forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Munira xonim 15 Avgust 2007, 12:33:59

Nom: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2007, 12:33:59
Assalamu alaykum va rahmatullohi va barakatuh!!!
Bu yerda sizlarga dunyo va oxiratingiz uchun foydali bo'ladigan Hadisi Qudsilardan bahramand bo'lasizlar,Inshaalloh!!!

Islomda Allohning kalomi - Qur'oni Karim birinchi manba, Rasululloh s.a.v.ning hadislari ikkinchi manba hisoblanadi. U zot biz ummatlariga:"Men sizlarga ikki narsani qoldirdim. Modomiki ularga amal qilar ekansizlar, hech qachon to'g'ri yo'ldan adashmaysizlar. Ular Allohning kitobi va mening sunnatimdir",deya vasiyat qilganlar.
Hadisi sharifning o'zi bir necha qismga bo'linadi. Shulardan biri hadisi qudsiydir.
Hadisi qudsiy o'zi nima? Rasululloh s.a.v.ning hadislari bilan hadisi qudsiyni o'rtasidan qanday farq bor? Shu savollarga qisqacha javob beramiz.
"Quds" so'zining lug'aviy ma'nosi toza, muqaddas. Hadisi qudsiy Rasululloh s.a.v.ga Alloh taolo ilhom bergan yoki uyqularida yuborgan xabarlari bo'lib va "Alloh aytdi","Alloh xabar berdi", degan lafzlar bilan boshlanadi. Ularning ma'nosi Allohdan bo'lib,iborasi Rasululloh s.a.v.nikidir. Qur]oni Karimning lafzi ham, ma'nosi ham ALlohnikidir. Qur'on mo'jiza bo'libJabroil a.s. vositasi ila yuborilgan bo'lsa, hadisi qudsiy mo'jiza emas va vositasiz yuborilgan. Hadisi sharifning esa lafzi ham, ma'nozi ham Rasululloh s.a.v.nikidir!!!
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2007, 12:47:52
Ulamolar Qur'oni Karim bilan hadisi qudsiyning o'rtasidagi farqini quyidagicha ko'rsatishgan:
1.Qur'on mo'jiza , hadisi qudsiy mo'jiza emas.
2.Namoz Qur'onsiz durust bo'lmaydi, lekin hadisi qudsiyni esa namozda o'qib bo'lmaydi.
3.Qur'onning ilohiy kitobligini inkor qiluvchilar kofir bo'ladi, ammo hadisi qudsiyni inkor qiluvchilar kofir bo'lmaydi.
4.Qur'oni Karim Jabroil a.s. orqali nozil qilingan, hadisi qudsiy esa bevosita.
5.Qur'oni karim Allohning so'zidir,hadisi qudsiyning lafzlari esa Rasululloh s.a.v.nikidir.
6.Qur'oni karimni tahoratsiz ushlash mumkin emas, hadisi qudsiyni tahoratsiz ushlash mumkin.

Hulosa shuki, hadisi qudsiy Qur'oni karim va hadisi sharifning o'rtasidagi maqomda turadi. Mashhur muhaddislar Imom Buxoriy,imom Molik,imom Muslim, imom Termiziy, imom Abu Dovud va boshqalar o'z "Sahih" va "Sunan"larida ko'plab hadisi qudsiylarni qivoyat qilishgan.
Biz quyida ALloh qodir qilganicha shu imomlar keltirgan hadisi qudsiylar bilan tanishtirib boramiz...
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2007, 13:00:11
Alloh taolo hadisi qudsiyda shunday marhamat qiladiki:
Ey, bandalarim!
Men bandamning gumonidaman,istaganicha gumon qilaversin. Men sen bilan birgaman. Agar Mendan yahshilikni gumon qilsang yahshilik bo'ladi, yomonlikni gumon qilsang yomonlik bo'ladi.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2007, 13:02:29
Ey,Muhammad, s.a.v, bir kecha kunduzda ummatlaringga besh vaqt namozni farz qildim. O'zimcha ahd qildimki, kim shul besh vaqt namozni o'z vaqtida ado etib yursa, ul kishini jannatga kiritaman. Kim o'z vaqtida ado qilmasa, ul banda xususida ahdim yo'qdir.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2007, 13:05:16
Ey, odam farzandi.agar senga ajratib qo'yilgan rizqqa qanoat qilsang, rizqing o'zi keladi va mendan ham maqtov olasan. Bordiyu, bu taqsimga qanoat qilmasang, dunyoni sening ustingga sulton va seni dunyoga xizmatkor qilib qo'yaman. Dunyo uchun cho'ldagi vahshiy hayvonlar kabi yugurasan, ammo senga taqsimlab qo'ygan rizqimdan ortig'i kelmaydi va o'zing ham mening oldimda xijolat bo'lib qolasan.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2007, 13:07:37
Ey, odam farzandi, Men seni do'st tutuvchiman,shunday ekan, shul do'stligim tufayli meni ham o'zingga do'st tutgin.(Ya'ni yahshi toat va ibodat qilgin)


Ey, odam farzandi, Men yaratgan ne'matlarimni yeb-yeb tishlaring malollanib charchab ketdiku, lekin shikoyatimdan tiling hech charchamadi.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2007, 13:12:52
Ey, odam farzandi, albatta, men seni onang qornida kuch-quvvatsiz va harkatsiz yotgan vaqtingda tarbiya qildim va onang qornidan salomat chiqardim. Toki sen oyoqqa turguningcha onagni dilini senga rahmli va mehribon etib, senga moyil qilib qo'ydim. Sen shunday qilib katta bo'lding. Undan so'ng toki meni aql bilan tanib, quvvat bilan ibodat qilishing uchun senga quch-quvvat berdim. Ammo sen katta bo'lganingdan keyin mening biodatlarimdan yuz o'girib, men taqsimlab qo'ygan rizqning talabi bilan bo'lding. Bas, O'zimning aziz va ulug' degan sifatlarimga qasamki, agar dunyo axtarib yetti qat yerning tagiga kirsang ham, o'zim taqsim qilib qo'ygan o'shal rizqdan zarracha ham miqdorda ziyoda qilmasman.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2007, 13:15:14
Ey, odam farzandi, dunyodagi jami narsa uchga bo'linadi:Biri menga xosdir, ikkinchi sen bilan mening o'rtamizdadir, yana biri sendadir. Sendan bo'ladigan duodir va mendan bo'ladigani ijobatdir. Bas, harom yemasang, duoying to'silib qolmas.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2007, 13:18:54
Ey, odam farzandi, senga uch narsani ixtiyor qildim,ya'ni oila ahlingni, molu davlatingni va amalingni.
Ammo moling sen o'lib yerdan oyog'ing uzilishi bilan ortingda qoladi. Oyog'ing uydan chiqishi bilan esa oilang ham sandan ajrab qoladi. Keyin qabrda bo'lsan. Qiyomat kunida faqat yahshi amaling foyda beradi. Amaling tuzuk bo'lsa, seni ham tuzatib qo'yadi, agar amaling yomon bo'lsa, seni halok qiluvchi joyga tashlaydi.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2007, 13:21:40
Ey, odam farzandi, sabrli bo'l va o'zingni past tut, O'zim seni oliy darajaga ko'taraman. Istig'for aytgil, seni mag'firat qilay. Harna so'ragil, men uni beray.Menga tavba qil, qabul qilay. Molingdan sadaqa qil, toki molingga baraka beray. Qarindoshlarigga yahshilik qil,ularga qo'shilib yur, umringni uzun qilay.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2007, 13:23:36
Ey, odam farzandi, dilingda qarolik, badaningda dangasalik va rizqingda tanglik bo'lsa, bas, bilgilki, bularning sababi behuda ve bema'no so'zlarni ko'p so'zlashingdandir. Demak bulardan saqlan.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 16 Avgust 2007, 11:46:30
Ey,odam farzandi, faqirlikdan bo'lgan xavfing do'zaxdan bo'ladigan xavfni dilingdan chiqarib yuboradi. Dunyo ishlarida qiladigan ko'p orzu xavaslaring oxirat ishlarini qilishdan to'sib qo'yadi. Dunyo moliga muhabbat qo'yishing,mening muhabbatimni dilingdan chiqaradi. Mendan boshqadan izzat izlashing meni nazar-rahmatimdan seni yiroqlashtiradi. Menga ibodat qiluvchilarni do'st tutishing mening senga bo'lgan muhabbatimni yaqin qiladi vq meni yomon ko'rib ibodat qilmaydiganlarni yomon ko'rishing seni balolardan aritadi. G'azabli va xursand hollaringda ham rost so'zlashing martaba va darajangni meni nazarimda yuqori qiladi. Maxfiy ehson va sadaqa qilish birla rizoligimni toparsan. Yetgan balo va musibatlarni berkitishing birla solihlar qatorida bo'larsan.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 16 Avgust 2007, 11:48:39
Ey, odam farzandlari, men ne'matlar berguvchiman, shukr qilingizlar. Mehribondirman, bas, istig'for aytingizlar. Ibodat qilishga loyiqdirman, bas, ibodat qilingizlar. Maqsad qilinishga loyiqdirman, bas, maqsad qilib meni izlangizlar. Berguvchidirman, bas, harna bo'lsa so'rangizlar.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 16 Avgust 2007, 11:51:12
Ey, odam farzandlari, badanlaringiz nozik (Ya'ni mening azoblarimga bardosh berolmaydi) safarlaringiz uzoq, yo'llar og'ir, Sirot ko'prigi qildan tez va qozi bo'lib so'roq qiluvchi olamlar Parvardigori bor....Shularni bila turib, bu o'tkinchi dunyo va behuda ne'matlarga va ado bo'lib tugaydigan hayotga qandoq rag'bat qilasizlar?!
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 16 Avgust 2007, 11:54:13
Men sizlarning husnu suvratlaringizga va molu-davlatlaringizga boqmasman, balki, dillaringizga va qilgan amallaringizga boqarman.


nafslaringizni tavba va yahshi amal bilan ikrom va ehtirom qilinglar. Bir kuni ellik ming yilga teng bo'ladigan qiyomat kelmasidan ilgari mendan qo'rqinglar va amallaringizni qilib olinglar.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 16 Avgust 2007, 11:56:09
Doimo umringni dunyo uchun sarf qilaversang, qachon bundoq bir cheksiz umidlar bilan tavba izlarsan?! Ozgina amal bilan oxiratni umid qilasan, ibodatli va zohidlarning so'zini so'zlaysan-u, o'zing esa munofiqlarni ishini qilasan...
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 16 Avgust 2007, 11:58:44
Agar sen jannatga kirishni yahshi ko'rsang, bilgilki, Rabbin unga itoat qilganlarni yahshi ko'radi. Bas, Rabbing yahshi ko'rgan ishni qil, o'zing yahshi ko'rgan joyga kirursan. Agar sen do'zaxni yomon ko'rsang, bilgilki, Rabbing gunoh ishlarni yomon ko'radi. Bas, U yomon ko'rgan ishlarni qilma, Rabbing seni sen yomon ko'rgan joydan asraydi.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 16 Avgust 2007, 12:00:45
Mendan uyalmasang harna hohlasang qil! Shoring qurg'uq ey, miskin.


Sen huzuringga kelgan mening mehmonlarimni siyla, men ham huzurimga kelgan sening mehmonlaringni(Senga qarashli kishilar vafot etib kelganida) siylayman.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 16 Avgust 2007, 12:02:59
Albatta, rizq hammaga taqsim qilib va ajal o'lchab qo'yilgandir. Kasal bo'lgan kishi dunyo lazzati va ne'matlaridan mahrumdir.


Baxillik hamma joyda yomonlangandir va dunyo ne'matlari cheksiz emasdir. Rizq izlab juda uzoq ketmoq zaxarlidir va rizq berguvchi doimo tirik va qoimdir.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 16 Avgust 2007, 12:04:51
Qachon balo va musibatga uchrsang meni yodga olasan. Qachon u baloni sendan ko'tarsam, huddi meni tanimaydigan kishidek unutib yuborasan.


Men sendan ertangi ibodatni bugun talab qilmayman, bas, sen ham ertangi rizqingni bugun talab qilmagin!
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: AbdulAziz 17 Avgust 2007, 07:19:07
Assalamu alaykum!
Alloh rozi bo'lsin sizdan opajon!
Qlayotgan xayrli amallaringini bardavom aylasin!
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 18 Avgust 2007, 09:42:39
Qachon meni yolg'iz oningda yod etsang, men ham seni yolg'iz holimda yod etarman. Agar meni jamoat ichida yod etsang, men u jamoatdan ulug'roq jamoat ichida,ya'ni farishtalar ichida yod etarman.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 18 Avgust 2007, 09:45:34
Ey, odam farzandi, men Allohdurman, bandalarni o'z qudratim bilan yaratdim, bas, kimlargadir men yahshilikni iroda qilib, yahshi xulqni berib qo'yaman.Kimlargadir yomonlik bo'lishini iroda etsam, ularga yomon xulqni berib qo'yaman.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 18 Avgust 2007, 09:47:28
Albatta, bandam uchun menda bir ahd bor, bu ahd shulki, agar bandam o'z vaqtida namozlarini ado etib yursa, men uni azobga qo'ymayman va jannatga kiritaman.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 18 Avgust 2007, 09:49:06
Albatta, Islom dini o'zimga loyiq ko'rgan va men rozi bo'lgan dindir. Bu dinni xushmuomalalik bilan xushxulqlik tuzatgay. Bas, qaysi joyda va qaysi odamda bu dinni topsalaringiz uni siylanglar.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 18 Avgust 2007, 09:51:43
Men zulmni O'zimga haqom qildim va uni sizlarning o'rtalaringizda ham harom qildim. Bas, bir-birlaringizga zulm qilmanglar.


Men sizlarning amallaringizni hisoblab borib, qiyomat kunida ajrini tamom berurman.Bas, har kim yahshi amal qilgan bo'lsa, hudoga hamd aytsin,lekin agar yomon amal qilib yurgan bo'lsa, unda o'zini malomat qilsin.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 18 Avgust 2007, 20:43:16
Ey, odam farzandi, albatta sen mening azobimga dosh berolmaysan,shunday ekan, azobdan qutulmoq uchun mana bu duoni o'qib yurmaysanmi:"Ey,Parvardigor, bizlarga bu dunyo va oxiratdagi yahshiliklarni bergil va do'zaxdan saqlagil".
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 18 Avgust 2007, 20:45:59
Ey,odam farzandi, albatta, sen duo qilib yursang, senda qancha gunoh bo'lsa kechirib yuboraman,oz-ko'piga parvo qilmayman.


Ey, odam farzandlari, agar mening rahmatimni yahshi ko'radigan bo'lsangizlar, bas, men yaratgan narsalarga rahm - shafqat qilinglar.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 18 Avgust 2007, 20:48:33
Ey, odam farzandi, g'azabing kelganida meni yodga olgil, men ham g'azabim kelganida seni yodga olaman,ya'ni, halok qiladigan kishilarimga qo'shib seni halok qilmasman.

Ey, odam farzandi, albatta, soch va soqolingdagi oqlar mening nurimdandir. Men O'z nurimni o'z do'zaxim olovida kuydirgani hayo qilaman,shunday ekan, sen ham hayo qilgin.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 18 Avgust 2007, 20:50:41
Ey, odam farzandlari, do'zax o'rniga jannatni ixtiyor qilinglar va amallaringizni kufr,shirk va gunoh bilan botil qilmangizlar, do'zaxga tushgaysizlar va undan abadiy azobga qolursizlar.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 18 Avgust 2007, 20:58:32
Qachon bir bandam meni jamolimni ko'rishni istasa, men ham shu bandamni ko'rishni hohlayman. Agar biror bandam meni ko'rgisi kelmasa, men ham ul bandamni ko'rishni istamayman. Meni jannatda ko'rish mumkin, do'zaxda hech kimga ko'rinmayman.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 19 Avgust 2007, 09:21:04
Ey,odam farzandi, albatta, sen meni yod etib va ne'matlarimga shukr qilib yursang, men ehsonimni yana ziyoda qilaveraman,agar meni yod etmay esdan chiqarsang va ne'matlarimga shukr qilmay,kufr keltirsang berib turgan in'om va ehsonimni ham to'sib qo'yaman.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 19 Avgust 2007, 09:23:18
Kim iftorni vaqtidan kechiktirmay, kun botishi bilan ro'zasini ochsa, ro'zador bandalarim ichida o'sha menga do'st va yahshiroqdir.


Bandalarimning ibodatlari ichida menga suyumlirog'i - mening yo'limda yahshi amallarga targ'ib qilish hamda holis nasihat qilishdir.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 19 Avgust 2007, 09:24:51
Ey,inson, kelib turgan rizqingga qanoat qilmasang, dilingga orzu havaslarni solib qo'yaman va sen ulardan abadiy qutula olmaysan.


Ey, inson, men uchun xolis amal qil va so'ragil. Men so'rovchilar so'ragan narsasidan afzalini beraman.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 19 Avgust 2007, 09:27:42
Ey,inson, albatta, men bir maxfiy kon edim,bas, o'zimni oshkor etib tanilayin, deb iroda qildim va butun xalqni yaratdim.


Ey, inson, bilgilki, garchi o'zing istamasng ham, bir kuni albatta boshingga o'lim kelur.Shunday ekan, Parvardigoring xukmiga bo'ysun!Axir qiyomatda qayta tirilib,Allohga hisob berasan!
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 19 Avgust 2007, 09:31:17
Men mol-dunyoga maxfiy amr qildimki, ey, dunyo sen mening do'st bandalarimga xor va e'tiborsiz bo'lgil, toki ularning mehr-muhabbatlari senga emas menga moyil bo'lsin.


Agar ALloh nazdida mol-dunyoning qadri zarracha bo'lsa edi,uni Fir'avnlarga emas, balki payg'ambarlarga va aziz avliyolarga bergan bo'lardi.
Parvardigor mol-dunyoga xirs qo'yishdan va uning fitnasidan O'z panohida asrasin!
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 19 Avgust 2007, 09:36:46
Ey, inson, sen to to'rt o'limni totib ko'rmaguningcha Alloh uchun biror amal qila olmaysan.
Birinchisi- qizil o'lim. Y'ani podshohlardan, johillardan va ro'zg'ordan yetib turadigan jafolarga sabr qilish va uni xalqdan daf qilish.
Ikkinchisi - oq o'lim, ya'ni tilni turli yomon so'zlardan saqlash.
Uchinchisi - qora o'lim,ya'ni nafs-havoga qarshi harakat qilish.
To'rtinchisi - sariq o'lim,ya'ni har bir narsa va voqeadan ibrat olish.


Bu xislatlarga ega bo'lishlik qiyin va mashaqqatli bo'lgani uchun ular o'limga o'xshatiladi.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 19 Avgust 2007, 09:39:43
Bilgilki, mening yo'limdan adashib, umrini zalolatda o'tkazganlarga, bu dunyoda qiyomat hisob-kitobini unutganlari uchun og'ir azoblar berilur.

Bilgilki, insonga halol qatra-qatra kelur, harom esa sel kabi mo'l-ko'l kelur. Har kimning yemishi halol bo'lsa, dini pok bo'lar.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 19 Avgust 2007, 09:42:46
Bilgilki, qaysi bir bandaning qalbini mol-dunyo yig'sih sehri ishg'ol qilgan bo'lsa, uni faqirlik haxfi bilan band qilib qo'yaman. O'limni esidan chiqarib qo'yaman va yana uni mol-dunyo yig'ish bilan ovorayi sarson qilib, oxiratni eslamaydigan g'ofil qilib qo'yaman.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 19 Avgust 2007, 09:45:10
Bilgilki, mening yo'limda xolis niyat ila qiladigan amallaringni qabul etaman. Xolis niyat va ixlos ila amal qiluvchilarga qanday ham yahshi!


Ey, inson, agar senga faqirlik yetayotganini bilsang, solih bandalar kabi "Xush keldingiz", deya qarshi olgil.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 19 Avgust 2007, 19:16:48
Ey,odam farzandi, agar senga boylik kelayotganini sezsang, bilgilki, azob-uqubat va jazosi naqd bo'lgan gunoh kelayotir.


Agar sening uyingga mehmon kelmay qolsa, Parvardigorga:"La'nati shayton yomonligidan meni o'zing saqla", deya iltijo qil.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 19 Avgust 2007, 19:20:49
Ey, inson, barcha mol-mulk mening mulkimdir. Sen qulimsan. Sening kulbangga taklifsiz kelgan mehmon mening elchimdir. Qo'lingdagi O'zim bergan ne'amtlarimni olib qo'yishimdan qo'rqmaysanmi?!
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 19 Avgust 2007, 19:22:42
Ey, odam farzandi, sen ixlos va solih amal bilan menga xizmat qil. Zero, men yahshi amallar bilan xizmat qiladigan kishi o'zim do'st tutaman. Va unga ham solih insonlarni xizmatkor qilib qo'yaman. Yo'qsa sen o'tgan umring ichida menga qancha osiylik qilganingni bilmaysan.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 19 Avgust 2007, 19:25:24
Ey, inson, men doimo senga xotirjamlikni ravo ko'raman va ayblaringni yashirib turaman,vaholanki sen mening ehtiyojim yo'qdir. Sen bo'lsang, menga doimiy ravishda muhtoj bo'la turib faqat gunoh ishlarni qilishga moyilsan.


Ey,inson, qachongacha bu foniy dunyoni obod qilishga urinasan? Boqiy va abadiy yashaydigan oxirat dunyoyingni qachongacha xarob qilasan?
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 19 Avgust 2007, 19:28:46
Ey, inson, qachongacha solih bandalarim bilan birga o'tirib o'zing ulardek bo'lmaysan? Bordi-yu birga o'tirib qolsang ham, ular safiga qo'shilmaysan, qachon sen najot topasan?


Ey, inson yahshilab ehsitib olgilki, bandalarimdan hech biri o'zining zulmi, makr-xiylasi, chaqimchiligi,tajavuzkorligi va g'arazu hasadidan odamlarni tinch qo'ymagunicha, o'zi ham mening azoblarimdan tinch va omonda bo'lmaydi.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 19 Avgust 2007, 19:31:01
Ey, bandam ogoh bo'lgilki, men Allohdurman! Mendan boshqa biror ma'bud yo'qdir. Bas! Menga ibodat qilinglar. Bergan ne'matlarimga shukr qilinglar. Noshukrlik qiluvchilardan bo'lmanglar.

Ey, inson, bilgilki, mendan boshqa yordamchisi yo'q bechorahol odamga zulm qilganlarga g'azabim qattiq.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 19 Avgust 2007, 19:35:41
Ey, inson, kimki mening biror do'stimga adovat va dushmanlik qilsa va unga ozor bersa, bilgilki, unday banda menga qarshi jang qilishga qasdlanganlardan bo'ladi.

Ey, inson kimki men taqsim qilib qo'ygan rizqga rozi bo'lsa, uning xuzuriga mol-dunyoning o'zi u hohlamasa ham kelaveradi.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 25 Avgust 2007, 19:47:12
Ey, odam farzandi, men ato etgan rizqni yemoqdasan, bas, toatimni ham qilmog'ing kerak.


Ey, inson, o'lim kelmasdan burun o'zing uchun yahshi amallar qilib ol. Bu dunyoda qilgan gunohlarim oxiratda jazosiz qoladi, deb kibrlanma. Chunki yaqin kunda Alloh xuzuriga safar qilursan va qilgan gunohlaringdan javob berursan. Hayotlik davringdagi orzu havaslar seni saovb ishlardan qoldirmasin. Agar bu o'gitlarni rad etsang, pushaymon foyda bermaydigan kunda afsus qilasan.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 25 Avgust 2007, 19:49:55
Ey, inson, O'zim bergan mol-dunyodan haqimga zakot ajratib farzimni ado etmasang, faqir miskinlarni haqini ushlab turadigan bo'lsang, bilgilki, mol - dunyoyingni majburan tortib oladigan zolimlarni yuboraman. Ular qo'liga o'tib ketgan moling uchun sen hech qachon, hech qanday savob ololmaysan.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 25 Avgust 2007, 20:06:19
Ey, odam, sen mening rahmatimdan umidvor bo'lsang, farmonlarimni bajar va toat qil.


Ey, odam, agar sen mening azob va uqubatlarimdan qo'rqsang, meni rad etishingni va yomon yo'llarda yurishingni bas qil.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 25 Avgust 2007, 20:08:59
Ey, inson, dunyo yig'ishni kasb qilib olar ekansan, qiyomatda hisob berishingni, mol-dunyoni qayerdan olib qayerga sarf qilganingdan so'roq qilinishingni ham esalb qo'y!!!

Ey, inson, hamisha ovqatlangani o'tirganingda, qorni och bechoralar ham esingda bo'lsin. Shunda Allohning bergan ne'matlariga shukr qilishing osonroq bo'ladi.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 25 Avgust 2007, 20:11:00
Ey, inson, qachonki senga dunyo mo'l-ko'l kela boshlasa, uni isrof qilmasdan yahshi yo'llarga sarf qil. O'limni eslab, haromdan saqlan.


Ey, inson, biror gunoh ishga qo'l urmasdan burun hamisha bo'lgusi jazo va azoblarimni esla.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 25 Avgust 2007, 20:13:24
Ey, inson, biror zaif insonga zulm va zo'ravonlik qilishga nafsing chorlasa, undan burun hamisha o'zingdan ko'ra qudratliroq zot borligini esla. O'sha Zot seni haligi zaif insondan zo'rroq qilib qo'ygani kabi, hohlasa uni ham sendan zo'rroq qilib qo'yishga qodirdir.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 25 Avgust 2007, 20:15:29
Ey odam, qachonki boshingga biror kulfat yoki musibat tushsa,"La havla vala quvvata illa billahi" kalimasini o'qib Allohdan madad so'ra.


Ey, odam qachon bemor bo'lsang, o'zingni sadaqa berish bilan davola.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 25 Avgust 2007, 20:20:05
Ey odam, qachonki boshingga bir musibat tushsa ushbu duoni o'qigil:"Inna lillahi va inna ilayhi roji'un".(Ya'ni, "Albataa, hammamiz Allohnikimiz va albatta yana Allohga qaytajakmiz")


Ey odam, hamisha ezgu amallarni qilishga odatlan, zero, ezgulik jannatning kalitidir. Har kim uni qo'lga kiritsa jannatga yo'l togan bo'ladi.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 25 Avgust 2007, 20:23:43
Ey odam, yomonlik va yovuzliklardan o'zingni uzoq tut. Zero, yomonlik do'zaxning kalitidir. Bu kalit o'z egasini albatta do'zaxga boshlab boradi.


Ey, odam, bilgilki qurayotgan barcha imoratlaring o'tkinchidir va bir kuni xarob bo'lgusidir. Umring esa omonatga berilgan, badaning bir kuni kelib tuproqqa aylanib ketadi.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 26 Avgust 2007, 18:07:35
Ey odam, bilgilki, bu dunyoda to'plagan boyliklaring boshqalarga meros bo'lib qolgay. Undan yemoq va xuzurini ko'rmoq boshqalarga nasib qilgay. Lekin uning hisob-kitobi  va nadomati esa sening bo'yningga tushgay. Qabrda senga faqat hayotlik vaqtingda qilgan yahshi amallaringgina yordam bergay.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 26 Avgust 2007, 18:09:57
Ey odam, mening toat-ibodatimga bel bog'la. Gunoh ishlardan xazar qil. Kelib turgan rizqingga qanoat qil. Parvardigoringga shukr qiluvchilardan bo'l.


Ey odam, qachonki senga biror musibat yoki ofat yetsa, qara"agar o'sha musibat senga nopok holda turganingda yetgan bo'lsa, demak, bilgilki bu ofatning sababchisi o'zingsan.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 26 Avgust 2007, 18:12:29
Ey bandalarim, bilinglarki, men sizlarni bekorga yaratganim yo'q, nojo'yaga ham yeratganim yo'q ve men sizlarning qilayotgan ishlaringizda g'aflatda ham emasman.


Ey odamlar, dunyo oxiratda hovlisi yo'q odamning hovlisidir, dunyoga aqli yo'q odamlargina shod bo'ladilar. Va iymon ishonchi yo'q odamgina dunyoga xirs qo'yadi.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 26 Avgust 2007, 18:15:05
Ey odamalr, sizlar mening xuzurimdagi narsalarimga faqat mening roziligimni talab qilish yo'lida o'zlaringiz xush ko'rmagan narsalarga sabr qilmaguncha yeta olmaysizlar. Menga itoat qilishda bardoshlilik bo'lish, menga osiy-gunohkor bo'lib jazoga giriftor bo;lishdan osonroqdir.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 26 Avgust 2007, 20:38:03
Ey dunyo ahli, kimki dunyo xuzur - halovatini talab qilsa, uning ma'rifati yo'qligi, kimki o'tkinchi ne'matni, tugaydigan hayotni va bitadigan rohatni yahshi ko'rsa, u o'ziga jabr qilgani, Rabbisiga gunohkor bo'lgani, oxiratni unutganidir va dunyo u odamni aldagani belgisidir.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 26 Avgust 2007, 20:40:09
Ey, odam, o'lmas ozuqa bo'lgani uchun dunyoga rozi bo'lgin, zero, ko'rinmas askari bo'lgan bor zot Alloh abadiy tirikdir.


Ey bandalarim, agar mendan bir bandam so'rasa beraman, agar mendan so'ramasa, unga g'azabim keladi.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 26 Avgust 2007, 20:42:18
Ey bandam, agar menga bir qarich yaqin kelsang, men sanga bir quloch yaqin boraman, agar menga qarab sekin yursang, men sanga qarab yuguraman.


Ey odam farzandi, meni osoyish kinlarda eslagan bandani yoki harom joyda, haromlik sodir bo'layotgan holatda mendan qo'rqqan kishini men do'zaxdan ozod qilaman.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 26 Avgust 2007, 20:44:43
Ey odam farzandi, men yerdagi xalqlarga osiyliklari uchun azob yuborishni hohlayman, agar o'sha vaqtda men uchun bir-birlari bilan do'stlashib, masjidlarimni obod qilib turganlarga va saharlarda mendan istig'for so'rab o'tirganlarga nazarim tushsa, ulardan azobimni qaytaraman.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 26 Avgust 2007, 20:50:33
Ey odamzod, mening ulug'vorligimga bo'yin egilgan kishilar ichidan xalqimga manmanlik ko'rsatmagan  va kunduzlarni mening yodim bilan o'tkazganlarninggina namozlari qabul qilinadi.

Ey odamzot, agar bandaga meni doimo eslab yurishlik g'oliblik qilsa, uning talabini va uning xuzur-halovatini o'zimning zikrimda qilib qo'yaman, u menga oshiq bo'lsa, men ham unga oshiq bo'laman, keyin u bilan O'zimning oramizdagi pardani ko'taraman. Kimda shu sifatlar bo'lsa u odamalr haqiqatdan ham bahodirdirlar.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 26 Avgust 2007, 20:54:46
Ey odamzod, men qiyomatda farishtalarimga "bandamning  amal daftariga qaranglar, mendan jannatni so'raganini ko'rsalaring men unga so'raganini beraman, kimki mening nomim bilan do'zaxdan najot istasa, men u bandani o'z panohimga olaman", deyman.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 26 Avgust 2007, 20:58:53
Ey odam farzandi, men haqiqatda ulug' kun qiyomat xabarida jinu odamzodni yozib qo'yganman. Men uni yaratsam, u mendan boshqaga qullik qiladi, men unga rizq bersam, u mendan bo'lak xudo emas narsaga tahsin o'qiydi.


Ey odam farzandi! Men Islom yo'lida sochi oqargan erkak va ayol bandalarimga azob qilib, ular ko'z yoshlarini to'kishlaridan uyalaman.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 30 Avgust 2007, 10:24:54
Ey odam farzandi,qaysi bandam biron yahshilik amal qilishga ahd qilsa, lekin uni qilmasa, unga o'sha yahshilikni niyat qilgani uchun bir savob, agar uni amalga oshirsa o'n marta hasanot- savob qilib yetti yuz martagacha oshirin yozaman. Agar bir yomonlikni qasd qilib, uni amalda bajo keltirmasa, unga yomonlik yozmayman.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 30 Avgust 2007, 10:28:30
Ey bandalarim, men bandalarim ichidan bir mo'min kishini biron musibat yetkazibimtihon qilsam, u menga hamd aytib mening imtihonimga sabr qilsa, u o'sha joyidan turganida gunohlaridan onasi tuqqan kunidek pok bo'lib turadi.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 30 Avgust 2007, 10:30:54
Ey bandalarim, qaysi bandamki, mening roziligim uchun jihod qilsa, din uchun yoki o'zini gunohdan himoya qilish uchun kurash qilsa, men uning oxiratiga kafilman.


Ey bandam, meni bomdod va asr namozlaridan keyin bir soat zikr qilgin, men senga o'sha ikkisining orasida gunohlaringga kafillik beraman.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 30 Avgust 2007, 10:33:32
Ey bandalarim, men biror bandamni kasallik ila imtihon qilsam, u mening bu imtihonimdan o'zini ziyorat keluvchilarga shikoyat qilmasa, men u bandamni asirlar qatoridan, jahannam asirlari va turlicha kasallik asirlari qatoridan xalos qilaman.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 30 Avgust 2007, 10:35:35
Ey bandam, oxirating uchun sen go'yo ertaga o'ladigan kabi amal qilgin,mol-matoni dunyoda abadiy turadigandek jam qilmagin.


Ey bandalarim, bu dunyoda zulm qilishni qo'yinglar, shu sizlarga oxirat azobidan yengilroqdir.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 30 Avgust 2007, 10:39:00
Ey bandalarim, sizlar meni menga itoat qilishlik bilan eslanglar, men esa sizlarni yorlaquvchiligim bilan eslayman.


Ey odam,men bir bandaning tan jonini sog'lom qilsam, uning yetarli rizqini balgilasam ham, u meni hech bo'lmasa besh yilda bir kelib ziyorat qilay demaydi.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 30 Avgust 2007, 10:41:05
Ey odam, men Parvardigorman, yahshilik va yomonlikni taqdir qildim. Kimgakim yomonlik qilishni taqdir qilgan bo'lsam, o'sha odamning holiga voy, kimgakim yahshilik qilishni taqdir qilgan bo'lsam, o'sha bandamga qanday ham yahshi!
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 30 Avgust 2007, 10:46:09
Ey bandalarim, men bandalarimdan birortasiga badaniga, bolasiga yoki mol - dunyosiga musibar yuborsam, u mening musibatimni sabr bilan kutib olsa, men qiyomat kunida uning nomiga tarozi tikishdan yoki uning amal daftarini ochishdan hayo qilaman. Chunki uning amallari taroziga sig'maydi, amal daftarini esa Men o'z fazlu karamim bilan nuqsonlarini berkitaman va azob bermayman.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 30 Avgust 2007, 10:49:07
Ey bandlarim, men bir bandamning ikki sevikli narsasini - ikki ko'zini yo'qotish bilan imtohon qilsam, keyin u o'sha baloga sabr qilsa, men unga buning evaziga jannatni beraman.


Ey odam, eshitgin, kimki bir miskinga jabr qilsa, men uni chumoli sifatida qiyomatda xoru zor qilib turgizaman.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 30 Avgust 2007, 20:03:56
Ey odam farzandlari, menga o'z xojatlaringizga yarasha itoat qiling, ya'ni xudo xuzuridagi olaman degan ne'matga yetarli darajada xudoning farmonlarini bajarmoq lozim, chunki sizlarning mening do'zaximga sabrlaring yetmaydi.


Ey odam bolasi, mendan bo'lak har bir narsa halok bo'lguvchidir, oxirgi xuk mendandir va menga qaytasizlar.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 30 Avgust 2007, 20:07:08
Ey, odam farzandlari, sizlar bu dunyoda qabrlaringizda bo'ladigan muddatingiz miqdoricha kasb qilingiz, chunki qabrlar amallaringizga yarasha joylaringizdir. keyingi qildirilgan narsalaringiz savob umidi-da keyin orqamdan boradi, deb umid qilgan hali bo'lmagan ba'zi savob ishlarga uni bo'lishini kutib turmanglar, hali berilmagan rizqlaringizni olgandek xursand bo'lmanglar va gunohlaringizni bilinmay qoladi deb o'ylamanglar.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 30 Avgust 2007, 20:11:54
Ey odam bolasi, sen o'zingga va hamma xalqlarimga qaragin, agar sendan taqvoyu amalda afzalroq birovni ko'rsang,unga izzat va xurmat ko'rsatgin. Agar unday odam topolmasang, o'zingni tavba tazarru va ezgu amal bilan xurmatlagin.


Ey odam bolasi, sen o'z umringni onang dunyoga keltirgan vaqtdan boshlab men seni vujudga chiqargandan beri gunoh va osiylikda zoye qilmoqdasan.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 30 Avgust 2007, 20:14:09
Ey odam bolasi, sening dunyodagi misoling dunyoning halovatiyu uning senga ko'rsatadigan makr ziylasi, asalga pashsha tushishi kabidir. Agar u asalga qo'nsa xalok bo'ladi. Shunday ekan, boshqa odamlarning manfaati uchun o'zini kuydiradigan o'tinga o'hshamagin.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 30 Avgust 2007, 20:16:15
Ey odam bolasi, mening farmonlarimga amal qil, seni qaytargan narsalarimdan qayt, shunda men seni abadiy o'lmaydigan qilaman.


Ey odam bolasi, agar so'zing yaltiroq - mayin bo'lib, amaling qabix bo'lsa, unda sen munofiqlarning munofig'isan.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 30 Avgust 2007, 20:19:16
Ey odam bolasi, agar sening tashqi ko'rinishing yahshi bo'lib ichki dunyoying yomon bo'lsa, sen xalokatga loyiqlarning loyig'isan.

Ey odam bolasi, g'ariblarga panoh bo'lgil, yaqin qarindoshlar bilan aloqa qilgil, gadolarni yupatgil, musibat yetganda mehribonlik qilgil, yetimni xurmat qil va unga mehribon otadek bo'lgil. Kim mana shu sifatda bo'lib, mendan duo qilib so'rasa, albatta, uning duolarini ijobat qilaman.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 30 Avgust 2007, 20:22:17
Ey odam bolasi, agar birortangiz uch kun yeb - ichib ham menga shukr qilmasa, u mening ne'matimni oyoqosti qildi xisob. Agar molidan zakotini bermasa, u mening xitobimni arzimas narsa deb bilgan kabidir.


Ey odam bolasi, agar namoz vaqti kirsayu, kimki o'sha zaxoti tirikchilikni to'htatib, ado etishga intilmasa, u menga g'ofillik qilganidir.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Munira xonim 30 Avgust 2007, 20:23:48
Ey odam bolasi, sukut saqlashlik bilan mendan tan-sihatlik xotirjamlikni so'ragil.


Ey odam bolasi, bilgilki, salomatlik birlikda, ixlos taqvoda, xudojo'ylik tavbada, ibodat ilmda va boylik qanoatdadir.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Muhammad Yusuf 11 Iyul 2011, 16:51:31
,,Ey Odam farzandi !
 Qancha chiroqlar bor, ularni havoyi nafs shamoli o'chirib yubordi.
 Qancha obidlar bor, o'ziga bino qo'yish ularni buzdi.
 Qancha boylar bor, ehtiyojsizlik ularni aynitdi.
 Qancha kambag'allar bor, qashshoqlik ularni buzuqlikka yetkazdi.
 Qancha sog'lom kishilar bor, doim sog' yurish ularni fasodga eltdi.
 Qancha olimlar bor, ilmi ularni buzdi.
 Qancha johillar bor, nodonligi ularoi fasodga g'arq qildi.
     Agar  ruku'dagi keksalar, hushu'li yoshlar, emizikli go'daklar va o'tloqdagi hayvonlar bo'lmaganida albatta osmonni ustingizga temir ,yerni yaydoq tekslik, tuproqni esa kul qilgan , sizlarga osmondan bitta ham tomchi tushirmagan, yerda birorta don o'stirmagan va ustilaringizga azobni yog'dirgan bo'lar edim ''.
Nom: Re: Hadisi Qudsiylar!!!
Yuborildi: Muhammad Yusuf 14 Iyul 2011, 13:42:23
 ,,Ey dunyo ! Menga xizmat qilganga xizmat qil, senga xizmat qilganga xizmatingni qildir ! ''