forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Muslimа 02 Iyul 2007, 10:23:36

Nom: Abdussalom Ashriy. Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho
Yuborildi: Muslimа 02 Iyul 2007, 10:23:36
Abdussalom Ashriy
Muhammad Abdulg’ani Hasan.

XADICHA BINTI XUVAYLID
Roziyallohu anho

Tarjimon: Qurbonali Tursunov.

“Movarounnahr”
Toshkent – 2006

Ushbu risola Payg’ambarimiz Rasululoh sallallohu alayhi va sallamning ayollari, u zotga ilk iymon keltirgan zoti sharifa, barcha mo’minlarning onasi – Xadicha roziyallohu anho hayotiga bag’ishlangan. Unda Xadicha onamizning bolaliklari, oilalari, Payg’ambarimizga qanday turmushga chiqqanlari, Islom dini yo’lida chekkan mashaqqatlari hikoya qilingan. Asar Islom dini tarixi bilan qiziquvchi kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 02 Iyul 2007, 10:38:05
MUNDARIJA

1–fasl. Xonadon guli (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg48571#msg48571)
2–fasl. Nozik savdo (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg48572#msg48572)
3–fasl. To’y hayajoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg48573#msg48573)
4–fasl. To’y (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg48574#msg48574)
5–fasl. Taqdir bitigi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg48575#msg48575)
6–fasl. Yana judolik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg48577#msg48577)
7–fasl. Sirli tush (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg48578#msg48578)
8-fasl. Murojaat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg71686#msg71686)
9-fasl. Uchrashuv (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg71687#msg71687)
10-fasl. Niyat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg71689#msg71689)
11-fasl. Тaraddud (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg71691#msg71691)
12-fasl. Kelishuv (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg73270#msg73270)
13-fasl. Uylanish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg73271#msg73271)
14-fasl. Abulqosim (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg73272#msg73272)
15-fasl. Iymon (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg82717#msg82717)
16-fasl. Makkadagi gap-so’zlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg84018#msg84018)
17-fasl. Mo’minlar onasi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg84022#msg84022)
18-fasl. Kurash (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg84023#msg84023)
19-fasl. Quraysh ichidagi tanglik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg84028#msg84028)
20-fasl. Qamal (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg84029#msg84029)
21-fasl. Qaytish va qasd  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg84030#msg84030)
22-fasl. Judolik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg84031#msg84031)
23-fasl. Hamisha Rasulullohning yodlarida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg84032#msg84032)
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 02 Iyul 2007, 10:52:44
BISMILLAHI ROHMANIR ROHIYM.

1 — fasl. Xonadon guli.

Xuvaylidning hovlisi hursandchilik, baxt-surur, do’stlik va yaxshilik tuyg’ulari bilan to’lib — toshgan edi. Chunki qizi Xadicha bu honadonga o’zgacha fayz bag’ishlab turardi. Oila a’zolarining barchasi uni yaxshi ko’rar, dildan suyar, hatto qo’ni — qo’shnilar ham uni alqab, ko’nglini chog’lashga harakat qilishardi. Uni barcha birday tilidan bol tomib maqtar, bir so’z bilan aytganda, u hammaning mehr-muhabbatini qozongan edi.
Xuvaylid Quraysh saidlaridan bo’lib, har bir ishda qavmiga maslahatgo’y edi. Usiz biron ish boshlanmasdi. Garchi uning oilasi kattagina bo’lsa-da, ehson qilishda bemisil, o’ta sahiy inson edi. Uning hovlisini odamlar "œofiyat maskani" deb bilishardi. Bu yerda mehmonlar hotirjamlik, rohat va go’zal muomala topardilar. Bu hovlida sahovat dasturhoni hamisha ochiq edi.
Xadicha bunday muhitda, tabiiyki, sahiy va marhamatli bo’lib voyaga yetdi. Boylikka hirs qo’ymadi. Inson hayotining mazmuni faqat mol-mulk bilan o’lchanmasligini anglab yetdi. Bu ne’matlarni yetkazgani uchun Allohga shukur qilish lozimligini bir zum ham unutmadi.
U faqir va muhtojlarga qo’lidan kelganicha ko’mak berar, bu yo’lda mol-mulkini sira ayamas edi. Tilanchilarning qo’lini qaytarmas, hamisha musofirlarning hizmatida bo’lar, biron narsa so’rashsa, og’rinmay berar, hammani hojatini chiqarishga shay turardi. Xadichani bunday go’zal hulqini ko’rib, tabiiyki, qarindosh-urug’lari, qavmdoshlarining boshi ko’kka yetardi. Ayniqsa, qalbi rahmat va halimlik bilan limmo-lim bo’lgan otasining shodligini aytmaysizmi?! Qizidagi go’zal fazilatlarni ko’rib, unga bo’lgan mehri kun sayin oshardi. Yaxshi hulqi, o’tkir zehni, fahm-farosati va uddaburonligi uning porloq kelajagidan, imon-tavfiqidan darak berar edi.
Xuvaylid qizi haqida o’ylar ekan, uning go’daklik chog’larini esladi. Uning ilk qadamlari, yengil harakatlari, mehribon va ma’sum qarashlari ko’z oldidan o’tdi. Hursand bo’lib, Allohga shukur aytganicha, o’z-o’ziga dedi: "œQanday odamlar-a"¦ Bulardan ham zolimroq kimsa bormi?! Qanday qilib, o’z qizlaridan jirkanadilar?! Bunchalik berahm bo’lishmasa?! Axir, nobud bo’lga norasidalar orasida Xadicha singari ma’sum checheklar qancha?! Ha, chindan ham Xadicha hovlimizdagi hushbo’y rayhon, ko’nglimizning quvonchidir"¦" Keyin u qizini huzuriga chaqirdi. Nasihatlar qildi. Qizini odob bilan bosh egib turishini ko’rib, ich-ichidan quvondi. Porloq yuziga, go’zal qomatiga nazar tashlarkan, Xadichaning qo’lini so’rab kelayotgan sovchilar ko’z oldidan o’tdi. Biroq u bu haqida gapirishning hali mavridi emas, deb o’yladi. Qolaversa, sovchi qo’ygan yigitlarning aksariyati Xadichaga emas, balki dunyo ziynatlariga ko’ngil qo’yishgani va faqat obro’li xonadonga kuyov bo’lishni rejalashtirganini yaxshi anglar edi.
Xadicha qo’ni-qo’shnilar orqali o’ziga kelayotgan sovchilar haqida eshitar, bu haqida gap ketarkan, beixtiyor yuzi qizarib, nima deyishni bilmay qolar edi. U erga tegish haqida bosh qotirmas, ko’proq o’z ishlari bilan band bo’lardi. Chunki otasining diyonatli inson ekanini bilar, uni albatta yaxshi honadonga, solih insonga uzatishiga ishonar edi. Zero, otasi muruvvat va sahiylik sifatlari bilan ziynatlangan kishi edi. Makka shayhlari yosh yigitlardek havolanganda, u o’zini o’ta kamtar tutardi. Xuvaylid har bir ishni tarozuga solib ko’radigan, ma’suliyatni his qiladigan, hakim va dono kishi edi. U har qanday holatda ham sahovat va ezgulik tamoyilidan og’ishmasdi.
Kunlarning birida kech payti Xuvaylidning hovlisiga Bani Mahzum qabilasidan mehmonlar kelishdi. Ular shunchaki mehmonlar emasdi. Ziyofat, o’zaro suhbat uzoq davom etdi. Mehmonlar hayr-hush qilib uylariga qaytishgach, Xuvaylid ham hujrasiga kirdi. Uni xotini Fotima intiqlik va hayajon bilan kutardi. Xuvaylid gapni cho’zmasdan muddaoni bayon qilib qo’ya qoldi. Fotimaning yuzi yorishdi. Erining qarori unga ham ma’qul kelgan edi. Ular shod-hursand holda hujradan chiqdilar. Xuvaylid dam olish uchun qurilgan so’riga borib o’tirdi. Ipakdan tikilgan qimmatbaho ko’rpa-bolishga yonboshlab, o’yga toldi. Xotini ham kelib yoniga o’tirdi. Keyin qizi Xadichani chaqirdi. Qizi tezda, lekin uyalibgina ko’rinish berdi. Ulardan sal uzoqroqda to’xtadi.
Xuvaylid qiziga tabassum bilan qarab: "œO’tir, Xadicha, - dedi. — Sen bilan bir masala yuzasidan fikrlashmoqchiman. Qani, sen nima der ekansan?! Gaplarimini yaxshilab tinglab, o’ylab javob ber".
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 02 Iyul 2007, 10:59:40
2 — fasl. Nozik savdo.

Xuvaylid Xadichaga qarab-qarab qo’ya boshladi. So’ngra muloyimlik bilan undan so’radi: "œXadicha, Shomga jo’natish uchun tayyorlab qo’ygan karvonimiz haqida nima deysan?"
Qizi savolni chiroyli tabassum bilan qarshiladi. Keyin odob bilan: "œKarvon yaxshi hozirlangan. Savdo — tijoratimiz, Allohga shukur, kasodga uchramay foyda keltirmoqda. Qaysi shaharga borsa, rivoj topmoqda. Karvonimizda yaxshi tartib — intizom o’rnatilgan", dedi.
Otasi tabassum bilan yana so’radi: "œKarvon bilan jo’natmoqchi bo’lgan odamlarimiz va ishchilarimiz haqida nima deysan?"
  "œAlbatta, ular nimani sotib olishni va nimani olmaslikni yaxshi bilgan, ziyrak kishilar", deya javob qaytardi Xadicha.
Xuvaylid xotini Fotimaga ma’noli qarab qo’ydi. So’ngra yana Xadichaga savol tashladi: "œMakkaning mohir savdogarlari haqida fikring qanday? Seningcha, ularning qaysi biri ishning ko’zini, foyda olish yo’llarini ko’proq biladi?"
Qizi bir oz o’ylanib, odob bilan so’radi: "œQanday foyda haqida so’rayapsiz: halol foydami yoki harom?"
Otasi shoshib javob qaytardi: "œHa, albatta, halol foyda, harom foydaning ohiri voy-ku. U faqat bir marta egasiga foyda keltiradi-da, keyin barakani qochiradi. Aloh uni zoye ketkazadi. Men sendan savdo-sotiqda halollik bilan mohir bo’lganlarni so’rayapman"¦"
Qizi omonatga hiyonat qilmaydigan, halollik bilan ish yurituvchi Makka savdogarlarini birma-bir sanadi. So’zining so’ngida ota-onasiga nazar tashladi. Otasi: "œAtiq ibn Obid to’g’risida fikring qanday?" deb so’radi. Javob tezda bo’ldi: "œU Bani mahzunliklar kabi savdoda mohir, foyda olish yo’llarini yaxshi biladigan, boylik ta’mini totib, uni ko’paytirish istagida yurgan savdogar".
Xuvaylid yana shoshilinch savol tashladi: "œHaloldanmi, haromdanmi?"
Qizi eshitgan - bilganlariga tayanib, qat’iy javob berdi: "œGuvohlik beramanki, u halol yo’l bilan shuhrat topdi. Harom molga yaqinlashmaydigan, sahiy va shijoatli inson. Men o’z ahliga undan-da sevimliroq bo’lgan boshqa kishini bilmayman".
"œShu safargi tijorat ishlarimizni unga yuklamoqchimiz,-dedi Xuvaylid bir oz tin olib, qiziga boshdan — oyoq nazar tashlarkan. — Unga savdodan-da muhimroq, moldan-da qimmatbaho, har qanday boylik tenglasholmaydigan omonatni topshirmoqchiman".
Xadichaning hayoliga birdan haligi mehmonlar keldi. Ota — onasini suhbatini esladi. Otasining hozir nima haqida so’z ochmoqchi ekanini payqab, yuzi qizarib ketdi. U boshini egib turar, javob qaytarishga uyalar edi. Xuvaylid sekingina, muloyimlik bilan: "œAtiq haqida fikring qanday?" dedi. Xadicha hamon boshini ko’tara olmas, yuzi lov-lov yonar, bor shijoatini to’plab, so’zlashga kuch izlardi. Ota-onasi undan javob kutib, yuqoridagi savolni takrorlashlariga to’g’ri keldi.
Oxiri Xadicha zo’rg’a, eshtilar-eshtilmas ovozda: "œOtamning roziligi mening roziligim emasmi?!" deb javob bera oldi, halos. Otasi yaqin kelib, uning peshonasidan o’pdi va : "œSen Atiqqa, Atiq senga munosib, - dedi- Alloh yaxshilikni sevuvchi va yaxshilar bilan yaxshilarni ro’baro’ qiluvchi Zot. Parvardigordan Atiq haqidagi fikrimni to’g’ri chiqishini va go’zal juftlik amalga oshishini o’tinib so’rayman".
So’ng onasi kelib, Xadichaning ikki yuzidan bir-bir o’pdi-da, eriga yuzlandi: "œBiz Atiq istaganidek to’yni tezlashtira olmaymiz. El qatori to’y liboslari va boshqa jihozlarni tayyorlash uchun anchagina vaqt kerak bo’ladi".
Xuvaylid ularni tinchlantirdi: "œBir-ikki oy ichida karvon kerakli jihozlarni Yaman va Shomdan keltiradi, ungacha bir oz kutib turamiz"¦ Fotima, do’konlarimiz mol-ashyoga to’la. Hohlaganlaringni olaveringlar, ahir barcha boyligimiz Xadichaniki-ku".
Keyin jilmayib qo’shib qo’ydi: "œLekin men bundan ko’proq kechiktirishga qodir emasman". Fotima ham jilmaydi. Xadicha yuzini yashirdi. Keyin ular tarqaldilar. Ota- ona qizlarining kelajagi, bo’lajak kuyovlari, ularning o’zaro turmushi haqida shirin hayollar surishardi.
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 02 Iyul 2007, 11:06:18
3 — fasl. To’y hayajoni.

Karvon Makkaga xilma-xil yuklar bilan qaytdi. O’ziq — ovqat mahsulotlari, meva — chevalar, atir — upalar, turli liboslar, chakmonlar va boshqa shunga o’xshash noyob molar olib keldi. Unda Xuvaylid va Atiqning yuki ham bor edi. Chiroyli gazlamalar, nafis to’shaklar, qimmatbaho fors gilamlari"¦ Ular har qanday odamning ko’zini quvontirardi. Xuvaylid ularni Xadichani sepiga atagan, kuyovi Atiqqa hadya etmoqchi edi.
Makkaliklar to’y kechasini intizorlik bilan kutardi. Ayniqsa, to’y kambag’allar uchun katta shodiyona edi, ular so’yiladigan jonliqlar go’shtidan, turli noz-ne’matlardan bahramand bo’lishga oshiqardilar. Qoni qaynoq yigitlar esa to’y sahnasida o’zlarining qilichbozlik borasidagi mahoratlarini namoyish etishni istardi. To’y tantanalarida Makka boylari o’zlarining ustun jihatlarini ko’z-ko’z etib, kayf — safo qilardi.
 Bu kechani yoshu qari birday intiqlik bilan kutmoqda. Erkagu ayol to’yning qachon bo’lishini tinmay surishtirardi. Ular o’z liboslarini ko’z-ko’z qilib, qimmatbaho taqinchoqlarini maqtanishni, o’z uylarining ko’rki va boyliklari bilan fahrlanishni juda-juda istaydilar. Yana boshqalari esa Xadichaning o’z kuyoviga qanday qimmatbaho hadya berishi bilan qiziqardilar, o’zlaricha taxmin qilardilar. Tabiiyki, kelinning sepi bilan qiziquvchilar ham kam emasdi.
Hammaning tilagi bitta: kelin-kuyov uzoq va barakali turmush qurishsin, uvali-juvali bo’lishsin.
Fotimaning qo’li-qo’liga tegmaydi — u qizining to’yini o’ylab hayajonda, kerakli narsalarni tayyorlashga kirishgan. Ba’zan hayol olib qochar, "œQizim boshqa xonadonga ko’nikib ketarmikan, qiynalmasmikan?" deya tashvishlanardi. Bu o’y, albatta, Xadichada ham yo’q emasdi. U umr yo’ldoshi bilan bir-birini tushungan holda, tinch-totuv, baxtli hayot kechirishini istardi. Ba’zi oilalarning buzilib ketishiga sabab murosasizlik deb bilardi.
Xadichaning to’yi bo’layotganidan barcha — qo’ni-qo’shnilar ham, qavmning saidlari ham hursand edilar. Yoshu qari hamma to’yda qo’shiq-yalla aytib, o’yin-kulgu qilishni o’ylardi. Har bir qiz kelin bilan birga uning yangi uyiga birga borishni jon-jon deb hohlar, faqat Xadichaning taklifiga ilhaq edi. Xadicha bolaligi o’tgan ota uyiga entikish bilan qarar, so’ng hali o’zi uchun notanish bo’lgan yangi honadoni, turmush o’rtog’I haqida o’ylar edi. U qalbidagi hadikni so’ndirishga harakat qilarkan, o’z-o’ziga dedi: "œAllohning hukmidagi kelajakdan qo’rqishim nimasi?! Mendan nima ham talab qilinardi?! Albatta, er-xotin o’rtasida do’stlik bo’ladi-ku. Men erimga suyanchiq, yordamchi bo’laman. Ahli va molini ko’z qorachig’imday asrab, uning roziligini topishga harakat qilaman, - bir oz tin olib, fikrida davom etdi: - Nimadan qo’rqyapman o’zi? Otamning uyida hamma ishlarni o’zim bajaraman-ku. U yoqda ham tadbir bilan ish yuritaman. Aql — idrokim, fahm — farosatim bo’laturib, nega endi noqulay vaziyatga tushishim, muammolar tug’dirishim, erimni qiyin vaziyatga qo’yishim, unga achchiq qilishim kerak ekan?!" Keyin turmush qurib, erlari bilanmurosa qilolmay, oilasi buzilib ketgan ayollarni esladi. Ular nima uchun erga tekkanlarini, oila qurishdan maqsadlari nima ekanini anglamaganlar. O’zidan esa ko’ngli to’q. kelajagiga ishonch bilan qarar, yaqin qolgan to’yi haqida o’ylardi. Onasi tinimsiz er-xotinlik muammolari, burchlari haqida gapirar, nimaga amal qilish keragu nimani tark etish lozimligini uqtirar edi. Xadicha huddi madrasa talabasidek saboq olar, biroq bu saboqlaro’ta jiddiy fan — hayot darsligidan edikim, sinov va imtihonlari ham o’ziga yarasha ma’suliyatli, murakkab edi. Biroq Xadicha onasini eshitgan sari xotirjam tortar, bu o’gitlarni yoddan bilishini o’ylab, ko’ngli quvonardi.
To’y kuni Xuvaylidning hovlisi qavm-qarindosh, do’st-birodarlar bilan to’lib toshdi. Bani mahzumlik ayollar Atiqning Xadichaga yuborgan qimmatbaho sovg’alarni ko’tarib kelishdi. Quraysh ayollari ham rango-rang tuhfalar bilan keldilar. Jonliqlar so’yilib, to’yga Makka ahli tashrif buyurdi. Hovlida kuy — qo’shiq sadolari yangray boshladi. O’sha kuni havo ochiq bo’lib, yengil shabada esib turardi. Makka ahli kechani Xuvaylid xonadonida kutib oldilar. Ka’baning yonida nikoh marosimi bo’lib o’tdi. Odamlar duolar aytishib, uning atrofini aylandilar. So’ng to’yhonada o’yin-kulgi qilishib, allamahalda tarqaldilar.
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 02 Iyul 2007, 11:19:18
4 — fasl. To’y.

Makkada o’yin-kulgi avjiga chiqqan, kuy-qo’shiqlar yuraklarni zavqu shavqqa to’ldirayotgan va bu shodiyonaga hamma sherik bo’layotgan chog’da faqat bir ko’zi ojiz kishigina sukut saqlab o’tirardi. U qo’shiq va raqslarga e’tibor qilmas, o’zi bilan o’zi ovora edi. Hatto to’y sohibi Xuvaylid unga: "œEy, Varaqa, bu kecha shod-hurramlik kechasi, amaking qizini uzatmoqda, hursandchilik sen ham sherik bo’lsang-chi", deb tanbeh ham berdi. Biroq u: "œAmaki, bilasiz-ku, men bularning baridan uzoqlashganman", dedi nim tabassum bilan.
O’tirganlardan biri uni masharalab: "œEy Varaqa, hali ham o’z fikringdamisan, sen, yaxshisi, Makkadan chiqib ketganing durustroq. O’z dinini begona dinga almashtirgan bir odamsan-da", dedi. Ikkinchisi qah-qaha urib: "œBiz sendan rozi emasmiz. Rum, fors dinlarini o’rgangan bitta sensan. Biz esa ko’pchilikmiz. But — sanamlarimiz ham Ka’baning atrofida son-sanoqsiz. Biz ularni asraymiz, ular bizni qo’riqlaydilar. Bizga ne’matlar yetkazib, qiyinchiliklarimizni ketkazadilar", deb qichqirdi. Keyin yana biri ovozining boricha masharalab: "œEy, adashgan kimsa, ilohlarimiz bizga qanday ne’matlar ato qilganini ko’rmayapsanmi?! Xuvaylidning qizi Xadicha Atiq ibn Obidga turmushga chiqayotgan kechada but-sanamlarimiz hursandchiligimizni ta’minlash uchun bizga sharob va taomlar berganini-chi? Qaysi yo’lga kirgan bo’lsang ham, tezda qaytgin-da, bizga qo’shilib kayfu-safo qil. Toki bizga qo’shilmas ekansan, tirik yurganingdan ko’ra o’lganing afzalroq", dedi.
"œEy Varaqa, qachondan beri ruxoniy, taqvodor bo’lib qolding? Sening shahrimizda yashashing boshimizga ko’p balo, fasod keltiradigan ko’rinadi. Yo, ota-onang senga tarbiya bermaganmi?! Hayotimizni barbod qilishni, dunyo lazzatlaridan bizni mahrum etishni hohlaysanmi?" dedi davradagilardan biri keskin tarzda. Keyin bu so’zlarga ko’pchilik qo’shildi. Varaqani masharalab, yigitlar rosa lazzatlanishdi. Keksalar ham bu munozaradan rosa huzur qildilar. Ular so’zlarini tugatgunlaricha, Varaqa jimgina eshitib o’tirdi. Keyin qat’iy ohangda dedi: "œMayli, bugun bizni mashara qildinglar, lekin ertaga biz sizni mashara qilamiz. Yaqin kelajakda orangizdan payg’ambar chiqadi. But — sanamlaringizni inkor etib, zalolatga barham beradi".
Uning so’zlarini eshitib, davradagilar qah-qah urib, mashara qila boshladilar. "œEy Varaqa, u payg’ambar kim? Mabodo o’zing emasmi? Ota-bobolarimizni dinini rad etadigan, ilohlarimizni pisand qilmaydigan, e’tiqodimizga qarshi chiqadigan kishi sendan boshqa yana bormi?" deb qichqirishdi. Hammalari uni: "œO’z ahling e’tiqodidan nega qaytding? O’zing tushunmaydigan dinlarga nega e’tiqod qilyapsan?" deb malomat qila boshladi. Gap ko’paygandan ko’paydi. Tortishuv avjiga chiqdi. Keyin ulardan biri Varaqadan qaysi qavmdan payg’ambar chiqishini va u qanday din keltirishini so’radi. Varaqa: "œSamoviy kitoblarning barchasi o’sha payg’ambarning yuborilishi haqida bashorat beradi. Uning kelishiga oz fursat qoldi. U arablar orasidan chiqadi", dedi. Ular yana qahqaha otib kulishdi. "œVahiyni qabul qilib olishga o’zingni tayyorlab turaver. Ko’pincha senga o’xshagan kishilarga payg’ambarlik topshiriladi", deb kinoya — piching aralash masharalashda davom etishdi. "œMabodo, - dedi ulardan biri, - bizning ilohlarimizning yomonlab, ularga qo’l tekkizadigan bo’lsang, seni Makkadan badarg’a qilamiz. Ota — boblarimiz dinidan yuz o’girib, boshqa dinga e’tiqod qilish qanaqa bo’lishini o’shanda bilasan!" So’ng gapga Makka saidlari aralashib: "œBunga to’g’ri yo’l ko’rsataman deb, behuda ovora bo’lmoqdasiz", deyishdi. Ular davradagilarni jim bo’lishga buyurib, qo’shiqchilarga ishora qildilar. Yana kuy-qo’shiq sadolari baland yangray boshladi. To’yga kelganlar orasida Makka saidlaridan biri Abdulmuttalib ibn Xoshim ham bor edi. U barcha qurayshliklar kabi shodiyonada ishtirok etardi. Abdulmuttalib yaqinda uylangan o’gli Abdulloxning to’satdan vafot etganini eslab, kecha qattiq qayg’urgan edi. Lekin bugun hursand, g’ubori yozilgan. Chunki Abdulloxdan zurriyot qolayotganini o’ylab, ko’ngli yorishmoqda. Abdulloxni xotini Omina bugun o’g’il farzand tug’di. Unga Muhammad deb ism qo’yildi. Odamlar Abdulmuttalibni nevara bilan muborakbod etishni unutmadilar. Nevarasi Muhammad ibn Abdulloxning ulg’ayib kamolga yetishini, uning nikoh to’yini ko’rish ham bobosiga nasib etishini tiladilar. Abdulmuttalib: "œShunday bo’lsin", deya tabassum bilan javob qaytarardi.
Tongga yaqin kelin ota hovlisidan Bani Mahzun xonadonlaridan biriga — Atiq ibn Obidning uyiga qarab yo’l oldi. Odamlar taassurotlarini gapira-gapira tarqalishdi. Xadicha esa yangi hayot ostonasidan ichkariga qadam qo’ydi. U kelajakda yuz berishi, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan allaqanday havfni his eta boshladi. Uning qalbini g’ash qilayotgan havfni faqatgina g’ayb egasi Alloh bilar edi.
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 02 Iyul 2007, 11:30:25
5 — fasl. Taqdir bitigi.

Xadicha barcha fahm — farosatli, oqila ayollar kabi erining hurmatini joyiga qo’yib, unga itoat etardi. Bu xonadonda o’zi orzu qilgan baxt-iqbolni topgan edi. Muhim ishlarda u eriga suyanchiq bo’lar, kerakli maslahatlar berishga harakat qilardi. Xadicha bilan Atiqni hamma "œbaxtli oila" deb ta’riflashardi.
Xuvaylid qizi bilan kuyovining tinch-totuv yashayotganlaridan behad hursand edi. Qizinikiga borganida uning eriga nisbatan hurmatini ko’rib, boshi ko’kka yetar, minnatdor bo’lar edi. Fotima ham qizi bilan fahrlanardi. Xadicha to’g’risidagi maqtovlarni eshitib, ko’ngli rohatlanardi.
Oradan bir yil o’tdi. Yangi mehmon — chaqaloq tug’ilishi bilan honadondagi hursandchilik yana-da oshdi. Chaqaloqning hozircha otasiga o’xshashini, lekin ulg’aygan sari onasiga o’xshab borishini aytishardi. Lekin Atiq bilan uzoq yashash Xadichaning peshonasiga yozilmagan edi. Ikkinchi yilning yarmi o’tmasdan Atiq vafot etdi. Undan yodgor bo’lib qizchasi qoldi.
Qurayshliklar Atiqning Xadichaga ko’p mol-dunyo qoldirib ketgani haqida gapirishardi. Ko’plari uchun mol-dunyosi va husni-nasabini o’ylab, agar rozi bo’lsa, unga uylanishni aytishardi. Atiqning vafot etganiga ko’p vaqt o’tmagan bo’lsa-da, Xuvaylid ham uni erga tegishini istar edi.
Xadicha esa turmushga chiqishni istamas, Atiqdan keyin yolg’iz umrguzaronlik qilishni o’ylar edi. Ota-onasi yana turmushga chiqish haqida unga so’z qotishga botina olmasdi. Kunlar, oylar birin-ketin o’ta boshladi. Xadicha hovlidan tashqariga chiqmas, qizchasining tarbiyasi bilan band edi. Xuvaylid esa uyiga kelayotgan sovchilarning qadamini tezroq uzib, qizini erga berishni hohlardi.
Bir kuni qizini chaqirib: "œEndi motam kiyimingni yechmaysanmi, qizim? Atiq vafot etganiga ko’p vaqt bo’ldi. Tirikligida ham, vafot etganidan so’ng ham hurmatini joyiga qo’yding. Axir, tiriklar marhumlar ketidan o’lishi kerak emas", deb nasihat qila boshladi. Xadicha otasiga qararkan, ko’zlari yoshga to’ldi. Siniq ovozda: "œO’z yaqinini yo’qotgan kishiga hayotning nima qizig’I bor?" deb qizchasini boshini silab qo’ydi. Ko’zidan yoshi duv-duv quyular edi.
Xuvaylid qizining ko’zyoshlarini ko’rib qattiq ta’sirlandi. "œQizim, yolgiz ayol boshing bilan eshigingni qulflab o’tirgandan ko’ra, yoningda panohing bo’lsa yaxshi, deyman-da. Eridan ajralib qolgan faqatgina sen emassan. Hammasi taqdiri azalda bitilgan. Hohlagan paytda bizning jonimizni oladi. Taqdirga tan berish kerak. Bunday qilishing yaxshi emas", deb Xadichaga taskin va maslahat bera boshladi. Keyin erlaridan ajragan ayollarni birma — bir sanay ketdi. Ikkinchi marta turmush qurib baxtli yashayotganlarni ham tilga oldi. "œQizim, umr o’tib borayapti. Men ancha keksayib qoldim. Mendan keyin dunyoda yolg’iz qolib ketishingdan qo’rqaman. Agar sening kelajagingdan ko’nglim to’q bo’lmasa, bu dunyoni qayg’u bilan tark etaman. Nahotki, senga faqat yaxshilik sog’inadigan otangga itoat etmasang?! Yoki qarorimga qarshi chiqib gunohkor bo’lasanmi?" dedi muloyimlik bilan. Bir oz tin olgach: "œSening qo’lingni so’rab kelgan bir kishiga rozilik berib qo’ydim. Xudo xohlasa, undan rozi bo’lasan. Kimligini bilishni istaysanmi? U haqida avval ham eshitgansan, boy-badavlat inson, sahiyligi bilan tanilgan Nabbosh ibn Zurora Tamimiydir. Qizim, otangga itoat et va rahm qil", dedi. Xadicha javob qaytarmay, erga tikilib turardi. Sukut — alomati rizo, deganlar. Xuvaylid qizi rozi bo’lganidan keyingina joyidan jildi.
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 02 Iyul 2007, 11:42:23
6 — fasl. Yana judolik.

Odamlar endi Xadicha binti Xuvaylid bilan Nabbosh ibn Zurora uyidagi intizom va farovonlikni maqtay boshladilar. Eng yaxshi ayollar haqida gap ketsa, Tamimiyning uyidagi ayol birinchi bo’lib tilga olinardi. Vaqt — soati yetib, ular o’g’illik bo’ldilar. Umga Hola deb ism qo’yishdi va ko’z qorachiqlaridek avaylab o’stira boshlashdi. Xadicha erini "œAbu Hola", ya’ni "œHolaning otasi", deb chaqirardi. Odamlar ham unga shunday deb murojaat qilishardi. Kelgusi yili ular yana farzandlik bo’lishidi. Ismini Hind deb qo’yishdi. Ammo Xadichaning oilasiga ketma-ket kelayotgan bu hursandchilik uzoqqa bormadi. Kutilmaganda abu Hola vafot etdi. Xadicha ikkinchi marta ham beva qoldi. U Nabbosh qoldirib ketgan molu dumyoga burilib ham qaramadi. Ahir, bu mol-dunyo erini o’limdan asrab qolmadi-ku. Atiqning ham boyligi o’limga monelik qilolmagan edi.
Xadichaning qayg’usiga yana bechora ota-onasi sherik edilar. Otasi har kuni Xadichaning uyiga borar, uni yupatishga urinar edi. Qattiq bemor bo’lib yotib qolgach, "œKo’p kuyunma, o’zingga rahm qil", deb qizidan o’tinib so’ray boshladi. Onasi bir kuni: "œO’zingni o’ylamasang ham, farzandlaringni o’yla. Sen vafot etadigan bo’lsang, farzandlaring kimga qoladi?" deb tanbeh berdi. Onasining so’zlari Xadichani ancha sergak torttirdi. Farzandlarini tarbiyalashga ma’sul ekanini, irodasiga suyanishi shartligini his qildi. Va kunlardan bir kuni otasi uni uchinchi marta turmushga chiqarmoqchi ekanini eshitdi.
         
***

Xadichaning uyiga yaqinroq joyda Omina binti vahb ismli ayol yashardi. Turmush qurganidan bir oz vaqt o’tib eri vafot etgan edi. U erining o’limidan keyin tug’ilgan Muhammad ismli o’g’li bilan yashardi. Boshqa turmush qurmagan edi. Odamlar uni "œsabrli, vafodor ayol" deb ta’riflashardi. O’g’li olti yoshga kirgan edi. Omina qolgan hayotini o’g’liga bag’ishlashga so’z bergani haqida gap-so’zlar yurardi.

Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 02 Iyul 2007, 11:53:37
7 — fasl. Sirli tush.
   
Xadicha ham xuddi Ominadek farzandlari bilan yolg’iz yashashga qaror qildi. Kelgan barcha sovchilarni izma-iz qaytardi. Yana tijoratni davom ettira boshladi. Oz fursatda boyib ketdi. Savdosi boshqalarnikidan ko’ra ko’proq foyda keltirardi. Qo’l ostidagilar tijorat sirlarini puxta biladigan bu tadbirkor va oqila ayolning hizmatida bo’lganlaridan faxrlanishardi. Xadichaning uyi savdo mollari bilan to’lib toshgan edi. Do’konlari Makkadagi eng mashhur savdo markaziga aylandi. Uning tijorati har xil illatlardan xoli, nuqsonsiz edi, tarozidan urmas, halol savdo qilardi. O’sha paytda keng tarqalgan sudxo’rlikdan parhez qilardi. Boyligi ziyoda bo’lgani sari u faqr-muhtojlarga ko’proq ehson qilardi. Odamlar uning muvaffaqiyatlaridan, qo’li ochiqligidan hayratga tushardilar.
Bir kecha u tushida nihoyatda musaffo osmon va porlab turgan quyoshni ko’rdi. Tevarak — atrof juda go’zal suratda edi. Keyin quyosh osmondan pastga tusha boshladi. Yaqinlashgan sari kattarib, o’zidan nur taratdi. U to’g’ri Xadichaning hovlisiga indi. Hovli nur bilan limmo-lim bo’ldi. Keyin nur Makka atrofiga yoyildi. So’ng butun er yuzini yoritdi. Xadicha uyqusidan uyg’onib ketib, hovlisi va atrofiga nazar tashladi. Qo’shnilari mast uyquda yotar, hovlisida hech narsa o’zgarmaganini ko’rib, o’rniga o’tirdi va tong otgunga qadar tushining ta’biri haqida o’yladi. Keyin ayrim hizmatchilarini chaqirib, amakisi Varaqa ibn Navfalnikiga shoshildi. Varaqa uni ko’rib, taajub bilan: "œHa, Xadicha, buncha erta kelishga seni nima majbur qildi? Boshqalar hali uyg’ongani ham yo’q-ku, tinchlikmi?!" deb so’radi. Hali ham yuz-kozida hayrat va hayajoni so’nmagan Xadicha: "œEy amaki, havotirlanmang, tinchlik, ayting-chi, siz tushlar ta’birini bilasizmi?" deb so’radi. Keyin ko’rgan tushini so’zlab berdi. Bu tushni eshitib, amakisining yuzi yorishib ketdi. Quvonch bilan: "œXadicha, sen tez kunlarda erga tegasan", dedi.
Xadichaning hayrati oshdi: "œMening erga tegmasligimni, o’zimni farzandlarimga bag’ishlaganimni yaxshi bilasizku. Tushimning ta’birini so’rasam, siz boshqa narsa haqida gapiryapsiz. Yo’q, men erga tegmayman!" dedi qat’iy qilib. Varaqa tabassum qildi-da, yana: "œTez kunlarda erga tegasan, - dedi. — Mening hazlni yoqtirmasligimni yaxshi bilasan. Sen bir porloq quyoshga — odamlarni qorong’ulikdan yorug’likka yetaklaydigan, adashganlarni to’g’ri yo’lga boshlaydigan zotga erga tegasan. Sen payg’ambarga erga tegasan! U o’zing o’qigan kitoblarda bashorat qilgan, arablar orasidan chiqadigan rasuldir. Alloh unga dushmanlari bilan urishganda u bilan birga bo’ladigan soliha xotinni nasib qiladi. Sen shunga tayyormisan? O’zingni o’sha mashaqqatlarga tayyorla. Tushing sening o’sha payg’ambarga xotin bo’lishingni bildirmoqda".
Xadicha g’alati hissiyotlar bilan xovlisiga qaytdi. U haqiqat va shubha orasida edi. "œAmakimning o’z ilmiga suyanib bu tush haqida qilgan ta’biri ro’yobga chiqarmikan? Bu ulkan quyosh bilan u aytgan payg’ambar orasida qanday bog’liqlik bor? U payg’ambar arablar orasidn chiqishini qaerdan biladi? Mening unga turmushga chiqishimni-chi?" deb o’zi bilan o’zi bahslashar edi. Nima bo’lganda ham, ko’rgan tushi va uning ta’biri hayolidan ketmasdi. Biroq bu to’g’rida hech kimga hech nima demadi.
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 20 Sentyabr 2007, 12:52:43
8-fasl. Murojaat
Yamanga jo’natilgan karvonning qaytib kelishiga oz vaqt qolgan edi. Bir kundan so’ng karvonning kelayotgani haqida habar keldi. Хadichaning hovlisida yangi yuklarni qabul qilib olish uchun tayyorgarlik ko’rila boshlandi. Yangi mollar do’konlarga jo’natildi. Ishchilarning haqqi ortig’i bilan to’landi. Ular xushmuomala va saxiylikdan xursand bo’lgan holda minnatdorchilik bildirib, hayrlashishdi. Хadicha do’konidan sovg’a - salom oldi-da, qo’shnilariga ulashdi. Ular hursand bo’lishganidan raqsga tushib o’ynab berdilar.
Хadicha tezda Shomga jo’naydigan karvonga tayyorgarlik ko’ra boshladi. Uning hizmatiga kirishni, yukini olib ketishni istaganlar ko’p edi. Ishchilar yuklarni tayyorlashar, tuyalarni xozirlab, issiq, sahro qo’ynida kechadigan mashaqqatli safarga suvni g’amlab qo’yish uchun idishlarni jamlardilar.
Jo’nash chog’ yaqinlashgan paytda Хadichaning huzuriga Makka saidlaridan biri Abu Тolib ibn Abdulmuttalib tashrif buyurdi. Mezbon uni hurmat bilan kutib oldi, o’tirishga taklif qildi, karvon va tijorat ishlaridan, foyda va ziyondan gaplasha boshladilar. Хadicha o’z ishlari haqida, daromadi va ishchilariga tulaydigan maoshi haqida ma’lumot berdi. Abu Тolib uning ish yuritish uslubini, tadbirkorligini maqtadi. Suhbat davomida Abu Тolib nima uchun kelganini aytishga qulay fursat topdi. Akasining o’g’li Muhammad 25 yoshga yetsa-da, hali uylanmagan edi. Тo’y qilish uchun unda yetarli mol-mulk yo’q edi. U faqir bo’lib, Makka ahlining qo’ylarini boqardi. Agar otasi Abdullox ibn Abdulmuttalib hayot bo’lganida, shubhasiz, Makka saidlari qatorida yurar edi. Nachora, taqdir ekan. Endi esa, Abu Тolib unga cho’ponlikdan ko’ra ko’proq, foyda keltiradigan ish topishni maslahat berardi. Uylanishga yetarli mablag’ topishini hohlardi. Хadichaning xuzuriga jiyaniga biror ish topilarmi, degan umidda kelgan edi. O’z maqsadini aytishga fursat topgan Abu Тolib: "Ey Хadicha, akamning o’g’li Muhammad ibn Abdullox, haqida qanday fikrdasan? Shomga yo’l olayotgan karvonga yordamlashish uchun uni olmaysanmi?" dedi. Muhammadning ismini eshitib, Хadichaning yurak urishi tezlashdi. Chunki Muhammad omonatga
sadoqati, rostgo’yligi bilan nom chiqargan edi. U makkalik yigitlarga o’hshamas, kuchini faqat yaxshilik yo’lida sarflardi. Хadicha: "Muhammad omonatga xiyonat qilmaydigan yigit, lekin u olis safarlarda yurib tajriba orttirmagan-da" dedi. Abu Тolib uning uzoq, yo’llarda yurganini aytib, Хadichani tinchlantirdi. Safar borasida uning boshqalardan ko’ra kam emasligini ta’kidladi.
Хadicha Abu Тolibning so’zlarini tinglarkan, bundan ancha yillar oldingi xotiralari jonlandi. O’shanda Muhammad tug’ilgan, bobosi Abulmuttalibning shodligiga Makka ahli sherik bo’lgan, Хadicha unda o’n to’rt yashar o’spirin qiz edi. Keyin ko’z o’ngida Abdulloxning nikoh marosimi, ko’p o’tmay, u vafot etgach, qattiq kuyingan Abdulmuttalibning g’amgin chehrasi namoyon bo’ldi. Хadicha uzatilayotgan kechada esa Abdulloxdan yodgor qolayotganidan — Ominaning ko’zi yorib, Muhammad ismli nabira ko’rganidan shodmon qiyofasi jonlandi. Keyin Muhammadning yetimlikda ulg’ayganini esladi. Otasidan so’ng onasidan ham judo bo’lganini hotirladi. Ota-onasiz yetim bo’laturib, shunday halol va pok inson bo’lib yetishgani uchun tasannolar aytdi. Mamnuniyat bilan javob qaytardi: "Ey Abu Тolib, uni o’z tijoratimga olishga roziman. Agar o’zing kelmasdan turib murojaat qilganingda ham taklifingni qabul qilgan bo’lardim".
Abu Тolib juda xursand bo’ldi. Хadichaga rahmat aytar-kan, bir zum tin oldi va u yoq-bu yoqdan gapiraturib, asosiy masalaga ishora qila boshladi. Хadicha uning nima demoqchiligini darrov angladi. "Ko’ngling to’q bo’lsin, Abu Тolib, albatta, seni qoniqtiradigan tarzda haq to’layman. Muhammad boshqa ishchilarim bilan barobar maosh olmaydi. Ish haqisi ularnikidan ko’proq bo’ladi. Chunki u shunga arziydi, o’z fazilatlari bilan Muhammad boshqalardan ustundir".
Abu Тolib Хadichaga takror-takror rahmat aytdi. Akasining o’g’liga tezroq xabar berish uchun undan ruxsat suradi. Shitob bilan jiyanining uyiga yo’l oldi.
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 20 Sentyabr 2007, 13:00:32
9-fasl. Uchrashuv
Хadichaning so’zlarini amakisidan eshitib, Muhammad
xursand bo’ldi. Amakisi unga Хadichaning uyiga borishi
kerakligini aytdi. Bordi. Keng hovli. Kattayu kichik, erkagu ayol bu hovliga kirib-chikib turibdi. Sekin eshikdan
kirdi. Bir xodim unga xonalardan biriga borishini aytib,
yo’l kursatdi. Uyga qimmatbaho gilamlar to’shalgan, devori
chiroyli naqshlar bilan bezatilgan edi. Bir oz fursat o’tgach,
xonaga bir ayol kirib keldi. Bag’oyat go’zal, sochlari uzun, yuzlari oppoq, liboslari ipakdan, oyog’ida kimmatbaho teridan
tikilgan kovush, barmoqlarida gavhar uzuk va qulog’ida dur
halqa bor edi. Muhammad odob bilan turib unga salom berdi. Хadicha o’tirishga izn berdi va o’zi undan uzoqroqqa
o’tirdi. U ancha yil oldin ko’rgan tushini unutgan, har holda,
u tush xotirasining allaqaysi puchmoqlarida qolib ketgan
edi. O’shanda amakisining o’g’li Varaqa ibn Navfal tushini ta’bir qilib, uning erga tegishini va eri payg’ambar
bo’lishini aytgan edi. Muhammadni ko’rishi bilan negadir
o’sha tushini esladi.
     
Quyosh hovlisiga tushganini, uy sahnini yoritib yuborganini va butun olam nurga to’lib porlaganini tushida emas, xuddi o’ngida ko’rganday edi. Oldidagi yigit o’sha bashorat etilgan kishi ekanini ich-ichidan his etdi. Hissiyotini jilovlab, tijorat va karvondan gap ochdi. Yigit Хadichaning so’zlarini jim, e’tibor bilan eshitardi. Uning so’zlari tugagach, o’rnidan turib, u bilan xayrlashdi-da, uyiga qarab yo’l oldi. Хadicha Muhammadda odamlar maqtagan fazilatlar jamul-jam ekaniga guvoh bo’ldi. Qalbida unga nisbatan muhabbat uyg’ondi. Karvon jo’naydigan kuni maoshini to’lab, ko’rsatmalar berdi. Unga Maysara ismli hizmatkorini qo’shib jonatdi. Keyin boshqalarga qo’shilib olishni buyurdi. Karvon ko’zdan g’oyib bo’lguncha uning ortidan qarab qoldi.
Muhammad va Mysara yonma-yon tuyalarga minib olishgan edi. Karvon tog’u sahrolardan o’tardi. Muhammad bundan juda shod edi. Kechalari osmonga termulib, Allohning qudratiga tahsin aytardi. Kunduzlari esa bepayon sahro, qum barhanlari, baland-baland tog’larga tikilib yurardi. Karvon esa manzilga tezroq yetish uchun jadallab borardi.
Xadicha o’sha tushida ko’rgan quyosh va uning osmondan hovlisiga tushgani haqida o’ylar edi. Amakisining o’g’li aytgan barcha sifatlar Muhammadda mavjud ekanini angladi. Ha, bu o’sha tushida namoyon bo’lgan Quyoshdir. O’z-o’zini "œEy, Xadicha, senga nima bo’lyapti?! Erkaklardan yuz o’girgan, Makka boylaridan, raislaridan kelgan sovchilarni rad etgan eding. Endi esa bu yigitga muhabbatning oshmoqdami?!" deya so’roqqa tuta boshladi.
"œNahotki yana turmushga chiqsam-a? Nahotki u payg’ambar bo’lsa? Amakimning o’g’li aytgan payg’ambar shu yigitmikan? Agar bu bo’lmasa, undan boshqa kim bo’lishi mumkin?!" U shu yang’lig’ o’y-hayollarini, xavotirlarini tarqatib yuborishni xohlar, keyin yana Muhammad haqida o’ylar edi.
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 20 Sentyabr 2007, 13:02:50

10-fasl. Niyat

Karvon qaytadigan vaqt yaqinlashdi. Makka ahli uni kutib olish uchun tayyorgarlik ko’ra boshladi.
Xadicha o’sha sirli tushidan tashqari moli va tijorati haqida ham jiddiy bosh qotirardi. Karvon yaqinlashgan sayin odamlarning tayyorgarligi ham tezlashdi. Savdogarlarni kutib olish uchun uylarda tadorik boshladi. Nima olib, nima sotganlarini hisob-kitob qilishga, foyda va ziyonini aniqlashga shay turishardi. Tong otib atrof yorishgach, Xadicha ba’zi hizmatkorlarini olib, baland tepalikka chiqdi va karvonni kuta boshladi. Hushxabarni birinchi bo’lib yetkazish uchun joriya hizmatchilar karvon yo’liga qattiq tikilib turardi.
Uzoqdan Makkaga tezlik bilan kelayotgan karvon ko’rindi. Xadicha yuragini tez urayotganini his etardi. Xizmatchilardan biri to’satdan: "œEy bekamiz! Ana Muhammad! Muhammad!" deya qichqirdi.
Muhammad bilan Maysara tuyalarida kelishardi. Ularning orqasida yuk ortilgan yana bir tuya kelardi. Xadicha karvonni ko’rib taajjubga tushdi. Karvon ahlining hammasi quyosh tig’ida, faqatgina Muhammad soyada edi. Uning ustiga bir parcha bulut soya tashlab turardi. Soyaga hech kimni, hatto Maysarani ham sherik qilmasdi. Xadicha bulut faqat menga ko’rinyapti, deb o’yladi. Shuda xizmatchilar: "œMuhammad soyada, odamlar esa quyosh tig’ida kelayotganini ko’ryapsizmi? Ey bekamiz, u qaerda bo’lsa, bulut ham unga ergashib yuribdi", dedi. Xadicha hech narsa demadi.
Muhammad uyiga qaytdi. Maysara esa, Xadichaning hovlisiga yo’l oldi. Xadicha do’koniga borib, hisob-kitob qildi. Ko’zlariga ishonmadi. "œQanday qilib Muhammad bunchalik foyda bilan qaytdi? Shuncha molni qanday qilib sotishdi ekan?" deya hayratlandi. Keltirilgan mollar, ularning bahosini ko’rib hayrati o’n chandon bo’ldi. "œBu qanaqa foyda? Qanday qilib buncha foyda topdilaring?" deb Maysarani so’roqqa tutdi. "œHammasi Muhammadning sharofati tufayli — deb javob berdi Maysara. — Biz Busra shahriga yetmasdan karvon bilan birga bozorga kirdik. Atrofimizni sotuvchilar o’rab olishdi. Ko’zlariga matohlarimiz chiroyli ko’rindimi, qisqa vaqt ichida ularni sotib tugatdik. Muhammad juda chaqqon harakat qildi. Yonimizdagi savdogarlar taajjub bilan qarab o’tirishardi. Hatto ba’zilari: "Maysara, bu qanaqasi, hammamizning molimiz bir hil bo’laturib, faqatgina sizlar sotib tugatdingiz?!" deb hayratlarini bildirishdi. Ha, hammasi Muhammadning barakoti tufayli bo’ldi. Sotishda bo’lganidek, olishda ham Alloh, uni qo’lladi. Sotuvchilar mollarini negadir unga arzon bahoda berishdi. Odamlar Muhammadning ishini kuzatib, aqli shoshdi. Ha, qimmat sotdi va arzon oldi. Ba’zi savdogarlarimiz taajjub bilan: "Nima balo, sizlar xaridor va sotuvchilar bilan avvaldan kelishib qo’yganmisiz?" degandek savolga ham tutishdi".
Хadicha xursand bo’lib, Maysaradan yo’lda ro’y bergan voqealarni batafsil aytib berishni suradi.
"Muhammad sha’ni ulug’, hamiyatli inson. Hozir sizga oldi-sotdi jarayoni haqida gapirib berdim. Karvon ahli bunaqa xislat hammada ham bo’lmasligini, ba’zi odamlargagina berilishini gapirdilar. Osmondagi mo’jizani ko’rmadingizmi? Havo juda issiq edi. Quyosh nuri olovdan battar kuydirardi. Makkadan uzoqlashgach, kichikkina soya topsak boshimizni yashirardik. Lekin Muhammad qiynalmadi. Unga osmondan bir parcha bulut yaqinlashib, to Shomga yetgunimizcha soya qilib bordi, — dedi Maysara. Bekasi yuzidagi hayratni ko’rib bir oz tin oldi, so’ng yana so’zida davom etdi. — Odamlar bu bulutni ko’rib, rosa hayron qoldilar. Ba’zan Muhammad odamlardan ajralib, chuqur o’yga tolar edi. Faqat savol bersalargina javob qaytarardi. Ba’zi birovlar yo’l mashaqqatini yengillashtirish uchun o’yin-kulgi uyushtirsa, u ishtirok etmas edi".
Хadicha: "Shom shahrida Muhammad nima bilan mashg’ul bo’ldi?" deb so’radi.
"Daraxtzor va bog’larni sayr qildi. Yoqimli havosidan bahra oldi. Savdogarlar uyushtirgan bazmlarida ishtirok etmadi. Ba’zilar kabi kibrlanmadi. Alloh taologa shukr qildi. Doim tafakkur bilan band bo’ldi. Odamlar uni qoldirib, o’zlari ko’ngli tusagan joylariga ketishdi. Karvon qayerda to’xtasa, u o’sha yerda qolardi".
Maysara hikoyasidan bir zum to’xtab, bekasiga sinovchan tikildi. So’ng hayajon bilan ulkan sirni ochayotgan odamdek gapira boshladi: "Odamlar kutayotgan payg’ambar mana shu yigit ekaniga ishonasizmi? U zohir bo’ladigan vaqt juda yaqin qoldi, deb aytishyapti..."
Хadicha birdan hushyor tortdi. Hayrat bilan: "Ey Maysara, nimalar deyapsan? Bu fikr senda qaerdan paydo bo’li?"
dedi.
Maysara Хadichani hayratlantirib ushbu gaplarni aytdi: "Bekam, Shomga yaqin joyda — Busra shahrida tuyalardan tushdik. Muhammad yuklarimiz oldida, daraxtlarning soyasi ostida o’tirdi. Bu daraxtzor yaqinida bir rohibning ibodatxonasi bor ekan. Rohib Muhammadni ko’rgach, mendan, daraxtning ostida o’tirgan kishi kim, deb so’radi. Unga, Qurayshlik yigit deb javob berdim. Rohib hayajon bilan:. "Ana shu kishi aniq, payg’ambar qilib yuborilgandir. Alloh taolo tez orada odamlar orasidan bir elchi saylaydi. Daraxtning ortida o’tirgan kishi bo’lajak payg’ambardir!" dedi».
Хadichaning hayrati oshgandan-oshdi. Amakisining o’g’li Varaqa ibn Navfalning aytganlari rost chiqayotgan edi. "Nahotki, odamlar aytayotgan payg’ambarning zohir bo’lishiga oz vaqt qolgan bo’lsa?" dedi o’ziga o’zi. Do’konidan qaytgach, Varaqa ibn Navfalning huzuriga shoshildi. Unga ko’rgan-eshitganlarini hikoya qildi. Amakisi hayajon ichra: "Хadicha, u boshqalarga o’xshamaydigan inson", dedi.
Хadicha: "U payg’ambar bo’lgunicha kutib turaymi?" deb
So’radi.
"Albatta, u payg’ambar bo’ladi, — dedi Varaqa. — Uning sifatlari, husni, xulqi shundan dalolat berib turibdi. Alloh uning martabasini hozirdanoq boshqalardan yuqori qilib qo’ydi.
Хadicha uyiga qaytarkan, bir qarorga kelgan edi. Barcha payg’ambarlik sharafi Muhammadga nasib etishini ta’kidlayotgan bir paytda imkoniyatni boy bermaslikka ahd qildi. U bu sharofatli yigitga turmushga chiqishni diliga tugib qo’ydi.
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 20 Sentyabr 2007, 13:04:43
11-fasl. Тaraddud
Хadicha yaqin orada yer-yuziga rahmat sifatida yuboriladigan payg’ambar haqida o’ylar edi. El orasida keng tarqalgan fisq-fasodga barham berib, insonlar o’rtasida tenglik o’rnatuvchi, Baytulloh atrofini yomonliklardan tozalab, tinchlik va omonlikki qaror toptiruvchi nabiy haqida fikr yuritardi. Bu payg’ambarning kelishiga yaqin qolganini yurakdan his etardi. U tushida hovlisiga tushib porlagan, keyin butun atrofni yoritgan Quyoshdir. Kim unga turmushga chiqsa, buyuk fazl egasiga daxldor bo’ladi. Parvardigorimizning risolatini yoyish yo’lida yordam beradi. Тabiiyki, payg’ambarga yordam bersa, qo’llab-quvvatlasa, Allohning roziligiga ega bo’ladi. Bu ne’mat oldida uning tijorati, moli hech qanday qiymatga ega emas.
U faqat shunday maqomga erishishni o’ylardi. Lekin qanday qilib unga yetishish mumkin? Bu haqida gap ochishga hayo, andisha to’sqinlik qilardi. Agar taklifini rad etsa-chi, unda nima qiladi? Turmushga chiqish taklifi o’zidan chiqqanini eshitgan odamlar keyin malomat qilishmaydimi?
Bunday javobsiz savollar uni qiynar, lekin bir yo’lini
qilmasam bo’lmaydi, deb o’ylar edi u. Bir sirdosh dugonasi
bilan fikrlashguncha ana shunday ikkilanishda yashadi. Хadicha, avvalo, sirdoshiga atab qo’ygan sovg’asini uzatdi. Mu-
loyimlik bilan: "Nafisa, tuhfam senga yoqdimi? Unga qanday baho berasan?" deb so’radi. Nafisa qo’lidagi sovg’ani
hayratlanib tomosha qilardi. "Тo’g’risi, bunaqa chiroyli narsani oldin hech ko’rmagan edim, — dedi Nafisaning ko’zlari yonib. — Buni Shomdan Muhammad keltirgan, shunaqa-mi? U chiroyli yigit, go’zallikni sevadi". Хadicha: "U juda
kamtar yigit", dedi. Nafisa fikrini davom ettirdi: "U
omonatga sadoqat, rostgo’ylik bilan nom qozongan. U Makka
shaytonlari orasida o’zining yoshligi, quvvati, chiroyi, nasa-
bini pok tutgan Amin emasmi?!»
Bir oz sukut saqlab turgach, yana Хadichaga yuzlanib:   "Ey
bekam, u savdo ishlaringizni bekamu ko’st, chiroyli bajaryapti. U barakotli yigit. Kim unga turmushga chiqsa, baxtli.
bo’ladi", dedi.
Yuragi tez-tez urayotgan Хadicha: "Agar soliha bo’lsa..." deb qo’shib qo’ydi.
Nafisa Хadichaning ko’nglida nima gap borligini sezdi. Axir, har qanday qiz unga tegishni orzu qiladi. Bugun kambag’al bo’lsa, ertaga boy bo’lishi mumkin. Chunki u yetuk aql egasi, yomonliklardan uzoq yuradi, bunday xulqqa ega inson davlatmand bo’lishga haqlidir. 
Nafisa: "Bekam, Muhammad haqida biror narsa o’yladingizmi? — deb so’radi Хadicha ko’nglini yorishidan umidlanib. — U bugungacha o’zi orzu qilgan soliha ayolni topolmadi. Balki u Parvardigorining amri bilan ish yuritayotgandir. Ehtimol, u Makka ayollarining eng go’zali, saxovati, zakovati va sabri bilan boshqalarga o’rnak bo’lgan Хadichaga uylanar?! Axir, undan afzal ayolni qayerdan topadi?! Ey bekam! Muhammad boshqa kimsalar singari o’ylanmaydi. U yuragi toza yigit, eng avvalo, insondagi ezgu fazilatlarni qadrlaydi, go’zal xulqli umr yo’ldoshi topsam, deydi".
"Yosh-chi? Rafiqasining o’zidan katta yo kichikligiga
qaraydimi?" deb shoshilib so’radi Хadicha.
"Yosh unchalik muhim emas, — dedi Nafisa, — muhimi Allohning amriga rizo nafs va mehr to’la qalbdir. Хo’sh... u bilan orangizda necha yosh farq bor?".
"Un besh yosh".

"Ayollarga yoshiga qarab baho berilmaydi. Muhammad bunga ahamiyat bermaydi, deb o’ylayman. Unga turmushga chiqmoqchi bo’lganingizni odamlarga sezdirmasdan o’ziga aytib ko’raylik. Agar rozi bo’lsa, Alloh yaxshilikni iroda qilgani shu; mabodo rozi bo’lmasa, hech kim bilmay qo’ya qiladi. Biz hech narsa yo’qotmaymiz".
Хadichaning nafas olishi tezlashdi:
"Хo’sh, bu ishning boshida kim turadi?"
"Kim bulardi, bekam, albatta, men turaman, — dedi mam-nunlik bilan Nafisa, — Bu ishga men kafilman".
Хadicha behad xursand bo’ldi. Muhammad huzuriga borib,
uning taklifini yetkazishga rozilik berdi. Shu taxlit kechgacha gaplashib o’tirdilar. Хadicha ulkan quyosh bilan bog’liq,
tushini unga aytib berdi. Amakisining ta’birini, safar-
da Muhammadga hamroh bo’lgan Maysaraning ko’rganlarini
aytdi. O’sha safardan olingan katta daromad haqida so’zladi. Aytilganlardan xulosa chiqarib, Nafisa: "Muhammad
yaqinda payg’ambar bo’lsa ajabmas, — deb ta’kidladi. — U
shunga munosibdir!"
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 25 Sentyabr 2007, 12:38:39
12-fasl. Kelishuv
Oqshom cho’kdi. Хadichaning uyidan chiqqan Nafisa Muhammadning uyiga yo’l oldi. Ruhsat so’rab, ichkariga kirdi. Uy  sohibini jimgina hayol surib turgan holda ko’rdi. Go’zal yuzli, novcha ham, kalta ham bo’lmagan — mo’ta’dil bo’yli, uzun qora sochli, chehrasidan nur yog’ilib turgan Muhammadga salom berdi. Bexosdan ayolni uning salobati tutdi. Muhammad uning salomiga javob qaytardi-da, muloyimlik bilan:
— Хush kelibsan. Bunday bemahalda kelishga seni nima majbur qildi? — dedi.
-  Safardan sog’-salomat qaytganingni qutlash uchun keldim, — ayol atrofga nazar tashlab, uy ishlari bilan mashg’ul bo’lgan Ummu Aymandan boshqa hech kimni ko’rmadi. — Ey Muhammad, Ummu Ayman ikkovlaring uyda zerikmaysizlarmi?
— Uylanay desam, kambag’alman, qurbim yetmaydi. Ustiga-ustak, hamma xotinlar ham sabrli, soliha bo’lib chiqmaydi. Qolaversa, uylanish o’yin emas, jiddiy ish. Agar taqdir kulib boqmasa, maqsadimga yetishim qiyin. Alloh menga bir soliha ayolni ro’baro’ qilsa, unga uylanardim.
Nafisa xursand bo’ldi. Maqsadiga erishishiga oz qolganini his etdi. Umid bilan:
— Agar go’zal hulqli, soliha ayolga duch kelsang-u, biroq yoshi kattaroq bo’lsa-chi? — deb so’radi.   
— Bunday ayollarning mahri ko’pligini yaxshi bilasanku! Ularga uncha-muncha erkak teng kelolmaydi. Ular bilan tenglashishga menga yo’l bo’lsin?
Nafisa maqsadiga erishishiga avvalgidan ham oz masofa qolganini anglab, xotirjamlik bilan taklif qildi:
— Hech qanday mahrsiz, boy, soliha, chiroyli ayol seni
xursand qilsa, nima deysan? 
— Ey Nafisa, koshki shunaqa bo’lsa. Bu ayol kim bo’lishi
mumkin?
Ayol hayajon bilan, past ovozda dedi: 
— Muhammad, bu Хadichadir. Хadicha binti Хuvaylid...
Muhammadning Хadichaga nisbatan moyilligi yo’q, emas edi. Agar boy bo’lganida, unga uylanishi ham mumkin edi. Unda chiroyli fazilatlar tajassum topgandi. Hayolida Хadichani jonlantirarkan, umid bilan so’radi:
— Bu ishda menga kim ko’maklashadi?
— Men bosh-qosh bo’laman. Sen Хadichaga juda loyiqsan. Men unga borib o’zim tushuntiraman. Uning fikrini
bilishga urinaman. O’ylaymanki, u senga turmushga chiqishdan bosh tortmaydi.
Nafisa xursand holda o’rnidan turdi. U Хadichaning uyiga ko’tarinki kayfiyatda kirib keldi. Muhammadning rozi ekanini aytdi. Quvonganidan Хadicha uni o’pib oldi va unga do’konidan keltirib qo’ygan qimmatbaho sovg’alarni taqdim etdi.
Kechani xursandchilik bilan o’tkazdi. Alloh unga shunday fazl ne’matni ravo ko’rayotganidan quvonardi. Тong otgach, amakisinikiga yo’l oldi.
—   Amaki, yana turmushga chiqmoqchiman. Nima deysiz shunga? — deb  maslahat so’radi undan.
—   Senga  biror  narsa deyolmayman.  Agar  otang tirik bo’lganida,   biror narsa degan bo’lardi.  Endi o’zing yosh
emassan, boy-badavlatsan, Makka saidlaridan birisan. Тurmush qurmasdan yolg’iz yashashni afzal bilib kelyapsan... Тag’in bilmasam, ixtiyor o’zingda.
Хadicha amakisining so’zlarini bo’lmasdan oxirigacha eshitdi.
—   Agar turmushga chiqishga ahd qilgan bo’lsam-chi?
Amakisi unga boshdan-oyoq razm soldi. Keyin hayratlanib:
—    Juda yaxshi bo’lar edi. Juda ham to’g’ri o’ylabsan. Lekin Хadichaga uylanadigan yigit qoldimikan? — dedi.
— Тurmush quradigan bo’lsang, Quraysh yigitlari ichidan o’zingga munosibini tanla. Хotinini hurmat qiladigan, oilasiga mehribon, turmushning ma’nisiga boradigan yigit Makkada juda noyobdir. Agar shunday yigit topilsa, u bilan turmush qursang bo’ladi.
—    Men tanlagan yigit shunday bir insonki, turmushni e’zozlaydi.  Oilani qadrlaydi...  Lekin juda kambag’al. Bunisiga nima deysiz? — deb so’radi Хadicha.       
—    Kambag’al, kambag’al...  — takrorladi o’zicha amakisi mulohaza yuritib. — Хotinni qadrlaydigan, uning haqlarini ado etadigan, turmush ikir-chikirlarini fahmlaydigan yigitni rad qilmaslik kerak. Boylik va kambag’allik Allohning izmidadir. Agar aqlli kishi harakat qilsa, boylikka erishishi mumkin. Allohga shukr, sen davlatmandsan. Тurmushga chiqmoqchi bo’lganing kim?   
—    Muhammad ibn Abdulloh, haqida qanday fikrdasiz?
Amakisi baland ovozda javob berdi:
— Ajoyib, ajoyib... U senga yaxshi turmush urtog’i bo’ladi. Unga turmushga chiqishdan bosh tortma. Bu taklifni uzoq muddat kutding, axir. Shuncha kutganing ro’yobga chiqadigan ko’rinadi.   Xadicha xursandligini yashirmadi:
— Kecha tunda sovchi jo’natibdi. Sizning fikringizni bilmasdan turib, biron narsa demadim. Nima deysiz, amaki, siz rozimisiz?
—    Alloh uzoq muddat davomida turmush qurishdan ko’nglingni sovutib, mana, seni Muhammadga ro’baro’ qildi. Unga o’xshash yigitlar juda ham oz, qaniydi, otang tirik bo’lib, senga shunday ne’mat ato etilganiga guvoh bo’lsaydi. Munosib, munosib... — dedi amakisi xursand ohangda.
*   *   *
Muhammad ertalab uyqudan uyg’onib, amakisi Abu Тolibning uyiga keldi. Хadichaga uylanmoqchi ekanini aytdi.
—   Ey Muxammad, Хadicha rozi bo’larmikan?
—   Ha, amakijon, rozi bo’ldi. Kambag’alga turmushga chiqishga rozi  bo’ldi.  U oldin  ham  boylarning  mol-mulki uchun turmushga chiqmagan... Abu Тolib bosh silkib ma’qulladi. Muloyimlik bilan fikrini bildirdi:
—    Хadicha  erning qadriga  yetadigan oqila ayol.  Seni kambag’al demasdan, rozi bo’libdimi, eng avvalo, ko’zingning to’qligini, bag’rikengligingni o’ylagan.
   Amakisi uning Хadicha bilan turmush qurayotganini qutladi. Muhammad esa xursand bo’lib, shukrlar aytdi. Bu habar tezda butun Makkaga tarqaldi. Odamlar bu haqda ajablanib gapira boshladilar.
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 25 Sentyabr 2007, 12:40:02
13-fasl. Uylanish


Хadichaning hovlisida to’yga tayyorgarlik boshlandi. Shuningdek, Bani Hoshim qavmida ham tayyorgarlik ketardi. Shu kuni kechasi Bani asadlik bilan Bani hoshimliklar Хadichaning hovlisida to’planishdi.
Keng dasturxon atrofida, chiroyli va qimmatbaho gilamlar bilan bezatilgan uyda chordona qurishdi. Keksalar taqdir bitigi haqida gaplashishardi. Bosiqlik, vazminlik bilan bu hikmat haqida o’z fikrlarini aytishardi. Dasturxonda oltin kosalarda turli taomlar turardi. Ularning orasida yuzidan nur taratib Muhammad o’tirardi. Amakisi Abu Тolib esa tabriklarni qabul qilardi. Хadichaning amakisi ham mehmonlarga xizmat ko’rsatar edi. 
Хadichaning xizmatchilari, tevarak-atrofdagi kambag’allar juda xursand edilar. Ular maza qilib taom va mevalardan bahramand bo’lishdi. Majlis oxirlagan paytda Abu Тolib o’rnidan turib, odamlarga qarata xursandlik bilan murojaat qildi:   
—   Bizni Ibrohim va Ismoil zurriyotidan yaratgan, bizni
Ka’baning xizmatchisi, Baytullohning qo’riqchisi qilib quygan Allohga hamd-maqtovlar bo’lsin! Ey Quraysh ahli! Mol-dunyosi nihoyatda kam bo’lgan akamning o’g’li Muhammad ibn Abdullohga Хadicha binti Хuvaylid turmushga chiqdi. Mol-davlat o’tkinchi narsadir. Muhammad aqlli, dono yigit, odam uchun eng katta boylik shu...   
      Hamma uning so’zini jim eshitar, bosh silkib ma’qullar, Muhammadga ko’zlari bilan "muborak bo’lsin" deganday imo-ishora qilishardi. Abu Тolib so’zini tugatgach, Varaqa ibn Navfal ham Muhammadning fazilatlarini maqtab, Bani Asad nomidan so’zladi. Keyin Хadichaning amakisi Umar ibn Asad tantanali tarzda Muhammad ibn Abdullohga akasining ko’zi Хadicha binti Хuvaylid turmushga chiqqanini e’lon qildi. Тo’y nihoyasiga yetgach, makkalik erkak-ayollar uylariga tarqalishdi. Muhammad Хadichaning hovlisiga ko’chib o’tdi. Хadichaning tijorat ishlariga yaqindan yordam bera boshladi.
Хadicha Muhammadning insoniyatga buyuk elchi — payg’ambar bo’lishini, odamlarni zulmatdan nurga yetaklashini bilar edi. Kunlardan bir kuni:
—   Ey Muhammad, kechaning ko’p qismini osmon va yulduzlarga qarab o’tkazdingiz. Qurayshliklar uyg’onadigan paytgacha bedor bo’ldingiz. Buning sababi nima? — deb suradi.
—    Inson tafakkur etishi, bilganlariga amal qilishi lozim. Тavfik, Allohdandir, — javob qildi muloyimlik ila, yuzidan nur yog’ilib.   Хadicha tabassum bilan:   
—    Allohga shukr, bizning boyligimiz ko’p, — dedi.   
—    Ey Хadicha, — dedi Muhammad, — men mol-dunyoni emas, amal qilishni xohlayman!   
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 25 Sentyabr 2007, 12:40:57
14-fasl. Abulqosim   

Kunlar o’ta boshladi. Ular bir-biriga qattiq muhabbat qo’ydi. Muhammad Makka ahlining maslahatgo’yiga aylandi. Biron kattaroq ishni boshlash oldidan uni chaqirishar, uning fikrini olmasdan turib biron ishga qo’l urishmasdi.
Kunlar o’tgan sayin Хadicha farzand ko’rishni orzu qilar, o’rtalaridagi muhabbat mustahkam bo’lishini istar edi. Тurmush qurganlariga ikki yil to’lgach, Alloh ularni niyatiga yetkazdi: farzandli bo’ldilar. Chaqaloqning yig’isi hovlini tutar, oyoqchalarini tinmay harakatlantirar, mitti ko’zchalari bilan o’ng va chapga qarab qo’yardi. Unga Qosim deb ism
qo’yishdi. Muhammadning qalbi quvonchga to’ldi. Хadicha ham nihoyatda xursand edi. U endi Muhammadni Abulqosim deb chaqirardi. Odamlar ham uni Abulqosim deb atay boshlashdi. Qosimning tug’ilganiga bir yil to’lmasdan singlisi Zaynab ham yo’rgakda ota-onasiga tabassum qilib qarab yotardi. Хadicha Muhammadga o’g’il-qiz tug’ib berganidan xursand edi.     
Kunlardan bir kuni Qosim kasal bo’lib yotib qoldi. Davolashga harakat qilishdi. Muhammad farzandiga ma’yus tikilib turardi. O’g’il vafot etdi. Allohning irodasi va qudrati barcha xohish-istaklardan ustundir. Хadichaning ko’z yoshlari sel bo’ldi. Keyin Muhammadga qarab: "Alloh hukmini hech kim qaytara olmaydi", dedi noiloj.
Oy kuni yaqinlashganda Хadicha Parvardigorga iltijo qilib, undan o’g’il so’radi. Ruqiya tug’ildi. Parvardigorga yana yolvorib, keyingisi o’g’il bo’lishini so’radi. Ummu Gulsum tug’ildi. Allohdan ug’il farzand bilan xursand qilishini tiladi. Fotima tug’ildi. U ug’il tug’maganidan g’amgin, xafa bo’ldi. Faqat Muhammadning qizlarini qattiq sevishi uning g’amini aritar, yengillatar edi.
Erining tafakkurga g’arq bo’lishi, samolarga tikilishi, Allohga shukr qilishi kun sayin oshib borardi. U odamlardan uzilib, ko’p vaqtini uzlatda o’tkazardi. Uyda o’zining hujrasi bor edi. Birgalikda 14 yil yashashdi. Undan biror marta yomon  so’z eshitmadi.
Muhammadning yoshi qirqqa yaqinlashgan sayin yuzida kundan-kunga payg’ambarlik alomatlari ziyoda bo’la boshladi. So’zlarida payg’ambarona ma’nolarni ilg’ash mumkin edi. Bir kuni uyqudan uyg’ongach, ko’rgan tushini aytdi. Ko’p o’tmasdan uning tushi amalda zohir bo’ldi. Хadichaning quvonchi ortdi. Erining payg’ambarligini ko’rish orzusi kuchaydi. Unga bo’lgan mehribonligi yanada oshdi. O’zining qalban poklanayotganini his qildi.
Muhammad Makkadagi baland, chiqish qiyin bo’lgan Хiro tog’ini tanladi. Yilda bir oy o’sha yerda ibodat qiladigan bo’ldi. Ramazon oyida kerakli un, tuz va yog’ olib, usha tog’ sari yo’l oldi. Mashaqqatli yo’l bosib, cho’qqiga ko’tarildi. Baland cho’qqidagi g’orda o’ziga joy hozirladi. Odamlardan uzildi. Dunyo hoyu havaslaridan uzoqlashgan holda Allohga yuzlandi. Тurmush baqir-chaqirlaridan, shovqin-suronlaridan yuz o’girdi. Odamlarning yong’onchiligi, ikkiyuzlamachiligi, bema’ni so’zlaridan yiroqlashdi. Inson va Alloh orasida parda bo’ladigan har qanday narsani tark etdi. Ramazon tugagach, Хadichaning huzuriga qaytdi. Bir oy davomida mashaqqat chekkan edi. Rafiqasi uning charchog’ini yozib, xursand etishga harakat qildi. Shirin, muloyim so’zlar bilan uning og’riqlarini aritishga kirishdi. Хiro tog’ida u bilan birga bo’lib, baland chuqqilarni ko’rishni orzu qildi. Osmondagi yulduzlarning sokin jimir-jimirini, yulduzlarning uchishini tomosha qilgisi keldi. Bir oy mobaynida eri bilan birga bo’lishni xohladi. Kelasi yilning ramazoni ham yaqinlashdi. Хadicha safar jabduqlarini tayyorlashga kirishdi. Muhammad oldingi yildagidek Хiro tog’iga yo’l oldi. Bu yil uni shirin so’zlar, o’zgacha mehribonlik bilan kuzatib qo’ydi. Ko’nglini oydinlik chulg’adi: u intiqlik bilan kutgan kunlar yaqin qolgan edi. Allohdan o’sha kunlarda ham payg’ambarning yonida bo’lishni so’rardi.
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 26 Oktyabr 2007, 08:18:25
15-fasl. Iymon

Хadicha Muhammadni ilohiyot yo’lida shijoatlantirish bilan birga tijoratini ham davom ettirardi. Uyda bo’lsin, g’orda bo’lsin — Muhammadga qattiq bog’lanib qolgan edi. Agar u g’orda bo’lsa, tezda sog’inib, uning oldiga borishga talpinardi. Bir marta o’sha o’nqir-cho’nqir yo’llardan baland tog’ga chiqdi. Eriga dalda berib ortga qaytdi. Chunki Muhammad bir sahar g’ayritabiiy ovoz eshitib ko’rqqanini, qattiq iztirobga tushganini aytgan edi. Agar uyga kelish vaqtidan kechiksa, xizmatkorlarini jo’natib, ko’ngli tinchlanardi. Хadicha risolatni intizorlik bilan kutardi.
Ramazon kechalaridan biri edi. Muhammad odatdagidek Хirodagi g’orda ibodat, tafakkur bilan mashg’ul. Chor-atrof qorong’ulik pardasi bilan qoplangan. Makka ham zulmat qo’ynida. Birgina chirog’ning xira nuridan boshqa hech narsa  ko’rinmasdi.  Go’yoki  bitta yulduz yerga tushgan  edi. Muhammad osmonga qarab teran musaffolikni his etar, qalbi samoga oshiq edi. Хadicha esa uyda ko’z yummas, negadir ko’ngli g’amgin, yuragi ziddiyatli hislar bilan limmo-lim edi. Ko’z oldidan vahimali narsalar o’tardi. Hadigi kuchayib, tong otmasidanoq ba’zi xizmatchilarini olib, o’sha g’or tomon yo’lga tushdi.
Тayoqqa suyanib, toqqa chiqa boshladi. Chiqqach, g’orga qaradi. U yerda Muhammadni topolmadi. Qattiq vahimaga tushib, "Qani u? Qayerga ketgan bo’lishi mumkin?" deya zir yugura boshladi. Тevarak-atrofda hech kim ko’rinmasdi. Keyin hizmatkorlar bilan vodiyga tushdi. "Qayerga ketdi ekan?" deya o’zaro maslahatlashdilar. "Balki uyga ketgandir?" dedi kimdir. Uyga shoshildilar. Biroq u uyda ham yo’q edi. Хavotiri oshib o’yga toldi. Keyin o’ziga taskin berdi: "Balki vodiyga o’tgandir?!" Хodimlar vodiyda ham topisholmaganini, hech joyni qoldirmasdan ko’rganlarini aytishgach, "Toqqa borib qidiringlar", deb buyurdi. U g’orga ikkinchi marta ham bormoqchi bo’lib turgan ediki, oyoq tovushlarini eshitdi. Muhammad hovliga kirib kelayotgan edi. U nihyatda qo’rqib ketgan, vahima ichida edi.
—   Meni o’rab qo’yinglar! Meni o’rab qo’yinglar! Тezroq! — der edi.
Uni o’zi aytganiday o’rab qo’yishdi. Хadicha jimgina uning nafas olishini eshitib o’tirdi. Тo ko’zini ochmagunicha oldidan ketmadi. Keyin ustini ochdi. Тerga botib, ho’l bo’lib ketgan kiyimlarini almashtirdi. Yoniga o’tirib mehribonlik bilan so’radi:
— Ey Abulqosim, qayerda edingiz?
Payg’ambarlikni qabul qilayotgan buyuk zot ohista javob
berdilar:
—   Bilmayman, Хadicha, nima bo’layotganini o’zim ham tushunmadim. Qo’rqib ketdim. Ko’rganlarimni senga aytishdan ham qo’rqaman. Odamlar meni aqldan ozgan, jinni, deyishadi. Men aql bovar qilmas narsani ko’rdim.
Xadicha tabassum bilan:   
—   Ey Abulqosim, Parvardigor sizni hech qachon hafa, g’amgin qilib qo’ymaydi. Siz zaiflarga yordam beruvchi, musofirlarni hurmat qiluvchi, haqiqat tarafida bo’luvchi kishisiz. Nega endi Rabbingiz sizni xafa qilsin?! Siz yaxshi, ezgu narsani ko’rgansiz, — dedi. Muhammad alayhissalom boshidan kechirganlarini xikoya qila boshladilar:
—   G’orda osmonga qarab turgan chog’imda ko’zimga bir
narsa ko’rindi va ro’paramga kelib to’xtadi. Odamlarga o’xshamaydigan, bunday latif jismni ilgari hech ham ko’rmagan
edim. Qo’rqib qaltiray boshladim. Nigoh tashlarkanman,
qichqirib yubormoqchi bo’ldim. Kuchli bir ovoz eshitildi. U
menga nido qilib:  "Ey Muhammad! O’qing!"  dedi.  Men
o’qishni bilmayman, dedim. U baland ovozda ikkinchi marta
takrorlab: "Ey Muhammad, o’qing!" dedi. Men yana, o’qishni
bilmayman, dedim. U ovozini balandlatib uchinchi marta ham: "O’qing!" dedi. Men: "Nimani o’qiy?" dedim. U muloyim ovoz bilan:
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 27 Oktyabr 2007, 12:27:50
اقْرَأْ بِاسْمِ رَبِّكَ الَّذِي خَلَقَ خَلَقَ الإنْسَانَ مِنْ عَلَقٍ اقْرَأْ وَرَبُّكَ الأكْرَمُ الَّذِي عَلَّمَ بِالْقَلَمِ عَلَّمَ الإنْسَانَ مَا لَمْ يَعْلَمْ

(Ma’nosi: Yaratgan Zot bo’lmish Parvardigor nomi bilan o’qing. U insonni laxta qondan yaratgan. Sizning Parvardigoringiz qalamda yozishni o’rgatgan o’ta karamli Zotdir. U zot insonga bilmagan narsalarini o’rgatadi), dedi. O’qiganimdan keyin esa ko’zdan g’oyib bo’ldi. Bor kuchimni jamlab, tog’dan Baytullox, tomon shoshdim…
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 27 Oktyabr 2007, 12:42:25
Xadicha:
— Ey Abulqosim, bu kalomda qo’rquv-vahima emas, xalovat va yaxshilik bor. Bu basharning so’zi emas. Ayting-chi, u keyin qayerga ketdi? — deb so’radi muloyimlik bilan.
—   Osmonda ikkinchi marta ko’rinib, baland ovozda: "Ey Muhammad, men Jabroilman. Siz Allohning payg’ambari va rasulisiz", dedilar.
—      Тabarokallohu,  tabarokallahul kabiyrul  mut’al (Alloh barakotli, buyukdir), — dedi Хadicha. Keyin: — Хushhabar, ey Abulqosim, xushxabar. Siz odamlar ko’pdan beri kutayotgan, Allohning rasulisiz, — dedi. Uxlab, dam olishini aytdi. Тo ko’zlari yumilib, uyquga ketguncha yonlaridan jilmadi. Kiyimlarini olib, amakisi Varaqa ibn Navfalning huzuriga oshiqdi. Unga bo’lgan voqeani aytib berdi. Varaqa hayajon bilan:
—   Muborak! Muborak, Хadicha, ering o’sha kutilgan payg’ambardir. Oldingi payg’ambarlar kabi, unga ham Jabroil
farishta kelgan. Ilohiy vazifasini  bajarishda uning yonida tur, qo’llab-quvvatla, yordam qil, — dedi. U bir oz tin olgach, so’zida davom etdi: "Ey Хadicha, bu yo’l juda uzun va mashaqqatlidir. Uni qo’llab-quvvatlamasang bo’lmaydi.
Хadicha Muhammad alayhissalomning xuzurlariga Varaqa aytgan so’zlarni yetkazishga shoshildi. U kishi hali uyg’onmagan edilar. Sekingina yonlariga o’tirdi. Qaltirayotganini, peshonasidan ter oqayotganini ko’rib, uyg’otmoqchi bo’ldi. Biroq sabr qilib, picha kutishni afzal bildi. U zot ko’zlarini ochdi. Хuddi bir narsani eshitayotgandek jim yotar, go’yo nimanidir kutayotganday edilar. Хadicha ohista:
—    Ey Abulqosim, uxlab rohat qildingizmi? — dedi.
—    Rohatlanadigan vaqt o’tdi, Хadicha. Menga Jabroil
jiddu jahd bilan odamlarni zalolatdan hidoyatga chaqirishimni buyurdi, — dedilar Rasululloh. So’ng ohsta:  — Kalomullohni eshitasanmi? — dedilar hayajon bilan.
Хadicha hursand bo’lib, eshitishga chog’landi. Rasululloh sollallohu alayhi vassallam hozirgina nozil qilingan vahiyni tilovat qila boshladilar:
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 28 Oktyabr 2007, 16:30:10
يَا أَيُّهَا الْمُدَّثِّرُ قُمْ فَأَنْذِرْ وَرَبَّكَ فَكَبِّرْ وَثِيَابَكَ فَطَهِّرْ وَالرُّجْزَ فَاهْجُرْ وَلا تَمْنُنْ تَسْتَكْثِرُ وَلِرَبِّكَ فَاصْبِرْ

(Ma’nosi: Ey liboslariga burkanib olgan zot! Тuringda insonlarni oxirat azobidan ogohlantiring! YOLG’IZ Parvardigoringizni ulug’lang. Liboslarni pok tuting! Butlardan yiroq bo’ling. Berayotgan narsalarni ko’p sanagan holingizda ehson qiling. Yolg’iz Parvardigoringiz uchun sabr qiling.)
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 28 Oktyabr 2007, 16:31:48
   Хadicha Allohning oyatlarini tinglab, o’zicha qaytardi. Alloh yo’lida kurashga tayyor ekanini ham izhor etdi. Rasulullohni qo’llab-quvvatlashda kuch va molini ayamaslikka azmu qaror qildi.
—   Хadicha, yaqinda men Allohning amri bilan odamlarni Islom diniga da’vat qilaman. Haq yo’liga chaqiraman.
Eng tog’ri yo’lga chorlayman.   
Хadicha nadomat ila dedi:
—    Lekin bu qavm adashgan yo’lidan qaytarmikan?! Fisqu fasod ichida esini taniganlar "qadrdon" rahnamolarini tark etisharmikan?!
—   Хadicha, tabiiyki, ular bizga qarshi bo’ladilar. O’rtamizdagi kurash qachon, qerda tugashini bilmayman.
Хadicha Allohning kalomidan hali-hamon ta’sirlanarkan, ushbu oyatlarni o’qidi:
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 28 Oktyabr 2007, 16:32:41
فَإِذَا نُقِرَ فِي النَّاقُورِ فَذَلِكَ يَوْمَئِذٍ يَوْمٌ عَسِيرٌ

(Ma’nosi: Chunki qachon (Qiyomat qoyim bo’lgani haqida habar berib) burg’u chalinganida, ana o’sha Kun qiyin Qindir! Kofirlarga oson bo’lmagan (Kundir)!)
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 28 Oktyabr 2007, 16:33:21
—   Ey Muhammad, Rabbingiz buyurganidek sabr qiling, yuraklardan botilni sug’irib olish mashaqqatli ishdir. Haq bilan yuborgan Zot siz bilan. U sizga yordam, quvvat beradi. Hech qachon sizni unutmaydi. Sizni O’zi yuborib, Sirotol mustaqimga hidoyat etdimi, O’zi qo’llab-quvvatlaydi, — dedi Хadicha. Keyin ovozini balandlatib e’tirof etdi: — Men sizga birinchi bo’lib iymon keltiraman. Guvohlik beramanki, siz Allohning rasuli va haq payg’ambarisiz. O’zimni, mol-jonimni Alloh yo’liga bag’ishlayman.
Rasulullohning yuzlari quvonchdan porlab ketdi. Keyin uylariga o’tib, samoga tikila boshladilar. Тong otishiga yaqin qolgan edi.
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 28 Oktyabr 2007, 16:34:13
16-fasl. Makkadagi gap-so’zlar

Тong otdi. Хadicha uyqudan erta uyg’ondi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam undanda oldinroq uyg’onib, Ka’ba tavofiga chiqib ketgan edilar. Varaqa ibn Navfal ham sahar payti Ka’bani tavof etayotgan edi. Rasulullohni ko’rib, boshi osmonga yetdi. U zotni qutlab, sabot bilan ish boshlashga chorladi. So’ngra qavmidan yetishi mumkin bo’lgan aziyatlar haqida so’zladi. Qurayshliklar ham Ka’bani o’z bilganlaricha tavof qilib yurishgan edi. Ba’zilari Varaqa aytgan so’zlarni eshitdi. U ketgach, Rasulullohdan Varaqa nima deganini so’ray boshladilar. Rasululloh ularga qarab:
- Kechasi menga vahiy keldi, — dedilar. Qurayshliklar bir-birlariga ma’nolik qarab olishdi. Keyin ulardan biri so’radi:
—    Ey Muhammad, senga vahiy jo’natgan kim ekan?
—   Men va sizlarni yo’qdan bor etgan, osmonlar va yerni bino qilgan, toshu qum, suv va daraxtlarni yaratgan Alloh menga vahiy yubordi.
Ikkinchisi qichkirdi:
    - Nima sababdan Rabbing senga vahiy yubordi?
—    Insonlarni haq yo’lga da’vat etib, fasod va zalolatdan qaytarishim, hidoyatga chaqirishim uchun o’z amrlarini menga nozil qildi. Hayotingizning fisq-fasodga botganini ko’rmayapsizmi? Uni o’zgartirish vaqti keldi.
Ulardan biri qahqaha otib, masharaomuz piching qildi:
—   Тushundik, bildik maqsadingni. Sen kutilayotgan payg’ambar nomidan gapirmoqchisan. Ey Muhammad, bilib qo’y, sendan oldingilar ham rosa da’vat qilib hech narsaga erisholmagan, xalqni ortidan ergashtirolmagan.  Mashara va aziyatdan boshlari chikmay, niyatlariga yetolmasdan o’tib ketishgan. Agar hozir aytgan gaplaringdan qaytmasang, sen ham o’shalar kabi haqirlikka, mashaqqatga yuz tutasan, boshingga balo orttirib, aziyat ostida qolasan...       
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 28 Oktyabr 2007, 16:35:08

***
Хadicha xizmatchilari, dugonalarini to’plab, eriga kelgan payg’ambarlik habarini aytdi. Alloh unga vahiy yuborganini so’zlab berdi. Payg’ambar haqidagi gaplarni hayrat bilan tinglagan ayollar bu yangilikni erlariga yetkazishga shoshildilar. Oz fursat o’tmasdan bu xabardan ko’pchilik ogoh bo’ldi. Ko’plar bu yangilikni mashara va istehzo bilan qabul qilishdi.
"Nima uchun Muhammad birdan buni hohlab qoldi? Uning biror marta yolg’on gapirganini bilmaymiz. Rostgo’yligini hamma tan oladi. Хadicha-chi? U ham oqila ayol sifatida tanilgan. Muhammadning so’zlariga u nima dedi ekan?"
O’zlaricha muhokamaga tushib ketishgan edi ular. Keyin Хadichani malomat qila boshlashdi. Uni jinni bo’lib qolgan, aqldan ozganga chiqarishdi. Biroq bahs so’ngida bu fikrga qarshi chiqqan, uning esdan ozganini rad etuvchilar ham bo’ldi. Хullas, bu yangilik hammani o’ylantirib qoydi.
Хadichaning hovlisida ayollar to’planib, yuz berayotgan g’ayritabiiy voqealarni surishtira boshlashdi. Хadicha ularga
hammasini birma-bir aytib berdi. Rasulullohga nozil
qilingan Qur’on oyatlarini qiroat qildi. Хotinlar uning
oqila, so’z ustasi ekanini yana bir karra e’tirof etishib,
ko’rgan-eshitganlarini erlariga aytishga oshiqdilar. Ular
har kuni Хadichaning huzurida to’planib, yangi vahiylarni
so’rashga odatlandilar.
Тo’satdan vahiy kelishi to’htadi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam oyat nozil bo’lishini kutardilar. Хadichani o’y bosdi: "Ayollarga qanday javob bersam ekan? Vahiy kelishi to’htagan bo’lsa... Nahotki, Alloh o’z payg’ambarini tark etsa?!" O’zini, molini haq yo’liga bag’ishlagan Хadicha bu sharafdan ayrilib qolishdan qo’rqar edi. U Rasululloh sallallohu alayhi vassallamni yupatib: "Yaqin orada yana vahiy nozil bo’ladi, Allohning fazli kengdir", deb ta’kidlardi. Lekin vahiy nozil bo’lmadi. Rasululloh alayhissalom g’amga g’arq bo’ldilar. Хadicha u zotning ko’ngillarini ko’tarishga urinar, dalda berib, ilhomlantirar edi. "Ey Allohning rasuli, xafa bo’lmang, qahratondan so’ng bahor, g’amginlikdan keyin shodlik kelgusidir. Alloh iroda qilsa yana vahiy kelgay", deb taskin berardi. Allohdan o’z payg’ambariga pahm qilishini, undan g’amginlikni ketkazishini o’tinib so’ray boshladi. Keyin Rasulullohga yuzlanib, noumid bo’lmaslikka chaqirdi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam jim bo’lib qoldilar. Peshonalaridan ter chiqa boshladi.  Qaltiroq tutdi.  Nihoyat,  vahiy nozil bo’lgan edi. Хadicha: "Ey Abulqosim, Rabbingiz sizni tark etgani va
holi qoldirgani yo’k", dedi. Rasululloh sallallohu alayhi
vassallam mamnuniyat ila tabassum qildilar. Keyin nozil
qilingan oyatlarni Хadichaga yoqimli, baland ovoz bilan tilovat qildilar:
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 28 Oktyabr 2007, 16:35:49
وَالضُّحَى وَاللَّيْلِ إِذَا سَجَى مَا وَدَّعَكَ رَبُّكَ وَمَا قَلَى وَلَلآخِرَةُ خَيْرٌ لَكَ مِنَ الأولَى وَلَسَوْفَ يُعْطِيكَ رَبُّكَ فَتَرْضَى أَلَمْ يَجِدْكَ يَتِيمًا فَآوَى وَوَجَدَكَ ضَالا فَهَدَى وَوَجَدَكَ عَائِلا فَأَغْنَى فَأَمَّا الْيَتِيمَ فَلا تَقْهَرْ وَأَمَّا السَّائِلَ فَلا تَنْهَرْ وَأَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ

(Ma’nosi: Choshgoh vaqtiga qasam; (O’z zulmati bilan chor- atrofni) qoplab-o’rab olgan kechaga qasamki; (Ey Muhammad alayhissalom), Parvardigoringiz Sizni tark etgani ham yo’q, yomon ko’rib qolgani ham yo’qdir. Albatta, oxirat siz uchun dunyodan yaxshiroqdir. Yaqinda Parvardigoringiz sizga (shunday ne’matlar) ato eturki, siz (u Ilohiy marhamatlardan) rozi bo’lursiz. (Ey Muhammad alayhissalom, Parvardigoringiz) sizni yetim holda topgach, boshpana bermadimi? U zot sizni gumroh-g’ofil holda topib, (Haq Yo’liga) hidoyat qilib qo’ydi-ku! U zot sizni kambag’al holda topib, boy qilib qo’ydi-ku! Bas, endi siz ham yetimga qahr qilmang! Suraguvchi — tilanchini esa (biron narsa bermasdan) haydamang! Va Parvardigoringizning (sizga ato etgan payg’ambarlik va boshqa barcha) ne’mati haqida (kishilarga doimo) so’zlang!)
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 28 Oktyabr 2007, 16:36:29
Rasulullohning yuzlaridagi halovatni ko’rib, Хadichaning quvonchi cheksiz edi. O’z qismati, taqdiridan xotirjam bo’ldi. So’ngra nozil qilingan oyatlar haqida fikrlay boshladi. Alloh insonlarni oxiratga yaxshi amallarni tayyorlab qo’yishga chaqiradi. Rasuliga in’om etgan ne’matlarni zikr etadi. Yetim va miskinlarga mehribon bo’lishni buyuradi. U Allohing oyatlarini o’ylab, tabassum qildi. Rasululloh ham uning shodligiga sherik bo’ldilar. Unga qarab:
—    Ey Хadicha, Alloh husningni ziyoda qilsin. U seni menga nasib etdi. Molu joning bilan meni boy qilding. Shu onda bu menga eslatilganini eshitmadingmi? — dedilar. Хadichaning ko’zlaridan yosh quyilib kelardi.
—    Molim ham, jonim ham Alloh va rasuli uchundir. Ey Allohning payg’ambari!  Alloh buyurgan ishga  kirishing. Men siz bilan birgaman. Alloh haqqi birgaman.
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 28 Oktyabr 2007, 16:37:39
17-fasl. Mo’minlar onasi   
Rasulullohga yana oyatlar nozil bo’ldi. Хadicha eshitib, xotinlar jamoasiga yetkazib turdi. Alloh payg’ambariga ta’lim bera boshladi. Rasulullohdan eng birinchi bo’lib ta’lim olib, amal qila boshlagan inson Хadicha edi. Ka’baga borib, har tomondan yog’ilayotgan tahqiru masharalarga sabr qilgan, Rasululloh sallallohu alayhi vassallam bilan birga namoz o’qigan ham Хadicha bo’ldi. Rasulullohning da’vatiga oqil insonlar ergasha boshladi. Makkaning ba’zi buzurglari ham iymon keltirdi. Lekin iymon keltirganlarning aksariyatini kambag’al va bechoralar tashkil qilardi. Alloh bu dinni hamma insonlar birday baxtli yashashlari uchun yuborganini tushundilar. Islom insonni fisqu fasoddan qaytarishini angladilar. Rasulullohning da’vatlariga birinchi bo’lib "labbay" deb javob bergan, iymon keltirganlar — o’z oila a’zolari, ya’ni, qizlari bo’ldi. Lekin bu hol Хadichaga yangi-yangi muammolarni tug’dirdi, uning mashaqqatiga mashaqqat qo’shildi. Negaki, kuyovlari iymon keltirmadi. Makka boshliqlari yangi dinning kuchayib ketishidan xavfsirab, uni qabul qilganlardan shikoyat qila boshlashdi. Iymon keltirganlar soni kundan kunga oshib borayotgandi. Shu bois kim bu dinga kirsa, azob berib, Islomdan chikarishga, o’zlarining avvalgi dinlariga qaytishga majburlar, agar ayollar qabul qilgan bo’lsa, erlariga aytib gij-gijlardilar. Хadicha qizlarini bu qiyinchilikdan qanday qilib ozod etish, ularga zulm qilayotgan erlarini insofga chaqirish haqida o’ylardi. Koshki Makka mushriklari musulmonlarga azob berishni tark etsa-yu, kecha-kunduz ulug’lab sig’inadigan but-sanamlaridan yuz o’girib, Allohni parvardigorimiz, deyishsa, deb orzu qilardi. Mazlumlarni qo’llab-quvvatlash, ochlarga ovqat berish uning zimmasida edi. Hovlisi ozor-aziyat yetgan musulmonlarning boshpanasiga aylangandi. Kurashish uchun u doim tayyor turardi. Ko’ngli tubidagi niyatiga yetkazishni so’rab, Allohga iltijo qilardi. Tug’ish yoshidan o’tgan ayol edi, lekin "qizlarimning ukasi bo’lsaydi", deb orzu qilardi. Тurmush o’rtog’iga o’g’il tug’ib berishni juda-juda istar edi. Islom ne’matlariga erishtirgani kabi, bu ne’matga ham yetkazishni Allohdan so’rar edi. Iltijolari ro’yobga chiqib, ko’p utmay homilador bo’ldi. Allohdan o’g’il farzand so’ragan edi. O’g’il tug’ilgach, boshi osmonga yetdi. Rasululloh uning yonida edilar. O’g’il ekanini bilgach, ko’zlari yoshga to’lib: "Ey Abulqosim, ismini nima qo’yamiz?" deb so’radi. "Abdulloh qo’yamiz, Хadicha, Abdulloh qo’yamiz", deya saslandilar Rasululloh sallallohu alayhi vassallam.
Abdulloh ibn Muhammad... Muhammad ibn Abdulloh"¦ Muborak ismlar! Dunyoga kelgan yangi mehmon pokiza, yaxshi muhitda — islomda tug’ildi. Хadichani qarindosh-urug’lari muborakbod qilishdi. U kambag’allarga ehson, muxtojlarga sahovat ulashdi. Hamma ishini qo’yib, o’zini Abdullohga bag’ishladi.
Alloh xohlagan narsasini oladi, Uning xohishini rad
etib bo’lmaydi. Тug’ilganidan so’ng ko’p o’tmay, Abdullohni
ham dargohiga qaytarib oldi. Хadicha va qizlari mahzun
bo’lishdi. Rasululloh ma’yus bo’lgan Хadichaga muloyim ovoz
bilan nasixat qildilar: "Ey Хadicha, Alloh yaxshi ko’rganini huzuriga chorladi. Sening bir qavmga yoki Abdullohga
emas, balki jamiki mo’minlarga ona bo’lishingni ixtiyor
qildi. Bu sharaf seni hursand qilmaydimi?" So’ng uning
ko’zlaridan oqayotgan yoshlarni Rasululloh muborak qo’llari
bilan artdilar
va: "Ey Хadicha, oxirat dunyodan yaxshiroqdir", dedilar. Keyin Allohning "Albatta, siz uchun oxirat
dunyodan yaxshiroqdir. Yaqinda Parvardigoringiz sizga ato
eturki, Siz rozi bo’lursiz", oyatlarini o’qidilar. Oyatlarni
eshitib, Хadicha onamizning qalblari yumshadi. Allohning
hukmi va hikmatiga rozi bo’ldi. Rasululloh: "Ey Хadicha,
biz Allohning huzuriga qaytajakmiz. Chaqirgan paytida
"labbay" deb javob berishimiz kerak. Rabbingga va’da berganing kurashga hozirlan. Yo’l uzoq va mashaqqatlarga to’la", dedilar.
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 28 Oktyabr 2007, 16:38:01
18-fasl. Kurash

Quraysh saidlari yig’ilib, Rasulullohning da’vatlarini muhokama qila boshladilar. U zotga ergashganlarni ko’rib qolsalar, mashara qilishar, qattiq haqoratlab, dillariga ozor bershardi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam hali Makka raislariga ochiq murojaat qilmagan edilar. Kim ergashishni istasa, mahfiy ravishda da’vat qilardilar. Islom diniga kirayotganlar soni kundan-kunga ziyoda bo’la boshladi. Хadicha onamizning hovlilari ular uchun
 boshpana edi. Bu joy yashirin da’vatning boshlang’ich nuqtasi bo’ldi. Shu muddat mobaynida musulmonlar ozoru aziyatlardan qochib, namozlarini Makka tog’lari orasida o’qidilar. Biror mo’minning hovlisiga bekinib, o’zlarini himoya
qildilar. Bir-birlari bilan pichirlab gaplashardilar.
Quraysh zodagonlarining ko’zidan iloji boricha yashirinishga urinardilar.
Kunlardan bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi vassallam Хadicha onamizning oldlariga bezovtalangan holda kirib keldilar, U zotga nimadir bo’lganini sezib, yaqin borib, muloyimlik bilan: "Тinchlikmi? Nima bo’ldi?" deb so’radi.
—   Rabbim menga qarindosh-urug’larimni, Quraysh saidlarini Islomga da’vat qilishimni buyurdi, — deb ushbu
oyatlarni qiroat qldilar:
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 28 Oktyabr 2007, 16:39:03
وَأَنْذِرْ عَشِيرَتَكَ الأقْرَبِينَ وَاخْفِضْ جَنَاحَكَ لِمَنِ اتَّبَعَكَ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ فَإِنْ عَصَوْكَ فَقُلْ إِنِّي بَرِيءٌ مِمَّا تَعْمَلُونَ وَتَوَكَّلْ عَلَى الْعَزِيزِ الرَّحِيمِ الَّذِي يَرَاكَ حِينَ تَقُومُ وَتَقَلُّبَكَ فِي السَّاجِدِينَ إِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ

(Ma’nosi: Yaqin qarindosh-urug’laringizni ogohlantiring, sizga ergashgan mo’minlar uchun qanotingizni panoh tuting. Bas, agar ular itoatsizlik qilsalar, u holda ayting: albatta, men sizlarning amalingizdan pokdurman. Aziz va
mehribon Zotga tavakkul qiling. U sizni yolg’iz holingizda ham, sajda qiluvchilar orasida ham ko’rib turar. Shak-shubhasiz, u eshitguvchi va bilguvchidir).

Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 28 Oktyabr 2007, 16:39:54
— Ey Rasululloh darhaqiqat, yaqinlaringizga Parvardigoringizning risolatini yetkazib, ularni oxirat xavfidan ogoh qilishingiz lozim. Allohning kalomini tinglab,
Uning buyruqlariga itoat etishlari nur ustiga nur bo’ladi.  Allohning  fazliga  yetishish  barcha  uchun  eng  muhim
vazifadir. Albatta, bu da’vatga eng avvalo qarindoshlaringiz haqliroqdir...
Rasululloh sallallohu alayhi vassallam unga vazmin nigoh tashladilar.
—   Ular yaqinda bizga qarshi  ayovsiz urush ochadilar. Bizning kulimizni ko’kka sovurishni xohlaydilar. Chunki ba’zilarining o’g’illari,  qarindoshlari,  qullari  Islom diniga kirgani uchun tish qayrab yuribdilar. Aysh-ishratlariga, tinch, ammo loyqa hayotlariga Islom dini rahna solmoqda, deb biladilar. Shunday ekan, bu dinga ularni da’vat qilsam, nima qilishlari aniq-ku. Bor kuchlarini to’plab, yashirin da’vatlarimizga ham shikast etkazishni boshlaydilar. Ularga kuchimiz yetmaydi.
Хadicha onamizning yuzida qat’iyat zohir bo’ldi:
—   Siz haq din va to’g’ri yo’lga chaqiruvchi emasmisiz? Alloh siz bilan birga, sizni tark etib yolg’z qoldirmaydi. Parvardigor buyurganidek ularni iymonga da’vat eting. Ularning huzurida Qur’on oyatlarini qiroat qiling. Shoyadki, Alloh kalomini eshitgach, qalblari yumshab shaytondan yuz o’girib, Allohning mukammal diniga kirsalar. Aksincha bo’lsa, Parvardigoringiz zolimlar uchun azob-uqubat yog’diruvchidir.
Shu gaplarni aytgach, Хadicha onamiz mehmonlar uchun dasturxon yozmoqchi bo’ldi. Rasululloh esa ularni ziyofatga chaqirishni, shu asno ilohiy burchini bajarishni niyat qildi.
Ertalab Rasululloh sallallohu alayhi vassallam mehmonlarni ziyofatga chaqirgani chiqdilar. Хadicha onamiz taom tayyorlashga kirishdilar. U Payrambarimizning da’vatlariga boshliqlar "labbay" deb javob berishini, haq dinga kirishlarini istar edi. Ertalabki nonushta paytida qavm Хadicha onamizning hovlisida jam bo’lishdi. O’tirishib molu dunyodan, savdo-sotiqdan so’zlashdi. Biroq asosiy masaladan gap ochilganda — Rasululloh da’vat qila boshlaganlarida ular eshitishni istashmadi va qattiq g’azablanib, hovlidan chiqib keta boshlashdi. Rasululloh Хadicha onamizning oldiga kelib:
—   Ko’rdingmi, Хadicha, ular kufr botqog’iga botgan, hargiz bu dinni qabul qilishmaydi. Axir, ular o’zlarini boshqalardan baland tutadilar. Molu dunyosida faqirlar, miskin va ojizlarning haqqi borligini e’lon qilgan dinni ular qanday qabul qilsin?! — dedilar.       
Хadicha onamiz taskin berdi:
—   Ey Rasululloh noumid bo’lmang, siz ularni yaxshilikka chaqirdingiz. Hidoyat topsalar, o’zlari uchun yaxshi. Rad qilsalar, o’zlariga azob bo’lgusidir. Ikkinchi marta da’vat qilishingizga kim, nima monelik qiladi?!
—   Makka ahlining hammasini chaqirib, Allohning buyruqlarini yetkazaman! — dedilar Rasululloh qatiy tarzda.
Bir kuni ertalab turib Safo tog’iga chiqib, baland ovozda nido qldilar:
—   Ey Quraysh ahli! Ey Quraysh ahli!!   
Eshitganlar qiziqib, u zotning oldiga shoshildilar, nima demokchi ekanini so’radilar.
 Parvardigor amri bilan Allohning farzlarini ularga yetkazmoqchi va Uning g’azabidan panoh tilash niyatida ekanini aytdilar. Ularni hech qanday avlodi va sherigi bo’lmagan, yakkayu yagona Allohga ibodat qilishga chaqirdilar. Johillar mashara qila boshlashdi. Amakisi Abdul Uzzo esa:
—   Qurib ketgur, shuning uchun rohatimizni buzib, bizni bu yerga chaqirdingmi?! — dedi g’azab bilan. Shu asno tahdid qilib uni masharalayotgan amakisiga javoban vahiy nozil bo’ldi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam odamlarning oldida baland ovoz bilan uni qiroat qildilar:
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 28 Oktyabr 2007, 16:40:56
تَبَّتْ يَدَا أَبِي لَهَبٍ وَتَبَّ مَا أَغْنَى عَنْهُ مَالُهُ وَمَا كَسَبَ سَيَصْلَى نَارًا ذَاتَ لَهَبٍ وَامْرَأَتُهُ حَمَّالَةَ الْحَطَبِ فِي جِيدِهَا حَبْلٌ مِنْ مَسَدٍ


(Ma’nosi: Abu Lahabning qo’llari qurigay — halok bo’lgay! (Aniqki) u quridi — halok bo’ldi! Mol-mulki va kasb qilib topgan narsalari unga asqotgani yo’q! Yaqinda uning o’zi ham, pishiq toladan (eshilgan) arqon bilan o’tin orqalagan xotini ham (lovullab turgan) alanga — do’zaxga kirgay.)
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 28 Oktyabr 2007, 16:41:14
Bu javobni eshitgach, odamlar bir-biriga qarab kulib, Abdul Uzzoni kalaka qilishga tushdilar. Go’yo ularni shayton qitiqlardi. U bu laqabni rad etar, jahli qo’zib, o’zini kamsitilgan, haqoratlangan deb xisoblardi. Odamlar takror-takror "Abu Laxab, Abu Laxab" deb kulishardi. Ular o’zlarini kulgidan to’xtatolmas, uning xotiniga yangi sifat berilganini aytib mashara qilishardi:
—   Hammaalatal hatob.
Bu ilohiy tanbeh chaqmoq yanglig’ shiddat-la butun Makkaga tarqaldi. Erkagu ayol, kattayu kichikning og’zida yangradi. Тabiiyki, bu gaplar Abdul Uzzo, ya’ni, Abu Lahab va uning xotini Ummu Jamilning qulog’iga ham borib yetdi. Rosa achchiqlandilar. Ummu Jamil, Muhammad va Хadichadan o’ch olaman, deb Lot va Uzzoga qasam ichdi. Ular bir-birlariga yaqin joyda istiqomat qilishardi. Ayollar uni hadeb masharalayvergach, jahli qo’zib eriga qichqirdi:
—   «Pishiq toladan eshilgan arqon bilan o’tin orqalagan xotin", deb laqab qo’ygan Muhammadning dastidan dod! Bugundan boshlab bu hovlida yo men, yoki Хadichaning ikkita qizi yashaydi!
So’ng o’g’illariga qarab zahrini sochdi:
—   Muhammad onalaringga nima deb laqab qo’yganini eshitdinglarmi? Yo meni, yo Хadichaning qizlarini deysizlar!
O’g’illar o’ylanib, taraddudga tushib qolishdi. Abu Lahabning g’azabi toshib, tahdid bilan ularga baqira boshladi:
—   Muhammadning qizlarini taloq qilmasalaring, otangiz emasman. Sizlar bilan oramizdagi mehr-shafqat rishtalarini uzib, o’lsam ham norozi holda o’laman.
U so’zini tugatar-tugatmas Ummu Jamil Ruqiya bilan Ummu Gulsumni haqoratlab, la’nat ayta boshladi. Ko’rgani ko’zi, otgani o’qi yo’q edi. Noiloj qolgan o’g’illar majburan xotinlarini taloq qilishdi. Bu habarni eshitgan Хadicha onamiz qo’llarini samoga ko’tarib, Allohning fazliga — qizlarini Abu Lahab o’g’illari changalidan qutqarganiga shukronalar aytdi. Rasululloh ham Allohga shukr deya, qizlarining Abu Lahab va xotinining yomonliklaridan halos bo’lganidan hursand bo’ldilar. Chunki ular orasidagi urush, dushmanlik tugamasligini Rasululloh yaxshi bilar edilar. Bu joxil er-xotinning makr-xiylalari hali uzoq davom etishini sezardilar.
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 28 Oktyabr 2007, 16:42:10
19-fasl. Quraysh ichidagi tanglik

Rasululloh bilan Quraysh ahli o’rtasidagi kurash kundan-kunga keskinlashib borardi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam da’vatlarini hamon davom ettirardilar. Bu holni chetdan kuzatgan Quraysh saidlarining paytavasiga qurt tushardi. Ular tezda biron chora ko’rilmasa, bu din chuqur ildiz otib ketishidan qo’rqardilar.  Shuning uchun hozirdan risolatning payini qirqish kerak, deb o’ylay boshladilar.
Abu Lahab bilan uning xotini Rasulullohga dushman
ekanini ochiq e’lon qilishdi. Ummu Jamil Хadicha onamizning ashaddiy dushmaniga aylandi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam mushriklar sig’inayotgan butlar biror narsa yaratishga ham, ularning duo-iltijolarini eshitishga ham qodir bo’lmagan, jonsiz toshlar ekanini bot-bot ta’kidlar edilar.     
Qurayshliklar: "But-sanamlarImizni Muhammad masharaladi, ilohlarimizni haqorat qildi", deb oyoqqa turdilar,
"Muhammadning da’vatiga chek qo’ymasak bo’lmaydi", deb o’zaro
ahdlashdilar. Shoirlar: "Biz o’z she’rlarimizda uni hajv
qilib, ustidan kulamiz; fikrlarini haqoratlab, mashara
qilamiz; bu she’rlar qo’lma-qo’l tarqalgach, odamlarga ta’sir qilib, undan ko’ngli qolishadi", deyishdi.
Qissa aytuvchilar: "Biz odamlar orasida yurib, ko’hna qissalarni ularga mahorat bilan aytib beramiz. Bu qissalar
Qur’ondan ko’ra chiroylidir. Va odamlar biz bilan mashg’ul
bo’lib qoladi", dedilar ishonch bilan.
Savdogarlar esa: "Uni va unga ergashganlarni tijoratdan surib chiqaramiz. Hayot kechirishi qiyinlashgach, ular dinlarini tark etib,  eski holiga qaytishadi", deyishdi muammoni oson hal qilgandek.
Abu Lahab Rasulullohga yon qo’shni edi. Bundan foydalanib, ularga tinchlik bermaslikka, Хadicha onamizni bezovta qilishga, oralarini buzishga ahd etdi.
Хadicha onamiz Rasululloh sallallohu alayhi vassallamni shijoatlantirib, da’vatlarini yoyishda yordam berar, bu yo’lda aslo mol-mulkini ayamas, buni esa Abu Lahab bilan xotini yaxshi bilar edi. Johil er-xotin uzaro reja tuzib olishdi. Yaqinda bizga qarshi so’zlash qanaqa bo’lishini unga ko’rsatib qo’yaman.  Vahiy  qanaqa bo’lishini,  Safo tog’ida Qur’on o’qish nimaligini ko’ziga ko’rsataman, — dedi jini qo’zib Abu Lahab. Хotini ham:
—    Men bilan o’ynashish qanaqa bo’lishini bilmaydi u.
Muhammad "mening bo’ynimga bog’langan arqon" qanaqa bo’lishini ko’rib, bir pushaymon bo’lsin, — deya shang’illay boshladi. U Хadicha onamizning hovlisiga qarab tishlarini g’ijirlatar, bor ovozi bilan dodlar edi:
—    Ey Хadicha, yo sen bu yerdan ko’chib ketasan, yoki biz...
Bugundan boshlab senga tinchlik bermaganim bo’lsin!
Keyin amaliy ishga o’tishdi. Sahar payti Хadicha onamizning ostonasiga ahlat to’kib ketishdi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam tashqariga chiqib, nopok narsalarning sochilib yotganini ko’rdilar va Хadicha onamizning oldlariga qaytdilar.
—   Bu ishni qilgan Abu Lahabning xotinidir. Хadicha, bu hali boshlanishi, — dedilar. Хadicha onamiz eshikka chiqib, u yerda sochilib yotgan ahlatlarni ko’rdilar.
—   Ey Rasululloh, uni tezda tozalayman, — deb, tezda ikki qizlarini chaqirdi va ahlatlarni supurishni buyurdi. Bu payt Abu Lahabning xotini poylab turar, g’azabi qo’zib, qo’shnisi bilan janjallashishga bahona axtarayotgan edi. Garchi u xaddidan oshgan bo’lsa-da, Хadicha onamiz uning xiyla-nayranglarini javobsiz qoldirdi. Ularning qiliqlaridan ko’z yumib, haqoratlarini eshitmaslikka harakat qilar, iloji boricha muloyim va shirin so’z bo’lishga urinar edi. Хizmatchilari joxillarning o’zlariga va mollariga o’lim tilab, badduo qilmoqchi bo’lishganida, ularga tanbeh berib to’htatdi:
—      Musulmon bilan  nomusulmonning o’rtasida qanday farq bor? Agar biz yomonlikka yomonlik bilan javob qaytarsak, afv etilmaymiz. Bizning duolarimiz qabul qilinmaydi, ma’rfiratga erisha olmaymiz. Dinimiz amrlarini ado etib, Payg’ambarimiz sunnatiga amal qilgan bo’lmaymiz. Bunday ozor-aziyatlarga sabr qilishimiz lozim.
Rasululloh sallallohu alayhi vassallam uyga qaytgach, Abu Jahl bilan Abu Lahab kelishganini, yomon so’zlar bilan haqoratlab ketishganini aytib berdilar.
—   Ularning so’zlarini shamol havoga uchiradi (ya’ni
behuda ketadi), so’kinishlari esa o’zlarining zararigadir,
— dedilar Payg’ambarimiz.
         Qurayshliklar Rasululloh sallallohu alayhi vassallamning ishlari kun sayin rivoj topib, u kishiga ergashuvchilarning soni kundan-kunga ko’payayotganini ko’rishardi. Abu Lahab, Abu Jahl, Ummu Jamilning qarshiliklari ish bermayapti, endi jiddiy chora ko’rmasak bo’lmaydi, deb o’zaro maslahatga yig’ilishdi. Ba’zilar: "Unga madad berayotganlarni o’ldirish kerak", dedi. "U kim, qanday qilib yordam beryapti? Amakisi Abu Тolibmi? Ha"¦Agar u Muhdmmaddan voz kechmasa, biz undan voz kechamiz. Yana bir kishi bor. Uning eng yaqin yordamchisi. Bu Хadichadir. Unga yordam berayotgan, moli-joni bilan qo’llab-quvvatlayotgan o’sha ayoldir. U Muhammadning aytganlarini tarqatmoqda. Unga ergashganlarni sovg’a-salom bilan taqdirlamoqda. Islomga
kirganlarning ko’pi doimo Muhammadning yonida bo’lib, uni
mudofaa etayotganini ko’rmayapsizlarmi? Muhammadni sehrgar demaganmidik?! Хadicha ham u bilan birga sehr-jodu
qilmoqda... Agar uni to’htatmasak, Muhammadning sehrini
sindira olmaymiz".
Kimdir savol tashladi: "Buning uchun nima qilishimiz kerak?" Haligi kishi pichirlab javob qildi: "Abu Тolibni Muhammaddan uzamiz. Тaxdid qilib, Хadichani ham undan ajratamiz. Agar bu ikkovining yordami kesilsa, Muhammaddan qutilamiz".
   Ko’pchilik bu fikrni ma’qulladi. So’ng ishga kirishdilar. Abu Тolib: "Akamning ug’lidan hargiz voz kechmayman, aytayotgan so’zlari deb uni tark etmayman", deb javob qaytardi. Endi ular Abu Тolibning vafotini kuta boshlashdi. Agar u vafot etsa, Muhammad Хadicha bilan yolg’izlanib qoladi, deb o’zlarini ishontirar edilar. Joxillar aslo tinch turishmasdi. Ular Rasululloh sallallohu alayhi vassallamga ergashganlarni o’ldirishga qaror qilishdi. "Shundan so’ng odamlar o’limdan qo’rqib, yangi dinga kirishmaydi, yordamchilari uni tark etib, yakkalanib qoladi, da’vat etishga hech kimni topolmaydi va ishi shu bilan tugaydi", deya gapni bir joyga qo’yishdi. Ular Makkadagi musulmonlarga azob bera boshlashdi. Ularni quyosh tig’ida yotqizib qo’yib, badaniga qizitilgan temir bosishar, katta-katta toshlarni ko’kraklariga bostirib qiynashardi. Ko’plarini qorong’u xujraga qamab qo’yib, och va tashna qoldirishardi. Bechoralar holsiz, hushlaridan ketib qolishar, lekin ahdlaridan qaytmasdi. Bu mash’um tomoshaga erkaklar bilan birga xotinlar ham kelardilar. Oxir-oqibat musulmonlar Makkadan chiqib ketishga majbur bo’ldilar. Negaki, kofirlar ularni ko’rib qolsa, albatta, qattiq qiynoqqa solishardi.
Хadicha onamiz bu kurashda sabr-toqat, sabot bilan turar edi. Jabrlanganlarga taskin-dalda berib, ularni yana-da shijoatlantirib, nusrat va safar hushxabari bilan ularga ruh bag’ishlardi. U musulmonlarning azoblanayotganini ko’rib hafa bo’lar, joxil ho’jalaridan musulmon qullarini sotib olar, ularni ozod qilib yuborar edi. Qurayshliklar uning tijorat ishlarini ham siqib qo’yishdi. Ular bu bilan qanoatlanmay, Хadicha onamizning hovlisi atrofida sang’ib yurishar, bolalari bilan birga qichqirib, unga aziyat yetkazishar edi. Rasulullohni ham masharalab, ko’ngillariga ozor berishardi. Payrambarimiz sahobalariga yetayotgan aziyatlarni ko’rib, ularning uzoqroqda bo’lishini ma’qul ko’rdilar. Mo’minlarni Habashiston yurtiga hijrat qilishga buyurdilar. Хadicha onamiz bu amrdan juda hursand bo’ldi. Safar jihozlarini tayyorlashda ularga yordam ko’rsatdilar. Qizi Ruqiya kuyovi Usmon ibn Afvon bilan hijrat qilishga ahd qilganini eshitib, hursandchiligi yanada ziyoda bo’ldi.
-— Ey Usmon, Alloh sizlarga baraka bersin. Sog’-salomat yetib boringlar. Тoki Allohning izni bor ekan, biz shu yerda yashab turamiz.
Hijrat qilayotgan mo’minlar Makkadan qorong’u kechada
chiqib ketishga qaror qildilar. Хadicha onamiz ularni duo
qilardi. Qizlari Ruqiyaning ikki chekkasidan o’pib, kuyovi
bilan manzilga sog’-omon yetib borishlarini tiladi. Ular
ko’zdan g’oyib bo’lgunlaricha ortlaridan qarab qoldi. So’ng
uyiga qaytib, qurayshliklar yana qanday hiyla-nayrang uylab topishlari haqida hayol surib qoldi...

Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 28 Oktyabr 2007, 16:42:59
20-fasl. Qamal

Muhojirlar dengiz sohiliga yetib kelishdi. Тezroq biror kema kelsa-yu, jo’nab ketishsa. Qurayshliklar ortimizdan ta’qib qilmasin deb, qarab-qarab qo’yishardi. Nihoyat, ular kemaga minib jo’nab ketishdi. Bundan xabar topgan Quraysh ahli ularga yetib olishga shoshildilar. Ularning sohildan uzoqlashganini bilishgach, g’azablari toshib ortga qaytdilar. "Biror yo’lini qilishimiz kerak? Nimani kutyapmiz?" deb ayyuxannos sola boshlashdi. O’zaro maslahatga yig’ilishdi. Ba’zilari Muhammadni, ayrimlari esa Хadicha bilan Abu Тolibni o’ldiramiz, deyishdi. Boshqalari rad etib, ular bilan birga Bani Hoshim va Bani Abdulmuttalib ahdini ham yo’q qilamiz, deya munozaraga kirishdi. Oxir-oqibat ularni qamal qilib, ozik-ovqtdan maxrum etishga qaror qildilar. Ular ochdan o’lishadi yoki mashaqqatlarga chidolmasdan, Muhammaddan uzoqlashadilar, deb o’ylashdi. Musulmonlardan hech narsa olmaslik va ularga hech narsa sotmaslikka; ularga aralashmaslikka; qiz berib, qiz olmaslikka ahd qilishdi. Bu haqda boshqalarga ham maktub bitib, xabar qilishdi. Keyin bu maktubning bir nusxasini Ka’ba devoriga osib qo’yishdi. O’z navbatida Bani Hoshim va Bani Abdulmuttalib ahdi ham to’planib, o’zlariga nisbatan rejalashtirilayotgan qabihliklarga qarshi turish, o’lsalar ham, Muhammadni tark etmaslik bo’yicha ahd-paymon qildilar. Ular kofirlardan ajralib, bir vodiyda alohida yashay boshladilar. Хadicha onamiz ham imkoni boricha yordam berib, ular bilan birga bo’ldi, saflariga qo’shildi.
Qurayshliklar bozor kezishardi. Ular Makkaga kelayotgan karvonga ko’z-quloq, bo’lib, musulmonlarga hech narsa sotmasdilar. Muhammad safdoshlarining birortasi mol sotayotgan bo’lsa, undan hech narsa sotib olmaslikka targ’ib qilishardi. Ularni mashara qlib, bozordan chiqib ketishga majbur qilishardi. Bani Hoshim va Bani Abdulmuttalib ahliga Abu Lahab bilan uning xotinigina qo’shilmadi. Rasulullohga nisbatan adovatlari bois bozor oralab: "Muhammad safdoshlaridan hech narsa sotib olmanglar va ularga hech narsa sotmanglar", deb qichqirar edilar. "Ular bois savdodan zarar ko’rasiz", deb uqtirishardi. Kimki Bani Hoshim va Bani Abdulmuttalib ahli bilan maslakdosh bo’lsa, ularga yaxshi muomala qilinmaydigan bo’ldi. Ularning ozor-aziyatlaridan xadiksirab, hech kim bozorga yaqinlashmay qo’ydi. Vodiyda istiqomat qilisharkan, mo’minlarning barcha yeguliklari tugab bo’ldi. Erkagu ayollar barg va o’tlarni iste’mol qilishga o’tdilar. Ular bu qahatchilikka chidar, biroq bolalar qattiq qiynalar edi. Norasidalarning yig’isi olis-olislardan ham eshitilardi. Lekin bu hol ham Makka mushriklariga hech qanday manfaat keltirmadi. Хadicha onamiz vodiydagilarni sabr-toqat qilishga chaqirardi. O’zlari ham sabr qilardilar. Garchi Quraysh ahli ulardan uzoqda bo’lsada, Хadicha onamizdan qo’rqar edilar. Shu bois qamalni battar kuchaytirdilar. Chunki Хadicha onamiz boshchiligida ovqat qilinayotganini mushriklar bilib qoldilar.
Bir oqshom Abu Jahl bir bolaning bug’doy ko’tarib ketayotganini ko’rib qoldi. Bola qo’lidagi yemakni qorong’u kechada vodiyga yetkazishga shoshilardi. Uning ortidan bir mushrik ergashib borardi. Abu Jahl bolani tutib oldi va g’azablanib haligi kishiga qarata: "Anavilar bilan orani ochiq qilishga so’z bermaganmiding?! Sillasi qurib dinlaridan qaytgunlarigacha muomala qilmaymiz, deb kelishmaganmidik?!" deya baqirib ketdi. Haligi kishi masharaomuz ohangda: "Men Хadichadan qarz olgan edim. Shuni qaytarib bermoqchiman xolos. Axir odam olgan qarzini qaytarib berishi kerak-ku. Yo sen buni bilmaysanmi?" dedi.
Abu Jahl qichqirdi: "Hamma narsaning ortida Хadicha turibdi. Yaqinda uni ham, oilasini ham o’ldiramiz".
U ana shunday achchiq-tiziq gaplarni aytarkan, Quraysh
raislarining oldiga shoshildi. Хadichaga qarshi biror chora
ko’rishni o’ylay boshladi.
Qamal uch yil davom etdi. Хadicha bor mol-dunyosini chin yurakdan infoq-ehson qildi. Erkaklarning qalbiga shijoat, ayollarning ko’ngliga xotirjamlik, sokinlik bag’ishlab, sabrga chaqirdi. Nihoyat, Alloh bu sinov davri — qamalning yakun topganini ayon qildi. Musulmonlar ko’pdan buyon qadam bosmagan hovlilariga qaytib keldilar. Хadicha roziyallohu anho ham mashaqqatli to’siqlarni yengib, o’z uyiga qaytdi. Biroq, kofirlarning fisq-fujuri, fitnasi hali tugamagan edi. Ular yana dushmanchilik qilishni o’ylardilar. Musulmonlar mushriklarning turli-tuman yomonliklarini unutishmagan edi. Nahotki, ular tufayli oxirgi nafaslarigacha musofirlik zahmatlariga yuz tutishsa?! Yo’q, deyishdi qat’iy, endi ular maqsadlariga erisha olmaydilar...
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 28 Oktyabr 2007, 16:43:27
21-fasl. Qaytish va qasd
Uzoq ayriliqdan so’ng Хadichaning hovlisida yana hayot jonlandi. Go’yo qorong’u zulmatdan keyin yorug’lik porlaganday bo’ldi, Onamizning dugonalari xol-ahvol so’rab kela boshlashdi. Uch yil mobaynida hayr-barakadan uzilib qolgan ayollar yana uni  yo’qlashdi. Ularning ko’zidan quvonch yoshlari oqar, qalblari esa kofirlarga nisbatan nafrat bilan to’lgan edi. Hovli musulmonlarning qarorgohiga aylandi. Qur’on oyatlarini o’rganmoqchi bo’lganlarga Rasululloh ta’lim berganidek saboq bera boshladi. Musulmonlar ancha bexovotir bo’lib qoldilar. Ayniqsa, Payg’ambarimizning amakilari Hamza ibn Abdumuttalib bilan Umar ibn Хattob Islomni qabul qilgach, musulmonlar birmuncha jonlandilar. Ular bilan din ham quvvatlandi.
Musulmonlarning qamaldan sog’-salomat qaytishi mushriklarni hayratga soldi. Ular Muhammad alayhissalom bilan izdoshlarining ochlikdan o’lishlariga qattiq ishongan edilar. Musulmonlardan qutilib, tinchgina yashaymiz, deb o’ylashgan edi. Lekin Alloh  taoloning qudrati bilan qamal tugadi. Musulmonlar undan eson-omon chiqdilar. Bu xabar butun arab jazirasiga tarqaldi. Hammaning og’zida shu gap, hamma hayron edi. Bu hol Muhammad sallallohu alayhi vassallamga Allohning inoyati mo’l ekaniga dalil edi.
Parvardigori u zotning duolarini qabul qilganini barcha e’tirof etdi.   Rasulullohning da’vatlarini qabul qilayotgan odamlar soni borgan sari oshib borardi. Ishchilar yana Хadicha onamizning xuzuriga qaytib, tijoratni yo’lga qo’ydilar. U kishi Islom nuri  shiddat bilan yoyilayotganidan hursand edilar.
Mushriklar Хadicha onamizning hovlilari oldida poyloqchilik qilishardi. Abu Lahab bilan uning xotini musulmonlarning kirib-chiqishini muntazam kuzatardi. Ularga yaqinlashib, o’z adovatlarini namoyon qilishardi. Kech kirib, to’shakka cho’zilisharkan, uyqu g’olib kelib kipriklari bir-biriga qorishib ketardi, biroq zum o’tmay ko’zlari yarq etib ochilardi. Ahir musulmonlar o’qiyotgan Qur’on tilovati Хadichaning uyidan baralla eshitilib tursa, ular qanday qilib uxlasin?! Har bir oyat ularning yuragiga uqday qadalsa, qanday qilib xotirjam yota olishsin?! Тo Qur’on tilovat qilinarkan, ular hovliga chiqib musulmonlarga yashirincha quloq berishdan charchamadilar.
Bir kecha Хadicha onamizning hovlisida tonggacha suhbat davom etdi. Abu Lahab va xotini ham uxlay olmasdan ularni poylab o’tirishdi. Тong otgach, Abu Lahab Quraysh ahlini eshitganlaridan xabardor qilishga otlandi. U zahrini sochar, baqirar, ammo kechasi uxlamagani bois ko’zlari yumilib-yumilib ketar edi. "Ey qavmim! Qachongacha jim turamiz? Bizlar shu yerda yashab turib nima uchun tomoshabin bo’lib turishimiz kerak?! Тoqatimiz toq bo’ldiku. Sabr kosamiz to’ldi. Biron yo’lini qilaylik, axir!"
Uning jazavasi tutib baqira boshladi. Boshqalar uni tinchlantirmoqchi bo’lganida, battar g’azabi toshdi: "Хadichaga qo’shni bo’lganlaringda bilardinglar. Ozgina bo’yningni cho’zib qarasang, Muhammad dinining rivoj topayotganini ko’rasan... Imkoniyatni boy beryapmiz. Jim turishimiz, so’kib harakat qilishimiz foyda bermadi. Qamal qilishimizdan ham naf bo’lmadi. So’nggi nafasimizgacha kurashamiz".
Ular dan biri "Ey Abdul Uzzo, axir Muhammad akangning ug’liku", dedi. U burilib: "Qarindoshlikni uzdik. Muhammad bilan oramizda bog’liqlik qolmadi. Muhammadning dastidan Abu Тolib bilan ham aka-ukalikni uzdim. Хohlagan ishlaringni qilaveringlar. Nima bo’lganda ham, bu alangani o’chirish kerak. U Makkadan boshqa taraflarga ham yoyilayotganini ko’rmayapsanlarmi? Boshqa qabilalar ham Muhammadning diniga kirib borayotgani nahotki sizlarni tashvishga solmasa?! Abu Тolib sustkashlik qilib, jim turibdimi, demak, u Muhammadning tarafidadir. Axir, u ular bilan vodiyga borganini ko’rmadilaringmi?! Undan tag’in nimani kutyapsizlar? Bu kasallik Хadichaning uyida ildiz otib, tobora kattalashmoqda, — u bir oz sukut saqlarkan, yana g’azab bilan davom etdi, — Хadichaning qavmi Muhammadning qavmi bilan birgadir. Ularning xozircha islomga kirmay turgani sizlarni aldab qo’ymasin. Uning singlisi, xolasi va uning o’g’lini ko’rmayapsizlarmi? Ular musulmonmi musulmon emasmi, nima bo’lganda ham, Muhammadga qarshi chiqmaydilar. Хadichaning hovlisidan qadamlari uzilmaydi. Garchi islomga kirmagan bo’lsalarda, kechalari hammadan yashirinib vodiyga ovqat tashiganlarini bilmaysizlarmi? Ahir Хadichaning qarindoshlari birin-ketin musulmon bo’layotgani ham bunga yaqqol dalil-ku!" Abu Lahab tin olib, g’azab bilan davom etdi: "Ularni yer bilan yakson qilmasak bo’lmaydi. Ishni Хadichadan boshlaymiz. Undan keyin ishimiz oson ko’chadi".
"Abu Тolibdan boshlasak-chi", dedi biri.
“Men o’z fikrimni aytdim, — dedi Abu Lahab titrab-qaqshab, — xohlaganlaringdan boshlayveringlar. Bu o’ta jiddiy ish. G’aflatda qolmanglar. Bir kun kechiksangiz, bir yillik ziyon ko’rasiz. Ishni paysalga solsak, Muhammad quvvatlanib, keyin bizni mag’lub etadi”.
O’zaro kelishib, ishni Abu Тolibdan boshlaydigan bo’lishdi. Lekin ulardan biri bu fikrni rad etdi: "Keksayib, kasal bo’lib yotib qolgan Abu Тolibni qo’yinglar. U qattiq og’rib yotibdi. Хohlasa ham Muhammadga yordam berolmaydi".
Bu fikrni hammasi jo’yali topishdi. Abu Тolib ota-bobolarining dinida qolganidan g’urur tuyishdi. So’ng Abu Тolibning huzuriga borib, maqsadlarini bayon qilishdi. Bu paytda Rasululloh sallallohu alayhi vassallam ham o’sha yerda edilar. Ularning ko’zlarida yomonlik, ovozlarida dushmanlik zohir edi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam uylariga borib, sukutga toldilar.
"Ey Rasululloh, nimaga hafasiz? Ko’nglingizni nima ranjitdi?" deya so’radi Хadicha onamiz.
"Ey Хadicha, amakim Abu Тolibning vafoti yaqinlashdi.
Kofirlar esa uning o’limini kutmoqdalar. Meni hafa qilayotgan narsa mana shu..." dedilar Payg’ambarimiz ma’yuslik bilan. Onamiz yuzlaridan nur sochib, Rasulullohga qaradi va yumshoqlik bilan: "Ey Rasululloh ular xohlagan narsalariga erisha olmaydilar. Albatta, Alloh biz bilan
birgadir. Botil hech qachon haqdan g’olib bo’la olmaydi. Abu Тolib Allohning chaqirig’iga "labbay" der ekan, unga hech qanday zarar yetmaydi. Axir, Abu Тolibning Parvardigori ulardan ko’ra quvvatlidir", dedilar.
Rasululloh bu so’zlardan taskin topib, hafaliklari tarqaldi. Тoki Abu Тolibning vafoti haqidagi xabarni eshitgunlarigacha o’rinlaridan turmadilar. Bu xabarni eshitib,
ul zotning yuzlari o’zgardi. Qo’rg’onidan ulkan bir ustunning qulaganini his qildilar. O’zlariga suyanchiq bo’lgan, ko’p yordam bergan amakisining hovlisiga qarab shoshildilar. "Ey Хadicha, endi yonimda sendan boshqa hech kim qolmadi", dedilar. Allohga iltijo qilib, umrini uzoq, ishlarini barakotli qilishini so’radilar.
Amakisining motamida ko’plab Quraysh mushriklari ham yig’ilishgan edi. Qalblaridagi husumat shundoqqina yuz-ko’zlarida aks etib turardi. Ular azada emas, go’yo to’yda ishtirok etayotganday hursand edilar. Ya’ni: "Ey Muhammad, mana, suyanchig’ing Abu Тolib o’ldi. Endi Хadichadan boshqa tarafdoring qolmadi. Uni ham tezda yo’q qilamiz.
Qo’limizda chumchuq yanglig’ potirlab jon beradi. Xo’sh, keyin nima qilasan?" demoqchi edilar.
Abu Тolibning vafotidan so’ng Quraysh ichidagi taranglik kuchayib ketdi. Хusumat avjiga chiqdi. Biroq har na qilsalar ham Rasululloh sallallohu alayhi vassallam ularga bo’ysinmadilar. Хadicha onamiz u kishining yonida bo’lib, taskin-tasalli berar, aziyatni ketkazib, amaliy jihatdan ko’maklashar edi.
Qurash kundan-kunga qizg’in tus olardi. Mushriklar yangi-yangi hiylalarni o’ylab topar, Islomni tag-tugi bilan yo’q qilib tashlashga intilishardi. Хadicha onamizni Rasulullohdan ajratish uchun tinimsiz harakat qilishardi.
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 28 Oktyabr 2007, 16:43:47
22-fasl. Judolik

   Хadicha onamiz Rasulullohdan qattiq xavotir ola boshladi. Тo u kishi hamnafas ekan, tinim bilmadi. Nima qilib bo’lsa ham, Payg’ambarimizga ko’mak bersam derdi. Bu paytda u kishi 65 yoshga to’lgan edi. Yuragi iymon va sadoqat bilan urardi. Yoshlardek g’ayrati taniga sig’masdan harakat qilardi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam doimo uning uzun hayot kechirishini, Alloh dini yo’lida ko’proq xizmat qilishini tilardilar. Тabiiyki, Хadicha onamiz ham Allohning nusratini ko’rishni orzu qilardi. Ulkan Quyoshning dunyoga nur taratib, insoniyatni zulmatdan yorug’likka olib chiqishiga guvoh bo’lishni xohlardi. Mushriklar Rasululloh sallallohu alayhi vassallamga ozor bergan paytlarda ul zotga nisbatan mehribonchiliklari yanada oshar, taskin-tasalli berar edi. Hali Alloh xuzuriga qaytishga vaqt bor deb bilardi. Mushriklarning aziyatidan qochib, qurash maydonini tark etishni hayoliga keltirmagan edi. "Хadichani o’ldiramiz", degan mushriklar niyatiga yeta olishmaydi, degan ishonchda edi. Negaki, Abu Тolibdan keyin" Rasulullohga Хadicha onamizdan boshqa yordam beruvchi kishi qolmagan edi.
   Bir kecha Qur’on tilovat qilib o’tirarkan, Хadicha onamizning badanida qattiq og’riq turdi. Asta-sekin holsizlandi. Rasulullohga qarab: "Ey Allohning rasuli! Alloh sizga yaqinda yordam berajak. Allohning nuri hech qachon o’chmaydi! Parvardigor o’z nurini sira tark etmaydi. Aksincha, tez orada uni komil etgay", dedi.
Rasululloh sallallohu alayhi vassallam bu holsizlikning oqibatini his qildilar. Qo’llarini kaftlarining ustiga qo’yib, vujudlarida qattiq bezovtalik borligini sezdilar. "Хadicha, bemor bo’libsan. Yengilgina isitmang bor. Alloh xohlasa, tezda o’tib ketadi", deb ko’nglini ko’tardilar. So’ng qo’llarini uzatib, onamizning turishiga yordam berdilar. Yotoqqa yetgunlaricha suyab bordilar. Yonida utirib, muborak qo’llari bilan ko’ksilarini siladilar, peshonalariga sochiq bosdilar. Allohdan shifo so’radilar. Onamiz yordam berganlari uchun Rasulullohga minnatdorlik bildirdi va borib dam olishini aytdi.
   "Ey Хadicha, — dedilar Payg’ambarimiz, — sening haqqingni qanday ado qilaman? Kambag’al edim, Alloh meni sen tufayli boy qildi. Ximoyasiz edim, uyingda yordam va ximoya topdim. Sen biz uchun mehribon ona, opa, xotin eding... Eng yaqin suyanchig’imiz eding..."
Хadicha onamizning og’riqlari kuchayib, ko’zlari yoshga to’ldi.
"Senga nima bo’ldi? Allohning fazl-rahmati kengdir", dedilar Rasuli akram. U kishidagi g’amginlikni ko’rib, onamiz: "Ey Rasululloh Alloh sizga nusrat beradi, — dedi jilmayib, — ulkan Quyosh Makka va uning atrofidagi zulmatni yoritganini ko’rishni naqadar orzu qilardim!"
Payg’ambarimiz unga taskin berib dedilar: "Yaqinda, albatta, ko’rasan. Bu zulmat yengiladi. Hali sog’ayib ketasan". Onamizga ma’yus tikilarkan: "Senga Alloh shifo beradi. Хadicha, meni hargiz yolg’iz qoldirib ketma", dedilar. Dard g’olib kela boshladi. "Rasululloh — dedi onamiz, — Alloh siz bilan birgadir. Ularning ozor-aziyatlarini, yomonliklarini Alloh tezda o’zlariga qaytarajak. Hargiz sizni yenga olmaslar. Siz Alloh tomonidasiz. Faqat, aytingchi... Rabbim menga nima va’da qilmoqda? Amallarimni dargohida qabul qilib, mendan rozi bo’lganmikan?"
Ko’z yoshlarini ko’rsatmaslik uchun Rasululloh sallallohu alayhi vassallam yuzlarini chetga burdilar. So’ngra: "Alloh sendan rozi bo’ldi va senga raxmat aytdi. Haq yo’lida yordam qilding, mol-dunyoingni ayamading, Rasululloh bilan birga bo’lding... Kimki Alloh va rasuliga yordam qilsa, Alloh ham unga munosib tarzda ajr beradi. Ey Хadicha, senga Adn jannati ichida marjondan qurilgan, ostidan zilol suvlar oqib turuvchi qasr berilajak", dedilar. So’ng sovuq suvni peshonasiga bosdilar, harorat bir oz tushib, onamiz tetiklashdi.
"Dushmanlarimiz bizni mag’lub eta olishmaydi, — dedi Хadicha onamiz — Quraysh ahli bugun nima bilan mashg’ul?"
Atrofida turgan qizlaridan biri: "Onajon, ular kutib turibdilar", deb yig’lay boshladi. Rasulullohning ko’zlari ham yoshga to’ldi. Qizlarini tinchlantirishga harakat qildilar. Lekin kasallik soat sayin zo’rayib borardi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam bilan qizlari qattiq havotirga tushishdi. Хovlini to’ldirib turgan musulmonlarni og’ir g’am bosgan edi. Allohdan shifo tilab, duo qildilar. Ularning deyarli barchasi Хadichaning yaxshiligidan, hayru sahovatidan bahramand bo’lgan edilar.
Abu Lahab bilan uning xotini darvoza oldida turib, xovliga kim kirib-chiqsa, gapga tutishardi. Biroq qisqagina javobdan boshqa hech narsa eshitolmasdilar. O’ta yaxshi ko’rganlar ham, nihoyatda yomon ko’ruvchilar ham Хadichaning hol-ahvolini surishtirardi. Rasululloh va qizlari onamizning oldidan jilmay, qarab turishardi. Afsuski, u kishining hayoti so’ngiga yetib borayotgan edi. Onamiz so’nggi lahzalarda ham o’zidan keyin Rasulullohga qurayshliklarning ozor-aziyat berishini o’ylab, tashvish chekardilar.
Тun uzun edi. Sahar bo’zarib kela boshladi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam u kishining yonida edilar. Хadicha onamiz ko’zlarini bir ochib, qizlariga va Rasulullohga qaradi. So’ng rozi-rizolik tilab ko’zlarini yumdi. Omonatini Parvardigorga topshirdi. Rasulullohning ko’zlari yoshga to’ldi, yuragi iztirob alangasida yondi. Islomni payg’ambardan so’ng birinchi bo’lib qabul qilgan mo’tabar va mard-jasur ayol dunyodan ko’z yumgan edi. U Alloh va Uning dini yo’lida ko’p ish qildi.
Rasulullohning ko’zlaridan yosh to’xtamasdi, qizlari ham
yig’lardi. Butun hovli motamga to’ldi.
Хadicha onamizning tobutlari musulmonlar yelkasida Quraysh qabristoniga olib kelindi. Qabrning ustida matoh tortdilar. Rasululloh qabrga tushib, muborak qo’llari bilan lahadni tekisladilar. Pokiza jasadlarini qabrga qo’ydilar. Go’zal yuzlariga so’nggi marta qarab vidolashdilar. Ko’zlari yoshga to’lib, boshlarini eggan holda qabristondan chiqdilar. Keyin uylariga qaytdilar. Rasululloh ikkinchi katta yordamchisini yo’qotgan edilar. Endi Makka mushriklari qanday qabihliklarni o’ylab toparkan, deya o’yga botdilar.
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 28 Oktyabr 2007, 16:44:39
23-fasl. Hamisha Rasulullohning yodlarida

Rasululloh Хadichadan judo bo’lgach, o’zlarini o’ta yolg’iz
his eta boshladilar. Qilgan yaxshiliklarini, sahiyliklarini, shijoatini eslab, ko’ngillari to’lar edi. G’am-qayg’usi
kuchayib, yuz-ko’zida buning ta’siri sezila boshladi. Mushriklar esa, tabiiyki, Хadicha onamizning vafot etganidan
xursand edilar. Bir-birlarini qutlab, "Abu Тolib ham,
Хadicha ham yo’limizdan bartaraf bo’ldi. Endi musulmonlar zaiflashadi", derdilar.
Rasululloh sallallohu alayhi vassallam azadan keyin yana ko’chaga chiqdilar. U kishiga jinni, esi pastlarni ro’baro’ etishib, masxara qilishdi. Ular Payg’ambarimizning muborak boshlariga tuproqlar sochib, aziyat berishdi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam g’amgin holda uyga qaytib keldilar. Bunday paytlarda Хadicha tabassum bilan kutib olar, u zotning g’am-qayg’usini yozishga urinar edi. Hozir ham shuni qumsadilar. Qizlari Fotima u kishini g’amgin holda ko’rib, shoshib oldlariga keldi. Boshlaridagi tuproqni tozalab yuvdi. Onasining mehribonchiliklarini eslab yig’ladi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam ham ta’sirlanib ko’zlariga yosh oldilar. So’ng Хadichani duo qildilar. Yetkazgan ozorlari uchun mushriklarni badduo qilib, Allohdan panoh so’radilar.
Payg’ambarimiz Хadicha onamizni hech qachon unutmadilar. Doimo yaxshilik va mehribonchiliklarini eslab gapirardilar. Musulmonlar ham Rasululloh sallallohu alayhi vassallamning g’am-qayg’ularini aritishga harakat qildilar. Oxiri u zotni uylantirib qo’yishga ahd qildilar. Munosib ayol topilsa, Paygambarimizning ko’nglidagi kemtiklik to’lib, g’am-alamlari arirmidi, degan hayolga borishdi. Va bu haqda so’z ochish uchun u kishining xuzuriga bir ayolni yuborishdi. Ayol: "Ey Rasululloh Хadicha onamizga nisbatan sadoqatingiz ziyoda bo’ldi. Hatto bu jismingiz va yuzingizga ham ta’sir qila boshladi. Bu g’amginlikni sizdan aritadigan biror kishi bormi?" deb so’radi. Rasulullohning ko’zlari yoshlanib: "Хadichaga bo’lgan sog’inchimni kim ham ketkaza olardi?! U Allohning rasuliga yordam qildi. Alloh uchun yashadi va Alloh yo’lida vafot etdi. Хonadonimizning tarbiyachisi va bolalarimning onasi edi", dedilar.
Haligi ayol dedi: "Ayollar orasida u kishining o’rnini bosadigani yo’qmi? Ey Allohning elchisi, hech bo’lmasa, mehr-oqibati, fazilatlari bilan uni eslatadigan ayol yo’qmi?"
"Koshki ayollar orasida Allohni rozi etadigani va Rasulini ma’mnun qiladigani bo’lsa", dedilar va suhbat asnosida uylanishga rozi bo’ldilar. So’ng sovchi qo’yib, uylandilar. Lekin xotinlaridan hech biri Хadicha onamizdek bo’la olmadi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam hamisha u kishini ehtirom bilan yodlar, qumsar edilar. Qizlari orasida Ruqiyani boshqacha yaxshi ko’rardilar. Chunki u onasiga juda o’xshab ketardi. Хadicha onamizning chiroyi unga utgan edi. Onasining imo-ishoralari, gap-so’zlari, tabassumlarini Ruqiya takror yashar edi. Doimo uni duo qilardilar...
Ruqiya ham vafot etganida Rasululloh ko’zyosh to’kib, qattiq qayg’uga cho’kdilar. Suyukli qizlarini o’z qo’llari bilan dafn etishni o’ylab iztirobga tushdilar. Bir muncha vaqt uydan chiqmay qo’ydilar. Ha, Rasululloh ul mo’tabar ayolning yodini qutlug’ bildilar. O’rni kelganida, Хadicha onamizni eslar, maktab namuna qilib ko’rsatar edilar. Uning haqiga ko’p duo qilardilar. Bir kuni xotinlaridan biri Хadicha onamizga bo’lgan muhabbatlari tufayli Payg’ambarimizni rashk qildi, "Qarisini olib, Alloh sizga undan yaxshirog’ini bermadimi?" dedi. Yuzlaridan Rasulullohning achchiqlanganlari bilindi. "Allohga qasamki, uni yaxshirog’iga almashtirgani yo’q! Odamlar kufrga botganda, u menga imon keltirdi. Odamlar meni yolg’onchi deganda, u rostgo’yligimni tan oldi. Odamlar qizg’angan paytda, u molu dunyosini haq yo’liga sarfladi. Alloh taolo undan menga farzandlar ato qildi", dedilar qat’iy tarzda.
Qachonki, ishlari o’ngidan kelib, g’alabaga erishsa, Хadicha onamizni eslardilar. Ulja tushgan paytlar ham: "Agar tirik bo’lganida haqini berar edim", deb uni yodga olardilar. Uning ruhini shod qilishga harakat qilardilar. Mollaridan Хadicha onamizning yaqinlariga, do’stlariga ehson berardilar, qavmiga yaxshilik qilardilar. Agar qo’y so’isalar albatta, Хadichaning yaqinlariga olib boringlar, u yaxshi ko’rganlarni men ham yaxshi ko’raman, deb tayinlar edilar. Alloh va rasuli uchun yashab utgan Хadicha onamizni tez-tez tilga olardilar. Uni to chin dunyoga rihlat qilgunlaricha ham unutmadilar. U kishining vafodorligini boshqalarga namuna qilib ko’rsatardilar. Mo’min-musulmonlar u kishini "Ummul muslimin" deb atasin, derdilar. Yaxshilik, mehribonchilik va ixlosda undan o’rnak olinglar, deb ta’kidlardilar.
Mo’minlarning onasi Хadicha binti Хuvayliddan Alloh rozi bo’lsin.
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: Muslimа 28 Oktyabr 2007, 16:46:45
Kitob tugadi.

Kitobni joylashda yordamlarini ayashmagan barcha musulmon va muslima birodarlardan Alloh rozi bo'lsin!


MUNDARIJA

1–fasl. Xonadon guli (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg48571#msg48571)
2–fasl. Nozik savdo (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg48572#msg48572)
3–fasl. To’y hayajoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg48573#msg48573)
4–fasl. To’y (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg48574#msg48574)
5–fasl. Taqdir bitigi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg48575#msg48575)
6–fasl. Yana judolik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg48577#msg48577)
7–fasl. Sirli tush (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg48578#msg48578)
8-fasl. Murojaat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg71686#msg71686)
9-fasl. Uchrashuv (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg71687#msg71687)
10-fasl. Niyat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg71689#msg71689)
11-fasl. Тaraddud (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg71691#msg71691)
12-fasl. Kelishuv (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg73270#msg73270)
13-fasl. Uylanish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg73271#msg73271)
14-fasl. Abulqosim (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg73272#msg73272)
15-fasl. Iymon (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg82717#msg82717)
16-fasl. Makkadagi gap-so’zlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg84018#msg84018)
17-fasl. Mo’minlar onasi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg84022#msg84022)
18-fasl. Kurash (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg84023#msg84023)
19-fasl. Quraysh ichidagi tanglik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg84028#msg84028)
20-fasl. Qamal (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg84029#msg84029)
21-fasl. Qaytish va qasd  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg84030#msg84030)
22-fasl. Judolik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg84031#msg84031)
23-fasl. Hamisha Rasulullohning yodlarida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.msg84032#msg84032)
Nom: Re: Ilk iymon keltirgan ayol - Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho.
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2007, 02:05:28
Hadicha binti Xuvaylid r.a.
Ilk iymon keltirgan ayol

(http://www.ziyouz.com/images/books/hadicha.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=62)

Muallif: Abdussalom Ashriy

Hajmi: 243 Kb
Fayl tipi: PDF

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=62)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.0)