forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: Muhammad Amin 03 May 2007, 19:24:00

Nom: Hayotingizdagi eng qiziq voqea qanday bo'lgan?
Yuborildi: Muhammad Amin 03 May 2007, 19:24:00
Men bir kun shunchalik suvsaganimdan shunchalik ko'p suv ichsam ham umuman chanqog'im bosilmadi. O'zim ham hayron qoldim. Keyin bir payt uyg'onib ketdim. Qarasam shunaqangi chanqab yotgan ekanmanki natijada tushimga chanqaganim kirib yotgan ekan.
Nom: Re: Hayotingizdagi eng qiziq voqea qanday bo'lgan?
Yuborildi: Nurmuhammad 11 May 2007, 11:27:54
O'tgan hafta jumaga kechikayotgandik, taksiga soat 1.04. Juma soat 1.00da boshlanadi. Allohga tavakkal qildik. To ko'kchaga borguncha yo'lda  bitaham svetafor qizil yonmadi. Jumaga ulgurdik. Bu mo'jiza chunki qachon taksida yursam hech bo'lmasa bitta svetaforda to'xtaydi.
Nom: Re: Hayotingizdagi eng qiziq voqea qanday bo'lgan?
Yuborildi: Robiya 24 Sentyabr 2007, 12:53:06
O'tgan hafta go'zal shaharlardan biri Samarqandga borgandik.Koreys tilidan imtihon bo'ldi.Biz Buxorodan 14 talaba bordik.Ketayotgan paytimizda bir dugonam o'zining ruxsatnomasini(imtihonga kirish uchun) mening fayl-papkamni ichiga qo'ydi.Shunda men Sarvinoz,bu papka xosiyatsiz,unga qo'yilgan narsa yo'qoladi, dedim.Shunda u yo'g'-ey,aldamang dedi.Keyin esa papkani ochib hayratdan yoqa ushladi.U hozirgina qo'ygan ruxsaatnoma joyida yo'q edi.Bechora dugonam yig'lashgacha bordi.Men papkani olib u yoq bu yog'ini ko'rdim.Qarasam orqa tomonida ekan.E haziling qursin deb ruxsatnomasini olib o'zining daftarini ichiga qo'ydi.Yo'lda ketishda ham uch to'rt marta Sarvinoz ruxsatnomadan ehtiyot bo'l deb bordim.Samarqand chet tillar institutiga imtihon bo'ladiganm auditoriyaga kirdik.Imtihonga yarim soat qolgan.Shundoq ruxsatnomamni olaman deb sumkamni ochsam,ruxsatnoma yo'q-da.Sarvinoz,ruxsatnomam mashinada qolibdi dedim.U ishonmadi.Aksiga olib haydovchi nonushta qilish uchun qayergadir ketgan ekan,mashinani qulflab.Kursda birga o'qiydigan G'ayrat ishingiz qurmasin,ular hozir kelolmas ekan,bu yerdaan anchaa uzoqdaa ekan dedi.Butunlay kayfiyatim tushdi.Shunda G'ayratga telefon bo'lib,yugurib chiqib ketdi.Bir ozdan keyin ruxsatnomamni olib keldi.Shu yerdan o'tib ketishayotgan ekan,deb ruxsatnomamni berdi.Unga minnatdorchiligimni bildirib,imtihonda ishtirok etdim.
Nom: Re: Hayotingizdagi eng qiziq voqea qanday bo'lgan?
Yuborildi: Robiya 24 Sentyabr 2007, 13:01:29
Bu voqea ham Samarqandda bo'lgandi.Imtihondan chiqib,olti kishi shahr aylanishga chiqdik.Yo'lda ketyapmiz,birdan Feruza oyoq kiyimimni bosib yubordi,oyoq kiyimim haam shuni kutib turgaan ekanmi,yirtildi-qoldi.Endi,qolgan yo'lga sekin-sekin yurib ketdim.Sumkamda skoch bor edi.Uni olib oyoq kiyimimni u yoq bu yog'idan ildirib qo'ydik.Juda antiqa oyoq kiyim bo'ldi-da.O'sha ahvolda Registon-u Oqsaroy,Ruhobod maqbarasiyu,Ulug'bek rasadxonasini tomosha qildim.Qaytishda poyafzal ta'mirlaydigan ustaaxona bor ekan.O'sha yerda oyoq kiyimimni tiktirdim.Hozir ham o'sha oyoq kiyimimni kiyganimda beixtiyor o'sha voqea esimga tushadi.
Nom: Re: Hayotingizdagi eng qiziq voqea qanday bo'lgan?
Yuborildi: Furqat_Hasanovich 02 Iyun 2008, 21:33:40
mani hayotimda qiziqarli voqealar  deyarli  har kuni bo`ladi  chunki man ishlidigan joyyi  xo`jayini judayam xushchaqchaq  odam  oilasidayam har hil voqealar bo`ladi  xullas   qiziqarli  voqealar ko`p bo`ladide        man sizlarga qaysibirini gapirib bersam ekan 
xullas man o`zimmi  boshimdan o`tgan voqeanimas  xo`jayinimizani qizini boshidan o`tgan voqeani etib beraman



Xullas  sayyora  6 ga kirganidi ( uni sashka  diymiza   )
 Sashkani kenayim maktabga  berishmoqchi bo`pti  maktabga oborishsa  yoshi yetmidi  kelasi yilda olamiza debdi   keyin direktorni  uchratib qoptida  qanaqib u4ratgan bilmiman  xullas direktor  bu qizzi imtihon qilamiza  agar o`tolsa olamiza debdi 
  xullas Sashkani oldiga  daraxtlani rasmini qo`yibdi  shu mavzuga gap   tuzib ber  debdi 
  ( SIZLARGA   AYTIB QO`YIY SASHKA  JUDAYAM SHO`X  QIZ)  u boshlab qoptiku  bitta o`rmon borakan o`rmonda bo`ri yasharkan  bo`rini .............     keyin direktor  yo`  bu qizzi maktabga olishimiz kere  debdi  uni maktabga olishibdi 6 yoshida   
maktab boshlanibdi  maktabda   kam taminlangan oilalani bollariga  ovqat berisharkande    endi sashkani yoshi hammadan kichkina bo`gani uchun uniyam  yozib qo`yibdi ovqatlanuvchilar  qatoriga  1 oy4a   ovqatga qatnabdi bir kuni   o`qtuvchisi hamma  ovqatga  boradiganlani  sinfdan chiqarib oshxonaga obketvossa sashkjayam ergashibdi   unga `oqtuvchisi  sayyora  bo`ldi endi san ovqatlanmisan   biz kam taminlanganlarga ovqat bervommiza deganmi  xullas shunga o`xshash qilib yosh bolaga  gappi chuntirgande  uyam nima dermish   BIZAYAM KAMBAG`ALMIZA YO`zib qo`yuring  opam etganla  debdi  endi  buni o`qtuv4isi kenayimga etib berganla  kenayimgila  xojayinimizaga etib berganla    biz  xo`jayindan eshitib  buralib qoldik     kulurib

Nom: Re: Hayotingizdagi eng qiziq voqea qanday bo'lgan?
Yuborildi: Mr.Twister 20 Iyul 2008, 16:21:47
Bir kuni o`rtog`imni komp.ini tuzatib beradigan bo`ldim va uni uyi jo`nadik. Qish oylari kun juda qisqa soat 18 bo`ldi hamki qorong`i tushadi. Qisqasi uyiga kelsak uyi qulflangan ota-onasi esa Navoiyga qarindoshlarinikiga ketishgan ekan. Nima qilarimizni bilmay Bir qo`shnidan Narvon oldigu devordan oshib tushmoqchi bo`ldik. O`rtog`imning shundoqina yonidagi hovliga o`sha kuni yangi kishilar ko`chib kelgan ekan. biz tomga chiqqanimizni bilamiz bir ayol (yangi qo`shni) "Voy, buni qaranglar qo`shninikiga o`g`ri tushdi, ushlanglar ularni, voy ikkita ekan ha sanlanimi hozir ko`zlaringga ko`rsatamiz..." shunaqa dod voy qilib butun mahallani ko`chaga chiqaruvdi. Keyin esa o`sha narvon bergan qo`shni bizlarni kim ekanimizni aytib berdi. Shundan keyin hali ayol bilan juda ham opa-uka bo`lib ketdik. Yo`ldami, bozordami ko`rsak juda iliq kutib oladilar. 
Nom: Re: Hayotingizdagi eng qiziq voqea qanday bo'lgan?
Yuborildi: Munavvara 28 Iyul 2008, 18:40:43
Bir kuni internetimizga bir turk bola keldi man esa turk tilini tushunmas edim va u bola kelib turkchada bir narsalar dedi ha bunga komp ochib berish k-kmi dedim keyin bitta kompni ochib berdim u bola kompdan turguncha akam keldilar akam turk tilini bilar edilar keyin akamga aka anu bola turk ekan gapiga tushunmadim o'ziz u bilan gaplashing dedim keyin akam borib gaplashaman desalar u bola akamga rus tilida zo'rg'a rus tilida gapirdi akam man turkchani tushunaman gapirivurin didla keyin akam bilan rus tilida gaplashib manga yana turk tilida gapirib ketvotti akam bilan rosa kulibmiz.
Nom: Re: Hayotingizdagi eng qiziq voqea qanday bo'lgan?
Yuborildi: BelleQizcha 18 Aprel 2010, 22:47:04
Afghon Qoshnimiza bolardi.. uzbekchani yaxshi bilardi yuu lekin toliq bilmasdim.. bir kuni yunusobod bozoriga borganmiza..Kiyin Jusak yaniy osimlika qarab Shuni uzbekchada oti nima digan.. man bosa esimdan chiqib qogan ekanmi.. Bilmadim hech esimda yoq digandim.. u bosa biza afghonchada *Gandana* diymiza.. uzbekchada bilmiman qanaqa diyilishini digandi.. Bobti dib Jussak sotvotga ayoli oldiga borib .,,, Hola shu osimlikni oti nima disam.. Qizim uzbekchada bilmiman-u lekin Afghonla *gandana* diyishadi digandi,.,,,,
Nom: Javob: Hayotingizdagi eng qiziq voqea qanday bo'lgan?
Yuborildi: Хадича 25 Yanvar 2013, 21:49:00
O'shanda nechi yosh bo'lganim esimda yo'q,lekin yosh edik :)
Bir kun Onam pul berib un olib kelishimizni etgandilar. 2 mahalla narida kanaldan o'tgandan keyin magazin bor edi. O'sha joydan olardik. Yoz payti. Kotta ammamni qizlari Dilnoza bizanikiga kelgan yozgi ta'tilda. Uchchalamiz aylanib borib kelamiz deb ketdik. Opacham,Dilnoza va man. Kanaldan o'tayotganda suvda suzib yurgan kichkina baliqchalani ko'rib,qaytishda olamiz,dib ketdik. Uyda boqmoqchiydik,bonkaga solib. Un olib yana o'sha joyga kelib,suvga yaqin tushib qo'limizani suvga tiqib baliqchalani tutmoqchi bo'lgandik rasa ::) (aslida u baliq emas, qurbaqani lichinkasi-bolasi ekan :D )

Bir payt opachamni oyoqlaridegi ko'k platmassa tapichkalarini 1tasi suvga tushib, oqib ketdi.
Qoq peshin payti. Kanal bo'ylap uchchalamiz qiyqirib yugurganmiz. "Yordam beriyla,tapichkamiz oqib ketdi"dib :D
Aksiga olib hech kim yo'q. Ancha joygacha yugurib borganmiz kanal bo'ylab. Bir payt uzoqdan 1ta nuroniy chol va kampir yonida adashmasam nevarasi bitta bola kelishayotgan ekan. Yaqinlashib usha bola qo'liga bir uzun cho'p oldi. Baxtimizga tapichkamiz kanaldagi suv o'tiga ilakishib qolibdi. Usha cho'pi bilan bir amallab olib berdi,umridan baraka topkur... Usha payt  biza uchun juda bir dahshatli vaziyat edi-de..
Bir kun zoologiyadan qurbaqani o'qiganimizda bilgandik,biza tutmoqchi bo'lganimiz nimaligini.
Hech esdan chiymaydigan voqea.
Opam unutib yuborgandirlar :)
Nom: Javob: Hayotingizdagi eng qiziq voqea qanday bo'lgan?
Yuborildi: kamoliddinov 07 Fevral 2013, 04:42:15
Bu voqea mani boshimdan o'tmagan, lekin yotoqhonada yashar edim shu honadosh oshnam aytib bergan. O'zi buhorolik edi. 2005 yillar edi. Ja unaqa telefonlar hammada yo'q edi. Sherigim uyiga qiziqib hat yozdi, uni pochtadan yubordi. Noyabr oylari edi. Dekabrda hamma uyiga ketdi, Yanvarda o'qishga qaytdik. U aytadi:
uyga 26-dekabr kuni yetib bordim, uydagilar hat olmadik deyishdi, so'ng man o'yladim hat yo'qolibdida deb, 28 chi dekabr kuni hat uyga yetib keldi deydi  ;D

Rosa kulibmiz.
Nom: Javob: Hayotingizdagi eng qiziq voqea qanday bo'lgan?
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2013, 09:17:00
Bu voqea mani boshimdan o'tmagan, lekin yotoqhonada yashar edim shu honadosh oshnam aytib bergan. O'zi buhorolik edi. 2005 yillar edi. Ja unaqa telefonlar hammada yo'q edi. Sherigim uyiga qiziqib hat yozdi, uni pochtadan yubordi. Noyabr oylari edi. Dekabrda hamma uyiga ketdi, Yanvarda o'qishga qaytdik. U aytadi:
uyga 26-dekabr kuni yetib bordim, uydagilar hat olmadik deyishdi, so'ng man o'yladim hat yo'qolibdida deb, 28 chi dekabr kuni hat uyga yetib keldi deydi  ;D
Rosa kulibmiz.

Qaytanga o'sha pochtadan xat yuboriladigan davrlar yaxshi edi...
Qo'l bilan yozilgan xatga yetadigani yo'q.
Nom: Javob: Hayotingizdagi eng qiziq voqea qanday bo'lgan?
Yuborildi: _IYMONA_ 12 Fevral 2013, 15:58:09
Hayotimda doim qiziqarli voqealar bo'ladi  :D
Bunga aancha yillar bo'lgan va bunaqasi hech kimda bo'lmagan. Bir yaqin do'stimizni ish joylari tel raqamini bilmasdim, bir kuni bozorga bordim, no'xat oldim, tabiiyki qog'ozga o'rab berdi. Uyga kelib haligi qog'ozni bo'shatdim va qiziqib zimdan o'qidim. Ne ko'z bilan ko'rayki o'sha yaqin do'stimizni ishxonalari yozilgan, tel raqami ham bor edi...
Keyin o'sha tel raqamga qo'ng'iroq qilsam go'shakni o'zlari ko'tarib qolsalar deng  :7 O'zlariyam hayron...
Haligacha bu voqea hech esimizdan chiqmaydi, ko'p eslaymiz...

Nom: Javob: Hayotingizdagi eng qiziq voqea qanday bo'lgan?
Yuborildi: Abdulhafizaka 25 Fevral 2013, 19:23:09
Тахминан 2003 йиллари сди чамаси. Бозорда савдо Ò›илардим бир куни иттифоÒ›о шеригим чиÒ›мади, шу куни бир Ò›ирÒ› ёшлар атрофидаги аÒ›ли хуши жойида нармални  бир киши айнан шеригим билан Ò›андайдир бир ишни мухокама Ò›илмоÒ›чилигини ва адресини ссради, шеригимни уйи участкадалигига тушунтиролмадим. Халиги киши кечгача кутиб мен билан бирга бслсахам бориши кераклигини айтиб иш ваÒ›ти тугашини кутиб турди.Шу орада дсконни ёпиб йслга чиÒ›дик, шеригимнинг участкасига кираверишда айни шом пайти сди халиги киши бирдан ранги оÒ›ариб орÒ›амга стволиб - анавилардан Ò›утÒ›аринг Ò›аранг атрофимизни сраволишаспти пакана одамчалар деб талвасага тушиб Ò›олса бсладими. Ўзисм юрак тугади, хой атрофимизда хечким йсÒ› Ò›срÒ›манг десам менга баттар ёпишиб ксзлари Ò›срÒ›увдан ола-кула бслиб питир питир Ò›илади халиги бечора. Хазиллашасптими десам  кап-катта одам   ранги оппоÒ› оÒ›ариб кетган,  шартта Ò›слидан ушлаб фаÒ›ат мендан бошÒ›а тарафга Ò›араманг тез тез юринг деб зсрга олиб стиб кетганман. Шеригимни олдига боргач Ò›айтишда сзиз кузатиб Ò›сйинг деб зсрга Ò›утулвоганман. Мана шу воÒ›еадан кейин хар доим шу кишини ксрсам бир сесканиб кетаман, бир кулгим келади.
Nom: Javob: Hayotingizdagi eng qiziq voqea qanday bo'lgan?
Yuborildi: Muxsiya 05 Mart 2013, 10:21:24
internetga kafega kirgandim. Bir yoshi katta ayl kelib admindan o'gli chet elda o'qishini uni rasmlarini pochtasidan olishi kerakligini lekin o'zi kompni bilmasligini aytdi. Admin bitta kompga o'tirdi va ramslarni pochtadan rasmlarni kompga soxranit qildi va pechatga berdi ayol rasmlarni olib chiqib ketdi. meni navbatim kelgandi, admin o'sha kompga o'tirishimni aytdi. O'sha rasmlar рабочий стольda turganakan qiziqib ochib ko'rdim. bir yigitni gruppadoshlari bn tushgan chet eldagi suratlari. keyin uyga qaytdim, Uyga kelsam oyimnig qo'lida o'sha suratlar, uni qayerdan oldiz desam uni tanisanmi deb so'radi. Men yo'q dedim. Ayam bo'sa menga bir ayol sovchilikka keldi, o'g'li chet elda o'qirkan bu o'g'lining rasmlar ekan desa bo'ladimi