forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Robiya 29 Avgust 2007, 13:18:48

Nom: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2007, 13:18:48
Ushbu kitob asrimiz boshida buxorolik Muhammad Zafar tomonidan ko’chirilgan bo’lib, kim tomonidan bitilgani aniq emas.Uni o’qigan har bir kishi o’zini qiynab yurgan jamiki hunyo jumboqlariga javob topgay, islom diniyu "œQur’on"ning har bir oyatigacha hamda namozning mo’minu musulmonlarga qanday farz bo’lgani borasidagi qiziq va ayni chog’da g’oyat ibratli voqealardan xabardor bo’lg’ay.Qissa qadimgi ertaklar shaklida yozilib, o’quvchini toliqtirmaydi.Islom dini va "œQur’oni Karim" to’g’risidagi ilm bo’lishiga qaramay, xuddi badiiy asar o’qiyotganday bo’ladi.
Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2007, 13:24:16
   Alhamdu lillohi rabbil olamina va aqubatu lil muttaqiyna vas-salotu vassalomu ‘ala rasulihi Muhammadin vaolihi va ashobihi ajma’in!Ammo ba’d hamdu behad va sanoyi ba’d ul arsayi mavjudod, ya’ni Muhammad Mustafo salollohu alayhissalom, afzalus salomi va Akmal ut tahiyyoti va olihi va ashoblariga ham!
    Ammo rivoyat qilguvchi va tarix bitguvchilar andog’ rivoyat qilibturlarki, sultoni Orifin, ya’ni Rum podshohi erdi.Musulmonlikda barqaror erdi. Kecha va kunduz ilmu amalga bisyor sa’yi bor erdi.Va vaqtiki qazoyi muqarrar yetdi.Dorul fanodin Dorulbaqog’a intiqol qildi.O’g’ullari yo’q erdi,ammo bir qizlari bor erdi.Otasini taxtig’a o’tquzdilar.Ammo bir kun Malikayi latif podshohlik qilib ja’mi umaro va amaldorlarni chorlatib dediki: - Meni ming masala savolim bor,kimki shu savolimni topsa,o’zumni unga bag’ishlab,har kishiki o’zumni qabul qilib taxtu podshohligimni ham berurman! — dedi.Malikaning bu so’zi tamomi olamg’a yoyildi.Shahardan shaharga,viloyatdan viloyatga bu so’zlar eshitildi.Rum shahrining donishmandlari bu so’zlarni eshitib yig’ilib keldilar.Malika savoliga javob berurmiz, deb.Malika darhol ularni savolga tutdi.Donishmandlar bu savollarni eshitib, hayron bo’lib,javob berishga ojiz bo’ldilar.Malika darg’azab bo’lib aytdiki:- Nima uchun o’zlaringizni donishmand sanab,keldingizlarmi? Deb hammasini bandga soldirdiki,chunonchi Hazrat Ali Karim Allohu vajhahu aytibdurlarkim: Xalaqa manlaya’rifa Qidrahu!Ya’ni halok bo’lar kishiki bilmasa o’z qadrini.Emdi halok bo’lursizlar,deb hammasini bandga solib, o’n kundan keyin o’ldurmakka hukm qildi.Rum shahrini akobirlari bularning gunohlarini tilab hammasi maslahat qilib keldilar.Aytdilar: -Ey malikai donishmand, bularni o’ldursalar xo’b bo’lmas,bu ishimiz shaharga eshitilur!Xo’bi shuldurki,bularni o’ldurmay bir yillik molini va mulkini olib qo’yib yuboraylik,- deb talab qildilar.
    Alqissa Malika Rum shahrig’a qirq yil podshohlik qildi.Hech donishmand chiqmadi.Malika xush xo'’ va xushro’ylig’i,darveshnavoz olimlarni do’st tutmog’i yetti iqlimg’a shuhrat topdi.Ammo Turkiston viloyatida ham bir Donishmand bor edi.Bu so’zni eshitib Turkistondan qirq kechayu kunduzda Rumg’a keldi.Rum shahriga Turkistondin bir Donishmand kelibdur,degan ovoza tarqaldi.Malika darhol ul Donishmandni chorlatib: "œMing bir savolimg’a javob bergali keldingizmu?" deb so’radi.Donishmand: "œOre,Insholloh!Javob ayturman",-dedi.-Har ish Xudodin.Xudoyi taolo "œQur’oni sharif"da xabar beribdur: "œA’uzu billahi minashshaytonir rojim,Bismillahir Rohmanir Rohiym!Qavlahu Taolo,kull shay’in xaliqun illa vajhahu lahul hukmu va ilayhi turja’un!"
    Malika aytdi:"œHazor savolimga bermasang javob
                           Yo’qsa qoning to’kilur besabab!"
Donishmand aytdi:"œMan parvonaman,san shamdursan,
                               Yuzingni nuridin chun sham’i tobon
                                Jamoling shamida parvona yanglig’
                                Kuyub qilsam sanga jonimni qurbon"
Davomi bor...
Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2007, 16:47:04
Malika so’radi: "œXudoyi Taoloning qudratidin ikki jahonda har narsa paydo bo’ldi.Ul nimadurki,Xudoyi Taolo bilmaydur?!"
Donishmand aytdi: "œO’ziga o’xshash narsani bilmaydur"
Malika so’radi: "œUl nimadurki Xudoyi Taoloda yo’q"
Donishmand aytdi: "œXudoyi taoloda uyqu yo’q".
Malika so’radi: "œUl nimadurki,misli va monandi yo’q,ayoliyu farzandi yo’q!?"
Donishmand aytdi: "œUl Xudoyi Taolodur!"
Malika so’radi: "œXudoyi Taoloni yuzi qaysi tarafdadur!?"
Donishmand aytdi: "œChiroqni bir qorong’u uyga yoqsang,hammaga barobar ravshanligi tushar.Xudoyi Taoloning yuzi anga o’xshash hammaga barobardur."
Malika so’radi: "œXudoyi Taolo Arshdamu Kursidamu!?"
Donishmand aytdi: "œArshda ham emas,Kursida ham emas,Xudoyi Taoloni joyi Lo Makondur!"
Malika so’radi: "œUl nechuk mevadurki,Behishtg’a o’xshar!?"
Donishmand aytdi: "œXudoyi Taoloning karamidur!Aning uchun ruhi toza bo’lur!"
Malika so’radi: "œXudoyi Taolo hammadin ilgari nimani yaratdi!?"
Donishmand aytdi: "œKofu Nunni yaratdi."
Malika so’radi: "œQaysi dalil birla?"
Donishmand aytdi: "œXudoyi Taolo "œQur’oni sharif"da xabar beribdiku: "œAN YAKULA LAHU KUN FAYAKUN!" deb."
Malika so’radi: "œKun fayakundan nima hosil bo’lur?"
Donishmand aytdi: "œXudoyi Taolo "œKUN" deb, ya’ni "œbo’lg’il!" "œFAYAKUN", "œbas bo’ldi!" Har narsaki jahonda bor paydo bo’ldi."
Malika so’radi: "œNa yerdin kelursiz?!"
Donishmand aytdi: "œOta sulbidinu ona rahmidin kelurman!"
Malika so’radi: "œQaysi dalil birla?"
Donishmand aytdi: "œQavlahu Taolo,yaxruju min baynis-sulbi vattaroibi!"
Malika so’radi: "œQayg’a borursan?"
Donishmand aytdi: "œLo makong’a borurman!"
Malika so’radi: "œQayda turursan?"
Donishmand aytdi: "œGo’ristonda tururman"
Malika so’radi: "œNima yersan?"
Donishmand aytdi: "œG’am yerman"
Malika so’radi: "œNimani g’amini yersan?"
Donishmand aytdi: "œOxirat g’amini yerman"
Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 14 Sentyabr 2007, 12:16:15
Malika so’radi: "œXudoyi Taolo o’tdin nimani yaratdi?!"
Donishmand aytdi: "œDo’zaxda ikki narsani o’tdin yaratdi:biri muzakkar,va biri muannas!Muzakkarni dumi ilon dumig’a o’xshar,muannasni dumi chayon dumig’a o’xshar.Ul ikkisi juft bo’ldi, andin jinlar paydo bo’ldi."
Malika so’radi: "œQaysi dalil birla?"
Donishmand aytdi: "œQur’oni sharif"da zikr qilibdur: "œQavlahu Taolo val jinna xalaqnahu min narissamum", ya’ni "œBiz jinlarni o’tdan yaratdik".
Malika so’radi: "œUl nadurki joniyu boshi yo’qdur,lekin yemish yeydur?!"
Donishmand aytdi: "œHazrati Muso alayhissalomni Asolaridurki,Fir’avn alayhi la’na Muso alayhissalomga g’olib keldi.Andin Asolarini yerg’a tashladilar.Xudoyi Taolo unga(Asoga) jon berdi.Ulug’ ahdarho paydo bo’ldi.Oldiga har narsaki uchradi,ani yedi.Kofurlar ani haybatidin qo’rqub qochdi.Muso alayhissalom yana qo’llarig’a oldilar,Asog’a aylandi."
Malika so’radi: "œUl nimadurki,jonsiz havog’a o’rnidin uchib ketdi?"
Donishmand aytdi: "œUl Ko’hi Turdurki,Xudoyi Taolo nuri tajalliy qilg’oni sababli zarra-zarra bo’lub havog’a uchib ketdi."
Malika so’radi: "œUl nimadurki, ovozini bir kishidan o’zga eshitmadi,nechuk ovozdir?!"
Donishmand aytdi: "œUl ovozni Muso alayhissalomdin o’zga eshitmadi."
Malika so’radi: "œUl suvki, osmondin emas,xalq u suvdin ichib serob bo’ldi, nechuk suvdir?"
Donishmand aytdi: "œMuso alayhissalomni qullari tashna bo’lib suv so’radi.Asolarini toshg’a urdilar.O’n ikki buloq paydo bo’ldi.Ul suvdin ichib,serob bo’ldilar."
Malika so’radi: "œUl nechuk soyadirki,bir guruh xalqqa soya bo’ldi?"
Donishmand aytdi: "œCho’llarda issiq ko’p yomon bo’ldi.Muso alayhissalom duo qildilar, Xudoyi Taolo bir bulut paydo qildi.Ul qumg’a soya bo’ldi."
Malika so’radi: "œNecha narsani ota-onasi yo’q?"
Donishmand aytdi: "œOlti narsani ota-onasi yo’q: Avvalo Hazrati Odamni,ikkinchi Hazrati Momo Havoni,uchlamchi,Ismoyil o’rnig’a qurbonliqqa so’yilgan qo’chqorni,to’rtinchi Hazrati Solih alayhissalomning tuyalarini,beshinchi Hazrati Iso alayhissalomni,oltinchi Hazrati Shish alayhissalomni otalari yo’q edi."
Malika so’radi: "œUl na taomdurki,bu dunyoda ham, narigi dunyoda ham yo’qdur?"
Donishmand aytdi: "œBir guruh kofirlar kelib: Yo Iso duo qilsang,Xudoying bizga osmondin pishgan baliq yuborsin,biz ani yeb musulmon bo’lib imon kelturaylik", dedilar.Iso alayhissalom Xudoga murojaat qildilar.O’shal onda bir katta baliq pishgan holatda yerga tushdi.Kofirlar yeb aytdiki: "œBiz umrimizda bunday lazzatli taomni yemagan edik", deb imon keltirib musulmon bo’ldilar."

Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 25 Sentyabr 2007, 11:47:50
Malika so’radi:Namozga azon aytmoq nimadur?
Donishmand aytdi:Besh vaqt namozga va namozi Jum’aga azon aytmoq sunnati muakkidadur.
Malika so’radi:Necha vaqt namoz farzdur?
Donishmand aytdi:Besh vaqt namoz farzdur.Avval namozi Bomdod,ikkinchi namozi Peshin,uchinchi namozi Asr,to’rtinchi namozi Shom,beshinchi namozi Xufton.
Malika so’radi:Besh vaqt namoz qanday sabablar bilan nozil bo’ldi?
Donishmand aytdi:Hazrat Odaml alayhissalom va Momo Havo Jannatdin quvilgandin keyin bir qancha vaqt yer yuzida qarong’uliq bo’lg’ondin g’amgin bo’ldilar.Vaqtiki tong otdi.uning shukronasig’a ikki rakaat namoz o’qudilar.Namozi qabul bo’ldi.Va u bizlar uchun farz bo’ldi.
Malika so’radi:Namozi Peshin kimdan qoldi?
Donishmand aytdi:Hazrati Ismoyilni qurbonliq qilmoqqa Xudoyi Taolodin amr bo’ldi.Hazrati Ismoyilni otalari qurbonliq qilish uchun bir tarafg’a olib bordilar.Xudoyi Taolodin nido keldiki: "œVa fadaynahu bizibhin aziym!",ya’ni "œVa uning o’rniga o’lug’ qurbonliq fido qildik.Jannatdin chiqarilgan qo’chqorni qurbonliq qil!"deb.Yana boshqa bir rivoyatda Namrud alayhila’na manjaniq birla Ibrohim alayhissalomni o’tga tashlagan.Ul o’t Hazrati Ibrohimga ta’sir qilmagan.Balki guliston bo’lgan.Aning shukronasiga to’rt rakaat namoz o’qidilar.Xudoyi Taolo qabul qildi.Bizga farz bo’ldi.
Malika so’radi:Namozi Asrni kim o’qidi?
Donishmand aytdi:Hazrat Yunus payg’ambarni daryoda baliq yutdi.Uch kun baliq(ba’zi manbalarda qirq kun deyilgan) qornida yotdilar.Ba’d azon sihat chiqtilar.Ani shujronasiga to’rt rakaat namoz o’qidilar,Xudoyi Taolo qabul qildi,bizga farz bo’ldi.
Malika so’radi:Namozi Shom kimdin qoldi?
Donishmand aytdi:Hazrat Isoga tarsolar Xudoni uch(kishi) dedi.Yeru ko’k larzaga keldi.Osmonu zamin nola qilib dedilarki, "œIlohi,Xudovanda,bu kofurlarni nobud qilsang?!"Xudoyi Taolodin farmon bo’ldiki: Ularning chorasini man berurman.Hazrat Iso o’z sharmlarini saqlab,ani shukronasiga uch rakaat namoz o’qidilar.Xudoyi Taolo qabul qildi.Bizga farz bo’ldi.
Malika so’radi:Namozi Xuftonni kim o’qidi?
Donishmand aytdi:Hazrat Muso alayhissalom Madinadin Misrga borguncha Hazrat Shu’ayb alayhissalomni qizlari Safuro tavallud qilur bo’lib,chaqmoq paydo bo’ldi.O’tlar chaqildi,bo’rilar qo’ylarga chopdi.Harchand chaqmoqni chaqdilar,o’t chiqmadi.Hayron bo’lib turib edilar,bir tarafdin o’t ko’rundi.O’shal tarafga yurdilar.Ko’hi Tur bilan bu yerning orasi o’ttiz farsang yo’l edi.Bir lahzada yetib keldilar.Va farmoni Xudoyi azza va jalla ovoz chiqtiki: "œQavlahi Taolo an ya Muso inniy anallaha Robbal a’lamin va an alqi asaka", ya’ni Ey Muso, albatta men olamlarning Rabbisiman va sen Asoyingni ushla!Hazrat Muso bu bashoratni eshitib qaytdilar.Kelsalar,zaifalari tavallud qilibdur.Mollari salomat va ravshan bo’libdur.Ani shukronasiga to’rt rakaat namoz o’qidilar.Xudoyi Taolo qabul qildi,bizga farz bo’ldi.
Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 15 Oktyabr 2007, 13:57:56
Malika so’radi:Bir kecha kunduzda necha rakaat namozdur?
Donishmand aytdi:O’ttiz uch rakaat — o’n yetti rakaat farz,o’n ikki rakaat sunnat,uch rakaati vojib.
Malika so’radi:Bir namozlarda necha ruku’,necha sujud(sajda), necha takbir,necha tasbeh bor?
Donishmand aytdi:32 ruku’, 64 sujud,77 takbir,yuz sakson sakkiz tasbeh.Bu tasbehlarni uch(avj)din aytmoq fazilatdur.
Malika so’radi: Sabab nimaki, kechki namozda baland qiroat qilurlar?Kunduzgi namozga esa past qilinur?
Donishmand aytdi:Farishtalar hamma namozga baland qiroat qilurlar.Bas Xudoyi Taolo mo’minlarga amr qildiki: kunduzi ohista va kechasi baland qiroat qilinglar,farishtalar savobig’a yetkaysizlar.
Malika so’radi: Daryoni asli na turur?
Donishmand aytdi:To’fon suvini boqiysidur.
Malika so’radi: Tevani asli na turur?
Donishmand aytdi:Ul Behishtdan chiqqandur
Malika so’radi: Ho’kizni asli na turur?
Donishmand aytdi:Ul ham Behishtdan chiqqandur.
Malika so’radi: Ul nimadurki,Qiyomatgacha biri quvar,biri qochar?
Donishmand aytdi:Biri kecha va biri kunduzdur.
Malika so’radi: Ul na daraxtdurki,Behishtda ham,bu dunyoda ham e’tibor qilindi?
Donishmand aytdi:Ul daraxt Xurmoqdur.Behishtda payg’ambarlar ham yeb do’st tutar erdilar.
Malika so’radi: Hazrat Odamni qon to’kkan farzandlari qaysidur?
Donishmand aytdi:Hobulni Qobul o’ldirib qon to’kkandur.
Malika so’radi: Payg’ambarlarga osmondin necha noma tushgan?
Donishmand aytdi:Avvalgi noma Hazrat Odamga,ikkinchi ellik noma Hazrat Shis nabiyullohga,uchinchi noma Hazrat Idris payg’ambarga,to’rtinchi o’n noma Hazrat Ibrohim payg’ambarga keldi.
Malika so’radi: Nechta kitob tushdi?Nechasi mashhur bo’ldi va nechasi mansuh bo’ldi?
Donishmand aytdi:Yuz to’rt kitob tushdi.To’rti mashhur va yuzi mansuh bo’ldi.
 Mashhuri uldurki, biri Tavrot — Muso alayhissalomga tushdi.Ikkinchisi Injil — Iso alayhissalomga,uchinchisi Zabur — Dovud alayhissalomga,to’rtinchisi — Furqon — Qur’on — mushaf — Kalomi sharif ham derlar, Hazrat Nabiyna Muhammad salallohu alayhi vasallamga tushdi.
Malika so’radi: Qur’onni nima uchun Furqon deydilar?
Donishmand aytdi:Qur’onni har surasi va oyati bo’lak-bo’lak tushdi.O’zga kitoblar esa bir yo’la butun holda tushgan.Ani uchun Furqondur.
Malika so’radi: Qur’on necha suradur?
Donishmand aytdi:Qur’on yuz o’n to’rt suradur.
Malika so’radi: Qur’on necha oyatdur?Bu oyatlarning nuzuli va sababi nima?
Donishmand aytdi:Qur’on 6666 oyatdur.Andin ming olti oyati Payg’ambarlarni bayonida.1020 oyati Xudoyi Taolo vahdoniyati bayonida.Ming oyati podshohlar va raiyatlarni bayonida.1200 oyati imon shartlari bayonida.200 oyat dorilar bayonida.200 oyati boy va shuaro savdogarchilik bayonida.70 oyati g’oziylarning bayonida.103 oyati gunohkorlarni tavbasi bayonida.203 oyati xalqni rizqi bayonida.50 oyati hojilar bayonida.694 oyat xotun olmoq va qo’ymoq va zino qilmoq bayonida.366 oyat zakot bayonida.200 oyati sadaqa bayonida.61oyati guvohlik bayonida.150 oyati ota-onasini farzandlari xursand qilmoq bayonida.7 oyati sharob ichmakni man qilmoq bayonida.200 oyati Ro’za bayonida.
Davomi bor...
Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 23 Oktyabr 2007, 10:17:07
Malika so’radi: Qur’onni boshi va joni,onasi,dili,qo’rg’oni,Arshi va qulfi,toji va chirog’i va yori qaysidur?
Donishmand aytdi:Qur’onni joni — tahoratdir va boshi e’tiqod birla Bismillohir Rahmonir Rahiym deb o’qimoq va shuru’ qilmoq.Onasi — Fotiha,e’tiqod birla o’qisa dunyo va oxirati ma’mur bo’lg’ay,balolardin xalos topar.Qur’onni qo’rg’oni — Oyat al-Kursi va ko’ngli — Surayi Yosin va Arshi — Ar-Rahmon va qulfi — Surayi Ixlos va toji madlari va chirog’i Taborakallazi va yori Tashdid turur.Ulamolar aytibdurlarki, har kim bu savoldin bexabar bo’lsa, Qur’on o’qimog’i joyiz emasdur.
Malika so’radi: Qur’onni kalomalarini adadi necha turur?
Donishmand aytdi:77439 kalima turur.
Malika so’radi: Payg’ambarlar necha turur?
Donishmand aytdi:124 ming payg’ambar o’tgandur.
Malika so’radi: Hamma payg’ambarlarning martabasi bir xilmu yoki past?
Donishmand aytdi:Payg’ambarlar to’rt qismdur: avval ul aziym afzaldur.Sohibi kitob afzal mursaldan.Mursal afzal Nabidan.
Malika so’radi: O’shul aziym qaysidur?
Donishmand aytdi:Avval Odam safiyulloh.2.Nuh nabiyulloh.3.Ibrohim xalilulloh.4.Hazrat Muhammad salallohu alayhi vasallam.
Malika so’radi: Sohibi kitob qaysidur?
Donishmand aytdi:Avval Shis nabiyulloh.2.Idris alayhissalom.3.Muso alayhissalom.4.Iso alayhissalom.5.Dovud alayhissalom.6.Hazrat Muhammad SAV.
Malika so’radi: Necha payg’ambar mursaldur?
Donishmand aytdi:Yuz o’n uch payg’ambar mursaldur.
Malika so’radi: Mursal qaysidur?
Donishmand aytdi:Mursal uldurki, Jabroyil alayhissalom vahiy kelturg’on,uyquda xabar bergan,ovozni eshitgan nabidur.
Malika so’radi: Hamma payg’ambarlardan qaysilari afzaldur?
Donishmand aytdi:Muhammad alayhissalom afzaldurlar.Har kim bu payg’ambarlarga munkir kelsa,kofir bo’lg’ay.
Malika so’radi: So’fiylik kimdan qoldi?
Donishmand aytdi:Hazrat Odam safiyullohdan
Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 27 Oktyabr 2007, 16:10:20
Malika so’radi: Zohidlik kimdan qoldi?
Donishmand aytdi:Hazrat Idris alayhissalomdan
Malika so’radi: Shokirlik(shukur qilish) qimdan qoldi?
Donishmand aytdi:Hazrat Nuh payg’ambardan.
Malika so’radi: Zokirlik kimdan qoldi?
Donishmand aytdi:Zikriyo payg’ambardan
Malika so’radi: Oriflik kimdan qoldi?
Donishmand aytdi:Hazrat Ayyub alayhissalomdan.
Malika so’radi: Ul nimadurki, nurga o’xshab tovush qiladi?
Donishmand aytdi:Hazrat Musoni qo’llaridagi nur tovush qiladi
Malika so’radi: Ul nimadurki,kecha ham bo’lmas,kunduz ham bo’lmas?
Donishmand aytdi:Ul Behishtdurki,ranggi subhga o’xshar.
Malika so’radi: Ul nimadurki Behisht xalqiga bo’lmas?
Donishmand aytdi:Behishtda bandalik qilmoq,betob bo’lmoq,ne’mat zoyil bo’lmoq yo’qtur.
Malika so’radi: Ul nimadurki,Havoda muallaq turur?
Donishmand aytdi:Ul Hajar ul asvad turur.
Malika so’radi: Behisht necha turur?
Donishmand aytdi:Sakkiz turur: avval Dorussalom,ikkinchi Dorul — Xuld,uchinchi Jannat un-na’im,to’rtinchi — Jannat ul-a’din,beshinchi — Jannat ul-ma’vo,oltinchi — Jannat ul Dorul Jalol,yettinchi — Bog’i Eramdur.
Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 06 Noyabr 2007, 16:21:54
Malika so’radi:Xotunlarga nima yaxshidur?
Donishmand aytdi:Sharmu hayo yaxshidur!
Malika so’radi:Yigitlarga nima yaxshidur?
Donishmand aytdi:Tavba yaxshidur!Tavba qilmagan yigit gavharsiz sadafga o’xshar!
Malika so’radi:Olimlarga nima yaxshidur?
Donishmand aytdi:Amal va zuhd va taqvo yaxshidur!Olimi beamal mevasiz daraxtga o’xshar
Malika so’radi:Boylarga nima yaxshidur?
Donishmand aytdi:Saxovat yaxshidur!Saxovati yo’q boy, suvi yo’q ariqqa o’xshar
Malika so’radi:Muqarrab farishtalar necha turur?
Donishmand aytdi:Adadini Xudo bilur, o’zga kishi bilmas!Ammo mashhurlari to’qqiz turur.Birlari yetmish ming farishtaga sardordur.Har sardorga yetmish ming umaro tobedur.Har umaroga yetmish omi farishta tobedur.Va yetmish ming olam tobedur.
Malika so’radi:To’qqiz mashhurlari qaysilar?
Donishmand aytdi:Avval Hazrati Jabroyil jami payg’ambarlarga vahiy keltiruvchi .2.Hazrat Mikoyil, hamma qoru yomg’irga , hamma maxluqotni rizqiga muakkil.3.Hazrat Azroyil,jami maxluqotning jonini olmoqqa muakkil.4.Hazrat Isrofil, to Qiyomatgacha hamisha og’zilariga surni olib tururlar.5.Dardoyil,oy va kun hamda yulduzlarga muakkil.6.Hazrat Ismoyil yer yuzidagi giyohlarga muakkil.7.Zuqoyil — Qiyomat kuni xaloyiqlarni taroziga hozirlashga muakkil.8.Ahroyil — hamma daryolaru chashmalarga muakkil.9.Hazrat Malik — yeti do’zaxga muakkildurlar.
Malika so’radi:Xudoyi Taolo hammadin ilgari nimani yaratdi?
Donishmand aytdi:Muhammad Mustafo salallohu alayhi vasallamning nurlarini yaratdi.Hamma narsalarni ul nurdan yaratdi.
Malika so’radi:Necha kishini suhbatidan yiroq bo’lmoq kerak?
Donishmand aytdi:Yeti toifa kishilardin, avval imonsizlardin 2.Munofiqlardin 3.Benamozlardin 4.Fosiqlar suhbatidan. 5.Sharobxo’rlardin 6.Haromxo’rlardan. 7.Kichik nodon bolaning suhbatidan yiroq bo’lmoq kerak.
Malika so’radi:Ko’ngildagi sirni necha toifa odamga aytmagay?
Donishmand aytdi:Besh toifaga: avval xotinga 2.Kichik bolaga 3.Dushmanga 4.Qulga 5.Nodonga
Malika so’radi:Necha toifa narsadan parhez qilmoq kerak?
Donishmand aytdi:Besh toifa narsadin:avval ko’p yemakdin 2.Ko’p uxlamakdin 3.Ko’p so’zlamakdin 4.Dunyo ko’p qidirmakdin 5.Dunyo yig’makdin.
Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 30 Noyabr 2007, 17:06:21
Malika so’radi: Xudoyi Taolo Hazrat Odamni yaratib , avval nimani yubordi?
Donishmand aytdi: Avval aqlni yubordi.Aql kelib aytdiki: Ey Odam alayhissalom, mani sanga yubordi.Hazrat Odam aytdilar: O’rning qayda bo’lsa, turg’il!Aql kelib boshlarida qaror topdi.Anda sharm kelib aytdiki: Ey Odam mani sanga yubordi. Hazrat Odam aytdilar: O’rning qayda bo’lsa, turg’il!Sharm kelib ko’zlarida qaror topdi.Andin mehr keldi:Ey Odam mani sanga yubordi. Hazrat Odam aytdilar: O’rning qayda bo’lsa, turg’il!Mehr kelib ko’ngillarida qaror topdi.Andin keyin sabr  keldi:Ey Odam mani sanga yubordi. Hazrat Odam aytdilar: O’rning qayda bo’lsa, turg’il!Sabr kelib qorinlarida qaror topdi.Andin keyin — bad’azon to’rt nimarsa yubordi.Avvali o’lim!Aytdiki: Ey Odam mani sanga yubordi.Hazrat Odam aytdilar: Joying qayda?O’lim aytdi: Sizning boshingizdadur.Hazrat Odam aytdilar: Joyingni aql olibtur!O’lim aytdi: Har vaqt o’lim kelsa, aql ketar! Ikkinchi ta’ma keldi: Ey Odam mani sanga yubordi.Hazrat Odam aytdilar: Joying qayda? Ta’ma aytdi: Sizning ko’zingizdadur.Odam aytdilar: Sizning o’rningizni sharm olibdur.Ta’ma aytdi: Har vaqtiki ta’ma kelsa, sharm ketar! Uchinchi hirs keldi: Ey Odam mani sanga yubordi. Odam aytdilar: Joying qayda? Hirs aytdi: Joyim sizning ko’nglingizdadir.Hazrat Odam aytdilar: Joyingni mehr olibdur.Hirs aytdi: har vaqt hirs kelsa, mehr ketar! To’rtinchi nafs keldi: Ey Odam mani sanga yubordi. Hazrat Odam aytdiki: Joyingni sabr olibdur.Nafs aytdi: Har vaqtki nafs kelsa, sabr qochar!
Malika so’radi: Har bir odamda necha gavhar bo’ladi?
Donishmand aytdi: To’rt gavhar bo’lur!Ani o’g’risi ham bo’lur!Afzali gavhar iymondur, ani o’g’risi Shaytoni alayhi la’na.Posboni "œLa ilaha illollohu Muhammadar Rasululloh!". Ikkinchi gavhar namoz!Ani o’g’risi — johillik,hurmatsizlik.Posboni — himmat.Uchinchi gavhar ilm!Ani o’g’risi — takabburlik, posboni — shikastalik.To’rtinchi gavhar — saxovat, ani o’g’risi — baxillik, posboni — mehr-shafqatdur.
Malika so’radi: hammadan quvvatli nimadur?
Donishmand aytdi: Qirq kishini kuchi yo’lbarsdadur!Qirq yo’lbarsning kuchi bir sahobadadur!Qirq sahobaning kuchi Choharyorni birlarida bo’lur.Choharyorni kichi bir payg’ambarda bo’lur.Qirq payg’ambarning quvvati — Hazrat Muhammad Mustafodadur!

Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 12 Dekabr 2007, 09:14:53
Malika so’radi: Hazrat Havvo Raziyallohu anhodin 16 payg’ambar qaysi oyda va qaysi kunda vujudga kelib, necha yil umr ko’rib vafot etdilar?
Donishmand aytdi: Avval Hazrat Odam alayhissalom. Muharram oyining Jum’a kuni choshgoh vaqtida badanlariga jon kirdi. Yana Muharram oyini o’n biri Jum’a kuni vafot etdilar. Shis alayhissalom Muharram oyining o’ni Jum’a kuni choshgoh vaqtida vujudga kelib, Momo Havvoni emdilar. 912 yil umr ko’rib rabbiul avval oyini 12 si Jum’;a kuni vafot etdilar. 3. Idris alayhissalom Idi Qurbon oyini 10 Dushanba kuni oftob chiqar vaqtida vujudga kelib, 450 yil umr ko’rib, Muharram oyini 10 Yakshanba kuni Behishtga kirdilar. 4 Hazrat Yunus payg’ambar"¦10 Dushanba kuni vujudga kelib, 750 yil umr ko’rdilar. Muharram oyining o’n biri Yakshanbasida vafot etdilar. 5. Hazrat Nuh nabiyulloh Mulkoni o’g’li, Mulko Qaylini, Qayl Minu shayxni o’g’li. Ul Ahnuhni o’g’li.Ahnuh Hazrat Idris payg’ambarni o’g’li. Hazrat Nuhni onalari Mastura erdilar. Muharram oyining o’n ikkisi Dushanba kuni vafot topdilar. 6.Hazrat Dovud alayhissalom Rajab oyining o’n ikkisida Shanba kuni vujudga kelib 100 yil umr ko’rib Idi Qurbon oyini 27 sida rixlat etdilar. 7.Sulaymon payg’ambar Dovud payg’ambarni o’g’illari. Muharram oyining o’n beshida vujudga kelib bir yuz yetmish yil umr ko’rdilar. Rabbiul avval oyi oxirgi Shanba kuni vafot topdilar. 8. Zikriyo payg’ambar. Ramazon oyini yigirm,asi Shanba kuni vujudga kelib uch yuz yil umr ko’rdilar. Yana Ramazon oyini to’qqizi Jum’a kuni vafot topdilar. 9. Ibrohim alayhissalom Ozarni o’g’li. Rabbial avval oyida Dushanba kuni vujudga kelib yuz yil umr ko’rib, Idi Qurbon oyini yettisida vafot topdilar.Marqadlari Hamid shahrida turur. 10. Hazrat Ismoyil payg’ambar, Ibrohim payg’ambarning o’g’li Rabbial avval oyini o’n ikkisi Shanba kuni vujudga kelib bir yuz to’rt yil umr ko’rib, Ramazon oyini o’nida Jum’a kuni vafot topdilar. 11. Is’hoq payg’ambar. Muharram oyini o’nida Dushanba kuni vujudga kelib bir yuz to’rt yil umr ko’rib, Idi Qurbon oyining o’n beshida Dushanba kuni vafot etdilar. 12. Ya’qub payg’ambar, Is’hoq payg’ambarning o’g’li Rabbial avval oyining o’n beshi Seshanba kuni vujudga kelib, bir yuz yigirma yil umr ko’rib, Muharram oyining o’nida Jum’a kuni vafot etdilar. 13. Hazrat Yusuf, Ya’qubni farzandlari Rajab oyini beshida Jum’a kuni vujudga kelib, bir yuz oltmish yil umr ko’rib, yana Rajab oyini ikkisida Shanba kuni vafot etdilar. 14. Shuayb alayhissalom Safar oyining Shanba kuni o’nida vafot etdilar. 15. Hazrat Muso alayhissalom Imronning o’g’li Rajab oyini yettisida Jum’a kuni vujudga kelib, bir yuz yigirma yil umr ko’rib, yana Rajab oyining o’n beshida Jum’a kuni vafot etdilar. 16. Hazrat Iso alayhissalom bepadar erdilar. Onalari Maryamdur. Muharram oyining o’n beshida Yakshanba kuni vujudga kelib, sakson yil umr ko’rdilar. Rajab oyining yettisi Payshanba kuni Osmonga chiqib ketdilar. To Qiyomatgacha tirikdur. 17. So’ng azon Hazrat Muhammad salallohu alayhi vasallam Abdullohning o’g’li Rabbial avval oyini o’n to’rti Dushanba kechasi nisbi shabda vujudga kelib,oltmish uch yil umr ko’rib, Rabbial avval oyining o’n ikinchisi Dushanba kuni kun chiqardin ilgari olami boqiyga rixlat etdilar.
Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 17 Dekabr 2007, 15:34:30
Malika so’radi: Ahli Behishtni sifati na turur?
Donishmand aytdi: Har ahli Behishtni joyi bir g’ishti oltindin, bir g’ishti kumushdin, bir g’ishti la’ldin, toshlari marvariddin, giyohlari za’farondin, mevalik daraxtlar : ba’zisi katta tanasi oltindin, shoxlari kumushdin, la’l-javohirotdin qiling’on. Barglarini biri oq, ba’zisi ko’o, ba’zisi sariq, ba’zisi yashil rang — barang turlik tovusning qanotiga o’xshar. Har qaysi mevadin harchand yegan birla ado bo’lmas. Ezilib ketmas, qaysi mevadin xohlasa, hozirdir. Har Behishtni ariqlarida sutdin oq, asaldin shirin sharbatlar oqib turur! Ahli Behishtni uyi yetmish turlik saroy, hammasini oltindin, la’lu javohirotlar birla murosaa qililg’on. Har saroyning kattaligi bir oylik yo’ldur. Har saroyda ming hujra, har bir hujrada ming bir taxt, har taxtda ikki ming turlik bisot, ikki ming turlik yostiq, har hujrada yetmish ming hur, har hurni egnida yetmish qavat xulla, boshida toj, qo’l qovushtirib tururlar. Agar ul hurlarning birining tirnog’I bu dunyoga tushsa Mashriqdin Mag’ribgacha ravshan bo’lur.
Malika so’radi: Daraxti To’bo (Ulug’)ni sifati na turur?
Donishmand aytdi: Daraxti To’boni Xudoyi taolo Behishtda ofarida qilg’on. Hazrat Muhammad SAV ni manzillaridir. Shoxlari oltindin turur. Har shoxida va har bargida farishtalar qo’nib hamdu sano ayturlar. Har shoxini uzunligini bu shoxdin yana ul shoxga uchub borganda topar. Soyasiz hech yeri yo’qtur, ostida ikki chashma border. Biri Salsabil va biri Zanjabil, tagi qizil yoqutdin, giyohlari za’farondin, sangrezlari marvariddin, anda hamma Behishtlar jam’I bo’lib o’ltururlar. Har qaysilari bir Buroqni egarlab tutub turg’aylarkim: Ey mo’minlar, Xudoyi taolo sizlarga salom aytdi. Ba’daz salom, bu Buroqni minib mani mehmondorlig’imga kelsun deb, amr qildi, degaylar. Mo’minlar ul Buroqni minib osmonga chiqqaylar. Boshlariga bulutlar soya qilib borgaylar. Shavq ul Jnnat degan maqomda mehmon qilg’ay. Sharobu Antohuro ichib kuno — kun laziz taomlar yeb, ul yerda Alloh taoloni jamolini ko’radilar. Payg’ambarlar, avliyolar, saolihlar va mo’min bandalar ayturi: Bizlarga Xudoyi taoloni jamolidin o’zga rohat — farog’at va ne’mat darkor emas, deb. Nehish ne’matlarini yemay mastu musag’raq (kulishib
 Bo’lib hech nimarsalarga xohish qilmagaylar. Payg’ambarlarga, avliyolar, solihlar va porsolar xoh eru xoh mazlum bu dunyoda kasal bo’lib ranj tortib har nechuk baloga sabr qilsalar Behishtda sad chandon farog’atu ayshu ishratga mashg’ul bo’lur!

Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 21 Dekabr 2007, 09:18:39
Malika so’radi: Kavsar degan na turur?
Donishmand aytdi: "œKavsar degani andoq katta havzadurki, Xudoyi Taolo Behishtda ofarida qilibdur. "œQur’oni sharif"da xabar beribdurki: Qavlahu Taolo inna a’toynaaka al — Kavsar!" Havzi Kavsarni farishtalar boshida ko’tarib yurib, Behisht xalqini hammasiga suv berurlar. Ani suvi gulobdin ravshan va sutdin oq, asaldin shirin, musdin sovuq. Ani kattaligini Xudoyi Taolodin o’zga hech maxluq bilmas! Atrofi oltundin, hamma sangrezalari marvariddin va loyiqasi yipordin va kofurdin va za’farondin. Aytibdurlarki: "œHavzi Kavsar Arshni labidin chiqib, Jannat ul Firdavsga oqar debdurlar. Oqsa kishini olib ketmas va g’arq bo’lmas! Xush avoz jonivorlar faseh zabon birla Hazrat Muhammad Mustafo SAV ni munoqabatlarini ayturlar. Farishtalar nido qilurki: "œEy ahli Behishtlar, endi sizlarga o’lim yo’q va kasal bo’lmoq yo’q! Bu rohatu farog’at va ne’matlarda zavol yo’q! Hamma ushbu qism Jovud turg’aysizlar degay! Mo’minlar Xudoyi Taologa shukuri bistor ayturlar. Andin keyin zikr va tasbehga mashg’ul bo’lib, rohatu farog’at birla o’lturgaylar!".
Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 21 Dekabr 2007, 09:19:53
Malika so’radi: Sirot ko’prigi nechuk turur?
Donishmand aytdi: Sirot andoq narsadurki, yetti Do’zax ustida ko’prikdur! Hamma xalqni Sirotdin qo’ymaslar. Ammo sirot uch ming yillik yo’ldur. Har yili bu dunyoni uch yuz oltmish yili birla barobardur. Ming yillik yuqori, ming yillik rost yurar, ming yil pastga tushar. Qildin ingichka, qilichdin tez! Xudoyi Taolo nido qilurki: "œEy farishtalarim, gunohkorlarni, ya’ni Shayton yo’liga kirganlarni, munofiqlarni haydanglar!" Haydarlar, ayog’lari kesilib, boshlari pastga, ayog’lari yuqori bo’lib, Do’zaxga ketarlar. Yana bir guruh Sirot ko’prigiga qadam qo’yarlar. Ayog’lari kesilib, qo’li birla ushlab, bag’ri birla sudralib, darmonda bo’lib, Do’zaxga ketarlar. Ba’zisi o’tluq Do’zaxga tushar va ba’zisi badbo’yga tushar. Har qaysi toifa gunohkorlarni o’z a’moliga boqib azob qilurlar. Ammo payg’ambarlar, avliyolar, shahidlar va hojilar solih — mo’min bandalar ko’z ochib yumguncha o’tib ketarlar.
Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 21 Dekabr 2007, 09:22:09
Malika so’radi: Do’zax necha turur? Har qaysisini oti nimadur? Nimadin ofarida qilinibdur? Nechuk toifalardin Do’zaxga ketarlar, nechuk azoblarga giriftor bo’lurlar?
Donishmand aytdi: "œJami farishtalar Do’zaxning haybatidin titrarlar. Xudoyi Taoloni g’azabidin qo’rqub faryodu nolavu zori qilib,tavbavu istig’for ayturlar. Odam farzandi bu dunyoda Qiyomat voqeasidin g’ofildurlar. Hamisha g’aflat birla ishga mashg’ul bo’lib, umrini bekor o’tkazurlar. Ammo bir kuni Hazrat Muhammad Mustafo SAV Hazrat Jabroyilga aytdilar: "œYo birodar, yetti Do’zaxni voqeasini menga bayon qilib bering." Dedilar. Hazrat Jabroyil alayhissalom aytdilarkim: "œYo Muhammad, avvalgi Do’zaxni Hoviya derlar. O’tdin yaratilibdur. Ming yil qizitdilar qizil bo’ldi. Bu Do’zaxning kattaligi besh ming yillik yo’l turur. Ming vodiysi bor — o’tdin. Har vodiyda ming sanduq, har sanduqda ming turluk azoblar bor. Agar ul Do’zaxdin ignaning ko’zidek teshik ochilsa, bu dunyoni Mag’ribdin Mashriqqacha qo’ymay kuydirur. Bu Do’zax shunday toifani joyidurki, namozu ro’za tutmagan, shariat qonun — qoidalarini bajo keltirmaganlar joyidur. Ikkinchi Do’zaxni Lazo derlar. Xudoyi Taoloning g’azabidan ofarida qilinibdur. Bu Do’zax to’rt yuz yillik turur. Uning ming vodiysi bo’lib, har vodiyda yetmish ming qal’a, har qal’aning og’zi birla barobar chayonlari, kattaligi ulkan tog’lardek zaqqumlarni Do’zax ichida pur qilibdur. Agar odamga ta’sir qilsa, to Qiyomatgacha dardi past bo’lmas. Agar biri dunyoga kelsa, ani zahri achchiqligidan dunyo yuzidagi narsalar nobud bo’lur! Bu Do’zax avval ul toifa odamlar joyidurki, takabburlik qilib hamma odamlardin o’zini yaxshi qilib, musulmonlarni, yetim, faqir bechoralarni ko’ngliga ozor bergan, dodu adl birla qilmay, pora birla arz so’ragan podsho, qozi va muftiylar joyidur. Uchinchi Do’zax Saqar derlar. Kattaligi uch ming yillik yo’ldur. Bu Do’zax ichida uch ming choh turur, hammasi qon — yiring — najosat birla to’lfirilgan. Agar bir katta tog’ni solsa, ming yilda tubiga tushar. Agar bu Do’zaxdin bir pora najosat bu dunyoga tushsa, jami hayvonot va odamiylar ani badbo’yligidan tirik qolmas. Hamma Do’zaxlar oxirisa sarpo’shi bordur. Agar og’zi ochiq bo’lsa, hamma olam xarob bo’lur. Bu Do’zax andoqlar joyidurkim, bu dunyoda mol topib, zakot bermagan bo’lsa, Xudo yo’lida sarf qilmagan, yetim, bevalarga xayru- ehson qilmagan, sarobga, zinoga va fohisha ishlarga sarf qilgan kishilarning joyidur!
  To’rtinchi Do’zaxni Sa’ir derlar. Ani kattaligi o’n ikki ming yillik yo’ldur. Ani ichida ming shahr bordur. Har shaharda ming tog’ — hammasi muzdin. Bu Do’zax sovuqligidan zarrachasi bu olamga chiqsa, hech jondor tirik qolmagay. Bu andoqlarni joyidurki, bu dunyoda zo’rlik bilan musulmonlarni molini olib, madrasa, masjid va imorat qilgan, faqir — yetimga zulm qilgan, kishi haqiga xiyonat qilganlarni joyidur!
  Beshinchi Doz’axni Jahannam derlar! Kattaligi ming yillik yo’ldur. Bu Doz’axda yetmish ming qism shamol bordur. Agar bu olamga igna ko’zidek teshik ochilsa, tog’larni, daraxtlarni uchirib, odamu hayvonlarning hech nimarsani qo’ymay uchirib ketar. Ammo og’zi mahkamdur. Bu andoq kishilarni joyidurki, zino va sharobxo’r, ya’ni haromxo’r, ota — onasini, qarindoshlarini, hamsoyalarini ko’nglini og’ritib kishilarni aybini oshkor qilib, tavba qilmaganlarning joyidur.
  Oltinchi Do’zaxni Sijjin derlar. Kattaligi o’n ming yillik yo’ldur. Hammasi qorong’u. Bu dunyoga ul Do’zaxdagi ilonlardin biri kelsa, ani haybatidin hamma narsalar nobud bo’lur. Agar bir zarra qorong’ulik bu dunyoga kelsa, hamma olam qorong’u bo’lur. Ammo og’zi mahkamdur. Bu andoq kishilarni joyidurki, bu dunyoda namoz o’qiydur, ro’za tutmaydur. Shatranj (qimor), surnay va karnay, ya’ni xilofi sha’riy qilganlarni joyidur.
  Yettinchi Do’zaxni Hutama derlar. Kattaligi to’qqiz ming yillik yo’ldur. Hamma Do’zaxlardin muni issiqligi, azobu uqubatlari yuz ming hissa qattiqdur. Bu Do’zax shundoqlar joyidurki, omonaga xiyonat qilur, er — xotin bir —birini hurmat qilmay izo va ihonat qilur. Mol topib, haromga sarf qilur. Benamoz, sharobxo’rlar birla hamsuhbat bo’lurlarni joyidur. Bu Do’zaxlarni Xudoyi Taolo qahru g’azabidan yaratibdur. Bu yetti Do’zax tabaqa yerning ostidadur".
Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 28 Dekabr 2007, 13:39:12
Malika so’radi: "œXudoyi Taolo olamda necha martaba odam yaratdi?"
Donishmand aytdi: "œAvvalgi martaba yigirma to’rt lak el , - ddi. — Ul zamonda ikki guruh xalq bor edi. Biri odamiy, biri dev! Devning erkaklarining tanasi po’latdin, urg’ochisini tanasi ruhdin. Bu ikki guruhning biri gavparast, biri kunparast edi. Qadlari ming gaz, yemishlari bug’doy erdi. Bir mahal taom yer edilar. Kechayu kunduz yalang’och yurar erdilar. Xotinlari 15 yilda bir tug’ar edi. Umri ikki mingga yetib yashar edi. Yana bir guruh xalq tanasi kumushdin erdi. Bo’ylari ming gaz. Liboslari qayin daraxtining po’stidin, yemishlari bug’doy, xotinlari ikki egiz tug’ar erdilar. Dunyo ishini qilmadilar. Oxirat ishini qilib Hazrat Muhammad Mustafo SAVni dinlarida, imom A’zamni mazhablarida kalimayi shahodat aytur erdilarki Muhammad Rasululloh oxiri zamonda vujudga kelib, payg’ambari oxiri zamon bo’lurlar! Osmonda muqarra farishtalar: Jabroyil va Mikoyil, Isrofil va Azroyildur. "
Payg’ambari oxiri zamonni to’rt yorlari : Avval Hazrat Ali Raziyallohu anhum deb bilur erdilar. Vatqiki o’lsalar o’luklari g’oyib bo’lur erdi. Ammo umrlari uch ming yoki to’rt mingga yetib yashar erdilar. Vaqtiki qarn tamom bo’ldi bu ikki toifa ham foniy bo’ldi.
Malika so’radi: Ikkinchi martaba necha yildur?
Donishmand aytdi: O’n olti lak yigirma ming yildur. Musulmon devlar bor erdi. Bo’yi ming gaz. Erkaklarini tanasi qizil la’ldin; xotunlarini tanasi gavhardin erdi. Bug’doy yaprog’larini qurutib kiyim qilib kiyar erdilar. Yemishlari xurmo erdi. O’n besh ming, yigirma ming umr yaprog’ va yog’ochdin uy qurib, o’lturur erdilar. Dinlari Hazrat Muhammad Mustafo SAVni dini erdi, Hazrat imom A’zamni mazhablarida erdi. Ya’ni ikki toifa erdilar. Birlari din ishini qilar, ikkinchisi atrofda podshohlik qilur erdilar. Vaqtiki o’lsalar yalang’och yerga dafn qilur erdi. Bu qarn ham tamom bo’ldi, bular ham foniy bo’ldi.
Malika so’radi: Uchinchi qarn necha yildur?
Donishmand aytdi: O’n ikki lak yigirma ming yildur. Bu qarnda yigirma ming turluk katta jonivorlar yaratdi. Xudoyi Taolo o’z qudrati birla tamomi olamga tarig’ to’ldirdi. Farmon qildiki: Ey, jonivorlar, bu tariq sizlarning yemishingizdur. Shul tariq qachon ado bo’lsa, o’shal vatqda o’lasizlar! Dedi. Jonivorlar to’qqiz lak yil tariqni yedi, qaradiki, oz qolibdur. Yana uch lak yil ko’proq yedi, andin so’ngra o’n olti ming yilgacha besh kunda bir donadan yedi. Vaqtiki bir dona qolibdur, ul donani to’qqiz ming yilgacha og’zida ko’tarib yurdi. Oxiri yedi va shul zamon o’ldi.
Malika so’radi: To’rtinchi martaba necha yildur? Bu martaba nechuk toifalar bor erdi?
Donishmand aytdi: Sakkiz lak yigirma to’rt ming yildur. Bu marotaba otlar birla obod erdi. Andin Odam Asni anosini arba’din, ya’ni: suv, havo (shamol), tuproq, o’tdin olib Makkayi muazzamada ofarida qildi. Andin so’ngra Hazrat Odamni chap yonlaridan Momo Havoni yaratdi. Bularni avlodlari bu olamga yoyilib, to Qiyomatgacha yer yuzida, bularni adadini Xudodin o’zga kishi bilmas!
             
           
Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 03 Yanvar 2008, 12:46:32
Malika so’radi: Arshni kattaligi qancha bordir?
Donishmand aytdi: Xudoyi Taolo Arshga o’n sakkiz ming burj, burjida hazor rukn paydo qildi. Har ruknda hazor kungira, har kungirada o’n sakkiz ming qandil, har qandilga yetti tabaqa yerni qo’ysalar bir dona tarig’i qo’yg’ondek ko’rinur. Xabarda keltirubdurlarkim, Shamoyil degan farishta Xudoyi Taologa arz qilibdiki: "œIloho, ruxsat besang, Arshni ziyorat qilsam!?" Farmon bo’ldiki: "œZiyorat qil!" deb.
  Shamoyil Arshni atrofida kecha kunduz dam olmay ming yil uchti, ammo qanotlari to’kildi. Yana Xudoyi Taologa murojaat qildi. Yana qanot berdi, yana ming yil uchti. Boz Xudoyi Taologa murojaat qildiki: "œEy bor Xudoyo, Arshni necha marotaba ziyorat qildim?" Xudoyi Taolodin farmon bo’ldiki: "œEy Shamoyil, bir ko’ngurasidin yana bir ko’ngurasiga yetmading." Xudoyi Taolo Arshni har burjida to’rt yuz ming farishta yaratdi. Sakkiz saf bo’lib tururlar. Bu safdin yanagi safning orasi besh yuz ming yillik yo’ldur. Har safda uch yuz ming farishta boshlari Arshda, oyoqlari yetti tabaqa yerning ostida. Bu farishtalarning kattaligi bir qush uchsa, ming yilda o’ng qulog’idan chap qulog’iga yetmagay. Bu farishtalarni boshi guhardin, ba’zisini boshi yoqutdin, mo’ylari za’farondin, badanlarini nisfi o’tdin, nisfi muzdin. O’t muzga asar qilmas. Ular hamisha tasbeh va tahlil ayturlar. Yana to’rt yuz ming farishta yaratibdur, odam suvratida, kattaligini haddi yo’q. Boshlari Arsh ustida, kaftlari Arshni tubida, oyoqlari Taxt — as — Sirroda yursa, har qadamlarini miyonasi yetti yuz yillik yo’l turur. Xudoyi Taolodin ul farishjtalarga farmon bo’ldi: "œArshni to’rt burjidin tutib ko’taringlar!" deb. Bu farishtalar onhama zo’r qilurlar, yana ko’tara olmaslar. Xudoyi Taolodin yana farmon bo’lur: "œEy farishtalar, osmonu zamindagi nimarsalarning quvvatini sizlarga berdim!" Onhama zo’r qilurlar, yana ko’tara olmaslar. Xudoyi Taolodin yana farmon bo’lur: "œAytinglar bu kalimani: "œSubhonallohi va alhamdulillohi va La Ilaha illollohu vallohu Akbar! Vala havla, vala quvvata illo billohil aliyul aziym! Moosho allohu kano va mo lam yakun!". Alloh har bir aybdin va nuqsondin pokdur. Va Alloh Taologa hamdu sanolar bo’lsin. U yakkayu yagonadir. Faqatgina o’zi ibodatga loyiq zotdur va Alloh ulug’ur. Va hech bir iloji yo’qki, Alloh oldida gunohkor bo’lmaslikka, agar uning o’zigina yordam bersagina gunohsiz bo’ladi banda. Ulug’ bo’lgan Alloh kuchlidur va nimaiki xohlasa bo’ladi va nimaiki xohlasa bo’lmaydi" , deb farishtalar Arshni ko’tardilar. To Qiyomatgacha tasbehlari shuldur.
Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:08:13
Malika so’radi: "œKursini kattaligi qanchadur?"
Donishmand aytdi: "œKattaligi shunchadurki, "œKavlahu Taolo vasi’a kursiyuhus samovati val Arzi", ya’ni tabaqa eru etti tabaqa osmonni arosicha bordur!"
Malika so’radi : "œArshu kursidin keyin nimani yaratdi?"
Donishmand aytdi : "œYakshanba "œLavhul qalam"ni yaratdi. Qizil la’ldin. Kattaligi o’n yillik yo’ldur . Xudoyi Taolo farnon qildikim : "œEy qalam, "œLa Ilaha illollohu Muhammadur Rasululloh"ni savobini bitigin deb. Kalimayi Sharifni to’rt yuz yilda bitib bo’ldi. Arsyni ostida bir dona marvarid yaratdi. Andin "Lavh ul mahfuz"œni bino qildi. Kengligi va uzunligi ming yillik yo’ldur. Atrofida qizil yoqutdin xat bitiklik turur , hoshiysi zabarjaddin . Lavhni boshi Arshga payvastdur .Xudoyi Taolodin farmon bo’ldiki : "œEy Qalam , bitgil mani ilmimni , y’ni ofarida qilgon nimarsalarimni Qalam "œLavh ul mahfuz "ga . Xudoyi Taolo Qiyomatgacha bo’lodurgon yaxshiliq va yomonliq .hamani rizqini , taqdir azalda bitdi ."
Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:08:41
Malika so’radi: Osmonni qaysi kuni ofarida qildi? Har qaysi osmonni oti nimadur? Ranggi nechukdur, har osmondagi farishtalar nima ish qilurlar? Ulug’larini oti nimadur? Har qaysi osmonda nechuk tasbeh aytilur?
Donishmand aytdi: "œXudoyi Taolo avval Hazrat Muhammad SAVni nurlarini yaratdilar. Va ul nurga nazar birla qaradi, daryoyi azim bo’ldi. Ul daryodin bir tutun chiqib yetti pora bo’lib erdi. O’shal yetti pora tutundin Dushanba kuni yetti tabaqa osmonni ofarida qildi,bir-birini ustida muallaq turur!Avvalgi osmonni Rafiqo derlar.ko’k zumariddin.Farishta andog’ ko’pdurki,kaftcha yer holi emas.Ba’zilar qiyomda,ba’zilar sujudda.Tasbehlari:"Subhona zi-l-mulku val malakut!",ya’ni Alloh barcha ayblardin pok,u podshohlar egasidir!Ulug’larni birinchi oti Ismoil,biri Ra’ud bulutga va yamg’urga muaqqildir.Avvalgi osmondin ikkinchi osmonni orasi besh yuz yillik yo’ldur.Ikkinchi osmonni Arfilun derlar.Farishtalari kumushdin,avvalgi osmondin farishtalaridin ikki hissa ko’pdur.Hammalarini tasbehlari:"Subhona zi-l-izzati val a’zimati va qudrati va kibriyon val jabbaruvt".Alloh pok bo’ldi.U izzat va azamat hamda kuch-qudrat,ulug’lik va tengsizlik Egasidir.Bularni ulug’ini oti Zukoyil,nisfi o’tdin,nisfi qordin,bu tasbehni ayturlar:"Subhona man allafa bayn-as salji van nari",ya’ni "œPok parvardigoro kimniki do’st qilsa,qor va olov o’rtasida ham saqlaydi".
  Ikkinchi osmon bilan uchinchi osmonni orasi besh yuz yillik yo’ldur. Uchinchi osmonni Qulzum derlar, qizil yoqutdindur. Osmondagi farishtalarni adadini Xudodin o'z’a kishi bilmas! Tasbehlari: "œYo xayyu yo qayyumu yo xannon yo mannon yo subxoonu yo burxonu yo g'u’ronu yo musta'o’u yo badi'u’ samovoti val arzi yo zualjaloli", ya’ni "œEy tirik zot, ey doimo tiriltiruvchi zot, berguvchi zot, ey manno qiluvchi zot, ey pok zot, ey hujjat qiluvchi zot, ey gunohni kechuvchi zot, ey yordamchi zot, ey yeru osmonlarni yaratuvchi zot, ey ulug’lik Egasi" ya’ni Alloh barcha ayb va nuqsonlardan pokdur, u podshohdur va hamisha tirikdur, hech qachon o’lmaydi!", ulug’larini oti Kaykovus, tasbehi: "œSubhonal malik — ul hayyallazi layamutu!", ya’ni "œShunday ayb va nuqsondin pok Allohki podshohdur, hech qachon o’lmaydur!"
  Uchinchi osmon bilan to’rtinchi osmon orasi besh yuz yillik yo’ldur! To’rtinchi osmonni Mo’un derlar. Oq gavhardin. Tasbehlari: "œSubhon al malika al Quddusi!", ya’ni "œPok parvardigor podshohdur va muqaddasdur, yolg’izdur!" Ulug’ini oti Mo’minot, bu tasbehni ayturlar: "œAshhadu anna Ilallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu!", ya’ni "œGuvohlik beraman, albatta, Alloh yagonadur, sherigi yo’qdur, ma’buddur, ibodat qilishga loyiq zotdur! Va yana guvohlik beraman Muhammad uning rasuli va bandasidur!". Hazrat Azroyilni manzillari bu osmonda turur. Bu osmonda bir lavh bordur, ul lavhda hamma bandalarni oti bitiklik turur. Bu lavhni uzunligi besh yuz yillik yo’ldur. Va yana bir katta daraxt oldida barglari ko’p har bir bargiga bir kishini oti bitiklikdur. Farishtalar Hazrat Azroyilni oldida qo’l qovushtirib turarlar. Har kishini umri oxiriga yetsa, ul daraxtni bargi sarg’ayar, bitiklik otini o’chirur. Andin so’ngra kelib jonini olurlar. Joni xalqumiga yetganda yuqori qarasa, Hazrat Azroyilni yuz — ko’zlarini ko’rarlar. Ammo yuzlari to’rt qismdur. Biri ot’din, va biri qarodin va biri g’azabdin va biri rahmatdin. Ammo ulug’ yuzni kofurlar ko’rarlar. Qaro yuzlarini munofiqlar ko’rar. Rahmat yuzlarini esa payg’ambarlar,avliyolar,mo’minlar va solih kishilar ko’rarlar. Hazrat Azroyilni kattaligi andog’durki, agar olamni qo’llariga olsa bir xurmodek ko’ringay! Hazrat Mikoyilni makonlari ushbu osmonda turur, yomg’ir va jam’i maxluqotni rizqiga muakkildur to avvali dunyodin oxirgi dunyogacha. Yomg’ir va qor yog’sa, jam’i xaloyiq qanchayin rizq yesa Xudoyi taologa hisobini berur! Hazrat Isrofilni makonlari ham ushbu osmonda, surni og’izlariga olib tururlar. Hazrat Isrofilni kattaligi andog’durkim, Hazrat Azroyil shuncha zabardastligi bilan Isrofilni o’ng qulog’idan kirib chap qulog’idan chiqsa, aslo bilmay qolurlar! To’rtinchi osmonni orasi besh yuz yillik yo’ldur. Beshinchi osmonni Arqiyo derlar, qizil oltindin, farishtalari,kattaligi andog’kim, boshlari osmonda oyoqlari yetti tabaqa yerni ostida. Farishtalarining ming boshi bor, har boshida ming og’zi bor, har og’zidan ming tili bor va har tilida ming tasbehi tahlil hamdu sano ayturlar!
  Ulug’ini otini Istifo’il derlar, tasbehlari: "œSubhona robbi kulli shay’in", ya’ni "œPok bo’ldi, Alloh ayb va nuqsondin har bir narsani o’zi tarbiyalaydi!". Beshinchi osmon birla oltinchi osmonni orasi besh yuz yillik yo’ldur. Otini Fano derlar,qizil yoqutdin. Bu osmondagi farishtalarning kattaligi andog’durki, Xudodin o’zga kishi bilmas! Hammalari Xudoni qahru g’azabidin qo
Rqib hamisha to Qiyomatgacha yig’lab turarlar. Ulug’ini oti Riadmo’il, tasbehlari: "œXoliqun nuru subhonallohi va bihamdihi", ya’ni "œAlloh pok bo’ldi, ayb va nuqsondin unga hamdu sanolar bo’lsinkim, u zot nurni yaratguvchidir!" Oltinchi osmon bilan yettinchi osmon orasi besh yuz yillik yo’ldur.
  Yettinchi osmonni Uryona derlar, bu osmon nurdin, farishtalari behaddur. Bularni go’ru Bayon derlar. Ba’zilari ruku’da, ba’zilari sajdada, hamisha tasbehu tahlil aytib to Qiyomatgacha yig’lab tururlar. Ummati Muhammadning gunohini tilarlar. Farishtalar har qaysisi boshqa suvratda, bir — birlariga qaramaslar va so’zlamaslar. Tasbehlari: "œSubhona a’dada xalqihi va riza’a nafsihi va maddada kalimotihi!", ulug’ini oti Turo’il, bu osmonda bir daraxt bor, ani "œSidrat ul muntaho" derlar. (Oxiriga yetgan katta daraxt tubi yerda, shoxi osmonda). Bu osmon Hazrat Jabroyilni makonlari turur. Bu osmonda bir daryo yaratibdur. Ul daryoda farishta yaratibdur, o’ltursa siynasiga kelur to avval dunyodin oxir dunyogacha Xudoyi Taoloni to’qson to’qqiz otini va ming bir sifatini aytib, Hazrat Muhammad Mustafo ummatlarining gunohini tilab, murojaat qilurlarki: "œAllohummag’fir ummata Muhammadin fa taborakallohu ahsan ul Xoliqiyna!" derlar, ya’ni "œEy pok, parvardigor, Muhammad ummatlarining gunohlarini kechirgil, bas, o’zing ulug’, muborak zot va ko’rkam yaratguvchisan!"
  Arshni ostida bir ustun yaratibdur, ani ustida bir qubba yaratibdur, ul qubbaning ustida bir jonivor Xo’rozga o’xshar, uni yonida yetti yuz qanot chap yonida ham har qanotida ming turluk bolu pari bor, hammasi za’farondin, har bir qanotida uch xat bitiklik turur! Avvalgida: "œBismillohir Rohmanir Rohiym — Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan!". Ikkinchisida: "œLa ilaha illolloh, Muhammadan Rasulullohi", ya’ni "œAlohdin o’zga ibodatga loyiq zot yo’qdur, Muhammad Allohning elchisidur!". Uchinchida: "œKulli shay’in Xaliqun Illa vajhahu lillahil vohidil qahhari!", ya’ni "œBu jonivorga Arshdin kofir va za’faron yog’ar, qanotlarini qoqib, ahli Behishtga sochar, ham muazzin namoz vaqtida azon aytsa, bu jonivorlar qanotini qoqib tasbeh aytur: "œSubhonillohil a’liyul a’ziym va bihamdihi!", deb ya’ni, "œAlloh bo’ldi, u ulug’ martabalikdur, unga hamdu sano xosdur!"deb, har qanotidan yetmish ming ovoz chiqar. Behishtdagi jonivorlar eshitib titrashgaylar. Daraxtlarning shoxlari bir — birlariga tegib turli ovoz paydo bo’lur. Huru g’ilmonlar bu ovozni eshitib darchalaridan boshlarini chiqarib birlariga xabar qilurlarki, u dunyoda namozni vaqti bo’libtur! Musulmonlar namozga mashg’ul bo’ldilar. Yettinchi osmon Arshi besh yuz yillik yo’ldur, Arshning ustida yetmish ming parda yaratibdur. Ba’zisi oltindin, durdin va ba’zisi marvariddin, kumushdin, la’ldin, yoqutdin, zumraddin. Har pardani orasi ming yillik yo’ldir. Bu pardalarni ustidagi narsalarni Xudodin o’zga kishi bilmas! Osmonda Arshu kursi, lavhul qalam, omu xos farishtalar beadad ko’pdur. Qiyomat kuni arz tillarini ochib: "œSubhonaka, mo abdaka Haqqa ibodatika" derlar."
Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 24 Yanvar 2008, 12:17:37
Malika so’radi: Yetti tabaqa yerni qaysi kuni yaratdi? Va har qaysi yerni oti nimadur? Ularda nechuk nimarsalar ofrida qilibdurlar?
Donishmand aytdi: Ming yil ilgari Hazrat Muhammad SAVni nurlarini yaratdi. Ul nurga rahmat nazari birla qaradi, daryoyi azim bo’ldi. Andin daryoga nazar qildi, ul daryo qaynab, mavj urib ko’pik bo’ldi, ul ko’pik yetti pora bo’ldi. Andin yetti tabaqa yerni Seshanba kuni ofarida qildi. Bir — birini ustidagi bu yerdin yana bir tabaqani orasi besh yuz yillik yo’ldir.
  Avvalgi yerni Zamko derlar. Bu tabaqa yerda bir tog’ ofarida qildi. Qolgan yerlar barqaror bo’ldi. Bayt ul muqaddasda yotgan toshdin Qiyomat kuni oqliq paydo bo’lur. Kattaligi bu dunyoga qirq barobardur. Xudoyi Taolo bu yerda o’n sakkiz ming olamni ofarida qildi, hammasi odamzodlarni joyidur. Chahorshanba kuni hamma daryolarni va chashmalarni barpo qildi.
Malika so’radi: Yer yuzida necha katta Anhor yaratibdur?
Donishmand aytdi: To’rt Anhor yaratibdur; avval daryoyi Nil derlar, turlik zotlar bordir. Katta baliqlari bor. Arshdin avvalgi yerga tushar, daryoyi Qulzumga qo’shilur. Ikkinchi daryoyi Furot, ming farsangdir. Daryoyi Chindin chiqib, daryoyi Xurmurga qo’shilur. Uchinchi daryoyi Jayhun, to’qqiz ming farsangdur, daryoyi Muhitdin chiqib, daryoyi Ummonga qo’shilur. To’rtinchi daryoyi Sayhun, Qulzumdan chiqib, jangali Mazondoronga borur, bu dunyo o’n ming farsangdir.
Malika so’radi: Mag’ribdin Mashriqqacha, Yamandan Yusorgacha necha farsang yo’ldur?
Donishmand aytdi: Bir lak yetti ming farsangdir. Ellik bir minggi biyobon turur.
Malika so’radi: Yer yuzida ho’l ko’pmi yoki quruq yer, obod joy ko’pmi va yo vayronalik?
Donishmand aytdi: To’qqiz hissasi quruq, bir hissasi ho’l. Ho’lning to’qqiz hissasi vayronalik, bir hissasi obodlik. Obodlikni oltmish olti farsang yerida musulmon xalq bor, o’zgasi kofir. O’n ming farsang yerda Hindiston, ming farsang yerda Turkiston, to’qqiz ming farsang yerda Xitoy, uch ming farsang yerda Saqlot, yetti ming farsang yerda Kifor, to’rt ming farsang yerda Farangiston, ming farsang yerda Yunon, uch ming farsang yerda Rum, ikki ming farsang yerda Yajuj-Majuj, ming farsang yerda Tabrez. Ikkinchi yerni Jaldo derlar, bu yerda Do’zaxiylar uchun ilon-chayon ofarida qilibdur. Tishlari nayzaga o’xshar, hammasi fahar. Agar birisi bu dunyoga kelsa, hammani xarob qilur. O’n besh ming Bodiyi muxolif yaratibdur. Bu bodiyi muxolifni nisfini avvalgi yerga chiqarib oz qismini halok qilur.
  Avvalgi yer birla ikkinchi yerni orasi besh yuz yillik yo’ldur. Uchinchi yerni Irqa derlar, bu yerda odamlar bordurki, yuzi odamni yuziga o’xshar, og’izlari otni og’ziga monand, oyoqlari ho’kzini oyoqlariga o’xshar. Ularga Qiyomat kuni azob ham bo’lmas, savob ham bo’lmas. Bizga kecha bo’lsa, ularga kunduz bo’lur. To’rtinchi yerni Jurmo derlar, munda katta toshlar ofarida qilinubdur, ularni Sanggi Kibrit derlar. Do’zaxiylarga azob qilgali: "œQavlahu Taolo va quduv qannosu val hijorati", ya’ni, "œQo’rqinglar, ul o’tdin, ani o’ti xaloyiqdur". Kanggi Kibrit (Gibrit)ni alar uchun bunyod qilgan, o’ti barcha o’tdin sobitliq. Beshinchisi Matiyyo derlar, bu yerda gunogun chayonlar bor. Hammasi tevaga o’xshar, tillari nayzaga o’xshar, zahorolud. Agar biri dunyoga kelsa, hech nimarsa qolmay nobud bo’lur. Ani zahrini asaridin hamma daryolarni suyini ichkali bo’lmas. Mevalarni yegali bo’lmas. Hamma xalq halok bo’lur. Oltinchi yerni Ajibo derlar, bu yerda iymonsizlar amolini yaqing bordur, unda ham bir daryo ofarida qilibdurlar, o’tliq ilondan.
  Agar hamma daryoga solsa, ani zahrini achchiqligidan barcha baliqlar nobud bo’lur. Yettinchi yerni Ayno derlar, bu yerda Shayotinlar bordur. Bir qo’li siynasiga bog’liq, ikki oyog’i ham bog’langan, bovujudi ushbu holda turub, avalgi yerga urush qilgali sa’ud qilodur. Bu yetti tabaqa yerni orasi besh yuz yillik yo’ldir.

Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 31 Yanvar 2008, 10:15:16
Malika so’radi: O’z nafsingga nima dersan?
Donishmand aytdi: Agar nasihatni quloqqa olsa, har ku to’rt marotaba nasihat qilurman. Avvalgi nasihat shuldurki: "œEy nafs, Xudoyi Taoloni toatini qilsang qilg’il, qilmasang rizqingni yema? 2. Ey nafs, Xudoyi Taoloni qilma deganini qilma, bo’lmasa ani mulkidan chiqg’il! 3. Ey nafs, Xudoyi Taolo senga har narsa beribdur rozi bo’l, agar rozi bo’lmasang, yana boshqa Xudo talab qil! 4. Ey nafs, agar gunoh qilg’ali qasd qilsang, bir joy topg’ilki, andin sani Xudo ko’rmasin!"
Malika so’radi: Husnni kimga berdi?
Donishmand aytdi: Husnni o’n hissa qilib, sakkiz hissasini Momo Havoga, bir hissasini Bibi Soraga, yana bir hissasini jam’i xaloyiqqa berdi. Uni o’n hissa qilib Hazrat Yusufga to’qqiz hissasini, bir hissasini jam’i xaloyiqqa berdi.
Malika so’radi: Xudoyi Taolo salobatni kimga berdi?
Donishmand aytdi: Salobatni o’n hissa qilib, to’qqiini Hazrat Muso alayhissalomga berdi, bir hissasini jam’i xaloyiqqa berdi.
Malika so’radi: Xudoyi Taolo sabrni kimga berdi?
Donishmand aytdi: Sabrni o’n hissa qilib to’qqiz hissasini Hazrat Ayyubga berdi, bir hissasini jam’i xaloyiqqa berdi.
Malika so’radi: Necha payg’ambarni soqollik qildi?
Donishmand aytdi: To’rt payg’ambarni. Avval Hazrat Odam Safiyulloh, duvvum — Nuh nabiyulloh, savvum — Ibrohim Xalilulloh, chohorum — Hazrat Muhammad Mustafo salollohu alayhi vasallam!
Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 31 Yanvar 2008, 10:15:48
Malika so’radi: Xonai Ka’bani mo’jizotlari qaysidur?
Donishmand aytdi: Mo’jizotlari andaki, anda 24 mo’jiza bordur. Avvalgi mo’jizasi hamma xaloyiqni, xususan, farishtai Karrav Bayon va Hamelon Arshu Kursi va Lavhu Qalam, oy va kun, yulduzlar qiblasi xonai Ka’badadur. Ikkinchi mo’jiza uldurki, eru xotin har kishi umri davomida  bir marotaba Haj qilsa, Xudoyi Taolo jamiki gunohlardan pok qilur. Uchinchi mo’jiza uldurki, Haj qilgan kishi albatta Bihishtga kirur! To’rtinchi mo’jiza uldurki, eru xotin har Qurbon oyini to’qqizi Arafa kuni to’qqiz lak, to’qqiz ming to’qqiz yuz kishi jam’i bo’lur. Agar mundin kam bo’lsa, osmondin farishtalar tushur. Odam suvratida jam’i bo’lib, andin keyin Haj qilurlar.
  Beshinchi mo’jiza uldurki, har jonivor Ka’bani ustidan uchib o’tolmas, agar qasd bilan uchib o’tay desa, kuyib qolur! Oltinchi mo’jiza uldurki, har nechuk qush, har jonivorni olgani quvlab kelsa, jonivor Ka’baga  kirsa, ololmas! Yetinchi mo’jiza uldurki, agar biyobonda hayvon zaxmdor bo’lsa, Ka’bani ichiga kirib tursa, sihat topar! Sakkizinchi mo’jiza uldurki, har kim Ka’bani buzgali qasd qilsa, halok bo’lur! To’qqizinchi mo’jiza uldurki, Ka’baga har kim qo’l ursa, qo’li qurur! O’ninchi mo’jiza uldurki, hech bir vatqda tavofdin xoli bo’lmas! O’n birinchi mo’jiza uldurki, har kim Ka’bani ko’rsa, sihat topar! O’n ikkinchi mo’jiza uldurki, har kim Ka’bani ko’rsa, salohiyat topar! O’n uchinchi mo’jiza uldurki, Hazrat Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu xalifalik vaqtlarida bir kishi Ka’bani ziyorat qilgali keldi, necha ming tillosi bor edi, fikr qildiki, bu tilloni Ka’bani ichiga qo’yay, o’g’ri olmasin deb. Ichiga olib kirib qo’ydi, o’zi savdoga ketdi. Nogoh bir o’g’ri bilib olgali qasd qildi. Ka’bani ostidan teshib qo’l uzatdi. Boshini teshikdin chiqarib erdi, Xudoyi Taolo yerga amr qildiki, "œQisgil", deb. Yer qisdi. O’g’rini boshi yerga uzilib tushdi. Tanasi yerni ichida qoldi. Bir ovoz chiqtiki: "œHar kim Ka’baga o’g’rilikka kirsa, boshi barbod ketar!" deb. Ka’bani sharifi bu ovozni eshitib Ka’baga kirdilar. Ko’rdilarki, bir odamni boshi tilloni oldida turibdur. Bular bildilarki, sir ayon bo’ldi. O’n to’rtinchi mo’jiza uldurki, bir kishi xonai Ka’bani ichida ziyorat birla mashg’ul erdi, nogoh Ka’bani eshigiga qulf soldi. Bu odam qamalib qoldi. Nisbi shabda tahorati tang bo’lib, eshigiga kelib harchand qichqirdi hech kim eshitmadi. Nochor Ka’bani ichiga tahorat ushatdi. Ertasi Namozi Bomdodga eshik ochib kirdilar. Bu kishi sharmanda bo’lib chiqib qochdi. Xaloyiqlar ko’rdilarki, bir to’da yipor turadur. "œEgasi bormi deb?" qichqirdilar, hech kimdan ovoz chiqmadi. Qochgan kishini ushlab keldilarki, "œbu yiporingni olgil", deb erdilar. Bu kishi yiporni ko’rib hayron bo’ldi. Aytdiki: "œMunda peshob qilib erdim!" Bular aytdiki: "œIchingdan chiqqan zahoti Ka’bani xosiyatidin yipor bo’libtur, olgil", dedilar. Bu kishi olib chiqib sotdi. Kambag’al erdi, g’aniy bo’ldi. O’n oltinchi mo’jiza uldurki, Umar ibn Xattobni vaqtlarida bir fahmi ziyoda erkak Zaxom otliq xotinga oshiq erdi. Bir kuni shayton vasvasa qildi. Ka’baga kirib zino qildi. Itga o’xshab chaqishib qoldi. Harchand zo’r qildi, ajrata olmadi. Ertasi namozi Bomdodga xaloyiqlar kirdilar. Ko’rdilarki, bular chaqishibdur, har gez bir — biridin ajralmaydur. Tashqariga sudrab chiqardilar. Har kim la’nat deb tosh, g’isht bilan urdilar. To’rt kundan keyin to’ng’iz suvrat bo’lib o’lib qoldi. O’n yettinchi mo’jiza uldurki, ziyorat qilur mahalda bir eru xotin Ka’baga yomon niyat birla qaradi, ko’r bo’ldi. O’n sakkizinchi mo’jiza uldurki, bir odam bir kishini o’g’ri dedi. Ul kishi men o’g’ri emasman dediyu, Ka’baga qo’l uzatdi, qo’li quridi. O’n to’qqizinchi mo’jiza uldurki, har kim xonayi Ka’baga ixlos birla qarasa, ko’zi ravshan bo’lur. Yigirmanchi mo’jiza uldurki, xonayi Ka’baga harchand kishi yig’ilsa — jam’i bo’lsa, sig’ar. Yigirma birinchi mo’jiza uldruki, har turlik dardi bor kishi xonayi Ka’bani tuprig’ini olib ko’ziga surtsa, dardi daf’ bo’lur. Yigirma ikkinchi mo’jiza uldurki, bir kuni Abu Jahl qulini quvlab Ka’baga kirdi, pichoq tortib niyat qildiki, qulini o’ldirgay! Darhol ko’zi ko’r bo’ldi. Munojot qildiki: Ka’bani hurmatidin qulimni gunohini o’tdim deb. Bir zarba tuproq olib ko’ziga surtdi, ochildi. Yigirma uchinchi mo’jiza uldurki, No’shiravonu Odil Buzurgjumhurni Ka’baga qamadi. Buzurgjumhur Ka’bani tomiga chiqdi, osmondin bir nur xonayi Ka’bani tarafiga tushib keldi. Bu nurni ko’rib aytdiki: "œEy bor Xudoyo, xonayi Ka’bani hurmatidin mani xalos qil", deb. Xalos bo’ldi. Ko’nglida Xudoyi Taologa iymon keltirdi. Yigirma to’rtinchi mo’jiza uldurki, xonayi Ka’bani yetti marta bino qilgan ul Zuqoyil, Ajroyil, Dardoyil, Ismoyil — bu to’rt farishta, ikkinchi Hazrat Odam birla Momo Havo bino qilgan. Uchinchi martaba To’fonni Nuhdin keyin Yaldur degan xonayi Ka’bani o’rnida butxona qildi. Yuz ming g’isht oltin xarj qildi. Xonayi Ka’ba tamom bo’ldi. Butni xonayi ka’bani ichiga olib kirib qo’ydi. Yer larzaga kelib butlarni olib tashladi. To’rtinchi martaba Xudoyi Taolo Hazrat Ibrohim AS ga amr qildiki: "œYo Ibrohim, Ka’bani peshtoqini tosh bilan bino qil!" Ibrohim AS Hazrat Is’hoq va Ismoyilni , Bibi Sora, Hojar birla Turi Sino tog’ida Arofat, Mino, Zaydu Uhud tog’idin tosh olib kelib bino qildilar. Boz Xudoyi Taolodin farmon bo’ldiki: "œYo Ibrohim, Baytullohni bino qilding, Xudoyi Taoloni bandalarini ziyorat qilinglar, deb qichqirgil!", dedi. Ibrohim AS: Mani ovozim hech yerga yetmas! Dedilar. Xudoyi Taolo aytdi: "œSen qichqirgil, tamomi olamga anglatay!" dedilar. Hazrat Ibrohim qichqirdilar. Jam’i xaloyiq eshittilar, balki, onasini rahmidagi bolalar ham eshitdi. Hammaga Haj farz bo’ldi. Beshinchi marotaba Qurayshlar bino qildi. Oltinchi marotaba Hajjoj bino qildi.


Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 14 Fevral 2008, 12:29:53
Malika so’radi: Kun qaysi tomonda?
Donishmand dedi: Kun to’rtinchi osmonda turur. Chiqar mahalda farishtalar Mashriqdan Mag’ribgacha nurdin o’ttiz ming tanoib birla tortarlar,dunyo ravshan bo’lur. Andin keyin to’rtinchi yerga kirib ketar.
Malika so’radi: Kunni tutulg’onini boisi nimadur?
Donishmand aytdi: Bunda besh riyovat bordur: avvali bulkim, osmondin kun daryoga kirib ketar, farishtalar daryodin tortib chiqorurlar, olib chiqorg;uncha olamda qoron’gulik bo’lar. Ikkinchi, bulki, Hazrat Muhammad Mustafo SAV Me’rojga chiqqanlarida ummatlaridan shikoyat qildilar: Ummati Muhammad gunohni ko’p qilur deb. Payg’ambari SAV g’amgin bo’ldilar. Munojot qildilar: Ey, bor Xudoyo, Oftobni nurini kam qil, bir soatda kam bo’ldi. Uchinchi, toifa oftobfarastdurlar. Oftobga mutavajjuh bo’lg’onda bir soat qorong’ulik bo’lur. To’rtinchi bulkim, Xaloyiq ko’p gunoh qilsa, oftob tutilur. Beshinchi bulki, Sahmoyil degan bir farishta Xudoyi Taoloning farmoni birla og’ziga olur, shunda qorong’ulik bo’lur!
Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 14 Fevral 2008, 12:31:00
Malika so’radi: Oftob chiqar mahalda sariq bo’lmoqni vajhi nima?
Donishmand aytdi: Oftobparastlar Kunga yuzlanganda mutavajjih bo’lg’onda oftob ayturki: Men sig’inishga loyiq emasman, mabodo Xudoyi Taolo azob qilurmi deb sariq bo’lur!
Malika so’radi: Oyni nimadin ofarida qildi? Tutulmog’I nimadindur? Na yerda turur?
Donishmand dedi: Arshni nuridin yaratdi, necha qism Oy yaratdi. Arshni ostida qiyomatgacha osig’lik turur. Ba’zi oyni kichik va ba’zi oyni butun va ba’zi oyni yarim qildi. Har oyni boshi bo’lg’onda muakkil farishta kichik oyni tanob birla tortib, avvalgi osmonga olib kelib qo’yarlar. Otini yangi Oy derlar. O’n uchinchi kechasi bir-biridan kattasini olib kelib qo’yurlar. O’n to’rtinchi kechasi katta oyni qo’yarlar. Biro y ado bo’lguncha bu tariqa debdurlar. Qiyomatgacha bir chiqqan oyga yana bir chiqqani navbat kelmas! Oyni kattaligi qirq farsang. Oyni tutulmog’I Kunga o’xshar!
Malika so’radi: Yulduzni nimadin ofarida qildi?
Donishmand aytdi: Nurdin ofarida qildi. Avvalgi osmonda muallaq turur, qandilga o’xshar. Yulduzni kattaligi yarim farsangdur.

Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 22 Fevral 2008, 12:24:05
Malika so’radi: "œNecha payg’ambarni saqollik qildi?"   
Donishmand aytdi:"To’rt payg’ambarni . Avval Hazrat Odam Safiulloh , duvvum-No’h nabiulloh savvum — Ibrohim Xolilloh , chohorunm —Hazrat Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vassalom!"
Malika so’radi:"Imom Mahdi Oxiri zamon va xazrati Iso alayhissalom qaysi vaqtda hurmat qilurlar? Mo’jizalar nima? Dajjoli Yajuj — Majuj , Dobat ul arz bularni voqeasini bayon qil?"- dedi.
Donishmand aytdi: Imom Mahdi avlodi imom Husayindurlar.Atolarini otlari Hazrat Muhammad Rasululloh otlariga muvofiq ,yani Muhammad ibn Abdullo Madinada tavallud bo’ldilar.Makkada zuhur qilurlar.Ammo o’z ajallari birla Bayt ul — Muqaddasda vafot bo’lurlar. O’ng bozularida nishonalari bitiklik, chunonchi, Hazrati Muhammad SAV nishonlariga o’xshar, ammo yuzlari yulduz yanglig’ barq urar, peshonalari keng, burunlari uzun, miyona qad, qoshlari ko’p, ko’zlari qaro, tishlari bir-biriga muttasil emas, ranglari bug’doy rang, yuzlarida qaro xollari bor, kiftlarida ham qaro xollari bor. Gapirsalar, qo’llarini tizzalariga qoqib so’zlagaylar. Soqollari ko’p, xuruj qiladurgon vaqtlari qirq yoshda bo’lgay! Xos karomatlarini bayoni uldurki, kiygan liboslaridan ovoz paydo bo’lur, har jonivorni ishorat qilsalar uchib kelib qo’;llariga qo’ng’ay, har nechuk quruq yog’ochni o’tquzsalar meva bergay, har shaharni olurda "œLo iloha illollohu Muhammad Rasululloh!" degaylar, boshlarida bulut soya solib turgaylar. Farishtalar nido qilg’aykim: "œEy xaloyiqlar, imom Mahdiga hammalaring bay’at qilinglar!" degay. Bu ovoz Mahsriqdin Mag’ribgacha eshitilgay. Ularning martabalari g’avsdurki, har kimga nazar qilsa, olim bo’lur. Mashriqdin Mag’ribgacha nazarlari qoyimdur, bu martabayi payg’ambardur. Har kimga tuproq bersalar tillovu kumush bo’lur, bu martaba Xudoyi Taoloni atosidur. Lashkarlarida Hazrati Jabroyilu Mikoyil va Zu,koyil boshliq o’ttiz ming farishta hamroh bo’lib yurgaylar. Bularning vaqtida qo’y bilan bo’ri birga yurgaylar, kichik bolalar ilon bilan o’ynagaylar. Yerdagi g’oyib xazinalarni yer olib tashlab oshkora qilur. Faqiru miskinlar g’ani bo’lgay, xayru sadaqa zakot bersalar hech kim olmagay. Imom Mahdi xuruj qilmasdan ilgari bo’ladurgon voqea bo’lur. Bir hoshimni hujrasida va maqomi Ibrohim orasida o’ldirur. Yana bir podshoh bo’lur Sufyon otlig’ Horisni avvaldin Hazrat imom Mahdiga lashkar yuborur. Makka birla Madina orasida lashkarni yer yutar, ikki kishi salomat qolur. Biri Sfyonga xabar aytur, biri imom Mahdiga xabar aytur, hamma xaloyiqlar bay’at qilurlar. Hazrat imom Mahdi Sufyon birla urushgakli borurlar. Sufyonni o’ldururlar. Yana bir guruh xalqu ellarni Arabiston G’ag’u shahrida ani ham yer yutar. Yana bir alomati budurkim, Ramazon oyini avvalgi kechasinda oy tutilur, o’n beshida kun tutilur. Misr podshohi birla Shom podshohi urush qilib, Shom xalqini asr qilurlar. Yana bir alomati budurkim, Olam qorong’u bo’lib bir fursatda yorug’lik bo’lur. Hazrati imom Mahdi xuruj qilib, umrlari oxir bo’lguncha bo’ladurgon voqealar budurki, avval Makkadin xuruj qilurlar.
Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 22 Fevral 2008, 12:24:54
  Ashur oyini o’ninchi Jum’a kuni namozi Xuftondin keyin Imom Mahdi qavmidin uch kishi bay’at qilurlar. Hazrati imom Mahdi rukn namozini maqomini Ibrohim orasida. Hazrat Muhammad Rasulullohni alamlari qora yungdinm. Hazrat Muhammad Rasulullohdin so’ngra hech kim ani barpo qilg’on emas erdi. Hazrati imom Mahdi barpo qilurlr, onda bituklikdurki, Xudoyi Taolo uchun imom Mahdini sohib bayroqlari Slohi alayhissalom payga’mbarni o’g’illari Shuayb alayhissalomdurlar. Hazrat imom Mahdi birla Hazrat Muhammad SAVni ko’ylaklari birla qilichlari hamroh turur. Namozi Xuftondin keyin minbarga chiqib, Xutba o’qib xalqni iymonga da’vat qilurlar. Ko’fa va Yaman xalqi imom Mahdiga yor bo’lurlar. Hamma olamni podshohlari tamom bo’lur, chunonchi Iskandar Zulqarnayn, Hazrati Sulaymon podshoh bo’ldilar. Hazrati imom Mahdiga Arabu Ajam Musulmonlari itoat qilurlar. Imom Mahdini qavmlaridin duhsmanga qo’shilsa, ma’lum bo’lur, andin so’ngra yetti yil podshohlik qilurlar. Olamni adl birla obod qilurlar. Ka’badagi xazina oshkor bo’lur. Faqiru miskinlar g’ani bo’lg’ay.Hinduga lashkar yuborib, xazinalarini olib Bayt —ul Muqaddasni oroyish qilg’ay, sarf qilga’ylar. Hindu podshosini bo’yniga tavqi la’nat solib olib kelurlar. Uch ulug’ shaharni fath qilurlar: avval Qustantiyani fath qilg’oli borurda, daryoni labida bayroqlarini yozgaylar, namozi Bomdodga tahorat qilurda bayroq qochar, orqasidan borurlar, daryoni hamma suvi qurur, lashkar o’tib ketur. Chunonchi, Bani Isroyil Hazrat Musoni vaqtlarida salomat o’tganidek. Andin so’ng Qunstantiyaga kirurlar. "œAllohu akbar!" deb ovoz qilurlar. Shaharki qal’asi yiqilur, andin so’ngra shaharga kirurlar. Ul shaharni oz bozori bo’lur, har bozorda ming do’kon bordur. Urush qilib, olti yuz kishi o’lur. Bul shaharni olurda Bayt — ul Muqaddasni yasarlar.
  Ul tobuti Sakinada "œQuron"da mazkurdir: "œQavlahu Taolo inniy ya’tikumut — tabutu fihi Sakinatun", ya’ni tobutni uzunligi o’ttiz gaz, yog’ochi Shamshoddin. Bu tobutda Hazrati Musoni asolari, Hazrati Sulaymonni angushtirlari bor edi. Sakina degan bir Shamoldurki, ul tobutdin chiqib dushmanga urub parokanda qilur erdi. Juhudlar bu tobutni ko’rib iymon keltirurlar edi. Andin so’ng Dajjoli La’in shahri Qotia tarafidin paydo bo’lur.
Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 22 Fevral 2008, 12:25:53
  Dajjol degan juhudni o’g’li erdi. Hazrati Muhammad Mustafo SAV zamonlarida tug’ilib erdi, ya’ni Ka’b ul Axror Raziyallohu anho sahroga borur erdilar, ko’rdilarki, nechand odamlar ktib, boradurlar: "œNe yerga borasizlar/" deb so’radilar. Alar aytdilar: "œBir kofir tug’ibdur!" dedilar. KA’b ul Axbor ham bu xaloyiqlar birla bordilar. Ko’rdilarki, yangi tug’ibdur, so’zlaydur, soqoli ham bor, bir ko’zi yo’q, peshonasida bitibdurkim: "œHuval kofiru billohi", deb Hazrat Ka’b ul Axbor on Hazrat Salallohu alayhi vasallamga bayon qildilar. Sayyidi olam sahobalariga boqib dedilarki: "œDajjol paydo bo’libdur! Ul kofirni borib ko’raylik", deb sahobalar birla bordilar. Dajjolni onasi chiqib salom qildi. Aytdiki: "œYo rasululloh, bir andat (to’xtanglar) taxayyur qilinglar, man andak uyga kirib bisot yozay"deb. Bisot yozib bo’lguncha, Dajjol so’radiki: "œEy ona, na ish qilursan?" Onasi aytdi: "œRasuli Xudo kelibdurlar, bisot soladurman!", dedi. Dajjol: "œMan ham ul Muhammad alayhissalomni ko’ray?" dedi. Onasi boshlab kirdi. Surayi Homin xotirlarida erdi, baland ovozi birla o’qidilar. Aytduilarki: "œEy fitnayi Jahon Dajjol emdi vujudga keldingmi?" Dajjol: "œOre" dedi. Hazrati Rasuli Xudo aytdilar: "œEy Dajjol aytgil, "œLo iloha illolloh Muhammadur Rasulollohu ashhadu anlo iloha illollohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu!" degil deb iymonga da’vat qildilar. Dajjol aytdi: "œEy Muhammad o’zing guvohlik berursanki, yer yuzini "œXudosidurmen" deb. Sayyidi Olam aytdilarki: "œLa’nat sendek iymonsizga!". Hazrat Umarni g’azablari kelib, shamshirlari birla choptilar. Dajjolga aslop ta’sir qilmadi. Shamshir qaytib kelib Hazrat Umarni boshlariga tegdi. Sayyidi Olam aytdilar: "œYo Umar, Xudoyi Taoloni taqdirini o’zga qilib bo’lmas! Dajjolni o’z qudrati birla yaratkan, muni zamona oxirida Hazrat Iso AS osmondin tushib o’zlari o’ldirurlar" deb, On Hazrat Dajjolni uylaridan chiqdilar. Dajjolni onasi aytdiki: "œYo Rasululloh bir soat o’ltirsunlar, man mahozir tayyor qilay?" dedi. Sayyidi Olam aytdilar: "œEy mazluma oting nimadur?" Xotin aytdi: "œOtim burun Kiyonina erdi, musulmon bo’lganimdan keyin G’amima qo’ydim, dinim sizning diningizda, "œAlhamdulillahi" musulmondurman!" Dajjolni otasi Sayyid kofir erdi, o’ttiz bir kun bo’ldi Do’zaxga ketdi" , dedi. Sayyidi Olam aytdilar: "œTaqabballohu!" Ey, mazluma Xudoyi Taolo senga rahmat qilsin", deb duo qildilar. Dajjolni onasi uyga kirib aytdiki: "œEy, Dajjol, qo’pib tashqari chiqqil, xaloyiq sani ko’rgali kelibdur!" dedi. Dajjol tashqari chiqib o’lturg’on erdi, xaloyiq eshitib aytdiki: "œHazrat Muhammad Mustafo SAV kelganlarida bu mal’un nosazo so’z aytdi". Hamma xaloyiq tosh, g’isht birla urdilar. Dajjol qo’pib quvalab (xaloyiqni) bir ko’chaga qamadi. Qo’lida ishorat qilib erdi, ul xalq ko’chada band bo’lib qoldi. Xaloyiq faryodu nola qildilar. Sayyidi Olam eshitib munojot qildilar: "œIlohi, Xudovanda bu Dajjoli La’inni bu yerdin ko’targil!". Xudoyi Taolo darhol bir farishtaga amr qildi. Ul farishta bir qush suvratinda bo’lib, darhol Dajjolni sochidin tutib havoga olib chiqdi. .Dajjol onhama qichqirdi: "œYo Rasululloh, mani bu qush qo’lidin halos qiling", deb. Ul farishta Dajjolni daryodin o’tkarib, bir dashtu biyobonga olib borib qo’ydi. Anda devlar bor erdi. Dajjolni ko’rib hayron qolib, hamma devlar Dajjolga farmonbardor bo’ldilar. Dajjolni eltib qo’ygan farishta on Hazrat SAVga bayon qildilar: "œYo Rasululloh, Dajjoli la’in qaysi vaqt ul jaziradin chiqib kelur" deb. Sayyidi Olam aytdilar: "œYoronlarim, ul Dajjol, chiqar vaqtinda nechand alomatlar zohir bo’lur: avval olimlar ilmiga amal qilmaslar, xotinlar begonalar birla yurur. Hamma xalq — eru xotinlar ma’rakayi majlisga kirib sharob icharlar, kichik-kichik bolalarni ota-onalari o’qigali bermaslar, ovqat ishiga mashg’ul bo’lurlar. Savdo-sotiqni xotinlar qilib, bozorda yururlar. Omonatga xiyonat qilurlar. Kishini nohaq o’ldirurlar va qamarlar. Faqir va bechoralarga rahm qilmaslar. Yoz kam, qish ko’p bo’lur. Xayri barokat ketur, sudxo’r bo’lib, podshoh, qozi, mufti, ulamolar arzni riyo birla so’rar. Andin keyin bir guyoh paydo bo’lib, ani bargini qurutib, kuydirib tutunini tortarlar. Xudoyi Taologa osiy bo’lib, payg’ambarlar bezor bo’lur. Olimlarni omilar bosib o’tirurlar. Har kim ulamoni bosib o’ltursa, gunohkor bo’lur, bu Hadis mazmuni birlakim: "œQolan nabiyu alihis salomu sahttiy fiz zamonin a’lo ummatih tashribuvna min voraqis sammi va qulbuhum savodun va alisnotihum ahzoru va basaaruhum nanisun va fohlihum rushuqun va a’zobuhum fi al qabri abadan qolai nabiyullohi alihis salomu man sharaba duxana osimun yadhulu un nara big’ayri shakkin qullu sammin haromun nuqula min tuhfatil Abror va ro’zi mini bob alvohi faslal haromi qolan nabiyu alihis salomu sah’ati fiz zamonin ‘alo ummatin yaquluna duxana summa laysa lahum imonan va ana bari’un va laysa lahum shafoati yavmal qiyomati nuqolih min kanzil Asror", ya’ni qimor o’ynarga va sharob icharga moyil qilurlar, zulm birla madrasa, masjid va rabo va havz qilurlar. Uurg’ va qarindosh va hamsoyalar haqini bajo kelturmaslar. Shayxlar muridlariga dunyo so’zlarini aytur, shariat so’zlariga amal qilmaslar, xayru saxovatni riyo birla qilur, yolg’on guvohlik berurlar. Xotinlar erkak libosini kiyar, nomahram birla zino qilurlar. Nomahramdan qochmaslar. Bad asllar Sayyidlik da’vosini qilurlar. Podshohu vazir, qoziyu ulamo, muftiylar dodni adl birla qilmay, pora birla so’rarlar. Dunyosi ko’p bo’lsa, baxil bo’lur o’limni yod qilmaslar. Vaqtiki, bu alomatlar paydo bo’lgan so’ng Makkada imom Mahdi o’n to’rt yoshda bo’lur. O’n yil Shomu Rum Arabda podshohlik qilurlar. Hamma xalq bay’at qilurlar. Andin keyin Dajjoli lain Mashriq tarafdin eshakka minib devlar birla kelur. Ul Dajjoli la’indin yuzi qaro, o’ng ko’zi ko’r, peshonasida bitiklik: "œHuval kafiru billahi" deb qaddi yuz o’n gaz devlar ba’zisi filga va ba’zisi tevaga va ba’zisi sherga va ba’zisi ilonga va ba’zisi chayonga minib kelur. Baland tog’larga chiqib surnayu karnay tabl chalib yuz ming turlik ovoz birla qichqirurlar"¦ Bu ovozni eshitib olamdagi nag’masozlar va sharobxo’rlar qo’shilur, oldida yuz ming turlik ovoz qildirib shaharga kirib, ko’chada yurib ayturki: "œEy xaloyiqlar man yer yuzini "œXudosidurmen", har kishi mani dinimga kirsa, dunyoda do’st tutarman, behojat qilurman", deb. Ko’p xalq bu nag’masiga ishonib, Dajjolni oldiga chiqar. Ammo Xudoyi Taoloni oshiq va sodiq bandalari ayturlarki: "œHamma olamni Xudoyi Taolo yaratkan", deb ani ovoziga quloq solmay, Xudoyi Taolodin panoh tilagaylar. Ammo Dajjoli la’inni juhudlar yer yuzi "œXudosi" derlar. Ammo Dajjoli la’in o’ng tarafidagi xalqqa Do’zaxni ko’rsaturki: har kim dinimga kirmasa, Do’zaxga solurman! Der! Juhudlar ayturlarki: "œBizni ota va onamizni turgizib ko’rsatsang, diningga kiraylik! Dajjol devlarga buyurarki, bularni ota-onasini suvratini qilib ko’rguzur!"
Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 22 Fevral 2008, 12:40:36
Juhudlar farmanbardor bo’lib,Dajjoli la’in ko’p shaharlarni olur. To’rt shaharni ololmas. Avval Makkani ,2.Madinani,3.Turi Sinoni. 4.Bayt-ul-Muqaddasni. Hazrat imom Mahdi munojaat qilib ayturki:"Ey,bor Xudoyi ,Dajjoli la’inni sharidin bizlarni saqlag’il "œ,derlar.Duolari mustajob bo’lur! O’shal zamon Juma kuni namozdigar vaqtida osmondin Makkag’a Hazrat Iso AS tushar. Hazrat imom Mahdiy kelib salom ayturlar:"Ey payg’ambari xudo,bizg’a imom bo’lsunlar namoz o’quylik",der.Hazrat Iso AS Mahdiyni:Siz imom bo’lung "œdeb,o’ng qo’llarida turg’aylar. O’ttiz ming kishi birla Hazrat imom Mahdiy imom bo’lur,namozdagilarni o’qug’aylar. Andin keyin Hazrat imom Mahdiy ayturlar:"Yo Iso AS , bizlar Dajjolni sharidin ojiz bo’lduq!"Hazrat Iso AS ertasi namozi Bomdodni o’qub ,imom Mahdiy birla lashkar olib ,shahri Haybarg’a borurlar.Ul shaharni kattalig’i besh yuz farsangdir.
  Uch yuz oltmish darvoazasi bor, shaharni atrofi qal’adur. Hazrat Iso AS: "œDarvozalarni ochinglar", derlar. Darvozalarni ochkaylar. Shaharga kirarlar. Hazrat Iso Asni nazarlari Dajjolga tushar.
  Dajjol eshagiga minib turar. Hazrat Isoni ko’rib yerga yiqilur. Hazrat Iso AS uch yuz gaz nayzalari birla Dajjolni urarlar. Hazrat imom Mahdiy qilich birla choparlar. Dajjol o’lib Do’zaxga ketar. Andin keyin lashkarni o’ldirurlar. Har yerda lashkaridan qochib qolgan bo’lsa, u yerdan ovoz chiqar: "œDajjolni lashkari bunda!" deb, topib o’ldirurlar. Dunyo bo’lardin pok bo’lur. Iso AS imom Mahdiy shahri Haybarda ikki yil podshohlik qilurlar. U yerda bir masjid bino qilurlar. Uch tarafidin darvoza qo’yurlar. Qibla tarafidin qo’ymaslar. Bnu masjidga ming kishi sig’ar. Bu shahar xalqi bu masjidga kirarlar. Hazrat imom Mahdi imom bo’lib, Hazrat Iso AS birla namozni o’qurlar. Islom qaviy bo’lur. Bir yildan so’ng Hazrat Iso AS birla Hazrat imom Mahdiy ming otlig’ lashkar birla Bayt — ul Muqadasga kelurlar. Bayt — ul Muqaddasda 15 oy kun qattiq qahatchilik bo’lur. Xaloyiq taom topmay kamonni jallasini yerlar. Hazrat Iso AS, imom Mahdiy duo qilurlar, duolari mustajob bo’lib, g’oyibdan taom yetkirur. Qahatdan qochib ketgan odamlar Iso Asga arz qilurlarki, Ya’juj Ma’juj paydo bo’ldi deb. Odamlarni tutib yeydur, xotinlarimizni fisqu-fujur qilur. Hazrat Iso AS bular rost ayturlar deb chunonchi, "œQur’on"da mazkurdur: "œQola Taoli Yajuja va Mauja mufsiduna fil arzi", ya’ni yajuj Majuj shaytondin mardud bo’lg’ondur. Hazrat Iskandar zamonlarida yuz kishi paydo bo’lib erdi, bir guruhini qaddi o’n ikki ming farsang, soqoli uch farsang. Bir guruhini Yajuji mahif derlar, bir guruhini Majuji muqama derlar. Qaddi olti yuz farsang, soqoli ham olti yuz farsang, ammo qulog’i kattaligi sufradek bo’lg’onidan bir qulog’ini ostida, bir qulog’ini ustiga yopinib yoturlar. Oyoqlari odamni oyog'i’a o'xshar, qo’llari ham odamni qo’llariga o’xshar. Hazrat Iskandar sababi birla o’ldira olmay qo’rqar edilar. Hammasini Ovun tog’iga haydab bordilar. Yo’llariga sad boyladilar. Hazrat Iskandar Xudoyi Taoloni farmoni birla band qilib soldilar. Bandni uzunligi 150 farsang, tomini balandligi ikki ming sakkiz yuz arqon bo’yicha bor. Saddin o’tolmay tog’ni orqasida tosh va o’t yeb yotar erdi. Vaqtiki Saddi Iskandardin chiqar, olamga to’lur. Xaloyiqarni tutib yer! Hazrat Iso AS birla imom Mahdiy Tur tog’iga chiqib haqqi subhona va taologa murojaat qilib, zoru tazarru qilurlar: "œYa’juj Majujni yo’q qilur!" deb ovoz kelur. Yajuj Majujni Hazrat Iso AS birla imom Madiy o’ltirurlar. Xaloyiqlar xalos toparlar. Andin keyin Hazrat imom Mahdiy vafot etarlar. Hazrat Iso yuvib janozalarini o’qib, lahadga dafn qilurlar. Hazrat Iso AS Shomga borib, qirq yil podshohlik qilurlar. Hazrat Muhammad Mustafo SAVni shariatlariga rivoj berurlar. Hazrat Odam Asni ziyorat qilib, qabrlarini quchoqlab vafot bo’lurlar. Bani Isroyil avlodini Sloih otlig’ bir odamni Hazrat Iso ASni yuvib namozlarini o’qib, Madinaga eltib, Hazrat Muhammad Rasulullohni yonlariga dafn qilurlar. Tamomi olamni kuforlik bosar.
  Olimlar fosiq bo’lur. Eru xotindin sharmu hayo ko’tarilur, ko’cha va bozorlarda qarz urib fisqu fasod qilib yururlar, hech kishini iymonu islomdin xabari bo’lmas, mo’minlarni yuzlarida bir oq nishona bo’lur. Ani ko’rib: "œAntal mo’min jannatiy", ya’ni "œSen jannatiy bo’lgan mo’minsan!", degaylar.
  Oftob Mag’ribdan chiqar, tavba eshigi band bo’lar.Andin keyin Dobat — ul arz paydo bo’lur. Qaddi uch ming yuz gaz yo’g’onligi ikki ming besh yuz gaz, to’rt oyog’i bor. Har qo’lida ikki bozusi bor, boshi ho’kizni boshig’a o’xshar, bo’yni tuyani bo’yniga o’xshar, ko’zi to’ng’izga o’xshar, tuyog’i tuyani tuyog’iga o’xshar. Yetti yil yurib tamomi olamni sayr qilib aytur: "œEy xaloyiqlar, bilinlar Hazrat Muhammad Mustafo SAVni dinlari barhaq. Kofirlarni dini botil" deb qichqirur. Andin Ko’hi Qofga yetib g’oyib bo’lur. Andin keyin Xudoyi Taolo Suri Isrofilga farmon qilur!".

Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:16:44
Malika so’radi: Ashobi Kahf kim turur? Otlari nima? Ular kimni avlodi, ahvollari nechukdur?
Donishmand aytdi: Ashobi Kahf bir podshoning o’g’li erdi. Daqqi Yunus degan kofir "œXudolik" da’vosini qilganda, podshoh qo’rqib, o’g’illarini Daqqi Yunus xizmatiga yuborgan edi. Bir kun Daqqi Yunus xaloyiqlar birla o’ltirib edi tomdin ikki mushuk urushib Daqqi Yunusning oldiga tushdi. Daqqi Yunus qo’rqib yiqildi. Podshohni o’g’li aytdi: Daqqi Yunus "œXudo" bo’lsa, mushukdan qo’rqmas edi. Bizni Xudoyimiz yeru osmonni yaratgan "œXudo" deb, ko’ngillariga tushdi. Darhol iymon keltirib, biyobonlar tarafiga ravona bo’ldilar. Bir podshohni ovchi odami anga Daqqi Yunusni voqeasini bayon qildilar. Podshohni ovchisini iti ham bor edi. Ular birla hamroh bo’ldi. Ketib bir g’orga kirdilar. Duo qildilar: Ey bor Xudoyo, bizni korimizni oson qilg’il, deb. Bularni korini oson qildi. Bularga kun tegmadi, shamol ham tegmadi. Rohatda yottilar. Bir haftadan keyin farishtalar atrofini olib, saqladilar. Uch yuz to’qqiz yil g’orni ichida uxladilar. Ammo ko’zlari uyquda, ko’ngillari bedordur. Hazrat Iso AS osmondan tushganda Jabroyil xabar berurlar: Ashobi Kahf uch yuz to’qqiz yil g’orda uxlaydi. Xudoyi Taolo bedor qilur! Uyg’onib qarasalar, sochlari va tirnoqlari o’sib, kiyimlari eski bo’lubdur, G’ordan chiqorlar yana sharm qilib g’orga kirarlar. Ayturlarki: "œQornimiz ochti. Bir kishi shaharga kirib taom olib kelsin", degay. Yamlihoga bir necha diram berdilar"¦ U diramni olib, shaharga kirar va bir novvoyga borur, diramni ko’rib, novvoy ayturki: "œDaqqi Yunusni xazinasidan olibsan! Bir diramni menga ham ber! Agar bermasang, sani podshoga olib borurman" deb ushlab oldi. Podshoni oldiga olib bordi. Podsho Daqqi Yunusni diramini ko’rib tanidi. Yamliho voqealarni bayon qildi. Podsho Yamliho birla g’orga kirdi. Yamliho aytdi: "œEy podsho, siz bu yerda turing, g’orga kirib, ularga ma’lum qilay!" Yamliho g’orga kirib ketdi. G’orda hammalari g’oyib bo’ldi.
  Bir soatdan keyin podsho ham g’orga kirdi. Hammalari g’oyib bo’libtur. Anda Hazrat Iso AS munojot qilur: Ey bor Xudoyo, Ashobi Kahf qayon kettilar? Jabroyil xabar berurlar: Yo Iso, Ashobi Kahf Xudoni qudrati birla osmonga chiqib kettilar. Yetti ismlari bu turur: Yamliho, Makshaino, Marnush, Dabarnush, Shoznush, Kafishtad, Qitmir ismlarini aytib, xotinlar chap yoniga bog’lasa, tavallud qilmog’i osondur.

Malika so’radi: Necha kichik bola onasidan tavallud topgan zamon so’zlar?
Donishmand aytdi: Avvali Hazrat Iso AS tavallud bo’lib o’n besh kundan keyin so’zladi. Ikkinchi, beshikdagi bola Hazrat Yusufga guvohlik berdi. Mirrix Atorib aytdiki: "œEy ota qayda erdingiz?" Otasi aytdiki: "œMa’budim qoshida erdim". O’g’li: "œMa’bud degan kim turur?" Otasi: "œButlarim!" O’g’li aytdi: "œSani butlaringni Xudoyi kimdur?" Otasi: fikr qilib butlarini qoshiga kelib aytdi: "œEy butlarim, mani o’g’lim shundog’!" dedi. Butlardin ovoz chiqdiki: "œO’g’ling rost aytur, bizdan bezor bo’l! Xudoyi Taologa iymon keltirgil!" Bu so’z asar qildi, Yahyo payg’ambar AS zamonlarinda iymon keltirdi. To’rtinchi, Ibrohim AS onalaridan tavallud bo’lib, yigirma kundan keyin onalariga nasihat qildilar. Beshinchi Dajjol onasidan tug’ilgan zamon so’zladi.

Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 05 Mart 2008, 10:28:00
Malika so’radi: "œBolig’- Balog’atga yetmasdan burun necha payg’ambarga vahiy keldi?"
   Donishmand aytdi:"Avval Hazrat Isog’a , 2. Hazrat yahyog’a . 3.Hazrat Sulaymong’a .4. Hazrat Yusufg’a".
   Malika so’radi: "œYerni madori nima? Taxt al — Saroyg’acha nima bor?".
   Donishmand aytdi:"Rumoyil otlig’ bir farishta okarida qilibdur. To’rt qo’li bor. Xudoi tooloni farmoni birla to’rt qo’lida yetti tabaqa yerni to’rt burjudun tutub turur. Taxt al-saroyni kattaligi besh ming yillik yo’l turur. Va homini ayog’i Taxt al —Saroyni ustida. Xudoyi taolo bir oq xo’kiz yaratdi. To’rt ming boshli qirq ming oyog’i bvor.Har oyog’ini arosi besh yuz yillik yo’l turur. Har boshida ikki shohi bor, Taxt-al-Saroy ho’kizni ustida. Alloh taolo bir ho’kiz yaratibdur, Norim otlig’, kattaligi boshidan dumigacha besh yuz yillik. Ho’kizni balig’ni ustida, Balig’ni suvni ustida, suv shamolni ustida. Shamol o’t ustida, o’t Do’zax ustida, qorong’ulik Taxt al — saroyni ustida Taxt-al-Saroyni Xudodin o’zga kishi bilmas!
Malika so’radi: Farishtalar Behishtdamu yoki boshqa joydadur?
Donishmand aytdi: Ba’zilari Behishtda, ammo Xudoyi taoloni jamolini ko’rmaslar. Jabroyil alayhissalom bir marta ko’rar.
Malika so’radi: Jinlarni yeri Behishtdamu yo boshqa joydadur?
Donishmand aytdi: Kofirlari kofirlar birla bo’lur! "œQur’on"i sharifda mazkurdurki: "œQavlahu taolo la amle’anna Jahannama minal jinnati vannosi ajma’iyna", ya’ni musulmoni musulmon birla, ammo Haq Taoloni jamolini ko’rmaslar.
Malika so’radi: Besh nima, besh nimani yeydur?
Donishmand aytdi: G’am g’amni, yolgon so’z rizqni, tavba gunohni, sadaqa baloni, sharob savobni yeydur.
Malika so’radi: Avval ul nimaki qoringa kirib chiqti?
Donishmand aytdi: Hazrat Yunus baliqni qorniga kirib chiqti.
Malika so’radi: Kishiga necha narsa rohatdur?
Donishmand aytdi: Uch narsa rohatdur: avval Xudoyi Taoloni yod qilmoq. 2. "œQur’on"ni o’qimoq 3. Qarindoshlarini ko’rmoq!
Malika so’radi: Darveshlarga nima yaxshi?
Donishmand aytdi: Qanot, yua’ni umrini toatda sarf qilmoq, kishidan tama’ qilmagay.

Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 15 Mart 2008, 12:23:42
Malika so’radi: Musulmonlik qaysidur?
Donishmand aytdi: Allohni birligiga guvohlik bermoq, Muhammad SAVni barhaqligiga iqror qilmoq.
Malika so’radi: Shariat nechtadur?
Donishmand aytdi: Birdur! On Hazratni shariatlari.
Malika so’radi: Iymonsizlar bu dunyoda yaxshi ish qilsa oxiratda savob toparmu?
Donishmand aytdi: Azobi qabr bo’lmas, Qiyomat kuni Do’zaxga ketar.
Malika so’radi: Har kishiga nechta farishta muakkildur?
Donishmand aytdi: Ko’p farishta muakkildur. Biri o’ng yelkasida biri chap bozusida. Biri savobni bitar, biri gunohni bitar! Ammo savobni ko’ngliga olgan zamon bitar, gunohni uch kungacha tavba qilmasa bitar!
Malika so’radi: Xudoyi Taolo necha martaba rahmat nazari bilan boqar?
Donishmand aytdi: Uch yuz oltmish marataba. Bir hissani aziz, bir hissasini xor qilur!
Malika so’radi: Ko’hi Qof nechuk nimarsadur?
Donishmand aytdi: Ko’k zumraddan, yetti tabaqa yerni atrofidadir.
Malika so’radi: Oftob nechuk yerga borur?
Donishmand aytdi: Ko’hi Qofda bir buloq bor, anga borur.
Malika so’radi: Uch qism shamolni nechasi nofe’dur?
Donishmand aytdi: Ikkisi xor, biri qavmi Odni halok qildi, biri giyohlarni undirdi.
Malika so’radi: Dunyo degani nima?
Donishmand aytdi: Dunyoni do’st tutarlar, ani uchun dunyo derlar.
Malika so’radi: Qiyomat degani nima?
Donishmand aytdi: O’lgan tirilib qopar, ani uchun Qiyomat derlar.
Malika so’radi: Necha kishini Bihishtdin chiqardi?
Donishmand aytdi: Olti kishini: avval Hazrat Odam ASni 2. Momo Havo ASni 3. Shayton Alayhi la’nani 4. Tovus 5. Ilon 6. Bug’doyni 7. Hazrat Odam Sarandib tog’iga tushdi, Momo Havo Jiddaga. Shayton — Salqon tog’iga, Ilon — Isfihonga, Tovus — Hindistonga, Bug’doy — Shomga tushdi.
Malika so’radi: Bu oltisini Bihishtdan chiqarmoqqa sabab ne?
Donishmand aytdi: Alloh Taolo Odamga amr qildiki, Bihisht ne’matlaridan yegin, ammo bug’doyni yemagin? Agar yesang, zolimlardan bo’lursan. Hazrat Odam birla Momo Havo amrni faromush qildilar. Bug’doyni yedilar. Ani uchun Bihishtdan chiqardi. Shayton Bihishtga kiraman, Odamni vasvasa qilaman deb, Bihishtni eshigiga keldi. Yasovullar: Ey mal’un, Bihisht sani joying emas, kirmagil!
 Dedilar. Shayton qaytib ilonni qoshiga keldi. Aytdi: Ey ilon, Odamzod seni ko’p o’ldirur, mani Bihishtga kirgizgil, man sani qutqarurman, mani omonimda bo’lursan?  Dedi. Ilon fikr    qilib turur edi Tovus keldi, Ilonga: Nimani fikr qilursan? Dedi. Ilon aytdi: Shayton mani Bihishtga olib kirgil deydur! Shuni fikr qilurman! Tovus aytdi: Xo’b bo’libdur, men ham yordam berurman. Ilon Shaytonni og’ziga olib, Bihishtga kirdi. Yasovullar bilmadi. Odamni vasvasa qilib bug’doyni yedirdi. Ani uchun Bihishtdan chiqardi.

Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 19 Mart 2008, 09:10:44

Malika so’radi: Necha odamni suvrati mubaddal bo’ldi(o’zgardi)?
Donishmand aytdi: O’n jonni suvrati mubaddal bo’ldi: avvali — tulki, 2. Maymun 3. Mushuk 4. To’ng’iz 5. It 6.Bo’ri 7.Xachir 8.Ayiq 9.Fil 10.Parasat
Malika so’radi: O’n jonni suvrati nima uchun mubaddal bo’ldi?
Donishmand aytdi: Tulki odam edi, onasi namoz o’;qib turganda qo’lini andomiga suqdi, suvrati mubaddal bo’ldi. Mushuk dukchi edi, Hazrat Momoga duk beray deb oltin oldi, duk bermadi, suvrati mubaddal bo’ldi. Maymun xotin edi, hayzi nifosni bilmadi, suvrati mubaddal bo’ldi. To’ng’iz odam edi, onhazrat Muhammad SAVni davrida bir nimarsani ziyoda olib, bahosini kam berdi. Ziyoda olmadim deb ont ichdi, suvrati mubaddal bo’ldi. Bo’ri odam edi, Bani Isroyilni haromzoda dedi, suvrati mubaddal bo’ldi. It odam edi, tarozini kam tutdi, suvrati mubaddal bo’ldi. Xachir vofurush edi (gazlama sotuvchi) Uzun gazdan olib, kalta-qisqa gazda sotdi. Suvrati mubaddal bo’ldi. Fil odam edi, chohar poyda turib namoz o’qidi, suvrati mubaddal bo’ldi.
Malika so’;radi: Kambag’alni it ko’rsa qopar, boyni qopmas, sababi nima?
Donishmand aytdi: It harom yeydur, sudxo’r boy ham pulni sudga berib harom yeydir. Faqirlar halol yeydur, ani uchun boyni it qopmas! Bu hadis mazmuni bilakim: "œQolan nabiyu alayhis salomu ad dunyo jonfatun va taolib buha kilobun", ya’ni dunyo najosdur, ani talab qilguvchi itdur, aning uchun it boyni qopmaydur.
Malika so’radi: Farishtalar erkakmi, yoki urg’ochi?
Donishmand aytdi: Erkak yo urg’ochi deyish kofirlikdur!
Malika so’radi: Sen kimni avlodidin erursan/
Donishmand aytdi: Hazrati Umarni o’n birinchi (avlodi erurman) nabirasi erurman.
Donishmand so’radi: Ey Malika, kimni avlodidin erursan?
Malika aytdi: Hazrat Iskandarni avlodidin erurman.
Malika darhol turib-qo’pib: Barokalloh Donishmand, seni ustozingni va avlodingni Xudo rahmat qilsin! Senga o’zimni bag’ishladim deb taxtdin tushib, podshohlik tojini kiygizdi va yaxshi sarpolar kiygizib, taxtga chiqarib o’lturguzdi.
  Andin keyin Rum shahrini amiru umaro, fuzalo, ashraf va ulamo oqsoqollarini jam’i qilib, hammalariga sarpo kiygizib, o’zini Donishmandga aqd qildirdi. Andin keyin naqaro karnay qilib, olti oygacha Rum ahliga osh berdi. Bular murodiga yetib, ayshu ishratga mashg’ul bo’ldilar. Xolo xalifayi Rum bularni avlodidandur.
Vallohu a’lam bissavob!
Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 19 Mart 2008, 09:13:30
Mana, bu asar ham o'z nihoyasiga yetdi. Agar ushbuni o'qib biror bir foyda olgan bo'lsangizlar, bizga shuning o'zi yetarli. Alloh hammamizni o'z panohida asrasin!!!
Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Mars 19 Mart 2008, 17:57:44
wow savoli rosa ko'p qiziqarli ekan rahmat sizga.Ancha foydali narsalar ekan.
Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 23 Mart 2008, 17:11:38
Assalomu alaykum! Foydasi tekkan bo'lsa xursandmiz.