forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Munira xonim 26 Mart 2007, 19:23:53

Nom: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 26 Mart 2007, 19:23:53
Assalamu alaykum.

Men bu kitobni juda ko'p martalab o'qidim. Shunda ham juda ko'p joylariga tushunishga juda qiynaldim. shuning uchun siz azizlarga meni lol qoldirgan va menga juda ta'sir qilgan joylarini  taqdim qilmoqchiman. bulardan sizar ham bahramand bo'lib, o'z fikru mulohazalaingizni bildirasiz, deb umid qilaman.
Bu hikmatlar 1883 yilda Livanda tug'ilgan Jubron Xalil asarlari asosoida yozilgan va bizni yurtdoshimiz Mahkam Andijoniy tarjimasi bilan biz kitobxonlarga taqdim qilingan.
Marhamt bu kitobchani ba'zi joylari bilan tanishing va o'zingizni oltinga teng fikrlaringiz ila ishtirok eting.
Wassalamu alaykum!!!!
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 26 Mart 2007, 19:43:06
Ruh uchun kelgan kema.

Aziz Avliyolardan biri, zohid Donishmnad o'n ikki yildan beri Oriflar shahrida dengiz sohilida har tong Taqdir kemasining kelishini orziqib kutardi. Bu kema ul zotni bir vaqtlar tavallud topgan Abadiyat oroli - Dorul - Baqoga olib ketishi kerak edi.
Kutishning o'n ikkinchi yili, hosil yetishadigan aylul oyining yettinchi kuni shahar qal'asi tashqarisidagi tepalikda dengiz tomon boqib turganida tumanlar aro yaqinlashib kelayotgan o'z kemasiga ko'zi tushdi. Shu lahza qlabining eshiklari lang ochildi. Quvonch qushi yuzaga chiqib dengiz uzra charx urib uchdi. U ko'zlarini yumib sukut ichra qalban ibodat qildi. Ammo u tepalikdan  tushib ulgirmasdan vujudini mayuslik chulg'adi. Va ko'ngildan:"Men bu olamdan qnaday qilib ohista va qyag'usiz keta olaman? Yo'q men bu shaharni ko'nglimni jarohatlamay tark eta olmayman" degan o'y kechdi. Bu shahar devorlari ichra o'tkazgan uzun kunlarim, yolg'izlikda kechgan uzun tunlarimni qanday tark etay? Bu dunyoda iztiroblari va halovat chog'alri bilan vidolashganda kim mayus tortmaydi?
Men bu shahar ko'chalariga ozmuncha ruhim zarralari - g'uborlarini to'kdimmi, anovi qirlar orasida qanchadan-qancha sog'inchimning yalangoyoq bolakaylari izg'ib yuribdi.
Bugun men egnimdagi libosimni yechayotganim yo'q, bugun men tirik vujudimni tark etyapman. Bu yerlarga faqat o'ylarimni emas, balki yupun va tashna qalbimni tashlab ketmoqdaman.
Ammo endi kechiksam bo'lmaydi. Borliq mavjudotni o'ziga chorlovchi Dengiz meni bugun chorlamoqda va men bugun safarga chiqishim kerak.Zero bu yerda qolish o'zimni bu dunyo kishanlari ila o'rashdir. Garchi, bu yerning kechalari yolqinli bo'lsa ham. Men bu yerdan boru yo'gimni olib ketishni istardim, ammo buning ilji yo'q. Ahir tovush ketayotganida o'ziga qanot bergan til va lablarni olib ketolmaydi-ku. U yolg'iz parvoz qiladi.
Burgut ham uyasini tark etayotganida bir o'zi quyosh sari uchadi..."
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 26 Mart 2007, 19:51:37
U shaharga qadam qo'yishi bilan xalq unga peshvoz chiqib kutib oldi. Jo'r ovoz bilan salom berdi.
Shahar oqsoqollari bir qadam oldingga chiqib dedilarki:
- Hazratim, bizni tashlab ketma. Sen tuyra shomimizni kunday ravshan qilding. Yoshligingda bizga niyat orzular hadya qilding. Sen bizga begonamas, farzandimiz, dilbandimizsan. Ko'zlarimizni jamoling sog'inchi dardiga mubtalo qilma.
So'fiy erkak va ayollar dedilarki:
- Dengiz to'lqinlari bizni sendan ayirmasin. oramizda yashagan chog'ing faqat xotiraga aylanmasin.
- Ruhing bilan adashgan dillarga yo'l ko'rsatding, soyang bilan chehralarimizni yoritding.
- Biz seni sevardik. Ammo sevgimiz pinhoniy va tilsiz edi.
- Mana endi mehrimiz tilimizga ko'chdi.

Doimo shunday bo'lgan. Mehr-muhabbat teranligi ayriliq chog'i bilinadi...
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 26 Mart 2007, 20:02:47
Boshqalar ham kelib unga yaqinlashdilar. U hech kimning gapiga javob bermadi. Faqat boshini egdi.Yaqinda turganlar uni ko'z yoshlari ko'ksiga oqayotganini ko'rdilar.
U halq bilan birga masjid oldidagi katta maydonga bordi. Masjidda bir ayol chiqdi. Ismi Mehr edi. Karomatg'oy  edi u. Mehr avliyoga murojaat qildi.
- Ey, Allohning valiysi, seb cheksizlikka intilib olislardan kelguvchi kemangni izlarding. Mana kutgan daqiqalaring ham keldi. Safarga chog'lanib turibsan.
Xotiralaring, va pinhona orzu tilaklaring kechgan zaminni tark etmoqdasan. Edni bizning mehrimiz ham, zorimiz ham seni bu yerda ushlab turolmaydi.
Ammo ketar chog'ingda bizga Haq neligi haqida ayt. Hikmatlaringni qoldir. Biz ularni avlodlarimizga qoldiramiz, ular ham o'z avlodlariga qoldirurlar va ular toabad yo'qolmagay.
Yolg'iz yashab bizni qnaday kun kechiragnimizni ko'rding. Uyg'onganingda esa bizni uyqudaligimizni ko'rding. Uyqudagi kulgularimizni va yig'ilarimizni tinglading.
Shunday ekan, bizni kimligimizni, tug'ilish va o'lim orasidagi hayotimiz qandayligini bizga aytib ket.
Shunda avliyo javob berdi:
- Ey, Orifobod ahli, sizlarning ko'ngillaringizdagi tashvishlar va savollarga javob aytmasam bo'lmas...
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 26 Mart 2007, 20:09:33
Ishq nima?

O'shanda Mehr savol berdi:
- Bizga Ishq neligini tushuntir.
Avliyo boshini ko'tarib halqqa qaradi, hamma jim bo'lib qoldi. So'ng u tiniq ovoz bilan so'z boshladi:
- Agar ISHQ yetaklasa, sizlar unga ergashing. Garchi u boshlagan yo'llar qiyin va tikonli bo'lsa ham.
- Agar ISHQ qanotini sizga tekkizsa, agar bolu pari badaningizni tilsa ham, u ko'rsatgan yo'ldan boring.
- Agar Shimol izg'irini bog'larni vayron qilgandek, ISHQ savdosi ko'nglingizni, orzu niyatlaringizni bayron qilsa ham unga ishoning.
- Zeri, ISHQ sizni podshoh qilgusi va ISHQ sizni halos etgusi.
- ISHQ sizni o'stiradi.
- ISHQ umr daraxtini kesib tashlaydi ham.
- ISHQ shabbodasi umringiz daraxti shoh butoqlarida quyosh nurida titrayotgan barglarni erkalab allalaydi va uning o'zi ildizlaringizgacha kirib, silkitib, larzon qiladi...
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 26 Mart 2007, 20:12:24
- ISHQ sizlarni atrofiga yig'ib bug'doy o'rimidagi kabi g'aramlaydi.
- ISHQ sizni yelpib, doningizni kepakdan tozalaydi.
- ISHQ sizni tegirmonida maydalab yanchadi.
- ISHQ sizni yumshoq xamirdek bo'lguningizcha qoradi.
- ISHQ sizni muqaddas olovga tutub ibodat uchun ushatiladigan tabarruk nonday pishiradi.
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 26 Mart 2007, 20:16:13
ISHQ sizlarni shu ko'ylarga soladi. Shundagina siz qalbingiz sir asrorini bilasiz va bu bilim umrong mag'zidir.
Ammo siz bu ko'rguliklardan qo'rqib sevgidan faqta orom va lazzat istasangiz, yahshisi ko'piklaringiz bilan o'zingizni yashiring, hayot tegirmonidan chetga chiqing, yil fasllari bilinmaydigan, odamlari yurakdan kulolmaydigan va yurakdan yig'lolmaydigan olamda yashang...
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 27 Mart 2007, 08:57:00
ISHQ faqat o'zini hadya etadi va olsa ham faqat o'zidan oladi.
ISHQ hech kimni qul qilmaydi va o'zi ham hech kimga qul bo'lmaydi.
ISHQ faqt o'zi bilan qanoatlanadi.
ISHQ to'rlarini o'zim to'qiyman deb hayol qilma, aksincha u seni shu to'rlarga loyiq munosib deb bilsa o'rab oladi va seni yo'lga soladi.
ISHQning yagona istagi o'zini borligini bildirishdir.
Ammo ey, odam, sen ham sevib, ham orzu havaslarga berilsang mazkurlarni havas qil:
- Kechalri o'zicha kuylovchi jilg'aga o'hshab zaminga singib yo'qolishni.
- Benihoya mehr-muruvvat dardini tuyishni.
- Sevgiga yetishish uchun jarohatlanishni.
- Chin dildan, quvonch ila mahv etilishingni.
- Har tong surur ila uyg'onib ISHQda yana bir kun umr bergani uchun HAQ TAOLOga shukrona aytishni.
- Choshgohda orom olish va ISHQ jozibasi haqida mushohada va muroqaba qilishni.
- Har oqshom shukronalar aytib uyga qaytishni.
- Chin dildan MA'SHUQni duo qilib, UNGA madhu sano aytib uyquga ketishni...
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 27 Mart 2007, 09:19:18
Nikoh nima?

Shundan so'ng Al-Mehr savol berdi:
- Ey, ustoz nikoh haqida nima deysan?
- Avliyo shunday javob berdi:
- Kim bilan birga nikohda bo'lsangiz birga tug'ilib, birgalikda abadiy hayot kechirgaysiz.
Ajalning oppoq qanotlari umringizn tariqdek sochib yuboradigan paytlarda ham birga bo'lgaysiz.
HAQ TAOLO dargohida va uning yodida ham birga bo'lgaysiz.
Ammo o'zaro yaqinlikda haddingizdan oshmang.
Osmon farishtalari orangizdan shamoldek o'tib turar.
Bir-biringizni seving, ammo sevgingiz kishanga aylanmasin.
Sevgingiz ikki qalb orasida mavjlanib turgan dengizga o'hshasin.
Bir-biringizga kosani to'ldirib tuting, ammo bir kosadan ichmang.
Bir-biringizga non bering, lekin bir nonni yemang.
Birga o'ynang, birga kuying, birga zavqlaning, ammo soz torlaridek o'zingizni yolg'iz tuting. Ahir bir musiqani kuylovchi torlar ham yakka turadi.
Bir-biringizga ko'ngil bering, ammo ko'ngillarga egalik qilmang.
Zero faqat HAYOT dastigina qalbingizni qabul qilgusi.
Birga turing, ammo juda yaqin bo'lib ketmang. Zero, masjid ustunlari ham, haram ustunlari ham bir tomni tutib tursa ham o'zaro yaqin turmaydilar. Chinor bilan sarv ham birga o'smaydi...
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 27 Mart 2007, 12:22:03
Bolalar haqida?

Bola ko'tarib turgan bir ayol so'radi:
- Bizga boallarimiz haqida gapiring.
Avliyo javob berdi:
- Bolalaringiz sizniki emas. Ular Umr va Hayotning o'g'il qizlaridir. Ularni sizlar dunyoga keltirasiz,lekin ular sizlar uchun dunyoga kelmaydilar.
Garchi bolalaringiz sizlar bilan birga yashasa ham, ammo sizlar bilan emaslar.
Sizlardan bolalar faqat mehringizni oladi, ammo ko'nhlingizni va fikringiz olmaydi.
Chunki ularni o'z ko'ngillari va o'z fikrlari bor.
Siz ularning vujudlariga boshpana berasiz, ammo ko'ngillariga emas.
Chunki bolalarning ko'ngillari ertangi kunlarda-ki, sizlar u kunlarni tushlaringizda ham ko'ra olmaysiz.
Sizlar bolalaringizga o'hshashga urinsangiz mayli, ammo ularni o'zingizga o'hshatishga harakat qilmang.
Chunki umr oraqaga qaytmaydi va bugungi kunda ham to'htab qolmaydi.
Siz ALLOH qo'lidagi kamonsiz, bolalar kamondan uchgan o'qdirlar, ular sizlardan uzoqqa boradi.
SAYYOD sizning kamondek qaddingizni qattiqroq egadiki, o'qlaringiz tez va uzoqqa borsin deydi.
Qaddingiz kamonini egayotgan SAYYOD sizdan hursand bo'lsin. Siz faqat shuni o'ylang.
Chunki SAYYOD o'qi uzoqqa uchganidan qanchalar hursand b'lsa, jim turganingizdan ham shunchalar hursand bo'ladi...
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 27 Mart 2007, 12:33:14
Sadaqa haqida.

Bir badavlar odam so'radi:
- Sadaqa va zakot nima?
- Avliyo javob berdi:
- Sizlar mol-mulkingizdan sadaqa bersangiz juda ham kam qismini berasiz.
Faqat o'zingizni sadaqa qilsangiz chin sadaqadir.
Chunki mol-mulkingiz ertaga muhtojlik kelib qolishidan qo'rqib yig'ayotgan narsalaringizdir.
Ka'batullohga borayotgan ziyoratchilarning eng ziyrak iti o'ziga berilgan yangi suyakni ertangi kunga deb asrab qumga ko'mib qo'ysa, ertangi kun u qayerda bo'ladi?
Ertangi muhtojlikdan qo'rqishni o'zi muhtojlik emasmi?
Suv to'la quduq oldida tashnalikdan qo'rqishni o'zi ham sira qonmas tashnalik emasmi?
Shunday odamlar borki, moli juda ko'pligiga qaramay, juda oz sadaqa beradi. Bundaylar muhtojlarni o'ylab emas, o'zlari obro' shuhrat topish uchungina sadaqa beradilar. Bundaylarning sadaqalari manfurdir.
Shunday odamlar borki, o'zlarida nima bo'lsa borini sadaqa qiladilar. Bundaylar Hayotga, Allohga va UNING sahiyligiga ishonadilar. Bundaylarning sandig'ini ALLOH sira bo'sh qoldirmaydi.
Ba'zilar hursandchilik ila sadaqa beradilar, ularga shu hursandchiliklarini o'zi mukofotdir.
Ba;zilar og'rinib sadaqa beradilar, shu og'riq ularga bo'lgan jazodir.
Shunday odamlar borki, sadaqa berishda og'rinmaydilar. berishdagi hursandchilikni ham, ertangi savobni ham ko'zda tutmaydilar. Bu odamlar atrofga atrini taratuvchi qiyg'os gullagan nok daraxtiga o'xshaydilar.
HAQ TAOLO shunday odamlar qo'li bilan muhtoj bandalariga sadqa ulashadi, shundaylarning ko'zlari bilan tabassum qiladi.
So'rab kelganga berish savobdir, lekin so'ramadan berish undan-da savobliroqdir.
Saqad beruvchi odam sadaqa olivchini topganiga sadaqa berganidan ko'proq suyunadi....
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 27 Mart 2007, 12:46:20
Bu dunyoda sadaqa berishdan qo'rqib yashirasigan nima bor o'zi?
Sizga ALLOH bergan hamma narsalar bir kun kelib sizdan tortib olinadi.
Shuning uchun mol-mulkingiz merosho'rlarga o'tmay turib imkoningiz borida sadaqa qilib oling.
Sizlar sadaqa berardim, agar shunga munosib odam bo'lsa deb o'ylaysiz. Bog'ingizdagi daraxtlar, yaylovingizdagi mol qo'ylar bunday o'ylamaydilar.
Daraxtlar va mol qo'ylar mevalarini va sutlarini bermasdan yashay olmaydilar. Beradiganlarini yashirib qolish ular uchun halokat bo'ladi.
HAQ TAOLOdan kecha va kunduzlarni olishga haqli bo'lgan odam boshqa barcha narsalarga ham munosibdir.
HAYOT ummonidan obihayot ichishga munosib bo'lgan odam sizning jilg'angizdan ham  ichishga munosibdir.
Sizning jasurligingiz, qat'iyatingiz va hatto beparvoligingizdan ham yomonroq cho'l bormi dunyoda?
Kim bo'libsizki, odamlar sizning huzuringizda libosini yechib mohiyatini yalang'och qoldirsa, o'z qadrini yerga urishdan uyalmasa?
Avval o'zingizga boqing-chi, birovlarga sadaqa beruvchi, ALLOHning mehr shafqati vositasi bo'lishga munosibmisiz?
Aslida faqat haqiqiy HAYOT (haq taolo) hayot berishga munosibdir, sizlar esa bir tomoshabinlarsiz.
Ey, siz barcha narsalarni sadaqa qilib oluvchi insonlar,odamzotga shukrona aytish yukini o'z yelkangizga va sadaqa beruvchilar yelkasiga gunoh qilib ortmang.
Yahshisi siz beruvchining sadaqalaridan ruhlanib, qanot chiqarib, sadaqa beryotgan odam bilan birgalikda yuksaling.
Berguvchi odamga shukrona aytish burchini ado etish uchun  ortiqcha tashvishlanish - YARATUVCHIngiz sahovatidan shubhalanishga o'hshaydi...
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 28 Mart 2007, 07:06:45
Yemak va ichmak haqida.

Taomhona egasi bo'lgan bir chol so'radi:
- Yemak va ichmak nimadur?
Avliyo aytdi:
- Qani edi, ildizlari havoda bo'lgan o'simlik kabi zaminning hush isini hidlab nur emib yashay olganingizda!
Ammo siz taomga to'yishingiz uchun biror jonivorni o'ldirsangiz tashnaligingizni qondirish uchun molning bolasini sutsiz qoldirsangiz, shuning uchun yemak va ichmak nimaligi siz uchun sir bo'lib qolsin.
Modomiki shunday ekan, dasturhopningiz o'rmonu vodiylarni begunoh jonivorlarni yanada begunohroq va pokizaroq zot - odamzotga qurbonlik keltiriladigan ibodatgoh bo'lsin.
Biror hayvonni so'yar ekansiz ko'nglingizda bunday duo qiling:
"Seni halok etayotgan Qudrat bir kuni meni ham halok etadi. Va meni ham yer yutib yuboradi. Zero seni meni qo'limga topshirgan qonun bir kuni meni yanada qudratliroq qo'llarga topshiradi. Sening va mening qonim Qazo daraxtining ildizlarini namlash uchun to'kiladigan tomchilardir".
Birorta olmani tishlayotganingizda dilingizda ayting:"Sening urug'laring mening tanamga ekilmoqda. Ertangi g'unchalaring qalbimda qiyg'os gullaydi. Sening hush islaring mening nafasimga aylanadi. Shu tarzda ikkimiz yilning to'rt faslida shod-hurram yashaymiz".
Kuzda tokzorlardan uzum uzib uni ezib sharbarini olganingizda dildan bunday deng:"Men ham tokman, mening ham uzumboshimni charx ezib, suvimni chiqaradi va gullarni sug'oradi".Ko'nglingizda kuz faslini, toklarni va uzum ezuvchi hovonlarni eslang....
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Murod_bek 01 Aprel 2007, 21:49:46
Assalomu Alaykum!
Bu kitobning nomi nima ekan?Sotuvda bormi?
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 02 Aprel 2007, 11:22:33
Va alaykum assalam.
Bu kitobning nomi "Donishmand hikmatlari".
Albatta sotuvda bor.
"Ko'kaldosh" madrasasining yonidagi kitob
sotuvchi rastalardan topishingiz mumkin...
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 02 Aprel 2007, 21:06:14
Mehnat nima?

Shundan so'ng dehqon so'radi:
- Biz mehnat uchun tug'ilganmizmi?
Donishmand javob berdi:
- Siz, dehqonlar, tuproqdan uzoqlashib ketmaslik zamin ruhidan judo bo'lmaslik uchun mehnat qilasiz.
Zero, dangasalik - zaminga va yil fasllariga begobnalikdir,cheksizlikka intilayotgan ulug'vor hamda kamtarinlik ila mag'rur hayot oqimidan chetga chiqishdir.
Mehnat qilayotganingizda siz nayga o'hshaysiz, nay - zamon shivirlarini kuyga aylantiradi.
Olamda borliq jo'r bo'lib kuylayotganida siz nay bo'lmasdan sassiz, soqov oddiy qamish bo'lib turishni hohlarmidingiz?
Ammo sizga doimo Mehnat - qarg'ishdir, Ishlash bahrsizlik keltirdai, deb o'rgatishadi.
Men boshqa gap aytaman. Mehnat qilayotganingizda bag'ridan yaralgan zot kelgusida yahshi, ezgu ishlar qiladi, deb orzu qilgan Zamin -Tuproqning umidlari ushaladi. Mehnat qilayotganingizda hayotni sevasiz, uni qadrlaysiz.
Hayot ishqi ila mehnat qilish esa Yaratguvchiga bo'lgan sevgingiz kabi sir - asrordir. Ammo siz tirikchilik uchun ter to'kib mehnat qilish - peshonamga bitilgan qarg'ish chizig'i deb o'ylasangiz, bilingki, peshona terigina Allohning rahmini keltirib qarg'ish chizig'ini o'chira oladi...
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 02 Aprel 2007, 21:18:02
Sizga yana: hayot zulmatdir deya uqtirishgan. Siz esa yashashdan charchagan odamlarning bu gapini takrorlaysiz. Ammo bu to'g'ri fikr emas.
Mehnat haiqda men bunday deyman.:
- Hayot chindan ham zulmatdir, agar harakat bo'lmasa.
- Harakat ko'-r ko'ronadir, agar bilim bo'lmasa.
- Bilim ham bekrodir, agar mehnat bo'lmasa.
- Har qnaday mehnat ham besamardir, agar ixlos bo'lmasa.
Agar ixlos ila mehnat qilsangiz siz o'zingizni taniysiz, bir-biringizni taniysiz va Allohni taniysiz.
Ixlos ila mehnat qilish nima?
Bu - qalbingiz iplari ila ma'shuqangizga atalgan libos tikishdir.
Bu - shunday chiroyli bino qurishki, unda go'yo qalbingiz mahbubasi yashaydi.
Bu - dala,bog'larga shunday urug'lar ekishki, ularning ,mevalari ma'shuqangiz dasturxoniga atalgandir.
Bu - barcha ishlaringizni musaffo rush ila, chin dildan bajarishdir.
Va ishlayotganingizda olamdan o'tib ketgan barcha azizlarning ruhlari sizni kuzatib turganini his eting...
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 03 Aprel 2007, 07:22:31
sizlardan ko'pincha mana bunday so'zlarni uyqusiragandek gapirganlaringizni eshitganman:"Marmar toshlarni taroshlab, o'z ruhining suvratlarini yasagan odamning qalbi yerni shudgor qiluvchining qalbidan go'zaldir,oliyjanobroqdir. Osmon kamalagini matohga inson shklida tushirgan odam shippak to'quvchi odamdan a'loroqdir".
Men esa uyqurirab emas, aniq ravshan shuni aytmoqchimanki:
Shabboda mahobatli chinorga ham, nozik o't - o'lanlarga ham mehribonlik ila qaraydi. Ana shu shabboda tovushini mehri bilan nafis kuyga aylantirgan odam a'loroqdir.
Mehnat bu ko'zga ko'rina boshlagan muhabbatdir.
Agar siz mehr bilan emas, qahr bilan mehnat qilayotgan bo'lsangiz qilmay qo'ya qoling. Yahshisi, siz quvonib mehnat qiluvchilardan ibodatxona darvozasi oldida o'tirib, hayr sadaqa so'raganingiz yahshiroqdir.
Agar hafsalasizlik ila non yopsangiz noningiz taxir chiqadi, yegan kishi mazza qilmaydi.
Agar ko'ngilg'ahslik ila uzum ezsangiz, sharbati og'u-zaharga aylanadi.
Agar farishta bo'lsangiz ham dardli qo'shiqni dildan aytmasangiz ovozingiz odamlarning g'ashiga tegadi. Odamlar qo'shig'ingizdan kechani ham, kunduzni ham ajrata olmaydilar...
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 03 Aprel 2007, 07:35:47
Quvonch va qayg'u.

So'ng bir ayol so'radi:
- Quvonch nimayu qayg'u nima?
Donishmand javob berdi:
- Quvonch degan narsa qayg'uyingizni yashiradigan niqobdir.
Kulgingiz ko'z yoshingiz to'la quduq , qalbingiz tubidan eshitiladi.
Shunday emasmi?
Qayg'u ruhingizga qancha ko'p singisa shunchalik quvonchga nuhtojsiz.
Sizni quvontiruvchi sharob saqlagan xum kulolning tandirida uzoq kuydirilmaganmi?
Ruhingizni quvontiruvchi tanburni usta daraxtni kesib va shilib yasamaganmi?
Qalbingiz tubiga diqqat bilan qarasangiz kechagi qayg'ularingizni bugungi kulgularingiz toshlari bosib turganini ko'rasiz.
Qayg'u kelganida esa kechagi quvonchlar uchun yig'layotgan bo'lasiz...
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 03 Aprel 2007, 07:39:37
Ba'zilaringiz:"Quvonch qayg'udan kuchiroqdir' deysiz.
Boshqalringiz esa:"Yoq, qayg'u kuchliroqdir", deysiz.
Men bo'lsam sizlarga; ular ayrilmas egizaklardir, deyman.
Ular sizning uyingizga bir kunda mehmon bo'lib kelishadi.
Dasturxon ustida quvonch ila o'tirsangiz, to'shagingizda qayg'u birga yotishini unutmang.
Zero, siz tarozi pallasi kabi quvonch va qayg'u orasida chayqalasiz.
Faqat qalbingiz bo'm bo'sh bo'lib qolganida quvonch ham, qayg'u ham yo'qoladi...
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 04 Aprel 2007, 21:04:00
Uy-joylar haqida.

Tosh teruvchi yaqinlashib so'radi:
- uy-joylar haqida gapirib bersangiz.
Donishmand javob berdi.:
- Shahar devorlari ichida uy-joy qurishdan avval cho'llarda hayolan uylar quring, bog'lar yarating.
Zero, har kuni uyingizga qaytayotganingizda huddi cho'lda uy qurib piyoda qaytayotgandek horib charchagan bo'lasiz. uyingiz sizning kattakon vujudingizdir. bu vujudingiz kunduzi quyoshda qiziydi, kechasi soviydi. Siz uxlaganda uyingiz han tush ko'radi. Tushida uyingiz o'zini o'rmonlarda, tog'larda va qirlar ustida ko'radi.
Koshki sizlarning shaharda qisilgan uylaringizni urug'lardek hovuchimga olib o'rmon, qir va o'tlqolarga sochib yuborsam.
Koshki, yashil vodiylar sizning ko'chalaringiz, yashil o'rmonlar hiyobonlaringiz bo'lsa. Bir-birlaringizni uzumzor bog'lardan izlab topsangiz,uyga kelganda kiyimlaringizdan yer tuproq hidi anqib tursa.
Ammo hali bunday zamon kelgani yo'q.
Qadim ajdodlaringiz sizlarni bir-brilaringizga juda yaqin joylashtirgan - qo'qruvdan qutulishingiz uchun. Ammo bu qo'rquv hali juda uzoq davom etadi. Shahar devorlari sizning o'choqlaringiz bilan dalalaringiz orasini hali uzoq vaqt to'sib turadi....
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 04 Aprel 2007, 21:21:27
Nechun bir-biringizdan qo'rqasiz? Siz bu tor uylaringizda, zich yopilgan eshiklar ichida nimalaringizni yashirgansiz, ey, Orifobod odamlari!!!
Qani aytingchi, sizlar o'rtangizda tinch totuvlik xotirjamlik - ya'ni kuch quvvatingizga ishonchingiz bormi?
jimirlagan yulduzlar boshingizda gumbaz bo'lgan chog'larni eslaysizmi? Ana shu yulduz samo - aql idrok olamini eslaysizmi?
Yog'och va tosh buyumlaringizdan sizni uzoqlashtirib, muqaddas tog'lar sari yetaklovchi nafosat hissi bormi sizlarda?
Sizlar oromni, jo'ngina jimjitlik, xotirjamlikni istaysiz. Mana shu xotirjamlik istagi avval uyingizda mehmon, keyin esa amr etguvchi hukmdorga aylanadi.
Xotirjamlik istagi - sizning ehtirosli istaklaringizni o'ldirib, maydalashtirib, qo'g'irchoqqa aylantiradi.
Xotirjamlik istagi - sizni bo'ysundirib, sizni qamchilab turadi.
Xotirjamlik istagi - yumshoq qo'llari ila sizni silayotgandek bo'ladi, lekin uning yuragi temirdandir.
Xotirjamlik istagi - sizni to'shagingiz uzra allalayotgandek, aslida u sizning ustingizdan kuladi.
Xotirjamlik istagi - aqlingizga ofarin deydi va aqlingizni zaiflashtirib mo'rtlashtirib, gulbarglarga o'raydi.
Xotirjamlik istagi - qalb ehtirosini o'ldiradi, uni go'rga kuzatayotib ustidan kuladi.
Ammo kengliklarda yashaydigan, tinib - tinchimaydigan sertashvish jonsarak odamlar esa xotirjamlik paytlarida ham uning tuzog'iga bo'yin egmaydilar.
Bunday jonsarak kishilarning uyi langarda to'htab turgan kemaga emas, yelkani ochiq, safarga shay kemaga o'hshaydi.
Bundaylarning uyi jarohatga bosilgan malham emas, ko'zni asraguvchi kiprikdir.
Keng joyda yashasangiz tor eshikdan o'tish uchun qanotlaringizni yig'ishtirmaysiz, shiftga urilishdan qo'rqib, boshingizni egmaysiz, devorlar yorilib, yiqilib tushadi deb qo'rqmaysiz.
Tiriklay o'lganlar qurgan tobutga o'hshagan uylarda yashamay, keng joylarda, dala qirlarda yashash yahshidir.
Uylaringiz qanchalik muhtasham va uluig'vor bo'lmasin, ularning ichida sir-asrorlaringiz yashirin qolmaydi, yashirin istaklaringizni ham Alloh eshitib ko'rib turadi.
Zero, cheksiz bepayon uylaringiz - osmonlardir, ularning darvozasi - tonggi tumanlar, derazalari esa - tun sokinligidir...
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 12 Aprel 2007, 18:55:07
Kiyim - kechak nima?

Tikuvchi so'radi:
- Kiyim kechak haqida nima deysiz?
Donishmand javob berdi:
- Kiyimlaringiz badaningiz go'zalligini yashiradi, lekin dilingizdagi hunukliklarni yashira olmaydi.
Siz kiyimlar erkin bo'lishini hohlaysiz,lekin o'zingiz ularga asir bo'lgansiz.
Quyosh va shamollarga kiyimlaringizni emas, qalbingiz va vujudingizni tutsangiz edi.
Zero hayot nafasi - quyosh nurlarida hayotning qo'llai - shamollardadir.
ba'zilar deydiki:"Shamolning sovuq yellari bizning kiyim - kechaklar ijodkoridir".
Ha, chindan ham libosingiz usatasi shamol yellari. Ammo uning uchun hayo va ibo - to'quv dastgohi, mushaklar horg'inligi - chevar iplaridir.
Shuni unutmangki, hayo va ibo sizni yomon ko'zlardan asraydi.
Yomon ko'zlar yoqolsaydi, uyalishga hojat ham qolmasdi.
Shuni unutmangki, zamin uchun yalang oyoqlaringizni his qilishni, shamol uchun  esa sochlaringiz ila o'ynashish yoqimlidir....
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 12 Aprel 2007, 19:14:51
Savdo - sotiq haqida.

Bir savdogar so'radi:
- Savdo - sotiq nimadir?
Donishmand javob berdi:
- Dala, bog'lar, zamin sizga hosillarini uzatar ekan, hovuchingizga to'lgsani sizga yetarlidir.
Zamin noz - ne'matlarini ayirboshlash bilan mo'l - ko'lchilik,farovonlik tug'iladi.
Ammo ayirboshlashda mehr, hayrihohlik va adolat yo'qolar ekan, birovlarni ochko'zlik, birovlarni esa ochlik o'z domiga tortib ketaveradi.
Sizlar - dengiz, dala va bog'larning zahmatkashlari bozor maydonida tikuvchilar, kulollar va qandolatchilarni uchratar ekansiz, Allohdan so'rangki, Zamin farishtalari sizlarning noz-ne'matlaringiz o'lchanadigan tarozularni,hisob kitoblarni adolatli qilsinlar.
Bozorga quruq qo'l bilan keluvchi, faqat gap sotuvchi, dangasalarni kiritmang.
Ularga aytingki:"Yahshi yashashni istasangiz, biz bilan dalada ishlang yoki debgizda baliq tuting. Zero, yer va dengiz bizga qancha sahovatli bo'lsa, sizlarga ham shuncha sahovatlidir".
Bozordan ketar ekansiz, shunday qilingki, hech kim u yerdan quruq chiqmasin. Zero, orangizda eng muhtoj, eng bechora odamlar ham tilagiga yetmasa, yer farishtalari orom topmaydilar....
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 13 Aprel 2007, 10:25:16
Jinoyat va jazo haqida.

Shundan keyin shahar qozikaloni oldinga chiqib so'radi:
- Jinoyat va jaoz nima?
Donishmand javob berdi:
- Sizning daydi ruhingiz shamollar orasida qolsa, birovlarga ham, demak, o'ziga ham zarar yetkazishga urinadi.
Siz go'yo Alloh dargohiga kelib, huzuringga kiraman,deb to'palon ko'tarasiz va Alloh bu to'palonni eshitmaydi, deb o'ylaysiz.

Sizlarning ruhingiz javhari - ilohiydir.
Bu toza ruh qanot chiqarib, to'palon, g'alvalardan uzoqlashgan kishini arshi a'loga ko'taradi.
Ruhingiz javhari quyoshdek nurafshondir. u ko'rsichqon ishlariga va ilon uyalariga kirmaydi.
Ammo tabiatingiz faqat ilohiy javhardangina iborat emas. Sizning tabiatingizda insonga hos hislatlar ko'p, ammo hali hayvonlik ham oz emas, vujud va ruhingizda mudrab yotgan bir hunuk va mitti mahluq bor-ki, u hali zamon uyg'onib qolishi mumkin.
Hozir ruhingizdagi insonlik haqqi haqida gapirmoqchiman. Zero, jinoyat nimaligi va jazo nimaligini sizning ilohiy javharingiz ham, sizda mudrab yotgan mitti mahluq ham bilmaydi, balki sizdagi insonlik bilishi, farqlashi mumkin...
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 13 Aprel 2007, 10:40:28
Ko'pincha sizlar yovuzlik qilganlar haqida shunday gapirasizlarki, huddi hech qachon o'zingiz yovuzlik qilmagandek. O'zingizni ularga qo'shmaysiz. Ular sizning olamingizda chaqirilmagan mehmondek ko'rinadi.
Bilinglarki, aziz-avliyolar ham hech qachon Haq-taolo martabasiga yetmagan.
Sizlarni eng tubanlaringiz, yomonlaringiz esa, Iblis darajasiga yetolmaydi.
Daraxtning har bir yaprog'i sarg'ayishiga barcha shoh butoqlar indamay qarab turgani kabi, sizlarning bittangiz boshqalaringiz indamay turganingiz uchun jinoyat qiladi.
Siz ham yo'l, ham yo'lchidirsiz.
Ilohiy javharingizni izlab barchangiz saf tortib ketayotganingizda orangizda bittangiz yiqilasiz. Safdagi hamma odamlarni yiqilgan odam yo'lda qoqiladigan tosh borligidan ogohlantiradi.
Yiqilgan odam safda oldin borayotganlar aybi bilan ham yiqilgan,chunki oldingizlar haligi toshni yo'ldan olib tashlamaganlar.
Sizlarga malol kelsa ham shuni aytib qo'yay:
- Oldirilgan odam o'limiga o'zi ham sababchidir.
O'g'rilardan ehtiyot bo'lmagan kishi puli to'qolishiga o'zi ham aybdordir.
Vijdonsiz kishining yomonlik qilishiga bir chetga chiqib, tinch yashayotgan avliyo ham aybdor.
Halol kishi ham yomonlik qiladi.
Aybdor kishi ko'pincha haqorat qilingan odamdan jabr ko'rgani uchun yomonlik qiladi.
Qamoqda yotgan ko'p mahbuslarning jinoyatiga aybsiz, pokdamon kishilar sababchi bo'lishi mumkin.
Sizlar haq ila nohaqni yahshi ila yomonni ajratolmaysiz. Ularning ikkisiga ham quyosh birdek nur sochadi, qora ip, bilan oq ip bir qatimga shilgandek.
Qatimdagi qora ip uzilsa tikuvchi datgohni to'htatib, butun matohni tekshirib ko'radi. Sizlarning birortangiz ayoliga hiyonat qilayotgan erni ayblab hukm chiqarar ekansiz, ayolida ham ayb borligini takshirib ko'ring.
Siz birovni hafa qilgan kishini urmoqchi ekansiz, hafa qilingan odamning ko'nglida nima borligini, uni ham aybi borligini o'ylab ko'ring...
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 14 Aprel 2007, 08:02:04
Birortangiz adolatli ish qilaman deb, yomon daraxtni kesib tashlash oldidan uning ildizi borligini ham o'ylab ko'ring. Ana shu ildizlar ichida yahshisi ham, yomoni ham, meva beradigani ham, bermaydigani ham borligini ko'rasiz.
Adolat qiluvchi qozilar,siz:
- Vujudi pok, lekin qalbi nopok kishiga qanday jazo berasiz?
O'zining ruhi o'lgan, lekin boshqaning vujudini o'ldirgan kishiga qanday jazo berasiz?
Aldamchi va zolim kishi agar o'zi ham aldangan va zulm ko'rgan bo'lsa nima qilasiz?
Qilgan yomonligidan ko'ra afsus-nadomati ziyodaroq odamni qanday jazolaysiz?
Gunoh qilganiga afsuslanib, tavba qilishning o'zi adolatli emasmi?Siz shu adolatga jon dilingizdan hizmat qilmaysizmi?
Ammo siz aybsiz kishini majburan tavba qildirishingiz, aybdor kishining tavbasiga parvo qilmasligingiz adolatsizlikku?
Qorong'u, zulmatda odamlar qanday jinoyatlar qilayotganini bilmaysiz. Faqat olam yorishganda qiyomat kuni bilishingiz mumkin. Ana shunda ilohiy javhar egasi ham qorong'ulikda qalbidagi mahluq (nafsi ammora) istagi bilan jinoyatlar qiligan odam ham bir odam ekanligini ko'rasiz...
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 14 Aprel 2007, 08:09:57
Qonunlar haqida.

Shundan keyin bir qozi so'radi:
- Ustoz, qonunlar haqida nima deysiz?
Donishmand javob berdi:
- Sizlar qonunlarni chiqarishni yahhsi ko'rasiz.Ammo qonunlarni buzishni undan ham yahshi ko'rasiz.
Siz dengiz sohilida qumdan uylar qurib yana buzib quvonib o'ynayotgan bolaga o'hshaysiz.
Siz qum ustida qasr qurar ekansiz, ummon to'lqinlari uni buzib tashlayveradi.
Qurgan qasringizni o'zingiz buzayotganingizda ummon ham sizga qo'shilin qiyqirib quvonadi.
Chindan ham ummon ko'ngli beg'ubor bolalar ila quvonadi.
Ammo odamlar borki, ularning hayoti ummon emas, odamlar uchun chioqarilgan qonunlar qumdan yasalgan qasrlar emas. Bularga nima deyish mumkin?
Kimlargadir hayot harsangtosh, qonun esa o'sha harsangni yo'nib Insonga o'hshatadigan pichoq, poyteshadir.
Raqsga tushayotganlarni yomon ko'radigan cho'loq kishiga nima deyish mumkin?
Ho'kiz o'z bo'ynidagi bo'yinturug'ini yahshi ko'radi va o'rmonda ozodlikda yurgan bug'u va kiyiklarni boshpanasiz daydilar, deb hisoblaydi.
Bunday ho'kiz haqida nima deyish mumkin?
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 14 Aprel 2007, 08:23:24
Po'st tashlay olmaydigan ilon boshqa po'st tahslagan ilonlarni yalang'och va uyatsiz deb o'ylaydi.
To'y ziyofatga hammadan oldin kelib, yeb - ichib, bo'kib ketadi-da, ziyofatlar qonunbuzarlarning joyi deb yomonlaydi.
O'zlari quyoshga yelkalarini tutib oftobni yomonlaydigan bunday kishilar haqida nima deyish mumkin?
Bunday odamlar faqat o'zlarining soyasini ko'radi va shu soyani qonun deb hiblaydilar.
Quyosh bundaylarga faqat soya berish uchungina hizmat qiladi.
Qonunlarga e'tirof etish - yerdagi soyalarni qonun deb, soyaga ergashuv kabidir.
Ammo quyosh tarafga qarab borayotganlarni hech qanday soyalar to'htatib qololmaydi.
Shamoldek yelayotgan ey, siz odamlar, hech qnaday shamol parrak sizlarga yo'l ko'rsatib berolmaydi.
Siz agar bo'yinturuqni tashlasangiz, hech bir qonun sizning qo'l-oyog'ingiz bog'lay olmaydi. Ammo qamoqhona darvozasiga yaqin kelib qolgan bo'lsangiz boshqa gap.
Agar zanjirlarsiz, erkin yashamoqchi bo'lsangiz, qonunlardan qo'rqishga hojat qolmaydi.
Ey, Orifobod ahli, sizlar nog'orani va lirani chaldirmay qo'yishingiz mumkin, ammo hech biringiz hech qanday qonun bilan to'rg'ayga sayrashni man qila olmaysiz...
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 15 Aprel 2007, 06:59:41
Ozodlik haqida.

Notiq siyosatchi savol berdi:
- Ozodlik nedur?
Donishmand javob berdi:
- Sizlarni shahar darvozalari oldida va uyda o'choq, mehribonlaringiz oldida ozodlikka, erkka sajda qilayotganingizni, unga madhu sano aytayotganingizni ko'rdim.Bu ishingiz huddi qullarning o'z zolimlarini maqtashiga o'hshab ketadi. Garchi olimlar o'z qullarini halok etayotgan bo'lsa ham.
Ha, ibodathona, bog'u hiyobonda, qal'a devorlarining soyasida sizlar ozodlikni, erkni bo'yinturuq va kishan kabi taqib yurganingizni ko'rdim.
Bu ishingizni ko'rib yuragim qonga to'ldi,chunki ozodlik uchun kurashuv va unga erishuv haqidagi safsatalaringiz, hatto ozodlikka chiqish istagingizning o'zi sizni qul qiladi, oyoqlaringizga kishan, burunlaringizga jilov bo'ladi. Siz ozod bo'lish istagidan qutulganingizdagina o'zingizni chinakam ozod his etishingiz mumkin.
Kunlaringiz va tunlaringiz muhtojlik va kulfatdan qutilganda, bu muhtojlik va kulfatlarni kishan qilib emas, belingizga belbog' qilib, erkin ishga tushganingizdagina ozodlikka chiqa olasiz.
Haqiqatga yetishay deb turgan umringiz tongida siz o'zingizni kishanga solgansiz, tunu kun sizni qiynayotgan mol, dunyo tashvishlaridan qachon qutulibqaddingizni rostlab,haqiqat nuriga intilsangiz o'shanda ozod parvoz qila olasiz.
Siz ozodlik deb intilayotgan narsa, quyoshda yaltirab, ko'zingizni qamashtirayotgan narsalar yahshi ishlar qilishingizga halaqit berayotgan eng mustahkam kishanlardir.
Siz ozodlikka erishaman deb, o'zligingizni parcha-parcha qilib yo'qotmayapsizmi???
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 15 Aprel 2007, 07:09:21
Mabodo adolatsiz qonunlarni yo'qotish istasangiz, o'ylanki, bu qonunlarni o'zingiz boshingizga balo qilib chiqargansiz.
Barcha qonun kitoblarini yoqib yuborsangiz ham qutulolmaysiz, chunki bu bid'atlar sizlarning ko'ngillaringiz yozilgan. Ularni o'chirish qo'linbgizda kelmaydi,ular bir dengiz suv quysangiz ham o'chib ketmaydi.
Mabodo zolim hokimni yo'q qilishni istasangiz, bilingki, bu hokimning taxti saroydagina emas, balki - eng yomoni - sizning qalbingizdadir.
Chunki har qanday zolim qullikni bo'yniga olgan odamalrga o'z hukmini o'tkaza oladi. O'zini erkin his etuvchi, qadrini biluivchi odamlarga,o'zi birovga zulm qilmaydigan erkin kishilarga va uyatli ishlar qilmagani uchun mag'rur bo'lgan kishilarga hukmini o'tkazolmaydi.
Mabodo sizni quynayotgan g;am-tashvishdan qutulmoqchi bo'lsangiz bilinbgki, bu g'am - tashvishlarga o'zgalardan ko'proq o'zingizni o'zingiz giriftor qilgansiz.
Mabodo qo'rquvdan qutulishni istasangiz, bilingki, bu qao'rquv sababi boshqa odamlarda emas, o'z ko'ngillaringizdadir.
Zero, tabiatingizda marg'ub va manfur, aziz va jirkanch qilaklar, siz izlayotgan va qutulishni istagan hislatlar ayqash-uyqahsdir.
Shularning barchasi ko'nglingizda nur bilan soyadek ajralmasdan yashaydi.
Mabodo ko'nglingizda soya ocharib, yo'qola boshlasa, nuringiz ham kamayib, boshqa, kuchliroq nurning soyasiga o'hshab qoladi.
Ozodligingiz ham shunday,agar erkinligingiz kishanlardan bo'shasa, yanada kattaroq erkinlikning kishanlariga aylanib qoladi...
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 16 Aprel 2007, 08:03:51
Aql va hissiyot haqida.

Yana bir ayol so'z oldi va so'radi:
- Aql va hissiyot nimaligini aytib bering.
- Donishmand javob berdi:
- Ko'pinch ko'nglingiz jang maydoniga aylanadi - aqlu irodangiz bilan hissiyotlaringiz o'zaro jangga kirishadi.
Agar men sulhchi bo'lganimda, ko'nglingizdagi kurashni, raqiblar jangini to'htatib, har ikkala tomondagi lashkarni - barcha zarralarni birga kuylashga chaqirardim.
Ammo o'zingiz o'z ko'nglingizdagi zarralarni sevganingizda edi, ularning olishuviga yo'l qo'ymasdingiz.
ko'nglingiz va ehtirosingiz - dilingiz dengizida po'rtanalarda borayotgan kemaning ruli va yelakanlaridirki, bularning har ikkalasi kema uhun zarurdir.
Ammo rul ishdan chiqsa, bo'ron yelkanlarga urilib, kemani no'malum tomonlarga olib ketadi, agar yelkanlar parchalansa, rul kemani biror tarafga burolmaydi.
Yolg'iz aqlning o'zi qolsa hamma narsani cheklaydi.
Yolg'iz ehtiroslar qolsa - vujud va ruhni kuydirib kul qiladi.
Shuning uchun ko'nglingizda aqlingiz ehtirosga, uning kulashiga yo'l bersin, ehtiroslaringiz esa aql ko'rsatgan yo'ldan yursin. Aqlingiz ehtiroslar oloviga suv sepib, o'chirib tursin. Shunda ehtiroslaringiz huddi samandar yoki qaqnus kabi har kun o'lib, har kuni yana qayta qad ko'taradi.
Istardimki, aql bilan ehtiros o'zaro dushman emas, balki, ikkisi ham ko'ngil uyining aziz mehmonlari bo'lsin.
Ko'ngil uyining mezbonlari ahir mehmonlardan birini e'zozlab, boshqasini yerga uemaydi. Ikkisidan birini ustun qo'ysangiz har ikkisi ham sizga bo'lgan ishonchini yo'qotadi.
Yashil qirlar orasida kumush rang teraklar soyasida o'tirib, olis dalalar va o'tloqlar bilan oromingiz baham ko'rayotganingizda ko'nglingizda:"Yo, Alloh taolo, aqlni dilimga oshno et!" deb duo qiling.
Mabodo shamol va bo'ron o'rmondagi daraxtlarni larzaga solib, momoqaldiroq chaqib, osmon qudratini namoyon etsa, dilingizda ayting:"Haq taolo qudratlidir!Olam Uning qudrati bilan harakatga keladi!"
Modomiki, umringiz ilohiy olamda bir nafaschalik, ilohiy o'rmonda bir yaproqchalik ekan, siz aql bialn orom oling va ehtiros ila yo'lga tushing...

Imom Zayniddin Muhammad G'azzoliy o'zining 'kimyoyi saodat" asarida inson ruhida dil Pdshoh va aqlni vazir deya ta'riflaydi.
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 17 Aprel 2007, 21:48:11
Og'riq haqida.

Bir ayol so'radi;
- Og'riq nimadir/
Donishmand javob berdi:
- Sizning olamni tushunish iqtidoringiz sadaf ichidagi gavharga o'hshaydi. Og'riq esa ana shu gavhar yashiringan sadafning yorilib, gavharning yuzaga chiqishidir.
Mevaning danagi chaqilganida mag'zi yorug'liqqa chaqilganidek, siz ham chaqilish og'rig'ini anglashingiz lozim.
Sizning qalblaringiz har kuni hayot g'aroyibotlarini ko'raverib, charchab qolgan. Agar qalbingiz horib qolganida siz his etgan og'riq shodlikdan ajoyib ko'rinardi.
Dalalaringizda yilning to'rt faslini qanday his etsangiz, qalbingizning bahori, yozi, kuzi, qishini ham o'shanday ravshan his etgan bo'lardingiz.
Va o'shanda qalbingizning qayg'uli qish fasli manzaralariga ham hotirjam boqardingiz.
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 17 Aprel 2007, 21:51:54
Siz, odamlar, og'riqlarning ko'pini o'zingizga o'zingiz orttirasiz.
Og'riq - bemor qalbingiz shifo topishi uchun tabibi xoziq beradigan achchiq doriga o'hshaydi.
Shuning uchun Yaratguvchi Tabibga topshirib U berayotgan achchiq dorilarni nolimasdan ichavering, chunki bu dorini berguvchi qo'l Yaratguvchining qudrat qo'lidir.
Parvardigoringiz uzatgan doru to'la piyolani totiganingizda labingiz kuyib qolsa ham chidang, chunki bu piyolani kulol ko'z yoshlardan qorilgan loydan yasagan...
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 17 Aprel 2007, 21:59:46
O'zlikni anglash. 

Bir olim kishi so'radi:
- Inson o'zini qanday anglaydi?
Donishmand javob berdi:
- Kunduzlar va kechalarni sirlarini qalbingiz yolg'izlikda anglaydi.
Quloqlaringiz esa, qalbingiz bilib olgan narsani eshitishni hohlaydi.
Chunki siz hayolan bilgan narsalaringizni so'zlar vositasida ham bilishni istaysiz.
Tushda ko'rgan chashmalaringizga qo'l tegizib ko'rishni, hohlaysiz. Bu tilagingiz yahshi.
Dilingiz chashmasi qaynab - toshib tashqariga chiqishini, hayot dengiziga jildirab, kuylab oqishni hohlaydi.
ana shunda nigohingizga qalbingizning tubsiz teranliklari, ulardagi hazinalar ochiladi.
Ammo siz noyob bilim xazinalarini aql tarozusi bilan tortib, qanchaligini o'lchab ko'rishga urinmang.
Chunki xazinalar nihoyasiz, tubsiz dengizdir.
Ana shunda "Bor haqiqatni bildim", deb o'ylamang. Aytingki:"Menga haqiqat pardasi ochildi".
"Qalbim yo'lini qayoqqa borayotganini ko'rdim", demang,yahshisi:"Ruhimga ko'zim tushdi", deb ayting.
Chunki ruhingiz turli yo'llarga borishi mumkin.
Ruh faqat bir yo'ldan yurmaydi, u qamishga o'hshab o'smaydi.
Ruh nilufarga o'hshab ochiladi. Gulbarglari esa har tomonga sochiladi...
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 18 Aprel 2007, 07:23:36
Do'stlik haqida

Yosh yigit so'radi:
- Do'stlik nimair?
Donishmand javob berdi:
- Sizning do'stingiz orzularingizni ushalishidir.
Chin do'st - ekinzor dala. Siz bu dalaga mehr bilan urug' sepasiz va hosil yetishganda mamnunlik ila yig'ib olasiz.
Do'stingiz dasturhoningiz va o'chog'ingizdir.
Chunki siz tashna bo'lganingizda uning oldiga kelasiz va uning huzurida orom topasiz.

Sizga do'st dilidagi fikrlarni ishonib aytar ekan, yoqmasa va noto'g'ri bo'lsa "noto'g'ri" deyishdan qo'rqmang, ma'qul o'lsa "yahshi" degan so'zni darig' tutmang.
Do'st jim turganida ham uning ovozi sizga eshitilib turadi.
Chunki do'stlik shunday olamki, o'ylar, tilaklar,orzu umidlar so'zsiz, jimjitlikda tug'iladi va so'zsiz quvonch ekltiradi.
Do'stdan ayriliqda kuyinmang,chunki, uning sizga yoqadigan barcha fazilatlari u sizdan uzoqlashganida bilinadi,zero, tog'ning go'zal manzarasi cho'qqiga chiqqanda emas, balki, olisdan, vodiydan qaraganda yahshi ko'rinadi.
Do'stlikda ko'ngil yaqinligidan boshqa maqsadni ko'zlamang,ya'ni tama', g'araz aralashmasin.
Zero, sevgi o'z sirlarini kashfa qilishdan boshqa maqsadni ko'zlasa, u sevgi emas,m balki tuzoqdir. Bu tuzoqqa esa arzimas narsalar tushadi.
Sizdagi eng yahshi fazilatlar do'stingizni quvontirsin. Yahshiliklaringiz do'stingizga bo'lsin.
Qalbingiz engizi toshganini ham, to'lqinlar ortga qaytganini ham do'stingiz ko'rsin.
Agar faqat birgalikda vaqt o'tkazish uchun do'st izlasangiz bu unchalik zarur emas.
Birgalikda yashash, quvonish, qayg'urish uchun do'st izlaydilar.
Ko'nglingizdagi bo'shliqni to'ldirish uchun emas, orzu istaklarni ro'yobga chiqarish uchun do'st kerak.
Do'stingiz bo'lsa hayotda kichik quvonchlar ham rohat farog'at keltiradi.
Chunki ana shu kichik hursandchiliklar tonggi maysalar ustidagi shabnamga o'hshaydi,demak, bu sizlarning hayot tongingizdir.
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 28 Aprel 2007, 07:32:05
So'zlar.

Bir olim so'radi:
- Ustoz, so'z nimadir?
- Donishmand javob berdi:
- Fikr o'ylaringiz ichingizga sig'may ketganida so'zga aylanadi.
Qalbingiz yolg'izlikdan zerikkanida uning hayoti tilga ko'chadi va ovoz uni yolg'izlikdan qutqazadi.
Ammo so'zlar ko'pligi fikrni chalajon qiladi.
Fikr so'z qanotida uchadigan qushdir. Lekin u so'zlarning qafasida yahshi qanot yozib ucholmaydi.
Ba;zilaringiz yolg'iz qolishdan qo'rqib, so'zamol, sergap do'stlarni izlaysiz. Yolg'izlik sukunatida insonlarning yalang'och mohiyati ko'rinadi,so'zlaganda esa mohiyat yashirinadi.
Shundaylar borki, suhbat chog'ida o'zlari bilmagan holda haqiqatni ochib qo'yadilar.
Ba'zilar esa haqiqatni dilga yashirib, tiliga chiqarmaydilar.
Bundaylarning qalbida ruh sukunatda yashaydi.
Do'stlar yo'l yoqasida, bozormaydonda uchrashadimi, baribir tilingiz dilingiz bilan hamohang bo'lsin. Ruh tilga farmon bersin, so'z ruhga emas.
May ta'mini eslash uchun so'zlash shart emas...
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Munira xonim 28 Aprel 2007, 07:45:57
Vaqt nima?

Falakiyotchi olim so'radi;
- Vaqt nima?
Donishmand javob berdi:
- Siz nihoyasiz va o'lchab bo'lmas vaqtni o'lchashga harakat qilasiz. Szi soatlarga va yil fallariga qarab yashashni hohlaysiz va hatto ko'nglingizni ham vaqtga bo'ysundirishni hohlaysiz. Siz vaqtdan jilg'a, soy yasab, qirg'og'ida o'tirib uni kuzatishni hohlaysiz.
Ammo sizda vaqt yetishmasligi hayot, umr qisqaligini bildiradi.
- Kechagi kun bugunning xotirasi, ertangi kun esa bugunning orzusidir.
Dilingiz kuylayotgan va fikrlayotgan ekan, demak, siz ilk bor yulduzlar osmonga sochilgan ilk lahzalarda yashayotgan bo'lasiz.
orangizda mehr muhabbat o'lchovsizligini tushunmaydiganlar bormi?
Mehr muhabbat o'lchovsiz bo'lsa ham u vujudingizning hamma tarafida emas, balki mehvarida, qalbingizda yashaydi.
Vaqt ham sevgi kabi bo'linmaydi.
Ammo sizlar hayolan vaqtni yil fasllariga qarab o'lchar ekansiz, bu fasllar bir-birining bag'rida ekanligini unutmang.
Bugun kechagi kunning xotirasini bag'riga olsin, kelajakni bag'riga bossin!
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Muhammad Amin 05 May 2007, 16:22:13
Uch narsa mangu bo’lmaydi : "œMol-savdosiz, ilm-bahssiz va davlat-siyosatsiz".
Yomonlarga shafqat qilish-yaxshilarga zulimdir, zolimlar zulmini afv etish-faqir-fuqoroni ezishdir.

Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Muhammad Amin 05 May 2007, 16:24:44
Bir ishni boshlashga kirishar ekansan, ozorsizroq tarafini tanla.

Xushxulq kishiga qattiq gapirma,
Suluh istab kelsa, janga chaqirma.

Birovning ko’nglini ranjitadigan xabar eshitgan bo’lsang, sukut qil, toki boshqa odam atsin!

Bulbulo, ketir bahor xabarin,
Boyqushga qo’ygin yomon so’z barin.

Oz-oz yig’ilib ko’p bo’lur, toma-toma ko’l bo’lur, ya’ni zayif   odamlar mayda toshlarni  yig’ib saqlaydilar va fursat keldi deguncha zolimning boshini majaqlaydilar.

Qatra- qatra ustig’a jam bo’lsa, u bo’lg’ay nahr,
Nahr ustig’a nahr kelsa bo’lir dengiz axr.

Oz-ozdan yig’ilib bo’ladi bisyor,
Dona-dona g’alla to’ldirur anbor.
Nom: Тавба килиш фазилати
Yuborildi: Muhammad Amin 11 May 2007, 15:26:23
Тавба килис‰ фазилати.
   А асули акрам (с.а.в.) айтадилар:
-А­ски кавмлардан  бир одам бор сди.Хеч гунох  килис‰дан  тоймас  сди.Бир кун унинг ёнига  бир хотин  келиб ,мухтожлигини айтиб ,пул суради.У одам :» Агар  мен билан бирга  юрсанг ,сенга олтмис‰ динор олтин бераман  десанг « ,деди..Аёл  чорасиз сди.Мажбурликдан  рози булди.А­ркак  аёлга пулни бериб , унга скинлик килишри бошлаётганда ,аёл  титраб  йиглай  бошлади.Халиги  одам: «Аега  йиглайсан ? Мендан жирканспсанми? Деб суради. Хотин : «Йук, мен бугунгача  хеч килмаган ёмон  бир амални килспман.Мени  бу ишга  моддий  кийинчилик  мвжбур стспти. деди.А©унда  у одам ;»Шу пайтгача  бу ишни  килмаганмисан ?; деб суради.Аёл : «Йук,деди,Сунг:»Бизни  хеч ким курмасптими ?» деб суради.А­ркак:Йук,хамма жой ёпик ,деб жавоб килди.Аёл сса : Оллох  хам бизни курмасптими ?деб суради .бу гапни сс‰итган одам :»Берган пулларим сеники ,Кетавер ,-деб аёлга  рухсат  берди. Сунг кушимча килди.; -Касамёд стаманки ,то улгунимча  Оллохга карс‰и  исён  килмайман! «
А©у  кеча  у одам улди .А­рталаб  унинг  сшигига  шундай  лавха  ёзилди .Оллох  уни авф  стди..     
   
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Muhammad Amin 11 May 2007, 15:32:52
Дустлик  хакида.
              Кадим  замонда  бир  киши  булган  скан.  Бу  киши  жуда 
Аклли,  донишманд,  тадбиркор  скан.   Ухар  бир  ишни  уйлаб,
Маромига  етказиб  бажарар,  унинг  килган  ишлари  доим  ришик,  рухта   булар  скан.   Унинг  учта  угли  булиб,    угилларини  хам  мехнаткаш,   тугрисуз  ва  аклли  килиб  тарбислаган  скан.
             Ота  уч  угил  ва  келинлар  жуда  хам  чиройли,   куркам
Бир  ховлида  турар,  бу  хужаликка  ота  бошчилик  килар  скан.
Ота  кариб,  куч-кувватдан  колибди.  У»Хужаликни  бошкаришни
Угилларимдан  бирига  топширсам  булар  сди,   лекин  кайси   
Углим  ака-укаларидан  акллирок,  тадбиркоррок  скан,  буни
Кандай  аникласам  скан»,   деб  уйлаб-уйлаб,  угилларини  ёнига  чакирибди  ва:
            -Болаларим,    мана  сизлар  хам  бир  рузгорни  бемалол
сплайдиган  булиб  колдиларингиз.   А­нди  мен  кексайдим,
рузгорга  бошчилик  килиш  менга    анча  огир  булиб  колди.
           Сизлар  бир  бошка  юртларга  бориб,  кальа  куриб  келсаларинг,   кейин  мен бориб  курган  кальаларингни  бориб  курсам  ва  шунга  караб  сизлардан  бирингизни   рузгор  бошлиги  килиб  танласам,-  дебди.
            Угиллар  оталарининг гапларини  икки килмай,   шу  куниёк
Сафар  тадоригини  курибдилар.  Отларини  сгарлаб,  хуржунларига  озик-овкатларини  жамлаб,     иссик  кийиниб,  йулга  чикибдилар. 
Катта  угил  Фаргона  шахрига  йул олибди..Танлаб-танлаб
Бахаво  бир  жойга  жуда  ажойиб  бир  каср  курибди. Сунгра
Оркасига  кайтибди.  Уртанча  угил  сса  Андижон  шахрига  борибди.   У  хам  бахаво, баланд  бир  тепаликнинг  устини  танлаб,     
Мардикор  олиб  чикиб,   каср  кудирибдию,   уйига  кайтибди.
         Кичик  угил   йулга  отланаётганда,  унинг  хотини:
         -Хужайин,   отангизнинг  каср  куринглар,  дегани-  бегона 
  юртлардан  дуст,  биродар  орттиринглар,  дегани.  Борган
жойингизда  купрок  одам  билан  танишиб,  дустлашинг,-  дебди.
           Кенжа  угил  хотининг  берган  маслахати  учун  рахмат  айтиб,  йулга   тушибди.    У     Ааманган  шахрига  борибди.
Шахарга  етиб  боргунча  жуда  куп  одамлар  билан  танишиб
,  дустлашибди.
             Улар  билан  сухбатлашиб,   шахарга  нима  учун  келаётганини  айтибди.      Йигитнинг  каср   курмокчилигини  сшитган  дустлари  схши  бир  жойни  танлашибди  ва  хашар
Йули  биланхаш-паш  дегунча   куркам  бир  касрни  бунёд  сти-
Шибди.  Йигит  дустларга  ташаккур  айтиб,  отаси  билан  кайтиб  келишга  ваьда  бериб,  уйига  кайтибди.
            Ота  уччала  углини  йонига  олиб, катта  угли  курган  касрни  куриш  учун   Фаргона  шахрига  йул  олибди.  Улар  касрга
Етиб  боргунча  бирорта  инсон  «кимсан,    каерга  кетспсан?»,
Демабди.    Ота  касрни  томоша  килиб,  индамай,   иккинчи  угли  курсатган     йулдан  Андижон  шахрига  йул  олибди.   Бу
Гал  хам   хеч  ким  уларни  кутиб  хам  олмабди.,   каср  сса  кимсасиз,   хувиллаб  ётганмиш.  Ота  бу  гал  сабри  чидамай:
            _Углим,  касрни  жуда  боплаб  курибсан,  лекин   бунинг
химосчилари-  одамлар  кани?-  дебди.   Иккала  катта  угил
мулзам  булиб,    ерга  карашибди.
                Кейин  ота-болалар    кичик  угилнинг  касрини  кургани 
Ааманган  шахрига  йул  олишибди.    Улар  хали  шахарга  кириб  улгурмай,     йулда  учраган     одам  улар  билан  сурашиб,  хол-
Ахвол     сурайверибди,    мехмонга  таклиф  килибди.  Касрга
Етиб  боришса,   каср  атрофи    супириб-тозаланган,   сувлар  сепилган,    гуллар  сшнаб  райхонлар  барк  уриб  ётганмиш.
Каср  атрофида  бир  канча  одамлар,   елиб  -  югуриб  мехмонларни  кутиб  олишга  тайёргарлик  кураётган  скан.
         Ота  ваугилларни  бу  ерда   йигилганлар   кучок  очиб  кутиб  олишиб,
         Айникса,   кичик  угил  билан  согиниб,  кучоклашиб  куришишибди   хаммаларидан  ахвол  сураб,  отларини  отхонага  олиб  бориб,    узларини  снги  курпачалар  солинган   суриларга
Таклиф  килишибди.    Дарров  кулларини  ювдириб,    сочик  тутиб,  хиди  гуркираб  турган  кук  чойи  фамил    чойларни
Олиб  келишибди,  хозиргинатандирдан  чиккан  сулкилдок   
Аони  ширмойларни    дастурхонга  уйиб  куйишибди.     Дарров
Козонлардаги  овкатлар  сузилибди.    Бу  холни  курган  ота
Кичик  угилдан  жуда  миннатдор  булибди     ва  уни   рузгор
Бошлиги  килиб  тайинлабди.    Икки  ака  хам  оталарининг
 Бу  карорларини  маькуллаб,  хаммалари  умрларининг  охирларигача    тинч-тотув  хаёт  кечиришибди.
Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Ashiq Garib 12 May 2007, 09:01:13
Ota vasiyati

"Bir odam bir kuni aylab vasiyat,
O'glining qo'liga tutqazibdi hat.
Debdi:"Dafn etgandan so'ngra jasadim,
Senga bitganimni o'qursan albat."
Debdi boz:"Tanimni jon etganda tark,
Ikki oyogimga kiygazgin paypoq.
Tursin oyogimda-yechmasin aslo,
Gazzol jismim yuvib,qilganda ham pok".
Alqissa ,ota ham ketdi olamdan,
Gazzol kelib bichdi ohirat to'nin.
Bunehol?,dedi u elkasin qisib,
Va echib tashladi mayit paypogin.
Kechir vasiyating bajarolmadim,
-Deya to'kdi o'gli ko'zdan yoshini.
So'ng ochib otaning qoldirgan hatin,
Takror-takror o'qir egib boshini.
Ota debdi:"Qildim shohona to'ylar,
Shuhrat istab, qurdim shohona uylar,
Olib ketolmadim dunyodan biroq,
O'zim bilan birga bir eski paypoq.
****************************

Nom: Re: Donishmand hikmatlari.
Yuborildi: Ashiq Garib 12 May 2007, 09:02:10
Tuganmas iqbol.Chor-nochor yasharkan bir miskin odam
Suyanchi yo'q ekan hayotda hech ham.
Bir kuni eshigi oldiga chiqib,
Xomush o'ltirarkan boshin qilib xam.
Oyoq tovushini eshitib qoldi.
Kim bo'ldi,deb unga nazarin soldi.
Ko'rdiki bir odam kelar notanish,
Ko'ksini qoplagan oppoq soqoli.
Salom-alikdan so'ng ikkovi alhol,
Biri-birovidan so'radi ahvol.
Ayon bo'ldiki,ul Xo'jai Xizr,
Tiliga erk berdi g'arib chol darhol.
Dedi-Ayo Buzruk,hayotimiz kaj,
Ustimiz yupundir,qornimiz ham och.
Sen yaxshi ishlarga qodirsanazal,
Biz uchun Allohdan so'ra bir iloj.
Ohu dodimizni yetkazgil bir-bir,
Ey, Alloh elchisi Xo'jai Xizr.
Toki javobini keltirguningcha,
O'lturgum shu joyda senga muntazir.
G'oyib bo'ldi Xizr eshitib so'zin,
Miskin odam qoldi tikkancha ko'zin.
Xizr qaytdi bir kun Arshi A'lodan,
Dedi:-Egam berar senga rizq-ro'zing.
Olti oy nasibang daryoday oqar,
Oy ham senga boqar,Quyosh ham boqar.
Olti oylik,muhlat tugashi ila,
Yana barchasin qaytarib olar.
-Ayo Buzruk,-dedi tag'in ul miskin,-
So'zlaring ko'nglimga baxsh etdi taskin.
Qaytib olar bo'lsa,bergan rizqini
Ayt Allohga,qo'yaqolsin bermayin.
Bu so'zni eshitib cholning xotini,
Erining ochmoqchi bo'ldi ko'zini.
-Osiy bo'lmang,-dedi,-ayting shukrona,
Bir dam bersa hamki hayot totini.
Xizr ketdi,o'tdi yilga teng onlar,
Keldi o'shal aytgan baxtli davronlar.
Qo'ndi Xumo qushi miskin boshiga,
Saodat bog'ida yayradi jonlar.
Bir kun boshin silab xotinin xushhol,
Og'zining tanobi qochib,dedi chol:
-Bir molu dunyoni Allohim bizga
Bilginki,ham siylab,ham sinab berdi.
Kerilmang,koshona quraman, deya,
Armonsiz bir davron suraman deya.
Alloh bizga bergan molu davlatni,
Yetim -yesirlarga aylangiz hadya.
Chol o'ylab qarasa,bu gapda jon bor,
Eldan qizg'angan mol o'zingga yuqmas.
Elu elatimni siylayin deya,
Saxovat xaltasin ochdi u,xullas.
G'arib-g'urabonning ko'nglini ovlab,
Elga xizmat qildi belini bog'lab.
Hotami Toy degan dovruq qozondi,
G'aribu miskinlar dilini chog'lab.
Olti oy o'tdiyu ketdi hademay,
Olti yil ham o'tdi naq olti kinday.
Kamayish o'rniga cholning davlati
Kundan-kun ziyoda,kundan-kun mo'may.
Qissadan hissa shu:baxting kulib gar,
Alloh davlat bersa,bersa siymu zar,
Sen undan g'ariblar ko'nglin ovlasang,
Tuganmas iqbolga bo'lgung muyassar!