forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:01:27

Nom: Biz o'qiymiz, o'rganamiz, ko'ramiz, eshitamiz ammo...
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Sentyabr 2007, 18:01:27
Men ushbu mavzuni ochishdan oldin ancha tekshiruvlar olib bordim. Hammasi xuddi men o'ylagandek bo'lib chiqdi. Biz ko'rgan va eshitgan narsalarimizga amal qilayapmizmi?
Bunga bir o'ylab ko'qib javovob berishlaringizni so'rayman.
Hamma o'zining xolis fikrini bildirsin.
Nom: Re: Biz o'qiymiz, o'rganamiz, ko'ramiz, eshitamiz ammo...
Yuborildi: lolo 15 Sentyabr 2007, 06:25:32
Darhaqiqat, bu mavzu katta muammolardan biridir, qaysiki ilmiga amal qilmayotganlar emas, balki hidoyatga chaqirayotganlarni ilmiga amal qilmayotganlikda ayblab og'zini yopib qo'yishlik. Aslida bu holat jamiyatdagi, ya'ni islom olamidagi katta tanazzullardandir. Hali hechkim olgan ilmiga to'liq amal qilgan emas. To'g'ri yo'lga boshlayotganlarni jim qilish maqsadida shu kabi (masalan, oldin o'zinga boq, kabi) gaplar bilan izza qilish eng tuban ahloqdagi kishilar ishidir. Afsuski hozirgi kundagi birorta odamga tanbeh bersangiz darhol yuzingizga sapchiydi, astag'firullah. Sahobalarimiz hayotlariga nazar tashlasak, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bir masalada noto'g'ri fatvo berganlarida Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu to'g'rilab qo'ygan ekanlar. Bundan Umar ibn Xattob roziyallohu anhu quvonib: "...Muoz bo'lmaganida, Umar halok bo'lar edi..." deganlar.

Re: Biz o'qiymiz, o'rganamiz, ko'ramiz, eshitamiz ammo...
amal qilamizmi?
Amal qilmaydigan odam o'rganarmidi? Amal qilmaydigan odam hatto o'rganishga istak-xohishi ham bo'lmaydi. Quloqlarini berkitib olaveradi, eshitmaslikka harakat qiladi. O'rganish hammaga ham nasib etadigan narsa emas. Eshitgani bilan aqliga yetib borish hidoyat topmak demakdir. Aslida hamma odam ilmiga to'liq amal qilishni istaydi, lekin istak istakligicha qolib ketadi, istak amalga aylanishi uchun nimadur yetishmaydi, buni iroda deb ham aytishadi.
Nom: Re: Biz o'qiymiz, o'rganamiz, ko'ramiz, eshitamiz ammo...
Yuborildi: lolo 15 Sentyabr 2007, 06:26:40
Ilmiga amal qilishni istashadi, lekin turli to'sqinliklar bo'layotgani sabab amal qila olmayotganini aytishadi. Lekin bularning barchasi bahonalardir. Haqiqatdan ham amal qilishga jiddu jahd qilgan kishi uchun hech qanday bahona yo'qdir, u uchun faqat Allohning hukmi muhimdir. Afsuski bunday mustahkam iymon hammada ham mavjud emas.

"... shu va ... shu narsalarga amal qilishni istayman, ammo ... kabi narsalar sababli ... hozircha shunday yurib turay!" deyayotgan har bir shaxsga aniq eta olamanki: "Sen mutlaqo shu narsaga amal qilishni istamaysan! Yolg'on gapiryapsan! Dunyoga berilib ketyapsan! Allohga shubha qilyapsan! Ishonmayapsan!"

Islomda kichik narsa yo'q, musulmon arzimaganga o'xshab ko'ringan narsaga ham to'liq amal qilishi kerak. Alloh taolo Baqara surasida aytadiki (ma'nosi): 2.208 . "А­й иймон келтирганлар! Исломга тслиfича киринг. Ва шайтоннинг изидан сргашманг. Албатта, у сизга очиk душмандир." Ya'ni, Islomdagi hukmlarga to'liq amal qilish haqida gap ketyapti.

Alloh barchamizni ilmiga amal qilguvchilardan qilsin, omiyn.
Nom: Re: Biz o'qiymiz, o'rganamiz, ko'ramiz, eshitamiz ammo...
Yuborildi: ibnUyayna 08 Mart 2011, 07:12:15
Аллоҳ йслидаги аҳбобларим!
Мен сизлардан аввал ҳам ссраганман: -"нима учун биз заифлашдик? Аима учун баъзиларимиз динни ер юзида срнатиш учун сзини лойиқмас деб билади? Аима учун баъзилар юз сгириб кетдилар? Аима учун чекиндилар? Аима учун  кспайиб келаётган сафимиз камайишга стди"? Бунинг  сабаби  - лоқайдлик касаллигидир.
Биродарим..
Қуръонни ёдлаганингиздан сснг унутдингизми?
Кечаларни намозда бедор стказишингиз уйқуга алмашдими?
Илм олиб юрган кезларингиз ортда қолдими?
Аллоҳга даъват қилувчилар сафидан ортда қолдингизми?
Уммат ёшларининг кспи бугунда шу ҳолатни бошидан кечирмоқда. Аллоҳдан ҳаммамизга мукаммал ва доимий офист беришини ҳамда офистга шукр қилишга муваффақ қилишини ссрайман.
Қанча ишларни бошлаб,  лоқайдлик сабабли чала қсйдингиз?
Қанча ишларингиз қоғоздаги чизгилар ҳолида қолди?
Қанча кишилар лоқайдлик сабабли чекинишлар ва таназзулга юз тутдилар. Бу сса уларни диндан чиқишигача олиб келди.  Баъзилар динни тсла унутиб, ҳатто Аллоҳни ҳам бутунлай ёдламай қсйишди.

Қанча кишилар бугунда сликдирлар, cезмайдилар, билмайдилар.

Улар сликми ё тирик?!

Аллоҳдан қалбларимизни тирилтиришини ссрайлик!

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4202.0
Nom: Re: Biz o'qiymiz, o'rganamiz, ko'ramiz, eshitamiz ammo...
Yuborildi: muxlisa 08 Mart 2011, 08:45:35
Men ushbu mavzuni ochishdan oldin ancha tekshiruvlar olib bordim. Hammasi xuddi men o'ylagandek bo'lib chiqdi. Biz ko'rgan va eshitgan narsalarimizga amal qilayapmizmi?
Bunga bir o'ylab ko'qib javovob berishlaringizni so'rayman.
Hamma o'zining xolis fikrini bildirsin.


O'qigan, bilgan, eshitgan, ko'rgan narsalarim amal qilayotgan narsalarimdan ancha ko'p... o'zimdan amali kamropqlarni ko'rsam, ilmimga yaxshi amal qilyapman deb o'ylayman... mandan amali ko'proqlarni ko'rsam, hali deyarli xech narsaga amal qilmayotgan ekanman, degan xayolga boraman...