forum.ziyouz.com

Kutubxona => Jahon adabiyoti => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 02 Mart 2007, 05:24:38

Nom: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: AbdulAziz 02 Mart 2007, 05:24:38
Ko‘k Turklari asiri (roman)

(http://www.ziyouz.com/images/books/turk.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=14)

Muallif: Nouman Smaylz
Hajmi: 409 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=14)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1195.0)
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 13:59:43
(http://ziyouz.com/rasmlar/books/turk.jpg)

Nouman Smaylz
KO'K TURKLARI ASIRI

Bismillahir rohmanir rohim!

Shuni aytishim kerakki... ma'zur tutgaysiz, buni inglizchada aytmasam bo‘lmaydi. Bilaman, mening inglizcham buzuq, jaydari, hashaki inglizcha, lekin dunyoninng yarmidan ko‘pi mana shunday inglizchada gaplashadi-ku, deya o‘zimni ovutaman. Nafsilamrini aytganda, men buni inglizchadan boshqa ko‘pgina tillarda yetarlicha go‘zal hikoya qilib berishim mumkin edi. Afsuski, bu borada ancha chegaralanganman. Shu kungacha men inglizchada «Men buni juda yaxshi ko‘raman» emas, «Men buni yaxshi juda ko‘raman» deb keldim. Sizga aytmoqchi bo‘lganim shuki, notiqlik yoki uslubning ahamiyati yo‘q men uchun. Qolaversa, til grammatikaga amal qilish emas, balki muomala vositasidir, shunday emasmi? Aytadilar-ku, aytsam tilim, aytmasam dilim kuyar, deb. Mana shu narsa meni hikoyani boshlashga ruhlantirdi. Va nihoyat inglizcha mening tasarrufimdagi yagona bir til ediki, uni atrofimdagi kishilar mutlaqo tushunmasdi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:00:08
1

Deyarli bir oy oldin meni garovga olishdi. O'shandan beri qancha vaqt o‘tganini aniq ayta olmasligimga sabab, tog‘lar orasidagi kichik meteorologik uychadagi tutqunlikda vaqtni aniqlashning imkoni yo‘q edi. Biz bunda ikki kishimiz: men va Li ismli bir xitoy yigit, yon atrofda o‘z mustaqilligi uchun kurashayotgan jangarilar guruhidagi turli-tuman odamlar. Umuman olganda, ular bizga o‘zlarini yaxshi ko‘rsatishga intilishadi, sababi, biz chet ellikmiz, magar ba'zan hukumat uchoqlari ular ustiga bomba tashlash uchun yopirilib kelganda, judayam qo‘pol va yoqimsiz bo‘lib ketishadi. Bunday paytda ular bizni ushlab, boshimizga qop kiygizib, yaqinroqdagi g‘or yoki boshqa pana joyga sudrab ketishadi. Biz esa kun bilan tunning farqiga bormay yotamiz. Bomba tushishini hisobga olmaganda, hayotimiz, agar uni hayot deb atash mumkin bo‘lsa, bir-biriga bog‘langan holda bir xildagi boshpana ostida uxlash, qachon berilishini kutiladigan ovqat - asosan, muzlagan kartoshka, suvda qaynatilgan makaron, ba'zan esa dudlangan go‘sht, qotgan non hamda Xitoy ko‘k choyidan iborat. Hojatxona tashqarida bo‘lib, yeguligimizga qarab bizni kuniga ikki-uch mahal boshimizga haliginaqa qoplarni o‘rab-chirmab, u yoqqa olib chiqishadi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:00:29
Boshqa paytlar biz faqat o‘tiramiz, ba'zan kitob o‘qiymiz, so‘zlashishga ruxsat yo‘q, lekin qochib ketgan ba'zi meteorologistlardan qolgan shaxmatni o‘ynamoq mumkin. Qiziq, lekin odam zoti har narsaga ko‘nar ekan, faqat taqdirim shu ekan-da, deya o‘ylansagina, bunday turmushga ko‘nish oson kechadi. Miyangiz bo‘sh, na qo‘rquv va na umid hissi mavjud. Yolg‘iz, yupun holdagi bema'ni umr. Boshqa hollarda siz bunday sharoitda bo‘lish qanchalik hayajonli ekani va uning mavjudlik borasidagi tajribangizni ne qadar boyitishi haqida o‘ylagan bo‘lardingiz. Hafsalangizni pir qilishga to‘g‘ri keladi. Yon atrofda nuqul bir xillik. To‘g‘risini aytganda oradan faqat bir oy o‘tib, o‘zimga nima bo‘lganiligi haqida o‘ylashga va tahlil qilishga harakat qilyapman. Nega men bu yerga tushib qoldim? Dunyodagi eng baland tog‘lar orasida, noma'lum bir joyning qoq o‘rtasida, qandaydir sabab bilan urushib yurgan g‘azabnok odamlar orasida nima qilib yuribman axir? Men o‘zi kimman?
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:00:46
2

Bundan ikki yil avval Shinjon - Uyg‘uristonda Indianadagi katolik institutidan kelgan amerikalik islomshunos olimga tilmoch edim. Shinjon qaerdaligini bilasizmi? Bu Xitoyda, Tibet bilan Markaziy Osiyo oralig‘ida joylashgan. Shunday qilib, Sharqiy Turkistonning borgan sari xitoylashib borayotgan turli o‘lkalariga bordik. Biz qadimgi qo‘lyozmalarni axtarib yurardik. Balki g‘oyat keng sahroning bir qancha vohalarini kezib, istalgan dinga oid qo‘lyozmalarni topish mumkin, demoq ham to‘g‘ri bo‘lar, negaki amerikalik do‘stim aytganiday, qadimgi uyg‘urlar va ularning ajdodlari - qadimgi yoki Ko‘k Turklari barcha dinlarga e'tiqod qilganlar. Luk Amerikadan olib kelgan bir necha buddist tarjimon bilan bir qatorda biz ham Ho‘tandan 17-sasrga taalluqli qo‘lyozma sotib oldik. Bu dastlabki Manixey matnlarining to‘plami edi. Qashg‘ar tomonga jo‘nar ekanmiz, bir juft Islomga oid kitob ham topib oldik va... uzr, alahsiyapman...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:01:29
Biz Turfonni sayohatimizning so‘nggi nuqtasi, deya belgilab oldik. Lukning aytishicha, Turfon o‘zining joylashish o‘rni bilan mashhur. U dengiz sathidan taxminan 150 metr pastda joylashgan. Luk yana bunday pastliklarning din va diniy qo‘lyozmalar bilan qandaydir aloqasi mavjud ekanligini aytdi. U biznikidan-da quyiroq bo‘lgan O'lik dengizni misol qilib keltirdi. Kelishuvimizga ko‘ra, men oldinroqda borib, ba'zi narsalarni aniqlashim, aloqa bog‘lashim va uchrashuv tashkillashtirishim lozim edi. Erta azonda Luk Urumchi muzeyiga, men esa turist sifatida olti nafar xitoy (nazarimda ularning bari xavfsizlik xizmati xodimlari edi) bilan Turfonga qarab ketdik. Shu bo‘yi Lukni qaytib ko‘rmadim...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:02:00
3

O'sha kuni havoning avzoyi haddan ortiq buzuq, qattiq shamol esar, qumlar uyumining sahro va pasttekisliklar orasida uchib yurishi tabiiy bir holday edi. Har holda, endi yarim yo‘lga yetganimizda, kuchli shamol mashinamiz bilan birga ko‘tarib chetdagi shag‘alliklar ustiga uchirib yubordiki, qandaydir mo‘‘jiza tufayli hayhotday sahroning qoq o‘rtasida bir o‘limdan saqlanib qoldik. Shu yerning o‘zida kattakon ko‘zoynak taqqan va o‘zini sevgilisini bag‘riga bosayotganday qilib ko‘rsatayotgan maxfiy agentning siri ochilib qoldi - u sof ingliz tilida menga so‘zlay ketdi. Salgina g‘urur bilan shuni anglaganday bo‘ldimki, u qanday bo‘lmasin aqalli mening hayotimga javobgar edi. U «sevgilisi»ning sumkasidan cho‘ntak telefonini tortib chiqararkan, qizni butunlay esankiratib qo‘ydi, chunki u nima qilishini bilmay qoldi, na o‘zini cho‘ntak telefonga ulangan quloqlaridagi ikki beo‘xshov eshitgich orqali pleerini eshitayotgan qilib ko‘rsatishni va na sherigining idora bilan so‘zlashayotganini to‘sib turishni bilmas, nima bo‘lganda ham, men ularning g‘alati xitoychalarini tushuna olmadim.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:02:26
Chang-to‘zon va tumanli Turfonga kirish oldidan barchamiz qondoshlarga aylangandik. U katta qora ko‘zoynagini biror marta bo‘lsin yechmadi. Jon ismli (menimcha Zyan degan ismning buzib aytilishi) gonkonglik xitoy o‘z «kompaniya»sining mashinasini tokzorga qarab burishni buyurdi. U yerda meni mazali uyg‘ur taomi bilan siylashdi. Tog‘ oralab oquvchi daryo bo‘yidagi uzumzor soyasida ozroq muddatga hojatga o‘tib, shu bahonada bir uyg‘ur yigitdan ularning qo‘lyozma sotuvchilari haqida so‘rashga muvaffaq bo‘ldim. Uning aytishicha, O'lik Shaharning narigi tomonida bir darvishi devona bo‘lib, o‘shanda biror nima bo‘lishi mumkin ekan...
Shundan keyin biz O'lik Shaharga keldik. Men ashaddiy turist emasman, shu bois qadimdan qolgan quduq yoxud g‘ayrioddiy uzum zahiralarining men uchun katta ahamiyati yo‘q, bari bir go‘r. Men hattoki Jon-Zyan tomosha qilish uchun arzigulik deya kamoli ehtirom bilan taklif qilgan ba'zi mashhur masjidlarga ham qiziqmadim. Magar O'lik Shaharga kelganda... U chindan ham bo‘lakcha edi. Tarjimon sifatida juda ko‘p tarixiy joylarda bo‘lganman, lekin loy vayronalarni deb hech bir joyga telbalarcha oshiqmagan edim: bu shunday bir Zamin ediki, bir kun barpo etilib, yana bir kun tuproqqa aylanishi uchun vayron etilgan zamin. Tashvish shamoli bor uning boshida... Ham osmonda xira, qora, keraksiz quyosh...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:02:44
Taajjubki, quyosh va uning issig‘i Jon va uning komandasini ortimdan ergashmaslikka majbur qilib qo‘ydi. Ular buni sirayam yoqtirmasliklarini chindan ham tan olib, men bu Yo‘qlik bo‘ylab yolg‘iz kezgunimcha mashinada qolishga qaror qilishdi. Biroq men Urumchidan sayru sayohat ilinjida kelgan bu turistlarning bunday g‘aroyib joylarni ko‘rishni rad etayotganlaridan taajubda edim. «Keyingi safar», deyishdi ular. Unda yanayam yaxshi, dedim o‘zimga-o‘zim va olov purkayotgan loy vayronalar orasidagi so‘qmoqdan yo‘lga tushdim. Quyosh qizitgandan qizitib borar, ko‘rinmas soyam ustidan qadam tashlab borarkanman, Tarix yoki Vaqt oralab kezayotganday edim. Shaharning narigi tomonida tayoqni miltiq qilib o‘ynayotgan bolalar yonidan o‘tdim, ularning yoniga yaqin kelib, nariroqda quruq daraxt tagida shumshayib o‘tirgan qariyaga ko‘zim tushdi. Bilmayman, nimaga buni daraxt deb o‘ylaganimni, balki cholning tayog‘i yerga suqib qo‘yilgani va kir-chir yopishqoq belbog‘i tayoqning uchiga ilib qo‘yilgani uchundir. Men cholga salom berdim. U xuddi ertaklardagiday: «Saloming bo‘lmasa, ikki yamlab bir yutardim!» deya javob berdi. Na kulishimni, na qo‘rqishimni bilmay turib qoldim. Aniqrog‘i, qo‘rqib ketdim va o‘zimni yo‘qotib qo‘yayozdim. «Mabodo qadimiy aqlu zakovatni izlab yurgan bo‘lsang, anavi yoqqa yur...» - shunday deb u chang-to‘zonda o‘ynayotgan bolalar tomonga ishora qildi. «Men bunda o‘zim uchun yurganim yo‘q...», zo‘rg‘a ovoz chiqardim. «Bilaman, - dedi u, o‘n yil avval yahudiy bir yigit ham shu maqsadda kelib edi», - dedi chol va chang bosgan yuzini o‘girib oli. O'lik Shahardan uzundan-uzoq shamol esardi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:03:01
4

Kun oxirlab qolganda bir qo‘lyozmaning parchasini topdim. Bu qog‘oz bo‘lagi emas, balki kattakon toshga o‘yilgan qadimgi bitiklar edi, men darhol uni rasmga oldim. Bu yozuvni o‘qiy olmay, haligi qariyadan umid qildim, u esa toshni avval hech kim ko‘rmaganini aytdi, bunga sabab, ming yillardan beri tosh yozuv qismi pastga qaragan holda yotardi. Chol joynamozini uning ustiga yoygandi, silliq qora tosh ko‘zdan bekindi. Undan tafsilotlarni so‘rab o‘tirmadim, ikki kun ichida bilag‘on amerikalik do‘stimni bu yerga olib kelishim lozim edi. «Mana buni o‘qib ko‘rsin-chi», deya chol kir muqovali bir daftarni tutqazdi qo‘limga. Men xitoylik hamrohlarimni esladim va daftarni darhol terlab ketgan qo‘ynimga yashirdim.
Keyinroq bu aqldan ozgan cholni aldaganga o‘xshab qoldim: biz uni ham, haligi toshni ham ko‘rgani bormadik. Bunga men emas, Lukning Urumchida g‘oyib bo‘lgani sabab bo‘ldi. «Hungshian Bingua» mehmonxonasida Lukni zudlik bilan mamlakatdan chiqib ketganini aytishdi, lekin bu chindan ham shubhali edi. Qolaversa, u menga na bir xabar va na ishim uchun bir chaqa qoldirgan edi!
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:03:18
Toshning surati tushirilgan plyonkani yuvdirish uchun o‘z hamyonimdan pul to‘lab, g‘urbatxonada boshimni ushlagancha yakka o‘zim plyonkaning ertaga tayyor bo‘lishini kutib o‘tirarkanman, tugmalanmagan kuylagim sabab qo‘ynimdagi boyagi daftarcha yerga tushib ketdi. Aqalli bu narsani o‘qishga ma'naviy haqqim bor-ku, deya o‘zimni ovutganday bo‘ldim va daftar muqovasini yirtib, uni ocha boshladim. Afsuski, bu qadimiy qo‘lyozma emas, balki kundalik bir daftar bo‘lib, uning birinchi sahifasida 7 dekabr 1990 yil sanasi ko‘rsatilgan edi.
«Men ushbu har ikki ishni orqaga surishga majbur bo‘ldim, bundan ko‘zlangan maqsad birmuncha avvalroq boshlangan va tugallanish arafasida bo‘lgan loyiha ustida ishlamoqdan iborat. Mening qadimiy ko‘k turklarining siri haqidagi kitobim nihoyasiga yetdi va hozirda uni chop etish uchun noshir izlab yuribman - bu ish chindan ham ko‘pgina vaqtimni oldi (o‘tgan yil yozidan hozirgacha). Bu borada bir necha qomusiy maqolalarim va 6-asr Turk xonligi haqidagi uchta chop etilmagan maqolam bor. Men o‘sha davr ko‘k turklarining sehrli olamiga batamom berilib ketdim, hozir umid qilamanki, ularning diniy va shohona hayotiga oid kitob va maqolalarni kelgusi yoz oyi oxirigacha tartiblab bo‘laman. Ana undan keyin navbatdagi loyihaga o‘tishim mumkin...»
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:03:34
Bu gaplarni to‘g‘ri o‘qiganimga shubhalanib qaradim. To‘g‘risini aytganda, qo‘lda yozilgan xatlarni o‘qishga no‘noqroqman. Bu husnixat ham shu qadar kichik va tushunarsiz ediki, men o‘zimni qiynamaslikni ma'qul ko‘rib, oxirgi varaqqa ko‘z yugurtirdim. Uning sarlavhasi «6 fevral 1991 yil» edi.
«So‘nggi ikki oy ichida hayotim qanchalik o‘zgarib ketganigidan taajjubdaman. Bu yerga ikki oy avvalroq kelgan edim, o‘shanda kelajakdan umid qilsa bo‘lardi. Hozir xavfli vaziyatga tushib qoldimki, bu haqda eslatib o‘tish judyam yaxshidir. Hayotim Shia Changnikiday tartibsiz bo‘lib ketdi. Uning oilasi faqatgina an'analarining kuchliligi uchun yashab turibdi. Afsuski, biz o‘zgarishlar qilish uchun o‘zimizda kuch topa bilavermaymiz. Bir oy oldin qanchalik go‘l bo‘lgan ekanmiz-a! Uning vaziyatni qanday qabul qilayotganini bilish men uchun judayam qiziq. Shuningdek, uning bu vaziyatdagi shaxsiy o‘rni haqida ham tashvishdaman. Ertaga men uni Turfonda ko‘rish uchun otlanaman. U meni oilasi bilan tanishishga taklif qilgan. Qiziq, negadir bu uchrashuvdan hayiqib turibman... bu Turfonda topganim yashirin matnni xotirimga solyapti...»
Yana bir karra ushbu yozuvlarni to‘g‘ri o‘qiganimga ishonolmay turdim, lekin uni tugatishga ham, qayta ko‘rib chiqishga ham vaqtim yo‘q edi, sababi, kimdir xonam eshigini taqillatardi, men darhol u sirli daftarchani qo‘ynimga tiqib, eshikni ochishga turdim.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:03:57
5

Qarshimda kelishgan xitoy ayoli turardi. Avval aytganimday, xitoychani mutlaqo bilmayman, shunga qaramay, xijolatdan qutulish maqsadida o‘zimni hamma narsaga tayyorday qiyofaga soldim. U mayin va musiqiy xitoychada gapirardi - bu menga forscha bir she'rni eslatdi:
«Yorim turkiyda co‘zlar, afsus, turkcha bilmayman,
Yo Rabki, uning tili mening og‘zimda bo‘lsa...»   
Xitoy ayoli xonamdagi nimagadir ishora qildi. Uni ichkariga taklif qildim. Ostona hatlab kirarkan, qo‘ng‘iroqday ovozda bir nimalar deb nogahon cho‘milish xonasiga boshladi va meni ham orqamdan yur, deganday imladi. O'sha paytdagi holatimni bir tasavvur qiling! Begona yurt, men bilmaydigan til, ishonchsiz ayol, kutilmagan taklif va aytib bo‘lmaydigan vaziyat - bunday paytda nima qilishim kerak edi u yerda? Darhol miyamga ikki narsa keldi: birinchisi - bu ayol meni o‘ldirgani kelgan, ikkinchisi - bu ajoyib, xayoliy bir imkoniyatdan foydalanib qolish kerak. Afsuski, xom xayol qilibman. Ayol avval sovuq suv, keyin issiq suv jo‘mragini buradi, ulardan otilib suv chiqdi, bir muddat o‘tgach, vishillagan ovoz chiqdi va suv to‘xtadi. «Shu-shu», tushuntirgan bo‘ldi ayol, «Shu-shu», javob berdim men ham. Keyin u qo‘lidagi soatni ko‘rsatib, bir-ikki raqamlarni ko‘rsatdi va musiqiy bir nimalar deya xonamni tark etdi.
Eshik yoniga suyangan ko‘yi uzun korridorda bu xitoy ayolining ko‘zdan g‘oyib bo‘lgunicha, nima bo‘lganini tushunishga harakat qilib, serrayib qarab qoldim. Koshki bilolsam edi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:04:18
6

Muhabbat va O'lim doim birga yuradi, - o‘yladim men ikki kun o‘tgach uyda Zev ismli yahudiy yigitning kundaligini o‘qib o‘tirarkanman. Ajnabiy bo‘lganim uchun ko‘pgina so‘zlarni harfma-harf tushunaman, ya'ni masalan meni inglizchadagi «always» (har doim) co‘zining vaqt bilan aloqadorligi emas, balki makon bilan bog‘liqligi «all ways» (barcha yo‘llar) qiziqtiradi. Bunday deyishimga asos bor. Yaqinda bir halokatli tahdidga uchradim. Juda qisqa fursat ichida nihoyatda katta tajriba mujassam, shunday emasmi? Lekin angladimki, ba'zan hayot deganlari vodoprovod jo‘mragidan oqib tushayotgan so‘nggi tomchilarga o‘xshab ketadi... Shu bois, butunlay o‘zni unutganim holda kimningdir kundaligini mukkadan ketib mutolaa qilishga harakat qildim.
Aytgancha, halokatli tahdid xususida aytmoqchiydim. Keling uni bir taroziga solib ko‘raylik. O'sha kuni zudlik bilan, sekingina, hech qanday keskin harakatlarsiz Xitoydan o‘z yurtimga qaytib keldim. Ertasiga ertalab meni amerikalik tadqiqotchiga tarjimon sifatida ishga yollagan kompaniyaga yetib bordim. Ular meni o‘z mijozlarisiz ko‘rganlaridan nechog‘li taajjubga tushishgani tabiiy. Angladimki, ular mijozlari to‘g‘risida hech narsa bilishmaydi. Nima bo‘lganda ham, hammasini aniqlamagunlaricha, menga bir tiyin ham to‘lamasliklarini aytishdi. Shunda O'lik Shahardagi toshni suratga olganim plyonkani unutib qoldirganimni esladim. Hay mayli, shunga shunchami? Ushbu byuro menga tez kunda yana ish taklif qilishga va'da berdi. Shu daqiqada qanchalik xato ketgan edim-a men!
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:04:40
Uyga kelib kundalikni o‘qishga tushdim. Dekabr tunlarining birida Zev Shia Chang bilan tanishadigan ma'lumu mashhur «Hungshian Bingua» mehmonxonasi qarshisidagi taksi to‘xtash joyiga yetganimda, kimdir menga qo‘ng‘iroq qildi. Bu do‘stim edi. Yana bir bor inglizchamdagi chegaralanishni sezib qoldim. Aslida «dugonam» deyishim kerak edi, lekin u shunchaki do‘stim va shunchaki bir qizdir. U safarim haqida so‘radi va javobimni ham kutmay, birdan yig‘lashga tushdi va zudlik bilan huzuriga kirib o‘tishimni iltimos qildi.
Umuman olganda, men bu kabi ayollar fojiasini hecham xush ko‘rmayman. Lekin nimadir meni shaharni kesib o‘tib, u bilan ko‘rishishga undardi.
U davlatning yuqori mahkamasida bo‘lgani, u yerda meni o‘limga mahkum qilingani to‘g‘risida ma'lumot olganini aytdi. Avval boshda, bu menga kulgili tuyuldi, lekin u yig‘lay boshlagach, vaziyatning jiddiyligini angladim. Men undan qaysi tashkilotni nazarda tutayotganini so‘radim. U o‘zini hech kimga hech nima aytmaslik va men bilan ham muloqotga kirishmaslik haqida ogohlantirishganini aytdi. U yana ular mening barcha rejalarimdan xabardor ekanliklari, Frantsiyaga ketayotganim, lekin hech kim menga yordam bera olmasligi va qaerda bo‘lmay, baribir meni topib olishlari haqida so‘zladi... Men do‘stimdan boshqa biror narsa ololmadim va umidsizlikka to‘lib uydan chiqib ketdim.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:04:53
Shu alfozda kundalik ustida o‘ylab o‘tirardim. Men Shekspir dramalarida odamlarning osongina va tez-tez o‘lib turishlariga taajub qilaman. Boshqa bir romanda esa birgina o‘lim sahnasiga barcha tafsilotlarini namoyish etib yuzlab sahifa ajratiladi, magar Shekspirning uslubi alohida: Hamlet urushib halok bo‘ladi, Romeo kurashib o‘ladi, o‘nlab boshqa odamlar ham kurashda halok bo‘lishadi va bu o‘lim birgina satrda ifodalanadi-qo‘yadi. Judayam sodda. Va birdan ushbu soddalik meni dahshat ichra o‘rab olganini his qildim.  Bir oz chalg‘ish maqsadida, yana bir necha varaqni ochdim. «Kolumbiya Universitetidagi uyg‘ur va turkshunoslikning yangi inqirozi chindan ham achinarlidir, biroq haqiqatning ko‘ziga tik qaramog‘im kerak. Markaziy Osiyo va Uyg‘uriston Amerikada ancha shov-shuvga sabab bo‘lgan, magar universitet bo‘limlarida uni bir makon sifatida rivojlantirishni istashayotgani sezilmayotir...»
Bema'nilik! Luk g‘oyib bo‘ldi, Zev asfalasofilinga ketgan chamasi, men esa xavotirdaman... Jin ursin! Bas!
«9 yanvar
Men o‘tgan asrning so‘nggida bu yerga kelgan rus rohibi Yefrem Valaamov (Valaomov?)ning oxirgi maktubini topib oldim.  Taxminim to‘g‘ri chiqdi. Uni zaharlashgandi. Mana uning mak...»
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:05:15
Uzr, telefonimni avtomatik javob berish qurilmasiga o‘tkazish yodimdan ko‘tarilibdi. Kundalikni ochiq holda qoldirib, go‘shakni ko‘tarishga turdim. Bu meni Luk uchun ishga yollagan firmaning boshlig‘i ekan. «Bilasizmi, - dedi u, - siz uchun ikkita yangilik bor, yomoni shuki, Lukni qo‘poruvchilik harakatlari uchun hibsga olishibdi, yaxshi yangilik esa, siz ayni shu falokatdan qochib qutulibsiz, qandingizni uring erkinlikda. Yana bir boshqa xabar ham bor, lekin buning sizga aloqasi yo‘q, deb o‘ylayman. Siz Urumchidan chiqib ketgan kun beshta joyda ommaviy portlashlar yuz bergan.» Men uchun ikkinchi yangilik muhimroq edi: bu bilan boshliq menga  bir miri ham to‘lamasligiga ishora qildi. Lekin shunday bo‘lsa-da, mening butun xayolim boshqa bir rus rohibida edi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:05:33
7

Keyingi 2 hafta ichida Salmon Rushdiyning hayotini yashaganday bo‘ldim: men Xitoyga ketgan do‘stimning kvartirasiga ko‘chib o‘tib, har tun uning velosipedi bilan eshigimni barrikada kabi to‘saman, har lahza o‘limimni kutib yotaman. Nihoyat Frantsiyaga viza oldim va asarlarini o‘zimizning tilimizga o‘girganim do‘stimnikiga yetib kelgachgina, shu yerda, ya'ni Fontenebloda yaqin o‘tgan kunlardagi hayotim haqida o‘ylashga imkon topdim. Charm kresloda sokingina o‘tirarkanman, ayni paytda, inson falokat va sokinlikka juda tez ko‘nikarkan, deya o‘ylardim. Kecha ustasi farang jinoyatchiday bekinib yurib edim, bugun esa birovning kundaligini, so‘nggi maktubini o‘qish imkonim bor.
«Milostiviy gosudar,
smeyu nadeyatsya, chto sie poslanie zastanet Vas v dobrom zdravii i blagopoluchii, darax naimenee tsenimс‹x, pokuda sudba ne kosnetsya svoey shershavoy desnitsey...»
Ha, xat ruschada bitilgan va Zev uni tarjima qilib o‘tirmay nusxa ko‘chirib olgan edi. Men ham 19-asrga oid bu uslubni saqlagan holda tarjima qilolmasam-da, boshlanishini urinib ko‘raman: «Marhamatli Janob, umid qilishga haddim sig‘diki, ushbu xabar sizni sog‘lom va farovon holda topajak, eng qadrsiz iqtidorlilik, taqdir o‘zining beo‘xshov o‘ng qo‘lini sizga tekkizgunga qadar...» Ruschada bu yanada jimjimador va antiqa. Shunchalik beo‘xshovki - ba'zi falsafiy narsalardan so‘ng u yana yozadi:
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:05:45
«Fonusda nurni saqlab turganingiz uchun tashakkur. Menga yuborganingiz V. Tomsonning oxirgi kitobi nihoyatda qimmatli mukofot bo‘ldi. U eng qo‘rqinchli vaziyatlarda ham yashashim uchun kuch-quvvat berib turibdi. Nazarimda u bir necha xarakter va so‘zlarni tahlil qilishda xatoga yo‘l qo‘ygan, lekin umuman olganda, u juda zo‘r bir ishni nihoyasiga yetkazdi. Ayniqsa, menga Kul-Teginnig so‘nggi parchasi ma'qul keldi:
"Si Ku-tegin n'avait ete, un grande nombre d'entre vous auraient trouve la mort. Mais mon frere Kul-tegin perit, moi-meme je me desolai..."
«Agar Kul-Tegin bo‘lmaganda, oralaringizdagi minglab kishilar o‘lim topgan bo‘lurdilar. Kichik ukam Kul-Tegin vafot etdi, men uning uchun g‘am-g‘ussaga botdim. Ko‘rar ko‘zim ko‘rga aylandi, bilgan ilmim noma'lum bo‘lib qoldi. O'zim esa anduh ichraman. Parvardigor vaqtni yaratdi, inson esa o‘limga mahkum. Ko‘p yillar dardu alam meni o‘rtadi. Ko‘zlarimga yosh kelib, yuragimga qil sig‘madi. Nahot ikki shahzoda, yosh birodarlarim va o‘g‘illarimning, qo‘mondonlarim va odamlarimning ko‘zu qoshlari yig‘idan ozor topsa, deya o‘ylab g‘ussaga botdim.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:06:07
Yig‘laguvchilar va azadorlar kabi, Kitan va Tatabi aholisi Udar-sengunga tegishlidir. Xon Tabg‘ach Ichi Liangga taalluqlidir. U ko‘plab sovg‘a-salom va nokerak oltinu kumush keltirdi. Tibet xonidan bulon keldi. Ortidan, g‘arbdagi kunbotar tomondan, So‘g‘d, Fors va Buxorodan ularning xoni Nian-syang keldi. O'n-o‘q o‘g‘illarimdan, Turg‘uzxondan tamg‘achilar Makrach va O'g‘uz-Bilga keldi. Qirg‘izxondan Tardush Inonchi Cho‘r keldi. Maqbara qurish, toshga o‘yib yozish uchun Xitoy Imperatorining ustasi Chyang-sengun keldi.
Kul-Tegin Qo‘y Yilining o‘n yettinchi kuni g‘oyib bo‘ldi. Uning janozasini to‘qqizinchi oyning yigirma yettinchi kuni o‘tkazdik. Va biz ushbu abadiy toshni o‘rnatdik...»
Rus rohibi davom etdi:
Men go‘yo o‘zimning janozamda hozir bo‘lganday his qildim o‘zimni. Biroq meniki ancha qisqa davom etsa kerak. Hech qanday tosh va uning ustidagi yozuvsiz albatta. Rashididdinning At-Tohariydan keltirishicha (bu kishini qaysidir bir sahroda boshlaridan judo qilishgan), ba'zi yashirin yoki yo‘qotib yuborilgan matnga ko‘ra, Nestorialik rohib ham ular bilan birga bo‘lgan. Ba'zida, yolg‘izlik onlarimda men go‘yo bu voqeani va uni juda yaxshi biladiganday holga tushaman. Magar yaxshisi bas qila qoldim.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:06:38
8

Judayam ta'sirchan odamman-da. Bu so‘zni to‘g‘ri ishlatdimmi-yo‘qmi, harqalay, avval ishlatmoqchi bo‘lganim «ishonuvchan»dan ko‘ra yaxshiroq bu so‘z. Aytmoqchimanki, meni ishontirish judayam oson. Yangi gazetaning har bir soni fikrimni o‘zgartirishi mumkin. Ushbu murojaatnomani Yefrem Valaamovdan o‘qish uchun nechog‘li ta'sirlanganimni tasavvur qilavering. Judayam insofli odamman shekil, lekin har bir chaqiriq o‘zimni aybdorday his qilishimga majbur qiladi, go‘yoki vaziyatga ko‘ra harakat qila olmayapgandayman.
Fonteneblodagi shohona parkda hayrat ichra sayr qila turib, uning chekkaroqdagi qismiga keldim va qadim daraxtlar ostidan oqayotgan erta kuzakning tip-tiniq jilg‘asiga tizzalab egildim. Ilk sariq bargchalar sokin oqayotgan suv yuzasida o‘ynar, bu menga sahrodagi vohaning asta-sekin yemirilish jarayonini eslatdi. G'amgin bo‘lib qoldim. Yo‘q, o‘zim uchun emas, balki o‘zim bilgan necha odamlarning umri uchun. Go‘yoki nafaqat o‘zimning janozamda, balki barchamizning umumiy hayotimiz janozasida qatnashayotganday chuqur qayg‘u ichra qoldim...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:07:00
9

Daraxtning to‘kilgan bargi misol sirli O'limning jilg‘asi aro surilib borar edim. Kim meni o‘ldirmoqqa qasd qildi? Nega? Nahot, ma'lum bir nuqtadan, ya'ni Luk bilan hamkorlikni boshlaganimdan beri hayotimdagi har bir narsa o‘lim haqida kechgan bo‘lsa? Qanday xato o‘tdi axir?
Bu savollarmi yoxud qiziqqonligim, bilmayman, qo‘limda mavjud barcha ma'lumotlarni tekshirishga undagan narsa nima ekan, har qalay o‘shandan beri vaqtimning asosiy qismini Parij kutubxonalari va muzeylarida o‘tkazdim. Avval Yefrem Valaamovdan boshladim.
Men uning bir qancha maktublari, maqolalari va hatto Tibet tarixiga bag‘ishlangan kitobini topdim. Bularning aksariyatini o‘qib chiqib, asta-sekin uning qiyofasini qayta tiklay boshladim. U Rusiya viloyatlaridan birida tug‘ilgan bo‘lib, ota-bobolarining kelib chiqishi tatar millatiga mansub bo‘lgan. (Shu o‘rinda bir mashhur gapni bilib qo‘ysangiz yomon bo‘lmasdi: «Har bir rusning sirini ko‘chirsang, tagidan tatar chiqadi». U «siri ko‘chmagan» ruslardan edi.) 19-asr boshida dorilfununni tugatgach, u o‘zini ruhoniy bo‘lishga tayyorladi va keyinroq rohib bo‘ldi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:07:11
Garchi u rohib bo‘lsa-da, hech qachon turmushni diniy yoki dunyoviy deb ikkiga ajratgani yo‘q. Aleksandr Pushkin uning do‘stlaridan biri edi. 19-asr adog‘ida uni pravoslav delegatsiyasining a'zosi sifatida Markaziy Osiyoga, keyinchalik esa Tibetga yuborishdi va u bu yerlarda mahalliy tillarni o‘rganib, qo‘lyozmalar yig‘ish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Safari so‘nggida u Peterburgga 15 karvonga yuk bo‘lgulik kitoblar keltirdi. Noma'lum sabablarga ko‘ra, Abo Yefrem mansabidan chetlashtirilib, Valaam Rohibgohiga jo‘natiladi va u shu yerda Valaamov degan sharif oladi. Bir necha yil u sharq qo‘lyozmalari ustida ish olib bordi. Keyinchalik rus hukumati uning rejalarini Markaziy Osiyoni kengaytirish va kolonizatsiya maqsadlarida ishlatish uchun bu sharmanda rohibdan foydalanishga, uni yana bir bor yarim-maxfiy yumush bilan o‘sha uzoq o‘lkalarga yuborishga qaror qiladi. Men Abo Yefremning josus bo‘lgan-bo‘lmagani haqida bexabarman, lekin uning bir qancha qo‘lyozmalarni rus va frantsuz tiliga o‘girgani, Markaziy Osiyo tarixi va turmushi to‘g‘risida bir juft ilmiy kitob e'lon qilgani ma'lum. Shu tariqa uni Uyg‘uristonda, aniqrog‘i, Qoshg‘arda hibsga olishgan va u bunda qanday vafot etgani ma'lum emas. Shekspir aytganiday, ana shunaqa kechdi uning hayoti.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:07:22
10

Lukdan hech bir xabar bo‘lmadi. Garchi Urumchidagi portlashlar ancha g‘avg‘oga sabab bo‘lsa-da, menga shunday tuyuldiki, Luk bilan umuman hech kim qiziqmadi. Hech kim uning uchun qayg‘urgani yo‘q. Magar Lukning o‘zi, misol uchun, Zev to‘g‘risida biror nima bilar edimi? Darvoqe, Zevga nima bo‘ldi? Lukka yetkazishim kerak bo‘lgan kundalik daftarni har tun o‘qib chiqarkanman, ilmiy qog‘ozlarni hisobga olmaganda, u asosan, Zevning Shia-Chang ismli yarim xitoy, yarim uyg‘ur qizga oshiq bo‘lib qolganligi haqidagi ishq-muhabbat yozishmalaridan iborat edi. Gapning lo‘ndasini aytganda, u qizni mashhur «Hangshen Bingua» yonidagi taksi turar joyida uchratgandi. O'shanda u bo‘m-bo‘sh «Holidey In»da kechki ovqat qilib qaytayotgan, shu yerda bir italyan konstruktori mahalliy aholining xiyonatkorligi xususida uni ogohlantirib edi. «Ular kulib turib, boshingizdan ayirib ketishlari hech gapmas», degan edi sakkiz yildan beri shunda yashab kelayotgan italyan. Taksi turar joyida Zev mehmonxonaning narigi tarafidan shoshib kelayotgan qizga ko‘zi tushdi. Ular ayni bir taksining oldida bir-birlariga urilib ketay deyishdi, shunda Zev unga iltifot bilan yo‘l berdi, bunga javoban qiz uyg‘ur tilida unga tashakkur aytdi. Zevning yozishicha, u uyg‘urchani juda zo‘r bilmasa-da,
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:07:40
lekin o‘sha lahzada uyg‘urchada qandaydir chiroyli gap aytishning uddasidan chiqa olgan. Bundan qiz hayratga tushgan. Ularning sharq she'riyatiga mehri balandligini bilgan Zev agar bir-ikki daqiqa vaqtini ayamasa, qizga ularning qadim bir shoirlari to‘g‘risida qiziq hikoya aytib berishini iltimos qilgan. Qizga bu gap yoqib tushib, «jonim bilan» deya unga quloq tutgan. U bu o‘rinda yolg‘on ishlatgan, chunki u hikoya qilmoqchi bo‘lgani uyg‘ur emas, balki turk (garchi ikkisi ham bir) shoiri Fuzuliy edi. Kunlarning birida Fuzuliy ko‘zasiga quduqdan suv olayotgan bir arab qizini uchratib qolibdi. Uning go‘zalligidan hayratga tushgan Fuzuliy so‘rabdi: Mening kimligimni bilasanmi, ey jonon? Men turkiyda she'rlar bitadigan buyuk shoirman. «Men turkchani bilmayman», debdi go‘zal. Uch kun ichida Fuzuliy arab tilida bir she'riy devon tartib berdiki, u boshdan oyoq ana shu go‘zalga bag‘ishlangan edi. «Ikki daqiqada bu hikoyani sizga aytib berdim, magar uch kun ichida men ham Fuzuliy kabi sizga butun bir kitobni bag‘ishlagan bo‘lardim», xulosalaydi o‘z so‘zini Zev. Qiz xoxolab kulib yuboradi. O'sha tun ular birgalikda «Hunshang Bingua» ro‘parasida turgan taksiga o‘tirib, atrofni tomosha qilishga ketishadi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:07:59
11

Moviy osmon ostida va qizg‘ish yerning ustida odam yaralgan. Mening bobolarim Buminxon va Istamixon necha xalqlar ustidan hukmronlik qilib o‘tishdi. Ular turkiy xalqlar birligini mudom saqlab kelishdi. Dunyoning to‘rt tarafi yog‘iy edi. Ular butun dunyoni zabt etib, unda tinchlik-osoyishtalik hukm surishini ta'minlashgan. Yelkalariga bosh qo‘yganga qulluq qilib, tiz cho‘kkanning qarshisida egilishgan. Ular shunday oqilu dono va botir xon edilar, ularning ishlari ham aqlga muvofiq va qo‘l ostidagi odamlari mard va jasur edi. Shu bois ular uzoq hukmronlik qilishdi. So‘ngra esa abadiy uyquga ketmishlar.
Aza kunida kunchiqar tomondan, tabg‘achlar, tibetliklar, avarlar, romanlar, qirg‘izlar, uchqo‘rg‘onlar, o‘tiz-tatarlar, xitanlar, tatabilar, son-sanoqsiz odamlar yig‘i va azaga to‘planishdi. Ular ana shunday ulug‘ xon edilar.
Shundan keyin ularning inilari, so‘ngra ularning og‘alarining o‘g‘li xon bo‘ldi. Kichik ukalar katta akalari kabi emasdi, o‘g‘illar otalariga o‘xshamasdi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:08:10
Nooqil xonlar hukmronlikni boshlashdi, hokimiyat qo‘rqoq xonlar qo‘liga o‘tdi, ularning tartibi ham ma'nisiz va odamlarida jasoratdan uchqun yo‘q edi. Turklar o‘zlarining pokiza erkagu ayollari bilan tabg‘achlarga asir bo‘lmishlar. Men-da bir Xon bo‘ldim, faqat badavlat xalq ustida emas, balki na ichi ovqatga va na tashi kiyimga yolchigan bir xalqqa. Shundoq, bir kambag‘al va bechora xalqqa xon bo‘ldim. Kichik ukam Kul-tegin bilan suhbat qurib shunday xulosaga keldikki, ajdodlarimizning nomi va shavkatini saqlab qolish maqsadida, men turkiy xalqlarning saodati deya tunlar mijja qoqmadim, kunlar huzurga berilganim yo‘q. Kichik ukam Kul-tegin bilan o‘la-o‘lguncha mehnat qildik...
Men butun dunyoni o‘zimga bo‘ysundirdim va barcha xalqlar menga bosh egdi...
O, turkiy xalqlar, eshityapsizmi? Aytmoqchi bo‘lganimning barini ushbu abadiy toshga o‘yib yozdirdim... Bilga-xon...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:08:25
12

Kecha birinchi marta qaerda ekanimizni o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Hatto asirlikda ham kishiga hordiq kunini yodga soladigan kunlar bo‘lar ekan. Quyosh yanada yorqin va iliq nur sochyapti, kun ancha sokin va yoqimli. Atrofdagi odamlar ham bir qadar xushkayfiyat. Garchi buni meteorologik boshpanadan ko‘rish imkoni yo‘q esa-da, lekin his qilish mumkin. Ikki soatcha keyin meni yana o‘sha bir xil his qopladi - qo‘riqchilarimiz shaxmat o‘ynashar, Li va men kitob o‘qib o‘tirardik, lekin birdan samoda harbiy samolyotlarning ovozi eshitildi va shu bilan yakshanba kunimiz o‘z nihoyasiga yetdi. Qo‘riqchilar darhol bizni ushlab, boshimizga qop kiygizishdi-da, bombadan saqlanadigan boshpanaga sudrab ketishdi. Bu orada men yaqinlashib kelayotgan hushtak ovozi va judayam yaqinimizda bomba portlaganini eshitdim. Hammasi bir lahzada sodir bo‘ldi: otishma, portlash, toshlarning har tomonga sochilishi - do‘zaxni eslatuvchi manzara, hozir men uni birma-bir tahlil qilyapman: men Lining baqirganini eshitaman, toshlarning qulashi, qoyalarga otilgan tanam, hushtak ovozi, erib borayotgandayman... Lekin o‘zim haqimda o‘ylashga fursat yetmaydi, magar shuni aniq bilamanki, miyamga kelgan fikr shu edi: Li o‘ldi! Yo‘q, u tirik edi, uni sudrab borayotgan jangari tosh bosib o‘lgandi. Shunday qilib, biz hali boshpanaga yetib ulgurmagandik, sekin siljib borarkanmiz, kimdir Lini turtar, bo‘ralab so‘kar va la'natlarkan, boshqa bir ikkitasi meni tepa boshladi, men g‘ujanak bo‘lib oldim, badanimning zirqirab og‘rishi hali tirik ekanimdan darak berardi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:08:36
Keyinroq bizni boshpanamizga olib kelishdi va boshimizdagi qoplarimiz bilan shu yerda qoldirishdi. Jangarilar boshlig‘i kelib bizni bo‘shatishni buyurdi. Men yuzimni ko‘rolmasdim, lekin Lini ancha momataloq qilib qo‘yishgandi. Yuzimdan, yo‘q, soqolimdan qon oqayotganini sezdim. Komandir yuvinib olishimizni buyurdi, keyin qo‘riqchilarimizdan biri halok bo‘lganini e'lon qildi. Ular ibodat qila boshlashdi. Nigohlari burgutnikiday o‘tkir, xushbichim, siyrak soqolli kelishgan komandir imomlikka o‘tdi. So‘ng ular chiqib ketishdi, bir muddatdan so‘ng bir chopar kelib, komandir bizni ham ko‘mish marosimiga olib borishni buyurganini aytdi. Bir oy ichida ilk bor boshimizdagi qopsiz yurishga ruxsat berishdi.
Shunday qilib, janozaga, og‘riqqa va kelgusida bo‘ladigan qo‘rquvga qaramay, o‘sha kun yakshanba edi. Garchi ortimizdagi quyosh ortga qarashga qo‘ymaydigan darajada yorqin nur sochayotgan bo‘lsa ham, atrofimizdagi qoyalar moviy-qora, ustimizdagi muzliklar va cho‘qqidagi qor ko‘zni qamashtiradigan darajada oppoq edi. Bizni qoplab olgan qora-moviy osmon muzdek havodan nafas olgan kabi vujudimizga chuqur sizib kirdi. Men shunda jangarilar yig‘isini ko‘rdim. O'lgan birodarlari uchun uvvos solib yig‘lashar edi ular. Keyin qichqirib osmonga qarata o‘q otishdi, so‘ng komandir bizga bolg‘a va qalin o‘tkir pichoq berishni, menga inglizchada, Liga esa xitoychada, halok bo‘lgan birodarlari ismi, tug‘ilgan va o‘lgan yilini qoyatoshga o‘yib yozishni buyurdi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:08:48
13
   
Zevning kundalik daftari menga yod bo‘lib ketdi. Undan Shia Changning birinchi bor uni tashlab ketgani, ertasiga intizorlik bilan qizning qo‘ng‘irog‘ini kutishi, qiz esa bir kun o‘tib qo‘ng‘iroq qilgani, ularning tungi izvoshda ko‘rishishgani, Zevning qizni o‘pgani-yu, aldanib qolgani haqidagi tafsilotlar ayon edi menga. Bu chindan ham aytsa arzigulik hikoyadir. Navbatdagi uchrashuvda Zev qizdan uyiga kelishini qattiq turib iltimos qildi. Avvaliga qiz singlisini bahona qilib ko‘nmadi. Lekin darhol nimadir xarid qilish uchun Zevdan pul berib turishni so‘rab, taksiga o‘tirdi-da, magazinga ketdi. Zev uning qaytishini sabrsizlik bilan kutdi, oradan besh daqiqa o‘tdi, o‘n daqiqa o‘tdi, biroq qiz qaytib kelmadi. Ular zim-ziyo qorong‘ilikda shahar tashqarisidagi kimsasiz bir joyda edilar, 15 daqiqa o‘tgach, Zev bezovta bo‘la boshladi, churq etmay turgan haydovchi birdan toqati toq bo‘lib, soatiga ishora qildi. Zev undan qiz qaerda qoldi, deb so‘radi inglizchada. Haydovchi inglizchani bilmasa-da, lekin savol mazmunini ilg‘adi va imo-ishora bilan qizning ketib qolganini tushuntirdi. Ketgan bo‘lsa qaytardir, so‘radi u yana. Yo‘q, dedi haydovchi. Unday bo‘lsa, nega bu yerda qaqqayib turibmiz? Zevning kayfiyati tushib ketdi, qanday bema'nilik, dedi u. Haydovchi yelkasini qisib qo‘ydi.
Ertasi kuni qizga qo‘ng‘iroq qilganda, u yomg‘irdan keyingi osmonday toza va bokira tutdi o‘zini. Zev uni na pul va na aldangani uchun aybladi, birgina «yana qachon ko‘rishamiz», deb so‘radi. Qiz tayinli bir kunni aytdi, lekin bu safar tungi klubda uchrashishga kelishdilar. 
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:08:59
14
   
Garchi ular o‘chib ketgan matnga ishora qilishgan bo‘lsa-da, na Zev, na rohib Valaamov Kultegin janozasi to‘g‘risidagi hikoyani davom ettirdi. Shuni qo‘shimcha qilishim kerakki, Abo Yefremning kitoblaridan birida Shahzoda maqbarasining ta'rifini uchratgandim. U to‘rt yuz fut maydonni egallagan xitoycha uslubdagi binodan iborat edi. Asosiy darvozalarning ikki tarafida bir-biriga qaratib qo‘yilgan qo‘chqorlarning marmar haykali qad rostlagan. Ichkariga tomon ketgan tor yo‘lakning oxirida hovuz bo‘lib, uning yonida o‘yib yozilgan mashhur tosh bor edi. Bu tosh kattakon marmar toshbaqa ustiga o‘rnatilgandi. Orqa tomondagi maqbaraning o‘zi ham ajoyib  me'morchilik uslubi bilan shoh san'at asari kabi ko‘rilmishdi. Kul-tegin va uning ayoliga bag‘ishlab ishlangan surat va haykallar ibodatxonaning ichki tomonini bezab turardi. Tashqi tomonda muqaddas qadamjoning atrofida Kul-tegin jangu jadallarda o‘ldirgan minglab odamlarga o‘rnatilan tosh haykallarni ko‘rish mumkin edi...
Biroq Karpini kitobiga yozgan sharhida rohib Valaamov Abulg‘ozixon va At-Tohariyni Manixey va Zardushtiylarga oid matnlarni tarjima qilgan allomalar sifatida alohida ta'kidlab o‘tadi. Shuningdek, u xitoy qo‘lyozmalari, jumladan, Gan-mu va boshqalar xususida to‘xtaladiki, ko‘plarining nomi esimda qolmagan. Shu yerga kelganda, Abo Yefremning aytishicha, hikoya kutilmagan bir uslubda davom ettiriladi, u «yashirin» degan so‘zni qo‘llaydi bu borada.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:09:19
15
   
Men Abulg‘ozixonni o‘qigandim, lekin At-Tohariyning «Tazkiratul-g‘aroyibatul-qadim»iga taalluqli hikoyaning boshlanishini topib oldim. Yana qaerda deng, Parijda emas, Fontenblodan ko‘chib o‘tganim Bavariyaning Bamberg shahrida. Katolikshunoslik bo‘limida mijozim bo‘lmish Luk AQShga ketishidan oldin o‘sha Tazkiraning nusxasini berdi. Bu haqda keyinroq aytib berarman. Avval Kul-tegin azasidan so‘ng nima sodir bo‘lganidan so‘zlasam. At-Tohariy juda islomiy, badiiy bir yo‘sinda aza hikoyasini quyidagicha davom ettiradi:
«Sakkizinchi kun Bilga-xoqon o‘zining oppoq shohona chodirida barcha mehmonlarini jamlab, ularga hamdardliklari uchun minnatdorchilik bildirdi, so‘ng u dono vaziri Tongyuquqqa murojaat qilib dedi:
«Men dunyoning to‘rt burchini ishg‘ol qildim, biroq suyumli jigarim Kul-Tegindan judo bo‘lganimdan buyon, bu ishdan qoniqish hosil qilmay qo‘ydim. Men kurrai zaminda necha o‘lkalarni o‘z tasarrufimga oldim, men makonni qo‘lga kiritdim, lekin zamon tutqich bermadi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:10:14
Siz to‘rt tomondan kelgan eng aqlli kishilarsiz, vaqt ustidan qanday qilib g‘alaba qozonish mumkinligini aytishingizni istayman. Bu ishni o‘zingiz boshlab bering. Siz atrofimdagi o‘nta chodirda qolib, yo‘qotish neligini bilmaydigan sirli bir dushman bilan olishgaysiz. Shu tariqa jahonnnig bori donoligini menga bildirgaysiz va men uni abadiy toshlarga o‘yib yozgum...
Dono Tongyuquq chuqurdan chuqur g‘am-anduh ichra jim qoldi...»     
Keyinchalik yozmishlarida At-Tohariy Bilga-xonni butparastlikda ayblaydi, Bilga, deb yozadi u, tumanlik va jaholat ichra yashardi, magar u dunyoning turli burchidan janozaga yig‘ilganlar - Udar-sengundan kelgan Xitan va Tatabi, Tabg‘achxon nomidan keraksiz oltinu kumush keltirgan Ichi Lyang, Tibetxon tarafdan tashrif buyurgan bulonlarning taqdiri nima kechgani to‘g‘risida hech narsa demaydi. Orqa tarafdan, g‘arbdagi kunbotardan, So‘g‘d, Fors va Buxorodan kelganlarning, Nyan-syang xonning o‘g‘li, Turgishxon tarafdan O'n-o‘qning o‘g‘illari, tamg‘achilar Makrach va O'g‘uz-bilgalarning ahvoli ne kechdi?     
U hatto bu kishilarning garovga olinganligi xususida ham lom-mim demaydi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:10:29
16
 
Ba'zan Gumbazli Ibodatxonaga qaragan deraza yonida o‘tirib o‘sha odamlar haqida o‘yga cho‘mar ekanman, menga shunday tuyuladiki, ular haqida qancha ko‘p ma'lumotga ega bo‘lsam, shuncha kam biladiganganga o‘xshayveraman. Odam senga qancha yaqin bo‘lsa, uni shuncha yaxshi bilmaysan, deganlari to‘g‘rimi yo? Mana, masalan, o‘zim meni shu turklar bilan ovorai sarson qilib qo‘ygan Lukni yaxshi bilamanmi o‘zi? Afsuski yo‘q.
Bambergdagi mehmonxonada Iso Masih haqidagi kitobni o‘qir ekanman, Lukning oilasiga maktub yozishga qaror qildim. U to‘g‘risidagi eng so‘nggi xabarlarni hisobga olmaganda, balki ular Luk va Zev haqida biror yangi narsa deya olishar. Chunki Lukning taqdiri Zevniki bilan juda o‘xshash bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
O'shandan keyin, ertasi kuni Zev mehmonxona yaqinidagi tungi klubga boradi. Qizil kiyimdagi kishi uni kutib olib, pastga boshlaydi. Sayohatlarga boy hayotida Zev ko‘plab tungi klublarda bo‘lgan, lekin bunisi bo‘lakcha edi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:10:41
Balki xitoycha musiqa, sharqona atir hidi va yoki Shia Changning kutilmaganda qorong‘ilik va sirlilik ichra ushbu klubning g‘aroyib egasi kabi paydo bo‘lishimi, ishqilib, nimadir uni butunlay esankiratib qo‘yadi. Tomirlarida oqayotgan toza yaqudiy qonmidi yoxud ajnabiyga xos tuyg‘umi, uni yaxshisi bu yerga kelmagani ma'qulligini aytib turgan. Shia Chang uni alohida xonaga boshlab kirib, xizmatkorga Xitoy vinosidan keltirishni buyuradi. U «xo‘p» degancha chiqib ketadi. Xizmatkor stolni tuzata boshlar ekan, Zev bir-ikki so‘m puli uchun Shia Changni ayblagani yodiga tushib, ancha xijolat bo‘ladi. Qiz judayam saxiy bo‘lib ko‘rinadi unga. Stolga xilma-xil Xitoy meva-sabzavotlari va turli-tuman vinolari qo‘yiladi. Avval qiz iliq so‘zlar aytadi va birga qadah ko‘tarishadi. Xitoy vinosi ancha achchiq ekan. Zevning boshi aylanib ketayozdi. «Shu hayhotday joy senga qarashlimi?» - so‘raydi u ovozini ko‘tarib. «Yo‘q, men bunda shunchaki bir raqqosaman», - javob beradi qiz. «Xo‘sh, kim uchun raqsga tushasan?» - so‘raydi Zev darhol. «Senga o‘xshaganlar uchun». Bu haqoratmidi yoki rag‘bat? Zev jim qoladi, chunki uning ko‘z o‘ngida behayo romanlardagi yalang‘och haqiqat namoyon bo‘lgan edi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:10:54
17
 
Bir hafta ichida men Lukning sevgilisidan maktub oldim. Ha, bu hozirgi kunda ham tez-tez uchrab turadi. Men sevgililarni nazarda tutyapman. Buning ustiga, qiz amerikalik leydi bo‘lib, ota-bobolari muqaddas g‘ordagi Shahzoda ota va ona bo‘ridan tarqagan turklarnnig eng qadimiy manzilgohlari sanalmish Oltoydan bo‘lishgan. Qiz buni faxr bilan yozibdiki, uning sevgilisi izlanish olib borgan xalqlar tarixi bilan qiziqishimdan birmuncha xabari bor edi. Uning yozishicha, afsuski Lukdan hech bir xabar yo‘q, u hali ham ta'qib ostida va garchi Amerika Elchixonasi Xitoy hukumatiga protest bilan murojaat qilgan esa-da, u bilan ko‘rishish uchun hech kimga ruxsat berilmayotgan emish. Qiz men bilan uchrashish istagini bildiribdi, chunki ular uchun Lukni hibsga olishlaridan avval u bilan oxirgi marta ko‘rishgan inson men edim. Qizga faks yubordim va hafta o‘tib u bilan Nyurnbergda ko‘rishdik.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:11:10
Avval boshdan men o‘zimni aybli seza boshladim, chunki u bilan ko‘rishganimiz ondan boshlab, behayolarcha qizni o‘zimga qaratishga urindim. Mening o‘rnimda boshqa kishi bo‘lganda ham shunday qilgan bo‘lardi: kelishgan jononlar kabi qiz mendan balandroq, haddan ziyod go‘zal va sarvqomat edi. Yana deng, u men bilan ko‘rishgani keldi. Ayni paytda men bu qizni malikaday xayol qildim, o‘zim esa so‘lagi oqib yotgan och bo‘riday bir alfozda edim. Uyatim ham qolmabdi!
Uyat-e, chunki birdan barcha ishimni unutib, aqlu hushimdan ayrildim, faqat qizga quloq tutarkanman, uning nima deyotganini tushunmay, g‘unchadek lablariga va unga uyg‘un ravishda yonib turgan qaroqlariga suqlanib qarab turardim. Hatto qaerda turganimizni ham unutib qo‘yayozibman.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:11:22
18

Jumladan, men rus rohibi Yerem Valaamovni butunlay yodimdan chiqardim. Ertasiga Fiona (Lukning ma'shuqasi ismi shunday edi) Uyg‘uristonga ketmay turib, Luk o‘tkazgan so‘nggi tadqiqot xususida so‘zlar ekan, men bu hikoya Abo Yefrem haqida ekaniligini anglay olmabman. Aslida ham shunday edi. Bu rohib diniy yumush bilan Xitoy va Tibetga yuborilgach, bunda mahalliy rohib bilan tanishadi va uni pravoslav nasroniylikka da'vat etadi. Tenzig Datsaoning (rohibning ismi shunday edi) deyarli Muqaddas Uchlikka e'tiqodini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lingan mahalda uning qiyofadoshi qadim kitoblarda o‘qigani bir hikoyani aytib beradi. Bir necha asr burun nasroniy missioneri bu yurtlarga kelib, sodda bir odamni uchratadi va uni Xudo hamda Uning Samoviy saltanatiga ishontira boshlaydi. Sodda kishi Abadiy Hayotga musharraf bo‘lganiga bir bahya qolganda, birdan aynib qoladi, chunki, o‘zining aytishicha, nasroniylikda otning sutidan tayyorlangan qimiz ichish ma'n etilgani yodiga tushib qoladi. Men ham o‘shanga o‘xshadim, deydi rohib Tenzig. - Sizning diningizda o‘lganlar ruhini ozod qilishga ruxsat berilmagan. Abo Yefrem bu bilan nima demoqchiligini so‘raganda, u o‘zidagi Muqaddas Kitobni ko‘rsatib, undan bir necha oyat o‘qib beradi.
Rohib Yefrem Valaamov o‘zi eshitgan oyatlarning ma'nosiga shu qadar qiziqib qoladiki, hattoki nega bu yurtlarga kelganini-da unutib, rohib Tenzig yordamida o‘sha Muqaddas Kitobni ruschaga o‘girishga tushadi.
Ushbu hikoyaning Luk bilan bog‘liq tomoni aniq esimda yo‘q bo‘lsa-da, kutilmaganda uni o‘zim bilan bog‘liqligini sezdim: go‘yoki mening o‘lik ruhim yangi bir hayotga o‘rlayotganday edi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:11:41
19

Harqalay Fiona istagan odam men emas deb o‘ylagandim, lekin aksincha men unga kerak bo‘lib chiqdim. Buyuk shoirlardan biri yozganidek: «Meni men istagan o‘z suhbatida arjumand etmas, Meni istar kishining suhbatin ko‘nglim pisand etmas». Biz Nyurnbergdan Bambergga o‘tishga kelishdik, chunki men unga ho‘v g‘aroyib darvishning Lukka berib yuborgan Zevning kundaligi haqida gapirmoqchiydim. To‘g‘risini aytsam, bu o‘ylab topganim bir tuzoq bo‘lib, kundalik daftar sumkamning ichida turgan edi. Shunga qaramay, iloji boricha samimiy tarzda qizni taklif etdim, go‘yoki kundalik men bilanmi-yo‘qmi esimdan chiqarganday edim, biroq, ko‘rib turganingizday, niyatim buzuq edi. Esimda, yoshligimizda og‘aynilarimdan biri kundaligini o‘qishga ruxsat berishini bahona qilib, universitet qizlarini yo‘ldan urardi. U birinchi o‘ljasini qanday qilib qo‘lga tushirgani voqeasi butun bir hikoyatdir. Qisqasi men ham o‘shanday qilmoqchi bo‘ldim shekil. Lekin balki men ancha tajribaliroq chiqdim chamasi. Nimaga deysizmi? Mayli, aytib bera qolay. Hali Nyurnbergdaligimda sobiq Iezuit Instituti Katolik bo‘limida qadimiy qo‘lyozmalar ustida ishlashimda yaqindan yordam bergan ijara uyimnnig xo‘jayini va do‘stim kasalxonaga tushib qoldi deng. O'sha kuni u uyimizning kalitini tashlab ketish esidan chiqibdi. Shu bois biz Olmoniyaning chekkaroqdagi eng qadimiy va go‘zal shaharchasidagi zamonaviy me'morchilikning oynasi sanalmish ko‘p qavatli kasalxonaga borishga majbur bo‘ldik.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:11:53
Bilaman, til imkoniyatim Bambergni tasvirlab berishga ojizlik qiladi, bas, shunday ekan, ufqdagi tepaliklar va Altenberg minorasini naqadar jozibador, gumbazning to‘rt minorasi antiqa, Mishelberg ibodatxonasi biram fusunkor, desam ishonavering. Do‘stim oshqozon kasali bilan og‘rib yotgan klinikaning o‘n uchinchi qavati oynasidan bu manzara yanada go‘zal ko‘rinadi. Biz unga yangi gazetalarni qoldirib, kalitni olib chiqarkanmiz, birdan negadir yuqoriga ko‘tarilib, Bambergning kunbotardagi qiyofasini tomosha qilishni taklif qilib qoldim.
Fiona rozi bo‘la qoldi va orqamdan yurdi. Yong‘in paytida chiqishga mo‘ljallangan bo‘m-bo‘sh zinadan yuqoriga ko‘tarilakanmiz, ish vaqti tugaganidanmi yoki bemorlar ovqatlanishayotganidanmi, harqalay atrofda hech kimsa ko‘rinmas edi. Eng yuqorigi qavatda men qizga o‘zim yoqtiradigan joyni ko‘rsatdim. Biz oynaband devorga yaqin keldik, lekin bir-birimizga yanada yaqin edik, nafasimizdan tiniq oynani ham tuman qopladi, ko‘zlarim chaqnab, bir muddat jimlikdan so‘ng qizni o‘pishdan boshqa yaxshi narsa topmadim. U qarshilik qilgani yo‘q.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:12:10
Ayni paytda yelkamga osig‘liq sumkam bilan Fionaga yopishib turganim juda kulgili ekanligini tushundim. Ishongim kelmaydi, nahotki shu ishni qilgan bo‘lsam: men uni o‘pdim, ko‘kraklarini va uning uchlarini siladim (qo‘polligim uchun ma'zur tutgaysiz, bu so‘zlarni shunday eshitganman), qo‘llarim yanada nozik joylarga tomon sirg‘alib tushdi, ko‘ylaklarini yuqoriga ko‘tardim, barmoqlarim ishtoni ostida qoldi va nihoyat yelkamdagi sumkamdan qutulishga qaror qildim, uni chetga uloqtirgandim, borib ikki marmar zinaning orasidagi teshikka borib tushdi, biroq pastki qavatdagi hech kim bizni sezmadi. Qizning ishtoni juda tor edi, ayniqsa, ikki oyoqlari orasi. Uning baland bo‘yi yana qo‘l keldi, intim a'zolarimiz ayni bir-birining qarshisiga to‘g‘ri keldi. Qiz ishtonini pastroqqa tushirishimga ruxsat berdi va men endi o‘zimni mutlaqo tutib turolmadim, uning qaynoq lablaridan aqlimni yo‘qotdim. Yana qaytaraman: shu ishni qilganimga ishonmayapman, lekin klinikaning zinalarida quyoshning so‘nggi nurlari ostida men u bilan qovushganim rost. Biroq bunday g‘ayritabiiy sarguzashtdan xursand bo‘lishim kerakmi yoki xiyonatkorligim va telbaligim uchun o‘zimni ayblashim lozimmi, mutlaqo bilmasdim.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:12:30
20

Bilga-xoqonning chodiri atrofida to‘qqiz rangli chodir qad rostladi va dono Tongyuquq qurollangan tilmochlariga ishga kerakli narsalarni tayyorlashni buyurdi. Xitoy qog‘ozi va Suriya siyohi, So‘g‘diyona shamlari-yu Fors patqalamlari barchasi dunyoning to‘rt burchidan kelgan ajnabiylar uchun taxt qilib qo‘yildi. O'z qarashlarini toshlarga o‘yib yozishga odatlangan turklar dono Tongyuquq bilan ajnabiylarning shoshib qolganlarini ko‘rib, ularni mazax qilishdi. Shunga qaramay, ish boshlab yuborildi.
Erta azonlab quyosh dashtlik chetidagi Otukan o‘rmoni ustida ko‘rina boshlaganda, Forsdan kelgan zardusht ruhoniy Avestodan qo‘shiqlar kuylay boshladi, tibetlik Bulen sirli zikrini aytishga tushdi, Tabg‘ach generali Ichi Lyang kunni jangovar san'ati bilan boshladi, So‘g‘ddan kelgan shahzoda o‘tov ichidagi bezaklarga, qayrilma shoxlaru ipak barglarga qarab, chuqur tafakkur qilishga o‘tirdi. Tardush Inonchi Cho‘r do‘mbirasini qo‘liga olgandi, butun dashtlik bo‘ylab shamollarni yodga soluvchi mahzun navolar yangradi, generallar orasidagi birinchi nestoriyalik nasroniy va nestoriyalik nasroniylar orasidagi birinchi general, qilich va o‘q-yoydan boshqasini bilmaydigan Udar-Sengun Iso Masihning qiyofasi bo‘lmagan kichik xochga qarab, qo‘llarini bir-biriga qovushtirdi, bu yerga Ibn-Qutaybaning otlarida kelgan Islom dinining yashirin bilimdoni, buxorolik shahzoda Nyang-syang esa Allohga ibodat qilish kerakmi-yo‘qmi bilmay, Konfutsiya an'anasiga sodiq Xitoy Imperatori bundan xabar topishidan qo‘rqib turardi...
Faqat O'n-o‘q tamg‘achilari, Makrach va O'g‘uzgina Bilga-xoqon va uning tilmochlari buyrug‘iga qaramay, uxlab yotishar, mahalliy shomon Udeghe ularning uyquda uchib yurgan ruhini saqlab turar edi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:12:53
21

Asirning tushlari. O'tgan kecha Liga suyanganim holda, bir chaqam ham yo‘qligini bilsam-da, bir necha yildan buyon davom etib kelayotgan kechki kurslarim uchun pul to‘lashim kerakligi haqida tush ko‘ribman. Deyarli yalang‘och holda edim, ichki kiyimimdan nimadir qidirayotgan ko‘rinaman. Otini esimdan chiqarib qo‘yganim o‘gay otamning hovlisiga yaqin eshik qarshisida eshak miyasini yeb turgan telbani uchratdim, u menga hovli egasi do‘kondor ekani va aqldan ozganidan beri kasal holda yotishini aytdi. Men bu telbadan o‘gay otamning ismini so‘rashga or qilib, uni tushungan misoli boshimni qimirlatib qo‘ydim. Eshikni ochib, kattakon hovliga ko‘zim tushdi, u qishloq sport maydoni yonida ekan, paxsa devor uni ochiq va yonib ketgan maydondan ajratib turardi. Men o‘gay otamni chaqirdim. Hovli to‘rida it emas, naq bir zanjirband sher uyg‘onib ketdi. Men orqamga tisarilgandim, biroq sherxon jim bo‘lib qoldi. Shu payt eshik ochilib, o‘gay otamning qorasi ko‘rindi. Birdan sher emas, balki bir gijinglagan ot zanjirlarini uzib, xuddi tsirk sahnasidagi kabi hovli bo‘ylab yovvoyilarday chopa boshladi. O'gay otam bir baqirgan edi, orqasida o‘g‘li paydo bo‘ldi. Lekin ot o‘z shijoatidan boshi aylangan darvish kabi telbalarcha yugurardi. Men uning o‘gay otam ovozidan yoqimliroq bo‘lgan tuyoq tovushlarini eshitdim. Uni tutmoqchi bo‘lib qilingan barcha harakat zoe ketdi, hovlidagi tuproq paxsa devorlardagi chang bilan qorishib, to‘zon bu aqlsiz jonivorning uzun dumi kabi aylanar edi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:13:28
Nihoyat, mustang bu halqadan chiqib ketish uchun yetarli kuch to‘plab, birdaniga qo‘shimcha eshik qarshisida menga hujum qilishga qaror qildi. Men darhol himoya holatiga kirdim va o‘ng oyog‘imni uning yuziga tomon ko‘targandim, u to‘xtab chunonam bir kishnadiki, xuddi shu payt o‘gay otam uni tutib oldi. U bo‘ralab so‘kar, «Keyingi safar seniyam mana bu o‘lik eshakka o‘xshab ta'ziringni beraman!» deya jigarrang terisi tuproqqa belanib yotgan eshakka ishora qildi. U mustangni jilovladi va ot oldingi oyoqlariga yotib, boshini tuproqqa qo‘ydi. Umrim bino bo‘lib bu jilovlangan otning boshidan-da g‘arib bir narsani ko‘rgan emasman. Shundan so‘ng o‘gay otam oldimga kelib, kutilmaganda menga pul uzatdi: «Ma ol, kechki kurslaringga to‘larsan». Tavba, pulim yo‘qligini qaerdan bildiykin? Men hech narsa so‘ramay, yetarli pulim bor, deya uni qaytarishga tushdim, lekin otam majburlagach, pulni oldim va «Singlimga berib qo‘yarman» deya pichirlagan bo‘ldim...
Tongga yaqin Li hammayoqni tepib, odatiy karatesini boshladi, qo‘riqchilarimizdan birining muzday suvning ustimizdan sepib yuborganidan, mening uyqum ham buzilib ketdi. Tomas Sterns Elliot aytganiday: «Odam sharpasi kelmay uyg‘oting, so‘ng cho‘kaylik»...   
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:13:41
22
 
O'tgan davr ichida kashf etganim shu bo‘ldiki, asirga tushish kurortda dam olgan bilan bab-barobar ekan. Men tushlar nuqtai nazaridan aytyapman. Qancha ko‘p rohatlansangiz, shuncha uzoq o‘tmishdagi xotirotlar tushingizda namoyon bo‘ladi. Yashab turgan kuningizni-da tamoman unutib qo‘yasiz - go‘yoki ruhingizdagi eng yashirin tugunlarni yechib yuboradigan chuqur bir kechmishlar ichiga sho‘ng‘iganday bo‘lasiz. Harqalay, menda shunday kechdi.
Men Bambergda Fiona bilan qilgan gunohimni esladim. U bilan ko‘chalar va yo‘llar bo‘ylab aksimizni goh do‘kon oynalarida, goh daryolarda ko‘rgancha piyoda yurganimiz, hayotning o‘zi kabi noaniq mavzularda suhbat qurganimiz, tez orada Zevning akasi ikki oycha arxeologiya muzeyi a'zosi sifatida yashab turgan Kot-d-Azur tomondagi Antibsga kelib qolganimiz yodimga bir-bir kela boshladi. Tushimga nima kirganini anglay olmasdim: qumli plyajlar, issiq dengiz, arzon va mazali restoranlar, Avliyo-Margaret va Avliyo-Honore deb atalmish yovvoyi orollarga sayohatimiz, yoxud jazirama tunlardagi tong va muhabbat oralig‘idagi orzularim, quyosh tig‘ida chang va issiq tuproq kechgan bolalik yillarim, yoxud balki Noam har ikkimizga aytib bergan tarixiy rivoyatlar, Fiona haqidagi xotiralar...
Aka-ukalar o‘zlarining birodarliklari haqida bolalikdan bo‘lak nimayam bilishardi? Opa-singillar-chi? Deyarli hech nima. Biz Noamga ukasininig kundaligi haqida og‘iz ochmadik. U Zev oshqozon kasalidan chet elda vafot etgan deb yurarkan. Lekin mutaxassis sifatida u bizga shunday bir narsani so‘zlab berdiki, bu Zevning butun kundaligidan ham qimmatliroq edi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:14:01
23

«Alovuddin» restoranida u bizga talabalik yillari haqida gapirib berdi. O'sha paytlarda u Quddusda emas, balki Leningradda yashar, ismi ham yashirincha Noam emas, oddiygina Nikita edi. Shuningdek, u Zev bilan qondosh bo‘lgan. Otasi rus edi, shu bois uning asrlar osha sayqallashgan, qadimiy yahudiy qoni alal-oqibat rus qoniga aralashib ketgan va bu Noam hayotidagi barcha muammolarning sababchisiga aylandi. Arxeologiya institutining beshinchi kursida ular yozgi amaliy dala ishini Mongoliya dashtlarida o‘n-o‘q urug‘iga qarashli qadimgi kishilarning qo‘rg‘onini kavlash bilan o‘tkazishadi. U odamlarning jangovar tabiatini hisobga oladigan bo‘lsak, qabilaning bunday nomlanishi u qadar ajablanarli emas. O'n o‘q bo‘lsa bo‘pti-da. Garchi Nikitka maqtanchoqligini tan olsa-da, biz uning uyatchanligini bilardik. U darhol mavzuni yigirma yil avvalgi Quddus voqealariga o‘zgartirdi. U o‘sha joyda topib olgan qo‘lyozma bilan tilla shoxni o‘g‘irladi. Shox-ku bir navi, lekin u qo‘lyozmaning na bahosi va na ma'nosini bilardi, magar u bir kunmas bir kun ushbu qo‘lyozma qaysidir institut javonlarida sarg‘ayib yotmasdan, o‘z o‘rnini topajagini ich-ichidan his qilardi.
Lekin Nikita hozircha faqat tilla shoxni qanday qilib sotish haqida bosh qotirar va nihoyat ba'zi o‘rtachi kishilar orqali uni Leningraddagi bir arab konsuliga sotishga muvaffaq bo‘ladi. Faqat Isroilga ko‘chishga ruxsat berilgandan so‘nggina, u qimmatbaho qo‘lyozmani qayta esga oldi va uni o‘rganishga kirishdi. Buning natijasida qilgan kashfiyoti qog‘ozning materiali bahosidan ming karra qimmatliroq bo‘lib chiqdi. Ushbu qog‘ozda Alloh Sinoyda Muso alayhissalomga yuborgan O'n Buyruqning nusxasi bor edi. Bu O'n-O'q qabilasi deya nomlanuvchi insonlar tarixida mutlaqo yangi bir sahifa ochdi.
Professor Noam Shatskiy o‘sha qabilaning nomi O'n-O'q emas, balki O'n Ahd ekanini isbot etdi.           
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:14:47
24

Bu kashfiyot Zevni usmonli turklar madaniyati haqidagi izlanishlarini to‘xtatib, qadimgi turklarni o‘rganishga ruhlantirdi. Shularni aytar ekan, Noam Quddusda ko‘rsatishga arzigulik boshqa narsalar ham borligiga ishora qildi va ishbilarmon odam sifatida darhol ikkimizni ikki oyga «Turfa dinlar Anjumani»ga taklif qildi. Men dabdurustdan rozi bo‘lishdan tiyilib turar, chunki sezishimcha, u mening ishimdan ko‘ra Fionaga ko‘proq qiziqib qolgandi. Fiona esa darhol rozi bo‘ldi. Birdan kayfim uchib ketdi, ancha o‘zimni yo‘qotib qo‘yayozdim: mening rashkim kelar, lekin bu rashk boshqa birovning yori uchun edi.  Odam qariganda sharoitga nechog‘li tez ko‘nikishi mumkinligi ajablanarli emasmi? Bir oy avval o‘lim bilan olishib yuruvdim, hozir esa Fionani Quddusga bormaslikka qanday ko‘ndirish mumkinligini o‘ylayapman va bunga faqat Noam ham qizga yoqib qoldi shekil, deya o‘ylayotganim sababdir.
Keyinroq arzon «Tropiko» mehmonxonasidagi bir kishilik xonamizda men qizga Zevning kundaligidagi quyidagi parchani ko‘rsatdim:
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:15:15
«Biz uzoq muddat xitoycha musiqa jo‘rligida vino ichib o‘tirardik. Shia Chang bilan birga o‘tkzayotgan vaqtim ancha huzurbaxsh edi. Lekin birdan qizil kuylakli ofitsiant oldimizga kelib, xonimning qulog‘iga nimadir deya pichirladi. Xonim xitoycha javob berarkan, uzr so‘rab, bir muddatga meni tark etishini aytdi. Men uni qancha kutish lozim bo‘lsa, shuncha kutishga tayyorligimni bildirdim. Biroq yarim soatdayoq zerika boshladim. Meni yolg‘iz qo‘yishgani yo‘q: qizil kuylakli ofitsiant har daqiqa biror nima kerakmi, deya mo‘ralab turdi. Bir safar men uning ismini so‘radim. U Shia Changning ukasi ekanini aytdi. Undan muloyimlik bilan qizning qaerga ketganini so‘raganimda, u ayni paytda qizning boshqa mijoz oldiga ketganini aytdi. Hushim uchib ketdi. Yo‘q, bu yigitning odatiy yo‘sinda gapirayotganidan emas, balki ayni paytda tushunishni istamayotganim narsani anglaganimdan shu holga tushdim. Shia Chang chindan ham fohisha ekan! Men esa u bilan ishqiy o‘yinlarga berilib ketibman... Naqadar bachkana voqea!
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:15:30
25
   
Bunga javoban Fiona menga Luk haqida gapirib berdi. Umuman olganda, uning Ko‘k Turklari bilan qiziqishi qo‘lyozmalar boisidan emas, balki faqatgina o‘sha turklarning deyarli barcha dinlarga e'tiqod qilganlari sababidan edi. Luk turli dinlarni solishtirar ekan, ular avvalo tilni, keyincha insonning mentalitetini o‘zgartirishi faktini aniqlashga harakat qildi. Uning fikriga yoki o‘zi aytganiday, «nazariya»siga ko‘ra, dunyoda yahudiy va arablar kabi «Xudo tanlab olgan» xalqlar bor. Alloh ular bilan bevosita gaplashaveradi. Qolganlar esa boshqalarning yo‘l-yo‘rig‘iga «Xudo unut» tillari-yu o‘y-fikrlarini moslashtirishlari lozim. U bu nazariyani deyarli barcha dinlarga e'tiqod qilgan qadimgi turklar misolida isbotlashga qaror qildi. Turfa dinlarning «zug‘umi» ostida xalqlarning tili qanchalik o‘zgarganini solishtirish maqsadida ishni turli muqaddas matnlarning qadimgi turkiycha tarjimalarini to‘plashdan boshladi. Bu borada islom, nasroniy, buddist, Manixey va shamanizmga oid matnlarning inglizchasini osongina topdi-yu, biroq uning maqsadi bu matnlarni asl turkiydagi muqobillari bilan solishtirishdan iborat edi. Shu tariqa bir necha yilni qadimgi turkchani o‘rganishga sarfladi. Ular bir-biri bilan tanishishdi.  Fionaning ota-bobolari oltoylik bo‘lib, u Lukka buvisidan qolgan juda ko‘p naqllarni aytib berar va fursati bilan Luk yo‘liqqan asosiy muammolarni ta'kidlab o‘tardi. Luk taqqoslash asoslarini yaxshi bilmasdi. Barcha muqaddas matnlar qachonlardir tarjima qilingandi. Magar muqaddas turk tilining «tabiiy», «neytral» holati qanday ekanini Luk bilolmadi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:16:04
25
   
Bunga javoban Fiona menga Luk haqida gapirib berdi. Umuman olganda, uning Ko‘k Turklari bilan qiziqishi qo‘lyozmalar boisidan emas, balki faqatgina o‘sha turklarning deyarli barcha dinlarga e'tiqod qilganlari sababidan edi. Luk turli dinlarni solishtirar ekan, ular avvalo tilni, keyincha insonning mentalitetini o‘zgartirishi faktini aniqlashga harakat qildi. Uning fikriga yoki o‘zi aytganiday, «nazariya»siga ko‘ra, dunyoda yahudiy va arablar kabi «Xudo tanlab olgan» xalqlar bor. Alloh ular bilan bevosita gaplashaveradi. Qolganlar esa boshqalarning yo‘l-yo‘rig‘iga «Xudo unut» tillari-yu o‘y-fikrlarini moslashtirishlari lozim. U bu nazariyani deyarli barcha dinlarga e'tiqod qilgan qadimgi turklar misolida isbotlashga qaror qildi. Turfa dinlarning «zug‘umi» ostida xalqlarning tili qanchalik o‘zgarganini solishtirish maqsadida ishni turli muqaddas matnlarning qadimgi turkiycha tarjimalarini to‘plashdan boshladi. Bu borada islom, nasroniy, buddist, Manixey va shamanizmga oid matnlarning inglizchasini osongina topdi-yu, biroq uning maqsadi bu matnlarni asl turkiydagi muqobillari bilan solishtirishdan iborat edi. Shu tariqa bir necha yilni qadimgi turkchani o‘rganishga sarfladi. Ular bir-biri bilan tanishishdi.  Fionaning ota-bobolari oltoylik bo‘lib, u Lukka buvisidan qolgan juda ko‘p naqllarni aytib berar va fursati bilan Luk yo‘liqqan asosiy muammolarni ta'kidlab o‘tardi. Luk taqqoslash asoslarini yaxshi bilmasdi. Barcha muqaddas matnlar qachonlardir tarjima qilingandi. Magar muqaddas turk tilining «tabiiy», «neytral» holati qanday ekanini Luk bilolmadi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:16:15
Qizning ertak va afsonalari ta'siri o‘laroq, u shuni kashf qildiki, qadimgi turklarning qadim Xudosi - Tangriga e'tiqod qiluvchi bir qatlam mavjud bo‘lgan. Shundan keyin u asta-sekin Tangri degan so‘z bor qo‘lyozmalarni izlashga tushdi. Shu yo‘sinda men uni uchratib qoldim.
Fiona menga Ang‘iz Yer to‘g‘risida gapirib berdi, u Moviy Samo Insoniyat O'g‘lonlariga nimadir berganini aytgandi (men buning neligini unutib qo‘ydim), qisqa qilib aytganda, bu bizning o‘zaro munosabatimizda xuddi Noamga o‘xshash bir nimadir edi va shu bois men chalg‘ib ketdim...
O'sha payt men na O'lik Shahardagi darvish va na Urumchida qoldirganim plyonka haqida unga so‘zladim, lekin shuni his qildimki, biz ayni paytda Luk bilan bir tomonda edik. Moviy samo yorqin quyoshga ham, qora bulutga ham birday taalluqli bo‘lganiday, Luk nomidan mening rashkim kelib turardi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:16:27
26

«Pokiza jannatiy tartib ilmlari ichida mavjud ekanmiz, biz - ikki asosiy va uch o‘zgaruvchan qoidalar - jannatiy borliqning yorqin asosini va do‘xaxning zim-ziyo tubini bilamiz. Hali osmon va yer mavjud bo‘lmagan vaqtda, nima bo‘lgan deya, so‘rarkanmiz, rahmoniy va shaytoniy kuchlarning nima sababdan to‘qnash kelganini, yorug‘lik va zimiston kuchlarining uchrashganini, yorug‘lik va qorong‘ulik qanday qilib bir-biridan ajratilganini va undan keyin nima bo‘lganini bilardik...»
So‘g‘dning Manixey Shahzodasi ushbu parchani Berke tilmochga tushuntiraman deb qiynalib ketdi. Umri bino bo‘lib Berke ikki bora Xurosonni ishg‘ol qilishga borgandi va garchi u maqsadiga erisholmagan bo‘lsa ham, bir qancha asirlarni qul qilib oladiki, ularning bari Otukanga borishdagi uzoq yo‘lda halok bo‘lishadi. Shu boisdan Berke So‘g‘d Shahzodasining eng yaxshi tilmochi sanalardi. U bir necha yuz so‘g‘dcha so‘zlarni bilar, lekin Mani dinining hamma uchun ham tushunarli bo‘lmagan bezakli yozuvlari mazmunini unga tushuntirib berish oson ish emasdi. Yorug‘lik va qorong‘ulik o‘rtasidagi munosabatni unga qanday qilib tushuntirsa bo‘ladi? Shahzoda Mani diniga e'tiqod qiluvchilarning ibodatnomasi «Huastuanift»ning eng oson parchasini to‘g‘ri tarjima qilganiga unchalik ishonmayotgandi, shuning uchun undan qayta-qayta o‘girishni so‘rayverdi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:16:37
Berkening bunga sabri chidamadi, jahli chiqdi, lekin u Bilga-xoqon va uning farosatli maslahatchisi Tongyuquqning dunyodagi eng aqlli so‘zlarni huzurimga keltiring, degan buyrug‘ini bajarishi lozim edi. Muloyimligi uni ushbu la'nati so‘zni qayta tarjima qilishga majbur qildi, yo‘qsa, bu yigit bir qilich zarbi bilan boshini tanasidan judo qilishi hech gapmas. U «Tangri» dedi va osmonga ishora qildi, «arig‘» deya odam qanday qilib qo‘l yuvishini namoyish etdi, so‘ngra o‘sha so‘zlarni qaytarib, ularning birgalikda qo‘llanishi, ya'ni Allohning pokligi ma'nosini aytdi. Shundan keyin u eski asirlarining biridan ilib olgan yana bir so‘zni aytdi - «nomug‘» - «buyruq». Ushbu so‘z Shahzoda tushuna oladigan va rohat qiladigan yagona so‘z edi. «Men bilaman» - dedi Berke so‘g‘dchada. «Biz bilamiz» deya to‘g‘irladi uni Shahzoda. Berke uni tushundi, boshini qimirlatib, o‘z tilida nimadir dedi, lekin Shahzoda Berkening «Biz bilamiz» dedimi yoki Shahzodaga ishora qilib «Siz bilasiz» dedimi, tushunmay qoldi. Shahzoda ikki bora ularning hammalari bilishiga ishora qildi va Bilga-xon va Tongyuquqning nomlarini eslatdi. Berke esa yana boshini qimirlatdi - Xudo biladi nega - va so‘g‘d tilida «Yashasin» dedi. Shahzoda hozirgina eshitgani barcha so‘zlarning ma'nosini chaqishga urindi. Berke uni xursand qilishga va bu qurgur mashg‘ulotni tezroq tugatishga intildi, qaniydi hozirning o‘zida ochiq sahroga, boshi oqqan tomonga qochib qutula qolsaydi...
Bu kabi har xil o‘ylar qurshovida ikkilari ham O'n-o‘q qabilasidan bo‘lgan Makrach va O'g‘uz-Bilganing xoxolab kulayotganini eshitishdi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:16:47
27

Fiona haqida o‘ylash uchun vaqtim yetarli edi. U aqlliligi bilan boshqa ayollardan farq qilardi. Men o‘zimni ayolga o‘ch odam deb hisoblashlarini istamayman, lekin nimani nazarda tutayotganimni tushuntirib bersam, meni tushunasiz, deb o‘ylayman. Turk urug‘laridan tashqari Fionaning o‘tmishda nemislarga bog‘liq jihati ham bo‘lib, yo bobosi, yo otasi nemis bo‘lgan. U falsafiy tafakkurni - men bilgan ayollar orasida kam uchraydigan ochiqlilik, samimiylikni meros qilib olgandi. Ha, menimcha, ayollarning asosiy kuchi aqllilikda emas va Fiona turklarga xos yovvoyiligi bois bunday toifa yaralmishlarning eng yaxshi va muloyim bir namunasi edi. Faqat, avval aytganimday, men uni sevishdan emas, balki suqrotona suhbatlar qurib o‘tirishdan ko‘proq zavq olardim. U menga ko‘p narsani o‘rgatdi. Masalan, ovchi va uning o‘ljasi nazariyasini olaylik. U Lukni ovchi, o‘zini esa hayvon bo‘lganini aytadi. Luk hayotida bir narsani: o‘z o‘ljasini kerakli mahal va ayni joyida ushlashni yaxshi ko‘rardi. Fiona ham har doim u yerda bo‘lardi. Lekin otishdan avvalgi ayni so‘nggi lahzada doimo o‘qqa uchmaslikning uddasidan chiqar va ovchi uni boshqa joy va vaqtda yana mo‘ljalga olishga urinib ko‘rardi...
Hozir esa Fiona uni poylab yuribdi. U menga butunlay boshqa bir hikoyani so‘zlab berdi. Biz Kann yaqinidagi Avliyo Margaret orolidagi archa bo‘ylari anqib turgan o‘rmonda  sayr qilib yurardik, birdan u qabrtoshiga o‘tirib, o‘rxun yozuvlarini qanday qilib o‘qishganini bilish-bilmasligimni so‘radi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:16:59
«Rohib Yefrem Valaamovning do‘sti rus sayyohi Yadrintsev o‘rxun toshlarini topganda, niderlandiyalik tilshunos Vilgelm Tomson («Men uni bilaman!») ularni suratga olib, xitoycha varianti bilan solishtirib ko‘rdi va undagi o‘ziga xosliklarni o‘rgana boshladi.  Eng avval u O'rxun toshi 38 ta qaytariladigan turli xil harflardan iboratligini aniqladi. Keyin u bu alifboda unli harflar bormi-yo‘qligi, agar bor bo‘lsa, ularning qaysi ekanligi ustida ish olib bordi. Uning fikricha, masalan, «x-u-x» undosh-unli-undosh ketma-ketligi bo‘lishi mumkin yoki aksincha. Shu tarzda u boshqa tilshunoslik qoidasiga ko‘ra unli tovush ekanini bildiruvchi bir necha belgilarni topdi. Shu bilan bir qatorda u bu unlilarning turli undoshlar bilan bog‘lanish yo‘llarini izlay boshladi. U topgan qoidalar izlayotgan tilida unlilar uyg‘unligi mavjud ekaniga ishonch hosil qildirdi. Matndagi eng ko‘p qaytariladigan so‘zlarni tahlil qilar ekan, ulardan biri ikki unlili so‘z ekanini aniqladi, bu «Tangri» degan so‘z edi. Ikkinchi eng ko‘p ishlatilgan va xitoychaga asliga yaqin qilib tarjima qilingan so‘z «Kyueh-ti-kin» bo‘lib, uzoq va og‘ir mehnatdan so‘ng Vilgelm Tomson buning haqiqiy nomini aniqladi: «Kul-Tegin» yoxud Farovonlik Shahzodasi. Ushbu so‘zlar ko‘p foydalanilgan uchinchi bir so‘zni o‘qish imkonini berdi: «Turk». Shunday qilib, «Tangri», «Kul-Tegin» va «Turk» so‘zlari toshdagi o‘qilgan birinchi so‘zlar bo‘ldi. Qandaydir ramziy ma'no borga o‘xshamayaptimi?»
Fiona hikoyasini to‘xtatib, jilmaygancha dedi: «Ba'zida shunday tuyuladiki, go‘yoki men ham bir unli tovushman va hayot meni qorong‘u undoshlar ichiga puflab turadi»...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:17:14
28

Bu Tomsonning sharhi to‘g‘risidagi hikoyaning so‘nggi emas edi. Fionaning gapiga qaraganda, Abo Yefrem - Yadrintsev sharhning qiyosiy usulini tanqid qilgan. U Kul-teginga bag‘ishlangan bir xil toshdgi turkiy va xitoycha matnlarning boshlanishini  birlashtirdi. Fiona yon daftarchasini olib, quyidagilarni o‘qidi:
«Yuqorida moviy osmon va quyida qo‘ng‘ir yer yaratilgach, ularning o‘rtasida inson bolasi vujudga keldi».
Endi xitoycha muqobilini eshiting:
«Oh, osmon buncha moviy! Sening himoyangda bo‘lmagan hech bir narsa yo‘q! Osmon va insonlar ularning orasiga qo‘yilgan va koinot bir jinslidir...»
Ikkimiz ham birdaniga xoxolab yubordik. Boshimiz ustidagi qushlar bir cho‘chib tushib, g‘alati ovoz chiqargancha qorong‘u daraxtzor tomon uchib ketdi. 
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:17:29
29
       
Tan olishim kerak, Fiona yaqin kunlardagi hayotimning asosiy va eng iliq xotirasi bo‘lib qoldi men uchun. Bir-birimiz bilan qanchalik oson topishgan bo‘lsak, bir-birimizni shunchalik tez yo‘qotib ham qo‘ydik. Aniqrog‘i, men uni yo‘qotdim.
Hammasi aniq, men bu yerda har bir narsani aniqlashga, tartibga tushirishga va barcha narsadan mantiq qidirishga urinmoqdaman, ayniqsa, o‘ylash uchun fursat bo‘lganda, yana shuni angladimki, hayot u qadar o‘tkinchi narsa ham emas ekan. U loyga o‘xshab, istagan shaklga kira oladi. Kunlarning birida ertalab uyg‘onib qarasam, yonimda Fiona yo‘q. Miyamga kelgan birinchi fikr shu bo‘ldi: u Xitoyda Lukni tashlab ketganiday, meni ham hech bir ogohlantirishsiz qoldirib ketavergan. Dominik - biz turgan mehmonxona xo‘jayini qo‘li bilan ishora qilib «Xonim juda erta chiqib ketdi» dedi. Vahima qilganim yo‘q. Antibga bordim, shumshayib qolganday Pikasso muzeyida ancha vaqtimni o‘tkazdim, kimsasiz qirg‘oqqa bordim, lekin ko‘nglim qaytarib bo‘lmas nimadir sodir bo‘lganligini sezardi. Odatga ko‘ra, tushlikka ikkimizga ham yoqib qolgan mo‘‘jazgina «La kote a l-os» restoraniga keldim, bizni tanib qolgan ofitsiant «chiroyli xonim tez orada keladimi» deya so‘ragandi, unga javoban qizil vinodan ko‘proq keltirishni iltimos qildim...
U o‘zi rejalashtirib yurgani - Monakoga ketib qolgan, deya ishonishga urindim, aqalli u Noam bilan birga bo‘lishi kerak, biroq vaqt o‘taverardi, undan esa darak bo‘lmadi. Kot d-Azurda yangidan-yangi bahonalar axtarib yana ikki kun qoldim: u Lukning sevgilisi bo‘lgan, u mendan uzunroq edi va ikkimiz turganimizda juda kulgili tuyulardi, unda Noamga nisbatan «simpatiya» uyg‘ondi, bundan buyon gunohim kamroq bo‘lar, va hokazolarni o‘ylab tashladim. Birdan, bor pulimni ishlatib bo‘lganim esimga tushdi va hech bir umidsiz, yo‘lovchi mashinalarda sayohat qilib, Bambergga qaytdim. Fiona aytganiday, uchar unlilarning shaffofligisiz, loyga qorishgan undoshlar kabi borardim...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:17:43
30

Men hamma narsaning bir sababi bor-ku, deya o‘ylashga o‘rganganman. Agar yor tashlab ketsa, drama boshlanishi kerak edi, biroq mening holatimda bunday bo‘lmadi, balki bu vaqtning belgisidir: u qaerga kelishni xohlasa kelardi, kimni tashlab ketishni istasa, tashlab ketaverardi. Ikki oy burun usiz yolg‘iz, o‘zim bilan o‘zim ovvorai sarson edim. Ikki oy o‘tib esa yana o‘sha holga tushdim, yana biror narsa qo‘shiladimi, kamayadimi, mutlaqo bexabar ekanman. Alal-oqibat, bir paytning o‘zida o‘sha nimadir qo‘shildi va yana ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Avvalgi ishimni davom ettirishga urinib ko‘rdim: Fionadan qolgan qog‘ozlardan Valaamov, At-Tohariy haqida o‘qidim, faqat g‘alati taqdirimga sababchi bo‘lgan, deya Zevning kundaligiga tekkanim yo‘q. Ammo, asosan, urinishlarim yaqin kunlardagi hayotimning muhofazasiga qaratilgandi. Bu orada Olmoniya va Frantsiyadagi turli tarjima va sayyohlik kompaniyalariga o‘zimning Osiyoning uzoq o‘lkalari bo‘ylab olib yurish va tanishtirish bo‘yicha tajriba va malakalarimni taklif qilib maktublar yozdim. Doimo nima bilandir band bo‘lishga intildim. Balki siz «sinish»ning ma'nosini bilmassiz, men go‘yo uzlatga chekiinayotganday edim. Hatto ob-havo ham menga qarshiday: yog‘ayotgan yomg‘ir ostimga, yo‘q, ustimga, yanayam aniqrog‘i, vujudimni kesib yog‘ardi. «Yomg‘ir shaharga emas, ko‘nglimga yog‘moqda» deya uning eski manziliga maktublar bitdim, telefonini topishga urindim, lekin hech biri samara bermadi: u jismu borlig‘imdan butunlay g‘oyib bo‘lib ketdi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:17:53
31

Qitanlik Udar-sengun, birinchi Nestoriya generali, boshqa diplomatik-diniy asirlarga nisbatan yaxshiroq sharoitda yashardi. Gap shunda ediki, marhum Shahzoda Kul-Teginnnig benihoya go‘zal xotini Ko‘rk-xotin nasroniy dinining ishqibozi edi. Uzoq yillar avval otasining o‘tov-qasrida yoshgina shoh qizi bo‘lib yurgan kunlarda bir armani rohibni ko‘rgan, u tilla bilan tikilgan uzun kuylak, qimmatbaho toshlar va tovus pati bilan bezatilgan g‘aroyib toj kiyib olgandi. Rohibning bir qo‘lida og‘ir tilla xoch va ikkinchisida atir to‘ldirilgan idish bor edi. Qiz otasining oldida rohib ijro etgan rangin va mungli qo‘shiqlardan shu qadar ta'sirlanganki, ertasigayoq otasidan u bilan ko‘rishishga ruxsat olgan. Qiz rohibning kulbasiga biri bog‘dan, biri tog‘dan keladigan savollarini ularning beo‘xshov qo‘pol tillariga tarjima qilib beradigan tilmoch bilan qo‘shib jo‘natiladi. U Bibi Maryam va uning odamlar uchun azob chekkan, bir kun qasos uchun qaytib keladigan  o‘g‘li haqidagi eng yaxshi hikoyalarni aytib beradi. Garchi Ko‘rk xotin Bibi Maryam haqidagi gaplarni to‘liq tushunmasa ham, lekin uning bir kun qaytib keladigan qutqaruvchi o‘g‘li sahroviy ko‘nglini ishg‘ol qilib olgandi. Tez orada botir Shahzoda Kul-Tegin nomidan o‘z otasi oldiga qizining qo‘lini so‘rab sovchilar kelganda, chin oshiq ko‘ngli bilan o‘sha qutqaruvchi o‘g‘ildan sovchi kelganiga ishondi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:18:05
Magar endi o‘z Qutqaruvchisidan ayrilgach, u qandaydir mo‘‘jiza yuz berishini kutar, bu go‘yo haligi armani rohibning qovushmagan tilmoch orqali unga va'da berganiga o‘xshardi. Shu bois u bir xizmatkorini nasroniylikda qanday yangi narsa kutilayotgani to‘g‘risida biror narsa bilib kelish uchun Udar-sengunning oldiga yuboradi.
General juda yaxshi, biroq murakkab bir sharoitda edi. Aslida, xudojo‘yligini hisobga olmaganda, u haqiqiy nasroniy emasdi. Baxt unga kulib boqdi, chunki Qitan armiyasining masihiy g‘oyalarga boy bo‘lgan boshlig‘i agar hokimiyatni qo‘lga kiritishsa, o‘z o‘rniga uni tayinlashga va'da berdi. Lekin botir va aqlli jangari Udar-sengun hamma narsa uning foydasiga o‘zgarib ketganini sezdi. Yagona muammo kuchlarni bir joyga to‘plash va ularni muhim yo‘nalishga solishdan iborat edi. U Ko‘rk-xotinga o‘zi yuborgan xizmatkor orqali xabar jo‘natib, Injilning nusxasi kerakligini, uni ko‘k turklarining kattakon saltanati chegarasida biror rohibgohning armani rohibidan olish mumkinligini ilova qilib yubordi. Qolgan ishni o‘z zimmasiga oldi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:18:18
32

Li oz-moz frantsuzcha bilardi. Umuman olganda, ular bir-birimiz bilan suhbatlashishga ruxsat berishmasdi, lekin janoza va undan oldingi qonxo‘rlikdan keyin o‘zlarini bizga yaqin olib, iliq munosabatda bo‘la boshlashdi. «Endi bizning taqdirimiz - bu sizning taqdiringiz» dedi kunlarning birida jangarilar komandiri, Li ikkovimiz esa bu gapning ma'nosini chaqishga urindik. Yo ularga nima bo‘lsa, bizga ham o‘sha bo‘ladi, yo ular ham biz kabi asir bo‘ladilar. Harqalay, endi bizni ilgarigiday qattiq qo‘riqlamaydigan bo‘lishdi, balki bizning qochishimizdan naf yo‘q, hukumat tinimsiz ravishda havo kuchlari bilan zarba berib turgan bo‘lsa, bunday sharoitda qochish asir o‘tirishdan ham xavfli deb o‘ylashgan. Biz birga shaxmat o‘ynashimiz, suhbat qurishimiz mumkin edi, lekin bunda tansoqchilarimizga fikrimizni sinxronik tarjima vositasida tushuntirardik. Ikkimiz ham sharoitdami yo komandirlar tafakkuridami, qandaydir bir noxush narsani sezganday bo‘ldik. Umrimiz kutish bilan o‘tdi. Shukrki, vaqti-vaqti bilan bo‘lib turadigan bombardimonlardan boshqa narsa sodir bo‘lgani yo‘q. Faqat komandir o‘zlarining avvalgi va hozirgi yurishlarining barcha bayonnomasini ingliz va xitoy tillariga tarjima qilishni iltimos qilgani yomon bo‘ldi. Ular bizga qalin daftarlarni tutqazishdi, ularda meteorolog bo‘lgan salaflarimizning havoning darajasi va muzliklar holati bo‘yicha kuzatuvlari aks etgan. Men bu yozuvlarni tarjima qilarkanman, ular avvalgi yozuvlar kabi qisqartirilgan holda bo‘lishi kerak edi, shu bois nomlar ham bosh harf bilan yozilmagan. Li frantsuzchada ancha muvaffaqiyatga erishib, ba'zi so‘zlarnnig ma'nosini mendan so‘rardi. O'zimni ikki karra asirday his qila boshladim: birinchisi - jangarilar asiri, ikkinchisi - Lining yaxshi niyatlari asiri.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:18:29
33

Rostini aytsam, Fiona hayotimni ostin-ustun qilib tashladi. Uni deb tashlab ketgan to‘garaklarimga ham borolmay qoldim. Bu dunyoda nima ham qilardim? Hatto eslashga ham madorim yo‘q. O'limga mahkum qilinganligim to‘g‘risidagi faktning ham ahamiyati qolmadi. Kim? Nima? Qachon? Qaerda? Nega? Bema'ni savollar. Quduqqa zinama-zina tushib borayotgan kishini xayolingizga keltiring, u yo hayot manbaiga duch keladi, yo o‘zining qora aksiga. Bir qalqisa, bu chuqur va qorong‘u suvga yumalab tushadi. Men ham shunday bo‘lib qoldim. Har qadamimni esga olishga urindim: Luk-darvish-Zev-Valaamov-At-Tohariy-noaniqlik...va Fiona. Hofiz yozganidek: «Ki ishq oson namud avval vale aftod mushkilho...» Hayotimning oxiri va yangi muqaddimasi. Boshimga avvalgidan-da battar noxushliklar yog‘dirayotgandayman, balki o‘limga mahkumlik degani shudir va u allaqachon amalga oshirib bo‘lingan balki?!
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:18:41
34

Quduq ichidagi Yusuf haqidagi hikoyani, hoynahoy, eshitgansiz. O'tkinchi yo‘lovchilar uni Misrda qul qilib sotish uchun suvidish bilan birga quduqdan tortib olishadi. Quduqdagi kishandan qullikdagi kishanga. Shunga o‘xshab, «AMIP Olimpia» degan bir frantsuz firmasi meni sobiq sovet Markaziy Osiyosida s'yomka qilishni mo‘ljallayotgan kino guruhiga ekskursovodlikka taklif etdi. Bu paytda Fiona bergan qog‘ozlarning yarmini o‘qib bo‘lgan, fikrlar qurshovida aqldan ozay deb qolgan edim. Shu bois, ozroq moliyaviy tomonni o‘ylab, ko‘proq o‘zimni asrab qolish maqsadida bu ishga rozi bo‘ldim.
Ishimiz haqida ko‘p vaysab o‘tirmayman, u odatiy bir narsa edi: bir jazoirlik yoki pokistonlik ko‘zoynakli rejissyor o‘z boshliqlarini turli madaniyatga taaluqli odamlar guruhini, xudo biladi, qayoqqadir yuborishga ko‘ndiradi. Buning sababi uning cheksiz nafsi yoki ba'zi noaniq oilaviy mojarolar, ya'ni ularning ota-bobolari eng katta qit'aning qoq o‘rtasidan kelganlari haqidagi masalaga borib taqalardi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:18:53
Va ularning ishlagan filmlari: gitaraga o‘xshagan cholg‘u asboblari bilan buzib talqin etilgan sharqona musiqa, islomiy did va g‘arbona kelajak, nasihat va ertak... va da'vo, da'vo, da'vo... To‘g‘risini aytsam, bunaqa yangilik-pangilikka hecham hushim yo‘q, agar pul uchun bo‘lmaganda, o‘rislar aytganiday, bundaylar bilan keng dalada hojat uchun ham birga o‘tirmagan bo‘lardim. Ular go‘shingni qiyma-qiyma, suyagingni mayda-mayda qiladi, qoningni tomchi-tomchilab ichadi va nihoyat kulingni bir qoshiqqa olib, butun dunyo bo‘ylab yangilik sifatida yoyib yuradi... Yuragimning urishi ularning zilzilasidan ming karra qadrliroq men uchun. Keling unutaylik shularni.
Sizga tasvirlab bermoqchi bo‘lganim bu kuzgi sahro: yelkalarida zil-zambil osmonni ko‘tarib turgan shamolli cheksiz yer yuzasi. Boshqa hech narsa. Va bu ikki vertikallikni bir-biri bilan bog‘lab turgan yagona narsa - Inson bolasi. Hayotimda birinchi bor ko‘ngil va fikrga mos ikki bo‘shliq qanday qilib bu qadar shirin yolg‘izlikni keltirib chiqara olganligini his etdim. Yo‘qlik. Keraksizlik. Ovvorai sarsonlik va ruhning shamoli...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:19:04
35

Dono Tongyuquq dashtning o‘rtasida umrining 86 kuzida turib edi. Quyosh ufqda so‘nib borar, qizg‘ishlikning so‘nggi tilchalarigina qolgan edi. Hayot shunday kechardi. U vaqtdan yutdimi-yo‘qmi, baribir hayot oxirlab borardi. Ko‘k Turklari unga «Tulki ovchisi» deb laqab qo‘yib olishgandi, chunki u eng aqlli va ayyor dushmandan ham oqilroq va uddaburroroq edi. Turklarning Ko‘k Turklari deya nom qozonishlariga ham u sababchi bo‘lgan. U Xitoyda tug‘ilgan va shu yerda katta bo‘lgan. Shu bois u O'rta Qirollikning urf-odatlarini, yashash tarzini hammadan yaxshi bilardi. U nafaqat mamlakat, balki har bir fuqaro chegarasini ham qoyilmaqom o‘zlashtirgandi. Magar Tongyuquqning sahroviy qoni endi bularga befarqday edi. Uning chegarasi ufqdan pastga og‘gan, hayot yo‘li beto‘xtov va uning o‘zi musaffolik keltiruvchi sahro shamoliday barchaga birday ochiq edi.
Turklar o‘zlarining o‘ldirilgani, vayron etilgani, deyarli yo‘q qilib yuborilayozganini unutmadilarmi? Ulardan so‘nggi yetti yuz kishi o‘rmonlarda tentirab yurganida, mana shu Dono Tongyuquq ularni birlashtirgan va Elturishni xoqon yoxud turklarning xoni etib tayinlashga qaror qilgan. Lekin bu ishda u: agar bo‘lajak xoqon ho‘kizning qay biri orig‘u, qay biri semiz ekanini bilmasa, u xoqon bo‘lishi kerakmi, deya ikkilanadi. U bir oz o‘ylanib turadi va shunga qaror qiladi: Tangri unga aqlu zakovat beribdimi, u Elturishni xoqon va o‘zini vazir etib tayinlajak. Shundan beri u tunlar mijja qoqqani yo‘q, kunlar esa kayfu safoga berilmadi. Oriq shoxni egish oson bo‘ladi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:19:14
Muloyim narsani sindirish ham oson deyishadi. Lekin agar oriq narsa keyinchalik qalinlashib ketsa, uni bukish qiyin bo‘ladi. Muloyim narsa qo‘pollashsa, uni sindirish qiyin deyishadi. Shunday qilib, u turklarni bir joyga to‘pladi va turk xoqoni bilan birga Otukan o‘rmoniga boshlab bordi. Tunlar bedor, kunlar rohatsiz, qizil qonini oqizgan va qora terga botgan holda o‘n yetti bor xitoyliklarga, yetti bora qitanlarga, besh marta o‘g‘uzlarga qarshi kurash olib bordi. U turkiy qavmlarni uzoq yurishlarga jo‘natdi va ular jangu jadallar natijasida son-sanoqsiz tilla, kumush, go‘zal qiz va bevalar, o‘rkachli tuyalar bilan uyga qaytishdi. U na biror dushmanga Ko‘k Turklari orasidan qutulib ketishiga va na biror yovvoyi otning betizgin ketishiga yo‘l berardi. Mana hozir uning sharofati bilan Ko‘k Turklari dunyoning To‘rt Burchida hokimlik qilishmoqda. Agar u g‘olib bo‘lmaganda edi, na davlat va na xalq bo‘lgan bo‘lur edi. Uning muvaffaqiyati tufayli Ko‘k Turklari gullab yashnagandan yashnayverdi.
Mana endi u qarib qoldi, yillar madorini quritdi, endi o‘zining sharafli g‘alabalarini emas, balki og‘riqli yaralarini sanaydi, xolos. Qachonlardir Eltirish-xoqon tirikligida Tongyuquq O'n-o‘q qabilasiga qarshi yurishga chiqqan. O'shanda u odatiy uslublaridan shunday xulosa chiqargandi: dushman nimani niyat qilgan bo‘lsa, o‘shani qil, faqat undan oldinroq. Shu payt xoqon tarafdan bir josus kelgan va «hech qayoqqa jilinmasin!» degan buyruq keltirgan. Lekin Tongyuquqqa xoqonning boshqa qo‘mondonlarga xabar yuborganini aytishadi: Dono Tongyuquq zolim va makkor. Unga ergasha ko‘rmang! U bilan biror masalada sulh ham tuzmangiz! Lekin Tongyuquq o‘z qarorida qat'iy edi va ular hech bir so‘qmoqsiz Oltoy tog‘iga tirmashishadi, hech bir kechuv joyi bo‘lmagan Yertish daryosidan kesib o‘tishadi, jang qilib, O'n-o‘q qabilasini batamom tor-mor etishadi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:19:37
Eltirish-xoqon o‘lganda, uning atrofidagilarning bari qoni qaynab turgan Kul-Tegin tomonidan qatl etilgan. U o‘z inisi Bilgani hokimiyat tepasiga ko‘tarib, uni xoqon deb e'lon qilgan. Dono Tongyuquq buni oldindan sezgandi. Shu sababdan hali shahzodaligidayoq qizi Pobekani Bilgaga nikohlab beradi. Garchi boshida bir oz xijolat qilgan bo‘lsa-da, keyinchalik kuyovi Bilga-xoqon uni o‘ziga vazir qilib oladi. Yo‘q, birgina yosh Kul-Teginning qaynoq qilichi emas, balki keksa Tongyuquqning yorqin aqlu zakovati Turk davlatini hozirgiday kuchli va yengilmas ayladi...
Hozir esa u yana yolg‘iz. Tarozining ikinchi pallasi ham og‘ib ketdi. Kul-Tegin o‘ldi, dono Tongyuquq esa o‘zini bo‘rining tillarang boshi tasvirlangan bayroq ostida odamlarni birlashtirgan botir bo‘riday sezmayapti, yo‘q, qaytanga u o‘z o‘qidan azob ko‘rgan qari mazlum kabi bo‘lib qolgandi. U Bilga-xoqonnnig eng oxirgi qarori - dunyodagi jamiki dinlarni birlashtirish haqida o‘ylardi. Bir necha yil avval, xuddi shu Bilga-xoqon o‘zini boshqa Xitoy Imperatori deya da'vo qilishga qaror qilganida va butun dashtni Buyuk Devor bilan o‘rab olish hamda Budda va Lao-Sziga bag‘ishlangan ibodatxonalarni barpo qilishni niyat qilganida, o‘z kuyoviga shunday degan edi: «Ko‘k Turklari xitoylik emaslar, ular o‘t va suvga e'tiqod qilib, faqat harbiy ishlar bilan mashg‘uldirlar. Ular kuchli bo‘lgan mahalda zafar uchun olg‘a intilishadi, agar zaifliklarini sezishsa, katta yo‘qotishlarga yo‘liqmaslik uchun ortga chekinishadi. Qolaversa, Budda va Lao-Szining ta'limotlari odamlarni urushqoq va kuchli emas, balki shafqatli va zaif qilib qo‘yadi.»
Hozir gap faqat Budda yoki Lao-Szi haqida emas, balki jiddiyroq narsa ustida ketyapti. Tulki Ovchisi ushbu fursatda ham butun umr bo‘yi erishgani kabi muvaffaqiyatga erishadimi? Ko‘k-qora osmonda yuz ming tumanlari bilan ko‘ringan hilol so‘nggi qilich misol charxlanib turardi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:04:16
36

Taajjubki, Luk bilan Fiona ikki yil avval ayni bir joyda bo‘lishgandi. Men O'rta Osiyoni nazarda tutyapman. Lekin menga o‘xshab, intervyu uyushtirish, vaqt va to‘lovlarni nazorat qilish, rejissyor va suhbatdosh og‘zidan chiqayotgan har bir so‘zni tarjima qilish bilan shug‘ullanishmagan ular. Luk odatiy ishi - ko‘chmanchi va o‘troq aholiga xos odatlarni bir-biri bilan solishtirish bilan band bo‘lgan. U ko‘chmanchilar va o‘troq aholi tafakkuridagi farqlarni ko‘rsatib o‘tgan bir muallifning «Yo‘l va maqom» maqolasidan misollar keltiradi. O'sha muallifning aytishicha, mahalliy o‘troq aholi she'riyat deganda ayollarga muhabbatni tushungan, ko‘chmanchilarning she'riyati esa birodarlarcha sevgidan iborat edi. Misol tariqasida u Bilga-xoqonning marhum birodari Kul-Tegin vafotiga bag‘ishlagan aza qo‘shig‘ini keltiradi.
«Yoshgina ukam Kul-Tegin o‘ldi, men unga aza tutaman. Ko‘rar ko‘zim ojiz, bilar ilmim notanish bo‘ldi. O'zim anduh ichraman. Xudo vaqtni Inson bolasi o‘lishi uchun yaratadimi? Men chuqur qayg‘udaman. Ko‘zimga yosh kelganda, ko‘nglimga g‘am inganda, yondim, azoblandim. Qayg‘uga botib o‘yladimki, ikki shahzoda va yoshgina ukamning, o‘g‘illarimning, qo‘mondonlarim va xalqimning ko‘zu qoshlariga yig‘idan ziyon yetgay».
Men esa o‘zimga qanday she'riyat yoqishini juda yaxshi bilardim.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:04:24
37

Men maqola muallifi bo‘lmish allaqaysi muallifni topishga harakat qildim, biroq uni quvg‘inda, deb aytishdi. Haqiqatda ham ushbu oddiy dalil s'yomka orasida meni izlanishni qaytadan boshlashga majbur qilgan bo‘lishi mumkin. Alaloqibat - men voqealar nuqtai nazaridan aytyapman - Turfanga Shia Chang oilasini ko‘rgani borish kutilmagan narsa bo‘ldi. Bu haqda avvalroq aytgan edim. Yana turli xil yozuvlar, shifrlangan, ya'ni ko‘plab qisqartirishlar bilan yozilgan matn (masalan,, F.Yefr. uchrashdi 1.t. Tenz. o‘zining ko‘pl. va dek...) bor edi, lekin unda nima deyilganini aniqlashga muvaffaq bo‘ldim.
«Rohib Valaamov o‘limiga sabab bo‘lgan holatni aniqladim. Bu taajjublaanarli bir hikoyadir. Misrliklarning O'liklar kitobidan tashqari tibetliklarning ham ayni shunday kitobi borligini Tengiz Datsaodan o‘rgangach, bularni qiyoslashga kirishgan. Aniqrog‘i Tenzigni o‘z joyida so‘nggi bor uchratgan kishi Abo Yefrem bo‘lib, u uzoq Tibet safaridan keyin turli e'tiqodlar va Hotandagi hayotni bir-biri bilan solishtirishga urinib ko‘rishni taklif qilgan. Ikki rohib bir qalandarga duch kelishadi. U «Och yuzim, g‘assol, bu dam, Yorug‘ jahonni bir ko‘ray» deya qo‘shiq kuylardi. Ular qalandarga ergashadilar va u qabristonga boshlab boradi. O'zi yashashga odatlangan kechki bo‘m-bo‘sh qabristonda qalandar bir qabrtoshiga o‘tirib, kamtargina kechki ovqatga - haligi qo‘shig‘ini aytib topgan bor-budiga taklif etadi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:04:36
Rohib Valaamov o‘z maqsadlarini aytadi. Qalandar xurjunidan do‘mbirasini olib, qo‘shiq ayta boshlaydi. U mungli bir tovushda uzun hikoyani kuylar ekan, ba'zi o‘rinlarni aytib berish uchun o‘qtin-o‘qtin to‘xtab qo‘yardi. U Yer-Tushtuk degan qahramon haqida kuylar, bu qahramon esa o‘zining sehrgar xotinini izlab, yerning eng chekka burchigacha borgan va u yerda yerostidagi qandaydir bir saltanatning eshigiga yaqinlashadi. U bu eshikdan kirib, Qirollikning birinchi qatlamida ko‘radi o‘zini . Qari kampir qiyofasidagi yalmog‘iz uni kutib turardi. Yigit unga salom beradi. «Saloming bo‘lmaganda ikki yamlab bir yutardim», deydi yalmog‘iz. Yigit unga o‘z upasi, tarog‘i va oynasinigina tashlab ketgan sehrgar xotinini izlab yurganini aytadi. Qari yalmog‘iz bu notanish kishining so‘ziga quloq solmas, uni qanday pishirib yeyishni o‘ylardi. U yigitdan ko‘proq o‘tin keltirgunicha kattakon qozon tagidagi olovga qarab turishni so‘raydi. Yer-Tushtuk hayoti xavf ostidaligini sezib, qochishga qaror qiladi. Kampir uning qochayotganini sezib, ortidan quvadi. Yetay-etay deganda, yigitning qo‘lidagi upa tushib ketib, ular o‘rtasida hayhotday sahro paydo bo‘ladi. Shu tariqa yigit yer ostining ikkinchi qatlamiga tushib qoladi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:04:46
Birdan o‘tkir shoxli ho‘kiz ta'qib qilayotganini sezadi. Ho‘kiz endi shoxiga ilintirib tepaga ko‘taraman deganda, yigit qo‘lidagi taroqni yerga tashlaydi va o‘rtada qalin, qorong‘u o‘rmon paydo bo‘ladi. Yer-Tushtuk keyingi qatlamda ko‘radi o‘zini. Bu yerda ajdahoday bahaybat ilon uni tishlamoqchi bo‘lganda, oynani yerga tashlaydi va o‘rtada cheksiz ko‘l hosil bo‘lib, yigitni hujumdan asraydi. Yerosti Qirolligidagi uch qatlamdan o‘tarkan, Yer-Tushtuk qizil bug‘ular to‘dasiga uchraydi va qo‘rqib turganiga qaramay, bug‘ular uning chuqurroq qatlamga tushishiga yordam beradi. So‘ngra Qora Tulki o‘zining izini va butun tanasini Qora Tunda yashirib, yigitni u yerda yolg‘iz tashlab ketadi. Nihoyat, Yer-Tushtuk eng so‘nggi tog‘ning cho‘qqisida bir g‘orni ko‘radi, u yerda Tepako‘z yigitning yo‘qolgan sehrgar xotinini ushlab turardi...
Zev yozmishlarining birinchi qismi shu yerda qirqilgan va men ikkinchi qismni o‘qish orzusida sabr qilolmasdim. Bilmadim, Zev nimani nazarda tutgan ekan, lekin Yer-Tushtukning tabiatini o‘zimda aks ettirib ko‘rdim. Qatlam ketidan qatlam, men odatiy zaminiy hayotimdan soyalarning zimiston dunyosiga tushib ketganday edim. Faqat kimni izlab?
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:04:58
38

Men hatto o‘sha guruh ichida reportyor bo‘lib yurganimni ham eslashni istamayman. Yana, rejissyor xuddi o‘z Injilini saqlaganday avaylab yurgan «Dunyo bir kun ichida» kitobini ham umuman yodga olmasam deyman. Bir kuni ish jadvalini izlayotib, stol ustida ochiq holda turgan o‘sha kitobga ko‘zim tushdi va qiziqqonligim bois undagi sariqlik to‘la maydon suratiga ko‘zim tushdi. Unda tushuntirilishicha, bir kun ichida insoniyat chiqaradigan chiqindi Luiziana stadionini 19 metr chuqurlikda ko‘mishi mumkin ekan. Yuqorida barcha odamning oltita konteynerga yuk bo‘lgan chiqindisi bor edi. Hayratda qoldim. Yo‘q, o‘lchovlarni deb emas... bilmayman nimaga. Keyinroq ba'zi tahlillardan so‘ng aqalli ikki sabab borligini tushundim: birinchisi - insoniyatga bio-massa sifatida qarash, ikkinchisi - o‘sha bio-masaning bir qismi sifatida har bir inson, o‘zimni ham hisoblaganda, bu faktdan juda xafa bo‘lgan bo‘lardi. Inson zoti borki o‘z shaxsiyatini, ya'ni o‘z chiqindisi, siydigini himoya qilishga intiladi.
Umuman biz kimmiz? Katta-katta maydonlarni o‘z chiqindilari bilan bulg‘ovchi, uchta Nyu-Yorkka teng binodagi nonni yeb tashlaydigan va obi maniylari bilan butun galaktikani boyitadiganlarmi? Kimmiz o‘zi? Yaxshi-yomon, katta-kichik, baland-pastni barbod qiluvchilarmi? Kimmiz? Biznes kartamizda yoxud gazeta sarlavhasidagiday go‘ng ustida o‘rmalayotgan qurtlarmizmi?..
Kimmiz axir? Matlubotning quli, har besh yil, yil, olti oy, bir oy, ikki hafta, bir hafta, har soniya nafsi hakalak otganlarmi yo? Kim, kim? Do‘zax deb atalmish maydonni yeganlarini qusib to‘ldiradiganlarmi?..
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:05:12
39

Meteorologiya markazida o‘yga berilib o‘tirgan edim, birdan jangarilar jarimizning shundoqqina og‘zida hujum qilishga qaror qilishsa bo‘ladimi. O'tgan kecha ular buni bizdan sir tutishmagan, bizni o‘zlariga qarashli kishilar deb hisoblashar va xavfsizligimiz bilan ham qiziqmay qo‘yishdi. Biroq ular bu borada xato ketdilarki, bizning borligimiz uchun ham qarshi taraf muzokaraga rozi bo‘ladi deb o‘ylashgandi. Ular bizni xavfsiz yo‘lak yoki bo‘lmasa aqalli bu yerda qishlash uchun oziq-ovqat zahirasiga sotmoqchi edilar. Eshitishimcha, ulardagi oziq-ovqat kamaygan, shu bois Li ikkovimiz ular uchun keraksiz narsaga aylanganmiz, bizdan qutilish oson emas, ular bilan qolishimiz ham bir tiyin foyda keltirmasdi. Shunda men bizni otib o‘ldirishlari ham mumkin, degan o‘yga bordim, chunki vaziyat tobora keskinlashib borardi. Ular hujum qilish yo muzokaraga chiqish ustida bahslashishardi. Qo‘mondonlardan biri boshqasini qo‘rqoqlikda ayblagandi, ikinchisi bizga shunday g‘azab bilan qaradiki, go‘yoki ularning tortishuviga biz sababchi bo‘lgandek. Lekin men boshqa bir narsadan qo‘rqayotgandim: biz uning zaifligiga guvoh bo‘ldik va jangarilar (faqat ular emas) buni osongina esdan chiqarishmaydi.
Biroq keyingi kun kechqurun nohaq ekanimni angladim.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:05:22
Ertangi kun, bomdod namozidan keyin, juda erta boshlandi. Jangarilar qurollarini olib, bizni hech bir soqchisiz boshpanamizda qoldirishdi. Hatto bir-birimizga bog‘lab ham qo‘yishmadi. Lini bilmadim-u, lekin men o‘zimni ancha xo‘rlanganday his etdim. Ular bizni bir uyum axlat kabi hech bir gap-so‘zsiz tashlab ketishdi. Ular bilan bir oydan oshiq birga bo‘ldik, hamma narsani birga bo‘lishdik, o‘lim oldida teppa-teng turdik va nihoyat ular bizni bu yerda unutib qoldirishdi... Quyosh ko‘tarilib, tonggi shabada miltiqlarning aniq-tiniq ovozini keltirdi. Hech bir sababsiz Li ikimiz o‘rnimizdan irg‘ib turib meteorologik minora o‘rnatilgan platforma tomon yugurdik. Sovuq qoyalarga tirmashib, torgina g‘orning og‘zini, bir necha tank va zirhli mashinalar tog‘larga qarata o‘t ochayotganini va qoyalar ortiga bekinayotgan jangarilarning kichkina jussalarini ko‘rdik. Tanklar yaqinlashib kelar va biz turgan joy jangni kuzatish uchun juda qulay edi. Li, imkoniyatdan foydalanib, hukumat kuchlariga bizning u yerdaligimizni bildirish uchun signal beradi, deb o‘ylagandim, yo‘q, u churq etmay turdi. Qiziq, hayotimda birinchi marta haqiqiy urushni ko‘rib turgan bo‘lsam-da, lekin avvalgi bomba tushishlari sababmi yo o‘lim barchamizga yaqin bo‘lib qolgani uchunmi, bu yerda o‘zimni ancha erkin tutdim. Pastda kechayotgan urush quyoshli kun, musaffo osmon va osuda tabiat tufayli qandaydir beo‘xshov ko‘rinardi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:05:39
Shundan so‘ng kutilmagan voqea sodir bo‘ldi: zirhli mashinalar tor yo‘lakning og‘ziga yaqin kelganda, kechagi vahshiy qo‘mondon jangning barcha qonun-qoidasini buzib, tankning old tomoniga o‘tdi-da, uni granata otib portlatib yubordi. Uning guruhidagi besh nafar jangari ortidan yurib, yonayotgan tankdan qochayotgan jangarilarni o‘qqa tuta boshladi. Biroq boshqa tomondan uchib kelgan olov raqibini yer tishlatdi. Snayperlar har tomonda bekinib turishgandi. Turgan joyimdan irg‘ib turib, qochishimdan avval ko‘rganim shu ediki, uchib kelgan granata snayperlar yashiringan joyga kelib, u yerning kulini ko‘kka sovurdi. Li ikkimiz qaltirab qoldik. Qo‘rquv, hayajon, muzlash - bilmayman. Balki bularning bari. Biz bu jarlikdan qochib ketolmasdik - pastda urushayotgan jangarilar, yuqorida - sokin muzliklar va uyimiz - meteor markaz esa o‘rtada. Biz orqaga, uy tomonga yurishga qaror qildik. Jangarilar ancha kech qaytishdi. Yovuz qo‘mondonimiz ular orasida ko‘rinmasdi. Bildikki, u halok bo‘lgan. Uning kechagi raqibi yig‘lar, qo‘lida ilma-teshik bo‘lib ketgan Qur'on nusxasi bor edi. Kitob ichidan marhum qo‘mondonning qizi yozgan maktubni oldi. Bola qo‘li bilan chizilgan palma daraxtining rasmini ham o‘q teshib o‘tgandi. Bir kun oldingi shubham uchun o‘zimni juda yomon his qildim va qayg‘uga botdim. Baribir, o‘sha mahal ham ular bizni tirik qoldirishdi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:06:01
40

Yozishni boshlaganimda, shunga ishonchim komil ediki, tilshunoslik manbalarining yo‘qligi sabab, faqat ishga oid uslubdan foydalanaman, tasvirni yashiradigan lirik chekinish va shunga o‘xshash bezaklardan yiroqroq bo‘laman, deb edim. Ko‘p yillar davomidagi tarjimonlik tajribamdan bilamanki, tilning boyligi voqealarni ochishdan ko‘ra, ularni yashirishga xizmat qiladi. Maqsad-mohiyatni tushunmagan bo‘lsangiz, uni tarjima qilish uchun qancha so‘zlarni ishlatib ko‘rasiz? Hali hikoyaning so‘ngi ko‘rinmasa-da, borgan sari hayajonlanib ketyapman. Ochiqroq bo‘lishim kerak. O'rta Osiyoga qilgan safarimni sizga nima uchun aytyapman? Chunki men u yerda Fionaga xiyonat qildim. Bu Farg‘ona vodiysida ro‘y bergandi.   
Boshida biz Marg‘ilon degan joyda eng katta diniy arbobni uchratdik. U shu qadar ta'sirli ediki, darhol O'lik Shahardagi darvish yodimga keldi. Leonardo da Vinchiga o‘xshagan, oppoq libosda joynamoz ustida o‘tirgan kimsani xayolingizga keltiring, faqat sizning suhbatingizgina uni yer ustida ushlab turibdi, yo‘qsa u bir zumda jannatga uchib ketgan bo‘lurdi... Ha, men darvishimni esladim va undan Ko‘k Turklari haqida biror narsa bilishini, biror joyda o‘qiganini so‘radim. U oddiygina qilib, bu turklarning g‘aflat va tumanlikda hayot kechiradigan odamlar bo‘lgani, lekin ular orasida bir kishi haqiqiy musulmon ekanini aytdi, faqat uning ismini yashirdi. Uning ismi Farididdin Attorning «Tazkiratul-avliyo» asarida bor. Shu payt uning o‘g‘li kelib namoz vaqti bo‘lganini aytdi va ular ketishdi yoki biz ketdik, aniq esimda yo‘q. Shunday qilib yana bir bor fitnaga uchradim va bu fitna avvalgilariga qaytaradiganga o‘xshab ko‘rindi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:06:14
O'sha kunning ikkinchi qismini va tunni Shohimardonda - tog‘ bag‘ridagi ajoyib dam olish maskanida o‘tkazdik. Aslida bu joy dam olish maskani emas, balki muqaddas ziyoratgoh bo‘lib, u yerda Imom Alining 12 qabrlaridan biri joylashgan deyiladi, lekin sho‘rolar u yerda zinokorligi uchun toshbo‘ron qilib o‘ldirilgan gunohkor bir shoirning qoldiqlarini qo‘yishgan va ko‘ngilochar joyga aylantirishgan. Baribir, g‘arblashgan mahalliy yo‘lboshlovchimiz sevgilisi bilan bizni u yoqqa boshlab chiqdi va jilg‘a bo‘yida shu yerning arag‘idan keragicha urdik. Bilasiz, ichib olgach, boshqacha harakatlar qila boshlaysiz. Shu orada yo‘lboshlovchimizning sevgilisi bilan ikki-uch bor ko‘zimiz to‘qnashib ketdi. U ajnabiylar bilan band edi. Keyin hammamiz uxlashga turdik, to‘g‘risini aytsam, u yerda yotishga karavotlar yo‘q edi, shuning uchun kimdir mashinada, kim mezbonimiz bergan ko‘rpachada, yana kimdir menga o‘xshab devorga suyangan ko‘yi uxlab qoldi. Sovuqdan junjikib uyg‘onib ketganimda, soat tungi bir bo‘lgandi.  Tishlarim takkillab, bir-biriga tegmay qaltirardim. Sakrab o‘rnimdan turdim va mashq qilayotgan ko‘yi harakat qildim. Biroq suyaklarim qotib qolganday edi, shu bois tashqariga chiqib yurishga qaror qildim. Hovli zim-zimiston, bedor jilg‘aning tovushidan bo‘lak hech qanday sas yo‘q edi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:06:21
Xurrak tovushini hisobga olmassiz, deb o‘ylayman. Qorong‘ilikda tentiragancha darvoza yoniga keldim va uning yopiqligini sezib, undan oshib o‘tish uchun tirmashdim. Ko‘zim osmondagi yorqin yulduzlarga tushdi. Hovli to‘la daraxt bo‘lib, endi men tog‘ va uning orasidagi tor jarliklar tomonga olib boradigan yo‘lni bemalol topa olardim. Balki haliyam kayfim bor edi, lekin nechundir tog‘ning tepasiga, tabarruk zot bilan gunohor shoir orom topgan joyga chiqishga qaror qildim.
Xudo biladi, nimanidir o‘ylab toqqa ko‘tarilar ekanman, birdan jarlikning narigi tomonida qarshidagi tog‘ning yaqinida turganday kattakon bir yulduzga ko‘zim tushdi. Hech qachon bu qadar katta va shunchalik pastdagi yulduzni ko‘rgan emasman. Yo Xudo, deb o‘yladim, qanchalik qudratlisan-a, yulduzlaringni tog‘larning ortiga o‘rnatib qo‘ysang. Lekin hayratim qo‘rquvga aylandi, xuddi «tog‘lar uvadaday uchib yuradi» oyatiga o‘xshash va shu onda ikki tog‘ kitob varag‘i kabi meni va yorqin yulduzni ichiga olib bir-birining ustiga shunday yopiladiki, zudlik bilan yuqoriga chiqib, ochiq va xatarsiz osmonda ko‘raman o‘zimni, deya o‘yladim.   
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:06:52
41

Tog‘ning tepasi bo‘m-bo‘sh edi. Bu ko‘proq toq bag‘ridagi tekis yalanglikka o‘xshar, chunki cho‘qqiga hali ancha bor, u qalin o‘sgan daraxtlar ortida yashirinib turardi. Lekin bu yer boya yulduz ko‘rganim joydan ancha xavfsiz edi. Haqiqatda, hayajonga tushmay aytishim mumkinki, bu tunda qo‘rqadigan hech narsa yo‘q edi, faqat shoirning qabri oldidagi qandaydir bir sharpadan chindan ham juda qo‘rqib ketdim. Nimani o‘yladim? Ne ham o‘ylar olardim? Farishta, pari, shoirning imonsiz ruhimi? Yo‘q, bu yo‘lboshlovchimizning sevgilisi edi. Uyat-e, hatto bu qiznnig ismini ham bilib olmabman. «Yolg‘izlikni izlab yuribman», - dedi u aybdorlarday. «Men esa sening izingdan kuzatib yuribman». Yo qiz bu yerga chiqishim sababini tushundi, u ham menday o‘ylayotgandi, buni bilmayman. Harqalay, meni kuzatib yurgan, deb o‘ylab, bir oz noqulay ahvolga tushdim. Lekin haliyam kayfim tarqamagan, o‘zimning yolg‘izligimni ikkimizning birga yolg‘iz bo‘lishimiz uchun qurbon qilishga tayyorligimni aytish uchun kuch topoldim. O'ylashimcha, qiz ham yetarli otib olgan, bu kabi qo‘pol muomalaga laqqa tushganday edi. U kuldi. Siz keyin nima bo‘lganini anglash uchun sharq qizlarining tabiatini bilishingiz kerak bo‘ladi. Ular uchun so‘zning juda katta ahamiyati bor. Boshqacha qilib aytganda, g‘arblik qizlarga qaraganda, so‘z ular uchun ancha muhim narsa hisoblanadi. Shu bois, bu yerda yotgan shoir hatto yotgan joyida ham juda mashhurdir. 
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:07:26
Qolaversa, qiz o‘sha shoirdan qandaydir sharqona satrlar keltirdi:

O'ylasam, bu dilbarim makkorga o‘xshaydi-ku,
Rahmi yo‘q bir bevafo xunxorga o‘xshaydi-ku...


Qiz buni ovoz chiqarib emas, balki pichirlab o‘qidi, umuman, vaziyatning o‘zgaruvchanligi va qaltisligi bois biz pichirlab gapirardik. Bir nojo‘ya qadamni deb pastimizdagi tubsiz jarga qulab tushish mumkin edi. Men unga pastdagi vodiy va boshimiz ustidagi yulduzlarni tomosha qilishni taklif etdim. Biz tekisroq bir joy topib o‘tirdik va bu jimlikda tezda sovuq qota boshladim. Yana bir noqulaylik - tobora bo‘shangim qistab ketayotgani edi. Jin ursin, deb o‘yladim, nahot hayotingdagi eng ajoyib daqiqalar shu kabi ehtiyojlar tufayli barbod bo‘lsa? Qizni noqulay vaziyatda o‘pib oldim. U qarshilik qilmadi. Unga bir daqiqadan keyin kelaman, deya o‘rnimdan turdim. «Qayoqqa ketyapsiz?» - pichirladi u. Men yer tepinib qoldim. Bu hayotimdagi eng yomon daqiqalardan biri edi. Lekin aslo chidab turolmasdim va yugurgancha shoir qabrining narigi tomoniga o‘tib ketdim.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:07:52
Qaytib kelganimda, qiz hududsiz va yovvoyi koinotda shu qadar yolg‘izday o‘tirardiki, uni bu bo‘m-bo‘sh mangu tundan himoya qilgan ko‘yi birdan so‘radim: sizning ham tashqariga chiqqingiz kelyaptimi? Bu mahalliy tilda hojatga chiqish deb tushunilardi. Bunday deyish juda qo‘pollik sanalardi, lekin imonim komilki, bu gap mening unga yaqinligimni isbotladi. U «yo‘q», deya yuzini ko‘ksimga yashirdi. Umrimda birinchi bor ayol kishini hirs bilan emas, do‘stlarcha o‘pdim. Garchi bu qiz bilan boshqa hech uchrashmasligimni, men unga va u menga kerak bo‘lmasligini bilsam ham, o‘sha tun bizni Xudo biladi qaerda uchrashtirdi, lekin, biroq, baribir, alaloqibat biz uyat bo‘ladigan ishni qildik. Qanday boylik va qanaqa begunohlikni yo‘qotdim men unda... xuddi tabarruk kishi oldidagi aybdor shoir misoli..
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:08:04
42

Na yo‘lboshchimiz va na uning sevgilisi oldida o‘zimni aybdor sanadim, chunki ertasiga ertalab ular bilan butunlay xayrlashib ketdim. Lekin noma'lum Fionaning (aslida Lukning noma'lum Fionasi) oldida o‘zimni aybdor his etdim. Haqiqiy gunohlar... men ularning ichiga botib ketdim.
Tibetlik Bulen binafsharang kuylagini uyida kiyardi. U kitoblarida yozilgan o‘tmish hikoyalaridan birini aytib berishga qaror qildi. Bu voqea tibetliklarning maymun va o‘rmon arvohidan, turklarning esa o‘n yoshli Hunnu shahzodasi va dasht bo‘risining nikohidan tug‘ilganidan keyin sodir bo‘lgan. Tibetlik ruhoniylar -  shaminlar butparastlikni turk shahzodasi Ashina podsholigiga keltirishdi. O'sha ko‘chmanchi xalqning bir necha shahzodasi darhol u dinni qabul qildiki, ularning azoblanishiga muhabbatlari emas, balki butparast rohibalarga uylanganlari sabab bo‘ldi. Nahot rohibalar o‘z dinlarini yoyish uchun ularga erga tegishgan bo‘lsa? Bu juda chigal masala bo‘lib, Bulen undan qanday qilib qutulish ustida o‘ylardi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:12:12
Yosh shomon ayollardan biri Shahzodaning qarorgohida yashar, uning ismi Dohun-devon bo‘lib, ertaklardagi parilarday go‘zal edi. U azob chekayotgan shahzoda va malikalarni ajdodlar ruhi bilan davolashga odat qilgandi. Lekin ko‘pchilik shahzodalar xudosiz rohiba ayollarga uylanib olgach, ajdodlar ruhi g‘alayon qilib, uni nafaqat mijozlaridan, balki mo‘‘jizali kuchidan ham mahrum qildi. Bu go‘zalning barcha urinishlari behuda ketdi: raqsga tushdi, baqirdi, do‘mbira chertdi, qilmagan narsasi qolmadi, magar ruhlar qaytib kelmadi.
Shahzodaning rohibasi ko‘zi yoriyotganda, Dohun-devon bir necha tibetlik shomin va rohiba ayollar bilan tezda uning chodiriga taklif qilinadi. Shominlar chodirga kiraverishda ibodat qilib turishardi: «Ishqsiz va hissiz yurak zaharga o‘xshaydi. Biroq kimki nafsni yengsa va nafssiz hayot qursa, u pokiza yerning tishlangan, lekin zaharlanmagan podshohiga o‘xshaydi...» Doxun-devon chodirga bir necha rohiba ayollar bilan birga kirib keldi. Shahzoda ham u yerda, volidai muhtaramasining oldida o‘tirardi. Uning xotini o‘layotgandi. Atrofdagi ayollar bezovtalanib turishardi. Nafratning kuchsizligi Doxun-devonning yuz qiyofasini o‘zgartirib yubordi va go‘yoki ovozi hayvonlarnikiday bo‘g‘iq yuz yoshli jodugar kampirga o‘xshab qoldi. Bo‘g‘zidan chiqqan tovushni eshitib, hamma birdan yalt etib unga qaradi va yana bir yosh va go‘zal Doxun-devonni ko‘rdi. Hech kutilmaganda uning o‘xshashi, aksi, ruhi tug‘ayotgan ayol ustiga tushdi. Ayolga yaqinlashar ekan, birdan haligi go‘zal va yosh qizdan kuchli urg‘ochi bo‘riga aylanib qoldi. Og‘zini katta ocharkan, uning qichqirig‘i o‘tovdagilarning yig‘isi bilan qo‘shilib ketdi. Chaqaloq o‘lik edi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:12:22
Doxun-devon terga botgan va qaltiragan ko‘yi chetda turar, chiroyli chehrasini to‘zg‘igan qora sochlari berkitgan edi. Boshqa bir Devon-doxun o‘tovni tashlab chiqar ekan, osmon bilan o‘tovni bog‘lab turgan «teshik» tomonga qiynalib chiqib borardi.
Ertasiga uni o‘limga mahkum qilishadi. Garchi Shahzoda bunga qarshi bo‘lsa-da, onasi Doxun-devonni zaharlab o‘ldirdi. Ana shundan keyin mamlakatda g‘alayon avj oldi. Shahzodaning onasi uni jujanlarga qarshi kurashga chorladi. Shahzoda jangu jadalda yurarkan, onasi kichik o‘g‘lini shoh qilib ko‘tarishga qaror qildi, lekin Shahzodaning tarafdorlari hokimiyatni o‘z qo‘llariga olib, ayolni va uning o‘g‘lini o‘ldirishdi. Qolganlar qochib qutuldi va Xitoyga sotilib, dushman qo‘shinini o‘z odamlari ustiga olib bordi.
Garchi turklar Doxun-devonni o‘ldirilgani bois ajdodlar ruhi bezovtalanib qoldi, deya ishonishsa-da, Bulenning tibetcha kitoblari yangi tug‘ilgan chaqaloqning shafqatsiz o‘limi bilan bog‘liq voqealarni tushuntirib bera olardi.  Shunday qilib, Bulen binafsharang kiyimda o‘tirar ekan, bu hikoyani Bilga-xoqonga qanday yetkazish to‘g‘risida o‘ylardi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:12:40
43

Teleguruh ham jonimga tegib ketdi, chunki Markaziy Osiyodagi eng katta shahar sanalmish Toshkentga kelar ekanmiz, mavristonlik prodyuser xonimning fikri birdan bir yuzu sakson gradusga o‘zgarib, qishloq va podachilar haqidagi filmni olmaslikka qaror qildi, faqat qaerda deng, a'lo kontinentning qoq o‘rtasidagi a'lo shaharlarga yetganda! U o‘sha mahallar faoliyatini Toshkentga kelishi kutilayotgan Boney-M degan pop-guruhdan boshlagan edi. Guruh nomi Money-B midi yo? Hay mayli, nima bo‘lganda ham guruh pul (money) haqida edi, pul bo‘lganda ham V (big) katta pul to‘g‘risida. Har holda men ularni kutib olgandan so‘ng, prodyuserim bilan ko‘rishgach, u guruhning ma'muri meni Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘ylab gastrol safarlarida ko‘mak berishimni taklif etdi va katta oylik va'da qildi. Albatta, u mavristonlik prodyuserimga «o‘tkazish haqi»ni ham to‘ladi. Ular bilan prodyuserim berayotgan haqdan uch barobardan ziyodroq oylikli ishga djentelmenlarcha shartnoma tuzgan holda, bundan keyin shu guruhda ishlay boshladim.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:12:50
Guruh ichida qanday vazifa bajarishimni yaxshi tushunmaganim aniq: barcha safar tadbirlari, ya'ni kontsertlar, pul, taklif, prezidentlar va mashhur kishilar bilan uchrashuvlar avval boshdan tayyorgarlik ko‘rilgan holda yuqori darajada uyushtirildi. Mening vazifam, ma'murga ko‘ra, uni va uning ikki solistini jononlar (suyuqoyoqlar bilan emas) bilan ta'minlashdan iborat edi. U bunday jononlarni o‘zlari safar qilayotgan barcha mamlakatda yig‘ishgan. Uning tushuntirishicha, bu mamlakatlarda qandaydir qat'iy udumlar bor, deb eshitgan va shu bois men ularga kerak bo‘lgan ekanman. Asta-sekin o‘zimni qo‘shmachi sifatida sotib olishganini anglab, yuzim burisha boshlaganda, u darhol gapini «bu ular bilan aloqa qilish uchun emas, faqat ko‘ngilxushlik uchun» deya to‘g‘irladi.
Lekin Xudo yorlaqab, kontsertdan keyin ko‘rdimki, son-sanoqsiz jononlar atrofda aylanib yurishar, men esa va'da qilingan katta pulni ularni jalb qilganim uchun emas, balki tarqatib yuborganim uchun qurtday sanab oldim. Jononlarga bo‘lsa, estrada yulduzlari sizlar bilan ertaga uchrashadi deya va'da berdim. Biroq bechoralar yulduzlar faqat tunda chiqadi-ku, deya taajjublanishardi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:13:49
44
   
Kuzning boshlarida kimdir axiri bizni ham esga oldi. Aniqrog‘i bizni emas (Li va meni), chunki qo‘shni darada yuqori mansabli asirlarning boshqa bir guruhi borligi ayon bo‘ldi. Yulduzlar bodrab chiqqan tunlarning birida qo‘mondonimiz bir kishini boshlab kirdi. Xira kerosin lampa yonib turgan boshpanamizda yo‘qolib qolgan bu kishining ko‘zlarini ishqalayotganini ko‘rdik, u yon atrofga jovdirab, kimga va qanday qilib murojaat etishni bilmay talmovsirardi. Men qo‘lda ruchka bilan meteorologik qurilma ustida o‘tirardim, u men tomonga yaqinlashdi. Chinovniklarga o‘xshab o‘tirganim uchun menga tomon yurdi shekil, biroq uning murojaatidan burun men uning orqasida turgan qo‘mondonga ishora qildim. Begona kishi juda uyalib ketdi. Qo‘mondonimiz o‘zini arang kulgidan ushlab turib, unga damini olishini va ertalab gaplashishini aytdi. Lekin u boshqalarni namozga chorlaganda, mehmon ikkilanib, qo‘mondondan boshqalarga qo‘shilish uchun ruxsat so‘radi. Qo‘mondon esa yana arang o‘zini kulgidan tiyib, qatorga turishga ruxsat berdi.
Tongda bu kishi hammadan erta uyg‘onib, navbatchi zobit boshqalarni uyg‘otgunicha, tahoratini olib tayyor turdi. Muzokaralar nima haqida bo‘lganidan xabarim yo‘q, lekin u bizni asirlar qatorida ko‘rmagani, umuman, boshqalardan mutlaqo ajratolmaganidan taajjublandim. Ochig‘i, u bu shafqatsiz haqiqatdan bexabar ediki, shaxsan mening o‘zim hayotimni unga ishonmagan bo‘lardim. Li ham shunday qilarmikin?
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:14:05
45

Eng oxirgi voqealar jarayoni Liga bo‘lgan yaqinligimni yanada mustahkamladi. Negaligini bilasizmi? Bir tasavvur qilib ko‘ring, bir yarim yil avval u o‘zining Xitoyida, Shinjon-Uyg‘uristonda asirga tushganini aytib berdi. Xitoyliklar boshqa sharqliklarga o‘xshab, juda sirli bo‘lishadi, shuning uchun men avval boshda unga ishonmaygina qaradim, lekin Li Yangi Hududlarni (Shinjonning tarjimasi shunday) o‘rganishga kelgan kishilarga tarjimonlik qilganini so‘zlaganda, ishonmay turolmadim. Ayniqsa, Frantsiyadan kelgan Farrah ismli mavristonlik prodyuser xonim boshchiligidagi teleguruh bilan ham birga bo‘lganmi-bo‘lmaganini so‘raganimda, u boshini qimirlatib ma'qulladi. Tasavvur qilyapsizmi, Li ayni men tarjima qilgan guruh bilan ishlagan. Lekin bu hammasi emas, chunki «qo‘poruvchilik maqsadi»da yurgan guruh bilan hamkorligi uchun qamalgan Li turmadaligida bir amerikalik diniy peshvo bilan uchrashadi, uning ismi... toping-chi, nima edi uning ismi, - ha, albatta, Luk! Boshida garchi Li inglizchani bilishini tan olmasa-da, u kundaliklarimni o‘qigan, deb o‘yladim. Biroq, Li o‘zi haqida men bila olmagan ba'zi tafsilotlarni gapirib berganda, unga ishonishga qaror qildim. Avvalo, Luk mansabdorlar undan xitoyliklarga qarshi qo‘lyozma topib olishganida qo‘lga olishganini Liga aytib bergan. Garchi u qo‘lyozmaning qadimiyligi va bugungi Xitoyga mutlaqo tegishli emasligini isbotlasa ham, uni tarixiy va diniy tadqiqot niqobi ostida aksil-Xitoy g‘oyalarni targ‘ib qilishda ayblashadi. Lukning hafsalasi ancha pir bo‘lgan chamasi, u qo‘lyozmaning zamonaviy Xitoy bilan aloqasi yo‘qligiga Lini ishontirishga uringan.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:14:35
Unga ko‘ra, qo‘lyozma Xitoy Hukmdori ko‘plab sovg‘a-salomlar bilan bir turk shahzodasining janozasiga yuborgan uch kishi to‘g‘risida bo‘lgan. Ulardan ikkitasi mohir usta bo‘lib, shahzoda uchun maqbara qurish va xitoycha hamda turkcha yozuvlar bilan bezash ishi shularga topshirilgan. Lekin uchchalovi ham Turk Xoni tomonidan qo‘lga olinib, Hukmdor nomiga yozilgan maktublarini uyg‘ur tiliga o‘girishadi, qo‘lyozmada Xitoy hamda dasht aloqalari bilan bog‘liq masalalar bayon etilgandi. Shularni hayajonda eshitar ekanman, voqealarning ajoyib bir tarzda bir-biriga mos tushayotganidan yana qayta shubha girdobi ichida qoldim, biroq Li birdan hikoyasini to‘xtatdi, chunki ikki kundan beri qorasi ko‘rinmayotgan tunov kungi kishi qo‘mondonimiz bilan boshpanamizga kirib keldi.
U bilan birga yana bir boshqa yigit bor edi, elchi uni o‘zining jangari emas, balki haqiqiy vakil ekanining isboti sifatida keltirgandi. Yigitning jangari bo‘lishni istashini, shu maqsadda tinch-totuvlikdagi hayotini qo‘yib, kurashish uchun bu yoqqa kelganini aytishdi. Biroq jangarilar qo‘mondoni uni yana bir asir kabi bizga qo‘shib qo‘ydi. Rostini aytsam, u bizdek bo‘lishga da'vogar ekanidan ko‘nglim xijil bo‘ldi va «haqiqiy» asir kabi unga qarshi yuragimda g‘alayon uyg‘ondi. Bechora yigit bo‘lsa, na bizga va na jangarilarga qo‘shilolmay, arosatda qoldi hamda elchiga boshqa ishonmay qo‘ydi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:15:27
46

Hozir u biz bilan do‘stlarcha suhbat qurardi. Men jangarilar va Li uchun tarjima qilarkanman, to‘g‘risi, terga botib ketardim, yo‘q, faqat Lining og‘zidan chiqqan ba'zi qaltis gaplarni tarjima qilish jarayonida emas, balki shugina oddiy xizmatimni deb e'tibordan mahrum bo‘lishni o‘ylasam shunday bo‘lardi. Hatto ziyrak jangarilarning shubhasini bir chetga qo‘yib turganda ham. Tasavvur qiling, Li frantsuzchada aytgan «Ular mening boshimga sumka qo‘yib qo‘yishsa ko‘rgani ko‘zim qolmaydi. Nafasim qisilib ketayotganga o‘xshayman. Har lahza ular meni do‘pposlab qolishlari mumkin deya o‘ylayman. Keyin esa muz qoplagan loyga tiqib qo‘yishadi va namlik suyak-suyagingga o‘tib ketgach, baqirib-chaqirib xo‘rlashadi...» Men buni shunday tarjima qilaman: «Hukumat kuchlari ustimizga bomba yog‘dirganda, undan himoya qilish uchun isyonchilar boshimiz ustiga chidab bo‘lmaydigan og‘ir sumkalarni qo‘yishga majburlar...» va hokazo. Bunda aytadigan so‘zlarimni taroziga solaman, Lidan nimani nazarda tutayotganini qayta-qayta so‘rayman... Qisqa qilib aytganda, bu mamlakatlarda shunday gap bor: six xam, kabob ham kuymasin...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:15:46
47

Xuddi tovlamachiga o‘xshab qolgandayman. Bu hikoyani ikki daqiqada ham aytib bersam bo‘lardi. Lekin bu kabi bo‘lak-bo‘lak, bayon ketidan bayon qilib yozishdan nima tutib turibdi meni? Bu bilan hayotimni saqlab, vaqtni cho‘zyapmanmi yo?  Muzokarachi elchi ketib, uning o‘rni bo‘sh qoldi. Hikoyam Bilga-Xoqonning suyukli birodari Kul-Tegin hayotining bahosi uchun asirga olingan kishilar xususida edi. Xo‘sh, qo‘qqisdan tushgan tosh kabi nechun samodagi burgut misoli o‘lja uchun tashlanmasdan, faqat qanot qoqib aylanib yuribman? Nega sizga Bilga-Xoqonning o‘zi shohona uyida, nima qilib qo‘ygani haqida xavotir olib o‘tirganini aytib bermayapman? Balki u ham ayni paytda men tushgan ahvolda qolgandir? Yo bunga boshqa sabablar ham bormidi?
Bilga-Xoqon shohona o‘tovida ajib bir kayfiyatda o‘tirardi. Suyukli birodari Kul-Teginnning o‘limiga mana bir oy to‘ldi, bu orada garchi g‘amu g‘ashlikdan deyarli forig‘ bo‘lgan bo‘lsa-da, qandaydir bo‘shliq uning o‘rnini egallab olib, yuragini nurli iplar va mayin og‘riqlar bilan ohista tortar va qitiqlardi. Maqbaraning qurilishi bitay deb qolgan, toshga o‘yib yozilgan, dunyoning to‘rt burchidan kelgan mehmonlar barcha aqlu zakovatni birlashtirish maqsadida kuyib pishar, lekin anglash qiyin bo‘lgan bir nima jangchining huvillagan va bezovta ko‘nglini qiynab turar edi. Bu jangu jadallarning yo‘qligi va tinchlikdan qo‘rquvmidi? Tongyuquqning ma'qullamasligi yoki o‘g‘li Shahzoda Yo‘llikning xitoy Ichi Lyangning jangovor san'atidan zavq olishimi? Dashtlikning kuzgi harakati va uning ustidagi samo va yo fursatning vaqtinchalik to‘xtab qolishimidi? Nima edi yo‘qsa? U maqsadsizlikni tushunishga harakat qildi, so‘zlar bo‘shliqqa to‘sqinlik qilolmadi, shu bois u bo‘shliqdir va hech kim uni jilovlay bilmas.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:15:52
Ha, uning barcha mehmonlari o‘z e'tiqod va ishonchlarining qaymog‘ini namoyish etish bilan band edi, biroq qanday tasavvur qilish mumkinki, uning yagona o‘g‘li Shahzoda Yo‘llik xudosiz xitoylik general Ichi Lyangning san'atiga oshufta bo‘lib qolsa. Haqiqatda ham bu unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan fakt, ya'ni bolakayning kecha-yu kunduz dushmanning hayvoniy o‘yinlari bilan ovora bo‘lishi boshqa narsalarning ochilishiga olib keldi: birdan Bilga-Xoqon hayot hech narsaga parvo qilmay davom etishini anglab yetdi. Garchi bir oy avval birodarining g‘amida adoyi tamom bo‘lganida, endi vaqt to‘xtab qoladi, kunlar nihoyasiga yetadi va hayot tugab bitadi, deya o‘ylagandi...
Hech bunday emas...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:16:01
48

Negaligini bilmayman-u, lekin tunlari kishi hammadan uzr so‘ragisi kelaveradi. Men ham shunday. Muzokarachi ketgach, uzoq vaqt uxlay olmadim. Garchi u ketib, biz yana qolganimiz og‘riqli his uyg‘otsa ham, bizni tashlab ketganidan afsuslanmayman. Kutilmaganda teleguruhimga achinib ketdim, chunki o‘sha tun Farrah va uning jamoasi mamlakatni tark etish oldidan xayrlashuv kechasi o‘tkazgandi. Ular chindan ham doimgiday soxta kishilarga o‘xshamas, Farrahning ko‘zlari boshqacha porlardi. Jurnalistlardan biri menga bir hikoya aytib bergandiki, uning haqiqiy ma'nosini shu asirlikdagi tunda anglab yetdim. U yaqindagina oilasi bilan ajrashgan va uch qizi ham onasi bilan ketganini aytgandi. Men na Eynshteyn va na Eysenshteynman, balki oddiy bir jurnalistman va bir kun umrim tugasa, hech kim meni esiga ham olmaydi, - degandi u.  «Lekin bir qobiliyatim bo‘lardi: qizlarim bilan o‘tirganimizda, shishadagi suvni stakanlarga quyishni odat qilgandim va avtomatik ravishda to‘rtta stakanni ham bir xil miqdordagi suv bilan to‘ldirishning uddasidan chiqardim. Qizlarim bundan katta zavq olib, qiyqirib yuborishardi va men yana o‘sha ishni takrorlardim. Endi bo‘lsa ular onalari bilan meni tashlab ketishdi, bu qobiliyatimning nechog‘li ahamiyati qoldi endi?» Shunday deya u chindan ham bir xil miqdordagi aroqni to‘rtta stakanimizga quygandi.
Uni nima deb yupatganimiz esimda yo‘q, lekin ayni paytda shuni tushunib yetdimki, uni yupatishning hech bir yo‘li yo‘q ekan, og‘riqlarini ketkazish va yolg‘izligini to‘ldirishning imkoni qiyin ekan... Har tomondan bizni o‘rab olgan bo‘m-bo‘sh va cheksiz tun qo‘ynida unga juda achinib ketdim. Yolg‘izlikdagi soqov sadolarimiz xuddi cheksiz koinot bag‘ridagi mitti yulduzlarga o‘xshab ketardi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:16:18
49

Avval aytganimday, ba'zan hayotdagi barcha voqealar bir yo ikki kungagina jamlanadi. Bu borada turklar shunday deyishadi: «Yilning yetti jumasi bir keldi». Ruslar: «Bu yer bo‘sh, lekin bu yer zich». Eroniylar va yahudiylar bu haqda nima deyishganidan xabarim yo‘q, lekin «Interkontinental» mehmonxonasida men yuqoridagi ikki mamlakatdan ikkita faks oldim. Biri Noamdan bo‘lib, u nafaqat meni e'tiqodlararo anjumanga taklif qilgan, balki u yerda sinxron tarjima qilib mo‘maygina pul ishlab olishim mumkinligini ham aytgandi. Ikkinchi faks Olmoniyadan jo‘natilgandi, unda bir futbol jamoasinining boshlig‘i Eronga norasmiy safar qilmoqchi ekani-yu, men tarjimon va yo‘lboshlovchi sifatida juda kerak bo‘lib qolganimni yozibdi. Garchi to‘sqinlik bo‘lmasa-da, bu ikki mamlakatga borishga ham urinish ayyorlik bo‘lur edi. Qolaversa, shuni yaxshi bilardimki, agar pasportingizga Isroil vizasini olsangiz, Eronga borish uchun hech qachon ruxsat ololmaysiz va aksincha. Lekin yahudiylar ancha moslashuvchan bo‘lishadi, shunday emasmi? Isroil konsulligida sharoitimni tushuntirganimda, konsulning o‘zi shunday dedi: «Qonunlar ularga amal qilish uchun emas, balki chetlab o‘tish uchun ishlab chiqiladi». Bu mingyillik falsafiy gapdan keyin u menga pasportimga yopishtirishimning hojati bo‘lmagan alohida viza qilib berdi. Eron vizasini olish xamirdan qil sug‘urganday oson bo‘ldi. Biroq, shundan so‘ng men yana uchinchi bir faks ham oldim. Unda quyidagi yozuvlar bor edi: «Sening qaerga jo‘namoqchi bo‘lganingni bilamiz, lekin qaerda bo‘lsang ham topib olamiz». Negaligini bilmayman-u, lekin bu xatarni shahardagi portlashlar bilan bog‘laganim rost.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:16:31
50
 
Garchand qaerdan boshlagan bo‘lsam, xuddi o‘sha joyning o‘ziga qaytib kelgan bo‘lsam ham, vaziyat u qadar aniq emasdi. Menga xavf solayotgan kim edi va nega? Isroilliklar Eronga borishim ehtimolini deb va yoki aksincha hol uchun meni xavotirga qo‘yishlari mumkinmi? Yana nima bo‘lishi mumkin? Yo bo‘lmasa bir necha kishilar, jumladan, Luk va Zevning hayotini o‘rganganim uchunmi? Valaamov, At-Tohariy yoxud boshqalarning yuz yillar avval o‘lib ketgani endi menga ta'sir qilishi mumkinmi? O'zimni jinoyat sodir qilgan joyiga qaytib kelishni ko‘zlagan jinoyatchi sifatida his qilarkanman, shuni tushunib yetdimki, garchi Isroilga ham, Eronga ham ketayotgan bo‘lsam-da, undan keyin Shinjon-Uyg‘uristonga qaytaman. Xavotirning sababini aniqlay olamanmi-yo‘qmi, lekin allaqachon qat'iy qaror qabul qilib qo‘ygandim.   
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:16:50
51

Quddusdagi tayyoragohda meni terroristlarni tekshirganday ko‘zdan kechirishdi. Qaysidir ma'noda bu mening ishonchimga ishonch qo‘shdi. Ular barcha borar manzilimni obdon surishtirishdi va men agar shubhali inson sifatida meni nazoratga olishsa, aqalli shularning himoyasida bo‘laman-ku, deb o‘yladim va anjuman o‘tadigan joylarni ham, Noamning uy manzilini ham qo‘shib berdim. Xavfsizlikka javobgar quvgina xonim Isroilga kirishimga ruxsat berishi hamono Noam meni quchoq otib kutib oldi. Birinchi savoli nima bo‘lganini toping-chi? «Fiona qani?» O'zimning xavotir ostida ekanim yetmaganiday, u o‘tmishdagi og‘riqlarni ham kavlashtira boshladi. Shaxsiy himoyamni o‘ylab ehtiyotlik bilan qurganim keyingi ikki oydagi voqealarning barcha qatlami bir urinishda sidirib tashlandi. Yana qayta kuchli shamol supurib tashlashga urinayotgan yalang‘och va himoyasiz o‘simlikday his qildim...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:16:58
Anjumanda Fiona ko‘rinmadi. Lekin anjuman boshqa xalqaro uchrashuvlar kabi «komediya» bo‘ldi. Insoniy behudalik yarmarkasi. Tarjimon sifatida men keraksiz sharaf bilan shuhratni tortadigan tarozi pallasiday edim. Ibrohim dinlarining vakillari uchrashishdi. Pravoslav poplar qora va binafsharangli kiyimda, Ahmadiya mullalari sallalarda, yahudiy olim va ravvinlar qora tsilindrlarda, kamtar katolik va o‘ziga bino qo‘ygan missionerlar bir hafta davomida Muqaddas Shaharning turli burchaklarida uchrashuv o‘tkazishdi. Anjuman barcha dinlar uchun muhim bo‘lgan asosiy masalalar, xususan, zamonaviy dunyodagi SPIDga, ma'naviy inqirozga qarshi kurash, globallashuv jarayonidagi masalalar ustida ish olib bordi. Anjuman dasturi shularni o‘z ichiga olardi. Lekin aslida ularning yaxshilari yagona Ollohga shu kunlarga, muqaddas joylarga ziyorat uchun yetkizgani uchun shukrona aytishsa, yomonlari mehmonxonalarning bar va restoranlarida bo‘lajak e'tiqodlararo va xalqaro aloqalar uchun o‘tirishdi. Hatto bir gal o‘zim tarjima qilganim fohishabozlik haqida ma'ruza o‘qigan ruhoniy meni o‘z xonasiga yosh va kelishgan ofitsiant bilan beodob suhbatlarini tarjima qilishga chaqirganida hayron qoldim, tez orada bu suhbat bema'ni va arzimas gaplarga aylanib ketdiki, men ular orasida to‘g‘anoq bo‘lishni istamay, yolg‘iz qoldirib chiqib ketdim. Qolaversa, men kim bo‘pman ularga hukm o‘qiydigan?
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:17:10
52

O'n-o‘q qabilasidan bo‘lgan Makrach Ollohning Muso alayhissalomga tushirgan o‘nta buyrug‘ining toshga o‘yilgan parchasini ko‘chirib oldi. Bular Tangrining yagonaligiga imon keltirish, butlarga xizmat qilmaslik, Tangri nomini behuda qo‘llamaslik, shanba kunlari ishlamaslik, ota-onani hurmat qilish, qon to‘kmaslik, o‘g‘irlik qilmaslik, zino qilmaslik, yolg‘on guvohlik bermaslik, xotin yoki yaqinlarning mulkiga zulm qilmaslik. U ushbu parchani O'g‘uz-Bilgaga ko‘rsatdi. O'g‘uz-Bilga duduq edi, shuning uchun u yozuvlarni o‘qishni boshlaganida, Makrach kulib yubordi. Tasavvur qiling: T-t-tan-n-g-g-g-ri, ya-gg-ooo-nnn-aa.... be-be-be (qo‘yga o‘xshamay qol) deya o‘qiyotgan edi, uni to‘xtatib, yozuvni qaytib oldi. Garchi O'g‘uz-Bilga duduq bo‘lsa ham, o‘nta buyruqni to‘g‘ri tartibda eslab qololdi. Makrach bo‘lsa shanba kuni haqidagisini eslab qoldi, unga qolsa, shu buyruqlar haqqi har kunini shanba deb e'lon qilgan bo‘lardi, chunki baribir sanalar tartibini unutib qo‘yilgandi. Tosh yozuvning qolgan qismiga kelsak, Makrach uni sodda qilib sahrodagi daryoga o‘xshash hayotga mengzadiki, bu daryo uning qurib qolishini hisobga olmaganda, ba'zan qirg‘oqdan chiqmay sokin oqadi, ba'zan qirg‘oqdan toshib ketadi, ba'zida esa butunlay oqimini o‘zgartiradi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:17:17
Makrachning O'g‘uz-Bilga bilan bir o‘tovdagi hayotiga nazar soling. U ko‘p narsani bilgani uchun ham Bilga - oqil degan laqab olgan. Biroq ayni paytda uning oqilligidan yordam kutsa bo‘ladimi? Aslida bu uning ahvolini biror telbanikidan ham battarroq qiladi. U aqlining ko‘pligidan aqldan ozadi. Boshqa bir tunda u Makrachning ko‘rpasi ostiga biqinib olib, kimdir uni doimo ta'qib qilayotganidan qo‘rqayotganini aytadi. Makrach bo‘lsa yon-atrofga qarab, o‘tovning teshigidan to‘lin oy va birgina yulduzdan bo‘lak hech nimani ko‘rmaydi. O'g‘uz-Bilga esa battar qaltirab, Makrachning yelkasiga tirmashadi. Keyinroq, Makrach orqasida, belining pastrog‘ida nimadir kattalashayotganini his qiladi va garchi dastlab g‘azab otiga mingan bo‘lsa-da, yuzini O'g‘uz-Bilgaga qaratib, uning shirin uyquga ketganini ko‘radi. Makrach do‘stini narigi tomonga qaratib, qo‘llarini O'g‘uz-Bilganing yelkasiga qo‘yadi. Oxirgi marta o‘ylagan narsasi shu edi: «Bu tun shanba tuni emas...»         
Bu hikoyani Noam o‘zining Quddusdagi armanilar kvartalidagi uyiga taklif qilganda gapirib beruvdi. Men uning yagona mehmoni bo‘lganim uchun (Fionasiz) ham ikki narsadan xavotirga tushardim. Biri - doim gomoseksual tahqir yoki shunga ishoradan qo‘rqishim bo‘lsa, ikkinchisi - u meni Fionasiz taklif qilgan va ishonchim komil ediki, faqatgina Fiona haqqi menga g‘amxo‘rlik qilayotgan edi. Bu ikki noaniqlikdan ham qochish maqsadida suhbatimizni uning marhum birodari Zev tomonga burishga qaror qildim.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:17:47
53

Li bizning jangarilar tomonidan boshqa bir joyda qo‘lga olingan yapon yoki xitoy asirlarini ozod qilish bo‘yicha kechgan muzokara muvaffaqiyatli bo‘lganini menga yashirin tarzda aytib berdi. Navbatdagi umidli muzokara bizniki bo‘lishi mumkin. Bu yerlarga o‘rganib qolganimga qaramay, tunlari sovuq shunday zabtiga olardiki, garchi Lining sersuyak tanasiga qapishib olsam-da, bizning ehtiyotkorona yaqinligimizdan sovuq ustun kelaverardi. Shuning uchun Liga quloq solarkanman, buning qandaydir oldini oladigan yengillikni his qildim. Kun bo‘yi mavzuga juda erk bermaganim holda Luk haqida suhbatlashishga harakat qildim. Lining aytishicha, u Lukni uchratgan joy qamoqxona emas, balki qandaydir bir harbiy boshpana bo‘lib, u yerda Lukni kechayu kunduz so‘roq qilishardi. Sayr paytida ular bir-biri bilan uch-to‘rt marta ko‘rishishgan va Luk o‘sha qonli qo‘lyozma to‘g‘risida gapirib bergan. Lining boshqa hech narsa aytib bera olmasligini sezgach, ehtiyotkorlik bilan undan Zev haqida so‘radim. «Bu aqldan ozgan bir besoqolboz o‘n yil avval o‘ldirgan o‘sha yahudiy yigitmi?» - ovozini ko‘tardi u. Garchi voqeaning ikkinchi qismidan g‘oyat taajjubga tushgan bo‘lsam ham, boshimni qimirlatib ma'qulladim. «Ha, bir fohisha uni o‘z akasi uchun uyiga taklif qilganda, o‘sha telba uni rashkdan o‘ldirib qo‘ygan. Qolaversa, sening Luking unga eslatganki...» «Nima degan u?» «U yigit - oti nimaydi - Zivmi, Zevmidi, Lukning bu yerga kelishiga sababchi bo‘lgan va qo‘lga tushgan».
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:18:14
54
       
Bu Bilga-Xoqonnning Kul-Tegin vafotidan so‘ng ikkinchi bor barcha mehmonlarni o‘zining shohona chodirida yig‘ishi edi. O'tgan tun u g‘alati bir tush ko‘rgandi. Oq samoviy qushlar uning ustida charx urar va asta-sekin pastlar ekan, temir tumshuqli qushlarga aylanib, yon atrofdagi hamma narsani cho‘qiy va birdan Bilga-xoqonnnig o‘tovini mayda-mayda bo‘laklarga ajrata boshladi. Qushlarning biri uning o‘g‘li Yo‘llik-Teginga chang soldi, Bilga esa unga tomon otilgan edi, shu paytning o‘zida boshqa bir qush uning xotini Pobekaga tashlandi, Bilga o‘zini yo‘qotib qo‘ydi, lekin ustiga bostirib kelayotgan temir panjali qushga ko‘zi tushar ekan, uning changaliga tushmasdan avval dahshatdan uyg‘onib ketadi...
U ana shu qo‘rqinchli tushning ta'birini bilishni istardi. Mehmonlar bir-biri bilan pichirlashib turishardi. Bilga ularning har birini alohida-alohida so‘roqqa tuta boshladi. Nestorialik general Udar-sengun haliyam armani rohibni kutar (Kul-Teginnnig xotini Ko‘rk-xotin va'da qilgan), o‘zi tush ta'birini aytishda no‘noqroq edi, biroq harbiy bo‘lgani uchun birinchi hamlaning ma'nosini anglaganday shunday dedi: «Mening nazarimda, harbiy qo‘shin sizning ustingizga bostirib kelayapti va siz uch jabhadan turib jangga kirishasiz...»
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:18:28
O'n-o‘q qabilasidan bo‘lgan Makrach Udar-sengunning fikriga qo‘shilmadi va bunga nasroniylarning uchlik bilan bog‘lanib qolganlarini sabab qilib ko‘rsatdi. U Bilga-Xoqon ustida necha qush uchib yurganini so‘ragan edi, Xo‘jayin «to‘qqiz-o‘nta» deb javob berdi va Makrach hayajonini yashira olmadi. U: «O'nta qush Tangrining o‘n buyrug‘i va ularning ba'zisini Bilganing xotini, o‘g‘li va o‘zi amalga oshirishi kerak» dedi. Lekin uning so‘zini Qirg‘iz Xonining elchisi Tardush Inonchi chor bo‘lib qo‘ydi. U do‘mbirasini olib kuylay boshladi:

Biri ikkinchisin qo‘shiqlariga
Quloq tutgan qushday tinglayman seni
O'zgalar ustiga tashlangan qushday
Haqiqatdan hamla bor menda.
Chang solingan qahramon va ahlining boshi
Samo uchun juda katta o‘lja bo‘lgusi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:18:35
So‘g‘d Shahzodasi shohona qadr-qimmatsiz o‘z Manixean ko‘rinishini ochmoqchi bo‘lganida, u hali qo‘shig‘ini tugatmagan edi. U ovozini chiqarib o‘qidi: «Yaralmishning besh turiga taalluqli - birinchidan, ikki oyoqli odamlar, ikkinchidan to‘rt oyoqli hayvonlar, uchinchidan, uchib yuruvchi jonivorlar, to‘rtinchidan, suv ostidagi barcha narsalar, beshinchidan, sudralib yuruvchilar; biz, yer yuzida gunohlarimizga o‘ralashib yurganlar, ey Xudoyim, biz ularni qo‘rqitib yurdik, biz ularni sarosimaga soldik, to‘ntarib tashladik, do‘pposlab o‘ldirdik; biz shu qadar gunohkor va ayblimizki, hozir bir urinishda o‘zimizni gunohning changalidan qutqazish uchun sendan o‘tinib so‘raymiz: gunohlarimizni mag‘firat qil, Ollohim...
Uning oraga kirishi avvalgi Tardush Inonchi Cho‘r kabi shu qadar kuchli bo‘ldiki, hamma jim qoldi: ba'zilar ilhombaxsh g‘oyadan, ba'zilar kuchli ta'sirdan, boshqalar nafasi ichiga tushib ketganidan. Bir lahza o‘tib, Bilga Xoqon bu tinchlikni buzib, tibetlik Bulenga murojaat qildi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:18:49
55
 
«Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir shahar va uning sobiq qotil hukmdori bo‘lgan ekan, - dedi Bulen xalq uslubida. Lekin u o‘zini o‘zgartirgan bo‘lib, kunlarning birida qizining balog‘atga yetganligi munosabati bilan ziyofat beradi. Buning uchun ko‘plab mol, qo‘y, cho‘chqa, tovuq va o‘rdak so‘ydiradi. Ziyofatdan o‘n kun o‘tgach, hukmdor birdan holsizlanib, asta-sekin so‘la boshladi. Alal-oqibat uning umri o‘z nihoyasiga yetadi. Eshitgan kishi borki, ko‘z yosh qilib, qattiq iztirobga tushadi. Biroq ko‘mish marosimida hukmdor birdan tobutdan qo‘zg‘alib, o‘rnidan turadi va yeyish uchun ovqat so‘raydi. Yig‘ilganlar dahshat ichra qolishadi va qochishga tushadilar, lekin hukmdor ularni qo‘rqmaslikka va unga quloq solishga chaqirib, shunday deydi: «Mendan qo‘rqmangiz, men narigi dunyoga borib qaytib keldim, xolos, va endi sizga o‘sha yoqdagi sarguzashtlarimni aytib beraman». Shundan so‘ng odamlar ortga qaytishadi. U gap boshlaydi: Qachonki umrim tugab o‘la boshlaganimda, to‘rt shayton oldimga keldi. Birining qo‘lida qamchi, ikkinchisida arqon, uchinchisida qisqich bo‘lib, to‘rtinchisi otda o‘tirgan qo‘mondon edi. Shaytonlar meni qo‘mondon aytgan joyga keltirishdi. Unga yaqinlashganimda bir hujjatni o‘qib eshittirdi. Bu ziyofat kuni so‘ydirganim hayvonlarning shikoyati edi. Ularning aytishicha, avvalgi hayotlarida inson bo‘lib tug‘ilishgan, lekin gunohlari sababli hayvon kabi qayta dunyoga kelishgan. Ular hayvon bo‘lib o‘z gunohlarini yuvayotgan paytlarida men ularni so‘yishga buyurib, inson kabi yana qayta tug‘ilishlariga emas, balki o‘limga mahkum etganman.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:18:57
«Shularning shikoyati sababli biz seni oldik», - dedi qo‘mondon va qolgan uch shaytonni ham huzuriga chaqirdi. Biri bo‘ynimga arqon soldi, ikkinchisi bo‘g‘ib, nafasimni qisdi, uchinchisi bo‘lsa qo‘liga qamchi ushlab, ta'qib qilaverdi. Ular: «Kun, oy va yillarning hali tugamay turib, nima uchun seni olganimizni bilasanmi?» deb so‘rashdi. Men dedim: «Ey hurmatli janoblar, nechun endi kelib-kelib meni, axir atrofimda qanchadan-qancha kishi hayvonlarni so‘yib, qurbonlik qilayotganligi uchun hech bir jazo olmayapti-ku? Soddaligimni kechirgaysiz!» Shularni eshitarkan, shaytonlar deyishdi: «Shohimizning saroyida seni o‘ttiz turli yaralmish kutmoqda. Ular seni temir ko‘z va temir yuz bilan kutib olgay. Qochib qutulishning hech imkoni yo‘q.» Ular meni urib-niqtab ta'qib qilishga tushdilar. Qo‘rquvdan yalinib yolvora boshladim: «Ey, mehribonlar, modomiki, qutulishning iloji yo‘q ekan, boyagi aytganingiz yaralmishlarsiz shohning o‘zini qanday ko‘rsam bo‘ladi?» Ular deyishdi: «Ey inson farzandi, agar sen ularning qotili sifatida afsus cheksang va shu nadomat va pokiza qalbing bilan Buddamizning koinot ro‘parasida turgan yaltiroq, dunyolarga nur taratib turgan shohona kitobini to‘laligicha qayta yozib chiqishga va'da bersang, bu azob-uqubatlardan qutulishing mumkin.»
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:19:06
Bu so‘zlarni eshitgan zahoti qilgan xatolarimga afsus-nadomat chekdim va darhol hamma narsaning oldida turgan nurli kitobga amal qilishga va'da berdim. Men bu ishim bilan o‘ldirgan hayvonlarimning keyingi hayotlarini saqlab qolishimga qattiq ishondim. Men baland ovozda xizmatimni o‘tashga tayyorligimni bildirdim va shundan so‘ng biz shaharga kirdik. U yerda hamma narsadan yuqorida Ozodlik Qiroliga ko‘zim tushdi. Uning qarshisidagi yalanglikda behisob tutqunlar xuddi men kabi qilgan gunohlari uchun baqirib-chaqirib turishar, vodiyni bezovtalik va urush-janjal tutib ketgandi.
Shaytonlar meni keltirishganini Shohga bildirishdi. Ozodlik Qiroli shunday dedi: «Uning aybi g‘oyat katta, u nihoyatda gunohkordir. Nega uni buncha kech olib keldingiz? Hoziroq borib uning o‘rtachisini keltiring!» Shaytonlarim tashqariga chiqib mening himoyachilarimni axtarib baqira boshlashdi. Hech kimdan sado bo‘lmadi. Ular Shohning oldiga qaytib kelib, meni himoya qila oladigan hech kim yo‘qligini aytishdi. Ozodlik Qiroli ularni ikkinchi va uchinchi bor ortlariga jo‘natdi. Lekin ular bir kishini ham topisholmadi. Men eng yomon narsaga ham tayyor turganimda, Besh Yo‘lning Egasi Shohga noma yo‘lladi. Unda mening aybimga iqror bo‘lib, tavba-tazarru qilganim, so‘yilgan va azoblangan hayvonlarni asrab qolish va hayotga qaytarish maqsadida nurli kitobga amal qilishga va'da berganim bayon etilgandi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:19:11
Ozodlik Qiroli uni o‘qib chiqqach, baland ovoz bilan dedi: «Garchi shu qadar ko‘p hayotga zomin bo‘lgan esang-da, ularni asrab qolish va ozod etish vositasini uddalay olding. Mayli, seni qo‘yib yuboraman, lekin bundan buyon yer yuzida o‘ldirish, zulm qilish, buzg‘unchiliklar qilish senga yot bo‘lsin va faqat savobli ishlar bilan shug‘ullan!» Shu tariqa yangi hayot qurish uchun uyg‘onib, o‘rnimdan turib ketdim, - dedi hukmdor».
Bu g‘aroyib hikoyani eshitgach, janozada hozir bo‘lganlarning barchasi Nurli Shohona Kitobning qo‘lyozmasini izlashga tushishdi va u eski bir ibodatxonadan topildi. Shundan so‘ng bu kitobdan nusxalar ko‘chirib, ko‘ngillarini tozartirishga va ruhlarini asrashga kirishdilar.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:19:21
56

Mutlaqo kutilmaganda, og‘aynilarimdan biri - Li bilanmi, Luk yo Zev bilanmi yoxud boshqa birov bilanmi yurganim tushimga kiribdi. Bir to‘da shaytonlar oldimizga kelganda, har kungi ishimizni qilayotgan ekanmiz. Tushimning birinchi qismini eslolmasam-da, ikkinchisini aniq-tiniq eslayman. Men chigitning farqiga bora olaman. Og‘aynim mendan shuni so‘raganida, uni odamlar urug‘larni vagonlarga ortayotgan ombor tomonga temir yo‘l yoqalab boshlab bordim. U yerga kelganimizda mashina qo‘zg‘alishga tayyor turgan edi, haydovchi esa savolimizga javob ham bermay o‘zi bilan birga yurishimizni taklif qildi va u bilan dalalarni oralab yelib ketdik. Mashina tezlikni oshirganida, yo qarshi tomondan kelayotgan shamolni yo tezlikni deb, uning qismlari oshqovoqning po‘sti kabi bir-bir yerga tushib qola boshladi. Bu juda qo‘rqinchli hol edi, biroq temir yo‘l yoqasidagi paxta dalasiga yetib kelganimizda, bir ayol yig‘lab chiqib, hayotidan noliy boshladi, u oilasining kuni chigitdan ham battar bo‘lgan kunjutga qolgani haqida so‘zlardi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:19:28
Ayoldan uzoqlashib, ortdagi stantsiyaga piyoda qaytarkanmiz, birdan yer qimirlab, temir yo‘llarda qattiq portlashga o‘xshash nimadir gumburladi, kelayotgan aniq Shayton edi. Uning odamlari allaqachon bizning oramizda bo‘lib, ularning biridan «kelayotgan chindan ham Iblismi?» deb so‘ragandim, u «ha» deya tasdiqladi. U o‘rta yoshlardagi qora sochli, suzik qorako‘zli, g‘aroyib yuzli va qop-qora kiyimdagi kishi ekan. U bizga bir qarab qo‘ydi. O'sha yerda bu kishining Iblis ekaninin biladigan boshqa bir yigit ham bor ediki, hayratlanarli tomoni, u qo‘rqib turgan ikkinchi gruhga qo‘shilib ketdi. Biz o‘sha tomonga qaray-qaray, xayrlashmasdan ko‘cha, mahalla va shaharni tashlab, tez-tez yurib ketdik. So‘nggi tekshiruv joyi - bozordan o‘tganimizda, qovun sotayotganday o‘tirgan tarozibonga ko‘zimiz tushdi va ular ortimizdan ta'qib qilib kelayotganday, yana temir yo‘l tarafga qocha boshladik. Tilla jingalak sochli yigit boya Iblismi yo‘qmi deb so‘raganim kishi ekanini sezib qoldim, yo tavba, turgan joyini va ishini shunchalik tez o‘zgartiradimi ular, deya taajjubga tushdim...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:19:35
Temir yo‘l bo‘ylab qochib bordik. Iblis tarozisini tashlab ortimizdan quva boshladi. Ikki yuz metrdan keyin u bizga yaqinlashib keldi, lekin biz urushishga tayyor turdik. Garchi Iblisning yengilmasligini bilsak ham, unga qarata o‘q uzdik, bu o‘zimizni keng bo‘shliqqa chiqib olishimizga yetarli fursat berdi. Bu osmon bilan yer orasidagi bir joy edi. Men Allohdan yordam berishini so‘rab yolvordim, ikki-uch soniya ichida bulutli osmon ko‘rindi. Iltijo qilar ekanman, birdan osmon to‘ntarilib, chakalokzorga tushib qolganimni angladim. Ular orasidagi so‘qmoq trubasimon bo‘lib, temir yo‘l ufqqa tomon torayib ketgani uchun, so‘qmoq ham tor va qorong‘ilashib borardi. Iblis boshliq guruh ortimizdan bir qiyalikka qadar ta'qib qilib keldi. Ular shundoq ketimizda o‘tirishardi. Tikanaklar ko‘krak qafasimizni qisib kelaverdi. Yo‘l qorong‘ilashgandan qorong‘ilashaverdi va changalzor butunlay o‘tishga yo‘l bermay qo‘ydi. Men arang, inqillab-sinqillab ularni chetlab o‘tishga urinar, oldinda jinday bo‘lsa-da yordam qo‘lini cho‘zadigan biror narsadan umidvor intilardim. Qorong‘ilik va qo‘rqinch, umidsizlik va tushkunlik ichra bir joyda qotib qolganimda, birdan oldimdagi eshik yorug‘ bir kunga ochilganini sezib qoldim... men uyg‘onib ketgandim...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:20:03
57

Shunday qilib tibetlik Byulen o‘z sharhini tugatdi va tasbeh o‘gira boshladi. Aslida Bilga-Xoqon allaqachon Tabg‘ach-xondan kelgan Ichi Lyangga qarab turardi. O'g‘li Yo‘lluk-Tegin yonida shogird o‘z ustozi bilan o‘tirganday o‘tirardi. Xitoylik general o‘z sharhini shunchalik past tovushda boshladiki, shundoqqina o‘tov yonida otning kishnashi uning ovozini bosib tushdi. «Xitoylar qanday qilib o‘zlariga e'tibor qaratishni yaxshi bilishadi» - o‘yladi Tongyuquq jahlini ichiga yutib. Ichi Lyang tush ta'birlash o‘rniga, soddagina qilib marhum akasidan hokimiyatni meros qilib olgan Xitoy Imperatorining holi ne kechganini aytib berdi. Temir qushlar yoxud ajdodlar ruhi - «shanlar» unga hamla qilgani kelgan va u hokimiyatni boshqarishdan avval Falak bilan munosabatini aniqlashtirib olishi lozimligini anglab yetgan. U yerda bir general bo‘lib, garchi u tirik bo‘lsa ham, «shanlar» darajasiga yetgan va bu kabi ruhiy holatlarni yaxshi bilardi. Shuning uchun Imperatorga akasininig xotirasidan qutulish uchun bir gulxan yoqishni va shundan keyin yashayotganlar va ruhlar o‘rtasida yangi qonun va tartiblar ishlab chiqishni aytadi. Olov saroyni va u bilan birga marhum akaninig xotirasini o‘chirib tashlagach, Imperator o‘z generalini tiriklar va o‘liklar uchun yozilgan qonunlarning ikki kitobini saqlayotgan adirdagi bir ustoz oldiga yuboradi. Kunlarning birida maxsus marosimdan keyin Imperator kitoblarning birinchisini ochib o‘qiydi. Odamlarning baxtiga barcha qonunlar bir xil edi. Shundan keyin u ikkinchi kitobni olib, qo‘rqinch ichra Imperatorligini o‘z o‘g‘liga qoldirishini o‘qiydi va shu tariqa «shanlar» ierarxiyasini boshqarib boradi... Mana shu narsa Falak qonuni edi...
Ichi Lyang jim qoldi, lekin ot yana bir kishnadi-yu, Tongyuquq sokinlikni buzib yubordi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:20:09
58

Noam gapimni bo‘lib, uyalmasdan akasi unga g‘amxo‘rlik qilmayotganini aytdi. U menga qarab kuldi va men bu qarashdan titrab ketdim. Rostini aytsam, men bu kabi aka-ukalarni juda yaxshi bilaman, ularning marhumlarni ko‘rarga ko‘zi yo‘q, janozaga esa qalin kitoblarni ko‘tarib kelib, marosim davomida jamoatchilik ichida ko‘zbo‘yamachilik qilib, balandparvoz parchalarni o‘qib o‘tirishadi. Bundaylar tobut ichida yotgan marhum birodarlaridan ko‘ra, ularning soyalariga ko‘proq marhamat ko‘rsatishadi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:20:19
59

Barcha dinlar anjumani bir tekisda davom etayotgandi. Biroq, bir safar Oltoy Shomon an'anasining asosan «chuqur tomoq ovozi» bilan kuylayotgan va qolgan vaqtda beo‘xshov gaplarni gapiradigan g‘alati bir vakiliga tarjima qilib turganimda, Lama sektasi noiblari namoyishkorona anjuman zalini tark etishdi. Sessiyani boshqarib turgan yahudiy ravvin kuylashni va tarjimani to‘xtatib, poplar, mullalar, yepiskoplar, presviterianlar, kvakerlar va boshqa mormon va ruhoniylar orasidagi qizil kiyimli «birodarlar» sektasiga murojaat qildi. Lekin ular e'tibor bermay chiqib ketaverishdi, vaholanki ularning tarjimoni prezidium tomonga yurib, menga bayonotnomani topshirdi, bu bizga o‘xshagan intellktual proletarlar birligining belgisi edi. Men bayonotni ochib, undagi «...ning Muqaddas Nomi bilan... - Norozilik nomasi» degan sarlavhani ko‘rishim bilan darhol uni rais janoblariga uzatdim. O'rtamizdagi Shomon esa kuylashdan to‘xtab, jimgina kutib turardi. Ravvin qog‘ozni duo kabi ochib o‘qidi va hech bir ikkilanmasdan tanaffus e'lon qildi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:20:26
Keyin nima bo‘lganini bilib oldim. Lama sektasining aniqlashicha, pravoslav bo‘lmagan mustaqil ruhoniylardan biri bu yerda Budda rohiblaridan birining qiyofasi xunuk va haqoratli tarzda tasvirlangan kitobni tarqatib yurgan va go‘yoki u kuniga ikki marta Shaytonga ibodat qilarmish. Bu kitobni hech kim o‘qimadi, chuni u  niderland yo dat tilida edi, lekin birdan bu masala e'tiqodlar o‘rtasidagi qaynoq tortishuvga sabab bo‘ldi, faqat kimning qaysi tomondaligini hech kim bilmasdi. Rais janoblari maxsus trans-e'tiqodiy komissiya tuzdi va men tilmochlik qilib ancha pul ishlab oldim. Ushbu komissiya barcha ishtirokchilar va qiziquvchilarning dalillariga quloq tutib, ularni tahlil qilish bilan shug‘ullandi. Garchi pravoslav bo‘lmagan mustaqil ruhoniy haligi kitobi va haqoratlangan sektaning katta-kichik rohiblari bilan ko‘rinmay qolgan bo‘lsa ham, qolganlar ulardan juda xafa bo‘lishdi. Anjumanda Salmon Rushdiy va Usoma bin Laden haqida ham gapirildi. Rais janoblari fatvo Payg‘ambar (s.a.v.)ni deb bo‘lmaganligini, balki chet elda yashayotgan Imomning o‘z tasviri tufayli bo‘lganini zimmasiga oldi. Deobandilar komissiyani ham, anjumanni ham tark etishdi. Rais janoblari darhol o‘z raislik lavozimidan bo‘shashini e'lon qildi. Tarafdorlari unga va uning bo‘shangligiga qarshi chiqishdi. Pravoslavlar ularni anjumanga qarshi chiqishda aybladi va hokazo va hokazo. Hech kim, hatto g‘oyib bo‘lgan Noam ham bu to‘qnashuv va janjalni, global e'tiqodlararo munosabatning sinishini bostira olmadi, alal-oqibat, qolgan-qutgan mablag‘, oliyjanoblik bilan, haliyam shu yerda qolgan tashkilotchilar bilan mening o‘rtamda taqsimlandi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:20:41
60
 
Ha, aytgancha, bir gal men oddiy Lamani (Mongoliya va Tibetdagi buddist rohiblar) emas, balki buyuk Dalay-Lamani uchratganman. Bu Moskvada ro‘y bergan bo‘lib, tarjimon va boshlovchi sifatida Boltiqbo‘yi yozuvchilari delegatsiyasini bu yerga olib kelgandim. O'shanda qayta qurish davri edi. Garchi Dalay-Lama tibet tilida gapirayotgan bo‘lsa ham, men uning gaplarini tushunib turardim: «qurolsizlanish», «zulm qilmaslik», «yangi era» va «yangi global tartib» kabilar. Kulgili odam. Men uni gipnoz qilishga uringandim, aqalli sirli aloqa o‘rnatishga intildim, yo‘q, bari befoyda bo‘ldi, u haddan ortiq siyosiy tus bergandi o‘ziga. Hafsalam pir bo‘lgandi o‘shanda. Ma'ruzadan so‘ng, mezbonlar o‘zlarini aqlliroq ko‘rsatishga urinishganda, Dalay-Lama buning aksini qilgan va yozuvchilar uni tavof qilishga tushishgandi. Hanuz esimda, dinni yangi qabul qilgan Boltiqbo‘yi delegatsiyamizdagi xonimlardan biri Hazratning oldiga yaqinlashgan, bir qadam - jilmayish, yana bir qadam - yana jilmayish, uchinchi qadam - jilmayish va egilish, shu tariqa Dalay-Lamaning muqaddas qo‘liga yetguncha, ayolning ichidan suv kelib, bo‘lari bo‘lib bo‘lgandi... O'sha uchrashuvdan qolgan xotira mana shundan iborat.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:20:52
61

Men Lining aslida juda ko‘p narsadan xabardorligiga shubha qilardim. Misol uchun, ushbu bobga kelganimda, u qalin daftarimga ishora qilib «Mana endi bu mustahkamroq bo‘la boshladi» dedi. Bu bilan nimani nazarda tutgan? Oltmish birinchi bo‘lakda jangarilarimiz harakatining tayyor bayonidan qochgan bo‘larmidik? Ha, chindan ham «tarjima» deb ataluvchi ikki-uch turdagi oltmish bayonotdan so‘ng, endi yangi bayonotni tarjima qilyapman, deya olmayman, chunki boshqa yangisininig o‘zi yo‘q. Xo‘sh, nima qilmoqchiman? Avvalgi bobga sayqal beryapman deb o‘tirishim kerakmi? Yo shaxsiy masalalarni yozyapman, deyinmi? Ular meni o‘ldirishgan bo‘lardi. Lekin agar yozishni tugatsam, shu meni o‘ldiradi. Shu o‘ylar bilan chalg‘ib o‘tirganimda, Li taklif kiritib qoldi: «Menga inglizcha o‘rgatsang bo‘lmaydimi, men esa senga xitoychani...» Bu bir bahona bo‘lishi mumkin edi... Aslida Li oxirgi gapni baland ovozda aytgani yo‘q, men buni sezdim va bu gap aytilmagan, deb hisobladim. 
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:21:06
62

Bir hafta ichida hayotimizda keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Jangarilar tog‘ni kesib o‘tib, Afg‘onistonning Badaxshon viloyatiga o‘tishga qaror qilishdi. Nazarimda, bu uzoq yo‘l edi. Li ularning yapon asirlari uchun katta o‘lpon olganliklarini aytdi, biroq biz bilan hech kimning qiziqmayotganini ko‘rgan qo‘mondon, vodiyga borib mahalliy hukumatga sotilamizmi yo shu boshpanamizda qolib, qishni o‘tkazamizmi va yoinki Badaxshonga boramizmi, shu haqda bizdan so‘radi. Bu menga ertakdagi uch yo‘lni, ya'ni borsa kelar, borsa yo kelar, yo kelmas va borsa kelmasni eslatdi. Afsuski, ayni holatimizda qaysi yo‘l qanaqa ekanini bilolmasdim. Li bo‘lsa aqalli o‘z Vataniga yaqinroq bo‘lishni o‘ylab, ular bilan birga borishga qaror qildi va shu bilan tanlash imkoniyatini ham yo‘qqa chiqardi. Agar vodiyga borsam, yoki shu yerning o‘zida qolsam, ular meni keraksiz guvoh deya o‘ldirib yubormasliklariga kim kafolat beradi? Shuning uchun ham ularga qo‘shilishga mahkum edim...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:21:14
63

Tog‘li Badaxshonga ketishimizdan avval qo‘mondon qaerdadir oxirgi marta eski elchi bilan uchrashdi va biz bilan birga qoldirilgan yigitga xat olib keldi. Qo‘mondonga sodiq qolish uchun u maktubni o‘zi ochmadi, shunga qaramay, men uning xat mazmunidan shubhalanayotganini sezdim. Balki u mana bunday o‘ylayotgandi: «Sening vazifang tugadi, bazaga qayt». Sabrimiz chidamasdi, lekin maktub mazmunini bilgach... Yigit xatni o‘qir ekan, ko‘karib ketdi va kutilmaganda, telbalarcha kula boshladi yoki xiqillab qoldi...
Maktubni uning xolasi yozgan bo‘lib, unda yigitning ota-onasi u ketgandan bir hafta o‘tib o‘zlarini osib qo‘yishgani yozilgandi. Yigit aqldan ozib qoldi, lekin harbiy qism uni o‘zi bilan olib ketdi va shundan beri u biz bilan birga turadigan bo‘ldi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:21:23
64

Oqil va keksa Tongyuquq «Bilga ularning bari bizning dushmanimiz bo‘lgani, hozirda shunday ekani va kelgusida ham dushman bo‘lishini yodda tutarmikin?» deya o‘ylardi. Bilga Xitoy Imperatori, O'n-o‘q qabilasi va Qirg‘iz xonning yog‘iyimizligini unutgani yo‘qmi? Ular birlashib bizga qarshi urush ochishgan edi-ku. Ular shunday deyishgan: «Agar biz ularga qarshi jang qilmasak, ularning jasur xoqonlari va dono vazirlari bor ekan, bizga hech omonlik yo‘q va bir kunmas bir kun albatta barchamizni qirib tashlaydilar». Shu gaplarni bilganimdan so‘ng, tunlari na ko‘zimga uyqu keldi, kunlari na bir zavq olishni istadim. Axiri qaror qildimki: «Agar biz birinchi bo‘lib qirg‘izlarga qarshi yurish boshlasak, to‘satdan ularni esankiratib qo‘yishimiz va qo‘lga olishimiz mumkin». Yurish uchun Kogman orqali o‘tadigan birgina tor yo‘l bor edi, u ham bo‘lsa butkul qor bilan qoplangan. Agar shu yo‘ldan borganimizda, yaxshilikka olib kelmasligi aniq edi. Men bu yerlarni yaxshi biladigan biror kishini axtarib, uni Az qabilasi orasidan topdim. U shunday dedi: «Ani daryosi yoqasida bir so‘qmoq yo‘l bor, kengligi bitta ot siqqulik xolos». U bir gal shu yerdan yurganini aytdi. «Agar bu chavandoz o‘sha joylarda bo‘lgan bo‘lsa, biz ham undan o‘ta olamiz», deya qaror qildim.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:21:30
Bilga bu haqda eshitganmi-yo‘qmi, bilmadim, lekin bobosi Eltarish-hoqondan izn olib, qo‘shinimga yurish boshlashni buyurdim. «Daryoga otda tushavering», dedim ularga va Oq-Termel daryosini kechib o‘tdik. Shundan so‘ng ot ustida turgan holda qorni yorib kirishga buyurdim. Men va boshqalar otlarimizni oldinroqqa qo‘yib yuborib, o‘zimiz daraxtlarga tirmashdik. Oldindagi qo‘shin qorni surib, yo‘lni ochib bordi va shu tariqa tog‘dan o‘tib oldik hamda pastga asta sirg‘alib tusha boshladik. O'n kecha kunduz piyoda qor ichida yo‘l bosdik. Yo‘lboshlovchimiz yo‘ldan adashdi va boshidan judo bo‘ldi. Shuning uchun Hoqon shunday dedi: «Shoshilingiz! Ani daryosi yoqalab yuramiz!» Shunday qilib daryo bo‘ylab yurdik va otlarimizdan tushib, necha kishi qolganini hisobladik. Otlarimizni daraxtlarga bog‘lab, kunu tunni unutib, qirg‘izlar ichiga yurdik.
Ularning ustiga uxlab yotgan paytlarida hujum qildik. Qurollarimiz bilan so‘qmoq yo‘lni ochdik. Ularning Xoni va qo‘shini to‘plandi. Biz ularga o‘q otib, ilma-teshik qildik va xonlarini o‘ldirdik. Qirg‘izlar tor-mor etildi va bo‘ysundirildi. Shundan so‘ng Kogman yo‘li orqali ortimizga qaytdik».
Ko‘rinadiki, hech kim bu haqda eslamaydi. Bugun yashayotgan har bir kishi mudrayotgan dunyoda yashaydi va birgina yetim ot dono Tongyuquqning xayolini bo‘lib, o‘tmishdgi urushlarni eslab kishnaydi xolos...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:21:41
65

Agar shu yerda sargardon bo‘lishimni bilganimda, bir bog‘ somon g‘amlab qo‘ygan bo‘lardim. O'n kechayu o‘n kunduz Xudo urgan Tog‘li Badaxshonga qarab safarga chiqishimizni kim bilibdi, deysiz. Kunduzi hujumlardan himoya qiladi, deya g‘or va tog‘ yoriqlarida yashirindik, tunlar sang‘ib yurgan och tulkiday yo‘l yurdik. Hamma bir-biriga bog‘langan edi, faqat biz - men, Li va telba yigit boshqa zanjirda edik, arqonnning uchi bo‘lsa, qo‘riqchimizning qo‘lida. Telba tixirlik qilib, osilishga tushgan edi, qo‘riqchi uni arqonning uchi bilan savalab tashladi va bola paqir ingrab, o‘z qilig‘idan pushaymon bo‘ldi...
Inson qalbi eng oxiri muzlaydigan narsa va boshqa hech narsa qolmaganda uni ichingda olib yurish shu qadar azobki... Oyoqlarga kunda ikki bora araq surtasan, lekin araqni ham, bosgan qadamingni ham his qilmaysan, barmoqlaringdagi tirnoqlar og‘riqqa mixlangandek, shamolda qovurilgan yuzing endi seniki emas, ammo qalb... U aslo muzlamaydi, u borgan sayin sovuqdan qisilib boradi, kim biladi nega, shuning uchun uni tashqariga tortib chiqarolmaysan va u o‘rtanib, azob chekaveradi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:21:46
Barcha voqealarni kunma-kun eslab qolmaganman, bu xotirda yorqin dog‘ qoldirgan, esda ko‘p ham turmaydigan bema'ni narsa xolos o‘zi. Bo‘shliq qorong‘i va qovog‘i soliqday: qor tun qo‘yniga osmondan tushib keladi, qo‘mondonning ho‘l qor tagida yo‘qolgan chirog‘i: hech kim xavfsizroq joy yoki jarlikning qaerdaligini bilmaydi, faqat arqonni bo‘shroq ushlagan holda xavfsirab yurishdan o‘zga iloj yo‘q, mabodo biror kishi qulab, halok bo‘lsa, zum o‘tmay sening ham bor-yo‘qligingga kafolat yo‘q...
Yumshayotgan tonna-tonna qorga, muzning metalsimon qatlamlariga qaramay, daryoning shovqini bir zum ham to‘xtamaydiganga o‘xshaydi. Yo bu shunchaki boshdan oxirigacha bizni ta'qib qilib kelgan sarobmikin? Yo boshqa narsami?
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:21:52
Men yurishimizning eng so‘nggi kunini yaxshi eslayman, lekin oxirgi kun bo‘lmaganda, eslab qolgan bo‘larmidim-yo‘qmi, ishonchim komil emas. Tunda ketar ekanmiz, birdan tog‘ tugab, qorlar o‘rniga oldimizda uzun kenglik ko‘rindi va hammamizning ko‘zimiz yaqindagina izillatib turgan shamoldan keyingi issiq havoning ufurishiga o‘xshagan shaytoniy olovlarga tushdi. Qo‘mondon to‘xtashimizni va yo‘l sumkalarimizni qo‘yishni buyurdi. Biz arqonlarimizdan bo‘shalgandik, telba yigit haligi olovga qarab zorlana boshladi. Qo‘riqchi unga e'tibor bermadi, balki uning ham ko‘nglida xuddi shunday his g‘imirlagandir. Qo‘mondon bizni sanab chiqdi va oxirgi marta olov yoqib, so‘nggi kartoshkalarni pishirishimizni aytdi. Araqlarimizning ko‘p miqdordagisi ichimiz va tashimizni qizitish o‘rniga, olov yoqish uchun sarflandi. Olovni tanalarimiz bilan o‘rab olib, oxirgi burdani yeb tugatganimizda, qo‘mondon shunday dedi: «Biz ularni uxlab yotgan paytlarida qo‘lga tushiramiz!»
Tog‘ qishlog‘ini erta azonda ishg‘ol qildik. Hatto Li bilan menga ham pulemyot berib, qo‘riqchimiz bilan birga tog‘ chetidagi eng kichik uyni olishga jo‘natishgandi. Garchi otish haqida ogohlantirilgan bo‘lsak ham, hayajon va qo‘rquvdan qurolimni u yoq-bu yoqqa burib, so‘kinardim xolos. Uyga kirganimizda, unda qari bir kampir o‘tirar, bizni chaqirilmagan ajinaga o‘xshatib, bir yondan ikkinchi yonga o‘girilib oldi. Kampirning yuzi ko‘pib, achib ketgan xamirga o‘xshardi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:22:01
66
     
«Xuddi shunaqa narsa tabg‘achlar, o‘n-o‘q qabilasi, Qitanlar va boshqalarda ham sodir bo‘ldi. Tongyuquq va Elturish-xonning donoligi, keyinroq Kul-Teginnning kuchi ularning popugini pasaytirmaganda, Ko‘k Turklari bundan-da battar, bundan-da past va kuchsiz bo‘lgan bo‘lur edilar. Hozir Bilga-Hoqon ularning o‘z tushi haqidagi ta'biriga go‘yoki dunyodagi bor aqlu zakovatni aytib berishayotganday quloq tutardi. Ishdan bo‘shaganidan beri ichishga mukkasidan ketgan shu yerlik shomon Udeganing o‘zini taklif qilsa yetmasmidi? U o‘zimizning Bashorat Kitobidan quyidagilarni o‘qigan bo‘lardi:
«Men oltin qanotli qora yirtqich qushman. Tanamdagi ranglarning sanog‘i ham yo‘q. Dengiz uzra uchar ekanman, ko‘nglim tusagan narsani tutaman va xohlagan narsamni yeyman. Ana shunaqa kuchliman men! Bilingki, bu yaxshi alomatdir!
Men ola-bula va uchqur lochinman! Daraxt ustida o‘tirganimdan behad mamnunman. Eshityapsizmi?
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:22:07
Lekin «Quyon!» deya qichqirib, lochin osmondan o‘qday uchib tushdi va quyonni tutib oldi. U o‘tkir tirnoqlarini ko‘rsatdi va yana yashirib oldi. Lochin quyonni changallab yuqoriga ko‘tarildi. Quyonning terisi tushib qoldi. Bilingki, bu yomonlik alomatidir!»
«O'zimizning Bashorat Kitobida ana shunday deyiladi, - deya o‘yladi dono Tongyuquq, - agar o‘zingni quyonga o‘xshab tutsang, istagan qushga o‘lja bo‘lishga mahkumsan va ayniqsa, agar bu qushlar bizning temir tumshuqli qushlarday bo‘lsa!»
Lekin u buni eshittirib aytgani yo‘q, birinchidan, undan hech kim so‘ramadi, ikkinchidan, Bilga-Hoqonning elchilar bilan uchrashuvini yana boshqa bir narsa buzib yubordi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:22:16
67

Isroilni tark etish Eronga kirishday gap bo‘ldi. Har ikki sharoitda ham mana bunday savollarga duch keldim: kim edim, qaerlikman, nima qildim, qanday ish qilyapman, bu yerda nima qilishni niyat qilgandim, nimadan xabarim bor, kim bilan uchrashdimu, kim bilan uchrashmoqchiman, kelgusi rejalarim qanaqa va hokazo. Hozir bu savollarga yuzaki va o‘ylamasdan javob berganligimni o‘ylayapman, yo‘qsa, metafizikaga berilib ketib, kim bilsin, balki hozirda yo‘liqqanim ba'zi javobsiz savollarni yechish imkoniyatidan foydalangan bo‘larmidim? Anglaganim shu bo‘ldiki, biz kutilmagan voqealarni achchiq xotiralar tufayli qo‘ldan boy berar ekanmiz. Men faqat ikkita misol aytaman. Yoshligimda butunlay turlicha bo‘lgan ikki qiz bola do‘stim bo‘lardi. Yaqinda ularning familiyalari turli tilda bir xil ma'noni anglatishini aniqladim. Bu shunchaki uyg‘unlik va tushuntirib bo‘lmaydigan hodisami edi? Dorilfunundagi o‘rtoqlarimdan biri o‘sha qizlardan biriga oshiqu beqaror bo‘lib qolgandi, shunga qaramay, natijada hech narsa sodir bo‘lgani yo‘q. U boshqa kishiga turmushga chiqdi. O'shandan beri uning qorasini ko‘rmadim. Lekin ikki yil avval bu ayol o‘zi sevishib yurgan kishining ismi bilan bir xil bo‘lgan hamkasbim orqali men bilan topishdi. Yo bu ham tasodifmi?
Balki siz endi nima uchun Isroil va Eronni birgalikda esga olganimni tushungandirsiz?
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:22:31
68

Biz amerikalik ikkinchi liga klubininig komandasi bilan Tehron stadionida o‘yin boshladik. Bizga qarshi kim o‘ynayotganini bilmasdim, ularning tayyorgarligi juda sirli kechdi, lekin bu kabi futbolni umrimda ko‘rmaganman: u mahoratga qarshi mahorat emas, aksincha, qo‘pollikka qarshi qo‘pollik o‘yini bo‘ldi. Bu kimning mahoratsizligi yaxshiroq yo yomonroq, kim o‘zining qobiliyatsizligi ustidan g‘alaba qiladi, degan so‘roq gap bo‘ldi. Tasavvur qiling, o‘z oyog‘iga qoqilib yurgan o‘yinchilar, yetim to‘pning ulardan biri yetib kelguncha kutib turgani va shu bechora to‘pni yog‘och oyoq bilan tepilganiyu boshga oshirilgani va hokazo. Bu shamollatilgan bo‘m-bo‘sh xonadagi shishirilgan sharga o‘xshar va darvozabonlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfni befoyda kutishdan charchab ketishgandi. Yodimga saksonchi yillarda sho‘ro komandasini Jahon Chempionatida kuzatganim va ukrainalik futbolchining barcha erkin zarbalarni tepgani yodimga tushdi. Odatda, u to‘pni gruzin o‘yindoshininig kallasiga mo‘l oshirardi. Gruzinning vazifasi esa harakat qilishmas, balki bir joyda turishdan iborat bo‘lardi. Natijada to‘p uchib kelib uning boshiga tegardi-da, darvozaga kirib ketardi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:22:41
Baxtga qarshi bizning o‘yinimizda o‘shanaqa mohir o‘yinchilar yo‘q edi-da. Oxir oqibat darvozabonimiz bor umidsizligini to‘plab, to‘pni bir tepgandi, u o‘qday uchib borib, eronlik hujumchining boshi orqasiga kelib urildi, tabiiy, u buni hech kutmagandi, so‘ngra to‘p xuddi o‘sha mashhur gruzin hujumchisining boshidan  uchgan kabi orqaga qaytib, darvoza ustuniga tegdi va darvozabonimiz yelkasini yalab o‘tib, oxiri darvozaga kirib ketdi.
O'sha mahal maydonda, nafaqat maydonda, balki, shaharda va butun mamlakatda nima sodir bo‘lganini xayolingizga keltirib ko‘ring-a!  Xuddi yangi bir inqilob ro‘y berdi: olomon ibodat qilishni ham unutib, kecha-yu kunduz qo‘shiq aytar, biz masxara va achinish sababchisiga aylangandik. O'yinda yutqazib qo‘yib, shu qadar katta shuhratga erishdikki, bizdan keyingi o‘yin g‘oliblari ham mashhurligimizga to‘siq bo‘la olmadi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:22:52
69

Nega Erondagi futbolni esga oldim? Yo‘q, faqat e'lon qilingan o‘limimni kutib yotganim, uning Isroilda sodir bo‘lmagani uchun emas. Erondagi voqealarni eslashga uringanimga sabab, uch kun avval Tog‘li Badaxshondagi qor bilan qoplangan qiyalikda futbol o‘ynaganimiz va to‘p o‘rnida paytava tiqib to‘ldirilgan mo‘ynali telpakdan foydalanganimiz edi. Qishloqni zabt etgan komandamiz, qilgan dushmanligimizga qaramay, yaxshi qabul qilgan mahalliy aholiga qarshi to‘p surdi. Darhaqiqat, keyinroq Erondagi nemis komandasiga o‘xshab, ularni zerikishdan saqlab turgan katta yangilikka aylandik, lekin bizning o‘yinimiz no‘noqlikka qarshi no‘noqlik o‘yini bo‘lmadi. Mahalliy aholi qishloqlarini tunda ishg‘ol qilgan biz qo‘rqoqlardan kuchli ekanliklarini isbotlash uchun kurashishdi. Biz ham bo‘sh kelmadik. Lekin hayot uchinchi bir narsani isbotladi. Sirpanib, surilib muzlab qolgan oyoqlarimiz bilan to‘pni tepishga chiranib turganimiz mahalda, bizga ovqat tayyorlashga unnaymiz degan uch jangari yo‘qolib qolsa bo‘ladimi. Biz o‘yinda yutqazib qo‘ydik, buning ustiga, o‘lganning ustiga tepganday qilib, butun lager trevogadan oyoqqa turdi. O'lguday ochiqqan va charchagan boshqa jangarilar qochoqlarni izlashga yuborildi. To‘rttamiz - men, Li, telba yigit va qo‘riqchimiz ovqat tayyorlashga qoldik.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:22:59
Hali o‘lganning ustiga tepki, degan iborani eslatdim, bu esa murdaning ustida raqs tushganga o‘xshadi. Jangarilar qishloqni tark etishlari hamono, sakkiz kishi qurol ko‘tarib oshxonamizga kirishdi va hech bir ikkilanmay, qo‘l-oyog‘imizni bog‘lashdi. Bir asirlikdan ikkinchisiga tushdik. Bu biz o‘ylaganchalik emasdi, men chindan ham qo‘rqib ketgan, qishloqni ishg‘ol qilayotib, qari kampirga qanday qilib baqirganimni esga olardim. Bunisi endi so‘nggisi, deya o‘yladim. Agar avalgi asirligimda har qalay tushunishlariga va kechirishlariga umid qilgan aybsiz bo‘lgan bo‘lsam, bu gal ancha aybli va nafratga loyiq edim. Endi bular ham boshimizga qop kiygizishadi, deb qo‘rqib turuvdim, yo‘q, unday bo‘lmadi, baxtimizga ular bizni qorong‘i yerto‘laga tashlab, bir nechta un va gurunchli qoplarni uning qopqasi ustiga bostirib, tezda g‘oyib bo‘lishdi. Bir-birimizga qapishgan holda zimiston va noaniq qo‘rquv ichra qolaverdik...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:23:15
70
 
Ular bizni o‘zlarini haqoratlaganlarga qarshi urushish maqsadida shu holda tashlab ketishdi. Afsuski buni yoza olmayman...
 

71
.............................................................................
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:23:31
72

Agar Bambergni yaxshi bilsangiz, demak, Otto-Fridrix Gimnaziyasi orqasida torgina yo‘l borligidan ham xabaringiz bor. Bu yo‘l avval keng dalalarga, undan keyin esa adirlarga olib boradi. U Altenberg qasri yonigacha turli-tuman daraxtlar bilan qoplangan. Bir gal Fiona ikkimiz ilonizi yo‘llardan birgalikda borarkanmiz, u Luk bilan munosabatlari to‘g‘risida g‘amgin bir hikoya aytib bergandi. Ochig‘i, bu hikoyani aniq eslolmasam-da, lekin Fionaning siniq ovozi, mungli ko‘zlari va kuzning boshlanishi kabi horg‘in nafas olishi hanuz esimda. Balki bu barcha uzun bo‘yli va ixcham kishilarga xos odatiy xislatdir, lekin men uning titrayotgani, shu boisdan qo‘lini cho‘ntakka yashirib olganini sezdim. Balki u bizning birga qilgan eng ajoyib sayrimiz bo‘lgandir, chunki ikkimiz yolg‘iz edik, uning g‘amgin so‘zlari alpinistlarning arqoni singari ikkalamizni ham birlashtirib turardi. O'shanda Fiona ajrashgani va Luk muammolar dastidan Xitoyga qochib ketganini aytgandi. Endi bo‘lsa, u o‘z vazifasini bajarib yuribdi, biroq uning jimligida bu so‘zlardan ham g‘amginroq nimadir bor edi.
Biz Altenbergga keldik va kechani «Liberfromilch»da o‘tkazdik. Oddiy hayotimizning oddiy tafsilotlari... Tavba, nega bu narsalarni eslayapman o‘zi?..
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:23:42
73
       
Mahalliy shomon Udege Bashorat Kitobini emas, balki Tongyuquqning jahlini qo‘zitgan sehrli qora pechda yaqindagina kuydirilgan ikki yelka suyagini keltirdi. U suyaklarni Bilga-Hoqonga uzatdi va Imperator ularga kelajagini tasavvur qilayotganday tikilib qaradi. Suyaklar bir necha joyidan uzunasiga emas, eniga yorilgandi. Yaqinroq kelib Tongyuquq sezdiki, qora sehrning yangi turiga ko‘ra, Imperatorning niyati amalga oshmaydi, qaytanga uni muvaffaqiyatsizlik kutib turardi. Bilga-Hoqon avval Udegega va keyin boshqa mehmonlarga qaradi. Udege suyaklardagi baxtsizlikning sababchisi kabi boshini quyi solib turar, lablari nimanidir eshitilar-eshitilmas pichirlardi. Birdan Imperator gezarib vahshat ichra o‘rnidan turdi va ikki qadamda Udegega yaqinlashib, uning siyrak soqolidan ushlab qo‘lidagi yelka suyagi bilan kekirdagini kesib tashladi. Suyak yorilib, bo‘laklarga ajralib ketdi. Suyakdan bulg‘angan qop-qora qon Bilga-Hoqonning oppoq yuziga sachradi. Atrofdagilar hayratdan og‘zini ochib qoldi. Udege turgan joyida gir aylanib, asta-sekin o‘z Hukmdori qarshisida tiz cho‘kdi. Yangi qondan hosil bo‘lgan ko‘lmak uning atrofida aylana hosil qilib, faqatgina qora yelka suyagini qoplab oldi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:23:56
74
       
O'ldirilgan kishilar qanday o‘lishini bilasizmi? Yo‘q deysizmi? To‘g‘ri, nimaga ham bilishingiz kerak-a? Ming yillardan buyon o‘limning siri haqida gapiramiz, o‘zimizni uning kelishiga tayyorlaymiz, lekin u shu qadar odatiy va bexosdan sodir bo‘ladiki, go‘yoki suhbat chog‘ida, hojatxonada yoxud qassobxonada go‘shtni qiymalayotib giriboningizdan oladi. Ha, barchamiz bir tanu bir jonmiz, na birovimiz oqilroq, na yaxshiroq va hatto pokizaroqmiz.
Qisqa otishuvdan keyin jangarilar boyagi qishloqdagi barcha erkaklarni o‘ldirib yuborishdi. Bizni esa yerto‘ladan sog‘-omon holda topishdi, u yerdan chiqqach, o‘ldirilgan odamlar qanday bo‘lishini ko‘rdim. G'alati holda har yer-har yerda cho‘zilib yotganlarga ko‘zing tushsa... Agar o‘lik hayvonni ko‘rib qolsak, ha o‘libdi-da, deb ketamiz, lekin inson zotining ko‘cha-ko‘yda o‘lib yotganini xayolga keltirilmaydi: uning kiyim-kechagi bor, oyog‘ida etigi, soati hanuz chiqillab turibdi, u go‘yoki boshqa bir narsa uchun mavjudday, xuddi chidab bo‘lmaydigan bir qop go‘shtdan ham boshqa narsa kabi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:24:03
Hatto bo‘yin atrofida qotib qolgan qonda ham nedir xatolik borday va bu sening shundoqqina oldingda tursa, hammasi nechog‘li oddiy ekaniga ham ishonging kelmaydi. Osmon uzilib yerga tushmas, yer portlab ham ketmagay, yo‘q, hech narsa sodir bo‘lmaydi. Ikki soatgina avval ismi, xotirasi bor bu tanalar endi axlat uyumiga aylandi-qoldi. Faqatgina ularning sochlari shamolda tiriklikdan darak berganday hilpiraydi...
Qo‘mondon ularni to‘plab, o‘raga tashlashni buyuradi. Jangchilar yer chizib borayotgan o‘liklarni sudrab ketishadi, ulardan faqat ana shu izlar qoladi. Kimdir aytgandi: «O inson, oppoq qor ustida himoyasiz bo‘l!»
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:24:14
75
       
Isfahonda Registon atalmish mo‘‘jizali maydonning orqasida bir necha boshi berk ko‘cha bor. Unda qadimgi, loydan qurilgan uylar orasidan uchib chiqadigan g‘alati qarg‘alar sizga hamroh bo‘lib olishi umkin. Yoki to‘satdan oldingizda paydo bo‘lgan qop-qora matoga o‘ralgan ayol sizdan o‘zini yashirib o‘tib qoladi. Axlat uyumi yonida o‘tirar ekansiz, o‘zingizning qanchalik keraksiz ekaningizni anglab qolasiz: agarki bu dunyoda o‘zing o‘zingga yuk ekansan, yana kimga ham kerak bo‘la olarding? Bu kabi o‘lim sharpasini keltiradigan barcha dahshatlar bir qarashda kulgili tuyuladi, shu sabab birdan ular qutqu soladiganday: go‘yoki o‘sha qora qarg‘a sizni mudom ta'qib qilib kelgan, qora kiyimdagi ayol esa sizni o‘ldirish uchun yuborilganday. Hamma narsani unutgan holda, keraksizliging boisidan bari qo‘rquv va bezovtalikni bir-bir tahlil qilishga kirishasan kishi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:24:24
76
       
Futbolchilar ham turlicha bo‘lishadi-da. Gap trenerning ko‘zini shamg‘alat qilib, biror shahar ko‘chasiga sayrga chiqish ustida bormoqda. Bu Sherozmi, Karmana va yo Isfahonmi, farqi yo‘q. Ular har gal biror narsani, masalan, gemmoroylarining gazak otib ketayotgani va yo shaxsiy guvohnomalarining mashg‘ulotdan qaytayotib tushib qolganini bahona qilib, meni ham birga olib ketishga odatlanishgandi. Garchi bu ishlaridan aytarli foyda chiqmasa ham, baribir ko‘chaga oshiqaverardilar. Hay mayli. Poyabzal magazini yaqinida shu yerlik ikki bola ajnabiyligimizni sezib, kimligimiz, nimani izlayotganimiz, kim bizni olb kelgani to‘g‘risida savolga tuta boshladi. Gap gapga qovushib, ular bizdan AQShda bir shisha viski qancha turishi, ko‘chada yengiltak ayollarni topish qanchalik osonligi, nasha va marixuana haqida so‘rashdi. Bu odatiy hol edi.
O'tkinchi yo‘lovchilardan biri menga shubhalanib quloq tutdi, men forscha va inglizcha o‘rtasida sarson edim. So‘ng bu o‘yinni tugatishga qaror qildim. Lekin futbolchilar ortga qaytishni istashmasdi. Ular yon atrofda hayot qiziyotganini sezgan va biz Isfaxonning boshqa do‘konlarini aylanishga ketdik.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:24:30
Garov o‘ynashim mukmin, istagan futbol jamoasida, albatta, bitta bo‘lsa ham hammani orqasidan diqqatga sazovor joylar, muzey yoki kitob do‘konlariga boshlab yuradigan «ntelligent» bo‘ladi. Shunga o‘xshab, bizda ham bir yigit bo‘lib, u forschani o‘rganayotgan va Rumiyning kitobini axtarib yurardi. Shuning uchun kitob do‘konini ko‘rishi bilan o‘zini ichkariga urdi, qolganlar to‘dalashib ko‘chada kutib turdik. Lekin u uzoq vaqt ko‘rinmadi va yana ikki kishi birin-ketin uni izlab do‘konga kirib ketdi, biroq ular ham zim bo‘ldi-qoldi. Bu safar o‘zim xonaga kirdim va uzoqroqdagi burchakda kitob sotuvchisiga ko‘zim tushdi, futbolchilar uning qarshisida turishardi. Sotuvchi qo‘lini ko‘ksiga urib, nimanidir zo‘r berib tushuntirayotgandi. Ularga yaqinlasharkanman, sotuvchining muqaddas so‘zlarni takrorlayotgani va uning ma'nosini inglizchada tushuntirishga urinayotganini eshitdim: La ilaha illalloh - Allohdan boshqa iloh yo‘q. -  Iloh yo‘q, derdi u va qo‘llari bilan ishora qilardi, na qo‘lida, na javondan olgan kitobning tagida, hech qaerda, - faqat Allohdan boshqa. U boshqa ilohlar kabi mavjud emas, biroq u yagona, u Alloh kabi mavjuddir...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:24:38
Men uning o‘z bilgicha tushuntirayotganini sezdim, lekin futbolchilar bu kabi nomavjud mavjudlikdan hayron qolib turishardi. - Men bularga urfon o‘rgatyapman, dedi u mening forscha tushunishimni anglab. U qiyshiq yuzli va badbashara g‘alati bir yigit bo‘lib, ma'naviyati yuksak kishilarday bir kechada mistik oqimni bizga o‘rgata olishini aytdi. Ochig‘i, garchi mistitsizmning bu kabi bilag‘onlarini birinchi marta ko‘rib turmagan bo‘lsam ham, bunday xunuk yuzlilarga ishongim kelmaydi. Insof bilan aytganda, ba'zan ularning qoshi qulog‘i bilan mosligining farqi yo‘q, deb o‘ylayman, shunga qaramay, mening estetikam adolatimdan kuchliroqdir.
Shunday qilib, u bizni o‘sha kech bir joyga taklif etdi va «intelligentimiz» bu taklifga jon deb rozi bo‘ldi. Bu uning shaxsiy tarjimoni sifatida mening ham birga borishimni bildirardi, biroq ushbu ish trenerning rejasi va umuman, komanda tartib-itizomiga qanchalik mos edi? Ustunlik - bu hamisha nomuvofiqlik haqida bo‘ladimi, bu hayot oqimidan orqada qolib ketish deganimi yo, xuddi hozir men mavzudan adashib ketganimga o‘xshab-a?
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:24:48
77

Yo‘q. Bu chindan ham hayotimdagi eng ajoyib tunlardan biri bo‘ldi, desam adashmagan bo‘laman. Kechqurun trenerga o‘zimizni uxlayotganday ko‘rsatib, uning xurrak otishini kutib yotdik, so‘ngra qorovulga bizni tushungani uchun choychaqa berib halokat chiqishidan suqilib o‘tdik va mehmonxonaning orqasida ko‘rishib, taksiga o‘tirdik. Yarim soatda manzilga yetib keldik. Hozir men bu narsalarning birontasini ham qilmagan bo‘lardim, chunki bular Eronda qat'iyan taqiqlab qo‘yilgandi. Lekin ochig‘ini aytsam, o‘sha tun intelligent futbolchimizni deb emas, balki o‘zimning qiziqqonligim bois keldim u yerga. Bilmadim, nega mistikaga bu qadar qiziqar ekanmiz, biroq, men hech bir shubhasiz bu munosabatlarning asl muddaosini bilaman. Biz kitob sotuvchisining uyiga keldik, u bizni turli katta-kichik eshiklar, loysuvoq uylar va devorlar orqali kattakon bir uyga yetakladi. U yerda yigirmadan ziyod kishi o‘tirgan holda Payg‘ambarni sharaflab na't o‘qirdi. Yo‘lboshlovchimiz bizni ma'qulroq joyga boshladi va yoniga o‘tirishimizni aytdi. Futbolchilar-ku doim shug‘ullanib turishadi, lekin mening chordona qurib o‘tirishim juda noqulaylik tug‘dirdi-ki.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:24:54
Bu yerda hech kim bizga e'tibor bergani yo‘q, kimdir Rumiydan o‘qishni boshladi, qolganlar undan zavq olib, ohista tebranib o‘tirishdi. Chorak soatlar chamasi o‘tgach, orqa tarafimizdagi eshik ochilib, ularning Piri bir necha kishi kuzatuvida ichkariga kirib keldi. Hamma qatori biz ham o‘rnimizdan turdik va bizdan tashqari, turganlarnnig barchasi maxsus madhiyani kuylay ketdi. Bir paytning o‘zida har bir kishi qatorlar orasidan o‘tayotgan Pirning qo‘lini o‘pishga intilardi. Bir g‘aroyib tuyg‘u ichra Pirning barmoqlari bo‘g‘inlarini qisgan holda ochiq qo‘lini o‘pish uchun egilgan edim, bu harakatim shunaqa beo‘xshov chiqdiki, Pir menga g‘alati qarab o‘tib ketdi. O'zimga ham juda kulgili tuyulgan ushbu holni hisobga olmaganda, qolgani ancha ko‘ngildagidek kechdi, hech kim bizni ajnabiyga yo‘ymadi va zikr, tafakkur mashqi boshlab yuborildi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:25:02
Keling, batafsilroq ayta qolay: Ustoz qorong‘i burchakda birgina sham yorug‘ida Qur'ondan oyatlar o‘qidi, qolgan jamoat esa uni jo‘r bo‘lib qaytardi. Keyin Pir o‘qishini tezlashtirdi va biz ham ba'zi oyatlar, muqaddas so‘zlar va oxirida yolg‘iz Allohning nomini takrorlab turdik. Xudoning 99 ismini zikr qilishni tugatgach, Ustoz faqat «Alloh» kalimasini aytishni buyurdi. Keyin u «U» degan ma'noni beruvchi «Hu» so‘ziga o‘tdi va biz chuqur-chuqur nafas olib «Hu-hu-hu» deyishga kirishdik.
Siz buni boshdan kechirishingiz kerak. Tushuntirib berishga so‘z ojizlik qiladi. Faqat bir qiyos: bolaligimizda buvim turfa bayramlar arafasida pudab shishirilgan sharlar sotuvchisi edi va biz u sharlarni shishirib berib turardik. Agar birdaniga yigirmata sharni pudalsa, o‘zingizni shunday his qilasizki, xuddi o‘sha sharlar kabi yengil va bo‘m-bo‘sh bo‘lib qolasiz va biror kishi shunchaki barmog‘ini tegizib qo‘ysa, osmonu falakka uchib ketguday bo‘lasiz. O'sha tun ham shunday kechinmani tuydik.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:25:12
78

Majlis nihoyasida nima bo‘lganini bilasizmi? Biz yig‘inni namoz boshlangach tark etdik, kitob sotuvchimiz bizni tashqariga kuzatib chiqarkan, futbolchimizning g‘oyib bo‘lganini sezdim. Sotuvchi forschada shunday dedi: «Ho‘tik dumini axtargani chiqib, ikki qulog‘ini yo‘qotib qaytdi». U bizni tungi avtobus bekatiga tashlab, uyiga qaytarkan, irfon nuri endi bizning ham ichimizga kirganiga ishontirdi. Ko‘chadagi boshqa odamlar orasida jimgina turarkanmiz, burchakda avtobus ko‘rindi va qayrilayotib chiroq ustuniga urilib ketdi. Natijada elektr simlari uzilib, har tomonga uchqun otildi. Yaqinroqda turgan kishi boshini changallab baqira boshladi. Biz bekatdan uzoqroqqa qochishga urindik. Kimdir: «Ushlang ularni!» deya baqirdi va ikki kishining qorasi ko‘rindi. Garchi u yerda bo‘lmaslikni afzal ko‘rsam ham, baribir endi voqeaning guvohiga aylangandim. O'ylaganim to‘g‘ri chiqdi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:25:18
Birdan xuddi o‘sha burchakda furgon mashina ko‘rindi va ikki daqiqa avval bekatda qichqirgan odam ikki politsiyaga qo‘shildi. Ular qochib ketganlarni emas, balki bizni qo‘lga olishdi va mashinaga o‘tirishga ishora qilishdi. Men ajnabiy ekanligimiz, bo‘lib o‘tgan voqea bilan hech qanday aloqamiz yo‘qligi, kechki ibodatdan kelayotgan futbolchilar ekanimizni isbotlashga urindim. Temirni qizig‘ida bosishga urinib, nafaqat politsiyaga, balki mashinadagi jinoyatchilarga ham murojaat qila ketibman. Harqalay, ular bizning jinoyatchi emasligimizga kafil bo‘lishdi. Ular boshlarini qimirlatishdi. Endi xursand bo‘lib, yonimizni oladiganlar ham bor ekan-ku, deb turganimda, jinoyatchi deb o‘ylagan kishilar fuqaro kiyimini yechishgan edi, barchalari politsiya ekani ayon bo‘lib qoldi. Ularning barchasi boshini qimirlatib, battar ustimizdan xaxolab kuldi. Men esa o‘zimni tutib turolmasdan, xuddi kinofilmlardagiday: «Advokatim bilan ko‘rishishga ruxsat beringlar!» deya baqira boshladim. Politsiyachilar esa kulgidan arang tiyilib turishardi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:26:01
79

At-Tohariy tarixiy risolasida shunday yozgandi:
Hamma joyda ham odamlar asir bo‘lishning avval o‘ylanganidan ko‘ra jiddiyroq va xavfliroq ekanini tushunib yetishgan. Hammaning ichida qo‘rquv paydo bo‘ldi. Birgina islom dinining bilimdoni buxorolik Shahzoda Niyan-Siang hamma narsa Alloh qo‘lida ekanini bilardi. U ustozi ibn Qusamning so‘ziga quloq solib, kundalik ibodati sonini o‘n to‘qqiztaga ko‘paytirdi. Uning vafodorligini nafaqat To‘g‘luk tilmoch, balki tulki ovchisi Tongyuquq ham aytib o‘tgan.
Shundan so‘ng At-Tohariy mavzuni butunlay o‘zgartiradi, lekin Zev keltirib o‘tgan rus rohibi Yefrem Valaamov avvalgi xatlardan birida deydiki:
Nestoriyalik rohiblar Turk hoqonlari saroyida katta rol o‘ynagan va bu Ko‘k Turklari Saltanatining inqirozida muhim ahamiyat kasb etdi. Ularning merosxo‘rlari bo‘lmish uyg‘urlar bu ta'sir darajasini bilishgan, haqiqatda ularning davlati Nestoriyaliklar davlati bo‘lib qoldi. Shu o‘rinda Shahzoda Kul-Tegin vafotidan so‘ng Bilga Hoqon saroyiga kelgan armanistonlik rohib haqida eslatib o‘tmasam bo‘lmas. U marhum Kul-Teginnning xotini nazarida g‘oyat ahamiyatli kishi edi (shu bois armiya nazarida ham), chunki kunlarning birida Kul-Tegin qusishi uchun unga o‘simlikdan tayyorlangan dori bergan va hayotini saqlab qolgandi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:26:11
Keyinroq Valaamov do‘sti Tenzig rohib haqida yana boshqa bir parchani keltiradi:
Bir gal u menga odatiy majlislarning birida Bulen bilan ba'zi diniy masalalar borasida tortishib qolgan xitoylik general va quruvchi haqida o‘qib bergan. Maqbara quruvchi o‘zining nafaqat jismni, balki ruhni ham saqlab qolganini isbotlagan, shunga qaramay, Bulen avvalo ruhni uni ozod qilishdan va keyin qayta mujassamlashdan saqlashini aytgan. Shunda General ularning so‘zini bo‘lib, Bulendan o‘z nazariyasini isbot qilib berishini taklif etgan. Bulen esa bu asosda o‘lishdan bosh tortgan, bunga bir vaqtning o‘zida ham ob'ekt va sub'ekt bo‘lolmasligini sabab qilib ko‘rsatgan, lekin agar General ozod bo‘lish va qayta kirish ob'ekti bo‘lishga rozi bo‘lganda, u nazariyasini isbotlay olgan bo‘lardi. General bu taklifni darhol qabul qilarkan, oldindan bir necha shart qo‘yadi. Meni bunga bog‘lanib qolmasligim uchun Tenzig rohib boshqa hech narsa demagan.
Lekin Zevning o‘zi bu narsani sharhlab deydiki:
«Bu menga katolik ruhoniy bilan tortishgan ravvin to‘g‘risidagi latifani eslatadi. Ravvin ruhoniydan ulardagi eng oliy maqomni so‘raganda, ruhoniy «Pop» deya javob beradi. Ravvin esa kulib shunday deydi: «Lekin bizning o‘g‘il sizlarning Xudoyingiz bo‘lib qolishda muvaffaqiyat qozondi».
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:26:20
Generalning kayfiyatini his qila olsam ham, Yefrem Rohib maktubi bilan latifa orasidagi bog‘liqlikni tushunmadim. Quyida Fiona aytib bergan, lekin Lukka tegishli yana bir parcha:
Siz u yoki bu voqeaning qanday rivojlanishini hech qachon bilolmaysiz. Bir niyat bilan boshlagan ishingiz oxir oqibat mutlaqo teskari natija bilan tugashi mumkin. Bilga-Hoqon o‘zining mashhur ishini «tafakkur qaymog‘idan totish uchun» janozaga aytilgan mehmonlar bilan boshlagandi. Lekin oqibatda butun Saltanatni barbod qildi, o‘g‘lidan ayrildi, eng yaqin maslahatchisini o‘ldirdi, nikohini bekor qildi va nopok holatlarda vafot etdi. Tafakkur qaymog‘i-chi, u nima bo‘ldi? Alalxusus kim uni nihoyasiga yetkazdi?
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:26:28
Yo hayoti nursiz zindondagi qurt-qumursqalar ichida nihoya topgan Yorug‘lik Shahzodasi Manixeymi?
Ozod tabiatning ozod kuychisi bo‘lmish Tardush Inonchi Cho‘rning misolimi? Uning cheksiz qo‘shiqlari avval qog‘ozga, so‘ngra toshga o‘yib yozilganida va eng yomoni - o‘ziga so‘zma-so‘z qaytirlganda - u ikki ko‘zgu o‘rtasidagi yirtqich kabi telbaga aylanib qolgandi... Bechora yaralmish...
Bularning barchasi bir xil narsa xususida edimi, yo‘qmi, ana shuni bilmasdim.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:26:39
80

Qorong‘i yerto‘lada o‘tirarkanman, hayotimning qaysi qismida turganimdan xabarim yo‘q edi. Bu hozir sodir bo‘lyaptimi yo kelajakdami? Bu go‘yoki turmushning vaqtinchalik holati edi. Men unga odatiy hol sifatida qarashga ko‘nikib qolgandayman. Bu yerdan qutulib ketish uchun nima qilish keraligini o‘ylamayapman ham. O'zini botqoqlikdan sochidan tortib chiqargan Baron Myunxauzen emasman, vaqtimni tartibga solayotganim ham yo‘q. Shunchaki zim-ziyo yerto‘lada o‘tiribman xolos. Hech narsa ro‘y bermadi, bermayapti, bermaydi ham. Mana shu mening hayotim. Hech kim menga o‘zimchalik yaqin emas. O'zimga bek, o‘zimga xonman. Kuchli, davomiy, mangu, har narsa bo‘lib borayotirman.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:26:49
81

Kundalik turmushda inson nimanidir o‘zgartirishga intiladi: kichik hayot kichik o‘zgarishlarni talab etadi, magar qarama-qarshi narsa rostga aylansa, bugun qotil yo o‘lik bo‘lsangiz, hayotingizning qanday kechishi butunlay oldindan aytib bo‘lmaganda, Xudodan o‘zingizni olisda qolgan zerikarli kunlarga qaytarishini o‘tinib so‘ray boshlaysiz. Sizga kulfat emas, tinchlik kerak. O'tgan kunlaringizni sog‘inib-sog‘inib ketasiz. Hozir men hattoki Fontenbloda yashaganimda qatnashishga ko‘nikkanim davralarni naqadar aziz bo‘lganini his qilmoqdaman. Uch katolik, bir juft musulmon, bir yahudiy xonim, ateist negr qiz, buddist rohib, menga o‘xshagan bir necha notanish kishilar - barchamiz yahudiy qizning hind yigitiga muhabbati kabi dinlararo masalalarni muhokama qilishga odatlangandik. Romeo va Julettadan aslo kam bo‘lmagan. Ota-onalar o‘z bolalariga qarshi, oshiqlar esa o‘z ota-onalariga, biz bo‘lsak - o‘rtada choy bilan biskvit yeb, o‘z fikrini bildiruvchi qozi.
Men uzr so‘raganim holda uzumni turli millat vakillari: arab, turk, grek va forslarning turlicha nomlagani xususidagi Rumiy hikoyatini aytib beraman. Ular hikoyatning mag‘zini chaqqunlaricha, aytamanki, har bir bog‘ turfa gullarga ega bo‘lsagina chiroylidir va undagi har kim o‘zini turfa gullarning biri deb o‘ylagani holda baxtiyorlik tuyadi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:26:58
Hozir men bor haqiqatni ochyapman.
Bir kun Rossiya Prezidentligiga saylovdan qaytdim. U yerda o‘zim kabi G'arbiy turmushdan zerikkan xalqaro kuzatuvchilarga tilmochlik qilgandim. G'alati alomat. O'zingizni Rossiyadagi milliarder yoki ko‘chadagi gado sifatida tasavvur qilib ko‘ring. Xonananing bir burchida «alkogolik»ka o‘xshab yotgan Prezidentlar, payg‘ambarlikka da'vogar yozuvchilar, masxarabozlik ko‘rsatayotgan payg‘ambarlar, Oblonskiy uyining aralash-quralashlari, aroq, ikra... Va birdan o‘lchab qo‘yilgan G'arb hayotining tomchisi.
Esimda, ruscha turmush chizig‘ida bo‘lganlar, avvalo, g‘arbliklar edi. Mehmonxonadagi istalgan fohisha ularni yovvoyiga aylantira olardi. Ular taksilarga o‘tirib, Moskva tashqarisidagi dala hovlilarga yo‘l olishganda, turmushning yangi bir mazasini tuyishdi. Men ularning kutilmagan uchrashuvlarida tarjimonlik qilish uchun bordim.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:27:03
Bir rus tarjimoni menga yordam berdi, u yarim tatar bo‘lib, kuzatuvchilar xonimlari bilan saunaga kirib ketishganda, u bilan dala hovlining ayvonida juda mazza qildik. Irma ismli bu hamkasb qiz ishqiy sarguzashtlarda ustasi farang bo‘lib, har bir qovushishdan keyin yuvinish xonasiga borar, unda qo‘shiq kuylar va suv sachratib yana bir bor huzuringizga kelardi. Birinchi bor cho‘milish xonasida unga yaqinlashganimda, «Suyaklarim ostigacha yayrab ketdi» - dedi u. Suv menga musobaqadosh bo‘ldi.
Moskvadan qaytar ekanman, o‘sha g‘arbliklarni ko‘rib, nega yana g‘azab otiga mindim. Nechun yo‘qotilgan qadr-qimmat va G'arbni bo‘ralab so‘kdim? Bu balki ular fohishalar uchun pul to‘lashgani va men Irma bilan bepul mazza qilganim uchundir?
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:27:13
82

Tongyuquq bir narsani aniq bilardi: dushman ustidan g‘alaba qilishning yagona yo‘li yov yo‘lidan, u ishlatayotgan quroldan birinchi bo‘lib foydalanish edi. Dushmandan oldinroqqa o‘tib ketish kerak. Bu avval ham sinalgan, nega endi hozir ishonchni oqlamasin? «Tong tekkanlar» yoki «Tulki ovchilari» hozir ayni harakat payti ekanini tushunish maqsadida Bilga-Hoqon tuzgan tafakkur komediyasini yetarlicha ko‘rishgandi. U halaqit berishga qaror qilgandi, biroq juda kechikdi.
Yugurayotgan odam tezroq yugurishga intilib, yuztuban yiqiladi, qattiqroq baqirishga kuchangan kishi tomog‘ini yirtadi. Tafakkur ham shunga o‘xshaydi, - o‘yladi Tongyuquq. Agar ular eng yaqinlriga muhabbatdan dars berishsa, sevishga izn ber, lekin tez orada ular o‘zini ko‘rarga ko‘zlari qolmasligini anglaysan. Ular qonga qon so‘rashsa, marhamatingni darig‘ tutma va yana va yana talab qilishlarini ko‘r: nafaqat ko‘z, balki quloq va burunni ham. Agar ular mangu beparvolikni targ‘ib qilishsa, yalang‘och va beparvo ayol bilan qoldir, vassalom... Shu tariqa ularning qurollarini o‘zlariga qarshi ishlat.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:27:18
Eng avval miyasiga Pobeka - qizi va Bilga-Hoqonning xotini keldi. Qat'iyatli va intiluvchan Pobeka nimani to‘g‘ri deb bilsa, shuni qila olardi. Boshqa onalar kabi u ham o‘g‘li Yo‘llug‘ni o‘zidan ham ortiq ko‘rar, Tongyuquqning o‘zi ham uni sevardi. Pobeka zanjirdagi chiqarib tashlanishi kerak bo‘lgan birinchi halqa edi...
Yon atrofdagi dasht - shu qip-qizil va kuyib yotgan zamin seziltirmasdan qurigan maysani ko‘tardi, go‘yo u bunga roziday. Ko‘rinmas tulki shundoqqina yonidan yugurib o‘tdi, qari Tongyuquq uning hidini sezdi va siyrak mo‘ylovini silab kulimsiradi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:27:37
83

Hayotga qiziqishim qolmadi. Agar ertaga umring tugaydi, deyishsa, ikkilanib o‘tirmasdim. Ha, olam aro aylanib yurishimni tugatdim. Menga nima bo‘lgan bo‘lsa ham, hech narsam o‘zgarmadi; qalbim, kayfim, tuyg‘um qanday bo‘lsa, hozir ham shunday. Bu kunba-kun saqlanish, yurish va tirmashishdan, uzrxoh bo‘lishdan osonroq. Shunday bo‘laqolsin! Ha, agar barcha buyuk tuyg‘ularimizni bir qo‘shiqning satrlariga jo qilish imkoni bor ekan, nafsimiz bilan ishqiy munosabatlarga kirishishdan na foyda? To‘xtang!
Ey, kimda-kim meni o‘ldirmoqchi bo‘lsa, qani, kelsin! Men tayyorman!

Jimlik
Menga ism bering! Shu hayqiriq deb
Derazalar chil-chil, sindi eshiklar...
Ochiq osmon ostida bitta
Janozadan qolgan oina.
Bu oina faqat bir lahza
G'amni o‘z aksiga yashirdi yoki
Kimningdir savolin sadosi:
Ey, ismsiz, kim baqirdi menga?
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:27:53
84
.............................................................................
 

85

Ayni paytdagi kayfiyatim sababli bir muddat yozganim yo‘q. Yana bir bor, ha yana bir qayta buni nega yozyapganimni o‘ylayotgandim. Odatdagiday miyaga har xil narsalar keladi, lekin tuzukroq narsaga uchramaysan. Shu tariqa hozirning o‘zida tugatib qo‘yaqolasan. Ayniqsa, mening holatim kabi go‘yoki jismonan hech qaerda bo‘lmagan onlarda shunday bo‘ladi. Davom ettirishim kerakligi va oxiriga yetkazishim lozimligini hisobga olmaganda, hozir hech qanday boshqa sabab ko‘rmayapman. Ba'zan buning nechog‘li qiyin ish ekanini his qilaman: «A» dedingmi, «B» ham deyishing kerak, lekin so‘nggi «H» ga yetgunga qadar to‘xtatib qo‘yolmaysan. Bir gap tugamasidan burun boshqasi ergashib turadi va gapni oxiriga yetkazishga majbur bo‘lasan, shu tariqa hikoyaning asiriga aylanaman. Qolaversa, har tomonga otib yuborganim toshlarni to‘playdigan ham o‘zimman-ku.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:28:05
86
 
Siz balki ishonmassiz, lekin Li, mening ikkinchi qismim bo‘lgan Li ham ularning biri bo‘lib chiqdi! Shuncha paytdan beri men josusmanmi-yo‘qmi, shuni bilish uchun o‘zini asir qilib ko‘rsatgan va menday yashagan ekan. Naqadar jinnilik va sotqinlik! Qanday telbavor sotqinlik va sotqinona telbalik! Yo noto‘g‘ri tushunganim biror narsa bormi? Chunki kecha tunda qo‘mondon uni uyg‘otib, boshqa xonaga olib chiqqani va meni nimadir qilish haqida muhokama qilishganini sezib qoldim. O'rnimdan sekin turib, bir necha bor o‘z ismimni va Lining inglizcha bir nimalar deganini eshitdim. Keyin Li yonimga qaytib keldi, biroq sira uxlagim kelmadi. Tongga qadar sherigimning shunchalik ayyorlik qilib yurganini o‘yladim va ertalab turiboq uning yuziga tupuraman, deya reja tuzdim. Afsuski, ertalab qotib uxlab qolibman, ular meni uyg‘otishganda, Li g‘oyib bo‘lgandi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:28:19
87

Hozir uning menga aytgan har bir so‘zi, talaffuzi, ovozidagi o‘zgarishni, nigohi va kayfiyatini eslashga harakat qilyapman. Oxirgisi birinchi keladi, deydilar. Mana uning isyonkor badaxshonliklarning yerto‘lasida asir bo‘lib o‘tirganimizda frantsuzchada aytib bergan so‘nggi hikoyasi yodimga keldi:
«Eslaysanmi, bir gal senga Lukning asir tushishiga sabab bo‘lgan qo‘lyozma haqida aytib beruvdim? Bu sening Zeving Shia Changning akasidan izlayotgan qo‘lyozmaning o‘zginasidir. Undagi g‘ayritabiiy hikoyani bilishni istaysanmi? Yo ko‘proq bu hikoya atrofidagi holatga qiziqasanmi?» Garchi Liga «har ikkisi ham men uchun qiziq» degan bo‘lsam ham, u quyidagini aytib bergan edi:
«Sen Ichi Lyang deb aytadigan kishi aslida bitta odam emas, qo‘lyozmaga ko‘ra, bu ismning ortida ikki kishi yashiringan: Chyan Kuy va Lyu Syan. Ular egizak edilar, biroq Ichi Lyang Bilga-Hoqonning o‘g‘li Yo‘llug‘ga yaqin bo‘lguniga qadar hech kim buni bilmagan edi. Chyan Kuy unga harb san'atini o‘rgatgan va kunlarning birida Turk Shahzodasini o‘toviga taklif qilgan. U yerda hech bir shubha tug‘dirmagan holda uning egizagi paydo bo‘ladi. Garchi Shahzoda Yo‘llug‘ sirni ochmaslikka qasam ichgan bo‘lsa ham, tez orada uning onasi Pobeka bundan voqif bo‘lib qoladi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:28:28
O'sha payt uning otasi Dono Tongyuquq barcha asirlarga, eng avvalo, abadiy dushmani vakili, kelajakda Dasht Hukmdori bo‘lmish nabirasini harb san'atiga o‘qitayotgan Ichi Lyangga qarshi yashirin kurash boshlagandi. Bir gal Tongyuquq tafakkurga cho‘mib o‘tirgan mahal uning oldiga onasi bilan birga nabirasi keladi. «Afsonaviy o‘tmishdan so‘zlab bering», - deya so‘raydi Shahzoda Yo‘llug‘. Keksa Tongyuquq unga turklarning kelib chiqishi, Shahzodaning to‘ng‘ich o‘g‘li urg‘ochi bo‘ridan tug‘ilishidan boshlab to Yo‘llukning tog‘asi Kul-Tegin vafotigacha bo‘lgan davrdagi barcha bilganini so‘zlab beradi. Dasht ruhlari uyg‘ongan va ularning harakati uvlayotgan shoqollar va pishqirayotgan otlarda aks etgan go‘yo. «Biz Ona Bo‘rining avlodlarimiz» - dedi Tongyuquq. Biz hech qachon o‘zimizni yo‘lbars rolini o‘ynayotgan mug‘ombir va ayyor tulkiday tutmasligimiz kerak. Ertagimni eshit: bo‘rilar galasida boshqalaridan kuchliroq bo‘lgan bir bo‘ri bor ekan, u hatto gala boshlig‘i - qari ota-onasidan ham kuchli ekan. Shu yaqin atrofda unga dushman bo‘lgan bir tulki bor ekan va bir kunmas bir kun boyagi yosh bo‘ri yakka ov qilayotganda uchrataman-ku, garchi yo‘lbars to‘qayning xo‘jayini bo‘lsa ham, bunda dashtdagidan quyruq ko‘p axir, deb yurarkan.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:28:35
Biroq, - debdi tulki, - u mening do‘stim, yaxshisi uni yo‘lbars bilan tanishtirib qo‘yay va u ham xotirjam ov qilaveradi u yerda. Keyingi safar ayyor tulki bo‘rini dasht chekkasida qoldirib, o‘zi to‘qayga kirib ketibdi va boshqa bir tulkini uchratibdi. Lekin u yerdagi tulkilarning bari yo‘lbarsga o‘xsharkan. Shunday qilib, tulki qaytib chiqib, hamma narsa hal qilingani va bo‘rining ov qilishi mumkinligini aytadi. Sodda bo‘ri to‘qayga ov qilgani kiradi, lekin tez orada yo‘lbarslar oilasining o‘ljasiga aylanadi. Garchi bo‘ri kuchli va jasur bo‘lsa-da, kuchlar nisbati teng emasdi va yo‘lbarslar uni nimta-nimta qilib tashlaydi. Go‘shtini esa tulkilar yeb ketadi.
Qani ayt-chi, bo‘rining asosiy xatosi nimada edi? - so‘radi Tongyuquq nabirasidan va bolaning taraddudlanib qolganini ko‘rib, o‘zi javob berdi. - Garchi kechirib bo‘lmaydigan bo‘lsa ham, tulkining so‘ziga laqqa tushgani ham, galasini tashlab kelgani ham asosiy xato emas. Asosiy xatosi uni bo‘ri qilib turgan Dashtni tashlab ketgani edi, shunday qilmaganda, yo‘lbarslarning changaliga tushmagan bo‘lardi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:28:45
88
 
Li nega qo‘lyozmaning bu qismini aynan o‘sha mahal aytib berganikin? Bu qandaydir maqsadga qaratilganmidi yo u shunchaki uzundan-uzoq asirlikdagi soatlarni qisqartirish uchun shunday qilganmi? Bu uning oxirgi ishiga qanchalik mos tushadi? U bo‘rilarning menga o‘xshab soddaligidan kulayotgan tulkilarning biriga o‘xshamayaptimi? Yo u hikoyani boshqa bir sabab bilan aytdimikin? Agar shunday bo‘lsa, qanaqa sabab edi u? Biz hamisha mana shunaqa savollar bilan o‘zimizni qiynashimizni sezyapsizmi? Nechun dunyoda sodir bo‘lgan yoki sodir bo‘layotgan narsalarga murojaat qilamiz? Qaysi nafs buni mumkin yoki ma'qul qilib qo‘yadi? O'sha qo‘lyozmadan Li boshqa hikoya ham so‘ylab bergandi:
Bilga-Hoqon g‘alati bir kayfiyatda edi. Avval hech bunday shubhali ko‘rinmagandi. U shu qadar xayolga berilgandiki: dunyoning butun aqlu zakovatini aniqlash uchun jamiki Muqaddas Kitoblar tarjima qilinib, yuzlab bug‘u terisidan tayyorlangan sahifalar uning huzuriga keltirilgandi. Ba'zan tilmochlar tilmochi, dunyodagi barcha tillarni yaxshi biladigan oq boshli Yaril ulardan parchalar o‘qib berar, Bilga-Hoqon buni arang tushunar, lekin ulardagi noaniqlik aqlu zakovatning isboti kabi edi. Bilga hech qachon Yarildan ularning barchasini o‘qib berishni so‘ramasdi, chunki u boshqa yumush - parchalarning barini eng katta toshga o‘yib yozishni amalga oshirish uchun saqlab turilgandi. Bunday toshning abadul abad Bilga-Hoqon nomi bilan o‘rnatilishi haqidagi g‘oya uning yuragini qizitardi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:29:10
Ikkinchi tomondan esa, aqlu zakovatni tarjima qilgan kishilarni kuzatarkan, Bilga ulardagi nomukammallikka e'tibor qaratardi. Birgina Qitan va Tatabudan kelgan Udar Sengunni olaylik. Bu nestorialik general armani rohibni marhumning xotini Ko‘rk xotin ko‘magida keltirib katta muvaffaqiyat qozongandi. Kul-Tegin avval undan Muqaddas Kitobni tarjima qilishda foydalangan, keyin esa begunoh beva xotinni zo‘rlashda ayblagan. Shunday qilib Bilga armanini qatl etishi kerak edi. Armani qachonlardir qutqarib qolgan Ko‘rk xotin o‘sha qo‘rqinchli voqeani la'natlab yurdi. Udar, Bilga-Hoqon va general bundan uning haqligi va bevaning jinoyatini isbotlash uchun foydalanishga urinishdi. Qolaversa, ularning Muqaddas Kitobida shunday deyilgan: «Yoningizdagi kishilarni seving...»
Yo Parsdan kelgan zardusht ruhoniy Farmuzdni oling. Uning cherkov qo‘shiqlariga bir quloq tuting-a:
«Quyosh osmonga ko‘tarilgan zamon Yerga rahmat yog‘iladi va undagi oqayotgan, bir joyda muqim turgan va dengiz suvlariga rahmat yog‘ilgay. Muqaddas Ruhning barcha yaratilganlari yorlaqalanmish. Magar Quyosh ko‘kka ko‘tarilmasa, shaytonlar Yerda buzg‘unchilik qila boshlaydi va samoviy hech narsa tirik qolmas. Men baland ovozda duo qilib Quyoshga ibodat qilaman, ha, o‘lmas va abadiy Quyoshga sajda qilaman, fikru xayolim, ishu a'molim va to‘g‘ri so‘zim bilan iltijo qilaman. Men Quyoshga ibodat qilaman!»
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:29:19
Bilga-Hoqon yuragining tub-tubigacha his etadigan bunday so‘zlarni aytar ekan, quyoshga ibodat qilishga ruxsat berilgan tonglarning birida u tilmochni chalg‘itib, uning otini o‘g‘irlagan va qochishga uringan, lekin Bilganing abjir yigitlaridan biri uni tutib, ortiga qaytargandi. Bilga-Hoqon bu ishi uchun uni jazolamagan, biroq Quyoshga ibodat qilishiga chek qo‘ygandi. Xo‘sh, hozir u qorong‘i boshpanada Axura-Mazdaning qizi ilohiy Ashiga ibodat qilayotib, qanday pinhoniy narsa tayyorlayotgan ekan? Ashining mana bunday so‘zlari bor:
«Uchqur otli turklar meni ta'qib qilganda, o‘zimni kuchli ho‘kiz tuyoqlari ostiga yashirdim; lekin u yerdan yosh yigitlar va er ko‘rmagan qizlar meni topib olishdi. Yana bir bor uchqur otli turklar ta'qibiga uchradim va o‘zimni qo‘yning bo‘yni ostiga yashirdim. Bu safar ham yosh yigitlar va er ko‘rmagan qizlar meni topib olishdi. Yana meni uchqur otli turklar ta'qib etishdi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:29:29
Avval boshda Ashi duv-duv yosh to‘kib, bir bolasiz urg‘ochiga zorlandi: «Unga yaqinlashma, u bilan birga yotma; lekin men ular bilan nima qilishim kerak? Osmonga uchmog‘im darkormi va yo yerga qaytmog‘im?»
Keyin Ashi duv-duv yosh to‘kib o‘z bolasini eriga keltirib bergan boshqa biridan homilador urg‘ochiga shikoyat qildi: «Ular bilan nima qilmog‘im kerak: osmonga uchaymi va yo yerga qaytaymi?»
So‘ngida ilohiy Ashi yoshini oqizib zorlandi: «Bokira qizlarni olib ketib, ularni bolasiz ayolday qaytarib keladiganlar mudhish jinoyatga qo‘l uradilar. Ular bilan nima ham qilardim? Osmongami uchay yo yerga tushaymi?»
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:29:41
89
 
Ha, eronliklarning hibsidan darhol qutulib chiqdim. Garchi mendagi qo‘rquv haqiqatdagidan ko‘ra kuchliroq bo‘lsa ham, voqeaning nima bilan tugashini hech qachon bilib bo‘lmas ekan. Inson hayoti shu qadar o‘zgaruvchan, shu qadar kimningdir kayfiyati, ma'lumoti va yo boshqa narsalarga bog‘liq ekanki, lekin faqatgina tanazzul onlarida kayfiyat yo g‘aflatdan kuchliroq bo‘lgan haqiqat mavjudligini anglay boshlaysiz. Shundan keyin imkoniyat deb ataluvchi narsalarning bari sarobga aylanadi. Ayni paytda men o‘tgan kunlarimni sarhisob qilarkanman, qanchalik haq ekanimni o‘rganyapman. Hayotim va yo‘lim qanchalik to‘g‘ri kechdi? Eron Inqilobining meni o‘ldirib yuborishga qodir yoki chirkin zindonga tashlashi mumkin quyuq soqolli qo‘riqchisi borligidan xabarim bormidi? O'ylaganim shu edi: «Hammasi tugadi, u har narsani biladi! Aslida u (balki U) meni qotillik bilan qo‘rqitgan va hozir Isroilga safarimdan so‘ng bundan ham yomoni boshlanadi». Lekin birinchisidan kattaroq boshqa bir qo‘riqchi borligini o‘ylamagan ekanman. Vazifam unga undan ham yirikrog‘i borligini unutishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Aslida men buni bexosdan bilib qoldim. Chunki kichik va hal qiluvchi qo‘riqchi meni nima qilish haqida bir qarorga kelmasdan burun hujjatlarimni titkilayotganda, Oyatulloh Homayniyning surati pasportim ichidan tushib ketdi. Shu kichik surat so‘roqchimning qiyofasini butunlay o‘zgartirib yuborganini sezdim. Bu o‘rinda mening ushlab turilishim keyingi kunni - Prezident uchun emas, uning kelgusi hukmronligi uchun - barbod qilishi mumkinligini aytib o‘tish yetarli bo‘ldi. Bir maqol bor: Otdan tushsa ham egardan tushmaydi, degan. Shunga o‘xshab, kichik qo‘riqchi o‘qrayib turib menga baqirdi, biroq u telefon orqali qo‘mondonini topishga tushdi. Shundan keyingina Katta Trenerim ishga aralashdi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:29:51
90

Nega buni xuddi muhim narsaday sizga aytyapman? Nega tartibsiz tilmochlik hayotimning ahamiyatini aniqlashga urinmoqdaman? O'sha ma'nisiz kunlardan qanchalik uyalganimni bilsangiz edi. Bir kun bu yoqda, bir kun u yoqda, faqat berilgan vaqtni zamonaviy hayot deb ataluvchi yuzakilikka sarflash. Botayotgan quyosh ortidagi soyani ta'qib qilish. Bularning bari nima haqida? Vositachi sifatida xizmat qilganim hamma tadqiqotchi, prodyuser, ruhoniy, qo‘shiqchi, futbolchi, harbiy politsiyachi, top-model, barcha yulduzlaru zamonaviy jamiyat qaymog‘i boshqa dunyo bilan ko‘prik o‘rnatish maqsadida edimi?
Yoki bu kabi o‘ylashim bilan ularning emas, mening hayotim g‘ayritabiiy tus oldi, deya kibrga berildimmi? Ya'ni bu boshqalarnikiga o‘xshamaydigan, o‘sha boshqalar bo‘lishadigan ayqash-uyqashlikmi? Bir narsa aniq: ro‘y bergan barcha narsa haqiqat, yagona, yolg‘iz, yakka haqiqat. Balki men aqlliroq bo‘lishim, yulduzlar hamda ishqibozlarning emas, o‘tmish va kelajakning ikki tegirmon toshi orasida yanchilayotgan shu g‘aroyib sarobdan voz kechmog‘im kerakdir?
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:30:03
91
 
Yana gap zardushtiylarning qo‘shiqlari haqida. Moskvadagi sarguzashtimga sabab bo‘lgan Irma eri to‘g‘risida bir hikoya aytib berdi. (Boshida uni Fionaga o‘xshatdim, ko‘pgina xonimlarga o‘xshab, yaqinlikdan keyin u ham eri haqida gapirdi). Ular Moskvadan ancha uzoqda joylashgan qishloqda yashashga odatlanishgan ekan, lekin ikkovlari ham Sho‘rolar poytaxtida ishlashgan. Odatda yarim soat avtobusda, so‘ngra Qozon stantsiyasiga qadar poezdda va oxiri metroga tushisharkan. Bir gal Irmaning qandaydir ishi chiqib qolib, shaharda qolishiga to‘g‘ri keladi va qishloqda shirakayf bo‘lib o‘tirgan eriga sim qoqadi. «Eshit, - deydi u eriga, - Ertaga Bolshoyga kunduzgi tomoshaga tushmoqchimiz, soat o‘nda u yerda bo‘lishing kerak, otlar turgan ustun tagida. Qaerligini uqdingmi?» «Albatta! Bolshoyni kim bilmaydi? Qizil Maydon yaqinida-ku!» «Bo‘pti, uxlab qolma!»
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:30:08
Uning eri o‘sha zahoti uxlashga yotadi va radioni o‘chirmay qoldiradi. Sho‘rolar gimni yangi kunni e'lon qilgan paytda irg‘ib o‘rnidan turadi, chiroyli kiyinib, avtobus bekatiga chopadi. Ko‘cha negadir qorong‘i edi. «Kecha juda ko‘p ichvoribman», - tushuntiradi u o‘ziga o‘zi va qishloq chetidagi bekat tomon tez-tez qadam tashlab ketadi. U yerga yetib kelsa, avtobus yo‘q emish. Bir soat kutsa hamki hech narsaning daragi bo‘lmabdi. «Bugun bayrammi?» - o‘ylaydi u, - lekin nimaga qo‘ng‘iroqlar chalinmayapti? Yana yarim soat kutgach, bir mast o‘tkinchiga ko‘zi tushadi. «Og‘ayni, nega avtobus yo‘q?» - so‘raydi u. «Jinni-pinnimasmisan, yarim tunda qanaqa avtobus senga?» U qaytib soatiga qaraydi. Soat tungi ikki. Buvisini uyg‘otadi: «Qarang, nimaga gimn aytishdi?» «Tentak bola-ya, - deydi u, - soat tungi o‘n ikkida faqat so‘zsiz cholg‘u chalinadi, ertalabki oltida esa gimnni qo‘shiq qilib aytishadi. Bularning farqi bor!»
Shunday qilib, soat oltida Sho‘rolar gimni aytilgach, er yana avtobus bekatiga boradi. Soat o‘nda u kattakon ustun tagida turar, lekin Irmadan darak yo‘qmish. U birdan atrofga qarab tomoshaga kelmayotgan faqat Irma ekanligini o‘ylabdi va tekshirib ko‘rish uchun ustunning yuqorisiga qarabdi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, marmar otlardan nishon yo‘q emish. U chindan ham qo‘rqib ketibdi: jin ursin qaerdaydi axir ular? U boshqa bir mast yo‘lovchidan otlar qaerda deb so‘rabdi. «Jinni-pinnimasmisan, Manejning ustida otlar nima qilsin? Ular Qizil Maydonning xuddi shunaqa narigi tomonidagi Bolshoyning ustida!»
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:30:19
92

Eronda ekanman, guruhimiz oxirgi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rgunicha hamma narsani unutishga va diqqatga sazovor joylarni tomosha qilishga qaror qildim. Sheroz avtobus bekatida kelib-ketish vaqti ko‘rsatilgan jadvaldan uzoqlashayotganimda, bir taksi haydovchi oldimga kelib, istagan yerimga olib borib qo‘yishini taklif qildi. U dedi, bu dedi, qisqasi, men uni emas, u meni yolladi. Shu asnoda unga 100 ming riyol, ya'ni taxminan 30 dollar pulga kelishdik va u meni shahar bo‘ylab olib yuradigan bo‘ldi. Chindan ham taksi haydovchi hamma yoqni ko‘rsatdi. Biz kunni birgalikda o‘tkazdik, hatto sayohatimiz so‘nggida u meni uyiga taklif qildi. Unda ayoli bilan qizlari islomiy qonun-qoidalarga mutlaqo qarshi bo‘lgan savollarni ustimga yog‘dirishdi. Bu futbolchilar, mening sayru sayohatim va shaxsiy hayotimga oid savollar edi asosan. Bir so‘z bilan aytganda, biz aka-ukaday bo‘lib qoldik go‘yo. Axiri haydovchi qaytib o‘sha Sheroz bekatiga meni eltib qo‘yarkan, kelishganimiz 100 ming riyolni chiqarib unga uzatdim. Lekin u pulni olmadi, bundan buyon unga qarindosh ekanim va biror kun aziz mehmonim bo‘lishdan boshi osmonga yetishini aytdi. Men ham xuddi unga o‘xshab quyuq mehmondorchilik qilishga so‘z berib, pulni olishini o‘tindim. Biroq u yana rad etdi. Men qayta qistagandim, u birdan «Yaxshi, - dedi, - modomiki majburlayotgan ekansiz, u holda menga 110 ming riyol berishingiz kerak, chunki tashrif buyurganingiz hamma muzeylarga ham biletni o‘zim sotib olib berdim...»
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:30:28
93

Bir safar Fionaning Tog‘li oltoylik jiyani zamonaviy sakkiz yashar turk o‘g‘li bilan uni ko‘rgani Indianaga kelishdi. Bolakay kecha-yu kunduz televizor ko‘rishdan charchamasdi. Onasi unga ruxsat bermaydigan birgina narsa - ishqiy sahnalarni ko‘rmasligi kerak edi. Bir gal onasi qarasa, qo‘li bilan bir ko‘zini berkitgan holda u haliyam televizor ko‘rib o‘tirgan ekan. «Nimaga haliyam bu yerdasan?», - tutoqibdi ona. Bola esa shunday javob qilibdi: «Men faqat erkakka qarayapman.»
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:30:40
94

Kibru havodan yiroq bo‘lgan holda, bu kulgili hikoyalarni ko‘plab yangi hislar topish uchun esladim. Bu qanday tuyg‘ular ekanini keyinroq aytib beraman. Lekin hozir Lining menga bo‘lgan munosabatini va o‘zimning unga munosabatim zamirida qanday ma'no yotganini chaqishga harakat qilmoqdaman. Bir kuni meteorologik boshpanamizda u asirdoshlarining biridan eshitgan hikoyani so‘zlab bergandi. O'sha mahal bu hikoyaga u qadar e'tibor bermagan ekanman, biroq endi undagi har bir tafsilotni ikir-chikirigacha eslashga urinyapman, chunki bu ko‘p narsani tushunishga yordam beradi. Hikoya jangarilarimizdan bir nechasi jalb qilingan portlash xususida edi. Hozir angladimki, bu men Urumchi va Lukni tashlab qochganimda sodir bo‘lgan portlash ekan.
«Portlashlar mahalliy terrorchi kuchlarga to‘nkalgan va hukumat ulardan istalgan norozilikni barbod qilishda foydalangan. Jangarilar ustidan katta sud bo‘lib, ularning bari jinoyatni bo‘yinga olishgandi, shunga qaramay, ko‘plari o‘limga mahkum etilgan. Qizig‘i shundaki, bir kishidan tashqari, mahkumlarning birortasi portlash joyida bo‘lmagan. Haqiqiy jinoyatchilar esa qochib ketishga ulgurgan.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:30:46
Undan-da qizig‘i: o‘sha harakatning yetakchilaridan biri portlashdan uch oy avval qo‘lga olingan. U xavfsizlik xizmatiga ikkiga ajralgan ekstremist guruh borligi, ular tashvish tug‘dirish mumkinligi haqida gapirib, u guruhning boshlig‘i ismini aytib bergan. Alalxusus, portlashlarga uning o‘zini aybdor deb topishgan. O'sha yigit turmada o‘zini o‘zi o‘ldiradi.
Shundan so‘ng Li bu yetakchi juda ilmli ekani va undan ko‘plab yangi narsalarni o‘rganganini aytadi. Oxir oqibat ular harbiy asirlar lagerida ma'lum bir qo‘lyozmani birga o‘qishadi. Li yana qo‘shimcha qildiki, biror kimning yaxshi niyati ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri do‘zaxga eltishi mumkin edi. Unutilgan o‘lim dahshati darhol boshimda qanot qoqa boshladi, lekin ayni paytda ko‘proq Li haqida o‘ylayapman. Agar o‘sha portlashlarni hukumat tashviq qilgan yoki rejalashtirgan bo‘lsa, Li bu xususda qaerdan bilishi mumkin? Va agar u buni va mening hayotimni yaxshi bilsa, u davlatga ishlayotgan bo‘lib chiqadimi? Lekin bir soniya to‘xtang - yigirma daqiqa burun uni jangari deya meni kuzatib yurganidan shubhalandim. Kim o‘zi u? Hozir qaerda yuribdi?
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:30:59
95

Saltanat xavf ostida qolgandi. Tongyuquq buni dashtdagi noyakdillik isidan sezdi, shunga qaramay Bilga-Hoqon umumjahon aqlu zakovat daftari ustida g‘ururlanib o‘tirardi. Boshing aqlsiz bo‘lgani holda dunyo zakovatining ma'nisi ne bo‘ldi? Bu zakovatni keltirgan kishilar asal beruvchi nayzali asalariga o‘xshashadi. Ikkiyuzlamachi xitoylik josus va shu tomonda dashtning kelgusi hukmdori. Tibetlik Bulen rasmiy dini Lamaizmni unutib yubordi va norasmiy Bon dinini o‘qitib yurdi. Udar-Sengun Kul-Tegin bevasining sevgilisiga aylandi; tamg‘achi Makrach va O'n-o‘q qabilasidan kelgan O'g‘uz-bilga yangi sharhlarini shahvoniyatning ob'ekti sifatida ishlatadi... Va bu buzuqlik cho‘zilgandan cho‘zilaveradi.
Janubda, Xitoy hukmdori uyg‘ur qabilasi boshlig‘i Shansuni quvg‘in qiladi. Uyg‘urlar hozir xitoyliklar va Ko‘k Turklari zulmidan bezor. Shansuning o‘g‘li Hoshu g‘alayon ko‘tarib, Xitoy-Otuken karvon yo‘lini to‘sib qo‘yadi. Sharqda Qitan Katugan boshlig‘i Xitoy elchisini o‘ldirib, uning boshqa generallarini turklarga yuboradi. Lekin turklar o‘ralashib o‘tirmaydi va xitoylik yuborgan josus Katugan va uning oilasini kallasidan judo etadi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:31:06
Qitanlar garchi sotqinni chopib tashlagan va yana bir bor ko‘k turklariga murojaat qilgan bo‘lsa-da, Bilga-Hoqon ayni paytda Saltanatdan ayrilib qolishga aloqador o‘zining mangu ishlari bilan band edi...
Tongyuquq allaqachon Hukmdorga ta'sir qilishga uringan, xavfni kengaytirishga ko‘maklashgan va buni Hukmdorga ko‘rsatgani holda Bilga-Hoqonni o‘g‘lidan ayirgan, shunga qaramay, Tongyuquqning qizi hanuz ishning borishiga ta'sir ko‘rsatib turardi. Hoqon bekordan-bekorga Makon ustidan g‘alaba qilgani kabi Vaqtni ham yengaman deb urinib yuribdi. Dono tulki ovchisi kelajakka borishi kerakmi va yana o‘zi kelajak haqida qayg‘ursinmi? Nahot Tangri samoviy javobgarlikni uning cho‘kib borayotgan sersuyak yelkasiga yuklayotgan bo‘lsa?
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:31:15
96

Ba'zi o‘rinlarda Ko‘k Turklari tarixi xususida juda ko‘p kishilar tadqiqot olib borganini anglayman: Radlov va Malov, Klauson va Chavannes, Bang va Ota Malik Juvoniy, Bichurin va Gumilev, Grouset va Peliot, Liu Mau-tasai va Julen. Faqat nomlar, nomlar, nomlar. Ba'zi nuqtalarda men ularning hayoti bilan qiziqdim va avval Luk va Zev, Valaamov va Tenzig, At-Tohariy va ismsiz darvish kabi ularning hayotiga sho‘ng‘ib ketishim mumkinligini angladim.
Ikkinchi tomondan o‘zim ham ularning biriga aylandim va hayotim o‘rganishga arzigulik misol bo‘lib qoldi. Ish shuni taqozo etdi. Bu qachon sodir bo‘lganini sezmagan esam-da, lekin hozir uni aniq bilaman. Shuning uchun yuqorida keltirganim tasodifiy ajnabiylar (ishonchim komilki, ularni eslay olmaysiz) orasidan o‘zim tomonga yangi yo‘l qurib oldim. Kimman o‘zi? O'sha yo‘lovchilar, ajnabiylar va qahramonlarning shunchaki soyasimi, yoki sifatli bir narsami va yo ozod ustixonlik allakimmi? Yoxud haqiqat zamonaviylik tomonda turgan mana shu ko‘pchilik o‘rtasidami? Yoxud hatto hech bir yerda: men u haqiqatni ularning orasidan topishga urinarkanman, shu ishni qilayotganimni unutaman, biroq buni bilsam, ular orasidan axtarayotganimga e'tibor bermayman...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:31:24
97

Albatta, Tulki Ovchisi tulkilar o‘zini aldashda deyarli muvaffaqiyatga erishganini yaxshi bilardi. Saltanat qulab borar, lekin buni hali hech kim bilmasdi. Qanaqa davlat bu? Bu - iroda, uzundan-uzoq iroda. Butun dasht kabi cho‘zilgan iroda. Zakovat va kuch-qudratni keltirgan iroda. Keksa Tongyuquq dono edi, biroq kuchli emasdi u qadar. Kul-Tegin o‘lgandi. Bo‘rilar kuchsiz bo‘lsa, tulkilar, shoqollar va qarg‘alar hukmronlikka o‘tadi. Sariq tulkilar ham ularni chuv tushirdi.
Lekin dashtda ov qilishning juda qadimgi yo‘li bor: chavandozlar tulkilarni ufq chegarasigacha to‘xtamay quvib borishadi va birdan ular o‘ng tarafdan kelib, yana ularni ufqning boshqa chegarasigacha quvishadi. So‘ngra chavandozlar yana boshdan o‘ng tarafdan kelishadi va tulkilarni qayta-qayta ufqning uchinchi chegarasiga qadar quvishadi. Bu bir fitnadir. Lekin oxiri chavandozlar katta egri chiziq tortib tulki bilan yuzma-yuz kelishadi. Tulki esa chap berish o‘rniga, yerga qulab o‘ladi. Ular dasht g‘oyasiga toqat qilolmaydi. Bu Buyuk Qaytaruv deb ataladi. Dono va Keksa Tongyuquq ana shu Buyuk Qaytaruvga tayyor turardi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:31:36
98

Bu yilgi qish mening uzun o‘ylarimdan ham cho‘zilib ketdi. Bu tog‘li o‘lkaga bahor kelishiga ham shubhalanib qoldim. Hozir o‘sha kar-soqov ayol bilan yashayapman. Ba'zan uni bo‘m-bo‘sh pulemyotim bilan qo‘rqitib qo‘yaman. Men bilan hech kimning ishi yo‘q. Tavba, dunyoning yarmini kezib chiqqan, yer yuzidagi eng go‘zal joylarni ko‘rgan menday bir kishi kimsasiz va la'nati qishlog‘idan nari chiqmagan qari jodugar yoxud bokira ayol oldida o‘layotgan bo‘lsam, shu tobda o‘lim oldida qay birimiz boyroq va bechora hol ekanmiz? Bir so‘fiy shoir yozganidek:
Ruhoniy ilmi-la faxr etar, kambag‘allar ko‘tarar isyon,
Jazo kuni kimning toshi og‘ir kelar, kim ham bilardi?
Qishloqqa jangarilar hujum qilganda, bu ayolning uyi vayronaga aylangandi. Har kuni u tosh terib kelib, bitta-bittalab devorini tiklaydi. Uzun hayotning ikir-chikirlari...
Balki men uchun ham dunyoning yarmiga sochib yuborilgan toshlarimni terish fursati yetgandir?
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:31:51
99

Bilga-Hoqon g‘azab otiga mingandi. La'nati aqldan ozgan qari chol nima qilib o‘tiribdi? To‘g‘ri, u Saltanatni oyoqqa turg‘izishda katta foyda bergan, biroq endi uning aqli boshidan uchib, mamlakatni xarob qilmoqda. U hokimiyatga qizi Malika Pobekani jalb qildi, xuddi Hukmdorga o‘g‘li Shahzoda Yo‘llukdan mahrum bo‘lgani yetmaganday. Ular barcha muqaddas kitoblarning nusxasini olib, nafaqat ularni o‘qishga, balki turfa kitoblarni ularni tarjima qilgan kishilar bilan birga turli turkiy qabilalarga yuborishga qaror qilishdi. Agar bu ish boshida tilmochlar tilmochi turmaganda, Hukmdor hech narsani bilmagan bo‘lardi.
Bilga-Hoqon birodari Kul-Tegindan ayrildi, o‘g‘li Shahzoda Yo‘llukni yo‘qotdi, o‘z xotini Pobeka sotqinlik qildi, folbini Udegeni qatl etdi, lekin bu uning so‘nggi zabt etgan narsasi - Dunyo Aqlu zakovatini bir chetga yig‘ishtirib qo‘ydi degani emasdi. Bu aqldan ozgan, tishi tushgan chol uni butun dashtga yoyishni istadi. Xuddi shamol uchirayotgan tuproq kabi...
Uni o‘ldiring!
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:32:01
100

Niyatlarimning birortasini ro‘yobga chiqarolmadim. Hammasi yarim yo‘lda chala qolib ketdi. Luk, Zev, Fiona, Noam, rohib Valaamov, Tenzig, At-Tohariy. Kecha Li qaytib kelganda, uni o‘ldirganim yo‘q, hatto qaerga borganini, nima qilganini-da so‘rab-surishtirmadim. Uni na shubhali josuslikda va na sotqinlikda aybladim. So‘roqqa tutadigan sudyamidim? Axir gunohi kabiralarni qilib yurgan, Xudoga ishonmaydigan (garchi behudaga Uning Ismini eslab yursam ham), shaytonga qo‘l bergan, ota-onasini unutgan, zinokor va qasamxo‘r, deyarli qari xotinni o‘ldirgan, qadimiy qo‘lyozmani o‘g‘irlagan bir notavon bo‘lsam... Bu dunyodagi xom sut emgan bandalar ichida nima qilib yuribman o‘zi?..
Li o‘zini hech narsa bo‘lmaganday tutdi. Men ham. Kechqurun kampir o‘zining qoplon terisi to‘shalgan tosh yotog‘iga ketganda, Li shamchiroqni yoqib, qo‘ynidan turli xil varaqlarni chiqarib menga uzatdi. Bu xitoycha va uyg‘urcha muqaddas yozuvlar edi. Men ularning nima haqida ekanini juda yaxshi bilardim.
Li avval xitoychasini o‘qidi va tarjima qila boshladi:
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:32:08
«Tan sulolasining asoschisi xitoysifat turk Li Yuan bo‘lgan. Shu bois sulola ikki ma'noli bo‘lib qolgan. Taotzun hukmronligi vaqtida ko‘pgina turklar uning atrofiga to‘planishgan: Kibi Heli, Ashina Sheni, Tongyuquq... Bu vaqt oralig‘ida Taotzunning o‘g‘li Gaotzun o‘z otasi haramidagi Yu degan go‘zal ayolni sevib qoladi. Lekin ko‘p o‘tmay Hukmdor vafot etib, uning barcha xotinlari ibodatxonaga jo‘natiladi. Kunlarning birida yangi hukmdor Gaotzun ibodatxonaga borib, sevgilisi Yu bilan ko‘rishadi. Chunki uning xotini farzandsiz bo‘lib, hukmdor haramiga rohiba olishga rozilik bergandi. Gaotzun Yuni o‘zidan ham ortiq ko‘rar va tez orada o‘z o‘rnini unga bo‘shatib beradi. Hukmdor ayol esa imkoniyatdan foydalanib, eng avval o‘z raqibini sharobga g‘arq qiladi, so‘ng barcha ajnabiylarni quvg‘in yoki surgun qiladi. U judayam haddidan oshib ketadi. Tez fursatda u sulolani deyarli barbod etib, erining vafotidan keyinoq hokimiyat tepasiga keladigan o‘g‘lini qatl etadi. Shu tariqa Yu Tan sulolasining nomini butunlay hayot sahnasidan olib tashlaydi. Buddist rohiblarning yozishicha, bu Buddaning qizi bo‘lgan ekan.
O'shanda turklar endi-endi yuzaga kelayotgan paytlar edi...»
Shundan so‘ng Li keyingi qog‘ozni o‘qishga o‘tdi:
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:32:17
«O'rta Saltanatning poytaxti Chan'an saroy fitnalarining markaziga aylandi. Hukmdor Tjun-Sunning xotini Vey Shey ajdodi bo‘lmish Yuning kirdikorlarini qaytarishga urindi. Mavqeidan foydalanib, bu ayol o‘z erining tarafdorlarini qatl ettiradi va oxiri erini ham zaharlaydi. Malika An-lo bilan birgalikda Hukmdorning o‘limini yashirgan holda, uning hokimiyatdan o‘z xohishi bilan bo‘shagani xususidagi soxta farmonga imzo chekishadi. Shunday qilib, uning o‘g‘li yangi Hukmdor deya e'lon qilinadi.
Lekin hukumatni olishga urinish ish bermaydi. Hukmdorning jiyani Li o‘z qo‘shini bilan saroyga hujum qilib, isyonkorlarning boshini tanidan judo qiladi. Tez orada u sulolaning yangi Hukmdori va Suantzyun nomi ostida Ko‘k O'g‘liga aylanadi. Turklarning Hukmdori Bilga-Hoqon Ko‘k O'g‘liga o‘z otasiday hurmat ko‘rsatishga so‘z beradi.
Keyinroq Ko‘k O'g‘li Bilga, Kul-Tegin va Tongyuquqni Tayshan tog‘i ostidagi qurbonlik marosimiga taklif etadi, biroq o‘z elchilari Meyluchjoni yuborgani holda ularning birortasi ham marosimga kelmaydi...»
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:32:22
Keyingi qog‘oz uyg‘ur tilida bo‘lib, Li uni menga uzatdi, Men o‘qiy boshladim:
«So‘g‘ddan kelgan Manixey Shahzoda e'tiqodi kuchliroq bo‘lgan o‘z tilmochi Berke bilan munozara qilib turardi. Berke Shahzodaga tegishli barcha narsani, xususan «Nom»ning tarjimasini ham olib, bir joyga to‘pladi va ustidan o‘t qo‘ydi. Olov tillari yuqoriga o‘rlaganda, Berke uning atrofida pichirlab, har xil so‘zlar aytib, qo‘ng‘iroq va do‘mbira chalib, o‘yinga tusha boshladi. Birdan u aqlu hushini yo‘qotib, g‘alati ovozlar chiqara boshladi va nogoh yerga yumalab tushdi-yu, o‘lib qoldi. Kitob o‘t ichida qoldi, sahifalari gurillab yona boshladi. Shahzoda hech qachon bu kabi ajoyib manzarani ko‘rmagan edi. Yerda Berkening o‘ligi yotardi...»
Li boshqa bir xitoycha yozilgan qog‘ozni tortib chiqardi va betartib o‘qiy ketdi:
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:32:30
«Ko‘k O'g‘li Suntzyun o‘zining ikkiyuzlamachi xizmatchilari Chjan Kuy va Lyu Syan tufayli Bilga-Hoqonning Otukendagi saroyida nimalar sodir bo‘layotganini juda yaxshi bilardi. Uning ularni asirga olayotganlaridan jahli chiqardi. Bu ularning avvalgi va'dalariga qarshi bo‘lib, o‘ziga nisbatan o‘ta hurmatsizlik ham edi. Vaziyatning birgina afzal tomoni ularning haliyam u yerda turib, o‘z ishlarini davom ettirishayotgani bo‘lib, bu Suantzyun asosiy dushmani haqida ko‘proq narsa bilishi mumkinligini anglatardi. Shunga qaramay, xizmatkorlar urush ochish fursati yetgani haqida xabar jo‘natishgandi.
Ko‘k O'g‘li isyonchilarga qarshi qanday kurashish kerakligini bilardi. U turklarning elchisi Meyluchjoni Otuken o‘rmoniga yuboradi. Meyluchjo o‘z ishidan va uni amalga oshirgach, evaziga nima olishidan yaxshi xabardor edi...»
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:32:40
101

«Tongyuquq ularning elchisi Meyluchjo ortiga qaytib kelgani va eng avval Hukmdor bilan ko‘rishganini eshitgan zahoti hammasini tushundi. Avval uning o‘zi Xitoy hukumati tomonidan xuddi shunaqa ish uchun yuborilgan, lekin o‘z odamlarini sotgan emasdi. Aksincha, u hamma narsani dashtning asosiy dushmanlariga qarshi ko‘targan va hozir ko‘k turklar saltanati dengiz osha kengayib bormoqda. Uning hayotdagi vazifasi tulkilarni izlab topish, ta'qib etish va ovlashdan iborat edi, ayni paytda u tulkilarning yana qayta bo‘rilar mulkida ekanini his etdi.
Har daqiqa u Meyluchjoning huzuriga kelishini intiqib kutar, chunki saltanat bir qo‘lsiz ham saltanat, hatto ikkinchi qo‘li yo‘q bo‘lsa ham saltanat, lekin boshsiz saltanat saltanat emasdir. Meyluchjo Chan'andaligida bunga o‘qitilgandi. Biroq, Dono Tongyuquq Hukmdorning ahvolini bilish uchun odam yuborib, Pankul boshliq saralangan qo‘shinni qo‘qqisdan boshlanadigan hujumga tayyor turishini buyurdi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:32:52
Dono Tongyuquq Buyuk Qaytaruvni boshlab nechog‘li to‘g‘ri ish qilganini yana bir karra his etdi.
Xonasida o‘tirarkan, eshik og‘asi ichkari kirib, Ko‘k O'g‘li janobi oliylarining elchisi kutib turganini aytdi. Shan'anda ildiz yozgan barcha gaplar Tongyuquqning g‘azabini qo‘zg‘atgandi, biroq u Meyluchjoga kirishga izn berdi. Lekin u ichkariga kirmasidan burun, elchilar va Bilga-Hoqonning jallodlari o‘tovga bostirib kirishdi va Tongyuquq haq bo‘lib chiqdi. Dasht Hukmdori zaharlangandi. U hayot uchun kurashar ekan, zudlik bilan Meyluchjoni tutishni va butun urug‘i bilan qirib tashlashni buyurdi. Keksa Tongyuquq ko‘zlari yonib turgan la'nati shoqolga tikilib qaradi, lekin sotqin bu sokin sharmandalikka chiday bilmadi...
Saltanat xavf ostida qoldi...»
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:33:06
102
 
Odatda o‘zing biladigan narsalardan boshqalar ham xabardor deb o‘ylaysan kishi, shuning uchun ham ularga har tomonlama e'tibor qaratmaysan, masalan, o‘z qaydlaringga. Ba'zi o‘rinlarda men ham shunday qilganimni angladim: so‘nggi ikki yil ichida hayotimda ro‘y bergan voqealarni hamma bilishi kerak deb o‘yladim va shundan buyon qaydlarimdagi mantiq yoki batafsillikka u qadar e'tibor qaratmaydigan bo‘ldim: ular ma'lum bir vaqtdagi kayfiyatimning in'ikosi edi xolos. Lekin hayotning mantiq bilan ishi yo‘q, u o‘z yo‘lida davom etaveradi. Shundan bo‘lsa kerak, saltanatlarning barbod bo‘lishi, tsivilizatsiyalararo to‘qnashuv kabi yirik masalalar qolib, arzimas shaxsiy voqealar, hatto voqeadan ham kichkina narsalar to‘g‘risida gap boshlanadi. Bu menga «Tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda ko‘r» degan maqolni eslatadi.
Fionadan ayrilganim ko‘nglimni qattiq og‘ritib yurgan kunlarning birida biror joyga sayohatga chiqishga qaror qildim. Sayyohlik agentligi Venaga borishni taklif qildi. Ha, ado bo‘lgan saltanatlardan birining poytaxtiga. Har kimning tasavvuri turlicha bo‘lgani kabi, men ham Venani musulmonchasiga tasavvur qilardim. Lekin hammaning xohish-istagi har xil. Siz bu kompleks sayohat nima ekanini bilasiz: avtobusdagilar unga o‘tirgandan boshlab, bir-biri bilan tanishishga tushib ketishadi, oqibatda bu tanishuv bir shisha o‘rta sifatli nemis vinosidan otib olgach, allaqanday xira do‘stlikka aylanadi va oqibatda mast-alastlarning «Doktor Gesler, Postgas, 14» pansionida bitta o‘ringa yotib uxlab qolish bilan yakunlanadi. Buni tan olish qiyin, lekin undan ham qiyini ularni ayblayotganing va o‘zing ham xuddi shunday ekanligingda.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:33:14
Yakka o‘zim Venaning dabdabali va uncha keng bo‘lmagan tosh ko‘chalaridan Hukmdor uylari, bog‘, favvoralar, Opera teatrini tomosha qilib borarkanman, Domen-Platsga kelib qoldim, u yerda yoshlar breyk tushayotgan va boshlarida aylanib o‘ynashayotgandi. Yaqin atrofdagi ibodatxonada qo‘ng‘iroqlar chalina boshlandi, lekin hech kim unga quloq tutmasdi. Vahimali musiqa uni bosib tushar va yoshlar «Ole, ole!» deya qichqirishardi. Bob Marli «Sen bilan qisilib qolishni istayman» qo‘shig‘ini kuylar, to‘planganlar orasida yaponlar va hindlar, turklar va avstriyaliklar, britaniyalik va kariblik, meksikalik va sloven, xitoy va rus, yahudiy va lo‘lilar bor edi.
Men ibodatxonaga kirdim. Pasxa bayramiga bag‘ishlangan marosim boshlanish arafasida edi. Aslida men bu marosimda qatnashishga emas, bu joylarni tomosha qilishga kelgandim, lekin eshik og‘asi mendan marosimga keldingizmi, deb so‘raganida, «ha» deb yuboribman. Men yolg‘on gapirgandim, lekin endi ichkariga kirib bo‘lgandim.
Cherkovda nimalar bo‘lganini sizga aytmoqchi emasman. Bu juda kitobiy va ma'naviy bir narsaga o‘xshab qoladi. Aksincha, yepiskop bu dunyoni tark etgan O'g‘il haqida kuyinib gapirib turganda, o‘rtachilik qilib yurgan hayotimdan so‘ylaydigan arzimas, yaroqsiz bir hikoya esimga tushib ketdi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:33:21
Bir kuni, bu hikoya boshlanmasidan burun, tilmochlik byuromizning rahbari mendan muhim bir ishni tugatishni so‘radi. Ish yuzasidan juda ko‘p kishilar bilan aloqa qilishimga to‘g‘ri kelar, ular orasida teatr oliygohining rektori ham bor bo‘lib, u bilan munosabatimiz yaxshi edi. Boshlig‘imning poytaxtimiz atrofidagi tog‘larda yurgan jiyani bor edi, bir kun u ana shu jiyanining ajoyib aktyor ekanini aytib qoldi. U qo‘shiq kuylash, raqsga tushish va kichik sahna asarlari ijro etishda ustasi farangligidan, teatr oliygohiga o‘qishga kirishni orzu qilarkan. Mendan rektor bilan gaplasha olamanmi-yo‘qmi deb so‘radi u, chunki imtihon topshirish muddati o‘tib ketgandi. Men harakat qilib ko‘rishimni aytdim. Shunday ham qildim. Tanishimga o‘sha yigit haqida iliq gaplar aytdim, uning iste'dodli yigit ekani, hind filmlari uchun tappa-tayyor yulduz bo‘lishini so‘zladim. Rektor imtihon vaqti o‘tganini eslatib, lekin mening ham so‘zimni yerda qoldirmaslik maqsadida yordam berishga so‘z berdi. Biz shunga kelishdik: men yosh iqtidorli yulduzni olib keladigan va rektor boshqaruvning navbatdan tashqari kengashini tashkil etadigan bo‘ldik
Shunday qilib boshlig‘imni xursand qildim va jiyanini dushanba kuni olib kelishini so‘radim. Aytilgan kun keldi. Men o‘zi baland bo‘yli kishi emasman, lekin «o‘sib kelayotgan yulduz»ni birinchi bor ko‘rganimda o‘z bo‘yimdan uyalib ketdim. Bundan tashqari, u qandaydir rangsiz, tussiz bir bola ediki, «albinos» ekaniga shubhalana boshladim. Bu uning faqat tashqi qiyofasi edi. Undan jasorat qilib ismini so‘raganimda, kuchli bir aktsent bilan yarim tovushni yutib yuborgan holda bir nima degandi, meni hiqqa tutib qoldi. «Suyagi bizniki, eti sizniki» dedi boshlig‘im va bizni holi qoldirdi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:33:31
Va'daga vafo deya bu yaralmishni oliygohga olib keldim. Garchi rektorning gavdasi menikiday bo‘lsa ham, lekin yuragi ikki marta katta edi. Chunki u men bilan mening bema'ni iltimosim va g‘alati maqsadli mana bu g‘ayritabiiy yaralmish o‘rtasida qolgandi. Bizni ko‘rib, kamzulining cho‘ntagiga qo‘lini tiqqanicha, jahl otiga minmay, bolani kengashga olib chiqish oldidan xonaning u yog‘idan bu yog‘iga Gulliverga o‘xshab katta-katta qadam tashlab yura boshladi. U «aktyor sahnada ko‘rinib turishi kerak», dedi xolos. «Hatto eng orqa qatordagi tomoshabin ham uni ko‘rishi shart. Hozir sizga ko‘rsataman» deya narigi xonadan kimnidir boshlab chiqdi. Bir aktyor momoqaldiroq ovoziday gumburlab xonaga kirib keldi. «Bilasanmi, - dedi rektor, - kelgusi yil qo‘g‘irchoq teatri uchun kurslar ochamiz, o‘shanda kelsang, hech qanday imtihonsiz o‘qishga olamiz, bo‘ptimi?»
Jiyan kelasi yil o‘qishga bordimi-yo‘qmi, xabarim yo‘g‘u, lekin sezdimki, va'da berilgan joy o‘rtachilik qilib yurgan mendek qo‘g‘irchoqbozga qarata aytilgandi. Shu oddiygina hikoyada ham avvalgilaridagiday bir necha xulosalar va qarorlar borligini ko‘raman. Ular biz o‘ylaganchalik sodda emas-ov. Aslida har bir hikoya ma'lum bir ruhidan tashqari o‘zining suyak va etlariga ega bo‘ladi. Lekin men ularni sharhlab o‘tirish niyatim yo‘q. Men faqat Venada Pasxa bayrami munosabati bilan uyushtirilgan marosimda esladim bularni. Bor-yo‘g‘i shu.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:33:50
103

Yana bir qo‘ldan berilgan saltanat bu sho‘‘rolar saltanatidir. Isroil va Erondan qaytganimdan so‘ng, ko‘p o‘tmay, Yevropa tashkilotlaridan biri Gruziyaga borishni mo‘ljallayotgan nozik delegatsiya uchun tarjimonlikka yolladi. Aniqrog‘i, men ana shu delegatsiyaning safar ahamiyatini yoritib beradigan jurnalistlari uchun tilmochlikka yollandim. Biz Yevropadagi bir poytaxt shahardan shaxsiy samolyotda uchib ketdik. Bu rahbarlar har kuni bahramand bo‘ladigan ba'zi narsalar: eng yaxshi vinolar va ikra, shirin tabassumlar va bepul xizmatdan biz ham bebahra qolganimiz yo‘q. Ular safar kundaligini o‘zgartirishganida esa, zavqimiz yanada oshib ketdi: gruzinlar mehmonnavozlikda juda mashhur bo‘lib, imkoniyatdan foydalanib, nimaga qodir ekanliklarini namoyon etishdi: rasmiy nonushtalar, shohona tushliklar, tashriflar, tashriflar... Lekin menga o‘xshagan chetdagilar bu kun tartibi faqat rais va uning kuzatuvchilari sharafiga tuzilganini unutibmiz. Biz buni tayyoragohda bildik: delegatsiya bir tomonga, biz ikkinchi tomonga ketib, qorong‘i hayotimiz boshlandi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:34:06
«Rasmiy safarlarda yuradigan jurnalist» nima ekanini bilasizmi? Bu - halaqit beradigan, lekin aqalli pashshani qo‘rib turadigan bir dum degani. Tarjimon esa ana shu dumning dumi degani. Matbuot kotibi sizni navbatdagi voqeaning zo‘r bo‘lishiga qiziqtirib, mehmonxonadan olib chiqadi, siz deylik, Tashqi Ishlar Vazirligiga kelasiz, u yerda chavandozlar qurshovida zirhli avtomobilda keladigan raisingizni bir soat kutasiz, shundan keyin gullar, yaltir-yulturlar, tabassumlar, tekin xizmatlar, lekin sizga hech narsa yo‘q. Shundan so‘ng xizmatchilar to‘piga sho‘ng‘ib ketasiz va o‘zingizning nechog‘li keraksiz va qatordan tushib qolganingizni his etasiz. Kechroq ular dabdabali bezatilgan stollar ortida g‘oyib bo‘lishadi, eshiklar taqa-taq berkitiladi va matbuot kotibi yana sizni bir oz kutishingizni iltimos qilib, ajoyib matbuot anjumani bo‘ladi, deya qiziqtiradi. Siz na marmar zinalarda va na forsiy gilamlarda o‘tirishga haddingiz sig‘may, aytilgancha kutasiz. Anchadan keyin xushchaqchaq holda ularning qip-qizil yuzlari ko‘rinadi: yaltir-yulturlar, tabassumlar, qarsak-tarsaklar va rais qorovullar qurshovida yana bir boshqa joyga ketadi. Bechora matbuot kotibi esa u yerda savollar berish imkoni tug‘iladi, deya ishontirishga tushadi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:34:13
Ochqagan, chanqoq va nafratlangan holda mamlakat Prezidentini kutib olish uchun jo‘naysiz. U yerga har galgiday xavfsizlik yuzasidan bir soat ilgari kelib turasiz. Jiddiy va qat'iy tan soqchilari (tavba, kimning tanini saqlar ekan ular? Boshqa tomondan qaraganda ular o‘z tanasini shu qadlar yaxshi qo‘riqlaydiki, siz o‘zingizning tanangizni ham qo‘riqlashlari yoki tintishlariga ishonasiz) kuylagingizning har bir tugmasini tekshirib chiqishadi, lekin aslida, siz ashqol-dashqol to‘la pidjagingizni detektorning narigi tomoniga tashlab qo‘yasiz va uni eson-omon qo‘lga olasiz. Keyin Prezident raisni qabul qiladigan o‘n birinchi qavatga ko‘tarilasiz. Yuqorida yana bir qo‘riqchilar guruhi sizni kutib turadi va tekshiruv o‘tkazadi, endi tugatay deganlarida, bir ziyrakrog‘i protokol bo‘limi ismingizni yozishda xato qilganini sezib qoladi. Ular tintuv boshlashadi va bir to‘xtamga kelgunlaricha, Prezident va rais yopiq eshiklar ortida yuzma-yuz suhbatni boshlab yuborgan bo‘ladi.
Endi Protokol boshlig‘i yarim-soat bir soat ichida ularning ikkisi ham birinchi qavatda matbuot anjumani o‘tkazadi, deya ruhlantiradi. Siz pastga tushasiz va mahalliy jurnalistlar orasida yana allaqancha vaqt kutasiz, jurnalistlar sizni Prezident hech qachon pastga tushmasligiga ishontirishadi. Ular birinchi qavatni nazarda tutishyaptimi va yo umuman, yernimi - bu tilshunoslikning siri bo‘la qolsin.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:34:20
Mana endi bilgandirsiz rasmiy safarlarni yoritib boradigan jurnalist bo‘lish qanaqaligini? Bir so‘z bilan aytganda, u asirdir. U holda asirning tarjimoni bo‘lgan siz kim bo‘ldingiz?
Nochor xayollarga berilib turarkansiz, lift ichida osmondan tushgan farishtaday bo‘lib raisning qorasi ko‘rinadi. U shu qadar baxtiyorki, bu holida g‘amginlar bilan suhbatlashib o‘tiradi deysizmi? Shunga qaramay, biz har kuni o‘nlab, balki yuzlab uchrashuvlar bo‘layotganini ko‘ramiz, o‘qiymiz va eshitamiz.
O'sha yerda va faqat o‘shandan keyin jurnalist va diplomat orasidagi farqni tushunib yetdim. Jurnalist yo‘qdan bor qilganda, diplomat hatto borni ham yo‘qqa chiqarar ekan.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:34:31
104

Meni ma'zur tutgaysiz, lekin siz o‘ylagandan aqlliroqman deyishga haqliman. Nega sizga bularni - turli mamlakat va joylardan bir qarashda tasodifiy bo‘lgan lirik chekinishlarni keltiryapman? Konus qonunini bilasizmi? Avval hammasi noaniq boshlanadi, so‘ngra qizillik, yana va yana, bosim ko‘tariladi va oxiri bir nuqtaga zarba beradi. Shundan keyin zarbaning kuchini tasavvur qila olasiz.
Agar shu o‘rinda sizga makon ustidan g‘alaba qilgan, lekin vaqtni yengolmagan Dunyoning To‘rt Burchi Hukmdori Bilga-Hoqonga o‘xshash tomonimni aytib bersam, balki bu tartibsiz hikoyalarimga bir oz his bergan bo‘larmidi? Ha, nimanidir saqlab qolishga intilib, men u yerdan bu yerga ko‘chib yurdim: turli odamlar o‘rtasida ro‘y bergan bu hikoyalar Sahro Hukmdori boshidan kechirgan qo‘shimcha aqlu zakovat topishga urinishning ayni o‘zidir. Shuni tushunib yetganimda, bu dunyodan uzoqlashishning yo‘lini topdim. Buni sizga tushuntirib beraman: misol uchun, siz Londonga uchmoqchisiz va hamma bundan xabardor, deylik. Siz qarindoshlaringiz, hamkasblaringiz va do‘stlaringizga nima qilmoqchiligingiz, qaerga ketayotganingiz, kim bilan uchrashmoqchiligingiz va qachon qaytib kelishingizni aytasiz. Atrofingizga boqing, siz har doim pillaga o‘xshab munosabatlaringizning kumush iplari bilan o‘rab olingansiz. Lekin yaxshisi, ularni chaqiring-da, ish yuzasidan bir kechaga, Xudo biladi, aloqa qilish mumkin bo‘lmagan qaysidir bir qirg‘inga ketayotganingizni ayting, biroq, baribir ertaga tunda orqaga uchib kelaman-ku, deng.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:34:38
Haqiqatda esa poezdga o‘tirib, deylik, siz birovni va hech kim sizni bilmaydigan Edinburgga jo‘naysiz. Bu qochish qanchalik g‘amgin va shirin va siz hech kim uchun mavjud bo‘lmaysiz, o‘zingizdan bo‘lak hech kimniki bo‘lmay qolasiz... Faqat mangu toshlar va sovuq o‘tirg‘ichlar sizning shu yerdaligingiz, odamlar orasida yo‘qolib qolganingizga guvoh xolos. Bu yolg‘iz qolishnnig yagona xili: siz odamlar orasida qorday erib ketasiz yoki ertaklardagiday g‘orda yo sahroda o‘lib ketgan bo‘lasiz. Balki hozir pilladan uchib chiqqan kapalak birinchi bor ipak qanotlarini boshqa kapalaklar orasida qoqqan zamon o‘zini xuddi shunday sezayotgandir.
Buyuk shoir aytganiday: «El netib topgay menikim, men o‘zimni topmasam...»
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:34:50
105
 
So‘nggi voqealar bo‘roni meni bu yerga olib kelgan sabablar va qadamlarni davom ettirishga vaqt bermayapti. Qolaversa, bu bo‘ron nafaqat badiiy bayon, balki haqiqat hamdir. Li menga o‘sha hikoyani aytib bergandi. O'tgan hafta telba do‘stimiz bilan o‘nta jangari tog‘li qishloqdan qochishga va hukumatga taslim bo‘lishga qaror qilishdi, chunki ba'zi choparlar hukumat o‘zi bosh egib kelgan istagan kishini afv etishi haqidagi yangilikni olib kelgandi. Shuning uchun o‘n-o‘n ikki kishi qochishga kelishgan. Qo‘mondonlar buni yarim kechasi sezib qolib, orqalaridan darhol odam yuborgan. Bu guruh qochoqlarni torgina tog‘ yo‘lining pastida muzliklarni kesib o‘tayotgan holda topgan Lekin ularni tutib olish yo‘li yo‘q edi va guruh o‘t ochishga kirishadi. Isyonchilar ham qarab turmay, jang qilishgan va natijada bahorgi erishga shaylanayotgan qorlar ko‘chib, ikki guruhni ham jarga uloqtirib yuboradi. Tirik qolgan birgina kishi bu bizning telba og‘aynimiz edi. U ust-boshiga qarab bo‘lmaydigan bir holda o‘zi orqaga qaytib kelib, ovoz chiqarmay yum-yum yig‘ladi, go‘yo yoshlari telbaligini yuvib tushayotganday edi. U hammaning ko‘ziga g‘amgin va jimgina boqar, lekin hech kim bu qarash kechirim so‘rashmi, uyatmi va yo afsus-nadomat - nimaligini bilolmasdi. Shu o‘rinda butunlay boshqa bir manzara xayolimga keldi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:34:55
Bir yil avval xalqaro yordam guruhiga tarjimonlik qilish uchun Mo‘g‘ulistonga borgandim. Balki siz allaqachon bunday xalqaro guruhlarga shubha bilan qarashimni sezgandirsiz - mening qat'iy fikrimga ko‘ra, ularning ko‘pchiligi qalloblik bilan shug‘ullanadi, yo qaysidir yo‘l bilan pul topishga intiladi va yo boshqalarning qashshoqligi hamda og‘riqlari ustidan kulishni biladi, biroq men aytayotgan jamoa unday emasdi. Siz bu mamlakatga halokatli ta'sir ko‘rsatgan hayvonlar vabosini eslaysiz, albatta. Qutqaruvchilar guruhi mol do‘xtirlari, zoologlar, ekologlar va boshqa mutaxassislardan iborat bo‘lib, ular tabiiyki, odamlar bilan shug‘ullanishmaydi.
Hayotimda hech qachon bunchalik katta fojiaga guvoh bo‘lmagandim: Mo‘g‘ulistonning oppoq qorli kengliklari qoramollarning o‘lik tanasi bilan to‘lib ketgandi: ular orasida eng kuchlisi sanalgan otlar o‘rnidan turishga intilib, og‘riqdan to‘lg‘onar, yunglari muzli qorlarga yopishib qolgan yuvoshgina qo‘ylar esa, kuchsiz ovozda oppoq va kar osmonga qarab ma'rardi. Izg‘irin o‘lim sharpasini olib kelar yoxud O'lim qanotlari halokatli shamolni surib kelayotganday edi go‘yo. Va yo Chingizxon ruhi ana shu kengliklar sari kezib yurib, dunyoviy qarzlarini qaytarayotganday. Har holda o‘ta vahimali manzara...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:35:03
Parlament a'zosi bo‘lgan inglizcha gapiruvchi xonim bizni kutib olib, qishloq joylariga boshlab bordi. U Kembridjda tahsil olgan va shu bois ko‘p narsadan xabardor edi. Shu bilan birga Orxon viloyatiga vertoloyotda uchib borarkanmiz, bu xonimdan Bilga-Hoqon va Tongyuquqning mashhur tosh yozuvlari hanuz bormi, deya so‘ragan edim, u nafaķat boshini qimirlatib qo‘ydi, balki ularni menga ko‘rsatishga va'da ham berdi. Albatta, birinchi galda yaylovlarga bordik.
Sizga manzaraning naqadar nochorligini aytdim: normal hayotimizda bu dunyoda qancha hayvon yashashi haqida o‘ylab ko‘rmaymiz, biz faqat o‘zimizni hisobga olamiz xolos, lekin aslida barcha hayvonlar, qushlar va hasharotlar yashayotganimiz zaminga bizday haqlidir. Ular kamtargina bo‘lib tug‘ilish va o‘lishlarini bildirishmaydi, na tug‘ruqxonalari va na qabristonlari bor. Lekin agar mol sovuqdan va ochlikdan o‘lsa, bu insonning boshiga tushgan kulfatga guvoh bo‘lgandan ham battar. Horg‘in cho‘ponlar ochdan o‘layotgan qo‘ylarga muzlab yotgan smolani sindirar, qo‘ylar esa yo‘q hashakka talpinib, muzlagan tumshuqlarini dam-badam oxurga tiqishardi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:35:09
Bilmadim, bu qutqaruvchilar hayvonlarga ozuqa bo‘lmagan bir sharoitda qanday yordam ko‘rsata olarkin, lekin mana ular nima qilishdi: cho‘ponlar umidsizlikka tushib, o‘lib qolmasidan burun ko‘proq qo‘ylarni so‘yib yuborishga urinishardi. Mo‘g‘ullar o‘limtik iste'mol qilishmaydi, faqat so‘yilgan hayvonni yeyishadi, shu bois ular aqalli o‘zlari uchun go‘sht bo‘ladi, deya hayvonlarni so‘yishardi. Guruh bir chetda so‘yish xonasi tashkil etdi. Xudo biladi qaerdan, lekin ular bir qochoq echkini topib olishgandi va bu ayyor va to‘q jonivor qo‘ylarning birinchi guruhini ovqat va iliqlik va'da qilib, so‘yish joyiga boshlab keladi. Unda oddiy so‘yish mashinasi bo‘lib, echki maxsus teshikdan ichkariga kirgach, bechora och qo‘y ovqatga talpinib boshini suqadi va shu zahoti keskich uni boshidan judo qiladi, tanasi esa o‘lim talvasasida bir tomonga gursillab yiqiladi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:35:20
106

«O'lim talvasasi» Afg‘onistonda ro‘y bergan undan-da mudhish manzarani yodimga soladi. Nega u yerda bo‘lganimni aytishdan avval o‘shandan beri unuta olmaganim g‘aroyib marosimni tasvirlab bersam. Bu Mozori Sharif va Qoshg‘ar oralig‘ida joylashgan tog‘lar bag‘ridagi bir qishloqda ro‘y bergandi. Qishloq oralab ketib borarkanmiz, qurollangan qo‘riqchi bizni to‘xtatib, qatl marosimiga qo‘shilishimizni buyurdi. Men, mijozim (u haqda keyinroq gapirib beraman) va haydovchimiz olomonga qo‘shildik va aytilgan joyga keldik. U yerda boshiga qop kiygizilgan, qo‘li bog‘liq bir kishini ko‘rdik. Jarchilar baland ovozda baqirgan edi, boshqa bir kishi nariroqda turgan qozon tagiga olov yoqdi. Ular jamoatchilikka osh pishiryaptilarmi, deb taajublandim. Lekin nega? Qatl degani o‘yin-kulgi emas-ku, buning ustiga oshning masalliqlari ham yo‘q. Qozon ichi qaynab turgan yog‘ga to‘la edi: uning hidi atrofga taralib turardi. Baribir, ko‘p narsa o‘ylolmadim. Birdan jallod haligi kishini orqasiga bir turtib, gandiraklab yerga qulab tushgunicha kallasidan judo qildi. Boshni olomon orasida aylantirib chiqishdan avval, jallod tanani mahkam qisib, uning kesilgan tomog‘i tomonini qizib turgan yoqqa soldi. Qon hamma yoqqa favvoraday otilguncha yog‘ uni jizg‘anak qildi, shundan so‘ng jallod tanani yerga irg‘itib yubordi. Boshsiz tana bujmayib, odamlar va chang o‘rtasida to‘lg‘ona boshladi. «O'lim talvasasi», pichirladi haydovchimiz...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:35:30
107

Bilga-Hoqon o‘lim oldi talvasasida yotardi. «Agar prodshoh onangga tegajog‘lik qilsa, dardingni kimga aytasan?», - eng so‘nggi kuchini to‘plab baqirdi u. Na xotini Pobeka va na o‘g‘li Yo‘lluk bu so‘zlarning asl ma'nosini tushundi: Hukmdor bu bilan Ko‘k O'g‘lini nazarda tutdimi yo saltanatning ko‘zu qulog‘i bo‘lishi uchun yuborgani Meyluchjonimi? Balki Bilga-Hoqon uni hamma narsadan mahrum qilgan Hukmdorlar Hukmdori - Tangrining O'zi haqida shikoyat qildimi? Boshqa kimdan shikoya qilishi mumkin?
Nimagayam Kul-Teginning janozasiga kelganlarni atrofida to‘plashga qaror berdi? Demak, ularni o‘zining janozasida qatnashishi uchun tutib turgan ekan-da. Ulardan nima kutgan edi - aqlu-zakovat kitobinimi va yo insoniyliknimi? O'zlari qilgan ishga mos kelmaydigan so‘zlarinimi? Butun umr bilgani, so‘zi bilan emas, faqat qilich kuchi bilan o‘ziga bo‘ysundirgani nokomil inson zotidan nima kutgan edi? Nima sababdan o‘zini o‘zi sotdi, nechun sarob ortidan ergashdi?
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:35:36
Mana endi ekkan hosilini o‘ryapti: tarafdorlari uni yo‘ldan ozdirdi, dushmanlari yanada kuchliroq bo‘lib ketdi, mamlakat esa qum, balki mayda-mayda tuproq zarrachalariga aylandi. Hatto o‘z oilasi barbod bo‘ldi: Pobeka ko‘chmanchi aravasini bir tomonga tortadi, Kul-Teginnning xotini o‘zini boshqa tomonga tashlaydi, o‘g‘li Yo‘lluk osmonlarda uchib yuradi va Dono Tongyuquq ularning barchasini bir joyga yig‘olmay halak... Bilga-Hoqonning o‘zi nima istagandi? Biladimi o‘zi? Bu dunyoda askarlarining bevafoligiyu sargardon odamlarining zaharlab qo‘yishlarini bilarmi edi? Aqldan ozib bo‘lganingda dunyoning aqlu zakovati nimaga kerak endi? O'layotganingdagi kuch-qudratingdan ne foyda? Ne...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:35:48
108

Ikki safar ham orqamda turgan odamlardan yuzimni o‘girgancha, ko‘nglim behuzur bo‘lib qayt qildim. Mo‘g‘ulsitonda Oyun (yo‘lboshichimizning ismi shunday edi) menga yordamga keldi, yuzim va og‘zimni muzdek, ta'msiz qor bilan yuvib olganimdan keyin, u ichirgan achchiq hind choyini obihayot kabi his qildim. Mo‘g‘ul ayollari boshqa barcha ko‘chmanchi ayollar singari ruhan juda kuchli bo‘lishadi, ular erkaklar bilan bab-baravar, balki ulardan ham kuchli va aqlliroqdirlar. Balki bunga ularning tillarida «jenskiy rod»ning yo‘qligi sababdir. Oyun ham ana shunaqalar xilidan edi: kamgap va hayajonga tez berilmaydigan, lekin dilkash va ishonchli. Buning ustiga u judayam go‘zal ayol edi, lekin umrimda birinchi marta ayolga nisbatan shahvat tuymadim. Hayotimda ilk bor yaqinlikka o‘xshash bir hisni angladimki, u shahvoniy hirsdan ko‘ra shirinroq edi. Mahalliy cho‘ponlar va taklif etilgan mutaxassislarga hamma narsa tarjima qilib bo‘lingach, Oyun endi biror joyga bora olishimizni aytdi. U qolganlarga mening doktorga uchrashim kerakligini tushuntirdi va biz «Jip» ga o‘tirgancha sahroga qarab ketdik.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:35:55
U meni O'rxun yozuvlarini ko‘rishga olib keldi. Garchi bu vaqtga kelib ular to‘g‘risida deyarli hamma narsadan xabardor bo‘lsam-da, lekin bu oddiy va kattakon toshlarning qanday qilib sahrodan osmonga otilib chiqqanini hech tasavvurga sig‘dira olmasdim. Qor ularning tusini o‘zgartirolmadi, shamol necha asrlar avval o‘yib yozilgan harflarini uchirib ketolmadi, hatto odamlar o‘z ehtiyojlari uchun ularni sudrab ketishga botinishgani yo‘q.
Men bir toshga tekkan edim, barmoqlarimni tok urdi. Bu nima edi? Ob-havoning sovuqligimi yo yurak og‘rig‘imning issiqligi? Bilmadim, lekin Oyun yengchamdan tortib, barmog‘ini lablariga bosdi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:36:06
109

Tongyuquq Ichi Lyang degan bir odam ostida yashiringan o‘sha xitoylik egizaklar - Chjan Kuy va Lyu Syan haqida xabardor edi. Lekin u o‘z dushmanining kuchini o‘ziga og‘dirib olishni yaxshi bilardi: ikki bor joyda uch ham bo‘lishi kerak. U Tatabbu qabilasidan o‘sha ikki xitoylikka ikki tomchi suvday o‘xshaydigan odamni topdi. Buning ustiga bu jangchi xitoy tilining «mandarin» dialektida juda yaxshi gapirardi. Tongyuquqning o‘zi unga saboq berdi va u tayyor bo‘lgach, tulki ovlovchilar qizi Pobeka va nabirasi Yo‘llukni taklif qildi. Bu Bilga-Hoqonnning o‘limi arafasida sodir bo‘ldi. Har ikkilari Ichi Lyang kabi uchinchi odamga murojaat qilishdi.
Kyule Hukmdorni zaharlagan kun va Chjan Kuy Hukmdorning chodiri atrofida uning o‘quvchisi Shahzoda Yo‘llukni axtarayotgan ko‘yi tentirab yurganida, uchinchi odam chodirga yuboriladi hamda maxsus signaldan so‘ng Lyu Syan burchakdan chiqadi va «Chjan Kuy» deb chaqiradi. Lyu Syan uchinchi odamdan hammasi rejaga asosan ketyaptimi-yo‘qmi deya so‘raydi, ya'ni Sahro Hukmdori o‘ldimi yoki ular fursatni qo‘ldan bermay harakat qilishsinmi? Shundan so‘ng ular batafsil reja tuzib olishadi va buning natijasida xitoylik egiz Tongyuquq odamlari tomonidan qo‘lga tushiriladi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:36:12
Keyinroq, Chjan Kuy chodirga keladi va maxsus signaldan so‘ng uchinchi odam burchakda ko‘rinadi hamda Chjan Kuy unga «Lyu Syan» deya murojaat qiladi. U Sahro Hukmdori zaharlangani va Ko‘k O'g‘li tuzgan rejaga ko‘ra ularning o‘quvchisi Shahzoda Yo‘lluk taxtni qabul qilib olishga tayyorgarlik ko‘rayotgani, shu bois, zudlik bilan barcha rejalarni hal qilib olish lozimligini aytadi...
Uni ham qo‘lga olishadi. Egizaklar o‘rniga kelgusi rejalarga to‘liq birgina turk Ichi Lyang qoldirilgandi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:36:24
110
 
Oyun Ko‘k Turklari tarixini yaxshi bilardi, bu menga g‘alati tuyuldi, chunki mo‘g‘ullar odatda Chingizxon tarixidan o‘zlarini yiroq tutishadi. Lekin u menga mutlaqo notanish bo‘lgan bir necha manbalarni keltirdi va hatto mo‘g‘ullar va Ko‘k Turklari tarixi o‘rtasidagi mutanosiblikni ko‘rsatib berdi. U Chingizxon bo‘lishidan avval Temuchin va Jamuha o‘rtasidagi sirli birodarlik to‘g‘risida so‘zladi. Natijada men «Mo‘g‘ullarning sirli tarixi» kitobini o‘qidim va kunlarning birida Sahroning qoq o‘rtasida yuzma-yuz ko‘rishgan va qondosh aka-ukaga aylangan ikki raqobatchi haqida bilib oldim. Ular bir-birlariga sodiq qolishga va o‘lguncha yordam berishga so‘z berishadi. Biroq ularning qondoshligi ko‘plab sotqinlikdan iborat bo‘ladi: bir-birlariga qarshi kurash, ochiqdan-ochiq dushmanlik, buning natijasida Temuchinning Jamuhani qatl etishi... Shu voqeadan keyin Temuchin buyuk Chingizxonga aylanadi va mo‘g‘ul dashti va o‘rdani birlashtiradi. Lekin Oyun menga ularning munosabati - birlashgan va kuchli dasht haqqi jentlmenlarcha tuzilgan shartnomaning yashirin tarixini aytib berdi. Jamuha chindan ham o‘la-o‘lguncha Temuchinga sodiq qoladi va buni Temuchin jallodining tig‘i ostidagi o‘limi bilan isbot etadi. Lekin avval o‘zini o‘z qondosh birodarining dushmani kabi tutadi. U haqiqiy dushmanlar bilan ittifoq tuzadi va Temuchin ularning barini yakson qiladi. Aslida Jamuha Chingizxonning kelajagi haqqi josuslikka qo‘l urgan va Chingizxon har doim Jamuhasiz dashtning buyuk Hukmdoriga aylana olmasligini yaxshi bilardi.
Oyun bu aniq va sirli birodarlik hikoyasini aytib berar ekan, shunga o‘xshagan munosabat mening ham boshimdan o‘tganini his etdim...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:36:49
111

Li bu hikoyani eshitib shunday dedi: «Biz ham shunday vaziyatda emasmizmi?» Men bir oz taraddudlanib qoldim va uyalib ketdim, chunki buni aslo xayolimga keltirmagandim. «Nima demoqchisan?»- so‘radim undan. «Shunchaki bir gap» - javob berdi u va gapni boshqa tomonga burdi. «Bilasanmi, ular seni haliyam josus deb o‘ylashyapti», - deya eshik tomonga ishora qildi u jangarilarni nazarda tutib. «Nima?! Nima deding?» - so‘radim men jahlim chiqib. Lekin tezda o‘zimni bosib oldim, esimga qo‘rqqan oldin musht ko‘tarar, degan gap tushib ketdi. Men Lining o‘zini nazarda tutyapman, chunki u birinchi bo‘lib hujumga o‘tdi: «Sen juda ko‘p mamlakatlarda bo‘lgansan, qanchadan-qancha odamlar bilan ko‘rishgansan, o‘nlab aloqalaring mavjud, shuning o‘zi g‘alati emasmi?»- so‘radi u. «Sen buni qaydan bilasan?» «Bas qil, bu dunyoda yashirin biron narsaning o‘zi yo‘q. Bir kishiga ma'lum narsa hammaga ayon bo‘ladi! Shuni bilmasmiding?» Men hech nima demadim.
Nima ham derdim? Uni josus deya shubhalandimmi? Shu bilan men, u va yo jangarilar uchun biror narsa o‘zgarib qoladimi? Bilmadim nimaga, lekin keyin unga shunday dedim: «Bilaman, hozir odamlar o‘z qarashlari va hayotlarini o‘zgartirmoqdalar», - va birdan unga quyidagi hikoyani ayta boshladim:
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:37:05
«Mo‘g‘ulistonda bo‘lganimda, Oyun shunday degandi: «Bilasizmi, Ulan-Batorga maxsus ish bilan kelgan bir tilmoch ayol sizni bilar ekan...» Miyamga birinchi kelgan so‘z «Fiona!» bo‘ldi. Ha, Fiona! «U uzun bo‘ylimi?»-so‘radim. Bu bema'ni savol edi, xuddiki men uni Oyunnning o‘zi bilan solishtirayotganga o‘xshadim, lekin Oyun tezda javob berdi: «Yo‘q, o‘rta bo‘yli». «Uning ismi Irmami?» - so‘radi Oyun past ovozda. «Ha, Irmami...» - yuzimda hafsalam pir bo‘lgani yaqqol sezildi, chunki Oyun yana qayta meni ruhlantirishga intildi: «U judayam chiroyli ekan!»
Men odatda ayollarga xos masalalarni boshqa ayollar bilan muhokama qilishni yoqtiraman: ularni bilib olishning eng maqbul yo‘li shu. Birinchidan, bunda vaysaqilik kerakmas, chunki bu boshqa bir ayol haqida, ikkinchidan, o‘zingiz suhbatlashayotgan ayolda yaxshi taassurot qoldirishga intilasiz, uchinchidan, suhbat asnosiga qarab, o‘zingizni o‘zgartira olasiz, to‘rtinchidan, u ayol u yoki bu sharoitda o‘zini qanday tutishi haqida gapirib, barcha sirlarini oshkor qilib qo‘yadi, beshinchidan, oltinchidan va hokazo. Lekin men Oyun bilan hech kimni muhokama qilmoqni istamadim. Balki bunga uning sirliligi sabab bo‘lgandir.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:37:16
Ikki kun ichida qo‘ylarni ommaviy raviс‰da so‘yib turishguncha, biz Ulan-Batorga ketdik. Men qochoq echkiga o‘xshab, «qo‘zichog‘im» bilan ajoyib tunlarni o‘tkazishni orziqib borardim. Shovqinli vertolyotimizda unga qanday qilib tegishim, oppoq, sovuq yelkalari, boshqa joylarini silashni xayolimga keltirdim, nafasim illyuminatorni xiralashtirar va hech qaerga qaramasdan o‘tirardim...
Oyun holatimni sezdimi-yo‘qmi, bilmayman, lekin ba'zan javobgarlik hissini yo‘qotib qo‘yaman. U meni markazdagi mehmonxonaning qarshisida qoldirib, «Yordam kerak bo‘lsa, qo‘ng‘iroq qilarsiz», deya telefon raqamlarini berdi. Lekin u payt bir narsadan bo‘lak hech narsani o‘ylamasdim. Unga nimadir deb pichirladim, balki bu uning kamtarin yordami uchun minnatdorchilik edimi, esimda yo‘q. So‘ng mehmonxonaga kirib ketdim.
Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, kotiba qiz xonimni ko‘chaga chiqib ketdi va uch kundan keyin bo‘ladi, deb aytmadi, balki darhol Irma bilan bog‘lab berdi va mening asalimning ovozi eshitildi: «Eshitaman...» Ayolni ayol qiladigan narsa nima ekanini bilasizmi? Uning ovozi. Siz yuzingizga upa-elik surtib, go‘zallashtirishingiz, qomatingizni o‘zgartirishingiz, ko‘kraklaringizni kattalashtirishingiz mumkin, lekin hech qachon ovozingizni soxtalashtira olmaysiz. Irmaning ovozi mayin va rom qilarli darajada shirin edi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:37:25
U o‘z xonasida ekan, betoqatligimni ko‘rsatmagan holda uni pastki qavatdagi qahvaxonaga taklif etdim. U zavqimga zavq qo‘shib, suhbatga jon deb rozi bo‘ldi. «Aytadigan gap ko‘p»,-dedi u va men u nimani nazarda tutganini tasavvur qildim. Shunday qilib, o‘n daqiqadan keyin pastda ko‘rishishga kelishdik. Shu daqiqalar ichida turli holatlarni o‘ylagan holda nafsimni tinchlantirib turdim. Qisqasi, o‘n daqiqa o‘n yil, o‘n asrga cho‘zilganday bo‘ldi.
Axiri Irma ortimda paydo bo‘ldi. Avval uning qo‘ng‘iroqday ovozi eshitildi, so‘ng unga qaragan edim, xoh ishoning, xoh ishonmang, u rohibalarning kiyimida kulib turardi. «Bunisi yanada qiziq», deb o‘yladim men.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:37:34
Biz qahvaxonaga kirib o‘tirdik, men uning ro‘moliga qarab: «Tishingizga biror nima bo‘ldimi?» deb so‘radim. «Yo‘q». Men jinni bo‘lib qolay dedim, chunki u: «Biz bu yerga umumjahon universal dini delegatsiyasining bir qismi sifatida keldik», dedi. «Sen ularning tarjimonimisan?»- umid bilan so‘radim men. «Yo‘q, men delegatsiya rahbariman. Biz...aniqlayapmiz... o‘z maqsadlarimiz bor... universal ishonch... e'tiqodimizga ko‘ra... mo‘ljallayapmiz..., qisqasi shunga o‘xshagan gaplar. Men uning so‘zlarini bo‘lmasdan, diqqatini ja'm qilgan o‘quvchiday berilib eshitdim, u esa bundan zavqlanib so‘zlardi.
O'sha yerda va o‘sha payt ko‘p narsaga chiday olishimni angladim. Aslida bu na Blavatskizm, na Gurjizm yo Oshoizm va yoxud boshqa «izm»lar, balki haddan ortiq notabiiy ayollar ta'limotizmi haqida ediki, barcha boshqa narsalarni qo‘shib hisoblaganda ham mening uchun qo‘rqinchliroq edi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:37:45
112
 
Nafsilamrini aytganda, bu men ko‘rsatishga uringanimchalik keskin emasdi. Ba'zi o‘rinlarda uning nasihatomuz gaplariga chek qo‘yib, suhbatimizni yakunlagim, yumshoq o‘rinda emas, masalan, qahvaxona hojatxonasida bo‘lsa-da, mazza qilgim keldi. Biroq, uning g‘azablanishi emas, balki qandaydir bir horg‘inlik hayvoniy va shahvoniy istagimni tiyib turishga sabr va kuch berdi. Avval uning da'vatlari ko‘nglimga xush yoqayotgani, u yuz yillar avval bo‘lgan bosqichda turganimni bildirishga tirishdim. Xudo Irmadan rozi bo‘lsin, lekin bu juda og‘ir bir hol edi. Harqalay bu ishlardan oyog‘imni uzganimdan xursandman...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:37:59
113

Men Afg‘onistondagi mashhur tolibonlar ham bechora Irma bilan solishtirganda, ob'ektiv va erkin o‘ylaydigan kishilar bo‘lganini esladim.
Oxirgi gap Lini qiziqtirib qo‘ydi. Irma haqidagi hikoyamning ma'nisini so‘ramadi, garchi men uni xulosa o‘rnida aytgandim, u faqat mening bunchalik g‘azabnok ekanimni bilmaganini aytib, tolibonlar to‘g‘risida gapirib berishimni qattiq talab qildi.
Ba'zan nega ikki yildan beri shular bilan sizning ustingizga bomba yog‘dirib yurganimdan taajjubga tushaman. Davom ettirishga nima to‘sqinlik qiladi? Bu yolg‘izlikni chetlab o‘tishning yagona yo‘limi yoki o‘lim qo‘rquvi bilan shug‘ullanishmi? Bilasiz: men ham siz kabi ma'nisiz hayotni yashab o‘tdim, lekin endi uning ma'nisizligi qaysidir bir kun keladigan o‘limning mumkinligi bilan ko‘paytirildi. Yo‘q, unday emas, aniqrog‘i, o‘limning har kun kelishi mumkinligi uning har doim biz bilan va bizning atrofimizda ekanida, lekin men boshqacha vaziyatdaman, chunki men Xudoning emas, balki odamlarning qo‘lidaman.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:38:06
O'zimni jangarilar qo‘lida deb hisoblayman. Xo‘rozlardan qo‘rqqan telba haqidagi hazilni bilasizmi? Xo‘rozlar go‘yoki telbani donga o‘xshatib, uni qo‘rqitayotganga o‘xshaydi. Fizioterapevt uni davolab, don emasligiga ishontiradi va kasalxonadan chiqarib yuboradi. Besh daqiqadan keyin u qo‘rquv ichra orqasiga qaytib keladi va «Huv anavi yerda bir xo‘roz bor ekan, u meni cho‘qib yeb qo‘yishi mumkin». «Lekin sen don emassan-ku, shundaymi?» - «To‘g‘ri, lekin xo‘roz buni qayoqdan bilsin?»
Men ham shunaqa: jangarilarga tegishli va ularning yaxshi-yomon xohish-istagiga bog‘liq edim. Qo‘qqisdan keladigan va qattiq o‘lim tuyg‘usining nechog‘li qo‘rqinchli ekanini yaxshi bilardim. Men o‘lishni istamayman, chunki kimdir taqdirimni hal qilib qo‘ydi va har zamon O'lim Farishtasi meni dunyodagi nima bilandir chalg‘itib turarkan, g‘azablanganim va vaysaqi bo‘lganim joyda yana mo‘ralab turadi, lekin o‘sha chidab bo‘lmas qo‘rquv...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:38:15
114

Ba'zan o‘limdan qo‘rqib yurishdan charchab ketaman va nega bunchalik cho‘zilmasa, deya o‘ylayman. Mard bo‘lsang kel va bu g‘amlarni ko‘tar...
Lekin Venetsiyaga o‘xshagan joylar bor ekan, nega odamlar o‘ladi? Ko‘chalar o‘rnida dengiz mavj urib oqadigan shahar, shunday shaharki, san'at degan tushuncha ma'nisiz, chunki undagi hamma narsa san'at, zamonaviylikni quvib o‘tgan shahar, chunki u mangu... Men uchun hamma narsa qayta boshlangan shahardir bu.
Hayotda tasavvur va haqqoniylik mavjud. Men ularning o‘rtasida bo‘lmoq istayman. Haqqoniylik hech qachon tasavvurga teng bo‘lolmaydi, avval istalgan markaga qarang, so‘ngra Venetsiyaning o‘ziga. Yaltiroq kam, ko‘proq haqqoniyat: devorlarning to‘kilib tushayotgan ohaklari, sho‘rxok va zax yerlaru tor yo‘laklar va million-million turistlar ichida inson zoti o‘zini ham yo‘qotib qo‘yadigan boshi berk ko‘chalar... Yolg‘izligingiz Qirol Saroyida ham sizni tark etmaydi. Galereyaning chap qanotiga o‘ting yoki xohlasangiz, o‘ng tomoniga - o‘zingizni qamoqxonaning biror xonasiga yashiring...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:38:25
Hozir Tog‘li Badaxshondagi telba qariyaning tosh qafasida shunday hisga berildim. U goh ichkariga kiradi, goh tashqariga chiqadi, Li qarshimda mixlangan, lekin men o‘zimni yanada yolg‘iz sezmoqdamanki... Tasavvur va haqqoniylik bilan bo‘lgan o‘yinlarim o‘z hosilini berdi: Men o‘zimdan ham farqli edim, hech kim haqiqatda kim ekanimni bilmasdi. Li meni josus, deya shubhalanadi, qariya bosqinchi deb, o‘zim esa, bir qurbon, deya sanayman o‘zni. Xo‘sh, kim haqu kim nohaq?
Umrimning ko‘p qismini tarjimonlik qilib behuda o‘tkazdim: ikki tentaklik o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lganing va ularga o‘zingni kupaytirganing zamon bundan-da bo‘shroq kasb bo‘lishi mumkinmi? Bir bo‘shliqdan ikkinchi vakuumga quyilasan, hech narsa haqqi o‘zingning barcha sifating va mavjudligingni unutasan. Zamonaviy deya ataluvchi hayotning deyarli barcha tomonlarini ko‘rdim. Ularning bari menga talabgor edi: sartaroshlar og‘zaki tasavvurlarini o‘z qo‘g‘irchoqlariga ifodalab berishimni so‘rashdi, tish do‘xtirlari tishdagi murakkabliklarni bechora mijozlariga tushuntirib berishim uchun taklif qilishdi; kema izidan tushgan dengizchilarga, o‘zlarini birinchi duch kelgan chuqurga ko‘mishga tayyor shoirlarga, besoqolbozlar bilan gaplashgan kommunistlarga, narkotik bilan shug‘ullanuvchilarga, opera qo‘shiqchilariga, bir gal hatto birinchi televidenie orqali ginekologga, rohiba va kosmonavtga va yana allakimlarga tilmochlik qildim. Amakim aytganiday: «Bu mamlakatdagi eng mashhur qizlar bilan birga bo‘ldim, lekin ularning birortasi bitta sichqon bo‘lsin tug‘ib bermadi.» Men ham shunday...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:38:31
Berke tilmoch So‘g‘dning Manixean Shahzodasi bilan shuncha ko‘p vaqt birga yashadiki, natijada uning barcha urf va odatlarini qabul qildi. Endilikda u kunni Yorug‘lik Xudosiga ibodat qilish bilan boshlaydi, so‘ng Buyuk Xabarchining Muqaddas Kitobini o‘qiydi, keyin peshonasidan chiqadigan ichki bir nur ichra tafakkurga cho‘madi, undan keyin kunduzgi ibodatga o‘tiradi, so‘ng...
Ularga hech kim halaqit bermaydi, chunki ular barcha Manixean kitoblarini tarjima qilishgan va endilikda bu ish nihoyasiga yetib, uni Hukmdorga uzatilgach, Berke tilmoch tarjima jarayonida tashlab ketgan ba'zi tushunmovchiliklarning asl ma'nosini anglay boshlaydi, lekin ularni to‘g‘rilashning imkoni yo‘q. Haqiqatda hech kim uni ochib berolmagan, chunki matnni o‘qish boshqa, uni hayotga tadbiq etish boshqa bir ishdir.
U hozir So‘g‘d Shahzodasiga o‘xshab qolgan: juftliklar hayotlarining so‘nggida bir xil bo‘lib qolishadi - umumiy ish, umumiy ehtiyoj, umumiy farzandlar ularni bir xil qilib qo‘yadi. U nurga to‘lgan ko‘yi o‘zining Berke tilmochligini ham unutib qo‘yadi ba'zan, o‘zini ibtidoiy odamlar orasidagi notanish Shahzoda kabi ko‘radi. Faqat Hukmdori - Dono Tongyuquq bu tuyg‘ularni qo‘llab quvvatlab, unga zavq bag‘ishlaydi... «Hamma narsa Tangrining irodasi bilan bo‘ladi», deydi u.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:38:43
115

Men buni hali hammasi boshlanmasidan burun Venetsiyadaligimda «Quaderni di Studi Euroasiatici» da o‘qigandim. U kasbimning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ham hisobga olib qo‘ygandim. O'sha paytda gap nima haqda ekanini bilganimda edi! Afsus, u payt g‘uborsiz kunlar bo‘lgan, o‘shanda men Markaziy Osiyoni tadqiq etish bo‘yicha Yevropa Seminarida tarjimonlik qilar, shu orada bunday yig‘inlarga bajonidil qatnashib turadigan yosh va kelishgan bir olimani axtarardim.
Biroq, shiringina ayolning o‘rniga, meni Shinjon safariga ishga taklif etgan Luk bilan ko‘rishdim.
U global geopolitikaga yoxud mahalliy chegara muammolariga oid zerikarli ma'ruzalarni tinglagani emas, balki Venetsiyadagi shaxsiy kutubxonalarda ma'lum va noma'lum venetsiyalik sayyohlarning Dashtga bog‘liq qadimiy qo‘lyozmalarini o‘rganish maqsadida kelgandi. Sharqqa oid biror ilovaga duch kelgan chog‘larda mendan tarjima qilishda yordam so‘rardi. Bu munosabatlarimizning muqaddimasi bo‘ldi. Afsuski, o‘sha ilovalarning mazmunini aniq-tiniq eslolmayman, chunki ularning ko‘pchiligida Mo‘g‘ul xonlarini ko‘klarga ko‘tarib maqtalgan va ularning sayyoh ruhoniylarini va aksincha, ruhoniy sayyohlarini xafa qildirib qo‘ymasliklari to‘g‘risidagi va'dalari bitilgandi. Biroq ulardan biri miyamga qattiq o‘rnashib qolgan va endilikda buning ma'nisini tushunib yetgandayman.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:38:56
Bu qadimgi uyg‘ur tilidagi bir maktub bo‘lib, sahifaning to‘rtdan birida egri harflar yuqoridan pastga qarab tizilgan, go‘yoki harflar osmondan yerga uchib tushayotganga o‘xshardi. 13-asrda daraksiz ketgan, deb sanalgan venetsiyalik sayyoh bu maktubni uyg‘ur qamoqxonasida yozgan va 18-asrning o‘rtalarida yana bir italiyalik sayyoh uni boshqa qo‘lyozmalar bilan birga Ho‘tan bozoridan sotib olgan. Asirga tushgan sayyoh mahalliy xalq haqida yozib qoldirgandi:
«Hayotimda birinchi bo‘lib dunyodagi barcha ma'lum dinlarga e'tiqod qiladigan xalqni ko‘rdim. Bunda manixean va saratsinlarni, olovga sig‘inuvchilar va nestorianlarni, buddist va lamaistlarni, shomon va iudaistlarni uchratish mumkin. Ularning bari bir xil tilda so‘zlashadi, bir xil turmush tarziga ega, faqat e'tiqodi bo‘lak. Bunga qanday qilib erishildi? Umuman, bu mumkinmi? Men bu hodisaning ildizlarini o‘rganishga kirishdim: bu haddan tashqari chidamlilik, bee'tiborlilikmi yo adashgan sir-sinoatmi? Ularning fikrlash yo‘siniga kirib borish uchun bu xalqning tilini o‘rgana boshladim va tez orada uning so‘z o‘zagiga o‘xshagan bir necha asosiy elementlardan iboratligi va bir qancha funktsional qo‘shimchalar yordamida birgina asosiy elementdan ko‘plab turli ma'nolarni yasab olish mumkinligini aniqladim. Bu mantiq va tartib meni qo‘rqitib yubordi. U Dashtdagi yagona qora dog‘dan kattalashib-kattalashib paydo bo‘lgan minglab kishilar o‘rdasiga o‘xshardi. Bu sizga otilayotgan sonsiz o‘q-yoylar demakdir. Bu Dashtning o‘zi kabi milliard qum zarralarining bu dunyoning ishonchsiz bog‘lariga tomon surilishiga o‘xshardi... Go‘yoki osmon jangchilari boshimizga yog‘ilib tushayotganday.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:39:03
Men buni bir lahzalik sirli tushday ko‘rdim va shu sovuq zindonda nega hayotim yakun topganini yaxshi bilardim. Garchi bu xalq orasida o‘ttiz yildan ortiq umr kechirgan esam-da, bundan ortiq hech narsa deyolmayman. Bir narsani aniq bilaman: bu ancha avval boshlangan, lekin juda uzoq davom etajak. Aytadilar-ku: «Hamma narsa Tangrining irodasiga bog‘liq. Omin!»
May kunlarining birida, kechqurun Ponte Rialto yaqinida Luk bilan g‘aroyib shirinlikni «Muscato Siciliano» bilan qo‘shib yeb o‘tirarkanmiz, o‘sha asirga tushgan sayyohning aniq nimani nazarda tutganini muhokama qilardik. Uning har bir so‘ziga urg‘u berishga intilsak-da, lekin ular «betartib yo‘lakli boqqa» o‘xshar, bu esa ikki yil asirlikda yolg‘iz yashashni va o‘sha qadimgi uyg‘ur tilida yozilgan venetsiyalik kishi maktubining asl ma'nosini bilib olishni talab etdi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:39:52
116

Yo‘q, adashmadim, bugun asirligimning roppa-rosa bir yuzu o‘n oltinchi kuni.
Li qishloqqa qaytganidan keyin jangarilar soni ortganini sezdim. Ular o‘rtasida nima sodir bo‘lgandi? Shuni aytishim kerakki, ishonchsizlik asirlikdagi eng yomon narsadir. O'z shubhalaringga g‘arq bo‘larkansan, keyingi lahzada yuqoriga suzib chiqasanmi-yo‘qmi bilolmaysan. Bu men uchun xavflimi yo xavfsiz? Liga nisbatan qanday munosabatda bo‘lmog‘im kerak?
Avvalgi kuni u tolibonlar haqida so‘raganida, ularning bolsheviklarga o‘xshab bir kechada o‘z jamiyatlarini o‘zgartirishni istashganini aytganimda, xoxolab kulib yuborgandi. Bundan ruhlanib, aytdimki, afg‘on jamiyati qashshoqlashib boryapti, bu qaymog‘i olingan sutga o‘shaydiki, u qaymoqning ham yupqaligiga shubha yo‘q. Li bu fikrni ham ma'qulladi. Men gapimni davom ettirib, tolibonlarning o‘zlariga ishonchlari haminqadarligi sabab aldanganliklarini aytdim. Lekin ular yosh bo‘lib, shuning uchun ham radikal edilar, hatto eronlik Oyatullohlar ular oldida tish-tirnoqsiz sherga o‘xshaydi; ikkinchidan ular yangi kelganlardi va kelgusi yigirma yilda hukmronlik qilishlari mumkin; uchinchidan, noan'anaviy tarzda hamma narsaga qiziquvchan va ruhoniylik nuqtai nazaridan istalgan muammoni muhokama qilishga tayyordirlar ular; to‘rtinchidan, intiluvchandirlar va shu bois ishontirish qiyin va hokazo...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:40:03
Munday olib qarasa, bu sifatlarning aralashmasi qaysidir darajada Lida ham aks etgandi. Chunki oxiri u yuz qiyofasini o‘zgartirmasdan «Bilasanmi, Tolibon hududlarida ularning tayyorlov bazalari mavjud», dedi va davom etdi: «Lekin sen qaydlaringda o‘z kuzatishlaringdan foydalansang bo‘lardi».
Bu nima degani: qo‘rquvmi yo shunchaki bir maslahat? Bunga o‘xshash arzimas bayonotni o‘nlab boshqa millat va jamiyatlar to‘g‘risida ayta olgan bo‘lardim. Masalan: «bo‘lmoq»dan ko‘ra «tuyulmoq» muhimroq bo‘lgan frantsuzlarning ichi bo‘shligi, hech qachon ko‘rsatmaydigan, lekin bajaradigan nemislarning mustahkam ichki dunyosi, o‘nta imkoniyatdan biri tavakkalli bo‘lsa ham hech narsa qilmaydigan inglizlarning ehtiyotkorligi, Ellin ilohiyotini Semitik pravoslaviega aylantirgan greklar, arablarning takabburligi, janjalkash ruslar, o‘zini kamtar ozchilikday ko‘rsatadigan bir yarim milliard xitoyliklar...Bas! Yetar endi. Lekin ularning birortasini o‘z o‘rnimda ko‘rishni istardim, ha menga g‘amxo‘rlik qilmaydigan, aksincha o‘sha adashgan Li va uning shaykasi bilan bir yuzu o‘n olti kunim ustidan bosim o‘tkazadigan aqalli birortasini...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:40:18
117

Nihoyat Venetsiyada (ko‘nglimning yolg‘iz yupanchi!) o‘zimning «bella ragazza»mni topdim. U provintsiyalik italyan qiz bo‘lib, davrlar va yo‘llar tutashgan chorraha - Iosif Brodskiy qatnashgan Xalqaro anjuman ishtirokchisi edi. Garchi she'riyatning katta shaydosi bo‘lmasam ham, ayol ko‘nglining nozik torlarini chertish yo‘lida undan qanday foydalanishni bilaman. Qolaversa, bir gal Brodskiyga Nyu-Yorkdagi adabiy simpoziumda tarjimonlik ham qilganman.
Men o‘zimni ilhom og‘ushiga olgan damlarda juda yoqtiraman. Dabdabali qayiqda o‘tirarkanman, bu dunyoda har kim o‘z ismining sehrli merosini ko‘tarib yurishga mahkum, deya badiiy o‘qishga berilib ketaman, shunga o‘xshab, Brodskiyning hayotida o‘z Vatanining turmasidagi quduqqa tashlangan Sohibjamol Iosifning aksini ko‘rish mumkin, keyinchalik u o‘z mamlakatidan tashqarida shuhrat topdi va avval dushman bo‘lgan birodarlari uning kuch-qudratini tan olishga kelishdi. Gertsoglar saroyi va turma o‘rtasidagi «Chuqur Nafas Ko‘prigi»dan o‘tganimizda, aytganimday, dengiz yuzasiga chiqdik. Men Saltanatlar mavzusiga batafsil to‘xtala boshladim va qolgan boshqa barcha imperiyalarga qarshi o‘laroq, sovet imperiyasi bo‘sh hokimiyat ustiga qurilgan mafkuraviy va quruq imperiya ekanini aytdim. Bu xayoliy bir imperiya edi. Shuning uchun ham yozuvchilarning roli unda g‘oyat buyuk edi. O'sha buyuk kuch ustidan g‘alaba qilishning ko‘pgina yo‘llari bor edi va ularning birini Brodskiy topgan: uning erkin xayollari rus she'riyatining an'anaviy shakliga qarshi qo‘yilgan. «O'z xohishiga qarshi borish»dan xolilik uning she'riyatiga xos asosiy qoida edi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:40:28
Bular chindan ham men Nyu-Yorkda tarjima qilganim Brodskiyning g‘oyalari edi, lekin Marsellam uchun ular qandaydir yangilik bo‘ldi. U bularning barini xalqaro anjumanda hamkasblari bilan o‘rtoqlashish uchun yozib oldi. Qayiqchi bizni suratga tushishga taklif qilganida, u jon deb tezroq undan qutulish uchun fotoapparatini tutqazdi va DNK tuzilishi haqidagi so‘zlarimni boshlagancha, Grand Kanal tomonga burilib ketdik. Bilasiz, kasbim tufayli keraksiz bilimlarga to‘lib toshganman: masalan, DNK chizig‘i to‘rt unsurdan tashkil topganligini bilaman, bular DNK zanjirini yuzaga keltiradigan sulfonatlar, spiral hosil qiladigan ikkita bir-biri bilan bog‘langan zanjir va bu spirallar o‘zaro bog‘lanib hayot asosi uchun to‘rtinchi bosqichni tashkil qiladi. Brodskiy she'riyati ham shunga o‘xshaydi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:40:35
Marsella mendan DNK tuzilishini chizib berishni so‘radi. Men uning rasmini hech qachon ko‘rmagandim, chunki faqat so‘zlarni tarjima qilaman xolos, shu bois oldindan tayyorgarliksiz, Venetsiya daryo va kanallari sxemasini chiza boshladim, biroq Marsella bundan bexabar, naqadar o‘zini baxtiyor sezardi...
Shu orada mayin shabada suhbatimizga qo‘shilishni istagan ko‘yi sochlarimizni tortqilay boshladi.
Qayta eslayotganim uchun ma'zur tutgaysiz, xullas o‘sha kuni gaplarimiz bir-biriga ulanib-ulanib, suyukligim Venetsiyada hozir ham suv uzra uchib borayotgan qayiqdagi ajoyib hayotimizdan esdalik suratlarni va fotoapparatni unutib qoldirgandik... So‘zlar, so‘zlar, so‘zlar...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:40:49
118

Bilga-Hoqon o‘ldi, lekin qo‘shni hukmdorlarning birontasi ham o‘z elchilarini uning janozasiga yubormadi. Aslida uning o‘limi hatto ochiq e'lon ham qilinmagandi va hokimiyat to‘g‘ridan-to‘g‘ri Pobeka boshchiligidagi o‘g‘il Yo‘lluk qo‘liga o‘tgan, shunga qaramay, Dono Tongyuquq saltanatda sodir bo‘ladigan hamma narsaga javobgar edi. Saltanat cho‘kib borar, Tongyuquq buni bilsa-da, lekin to‘xtatolmasdi: bosh bo‘lmagan joyda hech narsani boshqarib bo‘lmaydi...
Necha kunki chodirida o‘tirib, Katta Qaytishning strategiyasi haqida xayol qilar, aslida buni allaqachon boshlab qo‘ygandi: boshqa bir kun Berke-tilmoch So‘g‘dning manixean shahzodasi bilan bo‘lgan bahsning o‘rtasida o‘ladi, haqiqatda esa o‘lgan kishi Berke emas, balki Shahzodaning o‘zi edi va Tongyuquq va Berkedan boshqa hech kim buni bilmasdi. Endi, Yorug‘lik Shahzodasi zindonga tashlandi, unda o‘z e'tiqodini o‘zgartirishi mumkin, dinni yangi qabul qilayotganlarga oddiy og‘riq va azobdan-da kuchliroq boshqa narsa da'vat qilmaydi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:40:54
Berke o‘zini bag‘ishlaganlarning ichki jamoasini tuzish kerakligini yaxshi bilardi va unga bo‘ysunganlarning barchasi o‘zlarining besh kishilik ibodatxonalarini tashkil etishga kirishishadi va ularning ham har biri boshqa beshtani o‘z qo‘l ostiga olgan bo‘lardi. Faqat yuqori qismigina pastigacha bo‘lgan hamma narsani biladigan piramida...
Birgina Ichi Lyang Saltanat yuz tutayotgan tartibsizlikka qarshi majburiy fan sifatida yaqinda e'lon qilingan harbiy san'atlar bilan mashg‘ul...
Sobiq Saltanatning har bir sobiq asiri buni qo‘llab-quvvatlashi kerak edi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:41:04
119

Balki siz Ko‘k Turklari to‘g‘risida batafsil ma'lumotni qaerdan olganligimni o‘ylayotgandirsiz? Asosan, shu yerda va mana shu dushmanlik holatimda. Shinjonga qilgan birinchi safarimdan keyingi ikki yil davomida o‘qiganlarimni eslayapman xolosmi? Qisman, ha, lekin bu faqat shundan iborat emas. Li bilan bo‘lgan uzundan-uzoq suhbatlar va uning xitoy manbalari bilan tanishligi menga qo‘shimcha bilim berdi. Lekin sizga hali eng asosiy narsani aytganim yo‘q: to‘rt yarim oycha burun axiri Shinjonga qaytib keldim va agar esingizda bo‘lsa, O'lik Shahardagi toshlarning nafaqat suratini oldim, balki yana boshqa narsalarga ham ega bo‘ldim. Va bu hozir yonimda turibdi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:41:14
120

Tugallanmaganlik belgisi har qaerda bo‘ladi: hayot ramkaga solingan rasmga mos keladigan adabiyot emas. Haqiqiy hayotni gapirib bersang, u moybo‘yoq bilan ishlangan suratdagi haykal bo‘lagiga o‘xshab qoladi: yo oyoq yuzadan sug‘urib olinadi, yo marmar bo‘lagi ramkaga kelib uriladi. Lekin aslida hayot bundan ham battar: u qahramonlar sonini hisoblab o‘tirmaydi, yoxud uyg‘un holatlarni poylab yurmaydi, hech narsaga e'tibor qilmay davom etaveradi: Luk qamoqxona osudaligida g‘oyib bo‘ladi, Fiona ishqiy hikoyamning qoq o‘rtasida yo‘qolib qoladi, Zev o‘zining Shia Changiga yetisholmay halak, siz bilan mening atrofimdagi yana qanchadan-qancha ismli va ismsiz odamlarni hisobga olsakmi... Hatto Li so‘nggi bir necha kun ichida meni tashlab ketdi va faqat yog‘ bosgan qariya yaqinlashib kelayotgan o‘lim qiyofasida kibru havo bilan kezinarkan, o‘z devorini tiklay boradi: tosh ustiga tosh...
Eski hayotimga qaytarmikanman va yo bu kampir bilan qorong‘ilikka qamalib qolib ketamanmi? Hayotim hamma narsa va har kimniki kabi dunyodagi eng bo‘lmagur joyda yakun topadimi?
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:41:29
121

Hayotning o‘zi uchun bo‘lsa, hech qachon yasholmagan bo‘lardim. Hatto Venetsiyadan keyin, Marsella ona yurti Lido di Jessologa taklif qilganda va vaqtimizni Adriatika dengizining qirg‘oqlarida xush o‘tkizgan onlarimizda ham hayotimda nimadir yetishmayotganday tuyulaverdi. Avvaliga buni qo‘limning kaltaligiga yo‘ydim, lekin ba'zan cho‘ntakda pulning yo‘qligiga umuman e'tibor bermay qo‘yarkansan kishi va Remark aytganiday, qarzga yashayverasan. Bu turmush tarzingga aylanadi. Bu hali pulning yo‘qligi haqida emas. Undan-da chuqurroq. Tasavvur qiling, qirg‘oqda dengiz to‘lqinlari qurshovida asta yurib ketyapsiz, lekin negadir o‘zingizni shu uchun baxtiyor sezmaysiz. Hech narsa uchun baxt bo‘larmi? Axir siz baxt nimadir uchun bo‘lishiga o‘rganib qolgansiz: ko‘proq pul, yaxshi ish, yaxshi boshqariladigan yumush va bu bog‘liqlik ikkinchi o‘zingizga aylanadi, o‘zingizdan ham kuchlirog‘iga. Shunga o‘xshab men ham o‘zimdagi hokimlardan qutula olmadim.
Ha aytgancha, ayni o‘sha kunlarda Venetsiyada o‘tadigan «Qay bir insoniyatga qaysi Xudo?» deya nomalanuvchi yana bir yirik anjumandan qoldim. Unga asosiy tarjimonlardan biri sifatida taklif qilingandim. O'zim ko‘zdan kechirib chiqishim lozim bo‘lgan mavzular hanuz esimda: «Dinlar va dindorlik», «Din va insoniyat», «Din va boshqa e'tiqodlar». Yana bir bor mabodo mavzular ikki yarim yil ichida nazariy yo‘ldan-da ortiqroq bir yo‘sinda ortimdan ergashib yurishini bilganimda, Jessolodagi urush-janjalni ming karra afzal bilgan bo‘lardim.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:41:35
Lekin bu safar ham nohaq chiqdim. Hozir buni eslar ekanman, o‘zimni baxtiyor his etyapman. Xuddi hayotingiz sizga beruxsat yoki o‘zingizning bexabarligingiz sabab berilgani kabi, baxtsizlik ham shunday, hech kutilmaganda qarshingizdan chiqib turadi. Shunda o‘sib ketgan soqolingiz jangarilar harbiy forma o‘rniga bergan o‘quv kiyimiga ishqalanishiga, islanib ketgan to‘zg‘in sochlaringizga, umuman, hech narsaga e'tibor bermay davom etayotgan hayotdan minnatdor bo‘lib ketasiz...
Nega o‘tmish xotirada bu qadar iliq va shirin holda saqlanib qolarkin? Siz uni yashab o‘tgansiz, lekin o‘sha mahal uning shirinligini mutlaqo sezgan emassiz, to‘g‘rimi? Hatto hozir yashayotgan hayotingizning nechog‘li shirin ekanini-da sezmayapsiz. Balki qorong‘ida yolg‘iz o‘tirganingiz, qari o‘rgimchak toshdan to‘r to‘qiyotgan, hayotingiz va o‘zingiz o‘rtasida hech narsa mavjud bo‘lmagan ushbu daqiqalar o‘tmish-bugun-ertangizdagi eng yaxshi kechgan fursatdir va siz uni hozirning o‘zida qadriga yetmayotgandirsiz balki? Bu faqat to‘rning navbatdagi uyasi kabi keyingi toshdir va yo avvalgisining haqiqiy qimmatini ko‘rsatib beradigan qaydlarning navbatdagi bobi bo‘lsa ne ajab? Lekin kelayotgan kunda yana qanday ko‘rguliklar bizni kutib turibdi ekan?
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:41:45
122
 
Bugun majburiy bayram ibodatidan keyin xonamga qaytib kelsam, qaydlar daftarimning oxirgi sahifasiga Li ingliz tilida bir parcha yopishtirib ketibdi:
«Qirg‘iz oqini Tardush Inonchi Chor tulki ovlovchilar tegmagan yagona xabarchi edi. Uni telbaga chiqarib qo‘yishgan, sababi u o‘z so‘zlarini toshga o‘yib yozishlariga toqat qilolmagan va shundan buyon qaytib birorta so‘z yozmagan edi. Dono Tongyuquq o‘zining Katta Qaytishini bajarar ekan, yaxshiroq josuslik qilish uchun o‘zini telbalikka solib yuribdimi-yo‘qmi, shuni aniqlash uchun Tardushni huzuriga chaqiradi. Inonchi Cho‘r har galgiday jim va g‘amgin edi.
U o‘z aksini qariya orqasida ko‘rgancha Tongyuquqning qarshisida turardi. «Muncha katta oyna» deya o‘yladi u, tushimmi-o‘ngim? Lekin birdan uning aksi Baxshi duosini kuylashga tushdi:
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:41:52
«Bizning Xonimiz Qizil Tog‘ning ustida! Muqaddas Bibi Maryam Ho‘kiz Tog‘ning ustida! Muqaddas Ho‘kiz Qo‘chqor Tog‘ning ustida! Muqaddas Inson, kel, Katta Bug‘udan chiqib kel, Yerdan chiqqan Ajdahodan chiqib kel! Agar «O'lik!» desam, «O'lik!» de! Agar «Tirik!» desam, «Tirik»! de...
Bechora Tardush Inonchi Chor ajdaho qarshisidagi qo‘zichoqday qaltiradi va aksi kuylashni to‘xtatgan zahoti qo‘rquvini ichiga yutib, bo‘g‘iq ovozda qichqira boshladi, chunki uzoq muddat ovozini chiqarmay yurgandi.
«Osmon Shohining o‘g‘li bir kuni Yerga tushdi. U dunyoning ikki qismida ham nazorat o‘rnatishni istagandi. U yer ostidagi yetti qatlam orqali o‘tib, ularni va ularning qo‘riqchilarini istilo qildi. Lekin Yer osti Shohining Qizi Qora Tulkiga aylanib, yosh yigitlarni Yer ostiga olib tushdi va otasining jamg‘armasini ko‘paytirib, ularni o‘ldirdi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:41:59
U Osmon Shohining O'g‘lini tovlanuvchi rangin terisiga oshufta aylab, o‘ziga og‘dirib oldi. O'g‘il ham unga oshiqu beqaror bo‘ldi. Lekin qiz sevgisi uchun uning jonini so‘ragan edi, o‘g‘ilning oti pishqirib, sakrab yubordi. Shunda qiz jonining o‘rniga uning otini so‘raganda, Osmon Shohining o‘g‘li shunday dedi: «Bir yigitda bir jon, bir sevgi va bir ot bo‘ladi, agar u bir uchun ikkini bersa, o‘zida bor hamma narsadan ayriladi!» Shu so‘zlar bilan o‘z sevgisiga yakun yasadi va otini bo‘sh qo‘yib, tubsiz jarlikka quladi va unda o‘lim topdi. Shundan buyon Quyosh ot choptirib, Tun esa Qora Tulkiday momiq yulduzlarning ranglari bilan o‘ynashib yuradi, biroq ular hech qachon bir-biri bilan ko‘rishmaydi...»
«Naqadar chiroyli, shunday emasmi?» - deb yozgandi Li so‘nggida, lekin men hikoyaning go‘zalligi haqida emas, ko‘proq uning tag ma'nolari to‘g‘risida o‘ylayotgandim va ular serob edi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:43:39
123

a) Li qayd daftarimni qaerdan topib oldi?
b) undagi hamma narsani o‘qib chiqdimi?
v) agar buni inglizcha yozishning uddasidan chiqqan ekan, xo‘sh, nimani da'vo qiladi, nega?
g) nimaga u bilan hanuz sichqon-mushuk bo‘lib yuribman? Boshqa nima qila olaman?
d) yana biror narsa yozishim kerakmi va yo shu yerda hammasini to‘xtatishim?
e) agar Li va keyinroq ularning barchasi hammasini bilgan bo‘lsa, nega davom ettirishimga izn beryapti, nega ertaroq o‘ldirib yuborishmadi? Ularga nima uchun kerak bo‘lib qoldim?
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:43:57
j) meni o‘zlarining yilnomachilari sifatida tutib turishibdimi, boshqa qanaqa tushunish mumkin, bir xil ovqat yeb, bir xil xavf ostida turib, bir xil hayot kechirib, uch oydan oshiq vaqtni o‘tkazdim, hali ularning biri ekanimni his qilganimcha yo‘q, ular ham meni o‘zlarining biri ekanini sezishmaydi... Li meni josus deydi, shunday ekan nega meni o‘ldirishmaydi?
z) Li menga ma'lum hamma narsadan xabardormi? U meni kuzatgan holda men bilan bir xil turmush kechirdi, birga uxladi, birga ovqatlandi, birga gaplashdi, mana endi hatto yozganlarimni ham o‘qib yurgani ayon bo‘ldi...
i) ...
Bas, agar bu Polichino siri bo‘lsa, u holda yashirinib, xitoychani inglizchaga aralashtirib, buzuq inglizchada yozganlarimning ma'nisi qayda qoldi? Bu bema'ni narsani yozishni to‘xtatishim kerakmi?
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:44:09
124

Mana endi avval menga ma'nisiz tuyulgan narsani tushuntirish fursati yetdi. O'sha mahal «Nima balo bu!» deb o‘ylagandim. Lekin hozir butunlay boshqacha fikrdaman.
Siz Noam Shatskiy va uning marhum birodari Zevni unutmagandirsiz? Garchi Noamning birodari hayotidagi roli nechog‘li ahamiyatga egaligini bilmasam-da, kunlarning birida Quddusda Noam menga xorijdan Zevning jasadi solingan tobutni olganda, bu uning birodari jasadi bo‘lmaganini aytgandi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:44:15
«Jasadni olgandan so‘ng, uni yuvib, oq kafanga o‘rayotganimizda, ko‘zlarini matoga o‘rashdan avval birdan uning atrofida juda mayda kesiklar borligini sezib qoldim, xuddi ko‘zlari kosmetik jarrohlik qilinganga o‘xshardi. Aslida uning odatga ko‘ra darhol ko‘milmagani ham meni shubhalantirgandi... Haqiqiy yahudiy hech qachon o‘limidan yetti kun keyin ko‘milishi kerakmas!»
O'sha mahal men uning tomog‘i va bo‘yni atrofida ham kesiklar bo‘lishi mumkinligiga qiziqdim, lekin Noam javob berish o‘rniga ko‘zini olib qochdi. O'shanda nechog‘li to‘pori va sodda bo‘lganimni endi tushundim...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:44:55
125

Haqiqatda men bu hikoyadan xabarim bor edi, chunki uni allaqachon uchratgandim!
Zev o‘z kundaligida Rohib Valaamovning Dandan Uylig ismli uyg‘urning noma'lum manbasidan keltirgan iqtibosini eslatib o‘tadi., To‘rtburchak yahudiy yozuvida qandaydir «Ahbar» tomonidan yozilgan o‘sha manbaga ko‘ra, Valaamov va Zev bir yahudiy ruhoniy bilan munosabatda bo‘lgan. Yahudiy O'n-O'q qabilasining Ko‘k Turklari mahkamasiga yuborilgan ikki elchisidan biri ikkinchisining tobutini ko‘tarib, ortiga qaytib kelgan.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:45:14
«O'g‘uz-Bilga tamg‘achi Makrach solingan tobutni yelkasiga olib, O'n Xushxabarning ko‘plab bilimdonlari bilan ortga qaytib keldi. O'g‘uz-Bilganing o‘zi juda azob chekkandi: uning yuziga chuqur chandiq tushgan, tili kesilgandi va dinni yangi qabul qilganlar dashtning o‘rtasidagi zindondan qanday qilib qochishgani to‘g‘risidagi fojeiy hikoyani aytib berishdi. Lekin tamg‘achi Makrachning jasadi yuvilganda, uning xotini bu eri emasligini bilib, yig‘lay boshladi. Kattalar jasadni tezroq ko‘mishga buyurib, xotinning qilig‘ini g‘am va uzoq judolikning natijasiga yo‘yishdi, lekin bu voqea baribir shubha tug‘dirdi. Afsuski tili kesik Bilga-O'g‘uz o‘zicha bir nimalar deb gapirmoqchi va tushuntirmoqchi bo‘lar, lekin uni hech kim tushunmasdi. «Elchiga o‘lim yo‘q» - bu hatto dushmanlar o‘rtasida ham mangu qoida edi, biroq ana shu qoida buzildi, shunday qilib, O'n-O'q qabilasi Iloh nomi bilan ko‘k turklariga qarshi urush e'lon qildi...
Lekin na Zev, na Valaamov va na noma'lum manba dasht o‘rtasidagi O'n-O'q qabilasiga kelgan dinni yangi qabul qilganlar to‘g‘risida hech nima demagan.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:45:25
126

Afg‘onistondagi Mozori Sharifga yetib kelganimda, bu qo‘rqinchli tush boshlangan joyga borgan sari yaqinlashib kelayotganimni tasavvur qilolmasdim. Mashhur ziyoratgoh yaqinidagi bozor yonida BMT xodimi bo‘lgan mahalliy yigitni uchratib qoldik, u bu yerdan Shinjondagi eng mashhur shahar - Qoshg‘arga bormoqchi ekanliklarini aytdi. Rumiyning taqdir haqidagi rivoyatini bilasizmi? Uning aytishicha, kunlarning birida boyning xizmatkori bozordan hafsalasi pir bo‘lib qaytib keladi. «Senga nima bo‘ldi?», - so‘raydi undan xo‘jayin. «Men bozorda Ajalni ko‘rdim, u meni qo‘rqitdi. Men undan qochib, to‘g‘ri uyga keldim. Shuncha yil chin dildan xizmatingizda bo‘ldim, agar mumkin bo‘lsa, otingizni berib tursangiz, men Hindistonga qochib ketsam.» - «Albatta!», degan javob bo‘ladi. Shundan keyin xizmatkor otni olib, u mamlakatdan chiqib ketadi. Keyinroq, xo‘jayin bozorga borib, u ham Ajalni ko‘radi. «Nega mennig xizmatkorimni qo‘rqitding? Sal muloyimroq bo‘lsang bo‘lmaydimi?», - so‘rabdi Ajaldan. «Bilasanmi, - debdi Ajal, - bugun kechasi uning jonini Hindistonda olishim kerak edi, u bo‘lsa hanuz shunda...»
Bu rivoyatni BMT xodimi bo‘lgan o‘sha yigit bilan uchrashuvni o‘ylaganimda esga olaman. Buni hech kimga, hatto Afg‘onistonda tarjimonlikka yollagan nodavlat tashkilotining vakiliga ham aytmadim. Erta azonda mahalliy koordinatorga ikki yuz dollar to‘ladim va u bir fojeiy hikoya «o‘ylab topdi», unga ko‘ra, u Qashg‘arga bora olmadi, lekin o‘z o‘rniga xo‘jayiniga mening borishimni taklif qildi va u uchinchi yo‘lovchi sifatida oq-ko‘kish «Toyota» jipida meni olib ketdi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:45:39
127

Sizga qo‘rqinchli yo‘llar haqida aytib o‘tirmayman, ularni «o‘lim talvasasi»da aytib o‘tganman, lekin chindan ham butun yo‘l rasvo edi. Bunaqa yo‘llarda siz o‘zingizniki bo‘lmay qolasiz, hatto yashayotganingizga shubhalanasiz, chunki istagan kishi hech bir sababsiz sizni to‘xtatishi, tintuv o‘tkazishi, urishi va o‘ldirib yuborishi mumkin. Tog‘ dovonlari undan ham battar: arang turgan tor yo‘laklar, to‘satdan yog‘adigan qor va tumanlik, na yuqorida va na jardaligingni bilmasliging, tekis yerga chiqamanmi-yo‘qmi deya umidsizlikka tushish... Bunaqa yo‘llar odatda faqat ertaklarda aks ettiriladi. Lekin bu bo‘sh yupanchdir, chunki haqiqatda u yakun emas, balki qo‘rqinchli tushning boshlanishidir.
Lekin ular yo‘l tugadi deyishsa ham, sayohat hanuz davom etardi. Biz Qoshg‘arda avval Rossiya elchixonasi bo‘lgan, bir kechalik tunash bahosi 500 dollarlik (BMT ning cho‘ntagidan ketadi-ku) mehmonxonada to‘xtadik. Bu dabdabali binoda «Yirik O'lja», polkovnik MakKartni, josuslar ari uyasi va romantizm hanuz saqlanib qolgandi. Ajoyib suratlar, g‘aroyib mebel va ipak devorlar... Mening bu mamlakatga kirish uchun vizam yo‘q edi, xo‘jayin buni bilar, dam-badam «Biz BMT himoyasidamiz» deb qo‘yardi. Chindan ham xo‘jayin mehmonxonaga to‘lagan bahoni ko‘zdan kechirarkan, hech kim mendan bu haqda so‘ramasdi. Xo‘jayin esa pasportini umuman ko‘rsatmas, uning o‘rniga hamma joyda BMT guvohnomasini ko‘rsatar, faqat bir gal kanadalik qizining rasmini pasportining ichidan olib ko‘rsatganda, unga ko‘zim tushdi. U pasportni boshqa qog‘ozlarining ustiga tashlab, kelgusi rejalarni muhokama qilishga tushdi.
Men esa rejamni allaqachon pishitib qo‘ygandim...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:45:49
128

Jan-Per Balpening soxta pasporti bilan Qoshg‘ardan Urumchiga yo‘lga chiqqan avtobusda ikki kun vaqt o‘tkazdim. Bu men chiqqan avtobuslar ichida eng antiqasi edi. Avval haydovchi qo‘zg‘alish vaqti o‘tib ketsa ham, odam to‘lguncha kutib o‘tirdi. So‘ng u avtobusni Qoshg‘arning narigi bir chetidagi garaj tomonga haydab, mexanik bilan nimadir to‘g‘risida gaplashdi, keyin yaqinroqdagi qassobxona tomonga burildi, u yerda baland ovozda chaqirgandi, bir bolakay ikki kilocha go‘sht keltirib berdi. U go‘shtni uyiga tashlagandan so‘nggina Urumchiga qarab yo‘lga tushishimizni e'lon qildi. Bu shunchaki gap ekan, chunki avtobus Qoshg‘ardan chiqishi hamono odamlar u yoqqa-buyoqqa olib borib qo‘ying, deya so‘ray boshlashdi. Shu tariqa avtobus goh o‘ngga, goh chapga, hatto bir yo‘lovchi uxlab qolgan ekan, bekati o‘tib ketgani uchun, uni orqaga ham tashlab keldi. Siz nechog‘li g‘azab va xavotirga to‘lganimni tasavvur qilyapsizmi? Chunki birinchi qayrilishdayoq haydovchi meni politsiyaga topshiradi va unda meni qattiq jazolashadi deb o‘ylagandim. Lekin eng sharmandalisi, har tun uchun 500 dollar to‘lagan Jan-Per menga xuddi mayda o‘g‘riga tikiladigan ko‘z bilan qaragan bo‘lardi!..
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:45:56
Avtobuslar orqasidan kelayotgan harakatdagi kuch qayrilib ketayotganini ko‘rgach, ancha xotirjam bo‘ldim, garchi BMT vakili janob Balpe barcha politsiya kuchlari va nazorat punktlarini oyoqqa turg‘izishi mumkin edi. Lekin agar shunday qilsa, vizasiz shubhali bir kishiga boshpana bergani uning ba'zi qoidalarni buzganini ochiq-oydin ko‘rsatib qo‘ygan bo‘lardi. Har holda u bunday qilmadi, BMT haqida ijobiy fikrim yana bir karra oqlandi. Lekin sahroning o‘rtasiga kelganda, niyat-maqsadim xotirimdan ko‘tarildi - qayoqqa buncha shoshilib ketayotgan edim? Nega? Qachon? Nimaning ortidan? Nihoyat ikki (balki uch) kundan keyin Urumchiga yetib keldim.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:46:05
129
 
Dono Tongyuquq haliyam chodirda yakka o‘zi Bilga-Hoqon to‘plagan Universal Aqlu-zakovatni varaqlab o‘tirardi. Mana molxonada bir yulduz ostida mo‘‘jiza tufayli otasiz tug‘ilgan bola haqidagi hikoya. Mo‘‘jizani ko‘rishga kelishadi, lekin podshoh ona va bolani o‘ldirishga buyruq berdi...
Yoki Xonning daryo yoqasida yettita bola tug‘ib, o‘lim talvasasida yotgan urg‘ochi sherni uchratgan uch o‘g‘li haqidagi hikoya bor unda. Eng kichik shahzoda ona sherni hayotga qaytarish uchun ozroq go‘sht va qon kerak deb o‘ylaydi va shu onda yangi tug‘ilgan bolalar va ona sher uchun o‘zini qurbon qilishga qaror qiladi. Uzoq tafakkurga cho‘mgach, o‘zini ona sherga yediradi. Hikoyaning davomi uning akalari va ota-onasining bu voqeadan g‘am-anduhga botganligi to‘g‘risida...
Bunday hikoyalar odamni kuchsiz va bo‘sh-bayov, ta'sirchan va vayron qilib ko‘rsatadi. Tongyuquq bir gal Bilga-Hoqonga shunga o‘xshash gap aytgan, lekin u e'tiborga olinmagan. Endi nima bo‘ldi? Bilga-Hoqon oxirgi vasiyatini qoldirdi:
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:46:13
«Ey, turk qo‘mondonlari va xalqi, quloq tuting! Ustingizdagi osmon qulab tushib, ostingizdagi yer o‘pirilib ketmasa, ey turklar, kim sizning Saltanatingizni va hayotingizni barbod qila olardi? Ey turklar, afsus va nadomat cheking! Qat'iyatsizligingiz uchun doimo oshqozoningizni va miyangizni to‘ydirib turgan o‘z dono Hoqoningizni sotib qo‘ydingiz, o‘zingiz dunyoning To‘rt Burchiga qadar cho‘zilgan davlatga xoinlik qildingiz va o‘zingiz g‘alayon ko‘tarilishiga sababchi bo‘ldingiz. Mana endi qoningiz daryo bo‘lib oqadi, suyaklaringiz uyumidan tog‘lar barpo etiladi va o‘zi qul bo‘lgan xo‘jayinlar o‘g‘il farzand ko‘radilar...»
Hukmdor o‘ldi, Qahramon endi yo‘q, birgina Tongyuquq dunyo aqlu zakovatini anglagan, lekin o‘z yo‘lidan adashgan xalqi haqida qayg‘urishi lozim...
Ana shu o‘zim qo‘lda ko‘chirib yozgan va kundaligimdan yirtib olganim parchani atayin o‘tirg‘ichim ustiga Li ko‘rsin deb tashlab ketdim.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:46:23
130

Urumchi vokzaliga yetmay turib, atrofni kuzatganim holda, bu vokzaldan oldingi oxirgi bekatmi-yo‘qmi, aniq bilmasdan avtobusdan tushib oldim. Urumchiga qilgan bu safarim avvalgisidan katta farq qilardi. Tarjimonning ko‘chmanchi hayotini yashab o‘tib, bir kun josuslikda qo‘l keladigan ajoyib texnikalarni o‘rganib olganman. Masalan, siz Robiya Qodir supermarketi qaerda joylashganini juda yaxshi bilasiz, lekin o‘sha tomonga qarab ketayotgan yo‘lovchidan «Kechirasiz, Robiya Qodir supermarketi qaerda joylashgan?» deya so‘raysiz. U sizga tushuntira boshlaydi va «Men ham o‘sha yoqqa ketyapman, albatta ko‘rsatib qo‘yaman», deydi. Shu nuqtadan o‘zaro suhbatingiz boshlanadi. Agar yaxshi niyat qilsangiz, suhbatingiz natijasida do‘stlashib qolishingiz mumkin.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:46:37
Ayolning ismi Maryam bo‘lib, yolg‘iz ona edi. Uning o‘g‘liga supermarketdan telepuzikmi va yo dangasapolvonningmi rasmi tushirilgan futbolka sotib olgandim. Ayol meni uyg‘urcha lag‘monga taklif etdi. Ikki kunni uning Urumchi atrofidagi loyshuvoq uyida o‘tkazdim. Maryam ikki kun «Xangshian Bingua» mehmonxonasi qarshisidagi suratxonadan mening chiqarib qo‘yilgan rasmlarimni olib kelish uchun yugurdi. Axiri ularni keltirib berdi - ikki yoshli rasmlar: sahro o‘rtasidagi eshak, mashhur so‘fi Ofoq-xo‘ja ziyoratgohi, «Ikki ot bir-birini tepgan mahal ularning o‘rtasidagi eshak o‘ladi» degan buyuk shoir Yusuf Hos Hojib ziyoratgohi, Urumchi tepaligidagi Xitoy ibodatxonasi, bir juft Manixean qo‘lyozma va ... va... yuragim Urumchidan Turfonga qadar qattiq urib turgandi... bir, ikki, uch, to‘rt... bir necha mutlaqo oppoq suratlar. Yo‘q, ular tamoman oq emasdi: bir necha ovalsimon nur to‘rt tomondagi chang burchakdan taralib turardi... O'lik Shahardagi tosh...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:46:49
131
 
Li ikki yarim yil avval Turfonda meni kuzatib yurgan odamning ayni o‘zi edi. Li yo Jon deb ataladi yo Jonni Li. Bu tushuncha miyamni teshib o‘tib, meni qo‘rqitib yubordi. Nega oldinroq buni sezmadim-a? Bu shunchalik aniq ediki! Mayin soqolini qirtishlab, katta qora ko‘zoynak taqib, inglizcha gapirtirib qo‘ysangiz bas, qarshingizdagi yo orqangizdagi Lidan ko‘ra, ustingizdagi Jonni yasaysiz-qo‘yasiz. Bu uning xavfsizlik kuchlari xodimi ekanini bildiradimi? Shunga qaramay, u jangarilar orasida ularning ishonchini qozonib yuribdimi? Qanday qilib? Qachon? Qaerda? Nega?
Voy Xudo, jinni bo‘lib qolyapmanmi?
Katta qora ko‘zoynak taqib Turfonga ketayotgan avtobus orqasidagi o‘rindiqda o‘tirib ketardim, ko‘zoynaklar qiyofamni o‘zgartirish uchun taqilgan, qolavresa, bu o‘lkalarda ko‘zga yaqqol tashlanadigan birinchi belgi bo‘lib, mening turistligimga ishora edi. Ayniqsa, mening ikki yildan ziyod vaqtdan beri qidiruvdagi portlatuvchi sifatidagi har bir nazorat punktiga osig‘liq turgan suratimni xayolga keltirsam... Harqalay xavfsizlik xodimining qo‘liga tushmasligim kerak edi, hayotimning birgina umidi - Jan-Perning pasportini qo‘rquv ichra olib yurardim. Shukurki, manzilga yetib keldim. Dunyoning eng chuqur inqirozi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:46:57
Hammasi teskari tartibda qaytarilayotgan edi. Ter bosgan qo‘yindagi qog‘oz parchasi, katta qora ko‘zoynakli Jon-Ziangning zug‘umi ostida maxfiy agentlar to‘g‘risidagi xayollar, O'lik Shaharning o‘zidan avval kelayotgan chang isi. Jannat deb o‘ylaganim jahannam qurshoviga qaytayapmanmi? Shunday xayollar meni yanada ehtiyotkor qilib qo‘ydi, birinchi duch kelgan uyg‘ur dorixonasidan ko‘zoynaklar sotib oldim va uni taqqandan keyingina o‘zimni bir oz xavfsizroq sezdim, lekin ko‘zoynakda atrofni arang ko‘rib turardim. Shu yerliklarning aytishi bo‘yicha: qassobdan sotib olib, baqqolga pulini to‘laydi. Bu ikkinchi halqa bo‘lib, men zamonaviy tsivilizatsiyaning markazida emas, balki uchinchi dunyo mamlakatlarida umrguzaronlik qilardim. Dunyoning hanuz odam kun kechirayotgan nokerak o‘lkasi. Shunday qilib, qovushmagan ko‘zoynaklarim tufayli yuzaga kelgan bosh og‘rig‘ini bosgan ko‘k choydan ichib, tokzordagi uzumlar ostida kunim o‘tdi. Kechga yaqin aylanma yo‘l orqali O'lik Shaharga tomon yo‘lga tushdim.
Avvaldan hisobga olmagan bo‘lsam-da, o‘sha tun oy to‘lib turgan edi. Birdan, Xitoy manbalarida yozilishicha, ko‘k turklarning oydin kechada hujumga o‘tishlari esimga tushib ketdi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:47:06
132

Bugun ertalab, yana bir bor, yashab yashagim kelmay qoldi. Kecha yarim tunda qo‘mondon telba birodarimizni o‘z qo‘li bilan otib o‘ldirdi. U bu safar ham qochib ketmoqchi edi, lekin qo‘riqchi uni topib oldi. Ular: «Berkingan joyingdan chiq, senga tegmaymiz, pulemyotimiz ham o‘qlanmagan!» deya baqirishdi. Telba yigit oyog‘ini qayirib olgan chamasi qimirlay olmasdi, lekin avval patrul, keyin qo‘mondon unga yaqinlashib keldi va telbani oyoqqa turg‘izmoqchi bo‘ldi. U esa ikki qadam yuriboq, yumalab tushdi. Qo‘mondon uni yana turg‘azib qo‘ydi, lekin telba ojiz mushukchaday zo‘rg‘a sudraldi va qorga yiqildi. Qo‘mondon uni yana bir bor o‘rnidan ko‘tardi va oldinga tomon itardi. Yigit bir qadam qo‘ydi-yu, chalqanchasiga quladi... Qo‘mondon nariroqqa borib, unga qarata o‘t ochdi. Tana bir necha bor to‘lg‘onib, yer tishladi qoldi.
Bu mudhish voqea oydin kechada ro‘y berdi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:47:18
133

Men Antraktikaning qoq o‘rtasida o‘lmoq istayman. U yerda hech kim meni topolmaydi va o‘lik tanamni ko‘rib g‘amga ham botmaydi.
Nima deb valdirayotganimni bilaman. Men unda bir marta bo‘lganman. Bu ham xalqaro anjumanlardan biri edi, homiylar chegarani buzib, Antarktikada yig‘ilish o‘tkazishga kelishishgandi. Men doimo bu mintaqaga borishni orzu qilardim. Shuning uchun bu Atlanta afsonasiga o‘xshagan bir narsa bo‘ldiki, qorli tog‘lardagi ishonish qiyin bo‘lgan g‘aroyibotlar ichida o‘z yo‘qotgan jannatingni topib olganday bo‘lasan kishi: uzun paporotniklar, dinozavrlar va bolalikdagi rangli, tasavvurlarga boy xayoliy hayotdagi yana minglab boshqa narsalar...
Afsuski, buning o‘rniga xunukdan-xunuk bir qavatli metall uylarni ko‘rdimki, ularning birida xalqaro anjuman homiylari «razminka» qilishni boshlashdi. Birinchi kun ichkilik bilan o‘tdi-ketdi, lekin Qozog‘iston cho‘llaridan kelgan Donobek degan bir yosh sovet yigiti bilan tanishdim. U yon atrofni aylantirishga va'da berdi va mijozlarimiz jo‘rlikda xurrak otishni boshlab yuborishganda, hujjatlarimizni stol ustiga qo‘yib, boshpanamizdan chiqib ketdik. Barcha yo‘l signal bayroqlari o‘rnatilgan simlar bilan belgilab qo‘yilgan, Donobekning tushuntirishcha, eng xavfli narsa qor ostidagi muz yoriqlari ekan. Shamol qaysidir tomondan yana bir qaysidir yoqqa esar, tikanli qor uchqunlari chirog‘imizning yorug‘ida nurlanib, naq ko‘zimizni mo‘ljalga olardi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:47:27
Donobek qor ustida yuradigan chana olishni taklif qilgandi, men osudalikni buzishni yoqtirmasligimni aytib rozi bo‘lmagandim. Biz ikki juft chang‘i oldik. Donobek oldinda, men orqada bordik. Biz oppoq qorong‘ilikda yetim uchoq shumshayib turgan uchish maydoni tomonga qarab ketdik. Uning oxirida kichik tepalik bor edi. Men chang‘i uchish uchun u yerga borishni taklif qildim. Donobek xohlamaygina taklifimga ko‘ndi va birinchi bo‘lib tepalikning ustiga chiqib, uchish maydoniga tomon yelib ketdi. Uning qizil qor kostyumi qorong‘ilikda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Men ham o‘sha tepalikka chiqib, bir zum atrofga boqdim va ajoyib manzarani ko‘rdim - shamol bulutlarni qor uchqunlaridan ham tezroq oldinga surar va ba'zan qorong‘i osmonda oyning qorasi ko‘rinib qolardi. Bu lahzalarda butun vodiy sehrli nurga cho‘milgan, mening zavqim oshib-toshib ketib, birdan tepalikning narigi tarafiga sirpanib ketdim. Bu shunchalik kutilmaganda ro‘y berdiki, men aslo to‘xtay olmas va buning naqadar xavfli ekanini tushuna boshlagandim, chunki u tomonda tutish uchun arqonlar yo‘q edi. Xudo biladi oldinda nima kutib turganini, qaysi la'nati yoriq hayotimga yakun yasaydi va yo tezlashib borayotgan harakatimga qaysi qoya chek qo‘yadi...
Hatto hozir ham o‘sha tanamni muzlatib yuboradigan poygani yaxshi eslayman. Lekin o‘lganim yo‘q. Bir soatcha o‘tib, Donobek ikki qutqaruvchi bilan qor ustida yuradigan chanada kelib, meni tutib qolishdi. Lekin umrim bino bo‘lib Yerning ustida-yu osmon ostida unchalik qo‘rquvga, shuning bilan birga, u qadar zavqu shavqqa to‘lgan emasman..
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:47:36
134

Bu voqeani yarim tunda O'lik Shaharning boshqa yeri va boshqa osmoni ostida esga oldim. Buni o‘zimga dalda berish uchun esladim, chunki hatto eng yirik mintaqaning o‘rtasida (Yerning qoq kindigida) ham yolg‘izligimdan dahshatga tushayotgandim. Sherigim - to‘lin oy qop-qora osmonga bezbetlarcha kirib keta boshlagan, uning qarashidan yulduzlar ham erib ketayotganga o‘xshardi. Tomirlarimda qon o‘rniga qo‘rquv oqayotgan edi go‘yo. Men sirli yozuvlar o‘yib yozilgan toshni ko‘rsatgan o‘sha qariyani ko‘rmoqni istardim. Undan Zevning taqdiri to‘g‘risida so‘ramoqchiydim. Agar shu ishni qilsam, o‘tgan ikki yil ichidagi voqealarning tagiga yeta olaman deb o‘ylardim. Aslida bu bema'ni bir fikr edi. Lekin u Bilga-Hoqonning fikrichalik ma'nisiz emasdi. Haqiqatda esa, hamma telbalik o‘zimda edi, chunki o‘sha qariya tunda meni kutib o‘tirgan deya ishonardim. Biroq, ko‘pincha aniq narsalar noaniq narsalarni keltirib chiqaradi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:47:43
Baribir! Men O'lik Shaharning bo‘m-bo‘sh loy shakllari, hatto vayron qilingan yarim shakllari orasidan oldinga yurib borardim. Yer ostidagi har bir ilonning vishillashiyu, qurigan o‘t orasidagi har bitta chigirtkaning ovoziga diqqat bilan quloq tutardim. Axiri mudhish tunda O'lik Shaharni kesib o‘tdim, lekin shuni sezdimki, to‘xtagan zahoting, atrofingga boqib, tunning qatnashchilaridan biriga aylanar ekansan, masalan, qabrga o‘xshagan bir narsaning ustiga kichik yozilish qilishga to‘xtaysan va shu onda qo‘rqinchdan asar ham qolmaydi. Harakat qilishing bilan hammasi yana boshlanadi. Hatto tunda ham asirga olishlari, zug‘um o‘tkazishlari yoki hujum qilishlaridan qo‘rqib turasan.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:47:49
Shu xayollar bilan o‘tgan safar sirli darvish bilan uchrashgan joyimga keldim. U yerda yerga qoqilgan bir tayoq va uning uchida bir necha muqaddas lattalar bilan otning yollari hilpirab turardi. Lekin hech kim yo‘q edi. Atrofga qarab, hayot asarini ko‘rmadim, lekin yaqinroqda silliq bir nimadir turganiga ko‘zim tushdi. Yurak yutib unga yaqinlashdim: bu darvish menga ko‘rsatgan toshning o‘zi edi. O'sha payt ne ahvolga tushganimni tasavvur qilib ko‘ring: istagan yerimni topgandim! Tosh tuproqqa ko‘milib ketgan, shu bois uning atrofini tozalashga tushdim, biroq uning yuzasi tep-tekis edi. Shunda toshni ag‘darish uchun yerni kavlay boshladim. Qizishganimdan biror asbobim yo‘qligini ham unutib, yerni ertaklardagi jodugarlar singari qo‘limda kavlay ketibman. Yuzu badanim qora terga botib ketdi. Bir soatdan oshiq vaqt qattiq ishlab, toshni o‘girdim, lekin ne ko‘z bilan ko‘rayki, uning boshqa tomoni g‘adir-budir va tishli bo‘lib, unda hech qanday yozuv ko‘rinmasdi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:47:59
135

Endilikda vaqtini asosan jangarilar shtabida o‘tkazayotgan Li stol ustidagi yozuvni o‘qigandi. U buni men uxlab yotganimda o‘qigan va javobini yozib, yana o‘sha stol ustida qoldirgandi:
«Buxorolik shahzoda Nyan Syang (At-Tohariyning yozishicha, haqiqiy ismi Nihon Sang - Yashirin Tosh) axiri noaniqlikka barham berib, Islom dinida ekanini tan oldi. Aslida, har bir e'tiqodli inson musulmondir, dedi u, chunki bu faqat Allohga bo‘ysunmoq degani. «Nega sen e'tiqodingni bizning tilimizga o‘girmading? Nechun Xitoycha e'tiqoddaman deb da'vo qilib yurding?», deya so‘radi undan Tongyuquq. - «Qorong‘i xonada qora mushukni topish juda mushkul ish, ayniqsa, mushuk u xonada bo‘lmasa...» - javob berdi shahzoda.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:48:05
«Keyin unga nima bo‘lganini bilasanmi? - deb so‘ragandi Li javobida. Birdan uning xushxabarlari har tomonga tarqab ketdi. - Lekin men mushuklar haqidagi boshqa bir rivoyatni bilaman - davom ettirgandi Li. - Kunlarning birida er uyiga bir kilo go‘sht sotib olib kelibdi. Kechroq uyga mehmon keladi, buni pishirib berasan, - debdi u xotiniga. Xotini go‘shtni yaxshilab qovuribdi, lekin u pishgunicha bitta-bitta olib, yeb qo‘yibdi. Eri uyga kelgach, unga «qovurilgan go‘shtni mushuk yeb qo‘ydi», deb shikoyat qilibdi. Jahli chiqqan eri darhol mushukni olib taroziga solib tortibdi va mushuk roppa-rosa bir kilo chiqibdi. Agar go‘shtni yegan mushuk bo‘lsa, go‘sht qani va agar go‘sht uning ichida bo‘lsa, mushuk qani? - degan ekan qiziqqon er...»
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:48:14
136

Ushbu javob mazmunining ikki ma'noliligi o‘z yo‘liga, lekin undagi mantiq yuragimda turli xil tuyg‘ularni uyg‘otib yubordi. O'quvchilik yillarimda bir kuni siyohdon tagidagi chuqurchada bir yozuv borligini sezib qoldim. Buni qiz bola yozgani bilinib turardi: «Men seni sevaman va javobingni intizorlik bilan kutaman». Qanaqa ahvolga tushganimni bir tasavvur qiling. O'shanda javob yozib, bu gapni kim yozganini so‘ragandim. Lekin gapni yozgan qiz o‘zini ko‘rsatmadi, shunga qaramay, hayotim maktublardagi sirli muhabbat hayajonlariga to‘liq kechdi.
Hozir Lining qisqacha xatini o‘qib, negadir o‘sha tuyg‘uni boshimdan kechirdim, garchi u sevgi haqida emas, balki mening hayotim va o‘limim xususida edi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:48:27
Men sharq she'riyatidan tarjima qilib turardim. Bir gal qaysidir kitobga yozilgan so‘zboshida shoirning bir satrini sharhlash an'anasi mavjud ekanini o‘qiganman. So‘zboshi muallifi gapida davom etar ekan, agar biror kishi shu shoirning bir satrini 39 yo‘lda sharhlagan va bu satr ortida boshqa narsa yo‘qligiga ishonch hosil qilgan bo‘lsa, boshqa bir mutaxassis bu sharhga yana 47 ta qo‘shimcha sharh yozganini aytgandi.
Shuni nazarda tutgan holda, Lining mushuk va go‘sht to‘g‘risidagi so‘zlarini birgina tuyg‘u bilan sharhlashga yuragim betlamagan bo‘lardi: «Li josusmi yo jangari?» yoki: «U Jon emasmi, agar shunday bo‘lsa, bu yerda nima qilib yuribdi?» Hatto: «Li mening qiyofadoshimmi yoxud o‘zim Li emasmanmi?» deb ham so‘ray olmasdim. Hozir o‘sha 47 ta qo‘shimcha sharh yozgan ikkinchi bilimdonga o‘xshab, yozishmada batamom boshqa qatlam ham mavjudligini ko‘ra oldimki, uni sizlarga tushuntirishga harakat qilaman.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:48:44
137

Hafsalam pir bo‘lgandi. Xonavayron bo‘lgandim hatto. Na rasm va na qari darvish bor, buning ustiga Shinjonda har xil bosh og‘riqlarga yo‘liqardim. Ertasiga kunning qoq yarmida, biror jonzot inidan chiqmay yashirinb yotadigan mahal yana o‘sha joyga bordim. Yaxshiki, o‘yinqaroq bolalarni uchratib qoldim va ular darvishning ikki-uch yil oldin ketib qolganini aytishdi. Meni Turfonga bog‘lab turgan birgina rishta - bu Zevning kundaligi edi. Bolalar hamma narsadan xabardor bo‘lib, ularning biri Urumchida yashaydigan Shia Chang xolaning ismini bilar, uning bu yerda ukasi ham borligini aytib berdi. Xolaning ukasi yaqinda qamoqdan qaytdi, dedi bolakay va hatto menga uning qaerda yashashini ko‘rsatib qo‘yishgacha rozi bo‘ldi. Garchi u Kariz degan joy yoki yer osti o‘ralari yaqinida bir manzilni ko‘rsatib qo‘ygan esa-da, lekin hali Shia Changning ukasi bilan uchrashishga tayyor emasdim. Axir unga nima ham derdim: «Salom, Men Zevning kundaligini o‘qib chiqdim...?» deymanmi? Xo‘sh, nima bo‘pti?
Men nima qilishni o‘ylab, o‘sha o‘ralarni ko‘rishga bordim. Aslida Zevning qotili bilan ko‘rishish uchun yo‘lga chiqqandimki, albatta, u meni ko‘rishdan xursand bo‘ladi, deb o‘ylash telbalik bo‘lur edi. Undan nima olishim mumkin? Umuman, nega bu yerga keldim? Yaxshisi, ortimga qaytib, janob Jan-Per Balpega o‘zimni topshirganim ma'qulmasmi? Shu xayollar bilan bir soatcha tentirab yurdim va biror yaxshiroq qarorga kelolmay, axiri yer osti kanalida tinmay oqib turadigan suvga o‘xshab, tavakkaliga u bilan ko‘rishish uchun ketdim.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:48:51
138

Haddan tashqari ko‘rkam yuzli, o‘rta yoshlardagi muloyim bir kishi eshikni ochdi va o‘zimni tanishtirmasimdan burun ichkariga taklif qildi. Ochig‘i, uzun hovlida uning ortidan ergashib borishdan qo‘rqayotgandim, xuddi u qochoq echki-yu men qurbonlikka so‘yiladigan qo‘y kabiman. Buning ustiga, u uyda yolg‘iz yashaydiganday tuyulardi. Meni atirgul soya solib turgan taxta supaga o‘tirishga taklif qildi. O'n yoshlar chamasi qizaloq darhol dasturxon keltirib yozdi va non-choy keltirdi. To‘g‘risi, uni ko‘rgach, sal o‘zimga keldim.
«Biz sizni kutayotgan edik» - dedi u. Men qo‘rqib ketdim, kelishimni qayoqdan bildiykin? «Zamin to‘la g‘iybat» - dedi u va jilmaydi. Bilishimcha, Shia Chang yarim xitoy, yarim uyg‘ur edi, uning ukasini esa ko‘proq xitoyga tortgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylardim, lekin qarshimda turgan kishida xitoylarga xos hech bir alomat sezilmasdi. Qaerga kelib qoldim, deya ikkilanishga tushdim. «Siz Shia Changni qoralab kelgansiz, mana men uning ukasiman» - dedi u kishi xuddi fikrimni o‘qiyotganday.
Lolu hayron bo‘lib, o‘zim, keyingi ikki yilda kechgan hayotim, Luk, keksa darvish, Zevning kundaligi, bu yerga qaytishim haqida deyarli hamma narsani gapirib berdim... U diqqat bilan quloq soldi va birgina gap aytdi, lekin o‘sha gap meni esankiratib qo‘ydi. U: «O'sha qariya mening otam bo‘ladi» degandi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:49:00
139

Xitoy Hukmdori qon hidini sezdi. Birinchi maysa yerni yorib chiqqan va Bilga-Hoqonning kulini yerga topshirish fursati yetganda, u elchisi knyaz Tsuanni hamdardlik bildirish va qurbonlik qilish uchun yubordi. Tongyuquq uning tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsadni yaxshi bilardi, lekin Ichi Lyangni O'rta Qirollikka qaytishga qaror qilmasdan burun knyaz delegatsiyasiga qo‘shib yuborish lozim edi.
Tongyuquq hisobidagi vaqt kamaygandan kamayib borardi. O'zining yirik yurishida hatto ko‘tarilib-tushib turgan saroy ahlini-da unutib qo‘ygandi: Pobeka o‘g‘li Yo‘llukni o‘ziga og‘dirib olgan, lekin uning ikki amakisi - Saltanatning o‘ng va chap qanot shahzodalari hukumatni boshqarishda to‘sqinlik qilar, shu bois Pobeka o‘z o‘g‘lini g‘arbiy shahzodani qatl etib, uning armiyasiga ega bo‘lishga ko‘ndirdi. Lekin aytmishlarki, qo‘rqoq oldin musht ko‘tarar. G'arb shahzodasi Hoqon saroyiga hujum qilib, Yo‘llukni o‘ldirdi. Lekin ko‘p o‘tmay, uning o‘zi ham Muqaddas Dug‘in tog‘iga qilgan so‘nggi ziyoratidan qaytayotganida, Tongyuquq odamlari tomonidan o‘ldirildi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:49:12
Unda Halha degan joyda Allohning inoyati bilan shahzoda Ashina va Ona Bo‘ridan Ko‘k Turklari dunyoga keldi. Beshinchi oyning o‘rtasida Tongyuquq daraxt, o‘simlik va o‘t-o‘lan o‘smaydigan daryo yoqsidagi muqaddas Bodun-inli tepaligiga kelib, Tangri nomi bilan bir oq qo‘yni qurbonlik qildi. U yerda, tepalikning ustidan turib ko‘rdiki, turli qabilalarning turfa vakillari har xil yo‘ldan ketib borishar, lekin so‘nggi borar manzillari bir ekan. Garchi u buni butun hayoti davomida ko‘rgan bo‘lsa ham, birinchi marta uning yashirin ma'nosini tushunib yetdi.
Odamlar Tangridan xuddi shu yerda Tongyuquqqa xabar kelgan deyishadi, ular muqaddas tog‘ning tepasidan daryo qirg‘og‘iga tushib turgan bir nurni ko‘rishgan, lekin tulki ovlovchilar hech kimga biror narsani ochiq aytishmagan...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:49:26
140

Tushimga bir uy kiribdi, bu uy Emma Bovari yoki Anna Karenina kabi mashhur adabiy qahramonga qarashli emish. Odamlar mening u bilan munosabatimdan dahshatga tushishyapti. Ichkariga kirib, quloq tutaman. Zalda diniy qo‘shiq aytayotgan bolalar xori. Ularga halaqit bermaslik uchun yuqoriga chiqishim kerak, lekin zinaga ko‘tarilmoqchi edim, uning o‘rnida nur taratib turgan yirik ayiqpolvon turganini sezaman. Taxtadan foydalanib, yuqoriga tirmashaman, lekin u shunchalik silliqki, orqaga sirpanib tushaveraman.
Qahramonning o‘zi oldimga kelib, men bilan jiddiy bir narsa xususida suhbatlashadi, lekin fikru xayolim boshqa narsada.
Qasrning yuqorisiga qarab yuguraman va birdan dovul boshlanadi. Qora, qo‘rg‘oshin bulutlar kompyuterdagiday suzadi, shamol uning zanjirlarini buzib yuboradi. Lekin men allaqachon qasrning yuqorisidaman. Undan pastga qarayman, toshqin hamma narsani buzib yubormoqda. Eng so‘nggi harakat - qarshidagi eshikni ochishim va xona ichkarisiga kirishim kerak, lekin dovul bunday qilishga yo‘l bermaydi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:49:38
Birdan shunday tuyg‘u bilan uyg‘onib ketdimki, endi nima qilishni aniq bilardim. Qorong‘ilikdagi Lining o‘rindig‘iga qaradim. U yo‘q edi, so‘ng yana uxlab qoldim va boyagi tushning davomini ko‘rdim (qiziq!).
Birinchi epizodda yuqoridagi kutubxonaga chiqaman, uning eshigi o‘rnida bir teshik bor, plastik ramkaga tegishim hamoni u surila boshlaydi. Uni surib, birinchi qavatdagi plastik tomda ko‘rganimga o‘xshash kutubxonaga kiraman. Unda na devor, na shift bor, faqat egiluvchan tom mavjud. Avval choy to‘la piyolamni tushirib yuboraman, so‘ng pastga sakrayman va garchi «tap» etib tomga tushmasam ham, u bilan bab-baravar turaveraman, xuddi uchayotganday...
Ikkinchi epizod issiq yomg‘ir haqida edi. Yomg‘ir ostida yalang‘och turardim, osmondan quyilayotgan kuchli oqim butun badanimni yuvib tushardi. Men uyga tomon yurar, yuvinib olishni o‘ylardim, kim bilsin, qanaqa yomg‘ir yog‘yapti ekan hozir...
Garchi keyingi ikki epizod ham ancha yoqimli bo‘lsa-da, ularning nima bilan tugaganini bilolmay uyg‘onib ketdim. Nihoyasi qanday bo‘ldi ekan?
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:49:55
141

Hayotda ba'zan biz o‘ylagan narsalarning aksi sodir bo‘ladi. Shia Changning ukasi Zevni o‘ldirmagandi. Uning ismi Kamol bo‘lib, Zevning qotili sifatida o‘n ikki yil qamoqda o‘tirib chiqqan, lekin aslida hammasi boshqacha ro‘y bergandi.
Ha, Zev ularnikiga kelgani rost. «Qora Tulki haqidagi qadimgi ertakni eslaysizmi?» - so‘radi mendan Kamol. Boshimni qimirlatgan edim, u «Shunday qilib Shia Chang uni bu yerga olib keldi» - dedi. Lekin Zev uning otasi bilan tanishgach, qizni unutdi. Ular tuli xil tarixiy masalalar xususida suhbat boshlashgan, ertasiga Shia Chang Urumchidagi ishiga ketganida ham, Zev u yerda qolib, hikoya ketidan hikoya yozib o‘tirardi. (Shu payt u menga Zevning o‘sha hikoyalar yozilgan kundalik daftarini uzatdi, ularning ko‘pini avval keltirib o‘tganman...)
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:50:02
«Otam: «Hamma shoxlar bir tanadan o‘sib chiqadi» deya ko‘p takrorlardi, shu bois u xitoy millatiga mansub bo‘lgan onamizga uylangan, shuning uchun Zev undan sufizm bilan shug‘ullanishni so‘raganida, u qarshilik qilmagandi. Keyinchalik, otam mendan Zevni yolg‘izlikdagi qirq kun - chilla paytida Gansudagi mashhur buddistlar g‘origa olib borishimni iltimos qilgan. Ular muqaddas yozuvlarga to‘la ekani va men ularni Zevga o‘qib berishim kerak edi. U menga hatto ularni qaerda, qanaqa toshning ortida topishimiz mumkinligini aytgandi. Ertasiga Zev bilan Suchjuga yo‘l oldik. Avtobusda deyarli ikki kun yurdik va axiri manzilga yetib keldik va birinchi g‘orga kirishimiz bilan, u yerda o‘q tovushi eshitildi va meni hibsga olishdi. Zevga nima bo‘lganidan xabarim yo‘q, lekin meni qamoqqa tiqib, uning qotili sifatida jazoga tortishdi...
Aytgancha, hozir otam Shia Chang bilan o‘sha yerda...»
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:50:13
142

Orqaga chekinishga yo‘l yo‘q edi. Men undan o‘sha yoqqa olib borishini so‘ragandim, Kamol qat'iyan rad etdi. Doimiy nazorat ostida yurgan ayni holatida u faqat Gansudagi g‘orlarga borish yo‘lini tushuntirib bera olishini aytdi. Uning qo‘lbola kartasi va sxemasini olib, yarim tunda orqa tomondagi kichik eshikdan chiqib ketdim. Lekin josusona tuyg‘ular o‘rniga birdan sho‘rolar guruhi bilan birinchi marta Xitoyga qilgan safarim esimga tushib ketdi. Ana shuni hikoya desa bo‘ladi!
... Men Yurmaladagi kurortda Irmani kutib olish uchun yetib keldim va biz unda archazorlar, qaynoq, sovuq va romantik dengiz qirg‘og‘ida mazza qilib ikki kun qolib ketdik. Unga shunchalik o‘rganib qolgandimki, u Uzoq Sharqqa ketishi lozimligini aytganda, u bilan borishga qaror qildim. Tasavvur qiling - eng yirik qit'ani u betidan bu betiga kesib o‘tish... Avval Moskvaga uchdik, keyin poezdga o‘tirib, Novosibirskka, so‘ng yana uchoqda Vladivostokka uchdik. Bu port delegatsiya a'zolari yig‘iladigan va so‘ng birgalikda Xitoyning San-Fan-Hi shahriga jo‘naydigan markaz ekan. Irmaning tushuntirishicha, San-Fan-Hi ruschada xitoychadagiday emas ekan, endi bilishimcha, u inglizchada ham unday emaskan. Ma'nosi - miriqayotgan a'zo... Irma buni aytishga uyalgan, undan ham, meni delegatsiya bilan birga olib ketishga iymangan edi, garchi San-Fan-Hi Irmani nega tashlab ketmaganimning asosiy mazmunini tashkil qilardi. Men uni o‘zi bilan olib ketishga ko‘ndirdim. U viza masalalarini hal qildi va ertasiga Vladivostokdagi mehmonxonadan noma'lum San-Fan-Higa tomon qarab ketdik.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:50:20
Poezdda men «san-fan-hiyimiz» uchun arang vaqt ajratishimiz mumkinligini tushundim, shuningdek, Irma nega meni o‘zi bilan birga olib ketishdan uyalganini ham angladim. Turistik guruhimiz «meshochniki» deb atalgan savdo-sotiq uchun chiqqan guruh ekan. Har besh minutda ular eshigimizni qoqishar va xitoylar bilan suhbatlashish uchun yordam berishimizni so‘rashardi. Har besh minutda Irma ikkimiz tarjima qilishga chiqar, allaqanday shinelning qancha turishi yoki sassiq bir etikning narxini so‘rab berardik.
Harbiy kiyim-kechakdan tashqari sovetlar ikki xil boshqa narsani - erkak metall xanjarlarni, ayol esa erkak a'zosi ichida quritilgan ayiqning safrosini Xitoyga olib ketishayotgandi. Bu ikki tovar ham noqonuniy edi, shuning uchun vagonimizdagi ikki ajoyib xitoylik nima qilish kerakligini aytdi. Ayol egilgan xanjarlarni soniga bog‘lab olishi, erkak esa quritilgan ayiq safrosini erkaklik matohining yoniga osib olishi lozim edi. Ha, xuddi shunday, bu hazil gap emasdi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:50:28
Bunday sayohatlarda nudistlarning plyajidagi kabi sharmu hayoni yig‘ishtirib qo‘yishga to‘g‘ri kelarkan. Esimda, kupeyimizdagi qo‘shnilar menga ayiqning haliginaqa narsasini berishgan va sonlariga xanjarlarni yashirayotgan Irmaning qarshisida turib, uni shimimning ichiga kirgizgandim. Ayollarga qiyin bo‘lgandi o‘shanda, chunki ular yo turib ketishi, yo faqat yotib ketishi lozim edi, har qalay ikki yo uch xanjarni songa osvolib ketishning o‘zi bo‘lmaydi-ku!
San-Fan-Higa jinsilarimiz va xanjar hamda qilichlarimiz bilan harbiy shinellarimizni kiyib yetib kelganimizda, xitoy mulozimlari bizni shaxtyorlar mehmonxonasiga joylashtirishgandi. Har kuni ertalab butun shahar baraban ovozidan uyg‘onib ketar, qovog‘i uyilgan shaxtyorlar «Tai-chi»larini mashq qilish uchun mehmonxonamiz oldidagi markaziy xiyobonga kelishardi. Kunlar sal yorishib qolgan, bizni bir safga tizib, bita-bittalab bozorga kirita boshlashgandi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:50:34
Hamma o‘zi olib kelgan narsani chiqarib qo‘ygan. Semiz bir sovet xotin futbolka va ichki kiyimlar sotib, oriq va o‘ta jiddiy xitoy erkaklarini avray boshlardi. Ayol ularning oldida kiyimlarini yechar, xitoylik erkaklarning katta ochilgan ko‘zlari uchun marvarid talab qilardi. Guruhimizdagi boshqa bir erkak esa xuddi shu xotinni mehmonxonaga qaytishda avrashga tushgan: ular shaxtyorlarga ham o‘z tovarlarini sotishni istashgandi.
Ikki kommunist saltanatning bozor iqtisodiga o‘tish sharoitidagi mangu do‘stligi...
Birdan o‘sha sayohat esimga tushib ketib, Xitoyning ichkarirog‘iga kirish ishtiyog‘im ortdi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:50:44
143

Balki nega bunaqa narsalarni vaysab o‘tiribdi deb o‘ylayotgandirsiz? Lekin mening o‘rnimga o‘zingizni bir qo‘yib ko‘ring, telbaga aylanishingizni bir ko‘rib qo‘yay...
Yomon, juda yomon narslarni oldindan sezyapgandayman. Uch kundan beri Lining qorasi ko‘rinmaydi. Odamdan ko‘ra uning sharpasiga o‘xshab qolgan qariya u yoqdan bu yoqqa tentirab yurgan bu tosh g‘ordan chiqishga ikki haftaki menga ruxsat berishmadi. Qo‘rqyapman, eng yomonidan qo‘rqyapman, Li uchun... Chunki unda mening hayotimga kiriladigan kalit bor...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:51:37
144

Uning so‘nggi javobi avvalgi joyga qo‘yilmgandi, lekin kampir uni choponining ichidan chiqarib berdi. Bu shoshilib yozilgan uzun maktub bo‘lib, uni ikki marta o‘qib chiqdim. Unda so‘zboshi yo‘q, to‘g‘ridan-to‘g‘ri matn boshlangandi:
«Tongyuquqning o‘limi tarixini bilasanmi?
U hamma narsani o‘z rejasiga ko‘ra amalga oshirib bo‘lgach yoki o‘zing aytganingdek, Buyuk Qaytishni bajarib bo‘lgach, Shahzoda Kul-Teginning janozasiga kelgan barcha asir elchilar o‘zlarining e'tiqodini o‘zgartirgan turklarning katta guruhi bilan o‘z mamlakatlariga qaytgach, qizi Pobeka qolgan-qutgan turklar bilan Gertsoginya unvoni va yiliga 200 000 gran oq qo‘rg‘oshin va'da qilgan Xitoy saroyiga ko‘chib o‘tishga tayyor turganda, Tongyuquq ko‘k turklarning barcha qolgan jangchilarini to‘plab, Hukmdorning saroyini yoqib yuboradi. U shuningdek boshlarga o‘rnashib olgan universal aqlu zakovatning ham kulini ko‘kka sovurdi va shundan so‘ng xitoy generali Van-Chjun-Si qo‘shinlariga qarshi oxirgi urushga kirdi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:51:53
Kulrang tulpori ustida u ko‘p bor jangga kirgan, bahodirligi va aqlliligi uchun shuhrat topgan bahaybat burgutga o‘xshardi. Shu holda dushmanga hamla qilib, bir nechasini yer tishlatdi. Duch kelganini yakson ayladi, qolgan Ko‘k Turklari bilan dushman qo‘shinining ichiga yorib kirib, jon jahdi bilan olishdi. Bir mahal dushmanlardan biri uning tulporini urib yiqitdi, lekin eski jangchi darhol o‘zini o‘nglab, yana dushman ustiga yopirildi. U xitoy generali Van-Chjun-Sini o‘ldirdi, lekin o‘zining ham o‘limi ana shu jangda qaror topishi aniq bo‘lib qoldi, chunki dushman unga zaharli o‘q otgan edi, o‘q orqasini teshib o‘tdi va oppoq tulpordan yerga gursillab quladi. Tanasi parcha-parcha bo‘lib ketdi va dushman otining tuyoqlari uni sahro bo‘ylab sudrab ketdi. Suyaklari esa tuproq bilan bir bo‘ldi...
Quyosh osmonda qora tortdi, sahro tuprog‘i kuchli shamoldan yuqoriga ko‘tarildi, ona daryo Enasoydan suv o‘rniga qon oqdi. Kuchlar teng bo‘lmagan o‘sha urushda ko‘k turk jangchilari bitta qoldirmay qirildi. Har yili bahorda ana shu sahroda qip-qizil giyohlar bo‘y cho‘zadi...»
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:52:05
145

«Turklar uchun jangda halok bo‘lishdan sharafliroq jasorat yo‘q edi, - davom etdi Li. - Kasallik yo qarilikdan o‘lish ular uchun or bo‘ldi. Qanday qahramonlik zamoni! Ayniqsa, millionlab odam yo ochlikdan va yo to‘qlikdan o‘lib ketayotgan bizning zamonamiz bilan solishtirganda... Biroq senu men butunlay boshqacha holatdamiz, shunday emasmi? Xo‘sh, nega sen Gansuga borishga qaror qilding?
Ko‘p bor с‰uni aniqlab olishga urindim: nega o‘sha buddistlarning g‘origa bordim? Birinchi galda, nima uchun o‘zimga o‘lim jazosi tayinlangan Shinjonga yana qaytib keldim? Nechun bu yo‘lga turib oldim? Yo aslida yo‘lning tabiati shunaqami, ya'ni tanlash imkoni yo‘q, tushdingmi, bas, yo‘l seni istagan tomonga olib ketaveradimi? Boshqa bir narsa: ikki yilllik hayotimda juda ko‘p uyg‘unlik, bir xillik, muvofiqlik alomatlari ko‘rinmayaptimi? Ularni eslashga nima majbur etdi? Bu balki o‘tgan ikki yilning shunchaki qarama-qarshiliklari va yo favqulodda holatlarimikin? Yo bu qandaydir bir butun bog‘liqlikmi?
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:52:11
Turfonda yollaganim sariq yapon avtomobilida Suchjou tomonga qarab ketarkanman, xuddi shunday xayollar menga hamroh edi. Shu xayollar bilan bo‘lib, o‘zimdagi qo‘rquv va ogohlik hissini yo‘qotib qo‘ydim va bu menga ancha yordam berdi. Masalan, haydovchi meni to‘ppa-to‘g‘ri militsiya punktiga olib ketayotganiga ham e'tibor bermabman, chunki bunday uzoq safar uchun u maxsus ruxsatnoma olishi kerak ekan. Biroq o‘zimni BMTning madaniyat ishlari bilan shug‘ullanadigan xodimiman, Suchjou politsiyasining boshlig‘i meni kutib turibdi (balki rostdir!), deya u yerdan osonlik bilan qutulib oldim. Lekin qo‘lyozmalarni deb g‘orga ketayotganimni yashirib o‘tirmadim. Mahalliy politsiyachi ruxsat qog‘ozimizga qizil muhr bosib berdi va biz Xitoyning boshqa viloyatiga qarab ketdik.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:52:21
O'z ishimning qahramonlik ekaniga ishonchim komil emasdi. Bu butunlay shaxsiy masala edi. Agar muvofiqlik haqida so‘rasangiz, bu Xitoyda 200 000 gran oq qo‘rg‘oshinga burkangan Pobeka kabidir. Men doim yirik jamoat siquvidan qo‘rqar, gazeta o‘qisam boshim og‘rir, o‘zimni erkin tutishga o‘rgangan edimki, kutilmaganda biror kishi jamoat ishlari xususidagi fikrimni so‘rab qolishi mumkin. Lekin Li ba'zan haq bo‘lib chiqardi. Hatto shu yerda ham bir necha marta Bilga-Hoqon tutib turgan o‘sha elchilarning holati bilan o‘zimning holatim orasida muvofiqlik sezardim. O'tgan ikki yildagi voqealar va men nomini keltirgan va keltirmagan tadqiqotchilar orasidagi o‘xshashlikni hisobga olmaganda, bir necha bor holatimning Hoqonnikiga o‘xshab ketishini his qildim. Ikkovimiz ham, masalan, turli usul bilan makonni zabt etdik. U ham, men ham dunyodagi barcha mavjud aqlni bir joyga yig‘ishga intildik, lekin vaqt ikkimizning ham popugimizni pasaytirib qo‘ydi. U-ku Bilga-Hoqon. Endi Li Tongyuquqni eslatyapti. Xo‘sh, navbatdagisi halqaning boshi sanalmish marhum shahzoda Kul-Teginmi?
Va bu Lining o‘zi haqida emasmikin? «Jangda halok bo‘lishdan sharafliroq ish yo‘q...»
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:52:31
146

«Buxorolik shahzoda Nihon-Sang Dono Tongyuquqning eng oxirgi suhbatdoshi edi. Bir gal u payg‘ambarlari bo‘lmish Muso alayhissalomning Hizr alayhissalom bilan uchrashgani to‘g‘risidagi hikoyani aytib bergandi. Nihon-Sang ushbu hikoyani go‘yoki maxfiy bir manbadan aytib berayotganga o‘xshardi:
«Muso unga dedi: O'zingizga ma'lum bo‘lgan to‘g‘ri yo‘lni o‘rgatishingiz uchun sizga ergashsam maylimi? U aytdi: Yo‘q, siz menday bo‘lomaysiz. Nega menga berilgan ilm sizga berilmaganini tushunishni istamaysiz? U dedi: Xudo shohid, siz menga sabr qilishni ko‘rsatgaysiz va men hech bir narsada sizga qarshilik qilmasman. U dedi: Yaxshi, agar menga ergashmoqchi bo‘lsangiz, o‘zim sizga sababini aytmaguncha, hech narsa so‘ramang.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:52:37
Xullas ikkovlari daryo yoqasidagi bir kemani ko‘rishdi va Hizr alayhissalom kemaning bir joyini teshib qo‘ydi. Muso dedi: «Bu teshikni kemadagi odamlar cho‘kib ketsin deb qildingizmi? Siz chindan ham yomon ishga qo‘l urdingiz.» U dedi: Sizga men biladigan narsani bilmaysiz deb aytmaganmidim? Muso dedi: «Mendan g‘azablanmang, aytgan so‘zingizni unutibman, xatoimni kechirgaysiz.»
Shunday qilib ular safarni davom ettirishdi va yo‘lda bir bolani uchratishdi. Hizr alayhissalom uni o‘ldirdi. Shunda Muso so‘radi: «Bu begunoh bolani nega o‘ldirdingiz? Siz chindan ham juda yomon ish qildingiz.» U dedi: «Sizga men bilgan narsani bilmaysiz deb aytmaganmidim?» Muso dedi: «Kechiring, tag‘in unutibman, bu safar sizdan biron nima so‘rasam, meni tark etasiz.»
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:52:44
Ular yo‘lda davom etishdi va bir shaharchaga kelishdi. U yerdagi odamlardan ovqat so‘rashgandi, ular mehmon qilishni istashmadi. Hizr yerda yiqilay-yiqilay deb turgan devorni bir zumda tuzatib qo‘ydi. Muso dedi: «Agar istasangiz, bu ishingiz uchun haq olishingiz mumkin.» U dedi: «Mana shu siz bilan mening ajralishimizga sabab! Mana endi sabr qilolmay so‘ragan narsangizni sharhlab bersam bo‘ladi.
Haligi kema daryoda ishlaydigan kambag‘al kishiniki bo‘lib, men uni cho‘ktirib, shu atrofda daryodagi barcha kemalarni zo‘rlik bilan olib qo‘yayotgan podshohdan asrab qo‘ydim.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:52:52
Bolaga kelsak, uning ota-onasi imonli kishilar edi, biz bu farzandning e'tiqodsizligidan, g‘alayon ko‘tarishidan qo‘rqardik. Biz Alloh ularga o‘sha boladan yaxshiroq bir mehribon va imonli farzand berishini istadik.
Endi devor xususida; u shahardagi ikki yetim bolaga qarashli bo‘lib, tagida xazina bor edi. Ularning otalari haqgo‘y inson edi, Alloh ular imonga kelishlari va xazinani Allohning rahmati sifatida olishlarini istadi. Bu ishlarni o‘z xohishim bilan qilganim yo‘q. Mana siz toqat qilolmagan ishlarning sharhi».
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:53:01
147

Keksa Tongyuquq buni kitobdan o‘qib o‘rgangan emas, balki o‘z boshidan kechirgan. Avval qo‘rqinchli tuyulgan harakatlar, keyincha uning mutlaqo aksiga aylansa, yaxshi ish deb atalgan narsalar ham ana shunday aks o‘zgarishga yuz tutishi mumkin emasmi? Yaxshi niyat yo‘lni do‘zaxgacha olib keldi, deyiladi kitoblarda. O'z faoliyatini birorta Xudoga ham ishonmaydigan xitoy falsafasidan boshlagan Nihon-Sangning o‘zi ham qarama-qarshi tomonga kelib qolmadimi? Barcha elchilar shu darajada vafodorlik qilishdiki, aslida bu butunlay teskari natijalarga olib kelmadimikin? Mashhur «buddist azobi» tushunchasi boshqalarga nisbatan qo‘rqoqlik va e'tiborsizlik kabi nihon topdi, universal nasroniylikka e'tiqod qilish g‘amgin himoyasizlik bo‘lib qoldi. Manixean nadomat hamma narsaga ruxsat berishga aylanib qoldi... Elchilar hayoti buni isbotlab turibdi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:53:08
Lekin Tongyuquq Nihon-Sang hikoyasini berilib eshitdi, chunki u tulki ovlovchilarning so‘nggi maqsad-g‘oyalarini tasdiqlardi. Kunning so‘nggida uning Katta Qaytishi o‘sha haqida edi...
Lekin o‘zimiz-chi?..
Shu yerda Li o‘z xatiga yakun yasagan va men nega Tongyuquq o‘limi bilan boshlangan hikoya uning Katta Qaytishi bilan nihoyalanishini tushunishga harakat qildim. Xuddi Qaytish uning o‘limidan tashqari yuz beradi, deb o‘ylangan kabi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:53:21
148

Tavba, nega endi Tongyuquq hayotini tushunish o‘z hayotimda yordm beradi, deb o‘ylayapman? Nega Turfon-Suchjou yo‘lida tog‘lar bag‘ridagi daryo yoqasida joylashgan Kumush qishlog‘ida to‘xtaganimizda ham ana shu xayolga bordim? Endi, Lining xatini o‘qib bo‘lgach, nega u haqida o‘ylayapman va bundan avvalgi fikrni Tongyuquqning so‘nggi ziyoratiga moslashtiryapman? Yo oxirgi jang to‘g‘risida o‘ylayapmanmi? Kim haqida? Tongyuquqmi? Balki o‘zim va Li xususidadir?
Kumulda ko‘p qimiz ichvolib, ko‘zim ilingan ekan, g‘alati tush ko‘rdim: cho‘milish havzasi oldida o‘tirgan emishmiz va plastik yo qog‘oz oqqush suv yuzasida bizni xushnud qilish uchun suzib kelmoqda ekan. Birdan u tupura boshladi va men uning so‘lagi zaharlanganini sezdim. Agar qimirlasam, u buni sezadi, - o‘yladim men - lekin bu ochiq joyda ham o‘tira olmayman. Shu bois sekingina qo‘zg‘algan edim, oqqush ortimdan ergashdi va qochishdan o‘zga choram qolmadi. Qochar ekanman, ortimdan jodugar ta'qib etib kelardi. Narirog‘dagi devorda chiqish eshigi bor edi, uni itararkan, naqadar og‘irligini his etdim. Lekin undan-da og‘iri eshik ortida ham devor borligi haqida o‘ylash edi. Shu tariqa eshik orqasiga yashirindim - endi u zahar tupurolmadi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:53:35
Lekin alvastini g‘isht devor ortidan keladi, deb kutayotganimda, birdaniga pol shishib, metall panja o‘t ochayotganini ko‘rdim. Shunda metall ustunlar pastga qulab tusha boshladi, men ularning ustimga tushib ketishidan qo‘rqib, tumtaraqay qochardim. Hollivud filmidagi kabi dahshat! Qiyomat qo‘pgan misol.
Hamma qutqaruv uchog‘i tomon yugurgan. Kimdir bilet sotyapti. Baribir, ichkariga kirib oldim. Uchoq qo‘zg‘aladi, uni tashqaridan nimadir tebratib yuboradi. Qo‘mondon filmlardagi singari e'lon qilganda, kinoga tushayotganday sezasan o‘zingni: «Biz ikkita boshqa samolyot noma'lum kuchlar tomonidan garovga olingan platformaga qarab uchamiz». Shunga qaramay, qanotlarimiz ostidagi shahar hanuz biz bilan edi, balki u tog‘ tomondaligi uchun shunday ko‘ringandir yo bu shunchaki dekoratsiyadir, harqalay, farqiga borolmadim.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:53:42
Baribir o‘sha aytilgan platformaga qo‘ndik va hamma uchoqdan tusha boshladi. Men tusholmay chetroqda turibman, chunki beysbol shapkam platformadagi sho‘x bolalar qo‘lida edi va ular «kim shapkasini unutdi» deya meni tashqaridan turib jahlimga tegishyapti. Nihoyat nuragan, vayron bo‘lgan cheksiz-chegarasiz bir yo‘lakka tushib oldim.
Unda qo‘rqinchli labirintlar mavjud, yorug‘likda g‘alati mahluqlar ko‘rinadi, noma'lum kuchning sharpasi yo qo‘rquv yurakni chertadi. Odamlar qayga yo‘qoldi?
Birdan qo‘rquv ichra baqirgancha ikki o‘smir qiz men tarafga yugurib keladi, ularni labirintning yoritilgan tomonidan kelganini sezaman. Yon tomondagi xonaga kiramiz va qizlar baqira ketadi: «U bizni zo‘rlamoqchi. U momiqqina qizlarni kollektsiya qilaman, deb aytyapti!» Dahshat, men ularning ketlaridan qon oqayotganini ko‘raman. Shu mahal barmoqlaridan qon tomayotgan odam ichkariga kiradi. Men uning ikki oyoqlari orasiga tepaman, lekin u hech qanday og‘riq sezmaydi va ustimga yopiriladi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:54:01
149

Yarim tunda tog‘ qishlog‘imizdagi patruldan bo‘lak hamma uyqudaligida, yashirinib tashqiriga chiqdim. Agar patrul sezib qolsa, hayotimning tugashi aniqligini bilardim. Lekin juda ehtiyotkorlik bilan, bildirmay harakat qildim.
Suchjou yaqinidagi xitoylarning Vunfigu degan qishlog‘ida ham shunday bo‘ldi. Yarim kechada buddistlarning g‘origa o‘tish uchun tashqariga otlandim. O'tgan hafta bu yerga uyg‘urlar ziyoratga kelganini bilardim, balki ularning ba'zilari hali ham shu yerdadir, xuddi keksa darvish singari. Lekin u buddist emasdi. Menda Kamol bergan sxema-reja bor edi. Unga ko‘ra, ikkinchi tepalikka tirmashib chiqishim va olti bo‘sh g‘orndan o‘tib, yettinchisiga kirishim lozim edi. Oy yoritib turardi. Qishloqning narigi tomonida itlar hurar, oyoqlarim ostidagi chirildoqlar o‘tlar ichiga yashirinar, men esa tez-tez yurib birinchi tepalikka chiqardim. Lekin ikkinchi tepalik tik qoyaga o‘xshardi. Oy uning orqasida ko‘rinmay qolgan, birinchi tepalikda hayot sasi o‘chgan va men hansiragan nafasim bilan birga qolgandim.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:54:07
Bir daqiqadan keyin o‘zimni o‘nglab oldim-da, yarim metrcha kenglikdagi so‘qmoq yo‘lni topib, oldinga qarab ketdim. Bu so‘qmoqdan foyda yo‘qqa o‘xshar, eng yomoni, miyamda «Bu yerlarda nima qilib yuribman?» degan savol aylanardi. Lekin baxtimga oldimda bir g‘orning og‘zi ko‘rindi. Bu birinchi g‘ormi-yo‘qmi, bilmasdim, harqalay taxminimga suyanaverdim.
Hayot g‘alati-ya. Nafaqat: «Bu yerda nega tentirab yuribman?» balki «Muncha telba bo‘lmasam, tog‘dagi g‘or shunchagi gap emasligini tushunmadimmi?» degan savol ham qiynardi. Bu tamoman qorong‘ilik, mutlaqo yolg‘izlik va dahshatli qo‘rqinch edi. Men uning qirg‘og‘iga o‘tirib, birinchi tepalik ortidagi miltillayotgan ufqqa qararkanman, xuddi orqamdan qandaydir mahluq ta'qib qilib kelayotganga o‘xshardi. Orqaga qaytishim kerakmi? Lekin qaerga? Shu yerda tonggacha qolib, so‘ngra yana qidiruvni davom ettirganim ma'qulmi edi?
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:54:15
Buvim «Bekor o‘tirgandan ko‘ra bekor ishlagan yaxshi» deb tez-tez takrorlardilar. Xullas, qo‘rquvni quvish uchun yo‘limda davom etdim. Uchinchi g‘orga yetganda, shuni aniq tushundimki, garchi istasam ham, ortga yo‘l yo‘q edi endi. Bu yerga chiqish uchun rosa ter to‘kkandim. Yana bir bor ufqdagi sarobga qarab turdim-da, yo‘lda davom etdim. Biror narsa to‘g‘risida o‘ylayotganmidim? Aytish qiyin. Balki shunchaki xayol uchqunidir, ya'ni bu ertakdagi so‘qmoqlarga o‘xsharkan, deganga o‘xshash. To‘rtinchi yo beshinchi g‘or oldida yonayotgan archa va qog‘oz tutuni dimog‘imga urildi va uning qaerdan kelayotganini bilishga intilib, ketaverdim, ketaverdim...
Tun va kun o‘z ma'nosini yo‘qotgan, dunyodagi boshqa barcha narsalar ham ma'nisiz ko‘ringan mahal yettinchi g‘orga yetib keldim...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:54:24
150

Qishloqning narigi tomonida itning hurishi eshitildi. Qorovulimiz qishloqdagi eng oxirgi itni o‘zi bilan olib yurishga odatlangandi. Kampirning tosh qafasidan to‘ppa-to‘g‘ri shtab tomonga qarab yurdim. Bu o‘sha qachonlardir o‘zimiz panjara ortida o‘tirgan bino. Ichkarida chiroq yoniq turardi. Binoga yaqinlashib, quloq tutdim: it hurishi uzoqlashib borar, derazadan sariq shu'la taralardi. Ehtiyotkorlik bilan orqa tarafdagi derazadan ichkariga nazar tashladim. Hech kim yo‘qqa o‘xshardi. Yana quloq tutdim. Yuragimning urishidan bo‘lak tovush eshitilmasdi. Keyingi deraza tomonga surilayotib, oyog‘imning tagidagi bo‘sh paqirga qoqilib ketdim va u qorong‘i bo‘shliqda ovoz chiqarib quldirab ketdi. O'zimni yo‘qotib qo‘yayozdim. Hoziroq eshik ochilib, ular sokin tunni, unda mening o‘zimni chilparchin qilib yuborishadi, deb o‘yladim. Baxtimga qishloqning narigi tomonida it hurdi va uning sadosi qoyalarga urilib jimib qoldi. Nafasimni ichimga yutib, derazadan qaradim va xona o‘rtasida kimdir polda yotganini ko‘rdim. Shu zahoti tana qanor qopga o‘ralgani va tananing yuz qismi qonga belanganiga ko‘zim tushdi. It hurib, men tomonga yaqinlashayotgan zamon, yerda uzala tushgan tananing oyoq tarafida ikki tanish trener ham borligini sezib qoldi nigohim...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:54:36
151

Li o‘lgan edimi? Yo qanor tagida qotib qolgan eski qon bilan uxlab yotibdimikin? Lekin qonli qopga kim uni o‘rab qo‘yishi mumkin? Chiroq nega yoniq turibdi? Qolganlar qayoqqa ketdi? Menga endi nima bo‘ladi? Ana shu savollar qurshovida kampirning tosh qafasi ortida qaltirab turardim. Qo‘riqchi yaqin atrofda tentirab yurar, qattiq hurish uy yonida eshitila boshlagandi. Ular meni ta'qib etisharmikin? Atrofimda nima bo‘layotganini bilmay qoldim. Bu qachonlardir yettinchi g‘orda asir bo‘lganim tuyg‘uga juda o‘xshab ketardi.
U yerda, o‘n besh-yigirma daqiqadan so‘ng, osmon sarg‘aya boshlagach, zim-zimiston g‘or ichiga kirib ovoz berdim. Lekin o‘z ovozimning aks-sadosidan bo‘lak tovush yo‘q edi unda. Asta chuqurroq kiraverdim. Balki keksa darvish tonggi ibodat bilan mashg‘uldir, degan xayol o‘tdi miyamdan. Bir oz kutib turib, yana qorong‘ilikka qarab salom berdim. Hech kimdan sado chiqmadi. Yanada ichkari kirib, gugurt chaqdim. G'ira-shiralikda tafakkurga cho‘mgan holda qimir etmay o‘tirgan g‘alati shakldagi odamlarga ko‘zim tushdi. Qo‘rquv va qiziqish ichra ulardan biriga yaqinlashib, qo‘limni tekkizib ko‘rdim.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:54:42
U Buddaning tosh haykali edi. G'orning chuqurrog‘ida jildirab oqayotgan suvning tovushi eshitildi va o‘sha tomonga qarab yurdim. Mana endi avval yodlab olganim g‘orda aniq-tiniq mo‘ljal ola bilardim. Birinchi zalning yuqorisida o‘tirgan yettinchi Buddaning orqasidagi maxsus joyda qadimgi uyg‘ur qo‘lyozmalari bo‘lishi kerak. Ularning orasidan Keksa Darvish yolg‘iz o‘tirib, tafakkurga cho‘madigan, g‘orning eng muqaddas joyini ko‘rsatib beradigan ikkinchi sxema-rejani topa olardim. Shunday qilib, qo‘limni teshikka tiqib, qog‘ozlarni paypaslab topgach, endi tashqariga tortib chiqarmoqchi bo‘lib turganimda... birdaniga qo‘llarimni orqaga qayirib, boshimga dag‘al bir qop kiygizishga ulgurishdi. Kattakon qo‘l chang latta ostidan og‘zimni yopib turardi... Keyin yuzim Buddaning tosh haykaliga urilib, ko‘zlarimda olov chaqnab ketdi va shu zahoti hushimni yo‘qotdim.
Shu tariqa ana shu joyda asirga tushdim.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:54:52
152

Zamon va makon tuyg‘usidan ayrildim. Berkitilgan yuzimning og‘rig‘i shivalab yog‘ayotgan yomg‘ir ostida to‘xtab-to‘xtab borayotgan yuk mashinasining harakati bilan qo‘shilib ketgandi... Hech bir narsani o‘ylolmas, bunga madorim ham yo‘q edi. Nimaga kelgandimu, nima bilan qaytyapman?
Hozir ham xuddi shunday tuyg‘u yuragimni o‘rtardi. Barcha rejalarim noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi, bari barbob bo‘ldi. Tartib bilan yaratilgan koinot tartibsiz bir narsaga aylandi. Saltanatlar ostin-ustun, odamlar halok bo‘ldi. Yo bu shunchaki mening boshimda qanot qoqayotgan o‘lim nafasimikin? It hurishi miltiq tovushi bilan qo‘shilib ketdi.
O'zimni ikkinchisini yo‘qotib qo‘ygan egizakday his qildim. Nogiron kishining yolg‘iz oyog‘i kabi. Lekin mening ikkinchim kim edi? Li-mi? Luk? Zev? Rohib Valaamov? At-Tohariy? Bilga-Hoqon? Tongyuquq-mi? Va yo o‘limidan oldin o‘lgan Kul-Teginmi? Balki ularning hammasidir? Balki o‘zim o‘zimga egizakdirman? Xuddi «grosbux»da mijozlari bo‘lmaganda, o‘ziga-o‘zi tilmochlik qiladigan tarjimon singarimanmi?
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:55:00
Balki butun dunyo o‘ziga o‘zig egizdir va shu bois ma'nisiz, hissiz hayotning yuzada davom etishiga to‘sqinlik qilmas, bu yuza suvning yuzasiga o‘xshab nurli, oppoq, uchib yurgan bulutlarni o‘zida aks ettiradi, lekin kimda-kim bu sarobga ishonsa, uni o‘z qa'riga cho‘ktirib, bir zumda asir oladi. Men dono tulki ovlovchi jangda halok bo‘lish uchun ketmasidan burun, Tongyuquqning buxorolik shahzoda Nihon-Sangga aytgan so‘nggi so‘zlarini hech kimga aytmagandim. Bu so‘zlarni taqinchoq kabi bo‘ynimga osib yuribman, uni o‘z muhabbatining nishonasi sifatida hayotimning eng yaxshi va eng yomon lahzalari uchun Fiona (o, mening kulgili, noqonuniy, imkonsiz va yagona sevgim!) bergan edi menga. Bu uning ota-bobolari - Ko‘k Turklaridan yodgor edi.
Tangri bizni kurashish va g‘alaba qozonishimiz uchun kuch-qudrat bilan siyladi. Hatto dushman ko‘pchilikni va biz ozchilikni tashkil etishimizga qaramay, g‘alaba biz tomonda bo‘ldi. Biz undan-da ulug‘roq marhamat istadik. Uzun istaklarimizning asiriga aylandik. Biroq halokat ostida yana bir yangi g‘alaba bor. Menkim, Tangri yorlaqagan Dono Tongyuquq, unutilgan odamlarimni ko‘k turklarning g‘olibona shon-shuhratini yoyish va abadiylashtirish uchun dunyoning to‘rt burchiga yubordim.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:55:11
So‘ngso‘z

Shu joyda qo‘lyozma o‘z nihoyasiga yetadi. Biroq ikki betli boshqa bir ilova ham olgandik. Garchi bu galgisi avvalgisi kabi husnixatda yozilmagan esa-da, lekin buzuq inglizchada xuddi o‘sha mavzuda bitilgandi, shu bois uni ham Grossbux matniga ilova sifatida taqdim etish foydadan xoli bo‘lmasa kerak, deb o‘yladik. Alalxusus, mana o‘sha matn.
«Men hamma joyda bo‘lganman, biroq hech qachon dunyoning eng baland nuqtasi, masalan, Everestda bo‘lgan emasman. Lekin tap-taqir qoyada o‘tirarkansiz, pastdagi istagan tomonga qarab, eng baland tepalikda turibman, deb tasavvur qilishingiz mumkin. Hamma yo‘llar oyoqlaringiz ostiga keladi, barcha tomonlar sizning ko‘rish nuqtangizdan tarqaladi. Issiq shamolu qor ko‘chkinlariga e'tibor bermang, ko‘zni qamashtiradigan ultrabinafsha nurlar to‘g‘risida o‘ylamang, faqat atrofingizu pastga nazar tashlang. Hayotingiz butun pasttekisliklar bo‘ylab yoyilib ketgan.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:55:21
Marko Polo o‘zining terroristlar haqidagi asariga qistirib o‘tgan bir hikoyani o‘qigandim. Birinchidan, u hikoyadagi voqealarni rivojlantirib, o‘z zamonasiga moslashtirgan, ikkinchidan, qariyaga Olovuddin deb ot qo‘ygan, uchinchidan, terroristlarning maqsadini ancha osonlashtirgan. To‘rtinchidan...
Ming yillar avval ismi «Tongga tutash»ga o‘xshagan bir chol o‘tgan ekan. U to‘rt dengiz bo‘ylab yoyilgan buyuk davlat barpo etibdi. Uning qarorgohi eng katta sahroning o‘rtasida, Qutlug‘ Vodiydagi Muqaddas Tog‘ ostida va Tabarruk daryo ustida ekan. Ana shu yerda qariya bog‘ yaratibdi, u bog‘ go‘zallikda jannat bilan tenglasha olarkan. Bu boqqa hech kimning kirishiga izn berilmagan ekan.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:55:30
Cholning bir nechta qizi bo‘lgani holda birorta ham o‘g‘li yo‘q edi, shuning uchun o‘z jiyani jangda halok bo‘lganida, uning bolasini asrab, o‘ziga o‘g‘il qilib olibdi. Shu bola katta bo‘lib, qahramonga aylanibdi, yetmish yetti jangga kirib, biron marta bo‘lsin yengilmabdi. Butun qit'a uning qo‘l ostida ekan. Lekin kunlarning birida yollangan bir sotqin dushman uning orqasidan pisib kelib, o‘ldirib ketibdi.
Barcha mamlakatlarning elchilari marhum Shahzodaga yashirin suiqasd uyushtirganlar bilan qo‘shilib, uning janozasiga kelibdilar. Azadan keyin hamma chin dildan ibodat qilib bo‘lgach, qariya ularning hammalarini qattiq mast bo‘lguncha ichishlarini buyuradi. Elchilar uxlab qolishgach, ularni alohida-alohida holda vodiyni o‘rab turgan tog‘lardagi maxsus g‘orlar orqali boyagi sirli bog‘ning turli qismlariga olib ketishadi. Ular ana shu bog‘da uyg‘onib, jannatga tushdik, deya xayol qilishadi. Qirg‘og‘ida asal tomib turgan sutli daryolar, nozik qo‘llarida sharob tutgan yalang‘och huru parilar - hamma narsa jozibali va kishini o‘ziga tortar edi... Qadahlar qayta-qayta ko‘tariladi... Keltirilganlardan biri hatto Muqaddas Tog‘ning eng yuqorisidagi osmon toqiga olib chiqiladi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:55:37
Keyingi safar ularning bari o‘zlarining bog‘laridagi ajoyib, lekin zerikarli makonlaridagi tarjimonlari oldida uyg‘onishadi. Va bo‘lgan voqeani tush deb o‘ylab, jannatda, hatto mayin havoli Muqaddas Tog‘da bo‘lganliklarini bir-birlariga aytib berishadi, ularni tarjimonlar batafsil yozib oladilar. Qizig‘i shuki, har bir elchi bunday mo‘‘jizali makonda yolg‘iz o‘zim bo‘ldim, deb xayol qiladi. Garchi uyga qaytish fursati yetgan bo‘lsa ham, ular mo‘‘jiza yana takrorlanishiga ishonib, intiqlik bilan kutaverishadi. Asta-sekin ularning har biri bu tuyg‘uni boshidan o‘tkazgani ayon bo‘ladi. Shunda hamma o‘zinikini ma'qullab, boshqalar shunchaki uni takrorlashayotgan va yo taqlid qilishayotganini isbotlashga kirishib ketadi.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:55:48
Ayniqsa, tog‘ cho‘qqisida bo‘lgan elchi hammadan ko‘p o‘z so‘zini ma'qullaydi. Aytishicha, unga borgan joyida bir sirli ko‘zgu berishgan va bu ko‘zgu orqali nafaqat Moviy Osmon qarshisidagi o‘z yuzini, balki o‘n sakkiz ming olamning bor aqlu zakovatini ko‘rgan. Biroq, uning samimiyat ila so‘zlashicha, mast holda qo‘llarida ko‘zguni tutib turolmagan. Yo balki bu insonga xos hayajon tufayli sodir bo‘lgan. Harqalay, u ko‘zguni qo‘lidan yerga tushirib yuborgan va u chilparchin bo‘lib, butun vodiyga sochilib ketgan. Shunga o‘xshash hikoyani aytib bergan elchilardan biri daryo yoqasida bo‘lgan. U ham birinchi elchi gaplarini aytgan, lekin bitta farqi shuki, daryo ularni uzoqqa supurib tashlagan. Harholda ularning barchalari orasida ko‘r-ko‘rona dushmanlik paydo bo‘lgan... Kunlarning birida qariya ularni yana bir joyga to‘playdi va tag‘in mast qilib, hammalarini avvalgi boqqa eltadi. Bu safar ular uyg‘onib, qarshilarida o‘zlarining egizlari turganini ko‘rishadi. U egizlar, ulardan qarshi o‘laroq, singan oynaparchalar bir joyga yig‘ilgan ko‘yi o‘tirishgan va tarqoq elchilarni o‘zlariga qo‘shilishga taklif qilishardi. «Biz sizlarning pok ruhlaringiz bo‘lamiz, - tushuntirishibdi ular, - siz esa pastkash dunyodagi jismimizsiz.» O'z akslariga boqib, elchilar yig‘lashga tushibdi: «Hayotimizdagi kirliklar nimadan iborat edi, dunyoda nima gunoh qilibmiz?» Shu tariqa ular o‘zlarining komil ruhlari bilan birga o‘z nuqson va gunohlariga iqror bo‘lib, kun va tunlarni o‘tkazadilar, lekin bir pokiza hur endi ular o‘z dunyolariga qaytishlari va unda barcha muqaddas bilimlarni tarqatishlari lozimligini e'lon qilganida, hamma elchilar o‘sha turgan joylarida qolishni, dunyoga esa o‘z ruhlarini yuborishni o‘tinib so‘raydilar.
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:55:57
Shu narsalarni boshqarib turgan qariyadan bo‘lak hech kim Buyuk Qaytaruv uchun kim tanlab olinganini bilmas edi...
Hikoya ana shunaqa nihoyaga ega. Marko Polo uning so‘nggi variantini ishlab chiqdi va boqqa yuborilgan kishilarni qariya haqqi-hurmati hukmdorlar, shohlar va imperatorlarni o‘ldirgan terroristlar kabi ifodaladi. Ular saltanat va qirolliklarni vayron qiladi, oila va urug‘larni chilparchin etadi, o‘lim va qo‘rquv urug‘ini ekadi... Ular dunyoni zimdan oladi...
Ko‘pgina kishilar shu tarjimaga amal qilib kelishgan, chunki hikoya orqali ma'lum bir nuqtaga yetgan deyarli barcha odamlar yo qotilning, yo boshqa bir turdagi qirg‘inning qurboniga aylangan. Bunday qissalarga boy kitoblar to‘lib yotibdi, ularni gazetalarda o‘qish, oynai jahonda tomosha qilish, internetda ochish mumkin. Zombilar, jangarilar, partizanlar, qotillar... Ular har joyda, har bir irqda, dinda, millatda mavjud, ular hatto oralaringizda zirapchaday yashirinib yurgan bo‘lishlari ehtimoldan xoli emas... Va siz yashirin bir ilmning qo‘li tegadigan navbatdagi o‘ljasi bo‘lishingiz mumkin... Endi navbat sizga yetdi...
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: shoir 31 Oktyabr 2007, 12:56:34
Lekin boshqa bir sharh ham mavjud. Eng baland cho‘qqida atrofni tomosha qilib o‘tirarkanman, endi hech bir suiqasd yo fitnadan qo‘rqmagayman. Men bunda qo‘rquv va tashvish parcha-parcha qilib yuborgan jismini tark etgan jon kabi yagonaman. Balki ular o‘ldirishmas, balki shunchaki ishonch hosil qilishmoqchidirki, siz bir-biriga yelimlangan siniq oyna - havo qisqargan, quyosh ko‘zni qamashtiradigan darajada yorqin, osmon shundoqqina yelkangizda o‘tirgan yolg‘iz tog‘ning cho‘qqisida kutib turgan o‘zingizning egizingiz yo soyangiz, ruhingiz yo joningiz bilan qovushgaysiz. Chunki kunning so‘nggida Ko‘k Turklari bor, shunday emasmi?
Shu joyda hammasi tugaydi.

Nouman Smaylz, Hartfordshir»

Ingliz tilidan A'zam Obidov tarjimasi ©

www.ziyouz.com
2007
Nom: Re: Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Yuborildi: AbdulAziz 08 Yanvar 2009, 07:13:57
Ko‘k Turklari asiri (roman)

(http://www.ziyouz.com/images/books/turk.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=14)

Muallif: Nouman Smaylz
Hajmi: 409 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=14)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1195.0)