forum.ziyouz.com
Umumiy bo'lim => Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar => Mavzu boshlandi: Zulfina 07 Aprel 2015, 21:40:09
-
Assalomu alaykum qadrdon forum ahli. Yana bir quvonchli xabar ila keldim huzuringizga :)
Forumimiz oilalari soni yana bittaga ko'payish arafasida inshaAlloh. forum.ziyo.uz ga, Abdulaziz akaga va barcha forum uchun jon kuydirgan insonlarga tashakkur. Bizga qadrdonlar, yaqinlar bergani uchun.
Xullaaaas, gapni indallosiga o'tadigan bo'lsak forumimizning mashxur jurnalisti Lobarxonni azim Toshkentdan go'zal Qo'qonga uzatadigan bo'ldik :)
Lobar va Sarvar(Uzmuslim) ning qurilajak oilalarini Alloh hayrli qilsin, Jannatida ham birga qilsin. Duo qib qo'yasila endi :)
Toki g'unchalarkan ishqning lolasi,
Toki tinmas ekan sevgi nolasi,
Toki talpinarkan ikki yurak porasi,
Nima degan gap Toshkent- Qo'qon orasi?
Toki urar ekan ishq deya yurak,
Toki muhabbatga yor vasli kerak,
Toki hijron dardin visol chorasi,
Nima degan gap, Toshkent Qo'qon orasi?
Toki peshonaga bitilgan taqdir,
Toki ikki qalbga nasib, bo'lmoq bir,
Toki sevgi haqdir, toki ishq haqdir,
Baxtdan yonar bo'lsa ko'zlar qorasi,
Nima degan gap Toshkent- Qo'qon orasi?!
-
Tabriklaymiz! Alloh ushbu nikohni xayrli qilsin, solih-soliha farzandlar ato etsin! Qurilajak oilalari mustahkam bo'lsin!
-
Baxt-saodatlarini Alloh mukammal qilib bersin!
To'ylar muborak!
-
Muborak bolsin baxtli oila qurishsin
Zulfina ancha vaqt yoq bolab xudhxabar bilan kelibsizda
-
Vaalaykum assalom... Alloh xayrli va barokatli qilsin. Solih va soliha farzandlar ato etsin.
-
Alloh xayrli qilsin! Go'zal oila, barakali turmush nasib etsin!
PS. Forum haliyam bor ekan :)
-
Assalomu alaykum!
Mavzu nomidagi Toshkent, Qo‘qon jumlalarini o‘qib darrov tushundim, Lobar opa va Sarvar aka kelishdi hayolga)))
Men bu to‘y allaqachon o‘tkazib bo‘lingan forumchilarga indamay deb yurardim))) shunday bo‘sayam shunaqa mavzu ochilib qolishini kutardim. Eh, barbiram to‘yda ishtirok etish nasib qimapti, safardamiz))
Alloh nikohlarini xayrli qilsin, ikki yosh o‘rtasini yaxshilikda jamlasin. Bir-biridan shirin, dono farzandlar bilan siylasin. (Bizgayam shunaqa to‘yla nasib qisin))) )
to‘ylar muborak!
-
Tabriklaymiz,baxtli bulishsin.tuy kunini aytmabsilaru?
P.s. Shu bulimni yaxshi kuraman.yaxshi yangiliklar serob buladi.
ramazinam tugadi,yana yangi xushxabarlar eshitib qolsak kerak.
-
Assalomu aleykum Aziz qadrdon forumdoshlar? Lobar she'r yozadigan qizimizmidi forumdegi? Anchadan beri , kirmi
y qaribmiz )))) bahtli bo'liylar. Us Muslim ham oldingi forumdoshla adashmasam. haa eski postlani o'qib forum Dan ko'p ruhiy
tarbiyalanish ko'mak oganakanmiz.......
-
Assalomu aleykum qadrdon forumdoshlar,omonmisilar
biz ham eshitmabmizu Lobarhonni tabriklimiz kech bolsa ham,muborak bo'lsin,Alloh ikki dunyoda bahtlik bandalardan qilsin
(eh qandoq ediya forumimiz,,shu FB hammani tarqatvordi nazarimda ;))
-
Obbi bola paqir muslime uylanvorgan ekanda. Ha baxtliy saodatliy bolishsin.