forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: okahon.8800 18 Iyun 2015, 14:45:45

Nom: Alloh la'natlagan amal ( bachchavozlik)
Yuborildi: okahon.8800 18 Iyun 2015, 14:45:45
ALLOH  LANATLAGAN  AMAL.
Shunday ishlar borki undan inson tabiati jirkanadi, aqli qabul qilmaydi. Bunday ishlar insoniyat boshiga turli ofat-u balolarni, kulfat-u musibatlarni tushishiga sabab bo’lganligi tarixdan barchamizga ma’lum.
Qasi bir jamiat bu kabi jirkanch odatlar bilan odatlangan bo’lsa, albatta u yerdagilar Allohni balosidan omonda qolmaganlar. Bunday ishlardan biri bachchvozlikdir.
Muqaddasdinimiz ta’limotlarida bachchavozlik kabi jirkanch  amallar juda ham qattiq qoralangan. Quroni karimda Alloh taolo mana shunday amallarni odat qilgan umatlarni holatini bayon qiladi.
54. “Va Lutni ham (Payg'ambar qilib yubordik). O'shanda u o'z qavmiga: «Sizlar ko'rib-bilib turib, fohisha ish qilasizlarmi?!”
55.“Sizlar, albatta, ayollarni qo'yib, erkaklarga shahvat ila yaqinlik qilasizlarmi?! Yo'q! Sizlar johillik qilayotgan qavmdirsiz!” dedi.
Bu qavmning yaramas ishi, hatto hayvon ham qilishlikdan or qiladigan bachchavozlik bo’lib ¬- erkak kishilarning bir-birlari bilan jinsiy aloqa qilishlari edi. U  qavm bachchavozlik ishiga shunday mukkasidan ketganligi sababidan, o’zlarini insofga chaqirgan “Lut (a.s) ahlini yurtingizdan quvib chiqaringlar” deb taxdidlar qilishdi.
56. Uning qavmining javobi: «Lut ahlini yurtingizdan quvib chiqaring, chunki ular pokiza bo'lishni xohlagan kishilardir», deyishdan boshqa narsa bo'lmadi.
57. Bas, biz unga va xotinidan boshqa ahliga najot berdik. U(xotin)ning azobda qolguvchilar ichida bo'lishini taqdir qildik. Va ularning ustlariga bir yomg'ir yog'dirdikki, bas, ogohlantirilganlarning azobi qanday ham yomon bo'ldi. (Naml surasi 54-57 oyat)
Bu yaramas qavmning ustidan yog’gan yomg’ir- tosh yomg’iri bo’lib barcha qavmni halok qildi.
Qishloqlarining nomi «Sadum» bo‘lib, ular Alloh taolo o‘z kitobida zikr qilganidek nopok ishlar bilan mashg‘ul bo‘lardilar. Ular butun mavjudotlar ichida hech bir jonzot qilmagan ishni qilib, erkaklarning orqasiga yaqinlik qilar va boshqa munkar ishlarni amalga oshirar edilar.
Bugunlik kunda dunyoning ayrim davlatlarida bunday razolat ishlar (birjinsliklar) nikohi  insonlar o’rtasida juda tez avj olib bormoqda. Undaylarning bir birlari bilan oila qurishini taminlovchi qonunlar, hatto farzand asrab olishliklari mukunligi haqida qonunlar ishlan chiqishgan. Qanday sharmandagarchilik!!!
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ummatim xususida qo‘rqqan  narsalarimning eng qo‘rqinchlirog‘i Lut  qavmining amalidir» (Ibn Moja rivoyati).
Boshqa bir hadisi sharifda esa: «Lut qavmi  amalini qilgan kimsani Alloh la’natlasin», deb uch bora takrorlaganlar (Ibn Hibbon rivoyati).
Rivoyat qilishlaricha, agar bir erkak boshqa  bir erkakning ustiga chiqsa, Arsh Alloh taoloning g‘azabidan qo‘rqqanidan titrab ke tadi. Osmonlar ham yerga qulab tushishiga bir bahya qoladi. Shunda farishtalar osmonni ng har tarafidan tutib: «Qul huvallohu ahad»ni oxirigicha o‘qiydilar. Shundagina, Alloh azza va jallaning g‘azabi bosiladi.
Ali roziyallohu anhu aytgan ekanlar: «Kimki xohish bilan o‘ziga yaqinlik qilishlariga imkon bersa, Alloh unga ayollar shahvatini  tashlaydi va uni qabrida qiyomat kunigacha toshbo‘ron qilib haydalgan shaytonga aylantirib qo‘yadi».
Qadimdan ota bobolarimiz juda ham yuksak manaviyatlik, oriyatlik va ahloqlik bo’lganlar. Bachchavoz deb nomi chiqgan insonlar bilan salom alik qilishmas, agarda yuzma yuz kelib qo’l berib ko’rishib qolishsa, qollarini yuvib tashlashar ekan. Bunday hislat ularning naqadar oriyatlik ekanini bildiradi.
Boshqa oyati karimda Alloh taolo “Amrimiz kelgan paytda u o'lkani ostin-ustun qildik va ustidan ketma-ket sopol toshlarni yog'dirdik”.(Hud surasi 82)
Rivoyatlarda kelishicha, Jabroil ( a.s)  Sadumni yergan o’pirib olib osmonga ko’targan hatto osmon ahli  tovuqlarning qichqirig’i-yu itlarning shovqinini eshitgan, so’ng  chappa aylantirib, ostini ustiga qilib qo’ygan.  Keyinchalik o’sha yerga suv to’planib o’lik dengiz hosil bo’lgan. Bu dengiz hozirda ham mavjud  bo’lib Falastin, Iordaniya va Isroil ortasida joylashgan turg’un sho’r ko’ldir. Uni arablar “al-Bahr Al-Mayyit”  – o’lik dengiz, “Bahru Lut”  Lut dengizi, yahudiylar “Yam ha Melah” – tuz dengizi, “Yam ha Mavet” – o‘lik dengiz deb ataydi.
Olloh taolo bu qovmning yaramas amallari sababidan yer yuzidan supirib yer ostiga yuttirib tashlashlikni iroda qilishligida aql yuritadigan qovm uchun juda ko’p hikmat bor. Chunki bu yerda buzuqlik va axloqiy tanazzul avjiga chiqqan, erkaklar bilan erkaklar jinsiy yaqinlik qilar, majlislarida yalang‘och yurish targ‘ib etilar, fahsh ishlari ochiq-oshkora edi.
Bugunlik kunda ham bu yaramas qovmning jirkanch ishini qilayotganlar yo’q emas. Ulamolarimiz aytishicha Lut qovmi erkaklarga livota (bachchavozlik) ishini qilishligidan 40 yil muqaddam ayollarga livota ishini qilar edilar. Ayol kishini orqasiga yaqinlik qilishlikni ham bachchavozlikni kichkinasi sanaganlar. Er o'z nikohidagi xotinining faqat old tarafidan yaqinlik qilishi kerak. Orqa avrat va boshqa joylarga jinsiy aloqa qilish qat'iyan mumkin emas. Hadisi shariflarda xotinining orqa avratiga yaqinlik qilganlar haqida qattiq gaplar aytilgan. Masalan, Sunan sohiblari keltirgan rivoyatda bu ishni qilganlar mal'un (la'natlangan) ekani zikr etilgan. Bu juda og'ir gap. La'nat bandani Allohning rahmatidan uzoqlashtiradi. La'nat bandani dunyo va oxiratda badnom qiladi. Bu ma'nodagi hadis boshqa muhaddislar tomonidan ham keltirilgan. Ibn Abbos roziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Erkak yoki ayolning orqasiga yaqinlik qilgan (kimsa)ga Alloh nazar qilmaydi” (Termiziy va Ahmad rivoyati). Demak, xotinining orqa avratiga yaqinlik qilish bandani Allohning rahmatidan mahrum etadi. Bu narsa o'sha manfur ishning gunohi kabira ekanidan darak beradi.  Alloh  barchalarimizni bunday illatlardan saqlasin.
Salmon Forisiy jome masjidi imom xatibi Rahimov ilhomjon.
Vahm masjidi imom xatibi Saidumarov Umarxon.