forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Intellekt => Mavzu boshlandi: Murod_bek 03 Aprel 2007, 20:31:22

Nom: "Zakovat"
Yuborildi: Murod_bek 03 Aprel 2007, 20:31:22
Assalomu Alaykum!
Ko'pchilik jumboqli savollarga qiziqsa kerak.Shu hayol birla ushbu bo'limni ochdik... 
Allohdan rivoj so'raymiz!

Birinchisi o'zim boshlab bersam misol tariqasida!Ushbu jumboqni yechimini ko'pchilik bilsa kerak...:

Bir kishi shoshilib barga kiribdi.Barmendan bir stakan suv so'rabdi.Barmen unga to'pponcha o'qtalibdi.Shunda haligi inson "rahmat" deb barni tark etibdi. Voqeani izohlab bering!
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: ikbaljohn 04 Aprel 2007, 09:48:38
Suv so'ragan odam niqobda bo'lsa kerak.Yana bilmadim....
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Murod_bek 04 Aprel 2007, 18:23:04
Yo'q.U odam o'gri emas.Oddiy odam bo'lgan.
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Murod_bek 05 Aprel 2007, 19:56:02
Yana ozgina harakat qilib ko'ring.Masala yechimi juda oddiy!
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Murod_bek 06 Aprel 2007, 21:54:19
Javobni oz'im aytib qo'ya qolay:
Suv so'ragan odamni hiqichoq tutgan ekan   :)
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: AbdurRohman 06 Aprel 2007, 22:17:35
 :D :D :D)))))
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Murod_bek 07 Aprel 2007, 20:15:05
Juda oddiysi:
Uchta tuya cho'lni o'rtasida ketma ket ketayotgan ekan.Biri ikkinchisiga qarab:
- Ortimdan 2 ta tuya kelmoqda! - debdi.Ikkinchisi:
- Ortimdan 1 ta tuya klmoqda! - debdi.Uchinchisi:
- Ortimdan uchta tuya kelmoqda! - debdi.

Uchinchisi nega unday degan?
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Salsabiyla 12 Aprel 2007, 17:50:33
Tuyala gapirmidikuuuuuuuuuuuuuuuuuu
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Munira xonim 12 Aprel 2007, 18:01:22
Juda oddiysi:
Uchta tuya cho'lni o'rtasida ketma ket ketayotgan ekan.Biri ikkinchisiga qarab:
- Ortimdan 2 ta tuya kelmoqda! - debdi.Ikkinchisi:
- Ortimdan 1 ta tuya klmoqda! - debdi.Uchinchisi:
- Ortimdan uchta tuya kelmoqda! - debdi.

Uchinchisi nega unday degan?

Assalamu alaykum.

Uchinchisini ortidan ayni shu uch tuyani soyasi kelyotgani uchun bo'lsa kerak...
Vallohi a'lam.
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Murod_bek 12 Aprel 2007, 20:43:47
Waalaykum Assalom
Ming bor afsus...Javoblar noto'g'ri.Lekin masala yechimi juda oddiy...Yana ozgina yana harakat qilib ko'ringlar?Please...

Alloh ilmimizni ziyoda qilsin!(amin)
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Murod_bek 14 Aprel 2007, 21:49:54
Javobini aytib qo'ysam qizig'i qolmaydi..Ozgina harakat qilinglar, iltimos!
Lekin javob istehzoli,bu yechim odamning fikriga kelmaydi ham ko'pincha...shahsan men topa olmagandim. :)
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Murod_bek 14 Aprel 2007, 21:52:28
forum.islom.uzda yana bitta qiziqarli savolni ko'rib qoldim!Juda qiziqarli:

Polkovnikning otasini o'g'li, Polkovnikning o'g'lini otasi bilan gaplashmoqda!
Savol:Kim kim bilan gaplashmoqda?

P.Sforum.islom.uzda hali javobi topilmabdi!!! ;D
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Munira xonim 15 Aprel 2007, 22:16:24
forum.islom.uzda yana bitta qiziqarli savolni ko'rib qoldim!Juda qiziqarli:

Polkovnikning otasini o'g'li, Polkovnikning o'g'lini otasi bilan gaplashmoqda!
Savol:Kim kim bilan gaplashmoqda?

P.Sforum.islom.uzda hali javobi topilmabdi!!! ;D

Assalamu alaykum.
Juda ham boshni qotiradigan savol ekan.
Javob berishga harakat qilaman...

Demak ,meni tahminim:
Savolni ikkinchi qismi, yani PALKOVNIKNI O'G'LINI OTASI, degan gapga qaraganda, palkovnik ayol kishi bo'lishi kerak.
Palkovnikni o'g'lini otasi palkovnikni eri, palkovnikni otasini o'g'li, palkovnikni ukasi yoki akasi.
Demak palkovnikni eri bilan uni akasi yo ukasi gaplashmoqda, ya'ni kuyov qayinog'asi bilan.
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Murod_bek 16 Aprel 2007, 18:24:02

Javobingiz to'g'ri ekan...Alloh ilmingizni ziyoda aylasin!
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Murod_bek 16 Aprel 2007, 18:27:59
Juda oddiysi:
Uchta tuya cho'lni o'rtasida ketma ket ketayotgan ekan.Biri ikkinchisiga qarab:
- Ortimdan 2 ta tuya kelmoqda! - debdi.Ikkinchisi:
- Ortimdan 1 ta tuya klmoqda! - debdi.Uchinchisi:
- Ortimdan uchta tuya kelmoqda! - debdi.

Uchinchisi nega unday degan?
Assalomu alaykum!
Manimcha tuyala halqa bulib aylanvotgan busala kere.
Yo'q.Javoblar noto'g'ri.
To'g'ri javob...juda g'alati va ozgina kulgili  :)
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Murod_bek 16 Aprel 2007, 21:32:55
Assalomu Alaykum!
Nozlihon!Javobingiz noto'g'ri...Afsus...  :(
Tog'ri javobni olishni istasangiz mening hisobimga 50 yaxshi bahoni mixlab qo'ying!(Xazil) ;D
Ozgina harakat qiling!
Men ham javobini topa olmaganman.Bilgach"vaaay" deb yuborganman ;D
Assalomu Alaykum!
Nom: "Zakovat"
Yuborildi: lolo 17 Aprel 2007, 15:19:30
Polkovnikning otasini o'g'li, Polkovnikning o'g'lini otasi bilan gaplashmoqda! Savol:Kim kim bilan gaplashmoqda?
Javob: Polkovnik o'zi bilan o'zi gaplashmoqda.

Uchta tuya cho'lni o'rtasida ketma ket ketayotgan ekan.Biri ikkinchisiga qarab:
- Ortimdan 2 ta tuya kelmoqda! - debdi.Ikkinchisi:
- Ortimdan 1 ta tuya klmoqda! - debdi.Uchinchisi:
- Ortimdan uchta tuya kelmoqda! - debdi.
Uchinchisi nega unday degan?
Javob: Cho'lda bir tuyaga ikta odam minib olgan va orqaga mingan odam teskarimacha o'tirib olgan bo'lgan, shunichun orqasiga qarasa iktasi kevatgani ko'ringan! iyahaha
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Murod_bek 17 Aprel 2007, 22:26:03
Afsuski baribir javoblar noto'g'ri...
Tak...to'g'ri javob: uchinchi tuya hazilkash ekan!!! ;D
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: yasemin 17 Aprel 2007, 23:39:35
assalomu alaykum Nozli,
archa yoki terak darahtiga qo'nishadi desama :) yomg'irdan keyin hamma daraxtlar ho'l bo'ladi. hullas ho'l daraxtga qo'nishadi
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: yasemin 17 Aprel 2007, 23:44:41
 ikki askarlardan biri shimolga, boshqasi esa janubga qarab navbatchilik tutishvotgan ekan. askarlardan biri jilmaygan ekan, ikkinchisi nimaga jilmayapsan deb so'rabdi.
savol: ikkinchi askar birinchi askarning jilmayganini qanday qilib anglabdi? 
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: lolo 18 Aprel 2007, 10:20:54
Yomgir yogib utgandan keyin qushla birinchi qaysi daraxtga qunishadi?
Javob: qushchala ho'l darahga qo'nishipti.

ikki askarlardan biri shimolga, boshqasi esa janubga qarab navbatchilik tutishvotgan ekan. askarlardan biri jilmaygan ekan, ikkinchisi nimaga jilmayapsan deb so'rabdi.
savol: ikkinchi askar birinchi askarning jilmayganini qanday qilib anglabdi?
Javob: Ular bir-biriga qarab turishganakan.
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: lolo 18 Aprel 2007, 10:30:43
Serial topishmoq:

1. Quyon blan Jirafa tez yugirish o'ynashipti, qaysibiri yutipti? Va nima uchun?

2. Ikta bir hil haladilnik, bittasini ichida Quyon, ikkinchisida Jirafa bor. Qaysi birida quyon bor? Buni qanday aniqlash mumkin?

3. O'rmondagi hamma hayvonlar maktabga o'qishga ketishipti, lekin qaysi hayvonlar qopketipti? Va nima uchun?

4. Man ketvatganakanman yo'lda oldimdan daryo chiqip qopti, etga Tumsoh bor, deb yozilganakan, daryoning naryo betiga qanaqa o'timman? (Kichik daryo Kema sig'maydigan)
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: ikbaljohn 18 Aprel 2007, 15:33:18

1. Quyon yutadi chunki uning veligi bor!
2.Velikdan.Quyon veligini holodilnikka tirab qo'ygan!
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: yasemin 18 Aprel 2007, 18:57:40
to'g'ri Nozli bir birlariga qarab turishgan bo'ladi.
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: lolo 19 Aprel 2007, 11:02:50
1. Quyon yutadi chunki uning veligi bor!
2.Velikdan.Quyon veligini holodilnikka tirab qo'ygan!
1. va 2. to'g'ri javob bo'ldi,

endi 3. va 4. ni topinglar....
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: lolo 20 Aprel 2007, 15:08:34
yo'q topomayapsila
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: mutaallimah 20 Aprel 2007, 15:41:28
Assalomu alaykum.
3.Quyon bilan Jirafa qolib ketadi muzlatgichda bo'lishgani uchun..

4.Menimcha sakrab yoki aylanib o'tilsa kerak..
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: lolo 20 Aprel 2007, 15:57:57
3.Quyon bilan Jirafa qolib ketadi muzlatgichda bo'lishgani uchun..
Mana shu to'ri javob, endi 4. ni topila...
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: saidbekorchi 22 Aprel 2007, 22:09:40
Mana anq jovob shuniyam bilmisilami? EEEEE U 3- Tuya hazillashgan-ku
Mana endi man silaga sovol beraman:
Odamla nega yuradi????
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: lolo 23 Aprel 2007, 11:38:54
4. Man ketvatganakanman yo'lda oldimdan daryo chiqip qopti, etga Tumsoh bor, deb yozilganakan, daryoning naryo betiga qanaqa o'timman? (Kichik daryo Kema sig'maydigan)
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: AbdurRohman 28 Aprel 2007, 15:01:47
2ta ota 2ta bola 3ta apelsinni bittadan yeyishdi.
shuni qanaqip yeshishganini izohlab bering!
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: topsync 28 Aprel 2007, 15:06:30
2ta ota 2ta bola 3ta apelsinni bittadan yeyishdi.
shuni qanaqip yeshishganini izohlab bering!
Ota ,o`gil va nevara uch kishi bittadan egan manimcha
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: AbdurRohman 28 Aprel 2007, 15:09:42
ofarin!! javobiz to'g'ri
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: AbdurRohman 29 Aprel 2007, 16:22:06
Ikki bilimdon kishi suhbatlashmoqda:
-do'stim, menga 1ta "Amir Temur haykali"ni ber,-dedi ulardan biri.
ikkinchisi:
-unda sen menga 2ta "Sherdor madrasasi" bilan 1ta "xalqlar do'stligi maydoni" ber
-yaxshisi men senga 10ta "Registon" beraman.

gap nima haqida ketyapti? javobizni to'liq izohlang!!
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Murod_bek 29 Aprel 2007, 20:05:46
Pullar haqidamasmi?
Dollar va so'm...
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: lolo 30 Aprel 2007, 13:09:29
1ta "Amir Temur haykali" - 500 so'mlik,
2ta "Sherdor madrasasi" bilan 1ta "Mustaqillik maydoni" - 2ta 200 so'm va 1ta 100 so'mlik, (e'tiroz: savoldagi hatolik: 100 so'mlikda Xalqlar do'stligi maydoni aks etgan.)
10ta "Registon" - 10ta 50 so'mlik.
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: AbdurRohman 30 Aprel 2007, 13:22:18
1ta "Amir Temur haykali" - 500 so'mlik,
2ta "Sherdor madrasasi" bilan 1ta "Mustaqillik maydoni" - 2ta 200 so'm va 1ta 100 so'mlik, (e'tiroz: savoldagi hatolik: 100 so'mlikda Xalqlar do'stligi maydoni aks etgan.)
10ta "Registon" - 10ta 50 so'mlik.

javob to'g'ri!!

PS: xatolik uchun uzr so'rayman! to'g'rilab qo'ydim ))
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Mashhura 18 May 2007, 19:03:14
Ularni kecha tabriklagan bo'lsangiz hali erta bo'lgan, bugun tabriklasangiz kech. Ular qachon tug'ilgan?
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: lolo 25 May 2007, 23:39:31
Ularni kecha tabriklagan bo'lsangiz hali erta bo'lgan, bugun tabriklasangiz kech. Ular qachon tug'ilgan?
Bir haftadan buyon o'yladim rosa: U 29-fevralda tug'ilgan bo'sa kerak, tabriklanayotgan yilda esa 29-sana yo'q bo'lgan yilga to'g'ri kelib qolgan.
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: ikbaljohn 16 Iyul 2007, 10:08:08
Boshqa savollar bormi?
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2007, 17:43:16
Qiziqarli savollar:

1. Qishin-yozin ko'k rangda?
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2007, 17:43:54
2. Quloq bitta bo'lsa nima bo'ladi?
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2007, 17:44:31
3. Ishsiz qolmaslik uchun nima qilish kerak?
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2007, 17:45:09
4. Oyoq kiyimning yo'qolmagan bir poyini nima qilish kerak?
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2007, 17:45:36
5. Taqa qachon baxt keltiradi?
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Fatima 16 Iyul 2007, 19:16:20
1.Archa
3. Ish topish kerak
4. 2-poyini ham yo`qotish kerak
5. QAchonki taqa sizda bo`lsa.

Bilganimcha javob yozdim.
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: AbdulAziz 17 Iyul 2007, 12:17:53
1.Archa
3. Ish topish kerak
4. 2-poyini ham yo`qotish kerak
5. QAchonki taqa sizda bo`lsa.

Bilganimcha javob yozdim.

Javoblar ajoyib, Yana-da g'ariyib javoblarni boshqa userlarimizdan ham kutamiz.
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: lolo 18 Iyul 2007, 08:31:31
1. Windows XPdagi osmon.
2. Yonlamacha turgan bo'ladi.
3. Qilayotgan ishini rosa cho'zish kerak.
4. Darahtga osip qo'yish kerak.
5. Xechqachon. (Barcha narsa Allohdan!)
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2007, 19:43:27
1. Windows XPdagi osmon.
2. Yonlamacha turgan bo'ladi.
3. Qilayotgan ishini rosa cho'zish kerak.
4. Darahtga osip qo'yish kerak.
5. Xechqachon. (Barcha narsa Allohdan!)

Qiziq javoblar!

Yanayam qiziqarlilari bormi?
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Robiya 18 Iyul 2007, 20:29:58
1. Qishin-yozin ko'k rangda?sharikli ruchka
2. Quloq bitta bo'lsa nima bo'ladi?Kam gap eshitadi, oqibatda g'iybat kamayadi
3. Ishsiz qolmaslik uchun nima qilish kerak?ishsiz qolmaslik uchun,ishlash kerak
4. Oyoq kiyimning yo'qolmagan bir poyini nima qilish kerak?estalik uchun olib qo'yish kerak
5. Taqa qachon baxt keltiradi?o'ta ishonuvchi kishining qo'liga tushsa
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Farida 23 Iyul 2007, 18:57:36
Qiziqarli savollar:

1. Qishin-yozin ko'k rangda?

Dollar
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: messi44 03 Oktyabr 2007, 14:24:01
7 ta sham yonib turibdi, 2 tasini qo'lingiz bilan o'chirdingiz, nechta sham qoladi?
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: messi44 03 Oktyabr 2007, 14:24:58
Biz yaxshi tanigan bu 2 inson tug'ilmasdan vafot etishgan. Ular kimlar?
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: AbdurRohman 03 Oktyabr 2007, 18:18:11
7 ta sham yonib turibdi, 2 tasini qo'lingiz bilan o'chirdingiz, nechta sham qoladi?
5ta yongan sham, 2ta o'chgan sham, hammasi 7ta sham! ;)
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: messi44 09 Oktyabr 2007, 14:31:08
7 ta sham yonib turibdi, 2 tasini qo'lingiz bilan o'chirdingiz, nechta sham qoladi?
5ta yongan sham, 2ta o'chgan sham, hammasi 7ta sham! ;)
Javob to'g'ri
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Salmoni Forsiy 28 Noyabr 2007, 01:12:44
Assalomu alaykum hammaga!
Man ham savol beraman.
6 oyog', 2 bosh,1 dum,2 qo'li,4qulog' .
topilarchi bu nima?
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: messi44 28 Noyabr 2007, 18:12:09
Assalomu alaykum hammaga!
Man ham savol beraman.
6 oyog', 2 bosh,1 dum,2 qo'li,4qulog' .
topilarchi bu nima?

Ot minib ketayotgan odam.
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Salmoni Forsiy 28 Noyabr 2007, 18:17:12
To'g'ri!
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Umidxo`ja 07 Dekabr 2007, 22:43:31
Assalomu Alaykum!
Ko'pchilik jumboqli savollarga qiziqsa kerak.Shu hayol birla ushbu bo'limni ochdik... 
Allohdan rivoj so'raymiz!

Birinchisi o'zim boshlab bersam misol tariqasida!Ushbu jumboqni yechimini ko'pchilik bilsa kerak...:

Bir kishi shoshilib barga kiribdi.Barmendan bir stakan suv so'rabdi.Barmen unga to'pponcha o'qtalibdi.Shunda haligi inson "rahmat" deb barni tark etibdi. Voqeani izohlab bering!
Qo`rqqanidan chanqogini unutib qo`ygandir
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: guli86 12 Yanvar 2008, 13:41:05
u kishi hiqichoq  tutib qolgan
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: messi44 13 Yanvar 2008, 12:25:02
5. Taqa qachon baxt keltiradi?
oltindan yasalgan bo'lsa
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Robiya 13 Yanvar 2008, 13:21:42
5. Taqa qachon baxt keltiradi?

 Uning baxt keltirishiga chin dildan ishonilsa. Vallohu a'lam
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Salmoni Forsiy 13 Yanvar 2008, 17:42:02
5. Taqa qachon baxt keltiradi?

Hech qachon.
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: dilshodnod 16 Yanvar 2008, 01:26:14
forum.islom.uzda yana bitta qiziqarli savolni ko'rib qoldim!Juda qiziqarli:

Polkovnikning otasini o'g'li, Polkovnikning o'g'lini otasi bilan gaplashmoqda!
Savol:Kim kim bilan gaplashmoqda?

P.Sforum.islom.uzda hali javobi topilmabdi!!! ;D
 
  Salom forumdoshlar
javob manimcha o'zi  bilan o'zi  bo'lsa kerak
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 04 Fevral 2008, 16:16:17
Biz yaxshi tanigan bu 2 inson tug'ilmasdan vafot etishgan. Ular kimlar?

Odam Ato va Momo Havo
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 04 Fevral 2008, 16:18:34
Qiziqarli savollar:

1. Qishin-yozin ko'k rangda?

Militsiya xodimlari, ya'ni MENT lar
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Farida 04 Fevral 2008, 19:13:13
Qiziqarli savollar:

1. Qishin-yozin ko'k rangda?

Militsiya xodimlari, ya'ni MENT lar

Dollar.
Archa.
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: messi44 04 Fevral 2008, 20:26:21
Biz yaxshi tanigan bu 2 inson tug'ilmasdan vafot etishgan. Ular kimlar?

Odam Ato va Momo Havo
To'g'ri
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 05 Fevral 2008, 11:17:37
Gulchehra Jamilova, "Quruvchi" Futbol klubi, 40 soni, fasllardan biri va Rossiya estrada guruhi. Bularni qaysi so'z birlashtirib turibdi?
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Mashhura 13 Fevral 2008, 14:03:01
bitta savol esimga tushdi:

Bu yil qish juda sovuq keldi. Shuning uchun bu yil qovun tarvuz, pomidor bodring bo'ladimi?
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: AbdurRohman 14 Fevral 2008, 11:06:52
bitta savol esimga tushdi:

Bu yil qish juda sovuq keldi. Shuning uchun bu yil qovun tarvuz, pomidor bodring bo'ladimi?
qovun tarvuz bo'lomidi, pomidor esa bodiring bo'lomidi  ;D
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: ALLADIN 18 Fevral 2008, 18:40:07
SAVOL
- DENGIZ TAGIDA QANDAY TOSH BO'LMAYDI?-
   
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: ikbaljohn 18 Fevral 2008, 19:16:26
SAVOL
- DENGIZ TAGIDA QANDAY TOSH BO'LMAYDI?-
   
Хул тош булмайди
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 18 Fevral 2008, 19:39:47
SAVOL
- DENGIZ TAGIDA QANDAY TOSH BO'LMAYDI?-
   
Quruq tosh bo'lmaydi.

ikbaljohn ayni teskarisini aytibdilar
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Ulugbek-Uz 23 May 2008, 12:23:28
Gulchehra Jamilova, "Quruvchi" Futbol klubi, 40 soni, fasllardan biri va Rossiya estrada guruhi. Bularni qaysi so'z birlashtirib turibdi?

Qaldirg'och emasmi mabodo?
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 23 May 2008, 12:51:39
Gulchehra Jamilova, "Quruvchi" Futbol klubi, 40 soni, fasllardan biri va Rossiya estrada guruhi. Bularni qaysi so'z birlashtirib turibdi?

Qaldirg'och emasmi mabodo?

Yo'q, bu bir modda bilan ham bog'liq.
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: messi44 23 May 2008, 20:34:33
Gulchehra Jamilova, "Quruvchi" Futbol klubi, 40 soni, fasllardan biri va Rossiya estrada guruhi. Bularni qaysi so'z birlashtirib turibdi?
kumush
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 24 May 2008, 11:32:32
Gulchehra Jamilova, "Quruvchi" Futbol klubi, 40 soni, fasllardan biri va Rossiya estrada guruhi. Bularni qaysi so'z birlashtirib turibdi?
kumush

To'g'ri.

Izoh: Gulchehra Jamilova Kumush rolida o'ynagan, "Quruvchi" Kumush medal olgan, Mendeleyev Davriy Jadvalida Kumush moddasi 40 raqamda joylashgan, "Kumush qish" deyiladi va "Rossiyada "Serebro" guruhi bor.
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Musannif Adham 27 May 2008, 08:16:09
Bular Qadimgi Bobilda 6 ta, Misrda 10 ta, Mayyalarda 5 ta, bizda esa 7 ta bo'lsa, ko'pchilikka yoqadigan oxirgisini toping.
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Ulugbek-Uz 27 May 2008, 19:26:28
Bular Qadimgi Bobilda 6 ta, Misrda 10 ta, Mayyalarda 5 ta, bizda esa 7 ta bo'lsa, ko'pchilikka yoqadigan oxirgisini toping.

Бизда 7 та...Байрам кунларими?
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Ulugbek-Uz 27 May 2008, 19:27:20
ёки ҳафта кунлари...охиргиси Якшанба :)))
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Musannif Adham 28 May 2008, 09:07:17
ёки ҳафта кунлари...охиргиси Якшанба :)))

To'g'ri

1950-1955 yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo'lgan Uinston Cherchil nomiga taniqli dramaturg Bernard Shou nomidan o'zining yangi spektakliga taklifnoma bordi. Taklifnomalar 2 ta bo'lib, Shou "Do'stingiz bilan premyeraga keling, agar bo'lsa" deb xat yozib yubordi. Shunda Cherchil javob qaytardi: "Hozir vaqtim yo'q. Spektaklga bora olmayman. Lekin keyingi premyeraga albatta boraman, agar......."

Nuqtalar o'rnini to'ldiring.
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: AbdulAziz 28 May 2008, 09:16:51

Lekin keyingi premyeraga albatta boraman, agar bilet qolgan bo'lsa...
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 28 May 2008, 11:55:39
ёки ҳафта кунлари...охиргиси Якшанба :)))

To'g'ri

1950-1955 yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo'lgan Uinston Cherchil nomiga taniqli dramaturg Bernard Shou nomidan o'zining yangi spektakliga taklifnoma bordi. Taklifnomalar 2 ta bo'lib, Shou "Do'stingiz bilan premyeraga keling, agar bo'lsa" deb xat yozib yubordi. Shunda Cherchil javob qaytardi: "Hozir vaqtim yo'q. Spektaklga bora olmayman. Lekin keyingi premyeraga albatta boraman, agar......."

Nuqtalar o'rnini to'ldiring.

 Lekin keyingi premyeraga albatta boraman, agar yana pyesangiz bo'lsa. (Ya'ni yana premera bo'lsa)

Izoh: Uinston Cherchil ancha kibrli inson bo'lib, yaqin do'stlari bo'lmagan. Bernard Shou esa uning ustidan kulish uchun shu gaplarni yozgan. Cherchill ham gapga usta bo'lib, unga ajoyib javob qaytargan. Shouning pyesalari soni kam bo'lgani uchun shunday javob qaytargan.
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Musannif Adham 29 May 2008, 05:35:15

 Lekin keyingi premyeraga albatta boraman, agar yana pyesangiz bo'lsa. (Ya'ni yana premera bo'lsa)

Izoh: Uinston Cherchil ancha kibrli inson bo'lib, yaqin do'stlari bo'lmagan. Bernard Shou esa uning ustidan kulish uchun shu gaplarni yozgan. Cherchill ham gapga usta bo'lib, unga ajoyib javob qaytargan. Shouning pyesalari soni kam bo'lgani uchun shunday javob qaytargan.

To'g'ri

1821 yili Taleyranga bu haqida aytishganida, "Bu endi e'tiborga molik voqea emas, shunchaki bir xabar" deb, nimani nazarda tutgan edi? 
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 29 May 2008, 11:36:12
Musannif Adhamga:

Sizning savollaringizni Ziyo-Uz BukToPuHaCu mavzusiga ko'chirib qo'ydim. Iltimos, shunga o'xshash savollaringizni aynan o'sha mavzuga joylasangiz. Oldindan rahmat!
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Ulugbek-Uz 29 May 2008, 13:06:05
Musannif Adhamga:

Sizning savollaringizni Ziyo-Uz BukToPuHaCu mavzusiga ko'chirib qo'ydim. Iltimos, shunga o'xshash savollaringizni aynan o'sha mavzuga joylasangiz. Oldindan rahmat!

Унда манимча ушбу мавзуни счиринг, ёки изоҳ ёзиб қулфлаб қсйсангиз ҳам бслади.
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 29 May 2008, 13:17:44
Musannif Adhamga:

Sizning savollaringizni Ziyo-Uz BukToPuHaCu mavzusiga ko'chirib qo'ydim. Iltimos, shunga o'xshash savollaringizni aynan o'sha mavzuga joylasangiz. Oldindan rahmat!

Унда манимча ушбу мавзуни счиринг, ёки изоҳ ёзиб қулфлаб қсйсангиз ҳам бслади.

Bu maqsadga muvofiq emas. Sababi Viktorinaga mos kelmaydigan ba'zi savollarni aynan mana shu yerga joylashtiriladi. Shuning uchun ochiq tura qolsin.
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Musannif Adham 30 May 2008, 05:31:49
Sizga ham rahmat. Maslahatingizga amal qilishga harakat qilaman.
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Mashhura 16 Mart 2009, 11:14:53
Ularni kecha tabriklagan bo'lsangiz hali erta bo'lgan, bugun tabriklasangiz kech. Ular qachon tug'ilgan?
Bir haftadan buyon o'yladim rosa: U 29-fevralda tug'ilgan bo'sa kerak, tabriklanayotgan yilda esa 29-sana yo'q bo'lgan yilga to'g'ri kelib qolgan.
To`g`ri
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Zamiraxon 17 Mart 2009, 18:15:23
Savol quyidagi manzilga ko'chirildi:

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=209.msg165023#msg165023
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: ohangar 04 May 2009, 20:58:56
 :as:    italiyada nikohga borganlarida qiz o'z guvohnomasini ko'rsatishi shart bo'lib,agar bunday guvohnoma bo'lmasa nikohdan o'tkazilmaydi? sababini biladiganlar bormi ?
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: _B_E_K_ 01 Oktyabr 2009, 11:03:38
Савол: Кучук качон ит булади ?
Nom: Re: "Zakovat"
Yuborildi: Layloxon 01 Oktyabr 2009, 11:35:24
bu yerda bir nechta savollar javobsiz qolibdi. iltimos javobsiz qolgan savollarni javobini muallifni o'zi yozib qo'ysin... barbir bilgimiz keladide... ::)