forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Yangiliklar => Mavzu boshlandi: Murod_bek 10 Aprel 2007, 20:35:55

Nom: "FikrAT" oylik jurnal
Yuborildi: Murod_bek 10 Aprel 2007, 20:35:55
 Assalomu Alaykum!
Ushbu Jurnalni boshida quyidagi so'zlarni o'qib qoldim.O'zimga ma'qul ko'rgan narsani birodarlarimga ham ilinishga qaror qildim:
1611-1658 - Yillarda yashagan ispan faylasufi Baltasar Grasian qalamiga mansub quyidagi nasihatlar hayotga endi qadam qo'yayotgan yoshlarga umr mohiyatini, qanday yashash kerakligini anglashga qo'l keladi:

Yolg'izlikda dono bo'lgandan hamma bilan birga nodon bo'lgan afzal.

Eng yaxshi qasos yoddan o'chirish, chunki bu dushmaningni o'z yog'ida qo'vuradi.

Oson ishga go'yoki qiyin ish kabi, qiyin ishga esa huddi oson sih kabi kirishgin.

Juda aqlli bo'lma, yaxshisi mulohazali bo'l.

Bir o'zing barchaga yoqadigan narsani qoralama.

Sening kerakligingni hamisha his etsinlar, bu sening kundalik qoidang bo'lsin

Yuqoridagilar ustidan g'alaba qilishdan qoch.

Usullarni o'zgartirib tur.

Har kimga kalit topa bil.

Omadli o'yinni vaqtida tugat.

Fikrda ozchilik bilan, so'zda ko'pchilik bilan bo'lgin.

Aql bilan ish qiladigan mard bo'l.

Bilgingi, ustunlik birinchi bo'lishda.

Qatiyatli bo'la olgin.

Har kimga moslasha olgin.

Muomalada bag'ri keng bo'l.

Quyoshning botishini kutib turma.

Raqobatchilikdan uzoqroq yur.

Hech qachon o'zing haqingda gapirma.

Aqlsizlik qilgan ahmoq emas, balki aqlsizlik qilib uni yashirmagan odam ahmoq.

Agar kam bilsang, har bir ishda sinalgan yo'lni tanla.

Alloh barchamizga manfaatli ilm va bilganlarimizga amal qilishni nasib qilsin!(amin)
Nom: Re: "FikrAT" oylik jurnal
Yuborildi: Sadulla 20 Aprel 2011, 07:09:38
 :as:

"Fikrat" jurnali menga juda yoqqan edi,jurnaldagi maqolalar,har xil hikmatli hikoyalar va so'zlar,kitoblardan tarjimalar juda ham zo'r edi.Lekin menda jurnalning bor yo'g'i to'rtta soni bor.Shu jurnaldan o'zimizga foyda bo'ladigan nimaki bo'lsa shu yerga qo'yib borilsa forumdoshlar nima deysizlar ? Yomon bo'lmasdi menimcha.O'zim boshlab beray

                                                            Dunyoga teng hislatlar

Sahobiylardan Abu Zarr G'ifforiy(Olloh bu zotdan rozi bo'lsin)shunday dedilar:"Oltita xislat borki,ular dunyodagi hamma narsaga teng keladi:

1.Lazzatli taom
2.Solih farzand
3.Munosib rafiqa
4.Qat'iy so'z
5.Yetuk aql
6.Sog'lom tana

2007-yil uchinchi sondan.
Nom: Re: "FikrAT" oylik jurnal
Yuborildi: azizbek_mx 20 Aprel 2011, 12:48:47
Mashaalloh, davomlarini ham kutib qolamiz
Nom: Re: "FikrAT" oylik jurnal
Yuborildi: ibnUyayna 21 Aprel 2011, 01:20:38
zor jurnal manam rossa oqirdim oldin  :)
Nom: Re: "FikrAT" oylik jurnal
Yuborildi: Sadulla 21 Aprel 2011, 07:57:44
 :as:

                                                        Mo'jizakor vujud

Katta yoshdagi odam tanasida taxminan 5.5 litr qon,skeletida 200ta suyak,miyasining og'irligi 1.2-1.5 kg bo'ladi.

Inson burni 10000 ga yaqin hidni ajrata oladi.

Bir odam umri davomida o'rtacha 240 ming kilometr masofani bosib o'tadi.

Inson tanasidagi ugleroddan 900 ta qalam,fosfordan 2000 gugurt donasi,moydan bitta kirsovun,temirdan kattakon bitta mix tayyorlash mumkin.

Odam bir kecha-kunduzda o'rtacha oshxona kattaligidagi havo sharini to'ldirishga yetadigan havoni yutadi.

Bir odam uchun kuniga kamida 20 gramm,yiliga esa7.2 kilo tuz kerak.

Odamning eng katta ichki a'zosi jigar hisoblanadi.

Inson tanasidagi eng sersuv a'zo - ko'z.Uning o'ndan to'qqiz qismi suv,qolgani turli to'qima va hujayralardan iborat.Eng kam suvli a'zo tishlarimizdir.

Inson organizimida o'rtacha 600 ta mushak bo'ladi.Erkak kishining mushaklari tana og'irligining 45%ni tashkil qiladi.

Odamlarning 17% chapaqaydir.Chapaqaylar boshqa insonlarga qaraganda oshqozon-ichak kasalliklari bilan ikki baravar ko'proq og'rishar ekan.

Tana harorati 24 darajaga pasaysa ham inson nutq faoliyatini saqlab qolar ekan.

Odam nafas olmay 2-3 daqiqaga chidashi mumkin.Ammo suv ostida 13.4 daqiqa nafas olmay turgan g'avvos tarixda bo'lgan.

Odamning o'sib ketgan tirnog'i ostida turli kasallik tarqatuvchi ikki milliondan ortiq mikrob yig'ilishi mumkin.

Oshqozon orqali bir yilda o'rtacha 730 ming kaloriya olinadi.

Qo'l tirnoqlari bir oyda 8 mm o'sadi.Oyoq tirnoqlari shuning yarmicha.

Buyraklar bir yilda 700 litr suvni filtrlab o'tkazadi.

Teri har yili uch marta yangilanadi.

Sog'lom kishining boshidan bir kunda 70-80 tola soch to'kilib,yana shuncha o'sib chiqadi.

Inson miyasida har soniyada 100 mingga yaqin kimyoviy reaksiya sodir bo'ladi.
Nom: Re: "FikrAT" oylik jurnal
Yuborildi: Sadulla 30 Aprel 2011, 06:00:49
 :as:

                                                             Piyodalarni sevish kerak

Mashhur bir roman quyidagi gaplar bilan boshlangan edi:"Piyodalarni sevish kerak!Piyodalar insoniyatning aksar qismini tashkil etadi...Nafsilambor,avtomobilni ham piyodalar ixtiro qilishdi.Biroq,afsuski,avtomobilchilar buni darrov unutdilar,ular bosh-bayov va dono piyodalarga kun bermay qo'ydilar.Piyodalar qurgan ko'chalar avtomobilchilar ixtiyoriga o'tib ketdi.Tosh yo'llar kengaydi,Trotuarlar torayib,qambargina bo'lib qoldi.Piyodalar yuraklarini hovuchlab devor tagidan yura boshladilar".
"Oltin buzoq" romani mualliflari agar bugungu kungacha yetib kelishganida ahvol o'sha paytdagidan ham chigallashib ketganini ko'rib,yozishni ham yig'ishtirib qo'yaqolisharmidi!Shaharlarimiz ko'chlarini avtomobil chigirtka galasi kabi bosib ketgani,serqatnov ko'chalardan eson-omon o'tib olish omadga aylanib qolgani,avtomobilchilar piyodalarni zaxarli tutun va gazlar bilan "siylayotgani" kabi noxush muammolar haqida yozib ham o'tirmaymiz.Taraqqiyotni to'xtatib bo'lmaydi,odamlar turmushi farovonlashgani sayin avtomobila ham ko'payib boraveradi.
Gap piyodalarni sevish va hurmatlash,ularning haqiga tajovuz qilmaslik haqida ketyapti.Tan olish kerak,Toshkent ko'chalarining piyodalar o'tish joylarida haydovchilar ularga yo'l berishni ancha o'rganib olishdi(bunda albatta YPX xodimlarining hissasi katta).Ammo viloyatlarda,Hatto poytaxtdagi ayrim haydovchilar besabrlik qilib,piyodalar hayotini xavf ostida qoldirishyapti.Ayniqsa qariyalar,yosh bolali onalar,mayib kishilarning yo'l kesib o'tushlari chinakam qaxramonlikka aylanib qoldi.Chunki ayrim ko'chalardan bexavotir o'tib olishga arsloninig yuragi-yu,qoploning epchilligi kerakka o'xshaydi.
Bunisi ham holva ekan.Avtomobilchilar katta yo'llar yetmagaiday piyodalar yuradigan yo'laklarni egallashga ham jiddiy "hujum" boshlashdi.Ko'cha chetidagi biror idoraga yoki do'konga ishlari tushib qolsa, mashinalarni yo'l yoqasida qoldirishga ko'zlari qiymay,bemalol piyodalar yo'lkasidan yurib idaora eshigigacha kelaverishadi.
Keyingi paytlarda yomg'irdan keyingi qo'ziqorinday potirlab paydo bo'layotgan son-sanoqsiz avtomobil ta'mirlash,g'ilof tikish,ballon yamash,moy almashtirish ustaxonalari,turli tamaddixona va qahvaxonalar ham uyalmay-netmay piyodalar yo'lkalarini o'zlarinki qilib olishdi.Tartibsiz to'xtagan mashinalar oralab o'tishga qiynalgan biror piyoda "g'iring" deb ko'rsin-chi,og'ziga patent bilan urishadi.Agar ahvol shu darajada ketadigan bo'lsa,yaqin orada shaxar ko'chalarida piyodalar umuman yura olmay qolmasmikan?
Roman mualliflar"piyodalarni sevish kerak",deb o'lchovni hiyla pastroqdan olishgan.Yo'lovchilarni sevibgina qolmay,hurmat ham qilish,haqqini ado etish ham kerak.Bir mashhur ulamo:"Yo'lchiroqning qizilida o'tish ham xarom,chunki bunda birovning haqqiga tajovuz bor",degan edilar.Yo'llarda birovning haqqidan hazar qilmayotganlar ana shu hikmatni bir eslab qo'yishsa,yomon bo'lmas edi...

                                                                                         Uchinchi son 2007 Fikrat
Nom: Re: "FikrAT" oylik jurnal
Yuborildi: Sadulla 04 May 2011, 07:00:59
 :as:


                                                         Arab tafakkuri xazinasidan

Munofiqlikning o'zginasi

Inson ikkinchi bir insonga vaxshiylik qila turib,o'zini marhamatli ko'rsatish uchun hayvonga shafqat ko'rsatsa,u bu da'vosida munofiqdir,aslida u hayvondan ham vahshiydir.

Saodatmand zavjaning miqyosi

Er baxtli yoki baxtsizligining asosiy farqi umr yo'ldoshining  uning musibatlarida yordamchi bo'lmog'i,yoki uning o'z jufti musibatlariga ko'makchi bo'lmog'idir.

Qachon xohlasang...

Qachon bu hayotda masrur bo'lishni xohlasang,sog'lom bo'lmoqdan najot izla,qachon bu hayotda baxtli yashashni istasang ahloqingni isloh qilgin,qachon bu hayotda abadiylikni xohlasang aqlingga tayangin.Qachon bularni barchasini qo'lga kiritmoqchi bo'lsang diningga xodim bo'lgin.!

Inson mana shudir!

Xastalik to'shagida o'zida zaiflik bilan birga orzu-umid,jangu-jadal maydonida esa buzg'unchilik bilan birga kuch-quvvat topib,o'zida ikkala ziddiyatni jamlay olgan mavjudot insondir.
Insonning ikki ziddiyatini bir oraga jamlashining o'ziyoq Ollohning borligiga yaqqol dalildir.

Xastalik madrasadir!

Agar xasta kasallikdan keraklicha foydalana olsa,u xasta uchun tarbiyaviy darsxona bo'lib,illat emas,ne'mat o'rniga o'tadi.

Hech kimni past ko'rmagin!

Hech kimni xorlik holida aslo tahqirlamagin,zero kun kelib,zamon uni sen visoliga yetishmoqni orzu qiladigan yohud uning muonilasidan qo'rqiladigan shaxsga aylantirib qo'yishi mumkin.

Hurofot yuki ostida

tarix davomida ilm taraqqiyoti va fazoga yuksalish biror kun bugungidek yuqori cho'qqiga ko'tarilgan emas.Shunday bo'lsa ham,insoniyat biror asrda bugungidek xurofot va vahimalar yuki ostida qolib ezilgan emas.

Ilmdan xayrliroq johillik

Qachon ilm sohibini to'g'ri yo'lga boshlay olmasa,badaviyning johilligi undan xayrliroqdir.

Eng xatarlisi

Odamlar orasida axloq-odobga eng xatarlisi"axloq"ulamolari,dinga eng xatari ko'p bo'lgani esa dindorlikni kasb qilib olgan kishilardir.

Go'zal xulq

Yomon xulq kishidagi ko'p yaxshiliklarni berkitib qo'yganidek,go'zal axloq undagi ko'plab yomonliklarni yashirib turadi.

Boylik va faqirlik

Haqiqiy boylik va faqirlik qanoat va ta'magirlikdir.Shunday faqirlar borki,ular sendan boyroq,shunday boylar borki,ular sendan yo'qsilroq.

Sevgi va adovatdagi mo''tadillik

Sevish va adovatda haddan oshmagil!Gohida do'sting dushmanga,dushmaning esa do'stga aylanishi mumkin.

                                                                                                                 Mansurali Arabboyev tarjimasi
                                                                                                                 Fikrat  uchinchi son 2007
Nom: Re: "FikrAT" oylik jurnal
Yuborildi: Sadulla 11 May 2011, 06:31:03
 :as:

                                                             Salomat bo'lay desangiz...

 Berilgan umrni sihat -salomatlikda va rohatda yashash uchun Payg'ambarimiz alayhissalom quyidagilarga albatta amal qilishimizni buyurganlar:

- Doimo halol-pokiza taomlarni iste'mol qilish

- Taomni juda issiq ham,juda sovuq ham yemaslik

- Uzoq chaynab,shoshilmay yeyish

- Dasturxonga ishtahali holatdagina kelish va ko'p taom yemaslik

- Ovqatlanish davomida ko'p suyuqlik ichmaslik

- Qishda ko'proq yog'li,yozda esa yengilroq ovqatlar va ko'katlarni tanovul qilish

- Xurmoni ko'p iste'mol qilish

- Dasturxondan uzum,xurmo,zaytunni uzmaslik

- Charchalgan paytlarda shirinlik yeyish

- Siniq idishlardan foydalanmaslik

- Dasturxon ustida yaxshi kayfiyatda bo'lish,yolg'iz ovqatlanmaslik

- Ichki a'zolarning dam olishi uchun har oyda bir kun nafl ro'za tutish

- Ming dardga da'vo bo'lmish asal yeb turish

- Sut ichib,ustidan baliq yemaslik,chunki bu qonni buzadi

- Taomdan so'ng duo o'qib Yaratganga shukr aytish

- Zaharlanganda darrov oshqozonni bo'shatib qayt qilish va yelkaning uch joyidan qon oldirish

- Sil,yo'talga chalinish,balg'am tashlashda yaylovga chiqib,ko'p sut ichish

- Isitmali kasalliklarda badanni sovuq suv bilan namlash

- Parxez qilish barcha davolarning boshidir.

                                                                                                           Fikrat
                                                                                                           uchinchi son 2007
Nom: Re: "FikrAT" oylik jurnal
Yuborildi: Sadulla 03 Avgust 2011, 15:57:10
 :asl3:

                                  Мардикорга чиқди аёллар...


—    Опа, нима ишингиз бор?
—    Синглим, нечта одам керак? Қанақа юмуш бслса ҳам, қилаверамиз... дес бирпасда атрофимни сраб олган хотин-қизлар нистимни сшитгач, ҳафсалалари пир бслиб нари кетишди. Ксча четида икки юз чоғли хотин-қиз тсп-тсп бслиб туришар, чарчаганлари симёғочга терилган қалдирғочлардай суви қуриган ариқ бсйига чснқайишганди. Юзлари офтобда қорайган, ксзлари ташвишли, аксаристининг оёғида арзон резина шиппак. Улар орасидаги дуркунгина қизлар — мактаб сқувчилари ҳали қалби уйғоқ, ҳаётга чанқоқ смасми ёки мардикорлик қилиш улар учун шунчаки срмакми астойдил сзларига зеб беришган.
Шу пайт оқ «Дамас» хотин-қизлар тсдаси томон бурилди. Гангир-гунгур қилиб стирганлар машинага ёпирилишди. «Шоли стоққа снта одам!» Шериклар бир-бирларини тортқилашиб машинани тслдиришди. Етти кишилик сриндиққа сн бештача қиз-жувон жойлашди. Ва қолган «ҳамкасблари»га қслларини мамнун силкитганча, нигоҳларида шодлик билан жснаб кетишди.
—    Аеча ссмдан тсларкан?
—    1500 га кснмади. Мингдан бераман, деди, -ксринишидан зийраккина келинчак қизиққанларни хабардор қилди.
Бу салкам сн икки соатлик меҳнат - шоли стоққа тсланадиган иш ҳақи сди...
«Деразани очсангиз, ичкарига тоза ҳаво билан бирга чанг-ғубор ҳам киради», деган гап бор. Мустақиллик йслидан дадил одимлаётган мамлакатимиз учун собиқ иттифоқlан қолган мерослар илдизидан снги ссиб чиққан муаммоларни ҳал стиш осонликча амалга ошмаспти. Бир-бирига чамбарчас кишанлаб ташланган иқтисодий алоқалар занжири шунчалар мустаҳкам сдики, оқибатда йирик корхоналардаги аввалги ишлаб чиқариш меъёри издан чиқди. Ишчи кучи билан иш сринларининг номутаносиблиги ана шулардан бири. Бу, табиийки, нафақат сркакларнинг, балки хотин-қизларнинг ижтимоий ҳаётига, оиланинг иқгисодиётига ҳам таъсир стспти. Кейинги пайтларда қулоқларга тез-тез чалинаётган аёлларнинг мардикор бозори шу муаммонинг нордон мевасидир.
А­ркакларнинг мардикор бозори-ку азалдан бслган ва унга ҳаммамиз ксникиб кетганмиз. Аммо хотин-қизлар мардикор бозорларининг вужудга келиб, но расмий «фаолист» юритаётганини «ҳазм қилиш» қийин. Бу ваҳима кстариш смас!
Аёлдир, сркакдир сз кучини ақлий ёки жисмоний меҳнат тури орқали сотиши ва бу билан тирикчилик қилиш, сшаш сҳтиёжларини қондириш учун ҳалол даромад топиши оддий ҳақиқат. Аммо сзбекнинг етти аждодида бслмаган қиз-жувонларнинг мардикор бозорида стган-кетган мижозга сз меҳнатини таклиф қилиши қайси бир миллий қадристларимизга мос келади?!
Дарҳақиқат, тирик инсон борки, схши сшагиси, сйнаб-кулгиси келади. Бунинг учун имконист керак. Имконист сса аксарист ҳолда маблағ билан слчанади. Бозорлардаги ранго-ранг либослар, матолар-у буюмлар қайси қиз-жувоннинг ксзини сйнатиб, ҳавасини келтирмайди ахир. Айниқса, билагида кучи, юрагида ғайрати бор ёшлар машғулотсиз қолмасин скан. Феруза қишлоқдан. Коллежни тамомлаган. Дипломли ҳисобчи. Аммо сзига мос иш тополмагани учун бир кун ҳам ишламади. Ота-онаси унинг бу ерга келишига қарши. Лекин «бекорчидан Худо безор». Уйда стиравериб зерикди. Қолаверса, нима ксп қиз боланинг шахсий сҳтиёжлари орзу-ҳаваслари ксп.
Унинг дугонаси Зуҳра ҳам коллежнинг собиқ талабаларидан. Мевасабзавотни қайта ишлаш бсйича мутахассис-технолог. У ҳам иш тополмаган.
Баъзан мардикорликка чиқаётган қиз-жувонлар билан боғлиқ турли-туман нохуш миш-мишлар қулоққа чалиниб қолади. Тсғри, одам билан шайтон ҳамроҳ, дейдилар. Амон одамнинг оласи ичида ахир!
Миш-мишлар ҳам бекорга пайдо бслмайди, дейди истараликкина бир жувон, биз ҳеч қачон ишга уч кишидан кам бормаймиз. Ўзимизга маҳкам бслиб, аёллик шаънимизни баланд қсймасак, кутилмаган ксргуликлар юз бериши ҳам ҳеч гапмас. Ахир одамнинг пешонасига унинг қандайлиги битиб қсйилмаган.
Бу бозорнинг ёзилмаган қонун-қоидаси скан. Аёллардаги бундай ҳушёрликдан хурсанд бсласиз...

Шу пайт қаердандир пайдо бслган бир мсйсафид киши қслидаги тол хивич билан хотин-қизларни ҳайдашга тушди. Яқинимга келиб менинг бу «бозор»га дахлим йсқлигини сездими ё юзимдаги савол аломатиданми, астойдил ёзғира бошлади:
— Ксрмайсизми, катта йслнинг бетига чиқволиб стган-кетганнинг назарига тушспти булар. Қолаверса, бу хотинларнинг тспланиши маҳалланинг, ксчанинг номига доғ. Маҳалласи обрсйини сйлаётган отахонни ҳам маълум маънода тушунишга ҳаракат қиламиз, аммо...
Жойларда иш билан таъминлаш масаласида анча силжиш бор. Бироқ мардикорликка чиқаётган аёллардан ҳам ксз юмиб бслмайди. Хсш, мардикор бозорини тслдираётган қиз-жувонлар кимлар? Бу саволга мутахассислардан бири шундай жавоб беради: «Улар меҳнат ёки сқиш таътилидаги ёхуд қсшимча даромад топмоқчи бслган кишилардир. Яна кснглидагидек маошли иш топа олмаганлар».
Уйдаги гап ксчага, кечаги гап бугунга тсғри келмайди. Аммо бизнингча, бутун ёшлигини Янгиқсрғон туманидаги Жсра Охунов номли жамоа хсжалиги далаларида стказган етмиш ёшли Холисхон ас А аҳматуллаеванинг ссзлари ҳаливери сскирмаса керак:

— Мен сн бир ёшимдан далага чиққанман. Одамлар уруш ва урушдан кейинги йиллари бир коса атала, битта зоғора нон учун соатлаб қора меҳнат қилганларини ксрганман. Лекин биронта аёл айниб, йслдан адашганини билмайман. Хотинларнинг мардикорликка чиқаётганини сшитиб ёқамни ушладим. Ҳозир бирор одам оч-сланғоч қолганини сшитмаймиз. Аёлларда, менимча, срининг топганига сабр-қаноат қолмаспти. Яна бир жиҳатдан аёлнинг ишлаб пул топаётганидан хабардор срда ғайрат, орист ҳам сусайиб кетмоқда. Хотинига мардикор бозоридан иш қидиртираётган сркак... билмадим.

Холисхон аснинг гаплари аччиқ, аммо ҳақиқат. Аслида дунё-ю давлатни ҳар бир аёлнинг сркагига берсин. Хотин-қизлар ижтимоий ҳаётдан четда қолмаслик, дунёқарашини кенгайтириш, жамистга муносиб ворислар тайёрлаш учун севимли ва сзига хос касбкор билан машғул бслганига нима етсин! Шунда бола тарбиссига ҳам, рсзғор юмушларига ҳам вақт топилар сди!

Бир зарра сифатида жамист дардларига сзимча шифо қидираман. Гоҳ куюниб, гоҳ умид билан ушбу мақолага нуқта қсср сканман, қулоғим остида машҳур хонанданинг қсшиғидан парча снграйверади:

Четга чиқса суюнган сдик,
Қоп кстарса куюнган сдик.
Аллоҳ, Аллоҳ, снди не дедик,
Мардикорга чиқди аёллар... 

                                                                                                         А ислиқхон МАЖАУАОВА,   
                                                                                                         журналист, Ааманган
                                                                                                         "Фикрат" журналидан

Manba (http://info.islom.uz/content/view/2763/997/)