forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Salomatlik => Mavzu boshlandi: Azizbek Abdurasulov 05 Aprel 2016, 21:44:24

Nom: Xotirani yaxshilaydigan mahsulotlar
Yuborildi: Azizbek Abdurasulov 05 Aprel 2016, 21:44:24
Sog’lom bo’lish uchun faqat qomatni emas, xotirani ham asrash kerak. Ammo buning uchun miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi mahsulotlarni bilish lozim. Xotirani asrash uchun muntazam uni yaxshilash va oqsilli maxsulotlarni iste’mol qilishi kerak. E vitamini xotirani kuchaytiradi, antioksidanlar miyyani yallig’lanishdan yoki miya hujayralariga zarar yetkazish ehtimoli bor erkin radikallar xosil bo’lishidan ximoya qilishga yordam beradi. Miya to’g’ri ishlashi uchun parhezdan tashqari, doimiy ravishda sport bilan shug’ullanish, faol ijtimoiy hayot kechirish zarur.
Kungaboqar urug’lari
Pista chaqish uyatli emas, balki foydali ish(tartib bilan chaqilsa, po’chog’i duch kelgan joyga tashlab ketilmasa). Uning tarkibida E vitamini, shuningdek, fosfolipidlar, yog’larni eritadigan vitamin va steropollar – umrni uzaytirib, yoshlikni saqlash hamda odam sog’ligini sezilarli darajada mustahkamlashga qodir moddalar mavjud.
Ko’k choykok choyKo’k choyning foydasi haqida ko’plab eshitganmiz. Bu ichimlik faqat jism emas, balki miyaning ham sog’lom bo’lishiga yordam beradi. Ko’k choy tarkibida katexinlar, bakteriyalarga qarshi turish, onkologik va aqliy kasalliklar rivojlanishining oldini olish xususiyatiga ega tabiiy antioksidantlar mavjud. Davomi faktlar.uz (http://faktlar.uz/index.php/salomatlik0/item/70-xotirani-yaxshilaydigan-mahsulotlar) saytida.