forum.ziyouz.com
Umumiy bo'lim => Madaniyat => Kino olami => Mavzu boshlandi: Muslimа 27 Fevral 2007, 09:37:15
-
Assalomu alaykum!
Bugungi kunda kino hayotimizni bir bo'lagi bo'lib qolgan. Har kim har hil kinoni ma'qul ko'radi. Ba'zi filmlar yaxshilikka chorlasa, ba'zilari insonni to'g'ri yo'ldan adashtiradi (astag'firilloh). Kino olamida ikkita tushuncha mavjud. Bu Hollywood va Bollywod. Ularni qay biri ma'qul, nima sababdan ko'pchilikkka bu filmlar hush keladi? Umuman Bollywood yoki Hollywood filmlaridan yaxshi narsa olsa bo'ladimi? Yoki ularni tomosha qilish ma'qulmasmi? Siz qaysi filmalari ma'qul ko'rasiz? Nima uchun?
-
Assalomu Alaykum!
Hollywood va Bollywod ning ham o'ziga yarasha yaxshi va yomon kinolari bor.Menimcha Hollywood ga qaraganda Bollywooddagi kinolardan yaxshi narsa ko'proq olish mumkin.
-
"Bolliwood"da ishlangan "Bog'bon", "Ona Hindiston", "Sangam" nomli kinolar o'zining ma'zmundorligi va tarbiyaviy ahamiyati bilan ajralib turadi.
"Gollivood"da ham yaxshi kinolar bor. Lekin ularda ko'pincha o'z mafkurasi, dunyoqarashini yoyish ustun turadi.
Bolliwood filmlarida esa ko'pincha yengil-yelpi syujetlar bilan yengil hayot ko'rsatiladi. Kinoning yarmi qo'shiq bilan o'tib ketadi. Ma'lumotlarga qaraganda Hindistonda yiliga 700 ta kino ishlanarkan. Bu har kuni 2 ta yangi film degani...
O'zimizning filmlar ham "Bolliwood"nikidan qolishmayapti.
-
Judayam hissiyotlarga boy bo'lgani uchun ko'rmiman Bollywoodni.Ssenariy doim bir xil boy xonadondan bo'lgan bittasi kambag'al xonadondan bo'lganni sevib qoladi.Yoki chet elda oqiydigan bittasi boshqasini sevib qoladi.Janjal mushtlashuv,yig'i sig'i,ashula 1 soat.Xullas Hollywood yaxshi man uchun.Ayniqsa psixicheskiy trillerlarni ishlashda ularga teng keladigani yo'q.
-
Aslida kino yahshilikka va ham yomonlikka namuna bu'lishi juda oson.SHu sababli bizni oilamizda koproq Umar Muhtor ,Risolat kabi kinolar koriladi.Tu'grisi ukalarimga hech kim taqiqlamasa har kuni ku'rishdan qaytmaydilar,bu ikki filmni. Lekin bir vaqtlar tv-da Muhammadur Rosululloh filmi namoyish etilayotgan vaqtda bir ilmlik inson tanbeh bergan edi aziz umrni aziz vaqtini bekorga isrof qilmagan ma'qul deb.SHunda ahir bu dinimizni qissasiku deb ajablangan insonlarga dinimizni qissasini Qurondan boshqa gu'zal qilib tariflaydigan manbaa bormi degan ekanlar.SHu ogohlantirishni eshitganimdan keyin kino ku'rmoqqa boshlasam u'ylanib qolaman umrimni isrof qilmayapmanmi deb...Lekin ojiz nafs banda bu'lganim sabab har doim ham u'zimni tuta olmayman.
-
Assalamu alaykum!
Manga qolsa, bollywood mahsulotlrining ham hollywood mahsulotlarining ham birortasi vaqt sarflab ko'rishga arzimaydi, undan ko'ra mazza qilib salovat eshitganiz ming karra afzal!!!
-
Assalamu alaykum!
Manga qolsa, bollywood mahsulotlrining ham hollywood mahsulotlarining ham birortasi vaqt sarflab ko'rishga arzimaydi, undan ko'ra mazza qilib salovat eshitganiz ming karra afzal!!!
Assalamu alaykum.
Islimakhanim,fikringizga 100% emas 200% qo'shilaman.
Vaqtimizni qadriga yetishimiz lozim. shunday filmlarni tomosha qilib o'tkazadigan vaqtimizni bir oyat bo'lsa ham ALlohning kalomini yodlashga sarf etsak, qabrda bizga nur bo'ladi,Inshaalloh. Chunki tobora QABR atalmish uyimizga yaqinlashmoqdamiz...
-
Assalomu alaykum!
Kinoni umuman ko'rmaslik kerak degan fikrlarga qo'shila olmayman.
Chunki hamma kinolar ham birdek zararli bo'lavermaydi, insonlarning hidoyatiga sabab bo'ladigan, ularning ma'naviy kamolotiga ta'sir etadigan kinolar ham bor. Va ular Bollivoodda ham, Hollivoodda ham uchraydi.
Manga hindlarning "Bog'bon" filmi juda yoqqan. Unda qarib qolgan ota-onani bir-biridan ayirishga uringan va ularga mehr ko'rsata olmagan noqobil farzandlar haqida gap ketadi.
Bunday filmlar odamni o'ylashga, fikrlashga majbur qiladi.
-
Assalamu Alaykum!Quyidagi filmlarni tavsiya qilaman:
"Salom shodlik, salom g'am" - Ota va farzand o'rtasidagi munosabat
"Oqibat" - Aka-ukalar o'rtasidagi munosabat
Assalomu Alaykum
-
:as:
Yaqinda bi aqlli odamning mana shu ikkalasigayam bergan bir aqlli ta'rifini eshitdim:
"Bularning ikalasiyam- buzuqlik va axloqsizlikning uyasi" dedi.
O'ylab qaralsa xaqiqatdan xamda, xamma yomon ishlar, o'g'rilik va buzuq illatlarning hammasi mana shu kinolardan o'rganilyapti!
-
Birodar akaning forumda qoldirgan deyarli barcha fikrlariga qo'shilaman, shu jumladan yuqoridagi postlaridagi fikrlariga ham. Biroq "
Ҳар қандай кинофильм - умрнинг заволи. "Тарбисвий" ёки ҳатто "исломий" фильмни ксраётган одам ҳам "бу ишимдан сзига сраша ажр бор" дес олмаса керак.
" deganlariga unchalikmas. Bunday fikrlaydigan bo'lsa, menimcha, tarki dunyo qilishdan boshqa iloj yo'q. Men bu gapim bilan filmlarni ko'rishga undamoqchimasman.
Asosiysi qadriyatlarning qanday shakllangani, undan keyin esa inson o'zi tanlab oladi nima kerakligini. Qadriyatlarning shakllanishida esa - demakki, tanlashdan oldin - insonga "yaxshi" hamda "yomon" haqida to'liq axborot berish yuqori avlod vakillarining burchi.
Keyin, yana bir gap - 25 kadr effekti yo'q narsa ekani isbotlab bo'lingan. Что касаетсс психологического сффекта, то его наличие ес‰ё в 1958 году бс‹ло офияиально опровергнуто Американской психологической ассояиаяией. http://www.advertology.ru/article52544.htm
-
Кино кўрмаслик - тарки дунё қилиш дегани эмас.
Бу гапингизга 100% қўшиламан. Мен ҳам "кино кўрмаслик тарки дунё қилиш", деган фикрдан йироқман. Фақат сизнинг Ҳар қандай кинофильм - умрнинг заволи. "Тарбиявий" ёки ҳатто "исломий" фильмни кўраётган одам ҳам "бу ишимдан ўзига яраша ажр бор" дея олмаса керак.
деган гапингизга жавобан ёзган эдим. Яхшилаб ўйлаб кўрайлик, у ҳолда баъзилар кунига максимум 3-4 соат яшаётган бир пайтда, баъзилар ҳатто 5-10 минут ҳам яшамаётган экан, деган хулоса келиб чиқади, ўз-ўзидан - буни бартараф қилишнинг энг оптимал йўли - таркидунё.
Мен урғуни бошқа нарсага қаратмоқчи эдим. Асосийси - халқ, жамият дунёқарашининг шаклланиши, жамиятда ҳукм сурувчи асосий критерийлар эмасми?
25 кадрга келадиган бўлсак,
В 1990-е годы — с опозданием почти на 40 лет — усилиями «жёлтой прессы» в России возрастает интерес к 25-му кадру. В газетах появляются статьи о «зомбировании населения», реклама видеокассет для изучения английского языка, лечения различных заболеваний (например, алкоголизма) с помощью 25-го кадра. Газетные статьи перепечатывались столько раз, что мало у кого возникали сомнения в их истинности. Более того, были даже приняты соответствующие законы. http://ru.wikipedia.org/wiki/25_кадр
Мен сиздек илмли инсон билан баҳслашмоқчи эмасдим. Фикрларингизнинг, ҳақиқатан ҳам, деярли барчасига қўшиламан. Шунинг учун бу постни, илтимос, баҳснинг давоми эмас, фикримни ойдинлаштириш учун қолдирилган, деб ҳисобласангиз. (25-кадрдан ташқари :))