ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: ikbaljohn 17 May 2007, 12:49:37

Nom: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: ikbaljohn 17 May 2007, 12:49:37
Shu bo'limda ayollarga va qizlarga atalgan mavzular ko'p ekan!Erkaklargachi?Erkaklarni asrang,ayollar!(Yulduz Usmonova repertuaridan) :13
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: AbdurRohman 17 May 2007, 12:53:11
kottakon rahmate, okajon :D
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: AbdurRohman 17 May 2007, 18:20:08
balki etarsiz qanaqa "yuksak baho" berishlarini?!
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Foniy 04 Avgust 2007, 15:49:38
Assalomu alaykum!
Ba'zan yon-atrofingda bo'layotgan voqealar, ba'zi oilalardagi holatlarni ko'rib "Qadring qani esiz "ERKAK""? deb yuborging keladi,..

...O‘tirgan jo­yimning orqa tomonida esa yonboshlab yotgan ayollarning gap-so‘zlari aniq-tiniq eshitila boshladi.
— Shohiy, kecha ering nima ovqat pishirib qo‘yibdi?
Ikkinchisi, Shohiysi bo‘lsa kerak, yotgan kuyi javob qaytardi:
— Oh-oh, achchiqqina shavla ekan. Guruchi sal xomroq ekan-u, lekin qorin o‘lgur och edi, paqqos tushirdim. Seniki-chi?
— E, sho‘rva pishiribdi. Bizniki ham ovqat qilishga uquvi yo‘q, gap bo‘lsa bo‘ldi unga. Tuzi ko‘p ekan, sho‘ri chiqib ketibdi. U bilan urishib ham qoldim. Ertalab kechirim so‘radi. Ataylab hech narsa yemadim... (http://hurriyat.uz/muammo_va_tanqid/oila_begimi_yoki.mgr)

PS: "Guruch kurmaksiz emas!.."
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Robiya 02 Iyun 2008, 23:37:52
Assalomu alaykum!
Ba'zan yon-atrofingda bo'layotgan voqealar, ba'zi oilalardagi holatlarni ko'rib "Qadring qani esiz "ERKAK""? deb yuborging keladi,..

...O‘tirgan jo­yimning orqa tomonida esa yonboshlab yotgan ayollarning gap-so‘zlari aniq-tiniq eshitila boshladi.
— Shohiy, kecha ering nima ovqat pishirib qo‘yibdi?
Ikkinchisi, Shohiysi bo‘lsa kerak, yotgan kuyi javob qaytardi:
— Oh-oh, achchiqqina shavla ekan. Guruchi sal xomroq ekan-u, lekin qorin o‘lgur och edi, paqqos tushirdim. Seniki-chi?
— E, sho‘rva pishiribdi. Bizniki ham ovqat qilishga uquvi yo‘q, gap bo‘lsa bo‘ldi unga. Tuzi ko‘p ekan, sho‘ri chiqib ketibdi. U bilan urishib ham qoldim. Ertalab kechirim so‘radi. Ataylab hech narsa yemadim... (http://hurriyat.uz/muammo_va_tanqid/oila_begimi_yoki.mgr)

PS: "Guruch kurmaksiz emas!.."

Assalamu alaykum! Ayollarning bozorda savd qilishlari, oilada ularning gaplari bilan ish qilinishi ham qiyomatning kichik alomatlaridan deb aytilgan" "Mukoshafat ul-qulub"da. Haqiqatda hozir ko'pchilik oilalarda ayollar ro'zg'or tebratuvchisi rolida va tabiiyki erkaklar ularga bo'ysunishga majbur. Bu esa ularning ERKAKlik sha'nlariga to'g'ri kelmaydi. "Qadring qani essiz,erkak?" - chindanam bunaqa savollar ayniqsa hozirda ko'p jaranglamoqda....
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Muslimа 03 Iyun 2008, 15:22:42
Assalamu alaykum!
Robiya fikrlarizda jon bor!
Aslida erkaklar ayollarni asrashga himoya qilishga ma'sul!
Erkaklar Alloh kimni ZAIFA qilib yaratgani haqida ko'proq fikr yuritsalar yaxshi bo'lardi! Chunki borgan sari erkaklarni ZAIFLASHIB ayollardan battar holga kelib qolayotganini ko'ryapmiz, pul topish, oilani boqish ayol zimmasida! Nahot shu ZAIFAni ishi bo'lsa???
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Muzayyana 19 Iyun 2008, 11:52:44
V alekum assalom!
Man Muslima opajonni gaplariga to'liq qo'shilaman.
"Zaifa, ojiza" deyishadi, lekin uy- ro'zg'or ishlarida, pul topish masalasida ko'pincha bu narsa yodlaridan ko'tarilib qoladimi diyman.
Ayollariga beparvo erkakalar sabab, bazi ayollar xokimyat tepasiga xam chiqib olishyapti.
Bu xollarda ular xam bir  zaifa ekanliklarini unutib qo'yishyapti.
Xo'sh bu axvolga kelishga kim sabab? Albatta biz "asrab avaylashimiz" kerak bo'lgan erkaklar emasmi?
Bazi erkaklarga qoyil qomiyman, qizlari, ayolllari, uyni ichida o'zlariga qaramasdan, ivirsib yurishadi, xop mayli turmushga chiqmagan qizlarni tushunishga xarakat xam qilib ko;raylik..........
Lekin erli, boshida jufti xaloli bor "muslimalar"chi? Ularga nima sabab kerak ko'chaga pardoz qilib chiqish?
Mana shunga o'xshash xollarda erni xaqqi borku, ayoliga to'g'ri yo'l ko'rsatishga, kerak bo'lsa urushishga. Ayolga uylandimi, ayol erning xasmi, u boshlagan yo'lga yurishi kerak, albatta u yo'l xaq yo'l bo'lsa.Allox o'zi adashtirmasin.....
MAn sizlarga bir oila xaqida, aniqrog'i yosh oila xaqida gapirib bermoqchiman......
MAni bir dugonam bo'lardi, u juda yoshturmushga chiqdi, xatto maktabni xam oxirigacha o'qimadi.
Ota ona ro'yiga qarab ular aytgan bir "dindor", "namozxon", "Islomiy xayot kechiradigan" bir yigitga turmushga chiqdi.
Qo'shtirnoq ichida yozganimni sababi, man kiyinchalik u yigit xaqida eshitib, bu tariflar umuman noto'g'riligini chunib yetdim.
U yigit to'ydan kiyin ayolini xijobga majburan kirgazdi, man bu ishini yomon dimiyman, xop mayli. Ayoli uyda o'tiradi. Lekin o'zi xam shunga yarasha bo'lsekan, qayoda, xotinim bilmiydi deb o'yledida. Kiyinchalik ayoli bilib qolgan erini ko'chada qay axvolda yurishlarini. Ayoli uyda o'tiradi, lekin o'zi ko'chada qayodegi qizlar bilan kayfini surib yuraveradi. O'zlarin o'ylab ko'rilar shu ish bir bandayi mo'min qiladigan ishmi? Ayol kishi ojiza, zaifa, xop mayli, ayolni uyga o'tazib qo'yib o'zi o'z xolicha urishi erkak kishiga to'g'ri keladimi, axir?
Man bu yozganlarim bilan erkaklar xaqida yomon gapirmoqchimasman, man shunchaki, o'z kundalik xayotimizdan misol keltirim xolos..........
Shaxsan mani xaqiqiy musulmon va mo'min, erkaklarga xurmatim baland, bor bo'lishsin diyman.........
Allox barchamizniyam o'zi adashtirmasin!
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Sobira 20 Iyun 2008, 14:52:44
Oilada er va ayol huquqi haqida gapirish uchun avval oila qurib yashab ko'rish kerakmikan,yana bilmadim...
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Zuxurov 08 Fevral 2010, 11:22:04
Ayollar erkaklar bilan teng huquqli bo'lgan, lekin hech qachon teng majburiyatli bo'lolmaydilar.
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Akbarjоn 08 Fevral 2010, 15:21:19
Iqtibos: Muzayyana
Ayollariga beparvo erkakalar sabab, bazi ayollar xokimyat tepasiga xam chiqib olishyapti.
Bu xollarda ular xam bir  zaifa ekanliklarini unutib qo'yishyapti.

Ozodlikka chiqan sharq ayollari endi hokimyat tepasiga hiqishmoqchi

Kelinlar qo'zg'alonida
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Chustiy 08 Fevral 2010, 19:01:04
Yaxshi mavzu ekan, garchi ancha eski bo'lsada, ba'zi bir userkala o'qib hayotiga tadbiq qivolishsa yaxshi bo'larkan... A to bu ketishda bo'lajak kuyop bolani infark qip qo'yishlari hech gap emas...  ;D hazilmas
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Shokir63 08 Fevral 2010, 20:40:43
Daraxt qurigach, o'tin bo'ladi, dengiz qurisa-cho'l boladi. Vazifasini bajarmagan har qanday narsa yo'qlik sari odimlaydi.

Lekin yana bir jihat bor, shaharda musulmon qolmasa Masjid omborxonaga aylanadi.

Erkak erkaklik vazifalarini qilmagandan keyin, qanday qilib hurmat ko'rsin, bu suvi qurigan dengizda nega baliq yo'q deb bosh qotirishga o'xshaydi. Ayni qoida ayollar uchun ham tegishli.

Javob yozar ekanman, bu mavzuning ildizining qayerlargacha borishini ko'rdim, dilim xufton bo'ldi.

Islomimizni, iymoninmiz asraylik, hurmatli erkaklar va ayollar, shunda hammasi joy-joyiga tushadi.

Iymonning har bir haqiqati, islomning har bir rukni naqadar buyuk, buni tasavvur qilish naqadar qiyin.

Allohim buyukligingning va Hakiymligingning buyukligi miqdorida senga hamdu sanolar bo'lsin.
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Muslima.bgm 09 Fevral 2010, 10:11:37
Oilaning bahtli yoki bahtsizlikka qarab ketishi ko'p tomonlama ERKAK kishiga bog'liq.
HAyotiy misol:
Qo'shnimizni ayoli bir firmada ishlaydi. Eri yarim yildan beri ba'zi sabablarga ko'ra ishlamaydi. Lekin juda g'ururli, diyonatli kishi. Ayolini qanday kiyinib ko'chaga chiqishi, ishchilari bilan munosabatiga aslo befarq emas. Ayoli xam aqlli lekin erini fe'lini bilgani uchun yanada ehtiyot bo'lib yuradi.Ishlab topayotgan oyligini xech qachon minnat qilmaydi, aksincha oyligini olib eriga topshiradida biror narsa olmoqchi bo'sa eridan ruhsat sorab shu narsani olsam mayli deydi. Menga ham bu pullarni xuddi erim ishlab kelgandek tutaman o'zimni, uni g'ururiga tegib ketishidan qorqaman deydi. Hullas puldor erkakmi puli yo'qmi eng avvalo G'URURli bo'lsa xar qanday ayolni xam o'z yo'liga solib, totuv oilaning Beki bo'lishi mumkin.
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Mahdiyah 10 Fevral 2010, 07:52:06
Erkak oila tashvishini, bola chaqa tashvishini o'ylamaganidan kn ayol mardikor bo'lmoqda...
Shunaqa erkaklar borki ko'cha handon, uy zindon...
Arzimagan pulini topib shuniyam oilasiga sarflamidi.
Shuning uchun ham barokati yo'q oilani.
Erkaklarni yomonlamoqchimasman. Muslima.bgm aytganlaridek G'URURi yo'q erkaklar ko'paymoqda afsus...
Hadislarda aytilgan ehson-sadaqaning eng afzali ham OILAgadir.
Xozirgi kundachi? Sadaqaning eng afzali CHOYXONAda bo'lmoqda...
Erkak kayfu-safosi uchun farzandlarining rizqidan ham kechishga tayyor...

ONA esa ko'p xollarda oilam didi nima bo'lsa ham.
Shaxsan o'zimni atrofimdagi oilalarga nazar solsam ko'proq otasi tashlab ketgan..., ichib ketgan..., "boshi aylanib" ketgan...
ONAlar esa bolasi bn, bolasi uchun joniniyam berishga tayyor.


Shunda oylab qolaman Alloh taologa shukrlar bo'lsin, ONAlik mehri bo'lmaganida biror bolakay bu dunyoda qolmasdi... biror bolakay birinchi qoqilishdayoq "yiqilardi"...
Alloh ota-onalarimizi sog'-salomat va hidoyatda qilsin.
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Abu Muso 10 Fevral 2010, 09:45:57
Choyxonaga til tekkizmang, desama... ;D
Bu mavzu erkaklarni asrash haqidayu, sizlar
po'stak qoqish bilan ovora.  :D Ha, ayollar
erkaklarni asranglar! Bejizga aytilmagan-ku,

Erga e'tibor, elga e'tibor, deb...  ;D ;D ;D
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 10 Fevral 2010, 10:17:18

Erkaklarni yomonlamoqchimasman. Muslima.bgm aytganlaridek G'URURi yo'q erkaklar ko'paymoqda afsus...

Ayollarni yomonlamoqchimasman. Ko'pchilik aytayotgandek, HAYOsi yo'q ayollar ko'paymoqda afsus...
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Ansora 10 Fevral 2010, 11:39:19
Erkak kishi aslida hech qachon katta bo'lmagan yosh boladay, faqat uni ko'nglidagini topsangiz bo'ldi....

Vaqti kelganda ayolidan ona mehrini, vaqti kelganda yor sevgisini, vaqti kelganda esa sodiq do'st bo'lishini kutadi...

Shularni bera oldingizmi, sizdan baxtli oila bo'lmaydi....
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Akbarjоn 10 Fevral 2010, 14:00:03
Erkak kishi aslida hech qachon katta bo'lmagan yosh boladay, faqat uni ko'nglidagini topsangiz bo'ldi....

Vaqti kelganda ayolidan ona mehrini, vaqti kelganda yor sevgisini, vaqti kelganda esa sodiq do'st bo'lishini kutadi...

Shularni bera oldingizmi, sizdan baxtli oila bo'lmaydi....

Otangizga rahmat :)
juda to'g'ri gapiribsiz.
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Abu Muso 10 Fevral 2010, 14:11:35
 :as:

Ofarin, Kapalakxon! Siz eringizni baxtli qila olasiz, InshaAlloh...
Shu erda yana bitta erkakklarning sirini ochib bermoqchiman:
Erkaklarning ko'ngliga yo'l, oshqozonlari orqali o'tadi. ;D ;D ;D
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: braupov 10 Fevral 2010, 16:21:47
Erkak kishi aslida hech qachon katta bo'lmagan yosh boladay, faqat uni ko'nglidagini topsangiz bo'ldi....

Vaqti kelganda ayolidan ona mehrini, vaqti kelganda yor sevgisini, vaqti kelganda esa sodiq do'st bo'lishini kutadi...

Shularni bera oldingizmi, sizdan baxtli oila bo'lmaydi....

Qanoti bo'sa huddi farishta bo'lardi qolardi....... :7 ;D
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Akbarjоn 10 Fevral 2010, 18:59:52
Iqtibos
FAqat erkelani emas Ayollarni ham asrash kere!

Bu uchun esa alohida post ochamiz :)
Nom: Re: Erkaklarni asrang, ayollar!
Yuborildi: Robiya 10 Fevral 2010, 19:07:13
Assalamu alaykum!

Akbarjon birodar, post emas, mavzu deng :)

Lekin,alohida mavzu shartmas,menimcha. Shu bo'limda Siz aytgan mavzuga oid mavzular bor, bo'lishi kerak. Shularni jonlantirsak ham bo'ladi. Agar nomini o'zgartirish kerak bo'lsa, uni ham amalga oshiramiz.

OFF: Titan-UZ, Sizga ham Allohdan xayrlisini so'raymiz..
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Chustiy 10 Fevral 2010, 21:42:17
Shu oila, bola chaqa va h.k va h.k mavzulara oilaviy tajribasi borlar gapirsa yarasharkan, ato oila tashvishi va achchiqlarini tatib ko'rmagan, alifni kaltak diydiganlar oila haqida qilgan mav'izalari, huddi birinchi sinf bola o'ninchi sinf o'quvchilariga fizikadan dars berayotgandek go'yo....  :)
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Abu Muso 10 Fevral 2010, 21:54:48
Shu oila, bola chaqa va h.k va h.k mavzulara
oilaviy tajribasi borlar gapirsa yarasharkan...


 :as:
Xizmatlar bo'lsa, biz shu erdamiz... ;)
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Chustiy 10 Fevral 2010, 22:04:50
Shu oila, bola chaqa va h.k va h.k mavzulara
oilaviy tajribasi borlar gapirsa yarasharkan...


 :as:
Xizmatlar bo'lsa, biz shu erdamiz... ;)
:vslm:
Oka, hizmatga yaqin, bitta daftar ruchkani ko'tarib, maslahat so'rashga huzurizga boramiz inshaAlloh...  ;)
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Muslimа 11 Fevral 2010, 00:37:11

Ayollarni yomonlamoqchimasman. Ko'pchilik aytayotgandek, HAYOsi yo'q ayollar ko'paymoqda afsus...

 :as:
Mutlaqo haqsiz. Lekin ming afsuski bunga ham ERKAKlar sabab bo'lyapti. Hayosiz hisoblagan qizlarni otalari, yohud aka, amaki, tog'alariga qarasangiz, qizlaridan hafa ham bo'lmay qolasiz. Alhamdulillah, Alloh besh qo'lni baravar yaratmaganidek, hamma ham bir hil emas. Lekin ming afsuslar bo'lsinkim, bugungi kunda qizlarning HAYOSIZ ligi, ularga mahram bo'lganlarning Alloh buyurgan vazifalarni bajarmayotganligidandir.
     Bir dugonam aytib berdi, 19 yoshdagi (hali oila qilmagan) tanishini uchratib qolibdi. Tanimabdi. Yoshgina qiz (o'zbek qizi (!)), qoshini butunlay olganimi bilmadim, zamonaviy tilda aytganda "tatuaj" qildiribdi. Va bu ishni qilishi otasi va onasi maslahat berishganini, otani o'zi uni salonga olib borganligini aytibdi. Astag'firulloh!!! Qizlariga shim sotib olib berayotgan "otalar" haqida hayrat bilan gapirardik oldin, bu holatga esa biror narsa deyishga LOL bo'lasan kishi. Bu "taraqqiyot" natijasimi bilmay qolasan. Ming afsuski taraqqiy qilishimiz, keraksiz bo'lgan ishlarda juda ham kuchli, aslida kerak bo'lganlari haqida esa kam habardormiz, va o'rganishga intilmaymiz...
     Alloh taolo barcha Allohdan qo'rqib, o'zlarini va oilalarini Jahannam a'zobidan saqlashga intilgan mahramlarga o'zi madadkor bo'lsin! Allohni buyruqlaridan behabarlarga taviq va ofiyatni ato qilsin! Hammamizni ikki dunyoimizni obod qilsin!  :amn:
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Akbarjоn 11 Fevral 2010, 10:16:26
Tangani xar ikki tomoni bor
aybni faqat bir tomonga ag'darish mutlaqo noo'rin
agar xoxlasalaringiz ayolarda xam erkaklarda xam yetarlicha xatto ortiqroq ayblarni topib berish mumkin, buni xech kim inkor qilmasa kerak
shu sababli xam yomon tomonini emas yaxshi tomoninni fazilatlarini o'rnak bo'lish uchun ko'rsatib borishga xamda kamchiliklarini bartaraf etishda amaliy harakat qilishda bardavom bo'lish kerak

o'sha yomonlanayotgan erkaklarning shunday tarbiya olishiga kim aybdor, onalari tarbiya berishganmi ularga, tarbiya msalasi ko'proq onalar zimmasiga tushadi, masalan tarbiya bermagan otagnga la'nat dyishmiydi xech, lekin yana bir tomoni borki otalarning qatiqqol emasliklari ayollarni farzandlariga yetarli tarbiya bermasliklariga olib kelgani ko'rinib qoladi

Mana ko'rdiz, xar iki tomoni ayblash osson, eng asosiy sabab esa Sobiq Sovet tuzumi tarbiyasi, ammo o'tmishdan yetarli xulosa chiqarib kelajakni qurish vaqti yetib kelgan, shu sababli xam tarixni muhokamasi bilan cheklanib vaqtni sarflamasdan, yoki erkaklar ayollarni kamsitib bo'ynlariga ayb tamg'asini ilmasdan endi xayotni endigi tarbiyani qayg'urish kerak. O'tmish o'tdi, u bizning xoxishimiz, irodamizdan tashqarida, Alloh nasib qilsa kelajak bizning xayot bo'lgan kishilarning qo'lida, O'tmish kamchiliklarini o'rniga kelajak muvaffaqiyatlari xaqida bosh qotiraylik aziz birodarlar
Assalomu alaykum
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 11 Fevral 2010, 10:29:08
O'tmish kamchiliklarini o'rniga kelajak muvaffaqiyatlari xaqida bosh qotiraylik aziz birodarlar

Bugungi kun haqiqatlari muhimroq har ikkalasidan :7 Kelajak bugundan boshlanadi...
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Ansora 11 Fevral 2010, 11:33:14
Erkak kishi aslida hech qachon katta bo'lmagan yosh boladay, faqat uni ko'nglidagini topsangiz bo'ldi....

Vaqti kelganda ayolidan ona mehrini, vaqti kelganda yor sevgisini, vaqti kelganda esa sodiq do'st bo'lishini kutadi...

Shularni bera oldingizmi, sizdan baxtli oila bo'lmaydi....

Men bu gaplari onajonimni eslab aytgandim, o'zim shundayman yuzda yuz, demadim....Shunday bo'la olishga harakat inshalloh : )

Alloh erkaklarga ham, ayollarga ham tavfiq bersin....
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Muslimа 11 Fevral 2010, 11:40:07
Tangani xar ikki tomoni bor
aybni faqat bir tomonga ag'darish mutlaqo noo'rin
agar xoxlasalaringiz ayolarda xam erkaklarda xam yetarlicha xatto ortiqroq ayblarni topib berish mumkin, buni xech kim inkor qilmasa kerak
shu sababli xam yomon tomonini emas yaxshi tomoninni fazilatlarini o'rnak bo'lish uchun ko'rsatib borishga xamda kamchiliklarini bartaraf etishda amaliy harakat qilishda bardavom bo'lish kerak

o'sha yomonlanayotgan erkaklarning shunday tarbiya olishiga kim aybdor, onalari tarbiya berishganmi ularga, tarbiya msalasi ko'proq onalar zimmasiga tushadi, masalan tarbiya bermagan otagnga la'nat dyishmiydi xech, lekin yana bir tomoni borki otalarning qatiqqol emasliklari ayollarni farzandlariga yetarli tarbiya bermasliklariga olib kelgani ko'rinib qoladi

Mana ko'rdiz, xar iki tomoni ayblash osson, eng asosiy sabab esa Sobiq Sovet tuzumi tarbiyasi, ammo o'tmishdan yetarli xulosa chiqarib kelajakni qurish vaqti yetib kelgan, shu sababli xam tarixni muhokamasi bilan cheklanib vaqtni sarflamasdan, yoki erkaklar ayollarni kamsitib bo'ynlariga ayb tamg'asini ilmasdan endi xayotni endigi tarbiyani qayg'urish kerak. O'tmish o'tdi, u bizning xoxishimiz, irodamizdan tashqarida, Alloh nasib qilsa kelajak bizning xayot bo'lgan kishilarning qo'lida, O'tmish kamchiliklarini o'rniga kelajak muvaffaqiyatlari xaqida bosh qotiraylik aziz birodarlar
Assalomu alaykum

 :vslm:
  Hech kim hech kimni kamsitib, ayb tamg'asini qo'ygani YO'Q! Albatta ayollarda ham erkaklarda ham bir talay kamchiliklarni topish mumkin. Hamma xato qiladi. "Inson zoti borki xato qiladi, xato qilguvchilarning eng yaxshisi TAVBA qilguvchilardir!" deyilgan. Demak, yashar ekanmiz, kamchiliklardan holi emasmiz. Kamchiliklarga ham ahamiyat berish kerak. Bir olim insondan "Bunday go'zal ahloqni, oqillikni kimdan o'rgangansiz?" deb so'rashganida. "Ahmoqdan" deb javob qilgan ekan, ya'niki ahmoqni kamchiliklaridan hulosa qilib, undagi kamchiliklarni qilmaslikka intilgan inson oqillikka erishar ekan. Bugungi kamchiliklarni to'g'irlashga harakat qilsak, InshaAlloh kelajakda muvaffaqiyatga erishganlardan bo'lamiz. Y_U_R_I_S_T aytganlaride, kelajak bugundan boshlanadi. Kelajak muvaffaqiyatlari haqida gapirish juda ham yahxi. Lekin, bugunimizni isloh qilmay turib, kelajak muvaffaqiyatlari  haqida gapirish xuddi kemani yasashga intilmay, harakat qilmay, ummondagi olis sayohatga chiqishni o'ylashdek- orzu qilishdek gap.

 :as:
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Ansora 11 Fevral 2010, 11:46:59
Oila haqida ilk nasihatlarimizni onalarimizdan olamiz barchamiz, ayniqsa O'zbek qizlari bolalikdan bu ta'lim-tarbiya bilan quloqlari to'ldirib boriladi...

Dadamni xarakterlari ancha og'ir, birdan "lovillab" lekin yaxshiyam tezda "so'nadigan" dadalardan biri, Alloh uzoq umr bersin...
Bazan uyda dadam yo'q yerga bizni ozorlaganlarida ayajonimga shikoyat etardik...

Ayam esa: Bolalarim, u kishi sizni dadangiz, men u kishi qanchalik nohaqlik qilsalar ham dadangizni yomonlab, orangizda dushmanlik bo'lishiga sababchi bo'lmayman...Xalqimiz bekorga: Otang jinni bo'lsa, bog'lab boq, demagan, der bu maqolni eslatardilar...

Demoqchimanki, onajonlarimizni nasihatlarini  tez-tez eslab tursak erkaklarga qarshi behuda nafratimiz kuchaymaydi....

Qolaversa bizni o'g'illarimiz ham vaqti soati bilan kimlargadir ota, er bo'ladi inshalloh....

Bularni unutmaylik....
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Muslimа 11 Fevral 2010, 12:14:45

Demoqchimanki, onajonlarimizni nasihatlarini  tez-tez eslab tursak erkaklarga qarshi behuda nafratimiz kuchaymaydi....
Qolaversa bizni o'g'illarimiz ham vaqti soati bilan kimlargadir ota, er bo'ladi inshalloh....


 :as:
   InshaAlloh, Alloh o'sha kunlarga salomat holda yetkazsin!  :amn:
Nafrat hech qachon hech bir ishda yordam bermagan. Nafrat haqida gap ham bo'lmadi nazarimda...
   Hammamizning honadonlarimiz islom nuri ila yoritilgan honadonlardan biri, alhamdulillah. Honadonimizdagilarni albatta ardoqlaymiz, bor mehrimizni ayamaymiz. Lekin bu nurdan nasibador bo'lmaganlar ham ko'p emas. Istardimki, hoh erkak hoh ayol bo'lsin honadonida Alloh taoloni hukumlarini joriy qilsa, ba'zibir hunuk bo'lgan holatlarga duch kelmasdik. Va farzandlarimiz kelajakda qanaqa insonlar orasida yashrkin, atrofidagi buzuqliklar unga ta'sir qilmasmikin degan hayollar balki bo'lmasdi. Lekin bugungi sodir bo'lib turgan ba'zi hodisalarga qarab, Alloh taolodan bizlarni va farzandlarimizni O'zining Haq yo'lidan adashtirmasligini duo qilib so'raymiz!
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Ansora 11 Fevral 2010, 12:20:07
"Qizlarga savollar" mavzusida Erkaklar ablahmi, degan savol berilibdi-yu, shundan aytdim....
Qolaversa bu mavzudagi bazi postlarga yigitlarimiz bu mavzu "Erkaklarni asrang ayollar", deyilgan-u, sizlar ularni yerga urganingiz urgan, deyilgani uchun shunday dedim...

Har jinsni ichida ham har toifada, har xil yaratilishda inson bor, jinslarning bir-biridan ustun-kam joyi yo'q....

Asosiysi doimo aytganimday erkak erkakligini, ayol ayolligini bilsin, vassalom.
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Ansora 11 Fevral 2010, 12:30:59
Yigitlar, yana bir narsani aytib qo'yay:

BU DUNYODA ERKAKLARGA ENG KATTA HURMATNİ O'ZBEK QİZ-AYOLLARİ BERADİ!

Buni ko'rganlarimdan kelib chiqqan holda aytyabman......

Turkiyalik erkaklarni O'zbek qizlariga ko'p uylanishiga sabab ham shu ekan, buni juda ko'pchilikdan eshitganman, ko'pchilik e'tirof etgan...

Yani yotinglar- turinglar, O'zbek qizlarimizga duo qilinglar  : )
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Akbarjоn 11 Fevral 2010, 15:24:20
Iqtibos
Bugungi kun haqiqatlari muhimroq har ikkalasidan (http://forum.ziyouz.com/Smileys/classic/smiley-laughing.gif) Kelajak bugundan boshlanadi...

ammo men bugun xaqida gapirdim, bugudan kelajak yaraladi,  kelajak xaqida qayg'urishimiz bugundan boshlanmasa bu kelajak shunchaki kelajakligicha qolib ketadi
men shu sababli xam aynan bugun xaqida gapirgandim, siz ta'kidlab o'tganingizday!


Iqtibos
Y_U_R_I_S_T aytganlaride, kelajak bugundan boshlanadi. Kelajak muvaffaqiyatlari haqida gapirish juda ham yahxi. Lekin, bugunimizni isloh qilmay turib, kelajak muvaffaqiyatlari  haqida gapirish xuddi kemani yasashga intilmay, harakat qilmay, ummondagi olis sayohatga chiqishni o'ylashdek- orzu qilishdek gap.

bu huddi aksiyomadey gapku, uni takrorlash yoki alohida ta'kidlashni o'rinli deb bilmagandim shu sababli xam Kelagak xaqida qayg'urish xaqida gapirganimda bugundan boshlaylik deb aytgandim, bu shundo ko'rinib turgan narsa bolsa, yana qaytadan urg'u bilan takidlashga extiyoj sezmagandik, agarki gapdagi mazmunni tushunmagan bo'lsalariz unda mayli bu bizni ayb bo'lishi mumkin....


undan keyin siz qizilga ajratgan gap men shunchaki misol tariqasida aytib ketdim va xechkimni sen shunday qilyabsan deganimcha  yoq' ammo desam xam to'g'ri bo'lardi, ammo demadim
 yoki erkaklar ayollarni kamsitib bo'ynlariga ayb tamg'asini ilmasdan  deb turib yana gapni cho'zib  yoki  ayollar erkaklarnini kamsitib bo'ynlariga ayb tamg'asini ilmasdan  deb o'tirishni o'rinli deb bilmagandim, bor gap shu...
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Akbarjоn 11 Fevral 2010, 15:51:25
Bu turishda bora bora Matriarxal tuzimga o'tib ketamizmi deyman g'arbga o'xshab :)
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Robiya 11 Fevral 2010, 18:01:51
Bunga yo'l qo'ymanglar, aziz erkaklar!

Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Ansora 11 Fevral 2010, 20:42:28
:as:

Ofarin, Kapalakxon! Siz eringizni baxtli qila olasiz, InshaAlloh...
Shu erda yana bitta erkakklarning sirini ochib bermoqchiman:
Erkaklarning ko'ngliga yo'l, oshqozonlari orqali o'tadi. ;D ;D ;D


Erkaklarni ko'ngliga yo'l oshqozonidan o'tgani yaxshi-yu, shu qorinda yig'ilib qolgani yomon-daaa ;D
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Abdumuhaymin 11 Fevral 2010, 22:02:12
:as:

Ofarin, Kapalakxon! Siz eringizni baxtli qila olasiz, InshaAlloh...
Shu erda yana bitta erkakklarning sirini ochib bermoqchiman:
Erkaklarning ko'ngliga yo'l, oshqozonlari orqali o'tadi. ;D ;D ;D


Erkaklarni ko'ngliga yo'l oshqozonidan o'tgani yaxshi-yu, shu qorinda yig'ilib qolgani yomon-daaa ;D
Deme usha ovqat yaxshi pishmagande, be parvoli qimela ayolla bunaqa payitta.
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Ansora 11 Fevral 2010, 22:06:01
:as:

Ofarin, Kapalakxon! Siz eringizni baxtli qila olasiz, InshaAlloh...
Shu erda yana bitta erkakklarning sirini ochib bermoqchiman:
Erkaklarning ko'ngliga yo'l, oshqozonlari orqali o'tadi. ;D ;D ;D


Erkaklarni ko'ngliga yo'l oshqozonidan o'tgani yaxshi-yu, shu qorinda yig'ilib qolgani yomon-daaa ;D
Deme usha ovqat yaxshi pishmagande, be parvoli qimela ayolla bunaqa payitta.

 : ) Aytmoqchi bo'lganim, ko'ngilni olamiz, deb shirin ovqat qilaverib, semirishlariga sababchi bo'lib qolamiz-daa ;D

Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Abdumuhaymin 11 Fevral 2010, 22:09:01
O'zi hozirgi zamon erkelari qiltiru bo'sa, semirtirgan yahshimasmi  ;D
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Ansora 13 Fevral 2010, 21:27:09
O'zi hozirgi zamon erkelari qiltiru bo'sa, semirtirgan yahshimasmi  ;D

Erkak kishi halolidan topib kelsa bo'lgani, shirin-shirin pishirib semirtimagan O'zbek ayoli yo'q bo'lsa kerak ;D
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Abu Muso 11 Avgust 2010, 13:08:31
 :as:

Yaqin kunlarda xasta bo'lib, operatsiya bo'ldim...

Bir necha kun birovning yordamiga muhtoj bo'lib qoldim. Shunda menga

yaqindan yordam berib, yonimdan jilmagan inson - ayolim bo'ldi. O'zim bir

alfozda yotibmanu, o'ylayman: agar aksi bo'lganqa qandoq bo'lardi? Uzoq

o'ylab ko'rgach bildimki, men ayolimning onasini, yoki singlisini, yoki opasinimi

chaqirtirib, xullas nima qilib bo'lsa ham unga sharoit yaratib berar ekanman...

Nega biz erkaklar shunaqa ekanmiz-a? Ayollarimiz buncha mehrni qaerdan

topisharkin? Ayollarimiz Allohning bizga bergan inoyati ekaniga qayta iqror bo'ldim.

Biz unchalik qadrlayolmasakda, erlariga mehribon ayollarimizdan Alloh rozi bo'lsin!
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 11 Avgust 2010, 15:15:26
:as:

...Ayollarimiz Allohning bizga bergan inoyati ekaniga qayta iqror bo'ldim.

Biz unchalik qadrlayolmasakda, erlariga mehribon ayollarimizdan Alloh rozi bo'lsin!


Nabiy s.a.v: "Dunyo ne'matlarini ichida eng yaxshisi soliha ayol" dedilar.
 
ALLOHim sizga shifo bersin!
Nom: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2010, 21:18:52
Assalamu alaykum!

Abu Muso aka, aytganlarizdan ilhomlanib, bir she'r yozdim:

Javobsiz mehr..

Erkaklarni asrab jonida,
Har ishiga qiladi sabr.
Go'zalliklar to'la umrida,
Mulki erur javobsiz mehr..

Tunni ulab oppoq tonglarga,
Uyqusiga qiladi qahr.
Umrin berib yor, farzandiga,
Topganlari javobsiz mehr..

Ne sir erur, qanday sinoat,
O'taverar yillar-u davr.
Ayol xursand, kuladi faqat,
Dilda esa javobsiz mehr..

Yer-u osmon ta'zimda mudom,
Til boliga hamd aytar shakar.
So'lsa hamki qalbida bir on,
To'xtamaydi javobsiz mehr..

O'zni emas, o'zgani o'ylab,
Yutaverar bo'lsa ham zahar.
E'tiborga intizor turib,
Tortiq qilar javobsiz mehr..

Taqsim qilib hayot soatin,
Ota-ona, yor, farzandiga.
Shunda ko'rib o'zining baxtin,
Cho'maverar hayrat mehriga...

11/08/2010
Nom: Re: Erkaklarni asrang,ayollar!
Yuborildi: Ansora 14 Avgust 2010, 13:23:32
Baxtli oila qurish uchun ayollarga 25 maslahat

Юлдуз Алиева


Onalar uchun, Otalar uchun...
Iyul 16, 2008
Aksariyat hollarda oiladagi katta janjallar kichik muammolardan boshlanadi. Agar ayollar turmush o`rtoqlariga qanday munosabatda bo`lish kerakligini bilsalar, yoxud o`zlari uchun ahamiyatsiz ko`ringan narsalar ular uchun juda muhim ekanligiga e’tibor qaratsalar, bir qancha muammolarga yechim topgan bo`lardilar.
Muhtarama ayollar, quyida eslatmoqchi bo`lgan tavsiyalarimiz oilangizni yanada baxtli qilishga yordam berishiga ishonib qolamiz.

1. Turmush o`rtog`ingiz uyga kelganida “Xush kelibsiz” deb, tabassum ila qarshi oling.

2. Ishdan kelganida unga ko`proq e’tibor bering, kuni qanday o`tganligi haqida so`rang.

3. Muvaffaqiyatga erishganida yoki ishi o`ngidan kelmaganda “men” va “sen” so`zlari o`rniga “biz” ni qo`llang. Turmushda “menlik”ning “bizlik”ka aylanishi bir-biringiz uchun yashayotganingizning belgisidir.

4. Qanchalik haq bo`lsangiz ham, tortishishga urinmang. Tortishish er-xotin o`rtasidagi muhabbatni so`ndiradi. Bunday holatda sukut saqlang. Bir oz vaqt o`tgach, xotirjamlik bilan to`g`ri tushuntirsangiz, u sizni albatta tushunadi.

5. Turmush o`rtog`ingizni boshqalar oldida, ayniqsa, yaqinlari oldida pastga urmang. Aksincha, ular oldida unga ko`proq hurmat ko`rsating.

6. Turmush o`rtog`ingizga boshqa erkaklarning yutug`ini gapirib o`tirmang. Bilingki, har kimning o`z yutug`i va kamchiliklari bo`ladi.

7. Yaqinlaringiz turmush o`rtog`ingizga qandaydir yordam ko`rsatgan bo`lsalar, buni aslo uning yuziga solmang, minnat qilmang.

8. Uning ota-onasini, qarindoshlarini hurmat qiling, ularning kamchiliklarini aytib yurmang. Uyingizga taklif qilib, mehmon qiling va duolarini oling.

9. Do`stlari, yaqinlari bilan ko`rishib turishiga to`sqinlik qilmang, hadeb qistovga olib uni siqmang.

10. Turmush o`rtog`ingiz va uning oila a’zolariga qilgan xizmatingizni aytib, minnat qilmang.

11. O`zingiz ishlab topgan pulni faqat o`zingizga sarflamang. Turmushni ham moddiy, ham ma’naviy birdamlik go`zallashtiradi.

12. Istaklaringiz inobatga olinishi uchun unga buyruq bermang. Yaxshisi, iltimos qiling.

13. Oilangizda moddiy tanqislik sezilayotgan bo`lsa, buni aytib uni ranjitmang. Bu kabi muammolarni birgalikda hal qilishga harakat qiling.

14. Turmush o`rtog`ingizga chiroyli ko`rinish uchun o`zingizga oro bering. Ishdan kelishidan avval yoki uyda ekanligida chiroyli va orasta kiyining.

15. Kayfiyatsiz, jahldor yoki xo`mrayib yurmang. Doim tabassum ila yurishga va go`zal xulqli bo`lishga harakat qiling.

16. Turmush o`rtog`ingiz uyga kelganida barcha ishlaringizni bir ozga chetga surib, u bilan o`tirib suhbat quring.

17. U uyda bo`lmaganida uni sog`inganingizni, kelganidan quvonganingizni va kelishini sabrsizlik bilan kutganingizni ayting.

18. Nimalarni yoqtirib-yoqtirmasligini bilib, ko`ngliga yoqadigan ishlarni ko`p-ko`p qilib turing.

19. Biror bir xato ish qilganida, “Sizga aytgandim-ku” deb aql o`rgatmang. Uning ham vaziyatini tushunishga harakat qiling.

20. Sizni bexosdan ranjitib qo`ysa, undan xafa bo`lib uzoq vaqt arazlab yurmang.

21. Biron bir iltimosingizni o`z vaqtida bajarmasa, “Mayli, hechqisi yo`q. Bu safar bo`lmasa, keyingi safar”, deb qo`ying. Keyingi gal ham unutsa, sabr va xotirjamlik bilan yana bir bor eslatib qo`ying.

22. Turmush o`rtog`ingizni xafa qilgan yoki ko`nglini og`ritgan bo`lsangiz, uzr so`rang va ko`proq mehr ko`rsating.

23. Xato qilib uzr so`raganida darhol qabul qiling.

24. Uydan chiqayotganida tabassum ila xayrlashing.

25. Ayol turmush o`rtog`idan muhabbat kutgani kabi o`zi ham unga muhabbat ko`rsatishi va doim buni bildirib turishni unutmasligi darkor.