forum.ziyouz.com

Kutubxona => O'zbek adabiyoti => O'zbek nasri => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 25 Fevral 2007, 23:32:56

Nom: Tohir Malik. Shaytanat (uchinchi kitob)
Yuborildi: AbdulAziz 25 Fevral 2007, 23:32:56
Shaytanat (uchinchi kitob)

(http://www.ziyouz.com/images/books/shaytanat3.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=22)

Muallif: Tohir Malik
Hajmi: 766 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=22)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1175.0)
Nom: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 08:56:01
(http://ziyouz.com/rasmlar/books/shaytanat3.jpg)

MUALLIFDAN
Bismillahir Rohmanir Rohiym.

«Va min-an-nasi man yujaadilu fillahi big‘oyri ‘ilmin va yattabi’u kulla shaytonin mariidin. Kutiba alayhi annahu man tavallahu faannahu yudilluhu va yahdihi ila ‘azabi-s-sa’iyr».*
«Vamtaazul yavma ayyuhal mujrimuun. Alam ‘ahad ilaykum yaa baniy adama alla ta’abudush shayton, innahu lakum aduvvum mubiyn. Va ani’buduni haza sirotum mustaqiym. Va laqod azolla minkum jibillan kasiyro. Afalam takunuu ta’aqilun. Hazihii jahan-     namu-llati kuntum tu’aduun».*
«Shundan so‘ng iblis Rasuli akram (s. a. v.) ga o‘z holatini anglata boshladi:
Ey Muhammad, biron kimsani zalolatga olib borish uchun qo‘limda imkon yo‘q. Men faqat vasvasaga solaman, bir narsani chiroyli qilib ko‘rsataman, xolos. Agar zalolatga olib borish uchun qo‘limda imkoniyat bo‘lsa edi, yer yuzida «la ilaha illallahu Muhammadur rasulillah» deydiganlarni, ro‘za tutadiganlarni, namoz o‘qiydiganlarni holi qo‘ymasdim. Barchasini zalolatga boshlardim. Sizning qo‘lingizda hidoyatga boshlash imkoniyati bo‘lmaganiday, men ham zalolatga boshlay olmayman. Siz faqatgina Ollohning elchisisiz va tablig‘ga (Islom dinini yoyishga) ma’mursiz. Agar hidoyatga boshlash qo‘lingizda bo‘lsaydi, yer yuzida bitta ham kofir qolmas edi. Siz Ollohning yaratganlari uchun bir hujjatsiz. Men ham azaldan buzg‘unchi-       lik, gunohkorlik yozilgan kishilarga bir sabab, vositaman».*

_________________
M a z m u n i  b u d i r: * «Odamlar orasida o‘zi bilmagan holida Olloh xususida mujodala qiladigan va har bir itoatsiz shaytonga ergashib ketaveradigan kimsalar ham bordir. U (shaytonga esa) o‘zini do‘st tutgan kimsani, albatta, yo‘ldan ozdirish va do‘zax azobiga yo‘llash yozib qo‘yilgan — hukm qilingandir» («Haj» surasidan).
* «Ey jinoyatchi kimsalar, mana bu kunda (mo‘’minlardan) ajralinglar! Men sizlarga: «Ey Odam bolalari, shaytonga ibodat qilmangiz, chunki u sizlarga ochiq dushmandir. Mengagina ibodat qilinglar! Mana shu to‘g‘ri yo‘ldir», deb buyurmaganmidim? Aniqki, (shayton) sizlarning ichingizdan ko‘p avlodni yo‘ldan ozdirdi. Axir aql yuritguvchi bo‘lmadingizlarmi?! Sizlarga va’da qilingan jahannam mana shudir!» («Yosin» surasidan Alouddin Mansur tarjimasi.)
* Muhyiddin al-Arabiyning «Shajaratul-Kavn» kitobidan.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 08:57:51
I b o b

1

Asadbek Hosilboyvachcha taqdirini hal etish rejasini tuzayotgan damlarda Kesakpolvon kutilmagan bir muammoni yechish bilan band edi. Musaffo osmonda ohista suzayotgan uchoq bulutlar to‘dasiga kirib asabiy titray boshlagani kabi, keyingi voqealar uni bir-ikki silkib qo‘ygan, bu voqealarni bo‘yiga mos farosati bilan qarichlab, shunga yarasha xulosa chiqarib yurganida Chuvrindining yigitlaridan biri kutilmagan masalaga ro‘baro‘ qildi.Shu paytgacha Chuvrindining yigitlari Kesakpolvonga, yoki aksincha, Kesakpolvonning zo‘rlari Chuvrindiga biron-bir masalada murojaat qilishmagan edi. Yozilmagan qonun asosida bunga haqlari yo‘qligini yaxshi bilishardi. Agar Kesakpolvon Chuvrindining yigitiga (yoki aksincha) bir yumush buyurguday bo‘lsa ham, bu yigit vazifani ado etishga kirishishdan oldin o‘z hojasini albatta ogoh etardi. 
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 08:58:08
Chuvrindi buyurgan ishni bajarmay Kesakpolvonga murojaat etish, aniqrog‘i, buyruqdan bo‘yin tovlashni favqulodda holatlar sirasiga kiritish mumkin. Yana ajablanarli tomoni shundaki, shiltasi chiqadigan ishni Chuvrindi Kesakpolvon zimmasiga oshirishga urinardi. Shiltaroq ish rahm-shafqat degan tushuncha bilan murosa qila olmagani sababli Chuvrindida uyg‘onib turguvchi bu tuyg‘u pand berib qo‘yishi mumkin edi. Buni bilgani uchun ham Kesakpolvon Chuvrindining bu kichik hiylasidan og‘rinmasdi. Qasamni buzgan tabibning o‘limga hukm qilinishi Kesakpolvon uchun bir muammo bo‘lsa, hukmni ijro etishni Chuvrindining o‘z zimmasiga olgani yana bir topishmoq edi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 08:58:35
Kesakpolvon bu yangilikni eshitgach, yigitga ko‘zlarini lo‘q qilganicha topishmoqqa javob izladi. Chuvrindining bu yigiti shaharda, balki butun mamlakatda ko‘rinishi jihatidan yagona bo‘lsa ehtimoldan holi emas. U o‘n-o‘n ikki yoshga qadar barcha qatori bo‘yga o‘sgan-u, so‘ng erinibmi yo yana o‘sish lozimligini unutibmi, bola gavdasida qolgan edi. Bu holdan bexabar kalla esa kattalashib boravergandi. Agar u bir oz harakatsiz tursa, qaysi noshud haykaltarosh yosh bolaga katta odamning xumday boshini o‘rnatib qo‘yibdi, deb o‘ylash ham mumkin edi. Gavda bilan kallaning nomutanosibligiga botindagi shafqat va bemehrlik ziddiyati qo‘shib qaralsa, Mirodil degan ismning naqadar noo‘rin ekanini fahmlash mumkin. Dunyodagi bir qancha noo‘rinliklarni o‘zida mujassam etgan bu yigit Chuvrindining maxsus topshiriqlarini bajarar edi. Hamisha ikki-uch baquvvat yigitlar bilan birga yuruvchi Mirodil har qanday odamga tap tortmay tik borardi. Qisqagina gapirib, qo‘qqisdan naq kindikni mo‘l mushtlardi. Unga bu zarbani birov o‘rgatganmi, yoki ikki qosh o‘rtasiga urush uchun bo‘y kaltalik qilganidan kindikni mo‘ljallashga majburmi edi, aytish mushkul.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 08:59:09
Harholda, uning toshday mushtidan tatib ko‘rgan odam baraka topmasdi. Musht zarbi keragidan zaifroq bo‘lgan taqdirda ham baquvvat yigitlarning tepkilari bu kamchilik o‘rnini to‘ldirib qo‘yardi. Kesakpolvon Mirodilning nimalarga qodir ekanini o‘z ko‘zi bilan ko‘rmasa ham, ko‘p eshitgan, bilardi. Bilgani uchun ham Chuvrindining topshirig‘i nechog‘li muhim ekanini anglab yetdi.
«Do‘xtirning gunohi nima ekan? — deb o‘yladi Kesakpolvon. — Bekka bir balo bo‘ldimi, sal narsaga «o‘ldir» deb yuboryapti. Bunaqada shaharda tirik zot qoladimi? Balki do‘xtir o‘ladigan odamdir, unda nima uchun mendan yashirdi? Mahmud nima qiliq qilib yuribdi? Yo bu Xumkallani menga ro‘para qilib bir hunar ko‘rsatmoqchimi? Yo bunaqa ishlarni sen eplay olmaysan, deyishmoqchimi?..»
Xumkalla dardini aytishga aytib qo‘ydi-yu, Kesakpolvonning o‘yga tolganini ko‘rib, xavotiri uyg‘ona boshladi. Uning nazarida bu fikrlab o‘tiriladigan masala emas, «ha» yoki «yo‘q» deb qo‘yish bilan bitadigan osongina ish edi. Kesakpolvonning xayol sahrosida ilonlar kabi o‘rmalayotgan gumonlarini bu bechora qaydan bilsin?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 08:59:38
Xumkalla tashvish jariga tomon qadam qo‘ygan paytda Kesakpolvon tilga kirdi:
— Qanday gum qilishni o‘ylab qo‘ydingmi?
— Yo‘q hali...
— Senga ish topshirilgan edi?
Xumkalla uning o‘tkir nigohidan ko‘zlarini olib qochdi.
Xumkalla Kesakpolvonga bir qarab olishga jur’at etdi.
— Gapir! Balodan qaytmaydigan bola eding-ku, nimaga ammamning buzog‘iga o‘xshab qolding?
— Aka, nima desangiz deng, men ishdan qochadigan bolamasman. O‘rniga o‘zing o‘l, deng, o‘lmagan o‘g‘il bolamas.
— Namuncha, o‘v o‘g‘il bola? — dedi Kesakpolvon kesatiq ohangida. — Do‘xtir kim o‘zi, ammangning erimi yo kindigingni kesganmi? Yo...
— U... oyimlarga qaragan. Halol qaragan.
— Oying o‘lib ketgan shekilli?
— Ha... Lekin o‘sha do‘xtirni doim duo qilardilar.
— Oying duo qilgani uchun o‘ldirishga qo‘ling bormadimi? Shunaqa ko‘ngilchan oyimchaxon bo‘lib qoluvdingmi? Xo‘sh, nima uchun gum qilish kerak ekan, bilasanmi?
— Yo‘q...
— Nima uchun Mahmudning o‘ziga aytmading dardingni?
— Gaplarini darrov qaytara olmadim.
— Endi men dallollik qilayinmi?
— Sizdan maslahat so‘rab keldim.
— Men ham yo‘qot, desam-chi? Yo yigitlarimga aytsam-chi?
— U yomon odam emas, gunohi bo‘lsa kechirish mumkinmasmi?
— Sen bola, menga aql o‘rgatma. Bor, jo‘na, turqingni ko‘rmay. Mahmudga borib ayt, «Men hezalak bo‘lib qolganman», de.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 08:59:52
Xumkalla qo‘lidagi umid chinnisini tushirib sindirgan nochor odam holida o‘girilib bir-ikki qadam qo‘ygan edi, Kesakpolvonning amri eshitildi:
— To‘xta! Mayli, sazang o‘lmasin. Do‘xtirni Oqterakdagi joyga olib borasan. Bexit bo‘lsin. Qani, gaplashib ko‘ray-chi.
Xumkalla ta’zim qilib, minnatdorchiligini izhor etgan bo‘lsa-da, Kesakpolvonning birdan yumshab qolishi ko‘nglida shubha uyg‘otdi. Shu bois ko‘chaga chiqqach, bir necha nafas harakatsiz turdi. «Bekor kelibman, — deb o‘yladi u. — Hech kimga aytmay qochirib yuborsam bo‘larkan. Bunaqa zo‘r do‘xtir Maskovga borsayam xor bo‘lmaydi, nonini topib yeydi. Hali ham bo‘lsa shunday qilsammikin? «Bordim, yo‘q ekan, topolmadim», desam-chi?» Xumkallaga o‘zining shu fikri ma’qul kelib, mashina tomon yurishdan avval odati bo‘yicha atrofga alanglab oldi. O‘zidan ikki qadam narida tirjayib turgan yigitga ko‘zi tushgach, shashtidan qaytdi. «Bulardan endi qutulib bo‘lmaydi. Hirotdan bo‘lsa ham topishadi. Hozir izimga tushishadi. Endi qochirib bo‘lmaydi. Ish atala bo‘ldi. Oqterakka olib boray-chi, harholda u yer odam o‘ldiradigan joy emas...» Xumkalla aniq bir qarorga kelib, mashinasiga o‘tirdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:00:14
2
[/u]

Shaharning kunbotar tomonidagi etakdan boshlanuvchi Oqterak qishlog‘ining choyxonasi kechayu kunduz ochiq bo‘ladi. Bu yerda istagan odam istagan paytda choyxo‘rlik, hamyon ko‘tarsa oshxo‘rlik ham qilishi mumkin. Hovuz labidagi majnuntolning chilvir sochlari ostiga qo‘yilgan ikkita temir so‘ri kun bo‘yi qishloq qariyalari bilan band bo‘ladi. Tekin choy-nonga, ba’zan oshxo‘rlar himmati bilan uzatilib turuvchi oshga o‘rgangan qariyalar hojatxona yonidagi yo‘lak qaysi uyga olib borishini, u yerda qanday savdolar bo‘lishini fahmlashsa ham, birovga churq etib og‘iz ochishmaydi.
Kuzning sovuq nafasi sezilib qolgani uchunmi, so‘rilardan biri bo‘sh, ikkinchisida esa besh qariya yonboshlab olib, mudrardi. Kesakpolvon ularga bir qaradi-yu, salom bermay, hojatxona ortidagi uycha tomon yurdi. Bu xona ham boshqalaridan aytarli farq qilmaydi. Jihozlariga ziraga to‘yingan oshning, yog‘, aroq, sigaret tutunining hidi singib ketgan. Boshqa xonalar faqat kunduzi gavjum bo‘lsa, bundagilar tunu kun uyg‘oq, hamisha sergak. O‘choqboshidagi bir qozonda faqat shu xona egalari uchun ertayu kech turli taomlar qaynab turadi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:00:32
Bu yer Kesakpolvonning ta’biri bilan aytganda — «qozixona». Asadbek «Bu hunaringni tashla», deb buyurgan bo‘lsa-da, u «tarki odat — amri mahol» deganday bilganidan qolmaydi. Kesakpolvon javobgarlarning mo‘ltillab qarashlarini, yig‘lashlarini, tavbalar qilib emaklashlarini tomosha qilishni yoqtiradi.
Kesakpolvonning o‘zigagina tobe bo‘lgan bu «qozixona» gavjum edi. Qozilik vazifasini ado etayotgan yigit hojasi kirib kelishi bilan o‘rnidan bir qo‘zg‘oldi-yu, «davom etaver» degan ishorani ko‘rib, joyida qotdi. Qosh-ko‘zlari qop-qora, soqoli o‘ziga yarashgan bu yigitni ko‘chada ko‘rgan odam taqvodor, imon egasi deb o‘ylaydi. Bu ko‘rinish, bu aldamchi soqol ko‘pchilik fikrini chalg‘itadi. Ayniqsa, bu «qozi» boshiga oq hojido‘ppi kiyib olsami, bas, uning so‘zlarini da’vogarlar ham, javobgarlar ham shariat hukmi sifatida qabul qilaveradilar. Tili hali imon kalimasiga kelmagan, peshonasi hali sajdaga bormagan bu yigitni «qozi»likka Kesakpolvonning o‘zi tayin etgan, Halimjonni sinab berishni ham aynan shunga topshirgan edi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:01:17
Kesakpolvonning mo‘ljalicha Xumkalla tabibni bu yerga yarim soatdan keyin boshlab kelishi mumkin edi. Shu bois ishning «beliga tepmay», yakunlanishini kuzatmoqchi bo‘ldi. «Qozi»ga yaqin o‘tirgan, kiyimlari yirtilib, qovog‘i ko‘kargan yigitga qarab, «aybdor» shu ekanini fahmladi. Turli yoshlardagi to‘rt kishining tashqi ko‘rinishlaridan musofir ekanliklarini anglamoq mumkin edi. Da’vogarlarning yoshi ulug‘rog‘i eshikdan kirib kelgan ko‘rimsiz gavdali, eti ustixoniga yopishgan, qaldirg‘och mo‘ylovli Kesakpolvonga bir qarab oldi-yu, «e’tibor berishga arzigulik odam emasga o‘xshaydi», debmi yana «qozi»ga o‘girilib, gapini davom ettirdi:
— Yoshulli, bu mang‘layi qora pulimizni, poezd pattasining haqini ham to‘lashi kerak. Siz undirib bering, yoshulli, biz sizni injitmaymiz.
— Bekorlarni aytibsiz, bir tiyin ham bermayman, — dedi qovog‘i ko‘kargan yigit, o‘jarlik bilan.
— Bermasang, teringni shilib olaman, mang‘layi qora! — deb baqirdi da’vogar.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:01:39
«Qozi» ularni tinchitish uchun stolni mushtladi:
— Ovozlaringni o‘chir! Men so‘rayman, sen esa javob berasan, — deb javobgarga qaradi: — Demak, dispetcherning xonasida choy ichib chiqdingmi?
— Ha, aytdim-ku?
— Javob ber, mahmadanalik qilma.
Bu savolga yaqinginada javob qaytargan yigit Kesakpolvon uchun so‘roq atayin takrorlanayotganini fahmlamadi. Aksincha, qayta so‘roq zamirida bir shumlik yotibdimikin, deb xavotirlanib, dovdiragan holda javob berdi:
— Tramvayim chet yo‘lda turuvdi. Qarasam, eshiklari ochilib qolibdi. Bular bemalol joylashib o‘tirishibdi. Bir kishi «Shu qarindoshlarimni vokzalga olib borib qo‘yasan, rozi qilishadi», dedi.
— U bizarning qarindosh emas, uni tanimaymiz. U sening hamtovog‘ing, — dedi da’vogar. — Unga yo‘lkirani naqd sanab berdik. U «Tramvaychi oshnam, bir og‘iz aytsam, o‘n besh minutda biron yerda to‘xtatmay g‘ir etib eltib tashlaydi», dedi.
Bu gapni eshitib, javobgar hazin jilmaydi:
— Esi joyidami bularning. Tramvayni to‘xtatmay haydab bo‘larkanmi? Oldindagi tramvaylarning tepasidan uchib o‘tamanmi?
— Chalg‘ima, bo‘ladigan naqd gapni gapir, — dedi «qozi».
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:02:05
— Ishim oxirlab qoluvdi. Pul bersa teshib chiqmaydi, olib borib qo‘ya qolay devdim. Qayrilishga yetganda to‘xtab, pulni berib qo‘yinglar, dedim. Bunaqalar tramvayga chiqqanida mard, manziliga yetganida tirriqlik qilishadi. O‘ylaganimday bo‘ldi: pulni sherigingga berdik, deb g‘irromlik qilishdi. «Mening hech qanaqa sherigim yo‘q», desam ham ishonishmadi. «Agar pulni bermasalaring boshqa yoqqa qarab burvoraman», desam ham ko‘nishmaganidan keyin tramvayni shartta parkka qarab haydadim. Keyin meni do‘pposlab qolishdi. Meni deb poezdlariga kechikishganmish.
— Yoshulli, siz buni emas, meni tinglang! Bu mang‘layi qoraning sherigi bor. Bizar poezdning pattasiga kuydiqmi, bu birmi? Bizar bozordan qoldiqmi, bu ikkimi? Ana shuning jarimasini to‘lasin.
«Qozi» o‘z ishiga puxta bo‘lsa-da, hojasining martabasini izzat qilib «siz buyuring», deganday qaradi. Kesakpolvon uning savol nazarini e’tiborsiz qoldirmay da’vogarni so‘roqqa tutdi:
— Sherigiga qancha pul beruvdilaring?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:02:20
— O‘n so‘m so‘rovdi, ammo uchga rizo bo‘lib edi, — dedi da’vogar unga o‘girilib.
«Bu qanaqa go‘l odam o‘zi, — deb o‘yladi Kesakpolvon. — Shoshib turgan odam ham tramvayni kira qiladimi?»
— Bu xom ish, — dedi Kesakpolvon masalaga yakun yasab. — Pulni kimga bergan bo‘lsalaring, o‘shani topib kellaring.
— Yoshulli, siz haqiqat qilmadingiz, — da’vogar o‘rnidan turib, qo‘lini paxsa qildi: — Biz bularni tanimasak. Shaharni bilmasak...
— O‘tir, — dedi Kesakpolvon, unga o‘qrayib. — Sen menga qo‘lingni paxsa qilma! Onangning uyimas bu. Necha kishilashib urdilaring buni?
— Bizmi?.. Bir-ikki turtdik-da.
— O‘zing ayt, necha kishi urdi seni?
— Yettita edi.
— Bekordan-bekor urganlaring uchun har bir kishi bo‘yniga ikki yuzdan, ja’mi bir ming to‘rt yuz berasanlar.
— Biz beramizmi? — dedi da’vogar ajablanib.
— Oldin milisaga ham borishgan, — dedi «qozi» masalaga aniqlik kiritib. — Guvohlar ham bor...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:02:35
— E, hali shunaqami? Unda hisobga to‘g‘ri qilib, ikki mingni sanab berishsin-u, qoralarini o‘chirishsin. Boshqa gap yo‘q!
— Yoshulli, sizlar adolat qilasizlar, deb eshitgan edik?
— Bu adolat bo‘lmay nima?
— Biz to‘lamaymiz. Milisaga arz qilamiz.
— Milisaga borib ovora bo‘lmaysan. Milisaning o‘zi o‘ligingni olib ketadi, — dedi «qozi» sovuq ohangda. Javobgarning dovdiraganini ko‘rib qo‘shib qo‘ydi: — Uch-to‘rt kundan keyin zovur yoqasida quloq-burunlaringni itlar g‘ajib ketganidan keyin topishadi.
Bu gapni eshitgach da’vogarlar bir-birlariga mo‘ltillab qarab qolishdi. Nazarlarida ularning quloq-burunlarini hozirning o‘zida itlar g‘ajib tashlaganday bo‘lib, etlari seskandi.
— Yoshulli, adolat qiling, — dedi shu paytgacha gapga aralashmayotganlardan biri. — Durust, biz milisaga bormasmiz, bu ag‘ajonga ham da’voyimiz yo‘qtur. Ijozat eting, yurtimizga ketaylik.
— Bu yerda hukm bitta bo‘ladi. Sening da’voying bo‘lmasa, buniki bor. Pulni to‘laysan, tamom! — dedi «qozi».
Kirasolib ishni buzgan qaldirg‘och mo‘ylovli bu kishidan najot tilab mo‘ltillab qaradilar.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:02:45
— Bizning buncha pulimiz yo‘q, — dedi hozirginada qo‘lini paxsa qilib gapirgan da’vogar.
— Puling bo‘lmasa moling bor. Shaharda qarindoshlaring bor, oshna-og‘aynilaring bor, — dedi Kesakpolvon. — Sen bir soatda pulni olib kelasan. Sheriklaring shu yerda o‘tiradi.
— Lyuks xonamiz bor, — dedi «qozi», — bir soatda kelmasang, har soatiga yana mingdan qo‘shiladi. Soat o‘n ikkigacha yetib kelmasang, sheriklaringdan umidingni uz. O‘zingni ertalab o‘zimiz qidirib topamiz.
Bu gapdan keyin da’vogarlar o‘rinlaridan turib qochishga shaylanishgan edi, orqada turgan yigitlardan bittadan musht yeb, masala uzil-kesil hal bo‘lganini angladilar. Da’vogarlarning uchtasi tashqaridagi hujraga qamalib, bittasi pul topib kelgani ketgach, Kesakpolvon «qozi»ga qarab:
— Buning haqini berib yubor, — dedi.
«Qozi» cho‘ntagidan pul chiqarib sanadi-da, javobgar yigitga uzatdi:
— Omading chopib qoldi, ma, ol, — dedi himmat qilib.
— Kerakmas, pul kerakmas, shulardan qutqarganlaringiz uchun rahmat sizlarga, — dedi yigit puldan ko‘zlarini olmay.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:03:10
— Sening haqing bizga ham kerakmas, — dedi Kesakpolvon. — Olaver, ust-boshingni tuzat. Yigit bo‘lsang, bundan keyin uch so‘mga past ketma.
Hozirgina bir baloga mubtalo bo‘lishdan qo‘rqib o‘tirgan yigit ishonqiramagan holda bir pulga, bir «qozi» ga qarab, qo‘lini cho‘zdi.
— Hech kimga aytmayman, — dedi minnatdor ohangda.
Bu gapdan «qozi»ning ensasi qotdi.
— Xohlasang radioda gapirmaysanmi! Bor jo‘na, qip-qizil to‘nka ekansan-ku?!
Yigit qayta-qayta rahmat aytganicha shoshilib chiqib ketdi.
— Qo‘yib berganingizda bu to‘nkaning yelkasiga ham bir-ikki so‘m ilardim, — dedi «qozi».
— Buning nimasiga ilasan, uch tiyinlik patta sotib kun ko‘radigan bola bo‘lsa. Puli yo‘qligidan uch so‘mni talashib kaltak yeb yuribdi-da. Anavi go‘llarni jazolash kerak. Ikkinchi lallayib yurmaydigan bo‘lishadi. Sen endi yigitlaringni olib tashqarida kut. Bir odam keladi. Hushyor bo‘llaring. Yakkama-yakka gaplashishim kerak.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:03:21
— Dasturxonni yangilaymi?
— Ha. Sal odambashara qilib qo‘y. O‘tirgan joylaring molxonaga o‘xshaydi. Odammisanlar yo molmisanlar?!
Keyingi gapini xuddi Asadbekka o‘xshab aytdi. Tartibni yaxshi ko‘radigan Asadbek duch kelgan joylarda o‘tiravermasdi. Biron-bir choyxonaga borguday bo‘lsa ham irkit ko‘rpachalar, yog‘ tomgan sholchayu dasturxonni ko‘rgach, bir zum qarab turardi-da, so‘ng indamay iziga qaytardi. Kesakpolvonga esa farqi yo‘q edi. Charchagan bo‘lsa, irkit ko‘rpachaga ham yonboshlab olaverardi. Uning hozirgi tanbehi qozi uchun yangilik bo‘lsa-da, «nozikroq odam keladi shekilli», deb o‘ylab, ijroda ikkilanmadi. Bir zumda dasturxon almashtirildi. Patir nonlar, meva-cheva... shunga yarasha ichimlik bilan bezaldi. Xuddi shuni poylab turganday ostonada avval Xumkalla, so‘ng ko‘zlarida hayrat va xavotir zohir bo‘lgan tabib ko‘rindi.
Xumkalla tabibni «bir og‘ir kasal bor, ko‘rib qo‘ying», degan iltimos bilan boshlab kelgan edi. Mashina choyxona hovlisiga kirib to‘xtagach, tabib unga ajablanib qaradi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:03:32
— Orqadan yaqin yo‘l bor, u yoqqa moshina o‘tolmaydi,— dedi Xumkalla uning savol nazariga javoban.
Tabib bir nimani sezdi-yu, ammo qaytishga istihola qilib, ergashdi.
Tabib Xumkallani tanirdi, ammo nima ish bilan shug‘ullanishini bilmasdi. Agar birov unga «Shu xumkalla Asadbekning odamlaridan» desa, ishonmay kulgan bo‘lardi. Lekin uning ustidagi kiyim, tagidagi mashina bu odamning anoyilardan emasligini bildirib turardi. Tabib uni kasalxonada bir necha bor ko‘rgan, ammo aytarli e’tibor bermagan edi. Onasini olib ketgach, ikki-uch oy ko‘rinmadi. Keyin kutilmaganda paydo bo‘lib, tuguncha uzatdi-da:
— Oyim sizga atagan ekanlar, — dedi.
— Oyingiz... tuzukmilar? — dedi tabib.
— O‘ldilar. Oxirgi kuni ham sizni duo qildilar.
— Kasalni sal o‘tkazib yuborgan ekansizlar, — dedi tabib o‘zini oqlash maqsadida.
— Oyim «Xudoning xohishi shu», dedilar...
Tugunchada bir joynamoz, ko‘ylak, ozgina pul bor edi...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:03:44
Shundan keyin ham Xumkalla ikki-uch kelib xastalangan tanishlarinikiga olib bordi. Shu bois ham uning bugungi tashrifi tabibda hech qanday shubha uyg‘otmagan edi.
Hojatxona yonidan o‘tayotganida shu tomonga tikilib turgan yigitlarga ko‘zi tushib, xavotiri uyg‘ondi. Ostona hatlab ichkari kirishi bilan ro‘parada o‘tirgan qaldirg‘och mo‘ylovli odam «keling, do‘xtir!» deb qo‘ygach, shu yerda bir balo bo‘lishini fahmlab, oyog‘ida qaltiroq turdi. «Kim bu o‘zi? — deb o‘yladi u. — Bittasi «Hech kimga aytmaysan», deb qasam ichirdi. G‘ilayi kelib «jon kerakmi, qasam kerakmi?» deb kekirdagimni sug‘urib olay dedi. Bunisi qaysi tomon?»
— O‘tiring, do‘xtur, — dedi Kesakpolvon, — kasal ko‘raverib ezilib ketgandirsiz. Sog‘ odamlar bilan ham bi-ir otamlashing, — Kesakpolvon shunday deb Xumkallaga qarab qo‘ygan edi, u asta iziga qaytib, eshikni zichlab yopdi. Tabib o‘tirishi bilan Kesakpolvon qo‘liga piyolani oldi-da:
— Oqidanmi yo qizilidanmi? — deb so‘radi.
— Rahmat, men ichmayman, — dedi tabib.
— Nima balo, so‘fimisiz? Do‘xtir zotining ichmaydigani bo‘lmaydi, — u shunday deb piyolalarga konyak quydi. — Qo‘rqmang, men sizni o‘ldirish maqsadida chaqirmadim.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:03:55
— Qo‘rqayotganim yo‘q... — deb gap boshladi tabib. Ammo Kesakpolvon uni gapirtirmadi.
— Qani, olaylik, oldirmaylik. Yigit o‘lmaylik, balo ko‘rmaylik.
Kosagul piyolani bir ko‘tarishda bo‘shatib, tamshanib qo‘ygach, gapni chuvalashtirmay ichavergani ma’qul ekanini fahmlab, piyolani qo‘liga oldi. U ichib bo‘lgunicha Kesakpolvon kutib turdi, so‘ng yana quydi-da:
— Juft bo‘lsin, — deb izoh berdi.
Juftdan so‘ng toq, keyin yana bir karra juft bo‘lib, tabibning yuzlariga qizillik yugurgach, Kesakpolvon muddaoga o‘ta boshladi:
— Ochig‘ini aytsam, do‘xtir zotiga tobim yo‘q. O‘n yilmi yo o‘n besh yilmi oldin biqinim og‘rib do‘xtirxonaga boruvdim. Bittasi ikkinchisiga ro‘para qildi, unisi o‘ninchisiga yubordi, xullas, otning kallasidek qog‘ozga kasallarimni yozib berishdi. Yetti-sakkiz xil kasalim bor ekan. Vey, tomi ketganlar, shuncha kasal o‘likda ham bo‘lmaydi, dedim. Bergan dorilarining bittasini ham ichmadim. Mana, yuribman, o‘lmay.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:04:08
— Endi do‘xtir tekshirib ko‘rib, borini yozadi-da.
— He... yozsa yozib bo‘ksin. Siz... meni taniysizmi?
— Yo‘q.
— Xumkalla... kimligimni aytmadimi?
— Bir kasalni ko‘rib qo‘ying, devdi.
— Ha... o‘sha kasal — menman.
— Siz?
— Ha, men. Mening bitta kasalim bor. Kim mendan sir yashirsa, o‘shanga qiziqaveraman. Bilib olmagunimcha qo‘ymayman. Xo‘p, meni tanimasangiz Asadbek degan odamni eshitganmisiz?
— Eshitganman, — tabib shunday deb Kesakpolvonning o‘tkir nigohiga dosh berolmay ko‘zlarini olib qochdi.
— Eshitganmisiz yo taniysizmi?
— Taniyman.
— U-chi? U ham sizni taniydimi?
— Bilmadim. Tanisalar kerak.
— Tanisalar kerak?.. Hm... men ham tanisa kerak, deb o‘ylovdim. Mahmud-chi, uni ham taniysizmi yo eshitganmisiz?
— Nima uchun so‘rayapsiz?
— Hozir aytdim-ku, shunaqa kasalim bor, deb. Agar to‘g‘risini aytmasangiz kasalim qo‘zib, tutqanog‘im tutib qolsa, chatoq. Javob bering!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:04:37
— Taniyman.
— Qanaqasiga taniysiz? Kim tanishtirgan?
— Ko‘rib qo‘yganman.
— Kimni? Mahmudning onasinimi?
— Yo‘q. Onasini tanimayman.
— Kimni ko‘rgansiz? — Kesakpolvon endi tahdid ohangiga o‘tdi. Bu ohang tabibga tutqanoqning boshlanishiday tuyulib, bir seskandi.
— Kimni deyapman?
— Aytolmayman... Qasam ichganman.
— Menga aytishing mumkin, — Kesakpolvonning sensirashga o‘tishi o‘zi aytgan tutqanoqning boshlanishidan darak edi. Tabib bu ham g‘ilayga o‘xshab kekirdagimga chang solmasin, deb qo‘rqib, aybdorlarcha sekin dedi:
— Asadbek akamni...
— Asadnimi? Uni nimaga ko‘rasan? Kasalmi?
— Aytolmayman... qasam...
— Qasam-pasamingni qo‘y. Men Asadning eng yaqin oshnasiman, men bilishim kerak. Gap ikkalamizning oramizda qoladi.
— Bittasi ham shunaqa devdi, aytib qo‘yibdi.
— Kim?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:04:48
— Tanimayman... gavdali bir g‘ilay odam.
— Shomilmi?
— Otini bilmayman. Kelasolib tomog‘imdan bo‘g‘di. «Asadbekning kasalini aytasan», deb turib oldi. «Aytmasang o‘lasan», dedi.
«Ha, bu — Shomil, — degan qarorga keldi Kesakpolvon. — Bu xunasa qaerdan is oldi? Asadbekning kasali bilan nega qiziqdi?»
— Aytdingmi?
— Ha.
— Qasamni buzgan bo‘lsang... o‘lishing kerak.
— Aybim nima?
— G‘ilayga nima deding?
— Kasalini aytdim.
— Qanaqa kasal? Shamollaganmi?
— Yo‘q... kasallari juda jiddiy... rak. O‘pkalarida.
— Nima?! — Kesakpolvon sapchib turib, stol atrofini aylanib o‘tdi-da, tabibga yaqinlashgach, yoqasiga chang solib bir-ikki silkidi: — Nima deyapsan, xunasa! Yo‘talsa rak bo‘laveradimi?!
— Tekshirdim. Krasnoyarda ham qaratishgan ekan.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:05:23
Krasnoyarni eshitib, tabibni qo‘yib yubordi. «Otamni ziyorat qilaman», deb ketuvdi, do‘xtirga tekshirtirgani borgan ekan-da?» deb o‘yladi. Joyiga qaytib borishga madori yetmayotganday tabibning yoniga o‘tirdi. «Asadga nima bo‘ldi? Nima uchun dardini mendan yashirdi? Nima uchun bu sirni Mahmud bilishi mumkin-u, men bexabar qolishim kerak? Do‘xtirni sir ochilmasin, deb o‘ldirishmoqchi bo‘lishdimi? Yo G‘ilayga aytib qo‘ygani uchunmi? G‘ilay bildimi, demak, Hosil g‘imirlab qolgan. «Rak bo‘lsa, erta-indin o‘ladi», degan. Hosilning-ku, muddaosi aniq. Mahmud-chi? Mendan ko‘rgan yaxshiliklariga javobi shumi? Chuvrindi degani chuvrindiligicha qolarkan-da, a? Asadning o‘rniga ishtaha saqlayaptimi? Menga xo‘jayin bo‘lmoqchimi?.. Yebsan!»
Kesakpolvon keyingi so‘zni beixtiyor ovoz chiqarib aytdi. Tabib uning nima deganini anglamadi:
— Gapingizga tushunmadim?
Kesakpolvon chalg‘igan xayolini bir yerga jamlab, tabibga qaradi:
— Balki adashayotgandirsan? Krasnoyardagilar ham yanglishishgandir?
— Bo‘lishi mumkin...
— Bo‘lishi mumkin? Unda nima uchun vahima qilasan?
— Shunga asos bor-da. Uzil-kesil xulosa chiqarish uchun kasalxonada yotishlari kerak. O‘pkadan suv olsak, keyin aniq bo‘ladi.
— Nimasi aniq bo‘ladi?
— Agar suv toza chiqsa, boshqa gap, qonli, yiringli bo‘lsa, unda... chorasi qiyin...
— Nega yotqizmading?
— Ko‘nmadilar.
«Ovoza bo‘lishdan qo‘rqqandir», deb o‘yladi Kesakpolvon.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:06:05
— Shu sohadagi do‘xtirlarning zo‘ri senmisan?
— Mendan zo‘rroqlari ham bordir... lekin... xafa bo‘lmang-u... hozir chorasi yo‘q, ular ham hech nima qilisholmaydi.
— Qo‘llaringdan hech balo kelmasa, nima qilib yuribsanlar do‘xtirman, deb kerili-ib? Birovning erta-indin o‘lishini aytish uchun ham do‘xtir bo‘lish kerakmi? E, xunasai davronlar! — Kesakpolvon xumoridan chiqqunicha so‘kindi. Tabib xalq og‘zaki ijodini o‘rganayotgan olimday boshini egib, sukut saqlaganicha toqat bilan tingladi.
— Xo‘p, — dedi Kesakpolvon sal hovuridan tushgach,— do‘xtirlaring eplolmabdi, yangi chiqqan ekstrasenslar-chi?
Tabib bosh chayqadi:
— Ular lo‘ttiboz-ku!
— Tuzatishayotganmish-ku? Odamlari bormish-ku?
— Men u lo‘ttibozlarga ishonmayman. Asablari zaif odamlarni laqillatishadi.
— Tuzatish o‘zingning qo‘lingdan kelmaydi, lo‘ttibozlarga ishonmaysan. Bir odam shunaqa bo‘lib o‘lib ketaveradimi? Bilib qo‘y, Asad o‘lsa, sen yarim kun ham yashamaysan!
— Nimaga axir... men...
— Lattachaynarlik qilma. Bu hukmni men chiqarmaganman. Bekor ham qilolmayman. Joningni saqlashning yo‘li bitta — Asadni tuzatasan.
— Yotishlari kerak. Nur berib ko‘rish kerak. Dori-darmonlarni aytganman.
Kesakpolvon «Asadni tuzatasan» deb buyurishga buyurdi-yu, «Bu endi unga qanday ro‘para bo‘ladi, o‘lishi kerak-ku?» deb o‘yladi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:06:19
— Sen tuzatolmaysan. Do‘xtirning zo‘rini top, — deb buyrug‘iga o‘zgartish kiritdi.
Tabib o‘ylanib turib, uch kishining ismini aytdi. Kesakpolvon ularni birma-bir surishtirayotganida ikkilangan holda yana bir ismni tilga oldi.
— Kim u? — deb so‘radi Kesakpolvon.
— U do‘xtirmas, keksa bir tabib. Chorasiz kasallarni ham tuzatar emish. Lekin... hammani ham qabul qilavermas ekan. Hushiga kelmagan odamni yaqinlashtirmas emish. Men uni ko‘rmaganman. Eshitganman. Balki o‘sha...
— Tabib dedingmi? Ha, ana endi o‘zingga kelding. Do‘xtiringdan shu tuzuk. Senlar o‘likning qornini yorib, keyin kasalini aytasanlar. Tabib tomir ushlab turib biladi. Shuni topamiz. Sen esa... Hayronman, seni nima qilsam ekan... Sen qasamni buzgansan. Ochig‘ini aytayinmi — joning Xumkallaning qo‘lida. U seni hurmat qilarkan. Joningni saqlab qolmoqchi. Mayli, men roziman. Sen esa o‘lmay desang, uning chizgan chizig‘idan chiqmaysan. Yot desa — yotasan, tur desa — turasan. Odam zotining ko‘ziga ko‘rinmaysan, tuxum bosib yotasan, tushundingmi? Biz chiqaradigan hukm bilan hazillashma. Endi boraver. Xumkallaga ayt, kirsin.
Tabib Asadbekni tekshirib, kasalining rak ekanini aytganida Mahmud «Bu sirni birov bilsa — o‘lasan» deb ogohlantirgan edi. Tabib buni o‘sha onda shunchaki bir po‘pisa sifatida qabul qilgan edi. Qasami ham astoydil emas, ularning ko‘nglini tinchitish uchungina edi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:06:32
Bu omi banda islom farzandi uchun bunday qasam ichmoq durust emasligini bilsa edi, tiliga ehtiyot bo‘larmi edi. U qasamini unutayozgan ham edi. G‘ilay kelib hiqildog‘idan olganda o‘t bilan o‘ynashayotganni fahmladi. Hozir Kesakpolvonning gaplarini eshitib, boshi uzra qanday abri balo to‘planib qolganini idrok etdi. Cho‘chqaning ozg‘ini, negrning mallasi bo‘lmaganidek, bu toifa odamlarning mehr-shafqati yo‘qligini shu paytga qadar bilmas edi. Tabib bu yerdan eson-omon, ayni choqda joni omonat holda chiqib ketajagini anglab o‘rnidan turdi. Holdan ketib, titrayotgan oyoqlarining o‘ziga bo‘ysunishi qiyin bo‘ldi. Uch-to‘rt qadam yurmay, Kesakpolvonning ovozini eshitib, to‘xtadi.
— Agar... hech chorasi topilmasa... qancha yashaydi?
— Aniq aytolmayman... uzog‘i bilan besh oyga borar. Yana Xudo biladi. Agar qaralmasa, tezlashib ketishi ham mumkin.
— Agar yana birov surishtirib qolsa, rak emas, deysan. Hiqildog‘ingdan olsa ham, «besh-olti yil yashaydi», deysan. Tushundingmi, endi bor, jo‘na!
Tabib chiqqach, Xumkalla kirib keldi.
— Seni qarzdor qilib qo‘ydim, — dedi Kesakpolvon unga tikilib. — Bo‘yningga ikkita jon ilindi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:06:45
— Rahmat akaxon... lekin... sal tushunmadim?
— Tushunish uchun kalla kerak. Do‘xtirni o‘ldirmaylik, dedingmi? Bu bitta jonmi? Endi buning yoniga o‘zingnikini qo‘sh. Sen xo‘jayiningni sotding, aytgan ishini bajarmading. Mahmudga aytsam, do‘xtiring bilan bitta go‘rda achomlashib yotarmiding?
— Rahmat akaxon, endi tushundim. Yaxshiligingizni unutsam, til tortmay o‘lay.
— To‘xta, o‘lmay tur. Avval qarzingni uz. Sen menga Mahmudning har bir aytgan so‘zini yetkazasan. Har bir bosgan qadamini kuzatasan. Bildingmi?
— Bildim, akaxon.
— Do‘xtirni nima qilasan?
— Ishidan javob olsa...
— Xo‘jayining juda aqlli-ku, senga o‘rgatmaganmi? Kalla bormi, o‘zi? Senga uni o‘ldir, debmidi? Ishxonasidan ruxsat olib, keyin o‘ldirasanmi? He, ahmoq! Hozirning o‘zida uni pana joyga yashir. Ishxonasi ham, bola-chaqasi ham bilmasin. Yo‘qoldi, deb qidiraverishsin. Bir oymi, bir yilmi, qancha kerak bo‘lsa, shuncha o‘tiradi. Xohlamasa, yuraversin, sen bo‘lmasang, boshqalar o‘ldirishadi. Orqasidan o‘zing ham jo‘naysan. Xo‘jayiningga «O‘ldirib, suvga tashladim», deysan. Men bilan bexit uchrashib turasan.
Xumkalla ishning o‘zi o‘ylagandek yakunlanganidan quvonib, bir irshaydi-da, yangi hojasiga qulluq qildi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:07:25
3

Xumkallaning «oson qutuldim», deb quvonishi bejiz emas edi. U o‘z hojasining ayrim aybdorlar gunohini kechib yuborganini eshitgan, ammo «Kesakpolvon falonchiga marhamat qilibdi», deb qulog‘iga chalinmagan. Xumkalla aniq biladi: yangi, pinhoniy hojasi shunchaki po‘pisa qilmadi — xohlasa, tabibga qo‘shib o‘ldirtirib yuborishi hech gap emas. Xumkalla faqat bir narsani ajrim qila olmadi: u-ku, o‘z hojasiga xoinlik qilish evaziga jonini saqlaydi. Tabib-chi? Tabibga nima sababdan marhamat qildi? Nahot tabib uning birgina iltimosi bilan tirik qolgan bo‘lsa? Bu nodon bandaning ojiz o‘yiga kelgan fikrni qarang: o‘ziga bino qo‘ygan Kesakpolvon beo‘xshov bir maxluq sifatida ko‘ruvchi shu odamchaning iltimosini inobatga olarkanmi?..
Kesakpolvon tabibdan «zo‘r do‘xtirlar»ning nomini so‘rab olgan bo‘lsa-da, ularga murojaat qilish niyati yo‘q edi. Chunki u boshqa tabib jalb etilsa yana bitta guvoh ko‘payishini, shaharga ovoza tarqalishini biladi. Kesakpolvon «kerak bo‘lib qolsa shu tabibning o‘zini ishga solaveraman», degan maqsadda unga iltifot ko‘rsatgan edi.
Hozirgi fikri o‘ziga-da ma’qul kelgan Kesakpolvon bir necha nafas huzur qildi. So‘ng nimadir yuragini siqib kela boshladi. Omburning ikki jag‘i kabi siqayotgan o‘sha «nimadir»ning bir tomoni gumon, ikkinchisi xavotir edi. Gumoni — Chuvrindi, xavotiri— Asadbek. Qaysi masalada bo‘lsin, Asadbek Chuvrindining maslahatiga quloq tutsa, Kesakpolvon g‘ashlanardi. Bu g‘ashlikni ba’zan hasad libosiga o‘rab, ko‘nglining qorong‘u burchagiga to‘plardi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:08:00
Ko‘ngilning bu qora burchagi yillar davomida lim-lim to‘lgan, endi vulqon kabi otilishga yetilib qolgan edi. Xumkallaning tashrifi vulqon otilishi fursatining yaqin kelganidan bir darak bo‘ldi.
«Mamlakati» bu qadar qudrat kasb etmagan damlarda, tetapoya chog‘larida, militsiyaning bir chertishida kunpayakun bo‘lishi mumkin paytlarda, dudamaning o‘tkir tig‘i ustida yashagan kezlarida Asadbek Kesakpolvonning maslahatlariga quloq solardi. Agar Kesakpolvon ahmoq bo‘lsa, bema’ni maslahatlar bersa bu «mamlakat» qaddini rostlab olarmidi? Bu Chuvrindiga qachon aql bita qoldi? Kesakpolvonni nari surib, dono vazir martabasiga qachon o‘tirib oldi?
Har bir gunohkor banda kabi Kesakpolvon ham o‘z aqlu farosatiga behad yuqori baho beradi. «Asadbek mening maslahatlarimsiz xoru zor bo‘lardi» deb ham o‘ylaydi. Lekin bergan maslahatlarining yuzdan to‘qsoni (balki ko‘prog‘i) Asadbekning qulog‘iga kirmagani, Asadbek bu «mamlakat» poydevorini o‘z aqli bilan bunyod etganini tan olgisi kelmaydi.
Avvallari abri nayson singari laxtak-laxtak suzib yurgan bulutlar endi birlashib, vahimali qora tusga belangan, hademay jala quyishi, sel kelishi kutilmoqda edi. Osmon bulutlari rahmat yomg‘irlarini yog‘dirgan chog‘da, Kesakpolvonda mavjud alam bulutlari olovli qahr yomg‘irini yog‘dirishga shaylanmoqda edi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:08:55
Kesakpolvon bir qism g‘ashliklarini ko‘nglining qora burchagiga yashirsa, bir qismini ajdaho o‘t purkaganday sochib turardi. Uning bu holati Asadbek uchun kinodagi ajdaho kabi edi: bu ajdaho olovini «hadeb jirillayverma» deb birpasda o‘chirib qo‘ya qolardi.
Ertakdagi uch og‘a-ini kabi ular uch yo‘l qarshisiga kelib qolgan edilar. Asadbek borsa-kelmas yo‘liga ro‘para kelib turibdi. Ma’murlik yo‘li tor, unga bir kishigina sig‘adi. Chuvrindi otni qamchilab shu yo‘lni egallamoqchimi?zahring menga o‘tmaydi, bola! Asadni Asadbek qilgan sen emas, men bo‘laman. Kecha kavushingni sudrab, poezdga osilib kelib, bugun taxtga o‘tirmoqchimisan? Taxt ancha balandda, bola, chiqaman, deb choting yirilib ketadi-ya!.. Asad... bekman, deb kerilasan-u, ammo g‘irt ahmoqsan. Qimorni tashlagan paytlaringda seni kim boquvdi?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:09:14
O‘n so‘m o‘marsam, yettisi seniki edi. Sen ye-eb yotarding. Men esa sal narsaga qamalib ketishim mumkin edi. Endi mendan nimani yashirasan? Kasalingni bilsam, tirikligingcha ko‘mib kelarmidim?.. Ishongan bolang ajalingdan oldinroq o‘ldirsa-chi? Bilaman, sen yaxshi xo‘jayinsan, itingning oldiga suyak tashlashni unutmaysan. Menga ham nimadir berasan. Lekin sen yanglishasan, oshna, men suyakka qanoat qiladigan iting emasman. Men qo‘lingdagi suyakni olib, kimga lozim bo‘lsa unga o‘zim tashlayman. Suyak g‘ajish Chuvrindiga yarashadi. Lekin sen o‘lishga shoshilma, oshna. Meni ahmoq qilmoqchi bo‘lsalaring, mayli urinib ko‘raverlaring. Sening joningni olmoqchi bo‘lgan Azroil bilan o‘zim olishaman. Bir kun bo‘lsa ham umringga umr qo‘shtirmasam yurgan ekanman...»
Eshik qiya ochilib, ostonada «qozi» ko‘rindi.
— Xumkallaga tilla berdingizmi, ja-a og‘zi qulog‘ida, — dedi u yaltoqlanib.
Kesakpolvon o‘zi erk bergan xayollarini yana o‘z joyiga jamlab, zanjirlab, «qozi»ga qarab zaharli iljaydi:
— Unga bergan narsamni million tilla bilan ham sotib ololmaydi.
— Nima ekan u?
— Yo otang, yo onang go‘ngqarg‘a sen bolaning. Hamma narsaga burningni tiqaverma, deb necha marta aytganman-a! Yo burningni kesib tashlaymi?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:09:32
«Qozi» bu po‘pisa amalga oshib qolmasin, deb qo‘rqibmi, darhol qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi-yu, bosh egib mutelik ko‘rinishini zohir etdi. Kesakpolvon uning ta’zimiga e’tibor bermay piyolaga konyak quyib ichdi-da, gazak qilmay o‘rnidan turdi. «Qozi» itoatkor mulozim ko‘rinishida uni ko‘chaga qadar kuzatib bordi. «Lozim bo‘lsa ignaning teshigidan tuyani ham o‘tkazib yubora olaman», deb katta ketuvchi «qozi» xo‘jayinning fe’li aynib turganini fahmlab, bunday kezlarda chorakta gap ham ortiqchaligini bilgani uchun lom-mim demay, barcha ehtiromini ta’zim orqali izhor eta qoldi.
Choyxona hovlisidagi mashina yonida turgan yigitlardan biri orqa eshikni ochdi. Ammo Kesakpolvon haydovchi o‘rni tomon yurdi. Uning maqsadini anglagan haydovchi darrov joyni bo‘shatdi. Kesakpolvon «qozi»ga xayr ham demay, eshikni yopdi-da, mashinani yurgizdi. Kuzatuvchi yigitlar tushgan kulrang «Jiguli» beto‘xtov ravishda unga ergashdi.
«Qozi» kirgan vaqtda Kesakpolvon xayolini kishanlagan bo‘lsa-da, yuragini qizdirayotgan g‘alayon o‘tini o‘chira olmagan edi. Bu o‘t choyxonadan uzoqlashgach, kishanni parchalab, yana xayollariga erk berib yubordi. Mashinani o‘zi haydashidan maqsadi — ko‘ngli yolg‘izlikni qo‘msaganidan edi. Har bir inson bolasida mavjud bo‘lganidek, unda ham ba’zan shunday hol yuz berar edi. Ammo u g‘ofil banda dunyoga kelganidan beri yolg‘iz ekanidan bexabar edi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:09:47
To‘g‘ri, vohidlik — faqat Ollohga xos. Ammo odamlar orasida yashovchi bandaning samimiy do‘sti yo‘q ekan, o‘zi Ollohdan uzoq, Yaratganni o‘ziga hamroh bilmas ekan, uni yolg‘iz sanash mumkin. Alqissa, yolg‘iz odamgina yolg‘izlikni istaydi. Kesakpolvon atrofidagi odamlardan ba’zilarini do‘st, ayrimlarini mulozim deb hisoblardi. Lekin jilmayib turuvchi bu do‘stu mulozimlar boshga tushgan dastlabki baxtsizlikdayoq sinovdan o‘ta olmasliklarini u o‘ylab ko‘rmagan edi. Agar sadoqat — do‘stlik yuragi sanalsa, Kesakpolvon atrofidagilarni yuraksiz bandalar deb aytish joizdir. Bir donishmand «urush — botirni, jahl — dononi, yo‘qchilik — do‘stni sinaydi» degan ekan. Ko‘p yillardan beri yo‘qchilik nima ekanini bilmaydigan bu odam uchun do‘stni sinash imkoni ham yo‘q edi. Uning Asadbek bilan yaqinligi garchi do‘stlik libosida ko‘rinsa-da, aslida odam bolasiga xos samimiylikdan yiroq, faqat bir maqsad yo‘lidagi majburiy birlashuv edi. Ular shu yillar ichi tirishib, tirmashib tog‘ cho‘qqisi tomon intildilar. Yo‘llari xatarli edi. Cho‘qqiga yakka-yolg‘iz yeta olmasliklarini bilar edilar. Shu sababli bir-birlarini himoya qiluvchi arqon bilan bog‘langan edilar. Ular bu arqonni do‘stlikning temir zanjiri deb faraz qilardilar. Ammo birovlari toyib bu arqonga osilsa-yu, ikkinchisining hayoti xavf ostida qolsa, bu arqonning kesiluvi tayin edi. Chunki ular «bir kishi o‘rniga ikki kishining o‘lmoqligi bema’nilikdir» degan o‘zlariga xos hayot falsafasiga amal qilib yashardilar.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:09:55
Cho‘qqiga yetgunlariga qadar ular bu sinovga uchramadilar. Bir cho‘qqini egallashgach, narida yanada balandrog‘i ko‘ringanida Asadbek uni egallashni istamadi. Ular yaxshi hamroh bo‘-lar, deb Chuvrindini ham cho‘qqiga olib chiqqan edilar. Mana endi Asadbek cho‘qqini tashlab ketmoqchi. Endi bu cho‘qqi kimga nasib etadi? Chuvrindigami?
Kesakpolvon «cho‘qqidagi taxtga Chuvrindi da’vogar», degan fikrga kelib, yanglishmagandi. Asadbek chindan ham o‘rnini Chuvrindi egallashini istardi. Ammo bu ikki a’yonning cho‘qqi talashib, oqibatda ikkovi baravar qulashi mumkinligini ham sezib turardi. Shu sababli kaftdek cho‘qqini ikkiga bo‘lib, o‘rtadan devor olib, ikki «mustaqil mamlakat»ga aylantirmoqni o‘ylardi. Shubhasizki, Asadbekning bu o‘yidan Kesakpolvon bexabar edi. Bilgan taqdirida esa bu xom xayolning amalga oshishiga yo‘l qo‘ymagan, «Men bor joyda Chuvrindi chuvrindiligini qilsin, joyini bilsin», degan bo‘lar edi.
 U mashinani shaharga olib boruvchi yo‘l qolib, dala tomon beixtiyor burdi. Uning ko‘ngli faqatgina yolg‘izlikni emas, kenglikni, jim-jitlikni ham istayotgan edi. Kenglikni esa daladan topmoqni umid qilgandi. Ajablanarli yeri shundaki, tor ko‘ngil daladan panoh izlamoqda edi. Tor ko‘ngil hech qachon kenglik bilan murosa eta olmasligini esa u bilmasdi. Jimlikni ham daladan istayotgandi. U kishanni parchalay olgan xayollari shovqini jim-jitlikni yaqin yo‘latmasligini ham bilmasdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:10:08
Asfalt tugab, traktor g‘ildiraklari o‘yib yuborgan yo‘l boshlangach, mashina bir-ikki qattiq silkinib, to‘xtadi. Izma-iz kelayotgan mashina ham o‘ttiz qadamcha narida to‘xtadi.
Kesakpolvon «nima bo‘ldi ekan?» deb o‘ylamadi ham, tushib qaramadi ham. Faqat ro‘parasidagi kaftdek ko‘zgu orqali orqasiga bir nazar tashlab qo‘ydi. Ammo uzoq o‘tira olmadi. Yuragi toshib, tashqariga chiqdi-da, mashinadagi yigitlarga qarab baqirdi:
— Ho‘, ammamning buzog‘i, nimaga anqayasan?! — savol quruq bo‘lmasin, deb yigitlarning onalarini bir sidra «eslab», «o‘qib tashlagach», sal hovuri pasayib, yaqinda karamlari yig‘ishtirib olingan, endi mollarga rohat baxsh etayotgan dala sari yurdi. Bu manzara ko‘zni quvnatadigan darajada go‘zal bo‘lmasa-da, yuragida jindek sururi bor odam o‘zicha taskin topishi mumkin edi. Bunday fazilat ulashilganda navbati yetmay qolgan Kesakpolvonga sal narida bezrayib qarab kavsh qaytarayotgan sigir yoqmadi. Engashib mushtday tosh oldi-da, sigirning onasiga ham «muhabbatini izhor etib» otdi. Sigir qochmoqchi bo‘lib bo‘ynini bir qayirdi-yu, so‘ng «o‘zing pachoqqina odam ekansan, nimaga do‘q qilasan, yo shoximga ilib otib yuboraymi?» deganday mo‘’rab qo‘ydi. Kesakpolvon otgan ikkinchi kesak yag‘riniga tekkach, «pachoq bo‘lsang ham shaytonning jiyaniga o‘xshaysan, sen bilan pachakilashmay qo‘ya qolay», debmi, burilib nari ketdi. Cho‘chib qochmay, asta burilib ketishi ham Kesakpolvonning g‘ashini keltirib, uchinchi marta kesak otdi. Sigir esa pashsha qo‘riganday dumini havolatib qo‘yib, sekin ketaverdi.
Yigitlar qorni yerga tiralib qolgan mashinani itarib katta yo‘lga olib chiqishgach, Kesakpolvon iziga qaytib, haydovchisiga qarab baqirdi:
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:10:22
— Nega serrayib turibsan! O‘tir, hayda mashinani!
Hojasining bunday qiliqlariga ko‘nikib ketgan haydovchi ham, yigitlar ham bir nafasdayoq joy-joylarini egalladilar.
Haydovchi shahar yo‘liga chiqquncha indamadi. So‘ng aybdor odamning ovozida so‘radi:
— Qayoqqa hayday?
Kimni chaqishni, zahrini kimga solishni bilmayotgan Kesakpolvon unga o‘qrayib qarab:
— Onangnikiga... — deb so‘kindi. So‘ngra tog‘ dovoni ortidagi bir joyning nomini aytdi.
Haydovchi «rost aytyapsizmi?» deguday bo‘lsa, onasiyu buvilari yana qayta eslanishi mumkinligini bilib, shaharga kirmay, aylanma yo‘l orqali tog‘ sari yurdi. Dovondan oshib o‘tishganida qorong‘i tushib qolgan edi. Kesakpolvon tabib chol yashaydigan joyni tunda qidirib topish qiyinligini fahmlab, mashinani soy bo‘yidagi choyxona sari burishni buyurdi.
Yoz oylari tunu kun yo‘lovchilar bilan gavjum bo‘luvchi choyxonaning egasi barcha qatori ularga ham lutf ko‘rgazib kutib oldi-da, «Tashqari salqin, ichkarida o‘tira qolinglar», deb pastak uyga boshladi.
Shahar tomonlarda kuz borliqqa hukm o‘tkazayotganidan taltaymoqda esa-da, qishning barvaqt hamlasiga dosh berolmasligini bilib, bu yerlarni tezroq tashlab qochmoq harakatiga tushgan edi. Yarim tunda turgan qattiq shamol bo‘g‘otlarga urilib, uvillay boshladi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:10:32
Tongga yaqin qor aralash yomg‘ir yog‘di. Yigitlarning biri shu uyda, qolganlari mashinada edilar. Barchalari sovqotib, subhda uyg‘onishdi-da, choyxonachi bilan hisob-kitob qilib yo‘lga tushishdi. Vodiyni kesib o‘tib, tabib chol yashaydigan tog‘ yonbag‘ridagi qishloqqa peshinga yaqin yetib kelishdi
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:11:01
4

Daraxtzorga burkangan qishloq osuda, ezib yog‘ayotgan yomg‘ir qishloq ahlini uy-uyiga haydagan, shag‘al bostirilgan ko‘chalar kimsasiz edi.
Tabib chol asli bu yerlik emas. Yigirmanchi yillarda jamiyat vasvasaga tushib, «qama-qama», «quloq qil», degan kasalga uchragan damlarda bu balo ofati ularni issiq uylaridan haydab chiqarib, shu yerga haydab kelgan edi. U paytlarda qishloq sal pastroqda bo‘lib, «To‘ng‘izqoya» deb ataluvchi bu joyga odamlar yaqinlashishni istashmas edi. Uzoqdan to‘ng‘izning tumshug‘iga o‘xshab ko‘rinadigan qoya atrofidagi toshloq yerda daraxt o‘stirish qiyin bo‘lgani sabablimi, qishloq past tomonga qarab kengayar, bu tomonga chiqishni istovchilar esa topilmas edi.
Ular dastlabki yili bir dehqonning katalakdek uyidan panoh topishdi. Keyingi yozda shu qoyaga orqa qilib bir bostirma solib, ko‘chib chiqishdi. Tabiblik— cholga ota meros, to‘qqiz ajdodi tabib o‘tgani unga ma’lum. Bobolari Ollohning bandalariga shifo berishida sababchi bo‘lishganini, ammo bu xizmatlari evaziga bemordan sariq chaqa ham olishmaganini yaxshi biladi. Odamlarga xolis xizmat qilish ham ota meros. Bir-ikki bemor avvalo Ollohning marhamati, qolaversa, otasining ilmi tufayli sog‘aygach, ularning obro‘lari oshdi. Shu obro‘ orqasidan serhosil yerlarga egalik qilishlari ham mumkin edi. Biroq otasi «Bu yer shu qishloq odamlarining rizqi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:11:15
Olloh nasib etsa, biz o‘z yerlarimizga ketarmiz», deb qoya poyidagi qarovsiz joyni tanlagan edi. Tabib chol o‘shanda, bola kezlari ham bostirma emas, tuzukroq uy qurish imkoniyatlari mavjudligini bilardi. Bobolardan meros qolayotgan tillalar borligidan ham xabardor edi. U tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ida dang‘illama imoratda emas, ko‘rimsizgina uyda yashagani, nazarga ilinarli mol-mulki yo‘qligi sababini keyinroq, otasi hayotdan ko‘z yumar paytda bildi. Bobolari bu yurtga boshqa yerlardan kelganliklarini, oxir-oqibat ajdodlar yurtiga qaytishni vasiyat qilganlari, tillalarni faqat o‘sha yerlarda ishlatishga ijozat etganlaridan xabar topdi. Bu vasiyat avloddan-avlodga meros qolar, kim, qachon bobolar yeriga qaytajagini bilishmasa-da, oila siriga xiyonat qilmas edilar. Otasi qishloq ahlini o‘limdan qutqarish uchungina xazinadan oz qismini ishlatgan, shundanmi umrining so‘nggi kunlarida jon berolmay azoblangan edi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:11:38
Xumkalla boshlab kelgan, Chuvrindi o‘limga hukm etgan tabib bu cholni ko‘rmagan, hayotini, tarixini ham bilmas edi. Faqatgina uning dovrug‘ini eshitgan edi. Kesakpolvonga uning manzilini aytayotganida «Asadbekka qaramasa kerak», deb o‘ylagan edi. O‘zini qudrat bobida ikkinchi o‘ringa qo‘yuvchi Kesakpolvon esa cholni shaharga olib kelishiga, do‘stining shu chol qo‘lidan shifo topishiga, shu tufayli «Asadbek — Chuvrindi» bitimining kulini ko‘kka sovurishiga amin edi. Qudrat bobida o‘zini ikkinchi o‘ringa qo‘yadi, deyilganda birinchi o‘rinda Yaratgan qodir Xudo turadi-da, deb anglashingiz tabiiy. Agar Kesakpolvonni nazarda tutib, shunday desangiz, adashasiz. Chunki u «kamtarin» banda qudrat bobida o‘zidan oldin faqat Asadbekni ko‘radi. Agar «hoy gunohkor banda, avvali Olloh!» desangiz-da, uchinchi o‘ringa tushib qolishni sira istamaydi. Agar shahardagi tabib «ovora bo‘lib borib yurma, o‘sha chol sening qudratingni bir pulga olmaydi, mag‘rur boshingni egadi, suzmoqchi bo‘lgan shoxingni sindiradi», deganida tili kesilishi mumkin edi. U cholning fe’lini yaxshi bilmagani uchun ham bunday jazodan qutulib qoldi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:11:48
Cholning hovlisi gir aylana qo‘rg‘on qilib o‘ralgan, ammo darvoza o‘rnatilmagan edi. Hovlining bir qismiga pastak uylar qurilgan, asosiy qismi esa molxona, otxonadan iborat, etakdagi baland bostirma ostida qishlik xashak g‘amlab qo‘yilgan edi. Uylar oldiga ikki qator mevali daraxt ekilgan, hovli o‘rtasi yaydoq, to‘rt yerga yetti yashar bolaning belidek keladigan yo‘g‘onlikda, bo‘yi bir yarim qulochli xoda ko‘milgan edi. Tepa qismi odam boshini eslatadigan bu xodachalar otlarning qozig‘i ekani, bu xonadonda uloqchi chavandozlar yashashini hamma ham darrov anglayvermaydi. Harholda Kesakpolvon bunaqa manzarani ilk daf’a ko‘rishi edi. Shu sababli qaysi bir kinoni eslab, bu qoziqlar unga cho‘qinadigan butlar kabi tuyuldi.
Begona odamlar kirganini sezgan otlar pishqirishdi. Ikkita katta it o‘rnidan turib, «nimaga keldilaring?» deganday tikilib qoldilar-u, ammo vovullamadilar. Kesakpolvon it talab qolmasin, degan xavotirda tabib cholning otini aytib chaqirdi:
— Rahmon aka!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:11:58
Otxona tomondan «hozi-ir» degan ovoz keldi. Bir ozdan so‘ng egniga paxtalik, boshiga telpak, oyog‘iga kirza etik kiygan qora soqolli bir kishi chiqib kelib, ular bilan salomlashdi.
— Rahmon aka sizmisiz? — dedi Kesakpolvon, unga boshdan-oyoq razm solib. U tabib cholni farishta ko‘rinishida, oppoq libos kiyib yuruvchi oqsoqol bo‘lsa kerak, deb o‘ylagan edi.
— Yo‘q, men hamsoyalariman. Usta otga qarayatuvdilar. Bugun Aravonda katta uloq, deng, ashaqqa borish kerak. Endiyla jo‘naymiz, deb turuvdik.
— Biz shahardan keldik. Kasalimiz bor, — dedi Kesakpolvon.
— Picha kutib turallar, taqsir. Qani, ichkariga kirsinlar, bu yer shabadaroq, ustingiz yupun ekan.
Kesakpolvon sovqota boshlagan edi, noz qilib o‘tirmay, chap tomondagi birinchi xonaga kirdi. Yigitlar chekishni bahona qilib, tashqarida qolishdi. Kesakpolvon kirib o‘tirgach, mezbon fotiha o‘qib, uzr so‘radi-da, chiqdi. Dam o‘tmay qirra burunli bir o‘spirin salom berib kirib, dasturxon yozdi. Kesakpolvon bir piyola choyni ichib ulgurmay eshik ochilib, baland bo‘yli, qirra burunli, ko‘zlari dumaloq, qoshlari qalin, kalta soqolli odam ko‘rinib salom berdi. Kesakpolvon bilan so‘rashib o‘tirgach, fotiha o‘qidi. So‘ng o‘rnidan turib yengil ta’zim qilganicha «xush keldingiz», deb kalta soqolini silab qo‘ydi.
— Rahmon aka sizmisiz? — deb so‘radi Kesakpolvon.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:12:11
Bu gap cholga yoqmay, peshanasini tirishtirdi:
— Men Xudo emasman. Ollohning quliman. Ismim Abdurahmon.
Kesakpolvon uning nima sababdan bunday deganiga tushunmadi. Buni olifta bir gap o‘rnida qabul qildi. U «shahardan atay kelganimizni bilib bu qishloqi tabib xursand bo‘lib ketadi», deb o‘ylagan edi. Cholning mensimayroq qarashi uning ham g‘ashini keltirdi. Xudoning qudratini qarangki, ular dastlabki salom-alikdayoq bir-birlariga yoqmadilar. Chunki ikkovlarida ham bir onning o‘zida kibr uyg‘ongan edi. Bandaga xos bo‘lmagan kibr o‘zining eng zo‘r vazifa-sini — odamni-odamga yomon ko‘rsatish, bir kimsani ikkinchisidan nari itarish ishini amalga oshirishga kirishgan edi.
— Dovrug‘ingizni eshitib, shahardan atay keldim, — dedi Kesakpolvon «shahardan» so‘ziga urg‘u berib. — Oshnam kasal, borib ko‘rsangiz, xursand qilamiz.
Keyingi gap choldagi qaysarlik darvozasini lang ochib yubora qoldi. U soqolini silab, Kesakpolvonga tikildi. Har bir narsani pulga sotib olish mumkin, deb hisoblovchi Kesakpolvon ro‘parasidagi bu cholning benihoya ko‘p boylik egasi ekanini qaydan bilsin? Bu cholning har qanday boylikka nafrat bilan qarashini bilgan taqdirda ham nima uchun shundayligini Kesakpolvon fahmlay olmagan bo‘lardi.
Abdurahmon tabib unga bir oz tikilib turgach, tilga kirdi:
— Oshnangiz xasta bo‘lsa, Olloh shifosini bersin.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:12:21
— Mashinada borib kelasiz. Urinmaysiz. Tuzatsangiz, og‘zingizga siqqanicha so‘raysiz, bir tiyin kam bergan — nomard!
— Shundaymi? — dedi chol, Kesakpolvondan ko‘z uzmay. — Pulingiz shunaqa ko‘p bo‘lsa do‘xturlarga bermaysizmi?!
— Ularning qo‘lidan kelmaydi. Oshnam rak bo‘lib qolgan.
— Ha-a... dardi og‘ir ekan, boyaqishning. Lekin men siz aytgan joyga bormayman.
Choldan bunday gapni kutmagan Kesakpolvonning jahli chiqib, o‘rnida bir qimirlab oldi. Atrofidagilarning hamisha qulluq qilib turishiga, aytgan amri beto‘xtov ijro etilishiga ko‘nikib qolgan Kesakpolvon uchun bu gap kutilmagan bir zarba edi. Yaqin orada hech kim unga bu tarzda muomala qilmagandi. Kimsan, Haydarbek, katta boshini kichik qilib, qancha yo‘l yurib kelsa-yu, bu pistako‘mirga o‘xshagan chol oliftalik qilsa!
«O‘zim ahmoqman, — deb o‘yladi Kesakpolvon, — yigitlarni yuborsam-ku, yumaloq-yostiq qilib bo‘lsa ham yetkazishardi...» Yigitlarning o‘zlarini jo‘natish fikri shahardayoq xayoliga kelgan, ammo guvoh ko‘payishini istamay, o‘zi yo‘lga chiqqan edi.
— Amaki, o‘ylab gapiryapsizmi? Qancha yo‘l yurib kelganimizni bilasizmi?
— Bilmayman. Qaerdan kelganingizning menga farqi yo‘q.
— Siz tabibmisiz o‘zi?
— Odamlar shunaqa deyishadi. Olloh istasa men bir vosita bo‘lamanu dardmandga shifo yetadi. Bo‘lmasa yo‘q.
— Nima, mening oshnamni davolashni Xudoyingiz istamayotibdimi? — dedi Kesakpolvon, g‘ijinib.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:12:31
— Olloh, bir meniki emas, barchamizniki, — dedi chol ovozini bir parda ko‘tarib. — Siz nomusulmon odamga o‘xshab so‘zlar ekansiz.
Shu payt tashqarida yuk mashinaning pishqirib to‘xtagani ovozi eshitildi. Keyin eshik ochilib, hamsoya ko‘rindi-da, kutilayotgan mashina kelganini ma’lum qildi.
— Otlarni olib chiqaveringlar. Mehmon shoshib turibdilar. Gapimiz ham bitdi, — dedi Abdurahmon tabib unga javoban.
Cholning bu gapi Kesakpolvonning nazarida behurmatlik chegarasidan ham o‘tib ketib, chinakamiga achchiqlandi.
— Siz yaxshi ish qilmayapsiz. Agar xohlasak, mashinaga bosib olib ketishimiz ham mumkin. Biz bilan o‘ynashmang.
Bu po‘pisadan cholning ham g‘azabi qaynadi. Ammo mehmonni quvib chiqarmaslik uchun sukut saqlab, o‘zini bosishga majbur etdi. Kesakpolvon esa bu jimlikni o‘zining foydasiga hal qilib, «bitta po‘pisalik jonlaring bor, senlarning», deb qo‘ydi.
— Oshnangizga Xudoning o‘zi shifo bersin, omiyn,— dedi Abdurahmon tabib, fotihaga qo‘l ochib.
— Borasizmi? — dedi Kesakpolvon amr ohangida.
— Yo‘q, borolmayman.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:12:39
— Siz o‘ylab gapirmayapsiz. Bilib qo‘ying, oshnam o‘lsa, bu uyda bitta ham tirik jon qolmaydi!
Agar Kesakpolvon bu gapni ko‘chada aytganida, eshitadiganini eshitardi. Chol musulmonsheva ko‘rinsa-da, ba’zan o‘zini tuta olmay qolardi. U qaysar edi, tajang edi, bandaga nomunosib illatlardan bebahra ham emasdi, ammo har qanday sharoitda mehmonning izzatini qilishga majbur ekanini bilardi. Hozir mezbonlik burchi hamma narsadan ustun kelib, Kesakpolvonga qattiq tikilish bilan cheklandi. Uning vujudida alanga olgan g‘azab o‘tini shu ko‘zlari bildirib turardi.
— Ha, nimaga tikilib qoldingiz, borasizmi? — deb so‘radi Kesakpolvon endi tahdid ohangida.
— Sen... — Abdurahmon tabibning ovozi titragan holda chiqdi. — Valadi zinoga o‘xshaysan...
Shu o‘rinda chol mezbonlik vazifasiga ozgina xiyonat qilishga majbur bo‘ldi. O‘rnidan turib, xonani tark etdi. Kesakpolvonning g‘azabi unikidan kam emasdi. Ammo u mehmonlik burchi nima ekanini bilmasdi.
Kesakpolvon yuk mashinasi yonidagi otlarga qarab turdi-da, yigitlardan birini imlab chaqirib, qulog‘iga shivirladi:
— Bularning izidan borasan. Bexit joyda otlarini quritasan. Odamlariga tegma. Biz sekin yurib turamiz, yetib ollaring.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:13:20
II  b o b
[/b]
1
[/b]
...Atrofga shom qorong‘usi bostirib keladir. Kech kuzning izg‘irinli nafasi sochlarini asta to‘zitadir. Juvonning vujudini esa xufton zulumoti bosadir, yurakkinasi muzlaydir, tanasi sovuqdanmi yoxud o‘lim sharpasining qo‘rquvidanmi yengil titraydir... Kumushbibi bo‘lmoqni orzu etgan bokira, inju orzulari loyga qorishgan Tuproqbibi, undanda battar qavmda so‘nggi nafas sari boradir...
Otasining ko‘zlari «Sen hur qizlar bilan birga bo‘lasan», dedi. Lekin Zaynab o‘zidayin sharmandani hur qizlar qatorlariga olmasliklarini biladi. Ammo bunday hollarda astoydil tavba qilmog‘i, hayotdan ko‘z yumar arafasida bir martagina bo‘lsin peshanani sajdaga olib bormog‘i lozimligini bilmaydi. Bilganida edi, titroq barmoqlari otasi tashlab ketgan arqondan sirtmoq yasamoqqa urinmagan, Yaratganning omonatiga xiyonat qilmoqqa tayyorlanmagan bo‘lardi.
Otasi arqon tashlab ketdi. Otasining maqsadini bir qarashdayoq angladi. Doridan karaxt bo‘lgan, sharmandali voqeadan chayqalgan aqli o‘ylamoqdan, mulohaza yuritmoqdan ojiz edi. U faqat bir narsani idrok etdi — otasining hukmi mutlaq to‘g‘ri! Aslida Zaynab sharmandali uyda, kiyinayotgan mahalida o‘zini-o‘zi o‘lim jazosiga hukm etgan edi. Otasi bu hukmni qanday ijro etishni ko‘rsatdi xalos...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:13:33
Sirtmoq yasayotgan barmoqlari birdan to‘xtab, yarim yumuq ko‘zlari ochildi. Uy burchagiga tikilib qoldi. Gapiray desa tili aylanmadi. O‘limga shaylanayotgan juvonning uy burchagida yelkasiga xurjun tashlagan qora xotinni ko‘rib qo‘rqib ketishi siz uchun ajablanarli hol tuyular. Agar bu qora xotin uning ko‘ziga jon olg‘uvchi Azroil sifatida ko‘ringan bo‘lsa-chi? Bu xotin aynan bugun ertalab non tilab kelgan, so‘ng aqlni lol qoldiradigan tarzda ko‘zdan yo‘qolgan bo‘lsa-chi?!
«Chiqib ketuvdi-ku? Uyga yana qanday kirib oldi? — deb o‘yladi Zaynab. — Ertalab qo‘lida chaqalog‘i bor edi. Bolasi qani, qayoqqa tashlab keldi?»
...Chindan ham qo‘lida kir lattaga o‘ralgan chaqalog‘i bor edi...
Zaynab ertalab badanidagi og‘riqqa shifo topish ilinjida Mardonaga qo‘ng‘iroq qilishdan oldin o‘zini yengishga urinib, xayolini chalg‘itish maqsadida ko‘chaga chiqdi. Bironta qo‘shni ayolni uchratsam, ozgina laqillashib tursam, og‘riq chekinarmikin, deb o‘ylagandi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:13:42
Qo‘shnilar bilan aytarli kirdi-chiqdi qilmaydigan Zaynab shu tobda ularni ko‘rgisi keldi. Har kuni ertalab ko‘cha supurish bahonasida boshlanuvchi xotinlar majlisi ozgina tanaffusdan so‘ng kun yoyilguncha davom etar, sergap xotinlarni ko‘rib, Zaynabning g‘ashi kelardi. Har qanday majlisda tanaffus bo‘lganidek, xotinlarning ko‘cha izdihomida ham taxminan bir soat davom etadigan uzilish mavjud edi. Bu vaqt mobaynida xotinlar erlarini ishga, bolalarini maktabga, bog‘chaga kuzatishib yana ko‘chada paydo bo‘lishar, «mish-mish xalta», «g‘iybat to‘rva»lar baralla ochilib, biti to‘kilib yayragan odamday huzur qilishardi. Ularning anjumanlari bolalaridan birining maktabdan qaytguniga qadar ham davom etishi mumkin edi. Bugun «majlis» qoldirilganmi yo barvaqt nihoyasiga yetganmi, nechundir xotinlar ko‘rinmadi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:13:53
Zaynab bo‘m-bo‘sh ko‘chaga qarab turgach, iziga qaytdi. Hovli tomon uch-to‘rt qadam qo‘ymay, bir ovoz uni to‘xtatdi:
— Yanga, hov yanga, birpasga to‘xtang, dardingizni olay.
Zaynab o‘girilib, darvoza ostonasida turgan ozg‘in, qora xotinni ko‘rib ajablandi: «Hozir ko‘chada hech kim yo‘q edi-ku, bu qayoqdan paydo bo‘lib qoldi?» Zaynab ajablanganini yashirmagan holda ayolga razm soldi: qo‘lida kir lattaga yo‘rgaklangan chaqaloq, yelkasida xurjun. Kiprik qoqmay tikilib turibdi.
Zaynab uy tomon yurmoqchi edi, qora xotin yana to‘xtatdi:
— Menga qarang, dardingizni olay.
— Hozir pul olib chiqaman, — dedi Zaynab.
— Pulingiz kerakmas. Sizga men bir gap aytay. To‘yingizda bo‘lganman. O‘sha kuni menga birov bir so‘m bermadi, xor bo‘ldim. Ammo eringiz menga ko‘p pul berdi. Bir xotun ko‘ylaklar berdi. Men duo qildim, bu uydan qarz bo‘lib qoldim. Qarzimni uzayin deb bir gap aytgani keldim. Dardingiz og‘ur yanga, dardingizni mengina olay, ammo bugun ko‘chaga chiqmang. Xudo, deng, dardingiz ketadi. Endi siz menga bittagina non bering, dardingizni olay.
Zaynab oshxonaga kirib qutini ochdi-da, suvi qochgan yarimta bo‘lkani olib «nazarga ilarmikin» degan o‘yda ikkilandi. So‘ng «boshqa non yo‘qligini aytarman», deb iziga qaytdi. Qaytdi-yu, hovlining o‘rtasida to‘xtadi: qora xotin ko‘zdan yo‘qolgan edi. Tez-tez yurib ko‘chaga chiqdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:14:04
Ko‘cha ham kimsasiz edi. Yarimta bo‘lkani ko‘tarib kirayotgan Zaynabni ko‘rgan Elchin:
— Ha, nima bo‘ldi? — deb so‘radi.
— Gadoy xotin kiruvdi...
— Non bermoqchi bo‘ldingmi, ular hozir non olarmidi, pul bera qolmabsan...
Zaynab eriga qora xotinning gaplarini tushuntirib o‘tirmadi. Elchin ketgach, badanidagi og‘riqlar kuchaydi. Beixtiyor telefon go‘shagini ko‘tardi. Mardonani topdi. Qora xotinning gaplarini unutdi.
Aynan o‘sha qora xotin hozir, sirtmoq tugilayotgan damda uy burchagida turibdi. Yelkasida xurjun, ammo bolasi yo‘q... Zaynab unga tikilganicha lom-mim demay qotib qoldi. «Qachon kirding uyga?» demoqchi bo‘ldi, ammo tili aylanmadi. Qora xotin esa undan savol kutganday, kiprik qoqmagan holda harakatsiz turaverdi. Bu holat bir necha daqiqa davom etdi. Zaynab o‘zini osmay turib, barmoqlarining jon taslim qilayotganini sezdi. Yaqinginada sirtmoq tugayotgan barmoqlar endi jonsizdek, o‘ziga bo‘ysunmas edi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:14:16
«...Agar Azroil shu bo‘lsa, o‘zimni osmay turib jonimni shundaygina olib qo‘ya qolmaydimi?.. «O‘zini osibdi» deyilsa, odamlar ming xil mish-mish to‘qishadi. «To‘satdan o‘libdi» desa, «bechora» deb qo‘ya qolishardi. Azroil bo‘lsa nega tikilib turibdi? Shartta chang solib, jonimni sug‘urib ola qolmaydimi? Yo arqonga osilishimni poylayaptimi? Uyda osganimda bu qora xotin yo‘q edi. Shuning uchun tirik qolganmidim? Yo‘-o‘q... unda oyim qutqarib qolgandilar. Endi... oyim yo‘qlar... Hozir... Hozir osaman... Sen qanaqa Azroilsan o‘zing, osishimni poylab nima qilasan? O‘limga rozi bo‘lganimdan keyin oladiganingni olavermaysanmi?..»
Zaynab keyingi gaplarni baqirib aytmoqchi edi. Biroq, lablari sal qimirladi-yu, ovoz chiqmadi.
Nihoyat ikkala tomonning sukut bilan olishuviga xotima yasalib, qora xotin tilga kirdi:
— Nima qilyapsan, o‘zingni osmoqchimisan?
Ertalab qora xotin muloyim edi, endi esa sensirayapti, ovozi ham dag‘al.
Zaynab uning savoliga bosh irg‘ab qo‘ydi.
— Osib ovora bo‘lma, sen o‘lmaysan.
«O‘lmaysan? Nega? Bu kim o‘zi — Azroil emasmi? O‘lmasligimni qaerdan biladi?»
— Gapimga tushunmadingmi? O‘lmaysan.
— Nega? — Zaynab o‘zining ovozini arang eshitdi. Bu ovoz xuddi begonadek, tubsiz quduq qa’ridan eshitilgandek tuyuldi.
— Men bilaman, sen o‘lmaysan, — dedi qora xotin kiprik ham qoqmay, — Sen uzoq yashaysan. Shu qadar uzoq umr ko‘rasan-ki, yashash joningga tegib ham ketadi. «Omonatingni ol!» deb Xudoga yalinasan. Ammo Xudo sening nolalaringni eshitmaydi.
O‘limdan qo‘rqmayotgan juvon qora xotinning bu gapini eshitib cho‘chidi:
— Nega?! — Zaynab bu safar balandroq avjda so‘radi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:14:28
— Sen Xudodan uzoqlasha boshlading. Men ertalab kelib «Ko‘chaga chiqma» dedimmi? Sen quloq solmadingmi? Darvoza ostonasini hatlab chiqishing bilan Xudodan uzoqlasha boshlading. Endi har qadaming bilan uzoqlashaverasan. Sen hozir oson o‘lim topmoqchimisan? Yo‘q, bunday o‘lim senga nasib etmaydi. Xudo senga uzoq umr berib jazolaydi.
Zaynab qora xotinning Xudodan uzoqlashish haqidagi gaplarini idrok qila olmadi. Bu gapni boshqa paytda, ruhi tetik damlarda eshitganida ham durust anglamagan bo‘lardi. Shu yoshga yetib, Ollohga yaqinlashmoqqa intilib yashamoqning nima ekanini bilmagan, eshitmagan, hatto ota-onasi ham Yaratganni durust tanimagan odamning bu gaplarni fahm etmog‘i mushkul. Zaynabga birov shu paytgacha «Seni Olloh yaratgan, unga qulluq qil, undangina najot kut», demagan. U o‘qigan kitoblarining quli edi, sururga bandi edi, o‘z tasavvuri bilan yaratgan dunyoda shodon yashamoqchi edi. Poydevori sururdan iborat har qanday qo‘rg‘on hayot deb atalmish kichik bir palaxmon toshi tegishi bilan yakson bo‘lishini o‘ylab ham ko‘rmagandi. O‘zining tasavvuri bilan yaratgan dunyosi esa tutundan iborat, hayotning yengilgina shabadasiyoq uni to‘zitib yuborish kuchiga ega edi. Shunday bo‘ldi ham. Bu surur, bu aldamchi dunyo uni shu sirtmoq sari yetaklab keldi. Qora xotin esa «uzoq yashaysan, qiynalib o‘lasan», deydi. «Nimaga bunaqa deydi? Meni laqillatmoqchimi? Bitta tugun tugsam bo‘ldi. Keyin osaman. Uzog‘i bilan uch daqiqa kifoya...»
Ha, uch daqiqa kifoya edi. Zaynabga aynan shu uch daqiqa yetmadi. Telefonning qattiq jiringlashi qora xotinning gaplarini tasdiq etganday bo‘ldi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:14:49
2
[/b]

Olmoniya sari uchib borayotgan Manzura o‘zini dorboz kabi his etardi.
Uch yil avval Asadbek ikki o‘g‘lini xorijga o‘qish uchun yuborish harakatiga tushganida quvongan edi. «O‘g‘illarim otalari singari qil ko‘prik ustida yashamaydigan bo‘lishadi», deb Xudoga shukrlar qildi. Asadbek to‘ng‘ich o‘g‘il tug‘ilganidayoq «Men buni o‘qitib, zo‘r odam qilaman», degandi. Oradan yil o‘tib keyingi o‘g‘il dunyoga kelganida ham shu ahdini aytdi. Bu maqsadini tez-tez takrorlab tursa-da, Manzura ishonqiramas edi. Farzandlari ulg‘aygani sayin «ot o‘rnini toy bosmasa edi» deb cho‘chirdi.
Uning xavotiri o‘rinsiz edi. Asadbek farzandlariga qattiqqo‘l bo‘lmasa-da, erkalatmadi, o‘qishini nazorat qildi. Yaxshi muallimlarni yollab, o‘g‘illarining vaqtni bekor o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymadi. Fursat yetgach, ikkala o‘g‘lini oldinma-keyin Moskvadagi o‘qishga kiritdi. Bir tomondan zarning kuchi, ikkinchi tomondan bolalarning idroki zo‘r kelib, Olmoniyada o‘qish imkoni tug‘ilishi bilan bu imkoniyatdan beto‘xtov foydalanildi.
O‘shanda quvongan Manzura o‘zini dorboz holiga tushajagini fahmlamagan edi. Juda baland tikilgan, sog‘inch deb ataluvchi bu dorning bir tomonida o‘g‘illari, bir tomonida eri bilan qizi. U esa uquvsiz dorboz, qo‘lida langar cho‘pi ham yo‘q. Dorning o‘rtasiga kelib olib, dam oldinga, dam orqaga qaraydi...
Uydan chiqqanidan beri yuragi g‘ash. Eri kasal, qizining yuzlaridan qon qochgan, ko‘zlariga xastalik buluti ko‘lanka solgan. Qizi sezdirmaslikka harakat qiladi. Lekin onaning yuragini aldab bo‘lar ekanmi?
Bormayin desa, u tomonda o‘g‘illari... Bahona qidirsa eridan baloga qoladi. Borayin desa...
Uchoq bulutlar hamlasidan yulqinib chiqib ohista suza boshlagach, uchoq bekasi patnisdagi billur qadahlarda ichimlik tutdi. Manzura kalta ko‘ylakli bekaga «bu nima?» degan ma’noda qaragan edi, u izoh berdi:
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:15:17
— Pepsi-kola, pivo, vino.
Manzura: «Kerakmas, ichmayman», deganday bosh chayqadi. Shu paytgacha qosh-ko‘zlariga zeb berayotgan yosh juvon bo‘yin cho‘zib patnisga qaradi-da:
— Pivo kimniki, finlarnikimi? — deb so‘radi.
— Moskvaniki, — dedi uchoq bekasi.
— Vino-chi?
— Vino ham.
— Fu, — dedi juvon, keyin Manzuradan iltimos qildi: — Pepsini uzatib yuboring.
Manzura «pepsisi qaysi biri ekan?» deb o‘ylanib o‘yiga yetgunicha juvon uning shunday tumshug‘i ostidan qo‘lini uzatib qadahlardan birini oldi. So‘ng yarmini ichdi-da, sumkasidan yapaloq shisha idishni olib, qopqog‘ini ochdi. Manzura uning harakatlarini ko‘z qiri bilan kuzatdi. U yapaloq idishdagi ichimlik xorij konyagi ekanini bilmas edi. Konyakdan pepsi-kola ustiga quyilib, sumkadan bir qarichli naycha chiqarilib, simira boshlangach, Manzura kinolarda ko‘rganini eslab, xonimchaning kokteyl ichayotganini fahmladi. Manzura bunaqa holatni hayotda endi ko‘rishi edi, shu bois «kinoda ko‘rsatadiganlari to‘g‘ri ekan-da» deb qo‘ydi. Manzuraning u bilan gaplashish istagi yo‘q edi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:15:27
Xonimchaning qilig‘i yoqmaganidan yoki ruschani yaxshi bilmaganidan emas, balki xayol ipining bir uchi erida, qizida, bir uchi hademay uchrashishi lozim bo‘lgan o‘g‘illarida bo‘lgani sababli ham unga jim ketish ma’qulroq edi. Ba’zilar ruhi bezovta paytda kim bilan bo‘lsa bo‘lsin, suhbatlashib xayolini chalg‘itishga, shu yo‘l bilan ruhning ezuvchi to‘rlaridan qutulib chiqishga urinadi. Manzura unday toifadan emas. U har qanday ruhiy azobning mute cho‘risi. Safarga otlanganidan beri shu cho‘rilik libosida.
Ichimlik simirib bo‘lingach, xonimcha sumkasidan sigaret chiqarib, birini labiga qistirdi-da, so‘ng qutini Manzuraga uzatib, iltifot qildi:
— Oling, cheking!
Manzura chekuvchi ayollarni ko‘rgan-u, ammo «qachondir, kimdir menga ham chekishni taklif qilar», deb o‘ylamagan edi. Shu bois hamrohining taklifini darrov anglamadi.
— Chekasizmi? — deb so‘radi xonimcha uning darrov javob bermaganidan g‘ashi kelib.
— Yo‘q-yo‘q, — dedi Manzura, hijolat bo‘lib. Uning bu holi zimdan kuzatilsa, chekmagani uchun uyalyapti, deb o‘ylash ham mumkin edi.
Xonimcha «chekmasang battar bo‘l», deganday bir chimirilgach, sigareta tutatdi. Dam o‘tmay uchoq bekasi kelib:
— Aeroflot qoidasiga ko‘ra salonda chekish mumkin emas, — dedi.
Xonimcha uning gaplariga e’tibor qilmadi.
— Sizga aytyapman! — dedi beka, qat’iyroq ohangda.
— Tupurdim o‘sha aeroflotingga ham, qoidasiga ham, — dedi xonimcha. — Bor, ishingni qil, menga xalaqit berma. Men tekinga uchmayapman. Pulini to‘lab qo‘yganman. Qanday xohlasam, shunday uchaman.
— Qoidani buzganingiz uchun qo‘ngan yerimizda jarima to‘laysiz.
— Voy, voy, qo‘rqitib yubording-ku, qo‘ngan yerimizda, agar istasam, samolyotingga qo‘shib o‘zingni ham sotib olaman. O‘layotgan paytingda ham oyog‘imni o‘pib o‘lasan.
— Bezbet ekansiz!
— Bor, ishingni qil, ammo kimligingni unutma!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:15:39
Uchoq bekasi bu balo bilan bahslashishning foydasi yo‘qligini bilib bir nima deb pichirlaganicha burilib, nari ketdi. Manzura uning nima deganini eshitmagan bo‘lsa-da, erkaklar aytadigan shirin so‘zlardan ekanini fahmlab, labini tishladi. Xonimcha hamrohi esa bu so‘zlarni ovoz chiqarib aytib qo‘ya qoldi. Keyin yapaloq shisha chiqarilib, ikki qultumgina ichilgach, Manzura suhbatga tortildi.
— Bu yuvuqsizlar qachon odam bo‘larkin, a?
Manzura notanish ayollarning orasiga tushmoqni lozim ko‘rmadi, indamay o‘tiraverdi. Xonimchaga hozir eshitguvchi quloq kerak edi, shu bois Manzuraning savoliga javob bermagani andak g‘ashini keltirgan bo‘lsa-da, gapini davom etdi:
— Xudoga shukr, bulardan qutuladigan bo‘ldim, — u dumaloq deraza osha pastga qarab qo‘yib, xitob qildi:— Xayr, yuvuqsiz Rossiya!
Manzura bu gapni eshitib, seskanib tushdi. U vatanparvarlik, Vatanga sadoqat, muhabbat degan balandparvoz gaplardan uzoq edi, ammo ayni choqda o‘z yurtiga nisbatan bunday deyish mumkinligini hazm qila olmay, hamrohiga savol nazari bilan qaradi. Xonimcha bu qarashning ma’nosini uqib, izoh berdi.
— Bu mening gapim emas, Gogol degan yozuvchi o‘tgan, eshitganmisiz? U Rossiyani tashlab ketayotganida shunday degan.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:15:48
Tarixdan, xususan Gogol taqdiridan xabardor odam unga javoban «Ey nodon, Gogol kimu sen kimsan, o‘zingni kimga tenglashtiryapsan? Bu gap aytilgan zamon qayda-yu, bugungi zamon qayda?» degan bo‘lardi. Manzura esa bu tarixdan bexabar bo‘lgani sababli «Gogol degani ham g‘alati ekan-da» deb o‘yladi. U hamrohining asl maqsadini anglamadi. Yurtini tashlab ketayotgan bu xonimcha shu gapi bilan rus bo‘lmagan ayolning ko‘nglini qitiqlamoqchi, uni o‘ziga hamdard qilib olmoqchi edi. Uning mo‘ljalicha, Manzura bu gapni eshitgach, «Ha, chindan ham yuvuqsiz, bular falon, bular piston...» deyishi lozim edi. Shunda u «Rossiyani shuning uchun tashlab ketyapman», deb bahonasini ro‘kach qilgan bo‘lardi. Lekin kutgan gap aytilmadi. Xonimcha «Bular bir nima deyishga qo‘rqishadi», deb o‘ylab, achchiqlandi. Shu topda u gapirmay kelayotgan ayoldangina emas, o‘zidan ham nafratlandi: «Mening qayoqqa, nimaga ketayotganimni u bilmasa, unga tushuntirishim shartmi?..»
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:15:58
Odam tabiati shunday: ba’zan biron nojo‘ya qadam qo‘yadi-yu, keyin o‘zini oqlash maqsadida bahonalar izlaydi. Birov «nimaga shunday qilding?» deb so‘ramasa ham bahonalarini aytishga shoshiladi. O‘zi to‘qigan, ammo o‘zi ham ishonmagan bahonaga boshqalarni ishontirmoqchi bo‘ladi. «Ishtonsizning hadigi cho‘pdan», deb balki shunga aytilar.
Xonimcha Manzuraning qarab turishidan tutoqdi:
— Nimaga qarayapsiz? Gapim yoqmadimi, yo tushunmadingizmi?
— Tushundim... lekin...
— Nima, lekin?
— O‘zingiz rusmasmisiz?
— Xo‘sh, rus bo‘lsam-chi?
— O‘zingizning yurtingizni shunday deysizmi?
— Xo‘sh, chindan ham yuvuqsiz bo‘lsa-chi? Xo‘sh, o‘zingiz kimsiz, qozoqmisiz, tojikmisiz?
— O‘zbekman.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:16:08
— Agar O‘zbekiston shunaqa bo‘lsa, indamay yuraverasizmi?
— Xudoning o‘zi asrasin!
— Yo‘q, siz menga aniq javob bering: shu gapni aytmaysizmi?
— Tilim kesilsa ham aytmasman.
— Xo‘sh, nimaga? — Xonimcha shunday deb qutidan yana bir sigareta olib, labiga qistirdi. — Faqat «Vatanimni sevaman» demang, bunaqa gaplarni milliard marta eshitganman.
Manzura nima deyishini bilmasdi. Nima desin: kindik qonim to‘kilgan tuproq men uchun muqaddas, unda ota-onam yotibdi, aziz-avliyolar yotishibdi, bir kuni o‘zim ham shu tuproqqa qo‘shilaman, qanday qilib uni la’natlash mumkin? O‘z yurtini la’natlagan tilni kesib, itga tashlansa, it ham bu tildan hazar qilar, yemas?
Manzuraning dilida shu tuyg‘u bor, lekin bunday so‘zlarni maromiga yetkazib ulab, ayta olmaydi. Biroq, xonimcha unga qaltis savol berdi, javob kutyapti.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:16:23
— Shunday deysiz-u, erta-indin yana shu... yuvuqsiz deganingiz joyga qaysi yuz bilan qaytib kelasiz?
— Kim qaytib keladi? Menmi? O‘lsam ham qaytmasman. Tupurdim bunaqa joyga.
— Endi... bu yoqlarda yashamoqchimisiz?
— Ha. O‘ynashim kutib turibdi. Germaniyaga boramanu undan Parijga uchaman. Parijda yashayman!
«O‘ynashim kutib turibdi?» Bu gapni shu tarzda behayolik bilan aytilgani Manzurani titratib yubordi. Manzura nazoratdan o‘tayotganida bu xonimchaning bir yigit bilan quchoqlashib, o‘pishib xayrlashganiga ko‘zi tushgan edi. «Demak, u boyoqish eri... bu yoqda esa o‘ynashi... Voy sharmanda, yo tavba...» Manzura shunday deb o‘yladiyu birdan yodiga Zaynabning Elchinga aytgan so‘zlari yodiga tushib oyoq-qo‘liga muz yugurdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:16:33
«Nahotki mening qizim ham shunday bo‘lsa?!» degan fikr miyasiga yashin kabi urilib, jonini sug‘urib olganday bo‘ldi.
Jism og‘risa chidash mumkin, ruh zada bo‘lsa, ezilsa chidamoq mushkul. Ko‘zini yumib, ingrab yuborganini o‘zi ham sezmay qoldi.
Xonimchaning boshqa gapirmay jim ketishi bir jihatdan yaxshi bo‘lsa-da, ikkinchi tomondan Manzurani noxush xayollar hukmiga topshirib qo‘ydi. Omadsizlik-da, agar hamrohi bama’ni bo‘lsa, suhbat bilan ovunardi, bu azoblar ham yo‘q edi. Bunday hollarda banda chorasiz. Islomiy ilmdan xabardor bo‘lganida ham, shayton vasvasalaridan panoh izlab, Yaratgan sari intilar edi. Tangriga solih banda bo‘lish tizginsiz xayollarga bandi bo‘lishdan qutqarardi. Bunday panoh yo‘q ekan, azobni tortaveradi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:16:41
U o‘zini ko‘ngilsiz xayollar panjasidan qutqarmoq uchun ko‘zini ochganida xonimcha Zaynab bo‘lib ko‘rinib yana ingrab yubordi. Shu bo‘yi yana ko‘zlarini yumganicha, to uchoq qo‘ngunicha ochmadi. Uchoqdan tushar mahalida ham xonimchaga qaramaslikka tirishdi. U o‘zini ham, ko‘zlarini ham hamrohidan olib qochar, ammo aksiga olganday, xonimcha dam yonida, dam ro‘parasida paydo bo‘lib qolardi.
Xonimcha boshqalarni turtib-surtib bo‘lsa-da, nazoratdan avvalroq o‘tdi. Shunda Manzura uning o‘ynashini ko‘rdi. Kamida oltmishni urib qo‘ygan, kal, malla bashara semiz odamni ko‘rib, «O‘l-a, topganing shumidi?» deb qo‘ydi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:17:25
3
Manzura kelinlikka nomzodlar ham kutgani chiqishsa kerak, deb faraz qilgan edi. Shu sababli sog‘intirgan o‘g‘illarini bir-bir bag‘riga bosib, xuddi go‘dagini erkalagani kabi suyib, o‘payotganida nigohi ko‘z yoshlarining xira pardasi orqali o‘sha qizlarni izladi. Manzura o‘g‘illarini qayta-qayta bag‘riga bosgani bilan sog‘inch sahrosida tashnalik azobida qiynalgan ko‘ngli qoniqmayotgan edi. Bu uchrashuv, bu ko‘rishuv sahro yuziga uch-to‘rt yomg‘ir tomchisi tushgani kabi edi. U farzandlarini birma-bir quchoqlashga qanoat qilmay qulochini keng yoydi-da, so‘ng jo‘jalarini ikki qanoti ostiga olib avaylaganday baravariga quchoqladi.
Ko‘zlardan oqqan sog‘inch, baxtiyorlik yoshlari tinib, hayajon tafti sal bosilgach, ulardan ikki qadam narida o‘rta bo‘yli, qorachadan kelgan tilla halli ko‘zoynak taqqan odam yaqinlashib, qo‘lidagi bir dasta gulni Manzuraga uzatdi:
— Marhabo, xonim afandim, xush keldingiz, — dedi u Manzura uchun begona bo‘lgan lutf bilan.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:17:35
— Doktor Xudoyor ustozimiz bo‘ladilar, — dedi Samad, uni onasiga tanishtirib.
— Yodingizdadir, biz siz ila telefon orqali so‘zlashmak sharafiga muyassar bo‘lgan edik. Bu tashrifingiz cho‘x go‘zal bo‘lmish. Cho‘x minnatdorman, cho‘x baxtiyor bo‘lmisham, xonim afandim.
Manzura bunday iltifotga nima deb javob qaytarishni bilmay, bosh silkib qo‘ya qoldi. Erida, xonadoni atrofidagilarda bunday lutf bo‘lmagani sababli ham u javobga ojiz edi. Doktor Xudoyor uchun bu hol qorong‘u edi. Shu bois ayolning bosh silkib qo‘yishini uning hayajoniga yo‘ydi.
— Abdusamad, inim, siz yuklar ila mashg‘ul bo‘ling, biz bora turamiz, — dedi doktor Xudoyor.
To‘ng‘ich o‘g‘liga «Samad» deb ism qo‘yib, shu yoshga qadar «Samadjon», deb erkalab chaqiruvchi onaga «Abdusamad» deyilishi ajab tuyuldi. U o‘g‘lining doktor Xudoyorga dastlab uchrab «Ismim Samad» deganida «As-Somad — Ollohning sifatlaridan biri, ya’nikim, butun maxluqotning ishini bitiruvchi, barcha hojatlarni so‘raydigan zot, demakdir. Siz bilan biz esa Ollohning qullarimiz. «Samad» desangiz Xudo bo‘lib qolasiz. Ismni to‘g‘ri talaffuz etmak joizdur. Siz «Samad» emas, «Abdusamad» siz», deb tanbeh eshitganini bilmas edi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:17:43
Manzura «qizlar kutgani chiqmadimi?» degan o‘yda atrofga bir alangladi. Uning fikrini anglamoq uchun doktor Xudoyorga shuning o‘zi kifoya qilib, kulimsiradi:
— Xonim afandim, uzr etmagingizni so‘rayman. Sizga peshvoz chiqmak uchun qizlarni-da taklif etmish edik. Ular tashrifingizdan sarfaroz esalar-da, bunga chiqmoqdan uyatdilar. Ularning cho‘x go‘zal odoblari vordur. Ularni uzr etmak, duo qilmak joizdur, xonim afandim. Buyuring xonim, Abdulhamid, keching.
Bunday so‘zlarni eshitganida Asadbek qanday ajablangan bo‘lsa, hozir Manzura ham shunday taajjublandi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:17:51
4

Bu shaharning boshqa yerlarga nisbatan orastaligi bilan ajralib turishini har qanday odam yo‘l-yo‘lakay bilib oladi. Mashinaning orqa o‘rindig‘ida, ikki o‘g‘lini ikki qanoti ostiga olib borayotgan Manzura atrofga suqlanib boqmasa-da, buni sezdi. G‘ildiraklarning do‘qillamay, mashinaning chayqalmay, sakratmay ohista suzishini, odamlarning yo‘l chetlarida tartib bilan yurishlarini, ozodalikni bir necha daqiqalik safar chog‘idayoq sezish mumkin edi.
Oldingi o‘rindiqda o‘tirgan doktor Xudoyor shahar oralab yurishayotganda orqasiga o‘girildi:
— Xonim afandim, biz-da olmonlarning shul kentinda musofirlik ichinda istiqomat etmakdamiz. Qarang, kent cho‘x go‘zaldir. Sizlar bularni nima deb ataysizlar? — doktor Xudoyor kulimsiradi. — Chiriyotgan kapitalizmmi? Qarang, qanday chirimakda!
Manzura bu kabi siyosatdan behad uzoq bo‘lsa-da, radiodan aytiluvchi shunga o‘xshash gaplar qulog‘iga kirib turardi-yu, ammo mulohaza qilib, fahm etishga urinmas edi. Doktor Xudoyorning hozirgi kinoyasiga ham tushunmagani sababli javob o‘rniga yengilgina jilmayib qo‘ya qoldi. Bu jilmayish doktor Xudoyorga ilhom berib, shaharni maqtayverdi. Ayrim binolarning tarixini ham bayon qilishni unutmadi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:18:00
Bir soatlardan so‘ng baland binolar safi siyraklasha boshladi. Ana shunda doktor Xudoyor izoh berdi:
— Xonim afandim, Muzaffarxon Marg‘iloniy janoblari sizni kent hududidan tashqaridagi villada kutmakdalar.
Villa deganlari g‘oyatda ozoda bog‘, uch qavatli imorat, marmar hovuzdan iborat edi. Villa odam bo‘yi keladigan panjara bilan o‘ralgan, bu qo‘riqlash maqsadida o‘rnatilgan devor emas, balki ko‘cha hamda qo‘shni villadan chegaralab turuvchi ramziy to‘siq edi. Manzurani Muzaffarxon ahli ayoli Guluzor begim bilan peshayvonda kutib olishdi. Ichkarida, shoxona bezatilgan keng xonada o‘ndan ziyod erkagu ayol — Olmoniyada istiqomat qiluvchi o‘zbeklarning yuqori tabaqa vakillari mehmon kutish bahonasida to‘plangan edilar.
Sohib bayt lutf qilib, ularni bir-bir tanishtirdi. Erkaklar yengil ta’zim hamda jilmayish bilan mehmonni sharaflashdi. Ayollar o‘zlarigagina xos bo‘lgan qiziquvchanlik, ziyraklik bilan Manzuraning kiyimiga, barmoqlaridagi uzuklarga, bo‘ynidagi dur-marjonga qarab olganlaridan keyin jilmaygan holda qo‘l uzatdilar. Bunday marosim, bunday tanishuvni endi ko‘rib turgan Manzura qanday harakat qilishni, nima deyishni bilmay xijolat bo‘ldi, o‘zini noqulay his etdi. Doktor Xudoyor buni sezib, tanishtiruv chog‘ida gap qo‘shib, hazillashib, kulgu uyg‘otib, noqulay vaziyatni chekintirishga harakat qildi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:18:08
Manzurani ayni choqda qimtinishga majbur etayotgan yana ikki omil mavjud edi. Biri — uyning hashami bo‘lsa, ikkinchisi — o‘zining libosi edi. Garchi erining davlati bularnikidan kam bo‘lmasa-da, uylari bu darajada emasdi. Bunday uylarda yashab o‘rgangan odamlar Asadbeknikiga borishsa ajablanishlari turgan gap edi. Eri bu qadar hashamni yoqtirmasmidi, yo dang‘illama uy solishdan qo‘rqarmidi, Manzura buni bilmaydi. O‘zi esa hech mahal bunga qiziqmagan.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:18:20
«Qizlar bizning uyimizni nazarga ilisharmikin?»
Ostona hatlab ichkari kirgan Manzuraning xayoliga kelgan dastlabki fikr shu bo‘ldi.
Dunyodagi barcha ayollarda bo‘lganidek, Manzurada ham libosga qarab qo‘yish odati bor edi. U bir qarashning o‘zidayoq, mezbonlar libosining shohona ekanini bildi. Ularnikiga nisbatan o‘ziniki g‘aribgina tuyuldi. Agar qimmatbaho bezaklari bo‘lmasa, uni shu uy xizmatkorlari qatoriga qo‘yish mumkin edi.
Tanishuv so‘ngida ular chekkaroqda iymanib turgan ikki qizga yaqinlashdilar.
— Mening qorong‘u osmonimni yoritib turuvchi ikki yulduzim — biri Cho‘lponoy, biri Mushtariy, — dedi Muzaffarxon faxr bilan.
Qizlar ko‘zlarini yerdan uzmay, baravariga salom berdilar. Manzura alik olgach, doktor Xudoyor so‘z qotdi:
— Inshoollohkim, bu yulduzlar sizning osmoningizda ham nur sochajak!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:18:30
Qizlar uyalishib, o‘girildilar-da, zina tomon yurdilar. So‘ng ildamlik bilan yuqoriga ko‘tarildilar.
Ularni ko‘rgan zahoti Manzuraning yuragi jiz etdi. Qizlar bag‘oyat go‘zal, istarali edilar. Balki hazrat Navoiy «Ruxsorida lomai malohat, guftorida nash’ai fasohat» deb bitik bitganlarida shunday go‘zallarni nazarda tutdilarmi, Xudo biladi. Manzura hozircha ularning ruxsorigagina bandi bo‘ldi, hali so‘zlarini eshitgach, shunday qizlarni o‘g‘illariga nasib etgani uchun Yaratganga shukrlar qilishi tayin.
Manzura barcha bilan bir sidra tanishib chiqqach, Guluzor begim iltifot qildi:
— Azizlarim, Manzuraxon begim ila meni ma’zur tutgaysizlar, sizlarni bir necha daqiqaga tark etajakmiz.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:18:49
Manzura mezbonga ergashib, avval shinam dahlizga chiqdi, so‘ng mo‘’jaz mehmonxonaga kirdi.
— Bunda orom olmog‘ingiz mumkin, Manzuraxon begim. Chantalaringiz bu yerda. — Mezbon shunday deb, yon eshikni ochdi. Manzura bir kishilik yotoqxonani, karavot yonida turgan jomadonini ko‘rib, «chanta» nima ekanini fahmladi.
— Siz tashrifingiz ila barchalarimizni g‘oyatda sarfaroz ayladingiz, begim, biz bunda ota yurtdan kelgan har bir vatandoshlarimizning nafasiga mushtoq yashayurmiz. Shul bois vatandoshlar tashrifingizga peshvoz yig‘ildilar. Siz hordiq chiqaring, men picha fursat o‘tgach, huzuringizga qaytajakman.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:18:58
Mezbon chiqqach, Manzura yumshoq kursiga omonatgina o‘tirdi. U uyning hashami, mezbonlarning takallufidan hayron, go‘yo begona yurtga, begona odamlarnikiga emas, balki begona dunyoga kelib qolganday edi. To‘yu-ziyofatlarga borib «esonmisiz-omonmisiz...»dan boshlab, kerakli-keraksiz gaplar bilan vaqt o‘tkazishga, ketma-ket kiritiluvchi ovqatlarga, «oling opovsi, oling, ovsin» degan mehribonchiliklarga o‘rganib qolgan ayol uchun bu chindan ham o‘zga dunyo edi. Shu sababli Manzura yo‘ldagi holatini, qizi tashvishidagi xayollarini, o‘g‘illarini bag‘riga bosgan chog‘dagi mas’udlikni bir zum unutib, o‘zini qanday tutmoqligi lozimligini o‘yladi. Guluzor begimning bu xonaga boshlab kirishidan maqsadi yuvinib, kiyimlarini almashtirib olish uchun sharoit yaratmoq ekanini fahmlab, o‘rnidan turdi. Shunda yotoqxona yonidagi eshikning qiya ochiq turganiga, bu yerning yuvinish xonasi ekaniga e’tibor berdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:19:08
Manzura yuvinib, taranib bo‘lgach, mezbonni yana o‘n daqiqa kutdi. So‘ng Guluzor begimga ergashib, tanishuv marosimi bo‘lib o‘tgan katta xonaga qaytdi. Davra qurib o‘tirganlar Manzuraning tashrifini jilmayib, bosh irg‘ab qo‘yish bilan sharaflashdi. Davra to‘rida, ikki o‘g‘il o‘rtasida ikki joy bo‘sh edi. Manzura bilan Guluzor begim o‘tirishlari hamon xizmatchi kelib qahva tutdi.
Manzura kirganda uzilgan suhbat, qahvadan bir ho‘plagan onda davom qildi. Doktor Xudoyorning yonida o‘tirgan ozg‘in odam ham qahva ho‘plab olib, fikrining davomini izhor etdi:
— Men jannatmakon Shermuhammadbekning butun bo‘y-bastlari ila aks etgan haykalni-da borib ko‘rmakni ixtiyor etdim. Axir men Shermuhammadbek hali holi-hayot ekanliklarida bir necha bora suhbatlaridan bahramand bo‘lmak sharafiga yetushganman. Men lol qoldimki, aynan o‘zlariga o‘xshabdi. Yana lol qoldimki haykalni o‘rnatmakka yurt og‘alarida rag‘bat yo‘qtur.
Guluzor begim Manzuraga qarab, past ovozda: «Sa’dulloxon Vatanga borib qaytib edilar. Taassurotlarini aytmakni ixtiyor etiyurlar», deb izoh berdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:19:19
Sa’dulloxon deganlari taassurotini intihosiga yetkazmay, doktor Xudoyor e’tiroz bildirdi:
— Azizim, agarchi menda-da hukm bo‘lgan chog‘inda ham haykalni o‘rnatishga izn bermas edim.
Fikrining qabul qilinishiga ishongan Sa’dulloxon bu qadar keskin e’tirozni kutmagani uchun ajablandi:
— Nima uchun? — dedi u norozi ohangda.
— Buning bir necha sabablari vordur: ilk sabab shulkim, haykal o‘rnatmaklik — Islomga tamomila yotdur. Butparast mushriklarning yo‘lidur. Islomdan narida so‘zlamak istasak, Shermuhammadbek bundayin sharafga noloyiq shaxsdir.
— Ajab! Ajab! — deb yubordi Sa’dulloxon. — Shermuhammadbekning kimligini bilurmisiz o‘zingiz?
— Biliyurman, azizim, — dedi Xudoyor, xotirjam ohangiga xiyonat qilmay. — U muhtaram zotning ma’lum harakatlari uchun hurmatimni izhor etganim holda deyurmanki, siz aytgan sharafga loyiq emasdurlar. Ya’nikim, Madaminbekni shahid qilmoqda ishtiroklari bo‘lganini kechirmoq aslo mumkinmasdir.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:19:41
— Agar Madaminbek xoinlik ko‘chasiga kirgan bo‘lsalar-chi?
— Sa’dulloxon, azizim, qalbimdasiz. Siz bilan bu xususinda avval ham bahslashib edik. Madaminbekning sho‘rolar bilan bitimidan asl maqsadi siz bilan bizga qorong‘u bo‘lgani sababli ajrim qilmoqqa huquqimiz yo‘qtur. Siz bilan men bu xususinda bir bitimga kela olmaganimiz bois, bahsni yangilamaylik. Fikrimning davomi shuki, Shermuhammadbek amiralmusliminni shahid etib qochganidan so‘ng...
— Qochganlari yo‘q, hijrat qildilar. Hijrat qilmoqlik esa sunnatdir. Yoinki janobi Rasulillohning hijratlarini-da inkor etajakmisiz?
Bu savol doktor Xudoyorga yoqmagani uchun zaharli jilmayib qo‘ydi. Ammo gapidagi bosiqlik ohangini yo‘qotmadi:
— Azizim, siz meni bir toqqa, bir boqqa boshlamakdasiz. Payg‘ambar afandimiz, sallollohu alayhi vasallam, hijratlari bilan Shermuhammadbekning qochoqliklarini tenglashtirmoqning o‘ziyoq gunoh sanalur.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:19:49
Siz muhtaram afandimga eslatmagim joizdurki, payg‘ambar afandimiz hijrat qilganlaridan so‘ngra ulug‘ g‘azotning rahbari bo‘ldilar. Shermuhammadbek esa, — doktor Xudoyor yana jilmaydi, — mayli, siz aytganingizcha bo‘la qolsin, «hijrat qilganlaridan» so‘ngra tan oromidan o‘zga narsani bildilarmi? O‘zlarini amiralmuslimin, deganlari holda nechun jihodni davom ettirmadilar?
Sa’dulloxon javobga og‘iz juftlagan chog‘da uy egasi Muzaffarxon gapga aralashib, bahsni yumshatmoqchi bo‘ldi:
— Doktor Xudoyorning qarichlari uzunroq, — dedi u kulimsirab, — o‘lchovni hamisha baland olvoradilar. Rosmana o‘lchov bilan qarasak, Madaminbekning ham, Shermuhammadbekning ham omi odamlardan bo‘lganliklarini unutmasligimiz durustdir.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:20:05
Ularda harbiy ilm bormi edi? Shermuhammadbek miltiq otishni Madaminbekdan o‘rganib edimi? Ular qo‘llariga ilk marta miltiq oliboq kim bilan olishdilar, eslang! Jahon muhoribasinda chiniqqan o‘rus askarlari bilan jang qildilar-ku?! Ular to o‘sha kunlarga qadar siyosat nima ekanini bilarmi edilar? Yo‘q, azizlarim, bilmas edilar. Harbiy ilmdan uzoq, siyosatning aldovdan iborat bir narsa ekanini bilmagan holda jang qildilar. Ha, ularda na harbiy, na siyosiy ilm bor edi. Ammo u ulug‘ zotlarning muborak qalblarida Vatanni sevmak tuyg‘usi bor edi. Biz, azizlarim, ana shu tuyg‘uni sharaflamagimiz shartdur.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:20:16
— Afandim, — dedi doktor Xudoyor, uning so‘zini bo‘lib, — buni men-da durust anglayurman. Biroq, Shermuhammadbek jihodni davom ettirmagi mumkin bo‘lmagan ekan, Vatanda dushman qo‘lidan o‘lim topmog‘i sharafliroq emasmi edi?
— Ajab! Ajab! — deb yubordi Sa’dulloxon, ovozini bir oz balandlatib. — Sizning bu gaplaringiz menga Vatandagi bir sho‘roparastning so‘zlarini eslatdi.
— Sabr etmakni ixtiyor qiling, afandim. Mening-da so‘zim hali intihosiga yetkani yo‘qtur. Siz-da, afandim, hijratni tilga oldingiz, ammo ulug‘ Badr muhoribasini xayolingizdan parishon qildingiz. Anglayurmanki, ulug‘ Badr muhoribasinda shahid bo‘lganlar sharafiga yetmak mushkul bir vazifadur. Ammo ming to‘qqiz yuz o‘n to‘rt sanasinda Chanoq qal’asindagi muhoribani anglayurmisiz?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:20:28
Bir qal’ada to‘rt yuz ellik ming shahid! Uch yuz ellik mingi talabalar! Anglayurmisiz buni?! «Kimi hindu, kimi yam-yam, kimi bilmam ne balo...» Ular-da shahid bo‘ldilar, ammo Turkiya mag‘lub etilmadi. Afandim, anglamak joizki, Vatan bir bog‘dur. Bu bog‘ni inson qoni ila sug‘armak lozimdur. Afandim, men sizga bu xususinda boshqa so‘z aytmasman. Sho‘roparastlar so‘zlarini siz ayting.
To‘planganlar o‘sha sho‘roparastning gapi nima ekan, degan ma’noda kutdilar. Sa’dulloxon hozirgi gaplarga ham munosabatini ayon qilmoqchi edi, biroq doktor Xudoyorning «men sizga bu xususinda boshqa so‘z aytmasman», deb qo‘yishi hamda to‘planganlarning tikilib qolishlari uning shashtini qaytardi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:20:39
— U zoti past aytdiki, — dedi u bir oz o‘ng‘aysiz ahvolda, — it qorni to‘ygan yerda, odam esa Vatanda yasharmish.
Dastlab eshitilganda qo‘pol tuyulgan bu maqol o‘tirganlar etini bir sidra zirillatdi. Bu holatni sezgan Sa’dulloxon mazkur bahsda mutlaq g‘olib bo‘ldim, degan qarorga kelib, atrofidagilarga mag‘rur nazar tashladi. Ammo uning g‘oliblik supasini egallashi bir necha soniyalik edi. Doktor Xudoyor osonlik bilan mag‘lub bo‘luvchi toifadan emas edi. U ham o‘tirganlarga bir qur nazar tashlab olgach, «boshqa so‘z aytmasman» degan va’dasiga xiyonat qilgani holda javob berdi:

— Gumrah ulus ichra o‘zin qotti, axiy,
Dunyoga birovki dunyoni sotti, axiy...

Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:20:49
Hazrat Navoiyga bir so‘z qo‘shmakka hojat yo‘qtur. Sa‘dulloxon, sharafli afandim, qalbimdasiz, siz meni bir muhoriba maydonidan boshqasiga yetaklab o‘tmakni ixtiyor ettingiz. Sho‘roparastning gapi boshqa, biz aytayotgan dard o‘zgadir, Sho‘roparast sizga qozoq birodarlarimizning bir maqolini aytibdi. Buni kamina ham eshitgani bor. Siz sho‘roparast bizlarni itga qiyos etmakdadir, deb g‘azab otiga miniyursiz. Mening anglamog‘im bo‘yicha, maqsad maqolning ikkinchi bo‘lagida. Har bir insonni Vatanda yashamakka da’vat etmakdir.
— Vatanda bo‘lmak?! — Sa’dulloxon chekinishni istamadi. — Otam menga Vatanni qoldirdimi?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:22:05
— Otam menga Vatanni qoldirdimi? — deb qaytardi u. — Yo‘q, otam menga Vatan sog‘inchini meros qoldirdi. Sho‘roparastlar buni anglamaslar! Ularda nainki sog‘inch, ularda Vatan tuyg‘usi yo‘qtur. Buni men angladim! Ular so‘qir! Sho‘ro yetagida qayga borajaklarini bilmaslar!
— Siz ularni bunda ayblarsiz, ular bizlarni unda ayblarlar. Kun shu tarzda o‘taverar. Vatan esa kundan-kun botqoqqa botaverar. Afandim, agarchi ular sizni, siz tufayli bizlarni ayblar bo‘lsalar, haqlidurlar. Chunki biz bunda Vatan uchun biron nima qilmakdan ojizdurmiz.
— Biz nimalar qilaylikki, yo‘llar to‘siq bo‘lsa. Yo‘llar ochilsa edi, men Vatanning besh yerida besh ulug‘ mag‘oza ochsam, Lutfullaxon yana necha yerinda supermarket ochsalar...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:22:14
— O‘h-ho‘!.. — doktor Xudoyor baralla kulib yubordi.— Afandim, afandim, siz o‘n emas, o‘n ming do‘kon quring, Vatanga nafi ozdir. Mag‘ozalar qurg‘uvchi tujjorlar Vatanda ham bisyordir. Siz Vatanga ilm olib boring. Vatanning qaddini ko‘targuvchi birinchi vosita — ozodlik, ikkinchisi esa ilmdur. Dunyo yurtlariga bir qarang-chi, ular mag‘ozalari ila baquvvatlarmi yoinki ilm ilami? Siz bilan biz yashab turgan Olmoniyani urushdan so‘nggi xaroblikdan bu darajaga ilm ko‘tarmadimi? Siz bilan bizning aybimiz shuki, Vatan yo‘llari ochilsin, Vatan ozod bo‘lsin, deb bunda orzu qilib kutib o‘tirmakdamiz. Sho‘rolarning hukmidagi Ovrupo jumhuriyatlarining xorijdagi biz kabi muhojirlari esa vaqtli hukumat tuzib, o‘z Vatanlarini ozod qilish qasdida kurashmakdalar. Nima uchun siz bilan biz kurashmaymiz? Chunki bizlar — siz mehr qo‘ygan Shermuhammadbekning avlodlarimiz. Na-da Shermuhammadbek kurashdi, na-da amir Said Olimxon kurashdi, na-da biz kurashyapmiz. Sizni bilmadim, sharafli afandim, ammo men Vatan qarshisida uyatlidurman.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:22:26
— Siz andak yanglish gap aytdingiz, janob Xudoyor. Bizning jamiyatimizni nazarga ilmaganingiz chakki. Biz ham Vatan uchun qayg‘urmakdamiz.
— Qayg‘urmak durust, ammo kurashmak lozim. Vatandan kelgan ashulalarni eshitib, «o‘yna yor, o‘yna!» deb o‘tirmakdan naf yo‘qtur. Agar mening so‘zlarim malol tuyulsa, ana, vatandoshimiz muhtarama xonim afandim aytsinlar...
Manzuraning kutilmagan tarzda suhbatga chorlanishi faqat uning o‘zinigina emas, o‘g‘illarini ham shoshirib qo‘ydi. Ikkovi baravariga najot istab, Guluzor begimga qaradilar. Guluzor begim bu qarashning ma’nosini uqib, jilmaygani holda doktor Xudoyorga murojaat qildi:
— Muhtaram doktor janoblari, bizlarga dasturxon muntazirdir. Bahs nonushtadan so‘ng davom etmagi durustmikin?
Bu luqma cho‘kayotgan odamni kemaga chiqarib olish savobi darajasiga yetishdi. Doktor Xudoyorning murojaati ham sog‘inch, ham xavotir dengizida cho‘kish azobini tortayotgan ayolni yanada og‘irroq ahvolga solgan edi. Avvaliga Manzura ularning suhbatlariga unchalik ahamiyat bermadi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:22:39
Aniqroq aytilsa, bahsning sababini anglamadi. Mashoyixlar bedardning oldida boshimni og‘ritma, deganlaricha bor. Asosan oila tashvishlari bilan yashovchi ayolning bu odamlar qalbidagi dardni his qilishi mumkin ham emas edi. Qo‘qonda Sobitxon Asadbekni yo‘qlab, unda Vatan himoyachisini ko‘rishni istab yanglishgani kabi, bu izdihomdagilar ham Vatan xususidagi gaplarimiz vatandoshni befarq qoldirmas, deb adashdilar. To‘plangan mezbonlarning qalblari Vatan, Vatan sog‘inchi dardi bilan, Manzuraning qalbi esa erining tashvishi, qizining sog‘inchi bilan tepardi. Qalblarning tepishi hamohang emas edi. Manzuraning suhbatga chorlanishi ana shu sirni oshkor etmog‘i mumkin edi. Guluzor begimning luqmasi uni bu noqulaylikdan ham qutqardi.
Doktor Xudoyor tanbehni anglab, o‘rnidan turdi-da, qulochlarini yoygan holda dedi:
— O‘, sharafli xonim afandim, qalbimdasiz, sizning so‘zlaringiz biz uchun amrdir. Nonushtadan so‘ngra ham bahslashmakdan bo‘yin tovlayajakman. Bahsda sharafli Sa’dulloxon afandimni yengib bo‘lmas!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:22:53
Doktor Xudoyorning keyingi gapida taslimga nisbatan kinoya ohangi zuhur edi. To‘planganlar bu gapdan «Sa’dulloxonga gapirish befoyda, baribir tushunmaydi», degan ma’noni uqishgan bo‘lishsa-da, hech narsa anglamaganday kulimsirab qo‘ydilar.
Shu onda yon tomondagi devor asta surildi. Manzura bu devorni oynavand javon deb o‘ylagan edi. Devor surilgach, ular dasturxon tuzog‘liq xonaga o‘tdilar. Dasturxon ustida ortiqcha lutf, «oling, oling», degan qistashlar bo‘lmadi. Manzura tortinib, qimtinib o‘tirgani uchun Guluzor begim lutf ko‘rgazib ikki marta «marhamat qiling», dedi. Taomlanib bo‘lganlar birin-sirin yon xonaga chiqa boshladilar. Manzura qarasaki, o‘g‘illari bilan yolg‘iz qoladigan. Shu bois o‘zi uchun fotiha o‘qib, o‘rnidan turdi-da, Abdulhamiddan astagina:
— Uyga telpon qilsa bo‘ladimi bu yerdan? — deb so‘radi.
— Hozirmi? — dedi Abdulhamid.
— Ha. Nimagadir ko‘nglim g‘ash, bolam.
— Uzoq yo‘l yurib keldingiz. Charchagansiz. Mehmonlar hademay ketishadi Xotirjam dam olasiz. Men hozir telefonga buyurtma berib qo‘yaman. Xavotirlanmang.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:23:08
Abdulhamid aytganiday mehmonlar tez ketishmadi. Erkaklar hovlini aylanish bahonasida chiqdilar. Shundan so‘ng ayollar gurungi boshlanib, faqat ayollarga xos masalalar muhokama qilindi. Bu izdihomning avvalgisidan farqi shunda ediki, bunda «tomonlar bir-birlarini to‘la anglagan holda, do‘stona suhbat qurdilar».
Mehmonlar ketishgach, sohib bayt ham shaharda yumushlari mavjudligini bahona qilib qaytdilar. Villa Manzura bilan o‘g‘illari ixtiyoriga topshirildi. Manzura o‘g‘illarini tergash imkoniga ega bo‘lib, bu imkoniyatdan endi foydalanaman, deganida telefon jiringladi. Ayni shu onda Zaynabning uyida ham telefon jiringladi...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:23:41
III  b o b

1

...Bir dengizchidan «Ahvol qanaqa?» deb so‘rashsa, «Kayfiyatlar a’lo, cho‘kyapmiz», degan ekan...
Hamdam Tolipovning alam bilan aytgan bu gapi Zohidning yarador qalbini tirnab, azob berdi. Hamdam shu gapni aytmasa ham Zohid botqoqqa botayotganini sezib turardi. Dengizchi kayfiyatining a’lo bo‘lishiga asos bor — har qalay, toza suv bag‘ridan makon topadi. Ular-chi? Qo‘lansa botqoqdanmi? Nahot botqoqdan qutulishning iloji bo‘lmasa? Zohid shu botqoqda chirimoq uchun ilmdan voz kechib shu yo‘lga kirganmidi? Cho‘kayotgan odam «tirik qolarmikinman» degan umidda xasga ham tirmasharkan. Zohidning ko‘ziga ba’zan o‘sha xas ham ko‘rinmay ketadi. Ana shunday holda u dono bir maslahatchiga muhtojlik sezadi. Unga kim dono maslahat bera oladi? Otasimi, onasimi? Dardini ularga aytsa, javoblari tayin: «Qo‘y o‘g‘lim, shu ishingni yig‘ishtira qol, bu sohada kim baraka topibdiki, sen topsang...» Ularning eng dono maslahatlari shu. Yo ilmdagi ustozi Habib Sattorovich to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadimi? Uning aytadigan gapi: «Sen ilmga xiyonat qilding, endi xiyonatchi sifatida jazo topyapsan...» Balki Hamdam Tolipov qalb yarasiga malham qo‘yar? Uning maslahati ham aniq: «Shartta ushlash, shartta qamash, shartta otish kerak! Dasturxonchi xotinga o‘xshab hammaning ko‘ngliga qarab ish tutilsa, hech nimaga erishib bo‘lmaydi...» Hamdam shunga o‘xshash maslahatini beradi-yu unga amal qilinmasa, bir-ikki so‘kib, qo‘l siltab qo‘ya qoladi. Bu sohada Zohidga jo‘yali maslahat bera oladigan odam — mayor Soliev.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:24:15
Zohid Hamdamdan ilmoqli gap eshitib, qalb yarasi tatalangach, o‘zining yog‘iga o‘zi qovrilib yurdi. Xayolning ming bir ko‘chasiga tentirab kirib, dovdirab chiqdi. Oxiri mayor Solievni topib, dardini aytdi. Bu sohada turli nayranglarga duch kelaverib pishib ketgan mayor shogirdining gaplarini diqqat bilan eshitib, sukutga toldi.
Zohid «bu sukut fikrlarimning tasdig‘i alomati» degan xayolga borib, tasdiqni til bilan ifoda etilishini, ya’ni «To‘g‘ri, ularga ishonma, barchasi nayrangboz, tovlamachi», deyilishini kutib, yonmoqqa, yonmoq nima ekan, portlamoqqa tayyor edi. Picha fursat o‘tgach, yonmasligi ham, portlamasligi ham ayon bo‘ldi — mayor u kutmagan gapni aytdi:
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:25:17
— Xulosa chiqarishga shoshilma, — dedi u vazmin ohangda. — Balki yuqoridagilar bir narsani o‘ylashgandir. Sen bilan biz bir qo‘rg‘onga duch kelganmiz, uni egallashga qurbimiz yetmaydi. Alam qiladigan yeri shuki, bu qo‘rg‘onni ko‘z oldimizda tiklashdi. Ayrim birodarlarimiz ularga dastyorlik qilib, «Mana bu yerini mustahkamroq qiling», deb maslahat berishgani uchun ham bizning bu qo‘rg‘onga hujumimiz betonga kesak otgan bilan barobar bo‘ladi. Bu qo‘rg‘onni olish uchun mo‘ljalga aniq uruvchi zambaraklar kerak. Bizga o‘xshagan piyodalar ishni buzishi mumkin. Balki qo‘rg‘onlarining mutlaq bexavotir ekaniga to‘la ishonishlari uchun ularga sharoit yaratib berishmoqchidir. Agar ularda shunday ishonch qat’iylashsa, ziyrakliklari susayar, qo‘rg‘onni bir hamla bilan olish imkoni yaralar?..
— O‘h-ho‘... — dedi Zohid, hafsalasi pir bo‘lib. — Gapga ham to‘n kiydirvordingiz. Siz aytganday arqon uzun tashlansa, ular qo‘rg‘onlarini shunday mustahkamlab oladilarki, keyin o‘nta atom bomba tashlab ham tinchita olmaysiz.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:27:31
— Atom bomba ta’sir qilmasa, vodorod bomba bor, neytron bomba bor, — dedi mayor Soliev hazil ohangida. Mayor kamdan-kam hollarda hazillashardi. Hozir shogirdini tutab turganini ko‘rib, atayin gap maromini hazil ohangiga burgan, shu orqali tarang tortilgan asab torlarini sal yumshatmoqchi edi. Lekin uning bu makri ish bermadi.
— Maqsud aka, aytayotgan gaplaringizga o‘zingiz ham ishonmayapsiz. Mening o‘rnimda bo‘lganingizda nima qilardingiz?
— He, jo‘jaxo‘roz, — dedi Soliev, endi erkalash ohangida, — sening holingga men ko‘p martabalab tushganman.
— Har safar shunaqa chekinganmisiz?
— Chekinmaganman, sabr qilganman. Chekinish boshqa, sabr boshqa. «Sabrliga tog‘lar egar boshini», degan maqolni eshitmaganmisan?
Zohid mayorni tushunmadi. Hamisha adolat uchun kurashib kelgan odamning bu gaplari sabr emas, chekinishdan dalolat edi. Odam suyanib, panoh topishni mo‘ljal qilgan qoya tosh emas, nurab, yiqilay deb turgan paxsa devor ekani ma’lum bo‘lgach, qanday holga tushadi, tasavvur qilib ko‘ring-a?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:28:55
? Zohid shu holga tushib, yanglishgan edi. Chunki Soliev vazirlikka chaqirilganini, Asadbekka aloqador ishlarga aralashmay turish haqida topshiriq olganini unga aytmadi. Soliev dastlab sukut saqlaganida shu topshiriqni o‘ylagan edi. Ikki yuqori idoradan bir xilda topshiriq bo‘ldimi, bu demak, masala Asadbeklar foydasiga hal etilish jarayonida emas. Yuqoridagilar qandaydir rejani pishitishgan. Ishga halal bermaslikni so‘rashdimi, demak, bajarish shart! Solievga ham «Vaqti kelganda bu ishga sizni jalb etamiz», deyishdi. Demak, sabrdan o‘zga yo‘l yo‘q. Agar Zohidga o‘xshab «beton devorga kesak otaveraman», desa, iste’foga chiqishni taklif etishlari turgan gap.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:29:36
Soliev shogirdiga yana nasihatlar qilib, uning popugini bir oz pasaytirmoqchi bo‘ldi. Lekin qalb yarasiga malham qo‘ya olmadi. Malhamni ikki kundan keyin yana o‘sha hamkasb yigit — Said Qodirov qo‘ydi.
Zohid oxirgi uchrashuvdan so‘ng endi uni anchagacha ko‘rmasam kerak, deb o‘ylagan edi, barvaqt yo‘qlanishi uning uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Shu sababli ajablanganicha uning huzuriga yo‘l oldi.
Said Qodirov uni xush kayfiyat bilan qarshiladi.
— Ishlar qalay? — deb so‘radi u, Zohidni o‘tirishga taklif etgach.
— Ishlar yomon emas, — dedi Zohid, so‘ng Hamdamning kesatiq gapini qistirib qo‘ydi: — Cho‘kyapmiz!
— Cho‘kyapmiz, deng? Qiziq masala... Kimdir cho‘ksa suv aybdormi yo suzishni bilmagan odamning o‘zimi?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:29:49
— Botqoqqa cho‘kish uchun suzishni bilishning hech bir ahamiyati yo‘q.
— Botqoqqa deng?.. Eski plastinkani aylantirishni yaxshi ko‘rar ekansiz. Bitta ashulani eshitaverish joningizga tegmaydimi?
— Agar haqiqat ashulasi bo‘lsa...
Said Qodirov uning gapini betakalluf tarzda uzdi:
— Sunnatullaev ishini yoping, deb buyruq berishdimi?
Zohid fikri bo‘linganidan g‘ashlansa-da, sir boy bermay javob qaytardi:
— Buyruq emas, maslahat berishdi.
— Siz-chi?
— Men o‘ylab ko‘raman, dedim.
— Keskin tarzda rad javobi berib, so‘ng bizga raport yozishingiz kerak edi.
— Sabab?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:30:00
Said Qodirov javob o‘rniga savol nazari bilan tikildi. Zohid bu qarashdan «Shunga ham fahming yetmadimi?» degan savolni uqdi. «Men raport yozaman, bular esa rad etishadi. So‘ngra Sunnatullaev ishi batamom to‘xtatiladi. Ishning yopilishidan bularning ham manfaatdor ekanliklari ayon bo‘ladi. Kimga ayon bo‘ladi? Asadbekkami? Shaxmat o‘yinidagi piyodaning arzimas, hech narsani hal qilmaydigan yurishi-ku, bu? Shunaqa past yurishlar bilan o‘yinni yutishmoqchimi?»
— Xo‘p, yaxshi, — dedi Said Qodirov qat’iyroq ohangda. — Ular sizga yana aytishadi. Ungacha mana bu bilan tanishib chiqing. — U shunday deb qog‘ozlar bog‘lamini uzatdi. Zohid birinchi sahifaga ko‘z yugurtirdi: Jamshid Sunnatullaevning jinoiy ishi. Zohid bu «Ish» bilan yuzaki tanish, jiddiyroq shug‘ullanishga hali fursati yetmagan edi. Bu «Ish»ning Said Qodirov qo‘liga tushib qolganidan ajablanib, unga qaradi:
— Bir qiziqib ko‘ring, foydasi tegib qoladi. Uning o‘lganiga ishonmayapsiz-ku, demak, yana uchrashib qolishingiz mumkin. Qog‘ozlarni menga erta-indin qaytarasiz.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:30:13
— Hoziroq qaytarishim mumkin. «Ish» bilan tanishib, kerakli joylarini yozib olganman.
— Yozib olgan bo‘lsangiz ham yana bir marta o‘qib chiqsangiz zarar bo‘lmas, — Said Qodirov shunday dedi-da, stoli tortmasidan qahva chiqarib ikki piyolaga bir qoshiqdan qahva kukuni soldi. So‘ngra qaynatgichni choynak og‘zidan oldi.
— Qand solasizmi? — U savoliga javob kutmay piyolalarga bir chaqmoqdan qand solib, ustiga qaynoq suv quydi. — Menga ustozim «Cho‘kmaslik yo‘lini izlasang, qahva ich, qahva aqlni peshlaydi», degan.
Said Qodirovning yengil hazilini javobsiz qoldirmaslik uchun Zohid qahvadan bir ho‘plab, dedi:
— Ustozingiz bir narsaning hisob-kitobini qilmabdilar. Bu hayot dengizida cho‘kayotganlar ko‘p. Hammaga qahva yetkazib bo‘larmikin?
Said Qodirov jilmayib qo‘yib:
— Mabodo sizning muchalingiz chumak ari emasmi? — dedi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:30:45
Qahva ichilayotgan damda ular orasidagi rasmiyatchilik devori chekinganday bo‘ldi. Zohid bu odamni dastlab ko‘rganida g‘ashlangan edi. Hozir Qodirovning gap ohangidagi samimiylikmi yo chindan qahva ta’sir etdimi, bosib turgan o‘sha g‘ashlik tutuni ko‘tarila boshladi.
— Zohid, siz hech ilm bilan shug‘ullanishga harakat qilganmisiz?
Suhbat mavzuining to‘satdan bu mavzuga ko‘chishi Zohidni ajablantirdi. «O‘tmishimni bilib so‘rayaptimi yo boshqa bir narsani aytish niyati bormi?» deb o‘ylab, mujmalroq javob qaytardi:
— Sal-pal... harakat bo‘lgan.
— Bizning ishimizda o‘sha «sal-pal»i chatoq. Ilmga «sal-pal» qiziqqanimiz uchun ham cho‘kamiz. Mana, bizning ishimiz nima o‘zi? Jinoyatni ochish, jinoyatchini fosh qilish... hokazo, hokazo... Men esam «bizning ishimiz ilmning aynan o‘zi!» deyman. Bu ishga ilm nuqtai nazaridan qaramaganimiz uchun ham cho‘kamiz.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:30:55
Siz ranjimang, kinoya qilayotganim yo‘q. Cho‘kayotganimiz aniq. Men sizga bekor qiziqib qolmadim. Sizda ilmiy tahlilga intilishni ko‘rdim. Mana, kechagi xabar: Rusiyada bir manyakni ushlashibdi. O‘n yettita xotinni zo‘rlab, o‘ldirgan. Bu xabar yuzaki qaraganda men uchun ahamiyatli emas. Lekin ikki yil ichida o‘n yetti xotinning qotili izlangan. Uchtasi hatto «topilgan». Ahmoqlikni qarangki, bitta xotinning erini qotil deb gumon qilib, otishga hukm qilishgan, bolalarini yetimxonaga joylashgan. Agar u ahmoqlar ilmga asoslanib ish yuritishganda shunday bo‘larmidi?
— Bizda ahmoqlar yo‘q deysizmi?
— Ha, qoyilman. Hamma gap shunda. Shuning uchun Sunnatullaevning eski «Ish»ini bir ko‘ring dedim. Mening fikrimcha, har bir jinoiy ishning ochilishi — ilmiy ish. Menga qolsa, Sunnatullaevning ishini ochsangiz, shartta «huquqshunoslik fanlari nomzodi» yoki «do‘kto‘ri» unvonini berib yuborardim.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:31:04
— Rahmat, xuddi unvonni olganday bo‘ldim, — dedi Zohid kulimsirab.
— Endi ishimizga taalluqli bir savol: Asadbekka o‘xshaganlar, jinoiy guruhlar nima uchun taltayib ketishdi? Ular oldin pastki qobiqda pisib yurishardi. It qutursa egasini qopadi, deyisharmidi? Ularni nima quturtirdi?
— Buning sabablari ko‘p. Jamiyatning tomir urishiga qarab, sabablarni axtarish kerak.
— Siz bir axtaring. Ungacha mening javobimni eshitib ko‘ring. Jamiyatning kasalini eslaganingiz yaxshi. Asadbeklar paytdan foydalanishdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:31:13
Oshqovoq Gdlyan tepa tomonni sur-sur qilayotganida bular bilan hech kimning ishi bo‘lmay qoldimi? Kadrlar masalasi ko‘tarildimi? Ko‘p joylar bo‘shadimi? Bular o‘sha joylarga o‘zlariga sodiq odamlarini tiqishtira boshlashdimi? O‘rtada pul degan nozanin o‘ynadimi? Bu nozanin bir karashmasi bilan necha jonlarni behalavot qilarkin? Bular hali ham o‘sha-o‘sha zamon deb o‘ylashyapti. Hali ham aytganlarini qonun deb ishonishadi. Bir jihatdan shunday deb o‘ylashlari ham durust. Ilm deganim — rentgenday gap. Biz ularning o‘pka-jigarlarigacha ko‘rib turishimiz shart. Bo‘lmasa kasalning ildizini topa olmaymiz... Ustozim to‘g‘ri aytgan ekanlarmi, qahva aqlni peshlarkanmi? Yana bittadan ichamizmi?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:31:24
Zohid piyolani chetga surib, iltifoti uchun Said Qodirovga rahmat aytdi-da, ketishga ijozat so‘radi. U ostona hatlab xonaga kirishida ezgin kayfiyatda edi, chiqishda boshqa holda bo‘ldi. «Gapi boshqa, ishi boshqalarga o‘xshamaydi», deb o‘ziga-o‘zi taskin berdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:31:56
2

Jamshid Sunnatullaevning avvalgi jinoiy ishini o‘rganishni Zohid e’tiborga molik masala deb hisoblagan bo‘lsa-da, bu vazifani bajarishni keyinroqqa qo‘ygan edi. Said Qodirovning huzuridan chiqqach, Jamshid o‘smirlik chog‘ida ishlagan idoraga qarab yurdi. U «Ish» bilan dastlab tanishgan chog‘ida pala-partishlikni, da’vogar qizning tergovdagi gaplari bilan sudda aytganlari orasida mantiqiy bog‘lanish buzilganini aniqlagan bo‘lsa-da, hali unda «Sunnatullaev tuhmat bilan qamalgan ekan-da?» degan fikr uyg‘onmagan edi. Hozir borishidan maqsadi ham tuhmatni fosh etish emas, balki Sunnatullaevning «Ish»iga aniqlik kiritish, Asadbekning to‘dasiga qanday kirib qolganini bilishga intilish edi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:32:26
U Jalol Komilovning shaxsini oz bo‘lsa-da, aniqlashtirdi. Jinoyatchilar ko‘chasiga qanday kirganini taxmin qila oldi. Eng muhimi — osilgan odamning Jalol Komilov ekani aniq. Hamdam hatto uning laqabini ham aniqlashtirib berdi — Shilimshiq. Zohid buni eshitishi bilan «Shilimshiq bo‘lsa, o‘ladigan odam ekan-da», deb ham qo‘ydi.
Jamshidning «Ish»i hiyla murakkab, chunki «o‘ldi» degan fikr bilan ko‘milsa-da, aslida tirik bo‘lishi haqiqatga yaqinroq. Komilov bilan Sunnatullaevning bir jihati o‘xshash — ikkoviga ham aza ochilmadi. «Voy, jigare-em!» deydigan odam topilmadi. Axir qarindosh-urug‘lari bor-ku, ular nima uchun jim? Ular yigitlarning nima ish bilan shug‘ullanishganini bilishganmi, bilganlari uchun «O‘lgani yaxshi bo‘libdi», deb qo‘ya qolishganmi? Yo qo‘rqishganmi? Kimdan qo‘rqishadi?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:32:39
Kuzning bir oz izg‘irinli, ammo yoqimli shabadasi esib turgan xiyobondan yurib borayotgan Zohid bu haqda avval ham o‘ylagan, avval ham «Kimdan qo‘rqishadi?» degan savol devoriga boshini urib, to‘xtagan edi. U bir narsani idrok qila olmayotgan edi: Komilov ham, Sunnatullaev ham Asadbekning odamlari. Bir xilda o‘ldirildi. Bunday holda Asadbek indamay ketaveradigan latta odammi? «O‘zi o‘ldirtirgan bo‘lsa-chi?» degan taxmin o‘rinsiz. Agar o‘zi o‘limga hukm qilsa, bunday namoyishkorona osib qo‘ymas edi. «Balki boshqalarga o‘rnak bo‘lsin», degandir?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:33:16
Baribir bunday yo‘l tutishi aqldan emas. Zohidni ko‘proq qiynagan savol begona odamning murdasini «Jamshid Sunnatullaev» deb ko‘mishlari. Bu o‘zlarining nayranglarimi yo go‘lliklarimi? «Siz ko‘mgan odam Sunnatullaev emas», desak qidirishadimi? Yo uni o‘zlari yashirishdimi?..
Savollar Zohidning nazarida qavat-qavat qo‘yilgan beton devorga o‘xshardi. Bu devorni yiqish uchun Said Qodirov aytganday «Ilm» deb atalguvchi portlatgich zarur.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:33:27
Zohid xiyobondan o‘tgach, avtobusga chiqdi. Yarim soat deganda Jamshid ishlagan idoraga yetib bordi. Keng dahlizning boshlanishiga qo‘yilgan eski yozuv stoli yonida yoshlari oltmishlardan oshgan ikki kishi choyxo‘rlik qilib o‘tirishardi. Idoraga kirib kelgan begona odamni ko‘rib ikkovlari uni savol nazari bilan qarshiladilar. Zohid odob bilan salom berib ko‘rishgach, ulardan biri choy quyib uzatdi-da:
— Keling, inim, birovni izlayotganga o‘xshaysiz? — dedi.
— Qaerdan bildingiz? — dedi Zohid choy ho‘plab.
— Bilamiz-da, shu yerda o‘tirib rizqimizni terib yeganimizdan keyin kim keldi, kim ketdi, kimning dardi nima — sezib turamiz-da.
— Bu yerda anchadan beri ishlaydiganga o‘xshaysiz, a?
— Oltinchi yil ketyapti. Mamasodiqning bir og‘iz gapi bilan issiq joyimni tashlab kelganman.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:33:37
Buning o‘zi yigirma yildan beri shu yerda. Galma-gal turamiz. Hozir ismen almashadigan paytga keldingiz. Ismen bahona ikkita chol valaqlashib olamiz-da.
Zohid choyni ichib bo‘lib piyola uzatgach, maqsadini aytdi:
— Mamasodiq aka, bundan o‘n ikki o‘n uch yil oldin shu idorada Jamshid degan yigitcha ishlagan ekan, eslaysizmi, bir qizni zo‘rlayman, deb qamalib ketgan ekan?
— Jamshidmi? Sunnatvoyning o‘g‘lini aytyapsiz-da, a?
— Ha. Bir qizni...
— Bo‘lmagan gap! Boyaqish mo‘min-qobil bola edi. Otasi ham tilla odam. Hozir yotib qolgan...
— Yosh bola narsaga shayton vasvasa qilgan bo‘lsa, ko‘zi qonga to‘lgan payt sho‘xlik qilgandir, — dedi Mamasodiqning sherigi.
— E, yo‘q, qo‘ysangiz-chi bu gaplarni, — dedi Mamasodiq bosh chayqab. — Siz uni ko‘rmagansiz, bilmaysiz. Shaytonga bo‘yin egadigan bolamas edi. Bu yerda bir tuhmat bo‘ldi chog‘i.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:33:47
— Yosh o‘smirda kimning xusumati bo‘lishi mumkin? Yo otasining dushmanlari bormidi?
— Bunisini bilmayman, uka, siz nima uchun surishtirib qoldingiz?
— Men prokuraturadanman, — Zohid shunday deb hujjatini ko‘rsatdi. — Siz aytganday tuhmat bo‘lishi mumkin. Tuhmatligi aniqlansa, u oqlanadi.
— Ie, haliyam qamoqdami u? — deb ajablandi Mamasodiqning sherigi.
— E, yo‘q, — dedi Mamasodiq, — ikki yilmi uch yilmi o‘tirib chiqdi. Endi oqlashlaringning nima foydasi bor? Onasi bu sharmandalikni ko‘tarolmay o‘lib ketdi. Otasi ishdan bo‘shadi. Issiq joyini sovutdi. Oqibat na o‘likmas, na tirikmas — yotibdi.
— Shunday deysiz-ku... oqlansa... har holda yelkasidagi sharmandalik yuki olib tashlanadi-ku?
— Baribir foydasi yo‘q. Uni oqlab, tuhmat qilganlarni qamash qo‘lingizdan keladimi? Kelmaydi-da. Shuning uchun foydasi yo‘q, dedim.
— Siz tuhmat deyapsiz. O‘sha paytda nima uchun aytmagansiz?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:33:55
— Biz kimmiz, bizning gapimizni birov sariq chaqaga olarmidi? Qorovulning gapini eshitadigan quloq bormi o‘zi? O‘shanda birdan mish-mish tarqaldi. Tergovchi keldi, opa bilan gaplashdi. Opa kimni chaqirsa, o‘sha guvohlik beribdi. O‘sha kuni men ismenda edim, birov bir nima deb so‘ramadi. «Sendan so‘rashni istashmayotibdimi, sen bir faqir odam, lozim bo‘lmagan ishga burningni tiqma», deb jim qolaverdim-da.
— Siz Jamshidning zo‘rlashi mumkinligiga nima uchun ishonmayapsiz?
— E, inim, zo‘rlaydigan bolaning ko‘zi o‘ynab turadi. «G‘unajin ko‘zini suzmasa, buqacha arqonini uzmaydi», degan maqolni eshitganmisiz? Jamshidniki emas, o‘sha... hajiqizning ko‘zi o‘ynab turardi. G‘arko‘z edi u. Hozir ham o‘ynab turadi. Uning o‘zi Jamshidga osilib, labini cho‘zib yurardi. Imoratni ko‘rib turibsiz. Shu uchinchi qavatdan o‘zini tashlagan odam tirik qoladimi? Xo‘p, adolat qilmoqchi ekansiz, yuring, ko‘rsatay.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:34:05
Mamasodiq shunday deb o‘rnidan turdi-da, hovli tomon yurdi.
— Ana, osma tik tarnovni ko‘ryapsizmi, deraza yonidan o‘tgan. O‘shanga osilib, manavi tomga tushgan, undan yerga sakrab, dod-voy qilgan. Derazadan tashlagan odam hech bo‘lmasa manavi tomga tushadi, hech bo‘lmasa tunukani pachoq qiladimi?.. Gap shu ukam, adolat qilaman, desangiz, o‘sha hajiqizning bo‘yniga qo‘yib, qamang.
— U hozir qaerda, bilmaysizmi?
— Qaerda bo‘lardi, go‘rga ketadimi, shu yerda. Opaning muovini hozir. Nomi muovini, aslida opa hamma ishni shuning qo‘liga topshirib qo‘ygan. Bu shaytonning urg‘ochisidan hamma bezor.
— Gapingizga qaraganda uni yomon ko‘radiganga o‘xshaysiz.
— Men yomon ko‘rdim nima-yu yaxshi ko‘rdim nima, foyda-zarari yo‘q hech kimga. Men bir qorovul odam bo‘lsam, kelayotganida o‘rnimdan turib salomimni beraman, hushiga kelsa alik oladi, kelmasa yo‘q, alik olmasang onangnikiga, deb qolaveraman.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:34:15
Idora xodimlariga achinaman-da. Ba’zan duch kelganni itday qopadi. Yo qudratingdan, bu yalmog‘iz doim chap yoni bilan turadimi, deyman. Huzuriga kirmoqchi bo‘lganlar zirillab turishadi. «Hajiqizning kayfiyati qalay, kirsak bo‘larmikin?» deyishadi.
Zohid tajangroq ko‘ringan Mamasodiqning bu gaplarini eshitib kulimsiradi:
— Unda men ham so‘ray: kayfiyati qalay, hozir kirsam bo‘larmikin?
— Bugun qopadigan kuni. Qo‘rqmasangiz, kiravering.
— Qopsa qopar, do‘xtirga borib qirqta ukol olsam, tuzalib ketarman, quturmasman.
Zohidning hazili Mamasodiqqa ma’qul kelib, jilmaydi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:34:44
IV   b o b
[/b]

1
[/b]

O‘zining o‘rmoniga sig‘magan bir sher boshqa bir o‘rmonga borib qarasaki, o‘zidan zo‘rrog‘i yo‘q. Shunda u behad quvonib «Men shu o‘rmonning shoh-arsloniman! Hamma qarshimda tiz cho‘ksin!» deb na’ra tortibdi. Bu nodon o‘ylamabdiki, bu o‘rmonning o‘z xo‘jasi — arsloni bordir, u pinakka ketgandir, hademay uyg‘onar, uyg‘onsa ish rasvo bo‘lar...
O‘z ko‘nglicha shaharga yakka hokim bo‘lib olgan Hosilboyvachcha ana shu nodon sher toifasidan edi. Yengil-elpi g‘alabalar bilan shu martabaga yetgan u aqli qosir mutlaq hokimlikka erishmoq uchun bittagina asosiy g‘alaba yetarli deb o‘yladi. Agar u qimorboz bo‘lsa edi, oshig‘i hamisha olchi turishi mumkin emasligini bilardi. U oshiq tepishni yaxshi o‘rganmay turib bor mulkni, hattoki jonni tikdi. Tikdi-yu, Asadbekning oshig‘i olchi turib, u yutqizdi. Agar Hosilboyvachcha din ahlidan, yoinki ularga yaqinlardan bo‘lsa edi, «Iza tavotiru aala ahadikum an nia’mu fal-yabki aala nafsihi fa qod salika g‘ayra tariyqus-solihin»* hikmatining ma’nisini chaqarmidi. Afsuski, u o‘z holiga yig‘lay olmay ketdi.
______________
*M a ‘ n o s i   b u d i r: «Agar birortangizga ne’matlar ketma-ket kelaversa, bas, ul kishi o‘z holig‘a yig‘lasin. Chunki u yaxshi odamlar yo‘lidan yurmayotgan ekan».
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:35:02
Har bir qush qaerga, qanday in qurishni biladi. Buni bilibdimi, demak, yashashdan maqsadi ne ekanini ham anglaydi. Jonzotlar orasida eng onglisi hisoblanuvchi inson vakili bo‘lmish Hosilboyvachcha qush bilgan narsaga fahmi yetmadi. Chumchuq hech qachon burgut uyasini orzu qilmaydi. U esa orzu qildi... Chumchuq bilan burgutning qanoti ham, changali ham har xil bo‘lishini bilmadi...
Asadbek esa bu o‘yinda yutishiga ishonardi. Inson qalbi haqiqatdan, adolat va muruvvatdan o‘z xohishi bilan emas, o‘zi bilgan va bilmagan kuch orqali zo‘rlik bilan uzoqlashadi. Asadbek uni o‘ldirishni istamagan edi. U Hosilboyvachchaning ko‘p qiliqlarini kechirib kelardi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:35:12
Ayrim izdihomlarda «Shu bola oxiri to‘qmoq yeydi», deb qo‘yardi, lekin «shu to‘qmoq bilan o‘zim ursam kerak», deb o‘ylamasdi. «Yovni ayagan yara yer, kaltagini sara yer», deb bejiz aytishmagan. Asadbek bu maqolni bilmas edi, ammo u «Senga zulm qilsalar, sen o‘n karra zulm bilan javob qaytar», degan o‘z aqidasiga sodiq holda yashardi. Hosilboyvachchaning zarbidan so‘ng quyosh yuzi to‘silib, sovuq bosh ko‘targani kabi, Asadbekda zulm uyg‘ondi. Afsus shuki, kechroq uyg‘ondi. Asadbek Hosilboyvachchaning zarbaga shaylanayotganini sezgan edi. Qilich Sulaymonovning «Shu ish bahona bo‘lib Asadbekni yo‘qotish kerak. Bu shaharga xo‘jayinlik qilish faqat sizga yarashadi», degan gaplarini yozib olib taqdim etishi yoki Elchinni to‘yda haqoratlashga jur’at etishining o‘ziyoq ogohlantiruvchi zarbalardan edi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:35:30
Asadbek «Hosilboyvachcha kuchliroq zarba berishga qodir emas», deb yanglishdi.
Asadbekning keyingi kunlardagi ahvolini ko‘rgan Chuvrindi «kasallik xuruj qilyapti», deb xavotirlandi. Asadbek esa kasalini qariyb unutgan, butun fikri-zikri Hosilboyvachchada edi. U ko‘zlarini yumdi deguncha qizi sharmandali holda gavdalanar, bu manzara temir tirnoqlar bilan ruhini ezardi. Uning ingrashlari tan azobidan emas, ruh qiynog‘idan edi.
O‘sha kuni qizi titroq ovozda, «Ada, siz hech kimni o‘ldirmaysiz, ularni o‘zim o‘ldiraman», deganida zimiston ko‘ngliga bir yorug‘lik mo‘raladi. Ehtimol, qaysi bir ota shunday fojiaga ro‘para bo‘lsa-yu, qizi qasos istagida shunday desa, balki «Mayli, qizim, o‘ch ol!» der. Lekin gap shundaki, u «qaysi bir ota» emas. U — ASADBEK!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:35:43
U erkak bilan ayolning vazifalarini ajrata oladi. O‘lar holida ham bu ishni qiziga qoldirmaydi. Agar o‘g‘illari shu yerda bo‘lishganida, shubhasiz, ular singillarining toptalgan nomusi haqqi qasos olishga otlanishardi. Ammo o‘shanda ham Asadbek ularning yo‘lini to‘sgan bo‘lardi. Chunki farzandlarini yovuz shamoldan asray olmagan ota kabi u o‘zidan-o‘zi nafratlanardi. Eng muhimi — Zaynab nomusi bir vosita, shu orqali o‘zining nomusi bulg‘anganini yaxshi idrok etadi. Agar o‘z nomusi uchun qasos olishga qurbi yetmasa, erkakman, deyishni xayf sanaydi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:40:41
U mag‘rur yashadi. O‘layotganida ham mag‘rur tarzda o‘lishni istadi. «Qasossiz ketsam, yotqizib ko‘ma olmaysan, go‘rimda tik turaman» degani shunchaki oddiy gap emas, qalb nidosi edi.
U ota hovlisiga qadam bosganida holsiz edi. Chuvrindi buni kasallik hukmi deb o‘yladi. Reja amalga oshgach, Asadbek uydan bitta-bitta bosib chiqib keldi. U endi bir necha soat ilgarigi holsiz odam emas, qaddini mag‘rur tutuvchi Asadbek edi.

Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:41:02
2
[/b]

Biri kam dunyo, deb shunga aytadilar.
Mo‘ljaldagi ishni o‘ylab-o‘ylab obdon pishitasan. Nimadan boshlab, nimadan tugatishgacha belgilab olasan. To‘siq bo‘luvchi yo xalal beruvchi, yoyinki o‘ylaganingni chippakka chiqarib yuborishi mumkin bo‘lgan yuz (balki ming) tasodiflarni hisobga olasan. Yo‘lingda o‘sha hisobga olganing yuz (balki ming) tasodif emas, yetti uxlab tushingga kirmagan yuz (balki ming) birinchi tasodif qad rostlaydi. Bu tasodif to‘sig‘ini yanchib yo aylanib, yoyinki oshib o‘tishni bilmay garang bo‘lib turganingda mo‘ljalingdagi ishingdan latta hidi kelib qoladi.
Qaddini mag‘rur tutib, o‘ljalari yoniga yaqinlashayotgan Asadbekni o‘sha yuz (balki ming) birinchi tasodif kutardi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:41:52
Uning rejasi oddiy: bir o‘q bilan ikki quyonni urmoq edi. Asadbek Hosilboyvachchaning G‘ilaysiz kelmasligini bilardi. O‘q ovozini eshitgan G‘ilayning hovliga otilib kirishini ham hisobga olgan, shu sababli ham Chuvrindiga izma-iz kelishni tayinlagan edi. G‘ilayning pistirmada turganiga amin bo‘lgani uchun ham to‘pponchani Elchinga berdi. Elchin dovdirab, nima bo‘layotganini anglab yetgunicha G‘ilay uni daf qilishi, so‘ng o‘zi ham shu yerga behush cho‘zilishi lozim edi. Dastlabki reja bo‘yicha Shomil ham jon berishi kerak edi. Asadbek arqonni uzun tashlab, bu ishga Xongireyning ham aralashishi mumkinligini hisobga olib, unga omonlik berishni lozim topdi. Vazifa bir oz yengillashdi, ayni choqda chigallashdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:42:13
O‘ljasiga yaqinlashayotgan Asadbek o‘z xayolicha qurgan qasos imoratining bir tomoni o‘pirilayotganidan bexabar edi. U «ikki mal’unning oqqan qonini ko‘rib, ko‘nglim taskin topar, qalbni burab azob berayotgan ombur kuchdan qolar», deb o‘ylab adashgan edi.
O‘qlar zarbidan chalqanchasiga yiqilgan Hosilboyvachcha bulutli osmonga tikilib, najot kutayotganday edi. U tirikligida ham ko‘zlarini chaqchaytirguvchi edi. Asadbek shu chaqchaygan ko‘zlarni dastlab ko‘rganidayoq yoqtirmay, to‘daga qo‘shmagandi. Hozir ham unga qarab battar g‘ashlandi. Elchinning qo‘lidan to‘pponchani olib ikki o‘q bilan bu chaqchaygan ko‘zlarni yo‘q qilmoqchi bo‘ldi. Engashib, kuyovi changalidan to‘pponchani olmoqchi bo‘lganida Elchin ingradi. Bu ovozni eshitib, Chuvrindiga «O‘lmabdi-ku?» degan savol nazari bilan qaradi. G‘ilayning qo‘lidan to‘pponchani olishga ulgurgan Chuvrindi «otaymi?» deganday shaylandi. Uchinchi o‘q otilmay turib G‘ilayga zarba bergani uchun u o‘zini aybdor his qilib, xatosini to‘g‘rilamoqchi bo‘ldi. Ana shunda Asadbek bir qalqib ketdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:42:23
Kuyovini o‘limga hukm qilganida diydasi qattiq edi. Uning qat’iy fikricha, Elchinga bundan bo‘lak mukofot bo‘lishi mumkin emas edi. U «Elchinning yuragi ko‘pdan beri bir-ikki o‘qni sog‘inib qolgan», deb o‘ylardi. Aslida Elchinning yuragi Zaynab o‘g‘irlangan kunlariyoq qo‘rg‘oshin o‘qlarni yutib, tepishdan to‘xtashi lozim edi. Zaynabning keyingi taqdiri, sharmandalik chodiriga o‘ralishining sababchisi ham Asadbek nazarida Elchin edi.
Asadbekning qo‘lqop kiyib olganiga Elchin ajablangandi. Holbuki, qo‘l sovqotadigan darajada ayoz tushmagan edi. Elchin to‘pponchada barmoq izlari qolmasligi uchun qo‘lqop kiyilganini, to‘pponchada Hosilboyvachchaning qotili emas, balki o‘zining barmoq izlari qolajagini qaerdan bilsin? Hosilboyvachchaga o‘q uzgan to‘pponcha Elchinda, Shomilniki esa Hosilboyvachcha qo‘lida bo‘lgach, milisa chaqirilishi mo‘ljallangan edi. Ana o‘shanda milisa bir-birini «o‘ldirgan» ikki nodon «Ish»i bilan shug‘ullana boshlardi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:42:41
Rejadagi ish nihoyasiga yetay deganida Elchin ingrab yotibdi, joni qattiq ekan, o‘lmabdi. Bu xatoni tuzatish oson — bir imo qilsa bas, Chuvrindi o‘q uzadi. Lekin... imo qilishga jur’at eta olmadi. Ko‘z oldida parishon Zaynab ko‘rindi. Qulog‘i ostida uning «otmang!» degan hayqirig‘i eshitilganday bo‘ldi. Bir soniyaning o‘zida, Elchining hayoti qilga osilib turgan nafasda Asadbek o‘zi kutmagan holga tushdi. Uning ro‘parasida, parishon Zaynabning yonida Elchinni otilajak o‘qdan himoya qilganday onasi, so‘ng... xastalikdan ozib ketgan kichkina Samandar ko‘rindi. Asadbek bu holatini keyinchalik ham ko‘p o‘yladi. Onasining ko‘ziga ko‘ringanini tushunish mumkin. Onasining ruhi nabirasi Zaynabning taqdirini o‘ylab nabira kuyovning hayotini saqlab qolmoq uchun bezovta bo‘lgandir? Samandar-chi? Go‘dak ukasining ruhi nechun bezovtalandi? Bu savolga Asadbek keyinroq javob topishga harakat qiladi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:42:59
Ayni damda Chuvrindi izn kutib, hojasiga tikiladi. Asadbek esa ko‘ziga ko‘rinayotgan yaqinlari oldida ojiz.
Payg‘ambar afandimiz (sallallohu alayhi vasallam) namoz so‘ngida o‘ng tomonga salom berib, chap tomonga salom berishga ulguramanmi, yo‘qmi, Xudo biladi, degan ekanlar. Kishi olgan nafasini chiqara oladimi yo u nafas bilan joni qo‘shilib chiqadimi — bilmaydi. Bilmagani holda xuddi dunyoda mangu qoladiganday mag‘rur yuradi. Qorni bir kosa ovqatga to‘ygani holda doshqozonda to‘la osh bo‘lmog‘ini istaydi. Shu uchun kurashadi, yon-atrofidagilarni bosib-yanchadi. Suyagini qizg‘anib irillagan itdan kuladi, o‘zi esa faqatgina irillab qo‘ya qolmaydi, g‘anim deb bilgani birodariga tashlanadi, kekirdagidan oladi. Umri davomida bu dunyoning hoyu-havaslari deb necha odamning ruhini majaqlaydi. G‘ofil banda... o‘zicha oltmishmi yo to‘qson yilmi umr ko‘radiganday kerilib yuradi. Holbuki uning umri birgina im qoqish bilan uzilishi mumkin.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:43:16
Mana, hozir Asadbek birgina imlasa tepki bosiladi, o‘q ko‘z ilg‘amas tezlikda olovli iz qoldiradi-yu, Elchinning issiq qalbidan makon topadi. Tamom-vassalom.
Chuvrindi hojasidan izn kutadi. U nodon banda «otarchining hayoti begimning qo‘lida», deb o‘ylaydi. U bilmaydiki, olam tig‘i joyidan qo‘zg‘olgan taqdirda ham Xudo xohlamasa, biron tomirni ham qirqolmas. Bu onda Yaratgan taqdir yozug‘iga xiyonat qilmadi — im qoqilmadi, tepki bosilmadi, o‘q o‘zining sovuq makonida qoldi.
Asadbek bir zumgina ko‘zlarini yumdi-yu, temir tirnoqlar hukmidagi qalb azobidan ingrab yubordi. So‘ng Elchin qo‘lidan to‘pponchani oldi-da qasos o‘tining zabtidanmi yo kuyovini o‘limga hukm etishga jur’ati yetishmagani alamidanmi, ko‘zlarni mo‘ljalga olishni ham unutib, barcha o‘qlarni jonsiz jasadga qadadi. Chuvrindi hojasini shu paytgacha bu ahvolda ko‘rmagan edi. Shu sababli uning vajohatidan bir oz cho‘chidi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:43:25
Asadbek bir necha nafas harakatsiz turgach, burilib, uy tomon yura boshladi. U endi yaqindagina mag‘rur qadamlar bilan uydan chiqqan Asadbek emas, o‘lim to‘shagi sari borayotgan xasta odam ko‘rinishida edi. Uch-to‘rt qadam bosgach, u to‘xtab, o‘girildi:
— Do‘xtirga olib bor.
Shunday deb uyga kirib ketdi.
Chuvrindi reja o‘zgarganini fahmladi. Hojasidan «yana nima qilay?» deb so‘ramadi. Asadbek gapni cho‘zmadimi, demak, bu yog‘i uning fahm-farosatiga bog‘liq. Chuvrindini Yaratgan fahm-farosatdan qismagani esa Asadbekka ma’lum. Agar hozir Kesakpolvon bo‘lganida «G‘ilayni bog‘la, Otarchini do‘xtirga olib bor, «uyida kimdir otib ketibdi», de, qorong‘u tushganida Hosilni ko‘mib kel», deb birma-bir tushuntirgan bo‘lardi.
Chuvrindi tezlik bilan harakat qilib, avval ipak kanop bilan G‘ilayning qo‘l-oyoqlarini bog‘ladi, so‘ng yelimli tasmani og‘ziga yopishtirdi. Shundan keyingina Elchin ustiga engashib, biqin tomoni qonga belanganini ko‘rdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:45:19
Halimjon Chuvrindining topshirig‘i bo‘yicha izma-iz yurib kelib, endi eshikning naryog‘ida amrga mahtal turgan edi. Chuvrindi ichkaridan «mashinani olib kel!» deb baqirgach, katta ko‘cha tomon yugurdi.
Asadbekning «do‘xtirga olib bor», degani «kuyovimning jonini asrab qol», degan ma’noni anglatishini Chuvrindi bilardi. Kasalxonaga olib borsa, bundan milisa ogoh topadi, milisa bildimi, kavla-kavla boshlanadi. Busiz ham Shilimshiq bilan Jamshid(?)ning o‘limi ularning boshlari uzra balo bulutiday soya tashlab turibdi. Qo‘llari uzun bo‘lgani bilan hamma yoqqa yetavermasligini boshqalar bilmasa ham Chuvrindi payqaydi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:45:30
Ayniqsa, Zohid co‘roqqa chaqirganida, uyiga kelganida yuragi noxushlikni sezdi. Endi Elchin otilgani bilan shug‘ullanishsa, latta isi kelishi hech gapmas. Yetti qo‘shnidan hech bo‘lmasa bittasi besh-o‘nta o‘q ovozi eshitganini aytib qo‘yadi. «Xo‘-o‘sh, — deb o‘ylaydi tergovchi (balki o‘sha prokuraturadagi Zohiddir?), — ikkita o‘q Elchinning biqinida, qolganlari qani?».
Chuvrindi mashina kelgunicha bir qarorda to‘xtashi shart edi. Elchinni uyiga olib borib, so‘ng tabibni olib kelish ko‘p vaqt talab qiladi, bu vaqt ichida yarador omonatini topshirib qo‘yishi hech gap emas. Reja o‘zgarganidan keyin esa, uning o‘lishi sira ham  mumkinmas... Chuvrindi avval Elchinni uyiga olib borishga, Zaynabni ogohlantirganidan so‘ng kasalxona sari yurishga ahd qildi. Elchinning uyiga borgach, bu rejasini yana o‘zgartirmoqqa majbur bo‘ldi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:45:42
3

Dorining xumori tutib to‘lg‘onayotgan Zaynabni ko‘rgan Chuvrindi masala yanada murakkablashganini bildi. Hozir Zaynabga gapirish foydasiz edi. Shu sababli Elchinni kasalxonaga tashlab, so‘ng orqaga qaytishga qaror qildi. Shu bugun, ayniqsa, shu damda sodiq yigitlariga ehtiyoj sezdi. Zaynabni yolg‘iz tashlab chiqayotganida Jamshidni qo‘msadi. U bo‘lsa edi, ish bir oz yengillashardi. Zaynabni tabibga olib borishni, eng muhimi — «Elchinni otgan odamni ko‘rgan» bir-ikki guvoh topishni unga bemalol ishonsa bo‘lardi. To‘g‘ri, yigitlar orasida ishonchga sazovorlari ham bor, ammo ularni bunday qaltis ishlarga jalb qilishga ko‘ngli chopmaydi. Yo‘lda ketaturib, Halimjonni yoniga olganidan picha afsuslandi. Garchi Halimjon qaysi bir jihatlari bilan Jamshidni eslatsa-da, beg‘ubor ko‘zlari halolligidan darak bersa-da, ba’zan qarashlarida «mendan ehtiyot bo‘l» degan o‘t chaqnab qoladi. Chuvrindining ziyrak nigohi bu o‘tni ilg‘aydi. Ilg‘agani uchun ham ehtiyot chorasi haqida o‘ylaydi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:46:06
Eng yaqin yoki birinchi duch kelgan kasalxonaga olib borish — kutilmagan falokat ilonining dumini bosib olish demakdir. Har bir kasalxonada bir-ikki tanishi yoki ishonchli odamlari bo‘lsa-da, masala ENG ishonchli odamlar yordamida hal etilajagi sababli shaharning kunbotar tomonidagi yangi kasalxona tomon yurdi.
Chuvrindi orqa o‘rindiqda, Elchinning boshini tizzasiga qo‘ygan holda o‘tirardi. Dam-badam uning peshanasini ushlab qo‘yadi. Bir mahal Elchin qattiq ingradi. Chuvrindi kaftini uning peshanasiga bosib:
— Hofiz, ozgina chidang, hozir kasalxonaga yetamiz, — dedi. So‘ng so‘radi: — Hofiz, gapimni eshityapsizmi? Men — Mahmudman, javob bering, eshityapsizmi?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:46:20
Bir necha nafasdan so‘ng Elchin ingrab javob berdi:
— Ha...
— Bek akam o‘ch olmoqchi edilar. Falokat oyoqostidan chiqib qoldi. Buni keyin tushuntirib beraman. Hosil o‘lishi shart edi, o‘ldi. Ammo buni hech kim bilmasligi kerak. Siz ham unuting. Gapimni eshityapsizmi? — Chuvrindi «bu gap senga ham tegishli» deganday Halimjonga bir qarab oldi. — Hofiz, eshityapsizmi?
Elchin bu safar ham qiynalib «ha» deb qo‘ydi. U Chuvrindining ovozini quduq tubida turib eshitayotganday edi. Shu sababli Chuvrindining gaplarini durust idrok qilolmadi.
— Hofiz, — dedi Chuvrindi, — siz yo‘lda ketayotgan edingiz, bir mashina quvib o‘tib, to‘xtadi. Mashinadan tushishingiz bilan sizni otdi. Otgan odamni tanimaysiz. Gapimni eshitdingizmi?
Elchin javob bermadi. U quduq tubiga cho‘kib borar, Chuvrindining ovozi esa tobora uzoqlashardi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:46:33
Chala qurilgan imoratlar yonidan o‘tishayotganda Chuvrindi Halimjonga qarab:
— Hofizni shu yerda tasodifan ko‘rib qolib, mashinangga olding. Boshqa hech narsa bilmaysan, — dedi.
Halimjon ma’qul ishorasini qilib, jim ketaverdi.
Kasalxona hovlisiga kirishlari bilan mashina to‘xtab, Chuvrindi tushib qoldi. Mashina qabul bo‘limi sari yurgach, u asosiy bino tomon yo‘naldi. Kerakli odamni topib, izoh berib o‘tirmadi, buyruq qisqa bo‘ldi — u o‘lmasligi kerak!
Tabiblar, hamshiralar yarador atrofida girdi-kapalak bo‘lishayotganida Asadbekning boloxonasidagi telefon jiringladi. Hofizning mashinasini qaerga eltib qo‘yish xususida buyruq olgan ikki yigit tezlik bilan yo‘lga tushdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:46:46
4

«Men senga qasos olish qanaqa bo‘lishini ko‘rsataman. Hozir o‘lishi kerak bo‘lgan odam sening ham, mening ham nomusimni bulg‘adi...»
Asadbek shunday deb ko‘cha eshigiga tikildi. Elchin esa u aytgan gaplarning asl mag‘zini chaqish uchun bir unga, bir ko‘cha eshigiga qaradi. Asadbekning shaxsan o‘zi qasos olmoqchi bo‘layotgani unga ajabtovur tuyuldi. Bittagina imosiga ilhaq o‘nlab yigitlari turganida to‘pponcha yalang‘ochlab, deraza panasida pusib o‘tirishning boisini anglab yetishi mushkul edi.
«O‘lishi kerak bo‘lgan odam kim? —deb o‘yladi Elchin. — Ikkimizning nomusimizni bulg‘ashi mumkin bo‘lgan kim ekan? Jamshidmi? U qaytib kelganmi? Uni nima uchun o‘ldiga chiqarishdi? Endi chindan ham o‘ldirmoqchimi? Zaynab... demak, o‘shanda to‘g‘ri aytgan ekan-da... Men laqma...»
Zelixon Sochidan telefon qilganidan beri bularning o‘yiniga tushunolmay gangib yurgan Elchin yana xalta ko‘chaga kirib dovdiradi. Agar hozir eshik ochilib, Jamshid kirib kelsa-yu, Asadbek uni otsa... so‘ng... «Chotingda bezing bo‘lsa, bu yuvuqsizni topib o‘zing o‘ldirishing kerak edi. Qasoskorman, deb katta ketishni bilasan. Sen erkakmisan, sen — dayussan!» deydimi?..
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:46:58
Xayoliga daf’atan kelgan bu fikr butun badanini, badani nima ekan, oyoqlarining barmoqlarigacha, barmoqlar nima ekan, tirnoqlarigacha muzlatib yubordi!
To ko‘cha eshigi ochilib, ostonada Hosilboyvachcha ko‘ringuniga qadar Elchin Jamshidga qarab o‘q uzilishiga amin edi. Shu sababli Hosilboyvachchaning sovuq basharasi ko‘ringani hamon ajablanib, qaynotasiga savol nazari bilan boqdi: buning aybi nima? To‘yda meni xorlaganimi? Nahot shuning uchun?.. Uyg‘ongan savollar oqimi oxiriga yetmay o‘q uzildi. So‘ng Asadbek to‘pponchani uzatib, qahrli ovoz bilan amr etdi:
— Chiq tez, o‘lmadi shekilli, qo‘lim titradi. Tirik bo‘lsa, ot!
— Nimaga?
— Chiq deyapman! Zaynabni bulg‘adi bu, eshityapsanmi?! Erkakmisan, o‘zing?
Elchin bu gapga ishonqiramasa ham, vujudida uyg‘ongan bir kuch to‘pponchaga qo‘l uzatishga majbur etdi. Asadbek yana baqirgach, hovliga chiqdi. U Asadbekning gaplaridan tamoman gangigan edi. U qattiq yerda yurib emas, go‘yo savollar botqog‘iga tobora botib borardi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:47:14
Asadbek «ot!» deb buyurdi, u amrga itoat etib, hovliga chiqdi, o‘lja sari yurib boryapti. Lekin tepkini bosa oladimi yo yo‘qmi — aniq bilmaydi. Chunki Hosilboyvachchaning gunohidan bexabar. «Zaynabni qanaqasiga bulg‘ashi mumkin? Axir Zaynab o‘z og‘zi bilan Jamshidni aytgan-ku? U rasvoni deb o‘lmoqchi bo‘ldi-ku?..» deb garangsiydi.
Asadbek reja tuzayotgan chog‘ida Elchin Hosilboyvachchani otgani chiqadimi yo rad etadimi, deb ko‘p o‘ylagan edi. «Xotinini bunday holatda ko‘rgan hebbim ham chidab turolmaydi», degan fikr rejaning to‘liq amalga oshishiga ishonch tug‘dirardi. U Elchin qalbida g‘azab gulxani yoqish uchun Zaynabning hammomdagi sharmandali holati tasvirini ko‘rsatmoqchi ham bo‘ldi. Shu fikrga kelishi bilan o‘zi uyatdan yorilib ketay dedi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:47:30
U kuyovini o‘limga hukm qilgan edi. Ammo o‘limning totli labidan o‘pmoq arafasida turgan bu odamga ham tasvirlarni ko‘rsatishga jur’at qila olmadi. Hosilboyvachchaning aybini otish oldidan qisqa tarzda bayon qilishni ham o‘yladi. Biroq, bunga ham tili bormadi. O‘q uzilgach, «Zaynabni bulg‘adi bu!» deyishi esa Elchinda g‘azab gulxanini yoqa olmadi, balki savol botqog‘iga botirdi.
Qat’iyatsizlik bilan qadam bosib borayotgan kuyoviga qarab, Asadbek g‘ijindi. U nishonni aniq olganiga, g‘animning jon taslim qilganiga ishonchi komil edi. Yana to‘qqiz-o‘n qadam qo‘ygach, bir necha oy kuyovlik libosida yurgan Elchin ham «baxtiyor» hayotiga shu yerda yakun topmog‘i lozim edi. Lekin u o‘sha to‘qqiz-o‘n qadamni bosishni istamayotganday imillaydi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:47:41
Bir necha nafaslik fursat Asadbekka bir necha asrday g‘oyat uzoq tuyuldi. Shubha yo‘qki, qo‘lida yana bir to‘pponcha bo‘lganida, oqibatini o‘ylab o‘tirmay, Elchinni shartta-shartta otib tashlardi.
Elchin esa og‘ir qadam bosayotganini o‘zi ham sezdi. «Kim ko‘rubtur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshiliq», deb afg‘on chekuvchi, o‘zini halol deb hisoblovchi, aslida esa o‘zi bilmagani holda shaytonning suyukli fuqarosiga aylangan bu odamga o‘limning issiq tafti sari borayotgani, bir tasodif bilangina tirik qolajagi hozircha noma’lum edi. To‘g‘ri, u qorong‘u uyda Zaynabga tegingan ondan boshlab Asadbekdan o‘lim hukmini kutib yashardi. Hatto to‘yidan keyin ham bu xavotir buluti tarqamagan edi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:47:55
«Jamshidda nima qasdingiz bor edi?!» deb jag‘iga musht solganida qaynotasining hukm sari yaqinlashayotganini sezgan, ammo aynan shu bugun, aynan shu hovlida, hukmning ijro bo‘lishini o‘ylamagandi. Hozir, Hosilboyvachchaga yaqinlashar chog‘ida ham qaynotasining rejasidan bexabar, hatto eshik zarb bilan ochilib, G‘ilayni ko‘rganida ham buni fahm etmadi. Avval ko‘kragiga, so‘ng biqiniga o‘q qadalganidan keyingina bir «oh» uradi. Keyinroq, hushiga kelganida esa bu holatini eslab, laqmaligi uchun o‘zini la’natlaydi. «Taqdir (Asadbek emas!) qo‘limga to‘pponcha tutqizgan ekan, hammasini otib tashlamaymanmi, hammasidan birato‘la qutulmaymanmi», deb o‘kinadi. Lekin... So‘nggi pushaymondan kim lazzat topibdiki, Elchin huzurlansa...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:48:10
Eshik tepki zarbidan ochilib, Elchin cho‘chib tushdi. Ostona hatlayotgan Shomilning g‘ilay ko‘zlari bilan uning nigohi to‘qnashdi. O‘zini himoya qilishni o‘ylashga ham ulgurmadi. Uning nigohidagi «nimalar bo‘lyapti, o‘zim ham tushunmayapman», degan savolga javoban Shomil to‘pponcha tepkisini bosdi. Hojasini yolg‘iz qo‘yganidan o‘kinib, vajohat bilan yugurib kelgan
G‘ilay qanday voqea sodir bo‘lganini aniq bilmasa-da, yerda cho‘zilib yotgan Hosilboyvachchaga shu Elchin o‘q uzgan deb gumon qilib, to‘pponchasidagi bor o‘qlarning barini uning jismiga bo‘shatishi mumkin edi. Yaxshiki, Chuvrindi izma-iz yetib keldi...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:48:23
Elchin to‘pponcha og‘zidan sachragan olovni ko‘rdi, so‘ng... chuqur quduqqa ag‘anadi. Yuragi qinidan chiqquday bo‘lib shitob bilan tubsizlik sari uchaverdi. Uchaverdi, uchaverdi... quduqning tubidan esa darak yo‘q. So‘ng... qorong‘ulik chekinib, atrofi yorisha bordi. G‘alati manzaralar ko‘rindi. Keyin birdan... xarobgina bostirma yonida ota-onasini ko‘rib, titrab ketdi. Volidayn tajribaxonada kiyadigan oq liboslarida edilar. Elchin shum xabarni eshitiboq maktabdan yetib kelganida ular qo‘lansa hidli tajribaxonada shu kiyimda, jonsiz holatda yotar edilar. Ularning kimyoviy tajriba o‘tkazayotib zaharlanishganini keyinroq bildi. Shu paytgacha biron marta bo‘lsin «zaharlanishganmidi yo hasadchi hamkasblari zaharlashganmidi?» deb sira o‘ylamagan edi. Hozir tubsizlik sari uchib borayotganida nechukdir shu savol xayoliga keldi. Picha to‘xtab, so‘rog‘ini so‘radi, ammo javob o‘rniga boshqa gap eshitdi:
— Sen bu yerda to‘xtama, seni Noila kutyapti, — dedi onasi joyidan jilmay
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:48:33
— Nima uchun bu xarob bostirmada yashayapsizlar? — deb so‘radi Elchin.
— Har kim amaliga yarasha ajr olar ekan, — dedi otasi.
Elchin bu gapning ma’nosini tushunmadi.
— Meni axiyri otishdi, — dedi Elchin. — Oyi, esingizdami, qamoqdaligimda kelib, boshimni silardingiz, o‘zim himoya qilaman, derdingiz?
— Himoya faqat Yaratgandandir. Biz Tangrimning xohishi bilan seni himoya qilar edik. Bizga berilgan bunday huquq kuchi bugun qirqildi. Biz sendan har on duolar kutdik. Aqalli bir martagina peshanang sajdaga tegib, haqqimizga duo qilsang, bizlarni bu xorlikdan oz bo‘lsa-da, qutqarar eding.
— Imkonim bo‘lmadi.
— Imkon o‘z qo‘lingda edi. Sen ham biz kabi Tangridan yiroqlashding. — Bo‘ldi, bas, to‘xtama, endi qiyomatda diydor ko‘rishamiz.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:48:43
— Men... o‘ldim... endi sizlar bilan birga bo‘lishni istayman.
— Yo‘q, bolam, bu baxtdan bizlar benasibmiz...

...Bu ayovsiz hukmni eshitib, Elchin ingrab yubordi. Kuyovining harakatsiz gavdasi uzra engashgan Asadbek shu alamli, azobli ingrashni eshitgan edi...
...Ota-onasi bag‘riga sig‘magan Elchin yana ucha boshladi. So‘ng yaydoq dalada, o‘tlari, chechaklari toptalgan kenglikda Noilasi ko‘rindi. O‘sha ko‘ylakda, ammo... ko‘kragida qonli dog‘ yo‘q. O‘sha pichoq... ko‘kragida emas, qo‘lida... uchidan qon tomib turibdi. Qamoqda ekanida, tushlarida ko‘rganida bu ko‘ylakda qonli dog‘ bo‘lguvchi edi. Endi esa top-toza...
— Noilam, nihoyat keldim, endi hamisha birga bo‘lamiz. Otishganidan xursandman. Lekin afsusim ham  bor... Oxirigacha qasos ololmadim. Faqat bittasini o‘ldirdim... Nega indamaysan, Noila?
— Bittasini o‘ldirdingiz... bir begunoh bokira qizni esa, bulg‘ab  tashladingiz. Bu kammi sizga?!
— Bu — qasos, Noila! Axir esingdami, tushlarimga kirib, qasosga undar eding?
— U men emas edim.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:49:00
— Nima uchun bunday deyapsan, tushlarimga kirguchi sen eding!
— Yo‘q, adashyapsiz, u — qalbingizdagi shayton edi. Mening qiyofamga kirib sizga ko‘rinar edi. O‘ylab ko‘rmadingizmi, bir qizni bulg‘ashga men sizni da’vat etishim mumkinmidi? Men sizni hech yomonlikka qarab undaganmanmi? Mana bu toptalgan chechaklarni ko‘ryapsizmi? Bularning bari bulg‘angan qizlar. Zaynab ham bir kuni shu yerga keladi. Men sizni deb bir necha daqiqaga turdim, hademay yana chechakka aylanaman.
— Men keldim, Noila, u dunyoda zurriyodim qolmadi. Yolg‘iz o‘g‘il edim, urug‘imiz quridi.
— Farzand ko‘rishni o‘zingiz istamadingiz, yoshlikda o‘ynab qolaylik, dedingiz. O‘ynab-o‘ynab shu martabaga yetdingiz.
— Gunohlarim ko‘p, bilaman, Noila, endi ilojsizman. Endi biz birga bo‘lamiz.
— Yo‘q, sizning joyingiz boshqa. Siz izingizga qaytasiz.
— Noila, meni ota-onam ham haydashdi, sen haydama. Men endi ayriliq azobiga chiday olmayman.
— Sizni haydovchi men emasman. Siz Zaynabga qayting.
— Unday dema, Noila, qaytmayman. Haydama meni... Bilaman, sening oldingda gunohkorman.
— Siz Olloh oldida gunohkorsiz. Men sizdan roziman, ammo Olloh rozi bo‘ladimi-yo‘qmi, bilmayman. Qayting!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:49:10
— Haydama, Noila!
— Sizni haydaguvchi men emasman.
Shunday deb Noila ko‘zdan yo‘qoldi — chechakka aylandi. Elchin faryodli ovoz bilan chaqirdi:
— Noila!
Uning nolasi sahro bag‘riga tomgan tomchi kabi samarasiz bo‘ldi. Ko‘kragida alam iloni to‘lg‘onib, ingradi.
Mashinada ketayotgan Chuvrindi ana shu ovozni eshitdi. Yana ucha boshlagan Elchin esa tanish ovozni ilg‘adi:
— Hofiz, ozgina chidang...
...«Kim bu menga gapirayotgan?» deb atrofga alanglaydi. Tushunuksiz manzaralarda inson zoti ko‘rinmaydi.
— Hofiz, gapimni eshityapsizmi?
...Yana alanglaydi. «Ha», deb javob beradi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:49:26
Uchdi, uchaverdi... Tikonzorlardan o‘tdi, tikanaklar badanini tildilar. Chayonzordan o‘tdi, chayonlar nishlarini sanchdilar. Ilonzorga yetdi, ilonlar chaqdilar. Bu ham kamlik qilib, bo‘yniga o‘ralgancha bo‘g‘dilar.
Elchin azobdan to‘lg‘onar. Kimlardir, qaydadir uning holiga kular, kulaverar.
Shu azoblar gulxanida kuyayotganida ilonzorda Hosilboyvachcha ko‘rindi. Nechundir ilonlar uni chaqmaslar, bo‘g‘maslar. Bir yo‘g‘on ilon esa nozanin kabi uning beliga o‘ralar, so‘ng labidan bo‘sa olar. U esa kular, kulaverar. Oxir-oqibat kulgidan charchab, Elchinga qarar:
— Bular hammasi meniki. Men sendan oldinroq keldim. Endi meniki bular.
— Men... Mening makonim shu yermi? — dedi Elchin.
— E, yo‘q, bu yer mening mulkim. Senga joy yo‘q. Sen keyin kelasan. Kunduzi ilonlar seni chaqadi, go‘shtlaringni yeb tugatadi. Shomgacha quruq suyaging qoladi. Tunda esa yana go‘sht o‘sib chiqadi. Ertalabdan yana ilonlarga yem bo‘lasan.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:49:35
— Sen-chi?
Hosilboyvachcha bu savolga javoban xoholab kuldi, bir buralib ilonga aylandi, so‘ng yana asliga qaytdi.
— Kimsan o‘zing, Hosilmisan yo shaytonmisan?
— Xohlaganing.
— Hosil bo‘lsang, ayt: Zaynabga tegindingmi?
— Buni qaynotangdan so‘raysan.
— Unda ayt: to‘g‘ri, men gunohkorman, jazo olishim tayin. Sen-chi? Gunohlaringning cheki-chegarasi yo‘q-ku?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:49:46
— Shu yerda ham o‘zbekligingga borasan-a? Yaxshi hamki qiyomatda sen gunoh tortuvchi tarozibon bo‘lmaysan. Naq hammaning sho‘rini quritasan! Sen o‘zing uchun javob ber. Boshqalar bilan ishing bo‘lmasin!
U uzoqlasha boshladi. Uzoqdan turib yana ovoz berdi:
— Hofiz, gaplarimni eshityapsizmi?
Chuvrindining ovozi unga Hosilboyvachchaniki bo‘lib tuyuldi.
U uchdi. So‘ngsiz ravishda uchaverdi.
Dam-badam notanish ovozlarni eshitdi:
— ...Tampon... tiking... puls...
Uchib yurishlar nihoyasiga yetib, ko‘zlarini ochdi.

Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob) Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 09:50:20
V  b o b
[/b]

1
[/b]

Kesakpolvon shaharga oqshomda kirib keldi. Avval Asadbekni izladi. Keyin Chuvrindini yo‘qladi. Ularning qaerga ketganini hech kim bilmadi. Kesakpolvon boloxonadagi yigitlarning onasi-yu, opa-singillarini uch-to‘rt sidra «o‘qib» ham xumoridan chiqmagach, birining jag‘iga musht tushirib, boshqasini tepib qoldi. Agar Kesakpolvon meduzasifat to‘rt qo‘l, to‘rt oyoqli bo‘lib yaralganida edi, boloxonadagi boshqa yigitlar ham uning mushti, tepkilaridan bebahra qolishmas edi. Yigitlar «Okaxon, biz bor-yo‘g‘i bir poyloqchimiz, Bek akamdan «qaerga ketayotganlarini so‘rashga haqqimiz bo‘lmasa...» deb o‘zlarini oqlashdi. Ularda bunday huquq yo‘qligini Kesakpolvon yaxshi biladi. Ham bo‘ydan, ham pokiza aqldan qisilgan bu banda jahl yuhosi qo‘zg‘olgan damda tuproqqa yaqinlashish lozimligini bilganida edi, alamdan bu tarzda chiqish yo‘lini tanlamagan bo‘lardi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 13:57:49
Abdurahmon tabib uning iltimosini rad etib, ketiga kelishtirib tepgandan battarroq ish qildi. Garchi uning uloqchi otlari manzilga yetib bormagan bo‘lsa-da, Kesakpolvon xumordan chiqmadi. Asadbek bilan Chuvrindining birgalikda g‘oyib bo‘lgani esa gumon o‘tiga moy sepib alanga oldirdi. Bir jussada gumon bilan alam alangasi chirmashar ekan, yigitlarning so‘kish eshitib, musht yoki tepki yeyishlaridan boshqa ilojlari yo‘q. Koshki edi, bir tepki-yu musht bilan bu alanga o‘cha qolsa. Yigitlar navbatdagi zarbalarni kutib, boshlarini xam qilib turishganida telefon asabiy jiringladi. Aslida telefon odatdagiday jiringlagan, ammo jahl torlari tarang tortilib turgan boloxonadagilar uchun shunday tuyulgan edi. Yigitlardan biri shoshilganicha go‘shakni ko‘tarib, qulog‘iga tutdi. U:
— Assalomu alaykum, Mahmudjon aka, — deyishi bilan Kesakpolvon go‘shakni qo‘lidan yulqib oldi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 13:58:34
— Mahmud! — dedi zardali ovozda. «Qayoqda yuribsanlar?» deb so‘ramoqchi bo‘ldi-yu, «izlaganimni bilmay qo‘ya qolsin», degan maqsadda tilini tiydi. Uning jimib qolganidan Chuvrindi foydalandi:
— Ie, Haydar aka, qayoqda yuribsiz, qidiraverib enka-tinkamiz chiqib ketdi-ku?
— Yuribman qarichlab o‘lcha-ab, — dedi Kesakpolvon yana zarda bilan. Keyin ichida «Qidirasan-a, qidirasan, yo‘q bo‘lib ketsam, do‘ppingni osmonga otarsan!» deb g‘ijindi. Shu bois so‘rog‘i yanada zardaliroq chiqdi: — Asad qaerda?!
— Bilmayman... — Chuvrindi shunday deb tin oldi.— Arkda bo‘lsalar kerak. Yigitlarda gapim bor.
Kesakpolvon tushundi. Ayrim hollarda, ayniqsa telefonda gaplashilganda Asadbekning qaerdaligini aytish mumkin emas edi. Shu bois faqat eng yaqin odamlargina tushunadigan tarzda uning qaerdaligiga ishora qilinardi. Hozir Chuvrindi «Bilmayman... arkda bo‘lsalar kerak», dedimi, demak, u eski shahardagi ota hovlisida.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:01:25
Kesakpolvon go‘shakni yigitga bergach, «U yerda nima qiladi? Tez-tez boradigan bo‘lib qoldi. Yo bir baloni boshlamoqchimi?..» deb o‘ylandi.
Chuvrindining gapi qisqa bo‘ldi. Yigit «Xo‘p bo‘ladi, akaxon», deb go‘shakni joyiga qo‘ydi. Kesakpolvon ijirg‘anibroq so‘radi:
— Akaxoning nima dedi?
— Otarchining... — Yigit Chuvrindining buyrug‘ini so‘zma-so‘z takrorlamoqchi bo‘ldi-yu, ammo «otarchi»ning Bek akasiga kuyov ekanini eslab boshqacharoq ohangda aytdi: — Hofiz akamning moshinalarini yangi kasalxona yo‘liga haydab borarkanmiz...
— Nimaga?
Yigit «bilmayman» deganday yelka qisdi.
— Mashinasi Asadning mahallasidami?
Yigit bosh irg‘ab tasdiq ishorasini qildi.
— Otarchining o‘zi qaerda ekan?
— Bilmayman.
— Telpon qil-chi?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:01:39
Go‘shakni u tomondan hech kim ko‘tarmagach, Kesakpolvon ikki yigitga ijozat berdi. O‘zi boloxonada bir necha nafas o‘tirib, nima qilish lozimligini fikrladi. Ko‘ngli g‘alamislikni sezib, yigitlarning izidan bormoqchi bo‘ldi. «Hoynahoy u yerda Mahmud kutib turgandir, poylab borganimni bilsa, xitlanadi», degan fikrga kelib, shashtidan qaytdi. «Asad yolg‘izdir, borib gaplashay-chi», degan qarorda o‘rnidan turdi. Katta ko‘chadan eski mahallaga burilishda Xumkallaning kulrang «Jiguli»sini ko‘rib, mashinani to‘xtatdi. Barmoqlarida kalitni o‘ynab turgan Xumkalla yangi hojasini ko‘rdi-yu, pildirab yurib kelib uning qarshisida paydo bo‘ldi.
— Nima qilib turibsan? — deb so‘radi Kesakpolvon o‘tirgan yerida.
— Xizmatdamiz, akaxon, — dedi Xumkalla atrofga bir alanglab olgach.
— Qachondan beri?
— Ertalabdan.
— Kim bor?
— Hozir kim borligini bilmayman.
— Akaxoning shu yerdami?
— Shu yerda edilar. Bir soatcha bo‘ldimi...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:02:28
— O‘zi kelib, o‘zi ketdimi?
— O‘zlari keldilar... Ketishda... orqada Hofiz akamni ko‘rganday bo‘ldim... yana Xudo biladi. Sizdan sal oldinroq bolalar kelishib moshinasini haydab ketishdi.
— Ro‘lda akaxoningmidi?
— Yo‘q... Halim.
— Otarchining kelganini ko‘ruvmiding?
— Ko‘ruvdim.
— Yana kim keldi?
— Bu tomondan boshqa hech kim. Balki narigi tomondan...
Kesakpolvon «tushunarli» deb eshikni yopmoqchi edi, Xumkalla uni to‘xtatdi.
— Akaxon, bir gap: ko‘chaning narigi betida boyvachchaning bollari g‘imirlab yurishibdi. Ular ham peshindan beri shu yerda.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:03:23
— Boyvachchaning o‘zi ko‘rinmadimi?
— Bir ko‘ringanday bo‘ldi... Yana Xudo biladi.
«Bular nimadan is olgan bo‘lishlari mumkin?»
Xayoliga kelgan bu savolga javob topish uchun fursati yo‘q edi. Shu bois ko‘p o‘ylab o‘tirmay, haydovchining yelkasiga turtib, «hayda» dedi.
Mashinaning chirog‘i Asadbekning eshigi og‘zida turgan Bo‘tqani yoritgach, chindan ham «bir balo bo‘lganini» fahmladi. Shu sababli eski uy qarshisida to‘xtamay o‘tib ketdi. Kesakpolvonning mashinasini tanib peshvoz chiqmoqchi bo‘lgan Bo‘tqa taraddudlangan yerida ajablanganicha qolaverdi.
Kesakpolvon mahallaning narigi biqinidagi katta ko‘chada ham Chuvrindining yigitlarini ko‘rgach, «bir balo bo‘lganiga» aniq ishonib, iziga qaytdi. Hozir uni birov to‘xtatib, «Hosilboyvachcha shu uyda o‘ldirildi» desa, ishonmay, «bor toshingni ter», deb jerkib tashlagan bo‘lardi. Uning ko‘nglida vahm ilonini qo‘zg‘otgan fikr boshqa: Asadbekka bir narsa bo‘lgan-u Chuvrindi otni qamchilab qolgan. Shuning uchun atrofni yigitlari o‘rab turibdi!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:03:41
Shu fikrga bandi bo‘lgan holda mashinadan tushib, Bo‘tqaning salomiga alik ham olmay, eshikni zarb bilan ochib, ichkariga qadam qo‘ydi. Qadam qo‘ydi-yu, hovlida cho‘zilib yotgan ikki odam qorasini ko‘rib, taqqa to‘xtadi. U «bir balo bo‘lganini» sezgan edi, ammo hovliga qadam qo‘yib, ikki o‘lik ustidan chiqaman, deb xayol qilmagandi. Cho‘zilib yotganlarni ko‘rib, ikkovini ham o‘lik deb o‘yladi. G‘ira-shirada avvaliga ularni tanimadi. Shu sababli eshikka yaqinroq yotganiga engashib qarab, G‘ilayni tanidi. Qo‘l-oyog‘i bog‘langanidan uning hali tirikligini fahmladi. Keyin yuziga eski qog‘oz parchasi tashlangan Hosilboyvachchani tanib, bir seskandi. Dovon oshib kelayotganida Hosilboyvachcha bilan hufyona uchrashmoqni, gap gapga qovushsa, vaqtinchalik ittifoq tuzmoqni xayol qilgandi. Chuvrindini yo‘ldan supurib tashlash uchun shu ittifoq zarur deb topgan edi. Chunki Asadbekning umr shami o‘chib borayotganidan darak topgan Hosilboyvachcha ham tek turmas, bir tomondan Chuvrindi, ikkinchi tomondan Hosilboyvachcha yurish qilsa, orada xarob bo‘lishiga aqli yetardi. U xaroblikdan qutulish chorasi deb g‘anim tomonni ko‘zladi. Ko‘zladi-yu, oradan bir necha soat o‘tib, peshonasi tosh devorga urildi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:04:28
U o‘zicha reja oshi masallig‘ini tayyorlab kelayotganida bu yerda Asadbek bilan Chuvrindi ish oshini pishirib qo‘yishga ulgurishgan edi.
Murdani tanigani hamon «Nega o‘ldirishdi?» degan savol miyasiga urildi. So‘ng «Nega men bilmay qoldim, nega mendan yashirishdi?» degan savol gumonlar po‘rtanasini qo‘zg‘adi. Shundan so‘nggina ko‘p yillik do‘sti, ajralmas sherigi yodiga tushib, atrofga alangladi: ichkarida chiroq o‘chiq. Hovlida odam qorasi ko‘rinmaydi.
Kesakpolvon xavotirga tushib, atrofni yigitlar qo‘riqlayotganini unutdi. Panjasi biqiniga botib turgan to‘pponcha sari yugurdi. So‘ng beixtiyor ravishda baqirdi:
— Asad!
Nazarida bu ovozdan atrof guldurab ketganday tuyuldi.
— Asad!
— Bo‘kirma, bu yoqqa kel.
Qiya ochiq derazadan chiqib kelgan Asadbekning ovozi undagi xavotir alangasini o‘chirdi. Qo‘lini to‘pponchadan olib, uy tomon yurdi.
— Asad, nima bo‘ldi? — dedi ostona hatlab.
— Ho‘kizga o‘xshab bo‘kirma, dedim, senga.
— Asad, nima bo‘ldi?
— Nima bo‘lganini ko‘rmadingmi?
— Ko‘rdim... Nimaga o‘ldirding?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:04:53
— O‘lgisi kelgan ekan, o‘ldi. Menikiga uni ajali haydab kelgan. Endi sen gapni chuvallashtirmay qo‘ya qol.
— Nima uchun mendan yashirding?
— Yashirganim yo‘q. O‘zing qayoqdagi tezaklarni terib yuribsan? Choyxonangdan chiqib qayoqqa g‘oyib bo‘lding?
«Surishtiribdi-da...» — deb o‘yladi Kesakpolvon. Shu fikrning o‘zi uni bir oz tinchlantirdi. «Har holda butunlay surib chetga chiqarmabdi», deb taskin topay deganda Shayton alayhila’na asta kelib qulog‘iga shivirladi: «Bu ishni kecha rejalashtirmagandir? Uch-to‘rt kun pishitgandir? Mahmud bilan fikrlashgandir?..»
Shayton shivirini tilga chiqarmoqchi edi, Asadbek gapirtirgani qo‘ymadi:
— Boyvachchani ko‘mdir. G‘ilay seniki. Nima qilsang qil: oyog‘idan osasanmi, qaynoq suvga bo‘ktirasanmi, o‘zingning ishing. Ertalabgacha yigitlari qo‘l qovushtirib, salom beradigan bo‘lishsin.
Bu topshiriq shivirlayotgan shaytonni nari surib, yuragiga chiroq yoqdi. Och yotgan ajdaho birdaniga o‘nlab odamlarni tiriklayin yutib qanday rohatlansa, Kesakpolvon shunday huzurlandi. Bu buyruq Kesakpolvon uchun kutilmagan baxt edi. Shu baxt quyoshidan ko‘zlari qamashib, iyib ketdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:05:04
— O‘zing tuzukmisan? — dedi mehribonlik bilan.
— Nima, oldin buzuqmidim? — deb to‘ng‘illadi Asadbek.
Gap bir oz sovuq ohangda aytilgan bo‘lsa-da, Kesakpolvon buni hazil sifatida qabul etib, do‘stining yelkasidan quchdi.
— Tez bo‘l, imillama! — deb buyurdi Asadbek.
— Eshvormagan — nomard! — dedi Kesakpolvon. — Ertalab hammasi emaklab kelib, etagingda namoz o‘qiydi.
— Katta ketma. Isi chiqmasin. Namoz o‘qishlari shart emas, ammo hammasining og‘zini tikib chiqasan. Bittasi ovoz chiqarsa... keyin mendan xafa bo‘lib yurma.
Keyingi gap iyib turgan ko‘ngilga muz parchalarini sochdi.
— Sen... og‘ayni... oliftagarchilik qilma. Shu paytgacha qaysi ishning isini chiqaruvdim?
— Jirillama!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:05:25
Kesakpolvonning tili bir qichidi-yu, ammo o‘zini tiydi.
— Xo‘p, jirillamasam jirillamadim, — deb to‘ng‘illaganicha tashqariga chiqdi. Ko‘cha eshigini ochib, Bo‘tqani chaqirdi.
— Manavini bir balo qilib, yukxonaga joyla.
Bo‘tqa uchun shu buyruqning o‘zi kifoya qildi. Bir daqiqaning o‘zidayoq qonga belangan murda ikki buklanib, yukxonadan joy oldi. Bo‘tqa buyruqni ijro etgach, «yana xizmat bormi, akaxon?» deganday eshik og‘zida qo‘l qovushtirdi.
— Ko‘tar buni, og‘zini och, — dedi Kesakpolvon G‘ilayga ishora qilib.
Bo‘tqa uni tiklab, yiqilmasligi uchun bir qo‘li bilan suyab, ikkinchi qo‘li bilan yelim tasmani ko‘chirdi. G‘ilay chuqur nafas oldi.
Kesakpolvon cho‘ntagidan sigaret chiqarib bittasini G‘ilayning labiga qistirdi-da, yoqqichni yondirdi. Pilik yorug‘ida G‘ilayning yuzi yanada xunuk ko‘rindi. U och qolgan odamday yutoqib tutatdi. Kesakpolvon yoqqichni o‘chirmadi, pilik alangasini uning jag‘iga tutdi. Jag‘i kuygan G‘ilay boshini orqaga tortdi.
— Shunaqa, og‘aynichalish, — dedi Kesakpolvon, — xo‘jayinni almashtiradigan vaqt keldi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:06:25
 Yangi xo‘jayinga tobing bormi yo eskisining orqasidan jiyda-xaltangni ko‘tarib jo‘nab qolasanmi? Kinolarda ko‘rgansan, a? «Xo‘jayinimga sodiqman» deydiganlarning oyog‘idan osib qiynashadimi-ey. Kinodagilar ahmoq, a? Yo sen ahmoqmisan? Sening oyog‘ingdan ossam yarashmas, a? Yo kindigingdan kekirdaginggacha tilib, tuz sepsam, mazza qilasanmi? Qo‘y, bunaqa mazzalar ahmoqlarga atalgan. Sen ahmoq emassan. Kimga sodiq bo‘lmoqchisan? O‘lik odamgami? Xo‘sh, endi gapir, kelishamizmi yo otamlashamizmi?
Kesakpolvon uning labidagi sigaretni olib tashladi. G‘ilay yengil yo‘taldi.
— Qani, endi gapir-chi? Kesakpolvon pilik olovini uning burniga yaqinlashtirdi. G‘ilayning burnidan chiqib turgan tuklarning uchi kuyib, chayonning nishiday gajak bo‘lib oldi. G‘ilay pastki labini cho‘zib pilik olovini puflab o‘chirdi-da:
— Gap yo‘q, kelishamiz, — dedi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:06:41
— Qoyilman, o‘g‘il bola, — dedi Kesakpolvon zaharli jilmayib. Keyin Bo‘tqaga buyurdi: — Akangning qo‘l-oyog‘ini yech. Qaysi ahmoq bog‘ladi o‘zi buni. Men shunaqa o‘g‘il bolalarga besh ketaman o‘zim. Qani, okasi ko‘zidan, endi ayt-chi, atrofdagi ko‘chaga qancha bola qo‘ygansan?
— To‘qqizta.
— Ular nimaga tuxum bosib o‘tirishibdi, nimaga yordamga kelishmadi?
— Ishora bo‘lgunicha kutishlari kerak edi. Bu yog‘i bunaqa bo‘lib qoldi.
— Asadni... o‘ldirmoqchimidilaring?
— Bu haqda gapirmovdi.
— Unda nimaga keldi?
— Menga ish buyurardi, men bajarardim. Men bilan maslahatlashmagan.
— Odamlaringning hammasini bir yerga to‘plashing kerak.
— Kerak bo‘lsa yarim soatda to‘playman.
— Qitmirlari yo‘qmi? G‘alva qilishmaydimi?
— Bilmayman. Balki... bu gaplarni aytmaslik ma’quldir ularga?
— Qoyilman, kallang g‘ij-g‘ij aql-a, toshib ketmaganiga hayronman, — dedi Kesakpolvon kesatib. — «Xo‘jayin bizlarni Asadbekning ixtiyoriga topshirib o‘zi safarga ketdi», deysan. Qaerga to‘playsan bolalaringni?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:06:53
G‘ilay shahar chetidagi bog‘ni aytdi.
— Yo‘q, — deb e’tiroz bildirdi Kesakpolvon. Keyin bir oz o‘ylanib turib o‘ziga ma’qul boshqa yerni aytdi-da, Bo‘tqaga qarab qo‘ydi. Bo‘tqa bu qarashning ma’nosini angladi — demak, o‘sha yer yigitlar bilan o‘rab olinishi kerak. Bo‘tqa «tushundim» deganday bosh irg‘ab qo‘ygach, Kesakpolvon G‘ilayni ko‘cha tomon boshladi: — Yur, endi. Oshni pishiraylik. Tezroq damlamasak, tagiga oladi.
Kesakpolvon nozaninni kuzatganday G‘ilayning qo‘ltig‘idan oldi. Katta ko‘chaga chiqishgach, mashina to‘xtadi.
— Bolalaringni chaqir, — dedi Kesakpolvon.
G‘ilay tushib, uch-to‘rt qadam yurgach, qo‘l silkib qo‘ydi. Ko‘chaning narigi betidagi yigitlardan biri yugurib keldi. G‘ilay unga bir nima degach, u shoshib iziga qaytdi. Bu orada Bo‘tqa Xumkallaga hojasining buyrug‘ini yetkazdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:07:25
G‘ilay mashinaga o‘tirgach, Kesakpolvon uning yelkasiga qo‘l tashladi.
— Endi akangnikiga kirib o‘taylik. Bola-chaqasi xavotir olmasin, safarga ketganini aytib qo‘yishing kerak.
— Aka, bir joyga kirib yuzta-yuzta qilib olaylik, bosh yorilib ketay deyapti, — dedi G‘ilay yalinchoq ohangda.
— Boya aytmaysanmi shuni? — dedi Kesakpolvon, so‘ng Bo‘tqaga buyurdi: — ol, anavi yerda ochilgani bo‘lishi kerak.
Bo‘tqa peshoyna ostidagi mo‘’jaz yukxonani ochib, bir shisha aroq bilan piyola oldi-da, quyib uzatdi. G‘ilay uni bir ko‘tarishda bo‘shatgach, chuqur nafas olib qo‘ydi.
Kesakpolvon uning ruhiy holatini tushungandek, unga hamdard bo‘lgandek mehribonlik qilib, sigaret tutdi. G‘ilay yana bir piyola so‘radi. Uni ham sipqorgach, sigaret tutatdi. Bir necha nafasdan so‘ng yana so‘ragan edi, Kesakpolvon unamadi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:07:36
G‘ilayning shartga osonlik bilan rozi bo‘lganidan u ko‘p ham ajablanmadi. Chunki sadoqat degan tushunchaning ruhi unga begona edi. «Xo‘jayiniga xiyonat qildi, sotdi», deb ham nafratlanmadi. Chuni «xiyonat — gunoh», degan tushunchadan ham yiroq edi. Agar dunyo teskari aylanib, G‘ilayning o‘rnida o‘zi bo‘lib qolgan taqdirda, hech bir ikkilanmagan holda shu yo‘lni tanlagan bo‘lardi. Dunyo-ku teskari aylanmas, u G‘ilayning o‘rnida bo‘lmas. Lekin Asadbekning qo‘li titrab, niyati amalga oshmay, o‘zi nobud bo‘lib hukmronlik supasiga Hosilboyvachcha ko‘tarilganida unga xizmat qilaverishi aniq edi. Undagi betayinlikni Asadbek azaldan bilar, shu bois ham ko‘proq Chuvrindiga suyanardi.
Kesakpolvon cho‘ntak kesib yurgan kezlarida Asadbekning bir cho‘talchisi bo‘lardi. Seryo‘talroq, nimjonroq bola edi. Kasalvand bo‘lgani uchunmi, Asadbek uning turish-turmushidan xabar olib turardi. Yigitcha ham Asadbekka sodiq edi. Nomi cho‘talchi, asli esa ayg‘oqchi edi. Qimorbozlarga xizmat qilib yurib, ko‘rgan-bilganlaridan Asadbekni ogoh etib turardi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:07:53
Bir kuni Kesakpolvon kattaroq ovni mo‘ljal qilib, uni yoniga oldi. Ov yurishmadi-yu, ammo yigitcha anqovlik qilib qo‘lga tushdi. «Uchastkovoy aka» deb murojaat qilishlariga ko‘nikib qolgan milisa Kesakpolvonni tanir edi. Ta’bir joiz bo‘lsa, u vaqti-vaqti bilan Kesakpolvondan «sovg‘a-salom» olib turar, shuning evaziga ba’zi paytlarda, ba’zi ko‘chalardan ko‘zlarini yumib o‘tardi. Bir kasofat bo‘lib, shayton yo‘ldan uribmi, ko‘zlarini behos ochgan ekan, o‘sha yigitchadan gumonsirabdi. Kesakpolvon «Bu bola bizning ukaxon», deb cho‘ntagini bir kavlab qo‘ysa, olam guliston edi. Shuni istamadi. Chunki «Bu bizning ukaxon» degan uchtagina so‘z tildan osongina uchgani bilan, to gap egasining qulog‘iga yetgunicha cho‘ntak orqali o‘tishi shart. Kesakpolvon esa mayda o‘g‘riligiga borib, sarf-xarajatdan qochadi. U birovning cho‘ntagiga qo‘l solsa biron nimani ilashtirib chiqishni xush ko‘radi. O‘z cho‘ntagidan chiqqan damlarda esa joni sug‘urilganday tuyulib, azoblanadi. Yigitchani qutqarishdan bo‘yin tovlaganining ikkinchi boisi — gap chuvalashmasin, dedi. O‘shanda Asadbek undan norizo bo‘lganida «Ikki kishi o‘rniga bitta odam o‘tirgani durust emasmi?» deb o‘zini oqladi. Uning falsafasi shunday edi: ikki kishi o‘rniga bir odam qamalgani yaxshi. Qamalguvchi odam kasalvand bo‘lsa ham mayli, qamoqxonada joni uzilsa ham mayli... Kesakpolvon bu «falsafasi» bayrog‘i ostida ko‘p ishlar qildi. Bugunga kelib bu bayroq yana ko‘tarildi. Faqat yozuv bir oz o‘zgartirildi: Asadbekning mulki ikki kishiga emas, bir kishiga qolishi kerak!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:08:06
G‘ilayning osongina bo‘yin egishi Kesakpolvonda hech qanday tuyg‘u uyg‘otmadi, demak ham noo‘rindir. G‘ilay qarshilik ko‘rsatmagach, Kesakpolvon undan xavotirlandi. G‘ilayning qayoqqa yoki kimga qarayotganini bilib bo‘lmaganidek, xayolida qanday shumlik yashiringani ham noma’lum edi. Shu xavotir tufayli ko‘chaga chiqishganida «Old tomonga o‘tir», deb Bo‘tqaga imo qilgan edi.
Mashina o‘rnidan jilganidan beri xayolning bir ulushi biqiniga botib turgan to‘pponchada, o‘ng qo‘li esa qulluq qilganday ko‘kragida — to‘pponchani olishga shay edi. Ketma-ket ravishda ming marta, balki undan-da ko‘p hariflarining kuragini yerga tekkizgan polvon agar dono bo‘lsa, o‘ziga bino qo‘ymaydi, ming birinchi harifni ham albatta majaqlayman, deb katta ketmaydi. Afsus shuki, Kesakpolvon u dono polvonlar toifasidan emas. Agar G‘ilay tirsagi bilan turtib yuborsa, to‘pponchasi ish bermay qolishi, hatto Bo‘tqaning o‘girilishga ham ulgurolmasligi mumkinligini o‘ylamaydi. Uning baxtiga G‘ilayda achinish hissi yo‘q. Bo‘lsami edi, Hosilboyvachchaning o‘limi uning uchun izsiz ketmas, hech bo‘lmasa bir harakat bilan o‘ch olishga intilar edi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:08:30
Hovliga bog‘lab qo‘yilgan it hech mahal «Hojam o‘lsa shu uyga xo‘jayin bo‘laman», deb orzu qilmagani kabi Shomil g‘ilay ham «Hosilboyvachchadan keyin uning mulki menga qoladi», deb fikrlamagandi. Agar birov «Hojang yaqinda itday o‘lim topadi, tayyorgarligingni ko‘rib qo‘y», deb bashorat qilsami, bir oyli chaqaloqning kallasiday keladigan mushtdan tatib ko‘rishi tayin edi. G‘ilayning shu xayolda yurmagani ham Kesakpolvonning baxtidan. Agar mulkka egalik hissi uyg‘onsami, bu tuyg‘u jon achchig‘iga nisbatan qudratliroq bo‘lar, oqibatda uni uncha-buncha zanjir jilovlay olmas edi. G‘ilay qo‘l-oyog‘i bog‘langan holda, gardanidagi og‘riqdan azoblanib yotganida hojasini ko‘z qiri bilan ko‘rib, nima qilishini fikrlagan, o‘zining chorasizligiga amin bo‘lgan edi.
Keyingi kunlar ichi Hosilboyvachcha g‘olib odamning qadamlari bilan odimlay boshlaganida G‘ilayning shum ko‘ngli bir noxushlikni sezgan, uni yo‘ldan qaytarishni xayol ham qilgan, ammo hojasi o‘zgalarning maslahatiga yurmasligini bilgani uchun tilini tiygan edi. U buyruqni bajaruvchi so‘qir jangchi edi, uzoqni ko‘ra oladigan basir sarkarda emasdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:08:53
Mashina Hosilboyvachchaning darvozasi qarshisida to‘xtaganida Kesakpolvon «Tushaver» degan ma’noda G‘ilayga qaradi. G‘ilay o‘rnidan darrov jilmadi. Bir necha soat ilgari bu ostonadan mag‘rur holda bosib chiqqan odamning endi bu uyga mutlaq qaytmasligi uning qalbini eza boshladi, demak yolg‘ondir. Qalbi ezilmasa-da, bu uyning hojasiz qolgani uning uchun noxush edi. Hozir mashinadan tushishi kerak. Hovliga kirib «kennayi!» deb chaqiradi. (Hosilboyvachcha ham, xotini ham o‘zidan ancha kichik bo‘lishsa-da, hojasining hurmatini qilib, «kelin» emas, «kennayi» derdi). Hojasining (endi sobiq hojasining) zavjasi chiqqach, «Akam safarga ketdilar», deydi. Bunaqa hol ko‘p bo‘lgan. Shu sababli ayol «qayoqqa ketdilar, qachon keladilar?» deb so‘ramaydi. G‘ilay uchun shunisi durust.
Kesakpolvon bir necha nafasgina taraddudlangan G‘ilayning yelkasiga «tusha qol» degan ma’noda asta turtdi. G‘ilay unga bir qaragach, mashina eshigini ochdi. Kesakpolvon qo‘liga to‘pponchani oldi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:09:31
Mashina bilan uy orasidagi masofaga qil ko‘prik tortilgan, G‘ilay shu qil ko‘prik ustidan, langar cho‘psiz borardi. Sal og‘sa o‘lim jariga qulaydi. Kesakpolvon gardaniga urib o‘tirmaydi, tepkini bosa qoladi. G‘ilay buni bilgani uchun ham oshiqcha harakatdan o‘zini tiydi. Hojasi qonga belangan, ikki bukilgan holda mashina yukxonasida yotibdi. Asadbekning mulkiga ega chiqqan holda mag‘rur qaytmoqni xayol qilgan odam chorasiz, bir janozaga, bir kafanga, ikki quloch yerga zor yotibdi. Kafansiz, janozasiz ketishi aniq, ikki quloch yerga ega bo‘lishi esa Kesakpolvonning «marhamati»ga bog‘liq. U marhamat qilsa, qabristonga tashlab o‘tadi. Go‘rkov egalari unutgan biron eski qabrga joylaydi. Oqibatda biron kampirmi yo cholningmi suyaklari yonida uning jasadi ham chiriydi.
Qutlug‘ tabiatli shoh Jamshid bir buloq boshidagi toshga shunday bitik yozdirgan ekan:
Bul chashmaga bizdek baso lab urdilar,
Keldilar bir lahza, so‘ng ko‘z yumdilar.
Oldilar dunyoni mardlik, zo‘r bilan,
Eltmadilar, qoldilar bir go‘r bilan...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:11:32
Haqiqat shulkim, hech kim mulkini orqalab o‘zi bilan u dunyoga olib ketmagan. Shoh Jamshidday zot mulkini go‘riga elta olmaganidan keyin Hosilboyvachchaga yo‘l bo‘lsin! Shohning-ku, o‘z go‘ri bor edi. Hosilboyvachchada shu ham yo‘q. Birovning qabridan joy tekkaniga ham shukr qilsa bo‘lar.
Qil ko‘prikdan borayotgan G‘ilay ham, uning har bir harakatini kuzatayotgan Kesakpolvon ham bularni o‘ylashmaydi. Birining maqsadi yangi hojalari bilan «yaxshi ishlab ketish», ikkinchisiniki esa mulkka ega chiqish. Iblis ularni o‘z chodiriga shu qadar o‘rab-chirmab tashlaganki, G‘ilay ham, Kesakpolvon, Bo‘tqa, haydovchi yigit ham «bizning taqdirimiz yukxonadagi boyvachchanikiga o‘xshasa-chi, go‘rga yetisholmay yukxonada ikki buklanib yotsak-chi?» deb fikr qilishmaydi. Yaratganning o‘zi «Kallaa, innal insana lo yatg‘o. An roa xus tag‘no»*, deganda shu toifa bandalar nazarda tutilmadimi ekan, vallohi a’lam?
_________________
*M a z m u n  b u d i r: «Darhaqiqat inson o‘zini boy-behojat ko‘rgach, albatta tug‘yonga tushar yo haddidan oshar». («Alaq» surasi, 6-7-oyatlar. Alouddin Mansurning ma’no tarjimasidan.)
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:11:46
Tangrining emas, erining qudratiga ishonib qolgan, «Bu dunyo faqat yaxshi yeb-ichish, yaxshi kiyinish, to‘y-hashamlarda zeb-ziynatlarni ko‘z-ko‘z qilib o‘tirish uchungina yaratilgan», deb fikr qiluvchi, «Yashamoqdan maqsad nima?» deb so‘ralguday bo‘lsa, eri bilan bir xilda «Yashamoqdan maqsad — mazza qilib yashamoqdir», degan javobni qaytaruvchi, husn ila aqlning nomutanosibligini o‘zida mujassam etgan bu ayol G‘ilayning gapiga darrov ishona qoladi. Xavotir hissi ko‘nglini zirillatmaydi. Ollohning emas, erining quliga aylangan bu juvondan yana nimani kutish mumkin? Zanglagan temir qafasda o‘tirgan qul bilan tilla qafasdagi qulning farqi bormi? Aslida-ku, ikkovi ham bir — qul! Ikkovi ozodlikdan mahrum. Ammo temir qafasdagisi ozodlikni qo‘msaydi, tilla qafasdagisi esa bu fazilatdan mahrum. Agar unga ozodlik berilsa ham qafasni o‘zi bilan ola ketishni o‘ylaydi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:11:59
Shu toifaga mansub bu juvon bir necha qadam narida erining xorlangan holda yotgani, G‘ilay aytgan «safar» indamaslar yurtiga ekani, adoqsiz ekani, oradan oylar o‘tib, haqiqat bulog‘idan suv ichuvchi «mish-mishlar»ga ishonishni ham, ishonmasligini ham; aza ochishni ham, ochmasligini ham bilmay garang yurajagini hozir bilmaydi.
G‘ilay aytadiganini aytib, orqasiga xotirjam qaytdi. U «Endi bu xonadonga qaytmasman», deb o‘yladi. Kesakpolvonning xohishi bilan, yanada aniqroq aytilsa, Asadbekning buyrug‘iga ko‘ra hojasi «safardan qaytgunicha» hech narsa bo‘lmaganday har kuni shu yerda yurishi mumkinligi xayoliga ham kelmadi.
Mashina o‘rnidan jilgach, Kesakpolvon G‘ilayning yelkasiga urib qo‘ydi.
— Qoyilman, erkak degani shunaqa bo‘ladi. Endi, okasi ko‘zidan, sen ham charchading, men ham ezilib ketdim. Bi-ir maishat qilmasak yorilib o‘lamiz. Bugungi maishat sendan. Diding zo‘r, deb eshitganman. Qani, marjalaringning mazasini biz ham bir totib ko‘raylik-chi...
— Gap yo‘q, okaxon, — dedi G‘ilay.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:12:13
G‘ilayning «okaxon» deyishi Kesakpolvonga moydek yoqdi. G‘ilay qaysi tomonga yurish lozimligini aytgan edi, Kesakpolvon uning gapini bo‘ldi:
— To‘xta, avval akaxoningni joyiga tashlab ketaylik, orqada dimiqib ketgandir, — dedi. Keyin haydovchi yigitga qaysi qabristonga borilajagini tushuntirdi. Yo‘l-yo‘lakay go‘rkovning uyi qarshisida to‘xtab, Bo‘tqa shirakayf bir kishini boshlab chiqdi. G‘ilay yonidan joy olgan eski choponli go‘rkovdan irganib yuzini burdi. Ajab hol: odam o‘ldirishdan irganmagan G‘ilay odam ko‘muvchidan irgansa?..
Mashina zulmat qo‘ynidagi qabriston yonida to‘xtagach, Kesakpolvon G‘ilayga qaradi:
— Tush, akaxoningni kuzatib qo‘y, harholda qadrdon edinglar, yana narigi dunyoda sendan xafa bo‘lib, arazlab yurmasin.
G‘ilay bu buyruqqa ham itoat etdi.
Yo‘lga chiqishgan onda Kesakpolvon murdaning qaysi qabristonga eltilganini G‘ilay bilmay qo‘ya qolsin, deb o‘ylagan edi. Keyin «Bilsin, o‘zi ko‘tarib kirsin, «g‘ing» desa akaxoni yonidan joy olishini ham bilib qo‘ysin» degan qarorga keldi. G‘ilay mashinaga qaytgach, pisanda qildi:
— Bu yerda ancha bo‘sh joylar bor.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:12:37
G‘ilay uning nima demoqchi bo‘lganini fahmladi. Garchi ichida «o‘zingga buyursin», deb o‘ylasa-da, tilidan boshqa gap uchdi:
— Bu yer menbop emas ekan...
G‘ilay boshlab kelgan maishatxonaga kirib borishayotganda Kesakpolvon uni to‘xtatib, so‘radi:
— Do‘xtirning oldiga sen boruvmiding?
— Qaysi do‘xtir?
— O‘zingni go‘llikka solma, Asadni ko‘rgan do‘xtirni aytyapman.
— Ha, umi... boruvdim.
— O‘ladi, dedimi?
— Shundoq dedi.
— Sen shu gapni akaxoningga aytibmiding?
— Aytuvdim.
— Akaxoning Asadnikiga shuning uchun boruvdimi?
— Yo‘q, bir nima ko‘rsatmoqchiydi.
— Nima?
— Qizi shalava bo‘lib ketgan. Shuni vidikka oldirgan edi.
— Quloqqa tepma.
— O‘zim organizovat qilganman.
Kesakpolvon uning kekirdagiga chang soldi:
— Ovozingni o‘chir. Agar akaxoningga ergashishni istamasang, bu gapni esingdan chiqar. Do‘xtirning aytganini ham unut. Asad o‘lmaydi. Do‘xtirning zo‘ri bilan gaplashdim. Davolaydigan bo‘ldi. Akaxoning ahmoq edi. Asad o‘ladigan bo‘lsa, bu yerda men turibman!
Kesakpolvon shunday deb bir qadam tashladi-yu, to‘xtadi:
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:12:51
— Kasseta kimda, sendami?
— O‘zida edi...
— Voy ahmoq...
Kesakpolvon orqasiga qaytib Bo‘tqani imlab chaqirdi-da, qabristonga qaytib borib murdaning kiyimlarini tintib ko‘rishni tayinladi. Bo‘tqa eshik tirqishidan qarab Chuvrindining tintiganini, nimalarnidir olganini ko‘rgan edi. Shunday bo‘lsa ham, Kesakpolvonga gap qaytarmay «xo‘p» deganicha mashinaga o‘tirdi.
Kesakpolvonning «bu yerda men borman!» degan gapiga G‘ilay yaxshi tushundi. Yangi hojasi bir qanotini ko‘tardimi, bas, issiq pinjiga kirishi kerak. U ahmoq jo‘ja emaski, jonsiz tovuqning qanotida umr kechirsa! Shu bois Kesakpolvonga yoqadigan yana bir gap aytdi:
— Hadeb «akaxoning» deyavermang, mening akaxonim — sizsiz!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:14:36

2

Abdurahmon tabib garchi «sen... valadi zinoga o‘xshaysan», degan gapni jahl ustida bilib-bilmay aytib yuborgan bo‘lsa-da, yanglishmagan edi. Kesakpolvon «valadi zino» nima ekanini bilmasdi, shu sababli cholning gapiga tushunmadi, «Bu nima degani ekan?» deb boshini qotirib ham o‘tirmadi. Tushungan taqdirda buni haqorat fahmlab, cholning kekirdagidan olgan bo‘lardi. Abdurahmon tabib tiliga kelib qolgani uchun shu gapni aytib yubordi. Hatto Kesakpolvonning o‘ziga ham ma’lum bo‘lmagan haqiqatni u qaerdan bilsin?
Kesakpolvonning bilgani — otasi urushda halok bo‘lgan. Onasi esa... Buning o‘zi bir tarixkim, Kesakpolvon eslashni ham istamaydi. Chuvrindining volidasi vafot etganida «Mahmud, ranjimagin-u, ammo menga qolsa, onangning xor bo‘lib yurishlarini, xorlanib o‘lishini, xor bo‘lib ko‘milishini videoga olib, televizorda ko‘rsatardim. «Bolasini tashlamoqchi bo‘lganlar, ko‘rib qo‘ylaring, erta-indin senlar ham xorlanasanlar», derdim», deb aytgani bejiz emasdi. Bu gaplarni aytmoqqa qalbining ovloq va zimiston yerida yashirinib yotgan bir dard sabab bo‘lgan ediki, bu darddan eng yaqin birodari hisoblanmish Asadbek ham bexabar edi. O‘shanda bu gapni eshitgan Chuvrindi «Haydar akamning ahmoqliklari chegara nima ekanini bilmaydi», deb ranjigan, Asadbek esa «bu qovoq miya qachon o‘ylab gapiradigan bo‘ladi», deb g‘ijingan edi.
Kesakpolvon Chuvrindining onasidan nafratlanardi. Shilimshiqning onasini esa ko‘rgani ko‘zi yo‘q edi. Ular haqida biron so‘z eshitsa o‘z onasini eslab, g‘azabdan titrab ketardi. Holbuki... uning onasi bo‘lak taqdir egasi edi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:14:53
Bu o‘rinda Tangri Taoloning «Ey Odam, sen o‘z jufting bilan jannatni maskan tutg‘ilkim, unda ko‘nglung nimani tusasa taomlang‘il, osh bo‘lsin, ammo mana bu daraxtga zinhor yaqin kelmag‘il, yaqin kelsang zolimlardan bo‘lursan», degan muqaddas kalomini eslamog‘imiz joizdir. Yaqinlashmoqlik man’ etilgan mazkur daraxt nafs uchun bir sinovdirki, bu balo g‘olib kelguday bo‘lsa odam bolasi umrining oxiriga qadar qaqshaydi. Ne ajabki, Odam bolalari buni bilsalar-da, necha ming yillardan beri bu daraxtga yaqinlashaveradilar, unga intilaveradilar. Bu intilish esa «sevgi-muhabbat tuyg‘usi», degan choyshabga o‘rab e’zozlanadi. Yaratganga bo‘lgan muhabbatdan ko‘ra bu tuyg‘u ko‘proq sharaflanadi. Bu tuyg‘uning olib borar manzili bittagina — to‘shak... To‘shakdagi oniy farog‘atni boqiy farog‘atdan afzal biluvchilar o‘zlariga zulm qilayotganlariga fahmlari yetsami edi...
Mohichehra — Kesakpolvonning onasi hayotining eng shirin pallasida shu toifa yurguvchi ko‘chaga adashib kirib qolganlardan biri edi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:15:05
Tog‘ yonbag‘rida joylashgan qishloqlarida bunday noxush voqealar kamdan-kam sodir bo‘lardi. Qariyalar toshbo‘ron qilingan yigit-qizlarning taqdiridan hikoya qilardilar, ammo bu voqea shu qishloqda bo‘lganmi yo uzoq qishloqdami — aniq bilishmasdi. O‘zlari esa bunaqa sharmandalikning guvohi bo‘lishmagan edi. Shu bois ham Mohichehra qishloqdan bosh olib ketishga majbur bo‘lgandi. Urush bahona bo‘lib, uning avval shaharga, so‘ng janggohga ketishining sababini birov bildi, birov bilmadi. Birov ishondi, boshqasi ishonmadi...
O‘ninchini bitirgan, ismi jismiga monand — oy yuzli durkun qiz harbiy xizmatdan qaytib maktabdagi kashshoflarga yetakchilik qilayotgan yigitni sevib qolgan edi. Mohichehra yigitga o‘g‘rincha tikilar, Yetakchi esa unga suqlanib boqardi. Uning ko‘nglida yomonlik yo‘q, aksincha, otasining yili o‘tgach, Mohichehraga sovchi yubormoqni umid qilar edi. Sirli qarashlar nomus chegarasiga yaqinlashgan damlarda ularni bug‘doy o‘rimiga jo‘natishdi. Xumor boqishlar ana o‘sha yerda chegaradan chiqdi. O‘sha daraxtning mevasi ularning tuyg‘ulariga egalik qilib, nafs sinovida g‘olib keldi-yu, pokiza to‘shak emas, bir uyum somon ustiga boshladi. Yozning farahli kechalarida ular iblisga bor vujudlari bilan bandi bo‘ldilar.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:15:21
O‘sha totli kunlarda qishloqdagilar ular uchun noma’lum bo‘lgan sabab bilan daraklamay qo‘yishdi. Oziq-ovqatlar tugay boshlagach, Yetakchi xabar olgani qishloqqa jo‘nadi. Tongda yo‘lga chiqqan yigit oqshomga qadar qaytishi lozim edi. Mohichehra uni ko‘zlari to‘rt bo‘lib kutdi. Ertasiga ham, indiniga ham... Darak bo‘lavermagach, xavotirlanib qishloqqa qaytdi-yu urush boshlanganini eshitdi. Mohichehra bu xabardan emas, Yetakchining urushga jo‘natilganidan dahshatga tushdi. U urushning nima ekanini, el boshiga qanday kulfatlar keltirishini bilmas edi. U urushning sovuq nafasidan emas, sharmandalikning vujudni kuydiruvchi olovidan titrar edi. «Fashist zang‘arni bir-ikki oyda enasinikiga kiritib qaytib kelishadi», degan umidli gaplarga ishonib, kutishdan o‘zga chorasi yo‘q edi.
Ikki oy o‘tdi, uch oy... «Fashist zang‘ar enasinikiga kirishga» shoshilmadi. Umidli gaplar o‘rnini vahimali mish-mishlar egalladi. Bu orada mish-mishlardan ham vahimaliroq, dahshatliroq voqea yuz berdi— ko‘ngli aynib, holsizlanib yurgan Mohichehra yukli ekanini fahmladi. Fahmladi-yu, qishloqdan ketishdan o‘zga chorasi yo‘qligini bildi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:16:13
Haydar — Kesakpolvon shaharda tug‘ildi. U urushdan titrayotgan dunyoni tezroq ko‘rishga shoshildimi yo onasining sharmandali yukdan tezroq holi qilishni istadimi, harholda muddatidan ertaroq tug‘ildi. Kattaroq telpakka sig‘ishi mumkin bo‘lgan darajadagi mitti chaqaloqning bu dunyoda yashab qolishi gumon edi. Lekin bu valadi zinoning jussasi kichik bo‘lsa ham umri qisqa emas ekan. U yoshiga to‘lmay turib, hali erga tegmagan onasining «tug‘ib qo‘ygani» haqidagi xabar qishloqqa yetib bordi. Bu sharmandali xabar qishloqqa bordi-yu, o‘rniga Yetakchining halok bo‘lgani haqidagi shum xabar qaytdi. Mohichehra sharmandali yukni ko‘tarib yurishga chidamadimi yo chindan ham «fashistdan o‘ch olmoq» qasdidami, harholda urushga jo‘navordi. Hatto ijarada turgan uy bekasiga ham aytmadi. Ijara pulini to‘larmikin, deb kutayotgan ayolga shu bola qoldi. Ayol taqdirga tan berib bir necha oy boqdi. Keyin... bolalar uyiga topshirdi...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:16:38
Kesakpolvonning tili bolalar uyida chiqdi. Bolalar uyida atak-chechak qildi. Bolalar uyida esini tanidi. Asosiy hunari — o‘g‘irlikni ham shu yerda o‘rgandi.
Urush oyoqlab bo‘lgan, ammo dunyo tashvishlari ozaymagan edi. «Urush tamom bo‘lsa ota-onam kelib, meni olib ketadi», degan umid bilan ulg‘ayayotgan bolalar, tushlarida ota-onalarini ko‘rib, tongda ko‘z yoshi bilan ulg‘ayayotgan dili poralarning yorug‘lik kunidan esa darak yo‘q. Yoshi kattaroq bolalar «Ota-onalarimiz urush asoratlarini tugatish uchun uzoqlarda mehnat qilishyapti» yoki «Bizni qidirishyapti» deb o‘zlariga o‘zlari tasalli berishardi. Urush nima ekanini, uning asorati ne ekanini bilmaydigan, tasavvur ham qila olmaydigan Haydar — bo‘lajak Kesakpolvon esa ularga qo‘shilib umid quyoshidan bahra olardi. U otasining o‘g‘il farzandli ekanidan, o‘zidan haromi bo‘lsa-da, zurriyod qolayotganidan bexabar hayotdan ko‘z yumganini, onasining esa behush holda asirga tushganini, urush tugab, asirlikdan qutulib, «Vatan xoini» degan la’nat tamg‘asi bilan tumanli, sovuq o‘lkalarda azob chekayotganini, Haydar deb ism qo‘yib, begonalar qo‘liga tashlab kelgan bolasini sog‘inayotganini, tonglarni ko‘z yoshlari bilan qarshilayotganini bilmas edi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:17:15
Bolalar umid quyoshiga sig‘inib yurgan kezlarida ularning saflariga sakkiz-to‘qqiz yoshlardagi bir bola qo‘shildi. Nonushta chog‘ida u Kesakpolvonning yonida o‘tirdi. Berilgan nondan bir-ikki tishlagach, qolganini cho‘ntagiga yashirdi.
— Noningni nimaga yemading? — deb so‘radi Kesakpolvon.
Bola javob bermadi.
Kesakpolvon uning biqiniga turtib yana so‘ragach, bola yon-atrofga bir olazarak bo‘lib olib, so‘ng past ovozda dedi:
— Oyimlarga beraman.
Bu gap Kesakpolvonni xayratga soldi:
— Hali oying bormi?
— O‘zingniki yo‘qmi?
— Mening oyim urushda.
— Urush tamom bo‘lgan.
— Urush asoratlarini tugatyapti.
Bola «Qanaqa asorat? Gapingga tushunmadim?» deganday qarab qo‘ydi. Yaxshiki «asoratlaring nima o‘zi?» deb so‘ramadi. So‘ragandami, Kesakpolvon qanday javob qaytarishni bilmay gangib qolgan bo‘lardi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:19:54
To‘yib ona sutini emmagan, to‘yib non yemagan Kesakpolvon bolaning bu qilig‘iga tushunmadi.
Ular panjaraga yaqin yerda o‘ynar edilar. O‘zlari o‘yin bilan band, ko‘zlari esa bir arava arang sig‘adigan ko‘chada bo‘lardi. Shu ko‘chadan ularga non olib kelishardi! Toshbaqani eslatadigan usti yopiq to‘rt g‘ildirakli arava ko‘rinishi bilan barchalarining zimiston yuraklariga chiroq yoqilar, «Non kelyapti! Non! No-on!!» degan baxtiyor ovozlar yangrardi. Har safar ularning nazarida arava ko‘proq non keltirayotganday bo‘lardi. Shu umid bilan yemakxonaga kirishib, yana o‘sha hajmdagi burda nonni ko‘rishgach, «Nega ko‘proq olib kelmaydi?» deb o‘ylashar, enagalarining «Sabr qilinglar bolalar, urush tugasin, to‘yib-to‘yib non yeymiz», degan gaplariga ishonishardi. Urush tugasa ham to‘yib non yeya olmayotgan, hanuz non tashiydigan aravani kutayotgan bolalar sabrga ko‘nikib qolgan edilar. Ana shu sharoitda bolaning bir-ikki tishlam nonga qanoat qilishi Kesakpolvon uchun ajab hol edi. U «Bola aldayapti, hali berkitiqcha yeb oladi» deb poyladi. Yo‘q, bola aldamadi, ertasiga ham, indiniga ham nonni yashirdi. Uni kunda poylayotgan Kesakpolvonning sabri ortiq chidamadi. Nonni o‘g‘irlab yedi! Biram rohatlandi, biram rohatlandi!.. «O‘g‘irlik rohat keltiradi», degan tushuncha o‘shanda tug‘ildi. Tug‘ildi-yu, ongiga muhrlandi. Oradan yillar o‘tib ham bu tushuncha zarracha o‘zgarmadi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:20:29
— Anov bola meni o‘ldirmoqchi, — dedi ezgin ohangda. Bu ohang zamirida «Men o‘lib ketsam sen ayg‘oqchisiz qolasan», degan ma’no ham yashiringan edi. Homiy buni angladimi yo ayg‘oqchisiga rahmi keldimi, harholda bolaning ta’zirini berib qo‘ymoq uchun chaqirdi:
— Bu yoqqa kel, dushman bolasi, — dedi Homiy.
— Men dushman bolasi emasman! — dedi bola titroq ovozda.
U yarim kechada notanish odamlar kelib, onasini usti yopiq qora mashinada olib ketishganini biladi. Onasiga «sen xalq dushmanining xotinisan, demak, sen ham dushmansan!» deyishganini eshitgan, ammo bu ayblovning ma’nosiga tushunib yetmagan edi. Hozir bu ayblovni Zo‘rning tilidan eshitib, yuragidagi yara tirnaldi.
— Mening oyim do‘xtirlar, dushman emaslar! — dedi ovozini bir oz ko‘tarib.
— O‘chir! — dedi Homiy rasta ovozda. — Buni nega o‘ldirmoqchisan?
— Nonimni o‘g‘irladi.
— Qanaqa non?
— Dushman oyisiga yig‘ayatuvdi, yo‘qotib qo‘yibdi, — dedi Kesakpolvon, «dushman» so‘ziga urg‘u berib.
— Bu dushmanning ishi! Sen yetimlarning haqini dushman onangga bermoqchi bo‘ldingmi?! Seni bolshevikchasiga tarbiyalashimiz kerak. — Homiy qanday tarbiya qilishni bir oz o‘ylab olgach, qat’iy tarzda hukm chiqardi: — Har kuni noningning yarmini menga berasan!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:21:20
— Bermayman, — dedi bola.
— Bermasang — o‘lasan!
— O‘lsam ham bermayman. Sen — tekinxo‘rsan!
Homiysi oldida botirlashgan Kesakpolvon bolaning kekirdagiga chang soldi.
Xulosa shuki, bola nonining yarmini bolshevikcha tarbiya uchun qurbon qilishga majbur bo‘ldi. Yarmini esa... onasining haqiga xiyonat qilmadi, o‘zi yemay, yig‘averdi. Kunlar o‘tgani sayin u holdan toyib, ranglari sarg‘ayaverdi. Bir kuni oshxonaga kiraverishda boshi aylanib, yiqildi. Uni kasalxonaga olib ketdilar. Bolani boshqa ko‘rmadilar. Uning ahvoli, taqdiri bilan qiziqmadilar...
Vaqt o‘tib, qorin nonga to‘yadigan kunlar ham keldi. Voyaga yetib, bolalar uyidan uchirma bo‘lgan bir Zo‘rning o‘rnini ikkinchisi egallayverdi. Shu zaylda Kesakpolvonning homiylari ham o‘zgaraverdi. Yozilmagan qonun asosida yangi Zo‘r salafining ishini risoladagiday davom ettirardi. Yosh ulg‘ayishi yoki Zo‘rning xohishi bilan ayrim bolalarning vazifalari o‘zgarardi. Boshqalar ayg‘oqchilikni durust eplasha olmasmidi, yo bu «vazifa»dan hazar qilisharmidi, harholda Kesakpolvon bu kasbidan uzoqlashmadi.
U ba’zan martabasi ko‘tarilmayotganidan afsuslanardi. Ammo boshqa vazifalarga nisbatan aynan uning — ayg‘oqchining Zo‘rga yaqinligi tasalli berardi. Aynan shu yaqinlik tufayli bir kunmas bir kun Zo‘rning o‘rnini egallashi mumkinligiga aqli yetib turardi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:22:25
Muddaosi sari yaqinlashayotgan damda kimningdir istagi bilan bu bolalar uyi yopildi. Ular turli bolalar uylariga tarqatildilar. Kesakpolvon katta shaharga shu zaylda keldi. Asadbek bilan ham shu bahonada tanishdi. Aniqrog‘i, Asadbek o‘qiydigan sinfga kelib, eng oxirgi partaga, bo‘yi boshqalarnikidan uzunroq bo‘lgan bola yoniga o‘tirdi. Qovog‘ini solib, tumshayib o‘tiradigan bu bolaning ismi Asad edi. Kesakpolvon uning bo‘yiga, avzoyiga qarab, «Zo‘ri shu bo‘lsa kerak», deb o‘ylab yanglishmadi. Asadbek boshqalarni huda-behuda urmasa ham, so‘kmasa ham yoshi kattaroq bo‘lgani uchun undan hayiqishardi. Kesakpolvon uning maktabga kechroq chiqqanini, otasi qamalgan yili esa sinfda qolganini dastlabki kezlar bilmasdi.
Bir kuni sinf rahbari kirib Asadbek bilan Kesakpolvonni o‘rinlaridan turg‘izdi.
— Turdialievning perosini qaysi biring o‘g‘irlading? — dedi g‘azabli ko‘zlarini ularga tikib.
Bu davrga kelib Kesakpolvon ko‘zlarini lo‘q qilib qarashning ustasi bo‘lib qolgan edi — o‘qituvchiga «Bunaqa gapdan xabarim yo‘q», deganday bezrayib qarab turaverdi. O‘g‘irlikni or deb bilgan Asadbek esa bunday qila olmadi. Gumonning o‘ziyoq uni uyatdan bosh egishga majbur etdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:22:46
— Men o‘g‘ri emasman, — dedi u o‘qituvchiga tik qaray olmay.
Shu zahoti uning yuziga shapaloq tushdi:
— Sen, unsurning bolasi, menga to‘ng‘illama. Dars tugaguncha peroni joyiga qo‘ymasang — qamalasan! Endi hamma turib, xalq dushmanining o‘g‘liga, o‘g‘riga o‘z nafratini izhor qilsin!
Kesakpolvon nafrat qanday izhor qilinishini bilmas edi. Otasi qamalganidan beri bunday xorlik tuzini tatib ko‘rayotgan Asadbek qochmoqchi bo‘ldi. Ammo sinf rahbarining omburday qo‘llari qulog‘ini burab, joyidan jildirmay qo‘ydi. Bolalarning ayrimlari unga yaqinlashib, tap tortmay tupurdilar. Ayrimlari esa qo‘rqa-pisa «tuf» deb o‘tdilar. Sinf rahbari istamayroq tupurganlarni to‘xtatib, nafratni astoydilroq izhor etishga majburladi. Shu zaylda nafratlar izhor etilib bo‘lingach, sinf rahbari Kesakpolvonga qarab:
— Sen-chi? — dedi.
Dushmanlar ro‘yxatiga tushib qolmaslik uchun Kesakpolvon ham tupurdi. Bu dunyoning ajabtovurligi shundaki, valadi zino halolga, o‘g‘ri to‘g‘riga tupurdi! Kesakpolvon boshqalarga qo‘shilib «nafratini izhor» etdi-yu, «Hali bu abjag‘imni chiqarmasa edi», deb qo‘rqdi.
Tanaffus paytida sinfning zo‘ri bo‘lmish Asad bolalarni chertmadi ham, so‘kmadi ham. Hovliga chiqib, daraxtga suyanganicha ma’yus holda turaverdi. Ertaga qichishi mumkin bo‘lgan yerini bugun qashib qo‘yishni o‘rganayotgan Kesakpolvon unga qo‘rqibgina yaqinlashdi.
— Og‘aynichalish, sen mendan xafa bo‘lma. Agar tuflamasam mendan ko‘rardi.
Asadbek o‘ziga nisbatan yoshi ham, bo‘yi ham qisqa bu bolaga bir qarab oldi-yu, indamadi.
— Peroni sen olmagansan. Otang dushman bo‘lgani uchun...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:23:19
— Mening otam dushman emas! — dedi Asadbek o‘qrayib. Uning mushtlari tugilib, vajohati o‘zgardi. Bolalar tupurayotganda bunaqa holga tushmagan edi.
— Men dushman demadim-ku! Ular shunaqa deb o‘ylasharkan-da. Sinfda bir narsa yo‘qolsa yo sendan, yo mendan ko‘rishadi. Men detdom bolasiman. Demak, men ham yomonman.
— Yomonliging to‘g‘ri. Peroni sen olgansan.
— Yo‘-o‘q, olganim yo‘q.
— Olding. O‘zim ko‘rdim.
— Ko‘rgan bo‘lsang... unda nimaga aytmading?
— Men sotqin emasman. Senga o‘xshagan o‘g‘ri ham emasman...
— Meni o‘g‘ri deyapsanmi?.. Ha, mayli, o‘sha perosini men oldim. Berib tur, desam bermadi. Bermagandan keyin olaman-da. Agar o‘zi yo‘qotib qo‘yganida ham baribir bizdan ko‘rishardi. Undan ko‘ra o‘zimiz olganimiz yaxshi emasmi? Ma, — u shunday deb cho‘ntagidan pero chiqarib uzatdi, — egasiga ber. Yana qamatib yurmasin.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:23:39
— O‘zing ber.
— Men nima deb beraman?
— O‘g‘irladim, deysan.
— Sendan ko‘rishyapti, o‘zing berganing yaxshi.
— Men bersam, men o‘g‘irlagan bo‘lib chiqaman.
Kesakpolvon bu gapni eshitib, birpas o‘ylandi-da, «Gaping to‘g‘ri, shu yerda tur», deb nari ketdi. Turdialiev degani doimo ozoda kiyinib, bo‘yniga shohi qizil galstuk taqib yuruvchi nimjonroq bola edi. Kesakpolvon uni chaqirib, panaroq joyga boshladi. Ammo juda xilvatga o‘tishdan o‘zini tiydi. Asadbekning shu tomonga qarab turganiga ishonch hosil qilgach, avval yaxshilik bilan gap boshladi:
— Peroyingni Asad o‘g‘irlaganini ko‘rdingmi?
— Yo‘-o‘q, — dedi Turdialiev.
— Bo‘lmasa direktoringga kirib ayt, peroimni yo‘qotib qo‘ygan ekanman, topdim, de.
— Senga nima? Seni o‘g‘ri qilmadik-ku?
— O‘g‘ri menman! — Kesakpolvon shunday deb uning kekirdagiga chang soldi: — Yo aytasan, yo o‘lasan! Men detdom bolasiman, a? Aytasanmi yo yo‘qmi?
Esxonasi chiqib ketgan Turdialiev xirilladi:
— Aytaman, qo‘yvor endi.
Kesakpolvon cho‘ntagidan uch-to‘rt pero chiqarib unga uzatdi:
— Tanlab ol, qaysi biri seniki?
Turdialiev titroq barmoqlari bilan otasi Moskvadan olib kelgan peroni tanlab oldi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:24:01
— Buni eskitib qo‘yibsan. Ertaga menga yangisini olib kelasan. To‘xta, yana bitta gap bor: sinfda yigirma ikkita bola bor, a? Har bitta boladan besh tiyindan to‘plab berasan.
— Nimaga?
— Tupurganlaring uchun. Bitta tupurish besh tiyin. Sen o‘zing o‘n besh tiyin to‘laysan. Seni deb bo‘ldi hammasi. Bilib qo‘ylaring: g‘iring desalaring — so‘yaman! Bitta-bitta ushlab so‘yaman. — U shunday deb cho‘ntagidan buklama pichoqcha chiqargach, Turdialievning ko‘zlari ola-kula bo‘lib ketdi.
Shu voqea bahonasida u o‘zi ham kutmagan holda sinfning zo‘riga aylanib qoldi.
Asadbek undan anchagacha nafratlanib yurdi. Kesakpolvon uning nafratini sezib turar, ammo bu nafratni uyg‘otuvchi omilni idrok qila olmas edi. Garchi Asadbek «dushman bolasi» tamg‘asi ostida yursa-da, uning boshqa olam farzandi ekanini tushunmasdi. Tushunmoq uchun esa o‘zining valadi zino ekanini bilmog‘i lozim edi.
Maktabda, xususan, ularning sinfida o‘g‘irlik davom etar, chuv tushgan ayrim bolalar yonida pichoqcha olib yuruvchi bu «detdomchi»dan qo‘rqishib indashmas, ayrimlari arzi hol qilgan taqdirlarida ham undan gumonlari borligini bildirishmas edi. Asadbek yana ikki karra nafrat nishoniga aylangach, Kesakpolvon uni tartibga chaqirmoqchi bo‘ldi:
— Ikkitasini boplab abjag‘ini chiqargin, keyin tuflamaydigan bo‘ladi. Nima, qamalishdan qo‘rqasanmi? Bunaqa turgandan ko‘ra qamalib ketgan ming marta yaxshi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:24:19
Bu zaharli gapdan keyin Asadbek «yorildi»:
— Qamoqdan qo‘rqmayman, — dedi u. — Men qamalib ketsam oyimlarga kim qaraydi?
Kesakpolvon Asadbekning bu dardiga ham tushunmadi. Ona sutiga, mehriga qonmagan, qalbi «onaga muhabbat» degan tuyg‘udan holi bu bola ona huzuridagi mas’uliyat, burch degan tushunchalarni idrok qilishi mumkin ham emasdi.
Kesakpolvon o‘sha onlarda yuqori sinflarda o‘qiydigan zo‘rlarga ham yaqinlashishga harakat qildi. Ulardan bir-ikki tepki yegach, bu yil bo‘lmasa kelasi yili maktabning mutlaq zo‘ri martabasiga yetuvchi Asadbekdan durustrog‘i yo‘q ekaniga ishondi. Asadbek «Sen bola, o‘g‘irlik qilma!» deb urganida ham ranjimadi. Asadbekning ko‘ngli sovib, gaplashmay qo‘ygan kezlarida esa yuqori sinfda o‘quvchi Jalilni ishga soldi. To‘g‘ri, avvaliga Asadbek bilan Jalilning oralaridan qil o‘tmas darajadagi do‘st ekanliklarini bilib, g‘ashlandi. O‘zini Jalilning o‘rnida ko‘rishni istadi. Ammo bu do‘stlikni uncha-buncha kuch buzolmasligini bilgach, Jalildan foydalanadigan bo‘ldi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:24:35
Bolalar uyidagi hayoti oyoqlab, «katta hayot»ga uchirma bo‘lishga hozirlik ko‘rib yurgan kezlari bir ayol keldi. Tarbiyachilar uni «Sening onang», deb tanishtirishdi. Ayol yig‘lamsirab «Bolam!» deganicha uni bag‘riga bosdi. Kesakpolvonning eti hatto jimirlamadi. Bir paytlar bolalarga qo‘shilib onasini kutgan Kesakpolvon bo‘zlayotgan bu ayolning onasi ekanini his eta olmasdi. Ayol shu sog‘inch, shu bo‘zlash bilan xarsang toshni quchib mehrini bersa, balki tosh erib ketardi. Lekin Kesakpolvon o‘shanda qilt etmadi.
Onasi urush ofatlarini, asirlik azoblarini, qamoq jafolarini aytib yig‘lardi. Kesakpolvonning esa kiprigi qilt etmasdi. Kesakpolvon toshdan ham qattiqroq edi — yorilmadi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:24:57
Onasi «uyga olib ketaman», dedi. «Baribir qaerdadir yashashim kerak-ku», deb ko‘ndi. Jangda jarohatlanib asirga tushib qolgan, urushdan keyin qamalgan onasi Sibirda o‘ziga o‘xshagan odam bilan topishgan ekan. U «Xohlasang «dada» de, xohlasang «Toshmat aka» de», deb o‘zini tanishtirdi. O‘z onasini «ona» deya olmaydigan odam begonani «dada» dermidi? «Toshmat aka», deyaverdi. Toshmat aka deganlari juda injiq ekan. Kesakpolvonning har qadamini kuzatadi. «Unday qilma, bunday qil», deb aql o‘rgataveradi. Bu ham yetmaganday, kechalari baqirib, kimlarnidir jangga boshlaydi. Xullas, bu hayoti joniga tegib, uydagi qo‘lga ilinarli narsalarni o‘mardi-yu, g‘oyib bo‘ldi.
Kesakpolvon onasini tushunmadi. Tushunishi mumkin ham emasdi. Onasi esa g‘olib nafsning lahzalik rohati uchun bu dunyodagi umrini qurbon qilganini anglab yetdi. Shu bois o‘g‘lini boshqa qidirmadi...

Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:25:31

VI   b o b

1
Zohid «Yoshligida Jamshid Sunnatullaevga oshiq bo‘lgan bu xonim kim ekan?» degan qiziqish
 bilan muovinning eshigini asta taqillatdi. Ichkaridan «Bandman!» degan ingichka ovoz eshitildi. Zohid odob yuzasidan picha kutdi. So‘ng yana taqillatdi. Ichkaridan bu safar «Bandman!» degan ovoz zardali ohangda keldi. Zohid bu zardaga parvo qilmay eshikni qiya ochdi-da «Mumkinmi?» dedi.
— Bandman, kuting, — dedi muovin jahl bilan.
Zohid bu gapni ham eshitmaganday eshikni kattaroq ochib, ostona hatladi. Xona to‘ridagi katta stolga tirsagini tirab o‘tirgan jikkakkina, qaldirg‘och qanotiday qayrilma qosh ostidagi dumaloq ko‘zlaridan qahr yog‘ilib turgan ayol «Bu bezbet yigit kim bo‘ldi ekan?» deb o‘ylab ham o‘tirmadi.
Uning huzuriga turli yumush bilan turli toifa odam kelib turardi. Bular orasida muloyimlari ham, bezbetlari ham, shirinso‘zlari ham, to‘nkamijozlari ham bo‘lardi. U barchani bir tarzda — qoshlarini chimirgan holda qabul qilardi. Faqatgina gap orasida husnini maqtab o‘tuvchi erkaklargagina bir jilmayish hadya etib qo‘yar edi.
Agar Zohid shoirtabiat bo‘lganidami, «Bu ohu ko‘zlarga g‘azab emas, kulib turish yarashadi», degan gaplar bilan ko‘nglini ovlardi. Zohid shoirtabiat ham emas, bu ayolning ko‘nglini ovlash niyati ham yo‘q. Bundan tashqari xonasiga kiruvchini it kabi qopadigan rahbaru rahbarchalarga azaldan tobu toqati yo‘q. U ichkariga bir qadam qo‘yishi bilan muovin jahl bilan o‘rnidan turdi:
— Sizga «Bandman!» dedim?!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:25:54
— Eshitdim, — dedi Zohid. — Afsuski mening vaqtim ziqroq, boshqa kutolmayman.
— Mening ham vaqtim ziq. Sizni qabul qila olmayman.
— Vaqtingiz bo‘lmasa ham bostirib kirishga majburman. Xizmatim shunaqa. — Zohid shunday deb unga yaqinlashdi-da, hujjatini uzatdi. Muovin guvohnoma bilan tanishgach, shashtidan qaytdi. O‘rniga o‘tirdi. Ammo jiddiyligini yo‘qotmadi, qoshlarini chimirgan holda:
— Xizmat? Biz nima gunoh qilibmiz? — dedi.
— Gunohingiz yo‘q. Bir ishga aniqlik kiritishda yordam bersangiz?
— Marhamat, so‘rang. Faqat imillamang, vaqtim ziq.
— Siz... Jamshid Sunnatullaev degan yigitni tanirmidingiz?
«Tanirmidingiz?» degan so‘z muovinga «o‘sha voqeani eslaysizmi?» degan pisandaday tuyulib, yuragi shuv etib ketdi. Chimirlagan qoshlari asl holiga qaytdi. «Shuncha yildan keyin nimaga kavlashtirib keldi?» degan o‘y uni muovinlik shohsupasidan oddiy gunohkor banda holiga bir zumgina tushirdi. Yillar bo‘yi vujudini boshqarib kelayotgan kibr bu oniy chekinishdan g‘olib chiqib, uni yana o‘sha shohsupaga ko‘tardi. U yana qoshlarini chimirdi:
— Kim dedingiz? Eslolmayapman?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:28:04
— Nahotki?— Zohid ajablanganday unga tikildi.— Sizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan yigit... Qamalib ketgan.
— Ha, umi... ancha yil bo‘ldi. Esimdanam chiqibdi.
— Qiziq?
— Nimasi qiziq?
— Bunaqa voqea esdan chiqmasa kerak deb o‘ylarkanman.
— Yana nimalarni o‘ylaysiz? — dedi Muovin piching aralash zarda bilan. — Yoshligimda bunaqa yigitlardan mingtasi atrofimda ilakishib yurardi.
— Buni bilmadim... Balki mingtadan ham ko‘proqdir. Lekin ularning hammasi qamalmagandir? Bunaqasi bittadir?
— Balki bittadir... Qani, gapni aylantirmay, maqsadingizni ayting.
— Sunnatullaevni oxirgi marta qachon ko‘rgan edingiz?
— Beting qurg‘urni o‘sha suddan keyin ko‘rmadim.
— Keyin... qamoqdan chiqqanidan keyin ilakishmadimi?
— Keyin ko‘rganim yo‘q.
— Siz uning taqdiri bilan qiziqmadingizmi?
— Nimaga qiziqishim kerak ekan?
— Axir... otasi bilan birga ishlar edingiz?
— Ishlar edik. U odam ishdan bo‘shab ketgan.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:28:24
— U odam hozir og‘ir kasal emish?
— Bo‘lsa bordir. Issiq jon...
— Ha, issiq jon... Sunnatullaevni o‘ldirib ketishibdi, eshitmadingizmi?
— Men o‘ldirmabmanmi, ishqilib?
— Yo‘q, sizmasdirsiz.
— «Sizmasdirsiz?» Nima demoqchisiz?
Zohid ko‘mirga aylangan murda suratini cho‘ntagidan olib, unga uzatdi:
— Bunaqa ish sizning qo‘lingizdan kelmasa kerak, demoqchiydim.
Muovin Jamshidning o‘lganini eshitgan, ammo bunday vahshiylik sodir bo‘lganini bilmagan edi. Suratni ko‘rib bir cho‘chib tushdi. Uni bu noqulay ahvoldan mo‘’jaz reproduktordan kelgan ovoz qutqardi:
— Markazkomdan shoshirishyapti, xat tayyor bo‘ldimi?
Muovin shoshib mikrofonga engashdi:
— Yo‘q, opajon.
— Nimaga cho‘zyapsiz? Bu masala plenumga qo‘yilishini aytdim-ku sizga!
— Prokuraturadan bir o‘rtoq kelib, meni so‘roq qilyapti.
— Huzurimga kiring. Tez bo‘ling.
Muovin «eshitdingizmi?» deganday qoshlarini chimirdi-da, betakalluf tarzda xonadan chiqdi. Bir necha daqiqadan so‘ng ancha dadillashgan holda qaytib, joyiga o‘tirdi.
— Yana nimani so‘rab bilmoqchisiz?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:28:47
— Sunnatullaev sizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan o‘sha ishda siz tergovchiga «Undan qochaman, deb o‘zimni derazadan tashladim», degansiz. Sudda esa «Derazadan itarib yubordi», degansiz. Qaysi biri to‘g‘ri?
— Bu odamning o‘limiga mening ko‘rsatmalarimning nima dahli bor? Siz qotilni qidiryapsizmi yo eski go‘ngni tityapsizmi? Maqsadingiz nima?
— Siz savolimga javob bermadingiz?
— Javob bermayman ham. Qandaydir tergovchining bema’ni savollariga javob qaytarishga toqatim ham, vaqtim ham yo‘q.
Zohid qayrilma qosh bu Muovinning bu tarzda dadillashishi sababini bilmay turganida telefon jiringlab masalaga oydinlik kiritdi. Muovin telefon go‘shagini qulog‘iga tutdi-da, «Ha, shu yerda», deb Zohidga ma’noli qarab qo‘ydi. So‘ng go‘shakni uzatdi:
— Sizni so‘rashyapti.
Zohid ajablangan holda go‘shakni qulog‘iga tutdi-da:
— Eshitaman, Sharipov, — dedi.
— U yerda nima qilib ivirsib yuribsiz. Hurmatli odamlarni behurmat qilishga kim sizga huquq berdi?
— Kechirasiz, sizni tanimay turibman? — dedi Zohid.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:30:31
Bo‘lim boshlig‘i o‘zini tanitgach, Zohid «zo‘rsizlar-ku!» degan ma’noda Muovinga qarab qo‘ydi-da:
— Men yuritilayotgan ish yuzasidan keldim bu yerga, — deb izoh berdi.
— Ishga ularning dahli yo‘q. Darhol uzr so‘rangu huzurimga yetib keling.
— Yaxshi. Yana bir-ikki savol beramanu yetib boraman.
— Hech qanday savol berilmasin!
— Yaxshi.
Zohid go‘shakni Muovinga uzatib:
— Bu imorat ancha baland qilib qurilgan ekan, a? — dedi.
— Siz shoshib turibsiz shekilli, chaqirishyaptimi? — dedi Muovin qoshlarini chimirib.
— Ha, hozircha shoshib turibman. Keyin bafurja gaplashamiz.
— Ovora bo‘lib kelib yurmang. Boshqa aytadigan gapim yo‘q sizga.
— Endi opajon, bu masalani biz hal qilamiz. «Ovora bo‘lib kelib yurmang», deb yaxshi aytdingiz. Sizga chaqiruv qog‘ozi yuboraman, prokuraturaga o‘zingiz bora qolasiz.

Muovin gezrayganicha qolaverdi. Zohid xonadan chiqdi-da, «Qorovul balo ekan», deb qo‘ydi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:31:01
Qorovul esa uni bir piyola choyga taklif qilib:
— Qalay, qopmadimi? — deb so‘radi.
— O‘zi qopolmadi, zo‘rrog‘i bor ekan, o‘shanga qoptirdi, — deb kuldi Zohid.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:31:33
Zohid qorovulga kulimsirab gapirgani bilan nayza sanchilgan holga kelgan qalbi faryod urardi. Zohid chigirtkaday ko‘ringan ayolning bu darajadagi ofat ekanini tasavvur ham qilolmagan edi. Mana hozir orqasidan tepki yegan notavon odam kepatasida bo‘lsa ham qorovulga sir boy bermaslik uchun hazil bilan javob qilib, ko‘chaga chiqdi. Chiqdi-yu, yana qaytgisi, ustalik bilan, madaniy tarzda tepib chiqargan Muovinning opajoni huzuriga kirib borgisi keldi. Zohid uni sirtdan bilardi. Zohidga ma’lum bo‘lgani — u qahramon! Radio-televizorda, matbuotda nomi tez-tez zikr etiluvchi ayol. Zohid semiz bu kampirning qiyofasini ko‘z oldiga keltirib «Kattamizni terlatganga o‘xshaydi-da», deb qo‘ydi. U bilmaydiki, qahramon kampir u o‘ylagan «katta»ga emas, balki undan kattarog‘iga arz qilgan. O‘sha kattaroq pastroqqa, unisi yana pastroqqa zug‘um qilgach, zanjir reaktsiya amalga oshib, Zohidning boshlig‘i bevoshlikda ayblanib, unga «siyosiy ko‘rlik» «unvoni» berildi. Buni anglab yetgan rahbar cho‘g‘ni bosib olganday talvasaga tushdi. Kimgaki, «siyosiy ko‘rlik» «unvoni» nasib etdimi, baland martabalar yo‘li to‘silishi ham mayli, tagiga suv keta boshlaydi. Bir ahmoq xodimining qilig‘i uchun mansabdan ayrilishni kim ham istar edi?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:31:53
Zohid hali bularni bilmaydi. U hozir ko‘chada ketaturib iziga xayolan qaytib, har narsaga qodir o‘sha kampirshoga achchiq-achchiq gaplarni aytardi: «Minbarlarda aytgan gaplaringiz nima-yu, bu qilig‘ingiz nima? Adolat, adolat, deysiz, xalq manfaati, deysiz. O‘zingiz esa xalqning bir farzandini beayb qamatib yuborasiz. Mening bilganim faqat Sunnatullaev. Siz yana nechta odamning umriga zomin bo‘lgansiz? Hech hisob-kitob qilganmisiz? Siz minbarda ko‘pirib aytgan adolat boshqa, biz himoya qilmoqchi bo‘lgan adolat boshqami? Adolatning rangi nechta o‘zi? Oddiy odamlar adolati jonsizu sizlarniki O‘lmas Kashcheydek davron suraveradimi? O‘sha O‘lmas Kashcheyingizning joni qaysi qutichada saqlanadi o‘zi? O‘sha qutichaga bizning qo‘limiz yetmaydimi? Undagi tuxumni olib quritishga kim qodir?..»
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:32:22
Qahramon kampirshoga bo‘lgan qahrini xayolan sochib borayotgan Zohid bir zum to‘xtab, o‘zidan-o‘zi nafratlandi. Shartta qaytishga, bu gaplarni uning yuziga tik qarab turib aytishga jur’at qilolmagani uchun o‘zidan-o‘zi nafratlandi. Erkakning o‘zini nochor sezishi — qalbi uchun og‘ir azobdir. Tan azobidan bir necha hissa ortiqroqdir. Tan azobigayu malham em bo‘lar, qalb azobiga-chi? Duradgorning mixi tugasa, bir-ikki kun nochor bo‘lar. Ammo adolat mix emaski, bu do‘konda bo‘lmasa, boshqasidan topib ishini davom ettiraversa...
Zohid g‘ashlangan ko‘yi idorasiga yetib bordi. Navbatchi rahbari kutayotganini ma’lum qilgach, «Telefondagi gapi chala qolgan ekan-da» degan fikrda uning xonasi tomon yurdi.
Ichkaridan rahbarining baqirib aytayotgan gaplarini eshitib to‘xtagan edi, kotiba «kiravering, kutyaptilar», dedi. Zohid eshikni ochib, ichkariga ikki qadam qo‘ydi-yu, to‘xtadi. Rahbari qo‘lida bir tutam qog‘ozni ushlab, silkitganicha Zohidning hamkasbiga tanbeh berardi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:32:36
Zohidning kirib kelganini ko‘rsa ham, e’tibor bermay, dag‘dag‘asini davom ettirdi:
— Siyosiy ko‘rlikdan qachon qutulasanlar o‘zi?! Qachongacha men sen galvarslarni deb dakki eshitaman? Sen, qovoqmiya, bularga nima deb ayb qo‘yyapsan?
— Banditizm... — dedi tergovchi.
— Ha, banditizm! Ko‘r emasman, o‘qidim, ayblovingni. Endi men shu ahmoqona qog‘ozingga qo‘l qo‘yaymi? Senga qo‘shilib men ham partiya siyosatiga qarshi chiqayinmi? Seni deb men ham qamoqda chiriyinmi? Sen menga ayt, KPSS yigirma birinchi s’ezdi qarorlarini o‘qiganmisan? Ayt, o‘qiganmisan?
— Esimda yo‘q...
— Ha, esingda yo‘q. Esning o‘zi bormi, sen galvarsda? Sen uchun men o‘ylashim kerakmi, a? Senlar jaraq-jaraq pul ishlayverlaring, boyvachcha bo‘lib kerili-ib yuraverlaring. Men esa senlar uchun o‘ylab yuray, eslab yuray... Hozir chiqib, s’ezd qarorlarini o‘rganib, keyin kelasan, — u shunday degach, qog‘ozlarni tergovchiga qarab otdi. Qog‘ozlar mo‘ljaldagi manzilga yetmay, sochilib ketdi. Tergovchi qog‘ozlarni yig‘ishtirayotganida rahbar Zohidga qaradi:
— Qani, dono yigit, sen bilasanmi, partiya qarorlarini?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:33:05
— Partiyaning qarorlari ko‘p, qaysi birini aytyapsiz?
— Qara-ya, yaxshi eslatding, men ahmoq qarorlarning ko‘pligini bilmas ekanman. S’ezd faqatgina banditizm haqida qaror qabul qilgan, deb yurarkanman, — dedi rahbar piching bilan. — Qani, nima degan, sen menga ayt!
Zohid yelka qisdi: yigirma birinchi s’ezd qachon bo‘lganu nima degan, kimning esida turibdi? Hatto partiyaning rahbarlari ham unutishgandir bu qarorlarini. Nafsilamrni aytganda, o‘zini siyosiy hushyor, bilag‘on qilib, xodimlarini ezayotgan bu rahbar ham s’ezdning faqat shu qarorinigina bilardi.
— Bilmaysanlar! Ha, bilmaysanlar, lekin donolik qilib, osmondan kelasanlar. O‘rgildim, sendaqa donolardan! Senlardaqa yuzta dononi yig‘ib kelsa, bir gramm aql topilmaydi-yu, yana karillaysanlar-a! Bilib qo‘ylaring: KPSS yigirma birinchi s’ezdi qarorlarida «SSSRda banditizm barham topgan», deyilgan! Sen esa, — u tergovchiga barmog‘ini bigiz qildi, — «yo‘q, s’ezd adashgan, bizning shaharda banditizm bo‘lib turadi», demoqchimisan? E, o‘rgildim, senlardaqa kaltabinlardan. Yarim soatdan so‘ng ayblovni o‘zgartirib kel.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:33:24
— Nima deb qo‘yay? — deb so‘radi tergovchi qog‘ozlarni yig‘ishtirib bo‘lgach.
— Balo deysanmi, battar deysanmi, o‘yla, kallangni ishlat! Shu ishing uchun davlat senga pul to‘laydi. Kallang po‘la bo‘lsa, bo‘shatib qo‘y, kallalilar ishlasin!
Tergovchi yelkasiga shu kabi tavqi la’nat toshlarini ortib, nochor ahvolda xonadan chiqdi. Zohid esa asta yurib borib uning o‘rniga turdi. Go‘yo qolgan-qutgan la’nat toshlarini ortish uchun yelkasini tutdi. Rahbar unga qovoq uyub qaradi, o‘zi ham o‘tirmadi, uni ham o‘tirishga taklif etmadi.
— Xo‘sh, dono yigit, qaerga borganingizni bilasizmi, o‘zi?
— Oddiy bir idoraga, — dedi Zohid o‘zini xotirjam tutishga tirishib.
— Siz uchun oddiydir. Ammo, — rahbar ko‘rsatgich barmog‘ini shiftga qarab nuqdi, — yuqoridagilar uchun oddiy emas. Sen bola, Sunnatullaevning almisoqdan qolgan ishini nimaga kavlashtiryapsan? Senga bu «Ish» tugallangan, yop, deyilganmi, nega yopmayapsan?
— Ish hali mutlaqo mavhum.
— Nimasi mavhum? Sunnatullaev o‘ldirildimi? Uni o‘ldirganlar ham o‘ldirildimi? Unisi ham, bulari ham dordan qochgan jinoyatchilarmidi? Senga yana nima kerak? Xursand bo‘lib yopavermaysanmi? Sen qilolmagan ishni o‘zlari qilishyapti. Bir-birining go‘shtini yeyapti. Yig‘ishtir, bunaqa donoligingni!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:33:42
Zohid Said Qodirovning topshirig‘ini eslab, rahbarga e’tiroz bildirdi:
— Bu ishni yopolmayman. Meni majbur qilolmaysiz. Kerak bo‘lsa, yuqoriga arz qilaman.
— O‘h-ho‘... zo‘rsan-ku, a?! Qani, yozib ko‘r-chi? E, senga xat-savod o‘rgatganni... — rahbar so‘kinib, joyiga o‘tirdi. — Mishig‘ini artolmaydi-yu, yana men bilan olishadi-ya! — U shunday deb stoli ustidan bir «Ish»ni olib, Zohidga uzatdi: — O‘n besh kunda javobini aytasan. Bor, ishingni qil.
Zohid «Ish»ni olib burildi. Ostonaga yetganida rahbarning so‘kishi eshitildi. Zohid orqasiga keskin o‘girilib, ko‘zlaridagi g‘azab o‘ti bilan unga javob qildi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:35:35
3

U xonasiga kirgach, joyiga o‘tirgisi ham kelmadi. Yuzasi choynak izlaridan dog‘ bo‘lgan stol ko‘ziga battar xunuk ko‘rindi. Qo‘lidagi «Ish» zil-zambilday tuyulib, stol ustiga «tap» etib tashladi. Qog‘ozlar qatidan yengil g‘ubor ko‘tarilib, dimog‘ini qichishtirdi. Ikki-uch aksa urgach, yengillashganday bo‘ldi.
Biron ishga qo‘l urilgan mahalda yuqori martaba egalarining aralashuvlari, oqibatda ojiz odamday chetga chiqib qolinishi Zohid uchun yangilik emas. Akasining o‘limidan so‘ng bunday haqsizlikni ko‘p ko‘rdi. Odam zoti yantoqzorda yurib, oyoqlari tikonlarga o‘rganganday, haqsizlikka uchrayversa, unga ko‘nikib qoladi. Hatto haqsizlikka uzoq vaqt duch kelmasa, uni qo‘msaydi ham. Zohid haqsizlik deb atalmish to‘qayzorda yurganini allaqachon fahmlab yetgan, necha yilki, bu to‘qayzorda adolat gulini izlaydi. U bilmaydiki, to‘qayzorda gul bitmas, adashib bitgan taqdirda ham undagi to‘ng‘izlar yancharlar, yo‘q qilarlar.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:35:49
Zohid esa izlagani, gul deb o‘ylagani sassiq alaf bo‘lib chiqqan onlarda afsuslanadi, ammo ishonch bilan izlayveradi. Zohid ilm gulshani sari borayotib o‘z yo‘lini to‘qayzorga o‘zi burdi. U to‘qayzorda sassiq alaflarning, qamishlarning, gulni payhon qilg‘uvchi to‘ng‘izlarning ko‘pligidan ajablanmaydi. Uni qiynaydigan savol bitta: bu haqsizlik to‘qayzori qachon obod bo‘ladi? Inson farzandlari qachon adolat gulshanidan bahra oladilar? Bu savol uyg‘ongan damda yashirin bir ovoz «hech qachon!» deb javob beradi. Ana shunda Zohid bu ovozni bo‘g‘adi, adolat gulini topmoq ishonchini so‘ndirmaydi. Uning bu ishonchi uzoq davom etuvchi xastalikka o‘xshaydi — o‘lib o‘la qolmaydi, jonlanib, jonlanmaydi. Ishonchi o‘lib qola qolsa edi, u haqsizlik to‘qayzorini butunlay tark etib, umidini shu yerning o‘ziga dafn qilib qutular edi.
Bugun ko‘rgan-kechirganlari uning ishonchini yana o‘lim to‘shagiga qulatdi. U zindon nima ekanini, zindon azobi qanday bo‘lishini bilmaydi. Lekin xonasi hozir unga zindon kabi tuyuldi. Devorlar o‘rnidan siljib, xona torayayotganday, uni ezayotganday bo‘ldi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:36:05
Yana bir oz shunday tursa, ruhining azoblanishiga chiday olmasligini fahmladi. Xayolini nima bilandir chalg‘itishi lozimligini angladi. Bu xonada xayolini chalg‘itishning yagona yo‘li — joyiga o‘tirish, Said Qodirovning aytganini bajarish — yuqoriga arznoma yozish. Shu yumush o‘ziga ham ma’qul kelib, joyiga o‘tirgach, qog‘oz oldi-yu, yoza boshladi. Vujudini ezayotgan hasratlari harflarga aylanib, qog‘ozga tushdi-yu, sal yengil tortganday tuyuldi. Said Qodirovga qo‘ng‘iroq qildi. U tomondan javob bo‘lmagach, rahbari bergan «Ish»ni hafsalasizlik bilan varaqlay boshladi. «Ish â„–... Botirov Shokir... 1986 yili 21 dekabr kuni balog‘atga yetmagan qizni zo‘rlagan. O‘zbekiston SSR jinoyat protsessual Kodeksining 94-moddasi... O‘n bir yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan... Prokuror o‘n besh yil so‘ragan... Jinoyatchilar to‘rt kishi bo‘lgan... Sud esa birgina Botirovni hukm etgan... Botirov muqaddam, 1980 yilda O‘zSSR jinoyat protsessual Kodeksining 89-moddasi bilan sudlangan...»
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:36:17
Shu joyga kelganda Zohid sergak tortdi. Hatto huquq ilmidan bexabar odamning ham aqli yetadigan masalaga nechun sud e’tiborsiz qaragan? Qolgan uchta jinoyatchi qani?
Zohid «Balki sahifalar o‘rni almashib ketgandir», degan o‘y bilan qog‘ozlarni bir-bir ko‘zdan kechirdi. Keyin zo‘rlangan qiz — Mohira Nuriddinovaning suddagi ko‘rsatmalarini o‘qib chiqdi. Uni to‘rt yigit chala bitgan to‘rt qavatli imoratga boshlab borgan. To‘rttalasi ham nafsini qondirgan. Lekin... ular orasida Botirov bo‘lmagan. Tergov paytida «Botirovni ko‘rsatasan», deb majburlashgan...
Zohid «Ish»ni yopib, o‘ylanib qoldi. Nazarida bu «Ish» ham Sunnatullaevga oid «Ish»ning mantiqiy davomiday tuyuldi. Bir necha yillar muqaddam Sunnatullaev tuhmat bilan qamalgan. (Zohid bugungi voqeadan so‘ng uning tuhmat bilan qamalganiga qat’iy ishonch hosil qildi). — Botirovning «Ish»idan ham tuhmatning isi kelib turibdi.
«Bunday tuhmat bilan qamatishdan kim qanday manfaat ko‘radi? Sharif Namozov «Ish»ida o‘rtada mol-dunyo turibdi. Sunnatullaev esa o‘sha xonimchadagi yo‘q nomusga qurbon bo‘ldi. Botirov nimaning qurboni bo‘lgan?»
Zohidni taajjubga solgan yana bir narsa — dastlabki sud Botirovni jinoyatchi deb topib, o‘n yil muddatga ozodlikdan mahrum etgan. Oradan fursat o‘tib, shahar sudi bu qarorni bekor qilib, Botirovni beayb deb xulosa chiqargan. Lekin oradan yana bir necha oy o‘tib, uchinchi marta sud bo‘lgan. Bu safar Botirovning «jinoyati» o‘n bir yillik qamoq bilan «taqdirlangan». Uchta hakamning uch xil munosabatiga sabab nima? Nima uchun ikkinchisi Botirovni oqlagan? Poraning kuchi bilanmi? Birinchisi bilan uchinchisiga pora bera olishmaganmi? Qiz nima uchun sudda boshqa, tergovda boshqa gaplarni aytgan? Botirovning odamlari qo‘rqitishganmi yo pul berib sotib olishganmi?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:36:32
Tergovda bir gapni aytib, sudda boshqasini aytish Zohid uchun yangilik emas. Tergovda aybini bo‘yniga olgan jinoyatchilar sudda «Men aybsizman, urishganlari uchun qo‘rqib, tilxat berdim», deb bez bo‘lib turib olishadi. Zohid hech yodidan chiqara olmaydi: bir o‘g‘rini jinoyat ustida ushlab, ish sudga oshirilganda u: «Meni azoblab qiynashgandi, men o‘g‘ri emasman», deb turib olgan edi. O‘ziga nisbatan bo‘lgan bu tuhmatga Zohidning chidashi qiyin bo‘lgan edi. Oradan yillar o‘tib, hozir eslasa, eti jimirlab ketaveradi. Shu sababli ham Hamdam Tolipovning usulini yoqtirmay, u bilan ko‘p bahslashardi.
Zohid «Ish»ni yana varaqlab, qiziqishi orta bordi. So‘ng Botirovni shahar qamoqxonasiga ko‘chirish, qizni va boshqa guvohlarni tergovga chaqirish xususida kerakli hujjatlarni tayyorlashga kirishdi. Lozim qog‘ozlar taxt bo‘lganida shom qorong‘usi cho‘ka boshlagan edi.
Ikki kundan so‘ng uning xonasiga hali yigirmaga to‘lmagan qiz bilan yoshi ellikdan oshgan, odmi kiyingan, qotmadan kelgan ayol kirib keldi. Zohid tergov boshlash uchun qog‘oz-qalamlarini tayyorlayotgan damda qizga zimdan razm soldi. Sho‘xligi, o‘yinqaroqligi bilinib turibdi. Ammo ko‘z qarashlarida buzuqlik alomati sezilmaydi. Sunnatullaevga osilgan xonimchaday g‘arko‘z emas.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:36:43
— Xola, iltimos, siz tashqariga chiqib turing. Avval qizingiz bilan gaplashib olay.
Zohid muloyimlik bilan murojaat etgan bo‘lsa-da, ayol zardali ovoz bilan javob qaytardi:
— Nima gapingiz bo‘lsa mening oldimda so‘rang. Sizlarni bilaman, sirtmoqni aylantirib kelib qizginamning bo‘yniga tashlaysizlar. Uch yildan beri hali u yoqqa sudrab, hali bu yoqqa sudrab, qizim sho‘rlikni jinni qilib yuboray dedingizlar.
— Agar mendan gumonsirayotgan bo‘lsangiz, marhamat, advokat yollang, advokat ishtirokida so‘roq qilay.
— Advokatingizga to‘laydigan pulim yo‘q, — dedi ayol zardali ovoziga yana kuch berib. — Advokatingiz nima-yu siz nimasiz... — ayol «bir go‘rsizlar», demoqchi bo‘ldi-yu, tilini tiydi. Zohid uning fikrini uqib:
— Oq it, qora it — baribir itmi? — dedi piching bilan.
— Unaqa demoqchimasman.
— Siz meni birinchi marta ko‘rib turibsiz. Bu «Ish»ni men kavlab chiqarganim yo‘q. Qizingiz sud nohaq, prokuror nohaq, deb katta idoralarga arz qilibdilar.
— Ha, arz qildi. Jinoyatni qilganlar ayshini surib yurishibdi. Siz bir sho‘rlikni qamab, adolat bo‘ldi, deb kerilib yuribsiz.
— Uni men qamaganim yo‘q shekilli?
— Siz bo‘lmasangiz boshqasi. Men siz deb idorangizni aytyapman, — dedi ayol so‘ziga aniqlik kiritib.
— Mening idoram ham qamamaydi. Siz jinoyatchilarning ayshini surib yurganlarini qaerdan bilasiz?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:37:11
— Qizimning o‘zi ko‘rgan ularni. Ko‘chada ko‘rgan. Bir sho‘rlik boyaqishning qamalib yotishiga mening vijdonim chidamaydi.
— Qizingizni ariza yozishga siz undadingizmi?
— Qizim ahmoq emas, unda ham vijdon bor. Sizdaqalarda... — Ayol gap kelganda otasini ayamaydigan toifadan edi. Xonaga kirganida «bu bola g‘idi-bidi desa bir boplay», deb ko‘ngliga tukkan edi. Zohidning muloyim muomalasi uni shashtidan qaytardi.
— Bizdaqalarda vijdon yo‘qmi? — dedi Zohid, uning chala qolgan gapini davom ettirib.
— Unaqa demoqchimasman... O‘zingiz o‘ylab ko‘ring: qizim bilan katta idoraga bordik. Adolat qiling, bir boyaqishning umri zavol topmasin, dedik. Gaplarimizni eshakka aytsak tushunardi, u odam tushunmadi. Qizim shunda «agar adolat qilmasangiz o‘zimni yoqaman», dedi. U to‘nka nima deb javob qilganini bilasizmi?
— Siz aytsangiz bilaman.
— U to‘nka, qizimga gugurtini uzatdi. «Mang, yoqsangiz yoqing», dedi baloginaga uchragur. Keyin menga «Siz chiqib turing», dedi. Men merov bo‘lmasam chiqarmidim? Chiqdim. Insofga kirgandir, desam u qirchiningdan qiyilgur qizimga «Kechroq keling, sizni zo‘r joyga ishga kiritib qo‘yaman», debdi. He, idorang boshingdan ordona qolsin-a...
— Xolajon, bu gaplarni qo‘ying. Mening ishim boshqa. Mayli, menga ishonmasangiz o‘tiravering, — Zohid shunday deb bir oz sukut saqlagach, qizga qaradi:— Nuriddinova, bo‘lgan voqeani bir boshdan aytib bering.
— Anavi qog‘ozlaringizda bor-ku hamma gap? — dedi ayol.
— Men o‘zlaridan eshitmoqchiman. Siz aralashmay o‘tiring.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:37:21
Qiz xo‘rsinib qo‘ydi. Oradan yillar o‘tgan bo‘lsa-da, unga o‘sha sharmandali voqeani eslash og‘ir edi. O‘sha voqeadan so‘ng yopig‘liq qozon yopig‘ligicha qolsa mayli edi. O‘shandan beri bu holatni necha marta bayon etdi. Yigitning shirin so‘zlariga uchib, o‘smirlikning bevosh sururiga bandi bo‘lib, o‘sha mashinaga chiqmaganida, dugonasiga qo‘shilib uyiga ketaverganida, o‘sha imorat ichiga kirmaganida bu mashmashalar yo‘q edi. Imorat sari yurayotganida aql ko‘zi ko‘r edi. Birinchi yigit bilan rohat bahrida suzayotganida ham ojiz edi. Bu aql ko‘zi qurg‘ur ancha kech ochildi. Bilmayin bosilgan tikonning azoblarini bilganida edi bevoshlik ko‘chasiga qadam qo‘ymagan bo‘larmi edi...
Zohid uning qiynalayotganini sezib, dalda berish maqsadida:
— Demak, 1986 yil, 21 dekabr, — deb qog‘ozga shu sanani yozdi.
— Adamlarni ko‘rgani kasalxonaga boruvdik...
— Soat nechada? Kim bilan boruvdingiz?
— Soat to‘rtlarda... Dugonam Shahlo degan qiz bilan... Ko‘chada to‘rtta yigit turgan ekan. Moshinada aylantirib kelamiz, deyishdi. Shahlo uyiga ketdi. Men chiqdim.
— Mashina kimniki edi?
— Bilmadim.
— Taksi edi, — dedi ayol aniqlik kiritib.
— Xola, siz aralashmay turing, — dedi Zohid unga tanbeh berib. — Demak, mashina kimniki edi?
— Taksi edi...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:39:07
— Taksiligini qaerdan bildingiz?
— Haligi... anaqasi bor edi.
— Nimasi?
— Ko‘k chirog‘i... Keyin tomida ham belgisi bor edi.
— O‘sha mashinada anhor bo‘yidagi imoratga bordinglarmi? Birinchi bo‘lib sizga kim yaqinlashdi? Botirovmi?
— Voy, u bola bo‘lmagan, — dedi ayol.
— Xola, siz menga xalaqit beryapsiz. Chiqib turing, — dedi Zohid qat’iy tarzda. Keyin fikri qat’iyligini anglatish uchun o‘rnidan turib, eshikni ochdi. Ayol endi baland kelolmasligini fahmlab, asta o‘rnidan turdi. Turish jarayonida qizining yelkasini chimchiladi.
— Ovsarmisan, muncha lalayasan? — U eshik ostonasiga yetganida Zohidga eshitilarli tarzda ming‘irladi: — Tergovlaring ham ordona qolsin. Meni adoyi tamom qilasanlar hali. To‘rttagina go‘rso‘xtani ushlab qamash qo‘llaringdan kelmasa, nimalaringga kerilasanlar?!
Zohid joyiga o‘tirgach, so‘roqni davom ettira olmadi.
So‘roqni yakunlab, qiz chiqib ketganidan so‘ng ham ancha paytgacha qo‘li ishga bormadi. «Menga qolsa, — deb o‘yladi u, — Botirov bu ishga aralashgan bo‘lsa ham qamamas edim. «Zo‘rlash»... deymiz. Bu qanaqasiga zo‘rlash bo‘lsin? Bitmagan imoratga o‘z oyog‘i bilan yurib borgan. Birov uni sudramagan. Qo‘l-oyoqlarini ushlab turmagan hech kim. U dod solib yordamga chaqirmagan. Nimasi zo‘rlash buning? «Nomusga tegish»... deymiz. O‘sha imoratga kirgunicha nomusi bo‘lganmi o‘zi? Zohid buni ham so‘radi qizdan. Qiz o‘shangacha hech kim bilan yaqin bo‘lmaganini aytdi. Lekin Zohid bu gapga uncha ishonmadi. Bu rohatni avval totib ko‘rmagan qizning ovloq joyga indamay kirib borishi mumkin emasday tuyuldi unga.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:39:36
                                                                                    4

Botirovning «Ish»i bahona bo‘lib, Zohid vujudiga egalik qilayotgan bekorchi xayollardan qutula bordi. Nazarida aynan shu «Ish» tufayli adolat manziliga yetib boradiganday edi. U hali «Botirov — gunohsiz» degan fikrdan uzoq. Biroq, ko‘p masalalarning huquq chegarasidan narida hal etilgani uni ajablantirardi. Zohid muammolarning chigal iplarini yechishga urinayotgan damlarida uning arznomasiga rad javobi berildi — Sunnatullaev «Ish»i rasman yopildi. Said Qodirov bundan xabardor qilib qo‘ygani uchun Zohid ko‘kka sapchimadi. Bu «yangilik»ni yuvosh bola kabi xotirjam tarzda qabul qildi. Shu voqeaning ertasiga uni Said Qodirov yo‘qladi.
Zohid yo‘qlovdan maqsad yana Sunnatullaev ishi bo‘lsa kerak, deb o‘ylab, gapni shu masaladan boshladi. Muovin ayolga uchrashgani, boshlig‘ining qo‘ng‘iroq qilganini... aytib berdi. Said Qodirov bu gaplarni ruhsiz holda eshitdi. Zohid buni sezib gapini qisqa qildi.
— Bu endi siz bilan men uchun o‘tmish. Lekin uni keraksiz matoxday ko‘chaga uloqtirmang. Taxmonga ko‘rpacha taxlaganday taxlab qo‘ying. — dedi Said Qodirov. — Vaqti keladi hali, o‘shanda olib ishlatasiz. Siz bir yangilikni eshitdingizmi-yo‘qmi, shuni bilish uchun yo‘qladim.
— Qanaqa yangilik?
— Hosilboyvachchaning yo‘qolganidan xabaringiz bormi?
— Hosilboyvachcha? Qanaqasiga yo‘qolarkan?
— Shunaqa... izsiz yo‘qolgan.
— Qiziq... Shunday odam ham izsiz yo‘qolarkanmi? Shotirlari-chi? Tirikmi hammasi?
— Tirik.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:39:46
Zohid Said Qodirovning ko‘zlariga qaradi. Bu ko‘zlarda zohir bo‘lgan quvlik uning Hosilboyvachcha taqdiridan voqif ekanini sezdirib qo‘ydi. «Meni sinamoqchimi? «O‘ylab ko‘r-chi, fahming nimaga yetar ekan?» demoqchimi? Bu jumboqning nimasi og‘ir ekan? Shotirlari tirik. O‘zi esa yo‘q... Demak...»
— Demak, bir-birlarini qirishni boshlabdilar-da? — dedi Zohid undan ko‘zlarini uzmagan holda.
— Shunaqaga o‘xshaydi. Mendagi ma’lumotlarga qaraganda Hosilboyvachcha o‘ldirilgan. Asadbekning eski shahardagi uyida o‘ldirilgan.
— Ma’lumot?... — Zohid «kimning ma’lumoti?» deb so‘ramoqchi bo‘ldi-yu bunday savol javobsiz qolmog‘i mumkinligini anglab, gapni burdi: — Ma’lumotga ishonsa bo‘ladimi?
— Ma’lumot aniq. Hovlida ikki kishi otilgan. Bittasi Asadbekning kuyovi. U hozir kasalxonada. Ko‘chada ketayotganida noma’lum shaxslar allaqanday mashinada yaqinlashib, otishganmish. Jabrlanuvchining mashinasi ko‘chada turibdi. Ammo bir tomchi qon yo‘q unda. Vrachlarning xulosasiga qaraganda esa u ko‘p qon yo‘qotgan. Vaqtida ulgurib qon quyishmaganida o‘lib qolishi hech gap emas ekan. Mana, ekspertiza xulosasi, — u shunday degach qog‘ozlar orasidan keraklisini tanlab, Zohidga uzatdi. Unda o‘qning yo‘nalishini aniqlagan ekspertning xulosasi yozilgan edi. Unga ko‘ra, o‘q ro‘paradan otilgan. Agar jabrlanuvchi mashinasida o‘tirgan bo‘lsa ro‘paradan o‘q yeyishi mutlaqo mumkin emas. O‘q biqingami, chakkagami, boring, ana o‘girilib qaragan taqdirda peshanasigami sanchilishi mumkin. Lekin ro‘paradan?.. Sira mumkin emas. Agar mashina peshaynasi sindirib otilgan bo‘lsa?..
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:39:57
Zohid bu boshqotirmadan ajablanib, iyagini qashigan holda suhbatdoshiga qaradi. Said Qodirov uning xayoliga kelgan savolni uqqanday gapini davom ettirdi:
— Mashina bus-butun, biron yeri ham tirnalmagan. Ma’lumotga qaraganda jabrlanuvchi bir necha hafta ilgari «Men ularning qo‘yniga ilon bo‘lib kirib, bitta-bitta chaqib o‘ldiraman», degan ekan. «Ular» degani kim, bilasizmi?
— Hosilboyvachchami? Yo... Asadbekmi?
— Asadbek bo‘lsa ehtimol... Ammo, nima uchun chaqib o‘ldirmoqchi edi? — Said Qodirov javob kutmay yana bir savol tog‘ini ko‘ndalang qildi: — Hosilboyvachchaning murdasi qaerga ko‘milgan? Qaerga ko‘mishgan bo‘lishlari mumkin?
Zohid Said Qodirovning Elchin haqidagi gaplarini eshitib, daf’atan Anvar bilan bo‘lgan uchrashuvni, «Sunnatullaevning o‘limini Elchindan ko‘rmang», degan gapini eslab «u chaqishga ulgurdimi yo endi chaqmoqchi edimi?» deb o‘yladi. Ammo bu haqdagi fikrini Said Qodirovga bildirmadi. Said Qodirov javob kutar edi. Zohid unga qarab, javob o‘rniga yelka qisib qo‘ya qoldi.
— Murdani topish kerak.
— Agar maydalab yoqib yuborishmagan bo‘lsa, topsa bo‘lar.
— U holda kulini bo‘lsa ham topish kerak!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:40:23
                                                                                     VII   b o b

                                                                                           1

O‘limning muzdek labiga labini tutayotgan, o‘limning dimog‘idan ufurayotgan sovuq nafasdan eti seskanayotgan Zaynabni telefon jiringi qo‘rqitib yubordi. Undan bo‘sa olmoqni, bo‘sa nima ekan, jon olmoqni ixtiyor etgan o‘lim farishtasi ham cho‘chib, g‘oyib bo‘ldi. Uning uzoqlashishini istamagan Zaynab telefon go‘shagini ko‘tarmay picha kutdi. Telefon qo‘ng‘irog‘i to‘xtovsiz jiringlayverdi, o‘limning nafasi esa uzoqlashaverdi.
U sirtmoqni bir qo‘liga olib, ikkinchisi bilan go‘shakni ko‘tardi. Go‘shak og‘ir tosh kabi tuyuldi — qulog‘iga arang olib borib «labbay» demoqchi edi, tili aylanmadi — go‘yo o‘lim bo‘sa olayotgan damda tilini muzga aylantirib qo‘ygandek edi.
— Alyo, alyo, Zaynab! Zaynab!!
Onasining mayin ovozi sovuy boshlagan badaniga iliqlik baxsh etdi. Jamshidning o‘limini eshitib o‘zini osgan damda ham shu ovoz unga jonini qaytargan edi. Bu nima o‘zi? Mo‘’jizami yo tush ko‘ryaptimi, yo alahsirayaptimi?.. Onasining ovozi uning muzlagan tilini ham eritdi. Beixtiyor:
— Oyijon! — dedi-yu, butun vujudiga titroq yugurdi.
Dunyoda to‘siqni bilmaydigan nima bor, deb so‘ralsa hech ikkilanmay «ona qalbi» deb javob berish mumkin. Na masofa, na vaqt ona qalbiga o‘z hukmini o‘tkaza oladi. Mana hozir ham Manzuraning bezovta qalbi qizining huzuriga yetib kela oldi. Zaynabning birgina xitobi — «Oyijon!» deyishining o‘ziyoq ahvolini onasiga oshkor etdi.
— Zaynab, jon bolam, sog‘lig‘ing yaxshimi, senga nima bo‘ldi?
— Oyijon... — Zaynab nima deyishini bilmay, kalovlandi. Hatto «yaxshi yetib oldingizmi?» degan gap ham xayoliga kelmadi. O‘zi uchun ham kutilmaganda, o‘zi ham istamagan holda ko‘krak qafasida bir faryod uyg‘onib, yuqoriga intildi. Bo‘g‘ziga yetganda esa to‘xtab, uni entiktirdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:40:57
— Zaynab, gaplarimni eshityapsanmi, nimaga indamayapsan?
— Yaxshiman, — dedi Zaynab titroq ovozda.
— Tobing yo‘qmi, nimaga ovozing o‘zgarib turibdi?
— Shamollabman...
— O‘zingga qara, jon bolam, yotishdan oldin sut qaynatib ich.
— Xo‘p.
— Adanglar yaxshimilar, yo‘tallari qolay dedimi?
— Yaxshilar.
— Bugun bordingmi, xabar oldingmi?
Zaynab javob bera olmadi. Otasini ko‘rganini, qay ahvolda yuzlashganini qanday ayta olardi?
— Adanglarni bugun ko‘rdingmi?
— Ko‘rdim...
— Ering yaxshi yuribdimi? Uyda yo‘qmi yana?
— Yo‘qlar.
— Men yaxshi yetib keldim. Akalaring bilan gaplashasanmi?
— Mayli...
Zaynab akalari bilan ham shu tarzda gaplashdi.
Sharmandalik balchig‘idan xalos bo‘lmagan, bir qo‘lida sirtmoqni mahkam changallab turgan
 juvon jigargo‘shalari bilan nima haqda gaplashsin?
Abdulhamid go‘shakni onasiga uzata turib:
— Kayfiyati chatoqroqmi, gaplashgisi ham kelmadi, — deb qo‘ydi.
Manzura yana qayta-qayta hol-ahvol so‘ragach, gapni bas qildi-da, o‘g‘illariga ma’yus boqdi:
— Kasal bo‘lib qolganga o‘xshaydi... Bolasi nobud bo‘lganidan beri ezilib ketdi...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:41:10
Manzura bu gapni beixtiyor ravishda aytdi. «Ering yaxshimi, uyda yo‘qmi?» degan gapidan beri o‘g‘illarining ajablanib o‘tirishganini sezmadi. Uning xayoli qizi bilan band, o‘g‘illarining uydagi voqealardan bexabar ekanliklarini unutgan edi. Onasining ma’yus chehrasida g‘am bahrining mavjlarini ko‘rgan Abdulhamid:
— Zaynabni... qachon uzatdinglar? — deb so‘radi.
Bu savol Manzuraning xayolini qizi bag‘ridan yulib olib, o‘g‘illari huzuriga qaytardi.
— Hali bir yil bo‘lgani yo‘q...
— Bizga nima uchun aytmadinglar? — dedi Abdusamad ranjiganini yashirmay.
— Dadangni bilasan-ku, o‘qishlaridan xayollari chalg‘imasin, dedilar.
— Kuyov kim, biz taniymizmi? — deb so‘radi Abdulhamid.
— Bilmadim, tanirmikansan? — Manzura kuyovining nomini aytishga qiynaldi. — Ashulachi yigit ekan... Elchin...
— Elchin? — Abdusamad o‘rnidan turib ketdi. — Qamalib ketgan otarchimi? Oyi, Zaynabni kimga berganingizni bilasizmi?
— Bilaman, jon bolam, bilaman. Taqdir ekan-da... Adangning fe’li o‘zingga ma’lum-ku?
— Adam... Zaynab-chi, Zaynabning o‘zi ko‘ndimi?
— Ko‘nmasa... tegarmidi?..
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:41:31
Abdusamad otasiga o‘xshash — ba’zan sal narsaga tutab ketadi. Abdulhamid esa onasiga tortgan. Mulohaza bilan ish yuritadi. U onasini qiynayotgan, birovga, hatto o‘z o‘g‘illariga ham ayta olmaydigan dardi borligini sezdi. Shu sababli tutay boshlagan akasiga qarab labini tishlaganicha boshini sarak-sarak qilib qo‘ydi. Abdusamad ukasining maqsadini anglab, boshini egib o‘tirgan onasining yelkasidan quchdi.
— Oyijon, yuring, bog‘ni aylanib kelamiz.
Manzura istar-istamas o‘rnidan turdi.
— Mahmud akangga tilpon qilsak bo‘larkan. O‘zimi, xotinimi xabar olib tursa bo‘lardi.
— Hamid, sen buyurtma berib kutib o‘tir, biz aylanib kelamiz.

                                                                                        2

Abdusamad hovliga chiqqach, onasini qo‘ltiqladi. Manzuraga bu g‘alati tuyulib, o‘g‘liga qarab oldi. Bu holda sira yurmagani uchun xuddi o‘g‘li sudrayotganday tuyulib, qadam olishi qiyinlashdi. Abdusamadning yo‘l-yo‘lakay bog‘ ta’rifini qilishidan bildiki, o‘g‘li bu yerlarda tez-tez bo‘lib turadi. Ro‘paradan chiqib qolgan bog‘ xizmatchilarining ta’zim bajo keltirishi ham uning bu yerdagi mavqeidan darak berdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:41:51
. Xizmatchilar Abdusamadni xo‘jayinning mehmoni sifatida izzat qilisharmidi yoinki bu xonadonning bo‘lajak kuyovi, ta’bir joiz bo‘lsa, vallohi a’lam, bo‘lajak hojasi sifatida ehtirom etisharmidi — Manzuraga qorong‘i edi. U o‘zicha «o‘g‘limning bu joyga kuyov bo‘lishini xizmatchilar ham bilishar ekan-da», deb bir quvondi, ayni choqda «o‘g‘lim shu yerlarda qolib ketsa-ya» degan xavotiri uyg‘onib, tashvishlandi.
Bunday xonadonga o‘g‘lining kuyov bo‘lishini qaysi ona istamaydi? Bundayin saroy, bunchalar mol-mulk... Har qadamda xizmatchilarning ta’zim qilib turishi... Xon kuyovigagina nasib etuvchi martaba... Bu — ona orzusining ushalishimi? Baxtmi?
Kimlargadir baxt bo‘lib tuyulishi mumkin. «O‘g‘lim qaerda yursa ham boshi omon bo‘lsa bas», deb shukr qiluvchilar bor. Ammo yo‘g‘ida sabr qilib umr kechirgan, borida taltayib yashamagan Manzura uchun bu baxt emas. Xorijda yashaydigan qizlarni kelin qilishi lozimligini bilganidan beri u tashvish bahrida sarsari suzadi. «Qizil oyoq kelib, qizil yuzdan judo qildi», deganlaridek, ikki kelin ikki o‘g‘lini bag‘ridan yulib olajagini o‘ylasa, vujudi muzlab ketadi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:42:11
Asadbek qimorga ketib, o‘zi joynamoz ustida o‘tirib Ollohga munojot etib tong ottirgan kezlari eriga insof so‘ragan ekan-u, farzandlarim ulg‘ayishganida bag‘rimdan yulib olma, demagan ekan... Agar hozir g‘oyibdan ovoz kelib, «O‘g‘illaringning mol-dunyo dengizida cho‘milib yashaganlari durustmi yo bir burda nonga qanoat qilib bag‘ringda umr kechirganlari yaxshimi» deb so‘rasa, u shak-shubhasiz, ikkinchisini tanlagan bo‘lardi. Manzura ko‘r emas, kar ham emas, dunyoning odam zotiga vafo qilmasligini ko‘rib, eshitib turibdi.
Yonida borayotgan o‘g‘li tilida bog‘ ta’rifini qiladi. Dilida esa boshqa gap. Onaning sezgir qalbi buni sezadi. O‘g‘li «Qizlar sizga yoqdimi?» deb so‘ramoqchi bo‘ladi. Lekin yigitlik g‘ururi bu savolning tilga ko‘chishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ota bilan o‘g‘il orasida hayo pardasi bo‘lguvchi edi. Har qanday o‘g‘il ko‘p hollarda otaga aytmoqchi bo‘lgan dardini ona orqali yetkazardi. Hattoki ma’lum damlarda o‘g‘ilning sirdoshi ota emas, aynan ona bo‘lishi ham hech kimga sir emasdir. Asadbek o‘g‘illarini o‘z yumushlaridan uzoqroq tutishga harakat qilib, farzandlarining ruhiy olamidan ancha yiroqlashganini o‘zi ham sezmay qolgan edi. Barcha oiladagilar kabi bu xonadon o‘g‘illari onaga yaqin bo‘lsalar-da, Abdusamad hozir arzimas tuyulgan savolni onasiga berolmay qiynalardi. Manzura o‘g‘lini bu qiynoqdan qutqarish uchun o‘zi muddaoga yaqinlashmoqchi bo‘ldi:
— Qizlar bilan... birga o‘qiysizlarmi?
— Yo‘q... Ular ham o‘qishadi, lekin boshqa sohada. Bizga doktor Xudoyor ustozlar. Biofizikadan...
— Buni bilaman.
— Bizni doktor Xudoyor tanishtirganlar.
— Boyligiga uchdinglarmi?
Manzura «otang ham kambag‘al emas edi-ku?» degan ohangda gapirdi. Abdusamad bu ohangni sezib, yerga qaradi.
— Oyi... ular yaxshi qizlar... Hali gaplashib ko‘rasiz...
— Men yomon deyayotganim yo‘q... Popukdakkina ekan ikkoviyam... Lekin... shu yerda qolib ketasanlarmi, deb jonim halak, bolam. Men... ayriliqqa chiday olmasam kerak...
Abdusamad yig‘lamsiray boshlagan onasini yelkasidan quchdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:43:29
— Bundan xavotirlanmang, ayriliq bo‘lmaydi, oyi. Qizlarning ota-onasi bizni bu yerda olib qolmoqchi emas. Ularning maqsadi qizlarini Vatanga uzatish. Shu yo‘l bilan Vatanga qaytish.
— Qizlarini uzatib, o‘zlari yolg‘iz qolishadimi?
— Oyi, hali ularning gaplarini tushundingizmi? Ularda hamma narsa bor. Faqat Vatanlari yo‘q. Vatansiz yashash ular uchun juda og‘ir. Biz buni tushuna olmaymiz. Vatan deyilsa ular qizlar tugul jonlarini ham berib yuborishga tayyorlar. «Biz Vatan hajrida kuyib o‘tyapmiz, farzandlarimiz kuymasin», deyishadi. Agar tarozining bir pallasiga farzandlaridan ayrilish azobi, boshqa pallasiga Vatan hajri dardi qo‘yilsa, dard bosib ketadi. Ular shunaqa odamlar. Biz o‘qishni tugatish bilan qaytamiz.
— Xudo o‘sha kunga yetkazsin, ishqilib. Lekin... dadanglar nimagadir qaytishga shoshilmanglar, deganday bo‘ldilar.
— Nima uchun?
— Bilmadim, bolam... balki o‘zlari ham shu yoqlarga kelib yashamoqchidirlar. Ishlarini bilasan-ku... U yoqlar notinchmi, deyman?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:43:39
Manzura erining maqsadini aniq anglamagan edi, shu bois mavhumroq ohangda aytdi. Onasidan eshitgan yangilik o‘g‘il uchun kutilmagan edi. Bunda Said Muzaffarxonning niyati boshqa, unda Asadbekning umidi bo‘lak bo‘lsa?! Biri Vatanga intilsa, ikkinchisi esa qochmoq, yiroqlashmoq ilinjida... Samodagi qora bulut parchalarining biri manfiy, ikkinchisi musbat quvvatga ega bo‘lsa, yaqinlashmoq onlarida chaqin chaqnaydi, olam ostin-ustun bo‘lganday tuyuladi. Shu xayolga borib, Abdusamadning yuragi uvishdi. O‘ziga-o‘zi   tasalli berish maqsadida:
— Oyi, siz noto‘g‘ri tushungandirsiz? — dedi.
Manzura o‘g‘lidagi o‘zgarishni sezib, xatosini to‘g‘rilamoqchi bo‘ldi:
— Ha, bolam, xato tushungandirman. Adanglarni bilasan-ku, ochiq-sochiq gapirmaydilar. Bu yoqqa kelishlari... Yo‘q, kelmaydilar. Eski hovlilarini sog‘inib turadilar-ku... Bu yoqlarga butunlay kelarmidilar... Yo‘q, kelmaydilar.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:43:49
Chindan ham Manzura Asadbekni noto‘g‘ri tushungan edi. «Men o‘g‘illaringning o‘sha yerda o‘qib, o‘sha yerda ishlashlarini xohlayapman», deganida o‘zining ham ko‘chib borishini nazarda tutmagan edi. Garchi o‘sha suhbatda Asadbek uch-to‘rt yilda qaytishadi, deya gapini yumshatgan bo‘lsa-da, Manzuraga egalik qilgan xavotir iskanjasi bo‘shashmagan edi. Chuvrindi kuzatayotganda «Tilla taqinchoqlarni ko‘proq olavering, balki o‘sha yerda asqotar, balki uch-to‘rt oy o‘sha yerda qolarsiz», deganida eri aytgan «uch-to‘rt yil»ni eslab cho‘chib tushdi. «Zaynabni keyinroq yuboramiz», devdilar. Sekin-sekin hammamiz ko‘chib o‘tarkanmiz shekilli» deb ham o‘yladi. To‘g‘ri, keyingi paytlarda Asadbek oilasining o‘sha tomonlarda yashashini istab qoldi. Lekin o‘zining ham ketishi sira rejasida bo‘lmagan. Ayniqsa, xastaligi aniq bo‘lib, Hosilboyvachcha qiliqlarini boshlagan damda ketishni o‘ylashi mumkin ham emasdi. Uning birdan-bir niyati — oilasining tinchi va farovonligi edi. Bu niyati Manzuraga, alhol o‘g‘liga-da qorong‘u edi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:44:08
                                                                                   3

Manzura toliqqan bo‘lishiga qaramay tunda uxlay olmadi. Yumshoq o‘rin unga tikonzor kabi tuyuldi. Oilasidan ilk karra uzoq ketgani uchun qalbi notinch edi. Bezovta yurak yurtidagi noxushliklarni sezib, vujudini beholgina titratib turardi. Shu azobdan qiynalgan Manzuraga bu shaharning tuni behad uzunday tuyuldi. Uy isib ketib, nafas olishga arzirli havo qolmaganday bo‘ldi. O‘rnidan turib, peshayvonga chiqadigan eshikni ochdi. Yuziga salqin shabada urilib, orom oldi. Tashqarida maydalab yomg‘ir yog‘a boshlagan, sanoqsiz chiroqlar yorug‘ida bog‘ to‘lin oy nuriga cho‘milganday so‘limlik kashf etgan edi. Ammo bu so‘limlik uning kayfiyatini yaxshilashga qodir emas edi. Bu olam aro tunni bedor o‘tkazgan faqatgina Manzura emas. Necha ming, balki necha yuz ming, balki undan-da ko‘p odam — xasta ham, tani sog‘ ham, podsho ham, gado ham; baxtli ham, baxtsiz ham; qayg‘uli ham, qayg‘usiz ham... tunni bedor o‘tkazadi. Hech kim o‘sha tunning o‘zida, qaerdadir bir jigarbandi ham qalb titrog‘ida ekanini bilmaydi. Alhol Manzura ham yurtida eri bilan qizining tunni uyqusiz o‘tkazishganidan bexabar edi.
Nonushtadan so‘ng o‘g‘illari shahar aylanajaklarini ma’lum qildilar. Manzuraning sayru sayohatga xohishi ham, holi ham yo‘q edi. Shunga qaramay, o‘g‘illarining shashtini qaytarmaslik uchun otlandi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:44:30
O‘g‘illari shahar ko‘chalari, ayrim imoratlar haqida gapirishar, Manzura esa ularning zavqini baham ko‘ra olmas edi. Yuragi nima sababdan g‘ashlanayotganini hatto o‘zi ham bilmasdi. Ba’zan xayolini shahar manzaralariga band etib chalg‘imoqchi bo‘lardi. Bu kabi shaharlarni u televizorda ko‘rgan, muxbirlar «chirigan kapitalizm» deb bularni tanqid qilishardi. Manzura sayr chog‘ida shaharda chirik imoratlarni ko‘rmadi. To‘g‘ri, siyosat olamiga u begona ayol edi. Kapitalizmning chirigani qanaqa bo‘ladi, chirimagani qanday — bilmasdi. Bilish uchun harakat ham qilmasdi, o‘ylamasdi ham. Hozir, ikki o‘g‘li ikki qanotida shahar bog‘ini sayr qilayotgan chog‘ida «Shunday yaxshi joylarni nima uchun yomonlashadi?» deb o‘ylab qo‘ydi. Uning siyosatga munosabati shu o‘y bilan cheklandi.
Manzuraning ruhidagi siniqlikni o‘g‘illari sezishdi. Bu holni ular charchoq oqibati deb o‘ylab sayrni uzoq davom ettirishmadi. Villaga qaytishgach, uchovlari oshxonaga kirdilar. Abdulhamid oshpaz ayolga palov pishirish niyatlari borligini ma’lum qildi. Bu xonadonda tez-tez palovxo‘rlik bo‘lgani sababli nemis ayoli ham osh pishirishni bilardi. Shu sababli chaqqonlik bilan masalliqni tayyorlab berdi. Manzura oshga unnamoqchi edi, o‘g‘illari yo‘l qo‘yishmadi.
— Bizning qo‘limizdan bir palovxonto‘ra yeng, — deyishdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:45:01
Bekorchilikka o‘rganmagan Manzura o‘g‘illarining qarshiligiga qaramay, sabzi to‘g‘rab berdi.
Oshni pishirib, yeb bo‘lishgach, Abdusamad shaharda zarur ishi borligini aytib, onasidan uzr so‘radi. Manzura o‘g‘illari xulqida o‘zgarish mavjudligini yana bir karra sezdi. O‘z uylarida ekanida o‘g‘li biron yerga bormoqni ixtiyor etsa «Oyi, ketyapman», deb qo‘yardi. Hozirgiday lutf qilib o‘tirmasdi.
Oqshomga yaqin villaga Muzaffarxon bilan Guluzor begim kelishdi. Keyinroq doktor Xudoyor ham tashrif buyurdi. To u kelguniga qadar gap-gapga qovushmadi. Yoshlarning taqdiri xususida so‘z ochishga u tomon ham, bu tomon ham jur’at eta olmadi. Doktor Xudoyorda yuzxotirchilikning yo‘qligi shu zamonda ish berdi. U xizmatchi keltirgan qahvadan uch-to‘rt xo‘plagach, Manzuraga yuzlandi:
— Qalbimdasiz, xonim afandim, siz muhtarama zoti oliyalariga bizim qizlarimiz yoqdimi ekan?
To‘satdan berilgan bu savol Manzurani gangitib qo‘ydi. Ko‘zini yerga qadaganicha javobga taraddudlandi. Uni bu noqulay ahvoldan doktor Xudoyorning o‘zi qutqardi:
— Bir ko‘rishda xulosa bildirmog‘ingiz cho‘x mushkuldir, buni-da anglayurmiz. Ammo inoningkim, bu o‘lkalarda bundayin fozila qizlar boshqa yo‘qtur. Agarchi mening-da ikki o‘g‘lim bo‘lganida edi, Said Muzaffarxonni tinch qo‘ymagan bo‘lurdim. Ammo bilmog‘ingiz kerakkim, xonim afandim, sizning oqil o‘g‘illaringiz mening uchun o‘z farzandu arjumandlarim kabi qadrlidurlar.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:45:22
Bekorchilikka o‘rganmagan Manzura o‘g‘illarining qarshiligiga qaramay, sabzi to‘g‘rab berdi.
Oshni pishirib, yeb bo‘lishgach, Abdusamad shaharda zarur ishi borligini aytib, onasidan uzr so‘radi. Manzura o‘g‘illari xulqida o‘zgarish mavjudligini yana bir karra sezdi. O‘z uylarida ekanida o‘g‘li biron yerga bormoqni ixtiyor etsa «Oyi, ketyapman», deb qo‘yardi. Hozirgiday lutf qilib o‘tirmasdi.
Oqshomga yaqin villaga Muzaffarxon bilan Guluzor begim kelishdi. Keyinroq doktor Xudoyor ham tashrif buyurdi. To u kelguniga qadar gap-gapga qovushmadi. Yoshlarning taqdiri xususida so‘z ochishga u tomon ham, bu tomon ham jur’at eta olmadi. Doktor Xudoyorda yuzxotirchilikning yo‘qligi shu zamonda ish berdi. U xizmatchi keltirgan qahvadan uch-to‘rt xo‘plagach, Manzuraga yuzlandi:
— Qalbimdasiz, xonim afandim, siz muhtarama zoti oliyalariga bizim qizlarimiz yoqdimi ekan?
To‘satdan berilgan bu savol Manzurani gangitib qo‘ydi. Ko‘zini yerga qadaganicha javobga taraddudlandi. Uni bu noqulay ahvoldan doktor Xudoyorning o‘zi qutqardi:
— Bir ko‘rishda xulosa bildirmog‘ingiz cho‘x mushkuldir, buni-da anglayurmiz. Ammo inoningkim, bu o‘lkalarda bundayin fozila qizlar boshqa yo‘qtur. Agarchi mening-da ikki o‘g‘lim bo‘lganida edi, Said Muzaffarxonni tinch qo‘ymagan bo‘lurdim. Ammo bilmog‘ingiz kerakkim, xonim afandim, sizning oqil o‘g‘illaringiz mening uchun o‘z farzandu arjumandlarim kabi qadrlidurlar.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:46:13
Ularning buraga tahsil uchun kelmoqlari Ollohning xohishi iladir, so‘ngra men ular bilan tanishdim, moshaolloh! Biz umid qilayotgan nikohni ham Olloh nasib etgandur, inshoolloh! Xonim afandim, sizga biz aytayotgan so‘zlar g‘alat tuyulgusi, buni-da anglayurmiz. Siz qizlarimiz ila suhbat qursangiz nur alan-nur bo‘lur edi. Ammo, afsus shuki, qizlarimiz sizdan uyalyaptilar. Fikri ojizimcha, bu ham ularning bir ajib fazilatlaridur. Said Muzaffarxon janobim, qalbimdasiz, siz ayting endi.
— Ollohdan umidim bisyordir, — dedi sohibbayt,— agarchi xonim afandim rizolik bildirsalar, avval nishon to‘yini o‘tkazsak, so‘ngra to‘yga qadarli fursat bo‘lar, qizlar bilan suhbat qurarlar...
Manzura «nishon to‘yi» nima ekanini tushunmasa ham, mezbonlarning ra’yini qaytarmaslik uchun bosh irg‘ab qo‘ydi. Tasdiq ishorasini olgan mezbon chehrasi yanada yorishdi.
— Xonim afandim nimani ixtiyor etiyurlar: nishon to‘yi villada bo‘lgani ma’qulmi, yoinki restorandami?
Manzura «Bu savolga men javob bera olmayman», deganday najot izlab doktor Xudoyorga qaradi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:46:37
— Restoranni qo‘ying, afandim. Harom ko‘p u yerda. Yaxshi niyat ila qurilajak oila binosining poydevorini harom yerda qo‘ymaylik. Shunda, halol luqma ila boshlangani Ollohga xush yoqar. Menga ma’lumki, afandim, siz behad saxiy janoblardansiz. Nishon to‘yiga ham oz emas, biron ikki-uch yuz mehmon chorlamoqni orzu etajaksiz. Siz bu orzularning bahridan o‘ting, janobim. Yigirma, boringki, o‘ttiz chog‘li ko‘ngilga yaqin insonlar tashrif buyursalar, basdir. To‘y ham dabdaba ila o‘tmasin, desam ko‘nglingiz ranjimasin. Chunki to‘yning dabdaba bilan o‘tishi mutlaqo shart emasdir, bil’aks, yoshlarning bundan keyingi hayotlari dabdaba bilan o‘tsin, deb Ollohdan so‘raylik.
Kelishuvga shu zaylda yakun yasaldi. Nishon to‘yi yaqin kunlarga belgilanib, asosiy to‘yni Asadbekning kelishiga qarab o‘tkazadigan bo‘lishdi.
Kechki ovqatdan so‘ng mezbonlar ketishgach, Manzura Abdulhamiddan so‘radi:
— Nishon to‘yi deyishdi, u nima degani?
— Umi... — Abdulhamid kulimsiradi, — bizningcha, unashtirish, degani. Fotiha to‘yi ham deyiladi shekilli? Siz hozir nima ish qilib qo‘yganingizni bilasizmi?
— Nima qibman?
— Bizni unashtirib chiqdingiz, — Abdulhamid shunday deb mug‘ombirlarcha kuldi. Manzura esa kaftlarini yuzlariga bosdi:
— Voy o‘lmasam!.. Bilmay-netmay, a?..
— Tashvishlanmang, oyi. Nishon to‘yidan so‘ng qizlar bilan yaxshilab tanishib olasiz. Yoqmasa, to‘y bo‘lmaydi, fotiha buziladi. Buning hech qo‘rqinchli joyi yo‘q.
— Qo‘y, unday dema, sovuq nafas qilma. Men senga qizlar yoqmadi, demadim-ku? O‘zlaringga yoqayotgan bo‘lsa, bas-da...

Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:47:07
                                                                                      VIII  b o b

                                                                                            1

Yaydoq dalada turgan odamga osmonni qoplagan qop-qora bulutlar aytarli xavfli emas. Yomg‘ir yoqquday bo‘lsa, chorasi oson — ustiga yopinchiq tashlasa kifoya. Yoping‘ichi bo‘lmasa, nari borsa, yomg‘irda bo‘kar. Agar nafrat va alam buluti baravariga yopirilsa-chi? Buning chorasi bormi?
Asadbek o‘zicha chorasini topgandek bo‘lib edi. Nazarida Hosilboyvachchaga qarab uzilgan o‘q bu bulutlarni tarqatib yuboradiganday edi. O‘q otildi. Jon uzildi. Ammo nafrat va alam buluti tarqalmadi. Bil’aks, yanada quyuqlashdi. Murda olib chiqilib, o‘zi yolg‘iz qolgach, bu bulut pastlab, uni bo‘g‘a boshladi. Uyda o‘tira olmay, hovliga chiqdi. Bu holatga uzoq chiday olmasligini fahmlab, hovlining o‘rtasida tik turganicha: «Mahmud!» deb baqirdi. Chuvrindining bu yerda emasligini u yaxshi bilardi. Ayni choqda yigitlardan birining eshik yonida shay turgani ham ma’lum edi unga. Chaqiruvdan so‘ng o‘tgan bir necha soniya unga soatday tuyuldi. Betoqatlanib, yana baqirdi. Eshik shasht bilan ochilgach, ostonada qotgan yigitga bobillab berdi:
— Uxlab o‘tiribsanmi, xunasa! Ming marta chaqirishim kerakmi?!
Yigit chindan ham uxlab qolib, ulug‘ bir ayb ish qilib qo‘yganday bosh egdi.
— Jalil akangni topib kel, imillama!
Bular-ku, imillamaydi-ya, ammo Jalil deganlari uyidamikin, «Bek akam chaqiryaptilar», deb borishsa, «Aravangni tort, gapi bo‘lsa, o‘zi kelsin», demasmikin?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:47:26
Asadbek do‘stini shu xavotir bilan kutdi. Vujudiga hukm o‘tkaza boshlagan isitma yengil titroq uyg‘otdi. U «sovuq ta’sir qildi», deb o‘ylab, ichkari kirib, tanchaga o‘tirdi. Issiq badaniga xush yoqdi, biroq titroqni to‘xtatmadi. Chiroq nuri kamon o‘qiga aylanib, ikki qoshi o‘rtasiga sanchilganday g‘ashi keldi. Peshonasini siladi. Chiroq nuri o‘q qadashini kuchaytirganday bo‘ldi. O‘zini majburlab o‘rnidan turib, chiroqni o‘chirdi — hammayoq zimistonga aylandi.
Hovli zimiston...
Uy zimiston...
Hatto qalbi zimiston.
Dunyo zimistondan iborat. Dunyoda nur yo‘q. Hamma qorong‘ulik bag‘rida tentiraydi. Olamning kun va tunga bo‘linishi yolg‘on, quyoshning ko‘rinishi ham aldamchi bir holat. Oy ham yo‘q, yulduzlar ham yo‘q...
O‘zini zulumot ixtiyoriga bergan Asadbekning nazarida shunday edi. Lekin uning bu fikri chaqmoq umri misol oz umr ko‘rdi. Ko‘chadan o‘tgan qaysi bir mashinaning chirog‘i atrofni yoritib o‘tdi. Keyin esa ko‘zlari qorong‘ulikka asta ko‘nika bordi.
Bir osh damlarli fursat o‘tdi hamki, Jalildan darak bo‘lmadi. Asadbek endi asabiylasha boshlagan vaqtda ko‘chada mashina to‘xtadi. Ko‘cha eshigi ochildi. Odam qorasi ko‘rindi — ikki-uch qadam bosib hovliga kirdi. Yana to‘xtadi. Qorong‘u bo‘lsa ham Asadbek o‘rtog‘ini tanidi. Tanidi-yu, yuragi uvishdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:50:16
1950 yilning birinchi yanvar tongida ham Jalil shunday kirib kelgan edi. O‘shanda ham bir-ikki qadam qo‘ygach, to‘xtab, atrofga alanglagan edi. Uning bunaqa odati o‘shanda ham yo‘q edi. To‘g‘ri uyga kirib kelaverardi. Lekin o‘shanda... bir narsadan qo‘rqibmi, to‘xtagan edi. Endi-chi, nimadan cho‘chidi?
— Asad!
Jalil odatda hovliga kirishi bilan shunday deb baqirib qo‘yib, uyga qarab yurardi. O‘shanda ham, hozir ham past ovozda, birovni hurkitib qo‘yishdan qo‘rqqanday asta chaqirdi. O‘shanda Jalil javob kutib, so‘ng yana o‘sha ovozda «Asad», deb qo‘ygan edi. O‘shanda Asadbek o‘rtog‘ini ko‘rib yig‘lab yuboray degandi. Hozir ham yig‘lagisi keldi. O‘sha kezda Jalil javob bo‘lmagach, iziga qaytmoq uchun o‘girilganida Asadbek jonholatda «Jalil!» deb baqirib hovliga otilgan edi... Hozir esa qimirlashga majoli bo‘lmadi.
— Asad! — Bu safar Jalil balandroq ovozda chaqirdi.
— Jalil! Kiraver, uydaman.
Jalil ichkari kirib, chiroqni yoqdi. Asadbek o‘tirgan holicha ko‘rishmoq uchun qo‘l uzatdi.
— Ie, isitmang bor-ku, — dedi Jalil uning qo‘lini qo‘yib yubormay. — Nima qilib o‘tiribsan, bu zimistonda, tinchlikmi?
— Tinchlik... seni ko‘rgim keldi, og‘ayni...
— Ob-bo, namuncha inqillaysan? O‘likning ovozi ham senikidan yaxshiroq chiqadi. Ko‘tar gavdangni, dadil-dadil gapir. Asadbek ammamning buzog‘iga o‘xshab qolibdi, desa birov ishonmaydi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:50:41
O‘rtog‘ining bu yo‘nilmagan gaplari yoqib, jilmayganida yo‘tal tutdi. Jalil unga qarab turib:
— Hali ham tuzalmabsan-da, ukamga chiqib aytay, sut qaynatib bersin, — dedi.
— Kerakmas, — dedi Asadbek.
— Shotirlaringga ayt, dori-pori bersin bo‘lmasa.
— Hozir uyga ketaman, qo‘yaver... O‘zing bormisan? Oshnam Krasnoyarda kasal edi, o‘likmikin, tirikmikin, bir xabar olay, demaysan?
— Sen o‘zing dumingni tutqazasanmi hech? Boloxonadagi shotirlaring aytishmadimi, necha marta bordim. Bir borganimda Manzura ham yo‘q ekan. Yana bir borsam, Germaniyaga ketibdimi? Tinchlikmi o‘zi?
— Ha... o‘g‘illarini sog‘ingan-da. — Asadbek to‘ydan og‘iz ochsa, gina-yu malomatlar yog‘ilishini bilib, gapini qisqa qilib qo‘ya qoldi.
— Uchta cholni olib, Qo‘qonga borib keldim. Sobitxon salom dedi senga.
— O‘zi sog‘mi?
— Ancha yaxshi. Qo‘ltiqtayoqda yuryapti.
— Qo‘qonga ketyapman, deb aytsang o‘larmiding?
— O‘zingni ko‘rmasam, arvohingga aytamanmi? Nima, bormoqchimiding?
— Borsam-bormasam, aytsang moshina to‘g‘irlab berardim.
— Obbo... Moshin bitta sendagina bormi? Sening moshinang bo‘lmaydi bunaqa ishlarga.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:51:04
— Nega?
— Seniki minnatli. Sen burnining tagiga soch qo‘ygan qurruqlaringdan bittasiga buyurasan. U xo‘p, deydi-yu, ammo ichida ming‘irlaydi. Bizga bunaqasi ketmaydi. Bizga xolis xizmat kerak.
— Sobitxon bilan ancha gaplashgandirsan?
— Gaplashdik.
— Og‘ayningiz kasal bo‘lsa, sal shirinroq gapiring, demadimi?
— Dedi. Sen qanaqasan o‘zing, kasal bo‘lsang kasalga o‘xshab yot. Sen o‘zingga yopishgan kasalga ham qasam ichirvorasan. Kasallikning ham hurmati bo‘ladi. Izzat qilib yotsang, ikki-uch kun mehmon bo‘ladi-yu, ketadi. Senga o‘xshab itni gijgijlaganday oyoqda yursa, kasal irillab, suyagini g‘ajib yotaveradi. Sen endi gapni aylantirma. Isitmang ko‘tarilgani uchun chaqirtirmagandirsan meni? Nima darding bor, ayt.
— Sen sassiq bir odamsan, senga gapirgan odam baraka topmaydi-yu, men dardimni aytaymi? Senga birov yarasini ko‘rsatsa, malham qo‘yish o‘rniga tuz bosasan.
— Tuz ham dori, og‘ayni, bu — bir. Sassiq bo‘lsam ham kuningga mengina yarayman, bu — ikki. Sening mendan boshqa do‘sting yo‘q, bu — uch.
— Bekor aytibsan.
— Agar shuni bilmasang — g‘irt ahmoqsan! Atro-fingdagilar do‘stmi senga? He, yo‘q... ular do‘st emas, ular MANFAAT. Atrofingdagilar ishi bitgunicha eshakni ham tog‘a deb turishmaydimi? O‘sha eshakning jiyanlarini o‘zingga do‘st deb bilasanmi?
Bu gaplarni eshitib, Asadbek asabiylashdi. Uni bu safar jahlini qo‘zg‘otgan narsa — haqiqat edi. Chin do‘sti yo‘qligini uning o‘zi ham bilardi. O‘zi bilgan haqiqatni boshqa odam tilidan eshitish malol keldi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:51:40
— O‘chirasanmi, yo‘qmi?! — dedi u ovozini balandlatib.
— Bo‘pti, o‘chirsam o‘chirdim. Endi sen gapir.
Asadbek unga olayib qaradi. Bir necha daqiqa burun ko‘rishni istayotgan odam endi uni chaqirtirganiga pushaymon bo‘ldi.
— Ketaver, gapim yo‘q... ko‘rgim keluvdi.
— O‘zi keldi yor-yor, o‘zi ketdi yor-yor... Bizning ish shu-da. Gaping bo‘lmasa ketdim, og‘ayni. — Jalil fotiha o‘qib, o‘rnidan turdi. Ostonaga yetganida Asadbek uni to‘xtatdi.
— Qayt, o‘tir joyingga, — dedi-da, sukutga toldi.
Jalil «Qo‘shning yomon bo‘lsa — ko‘chib qutulasan, xotining yomon bo‘lsa — qo‘yib qutulasan, oshnang ahmoq bo‘lsa — dardingni kimga aytasan?» deb ming‘irlaganicha joyiga qaytdi. Uning o‘rnidan turib, ketmoqchi bo‘lgani shunchaki po‘pisa edi. Asadbek to‘xtatmagan taqdirda ham hovliga chiqib, so‘ng bir bahona bilan qaytardi. U «rang ko‘r, hol so‘r», deganlaridek, o‘rtog‘ining ahvolini bilib turardi, ruh azobini uncha sezmasa-da, tan azobini salqigan mijja, quruq yo‘talning o‘zidanoq his etardi. Bek akasining yo‘qlovini bildirgan yigitdan «akangning kayfiyati qanday?» deb so‘raganida u javob o‘rniga boshini sarak-sarak qilib qo‘ygandayoq, ko‘ngli bir noxushlikni sezgan edi. Agar qorong‘uda kirib kelmaganida hovlidagi inson qonlarini ko‘rardi. Ana o‘shanda o‘rtog‘i bilan savol-javobi boshqacha bo‘lardi. U hovliga kirib to‘xtagan joyida oyog‘iga ilingan qonni ko‘lmakda hosil bo‘lgan balchiq deb o‘yladi. Uyga kirib poyafzallini yechayotganda ham qonga ko‘zi tushmadi. Uning uchun bir narsa oydin — o‘rtog‘ining vujudida xastalik bor. Asadbek dilidagi yarani esa u sezmaydi.
Jalil «gaping bo‘lsa, ayt» deganday o‘rtog‘iga tikilib o‘tiraverdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:52:06
— To‘g‘ri aytding, — dedi nihoyat Asadbek, — sassiq bo‘lsang ham o‘zingdan o‘tadigani yo‘q... Bolalarni ko‘rib turasanmi?
— Qaysi bolalarni?
— Mahalladagi... Baxtiyor, Shavkat, Rahmat, Nusrat...
— Kam ko‘raman. Hamma o‘zining tashvishi bilan ovora. Birov birovdan gina qiladigan zamon emas. Anavinda Shoqosimni ko‘ruvdim. Beldan olibdi. To‘qson yashar cholday gajak bo‘lib yuribdi.
— Futbol o‘ynaganimizda zo‘r edi, a? Esingdami qo‘li singani?
— Esimda... sen yiqitib sindiruvding.
— Men atay yiqitibmanmi, oyog‘im chalishib ketuvdi.
— Sening oyog‘ing hozirgacha ham chalishadi.
— Bo‘ldi, sasima.
— Xo‘p, sasimadim. Menga qara, do‘xtir tanish-      laring ko‘p. Shoqosimni bir qaratsang-chi? Shu yoshida qiyshayib yurishi menga yoqmayapti.
— Yaxshi aytding. Zo‘r do‘xtirga qaratamiz. Jalil, oshna bolalarni bi-ir yig‘maysanmi?
— Senikigami? Kelishmaydi.
— Nega?
— Sen ulardan o‘zingni baland tutding. Ulardan o‘zing uzoqlashding. Biz bolalikda qancha edik, hozir nechta qoldik, bilasanmi? Kozim, Rahim, Turob, Habib, Mannop... Bittasi o‘ttiz beshda ketdi, bittasi qirqida ketdi... Janozalariga bormading-ku? Sag‘irlariga bir burda non bermading-ku?
— Ha, gapiraver, og‘iz o‘zingniki, tilingning suyagi yo‘q. Xudo hech bo‘lmasa sening tilingni suyakli qilib yaratganida qanday yaxshi edi...
— Sen Xudoning ishiga aralashma. O‘zingni bil. Mening tilimga suyak so‘raguncha, o‘zingga imon tila.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:52:23
Bu gapni eshitib, Asadbek achchiqlandi. O‘rnidan bir qo‘zg‘olib olib, o‘rtog‘iga o‘qraydi.
— Nima demoqchisan? Hali men imonsizmanmi?!
— Bu yolg‘iz Xudogagina ma’lum. Lekin bilib qo‘y: mahallaga machit qurdirganing bilan imonli bo‘lib qolmaysan. Mingta machit qurdir-u, o‘zingning peshanang sajdaga tegmasa bir pul.
— Men machitni pesh qilganim yo‘q senga.
— Men ham shunchaki aytdim.
Asadbek chindan ham g‘azablana boshlagan edi. Gap talashuv shu zaylda davom etsa, o‘rtog‘ining ko‘nglini og‘ritib qo‘yishi mumkinligini fahmlab, sukut saqladi. Jalil bu sukutni mag‘lublik alomati deb o‘ylab, g‘oliblarga xos qarash bilan oshnasidan yana so‘z kutdi.
— Nima qilasan, bolalarni yig‘asanmi? — dedi nihoyat Asadbek, avvalgi mavzuga qaytib.
— Aytdim-ku, senga... — dedi Jalil o‘sha qaysarlik bilan.
— Menikiga kelmasa, uyingga chaqir. Bo‘lmasa... choyxona bor. Bitta osh mendan.
— O‘h-ho‘... juda kattaga tushasan-ku, a? Oshnam, hamyoning ko‘tara olarmikin buncha xarajatni? — dedi Jalil piching bilan. Asadbek unga bir sapchimoqchi bo‘ldi-yu, uning quvlik bilan jilmayganini ko‘rib, shashti pasaydi. «Ponani pona bilan chiqaradi», deganlariday o‘zi ham piching bilan javob qaytardi:
— Hamyonim ko‘tarmasa Jalilboyvachcha degan oshnam bor, qarab turmas axir.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:52:35
Suhbat shu zaylda davom etaverdi. Dam kinoya, dam g‘azab, dam po‘pisa ohanglari bir-birlariga iltifot qilib, suhbat maromiga hojalik qildilar. Jalil ketishga shoshilmadi. Asadbek esa uni quvmadi.
Asadbek so‘zni asosiy maqsadga burishga qanchalik urinmasin, shu gapga kelganida tili aylanmay qolaverdi. Yo‘q, u oshnasiga qizi fojiasi yoki bugungi otishmani aytishni niyat qilmagan. Uning maqsadi boshqa.
Qizini sharmandali holda ko‘rib, iziga qaytayotganida xayoliga «nima uchun meni Xudo yomon ko‘rib qoldi?» degan savol urildi. Bu savolni keyinroq ham tez-tez esladi. Elchinni tirik ko‘rganida ham xayolini shu savol bir yoritib o‘tdi. Bu savolga o‘zi javob topa olmas edi. Jalil kelganida undan so‘ramoqchi bo‘ldi. Lekin o‘zi bilmagan qandaydir kuch uni to‘xtatdi. Sukutga berilgan onlari xayolan Jalilga shu savolni berdi. Jalil esa unga:
— Avval Xudo seni yaxshi ko‘rarmidi? — deb javob qiladi.
— Avval hamma ishlarim silliq edi. Boshimga bunchalik balo toshlari yog‘ilmagandi.
— Xudo seni sinayotgan edi. Sen boshqalarning boshiga ofat toshlari yog‘dirib kun ko‘rding. Endi bu toshlarni o‘zing ham bir totib ko‘r-chi? «Pichoqni oldin o‘zingga ur, og‘rimasa birovga ur», degan hikmatni eshitmaganmisan? Sen bu hikmatga amal qilmading. Pichoqni avval birovlarga urib, lazzatlanding. Endi esa pichoq etingni sal tilib ketsa, voy-voylab o‘tiribsan...
Asadbek do‘sti bilan xayolan shunday bahs yuritib «Bu odamdan faqat shunaqa sassiq gap olasan» degan qaror bilan savolini tiliga chiqarmadi.
Jalil «shunday so‘rrayib o‘tiraveramizmi, ul-bul olib chiqay», deb ukasinikiga yo‘l olganida uning izidan yana shu savolni xayolan berib ko‘rib, bu safar lo‘ndaroq javob oldi:
— Xudo seni nima uchun yaxshi ko‘rishi kerak?..
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:52:55
                                                                                         2

Jalil ukasinikidan qaytayotganida Chuvrindiga yo‘liqdi. Mashinadan tushiboq xush kayfiyat bilan ko‘rishgan Chuvrindi eshikni ochmoqchi bo‘lganida Jalil uni to‘xtatdi:
— Akangga nima bo‘ldi?
— Nima bo‘pti? Bilmasam... Uyga borsam yo‘qlar, hoynahoy shu yerdadirlar, deb kelayotganim.
— Shunaqami?... — Jalil achchiqlanib «it ham egasiga bunchalik vafodormasdir», deb o‘yladi, so‘ng Chuvrindining bilagidan ushlab, o‘ziga qaratdi: — menga yaxshiroq qara-chi, ahmoqqa o‘xsharmikinman?
— Ie, Jalilxon aka, nimaga unday deysiz?
— Men akang bilan ko‘cha changitib yurganimda sen adangning belida ham yo‘q eding. Men og‘aynimning ko‘ziga qarab, ichida dardi borligini bilaman. Hali sen meni laqillatmoqchi bo‘lasanmi, ayt, nima gap o‘zi?
— O‘zlaridan so‘ramadingizmi?
— O‘zi dardini aytadigan odammi?
— Sizga aytmagan sirlarini menga aytarmidilar. Men ham hayronman, o‘zi. Kennayim ketganlaridan beri kayfiyatlari yo‘qroq.
— Do‘xtirga qaratyapsanmi? Yo‘tali juda xunuk-ku?
— Do‘xtir dori bergan. Xudo xohlasa yaxshi bo‘lib ketadilar.
Jalil undan gap ololmasligini bilib, bilagini qo‘yib yubordi. «Bir go‘rsanlar hammang», deb ichkari kirdi. Uyga kirgach, Chuvrindi biron ishora qilarmikin, deb kuzatdi. Asadbek a’yonining jilmayib salom berishidanoq ish yaxshi bitganini fahmladi. Ortiqcha imo-ishoraga hojat qolmadi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:53:17
Chuvrindi avval uyga o‘tgani, so‘ng bu yoqqa tavakkal qilib kelaverganini aytib, tanchaning bir tomonini egallab o‘tirdi.
Jalil ukasinikidan olib chiqqan dasturxonni o‘rtaga qo‘ydi.
— Jiyan hozir choy olib chiqadi, — dedi u, — ukam ismenda ekan, kelinga aytdim, mastavaga unnadi. Bir terlasang, yengil tortasan.
— Bekor ovora qilibsan, uyga boraqolamiz, — dedi Asadbek.
— To‘xta endi, mastavani ichib ket. Jiyanlarim aytishdi: hali shu tomonda miltiq otilganmishmi? — Jalil shunday deb ikkoviga sinovchan boqdi.
— Agar sening jiyanlaring eshitishgan bo‘lsa otilgandir. Senga-yu, urug‘laringga Xudo jag‘ bilan quloqni ikki normadan qilib bergan. Miltiq ovozini eshitishgan bo‘lsa... bitta-yarimta qarg‘a otgandir.
— Gaping to‘g‘ri, — dedi Jalil, — hozir go‘sht qimmat, qarg‘ani otib, qozonga bosgandir. O‘zi azaldan shu mahallada qarg‘a otib tirikchilik qilishadi. O‘zing ham qarg‘a go‘shti yeb katta bo‘lgansan, esingdami?
Chuvrindi ikki oshnaning bu ilmoqli gaplaridan kuldi.
— Gapga ham to‘n kiyg‘izvorasiz-da, ammo aka, — dedi Jalilga, — Eskiroq moshina o‘tgan bo‘lsa, paqillagandir.
— Ha... men ham shunaqa dedim ularga. Miltiq-piltiq degan gaplarni yig‘ishtirlaring, senlarga shunaqa tuyulgan, dedim.
Shu gapdan so‘ng Asadbek Chuvrindiga ma’noli qarab qo‘ydi. Jalil bu qarashda bir sir yashiringanini sezib, bu haqda so‘z ochib xato qilganini fahmladi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:53:31
Chuvrindi kelguniga qadar bolalikning mas’ud damlariga qaytib, ko‘ngil g‘ubori ko‘tarilayotgan Asadbek yana bugungi kunning zaharli havosidan nafas ola boshladi. Go‘yo Chuvrindi bilan birga bu xonaga kunning izg‘irinli tashvishlari ham qaytganday bo‘ldi. To‘p tepib, qiyqirib yurishlar, o‘rtog‘ining qo‘li singani, ko‘kragi yong‘oqday bo‘lib qolgan hurkak qizlarga tegajoqlik qilishlar... hammasi iziga qaytmas o‘q kabi uchib o‘tib ketgani yana bir karra ta’kidlandi go‘yo. Uchinchi odam oraga qo‘shilgach, ikki o‘rtoqning surur bulog‘idan suv ichayotgan suhbati loyqalandi. Chuvrindi indamay o‘tirgani bilan ular g‘uborsiz bolalik ummonida erkin suza olmas edilar. Suhbat mavzui o‘zi istamagan so‘qmoqlarga burilavergach, Asadbek siqila boshladi. Undagi o‘zgarishni sezgan Jalil «Qaray-chi, mastava pishdimikin?» deb o‘rnidan turdi. U chiqib ketishi bilan Chuvrindi Elchinni qay ahvolda kasalxonaga eltganini ma’lum qildi.
— Uyga do‘xtir chaqira qolmabsan-da, — dedi Asadbek norozi ohangda
— Shunaqa qilmoqchiydim... lekin... Zaynab...
— Nima bo‘ldi? — dedi Asadbek xavotir bilan.
— Dorining xumori tutgan shekilli. Sal notinchroq edi. Hozir shu kelishimda xabar oldim.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:53:48
Inqillab yotibdi. Yolg‘iz qolmasin, deb keliningizga odam yubordim. Ikki-uch kun yonida turadi. Xumordan qutulguncha qiynaladi. Balki...
— Nima demoqchisan, aytaver.
— Balki kasalxonada davolatsakmikin?
— Kallang joyidami?! Boshmi bu yoki tomosha qovoqmi? Kim u, bilasanmi? Asadbekning qizimi yo ko‘chada it ham, bit ham tepib o‘tadigan odammi? Bir marta kasalxonaga yotqizganing kamlik qildimi?
— Men bilib o‘tiribmanmi?..
— Bilishing kerak edi. Og‘zingga pashsha o‘tirib ketsa ham lallayib yotaver, «bilibmanmi...» deb.
Jalil qaytib kirguniga qadar ham Asadbekning g‘azab o‘qlari tugamadi. Chuvrindi esa ertakdagi bahodirlarday ko‘kragini bu o‘qlarga tutib, chidam bilan turaverdi.
Mastava sho‘r tuyulib, Asadbek uch-to‘rt qoshiqdan ortiq icholmadi. Chuvrindi esa irimiga lab tekkizib qo‘ydi. Jalil ularga e’tibor bermay mastavani xo‘rillatib ichib, kosani bo‘shatdi.
— Endi uyga boramiz, — dedi Asadbek, labini sochiqqa artayotgan o‘rtog‘iga qarab.
— Hamma uy-uyigami? — deb aniqlashtirdi Jalil.
— Yo‘q, sen menikiga borasan. Gaplashib yotamiz.
— Boring, akaxon, — deb hojasini quvvatladi Chuvrindi, — bir kun ming kun bo‘larmidi, bi-ir otamlashib yotasizlar.
— Borsam boraveraman-da, uyda emizikli bolam qolib ketarmidi, — Jalil shunday deb kosalarni yig‘ishtirdi-da, tashqariga yo‘l oldi. Asadbek ham o‘rnidan turib hovliga chiqdi.
— Odamlaringga tayinla. Pashsha ham uchib o‘tmasin bu hovliga. Kun yorishganda qon tekkan yerni qirib tashlashsin. Jalilning gaplarini eshitding-a, isi chiqmasin.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:54:01
— Bolalarni?..
— Ularga tega ko‘rma. Lekin shu atrofdagilarning og‘zi mahkam bo‘lishi kerak. Nima qilish kerakligini o‘ylab ko‘r.
«O‘ylab ko‘r», deyish oson. Ammo o‘ylab, eng ma’qul yo‘lni topishning o‘zi bo‘larmi ekan? «Ikkita, uchta o‘q ovozi bo‘lsa edi, eshitganlar unga e’tibor berishmasa,— deb o‘yladi Chuvrindi. — O‘likka shuncha o‘q uzish shartmidi?..»
Shart emas edi. Bu Asadbekka ham ma’lum narsa. Ammo o‘shanda unga hokimlik qilgan g‘oyib kuchi shunga majbur etdi. Chuvrindining bu holni his qilishi mushkul.
Ayni chog‘da og‘ir tuyulgan bu masalaning yechimini Chuvrindi tongda topdi. Hosilboyvachchaning yigitlari bilan bo‘lgan uchrashuvdan keyin Halimjon Chuvrindining topshirig‘iga ko‘ra tergovchi qiyofasida qo‘ni-qo‘shnilarnikiga bir-bir kirib chiqdi. Ajoyibotni qarangki, ularning birontasi ham o‘q ovozini eshitishmabdi. Hatto Jalilning jiyanlari ham «O‘q ovozini eshitdinglarmi?» degan savolga «Qanaqa o‘q?» deganlaricha bezrayib turaverishdi.
Bu manzara ertaning ishi. Bu kech esa Asadbek topshiriqni berib mashinaga o‘tirdi. Chuvrindi ikki oshnani kuzatgach, uyiga qaytishga otlandi. Yo‘l-yo‘lakay yana Zaynabdan xabar oldi. Xotini yetib kelgan, o‘qchiyotgan Zaynabga choy tutib, «iching, aylanay, terlasangiz o‘tib ketadi», deb zo‘rlayotgan edi.
— Qanaqa choy beryapsan? — deb so‘radi Chuvrindi, ostona og‘zida to‘xtab.
— Ko‘k, — dedi xotini.
— Famil damla. Rosa achchiq bo‘lsin.
Shunday deb yana bir oz turgach, iziga qaytdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:54:38
                                                                                    3

Tong g‘alati manzara bilan otdi.
Mashriqdagi bulutlarning chetlari qontalash, ammo bag‘ri qora edi. Kechasi bir sidra yog‘ib, yer yuzasini omonat qoplagan qor esa bag‘riga sukunatni singdirgan. Serqatnov ko‘chalardagi qor mashina g‘ildiraklari ostida ezilib, erib ketgach, sukunat ham chekindi. Shovqin Asadbek yashaydigan mahallaga ham yetib keldi.
Yarim tunga qadar gurunglashgan ikki oshna hali uyquda — tong manzarasini ko‘rishdan bebahra edilar. Jalil uyqu hukmiga bo‘ysunib bomdod namozini ham boy berdi. Tashqarida g‘ovur-g‘uvur tovushlar qulog‘iga kirgan Asadbek ko‘zlarini yarim ochganicha boshini ko‘tardi. Ovozlarga quloq tutdi. So‘ng erinibgina o‘rnidan turib, hovliga chiqdi. Muzdek toza havo to‘g‘ri o‘pkasiga urilib, yo‘tali qo‘zidi. Yo‘tal ovozini eshitgan darvozaxonadagi chollar ham, ularning yo‘lini to‘sib turgan yigit ham uy tomonga qaradilar.
— Nima gap? — dedi Asadbek, yo‘tali tingach.
— Gaplari bormish, — dedi yigit aybdor odamning ovozi bilan. So‘ng o‘zini oqlash maqsadida izoh berdi: — Uxlayaptilar desam ham ko‘nishmayapti.
— Bek inim, ikki og‘iz gapimiz bor, aytamizu ketamiz. Sizni uchratishimiz osonmi, bu to‘rtinchi kelishimiz, hayriyat, uyda ekansiz, — dedi chollardan biri.
— Kiraveringlar, men hozir, — Asadbek shunday deb yuvinishga o‘tdi. Yigit «uyga kiringlar», desa ham chollar ayvonda, tik turgan holda kutishdi. Asadbek yuvinib chiqib, ular bilan ko‘rishgach, uyga taklif qildi. Chaqirilmagan mehmonlar bu lutfni qaysarlik bilan qabul etmadilar.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:54:51
— Bek inim, bizdan ranjimang, bomdoddan chiqib kelaverdik. Sizning ishingiz ko‘p, bilamiz, kunduzi uchratishimiz qiyin. Bir masalani hal etib bermasangiz bo‘lmay qoldi-yov, — dedi dastlab uzr so‘ragan qariya.
— Qanaqa masala?
— Machit bitay deb qoldi, Olloh sizdan rozi bo‘lsin. Bunaqa serfayz machit bu atrofda boshqa yo‘qdirov... Ammo-lekigin... machitda it bog‘loqlik tursa yomon bo‘lar ekan. Shu itni yo‘qotib bering, jon inim.
— It? Qanaqa it? — deb ajablandi Asadbek.
— It deganimki... — qariya qo‘polroq gapirib yuborganidan xijolat tortib, soqolini tutamlaganicha izoh berdi: — mutavallimiz Abdukarimni aytaman...
— Ha, Ko‘samullami? Yana qanaqa hunar ko‘rsatdi? Tanobini tortib qo‘yuvdim-ku?
— Ko‘samullangizning hunari ko‘p, Bek inim. Uning avval kim bo‘lgani o‘zingizga ma’lumdir? Hozir tamoman machitning xo‘jasi bo‘lib oldi. Keksani keksa demaydi, yoshni yosh demaydi. Xohlaganini uradi, xohlaganini so‘kadi. Qilayotgan ishing musulmonchilikka to‘g‘ri kelmaydi, deb aytsak qulog‘iga ilmaydi.
— Qulog‘iga gap kirmasa orqasiga boplab tepmaysizlarmi?
— Tepishga tepardigu, ammo-lekigin bir nima desak «machitni menga Bek akam topshirib qo‘yganlar» deb dag‘dag‘a qiladi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:55:22
— Bekorlarni aytibdi. Machit sizlarniki. Lekin... yozda ham shunaqa gap chiqqanida chetlashtiruvdim, a? Qurilish ishlarini qiladigan boshqa odam topmadinglar. Baqirib-so‘ksa ham ishni yuritib turuvdi. Yana o‘ylab ko‘ringlar. Mutavallilikni olsalaring olinglar. Unga boshqa ish beringlar. Mayli, so‘filik qilsin, ovozi o‘tkir-ku?
— Hay-hay, asti unday demang. Agar u so‘fi bo‘lsami... — qariya kulimsiradi, — u azon aytishni boshlasa dunyodagi bor eshaklarning bari hangrab yuborar...
— Unda bilganinglarni qilaveringlar.
— Bek inim, yana chollar g‘iybatchi ekan, deb o‘ylamang. Machitda yuradigan odam pokizaroq bo‘lishi kerak-da. Bu Ko‘samullangiz bitta rost gapga to‘qson to‘qqiz yolg‘onni qo‘shib tursa... Yolg‘onning gunohi juda katta ekan. Agar bu Ko‘samullaning og‘ziga pilik tutib yoqib qo‘yilsa, to qiyomatga qadar o‘chmas-ov... Bek inim, Ko‘samullangizni o‘zingiz chaqirib, mutavallilikni topshir deb qo‘ying.
— Xo‘p, — dedi Asadbek ensasi qotganini yashirmay. — Machitga qadam bosmasa, hisobmi?
— Yo‘-o‘q, machitga kelib ibodatini qilaversin, faqat...
— Bo‘pti, gaplashib qo‘yaman, — Asadbek beodoblik bo‘lsa-da, shart burilib, uyiga kirib ketdi.
Chollar uning ranjiganini anglab, bosh chayqadilar-u ko‘cha tomon yurdilar. Darvozaxonaga yetganlarida «chaqirib qolarmikin», degan ilinjda orqalariga qarab oldilar. Uy tomondan sado bo‘lmagach, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushgan odam kepatasida ko‘chaga chiqdilar.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:55:42
Ular darvozadan uzoqlashmay turib Chuvrindining mashinasi kelib to‘xtadi. Chuvrindi ularga bir qarab olib, darvoza ostonasida turgan yigitdan «Ha, tinchlikmi, nimaga kelishibdi?» deb so‘radi.
— Bilmasam, mutavalli degan odamdan shikoyat qilishdi shekilli.
— Shu yetmay turuvdi, — dedi Chuvrindi ming‘irlab. — Kim ivirsib kelsa, ichkariga qo‘yaverasanmi?
— Kiramiz, deb g‘alva qilib turib olishdi. Keyin Bek akam «kiraverishsin», dedilar.
— Nonushta tayyorladilaringmi? Hamshira kelib ketdimi?
— Yo‘q. Moshina yuborganman. Hozir kelib qoladi.
Nonushta tayyor bo‘lgunicha hamshira kelib, emlab ketdi. Nonushtadan so‘ng Jalil tashrifi uchun ajratilgan vaqtning yakuniga yetganini anglab duo o‘qidi-da, o‘rnidan turdi. Asadbek «yana birpas o‘tir», deb lutf qilmay, uni kuzatgani qo‘zg‘aldi. Hojasining o‘rniga Chuvrindi manzirat qildi:
— Akaxon, doim shoshib turasiz-a, gurunglashib o‘tiruvdik-da...
— Men ishlaydigan odamman. Ishlasam menga bir burda non berishadi, ishlamasam, yo‘q. Bolalarimning rizqini halol topaman. Senlarga o‘xshagan bekorchi bo‘lganimda biqsib yotaverardim.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:56:50
— Yigitlarga ayt, olib borib qo‘yishsin.
— Onam meni moshinada tug‘maganlar, avtobusda ketaveraman, — dedi Jalil.
— Akaxon, mashina tayyor-a, — dedi Chuvrindi.
— Qo‘y, uka, men moshinaga o‘rganmagan odamman. U senlar, hojatxonaga ham moshinada boradigan.
Jalil shunday deb turganida darvozaxonada Kesakpolvon ko‘rindi. Jalilga ko‘zi tushishi bilan chehrasi yorishdi. Sog‘inganining diydoriga yetishgan baxtli odam kabi qulochini keng yoyib kelib, Jalilni quchoqladi. Tuni bilan ichilgan aroqning sassiq hidi dimog‘iga urilgani hamon Jalil aftini burishtirib, Kesakpolvonni nari itardi:
— Cho‘chqaxonada yotganmisan, nima balo?
— O‘, akaginam, irganmang bizdan, — dedi Kesakpolvon Jalilning gapini hazil o‘rnida qabul qilib.
— Irganayotganim yo‘q. Sendan taralayotgan hid o‘nta cho‘chqaxonaga asqotadi. Sen yuviqsiz bilan ko‘rishgan odamning oxirati ham kuyib ketadi.
— Sal pastroq tushing, akaginam, — dedi Kesakpolvon qiyqirib kulib, — ja oshirvordingiz, odamlar etagimda namoz o‘qiyman, deb navbat kutib turishibdi-ya...
— Ol-a, — dedi Jalil, ensasi qotib. — Sening etagingda namoz o‘qishga shayton ham hazar qilar. Kiymingni itga tashla-chi, ustiga chiqib yozilarmikin?
— Bo‘ldi, akaginam. Shu gap bilan o‘ldirib qo‘ya qoldingiz, — Kesakpolvon shunday deb yana quchoqlamoqchi edi, Jalil tislanib, uni o‘ziga yaqinlashtirmadi. Kesakpolvon buni ham hazil o‘rnida qabul qilib, xoxolab kulganicha dedi: — Sizda zarur gapim bor. Kechqurun uyingizga boraman.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:57:24
— Shunaqa ahvolda yuviqsiz borsang uyga kiritmayman, yana dod deb yurma.
Jalil shunday deb ko‘cha tomon yurdi. Kesakpolvonning ko‘zi Asadbekning qahrli nigohi bilan to‘qnashib, sergak tortdi.
— Shunaqa bo‘lib yurgandan ko‘ra o‘lganing yaxshiroq emasmi? — dedi Asadbek qahr bilan. — Bir marta maishatdan qolsang, miyangga urib ketarmidi?
— Jahling chiqmasin. O‘zimcha maishat qilganim yo‘q. G‘ilaydan gap olishim kerak edimi?
— Xo‘sh, nima gap olding?
— Hali tayinli bir nima demadi. Lekin biz tomonga butunlay og‘di — gap yo‘q! Men uni odam qilaman.
— Sen unga yaqinlashmay tur. U bilan Mahmud ishlaydi.
Asadbekning bu gapi Kesakpolvon uchun kutilmagan tarsakiday bo‘ldi. Shu sababli «xato eshitdimmi yo hazillashyaptimi?» deganday unga qarab qoldi.
— Nimaga baqrayyapsan? — dedi Asadbek uyi tomon yurib.
— Kechagi gap boshqa edi-ku? Nima uchun endi uni Mahmudga oshiryapsan? — dedi Kesakpolvon zardali ovozda. Chuvrindi ularning tortishuviga aralashmaslik uchun o‘zini chetroqqa oldi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:57:35
— Vaqti kelsa bilasan, — dedi Asadbek orqasidan ergashib kelayotgan Kesakpolvonga qaramay. Uyga kirib o‘tirgandan keyin Kesakpolvonning savol nazari bilan tikilib turganini ko‘rib, yumshoqroq tarzda izoh berdi: — Mahmud balki u bilan birga Maskovga borib kelar.
— Men olib borsam-chi?
— Sen avval o‘rischa gapirishni o‘rgan. «Tvoyo-moyo»dan nariga o‘tolmaysan.
— Maskovda nima qiladi?
— Vaqti kelganda bilasan.
— Nima uchun men hamma narsani oxirida bilishim kerak. Endi men itning keyingi oyog‘i bo‘lib qoldimmi? Menga ishonmayotgan bo‘lsang ayt. Xohlasang orqamga bir tepib, ko‘chaga haydab chiqar. G‘ing degan nomard!
— Sasima... G‘ilay qaerda?
— Mashinada. Kirsinmi?
— Yo‘q! U iflosning oyog‘i ostonamga tekkan kuni chotini yirib osib qo‘yaman, bildingmi? Sen boshlab kirsang, seni ham ayamayman.
G‘azab bilan aytilgan bu tahdidning zamirida chinakam zulm mavjudligini Kesakpolvon sezdi. Ammo unga bir narsa qorong‘u edi. Hosilboyvachchani nima uchun o‘ldirdi-yu, laychasiga hayot in’om etgani holda endi bu qadar nafratlanyapti? Asadbekning Hosilboyvachchani yoqtirmasligi Kesakpolvonga ma’lum edi. Lekin uni o‘ldirish uchun shuning o‘zi sabab bo‘lolmasligini ham bilardi. Chunki Asadbek ko‘p odamlarni yoqtirmaydi. Lekin shu paytgacha yoqtirmagan odamlaridan birontasini o‘zi o‘ldirmagan edi. Kesakpolvon maishat bahonasida chindan ham G‘ilaydan gap olmoqchi edi. G‘ilay hojasining o‘limi sababini bilmasmidi yo o‘zini merovlikka soldimi, harholda tayinli gap aytmadi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:57:46
Chuvrindi kirib, xontaxtaning poygak tomoniga o‘tirdi.
— Bek, sen hammamizga xo‘jayinsan. Shu paytgacha aqlim yetganicha maslahat berganimda xohlaganingni olib, xohlamaganingni nari otding. Men g‘ing demadim. Maslahatimga quloq solganingda hech yomon bo‘ldingmi? Hozir jahling chiqib turgan bo‘lsa ham aytay: G‘ilayni Mahmud eplay olmaydi. G‘ilayni ham, shotirlarini ham bilaman. Ular bizning yigitlarga o‘xshashmaydi.
— Bo‘ldi, cho‘zilma. Odamlarni qaerga yig‘asan?
— «Yalta»ga. Hozir o‘sha yer tinch.
— Hammasi keladimi?
— G‘ilay tayinlagan.
— Mahmud, sen bog‘ni o‘rab olasan. Ishkal chiqsa bittasi ham tirik qolmasligi kerak. Haydar, sen G‘ilayni boqqa olib bor. Hamma to‘planganidan keyin menga xabar berasanlar.
— O‘zimiz gaplashib qo‘yaqolsak-chi? Sening borishing shartmi?
— Shart! Chiqaverlaring.
A’yonlar o‘rinlaridan qo‘zg‘alishdi. Chuvrindi ostonaga yetganida Asadbek uni chaqirdi:
— Mahmud, to‘xta, gap bor.
Kesakpolvon «Yana yashirin gapmi?» deb g‘ashlanib, tashqariga chiqdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:57:54
— Zaynabdan xabar olmadingmi? — deb so‘radi Asadbek yolg‘iz  qolishgach.
— Hozir kirib keldim. Keliningiz qarayapti. Kechagidan ancha tuzukka o‘xshaydi. Kasalxonadan telefon qilishibdi, kechqurun milisadan kelib ketishibdi.
— Zaynab... bildimi?
— Ha, bilibdi. Yaxshi bo‘lib tursa, keliningiz bilan birga kasalxonaga borib kelishadi.
— Yaxshi... borsin... Mahmud, agar ishkal bo‘lib hammasini otadigan bo‘lsang ham G‘ilay tirik qolsin.
— Nega?
— U kerak bo‘ladi... Xongireyni ko‘rganing esingdami? Hosilning suyangan tog‘i o‘sha edi. Shuning uchun ham oliftagarchiligi osmonda edi. Ular nimani kelishishgan, bilmayman. Harholda Xongirey tinch turmas. G‘imirlab qolsa, tinchitish uchun G‘ilay kerak bo‘ladi. Qarab turasan, uch-to‘rt kundan keyin Xongirey Hosilni surishtirib qoladi. Hosil meni yanchib tashlamoqchi bo‘lganini unga aytgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun Xongirey birinchi navbatda mendan xavfsiraydi. G‘ilay — asosiy guvoh. U nima desa shu bo‘ladi. G‘ilay biz xohlagan gapni aytadi. Bog‘dagi ish oxiriga yetishi bilan uni olib ketasan. Isi chiqmaydigan yerga yashirasan. Hatto Haydar akang ham bilmasin. Endi boraver, sergak bo‘l.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:58:27
4

«Yalta» deyilgan joyga, shahar chekkasidagi tashlandiq boqqa Asadbek Halimjon bilan birga bordi. Kesakpolvon bu yerni bekorga tanlamagan edi. Bir tomoni o‘zi aytganday, tinch bo‘lsa, ikkinchi tomoni — Asadbekning bolaligi, yoshligi xotiralariga bog‘liqligi edi. Asadbek bu ovloq bog‘da kechalari fonus yoqib qo‘yib, rosa oshiq tepgan. Keyinchalik, qimorni tashlab, «qozilik» martabasiga o‘tirgach, ko‘p bahsli masalalar shu yerda hal qilingan edi. Bog‘dagi qurigan, quriy boshlagan daraxtlar qanchadan-qancha odamlarning nolalariga guvoh bo‘lgan...
O‘zlaricha Stalin, Ruzvelt, Cherchill uchrashuvlariga qiyos qilib, da’vogarlarni «Yalta konferentsiyasi»ga taklif qilishar edi. Ana shundan beri bu O‘rmonbog‘ o‘zining asl nomini yo‘qotib, «Yalta» deb yurgiziladigan bo‘lgan edi.
Asadbek «Yalta»ga ko‘p yillardan beri kelmagan edi. Biron bir davra bilan oralarida tushunmovchilik yuz bersa ba’zan Kesakpolvon, ko‘proq hollarda esa Chuvrindi kelib, masalani hal qilib ketaverardi.
Asadbek mashinadan tushishga ulgurmasidan uni Chuvrindi qarshi oldi.
— Hammayoq tinch, — dedi u hisob berib. — Qurollarini berishdi.
— Sapchishmadimi?
— Yo‘q. Hozircha yuvoshgina turishibdi.
— Hammasi yig‘ildimi?
— To‘rttasi Krasnoyarda ekan.
Asadbek Xongireyning gaplarini eslab, «Hoynahoy Kozlovga ketishgandir», deb o‘yladi-da, fikrini tasdiq etmoq uchun so‘radi:
— Nimaga ketishibdi? G‘ilay aytmadimi?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:58:43
— G‘ilay bilmasmish. Hosil ularni uyga olib kirib, bir soatcha nimalarnidir tushuntiribdi. G‘ilayning bilgani shu.
— Qachon kelisharkan?
— Yo erta, yo indin.
— O‘zing kutib ol. Birov bilan uchrashishlariga yo‘l qo‘yma, — u shunday deb bir-ikki qadam yurdi-da, to‘xtab buyurdi: — Krasnoyarga odam yuborsakmikin? Agar Kozlovga yopishishgan bo‘lsa, tsisternaning ishkali chiqmasin.
Qishda it urishtiriladigan yaydoq maydonchada Hosilboyvachchaning yigitlari to‘planib turishardi. Ularning aksari hali o‘ttizni qoralamagan, buyurilsa olov dengizi bo‘ylab yalangoyoq yugurishdan toymaydigan yigitlar edi. Ular ajal tuniday xunuk va shum, tundan qora va zulmkor edilar. Hammalari xuddi olovday, ammo tutun kabi kekkayib, ko‘m-ko‘k osmonga bosh tortishni odat qilib edilar.
Kesakpolvon G‘ilay bilan chetroqda turardi. U Asadbekning Chuvrindi bilan yonma-yon kelayotganini ko‘rib bir g‘ijindi-yu, istar-istamay unga peshvoz chiqdi. G‘ilay yangi hojasiga ergashishni ham, ergashmasligini ham bilmay, joyida qotdi.
Asadbek G‘ilayga ko‘zi tushishi hamon to‘xtadi. U qizining sharmandali holda suratga olinishida G‘ilayning ham ishtiroki bor, deb hisoblardi. Shu bois avvaliga hojasiga qo‘shib uni ham o‘ldirishni istagan edi. Lekin Xongireyga borib taqaladigan masalani yechishda yordami zarur bo‘lishini inobatga olib, G‘ilayning umrini bir oz «cho‘zdi». «Hosilboyvachchani o‘rgan odamlari ushlab ketgani»ga Xongireyni ishontirishi bilan G‘ilayga hojat qolmaydi. Lekin unga qadar... Vaqti-vaqti bilan G‘ilayni ko‘rib turishga majbur. Uni har ko‘rganida qizining sharmandali holati ko‘zi oldiga kelib ezilaveradi, ezilaveradi... Boshqa chora yo‘q.
To‘planib turgan yigitlar Asadbekni ko‘rishgach, o‘zga davlat boshlig‘ini sharaflashga hozirlanganday beixtiyor ravishda saf tortishdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:59:29
Aslida ham shunday edi. Agar ta’bir joiz bo‘lsa, Asadbek shaytanat olamidagi «o‘zga davlat» rahbari, yigitlar esa «mag‘lub mamlakat»ning fuqarolari edilar. Moziy tiliga ko‘chirilsa, ular — qo‘mondonidan ajralgan asirlar edilar. Asirlarning taqdirini esa hamisha g‘olib amirlar hal etganlar. Agar amirning ko‘ngliga Yaratgan ozgina insof, rahm-shafqat solsa, ularning molu joni omonda, yo‘q esa talonda bo‘lganlari sir emasdir. Alhol, agar Asadbek aqliga, qalbiga zulm egalik qilsami, chaqmoqday yonib turgan bir to‘p yigit daqiqaning o‘zida bir to‘p kulga, aniqrog‘i bir to‘p murdaga aylanishlari mumkin edi. Atrofni o‘rab turgan yigitlarga birgina imo kifoya: biqinlariga tiralib turgan to‘pponchalar chiqariladi-yu, tepkilar bosiladi. Ayrimlar «Oh!» deyishga ham ulgurolmay qolishadi. So‘ng... murdalar mashinalarga ortiladi-yu, izsiz yo‘qotiladi. So‘ng...bedarak ketganlarning soni ko‘payadi. So‘ng... kimdir o‘g‘liga, kimdir eriga, kimdir akasi yoki ukasiga aza ochishni ham, umid bilan kutishni ham bilmay yillarni armonda o‘tkazadi...
Yo‘q, unday bo‘lmadi. Garchi Asadbekning oyoqlari uni zulm sari yetaklagan bo‘lsa-da, inson qoni to‘kilmadi.
Asadbek yigirma qadamcha berida to‘xtab, yigitlarni kuzatdi. A’yonlari uning yonida tek turganlaricha xuddi chuhralarday atrofga olazarak qarashardi. Asadbek Hosilboyvachchaning yigitlariga qarab, ularda besaranjomlik bor yoki yo‘q ekanini aniqlamoqchi edi. U tomonning xotirjam turganini ko‘rib, asta yura boshladi. A’yonlari ergashgan edi, orqasiga o‘girilib, buyurdi:
— Haydar, G‘ilayning yonida tur. Mahmud, sen sal orqaroqda yur.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 14:59:47
Asadbek yigitlardan ikki qadam berida to‘xtadi. Ana shu ikki qadam oralig‘idagi masofaga sukunat suqulib kirib hukmronlik o‘rnatdi. Ko‘zlar ko‘zlarga to‘qnashgan holda qotdi. Ammo sukunatning hukmronligi uzoqqa cho‘zilmadi. Yigitlarning chapdastrog‘i «Assalomu alaykum, Bek aka», dedi-yu, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yganicha unga peshvoz chiqdi. Boshqalar o‘ylab ham o‘tirmay, unga ergashishdi. Ularning aksari yangi hojalari bilan qo‘shqo‘llab ko‘rishishdi. Mana shu manzaraning o‘ziyoq «ikki davlat» o‘rtasida g‘olibning foydasiga bitim imzolanganidan dalolat edi. Asadbek ular bilan ko‘rishib bo‘lgach, «ish ko‘ngildagiday bitdi», degan xayolda orqasiga qaytmoqni ham o‘yladi. Bu yigitlar o‘z hojalari uchun jon olishlari mumkin, ammo jon berishni istamaydigan toifadan edi. Kecha oqshomda hojalarining Asadbek uyiga kirib ketganicha qaytib chiqmaganini ular bilishardi. Kichik hojalarining bu holda turishining o‘ziyoq ularga chorasiz ekanliklarini, ikki yo‘ldan birini tanlamoqliklari zarurligini anglatardi. Asadbek kelmasidan ilgariyoq, ular kichik hojalari yo‘lini tanlashgan, g‘oliblar qarshisida bichilgan yuvvosh qul libosiga o‘ralgan edilar. Agar Asadbek ko‘ringanida birov «Tiz cho‘klaring!» deb buyruq bersami edi, shubhasiz tiz cho‘kardilar, buyruq bo‘lsa sajda qilishdan-da qaytmagan bo‘lardilar.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:09:35
Asadbek ular orasida sarosimani, norozilikni, hatto qarshilikni kutgan edi. Yigitlarning mutelik bilan ko‘rishishlari uning uchun kutilmagan hol bo‘ldi. «Agar Hosil meni o‘ldirganida mening yigitlarim ham unga shunday poyi-patak bo‘lisharmidi?» degan xayol ko‘nglini g‘ash qilib o‘tdi.
Ko‘rishuv marosimi tugagach, yigitlar Asadbekning atrofida yarim doira yasadilar. Tobelik alomati yaqqol sezilib tursa-da, Chuvrindi ehtiyotni shart deb bilib unga yaqinlashdi. O‘ng qo‘li jigarrang charm plash cho‘ntagidagi to‘pponcha dastasini mahkam siqdi.
— Hosil mening eng qadrdon ukaxonlarimdan, buni bilasanlar, a? — dedi Asadbek vazminlik bilan. — Kecha u uyimga kelib bir iltimos qildi: uzoqdagi bir joyda bitadigan zarur ishi bor ekan. O‘zi bormasa ishi bitmas ekan. U yoqda bir oy yuradimi, ikki oymi — Xudo biladi. «Zamon nozik, bolalarga ko‘z-quloq bo‘lib turing», deb iltimos qildi. Sizlarga shu xabarni o‘zim yetkazib qo‘yay deb to‘pladim. Hosilning ketganini siz bilan mendan boshqa hech kim bilmasligi kerak. Birov so‘rasa tushuntirib ham o‘tirmang. «Bilmayman», deng — tamom! Kimning gapi bo‘lsa, menga ro‘para qiling. Hosil kelgunicha, mana, Mahmudjon akalaring nima desa, shunga bo‘ysunasanlar.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:09:50
Bu gaplarni eshita turib Kesakpolvon betoqatlandi.
— Bilib qo‘y, — dedi u G‘ilayning biqiniga tirsagi bilan asta turtib, — eng muhimi — o‘shandan ehtiyot bo‘l. Sen o‘ladigan bo‘lsang ham shuning qo‘lida o‘lasan.
— Patsan-ku bu, bo‘sh kelish yo‘q, — dedi G‘ilay mensimagan tarzda.
— Aqling bo‘lsa, shu mishiqilardan qo‘rq. Qovoq kallasiga nima kelsa shuni qiladi.
G‘ilay «seniki ma’qul» deganday bosh irg‘ab qo‘ydi.
Asadbek gapini oxiriga yetkaza olmadi — yo‘tali tutdi. Chuvrindi ildam ravishda uning yoniga kelib, gapini davom ettirdi:
— O‘ylab ko‘rlaring: senlarni zo‘rlash yo‘q. Hosil kelgunicha birga ishlaymiz, desalaring, gap yo‘q. Ko‘nmasalaring, yana o‘zlaring bilasanlar. Lekigin tuxum bosib o‘tirasanlar, pista qilib yurasanlar. G‘iring-piring degan gap chiqarsalaring tuxumlaringni quritaman.
— Eshitdingmi? — dedi Kesakpolvon yana G‘ilayni turtib, — Hosil kelgunicha birga ishlaysanlar. Keyin Hosil kelib, o‘zi bilan olib ketadi.
G‘ilay «patsanning o‘zini asfalasofilinga jo‘natmay tag‘in!», demoqchi bo‘ldi-yu, tilini tiydi. Har- holda bular orasidagi munosabatni yaxshi bilmaydi. Oralarida sovuqlik mavjud degani — bir-birlariga dushman, degan gap emas. Bugun bunday deb to‘ng‘illab, ertaga tug‘ishgandan ziyoda ravishda apoq-chapoq bo‘lib yuradiganlar kammi dunyoda?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:10:03
— Qani, o‘yladilaringmi, nima deysanlar? — Chuvrindi yigitlardan javob kutib, ularga bir-bir qaradi.
— Yur, — dedi Kesakpolvon G‘ilayga, — bir narsa deb qo‘y.
G‘ilay unga ergashib, to‘daga yaqinlashdi-da, Chuvrindiga qo‘l uzatdi:
— Gap yo‘q, okaxon, — dedi jilmayishga harakat qilib. — Akam «Bek akalaring bilan birga turinglar», deganlar. Boshqacha gap bo‘lishi mumkin emas. To‘g‘rimi? — u shunday deb yigitlariga qaradi.
— Gap yo‘q, — dedi Asadbek bilan birinchi ko‘rishgan yigit. — Boshqalar ham tasdiq ishorasini qilib, Chuvrindi bilan ko‘rishib chiqishdi.
— Endi shoshmalaring, bitta-bitta gaplashaman, — dedi Chuvrindi «bitim imzolash» marosimi yakunlangach. Asadbek bo‘lajak suhbatda ishtirok etuvi shart bo‘lmagani uchun iziga qaytdi. Kesakpolvonga «Yur» ham demadi, «Sen qol», ham demadi. Kesakpolvon bundan o‘zicha xulosa chiqarib, Chuvrindining yonida qoldi. Natijada «birga-bir» suhbatlashish fikri amalga oshmadi, suhbat «uchga-bir» tarzida bo‘lib o‘tdi. Chuvrindi har yigitning zimmasidagi vazifasini so‘rab bildi. Oshiqcha so‘z aytmadi. Ko‘rsatma ham bermadi. Kesakpolvonning esa bu suhbatdan ko‘ngli to‘lmadi. O‘ziga zarur sir ololmadi.
«Tomonlar orasidagi muzokara» yakun topgach, Chuvrindi Asadbekning topshirig‘iga ko‘ra G‘ilayga «Men bilan yurasan», dedi. G‘ilay bu amrga bo‘ysunmaganday Kesakpolvonga qaragan edi, u «Boraver, seni o‘zim topaman», degan ma’noda imlab qo‘ydi.
Hamma tarqaganidan keyin ham Kesakpolvon «Yalta»da bir oz turdi. Bo‘lib o‘tgan voqealarni u yana fikr tarozusi pallalariga qo‘ydi. Buzuq tarozida narsa yuz tortilsin, ming tortilsin — bir xil raqamni ko‘rsatib turgani kabi uning aql tarozusi ham yagona fikrni ta’kid etardi: Asadbek bilan Chuvrindining harakatlarida o‘ziga qarshi holatni ko‘rardi. «Hokimiyat» uzil-kesil Chuvrindi qo‘liga o‘tib, o‘zi chetlatilganday, hokimlik martabasi emas, mulozimlik balchig‘i tomon pasayayotganday tuyulardi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:10:21
«Osonlik bilan jon beradigan ahmoq yo‘q!»
Kesakpolvon shu qat’iy qaror bilan iziga qaytmoqchi bo‘lib shart burildi-yu, ikki-uch qadam qo‘ygach, katta it yetaklab kelayotgan yigitni ko‘rib, sekinlashdi. Kechasi bir sidra qor yog‘ib o‘tgan bo‘lsa-da, hali qishning hukm o‘tkazishiga fursat bor, demak, it urushtirish mavsumiga hali sal ertaroq edi. Bo‘ribosarning kattaligidan egasi qayish yoki arqonga emas, zanjirga bog‘labdi. Yigit maydon o‘rtasidan kelayotgan Kesakpolvonni sal chetlab:
— Aka, sal ehtiyot bo‘ling, odamga tashlab qoladigan odati bor, — dedi uzrli ohangda.
— Rosa yetkazibsan-ku, a? — dedi Kesakpolvon itga tikilib.
— Ko‘z tegmasin, deb qo‘ying, aka, — dedi yigit.
— Ha, ha, ko‘z tegmasin. Hali yoshga o‘xshaydi, a? Bu yil birinchi marta qo‘yasanmi?
— Bultur ikki marta qo‘yganman.
— Yutganmidi?
— Yo‘q, juda yosh edi.
— Hozir zo‘ri kimniki?
— Ahmadboy akamniki. Chempion-da.
— Bulturgi gapmi bu?
— Bu yil ham zo‘r. O‘tgan oddix qo‘yishdi.
— Vaqtli boshlabsanlarmi bu yil?
— Odamlar sog‘inib qolishgan-da.
— Bugun qo‘ymoqchimisan?
— Maslahatga qarayman.
Kesakpolvon yigit bilan gaplashib turganda Hosilboyvachchaning yigitlaridan biri unga yaqinlashdi.
— Haydarjon aka, ishqivozlik bormi? — dedi u itga ishora qilib.
— «Mi»sini olib tashlab gapir. Men ko‘rgan kuchukvozliklarni ko‘rish uchun yana yuz yil yashashing kerak. Keyingi paytlarda vaqt bo‘lmadi. Bo‘lmasa bitta qo‘ymas edim.
— Bugun qoling bo‘lmasa, zo‘rlari qo‘yiladi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:10:33
— Shuni aytyapsanmi?
— Buning gavdasiga ishonmang. Po‘k hali.
— Sen qaerdan bilasan?
— Bilaman-da... Tirikchilik shu yerda, akaxon, — dedi yigit miyig‘ida kulib.
— Bu yer... senga qaraydimi? — dedi Kesakpolvon ajablanib.
— Ha... — dedi yigit aybdor boladay undan ko‘zini olib qochib.
Kesakpolvon bu yer shu yigitga qaragani uchun ajablanmadi. Uning taajjubi boshqa narsaga bo‘ldi: bir vaqtlar Asadbek gullatgan bu joy qachon, qanaqasiga Hosilboyvachcha ixtiyoriga o‘tib qolgan ekan? Bu joyga xo‘jayinlik qilishga to‘la huquq ularning ixtiyorida bo‘lgani holda nechun e’tiborsizlik qildilar? Buni Asadbek biladimi yo Mahmudning xabari bormi?
— Cho‘tal yaxshi tushib turibdimi? — dedi Kesakpolvon shularni xayolidan o‘tkazib.
— Yomon emas.
— Sen faqat men bilan salom-alik qilasan, — dedi Kesakpolvon amr ohangida.
— Gap yo‘q, akaxon, dilimdagini aytdingiz, — dedi yigit itoat bilan. — Birpas qolasizmi?
— Qolaman. — Kesakpolvon shunday deb itga qaradi.
— Unga qo‘ymang...
— Xuddi shunga qo‘yaman, — dedi Kesakpolvon o‘jarlik bilan. — Tavakkal: yo chikka, yo pukka. Sen ishingni bilib qilaver. Hozir kelaman.
Kesakpolvon tashlandiq bog‘ chetida turgan mashinasiga borib piyolaga to‘ldirib konyak quydi-da, simirdi. Qaqshay boshlagan badaniga rohat yugurdi.
Yarim soat ichida bu yer gavjumlashdi. Ta’bir joiz bo‘lsa, «ish kuni» boshlandi. Somsachilar, hasipchilar bug‘ o‘rlab turgan tog‘oralarini qo‘ydilar. Kabobchilar qo‘ralarini o‘rnatdilar. Eski, pachoq «Zaporojets»ning yukxonasi ochildi. Butun mamlakat bo‘ylab ichkilikka qarshi kurash ketayotgan damda yukxonaga terilgan aroq-konyaklarni ko‘z-ko‘z qilish — qahramonlik namunasi edi. Agar biron kishi kelib, «Sen partiya qarorlarini nega buzyapsan?» desa u bamaylixotir ravishda «Bu yer partiyaga qaramaydi, partiyangning qarori ko‘chaning nariga betida o‘tadi», deyishi mumkin. Agar da’vogar odam yuqori idoralar nomini o‘rtaga qo‘yib dag‘-dag‘a qilsa, chorasi oson — og‘zi bitta, nari borsa ikkita shisha bilan yopiladi. Shunda ham ko‘nmasa, u holda Hosilboyvachchaning yigiti bilan ikki og‘iz «shirin suhbat» quradi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:10:58
Somsachiga, hasipchiga, aroqchiga, xullas, hammasiga faqat shu yigitning so‘zi o‘tadi. Tomosha tamom bo‘lgach, hammalari u bilan bir-bir so‘rashib, valine’matlik qilayotgani uchun minnatdorlik bildiradilar. Daromad mo‘mayroq bo‘lgan kunlari «otamsiz» deyishdan qaytmaydiganlar ham bor. Bugungi daromad haqida bashorat qilishga hali erta, lekin bir narsa aniq — salomlashish chog‘ida yigit ularga xo‘jayin o‘zgarganini, shu bois «narx-navo» oshganini ma’lum qiladi. Ular noroziliklarini ichlariga yutganlari holda, shodiyonalik belgisi sifatida yana yuz so‘mdan «suyunchi» cho‘zadilar.
Kesakpolvon yana bir piyolani bo‘shatgach, somsachiga yaqinlashganda yigit paydo bo‘ldi.
— Zakkaz somsa, keling oka, g‘ichcha yog‘ yeysiz, — dedi somsachi.
Kesakpolvon u uzatgan somsani olmoqchi edi, yigit uni nari boshladi.
— Bundan olmang, «oq qo‘y»ning yog‘i hammasi. Hasip yeya qoling.
— «Oq qo‘y»niki bo‘lsa zo‘r-da, qonni ko‘pirtiradi,— dedi Kesakpolvon.
— Qo‘ying, akaxon, hasipdan yeng, egningizga shim bitib bunaqasini yemagansiz, — yigit tengdoshlariga aytib yuradigan hazilini yangi xo‘jasiga beixtiyor aytib yubordi-yu, cho‘chib, tilini tishladi. Uning baxtiga Kesakpolvon bu og‘ir hazilga e’tibor bermadi. To‘g‘ri, bir g‘ijindi, ammo «Mayli o‘zini menga yaqin olgisi kelyapti. Yaqin bo‘laversin, foydasi tegadi», degan fikr bilan javob qaytarmadi.
Hasip olindi, yeyildi. Hasipchi ulardan pul umid ham qilmadi.
Ular tamaddi qilib bo‘lgunlaricha maydon atrofi odamlar bilan to‘ldi. Eski «Zaporojets» atrofi, somsachiyu hasipchilar atrofi ham gavjumlashdi. Biri-biridan bahaybatroq itlar olib kelindi. Bunda it urushtirishga ishqivozlar ham, shu bahonada maishat qilib ketadiganlar ham bor edi.
Bir soatcha oldin muhim masala hal etilgan joyda endi itlar o‘z munosabatlarini oydinlashtirishlari lozim edi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:11:24
Janglarning ko‘pini ko‘rgan tajribali itlar raqiblariga bepisand qarab esnab qo‘yadilar. Ayrimlari betoqatlanadilar. Bu maydonga endi kelgan itlar esa zanjirlarini uzgudek bo‘lib siltanib, vovullaydilar. Jang ko‘rgan itlar esa ularga javob qaytarmaydilar, aksincha «O‘pkangni bos», degandek qarab qo‘yadilar.
Odamlarning tayyorgarlik ishlari — ya’ni, kim qaysi itga qancha pul qo‘yishi aniq bo‘lgach, o‘rtaga davraboshi chiqdi:
— Ahmadboynikiga kim qo‘yadi? — dedi u baland ovoz bilan. So‘ng izoh tariqasida qo‘shib qo‘ydi: — «Chempion»ga kim qo‘yadi?
Tomoshabinlar «O‘tgan yilning zo‘ri hisoblangan «Chempion it»ga kim qo‘yar ekan?» degan mazmunda o‘zaro bahs boshladilar. Bahslar nihoyasiga yetmay turib, o‘rtaga Kesakpolvonga ma’qul bo‘lgan itni yetaklab chiqishdi. So‘ng maydonda «Chempion» ko‘rindi. U aytarli bahaybat emasdi, siltanmasdi, vovullamasdi. Bo‘yinbog‘i zanjirdan emas, oddiy arqondan edi. U raqibiga qarab «Vajohating zo‘r-ku? Lekin men senday po‘klarning ko‘pini ko‘rganman», deganday o‘tirib oldi. Uning bu qilig‘i ba’zi tomoshabinlarga yoqib, ba’zilariga yoqmay qiyqirib, hushtakbozlikni boshlab yubordilar.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:11:36
Davraboshi ishora qilgach, avval «Chempion»ning bo‘yinbog‘i, keyin raqibning zanjiri yechildi. U o‘ljasini bir soniyada yanchib tashlash maqsadida yugurdi. «Chempion» esa joyidan jilmadi. Faqat raqibi yaqinlashganda chaqqonlik bilan o‘zini chetga oldi. O‘zini to‘xtatolmagan raqibi gangib yiqilgach, bir sakrashda bo‘ynidan tishlab, bulg‘alay boshladi. Bahaybat itning egasi kelib, uni ajratmoqchi bo‘ldi. Tamoshabinlar norozilik bilan «Qoch, qo‘yib ber!» deb baqirdilar. O‘rtada Hosilboyvachchaning yigiti paydo bo‘lgach, «Chempion»ning egasi itini ajratib oldi. Bunday hol bir necha marta takrorlandi. Bundan «Chempion» charchadimi yo oraga g‘irrom aralashganini sezib urushgisi kelmay qoldimi, harholda so‘nggi safar sergakligini yo‘qotdi — raqibi uning naq jag‘idan tishlashga ulgurdi. «Chempion»ning egasi itini ajratib, mag‘lub bo‘lganini ma’lum qilgach, norozi xitoblar kuchaydi. «Chempion»ga ishonib pul tikib, endi yutqizgan ishqibozlar it egasini baralla so‘ka ketdilar. It egasi atrofga xavotir bilan alanglab qo‘yib, «Chempion»ni — endi sobiq chempionni yetaklab davradan chiqdi. Shu chiqish asnosida bir-ikki musht, orqasiga bir-ikki tepki yesa-da, boshini xam qilganicha jim ketaverdi. Katta tikkanlar o‘yinga kim aralashganini anglab indamadilar. Bo‘lmasa it egasi bir-ikki tepki bilan qutulmas edi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:11:44
Kesakpolvon ixtiyor qilgan edi, bu yerning qoidalarini ham o‘zgartirib yubordi. Agar uning xohishi bilan bahaybat it o‘rniga laycha qo‘yilganida ham «Chempion»ni yutardi. «Chempion»ning orqasida turgan katta kuchlar shunda ham damlarini ichlariga yutib qolaverar edilar. Kesakpolvon bu holatdan mamnun bo‘ldi. Bir necha soat ilgari ko‘nglini bosgan g‘ubor bir oz tarqadi.
Mashinasiga o‘tirayotganida yigit kelib cho‘ntagiga bir dasta pul soldi.
— Kerakmas, — dedi Kesakpolvon, — bugungi daromading — o‘zingniki.
— Bu daromadmas, akaxon, happai halol o‘zingizning yutug‘ingiz.
— Bu joy o‘zingniki, birov g‘ing desa — menga aytasan.
— Rahmat, akaxon.
— Oting nima?
— Ramz.
— Bo‘pti, ishingni qilaver.
Mashina uzoqlashgunga qadar ham Ramz qo‘l qovushtirib turdi.

Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:11:56
IX  b o b

I

Qora xotin o‘sha kech boshqa ko‘rinmadi.
Zaynab onasi bilan gaplashib bo‘lgach ham go‘shakni ancha mahalgacha joyiga qo‘ymay ushlab turdi. Dahshatli, xunuk manzaralar chekinib, ko‘z oldida onasining ma’suma uzori paydo bo‘ldi. Xayoli ko‘zgusida gavdalangan onasi unga uzoq tikildi. So‘ng sirtmoqqa aylangan, bir shirin jonni olmoqqa shaylangan arqonga qo‘l uzatdi:
— Tashla buni, qizim... bu nima qilganing?
— Oyijon, endi men chidolmayman.
— Unday dema, bolam, meni o‘ylamasang ham Xudodan qo‘rq. Xudo kechirmaydi bu gunohingni...
— Xudo nima uchun meni bu azobga soldi? Balki mening o‘limimni Xudoning o‘zi istayotgandir? Ha... xohlayapti... «Ota rozi — Xudo rozi», deyishadi-ku? Arqonni adam tashlab ketdilar. Adamlardan xafa emasman. To‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatdilar.
Manzura javob bermay, yerga qaradi. Agar bu suhbat Zaynabning xayolida, g‘oyibda emas, haqiqatda, yuzma-yuz ravishda sodir bo‘lgandami edi. Manzura qizining aytganlariga raddiya bildirardi. Manzura garchi bu masaladagi shariat yo‘rig‘ini bilmasa-da, Tangri bandalariga bunday o‘limni ravo ko‘rmasligini tushuntirishga harakat qilardi.
Hozir esa Zaynab bu masalani anglamagani uchun ham xayolidagi suhbatda onasidan javob ololmadi. O‘z fikrini to‘g‘ri, deb hisob qildi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:12:08
— Oyijon, ayollar nima uchun yashaydi o‘zi bu dunyoda? Xor bo‘lib umr kechirish, keyin xor bo‘lib o‘lib ketish uchunmi? Siz nima ko‘rdingiz? Siz uchun bu dunyoning rohati nimada?
Bu savol yuzma-yuz holatda berilganida Manzura hech ikkilanmay «Mening rohatim — siz, Xudo bergan farzandlarim», degan bo‘lardi. Bu dunyoda ayol zoti uchun Ollohning eng ulug‘ marhamatlaridan biri — farzand ekanini Zaynab hali to‘la anglab yetmaydi. Agar bolasi nobud bo‘lmay, uni bag‘riga bosa olganida edi, chaqaloq mammasiga talpinganida edi, bu rohatni, bu ulug‘ baxtni his etgan bo‘lardi. Hozir bu hisga begonaligi uchun onasining baxti nimada ekanini ham aniq bilmaydi. Bilmagani uchun ham xayolidagi savolga javob ololmaydi.
Bir necha soniyalik sukutdan so‘ng ko‘z oldidagi onasining surati yana tilga kirib, endi o‘ziga hush yoqadigan so‘zlarni aytdi:
— Sen bolaligingda Kumush bo‘lishni orzu qilar eding.
— Orzu qilardim, oyijon...
— Kumush zaharlangan edi-ku, shuni o‘ylamabmiding?
— Ha... zaharlangan edi...
— O‘zbek oyim qora kiygan edi-ku...
— Ha, qora kiygan edi...
— Zaharlangan Kumush qayta tirilar, deb o‘yladingmi?
— O‘yladim, oyijon...
— O‘zbek oyim qora libosini tashlaydi, motam kunlari tugadi, deb xayol qildingmi?
— Xayol qildim, oyi...
— Adashding, qizim, Kumush zaharlangan...
— Zaharlangan oyi, menimcha, dunyodagi ja’miki pok narsalar zaharlangan. Endi eng to‘g‘ri yo‘l — sirtmoq...
— Jon qizim, meni tiriklayin o‘tga tashlama...
— Sizni o‘ylasam... bu o‘tda o‘zim yonishim kerak...
— Jon qizim...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:12:21
— Oyijon, balki bu dunyo mensiz go‘zal bo‘lib ketar?
— Unday dema, qizim... Sensiz dunyo men uchun bir xarobazorga aylanadi. Mening shu xarobazorda xor bo‘lib o‘lishimni istaysanmi?
— Oyijon, bir kitobda o‘qiganman. O‘lim — bu dunyoning eng ulug‘ mukofoti bo‘lishi mumkin ekan. Men shu mukofotga loyiqman-ku?..
— Yo‘q, qizim...
Shu onda, hech kutilmaganda darvoza eshigi taraqlab ochildi.
— Zaynab!
Avvaliga cho‘chib tushgan Zaynab otasining ovozini eshitib, quloqlariga ishonmadi. Ichkari yugurib kirib, hovli o‘rtasida to‘xtagan Asadbekni ko‘rib, ko‘zlariga inonmadi. Bir qo‘lida go‘shak, bir qo‘lida sirtmoqli arqon ushlaganicha qotib turaverdi.
— Zaynab!!
Asadbek atrofiga olazarak boqdi. Hovlida odam o‘zini osishi mumkin bo‘lgan daraxtlar, ayvon panjaralarining bo‘shligi ko‘nglini bir oz tinchlantirsa-da, xavotiri chekinmadi.
— Zaynab!!!
Bu safar javob kutmay, uy tomon ildam yurdi. Dahlizda to‘xtamadi. Avval yotoqxona eshigini ochdi. Keyin mehmonxona eshigini ochdi-yu, tosh qotdi.
Ota-bola bir-birlariga boqqanlaricha bir necha nafas turdilar. Asadbek ko‘rayotgani ro‘yo emasligiga, qizi tirik holda turganiga ishonch hosil qilgach, og‘ir qadamlar bilan ichkari kirdi. Qizining qo‘lidagi arqonni yengil siltab oldi-da, bilagiga o‘radi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:12:42
Zaynab hukm bekor qilinganini angladi. Ammo nimaning evaziga marhamat qilinganini bilmadi. U otasidagi farzandga bo‘lgan mehr nomus kuchidan ham a’loroq ekanini bilmas, buni fahm ham eta olmas edi. Zaynabning nazarida otasi unga o‘limni ravo ko‘rganida ming marta haqli edi. Endi esa... hukm bekor bo‘ldi. Endi otasiga qaysi bet bilan ro‘para keladi? O‘z ko‘zi bilan ko‘rmaganida ham, birovdan eshitganida ham mayli edi... Zaynab otasining hammomdagi manzarani ham ko‘rganini bilmaydi. Bilsami...
Agar qizini erkalab katta qilgan Kesakpolvon shu vaziyatga tushganida ham farzandini, ham o‘zini ovutadigan gaplarni aytishga harakat qilgan bo‘lardi. Bunday gaplarni topolmagan taqdirda «Hammasining urug‘ini quritaman. Sen ranjima, o‘tgan ishga — salavot» deb qo‘yardi. «Hammasining urug‘ini quritish» ahdi Asadbekda ham bor. Qizini ovutish istagi ham mavjud. Lekin u shu paytgacha ahdini ovoza qilmagan, shu paytgacha qizini erkalamagan, ranjitganida esa ovutmagan.
Agar Zaynabning o‘rnida Kesakpolvonning qizi bo‘lganida otasining yelkasiga osilib o‘krab yig‘lardi, tavbalar qilardi, aybdorlarni «og‘zilaringdan qonlaring kelsi-in», deb qarg‘armidi... Lekin Zaynab boshqa... U otasi bilan sira o‘pishib ko‘rishmagan, o‘pishib xayrlashmagan. Bo‘yi yetib qolganidan so‘ng otasiga erkalik qilganini ham eslamaydi.
Har qancha erkaligi, har qancha injiqligi bo‘lsa onasiga qilardi. Onasi ko‘tarardi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:13:03
Hozir Manzuraning yo‘qligi Zaynabga ham, Asadbekka ham bilindi. Indamaygina uy ishlari bilan mashg‘ul yuruvchi bu ma’sumaning o‘rni sezildi. Manzura ikkovi ham suyanadigan tog‘ ekan. Tog‘ o‘rnidan jilib, ikkovi ham yiqilish xavfida tebranib qoldi. Yaratganning qudratini qarangki, ayni chog‘da uch qalb hamohang ravishda bezovta tepardi. Uzoq Olmon yeridagi behalovat yurak bu xonadagi ikki poralangan dil orasida vositachi edi. Bu ikki qalbning faryodini Manzuraning yuragi eshitardi. Ammo oraliq masofa uni chorasizlik jari naryog‘ida ushlab turardi. Dillar so‘zlamoq imkoniga ega bo‘lganlaridami edi, bu ondagi nolalardan zamin erib ketarmi edi.
Bolaligi, yoshligida qalb nolalaridan charchagan Asadbek bir necha sana rohat bulog‘idan suv ichdi. Ko‘pdan beri nolaning achchiq suvidan totib ko‘rmagan edi. U boshqa qalblarning nolalarini eshitmasdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:13:15
Aniqrog‘i, tinglashni xohlamas edi. Hozir, o‘zi azob chekib turgan paytda «Men qancha odamlarni shu dardga giriftor etdim. Qancha odam shu dard bilan bu dunyoni tark etib ketdi», deb o‘ylamadi. Ayni damda qizini tirik ko‘rib Tangriga shukur ham qilmadi. Iziga qaytayotganida — xayolan ming bir ko‘chaga kirib chiqar chog‘ida Xudoni eslagan edi. Qizini tirik ko‘rgan taqdirda unga aytadigan gaplarini xayolida pishitgan edi. Ostona hatlab, bir qo‘lida sirtmoq, bir qo‘lida telefon go‘shagini ushlab turgan qizini ko‘rgani zamon hammasini unutdi. Nimadir demoqchi bo‘ldi — gapirolmadi. Tili shishib, og‘zini to‘ldirib turganday qimirlamadi.
Otasining qaytishini sira kutmagan, yo‘qlik dunyosi sari uchishga hozirlanayotgan Zaynab ham bir nima demoqqa ojiz edi. Ammo bu jonsiz sukunat uzoq davom etishi mumkin emasdi. Zaynab otasining ko‘zlariga boqishga botinmagan holda, yerga qaraganicha:
— Oyim telpon qildilar, — dedi.
Uning pichirlab aytgan gaplari Asadbekning qulog‘iga «Ada, men tirikman!» degan ma’noda jaranglab urilib, bir seskandi. Shu gapdan keyingina «Xayriyat, Xudoga shukr», deb qo‘ydi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:13:28
So‘ng:
— Yur uyga, — dedi. Uning ovozida amr emas, uzrli yalinish ohangi bor edi. Zaynab uchun bu ohang mutlaqo yangilik edi. Otasiga bir qarab olib, go‘shakni joyiga ildi. Asadbek qizini ovutish uchun nimadir deyishga o‘zida majburiyat sezdi. O‘sha «nimanidir»ni aytdi:
— Men hammasining qonini ichaman.
 Bu so‘zlarni Asadbekka xos ohangda aytdi. Bu ahdni eshitgan Zaynab yalt etib otasiga qaradi.
— Yo‘q, o‘ldirmang, — dedi. So‘ng ovozini bir parda ko‘targan holda izoh berdi: — O‘lim ular uchun xaloskor...
Asadbek qizining gapidan ajablandi. To‘g‘rirog‘i, titroq ovozning ohangi u uchun yangilik bo‘ldi. Zaynabning keyingi ahdi esa uni yanada hayron qoldirdi:
— Ularni o‘zimga qo‘yib bering!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:13:38
Kim aytyapti bu gaplarni? Ma’suma qizimi? Bu qanday ahd? Bir necha daqiqalik alam tutunimi yoinki qasos o‘timi? Asadbek «Nima qilmoqchisan?» deb so‘ramadi. Qizining ahdi unga shunchaki alam tutuni bo‘lib tuyuldi. U bir necha daqiqa muqaddam bu uyda pokiza Kumush osilganidan bexabar, Zaynab o‘zini emas, dilidagi Kumushni, unga qo‘shib ishonchini, gardsiz e’tiqodini osganini bilmas edi. Buni his ham qilolmasdi. Chunki qizining ruhiy olami ota uchun begona edi. Kumush osilgach, bu xonada boshqa Zaynab dunyoga keldi. Iblis uning qalbidagi sururni siqib chiqarib, zulm nafasini ufurdi. Hayotning shafqatsiz panjalari oldida Zaynabning tuyg‘ulari, umidlari taslim bo‘ldi. Sho‘r yerda sunbul bitmaganidek, yovuzlik olamiga umid urug‘ini ekib bo‘lmaydi. Zaynab bunga endi uzil-kesil ishondi.
— Ularni o‘zimga qo‘yib bering!
Takror aytilgan bu gapda endi qat’iylik zuhur edi.
— Yur uyga, — dedi Asadbek ostona sari chekinib.
— Ularni menga qo‘yib berasiz, a?
Asadbek «Bu qizlarning ishi emas», demoqchi bo‘ldi-yu, qizining shashtini qaytarishdan o‘zini tiydi. Bosh irg‘ab, tasdiq ishorasini qilgach, dahlizga, undan hovliga chiqdi. Zulm libosini o‘ziga ma’qul ko‘rgan Zaynab otasiga ergashdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:14:20
                                                                                     2

Zaynabning nazarida ichiga bir necha ilon kirib olib buralayotganday edi. O‘qchiq uni tamoman holdan toydirdi. Azob iskanjasida bo‘lganida Mardona ko‘ziga yana farishtaday ko‘rindi. Hatto bir necha marta telefon go‘shagini ko‘tarmoqchi bo‘ldi. Ammo o‘zini tezda qo‘lga oldi. Mardonaga nisbatan uyg‘ongan nafrat va zulm o‘ti azob otashidan ustun keldi.
O‘zi bilan o‘zi olishib yotgan damda Chuvrindi kirib keldi. Otasining yaqin a’yoniga nimaga muhtoj ekanini ayta qolsa masala hal edi. Biroq, u aytmadi. Bu dardni yengmoqlik ahdi bor edi, bu ahdiga xiyonat qilmadi. Tishini tishiga qo‘yib, ingraganicha qolaverdi. U Chuvrindining yomon xabar bilan kelganini sezmadi. Dard xurujidan xoli bo‘lganida Mahmud akasining ko‘ziga qaraboq noxushlik yuz berganini anglarmidi...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:16:47
Oradan qancha fursat o‘tganini bilmadi. Ichidagi «ilon»larning navbatdagi qo‘zg‘alishidan so‘ng ko‘zini ochib qarasa — bir ayol o‘tiribdi. Avvaliga uni keyingi kunlarda ta’qib etayotgan qora xotin deb o‘yladi. Keyin fikri bir oz ravshanlashib, Chuvrindining xotinini tanidi. Ko‘rishmoq uchun o‘rnidan qo‘zg‘almoqchi bo‘ldi.
— Asti urinmang, qoqindiq. Ko‘zikkanga o‘xshaysiz, — u shunday deb esnadi. — Voy o‘lsin-ey, qaysi betamizning ko‘zi tekkan ekan? Suq degani yomon narsa-da. Bu atrofda kinnachi yo‘qmikin?
— Bilmadim... yo‘q bo‘lsa kerak.
— To‘xtang, bo‘lmasa... — u shunday deb oshxonaga chiqdi-da, dam o‘tmay gugurt qutisini ko‘tarib kirdi. So‘ng qutini Zaynabning peshonalariga, ko‘kragiga bosib, o‘zicha kinna soldi. Keyin uchta cho‘pni chiqarib yoqdi-da, Zaynabning boshi uzra aylantirib, og‘ziga yaqin tutdi: — Puflab o‘chiring, qoqindiq. Ana endi turing.
U Zaynabni hovliga boshlab chiqib, o‘rik daraxtiga yaqinlashdi.
— Shu daraxtni mahkam quchoqlang. «Xudo, dardimni ol!» deng.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:17:19
Zaynab itoat bilan amrni bajardi.
— Dardingiz shu daraxt orqali yerga o‘tib ketadi. Ana, ancha yengillashdingizmi?
Ishonch bilan aytilgan bu gapdan so‘ng chindan ham bir oz yengillashganday bo‘ldi.
Uyga kirgach, bir oz gaplashib ham o‘tirdi. Ularning suhbatlarini telefon jiringi buzdi. Zaynab bemajol qo‘li bilan go‘shakni ko‘tarib qulog‘iga tutdi-da, xasta ovozda «alyo», dedi. Qo‘ng‘iroq qiluvchining ovozini eshitgach, bir titradi-yu, go‘shakni qo‘lidan tushirib yubordi.
— Voy qoqindiq, nima bo‘ldi? — dedi Chuvrindining xotini jon holatda.
Zaynab javob bermadi. Lablari titrab, gapirolmadi. Chuvrindining xotini go‘shakni qulog‘iga tutib:
— Alyo, kimsiz, nima gapingiz bor? — dedi. Qisqa du-dudutlashni eshitib, go‘shakka pufladi. Har ehtimolga qarshi: — Gapiring, — dedi-yu, so‘ng go‘shakni joyiga ildi, — Zaynabxon, kim ekan, nima dedi?
— Elchin akamni...
— Nima bo‘pti?
— Kimdir otib ketibdi.
— Voy o‘lmasam... — U shunday deb bir oz gangib turdi-da, keyin telefon go‘shagini ko‘tarib, uyiga qo‘ng‘iroq qildi. O‘g‘lidan «Adang keldilarmi?» deb so‘radi. «Yo‘q», degan javobni eshitgach, Asadbekning boloxonasidagi yigitlarga qo‘ng‘iroq qilib, ularga «yangilik»ni bildirdi. «Akangizni qaerdan bo‘lsa ham toping», deb topshirdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:19:18
Zaynab itoat bilan amrni bajardi.
— Dardingiz shu daraxt orqali yerga o‘tib ketadi. Ana, ancha yengillashdingizmi?
Ishonch bilan aytilgan bu gapdan so‘ng chindan ham bir oz yengillashganday bo‘ldi.
Uyga kirgach, bir oz gaplashib ham o‘tirdi. Ularning suhbatlarini telefon jiringi buzdi. Zaynab bemajol qo‘li bilan go‘shakni ko‘tarib qulog‘iga tutdi-da, xasta ovozda «alyo», dedi. Qo‘ng‘iroq qiluvchining ovozini eshitgach, bir titradi-yu, go‘shakni qo‘lidan tushirib yubordi.
— Voy qoqindiq, nima bo‘ldi? — dedi Chuvrindining xotini jon holatda.
Zaynab javob bermadi. Lablari titrab, gapirolmadi. Chuvrindining xotini go‘shakni qulog‘iga tutib:
— Alyo, kimsiz, nima gapingiz bor? — dedi. Qisqa du-dudutlashni eshitib, go‘shakka pufladi. Har ehtimolga qarshi: — Gapiring, — dedi-yu, so‘ng go‘shakni joyiga ildi, — Zaynabxon, kim ekan, nima dedi?
— Elchin akamni...
— Nima bo‘pti?
— Kimdir otib ketibdi.
— Voy o‘lmasam... — U shunday deb bir oz gangib turdi-da, keyin telefon go‘shagini ko‘tarib, uyiga qo‘ng‘iroq qildi. O‘g‘lidan «Adang keldilarmi?» deb so‘radi. «Yo‘q», degan javobni eshitgach, Asadbekning boloxonasidagi yigitlarga qo‘ng‘iroq qilib, ularga «yangilik»ni bildirdi. «Akangizni qaerdan bo‘lsa ham toping», deb topshirdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:21:04
Noxush xabar Zaynabning ichidagi ilonlarni yana uyg‘otib, harakatga keltirdi. Azobga chiday olmay, g‘ujanak bo‘lib oldi. Xotin nima qilishini bilmay hayron turganida eri kirib keldi. Chuvrindi xotinining «vahimali» xabarini xotirjam tarzda eshitib, Zaynabga achchiq-achchiq famil choy berishni tayinladi-da, chiqib ketdi. Shu ketganicha ertalab tabibni boshlab keldi.
Sochlari jingalak, rangi oq-sariqqa moyil, ko‘zlari o‘tkir boquvchi tabib yigit «Nima gap? Qaeringiz og‘riyapti?» deb ham o‘tirmay avval Zaynabning ikki kaftini ko‘rdi, tirnoqlarini ohista ezdi, so‘ng bilak tomirini ushlab, boshini quyi egganicha, nimanidir ziyraklik bilan tinglayotganday jim qoldi. Ikki daqiqa shunday o‘tirib, so‘ng tilga kirdi:
— Yaqinda farzandlari nobud bo‘libdi.
Bu gapni eshitib, er-xotin bir-birlariga ajablangan holda qarab qo‘yishdi. Chuvrindi tabibga bu haqda gapirmagan edi, shu sababli ham hayratlandi. O‘zicha «Buni bekorga maqtashmagan ekan», deb qo‘ydi.
— Yurak charchabdi, — deb davom qildi tabib, — qonga begona moddalar aralashgan. Ammo... ko‘p emas, xavotirli joyi yo‘q. Yaqinda boshlabdilar. Qonni tozalash mumkin.
Tabib qo‘ygan tashxis Chuvrindiga ma’qul tushdi. «Bek akamni ham shunga ko‘rsatsam bo‘lar ekan», deb o‘yladi. Tabib sumkasini ochib undagi xaltachalardan bir chimdim-bir chimdim quritilgan giyohlar olib, qog‘oz ustiga to‘kdi-da, Chuvrindining xotiniga uzatdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:21:21
— Yanga, shuni uch litrli suvda qaynatib, so‘ng damlab qo‘ying. Keyin suzib, yuz grammdan to‘rt mahal ichirasiz. Bugun-erta dard qo‘zg‘aladi. Uchinchi kuni og‘riq pasayib, yo‘q bo‘ladi. Sut-qatiq bermay turasiz,— shunday degach, Zaynabga o‘girildi: — Qani, singlim, turing-chi...
Zaynab zo‘rg‘a o‘rnidan turib, tabib ko‘rsatgan kursiga o‘tirdi. Orqa tomonda turgan tabibning nima qilayotganini bilmadi, ammo yelkalari qiziy boshlaganini sezdi. Dam o‘tmay, butun badani qizidi. Xuddi yoz chillasida quyosh nuriga orqa qilib o‘tirgan kabi terlay boshladi. Shu alpozda og‘riqdan xalos bo‘layotganday tuyuldi. Tabibning «Yengillashdingizmi?» degan savolini eshitib, bosh irg‘ab tasdiq ishorasini qildi. Keyin tabibning amri bilan joyiga yotdi. Tabib chakkalariga, bilaklariga, ko‘kraklariga soch tolasiday ingichka tilla ignalar qadagach, yanada yengillashib, uyquga ketganini o‘zi ham sezmay qoldi. Uyg‘ongach, Chuvrindining xotini bir piyoladagi taxir ichimlikni ichirdi. Ko‘ngli bir ag‘darilib o‘qchidi, ammo qayt qilmadi.
— Akangiz kasalxonaga borib kelibdilar. Elchin akangiz ancha tuzuk ekanlar. Xavotir olmang. Sal tuzalib oling, keyin ko‘rgani boramiz. Akangiz «Bir-ikki kunda tuzalib, chiqib qoladi», deydilar. Yaralari yengil ekan.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:22:21
Chuvrindi unga bunday demagan edi, Zaynabni tinchlantirish uchun o‘zidan qo‘shdi.
Ana shu paytda ikki notanish odam kelib, o‘zlarini «Militsiyadanmiz», deb tanishtirishgach, Zaynabni so‘roqqa tutishdi. Zaynab o‘zini yengilroq his qilgani bilan, boshi garang edi. Shu bois ularning savollariga qisqagina qilib, «Ha», «Yo‘q» yoki «Bilmayman», deb javob qildi. Ular Elchinning kecha soat nechada chiqib ketgani, dushmanlari bor yoki yo‘q ekani bilan ko‘proq qiziqishdi. Bittasi «Uydan mashinada chiqqanmidilar yo mashinasizmi?» deb so‘raganida darrov javob bera olmadi. Shu savoldan so‘ng fikr olami sal yorishganday bo‘ldi. Erining mashinasiz ketgani aniq yodida. U «Usta keladi, mashinani ustaxonaga olib boramiz», deb kutib o‘tirganida telefon jiringlagan edi. Kim bilandir gaplashib, «Xo‘p», dedi-yu kiyimlarini almashtirdi. Keyin «Usta kelsa, kalitni ber, ustaxonaga o‘zi olib boraversin», dedi. Kalitni... televizor ustiga qo‘ydi...
Zaynab shuni eslab, televizor tomonga qarab oldi: kalit joyida turibdi! Zaynab ertalab darvozaxonada mashina yo‘qligini bilib, «Usta qachon kelibdi?» deb o‘ylagan edi. Hozir esa «Kalitsiz mashinani kim haydab chiqibdi?» deb o‘yladi. Keyin... eng muhimini esladi: Elchin chiqar mahalida «Adang chaqirayotganmishlar, borib kelay-chi...» degan edi! Zaynabning xayoliga «Adam?!» degan fikr chaqmoq o‘ti kabi bir urildi-yu, ammo darrov so‘ndi. «Yo‘q, — dedi u o‘ziga o‘zi, — nega endi... Yo‘q, bo‘lmagan gap!»
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:22:32
Zaynabga tikilib turgan ikki juft ko‘zlardan biri uning televizor tomon qarab qo‘yganini sezdi. U ham qaradi — shoda kalitni ko‘rdi. Ammo sir boy bermay yana so‘radi:
— Eslay olmayapsizmi?
Berilgan savolni unutib, xayolning boshqa qorong‘u ko‘chalariga kirib tentiray boshlagan Zaynab unga ajablanib qaradi:
— Nimani?
— Men sizga savol berdim: eringiz mashinada chiqdimi yo piyoda ketdimi?
— Nega endi piyoda ketarkanlar?
— Men ham shuni so‘rayapman. Aniq ayting.
— Moshinada ketganlar.
— Biz uyingizni bir qarab chiqishimiz kerak. Mana, prokurorning ruxsatnomasi, — so‘roq qilayotganlarning biri cho‘ntagidan to‘rt buklog‘lik qog‘oz chiqarib, uzatdi.
Zaynab qog‘ozga qarab qo‘ydi-yu, qo‘liga olmadi:
— Nega? — dedi hayrat bilan.
— Qoidamiz shunaqa: bir qarab chiqishimiz kerak. Guvohlik uchun ikkita qo‘shningizni ham chaqiramiz.
Bu gapdan keyin Zaynab yangasiga qaradi. Chuvrindining xotini suhbatga aralashmog‘i lozim ekanini fahmladi:
— Qoidangiz qiziq ekan-ku?! Otgan odamni qidirmay, otilgan odamning uyini titasizlarmi?
— Siz o‘zi kim bo‘lasiz? — dedi tergovchilardan biri, g‘ashi kelganini yashirmay.
— Men kennayilariman. Hozir akalarini chaqiraman. O‘sha kishi bilan gaplashasiz. Ruxsat bersalar tintiysiz, bo‘lmasa yo‘q.
— Biz ruxsatni akalaridan emas, prokurordan olamiz.
— Prokuroringiz ishxonangizda prokuror. Bu uyning prokurori boshqa, — u shunday deb telefon go‘shagini ko‘tardi-da, Asadbekning boloxonasida o‘tirgan yigitlarga qo‘ng‘iroq qildi: — Allo, Asadbek akaning uylarimi? Bek akangizga ayting, qizlarinikiga milisa kelib o‘tiribdi. O‘zlari kelmasalar ham Mahmudjon akangiz tezda yetib kelsinlar.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:22:46
Go‘shakni joyiga qo‘ygach, gaplarim bularga ta’sir qildimi yo yo‘qmi, deb ularga qarab qo‘ydi.
Ular kimning uyiga kelishayotganini bilishgan edi. Tintuv haqida topshiriq beruvchi «Qarshilik qilishsa qattiq turmanglar», deb vazifani osonlashtirgan edi. Hozir Asadbekka xabar ketganida ular bir-birlariga «Nima qildik?» degan ma’noda qarab oldilar.
— Yaxshi, akalarini kutsak kutarmiz, — dedi ulardan biri, sir boy bermay. — Tashqariga chiqib turamiz.
Ular chiqishgach, Zaynab o‘rnidan turib televizorga yaqinlashdi-da, kalit shodasini qo‘liga oldi. Kalitlar xuddi qizib turganday, kaftini kuydirganday bo‘ldi. Shu bois shoshib, kalitlarni cho‘ntagiga soldi.
Ko‘p fursat o‘tmay, hovlida Chuvrindi ko‘rindi. Kutilmagan mehmonlar bilan nima haqdadir suhbatlashdi. Keyin izn berdi shekilli, ular hovlini aylanib, oshxonaga, hojatxonaga bir-bir mo‘ralab, «tintuv» qilishgach, izlariga qaytishdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 27 Oktyabr 2007, 15:23:00
                                                                                     3

Zaynab bu voqeani ham, o‘sha xotinning gaplarini ham unutib yuborgan edi. Nechundir hozir esiga tushdi. Qaysidir qarindoshinikidami edi yo tanishinikidami, yodida yo‘q, charlarida xotinlar davrasida erlarning buzuqligi haqida gap qo‘zg‘aldi. «Xotinlar ichmasa ham dasturxonni bezab turadi» degan fikrda qo‘yilgan shishalarning og‘zi ochilgan, undagi shayton suvi ayrim ayollar qonini ko‘pirtirgan, hayo pardalari yirtilib, til jilovi uzilgan edi. Zaynab o‘shanda ulardan nafratlanib chiqib ketgandi. Hozir esa ulardan birining gaplari yodiga tushdi.
— Erkak zotining palagi buzuq. Mana-man degani ham yuradi. Yurmasa... — U uyatsiz so‘zlar aytib, xoxolab kulgan, bu kulguga boshqalar ham qiyqirib qo‘shilishgan, Zaynab esa g‘ashi kelib, o‘rnida bir qimirlab olgan edi.
— Pochcham ham yuradilarmi? — deb so‘ragan edi bir ayol.
— Yurmay o‘lsinmi? O‘ynashdan kelganini shunday bilib turaman.
— Siz ham bittasini topa qolmaysizmi?
— Topaman. Lekin hozir emas. Xudo uni shol qilib qo‘ysin. Onasi o‘pmagan quling o‘rgilsin bir yigitni olib kelib ko‘zining oldida «qaytar dunyo» qilaman-da!..
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:08:40
Shu gapdan keyin Zaynab chiqib ketgan edi. Bir necha kun davomida «O‘z erini shol bo‘lishini istagan xotin bunchalar ahmoq ekan?» deb o‘ylab yurdi. Garchi Elchinni sevmasa-da, garchi Elchin uning umid saroyini vayron etgan bo‘lsa-da, «erim raqqosalari bilan maishat qiladi», degan gumonda yursa-da, uning shu kabi niyati yo‘q edi.
To‘g‘ri, Elchin yarim tunda to‘ydan qaytgan kezlari uni o‘ziga yaqinlashtirishni istamasdi. Garchi Elchin unga pokiza ekanini bir necha marta aytgan bo‘lsa-da, uning bu gaplari Zaynabni mahv etgan gumon bulutlarini tarqatishga ojiz edi. Erini birov otib qo‘yganini eshitganda xayoliga kelgan birinchi fikr ham o‘sha gumon bulutidan suv ichdi: «O‘ynash talashib otgandir!..» Tergovchi «Dushmanlari yo‘qmidi?» deb so‘raganida shu gumonini aytib yuborishiga salgina qoldi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:08:55
Zaynab, tabib aytganiday, bir kecha-kunduz it azobini tortdi. Keyin dori ta’sir etib, ichidagi «ilon»-lar o‘ldimi yoki chalajon bo‘lib, uyquga ketdimi, harholda bezovta qilmay qo‘ydi. Ishtaha kirib, yarim kosa achchiq mastava ichgach, peshonasida ter marjonlari paydo bo‘ldi. Shu kunlar ichi Zaynabning yonidan jilmagan, Zaynab tan azobini tortgan mahalda o‘zi ruh azobida qiynalgan Chuvrindining xotini yaxshilik tomon o‘zgarishni sezib, «Xudoga shukr» deb qo‘ydi. Chuvrindining «Sal o‘ziga kelsa telpon qil, erini ko‘rishga borsin», degan gapini eslab, Zaynabdan:
— Qoqindiq, bi-ir bannisaga borib kelmaymizmi? — deb so‘radi. Uy bekasidan ijozat ishorasi bo‘lgach, telefon go‘shagini ko‘tarib Asadbekning boloxonasidagi yigitlarga maqsadlarini bayon qildi. Mashina kelguniga qadar yuvinib, taranib olish uchun Zaynab o‘rnidan turdi. Hammomdagi toshoynada o‘z aksini ko‘rib, hayratdan qotdi.
Kim bu? Ko‘zlari kirtaygan, sochlari pahmoq, nigohida hayot nishonasi bo‘lmish — cho‘g‘ qolmagan, yuzlari somon rangini olgan, kampirlik chegarasiga yaqinlashgan bu ayol kim?
Nahot shu ayol Zaynab bo‘lsa?! Hali yigirma beshga yetmagan juvon deb kim aytadi? Tim qora ko‘zlarining soqchilari bo‘lmish uzun kipriklari kamon o‘qlariga aylanib, sevgi yog‘ida qovrilayotgan yigitlar qalbini vayron qilardi, desa birov ishonarmikin?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:09:19
Uzoq emas, bir yilgina muqaddam o‘zini toshoynaga solib «Kumush chiroyli bo‘lganmikin yo menmi?» deb o‘ylagan, o‘z Otabegiga yetishmoqni orzu qilgan qiz shumi?
Qarashidagi suluvlik qani?
Nahot, ko‘zlaridagi surur nurini zulm pardasi batamom to‘sgan bo‘lsa? Nahot bu parda umrining so‘ngiga qadar g‘olib qolsa?
Zaynab «Shunchalik o‘zgarib ketdimmi?» degan ajablanish bilan toshoyna oldida uzoq turdi. Yuvinib chiqqach, yotog‘idagi toshoyna qarshisiga o‘tirib sochlarini taradi. Zaynabning husniga to‘ymay «O‘g‘lim kattaroq bo‘lganida shu qizni kelin qilardim», degan armonda yuruvchi Chuvrindining xotini ham undagi o‘zgarishni ko‘rib, «Bechoragina, so‘lib qoldi-ya...» deb achindi.
Hamshira ularni avvaldan taniganday iliq kutib olib, «Elchin aka bugun ancha yaxshilar», deganicha uzun dahliz bo‘ylab yurib, yo‘l boshladi. Dahlizning adog‘idagi eshikka yetishganida Chuvrindining xotini «Voy o‘lmasam!» deb qo‘ydi. Zaynab «Nima bo‘ldi?» deganday unga qaradi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:09:30
— Yozuvini o‘qing, voy o‘lmasam...
O‘z xayollariga bandi bo‘lib kelayotgan Zaynab yozuvni o‘qidi: «O‘liklarni tiriltirish xonasi».
Hamshira ayollarning ajablanganini sezib, kulimsiragan holda izoh berdi:
— Bir kuyunchak do‘xtir akamiz borlar. Hamma yozuvlarni o‘zbekchalashtirib chiqqanlar. «Reanimatsiya»ni shunaqa tarjima qilibdilar. Sal qo‘polrog‘-a? Ko‘pchilikka g‘alati tuyulyapti.
Zaynab hozir bu tarjimaning qo‘pol yoki to‘g‘ri ekanini mulohaza qiladigan holatda emas edi. Shu bois «Eshikni oching», deganday hamshiraga qaradi.
Hamshira «o‘liklarni tiriltirish xonasi» bekasiga ularni ro‘para qilib, o‘zi iziga qaytdi.
Burniga naycha ulangan Elchin ko‘zlari yumuq holda yotardi. Unda hayot nishonasi sezilmas edi.
— Kechasi o‘zlariga keldilar. Hozir yana uyquga ketdilar. Krizis vaqti o‘tdi shekilli.
Bu gapni eshitib, Chuvrindining xotini:
— Hayriyat-e, Xudoning o‘zi saqlasin-ey, — deb qo‘ydi.
Zaynab esa indamadi.
«...Xudo uni shol qilib qo‘ysin. Onasi o‘pmagan quling o‘rgilsin bir yigitni olib kelib, «qaytar dunyo» qilaman...»
Zaynab unutib yuborgan o‘sha voqeani, o‘sha xotinning gaplarini shu damda, o‘zi uchun ham kutilmagan bir holda esladi. Esladi-yu, badaniga muz yugurdi.
Ro‘parada yotgan, yuzlaridan qon qochgan, burniga ichakcha ulangan, ko‘rinishidan tirikmi yo o‘lik ekani bilinmayotgan odam — uning tan mahrami. Bir yostiqqa bosh qo‘yganidan beri qalbini zarracha bo‘lsin isita olmagan inson. Eng muhimi...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:09:49
Eng muhimi...
Bir yil muqaddam Zaynabning dunyosi bir qo‘rg‘on kabi edi. Bu qo‘rg‘onga o‘zga kishilarning kirmog‘i mumkin emasdi. Kirish nima ekan, hatto mo‘ralab qaramog‘iga ham ijozat yo‘q edi. Uni Elchin buzdi. Ya’juj-ma’juj kabi bostirib keldi, buzdi, toptadi.
Avvallari bu qo‘rg‘onda mehr va umid gullari parvarish etilardi. Enli bu gullar quridi. Endi unda zulm va adovat tikonlari o‘sgusi...
Hozir ayni damda shu zulm va adovat tikonlari ilk nishona mevasini berdi: inson sifatida eriga rahmi kela boshlagan Zaynab birdan o‘zgardi — unga nafrat bilan tikildi. So‘ng... nafrat chekina bordi. Chalajon holdagi mehr nafratning mutlaq g‘olib kelishiga yo‘l bermadi. Oqibatda manfiy va musbat bulutlar to‘qnashuvidan yashin chaqnagani kabi ikki tuyg‘uning olishuvidan ikki alanga hosil bo‘ldi. Tutun aralash, qora tusdagi alanga o‘sha xotinning sharmsiz gaplarini shivirlab aytib, vujudini kuydirdi. Ko‘z oldiga o‘zining sharmandali holati kelib, seskanib ketdi. Nazarida Elchin ko‘zlarini ochganday, «Sen shu darajada sharmandamisan?!» deb baqirganday bo‘ldi. Bu qarashning izidan «Sharmanda! Sharmanda!!» degan hayqiriq devorlarga urilib, aks-sado berganday tuyuldi. Bu hayqiriq Zaynabning nazarida butun kasalxonani ostin-ustun qilib yuborganday bo‘ldi. Yuzlari qizib yona boshladi go‘yo. U kaftlarini yuzlariga bosib, ko‘zlarini yumib oldi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:10:12
— Kuyunmang, qoqindiq, uch-to‘rt kunda dard ko‘rmaganday turib ketadilar, Xudo xohlasa...
Chuvrindining xotini aytgan gapni eshitdi.
Koshki edi kuyunsa... Koshki edi, dardiga malham bo‘lish istagi mavjud bo‘lsa...
Qora tusdagi alanga insonga xos tuyg‘ularni yamlab-yutishga intiladi.
Chuvrindining xotini aytgan gap esa oqish tusli alangaga moy bo‘lib sepiladi. Bu alanga quvvat olib yuqoriga o‘rlaydi. Sharmandalik jari yo‘lini to‘sadi.
«Bu ham bir inson-ku? Qancha jabrlar chekdi. Endi bu azob ham bormidi? Krizis davri o‘tgani bilan tuzalib ketmasa-chi? O‘lim oldida o‘ziga kelgan bo‘lsa-chi? Senga bir gapni aytishni istagan bo‘lsa-chi?.. Balki... Seni deb otishgandir?.. Adang... nimaga chaqirtirgan edilar?..»
Kaftlarini yuzlariga bosganicha turgan Zaynab bu gaplarni kim shivirlab aytganini bilmadi. Faqat vujudini yondirayotgan alanganing pasayganini sezdi. Ko‘zlarini ochib, barmoqlari orasidan eriga qaradi. Qaradi-yu, o‘rinda qora xotin yotganini ko‘rib yana ko‘zlarini chirt yumdi. Dam o‘tmay ochdi: yana o‘sha manzara!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:10:47
Xotin tirjaydi:
— Agar eringga qaramasang, o‘zing shol bo‘lib, azoblanib o‘lasan! — deb baqirdi.
Uning baqirig‘i butun kasalxona bo‘ylab aks-sado berganday bo‘ldi. Zaynab shoshib, yangasi bilan hamshiraga qaradi — ular xotirjam edilar.
— Kennayi, yuring, — dedi Zaynab yalinchoq ohangda.
Unga hamshiraning gapi dalda bo‘ldi:
— Ha, boraqolinglar, bu yerda ko‘p turish mumkinmas.
Uyga qaytishganda Zaynabni unuta boshlagan ichidagi «ilon»lar yana qo‘zg‘alishdi. Dori ichganidan so‘ng ham yengillik sezilmadi. Mehmonxonaga kirib, divanga behol o‘tirganida Chuvrindining xotini unga nasihat qildi:
— Hali o‘n gulingizdan bir gulingiz ochilmagan, qoqindiq. Dardga sira-sira yengilmang. Yosh juvon har qanday dardga uchraganda ham charaqlab turishi kerak. Gaplarimga tushunyapsizmi?
Zaynab «Tushunyapman... Lekin, xotin kishi azoblanganida ham tirjayib turishi kerakmi?» degan ma’noda unga qarab oldi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:11:12
— Xotin zoti eriga bepardoz ko‘rinmasligi kerak. Sizga qarab hayron bo‘lyapman. Yosh narsa uzzu-kun toshoyna oldida o‘tirsa ham aybi yo‘q. Siz sochlaringizga, qoshlaringizga qaramaysiz...
— Qoshimga? — Zaynab ajablanib, ixtiyorsiz ravishda barmoqlarini qoshiga tekkizdi. — Qoshimga nima qilibdi?
— Ozgina terdirib turish kerak. Hozir choy-poy ichvolaylik-da, keyin sartaroshxonaga boraylik. Tanish ustam bor, bip-binoyi qilib qo‘yadi.
Bir jihatdan Zaynabning qimirlashga holi yo‘q edi. Ikkinchi tomondan esa shu paytga qadar sartaroshxona ostonasini hatlamagan edi. Onasi pardoz-andozni o‘rniga qo‘ymagani uchunmi, u ham bezanishga qiziqmas edi. To‘g‘ri, ikki yil avval havasga qoshini bo‘yayotganida onasi ko‘rib qolib, boshini sarak-sarak qilib chayqagan, «Voy, qizim-ey, qoshlaringni qiynab nima qilasan? Shu qalamsiz ham qoshlaring qopqora. O‘zing, Xudoga shukr, chip-chiroylisan. Yuzlaringni bo‘yasang, masxarabozga o‘xshab qolasan», degan edi. Onasining shu gaplari kifoya qilib, pardozga berilmadi. Faqat yangalarning zo‘ri bilan nikoh to‘yi arafasida bir ozgina pardoz qilgan bo‘ldi. O‘shanda xohlaganiga tegmayotgani uchun bezanishni istamagan edi. Hozir esa Chuvrindining xotini o‘sha xohlamaganiga chiroyli bo‘lib ko‘rinishga da’vat etyapti...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:11:28
— Kennayi, hozirmas... keyinroq, — dedi Zaynab.
— Keyinga surib nima qilasiz?
— Endi odamlar... «Eri bunaqa yotib, o‘zi pardoz qilib yuribdi», deb gap qilishadi.
— Ha, odamlar gapiraverishadi, ularning nima ishlari bor ekan?
— Siz shunaqa deysiz-u...
— Mayli, qoqindiq, o‘zingiz bilasiz. Unda men uyimga borib kelayin.
— Rahmat, kennayi, boravering. Bugun ancha tuzukman, kelib ovora bo‘lib yurmang.
Zaynab o‘zini majbur qilib jilmaydi. Chuvrindining xotini bu soxta jilmayish ortidagi dardni sezsa-da, indamadi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:11:42
X  b o b

1

Balo shamoli balo bulutini haydab kelgani kabi Sharif Namozov boshi uzra balo do‘li yog‘ila boshladi.
Ertalab ishga otlangan damda yangi qurilgan darvozani kimdir taqillatdi, so‘ngra javob kutmay baland ovozda «Sharif aka, hov Sharif aka!» deb qayta-qayta chaqirdi. Sharif «Hozir!» deb tashqariga chiqqanida yo‘qlovchi hovliga kirib bo‘lgan edi. «Bunaqa sovuq menga cho‘t emas», deganday yupun kiyingan, bir qo‘li shimining cho‘ntagida, bir qo‘lining barmoqlariga tutab turgan sigaret qistirgan yigit Sharifni ko‘rib, jilmaydi. Sharif uni ko‘riboq tanidi — bunaqa xunuk tirjayadigan odam dunyo bo‘yicha bittadir, uni unutish ham mumkin emasdir. Yil boshida Qilich Sulaymonovning «marhamati» bilan qamoqxonada o‘tirganida uning yelkasiga avval besh, so‘ngra o‘ttiz ming so‘mni «ilgan», «Tilla tishing bo‘lmasa kallangni sug‘urib olaman, besh mingga arziydimi o‘zi kallang?» deb po‘pisa qilgan bu nusxa ba’zan tushlariga ham kirardi.
Sharif «Bu nima qilib yuribdi? Uyimni qanday topib keldi?» deb o‘ylashga ham ulgurmadi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:11:58
Yigit:
— Vey, paxan, uylar nishtyak-ku, a? Qoyilman, erkak, qoyilman, gap yo‘q! — deb so‘rashmoq uchun qo‘l uzatdi. — Shu ko‘chaga yo‘lim tushib qoluvdi, paxanni bir ko‘rib ketay, dedim. Bratanlar «Qadrdon bo‘p qoluvdik, ja daraklari yo‘q», deb xapa bo‘lishdi. Meni tanidingizmi, o‘zi?
— Tanidim, — dedi Sharif, ensasi qotganini yashirmay.
— Qoyilman! Pamyati zo‘r odamlarga besh ketaman. Men bratanlarga aytdim. «Paxan unutadigan tarvuzlardan emas», dedim. Bratanlar meni omonatni olib kelishga yuborishdi.
— Qanaqa omonat? — dedi Sharif ajablanib.
— Ie, paxan? — yigit og‘zining tanobi qochdi. — Pamyatning bir chekkasini qurt yeganmi, a? Kennayashkaga ikki marta salomxatni kim yozuvdi? Bir marta besh kusok, keyingi safar o‘ttizta. Ikkalasini qo‘shsak o‘ttiz beshmi? Qachon berishing kerak edi? Yanvarda, a? O‘n bir oy o‘tdimi? Har oyga yana beshdan qo‘shsak qancha bo‘ladi? Ellik beshmi? Optom hisoblasak, ellik beshga o‘ttiz besh — to‘qsonmi? Mening chiqib kelishim o‘ntaga tushdi. Endi okruglyat qilsak yuztagina kusok bo‘larkan.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:13:12
Yigitning ishshaygan holda hisob-kitob qilishi Sharifning sabr kosasini to‘ldirdi, beixtiyor jerkib yubordi:
— Nima deb valdirayapsan, kallang bormi o‘zi?
Ishshayib turgan lablar yana joyiga yig‘ildi, ammo g‘azabdan titramadi. G‘azab cho‘g‘lari ko‘zlariga ko‘chdi. Yigitning o‘tli nazari Sharifning ko‘kragini teshib o‘tganday bo‘ldi.
— Mening kallam yo‘q! — dedi u tahdidli ohangda. — Menga kallaning nima keragi bor? Menga pul kerak! Yuz mingni topib, sanab berish uchun kalla senga kerak!
— Menda buncha pul yo‘q, — dedi Sharif sal bo‘shashib.
— Vinzavod direktorida yuz ming topilmas ekan, degan anekdotni eshitsa, odamlar baldet qilib qolishadi. Bo‘pti, sen «Valdirama!» deding, gapni rezinka qilmayman. Eski oshnachiligimiz hurmati, senga kechgacha vaqt beraman. Kechqurun oltida kelaman. To‘qqizda joyimda bo‘lishim kerak. Yo pulni olib boraman...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:14:04
— Yo kallamni olasanmi?
— Vey, paxan, sening bu durnoy bashkang kimga kerak? Sen mening mazgamni taqillatma, nima qilishni o‘zim bilaman. Bolalaring ko‘rinishmaydi, maktabda shekilli, a? Hozir ko‘rib qoldim ketishayotganini... Kattangga yangi palto olib beribsan,a? Sendaqa dobriy papashkalarni yaxshi ko‘raman.
Sharif uning nimaga sha’ma qilayotganini anglab, qo‘rqib ketdi:
— Bolalarimga tegma!
— Umnitsa! Bunisi endi o‘zingga bog‘liq. Xayr, soat oltida kelaman. — Yigit shunday deb sigaretini chuqur-chuqur tortdi-da, tutunini Sharifga qarab puflab, sigaret qoldig‘ini uning oyog‘i yoniga tashladi. O‘girilib, bir-ikki qadam qo‘ygach, to‘xtadi. Boshini burib, taxtadek qotib qolgan Sharifga qaradi:
— Kurortdaligingda yuvoshgina bola eding. Endi sal qo‘rsroq bo‘lib qolibsan. Asadbek vospitaniyangni buzibdi. Senga maslahatim: Bek akangni bu ishlarga putat qilma. Bu dunyoda undan qo‘rqmaydigan odamlar ham bor, bilib qo‘y! Ha, xotining sutga chiqqan ekan. Odam ko‘p. Navbatda turibdi. Paxan, xotin deganni ehtiyot qilish kerak. Hech qaysi davlatda vinzavod direktorining xotini azonlab sutga yugurmaydi. Mazgangni ishlat, he so‘tak!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:14:39
Yigit shunday degach, tez-tez yurganicha chiqib ketdi.
Sharif esa ikki-uch daqiqagina davom etgan bu suhbat tushimi yo o‘ngida sodir bo‘ldimi — farqlamay, gangigan holda turib qoldi.
G‘ofilvash banda... Boshi toshdevorga urilgach, «Bu devor qaydan paydo bo‘ldi?» deb hayratlanadi. Boshqalar ko‘rgan devorni ko‘rmaydi. Shayton ko‘zlarini boylik pardasi bilan to‘sgan bo‘lsa na qilsin?
Johil banda... Yaratganning «Ya bani Adama! Iza roayta-l-g‘ina muqbilan a’layka faqul zanbun a’jilatun uqubatuhu»* deb ogohlantirganini bilmasa, kim aybdor?
Chorasiz banda...
«Yashamoqning lazzati ilmda», deb yurgan odam «Dunyoning poydevori boylikda», degan fitnali qarorga kelgan ekan, endi nima qilsin?
Yaqindagina haromdan hazar qilib yurgan odam haromsiz yashay olmaslik darajasiga yetgan bo‘lsa-chi?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:14:47
Xotini «Shu dang‘illama imoratdan ko‘ra o‘zimizning kulbamiz durust, dadasi. Moyli nondan qora nonimiz a’loroq. O‘ylab ish qiling, ular bizga boshpana qurishmayapti, xuddi kafan bichishyapti-ya?» deganida qanday javob qilib edi-ya? «Davlating ilm qadriga yetmadi. Mana shular yetishdi. Ilmimni kimga, qanchaga, qanaqa tarzda sotaman — bu mening ishim...»
Shunday imorat solib bergan valine’matlar yana yuz ming topib berishga yoki o‘sha muttahamning kekirdagini uzib olishga qodirmasmilar? Undan battarini-da qilish qo‘llaridan keladi. Lekin gap bunda emas.
Gap... bolalarda... U hammasini kuzatibdi! Maktab yo‘lini... Xotinining sutga navbatda turganini...
Beixtiyor turmadagi voqea yodiga tushdi:
Qarzini vaqtida to‘lolmagan odamning boshi xuddi tarvuz tanlayotganday qattiq siqildi. Og‘riqqa chidolmay dodlaganida ikki barmoq burniga tiqilib, pastki jag‘i bosildi. So‘ng... yapaloq ombur bilan tilla tishlar bir-bir sug‘urib olindi. Og‘zi qonga to‘lgan odam vovaylo aytganicha qolaverdi...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:14:57
Sharifning o‘zi shu holga tushsa mayliga. Bir boshga — bir o‘lim. Lekin bolalari...
«Qochirish kerak! Yashirish kerak! Hoziroq!» Xayoliga kelgan bu fikr uni joyidan qo‘zg‘atdi. Shoshilinch ravishda darvoza tomon yurdi. Ammo ostona hatladi-yu, ketma-ket kelib to‘xtagan ikki «Volga»ni ko‘rib, ajablandi. Oldindagi «Volga»dan birinchi bo‘lib tushgan kalta kurtkali malla soch ayol tez-tez yurganicha Sharifga yaqinlashdi-da, ko‘zlariga tikilganicha:
— Namozov Sharif? — deb ruschalab so‘radi.
Kulrang jinsi shimi sonlariga yopishib turgan, yurganida ayollik nazokatiga nisbatan erkaklik shahdamligi ustunroq bo‘lgan xipchabel xonimni Sharif avvaliga Portugaliyadan kelgan vakilmikin, deb faraz qildi. Shu bois umidli bir ohangda:
— Menman, — dedi.
— Namozov, tez ichkariga kir! — Mallasochning tahdidli buyrug‘i Sharifdagi umidli o‘yni mahf etdi-yu, notinch gumonlar eshigini lang ochdi.
— Nima gap, tinchlikmi? — dedi Sharif bir oz dovdiragan holda.
— Kir degandan keyin, kir! — Ayol shunday deb uni yelkasidan ushlab, yengil siltadi.
Sharif «Kimsan o‘zing, nimaga turtasan?» deyishga og‘iz juftladi-yu, mashinalardan tushib kelayotgan yigitlarni ko‘rib, itoat etishdan boshqa chorasi yo‘qligini angladi.
— Kir, deganda kira qolmaysizmi? — dedi yetib kelgan yigitlardan biri o‘zbekchalab.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:15:13
— Kirishga kiraman, nima gapligini tushuntirsanglar-chi axir? — dedi Sharif yalinchoq ohangda.
— Gapga tushunmaydigan eshshakmisan, nima balo?! — Haligi yigit shunday deb bilagidan ushlab, qo‘lini qayirdi. Og‘riqqa chidolmagan Sharif shartta orqasiga o‘girilganini o‘zi ham sezmay qoldi. Gardaniga bir musht tushgach, o‘zini hovlida ko‘rdi.
— Uyda kim bor? — deb so‘radi mallasoch.
— Hech kim yo‘q, — dedi Sharif yana bir musht tushib qolishidan cho‘chib. — Bolalarim maktabda. Xotinim sutga ketgan.
— O‘zing qayoqqa ketmoqchiyding?
— Ishga.
— Ishga yayov borasanmi?
— Yo‘q, mashina kelib qolishi kerak.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:16:01
Dastlabki so‘roqdan ko‘ngli to‘lgan mallasoch kurtkasining cho‘ntagidan sigaret chiqarib lablariga qistirdi. Sharifning qo‘lini qayirib, gardaniga musht urgan yigit chaqqonlik bilan yoqqichni yoqib, alangasini xonimga tutdi.
— Hammayoqni qarab chiqinglar, — dedi xonim sigaretni tutatgach. — Bironta ham tirqish qolmasin, — u shunday deb hali bo‘yoqdan chiqmagani uchun ko‘chib kirilmagan uyga sinchiklab razm soldi-da, Sharifga: — qani, Xiva xoni, uyingga boshla, — deb buyurdi.
Eski uyga kirgach, urinib qolgan xona anjomlariga ajablanib qaradi. O‘rtadagi eski dumaloq stolni aylanib o‘tdi-da, xona to‘ridagi divanga o‘tirdi. Keyin yon cho‘ntagidan qizil rangdagi guvohnomasini chiqarib:
— Arina Berger, SSSR prokuraturasidanman, — dedi-da, Sharifga ko‘z-ko‘z qilgach, joyiga solib qo‘ydi. So‘ng sigaret kulini gilam ustiga qoqib, Sharifga savol nazari bilan qaradi: — xo‘sh, o‘zing ko‘rsatasanmi yo bizni qiynaysanmi? Bilib qo‘y, bizni qiynasang, o‘zingga yomon.
— Nimani ko‘rsatay?
— Ovsarmisan? Qani, o‘ylab ko‘r-chi? SSSR prokuraturasiga nimani ko‘rsatish mumkin? Erkakligingning isbotinimi? — Berger masxaraomuz tirjaydi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:16:32
Ayol kishidan bunaqa gap chiqishi mumkinligini o‘ylamagan Sharif sal dovdiradi:
— Unaqa deganim yo‘q... Aniqroq ayting-da...
— Anig‘imi? To‘plagan boyligingni ko‘rsat menga!
— To‘plagan boyligim... Yo‘q...
— Yo‘qmi? Bu uyni qaysi pulga qurding?
— Uynimi... oshna-og‘aynilarim...
— O‘chir! Men senga cho‘pchakka ishonadigan qizcha emasman. Sibirga vinolarni tekinga yubordingmi?
— Sibirga?.. Yo‘q, davlat belgilagan narxda yuboriladi.
— Namozov! Seni olim deyishuvdi. Olimmisan, ahmoqmisan — ayt! Yo‘q, aytma. Shu turishingdan ma’lum — to‘nkasan sen! — U shunday deb Sharif tomonga qarab «chirt» etib tupurdi. — Sen sassiq hayvonni deb men ikki qit’ani bosib, uchib keldimmi?
Shu payt hovlida Nasibaning «Kimsizlar, nima qilyapsizlar?» degan ovozi keldi.
— Kim u? — deb so‘radi Berger.
— Xotinim...
— Vlad, olib kir uni.
Sharifning orqasida turgan yigit tashqariga chiqib, Nasibani boshlab kirdi.
— Voy, dadasi, nima bo‘ldi? — dedi Nasiba ostona hatlamay turib.
— Jim! — deb baqirdi Berger. — Faqat ruscha gaplashilsin! Namozovamisan? Yaqinroq kel. Demak, sen bu nusxaning xotinisan?
— Ha, — dedi Nasiba bosh irg‘ib. U ruschaga no‘noq edi. Shunday bo‘lsa ham eplashtirib so‘radi: — nima kerak?
— Savolni men beraman, Namozova! — Berger sigaret tutatib, kulini gilam ustiga qoqdi: — Nechta bolang bor?
— To‘rtta... uch o‘g‘il, bir qiz.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:16:45
— Ha... bolalaringga ota zarur ekan. Menga qara, Namozova, agar senga er kerak bo‘lsa, aytasan: ering pullarni qaerga yashirgan? 
— Pul? Qanaqa pul? — Nasiba shunday deb eriga qaradi. Sharif «O‘zim ham hayronman?» deganday yelka qisdi.
— Ko‘zimga qara! — deb baqirdi Berger. — Aytsang— er seniki. Aytmasang olib ketaman. Suyaklari qamoqda chiriydi.
— Arina Iosifovna, qo‘shnilarni chaqiraymi? — deb so‘radi yigitlardan biri.
— Yo‘q, avval aytishsin. — Yigit «tushunarli» deganday iziga qaytgach, Berger Sharifga qaradi: — Namozov, Kozlov bergan ikki millionni qaerga qo‘yding? Yaxshilikcha ayt.
Bergerga Moskvada berilgan ma’lumotda «Kozlov bir million yuborgan», deyilgan bo‘lsa-da, u «To‘plab qo‘ygani ham bor», degan ishonchda «ikki million»dan gap ochgan edi. Bergerning mo‘ljalicha, Kozlov yuborgan pul davlatga topshirilgan taqdirda vinzavod boshqonidan tortib olingani o‘zining hamyoniga tushishi kerak edi. U, garchi bu yerdagilarni «professional layoqatsizlik»da ayblayotgan bo‘lsa-da, Moskvada Xongirey tomonidan berilgan ma’lumot soxta ekanini o‘ylab ham ko‘rmagan edi. Yaqinda salaflari qopchiqlarini to‘ldirib ketganlaridan xabardor Berger o‘zining safari ham shunday tugashiga amin edi. Hozirgi savolidan so‘ng Sharifning o‘ylanib qolganini ko‘rib «Ilindi!» degan fikrda ichdan quvondi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:19:42
Yo‘q, Sharif «ilinmagan» edi. «Kozlov» deganini qachondir, qaerdadir eshitgan edi. U «Kozlovni kimdan eshitgan edim?» deb eslashga urinayotgandi. Ha, esladi! Qilich Sulaymonov yigirma kunmi, bir oymi avval «Krasnoyarda Kozlov degan xaridorimizning so‘raganini beraylik» degan edi. O‘shanda Sharif «Ularning limiti yo‘q», deganida Qilich Sulaymonov «Limitni bizga qo‘yib bering» degan edi. «Bu xotin o‘sha Kozlovni aytyaptimi? Kozlovga vino yuborilgan ekanmi? U menga ikki million so‘m beribdimi?..»
— Xo‘sh? Namozov, men sendan javob kutyapman!
— Nima so‘radingiz?
— Namozov, o‘zingni merovlikka solma. Agar bu to‘nka miyang ishlamayotgan bo‘lsa, ishlatadigan usullarimiz bor!
— Merovlik qilayotganim yo‘q, savolingizni tushunmadim.
— Nimasiga tushunmayapsan: Kozlovdan olgan pullaringni mana bu yerga qo‘y! — Berger shunday deb dumaloq stol ustini ko‘rsatdi.
— Kozlov? — Sharif bir zum sukut qildi. — Tanimayman bunaqa odamni.
— Tanimaysanmi? Kozlovni, Aleksey Petrovichni-ya? Krasnoyarskka necha tonna vino yuborganingni ham bilmaysanmi?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:20:00
— Jo‘natish bilan men shug‘ullanmayman. O‘rinbosarim bor.
— Qalbaki hujjatlarga ham o‘rinbosaring imzo chekkanmi? Sen menga cho‘pchagingni aytma, Namozov! — Berger shunday degach, Nasibaga qaradi: — Namozova, sen hech eringga xiyonat qilganmisan?
— Nima?
Nasiba uning savolini tushunmadi. Berger savolni aniqlashtirdi:
— Begona erkak bilan bo‘lganmisan?
— Voy... nimaga... — Nasiba ruschalab tushuntirolmay: — Voy, sharmanda, — deb qo‘ydi.
— Namozov, xotiningni begona erkak bilan bo‘lganini ko‘rganmisan?
— Yo‘q, — dedi Sharif uning maqsadini anglamay.
— Hozir ko‘rasan. Aytsang — aytding. Aytmasang, xotining bilan shu yerda, ko‘zing oldida ketma-ket maishat qilishadi.
— Mening boyligim yo‘q, bor narsam — ko‘rib turganingiz. Ishoning, Kozlovni ham tanimayman... — dedi Sharif yalinchoq ohangda.
Berger uning gaplarini tinglashni ham istamadi.
— Vlad, boshla. To‘rtta tuqqan bo‘lsa ham, ko‘rinishi qizdek. Qora xotinlar zo‘r bo‘ladi, deb eshitganman.
Bergerning amrini so‘zsiz bajarishga o‘rgangan keng yelkali yigit Nasibaga yaqinlashib quchoqlab oldi. Kuchli panjalar ayolning ko‘kraklarini siqdi. Nasiba ham tan og‘rig‘iga, ko‘proq nomus og‘rig‘iga chidolmay dod deb yubordi. Sharif xotinini ajratishga intilgan edi, Berger o‘rnidan sapchib turib, yo‘lini to‘sdi-da, ikki choti orasini mo‘l qattiq tepdi. Sharif bukchayib qoldi, nafas olishi qiyinlashdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:20:35
— To‘xta, — dedi Berger Vladga, — o‘ziga kelib olsin. Bo‘lmasa tomoshaning qizig‘i qolmaydi. — Berger Nasibaga yaqinlashib, yuziga yengil shapati urdi: — Namozova, sen qarshilik qilma, o‘zing yechin. Men xohlagan ish baribir bo‘ladi. Men «Yigitlar maishat qilishadi», dedimmi, demak qilishadi. Yettita yigit seni qiynab qo‘yishi mumkin, bilib qo‘y. Keyin... — Berger zaharli kuldi: — to‘qqiz oydan keyin tuqqan bolangning otasi kimligini bilolmay garangsib yurasan. Lekin... sen o‘zingni nomusli ayol deb bilasan-a? Nomusli bo‘lsang, pulni qaerga yashirganlaringni ayt. Xo‘sh? Hovliga ko‘mib qo‘yganmisanlar? Yo qarindoshlaringnikidami? Ayt! Balki manavi yangi uyingning g‘ishtlari orasiga terib yuborgandirsanlar, a? Agar xohlasam uyingni ham buzib ko‘rishadi. Unda ham ersiz qolasan, ham uysiz. Xo‘sh, aytasanmi?
— Pulimiz yo‘q, — dedi Nasiba yig‘lamsirab.
— Vlad, vaqtni o‘tkazma, bu to‘nkalarga gap tushuntirib bo‘lmaydi. Eri o‘ziga kelgunicha yechintirib qo‘ya qol.
Bir zumda Nasibaning kiyimlari parcha-parcha qilib yirtilib, yarim yalang‘och holga keldi. Ikki qo‘li bilan ko‘kraklarini to‘sib, ayozda qolganday titray boshladi.
Bu orada Sharif sal o‘ziga kelib, qaddini rostladi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:20:49
— Namozov, esingni yig‘, agar olib ketsam, u yoqda battarroq azoblar bor. Ayt, Kozlovdan pul oldingmi?
— Yo‘q, tanimayman, unaqa odamni.
— Vlad, boshla!
Vlad degani astoydil ravishda shimini yecha boshladi. Orqada turgan yigit esa, Sharifning sochlarini changallab tortdi.
— To‘xtang! — deb baqirdi Sharif jon holatda. — Aytaman, to‘xtang. Faqat, xotinimga tegmang.
— Ha, erkakka o‘xshar ekansan-ku! Vlad, shimingni kiy. Osiyoliklar nomusni hamma narsadan ustun qo‘yishadi, bilib qo‘y. Xo‘sh, Namozov, endi ayt.
— Avval xotinim chiqib ketsin. U bilmaydi.
— Sen bizga shart qo‘yma, Namozov.
— Bunaqa holatda aytolmayman.
— Mayli, Namozova, nima, sovqotdingmi? Kiyinib ola qol. Pullarni sanayotganda bunchalik titramagandirsan, a? Xo‘sh, Namozov?
— Meni bu yerdan olib keting. Aytsam, meni o‘ldirishadi. Pul menda emas.
— Qiz-z-ziq... — Berger shunday deb Sharifga yaqinlashdi-da, tutab tugay boshlagan sigaret cho‘g‘ini uning yuziga bosdi. Sharif ingrab yubordi.
Kiyina boshlagan Nasiba esa eriga qarab qoldi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:21:02
— Sen kiyinaver, — dedi Vlad, uni turtib.
— Namozov, o‘tir, yoz, — dedi Berger.
— Nimani?
— Kozlovdan ikki million rubl olganingni yoz. Qaerdaligini mayli, keyinroq aytasan.
Sharif tamoman gangib qolgan edi.
Yayrab, o‘ynoqlab yurgan qo‘zi to‘satdan qo‘l-oyoqlari bog‘langanida, tepasida pichog‘ini qayrayotgan qassobga mo‘ltillab qaraganini kuzatganmisiz? Hozir Sharif ana shu javdirash bilan qarardi. U hozir o‘zini o‘ylamas, ahli ayoli bilan farzandlaridan xavotirda edi.
Yozda u g‘alati manzaraning guvohi bo‘lgandi: chumchuqning hali uchirma bo‘lmagan bolasi uyasidan tushib ketgan ekan. Mushuk tayyor luqmani ko‘rishi bilan pisib kela boshladi. Chumchuqcha chirillab qochmoqni, uchmoqni ixtiyor etardi. Ammo qora bulut kabi bostirib kelayotgan mushukning muddaoga yetmog‘i ayonroq edi. Mushuk qushchaga yaqin kelgan onida ikki chumchuq paydo bo‘ldi. Ularning biri hech tap tortmay, mushukning yuziga urildi. Ularning «jangi» uzoq davom etmadi. Mushukning panjasi uning hamlasidan kuchliroq chiqdi. Mushuk chalajon chumchuqqa «Sen endi happai halol o‘zimnikisan. Manavi jimirtak biror kavakka kirib g‘oyib bo‘lmasidan yeb olay», deganday qarab qo‘yib, yana o‘ljasi iziga tushdi. Shunda ikkinchi chumchuq unga hujum qilmadi, balki qanoti singanday uning yo‘liga quladi. So‘ng, qanotlarini yerga urganicha chirqirab, sudrala boshladi. Mushuk endi uning iziga tushdi. Chumchuq sudrala-sudrala uni bolasidan uzoqlashtirdi. Ammo... o‘zi mushukka yem bo‘ldi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:23:10
Sharif o‘shanda bu manzarani qiziqib tomosha qilgan, ammo mushukni haydab, qushlarni asrab qolish lozimligini o‘ylamagan edi. Bu voqeani xotiniga aytganida Nasiba ranjib, «Chumchuqlar uvol bo‘lib-   di-ya...» deb achingan edi.
Hozir o‘zi o‘sha chumchuq holiga tushdi.
«Ertalabki nusxa bolalarimga sha’ma qildi. U yuz ming so‘ragan edi. Bunisi ikki million talab qilyapti. U-ku, odam qonini so‘rib yuruvchi hayvon. Kasbi shunaqa. Bular-chi? Qaysi biri battarroq? Maskovdan keldim, deb nimani xohlasa qilaveradimi? Itmi-mushukmi, Maskovdan keldim, deb bir chekkadan qiyrataversa, birov ularga pisht demasa...»
Sharif bularni hozir emas, keyinroq, qamoqning bir kishilik sovuq xonasida yotganida o‘ylaydi. Hozir esa mushukni chalg‘itmoqchi bo‘lgan chumchuq kabi Arina Berger degan bu zulm qilg‘uvchini uyidan uzoqlashtirishni istaydi...

Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:23:29
                                                                              2

Botirovning shahar turmasiga keltirilganini Zohidga ma’lum qilishdi. Zohid zo‘rlangan qiz — Mohira Nuriddinovaning gaplariga qoniqmagan bo‘lsa-da, uni ikkinchi so‘roqqa chaqirishga shoshilmadi. Zo‘rlagan — Shokir Botirov bilan yuzma-yuz bo‘lganidan keyin ishni davom ettirishga qaror qilgan edi.
Zohid ko‘chaga chiqqanida yo‘l-yo‘lakay Hamdam Tolipovni yo‘qlab o‘tishga qaror qildi. U bir necha kundan beri Said Qodirov aytgan gaplarning mag‘zini chaqish bilan band edi.
«Hosilboyvachcha izsiz ketishi mumkin emas, — deb o‘yladi u. — Katta yo‘l bo‘yida yoqilgan murdalar taqdiri bilan birov qiziqmadi. Ular tomchilar edi. Qumga tomdilaru yo‘q bo‘ldilar. Hosilboyvachcha dengiz emas, ko‘l ham emas. Balki ko‘lmakdir. Biroq, ko‘lmakka cho‘p tashlasang ham chayqaladi. Sassiq ko‘lmak bo‘lsa, hidi chiqadi. Hosilboyvachchaning atrofidagilar nima uchun jim? Nega chayqalmadilar?..» Asadbekning yo‘rig‘idan bexabar Zohid o‘zicha kalavaning uchini yechmoqchi bo‘ladi. U «Hosilboyvachcha u   yoq-bu yoqqa qochib ketmadimikin?» deb ham o‘yladi. Ammo Said Qodirovning bu to‘dada «odami borligi»ni ma’lum qilishi xayollarini ma’lum chegarada cheklashga majbur etdi.
Hamdam Tolipovni yo‘qlashdan maqsadi ham shu muammoni yechishga intilishi, uning «mish-mish ovlash»ga ustaligidan foydalanish.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:23:42
Hamdam xonasida yolg‘iz emas edi. Xona tutunga to‘la bo‘lsa ham, u navbatdagi sigaretini baralla burqsitib o‘tirardi. Zohidga Hamdamning ishi uncha yurishmay turgani shundan ayon bo‘ldi. Hali mushtlari, tepkilarini ishga sola olmaganidan xunob ko‘rinadi. Bashang kiyingan, bo‘liq yuzlari po‘rsildoq nonday qizarib turgan, barmog‘iga yoqut ko‘zli yo‘g‘on uzuk taqqan odamda esa xavotir yoki tashvish sezilmas edi.
Xonada boshqa stul yo‘qligi sababli Zohid deraza tokchasiga suyandi.
— Ko‘rib qo‘ying, o‘rtoq prokuror, ba’zan «Ishingning tayini yo‘q», deb tanbeh berasiz. Mana bunaqa akaxonlar bilan ikki soatlab otamlashsagu bir tayinli gap chiqmasa, ishda qanaqa unum bo‘lsin?
— Endi uka, gapni ikki soatdan beri men emas, siz cho‘zyapsiz. Sizga lo‘ndasini aytdim: qaynonam azaldan meni yomon ko‘radi. Qizini ukasining o‘g‘liga bermoqchi bo‘lib yurarkan, qizi unga tegmasa, men aybdormanmi? Qizi menga xushtor edi, qaynonam shunisiga chidolmadi. Hozir ham chidolmaydi. Zoti past ularning aslida.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:23:51
Zohidga bu odamning gap ohangi g‘alati tuyulib, gapga aralashdi:
— Qaynonangizning qizlari — sizning xotiningiz-da, a?
— Ha, hamma gap shuning ustida.
— Zoti past, dedingiz, demak, o‘zingiz ham zoti pastga tenglashibsiz-da, a?
— Endi... yoshlik-da, xushtor bo‘lganidan keyin...
— Xotiningiz sizni yaxshi ko‘rar ekan, siz-chi? Yaxshi ko‘rmasmidingiz? Bo‘yningizga osilib «Meni olsang ham olasan, olmasang ham olasan!» deb turib olganmi?
— E, uka...
— Bu odam sizga uka emas, prokuror! Shahar prokuraturasidan! — dedi Hamdam zarda bilan.
— Uzr, o‘rtoq prokuror, tanimaganini siylamas, degan maqol bor-ku. Bilmapman, kechirasiz. Siz juda to‘g‘ri savol berdingiz. Uni o‘zim ham yaxshi ko‘rardim. Yigitlik o‘zingizga ma’lum. «Muhabbatning ko‘zi ko‘r», deyishadi-ku... Undan tashqari g‘unajin ko‘zini suzib turganidan keyin har qanaqa tentak buqacha arqonini uzadi-da...
— Endi-chi, endi yomon ko‘rib qoldingizmi?
— Endimi... endi...
— Chaynalmay aytavering: endi u xotin yo‘q, o‘lgan! Bu akaxonni qarang, o‘rtoq prokuror, xotinlarini jarrohning qo‘liga topshirib, o‘zlari Yaltaga jo‘navoribdilar. Bularning bir maqoli bor: «Puling bo‘lsa xaltada, yallo qilgin Yaltada», shunaqami, a?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:24:15
— Dam olish gunoh emas-ku? Kasali og‘irligini bilmabman, dedim-ku? O‘zim ham armondaman.
Hamdam bu odamning ayyorligidan g‘ijinib «Ilgari tentak buqacha bo‘lganingiz rost ekan, endi ulg‘ayib g‘irt ahmoq ho‘kiz bo‘libsiz», demoqqa shaylandi-yu, ammo bu tashbehdan o‘zini tiyib, gapning lo‘ndasini aytib qo‘ya qoldi:
— Ey, inson, odam degani qo‘yini qassobga bersa ham, so‘ygunicha poylab turadi. Siz qaynonangizga mag‘zava ag‘darib, o‘zingiz suvdan quruq chiqmoqchimisiz? O‘rtoq prokuror, bu odamning yana bitta qilig‘ini aytaymi: Yaltaga o‘ynashlarini achomlab ketishlaridan oldin...
— Hech qanaqa o‘ynash yo‘q. Bu yerdan boshlab ketadigan ahmoq emasman. Yaltada daraxtga qarab aksirab yuborsang, mingta quling o‘rgilsin jonon yog‘iladi. O‘rislarda maqol bor: «Tulaga o‘z samovari bilan borilmaydi».
— Qarang, o‘rtoq prokuror, bu akaxonimizning turgan-bitganlari g‘ij-g‘ij maqol. Hatto o‘rislarnikini ham biladilar. O‘zbeklarda ham bir maqol bo‘lardi, balki bilarsiz? Nima edi. «Chuchvarani xom sanamang»midi? Akaxon, men Tolipovman! Mana, menga ishonmasangiz, o‘rtoq prokuror aytsinlar, men ushlagan joyimdan kesaman. Hali hech kim meni suvga olib borib, sug‘ormay olib kelmagan. Kim bilan borganingizni ikki-uch kunda o‘zingizga aytaman. Xohlasangiz garov o‘ynaymiz: men sizga o‘ynashingizni ro‘para qilaman, siz esa... sizni bichamiz-qo‘yamiz, kelishdikmi?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:24:33
— Yo‘q, kelishmadik. Sizlarni bilaman, ko‘chadan bitta shaloqni olib kelib ro‘para qilasiz. Yuzta guvoh ham topasiz.
— Yo‘-o‘q, akaxon, — dedi Hamdam o‘rnidan turib, — garovda bunaqa g‘irromlik bo‘lmaydi. Aniq dalil bilan isbotlayman. Isbotlay olmasam, mayli, «Ish»ni yopaman.
— Qanaqa «Ish»? Quruq tuhmat bu!
— To‘g‘ri, hozircha jinoiy ish qo‘zg‘olgani yo‘q. Hozircha ariza bor. Burnimning kattaligini ko‘ryapsizmi? Mana shu burnim juda sezgir-da. Hozirning o‘zida jinoyatning hidini sezib turibdi. O‘rtoq prokuror, bu akaxon Yaltaga o‘ynashlarini achomlab jo‘nashlaridan oldin do‘xtirga ozginagina choychaqa uzatib «Narkozni ayamang, bechora bu dunyoda qiynalib ketdi, uxlaganicha uyg‘onmay qo‘ya qolsin», deganlar.
— Tuhmat!
— O‘rtoq prokuror, sizdan maslahat so‘ramoqchiman: murdani kavlab olib tekshirishni nima deyishardi?.. Ha, eksgumatsiya! Ekspertiza uning kasali, berilgan narkoz darajasini aniqlab bersa kerak, deyman, a? Ana undan keyin do‘xtirjon ham sayrab berarlar? Ana shunda bu akaxonni  ikki qo‘llab sizga uzatamiz. Axir qotillik bilan ko‘proq prokuratura shug‘ullanadi, to‘g‘rimi?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:24:45
— Andishaning otini qo‘rqoq demang, og‘ayni. Meni qo‘rqitmay qo‘ya qoling, yosh bola emasman. Qonunni sizdan boshqa biladiganlar ham bor. Eksgumatsiya qilgingiz kelsa, qilavering. Ammo bilib qo‘ying: shaxsan o‘zimning ishtirokimda ochasiz.
— Ie, bo‘lmasam-chi? — dedi Hamdam qo‘llarini yoyib. — Sizsiz bo‘larkanmi bu ish. Endi gapni ko‘paytirmay qo‘ya qolaylik. Maslahatimiz pishdi, a? Endi mana bu yerga chiroylikkina imzoingizni qo‘yib bering.
— Nima bu?
— Avval o‘qing. Qonunda avval o‘qib keyin qo‘l qo‘yilsin, deyilgan. Siz ish bir yoqlama bo‘lgunicha shahardan tashqariga chiqmay turasiz. Chaqirganim zamonim «Labbay!» deb yetib kelishingiz kerak bo‘ladi. Bolaligingizda pioner bo‘lgansiz-ku, a? Shioringiz «Vsegda gotov!»midi? Ha, bilar ekansiz. Mabodo bitta-yarimta sizga telefon qilib qolsa, shu shior esingizda tursin.
— Mening telefonim ishlamaydi, bu bir. Ikkinchidan men pioner bo‘lmaganman. Shu shiorni bilmaganim uchun «Mafkurang buzuq», deb qabul qilishmagan.
— Xotirjam bo‘ling, telefoningizni ishlatib qo‘yishadi. Mafkurangizni ham sozlab qo‘yishadi.
O‘zaro piching toshlari otib tugatilgach, tilxatga imzo chekildi-yu, «qaynona tuhmatiga uchragan bechora kuyov» xonani tark etdi. Eshik yopilishi bilan Hamdam uning izidan g‘azab toshlarini otdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:24:55
— Hayvon! To‘ng‘iz!
«To‘ng‘iz» «unvoni»  kamlik qildimi, keyingi «tosh»lar uning onasi-yu, amma-xolalarini tilga olish bilan otildi.
— Ko‘rdingmi, bu it emganni, — dedi Hamdam, sal hovuri bosilgach. — Beshta bolasi bor ekan. Ko‘ngli yangisini tusab qolgan bu buqaning. «Ish»ini sudga oshirmay bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ygim kelyapti.
— Hali aybi isbotlanmadi-ku, balki chindan ham qaynonasi...
— Sen prokuror, hali bolasan. Bunaqa ishlarga aqling yetmaydi. Hozirgina aytdim-ku, burnim sezgir, deb... Xo‘p, buni qo‘yaver, o‘zingning ishlaring qalay?
— Yuribmiz ishla-ab...
— Asadbeklarni qo‘lga olibsanmi, a?
Hamdamdagi qolgan-qutgan zahar tomchilarining o‘ziga atalganini sezgan Zohid uning pichingiga e’tibor bermay:
— Olyapmiz, — deb qo‘ydi.
— Olyapsizmi yo cho‘kyapsizmi?
— Unisi ham, bunisi ham.
— Keyingisi to‘g‘riroqdir.
— Balki... Siz mabodo Hosilboyvachcha degan odamni eshitmaganmisiz?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:25:15
— Bunaqa zo‘rlarni prokurorlar eshitishadi. Biz bir kichkinagina izquvar bo‘lsak... «Fas!» deyilsa yuguramiz. Yetib olsak, bosamiz, tishlaymiz, «Fu!» deyilsa — qo‘yib yuboramiz, — dedi Hamdam zaharli piching ohangida.
— Hamdam aka, anchadan beri birovni chaqa olmay zada bo‘lib turgan ekansiz-a? — dedi Zohid jilmayishga harakat qilib. — Men bir ish bilan keldim. Gapimni eshitishga tobingiz bormi?
— Tobimmi?.. Tobim bor. Bilib turibman: «Hosilboyvachcha yo‘qolganmish», demoqchisan.
— Eshitibsiz-da?
— Bu teshik quloq ba’zan eshitib ham turadi.
— Mish-mish ovlaydigan joyingiz bo‘lardi?
— U yerdagi gaplar senga to‘g‘ri kelmaydi.
— Ayting-chi?
— Boyvachcha chet elga qochib ketganmish.
— Ishonchsiz gapmi bu?
— Sen ishonasanmi? — Hamdam savolga savol bilan javob qildi. So‘ng bir nafas tin oldi-da, afsus ohangida qo‘shib qo‘ydi: — Ishonsang — g‘irt ahmoqsan!
— Bu gapni nima sababdan ishonchsiz deyapsiz?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:25:30
— Chet elda unga pishirib qo‘yibdimi? Bu yerda o‘ziga xon, o‘ziga bek bo‘lsa. Senga o‘xshaganlar mushugini pisht demasa... Chet elga qochib ketish oson ekanmi? Bular ahmoq emas, qochishmaydi. Chet elda non yo‘q ularga.
— Unda qaerga g‘oyib bo‘lgan?
— Sen gapni cho‘zma, ichingdagini aytaver: o‘ldirib ketishgan, demoqchimisan?
— Shu taxmin haqiqatga yaqinroqqa o‘xshaydi.
— Kim o‘ldiradi?
— Balki Asadbekdir?
— Sening tanglayingni Asadbek ko‘targanmi? Nima ish bo‘lsa o‘shanga taqaydigan bo‘libsan. Xo‘sh, davom et-chi?
— Murdani topish kerak.
— O‘h-ho‘... ishtahalar karnay-ku, a? Bilib qo‘y: agar boyvachcha sen aytganday o‘ldirilgan bo‘lsa, o‘ligini ikki dunyoda ham topolmaysan.
— Harholda bir qiziqib ko‘rish kerakmikin?
— Menga qara, prokuror, foyda chiqmaydigan ishlarga boshingni qotirma. Agar chindan ham ular o‘ldirishgan bo‘lsa-yu, murdani topishimizni istashsa, bizlarni qiynashmas edi. Avvalgilariga o‘xshab daraxtga osib qo‘ya qolishardi. Buni istashmadimi — tamom, ovora bo‘lma. Men gugurt cho‘pini besh-oltiga maydalab Sirdaryoga tashlab yuboray-chi, topa olarmikansan? Murdani yo‘qotish usullari ko‘p, topish usuli esa kam. Sen jasadni emas, uni yo‘qotishda qatnashganlarni top. Hech bo‘lmaganda bittasini top. Gapingning hidiga qaraganda kimdir xabar qilganga o‘xshaydi. Ana o‘shaning giribonidan ol. Gapirmaguncha qo‘yma.
«Uning kimligi ma’lum bo‘lganida nima qilishni o‘zim bilar edim», — deb o‘yladi Zohid uning gaplarini eshita turib. — Agar Said Qodirov rost gapirgan bo‘lsa, u odamni yolg‘iz o‘zi biladi. Menga ro‘para qilmaydi. Giribonidan ham oldirmaydi».
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:25:42
Hamdam Tolipov jasadni yo‘qotish usullarini yana picha bayon qilgach, gapdan to‘xtadi. Zohid bu mavzuni davom ettirmakni istamay, suhbat mavzuiga tahrir kiritdi. U bugun, ulgurolmasa ertaga Botirov ishini yuritgan tergovchi bilan uchrashmoqni ixtiyor etgan edi. Zohid qo‘shni tumandagi bu tergovchini tanimasdi. «Balki Hamdam aka tanir», deb so‘rab edi, yanglishmadi.
— Taniyman uni, — dedi Hamdam. So‘ng Zohidga mug‘ombirona tikildi. — U ishkalga nima uchun ishqing tushib qoldi?
— Bir «Ish»da xomlik qilganga o‘xshaydi.
— Bir «Ish»da sen xomlik qilishing mumkin. Bor, ana, men xomlik qilishim mumkin. Unda xomlik degan gap bo‘lmaydi, bilib qo‘y. Uning laqabi «Ishkal». Bu nima degani, bilasanmi? U ishkallikni pulga sotib oladi.
— Tushunmadim?
— Sen «Musht ishlatasiz», deb menga kun bermaysan. Men pichoq borib suyakka qadalganda do‘pposlab qolaman. Hammani ham uravermayman. U «Ishkal» esa xonasiga kirgan odamni mushtlamasa kechasi uxlolmaydi. Agar otasi kirib qolsa, uni ham ayamasa kerak. Yana bir narsani bilib qo‘y: u yaxshi xodimlar ro‘yxatida birinchilardan bo‘lib turadi. Topshirilgan ishning yuzdan to‘qson to‘qqizini ochadi. Tushundingmi?
— Tushundim.
— Yo‘q, tushunmading, — dedi Hamdam ayyorona jilmayib. — Hali tushunganing yo‘q. Uch-to‘rt kundan keyin tushunasan.
— Nega? — deb ajablandi Zohid.
— Negaki, u sening adolat qilishingga yo‘l bermaydi. Sen bor, u bilan suhbatlash. Lekin uning har bir teshikda akaxonlari borligini unutma. U xizmat varaqasiga qandaydir bir «zumrasha» prokurorning «minus» qo‘yishiga yo‘l bermaydi.
Hamdam «Ishkal» deb atalgan hamkasbining qiliqlaridan aytib bergach, Zohid unga minnatdorlik bildirib, iziga qaytdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:25:58
3

Soqchi Botirovni boshlab keldi. Botirov so‘roqxonaga qo‘llarini orqasiga qilgan holda kirib, mahbuslarga xos bo‘lmagan ohangda qiroat bilan salom berdi. Zohid bu lutfga javoban quruqqina qilib «salom», dedi-da, ro‘parasidagi kursini ko‘rsatib «O‘tiring», dedi. Botirov o‘tirgach, Zohid uchun kutilmaganda qo‘llarini fotihaga ochdi-da:
— Robbano... ihdinas-sirotal mustaqiym... — deb duo qildi.
Zohid beixtiyor ravishda duoga qo‘shilib, kaftlarini yuziga surtdi.
— Qalay birodar, salomatmisiz, ahli baytlar omonmi? — deb so‘radi Botirov.
— Rahmat, yuribmiz... — dedi Zohid.
— Alhamdulillah, — dedi Botirov.
Zohid yana ajablandi. Xizmati davomida ko‘p odamni tergov qildi, suhbatlashdi. Lekin hech bir tergovni bunday tarzda boshlamagan edi. Shu paytgacha birov unga «hol-ahvol so‘rash odobi bizda ham bor», demagan edi. Afsus yeri shundaki, buni o‘zi ham o‘ylab ko‘rmabdi. Hozir, Botirovning odobi unga bir dars bo‘lib, ahvol so‘ramakligi lozimligini uqdi.
— O‘zingizning ahvolingiz qanday?
Zohidning bu gapi odob ohangida emas, so‘roq tarzida eshitildi. So‘roqlarga ko‘nikib qolgan, tergovchidan lutf kutmagan Botirov bu ohangga e’tibor bermadi.
— Alhamdulillah, — dedi u, so‘ng qo‘shib qo‘ydi: — Yaratganga shukr.
Zohid bu shukronani eshitib, unga tikilib qoldi. Qamoqda yotgan odamning Xudoga shukr qilishi uni chindan ajablantirdi.  Odatda ishi qayta ko‘rilayotgan odam tuhmat jabrini chekayotganidan shikoyat qilardi. Bu esa... «Til uchida aytyaptimi yo dildanmi?»
— Ha, birodar, tikilib qoldingiz? — dedi Botirov.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:26:11
— Tikilib qolganim... ochig‘ini aytsam, «Yaratganga shukr», deganingizga hayron bo‘lyapman.
— Astag‘firullah! Nima uchun hayron bo‘lyapsiz? Siz... musulmon emasmisiz?
Zohid shu yoshga kirib, bunday savolga duch kelmagan edi. Shu bois ayb ustida qo‘lga tushgan boladay shoshilib qoldi.
— Musulmonman...
— Alhamdulillah, musulmonsiz, — deb to‘ldirdi Botirov.
— Ha, alhamdulillah, musulmonman, — deb kamchiligini tuzatdi Zohid, — lekin... ochig‘ini aytsam, namoz o‘qimayman.
— Olloh sizni va siz kabilarni o‘zi isloh etsin. Siz «Bu qanaqa tentakki, qamoqda o‘tirib shukr qilsa», deb fikr qilayotgan bo‘lsangiz ajab emas. Sizdan «musulmonmisiz» deb so‘raganimning boisi shundan iboratki, har bir muslim har nafasida Yaratganga shukrlar qilmog‘i farzdir. Siz tongda uyg‘onganingizda Rabbimga shukr qilasizmi?
— Yo‘-o‘q, — deb tan oldi Zohid.
— Shunisi yomon-da. Axir bir o‘ylab ko‘ring: agar Olloh iroda etmasa uyg‘onmaysiz-ku? Uyqu — yarim o‘lim demak. Qanchadan-qancha insonlar tunda uyquga ketadilar, ammo uyg‘onmaydilar. Buni o‘ylab ko‘rmagandirsiz, a? Necha yuz yoki ming inson ertalab xizmatiga ketadi. Uyiga esa qaytmaydi. Ko‘chadami yo xizmat joyidami omonatini topshiradi. Siz bilan gaplashib turgan shu damda qancha odam nafas oldi-yu, nafasga qo‘shib jonini ham chiqardi. Shunday ekan, yolg‘iz Ollohga shukr qiling. Qamoq esa... Bu Rabbimning sinovlaridan biri. Rabbim Haq-taolo aytadiki: «Ey, bandalarim, men bandalarim ichidan bir mo‘’min kishini biron musibat yetkazib imtihon qilsam, u menga hamd aytib, mening imtihonimga sabr qilsa, u o‘sha joyidan turganida gunohlaridan onasi tuqqan kunidek pok bo‘lib turadi». Bu kalomning ma’nosini angladingizmi? To‘g‘ri, menga zulm qildilar. Lekin ular qiyomatda shunga yarasha o‘z ajrlarini oladilar. Men ulardan nolimayman. Ularni qarg‘amayman. Olloh menga shu qamoqni lozim ko‘ribdimi, shunisiga shukr. Chunki bundan battar zulmga ro‘baro‘ bo‘lganlar bor.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:26:25
Zohid uning gaplarini diqqat bilan eshitib, o‘ylandi. Nazarida Botirov hali o‘ttizga kirmagan yigit emas, oltmish yoki yetmish yillik umr yo‘lini bosib o‘tgan, oq-qorani yaxshi ajrata oladigan donishmand bir mo‘ysafidday tuyuldi.
— Uzrliman, birodar, men sizni asl maqsadingizdan bir oz chalg‘itdim. So‘raydiganingizni so‘rayvering. Har ikkimizni Haq yo‘lidan adashtirmaslikni yolg‘iz Ollohdan so‘raylik.
Mahbusni so‘roq qilgani kelgan tergovchi bu gaplardan so‘ng noqulay ahvolga tushdi. So‘roqni boshlagisi kelmadi. Buni sezgan Botirov yana:
— So‘rayvering, birodar, — deb qo‘ydi.
Zohid xayolini jamlash uchun qog‘ozlariga tikildi. Bir oz fursat shu zaylda o‘tgach, boshini ko‘tarib Botirovga qaradi:
— Botirov, birinchi marta nima uchun qamalgan edingiz?
— Birinchi martami?.. Bu juda eski gap-ku, birodar?
— Eski bo‘lsa ham bilishim kerak.
— Qog‘ozda yozilganlari to‘g‘ri. Men o‘shanda zulm qilganman. O‘sha yigitning biqiniga mixburagichni sanchib olganman. Yosh edim, tezlik qilganman.
— Dastlabki tergovda «Bu yigitlar yomon haqorat qildilar», degansiz. Batafsilroq aytib bera olasizmi?
— Batafsilmi?.. Shartmi shu?
— Shart.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:26:43
Botirov boshini quyi egdi. Uning bu holatidan o‘tmishini eslashga mayli yo‘qligi sezildi. Zohid «Mayli, xayolini jamlab olsin», degan fikrda unga boshqa gap qo‘shmadi. Bir-ikki daqiqalik sukutdan so‘ng Botirov boshini ko‘tardi. Ana shunda Zohid uning ko‘zlarida beg‘uborlikni, yuzlarida esa ajib nurni ko‘rdi.
— O‘smirlikning cho‘qqisiga yetganimda o‘zimga yarasha qaysar edim. Xudo meni kuch-quvvatdan qismagan edi. Shayton alayhila’na esa meni kibr bulog‘i suvidan sug‘orib turar edi. U paytlarda men bularni anglamas edim. O‘zimga bino qo‘yib yuraverardim. O‘sha kezlari bir birodarimning akasi uylanadigan bo‘lib, to‘yda xizmat qildik. To‘yda xizmat qilish o‘zimga ham yoqardi. O‘zimni katta odam his qilib, bir-ikki qultum shaytonning suvidan ham tatib turardim. O‘sha to‘yda bir ulfat menga keragidan ortiqroq xizmat buyurdi. Nazarimda ular meni kalaka qilayotganday tuyulib, aytganlarini bajarmay qo‘ydim. Ularga bu malol keldi. Bittasi chaqirib, so‘kdi. Men javob qaytardim. Xullas, to‘y oxirlagach, ko‘chaga chaqirishdi. Tap tortmay tashlashdim. To‘rt yigitga bas kelolmadim. Mashinalariga bosib, ovloq bir joyga olib borishdi. Urishdi. Xullas, qo‘l-oyoqlarimni bog‘lab... yechintirishdi... Shunda insoflirog‘i ularni to‘xtatdi. Qo‘l-oyog‘imni yechdi. Mashinada yana gap talashib, olishib ketdik. Shunda qo‘limga mixburagich tushib qoldi. Ey-y... — Botirov bosh chayqadi. — Shaytonga bandi bo‘lganingda ko‘zingga hech narsa ko‘rinmas ekan. Menga xayrixoh bo‘lgan, qo‘l-oyoqlarimni yechgan, og‘aynilarini insofga chaqirgan yigitning biqiniga sanchib olsam-a... Ular yaralangan og‘aynilarini kasalxonaga eltib, meni mahallamga olib kelib rosa tepkilashdi. Uyga bir ahvolda kirib bordim. Adam rahmatli safarda edilar. Akam, onam yuvib-tarab, yaralarimga malham qo‘yib, yotqizishdi. Bir hafta o‘rnimdan turmadim. Sal o‘zimga kelgach, milisaga olib ketishdi.
— Bir haftagacha sizga hech kim hech narsa demadimi?
— Yo‘q.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:26:57
— Siz do‘xtirga ham uchramadingizmi?
— Yo‘q... Men u yigitlarning nayrangini tushunmabman. O‘zimga kelib olishimni kutib turib, so‘ng milisaga aytishgan-da. Mayli, men ulardan xafa emasman. Zulm qildimmi, jabrini tortishim kerak edi. Men o‘shanda qozilardan ranjigan edim. Hozir ulardan ham xafa emasman. Roziman, hammasidan.
— Nimaga? — deb ajablandi Zohid.
— Axir ular adolat qilisha olmas edilar. Odam adolat qilmog‘i uchun musulmonsheva bo‘lishi shart. Haq yo‘lida turishi kerak, yuragida iymon nuri, tilida Ollohning zikri bo‘lishi kerak. Busiz qanday adolat qilsin? Bunaqa odamlarga mening rahmim keladi. Ollohdan ularni isloh qilmog‘ini so‘rab duolar qilaman.
— Demak, sizga birinchi safar tuhmat bo‘lmaganmi?
— Yo‘-o‘q... Bir jihatdan qamalganim yaxshi natija berdi. Qamoqxonada ko‘zim ochildi. Shukrki, iymonli odamga duch kelib, Haq yo‘lini tanidim. Shaytonga qullik qilmaydigan bo‘ldim, nafsim bilan jihodga kirishdim. Bilmadim, birodar, siz bunga tushunarmikinsiz... ammo men baxtimni o‘sha qamoqda topdim.
«Bema’nilik, — deb o‘yladi Zohid. — Qamoq — jazo. Baxt topadigan joy emas. Buning esi og‘ib qolganga o‘xshaydi».
— Gaplarim bema’niga o‘xshaydi, a? — dedi Botirov xuddi uning fikrini uqqanday. — Ammo Haq yo‘lidagi har qanday odam gapimni tasdiq etishi mumkin. Birov pul topsa, birov katta mansabga yetishsa, birov yaxshi ko‘rgan qiziga uylansa.... baxtimni topdim, deydi. Ular — adashgan bandalar. Baxtning chin ma’nosini anglamaydilar. Eng ulug‘ baxt — Haq yo‘lini topish, o‘zini, butun olamni yaratgan Robbisini taniy boshlash emasmi? Bu baxtdan benasiblik nimani anglatadi, bilasizmi?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:27:09
Zohid so‘roq qilishi lozim bo‘lgan bu mahbusning gaplarini tinglay turib, bobosini esladi...
...Sadaqayrag‘och kabi o‘sgan oq o‘rik... Supaga to‘shak to‘shalgan. Bobosi... ko‘zoynakning singan bandi o‘rniga ip tortib qulog‘iga ilgan. «Qani, do‘ngpeshonalar, o‘tiringlar-chi, eshitinglar-chi...» Hozir bobosi shunday deb chorlaganday bo‘ldi. So‘ng ko‘p marta takrorlagan gaplarini aytdi: «Olloh taborak va taolo insonlarni sinamoq uchun bu dunyoga yuborgan...»
«Bu yigit ham sinovni gapirdi. Sinovdan kim o‘tadi? Faqat shu yigitga o‘xshaganlarmi? Biz-chi? Men adolat izlab gangib yuribman. Topamanmi uni? Topganim — sinovdan o‘tganimmi? Sinovdan o‘tganim — baxtimmi? Baxt tushunchasi shunchalar tormi?»
— Men farzand ko‘rganimda o‘zimni baxtli his qilgan edim, — dedi Zohid, masalani o‘zi uchun oydinlashtirib olish uchun. — Men ham adashganmanmi?
— Sizga bu baxtni kim berganini anglaganmisiz? Unga shukr etganmisiz? — dedi Botirov unga sinovchan tikilib.
Qamoqxonaning zax xonasida, dimiqqan havoda nafas olib, ularning baxt masalasini oydinlashtirishga kirishishlari ajab hol edi. Ular jisman bir xonada, ammo ruhan ikki olamda edilar. Shu holatda baxt xususida yagona tushunchaga ega bo‘lmoqlari mumkin emasdi. Ayniqsa Zohid mahbusning baxti nimada ekanini his qila olmas edi. Yanada oydinroq aytilsa, mahbusning baxtli bo‘lishi mumkinligi uning uchun yot tushuncha edi.
U hissiyotga berilib, asl maqsadidan uzoqlashayotganini his etdi. Botirov uning ko‘ziga begunoh farishtaday bo‘lib ko‘rina boshlagan edi. Unga «Mahbusni yaxshi xislatlarini izlama, yaxshi fazilatiga yo‘liqqan chog‘ingda ko‘zlaringni yumginu so‘roqni davom ettir», deb ta’lim berishgan. Har qanday darajadagi mahbusdan bir pog‘ona balandda turib so‘roq qilishi lozimligini ham unutgani yo‘q. Lekin Botirov ostona hatlab kirgan onidan boshlab uni chalg‘itib yubordi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:27:49
Zohid bu «dars»larga hamisha amal qilmasa-da, hozir xonasi kelganini angladi. Xayolini jamlab, «Sen u bilan bahslashgani kelmagansan, sen so‘roq qilgani kelgansan. Mahliyo bo‘lma. «O‘g‘ri qarisa — so‘fi bo‘ladi», degan maqol bor. Bu ham qilg‘iliqni qilib qo‘yib, keyin mullaga aylangandir balki...», deb o‘ziga-o‘zi tanbeh berdi. So‘ng tergovchi qiyofasiga kirdi:
— Botirov, — dedi u rasmiy ohangda, — siz bir qizni zo‘rlashda, so‘ng uning puli, kiyimlarini o‘g‘irlashda ayblanasiz. Aybingizga iqrormisiz?
Botirov suhbat mavzuining, gap ohangining keskin tarzda o‘zgarganidan ajablanmadi, balki «asl qiyofasiga kirdi», deb o‘ylab kulimsiradi. Zohid bu kulimsirash zamirida yotgan achchiq kinoyani uqdi. «Nimaga kulyapsiz?» deb ham so‘ramoqchi bo‘ldi. Biroq, yana gap chuvalishi mumkinligini anglab, savolini takrorladi:
— Aybingizga iqrormisiz?
— Odam yo‘q aybiga iqror bo‘lishi mumkinmi?
— Harholda sizga shunday ayb qo‘yib, qamashgan. Qiz ham tanish chog‘ida sizni adashmasdan ko‘rsatgan.
— Lekin u keyingi ko‘rsatmalarida tongan. Sudda ham «Zo‘rlagan bu odam emas», degan. Ammo qozilar uning gaplariga e’tibor berishmadi. Sizlarning ishingiz qiziq. Qiz «Bu emas», deb tursa-yu, ish ustida bo‘lmaganlar, «Yo‘q, shu edi», deb ishontirmoqchi bo‘lsa... Shunchalar ham tuhmat bo‘larmi? Yo Rabbim, ularga o‘zing to‘zim ber. Men bir narsaga ajablanaman, birodar, nima uchun tuhmatga osongina ishonasizlar-u, haqiqatga inonishdan bo‘yin tovlayverasizlar?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:28:14
Haqiqatdan qochish — do‘zax olovi sari bir qadam qo‘yish emasmi, vallohi a’lam?
— Qizning keyingi gaplarini haqiqat deyapsizmi?
— Siz ham ishonmaysizmi? U holda yana qayta tergov qilishingizdan naf bormi? Ishonchsiz qo‘llar bilan adolat eshigini ochaman, deb fikr qilyapsizmi?
— Quruq gap bilan haqiqatni isbot etib bo‘lmaydi. Hozircha mening ishonchimni bir chetga qo‘yib turaylik. Qiz balki keyin qo‘rqitilgandir. Balki pul berilgandir... Shunday bo‘lishi mumkin emasmi?
— Mumkin emas! — dedi Botirov qat’iy tarzda.
— Bizning ishimizda bunaqa gapidan qaytishlar ko‘p uchraydi.
— Sizning ishingizda balki ko‘p uchrar. Ammo mening «Ish»imda bunday bo‘lmagan. Bizning u qizga beradigan pulimiz yo‘q. Puldor oila bo‘lganimizda birinchi safar qamatib qo‘yishmasdi. Puldor bo‘lmaganimiz ham yaxshi ekan. Yo‘qsa, quloqlarimizgacha gunohga botar edik.
— Qo‘rqitish-chi?
— Pulsiz oila zo‘ravon bo‘larmikin? Uni kim qo‘rqitadi? Onammi? Siz... onamni ko‘rdingizmi? Bir ko‘ring... Gaplashing... Akam bilan ham gaplashing... Akam... Agar qo‘llarini chivin chaqib turganini ko‘rsalar, avval: «Shu chivinni o‘ldirish mumkinmi?» deb domladan so‘rab oladilar. Shunday odam qizni qo‘rqitarmikin?
— Unda sabab nima?
— Xudoning o‘zi qizni to‘g‘ri yo‘lga solgan, vallohi a’lam. Tuhmat tufayli qanday gunoh botqog‘iga botayotganini bilgandir. Siz uning o‘zi bilan gaplashdingizmi?
— Gaplashdim.
— Nima dedi?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:29:07
Zohid unga «Tergovchi menmanmi yo sizmisiz?» deganday savol nazari bilan qaradi. Botirov bu qarashning ma’nosini uqib, boshini egdi.
— Voqea sodir bo‘lgan kuni, ya’ni 1986 yilning yigirma birinchi dekabrida qaerda edingiz?
— Uch marta sud bo‘ldi. Ungacha necha marta so‘rashdi. Yaxshilik bilan ham so‘rashdi, yomonlik bilan ham so‘roq qilishdi. Har safar to‘g‘risini aytdim. Ikkinchi sudda gapimga ishonib oqlashdi. Lekin adolat qilgan sud yana buzildi. Uchinchisi yana qo‘shib berdi. Men hech qachon iqror bo‘lmaganman. Qiz ham ayblovni rad etdi. Lekin... Siz yana so‘rayapsiz. Hammasi qog‘ozlaringizga yozilgan-ku?
— Yozilgan bo‘lsa ham savolimga javob bering.
— O‘sha kuni ustozimni Ollohning huzuriga kuzatgan edik.
— Aniqroq ayting.
Botirov boshini ko‘tarib, Zohidga norozi qiyofada boqdi.
— Ustozimning janozalari bo‘lgan edi, — dedi sal qo‘polroq ohangda.
— Ustozingiz kim?
— Ne’matilloh alloma.
— Qaysi qabristonga qo‘ygansizlar?
— Qabristonning nomi esimda yo‘q.
— Janozani qaysi masjidda o‘qidinglar?
— Janoza hovlida o‘qilgan.
— Nima uchun masjidda o‘qilmadi?
— Jamoat ko‘p edi... Undan tashqari... o‘shanda masjid berkitilgan ekan.
— Ustozingizning uyi qaerda edi?
— Bu shaharda emas...
Botirov aytdi. Zohid daftarchasiga yozib oldi.
— Havo qanday edi o‘sha kuni?
— Sovuq edi. Maydalab qor yoqqan edi.
— Janozani kim o‘qigan edi?
— Abdunabi qori. Ustozning eng yaqin shogirdlari.
— U sizni ko‘rganmi?
— Ko‘rgan. Uch kun birga bo‘lganmiz.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:29:23
— Bularni nima uchun tergovda aytmagansiz?
— Aytganman. E’tibor berishmadi. Sudda ham Abdunabi qorini chaqiringlar, dedim. Xo‘p, deyishdi-yu, chaqirishmadi.
— O‘sha kuni ustingizdagi kiyim qanday edi?
— Ustimda... palto, oyog‘imda mahsi-kalish. Boshimda telpak. Qo‘ng‘ir quyon terisidan. Ust-boshim sizlarda... uyda emas.
— Qabristonni eslang-chi. Qaysi ko‘chalardan yurib boriladi? Jasad qaerga qo‘yilgan? Yo‘l bo‘yidami, biron daraxt yaqinidami? Balki o‘rindiqlar bordir?
— O‘rindiqmi?.. O‘rindiqning oyoqlari bor edi. Taxtalari sug‘urib tashlangan ekan. Qabristonga kelib Qur’on o‘qilmasin, degan buyruq bo‘lgan ekan.
Botirov Zohidning maydalab so‘rashidan dastlab g‘ashlandi. So‘ng ko‘ngliga chiroq yoqilganday bo‘ldi. «Harholda bu yigit qo‘l uchida ish yuritadiganga o‘xshamaydi. Ikir-chikirlarga qiziqayotganidan yaxshilikni umid qilish mumkin», deb o‘ylab barcha savollarga erinmay javob qaytardi. Zohid uning aytganlarini qog‘ozga yozib olib, suhbat so‘nggida imzo chektirdi. Tergov yakunlanganini anglagan Botirov yana «Yo Robbim, barchalarimizni o‘zing isloh ayla!» deb duo qildi.
«Men uning o‘rnida bo‘lganimda Xudodan tergovchilarga insof berishini so‘ragan bo‘lardim», deb o‘yladi Zohid. U o‘nlab jinoyatchi, guvohlarni so‘roq qilib, bugunchalik qiynalmagan edi. Nazarida bu mahbus og‘ir bir toshni uning yelkasiga qo‘yib chiqqanday tuyuldi. Bu qanday tosh — gunohlar toshimi yo mas’uliyatmi, bilmadi. Lekin og‘irligini his etdi. Tobora cho‘kib borayotganday bo‘ldi. Yelkalarini tosh ezib, zirillab og‘rita boshladi...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:29:44
                                                                                     4

So‘roqxonadan chiqib kelayotgan Zohidga soqchi boshliq yo‘qlayotganini ma’lum qildi. U «Biror rasmiyatchiligi bordir», degan fikrda qamoqxona boshlig‘i xonasi tomon yurdi. Boshliq respublika prokuraturasidan yo‘qlashgani, hoziroq yetib borishi zarurligini bildirganda «Hosilboyvachchaning murdasi topildimikan?» degan xayolga borib, Said Qodirov bilan uchrashuvga shoshildi.
Said Qodirovning stoli usti odatdagiday tartibli emasdi. U bir necha «Ish» to‘plamlarini yoyganicha nimalarnidir yozish bilan mashg‘ul edi. Eshikni taqillatib kirgan Zohidga bir qarab olib, ishini davom ettirdi. Zohid xalal bermaslik uchun iziga qaytmoqchi edi, u qog‘ozdan boshini ko‘tarmaganicha «Kiring, o‘tiring», dedi. Zohid yumshoq kursiga cho‘kib o‘tirganida «Qahva tayyorlab iching», deb qo‘ydi. Zohidning qahva ichgisi yo‘q edi. Shu bois o‘rnidan jilmadi. Yarim soat davomida xonaga sukunat hukmronlik qildi. Qog‘ozning shitirlashi, Said Qodirovning dam-badam tomoq qirib qo‘yishi sukunat hukmronligi mutlaq emasligidan darak berardi.
Said Qodirov ishini yakuniga yetkazgach, qo‘lidagi qalamni stol ustiga tashlab, kerishdi. So‘ng ko‘zlarini uqalab olib, Zohidga qaradi:
— Uzr, kattaning topshirig‘i. Betoqat bo‘lib kutib o‘tiribdi. Yuqoriga chiqishi kerak ekan. Ishlaringiz qalay?
— Yomon emas.
— Yaxshi ham emas. Sharif Namozov degan odamni taniysizmi?
— Ha. Vinzavod direktori. Prokuraturaga o‘tganimda birinchi bo‘lib shuning ishi bilan shug‘ullanganman.
— «Ish»ni oxiriga yetkazganmidingiz?
— Yo‘q.
— Nima uchun?
— Vinzavod direktori tuhmat qilganini bo‘yniga olgan ekan. Lekin... «Ish»ni men yopmaganman. Nega so‘rayapsiz?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:30:09
Krasnoyarskka yuborilgan. Hujjatlar qalbaki ekan. Moskvadan tergov guruhi kelgan. Boshlig‘i naq Azroilning urg‘ochisimi, deyman. Balki sizni hozir kutib o‘tirgandir. Har bir gapingizni o‘ylab gapiring. U bilan o‘chakishmang. Eski odatingizni qilib haqiqat talashmang. Moskvadan keladiganlarga haqiqat kerak, deb yanglishmang. Ularda ham nafs bor.
— Tushunmadim? Nima, unga pora berishim kerakmi?
— Men unaqa deganim yo‘q. Safsata sotmang, ularga haqiqat kerakmas, deb ogohlantirmoqchiman, xalos. Oshiqcha gapirib yubormasangiz bas. Uyushgan jinoyatchilik haqida umuman gap ochmang. Siz bu haqda hech nima bilmaysiz.
— Shuni aytgani chaqirtirdingizmi? — dedi Zohid norozi ohangda.
— Ha. Yana qaytaraman: ehtiyot bo‘ling. Hozirgi ishlarimizning isini chiqarmang.
Said Qodirov shunday deb qog‘ozlarini yig‘ishtira boshladi.
— Ketaveraymi? — dedi Zohid.
— Ha. Aytmoqchi, Sharipov hibsda, buni ham bilib qo‘ying.
Zohid tashqariga chiqib, sovuqdan junjikdi. Said Qodirovning maxsus chaqirib ogohlantirishi unga ortiqchaday tuyuldi. «Buncha vahima qiladi. Men qoradori bo‘yicha «Ish» ochdim. Hammasi qonuniy bo‘ldi. Uni boshqalar chiqarishdi. Vinzavod hujjatlarida qalbakilik bo‘lsa, mening nima aloqam bor?»
Ishxonasiga borguniga qadar shu fikrda bo‘ldi. Faqat xonasiga yaqinlashganida eshik og‘zida ikki notanish yigitni ko‘rib ogohlantirishning bejiz emasligini angladi.
Eshik ochmoqchi bo‘lganida yigitlardan biri yo‘lini to‘sdi-da:
— Kimsiz? — dedi dag‘al ohangda.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:30:22
Zohid o‘zini tanishtirib, guvohnomasini ko‘rsatgach, uning o‘zi eshikni ochdi. Zohid o‘zining o‘rnida o‘tirgan ayolni ko‘rib «Maskovdan kelgan Azroilning urg‘ochisi shumi?» deb o‘yladi. Zohid ichkari kirib, orqasidan eshik yopilgach, mallasoch o‘rnidan turdi.
— Arina Berger, SSSR prokuraturasidanman, — dedi-da, stol ustidagi qutidan sigaret olib, labiga qistirdi.
— Sharipov, — dedi Zohid, o‘zini tanishtirish maqsadida.
— Sharipovligingizni bilamiz, o‘tiring, — dedi Berger sigaret tutatib. So‘ng stolga omonat o‘tirdi-da, unga tikildi.
— Ish paytida qaerlarda yurganingizni rahbarlar bilishmaydimi?
— Ish paytida ish bilan shug‘ullanamiz, — dedi Zohid uning qilig‘idan g‘ashi kelib.
— Qaerda edingiz?
— Shahar turmasida.
— Siz Sharipovsiz... Sharif Namozov kimingiz bo‘ladi? Sharif... Sharipov...
— O‘zbeklarda bunday ism ko‘p uchraydi. Ruslarning Ivaniga o‘xshaydi.
— Shunaqa deng? Ruslarga o‘xshasa yaxshi... Demak, Sharif Namozov kimingiz bo‘ladi?
— Hech kimim, begona odam.
— Hali «Uni tanimayman» ham dersiz?
— Taniyman.
— Qiziq... darrov tanishingiz qiziq?
— Prokuraturadagi birinchi ishim. Hali bir yil ham bo‘lgani yo‘q. Xotiram ham yaxshi, nolimayman.
— Xotirangiz yaxshimi? Bu juda go‘zal! Hozir sinab ko‘ramiz. Mushuk-sichqon o‘ynaymizmi yo to‘g‘risini ayta qolasizmi?
— Nimaning to‘g‘risini?
— Tushunmayapsizmi? Yaxshi, lo‘nda qilib aytaymi? Gap shu bo‘lmasa: qamoqdan chiqarib yuborganingiz uchun Sharif Namozov sizga qancha haq to‘ladi?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:30:33
Bunday ahmoqona savolning bu qadar bezbetlarcha berilishini Zohid kutmagan edi. Savol xanjar bo‘lib yuragiga sanchilib, bir burab olinganday bo‘ldi.
— Bunaqa savolni... hazillashib ham berib bo‘lmaydi, — dedi u g‘azabini ichiga yutib.
— Men hazillashayotganim yo‘q, — dedi Ber-     ger. — Siz bilan hazillashay deb ikki qit’ani bosib kelganim ham yo‘q. Meni haqiqat, faqatgina haqiqat qiziqtiradi. Xotiringiz jam bo‘lsinki, men uning tagiga yetaman. Xo‘sh, yana o‘sha savolga qaytamiz?
— Namozov ishini men boshlaganman. Lekin uni qamoqdan men chiqarmaganman.
— Bilaman. Bu Keldievning ishi. U bilan gapimiz boshqacha bo‘ladi. Men siz — o‘zbeklarni yaxshi bilaman. Biringiz ikkinchingizga oshirib turasiz. «Ish»ni siz ochgansiz, agar rozilik bermasangiz Keldiev yopa olmas edi. Xo‘sh, nima uchun rozi bo‘ldingiz? Roziligingizning narxi qancha?
— Siz men bilan bu tarzda gaplashmang, haqqingiz yo‘q! — dedi Zohid, bu safar g‘azabini yashira olmay.
— Nimaga haqqim boru nimaga yo‘q, sendan yaxshiroq bilaman, — dedi Berger oyoqqa qalqib. — Sen pokmisan? Pok bo‘lsang nima uchun indamay turding? Nima uchun yuqoriga yozmading? Haqqing bor edi-ku?
— Bu mening xatoim bo‘lishi mumkin.
— Har bir xatoning o‘ziga yarasha haqi bo‘ladi.
— Men shu paytgacha birovdan pora olmaganman, bundan keyin ham olmayman.
— Bunaqa kulgili cho‘pchaklarni bolalar boqchasiga borib aytish kerak. Men bola emasman, SSSR Prokuraturasidanman! Bu «Ish», azizim, sen o‘ylaganchalik hazil ish emas. Bilib qo‘yganing yaxshi: «O‘zbek ishi»ning ikkinchi sahifasi ochilyapti. Hali ko‘p odam boradi boradigan joyiga. O‘rtoq Gdlyan aytgan: senlar bilan odam tilida gaplashib bo‘lmaydi. Senlar odam tilini bilmaysanlar. Gap shu: Namozov tan oldi. Senga ellik ming bergan ekan. Ertaga ertalab mana bu yerga, — Berger stol ustini shapatilab qo‘ydi, — yigirma besh mingni qo‘yasan. Kelishdikmi?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:30:50
«Bu Azroilning urg‘ochisi nimalar deb valdirayapti? Pora so‘rayaptimi yo sinamoqchimi? Sharipov bermagan narsasini «Berdim» degan bo‘lsa-chi? Qiynoqqa olgan bo‘lsa, aytib yuborishi hech gapmas. Xo‘sh, aytsa nima? Bir ahmoqning gapi haqiqat emas-ku?»
— Kelishdikmi? — dedi yana Berger uning o‘yga berilganini ko‘rib.
— Yo‘q, kelishmadik, — dedi Zohid qat’iy ovozda.— Men undan sariq chaqa ham olmaganman.
— Men ayol bo‘lsam ham sen bilan erkakchasiga gaplashyapman. Sen esa xotinga o‘xshab chaynalyapsan. Erkakmisan o‘zing? — Berger qo‘lidagi sigaretni pastga tashlab, etigining uchi bilan ezdi. — Yaxshi. Ertalabgacha o‘yla. Men senga shans beraman: kamerada emas, uyingda o‘ylaysan.
— O‘ylashning hojati yo‘q: undan hech narsa olmaganman.
— G‘irt ahmoq ekansan! Sen men bergan shansdan foydalanishni istamadingmi? — Berger savoliga javob kutmay, dahlizdagi yigitlardan birini chaqirdi:— Vlad!
Kiraverishda Zohidni to‘sgan qoruvli yigit hayallamadi. Eshikni ochib, ichkariga bir qadam qo‘ydi.
— Olib chiqib, kameraga tiq buni. Xom kallasini pishitib olsin. Bir tishlam non, bir xo‘plam suv ham berilmasin.
Zohid ishning bunaqasiga aylanishini kutmagan edi. Shu sababli gangib qoldi. So‘ng o‘rnidan sapchib turdi-da:
— Haqqingiz yo‘q! — dedi, ovozini bir parda ko‘tarib.
— Haqqim bor, — dedi Berger kibr bilan.
— Prokuror ruxsatnomasini ko‘rsating, — deb talab qildi Zohid.
— Ruxsatnomami? — dedi Berger, so‘ng ikki barmog‘i orasiga bosh barmog‘ini qistirib Zohidning burniga taqadi. — Mana senga ruxsatnoma! Men SSSR prokuraturasidanman, shuning o‘zi senga kifoya emasmi? Vlad, olib chiq.
Zohid qarshilik qilish befoyda ekanini bilib, Vladning oldiga tushdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:31:25

1

Asadbek tush ko‘rdi.
Qabriston... Ruhi shodlar va qabr azobini chekayotganlar diyori. Bu do‘ngliklar odamlarning jasadlari bilan birga qancha sir-sinoatlarni yashirgan ekan? Boylik yo‘lida hech narsadan qaytmagan ham, bir burda nonga muhtoj bo‘lganlar ham shunda. Unisining ham, bunisining ham boshida guvala...
O‘rkach-o‘rkach hisobsiz do‘nglik — hisobsiz qabr, hisobsiz taqdir, hisobsiz ajr...
Ayrim qabrlar ustida ajib nur jilva qiladi. Asadbekning ko‘zlari bu nurdan qamashadi. Nur oppoq qushlarga aylanib, charx ura boshlaydi. Asadbek onasining qabrini izlaydi. Ikki qabr... Yonma-yon... Qora marmartosh qo‘yilgan. Biri onasiniki, kichikrog‘i Samandarniki... Ajab manzara: bu qabrlar ustida oppoq qushlar charx urmaydi. Aksincha, olov tillari ko‘rinadi. Kimningdir oh urgani eshitiladi. Asadbek bu ovoz egasini taniydi: onasi! Samandarning o‘limidan so‘ng uyqusiz tunlarda shunday oh chekardi. «Yotgan yerlarida ham oh uryaptilarmi?» Asadbek ajablanib qabr sari yuradi, yuraveradi. Qabr esa undan qochgandek chekinadi, chekinaveradi... So‘ng... olov tillari o‘rnida onasi ko‘rinadi. Qo‘lida Samandar — xasta Samandar. Ko‘zlari yumuq. Harakat sezilmaydi. Jonsiz Samandarmi? So‘ng... otasi...
— Ada? — deb ajablanadi Asadbek, — Siz ham shu yerdamisiz?
— Hammamiz birgamiz, toychoq, — deydi otasi jilmayib.
— Yaqinda men ham kelsam kerak, — deydi Asadbek.
— Kelasan... Men kutyapman. Senga chena yasab qo‘yibman... Chenada uchishni sog‘indingmi?
— Sog‘indim ada...
— Bolam, qiynalib ketdingmi? — deydi onasi.
— Qiynaldim, — deydi Asadbek.
— Kela qol, adang chenada uchiradilar. Qara, yog‘och chena yasabdilar o‘zlari.
Asadbek atrofga alanglaydi. Chana ko‘rinmaydi. Ba’zi qabrlar ustida charx urayotgan oq qushlarga ajablanib qaraydi:
— Bular qanday qushlar? — deb so‘raydi Asadbek.
— Bular shu qabrlarda yotganlarning ruhlari. Ular u dunyoda solih farzandlar qoldirganlar.
— Siznikida olov ko‘rdim?..
— Oh... bolam... sen qabr azobi nima ekanini bilmaysan...
— Sizlar bu dunyoda halol yashadingiz, umrlaringiz azob bilan o‘tdi. Yana qanday azob bo‘lishi mumkin?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:32:02
— Solih farzand...
— Tez-tez xudoyi qilaman, qo‘ylar so‘ydiraman, machit qurdiryapman.
— Bu yetarli emas, bolam... Solih farzand amali...
— Solih farzand amali? Nima bu?..
Onasi javob o‘rniga «Oh!» deb qo‘yadi. Qabriston etagida oq tuyalar ko‘rinadi. Tuya karvoni asta yurib qabristonni tark eta boshlaydi.
— Oq tuyalar ketishyapti, — deydi onasi afsus bilan.
— Ularni qaytarish kerak, — deydi otasi.
— Mozorimizdan avliyolar ketib qolishyapti. Odamlardan iymon ko‘tarilyapti...
Asadbek o‘ylandi. Avval ham kimdandir eshitib edi bu gapni. Ha, esladi: Manzura aytib edi. Onasi ham aytyapti...
— Tuyalarni qaytaraman, — deydi Asadbek.
Onasi afsus bilan bosh chayqaydi. Otasi esa:
— Sen qaytarolmaysan, — deydi.
— Qaytaraman, — deydi Asadbek o‘jarlik bilan. Keyin... yugurmoqchi bo‘ladi. Yuguraman, deydi-yu, zil-zambil oyoqlari o‘ziga bo‘ysunmaydi. Kimdir qah-qah otib kuladi. Atrofiga alanglab kulgi egasini qidiradi. Bir do‘ng ustida Hosilboyvachchani ko‘radi.
— Ablah, sen tirikmisan, o‘lmaganmiding? — deydi Asadbek.
— Men o‘lmayman. Meni hech kim o‘ldirolmaydi, — deydi Hosilboyvachcha, — yugurma, ovora bo‘lma. Baribir yetolmaysan. Tuyalar ketib bo‘ldi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:32:14
— Yetib olaman, — deydi Asadbek. So‘ng yana yugurmoqchi bo‘ladi. Oyoqlari bo‘ysunmaydi.
Bir joyda... bo‘ri ko‘rinadi. Nimanidir ishtaha bilan yeyapti. Asadbek to‘xtab, bo‘riga tosh otadi. Bo‘ri osmonga bo‘ynini cho‘zib uvlaydi. Shu asnoda u... og‘zi qon Kesakpolvonga aylanadi.
— Haydar?! Sen nima qilyapsan bu yerda?
Kesakpolvon og‘zidan qonni oqizib kuladi. Asadbek uning o‘ljasiga qaraydi: Chuvrindi! Ko‘ksi yorilgan. Yuragi sug‘urib olingan...
— Haydar! Ablah! Nima qilyapsan?
— O‘lib qolibdi, go‘shti bekorga isrof bo‘lmasin, deb yeyapman. Ma, sen ham ye, yuragi shirin ekan.
Shunday deb qon tomib turgan yurakni uzatadi.
— Yo‘qol, hayvon! — Asadbek shunday deb chekinadi. Kesakpolvon esa yurakni cho‘zganicha uni ta’qib etadi. So‘ng yurakni tishlab, chaynay boshlaydi...
— Yo‘qol, hayvon! Yo‘qol!..
Asadbek o‘zining baqirig‘idan o‘zi cho‘chib tushdi. A’zoyi badanini ter bosgan, nafas olishi og‘irlashgan holda uyg‘ondi. Xonada havo qolmagandek tuyulib, derazani ochdi. Yopirilib kirgan muzdek havo yo‘talini uyg‘otdi. Xapdori yutsa ham kor qilmadi. Yo‘tal ovozidan sergaklangan boloxonadagi yigitlardan biri choynak ko‘tarib kirib, bir piyolada qaynoq choy uzatdi.
Yo‘tali bosilgach, Asadbek o‘rniga behol cho‘zildi.
«Shu yo‘tal olib ketadimi endi... — deb o‘yladi u.— Bitta yo‘talga qo‘shilib chiqadimi jonim? Shuncha to‘plagan boyligim bitta yo‘talning evini qilolmaydimi? Dardimga davo berolmaydigan bu boylikni nima uchun yig‘dim? Bolalarim uchunmi?.. Ha, bolalarim uchun...»
«Kimning puli bo‘lsa — o‘shaning kelajagi bor. Puli yo‘qda kelajak nima qilsin? Umuman... puli yo‘q odam bu dunyoda yashamasa ham bo‘ladi», deb yurgan odam holsizlanib yotib, o‘zini o‘zi ovutardi. Hozir unga «Puldorning ahvoli shumi? Puldor odamning kelajagi — kafanmi?» deydigan odam yo‘q. Bunday fikr qorong‘ulikdagi aqlning qay bir qirralarini yoritadi. Lekin u mazkur haqiqatni tan olishni istamaydi. «Nima qilgan bo‘lsam bolalarim uchun edi», deb o‘zini o‘zi ishontirmoqchi bo‘ladi...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:32:31
«O‘zim yo‘qchilikka chidardim. Manzura ham chidardi. Bolalar zoriqmasin, dedim. Bolalarim... o‘lim oldidan ularni ko‘rish nasib etadimi? Ularga nima deyman? Ha... «Rozi bo‘linglar», deyman. Zaynab... rozi bo‘larmikin? Balki... ko‘nglim uchun «roziman», der. Lekin... Men uni baxtsiz qildim. Har nima bo‘lganda ham otarchiga uzatmasligim kerak edi. Mendan katta xatolik o‘tdi... Otarchini o‘ldirishim kerak edi... Ojizlik qildim... Mahmudga aytib qo‘yishim kerak... Mendan keyin uni o‘ldirsin... Yo‘q... Balki bundan bu yog‘iga yaxshi yashab ketishar?..
Odamlar «Kishi qachon o‘lishini bilsa, yuragi yorilib o‘ladi», deyishardi. Men nimaga talvasaga tushmayapman? Nega qo‘rqmayapman? O‘lishim aniq bo‘lib qoldi-ku? Lekin qachon? Ertagami? O‘n kundan keyinmi yo o‘n oydan keyinmi? Yo‘-o‘q... o‘n oyga bormasam kerak. Balki... ertalabgacha o‘larman. Yana bir yo‘tal tutsa... jonim ham chiqib ketar?..»
Shu xayollar og‘ushida yotgan Asadbek qaysi bir xudoyida, qaysi bir mulla aytgan rivoyatni esladi:
«Xorun ar-Rashiddan so‘rabdilar:
— Ichayotgan bir qultum suvingiz uchun haq so‘rasalar nima berar edingiz?
— Yarim davlatimni, — debdi Xorun ar-Rashid.
— Agar ichgan suvingiz tashqariga qaytmasa, qaytarish haqqiga nima berardingiz? — deb so‘rabdilar.
— Qolgan yarim davlatimni, — debdi Xorun ar-Rashid.
— Demak, davlatingizning qadri bir qultum suv ekan-da, — deb xulosa chiqargan ekanlar...»
Bexos yodiga tushgan bu rivoyat mag‘zini avval chaqib ko‘rmagan, shunchaki bir cho‘pchak sifatida qabul qilgan edi. Rivoyatga yashiringan falsafani shu yotishda angladi.
«Mening davlatim esa birgina nafas, — deb o‘yladi u. — To‘yib-to‘yib nafas olishga zor bo‘lib o‘laman. Jonim yo‘tal bilan chiqsa o‘lganimni bilmay ham qolishadi. Birov xabar olguncha sasib yotaveraman. Jag‘imni tang‘ishadi, oyoqlarimni bog‘lashadi. Dod-voy... Kim yig‘laydi?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:32:57
O‘g‘illarim uzoqda. Zaynab dod solar balki... Yana bir-ikki xotin qo‘shilar... Xotinlarning yolg‘ondan bo‘lsa ham yig‘lab turgani yaxshi. Bo‘lmasa bu uydan o‘lik chiqqanini birov bilmaydi. Xotinlarning yig‘isisiz o‘likning ham fayzi bo‘lmasa kerak... Manzura yetib kelsa bu yog‘ini o‘zi eplashtiradi!           Yo‘-o‘q... u yig‘lamaydi. Jalilning onasi o‘lgandamidi... ha, o‘shanda yig‘isini eshitib «Dodlashni ham o‘rniga qo‘yar ekansan, o‘lsam maza qilib eshitib yotaman», deb hazillashganimda «Voy adasi, xotinlar eriga yig‘lamaydi, ayb bo‘ladi», degan. Qiziq... nima uchun ayb bo‘ladi? Manzuraning yig‘lashi shart ham emas. Balki... qutulganiga shukr qilar?.. Menga tekkanidan      beri boshi tashvishdan chiqmaydi. Endi yayrayman, deganida bolalarni o‘qishga jo‘natdim. Keyin chet elga yubordim. Ularni sog‘indi. Sog‘indi-yu, «Sog‘inyapman», deb zorlanishga mendan qo‘rqdi. Qiziq... urmasam ham mendan qo‘rqadi-ya... Zaynabning tashvishi uni tamom qildi. Yaxshi hamki keyingi voqealardan uzoqroqda. Bilsa yuragi yorilib ketardi. Kelinlarini boshlab kelib rohat ko‘raman, deganida men cho‘zilib yotsam... Bir jihatdan u kelgunicha jo‘navorganim ham yaxshi. O‘ligimni ko‘rmasa bir-ikki kun yig‘lab, keyin ko‘nikib qoladi... Meni tanish-bilishlarimning o‘zlari joyimga olib borib qo‘ya qolishadi. Janozaga tizilishadi. Domla aql o‘rgatadi. Nima deydi? «Odam oxir-oqibat o‘lmoq uchun bu dunyoga keladi», deydimi? «Pensiyaga chiqqandan keyin namoz o‘qiyman, deb kutmanglar, mana bu birodarimiz ham pensiya yoshiga yetmabdilar. O‘lmasingizdan oldin bir marta bo‘lsa ham peshonangiz joynamozga tegsin», deydimi? Yo «Yog‘och otga minib kelmasingizdan avval o‘z oyog‘ingiz bilan masjidga kelib turing», deydimi? Keyin «Marhumning yaqinlari kim?» deb so‘raydi. Kim chiqadi? Haydarmi? Mahmudmi? Yo‘q, Jalil chiqadi. «Marhum birovdan qarz olgan bo‘lsa, to‘layman», deb so‘z beradi. Tentak. Mening kimdan qarzim bor ekan? Odamlar mendan qarz. Lekin ular qarzlarini keltirib berishmaydi. O‘lganimdan xursand bo‘lishadi. Balki o‘shalar «Tezroq o‘la qolsin» deb duo qilishayotgandir... Men... Jalildan qarzman. Ha... qarzim bor undan. Hovli-joy olib berishim kerak edi. Mahmudga tayinlab qo‘yishim kerak, mendan keyin olib bersin. Keyin... ko‘tarishadi. Tobutning bir chekkasidan ushlash savob ekan. Meni ko‘tarish ham savobmi? Odam yig‘iladi? Yuztami, mingtami? Shundan qanchasi xursand, qanchasi xafa?.. Joyimga yotqizishib, bir kaftdan tuproq tashlashadi. Joyim... joyim qop-qorong‘i lahadmi? Keyin... «Asadbek qanaqa odam edi?» so‘rashadi. «Yaxshi odam edi», deyishadi. Ha... Bu gaplari to‘g‘ri bo‘ladi. Dunyodagi eng yaxshi odam — o‘lik odam. Chunki u birovga yomonlik qilmaydi...»
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:33:20
Shu fikrga kelgan Asadbek qaddini ko‘tardi. Nazarida shu yotishida o‘lib qoladiganday tuyulib      o‘rnidan turdi. Shu paytgacha o‘limini o‘ylaganida uncha cho‘chimayotgan edi. Hozir lahadda yotishi ko‘zi oldiga kelganda sovqotayotgan odamday etlari junjikdi. Qo‘rqdi. O‘limidan emas, lahadda yotishidan qo‘rqdi.
Lahad — u dunyo ostonasi. Asadbek bu ostonada o‘zini nimalar kutayotganini, qanday savol-javobga mubtalo bo‘lishini o‘ylamadi. U qorong‘u, zax lahadda yolg‘iz yotishdan qo‘rqdi. Nopok dil ila, imonsizlik ila o‘z umrini vayron qilishdan qo‘rqmagan odam lahadda yotishdan qo‘rqdi. Tushida onasi aytgan qabr azobi nima ekanini bilmay turib, lahadga tushishdan qo‘rqdi...
Nazarida uy torayib lahadga aylanayotganday bo‘ldi. Yuragi o‘ynab, deraza tokchasidagi tugmani bosdi. Xastalikka chalinganidan keyin Chuvrindining topshirig‘i bilan barcha uylarga qo‘ng‘iroq tugmalari o‘rnatilgan, Asadbek boloxonadagi yigitlarni shu tugmalardan birini bosib chaqirardi.
Navbatchi yigit hayallamadi.
— Jalil akangni olib kel, — dedi Asadbek unga.
Navbatchi yigit uzoqlashgach, Asadbek yana qo‘ng‘iroqni bosdi-da, iziga qaytib «Labbay, Bek aka» deganicha qo‘l qovushtirgan yigitga:
— Jalilnimas, Mahmud akangni top, — deb buyurdi.
Asadbek Jalilni ko‘rmoqni istagan edi. Lekin «Men ping‘illasam, u bobillasa dilim xufton bo‘lar», degan o‘yda ko‘ngliga qarshi ish qildi.
Chuvrindini chaqirtirishga chaqirtirdi-yu, «Yarim tunda ovora qilishim shartmi?» deb o‘yladi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:33:33
O‘zini xayolan lahadda ko‘rganidan so‘ng uyda yolg‘iz qololmas ham edi. U Chuvrindi kelgan taqdirda ham bu uyda ko‘ngli osoyish topmasligini bilib, yana qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi-da, ostonada ko‘ringan yigitga «Chaqirma. Mashinani olib chiq. Idoraga boramiz», dedi.
Xo‘jayinning yarim tunda kelishi Bo‘tqa uchun kutilmagan holat sanalardi. To‘g‘ri, u Bek akasi kunning istalgan vaqtida paydo bo‘lishi mumkinligini biladi, hamisha shunga shay turadi. Ammo uyida dam olib yotgan odamning yarim tunda yo‘lga chiqishi uni bir oz xavotirga soldi.
Zamon sal qaltislashgani sababli keyingi oylarda tungi maishatlar asosan to‘xtatilgan bo‘lsa-da, ayrim ko‘ngli nozik akaxonlar hanuz bu yerto‘laga qo‘nib turishardi. Bu tun ham kichik ulfat aysh surayotgan damda Asadbekning tashrifidan ogoh bo‘lindi-yu, tezgina tarqalindi. Bo‘tqa «Bek akam kennayimsiz sal qiynalgandirlar», degan o‘yda har ehtimolga qarshi, o‘z ta’biri bilan aytilganda ikkitagina «qushcha»ni uchirib yubormay, olib qoldi.
Videobardagilar uy-uylariga jo‘nagan bo‘lsalar-da, ulardan meros qolgan aroq hidi, sigaret tutunlari hali tarqamagan edi. Asadbek ichkari kirishi bilan Bo‘tqani bo‘ralab so‘kdi.
— Yig‘ishtir demaganmidim bu ishlarni! — deb, qulochkashlab urdi.
Zarba kuchli emasdi. Shu bois Bo‘tqa bir tebrangan bo‘ldi-yu, yiqilmadi. Aslida bu zarbaga chap berishi mumkin edi, ammo xo‘jayinning muborak qo‘llari quruq qaytmasin deb jag‘ini tutib bergan edi.
— Akaxonlar iltimos qilishuvdi, yo‘q deya olmadim, — dedi aybdor bolaning holatida.
— Kim u akaxonlaring?
Bo‘tqa Asadbek hurmat qiladigan ikki odamning nomini aytishga aytib, «Ishqilib tekshirib qolmasin-da», deb cho‘chidi. Agar bu odamlarning bugun kelmagani Asadbekka ma’lum bo‘lsami, bir-ikki musht bilan qutulolmasligini u yaxshi biladi. U hojasiga yolg‘on gapirish mutlaqo mumkin emasligini yodida saqlasa ham ba’zan shunaqa aldovlardan foydalanishga majbur bo‘lardi. Xayriyatki, bu safargi yolg‘oni uni malomatdan qutqardi.
Asadbek to‘g‘riga, ish yuritadigan xonasiga emas, chapdagi xos xonaga kirib, divanga yonboshladi-da, ostonada buyruqqa mahtal turgan Bo‘tqaga qarab:
— Nimang bor, olib kel, — dedi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:33:52
Bo‘tqa shu turishida egasining ko‘ziga mo‘ltillab qarab, dumini likillatayotgan ko‘ppak holatida edi. U hojasining ko‘ngli nima tusayotganini bilganday videoga xorij filmini qo‘ygach, dasturxon tuzash tadorigini boshladi. O‘zi oshxonada masalliqlarni tayyorlab turdi. Olib qolgan ikki «qushcha»si esa xizmatda bo‘ldi. Oq harir ko‘ylakdagi «qushcha»lar xonaga go‘yo suzib kirdilar. Ichimlik, yemaklarni karashma bilan qo‘yib, karashma bilan chiqdilar.
Asadbek bu yoqqa kelayotganida qizlar bilan maishat qilishni o‘ylamagan edi. Uning maqsadi uyidan sal chetroqda bo‘lish, ko‘z oldiga keltirgani — lahadda yotish manzarasidan uzoqlashish, biror piyola aroqni simirib sarxush bo‘lish edi. Qizlarni ko‘rgach vujudida shahvat uyg‘ona boshladi. Yaqindagina lahadda yotishdan qo‘rqqan odam bu dunyoning jannatida huzur qilishni a’loroq deb bildi.
Adashgan bandagina hayotning lazzati sharob va zinoda deb biladi. Buning aldamchi lazzat ekaniga aqli qosir bandaning fahmi yetmaydi. Sharob va zino lazzati danak ustini yalamoq kabidir. Chin lazzat esa danak ustida emas, mag‘zida ekanini anglamoq shu qadar mushkulmi? Bu danak aql bilan chaqiladi. Aql shu darajada zaifmi? Chin lazzat — ruh lazzati ekanini Asadbek ham bilmaydi. U aroqni quyib ichib, televizorga tikilgach, vujudida o‘t alanga oldi. Qizlar kirgach, birini yoniga chaqirdi. Qizlardan biri chaqirilgan bo‘lsa-da, ikkinchisi noumid chiqib ketmay, dugonasiga ergashib yaqinlashdi. Bo‘tqadan aniq ko‘rsatma olgan «qushcha»lar bu kasalmand, behol odamning ko‘nglini ovlashga tushdilar. «Bu odam xastaga o‘xshaydi, kasali yuqib qolmasmikin?» deb mulohaza ham qilib o‘tirmadilar. Yaxshi xizmat uchun yaxshi haq olishlari ularni bunday mulohazalardan benasib etardi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:34:06
Qizlardan birining labiga labini bosib, so‘ng noz bilan «Oh!» deb qo‘yishi Asadbekning boshiga gurzi kabi urildi — u go‘yo qizi Zaynabning ovozini eshitganday bo‘ldi.
O‘sha sharmandali kunda, uchinchi qavatda, eshik o‘rniga tutilgan parda ortidan Zaynabning shunday ovozi kelgan edi. Oradan kunlar o‘tganiga qaramay Asadbekni bu ovoz holi qo‘ymasdi. Dam-badam eslab, yuragi zirillardi.
Hozir yana o‘sha ovoz...
Faqat...
Faqat hozir boshqacha ohangda eshitilganday bo‘ldi.
Hozir...
Hozir nechundir unda shahvat ohangi yo‘q edi.
Hozir... «Oh, otajon!» deganday nola bor edi.
Asadbekning ko‘z oldi qorong‘ulashdi.
Avval...
Avval chiroq o‘chganday bo‘ldi.
Zim-ziyo tun...
Sukunat...
Yo‘q, qora tun emas.
Qora tun chekindi.
Uning o‘rniga... qonli tun bosdi.
O‘sha sharmandali kunda, qalbiga o‘lim baytlari yozilganini bilmay eshik o‘rniga parda tortilgan xonada ayshini surayotgan yigit tanasidan sachragan qon devordan sizib oqqani kabi qon seli bosti-rib keldi. Avval tizza bo‘yi, so‘ng bo‘g‘zigacha chiqdi.      So‘ng... tamoman qon ko‘liga g‘arq bo‘ldi. Nafasi qaytdi.
Barchasi bir necha soniyada yuz berdi. Asadbekning boshiga urilgan gurzi uning aqlini tamoman shol qildi. Agar ikkinchi qiz ham nozli tarzda ovoz bermaganda Xudo biladi, bu shollik qancha davom etardi. Ana shu nozli ovoz ikkinchi gurzi bo‘lib miyasiga urildi. Ikkinchi gurzi uning aqlini shollikdan qutqardi. Ko‘z oldi ravshanlashdi. Ammo oq harir ko‘ylakdagi qizlar qora libosdagi ajinalar kabi ko‘rinib, ularni siltab tashladi. Bunday zardani kutmagan qizlar qo‘rquv aralash qichqirib yubordilar. Bu chinqirish Asadbekka yulishga shaylangan mushukni eslatib, irg‘ib o‘rnidan turganicha ularni tepib qoldi. Qizlarning chinqirig‘ini eshitib yugurib kirgan Bo‘tqa ko‘zlari kosasidan chiqay deb turgan hojasining ahvolini ko‘rib, qo‘rqib ketdi. Asadbek tepki bilan qanoatlanmay, stol ustida nima bo‘lsa bir-bir ota boshladi. Bo‘tqa soniyalik sarosimasini yengib, hojasi qarshisiga yugurib keldi-da, uni mahkam quchoqlab oldi.
— Bek aka, jon Bek aka, sizga nima bo‘ldi? O‘zingizni bosing. Bek akajon, — deb ovuta boshladi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:34:33
Bo‘tqaning kuchli quchog‘idan chiqa olmagan Asadbek endi og‘ziga kelganini qaytarmay so‘kina boshladi. Keyingi yillar ichi tilga olmay qo‘ygan so‘kishlar ham to‘g‘onni buzgan oqim kabi quyulib kelaverdi. Asadbek so‘kaverdi, Bo‘tqa esa «Bek akajon!» deb uning yelkalarini silab ovutaverdi... Nihoyat hukm yangradi:
— Hayda! Hayda qanjiqlarni... Shu yoshdan-a... Qip-yalangoch holicha hayda!
— Bek akajon, sovuq-ku? — deb e’tiroz bildirmoqchi bo‘ldi Bo‘tqa.
— Hayda! Sovuqda shamollab o‘lsa yana yaxshi. Ikkita shilta kamayadi.
— Xo‘p bo‘ladi, Bek aka.
Bo‘tqa amrni ijro etmoq uchun hojasini quchog‘idan bo‘shatgani hamon jag‘idan musht yedi.
— Sen haromini chotingni yirib osaman! Sen hali qalang‘i-qasang‘i akaxonlaringning nushxo‘rtini menga ravo ko‘rdingmi?
— Bek aka, jon xo‘jayin, unaqa demang, ular tegishmadi. Bular svejiylaridan edi, — deb o‘zini oqladi Bo‘tqa.
Bu e’tirozi evaziga yana bir musht yegach, «Men bularni chiqarib yuboray», deb chekindi.
Asadbek xoli qolgach, divanga cho‘kib o‘tirib boshini changalladi. Hozirgina qiy-chuvga to‘lgan xonani sukunat zabt etdi. Sukunat hukmidan uning quloqlari shang‘illay boshladi. Shu darajada shang‘illadiki, nazarida quloqlariga jon berib turgan tomirlari yorilib ketganday tuyuldi. Ana shu sukunat shovqini orasida Jalilning ovozi eshitilganday bo‘ldi. Asadbek uning ovozini eshitmaslik uchun quloqlarini kafti bilan berkitdi. Lekin bu foyda bermadi. Jalilning ovozi sukunat shovqinini bosib, jaranglab eshitildi:
«Xudodan qaytibdi... Sen maishat qilgan qizlarning ham ota-onalari bor edi, ular ham ezilgandir... Xudoga nolalar qilgandir... Xudo kar emas, bu ohlarni eshitgandir?..»
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:34:43
«Bo‘ldi, gapirma!» deb pichirladi Asadbek ingrab.
«Xudodan qaytibdi...»
«Gapirma deyapman, bo‘ldi qil», deb yana pichirladi Asadbek.
«Xudo hamma narsani ko‘rib, bilib turadi...»
«Bo‘ldi! Bo‘ldi, deyapman!»
Bu safar baqirib yubordi.
Qizlarni kuzatib qaytgan Bo‘tqa ostonada cho‘chib to‘xtadi. So‘ng tez yurib kelib hojasi qarshisida tiz cho‘kib, bilagidan ushladi.
— Xo‘jayin, jon xo‘jayin...
Bo‘tqaning ovozi sukunat shovqinini ham, Jalilning aks-sadoli tovushini ham quvib chiqardi.
Asadbek yana bir necha fursat qimir etmay o‘tirdi. So‘ng o‘zicha «Gaplaring to‘g‘ri, og‘ayni. Sen hamisha to‘g‘ri gapirgansan», deb qo‘ydi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:35:13
                                                                                              2

Kesakpolvon Jalilga bergan va’dasiga ko‘ra shom chog‘ida unikiga kirib keldi. Shom namozini o‘qib chiqqan Jalil u bilan ko‘risha turib, oshkora tarzda burnini jiyirdi. Jalil maktabda o‘qib yurgan chog‘larida ham uni xushlamasdi. Asadbekka bir necha marta «Shu boladan nariroq yur», dedi. Keyin indamay qo‘ydi, ammo yomon ko‘rishini hech vaqt yashirmadi. Kesakpolvon buni yaxshi biladi. Lekin Jalilning gaplarini hazil deb bilib, tirjayib yuraveradi. U Jalilning Asadbekka ta’sir o‘tkaza olishga qurbi yetishini bilgani uchun ham har qanday haqoratu so‘kishlariga chidaydi.
— Bunaqa sasib yuradigan bo‘lsang kelma, devdim-ku?
— Okaxon, bugun og‘zimga olmadim. Bu kechagining hididir. Bo‘ldi, endi tavba qildim. Ikkinchi qaytarilmaydi, — dedi Kesakpolvon.
— Sening tavbang nima-yu, laychaning angillashi nima.
— Ee-zvoring-a, ezzvoring... — dedi Kesakpolvon kulib.
Jalil stol ustidagi qog‘oz xaltaga qaradi-da, bir uchi ko‘rinib turgan kolbasani tortib chiqardi:
— Bu nima? — dedi zarda bilan.
— Ha, endi quruq kelmay dedim, bolalarga...
— Senga birov «Jalilning bolalari harom narsa yeydi» devdimi?
— Ie, nega harom bo‘larkan? Hozir iskaladga kirib oldim. Otliqqa ham yo‘q, bu zo‘ridan, okaxon.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:35:23
— Zo‘rimi? — Jalil shunday deb derazani ochdi-da, pastga bir qarab olib, so‘ng kolbasani ko‘chaga irg‘itdi.
— Iy-ya, — dedi Kesakpolvon ajablanib, — yemasangiz nega isrof qilasiz?
— Haromni it-mushuklar yesin. Bironta musulmonning halqumini harom qilmasin.
— Obbo... — dedi Kesakpolvon, ensasi qotib.
Jalil qog‘oz xaltaning ichiga qaragan edi, Kesakpolvon:
— Bunisi go‘sht. Qassobniki. Happai halol, — deb izoh berdi.
— Sening qo‘lingga tushguncha halol bo‘lgandir. Buni ham harom qilibsan. Olib ket, o‘zing ye.
— Nega harom bo‘larkan. Qassobniki axir?
— Harom kolbasang tekkan unga.
— Ob-bo... ja-a tor olib yuborasiz-da, okaxon. Bo‘pti, o‘zimizga tan, yana buni ham tashlab yubor-     mang. — Jalil shunday deb qog‘oz xaltani olib ostonaga yaqinroq yerga qo‘ydi.
Jalil Kesakpolvonning tezroq chiqib ketishini istab, unga savol nazari bilan tikildi. Kesakpolvon mezbonning maqsadini angladi. Ammo daf’atan muddaoni aytolmay, cho‘ntagidan sigaret chiqardi.
— Bu yerda chekma, — dedi Jalil, undan nigohini uzmagan tarzda.
— Ob-bo... — dedi Kesakpolvon norozi ohangda, — odam deganni shunaqangi ez-zib, qon qilib yuborasizmi, a?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:35:36
Jalilning tiliga «Sen hali odammisan?» degan kinoya keldi-yu, biroq, haddan oshirib yubormay, deb gapini ichiga yutdi-da:
— Menda ishing bormidi? — degan savol bilan Kesakpolvonning mushkulini oson qildi.
— Ishmi?.. Ha, ish bor... Lekin bu ish emas, maslahat. To‘g‘rirog‘i ikkalamizga tegishli ish.
— Ikkalamizga? Men sen bilan hamtovoq bo‘lmagandim shekilli? Chaynalmay, dangalroq gapir.
— Bu... dadil aytadigan gap emas-da... Keling, bir chekib olay, bo‘lmasa, yorilib o‘laman.
— Bo‘pti, chek, yorilib o‘lsang, yana tovoningga qolib yurmay, — Jalil shunday deb derazani qiya ochdi-da, yoniga stul qo‘ydi. — Shu yerda o‘tirib chek, uyni sasitma.
Kesakpolvon bir-ikki tutatdi-da, Jalilga qaramagan holda so‘radi:
— Asad... Krasnoyarda kasal bo‘libmidi?
— Ha... — dedi Jalil uning bu holatiga tushunmay. — Nimaga so‘rayapsan?
— Do‘xtirlar ko‘rishdimi, nima deyishdi?
— Shamollagan ekan. Bir hafta yaxshi qarashdi.
— Bir hafta... Shamollagan odamni bir hafta qararkanmi?
— Nima demoqchisan?
Kesakpolvonning mujmalligi Jalilning g‘azabini qo‘zg‘atdi, ayni chog‘da xavotirga ham soldi.
— Bekning yo‘tali menga yoqmayapti, — dedi Kesakpolvon sigareta burqsitib.
— Yo‘tali ancha cho‘zildi... Menga qara, sen nega mijg‘ovlanyapsan? Maqsadingni ayt.
— Maqsadmi?.. Okaxonim, hammaga aql o‘rgatasiz, duch kelganni bobillab so‘kib, qopasiz-u, oshnangizning ahvolini bilmaysiz.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:35:48
— Gapni cho‘zma, deyapman!
— Bekning kasali og‘ir. Tuzalishi qiyin bo‘lgan kasaldanmish. Lekin u yashiryapti.
— Tuzalishi qiyin?.. Qanaqa kasal?
— Qanaqa kasal?! — Kesakpolvon jahl bilan o‘rnidan turdi-da, barmog‘iga qistirib turgan sigaretini tashqariga otdi. — Galvarsmisiz? Yo merovmisiz? Kasali — rak! Endi tushundingizmi?
— Sen... bola, valdirama! — deb baqirdi Jalil. — Yomon nafas qilma!
— Yomon nafas emish... Yomon nafas emas bu. Do‘xtirlarning xulosasi shunaqa. Bu Krasnoyardayoq ma’lum bo‘lgan.
— Bekor aytibsan! Ma’lum bo‘lganida men bilardim.
— Katta ketmang. Buni faqat ikki kishi biladi: Asadu Mahmud.
— Sen-chi? Sen qaerdan bila qolding?
— Uchinchi odamdan... do‘xtirdan.
— Olib kel o‘sha do‘xtiringni.
— Yo‘q, u kelmaydi, kelolmaydi.
— Nega?
— U «Hech kimga aytmayman», deb qasam ichib, so‘ng qasamini buzgan. Bek qasamini buzganlarni kechirmaydi. Bu gap oramizda qolsin, a?
— Ishonmayman.
— Ishonmasangiz ham bir ishni qilish kerak. Bek o‘limni bo‘yniga olganga o‘xshaydi. U ahvolidan boshqalarning xabar topishini istamayapti. Uning hozir birdan-bir sirdoshi — Mahmud. Nega ming yillik qadrdoni — siz emas, men emasman, nega Mahmud?
— Uni yaxshi ko‘radi. Ukasiga o‘xshatadi...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:36:02
— Yaxshi ko‘rishini bilaman. Lekin Mahmud-chi? Nega u hech bo‘lmaganda siz bilan meni ogoh qilmayapti? Fikri buzuq u bolaning! Bekning o‘limi — uning to‘yi bo‘lishi mumkin. U Bekning o‘rnini egallashni niyat qilgan. Shu sababli mendan yashiradi.
— Bu endi o‘zlaringning ishlaring. Asadga bir nima bo‘lsa o‘sha zahoti bir-birlaringning go‘shtlaringni yeyishni boshlaysanlar. Ammo bilib qo‘ylaring: hammang xor bo‘lib, qirilib ketasanlar. Xudo senlarni jazosiz qoldirmaydi.
— Shu yerda tormozni bosing, okaxon. Shu yerda birpas to‘xtang. Siz meni bilmaganday gapirasiz-a... Agar Azroil kelib «Qaysi birlaringning joningni olay?» desa men o‘zimni ro‘para qilaman. Asad... o‘lmasligi kerak, o‘lmaydi... Do‘xtirlardan ish chiqmaydi. Ular janozani o‘qib bo‘lishgan. Lekin bir odam bor ekan. O‘sha tuzatishi mumkin ekan. Men uning oldiga bordim. Eshshakdan battar qaysar bir chol ekan. «Bormayman, kasalingni ko‘rmayman», deb turib oldi.
— Kim ekan u?
— E, bir qari chol o‘zi... — Kesakpolvon Abdurahmon tabib bilan bo‘lgan uchrashuvni qisqa tarzda bayon qildi. Uning uloqchi otlarini otib tashlashni buyurganini esa aytmadi.
— Asadni olib boramiz, — dedi Jalil bir oz mulohaza qilgach.
— Ovora bo‘lmang, bormaydi. Bek tabiblarga ishonmaydi. Og‘ayningizning ham eshshakka o‘xshagan qaysar fe’li bor, bilasiz-ku... Ayniqsa, kasalidan xabar topganimizni bilsa, yomon bo‘ladi... O‘sha tabibning oldiga... siz borib keling.
— Men borsam kelarkanmi?
— Keladi... U esh-shak mendaqalarni yoqtirmas ekan. Kambag‘alparvar emish. Uni uyingizga olib kelsangiz, Asadni bir bahona bilan chaqiramiz.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:36:56
Kesakpolvonning bu ehtiyotkorligi Jalilga yoqmadi. Bir ko‘ngli hoziroq oshnasining oldiga borib, «Nega kasalingni mendan yashirasan, tur, ketdik, tabibga!» demoqchi ham bo‘ldi. Keyin esa, do‘stining xastaligiga e’tiborsiz qaragani uchun o‘zini o‘zi koyidi. Kesakpolvonning fikrlarida ma’no bordek tuyulib, o‘ylanib qoldi.
— O‘zingiz bormasangiz bo‘lmaydi, — dedi Kesakpolvon.
— Bo‘pti, ertalabgacha bir mulohaza qilib ko‘ray. Borsam boraveraman.
— Ertalabgacha kutib nima qilasiz? Mashina tayyor.
— Mana bu kallani Xudo o‘ylab ish yuritish uchun yaratgan. Ertalab beshda kelasan.
— Gap yo‘q, o‘g‘il bola! — dedi Kesakpolvon uning ko‘nganidan quvonib. Beshu nol-nolda shu yerdaman.
U shunday deb eshikka yaqinlashganida Jalil uni to‘xtatdi:
— Gap shu: bilib qo‘y, sen bormaysan.
Kesakpolvon bu shartga bajonidil rozi bo‘lib, kulib qo‘ydi.
Jalil tuni bilan uxlamadi. Uning bezovtaligini sezgan Qamara «adasi, mazangiz bo‘lmayaptimi?» deb mehribonlik qilib, shuning evaziga «shiringina» so‘kish eshitib oldi. Bunaqa paytda eri duch kelgan odamga nishini sanchishi mumkin ekanligini bilgani uchun boshqa indamadi.
Jalil uyiga sig‘madi. Ko‘chib kelganidan beri endi uyi tor, juda tor tuyuldi. Devorlar uning ustiga tog‘ qoyalari kabi bostirib kelib, bo‘g‘ganday bo‘ldi. Oshxonaga chiqib, muzdek suv simirdi. Mehmonxonada u yoqdan-bu yoqqa yurdi. So‘ng... kiyindi. Ko‘chaga chiqdi. Asadbeknikiga bormoqni niyat qilib, mashina to‘xtatdi. Haydovchi mashinasini yurgizishi bilan tirikchilik og‘irlashganidan shikoyat qilib, «bola-chaqaning rizqini deb yarim kechada yurganini» aytganida Jalil haqni tuzukroq to‘lashi lozimligini uqib, g‘ijinib qo‘ydi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:37:27
Boshqa payt bo‘lganida mashinani to‘xtatib, tushib qolardi yoki haydovchiga «shirin» gaplaridan uch-to‘rttasini aytib ko‘ngil g‘uborini yozardi. Hozirgi kayfiyati, sharoiti unisini ham, bunisini ham ko‘tarmadi. Indamay ketaverdi. Mashina Asadbekning darvozasi qarshisiga yetganda «to‘xtat», deb buyurdi-da, cho‘ntagiga qo‘l soldi. Ko‘chaga pulsiz chiqib kelavergani shundagina ma’lum bo‘ldi.
— Uka, xayol qursin, pul uyda qolibdi. Birpas kuting, kiramanu chiqaman. Qaytib borgandan keyin xursand qilaman, — dedi Jalil xijolat bo‘lib.
— Bratan, ro‘lda uxlab qolay deyapman. Qaytib olib borolmayman.
— To‘xtab turing bo‘lmasa, — Jalil shunday deb darvoza tomon yurdi. Uni tanigan yigitlardan biri derazani ochib, salom berdi.
— O‘n so‘m berib tur, — dedi Jalil uning salomiga alik olib.
Yigit pastga tushib mashina tomon yurganida Jalil uning yo‘lini to‘sdi.
— O‘zim berib qo‘yaman, — dedi yigit.
— Senlarning pulni qanaqasiga berib qo‘yishlaringni bilaman. O‘zimga ber, — dedi Jalil.
Yigit kulib, cho‘ntagidan pul chiqarib berdi.
Mashina ketgach, Jalil darvozaxona tomon yurdi.
— Xo‘jayin yo‘qlar, — dedi yigit unga ergashib.
— Nega yo‘q bo‘ladi? Qayoqqa ketdi?
— Bir yoqqa ketuvdilar, — dedi yigit mujmallik bilan.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:38:39
— O‘zi sog‘mi? — dedi Jalil ostonada to‘xtab.
— Xudoga shukr, sog‘lar. Bizning kulbaga chiqib o‘tira turing. Choy-poy qilamiz, — dedi yigit.
— Yo‘q, men ketdim bo‘lmasa. Sen... mening kelganimni xo‘jayiningga aytma. Soating nechchi bo‘ldi?
— Uch, — yigit bilagidagi soatga qarab oldi.
— Meni uyimga olib borib qo‘ya olasanmi? — dedi Jalil.
Yigit «Gap yo‘q, okaxon», dedi-da, darvozani ochib, mashinani olib chiqdi.
Jalil manziliga yetib, mashinadan tushgach, o‘rnida bir oz turib qoldi. Uyiga kirgisi kelmadi. Izg‘irinli shamol turib, badaniga sovuqning ignalari sanchilganida ham issiq o‘rniga shoshilmadi. Dastlab Kesakpolvonning gaplari unga uydirma bo‘lib tuyulgan edi. Vaqt o‘tgani sayin, o‘y o‘ylagani sayin bu uydirma haqiqatga yaqinlashib, u xavotir olovida qovjiray boshladi. O‘tayotgan vaqtning har daqiqasi do‘stining o‘limi oniga shoshayotganday tuyulib, Kesakpolvon aytgan vaqtda yo‘lga chiqmagani uchun afsuslana boshladi.
Bir necha fursat haykal singari qotib turgach, yuziga shamol keltirib urgan mayda yomg‘ir tomchilaridan seskanib asta yura boshladi. Yo‘lakka yetib borgach, ichkariga qadam qo‘ygisi kelmay, iziga qaytdi.
Shahar osmoniga egalik qilayotgan bulutni shamol surib ketar, bir necha soatdan so‘ng tun hukmi ham adog‘iga yetar, ammo Jalilning qalbini zulumot pardasiga o‘ragan tashvish pardasi qachon, qay tarzda ko‘tarilar ekan?
Kesakpolvon kecha oqshomda «Oshnangiz kasal», demasdan «Oshnangiz o‘ldi», yoki «o‘sal yotibdi», deyishi ham mumkinmidi?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:39:36
Jalilning xayoliga shu fikr kelib, butun a’zoyi badanini titratib yubordi.
Shu paytgacha qancha do‘sti bu dunyoni tashlab ketdi. Ularning o‘limi haqidagi xabarni eshitganida «Nega o‘ladi, hali yosh edi-ku?» deb o‘yladi. Bu g‘ofil banda «O‘lim yosh tanlamaydi», degan oddiy haqiqatni tan olishni istamaydi. Ko‘p qatori «Umrimizning yarmini yashab qo‘ydik, bu yog‘i oz qoldi», deb yurgani bilan «Oz qolgan qismini» o‘zicha yigirma-o‘ttiz yil deb chamalab yuradi. Bilmaydiki, umri yigirma-o‘ttiz yil emas, balki yigirma-o‘ttiz kun, balki yigirma-o‘ttiz daqiqagina qolgandir... Balki biron xastalik o‘limning xabarchisi sifatida kelgandir. Balki... o‘lim xabarchisiz, to‘satdan bostirib kelar...
Jalil oxirgi uchrashuvni, Asadbekning gaplari, bolalikda birga o‘sgan do‘stlarini qo‘msaganini esladi. «Qarashlari ma’yus edi. Men — galvars, shunga ham e’tibor bermadimmi? O‘limi oldida bolalarni bir ko‘rib qolay, degan ekan-da... Nega menga yorilmadi? Nega «Ahvolim shunaqa, og‘ayni», demadi? Shotirlaridan yashirishi to‘g‘ri, ular xo‘jayinlari o‘lmay turib, mol-dunyoni bo‘lib olishga kirishadilar. Men-chi?.. Shu holicha ham mag‘rurligini qo‘ymaydi-ya?! Shu paytgacha menga biron marta ham shikoyat qilmagan edi. Xor bo‘lganida ham, zor bo‘lganida ham birovga bo‘yin egmagan edi... Endi... o‘limi oldida bo‘yin egarkanmi?.. Men doim unga qattiq-qattiq gapirib keldim. U noto‘g‘ri hayot kechirdi. Adashdi. Nima uchun tug‘ilib, nima uchun yashayotganini bilmadi. Shu Haydar pakanani odam deb bilib, o‘sha bilan hamtovoq bo‘ldi. Mol-dunyo to‘pladi... Mol-dunyo qoladi, bola-chaqa ham qoladi... O‘zi ketadi... Yolg‘iz o‘zi... Nahot chorasi bo‘lmasa?..»
Jalilning yuragi xapriqib, cho‘kayotgan odam xasga tirmashgani kabi u Abdurahmon tabibga oshiqdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:40:17
Kesakpolvon aytilgan vaqtga yetib keldi. Jalil xotiniga «Bir-ikki kun bo‘lmayman», dedi-yu, jo‘nadi. Erining halovati yo‘qolganidan tashvishlanayotgan Qamara «Qayoqqa ketyapsiz?» deb so‘rashga ham cho‘chib, xavotir chodiriga o‘ralganicha qolaverdi.
Haydovchi yigit chapdastgina edi. Yo‘lda yurishning qonun-qoidalari bor, deb o‘tirmay, mashinani yelday uchirib bordi. Yaxshiki, mashinada qanot yo‘q, bo‘lsami edi, rosmanasiga uchib ketishi hech gap emasdi. Boshqa sharoit bo‘lganida Jalil «Onangnikiga shoshasanmi?» deb koyishi mumkin edi. Yuragi xapriqib, shoshilib turgani uchun tezlikdan bir oz xavotirda o‘tirsa ham indamadi. Ular manzilga kun qiyomdan oqqanda yetib kelishdi. Qishloqqa kiraverishdagi choyxona yonidan o‘tishayotganda Jalil haydovchiga «To‘xtat moshinani», deb buyurdi.
Kun salqin bo‘lishiga qaramay, yetti-sakkiz qariya ayvonda davra qurib, choyxo‘rlik qilib o‘tirishardi. Mashinadan odam tushganini ko‘rgan choyxonachi ichkaridan chiqib, mehmonni qarshiladi. Jalil salom berib ko‘rishgach:
— Machit qaerda? — deb so‘radi.
— Machitgacha yana picha yuriladi, — dedi choyxonachi. So‘ng afsus ohangida qo‘shib qo‘ydi: — Lekin... birodari aziz, machitimiz qulf...
— Qulf? Nimaga qulf bo‘ladi? — deb ajablandi Jalil.
— Bilmasam... kattalar qulf soldirganlar.
Shaharda ham shunday voqealar sodir bo‘lganidan Jalilning xabari bor. Lekin machitlarni yoptirgan kattalar allaqachon ishdan olinib, berkitilgan machitlar yana qayta ochilgan edi. Hali ham g‘aflat uyqusidagi bu qishloqqa yangilikning yetib kelmagani Jalilni ajablantirdi.
Jalilning o‘ylanib turgani sababini bilmagan choyxonachi o‘smoqchilab so‘radi:
— Birodari aziz, machitda qanday yumushingiz bor edi? Yo birovni izlab keldingizmi?
Bu savol Jalilga g‘alati tuyulib, zaharli jilmaydi:
— Machitga nima uchun boriladi? Namoz o‘qimoqchiydim.
— O‘zim ham shunaqadir, deb o‘ylovdim, — dedi choyxonachi ochiq chehra bilan. — Machitga qulf solishganidan beri shu yerda berkitiqcha o‘qiyapmiz namozimizni. Ichkari kiring, birodar. Biz yaqinginada peshinni o‘qidik.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:40:37
— Shaharda yangi machitlar qurilib yotibdi-yu, sizlar bu yerda «Kattalar qulf urdirgan», deb o‘tiribsiz. O‘sha kattalaringiz chiqqan joyiga kirib ketgan. Shartta borib qulfni buzib, namozni o‘qiyverish kerak. Hozir birov «g‘ing» demaydi.
— Biz bilmasak, birodari aziz. Bizlar omi odam bo‘lsak, — choyxonachi shunday deb o‘zini oqladi-da, Jalilni ichkariga boshladi.
Jalil farz namozini qasr qilib o‘qib, tezgina chiqdi. Choyxonachining «Mehmon namoz o‘qirkan,       yaxshi odamga o‘xshaydi», degani ta’sir qilib, qariyalar ayvonda Jalil ko‘rinishi bilan o‘rinlaridan qo‘zg‘alishdi. Jalil ular bilan qo‘shqo‘llab so‘rashgach, mezbonlarning o‘tinchiga ko‘ra to‘rga chiqib o‘tirdi-da, Sobitxondan o‘rgangan «Robbi anzilni munzalan muborakan va anta xoyrul munzilin», duosini o‘qib yuziga fotiha tortdi. Qariyalarning har birlari u bilan lutfan so‘rashdilar. Jalilga yaqinroq o‘tirgan qariya unga bir piyolada choy quyib uzatdi-da:
— Qani, mehmon, bir gurung bering bizga, — dedi.
Qariyalarning iltifotidan ruhlangan Jalil o‘zining «chala mulla» ekanligini unutib, undan-bundan eshitgan diniy ma’ruzalaridan esida qolganini aytib, o‘z ko‘nglida da’vat qila boshladi. Uning bu da’vati umri sut ichish bilan o‘tgan odamga noshud tabibning sut ichish foydasi xususidagi nasihatiga, yoinki yetmish-sakson yillik umrini dalada o‘tkazgan dehqonga kechagina o‘qishni bitirib kelgan agronom tomonidan shudgorning afzalligi haqida qilingan ma’ruzaga o‘xshab ketardi. Jalil bechora bu o‘tirganlardan ikkitasining Buxoroi sharifda madrasa tahsilini ko‘rganligini qaerdan bilsin?
Jalilning «ilm bisoti» tugab, gaplari bir tog‘dan, bir bog‘dan bo‘la boshlagach, mehmonning izzatini qilib indamay o‘tirgan chollardan birining toqati toq bo‘lib, suhbatga aralashdi:
— Birodar, biz tomonlarga qaysi shamol uchirdi?
— Yaxshi odamning shamoli, — dedi Jalil. So‘ng maqsadini aytdi.
Uning kelishidan maqsadini taxminan chamalab o‘tirgan qariyalar bosh egib, jim qolishdi. Suhbatni uzgan qariya esa Jalilga qarab bosh chayqadi:
— Nafsilamrni aytganda, birodar, muddaoga yetmayoq izingizga qayta qolganingiz durustmikin?
— Nima uchun? «Bormaydilar» demoqchimisiz? Axir tabib degani odamlarni davolashi kerak-ku? — deb o‘zicha haqiqatni «kashf» etdi Jalil.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:40:53
— Shunaqa deysizu birodar, omma Abdurahmon aka o‘zlarini tabib sanamaydilar.
— Nega? — deb ajablandi Jalil. — Dovruqlari butun olamga taralgan bo‘lsa...
— Shunaqaku-ya... omma, Abdurahmon aka tabiblikni kasb qilmaganlar. Tuzata olishga ko‘zlari yetsa muhtojlarnigina boqadilar. Shifo — Ollohdan, Abdurahmon aka bir vositalar xolos.
— Qiziq... — Jalil e’tiroz bildirmoqchi edi, qariya so‘zni uzdi:
— Bir necha kun burun shahar odamlari chiqishib, Abdurahmon akaning ta’blarini xira qilibdilar.
— U-bu narsa debdilarmi?
— Nimalar deyishganlari bizlarga qorong‘u. Omma, ular ketganlaridan so‘ng yo‘lda taqsirimning uloqchi otlarini otib ketishibdi-da...
— Otib ketishibdi? — Jalilning ko‘z oldiga Kesakpolvon keldi-yu, ichida «Obbo haromi-e, ishning ishkalini chiqarib qo‘yib, meni ro‘para qilayotgan ekan-da...» deb o‘yladi.
— Ha, otib ketishibdi. Shahardan kelganingizni bilsalar, Abdurahmon aka siz bilan so‘zlashmasalar ham kerak. Fe’llari nozik juda.
— O‘sha otlarni rostdan ham shaharliklar otganmi?— deb so‘radi Jalil.
— Bunisi yolg‘iz Ollohgagina ma’lum. Mening bilganim shuki, o‘sha kuni xuddi shu arobada kelishgan edi, — qariya shunday deb ko‘chada turgan «Jiguli»ga qarab qo‘ydi.
«Tamom, — deb o‘yladi Jalil. — Bu — o‘shaning ishi! Chollar ziyrak. Adashishmaydi, yolg‘on ham gapirishmaydi...»
— Shaharda bunaqa moshinlar ko‘p, o‘xshatayotgandirsiz? — dedi Jalil «Zora adashgan bo‘lsa?» degan ilinj bilan.
— To‘g‘ri aytasiz, birodar, bunaqasi ko‘pdir ehtimol. Omma no‘mirasi bundayin bir xil bo‘lmasov. Ikki no‘lu, ikki besh. Esdan chiqmaydigan no‘mira.
Qariya bu gapi bilan jon tomiriga bolta urgan edi. Jalil boshqa gapirmasa ham bo‘lardi. Lekin indamay turib ketishni o‘ziga ep bilmay, so‘nggi umidini aytdi:
— Chiqmagan jondan umid, balki bir uchrashsammikin?.. Men bu bolani... yaxshi tanimayman. Kira qilib kelayotuvdim. Balki mendan avvalgilar...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:41:06
Qariya uning yolg‘oniga yo‘l bermay, gapini kesdi:
— Agar mening maslahatimga kiradag‘on bo‘lsangiz, borib ovora bo‘lmang. Kasalingiz oyoqda tura olsa, o‘zini olib keling. Lekin bunaqa arobani bo‘lak kira qila ko‘rmang. Xudo ko‘ngillariga solsa, balki xasta odamingizni boqarlar...
Gapni cho‘zishga yoki lanjlik qilishga hojat yo‘q edi. Jalil choy hamda maslahat uchun minnatdorlik bildirib, ketishga izn so‘radi.
Shahar ostonasiga yetishgach, Jalil haydovchiga «Akangnikiga hayda» deb buyurdi. Buyruq itoatkorlik bilan bajarildi. Ammo Kesakpolvon uyida yo‘q edi. «Kechasi ham uyida o‘tirmaydi, bu haromi», deb o‘yladi Jalil, keyin:
— Akang qaerda bo‘lishi mumkin? — deb so‘radi.
— Xudo biladi, — dedi haydovchi yelka qisib.
— Topishing kerak! — dedi Jalil buyruq ohangida.
— Topish kerak bo‘lsa, topamiz, — dedi yigit.
Shundan so‘ng avval «qozixona»ga o‘tdilar. Bu yerda kam uchraydigan holat — jimlik hukmron edi. Jalil «qozixona»da qanday ishlar amalga oshirilishidan bexabar edi. Shu bois «Kechasi choyxonada nima qiladi, kallang bormi?» deb to‘ng‘illab qo‘ydi.
Kesakpolvon kirishi mumkin bo‘lgan yana ikki uyga mo‘ralab o‘tishgach, mashina shahar markazidagi uch qavatli bino oldida to‘xtadi. Yigit imorat yerto‘lasidagi videobarga bir «sho‘ng‘ib» chiqib, xo‘jayinining shu yerda ekanini ma’lum qildi.
Jalilni ostonada kutib olgan Bo‘tqa uni Kesakpolvon o‘tirgan xonaga boshladi. Jalilning dimog‘iga qo‘lansa hid urilib, ko‘ngli behuzur bo‘ldi.
Shirakayf ravishda divanda yonboshlab yotgan Kesakpolvon Jalilni ko‘rib, qaddini ko‘tardi.
— Sen azaldan iflos eding, shu iflosligingcha o‘lib ketasan, — dedi Jalil salom-alik ham qilmay.
— Hov aka, sal pastroq tushing, — dedi Kesakpolvon.
— Sen axlatingni tozalatgani yuboruvdingmi meni? Bilib qo‘y, men sening isqirtingni tozalaydiganlardan emasman. Orqangni o‘zing artib yur, bola!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:41:24
— Voy-bo‘...
— «Bo‘-bo‘»lama, iflos!
— Bo‘ldi-e! — dedi Kesakpolvon jahl bilan o‘rnidan turib. — Indamas ekan, deb boshga chiqib olib bulg‘ataverasizmi! Iflos bo‘lib nima qildim? Xotiningizga surkalibmanmi?
— Surkalib ham ko‘r-chi! Sendaqalarning ikkita oyog‘ini ikkita moshinaga bog‘lab, chotlaringni yirib tashlash kerak.
— Qo‘ying endi, o‘zi boshim yorilay deb turibdi.
— Boshing bo‘lsa yoriladi-da, e ahmoq! Tabibga qanaqa hunaringni ko‘rsatib kelding?
— Nima qilibman?
— Nima qilganingni bilmaysanmi?
— Siz bilsangiz ayting.
— Otlarini nega otding?
— Qanaqa otlar? Men hayvon otadigan odammasman, — dedi Kesakpolvon bezrayib.
Jalil «Bu rost gapiryaptimi?» deganday unga tikildi. Kesakpolvon esa tusini ham o‘zgartirmay unga baqrayganicha, kiprik ham qoqmadi.
— Sen... o‘zingning laychalaringni laqillat, bola... U yoqdagilar ahmoq emas. Moshinangni tanishdi. Tag‘in ham insofli ekan ular, toshbo‘ron qilishmadi. Shu tabibdan umid bor ekan, o‘shanga zulm qilasanmi, iflos!
— Bo‘ldi, hadeb iflos deyavermang.
— Iflos bo‘lganing uchun iflos deyman!
Kesakpolvon so‘kib yubormaslik uchun yuzini teskari burdi. Shu mashinada yuborib xomlik qilganini fahmlab, g‘ijindi.
— Bizning iltimosimiz yerda qolgunicha ho‘kizning shoxi sinishi kerak. Bizni mensimaslikning oqibati qanaqa bo‘lishini hamma bilsin.
— Sen o‘zing kim bo‘libsanki, iltimosing nima bo‘lardi!
— Bo‘ldi, gapni cho‘zmang. Kelmadimi?
— Men unga uchrashmadim.
— Unda haligi gapni qaerdan oldingiz?
— Odamlar aytishdi.
— Xo‘p, endi nima qilamiz? Asadni saqlab qolishimiz shart. Kerak bo‘lsa, men jonimni beray.
— Sening joning... Sen joningni pishirib ye!
Jalil shunday deb so‘kindi-da, eshikni jahl bilan yopib, iziga qaytdi. U nima qilishni bilmay garang bo‘lib qolgan edi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 28 Oktyabr 2007, 12:42:06
                                                                                   3

Navbatdagi bedor tunning chekinishi boshlanganiga ishorat qiluvchi azon tovushi eshitildi.
Asadbek tongning qadriga yetmas edi. Xonadoni tun bag‘riga kirib, o‘zining tonggacha yetib borolmasligi ham mumkinligi ayon bo‘lganidan keyin har tongni tirik holda, ochiq ko‘z bilan qarshilashning o‘zi ulug‘ baxt ekani haqidagi oddiy haqiqatni kashf etdi. Avvallari ham azon tovushi eshitilarmidi, yo‘qmi, eslolmaydi. Keyingi tunlari shu tovushni orziqib kutadigan bo‘ldi. Uning nazarida aynan shu azon tovushigina qiyomat hali boshlanmagani, bu dunyo hayoti davom etayotganidan darak berardi. Nazarida... azon tovushi eshitilmasa, qorong‘ulik chekinmas, dunyo zulumot chodirida qolaverar, juvonlar alla aytmas, go‘daklar kulmas, hayot so‘nar, tamoman so‘nar edi...
«Allohu akbar! Allohu akbar!..»
Demak, zulumot chodiri yirtilgusi, juvonlar allalar aytgusi, go‘daklar esa kulgusi... Hayot davom etgusi...
«...Hayya alal solat...»
Baxtli odamlargina yetib keladi bu onga.
«...Hayya alal falah...»
Najotga kelganlarga Yaratganning o‘zi najot berajak.
Peshinga, so‘ng... xuftonga, so‘ng tunni yorib chiqib, yana bomdodga yetajak, inshoolloh...
Asadbek najotga yetib kelgani uchun Tangriga hamd aytmoq, muslimlik farzini ado etmog‘i lozimligini idrok qilmaydi. Ko‘ngli ibodatni tusaydi. Qotib qolgan dil, qotib qolgan til esa shayton hukmidan qutulmoqqa ojiz...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 10:50:10
Tongda... inson ham, jonivor ham uyg‘onadi. Ularning farqi — biri Yaratgan bergan ong tufayli Yaratuvchisiga hamd aytar.
Asadbek tongga yetib kelganidan xursand...
Osmonni qoplagan bulut tun hukmronligini bir ozgina cho‘zgan bo‘lsa-da, yorug‘likni to‘sa olmadi. Yorug‘lik chor atrofga o‘rmalaganicha kirib kelayotgan damda telefon qo‘ng‘irog‘i asabiy jiringladi. Dam o‘tmay boloxonadagi yigitlardan biri tushib, «Germaniyadan kennoyi telpon qilayotgani»ni aytdi.
Asadbek Manzurani sog‘ingan edi.
Manzurani uyda qoldirib, o‘zi haftalab yurganida ayriliq tuzining bu qadar sho‘r bo‘lajagini, yuraklarini kuydirajagini bilmagan edi. Dunyo teskarisiga aylanib, endi o‘zi uyda qolib, Manzura uzoqqa ketgach, qalbi o‘rtangandan o‘rtandi. Sog‘inch nima ekanini angladi.
U xotinining tezroq yetib kelishini istardi. Bir ko‘ngli esa... uning o‘g‘illari bilan o‘sha yoqlarda butunlay qolishini istardi. Ayniqsa... yaqinlashayotgan o‘limiga o‘zi ham ishonganidan beri bu istak qat’iylasha bordi. Hosilboyvachchaning izidan Elchinni ham jo‘natish rejasi ayni shu istak bulog‘idan suv ichgan edi. Elchin o‘ldirilgach, Zaynabni to‘y bahonasida Olmoniyaga jo‘natmoqni xayol qilib edi.
Reja buzildi. Ammo hali niyatdan kechganicha yo‘q. Zaynabning xastaligi bir oz chekingach, yuboradi. Shundan so‘ng o‘zi bu dunyoni xotirjam ravishda tashlab ketishi mumkin. O‘limidan so‘ng... xotini, bolalariga birov tahdid qila olmaydi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 10:50:45
Yechilmay qolgan ikki masala bor: biri — Zaynabni jo‘natish, ikkinchisi boyliklarning bir qismini u yoqqa olib o‘tish. Quda g‘oyat boy ekan, ammo o‘g‘illarining qo‘llarida o‘zlarining sarmoyalari bo‘lmog‘i shart!
Asadbekning sog‘ingan yuragi bir orziqdi. Shu orziqish bilan telefon go‘shagini ko‘tardi. Manzura erining ovozini eshitib, salom berdi.
— Yaxshi yuribsanmi? — deb so‘radi Asadbek, alik olish o‘rniga.
— Xudoga shukr, o‘zingiz tuzukmisiz?
— Yo‘q, buzuqman, — deb yubordi Asadbek eski odati bo‘yicha. U mana shunaqa savollarga toqat qila olmas edi. Kayfiyati yaxshi bo‘lsa hazil ohangida, g‘ashlangan paytiga to‘g‘ri kelsa kesatiq yoki jahl bilan javob qaytarardi. Manzura «Qorningiz qanaqa?» degan savoliga «Qornim dumaloq», «Tuzukmisiz?»ga «Yo‘q, buzuqman», degan javoblarni turli ohanglarda eshitib, ko‘nikib ketgan. Boshqacharoq tarzda so‘rayman, deb o‘ylardi-yu, eriga ro‘para kelganida beixtiyor yana ayni shu so‘zlar tilidan uchardi.
Hozir ham shunday bo‘ldi. Asadbekning «Yo‘q, buzuqman», deb yumshoq tarzda aytishi Manzuraga yoqib, kuldi.
— Zaynab yaxshimi?
— Yaxshi. Mendan boshqa hamma yaxshi...
— Voy, adasi, unaqa demang, — Manzura «O‘zingiz yaxshisiz», demoqchi edi, yonidagi o‘g‘illaridan uyaldi. Asadbek buni sezdi.
Manzura uyda ekanida shunday deb erkalab qo‘yardi. Hozir Asadbek shuni qo‘msadi. Xotinining ko‘proq gapirishini istadi. Ammo so‘zga no‘noq Manzura hol so‘rashdan nariga o‘tmadi. «O‘g‘illaringiz bilan gaplashing», deb oshirib yubora qoldi. O‘g‘illar bilan bo‘lgan gap ham hol so‘rash bilan cheklandi. Gap adog‘iga yetib borayotganini fahmlagan Asadbek o‘g‘liga «Onangga ber», deb buyurdi. Manzura:
— Ha, adasi? — deyishi bilan Asadbek uni koyiy boshladi:
— Qanaqa xotinsan o‘zing?! Sen nimaga bording u yoqqa, nima ishni qoyillatding?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 10:51:26
— Voy, adasi, hech qanaqa ishni qoyillatmadim.
— To‘y nima bo‘lyapti?
— To‘y... sizni kutyapmiz. Nishon to‘yi o‘tdi... Aytdim-ku...
— Bir oz kutishsin... Zaynab boradi.
— Siz-chi, adasi?
— Men... bilmadim.
— Birga kelaqoling.
Asadbek yolg‘on gap ahvolini oshkor qilib qo‘yishi mumkinligidan qo‘rqib, sinalgan quroli — jahlni ishga soldi:
— Germaniya ammangning mahallasimi, xohlagan avtobusga osilib boraveradigan?
— Voy adasi, unaqa demadim-ku?
— Demagan bo‘lsang, og‘zingni yum.
— Endi...
— Nima endi?
— Odamlar kelib-ketayotganiga aytuvdim-da...
— U odamlar boshqa, men boshqa. Aqling yetmasa valdirayverma.
— Adasi...
— Yana nima deysan?
— Qudalaringiz «Qog‘oz yuborganmiz, kelsalar yaxshi edi», deb turishibdi. Bir o‘zingiz gaplashasizmi?
— Yo‘q. O‘zing tushuntirib qo‘y. Bizning odatimizda kuyovning otasi kelinnikidagi to‘yga kelmaydi, de. Avval bu yerda to‘y qilaylik. Kelinlarni kutib olaylik. Keyin chaqirdi qilishsa, borarmiz.
— Adasi, unaqa emas-ku?
— Nimasi unaqa emas?
— Kuyovning otasi boradi-ku?..
— Borsa borsin. Bo‘ldi, boshimni qotiraverma. O‘zing bir narsa deb qo‘y.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 10:51:56
Bir o‘rtanish, bir sog‘inish bilan boshlangan suhbat shu tarzda yakuniga yetdi. Go‘shak joyiga qo‘yilgach, Asadbek xo‘rsindi. «Baqirganim durust bo‘lmadi, ko‘ngli og‘ridi», deb afsuslandi.
Asadbek yanglishdi. Bundan battar gaplarni eshitib ko‘nikib ketgan Manzuraning ko‘ngli erining baqirig‘idan emas, uning nochorligidan og‘ridi.
Onaning ma’yusligini ko‘rgan o‘g‘illari baravariga:
— Nima bo‘ldi? — deb xavotirlanishdi.
— Adanglarning kelishlari qiyin emish, — dedi Manzura g‘alati ohangda.
— Maskovda ming chig‘iriqdan o‘tkazishadi-da, — deb yupatgan bo‘ldi Abdusamad.
— Adamning adalari «Xalq dushmani» deb qamalgan ekan-ku, — dedi Abduhamid.
O‘g‘illarining gaplari Manzuraga yupanch bo‘la olmadi. Uning bezovta qalbi haqiqatni sezib turardi.

Asadbek ko‘chaga chiqishni xohlamadi, ko‘ngli uyda yolg‘izlikni istadi. Boloxonadagi yigitlardan biri nonushta hozirladi. Xuddi dasturxon tuzalishini kutib turganday Kesakpolvon bilan Chuvrindi oldinma-keyin kirib kelishdi. Asadbek o‘rnidan qo‘zg‘almay, o‘tirgan yerida qo‘l berib ko‘rishdi. Kesakpolvon ko‘rishish uchun engashganida Asadbekning dimog‘iga qo‘lansa hid urilib, burnini jiyirdi-da:
— Kechasi najasga botib yotganmisan, nima balo?— deb to‘ng‘illadi.
— Bir bo‘lib qoldi, jahling chiqmasin, — dedi Kesakpolvon uzr ohangida.
Asadbek uning avra-astarini ag‘darib so‘kmoqchi bo‘ldi-yu, o‘zini tutib, Chuvrindiga yuzlandi:
— Mahmud, derazani sal qiyalab ochib qo‘y.
«Keyingi kunlarda molday ichyapti, bunga bir balo bo‘lgan», deb o‘ylab, Kesakpolvonga qattiq tikildi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 10:52:14
Kesakpolvon bu o‘tli qarashga dosh berolmay, bir qimirlab oldi.
— Ha, muncha tikilib qolding? Nima, tushingga kirdimmi? — deb hazillashmoqchi bo‘ldi.
— Seni tushida ko‘rgan odamning lablariga uchuqlar toshadi, — deb to‘ng‘illadi Asad. So‘ng ovozini ko‘tardi: — Qaerda bo‘kyapsan?
— Bilasan-ku, gohida ko‘ngil qurg‘ur shunaqa tusab qoladi. Ko‘ngil tusagan paytda jig‘ildonning tormozi ishlamay qoladi.
— E, jig‘ildoningga uray seni...
— Bo‘ldi, bugungisi oxirgisi... Menga osilmasdan, yangi gaplarni eshit. Bosh qotirmasak bo‘lmaydi, — Kesakpolvon shunday deb Chuvrindiga qaradi. Chuvrindi bu ishorani kutayotgan edi, shu bois darrov muddaoga ko‘chib qo‘ya qoldi:
— Bek aka, kecha Sharifni qamashibdi.
— Qamashibdi? Kim qamabdi?
— Maskovdan odam kelibdi.
— Kecha qamashsa men nima uchun bugun eshityapman?
— Avval so‘rab-surishtirib...
Asadbek Krasnoyarga vagonda musallas yuborayotgandayoq ishi to‘mtoq bo‘lishini sezgan edi. Sezsa-da, tavakkal qilib edi. Sharif Namozov deyarli hech narsa bilmaydi, demak sotgisi kelgan taqdirda ham eplab sotolmaydi. Demak, kaltak o‘zining boshida sinaveradi. Shunday bo‘lsa-da, Moskvadan odam kelishidan xavotirga tushgulik...
— So‘rab-surishtirib... Nimani surishtirding? — dedi Asadbek zarda bilan.
— O‘sha oxirgi vagonning ishkali chiqqanga o‘xshaydi,— dedi Chuvrindi aybdor bolaning ovozi bilan.
— Sharif nima debdi? Gullabdimi?
— Bilmayman. Maskovlik chumakariga o‘xshagan xotin ekan. O‘zining odamlari bilan kelibdi. Biznikilarni yaqinlashtirmabdi.
— Sharif hozir qaerda?
— Yerto‘lada.
— Odam top.
— Bo‘lmaydi-yov...
— Qilich qaerda, dumini qisib qochvormadimi?
— Yo‘q, uning parvoyi palak. «Xavotir olmanglar, ish puxta bo‘lgan, ketsa faqat Sharifning o‘zi ketadi», deydi.
— Ko‘zdan qochirma uni. Sal aynisa, Hosil akasining izidan jo‘natvor.
— Ha, akasini zeriktirmasin, — dedi Kesakpolvon hojasining fikrini ma’qullab. — Urug‘-aymog‘i bilan quritish kerak. Buni menga qo‘yib ber. Yana bir gap: prokuror bolani ham o‘tqizib qo‘yishibdi.
— Qaysi prokuror bola?
— Oyog‘imiz ostida bir o‘ralashuvdi, esingdami? Mahmudni ham so‘roqqa chaqirib, duch kelgan teshikka tumshug‘ini tiqyatuvdi.
— Uni nimaga qamashibdi?
— Sharifga aloqasi bormishmi-ey...
Asadbek «Sen aniqroq bilasanmi?» deganday Chuvrindiga qaradi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 10:52:55
— Qilich Sharifni qamatganida ish shu bolaning qo‘lida edi, — dedi Chuvrindi izoh berib. — Bir narsadan gumonsirashgandir.
Asadbek uchun bu yangilik xavotirliroq bo‘ldi. Dastlab arzimasday ko‘ringan bu o‘rama faqat Sharif Namozovni emas, balki boshqalarni ham o‘z domiga tortishi mumkin ekanligi endi aniq edi.
— Maskovlikning afti-angorini ko‘rdingmi, o‘zing?
— Ko‘rmadim, — dedi Chuvrindi.
— Afti-angorini nima qilasan, jig‘ildonini ko‘rish kerak, — dedi Kesakpolvon.
— Jig‘ildoni nahangnikiday bo‘ladi-da, — dedi Chuvrindi.
Asadbek a’yonlarining gaplariga e’tibor bermay bir oz o‘yga toldi. So‘ng bir qarorga kelib, Chuvrindiga qaradi:
— Mahmud, payiga tush. Yana kavlab-kavlab Qilichga osilmasin. Agar Qilich ilinib qolsa, chatoq bo‘ladi.
— Qilichning ilinishini kutib o‘tiramizmi? Uni bir yoqli qilish kerak.
— Hozir emas.
— Sen bir narsani bilmaysan. Menga G‘ilay aytdi. U xunasa qamoqda o‘tirganida ham Hosilning oyog‘ini yalab yurgan.
— Hozir emas, deyapman! — Asadbek zarda bilan gap boshlab, keyin o‘zini bosdi. — Hozir Qilichni yo‘qotsang, maskovlik xitlanadi. Mahmud, Qilichning yoniga ishonchli odamni qo‘y. Yursa — birga yursin, yotsa — birga yotsin. Har bir nafas olishi kuzatuvda bo‘lsin.
— Shu ehtiyotkorliging menga yoqmayapti, — dedi Kesakpolvon. — Axir odam ichketar bo‘lib o‘lib qolishi ham mumkin-ku? Birov axlatini titib, sening izingni toparmidi?
— Kerak bo‘lsa juda topadi-da! Lekin mening izimni emas, sening achib-bijib ketgan ahmoq miyangni topadi. Keyin «Shu ahmoq miyani yeb zaharlanibdi», deb qo‘ya qoladi, — dedi Asadbek jahl bilan.
Ularning maslahati pishmay turib, eshik qiya ochildi-da, boloxonadagi yigitlardan birining boshi ko‘rindi:
— Xo‘jayin, bir odam so‘rayapti, — dedi u aybdor bola kabi dovdirab.
— Kim ekan? — dedi Kesakpolvon zarda bilan. — Avval kimligini bilib, keyin kelmaysanmi, s-so‘tak!
— Kimligini bildim, aka: Maskovdan kelibdi. Xongir degan odamdan salom olib kelganmish. Xongirning kimligini xo‘jayin bilarkanlar...
Xongireyning nomini eshitib, Asadbek bilan Chuvrindi bir-biriga sirli ravishda qarab oldilar. Moskvadagi uchrashuvdan bexabar Kesakpolvon esa ensasi qotib so‘radi:
— Kimdan deding?
— Xongirmi... Gapiga yaxshi tushunmadim. Tilidan o‘risga o‘xshamaydi. Gurzinmi deyman...
— Bir o‘zimi yo sherigi bormi? — deb so‘radi Chuvrindi.
— Bitta o‘zi keldi.
— Chaqir, kirsin, — dedi Asadbek.
Chaqirilmagan mehmonni Asadbek ham, Chuvrindi ham darrov tanidilar. Moskvadagi uchrashuvda Xongirey yonida turgan, artistlarday o‘ziga bino qo‘yib kiyingan, qaldirg‘och mo‘ylovli bu yigitni ehtirom bilan kutib olib, to‘rga o‘tqizdilar.
— Qalay, Xongirey sog‘-salomat yuribdimi? — deb so‘radi Asadbek.
— Ollohga shukr, — dedi mehmon. — Xongirey senga-da salomlar yubardi. O‘zing nechuksan? Sog‘misan, qardosh?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 10:53:30
Uning yosh bo‘la turib sensirashi uchovining g‘ashlarini keltirgan bo‘lsa-da, sir boy berishmadi. Nozikroq odamlar bilan Asadbekning o‘zi gaplashardi. A’yonlar u yoki bu masalaga ko‘z qarashlari bilan munosabatlarini bildirib turishardi. Bu safar ham an’ana buzilmadi.
— Qo‘ng‘iroq qilganingda kutib olardik, Xongireyning odami biz uchun aziz mehmon, — dedi Asadbek uning savollariga javob bermay.
— Kelib-ketib yurgan yerim. Bu joylar o‘z uyimday bo‘lib qolgan. Seni bezovta qilmoqning hojati yo‘qtur.
— Qanday yumush bilan kelding? Balki yordamimiz tegar?
— Yordammi? E, yo‘q, qardosh menga yordam kerakmas. Kerak bo‘lsa, bizlar senlarga yordam berishimiz mumkin. Men bu yerga Xongireyning ukasini ko‘rgani kelgan edim. Sen uni taniysan — Hosil. Uyida yo‘q, ofisida yo‘q. Safarga ketgan emish. Sen bilmaysanmi? Qaerga ketgan? — U shunday deb Asadbekka sinovchan tikildi. Asadbek undan nigohini olib qochmadi, tik qaraganicha kiprik qoqmay javob berdi:
— Uning o‘z kallasi, o‘z oyoq-qo‘li bor, istagan tomoniga bora beradi. Mendan so‘rab o‘tirmaydi.
— Sen uni yaqin orada ko‘rmadingmi?
— Yaqin orada ko‘rmadim.
— Eslab ko‘r-chi, qachon ko‘rgan eding?
— Sen Xongireyning odamimisan yo prokurormisan? — dedi Asadbek kinoya bilan. U shu tarzda mehmon izzatini bilmayotganini ma’lum qilib qo‘ymoqchi edi. Mehmon bu kinoyani samimiy hazil o‘rnida qabul qilib, kulimsiradi:
— Qardoshim, men Xongireyning bosh prokuroriman. Hosilni qachon ko‘rganing meni juda-juda qiziqtirib qoldi. U bugun yo ertaga Xongireyga juda-juda kerak. Uni qidirib topishim shart. Yo tirigini yo o‘ligini, angladingmi?
— Menga qara, «bosh prokuror», Hosilning jilovi mening emas, xo‘jayiningning qo‘lida. Agar «juda-juda qiziqsang», eshit: Maskovdan qaytganimdan keyin uni ko‘rganman.
— Uyingga o‘zi kelgan, a? — dedi mehmon, «Bundan bizning ham xabarimiz bor», degan ma’noda.
— Ha, uyimga ham kelgan.
— Oralaringdan gap qochmaganmidi?
— Hosilning men bilan gap talashishi uchun yana ellik qovun pishig‘i bor. U mening oldimda kim, bilasanmi? U — bir laycha!
— O‘, go‘zal! — dedi mehmon barmog‘ini qarsillatib. — Juda go‘zal! Hosil — laycha. Asadbek — o‘q ilon! Xongireyga aytib qo‘yishim shart. Qardosh, sen ayt, agar laycha akillab g‘ashini keltirsa, o‘q ilon chaqib o‘ldirishi mumkinmi?
— Agar o‘q ilon chuvalchang zotidan bo‘lsa, chaqadi. Haqiqiy o‘q ilon bunaqa past ketmaydi.
— Menga yoqyapsan, qardosh! Endi yana bir gap: Xongireyning Kozlov degan yana bir ukasi bor. Krasnoyarskda turadi. Eshitganmisan?
— Eshitganman.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 10:53:44
— O‘sha senikiga mehmonga kelmoqchi ekan, kelmadimi?
— Yo‘q.
— Qiziq, senikiga mehmonga kelmoqchi ekan, — deb gapini qaytardi mehmon. — Agar bugun-erta kelib qolsa, Xongireyga xabar qil. Kozlovning ozgina qarzi bor, to‘lab qo‘ysin-u, yuraversin. Ha, aytmoqchi, qardosh, ijozat ber, men Xongireyga telefon qilib olay.
Chuvrindi turib telefonni oldi-da, uni mehmonning qo‘liga tutqazdi. Mehmon lozim raqamlarni tergach, o‘tirganlarga bir-bir sinovchan tikildi. So‘ng, Moskvadan javob bo‘lgach, o‘z tilida gapira ketdi. Xongirey bilan gaplashdimi yo boshqasi bilanmi, ular tushunishmadi. Asadbekning nomi ikki-uch marta tilga olingani esa ular uchun jumboq bo‘lib qolaverdi.
— Endi menga ruxsat ber, — dedi mehmon go‘shakni joyiga qo‘ygach.
— Sen mehmonsan, — dedi Asadbek, — o‘zbek palov yemagan mehmoniga ijozat bermaydi.
— O‘, tashakkur, jon qardosh, palov yegani kelaman.— U shunday deb o‘rnidan turdi.
Asadbek Chuvrindi bilan ko‘z urishtirib oldi. Nigohlarning bu uchrashuvi qanday ma’no anglatishini uqqanday mehmon ostonada to‘xtab, orqasiga o‘girildi-da:
— Qardosh, orqamdan odam qo‘yishni o‘ylama. Biz ko‘pchilikmiz, — dedi.
— Xotirjam bo‘l, mening bunaqa odatim yo‘q, — dedi Asadbek.
Mehmon ko‘zdan yo‘qolgach, ular o‘z o‘rinlarini egallashdi.
— Is olibdi-da? — dedi Kesakpolvon sovub qolgan choyini ho‘plab. So‘ng jahl bilan Chuvrindiga qaradi: — Mahmud, chaqir bittasini, choyni yangilasin.
Choy yangilangunicha xonaga sukut hukmronlik qildi. Chuvrindi bunday paytda hojasining gapirishini kutadi. Kesakpolvon esa yuragi toshib, betoqatlanadi. Hozir ham fikrini bayon qilmoq uchun bir-ikki og‘iz juftladi-yu, Asadbekning xo‘mrayib o‘tirishini ko‘rib, shashti qaytdi.
— Mahmud, Maskovga borib kelishing kerak. G‘ilayni olib bugun uch, — dedi Asadbek.
Uning gaplari munozaraga o‘rin qoldirilmagan tarzda, amr ohangida aytilgan bo‘lsa-da, Kesakpolvon o‘zini tutib tura olmadi:
— Darrov yuborma. Qo‘rqibdi, bir gap bor, deb gumonsiraydi.
— Yo‘q, bugunoq jo‘naydi. Vaqt o‘tsa — gazak oladi. Men Maskovdan bir sado kelishini kutyatuvdim. Xongirey meni ogohlantirgan edi. Kozlov qochganga o‘xshaydi. Sharifni qamagan prokurorning kelishida ham Xongireyning xizmati bo‘lishi mumkin. Vagonni Xongireyning odamlari xitlarga ro‘para qilgan.
— Qo‘rqoq bo‘lib qolibsan, — dedi Kesakpolvon.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 10:54:31
Alam dengizi to‘lib turgan Asadbekka bu gap malol keldi. G‘azab jilovini uzdi-yu, qo‘lidagi piyolani Kesakpolvonga qarab otganini o‘zi ham bilmay qoldi. Piyola Kesakpolvonning qulog‘i yonidan uchib o‘tdi-da, devorga tegib sindi. Chuvrindi chaqqon turib hojasining yelkasidan ushladi. Kesakpolvon esa o‘rnidan jilmadi. Boshini egib o‘tiraverdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 10:55:27
                                                                                       XII b o b

                                                                                           1

Tunlarni to‘lg‘oq bilan bedor o‘tkazayotgan faqat Asadbek emasdi. Shifoxonadagi Elchin ham shunday holatda edi.
Farqlari — Asadbekning jon taslim qilish onlari tobora yaqinlashardi. Elchin esa, aksincha — uzoqlashayotganday edi. Asadbekning uqubatli umr yo‘li adog‘iga yetay deganida Elchinning azobli hayoti davom etadiganday edi. Ilgari Elchin tikonli cho‘l bo‘ylab yalangoyoq yugurgan bo‘lsa, endi olov sahrosida kuyib, qovjiraydi. Ruh azobi xuddi soya kabi unga ilashib yuraveradi. Bora-bora o‘lim Ollohning so‘ng jazosi emas, balki mukofoti ekaniga ishonadi. Ana shu mukofotga yetishmoqni orzu qiladi. Ruhi ezilgan damlarda «Xudo qaysi gunohlarim uchun jazolayapti?» deb o‘ziga-o‘zi savol beradi. Ajab dunyo... faqat Elchin emas, bu dunyo azobidan ozgina tatib ko‘rgan har qanday banda shu savolga javob topmoqni istaydi. Agar bu ojiz bandalar «Qanday yashasam gunohga botmayman, jazoga duch kelmayman», degan savolni ko‘ndalang qo‘yib hayot kechirsalarmi edi, oqibat qaysi gunohlari uchun jazo olayotganlarini bilmay sar-sari bo‘lmaslar edi.
Elchinning hali bunday xulosaga kelmog‘iga fursat bor. Shifoxonada hushiga kelgach, u boshqa narsalarni o‘ylaydi. O‘q yeb yiqilgan Hosilboyvachcha tomon yurgani, ko‘cha eshik zarb bilan ochilgani, G‘ilay qo‘lidagi to‘pponcha o‘t ufurgani... sinema tasmasiday qayta-qayta ko‘z oldida gavdalanaveradi. So‘ng... ota-onasi... Noilasi... So‘ng... ilonzordagi Hosilboyvachcha... Nima edi bu? Tushimi edi yo alahsiradimi? Yoki... u dunyoga borib-qaytdimi? Bir o‘lib, bir tirildimi?
Bu jumboq edi. Bu jumboqni yechmoq uchun ko‘p bosh qotiradi. Oqibat... qiyomatdagina javob topadi...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 10:55:59
Elchin dastlab hushi o‘ziga kelganida ko‘zini ochib, oq libosli hamshirani ko‘rdi. Uni farishta qiyofasidagi Noila deb xayol qildi.
— Noila, yana ko‘rishdik, endi meni haydama, — dedi.
Bu gapni xayolida aytdi — quruqshagan lablari salgina qimirlab qo‘ydi xolos.
So‘ng... ko‘rgani hamshira xira pardaga o‘rala boshladi. Xira parda zulumot chodiri bilan almashildi.
Ayol kishi ovoz berdi:
— Doktor, yuragi to‘xtayapti...
Kim u? Nima uchun bunday dedi? Elchinning nazarida yuragi temirchining bosqonidek gupillab urardi, qulog‘i ovozlarni eshitardi. Faqat... ko‘z oldi qorong‘ilashdi. Keyin... ovozlar uzoqlasha boshladi. Keyin u yengil qushga aylandi. Ucha boshladi. Xuddi G‘ilay-ning to‘pponchasidan o‘q otilgach parvoz qilgani kabi... Uchdi, uchaverdi...
Shaharni osmondan turib tamosha qildi.
Odamlar... chumolidan kichik, chumolidan ojiz...
Yerda yurishlari esa...
Yerda yurganlarida o‘zlarining bu qadarli ojizliklarini nima uchun bilmaydilar ekan?
Kekkayib yuruvchi odamzotning aslida chumoli kabi zaifligidan ajablanayotgan Elchin endi pastga qulay boshladi. Pastga, o‘zi kabi kibrli odamzot bag‘riga qarab uchdi, uchaverdi. Qo‘rqdi... Yer-parchin bo‘lib o‘lishdan qo‘rqdi.
Birdan... Anvar ko‘rindi! Sog‘ingan do‘st kabi qulochini keng yoyib, unga bag‘rini ochdi.
Ajablanarlisi shundaki, uning oyoqlari yerda emasdi, balki u ham Elchin kabi uchardi. Anvar uni quchoqlab oldi. Elchin qamoqdan qaytayotganida Anvar bilan uchrashuvni ko‘z oldiga keltirganda ana shunday quchoqlashishni umid qilgan edi. Afsuski, xayoli puch bo‘lib chiqib, uni jinnixonadan topdi. Sog‘ingan do‘stlar quchoqlashib ko‘rishmadilar. O‘sha umid... mana endi amalga oshdi. Anvar quchoqladi...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 10:56:30
Ammo... Anvar o‘lgan edi-ku?..
— Anvar! — dedi Elchin hapriqib, — Qayoqdan kelding? Meni kutayotganmiding?
— Yo‘q, seni kutmayotgan edim. O‘zing qayoqdan paydo bo‘lding? Nima bor senga bu yerda?
— Bu yer... deganing nima?
— Tushunmadingmi?.. Tushunmaysan...
— Qamoqdaligimda tushlarimga kirarding. Nu-qul kichkina bolaga aylanib o‘ynardik. Hatto... o‘qituvchi o‘tiradigan kursiga ingichka mix qoqib qo‘yganimiz ham tushimga kiruvdi. Keyin... Chiqqanimdan keyin ham tushimga kirding. Yomon tushlar ko‘r-   dim.
— Qanaqa tush?
— Aytmayman, xosiyati yo‘q.
— Ayt, bilgim kelyapti.
— O‘zingni osib qo‘ygan emishsan.
— Bu tush emas edi...
— Sen o‘zingni rostdan ham osdingmi? Sen... rostdan ham... o‘ldingmi?
— Ha, o‘lganman.
— Unda hozir men... tush ko‘ryapmanmi?
— Shunga yaqin.
— Uyg‘onganimdan keyin seni ko‘rmaymanmi?
— Ko‘rmaysan.
— Unda... meni qo‘yib yubor.
— Avval seni hayotingga eltaman.
— Hayotimga?.. Qanaqa hayotimga?
— Sen meni jinnixonadan chiqargan eding. Men qarzimni uzaman.
— Sening... odamlarni hayotga eltadigan kuching bormi?
— Yo‘q, men faqat amrni bajaruvchiman.
— Kimning amri?
— Aqlingni ishlat...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 10:57:03
So‘nggi so‘zlar aks-sado berib takrorlandi. Takrorlanaverdi. Keyin bu ovoz yurak dupuriga aylandi. Yana o‘z yuragining dukurini eshitdi. Keyin notanish ovozlar... Keyin ko‘zlarini ochdi.
Bunday holat bir necha marta takrorlandi. Dam hushini yo‘qotib, dam o‘ziga kelib yotdi. Oradan qancha vaqt o‘tganini fahm etmadi. Gohida bu shifoxonaga kechagina kelganday tuyulardi. Gohida esa yillab yotganday bo‘lardi go‘yo.
Ana shunday kunlarning birida Zaynab keldi. Avvaliga uni tanimadi. Bunga ko‘z oldini qoplagan xira parda sabab, deb o‘yladi. Aslida esa, Zaynab keyingi kunlar ichi chindan ham tanimas darajada o‘zgargan, ozib, husn-latofatini yo‘qota boshlagan edi. Chuvrindining xotini uni pardoz qilishga bejiz undamagan edi. Elchin Zaynabga hamroh bo‘lib kelgan Chuvrindining xotinini avval ko‘rmagani bois ham uni tanimadi.
Zaynab eriga sassiz tikilib turgan bo‘lsa-da, Elchinning quloqlari ostida uning alamli nidosi jaranglayverdi:
— Xudo ursin sen iflosni!!!
O‘sha qorong‘u uyda, nomusi bulg‘angan damda pokiza yurakning alamli nidosi bo‘lib uchgan bu faryod so‘zlari Elchinning xotirasiga muhrlangan edi. Hozir, o‘lim bilan hayotning qil ko‘prigi ustida turgan mahalda jaranglab, qalbdagi yaralarini tirnab tashladi. So‘ng bu so‘zlar o‘zgargan holda, pastroq ohangda, ijro bo‘lgan hukmning intihosi sifatida eshitildi:
— Xudo uribdi-da, oxiri, Xudoga shukr...
Yo‘q, Zaynab aytmadi bu gapni. Buni Elchinning dili juvon tilidan aytdi. Yaxshiki Zaynab bir so‘z aytmadi, uzoq turmadi. Gapirsami edi, uning shirin so‘zlari ham kamon o‘qlariga aylanib, dilini yaralardi. Ko‘proq tursami edi, yaralangan qalbi o‘kinchning temir tirnoqlari orasida majaqlanib azoblanardi. Zaynabning tez qaytishi uni bu azoblardan qutqardi.
Zaynab chiqib ketgach, uxladimi yo hushini yo‘qotdimi, bilmaydi. Harholda yana yengil parvoz etganday bo‘ldi. Avval Noilani ko‘rdi. Uni kirlanib ketgan libosda ko‘rib, ko‘ngli kirlandi.
— Noilam, men senga yangi ko‘ylak olib beray, — dedi Elchin.
Noila javob bermadi.
— Noila, nega indamaysan?
— Sizni... Xudo urgani rost...
— Noila, unday dema.
— Xudo urgani rost...
Elchin hayratlandi: qarshisidagi Noila Zaynabning ovozi bilan gapirardi.
— Noila, sen unday dema, men qasos olishim kerak edi, qasos olyapman.
— Zaynabni xorlashingiz qasos emas.
— Tuzalib chiqsam, hammasini o‘ldiraman!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 10:57:13
Bu gapni eshitib, Noila kula boshladi. Zaynabning ovozi bilan kuldi. Xoxolab kuldi. Ko‘zlaridan yosh quyilib, o‘ksib-o‘ksib yig‘lab kuldi. Elchin bunaqangi holatni sira uchratmagan edi. Shu bois «Kulma», deyishni ham, «Yig‘lama», deyishni ham bilolmay kalovlandi. Ovutish uchun qo‘llarini uzatgan edi, Noila uzoqlashdi. Uzoqlasha-uzoqlasha, oxiri bir nuqtaga aylanib, so‘ng yo‘q bo‘ldi. Yig‘i aralash kulgisi esa eshitilib turaverdi.
Xonada bir narsa taraqlab, Elchin cho‘chib tushdi. Ko‘zini ochdi. Xona g‘ira-shira yorug‘. Kimsasiz. Jim-jit. Elchin biqinida uyg‘ongan og‘riqqa chidolmay, ingrab qo‘ydi. Ichi kuyib, lablari qurib chanqadi. Najot tilab, «Suv», deb pichirladi. Najotkor topilmadi. «O‘layotgan odamning yonida bir odam o‘tirib, suv tomizardi, — deb o‘yladi Elchin. — Menga... shu ham nasib etmadi. Anvar tirik bo‘lganida yonimda o‘tirardi. Hech kimim yo‘q... Atrofim to‘la odam edi. Qo‘l qovushtirib turishardi. Qani ular?.. Hech bo‘lmasa bittasi kelib, labimga bir tomchi... bir tomchigina suv tomizsa-chi...»
Odamlar ko‘p edi, rost. Ammo ular pastda, Elchin esa yuqorida edi. Elchin ularga, ayniqsa qamalishidan avval yettinchi osmondan turib qarardi. Har bir odamning bolaligida orttirgan do‘stlari og‘ir damlarida suyanishi mumkin bo‘lgan tog‘dir. Elchinning «tog‘»larini to‘ylari yemirib, ado qildi. Ayrim do‘stlarini o‘zi nazarga ilmadi. Ayrimlarinikiga esa Asadbekka tegishli odamlarning to‘ylari bilan bir vaqtda bo‘lgani sababli borolmadi. Do‘st tog‘lari yemirildi. Farzand tog‘i-chi?
O‘shanda... nodonlik qildi.
Noila homiladorligini aytdi-yu, ma’yuslandi.
— Nega xafasan? — deb so‘radi Elchin.
— Agar... mastlik holatida bo‘lsa... bola nogiron tug‘ilarkan. O‘ylab qarasam, mast bo‘lmagan kuningiz yo‘q...
— Unda oldirib tashla...
Osongina hukm chiqardi.
Noila osongina ko‘ndi. So‘ng... yana...
O‘z farzandlariga o‘zlari o‘lim hukmini yozdilar.
«Nogiron bo‘lib tug‘ilavermaydimi, hech bo‘lmasa labimga bir tomchi suv tomizishga yarardi-ku...»
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 10:57:38
Elchin ingradi. Bu safar ruh azobidan ingradi. Bu azob o‘q teshgan, tig‘ tekkan badanining og‘rig‘idan ming karra kuchliroq edi. Bu azob uning hushini o‘g‘irladi.
Endi u parvoz qilmadi. Oyoqlariga botmon-botmon tosh osilganday qiynalib yurdi.
— Ha, qiynalib ketdingmi?
Elchin Anvarning ovozini tanib, atrofiga alangladi.
— Men senga nima deganman? Jinnixonaga kelganingda dunyo formulasini ko‘rsatganman. Esingdami? Haqiqat nimaga barobar edi? Esla: haqiqatning nimaga barobar ekanini topish uchun xiyonatni riyoga qo‘shamiz, hasad bilan ochko‘zlik qavs ichida qo‘shiladi. Adovat, g‘iybat, nifoq, shuhratparastlik, mansabparastlik esa ildiz ostida qo‘shiladi. Bularning hosilasidan vijdon, iymon, hayoning qo‘shilmasini ayirsak, barobar nol! Haqiqat — nol, deganimda sen meni jinniga chiqaruvding.
— Bo‘lmagan gap! Seni hech qachon jinni deb hisoblamaganman. Sen o‘zingni jinnilikka solib yurarding. Dunyo formulasini yaratib, dunyoni osongina tashlab ketding. Sen dunyoga xiyonat qilding.
— O‘zing sodiq qolaver dunyoyingga.
— Men qasoskor odamman. Qasos olish uchun ham yashashim kerak. Endi sen uchun ham qasos olaman!
— Men uchun?.. Nima qilmoqchisan?
— Xolidiy sen osilgan joyga osiladi.
Anvar kuldi, xoxolab kuldi.
— Kulma, men ont ichganman.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 10:57:59
— Qachon?
— Senga janoza o‘qilgan kuni. Hamxonang menga aytib bergan hammasini.
— Hammasini? Nimaning hammasini?
O‘sha kuni, Anvar lahadga qo‘yilib, qabriga tuproq tortilgach, barcha tarqalib, Elchin do‘stini yolg‘iz tashlab ketgisi kelmay o‘tirganida «Eng kichik ilmiy xodim» unga yaqinlashib, bilganlarini aytgan edi. Anvarning Xolidiy bilan to‘qnashuvlari, gazetadagi maqola, Hikmat O‘rolovning o‘limi, qabristondagi ma’ruza... hammasini aytdi. Ana o‘shanda Elchinning qalbida yovuz bir fikr uyg‘ondi. Xolidiy aynan o‘sha jinnixonaga, aynan o‘sha hojatxonaga osilishi kerak, deb hukm qildi. Faqat... hukm ijrosi kechikdi... Elchin Anvar ishlagan institutga borib, Xolidiyni ko‘rib ham keldi. Uning ko‘zlari olayib, tilini tishlagan holda hojatxonada osilib turishini istadi. Juda-juda istadi. Faqat... kechikdi.
...Hushsiz yotgan Elchinning xayolidagi Anvar kulardi, to‘xtovsiz kulardi.
— Kulaverma hadeb, — deb ranjidi Elchin. — O‘ldirishimga ishonmayapsanmi?
— Ishonyapman. Lekin sen osganing bilan u o‘lmaydi. U ko‘p boshli ajdaho. Bitta boshini osganing bilan boshqalari omon qolaveradi. Bog‘bonlarning ishlarini kuzatganmisan? Bitta shoxning uchini kessa, o‘sha yerdan ikki-uchta surhcha chiqadi. Sen bitta Xolidiyni o‘ldirsang, yonidan ikki-uchta Xolidiy o‘sib chiqaveradi. Ularni osishga hojatxona yetmaydi.
Shunday deb yana kuldi. Xoxolab kuldi.
— Senda qasoc tuyg‘usi yo‘q edi, — dedi Elchin o‘ychan tarzda.
— Senda bormi? Bekor gap! Sendagi tuyg‘u — puch bir narsa!
— Bekor aytibsan!
— Sening qasosing kimga kerak? Faqat o‘zingga. Ko‘ngil xumorini bosish uchun kerak. Sening qasosing — kashandaning chilim chekishidek bir gap. Xumor tutganda bir chekadi, tamom.
— Sen... ket... boshqa kelma... Istamayman sen bilan gaplashishni. Noila bilan tillaring bir.
— Noila nima deydi?
— Zaynabga achinyapti.
— To‘g‘ri qiladi.
— Bu qasos emas edimi?
— Qasos emas edi, to‘g‘ri.
— Bunday dema! Bu— qasos! Men Asadbekni qiynab o‘ldiraman! Keyin hammaga aytaman: bunday ifloslar jazosiz qolmasligi kerak, deyman!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 10:58:30
— Qo‘lingdan kelmaydi.
— Keladi!
— Yo‘q... endi yoningda Zelixon yo‘q...
— Usiz ham eplayman!
Anvar kuldi, xaxolab kuldi... So‘ng...
So‘ng ovozi uzoqlashib, oqibatda o‘chdi. Keyin qarg‘a qag‘illadi. «Ovozing o‘chsin», deb o‘yladi Elchin. Qamoqda ekanida, Rusiyaning sovuq o‘rmonlarida yurgan kezlarida «Qarg‘aning qag‘illashida xosiyat yo‘q», deb eshitib, shu aqidaga amal qilishga odatlangan edi. Shu bois «Kisht!» deb haydamoqchi bo‘ldi. Qarg‘a uning po‘pisasini nazarga ilmadi. Qag‘illayverdi. Shunda Elchin tush ko‘rmayotganini anglab, ko‘zlarini ochdi. Ovoz kelgan deraza tomonga qaradi. Boshi aylanib deraza, deraza orqali ko‘rinib turgan daraxt shoxlari ayqash-uyqash bo‘lib ketdi. Ko‘zlarini chirt yumib, chuqur nafas olgan edi, biqinidagi og‘riq zo‘raydi.
Qarg‘a yana qag‘illadi. U ko‘zlarini ochib qaradi. Bu safar boshi aylanmadi. Tashqarida daraxt shoxiga qo‘nib, shu xonaga qaraganicha qag‘illayotgan qarg‘a qanotlarini patillatib qo‘ydi-yu, uchmadi.
«Senga nima kerak?» deb pichirladi Elchin.
Qarg‘a «gapingga tushunmadim», deganday boshini qiyshaytirdi, so‘ng shoxni cho‘qilab qo‘ydi.
«Qanday ahmoq maxluqsan o‘zing?! — deb o‘yladi Elchin. — Senga nima bor bu yerda? Menga qanday xabar olib kelding? O‘lim xabarimi yo hayot umidimi?.. Yo‘q... Senga hayot umidini yetkazish vazifasi berilmagan. Sen bor joyda yaxshilik urug‘i quriydi. Sen kelsang birov quvonmaydi, ketsang — ranjimaydi. Sen... Xudo qarg‘agan qushsan... Qiziq... Qarg‘a — Xudo qarg‘agan qush... Qiziq... «Qarg‘ish» degan so‘z «Qarg‘a»dan olinganmi? Xudo qarg‘agan bandasiga qarg‘ani ro‘para qiladimi?..»
Bu fikr Elchinning tovonidan bo‘g‘zigacha o‘tmas pichoqda tilib, tuz sepganday bo‘ldi. Bu og‘riqqa toqat qilolmay, qaddini ko‘tarib, «Kisht!» dedi. Qarg‘a uning ojiz sasini eshitganday, boshini burib qaradi. So‘ngra esa «Vazifamni bajarib bo‘ldim», deganday bir qag‘illadi-yu, uchib ketdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:08:07
                                                                                      2

Professor Habib Sattorov Londondan qaytgach, Moskvada yana ikki-uch oy qolmoqchi edi. Uyiga qo‘ng‘iroq qilib, xotinidan «Tezroq kelsangiz yaxshi bo‘lardi» degan mujmal gapni eshitgach, fikri o‘zgardi. «Hoynahoy onam betobdirlar. «Eringni chaqirtir», deb siquvga olgandirlar», degan o‘yda yo‘lga hozirlandi.
Uyiga kirib kelishi bilan so‘ragan birinchi savoli shu bo‘ldi:
— Oyim tuzukmilar? Nega lanj gapirding?
— Oyim... tuzuklar. Birpas damingizni oling. Sog‘indik-da... — dedi xotini jilmayib. Habib Sattorov sezgir odamlar toifasidan emas. Inson ruhiyatidagi, chehrasidagi o‘zgarishlarga yetarli ahamiyat bermas edi. Sezgirroq bo‘lganida xotinining jilmayishi ortida bir dard yashiringanini, tashvishli xabar aytishga tili aylanmay qiynalayotganini fahmlagan bo‘lardi.
Qizlari o‘qishda, uyda er-xotin yolg‘iz edilar. Shu bois «sog‘inish» so‘zi Habibga o‘zgacha ohangda eshitilib, xotinining beliga qo‘l yubordi.
— Voy o‘lay, kuppa-kunduz kuni-ya! — dedi xotini nozlanib.
Bu nozlanishdan so‘ng u o‘zini erining bag‘rida ko‘rdi.
Telefon jiringlamaganida sog‘inch degan tuyg‘u ularni noqulay ahvolga solib qo‘yishi mumkin edi. Chunki telefon qo‘ng‘irog‘idan ko‘p o‘tmay kichik qizi o‘qishdan qaytdi...
Habib Sattorov choy ichib bo‘lgach, kiyimini almashtirdi.
— Bi-ir ishxonaga o‘tib kelay, — dedi u xotinining savol nazariga javoban.
— Hovliga-chi? Oyimlarni ko‘rgani bormaysizmi?
— Boraman, boraman... Avval institutga o‘taman. Hovliga keyin. Fanlar akademiyasidan bir xalta qog‘oz berishgan. Direktorga topshirib qo‘yay, balki zarur hujjatlardir...
Xotini labini tishladi, ammo gapini ayta olmadi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:08:55
Habib Sattorov institutga kiraverishdagi dahlizga osilgan, atrofi qora hoshiya bilan o‘ralgan suratni ko‘rib, to‘xtadi. Shu dargohda uzoq yillar ishlagan, lekin ilmga zarracha foyda bermagan, keyingi yillarda «keksa olim» sifatida yoshlarga pand-nasihat qilib yuruvchi ilmiy xodimning olamdan o‘tgani haqidagi xabarni o‘qib, «Xudo rahmat qilsin», deb qo‘ydi. Habib Sattorov Londonga ketmasidan ilgari bu odam uning xonasiga kirib: «O‘ylab qarasam, shuncha ishlabman-u, bitta otning taqasini ham berishmabdi. Hatto bitta medalim ham yo‘q-a?! O‘lib qolsam, yostiqchaga nimani tikib olib chiqishadi. Bolalarimdan uyalaman. Xo‘jayinga siz ayting. Qirq yildan oshiqroq ishladim. Hech bo‘lmasa «Mehnat veterani» medalini olib bersin», degan edi. Habib Sattorov «Katta» bilan yaxshi munosabatda bo‘lmasa-da, uning iltimosini aytgan edi. «Medalni olishga ulgurdimikin? — deb o‘yladi Habib Sattorov. — Bechora olgan mukofotlarini yostiqchaga qadab, tobutining oldida ko‘tarib borishlarini orzu qilgan ekan-da? Bu mukofotlar u dunyoda ish berarmikin? Mukofotlari yo‘qlar nima qilarkin?..»
Shu fikrlarda ketib borayotganida hamkasblari yo‘liqib, uni eson-omon qaytgani bilan qutlab, so‘ngra «Bandalik», deb qo‘yishdi. Habib Sattorov buni keksa ilmiy xodimga nisbatan aytiluvchi so‘z deb o‘ylab, «Ha, endi, umr degani shu-da» deb qo‘yaverdi. Bildirilgan hamdardlikka bu holda loqaydlik bilan javob berilishidan ajablandilar. Ammo hech biri «Ukasi o‘lgan odam ham shunaqa bo‘ladimi?!» demadi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:09:14
Habib Sattorov qabulxonaga kirib, rahbar o‘tirgan xona eshigini ochmoqchi edi, kotiba to‘xtatdi:
— Sohib Po‘latovich bandlar.
— Majlismi? — dedi Habib Sattorov to‘xtab.
— Bandlar, — dedi kotiba labini burib.
— Meni taniyapsizmi? — deb ajablandi Habib Sattorov. U rahbar bilan yaxshi munosabatda bo‘lmasa-da, boshqalarga nisbatan bu xonaga bemalol kirib-chiqaverar edi.
— Taniyapman, — dedi kotiba, keyin tortmasidan bir varaq qog‘oz chiqarib uzatdi: Habib Sattorov uning bu qilig‘idan ajablanib, qog‘ozni olib o‘qidi: «Buyruq â„–... Mehnat intizomini surunkali buzgani uchun Habib Sattorov vazifasidan ozod etilsin...»
Habib Sattorov buyruqni qayta-qayta o‘qib, kotibaga «Eslaring joyidami?!» deganday qaradi. Bunday tushunmovchiliklarga, ajablanishu hayratlanishlarga ko‘nikib qolgan kotiba «Menga nima, buyruqni men chiqarmayman», deganday kichkina egovchasi bilan tirnog‘ini egovlayverdi.
— Kim bor oldida? — dedi Habib Sattorov ovozini balandlatib.
— Mumkin emas, bandlar, — dedi kotiba yana labini burib.
Habib Sattorov yana bir oz chidab turdi-da, keyin kotibaning hay-haylashiga qaramay, eshikni shart ochib, ichkari kirdi. Asosiy xona kimsasiz, biroq, orqa tomondagi dam olish xonasidan ayol kishining nozli kulgilari eshitilardi. Habib Sattorov «Nima qilsam ekan?» deb o‘ylab turmadi. Dam olish xonasiga bostirib bordi. Chala yarim yechingan holicha baqaloqdan kelgan Sohib Po‘latovga karashmalar qilayotgan yigirma uch-yigirma besh yoshlardagi juvon eshikdan kirib kelgan Habib Sattorovga ko‘zi tushib, qichqirib yubordi. Bu qichqiriqdan cho‘chib tushgan Sohib Po‘latov orqasiga o‘girilib, kutilmagan mehmonni ko‘rdi-yu, avvaliga bir oz dovdiradi. So‘ng o‘zini qo‘lga olib, jilmayganicha o‘rnidan turdi-da, hech narsa bo‘lmaganday Habib Sattorovga qo‘l uzatib, ko‘rishmoqchi bo‘ldi:
— Habib Sattorovich, salom, salom, yaxshi keldingizmi?
Habib Sattorov unga qo‘l cho‘zmadi, ko‘rishmadi. Sohib Po‘latov bunga ham e’tibor bermaganday, qizga qaradi-da:
— Siz boravering, ishingizni qilavering. Hammasi yaxshi bo‘ladi, — dedi. So‘ng Habib Sattorovni katta xonasiga boshlab, o‘z o‘rniga o‘tirdi. U qisqagina fursatda dovdirash, o‘ng‘aysizlanishdan butunlay qutulgan, jiddiy, mulohazali rahbar qiyofasiga kirib olgan edi. U qo‘ng‘iroq chalib, kotibasini chaqirdi-da, ikki kishilik qahva buyurgach, Habib Sattorovdan:
— Safaringiz yaxshi o‘tdimi? — deb so‘radi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:10:00
— Safar-ku, yaxshi o‘tdi, ammo mana bunga tushunmadim, — dedi Habib Sattorov qo‘lidagi qog‘ozni unga uzatib.
— Nima bu? — dedi Sohib Po‘latov hech narsadan xabari yo‘q odamday. Keyin buyruqqa ko‘z yugurtirgach, qog‘ozni nari surdi: — Ha, bumi, arzimagan bir gap. Rasmiyatchilik. Davlatning mehnat intizomi haqidagi qonuni bor, azizim. Unga barchamiz bo‘ysunamiz.
— Men Angliyaga ish bilan ketgan edim, ammamning to‘yiga emas. O‘z hisobimdan...
— Xabarim bor. Ammo o‘z hisobingizdan olgan ta’tilingiz sakkiz kun oldin tugagan. Lekin, azizim, siz tashvishlanmang. Bu bir rasmiyatchilik. Siz menga tushuntirish xati yozib bering. Sizni ishsiz qoldirmaymiz. Faqat mudirlikda emas... ilmiy xodim bo‘lib ishlab tura turasiz. Mudirlikka odam tayinlab qo‘yuvdim. Akademiya ham tasdiqlagan.
Habib Sattorov uning gaplarini eshita turib «Tupurdim sening marhamatingga! Men Moskvagami, Angliyagami ketib ishlashim ham mumkin. Ammo sen shu shilta yeringdan bir qarich jila olmaysan!» demoqchi bo‘ldi-yu, tilini tiydi. Joy talashib, past ketishni istamadi. Buyruqni ko‘ra solib, bostirib kirishining zaiflik alomati bo‘lganini fahmlab, o‘zini o‘zi koyidi. «Shu badbaxtning huzuridan boshimni egib chiqsam, bir umrli sharmandalik bo‘ladi», degan fikrga kelib, qaddini g‘oz tutdi.
Uning bir oz jim qolganini Sohib Po‘latov o‘zicha tushunib, qo‘li baland kelganiga ishongan holda gapini davom ettirdi:
— Yana ham men sizni hurmat qilaman, azizim, Sizday olimlar ko‘chada qalashib yotgani yo‘q. Ba’zi o‘rtoqlar buni tushunishmaydi. Hatto partbiletni stolga qo‘ysin, deydiganlar ham topildi. Men ularga qat’iy qarshi chiqdim.
— Bekor qilibsiz, — dedi Habib Sattorov istehzo bilan kulib.
— Nega bekor bo‘larkan? Men kadrlarni qadrlashni bilaman. Siz esa men haqimda noto‘g‘ri fikrlarda yurasiz. Partbilet, azizim, siyosiy masala. Siyosiy masala esa — hazil gap emas! Uchib ketishingiz hech gap emas!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:11:17
— Baribir bekor qilibsiz. Men partbiletni stolga qo‘ymasdim, — Habib Sattorov shunday deb mug‘ombirlarcha kuldi-da, yana qo‘shib qo‘ydi: — ikki dunyoda ham qo‘ymasdim.
— Siz... katta ketyapsiz. Siz ularni bilmaysiz. Ular shundayki... qo‘yishga majbur bo‘lardingiz baribir.
— Qo‘ymasdim, — dedi Habib Sattorov o‘jarlik bilan.
— Nega?
— Chunki menda partbiletning o‘zi  yo‘q. Partiyasizman.
Sohib Po‘latov joyida bir qimirlab oldi.
— Bo‘lar ish bo‘libdi, — dedi Habib Sattorov g‘olib odamning ovozi bilan. — O‘zim ham «Bo‘shasammikin», deb yuruvdim. Buyruq uchun rahmat. Endi men kompyuterimni olib ketsam.
— Qanaqa kompyuter?
— Bilmaysizmi? Nahotki? Buyuk Britaniya qirollik akademiyasi Habib Sattorovga beshta kompyuter sovg‘a qilgan edi. Bittasi shaxsan o‘zimga sovg‘a, qirolichaning dastxati ham bor. Bilishimcha, kompyuterning uchtasi Moskvada qolgan. Ikkitasi shu yerda. Mayli, men faqat dastxat bitilganini olay. Bittasi institutda qolsin.
—E, yo‘q, azizim, — Sohib Po‘latov shunday deb jilmaydi. — Sizga berolmaymiz uni. Bular institutning mulki. Siz esa bizda ishlamaysiz. Sizga faqat bir yaxshilik qilishim mumkin: istagan paytingizda kelib foydalanishga ijozat etaman.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:12:44
Shunisi ortiqcha bo‘ldi. Habib Sattorov shunisiga chiday olmasdan chapanichasiga so‘kib yubordi. Shu so‘kish bahonasida har ikki tomon aytadiganini aytib, yuragini g‘uborday bosib turgan alamlardan forig‘ bo‘ldi. G‘azab toshlari tugagach, Sohib Po‘latov:
— Akademik Xolidiy domla ukangni jinni, devdilar. To‘g‘ri aytgan ekanlar. O‘zi urug‘laringda bor ekan jinnilik, — deb bahsga yakun yasadi.
Habib Sattorov bu yakunga qarshi bir gap aytmadi. Sohib Po‘latovning fikrini ma’qullaganidan emas, aksincha, aytilgan gapning naqadar tuban, naqadar puch ekani sababli unga javob qaytarishni lozim topmadi. U o‘z ko‘nglida sukut saqlab, harifidan baland keldi, g‘oliblik shohsupasini egalladi. Sohib Po‘latov esa so‘nggi gapi bilan uni «tamoman majaqlab tashlaganiga» amin edi.
Habib Sattorov ko‘chaga chiqib bir oz yurgach, to‘xtadi. «Yana bir-ikki og‘iz gapni aytsam bo‘lar ekan», degan fikrda afsuslandi. So‘ng «Shu odamga gap ta’sir qilarmidi», degan fikr bilan o‘zini o‘zi ovutdi. Agar uning yonida Sobitxonga o‘xshash ilm sohiblaridan biri bo‘lganida, ayni bir haqiqatni aytib, ko‘ngliga taskin berardi. Afsus shuki, yonida bunday aqli rasolardan yo‘q. Yana bir afsus shuki, o‘zi shu yoshga yetib ahli donishlar suhbatiga intilmadi. Xudo bergan aql xazinasini karra jadvaldan tortib, turli formulalar bilan to‘ldirdi. Agar ruhoniy ilmga ozginagina joy bergandami edi «As-sinatuhum ahla minal asal va qulubahum qulubuz-ziaab»*  — hadisi sharifining neni anglatishini bilgan bo‘lardi. Sohib Po‘latovning qiliqlarini shunda tushunib yetardi. Bo‘ri qo‘yxonaga oralasa, bir necha jonivorni bo‘g‘izlaydi. Holbuki, bittagina qo‘yni olib ketadi. Sohib Po‘latov ham shunday. U hozircha Habib Sattorovni ishdan bo‘shatdi. Hali shogirdlar, tarafdorlar... turishibdi. Habib Sattorov hozircha bu haqda o‘ylamaydi...
U avtobus bekatiga qadar bo‘lgan yarim chaqirimlik yo‘lda xayolini hozirgi noxushliklardan tozalamoqchi bo‘ldi. Bu — uning hamishalik odati. Biron nohaqlikka duch kelsa, ko‘ngli g‘ashlansa, janjalli holatda o‘zini tutib, hatto buni uzoq o‘ylamay, xayolidan chiqarishga harakat qiladi. Buning uchun u ko‘ngliga huzur baxsh etuvchi yaxshi damlarni eslab, ko‘z oldiga keltiradi. Hozir ham shunday qildi. Angliyadagi dorilfununda kechgan mas’ud damlarini, ma’ruzalaridan keyingi olqishlarni, qirolicha huzuridagi qabulni esladi. Esladi-da, «Men kim-u, u kim? Ertaga ishdan olinsa, tuflab tashlagan tupugimga arzimaydi», deb o‘ziga-o‘zi tasalli berdi. Sohib Po‘latovlarning ertaga ham, indinga ham ishdan olinmasliklarini esa, o‘ylab ko‘rmadi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:13:24
Bolaligi o‘tgan uyga kelgandan keyingina hamkasblarining nima sababdan ta’ziya bildirganlarini angladi. Shum xabarni eshitib, bir oz garangsidi. Onasining fig‘onli yig‘isi yuragini o‘rtab yubordi. Mashoyixlar «Otamlatsang otamlatgin, bo‘tamlatmagin», deb bejiz aytmaganlar. Farzandi dardida ezilib-ezilib yig‘layotgan onaning dardini yana qanday dard bilan qiyoslash mumkin? Bundan ulug‘roq dard yo‘qdir... Ehtimol... Yana kim biladi... Risolat kampirning aytib yig‘lashiga agar tog‘ qoyalari tushunishsa, alamdan balki tars-tars yorilib ketarmi edilar. Ajab yeri shundaki, Habib Sattorov onasining yig‘isidan o‘rtandi... Ammo... o‘zi yig‘lamadi. Yig‘i kelmadi. Bundan o‘zi ham ajablandi. Keyin o‘zidan-o‘zi nafratlandi.
Onasi bir oz yupangach, ko‘cha eshik og‘zida hassaga tayangan Sobitxon ko‘rinib, «Opoqi!» deb chaqirdi. Risolat kampir uni ovozidan tanib, o‘rnidan turdi-da, uy ostonasiga bordi:
— Keling, Qori bolam, kelavering, — dedi u yig‘lamsiragan ovozda.
Habib Sattorov hovliga chiqib mehmonni kutib oldi. Risolat kampir Sobitxon bilan yig‘lab ko‘rishdi.
Sobitxon ko‘rpachaga o‘tirishga qiynalgani sababli, stulga cho‘kdi-da, shirali ovozda tilovat qildi. Fotihadan so‘ng Risolat kampir odati bo‘yicha «Xudoning irodasi shu ekan-da», deb qo‘ydi. Sobitxon «Onajon, bu Xudoning irodasi emas, Xudo bandalariga jonlaringga qasd qilinglar deb buyurmagan. Jonga qasd qilish — shayton irodasiga bo‘ysunishdir. Afsuslar bo‘lsinkim, birodarimiz shayton qavmida ketibdilar», demoqchi bo‘ldi-yu, ilmdan bexabar bu ayolning alamli yarasiga tuz sepmay, deb tilini tiydi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:13:57
— Qo‘qondan keliboq shu shumxabarni eshitdim. Olloh sizga sabr bersin. Barchalarimizni o‘zi hidoyat yo‘liga boshlasin, — dedi Sobitxon.
— Yurishingiz sal bejoroqqa o‘xshaydi. Hali ham yaxshi tuzalib ketmadingizmi? — deb so‘radi Risolat kampir mehribonlik bilan.
— Shunisiga shukr. Do‘xtirlar yurolmaydi, deb bashorat qilishuvdi. Ularning emas, Ollohning aytgani bo‘lyapti.
Sobitxon uzoq o‘tira olmas edi. Shu sababli kampirdan ijozat so‘rab, o‘rnidan turdi. Habib Sattorov uni kuzatib qo‘ydi. Iziga qaytayotganida oshxonadan chiqayotgan kelini — Xonzodaga to‘qnash keldi. Xonzoda qayin og‘asiga salom berib ko‘rishib, oshxonaga kirganicha endi chiqib kelayotgani edi. Habib Sattorov keliniga bir qaradi-yu, uning bir necha oy orasida bir necha yilga qariganini sezdi. Turmush ikir-chikirlariga uncha e’tibor bermaydigan bu olim keyingi o‘tgan oylar kelini uchun naqadar mashaqqat bo‘lganini bilmaydi. Xonzodaning kechalari to‘kkan ko‘zyoshlari jamlansami, dengiz bo‘lmaganda ham ko‘l bo‘lar.
Bevaning, ayniqsa, tirnoqqa zor bevaning zorli, g‘amli ohlariga tun qanday chidar ekan, zaminu samo qanday chidar ekan? Yerning ohlari to‘planib, so‘ng vulqon kabi portlasa kerak. Beva faryod qila olsa edi, bu faryodlar jamlansa edi... Vulqon nima ekan, Yer koinotdagi yo‘lidan adasharmi edi... Lekin Habib Sattorov bularni his qila olmaydi. Xonzodaning otasinikiga ketishini yo ko‘zi ojiz qaynonasini boqib shu yerda o‘tiraverishini bilmay garangsishi ham unga begona. Agar Habib Sattorovga birov «Idda o‘tibdi, endi keliningiz boshqa turmush qurishi kerak», desa hayratlanishi turgan gap.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:14:36
Kelinining ma’yus boqishini ko‘rgan Habib Sattorov unga nimadir deyishi lozimligini sezdi. Ammo o‘sha «nimadir» kallasiga kela qolmadi, tiliga tusha qolmadi. Avvaliga ukasining so‘nggi kunlarini so‘ramoqchi edi, lekin «Yarasini tirnamay, vaqti bilan aytar», degan o‘yda fikridan qaytdi. U ayni damda yo uydagi, yo ishxonadagi ahvoldan so‘z ochishi mumkin edi. Birinchisi o‘ziga ma’qul kelmagach:
— Institutda nima gaplar o‘zi? — deb so‘radi.
Bu savol Xonzodaga g‘alati tuyuldi. Qaynog‘asidan tasalli kutgan bu beva unga yer ostidan yashirincha bir qarab qo‘ydi-da:
— Tinchlik, — dedi xasta ovozda.
— Tinchlik bo‘lsa yaxshi... — dedi Habib Sattorov, so‘ng keliniga sinovchan boqib qo‘shib qo‘ydi: — Direktorlaring ham tinchmi? Boshqalarga... g‘alamislik qilmayaptimi?
Xonzoda «Institutga boribsiz, bilgandirsiz?» degandek savol nazari bilan bir qarab olib, yerga tikildi:
— Kayfiyatlari yomonroqmikin... Bir majlis bo‘luvdi..
«Majlis» degan so‘zni eshitib Habib Sattorov sergaklandi:
— Xo‘sh, xo‘sh, xo‘sh, davom eting-chi, nima gap bo‘ldi o‘sha majlisda?
— Majlisda... sizning chet ellardagi ishlaringizni gapirishdi. Xullas... aytishdiki... siz...
— Tortinmay gapiravering, nima deyishdi?
— Siz... kapitalizmga xizmat qilibsiz.
— O‘, shunday deyishdimi? Bag‘oyat go‘zal aytilibdi. Kapitalizmga xizmat qilish... — Habib Sattorov shunaqa degach peshonasiga asta shapatilab qo‘ydi. — Voy, xomkallalar, voy xomkallalar! Axir bu fan, siyosat emas! Fan kapitalizmga ham, sotsializmgayu boshqa «izm»lariga ham xizmat qilmaydi. Fan — fanligicha, olim esa olimligicha qoladi. Siyosatdonlar yo u «izm»ga, yo bu «izm»ga bo‘ysinadi. Ikkita-uchta «izm»ni o‘ylab topib, dunyoni bo‘lib hammani garang qilishadi. Fan olami bunday «izm»larga bo‘linmagan, bo‘linmaydi ham! U qovoq kallalar qachon tushunib yetishadi buni?!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:15:00
Xonzoda qaynog‘asining gaplariga tushunmaganday qarab turaverdi. Bu gaplarni keliniga aytishning foydasi yo‘qligiga aqli yetgan Habib Sattorov kaftlarini bir-biriga urib qo‘ydi-da:
— Ha, mayli, qo‘yavering. Ular itga o‘xshab huraverishadi, — dedi. — Nima bo‘lsa bo‘ldi! Kunimiz shunday to‘nkalarga qolganidan keyin nima qilardik.
Xonzoda qaynog‘asi bilan gaplashib turishdan iymanib, orqasiga asta tislandi. Buni sezgan Habib Sattorov ham eshik og‘zidan o‘zini chetroqqa oldi.
— Hali institutga boruvdim... Ovsiningiz menga bu xabarni aytmovdi-da, — deb o‘zini oqladi. — Yangilikdan xabarlaring bormi?
— Qaysi yangilik?
— Meni ishdan bo‘shatishibdi-ku?
— Eshitdik. Akademiyaga xat yozdik.
— Bekor qilibsizlar. Ertagayoq xatni qaytarib olinglar. Uning odati ma’lum, xatga kim qo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bitta-bitta bo‘shatadi. Men... aslida o‘zim ariza yozmoqchi edim. Birato‘la Moskvaga ketaman. Bu yerdagi nohaqliklar jonimga tegdi.
— Maskovda... — dedi o‘ychan tarzda Xonzoda. — Maskovda haqiqat bor deb o‘ylaysizmi?
«Maskovda haqiqat bor deb o‘ylaysizmi?..»
Xasta, o‘ychan tarzda emas, Anvarning kinoyali ovozida aytilganday bo‘ldi bu gap.
«Maskovda haqiqat bor deb o‘ylaysizmi?»
«...haqiqat bor deb o‘ylaysizmi?»
«...o‘ylaysizmi?..»
Oshxona ichkarisida xasta ovozda aytilgan bu gap Habib Sattorovning nazarida butun mahallani zirillatguday bo‘lib jarangladi, aks-sado berdi.
So‘nggi uchrashuvlarida Anvar shunday deb edi.
— Maskovda haqiqat bor deb o‘ylaysizmi?
— Menga haqiqat emas, ilmiy ish uchun sharoit kerak.
— Haqiqat yo‘q yerda sharoit ham bo‘lmaydi. Domlangiz boshingizni silagani bilan «qora-quralar nasibamizni yeb ketyapti», deydiganlar ko‘p u yerda...»
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:15:42
Qiziq, yo‘l ustida aytilgan gapni o‘shandayoq unutgan edi. Kelini esga soldi... Unda Anvar bilan picha bahslashgan edi, nasihat ham qilib edi. Endi keliniga nima desin?
Bu gap a’zoi badaniga titroq yubordi. Keliniga norozi qiyofada qaradi-da:
— Siz oyim bilan o‘tira turing, men Anvarning xonasiga kiray, — deb uy tomon yurdi. Anvar uchun ham darsxona, ham mehmonxona vazifasini o‘tagan uyga qadam bosib kirib, o‘rtada to‘xtadi. O‘zining kuyovlik onlari kechgan bu uy deyarli o‘zgarishsiz. Faqat... ranglar unniqqan. Qaysi bir yili chakka o‘tganidan shiftdagi fanerning ayrim joylari tirishgan. Uyni qaytadan bo‘yoqdan chiqarishga Anvarda qunt ham, toqat ham, muhimi — mablag‘ ham yo‘q edi.
«O‘zim qarab tursam bo‘larkan», deb o‘yladi Habib Sattorov.
Qaysi bir yili onasi «Ukangning topish-tutishida baraka yo‘q, sen qarashib tur», deganda «Ukam yosh bola emas. Harakat qilsin. Har kim o‘z aravasini o‘zi tortishi kerak», deb uni ranjitgan edi. Mana endi afsuslanib turibdi. Endi bu afsusdan ne foyda? «Hayitgacha uyini moylatib beraman», deb ham o‘yladi. Endi uyning moyi yangilandi nima-yu, yangilanmadi nima? Hayitgacha Anvar tirilib kelib o‘tirarmidi? Yo Xonzodaga kerakmi? U erining yili o‘tguncha o‘tirar, keyin ketar... Keyin Habib Sattorovning o‘zi ko‘chib kelar...
Bir oyog‘i singani tufayli kanop bilan bog‘lab qo‘yilgan, deraza tokchasiga qadalib turgan stol hozirgina hovliga chiqqan egasini kutayotganday mung‘ayib ko‘rindi. Xonzodaning kelinligida tortiq etilgan bu stol mehmonlar uchun ham, dars uchun ham xizmat qilardi. Dam o‘rtaga sudralib, dam deraza tomonga qo‘yilaverib oyog‘i singan bu stolning «tabibi» Anvar o‘limidan uch kun oldin «vaqtincha» bog‘lab qo‘ygan edi.
Stol ustida uch-to‘rt kitob, taxlam qog‘oz, bir necha turli qalinlikdagi daftar turardi. Anvar so‘nggi marta bu uydan chiqqanida bular sochilgan holda edi. Keyin... Xonzoda titroq qo‘llari bilan batartib holga keltirdi.
Stol ustida qalam yotibdi... xuddi hozirgina ishdan horib yonboshlaganday... Yoki yetim qolganidan bo‘zlab, bag‘rini yerga berib yotganday. Shunisi to‘g‘ridir... qalam yetim... kitob-daftarlar yetim, siniq oyog‘i kanop bilan bog‘langan stol, hatto uy yetim... Faqat yetim bola yo‘q. Otani sog‘inuvchi, «voy otam»lab yig‘laguvchi farzand yo‘q.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:16:17
Xayoliga shu fikr kelganda ko‘zlariga yosh quyildi. Bag‘ri kuyib yig‘ladi. Nima uchun yig‘ladi? Ukasidan zuryod qolmaganidanmi? Yoki o‘zining yolg‘izligidanmi? O‘z ta’biri bilan aytganda, «ahmoq bo‘lsa ham» ukasi bor edi. Endi... ko‘zi ojiz onasi, xotini, ikki qizi... «Moskvaga yoki Angliyaga borib ishlayman», dedi. O‘zi-ku, borib kelar. Onasiga kim qaraydi? Xotinimi? Qaynona-kelin munosabati aniq-ku?
Ha... u o‘zining qismatiga ham yig‘ladi. U olimligini unutib, odam ekanini esladi.
Shunisiga ham shukr...
Habib Sattorov unsiz yig‘lagan holida bir oz turgach, stol yonidagi stulga o‘tirdi. Bir necha daqiqa harakatsiz o‘tirdi. Kitob-daftarlariga qo‘l tekkizishga botinmadi. Kitob-daftarlar qo‘l tegishi bilan «Voy, egam!»lab dod soladiganday tuyuldi. Bir oz harakatsiz o‘tirgach, qo‘liga qalamni oldi. Qalamning badanida tishlarning izi...
Xayolga berilib, beixtiyor qalamni tishlagan holda nimalarni o‘yladi ekan? Balki o‘zini qachon, qaerda, qanday osishni o‘ylagandir?
Shu fikr xayoliga urilishi bilan, qo‘li titrab, qalamni joyiga tashladi. So‘ng daftarni olib, varaqladi. Ayrim satrlariga ko‘z tashladi. Anvar husnixat egasi emasdi. Ayrim satrlari o‘layotgan odamning kardiogrammasini eslatardi: dastlabki harflarni o‘qish mumkin edi, satr oxirida harf degani to‘g‘ri chiziqqa aylanardi.
Habib Sattorovga bu daftar ilmiy ishning qoralamasi kabi tuyulib, ayrim satrlar diqqatini tortdi. Birinchi sinf bolasiday hij o‘qiy boshladi:
«...Bir xalq o‘z ixtiyori bilan boshqa xalqqa qanday qilib qo‘shilsin? Xo‘p, nomuhtaram, noakademik, nojanob, balki bu dunyoda sizning ahmoq kallangiz bilan fikr yuritadigan galvarslarga ergashib kattaroq yoki kichikroq xalqlar qo‘shilar. Lekin qanday qilib bir millat o‘z ixtiyori bilan boshqa millatga qo‘shilsin? Bu holda qo‘shilguvchida or-nomus bo‘larmi? Millat — bir dinga mansublikmi? Bir millat o‘z ixtiyori bilan boshqa millatga qo‘shilibdimi, demak u o‘z dinidan, o‘z imonidan, vijdonidan yuz o‘giribdi. Alqissa: «O‘rta Osiyo Rossiyaga o‘z ixtiyori bilan qo‘shildi», degan gap o‘rta osiyolik musulmon dinidan chiqib nasroniylikni qabul etdi, degani emasmi? Shu yolg‘onni chinga aylantirib berayotganlari uchun valine’matlaridan mukofotlar oladilar. Biroq, tentakona bu gapga kim ishonadi, kimlarni ishontirmoqchi bo‘lishadi. Omilarnimi? Omilarga bari bir — kim non bersa, kayfini xushlasa o‘shanga qulluq qilaveradi. Qornini to‘yg‘azib qo‘yib, qamchilasa ham g‘ing demaydi. Bunaqa omi odam nima — mol nima — farqsiz. Ammo... (Ammo!) ongli odamlar ko‘p-ku? Ularni chalg‘itish mumkinmi?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:16:29
Odamning o‘ng yelkasida Rahmon farishtasi, chap yelkasida Shayton bolasi turadi, deyishadi. Balki shundaydir. Lekin mening nazarimda (buning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini Sobitxondan so‘rab olishim kerak!!!) odam o‘ngga qarasa haqiqatni, chapga qarasa — aldovni ko‘radi. Odam o‘ng tomoniga boshini bursa, yuziga shapaloq (balki mushtdir, Xudo ularga insof bersin) bilan uradilar. Chap tomonga bursa, peshonasini silaydilar. Uning ko‘zi ajoyib narsalarga, «imtiyozlar» deb ataluvchi bu dunyo jannatiga tushib rohat topadi...»
Fikr shu yerga yetganida satrlar uzilib, arab harflarida bir nimalar yozib qo‘yilgan edi. Agar Habib Sattorov arab alifbosini bilgandami, beadad ulug‘ hikmatni o‘qir edi. Daftardagi:
«Izo, kaanam turobu dalila qovmin, Sayahdihum ila arzil jiyafi»* degan arabiy baytning Sohib Po‘latovga ham tegishli ekanini anglardi.
Habib Sattorov daftarni yana varaqlab «jinnixona» degan so‘zga ko‘zi tushib jumla boshini izladi.
«...Meni jinnixonga keltirishdi. Na izzat, na-da ikrom, na poyondoz, na-da gullar bor. Obro‘ ham shunchalar bo‘lar-da. Ishonchim komilki, agar Nortojiev (ya’ni Gorbachev) jinnixonaga yotqizilsa, bundan ortiq obro‘ ololmaydi. Demak, men obro‘ jihatdan Nortojiev bilan tengman. Oramizdagi farqimiz, u — professional, men esa kelajagi porloq havaskor jinniman! Qanday yaxshi! Kelajagi yo‘q yosh olim bo‘lgan durustmi yoki kelajagi porloq yosh jinni a’loroqmi? Albatta keyingisi — muddaoning o‘zi! Darvoza tepasiga «Lenin biz bilan», deb yozib qo‘yishibdi. Endi «Butun dunyo jinnilari, birlashingiz!» deb yozdiramiz. Qiziq... jinnilar nima uchun birlashishmas ekan? Balki birlashishgandir?.. Ha, birlashganlar! Faqat ularga «jinni» degan unvon berilmagan. Ular — aqlli jinnilar. Biz esa... men esa... ahmoq jinniman. Yo‘q, ular jinnilarmi? Men jinnixonadaman. Demak, men ularning mehmoniman. Bunisi qoyil! Lekin... bir kunmas bir kun, biz havaskor jinnilar ham birlashamiz. So‘ng... Xo‘sh, so‘ngra nima qilamiz? Ha, eng avvali o‘zimizni «Aqlli jinni» deb e’lon qilamiz. Keyin erkakni xotin, xotinni esa erkak deymiz. «Falonchining eri tug‘di» yoki «Falonchining eri bolasini emizmayotgan emish...» yoki «Falonchining eri boshqadan ikkiqat emish». Zo‘r-a! Bolalar-chi? Tug‘ilgan bolalarni «buvasi», «buvisi» deymiz... Qarabsizki, qiyomat! Eng qiyomati — televizorning hamma kanallarida faqat «O‘zbekfilm» tomoshalarini ko‘rsatamiz. Qarabmizki, ertalab nahorga bosmachi, nonushtaga bosmachi, tushlikka ham, kechlikka ham. Zahartang qilib yoki uyqusi qochib tursa ham — «O‘zbekfilm»...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:16:45
Shu yerga kelganda Habib Sattorovning toqati toq bo‘lib daftarni yopdi-da, nari surdi.
«Maynavozchilik! — deb o‘yladi u. — Umrini shunaqa maynavozchilik bilan o‘tkazdi. Jinnixonaga ham maynavozchiligi tufayli tushgan. O‘sha yerda yotib ham shu qilig‘ini qo‘ymagan. Hayotga shunaqa yengil qaragan. Yengil qaragani uchun ham hayotdan osongina keta qoldi. Uning yashashdan maqsadi yo‘q edi. Hamma fojia shunda!»
Hayotni oddiy odam sifatida emas, olim dunyoqarashi bilan tushunuvchi Habib Sattorovning ukasi haqidagi fikri shunday edi.
«Yengil qaragani uchun ham hayotdan osongina keta qoldi...»
Vo ajab! O‘zini osdi, degani hayotdan osongina ketdi, degani emas-ku? To‘g‘ri, bir necha nafasda jon chiqadi. Lekin bo‘yniga sirtmoq solguncha qiynalmaydimi? Sirtmoqqacha bo‘lgan soatlar, kunlar, oylar, balki yillar azobini kim hisob-kitob qiladi?
«Uning yashashdan maqsadi yo‘q edi...»
Naqadar xato fikr! Anvarning maqsadi unikidan ulug‘roq edi. Habib Sattorov bu olamda «Vatan ozodligi, hurligi» degan tushuncha mavjudligini o‘ylab ham ko‘rmagan. Shu sababli ham hurlik xususida satrlar bitilgan stolga tirsagini tiragan holda o‘tirib, ukasini nojo‘ya aybladi.

_________________
* M a z m u n i  b u d i r: «Tillari asaldan ham shirin, qalblari esa bo‘rilarning qalbidir».
* Mazmun budir: Agar quzg‘un qavmning yo‘lboshlovchisi bo‘lsa, Tezda ularni o‘laksazorga olib boradi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:17:04

XIII  b o b

1

Asadbek keyingi paytlarda puxta o‘ylamay turib qarorlar qabul qilayotgan bo‘lsa-da, Chuvrindi uning holatini bilgani uchun qarshilik bildirmadi. «G‘ilayni olib, Maskovga jo‘na», deganida «O‘sha yoqqa borish shartmi? Agar shart bo‘lsa, keyinroq borilsa-chi», deb e’tiroz bildirishga og‘iz juftladi-yu, hojasini g‘azabga solmaslik uchun tilini tiydi. Asadbekka bo‘ysinib yo‘lga otlandi.
Ular safarga «deputatlar xonasi» orqali chiqishardi. Bu gal ham odat kanda bo‘lmadi. Xona bekasi Chuvrindini yaxshi tanirdi. Aniqroq aytilsa, bu go‘zal juvonning xona bekasi bo‘lishida uning xizmati bor edi. Xona bekasi ularni qarshilab, uchoq bir oz kechikishini aytdi-da, qahvaxonaga boshladi.
Chuvrindi qahvaxonada Orzubekni ko‘rib quvondi.
— Birga uchamiz shekilli? — dedi Chuvrindi u bilan ko‘rishgach.
— Agar Moskvaga bo‘lsa, birga uchamiz. «Vatanimiz yuragi»ga, — dedi Orzubek keyingi so‘zlarga kinoya ohangi berib.
Ikkita qahva keltirgan bekachaga G‘ilay aroq buyurgan edi, Chuvrindi «Maskovga borib kelguncha chidaysan», deb jerkib berdi. G‘ilay bundan arazladimi yo tor xonada o‘tirib siqildimi, chekib olish bahonasida tashqariga chiqdi.
— Bu ham o‘zlaringizdanmi? — deb so‘radi Orzubek.— Ko‘rinishidan jallodga o‘xshaydi.
— Jallodlik uning ikkinchi iste’dodi, — deb kuldi Chuvrindi.
— Moskvaga malaka oshirishga olib ketyapsizmi yo Butunittifoq yosh jallodlarining ko‘rik konkursi bormi? — Orzubek shunday deb kuldi. Uning kayfiyati yaxshi edi, shu sababli hazilini davom ettirdi: — Shunaqa o‘tkazilsa yaxshi bo‘larkan. Mana, eshiting-a: «Allo, biz kallakesarlarni izlayapmiz!» Oradan bir oy o‘tgach bu yerda yangi ko‘rsatuv paydo bo‘ladi: «Marhabo, kallakesarlar!»
Chuvrindi deputatning beg‘araz hazilidan kuldi. Aslida bu hazil emas, potos bog‘lagan pichinglardan biri edi. Doimo qovoq uyub yuruvchi deputatdan hazil gapning chiqishi shimolda lola undirish kabi edi. Uning hazilini yon-atrofidagilargina tushunishi mumkin edi. Chuvrindi uning qiliqlarini yaxshi bilgani uchun ham kulib qo‘ya qoldi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:17:48
— Mahmudbek, ko‘rinmay ketdingiz? — dedi Orzubek jiddiylik bilan.
— Yuribmiz, aka, tirikchilik.
Orzubek undan «O‘zingiz ham ko‘rinmaysiz», degan lutf kutdi, bunday savolni eshitmagach, o‘zi muddaoga yaqinlashdi:
— Men ham yo‘qlamay qo‘ydim, — dedi hamsuhbatiga sinovchan tikilib. — Bek akangiz «qorasini o‘chirsin», degan bo‘lsalar kerak, a?
— Yo‘q, unday emas, bilasiz-ku...
— Bilaman. O‘sha oxirgi uchrashuvda sizlar meni noto‘g‘ri tushundinglar. Meni amalparast deb o‘yladinglar. Mahmud, aqalli siz ham meni tushunmadingiz-a? Axir men mansabparast emas, millatparastman! Men millatim uchun jonimni tikkanman. Menda millatim uchun jondan boshqa hech narsa yo‘q. Molim ham, kuchim ham yo‘q. Kuch, boylik sizlarda bor. Men sizlarda ham millat tuyg‘usi, hurriyat tuyg‘usi uyg‘onsa edi, deb umid qiluvdim. Sizda shunday tuyg‘uning uchqunini ko‘rgandim. Afsus, adashibman.
— Adashmagansiz. Millat uchun biz ham jon berishimiz mumkin, — Chuvrindi shunday deyishga dedi-yu, gap ohangidagi soxtalikni sezib, o‘ng‘aysizlandi.
Deputat bu gapni eshitib, boshini egdi. Qahvadan bir-ikki ho‘pladi.
— Mahmudbek, odam boshqalarni aldagan taqdirda ham o‘zini o‘zi aldamasligi kerak. Men endi tushunib yetyapman. Odamni o‘ttiz-qirq yoshida Vatanni sevishga o‘rgatish mumkin emas ekan. Agar odamning o‘zida zo‘r istak bo‘lsa o‘rganar-u, ammo bu tuyg‘uni mukammal deyish mumkinmas. Vatan tuyg‘usi ona suti bilan singishi kerak ekan. Xafa bo‘lmang-u, sizlarda ona suti bilan boshqa tuyg‘u kirgan.
Bu gap Chuvrindining hamiyatiga tegdi. O‘z onasini, bolasiga ko‘krak sutini bermagan onasini eslab, g‘azablandi. Qo‘lidagi piyolani stol ustiga jahl bilan «taq» etib qo‘ydi-da:
— Onalarimizni tinch qo‘ying, — dedi zarda bilan.
— Meni avf eting, Mahmudbek. Men ramziy ma’noda gapirdim.
— Ramziy ma’noda ham gapirmang!
— Xo‘p-xo‘p, — dedi deputat tobelik bilan.
— Vatanning boshiga bir ish tushsa bilinadi, siz avval jon berasizmi yo boshqalarmi? Sizga o‘xshagan gapdonlarni yaxshi bilamiz. Qo‘lingizga qurol berib, «Vatanni himoya qil», desa, «Hozir vaqtim yo‘q, majlisga kirib chiqay», deb cichqonning inini ijaraga olasiz.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:18:21
— Siz qaysi Vatanni nazarda tutyapsiz? Sovet Ittifoqinimi? Men esa Vatan deganda faqat O‘zbekistonni tushunaman. O‘zbekiston ozod bo‘lsa bas! Uning ozodlik kunini ko‘rsam — armonim yo‘q. O‘zbekiston ozod bo‘lsin, men uning ko‘chalarini supurib yursam ham mayli. Men amalga intilmayman. Sizlardan iltimos qilishimning sababi — o‘sha amal hozirgi ishimiz uchun zarur edi. Boltiq bo‘yidagi davlatlarda millatparvarlar hukumatga kiryaptilar. Bizda esa haliyam Moskvaga qarab chapak chaladiganlar o‘tiribdi. Qarab turasiz, erta-indin Boltiq bo‘yidagi uchchala davlat ajralib chiqadi. Biz o‘tiraveramiz ammamning buzog‘iga o‘xshab.
— Shuni tushuntiribroq aytsangiz bo‘lardi-ku?
— Gapirtirishga qo‘ydimi, Bek akangiz? Yana nuqul «juhud xotiningiz» deydi. Qayoqdan olgan bu gapni, hayronman. Aytib qo‘ying unga, xotinim, Xudoga shukr, muslima!
«Bu gaplar suyak-suyagini zirillatib yuborgan ekan-da, — deb o‘yladi Chuvrindi. — Xotini juhudmi, o‘zbekmi o‘zim ham bilmayman. Bek akam balki boshqa birov bilan adashtirib aytib yuborgandirlar».
— Orzubek aka, siz ulug‘ odamsiz, — deb gap boshladi u.
— Piching qilmang, iltimos.
— Piching emas, rost gap bu, — dedi Chuvrindi samimiy tarzda. — Siz ulug‘ odamsiz. Ulug‘ odam mayda-chuyda gapga o‘ralashmasligi kerak. O‘shanda bek akamning kayfiyatlari chatoq edi. Xotiningizni emas, o‘zingizni ham «juhud» deb yuborishlari mumkin edi. E’tibor bermang u gaplarga. Biz sizni hurmat qilamiz. To‘g‘ri, biz millat uchun sizday jon kuydira olmaymiz. Lekin «millat» deydiganlarni boshimizda ko‘tarib yuramiz. Biz ham tirik jonmiz, bizda ham dard bordir.
Uchoqqa chiqishga ijozat berilgani haqidagi xabar aytilganiga qadar ham Orzubek va Chuvrindi shu xildagi gaplarni gapirib o‘tirishdi. Uchoqda ham bu mavzu davom etdi. Orzubek «shu odamlar tushunsa yaxshi edi», degan fikrda gapirardi. Chuvrindi uning gaplarini aqlan yaxshi tushunardi. Ammo yurakdan his qila olmasdi. Chunki uning qalbi mol-dunyo degan pardaga o‘ralgan, tuyg‘u ko‘zlariga tilla eritib quyilgan edi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:18:45
2
Ular Moskvada xayrlashdilar.
Moskvaga kelgan ikki o‘zbek ikki tashvish, ikki dard bilan ajralishdi...
Xongireyning idorasini uch soat deganda topishdi. G‘ilay Shomil bu yerga bir marta kelgan, lekin qaysi ko‘chalardan yurganini eslay olmadi.
— Kayf bor edi, — dedi u o‘zini oqlab, — yuzta quyib bersangiz, moment topaman. Mastlikda kelgan joyni mastlikda topish kerak.
— Bekor aytibsan, bir tomchi ham ichmaysan.
— Qizil maydondan o‘tgandan keyin bir jononning haykali bor edi.
G‘ilayning bu gapi Chuvrindiga kulgili bir sinemani eslatib, ichida kuldi-da:
— Chaykovskiymi? — deb so‘radi.
— Familiyasi esda yo‘q, — dedi G‘ilay.
Chuvrindi bu gapni eshitib baralla kulib yubordi. So‘ng G‘ilaydan ish chiqmasligini anglab, tanishlariga qo‘ng‘iroq qilib aniqlashtirdi.
Xongireyning qarorgohi ko‘p qavatli uyning uchinchi qavatiga joylashgan edi. Eshik tepasidagi telekamerani ko‘rib Chuvrindi o‘zicha «Zo‘r-ku!» deb qo‘ydi. Qo‘ng‘iroq tugmasini bosishi bilan eshik o‘z-o‘zidan ochildi. Chuvrindi shundagina eshikda tutqich yo‘qligiga ahamiyat berdi. Eshik ochilishi bilan to‘rda o‘tirgan militsiya zobiti kiyimidagi barvasta yigitga ko‘zlari tushib, joylarida qotdilar.
— Kiraver, zemlyak, qo‘rqma, — dedi zobit kavkazcha sheva bilan.
Ular ostona hatlashlari bilan eshik yopildi. Yon xonadan bir yigit chiqib ularni ichkariga boshladi. Yana uch xonani oralab o‘tishgach, Xongireyga ro‘para bo‘ldilar.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:24:29
— Kel, o‘zbek qardoshim, kel, mening aziz qo‘nog‘im bo‘l, qalbing huzurli o‘lsun, — dedi u o‘rnidan turib.
Chuvrindining nazarida Xongirey soxta lutf ko‘rgazayotgandi. Chunki Xongireyni dastlab ko‘rganida u butkul o‘zgacha vajohatda edi. Mehmonxonada, Asadbek huzurida u kavkazliklarga xos qo‘pol, takabbur bir odamni ko‘rgan edi. Chuvrindi Xongireyga baho berishda yanglishdi. Chunki avval ko‘rganida Xongirey mehmon, hozir esa mezbon martabasida edi. Bu idora Xongireyning uyiday gap. Chechenlar esa uylariga kelgan har qanday mehmonni izzat qiladilar, unga lutf ko‘rsatadilar.
Ular o‘tirishgach, qaldirg‘och mo‘ylovli xushsurat yigit choy keltirdi. Bir-ikki ho‘plam choy ichganlaridan so‘ng Xongirey tilga kirdi:
— Xo‘sh, Asad qardoshim nechukdir? Avval ko‘rganimda xasta edi. Sog‘-omonmi?
Xongirey «xasta edi», degan so‘zlarga urg‘u berib, ahvoldan xabardor ekaniga ishora qildi.
— Sizga salom dedilar, yaxshilar, — dedi Chuvrindi.
— Sog‘ bo‘lsin, qardoshim. Xo‘sh, meni nima uchun qidirdilaring?
— Qidirganimizning boisi... — Chuvrindi uning o‘tkir nigohlariga dosh berolmay ko‘zlarini pastga qadab oldi. — Bir odamingiz Hosilni izlab borgan ekan. Bilganlarimizni o‘zingizga aytgani atayin keldik.
— Nima, mening odamimga ishonmadilaringmi? — dedi Xongirey bir oz dag‘al ohangda.
— Ishonishga ishonamiz. Lekin bo‘lgan voqeani o‘zingiz eshitsangiz yaxshi bo‘ladi. Vositachiga aytilgan gaplarga yo bitta so‘z qo‘shilishi yoki tushib qolishi mumkin.
— U vositachi emas, u — vakil! — dedi Xongirey.
— Ha, albatta, sizning vakilingiz, — deb xatosini tuzatdi Chuvrindi.
— Qani ayt-chi, Asadning vositachisi, nima bo‘ldi?
— Hosilni noma’lum odamlar o‘g‘irlashgan.
— O‘g‘irlashgan? — ajablandi Xongirey. — Shunday odamni o‘g‘irlash mumkin ekanmi?
— Mana bu kishi — Hosilning eng yaqin odami. Ular shaharda ketishayotganda ikkita mashina siqib to‘xtatgan. Odamlar Hosilni tushirib olib ketishgan.
— Tushunarli, demak, noma’lum odamlar. Hosil lapashang esa qarshilik ham ko‘rsata olmagan.
— Ular guvohnoma ko‘rsatishibdi.
— Qanaqa guvohnoma? — Xongirey shunday deb G‘ilayga o‘qrayib qaradi.
— «KGB»niki, — dedi G‘ilay.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:25:06
— «Qaysi «KGB?» — dedi Xongirey undan nigohini uzmay.
— Qaysiligini bilmayman. «KGB» deganini eshitdim.
— Familiyasini-chi, eshitmadingmi? «Andropov» emas ekanmi? — deb kesatdi Xongirey.
Bu pichingni fahmlash uchun G‘ilayda farosat yetmas edi. Shu sababli familiyani eslamoqchi bo‘lganday go‘yo o‘ylandi-da:
— Familiyasi esimda yo‘q, — dedi aybdor odam ovozida.
— Sen yaqin odami emassan! — dedi Xongirey keskin ohangda.
— Xudo ursin, bolaligidan yonidaman. Bir marta kelganman bu yerga. Sizga tilla haykalcha olib kelganmiz. Men ko‘chada edim, sizni ko‘rmaganman.
— Bekor aytibsan, g‘ilay! Menga hech kim tilla haykalcha olib kelmagan. Sen Hosilning odami emassan, sen qo‘shmachisan.
— Nega ishonmaysiz? — dedi zorlanib G‘ilay. Uning ko‘ngli ish yomonlik tomon burilayotganini sezib, g‘ashlandi.
— Ikkita sababi bor: birinchisi — ahmoq odam Hosilning yaqin odami bo‘lolmaydi; ikkinchisi — sen uni himoya qilmagansan!
Shu yerda Xongirey yanglishdi. Hosil atrofiga ko‘proq ahmoqlarni to‘plagandi. O‘ziga bino qo‘ygani uchun ham «Menga aql so‘qadiganlar kerak emas», derdi.
— Imkoniyat bo‘lmadi, — dedi G‘ilay ko‘zlarini pirpiratib.
G‘ilay Shomil biror kimsani siquvga olganida uning ko‘zlarini pirpiratib, yalinishini xushlardi. Ko‘zlarning pirpirashi, yoshlanishi ba’zan samara berar, ba’zan esa pirpirab-pirpirab charchab, manguga berkilardi. Ana shunday odamning ko‘zlari hozir o‘zi sezmagan holda pirpirardi... Qarshisidagi odamniki esa aksincha, quvvat manbaidan uzib qo‘yilgan robot singari qotgan, hatto kiprik ham qoqmas edi.
— Xo‘jayinni saqlab qolish uchun imkonni senga kim berishi kerak edi. Tur o‘rningdan, choy ichishdan avval aft-basharani yuvish kerak.
G‘ilay «nima qildik?» deganday Chuvrindiga qaradi. Undan «Tur, deganidan keyin tur», degan ishora bo‘lgach, amrga bo‘ysindi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:25:25
Dam o‘tmay narigi xonada nimadir taraqladi, so‘ng kimdir ixrandi, keyin kimdir gursillab yiqildi.
Xongirey indamay o‘tirdi. Chuvrindi esa nima voqea yuz berganini taxminan chamalab, sabr bilan kutdi. Narigi xonadagilar tinchigach, choy keltirgan yigit ko‘rindi-da:
— Vannaxonada oyog‘i sirg‘anib yiqilib tushdi. Hammasi joyida, yuvinyapti, — deb xo‘jayiniga axborot berdi.
— Ha, — dedi Xongirey Chuvrindiga sinovchan tikilib. — Bizning vannaxonalar sirg‘anchiq. Bilib oyoq tashlamasang, mayib bo‘lishing hech gapmas.
Xongirey ma’noli ohangda shunday deb jim bo‘ldi. Ammo nigohini Chuvrindidan uzmadi. Chuvrindi o‘zini yo‘qotmadi. Nigohini yashirishga urinmadi.
— Demak, Hosilni o‘g‘irlashdimi? — dedi nihoyat Xongirey.
— Ha, o‘g‘irlashibdi.
— Xo‘p, men bunga ishondim, deylik. Xo‘p, senlar meni ahmoq qildilaring ham deylik. Xo‘sh, senlar bundan nimani yutasanlar?
— Biz sizni ahmoq qilmoqchi emasmiz. Hosilning yo‘qolishidan bizga manfaat ham yo‘q. Uning mol-mulkiga ko‘z tikkan emasmiz. Biz o‘z-o‘zimizcha ishlar edik. Bir-birimizga sira halaqit bermaganmiz, aksincha, ko‘maklashardik. Hosil Bek akamning shogirdlaridan hisoblanardi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:25:42
— Ha... yaxshi — shogird, yaxshi — ustoz, — deb Xongirey stolni chertib qo‘ydi. — Bilib qo‘y: senlar bitta xato qildilaring: bu yerga kelmasliklaring kerak edi. Senlar meni ishontirmoqchi bo‘lyapsanlarmi? O‘q ilon aqlini yo‘qotib qo‘yibdi. Yo sen laqmalar uni yo‘ldan uryapsanlarmi? Men uning kasalini bilaman. Lekin o‘lgunicha nima qilmoqchi? Maqsadi nima? Ayt, sendan so‘rayapman?
— Bilmayman, — dedi Chuvrindi.
— Sen... bilmaysanmi?
— Keyingi paytda, kasallarini bilib, g‘alati bo‘lib qolganlar. Maqsadlari aniq emas.
— Hosilni o‘ldirmadimi?
— Yo‘q. Nega Bek akamdan gumonsirayapsiz?
— Men gumonsiramayman... Men har bir narsani aniq bilaman. Agar laqma bo‘lsam, o‘risning poytaxtida hukm surmas edim. Men senlarda nimalar bo‘lib turganini bilib turaman. Men Kremldan ham sezgirroqman, kallangga tugib ol. Sen Asadning maqsadidan bexabar ekansan. Bunga, men laqma, ishondim. Shuni hisobiga endi ayt: Kozlov qaerda?
— Kozlov? — Chuvrindi yelkasini qisdi. — Biz uni Krasnoyarda ko‘rgan edik. Shundan beri daragi yo‘q.
— Qiziq... «daragi yo‘q», degin? Daragi yo‘q odamga vagonda musallas yubordilaringmi?
— Yubordik, — deb tan oldi Chuvrindi.
— Men, aloqa qilmalaring, deb ogohlantirsam ham yubordilaringmi?
— Shartnoma avvalroq bo‘lgan edi.
— O‘sha shartnomangga, — Xongirey bu yog‘iga chechenchalab nimadir dedi. Chuvrindi uning nimani nazarda tutganini o‘zicha taxmin qildi.
— Xo‘sh, — deb davom etdi Xongirey ruschalab. — Shuncha molni yuborishga yuborib qo‘yib, uning taqdiri bilan qiziqmadilaringmi?
— Qiziqyapmiz.
— Xo‘sh?
— Mol qo‘lga tushgan. Mol yuborganlarni Moskva prokuraturasidan odamlar borib qamashgan.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:26:04
— Bilganing shumi?
— Ha.
— Unda kallangga mixlab ol, Asadga ham borib ayt: bu mening ishim edi. Prokuraturadan borganlar menga tegishli odamlar. Agar istasam avra-astarlaringni ag‘darib tashlayman. Agar istasam, hammang Butirkada* chiriysan, agar marhamat qilsam, ularni ertagayoq chaqirtirib olaman. Xo‘sh, qaysi biri ma’qul?
— Sizga marhamatli bo‘lish yarashadi, — dedi Chuvrindi jilmayib.
— Ayyor ekansan. Sen ayt: o‘zingga qaysi biri ma’qul?
— Uchinchisi. Hamma ishning tinch yo‘l bilan hal bo‘lgani durust. Chunki biz, hammamiz bir olamning odamlarimiz.
— Ha... chiroyli gapirding. Ammo sen «Biz hammamiz jinoyat olamining odamlarimiz», deb nazarda tutding, shunday emasmi? Axir hamma bizni jinoyatchi deb hisoblaydi-ku?
— Umuman olganda shunga yaqinroq, — deb tan oldi Chuvrindi.
— Senlarning kaltabinliklaring ham shunda. «Biz bir dunyoning odamlarimiz» — qaysi ma’noda, bilasanmi?
— Siz ayting.
— Biz hammamiz musulmonmiz. Bir qavmdanmiz. Biz bir ota-onaning farzandlarimiz. Anovi qizil devor ortidagilarning ota-bobolari bizlarning yurtlarimizni oyoqosti qilishdi, mozorlarimizni bulg‘ashdi, qizlarimizni badnom qilishdi. Yana yuz yil, yana ming yil, yana qiyomatga qadar shunday qilishmoqchi. Agar mening bobolarim jannatda bo‘lishsa men ularning ko‘zlariga ko‘rinishdan uyalib, do‘zaxga qochaman. Men o‘ch olmasdan yashay olmayman. Biz kichkina xalqmiz. Bularni butunlay yenga olmaymiz. Lekin biz ularni titrab, qo‘rquvda yashashga majbur qilamiz. Bizlarning yurtimizni bosib olgani uchun ular bobolarini la’natlab o‘tishlari kerak! Men agar istasam, ertaga Kremlini portlatib yuborishim mumkin. Lekin bundan menga nima foyda? Muhimi— ularga so‘zimni o‘tkaza olish! Men bunga asta-sekin erishyapman. Buning uchun menga kuch kerak. Buning uchun sen aytgan olamning birlashuvi kerak. Hosil shuning tarafdori edi. Lekin sening xo‘jayining — eshshakday qaysar, buni istamaydi. U ahmoq qizil devor ichidagilarga qulluq qiladi. Men esam ular ustidan hokim bo‘laman, qarab turasan hali. Hosilni senlar yo‘q qildilaring. Lekin men senlarga qarshi urush ochmayman. Chunki senlar o‘zbek qondoshlarimsan. Bilasanmi, men nima uchun o‘zbekni yaxshi ko‘raman. Chunki o‘zbekni ustozim yaxshi ko‘rardi. Bilasanmi, ustozim kim — Akademik!— Xongirey shunday deb ko‘rsatkich barmog‘ini faxr bilan havolatdi. — Eshitganmisan?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:26:34
— Ko‘rganman.
— Qaerda?
— Bek akamnikida. «Farg‘onada bir g‘alva boshlanadigan, aralashinglar», deb kelgan ekan.
— Ha, u shunaqa edi. Burnini siyosatga tiqqan edi, o‘ldi. Uni men ham asrab qololmadim. Uch harf* mendan kuchlilik qildi. Sen ajablanma, «Kremlni portlatishni o‘ylagan odam ustozini qutqarib qololmadimi?» dema. Kreml — bugunning ishi emas. Bir kunmas bir kun portlaydi. Mening qo‘limdan kelmasa, o‘g‘lim, bo‘lmasa nevaram qiladi bu ishni.
Xongirey shunday deb sovub qolgan choydan bir ho‘pladi. Tin oldi. So‘ng gapini davom ettirdi:
— Bir paytlar o‘zbeklar chechenlarga joy bergan, non bergan. Zelixon aytgan: kafanligini ham bergan ekan. Shuning hurmatiga senlarga qarshi urush ochmayman. Men katta ishlarga qo‘l urayotganimda yonimda ishonchli hamrohlar bo‘lishini istayman. Bilib qo‘y:  senlar to‘dakashliklaring bilan menga hamrohlikka yaramaysanlar. Bu ahvolda senlar bir-birlaringni qo‘llamaysan, shuning uchun yigitlaring ham bir-birlariga yelka tutmaydi. Hech bo‘lmaganda bir-birlaringni hurmat qilishni bilmaysanlar, kerak bo‘lsa, bo‘riday g‘ajiysanlar. Shuning uchun ham katta kuch bo‘la olishlaringga qaramay, mayda kuchlar oldida egilib kun ko‘rasanlar. Yana shuni bilib qo‘yki, ahil yashamas ekansanlar, bir kissavurday, bir mayda boqqolday xor bo‘lib yuraverasanlar.
Xongirey Chuvrindi uchun kutilmagan gaplarni so‘zlardi. Hozir u butun mamlakatdagi to‘dalarga hukmini o‘tkazishni istaydigan amirga emas, balki talabalarga ma’ruza qilayotgan falsafa muallimiga o‘xshardi. Chuvrindining nazarida Xongirey o‘z fikrlarini bayon qilmas, balki kimdir yozib bergan gaplarni aytardi. Shu sababli uning aytganlari g‘ayritabiiy tuyulib, o‘rnida bir qimirlab oldi.
— Nimaga bezovtalanayapsan? — Xongirey shunday deb so‘radi-da, o‘rnidan turib kerishdi. — Sherigingni sog‘inyapsanmi?
— Ha, yuvinishi cho‘zilib ketdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:26:44
— Yuvinishimi?.. Hali uzoq cho‘ziladi. Aniqrog‘i, qiyomatgacha.
— Hozir shartmidi? — dedi Chuvrindi norozi ohangda.
— Hozirmi? Mutlaqo shart emas. Uni o‘ldirishdi deb o‘ylayapsanmi? Kallang bormi, o‘zi? Idorada, uyda odam o‘ldiradimi? Eshitding-ku, yiqilib tushibdi. U endi dam olsin. Sen ham Moskvada uch-to‘rt kun o‘yna. Qachon ketishingni o‘zim aytaman.
— Shomilga rahm qiling. U xo‘jayiniga sodiq edi.
— Bekor aytibsan! Sodiq bo‘lsa xo‘jayinini oldirib yurmaydi. Ahmoq bo‘lmasa, mening oldimga guvohlikka keladimi? Sen globusni ko‘rganmisan?
Mavzuning bu qadar o‘zgarishi boisiga tushunmagan Chuvrindi ajablanganini yashirmay:
— Ha, — dedi.
— Globus bir tomonga og‘ib turibdi, a? Nimaga, bilasanmi? Yer yuzida ahmoqlar ko‘payib ketgan. Yerni to‘g‘rilash uchun ahmoqlarni kamaytirish kerak. Hech bo‘lmasa bittasini kamaytirib turaylik. Uning tirik qolganidan senga nima foyda? Hosilga hiyonat qilgan senga yararmidi? Uning masalasi hal. Sen qaytishda bir o‘zing uchasan. Ketguningcha birovga, ayniqsa, Asadga telefon qilma. Biz senga mehmonxonadan joy hozirlab qo‘yganmiz. Hamma narsa tayyor. Hattoki eng zo‘r jonon ham. Ko‘chaga chiqmay, maishat qilaverasan. Chiqimi — bizdan.
Chuvrindi huquqshunoslar tili bilan aytilganda «Uy hibsxonasi»ga hukm qilinganini angladi. Xongireyning bundan qanday maqsadni ko‘zlaganini esa bilolmay garangsidi.
— Menga boshqa gaping yo‘qmi? — dedi Xongirey uning o‘ylanganini ko‘rib.
— Bor, — dedi Chuvrindi, xayolini jamlab. — Bir iltimosim bor.
— Ayt.
— Jamshid degan yigit bor...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:26:58
— Ha, aytmoqchi, Asadning kuyovini otib ketishibdimi? — dedi Xongirey uning gapiga e’tibor ham qilmay.
— Shunaqa bo‘ldi.
— Kimligini bilmassan?
— Bilmayman.
— Qizi narkomanka emishmi?
— Shunaqa edi, boshlanishida sezib qoldik. Davolanyapti.
— Hosil menga bir qiziq videokasseta berib yuborgan ekan, vaqti kelsa senga ko‘rsataman. Ha, Asad nima uchun Jamshidni o‘ldirmoqchi edi?
— Buni hech kim bilmaydi. Hatto Jamshidning o‘zi ham bilmaydi. Jamshid o‘g‘lidek qadrdon edi Bek akamga.
Chuvrindi yana yolg‘on so‘zladi. Unga taxminan bo‘lsa-da, ma’lum edi. Faqat taxminini bu odamga aytishni istamadi. Sir — ko‘p hollarda sirligicha qolgani ma’qul. Chuvrindining aqidasi shunday edi.
Chuvrindi Moskvada besh kun qolib ketdi. Boshqacha aytganda, besh kun «mehmonxona qamog‘ida» bo‘ldi. Xongirey va’dasining ustida turdi — sharoit oliy maqomda yaratildi. Har kuni choyshab, yostiqlar, soqchilar almashtirilgani kabi, jononlar ham o‘zgarib turdi. Bir tomondan Chuvrindining ko‘ngliga maishat sig‘magani, ikkinchi tomondan biron marazni yuqtirib ketishdan cho‘chib, ularga yaqinlashmadi. Umid bilan kelgan fohishalar divanda yolg‘iz yotib tong ottirdilar. Chuvrindi uzatgan pulni olmay, lablarini burib «He, erkak bo‘lmay o‘l», deganday chiqib ketdilar.
G‘ilayning taqdiri Chuvrindiga picha ayon bo‘lsa-da, o‘ziniki qorong‘i edi. Xongirey uni Butirkada chiritmas-u, ammo o‘ris qabristonidagi chirib yotgan birorta murda yoniga joylab qo‘yishi mumkin. Lekin u nimani kutyapti? Chuvrindiga shu tomoni qorong‘i edi.
Holbuki, uning nimani kutayotganini bilish qiyin emas — u vakilining qaytishini kutardi. Shuning qatorida prokuraturadan borganlarning ishi natijasi ham uni qiziqtirayotgan edi. Arina Bergerning hamma yoqni ostin-ustin qilib yuborganini eshitib mamnun bo‘ldi. SSSR prokuraturasida so‘zi o‘tadigan «ko‘p hurmatli o‘rtoq»qa telefon qilib, Bergerni hozircha chaqirib turishni, Kozlov topilgach, ishni qayta boshlashni iltimos qildi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:27:43
Xongirey «Men gumon qilmayman, ishonaman», deganida katta ketmagan edi. Uning ko‘ngli har nima balolarni sezib turardi. Shunday bo‘lsa ham gumonini tasdiq etish uchun har bir narsani obdon tekshirtiradi. U Hosilning yo‘qolganini eshitiboq, birinchi Asadbekdan gumonsiradi. Hosilning Asadbekni qarmoqqa ilintirgani haqidagi gaplarini esladi. Xongirey videokassetani tomosha qilgach, Hosilga «Uni hozircha Asadga ko‘rsatma», deb tayinlagan edi. «U ahmoq ko‘rsatgan. Buni ko‘rgan qaysi ota tinch yuradi. Agar Asad tinch yursa, u — hezalak!» — deb o‘yladi.
Vakili qaytib, uning gumoni asosan tasdiqlangach, Chuvrindi qo‘ngan mehmonxonaga bordi. Xongirey vakili bilan kirib kelgandan keyingina Chuvrindi uning kimni kutganini angladi.
Xongirey Chuvrindi tomonidan lutf kutmay divanga o‘tirib, oyoqlarini chalishtirdi-da, ayyorona ko‘z qisib, kulimsiradi:
— Ustingdan «SK KPSS»ga shikoyat tushibdi, «partiya»dan o‘chirilasan endi.
— Gunohim nima ekan? — dedi Chuvrindi uning yaxshi kayfiyatiga monand jilmayib.
— «Sovet fohishalari»ni nazarga ilmabsan. Sen ulardan irgangansan. Shu ishing bilan meni ranjitding. Xongirey sen o‘ylaganday past emas, bilib qo‘y. Ular fohisha bo‘lgani bilan «ekologik toza» edi.
Xongireyning ohangida zarda bo‘lmagani uchun, Chuvrindi ham asabiylashmay, tavoze bilan javob qildi:
— Ular uchun alohida kelaman. Ayniqsa uchinchi bo‘lib kelganini sovg‘a qilsangiz olib ketardim.
— E, yo‘q, qardosh, endi tushingni suvga ayt. Uni «yuqori»dagi o‘zimning odamlarimga ham bermaganman. Shu nomardliging uchun menga yigirma beshta o‘n besh yoshli buzilmaganni berasan.
— Yigirma besh donami yoki yigirma besh ming donami?
— Sen hazillashma, bu bo‘yningdagi qarz, unutma! Xo‘p, mening valaqlashishga vaqtim yo‘q. Ishga o‘taylik. Vakilimning hisobotini eshitasanmi?
Chuvrindi mug‘ombirona jilmayib turgan «vakil»ga qarab oldi-da:
— Yo‘q, — dedi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:28:12
— Nega? — dedi Xongirey ajablanib.
— Men sizga to‘g‘risini aytganman.
— Demak, yolg‘on gaplaringdan tonmaysan?
— Yolg‘on gapim yo‘q.
— Unda mana buni eshit.
Xongirey ishora qilgan edi, vakil kaftdek diktofonni chiqarib, tugmani bosdi. G‘ilay Shomilning so‘roqlarga bergan javoblarini, kaltak zarblarini Chuvrindi indamay o‘tirib eshitdi. U endi G‘ilayning iqrorini emas, yana o‘z taqdirini o‘ylardi.
Yozuv tugagach, vakil Xongireyning ishorasi bilan chiqib ketdi.
— G‘ilaying yolg‘on gapiryaptimi? — dedi Xongirey unga sinovchan tikilib.
Chuvrindi yelkasini qisib, xotirjam javob berdi:
— O‘zingiz tunov kuni aytdingiz: u xo‘jayiniga xiyonat qilgan. Nima uchun? O‘zining joni o‘ziga shirin ko‘ringan. Shunday odam joni qiynalganda nimalarni valdiramaydi.
— Durust, aqling joyida, qardoshim.
Xongirey shunday deb jilmayib qo‘ydi. «Kayfiyati yaxshi shekilli, jahli chiqmayapti, yo boshqa gap bormi?» deb o‘yladi Chuvrindi. Shuncha tekshirib, hamma haqiqatning tagiga yetgan odamdan marhamat kutish — fohishadan hayo kutish ila barobar bo‘lsa-da, Chuvrindi uning marhamatiga asos bo‘lguvchi bir nima borligini his qilib turar edi. Osmonni bulut qoplashidan murod — yog‘in yog‘mog‘i bo‘lgani kabi Xongireyning chehrasida marhamat nuri ko‘ringanidan murod ne ekani bir necha nafaslik sukutdan so‘ng aniq bo‘ldi.
— Doktorlar Asadga necha oy umr va’da qilishdi?
Xongireyning bu savoli Chuvrindi uchun kutilmagan bo‘ldi. Shu sababli qoshlarini bir oz chimirgan holda javob qildi:
— Buni Xudo biladi.
— Bunaqa kasalni doktor ham biladi. Axir u o‘ladi-ku, to‘g‘rimi?
— Hammamiz o‘lamiz.
— Lekin uniki — naqdroq. Biz e-he, yashayverib, zerikib ketsak ham kerak.
Xongirey xuddi taqdir yozug‘ini o‘qiy olgan odamday katta gapirdi. To‘g‘ri, uning yoshida o‘lim haqligi kam o‘ylanadi. Ammo shu yoshda, hatto undan kamroq umr ko‘rib o‘tganlar mavjudligi esa xayolga kelmaydi. Chuvrindi «Hammamiz o‘lamiz», deganida yaqin bir-ikki oyni yoki yilni emas, aql bovar qilmas uzoq davrni nazarda tutgan edi. Shunday bo‘lsa-da, Xongireyning katta ketishi g‘ashini keltirdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:28:33
— Xo‘p, masalaga boshqa tomondan qaraylik, — dedi Xongirey mo‘ylabini oliftanamo silab qo‘yib. — Hosil ketdi, orada yo‘q. Uning mulki ham senlarning qo‘llaringda. Hozir Asad bor. U o‘lganidan keyin nima qilmoqchisanlar? Bilishimcha, Asadning ikkita qanoti bor ekan. Bittasi sen, ikkinchisi... — Xongirey ismini eslamoqchi bo‘lib o‘ylandi. — Ha, Gaydarmidi?
— Haydar aka, — deb tuzatdi Chuvrindi.
— Xo‘sh, mulkni qanday bo‘lishasanlar?
— Bizda odam tirikligida mulki bo‘linmaydi.
— Sen chiroyli gaplaringni yig‘ishtir. Men senlarni bilaman. «Menga o‘lja kerakmas», deb noz qilib turasanlar-u, payt kelganda tashlanasanlar. O‘g‘il bola gapni ayt: Asadning o‘rnini egallashni xohlamaysanmi?
— Mendan yoshi kattalar bor.
— Shunday deysan-u, yuragingning bir chekkasida ozgina bo‘lsa ham istak cho‘g‘i bor. Bilib qo‘y: bu cho‘g‘ seni tinch qo‘ymaydi. Baribir yondiradi. Bu — birinchidan. Ikkinchidan: yoshi katta bo‘lishning nima nafi bor? Men uchun katta yoshdagi ahmoqdan, kichikroq yoshdagi aqlli odam muhim. Gap shu: Asadning o‘rnini sen egallashing kerak.
— Buni men hal qilmayman.
— To‘g‘ri aytding, buni sen emas, men hal qilaman!
Bu hukm Chuvrindiga malol keldi. Qoshi uchdi. O‘rnidan bir qo‘zg‘olib oldi, so‘ng og‘ir turdi. Uning vajohatidagi o‘zgarishni sezgan Xongirey «Mamatbey!» deb chaqirdi. Shu nafasning o‘zidayoq eshik ochilib, vakil kirib keldi. Dahlizda yana ikki yigit ko‘rindi. Xongirey unga:
— Choy olib kelmaysanmi? — deb baqirdi-da, Chuvrindiga sinovchan qarab oldi. — Qardoshim, yo viski ichasanmi?
— Hech narsa ichmayman, — dedi Chuvrindi norozi kayfiyatini yashirmay. Shu onda u Orzubekning hurlik haqidagi gaplarini esladi. «U xomxayolmi yo men ahmoqmanmi, — deb o‘yladi. — SSSRning changalidan yulqinib chiqmoqchi. SSSR degani faqat KPSS degani emasligini, mana bunaqa xo‘jayinlar ham borligini biladimi? Biz birgina Hosilni yo‘qotdik. Hosilga o‘xshaganlar yuz mingmi yoki millionmi? Deputat shularni biladimi? KPSS degani-ku, chiriy-chiriy deb turibdi. Lekin mana bu kuchayyapti. U nima qilmoqchi. «SSSRdan ajralib chiqsalaring ham senlar menga bo‘ysunasanlar» demoqchimi? Maskovga odam sifatida kelib, qo‘g‘irchoqqa aylanib qaytamanmi? Bek aka... ko‘p yanglish ishlar qilyaptilar. Bu yerga kelish kerakmas edi...»
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:29:09
— Ha, qardosh, gapim yoqmadi, shekilli? — dedi Xongirey ham o‘rnidan turib.
— Gapingiz emas, maqsadingiz yoqmay turibdi.
— Nega? O‘zing bosh bo‘lsang yomonmi?
— Buni nazarda tutayotganim yo‘q. Agar to‘g‘ri tushungan bo‘lsam, siz bizni qulga aylantirmoqchisiz.
— E, qardosh, men bunday deganim yo‘q.
— Lekin shuning isi kelib turibdi. Siz bugun mening bosh bo‘lishimni istadingiz. Ertaga boshqasini xohlaysiz. Biz u tomonda qo‘g‘irchoqlarmiz, o‘ynatadigan iplar esa bu yerda, sizning qo‘lingizda. Qo‘g‘irchoqmi, qulmi — nima farqi bor?
— O‘, qardosh, sen faylasuf ekansan. Qo‘y, bu gaplaringni.
— Bu falsafa emas, bu haqiqat! — dedi Chuvrindi haqoratlangan odamning ovozida. — Avvalgi kuni, idorangizda bizni ancha masalalarda aybladingiz. Mehmoningiz edim, chidab eshitdim. Bizni o‘zbek (!) deydilar. Mayli, qaysilarimiz noahildirmiz, boshqadirmiz, lekin o‘zbekmiz, «o‘z»imizga «bek»miz. Qullikni hazm qila olmaymiz.
— Qardoshim, sen xafa bo‘lma, o‘sha kuni men seni haqorat qilganim yo‘q. Kamchiliklaringni aytdim.
— Agar men chechenlarning kamchiligini aytsam, sizga yoqadimi?
— Qani, ayt-chi?
— Yoqmaydi, — dedi Chuvrindi fikrini davom ettirib. — Hech kimga yoqmaydi. Men o‘zbekman, shu bilan g‘ururlanaman. O‘zbeklarni barcha kamu ko‘stlari bilan yaxshi ko‘raman. Jon berish lozim bo‘lsa, faqat o‘zbek uchun jon beraman. O‘zbek bo‘lib tug‘ildim, o‘zbek bo‘lib o‘laman. Qullikdan hazar qiluvchi xalqning farzandi siz aytgan shartga ko‘nolmaydi.
— Chiroyli gapirding, o‘zbek qardosh, lekin senlar xalta ko‘chaga qamalgansanlar. Oldilaringda ham, orqalaringda ham yo‘l yo‘q. Hosilni o‘ldirib katta xato qildilaring. Hosilga otgan o‘qlaring o‘zlaringga qaytishi kerak. Hosil o‘lgan kuni senlar ham o‘lgansanlar. Lekin men senlarga urush ochmayman. Senlarni o‘ldirmayman. Sababini aytganman, esingda, a?
— Esimda, — dedi Chuvrindi e’tiborsizlik bilan.
— Senga Jamshidni beraman. Mamatbeyni beraman. Ular senga ikki qanot. Gaydarni o‘zingdan chetlat, ammo uzoqlashtirma. Har bir harakati ko‘z          ostingda bo‘lsin. U bir kissavur. Katta ishlardan uzoqda tursin.
— U — mening ustozim.
— Bu endi o‘tmish. Mening gapim tamom. Bugun bir qanotingni olib yurtingga uch. Ha, aytmoqchi, Kozlovning oilasi senlarnikiga panoh izlab ketibdi.         Yaxshi, panohingga olaver. Ularning qaerdaligini faqat o‘zing bil. Asad ham, Gaydar ham bilmasin. Kozlovning oilasi uchun boshing bilan javob berasan. Kozlovni qo‘lga olganimizdan keyin ularni nima qilsang qil, ixtiyor o‘zingda. Tushunyapsanmi, ixtiyor o‘zingda. Sen — qul emassan, qardoshim!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:29:23
Xongirey shunday deb yon cho‘ntagidan uchoq pattasini chiqardi-da, stol ustiga tashladi.
— Bugun kechasi uchasan, — deb xayrlashgach, chiqib ketdi.
Chuvrindi uyga qaytgunicha ham bo‘lib o‘tgan suhbatlar mag‘zini chaqishga harakat qilib, «Qanoti bor har qanday maxluq ham erkin hamda baland parvoz qila olmaydi», degan haqiqatga ishondi.

________________
* Moskvadagi qamoqxona.
* Sobiq KGB nazarda tutilyapti.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:30:11
                                                                           XIV  b o b
           
                                                                                   1

Oftobsiz rangpar kun. Umrini yashab qo‘ygan yaproqlarga xazon nuqsi urgan.
Asadbek Chuvrindi ketganidan beri uydan chiqqisi kelmaydi. Kesakpolvon ham shu yerda. Oshnasining kundan-kun so‘lib borayotganini ko‘rib eziladi. Ammo oshnasi so‘lib tamom bo‘lganidan so‘ng egallaydigan taxti ko‘z oldiga kelganda esa yuragi shoshadi.
Kasallik xususida so‘z ochishga bir necha marta og‘iz juftladi. Ammo Jalilning «Sen indama, o‘zim gaplashaman», degan amriga amal qildi. Jalil esa ikki marta kelib, boshqa gaplarni valdirab-valdirab ketaverdi. Kesakpolvon nigohi bilan imlab «ayting», deb ishora qilsa ham asosiy gapdan bo‘yin tovlayverdi. Kesakpolvon Jalilning ahvolini tushunmadi. «Kasalingni mendan nima uchun yashirding?» deyish Jalilga qiyin emas. Shu bahonada g‘ijillashib olish ham uni tashvishga solmaydi. Uning tashvishi boshqa — Asadbekning qaysarligi tutsa, «Tabibingni pishirib ye!» deb turib olishi mumkin. Jalil qishloqqa borib kelgunicha ham, keyingi kunlar ham o‘sha badjahl tabib haqida so‘rab-surishtirdi. Kimki uni bilsa yoki u haqda eshitgan bo‘lsa bir xil javob beradi: bu dunyoda o‘lim-ning ilojini qila oladigan tabib bo‘lsa, faqat o‘sha. Lekin... hammani ham boqavermaydi...
Kesakpolvon nonushtaga yangi xabar bilan keldi.
— Prokuror bolani chiqarishibdi. Ish to‘xtaydiganga o‘xshaydi, degan gap bor. Sharif ham chiqib qolar balki, — dedi Kesakpolvon kosadagi qaymoqqa non ushatib.
— Ishni nega to‘xtatar ekan? Vajohati yomon, devdilaring-ku?
— Vajohatidan it ham hurkardi. Lekin Maskovdan bir xabar kelibdi, shekilli. Prokuraturadagi bolalar aniq bilishmaydi.
— Sharifga ehtiyot bo‘llaring. Chiqsa, biron yoqqa dam olishga jo‘nat. Mahmuddan yana darak bo‘lmadi, a? Bunaqa odati yo‘q edi. Xavotirlanyapman.
— Xavotir olma. U mening maktabimda o‘qigan. Tegirmonga tushsa omon chiqadi.
— Aslida o‘zim borsam bo‘larkan. Fe’li yomon u chechen zang‘arning.
— Sen shu safar bir past ketding. Zo‘r bilan zo‘rchasiga gaplashish kerak. Buncha qo‘rqasan undan? Zo‘r bo‘lsa zo‘rligini ko‘rsatsin, yuborsin zo‘rlarini! Biz ham hezalak emasdirmiz, erkakchasiga gaplashish qo‘limizdan kelar. Yo erkakligimizning boshqacha isboti ham kerakmi?!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:31:22
— Oliftagarchilik qilma. U senga Hosil emas. Hosil ahmoq bola emas edi. Kimga suyanishni bilgan. Agar murosa qilmasak, ko‘p bolalar qiriladi. Men o‘zimdan qo‘rqmayman. Bir boshga — bir o‘lim. Yigitlar bekorga uvol bo‘lib ketadi.
— Bek, sen qimorboz eding. Yo chikka, yo pukka! Dangalchiliging qayoqda qoldi. Men-ku, mayli, mayda kissavurdan chiqqanman.
— Dangalchilikni zamon ko‘tarmaydi.
— Sen charchagansan. Duch kelganni it bo‘lib qopyapsan. Bi-ir dam olsang yaxshi bo‘lardi. O‘g‘illaringning to‘yiga borsang yuragingning chigillari bi-ir yozilardi. Ha, aytmoqchi, to‘y hali ham aniq bo‘lmabdimi? Tezroq borib kela qolmaysanmi?
Kesakpolvon shunday deb ayyorona boqdi. Asadbek undan nigohini olib qochdi. Gap xastalikka borib taqalishi mumkinligini sezib, javob bermadi.
Ular nonushtani boshlashga ulgurishmay, boloxonadagi yigitlardan biri eshikni qiya ochib:
— Samatoxun aka keldilar. Zarur gaplari bor ekan, — dedi.
Bu xabarni eshitib, Kesakpolvon bezovtalandi. Hojasiga bir qarab olib «keyinroq kelsin», demoqchi edi, Asadbek:
— Kirsin, — deb ijozat berdi. So‘ngra Kesakpolvondan so‘radi: — To‘yi qachon edi, esdan chiqibdi?
— Mening ham aniq esimda yo‘q. Bugun-erta shekilli?
— Xayoldan ko‘tarilgani chakki bo‘libdi. Har qalay, eski qadrdonlardan.
Bashang kiyingan, o‘zidan farangi atrini taratayotgan Samatoxun kirib, ularning suhbati uzildi. Samatoxun deganlarining do‘koni Asadbekning homiyligida. Shaharning gavjum joyida joylashgan bu do‘kon mudiri yigirma yilning nari-berisida ularga sariq chaqalik ham xiyonat qilmadi. O‘z ishini bilib bajargani uchun Asadbek uni hurmat qilardi.
Fotiha o‘qilgach, Samatoxun Kesakpolvonga g‘alati qarab oldi. Kesakpolvon undan ko‘zini olib qochib, choy quyib uzatdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:31:45
— Oxun, to‘y harakatlari bilan charchamay yuribsizmi? — deb so‘radi Asadbek mehribonlik bilan.— Muborak bo‘lsinga o‘tamiz, deb o‘tolmadik, ranjimang.
— Xafagarchilik yo‘q, aka. O‘zingiz sog‘ayib qoldingizmi? Bizga sizning sog‘lig‘ingiz kerak. Sizning tovoningizga kiradigan tikan bizning ko‘zimizga kirsin. Xudo xohlasa bugun nikoh, borsangiz boshimiz ko‘kka yetadi.
Samatoxun «Xudo xohlasa» degan so‘zga bo‘lakcha urg‘u berib, yana Kesakpolvonga qaradi. Asadbek undagi o‘zgarishni sezib so‘radi:
— Ha, Oxun, mashqingiz pastroqmi? Nima gap, tinchlikmi?
— Xudo xohlasa, tinchlik, — dedi Samatoxun. — Bek aka, orada bir tashvish chiqib qoldi: o‘g‘limni o‘g‘irlab ketishibdi.
— Qaysi o‘g‘lingizni?
— Shu... uylanayotgan kuyov bolani...
— Birontadan gumoningiz bormi?
— Gumonim-ku yo‘q. Ammo...
— Chaynalmay aytavering.
— Kecha ZAGS edi. Bir birodarimiz «Mersedes» va’da qilgan edi. «Mersedes» o‘rniga «GAZ-31» yuboribdi. «Qo‘lingdan kelsa va’da bergin-da, erkak» deganday qilib, qattiqroq gap aytuvdim. Shuni og‘ir oldilarmikin? Unday bo‘lsa, tavba qildik. «Bu ahmoq tilni chaynab tashla», desalar chaynab tashlay. Ammo oshga zahar tushmasin. Men yomonman, bo‘yin egib keldim.
Bu gaplarni eshitib Asadbek Kesakpolvonga qa-radi.
— Menga qarama, mening ishim emas bu, — dedi Kesakpolvon «qo‘rqqan oldin musht ko‘tarar» qabilida jerkib.
— «Mersedes»ni to‘g‘rilab bermadingmi?
— O‘sha kuni buzilib qolgan bo‘lsa men nima qilay? Shaharda «Mersedes» ikkita bo‘lsa ham boshqa gap edi. O‘n beshta oq «o‘ttiz bir»ni yubordim. Bu akamning hamiyatlariga tegibdi. O‘sha sassiq gapni o‘zimga aytmaysizmi, tirrancha sho‘pirga aytib nima qilardingiz?
— Tilim qursin, men — ahmoq, tavba qildim, — dedi Samatoxun.
— O‘g‘li qaerda?
— Ie, men qayoqdan bilay? Men «Mersedes» to‘g‘rilab beraman, deb va’da qilganman, o‘g‘li yo‘qolsa topishning kafilini olmaganman.
— Bir soatning ichida topasan.
— Asad?!
— Boshqa gap yo‘q. Oxun, siz boravering. Bazmga o‘zim bosh bo‘laman.
Samatoxun har ikkovini duo qila-qila chiqib ketgach, Asadbek Kesakpolvonga qahrini sochdi:
— O‘zimizning odamlarga ham shunaqa qiliq qilasanmi, so‘tak?
— Kimga qanaqa gap aytishni o‘rgansin. Sen bunaqalarni o‘zingga yaqin olib yelkangni tutsang, bular boshingga chiqib, bizga qarab choptirishadi. Izzatini bilsin-da.
— Bir soat vaqting bor.
Kesakpolvon qaymoqqa non bo‘ktirilgan kosani qo‘liga oldi.
— O‘n minutda uyida bo‘ladi. Mening qornim och. Sen bo‘g‘ilaverma. Sochining kepagi ham to‘kilmagan bolaning.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:32:33
Asadbek og‘ziga kelganni qaytarmay so‘kdi. Bunaqangi so‘kishlarni eshitaverib beti chandirlashib ketgan Kesakpolvon qaymoqqa bo‘ktirilgan non burdalarini chapillatib yeb, xo‘rillatib choyini ichaverdi. Asadbek sal hovridan tushgach:
— Bugungi qaymoq bu dunyoniki bo‘lmabdi. Olsang-chi, egnimga shim kiyib, hali bunaqasini yemovdim, — dedi.
— Sening chapillatib chaynashingni ko‘rsa, itning ham ko‘ngli ayniydi. Odamga o‘xshab yeyishni qachon o‘rganasan?
— Odam bo‘lganimda, — dedi Kesakpolvon ishshayib.
— Sen odam bo‘lmaysan.
Shu xildagi g‘azab, kinoya, masxara toshlari aralashiga otilaverdi, bu toshlar temir qoyaga tegib uvalangan kesak holiga tushaverdi. Boloxonadagi yigitlardan biri mastava keltirganda Kesakpolvon kosani yalayotgan edi. U mastavadan bir-ikki qoshiq ichdi-yu, hojasining topshirig‘ini bajarish uchun o‘rnidan turdi. U chiqib ketishi bilan uy huvillab qoldi. Asadbekning tomog‘idan ovqat o‘tmadi. U yana o‘zining kirlangan, badbin xayollari bilan yolg‘iz qoldi. Yuragi siqilib, «Ahmoq bo‘lsa ham Haydarning o‘tirgani yaxshi edi. Jalilni toptirib kelmasam bo‘lmaydi», degan xayolda qo‘ng‘iroq tugmasiga qo‘l yuborganida boloxonadagi yigit eshikni ochdi.
— Muhiddin aka degan odam so‘rayapti, — dedi u. — Zarur gapi bor emish.
Asadbek «Muhiddin aka kim bo‘ldi ekan?» deb o‘ylangan damda hovlida Jalilning ovozi eshitildi:
— To‘g‘ri bostirib kiravermaysizmi? Sizday odamning kutib turishi uyat-ku? Bu oshqovoqlarda kalla yo‘q.
— Meni tanimaydi-da bular...
Ovozidan tanidi — Krasnoyardagi ovloq o‘rmonda qaror topgan otasining birodari!
Asadbek o‘rnidan turib, tashqariga yo‘naldi. Muhiddin otani ayvonda bag‘riga bosdi. Otasi tirilib qaytib kelganday, quchog‘idan bo‘shatgisi kelmadi. Hatto ko‘ziga yosh, bo‘g‘ziga yig‘i keldi. Yig‘ini iziga qaytarmoq maqsadida yutinganida yo‘tali tutdi. Shundan keyingina qariyani bag‘ridan bo‘shatdi. Muhiddin ota yo‘talning xunukligidan bosh chayqab, «Hali ham tuzalmabdi-da?» degan ma’noda Jalilga qaradi. Jalil ham ko‘z qarash bilan javob qildi: «Shunaqa... oshnamning ahvoli og‘ir».
Ichkari kirib o‘tirishgach, yigitlar qayta dasturxon tuzashdi. Asadbek xos mehmonxonadagi hasham Muhiddin ota ruhini ezib qo‘yishini fahmlab, u yoqqa boshlamadi. Fotihadan so‘ng Muhiddin ota:
— Ota yurtimga yo‘lim tushib edi, sizni yo‘qlamay ketolmadim. Poezdim oqshom jilar ekan, ungacha diydoringizga bir to‘yay, — deb kelishdan maqsadini aytdi.
— Hali poezdga patta ham oldingizmi? — dedi Jalil.
— Ha, endi, safar qaridi-da.
— Jalil, xabaring bormi, uch-to‘rt kun poezdlar yurmasmishmi? Temiryo‘lchilar ish tashlashganmishmi?
— Eshitmay bo‘ladimi? Kechadan beri Maskovdan aytib yotishibdi. Poezd bir oy yurmas ekan.
Hazil aralash bu lutfdan mamnun bo‘lgan mehmon minnatdorlik bildirdi.
— Siz qaytganingizdan so‘ng oshnangiz keldilar. Rahmatli dadangizning qabrlariga marmartosh qo‘ydirmoqchi bo‘ldilar. Siz aytgan ekansiz. Picha pul ham tashlab ketgan ekansiz. Bo‘tam, sizni injitmoq niyatim yo‘q, ammo bu ish durust bo‘lmagani bois ijozat bermadim. Ularga tushuntirmoq mumkin bo‘lmagani sababli «Toshni o‘zim qo‘ydiraman», deb pulni oldim. Mana, — u shunday deb qo‘yin cho‘ntagidan gazeta qog‘oziga o‘ralgan pulni olib, uzatdi. — Hozir kelayotib qurdirayotgan masjidingizni ko‘rdim, Olloh sizdan rozi bo‘lsin. Bu pulni shu xayrli ishga ishlating.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:32:59
Asadbek shu maqsadda pul qoldirmoqchi bo‘lganda Kozlov «Bitta toshga qurbimiz yetar», deb olmagan edi. Hozir shuni aytib, qariyaning qo‘lini qaytarmoqchi ham bo‘ldi. Lekin orada uni xijolat qilib qo‘yishi mumkinligi sababli fikridan qaytdi. Uning o‘ylanib qolganini ko‘rgan Jalil chaqqonlik qilib, Muhiddin otaning qo‘lidan pul o‘ramini oldi.
— Juda to‘g‘ri qilibsiz, boplabsiz! — dedi u qariyaga dalda berib. — Tosh qo‘yishi nimasi? Islomda yo‘q bunaqasi. Men bolalarimga aytib qo‘ydim. «Mabodo o‘lib qolsam tosh-posh qo‘yib yurmalaring», dedim. Xuddi o‘lik chiqib ketmasin deganday tosh bostirib qo‘yishadi-ya! Odam tuproqdan bo‘lganidan keyin tuproqqa qorishib yotaveradi-da, to‘g‘rimi, taqsir?
Jalilning «chala mullaligi» tutib, mehmonni gapga soldi. Ayollarning qabristonga borishlari haqida o‘zicha bahs ham yuritdi.
— Mana, siz, ayollar ham ziyorat qilsalar bo‘ladi, deyapsiz. Axir «Qabristonga borgan ayollarga Ollohning la’nati bo‘lsin» degan hadis bor-ku?
— Bo‘tam, men Yaratganning ilmi sayoz bir bandasiman, — dedi Muhiddin ota vazmin ohangda. — Shu kunlarda aytilayotgan qaysi bir hadisi sharif sahih, qaysi biri gumonli — mening ojiz fikrim farq eta olmaydi. Siz aytgan hadisi sharifda balki ko‘mish marosimiga borish nazarda tutilgandir, vallohi a’lam? Rivoyat qilishlaricha, arab ayollari qabristonga borgunlaricha hamma yoqlarini yulib, qonatib tashlar ekanlar. Yana Olloh biladi, balki shu holat nazarda tutilgandir. Yana bir fikr shuki, qabristonga faqat tahorat bilan kiriladi. Ayollar ba’zan bu holda bo‘lmaydilar. Bo‘tam, yana bir hadisi sharif borki, unda qabristonni ziyorat qilishga da’vat etiladi. Mozoriston qiyomatni yodga solib turadi, deyiladi. Mazkur hadisi sharifda «faqat erkaklar borsin», deyilmaydi. Mening bilganim shu, bo‘tam, yana ulamolardan so‘rab, o‘rganmoq joizdir.
Muhiddin ota Jalil bilan suhbatlasha turib Asadbekka bir-ikki ma’noli qarab oldi. Asadbek bu qarashlardan qariyaning yolg‘iz o‘ziga aytmoqchi bo‘lgan gapi borligini sezdi. Qarasaki, oshnasining gaplari hali-beri tugamaydigan, shu sababli so‘zini shartta uzdi-da:
— Jalil, og‘ayni, otamga o‘z qo‘ling bilan bir palov damlab bergin. Sening oshingni ham yemaganimizga ancha bo‘ldi, — dedi.
Jalil «Men qachon osh damlagan edim?» degan savol nazari bilan Asadbekka qaradi. So‘zi bekorga bo‘linmagani, tashqariga chiqib turishi lozimligini anglab, noiloj o‘rnidan turdi.
Jalil chiqib ketgach, Asadbek «Endi bemalol gapiravering», deganday mehmonga qaradi. Muhiddin ota bir ozgina taraddudlanib, so‘ng vazminlik bilan so‘z boshladi:
— Bir hafta bo‘ldimikin, oshnangiz keldi. Bir xavotir bilan boshpana izlab kelgan ekan. Kimlardir izlariga tushibdilar ekan. Kimlar ekanini o‘zingiz bilar ekansiz.
«Kimligini bilaman, Xongirey!» deb o‘yladi Asadbek.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:33:57
— Uning iziga tushganlar orasida sizda avval xizmat qilgan bir o‘zbek yigiti ham bor ekan.
— Kim ekan? — deb ajablandi Asadbek.
— Ismini aytmadilar. — Mehmon Asadbekning o‘yga tolganini ko‘rib, sukut saqladi.
«Kim bo‘lishi mumkin? Balki... Hosilning odamlaridandir?..» Asadbek Jamshidning tirikligini, Kozlov izidan tushgan chechen yigitlar qatorida yurgan bo‘lishi mumkinligini xayoliga ham keltirmadi.
— Men uni siz ko‘rgan kulbamda qoldirib keldim. O‘n besh kunlik oziq-ovqatini g‘amladim.
— Yaxshi qilibsiz, rahmat sizga.
— Xotini bilan qizchasini Kemerovo orqali bu yoqqa olib keldim. O‘zi kelishga unamadi. Bu yoqlarda qo‘lga tushsa, sizga yomon bo‘lar ekan. Xotini bilan qizchasini Marg‘ilondagi bir oshnamnikiga qo‘yib keldim. Erta-indin ularni atdan olish kerak.
— Olamiz, — dedi Asadbek o‘ychan, — shu bugunoq ishonchli joyga yetkazamiz.
— Bo‘tam, sizga aytmoqchi bo‘lgan omonat gapim shu. Endi, ijozat etsalar, bir-ikki so‘raydurgon gapimiz ham bor.
— So‘rang, ota.
— Bo‘tam, mening ojiz fikrim balki adashayotgandir. Lekin... sizlarning ishlaringizda bir yovuzlik ko‘ryapman.
Muhiddin ota «Bu savol bilan yurak yarasini tirnab qo‘ymadimmi», degan xavotirda Asadbekka qarab olib, boshini egdi.
Asadbekning ham boshi egik edi. Otasining birodariga, halol-haromning farqiga yaxshi boradigan odamga nima desin? Qanday tushuntirsin? Jahl g‘avg‘osi ila mag‘rur, aqldan begona onlarini qanday aytsin? Vujudi vahshat ichra tor-mor bo‘lgan odam pokiza insonga kirlangan yuragini ko‘rsata olarmi ekan?
Lekin... nimadir deyishi kerak.
Savol berildi.
Javob kutilmoqda.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:34:12
Asadbek boshini bir og‘irlik, bir azob bilan ko‘tardi.
— Ota, bizning ishimiz nozik. Bir-ikkita kooperativlar ochganmiz. Do‘st bor, dushman bor...
— Dushmanning biri ham xatar, — deb mezbon Asadbekning fikrini quvvatladi.
— Biz ba’zan hukumatni aldashga ham majburmiz. Hukumatning qoidalari chatoq, aldamaslikning iloji yo‘q. «Odamlar qing‘ir ish qilsin» deb qing‘ir qoidalarni o‘ylab chiqaradigan amaldorlar ham bor-da!
— Oshnangizni... hukumat ta’qib qilmadi, deyman?
— Nega bunday deyapsiz?
— Hukumat ta’qib qilsa, oilasiga tegmas, deyman.
— Ha... to‘g‘ri anglabsiz. Biz bilan kelisha olmaydigan boshqa kooperativlar bor.
Oraga sukut cho‘kdi. Muhiddin ota bir necha nafaslik sukutdan so‘ng boshini quyi egganicha, xuddi o‘ziga o‘zi gapirayotganday bir bayt o‘qidi:
— Hayotning tarbiyatsizlik to‘foniga nishon    aylab, Chunon majruh o‘lub ruhlar, yuraklar zohidon o‘lmish.
Asadbek baytning mazmunini anglamay qariyaga qarab oldi. Sukut yana davom etib, Asadbek o‘zining bolaligi haqida oz bo‘lsa-da aytishi lozimligini bildi. U maktabdagi, ko‘chadagi haqoratlarni, bir burda qora nonga zor kunlarni ko‘rganini aytmadi. Bu kunlarni ko‘rgan birgina u emas edi.
— Onam olamdan o‘tganlaridan keyin... qimorbozlarga aralashib qoldim. Meni o‘sha odamlar tarbiya qilishdi. Uylanganimdan keyin ko‘p o‘ynamadim. Ustozimning gapiga kirib, tashladim. Qimorbozlarga qozilik qildim. Keyin... kooperativlar ochdik. Men haqimda bo‘lar-bo‘lmas gaplar ko‘p. Men... namoz o‘qimasam ham Xudodan qo‘rqadigan insonman. O‘lganimdan so‘ng do‘zaxda kuyishimni bilaman.
— Xudo saqlasin, gunohlaringizni o‘zi kechirsin. Tavba qiling, bo‘tam.
Asadbek ko‘kragida alamli faryod bosh ko‘tarayotgan edi. Uni bo‘g‘ish uchun bir necha fursat sukut saqladi.
— Sizni bilmayman-u, ammo men sho‘ro hukumatidan butunlay noroziman. Do‘zaxda avval shu hukumat kuyishi kerak edi.
— Durust aytdingiz, bo‘tam.
— Ota, maslahat bering. Bolalarim o‘qishni bitirgach, o‘sha yerda qolishini xohlayapman. Bu yerga qaytmasin. Mendan keyin yomon bo‘ladi...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:34:39
«Mendan keyin...» Shu ikki so‘z aytilayotganda ovozi titradi. Buni ziyrak qariya sezdi. Uning rang-ro‘yiga qarab, «Mendan keyin» yaqin kunlar ichi sodir bo‘lishi mumkinligini fahmlab ezildi.
Jalil osh damlashni yigitlarga topshirib, o‘zi boloxonada yigitlarga nasihat qilib o‘tirganida Asadbekning yo‘talini eshitdi. Yo‘tal bosilavermagach, shoshilib pastga tushdi. Xonaga kirganda Asadbek bukchaygancha yo‘talar, Muhiddin ota esa uning yelkalarini uqalar edi.
— Do‘xtir chaqiring, bo‘tam, — dedi qariya, kirib kelgan Jalilga xavotir bilan qarab.
Asadbekni har kuni yo‘qlab, boqib turuvchi tabib hayallamadi. Ostona hatlab, mijozining ahvoliga ko‘zi tushdi-yu, yanada shoshdi. Em ignasi bilan ketma-ket yuborilgan dorilar ta’sir etib, Asadbek bir oz orom olgach, tabib ham yengil xo‘rsinib qo‘ydi.
— Kasalxonaga yoting, desam ko‘nmayaptilar. Nur berilmasa bo‘lmaydi.
Yo‘tal azobidan holdan toygan Asadbek bu gapni eshitib, ko‘zini ochdi. Tabibga qarab barmoqlarini qimirlatdi-da, «Sen ketaver», degan ishora qildi. Jalil tabibni kuzatib chiqdi. Tabib xastaning ahvoli og‘ir ekanligini ta’kidlagach, xayrlashib ketdi. Jalil hovlida turib qoldi. Bu orada Muhiddin ota ham hovliga chiqdi-da:
— Uxladilar shekilli, bir oz orom olsinlar, — dedi.
Shunda Jalil oshnasining kasali nima ekani, kasalni hammadan yashirayotgani, o‘zining tabibga borib kelganini aytdi. Asadbekni u yoqqa olib borish muammosidan qiynalayotganini ham bildirdi. Ikkovlon hovlida turganlaricha reja tuzdilar. Rejaga ko‘ra ular Asadbekning kasalidan bexabar holda, «yo‘talni tuzatadigan» tabibga borib kelishga da’vat etadigan bo‘ldilar. Tabibning o‘jarligini bilgan Muhiddin ota ham birga borishga istak bildirdi.
Asadbek dorining kuchi bilan peshinga qadar uxladi. U uyg‘ongach, rejani amalga oshirish boshlandi. Muhiddin otaning birga borajagini bilgach, Asadbek ko‘ndi.
Qishloqqa yaqinlashganlarida yo‘l chetidagi «Zaporojets»ga ko‘zlari tushib, to‘xtadilar. Reja bo‘yicha Kesakpolvon bu yoqqa odam yuborib, eskiroq mashina tayyorlab qo‘yishi, ular qishloqqa shu arobada kirib borishlari lozim edi. Ish reja asosida bo‘ldi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:35:17

Qishning sovuq nafasi sezilib tursa-da, yerning iliq bag‘ri kechasi yoqqan qorni eritib yuborgan, toshloq yo‘ldan yurish bir oz qiyinlashgan edi. Urinib qolgan «Zaporojets» kuchanib bo‘lsa-da, manzilga eson-omon yetib keldi.
Abdurahmon tabibning darvozasi ochiq, loyda qolgan iz yaqin orada bu hovlidan uch g‘ildirakli traktor chiqqanidan ogoh qilib turardi. Darvozaga yetishganda Muhiddin ota «Men chaqiray», dedi-da, ostona hatladi. Ikki oshna beriroqda to‘xtab, kutishdi. O‘lim bilan yuzma-yuz bo‘lgach, takabburligi chekingan Asadbek misoli yuvosh bolaga aylangan edi.
Qariya hovli tomon uch-to‘rt qadam bosib:
— Mulla Abdurahmon aka! — deb chaqirdi. Javob bo‘lmagach, yana ikki karra, endi ovozini balandlatib chaqirdi. Shundan keyin ovoz berilib, dam o‘tmay Abdurahmon tabibning o‘zi ko‘rindi. Muhiddin ota qiroat bilan salom berdi. Shunga yarasha tabib ham:
— Vaalaykum assalom va rahmatullohi va barakotuhu, — deb alik oldi-da, quchoq ochib ko‘rishdi. Ular qadrdonlarday yuzlarini yuzlariga qo‘yib ko‘rishdilar. Islom odobini, xususan, bu olamdagi odamlar bir-birlariga birodar ekanliklarini bilmagan, tushunmaganlar bu holatdan ajablanishlari tabiiy.
— Yo‘limiz shu tomonga tushib edi, siz muhtaram zotni ziyorat qilmasdan o‘tib ketmoqni ayb deb bildik, — dedi Muhiddin ota.
— Xo‘b ajab ish qilibsiz, inim. Xonadonimga rizq beruvchi Tangrim mehmon yuborgan ekan, o‘ziga shukr qilaman. Qani, marhamat qilsinlar.
— Taqsirim, mening birodarlarim ham bor.
— Chaqiring ularni, qadamlariga hasanot. Tortinmay chaqiravering, uyimiz keng, uy torlik qilsa, Xudo xohlasa bag‘rimiz kengdir.
Muhiddin ota bu muruvvat uchun minnatdorlik bildirib, hamrohlarini chaqirdi. Haydovchi kirishga unamay, choyxonada bo‘lajagini bildirib, arobasini burdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:35:46
Gilam to‘shalgan katta xonada tezlikda dasturxon tuzaldi. Non sindirilib, «oling, oling» boshlangunga qadar deyarli gap-so‘z bo‘lmadi hisob. Abdurahmon tabib mehmonlarga zimdan qarab chiqdi. Nazari bir necha soniya Asadbekda to‘xtab, uning xastaligini fahmladi. Zotan, uning xastaligini tabib bo‘lmagan odam ham biluvi mumkin edi. Mehmonlarning kelishlaridan maqsadi kasal boqtirish ekanini sezsa-da, tabib «Kelinglar, xizmat» demadi. Shu paytgacha biron o‘zbek mehmonga «nima uchun uyimga kelding» demagani holda pok-nopokni durust ayira oluvchi, o‘ziga imon yo‘lini ma’qul deb tanigan Abdurahmon tabib aytarmidi.
Jalil ham, Asadbek ham suhbatga deyarli aralashmay jim o‘tirishdi. Ayniqsa, Jalilning jim o‘tirishi ulug‘ tahsinga loyiq buyuk jasorat edi.
Muhiddin ota birdaniga maqsadni aytmay, gapni uzoqdan boshladi.
— Taqsir, bir rivoyat yodimga tushdi, ijozat bering, aytay. Hoynahoy siz bu rivoyatdan xabardorsiz. Buni hamrohlarim uchun ayta qolay.
— Marhamat qiling, azizim...
— Roviylar deyarlarki, podshoh bir qizni, otasi hamda ikki akasini o‘limga hukm etibdi. Qiz o‘limi oldidan bir qultumdan suv berishlarini so‘rabdi. Podsho muruvvat qilibdi. Suvni ichib bo‘lgach, qiz debdiki: «Ey, muruvvatli podshoh, biz siz bergan suvni ichdik. Endi sizga mehmonmiz. Mehmonni o‘ldirish mumkin bo‘lsa, biz o‘limga tayyormiz». Podsho qizning aqliga tan berib hukmni bekor qilgan ekan. Alqissa, shulki, biz sizga mehmonmiz. Haqiqat shulki, siz o‘limga hukm qiluvchi shoh emas, xastalarga shifo beruvchi tabibsiz.
— Unday emas, inim, adashdingiz, astag‘firulloh. Dard beruvchi ham, shifo beruvchi ham yolg‘iz Ollohdir.
— Haq rost, — dedi Muhiddin ota, bosh egib.
— Inim, siz meni ko‘rinmas ip bilan bog‘lab oldingiz. Bilib turibman, bu inim, — u Asadbekka qaradi, — xastalar. Muolaja haqida so‘ngroq so‘z yuritamiz. Hozir mehmondorlik taomilini buzmaylik. Avval taom, deydilar. Haligi arobalaring sog‘lom odamni ham xasta etadi. Bir oz dam olinglar. Men esa, siz aytgan rivoyatga javob aytay: «Hazrat Luqmon hakimdan so‘rabdilar:
— To‘g‘ri va aniq so‘zlashni kimdan o‘rgandingiz?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:36:53
— Ko‘r odamdan, — deb javob beribdilar hazrat. — Ular bir qadam bosishlaridan oldin avval hassalari bilan yerni paypaslab ko‘radilar. Men esa so‘z aytishdan avval o‘ylayman». Alqissa shulki, siz o‘ylab-o‘ylab durust so‘zlar aytdingiz. Mening ko‘nglim bundan tog‘dir.
Shu zaylda lutf almashilganidan so‘ng har ikki tomonni ajratib turuvchi noqulaylik pardasi chetga surildi. Suhbat erkin maqom kasb etib, hatto Jalil ham «mulla» sifatida qo‘shila boshladi. Krasnoyardagi suhbatlar chog‘ida Jalilning «mullalik» darajasini yaxshi fahm etgan Muhiddin ota vaqti-vaqti bilan uning so‘zini kesib turishga majbur bo‘ldi.
Hamonki ular aziz mehmonlar martabasiga ko‘tarilgan ekan, Muhiddin ota o‘zlarini tanishtirmoqni lozim ko‘rdi.
— Sizga bir qarashdayoq quvg‘indi ekaningizni yuragim sezgan, — dedi tabib. — Agar bilsangiz kamina ham quvg‘indilardan. O‘z shahrimni tashlab kelib, bu qishloqda makon tutganman. Bu inimning, — u Asadbekka qaradi, — ko‘p zulm ko‘rganlarini ko‘zlarining tubi aytib turibdi. Ammo, ishqilib adashayotgan bo‘lay, ko‘zlarining sirti, ayniqsa qorachiqlari o‘zgalarga zulm qilganlarini aytib turibdi.
Bu gapni eshitib, Muhiddin aka boshini egdi. Asadbek ham bosh egib bir oz jim o‘tirdi-da, so‘ng tan oldi:
— Ota, adashmadingiz...
— Zamon majbur qildi ularni. Bizlar quvg‘inlarda qolganda, bular qarovsiz bo‘ldi. Kechagi kuni Asadbek bo‘tam bilan shuni gaplashib edik. Hukumatni ko‘rarga ko‘zlari yo‘q. Bizlarni qamoqdan ozod qilishdi, taqsir, omma farzandlarimiz ruhlari shikastlanganicha qoldi.
— Bilaman, inim, bilaman, — dedi tabib og‘ir tin olib. — Bu gaplarga hojat yo‘q. Bilsangiz inim, men boshqa olamman. Sovet Ittifoqi degan badbaxt davlatni dunyo tan olgan, ammo men tan olmaganman. Sovet Ittifoqining chegarasi siz bosib o‘tgan darvoza ostonasida tugaydi. Ostonaning bu tomoni boshqa dunyo.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:37:59
— Bu davlat yuragimizdan joy ololmadi. Siz yaxshi aytdingiz, taqsir. Endi bu chegarani yanada uzoqroqqa uloqtirish zamoni kelarmikin? Bu haromilar qachon yo‘q bo‘larkin?
— «Al-birru la yubla, vaz-zanbu la yunsa ad-dayyanu la yamutu i’mal ma-shi’ta kama tadiynu tu‘danu»*,— dedi Abdurahmon tabib ma’noli ohangda.
Jalil hadisning ma’nosiga tushunmasa ham «qarang-a!» degan hayrat bilan bosh irg‘ab qo‘ydi. Muhiddin aka esa bir oz o‘yga tolib so‘ng tabibga qarab dedi:
— Astaiyhzu billah, «Va loqad karromna bani Adama», — Ulug‘ qilib yaratilgan odam zurriyodlari shayton yo‘liga kirsa shu ekan-da. Astaiyhzu billah, «Va inna alayka la’nati ilo yavmid-din»*.
Ular ikki alloma singari suhbat yuritardilar. Jalil ularning suhbatiga o‘z fikri bilan qo‘shilish uchun og‘iz juftlaganida Asadbek tirsagi bilan biqiniga turtib, ko‘z qarashi bilan «Jim o‘tir» deb tahdid qildi.
Suhbat chiroyli tarzda davom etayotganda, hovlida bir odamning «Abdi!» degan baqirig‘i eshitildi. Go‘yo jimirlab turgan ko‘lga tosh tushganday bo‘ldi.
— Dev akam keldilar, — dedi Abdurahmon tabib miyig‘ida kulib. — Aybsitmanglar, mehmonlar. U — Xudoning erka bandasi. Mening doimiy aziz mehmonim.
Tabib mehmonni qarshilashga turganida ostonada devning chala tug‘ilgan bolasini eslatuvchi, baland bo‘yli, to‘ladan kelgan, soch-soqoli oppoq oqargan, usti yupun odam ko‘rindi. U ostona hatlab ichkari kirib mehmonlarni ko‘rdi-yu, bir zum to‘xtadi. Ularga bir-bir qarab olgach, dadil yurib kelib Muhiddin ota bilan ko‘rishdi:
— Assomoykum, senga million so‘m beraman, — dedi jiddiy tikilib.
Bu gapni eshitgan Muhiddin ota nima deyishni bilmay, gangib qoldi.
Dev aka Jalil bilan ko‘rishayotib ham shunday dedi. Ammo barchani hayratda qoldirib Asadbekka bunday demadi.
Abdurahmon tabibga uning fe’li ma’lum: Dev aka birovni suymasa pul va’da qilmaydi. Boshqalarga milliondan «beraveradi». «Bu odamning nimasi yoqmadi? U ham ko‘zlarida zulm ko‘rdimi ekan?» deb o‘yladi tabib.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:38:53
Dev aka millionlarni «ulashib bo‘lgach», o‘tirib Abdurahmon tabib uzatgan choyni xo‘rillatib ichdi.
— Abdi, — dedi u tishsiz milklari bilan non chaynab. — Mix yo‘q. Hech yerda yo‘q. Iso Masixni mixlashga yetgan mix endi yo‘q. Hamma tilanib yuribdi. Rais ham tilanyapti. «Sotsializm qurish uchun ehson qiling», deydi. «Puli yo‘q odam qurilish boshlamaydi», dedim. — Dev aka hiringlab kulgan edi, og‘zidagi choy soqolidan oqib tushdi. — Pul yo‘q, mix yo‘q, u sotsializm quraman, deydi.
Muhiddin ota unga qarab turib ajablandi: ba’zi gaplari tuppa-tuzuk, ayrimlari almoyi-aljoyi. Uy egasi indamay o‘tirgani uchun, ular ham gapirmadilar. Dev aka choyni ichib bo‘lgach, piyolani to‘ntardi-da, o‘rnidan turdi.
— Abdi, mix yo‘q, sen sotsializm qurma, — deb chiqib ketdi.
Shundan so‘ng tabib Dev akaning kimligini aytib qo‘yishni lozim topdi.
— Biz bir qishloqdan edik. Qizillar kelib bizdan tilla talab qilishdi. Bularning uyini tit-pitini chiqarishibdi. Onasi yashirib qo‘ygan bitta tangani yutib yuboribdi. Haromilar ko‘rib qolib, ayolni homilador demasdan, qilichda qornini yorib olishgan o‘sha tangani. Dev aka to‘rt-besh yosh ekan. O‘shandan beri shunaqa bo‘lib qolgan.
— Astag‘firulloh, — dedi Muhiddin ota.
— Yo‘g‘-e, homilador xotinni-ya? — deb ajablandi Jalil.
— Bu sizlarga cho‘pchakka o‘xshaydi, — dedi tabib. — Men ertakchi emasman. Bilganimni gapiraman. Bizni bu yoqlarga ko‘chirishganda Dev aka ergashib keldilar. Avval biznikida yotib yurardilar. Keyin-keyin duch kelgan yerni makon tutadigan bo‘ldilar. Qishin-yozin yurishlari shu — sarpoychan.
Ovqat kirib taomlanishgandan so‘ng tabib Asadbekning yoniga o‘tdi.
— Qani, inim, qo‘llaringizni bering. Ismingiz nima, yoshingiz nechada?
Tabib Asadbekning kaftlariga boqdi, tirnoqlarini ezib ko‘rdi. So‘ng ikki bilagidagi tomirga bosh barmog‘ini qo‘yib, boshini egganicha ancha o‘tirdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:39:34
— Ichingizga sovuqlik in qurib olibdi, haydash kerak, — dedi u Asadbekning bilaklarini qo‘yib yuborgach. — Buning ilojini qilamiz. Lekin... yana bir xastalik ilashibdi sizga. Buning ishi qiyin. Shifo berguvchi Olloh. Ollohga tavakkul qilgumiz. Menda dori tayyorlash uchun bir narsa yetishmaydi. Eski arobada kelganingiz bilan topar-tutaringiz yaxshiga o‘xshaydi.
— Ayting, topamiz, — dedi Jalil.
— Topasizmi? — dedi tabib unga norozi qiyofada boqib. — Yaxshi, topib keling. Menga tilla tanga kerak.
— Tilla tanga? Nechta? — deb so‘radi Jalil, xuddi cho‘ntagi tilla tangaga to‘la odamday.
— Bir dona. Aslida undan ozgina kukun sidirib olaman. Qolgani o‘zinglarniki.
— Oshnam tuzalsa bo‘ldi, bu yog‘idan xotirjam bo‘ling, ota. Bir emas, yuzta tanga bo‘lsa ham topamiz.
— Inim, ikkinchi daf’a bunday deya ko‘rmang menga. Men u dunyoga mol-dunyo bilan bormayman. Yolg‘iz Ollohga va uning rasuliga muhabbatim bilan boraman. Shu bois bu dunyodagi boylikni, siz aytgan yuzta tangani sariq chaqaga ham olmayman.
Asadbek oshnasining biqiniga tirsagi bilan turtdi. Muhiddin ota «attang!» deganday bosh chayqadi.
— Uzr, otaxon, o‘ylamay gapirib yubordim, — deb bosh egdi Jalil.
— Siz menga yuzta emas, bitta topib keling. Sayyid Abdulahadxon tangalaridan bo‘lsin.
— Abdulahadxon? — dedi Jalil.
— Buxoroi Sharifda shunday amir o‘tgan.
— Sovetning tangalari bo‘lmaydimi? — dedi Jalil.
— Nikolayniki ham, boshqa zamonniki ham bo‘lmaydi. Menga kerakli narsa faqat Sayyid Abdulahadxon zarb etgan tillasida bor.
— Men uni qanday topaman?
— Topolmaysizmi? Unda sira oldindan katta ketmang. Men muolajani bugundan boshlayman. Uzoqdan kelibsiz, shu uy sizniki. Siz esa inim, poezdda bir yarim kunlik yo‘l, bir joyga borasiz. Hayim degan yamoqchini topasiz. «Abdurahmon tabibdan salom. Siz Sayyid Abdulahadxonning o‘n yettinchi jiyani ekansiz. Tabibga bitta tanga zarur bo‘lib qoldi», deysiz. Savdolashmaysiz. So‘ragan pulini berasiz.
Jalil ishning bu qadar oson ko‘chganiga, ayniqsa, Kesakpolvon ottirgan otlardan gap ochilmaganidan quvonib yo‘lga tushdi.

________________
* M a z m u n i  b u d i r: «Yaxshilik eskirmaydi, gunoh unutilmaydi, Olloh taolo o‘lmaydi. Endi nima qilsang qilaver. Amalingga yarasha jazo olasan (Hadisi sharifdan).
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:40:32
                                                                                     2

Jalil poezddan tushib, Abdurahmon tabib aytgan joyni qiynalmay topdi. Lekin ustaxonasida Abdurahmon tabib ta’riflagan keksa yamoqchini emas, yigirma besh yoshlardagi yigitni ko‘rdi.
— Hayim aka qaerda? — deb so‘radi Jalil.
— Haym akoni nima qilasiz? — deb savolga savol bilan javob berildi. Jalil:
— Men bir odamdan salom olib keldim, — dedi.
— Kimdan?
— Abdurahmon tabibdan. Sen bilmasang kerak uni. Sen o‘zing kimsan?
— Haym akoning nabirasi.
— Bobong qanilar?
— Ketganlar.
— Qachon keladilar.
— Kelmaydilar. Bobom ketgan joydan qaytishga yo‘l yo‘q.
— Isroilga ketdimi?
— Undan ham uzoq... Xudoning oldiga...
— O‘ldimi? Shuni ayta qolmaysanmi. Gapni cho‘zishingni qara.
— Ako, siz so‘radingiz, men javob berdim. Bobomda nima ishingiz bor edi?
Jalil tabib tayinlagan gaplarni dona-dona qilib aytdi.
— Ako, bu kriminal ish. Bizga unday tanga yo‘q.
— Sen mahmadonalik qilma. Uyingga borib buvingdanmi, ota-onangdanmi so‘ra. Men milisa emasman, qo‘rqma.
— Ako, menga qo‘rqish yo‘q. Tanga ham yo‘q.
— Men shu yerda o‘tirib turay, sen uyingga borib so‘rab kel.
— Erta keling, ako.
— Erta deganing nimasi? Men qaerda yotaman?
— Istansada yotsangiz mumkin.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:41:04
Jalil qarasaki, bu yigit gap uqmaydigan. Noiloj iziga qayta boshladi. Sal nari yurgach, yigit chaqirdi:
— Ako, hov ako!
Jalil «Xudoga shukr, insof kirib qoldi shekilli», deb o‘girildi.
— Ako, pulingiz yoningizgame? — deb so‘radi yigit u yaqinlashgach.
— Sen avval tangani top. Pul naqd.
— Erta keling.
Jalil unga bir bobillab bermoqchi bo‘ldi-yu, ishni buzmay deb tilini tiydi. U yamoqchi aytganday bekatga bormay, masjidni izlab topib, o‘sha yerdan qo‘noq topdi. Masjid imomi safarga ketgan, noibi ayni Jalilbop — chala mulla ekan. Ikkita chala mulla suhbat qurganda ilmning yanada sayozlashib ketishi o‘sha kuni yana bir karra isbotlandi.
Ertasiga ham ish pishmadi. Yigit yana «Erta keling», deb turib oldi. Jalil qaytmoqchi bo‘lganda yana «Pul yoningizgame?» deb so‘radi.
Uchinchi borishda ustaxonada beliga eski charm peshband bog‘lab, chaqaloqning mushtini eslatuvchi burniga dumaloq ko‘zoynak qo‘ndirgan qariyani ko‘rdi.
— Kecha bir yigit o‘tiruvdi? — dedi Jalil u bilan salomlashgach.
— Sizga yigit kerakme? — deb savolga savol bilan javob berdi chol.
— Aslida menga Hayim aka kerak.
— Haym akangiz men-ku? — deb kuldi qariya. — Nabiram sizga nima dedi, ketdi, dedime?
— Ketdi desa ham mayli, o‘ldi, dedi.
Hayim kuldi:
— Nabiram hazilga moyil. Ammo u ketdi, degan, siz o‘ldimi, degansiz, haymi?
— Shundoq-ku... lekin...
— Aka Abdurahmon amonme? Nima deydi?
Jalil tabibning gapini so‘zma-so‘z takrorladi.
— Hay, pulingiz kissangizgame?
— Ha.
— Oling.
— Qancha?
Hayim aytdi. Jalil qo‘yin cho‘ntagidan gazitga o‘rog‘liq pulni olib sanamoqchi edi, yamoqchi urishib berdi:
— He, esingizga bir narsa, sizning. Bu yerga sanamang pulni. Boshqa joyga sanab keling.
Jalil xoliroq ko‘chaga borib pulni sanab yana gazeta parchasiga o‘radi-da, ustaxonaga kelib, yamoqchiga uzatdi.
— Erta keling, — dedi yamoqchi.
— Yana ertami?
— Ha, sizga osonme, bu. Xohlamasangiz boshqa yerga izlang.
— Xo‘p, xo‘p...
Jalil uni ichida so‘ka-so‘ka masjidga qaytdi.
Ertasiga yamoqchi unga balchiq surilgan tanga uzatdi. Jalil loyni artmoqchi edi. Hayim uni to‘xtatdi:
— He, esingizga bir narsa sizning. Tegmang. Bu kriminal ish, tushunmaysizmi? Boring, Haym aldamaydi. Haym chestniy grajdanin.
Uch kunlik xunobgarchilikdan so‘ng Jalilning bag‘riga oftob tekkanday bo‘ldi.

Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:41:59
3

Tong qilichi g‘olib kelib, tunning ikki qoshi orasini poraladi.
Ikki qariya namozni o‘qiyotganida Asadbekda ham ibodat qilmoqqa mayl uyg‘ondi. Uyda yolg‘iz qolganida, azon tovshini eshitganida shunday his uyg‘onardi. Hozir uning vujudida g‘alati kuch qo‘zg‘olib, turishga majbur etdi. U tahorati bo‘lmasa-da, namoz o‘qishni bilmasa-da, Abdurahmon tabibning orqasida namoz o‘qiyotgan Muhiddin otaning yonidan joy oldi. Namozxonlar tursa turdi, rukuga borsa, ruku qildi, sajdaga bosh qo‘yishganda u ham joynamozga bosh qo‘ydi. Ana shunda ko‘kragida bir o‘ksik uyg‘ondi. Zoe ketgan umriga aza ochib, yig‘lagisi keldi.
Sajdaga bosh qo‘yguncha boshqa odam edi.
Sajdadan bosh ko‘targanida u bo‘lak inson bolasiga aylandi.
Har bir narsada zang bor, qalb nurining zanglashi— to‘qlikdir, deydilar. Hozir xolis ixlos bilan sajdaga bosh qo‘yganida o‘sha zang to‘kildimi — Xudo biladi.
«Dillardagi kibr-havoni ketkazishga qaraganda tog‘ni igna bilan ag‘darish osonroq», deydilar. Ammo Olloh istasa bu mushkulotni osonlik bilan hal etadi.
Namoz o‘qib bo‘lingach, avval Muhiddin ota, so‘ng Asadbek turdilar-da, ko‘rpachalar to‘shalgan xonaga o‘tdilar.
Abdurahmon tabib esa o‘rnidan jilmadi. Uning odati shu: Yaratgan bilan xayolan gaplashadi. U bu odatini hech qachon kanda qilmagan. Bugun ham munojotini boshlab, mehmonlarning turib ketganlarini hatto sezmadi ham. Vujud qarigani sayin aql kuchga kirib boradi, deb bejiz aytishmagan. Abdurahmon tabibning munojotini tinglagan har bir kimsa bu haqiqatga yana bir karra amin bo‘ladi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:42:40
Avvallari, yoshlik chog‘larida dushmanlarga, ularni qaqshatgan qizil zolimlarga jazo berishini so‘rab iltijo qildi. «Al qasosul min-al Haq». Qasos — Haqdandir. Abdurahmon tabib avvaliga nima uchun kofirlar qo‘li baland kelayotganidan ajablandi. Hatto ba’zan shayton alayhila’na vasvasasiga uchib, «Agar kofirlarni jazolay olmasang qanday qodir Xudosan!» (Astag‘firulloh!) degan vaqtlari ham bo‘ldi. Keyinchalik oyati karimada zikr etilmish «Kufr yo‘lini tutgan kimsalar ularni tek qo‘yganimizni o‘zlari uchun zinhor yaxshilik deb hisoblamasinlar. Biz ularni faqat gunohlari ko‘payishi uchungina muhlat beramiz. Ular uchun xor qilguvchi azob bordir», degan Haqiqatni anglab yetdi. Yana eng muhim bir narsaga — «Olloh nima sababdan bu yurtni kofirlar zulmi ostida ezilishiga qo‘yib berdi?» degan savolga javob topdi. Javob oddiy edi — qavm Ollohdan uzoqlasha boshladi. Shayton g‘olib mamlakatda kofirlar o‘zlarini daryo suvidagi baliqdek his qilib, yayradilar. Kofirlar zulmidan qutulmoqning yo‘li bir — Ollohga yaqinlashish, Ollohga qaytish!
Keyinroq g‘animlarga insof tiladi.
Har insof tilaganida bir voqea esiga tushadi.
Qishloqni qizillar bosdi. Ular qishloq ahlining tarixini kimdandir bilibdilar. Tarix shuki, ularning qabilasi yuz yillar muqaddam urushdan bezib, tog‘ oshib kelishgan. Bu qabilaning g‘oyat katta boylikka ega ekani haqida rivoyatlar yuradi. Aslida bu rivoyat emas, haqiqat edi. Chindan ham ularning katta boyliklari mavjud, lekin uning qaerga yashiringani qattiq sir saqlanardi. Qabila o‘troq bo‘lib, qishloq vujudga kelgandan so‘ng ham boylik sarf qilinmadi. Ayrimlar «Ezilib ishlayveramizmi, ota-bobolardan qolgan boylikni ulashing», deyishganda oqsoqol vazmin turib «Agar mehnat bilan yashashni chumolidan o‘rganing, desam sizlarga uyatdir. Agar bu nasihatga amal qilmasangiz ikki karra uyatdir», deb mojaroga yakun yasagan ekan. Boylik yurtga qaytib borilgandagina sarf etilsin, degan vasiyatga barcha avlod sodiq keldi. Ana shu boylikning isini olgan sho‘rolar keksalarni siquvga oldilar. Ana shu onda Islom lashkarlari hujum qilib, ular Oqsoqolning qo‘rg‘onida qurshovda qoldilar. Islom lashkarlari keksalarni asrab qolish maqsadida «ularni ozod qilinglaru ketinglar» deb shart qo‘ydilar. Qizillar «kechasi ketamiz» deyishdi. Ketishgandan so‘ng qarashsaki, boylik qaerdaligini aytmagan qariyalarning boshlarini jodida bir-bir uzishibdi... 
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:43:53
...O‘shanda qariyalar Xudoga nola qilib zolimlarga insof tilashgandir...
Dev akaning onasi ham tilagandir.
Tillani deb qancha jonlar qurbon bo‘ldi.
Hamma mamlakatlarda, hamma zamonlarda bunga o‘xshash voqealar yuz bergan.
Aslida oltinning rangi sariq emas, to‘kilgan qonlarga mos — qizil bo‘lishi kerak.
Abdurahmon tabib har subhi sodiqda Ollohdan bandalariga imon tilaydi, hidoyat tilaydi, dil qulflarini ochmoqlikni so‘raydi...
Tashqarida ayol kishining ovozi kelib Abdurahmon tabibning xayoli bo‘lindi. Munojotini nihoyasiga yetkazib, yuziga fotiha tortdi-da, tashqariga chiqdi. Egniga qora duxoba kamzul kiygan kampirga qarab:
— Yana keldingizmi, singlim? — dedi norozi ohangda.
— Bergan doringizni ichib bo‘ldim, —dedi kampir aybdor odam ovozida.
— Ichib bo‘libsiz, yaxshi. Endi dam oling.
— Tabib og‘ajon, siz hamma narsani bilasiz, ayting, bir oy ichida o‘lib qolmaymanmi?
— Buni Xudo biladi.
— Siz ham bilasiz. Ayting bir oy...
— Bir oyda nima qilmoqchisiz?
— Men hech narsa qilmayman. Menga qolsa, vaqtim bitgan bo‘lsa, hozir ham tayyorman. Lekin... o‘g‘lim to‘y qilmoqchi. Men o‘lib qolsam, to‘yga ataganini azaga ishlatib, sovuradi. Nima bo‘lsa ham to‘ydan keyin o‘lay.
— «Kulli nafsin zoyiqatul-mavta»*, — dedi tabib. Oyati karimaning ma’nosini tushunmagan kampir «Tabib duo qildi», deb unga minnatdorchilik bildirdi.
Abdurahmon tabib xos xonasiga kirib qog‘ozga bir siqim quritilgan ko‘kat solib chiqdi-da kampirga uzatib:
— Qaynatib iching. Xudo xohlasa o‘g‘lingizning hamma to‘ylarini ko‘rasiz, —dedi.
— O‘rigimizga ola hakka qo‘nib qaqillayapti-da, — dedi kampir xavotiri boisini bayon qilib.
— Bid’atlarga ishonmang, odamlar aytaveradi.
— Ota-onam ham tushimga kiryaptilar.
— Bid’atga ishonmang, dedim-ku! — dedi tabib jahl bilan. — Boring, yana ikki yil yashaysiz.
Kampir «Hazillashyapsizmi?» deganday qarab turdi. Tabibning qarashi jiddiyligini ko‘rib, uni duo qila-qila ketdi.
— Odamlar qiziq-da, — deb o‘yladi Abdurahmon tabib, uning izidan qarab. — Ikki kundan keyin o‘lasan, desam ishonmaydi, qarg‘ab-qarg‘ab ketadi. Ikki yil yashaysan desam ishonadi, duo qiladi. Janob Rasululloh «O‘ng tomonimga salom berib chap tomonimga salom berishga ulguramanmi-yo‘qmi, bilmayman», deganlar. Payg‘ambar bilmagan narsani tabib qanday bilsin...

_________________
* M a z m u n i  b u d i r: Har bir tirik jon o‘lim mazasini totib ko‘ruvchidir.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:44:34
                                                                                        4

Jalil tilla tangaga ketgach, Abdurahmon tabib muolaja boshladi. Avval eski qonni eslatuvchi qo‘lansa dorini ichirdi. So‘ng bir kosa qaynatma sho‘rva keltirdi. Sho‘rvani ichib bo‘lgach, Asadbekni po‘stinga o‘rab qo‘ydi. Asadbek shu darajada terladiki, umri bo‘yi bunaqa holga tushganini eslolmaydi. U yettita ilonni yeb semirgan ilon sho‘rvasini ichganini bilmadi. Sho‘rvaga ilon solinganini bilsa, balki icholmas yoki qayt qilib tashlagan bo‘lardi. Muhiddin ota bilan ochilib gaplashayotgan, Asadbekka qaragani hamon tundlashadigan tabib «ich», dedi, tamom — bajardi.
Tongda yengillashib turdi. Xuddi darddan butkul forig‘ bo‘lganday tuyuldi. Namozdan keyin esa ruhi ham tetiklashdi.
Abdurahmon tabib kampirni kuzatib kirgach, o‘rnidan turib salom berdi.
— Ko‘rinishingiz, Xudoga shukr, durust, — dedi Abdurahmon tabib, salomga alik olib.
— Tuzalib qolganga o‘xshayman.
— Olloh shifo bersin. Ammo tuzalishingizga fursat bor. Bu xastalik xiyla o‘jar.
— O‘g‘lingizning to‘yigacha tuzalib ketasiz, inshoolloh, — deb gapga qo‘shildi Muhiddin ota. So‘ng qo‘shib qo‘ydi. — Odamzotning farzandi to‘yini ko‘rish umidida yashamog‘i go‘zal hol-da!
Uning keyingi gapi ohangida farzandsiz o‘tayotganidan bir afsus, bir armon bor edi. Tabib buni sezib gapni burdi:
— Hozirgi kampirni aytasizmi?
— U chindan ham ikki yil yashaydimi? O‘g‘lining to‘yini ko‘radimi? — deb qiziqdi Asadbek.
Abdurahmon tabib jilmaydi. Uning bu jilmayishida xursandlik yoki quvlik emas, iztirob bor edi.
— Buni Ollohgina biladi. Xasta hali tirik ekan, tuzalishiga Ollohdan umid bor. Ba’zan birovning ko‘nglini ko‘taraman, deb gunohga botaman. Shunda hazrat Navoiyni yodlayman:

Ey g‘ofilu g‘aflatqa vujuding mag‘lub,
Majmui yomonlig‘ nazaringda marg‘ub.
Bording dag‘i kelmading bu erdi matlub,
Yolg‘onlaring ichra yo‘q edi mundin xo‘b...

Odam bu dunyoga o‘lish uchun keladi. Xarobaga aylantirish uchun quradi. Shu haqiqatni tushuntirishim qiyin.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:44:54
Nonushtadan oldin Asadbekka yana kechagi qo‘lansa doridan berdi. Nonushtadan so‘ng esa yumushlari borligini aytib, uzr so‘radi. Shu ketganicha peshinda bir ko‘rindi. Mehmonlarni chog‘roq, oynavand xonaga taklif qildi. Bu xonada tancha hozirlab qo‘yilgan edi.
Asadbek tanchaga o‘tirib, bolaligini esladi.
Tancha sovub qolgan kunni ham yodiga oldi.
Otasini olib ketgan kunlari.
So‘ng tancha chetidagi Samandarning murdasi...
«Tashqariga chiqmay turing», degani uchun shu uyda o‘tirdilar. Ertalab Asadbekning namozga turganidan quvongan Muhiddin ota unga ibodat qoidalarini o‘rgata boshladi. Qo‘l bog‘lab turishni o‘rgatayotganda tabib kirib, uning harakatlarini kuzatdi. So‘ng tanchaga omonat o‘tirib, Asadbekka qaradi.
— Xudoga shukrki, dilingiz qulfini ocha boshlabdi,— dedi u mamnunlik bilan. — Agar kecha bu birodarimning uzrlari aytilmaganda sizni boqmas edim. Men sizning ko‘zingizda zulm ko‘rdim. Zulmkor odamlar hayotdan bir kun kech ketganidan ko‘ra, ikki kun avvalroq o‘tgani durust. Shunda kamroq odamga zulm  o‘tkazadi.
— Bo‘tamni zamon yo‘ldan chiqardi.
— Unday demang, inim, o‘sha zamon nima uchun siz bilan meni yo‘ldan chiqarmadi? Qush qaerga in qurishni biladi,a? Demak, yashashdan maqsadini ham biladi. Nahotki, jonzotlar orasidagi eng oliyi hisoblanmish insonning qush bilgan narsaga fahmi yetmaydi?
— Taqsir, — dedi Muhiddin ota. — Sizga uchratgani uchun Ollohga shukr. Xudo xohlasa ham tan xastaligi, ham ruh xastaligiga shifo topajakmiz.
— Bir narsani aniq fahm eting, inim, — dedi tabib Asadbekka. — Kimki hiylai tadbirni tashlasa, yaxshi ham tinch yashaydi.
Tabib shunday deb yana hovliga chiqib ketdi.
Jalil ertasi kun ham kelmagach, Muhiddin ota xavotirlandi.
— Xavotirlanmang, inim, — dedi tabib kulimsirab. — Hayim osonlik bilan ishonmaydi. Kamida uch kun ovora qiladi.
Shundan keyin Jalilning kelishini sabr bilan kutdilar.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:45:15
Tabib Jalil keltirgan tilla tangani yuvib, artib chiroqqa tutdi. Oltin tovlanib ko‘zni oldi. Abdurahmon tabib katta kosada tayyorlab qo‘ygan dori bilan kichik egovni olib kelib, tangani ularning ko‘zi oldida egovladi. Yetarli miqdorda egovlagach, oltin zarralarini doriga aralashtirib chetga olib qo‘ydi-da, tangani Asadbekka uzatdi:
— Olib qo‘ying, inim.
— Sizda qolaversin, rozimiz, — dedi Asadbek.
— Yo‘q, inim, bu yerda qolmasin.
— Yana birorta kasalga ishlatarsiz?
— Agar lozim bo‘lsa odam jo‘nataman.
— Buni sotib, masjidga ishlata qolinglar, — dedi Jalil.
— Masjidga peshona teridan topilgan mablag‘ bo‘lsa, tashlab ketarsiz...
Xullas, Abdurahmon tabib tangani ham olmadi, «Xudo yuborgan mehmonlardan pul olsam, qiyomatda Ollohimning ko‘ziga qanday qarayman?» deb «qo‘l haqi», «nazir» deyilguvchi pulni ham olmadi.
Tabibning maslahati bilan Asadbek yana biron hafta qoladigan bo‘lgach, Jalil uyiga qaytdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:45:36
                                                                                        5

Muhiddin ota Asadbeknikida uzoq qolmadi. Asadbek uning yoniga ikki yigitni qo‘shib, «Kozlovni olib kelinglar», deb tayinladi. Muhiddin ota qabriston chekkasining yonib kul bo‘lganini uzoqdan ko‘rib, yuragi ezilib ketdi. Bu yerda qanday voqea sodir bo‘lganini o‘zicha taxmin etdi.
Mashinadan tushdi-da, bir to‘p kulga aylangan uyi oldida g‘aribona turib qoldi.
Yaxshi-yomon kunlari o‘tgan edi bu uyda.
«Qamoqda halok bo‘lgan birodarlarim ruhi kezib yuradi», deb ko‘ngli taskin topardi.
Birodarlarining ruhlari chirqiradimi endi?
Charxpalakning chelakchalari anhordan suv olib novga to‘kkani kabi falak gardishi zulmkorlarni zamin yuziga to‘kaveradi, to‘kaveradi. Zulm daryosi esa tuganmas, qurimas...
Kozlovdan ham nom-nishon qolmagan. U kuyib kul bo‘lganmi yo qochib qolganmi — Xudo biladi.
Muhiddin ota bir oz turgach, qorda izlar qoldirib qabrlar oralab yurdi. Asadbekning otasi yotgan qabrga yaqinlashib, tiz cho‘kdi. Tilovat qildi. Xayolan u bilan suhbatlashdi.
So‘ng iziga qaytdi. Arobaga o‘tirib, qishloqqa bordilar. U yerdagilar uychaning yonganidan bexabar edilar. Yigitlar Muhiddin otani qishloqda qoldirib, qaytishdi. Bir haftacha turib Muhiddin ota ham qishloqqa sig‘may qoldimi, u ham yurtiga qaytdi.

Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:46:23
                                                                                         XV  b o b

                                                                                               1 

Bir kishilik tor, zax, nimqorong‘i qamoq. Quyosh nuri oqib kelishi mumkin bo‘lgan tirqish ham yo‘q.
Bu zax xonada sog‘lom odam xastalikka chalinishi, xastaning esa o‘limi aniq bo‘lishi ham hech gapmas. Zohid bunday xonani endi ko‘rayotgani yo‘q. Lekin avvalgi ko‘rishlari boshqa, bunisi boshqa. Avvallari tergovchi sifatida, majoz bilan aytilganda «mehmon» sifatida ko‘rar edi. Endi esa o‘zi mahbus, ya’ni «mezbon». Bu yerda bir kun bo‘ladimi yo bir yilmi, yoki undan ko‘pmi — bilmaydi. O‘zidan oldin bu xona mezbonlari ham shunday edi.
Bu sovuq beton devorlar necha o‘nlab yoki yuzlab odamlarning ohu faryodini o‘ziga singdirgan. Bu yerda qancha begunohlar nola qildi ekan? Devor-ku tosh, nolalarga parvo qilmaydi. Devor ortidagi odamlar-chi? Ular «Shu xonada begunoh odam yotibdi», deb o‘ylashganmi, achinganmi? Zohidning o‘zi-chi? Shunday xonalar yonidan o‘tayotganda nimalarni his qilgan. Eshik tirqishidan mo‘ralayotgan ko‘zlarni ko‘rardi-ku?..
Mana hozir u xona o‘rtasida qo‘llarini orqaga qilib turibdi.
Shu devor ortida hovli bor, uning ortida esa ko‘cha, daraxtlar... Bulutlar bilan olishayotgan oftob. Ming turli qayg‘u yoki ming turli baxt bilan yurayotgan odamlar. Qayg‘udagilar ham, baxtiyorlar ham yurayotgan yo‘llaridan sal naridagi yerto‘lada mahbuslar yotganini bilmaydi. Bilsa ham e’tibor bermaydi. Balki hozir shu ko‘chadan Zohidning qishloqdan kelgan otasi yoki onasi o‘tib borayotgandir, balki xotini kechki ovqatga kechikmay deb shoshilib ketayotgandir...
Kechki ovqatga Zohid bormaydi. Nonushtaga ham... Xotini dastlab xavotir olmaydi... Keyin...
Keyin nima qiladi? Qayga boradi?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:46:41
Ishxonasiga keladi. Birov «Bilmayman», deydi, birov «Falonchiga uchrang», deydi. Falonchi pistonchiga yuboradi. Pistonchi esa «Ering poraxo‘r», deydi. Xotini ishonadimi? Yo‘q, ishonmaydi. Maoshdan maoshga arang yetib borishadi-ku, axir. Balki... Xotini boshqa narsani o‘ylar? Poralarni olib, o‘ynashiga ishlatar, der?.. «E, yo‘q, bunaqa o‘ylamaydi, menga ishonadi...»
Xayollariga erk bergan Zohid adashayotgan edi. Uning ahvolidan xabar topgan Said Qodirov «Eringiz shoshilinch safarga ketdi, qishloqqa borib turar ekansiz», deb xotini bilan bolasini jo‘natishga ulgurgan edi. Berger esa egasiz uyning qulfini buzdirib ochib, tintib chiqib ketgan edi.
Dil dog‘langan, bardosh bog‘langan.
Bu dunyoda qahramonlik ko‘rsatish zarur emas, ammo ablahlik qilmaslik shart, degan aqida asosida ulg‘aygan, shu aqida bilan yashayotgan Zohid tamoman gangib qoldi. Yorug‘lik bilan qorong‘ulik chegarasini aniq belgilash mumkin bo‘lmaganidek, u adolat bilan adolatsizlikning chegarasini tamoman yo‘qotdi. Bunday chegara bormi, bo‘lganmi — bilmay ham qoldi.
«Sharif Namozovni qamash, qamoqdan chiqarish haqidagi qog‘ozlarda mening imzom yo‘q edi. Uni faqat so‘roq qilganman. Nima uchun menga ayb qo‘yishyapti? Namozov nima gunoh qilgan? Moskvadan kelishgan bo‘lsa — ish jiddiy. Vinzavod masalasi bo‘lsa kerak. Vinzavod titilsa — Asadbekning tagiga suv ketadi. Maqsad vinzavod bo‘lsa, meni nima uchun tiqishtirishadi? Bu kimning ishi? Asadbeklarnikimi? Men ularga xalaqit bermay qo‘ydim-ku? Yo bir odamni yemish qilish kerak bo‘lsa prokuraturadagilar meni ro‘para qilishdimi? Men ular uchun kimman? Hech kimman! Hali bir ishni qoyillatganim yo‘q...»
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:47:05
Oradan qancha vaqt o‘tdi, bilmaydi. Tun kirdimi, yo‘qmi — buni ham bilmaydi. Ko‘zlari o‘ngida hammayoq xira. Bu xona ichra emas, go‘yo dunyo ichra yolg‘iz. Hech kimdan nido yo‘q. Faqat tor ko‘kragiga bandi yuragi behalovat tepadi. Tepib-tepib ko‘krak qafasini sindirib qochib ketgisi keladi. O‘zini himoya etolmaydigan bu vujudni tark etgisi keladi.
Eti junjikdi. Daraxtlarni ko‘rgisi keldi. Beg‘ubor osmonni, quyoshni qo‘msadi. Xuddi ularni ming yillardan beri ko‘rmayotganday sog‘indi.
«Oy bo‘lishni xohlaysanmi yo quyoshmi?»
Bu ovoz qaydan keldi?
Akasining ovozi. Bolalikdagi beg‘ubor, mas’um ovozi...
Zohid gangib turgan paytda ovoz takrorlandi:
«Oy bo‘lishni xohlaysanmi yo quyoshmi?»
— Quyosh bo‘lishni... — Bu kichkina Zohidning ovozi.
— Qara, oy chiroyli-ku?
— Quyosh esa issiq. Siz oy bo‘la qoling.
— Men qush bo‘lgim keladi.
— Nega?
— Maza qilib uchaman. Uchaveraman.
— Men ham uchaman.
— Yo‘q, sen quyosh bo‘la qol. Men sening atrofingda uchaman. Osmonda ikkalamiz bo‘lamiz...
«— Osmonda quzg‘unlar ham bor.»
«— Osmonda qora bulutlar ham bor...»
Bu kimning ovozi?
Bolalik xotiralariga muhrlangan o‘sha suhbatda «quzg‘unlar, qora bulutlar» yo‘q edi. Buni keyinroq anglashgan. Ayniqsa o‘sha ayriliqdan keyin...
O‘sha mash’um voqeadan so‘ng Zohid akasi bilan g‘oyibona ko‘p gaplashdi. Jisman yolg‘iz qolgan kechalarda ruhan akasi bilan birga edi. Faqat... uylanganidan so‘ng bu jarayon kamaydi.
Sudda o‘rtoqlari yolg‘on gapirishganda akasi bilan tun bo‘yi suhbat qurgan edi. O‘g‘lining yolg‘iz holda qotib o‘tirishini sezgan onasi xavotirlandi. Unga bildirmay o‘zicha choy, qand olib borib domlaga o‘qitib kelib, shirin choylar qilib ichirdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:47:29
O‘sha kecha yuragi siqilib o‘tirganida birinchi marta akasining ovozini eshitgan edi:
— Sen ulardan ranjima. Ular meni o‘ldirganlari bilan, ular... do‘stlarim edi. Yolg‘on gapirishmasa, og‘irroq jazo olardilar.
— Ular do‘st emas... Bobom kitobdan o‘qib bergan edilar, esingizdami: «Do‘stingni yengilroq sevginki, kuni kelib, dushman bo‘lib qolishi ham mumkin». Do‘stlaringiz shunday bo‘lib chiqdi.
— Unday dema. Vaqti kelganda ular bilan bitta mayizni bo‘lishib yeganman. Bu... tasodif bo‘ldi. O‘ldirish niyatlari yo‘q edi. Bobomning o‘qib berganlari — Hadis, uning davomi ham bor edi: «Dushmaningga ham yengilroq adovat qilginki, kuni kelib, do‘st bo‘lib qolishi ham mumkin...»
— Ular do‘st bo‘lmaydilar.
— Vaqti kelib senga yaqin bo‘lishadi.
— Hech qachon! Men ularni o‘la-o‘lgunimcha kechirmayman.
— Bobomning gaplarini unutma: musulmon kechirimli bo‘lishi kerak.
— Yo‘q! Ular musulmonning ishini qildilarmi? Ular musulmonmi? Yo‘q, kechirmayman!
Akasi o‘shanda xo‘rsingan edi...
Keyin...
Keyin o‘qishni tashlaganida ham tun bo‘yi suhbat qurgan edi.
— Sen o‘zingcha adolat topmoqchimisan? — deb so‘ragan edi akasi.
— Topaman, aka.
— Yo‘q narsani topish mumkinmi?
— Dunyoni faqat zulmat qoplamagan-ku, yorug‘lik ham bor-ku?
— Sen o‘zingni o‘zing nobud qilasan.
— Hamma o‘zini olib qochaversa nima bo‘ladi?
— Sen tanlagan yo‘lda yuholar bor. Ilonni yutib, dumini ko‘rsatishmaydi. Sen shunday bo‘la olasanmi?
— Mening yo‘lim boshqa.
— Qo‘y ham, bo‘ri ham bolaligida ona sutini emadi. So‘ng... ulg‘aygach, biri o‘t yeydi, biri esa uning go‘shtini... Bo‘ri qo‘yxonada ulg‘aysa o‘t yeydimi? Zinhor!
— Men... bo‘rimanmi?
— Yo‘q, qo‘ysan. Bo‘rilarga maysaning ta’mi yaxshiligini o‘rgatmoqchisan... Ehtiyot bo‘l...
Dil dog‘langan, bardosh bog‘langan damlar. Turmaning bir kishilik zax xonasi. O‘limtik chiroq xira nur taratadi. Tunmi, kunmi, bilib bo‘lmaydi.
Yolg‘izlik saltanatining asiri — Zohidning ruhlari kishanlangan.
O‘zining bu yerga kelib qolishi sabablarini axtaradi.
Akasi bilan bo‘lgan xayoliy suhbatlari yodiga tushadi, tushaveradi.
So‘ng...
Tashqarida sharpa eshitildi.
Keyin eshik sharaqlab ochiladi. Ana shu sharpa, ana shu sharaqlash yolg‘izlik saltanatini mahv etadi. So‘ng ovoz:
— Sharipov, chiqing.
Chiqing... qayoqqa chiqadi? So‘roqqami? Kim so‘roq qiladi, o‘sha ajinami?
So‘roq xonalarini chetlab o‘tishdi. Buyumlarini qaytarishdi.
— Ozodsiz.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:47:57
Buncha sovuq ohangda aytdi bu shirin so‘zni...
Tashqariga chiqdi: oftob bulut bilan hanuz olishadi. Kechasi bir sidra yoqqan qorni ushlab qolgan daraxt shoxlari vazmin chayqaladi. Oftob mo‘ralagan paytda qor zumrad kabi yaltiraydi.
Osmondagi yulduzlar Yer yuzini charog‘on etolmagani kabi bu manzara uning ko‘ngliga chirog‘ yoqa olmadi. O‘zi bunda, ozodlikda bo‘lsa ham ruhi hali ham bir kishilik qamoqda edi...
U ko‘chada turib, qayoqqa borishni o‘yladi. Bir ko‘ngli prokurorga kirib «Xodimlaringizni shunday xor qilib qo‘yasizlarmi?» deb janjallashmoqchi ham bo‘ldi. Keyin bu fikrdan qaytib, Said Qodirovning huzuriga yo‘l oldi. «Har qalay meni ogohlantirgan edi, bir narsani biladi u», deb o‘yladi.
— Keling, sizni kutib turgan edim, — dedi Said Qodirov uni qarshilab. — Hozir safarga ketishim kerak. Men hammasidan xabardorman. Siz mendan «Nega bunday bo‘ldi?» deb so‘ramang. Men deyarli bilmayman. Bilganim: Namozov Krasnoyarskga qonunsiz ravishda vagonda vino yuborgan. Moskva buni qanday ilintirdi — xabarim yo‘q. Farazimcha, to‘dalarning ichki nizolari aks-sadosi bo‘lsa ehtimol. Balki Hosilboyvachchaning o‘limi ham shu bilan bog‘liqdir.
— Xo‘p, endi nima qil deysiz?
— Ishingizni davom ettiravering. Sizni hech kim ishdan chetlatgani yo‘q. Xo‘jayinlaringizga qovoq-tumshuq qilmang. Bu ishlarda ularning qo‘llari yo‘q.
— Men bir fursat topib Elchin bilan suhbatlashsam, devdim.
— Nega?
— Uni taniyman. U menga yaqinroq bir odamning oshnasi edi.
— Hozircha bu ishga aralashmang. O‘rtoqlar o‘rganishyapti.
— Unda voqeaga guvoh bo‘lgan odamingiz bilan ikki og‘iz gaplashsam.
— Hozir emas.
— Unda mening nima keragim bor o‘zi?
— Siz prokuratura tergovchisisiz. O‘z ishingiz bilan shug‘ullaning. Vaqti kelganda bizga faol ravishda qo‘shilasiz. Hozircha kuzating, tahlil qiling.
Said Qodirov «gap tamom» deganday o‘rnidan turdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:48:18
U «Ishingizni qilavering», degani bilan, ishxonasiga borishga oyog‘i tortmadi. Taksi to‘xtatdi-da, Hamdam Tolipovni qoralab ketdi. Baxtiga Hamdam ishxonasida ekan. Sigaret burqsitib, yozuv mashinkasiga muk tushganicha bittalab harf terardi.
— Ie, kel, prokuror. Kecha tushimga kiruvding. Buni qara, o‘zing kelib turibsan. Tushimda senga orden berishibdi. Asadbekni o‘tqazib qo‘ygan bo‘lsang kerak-a?
— Piching qilmang, aka, o‘zi yurak siqilib turibdi.
— Pichingmas, rostdan ko‘rdim. Nima bo‘ldi, o‘tir.
— Hamdam aka, shu ishingizni hozir qilishingiz shartmi?
— Dardingni aytaver.
— Ichmoqchiman.
— Gap yo‘q. Ketdik, — u shunday deb kurtkasini kiydi.
Hamdam «Prokuror qittak-qittak otib dardini aytmoqchi», deb yanglishdi. Zohid bo‘kib ichdi. Oqibat Hamdam uni uyigacha opichib chiqib, yotqizdi. Ertalab shampan vinosi olib kelib sabuhiy qildirib, o‘ziga keltirdi. Zohid bu kun ishga bormadi, yerparchin bo‘lib yotdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:49:36
                                                                                      2

Prokuratura tergovchisi Zohid Sharipov bugun ham ko‘chaga chiqqisi kelmadi. Shartta qishloqqa jo‘navormoqchi bo‘ldi. Lekin Botirov taqdiri yodiga tushib, fikridan qaytdi. «Bir kun beayb o‘tirganimda ko‘zimga dunyo teskari bo‘lib ketdi. U bechora shuncha yildan beri — azobda», deb o‘ylab, yuvinib-tarandi-da, qo‘shni tuman milisaxonasiga qarab ketdi. Ikki qavatli milisaxona binosi oldi baland temir panjara bilan o‘ralgan, beton ariqqa qalin tunukadan qoplama qilingan edi. Bu hol nodon kimsaning sog‘lom tishlari ustidan jez qoplama qildirishiga o‘xshardi.
Zohid bu yerga Hamdam Tolipov «Ishkal» deb atagan tergovchini izlab kelgan edi. «Ishkal» laqabli bu odam xonasida ekan. U baland bo‘yli, ozg‘in, qirra burunli, og‘zi katta odam edi. Og‘zi kattaligidanmi gapirganda tupuk sachratardi. U Zohidning maqsadini eshitib, dabdurustdan sansirashga o‘tdi:
— Xo‘p, nima demoqchisan?
— Ayrim narsalarni so‘rab bilmoqchiman.
— Men jinoyatchini tutib berganman. Uni sud qamagan, men emas. Qo‘lingdan kelsa sud bilan gaplash. Boshimni og‘ritma.
— Men prokurorning topshirig‘ini bajaryapman,— dedi Zohid ovozini sal balandlatib, so‘ng bu «Ishkal» bilan yaxshilikcha gaplashish qiyinligini bilib, ohangni o‘zgartirdi: — Men shahar prokuraturasining tergovchisiman. Ko‘chadan kelgan mishiqi bola emasman. Marhamat qilib, meni sensiramang. Savollarimga esa to‘la va aniq javob bering. Agar bu yerda gaplashishni istamasangiz, marhamat prokuraturada gaplashaylik.
— Endi uka, mendan ranjima, shu yoshga chiqib, o‘zimdan kichiklarni sizlamaganman. Sizlay olmayman, xafa bo‘lma, — deb bir oz pasaydi «Ishkal».— Endi bu ishni topshiribdi, deb hovliqaverma. Qamalganlarning hammasi «begunohman» deb ariza yozadi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 11:50:11
— Qizig‘i shundaki, u ariza yozmagan.
— Unda nega boshni qotirasan?
— Arizani jabrlanuvchi yozgan. Zo‘rlagan u emas edi, deyapti.
— Gapiraveradi. Qilar ishni qilib qo‘yib, endi qiliq qiladimi? Menga qolsa, Botirovni qamamasdim. To‘g‘ri, zo‘rlamagan. Qizning o‘zi xohish bildirgan. Lekin baribir qonun degan narsa bor. Sovet hokimiyatida yashayotganiga shukr qilsin. Ilgarigi zamonlar bo‘lganda toshbo‘ronda o‘lib ketardi.
— Toshbo‘ronga ham qozi hukm qilardi. Guvohlar tasdiq etsa, hukm qilinardi. Mirshabning aytgani bilan o‘ldirilmas edi.
— Xo‘p, nima demoqchisan? So‘raydiganingni so‘ra, falsafa so‘qma menga.
— Jinoyatchini tanish marosimida qoidani buzgansiz.
— Nima qilib buzibman?
— Uchta yigitning o‘rtadagisi, kurtka kiygani, deb qizni ogohlantirgansiz.
— Adashib ketib boshqa bir bechorani ko‘rsatmasin, dedim.
— Botirovning qo‘liga kishan solib ularning oldidan olib o‘tgansiz. Tanish marosimida ham kishanni yechib qo‘ymagansiz. O‘sha kuni qiz siz aytganday qilib, Botirovni ko‘rsatgan. Keyin fikridan qaytgan.
— Uni qo‘rqitishgan yoki katta pul berishgan.
— Unisi ham, bunisi ham bo‘lmasa-chi? Vijdoni yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa-chi?
— Vijdon? U behayoda vijdon nima qiladi?
— Unday demang, qizingiz tengi...
— Sen qizimni oraga qo‘shma! — «Ishkal» shunday deb so‘kinib yubordi-da, titroq barmoqlari bilan sigaretni labiga qistirib, tutatdi.
Nikohning ertasiga uyiga qaytarilgan, shundan beri uchinchi er bilan yashayotgan qizini Zohid tilga olib, uning yarasini yangiladi. Bundan bexabar Zohid uzr so‘radi. «Ishkal» sigaretni burqsitib tutatgan holda asabiy ohangda dedi:
— Senga o‘g‘il bola gapni aytaymi: qo‘lingdan hech narsa kelmaydi. Botirov qamalishi kerak edi, qamaldi. Yuqoridan topshiriq bo‘lgan.
— Qanaqa topshiriq?
— Ular jinoiy guruh tashkil qilishgan. Boshlig‘i avariyada o‘ldi. Bular qamaldi. O‘shanda boshqa chora yo‘q edi. Balki hozir... zamon o‘zgardi. Eplasang, chiqarib yuborarsan.
— Demak, u aybsiz?
— Men unday demadim. Senga... hazillashdim. Bor endi, boshimni og‘ritma.
Ikki odam yerga baravar qaraganda biri ko‘lmakni, ikkinchisi esa o‘sha ko‘lmakdagi quyosh aksini ko‘radi. Hozir «Ishkal» bilan Zohid shunday holda edilar.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 13:50:16
                                                                               3

Zohid Botirovni yana so‘roqqa chaqirishdan oldin Ne’matilloh allomaning yurtiga borib kelishni lozim topdi. Avval Botirov tasvirlab bergan yo‘l bo‘yicha qabristonni topdi. Botirov yo‘lni shu darajada aniq tasvirlagan ediki, Zohid shaharda ilk bor bo‘lishiga qaramay birovdan «Qabriston qaerda?» deb so‘ramasdanoq topdi. Keyin keng yo‘l, so‘ng o‘ngga burilgan tor yo‘l. Nihoyat... taxtasi olib tashlangan o‘rindiq.
«O‘tirib Qur’on o‘qishmasin, deb sug‘irib tashlashgan...»
Botirovning gapini eslab g‘ashlandi. Masjid, mozorlarga hujum boshlangan paytni yaxshi biladi.
Paytavafahm rahbarlardan chiqqan «aql»ni maydaroq rahbarlar bayroq qildilar. Kommunist farzandlar ota-onalarining janozalaridan qochdilar. Umri ibodat bilan o‘tgan ota-onalar qizil qutiga solib ko‘mildilar. «Olloh» deydigan tillar qirqilish darajasiga yetdi. Qariyalar «Voy tavba, Stalin ham bunday qilmagan edi», deb ajablandilar. Zohid eslaydi: bir kuni ustozi Habib Sattorov ham zorlanib qoldi. «Qanaqa zamon o‘zi bu, otamning qabriga borib gul qo‘ya olmasam? Arafa kuni kechqurun borsam ham poylab yurishibdi». Shunda Zohid bir oz achchiqlanib: «Siz nimadan qo‘rqasiz? Kommunist bo‘lmasangiz, boshliq bo‘lmasangiz», degan edi.
O‘sha yaqin o‘tmishdan taxtalari sug‘urib olingan o‘rindiqning temir oyoqlari yodgorlik bo‘lib turibdi. «Ajoyib yodgorlik, — deb o‘yladi Zohid. — Faqat bitta lavha yozib qo‘yish kerak: «Bu o‘rindiq falonchi raykomning ahmoqligi tufayli buzib tashlangan...»
Zohid qabr toshlaridagi yozuvlardan «Ne’matulloh» nomini izladi. Atrofda somonsuvoq qilingan qabrlar ham ko‘p edi. Botirovning gapi bo‘yicha shularning birida Ne’matulloh alloma yotibdi. Zohid go‘rkovni topib o‘zini tanishtirdi-da, daftarini olib chiqishini iltimos qildi. So‘ng o‘sha temir oyoq — yodgorlik yoniga qaytib bu qabrlarda kim yotganini surishtirdi. Go‘rkov bir daftardagi, bir qabr tepasidagi raqamlarga qarab ayta boshladi. To‘rtinchi qabrni esa daftarga qaramayoq aytdi:
— Bunda rahmatli Ne’matulloh alloma madfunlar.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 13:51:38
— Aniq bilasizmi?
— Shunday odamni bilmay bo‘ladimi?
— Qabrni siz qaziganmisiz?

— Ha, men.
— O‘sha kun esingizdami? Quyosh charaqlab turganmidi yo shamolmidi?
— Qishda edi... Avval rosa yomg‘ir yog‘di. Yerning atalasi chiqib ketdi. Lekin Xudoning qudratini qarangki, go‘r qaziyotganimizda devor uvalanmadi. Devori xuddi suvoq qilinganday silliq chiqdi. Lahad kavlayotganimda tepadan bitta kesakcha ham tushmadi. Bunaqasini men hech uchratmaganman. Mayitni olib kelishlaridan oldin maydalab qor yog‘di. «Taborak» o‘qilayotganda oftob charaqlab ketdi. Bu  ham Xudoning qudrati.
Go‘rkov Botirov aytgan gaplarni takrorlar edi. Bilmagan odam bular avvaldan kelishib olishgan deyishi ham mumkin edi.
— Allomaning Shokir Botirov degan shogirdi bormidi?
— Rahmatlining shogirdlari ko‘p edi. Men ularni tanimayman. O‘zlarini ham lahadga qo‘ygach, kafanni ochganda ko‘rganman. Yuzlaridan nur  chaqnaganday bo‘lib, hatto cho‘chib tushgan edim.
— Mendan oldin ham birov shu gaplarni surishtirganmidi?
— Yo‘q... Shunga hayron bo‘lib turibman-da.
«Ishkalning gapi to‘g‘riga o‘xshaydi, — deb o‘yladi Zohid. — Maqsad har qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da, qamash bo‘lgan...»
Zohid go‘rkovning aytgan gaplarini yozdirib, imzo chekdirib oldi. Go‘rkov cho‘chinqiragan edi, Zohid «Bu ko‘rsatmangiz allomaning bir begunoh shogirdini qamoqdan chiqarishda asqotadi», deb tinchlantirdi. Keyin: «Zamon o‘zgardi, endi o‘rindiqlarni tuzatib qo‘ymaysizlarmi?» deb tanbeh berdi.
Abdunabi qorini topa olmadi. U ham o‘sha kunlari hibsga olinib, uyidan «nasha chiqqani uchun» qamab yuborilgan ekan. «Ishkalning gapi to‘g‘ri, — deb yana qayta iqror bo‘ldi Zohid. — Birvarakayiga olishgan. Lekin... Topshiriqni bajarishga shoshishganmi?.. Biri qizni zino qilgan, birida nasha... Namozxon odam qiladigan ish emas-ku bu? Ular uchun dindorlarni qamash ham, qabristondagi o‘rindiqlarni buzish ham bir xil vazifa edi. Hammasini bir xilda uddalaganlar...»
Zohid Botirovning ko‘rsatmalariga kafil bo‘luvchi yana ikki odam bilan uchrashgach, Ne’matulloh allomaning uyiga bordi.
Sochlariga oq oralagan, qaddi biroz cho‘kkan, qalin qora qoshli, oltmish-oltmish uchlardagi kishi o‘zini «Ne’matullohning otasiman», deb tanitganda Zohid ajablandi. Chunki Ne’matulloh alloma haqidagi gaplarni eshitib, uni kamida ellik-oltmish yoshlardagi donishmand, deb o‘ylagan edi.
— O‘g‘lingiz necha yoshda edilar? — deb Zohid ajablanganini yashirmadi.
— O‘ttiz beshda edi, rahmatli, — dedi ota armon bilan. — O‘lim-ku hammaning boshida bor-a, ammo mening armonim — bolamdan zurriyod qolmadi. Uylanadigan damlarida oramiz buzildi.
— Nega?
— Bu ham tergovga kerakmi, aytaymi?
— Men sizni tergov qilmayman. O‘zingiz so‘z boshlaganingiz uchun qiziqib so‘radim.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 13:54:22
— Ha, mayli, aytsam aytay, zora dardim yengillashsa. «Arpa-bug‘doy osh bo‘ldi, oltin-kumush tosh bo‘ldi», deydigan zamonlar edi. Topar-tutarim, maishatim yaxshi edi. Lekin o‘shanda «halol topyapmanmi?» degan savol xayolimga kelmas edi. Ne’matjon maktabda a’lo o‘qir edi. Maktabdan keyin hujraga qatnab, A’loxon to‘ramdan dars olar ekan, men buni bilmas ekanman. Men maishatda yurganimda o‘g‘lim oxirat saroyiga g‘isht qo‘yar ekan. Men uni Toshkentga olib borib, moliya institutiga bermoqchi bo‘ldim. Odam topib, haqini berdim. Shunday qilmasam ham bo‘lardi, o‘z aqli bilan kira olardi. Ne’matjon masalalarini birpasda yechib qo‘yibdi. Darrov topshirmay, bir oz o‘tirganda domla tushmagur «ishlay olmayapti» deb o‘ylab, yechilgan tayyor masalani berib, «ko‘chirib oling», debdi. O‘g‘lim oraga pul aralashganini bilib, masalani xato ishlab tashlab chiqibdi. Domla hayron, men hayron. Men pulga kuyishni istamayman, domla puldan quruq qolishni xohlamaydi. San-manga borib turganimizda Ne’matjon «Dada, bu pulni qaytarib olmang, u harom pul» dedi! Og‘zim lang ochilib qoldi, deng. O‘g‘limning qanday odam bo‘lganini o‘shanda bilibman. Uyga borgach, ota-bola orasida anchagina gap qochdi. Oxiri o‘g‘lim farzandlik odobi chegarasida chidab turolmadi. U yerga qarab turib, «Dada, siz bizga harom yediryapsiz, bu ishdan keting!» dedi. Bu gapni men hozir xotirjam aytyapman. O‘shandagi holimni tasavvur qilib ko‘ring: ko‘zimga qon to‘ldi. Es-hushimni yo‘qotdim. «Ko‘zimdan yo‘qol!» deb baqirdim. Bitta ko‘ylak-shimda chiqib ketdi bolam, boyaqish. — Ota shu yerga kelganda bosib kelayotgan yig‘ini qaytarish uchun yutindi. — O‘shanda men bir narsani bilmasdim. O‘g‘lim Ollohga, men esam shaytonga imon keltirgan ekanman. — U yana tin oldi. So‘ng armon ummonida suzib, gapini davom ettirdi. Zohid uning so‘zlarini bo‘lmay, jimgina tingladi. — Luqmoni Hakimdan so‘ragan ekanlar: «Odam zotiga qaysi illatlar ziyon keltiradi?» Luqmoni Hakim javob beribdilar: «Odam zotiga yarashmaydigan illatlarning eng birinchisi — manmanlikdir, uning oqibati — zavol bilan tugaydi. Ikkinchisi — nodonlik. Bunday kishilarni hech kim odam qatoriga qo‘shmaydi. Uchinchisi — ta’magirlik. Bu illat inson zotini xoru zorlikka olib boradi». Menda shu uch illatning baridan bor. Bilasizmi, janoza kuni ko‘chaga emas, mahallaga odam sig‘may ketdi. Bo‘lmasa o‘shanda odamlar janozadan qochadigan vaqtlar edi. Turnaqator odamlarga qarab men uyaldim. Bitta ko‘ylak-shimda chiqib ketgan o‘g‘lim odamlar orasida shu darajadagi e’tiborga erishgan ekan.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 13:55:32
— O‘sha bo‘yi ko‘rishmagan edingizmi?
— Yo‘q, ko‘rishardik. Uyga tez-tez kelib turardi. Farzandlik odobi chegarasida turardi. Lekin... uyda ovqat yemasdi. Bundan achchiqlanardim. Bizni onasi murosaga keltirib turardi. Bolam dunyodan o‘tguncha peshonam bir marta sajdaga tegmadi. Hech bo‘lmasa oxirgi kelishida yonida turib namoz o‘qisam edi... ko‘ngli tog‘day ko‘tarilarmidi? Mendan rozi bo‘lib ketarmidi... To‘g‘ri, jon berish oldidan «Ota-onamdan roziman», debdi. Lekin behisob armonim bor... Qiyomatda ko‘rishamiz, u jannatga, men esa do‘zaxga ketar chog‘imizda ko‘rishamiz, ana o‘shanda men uning ko‘ziga qanday qarayman? Men bolamni uydan haydaganimda o‘zimni do‘zaxga hukm qilgan edim...
Shu yerga kelganda ota chidab turolmadi. Kipriklari yosh selini to‘sa olmadi. u uzr so‘rab o‘rnidan turib, hovliga chiqib ketdi. O‘n-o‘n besh daqiqadan so‘ng qaytib, yana uzr so‘radi.
— Prokurorman deysiz-u, hech unaqa odamga o‘xshamaysiz. Nima uchundir sizga yorilgim keldi. Bir nima so‘ramoqchi bo‘lsangiz, tortinmay so‘rang.
Zohid maqsadini aytgan edi, otaning yuzlari yorishdi. «O‘g‘limning eng sodiq, eng iqtidorli shogirdi edi. G‘assolning yonida o‘zi bo‘lgan», deb gapirib, aytganlarini yozib ham berdi.
Zohid safari unumli bo‘lganidan quvonib, iziga qaytdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 13:57:04
                                                                                        XVI b o b

                                                                                             1

«Vaqt — qilichdir. U seni har kuni qiymalar. To qiymalab tamom qilguniga qadar sevib qolishga ulgur».
Zaynab ulgurolmadi. Muhabbat — qamoq. Muhabbat— qiynoq. Uning qalbi muhabbat omburiga bandi edi. Uning azobidan qutulish qiyin edi, qutula olmadi. Uning avval umidini bo‘g‘izladilar — suymaganiga uzatdilar. Buning uchun kimni ayblashni ham bilmaydi. O‘zining laqmaligi tufayli o‘g‘irlanishinimi yo otasinimi?.. Zaynab Elchinning maqsadini keyinroq fahm etdi. Fahm etsa-da, uni kechira olmadi. Ayniqsa, Jamshid «o‘ldirilganidan» keyin undagi so‘nggi umid cho‘g‘i ham so‘ndirildi. G‘amli kechalarda ohining quyuni osmonni o‘rnidan qo‘zg‘otay dedi. Ko‘z yoshlari selining ajdahosi yer yuzini yutib yuborayozdi.
Hammasi befoyda...
Hatto...
Uning chiroyli bo‘yniga mahtal bo‘lgan sirtmoq ikkinchi marta dog‘da qoldi.
Balki...
Deydilar-ku, «Baxt vodiysiga baxtsizlik sahrosidan o‘tib boriladi. Shunday qilinmasa baxt vodiysiga yetgani bilinmay qoladi».
Uning baxt vodiysiga yetib bormog‘i mumkinmi o‘zi?
Baxt nima o‘zi? Baxt bormi bu dunyoda? Baxtning hidi, rangi bormi? Uni kim tatib ko‘ribdi? Shirin narsaning hammasi baxt bo‘laveradimi? «Baxt nima?» degan savolga kim to‘g‘ri javob bera olgan?
Avvallari baxtni turlicha tasavvur etardi. Hozir tafakkurida baxt degan tushuncha umuman surib chiqarilgan.
Atir idishining qopqog‘i ochilib qolsa, hidi uchib ketadi, qadri yo‘qoladi. Ayolning nomusi ham shunday...
Biron bir ayol xiyonat ko‘chasiga kirsa, eridan (Xudodan emas!) qo‘rqadi. Oilasi buzilishidan cho‘chiydi. O‘ynashining bag‘ridan chiqib, bolachasini bog‘chadan olib, eriga shirin taom tayyorlab o‘tiradi. Zaynab u toifadan emas. Eridan ham, oilasi buzilishidan ham qo‘rqmaydi. Unda qo‘rquv yo‘q, nafrat bor. Nafrat o‘qi birovga emas, o‘ziga qaratilgan.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 13:57:34
Ajab hol: suygani bilan xayolan quchoqlashsa, jingalak sochlarini suyib silasa... ham o‘zidan o‘zi uyalardi, ba’zan ojizona bo‘lsa-da nafratlanar edi. Keyin xayolidagi holati o‘ngida sodir bo‘ldi... O‘sha suygilisi bilan emas, butunlay begona bilan...
Aytadilar-ki, fohishalar hayotida uch marta uyalar ekan: dastlab shu yo‘lga kirganda, ikkinchi marta pul olishida, uchinchi marta esa qarigan chog‘ida yosh xushtoriga pul berganida...
Zaynab uchun uyatga o‘rin yo‘q, unda nafrat bor. Uning yo‘li fohishalar yoki eriga xiyonatkorlar yo‘li emas. Uning yo‘li — nafrat yo‘li. Unda mehr chechaklari o‘smas. U o‘tib kelgan muhabbat so‘qmog‘ini esa sassiq alaflar bosib ko‘zdan yo‘qotdi.
Yosh juvon muhabbatdan uzoqlashsa — yomon...
Jamiki erkak zotiga nafrat bilan qarasa — yomon...
Dunyodan yolg‘iz o‘tishni maqsad qilib qo‘ysa — yomon...
Zaynab yolg‘iz azob chekardi. Yonida tirik jon bo‘lishini istamasdi. U hatto Chuvrindining xotinini ham sig‘dirolmay qoldi. Uning mehribonliklari ham yoqmadi. U ketgach, bir oz yengillashganday bo‘ldi, ammo bir necha soatdan so‘ng yolg‘izlik zulmati uni battar eza boshladi.
Xayolim chalg‘irmikin, degan maqsadda televizor qo‘ydi. Televizorda qo‘shiq aytayotgan qizning tasviri ko‘rindi. Qizning ko‘zlari ma’yus boqardi, ashulasi ham hazin edi:

Xazon bo‘lgan bog‘da gul so‘larmikin...
So‘lgan gulga bulbul kep qo‘narmikin...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 13:58:12
Qo‘shiqdagi nola Zaynab yuragining faryodiga hamohang edi. Shu bois uni oxirigacha eshita olmadi. Televizor kanalini o‘chirib, videokasseta qo‘ydi. Hind kinosini tomosha qila boshladi. Avval yaxshi ko‘rib tomosha qiladigani endi g‘ashini keltira boshladi. Aktyorlarning qilig‘idan jahli chiqdi. Yigit ko‘z yoshlari to‘kayotgan qiz qarshisida ont ichayotganda g‘azabga minib, qo‘lidagi yoqib-o‘chirgich qutichani otdida, hovliga chiqib ketdi.
Hovlida dovdir odam kabi nima qilishini bilmay gangib turdi. Sovuq shamol esib o‘rik shoxlarini tark etgisi kelmayotgan barglarni bandidan uzib, to‘zitdi. Kecha Chuvrindining xotini supurib-sidirib ketgan bo‘lsa-da, hovli necha haftadan beri supurgi ko‘rmaganday holatda edi. Zaynab o‘zini ovutish maqsadida supurgini qo‘lga oldi. «Ko‘cha ham bir balo bo‘lib yotgandir», deb avval ko‘chadan boshlamoqni niyat qilib, darvoza eshigini ochdi.
Zaynab supura turib, uch-to‘rt xonadon naridagi simyog‘ochga suyanganicha sigaret tutayotgan yigitga ko‘zi tushdi. Uning o‘zi tomon qarab-qarab qo‘yayotganidan shubhalandi. Ko‘chani chala-yarim supurib ichkari kirdi-da, eshikni qulfladi. Keyin «qo‘shnilarnikiga kelgan odamdir», deb o‘ylab o‘zini ovutdi. Hovlini supurgan bo‘ldi. O‘zi topgan bahona o‘zini ovuta olmadi. To‘plangan axlatni chelakka soldi-da, eshikni ochib, ko‘chaga chiqdi. Chiqdi-yu, o‘g‘rincha qaradi: yigit turibdi. Sal narida mashina ham paydo bo‘lgan. Zaynab qo‘lida olib chiqqanini qator turgan axlat to‘la chelaklar yoniga qo‘ydi-da, tez iziga qaytdi. Eshikni qulfladi. Yuragi qo‘rquvdan dukillab ura boshladi. Eshik yaxshi qulflandimi, deb tortib ko‘rdi. So‘ng shoshganicha uyga qaytdi-da, boloxonaga telefon qildi. Adasi yo‘qligini biladi, Asadbek tabibnikiga ketayotib, qizini yo‘qlagan. Bir necha daqiqalik yo‘qlovda ko‘p gap aytolmadi: safarga ketayotgani, qaytgach Zaynabni Olmoniyaga to‘yga yuborajagini aytib, «Yolg‘iz ko‘chaga chiqma», deb tayinladi. Hozir raqamlarni terar ekan, «Adam bir nimadan xavotirlangan ekanlar-da», deb fikr qildi. «Balki qaytgandirlar», degan niyatda otasini so‘radi. «Bek akam safardalar», degan javobni eshitgach, Mahmud akasini so‘radi-da, ayni javobni oldi. Shundan so‘ng «Tezda Haydar akamni topib aytinglar: uyimiz atrofida g‘alati odamlar yurishibdi», dedi. Telefondagi yigit «g‘alati odamlar»ga tegishli ayrim savollarni so‘rab bilgach, «Eshikni hech kimga ochmang», deb tayinladi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 13:59:04
Yarim soatlardan so‘ng eshik qo‘ng‘irog‘i ketma-ket jiringladi. Chaqiruvchi bunga qanoat qilmay, darvozani taqillatdi. Zaynabning esxonasi chiqib, o‘rnidan qimirlay olmay qoldi.
Ajab hol: yaqindagina o‘limdan qo‘rqmagan, o‘ziga o‘zi sirtmoq yasagan juvon notanish kimsalarning tashrifidan qo‘rqib o‘tirsa...
U uydan chiqib, hovli o‘rtasiga yetganda qo‘rqib, yana to‘xtadi. Shunda tanish ovozni eshitdi:
— Zaynab qizim, menman, och.
«Haydar akam!»
Tez-tez yurib, eshikni ochdi.
— Sen uyingga kirib tur, qizim, — dedi Kesakpolvon ostona hatlab.
Uning vajohatini ko‘rib, Zaynab cho‘chidi, salom berishni ham unutdi. Kesakpolvon ham «Menga salom bermadi-ya?» deb o‘ylamadi. Hozir uning xayoli boshqa muhimroq masala bilan band edi. Shu sababli buyrug‘ini takrorladi.
— Sen uyingga kirib tur. Bizning hammomda qiladigan ishimiz bor.
Zaynab xo‘p, deb iziga qaytdi. Zinadan uyiga ko‘tarilar mahalida beixtiyor orqasiga qarab, og‘zi-burni qon, qo‘llari orqasiga qayrilgan yigitlarni ko‘rib yuragi uvishdi. Uyga kirib «Shular yuzini yuvsa kerak», deb o‘yladi. U bir necha kun muqaddam «Yalta» muzokarasi bo‘lgani, bu muzokarada Hosilboyvachchaning ayrim yigitlari qatnasha olmaganidan bexabar edi. Krasnoyarga Kozlov izidan ketgan bu yigitlarni Chuvrindi kutib olishi zarur edi. U Moskvaga ketib, bu vazifa unutildi. Oqibatda bu yigitlar Xongireyning vakili ixtiyoriga o‘tib, uning topshirig‘i bilan poyloqchilik qilishayotgandi. Bundan ikki maqsad ko‘zlangan edi: biri — Kozlov shu yerga ham kelishi mumkinligi bo‘lsa (buni haqiqatdan yiroqligini o‘zlari ham bilishadi), ikkinchisi — asosiysi — Zaynabni poylash, buyruq berilsa, garovga olish. Bu maqsadning amalga oshuvi ko‘p jihatdan Moskvadagi muzokaralarga, Xongireyning qaroriga bog‘liq edi. Zaynab garovga olindi, degan gap— urush boshlanishidan darak. Urush esa ko‘p qurbonlar berilsa-da, mag‘lubiyat bilan tugashi aniq. Zaynabning baxtiga, ha-ha, baxtiga Xongirey urushni ixtiyor etmadi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 14:02:41
Hammomda davom etgan «Yalta muzokaralari»ning xulosasi shu bo‘ldiki, Hosilboyvachchaning yigitlari poyloqchiliklarini davom ettiraveradilar. Ulardan birining o‘g‘li, birining ukasi, yana birining singlisi garovga olinadi... Agar Zaynabning bir tolagina sochi to‘kilsa...
Kesakpolvon aynan shunday dedi:
— Agar Zaynabning bir tolagina sochi to‘kilsa...
Shundan keyingina yuvinib olishga ijozat etildi.
— Men ruxsat bermagunimcha hammomdan qimirlamalaring, — deb Kesakpolvon Zaynabning yoniga chiqdi.
— Do‘ngi qizim, tez narsalaringni yig‘ishtir, biznikiga borasan. G‘alamislarning ko‘nglida shumlik bor. Ziyraklik qilibsan. Yura qol, o‘rtog‘ing ham uyda. Zerikmaysan.
Zaynabning peshonasi sal do‘ng bo‘lgani uchun Kesakpolvon uni bolaligidan «Do‘ngi qizim», deb erkalardi. Hozir ham erkalab gapirgani uchun Zaynab ortiqcha savol berib o‘tirmadi. Bir sidra kiyimlarini olib, tayyor bo‘ldi.
Zaynabning o‘rniga bu uyda Kesakpolvonning yigiti qoldi.
Hosilboyvachchaning yigitlari esa Zaynabning «bir tolagina sochi to‘kilishidan» qo‘rqib, poyloqchilikni davom ettirishdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 14:03:00
2

Asadbekning xastaligini bilgandan beri Kesakpolvon oromini yo‘qotdi. Uzoq yillar mobaynida yelkama-elka turgan do‘stining birdan yo‘qlik dunyosiga ketishi Kesakpolvonday bemehr odamda ham ikki turdagi tashvish uyg‘otdi. Biri yaqin insondan ayrilish tashvishi bo‘lsa, ikkinchisi (muhimrog‘i) uning o‘rnini egallash. Kesakpolvon mana shunga tayyor emasdi. Aniqroq aytiladigan bo‘lsa, u o‘zini Asadbekdan keyingi mutlaq hokim deb hisoblardi. «Chuvrindi ukaginasi»ning ulg‘ayib, hokimlik darajasiga yetganligini shu paytgacha fahm etmagan edi. Nazarida «Chuvrindi ukaginasi» — u nima desa «xo‘p» deb turadigan mo‘min bola edi. Asadbekning tobora unga suyanishi, ayniqsa, keyingi voqealar uning ko‘zlarini ochdi, hushyor torttirdi. Ana o‘shanda u yana bir narsani o‘zi uchun kashf etdi: o‘ylab qarasa, Asadbekdan hukmronlik jilovini olishga tayyor emas ekan. Bu o‘rinda gap faqat uning ish yuritishi ustida ketayotgani yo‘q. Ish yuritishni bip-binoyi eplaydi. Eng muhim gap— yonida kimlarning bo‘lishida, ya’ni ishonchli, sadoqatli odamlarda! Endi «Chuvrindi ukaginasi»ni hisobga qo‘shmasa ham bo‘ladi. Asadbek uni merosxo‘r, o‘z mamlakatining valiahdi sifatida ko‘rishni istasa, «Chuvrindi ukagina»si bu istakning ta’midan bahramand bo‘lsa, tamom, u el bo‘lmaydi. Hokimiyatni Kesakpolvon qo‘lga olgach, «ukaginasi» — bay’at bergan taqdirda ham unga ishona olmaydi. Endi Jamshid ham gumon ostida. Avvalo Jamshid Xongirey xizmatida doimiy qoladimi yo vaqtincha yuribdimi? Kelgan taqdirda ham «Chuvrindi ukagina»si «Bek akamdan seni men qutqarib qoldim», deb ishontirgan bo‘lsa-chi? Jamshid unga ishonadi. Chunki u bu to‘daga Kesakpolvonning «Chuvrindi ukagina»si orqali kirgan... To‘g‘ri, Kesakpolvonning sodiq yigitlari bor, bu yoqda Xumkalla, yana Hosilboyvachchaning yigitlaridan Ramz... Bular bir ishni qoyillatib bajarishi mumkin, ammo uning yonida a’yon darajasida tura olishmaydi.
Kesakpolvonning tashvishi mana shunda. Yursa ham, tursa ham shuni o‘ylaydi.
Hosilboyvachchaning poyloqchi yigitlarini qo‘lga olishi u turgan tarozi pallasini bir qadar og‘irlashtirdi, o‘z ta’biri bilan aytganda, oshig‘ini olchi turg‘azdi. Bir tomondan Asadbek oldida tili uzun bo‘ldi: axir qizini saqlab qoldi-ya!
Eng muhimi...
Eng muhimi, o‘ziga maslakdosh, a’yon topganday bo‘ldi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 14:04:00
U o‘zining kelajagini o‘ylaganida Zaynabni hisobga qo‘shmagan edi. Chunki Zaynab uning uchun hali ham do‘ng peshona qizaloq edi. Keyin o‘ylab qarasa, otasi o‘rniga Zaynab ham da’vogar bo‘lishi mumkin. Bu— Kesakpolvon uchun muddaoning o‘zi. Xuddi shoh o‘lganda voyaga yetmagan valiahd yonida turgan vazir kabi mamlakatni boshqaraveradi. «Chuvrindi ukagina»si qulog‘ini ushlab qolaveradi.
Kesakpolvon Zaynabning bir yil ichida ko‘rgan-kechirganlarini batafsil bilmasa-da, ko‘p narsalardan xabardor, ba’zilarini sezadi, ayrim narsalarni taxmin qiladi. G‘ilay Shomil dastlabki uchrashuvda aytishni istamagan bo‘lsa-da, Moskvaga jo‘nashidan avval uch-to‘rt daqiqa yolg‘iz qolishganida Hosilboyvachchaning o‘limiga sababchi voqeaning bir ulushini aytib, boyvachcha o‘ldirilgan kecha maishat qilishgan uy bekasini himoyalashini so‘radi. «Mardona menga kak xotin. Undan bitta bolam bor. Asadbek uni o‘ldiradi. Menga bir narsa bo‘lsa, uni asrang», deb iltimos qildi.
Zaynabdan foydalanish fikri Kesakpolvonda o‘shanda tug‘ildi.
U hali Zaynabning ahdini, nafrati mavjudligini bilmas edi.
Avval nafrat uyg‘otmoqchi bo‘ldi. Nafratni uyg‘otish uchun esa... otasining ahvolidan ogoh etmoqchi, so‘ng esa otasining ishlariga aralashmoqqa da’vat etmoqni fikr qildi.
Uyga kelgach, kuzatdi: Zaynab uning qizi bilan ochiq-sochiq gaplashmadi. Asli ismi Mohiniso bo‘lsa-da, o‘ziga o‘zi Monika deb nom qo‘yib olgan bu qizning yoshi Zaynabdan kattaroq, bo‘ydan ham, aqldan ham otasiga tortgan edi. Ikkita bola ko‘rganiga qaramay o‘zini o‘n olti yoshli qizaloq his etardi. Kiyinib yurishlari shundan dalolat edi. Kesakpolvonni, uning qizini bilgan odamlar «Haydar aka qizini kuyovga uzatmadi, aksincha bir lapashangga uylantirdi», deyishardi. Mish-mishlarga qaraganda, ikki bolaning otasi aynan shu kuyov to‘ra ekani ham gumonli hol edi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 31 Oktyabr 2007, 14:04:40
Kesakpolvon Zaynabga «O‘rtog‘ing ham uyda» deganida «kecha» yoki «bugun keldi» demadi. Chunki qizi uzzukun shu o‘z uyida edi. Kechki payt eri kelib olib ketardi. Uyga borgisi kelmaganida esa u «mazam yo‘q», deb qolaverardi. Er bechora sho‘ltillab kelib, ovqatni yeb, sho‘ltillab ketaveradi. Agar birorta sehrgar urg‘ochisiga yetisholmay yurgan itga «Seni odamga aylantiraman, ammo shu kuyovday bo‘lasan», desa o‘sha it ko‘nmasa kerak.
Endi nima uchun Zaynabning Monikaga hushi yo‘qligi ayon bo‘lgandir. Ochig‘ini aytganda, Monika xonim ham Zaynabni uncha xushlamaydi. «Madaniyatsiz, qishloqisifat», deb burnini jiyirib qo‘yadi. Ammo bu qishloqsifat kimning qizi ekanini eslaganida jilmayib muomala qilishga majbur bo‘ladi.
Sochlariga jingalak qiluvchi taqinchoqlar osib olgan, sport kiyimidagi Monika xonim Zaynabga ko‘zi tushishi bilan «topgan vaqtini qara», deb bir burnini jiyirdi-yu, lekin sir boy bermay YuZ yillik qadrdonini MING yil ko‘rmay, sog‘ina-sog‘ina ado bo‘layozgan odamday quvonib, quloch yoyib qarshiladi.
— Voy Zaynabushka, jonim, asalim, — deb o‘pib ko‘rishdi. — Kelganing yaxshi bo‘ldi, sartaroshni chaqirtiruvdim, senga ham prichyoska qilib qo‘yadi. Bunaqa klass sartarosh shaharda bitta.
— Rahmat, sochim o‘zi yaxshi, — dedi Zaynab, yuzini undan burib.
— Tс‹ chto, hozir bunaqasi modniy emas.
— Oldin uyga olib kir, dasturxon yoz, keyin sochdan gaplashasan, — dedi Kesakpolvon, qiziga tanbeh berib.
Kesakpolvonning xotini ham o‘ziga yarasha, o‘xshatmasdan uchratmas, degan toifadan edi. Bo‘yi erinikidan ikki enlikkina baland bu ayol o‘zini dunyodagi hamma odamlardan ustunroq  deb fahmlardi. Hatto opasi bilan ko‘rishayotganda ham «Sen ham odammisan?» deganday bepisand qarab qo‘yish odati bor edi. Zaynab bilan ko‘rishayotganda ham bu odatini kanda qilmadi. Manzura o‘zini kamtar olib yurgani, sodda bo‘lgani sababli bu xotin Asadbekka yaqin odamlarning xotinlariga norasmiy qaynona ham edi. Barcha xotinlar unga qarab, titrab turishadi. Qarilikni bo‘yniga olmayotgan bu xotin ham qiziga qo‘shilib barobar pardoz qilardi. Kesakpolvon xotini bilan yotmay qo‘yganiga necha yil bo‘lgan, eslolmaydi. Xotin tushmagur esa pardozini qo‘ymaydi. Er ham «Sen kimning ko‘ziga chiroyli, yosh ko‘rinmoqchisan?» deb so‘ramaydi. Bu xonadondagi xizmatchi ayol ertadan kechgacha ona-bolaning aytganlarini bajaraman, deb holdan toyib ketadi. Kesakpolvon o‘ynash almashtirgani kabi bular xizmatchi almashtirishdan charchashmaydi. To‘g‘rirog‘i, bularga xizmatchi chidamaydi. Agar birorta olim bularga temirdan xizmatchi yasab bersa, bu ham yarim kunda erib tamom bo‘lsa kerak.
Salomlashish marosimidan so‘ng tashrifdan «bag‘oyat mamnun» ekanliklarini bayon etishgach, dasturxon tuzog‘liq kichik mehmonxonaga boshladilar.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 01 Noyabr 2007, 13:47:58
Zaynab bu xonadonga kam kelgan, ammo har kelganida uyning hashamlariga, bezaklariga mahliyo bo‘lib boqib, «Nega adam shunaqalarga e’tibor bermaydilar», deb otasidan g‘oyibona o‘pkalanardi. Bu safar unday bo‘lmadi — hashamlarga ham, to‘kin dasturxonga ham aytarli ahamiyat bermadi.
Kesakpolvon xotinini chaqirib, Zaynabning bir-ikki kun shu yerda turajagini tayinlab ketgach, dasturxon atrofidagi suhbat asosan kiyimlar olamidagi yangiliklar xususida bo‘ldi. Gap orasida Monika xonim faqat o‘ziga xos fazilatni ham aytib o‘tishni unutmadi.
— Men lyuboy kiyimni bir marta kir bo‘lgunicha kiyaman. Yuvib, dazmol qilingan kiyimning zapaxini terpet ne mogu. Eski kiyimlarimni internatga berayotuvdim. Tak kak savob ham kerak-ku, da, jonim, — deb Zaynabga murojaat qildi. Zaynab ensasi qotsa ham bosh irg‘ab, «ha» ishorasini qildi. — Yangi direktorsha kelib, qabul qildirmabdi. Slishkom modniy emish. Bolalarga mumkin emasmish. Dopustim, o‘zing derevenshinasan, vkusing — nol! Qo‘yib ber boshqalarga. Endi bermayman, plevat qilaman men unaqa parazitga.
— Avvalgisining qilig‘ini gapirib ber.
— Da, chut ne zabс‹l, — dedi Monika xonim. Rus tilidan durust ilmi bo‘lgan Zaynab uning erkakchasiga «zabс‹l» deyishga g‘ashi keldi. — Avvalgi direktorsha, bitta-ikkita platyamni berib, qolganini komissionkada sottirar ekan. Vot parazit-a?
Shu xildagi gaplar Zaynabning ko‘nglini behuzur qildi. Yolg‘izlikni xohlab qolgan, hatto Chuvrindining xotiniday muloyim, mehribon ayolga toqat qila olmagan Zaynabni Xudo jazoga loyiq bilib, bularga ro‘para qildimikin, vallohi a’lam?
Dam o‘tmay xonaga sochlarini silliq taragan, xipchinday yigit kirib keldi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 01 Noyabr 2007, 13:49:27
— Zaynabushka, tanish asalchigim, bu Gogik, sartaroshmas, klass! — dedi faxr bilan.
Gogikning yarim ta’zim bilan uzatilgan qo‘li muallaq qoldi, Zaynab unga bosh irg‘ab qo‘ya qoldi. Gogikning dasturxon atrofida bemalol o‘tirishidan ma’lum bo‘ldiki, u oddiy sartarosh emas, balki bu uyning erka mehmonlaridan. Agar tuhmat va g‘iybat gunohi kabiralar sirasiga kirmaganida, biz bu gunohdan qo‘rqmaganimizda «Gogik shu qadar erka mehmonki, quvvati yetsa ona-bolani oldinma-keyin ko‘nglini ovlab ham ketardi», demog‘imiz ham mumkin edi. Yana kim biladi, valadi zinoning oilasida, haromdan qaytmas odamning xonadonida bundan battar holat ham bo‘lmog‘i mumkin emasmi?
Ikki kishining valaqlashiga arang chidab o‘tirgan Zaynab uchinchisi qo‘shilgach, toqat qila olmadi.
— Mazam yo‘q, dori ichib birpas yotadigan vaqtim bo‘ldi, — deb bahona qildi.
— Yur, mening kabinetimga, — dedi Monika xonim.
Dori masalasida Zaynab aldamagan edi. Monika xonimning xonasiga kirib narsalarini qarasaki, shoshilinchda dorini unutib qoldiribdi.
— Qo‘yaver, nichego strashnogo, — dedi mezbon. — Bir kun ichmasang ichmabsan. Charchagansan. Senga vidik qo‘yib beraman, ko‘rsang nervlaring uspokoit bo‘ladi. Zo‘r seks bor, ko‘ramizmi?
— Yo‘q, yo‘q, — dedi Zaynab uni to‘xtatish uchun qo‘lidan ushlab. — Hecham ko‘rmayman.
— Juda ham otstaliysan-da, asalchik. Obijatsya qilmaginu sen xuddi o‘n to‘qqizinchi vekning odamiga o‘xshaysan. Ko‘zingni ochib qara: hozir yigirmanchi vek. Hamma ko‘radi bunaqani. Bu idiotizm emas, bu— iskusstvo. Men buni bolalarimga ham ko‘rsataman...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 01 Noyabr 2007, 13:49:49
— Qo‘ying, kerakmas, men ko‘rmayman.
— Vot, durochka, kak xochesh. Bo‘lmasa yotib, damingni ol. Postelim yangi, har kuni yangisi solinadi.
U shunday deb chiqib ketdi.
Zaynab turgan yerida turib qoldi. Uning choyshabi almashtirilgan o‘rniga qarab qo‘ydi-yu, o‘tirishga ham irgandi. Haydar amakisiga ergashib kelavergani uchun o‘zidan o‘zi ranjidi. «Nima bo‘lsa ham uyimda qolaverishim kerak edi», deb o‘ziga o‘zi tanbeh berdi. Bu xonadondan chiqib ketishga bahona izlay bosh-    ladi.
Chindan ham ayb o‘zida. Qo‘rquv aqli-hushini olib qo‘yib, amakisi «yur» desa yetaklagan yuvosh qo‘yday kelaverdi. Bu ona-bolaning bema’ni, beta’sirligini bilmasmidi?
Bilardi. Sartarosh Gogikdan boshqa hamma narsa, barcha qiliqlar unga ma’lum edi. Shunday ekan, birovdan o‘pkalanishga hojat yo‘q...
U xonada bo‘zchining mokisiday u yoqdan bu yoqqa yuraverdi. «Haydar amakim kelsalar dorini bahona qilib ketaman», deb fikr qildi.
Kesakpolvon shomga yaqin keldi. Kechki ovqatni yeb bo‘lishgach, u almoyi-aljoyi gaplarini boshlagan xotini bilan qiziga «Boshqa xonada o‘tirlaring», deb chiqarib yubordi. U boya Zaynabni uyiga qo‘yib chiqqanidan so‘ng tayin bir ish bilan mashg‘ul bo‘lmadi. Balki, Zaynab bilan qay tarzda suhbat qurish rejalarini o‘yladi. Kesakpolvon «Agar shu fursatdan foydalanmasam, g‘irt ahmoq bo‘laman», degan qat’iy fikrda harakatini boshlashga ahd qilgan edi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 01 Noyabr 2007, 13:50:05
Hozir Zaynab bilan yolg‘iz qolganida gapni nimadan boshlashni bilmay taraddudlandi. U o‘z uslubiga xiyonat qilmagan tarzda «Adang kasal, tuzalmaydigan kasal, sen otangning o‘rnini egalla, men yoningdaman», desa ham bo‘laverardi. Uning daf’atan so‘z ocholmasligining ikki sababi bor: avvalambor dangal, qo‘pol gapi bilan uni hurkitib, cho‘chitib qo‘yishi, ikkinchidan — nojo‘ya gapini Zaynab otasiga aytishi mumkin. Ana unda ish rasvo bo‘ladi. Ana unda gazetachilar tili bilan aytilganda «Davlat to‘ntarishiga urinish muvaffaqiyatsizlikka uchraydi».
Kesakpolvonning jimligi ko‘pga cho‘zilmadi. Gapni uzoqdan boshladi.
— Adang Sibirda shamollab kelib, vaqtida davolanmadi, o‘jar-da, o‘jar. Ming marta aytdim unga, kasalxonaga yot, deb. Tabibga ketgani yaxshi bo‘ldi. Ishqilib, o‘sha yerdan tuzalib qaytsin.
Zaynabga bu gap g‘alati ta’sir etib, Kesakpolvonga yalt etib qaradi. U otasining yo‘talib turganini bilardi, ammo tuzalmas xastalikka yo‘liqishi mumkinligini o‘ylab ham ko‘rmagan edi. Kesakpolvon undagi o‘zgarishni ilg‘asa-da, o‘zini sezmaganga olib, gapini davom ettirdi:
— Adangning kasali og‘ir. Adang o‘jar. Sal o‘tkazib yubordi. Yana kasalini hammadan yashirmoqchi. Men bilan Jalil amakingni qo‘yaver, sendan, onangdan ham yashirgan. Faqat Mahmud akang biladi. Men ham tasodifan bilib qoldim... Nimaga yashiradi? Nima, bitta u kasalmi? Tirik jon, hamma kasal bo‘ladi, yotib davolanadi. Men o‘sha tabibni qidirib topdim. Bu kasalni faqat o‘sha tabib davolar ekan. Do‘xtirlarning o‘zi ham tan berisharkan unga.
— Qanaqa kasal? — deb xavotir bilan so‘radi Zaynab.
— Bu shunaqa kasalki... — Kesakpolvon chaynaldi.— G‘alati kasal, oti esimda yo‘q, ammo tuzalishi sal og‘irroq ekanmi-ey...
U «Otangning kasali — rak» deyishga tili bormadi. Shunday bo‘lsa-da, Zaynab uning dilidagi gapni uqib, birdaniga ho‘ngrab yig‘lab yubordi. Kesakpolvon «Mayli yig‘lab, ko‘nglini bo‘shatib olsin», deb indamay o‘tirdi. So‘ng peshonasini, sochlarini siladi. «Do‘ngi qizim», deb erkaladi. Zaynab sal ovunganday bo‘lib, yoshli ko‘zlari bilan unga boqdi. Iltijo qildi:
— Haydar amaki, jon amakijon, «Noto‘g‘ri aytdim», deng. «Bilmasdan aytdim», deng. Axir bunday bo‘lishi mumkinmas-ku?!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 01 Noyabr 2007, 13:50:35
— Chindan ham bilmasdan aytdim, do‘ngi qizim. Sen gapimni boshqacha tushunding shekilli. Adang tabibdan qaytsa, o‘zing ham so‘raysan. Faqat mendan bilganingni unga aytma. Qaysarligi tutsa, senga ham hech nima aytmaydi. Menga ishonmasang, Jalil amakingdan so‘ra. U tabibga adang bilan birga ketgan. Endi sen bilan ikkita narsaga kelishib olishimiz kerak. Birinchisi, Manzura telpon qilsa, unga ayt, adangni kutmasdan to‘yni o‘tkazib, kelaversin. Katta to‘y shu yerda bo‘ladi.
— Nega endi? — deb ajablandi Zaynab. — Adam bormaydilarmi?
— Adang boradigan bo‘lsa, Manzura bilan birga ketardi.
— Meni ham yubormoqchi edilar.
— Sen ham borma.
— Nega?
— Sening boshqa ishlaring bor. — Kesakpolvon shunday deb bir oz sukut saqladi. Zaynab «qanday ish ekan?» deb uning og‘zini poyladi.
— Senga bu gapni hozir gapirishimning balki o‘rni emasdir. Lekin qachondir aytishim kerak. Oldinroq bilib qo‘yganing yaxshiroqmi, deyman. Sen faqat gapimni to‘g‘ri tushungin. «Adam erta-indin o‘lib qolar ekan», deb vahima qilma. Lekin adang ham, men ham yana o‘n yil yashaymizmi, yuz yilmi, baribir bir kuni o‘tamiz. O‘rnimizga esa kimdir qolishi kerak. Afsuski, mening o‘g‘lim yo‘q. Qizimdan esa bir ish chiqmaydi. Sen esa aqllisan, adangga o‘xshaysan. Akalaringdan ham umid yo‘q. Endi ular — olim. Bizdagi kooperativ-mooperativlarga, magazinlardan tushadigan cho‘tallarga qarashmaydi. Adang juda ko‘p ish qilgan. Bizning shuncha to‘plaganimiz sovrilib ketaveradimi? Sovrilmasligi uchun sen adangning qanotiga kir. Ishni o‘rgan, keyin sekin-asta ishni o‘z qo‘lingga ol! Shunga haqqing bor! Sen cho‘chima. Yoningda men borman, Mahmud akang bor.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 01 Noyabr 2007, 13:51:00
Zaynab bu gaplarni eshitib, hayratlandi. Chunki Zaynab o‘zini emas, dilidagi ma’suma, pok Kumushbibini, unga qo‘shib ishonchini, gardsiz e’tiqodini osgan kuni otasiga «Ularni o‘zimga qo‘yib bering!» degani shunchaki alam tutuni emas, qasos o‘tining yona boshlagani edi. Ne shodki, bu o‘tni alanga olishi uchun moy sepuvchi odam topildi. Zaynab necha kundan beri qasos yo‘liga qanday kirish, qanday jang qilishni o‘ylardi. Uning yo‘lidagi birinchi qurbon Mardona bo‘lishi kerak edi. So‘ng... Mardonani ishga solgan odamlar...
Zaynab mana shularni o‘yladi-da, Kesakpolvon uchun hech kutilmaganda:
— Xo‘p, amaki, — dedi.
Kesakpolvon bu gapni eshitib, nima deyishni bilmay qoldi. Chunki u Zaynabdan rad javobini kutgan, shunga yarasha gap tayyorlab qo‘ygan edi. U bir necha nafas hukm surgan hayronlik iskanjasidan qutulib:
— Barakalla, do‘ngi qizim, men senga ishongan edim, — dedi. So‘ng qo‘shib qo‘ydi: — Ko‘z yoshlaringni art. Asadbekning qizi yig‘lamasligi kerak... adangning kasalini eshitganlarning ba’zilari janozani o‘qishganga o‘xshaydi. Ularning janozalari o‘zlariga buyuradi. Men o‘zimning jonimni bersam ham, adangni saqlab qolaman. Jalil amakingga ham shunaqa deganman, so‘rab ko‘r. — U bir oz sukut saqladi-da, keyin dadil ovozda davom etdi: — Bilmaganlar bilib qo‘yishi kerak: Asadbek o‘lmaydi! Ayniqsa, sen adangning yonida turadigan bo‘lsang sira-sira o‘lmaydi!
— Aytganingiz kelsin, — dedi Zaynab ko‘z yoshlarini artib.
Ayni damda bu dunyoning dastlabki so‘qmog‘ida qoqilgan, hali hayotning past-baland ko‘chalari, alamlari, sitamlaridan bexabar juvon bilan yovuzlik dunyosidagi yantoqzorlarni yalangoyoq kezib katta bo‘lgan odam o‘rtasida g‘oyibona bitim tuzilayotgan edi. Kesakpolvon dastlabki alam-sitam tuzini totib, faryod urayotgan juvonni o‘z dunyosiga chorlayotgan edi.
— Do‘ngi qizim, seni birov ranjitsa, men borman. Sening ko‘z yoshing sira ham to‘kilmasligi kerak. Men boshingga tushgan kulfatlarni sal-pal bilaman. Endi bunaqasi bo‘lmaydi.
Zaynab «Rostdan bilasizmi? Adam aytdilarmi?» deganday yalt etib unga qaradi. Bir oz uyalib, yuzi qizara boshladi. Lekin o‘zini tezda qo‘lga oldi: yig‘lashi mumkin bo‘lmagan Asadbekning qizi uyalmasligi ham shart!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 01 Noyabr 2007, 13:51:59
— Amaki, gapingiz rost bo‘lsa, menga bir odamni topishga yordam bering, — dedi u qat’iy ravishda.
«Jamshidni aytadi shekilli? Jamshidning tirikligini bilarmikin?» — deb o‘yladi Kesakpolvon.
— Yordam berasizmi? — deb qayta so‘radi Zaynab.
— Albatta yordam beraman, ayt, kimni topib beray?
— Bir xotinni.
— Xotinni? Oti nima ekan?
— Mardona. Men kasalxonada yotganimda u hamshira edi.
— Mardona degin?.. — Kesakpolvon G‘ilay Shomilning Moskvaga keta turib aytgan gapini esladi. Uning nimadan xavotirda ekanini endi sal tushunganday bo‘ldi. — Mardonani nima qilasan?
— Uni... o‘ldiraman! — shunday deb Zaynab mushtlarini siqdi.
Kesakpolvon uning vajohati o‘zgarganini sezib, ahdi qat’iy ekanini angladi. Bu ham uning uchun muddaoning o‘zi edi.
— Mardona kerak bo‘lsa, topamiz-da, — dedi Kesakpolvon, so‘ng o‘rnidan turib telefon go‘shagini ko‘tardi-da, lozim raqamni terdi. Ayol kishining ovozini eshitgach: — Allo, Mardona, senmisan? — dedi. «Yo‘q, men singillariman», degan javobni eshitgach, «Opangni chaqir», dedi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 01 Noyabr 2007, 13:53:01
Buni eshitgan Zaynab hang-mang bo‘lib qoldi. U «Mardona allaqachon qaysi bir shaharga qochib ketgan, uni bir oymi, bir yilmi qidirish kerak», deb o‘ylardi. Xuddi tushda sodir bo‘lganday bir daqiqada topilib tursa?.. Zaynab shunisiga tushuna olmadi. Umuman olganda, u to‘g‘ri fikr yuritgan edi. Mardona boshqa shaharga jo‘nashni ixtiyor etganda G‘ilay qo‘ymadi. Avvaliga «Sen qo‘rqayotgan Asadbek bugun-erta iniga kirib ketadi», dedi. Keyin esa, Chuvrindi ixtiyoriga o‘tib imkon topolmadi. Shu sababli ham Kesakpolvondan uni ehtiyot qilishni so‘ragan edi. Qo‘yni bo‘rining qo‘liga topshirib ketayotganiga uning aqli yetmadi.
Mardona u tomondan go‘shakni oldi shekilli, Kesakpolvon Zaynabdan ko‘zini uzmagan holda gapirdi:
— Allo, Mardona, o‘zingmisan? Shomilbek Maskovdan telpon qilmadimi? Menga bir gap aytib ketuvdi. Ha, qulog‘ingga aytaman. Hozir boraman, kutib tur.
Go‘shakni joyiga ilib, Zaynabga «Xo‘sh, ana, topdim. Endi nima qilasan?» deganday qaradi. Keyin Zaynabning ajablanayotganini ko‘rib izoh berdi:
— Hosilning G‘ilay Shomil degan yugurdagi bo‘lardi. Mardona o‘shaniki. Hosil otilgan kun bir borgan edim.
«Hosil otilgan kun? Kim otdi?» — deb o‘yladi Zaynab, ammo savolini tiliga chiqarmadi. Chunki u Hosilboyvachchaning isminigina eshitgan, o‘zini esa ko‘rmagan edi. Otilgan vaqti, sababini bilish uning uchun aytarli shart emasdi.
— Qani, boramizmi? — dedi Kesakpolvon.
— Bilmasam... — dedi Zaynab qat’iyatsizlik bilan.
— Bo‘shashma, dadil bo‘l! Sen Asadbekning qizisan. Birinchi qadamda lalaysang, ish pachava bo‘ladi. Tur, ketdik!
Yo‘l-yo‘lakay Kesakpolvon Zaynabga qasos olish yo‘llarini o‘rgatdi, qasos olishdan keyingi huzurni ta’rifladi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 01 Noyabr 2007, 13:53:29
3

Zaynabni ko‘rgach hayratdan lol qotgan Mardonaning ahvolini tasvir etmoqqa qalam ojiz. Ha, avval hayratlandi, so‘ng bu hayrat o‘rnini qo‘rquv seli egalladi. Hatto a’zoyi-badanidan jon chiqib ketganday bo‘ldi.
Hosilboyvachcha otilgan kuni G‘ilay Shomil bu yerga Kesakpolvonni boshlab kelib, tuni bilan maishat qilgach, erta saharda Mardona yotgan xonaga kirgan edi.
— Ish buzildi, — degan edi u afsus bilan. — Shef iniga kirib ketdi. Men bilan kelgan pakana yangi shef. Tayyorlanib tur, seni boshqa yoqqa ko‘chiraman.
Bir necha kundan beri Shomilning kelishini, boshqa yoqqa ko‘chirishini kutardi. Kutgani kelmay, kutmagani keldi. U hojasining istagi bilan ko‘p qizlarni ignaga o‘tqazdi, ya’ni giyohvandga aylantirib berdi. Ko‘p bokira, ammo aldangan yoki qo‘rqitilgan qizlarning nomusi ham shu uyda bulg‘andi, bedarak yo‘qolgan yosh qizlarning so‘nggi izlari ham shu uyda qolgan. Bu ishlar kimgadir fojia bo‘lib tuyulishi mumkin, kim uchundir dahshat, ammo Mardona uchun bu oddiy, e’tibor berishga ham arzimaydigan voqea sanalardi. Esini yig‘ib, o‘z nomusi uchun kurashmoqchi     bo‘lgan qizlarni «Baxting kelganda maishat qilib     olsang-chi, qaerda buzilding, kim buzdi, senga baribir emasmi? Maishat qilib, pulini shilsang-chi?» deb koyir edi. Ular bir kunmas bir kun yoqamdan olar yoki ko‘kragiga o‘lim farishtasining bemehr yuragini joylab kelar, deb o‘ylamagan edi.
To‘g‘ri, Zaynab topshirilganda dastlab cho‘chidi. Ish orqaga qarab ketgach esa qo‘rqa boshladi. Bekor qo‘rqmagan ekan, mana, o‘lim farishtasining nomi bilan kelib turibdi.
— Zaynab, ayb menda emas, buyurishdi, — dedi Mardona titroq ovozda.
— Ichkariga kir, — deb buyurdi unga Kesakpolvon, keyin «Dadil bo‘l», degan ma’noda Zaynabni sekin turtib qo‘ydi.
— Ichkariga kir! — deb baqirdi Zaynab.
Bu baqiriq Mardonaga «Senga o‘lim!» degan hukm ma’nosida eshitilib, esxonasi chiqqan holda tisarildi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 01 Noyabr 2007, 13:54:07
— Uyda kim bor? — deb so‘radi Kesakpolvon.
— Bir qiz... sizga... O‘g‘lim...
Kesakpolvon orqada turgan yigitga qaradi:
— Bolasi bilan qizni bir xonaga tiq, — deb buyurdi.
— Nima qilmoqchisizlar? — deb yig‘lamsiradi Mardona.
— Gaplashib olamiz. Yotoqxonangga kir!
Qo‘rquvdan titrab-qaqshay boshlagan Mardona buyruqni bajardi. Ular oldinma-keyin yotoqqa kirdilar.
— Mana, qizim, bu iflos seniki. Pichoqda tilib tashlaysanmi, otasanmi, o‘zingning ishing.
— Mening aybim yo‘q, — deb chinqirdi Mardona jon holatda. — Menga buyurishdi.
— Kim buyurdi? — deb so‘radi Zaynab. Endi u ham titray boshlagan edi. Mardonani qo‘rquv, jon achchig‘i, Zaynabni esa qasos, nafrat o‘ti titroqqa solgan edi.
— Menga Shomil aka, Shomil akamga Hosil aka...
— Baland dorga osilyapsan, — dedi Kesakpolvon. — Hozir Hosil akangni ko‘rasan.
— Yo‘q! — deb qichqirdi Mardona.
— Amaki, siz chiqib turing, — dedi Zaynab.
Kesakpolvon Zaynabning qo‘liga pichoq tutqazib chiqqach, Mardona o‘zini yerga tashlab, uvvos tortib yig‘ladi:
— Bolamga rahmingiz kelsin, Zaynab. Tavba qildim, kechiring.
— Mendan oldin ham qilganmiding bu ishni? — deb so‘radi Zaynab.
Eshik orqasidagi Kesakpolvon xuddi Asadbekning ovozini eshitganday bo‘ldi. Harholda ovoz Zaynabniki, ohang esa Asadbekniki edi.
— Yashirmayman, bo‘lgan bu ishlar. Men faqat buyruqni bajarar edim.
— Sen o‘lishing kerak, — dedi Zaynab uning ko‘zlariga qaramaslikka harakat qilib.
— Zaynab, kechiring...
— Qo‘llaringni cho‘z! — deb buyurdi Zaynab. — Igna sanchadigan qo‘llaringni cho‘z.
— Nega, Zaynab?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 01 Noyabr 2007, 13:54:43
— Ko‘rmoqchiman, mening ko‘kraklarimni ham shu qo‘llaringda ezg‘ilagansan-a? Cho‘z deyapman, men bir ko‘ray, qonlimikin bu qo‘llar.
— Qon yo‘q, toza, — deb qo‘llarini cho‘zdi Mardona.
Shunda Zaynab pichoqni bir siltab uning bilagini tilib tashladi. Mardona chinqirib yubordi. Tirqirab otilgan qonni ko‘rgan Zaynab ham qo‘rqqanidan baqirdi. Bu ovozlarni eshitgan Kesakpolvon shoshilib ichkariga kirdi. Zaynab yig‘lamsirab boshini uning ko‘ksiga qo‘ydi.
— Uni o‘ldir, — dedi Kesakpolvon. — Unga qara, qo‘rqma, o‘ldir! Agar sening o‘rningda u bo‘lsa birpasda o‘ldirib qo‘yadi. Sen uni qiynab o‘ldir!
— Yo‘q, o‘ldirolmayman, — dedi Zaynab yig‘lamsirab.
— Agar hozir o‘ldirmasang, keyin hech qachon qilolmaysan bu ishni.
— Yo‘q, amaki, qo‘limdan kelmaydi...
— Unda qarab tur, — Kesakpolvon shunday deb Zaynabni Mardona tomon qaratdi-da, uning qo‘lidan pichoqni oldi. Mardona o‘zini himoya qilishga ulgurolmay ham qoldi. Ketma-ket urilgan pichoq zarbidan omonatini topshirdi.
Birinchi marta pichoq urilgandayoq Zaynab xonani tark etdi. Ko‘chaga chiqib, mashinaga o‘tirib oldi. Dir-dir titray boshladi.
Zaynab «Asadbekning qizi» bo‘lishi hargiz mumkin emasdi.
Kesakpolvon bilan yigit yarim soatlardan keyin chiqishdi. Yigit bolachani yostiq bilan bo‘g‘ayotganida Kesakpolvon do‘mboq qizni tatib ko‘rdi. Shu bilan qutulaman, degan qiz ham yostiqda bo‘g‘ildi.
Mashina o‘rnidan jilgach, Kesakpolvon kerishib qo‘ydi-da:
— Bugun bir-ir savob ish qildim. Bu dunyoni ikkita shiltadan tozaladim, — dedi.
Tasodif shuki, Mardona pichoqlangan kuni Moskvada G‘ilay Shomil ham o‘ldirildi.

Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 01 Noyabr 2007, 13:55:18
XVII  b o b

1

Qosh qorayib, ovqat pishgach, Habib Sattorovni onasining uyiga chaqirdilar. Kelini keltirib qo‘ygan moshxo‘rdani tez-tez xo‘rillatib ichishi Risolat kampirga yoqmadi.
— Muncha hovliqib ichasan, uyingga shoshyapsanmi?— dedi u, keyin bir piching bilan o‘g‘lini «uzib» olmoqchi bo‘ldi: — Oytovoq xotining «tez keling» deganmidi?
O‘z xayollariga bandi bo‘lgan Habibga bu piching ta’sir etmadi, oddiy savol o‘rnida qabul etib, osoyishtalik bilan javob qaytardi:
— Shoshayotganim yo‘q, oyi, moshxo‘rda qaynoq ekan. Bugun ketmayman, qolaman.
— Moshxo‘rdani sal sovugandan keyin ichsa, mazali bo‘ladi, hovliqma. Xotining nimaga kelmadi?
— Hayronman, kelmoqchi edi. Kelib qolar.
— Kelib bo‘pti. Qaynisi o‘lib ko‘k ham kiymadi. Begonaga o‘xshab kelib-ketib yurdi.
— Oyi, qo‘ying eski gaplarni, endi ahil yashashimiz kerak. Men yaqinda yana Moskvaga ketaman. Endi ko‘proqqa ketaman. O‘sha yerda ishlayman.
— Shoshilma, avval men o‘lay, keyin qayoqqa borsang bor.
— Oyi, bormasam bo‘lmaydi, unaqa demang. Keliningiz qoladi.
— Uni qara-ya! O‘sha oytovog‘ing menga qararkanmi? Jag‘imni bog‘larkanmi? Ketaver, o‘ligim ko‘chada qolmas, men o‘lsam shu Xonzoda qizim ko‘madi.
Xonzoda ona-bola orasida gap qochayotganini bilib, choyni yangilab kelish bahonasida tashqariga chiqdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 01 Noyabr 2007, 13:55:46
— Sen bola, ilmdan boshqa narsani o‘ylamaysan hech? — deb achchiqlandi kampir. — Xonzoda endi menga kim? Hech kim! Baraka topsin, qarab turibdi. Erta-indin birov og‘iz solsa, erga tegadi-ketadi. Yosh juvon ko‘chada qolmaydi. Sen qo‘rqma, men uzoq yashamayman. Har kuni ukang tushimga kirib chaqiryapti...
— Oyi, qo‘ying, — dedi Habib, kosani nari surib.
— Jahl qilmay, ovqatingni ich. Peshonam asli sho‘r ekan. Anvarim tirnoqqa zor o‘tdi. Senga yaxshi xotin uchramadi. Jim bo‘l, yonini olma.
— Yonini olayotganim yo‘q. Xo‘p oyi, siz nima desangiz shu. Ertalab sizni uyimga olib ketaman.
— Bekor aytibsan. Bu uyda avval adang rahmatlikning ruhi kezib yurardi. Endi u Anvarim bilan billalashdi.
Habib Sattorov shu zayldagi dam jahl aralash, dam alamli, dam hasratli gaplarga qo‘shib ovqatini ichdi. Yana bir oz gaplashib o‘tirgach, Risolat kampir:
— Qoladigan bo‘lsang, ukangning uyiga chiq. Xonzodam mening yonimda yotadi, — dedi.
Habibning niyati ham shu edi. Onasini ikki yonog‘idan o‘pib, tashqariga chiqdi.
Hovlida bir oz turdi.
Havo xuddi tug‘olmay qiynalayotgan xotinga o‘xshaydi. Yog‘sa yog‘a qolmaydi, ochilsa ochila qolmaydi. Tund bo‘lib kishi yuragini siqadi. Habib Sattorov yurti quyoshini sog‘inib kelgan edi, aksiga olib havo ham uni tundlik bilan qarshiladi. Angliyaning tumani, Moskvaning rutubatidan bezgan edi. Hech chekmaydigan odamning birdan chekkisi keldi. Xayolini chalg‘itish uchun atrofiga qaradi. Hammayoq yutaman deb turibdi. Anvardan so‘ng hovli ham huvillab qolganday edi. Hovlidagi biron daraxtning shoxlari kesilsa ham o‘rni sezilib turganda, butun boshli bir odamning yo‘qligi bilinmaydimi?
Habib Sattorov bir necha daqiqa maqsadsiz, ma’nisiz turgach, og‘ir qadamlar bilan bir-bir bosib Anvarning uyi tomon yurdi.
O‘sha yetim uy, o‘sha bir oyog‘i kanop bilan bog‘langan yetim stol, yetim qalam, daftarlar...
Beixtiyor daftarlardan birini olib varaqladi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 01 Noyabr 2007, 13:56:21
«...Vo ajab! Odamning zahari ilonnikidan kuchli ekanini bilmabman. Bugun noolim, noakademik Xolidiy degan ablah ustoz Hikmat O‘rolov nomini bulg‘ash uchun bir arava axlat ag‘dardi. Maqolasi bilan gazetani ham harom qildi. Quzg‘un burgutni axlat titishda aybladi. Ustozning uylariga borib zo‘r bir rivoyat eshitdim. Bir kuni buni she’r qilishim kerak. Mana u:
«Luqmoni hakim yo‘lda borayotsalar bir uydan nola eshitilibdi. Kirsalar xasta odam og‘riqlarga chidayolmay dod der emish. Tabiblar kelib, uni bugun-erta o‘ladi, deyishibdi ekan. Luqmoni hakim xastaning bilak tomirini ushlab ko‘rib debdilarki: «Dardingizga davo bor. Ilon zahri sizga shifo bergay». Xasta debdiki: «Ilon zahrini men qaydan topay? Bir bedavo bo‘lsam... Yo meni shu ahvolda tashlab ketaverasizmi? Olloh mening zorimni eshitib, Luqmoni hakimga ro‘baro‘ qilganida edi, u zot meni tashlamas edilar». Luqmoni hakim bu nolani tinglab aytibdilarki: — «Zinhor tashlamasman». Xullas, hazrat Luqmoni hakim ilonzorga borib bir yoshroq ilonni bo‘g‘zidan bo‘g‘ib turibdilar. Shunda ilon ittifoqo tilga kiribdi va debdiki: «Ey inson farzandi, sen nechun meni bo‘g‘ayotirsan? Ollohning menga bergan jabrlari kammi edi?» «Olloh senga qanday jabrlar qildi?» deb so‘rabdilar Luqmoni hakim. «Meni ko‘rimsiz qilib yaratdi, odamlar ko‘rsalar mendan qochadilar. Meni yertuban qilib qo‘ydi, sudralib yurishga mahkum etdi. Endi sen meni bo‘g‘ib, jonimni olarsanmi?» Luqmoni hakim debdilar: «Shunday qilmasam bir odam hayotdan ko‘z yumar». Ilon debdi: «Ajab! U odamni saqlab qolmoq uchun meni o‘ldirasanmi? Axir u ham Ollohning bir maxluqi, men ham. Bir jonni saqlab qolmoq uchun ikkinchisini mahv etmoq shartmi? Ey inson bolasi, sen ayt: men birovni chaqsam, mening zahrimni daf eta olasanmi?» Luqmoni hakim aytibdilar: «Ha, daf eta olaman». Ilon debdi: «Unda mening zahrim kuchli emas ekan. Dunyoda shunday zahar borki, sen uni zinhor daf eta olmassan!» «Qanday zahar? Qora qurtnikimi?» — debdilar Luqmoni hakim. «E, yo‘q, — debdi ilon. — Dunyoda eng kuchli zahar — odamning zahri. Bunga davo yo‘qtur. Odam odamni chaqsa, albatta, o‘lim haqdir! Olloh biz — ilonlarni tuban qilib yaratdi. Ammo biz bir-birimizni chaqmaymiz. Siz — odam bolalarini yuqori qilib yaratdi, siz bir-biringizni chaqib o‘ldirasiz. Sen jonini saqlab qolmoqchi bo‘lgan xastaga mening zahrim davo emas, yanglishma. Uni o‘z do‘sti chaqqan. Uning zahriga davo topa olmassan. Bunga hatto Luqmoni hakim ham davo topmagay. Qo‘y, u o‘laversin, azoblaridan qutula qolsin...»
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 01 Noyabr 2007, 13:57:38
Xolidiy qancha odamni chaqdi? Yana qanchasini chaqadi? Uning shogirdlari-chi? Burgut polaponini baland qoyalardan tashlab, mag‘rur parvoz qilishni o‘rgatar ekan. Quzg‘un esa bolasiga axlat titishni o‘rgatadi. Xolidiy quzg‘unning institutdagi shogirdi — bolalaridan nimani kutish mumkin? Men ular bilan olishaymi? So‘ng... mendan ham axlat hidi kelib tursa...»
Habib Sattorov bu satrlarni o‘qib, o‘ylanib qoldi: «Kallasi joyida edi, baloga aqli yetardi. Bu dunyoga nima uchun sig‘may qoldi, hayronman. Ular axlat titsa titaversin, sen titma. Baland uchaver. Mana Sohib Po‘latov ham shunaqa xilidan. Men u bilan olishib vaqtimni zoe o‘tkazishim kerakmi? Meni ishdan bo‘shatishi — chaqqanimi? Tupuraman men uning o‘ziga ham, chaqishiga ham. Angliyadagi kitobim chiqsa o‘ladi kuyib, to‘lg‘onib, o‘zini o‘zi chaqib o‘ladi...»
Daftardagi so‘nggi yozuv shu edi. «O‘limidan avval yozgan shekilli», Habib Sattorov shunday deb o‘ylab oldingi yozuvlarga ko‘z tashladi. Arabiy yozuvli bir necha sahifaning hoshiyasiga bitilgan she’riy satrlar diqqatini tortdi:

«Menda ajib holdir azizim,
Tilim zabun, loldir, azizim...»

«Assalom, har dildan quvg‘indi anduh!
Assalom, hech kimsa suymas iztirob!
Ko‘nikib ketmish-a senga bu tan, ruh,
O‘qish bisyor bo‘ldi seni bobma-bob...»*

Habib Sattorov she’rning ruhini anglamadi. «She’r yozib boshini qotirmaganida allaqachon dissertatsiya yoqlab, olim bo‘lib ketardi», deb o‘yladi-da, daftarni yana varaqladi:
«Hurlik nimaning evaziga berildi? Qonlar evazigami? Jonlar evazigami? Jon berishga tayyor azamatlar bormi bu ulug‘ Turkistonda? Xumoyun Mirzo xastaligida tabib Bobur Mirzoga «Eng qadrli narsangizni atang», deganda shoh Bobur «Eng qadrli narsa — jonim, jonimni berayin», degan ekan. Xasta ona Turkistonga kim jonini fido qiladi? O‘limdan qo‘rqmas, botir o‘g‘lonlar nahot butunlay qirilib bitgan? Bu qanday hayot o‘zi? Kun bor — quyosh yo‘q, osmon bor — yulduzlar yo‘q. Vatan bor — vatanparvar yo‘q. Beshikdan tobutga yetgunicha hamma pioner — kashshof. O‘rusiya nima desa, «Doim tayyor!» deb turamiz. Vatan arzonga sotildi, sotilyapti... juda arzon...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 01 Noyabr 2007, 13:58:06
Ammo... bu uzoq davom etmaydi. Botir o‘g‘lonlarning ruhi qaytadi ota yurtga! Qadimgiday zo‘r davlat bir kun bo‘lajak! Ana o‘shanda kelajakdagi botirlar biz — xoinlarni la’natlaydilar. Bizning ruhlarimiz ularning la’nat toshlari ostida eziladi. Shunday bo‘lishi kerak! Biz shunga loyiqmiz! Bundan battariga-da loyiqmiz! Alixonto‘ra Sog‘uniy domla aytgan ekanlar:
«Agar o‘zbeklar oshning atrofiga birlashganday birlashganlarida edi, allaqachon erkka erishgan bo‘lar edilar».
Men bu aqlli satrlarga ozgina tahrir kiritmoqqa jazm etaman:
«Agar o‘zbeklar to‘planib, to‘y-ma’raka oshiga oshiqqanlari kabi imonga oshiqqanlarida edi, mustaqillikka shubhasiz erishardilar.
Ulug‘ Turkistonni faqat imon birlashtiradi.
Vaqt bo‘ldiki, Turkiston imondan uzoqlashdi. Oqibatda mustahkam bir davlatning yarmini O‘rusiya, yarmini Xitoy egallab oldi. Hozirgi har ikki davlatning qizil bayroqlari musulmonlarning qoni ila qizarmishdir.
Otalarining xato-kamchiliklarini takrorlagan avlod — nodondir.
Imonga qaytinglar deyilsa, ayrimlar O‘rta asrga qaytamizmi, deydi. Qani edi, o‘sha asrlarga qaytilsa-yu, xorazmiylar, beruniylar, temurlar yetishib chiqsa. O‘rta asr musulmonchiligi dunyoni nurafshon etdi, aql bilan boyitdi. Agar Beruniy yerning dumaloqligini kashf etmasa, Yevropa buning uddasidan chiqa olarmidi?..
O‘z tarixini buzuvchi kimdir? U o‘z ota-onasini o‘ldirib, pishirib yegan farzand kabidir... Bundaylar qaro yer bag‘riga qaysi yuz bilan borarlar?..»
Bu fikrlarni o‘qiy turib, Habib Sattorovning yuragi hapriqib ketdi. U ukasining qalbida shunchalar dard borligini bilmas edi. Bila olmas ham edi, chunki u bunday tuyg‘ulardan ancha uzoq edi. Uning logarifmlar bilan to‘la miyasida bunday fikrlarga o‘rin yo‘q edi.
«Savol:
— Dunyoda barcha narsadan g‘olib nima?
Javob:
— Aql.
Savol:
— Bir narsa borki keladi-ketadi, ammo ko‘rib bo‘lmas, ushlab bo‘lmas, biroq kelib-ketganini bilib turamiz, bu nadir?
Javob:
— Bu — zamondir!
Ha, zamon! Qonli zamon, qotil zamon! O‘zbekning sodda yigitlari harbiyga olinib, temir tobutlarda tantana ila qaytarilyapti. Aql esa jim... Afg‘ondan kelgan tobutlar ko‘p. Musulmon yigitga qurol berib musulmonlarga qarshi urushga tashlarlar. «Doim tayyor!» Endi esa urib o‘ldirilgan yigitlarning murdalari kela boshladi.

«Nima qilib qo‘ydim men, evoh...
Axir baxtga berdim-ku ozor...
Ko‘zlarimdan sachraydi ming oh,
Vujudimga ko‘chadi mozor...»

O‘z farzandlarining shafqatsizlarcha o‘ldirilishiga befarq qarovchi xalq qanday xalq ekan!!!
Hurlik va xo‘rlik... Yozilishda farq birgina harfda. Bu farqni yo‘qotish uchun nelar kerak ekan?..
Xasta ruhni o‘ldirish mumkinmi? Bilmayman. Harholda shunga harakat bor. Eski shahardagi tarixiy joylarning buzilishidan maqsad shu bo‘lishi kerak. Bosqinchi O‘rusiya askarlariga qarshi partizanlik urushi olib borgan azamatlarning markazi bo‘lgan joy buzilib, o‘rniga bahaybat mehmonxona qurilib, unga «Moskva» deb nom berildi. Bu yerlarda qancha musulmonlarning qoni to‘kilgan edi. Nima, bu tasodifmi? Mozorlar ustidan yo‘l solish, mozorlar o‘rniga kinoteatrlar qurish ham tasodifmi? Yoki me’morning kaltabinligimi? Yo‘q, buning zamirida kuchli siyosat bor... Xasta ruhni o‘ldirish siyosati...
Biz shahidlar ruhini oyoq osti qilyapmiz...»
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 01 Noyabr 2007, 13:58:39
Shu yerda yana arabcha harflarni o‘qiy olmay, pastki satrlarga ko‘z yugurtirdi:
«Bu — «Oli Imron» surasidan. Sobitxon aytib edi, men yozib oldim. Shaharni O‘rusiya askarlaridan himoya etib shahid ketganlar ruhiga mos tuyuldi menga. Ma’nosi «Allohning yo‘lida qatl bo‘lganlarni o‘liklar deb hisoblamanglar. Balki ular tirik. Lekin sizlar sezmaysizlar...» Chindan ham ular tiriklar. Biz esa buni sezmaymiz. Shu darajada befahm avlodmiz.
Shahidlar: «Parvardigor yo‘lida shahid bo‘lib, so‘ng tirilsam, yana shahid bo‘lib, yana tirilsam, so‘ng yana shahid bo‘lsam», deb orzu qilar ekanlar.
Bizning orzuimiz nima? Qorin to‘qligi. Tinchlik... Tinchlikni noto‘g‘ri tushunamiz. Ozod, hur, erkin yurtga tinchlik kerak. Istibdoddagi mamlakatga-chi?.. Jihod, jihod kerak. Qaysi bir kitob qahramoni «Ozodlik yoki o‘lim!» degan ekan. «Hurriyat yoki o‘lim!» deydigan zamonlar kelarmi?..»
Bu fikrlar Habib Sattorovga og‘ir tuyulib, hazm qila olmadi. Daftarni yopdi. Hovliga chiqib bir aylanib keldi. Onasining uyida chiroq o‘chibdi. Azador xonadonda radio-televizor qo‘yilmagani uchun barvaqt yotishgan edi. Habib Sattorov ham charchaganini his qildi. Uyga kirib yotdi. Uyqu bosib kelsa-da, uxlay olmadi. Ko‘zi ilindi deguncha yuragi hapriqib uyg‘onib ketaverdi. O‘rnidan turib o‘tirdi, yana yotdi. Bo‘lmadi. Yana turdi. Mehmonxonaga chiqib oyog‘i cho‘loq stolga yaqinlashdi.
Shunda...
Shunda deraza yorishib, nur oqib kirdi. Qulog‘i shang‘illadi. So‘ng mayin ovoz eshitildi:
— Bizni kutmaganmiding?
Habib Sattorov yuragiga qo‘rquv oralab, atrofiga olazarak boqdi.
— Sen bizni ko‘ra olmaysan.
— Kimsiz? — deb beixtiyor pichirladi Habib Sattorov.
— Qo‘rqma, biz senga faqat yaxshilik istaymiz.
— Kimsiz? — deb pichirladi yana Habib Sattorov.
— Biz boshqa sayyoradanmiz.
— Qaysi sayyoradan?
— Sizlar Chayon yulduzlar turkumi, deb ataysizlar. Biz esa Zurru deymiz. Zurru — nur o‘lkasi degani...
— Bo‘lishi mumkin emas.
— Mumkin. Derazaga qara!
Habib Sattorov derazadan oqib kirayotgan nurga qarab ukasini ko‘rdi. Jinnixonadagi so‘nggi tunni bedor o‘tkazayotgan Anvar choyshabni olib yirtdi-da, arqon qilib eshdi. So‘ng eshik tomon yurdi. Ostonaga yetganida iziga qaytdi. Qog‘oz-qalam olib yozdi.
Shu onda Habib Sattorov yana o‘sha ovozni eshitdi.
— Nima yozganiga qiziqyapsanmi?
— Ha.
— O‘qib beramiz:

«Boshginamga ag‘anagan katta tog‘lar, alvido!
Men ketarman hasratlanib, ruhi sog‘lar, alvido!
Bu dunyoning sho‘rishiga navnihollar tebraning,
Esliroq bog‘boni yo‘q, qoldi bog‘lar, alvido!

A s q a r  Q o s i m».
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 01 Noyabr 2007, 13:59:02
Ovoz tindi. Anvarning harakati esa davom etdi. Bo‘yniga sirtmoq solayotganda Habib Sattorovning lablari titradi. Osilganicha tipirchilayotgan ukasini ko‘rgach, «Anvar!» deb dodlab yubordi. Kaftlari bilan yuzini to‘sib ho‘ngrab-ho‘ngrab yig‘ladi. Kuni bilan kelmagan yig‘i endi selday bosdi. Yig‘lab-yig‘lab kaftlarini yuzidan olib, yana derazaga qaradi. Nur yo‘qolmabdi.
— Nima istaysizlar mendan? — deb pichirladi u.
— Ukang bilan gaplashishni xohlaysanmi?
— ...
Sukut rizolik alomati sifatida qabul etilib, hozirgina tipirchilayotgan ukasi o‘rnida, oppoq libos kiyib olgan, akasiga kulimsirab qarayotgan Anvar ko‘rindi.
— Aka, yaxshi keldingizmi? — deb so‘radi u.
— Anvar, jon ukam, nega unday qilding? Hech bo‘lmasa oyimlarni o‘ylashing kerak edi.
— Oyimni kutyapmiz.
— Unday dema.
— Siz ham kelasiz.
— Bekor gap!
— Ishdan haydashibdi-ku?
— Ishdan haydashsa nima qilibdi. Kallamdan ilmni sug‘urib olisholmaydi-ku?
— Aka, keling, bu yer yaxshi...
— Bekor gaplarni gapirma...
Anvar chekinib, tanish ovoz eshitildi:
— Ukang to‘g‘ri aytadi. Biz seni zo‘rlamaymiz. O‘zing ruhan tayyorlanib kelasan.
— Yo‘q! Yo‘q! — Habib Sattorov shunday deb yana kaftlarini yuziga bosdi. Bir necha nafas shunday turgach, ko‘zlarini ochdi: nur yo‘qolibdi. Hammayoqni sukunat bosgan. O‘zi terga botgan, lablari titradi. U bir oz gangib turdi-da, shoshilib uydan chiqdi.
Tunni hovlida bedor o‘tkazdi. Sovqotib ketsa ham  uyga qaytib kirmadi.
Kelini tongda turib yuvingach, uni savolga tutdi. Xonzoda Anvarning deraza oldida qotib turishini aytgach, hayratlandi.
«Bu ne sir-sinoat bo‘ldi?» deb boshi qotdi.

____________________
* Gulchehra Nur she’rlaridan.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 01 Noyabr 2007, 14:00:40
2

Habib Sattorovning bir kechada ko‘zlari kirtayganini ko‘rgan xotini bezovtalanib:
— Ha, adasi, tinchlikmi? — deb so‘radi.
— Tinchlik, — dedi Habib Sattorov to‘ng‘illab, — nega bormading?
— Qizingiz o‘qishdan isitmalab keldi...
— Qizim yosh go‘dak emas-ku, dori-pori berib, borib kelsang bo‘lardi. Sen tufayli men ezilishim kerak. Anvarni nimaga aytmading?
— Ishga boraman, deb turuvdingiz, ortiqcha hayajonlanmang, devdim.
— He, sendaqa mehribonni... — Habib Sattorov anchadan beri qilmagan ishini qildi: xotinini bo‘ralab so‘kdi. Xotini bundan ranjib, bir ko‘tarilmoqchi bo‘ldi-yu, erining fe’li boshqachaligini fahmlab, o‘zini tiydi.
Habib Sattorov tungi voqea nima ekaniga javob topa olmadi. U qo‘shnisi, fizika bilan shug‘ullanuvchi olim do‘sti Umar Baxtiyorovga uchrashishni xayol qilib, azonlab kelgan edi. Umar Baxtiyorov bioquvvat, para-psixologiya haqida unga ba’zan gapirib qolardi. Bu ma’ruzalar Habibga yoqmasdi. Har ikki tushunchani ham g‘ayrifan deb hisoblardi. Bir kuni shunday deganda Umar Baxtiyorov piching bilan:
— Xuddi sovet olimlariga o‘xshaysiz, — degan edi.
— Sovet olimi bo‘lmay kimman? — deb ajablangan edi Habib Sattorov bu kinoyani anglamay.
— Parapsixologiyani faqat sovet olimlari inkor etishadi. Bu fanni butun dunyo o‘rganadi, — deb kuyunib izoh bergan edi u.
Tungi voqeadan so‘ng Habib Sattorov birinchi bo‘lib shu qo‘shnisini esladi. Baxtiga Umar Baxtiyorov uyda ekan. Sochlari umuman to‘kilib bitgan, Habib Sattorovdan bir yosh kichik bu olimning harakati serg‘ayrat, gapirishi ham shunga yarasha edi. U tez gapirganidan ayrim fikrlarini uqib olish qiyin bo‘lardi.
— Bir maslahatli ish chiqdi, — dedi Habib Sattorov, — faqat shartim bor: sekin, shoshilmasdan gapirasiz.
— Albatta-albatta, — dedi Umar shartga ko‘nib.
Habib Sattorov tungi voqeani umumiy tarzda aytib bergach, u g‘olib odam kulgusi bilan kuldi-da:
— Xudodan qaytibdi, — dedi.
— Nimaga unaqa deysiz?
— Siz bir paytlar mening gaplarimni g‘ayrifan der edingiz. Isbotiga o‘zingiz uchrabsiz.
— Menga gina qilmang, menga tushuntiring, — dedi Habib Sattorov bir oz asabiylashib.
— Bu bioenergetik chakralarning ishi, — deb ohista gap boshladi Umar. — Ya’ni — bioenergetik markaz desak ham bo‘ladi. Odamlardagi bioquvvat ham elektr quvvatiga o‘xshab «manfiy» va «musbat» bo‘ladi. Ikki odam bioenergetik maydon hosil qiladi. Ya’ni bir odam ikkinchi odamga aura orqali, ya’ni nurlanish orqali ta’sir qiladi. Odamda nechta ko‘z bor? — Umar Baxtiyorov shu savolni berib mug‘obirlarcha kulimsiradi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 01 Noyabr 2007, 14:01:45
— Sizda balki o‘ntadir. Ammo menda ikkita, — deb javob berdi Habib Sattorov.
— O‘nta emas, uchta. Uchinchi ko‘z — gipofiz. Gipofiz ana o‘sha auralarni qabul etadi. Ukangizni ham, sizni ham begona energoinformatsion maydonlar bezovta qilgan.
— Ular boshqa sayyoradanmiz, deyishdi?
— Bo‘lishi mumkin. Boshqa sayyorada bionurlanish markazlari kuchlidir balki?
— Xo‘p, endi nima qilish kerak?
— Elektromagnit ekran bilan shu maydonni buzish kerak. Men shunday ekran ixtiro qilganman. Lekin uni birov tan olmayapti. Agar istasangiz sinab ko‘raylik. Ukangiznikiga o‘rnatib, nur paydo bo‘lishini kutamiz.
Habib Sattorovga bu taklif xayolparast talaba bolalarning gapiday tuyuldi. «O‘ylab ko‘ramiz», deb chiqib ketdi.
Shu gapdan keyin Umar Baxtiyorov uni holi-joniga qo‘ymadi. Oxiri Habib Sattorov ko‘ndi. Ixtiro etilgan elektromagnit ekranni olib borishdi. O‘sha deraza tokchasiga o‘rnatib kutishdi. Nurning paydo bo‘lishini kuta-kuta ikkovi ham uxlab qolishdi.
Ertalab turib qarashsa, ekran pachoqlanib yotibdi...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 01 Noyabr 2007, 14:03:22
XVIII  b o b

1

Chuvrindini kuzatib chiqqan yigit uning qo‘liga chiroyli qog‘ozga o‘ralib, chiroyli tasma bilan bog‘langan qutini berdi.
— Bu Xongireyning Asadbekka sovg‘asi. Shaxsan o‘z qo‘liga topshirasan. Bu Xongirey bilan Asadbekni bir-biriga bog‘laydi. Uni qo‘lingda ko‘tarib ket, sinadi, — deb ogohlantirdi.
Chuvrindi nazorat bo‘limi orqali kutish xonasiga o‘tganida Jamshidni ko‘rdi. U Jamshid bilan birga ketishini bilmasa-da, yaqin kunlarda ko‘rajagini taxmin qilib edi. Jamshid esa Chuvrindining Moskvada ekanidan butunlay bexabar bo‘lgani sababli bu kutilmagan uchrashuvdan dastlab dovdiradi. Bir necha oy ko‘rishmagan qadrdonlar oddiygina qo‘l berishib omonlashdilar. Odamlar qurshovida ortiqcha gaplasha ham olmadilar. Chuvrindi Jamshidning ko‘zlaridagi savol uchqunlariga javoban:
— Hammasi yaxshi bo‘ladi, — deb yelkasiga ohista urib qo‘ydi.
Shunday deyishga degani bilan «Hammasi qanaqasiga yaxshi bo‘lishini» o‘zi ham bilmasdi. Masala u kutgan darajadan ham battar chigallashib ketdiki, oqibatda Xongireyning ustaligiga tan bermay iloji qolmadi. Ayniqsa, Jamshidni o‘zi bilan olib ketishi... Xongirey «Jamshidni birga olib ketasan», deganida «bu shunchaki tayinsiz gapdir», deb o‘ylab edi. Endi bilsa, bu ham Xongireyning ustaligidan ekan. Yaqindagina «o‘ldi» deb e’lon qilinib, murdasini o‘z uyidan chiqargan odamni endi o‘zi tiriklayin boshlab boradi...
Shaharga yetib, xayrlashar mahalida Chuvrindi unga:
— Uyingdan chiqmay o‘tira tur. Bir-ikki kun sabr qil, — deb tayinladi.
Zelixon bilan uchrashuvdan so‘ng xayolning ming turli ko‘chalariga kirib, valine’matlaridan ko‘ngli qolayotgan, hatto Xongirey xizmatiga o‘tganidan quvona boshlagan Jamshid mehribonlik bilan aytilgan bu gapni eshitib, itoatkorlik bilan «Xo‘p», dedi.
Chuvrindi to‘g‘ri Asadbekning uyiga bordi. Hojasining tabibga ketganini eshitib qo‘lidagi qutini yigitlarga berdi-da: «Bek akang kelgunlaricha ehtiyot qillaring», dedi.
Ertasiga boloxonadagi yigitlar Chuvrindinikiga telefon qilib, qutidan haddan tashqari sassiq hid chiqayotganini ma’lum qilishdi. Yuragi noxush bir narsani sezgan Chuvrindi darrov yetib keldi. Quti boloxona ayvoniga chiqarib qo‘yilgan, undan taralayotgan badbo‘y ko‘chadan kirgan odam dimog‘iga urilardi.
Chuvrindi hiddan burnini jiyirib, yigitlarga «Olib tushlaring», deb shiypon tomonga yurdi.
Qutini olib tushgan yigit uni chaqqonlik bilan ochdi. Ochdi-yu, qo‘llariga qaltiroq kirdi. Chuvrindi ham hayratdan dong qotdi: qutida G‘ilay Shomilning kallasi turardi... Shomil kallasi uzilayotganini sezishga ham ulgurmaganmi, ko‘zlari ochiq qolgan, xuddi «Dunyoning oxir-oqibati shumi?» deganday bir ko‘zi chapga, ikkinchisi o‘ngga qarab savoliga javob izlaganday bo‘lardi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 18:56:37
2

Abdurahmon tabib xayrlashish mahalida Asadbekka «Xastaman, deb g‘am chekmang. Xastalik — baxtsizlik emas, baxtsizlik — bu dunyo boyligiga muhabbat qo‘yishdir», dedi. Mana shu gapning mazmunini chaqish uchun Asadbek ko‘p o‘ylandi-da «ustma-ust bostirib kelayotgan baxtsizliklarim shundan ekan-da», degan xulosaga keldi.
Xayrlashishlaridan oldin tabib Muhiddin otaga qarab turib bir rivoyat aytdi:
«Emishki, Chumoli yashaydigan joy yemishga boy ekan. U yaxshi yeb-ichib, obdon semirdi. So‘ng... bir kuni qarab, osmondagi qushlarni ko‘rdi. Ko‘rdi-da... ular kabi uchmoqni istadi. Qanot chiqarmoqni umid qildi. Kutilmaganda umidi ijobat bo‘ldi — qanot chiqardi-yu, uchdi. Ammo semizligi tufayli baland ucholmadi. Yerdan bir ozgina ko‘tarildi, xolos. Shunda parvoz etmoqni istagan semiz chumolini qushlar ko‘rdilar. Oqibat shuki, u qushlarga yem bo‘ldi...»
Asadbek bu rivoyatni ham ko‘p o‘yladi. O‘zini chumoli o‘rniga ham, qushlar o‘rniga ham qo‘yib ko‘rdi. Ammo biron xulosaga kelolmadi.
Asadbek uyiga qaytganidan keyin ham tabibnikida o‘tgan kunlarini ko‘p esladi. Ayniqsa, Dev akaning holati bir necha marta tushiga kirdi.
...Ular choy ichib o‘tirishganda tabib kirib, uzrli ohangda Dev aka xastalanganini, uni borib ko‘rishi lozimligini aytdi. Muhiddin ota odamgarchilik yuzasidan «Biz ham boraylik, bemorni yo‘qlash savob», degach, tabibga ergashdilar.
Qishloq chekkasidagi somonsuvoq kichkina uycha. Abdurahmon tabibning say’i-harakati bilan qurilgan bu uy — Dev akaning boshpanasi. Ichkarida taxmon. Sandiq. Ko‘rpa-ko‘rpachalar. Lekin Dev aka eski palos ustida, boshiga guvala qo‘yib yotibdi.
— Bu kishining odatlari shu, — deb izoh berdi, Abdurahmon tabib. — Ko‘rpa-yostiqda yotmaydilar. Qishin-yozin shu ahvol.
— U dunyoda barchamiz shu holda yotamiz, — dedi Muhiddin ota.
— Mutu qabla an tamutu, — deb qo‘ydi tabib.
Behol yotgan Dev aka boshini sal ko‘tarib, tabib bilan Muhiddin otaga million so‘mdan va’da qildi. Bu safar ham Asadbekka «hech narsa tegmadi».
— Men mix topolmadim, sen topdingmi? — deb so‘radi Dev aka tabibdan.
— Topdim, — dedi tabib uning bilak tomirini ushlab.
— Yaxshi! — deb jilmaydi Dev aka. — Yaxshi, endi yurtimizga qaytamiz. Saroy solamiz. Hamma ozod bo‘ladi!
— Ha... ozodlikka oz qolibdi... — dedi Abdurahmon tabib bemorning qo‘lini ohista ravishda sholcha ustiga qo‘yib.
Uning nima demoqchi ekanini Muhiddin ota angladi-da, Dev akaga achinish bilan qarab qo‘ydi.
Ular ketmaslaridan avval ham tabib undan xabar olgan edi. Muhiddin otaning «Qalay, tuzukmilar?» degan savoliga bosh chayqab qo‘yib, «Shifo Ollohdan» degan edi.
Asadbek uyiga kelgandan beri o‘ziga «million so‘m bergisi kelmagan bu g‘alati odam tirikmi yo bandalikni bajo keltirdimi?» deb o‘yladi. Keyin o‘zining tashvishlari bilan bo‘lib boshiga guvala qo‘yib yotuvchi bu odamni unuta boshladi.
U shifo topayotganidan quvonib, uyga qaytganda biron yaxshi xabardan umidvor edi. Ammo... shodlikni oshirguvchi xabar bo‘lmadi.
Chuvrindi ham, Kesakpolvon ham uning qaytishini o‘zlariga xos intizorlik, sabrsizlik bilan kutar edilar. Tilla tangani olib kelgach, uyiga qaytgan Jalil ham xavotir, ham umid bilan kutardi. Kesakpolvon unikiga ikki marta kelib, «Yana borib, xabar olib keling» deb tiqilinch qildi. Jalil birinchi safar «Tabibning g‘ashini keltirib qo‘ysam, «Ko‘tar aravangni!» deb haydab yuboradi» degan mulohazasini aytib, uni tinchitdi. Ikkinchi safar kelganda «Men sening yugurdagingmanmi!» deb bobillab berdi.
Asadbek shaharga yetib kelishlari bilan, haydovchiga «Jalil akangnikiga hayda», deb buyurdi-da, Muhiddin otaga qarab: «Xavotir olib o‘tirgandir», dedi.
Jalil uyda yo‘q edi. Shu uchun kelinga «O‘rtog‘imga salom ayting», degach, uyiga qarab yurdilar.
Kesakpolvonning uyida siqilib ketgan, ayniqsa Mardonadan o‘ch olish maqsadida qattiq qo‘rqqan Zaynabning kasali qo‘zib, ancha qiynaldi. Shuning uchun Chuvrindi qaytgan kuniyoq unga telefon qilib, otasining uyiga keldi. Yosh juvon yolg‘iz o‘zi turmasin, deb Chuvrindi xotinini ham shu yerga olib kelgan, buni eshitib Kesakpolvonning fig‘oni oshgan edi. Uning fikricha, Chuvrindi Asadbekning xonadoniga to‘la hukmronlik o‘rnatishga erishgan edi.
Chuvrindi xotiniga ayrim ishlarni tayinlab ketayotganda hovliga Asadbek kirib keldi. Hojasining ancha dadil kirib kelayotganini ko‘rgan Chuvrindining zulumot bag‘riga chiroq yoqilganday bo‘ldi. Asadbek bilan quchoqlashib ko‘rishib, «Xudoga shukr» deb qo‘ydi.
Kesakpolvonning vahimali tarzda tushuntirishidan so‘ng xavotir otashida qovrilayotgan Zaynab ham otasining ko‘rinishidan mamnun bo‘ldi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 18:57:11
Zaynabning ahvolidan bexabar Asadbek undan «Nima uchun bu yerdasan?» deb so‘ramadi. Qizining kelib-ketib yurishiga ko‘nikib qolgani uchun «Ering tuzukmi?» deb qo‘ya qoldi.
Muhiddin ota borligi uchun bu kech ishdan gaplashishmadi. Mehmonning istagi bilan uni ertasiga Krasnoyarga uzatdilar. Shundan so‘ng uchchovlari shahar markazidagi uch qavatli bino yerto‘lasida to‘plandilar.
Anchadan beri ular bu holda jam bo‘lib o‘tirmagan edilar. Xorijga borib kelgan Tashqi ishlar vaziri jumhurrais va bosh vazirga hisob bergani kabi Chuvrindi ham hojalarini safari oqibati bilan tanishtirdi. U bu hisobotga astoydil tayyorlangan edi. Chunki Xongirey aytgan gaplarni, uning maqsadini aytmoq zinhor mumkin emas. U gaplarini tamom qilishi bilan Kesakpolvon:
— G‘ilay qani? — deb so‘radi.
Bu savolni u Chuvrindi kelgan kuniyoq so‘ragan, «Xongirey yonida qoldi», degan javobni eshitgan edi. Javobga qoniqmagani uchun hojasi yonida yana so‘radi.
— G‘ilayni Xongirey olib qoldi. Garovga tursin deydi. Lekin uning o‘rniga... — qolgan gapini aytishga qiynaldi.
— Chaynalma, gapir gapingni, — deb jerkidi Kesakpolvon. U G‘ilayning Xongirey yonida qolganiga ishonmadi. G‘ilay kim bo‘libdiki, Xongirey uni garovga olib qolsa. «G‘ilayni yashirgan, o‘ziga kerak vaqtida ishga soladi», degan fikri qat’iylashdi.
— Bek aka, biz bir ayb ish qilganmiz. So‘ksangiz ham, ursangiz ham haqqingiz bor.
— «Biz» deganing kim? — dedi Kesakpolvon.
— Siz bilan men...
— Ie, sen bilan sheriklikda nima yomon ish qilibman?
— Jamshidni aytaman...
— Jamshid? — deb ajablandi Asadbek. Keyin u ham jerkib berdi. — Gapirsang-chi, buncha chaynalasan!
— Gap shuki, o‘shanda Jamshidni o‘ldirmagan edik. Yaxshi yigit, sadoqatli yigit. Jahl ustida aytvordingizmi devdik. Uni Sochiga yuborib, o‘likxonadan bir murda topib yoquvdik.
— Bunaqa hunarlaring ham bormi? — dedi Asadbek.
Uning ovozida qahr yoki zarda sezilmagani uchun Chuvrindi sal dadillashdi.
— Bizga kerakli yigit.
— O‘zi qani?
— Uyida, birga olib keldim.
— Sochiga bordingmi? — dedi Kesakpolvon jahl bilan.
— Hozir tushuntiraman. Uni Sochida Zelixon ko‘rib qolibdi. Esingizdami, «Akademik»-chi? Xongireyning ustoziman, degan.
— Esimda, gapiraver.
— Xullas, Jamshidni olib ketishgan. Harholda bu o‘sha Zelixonning ishi.
— Unga nima aloqasi bor?
— U Elchinni o‘ylagan. Zelixon Jamshidga Elchinni har qadamda himoya qilasan, deb shart qo‘yibdi. Esingizdami, Maskovda Xongirey ham Elchinni gapiruvdi.
— Esimda... — Shunday deb Asadbek o‘yga toldi.
Chindan ham g‘azab olovida yongan paytida hukm qilib edi. Keyin afsus yedi... Agar shu ish bo‘lmaganda Zaynabi boshiga qora kunlar tushmas edi. Hamma ayb o‘zida. Mana, u tirik ekan, qaytib keldi. Zaynabi esa...
Kesakpolvon sukunatga toqat qilolmadi:
— Jamshidni o‘zing bilan olib keluvdingmi? — deb so‘radi Chuvrindidan.
— Ha.
— Nega men bilmadim?
— Avval maslahatlashay devdim.
— Demak, menga aytishing mumkinmas. Men sen uchun hech kimman. Sen — hokimsan, men esa osib, yoqishing uchun o‘lik topib keltiradigan ahmoqman!
— Jim bo‘l! — deb baqirdi Asadbek, xayolini to‘zg‘itgan a’yonidan ranjib. — Jim bo‘l! Bu senga tegishli masala emas!
— Qaysi masala menga tegishli, tushuntirib qo‘y, bo‘lmasa?
— Jirillama! Hamma narsaga burningni tiqaverma!
Kesakpolvonning alam dengizi to‘lib toshdi. Orani ochiq qilib olish fursati yetganini his qilib, Chuvrindiga qaradi-da:
— Sen chiqib tur, akang bilan gaplashib olay, — dedi.
Chuvrindi «Chiqaymi?» deganday Asadbekka qaradi. Hojasi indamagach, o‘rnidan turib, chiqdi.
— Og‘ayni, juda bunchalik emas-da! Keyingi paytda itning keyingi oyog‘iday xor qilib tashlading-ku?
Asadbek «qani, gapiraver-chi», deb indamadi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 18:57:48
Asadbek so‘nggi gapni eshitib unga yalt etib qaradi. «Basharamga tupur»... Bu gap eski yarani bir tirnab o‘tdi. Asadbek «xalq dushmani»ning o‘g‘liga nafrat izhor qilinishini hali unutgani yo‘q. Tunovinda Jalil og‘aynilar bilan bordi-keldi qilmaysan, deganida ham bu holat esiga tushgan, basharamga tupurgan bolalar bilan qanday qilib yaxshi munosabat o‘rnata olaman, deyishga og‘iz juftlagan ham edi. Jalilga bularni gapirish befoyda ekanini bilib, indamay qo‘ya qoluvdi. Hozir o‘sha tupurganlardan faqat Kesakpolvon bilan birga. Lekin bu Kesakpolvonni o‘sha ishi uchun kechirdi, degan gap emas. Kesakpolvonning tupurish holati o‘qtin-o‘qtin yodiga tushib, dilini ezadi. G‘oyibona bir ovoz «qachondir bundan o‘ch olasan», deb da’vat etardi.
Asadbekning o‘yga tolganini ko‘rib, Kesakpolvon o‘rnidan turdi-da, telefonni olib kelib, Asadbekning tizzasi ustiga qo‘ydi. Asadbek unga bir qarab olib, yon cho‘ntagidan daftarcha chiqarib Xongireyning telefon raqamini topib, terdi. Xongireyning yigiti uning kimligini obdon so‘rab-surishtirgach, ikki-uch daqiqa jim bo‘ldi. So‘ng «Hozir ulayman», dedi. Yana bir necha daqiqadan so‘ng Xongireyning ovozi eshitildi:
— O, Asad, qardoshim, omonmisan? Seni kasal deyishuvdi, yaxshimisan?
— Rahmat, tuzalib qoldim.
— Tuzalib qoldim... bu juda yaxshi.
— Yigitlar bilan ko‘rishdingmi?
— Ko‘rishdim. Mahmudbeydan bir sovg‘a berib yubordim, oldingmi?
— Sovg‘a?.. — Asadbek savol nazari bilan Kesakpolvonga qaradi. Kesakpolvon «bilmayman», degan yelka qisdi.
— Ha, sovg‘a, yangi yil quruq bo‘lmasin-da! — dedi Xongirey. — So‘rab ol. Biz sen bilan ahil yashashimiz kerak. Bir do‘stimiz yo‘qolib qolibdi, afsuslandim. Sog‘ bo‘l, qardosh...
Shunday degach, telefonlar uzildi. Asadbek o‘yga tolgan holda go‘shakni bir oz ushlab turgach, joyiga qo‘ydi-da:
— Mahmud! — deb chaqirdi.
Chuvrindi hayallamay kirdi-da, «Bular orasida nima gap bo‘ldi», deganday ularga bir-bir qarab oldi. Chuvrindi kelib joyiga o‘tirgunicha Asadbek undan ko‘zini uzmadi.
— Xongirey biz bilan ish yuritmoqchi, dedingmi?
— Ha, shunaqa xohishi bor. O‘zbeklarni yaxshi ko‘raman, deydi.
— Birga ishlagisi kelsa, ishlaymiz. Xongirey qo‘li ochiq yigit edi. Menga sovg‘a-povg‘a berib yubormadimi? — Asadbek shunday deb unga sinchkovlik bilan tikildi.
Chuvrindi undan ko‘zini olib qochib, Kesakpolvonga ilkis qarab oldi-da, xo‘rsinib qo‘yib:
— Berib yuborgan edi, — dedi.
— Qani sovg‘asi, nega bu haqda gapirmading?
— Bek aka, bu sovg‘ani... ko‘rmaganingiz ham, eshitmaganingiz ham ma’qul edi... Shuning uchun indamagan edim. Kayfiyatingizni buzgim kelmadi. Keyinroq aytmoqchi edim.
— Qanaqa sovg‘a ekan, ayt. Yo bir qop axlat berib yubordimi? — dedi Kesakpolvon.
— Bunaqa bo‘lganda darrov aytgan bo‘lardim. Undan ham battar narsa...
— Chaynalmasang-chi! — deb baqirdi Asadbek.
— G‘ilayning kallasini bitta qutiga joylab beribdi.
— Nima? G‘ilayni o‘ldiribdimi? — deb Kesakpolvon o‘rnidan turib ketdi.
— O‘tir joyingga! — deb o‘shqirdi Asadbek unga. So‘ng Chuvrindiga «davom et», deganday qaradi.
— «Sovg‘a» deyishsa olib kelaveribman, men laqma. Boloxonaga qo‘yib qo‘yuvdim, sassig‘i chiqib ketdi. Keyin ochdim. Ochsam... o‘sha kalla.
— O‘ldirishguncha indamay qarab turdingmi? — deb so‘radi Kesakpolvon.
— Borgan kunimizoq uni mendan ayirib olishgan. Xongirey «O‘z xo‘jayiniga xoinlik qilgan senlarga xizmat qila olmaydi», dedi.
— Bu gapi to‘g‘ri, — dedi Asadbek o‘ychan tarzda.
G‘ilayning o‘limi unga Kesakpolvonchalik qattiq ta’sir etmadi. Xongireyning qo‘lidan tirik qaytsa, uni o‘zi o‘ldirardi. O‘z qo‘li bilan o‘ldirmoqchi edi...
Asadbek «Endi nima deysan?» deganday Kesakpolvonga qaradi. Unga Chuvrindining tadbiri ma’qul kelgan edi. Kesakpolvonga esa bu ish ham qing‘irday tuyulib, bir qimirlab oldi.
— Jamshidni chaqir, — deb buyurdi Asadbek Chuvrindiga.
Chuvrindi chiqib, Bo‘tqaga buyruqni yetkazib kelgach, Asadbek Kesakpolvonga qarab turib so‘radi:
— Xo‘sh, o‘lik topib kelib yoqibsanlar, meni ishontirdinglar. O‘rganning odamlari ham ishondi. Ikkita kavkazlik qulog‘ini ushlab ketvordi. Xo‘sh, endi tirikligi ma’lum bo‘lganda nima deysanlar?
— Buni ukaxoningdan so‘ra. Necha kundan beri o‘ylab qo‘ygandir?
— O‘ylab qo‘ydim, — dedi Chuvrindi uning pichingiga e’tibor bermay. — Katta yo‘lda Jamshidni noma’lum odamlar to‘xtatishadi. Behush qilib olib ketishadi. Bir necha oy qorong‘u yerto‘lada saqlashadi.
— Maqsad?
— Maqsadmi... pul talab qilishadi.
— Kimdan?
— O‘zidan.
— Nimaga chiqarishdi. Pul berildimi?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 18:58:47
— Ha...
— Xom gaplar bu. Ko‘cha-ko‘ydagi odamlar uchun. Uning tirikligini bilsa anovi zumrasha prokuror titib qoladi. Avval seni chaqiradi.
— Yana bir yo‘li bor.
— Qanaqa?
— Qiz masalasi. Qizni aldagan bo‘lishi mumkin. Uylanishga rozi bo‘lgach, chiqarishadi.
— Uylantirasanmi?
— Ha, o‘ziga yoqadigan bittasi bor.
— O‘ylab ish qil.
Jamshid masalasi shu tariqa hal etilgach, Kesakpolvon Sharif Namozov Moskvaga olib ketilganini aytdi.
— Prokuror bolani ertasigayoq chiqarib yuborgan. U o‘zining ishini qilib yuribdi. Sharifni qo‘liga kishan urib olib ketishdi. Indamay qarab tursak bo‘lmas.
— Qilichga tegmabdimi?
— Yo‘q, bir marta so‘roq qilgan. Suvdan quruq chiqdi, xumpar.
— Shunisi g‘alati, — dedi Chuvrindi.
— Nimasi g‘alati? — dedi Kesakpolvon ensasi qotib.
— Suvdan quruq chiqqani. Krasnoyarga yuborgan molning darrov qo‘lga tushgani ham qiziq.
— Molning iziga Xongirey tushgan devdim-ku, — dedi Asadbek. So‘ng bir oz o‘ylandi-da, davom etdi: — Xongireyga Hosil yetkazgan... Hosilga...
— Men senga aytuvdim, — dedi Kesakpolvon. — Qamoqdaligida uni G‘ilay yo‘qlab turgan. Hosilga ham xizmat qilgan u xunasa.
— Buni isbot qilish kerak, — dedi Chuvrindi.
— Qiyin emas. Ruxsat bersang... — Kesakpolvon shunday deb Asadbekka yuzlandi.
— Yo‘q, hozircha jim turlaring. Sharifni nima qilishni o‘ylash kerak.
— Yo‘qotish kerak, — dedi Kesakpolvon.
— Haydar akam to‘g‘ri aytadilar. Vinzavodni kavlashtirish to‘xtatilmasa gazak olib ketishi mumkin.
— Xongireyga aytamiz. O‘zi pishirgan oshni o‘zi ichsin. Shu ish bilan borilsa, o‘zi hal qiladi. Mahmud, otlan, o‘zing borib kel. Ehtiyot bo‘l, yana Sharifning kallasini qo‘lingga tutqazib yubormasin. Haydar, sen Sharifning oilasidan xabar olib qo‘y. Uyi bitganmidi?
— Yo‘q, chala edi, — deb javob berdi Chuvrindi.
— Bitirib berlaring. Bu olimchadan ish chiqarmikin, devdim, bo‘lmadi. Mayli, bola-chaqasi bizdan ranjib yurmasin.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 18:59:06
3

Bo‘tqa eshikni ochib, Jamshid kelganini ma’lum qilgach, kirishga ijozat etildi. Jamshid ichkariga qadam bosib salom berdi-da, ikki-uch qadam bosib, xona o‘rtasida to‘xtadi. Uch juft ko‘z unga tikildi. U esa «Mana, men keldim, yana o‘limga hukm qilasizmi? Gunohim nima mening?» deganday Asadbekka qaradi.
— To‘g‘risini ayt: ko‘nglingda alaming bormi?
— Bek aka, men sizga hech qachon yolg‘on so‘zlamaganman. Hozir ham to‘g‘risini aytaman: ozgina bor.
— Chiqarib tashla. Yana biz bilan birga bo‘lishni xohlaysanmi?
— Xohlayman.
— Bizning ishda gina-qudurat bo‘lmaydi. Faqat... Qadamingni bilib bosib yur, bola. Bor, ishingni qilaver.
Shu bilan «Yarashuv» marosimi yakunlandi. Jamshid kelayotganda «Gunohim nimaligini so‘rayman», deb qasd qilgan, Asadbek ham undan shu savolni kutgan edi. Savol berilgan taqdirda javob berish istagi yo‘q edi. Jamshid eslilik qilib gapni chuvamadi. Bu ishi Asadbekka ma’qul keldi. U «Ishingni qilaver» degani bilan Jamshidni hali kechirmagan edi. Hali ham «Zaynab bilan don olishgan», degan fikr uni tark etmagandi. Avvalo Jamshidga mehri borligidan, qolaversa, a’yonlari o‘rtaga tushgani uchun yon bosdi.
— Bek aka, avvalgidek yoningizda bo‘lsinmi? — deb so‘radi Chuvrindi.
— Yo‘q, — dedi Asadbek bosh chayqab. — Mendan nari yursin. Iloji bo‘lsa, ko‘zimga ko‘rinmagani ma’qul. Mahmud, uning har bosgan qadami uchun sen javob berasan.
Mahmud Moskva safari tadorigini bahona qilib chiqqach, Kesakpolvon Asadbek bilan birpas gaplashib o‘tirdi-da, u ham «Qilichni topib gaplashay», deb o‘rnidan turdi. Ko‘chada, videobar eshigiga yaqin yerda turgan bir ayol ko‘ziga issiq ko‘rindi. Ayol o‘tkinchi emas, videobar eshigiga betoqatlanib qarab-qarab qo‘yardi. Kesakpolvon unga yaqinlashdi-da:
— Ha, singil, birovni kutyapsizmi? — deb so‘radi.
— Shu idorada ishim bor edi, — deya ayol videobarni ko‘rsatdi.
— Kimda?
— Asadbek akada...
— Asadbekda nima ishingiz bor?
— O‘zlariga aytaman.
— Menga aytavering. Asad kasal. Men uning sherigiman.
— Men... Sharif akaning ayoliman.
Kesakpolvon tanidi. Tanisa ham tanimaganga olib so‘radi:
— Qaysi Sharif?
— Haligi vinzavoddagi... Namozov.
— Ha, umi? Qamalibdi, deb eshitdim, rostmi?
— Rost... — Nasiba ko‘ziga yosh oldi. — Har kuni qatnayman. Ko‘rsatishmaydi ham, ovqat ham olishmaydi.
«Moskvaga olib ketilganini bilmaydi shekilli?» deb o‘yladi Kesakpolvon.
— Xavotir olmang, chiqib qolar...
— Sharif akamni olib ketishgandan keyin bitta yigit keldi. Pul talab qildi.
— Yigit? Qanaqa yigit?
— Tanimayman. Juda xunuk... Oldin o‘tirganlarida birga o‘tirgan ekan. Yuz ming so‘radi. Pul yo‘q, devdim, bolamni... o‘g‘irlab ketishdi... — Nasiba ho‘ngrab yubordi.
— Yig‘lamang, singlim, — deb yupatgan bo‘ldi Kesakpolvon.
— Yordam bering, jon aka, sizlardan boshqa kimga boraman.
— Yordammi?.. Bizda bunaqa pul yo‘q, singlim. Qarindosh-urug‘dan yig‘ing. Ja bo‘lmasa uyni soting. Uy azizmi, bola azizmi?
— O‘sha yigitni... bilmaysizlarmi?
— E, yo‘q, singlim. Biz bunaqa jinoyat ishlarga aralashmaymiz. Bizga tinchlik kerak, endi bu yerga boshqa kelmang.
Ezilib ado bo‘layozgan Nasiba so‘nggi umidini shu yerga ko‘mib, orqasiga o‘girilib qayta boshladi. Videobardan chiqib kelgan Asadbek uni ko‘rib Kesakpolvondan:
— Kim u, yig‘lab ketyaptimi? — deb so‘radi.
— Sharifning xotini. Erimni chiqartirib beringlar, deb kelibdi. «Xo‘p, harakat qilamiz», dedim.
— Yaxshi aytibsan, xabar olib tur.

Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 18:59:37
XIX  b o b

1

Chuvrindi Moskvaga bordi-yu, keldi. Xongireyning bu ishga aralashishiga hojat qolmadi.
Unga qadar Sharif Namozov o‘zini o‘rab olgan balo buluti orasida ko‘p azoblar chekdi.
Avvaliga...
Zohid qamoqxonada adolat xususida o‘ylayotganda, Sharif Namozov ham aynan shu haqda fikr yuritardi. Ular bir narsa haqida o‘ylaganlari bilan adolat to‘g‘risidagi tushunchalari turlicha edi. Zohid adolat uchun kurashguvchi toifadan, Sharif esa o‘ziga adolat yuzasidan muomala qilmoqliklarini talab etuvchi xilidan edi. Zohid «Nima uchun adolat toptaladi? Adolatni qanday himoya qilmoq, qanday tiklamoq mumkin?» deb fikr yuritsa, Sharif Namozov «Men iqtidorli olim bo‘lsam, ishlarim bilan chet el ham qiziqsa, nima uchun menga adolat qilmaydilar», deb nolir edi.
Sharif Zohiddan farqli o‘laroq, ikki o‘t orasida edi.
Bir o‘tni qamoqdan kelib, yuz ming talab qilayotgan nusxa yoqardi. Bu o‘tda oilasining kuyishi ehtimoli ham bor. Ikkinchi o‘tni shim kiygan, chigirtkasimon tergovchi xotin yoqardi. Bu o‘tdan ham oilasi jabr ko‘rmog‘i mumkin.
Bu ikki o‘tning baravariga, bir kunda yoqilishi shunchaki tasodifmi yo atayin uyushtirilganmi, bilolmay garang edi. U moskvalik tergovchi bilan yana uchrashishni o‘ylaganida badaniga titroq yugurardi. Nasibani sharmandalikdan qutqarish uchun olmagan pulni oldim, dedi. Endi u «Pullarni topasan», deb zo‘rlaydi. Yana qiynaydi. O‘zini qiynasa mayli, oilasiga tegmasa bo‘lgani... «Ishqilib Nasiba bolalarni olib biror yoqqa qochsin»da», deb orzu qildi.
Sharif Namozov bir fikrning tagiga yeta olmas edi: unga nima uchun osilib qolishdi? Axir u amal talashmasa... Ilmiy ish bilan shug‘ullanib yurgan odam edi. Bosh muhandislikni berdilar. Keyin cho‘ntagiga qora dori solib, qamatishdi. Qamoqdan o‘zlari chiqarishdi. Keyin... birato‘la rahbarlikni berishdi. Kerakmi edi, unga bu rahbarlik? Avvaliga kerak emas edi. Keyin uning shirasi yoqa boshladi. Bosh muhandisligida-ku, haqiqat talab qilgan edi. Endi hech narsa talab qilmadi. Baribir... Aksiga olib portgugaliyaliklar ham jimib ketishdi. Buni ham Sharif shu odamlardan ko‘rdi. O‘zining qora doriga o‘rganib qolganini hisobga qo‘shmadi.
U tergovchi bilan uchrashuvni qo‘rquv bilan kutayotganda eshik sharaqlab ochilib, soqchi:
— Namozov! Chiq! — deb buyurdi.
Dilgir o‘tirgan Sharif soqchining amrli ovozini eshitib, o‘rnidan qo‘zg‘aldi. Qamoqxonada yolg‘iz ezilib o‘tirish durustmi yo tergovchi bilan uzundan-uzun suhbat qurishmi — bilmasdi.
Soqchi dahlizdagi sherigiga Sharifni topshirib, o‘zi eshikni sharaqlatib yopdi.
Xuddi avvalgi qamoqdaligi kabi...
Ko‘ngliga «Chiqarib yuborishsa edi», degan umid quyoshi mo‘raladi.
U avvalgi safardagiday yurib bordi. Faqat... Zinalardan pastga emas, yuqoriga ko‘tarildi. Hovliga chiqmadi, balki yana uzun dahliz bo‘ylab yurdi. Endi u tergovchi bilan uchrashuvi aniqligiga ishondi. Soqchi Sharifni chog‘roq xonaga boshladi. Avvalgi safar bunday xonada qaldirg‘och mo‘ylovli yigitga duch kelgan edi. Bu safar bir semiz odamga ro‘para bo‘ldi. Bu semiz ham o‘sha mo‘ylovli yigitga o‘xshab, faqiriga mensimay qaragan podsho kabi ilkis nazar tashlab qo‘ydi. Qandaydir qog‘ozlarga imzo chekdi. Yigit shunday qilib turib:
— Namozov, siz ozodsiz. Ayblaringiz isbotlanmadi, — degan edi.
Bu semizdan ham shunday so‘z kutdi. Ammo uning o‘rniga u odam:
— Qo‘llaringni uzat! — deb buyurdi.
Sharif amrni beixtiyor bajarishi bilan, u chaqqonlik bilan bilaklariga kishan soldi-da:
— Bo‘ldi, olib chiq, — deb orqadagi soqchiga buyurdi.
Avvalgiday bo‘lmadi. Uni hammayog‘i berk mashinaga chiqardilar. Mashina tebranib, ancha yurganidan so‘ng bir joyda ko‘p vaqt to‘xtab turdi. Sharif uchoqlarning ovozini eshitib, ajablangancha o‘tiraverdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 18:59:52
Mashina eshigi ochilgandan so‘ng u o‘zini bahaybat uchoq oldida ko‘rdi. Mashinadagilar uni Berger bilan Vladga topshirishdi-da, qog‘ozlarga qo‘l qo‘ydirib olib, izlariga qaytdilar. Vlad kurtkasini yechib Sharif-ning qo‘llarini bog‘lab turgan kishan ustiga tashladi. Bir yonida Berger, bir yonida Vlad bilan Sharif xuddi xavfli jinoyatchi kabi uchoqqa chiqdi. Uning qo‘llari kishanlanganligini uchoqdagilarning ko‘pchiligi sezmadi ham. Ustida plashchi bor odam nega charm kurtkani quchoqlab olibdi, deb o‘ylaguvchilar ham bo‘lmadi.
Uchoqda deraza tomonda Arina Berger, o‘rtada Sharif, chetda Vlad o‘tirdi. Uchoq bekasi suv olib kelganda ham, ovqatlanish paytida ham kishan yechilmadi. Berger «G‘iring desang yoki qimirlasang otaman» degani uchun jim o‘tiraverdi.
Jim o‘tirmaganda nima bo‘lardi?
Deylik, u kishanli qo‘llarini ko‘tarib «Birodarlar, meni qutqaringlar, bular meni begunoh qamashdi! Bularda insof yo‘q! Bular xotinimni ham zo‘rlamoqchi bo‘lishdi!» degani bilan birov o‘rnidan turarmidi? Nari borsa qayrilib qarab qo‘yishadi. Insoflirog‘i «Bechora» deb achinib qo‘yadi. Shu xolos... Adolat istab baqirgani uchun o‘q yemagan taqdirda ham bo‘yniga Vladning gurziday mushti tushishi tayin.
Uchoqdan hammadan keyin tushishdi. Ularni hammayog‘i berk mashina kutib turardi. Berger uni qamoqxona vakillariga topshirib, o‘zi Vladni qo‘ltiqlagancha nari ketdi. Uchoqdan mashinaga chiqquniga qadar Sharif qor bo‘ronida sovqotdi. Tishlari ham takillab qoldi. Mashina avvaliga iliq tuyulgan edi. Dam o‘tmay ayoz zabtiga oldi.
Uni «Matroskaya tishina» degan sururli nomda yuruvchi Moskvaning qadimgi turmasiga olib keldilar. Soqchi ikki tomoni temir eshiklardan iborat dahlizdan o‘tgach, oxirgi eshikni ochdi-da:
— Joy yo‘q, bitta-yarimta bilan galma-gal yotasan, — deb kiritib yubordi.
Bu ogohlantirish Sharifga g‘alati tuyuldi. U mehmonxonalarda «joy yo‘q» degan gapni ko‘p eshitgan, ammo qamoq, ayniqsa, ikki qavatli karavotlar bilan to‘la xonada joy bo‘lmasligi uning uchun ajablanarli edi.
Chindan ham bu katta xonada turgan ham, o‘tirgan ham, yotgan ham ko‘p edi. Havo issiq, nafas olish og‘ir edi. Qariyb ikki soatdan oshiq sovuq mashinada o‘tirgan Sharifga issiq xush yoqib, avvaliga badbo‘yga uncha e’tibor bermadi.
U nima qilishini, qaerga o‘tirishni bilmay eshik yonida qaqqayib turib qoldi.
Qadim o‘tgan shoir:
«Sipoh gardidin bo‘ldi olam siyoh.
Na xurshid ko‘rundi unga, na moh»,
deb yozganida mana shunday qamoqxonadagi tirbandlikni ham nazarda tutganmikin?
Bunda kissavur ham, kallakesar ham, xizmatchiyu olim ham — barchasi jamlangan edi.
Bunda ham maxsus burchak — qimorxona mavjud edi.
Bunda najas, shiptir hidi ham, tamaki, ter hidi ham, xullas, dunyodagi barcha sassiq hidlar to‘plangan edi.
Sharif e’tiborini burchakdagilarga qaratdi: ularning «ish kuni» avjida. «Bular ham tilla tishlarni sug‘urarmikanlar», deb o‘yladi Sharif.
Tura-tura oyoqlari tolgan Sharif cho‘k tushib o‘tirib, devorga suyandi. Dam o‘tmay devorning zaxi badaniga o‘tib, junjikdi. Unga birov «beri kel» deb lutf qilmadi. Bu orada ovqat berdilar. Eplagan oldi, eplay olmaganlar keyingi ovqatga umid qildilar. Sharif shu umidvorlar qatorida qoldi.
Badani zirqirab, yotgisi keldi. Yaqindagina bir kishi yotib turgan karavotga yaqinlashib «Birpas yotay», deb so‘radi.
— E, yo‘q, hozir kelib, hozir yotaman, deb o‘ylayapsanmi? Bu yerda yotish huquqini olish uchun uch-to‘rt kun yerda yotib pishasan, — dedi karavot egasi.
Bu gapdan boshqalar kuldi. «Bir pas yota qolsin», deydigan insof egasi topilmadi. U noiloj devor tomonga qaytib cho‘kdi. Shu ahvolda birpasgina mudradi. Shu mudrashda tush ham ko‘rdi:
— Nimalar qilib qo‘ydingiz, adasi? — dedi Nasiba bosh chayqab.
— Nima qilibman?
— Ularga yaqinlashmang devdim, quloq solmadingiz.
— Adashdim, Nasiba...
— Siz ilmingizga xiyonat qildingiz. Xudo sizga aql bergan edi, siz aqlsizlar bilan qoldingiz...
— Xudo kechirsin...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 19:00:14
Boshi chayqalib uyg‘ondi.
Kuni shu zaylda boshlanib, shu zaylda davom etdi. «Karavotingda yotay», deb boshqa yalinmadi. Xuddi ko‘chadagi tilanchilar kabi cho‘nqayib o‘tiraverdi.
Qancha vaqt o‘tganini bilmaydi. Badanida titroq uyg‘ondi. U dorining xumori tutdi, deb o‘yladi. Aslida uning isitmasi ko‘tarila boshlagan edi. Anchagacha chidadi, so‘ng titragan holda o‘rnidan turdi. Burchakda qimor o‘ynayotganlar tomonga najot bilan qaradi. Ularning o‘yin paytida nasha tortish odatlari bo‘lardi. Hech bo‘lmasa bir tortarman, hech bo‘lmasa tutunini hidlarman, deb o‘sha tomonga yurdi. Davraga yaqinlashganda o‘tirganlardan biri o‘girilib qarab:
— Nima deysan? O‘ynamoqchimisan? — deb so‘radi.
— O‘ynardimu... pulim yo‘q-da... — dedi Sharif.
— Puling bo‘lmasa jo‘na.
— Bir torttiringlar...
— Nima?
— Qurug‘idan... faqat bir marta.
— Jo‘na dedim.
Sharif haqoratlangan odam qiyofasida o‘girilganda davradagilardan biri unga marhamat qildi. Chekib ado bo‘layozgan o‘rama papirosni berdi. Sharif yutina-yutina tutatib joyiga bordi. Avval cho‘nqaydi. So‘ng yotib oldi. Nasha ta’sirida sal rohatlanganday bo‘ldi. Nashaning kuchi qirqilib, isitmasi yana ko‘tarilgach, bezovtalana boshladi. U uchoqdan mashinaga chiqquniga qadar, so‘ngra yo‘ldagi sovuqda shamollaganidan, zotiljam xastaligi vujudiga hukm o‘tkaza boshlaganidan bexabar edi.
Sharif og‘zi qurigan, titragan holda qaddini arang ko‘tardi. Picha devorga suyanib o‘tirdi. So‘ng qiynalib bo‘lsa-da, o‘rnidan turib burchakdagi davraga asta yurib yaqinlashdi. Uning bu turishi ko‘cha-ko‘yda xorlanib yuradigan mayparastlarning ayni o‘zi edi. Davradagilardan biri ijirg‘anib:
— Yana nima deysan? — dedi.
— Bitta torttiring.
— Torttiraymi? Hozir, — u shunday dedi-da, Sharifning yuziga musht tushirdi. Keyin uning behush tanasi tepki ham yedi. Sharif shu holida ancha yotdi. So‘ngra atrofdagilar unga rahm qilib, joyiga — devor yaqiniga, muzdek beton ustiga yotqizib qo‘ydilar. Davradagilardan biri yozilib chiqayotib, hali ham qimir etmay yotgan Sharifga e’tibor berdi. Joyiga o‘tirayotib:
— Sasha, nima balo o‘ldirib qo‘yding shekilli, qoravoy qimir etmay qolibdi, — dedi.
Urgan yigit avvaliga qo‘l siltadi, so‘ng «Hozir o‘ziga keltiraman», deb o‘rnidan turdi-da, Sharifning bilagini ushladi.
— Tirik. Qoravoylarning joni qattiq bo‘ladi. Hozir nashatir spirt beramiz, — dedi-da... Sharifning ustiga tahorat ushatdi. U to ishini tugatguncha davradagilar kulgilari bilan quvvatlab turishdi.
Sharif chindan ham tirik edi. Hushi ham o‘ziga qaytgan, faqat holsizligi tufayli qimirlay olmayotgan edi. U kaltaklagan yigitning nima qilayotganini avval tushunmadi. So‘ng xo‘rlik va alamdan bo‘g‘ildi. O‘rnidan turmoqni, uning bo‘g‘ziga chang solmoqni istadi. Bor kuchini to‘plab turishga intildi, biroq gavdasi o‘ziga bo‘ysunmadi: yerparchin bo‘lib qolaverdi. Istakni bajarish uchun quvvat kerak. Uni esa quvvat tark etgan edi. Bir ozdan keyin sudralib quruqroq joyga o‘tdi. Ko‘ngli aynib, o‘qchidi. Ichida hech narsa bo‘lmagani sababli qayt qilolmadi.
Karavoti borlar yotib uyquga ketishdi. Demak, kech kiribdi...
«Men necha kundan beri bu yerdaman? Meni buncha xorlashadi? Bu xorlikdan o‘lganim yaxshi emasmi? Yaxshi... Ammo o‘lishning chorasi bormi?» deb o‘yladi Sharif.
Uning fikri qat’iylasha boshladi. O‘limni chaqirdi.
Qani endi o‘lim hazrati oliylari kela qolsa, shoshila qolsa...
O‘lim-ku kelar, ammo qay holda jon beradi? Hayotda omadsiz edi, o‘limda ham shunday bo‘ladi shekilli? Itday xor bo‘lib o‘ladi, murdasini itning o‘ligiday olib chiqib tashlashadi. Ko‘mishadimi yo kuydirisha-dimi?
«Nima qilsa qilar, shu yerdan qutulsam bo‘ldi», deb o‘yladi u.
Hozir Sharif Nasibani, bolalarini o‘ylamas edi. U azoblardan qutulish yo‘linigina axtarardi...
Qadimning alloma shoiri aytganidek:

Kishidinki qaytti jahon ichra baxt,
O‘zi zor bo‘lur, ishi barcha saxt.
Agar qochsa har sori yeldek, qazo
Anga yetkurur javru dardu balo...

Qazo uni quvib yurgan ekan. Quva-quva shu sassiq qamoqxonada bo‘g‘zidan ushladi.
Sharif sal o‘ziga kelgach, o‘rnidan turib gandiraklaganicha burchakdagi davraga yaqinlashdi.
— Nima, yana tortging kelyaptimi? — deb so‘radi mushtlagan yigit.
— Yo‘q, pichoq berib turinglar.
— Nima qilasan?
— Tuflim qisyapti, orqasini kesib qo‘yay.
Mushtlagan yigit uning oyog‘iga qaradi:
— Yap-yangi tufli ekan, yech, senga boshqasini beramiz.
Sharif o‘tirib tuflisini yechib berdi. Yigit uzatgan tuflini kiyib:
— Bu ham siqyapti, pichoq berib turing, — dedi.
Mushtlagan yigit u tomonga chirt etib tupurdi-da, ko‘krak cho‘ntagidan buklama pichoqcha chiqarib uzatdi. Sharifga go‘yo u najot qayig‘ini uzatgandek bo‘ldi. Sharif joyiga qaytib o‘tirdi. Nimalarnidir o‘ylaganday bo‘ldi. Aslida o‘ylamadi. O‘ylay olmas ham edi. Ham xumor azobi, ham isitma uning miyasini shol qilgan edi.
U o‘tira-o‘tira oxiri avval o‘ng, so‘ng so‘l bilak tomirlarini kesib tashladi.
Shundan so‘ng azob chekinib, huzurlandi.
Shu paytgacha bu qadar huzur ko‘rmagan edi...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 19:01:13
XX  b o b

1

Toshbaqa jayronni quvib yetib g‘ajib tashlashi mumkin bo‘lmaganidek, Zaynabning o‘z orzulariga yetmog‘i mumkin emasdi. Ruhidagi Kumushbibini osib, otasi-ning yo‘lini tanlagan kezda, dastlabki qasosning achchiq mevasini tatib, ko‘ngillari ezilganda, ja’miki erkak zotidan nafratlanib yurgan paytlarda Jamshidning tirik ekanini, uyiga qaytganini eshitdi. Eshitdi-yu, osib o‘ldirilgan ruhi tirila boshladi.
Bu xabarni Haydar amakisidan eshitgani uchun darrov ishondi. Kesakpolvon bu xabarni Zaynabga bekor yetkazmadi. Asadbekning «Jamshid mendan nari yursin», degani bir jihatdan ma’qul bo‘ldi. Buni o‘zicha Chuvrindi qanotining qayrilishi deb angladi. Jamshidni o‘z tomoniga og‘dirish rejasini tuza boshladi. U hojasining o‘shandagi g‘azabini uyg‘otgan sababni o‘zicha taxmin etardi. Yangilikni eshitgandagi Zaynabning holatini kuzatib, to‘g‘ri yo‘l tanlaganiga ishonch hosil qildi. U Zaynabga valine’mat bo‘lganiga to‘la ishonardi. Demak, uning muhabbati orqali Jamshidga ta’sir etish mumkin, deb hisobladi.
Chindan ham Zaynabning Jamshidga muhabbati o‘lmagan edi. Jamshidni har eslagan zamonda ruhi hayqirar edi. Endi bu hayqiriq uning qasamlari to‘g‘onini buzdi. Erkak zotiga bo‘lgan nafrati ham istisno tariqasida susaydi. Uning nazarida Jamshid dushmanlarni yengib, suyuklisi bag‘riga qaytgan Otabek timsolida gavdalandi. Faqat... Otabek suyuklisi uchun kurashgan edi. Xomidlarni o‘ldirgan edi. Zaynabning Otabegi esa bir odamning qahridan cho‘chib, jon shirinlik qilib qochvordi...
Xayoliga shu fikrlar kelib, o‘ylandi:
«Hozirgi vaqtda bormi Otabeklar?..»
Zaynab Kumush bo‘la olmadi, ammo Tuproqbibi bo‘lgani rost, tuproqdan-da battar bo‘lgani rost. Otabegi esa... «Nahot ko‘nglida zarracha muhabbat bo‘lmasa...  Nahot qalbida muhabbati yo‘q insonning bu dunyoda yashamog‘i mumkin bo‘lsa?..» — Zaynab yecholmayotgan jumboqlar bular.
Kumushning Otabegi bir go‘zal maktub bitgan edi. Zaynab bu maktubni yod olgan, xayolida Jamshiddan shunga o‘xshash maktublar olib turar edi.
Zaynab Jamshidning tirikligidan bir quvonib, yo‘qlamagani uchun bir ranjib, turli fikrlar o‘tida qovrilib bo‘lgach, sog‘inchdan entikkan yurak yana o‘sha maktubni qo‘msadi-yu, «O‘tgan kunlar»dagi satrlarni o‘ziga mosladi.
«...Suratini ko‘z o‘ngidan ketkiza olmagan, Otabekning (ya’ni Jamshidning) yuzini ko‘rolmay, so‘zini eshita olmasa ham yozg‘an xatini o‘qub eshitish Kumush (ya’ni Zaynab) uchun katta qiymatga molik edi. Otasi (xatni otasi emas, Haydar amakisi berar) yo‘lakdan kirishi bilan latif ko‘kragi kuchlik tin olish ila ko‘tarilib tashlandi-da, go‘yo Otabek (ya’ni Jamshid) bilan uchrashaturg‘ondek yuragi o‘ynamoqg‘a boshladi...»
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 19:01:27
Haydar amakisidan xatni olgach, u ham Kumushbibi singari uyalib-netib turmaydi. «...qizarg‘an, qizargan emas, ich-ichiga botgan shahlo ko‘zlari, yosh bilan sing‘an jingala kipriklari, chimirilg‘an to‘sdek qora qoshlari uni allaqanday bir holga» qo‘yadi. «Qoshi ustiga to‘zg‘ib tushgan sochlarini» tuzatmayoq xatni o‘qiydi.
Kumushning Otabegi «oy yuzli rafiqam, qunduz qoshli ma’shuqam Kumushxonimga!» deb boshlagan edi. Jamshid akasi soddagina qilib: «Salom, Zaynab!» deb boshlasa ham mayliga.
Kumushning Otabegi:
«Shayton ustasi bo‘lgan Xomidning manim otimdan sizga yozg‘an taloq xatisi ila menga qarshi yonib ketgan yurakingizning nafrat o‘ti ehtimol endi o‘cha tushkandir. Soxta taloq xatini olg‘an so‘ngingizda menga xitob qilib yozg‘an fikrlaringizdan ehtimol endi qaytayozg‘andirsiz... Bu xatni yozar ekan, muhabbatingiz bilan to‘luq bo‘lg‘an yuragim mudhish bir haqiqat ehtimolidan yafroq kabi titrar va o‘zining to‘lib-toshqan hasratlarini, faryodlarini ifodasidan adashar edi...»
«...Menim uchun ko‘yingizda va oyog‘ingiz uchida jon berish juda shirin edi va ko‘bdan beri g‘oyam edi. Shuning uchun yaqinrog‘ingizda o‘lmak uchun, o‘lar ekanman, so‘ng daqiqamda yana bir martaba bo‘yingizni olib o‘lish uchun dushman tomonidan uyingizga ochilgan tuynukchaga kirdim. Kirdim-da, sizning bo‘yingizni oldim, hafif tin olg‘andag‘i latif uxlag‘an tovshingizni eshitdim...»
«...Ba’zi ehtimollarga qarshi siz bilan ko‘rishmak menga muyassar bo‘lmadi. Umrimda birinchi martaba ko‘ngil orzusig‘a qarshi bordim. Chunki manimcha oradag‘i qora tikon supirilgan edi. Mundan so‘ng hamisha meniki edingiz. Men Toshkandda yurarman, ammo ko‘zim o‘ngida sizning haykalingiz! Ajabo, busiz menga mumkinmi?»
Zaynabning xayolidagi Otabegi shu xilda yoza bilarmi edi? Chiroyli so‘zlar topolmasa-da, xunuk dag‘al so‘zlar ila yozsa-da, mayli edi. Nima deb yozsin? «Otang meni o‘limga hukm etdi», desinmi? Otasini «dushmanim» atasinmi? Taloq xati-chi? Taloq xati bermoq uchun nikoh lozim. Nikoh esa... yo‘q. O‘rtada faqatgina Zaynabning arosat muhabbati bor. Kumushning Otabegi uchun ma’shuqasining oyog‘i uchida jon berish shirin edi. Uniki esa... Akalari «qoch!» deb edi, qochdi...
«Mundan so‘ng hamisha maniki edingiz...»
Qani endi shunday desa. Oddiygina qilib, bir buyumga nisbatan aytganday «Sen — menikisan!» desa ham mayli.
Yo‘q... yozmadi, yozmaydi ham.
Otabeklar bormi o‘zi dunyoda?..
Osmonda uchg‘uvchi qushlarning barchasi burgut bo‘la olarmi ekan?
Osmonda burgutlar bormi ekan?..
Bularni ko‘p o‘yladi. Oxiri «xat yozmasalar ham mayli, bir kelib-ketsalar-chi, hech bo‘lmasa uzoqdan ko‘ray» deb umid qildi. Bechora juvon Jamshid uchun bu ko‘chadan o‘tish ta’qiq etilganini qaerdan bilsin?
Xat olish umidi sarob ekaniga o‘zini ishontirgach, tunning halovatsiz og‘ushida suygani bilan ko‘rishmoq onlarini xayolida jonlantirdi...
«—Zaynab, men seni sog‘inib keldim... Esingdami, oxirgi uchrashuvimizda «Mening o‘rnimda hayvon bo‘lganida xo‘rlanishiga chidolmay, hech bo‘lmasa o‘kirardi. Egasining rahmi kelardi. Egasi xo‘rlatib qo‘ymas edi», deganding. Sen ko‘p xo‘rlanding, bunga men aybdorman. Meni kechir, men sen uchun o‘ch olaman! — deydi.
— Qanday o‘ch olasiz?
— Avval otarchini o‘ldiraman, bilaman, seni u zo‘rlagan.
— U mening erim. O‘ch olishingizga yo‘l bermayman.
— Men seni undan tortib olaman.
— Yo‘q... Endi kechikdingiz. «Sen singlimsan», degan edingiz. Siz... akam bo‘ling...»
Shunday deydi...
Ammo xayolidagi bu gaplar ham amalga oshmaydi. Jamshidni yana ancha vaqt ko‘rmaydi. Faqat... Janozada uzoqdan bir ko‘radi. Ko‘radi-yu, ammo yuragi «jiz» etmaydi. Ruhidagi Kumushbibini osgan Asadbekning qizi bu paytga kelib qalbini muhabbatdan tozalashga erishgan edi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 19:02:04
2

Muhiddin ota ketayotgan chog‘ida Kesakpolvon bilan suhbatlashib turgan Jalilni chetga tortib «Ogoh bo‘lib turing. Hozircha shifoga umid bor. Ammo bir sabab bo‘lib, yana orqaga siljib ketish ehtimoli mavjud ekan», deb shipshigan edi. Kesakpolvon «Oqsoqol nima dedi?» deb so‘rayvergach, Jalil aytdi. Har holda Asadbekning davolatish ishida ular hamfikr edilar. Shu sababli ham Jalil uning bu haqiqatdan ogoh bo‘lishi foydadan holi emas, deb o‘yladi.
Bu xabar chindan ham Kesakpolvon qalbining mog‘or bosgan qismida payt poylayotgan niyati uchun foydali edi. Kesakpolvon «Baribir o‘ladi, shekilli», deb taxt sari yo‘ldagi g‘ovlarni surish harakatini tezlashtirdi.
Qadimda mushriklar sanamlarning haykallarini yasab olib sig‘inishar ekan. Ularning aqidasiga ko‘ra, bu sanam — Xudoning qizi. Ular ana shu sanamga sig‘inish bilan uning otasiga — Xudoga yaqinlashmoqni niyat qilar ekan.
Kesakpolvon rejalarining biridan ana o‘sha mushriklarning hidi kelib turardi. Taxtni egallash yo‘lidagi muhim masalalardan biri — Zaynab bilan yaqinlashuv edi. Garchi Mardona voqeasida Zaynabning otasi yo‘liga yaqinlashuvi hali uzoq ekanini anglagan bo‘lsa-da, fikridan voz kechmadi. Bil’aks, u bilan ko‘proq uchrashadigan bo‘ldi. O‘z xayolida Zaynabni qayta tarbiyalay boshladi.
Ana shu kunlarning birida Xumkalla unga g‘alati xabar yetkazdi. Halimjon degan yigit u bilan suhbatlasha turib, gapni aylantira-aylantira «Hosilboyvachcha qaerga ko‘mildi?» deb so‘rabdi.
Bu xabar Kesakpolvon uchun kutilmagan yutuq edi. Hosilboyvachchaning qaerga ko‘milgani bilan hatto Asadbek ham qiziqmadi. Murdaning qaerga ko‘milganini Chuvrindi ham bilmaydi. G‘ilay unga aytmagan bo‘lish kerak.
«Halimjon deganiga bu nima uchun kerak?» — deb o‘yladi Kesakpolvon. «Bunga faqat Xongirey yoki o‘rganning odami qiziqishi mumkin. Halimjon kim o‘zi? Uni Mahmud topgan. Mahmud... Chuvrindi ukaginam... Seni siylasam, chorig‘ing bilan to‘rga chiqyapsanmi?.. Shunaqa qilaversang, bitta chorig‘ing bilan qoldiraman, bola. Bek akang seni «aqlli» deydi. Ishqilib aqling seni go‘rga yetaklamasin-da... Men ham seni yaxshi ko‘raman. Senga ko‘p xizmatim singgan. Lekin oyog‘im orasida o‘ralashaversang, xalaqit bersang, Bek Jamshidni ayamagandek, man ham senga rahm etmayman!»
Kesakpolvon bir necha fursat o‘z xayoliga bandi bo‘lgach, javobga, aniqrog‘i maqtovga ilhaq Xumkallaga qaradi:
— Qaerga ko‘milganini so‘radimi?
— So‘radi.
— Aytdingmi?
— Bilmayman-ku?
«Ha, bu bilmaydi», deb o‘yladi Kesakpolvon. So‘ng so‘radi:
— Bilsang aytarmiding?
— E, men jinnimanmi? Bunaqa gaplarning birovga aytilmasligini bilaman men.
— Gap bunday: sen Hosilboyvachchaning qaysi qabristonga ko‘milganini bilasan, — Kesakpolvon shunday deb qabriston nomini aytdi. — Ko‘mishga G‘ilay birga borgan. Sen o‘shandan eshitgansan. Shu gapni qanaqasiga bo‘lsa ham unga aytasan. Keyin besh-olti yigit shu qabristonni poylaydi. Qani bilaylik-chi, murda nima uchun kerak bo‘lib qoldi ekan?
— Qoyillatamiz! — deb tantanali va’da bergan Xumkalla chindan ham bu gapni ishonarli qilib yetkazdi. Go‘yoki Asadbek Hosilboyvachchaning bu qabristonga ko‘milganini bilib, «Boshqa mozorga qo‘yish kerak edi», deb so‘kkan emish.
Halimjon bu xabarni kutilmagan muvaffaqiyat deb bilib, kerakli joyga yetkazdi.
Bu uning jiddiy xatosi bo‘ldi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 19:02:21
3

Halimjondan bu xabarni olgan Said Qodirov bir ishonib, bir ishonqiramay o‘ylandi. O‘ylay-o‘ylay Zohidni chaqirdi.
— Bir-birlariga urush e’lon qilmay turib, o‘zaro urushni boshlab yuborganlari rost chiqyapti, — dedi u. So‘ng Chuvrindining Moskvaga borib kelgani, Jamshidning paydo bo‘lgani haqidagi kutilmagan yangilikni aytdi. — Bu yerda g‘alati o‘yinlar bor, iplarni rosa chigallashtirishgan. Chigalni yechishni boshlashimiz kerak.
Bu Zohidning ko‘nglidagi gap bo‘ldi. Ammo endi chigalni yechish oson emasligini u bilib turardi. Ayniqsa Jamshidning paydo bo‘lishi muammosi ajab hol edi.
— Sunnatullaevni kuzating. Hamonki, u o‘lmagan ekanmi, demak ikki cho‘ntaklarida to‘la bahona bor. Meni bir narsa xavotirga solyapti. Bizning odam dastlab Hosilboyvachcha qaerda ko‘milgani bilan qiziqqanda ularning odami aytmagan. Holbuki, u ham o‘sha kuni Asadbekning eski hovlisiga yaqin joyda poyloqchilikda bo‘lgan. U qabristonni uch kundan keyin aytgan. Eng muhimi — gapni o‘zi boshlagan.
— Bizni chalg‘itmoqchi bo‘lgan, demoqchimisiz?
— Chalg‘itishi bir masala. Ikkinchi masala — bizning odamga qarmoq tashlashgan. Undan shubhalanishgan bo‘lsa-chi? Biz o‘sha qabristonni bossak, shubhalari tasdiqlanadi. Ana unda odamimizni ayab o‘tirishmaydi.
— Bu turgan gap. Ponani pona bilan chiqaradi, degan gap bor. Agar ular bizni chalg‘itmoqchi bo‘lsa, biz ham shunday qilaylik.
— Masalan, qanday?
— Masalanmi... Boshqa bir-ikki qabristonni surishtirgan bo‘lamiz-u, ular aytganga yaqinlashmaymiz.
— Butunlay borilmasa ham shubhali. Uch-to‘rt qabristondan so‘ng u yerga ham o‘tish kerak. Hozir qo‘lingizda qanday ish bor?
Zohid Botirovning oxirlab qolayozgan «Ish»i haqida qisqacha ma’lumot berdi.
— Qabristonlar bilan o‘zingiz shug‘ullaning. Go‘rkovlarda gap ko‘p.
Bu tashrifdan so‘ng Zohidning ko‘ngli yorishdi. Ko‘chaga chiqqanda osmon o‘yini avjda edi. Bevosh bulutlar choki so‘kildi-yu, Zohidning ko‘ngliga hamohang ravishda quyosh bir charaqladi...
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 19:02:44
4

Omadli odamning xo‘rozi ham tuxum qiladi, deydilar. Keyingi kunlarda Kesakpolvon o‘zini ana shunday omadli his eta boshladi. Ular aytgan qabriston emas, boshqalarining tekshirilishi, go‘rkovlarning so‘roq qilinishi Halimjonga bo‘lgan gumon olovini zarracha bo‘lsa ham pasaytirmadi. Xizmatga kelgan dastlabki kunlarida bo‘yin egmagan bu yigitni Kesakpolvon uncha yoqtirmas edi. Endigi qiziqishi tufayli uni qarmoqqa ilintirib, shu bilan Chuvrindi yuziga tarsaki urmoqchi, Asadbekni undan sovutmoqchi edi.
Ana shu tashvishlar bilan yurganida unga yana omad kulib boqdi: uyiga Mamatbey kirib keldi.
Kesakpolvon maishatni barvaqt yakunlab, uyiga tungi soat ikkilarda qaytgan edi. Mamatbey o‘n besh daqiqadan so‘ng darvoza qo‘ng‘irog‘ini chaldi.
Kesakpolvon Asadbekka taqlidan boloxona qurdirgan, unda ikki yigit galma-galdan poyloqchilik qilishardi.
— Xo‘jayiningni chaqir, — dedi Mamatbey poyloqchiga.
— Siz kim bo‘lasiz?
— Xongireyman, Maskovdan keldim.
Kiyimini almashtirayotgan Kesakpolvon yigitning gapini eshitib, «kallang bormi?» deb so‘kindi. Shubhasizki, u Xongireyning kelganiga ishonmadi. Ammo «Xongireyman», degan ahmoq kim ekan?» degan qiziqish bilan yelkasiga to‘n tashlab, darvozaxonaga chiqdi. Mamatbeyni ko‘rishi bilan tanidi.
— Salom, qardoshim, Xongireydan senga ulug‘ salomlar, — dedi Mamatbey u bilan ko‘risha turib.
— Salomat bo‘lsinlar, — Kesakpolvon shunday deb, uni uyga taklif qildi.
— O‘zbeklarga qoyilman, — dedi Mamatbey, mehmonxonaga kirishi bilan, — dasturxoni doimo shay turadi.
Mamatbey izzattalab insonlardan emas edi. Kesakpolvon «Oling» deb taklif qilishi bilan dasturxondagi noz-ne’matlardan betartib ravishda iste’mol qila ketdi.
... Bu xonadonga u o‘z xohishi bilan kelmadi. Xongirey chindan ham Kesakpolvonga salom aytgan edi.
Chuvrindi yurtiga qaytgach, Xongirey bir rejani obdon pishirish uchun bir-ikki kun o‘ylandi. So‘ng Mamatbeyni chaqirdi.
— O‘zbeklarni nima qilsam ekan? — deb so‘rab, unga sinovchan tikildi.
— Ular o‘yin qoidasini buzishdi. Maydondan chiqarib tashlash kerak, — dedi Mamatbey dangaliga.
— Men ularni to‘satdan chiqarib tashlay olmayman.
— Nega?
— O‘zbeklarga qo‘l ko‘tarishga haqqim yo‘q. Ular din qardoshlar, bu bir. Ikkilamchi, ular ustozimga non berishgan. Agar ularga qo‘l ko‘tarsam Zeli og‘amning ruhi chirqiraydi.
— Ularni jazosiz qoldirmoqchimisiz?
— Hosilni Asad o‘ldirgan. Unga tegmasam ham erta-indin o‘zi o‘ladi. Ikkita laychasini nima qilamiz?
— Ochig‘i... bilmayman, — dedi Mamatbey. U oson yo‘lini aytgan edi, hojasi unamadi. Mamatbey uning yashirin niyati borligini payqab, javobdan bo‘yin tovladi.
— Bizga ularning bittasi kerak. Qaysi biri?
— Zo‘rrog‘i-da, — dedi Mamatbey.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 19:03:03
— Qaysi biri zo‘r?
— Bilmayman.
— Shuni aniqlaysan. U ham zo‘r bo‘lsin, ham bizga itoat etsin — Hosilning o‘rnini bossin. O‘yla!
Mamatbey bosh egib, o‘ylangan bo‘ldi. Keyin yelka qisib «Amr hojamdandir», degan ma’noda qaradi.
— Men Mahmudbeyga Asadning o‘rniga sen bo‘lasan, dedim. U bir oz noz qildi. Lekin men bunaqa nozlarga ishonmayman. Hali taxtdan voz kechadigan ahmoq dunyoga kelmagan. Yuragiga cho‘g‘ solganman. Ikkinchi cho‘g‘ni sen Gaydarga solasan. Ana endi ikkisi olishsin. Aqllisi, zo‘ri qoladi. Bizga o‘shanisi kerak.
...Yarim kechada Kesakpolvon uyiga kelgan Mamatbeyning asosiy vazifasi shu — bo‘lajak taxt egasi qalbiga cho‘g‘ solish edi. Aslida bunda cho‘g‘ emas, to‘g‘rirog‘i, olov mavjud edi. Mamatbey endi bu olovga moy sepib alanga oldirmog‘i darkor.
— Mahmudbey Maskovdan qanday gap olib keldi?— Mamatbey shu savolni berib, ayyorona kulimsiradi.
— U Xongireyning sovg‘asini olib keldi, — dedi Kesakpolvon, gapni qisqa qilib.
— Asadbeyning sog‘lig‘i qalay?
— Yaxshi, — Kesakpolvon shunday deb ajablandi.
— Bu kasal yomon... oxiri olib ketadi...
— Nima deyapsiz?
— Rakning davosi yo‘q.
— Rak deb kim aytdi sizga?
— Kim aytishi mumkin? Ha, yana bir savol: Asadbey nima sababdan Hosilbeyni otdi, bilmaysanmi?
— Asadbek otmadi.
— Senga yolg‘on gapirish yarashmaydi. Asadbeyning o‘rniga o‘tiradigan odam haqgo‘y bo‘lishi kerak.
— Haqgo‘y deng... Bitta donishmand aytgan ekan: «Agar ro‘parangdan zaharli ilon bilan haqgo‘y chiqib qolsa, avval haqgo‘yni o‘ldir».
— Biz unday donishmand emasmiz. Biz oddiy odamlarmiz. Haqgo‘ylarni yaxshi ko‘ramiz.
— Haqiqat shuki, o‘sha kuni men boshqa yoqda edim.
— Bilishimizcha, Hosilni sen ko‘mibsan?
— Kim aytdi?
— Kim aytishi mumkin? — deb jilmaydi u. — Umuman savob ish qilgansan. Musulmonni ko‘mib qo‘ygan yaxshi.
— Shu gaplarni... Mahmud aytdimi?
— Aytmaganida... Jamshidbey ikkita kallani ko‘tarib kelgan bo‘lardi. G‘ilay sadoqatliroq ekan, churq etmadi. Senlar o‘rgatgan gapni to‘tiqushday takrorlayverdi.
— Bu gaplarni nima uchun menga aytyapsiz?
— Xongirey Asadbey o‘rnida seni ko‘rmoqchi. Mahmudbeyda shunday harakat borligi bizga ma’lum. Lekin u eplay olmaydi. Asadbeyning eng yaqin odami — sensan. Biz senlarning ishlaringizga aralashmaymiz. O‘zlaring hal qillaring. Men «lalayib o‘tirib, o‘ljani og‘zingdan oldirma!» degani atayin keldim.
Kesakpolvon uning kelishidan maqsadini sezganday bo‘ldi. Shu bois o‘smoqchilab so‘radi:
— Agar yordamingiz kerak bo‘lsa-chi?
— Biz — qardoshlarmiz, — dedi Mamatbey.
Kesakpolvon kelajakda nima bo‘lishi bilan ishi yo‘q, bugun hamnafas topilganidan quvonib, qadahni urishtirib ichdi.

Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 19:03:58
XXI  b o b

I

Rivoyat qilishlaricha, Muso alayhissalom Bani Isroil qavmi bilan Fir’avn zulmidan qutulmoq niyatida Misrdan chiqib ketayotganlarida yo‘llarini to‘sib turgan dengiz Ollohning qudrati ila ikkiga bo‘linib, barchalari undan eson-omon o‘tib olgan ekanlar. Quvib kelayotgan Fir’avn va uning lashkarlari o‘rtaga kelganlarida dengiz iziga qaytib, qo‘shilib ularni qa’riga yutgan ekan. O‘limi haq ekanini bilgan Fir’avn iymon keltirib «Men musulmonlardandirman — Ollohga bo‘yinsunuvchilardandurman», degan ekan.
Asadbek ham Abdurahmon tabibnikida shu holda edi. Garchi u Fir’avn kabi o‘zini Xudo deb bilmagan bo‘lsa-da, Ollohning birligiga hamisha ishonib kelgan esa-da, iymon chegarasiga ancha kech yaqinlashgan edi. Fir’avn uchun aytilgan «Al ana va qod osoyta qablu va kunta minal mufsidiyn»* oyati karimasini balki Asadbek uchun ham eslamoq joizdir, vallohi a’lam? Bu kabi hukm etmakka bizda (huquq) yo‘qtur. Ammo Rasuli Akram janobimiz Ollohdan rivoyat etgan so‘zda buyurilganki: «Ya bani Adama! Iza vaqaat fil balai zakartani va iza kashaftuhu nasiytani kaannaka maa araftani».*
Asadbek kabilar uchundir, deb fikr qilishimizning boisi shundaki, azon tovshini eshitganda, xususan Abdurahmon tabibnikida ibodatni ixtiyor etgan odam, xastaligi chekina borgani sayin yana asl holiga qayta boshladi. Bu g‘ofil banda shifoga yetishmog‘i bir sinov ekanini, bulutlar orasida ko‘ringan quyosh dillarni bir yayratib, so‘ng yana berkinishini, so‘ng ko‘p o‘tmay tun boshlanayajagini qaydan bilsin?
Abdurahmon tabibnikida «Uyga borgach, har kuni masjidga chiqaman», degan qarorga kelgan Asadbek ahdiga vafo qilmadi, o‘z tashvishlariga berilib ketdi.
Ayniqsa, Xongireyning sovg‘asi uni ko‘p o‘ylamoqqa, tadbir bilan ish yuritmoqqa majbur etdi. Jamshidning ozgina muddat bo‘lsa-da, Xongirey qo‘lida ta’lim olib qaytgani ham unga bir tashvish edi. Shu bois uning izidan odam qo‘ydi, qizini ham kuzatdi. Zaynab ko‘proq ota uyida bo‘lgani sababli uni ortiqcha kuzatishning hojati ham yo‘q edi. Lekin bu kuzatuv boshqa natija berdi: Kesakpolvonning Zaynab atrofida o‘ralashib yurishini Asadbekning o‘zi ham sezdi, yigitlar ham aytishdi. Hamisha buzuqlik botqog‘iga botib yuruvchi Kesakpolvonning Zaynab atrofida ivirsishidan Asadbek boshqa gumonga bordi. Shahar markazidagi uch qavatli imoratning yerto‘lasiga joylashgan idorasida Kesakpolvon bilan yolg‘iz qolganida shu mavzuda gap ochdi:
— Zaynabning atrofida nima uchun o‘ralashib qolding? — dedi Asadbek unga qattiq tikilib.
Kesakpolvon bir kunmas-bir kun shunday savol berilishini kutgani uchun dovdiramadi.
— Men uning amakisiman. O‘z qizimdan a’lo ko‘raman. Bechora ezilib ketdi-ku?
— Sening ishing bo‘lmasin. Ezilib ketgan bo‘lsa, qaraydigan otasi bor.
— Mahmudga ham shunday deysanmi?
— Mahmud men aytgan ishni qiladi.
— Mahmud uni ignaga olib bordi.
— Bekor aytibsan!
— Sen yashirganing bilan devorlarning quloqlari bor. Bizga ham yetib keladi. O‘zing gap ochding, aytay: o‘g‘illaringni olim bo‘lishini istarding — bu o‘zingning ishing. Menda o‘g‘il yo‘q. Qizim yasan-tusandan boshqasini bilmaydi. Lekin Zaynab boshqacha. U sening yo‘lingdan bormoqchi. U senga o‘xshaydi. Aqlli, qo‘rqmas, qasoskor...
— Valdirama! — dedi Asadbek jahl bilan. Keyin bexosdan qizining «Ularni o‘zimga qo‘yib bering» degan ovozini qayta eshitgandek bo‘ldi.
— Endi sen valdiramay eshit: Zaynab o‘ch olmoqchi ekan, men yordam berdim.
— Qanaqa o‘ch?
— U Mardonani o‘ldirdi... o‘z qo‘li bilan.
— Bekor aytibsan! Uni... qaerdan topding?
— U G‘ilayning o‘ynashi edi.
— Hayvon! Sen haddingdan oshyapsan! — deb baqirdi Asadbek.
— Hayvon bo‘lsam ham senga sodiqman. Faqat senga yaxshilik qilishni o‘ylayman.
Yaxshilik qilish... Asadbek farzandlarini bu ishlardan nari bo‘lishlarini istar edi. Nodon a’yoni esa qizini bu yo‘lga kiritib, yana «yaxshilik qildim» deb keriladi... Asadbek qizining odam o‘ldirishi mumkinligini tasavvuriga sig‘dirolmas edi. Hozir ham bir zumgina ko‘zlarini yumib avval to‘pponcha ushlagan, so‘ng pichoq sanchayotgan, so‘ng... bo‘g‘ayotgan Zaynabni ko‘rib ingrab yubordi-da, kuldonni olib, ro‘parasidagi Kesakpolvonga qarab otdi. Og‘ir kuldon yelkasiga tegib, zirillatgan bo‘lishiga qaramay, Kesakpolvon sapchib turib, Asadbekning qo‘llariga yopishdi.
— Asad, o‘zingni tut, jahling chiqmasin!
— Sen... hayvon, maktabdaligingda basharamga tuflagan eding. Endi yuragimga tuflamoqchimisan?
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 19:08:12
— Unday dema, Asad, men faqat ishimizni o‘yladim.
— He, ishingni!.. — Asadbek bo‘ralab so‘kdi. Kesakpolvonni nari itarib, tepmoqchi edi, kuchi yetmadi. Ilgarigi holi bo‘lganda bu odamchani bulg‘alab tashlagan bo‘lardi. Quvvati yetmagani bois butun qahrini tili orqali sochdi: — Sen kesak polvon eding. Xohlaysanmi, yo‘qmi, shundaysan. Sen odam bo‘lmaysan hech qachon! Yo‘qol, turqingni ko‘rsatma!
Kesakpolvonni avvallari ham Asadbek so‘kib turardi. Lekin bu safargisi oshib tushdi. Avvalgilari Kesakpolvonning o‘ng qulog‘idan kirib chap qulog‘idan chiqardi. Bunisi har ikki qulog‘idan kirib yuragiga qurum kabi o‘tirdi. Asadbekning bu qadar g‘azabga minishi sababini izlab, ko‘z oldiga Chuvrindini keltirdi. Ammo hojasiga sir bermadi. Asadbek uni idorasidan haydab chiqargan bo‘lsa-da, ertasiga nonushta payti hojasinikiga qaymoqxo‘rlikka keldi. Asadbek uni uyidan quvmadi.

_______________
* (Fir’avnga) deyildiki: «Hayotdan umid uzganingda (endi) iymon keltirdingmi? Ilgari Ollohga osiylik qilgan va buzg‘unchilardan bo‘lgan eding?!»
* Ey Odam farzandi, qachon balo va musibatga yo‘liqsang, meni yodga olasan, lekin qachon u baloni sendan ko‘tarsam, meni hech tanimas kishidek esdan chiqarib yuborasan.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 19:08:47
2

— Ha, yigitning guli, bormisan bu olamda?
O‘yga tolib o‘tirgan Jamshid Kesakpolvonning ovozini eshitib, yengil seskandi-da, ko‘rishmak uchun o‘rnidan jildi.
Quvg‘indi bo‘lganidan beri taqdir o‘yinlariga ajablanib yurgan Jamshid ovloq ko‘chalarda adashib tentiragan kimsa holiga tushgan edi. Zelixondan o‘zining «fojiali o‘limi», «dafn marosimi»ni eshitganda taajjublangan edi. Voqeaning dahshatini uyida his etdi.
Eng avval o‘gay onasining esi og‘ib qolayozdi. Eriga ovqat yegizayotgan ayol hovlida o‘gay o‘g‘lini ko‘rdi-yu, avval ko‘zlariga ishonmadi. Jamshid uyga kirib, salom bergach, «Voy, voy, xudoyim!» deganicha o‘rnidan qo‘zg‘alolmay qoldi. Tildan, harakatdan qolgan otasi ko‘zlarida esa yosh ko‘rindi. U o‘g‘lining «o‘limidan» bexabar bo‘lsa-da, qalbi bir yovuzlikni sezgan, o‘zini sog‘inib yotgan edi.
Keyin qarindoshlar yo‘qlovi boshlandi. Biri nima gap bo‘lganini batafsil bilishni xohlaydi, biri shunchaki ko‘ngil so‘raydi.
Kesakpolvondan sal oldin kelib ketgan mehmon esa shunchaki so‘ramadi. U bo‘lgan voqealarni ipidan-ignasigacha bilishni istadi. Bu mehmon — Zohid edi.
Zohid so‘roqni uzoqdan — uning birinchi qamalishidan boshlab, gapni «o‘limi»ga olib borib taqadi. Jamshid Chuvrindi bilan pishitgan maslahatiga ko‘ra «noma’lum kishilar mashinasini to‘xtatishganini, urib, behush qilib noma’lum yoqqa olib ketishganini, bir necha oy yerto‘lada saqlashganini» aytdi. Zohid uning uydirmalarini indamay o‘tirib eshitdi. «Bir necha oy yerto‘lada yotganini» eshitib, unga tikildi-da, o‘zicha «Bir necha oy yerto‘lada yotgan odamning rangi bunaqa bo‘lmas», deb o‘yladi. Biroq, gumonini sirtiga chiqarmadi.
— Ular sizni nima uchun urishdi, nima sababdan qamab qo‘yishdi? — deb so‘radi Zohid.
Bu kutilmagan savolga Jamshid qiynalmay javob qaytardi:
— Aniq bilmayman. Yigitchilik... Bir qiz tufayli bo‘lsa kerak.
— Kim u qiz?
— Faqat ismini bilaman. Ko‘chada tanishganman. Uchrashib turardik. Unga hali teginmagan edim.
— Nima uchun aynan shu qiz tufayli deb o‘ylayapsiz?
— Yerto‘lada bir gap bo‘luvdi. «Qizni uzatamiz, agar nomussiz chiqsa — sening o‘lganing» deb shart qo‘yishgan.
— Demak, ular to‘yni kutishgan, shundaymi?
— Shunaqadir.
— Agar qizga sovchi kelmasa, bir-ikki yil yerto‘lada yotarmidingiz?
— Shunaqaga o‘xshaydi.
— Shu qizga o‘zing uylanasan deyishmadimi?
— Bunaqa shart bo‘lmadi.
— Shu aytgan gaplaringizga o‘zingiz ishonasizmi?
— Siz ishonmayapsizmi?
— Xo‘p, ishondim ham deylik. Xo‘sh, unda nima uchun o‘likxonadan murda olib yoqib ketishdi.
— Sababi oddiy: meni qidirishmasin, deyishgan.
— Kim qidiradi?
— Bizda yo‘qolgan odamni kim qidiradi? Milisa-da.
— Sizning bunday yo‘qolganingizni Mahmud akangiz ham bilmasmidilar?
— Hech kim bilmagan.
Zohidning tiliga bir savol keldi-yu, aytishdan oldin o‘ylanib qoldi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 19:09:23
2

— Ha, yigitning guli, bormisan bu olamda?
O‘yga tolib o‘tirgan Jamshid Kesakpolvonning ovozini eshitib, yengil seskandi-da, ko‘rishmak uchun o‘rnidan jildi.
Quvg‘indi bo‘lganidan beri taqdir o‘yinlariga ajablanib yurgan Jamshid ovloq ko‘chalarda adashib tentiragan kimsa holiga tushgan edi. Zelixondan o‘zining «fojiali o‘limi», «dafn marosimi»ni eshitganda taajjublangan edi. Voqeaning dahshatini uyida his etdi.
Eng avval o‘gay onasining esi og‘ib qolayozdi. Eriga ovqat yegizayotgan ayol hovlida o‘gay o‘g‘lini ko‘rdi-yu, avval ko‘zlariga ishonmadi. Jamshid uyga kirib, salom bergach, «Voy, voy, xudoyim!» deganicha o‘rnidan qo‘zg‘alolmay qoldi. Tildan, harakatdan qolgan otasi ko‘zlarida esa yosh ko‘rindi. U o‘g‘lining «o‘limidan» bexabar bo‘lsa-da, qalbi bir yovuzlikni sezgan, o‘zini sog‘inib yotgan edi.
Keyin qarindoshlar yo‘qlovi boshlandi. Biri nima gap bo‘lganini batafsil bilishni xohlaydi, biri shunchaki ko‘ngil so‘raydi.
Kesakpolvondan sal oldin kelib ketgan mehmon esa shunchaki so‘ramadi. U bo‘lgan voqealarni ipidan-ignasigacha bilishni istadi. Bu mehmon — Zohid edi.
Zohid so‘roqni uzoqdan — uning birinchi qamalishidan boshlab, gapni «o‘limi»ga olib borib taqadi. Jamshid Chuvrindi bilan pishitgan maslahatiga ko‘ra «noma’lum kishilar mashinasini to‘xtatishganini, urib, behush qilib noma’lum yoqqa olib ketishganini, bir necha oy yerto‘lada saqlashganini» aytdi. Zohid uning uydirmalarini indamay o‘tirib eshitdi. «Bir necha oy yerto‘lada yotganini» eshitib, unga tikildi-da, o‘zicha «Bir necha oy yerto‘lada yotgan odamning rangi bunaqa bo‘lmas», deb o‘yladi. Biroq, gumonini sirtiga chiqarmadi.
— Ular sizni nima uchun urishdi, nima sababdan qamab qo‘yishdi? — deb so‘radi Zohid.
Bu kutilmagan savolga Jamshid qiynalmay javob qaytardi:
— Aniq bilmayman. Yigitchilik... Bir qiz tufayli bo‘lsa kerak.
— Kim u qiz?
— Faqat ismini bilaman. Ko‘chada tanishganman. Uchrashib turardik. Unga hali teginmagan edim.
— Nima uchun aynan shu qiz tufayli deb o‘ylayapsiz?
— Yerto‘lada bir gap bo‘luvdi. «Qizni uzatamiz, agar nomussiz chiqsa — sening o‘lganing» deb shart qo‘yishgan.
— Demak, ular to‘yni kutishgan, shundaymi?
— Shunaqadir.
— Agar qizga sovchi kelmasa, bir-ikki yil yerto‘lada yotarmidingiz?
— Shunaqaga o‘xshaydi.
— Shu qizga o‘zing uylanasan deyishmadimi?
— Bunaqa shart bo‘lmadi.
— Shu aytgan gaplaringizga o‘zingiz ishonasizmi?
— Siz ishonmayapsizmi?
— Xo‘p, ishondim ham deylik. Xo‘sh, unda nima uchun o‘likxonadan murda olib yoqib ketishdi.
— Sababi oddiy: meni qidirishmasin, deyishgan.
— Kim qidiradi?
— Bizda yo‘qolgan odamni kim qidiradi? Milisa-da.
— Sizning bunday yo‘qolganingizni Mahmud akangiz ham bilmasmidilar?
— Hech kim bilmagan.
Zohidning tiliga bir savol keldi-yu, aytishdan oldin o‘ylanib qoldi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 19:09:34
«Siz Mahmud akangiz bilan bir samolyotda kelibsiz, siz qamalgan yerto‘la Moskva tomonlarda edimi?» — deb so‘rashning ayni payti edi. Lekin bu xabarni Said Qodirovga yetkazgan odam shubha ostiga tushib qolishini hisobga olib, savolni keyingi uchrashuvlar uchun asrab qo‘ydi.
Zohid sukutga berilgani holda Jamshiddan ko‘z uzmas edi. Sezgirlikda ancha-muncha odamga dars bera oluvchi Jamshid esa bu qarash zamirida ko‘p gaplar yashirinib yotganini fahm etardi. Shuning asnosida to‘qigan uydirmalari puch ekanini ham his etib, o‘zidan o‘zi norizo bo‘lardi.
Zohidning sukuti uzoq cho‘zilmadi.
— Siz televizor ko‘rib turasizmi? — dedi u.
— Ha, unda-bunda... — dedi Jamshid savoldan maqsadni uqmay.
— Bir e’lon berishyapti. «Xayrli tun, kichkintoylar», degan ko‘rsatuvlari bor. Shu ko‘rsatuvni olib borish uchun yaxshi ertakchi odam kerak ekan. Bir xabarlashing. Shu ish aynan siz uchun, — Zohid shunday deb zaharli jilmaydi-da, xayrlashish uchun qo‘l uzata turib qo‘shimcha qildi: — Ertaklaringizning muxlisiman. Yana uchrashamiz. Yangilaridan eshitaman, degan umidim bor.
Hamisha dangal gaplashishga o‘rgangan, so‘z kelmagan taqdirda musht tilida gaplashgan Jamshid bu kinoyani hazm qila olmadi. Bunday uchrashuv hali ko‘p bo‘lishini anglab, g‘ijindi. Murdani osib yoqib yuborgan akaxonlarining katta xatoga yo‘l qo‘yganlariga unda shubha yo‘q edi. Ularning olamida katta xatolar qon evaziga tuzatilguvchi edi. Bu xato kimning qoni evaziga tuzatiladi?
Jamshid shu savolga javob izlab o‘tirgan damda tanish ovozni eshitdi:
— Ha, yigitning guli, bormisan bu olamda?
Jamshid Kesakpolvonni Asadbek huzurida ko‘rgandan beri uchrashmagan edi. Uning uyga kirib kelishidan ajablangan holda salomlashdi. Kesakpolvon batartib xonaga ko‘z tashlab olgach, divanga o‘tirdi.
— Haydar degan akaxonim bor edi, deb bir yo‘qlab ham qo‘ymaysan-a? — dedi u gina ohangida.
— Bizdan nariroq yursin, degan gapni eshituvdim,— dedi Jamshid xuddi shu ohangda.
— Bu Bek akangning gapi. Sen undan xafa bo‘lma. Hozir kasal, yuragiga hech narsa sig‘mayapti.
— Bek akamdan xafa bo‘lgan kunim — o‘lgan kunim.
— Bu gapni yaxshi aytding. Asadday odam bu dunyoda boshqa yo‘q. Sen o‘zimizning odamsan. Shuning uchun seni o‘limdan olib qoldim. — Kesakpolvon «o‘limdan olib qoldim» degan gapga alohida urg‘u berib, «tirikliging uchun Mahmud akangga emas, menga qulluq qil», deb shama qildi. — Hozir ishlarimiz biroz notinchligini bilarsan? Har holda Krasnoyarlarda bekor yurmagandirsan?
— Kozlovni qidirdik.
— Buni bilaman. Sen Xongireyning qo‘liga qanday tushib qolding?
Jamshid bu tafsilotni yashirmay, barchasini aytib berdi.
— Xongirey bilan hech gaplashdingmi?
— Yo‘q.
— Senga ular qanday topshiriq berishdi?
— Hech qanday. Yurtingga jo‘na, deyishdi, vassalom.
— Kuzatib yur, biron gap bo‘lsa yetkazasan, deyishmadimi?
— Men gap yetkazadigan xotinchalish emasman.
— Erkaksan, erkak! — Kesakpolvon unga bir oz tikildi-da, so‘ng gapini davom ettirdi. — Maskovdan Mahmud akang bilan otamlashib kelibsan-da, a? Mahmud akang senga qanaqa topshiriq beryapti?
— Hozircha uyda o‘tir, deganlar.
— Sen uyda tuxum bosib o‘tirishni xohlamasding, shekilli?
— Ish bo‘lsa, ayting, qilay?
— Bir ish bor. Lekin buni ikkalamiz bilamiz. Bek akang ham, Mahmud akang ham sezmasligi kerak. Shu shartga ko‘nsang, aytay.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 19:09:51
— Siz... ulardan yashirincha ish yuritmoqchimisiz?
— Aqling o‘tmaslashib qolibdi, bola. Xayolingga darrov buzuq fikr keldimi? Men sheriklarimga qarshi ish qiladigan nomardmanmi?
— Unday deganim yo‘q.
— He, seni ustozingni... — Kesakpolvon ikki og‘iz «shirin so‘zlar»dan so‘ng muddaosiga yaqinlashdi.— Bir odamda shubha bor. Shuni kuzatish kerak. Xitlarning xizmatini qilayotganini sezgan zahoting yo‘qotasan.
— Kim?
— Sen avval shartimga roziligingni ayt.
— Roziman.
— Halim degan bola. U sening o‘rningni bosmoqchi edi. Bek akangga, Mahmud akangga ham yaqin. Burni uzunga o‘xshaydi. Bir nimalarning hidini olib yuribdi. Sen aziyat chekkan bolasan. U bilan oshna bo‘lib olib, bir-ikki ming‘irlab hasrat qil. Xullas, ilon bo‘lib qo‘yniga kirib ol. Chaq, deyishim bilan chaqib o‘ldirasan.
Kesakpolvon bir o‘q bilan ikki quyonni urmoqchi edi. Avvalo Jamshid topshiriqni bajarsa, Halimjonni yo‘q qilishi mumkin. Lalaysa, eplay olmasa, Halimjon uni gumdon qiladi. Har ikki holatda ham yutuq Kesakpolvonda bo‘ladi.
U o‘ylab topgan tadbiridan benihoya shod edi.
3

A’yoni bilan bo‘lgan mojaro Asadbekning dilini xufton qildi. U o‘zining xastaligi a’yonlari orasiga rahna solishi mumkinligini taxmin qilib yurardi. To‘rt-besh yil ilgari eshitgan bir latifani takrorlab turishni yaxshi ko‘rardi. Tabibdan qaytganidan beri Kesakpolvonning Chuvrindiga nisbatan aytayotgan gaplari uni ancha sergak torttirdi. Ikkovini yoniga olib: «Men hali tirikman. Hozirdan bir-biringni g‘ajishni boshlamalaring», demoqchi ham bo‘ldi. Keyin «balki men adashayotgandirman», deb o‘ylab fikridan qaytdi. Faqat bir latifa aytib berdi.
Bu achchiq haqiqatdan iborat latifani sharhlab o‘tirmadi. «O‘zlari tushunib, xulosa chiqarib olishar», deb o‘ylab, nodonlik qildi. U adashdi: zulm mevasidan bahramand odamlarni latifa aytib tarbiya qilmoq mutlaq mumkin emasdir. Tashnalikni suv qondirishi qanchalik haqiqat bo‘lsa, Kesakpolvonga bu gaplarning ta’sir etmasligi ham shunchalik haqiqat edi. Xongireyning suhbatidan so‘ng o‘zini ahyon-ahyonda bo‘lsa-da «taxt» ustida ko‘ra boshlagan Chuvrindiga ham endi bunday gaplar ta’sir etmas edi.
Asadbekning g‘azab otiga minishi faqat Zaynab tufayli emas edi. U a’yonlarining taxt talasha boshlaganiga ishonib borayotgan edi. Xongirey bilan munosabat buzilganda bularning xurmacha qiliqlari oshiqcha edi. Garchi Xongirey u bilan telefonda so‘zlashgan bo‘lsa-da, Asadbek uning yuborgan «sovg‘a»sidan shum niyatini angladi. Hosilboyvachchani o‘ldirib, xatoga yo‘l qo‘yganini ham fahm etdi. Vaziyat keskinlashgan damda Kesakpolvonning Zaynabni bu olamga tortishi unga mudhish hol bo‘lib tuyuldi.
Kesakpolvonni haydab chiqargandan so‘ng Zaynabni tezlik bilan Olmoniyaga jo‘natmog‘i lozimligini angladi.
Shu fikrda uyga qaytganida, hovli o‘rtasida turib olib Zaynabga aql o‘rgatayotgan Jalilni ko‘rdi. Jalil darvozaga orqa qilib turgani uchun Asadbekning kelayotganini sezmay va’zini davom ettirdi:
— Shunaqa, qizim, ota o‘tirgan uyning tomiga chiqib bo‘lmaydi...
Zaynab otasiga salom bergach, Jalil orqasiga o‘girildi.
— Endi ketmoqchi bo‘lib turuvdim, ahvoling qalay?— dedi oshnasi bilan so‘rashib.
— Yaxshi, — dedi Asadbek tumtaygan holda.
Oshnasining kayfiyati buzuq ekanini sezgan Jalil, uyiga qaytish fikridan voz kechib, unga ergashdi.
Asadbek ichkari kirdi-yu, lo‘labolishni qo‘ltig‘iga olib, yonboshladi.
— Ha, mazang qochdimi? — deb so‘radi Jalil, uning ro‘parasidan joy olib.
— Birpas jim o‘tir.
— Gapim yoqmayotgan bo‘lsa, keta qolay!
— Birpas jim o‘tir, deyapman!
Jalil «xo‘p» deb tiz cho‘kkanicha, itoatkor talaba singari indamay o‘tirdi.
Xonadagi sukunat to Zaynab choy olib kirgunicha cho‘zildi.
— Ada, ovqat olib kelaveraymi, oldin doringizni ichib olasizmi?
— Ha, albatta, oldin dorini ichadi, — deb Asadbek o‘rniga javob berdi Jalil.
Asadbek dorini ichdi-yu, ammo ovqatga qaramadi. Ilon kukuni solingan qaynatma sho‘rvani xo‘rillatib ichib olgan Jalilni ter bosdi.
— Bo‘ldi, endi ja oshirvording. Seni tumtayishingni ko‘rgan odam, bu kuyovto‘raning xotini qari chiqibdi, deb o‘ylaydi. Ovqatingni ich.
— Ovqat o‘tmaydi.
— Bo‘lmasa, yorila qol: nima bo‘ldi?
Jalilning gapida jon bor: yorilmasa, dardini aytmasa bo‘lmaydi.
— Jalil... — shunday deb tin oldi. — Jalil... men og‘irlashganimda... Hech nimani sezmadingmi?
— Nimani?
— Haydar bilan Mahmud o‘rtasida gap o‘tmadimi?
— Ha, bumi... — Jalil uning maqsadini angladi. — Endi, og‘ayni, o‘zing gap ochding, aytay: mol achchig‘i — jon achchig‘i, degan maqol bor. Podsho kasal bo‘lsa, merosxo‘rlar payt poylashadi.
— O‘limimni kutishyaptimi? Shunaqa demoqchimisan?
— Men ularning ichidagi maqsadlarini bilmayman.
— Haydar Mahmudni tinch qo‘ymaydi, deb cho‘chiyapman.
Cho‘chiyapman... Hech narsadan qo‘rqmaydigan Asadbekning cho‘chishi qiziq... «Cho‘chiyotgan bo‘lsa, yuragi bir narsani sezgan», deb o‘yladi Jalil.
— Haydaringning qo‘lidan har balo keladi. Senga necha marta «Shu pakanangning turqi sovuq, o‘zingdan uzoqlat!» deb aytuvdim-a?
— Vaqtida menga kerak edi. Yordami ko‘p tekkan. Endi zamon o‘zgardi, lekin u o‘zgarmayapti. Zamonga qarab ish yuritmaydi.
— O‘shaning o‘zgararkanmi? Bukirni go‘r to‘g‘rilaydi. Senga anchadan beri aytishga tilim bormayotgan edi. Sen uning bir qilig‘ini bilib qo‘yishing kerak.— Jalil shunday deb uning Abdurahmon tabibga uchrashgani, so‘ng otlarini ottirganini aytdi. Bu gaplarni eshitgan Asadbek qahr otiga mindi:
— Xunasaning chotini ayirib tashlayman! — deb baqirdi.
Jalil uni fikridan qaytarishga urinmadi. Agar Kesakpolvon hozir shu yerda bo‘lganida bir baloga uchrashi naqd edi. Baxtiga orada tun bor. Tun va sokinlik Asadbek uchun maslahatchi bo‘ldi. U o‘ylay-o‘ylay Kesakpolvon bilan hozircha murosa qilmoq joiz ekanini angladi. Shu bois ham ertalab Kesakpolvon qaymoq ko‘tarib kirganida uni quvmadi, g‘azab otidan tushmagan bo‘lsa-da, qahrini sochmadi.
Qaymoq ustiga non to‘g‘rayotgan Kesakpolvonga sinovchan tikildi-da:
— Haydar, sen otlarning farqiga borasanmi? — deb so‘radi.
Kesakpolvon bu savoldan so‘rag‘uvchining maqsadini anglagan bo‘lsa-da, sir boy bermadi.
— Qanaqa otlar?
— Ha, endi otlar har xil bo‘ladi: aravaga qo‘shadigani, uloqchisi.
— Qaziga bopi...
— Ha, bilar ekansan.
— Men otlarning farqiga bormayman. Nega so‘rayapsan?
— Zo‘r uloqchi otlardan ikkitasini topish kerak. Narxi osmon baravar bo‘lsa ham sotib olamiz.
— Nima balo, uloq chopmoqchimisan?
— Meni davolagan tabib uloqqa ishqiboz ekan. Shunga sovg‘a qilamiz.
— Yaxshi o‘ylabsan. Gap yo‘q, topamiz.
— O‘sha tabibning otlarini kimdir otib ketibdi...
Qaymoqqa bo‘kkan nonni huzurlanib chaynayotgan Kesakpolvon bir ho‘plam choy bilan luqmasini yutdi-da:
— Jalil aytdimi? — dedi bepisandlik bilan.
— Ha, aytdi.
— Bekor aytibdi. Meni bilasan-ku, g‘ashimga tegsa o‘zini otaman. Otlari bilan nima ishim bor?
— Jalilning gapi yolg‘onmi yo senikimi?
— Uyingda Qur’on bo‘lsa ber, Qur’on ursin, agar yolg‘on gapirsam.
Asadbek uning qasamiga ishonganday bo‘ldi. Ko‘nglidan «Hali bu gapga qaytamiz», degan fikrni o‘tkazib:
— Qaymog‘ingni ye. Bir haftada zo‘r otlardan topasan, bu sening qo‘lingdan keladi, — dedi.
Kesakpolvon uch kunda otlarni topdi. Abdurahmon tabibga yetkazdi. Ammo u otlarni olmadi, iziga qaytardi. Bundan g‘ashi kelgan Kesakpolvon ularni so‘ydirib, qazi qildirdi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 19:10:17
XXII  b o b

1

Jamshid «Xongireydan hech qanday topshiriq olmadim», deb yolg‘on gapirgan edi. G‘ilay o‘limi oldidan Hosilboyvachchani o‘ldirgan Elchinni otganini aytgan bo‘lsa-da, uning gaplariga uncha ishonishmagan, Hosilboyvachchani Elchin o‘ldirishi ular uchun haqiqatdan uzoq bir gap edi. Jamshidning vazifasi esa ayni haqiqatni bilish edi.
Kesakpolvon kelib-ketgan kunning ertasiga Elchin yotgan kasalxonani qoralab borib kuzatdi. Keyingi kun oqshom chog‘ida Elchinni yo‘qlash maqsadida kelib, Asadbekka tegishli mashinalardan birini ko‘rdi-yu, o‘zini panaga oldi.
Oradan o‘n-o‘n besh daqiqa o‘tgach, Zaynab ko‘rindi. Boshini egib yurib kelgan Zaynab hech qayoqqa qaramay mashinaga o‘tirdi. Jamshid haydovchini tanimadi. «Haydar akam aytgan yigit shumi?» deb o‘yladi.
Jamshid «buyoqqa kirish mumkin emas», degan hamshiraning cho‘ntagiga pul solib qo‘ydi-yu, o‘z uyiga kirib borayotganday eshikni bemalol ochib, ostona hatladi.
Elchining ko‘zlari yarim yumuq — uning o‘lik yoki tirik ekanini bilish mushkul edi.
Elchin ko‘z oldini qoplagan xira parda orqali Jamshidni tanidi. Bu jingalak sochli yigitni unutish mumkin emasdi.
Hozirgina Zaynab kelib ketdi. Tabib Elchinni behush deb o‘yladimi, «Eringizni uyga olib ketganingiz ma’qulmikin?» dedi. Elchin bu gapni eshitdi. «Ishim xurjun shekilli?» deb o‘yladi. Keyin Zaynabning ovozini eshitdi:
— Agar erimga bir nima bo‘lsa, hammangiz quriysiz!..
Ovoz Zaynabniki... lekin ohang... Zaynab bu ohangda gapirmas edi...
Elchin xotinining qalbdagi Kumushbibini osib, Asadbek qiziga aylanmoqchi bo‘layotganidan bexabar edi. Shu bois gap ohangi unga begona tuyuldi.
Zaynab chiqib ketishi bilan... Jamshid kirdi. Elchin orada o‘tgan yarim soatni sezmadi. Nazarida Jamshid izma-iz kirib kelganday bo‘ldi.
«Darrov topishib olishibdimi? O‘shanda Zaynab to‘g‘risini aytganmidi?
«— Men Jamshid akamni yaxshi ko‘rardim... Sizga xiyonat qildim!..»
Zaynabning bu faryodi yodidan ko‘tarilgani yo‘q. Bu faryod o‘qtin-o‘qtin qo‘zg‘olib yurak yarasiga tuz separdi. Shunday paytda Elchin ruh azobida bir ingrardi-yu, «Zaynab jon achchig‘ida aytdi», deb o‘zini-o‘zi ishontira boshlar edi.
Hozir esa...
O‘zini o‘zi ishontirishga harakat ham qilmadi.
Chunki... ro‘parasida xotini yoqtirib qolgan o‘sha odam turar edi.
Jamshid unga yaqinlashdi.
«Nimaga yaqin kelyapti? Bo‘g‘ib o‘ldirmoqchimi? Birato‘la Zaynabga ega chiqmoqchimi?»
Jamshid yaqinlashib, u tomon engashdi:
— Hofiz aka, eshityapsizmi?
Elchinning yuziga uning nafasi urilib, yengil seskandi.
— Hofiz aka!
— Gapirolmaydilar, — dedi xonaga kirib kelgan hamshira.
— Tildan qolganmi?
— Kelganlaridan beri gapirmaydilar. Gapirmasalar ham kerak.
— Nima uchun?
— Bilmasam, do‘xtirlar shunaqa deyishyapti...
Yarim ochiq ko‘z yumildi. Ovozlar uzoqlashdi. U yana ucha boshladi. Qush kabi yengil uchdi. Uchdi, uchaverdi...
2

Asadbekning muomalasidagi o‘zgarish Kesakpolvonga ma’qul kelsa-da, ayni choqda sergaklantirdi. Nazarida «Chuvrindi ukaginasi» undan o‘zini olib qochayotgandek tuyuldi. Chuvrindi Sharif Namozov masalasida Moskvaga borib kelgach, Kesakpolvonni Mamatbey yo‘qladi. «Ukang hokimiyatni o‘z qo‘limga olaman, bu ishni mendan boshqa hech kim eplay olmaydi», deb Xongirey bilan shartlashdi. Xongirey Asadbekni ham, seni ham tan olmaydi!» deb tutab turgan olovga moy sepdi. Kesakpolvonni bu gapga ishontirish uchun telefonda Xongirey bilan uladi.
«— Xongirey og‘a, bu men, Haydarman!
— Qanaqa Gaydar?
— Asadbekning sherigi.
— Men hech qanaqa Gaydarni ham, Asadni ham tanimayman. Menda ishing bo‘lsa Mahmudbeyga uchrash. Men Mahmudbeyni taniyman!»
Kesakpolvon uchun shu gap kifoya edi. U «Xongireyning o‘zi bilan gaplashdimmi yo biror yigiti meni laqillatdimi?» deb o‘ylab ham ko‘rmadi. Chuvrindi Moskvaga borganida bu gapning teskarisi bo‘lganidan, ya’ni «Sen taklifimizga darrov javob bermading. Biz endi seni tanimaymiz. Gaydar bilan shartnomamiz bor», deyishganlaridan ham bexabar edi.
Chuvrindi Xongireyning qarorini Asadbekka aytmoqqa jur’at etmadi. Hali haqiqat ekani tekshirib bilinmagan gapni yetkazib «akang ustidan mag‘zava ag‘darma», degan ta’na eshitmay, deb o‘yladi.
Bu uning eng so‘nggi, hal qiluvchi xatosi bo‘ldi.
Asadbekni uyiga kuzatishgach, Kesakpolvon «Bi-ir otamlashishni» taklif qildi. Chuvrindi akasining ra’yini qaytargisi kelmadi. Ular yarim tungacha ulfatchilik qildilar. Chuvrindining kayfi oshdi. Uyga qaytganda darvozani ochgan o‘g‘li «Asadbek amakimnikidan telpon qilishdi, tez yetib borar ekansiz», dedi. Chuvrindi darrov mashinani orqaga burdi. Katta ko‘chaga chiqib, tezlikni oshirgan mahalda ro‘parasida yuk mashinasi ko‘rinib, chiroqlarini yoqdi...
«Kamaz»dan tushgan Xumkalla old tomoni pachoqlanib butunlay yo‘q bo‘lib ketgan «Jiguli»ga picha qarab turdi-da, o‘zini sal narida kutayotgan mashina tomon yurdi.
3

Dafn marosimiga kelganlarning barchasi tarqaldi. Qor aralash yomg‘ir sevalab turgani uchun domla ham «Taborak» surasini yarim qilib o‘qib qo‘ya qoldi.
Odamlar tarqalishgach, Asadbek qabr boshiga keldi. Ikkita bir xildagi marmar tosh. Birida onasi, ikkinchisida Samandar — ukasi. Ularning yoniga ukadek aziz bo‘lib qolgan Chuvrindi qo‘yildi.
Asadbek osmonning ko‘z yoshlari ostida picha turdi. Paltosi ivib ketdi. Yuzlarini, ko‘z yoshlarini qor aralash yomg‘ir yuvdi.
«Bu yer mening joyim edi, Mahmud ukam. Sen kelding. Yoningda yana bir joy bor... «Mastlikda bo‘lgan», deyishyapti. Men bunga ishonmayman. Senga qasd qilganni xor qilmasam, otimni boshqa qo‘yaman. Qasos olmagunimcha yoningga kelmayman...»
Kimdir qo‘lidan ushlab, tortdi.
O‘girilib qaradi: Kesakpolvon.
— Sen mening yuragimga tupurding, — dedi Asadbek.
— Unday dema, Asad, agar shu mening ishim bo‘lsa — Xudo ursin!
— Yo‘qol...
— Asad...
— Yo‘qol, dedim!
Kesakpolvon uch-to‘rt qadam chekindi-yu, ammo yo‘qolmadi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 19:10:45
                                                                       ENG SO‘NGGI BOB

                                                                                                                                         Zohid, 1990 yil, 3 fevral.
Prokuror imzo chekkanidan so‘ng ham Zohid ishonmadi: nahot adolatga yetishgan bo‘lsa?! Nahot Botirov «Ish»i shu tariqa yaxshilik bilan yakunlansa. «Ishkal»ning gapi nima bo‘ldi? «Topshiriq bilan qamaganmiz, eplay olmaysan» deb edi. Topshiriq bilan qamagani to‘g‘ri. Oqlanishi-chi? Said Qodirov aytmoqchi, o‘zgarishlarning mevasimi? Zamon shunchalik tez o‘zgardimi?
Botirov o‘zining kiyimlarini kiyib, ko‘chaga chiqqach, «Alhamdulilloh, Olloh, o‘zing buyuksan, qudratlisan!» deb qo‘ydi. Zohid uni uyiga qadar kuzatib bordi. So‘ng quvonchini baham ko‘rish uchun Hamdam Tolipovni yo‘qladi. U topshiriq bilan chiqib ketgan, qachon qaytishi noma’lum edi. Shundan so‘ng ilk ustoz sanalgan mayor Solievni ko‘rgisi keldi.
Mayor Soliev uning suyunchilik xabarini eshitib, qo‘lini siqdi-da:
— Adolatga osonlik bilan yetib bo‘lmaydi, — dedi.
Botirovning ozod etilishi Zohid uchun dastlabki muhim g‘alaba edi.
Asosiy kurashlar hali oldinda.
Bu — endi ertaning ishi...
Asadbek, 1990 yil, 3 fevral.
Asadbek qabristondan to‘g‘ri eski shahardagi uyiga bordi.
Sovuq uy. Sovuq tancha. Xuddi qirq yil avvalgi kabi...
Ho‘l paltosini yechmay tanchaga o‘tirib, qunishdi. Eti uvishdi. Deraza orqali ko‘cha eshigiga qaradi.
...Hozir otasi chana ko‘tarib kiradi.
— Toychoq! — deb erkalaydi...
Yo‘q, otasi kirmadi. Ikki noma’lum kishi kirdi.
— Otang — xalq dushmani! — dedi.
So‘ng... maktab o‘qituvchisi o‘quvchilarni boshlab kirdi. O‘quvchilar saf tortgan holda, unga bir-bir yaqinlashib basharasiga tupurdilar...
Asadbek ingrab yubordi.
U har yili o‘ttiz birinchi dekabr kuni shu uyda o‘tirardi. Bu safar odatini kanda qildi — o‘sha kuni tabibnikida bo‘ldi. O‘zi uzoqda bo‘lsa-da, ko‘ngli shu uyda edi. Qaytgach, necha marta kelishga qasd qildi. Ammo o‘z tashvishlari bilan o‘ralashib kela olmadi.
Bugun keldi. Yelkasida bir olam g‘am bilan keldi.
Inson bolasiga xos pokiza tuyg‘ularni quvgan kundan beri oradan qirq yildan oshiqroq vaqt o‘tdi. O‘shanda mitti yuragiga yovuzlik tuxum qo‘ygan, yovuzlikning birinchi ovozini o‘rtog‘i Jalil eshitgan edi:
— Ularni o‘ldiraman!..
Hozir bu ovozni o‘zi ham eshitdi. Eti seskandi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 19:11:12
Ko‘cha eshigi ochildi: Jalil ko‘rindi. Orqasida bir odam.
— Asad!
Jalil odati bo‘yicha hovli o‘rtasiga kelib chaqirdi. Ovoz bo‘lmagach, yana chaqirdi.
— Asad!
— Kiraver, — dedi Asadbek bo‘g‘iq ovozda.
Jalil bilan ham, notanish odam bilan ham o‘tirgan joyida salomlashdi.
— Bu o‘rtoq ijroqo‘mdan ekan, — deb izoh berdi Jalil. — Hozir uyimga kelsam, ro‘yxat qilib o‘tiribdi.
— Qanaqa ro‘yxat?
— Bu joylar buzilarmish. Bu yerdan katta yo‘l o‘tarmish...
Bu gapni eshitib, Asadbek boshini egib o‘yga toldi. Nazarida buldozer ovozi eshitildi. Uyga bostirib kela boshladi... Tom bosib tushdi. Onasi... Samandar qoldi... Asadbek bir seskanib, «ijroqo‘mdan kelgan o‘rtoq»qa qaradi:
— Yo‘lni narigi mahalladan sol, bu yer buzilmaydi.
Notanish kishi ajablanib, Jalilga qaradi-da:
— Ish boshlangan. Loyihani o‘zgartirib bo‘lmaydi... — dedi.

Alqissa:
Ey nafsi havosig‘a giriftor o‘lg‘on,
Shayton ishiga ishing namudor o‘lg‘on,
Ham zuhd ila izzatka sozovor o‘lg‘on,
Ham fisq ila olam elig‘a xor o‘lg‘on.*

__________
* Hazrat Alisher Navoiydan.

Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 19:11:26
SO‘NGSO‘Z

Alhamdulillahki, asarga so‘nggi nuqta qo‘yish fursati yetdi.
Men qo‘rquv bilan ish boshlagan edim. Qo‘rquvning boisi — kimlardandir zulm ko‘rishda emas, balki yozganlarimning sizga maqbul bo‘lmay qolishida edi. Birinchi kitob e’lon qilingach, yozayotgan har bir satrimda siz, aziz o‘qig‘uvchilarning nafaslaringizni sezib turdim. Siz menga dalda berib turdingiz, Olloh sizlardan rozi bo‘lsin!
Asarda shubhasiz, siz ishonmaydigan yoki hafsalangizni pir qiladigan yerlar bordir. Buning uchun uzr so‘rayman. Bu — qalamning ojizligi yoki fikr doiramning torligidandir. Xudo xohlasa, bu qusurlar keyingi asarlarda barham topgusidir.
Bundan so‘ng ham Sizlar bilan yangi asarlar orqali ko‘rishmoq niyatim bor. Shar’iy niyatlarga Yaratganning o‘zi yetkazsin. Bir asarga nom bo‘lgan «Shaytanat» endi turkum nomiga ko‘chadi. Bu turkum asarda yana bir necha qissa yaratish umidim bor. Bular sizlarning o‘qiganingiz «Shaytanat»ning davomi emas, balki shu ruhdagi mustaqil qissalar bo‘ladi, inshoolloh.
Menga bir narsa ma’lum: bu asarni o‘qib ma’qul deydiganlar bilan bir qatorda yoqtirmaydiganlar, undan kamchilik, xato qidiradiganlar bor. Shunday bo‘lishi tabiiy. Avvalo, hech qaysi asar barchaga barobar yoqa qolmas. Qolaversa, ojiz qalamim bilan bitilgan bu asar kamchiliklardan holi, degan da’vom ham yo‘q. Mening tanqidchilardan faqat bir o‘tinchim bor: qanday tanqid o‘qlari bo‘lsa, o‘zimga qarating.
Men aziz, ardoqli kitobxonlarga bir necha yil mobaynida birga bo‘lganliklari uchun minnatdorlik bildiraman. Olloh barcha mo‘min bandalarini Shaytanat olamidan o‘zi asrasin.
Bismillahir rohmanir rohiym.
Qul a’uuzu birobbinnasi. Malikinnasi. Ilahin-nasi. Min sharril vasvasil xonnasi. Allazi yuvasvisu fii sudurinnasi. Minal jinnati vannas.*
Omiyn ya Robbil Olamiyn!

______________________
* M a z m u n i  b u d i r: Mehribon va Rahmli Olloh nomi bilan (boshlayman).
(Ey Muhammad) aytingki: «Men barcha insonlarning Parvardigoridan, barcha insonlarning Ilohidan (menga) o‘zi jin va insonlardan bo‘lgan, insonlarning dillariga vasvasa soladigan (qachon Ollohning nomi zikr qilinganida) yashirinib oladigan vasvasachi (shayton)ning yomonligidan panoh berishini so‘rab iltijo qilurman». («An-nos» surasi. Alouddin Mansur ma’no tarjimasi).
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 19:20:32
ASADBEKLAR FOJIASI

O‘zlaridan ajoyib iforlar taratib, yuzlaridan nur yog‘ilib turadigan, halimdan-halim taqvodor bir pochchamiz bo‘lar edilar. Qodiriy domla Yusufbek hojining fe’lini u kishidan olganmidilar yo o‘zlari shunaqamidilar — hech ajrata olmasdim. Ishqilib, shunaqa xushfe’l, chiroyli mo‘ysafid edilar.
Men u kishi haqda na oldilarida, na orqalaridan yomon gap eshitganman. Faqat fazilat axtarishar edi, hayratlanib charchashmasdi.
Yaxshi asar ham shunaqa bo‘larkan! Fazilat axtarib charchamas ekansiz. Xuddi Qodiriy asarlaridan hanuz fazilat axtarib tolmaganimizdek, har gal yangi-yangi javohirlar topganimiz kabi!..
«Shaytanat»ni o‘qib ham shu o‘ylarga bordim: «Qani edi, hammamizning Yusufbek hojidek otamizu O‘zbek oyimdek onalarimiz bo‘lsa, o‘shalarning qanotida er yetishsak! Asadbeklar shu ko‘ylarga tushmasmi edi?!» Va shunda butun fojia tag zamiri ila ko‘rinib ketgandek bo‘ldi! Bekorga otalarimizdan ayirmagan ekanlar bizni!..
Mulla buvalari omon qolgan bolakaylar baxtli ekanlar! Issiq bag‘irlaridan chiqarmadilar. Nima yaxshi, nima yomon, nima harom, nima harish, harqalay, ajratadigan qildilar.
Ammo mulla buvalari, opoqdodalari sovuq o‘lkalarga surgun etilib, otalari urushda, qamoqlarda qolib ketganlar-chi? Ularning yozug‘i ne edi? Murg‘ak yuragiga yovuzlik urug‘i tuxum qo‘yib ulgurgan bolakaylar, yetimxonalarni to‘ldirgan «zumrasha»larning gunohini kim yelkasiga olgay? Qaysi jamiyatning sud kitobiga yozgaymiz? Asadbeklar shu imonsiz jamiyatning mevalari, uning qasos o‘ti ko‘zini ko‘r qilgan «o‘g‘lon»lari emasmi?
«Shaytanat» muallifining eng birinchi yutug‘i shundaki, u zulmning o‘q ildizini topib, asarga qo‘l uribdi. Tohir ba’zilar o‘ylagandek oldi-qochdi, shunchaki sarguzasht asar yozish uchun qo‘liga qalam olmagan. U ko‘p yillar yashab qoladigan va qancha kishilarni sergak torttirib, shaytanat olamiga kirib qolishdan qaytaradigan chinakam badiiy asar yaratibdi!
«Shaytanat» Tohir Malikning baland asari. Qoladigan asari. Har satri, sahifasidan iste’dod nafasi (chuqur badiiy tadqiq ruhi) ufurib turibdi. Kimdir ilgarigi asarlariga o‘xshata olmayotgan bo‘lsa, uni oxiriga qadar o‘qishga sabri yetmabdi. Yo‘nalishini anglamabdi, mag‘zini chaqolmabdi.
Asar nainki Asadbeklar fojiasi haqida, balki u yaratgan shaytanat olami odamlarining achchiq kechmishi, har bittasining oxiri voy bo‘lguchi taqdirlari haqida o‘ziga xos betakror qissalar hamdir. So‘ng bari jamlanib, yaxlit bir ro‘monni tashkil etayotir...
Holisanilloh ayting: Chuvrindining taqdiri, boshiga tushgan achchiq qismat Asadbeknikidan kammi?! Yoki bo‘lmasa, Anvarning fojiasi-chi, boshiga tushgan ko‘rgiliklar-chi? Kimni, qaysi yurakni titratmaydi? Qolaversa, Asadbekning qizi Zaynabning boshiga tushgan jafo toshi, abri balolar-chi? U ko‘rgan zulm, yovuzliklar qiz bolaniki muhabbat ko‘chasidan chiqarib, qasos ko‘chasiga boshlasa, qaysi jamiyat, tuzumni ayblash kerak? Shariat man etib qo‘ygan hadlarni lang «ochib qo‘ygan» tuzumnimi va yo uni qaytarolmagan, o‘zi qaysi boshi berk ko‘chalarda shayton yetovida ketayotgan Asadbekdek otalarnimi, qasos o‘tida yonib, yo‘lini yo‘qotgan va ustma-ust gunohga botayotgan eri Elchinnimi? Yolg‘iz onaizor Manzura boshini qaysi toshlarga ursin?!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 19:20:57
Men Tohirning ko‘p asarlarini birinchi bo‘lib qo‘lyozmadan o‘qiganman. Hammasining o‘z o‘rni, salmog‘i bor. Vaqtida voqea bo‘lgan asarlar. «Chorrahada qolgan odamlar» ham, «So‘nggi o‘q» ham. Lekin bu galgi asari «Shaytanat»ni alohida bir intiqlik bilan kutdik. Alohida bir titroq-la o‘qib chiqdik. Va men yashirmay ayta qolay. Uchinchi kitobi qo‘lyozmasini ham hayajon-la o‘qib chiqib, qoniqish ila so‘nggi sahifasini yopar ekanman, Yaratganga beadad shukrlar aytdim. Negaki yozuvchini Ollohning o‘zi qo‘llab, o‘zi ilhom ato etibdi. Shaytanat olami fuqarolarining adashuvlarini ochmoqqa o‘zi izn beribdi. Aksincha, bu zo‘ravonlikka qurilgan, yovuzlik barq urib unib-o‘sayotgan o‘ziga xos xufiya saltanat olamini bunchalik tag-zamiri bilan tasvirlab bo‘lmas edi. Adashuvning ildizi ochilmay-da qolishi mumkin edi. Bu qorong‘ilik — zulmat saltanatini chok-chokidan so‘kib yuborguvchi nurni Tohir ko‘ra olibdi va o‘sha nur — chiroq yordamida uning qo‘l yetmas puchmoqlarigacha qarangki, kirib boribdi. Bu nur iymon bo‘lib chiqdi! Agar yozuvchi ko‘ksida shunday bir nur — toza iymon bo‘lmasa edi, uning shaytanat olamiga safari besamar chiqmog‘i ham mumkin edi.
Men sal ilgarilab ketdim, chog‘i. Asli bir boshdan so‘zlamoqchi edim, asarning fazilatlarini ta’min etgan tugunlardan so‘z ochmoqchi edim. Qirq to‘qqizinchi yilning so‘nggi kuni. Sovuq uy, sovuq tancha. Otasi chana, ayajonisi ukacha olib keladigan bir kunda bu uyga kulfat bulutlari bostirib kirdilar. Va bu abri balo bu xonadonni bir umrga ota mehridan judo qilib ketdi. Bola «Dadamga tegmang?! Tegmang dadamga!» deb hayqiroldi-yu, boshqasiga kuchi yetmay tanchali uyda yolg‘iz qolaverdi. Ota bag‘riga olib, yuzini yuziga bosganda tekkan ko‘z yoshgina qoldi. Bir olam xo‘rlik, achchiq alam qoldi. Shu kecha murg‘ak qalbga o‘rmalab kirgan shayton uning o‘ksik, alamzada qalbiga o‘zining yovuzlik tuxumini qo‘yib ulgurdi va u qasos istab, o‘ch hukmini o‘qidi:
— Ularni o‘ldiraman!..
Va bolagina bilmasdiki, bizning dinda o‘ch olmoq harom qilingan edi, qasos yolg‘iz Ollohga tegishli edi.
Shaytonsaroyga birinchi g‘isht o‘sha kuni qo‘yildi! Keyin shaytoni lain bu saroyga boshqa alamzada va valadi zinolarni yetaklab kelib, Asadbek xizmatiga topshirdi. Shu tariqa saltanat ichida norasmiy saltanat tup qo‘yib palak yoydi. Va bu saltanat «eng gullab», og‘izga tushgan kezda uning odamlaridan biri qimorda xonumonini yutqizib qo‘ygan hofizning uyiga bostirib kirib, (kirganda ham nomahram oyoq bosishi man etilgan joyga qadar kirib borib) ayolining nomusini toptagani toptagan, ko‘ksiga pichoq urib ketdi.
Asar har qanday er kishining g‘ururini bukib-da tashlaydigan ana shunday voqeadan, u alamlarini ichiga yutib, sudda gunohni bo‘yniga olib qamalib ketishidan va o‘n yil qasos kunini kutishidan... boshlanadi.
Asar ilk satrlari, sahifalaridanoq u «oldi-qochdi», «quvdi-yitdi», «otdi-ketdi»lar asosiga emas, chinakam ma’naviyatga daxldor masalalar, hayot-mamot masalalari, azaliy or-nomus, adolat, ezgulik va yovuzlik kurashlariga qurilgani ko‘rinib-anglanib turibdi. Barcha kurashlarning markazida o‘ziga xos shaxslar, betakror xarakterlar turibdi. Va qadam-baqadam, sahifama-sahifa o‘zligini namoyon etib bormoqda.
Asadbekning o‘zi betakror xarakteri, xislat va fazilatlari bilan, chigal taqdiri va bukilmas irodasi bilan alohida olam bo‘lsa, Chuvrindi eng qiyin — ekstremal sharoitlarda ham topqirligi, uzoqni ko‘ra olishi bilan, tegirmonga tushsa butun chiqa olishi bilan bizni hayratga soladi. Taqdiri-chi? Uning boshiga tushgan ko‘rgiliklar-chi? Tag‘inam u metin ekan, uning o‘rnida boshqa har qanday inson yovuzga aylanib ketar edi! Lekin Chuvrindi adolat hissini, do‘stga sadoqat hissini yo‘qotmaydi! Shu jihatlari bilan Kesakpolvondan o‘n karra baland turadi. Va shu baland turgani uchun ham raqibi tomonidan yo‘q qilinadi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 19:21:15
Asardagi Elchin, Zaynab obrazlari — ichki olami eng yorqin va ishonarli, butun ziddiyatlari ila chizib berilgan obrazlar sirasiga kiradi. Kumush muhabbatidek pokiza bir muhabbatni ilhaqlik ila, beg‘uborlik ila kutgan bir qalb qasos qurboniga aylansa va sharmandalik chodiridan qutulish uchun o‘sha ishni qilgan odamga uzatilsa, u qaysi dil, qanday yurak bilan yashab o‘tadi bu dunyodan?! Zaynab fojiasiga bag‘ishlangan bob va sahifalar asarni chindan baland mavqega ko‘tarib, badiiyatga daxldor etib turibdi. U chinakam iste’dod mevasi ekanidan hech-hech tonib bo‘lmaydi.
Shu qizining fojiasi tufayli Asadbek ne ko‘ylarga tushib, ne o‘tlarga qovrilmayapti! Shu bahonada yozuvchi Shayton saltanatining eng chirkin go‘shalarigacha kirib borib tasvirlashga muvaffaq bo‘ladi. Bu saltanatda bir to‘da boshqa to‘dani yiqish, sindirish uchun har qanday qabihliklardan qaytmasligini ko‘ramiz. Elchin Asadbekdan o‘ch olish uchun uning qizini o‘g‘irlab, nomusini bukmoqni va bir umr ezilib o‘tishini istaydi. Zaynab shu maqsadda o‘g‘irlanadi. Boshqa bir raqib — Hosilboyvachcha esa, Mardonani ishga solib, Zaynabni ne ko‘chalarga yetaklatadi. Igna ila sarxush ettirib, giyohvandlar qavmiga qo‘shadi va sarxushlik holatida suratga olingan kassetani otasiga «taqdim» etadi. O‘zbek qizlarining bu ko‘chaga kirib kelishi avvalo dahshat! Hech bir ota bu isnod oldida chidab turolmas! Ayniqsa, Asadbekdek qudratli odam! Nima bu? Qaytar dunyomi?! Asadbek o‘z qilmishlarining jazosi, qaytimini shu dunyodayoq, tirikligidayoq topayaptimi?
Adib qahramonlarini shunday chigal va ekstremal holatlarga, ko‘rgiliklarga solib sinaydi, qovuradiki, har biri nimalarga qodirligini tabiiy ravishda, o‘z-o‘zidan namoyon etib boraveradi. Tan olish kerak, Tohir Malik o‘zbek adabiyotida sarguzasht unsurlari badiiyatning ajralmas qismi ekanini birinchi bo‘lib amalda isbot etgan yozuvchidir. Biz shu vaqtga qadar bu unsurlarni mensimay, unga past nazar bilan qarab keldik va adashganimizni endi ko‘rib turibmiz. U chuqur badiiy mushohadaga xizmat etishini endi inkor qilib bo‘lmaydi. «Shaytanat» bunga yorqin dalil.
Tohir asardan asarga bo‘y rostlab borayotibdi. Ayniqsa, shu «Shaytanat»ida chevarligini namoyon etibdi. Chokini chokiga keltirib, voqealarni ulash, taqdirlarni chog‘ishtirib borib uch kitobdan iborat yaxlit asar yaratish har qanday adibning qo‘lidan kelavermaydi. Buni chinakam iste’dod egasi, Xudo yuqtirgan talantgina uddalashi mumkin. Asadbekdek murakkab qahramonning shusiz ham chigal hayoti, havas qilmagulik taqdiri atrofida undan kam ko‘rgiliklar ko‘chasidan o‘tmagan, o‘sha beshafqat hayotda shafqatsizlarcha yashashdan bo‘lak yo‘l topmagan Chuvrindidek, Kesakpolvondek bir guruh boshqa olam farzandlarining qismatlarini shunday ishonarli chizadiki, hayratga tushmay ilojingiz yo‘q. Birgina Zelixon taqdiri, Xongirey qismati, ular bosib o‘tgan yo‘l va yetishgan cho‘qqi, nihoyat biridan ikkinchisiga meros qolayotgan bu xufiya saltanat bilan bog‘liq voqealar nimaga teng?! Ular chinakam topildiq: Shaytanat saltanatining hududlaridan, qudratidan dalolat berguvchi! Ildizlari qaerga borib tutashuvidan, yovuzlikning urug‘i qaerlargacha sochilib, qanday zaharolud mevalar berayotganidan hikoya etguvchi! Va bular barchasi qo‘shilib, Shaytanat olami haqida shunday yaxlit bir tasavvur uyg‘otadikim, bu olam kishisi bo‘lib qolishdan Ollohning o‘zi asrasin! Asarni bobma-bob, kitobma-kitob o‘qiganingiz sari, Ollohga qaytishdan o‘zga to‘g‘ri yo‘l yo‘q! — degan bir nido yangrab kelaveradi! Asar ichidan jaranglab chiqaveradi!
Tohirning eng katta yutug‘i ham ana shunda! Iymonga chorlashida!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 19:22:11
Agar xotirangizda bo‘lsa, «Shaytanat»ning birinchi kitobining ichki muqovalarida bir ajoyib ramziy rasm bor edi. Kitobni bezagan iste’dodli yosh rassom Xurshid Ziyoxonov mozoristoni tark etib borayotgan oq tuyalar — avliyolar ruhini chizib, bizni bir hayratga solgan edi. Ikkinchi kitobning ichki muqovalarida esa, shu rassom undan ham ajoyib manzarani aks ettirdi. Yo‘g‘ongina, lekin halqumining kichikligini xisobga olmagan ilon kattagina bir baliqni yuta boshlagan-u, yuta olmay qolgan. Baliq nochor, jon achchig‘ida dumini asabiy silkiydi, ilon undan nochor — yutib yuta olmaydi, qo‘yib qo‘ya olmaydi... Ramz xo‘b o‘rniga tushgan. Qolaversa, bu rivoyatlarni rassom osmondan emas, asardan olgan. U Tohir Malikning topildiqlari, rassom ham buni haqiqiy iste’dodlarda bo‘ladigan o‘tkir idrok ila anglab, bizga uning aynan mag‘zini yetkazib bera olgan.
Men uchinchi kitobning qo‘lyozmasini o‘qiyotib, rassom navbatdagi kitob muqovalariga qay rivoyatni ramz qilib olar va chizar ekan deb o‘yladim. Inson qulog‘iga kirib borayotgan ulkan mingoyoqnimi yoki qanot bitgan chumolilarnimi? Harqalay menga qolsa, Luqmoni hakim bilan ilon suhbati rivoyatidagi ikki oyoqli — baland qilib yaratilgan, lekin bir-birini chaqqanda bedavo qilib chaqadigan odam maxluqlarni butun dahshati bilan tasvirlay olsa qani edi, dedim. O‘sha rivoyatni eslasangiz, ilon Luqmoni hakimga: «Olloh biz — ilonlarni tuban qilib yaratdi. Ammo biz bir-birimizni chaqmaymiz. Siz — odam bolalarini yuqori qilib yaratdi, siz bir-biringizni chaqib o‘ldirasiz. Uning zahriga hatto Luqmoni hakim ham davo topolmagay», deydi. (Hikmat O‘rolov, Anvar taqdirlarini eslang! Aslida Xolidiylar Asadbeklardan-da xavfli «zot»lardir!).
Hikmat O‘rolov to‘satdan qazo qilib, janoza oldidan ilm dargohidagi do‘stu dushmanlari uning uyiga borishgandagi mana bu manzaraga e’tibor bering. «Anvarning ko‘ziga hamma — do‘st ham, dushman ham ilon bo‘lib ko‘rindi. O‘zini ulkan bir ilonxonada his etib, badaniga muz yugurdi. Nazarida qo‘l qovushtirib, qayg‘uga berilganday bo‘lib turganlar odamlar emas, balki lunjini shishirib, tilini o‘ynatib, bir hamla bilan chaqishga tayyor turgan ilonlar edi go‘yo. «Mana shu turganlarning qay biri qachon qay birini chaqar ekan? Mana shu turganlarning qay biri qachon odam zahrini totib o‘lar ekan? Rostmana ilonlar chaqadiyu qochadi, ikki oyoqlilar esa to ko‘mib tashlamaguncha tinchimaydi. Jasadni ko‘mish bilan cheklansa koshki edi...»
Shayton yetoviga kirib ketgan iymonsiz kimsalarni bundan o‘tkazib tasvirlash mumkinmikan?!
Shu o‘rinda men o‘zimdan bir og‘iz so‘z qo‘shgim keldi. Faqat shayton yetoviga tushganlargina shunday chaqqaylar! Iymonli kishilar bundan mustasnodirlar! Zaharning yolg‘iz davosi iymondir. Ollohga qaytmoqlikdir. Chindan ham solih kishilar, u dunyosini o‘ylagan zotlar bir-birini ayamaganlarini, amal, shuhrat, dunyo ketidan quvgan kishilardek bir-birlarini chaqib o‘ldirganlarini kim ko‘rgan?! Agar inson boshi sajdaga yetib ham, masjidga qatnab ham, hoji bo‘lib ham yomonligini qo‘ymabdi, dilozorligini tashlamabdi — u hidoyat topmabdi. Iymoni sust kimsalardir. Ularni taqvodorlarga tenglashtirmangiz! Tohir Malik asarining mag‘zi-mag‘zidan sizib chiqayotgan xulosa ham shu!
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 19:22:55
Fan tilida «intuitsiya» degan atama bor. Oddiy tilda biz buni ichki his bilan sezish, deymiz. Uni qarangki, Ollohga qaytmoqlik — najot ekanligini Xurshidjon ham uchinchi kitobning bezaklarida o‘ziga xos talqinda tasvirlabdi. Asarda tabibga o‘z hukmini o‘tkaza olmagan Kesakpolvon uning chopqir otlarini otib tashlashga buyuradi, otlar o‘ldiriladi. Demakkim, «odamilon» o‘z zahrini sochdi, tabibni ruhan o‘ldirish niyatida uni chaqdi. Qoidaga ko‘ra rasmda    ham shu narsa tasvirlanishi kerak edi. Rassom esa xudoning qudrati  bilan ularga mangulik ato etibdi: o‘q otilyapti-yu,otlarga kor qilmaydi, biror tomchi qon ham yo‘q, ko‘zlar chaqnaydi, yovqur otlar go‘yo qanot chiqarib uchayotgandek yelib borishmoqda. Ya’nikim, imoni basalomat tabib g‘olib chiqdi. Otlar — uning orzulari ham mangulikka daxldor.
Shaytanat olami girdobiga tushgan Elchinning majruh holati, o‘z jonini saqlab qolish uchun sadoqatdan yuz o‘girgan Shomilning oxir-oqibatda kallasi olinib sovg‘a tariqasida qutiga joylanishi tasviri; orzu-armonlari abadiy ko‘milgan Zaynabning achchiq qismati — barcha-barchasi biz uchun, hayot atalmish umr yo‘lining o‘nqir-cho‘nqirlaridanmi, jin ko‘chalariyu ravon yo‘llaridanmi ketayotgan har bir inson uchun hayotiy saboqlardir.
Umuman olganda, Xurshid Ziyoxonovday yosh bir iste’dodning asarni shunday zukkolik bilan tushuna olishi, uning nozik tomonlarini ichki bir hissiyot bilan topib, uchala kitobdagi voqealarni tasvirda bir-biriga bog‘lab bizga yetkaza olganligining o‘zi alohida tahsinga sazovor!
Men «Shaytanat» saviyasi mundayroq o‘quvchilarga mo‘l yozilibdi, shuning uchun qo‘lma-qo‘l o‘qila-yotir, ularga jahon adabiyotining durdonasini bersangiz betiga qaramaydilar deb «kuyunayotgan»larni «O‘zingiz asar davomini qanday kutdingizu qay tariqa o‘qib chiqdingiz?» deb so‘roqqa tutgan bo‘lardim. Va shubhasiz, ular vijdonan, ichki tuyg‘ulariga erk berganlarida edi: «Intiqlik bilan kutdigu chanqoqlik bilan o‘qib chiqdik» degan bo‘lardilar.
Vaholanki, «Shaytanat» olami — yaqin o‘tmishdagi bizning olamimiz, bizning voqeligimiz, bu olamni bir tirik vujud deb qaraydigan bo‘lsak, shu vujuddagi og‘riqlar, dard-xastaliklar bizning dardu alamlarimiz. Shunday ekan, nechun biz bu dardlarga, «dard ustiga chiqqan chipqon»larga befarq qarashimiz kerak? Tabobatda bemor dardiga shifo berish uchun, avvalo, kasallik tub-tubigacha aniqlanib, uning ildizlari ochib tashlanadi. So‘ng muolajaga o‘tiladi. Shuning barobarinda, «Shaytanat» dardlarimizga shifo berishda bir vosita — malhamdir ham. Aytingchi, qaysi bir bemor dardiga davo bo‘lishi mumkin bo‘lgan malhamdan bosh tortgan? Saviyamizning «unday» yoki «bunday»roqligi xususida bosh qotirishning o‘zi joizmikin shunday holatda?!
Yana asar tahliliga qaytamiz.
Avvalo taqdirlarni qarang, biri biriga o‘xshamasligini ko‘ring. Zelixonni Xongireyga chalkashtirmaysiz, Hosilboyvachchani Shilimshiqqa tenglashtirmaysiz. Asadbek bilan Chuvrindi, Kesakpolvonlar-chi? Har biri o‘ziga xos o‘zga olam vakillari. O‘z qahri-zahri, alami, armonlari bilan betakror shaxslar. Shaytanat olamining ustunlari. Qiyofalari, fe’lu ta’bu dunyoqarashlari bilan ham bir-biriga sira o‘xshamaydi. Ular o‘rtasida goh oshkora, goh zimdan borayotgan kurash butun shafqatsizligi bilan qalamga olinishi, ko‘lami bilan hayiqmay tasvirlanishi chiroyli. Asadbekning o‘z otasi qabrini ziyorat etgani borishi, Kozlov bilan aloqalari, Xongireyning dasti uzunligi, u yuborgan tergovchilarning ashaddiy siquvlari va nihoyat Zelixonning qurbon berilishi sahifalari asarni baland pog‘onaga ko‘tarib turibdiki, uncha-muncha yozuvchi Shaytanat olamining bu o‘rdalariga kirib borishga jur’at ham etolmaydi, iqtidori ham yetmaydi. Ayniqsa, Asadbek og‘ir xastalikka chalingandan keyin shaytanat olamida uning o‘rnini egallash uchun boshlangan pinhona va ochiq kurashlar asarga yangitdan «jon va ruh» bag‘ishlab yuborganki, bu Tohirning mahoratidan dalolat berib turibdi.
Mana shu xastalik ayniqsa, Asadbek safdoshlari uchun zo‘r sinov bo‘lib, shu bahonada Chuvrindining sadoqati, Kesakpolvonning hojasining o‘rni uchun «o‘lib-qutilish»lari yana ham yorqinroq ochila boradi. U yolg‘iz da’vogarlik uchun kurashib, o‘zidan necha bosh baland turgan Chuvrindini ustalik-la yo‘qotishi faqat Shaytonsaroylarga xos yovuzlikning bir ko‘rinishidir.
Asadbek Chuvrindining qabri tepasida yolg‘iz qolgandagi manzarani eslang: «Ikki bir xildagi marmar tosh. Birida onasi, ikkinchisida Samandar ukasi. Ularning yoniga ukadek aziz bo‘lib qolgan Chuvrindi qo‘yildi.
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 19:23:13
Asadbek osmonning ko‘z yoshlari ostida picha turdi. Paltosi ivib ketdi. Yuzlarini, ko‘z yoshlarini qor aralash yomg‘ir yuvdi.
«Bu yer mening joyim edi, Mahmud ukam. Sen kelding. Yoningda yana bir joy bor... «Mastlikda bo‘lgan» deyishyapti. Men bunga ishonmayman. Senga qasd qilganni xor qilmasam, otimni boshqa qo‘yaman. Qasos olmagunimcha yoningga kelmayman...»
Kimdir uning qo‘lidan ushlab tortdi.
O‘girilib qaradi: Kesakpolvon.
— Sen mening yuragimga tupurding, — dedi Asadbek.
— Unday dema, Asad, agar bu mening ishim bo‘lsa, Xudo ursin!
— Yo‘qol...
— Asad...
— Yo‘qol, dedim!..»
Ha, busiz ham o‘zini Xudo urib qo‘ygan Kesakpolvonning ishi edi bu. Asadbek uni ichki bir tuyg‘u ila his etib, sezib turibdi.
Qolaversa, u Asadbekning yuziga birinchi tupurishi emas. Boshda topishgandayoq, bolalikdayoq tupurib ulgurgan edi. Eslang, o‘g‘ri to‘g‘rining yuziga, valadi zino alamdiydaning yuziga tupurgan edi.
Bu beshafqat tasvirlar qahramon ichki olamiga dahldor bo‘lmay nimaga dahldor ekan? Nega bizni shunchalik larzaga solyapti ekan, agar chinakam badiiyatga aloqador bo‘lmasa! Qalbning nozik pardalariga tegib titratmasa?
Asadbek kechagi beshafqat tuzumning alamzada farzandi. Achchiqma-achchiq beshafqatlik ko‘chasiga kirgan, qasdma-qasdiga jamiyat qonunlarini oyoq osti qilib, qasos-la qalbiga malham topib yurgan va hech kimga bo‘y bermay kelayotgan odam. Agar u vaqti-vaqti bilan eng to‘g‘riso‘z do‘sti Jalilni ko‘rgisi kelib qolmaganida, tanchasi pisillagan o‘sha eski uy — otasidan qolgan yolg‘iz xotirani qo‘msab bormaganda, bilmadim, uni shu ko‘chada yurgan boshqa yovuzlardan farqi qolmasmi edi! Lekin u ham tirik inson, ojiz banda ekanini biz og‘ir xastalikka chalinib, mungli bir qiyofaga kirganida, qo‘li qisqaligini sezib qolganida yaqqol ko‘ramiz. Ayniqsa, Asadbekning o‘sha xastalik boshlanganda ko‘rgan tushi, ruhi shodlar va qabr azobini tortayotganlar diyorida kezib, onaizorining «oh»ini eshitib, qabri ustida olov tillarini ko‘rishi, xasta Samandarni, otasini uchratishi, ular bilan muloqotlari shunaqa jonli, ishonarli tasvirlanganki, o‘qib lazzatlanasiz. Muallif bizni Asadbek qalbining qahrdan xoli, armon to‘la puchmoqlarigacha yetaklab kiradi.
«— Ada, — deb ajablanadi Asadbek. — Siz ham shu yerdamisiz?
— Hammamiz birgamiz, toychoq, — deydi otasi jilmayib.
— Yaqinda men ham kelsam kerak, — deydi Asadbek.
— Kelasan... Men kutyapman. Senga chena yasab qo‘yibman... chenada uchishni sog‘indingmi?
— Sog‘indim, ada.
— Bolam, qiynalib ketdingmi? — deydi onasi.
— Qiynaldim, — deydi Asadbek.
— Kela qol, adang... yog‘och chena yasabdilar o‘zlari.
Asadbek atrofga alanglaydi. Chena ko‘rinmaydi. Ba’zi qabrlar ustida charx urayotgan oq qushlarga ajabsinib qaraydi.
— Bular qanday qushlar? — deb so‘raydi.
— Bular... ruhlar... u dunyoda solih farzand qoldirganlar.
— Siznikida olov ko‘rdim?..
— Oh, bolam... sen qabr azobi nima ekanini bilmaysan...
— Sizlar bu dunyoda halol yashadingiz, umrlaringiz azob bilan o‘tdi. Yana qanday azob?..
—...Solih farzand — amali...
—...Nima bu?..
Onasi javob o‘rniga «oh!» deb qo‘yadi.
Qabriston etagida oq tuyalar ko‘rinadi. Tuya karvoni asta yurib, qabristonni tark eta boshlaydi.
— Oq tuyalar ketishyapti, — deydi onasi afsus bilan.
— Ularni qaytarish kerak, — deydi otasi.
— Mozorlarimizdan avliyolar ketib qolishyapti. Odamlardan iymon ko‘tarilyapti.
Asadbek avval ham eshitib edi bu gapni... Manzura aytib edi. Onasi ham aytyapti.
— Tuyalarni qaytaraman, — deydi Asadbek.
— Qaytarolmaysan, — deydi otasi...»
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 19:23:32
Keyin Asadbekning atay Krasnoyarga — otasi tutqunda yotgan joylarni izlab borib, ovloq o‘rmon chetidagi mozoristondan qabrini topib, ziyorat etishi— uncha-muncha dunyo ko‘rgan, dunyo kezgan farzandlarning ham xayoliga kelmagan ish. U shu jihatlari bilan ham o‘z zamondoshlaridan bir pog‘ona yuqori turadi. Qalbi ham ayrim paytlari yumshab ketadi, olijanob ishlarga qodirday ko‘rinadi-yu, qalbiga bir vaqtlar tuxum qo‘yib ulgurgan yovuzlik uyg‘onib ketganda tamomila sitamkor va qasoskorga aylanadi. Uning Muhiddin otaga aytgan gaplarini eslang.
«Men namoz o‘qimasam ham Xudodan qo‘rqadigan insonman. O‘lganimdan so‘ng do‘zaxda kuyishimni bilaman. Sizni bilmayman-u, ammo men sho‘ro hukumatidan butunlay noroziman. Do‘zaxda avval shu hukumat kuyishi kerak!» deydi u. Asadbek qanaqa murakkab shaxs ekani xuddi mana shunday nozik pallalarda butun bo‘y-basti bilan ko‘rinib ketadi. Uning tabibdan shifo istab borganida (xuddi Zelixon singari) qariyalarga qo‘shilib, namozga o‘tgisi kelishi... o‘tishi qanchalik tabiiy bo‘lsa, tuzalib, dard orqaga chekingach, Xudoni unutib, shaytanat olamiga sho‘ng‘ib ketishi shunchalik ishonarlidir. Qalblarini yovuzlik zardobi bosib ketgan bunday kishilar osonlikcha iymonga kela qolmaydilar. Asadbek fojiasining butun dahshati ham shunda, sabog‘i ham shunda.
«Shaytanat» asarida nurga yo‘g‘rilib, san’atkorona chizilgan bir talay obrazlar ham borki, ular ro‘monga o‘ziga xos ohang desammi, mung desammi, nur desammi taratib turibdilar. Bu eng avvalo Anvar, Zaynab, Elchin obrazlaridir. Anvarning zauraliklar bilan muloqotlari, ruhlar olamiga sayohatlari va nihoyat uning yozib qoldirgan xatlari asarga bir oydinlik bag‘ishlab, haqiqat nurini sochib turibdi.
«Hurlik nimaning evaziga berildi? — deb yozadi u.— Qonlar evazigami? Jonlar evazigami? Jon berishga tayyor azamatlar bormi bu ulug‘ Turkistonda? Xumoyun Mirzo xastaligida tabib Bobur Mirzoga «Eng qadrli narsangizni atang», deganda shoh Bobur «Eng qadrli narsa — jonim, jonimni berayin», degan ekan. Xasta ona Turkistonga kim jonini fido qiladi? O‘limdan qo‘rqmas, botir o‘g‘lonlar nahot butunlay qirilib bitgan? Bu qanday hayot o‘zi? Kun bor — quyosh yo‘q. Osmon bor — yulduzlar yo‘q. Vatan bor — vatanparvar yo‘q...
Alixonto‘ra Sog‘uniy domla aytgan ekanlar: «Agar o‘zbeklar oshning atrofiga birlashganday birlashganlarida edi, allaqachon erkka erishgan bo‘lar edilar. Men bu aqlli satrlarga ozgina tahrir kiritmoqqa jazm etdim:
«Agar o‘zbeklar to‘planib, to‘y-ma’raka oshiga oshiqqanlari kabi iymonga oshiqqanlarida edi, mustaqillikka shubhasiz erishardilar».
Ulug‘ Turkistonni faqat iymon birlashtiradi...»
O‘sha kechagi sho‘rolar jamiyatida shunday odam jinni deb e’lon etilishi va o‘zini osibgina ruhiga erk berishi tabiiy edi. U shunday fojiona qazo topdi. Zamonga sig‘magan Anvarni ozod ruhlar chaqirib oldilar.
Bu mungli qissa shaytonsaroyning gunoh kitobiga abadiy yozilib qoldi. Xuddi Asqar Qosim qissasi kabi... Elchin fojiasi kabi... Boyaqish Elchin. Shunday iste’dodli hofiz. Qaysi shayton uni yo‘ldan ozdirdi? Xonumonidan, suygan xotinidan ajratgani, o‘n yil qamoqxonalar tuzini tottirgani kam ekanmi? Qasos ko‘chasiga ro‘baro‘ qilmasa? Mana endi Asadbekni o‘tday kuydirib, sal taskin topdim deganda... Noilasi rozi emas. Axir uning ruhini rozi etish uchun qilmabmi edi shu ishni?
Asarda haqiqatni oydinlashtirib kelaturgan ruhiy holatlar, parvozlar, o‘tgan yaqinlarning ruhlari bilan uchrashuv-muloqotlar nozik, muxtasar tasvirlarda aylanib-aylanib keladiki, ular ro‘monga yangi fazo va yangi havoday tushgan. Esingizda bo‘lsa, muallif o‘sha Farg‘onadagi ur-sur tasvirida birinchi bor shu uslubga murojaat etgan edi. Zelixon hushidan ketganida tushga o‘xshagan g‘alati bir narsa ko‘rganini o‘n og‘izgina so‘z bilan ifodalagan edi: «Boshimga zarba tushishi bilan hammayoq gir aylandi. Keyin atrofni zulmat o‘radi. Ikkita sharpa kelib, qo‘ltiqlab ko‘tardi. «Yaxshi bo‘ldi, bulardan qutqaradi», deb o‘yladim. Sharpalar qo‘ltiqlab ko‘targancha meni chir aylantirib balandga, juda balandga olib ketishdi. Xuddi sahrodagi girdobga tushib qolganday bo‘ldim. Keyin birdan zulmat tugab, yorug‘likka chiqdik. Atrof shu darajada yorug‘ ediki, ko‘zlarim qamashib ketdi. «Buni nimaga olib keldilaring, hali muhlat bor», degan g‘alati ovoz eshitildi. Keyin yana girdobga tushdim, yana zulmatda qoldim. Sharpalar meni yerga yotqizib, yo‘q bo‘lishdi. Keyin ko‘zimni ochsam... Yigitalining ayvonida yotibman.
Zelixon javob kutib, Ismoilbeyga tikildi. Ismoilbey bir oz o‘yga toldi, chuqur xo‘rsindi. So‘ng:
— Buning ta’birini aytishga fikrim ojiz, — dedi. — Vallohi a’lam, Tangrim joningni qaytarib beribdi. Buning ma’nosi shuki, endi sayoq yurishingni tashla. Qalbingni zangdan tozala...
— Qalb zangi? — Zelixon kulimsiradi. — Rosa zo‘r gaplarni topib gapirasiz-da, tog‘a. Hozir namoz o‘qiyotganingizda nima uchundir mening ham o‘qigim keldi...»
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: Murod_bek 17 Dekabr 2007, 19:23:55
Inson ruhiy olamining behudud sarhadlarigacha kirib borishga urinish, ruhlar olamiga sayohatlar keyinchalik Anvar, Elchin obrazlarini ochishda, taqdirlarini chizishda, fojialarining ildizlarini ko‘rsatib berishda juda ham qo‘l kelgan. Ro‘mondagi bu bob va sahifalar simirib o‘qilsa-da, hech yoddan ko‘tarilmay, chuqur o‘ylarga toldiraveradi. Hayotning nihoyati imtihon dunyosi ekani, har kim ekkanini o‘rishi, hech bir jinoyat jazosiz, yaxshilik mukofotsiz qolmasligi teranroq anglatib borilaveradi.
Muallif hatto xayoliy suhbatlar, tasavvur olamida kezishlar, armonli onlardagi qalb kechinmalari tasvirlaridan ham zargarona, uzukka ko‘z qo‘ygandek foydalanib ketadiki, bular barchasi birgalikda badiiyatga xizmat qilgan. Ayniqsa, bu usul alohida muhabbat-la tasvirlangan Zaynab obrazida, uning ichki olamini nazokat ila chizishda juda ham qo‘l kelgan. Shusiz ham armonlari beadad, shusiz ham orzulari toptalgan Zaynabning onasi-la xayolan suhbatlarini eslang.
«— Sen bolaligingda Kumush bo‘lishni orzu qilarding.
— Orzu qilardim, oyijon.
— Kumush zaharlangan edi, shuni o‘ylamabmiding?
— Ha, zaharlangan edi.
— O‘zbek oyim qora kiygan edi-ku...
— Ha, qora kiygan edi.
— Zaharlangan Kumush qayta tirilar, deb o‘yladingmi?
— O‘yladim, oyijon.
— O‘zbek oyim qora libosini tashlaydi, motam kunlari tugaydi, deb xayol qildingmi?
— Xayol qildim, oyi».
Shaytanat olami Zaynabni ana shunday go‘zal orzularidan, bir umr kutib ardoqlab kelayotgan Kumush muhabbatidan judo qildi. Nainki uni, Zelixondek, Chuvrindidek mard yigitlarni ado qildi, bevaqt xazon qildi.
Anvarni quvg‘indi, Elchindek hofizni xarob etdi. U olim-ku, u iste’dod-ku demadi.
Asadbek-ku qasos deb nimaga erishdi?
Eslang. Ukasidek aziz bo‘lib qolgan Chuvrindidan ayrilgan... «Asadbek qabristondan to‘g‘ri eski shahardagi uyiga bordi. Sovuq uy. Sovuq tancha. Xuddi qirq yil avvalgi kabi...»
U har yili o‘ttiz birinchi dekabr kuni shu uyda bo‘lardi. Bu safar kela olmagandi... Kechikib bo‘lsa-da, «Bugun keldi. Yelkasida bir olam g‘am bilan keldi. Inson bolasiga xos pokiza tuyg‘ularni quvgan kundan beri oradan qirq yildan oshiqroq vaqt o‘tibdi. O‘shanda mitti yuragiga yovuzlik tuxum qo‘ygan, yovuzlikning birinchi ovozini o‘rtog‘i Jalil eshitgan edi.
— Ularni o‘ldiraman!..
Hozir bu ovozni o‘zi ham eshitdi. Eti seskandi...»
Seskangani rost bo‘lsin!
Yetib kelgan joyini anglagani rost bo‘lsin!
Siz ila biz esa «Auzu billahi minash-shaytonir rojiym» deya quvilgan la’nati shayton yomonligidan Olloh panohini so‘raylik. Ilohim, har birimizni O‘zi haq yo‘liga boshlab, boshga tashvish tushgan kezlarda chiroyli sabr etguvchilardan qilsin. Yerdagi barcha gunoh ishlarni chiroyli ko‘rsatib qo‘yguvchi Shaytondan o‘z panohida asrasin.
© Tohir Malik
Islom.uz ma'rifat markazidan olindi.
www.ziyouz.com - 2007
www.hanifuz.narod.ru - 2007
Nom: Re: Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik
Yuborildi: AbdulAziz 21 Noyabr 2009, 10:51:05
Shaytanat (uchinchi kitob)

(http://www.ziyouz.com/images/books/shaytanat3.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=22)

Muallif: Tohir Malik
Hajmi: 766 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=22)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1175.0)