forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 16 Iyun 2006, 20:21:13

Nom: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyun 2006, 20:21:13
Muhrim:
Salom, hammaga qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?


AbdulAziz:
Wa alaykum salom!
O`qing, o`qing va yana o`qing,
o`rganing,
imtihon topshiring,
O`QISHGA KIRASIZ!!!


Gareeb:
Yahshi o'qib , Allohdan so'rasangiz inshalloh kirasiz.
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyun 2006, 20:22:11
Noza:
Iqtibos
Assalomu alaykum! Avvalo 2005 yil bitiruvchilariga o'qishga kirishlarida OMAD lar tiliman. Man ham hudo hohlasa shu yili abiturient bo'laman va hudo hohlasa talaba bo'laman. Inshoolloh!
Shu bo'limda agar iloji bo'lsa imtixon kunlari nimalar bo'lishi haqida imtixonga kirganlar yozishsa, maslaxatlar berishsa manimcha biz abiturientlar uchun katta yordam bo'lar edi. Yordamingizni ayamaysizlar degan umiddaman. Hammaga o'qish va ishlarida OMAD tiliman.


Samo:
Avval aniq REJA tuzing

siz uchun eng muhimi nima?

Pulmi, karyerami, ozini rivojlantirish(buni koplar oylab kormagan ham)
diplommi?

qay biri uchun kirmoqchisiz.

Togrisini aytsam muhim kasblardan uchun kirsa boladi ayrimlariga umuman kirmagan maqul
bekorga vaqt otkaziladi
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyun 2006, 20:23:17
Noza:
Iqtibos
Man uchun hammasi muhim. Pul ham, karera ham, o'zini rivojlantirish ham......
Muhim kasblar deganda nimani nazarda tutmoqchisiz. Hammaga o'zini kasbi muhim.


SaMO:
Muhim kasb deganda:
Tibbiyot ammo Tabiblik emas
Iqtisod ammo Tadbirkorlik emas

Komyuter, Poyabzal tuzatuvchi tikuvchi, duradgor uchun diplom kerak emas.

Reja haqida yana tohtalib otmoqchiman

maktab hayotida yani umuman oqishda(university) faqatgina 3% odam shahsiy REjasini tuzishadi. 97% odamlarga BOSHQALAR reja tuzishadi.

misol uchun Programmist faqatgina dasturini rejasini tuzadi ammo uni ish faoliyatini boshqalar tuzadi. oylab koring shundoq otkazib yubormang REJA haqidagi narsalarni.

Ey Abuturob (Abiturentlarga hazillashaman) agar haqiqatdan kokarmoqlikni istasangiz
mutlaqo HAYOTINGIZNI REJASINI tuzing.
taqdir ekan deb MASULIYATDAN qochmang!!!
shunday qoida bor otgan ishga taqdir kelajakka iroda deb qarashlik togri aqiydadir...

Siz kelakalda kim bolmoqchisiz nimalarga erishmoqchisiz hammasini rejasini tuzing
maqsad mutlaqo bolishligi kerak. iloji boricha boshqalar sizni REJAngizda oz rejalarini amalga oshirishiga yol qoymaslikka harakat qiling.

Maqsad va rejada ipuchi: Siz nimaga ishonsangiz shu bolishi mumkin...
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Noyabr 2007, 10:47:40
Meni maslahatim hech qachon kurashishdan to'xtamanglar. Shunda albatta o'qishga kirasizlar. Men ham 3 yil deganda o'qishga kirganman.
Faqat o'qing va Allohdan tunu kun iltijo qilib madad so'rang shunda albatta niyatlaringiz ijobat bo'ladi INSHALLOH!!!
Nom: Qanaqa qilib o'qishga kirsa bo'ladi?
Yuborildi: lolo 27 Noyabr 2007, 05:49:57
Qanaqa qilib o'qishga kirsa bo'ladi?

Turli xil yo'llar bilan kirsa bo'ladi, lekin eng haqqoniysini tanlagan ma'qul. Shunda har yerda yuzingiz yorug' bo'ladi va ko'ngil xotirjam bo'ladi. Bundan tashqari o'z bilimi bilan kirsa o'qish jarayoni ham oson kechadi. Qadriga yetib o'qiladi. Maqol: "Oshing halol bo'lsa ko'chada ich!"
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Robiya 15 Dekabr 2007, 16:33:08

AbdulAziz:
Wa alaykum salom!
O`qing, o`qing va yana o`qing,
o`rganing,
imtihon topshiring,
O`QISHGA KIRASIZ!!!

 Eng muhimi mana shu. Faqat o'qish va o'rganish kerak.
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Jakonda 09 Mart 2008, 20:18:43
O'zingizga cheklovla joriy qiling. Bir narsaga erishish u-n boshqa narsadan voz kechish k-k. kamro uhleng, uyqu vaqtidan o'qing,asosiysi shu!
Man bir paytla namunaviy abiturient bo'ganman. (Hozi namunali student bo'masamam). Yordam va maslahat kere bo'sa,bemalol.
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Jakonda 09 Mart 2008, 20:20:18
O'zi oramizda abiturientla bomi?
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Robiya 11 Mart 2008, 15:53:13
Assalomu alaykum! Ha, abituriyentlar bor. Faqat a'zolar orasida kamroq, mehmonlarning ko'pchiligi abituriyent. Ularga yana bir yangilik (bundan allaqachon xabar topishgan bo'lishsa kerak): endi tarix yo'nalishiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz)  tarix, chet tili yo'nalishiga esa tarix qo'shilibdi. (tarixchilar 5-9 sinf algebra fanini, chet tili yo'nalishiga tayyorlanayotganlar esa faqat O'zbekiston tarixidan qo'shimcha o'qishlari talab etiladi) Endi abituriyentlarimiz bir yo'la to'rtta fandan tayyorlanishlari kerak. Barcha abituriyentlarga o'qishlarida kuch-quvvat tilayman. Hozir qiynalsangiz ham, keyin rohatini ko'rasiz,inshoalloh. Shuning uchun hozir hech nimaga qaramay faqat o'qing. Hammangizga omad...
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Muzayyana 11 Mart 2008, 16:24:02
Assalomu alekum! O'qishga faqat bilim va yana bilim orqali kirsa bo'ladi. Siz shu darajada o'qingki, sizzi bilimizni xech kim inkor qila olmasin. Tanish bilish, pul, bularni xammasi omonat bir narsa. Bu narsalarga ishonib qolish, bu bamisoli qum ustiga imorat qurish bilan teng!
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Robiya 11 Mart 2008, 16:40:14
Assalomu alekum! O'qishga faqat bilim va yana bilim orqali kirsa bo'ladi. Siz shu darajada o'qingki, sizzi bilimizni xech kim inkor qila olmasin. Tanish bilish, pul, bularni xammasi omonat bir narsa. Bu narsalarga ishonib qolish, bu bamisoli qum ustiga imorat qurish bilan teng!

Mashaalah, Muzayyana! juda haq gaplar. Agar hamma sizdek fikr yuritganda, yurtimizda hech qanday muammolar ham bo'lmasdi.
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Jiddiyqiz 14 Mart 2008, 11:37:07
Салом хаммага. Мен хам абутуриентман. Албатта укишга кириш учун факат ва факат тинмай укиш ва орга етишиш учун чин дилдан интилиш лозим булади. Лекин хозир айникса Узбекистонда пул билан кириш йулига утиб кетишган. Бу хам  тугридир кайсидир манода, давлатни иктисоди учун снасм билмадим. Лекин билимли кишилар колиб кетспти бир томонда биринчи уринда пул булиб колган. Керак булса тестни жавоблари сотиб олишспти. Хакикат сгилади, букилади лекин синмайди дейишадику. Качондир киради барибир укишга. Лекин уша качондирмас  уз вактида сни кутилган ватида булса схши буларди.

Хамма абутуриентларга факат ва факат ОМАД тилайман!!!
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Usmon 14 Mart 2008, 14:18:08
...Узбекистонда пул билан кириш йулига утиб кетишган. Бу хам  тугридир кайсидир манода, давлатни иктисоди учун снасм билмадим. ....
Davlat iqtisodiyotiga berilayotgan poralardan zarracha foyda yo'q. U faqat o'sha porani olayotgan kishilar uchungina "foyda". Biroq bu "foyda" bir kunmas, bir kun kelib qanchalik qimmatga tushishini anglab yetganlarida.....
Faqat, to'lanayotgan shartnoma to'lovlaridangina universitet xo'jaligini yuritishda foyda bor. Biroq buning ham o'ziga yarasha lekini bor. Shartnoma to'lovi hozirgi minimal maosh u yoqda tursin, o'rtacha oylik maosh olib ishlaydigan oilalar uchun ham "real miqdor"da emas. Biroq.... Baribir shu pulni topib to'lashyapti :D Latifadagidek, 100$ oylik olamiz, lekin 500$ xarajat qilamiz....
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Chustiy 14 Mart 2008, 15:01:38
VAlloh a'lam yuqorida singlimiz porani emas kontrakni nazarda tutgan blsalar kerak. Birovlarni nomidan "aqilli" talabalar imtihonga kirishiga nima deysizlar?
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Chustiy 25 Mart 2008, 18:37:05
Shu "aqilli"larga qarshi choralar kursa bulmasmikan a? Har tomongayam foyda bulardi.
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Fatima 16 Aprel 2008, 19:22:34
Assalomu alaykum
Hamma joyda to`rtta fan bo`ldi degan gap anchagina oldin chiqqandi. Lekin kecha bizni o`qituvchimiz yana uchta fan joyiga qaytganini aytib qoldila. Qaysi gapga ishonishga ham bilmay qoldik...?!
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Robiya 17 May 2008, 14:41:43
Qanday qilib o'qishga kirsa bo'ladi? Bu hozir ayniqsa avj olgan savollardan, bilasizlarmi, men ham abituriyent bo'lgan paytlarimda qattiq o'qiganman. Faqatgina qattiq o'qish, tayyorgarliklar orqali o'qishga kirish mumkin deb bilganman. Boshqalar fikri umuman qiziqtirmas edi (o'qish hammasi "pul deganga o'xshagan gaplar. Abituriyentlarga maslahatim, faqat o'zingizga va olgan bilimingizga ishoning.
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 21 May 2008, 18:19:03
Qanday qilib o'qishga kirsa bo'ladi? Bu hozir ayniqsa avj olgan savollardan, bilasizlarmi, men ham abituriyent bo'lgan paytlarimda qattiq o'qiganman. Faqatgina qattiq o'qish, tayyorgarliklar orqali o'qishga kirish mumkin deb bilganman. Boshqalar fikri umuman qiziqtirmas edi (o'qish hammasi "pul deganga o'xshagan gaplar. Abituriyentlarga maslahatim, faqat o'zingizga va olgan bilimingizga ishoning.

Bu gaplarga ishonish uchun faqat Robiyaning gaplari kamlik qilsa, unda men ham ularga qo'shilaman.

Ya'ni abiturientlar o'ziga ishonsa va bilimlarni puxta egallasa har qanday, yana aytaman har qanday o'qishga kira oladi.
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: saraton07 26 May 2008, 23:42:27
Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu Xonimlar va Janoblar.
O'qishga avvalambor  chin dildan Ollohdan tilab,faqat o'qish, kuchli tayyorgarlik, ishonch bilan,bismillahir rohmanir rohiym deb kirish kerak, azizlar.
 Ko'chadagi kirolmagan  yoki  pul bilan kirgan,kontraktda o'qiydigan ayrim talabalarning gaplariga ishonmangiz.
Qaytaraman,faqat Ollohdan tilab, qattiq tayyorlaninglar, uyquni kamroq qilib.
Sport bilan har kuni shug'ullanib turish, 2 mahaldan, ertalab kechqurun, esizdan chiqmasin. Bu  miyani yaxshi  dam olib, qon  bilan miyani ta'minlab turishga eng oliy usul.
Erinmang,bo'lmasa  yomon bo'ladi o'zizga.
Ana shunaqa, ukalar, singillar.
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Robiya 03 Iyun 2008, 03:23:55
Assalamu alaykum!

Rasulullohning hadisi shariflarida:

"œHar kim saharda yetti bora va oqshomda yetti bora bu duoni o’qisa, dunyo va oxiratiga bog’liq barcha ishlarida Alloh unga madad beradi", deb aytganlar.

"œHasbiyallohu la ilaha illa huva alayhi tavakkaltu va huva Robbul arshil-aziym"


 Men o'qishga kirmasimdan oldin mana shu duoni o'qigandim. ALLOH inoyati ila "byudjet"ga o'qishga kirishga muvaffaq bo'ldim. Boshqa barcha abituriyentlar, sizlr ham ixlos bilan ushbu duoni o'qisangiz, olgan bilimlaringiz samarali bo'lib, natijada universitet, institut, oliy o'quv yurti talabasi bo'lish sharafiga musharraf bo'lasizlar, InshoALLOH!
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: saraton07 03 Iyun 2008, 23:23:40
Vallohu Olam, haq gap.Faqat chin dildan, shun chaki emas, chin dildan bo'lishi lozim bu  tilovat.Yo'qsa, amal qilmaydi.Olloh bandasini hech qachon aldamaydi,aldamagan.
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Musannif Adham 04 Iyun 2008, 08:10:06
Qanday qilib o'qishga kirsa bo'ladi? Bu hozir ayniqsa avj olgan savollardan, bilasizlarmi, men ham abituriyent bo'lgan paytlarimda qattiq o'qiganman. Faqatgina qattiq o'qish, tayyorgarliklar orqali o'qishga kirish mumkin deb bilganman. Boshqalar fikri umuman qiziqtirmas edi (o'qish hammasi "pul deganga o'xshagan gaplar. Abituriyentlarga maslahatim, faqat o'zingizga va olgan bilimingizga ishoning.

Qanday qilib o'qishga kirsa bo'ladi? Bu hozir ayniqsa avj olgan savollardan, bilasizlarmi, men ham abituriyent bo'lgan paytlarimda qattiq o'qiganman. Faqatgina qattiq o'qish, tayyorgarliklar orqali o'qishga kirish mumkin deb bilganman. Boshqalar fikri umuman qiziqtirmas edi (o'qish hammasi "pul deganga o'xshagan gaplar. Abituriyentlarga maslahatim, faqat o'zingizga va olgan bilimingizga ishoning.

Bu gaplarga ishonish uchun faqat Robiyaning gaplari kamlik qilsa, unda men ham ularga qo'shilaman.

Ya'ni abiturientlar o'ziga ishonsa va bilimlarni puxta egallasa har qanday, yana aytaman har qanday o'qishga kira oladi.

Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu Xonimlar va Janoblar.
O'qishga avvalambor  chin dildan Ollohdan tilab,faqat o'qish, kuchli tayyorgarlik, ishonch bilan,bismillahir rohmanir rohiym deb kirish kerak, azizlar.
 Ko'chadagi kirolmagan  yoki  pul bilan kirgan,kontraktda o'qiydigan ayrim talabalarning gaplariga ishonmangiz.
Qaytaraman,faqat Ollohdan tilab, qattiq tayyorlaninglar, uyquni kamroq qilib.
Sport bilan har kuni shug'ullanib turish, 2 mahaldan, ertalab kechqurun, esizdan chiqmasin. Bu  miyani yaxshi  dam olib, qon  bilan miyani ta'minlab turishga eng oliy usul.
Erinmang,bo'lmasa  yomon bo'ladi o'zizga.
Ana shunaqa, ukalar, singillar.

Yuqoridagi fikrlarga qo'shilaman. Juda tirishib tayyorlanmaganman-u, lekin o'z bilimim bilan o'qishga kirganman. Allohdan so'rab, yaxshi harakar qilinsa, albatta maqsadga erishish mumkin.
"3. ... Ким Аллоҳга таваккул қилса, бас, (Аллоҳнинг) Ўзи унга етарлидир. Албатта Аллоҳ Ўзи (хоҳлаган) ишига етгувчидир. (Унинг хоҳишига қарши тургувчи кимса йсқдир)". "Taloq" surasi, 3-oyat. Tarjima muallifi Alouddin Mansur.   
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: zuzu 05 Iyun 2008, 21:33:05
Assalomu alaykum hurmatli forumdoshlar!"Qanday qilib o'qishga kirsa bo'ladi?" bu ayniqsa hozirgi kunning yoshlari orasidagi eng dolzarb muammo va savol desak ham bo'ladi.Bu savolga oddiy qilib javob berish mumkin.Har kim o'z iste'dod darajasidagi yani o'zining kuchi yetadigan(tishi o'tadigan) biror bir bilim dargohini tanlab shunga chin dildan Allohdan tilab tayyorgarlik ko'rsa albatta u o'qishga kiradi.Alloh har bir mo'min bandasiga so'raganini berguvchidir.
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Odila 06 Iyun 2008, 13:51:26
Assalomu aleykum!
Allohning o'zi to'g'ri yo'lda yurgan insonlarga madad bo'ladi. Shu sabab faqat va faqat ilm orqali o'qishga kirishga harakat qilinglar. Shundagina, ilmning, talaba bo'lishning qadri bilinadi. Inson bir mushkulini qing'ir yo'l bilan yengil qilsa,   shunga o'rganib qoladi. 
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Imron 06 Iyun 2008, 14:42:37
Мен 3 йил давомида имтиҳонлардан йиқилганман. Охирги муваффақистсизликдан кейин тайёрланишни ҳам йиғиштириб қсйганман. Учинчи йили ниҳост, олийгоҳга грант асосида кирганман. Тайёргарлигим схши смас сди, бунинг устига 3 йил давомида олинган бор билимлар ҳам, унутилиб тарқоқ ҳолга келиб қолган сди. Лекин, Аллоҳга таваккул қилдим! Кирдим ҳам. Ўшандан бери сқишга порасиз, сз кучи билан кириб бслмайди, дейдиганлар билан тортишиб юраман. Бизнинг гуруҳда ҳеч ким сқишга қандай қилиб кирганини бировдан сшириб стирмас сди. Мақтаниш бслмасинку, лекин мен университетга сз кучим билан кирганимдан фахрланиб юрар сдим. Чунки, бюджет асосида сқишга сз кучи билан кирганлар саноқли сди.

Одам ёши улғайган сари ҳаётий орзулари ҳам "улғайиб" борар скан. Бир вақтлар сша олийгоҳга кириш орзуим сди. Мана кирдик, сқидик, битирдик ҳам.. Магистратурага схши таклифлар бслди, унамадим.. Бизнинг институтларда ксп сқишдан фойда йсқ. Чунки, 4 йил давомида домлалардан олинадиган билимни олиб бсласиз. Қсшимча икки йиллик сқиш давомида камдан-кам ссиш бслади..

Олийгоҳларга сқишга кирмоқчи бслган укаларим, сингилларимга маслаҳатим, ҳар қанча билимларингиз мустаҳкам бслса-да, асло уларга ишониб қолманг. Ҳаммаси Аллоҳдан сканлигини ҳар дақиқада ҳис қилиб туринг. Бу гап билими кучсизларга ҳам тегишли. Ота-онангиз қийинчиликлар туфайли сқишга ёрдам қила олмаётганларидан асло кснглингиз сксимасин. Сиздан давлатманд оилаларнинг фарзандлари, ёки билими кучли тенгдошларингиз шаштингизни чсктириб қсймасин! Албатта, Аллоҳ сзи ҳоҳлаган кишига ёрдам беради. Дуоларингизни-да холис қилинг. "А­й, Аллоҳим, сқишга кирсам, беш вақт намоз сқишни бошлайман, қабул қилинсам, албатта ҳижобга кираман" деган ваъдаларни берманг. Аввало, Аллоҳ бу амалларимизга муҳтож смас, нима қилсак сзимиз учундир. Қолаверса, бу амалларни бажариш учун Аллоҳга "шарт" қсйишдан қсрқинг. Аллоҳнинг фарзларини адо стишни бошлаш учун бирор воқеа юз бериши талаб қилинмайди. 5 вақт намоз, сатри аврат ва бошқалар сзини мусулмонман деган ҳар қандай инсон учун бурчдир.

А­нг асосийси, қалбларингизда Тавҳидни маҳкам тутинглар!
Ассаламу алайкум
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Robiya 21 Iyun 2008, 05:23:22
ABITURIYENT LO‘TTIBOZGA ALDANDIMI?



  Bekatda avtobus kutib o‘tirgan edim. Yonimdagi ikki yigitning suhbati beixtiyor qulog‘imga chalindi:
— Mana shu "œshpargalka"larni deb, — dedi ulardan biri bekatning bir chetiga yopishtirib qo‘yilgan e’longa ishora qilib, — o‘tgan yili o‘qishdan yiqildim. Birortasi ham to‘g‘ri chiqmadi. Menga ularni sotgan kishiga qaytib telefon qilsam, raqami o‘zgaribdi. Nailoj, o‘qishga ham, pulimga ham kuyib qolaverdim...
Ayni kunlarda mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari oldidan hujjat qabul qilish jarayoni boshlangan. Shu bois, qalbaki "œshpora"larni tayyorlab, mo‘maygina pul orttirayotgan "œishbilarmonlar" ham taraddudga tushib qolishdi. Aslida, ularning qilmishlarini qancha qoralasak, shuncha kam. Noqonuniy faoliyat ortidan harom luqma topish, buning ustiga, navnihol yoshlarni yo‘ldan urishning jazosi ham, gunohi ham katta, albatta. Biroq bunday lo‘ttibozlar "œbozorini chaqqon qilayotganlar" kimlar? Ishonuvchan, o‘z bilimi mustahkamligiga ko‘zi yetmagan abiturientlar emasmi? Boz ustiga, "œshpargalka"lar uchun mablag‘ berayotgan ota-onalar bu holdan bexabarmi? Vaholanki, har yili biror yaqin kishimiz yoki tanishimizning "œshpora"ga ishonib chuv tushib qolgani yoxud uning hech qanday naf bermagani, aksincha, behuda vaqt, ortiqcha pul sarflaganini aytib afsuslanganiga guvoh bo‘lganmiz yoxud bu haqda eshitganmiz. Xo‘sh, bu "œshpora"larni sotib olishga bizni kim yoki nima majbur qilyapti?
Albatta, oliy o‘quv dargohlariga kirish imtihonlari yoshlarning kelgusi hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu imtihonlardan o‘ta olmay, boshi egik holda uyiga qaytib ketishni esa hech kim xohlamaydi. Shunday ekan, o‘zimizga bog‘liq bo‘lgan oddiy qoidalar (balki ehtiyot choralari)ga rioya qilaylik. Ikki-uch yil test sinovlaridan yiqilib, "œsuyagi qotgan" abiturientlar bu sohada ma’lum darajada sergakroq bo‘lishadi. Demak, birinchi yil hujjat topshirayotgan yoshlarga bu borada berilayotgan tushuncha va ko‘nikmalar yetarli bo‘lmayapti, nazarimda.
Ayrimlar bir dasta "œshpargalka"ni qandaydir yo‘llar bilan imtihonga olib kirib (undagi javoblarni yuz foizga to‘g‘ri va ishonchli, deb faraz qilgan taqdirimizda ham), mayda yozuvlar ichidan o‘ziga keraklisini topib olgunicha ancha vaqtini yo‘qotadi. Bundan tashqari, hadeganda to‘g‘ri javobni topavermagach, asabiylashib, shu paytga qadar o‘zlashtirgan bilimi ham yodidan ko‘tarilishi mumkin.
"œShpargalka"larni pullayotgan qalloblar esa abiturientga qay payt murojaat qilish kerakligini yaxshi bilishadi. Test sinovlariga kirib ketayotgan yigit-qizning xayolida qanday bo‘lmasin, imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish va o‘qishga kirish istagi bo‘lishi tabiiy. Shunday paytda uning yo‘lini to‘sib: "œEng oxirgi variant — bugun tongda chiqqan. "œGarantiyasi" bor... Atigi yuz dollar!" deya pichirlabgina aytilgan so‘zlar ba’zi abiturientlarni chalg‘itishi tabiiy.
Ha, qalbaki javoblarni pullab, yana kimlarnidir talaba bo‘lish baxtidan mosuvo qilayotganlar ham yo‘q emas. Afsuski, ular ham oramizdagi odamlar. Yaqinda bir teleko‘rsatuvdagi bahs-munozaraga ko‘zim tushib qoldi. Munozara ishtirokchilarining fikricha, aldagan emas, aldanib qolganning aybi ko‘proq bo‘lar ekan. Shu nuqtai nazardan aytadigan gapimiz shunday: talaba bo‘lish uchun nafaqat o‘qish-o‘rganish, balki biroz sergakroq, mulohazaliroq bo‘lish ham lozim. Aks holda... so‘nggi pushaymon o‘zimizga dushman bo‘ladi.  Hamza  Abdullayev  Manba (http://www.mahalla.uz/uzbl/munozara_va_munosabat/abituriyent_lottibozga_aldandimi.mgr//Manba)
 
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 17:18:57
Assalomu alaykum!

InshoALLOH, Alloh madadi ila abituriyentlar uchun o'tilayotgan barcha darslarimizni tugatdik. Bu darslar Sizlarga oz bo'lsa-da yordam bergan bo'lsa, boshimiz tog' qadar yetadi.

  Barcha abituriyentlarga yaqinlashib kelayotgan kirish imtihonlarida omad tilaymiz. Alloh barchangizga madadkor bo'lsin.

PS.: shu o'rinda ikki ajoyib singillarim Fatima hamda NafisaBonularga alohida omad tilayman.
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Musannif Adham 30 Iyul 2008, 23:24:43
Yana roppa-rosa 32 soatdan keyin boshlanadigan test sinovlarida barcha abituriyentlarga Allohning madadini, xotirjamligini tilayman. Barchalari dinga, millatga xizmat qilajak shaxslar bo'lib yetishishsin.
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Hadija 03 Mart 2009, 20:49:21
"УАИВЕА СИТЕТГА КИА МАЙ ОЛИМ БЎЛИШ МУМКИАМИ?"

Аввало шуни сслатиб стиш сринлики, биз бу саволни сртага ташлаш билан қадимдан етук олимларни етишиб чиқишига сабаб бслган, ҳозирда ҳам таҳсинга лойиқ иш-фаолист олиб бораётган, дин ва дунё равнақи йслида катта ҳисса қсшаётган, улуғ илмий даргоҳлар — университет, дорилфунун, жомеъалар қадрига тил теккизмоқчи смасмиз. Улар олиб бораётган юксак, оламшумул ишларга шубҳа билдирмаймиз. Бу каби сқув муассасаларининг инсонистга хизмати инкор қилиб бслмас даражада улкан. Маорифга, илм-фанга жиддий сътибор қаратаётган давлатларнинг тараққиёт шоҳсупасини сгаллаб, қслдан бермаётганлари ҳаммага маълум. (Маънавист, ахлоқ-одоб, қадрист, ҳидост, соғлом сътиқод борасида таназзулга учраганларини ҳам алоҳида таъкидлаш сринли). Лекин ҳаммамизга шу ҳам маълумки, бу илмий даргоҳлар (хоҳ диний ва хоҳ дунёвий бслсин) сқиш талабгорларининг барчасини сз бағрига сиғдира олмайди. Талабгор ксп, жой кам. Иймон ҳукмронлиги сиқиб чиқарилган давлатларда поранинг ривожланиши ва ксп жойларда илдиз отиб, оммавийлашаётган "таниш-билиш" системасининг қслланилиши иқтидорли талабалар орзуси йслида тсғаноқ бслмоқда. Ўқишга лаёқатли йигитлар илм даргоҳларидан четлатилиб, сқишга ҳуши йсқ, мансаб ва обрс талабгорларига кенг қулоч очилмоқда. Илм масканининг саноқли сринлари чинакам сгаларидан башқаларга берилмоқда.
Хсш, бирон сабабга ксра сқишга қабул бслмаган йигит нима қилиши керак? Иқтидорини тириклайин дафн стсинми? Илм таҳсили учун снг қулай давр — йигитликни сйин-кулги ёки қора меҳнат ичида хароб қилсинми?
Яна сша савол "университетга кирмай олим бслиш мумкинми?" "Ҳа, мумкин", десак бу жсн жавобга ҳамма ҳам дарҳол қаноат ҳосил қилмайди. "Мумкин, жуда ҳам мумкин, мумкин бслганда қандоқ" десак олам гулистон, лекин биз тарихга ва воқе ҳаётга тасниб айтган бу жавобимиз ҳаммани ҳам бирдай қониқтирмайди. Шунинг учун "диплом" "университет" деган тушунчалар пайдо бслмасдан олдинги замонга қисқа назар ташлайлик.

ЙИҒЛАТАДИГАА ЎТМИШ...

Ўша даврларда жамистдаги барча қатламлар ва барча ёшдагилар учун илм йсли очиқ бслган. Мамлакат раҳбари ва давлат арбобларидан тортиб оддий фуқарогача илм олиш, илмни сстириш ҳуқуқига сга бслган. Сармосдорлар, чорвадорлар, деҳқонлар, боғбонлар, заминдорлар, косиб-ҳунармандлар, ҳатто қуллар ва чсри қизлар учун илм йсли кенг очиқ бслган. Киши бир вақтнинг сзида ҳам давлат арбоби, ҳам олим бслган. Умар ибн Абдулазиз бир вақтнинг сзида халифа ва етук олим бслган. Маъмун муҳаддислар даврасида стириб толибларнинг "устоз Аллоҳ рози бслсин, қайта айтинг, ёзолмай қолдим" дейишларини снг лаззати онлар деб билган. Шунингдек, киши бир вақтнинг сзида катта сармосдор ва катта олим бслиши мумкин. Бунга сққол мисол мазҳаб боши, куфалик Абу Ҳанифа раҳматуллоҳи алайҳдир. Имом Аъзам таълим ва тарбис билан шуғулланиш баробарида катта тижоратни ҳам юрғизганлар. Ўзларининг ҳисобларидан иқтидорли, муҳтож талабаларга маош тайинлаганлар.
Лайс ибн Саъд мисрлик фақиҳ ва муҳаддис олимлардан. Имом Шофиий имом Молик қслида (Мадинада) таълим олиб бслганларидан кейин Мисрга Лайс ёнига шошадилар. Мисрга етганларида одамлар сндигина Лайсни дафн қилиб қайтаётган сканлар. Муҳаммад ибн Идрис аш-Шофиий Лайс қабри пойида туриб: "гувоҳлик бераманки, албатта сен Молик ибн Анасдан фақиҳроқсан" деган сканлар.
Худди ана шу олим катта тижорат соҳиби бслган. Ҳикос қилишларича Миср қишлоқларининг бирида бир камбағал аёлнинг сғли касал бслиб қолади. Табиб асал ичишни тавсис қилади. "Асалга қайга борсам скан?" деб сйланиб турган аёлга қсшниси йсл ксрсатиб "Лайс ибн Саъдга боринг" дейди. Аёл кичик идишни кстариб Лайсдан асал ссрайди. Лайс ходимларига қарата:
— Фалон, фалон ратл (ксп миқдорни айтади) асал беринглар,-дейди.
— У аёл сзига сраша ссраспти,- дейди ходимлар.
— Биз сзимизга сраша берамиз,- дейди олим.

ЎЗИМИЗАИАГ ТОМОАЛАА ДА...

Аавбатдаги мисол сз диёрларимиздан. Мисолларни турли маконлардан танлашимизнинг сабаби, Ислом ҳамма ерда бир хил мева беришини зийрак сқигувчига сслатишдир. Ссзламоқчи бслганимиз улуғ муҳаддис олим ва катта сармосдор тожир Абдуллоҳ ибн Муборакдир. Фойдадан холи бслмагани учун ҳамюртимиз Абдуллоҳ ибн Муборакнинг ибратомуз ҳаётларидан қисқа лавҳаларни бир оз кспроқ келтирмоқчимиз. Диёримиздан чиққан бу улуғ олим, саховат билан донг таратган, тарихда схши ном қолдирган, қсли очиқ катта сармосдор инсон ҳаётида толиб илмлар, олимлар ва барча мусулмонлар учун катта ибратлар бор.
Абдуллоҳ ибн Муборак етук муҳаддис олим ва катта сармосдор бслганлар. Зоҳид олимлардан Фузайл ибн Иёз Абдуллоҳ ибн Муборак олиб келган, кети ксринмайдиган тижорий карвонни ксриб "Абдуллоҳ, сзингиз зуҳду тақво ҳақида китоб битасизу, карвонингизнинг кети ксринмайди-с?" дебдилар.
"Йсқчиликдан бировга қсл чсзиш оридан сақланиш учун, юзимнинг сувини, ор-номусимни сақлаш учун, А оббимнинг ибодатини тслиқ адо стишга ксмаги тегади, деб тижорат қиламан"- деган сканлар.
"Абдуллоҳ ибн Муборак Марв шаҳридан. Оналари Хоразмдан, оталари турклардан," деб таништирадилар имом Заҳабий.
Аҳмад ибн Ҳанбал дейдилар: "Ибн Муборак бир юз сн саккизинчи йилда туғулган."
Абдуллоҳ ибн Муборак дейди: "Абу Ҳанифа дадамга қарата "болангнинг онаси омонатни қандай олган бслса, шундай топширибди," дедилар. Мен дадамга жуда схшаб кетар сканман."
Заҳабий дейди: "Ибн Муборак илм талабида Ҳарамайн — Макка ва Мадинага, Шомга, (Сурис, Урдун, Фаластин диёрлари Шом дейилган) Мисрга, Ироққа ва Жазирага сафар қилган. Ксп шаҳарларда ҳадис айтган. А ивост қилган ҳадислари ҳужжатлигига иттифоқ қилинган."
Аббос ибн Мусъаб дейди: "Ибн Муборак ҳадис илмини, фиқҳни, араб тили ва адабиётини, тарихни, шунингдек шижоат, тижорат ва саховатни жамлаган олимдир. У бу каби олийжаноб хислатлари билан кспларнинг муҳаббатини қозонди."
Абу Усома дейди: "Ибн Муборак муҳаддислар орасида гсё одамлар орасидаги амирдек сди."
Ашъас ибн Шсъба ҳикос қилади: "Ҳорун ар-А ашид А аққа шаҳрига келди. Айни шу куни Абдуллоҳ ибн Муборак ҳам А аққага келган сдилар. Ибн Муборак келганидан дарак топган халоиқ ксчаларга чиқишади. Олим кетидан сргашишади. Ксчалар одамга тслиб кетади. Чанг-тсзон кстарилади. Ксчадаги шов-шув қаср тинчини бузади. Халифанинг хотини қаср деразасидан ташқарига боқиб:
— Тинчликми, бу не ғавғо, оламон қаёққа кетур? — дейди.
— Тинчлик, Хуросондан бир олим келибди, одамлар унинг истиқболига шошмоқда.
— Ҳаа, Ҳорун ар-А ашиднинг мулки смас, мана бунинг мулки ҳақиқий мулк скан. Халифа Ҳорун бу қадар халоиқни жамлаш учун озмунча миршабни ишга солгайми?!"
Хатиб Бағдодий дейди: "Ибн Муборак Бағдоддан Миссийса томонга чиқди. Йслда унга бир неча киши ҳамроҳ бслди. Абдуллоҳ уларга ёрдам бермоқчи бслдилар,лекин ҳамроҳлар жуда тортинчоқ, устчан кишилар скан. Олим буни пайқаб: "Йсл харажатларини сртада қилсак?" дедилар. Фикр ҳаммага маъқул келди. Ҳамёнлар бир жойга жамланди. Кимдир 20 дирҳам (кумуш танга), кимдир 20 динор ( тилло танга) қсйди. Сафар давомида Абдуллоҳ сарф харажатларни қилиб бордилар. Шаҳарга етиб келингач: "ҳар ким сз ҳамёнини олсин" дедилар. Ҳамроҳлар ҳамёнларини олиб ҳайратда қолдилар.
— Мен 20 дирҳам қсйиб сдим, буниси ортиқча.
— Мен 20 динор қсйиб сдим, буниси ортиқча.
— Ажабо, Аллоҳнинг барака беришини инкор стасизларми? — дедилар олим.
Заҳабий дейдилар: "Абдуллоҳ ибн Муборак марвликлар билан ҳажга келаётиб, "ҳаммаларинг ҳамёнингизга исмингизни ёзиб мана бу сандиққа солинглар," дедилар. Ҳамёнлар йиғилиб сандиққа солинди. Марвдан чиқиб Бағдодга етиб келишди. Йсл давомида Абдуллоҳ уларга мазали, тансиқ таомлар, болдан тотли ширинликлар, хилма хил мевалар ҳарид қилиб бордилар. Шу зайлда Мадинага етиб келишди. Мадинада А осулуллоҳ r масжидларида намоз сқиб, зиёратни адо қилишгач "аҳли аёлларингиз Мадинадан нималар олишни тайинлаган бслса барини олинглар," дедилар. Ҳожилар керакли совғаларни ҳарид қилиб Маккага йсл олишди. Маккага етиб келишганда ҳам айни шу ҳол такрорланди. "Аҳли аёлларинг Маккадан олишни тайинлаган матоларни олинглар. "Ҳаж ҳам ниҳоссига етди. Марвлик ҳожилар қандай иззат-икромда келган бслсалар, шундай иззат-икром ва ҳурматда сз уйларига қайтдилар. Уч кундан сснг Абдуллоҳ ибн Муборак ҳожиларни уйларига меҳмонга таклиф қилдилар. Бир оздан кейин меҳмонхонага ҳожиларга таниш сандиқ олиб кирилди. Мезбон сандиқни очиб "марҳамат қилиб ҳамёнларигизни олсаларинг" дедилар. Ҳамёнлар ҳаждан олдин қандай қсйилган бслса шундоғича турарди."
Қадимда ҳожиларга хизмат ксрсатиш олий шараф ҳисобланган. Ҳатто жоҳилистда ҳам ҳожиларга хизмат қилишга шошилишарди. Ислом келгач бу иҳтиром снада ортди. Салафи солиҳлар ҳажга сҳром боғлашдан олдин шошилганча ҳамроҳларининг қслидан тутиб "қасам Аллоҳгаким, ҳаж тугагунча озуқ-овқат мендан," дердилар. Яна бирлари "қасам Аллоҳгаким, турар жой мендан" деса, учинчиси "барака топкурлар, йсл кироси мендан", деб сзгу ишларда мусобақа қилар сдилар. Фақатгина ҳаж савоби билан смас, балки Аллоҳнинг меҳмонларига хизмат ксрсатиш савобига ҳам ноил бслиб кетардилар. Ҳозир сса... Аллоҳнинг сзи кечирсин... Ҳожини талаш, ҳожини алдаш, Байтуллоҳ деб йслга чиққан А аҳмон меҳмонини ранжитиш, қинғир йсллар билан уни тунаш, нарх-навони кстариш, гоҳ бегонадан, гоҳ сзникидан келажак фирибгарлик, моддий ёки маънавий ёрдамга мухтож ҳожининиг аҳволини ксра била туриб беёрдам ташлаб кетиш, хийла найранглар оддий ҳолга айланган. Билмадим, Буюк Султонимиз сз меҳмонларига ҳийла ишлатганларга қандай жазо ҳозирлаган скан?!
Фузайл ибн Иёз дейди: "Ибн Муборак ҳар йили фақирларга юз минг дирҳам инфоқ қилар сди.( Икки юз дирҳамга сга бслган кишига закот вожиб бслади.)
Ҳиббон ибн Мусо дейди: "Абдуллоҳ ибн Муборакнинг ҳаддан ортиқ садақа қилишини қоралашди. Айниқса сзининг шаҳридан бошқа шаҳарлардаги аҳли илмларга моддий ёрдам беришини танқид остига олишди. "Мен шундайин садоқатли, фазилатли аҳли илмларни биламанки, улар ҳаётларини илмга бағишлашган. Биз уларни сз ҳолларига қсйсак илм (бозорларда) зое бслади. Агар уларга ксмаклашсак Муҳаммад алайҳиссалом уммати ичида илм тарқалади. Лайғамбарликдан кейин снг афзал иш илм тарқатишдир", дедилар.
Муҳаммад ибн Исо дейди: "Ибн Муборк Тарсусга ксп келиб турардилар, йслда А аққага тушиб стардилар. А аққада ёшроқ бир йигит ибн Муборак ҳузурларига келиб ҳадис сшитарди, олим хизматларини қиларди. Бу гал келганларида йигитни ксрмадилар. У ҳақида ссраб суриштирдилар. (А осулуллоҳ r одати шарифаларидан бири бир неча кун ксрмай қолган асҳобларини суриштириб қолар сдилар.) Абдуллоҳга йигитнинг маҳбуслигини айтишди.
— Аега ҳибсга олишди?
— Ўн минг дирҳам қарзини тслай олмаганлиги учун.
— Қарзни кимдан олган скан?
— Фалончидан.
— У кишининг уйини ксрсата оласизми?
— Бажонидил.
Абдуллоҳ ибн Муборак барча муҳим ишларини ташлаб, йигитга қарз берган кишининг уйига шошиб бордилар. Ўн минг дирҳамни унинг қслига бериб "йигит шу бугун ҳибсдан бсшатилмоғи даркор, уқдингми?" дедилар. Лул берганларини сир тутмоғини қаттиқ талаб қилиб "қарзни мен тслаганимни ҳеч кимга айтмаслигингга қасам ич. Мен вафот стганимдан сснг айтсанг айтавер, " дедилар.
Йигит сша куниёқ ҳибсдан озод қилинди. Буни сшитиб Абдуллоҳ қувониб кетдилар. Бир неча кундан кейин йигит билан ксришиб қолдилар.
— Омонмисиз, дарагингиз йсқ?
— Ҳазрат, қарз боис ҳибсда сдим
— Ҳибсдан қандай озод бслдинигиз?
— Кимдир қарзимни тслаб, мени қамоқдан чиқариб олди.
— Кимлигини билдингизми ?
— Билолмадим тақсир, сзини махфий тутур
— Алҳамду лиллоҳ.
Абдуллоҳ ибн Муборак йигитнинг кечаги гапдан бехабарлигидан мамнун бслдилар. Ибн Муборак оламдан стганларидан кейин йигит қарзни ким узганлигини билиб, ҳақларига узоқ дуо қилди.
Шу инсон бошқа ксплаб бойлар қатори топган бойлигига айш-ишрат сурса бслмасмиди? Кскка туташ баланд бинолар қуриб, нақшинкор уйлар ичида роҳатланса бслмасмиди? Замонавий, снг охирги типдаги фавворалардан (фонтан) қурдириб, фаввора салқинида сурункасиз кайфу сафо сурса бслмасмиди? Бу каби саволлар замондошимиз фикрини чслғайди. Ҳа, бслар сди, деб жавоб берилади ҳаётнинг ҳаммасини айшгоҳга айлантиришни истовчи замондошимизга. Топган мол мулкини тупроққа чаплаб Фиръавн ва Ҳомонникидан қолишмайдиган ҳашаматли бинолар, керагидан ортиқ ичкарима-ичкари хоналар, сйноқи, раққоса фавворалар қурдиришга имконисти бор сди. Лекин у кишига мол топиш учун берилган заковат, молни ишлата билишга ҳам берилган сканким, пешона териси билан топган молларини фақатгина фойдали сринга сарфладилар. Топган моли билан ҳам дунёсини, ҳам охиратини обод қилишга уриндилар. Бугун қаср деб қуражак биноси, сртага сскириб товуқкатакка айланишини англаб етдилар.
Моддий тизимдан таъсирланиб "закотини чиқариб қсйса бслдида, қолгани сзининг ихтиёрида, нима қилса сз хоҳиши , уй қурадими, қаср қурадими, у кишининг шахсий иши", деб хом сйлаб дабдабали ҳаётга берилган замондош мсминни ибн Муборак тутими унчалик қониқтирмайди, начора. Ҳақиқатни қулоғингизгача етказиш бизнинг вазифа, қулоғингизга етган ҳақиқатни ақлингизга ва иймонингизга етказиш сизнинг вазифангиз, сшитиб, билганларингизга амал қилиш сса иймонингиз вазифаси. Иймон бут, соғлом бслса, сгасини схшилкка ундайди, иймон ночор, хаста бслса турли баҳоналарни истайди.
Лул топишнинг йслини билган олимимиз, пулни қайга сарфлашни ҳам билиб сткинчи роҳатларга алданмадилар. Мол дунёларини мол дунё бергувчининг йслида инфоқ стдилар. Оқибатда дунёда схши ном қолдирдилар, охиратларини обод қилдилар. Абдуллоҳ ибн Муборак холис нисти, оқилона тадбири билан схши ном қолдирган бслса, айшу ишратга берилган, топганини еб ичиб кайфу сафо қилган сша давр бойларидан ном нишон қолмади. Баъзилар "ишнинг ксзини" билиб пулни схши топишади, лекин сша пулни схши сринларга ишлатишни билишмайди. (Бу хусусда "Молингни қандай кспайтиришинг мумкин?" деган сарлавҳа остидаги рисоламизда батафсилроқ баҳс юритамиз, инша Аллоҳ.)
Абдуллоҳ ибн Муборак ҳақида снада кспроқ маълумот олиш учун Заҳабийнинг سيرأعلام النبلاء номли китобларнинг 8-жилдига ва Хатиб Бағдодийнингتاريخ بغداد номли китобларнинг 10-жилдига мурожаат қилишингиз мумкин.

Демак, киши бир вақтнинг сзида толиби илм, обид, ишчи, ҳунарманд, давлат арбоби, катта сармосдор ва шунинг билан бирга олим ҳам бслиши мумкин скан. Шуни қайта такидлаш сринлики, Ислом дини илмга ундайди. Бу ҳаммага маълум, ойдек равшан, исбот талаб қилинмайдиган ҳақиқатдир. "Дин илмга қарши" дейилган уйдирма гап сса асоссиздир. Беҳаё ва беиймонларнинг одамларни диндан бездириш учун сйлаб топган бсҳтонидир. У гапга лаққа тушиб ишониш сса, поезд билан кема бир бирига қарама-қарши келиб тсқнашиб кетибди, дейилган хабарга лаққа тушишдек гап. Лоезд билан поезд тсқнашиши мумкин. Кенг осмонда парвоз қилаётган икки учқич бир бири билан тсқнашиши мумкин. Аммо поезд билан кеманинг бир бирига қарши келиб тсқнашиши асло мумкин смас. Шунингдек Ислом билан илмнинг бир бирига қарши бслиши асло мумкин смас. Ислом манфаатсиз — инсонистга фойдаси тегмайдиган илмга қаршидир.
Бир университетга киролмай сқишни йиғиштириб қсйиш оқилона тадбир смаслигини англаётганингиз чоғида, сизни шонли тарихимизга саёҳат қилишга чорлаймиз. Шукуҳли тарихимизнинг мавзуимизга оид порлоқ саҳифасини очиб сқишга таклиф қиламиз.

Хайрулла Хамидов
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Robiya 15 Iyul 2009, 14:30:58
 :as:

Abituriyentlar orziqib kutgan onlar ham yaqinlashmoqda. Forumdoshlar orasida ham abituriyentlar bormi? Bo'lsa, ovoz beringlar azizlar, tayyorgarliklar qalay ketyapti?
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Huseyn 04 Sentyabr 2009, 17:12:46
Бу йилги кириш имтиҳонларида баллар ошиб кетгач, қитмир талабалардан бири ҳамиша қсли сгрилиги, таъмагирлиги ва албатта бироз билимсизлиги боис у факультетдан бунисига ҳайдалиб юрадиган бир домладан ссрабди.
- Домла, балларнинг ошишига сабаб нима?
- Ҳаммаси "Кадрлар тайёрлаш Миллий Дастури"нинг самарасидир!!!

Хсш, бу гапга куласанми, куссанми?!!!
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Ansora 04 Sentyabr 2009, 17:16:33
Aslida u domlalarni poraga o'rgatgan yana bizmiz, hech kim hafa bo'lmasin!
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Kinjo 02 Oktyabr 2009, 16:01:38
Aslida u domlalarni poraga o'rgatgan yana bizmiz, hech kim hafa bo'lmasin!
Gapingiz ancha to`g'ri ammo shu rus tilida aytaman sababi bu bizdan emas, vzyatnichestva degani ham bor ammo vimagatelstva ham ancha munchada buni ham inobatga olish kerak buning sababini hammamiz bilamiz. Shunga ozroq... kerak.
Бу йилги кириш имтиҳонларида баллар ошиб кетгач, қитмир талабалардан бири ҳамиша қсли сгрилиги, таъмагирлиги ва албатта бироз билимсизлиги боис у факультетдан бунисига ҳайдалиб юрадиган бир домладан ссрабди.

- Домла, балларнинг ошишига сабаб нима?
- Ҳаммаси "Кадрлар тайёрлаш Миллий Дастури"нинг самарасидир!!!

Хсш, бу гапга куласанми, куссанми?!!!

Zo`r hajviya faqat kulib ham yig`lab ham bo`lmas ekanda. Ballarni oshishiga kelsak bu ham juda va juda og`ir mavzu xatto bir gap yozsam ming javob qaytadi... Ammo buni hamma biladi. Inshooloh harakatda barakat.
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Ansora 24 Oktyabr 2009, 14:59:12
Asallomu-alaykum. Menga bir mail kelgandi, bu yerda chet eldagi o'qishlardan qanday qilib stipendiya topish mumkinligi haqida. Balki bazilarimizga foydali bo'lar.
Xabar Turkcha lekin, uzr.


http://yurtdisiburs.wordpress.com/

Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Fayzbek 26 Avgust 2010, 02:10:54
Bitta jiyancham 9-sinfni bitirdiyu kollejga topshirdi. O'qishga hecham hushi yoq. Amallab tugatdi. Mol boqib yurardi. Shu yil oz vaqt Qozag'iston Respublikasida ishlab ham keldi. keldiyu TATU ga prosta tak hujjat topshirdi. Test, Natijada Grant asosida 2- bo'lib o'qishga kirdi. Endi bo'lsa 9-sinfdan keyin qo'limga ihlos bn daftar kitob olmaganman, o'qishni qanday uddalayman deya hayron.
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Margiloniy 26 Avgust 2010, 02:20:13
Bitta jiyancham 9-sinfni bitirdiyu kollejga topshirdi. O'qishga hecham hushi yoq. Amallab tugatdi. Mol boqib yurardi. Shu yil oz vaqt Qozag'iston Respublikasida ishlab ham keldi. keldiyu TATU ga prosta tak hujjat topshirdi. Test, Natijada Grant asosida 2- bo'lib o'qishga kirdi. Endi bo'lsa 9-sinfdan keyin qo'limga ihlos bn daftar kitob olmaganman, o'qishni qanday uddalayman deya hayron.

Demak Qozog'istonga borib kelib o'qishga byudjetga kirsa bo'lar ekanda :p
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Fayzbek 28 Avgust 2010, 06:46:22
Demak Qozog'istonga borib kelib o'qishga byudjetga kirsa bo'lar ekanda :p

Meni o’zim Qozag’istonga ishlashga bormaganmanu, lekin bozorda savdoda o’tirar edim. Yahshisi boshidan aytib beray: Maktabni tugatdim, Harbiy bo’lish orzuyim edi. Onam rozi bo’lmadi, nima qilsam ham yolg’iz farzandman. Ona rozi hudo rozi deb SPTU ga Nonvoy-Qandolatchi-Oshpaz yo’nalishi bo’yicha o’qishga kirdim, Keyinchalik kasb hunar maktabi bo’lib o’zgardi. Undan keyi bir yil chet tili o’rgandim. Keyin ancha vaq ot minib dalada mol boqdim, Ingliz tilida molar bn gaplashib deganday. Keyin Otang bermaganni bozor beradi deya bozorga; Hullas pul bor, kiyinish, yashash yaxshuyu, ammo"¦ Hullas bir kuni sinfdoshlar yig’ilishdik. Ularni ichida bir qiz kolledjga kiribdi. Tabrikladim! O’qish qiziqmi deb so’ragandim, O’qish qadrini o’qigan biladi deb solsa bo’ladimi. Juda alam qildi. Hujjatlarni tayyorladimu tush paytida, bozordan birrovga, qabul komissiyasiga bordim tushlik ekan. Bir opadan iltimos qildim. U ham iltimosimni rad qilmay hujjatlarimni olib qoldi. Test, latifa aytib, Nablyudatellarni ustidan kulib, qizlarni boshini aylantirib, javoblar varaqasini, teshib ham oldim. Imtihondan testni teshdim deb chiqdim. Natija Davlat granti 10 o’rindan bittasi meniki, ishonmayman. Birinchi semester tugadi zachyonlar qo’yildi. O’zimni talabaligimga endi ishondim. Keyin magistratura. Asperantura. Lekin o’qishga kirdimmi endi bir narsa o’rganib chiqay deb yaxshi o’qidim. Faqat bir maraotaba 3 bahosi olganman. Tanlovlarda ishtirok etdim. Taqdirlandim. O’qigan universitetimda  ishga olib qolishdi.
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: AbdulAzim 29 Avgust 2010, 03:18:29
 :as:

O'sha sinfdosh qiz sizga ko'p yaxshilik qilipti. Bo'masa mollar bilan "inglizcha" gaplaship yurarmidingiz? (Hazil). Bu ham bir sababda.
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Fayzbek 29 Avgust 2010, 23:59:56
:as:

O'sha sinfdosh qiz sizga ko'p yaxshilik qilipti. Bo'masa mollar bilan "inglizcha" gaplaship yurarmidingiz? (Hazil). Bu ham bir sababda.
Ha to'g'ri aytasiz bu ham bir sabab. Keyin o'sh qizga raxmat ham aytib qo'ydim.
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: jasur.best 15 Noyabr 2010, 11:08:50
O'z oldingizga avval reja tuzing. Ya'ni kunning qaysi qismida nima ish qilishingiz yoki qaysi fanga tegishli kitobni o'qishingiz. Men ham abiturient bo'lganman. Kunduzlari u domlanikidan bu domlanikiga velosipedda qatnardim. Kechasi bilan o'qigan paytlarim... hali ham yodimda. Bu bilimlar universitetda menga ancha obro' keltirdi, fakultetda o'z o'rnim bor. O'tgan yili Respublika Fan olimpiadasi 2-o'rinni egalladim. Eng muhimi tuzgan rejangiz ostiga "Tartibli bo'l!" jumlasini alohida yozishni unutmang va shunga qat'iy amal qiling
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Husniddin00 17 Mart 2011, 10:36:05
alloxdan so`rab ozgina xarakat qisez xudo xoxlasa kirib ketas
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Sadulla 06 Aprel 2011, 07:27:44
 :as:

O'qishga kirish uchun kerakli bo'lgan maslahatlarni oldik va bunga amal qilishga harakat qilamiz.Forumda ham bu yilgi abiturientlar bormi ? Bir ovoz berib qo'yishsa yaxshi bo'lardi  ;D (Bittasi hozirgina yangi post qildi  ;) )
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: azizbek_mx 08 Aprel 2011, 10:53:35
Biz o'tgan yiliyam abiturient edik, bu yil ham abiturientmiz, kelasi yili ham ab... Iy nima deyopman o'zi, Inshaalloh, shu yil STUDENT bo'lamiz, nasib qilsa. Sizlaram qarab turmagda, duo qilib turing
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Sadulla 10 Aprel 2011, 06:46:32
 :as:

Biz o'tgan yiliyam abiturient edik, bu yil ham abiturientmiz, kelasi yili ham ab... Iy nima deyopman o'zi, Inshaalloh, shu yil STUDENT bo'lamiz, nasib qilsa. Sizlaram qarab turmagda, duo qilib turing

Abiturientdan Abiturienatga salom.Butun boshli forumda atigi ikkita abiturient borligiga hayron qoldim  ??? .
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: Elcom 12 Iyul 2011, 18:10:02
Termiz  Davlat  Universitetida 2kun  deganda  xujjatlarni  topshirib Abiturient  , bo`ldim , bizdaTerDu bitta  talaba  o`rniga statistik ma`lumotlarga  ko`ra  12-tadan  16 tagacha Abiturient  to`gri  kelar  ekan , duo  qilib  turinglar  Forumdoshlar , Kirib  olsam   Ziyofat  mendan !!! :7
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: erhan 29 Iyul 2012, 04:20:31
Esselamun Aleykum arkadaşlar
Nom: Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: erhan 29 Iyul 2012, 04:25:41
ingilizce öğrenmek istiyorsanız ingilizce oyunlar oynayın ingilizce müzik dinleyin
Nom: Javob: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
Yuborildi: munlu 08 Yanvar 2013, 20:25:37
Eng muhimi mana shu. Faqat o'qish va o'rganish kerak. 6 yil o'tdi, oqishlar qanday boldi?