бўлмас эди. Хўш бугунчи, неча фоизаёллар шим киймаяпти? Фақатгина мўъминалар ва ёши катта онахонлар. Қолганлар ҳаммаси эркаклар шимида. Илгари шим кийган аёлни тасаввур қилиб бўлмаган бўлса, энди киймаганини тасаввур қилиб бўлмаяпти. Яна қизларимизни «Ð¼Ð°Ð´Ð°Ð½Ð¸ÑÑ‚и» шунчалик такомиллашдики, шимни устидан ичкийим чиқариб , кўрсатиб қўйиладиган даражага етди. Ахир бу бузғунчилик, фаҳшку. Шу ўринда қизларимиздан, аёлларимиздан сўрамоқчиман. Кимларга тақлид қиляпсизлар. Аёл озодлиги деган шиори остида аёлларни фаҳш ўйинчоғи қилиб улгурган европагами? Ёки инсониятга демократия керак, жинсий алоқа маданий ҳордиқ деб, кириб қолган кўчасидан чиқиб кетиш йўлини тополмаётган океан ортигами? Хўш у маданият деб аталаётган модалар балоси яна ўн йиллардан кейин қандай кўринишга эга бўлади. Ривожланиш шу даражада бўлса аёллар кийим-кечак ҳақида умуман қайғурмай қўйишса керак. Бу маданият аёл-қизларимизнинг онгини шу тарзда ривожлантирдики, ҳатто тарихда кузатилмаган уддабурроликлар рўй берди. Бу янгилик қотилликнинг янги усулидир, яъни ҳали туғилмаган болани, зинодан орттирилган болани шундай ўлдириладики, жиноят изсиз йўқолади. Яна ҳеч нарса бўлмагандек юрилаверади. Суҳбатларда бу «Ñ‚адбиркорлар» эмас, балки муъминалар ғийбат қилинади. Бугуннинг қизлари эртанинг онаси. Келажак авлод шулардан тарқайди. Шулар туғиб тарбия қилади. Хўш булардан ким туғилади? Хўп аёлларимизнинг бугунги аҳволини, яъни кўча кўйда кийими бор яланғоч ҳолда юришини, шу аҳволда Ñžқув муассасаларида ҳатто телевиденияда этика-эстетика ҳақида бахс юритишини, «Ð±ÑƒÑ€Ð´Ð° моден, дизайн» деган европача номлар остида яланғоч юришни талқин қилаётганини, кўр-кўрона кимларгадир тақлид қилаётганини «Ð¼Ð°Ð´Ð°Ð½Ð¸ÑÑ‚» дейилса, унда ўз-ўзидан дунё тан берган алломаларни туғиб-тарбиялаб кетган ўтмиш момоларимиз ҳақоратланган бўлмайдими?
Ҳа ҳақоратланган бўлади. Чунки улар бу каби «Ð¼Ð°Ð´Ð°Ð½Ð¸ÑÑ‚»Ð´Ð°Ð½ узоқ бўлишган. Бундан ҳазар қилишган. Улар бизнинг хоти-қизларимизга ўхшаб кўкракларини ярмисигача очиб, киндикларини очиб, эгнига эрларни шимини кийиб, интим аъзоларини лорсиллатиб юришни, зино деб қабул қилишган. Шунинг учун ўша даврларда эркакларнинг пулини олиб, кўнглини хуш қилиб чиқариб юборадиган аёллар «ÑÐ°Ð»Ñ‚анатлари» йўқ эди. Шунинг учун ўша даврларнинг бугун Ресторан деб аталаётган, ҳўракхоналарида бировнинг Эри, бировнинг отини ёки қизи билан кўнгилхушлик қилиб юрмас эди. Шунинг учун ўша даврларда етимхоналар йўқ эди. Шунинг учун улар давоси йўқ, номи ҳам ғалати касалликларга учраганлари йўқ.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 06 Oktyabr 2009, 11:34:36
 ÐÐ±Ð´ÑƒÐ»Ð»Ð¾ҳ ибн Умар Ñ€.а. Росулуллоҳ с.а.в. «Қайси бир қавмда фаҳш пайдо бўлиб, улар у билан очиқдан очиқ шуғуллансалар, ораларида ўлат ҳамда ота-боболари даврида бўлмаган бошқа касалликлар тарқалади» дедилар. (Ибн Можжа).
Агар ўша момоларимиз ҳозирги даврга келиб қолишса, отин-қизларимизни аҳволини кўрганида энсалари қотиб «Ð±Ñƒ аёллар ҳаммомдан чиққанну-кийимини ҳамасини кийишни унутган ёки мажнун» деб ўйлашса керак. Улар буни инсонни эмас балки, шайтоннинг амали деб билишган. Чунки Аллоҳ Қуръони каримда:
«Ð­Ð¹ одам авлоди! Шайтон ота-оналарингизнинг авратларини ўзларига кўрсатиш (яъни, уятли аҳволга солиш) учун либосларини ечиб, жаннатдан чиқаргани каби сизларни ҳам алдаб қўймасин».
(Аъроф 27) деган оятини Бухорийдек, Термизийдек зотларни тарбия қилган аёллар яхши билишган. Ушбу тариқа Иблис ўз-ўзини кўз-кўз қилиш бўлган даъватнинг асосчиси бўлди. Шунингдек, ҳозирда ҳам «Ð°Ñ‘лозодлиги» деб номланаётган сохта шиорларнинг ҳам раҳнамоси Иблиснинг ўзидир. У ўзига итоат қилувчиларнинг раҳнамосидир. Булар яъни Аллоҳга итоат этмайдиган шайтонга итоат этувчилар биринчи навбатда ўзини кўз-кўз қилувчи, жамиятни йўлдан оздирувчи еҳаё аёлардир. Бу одам боласининг иши эмас. Нега бу жумлани келтирамиз уни савол-жавоб услубида баён қиламиз.

Савол - Одам деган номга қайси киши лойиқ? Одам деб кимни айтилади?
Жавоб – Бунга жавоб излаб тарихга, инсониятнинг аввалига қайтамиз. Буни эса Қуръондан топамиз. Аллоҳ таъоло Бақара сурасининг 30-оятида фаришталарга «ÐœÐµÐ½ ерда ўринбосар қилмоқчиман» деди. Яъни ерда Аллоҳ ўзининг халифасини яратмоқчи эканлигини билдирди. Лекин унинг номини айтмади. Аллоҳ Ўзи яратган биринчи кишини Одам деб номлади. У киши қандай эди?
У қалби Аллоҳга итоат этишлик учун завқу-шавққа тўла эди.
У биринчи пайғамбар эди. Фақат ёлғиз Аллоҳгагина ибодат қилувчи эди.
У Аллоҳ буюрган ишларни бажони дил қилар, қайтариқларидан қайтар эди.
Мана шундай кишини Аллоҳ Одам деб номлади. Мана шу сифатларнинг эгаси одам деб аталади, Одамнинг бошланиш нуқтаси мана шу. Бундан ÑŽқорилагани сари «ÑÐ¾Ð»Ð¸ҳ, сидиқ, валий» ва ҳоказо даражаси ортиб бораверади.
Бу сифатларга эга бўлмаган кишини одам дейиш асоссиздир. Чунки, ундай кишини Аллоҳ одам деб атамади. Шу ўринда қизиқ бир савол туғилади. Юқорида зикр қилинган сифатларга эга бўлган кишигина одам дейилса мазкур сифатларга қарама-қарши, терс ҳолатдаги, бузуқчилик қуроли деб аталган ярим яланғоч аёлларчи?
Жавоб оддий. Аллоҳ аёлга авратларини беркитиб юришни, ўзини кўз-кўз қилмасликни фарз қилди. Ва ҳар қандай инсонни ўзининг авратларини ёпиб юриш табиати билан табиатлантириб қўйди. Бирорта инсон ўзининг авратини зарурат туғилганда ҳам хатто табибларга ҳам хурсанд бўлиб очиб бермайди. Чунки уят унинг табиатида бор. Чорва ҳайвонлари эса авратни фарқига ҳам бормайди. Чунки унинг табиатида уялиш йўқ. Бемалол очиб юришаверади. Энди онги бор, табиатида уялиш деган ҳисси бор кимса, шу онги, табиати билан авратларини бўлиб ҳам кўкрагу, киндикларини очиб юрса, авратни фарқига бормаса, одам деган номдан сал пастроққа тушиб қолганга ўхшайди. Қуръони каримда Аллоҳ таъоло: «â€¦ Уларнинг диллари бору, англай олмайдилар, кўзлари бору кўра олмайдилар, қулоқлари бору эшитмайдилар. Улар чорва (ҳайвонлари) кабидирлар, йўқ, улар (беақл, бефаҳмликда) чорва (ҳайвон)лардан ҳам баттардирлар. Ана ўшалар ғафлатда қолган кимсалардир.» (Аъроф 179) дея марҳамат қилган. Аҳамият беринг, Аллоҳ айтаяпти, чорва ҳайвонларидан баттардирлар. Чунки ўша кимсага берилган онг, идрок агар чорва ҳайвонларига берилса эди, улар ўша кимсанинг аҳволига тушмас эдилар. Яна оятни охирида «ÐÐ½Ð° улар ғафлатда қолган кимсалардир», деди. Бундан аввало, тушуниладиган нарса шуки, агар кишининг қалби ҳақиқатни ҳис қилмаса, қулоғи ҳақиқатни эшитмаса, кўзи ҳақиқатни кўрмаса, унга қалб, қулоқ, кўз нима учун берилганини ҳис қилмасдан ғафлатда ўтиб кетади. «ÐÐ½Ð° улар ғафлатда қолган кимсалардир», одамлардир дейилмади. Одам деган ном, бу кимсаларга муносиб кўрилмади. Ҳатто чорва ҳайвонлари одам дейишга лойиқ бўлмаган кишилардан устунроқ қўйилди. Бу нарсани тиниқроқ ҳис қилинг, эй ўзини одамман, инсонман деб юрган кимсалар!
Бугунги аёллар «Ð¼Ð°Ð´Ð°Ð½Ð¸ÑÑ‚и»Ð½Ð¸ яна бошқа нуқтадан кузатиб кўринг.
Бугун Европа ўзини дунёнинг маданият бешиги деб атамоқда. Бутун дунёга, шу жумладан Ислом оламига ҳам маданиятдан устозлик қилмоқчи бўлади. Аслида Европани маданият бешигини Ислом тебратган. Ислом Европага кириб борган пайтда улар инсонга ўхшаб таом ейишни ҳам билишмасди. Мусулмонлар Испан (Андалусия) ерларига боришган маҳалда ерлик аҳоли устиларига совуқдан ҳимоя сифатида ёпиб олган ҳайвон териларини ошлаб фойдаланишни билмасдан, қуртлатиб юрардилар. Нега юз-қўлини ювишни Исломдан ўрганганлар бугун дунё маданият бешиги бизмиз деган даъвода. Исломдан бехабар қолиб кетган бечора мусулмон фарзанди, аёлларимиз эса ўша «Ð¼Ð°Ð´Ð°Ð½Ð¸ÑÑ‚ли»Ð»Ð°Ñ€Ð½Ð¸Ð½Ð³ орсиз қилиқларига ҳам кўрларча тақлид қилмоқдалар. Аслида бу маданият соғлом одоб-аҳлоқ меъёрларига ҳам зиддир. Хатто соғлом табиат ҳам бунга рози бўлмайди. Бундай тубан ишлар (яъни, очилиб-сочилиб «ÐºÐ¸Ð¹Ð¸Ð¼ кийган яланғоч» суратида юриш, шарқона либос деб билакларини очиб, енгсиз кўйлак кийиш, узун кўйлак кийдим деб иштонсиз юриш ёки ҳамма Ñ‘ғим ёпиқ деб, жуда ҳам тор кийиш) фақатгина ҳулқ-атвори бузуқ, ҳаёсиз, жоҳил аёлларга хос бўлган «Ñ„азилат»Ð´Ð¸Ñ€. Чунки ақлли, иффатли ва ўзини ҳурмат қиладиган аёлнинг кўча-кўйда, бозорларда ва ҳар хил жамоат жойларда ўзининг зийнат бўлган аврат жойларини уялмасдан бегона эркакларга кўз-кўз қилиб юриши тасаввурга ҳам сиғмайдиган ҳолатдир. Аксарият аёлларимиз манна шундай тубан ҳолатда кўчага чиқиш билан кишиларнинг ҳурматига сазовор бўламан, деб ўйлайдилар. Бу ҳам шубҳасиз ақлдан узоқроқ тушунчадир. Бу турдаги аёлларга битта савол билан мурожаат қиламиз.

- Сиз «ҳурматларига сазовор бўламан», - деб қандай кишиларни назарда тутяпсиз?
Агар худони танимайдиган, динини билмайдиган фосиқ кимсаларни назарда тутаётган бўлсангиз, билингки, Ñ‚Ñžғри ўйлабсиз. Сиз уларнинг ҳурматига эришасиз. Лекин шу билан бирга «Ð°Ð½Ð° у жойини қара», «Ñ„алон жойи писмадан эканми?» каби иззат нафсингизга тегадиган гаплардан ҳам бенасиб қолмайсиз. Агар шунга рози бўлсангиз, ўзингизнинг иззат нафсингизни қанча баҳолаганингиз ҳақида ҳам ўйлаб кўринг.
Энди агар худодан қўрқадиган, хулқ-атвори нормал даражадаги кишиларнинг ҳурматини қозониш мақсадида бу ишларга қўл ураётган бўлсангиз, билингки, қаттиқ адашибсиз! Чунки Аллоҳдан қўрқадиган мусулмон эркаклар бу каби аёлларга нисбатан бошқачароқ мавқе тутишни афзал биладилар. Инсонлар ҳеч қачон бундай аёлларга нисбатан ҳурмат билан қараганлар ва бундан буёғига ҳам шундай бўлиб қолади, иншааллоҳ. Аксинча, унга ёмон кўз билан қараб, масхара қиладилар, шаънларига ёмон сўзлар айтадилар. Бундай аёллар ҳамиша одамлар хаёлида улуғворлик сифатлари ва ҳулқ-атворларини йўқотган бузуқ аёл рамзи сифатида гавдаланиб қолаверади.
Қайси бир ақли расо, ўзини ҳурмат қиладиган ҳамда ўз қадрига етадиган аёл ўзи учун мана шундай муомала қилинишига рози бўлади?
Бундай паст даражага тушиб қолишига уни нима мажбур қилаяпти?! Ахир мусулмоннинг фарзанди бўлган муслима аёлман, мусулмонман деган аёл бошқалардан ақли ва ҳаёси билан ажралиб туриши керак-ку!
Унинг маданияти ҳам ўзига хос ҳавас қиларли даражада бўлиши керак-ку!
Юқорида зикр қилганимиз улуғ алломаларга оналик қилган момоларимиз ақли ва ҳаёси билан бошқалардан шундай ажралиб турдиларки, ҳалигача энг яхши аёлларни жамласа ҳам улар ажралиб турадилар.
Кўрларча тақлид қилиниб, эришилаётган бу «Ð¼Ð°Ð´Ð°Ð½Ð¸Ð¹ ўсиш»Ð½Ð¸Ð½Ð³ самараларидан яна бирини эса, аёллар шифокори бўлиб ишлаётган бир мутахассис аёлнинг сўзларидан ҳам билиб олса бўлади.
У аёлнинг айтишича, бугунги кунда турмушга чиқаётган қизларнинг аксарияти тўйидан олдин келиб «Ð¸Ñ„фатли келин» бўлиш учун ўзларининг «Ð¸Ñ„фат»Ð»Ð°Ñ€Ð¸Ð½Ð¸ тадбирини кўриб жарроҳлик амалиётини қўллаб, ҳеч нарса кўрмаган «Ð¸Ð±Ð¾Ð»Ð¸» қиз бўлиб кетишмоқда эмиш. Ҳатто мактаб Ñžқувчиларининг орасида ҳомиласини аборт қилдириш учун мурожаат қилаётганлар бор. Бунга мен шифокор сифатида жуда кўп дуч келаяпман, дейди.
Хўп, ўша тўйидан олдин бундай «Ñ‚адбиркорлик» қилаётган қизлар ҳам бугуннинг аёлими? Эртанинг онасими? Улар бу каби «Ñ‚адбиркорлик»Ð»Ð°Ñ€Ð¸ билан кимни алдамоқчи бўладилар? Аллоҳними? Аллоҳни ҳам алдаб бўладими? У ҳамма нарсани кўриб, эшитиб турувчи Зот. Агар, йўқ, Аллоҳни алдамоқчи эмасман деса, яна савол туғилади, унда кимни, ўзингизними? Агар йўқ, мен хатоимни тузатмоқчиман, шу услуб билан бу муаммодан чиқАман, кейин бу ишни қилмасдан тавба қилиб яшайман деган ният бўлса, уларга гапимиз шуки, «ÑÐ¸Ð½Ð³Ð»Ð¸Ð¼, бир хиёнат бошқа бир хиёнат билан беркитилмайди.» Аввало сизни бу ҳолатга тушиб қолишингиз ота-она, ака-укаларга нисбатан хиёнат. Энди турмушингизни ҳам хиёнат пойдеворига қуриб, бўлажак умр йўлдошингизни алдаб бу ҳолатдан чиқиб кетаман дейишингиз, буч ора эмас. Бу фақатгина ўзингизни ўзингиз алдашингиз холос. Балки уддаларсиз ҳам, лекин биратўла икк хиёнатнинг орасида қолиб, виждон азобида дунёдан ўтасиз. Агар виждон бўлса. Аввало бу ҳолатга тушиб қолишдан Аллоҳдан паноҳ сўраб яшаш керак. Инсон ўзини Аллоҳ кўриб, билиб турибди, эртага унинг ҳузурига боришим аниқ, ўшанда қандай жавоб бераман деган иймон билан назорат қилиши керак. Энди инсон гуноҳ қилгувчи, хатокор экан шундай ҳолат бўлди ёки қачонлардир бўлган дейлик. Бундай ҳолатда, виждон азобида қийналиб ўтмаслик учун шайтонга ўлжа бўлиб қилинган бу каби гуноҳларга қаттиқ тавба лозим бўлади. Ва бу каби ишларга яқин йўламаслик керак бўлади. Келажак тақдирни эса қандайдир «Ñ‚адбиркорлик» билан эмас, балки тоза қалб, чиройли иймон билан кутиб олиш керак бўлади. Бу муаммони Исломга бош эгган ҳолда, иймон билан ҳал қилмоқ керак. Аллоҳ тавбаларни, агар чин юракдан қилинса қабул қилади. Инсон тирик экан, тавбага фурсати бор. Қилинган ишларнинг ҳаммасига тавба қилиб янгидан ҳаёт бошлаш керак. Исломий маданият билан ҳаёт бошлаш керак.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 06 Oktyabr 2009, 11:35:07
Юқорида фикр юритганимиз «Ð´Ð¸Ð½ÑÐ¸Ð· ғарбча маданият» ҳақида хулосамиз шуки «ÐºÐµÑ‡Ð°» бу каби «Ð¼Ð°Ð´Ð°Ð½Ð¸ÑÑ‚» ҳам, унинг бу каби самараси ҳам йўқ эди. Бугун эса ривожланиб шу даражага етди. Эртагачи? Эртага қандай бўлади? Балки қизлар учун ҳеч қандай жарроҳлик амалиёти ҳам керак бўлмас? Балки бу ҳолатга умуман эътибор берилмас? Балки буни билган, эшитган ота-оналар бошларини Сарак-сарак қилиб, «Ñҳ ёшлар, ёшлар» дейишдан нарига ўтмас? Балки бу ҳолат умуман айб ҳам саналмас? Аллоҳ асрасин! Хўш унда миллат нима бўлади? Келажак авлод нима бўлади? Умуман бу дарддан қутилиш чораси нима? Жавоб шуки, бу дарддан қутилиш чораси фақатгина иймон, фақатгина ислом. Келажак авлодни иймонли қилиб тарбия қилиш керак. Бунинг учун бугунги кун авлоди иймонни яхшилаб таниб олиш керак. Асосан, авлоднинг онаси аёллар, Аллоҳдан қўрқинг, гуноҳларингизни кечиришини сўраб, фарзандлар салоҳиятини сўраб дуодан тўхтаманг, дуо билан чекланиб қолмасдан қабиҳ ишлардан ўзингизни тўхтатиб олинг. Эртага қайтиб борадиган жойингиз ҳақида тафаккур қилинг. Бир куни келиб қоронғи, зулматли ва даҳшатли қабрда ёлғиз ўзингиз ётасиз. Ундан кейин эса Аллоҳ ҳузурида бутун ҳаётингиздан ҳисоб-китоб қилинишингиз учун ёлғиз ўзингиз турасиз. Қуръони каримда: «Ð£Ð»Ð°Ñ€Ð½Ð¸Ð½Ð³ барчаси Қиёмат Кунида ёлғиз ҳолда у Зотнинг ҳузурига келувчидир.» (Марям 95). деб Аллоҳ билдириб қўйган.

Қиёмат даҳшатини, жаҳаннам азобини эсланг. Кўча-кўйда ясаниб, бегона эркаклар олдида кўкракларингизни, қоринларингизни, елкаларингизни, билак ва болдирларингизни очиб юришдек қабиҳ ишларга қўл уришдан олдин мана шу нарсалар ҳақида бир ўйлаб кўринг. Сизларни аниқ ишонтириб айтаманки, Қиёмат даҳшатларининг биронтасига тоқатингиз етмайди. (Аллоҳ ва Росули хабар берган). Жаҳаннам азоби ҳақида эса гапирмаса ҳам бўлади. Ўзингизга раҳмингиз келсин!!! Бундай ишларга энди қайта юрманг. Тавба эшиклари ёпилиб қолмасдан, қабрингиз узра тупроқ тўлдирилмасдан олдин Аллоҳга ҳақиқий тавба қилишга шошилинг. Аллоҳ тавбаларни қабул қилгувчи. Меҳрибондир.

Аллоҳга шукрлар бўлсинки, иймон эътиқодли аёлларимиз ҳам оз эмаслар. Динини маҳкам тутиб, Бухорий ва Термизийларга оналик қилган момоларимизнинг давомчилари бўлаётган аёлларимиз ҳам йўқ эмас. Кечалари ҳам ибодат қилиб жамиятимиз, халқимиз салоҳиятига дуо билан ҳисса қўшаётган аёллар ҳам бор. Бугунги европача «Ð¼Ð°Ð´Ð°Ð½Ð¸ÑÑ‚»Ð½Ð¸Ð½Ð³ ичида ўсиб унга қиё ҳам боқмай, ўзини иймон билан назорат қила олаётган иффатли қизларимиз ҳам бир мунча кўп. Теварак атрофни булғаб, киндикларини очиб юрган «Ð¼Ð°Ð´Ð°Ð½Ð¸ÑÑ‚ли, замонавий» хотин қизларни кўриб, улардан нафратланиб, ўзининг авратларини бегона эркакларга кўрсатмай юрган ёшгина қизчалару, табаррук онахонлар ҳам анчагина.

Умуман олганда аёллар оламининг бу қисми аввалги қисмига нисбатан ҳурмат қилишга арзигулик. Лекин беш қўл баробар эмас деганларидек, бу қисмда ҳам дилни хира қиладиган ҳолатлар учраб туради. Биз танқидий назаримизни шундай қаратдикки, қуйида мулоҳаза қилинадиган ҳолатлар соҳибаси мўмина аёл бўлганлиги учунгина шу мавзуларга кириб бордик. Аёллар оламининг аввалги яъни динидан узоқлашган қисмида учрайдиган айни шу муаммоларга хатто эътибор ҳам бермадик. Чунки эътибор деган нарса, эътибор берувчининг қалбида оз бўлсада қиймати бор бўлган нарсага берилади.

Аввало, мўъмина деб аталаётган аёлларимизнинг аксариятини либослари, яъни рўмоллари, танқидга сазовордир. Мана шу аксарият рўмолдаги аёлларимиз аслида рўмол нима эканини, унинг моҳиятини билмадиган кўринади. Аслида рўмол, аёлнинг аъзоларини беркитиб, билинтирмасдан, бегона эркаклар назарини ўзига қаратмасдан тўсиқ вазифасини бажариши керак. Лекин айрим хонимларнинг рўмоли эса қарамаганни ҳам қаратиб оладиган даражада. Улар ҳамма аъзоларим ёпиқ бўлса бўлди, қабилида кийинишган. Аммо ҳамма аъзолар бўртиб, билиниб туради. Бундан ташқарии, Аллақандай кийимлар кийишадики, буни рўмол дейишга ҳижолат бўласан киши. Камига юз-кўзларини бўяб, қошларини териб, хушбўй атирларни сепиб олишади. Хатто баъзилари бошига рўмол ўраб, эгнига эркакларникига ўхшаб костюм-шимларни кийиб олишади. Пайғамбар с.а.в.нинг қош терувчиларни, ўзини эркакларга ўхшатиб олган аёлларни лаънатлаган мазмундаги ҳадислари бор. Рўмолнинг асли зийнат бўлмаслиги керак, шарт. Масалан бичими тор, ранги ҳам кишилар эътиборини ўзига тортадиган ва хушбўй атирлар сепилган либослар асли зийнат ҳисобланиб, бундай рўмоллар ношаръийдир. Чунки Росулуллоҳ с.а.в. атир сепган ҳолда бегона эркаклар орасида юришни аёлларга ҳаром қилганлар. Яъни: «Қайси бир аёл хушбўй атирларни сепиб (эркаклар) унинг ҳидини туйишлари учун бирор қавмнинг олдидан ўтар экан, у аёл зинокордир» деганлар.
(Имом Аҳмад ривояти).

Рўмол ўрадим деб тор кийимларни кийиб, ўзларини мукаммал рўмол ўрадим деб юрган аёлларимиз, Росулуллоҳ с.а.в.ни мана бу ҳадисларини ҳам билиб қўйсалар фойдадан ҳоли бўлмайди.
«Ð˜ÐºÐºÐ¸ тоифа кишилар борки, улар жаҳанам аҳлидандир. Мен ҳали уларни кўрмадим. Биринчиси: қўлларида сигир думига ўхшаш таёқлари билан одамларни уриб юрадиган кимсалар. Иккинчиси кийиниб олган лекин, яланғоч, (бошқаларни ҳам) йўлдан оздирувчи, ўзлари ҳам (ҳақдан) оғган ҳамда бошлари (даги сочлари)ни туянинг (бир тарафга) мойил бўлган ўркачлари сингари дўппайтириб олган аёллардир. Улар жаннатга кира олмайдилар, унинг ҳидини ҳам топа олмайдилар. Зеро, Жаннатнинг ҳиди, фалон масофадан келиб туради». (Муслим ривояти).
Аҳли илмлар ҳадисдаги «ÐºÐ¸Ð¹Ð¸Ð½Ð¸Ð± олган, лекин яланғоч аёллар» деган сўзни «ÑƒÐ»Ð°Ñ€ кийимларини кийишади, лекин тор, юпқа ёки баданининг ҳамма жойини тўсмайдиган кийимлар киядилар» деб таърифлашган.

Кейинги танқидга сазовор ҳолат, баъзи рўмолли аёлларимизни ўзларини тутишлари, муомалаларидир. Бу асосан ёшлари катта бўлмаган аёлларга талуқлидир. Кўча-кўйларда гувоҳ бўлиб қоламизки, баъзи рўмолли аёллар, асосан қизлар бегона эркаклар билан қўл бериб сўрашиб, соатлаб ҳамманинг кўз ўнгида қийқириб кулиб туришади. Ўрталарида эски таниш ёки синфдош деган кўприк борлиги баҳона. Номаҳрам эркак билан қўл бериб сўрашишлик ҳалол эмас. Ҳаром! Пайғамбар с.а.в: «ÐœÐµÐ½ (бегона яъни никоҳи жоиз) аёллар билан қўл бериб сўрашмайман» деганлар. Бунга гувоҳ бўлган баъзи «Ð½Ð°Ð¼Ð¾Ð· Ñžқимасам ҳам дилим пок, Ñžғрилик қилмасам ғарлик қилмасам» дегувчиларга эса қачон диндан гапирсангиз, намозни таклиф қилсангиз, «Ñ€ÑžÐ¼Ð¾Ð» ўраб намоз Ñžқийдиганларингни аҳволи шуми?» деб баҳона қиладилар. «Ð ÑžÐ¼Ð¾Ð»Ð½Ð¸ ўраб олиб нималар қилиб юрганини биламиз, фоҳишалик қилиб юрганлари ҳам бор» деб, қандайдир ғурур билан гапириб қўядилар. Аслида эса рўмоллик мўъмина аёллар фоҳишалик қилиб юргани йўқ. Балки фоҳишаларнинг айримлари ўзининг кирдикорларини беркитиш мақсадида рўмолга ўраниб «Ð¾Ð²» қилиб юрган бўлиши мумкин. Балки уни ҳам биров кўрса жирканадиган дарди бордир, песдир, моховдирки буни рўмол билан беркитиб юргандир. Нима бўлганда ҳам бошқаларда нотўғри тушунча пайдо қилмаслик учун мўъмина қизларимиз, аёлларимиз шундай ҳолатлардан узқроқ бўлиб, ўзларини Аллоҳ назорати остида эканликларини унутмасалар мақсадга мувофиқ бўлар эди.

Маънавият масаласида ҳам анчагина муаммолар етарли.
«Ð˜Ð»Ð¼Ð»Ð¸» аёлларимиз давраларни тўрида бирор масалани гапираётганида, илмга асосланиб, устозларимиз китобларидан фойдаланиб гапиришса яхши бўларди. Баъзи отин ойиларимиз ўзлари қайси маросимда ўтирганини, у маросим динимизда борми йўқми фарқ қилмасдан, яна шайх ва уламоларга тош ҳам отиб қўйишади. Уламо шайхларимизнинг гуноҳлари, улар «Ñ‚ирикчилик» қилиб турган маросимларини қўллаб қувватлаш ўрнига қоралаганларидир. Қанақанги маросимлар ҳақида гап кетаётганлигини тушунгандирсиз. Ҳа бу ўша гапирилавериб сийқаси чиққан етти, йигирма, қирқ, йил деган бидъат маросимлардир. Агар аёлларимиз Ñ‚Ñžғри эътиқод билан уламоларимизнинг фикрларига терс юрмасдан, Ñ‚Ñžғри илм ўргансалар, бу ўзлари учун ҳам, фарзандлари учун ҳам фақат яхши бўлар эди. Ёш авлодни ҳам ҳар хил оқимларга ўлжа бўлмаслигига, Ñ‚Ñžғри тарбия билан шаклланишига бир омил бўлар эди. Ўша «ÑƒÑÑ‚озлик» қилаётган отин ойиларимиз ҳам улардан илм ўрганиб юрган аёлларимиз ҳам оиласидагиларни, фарзандларни маънавиятини ўстириш учун ўзларининг маънавиятини юксалтириши керак бўлади.
Мўмина аёлларимизнинг оилавий, эр-хотин ўртасидаги муносабатларига ҳам бир назар солиб ўтсак.

Танқид назарига биринчи бўлиб мўъмина аёлларимизнинг кўпини эрига итоатсизликлари кўринади. Бунда аёллар ўзларини оқлаш мақсадида, эрининг баъзи қилиқларини рўкач қилишади. Бизнинг сўзимиз шуки: эрлар қиёмат кунида ўзларидан ҳам, қўл остидаги аёллардан ҳам масъулдирлар. Бундан ташқари Росулуллоҳ с.а.в: «ÐÐ³Ð°Ñ€ инсонни инсонга сажда қилиши мумкин бўлганида, аёлларни эрларига сажда қилишини буюрар эдим» деган мазмунда ҳадислари озгина имони бор аёлни ҳушёр торттириб қўйиши керак. Жуда кўп бузилиб кетаётган оилаларни замирида ҳам шу нарса ётади.

Азиз Ñžқувчи шу ерда муаллифнинг мақсадига ҳам эътибор бериб кетишингизни илтимос қиламиз. Бизнинг мақсадимиз ÑŽқоридаги фикрлар асносида умумий аёллар оммасига танқид тошларини отиш эмас. Балки ойни этак билан ёпиб бўлмганидек, ÑŽқоридаги ҳолатларни ҳам беркитиб бўлмайди. Шунинг учун қалбида иймони бор покиза аёлларимизга ҳурматимиз баланд бўлсада, ўша ҳолатдаги аёлларни танқид қилдик. Зеро танқид келажакнинг мевасидир. Балки сўзларимиз бироз аччиқ туюлгандир. Дўст ачитиб бўлсада ҳақиқатни гапиради. Умидимиз рисоалдаги фикрларни ҳақ деб билсангиз, уни дўст тутарсиз, мўмина, мастура аёллар!

Шу ўринда ёш мастура қизларимизга ҳам икки оғиз сўз. Ўзларини сохта гўзаллаштириб, ўзини кўз-кўз қилиб юрган хонимлар барибир сизларча гўзалликка яқин ҳам эмаслар. Сизларни шаънингизга айтилаётган сўзларга сабр билан жавоб беринг. Ҳазрати Умар Ñ€.а. «Ð‘изга нимаики яхшилик етган бўлса, сабримиз туфайли етди» деганлар. Бундан сабоқ олинг мастура қизлар!
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Robiya 06 Oktyabr 2009, 11:36:35
Эркакларга ҳам икки оғиз сўз

Ҳурматли эркаклар, Ислом нафақат аёлни балки ундан олдин эркакни огоҳлантиради. Қиёмат кунида эркаклар ўзлари хусусида сўралиб бўлганидан кейин аҳли аёлидан ҳам сўралади. Бу эса аёлдан кўра кўпроқ масъулият эркакда эканлигини англатади.
Кўпчилик муслима аёлларнинг ясан-тусан бобида хатто динсиз аёллар ҳавас қиладиган даражада илгарилаб кетишида эркакларнинг ҳам ҳиссалари кам эмас. Чунки аёлларнинг бу даражада ўзгариб кетишларига ягона сабаб эркакларнинг ўз аёлларига нисбатан эътиборсизлиги, совуққонлиги, уларни бегона эркаклардан қизғаниш керак деган нарсани аллақачоноқ унутишга улгурганлари, муқаддас динларини писанд қилмай, эркаклик ғурурларини йўқотиб қўйганлари ҳамда билиб туриб уларни бундай ҳаёсизликлардан қайтармаётганларидир.
Биз ÑŽқорида куюниб гапирганимиз, шим кийиб, қоринларини очиб юрган хотин-қизларнинг ҳам отаси-акаси бордир. Нима улар буни кўрмаяптиларми? Кўряптилар. Балки ўзлари қизларини бозорга олиб бориб, ўзинга Ñ‘ққан кийимингни олавер, деяптилар. Ёки қизи ўзига ўша кийимни олиб келиб «Ð¾Ð´Ð¾Ð±» билан шуни олсам майлими? деса, ўзингга Ñ‘ққан бўлса бўптида, деяптилар. Хатто қизларини ўша кийимида етаклаб олиб бориб, номи улуғ жойларга ишга жойлаб қўймоқдалар. Қизлари кўз олдида ўша аҳволда ишга чиқиб кетаётганини кўриб индамаяптилар. Хатто рўмол ўраса қаршилик қилаётганлари ҳам бор. Қизини қаерда, ким билан нима қилиб юрганини ҳам, қизининг иффати жойидами ёки топталиб улгурганми билмай юрганлари ҳам бор. Булар даюсдирлар. Пайғамбар с.а.в. бундай кишилар жаннатнинг ҳидини ҳам ҳидламайди, деганлар. Афсуски, баъзи эркакларда фақат «ÑÑ€ÐºÐ°Ðº» деган ном қолган холос. Аёлдек нозик ҳилқат устидан волий, ҳоким қилинган «ÑÑ€ÐºÐ°Ðº» деярли ўша нозик ҳилқат билан бир хил даражага тушиб қолган. Ўз қадрларини билмайдиган, қўл остидагиларни муҳофаза қила олмайдиган ва Аллоҳнинг омонати бўлган аёлларни чиройли бошқара олмайдиган бундай эркакларнинг ҳолига вой бўлсин. Росулуллоҳ с.а.в. айтганлар: «ÐÐ»Ð»Ð¾ҳ таъоло бирор раъият устига бош қилиб қўйган қайси бир бошлиқ, ўз қўл остидагиларга нисбатан эътиборсиз бўлган ҳолда вафот этар экан, Аллоҳ унга жаннатни ҳаром қилур.» (Бухорий ривояти).

Эй эркаклар, сизларнинг обрўларингиз худди руҳингиз кабидир. Сизлар бу руҳингиз хусусида кўп сусткашлик қилдингиз, раъиятингизга етарлича эътибор бермадингиз, омонатни зое қилдингиз, хатарли ишга қўл уриб қўйдингиз. Сизлар фақат ўзларингизни ҳалок қилмоқчисизлар. Лекин буни сира сезмаяпсизлар. Тўғрироғи тушунишни ҳоҳламаяпсизлар. Ахир ақлларингизни ишлатмайсизларми? Шояд парвардигорингизга тавба қилсангиз ва устингизда омонат бўлган аёлларингизни муҳофаза қилсангиз!
Азиз тингловчи, шу ерда дастуримизга нуқта қўяр эканмиз, сиз азизларга яна эслатиб ўтмоқчимиз. Рисола оммабоп бўлсин учун имкон қадар соддалаштирилди. Оят ва ҳадисларни матнини бермасдан мазмунан ёндашилди. Агар нимаики Ñ‚Ñžғри берилган бўлса бу Аллоҳдан, хатолар эса ўзимдан. Бу хизматимиз учун Аллоҳ жамолини насиб этишини сўраб қоламиз.
Сўзимизнинг хотимасида шуни айтамизки Аллоҳга ўзи рози бўлганича ҳамду санолар бўлсин. Пайғамбар с.а.в.га у кишиинг аҳли-оилаларига, саҳобаларига ва Қиёмат кунигача уларга яхшилик билан эргашган кишиларга Аллоҳнинг салоту-саломи бўлсин. Амийн.

Қалбим оташида битилди ғазал,
Ғамбода кечадан келади кечгим...
Муслима опалар, сингиллар, азал
Биз каби севолмас сизларни ҳеч ким!

Тарихни Ñžқидим, у йиғлар беун,
Келажак мўрида қоп-қора тутун.
Мен жавоб бераман, сўзимга бугун
Биз каби севолмас сизларни ҳеч ким!

Ҳурлиқо фаранги Ñžқисин таҳсин,
Яхшиси танлаган йўлидан қайтсин.
Голливуд дод десин, қўшиқлар айтсин
Биз каби севолмас сизларни ҳеч ким!

Тарих шоҳид бугун, қилмай баҳона,
Мўмин юрагида буткул тантана.
Ромео ўзини ўлдирсин яна
Биз каби севолмас сизларни ҳеч ким!

Олам гул кийинди саодат сайли -
Аёл ҳақ сўз айтди Умар туфайли,
Қирол Лир икки бор кўр бўлсин майли...
Биз каби севолмас сизларни ҳеч ким!

Отелло қатл этди Дездемонани
Қонга бўяб буткул гулдек хонани.
Лек муслим бошида тутар онани,
Биз каби севолмас сизларни ҳеч ким!

Аллоҳнинг ҳукмини билсангиз ёддан,
Биз сизни севамиз ҳаддан-да ҳаддан.
Жулия Робертслар йиғлар ҳасаддан!
Биз каби севолмас сизларни ҳеч ким!

Алий йўлга тушди, ҳилол, бирга ÑŽÑ€!
Ҳолид қиличидан таралмоқда нур!
Евгений Онегин, четга ўтиб тур!
Биз каби севолмас сизларни ҳеч ким!

Дунёвий севгига кўнгиллар зорми,
Илоҳий чашмадан қонган ифторми?
Ҳақиқий мўминлар севсалар борми?
Биз каби севолмас сизларни ҳеч ким!

Инсоф билан айтинг, қай элатда бор
Фақат маҳрамига тўкилган виқор?
Зино кўчасидан беркиниб, бедор
Биз каби севолмас сизларни ҳеч ким!

Бечора таналар, ҳаммадан қолган,
Бугун дунё узра фарёдлар солган.
Буюк пайғамбардан насиҳат олган
Биз каби севолмас сизларни ҳеч ким!

Кўрдим юзингизда гулгун чеҳралар,
Ундан шаббода ҳам олар баҳралар.
Кўнглимда бир сурур аста сирғалар:
Биз каби севолмас сизларни ҳеч ким!

Мўмин кўрса, қалби билан кўради,
Шу боис, юрак ҳам сокин уради.
Севсак гар, ўртада Аллоҳ туради
Биз каби севолмас сизларни ҳеч ким!

muslimaat.uz saytidan olindi.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Munira xonim 06 Oktyabr 2009, 12:15:34
Assalamu alaykum.
Robiya,bizga ilingan narsangiz uchun Alloh sizdan rozi bo'lsin.
O'zi munosib mukofatlasin.
Bu maqolani yozgandan ham, bizga taqdim etgandan ham, ayniqsa, she'rni yozgan birodardan hamAlloh rozi bo'lsin.
BU she'rdagi aytilganidek haqiqiy muslimalarni sevgan, hurmat qilgan, onalarini boshqalriga qo'ygan, muslimalar haqqiga duo qilgan har bir muslimdan ALloh rozi bo'lsin.
Ularni har birini Jannatul Firdavsda RAsululloh SAV bilan qo'shni qilsin!!! Aamiyn.
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Munira xonim 16 Oktyabr 2009, 17:16:15
Allohning omonati

Onalik...Oylab davom etadigan mashaqqatlarni sabr bilan yengib o'tgach, ayol zotiga beriladigan eng buyuk unvon. Ungacha...to'qqiz oy aro ayol vujudi hayajonu qo'rquv o'rtasida toliqiblar ketadi. Nihoyat jonidan jondek uzilib, beorom kunlari evaziga mukofot, gunohlariga kafforat jami og'riqlariga malham bo'lib chaqalog'i dunyoga keladi...Bag'riga olarkan, uni deb chekkan iztiroblari bir lahzada yodidan chiqadi. Bir necha daqiqa oldin ko'ziga azobdab iborat bo'lib ko'ringan dunyo yorishib, hayot bag'ridagi go'dagi misol pokiza, shirin tuyuladi...
Men ham jismu ko'nglimda shunday jon o'rtovchi azoblarni, hayajonu quvonchlarni boricha tuydim. Bag'rimga olib, qizalog'imga orziqib termularkanman, farzand vositasida Parvardigor menga katta imtihon yuborganini bilmas edim...
Birinchi farzandim bo'lgani uchunmi, ongu qalbimni qizchamga egalik megagina xos degan o'y band qilgandi. Tiriklikning azvqu shavqini undagina ko'rardim. U faqat menga tegishli degan o'y bilan baxtli edim. O"shanda bunday qattiq sevgi oz muddat baxtiyorlikdan keyin, bisyor dardu qayg'ular keltirishini idrok qilolmasdim. Chunki men bir haqiqatni - borliqdagi hamma narsa singari bu go'dak ham Allohga oidligini unutgandim...
Bir kuni chaqalog'im qattiq istimaladi. Tezlik bilan kasalxonaga bordik. Tekshirib ko'rishgach, bolamga qo'yilgan tashxisni eshitib boshimga osmon qulagandek bo'ldi - kasallik miyada bo'lib, juda kam uchraydigan, vujuddagi rivojlanish jarayoniga to'sqinlik qiladigan dahshatli xastalik edi. Endi...Murg'akkinam meni hech qachon "ONA!" deb chaqirolmaydi!Tengdoshlari bilan birga o'ynolmaydi!U uchun oldinda quvonch yo'q, faqat azoblar aro o'tkazilgan kunlar bor! Bu kabi o'ylar shamol tezligida miyamda aylanarkan, hushimni yo'qotdim. O'zimga kelganimda, uyda yotar, boshimda onam yig'lab o'tirardi...
Tuzalmas xastalikka mubtalo qizchamni umid bilan parvarish qila boshladim. Faqat...avvalgidan boshqa, tom ma'noda Allohga taslimiyat bilan harakat qilardim. Zotan,g'aflat uyqusidan uyg'onishim, mendagi "men"likdan qutulishim zarur, juda zarur edi...
Bolamning azoblari yillab davom etdi, muolajalar hech qanday natija bermadi. Shifokorlar to'rt yoshgacha yetmaydi deyishgandi,Allohning irodasi bilan sakkiz yoshgacha yashadi.
Nihoyat...bolaginamning azoblari tugadi.Dahshatli xastalik intiho topdi, u bilan birga farzandimning umri ham...
Qisqagina umri bilan mening hayotimda juda ko'p narsalar qoldirgan qo'zichog'im, eng katta sabog'im, eng terak sevgim, eng achchiq azobim...Sendan minnatdorman - o'zingdan keyin berilgan Allohning omonatlariga qanday munosabatda bo'lishni o'rgatib ketgan ustozim.
Oxiratda diydorlashuv umididaman, bolajonim. Ulug' kunda meni tanib, bir bor eshitishga zor bo'lganim "ONAJON!" deya chaqirishingni istab hamisha duodaman...

"Irfon" taqvimidan. ONA...
1430/2009/IV/
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Hadija 19 Oktyabr 2009, 17:22:43
Ўзбекчилик-да, ака, узр…

(http://i058.radikal.ru/0910/43/afbe4a1a4250.jpg) (http://www.radikal.ru)

Одамлар орасида машҳур бир ривоят бор. «ÐšÑƒÐ½Ð»Ð°Ñ€Ð½Ð¸Ð½Ð³ бирида одам боласи шундай бир гуноҳ иш қилибди-ки, буни кўрган шайтон ҳатто уялиб қочиб кетибди. Шунда шайтон: «Ð±Ñƒ одам боласи гуноҳни ўзи қилади-да, кейин мени шайтон йўлдан урди деб айбни менга тўнкайди»-дея нолиган экан.»

Бу мисолни Ñžқиб куляпсизми? Йўқ, кулиш эмас, йиғлаш керак. Чунки, ҳар куни орамизда юрадиган, биз билан салом-алик қиладиган, бир ҳаводан нафас оладиган бундай одамларнинг борлиги фожеа. Сизга зарари тегаётганини ҳис қилмаяпсиз, шунинг учун кулимсираётгандирсиз. Агар эртага сизни чув туширса ёки зор қақшатса додингизни кимга айтасиз?!
У эса бемалол «Ð°ÐºÐ°, узр, ўзбекчилик»,-дея сувдан қуруқ чиқмоқчи бўлади. Бир ишни пачавасини чиқариб, сўнгра ўзини оқлаш учун «ÑžÐ·Ð±ÐµÐºÑ‡Ð¸Ð»Ð¸Ðº, ака, узр!»Ð´ÐµÐ¹Ð´Ð¸Ð³Ð°Ð½Ð»Ð°Ñ€Ð½Ð¸, гуноҳни қилиб, айбни шайтонга тўнкайдиган кимсаларга ўхшатаман. Фақат улар ўз қилмишларини шайтонга эмас, ўзбекчиликка ағдаришмоқда.
Бир куни дўкондан нарса ҳарид қилиб сотувчидан уни каттароқ пакетга солиб беришини сўрадим. Шунда сотувчи «Ð°ÐºÐ°, мана шу пакетнинг катталиги 80 см деб кўрсатилган, аслида эса 75 см чиқади. Бу Ñ‘ғи энди ўзбекчилик»-деди.

Энди бир ўтмишга назар солайлик. Ота-боболаримиз нима қалбаки маҳсулотлар ишлаб чиқариб, харидорлар ҳақига хиёнат қилармиди? Жавоб аниқ. Улар ўзганинг ҳақидан қўрқишарди, ҳазар қилишар эди, хиёнатдан, ёлғондан узоқ бўлишган, диёнатлари кучли эди. Масалани ойдинлаштириш учун яна бир мисолни айтиб ўтмоқчиман. Тўй қилайтган бир танишим «ÑÑ‚олга ароқ қўйиш керак, аммо бироз пул етмай турибди»-деб қолди. Шунда мен «Ð½Ð¸Ð¼Ð°, ароқ қўймасангиз бўлмайдими»-деб сўрасам, қизиқ бир жавобни берди: «ÑÐ½Ð´Ð¸ ўзбекчилик, одамлар гапиради». Хўш бу жавобга нима дейсиз?!
Nom: Re: Bugungi kun...
Yuborildi: Hadija 19 Oktyabr 2009, 17:26:09
Нима, ўзбеклар удумига кўра қадимдан тўйларда ароқ қўйилганми, одамлар ичиб олиб маст ҳолда бир-бирлари билан муштлашишганми? Бир тасаввур қилиб кўринг, диёнатли, ҳар бир луқмасини ҳалоллаб еган аждодларимиз тўйда ароқ ичиб олиб, бақир-чақир қилишганини ёки эрининг чизган чизиғидан чиқмаган мунис оналаримизни тўйда бегона эркаклар билан шаталоқ отиб рақсга тушишларини, қанчалик ҳунук манзара. Ақлингизга сиғдира олаяпсизми, бу ғирт туҳмат эмас-ми?! Аждодларимизнинг бундай иллатлардан пок бўлганликларини тан олмайдиган киши бўлмаса керак. (Аждодларимизнинг бундай иллатлардан пок бўлганликлари инкор этиб бўлмас ҳақиқат-ку.) Нега унда ароқни, кўзбўямачилик каби ёмон ишларни ўзбекчиликка ағдаряпмиз. Энди замон бошқа-да ҳозир, укам дерсиз. Айбни замонга ҳам тўнкаманг, ўзбекчиликка ҳам тил теккизманг, акахон. Замон ўша-ўша. Эрталаб қуёш чиқади, кечқурун ботади. Фақат биз, одамлар бошқамиз, биз ўзгардик замон эмас. Дунёнинг ўткинчи бойлигидан бошқа нарсани ўйламай қўйдик.

Агар ўша кишиларнинг инсофи бўлганида ароқнинг ҳаромлигини билиб туриб, тўйда одамларга ичириб жанжал чиқишига сабабчи бўлмасди. Ишбилармонлар ўзгалар ҳақидан қўрққанида 80 см.лик пакетни 75 см. қилиб халқни алдамасди. Ёки бошқа дўстларимиз (шояд, яхши тарафга ўзгариб дўст бўлиб қолишар) билиб туриб айб иш қилгач, уни ўзбекчиликка ағдаришмасди.
Шу ерда савол туғилади. Бундай камчиликлардан қандай халос бўлишимиз мумкин? Бунинг оқилона йўли маънавий тарбияни кучайтиришдир. Хар қандай вазиятда ҳам Ватанни мардларча ҳимоя қилган, жасур ва адолатли бўлган Амир Темур, Жалолиддин Мангубердини, илм-маърифатни бойликдан устун билган имом Бухорий, Мирзо Улуғбек, Беруний, Навоийларнинг ҳаёт йўлини фарзандларимиз онгига қуйиб боришимиз керак. Уларнинг тарихини шунчаки юзаки эмас, балки чуқурроқ ва қизиқарли қилиб сўзлаб берайлик, токи уларнинг буюк сиймолари фарзандларимиз онгига муҳрланиб, улардек бўлишга интилишсин.
Чунки ёш бола кимни яхши кўрса ўша одамга тақлид қилишни, ўхшашни Ñ‘қтиради.
Бизнинг аждодларимиз имонли, ҳалол-пок, ваъдасида турувчи, мард ва саҳий бўлганлигини ҳеч қачон ёддан чиқармайлик. Хуллас, ишни «қовун туширадиган», қалбаки, фирибгар, ёлғончи, хиёнаткор кимсалар айбларини ўзбекчиликка ағдармай, маънавий касаллигингиздан фориғ бўлишга шошилинг, акс ҳолда ўзбек миллатига мансуб бўлмай қоласиз!


Икром Улуғбоев

(Хуллас, ишни «қовун туширадиган», қаллоб, фирибгар, ёлғончи, хиёнаткор кимсалар бу «ÐºÐ°ÑÐ°Ð»Ð»Ð¸Ðº»Ð»Ð°Ñ€Ð¸Ð´Ð°Ð½ фориғ бўлишга шошилишсин, ана шунда ўзбек миллатига муносиб Ñžғлон бўлишади.)


Manba (http://info.islom.uz/content/view/1886/991/)
Nom: Javob: Bugungi kun...
Yuborildi: Shokir63 31 Mart 2013, 11:21:39
o'zbekchilik bu madaniyat emas, balki siyosatdir.


Nom: Javob: Bugungi kun...
Yuborildi: Muxsiya 02 Aprel 2013, 17:08:38
Gapingiz to'g'ri lekin to'y egalari shunga majbur bo'lishyapti yaqinda mahallamizdagi o'ziga to'q obro'li, dindor odamning uyida to'y bo'ldi. To'yga aroq qo'yilmabdi. Butun mahalla erkaklari gapirishdi juda xasis odam ekan dasturxonni qizig'i ko'rinmadi to'ymi, a'zami farqlab bo'lmadi shuncha boylikni nimaga yiqqan o'zi o'zi odamning puli ko'paygan sari xasislashib borar ekanda o'z mahalladoshlaridan bir shisha aroqni qizg'andi, nima o'zi imom domlamidiki aroq ichmasa< boshqalarni oshini yeganingdan keyin qarzingni uzsinda qabilidagi gap-so'zlar bolaladi. Bu gap so'zlarga chiday olmagan haligi kishi mahala guzariga bir yashik aroq bilan bordida u yerdagilarga qarata mana shu narsa silarga shunchalik kerak bo'lsa, shu bilan mahalla mendan xursand bo'lsa to'ygunilarcha ichilar lekin men uyimda mast-alast holda har xil noma'qul gap-so'zlar bo'lishini istamayman deganicha ketdi.
Nom: Javob: Bugungi kun...
Yuborildi: Abdulloh_8800 02 Aprel 2013, 18:15:28
Mana shu odamning eng katta hatosi. Qanday qilib Alloh qaytargan xamir b.n ularni malomatlaridan qutulmoqchisiz. O'zi bizga xaq rizosi kerakmi? yoki xalqnikimi? Bu gaplarni siz aytmang birodar iltimos
Nom: Javob: Bugungi kun...
Yuborildi: Fayzulloh 04 Aprel 2013, 03:47:55
Assalomu alaykum.


Ohirgi vaqtlada toshkentda, biz tomonlada ko'pgina to'ylada xamr qo'yilishi sezilarli drajada kamayvotti, shu qatori ichuvchilaram.

Manga qo'yib bersa eshigimmi taqillatib, yotvomidimi, bir yashi uyoqda tursin bir qultumam obkeltirmiman. Nimaga endi man uni gap-so'zini dib, uni nafsini dib gunohga botishim kerey. G'iybotimmi qisa o'ziga, gunohlarimni o'z zimmasiga ogani qoladi. Odamlani gap-so'zidanmas yaratganni o'zidan qo'riqish kere.