forum.ziyouz.com

Kutubxona => Boshqa kitoblar => Mavzu boshlandi: Shahina 19 Fevral 2007, 16:43:15

Nom: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Shahina 19 Fevral 2007, 16:43:15
Assalomu alaykum!
Bu o'yinda biz yangi bir romanni kashf qilamiz...
Uni albatta birgalikda yozamiz.
Uning qanday chiqishi sizga bog'liq.
Qanday deysizmi?

Har bir ishtirokchi o'z dunyoqarashidan kelib chiqib va umumiy ma'nodan ayrilmagan holda 2 tadan gap yozadi. Sizning yozganingiz yuqoridagi syujetga mos kelishi va uni uzviy davom ettirishi kerak.

Demak boshladik:
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Shahina 19 Fevral 2007, 16:49:25
ZiyoUz romani

Mualllif: Forum a'zolari

Dunyoning asli bebaqo derlar. Abdujalil ham shunday o'ylovchilardan biri edi...


marhamat davom ettirishilar mumkin.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: mutaallimah 20 Fevral 2007, 08:18:20
Lekin afsus uni atrofida  dunyoni va undagi hamma narsani pulga sotib olsa buladi deguvchilar yigilgan edi.Abdujalil dustlarini dunyoqarashlarini hali yahshi bilmas edi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Shahina 21 Fevral 2007, 16:10:09
Bir kuni do'stlari uni qo'yarda-qo'ymay, "yur, seni bir zo'r okaxon bilan, tanishtiramiztiramiz, sangayam yordam beradi", deb bir joyga olib borishdi. Do'stlarining taklifini rad etishga jur'at topolmagan Abdujalil Rozi bo'ldi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: mutaallimah 21 Fevral 2007, 16:57:58
Afsus bormasa bu'lar ekan.Hammasi shundan boshlandi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Farida 21 Fevral 2007, 17:10:58
Yo'l-yo'lakay bolalarning xandalaridan zavqlanib, manzilga yetishganini ham bilmay qoldi. "Okaxon"ning uyi judayam haybatli, 3 qavatdan iborat, darvozasi ham temirdan mustahkam qilib ishlangan, uyi oldida ikkita q'oriqchi ham turardi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: mutaallimah 21 Fevral 2007, 19:41:46
Abdujalil bu dahmazni ku'rib u'ylanib qoldi.Nahot insonga halol.tinch,hotirjam yashashi uchun shuncha dahmaza kerak?
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: ikbaljohn 21 Fevral 2007, 19:47:07
Eshik oldida turgan yigitlarning tekshiruvidan so'ng ichkariga kirishdi. Uzun ayvon yo'lagidan so'ng asosiy sahnga chiqilar, u yerdan esa "saroy"ga o'tilardi.

Administrator:
Yaxshi ketayotgan o'yinni bu tahlitda buzish yaxshi emas.
Postingizni o'zgartirishga majbur bo'ldim.
Masturaxon, ushbu postni o'qiganingizdan so'ng, keyingi postingizni shunga moslab tahrir qilarsiz.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: mutaallimah 21 Fevral 2007, 21:18:11
Abdujalil bu saroyda hali hayotida uchratmagan ku'pgina narsalarni ko'rdi.Kordiyu hayratdan lol qoldi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: AbdulAziz 21 Fevral 2007, 23:02:11
Uning hayratiga sabab bo'lgan birinchi narsa devordagi rasmlar edi. Ularni tarixiy rasmlar ham deb bo'lmasdi: asli tarixiy, lekin qa'rida qandaydir zamonaviy sirlar borga o'xshardi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: mutaallimah 21 Fevral 2007, 23:58:44
Bu rasmlar uy egasining u'ta nozik qalb sohibi deb baholsh uchun kifoya edi.Lekin Abdujalil hamon hayron edi san'atga oshufta qalb egasi, qanday qilib bu qadar haybatli hayotga oshuno?
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: AbdulAziz 22 Fevral 2007, 19:43:52
Lekin bu rasmlar qa'rida boshqa bir sirlar yashirin ekanligini Abdujalil bilmas edi. "Saroy" qorovuli yigitlarni yana bir tintuv qilganidan so'ng ichkariga kirdilar.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: mutaallimah 22 Fevral 2007, 20:58:44
Ichkari esa tashqariga qaraganda ancha oddiyroq edi.Oddiygina u'zbek oilasini honadonlari singari jihozlangan honada, hontahta tuzalgan, huddi aziz mehmonga intizordek.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Shahina 22 Fevral 2007, 22:33:13
Xontaxta ustida bir choynak, piyola; yana qandaydir narsalar sochilib yotardi. Davra to'rida esa bir kishi o'tirardi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: mutaallimah 23 Fevral 2007, 02:06:28
Davra tu'ridagi kishi Abdujalilni dasturhonga taklif qildi.Va allaqanday sinchkovlik bilan undan ku'z uzmagan holda unga choynakdan choy quyib uzatdi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: shoir 26 Fevral 2007, 01:14:01
Uzatilgan choy faqatgina Abdujalil uchun edi, negadir boshqalarga choy uzatilmadi. "Usta" (shu yerdagilar davra to'rida o'tirgan odamni shunday atashardi) esa choyni ichishdan uyalib turgan Abdujalildan o'tkir nigohini uzmasdi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: mutaallimah 26 Fevral 2007, 03:07:47
Abdujalil bu mulozamaatdan hayron va lol edi.Qulidagi choyga termulib ikkilanib qoldi.......
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: islimakhanim 26 Fevral 2007, 14:11:35
O'yga tolib choyni oldi. Bir ho'plab dasturxonga qo'ydi. Shunda anchadan beri uni sinchkovlik bilan kuzatib turgan "Usta" tilga kirdi:
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: mutaallimah 26 Fevral 2007, 14:28:06
Hush kelibsiz mehmon,aslingiz qaerdan?Sizni bu dargohga nima yumush boshlab keldi?
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Muslimа 26 Fevral 2007, 15:10:00
Bir dam hayollari uchgan Abdujalilga berilgan bu savollardan u avvaliga dovdirab qoldi, keyin o’zini darrov o’nglab, savollarga javob bera boshladi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: shoir 27 Fevral 2007, 07:46:02
- Ota-onam  Andijonning Asakasidan, o'zim Toshkentda tug'ildim, aka. Bu yerga meni mana shu do'stlarim siz bilan tanishtirgani boshlab kelishdi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Nodi 27 Fevral 2007, 11:14:56
"Usta" o'zining ayyorona nigohi bilan, Abdujalilga qarab, navbatdagi savolini berdi:
- Ukam, qo'lizdan nima ishlar keladi?
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: mutaallimah 28 Fevral 2007, 01:36:11
Bolalikdan ota-onam mehnatdan qochmaslikni ta'kidlab ustirganlar.Yigit kishi bilishi zarur bulgan barcha yumushlarni baholi-qudrat bajaraman,deb kamtarona javob berdi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Shahina 28 Fevral 2007, 06:50:24
"Usta" hmm dedi-da, yana savolga tutdi: "Savdo-sotiqqa qalaysiz?"
Abdujalil umrida bozorga chiqib savdo qilmagan, shunday bo'lsa-da javob berdi:
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: shoir 28 Fevral 2007, 07:22:35
- Bo'ladi, aka, savdo qilish, sotish qo'limdan keladi.
- U holda sanga bir ish bor ukam, o'ylaymanki, san buni bajara olasan, sanga ishonsam bo'ladimi?
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Nodi 28 Fevral 2007, 16:54:55
- Bo'ldi, akajon, hohlagan ishizi bajaramiz.
- Keyin, aynib qomiysanmi ishqilib?
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Mohinur 28 Fevral 2007, 17:36:31
- Асло, угил боланинг гапи битта булади.
«Уста» бу гапдан сунг бироз уйланиб колди-да, Абдужалилга караб: - Укам, ман санса ишонаман деди.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: mutaallimah 28 Fevral 2007, 23:41:54
Abdujalil kop u'ylanmay hop deb vada bervordi. Akahon unga sotiladigan mol biroz nozik lekin juda qimmatbaho,agar savdoyimiz u'hshasa albatta tz orada tu'yingni u'tkazib olishing mumkin dedi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: AbdulAziz 02 Mart 2007, 06:31:49
Abdujalil "usta"ning ayyorona tuzog'iga ilinganini hali bilmas edi. Uyga qaytar ekan, hamma narsani unutib, "akaxon" orqali o'ziga keladigan foydalar haqida o'yladi va kelajak rejalarini tuzdi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: mutaallimah 02 Mart 2007, 18:49:44
Lekin Abdujalilni oilasida har bir ish bahamjihat ,maslahat bilan qilinardi.Uyga kelgach uni bir savol qiynardi bugungi uchrashuv haqida oiladagilarga aytasmmi ,yuqmi,ular nima deydilar?
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Shahina 02 Mart 2007, 22:19:20
Shu o'ylar bilan u uyga kelib qolganini bilmadi. Eshikka yaqinlashar ekan, "usta" bergan pul, va selofanga o'roqlik narsani yashirishga urindi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Nodi 03 Mart 2007, 07:37:57
Uyga kirdi-yu, ota-onasi bilan so'rashmay, o'z xonasiga kirib ketdi. Shu bilan ertalab turib, yana ota-onasiga indamay, ko'chaga yo'l oldi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Asal 04 Mart 2007, 21:55:20
Ota onasi esa ortidan Abdujalil abdujalil deyishgancha qolishdi.Lekin Abdujalil ularga parvo qilmay eshitmaganga olib to'g'riga qarab ketavardi
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: mutaallimah 05 Mart 2007, 03:44:21
Assalomu-alaykum hurmatli forumdoshlar agar hafa bulmasangizlar kichkina iltimosim bor edi bu o'yinda yozishdan avval yuqoridagi yozuvlarni o'qib keyin yozsangizlar.CHunki fikrlar chalkashligi o'yin buzilishiga olib keladi.Eng qiziq o'yinlarimizdan birini yo'qolishiga sabab bolmaslikka harakat qilaylik.Bu o'yin menimng fikrimcha bizlarni  fikrda bir birlarimizni qay darajada tushuna olishimizni bildiradi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: mutaallimah 05 Mart 2007, 04:28:34
Abdujalil hech qachon o'zini bunday hunuk ahvolda tutmagan edi,Abdurazzoq ota hayron va lol Salima holaga qarab qoldi.Abdujalil esa qo'lidagi kecha "Usta"dan olgan omonatlarni ko'zdan nariga berkitib,ota-onasini oldiga qaytdi va gunohkorona tarzda uzr so'radi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Asal 05 Mart 2007, 13:55:54
Abdurazzoq ota inga indamay uzurini ham qabul qilmadi,onasi esa men kechiraman lekin meni yuragim seni kechirarmikin.Men kechiraman faqat ona bo'lib kechiraman lekin otang seni kechirarmikin deb onasi ham uyga kirib ketdi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Asal 05 Mart 2007, 13:57:42
Assalomu-alaykum hurmatli forumdoshlar agar hafa bulmasangizlar kichkina iltimosim bor edi bu o'yinda yozishdan avval yuqoridagi yozuvlarni o'qib keyin yozsangizlar.CHunki fikrlar chalkashligi o'yin buzilishiga olib keladi.Eng qiziq o'yinlarimizdan birini yo'qolishiga sabab bolmaslikka harakat qilaylik.Bu o'yin menimng fikrimcha bizlarni  fikrda bir birlarimizni qay darajada tushuna olishimizni bildiradi.

Assalomu Alaykum masturaxon opa siz mani nazarda tutiz shekilli lekin man teplani boshidan nima xaqda erte ketvotganini bilib yozdim.

Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: mutaallimah 05 Mart 2007, 16:42:58
Asal uzr siz bunchalik tasirchan bo'lmang men aniq bir insonni nazarda tutmadim.Faqat bu o'yinda Abdujalil tartib va tarbiyaga rioya qilingan oilada tarbiya ko'rayotgan inson sifatida tasvirlangan.Bunday oilada ulgaygan inson birdaniga buncha tez o'zgarmaydi.Yozayotganda shuni hisobga olishinglarni iltimos qildim halos.YANA BIR BOR HAMMANGLARDAN UZR SURZYMAN
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Shahina 05 Mart 2007, 19:13:37
Abdurazzoq ota inga indamay uzurini ham qabul qilmadi,onasi esa men kechiraman lekin meni yuragim seni kechirarmikin.Men kechiraman faqat ona bo'lib kechiraman lekin otang seni kechirarmikin deb onasi ham uyga kirib ketdi.

Bu narsalar Abdujalilning hayolidan o'tayotgan, agar shunday bo'lib qolsa, o'zini qanday ovutish haqida o'ylardi. Lekin bunday bo'lmadi: ota-onasi bir o'g'il bo'lganligi uchunmi, juda yaxshi ko'rishardi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Asal 05 Mart 2007, 19:45:12
Abdujalilni kechirishdi va ozroq saboq berishdi.Lekin Abdujali:e dada bunday saboqlaringizni qachongacha eshitishim kere-deb xonadan chiqib ketdi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Nodi 06 Mart 2007, 20:13:14
Abdujalilning bugungi holatini na o'zi tushundi, na ota-onasi. Ikkovlarining ham ko'ngillariga kechagi voqeadan so'ng g'ulg'ula tushib qolgan edi...
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Asal 07 Mart 2007, 11:54:42
Ahvol undan ham qattiqroq yomonlasha borardi.Abdujalil esa manga nima bo'votti o'zi man nima ishla qivomman deb o'ziga o'zi gapirardi,lekin bundan hech ham foyda chiqmadi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Shahina 07 Mart 2007, 15:03:00
Abdujalil ikki o't orasida, shunday o'y-xayollar ila yo'lida davom etardi. "Usta" aytgan joyga borish uchun u taksi yolladi va manzilida davom etdi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Asal 08 Mart 2007, 11:47:40
Manzilida davom etar ekan mana shunday o'y-xayollar uni tinch qo'ymas edi.Bu ketishda u shunday ketaversa hayoti davomida nimalar hali oldida turishini bilmas edi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Mualloxon 09 Mart 2007, 00:08:24
 >:(Nima qilishini bilmay hayol surib ketaverdi. Bir borgisi keldi bir borgisi kelmadi, ammo undagi shayton kuchlilik qildi. Bir pasda boyib kjetishini va uylanishini o'ylab yo'lidan qaytmadi va davom etti. :-\
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Murod_bek 09 Mart 2007, 22:47:52
Yana o'sha eshik qarshisida to'xtab qo'lini eshik tugmasini bosishga shayladi...
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Furdavs 10 Mart 2007, 01:23:57
eshik birdan ochilib qarshisida bir hush surat kishi unga kelin mehmon dedi
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Shahina 10 Mart 2007, 12:37:53
U gangib qolgan edi.
- Bu "usta" kamning uylarimi? - deya so'radi, eshik oldida turgan qizdan.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Asal 10 Mart 2007, 13:12:00
U qiz esa huddi bu ovozni qayerdadir eshitganman deb gangib qoldi.Keyin yana qiz o'yladi nega "usta"kam uydamilar deb titroq bilan so'radikina deb.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Nodi 10 Mart 2007, 19:30:25
Lekin bu uy "usta"ning uyi emasdi, uning uyi biroz nariroqda, panjaralar bilan o'ralgan uy edi. Negadir Abdujalil adashib boshqa uyga kelib qolganini birozdan so'ng angladi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Murod_bek 10 Mart 2007, 22:22:25
Yigit qizga "kechirasiz men adashib qolibman shekilli" deb panjarali uy tomon qadam bosa boshladi.Avvalgi safar ko'rganidek eshik oldida ikki qo'riqchi turardi
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Furdavs 10 Mart 2007, 22:28:45
Yigit uzoqlashar ekan hayoli qizga ketdi naqadar gozal bu qiz
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: mutaallimah 11 Mart 2007, 05:02:52
Qiz  esa bu kim bo'ldi nima qilib yuribdi bu yerlarda deb,qosh chimirib yigitni kuzatib qoldi.Qiz o'z husni latofatini bilardi,unga go'zalligini kop ta'kidlashgan edi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Shahina 11 Mart 2007, 19:38:34
"Usta"ning uyiga yaqinlashar ekan, soqchilar unga hayron bo'lib qaradilar. Abdujalil ichkariga izn so'rab, "usta"ning oldga kirdi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Nodi 12 Mart 2007, 12:41:22
Usta esa unga qarata: "ha, yigitcha, yigitlik so'zingiz qayerda qoldi? - deya jerkib berdi va: - Ukam, man sani juda yaxshi bola deb ishonsam, san mani ishonchimi bir pul qivossanu, o'zi o'g'il bolani hayoti shunaqa bo'ladi, - deya ovutib, yana manzilga jo'natdi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: mutaallimah 13 Mart 2007, 11:53:52
Assalomu alaykum.
Abdujalil yo'lakda ketar ekan insonning bunchalar tez o'zgarishi mumkinligindan hayron-u lol edi. U o'zining nima qilgan ekanligini bilishni istardi axir kechagi gaplarni xatto ota-onasi ham bilishgani yo'q-ku.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Shahina 15 Mart 2007, 07:12:56
U bozor tomon otlanardi. Lekin u hali bu bozorning qanday nayrang-u balolari borligini bilmasdi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Asal 15 Mart 2007, 14:36:24
U hayol bilan ketaverardi..Boshi oqqan tomonga hayol bilan yurardi...
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Nodi 16 Mart 2007, 21:09:52
Aytilgan manzilga borganida uni Marat degan bola kutib oldi va aytilgan mollarni ketirdingmi, deya so'radi. Abdujalil sumkasidagi oq paketga o'ralgan "mol"ni Maratga tutkazdi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Farida 17 Mart 2007, 07:47:59
Marat unga uncha ko'p bo'lmagan va arangi bizning pullarga o'xshamagan, dollarlar tutqazdi. - Buni, "usta"ga oborib berasan deb tayinladi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Mohinur 23 Aprel 2007, 01:16:43
Abdujalil pullarni ko'rib g'alati bo'lib qoldi. Ularni albatta ustaga yetkazishga va'da berib yana yo'lga tushdi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Asal 23 Aprel 2007, 12:51:26
Lekin pulga juda xam qattiq turishi kerak.Chunkipullar yoqolsa Abdujalil aybdor bo'lib,pullarini u olgan bo'lib qolardi va yemagan oshiga pul to'lardi.....
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Abdusalom 25 Iyun 2007, 08:08:59
Ha, bu bozorni Chorsu, Eski Juva derdilar. Bu bozor ne-ne savdogarlar, makkorlar, aldoqchilar-u, pulga molga mehr qo'yganlarni ko'rmadi, deysiz...
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Farida 27 Iyul 2007, 10:05:49
Eski Juvadan ketib borarkan, Abdujalil, o'zining keyingi paytdagi ahvoli haqida o'ylay boshladi. Oxirgi paytda uning xayollari, niyatlari, hayotga qarashi-da o'zgarib ketgan edi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Hayotjon Kenjayev 12 Noyabr 2007, 15:10:57
Abdujalil  u kishini qo'lidan choyni oldi va sekin gap boshladi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: JaviK 22 Noyabr 2007, 04:45:52
Abdujalil  u kishini qo'lidan choyni oldi va sekin gap boshladi.
uzr davomini aniqroq yozing. man uni to`llashga majbur bo`ldim.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: JaviK 22 Noyabr 2007, 04:49:35
shu hayollar bilan ustaning mahallasini boshiga yetdi, uy tomon yurar ekan ertalab adashgan uyning oldidan o`tayotib, yuragi qandaydir bir xisni his qilganini his qildi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: JaviK 25 Noyabr 2007, 07:11:08
shu hislar bilan ustaning eshigiga qanday qilib kelganini bilmay qoldi. eshik oldida o`sha yigitlar turardi, abdujalilni tanib olishganidabmi, uni so`rovsiz kirgizib yubordi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Mamur 12 Dekabr 2007, 17:26:58
Kirishi bilanoq Ustaning Ming'irlab gapirayotgan gapini qulug'ga chalindi: "Agar siz yaqinda vafot etishingizga tug'ri kelib qolsayu,istagan kishingizga hat yozish yoki u bilan uchrashish imkoniyati bulsa,kimni tanlar edingiz va .... nima sababdan bunga hoziroq kirishmiyapsiz" !? Y ahyron bo'lib kirgan joyida orqaga qaytmoqchi buldi!
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: JaviK 01 Yanvar 2008, 01:03:50
Ammo u orqasiga qaradida unga ruhsat berishligini so`radi, ertaga kelish sharti bilan javob oldi. eshikdan chiqib borar ekan nima qilishni o`ylamoqda edi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: AL_laziz87 05 Yanvar 2008, 03:25:25
 Ustaning uyidan chiqib borarkan fikr qilib bir qarorga kelishini anglab etgan Abdujalilining miyasiga birdaniga  yashin tezligida shaxardan tezroq chiqib ketish fikri tug'ildi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: JaviK 05 Yanvar 2008, 06:34:17
Lekin uning ko`z oldiga ota -onasi keldi, u siz ularning  ahvoli nima chekadi? usta o`yinni tashlab qoshganlarni kechirmayman degandi. oilamga zug`m qilsachi, shu hayyollar bilan uyiga kelganini ham bilmay qolibdi? eshik qo`ng`irog`ini bosdi va oyisini kimbu degan ovozi bu safar boshqacha eshitilib ketdi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: guli86 12 Yanvar 2008, 13:55:07
Ho'sh bu yerga nega kelganingizni bilasizmi. Sizga bir ajoyib narsa haqida gapirib bermoqshiman
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: AL_laziz87 02 Fevral 2008, 07:14:04
U shu tariqa gapni aylantirmoqchi va vaziyatdan chiqmoqchi bo'ldi lekin onasi buni sezib turardi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: AL_laziz87 05 Fevral 2008, 18:03:03
Abdujalilning ko'nglidan o'tayotgan narsalarni onasi tushundi chog'i, bo'lgan voqealarga o'zi ayibdor ekanligini ayitmadi. Garchi onasi buni ko'ngliga tugub qo'ygan bo'lsa xam gapirishni istamadi. Onamdan xozir tanbix eshitaman deb o'ylab turgan Abdujalil bunga xoyron qoldi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Olimxon 11 Aprel 2008, 15:04:33
Uzr, asarni bo'lib shu yerda bir fikr bildirmoqchi edim.
Anchadan beri bu yerga hech kim kirmay qo'yibdi, asar esa oxiriga yetmagan.
Manimcha buning sababi bor: Boshi yaxshi boshlangan, lekin davomida ishtirokchilar bir narsaga e'tibor berishmabdi,shekilli.
E'tibor bergan bo'lsalaring asar faqat o'tgan zamon va ingliz tilidagi (Past continous)dagi gaplardan, tuzilgan. Asarda dialoglar kam, hozirgi kelasi zamondagi va ingliz tilidagi(Simple Present)dan tuzilgan gaplar deyarli yo'q.
Keling, gapim quruq bo'lmasligi uchun o'zim yana jindek boshlab beraman va asarni oxirigacha yetkazib qo'yamiz degan umiddaman, aziz forumdoshlar!!!
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Olimxon 11 Aprel 2008, 15:11:03
Abdujalil ostona eshiklaridan kirarkan, erta bahorning injiq havosi ta'sirida bir zumda aynib qoladigan ob-havoning ta'sirida vaqt ham allamahal bo'lib qolganini payqadi. "Otam ham ishdan kelib qolgandir, hozir unga nima deyman. -Qani nimalar bo'layotganini manga birma-bir aytib berchi deb qolsa, qanday javob beraman" degan fikrlar miyasidan yashin tezligida o'tdi.
- Oyi, dadam ishdan keldilarmi, so'radi ko'nglidan kechayotgan hayajonlarni bilintirmaslikka harakat qilib.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Robiya 11 Aprel 2008, 16:01:09
- Yo'q, o'g'lim, hali kelganlaricha yo'q. O'zing nimalar qilib yuribsan? Oxirgi kunlarda ancha o'zgarib qolding, nima bo'ldi? - dedi oyisi uni ko'rgan zahoti.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Olimxon 14 Aprel 2008, 12:46:18
Shu payt endi nima bo'lsa bo'ldi, hamma gapni boshdan oyoq gapirib beraman, o'zimiyam ota-onamiyam qiynayotgan narsaga barham beraman dedi-da gap boshladi.
- Oyi hammasi bundan 3 kun oldingi bir voqeadan boshlandi...
Shu gaplarni aytdi-yu qizargancha yerga qaradi
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Robiya 24 Aprel 2008, 10:39:14
Onasi o'g'lining gaplarini diqqat bilan eshitdi, ora-orada ko'z yoshi ham qilib oldi. Abdujalil gapini tugatib, sekin onasiga qaradi. U onasidan dakki berishini, qattiq koyishini kutgan edi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: sn_uk 03 Iyun 2008, 15:45:54
Lekin onasi mehribonlik bilan o'g'lining oldiga yaqinroq kelib, uning boshini siladi, Abdujalil yoshlik paytlaridagi  o'sha shirin, hech qachon takrorlanmaydigan tuyg'ularini esladi, bir zum yoshlikka qaytib hamma narsani unutishni, erkin bo'lishni juda orzu qildi, uning hayollarini onasining mayin ovozi chalg'itdi:
-Og'lim, nega buni avvalroq aytmading, har doim maslahat bilan ish qilar edingku, otangning bergan saboqlarini unutdingmi, esingdami otang senga bir hadisni ko'p martta takror takror uqtirar edi, bir sahoba aytishi bo'yicha men har bir ishda  sahobalari (do'stlari)ning fikrini bilib,  ular bilan muammolarni hal etishda    Rasulullohdan boshqa ko'p maslahatlashgan insonni ko'rmadim degan ekan.
esingdami o'g'lim?
-ha esimda oyijon!   Shu damda Abdujalil anchadan buyon Allohga bo'lgan iymoni ancha susayganini, ancha vaqtdan beri shug'ullanmay qo'yganini angladi.
- Sen esa yoshlikka boribmi nega bitta gapni qaytaraverardilar deb meni savolga tutar eding, buning sababi esa biz bir gapni yuz martta, ming martta eshitishimiz mumkin, lekin, agar o'sha gap yuragingdan joy olsagina unga amal qilasan. Otangga o'zim tushuntirishga harakat qilaman, senga maslahatim, jon o'g'lim bu ishlardan tezroq chiqishga harakat qil, meni ham otangni ham qarigan vaqtimizda kuydirma jon bolam, seni Alloh panohiga topshirdim.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: sn_uk 03 Iyun 2008, 15:54:55
Abdujalil honasiga kirib ketdi, shom vaqti yaqinlashgan edi,  shu vaqt uning qalbida avvalllari hech his qilmagan bir his jo'sh urdi, to'yib to'yib yig'lagisi keldi, ko'chadan muazzinning namozga chaqirgan hitobi eshitildi:
- ............hay ya' a las salaah, hay ya' a lal fa laah.........
Abdujalil tezda chiqib tahorat oldi, va masjidga tomon shoshdi. Namoz o'qib bo'lishgach duoga qo'l ochildi, imom duo qilayotib: .......Ya Rabb, bizni tog'ri yo'lga boshla Ya Rabb, Bunga faqat Sen qodirsan Ya Al-Musta'an, gunohlarimizni kechir Ya Al-G'afur ya Al-G'affar.........Abdujalilning ko'zlari yoshga to'ldi, to'yib yig'ladi...........
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: sn_uk 03 Iyun 2008, 15:59:44
uyga qaytib ertagayoq Usta akaning oldiga borib pullarini qaytaraman va bu ish menga to'g'ri kelmasligini aytaman deya niyat qilib qo'ydi.
Tongda Quyoshning zarrin nurlari uni uyg'otdi, hovliga chiqdi, onasining uy ishlari bilan mashg'ulligini ko'rib hayoloidan o'tkazdi:
-Tezroq uylansam, onam ham ancha yengil bo'larmidilar....yoshim ham katta bo'lib borayapti...
shu hayollar bilan yuvinib chiqib onasiga salom berdi.
-Yaxshi yotib turdingmi bolam?
-alhamdulillah,  dadamlar bilan gaplashdingizmi?
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: sn_uk 03 Iyun 2008, 16:04:18
-ha gaplashdim bolam, biroz jahllari chiqdi, havotir oldilar, to'g'rida bunaqa odamlar qanaqa bo'lishini bilasanku axir o'zing, albatta borib gaplashib olgan pullaringni qaytar va boshqa bunaqa ishlarga aralashma, otang ham shunday dedilar.
-dadam qayerdalar kecha ham ko'rinmadilar?
-kecha kech keldilar, qo'shnimiz Po'lat akaning ayoli olamdan o'tib qoldi, shu yerda hizmatdalar.
Abdujalil ham avvallari faol edi, qo'ni qo'shnidan yordamini ayamas, qo'lidan kelgancha yordam berar edi, hozir esa hech narsaga ahamiyat bermay qo'ygan edi, hayotdan nima hohlayotganini, o'zini o'zi tushuna olmayotgan edi. Uning hayotda aniq bir maqsadi yo'q edi...
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: sn_uk 04 Iyun 2008, 17:52:26
shu hayollar bilan shoshib chiyini ichdiyu, pullarni olib Usta akaning uyi tomonga yo'l oldi, yo'lda ketar ekan manzilga yaqinlashgan sari yuragini qo'rquv vahm bosar edi. Buni nima ekanligini o'zi ham tushuna olmas edi....
Nihoyat yetib keldi, qorovullar uni ichkariga kiritishdi, Usta aka hovlida choy ichib o'tirar edi, Abdujalilni iliq kutib oldi:
-Assalamu aleykum Usta aka!
-Waaleykum salaam kel o'tir ukam....
Abdujalilga choy quyib uzatildi.
-xo'sh gapir- dedi Usta
-aytgan ishingizni bajardim mana puliz- deya pulni uzatdi.
-yaxshi yaxshi, -dedi Usta va bir yordamchisini chaqirib unga pullarni tutqazdi va ichkari honadan qog'ozga o'ralgan narsani olib chiqishni buyurdi.
keyin cho'ntagidan pul chiqarib sanay boshladi va bir qismini ajratib mana sening ulushing deya Addujalilga bir nechta ko'k qog'oz uzatdi.
 Endi Abdujalilni nafsi ustunlik qila boshladi, hozir ishsizman, bu odamni qo'lida ishlab yursamchi, tez orada uylanib ham olaman, bir ikki oydan keyin esa boshqa bu ishlarni qilmasligimni aytaman deya ko'nglidan o'tkazdi...
Eh inson, inson! Pulni deb dunyoni deb nimalardan voz kechib yubormaydi bu INSON! kechagina qalbidagi jo'sh urgan iymponiy tuyg'ular, ko'z yoshlari bir zumda tarqalib ketdi...
Hullas yana qog'ozdagi narsani olib eshikdan chiqar ekan, besh o'n qadam narida o'sha adashib birovni uyiga kirib qolganda ko'rgan qizga ko'zi tushdi. Uning yerga tikilgan nigohi, egnidagi juda ham oddiy va ko'rkam qilib ishlangan kiyimlarini zavq bilan kuzata boshladi, qiz bir pasda uyiga kirib ketdi, yo'lida davom etar ekan, Abdujalil oilali bo'lganda qanday bo'lishini, umuman oila haqida o'y surib uyiga kelganini bilmay qoldi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Zamiraxon 31 Oktyabr 2008, 11:09:55
Assalomu alaykum!
Abdujalil uyiga kelgach, Usta unga bergan narsa o'zi nima ekan degan savollar bilan o'sha narsani ochib qo'yganini bilmay qoldi. Umrida ko'rmagan narsani ko'rdi, bu...
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Ansora 30 May 2011, 13:26:40
2008-yildan beri roman yozilmabdiyu:)
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Best friend 30 May 2011, 14:06:01
 ...Ko'rdiyu hayratdan yoqa ushladi: "A...ax..axir...", deb gaplari tushinib bo'lmas yarim yurum chiqardi. Nima qilishini bilmay qoldi... Uzoq o'ylanib, haligi narsani oldib, xonasidan chiqdiyu, ko'cha tomon yugurdi, onasi: "Tinchlikmi?", degancha qoldi...
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Best friend 30 May 2011, 15:35:01
 Yo'lda: "Nima qilishim kerak? Bu ishni to'xtataymi yoki yo'q...", degan hayollar iskanjasida borardi. O'y hayollar bilan ustaning uyiga yaqinlashib qolganini sezmay ham qoldi. Darvozasiga uzoqdan nazar soldiyu: "Ustaga nima deyman, ho'p bir amallab bu ishni to'xtatsam ham, axir keyinchalik ishlarimdan xabardor deb meni yo'q qilishga urunsachi?", deb o'yladi. Va ortga qaytishga qaror qildi. U o'zicha: "Alloh kechirguvchi zotku, o'zimni tiklab olay faqat yahshiliklar qilaman...", deb ketardi. Ustaning mahallasidan chiqar ekan, ko'chaning boshida kelayotgan mashinani ko'rmay qoldi. Vo ajab haydovchi ham mast ahvolda edi, Abdujalilni urib yubordi. Abdujalil esa o'sha zahotiyoq til tortmay o'ldi, xatto kalima aytishga ham ulgurmadi.
 Haligi mast haydovchi sergak tortib ketdi va hech kim ko'rmasdan turib, mashinaga solishga kirishdi. Mashinaga jasadni solar ekan o'ylardi: "Salgina uruldiya ajal kelsa chumchuqni pati tushsayam o'ladi deganlari rost ekanda...". Haydovchi mashinaga jasadni solib bo'lgach, mashinaga o'tirib hilvatroq joyni izlash maqsadida yo'l oldi. Ne ajabki kichkinagina voqeaga ham yig'ilib ketadigan odamlar bu voqeadan butunlay behabar edi. ALbatta bu Allohning hohishi. Nihoyat hilvat joyni topdi u yerdan daryo oqib turardi, qirg'oq esa ahlatxonaga o'hshagan tashlandiq joy edi. Jasadni daryoga tashlab yubordi va o'zi hushyorlik bilan hech kim kuzatmayotganligiga ishinch hosil qilgach ortga qaytdi. Ertasiga televizorda yangiliklardan bir jasad tanib bo'lmas darajada daryo yoqasidan topilgani aytildi va itlar g'ajib tashlaganga o'hshaydi degan gapni o'zi tomondan qo'shib qo'ydi muxbir.

Xotima

 Ko'p insonlar Allohni kechirguvchi deb har hil ishlar qilib tavba qilib qo'yaman deb o'ylaydi. Ho'p tavba qilsang Alloh haqiqatdan ham seni kechirar. Ammo o'sha vaqtda o'zinga bittagina savol ber: "Ulguramanmi?...".
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Best friend 30 May 2011, 15:48:52
 Mana nihoyat « : 19 Fevral 2007, 16:43:15 » da boshlangan roman « : 30 May 2011, 15:35:01 » da yakunlandi. Har kim bu (Forumchilar tomonidan to'qilgan) romandan o'ziga kerakli hulosani chiqarib oladi inshaalloh.
 Yangi mavzu ochib yangi roman boshlaydiganlar bo'lsa biz tayyor. Unisini yahshilik bilan tugatamiz. ;)
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Best friend 30 May 2011, 16:02:40
 To'rt yildan beri tugamagan roman mashi Abdujalil o'lsa tugedi deb o'yladimda ;D keyin o'ldirib qo'yurdim :D...
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: azizbek_mx 04 Iyun 2011, 16:53:23
QOTILLL!!!!  :D
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Sadulla 05 Iyun 2011, 05:54:46
 :asl3:

Mana nihoyat « : 19 Fevral 2007, 16:43:15 » da boshlangan roman « : 30 May 2011, 15:35:01 » da yakunlandi. Har kim bu (Forumchilar tomonidan to'qilgan) romandan o'ziga kerakli hulosani chiqarib oladi inshaalloh.
 Yangi mavzu ochib yangi roman boshlaydiganlar bo'lsa biz tayyor. Unisini yahshilik bilan tugatamiz. ;)

Roman nihoyat tugapti  :o ,endi sledyushiyyyyyyyyyyyy  :D .Yangi romanga Bekatda deb nom qo'ymoqchiman.Bu albatta avtobus bekati bo'ladi.Har birimizda bekat bilan bog'liq bittagina bo'lsa ham hotira bo'ladi,kelinglar shularni to'qima aralashtirib,yo shundayligicha bu yerda yozamiz.Lekin hamma voqealarning birgina o'xshash tomoni bo'lishi kerak,ya'ni hamma voqealar bir bekatda sodir bo'lishi kerak,bekat nomi aytilmaydi.Faqatgina bekat deyilsa bo'ldi.

P.S. O'yin shartini o'zgartirib,2ta emas ko'pi bilan 5-6ta gap yozadigan qilsak qanday bo'larkin,nima deysizlar shunga  ;) .
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Sadulla 05 Iyun 2011, 06:05:49
                                                           Ziyouz romani

                                                            Bekatda...

Mana yana jonajon bekatdaman.Har doimgidek,atrofim to'la odamlar.Lekin hamma o'zi bilan o'zi ovora,hech kimning birov bilan ishi yo'q.Har bir odamning yuzidan nima haqida o'ylayotganini bilib olish mumkin.Kimdir uyqusirab esnagan,kimdir telefonga tikilgan,kimdir do'sti bilan gaplashgan,yana kimdir jimgina o'z avtobusi kelishini kutyapti.Chetdan kuzatsang hamma bu dunyo tashvishlari bilan ovora.Vaqt esa o'tib boryapti...


P.S.Roman bosh qahramoniga ismni keyingi ishtirokchi qo'yadi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Aqoid 05 Iyun 2011, 07:13:02
U bekatda avtobus kutib turarkan,hayoli uzoq-uzoqlarga olib ketdi. Qishlog'ini sog'inganini angladi. Bekatda tumonat odam,aksari talabalar. Shuncha odam 1ta avtobus kutib turganda chet elliklar bolalari o'qiydigan maktabga har bir o'quvchiga bahaybat,allambalo avtomashinalar kelib olib ketishiga g'ashi keldi. Bolalarni kuzatarkan doimgidek avtobus bekatda to'xtamasdan o'tib ketdi.(chunki talabalar faqat oylik chipta b-n yuradi,o'ziniki bo'lmasa,do'stinikini oladi)
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: BelleQizcha 05 Iyun 2011, 09:09:00
Avtubus to'xtamasdan o'tib ketganiga, bekatdagi turgan aksar odamlarni jahli chiqdi.. biri uff chiqazdi-huddi bu narsa har kuni qaytarilgandek.Biri so'kindi.. biri baqirdi....... U esa jim.......
Nima qilishini bilmasdi.... Hayoli huddi sochlari kabi tuzigan, Ko'zlari huddi chetdagi gulga o'xshab qurrib qolgan edi...
Unga kimdur kerak edi.....
Bolaligini esladi,onasini, singlisini.... Qandey yaxshi paytlar edi-ya hayol o'tqazdi hayolida... Lekin juda kech....
Hayollar olamida sho'ng'ib ketar ekan... Oradan ancha vaqt o'tib kegi avtubus kelib to'xtaganini ham sezmaganini bilib o'zini ayblay boshladi...Bekadagi insonlarni u huddi yosh bollarga o'xshatdi... Hamma bir-birini ezib bo'lsa ham, avtbusga birinchi chiqishni hohlashardi...Bugun, uning uchun boshqacha kun edi... Shuning uchun, u ayollarni birinchi chiqazdi.... va avtubusga ohirgi bo'lib chiqdi...
Avtubusga igna tushsa sinib tushganek tor, odam liq edi... Uning ustiga Kanduktor hamma itarib pulni olar, u ham o'zini qoyillatib qilgandek ko'ziga ko'rindi.....
Manzilliga tushar ekan, Avtubus hayovchisiga ko'zi tushdi... Tellab ketgan, yoshi kotta bir inson edi... Uni kimgadur o'xshatdi.... Kimgadur.... Haydovchi unga juda tanish ko'rindi...
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: siddiqa 05 Iyun 2011, 14:03:12
 bu insonni esladi esladiyu battar ezilib ketdi. Qalb qiynoqlari yana eski yarani qo'zg'atganday bo'ldi.ha 15 yilda Ravshan aka ancha o'zini oldirib qo'yibdi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Rabella 24 Iyun 2011, 10:21:46
Bir nima deb gapirmoqchi bo'ldi-yu avtobusdagi odamlar oqimida qanday qilib pastga tushganini ham sezmay qoldi.
Keyin avtobus joyidan siljidi. U ham sekin odimlab o'yga cho'mdi.. Nahotki shunday olim odam avtobus haydovchiligiga ravo ko'rilgan bo'lsa?!
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Aqoid 24 Iyun 2011, 19:03:14
O'zining o'ylaridan o'zi uyalib ketdi. Nazarida xaydovchilik kasbini pastga urgandek bo'ldi. Yana o'yga toldi. Adashgan bo'lsachi? Balki xaydovchi Ravshan akaga o'xshar...
 Masjidda o'qilayotgan azon ovozidan o'ziga keldi.
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Secret 14 Avgust 2011, 21:30:45

        davomi"¦

     Ajabo "¦  bu taraflarda masjid yo’q ediku!? Keyin fikrini jamlab yon-atrofga qarasa "¦ "œObbo"¦ Yanami "¦ "œ - har gal tushkunlikka tushganda yoki uyini sog’inganda (ayniqsa avtobusdaligida bu holga tushsa) —  tushish kerak bo’lgan bekatidan o’tib ketar, yoinki  ilgariroq tushib qolar edi. Hozir esa manziliga ikki bekat qolganda tushib qolibdi. "œUh" tortib, masjid sari sekin odimladi. Masjidda "œsiyrak" odamlar jamoati bilan asr namozini o’qib, yana bekatga qaytdi. Odatda piyoda yurishlikni xushlasa ham va bu ikki bekatni piyoda yurish u uchun hech narsa bo’lmasa ham, issiq havoda yurgisi kelmay bekatga kelib, navbatdagi "œavtobusni" kuta boshladi"¦"¦
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: BelleQizcha 16 Avgust 2011, 00:52:07
Avtubus Kutar ekan... o'ziga achindi... uyoq buyoqiga qarab... shu hayotnini dushmanimgayam ravo kormagan bolardim deb qoldi...
hayol surib.... yonidagi magazindan, qolida sumka bilan chiqqan ayolga ko'zi tushdi..
-nima bolyapti o'zi bugun.. nega eski hotiralar, qaytib kelyapti .. nega aynan bugun? hozirgina,.. ravshan akani ko'rdim hozir esa.... hozir esa.....Umida........ Umida... deb magazindan chiqqan ayolni kuztadi...
..
O'zgarmapti dedi ichida....
/..
Umida, juda guzal, ko'zlari ohuyu sochlari sumbol bo'lgan qiz edi.... Qizlar u bo'lgisi, yigitlar esa unga yaqin bolishni istashardi..
Hushchaqchaq.. umida.......... nima bo'lgan ekan.... Umidani o'sha kundan kiyin mana endi korib turishi... Haa o'sha kuni uni juda yig'latgandim.... qancha noligandi....yolvorgandi...men esa.... dilimda qani edi sen bilan har bir daqiqamni o'tqizasam derdimu lekin... unga qanchalik johil ekanimi korsatdim.. ha umida boshqacha qiz edi...
Umida, yo'l chetidagi boshqa yoldagi bekatga borib, u ham avtobus kutddi........ Umida, sumkasidan., bir daftarni olib, uni asta ochdi.. va ruchka olib unga yozishni boshladi..
Daftarning ustiga.... Kundalik deb yozilgan edi......
Umida, doim kundaligiga yozishdan oldin yaxshilab o'ylab  kiyin yozardi.. bugun esa, uylaydigan narsa yo;q... hammasi ravshan edi.. va yozishga tushdi...


Hurmatli, qadirdonim.. kundaligim.. sensiz nima ham qilardim... doim yonimdasan, chin do'st ham unchalik bolmasa kerak... senga yozganimdan kiyin qanchalik o'zimni yengil tutishimni o'zinga ham bilmaysan.. Mana bugun, Payshanba kuni... hozir magazindan chiqdim.. u-bu narsa kerak edi... qara shu kungayam 5 yil bo'bti...5 yil ko'z ochib yumguncha o'tdi-yu lekin men uchun har bir soniya yillab kabi edi.... esingdami... 5yil oldin, shu kunda senga hayotimdagi eng baxtli kun deb yozgandim.... qara 5 yilda nimalar o'zgarmaydi.... .....
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Secret 29 Avgust 2011, 09:52:46

  Shu vaqt Avtobus kelib qoldi ....
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Mirоlim 29 Avgust 2011, 10:09:42
Qahramonilar avtobusdan boshqa transportgayam chiqadimi?  ;) :D

Shundo avtobusni o'tkizib yuborib, orqasidan taksiga o'tirdi  ;D, taksi nomeri 33 edi  ::), Abdulloh 33 da ketar ekan...
Nom: Re: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Muxsiya 25 Dekabr 2011, 11:10:19
Yo'l-yo'lakay ketar ekan chuqur o'yga toldi. Umidaning ko'zlari. Doim unga samimiy nigohlar ila boqqan ko'zlari. Hozir ular Naqadar mahzun edi. Buning bariga o'zini aybdor sezdi
Nom: Javob: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Shokir63 15 Aprel 2013, 21:06:28
      Umidani o'ylar ekan, og'ir xo'rsinib qo'ydi. Shunda avtobusning ichi naqadar to'la ekanligini, qayta his etdi. Erkak-ayol demay hamma tiqilib kirib olgan. Kundalik hayotda, o'ziga yaqin do'stini ham yarim metr yaqinlashtirmaydigan ayollar, bu masofani avtobusga chiqqach, unitishgan edi go'yo. Nega insonlar ma'lum bir vaziyatlarda, juda muhim deb hisoblagan narsalarni ham unutib yuborishadi. Unutuvchi bo'lganlari uchunmi? O'sha kuni Umidaga gapirar ekan, u ham shu ahvolga tushib qolganligini endi angladi. Buni tushunishi uchun shu avtobusdagi, shu vaziyatna yaratgan Zot naqadar buyuk, degan fikr o'tdi qalbidan.
      Ko'z'ga tanish bekat ko'rinishi bilan, kechirasiz o'tib olsam maylimi, deganlarga qo'shilib, avtobusdan qanday qilib tushib ketganini ham tushunmay qoldi.
     -Ha, o'zi shunday, ba'zi ishlarni yetarki qilay de, odamlar o'zlari yordam berib yuborishadi, dediyu o'z-o'zicha, ijaraxonasiga qarab yo'l oldi. Yaxshi ham Asr namozini o'qib oldi, bo'lamasa Umidani ham ko'rmasdi, xatosini ham tushunmasdi.
Nom: Javob: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Abdulhafizaka 15 Aprel 2013, 21:46:51
... Ўшанда бир ахмоÒ›ни гапига кирмай аÒ›л билан иш тутганимда... , жахл билан смас балки аÒ›л билан муаммони счганимда... , Хеч бслмаса куюнчак дсстим Ò’уломга Ò›улоÒ› солганимда хозир хаммаси бошÒ›ача бслар сди-с. А­Ò³ сшанда...
Nom: Javob: Yangi o'yin: Ziyouz romani...
Yuborildi: Muxsiya 05 Iyun 2013, 17:09:59
Roman yana 3-4 yildan so'ng davom etadi