forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Yangiliklar => Futbol => Mavzu boshlandi: muxbir 16 Iyun 2006, 17:55:04

Nom: Futbolimiz islohotlarga muhtoj
Yuborildi: muxbir 16 Iyun 2006, 17:55:04
FUTBOLIMIZ ISLOHOTLARGA  MUHTOJ
Nima bo‘lganini hammamiz ko‘rdik

Endi O‘zbekiston milliy terma jamoasi oldida ikkita yo‘l bor. Birinchisi — yana o‘sha Ravshan Haydarov boshchiligida, shu tarkib bilan — asosan, «Paxtakor» o‘yinchilari, terma jamoa yig‘iniga xohlasa kelib, xohlamasa kelmaydigan legionerlar — 2007 yili bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko‘rish. Yil davomida, rasmiy musobaqalargacha biron-bir jiddiy o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishning ilojini qilolmaslik...

Ikkinchi yo‘l — bosh murabbiylikka biron-bir jamoa  yoki terma jamoa bilan jiddiy yutuqqa erishgan tajribali murabbiyni tayinlash — xorijlik yoki o‘zimizdan,  masalan, Rustam Akramovni. Yoki futbolchilik faoliyatini yakunlash arafasidagi, o‘zbek futbolining tirik afsonasi — Mirjalol Qosimovga bosh murabbiylikni topshirish. Tarkibni deyarli yangilash, to‘g‘rirog‘i — yoshartirish. Bunda asosiy mo‘ljal — 2010 yilgi jahon chempionati bo‘lishi zarur.

Yangi terma jamoaga nomzodlar quyidagilar bo‘lish mumkin:
Darvozabonlar: Temur G‘aniev «Banants» (Armaniston), Ignatiy Nesterov, Temur Jo‘raev — «Paxtakor», Sherzod Kattaev — «Mash’al».
Himoyachilar: Asqar Muhiddinov — «Buxoro», Kamoliddin Kenjaev, Jasur Hamroev — «Nasaf», Anvar G‘afurov — «Samarqand — Dinamo», Yaroslav Krushelnitskiy, Shavkat Raimqulov — «Navbahor», Ilhom Suyunov, Aleksandr Kletskov — «Paxtakor», Islom Inomov — «Lokomotiv» (Gruziya), Aziz Alijonov — «Neftchi», Vitaliy Denisov — SSKA (Rossiya).
Yarim himoyachilar: Temur Kopadze, Server Jeparov, Eldor Magdiev, Sadriddin Abdullaev — «Paxtakor», Ilhom Yunusov — «Buxoro», Rustam Qodirov, Jasur Hasanov — «Mash’al», Ilyos Zeytullaev — «Redjina» (Italiya), Mansur Saidov, Nodir Qo‘ziboev — «Neftchi», Marat Bikmaev — «Krilya Sovetov» (Rossiya), Temur Yafarov, Aziz Haydarov — «Lokomotiv», Muzaffar Umrzoqov — «Traktor».
Hujumchilar: Pavel Solomin — «Paxtakor», Alisher Xoliqov, Shavkat Salomov — «Buxoro», Shuhrat Mirxoldorshoev, Bahriddin Vahobov — «Mash’al», Islom Choriev — «Lokomotiv», Aleksandr Geynrix — «Torpedo» (Rossiya), Olim Novkarov — «Traktor», Nosir Otaqo‘ziev — «Neftchi», Rasul Hayitov — «So‘g‘diyona», Sobir Usmonxo‘jaev — «Sho‘rtan».

Albatta, bugungi terma jamoamiz o‘yinchilaridan rozimiz. Ko‘pchiligi, haqiqatan, bugungi o‘zbek futbolining eng kuchli vakillari. Ular biz — muxlislarga ko‘plab quvonchli, hayajonli onlarni taqdim etishdi. Buning uchun ulardan minnatdormiz. Ammo, hayot shunaqa — yosh iqtidorli o‘yinchilarga joy bo‘shatib, imkon berish kerak! Futbolimizning ayni holatida bu ish qanchalik ertaroq amalga oshirilsa, shuncha yaxshi.

Yana bir narsa — «Paxtakor»ning terma jamoa bazasi sifatida shakllantirilishi o‘zini oqlamaganligi bugun kundek ravshan bo‘ldi. Bu — milliy chempionatimizda raqobat susayishiga, oqibatda chempionat saviyasi tushishiga, futbolchilarda «terma jamoada o‘ynash uchun avval «Paxtakor» tarkibiga qo‘shilish kerak» degan fikr shakllanishiga olib keldi. Muxlislarning «Paxtakor» stadioniga milliy chempionat o‘yinlarida kam tushishi (bu haqda matbuotda so‘nggi paytlarda takror-takror to‘xtalindi) o‘ziga xos ogohlik qo‘ng‘irog‘i edi!..

Osiyoda futbol jiddiy rivojlanmoqda. O‘sha 1994 yili — O‘zbekiston butun Osiyoni, jahonni lol qoldirib Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘lganida, Bahrayn, Iordaniya, Qatar, Ummon kabi jamoalar hatto o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham tuzukroq o‘yin ko‘rsatisha olmas edi. Hatto 5-6 yil ilgari ham hech kim ularga jiddiy raqib sifatida qaramasdi. Bugun ular har qanday kuchli jamoalarga qarshi mazmunli o‘yin ko‘rsatishayapti yoki shunga harakat qilishmoqda. Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron, Xitoy futbolchilarining Yevropaning grand jamoalarida to‘p surayotgan vakillari soni yildan-yilga ortib bormoqda. Yaponiya, Janubiy Koreya, BAA, Qatar, Saudiya Arabistoni milliy chempionatlariga chet ellik mashhur yulduz futbolchilarning tashrifi ham ko‘paymoqda. Bu — ushbu davlatlar terma jamoalari o‘yinining yanada kuchayishiga olib kelishi, shubhasiz. Keyingi saralash o‘yinlariga Avstraliya terma jamoasi ham qo‘shilishini hisobga olsak, O‘zbekiston terma jamoasiga qiyin bo‘lishi aniq — agarda ahvol hozirgidek davom etsa!..

Bu — bir muxlisning fikrlari, xolos. Futbolimiz mutasaddilari, mutaxassislar terma jamoamiz kelajagi yuzasidan qayg‘urishayotganliklari aniq. Nima bo‘lganda ham, millionlab ishqibozlar yana umid qilishdan toliqishmaydi — bugungi o‘zbek futboli jiddiy islohotlarga muhtoj!..

Elmurod Nishonov

Mavzu arxivi (http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=football&action=display&thread=1113542783&page=1)
Nom: Re: Futbolimiz islohotlarga muhtoj
Yuborildi: Shoxjahon12 22 Avgust 2006, 13:08:59

Menimcha, tuzilgan yuqoridagi tarkibni o'zi islohotga muhtoj.