ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: Mahdiyah 05 Aprel 2007, 08:53:53

Nom: Qiziqarli she'rlar
Yuborildi: Mahdiyah 05 Aprel 2007, 08:53:53
Assalomu alaykum aziz forumchilar!

Bilaman shunga o'xshash mavzu bor edi.
Lekin u mavzuda faqat sevgi haqida hazil she'rlar edi.
Bu mavzuda hohlagan mavzudagi qiziqarli, hazil she'rlarni joylashingiz mumkin
Nom: Re: Qiziqarli she'rlar
Yuborildi: Mahdiyah 05 Aprel 2007, 08:54:31
Tolib qo’shig’i

Bu tun hamma narsa mening raqibim.
Dilda hijron tug’I – G’alaba…
Yurakni ezg’ilab o’tgan poyezdda
Ketmoqda eng suluv talaba.

Tonggacha Bayronga tikilmoq og’ir,
Uxlaydi temirtan tramvaylar ham.
Uh, meni sukunat bug’ar beomon,
Qarog’imda qalqir tunday qaro g’am.

Sevmagan dotsentlar, eslatmang menga
Behuda o’tguvchi nursiz onlarni.
Biling, hech bir tolib eplolmas menday
Yolg’izlik fanidan imtihonlarni.
Nom: Re: Qiziqarli she'rlar
Yuborildi: Mahdiyah 05 Aprel 2007, 08:55:01
To’ng’ichga qulay.

Bolalar ko’p bo’lsa – to’ng’ichga qulay,
Bir oz baquvvat-da, bir oz sergak-da…
Itoat etishar unga har qalay,
Kenjabotir esa hamon ertakda.
Toki dil mulkida ulg’ayib isyon
O’zi al etmasa o’z rivojini
Har kichikning shimga ehtiyojini
Qondiradi to’ng’ich eskirtgan ishton.
Abdul Jalil

Yoshlik” jurnali, 1991
Nom: Re: Qiziqarli she'rlar
Yuborildi: Mahdiyah 05 Aprel 2007, 08:55:31
Insholardan ko’chirmalar

Barno depti: “Paxtamiz
Momiq parga o’xshaydi”,
Ra’no depti: “Paxtamiz
Xuddi zarga o’xshaydi”.
Uni oppoq bulutga
Qiyos qilibdi Davron.
“Muzqaymoqning o’zi u”
Depti hzilkash Omon.
Kimdir “paxta – non” depti,
Kim yozibdi “kunduz” deb
Abdurahmon Akbar

“Yoshlik” jurnali, 1990
Nom: Re: Qiziqarli she'rlar
Yuborildi: Mahdiyah 05 Aprel 2007, 08:56:12
BO’YDOQLARGA

Men alvido aytaman sizga –
Bo’ydoqlarning sho’x-shan onlari.
Uzr, endi go’zal, sho’x qizlar.
Sayr etishning yo’q imkonlari.
“Ola xurjun” bo’ynimda manim,
Uylanganman bir qo’shni qizga.
So’rasangiz, sir tutib pinhon,
Bo’ydoqman, deb aytaman Sizga.
Jo’ralarim, ulfatdoshlarim,
Chorlamaslar meni behuda.
Bilishadi, chunki, xotinim
Rashk bobida tanhodir juda.
Qadamlarim sanoqli, netay,
Sal kechiksam “to’qmoq” boshimda.
Kim qo’yibdi menga bu g’amni,
Oh, yigirma ikki yoshimda.
Ba’zan esa u oqil, dono,
Berar menga har xil o’gitlar,
Xotin zoti shunday bo’lsa gar,
Uylanmangiz bo’ydoq yigitlar!..

Shukur Sodiq
Nom: Re: Qiziqarli she'rlar
Yuborildi: Nozli 24 Aprel 2007, 15:09:18
Man sizlaga "Salohiddin" yoshligida yod olgan birinchi sherini etib beraman, uylanman-ki ula hafa bumidila.

 Maning malla mushugim quyibdi turtta tuxum.
 Jujalar turt oyoqli, ham dikkaygan quloqli.
 Kuchugim chuchib ketdi, pir etib uchib ketdi.
 Buzoq chiqib qundaqqa, boshladi maramoqqa,
 Tovuqlar er tepindi,muzhonaga berkindi,
 Xuroz vov deb baqirdi melisani chaqirdi,
 Quylar qochib xar tomonga ,oxir tushdi qozonga.
 Sigir chiqvolib tomga, qaradi man tomonga.
 Boshimdan uchib hushim, mundoq qarasam tushum.
Nom: Re: Qiziqarli she'rlar
Yuborildi: AbdurRohman 24 Aprel 2007, 19:57:56
BO’YDOQLARGA

Men alvido aytaman sizga –
Bo’ydoqlarning sho’x-shan onlari.
Uzr, endi go’zal, sho’x qizlar.
Sayr etishning yo’q imkonlari.
“Ola xurjun” bo’ynimda manim,
Uylanganman bir qo’shni qizga.
So’rasangiz, sir tutib pinhon,
Bo’ydoqman, deb aytaman Sizga.
Jo’ralarim, ulfatdoshlarim,
Chorlamaslar meni behuda.
Bilishadi, chunki, xotinim
Rashk bobida tanhodir juda.
Qadamlarim sanoqli, netay,
Sal kechiksam “to’qmoq” boshimda.
Kim qo’yibdi menga bu g’amni,
Oh, yigirma ikki yoshimda.
Ba’zan esa u oqil, dono,
Berar menga har xil o’gitlar,
Xotin zoti shunday bo’lsa gar,
Uylanmangiz bo’ydoq yigitlar!..

Shukur Sodiq


Wow! ja zo'r maslahat bo'ldiyu. uylanishga qo'rqib qoldim. =))
Nom: Re: Qiziqarli she'rlar
Yuborildi: Flower 01 Iyun 2007, 09:06:53
Siz yaramas, g'irt bekorchi, juda axmoq, foydasiz uyqichi, esi past ovsar, o'ta ketgan dangasa, badbashara, anqov, hech ham gapga kirmaydigan, tagi past, ko'chama-ko'cha, uyma-uy sandrog'lab yuradigan MUSHUGIMni ko'rmadizmi? (bu she'rmas, ammo hazil so'z)
Nom: Re: Qiziqarli she'rlar
Yuborildi: Shoxjahon12 24 Iyul 2007, 15:29:38
BO’YDOQLARGA

Men alvido aytaman sizga –
Bo’ydoqlarning sho’x-shan onlari.
Uzr, endi go’zal, sho’x qizlar.
Sayr etishning yo’q imkonlari.
“Ola xurjun” bo’ynimda manim,
Uylanganman bir qo’shni qizga.
So’rasangiz, sir tutib pinhon,
Bo’ydoqman, deb aytaman Sizga.
Jo’ralarim, ulfatdoshlarim,
Chorlamaslar meni behuda.
Bilishadi, chunki, xotinim
Rashk bobida tanhodir juda.
Qadamlarim sanoqli, netay,
Sal kechiksam “to’qmoq” boshimda.
Kim qo’yibdi menga bu g’amni,
Oh, yigirma ikki yoshimda.
Ba’zan esa u oqil, dono,
Berar menga har xil o’gitlar,
Xotin zoti shunday bo’lsa gar,
Uylanmangiz bo’ydoq yigitlar!..

Shukur Sodiq

Zo'r!!! Yana bormi?
Nom: Re: Qiziqarli she'rlar
Yuborildi: Mahdiyah 21 Sentyabr 2007, 12:18:31
“JADVAL”

Birinchi dars tugasa –
to’rtta mayiz… Bas.
Ertalabdan ko’p yeyish,
yo’q yaxshi emas.

Ikkinchi dars tugasa –
somsa, pirojniy.
Uchinchi dars tugasa –
gaz-suv, morojniy.

To’rtinchi dars tugasa –
nok bilan uzum.
Vazifa: hammasini
yeyman bir o’zim!

“Sharq yulduzi” 1989 № 6
Nom: Re: Qiziqarli she'rlar
Yuborildi: Mahdiyah 21 Sentyabr 2007, 12:19:29
IKKI ULFAT

Yo’l ustida bir-birini ko’rdi, ular,
Qo’l siqishib, holu ahvol so’rdi ular.
Shodlanishib, sig’masdan hech ko’cha-kuyga,
Yo’lni asta oshxonaga burdi ular.
Ikkovlari joy ko’rsatib bir-birovga,
Ta’zim qilib jilmayishib turdi ular.
“Qittay-qittay” qilaylik deb, shundan keyin
Qadahlarni bir biriga urdi ular.
Ko’p vaqt o’tmay, badan qizib, yoqalashib,
Kalla qo’yib, boshlarini yordi ular.
… Hushyorxona yaqin ekan oshxonaga,
O’n besh kunlik “sayohat”ga bordi ular.  :7

Tojiddin Abduqunduzov
“Sharq yulduzi” 1989 № 6

Nom: Re: Qiziqarli she'rlar
Yuborildi: Shoxjahon12 21 Sentyabr 2007, 13:44:43
IKKI ULFAT

Yo’l ustida bir-birini ko’rdi, ular,
Qo’l siqishib, holu ahvol so’rdi ular.
Shodlanishib, sig’masdan hech ko’cha-kuyga,
Yo’lni asta oshxonaga burdi ular.
Ikkovlari joy ko’rsatib bir-birovga,
Ta’zim qilib jilmayishib turdi ular.
“Qittay-qittay” qilaylik deb, shundan keyin
Qadahlarni bir biriga urdi ular.
Ko’p vaqt o’tmay, badan qizib, yoqalashib,
Kalla qo’yib, boshlarini yordi ular.
… Hushyorxona yaqin ekan oshxonaga,
O’n besh kunlik “sayohat”ga bordi ular.  :7

Tojiddin Abduqunduzov
“Sharq yulduzi” 1989 № 6




Zo'r chiqibdi!))))