forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:41:11

Nom: Quddus amakining saboqlari (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:41:11
QUDDUS AMAKINING SABOQLARI

Quddus amakining bolajonlarga maktubi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70956#msg70956)
1-saboq. Poklanish va ilk kalomlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70957#msg70957)
2-saboq. Musulmonchilikning birinchi belgisi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70958#msg70958)
3-saboq. Farishtalar haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70961#msg70961)
4-saboq. Kitoblar haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70963#msg70963)
5-saboq. Payg’ambarlar to’g’risida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70966#msg70966)
6-saboq. Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70968#msg70968)
7-saboq. Uchta eng muhim narsa (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70971#msg70971)
8-saboq. Iymon nima degani (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70974#msg70974)
9-saboq. Namoz nega o’qiladi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70978#msg70978)
10-saboq. Namoz o’qishni o’rganing (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70981#msg70981)
11-saboq. Ro’za, zakot, haj haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70991#msg70991)
12-saboq. Ilm o’rganish — farz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70996#msg70996)
13-saboq. Ota-onangizni hurmat qiling (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg71000#msg71000)
14-saboq. Halol, pok bo’ling (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg71005#msg71005)
15-saboq. Xush xulqqa ne yetsin (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg71008#msg71008)
16-saboq. Yomonlikdan qoching (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg71013#msg71013)
Duo qilaylik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg71016#msg71016)

Ushbu sahifa bolalarni axloq-odobli, ilm o‘rganishga rag‘batli, yomon illatlardan qochuvchi qilib tarbiyalashga xizmat qiladi. Shuningdek, bu sahifa halolik, poklik, ota-onaga qanday ehtiromda bo‘lish va islomiy qadriyatlar haqida yoshlarga dunyoqarashiga mos ma’lumotlar beradi. Sahifadan nusha olib aziz farzandalaringizga ta’lim berishingizni tavsiya qilamiz.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:42:02
QUDDUS AMAKINING BOLAJONLARGA MAKTUBI

Bismillahir rohmanir rohiym.
Assalomu alaykum, aziz bolajonlarim, ko‘zimning oqu qarolari! Sizlar televizor orqali «Qunduz amakining qissalari» degan ko‘rsatuvni ko‘p marta tomosha qilgansiz. Ammo ular shunchaki ertak, hayotda bo‘lmagan voqealar, xolos. Bugun siz qo‘lingizga olgan mana bu «Quddus amakining saboqlari» kitobchasi sizlarga judayam zarur kitob. Undagi saboqlar hozir ham, kelajakda ham hayotingizda ko‘p marta kerak bo‘ladi.

Bu saboqlar sizlarga qanday yashash lozimligini o‘rgatadi. Bilmagan, eshitmagan narsalaringiz bilan tanishtiradi. Yaxshilik nimaligini tushuntirib, yaxshilik qilishga chorlaydi. Yomonlik nimaligini bildirib, yomon ishlardan qaytaradi.

Shuning uchun ularni erinmay, qunt bilan, diqqatni bir joyga to‘plab o‘qib chiqing! Tushunmay qolgan joylaringizni kattalardan so‘rab oling. O’qiganlaringizning ma’nosini anglab, eslab qolishga harakat qiling! O’zingiz to‘la tanishib chiqqandan so‘ng kitobchani aka-ukalaringizga, opa-singillaringizga, do‘st va qarindoshlaringizga ham o‘qigani berib turing! Shunday qilsangiz, savobga (Xudoning mukofotiga) sazovor bo‘lasiz, xo‘pmi?

QUDDUS AMAKINGIZ
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:43:35
BIRINCHI SABOQ
POKLANISH VA ILK KALOMLAR


Assalomu alaykum, mening aziz nuri diydalarim!
Qani, yaxshilab joylashib o‘tiringchi! Bugun birinchi mashg‘ulotimizni boshlaymiz. Ammo siz ana shu mashg‘ulotga biroz tayyorlanib olishingiz kerak, Buning uchun eng awalo tahorat qilib poklanib kelish zarur. Tahorat qilish unchalik qiyin ish emas. Qo‘llaringizni uch marta yaxshilab yuvasiz, og‘izga uch marta suv olib chayqab, tishlarni tozalaysiz, burunga uch bor suv yuborib poklaysiz. Keyin yuzingizni uch marta yaxshilab yuvasiz. So‘ngra ikki qo‘l bilaklarini tirsaklar bilan qo‘shib yuvgach, boshning to‘rtdan bir qismini ho‘llab mash tortasiz. Shundan so‘ng oyoqlarni to‘pig‘i bilan qo‘shib, panjalar orasiga barmoq tiqib yaxshilab yuvasiz. Hammasini qilib bo‘ldingizmi? Ana endi siz pokiza bo‘ldingiz. Musulmon bolalar doimo ana shunday pok yurishlari zarur. Chunki hali ulg‘ayib namoz o‘qiydigan, Qur’on o‘rganadigan, boshqa ibodatlarni bajaradigan bo‘lsangiz, albatta, tahorat kerak bo‘ladi.

Qani endi «Bismillahir rohmanir rohiym» deb cho‘kka tushib o‘tiring-chi! Nega bunday deyapsiz, uning ma’nosini bilasizlarmi? Buning mazmuni shunday: «Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman». Har bir musulmon farzandi nima ish qilsa ham, xoh dars o‘qisin yo biror ishni boshlayotgan bo‘lsin, uyga kirayotgan yoki dasturxonga o‘tirib ovqatlanayotgan bo‘lsin, xoh uyquga yotayotgan yoki kiyim kiyayotgan bo‘lsin, albatta, ana shu so‘zlarni aytishi kerak. «Bismilloh»siz boshlanmagan hech bir ish Allohga xush kelmaydi. Musulmonchilikda hatto ana shu jumlani aytilmay so‘yilgan hayvonning go‘shtini yeb ham bo‘lmaydi.

Bundan tashqari siz bilib olishingiz kerak bo‘lgan yana bir kalima bor. U arabchada mana bunday o‘qiladi: «A’uzu billahi minash shaytonir rojiym». Ma’nosi: «Quvilgan shaytonning yovuzligidan Allohning panohiga, himoyasiga qochaman» degani. Qur’ondan bir oyat o‘qisangiz ham albatta, ana shuni aytish kerak. Hattoki hojatxonaga kirayotganda ham shunday deyilishi lozim.

Bugun sizga aytadigan gaplarim shular, xolos. Yanagi mashg‘ulotgacha ana shu ikki kalimani yaxshilab yodlab oling, xo‘pmi?
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:44:39
IKKINCHI SABOQ
MUSULMONCHILIKNING BIRINCHI BELGISI


Assalomu alaykum, suyukli farzandlarim! Siz o‘tgan mashg‘ulotimizda bir necha bor «Alloh» degan so‘zga duch keldingiz. Xo‘sh, u qanday zot ekan? Ana shu savolga javob berishdan oldin sizga islom dinidagi eng muhim, eng tabarruk bir kalimani o‘rgatib qo‘yaman, xo‘pmi? Yaxshilab quloq soling: «La ilaha illallohu Muhammadur rasululloh». Qani, ovoz chiqarib siz ham bir qaytaring-chi! Barakallo! Endi uning o‘zbekcha ma’nosini ham bilib oling: «Allohdan boshqa iloh yo‘q, Muhammad uning rasulidir».

Ana shu jumlaning birinchi qismi haqida gaplashamiz. Ikkinchisini esa keyingi darslarga qoldiramiz. Demak, «Allohdan boshqa iloh yo‘q». Xo‘sh, nega bunday deyilgan? Nega butun dunyodagi millionlab musulmonlar bu so‘zni kuniga yuzlab marta qaytarishadi? Nega ana shu so‘zni aytgan kishilargina musulmon bo‘la olishadi? Hozir ana shu savollarga javob berishga harakat qilamiz.

Atrofingizga yaxshilab bir qarang-a! Nimalarni ko‘ryapsiz? Ha, yashang! Gullab, barg yozib, meva tugayotgan daraxtlarni. Har xil ovozda sayrayotgan, chirqillayotgan, qichqirayotgan, ku-kulayotgan qushlarni, osmonda charaqlab nur sochib turgan quyoshni. Kechasi bo‘lganda hammayoqni yoritib turgan oyni va yulduzlarni. Yana-chi? Yana baland-baland tog‘larni, katta daryolarni! Innaykeyin, ko‘chalarni to‘ldirib yurgan odamlarni.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:45:07
Xo‘sh, ana shu narsalarning hammasi qayoqdan kelib qolgan?

Daraxtlami odamlar ekkan, desangiz odamlarning o‘zlari qanday paydo bo‘lishgan? Onalari tuqqan, desangiz o‘sha onalar qayoqdan kelishgan? Savollar ana shunaqa ketma-ket paydo bo‘laveradi, ularning son-sanog‘i bo‘lmaydi. Ammo hamma savolga bitta javob bor: «Bularning barchasini Alloh yaratgan» deymiz.

U shunaqangi ulug‘, shunaqangi qudratliki, Unga hech narsa teng kelolmaydi. U erni va osmonlarni ham, oy-quyosh va yulduzlarni ham, tog‘ va dengizlarni ham, hayvon va qushlarni ham, daraxt va gullarni ham, jin- shayton va odamlarni ham, xullasi kalom yer ustida va yer ostida, osmonda nimaiki narsa bo‘lsa, hamma-hammasini yaratgan. U bittagina «Bo‘l!» degan so‘zni aytishi bilan hamma narsa yaralib paydo bo‘laveradi. Hatto odamlar ham Uning xohishi va amri bilan tug‘iladi, yashaydi va bir kuni o‘ladi.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:45:28
Alloh odamlarni yerda yashab, yaxshi ishlar qilishsin, Mening aytganlarimni bajarib, narigi dunyoda katta mukofotlarimni olishsin va «Jannat» degan go‘zal bog‘imda yashab yurishsin, deb yaratgan. Uning buyurganlarini bajarmagan odamlarni esa olov yonib turadigan «Do‘zax» degan joyga tashlab, jazolashini ham aytgan. Alloh hamma narsani yaratgan, hamma narsa unga bo‘ysungan bo‘lsa, demak, undan boshqa hech qanday qudratli, kuchli zot bo‘lmaydi-da!

Adashibmi yoki kimlarningdir gapidan qo‘rqibmi, Allohdan boshqa narsalarga, masalan, quyoshga, haykallarga, hayvonlarga, suratlarga sig‘inib qo‘ysa yoki ana shu narsalardan qo‘rqib yoki biror narsani iltimos qilib so‘rasa, Allohga ularni sherik qiigan bo‘ladi. Bu Islom dinida eng og‘ir gunoh (yomon ish) hisoblanadi. Bu odam o‘ldirishdan ham, ota-onaga qo‘l ko‘tarishdan ham, o‘g‘irlikdan ham, aroq ichishdan ham, xullas, hamma yomon ishlardan ham og‘ir, juda qattiq gunohdir. Ko‘rdingizmi, Alloh juda ulug‘, qudratli, hamma narsaning xo‘jasi ekan. Shuning uchun Alloh nomining yoniga ulug‘langan «Taolo» so‘zini qo‘shib aytamiz, Alloh nomini eshitgan zahotingiz «Jalla Jalal la hu» deb uni maqtaymiz. Shunday bo‘lgach, har biringiz «La ilaha illolloh» degan kalimani yodlab oling, uni har kuni, yurganda ham, bekor turganda ham, uyquga yotayotganda va turayotganda ham — doimo qaytarib turing. Faqat o‘zingiz yodlab qolmay, uni boshqa bilmaganlarga ham o‘rgating. Chunki buni bilmaganlar musulmon bo‘lmaydi. Jannatga ham kirmaydi. Kelgusi mashg‘ulotda «La ilaha illollohu Muhammadur rasululloh» kalimasini, albatta, yodlab berasiz, kelishdikmi?
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:46:21
UCHINCHI SABOQ
FARISHTALAR HAQIDA


Assalomu alaykum, shirindan-shakar dilbandlarim! O’tgan mashg‘ulotda berilgan kalimani yodlab bo‘ldingizmi? Qani, aytib bering-chi! Barakallo! Juda yaxshi yodlabsiz.

Endi sizga Allohning farishtalari haqida gapirib beraman. Ehtimol, bobo yoki buvingizdan, ota-onangizdan «farishta» so‘zini eshitgandirsiz? Ularni «malaklar» ham deyishadi.

Farishtalar yer ustida, osmonda va yeru osmon oralig‘ida ubib yurishadi. Unda nega bizga ko‘rinmaydi deyapsizmi? Bunga hayron bo‘lmang. Masalan, biz havodan (kisloroddan) nafas olamiz, lekin uni ko‘rmaymiz-ku! Elektr quvvatidan uydagi lampochkalar yonadi, ammo elektrni ko‘rmaymiz-ku! Radio to‘lqini antenna orqali kelib gapiradi, biroq uni ham ko‘rmaymiz-ku! Shunga o‘xshab farishtalar ham nurdan yaralgani uchun ko‘zimizga ko‘rinishmaydi. Lekin biz ularni ko‘rmasak ham borligiga ishonamiz.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:46:36
Farishtalar Allohning buyruqlarini bajarishadi. Ular ovqat ham yemaydi, uxlamaydi, so‘zlashmaydi. Yomon ishlarni qilishmaydi. Doimo Allohga ibodat (xizmat) qilishadi. Ularning soni shunaqangi ko‘p-ki, buni Allohdan boshqa hech kim aytib berolmaydi. Farishtalarning eng ulug‘lari to‘rtta: Jabroil, Azroil, Mikoil, Isrofil, Jabroil Allohning buyruqlarini payg‘ambarlarga etkazadi. Azroil odamlarning jonini oladi. Mikoil Alloh bergan rizqni odamlarga taqsimlaydi. Isrofil qiyomat bo‘lganini hammaga ma’lum qiladi.

Har bir odamning atrofida to‘rttadan farishta yuradi. Ikkitasi uning oldi va ketida yurib, turli falokatlardan, gunoh ishlardan qaytarib turadi. Ikkitasi esa odamning yaxshi ishlarini ham, yomon ishlarini ham hech qoldirmay yozib yuradi. Keyin ana shu yozuvlarga qarab qiyomat kuni o‘sha odamga yo mukofot, yoki jazo beriladi.

Allohniog farishtalariga ishonish musulmon farzandining ikkinchi vazifasi. Shundagina u iymonli bo‘ladi. Siz ham buni doimo yodda tuting. Farishtalar yozib qo‘ymasligi uchun aslo yomon ishlarni qila ko‘rmang, xo‘pmi?
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:47:35
TO’RTINCHI SABOQ
KITOBLAR HAQIDA


Assalomu alaykum, mening asal-qand farzandlarim! Bugun sizlarga Allohning kitoblari haqida so‘zlab beraman. Diqqat bilan quloq soling.

Sizlar doim kitob o‘qiysiz va unda aytilgan gaplarga rioya qilasiz. Chunki u hamisha yaxshilikka chorlaydi. Yomonlikdan qaytaradi. Kitob — eng yaxshi ustoz, bilim xazinasi deyishadi.

Shunga o‘xshab Alloh taolo ham insonlar yaxshi yashasin, savobli ishlar qilib jannatga kirsin, yomonliklarga, gunohlarga yo‘l qo‘yib do‘zaxga tushib qolmasin, deb ogohlantirish uchun ularning yo‘lboshchi rahbarlari bo‘lgan payg‘ambarlarga doimo o‘z kitoblarini yuborib turgan.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:47:50
Avvalgi kitoblar 10-50 sahifa ko‘rinishida bo‘lgan. Keyinchalik Muso payg‘ambarga «Tavrot» degan, Dovud payg‘ambarga «Zabur», Iso payg‘ambarga «Injil» degan kitob yuborilgan. Odamlar ularni o‘zgartirib, uning buyruqlariga bo‘ysunmay qo‘ygandan keyin Alloh o‘zining eng oxirgi kitobi — Qur’oni karimni payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga yuborgan. U kishi esa bu kitobni butun xalqlarga o‘rgatib, ana shunga bo‘ysunib yashashni tayinlab ketganlar. Bu kitob qiyomatgacha o‘zgarmaydi, hamma unga amal qilib yashaydi.

Payg‘ambarimiz o‘qish-yozishni bilmasdilar. Shuning uchun Alloh taolo Jabroil farishta orqali 23 yil ichida Qur’onni ozgina-ozginadan u kishiga yetkazgan va Payg‘ambarimiz hammasini yodlab olaverganlar. U kishidan boshqa safdoshlari, ya’ni sahobalar yodlashni o‘rganishgan. Shunaqa qilib, Qur’oni karimning oyatlarini hamma yodlab olgan. Ma’nosini o‘rganib, unga amal qila boshlagan. Qur’on tushib bo‘lgandan keyin odamlar juda ko‘p yomon ishlardan voz kechib, ibratli, savobli ishlarni qila boshlashgan. Chunki Qur’on ularni Allohning mukofotini olishga, jazosidan qo‘rqishga o‘rgatgandi-da!
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:48:04
Qur’onning bir jumla gapi «oyat» deyiladi. 3 oyatdan 286 oyatgacha bo‘lgan alohida bobi «Sura» deyiladi. Qur’on arab tilidadir, shuning uchun uni o‘qib, ma’nosini bilib olaman degan bolalar arab tilini o‘rganishadi. Yaqinda namoz o‘qishni boshlaydigan bo‘lsangiz, sizlar ham Qur’ondan bir necha suralarni kattalar o‘rgatganday qilib yodlab olishingiz kerak bo‘ladi. Chunki namozda tik turganda Qur’on suralarini o‘qiysiz. Qur’onning ma’nosi boshqa tillar qatori o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan.

Qur’on Allohning kitobi bo‘lgani uchun u juda ham tabarruk sanaladi. Shuning uchun uning nomiga «Karim», «Majid» degan so‘zlarni qo‘shib aytasiz. Uni tahoratsiz ushlamaysiz. Hamisha tokchalarda, javonlarda saqlaysiz. Ustiga boshqa kitoblarni qo‘ymaysiz. Qur’oni karim turgan tomonga oyoq uzatib yotmaysiz. Uni yirtmay, varaqlarini buklamay, avaylab ishlatasiz. Agar biror varag‘i yoki parchasi yerga tushib ketgan bo‘lsa, avaylab olasiz, o‘pib kitob ichiga joylab qo‘yasiz.

Qur’oni majidni o‘qigan va o‘rgatganlar eng yaxshi musulmonlardir. Chunki boshqa kitoblarni o‘qisangiz faqat o‘zingizga foyda! Qur’oni karimni o‘qisangiz ham sizga foyda, ham bu Allohga ibodat (xizmat) qilganga tenglashgani uchun Undan mukofot olasiz. Sizdan bir iltimosim bor, aziz bolajonlarim: Sizlar ham Qur’onni o‘rganinglar, doimo o‘qib yuringlar, boshqalarga ham o‘rgatinglar. Yangi mashg‘ulotimizga Qur’oni karimning birinchi - «Fotiha» surasini yaxshi o‘rganib kelsangiz, Quddus amakingizni rosa xursand qilgan bo‘lardingiz.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:48:59
BESHINCHI SABOQ
PAYG’AMBARLAR TO’G’RISIDA


Assalomu alaykum, jannat bog‘ining rayhonlari bo‘lmish jajji o‘g‘il -qizlarim! Xo‘sh, o‘tgan mashg‘ulotda berilgan uy vazifasini bajarib keldingizmi? Qani, Qur’oni karimning «Fotiha» surasini shoshilmay o‘qib bering-chi! Ie, «Auzu billahi» va «Bismilloh» ni esdan chiqarib qo‘ydingizmi? Ha yashang, Qur’oni karim suralarini o‘qishni doimo shunday boshlang!

Endi, bolajonlarim, bugun men sizlarga Allohning payg‘ambarlari haqida aytib beraman. «Payg‘ambar» degan so‘zni ko‘p eshitgansiz, ammo kim ekanligini bilmagansiz, to‘g‘rimi? "Payg‘ambar" («rasul», «nabiy» ham deyiladi) ning o‘zbekcha ma’nosi elchi, Allohning buyruqlarini odamlarga yetkazuvchi degani. Mana, masalan bog‘changizning mudiri bor. Uning nima gapi, topshirig‘i bo‘lsa, tarbiyachilarga aytadi. Ular esa sizga yetkazishadi. Yoki maktabingiz direktori hamma gapini muallim, ustozlaringizga aytadi. Ular shu asosda sizga tarbiya -ta’lim berishadi. Xuddi shunga o‘xshab eng katta podshohimiz Alloh taolo o‘zining amr-farmonlarini, ko‘rsatmalarini o‘z payg‘ambarlari orqali odamlarga yetkazgan. Payg‘ambarlar hammani Alloh taolo buyurganiday yashashga o‘rgatishgan, o‘zlari ham bu sohada hammaga ibrat bo‘lishgan.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:49:34
Odamzod yaratilgandan buyon Alloh taolo insonlar orasidan ming-minglab payg‘ambarlarni, ya’ni rahbar yo‘lboshchi, ustolarni tayinlagan. Shulardan 25 nafarining tarixi Qur’oni karimda batafsil keltirilgan. Hali Qur’on o‘qish va tushunishni o‘rganib olsangiz, ularning nima ish qilganini bilib olasiz. Hozircha ularning nomlarini eslab qoling: Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Lut, Ismoil, Ishoq, Muso, Xorun, Dovud, Sulaymon, Ilyos, Alyasa, Yunus, Zulkifl, Zakariyo, Yoqub, Yusuf, Ayyub, Shuayb, Yahyo, Iso, Muhammad alayhissalomlardir.

Payg‘ambarlarning hammalari bilim va axloqda yagona kishilar bo‘lishgan. Gunoh ishlarni qilishmagan. Aqlli, husbyor, yuksak fazilatli bo‘lishgan. Odamlarni ham shunday bo‘lishga chaqirishgan. Ularning eng oxirgisi, eng ulug‘i janobi payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomdirlar. Boshqa payg‘ambarlar bir davrda, birorta xalqqa yoki millatga payg‘ambar bo‘lsa, Muhammad alayhissalom qiyomatgacha butun dunyodagi hamma xalqlar va millatiarga payg‘ambardirlar. Kelgusi mashg‘ulotimizda u kishi haqlarida bafurja gaplashamiz, xo‘pmi, bolajonlarim?!
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:50:50
OLTINCHI SABOQ
PAYG’AMBARIMIZ MUHAMMAD ALAYHISSALOM


Assalomu alaykum, mening shirindan-shakar bolajonlarim! Ikkinchi mashg‘ulotimizda sizlarga «La ilaha illollohu Muhammadur rasululloh» degan kalimani o‘rgatib, uning ikkinchi qismini keyingi darslarda tushuntirib beraman, degandim. Esingizdami? «La ilaha illollohu» degani «Allohdan boshqa iloh yo‘q» degan ma’noni anglatishini bilib olgansiz, to‘g‘rimi? «Muhammadur rasululloh» degani esa «Muhammad — Allohning rasuli, elchisi» ma’nosidadir. Beshinchi darsda aytganimdek, Muhammad alayhissalom — Allohning oxirgi payg‘ambari. U kishidan keyin hech kim payg‘ambar bo‘lmaydi. Bu kishi yer yuzidagi hamma xalqlarga payg‘ambar hisoblanadilar. U kishining nasihat va aytganlarini odamlar qiyomat bo‘lguncha bajarishlari shart. Yuqoridagi kalimani aytish musulmonchilikning eng birinchi, eng zarur sharti degan edik, to‘g‘rimi? Demak, Payg‘ambarimizning hamma aytgan gaplarini, o‘rgatgan ishlarini qilish, qaytargan yomon ishlaridan qochish musuimonlarning eng zarur vazifalari ham bo‘ladi.

Payg‘ambarimiz insonlarning eng oliysi, eng hurmatlisi, eng odoblisi, eng suyuklisi bo‘lganlari uchun u kishini juda hurmat qilishimiz, nomlari oldiga «Hazrati» so‘zlarini qo‘shib, nomlaridan keyin esa «alayhissalom», «sollallohu alayhi vasalaam» degan sharaflar bilan hamisha but qilib aytishimiz kerak. Nomlarini toq aytish u kishiga nisbatan juda hurmatsizlik bo‘ladi, Bu gapim doimo esingizda tursin, xo‘pmi, shirintoylarim!
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:51:34
Endi sizlarga Muhammad alayhissalomning hayotlaridan ozgina gapirib beray! Sevimli payg‘ambarimiz milodiy 571 yili Makkada tug‘ilganlar. Otalarining ismi Abdulloh, onalariniki Omina edi. Ota-onalari Makkadagi obro‘li oilalardan bo‘lganlar. Tug‘ilmaslaridan ikki oy avval otalaridan, olti yoshlarida onalaridan etim qoldilar. Sakkiz yoshgacha bobolari Abdulmuttalib, keyin esa amakilari Abu Tolib tarbiya qilishdi.

Muhammad alayhissalom yoshlikdan juda halol, to‘g‘ri so‘z, pokiza inson bo‘lganlar. Biror marta yolg‘on so‘zlamaganlar. Birovni so‘kib-urmaganlar, qattiq gapirmaganlar. Boshqalarni aldamaganlar. Hatto yosh bolalarga ham birinchi bo‘lib salom berganlar. Birovning bir so‘m puliga yo moliga xiyonat qilmaganlar. Ana shunday yaxshi fazilatli inson bo‘lganlari uchun u zotga qirq yoshga yetganlarida Alloh tomonidan payg‘ambarlik berildi. Jabroil farishta Alloh tomonidan yetkazib kelgan vahiy (amr-farmonlar)ni Janobi Payg‘ambariiniz barcha odamlarga yetkazib, ularni to‘g‘ri yo‘lga, Allohning buyruqlarini bajarishga chaqira boshladilar. Ana shu to‘g‘ri yo‘lga chorlash, Allohni tanitish «din» deyiladi. Bizning dinimiz esa «Islom dini» deb ataladi. Islom dinidagi kishilar musulmon deyiladi.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:51:50
Ammo yomon, gunoh ishlarga o‘rganib qolgan, hasad va ochko‘zlikka botib ketgan, Islom dinining tarqalishiga qarshi bo‘lgan Makkadagi Islom dushmanlari Hazrat Payg‘ambarimizning aytganlariga ko‘nishmadi. Aksincha, o‘n uch yil mobaynida u kishiga ochiqdan-ochiq dushmanlik qilishdi. Musulmonlar boshiga hech kim ko‘rmagan azob-uqubatlarni solishdi. Hatto u zotni o‘ldirishga ham urinib ko‘rishdi.

Nihoyat Allohning amri bilan musulmonlar, ya’ni Islom diniga kirganlar Makka shahridan Madina shahriga ko‘chishdi, Bu ko‘chish arabchada «Hijrat» deyiladi. Musulmonlarning hijriy yil degani ana shu voqeadan olingan. Janobi Payg‘ambarimiz Madinada ham o‘n yil tinmay ishladilar. Allohning buyruqlarini yoyib, Unga xizmat qildilar, odamlarni haqorat, zulm, nodonlik, haqsizlik, axloqsizliklardan qaytardilar. Dunyoga ilm, adolat, saodat nurlarini tarqatdilar. 63 yoshlarida betoblanib Madina shahrida vafot etdilar. Hozir qabrlari o‘sha yerda, o‘zlari qurdirgan masjid ichiga joylashgan.

Bizning Hazrati Payg‘ambarimiz ana shunday ajoyib inson bo‘lganlar. Shuning uchun biz doimo u kishiga hurmat-ehtirom ko‘rsatamiz. Aytgan hamma buyruqlarini bajarishga harakat qilamiz. «Bu ishni qilmang» degan bo‘lsalar, aslo yaqin yo‘lamaymiz. Ana shu harakatlarimiz Payg‘ambarimiz sunnatlariga rioya etganimiz bo‘ladi. Keling, qo‘llarimizni ochib bir duo qilaylik: «Hamamizga Muhammad alayhissalom sunnatlariga, ya’ni ko‘rsatmalariga rioya etish nasib etsin, Alloh taolo o‘zining to‘g‘ri yo‘lidan adashtirmasin!»
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:52:53
YETTINCHI SABOQ
 UCHTA ENG MUHIM NARSA


Assalomu alaykum, mening hamma narsadan aziz bolajonlarim! Bugun sizlarga haqiqiy musulmon bo‘lishingiz uchun zarur bo‘lgan yana uch narsani ma’lum qilib qo‘ymoqchiman. Shuning uchun diqqat bilan quloq soling. Ha, aytganday, darsga kelishdan oldin tahorat qilib poklanib oldingizmi?

Yaxshi, ko‘p yashang!
Ota-onalaringiz ko‘pincha «bu dunyoda», «u dunyoda», «oxiratda» degan so‘zlarni ishlatishadi. Ular nimani anglatishini bilmasangiz kerak, to‘g‘rimi? Mana, siz necha yoshga kirdingiz? Beshgami, yettigami? Demak, bu dunyoda siz shuncha yil yashabsiz. Chunki chaqaloq tug‘ilishi bilan uning bu dunyodagi umri, hayoti boshlanadi. Keyin maktabda o‘qiysiz, uni bitirib institutgami, madrasagami yoki hunar maktabiga kirib bilim olasiz yoki kasb-hunarli bo‘lasiz. To‘y bo‘ladi, Alloh nasib etsa farzandlaringiz tug‘iladi. Ana shu yashashni bu dunyo hayoti deyiladi. Bu dunyoda ovqatlanasiz, ishlaysiz, uylar qurasiz, dam olasiz. Allohga yoqadigan yaxshi ishlarni, ibodatlarni qilasiz. Goho bilibmi yoki bilmaymi gunoh ishlarni ham qilib qo‘yasiz. Shu ahvolda bir kuni 70-80 yil yoki undan ham ko‘proq yashab qariysiz va vafot etasiz. Endi sizning ana shu hamma ishlaringizni o‘g‘il-qizlaringiz davom ettirishadi. Ular keksayib bir kuni vafot etishgach, bu ishlar endi nevara-chevaralaringizga qoladi. Shunaqa qilib, bu dunyodagi hayot davom etaveradi. Bu qiyomat kunigacha davom etadi («Qiyomat» degani yer yuzidagi hayot tugab, hamma o‘ladigan va qayta tirilib Allohga qilgan ishlari to‘g‘risida imtihon topshirishni boshlaydigan kun).
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:53:14
Inson o‘lgandan keyin uning jasadi qabrga qo‘yiladi. U Alloh taolo qiyomatda qayta tiriltirguncha o‘sha yerda kutib yotadi. Keyin qiyomatda hammaga yana jon kiritiladi. Qiyomatdan keyingi hayot «u dunyo hayoti», «oxirat hayoti» deyiladi. Hamma odam Alloh taoloning oldida hisob beradi. Bu dunyoda yaxshi, savobli ishlarni qilganlar, Allohga bo‘ysunib yashaganlar u dunyoda, «Jannat» degan juda chiroyli soya-salqin bog‘larda xilma-xil shirin meva va ovqatlarni yeb mazza qilib yurishadi. Bu dunyoda yomon, gunoh ishni qilganlar, Alloh taoloning g‘azabiga uchraganlar «Do‘zax» degan yomon joyga tashlanib, rosa issiq olovda kuydiriladi. Ularni ilon-chayonlar tinmay chaqib turadi. Chanqab suv so‘rashsa zaharli daraxtning suvi ichiriladi. Doim shunaqa azoblar ostida qiynayaverishadi.

Ana shu qiyomat kuniga, o‘lgandan keyin tirilishga, oxirat dunyosida odamlarning yaxshi va yomon ishlariga, savob va gunohlariga qarab jannat yoki do‘zaxga tushishiga ishonish musulmonlar bilishi va amal qilishi zarur bo‘lgan ikki muhim vazifadir.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:53:30
Endi uchinchi «taqdir» degan narsani tushuntirib beray. Taqdir («qadar» ham deyishadi) — dunyodagi hamma yaxshiyu yomon voqea-hodisalar Allohning buyrug‘i bilan, Uning xohishiga ko‘ra bo‘ladi degani. Masalan, bizning tug‘ilishimizdan to o‘lishimizgacha, hayotda qanday yashashimizdan to qanday kasal bo‘lishimizgacha, daraxtning meva tugishidan tortib daryoning to toshib ketishigacha, qushlarning uchishidan yer qimirlashigacha — hammasi Alloh oldindan belgilab qo‘yganidek bo‘ladi. Inson nimani xohlasa, Alloh uni qilishga ijozat beradi. Biror ishni bajaradigan bo‘lsak, Allohning o‘ziga tavakkal qilamiz.

Alloh hammasini oldindan belgilab qo‘ygan ekan-ku, deb barcha ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘yish yoki gunoh ishlarni qilish musalmon odamga to‘g‘ri kelmaydi. Demak, oxirat dunyosiga, o‘lgandan keyin qayta tirilishga, hamma yaxshi-yomon ishlar Allohning taqdiriga bog‘liq ekanligiga ishonishimiz kerak. Shunda haqiqiy musulmon bo‘lamiz. Bu gaplar xiyla murakkabroq. Agar biror narsani tushunolmay qolgan bo‘lsangiz, kattalardan so‘rab, aniqlab oling, bo‘ptimi?
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:54:01
SAKKIZINCHI SABOQ
IYMON NIMA DEGANI


Assalomu alaykum, ko‘rar ko‘zlarning nuri bo‘lgan dilbandlarim! Bugun men sizlarga Islom dinining beshta ustunidan birinchisi bo‘lgan iymon haqida gapirib beraman. Iymon degani Alloh taoloning yakkayu yagonaligiga hamda Janobi Payg‘ambarimiz Alloh taolo tarafidan nima keltirgan bo‘lsalar, o‘shanga til bilan iqror bo‘lish va dil bilan tasdiqlashdir. Shunga Iymon keltirgan kishiliar «mo‘min» deyiladi va ular chin musulmonlardir.

Mo‘min kishilar yeru osmondagi hamma narsalarning, hatto oy, quyosh, yulduzlarning, o‘simlik va hayvonlarning hammasining xo‘jayini, egasi bitta — yakkayu yagona Alloh taolo ekaniga ishonadilar. Ular Alloh taoloning farishtalariga, Payg‘ambarlariga, kitoblariga, oxirat kuniga, o‘lgandan keyin qayta tirilishga va qadarga ishonadilar.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:54:11
Mo‘min kishilar o‘zlarining qaerdan kelganlarini, nega kelganlarini va qayoqqa ketishlarini tushunib oladilar. Dunyodagi hamma narsa faqat Allohning istagi-xohishi bilangina ro‘y berishini, barcha odamlar Alloh taoloning oldida javobgar ekanini biladilar. Shuning uchun ular Alloh taolo buyurgan yaxshi, savobli ishlarni qilishadi. Ya’ni namoz o‘qib, ro‘za tutib ibodatda bo‘lishadi. Halol mehnat qilishadi. Uylar qurishadi, ariqlar kavlab, yo‘llar ochishadi. Farzandlarini yaxshi tarbiyalab, bilim berishadi. Bir-birlariga yordamlashishadi, yaxshi muomala qilishadi. Ana shular chin iymonli kishilardir. Ular jannatga kirishday katta mukofot olishadi.

Iymonsiz kishilar esa Allohdan emas, qandaydir vahimali voqealardan yoki odamlardan qo‘rqishadi. Payg‘ambar alayhissalomning aytganlarini bajarishmaydi. Odamlarni aldashadi. Yolg‘on gapirishadi. Urush-janjal ko‘tarishadi. Namoz o‘qishdan or qilishadi. Islom diniga dushmanlik ko‘rsatib, o‘zlarini yaxshilikka chaqirganlarni xo‘rlashadi. Shunday odamlar do‘zax azoblari bilan jazolanishadi.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:54:35
Iymonning eng asosiy shartlari — Alloh taoloni tanish va hamisha Unga bo‘ysunish, Undan qo‘rqishdir. Allohni tanish qanday bo‘ladi? Hamma narsani Alloh yaratgan. U nimani xohlasa qila oladi, yo‘qni bor, borni yo‘q qiladi. U avvaldan bor bo‘lgan va mangu bor bo‘ladi. U yakka-yolg‘iz. Uning sherigi ham, tengi ham, o‘xshashi ham yo‘q. U hech narsaga o‘xshamaydi, U hamma narsani, hatto kechasi odamlar uylarining ichida namoz o‘qiyotganini ham ko‘rib turadi. U hamma narsani, hatto «Allohim, meni kechirgin!» deb ichingizda aytsangiz ham eshitadi. U hatto xayolingizda «Bugun onamga bir yaxshilik qilayin» deb o‘ylasangiz ham bilib turadi. Uning amriga hech kim qarshi bo‘la olmaydi. Har qanday qudratli, kuchli narsa ham Allohning kuch-qudratiga teng kelolmaydi. Shuning uchun hamma musulmonlar har kuni besh marta namoz o‘qiyotganda bor ovoz bilan «Allohu akbar» («Alloh ulug‘dir, buyukdir!») deb qaytarishadi. Ana shularni tushunib yetish bizning Allohni tanishimiz bo‘ladi.

Allohga bo‘ysunib, iymon keltirish qanday bo‘ladi? Alloh buyurgan ishlarni qilish, «qilmanglar» deganini qilmaslik Allohga bo‘ysunish bo‘ladi. Har bir ishda, hamma joyda, hamma vaqt «Alloh ko‘rib-bilib turgan-ku!» deb qo‘rqish — Allohga bo‘ysunish bo‘ladi. Allohning avvalgi darslarda sanab o‘tilgan barcha sifatlariga ishonish, Uning buyruqlarini bajarish, Undan hamisha qo‘rqib turish Alloh taologa iymon keltirish bo‘ladi.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:54:44
Alloh taologa iymon keltirdingizmi? Endi Uni xursand qilish uchun ibodat qiling! Uni doimo eslab turing, «Subhonolloh» deb maqtovlar aytib turing. «Alhamduliillah» degan so‘zni o‘rganib olsangiz, Alloh taologa shukr aytgan bo‘lasiz. Axir bizlarni yorug‘ dunyoga keltirib, nafas olsak havoni, chanqasak toza sut va suvlarni, qornimiz ochsa ming xil lazzatli ovqatlarni berib qo‘ygan, yalang‘och yurmasin deb kiyimlargacha ta’minlagan bunaqa mehribon zotni maqtamay, unga shukr aytmay bo‘ladimi?

Mana, iymon nima ekanini oz-moz tushunib oldingiz. Iymonli bo‘lish uchun nimalar qilish kerakligini ham bildingiz. Kelasi mashg‘ulotimizga «Subhonolloh», «Alhamdullillah», «Allohu akbar» degan so‘zlarni yodlab kelasiz va ma’nosini tushuntirib berasiz. Kelishdikmi?
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:55:34
TO’QQIZINCHI SABOQ
NAMOZ NEGA O’QILADI


Assalomu alaykum, mening jajji kichkintoylarim! Bugun sizlarga qiziq bir savol bermoqchiman. Diqqat bilan quloq solib turing. Alloh o‘zi yaratgan yer yuzidagi jamiki hayvonlar va qushlarga, hasharotlar va dengizdagi jonvorlarga, odamlar va jinlarga, xullas, barcha maxluqlarga rizq, ya’ni ovqat-emishlar berib qo‘ygan. Biror maxluqni och qo‘ymagan. Ular ham Alloh taoloning ana shu bergan ne’matlariga javoban o‘z mevalarini Alloh buyurganiday o‘zlari yemay, insonga taqdim qilishadi. Masalan, sigir ko‘kat va yemlarni yeb, evaziga sut beradi, undan qatiq, qaymoqlar, sariyog‘ va pishloqlar olinadi. Tovuq tuxum beradi, asalari asal, qo‘y-echkilar sut, jun, go‘sht, pilla qurti ipak, dengizlar baliq beradi. Hatto daraxtlar ham Alloh yog‘dirgan yomg‘irdan, nur sochib turgan quyoshdan oziqlanib, evaziga shirindan-shakar mevalar tortiq qiladi.

Ana shu sut-qatiqlarni ichib, go‘shtlarni yeb, ipak va jundan to‘qilgan kiyimlarni kiyib, tuxum va asalni mazza qilib iste’mol qilib, mevalarning eng sarxillarini tanovul qilib yuradigan insonlar buning evaziga nima berishadi? Nima qilishsa ana shu bergan ne’matlari uchun Alloh taoloni mamnun, xursand qilishadi? Axir birorta odam boshqa birovga shuncha ovqat-ne’matlarni tekinga berib qo‘ymaydi. Inson ana shu qarzni qanday qilib uzishi mumkin?
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:55:56
Ana shu savollarni sizlarga bermoqchi edim. Javob topishga qiynalyapsizmi? Mayli, javobini o‘zim aytib qo‘yaqolay, Alloh taoloning barcha bergan ne’matlari uchun, bizni sog‘-salomat, xotirjam, baxtli qilib qo‘ygani uchun faqat bir narsa bilan — ibodat, ya’ni namoz o‘qish, ro‘za tutish bilan Allohga minnatdorchilik bildirish mumkin, Allohga xizmat qilish bilan Uni rozi qilish, mamnun etish mumkin. Qolaversa, Alloh taoloning siz bilan bizlarni yaratishdan, insonlarga barcha jonzotlarni, oy-quyoshlarni xizmat qildirib qo‘yishdan maqsadi ham bizning ibodat qilishimizni ko‘rish edi, xolos. Biz Allohga qanchalik ibodat qilishni ko‘paytirsak, U ham bizdan shunchalik xursand bo‘laveradi. Oxirat dunyosidagi mukofotlarimizni ko‘paytirib qo‘yaveradi. Ana shu ibodatlarning eng ulug‘i esa — namoz o‘qish!

Namoz shunaqangi zarur, muhim ibodatki, agar namoz o‘qimasangiz, hech kim sizni chin musulmon demaydi. Sigir qancha serqaymoq sutlar bermasin, asalari qancha toza asallarni bermasin, ipak qurti qancha ko‘p ipak bermasin, baribir, ular aqlsiz hayvon.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:56:06
Alloh oxiratda ularga jannat ham va’da qilmagan, tiriltirmaydi ham. Beaql bo‘lgani uchun ulardan hech narsaning hisobini so‘ramaydi ham. Insonga aql berilgani uchun u endi barcha yegan-ichganlari, qilgan ishlari uchun oxiratda Allohning oldida imtihon topshiradi. Sinovdan yaxshi o‘tsa jannatga kirib rohat-farog‘atda bo‘ladi. O’tolmasa, do‘zaxga tushib, qiynoq-azoblarga duchor bo‘ladi.

Inson ham hayvonlarga o‘xshab indamay Alloh bergan toza ovqatlarni to‘yib yesayu, evaziga hech narsa bermay yeb-ichib, uxlab, o‘ynab-kulib yuraversa, uning ham hayvondan farqi qolmaydi-da, to‘g‘rimi?! U oshxona bilan hojatxona orasida chopaveradigan bir mashinaga aylanib qoladi-da! Shunday bo‘lib qolmaslik uchun nima qilish kerak ekan? Ha, yashang, barcha ne’matlari va bergan umri uchun Allohga minnatdorchilik bildirishi, unga shukr deyish kerak. Qaysi yo‘l bilan shukr aytiladi? Ibodat bilan, namoz o‘qish bilan!
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:56:36
O’NINCHI SABOQ
NAMOZ O’QISHNI O’RGANING


Assalomu alaykum, mening suyukli toychoqlarim!
Bugun sizlarga namoz o‘qishni o‘rgatib qo‘yaman, deb va’da beruvdim. Va’dani, albatta, bajaramiz. Tayyormisizlar? Tahorat qilib keldinglarmi? Barakalloh Chunki namozni tahoratsiz o‘qib bo‘lmaydi. Musulmon kishi bir kunda besh mahal namoz o‘qiydi.

Tong oqargan payt (subh) dan to quyosh bosh ko‘targuncha o‘qiladigan namoz «bomdod» deyiladi. Quyosh tikkaga kelib qibla tomonga moyil bo‘lgan paytdan narsalarning soyasi o‘ziga nisbatan ikki baravar kattalashguncha o‘qiladigan namoz «Peshin» deyiladi. Peshin vaqti tugagandan toki kun botguncha o‘qiladigan namoz «Asr» deyiladi. Kun botgandan kun botish tomondagi shafaq (qizg‘ish nurlardan keyin paydo bo‘ladigan oqish nurlar) yo‘qolguncha o‘qiladigan namoz «Shom» hamda shafaq tamoman yo‘qolib, qorong‘i bo‘lgach o‘qiladigan namoz «Xufton» deyiladi. Kun chiqayotganda, kun tikkaga kelganda va kun botish chog‘ida namoz o‘qish mumkin emas, ammo asr namozi kun botayotganda ham o‘qilaveradi,
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:57:38
Namozda tik turish «Qiyom» deyiladi. Shunda Qur’oni karimdan biror sura yoki uchdan ortiq oyat o‘qish «Qiroat» deyiladi. Ikki tizzaning ko‘zini ushlab egilish «Ruku’» deyiladi. Keyin cho‘kkalab ikki bora joynamozga bosh tekkizish «Sajda» deyiladi. Ana shu harakatlarning hammasi birgalikda «Rakat» deyiladi. Namoz ana shu rakatlardan tashkil topadi. Bu aytganlarimni yaxshilab eslab qolinglar, kichkintoylarim! Hali namoz o‘qishga kirishganimizda kerak bo‘ladi.

Allohning qat’iy amri bilan musulmonlar zimmasiga majburiy qilib qo‘yilgan namoz rakatlari «Farz» deyiladi. Payg‘ambar alayhissalom o‘zlari o‘qib, ummatlariga ham tavsiya qilgan namoz rakatlari «Sunnat» bo‘ladi. Xuftondan so‘ng 3 rakatli vitr namozi o‘qilishi vojib hisoblanadi.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:57:52
Namozlarning tartibi quyidagicha:
1.   Bomdod namozi — 2 rakat sunnat, 2 rakat farz.
2.   Peshin namozi — 4 rakat sunnat, 4 rakat farz, 2 rakat sunnat.
3.   Asr namozi — 4 rakat farz.
4.   Shom namozi —3 rakat farz, 2 rakat sunnat.
5.   Xufton namozi — 4 rakat farz, 2 rakat sunnat, 3 rakat vitr.

Endi namozning farzlari, ya’ni majburiy talablarini o‘rgatib qo‘yay. Namoz farzlari 12 ta. Bundan oltitasi namoz tashqarisidagi ishlar. Ularni «Namozning shartlari» deyiladi. Oltitasi esa namozning ichida bo‘lib, ularni «Namozning ruknlari» deyiladi. Agar ana shu 12 narsadan birontasini bajarmay qo‘ysangiz, namozingiz buziladi.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:58:09
Bolajonlarim, mana bular namozning shartlari hisoblanadi:
1.   Tahorat olish (avvalgi darsda o‘rgatganman).
2.   Najosatdan poklanmoq. Bu — namozxonning badani, ust-boshi toza, pok bo‘lishi, o‘g‘il-bolalarning kiyimlari kindikdan tizzagacha, qiz bolalarning esa yuz, kaft va oyoq uchidan boshqa hamma a’zolarini yopib turishi kerak, degani.
3.   Namoz o‘qiladigan joy pok, toza bo‘lishi kerak.
4.   Namozni qiblaga (Makka shahridagi Ka’ba turgan tomonga) qarab o‘qish darkor.
5.   Namozni o‘z vaqtida o‘qish zarur (vaqtlarini oldinroq aytib berganman).
Qaysi namoz o‘qiyotganini til bilan aytib niyat qilish.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:58:22
Namozning ruknlari esa mana bular:
1.   Namozni «Allohu akbar» deb boshlash («Takbir tahrima»).
2.   Namozda tik turish («Qiyom»).
3.   Qiyomda turganda barcha rakatlarda «Fotiha» surasini va barcha sunnat namozlarida hamda farz namozlarining avvali ikki rakatida birorta boshqa surani
qo‘shib o‘qish («Qiroat»).
4.   Qo‘llarni tizzaga qo‘yib egilish («Ruku’»).
5.   Burun, peshona, qo‘l, tizza va oyoqlarni yerga tekkizish («Sajda»).
Namoz oxirida «Tashahhud» o‘qib o‘tirish («Qa’dai oxir»).
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 06:59:26
Endi, bolajonlarim, sizlarga namoz o‘qishning tartibini tushuntirib qo‘yay. Tahorat olib kelib, joynamoz tepasida qiblaga yuzlanib, masalan, Bomdod namozini o‘qimoqchi bo‘lsangiz, mana bunday niyat qilasiz:

«Bomdod namozining ikki rakatli sunnatini (yoki farzini) qiblam bo‘lmish muqaddas Ka’baga yuzlanib, o‘z vaqtida, xolis Alloh taolo uchun o‘qishni niyat qildim».

So‘ngra ikki qo‘lni ko‘tarib, bosh barmoqlar uchini ikkala quloqning yumshoq joyiga tekkizib: «Allohu akbar», deyiladi. Keyin qo‘lni qovushtirgan holda turib, mana bu «Sano» o‘qiladi:

«Subhonakallohumma va bihamdik va tabarokasmuk va ta’ala jadduk va la ilaha g‘ayruk!»
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:00:07
Keyin: «A’uzu billahi min ashshaytonir rojiym, bismillahir rohmanir rohiym», deb Fotiha surasi o‘qiladi. Keyin kichikroq suralardan biri o‘qiladi:

Suralardan biri o‘qilgandan so‘ng «Allohu akbar» deb ruku’ qilinadi, ya’ni ikki tizzaning ko‘zini ushlagan holda bosh bilan belni bir tekis qilib engashiladi va uch marta «Subhana robbiyal ‘aziym» deyiladi.

So‘ng: «Sami’ Allohu liman hamidah, robbana lakalhamd» deb tik bo‘linadi. Keyin yana «Allohu akbar» deb sajdaga boriladi.

Sajdada uch marta: «Subhana robbiyal’ a’la» deyiladi, keyin yana «Allohu akbar», deb o‘tiriladi, so‘ng «Allohu akbar» deb ikkinchi bor sajda qilinadi. Sajdadan «Allohu akbar» deb tik turiladi. Qo‘l qovushtirib, «Fotiha» surasi o‘qiladi, ketidan suralardan birini o‘qib, ruku’ va ikki bor sajda qilinadi. Keyin chap oyoqni yerga yotqizib, ustiga cho‘kkalab o‘tiriladi, o‘ng oyoq barmoqlari uchida tikka turadi. Qo‘l barmoqlari esa tizza ustida bo‘ladi. Qa’da, ya’ni o‘tirishda Tashahhud («Attahiyot») o‘qiladi. Keyin Salovot o‘qiladi.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:00:23
So‘ng o‘ng va chap yelkaga o‘girilib: «Assalomu alaykmn va rahraatulloh», deb salom beriladi. Shu bilan namoz tugaydi.

Bomdodning keyingi ikki rakat farzi ham, barcha ikki rakatli sunnatlari ham shu tarzda o‘qiladi.

Peshinning to‘rt rakatli sunnatida, yuqorida aytilganidek, ikki rakat o‘qib, qa’dada «Tashahhud»ni «va Rasuvluh»gacha o‘qib, «Allohu akbar» deb o‘rnidan turib, yana yuqoridagi tartibda ikki rakat o‘qiladi, qa’dada Tashahhud, Salovot va duo o‘qib salom berib, namoz tugatiladi.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:00:36
To‘rt rakatli farzlarda ham avvalgi ikki rakatini va «Rasuvluh» gacha o‘qib, «Allohu akbar» deb o‘rindan turasiz va keyingi ikki rakatda faqat «Fotiha» surasining o‘zini o‘qiysiz, qa’dada Tashahhud, Salovot va duo o‘qib salom berib namozni tugatasiz.

Aziz dilbandlarim, namoz o‘qish haqida sizga aytmoqchi bo‘lgan gaplarim hozircha shu. Namoz o‘qishni boshlab yuborganingizdan so‘ng bilmagan joylaringizni ota-onangizdan, agar ular bilishmasa, boshqa ustozlardan so‘rab olasiz. Innaykeyin, namoz to‘g‘risida juda ko‘p kitoblar chiqqan. Kitob sotadigan amakilaringizdan so‘rasangiz ko‘rsatishadi. Ularni ham o‘qib, bilmagan, tushunmagan joylaringizni o‘rganasiz. Bo‘ptimi, asal-qandlarim!
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:00:59
O’N BIRINCHI SABOQ
RO’ZA, ZAKOT, HAJ HAQIDA


Assalomu alaykum, erkatoylarim, qo‘zichoqlarim!
Chin musulmon bo‘lishimiz uchun nima qilishimiz kerak? Iyi, iyi darrov esdan chiqarib qo‘ydingizmi? Esladingizmi, ha yashang! Buning uchun avvalo iymonli bo‘lish, keyin yana namoz o‘qish kerak ekan. Buni hech esdan chiqarmang, xo‘pmi?

Bugungi mashg‘ulotimizda Islom dinining qolgan uchta ustuni — ro‘za, zakot, haj nima ekanini tushuntirib beraman. Avval ro‘zadan boshlaymiz.

Ro‘za — ramazon oyida 30 kun erta tongdan shom bo‘lguncha ovqat yemaslik, ichimlik ichmaslik, keyin kattalarga taalluqli ayrim ishlarni qilmaslik kerak, degani. Ramazon oyi oylar ichida eng ulug‘i, tabarrugi. Shuning uchun Alloh taolo shu oyda bandalariga (ya’ni siz bilan bizga o‘xshagan barcha odamlarga) ro‘za tutishni buyurgan. Shundoq ulug‘ Podshohimiz ana shunday ulug‘ oyda ro‘za tutishni buyurgan bo‘lsa, bizlar nima qilamiz? Jon-jon deb bajaramiz, to‘g‘rimi asal-qandlarim?! Sizlar ham ota-onalaringizga qo‘shilib ro‘za tutishni o‘rganib tursangiz, Alloh taologa judayam yoqib qolardingiz-da!
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:01:20
Shuni yodingizda saqlangki, Ramazon oyida juda odobli bola bo‘lib yuriladi. Yolg‘on gapirilmaydi, urishib-so‘kishilmaydi, kattalarni xafa qilinmaydi. Bu yomon ishlarni boshqa vaqtda ham qilish yaxshi emas. Ammo Ramazon oyida qilsangiz juda uyat bo‘ladi. Bu oyda ro‘za tutishdan tashqari, Qur’oni karimni o‘qishni o‘rgana boshlasangiz, suralarni juda tez va chiroyli yodlaydigan bo‘lasiz. Kechqurunlari «Tarovih» namozlari o‘qiladi. Masjidlarga borib, ana shu namozda kuchingiz yetganicha qatnashsangiz, Payg‘ambarimizni sevintirgan bo‘lasiz.

Islom dinining to‘rtinchi ustuni «Zakot» deyiladi. Puli ko‘p, boy odamlar boyliklarining qirqdan bir bo‘lagini kambag‘al, yashashda qiynalib qolgan qarindoshlariga yoki qo‘shinlarga berib, ularni xursand qilishi zakot bo‘ladi. Chunki Alloh taolo shunga buyurgan. Alloh buyurgan ekan, demak, hamma quloq qoqmay bajarishi kerak, to‘g‘rimi?
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:01:30
Alloh taolo boy odamlarni bekorga zakot berishga buyurmagan. Mana, o‘zingiz o‘ylab ko‘ring. Sizlarnikida ovqat, kiyim juda ko‘p. Dadangizning pullari ham ko‘p. Xohlasalar sizga bir emas, ikkita velosiped olib berishlari mumkin. Lekin xolangiznikida yoki qo‘shni amakinikida ko‘pincha ovqatlariga go‘sht ham solinmaydi. Ularning bolalari maktabga yirtiq poyabzalda keladi. Hatto daftar ruchka sotib ham ololmaydi. Shundoq bo‘lgach, dadangiz o‘sha qiynalib qolgan qarindosh yoki qo‘shniga yordam bersalar, ular ham xursand bo‘lishadimi? Bolalari sevinib ketadimi? Bunga siz ham quvonasizmi? Alloh taolo zakot berishni buyurib, adolatli ish qilibdimi? Ana ko‘rdingizmi Alloh taolo qanaqangi odil, mehribon zot ekan!

Dinimizning oxirgi beshinchi ustuni — «Haj» deyiladi. Haj — yo‘lkiraga pul topgan, uyida hamma zarur narsasi etarli yoshi katta amakilaringizning Arabistondagi Makka shahariga borib, o‘sha yerdagi Haram degan rossayam katta masjidning o‘rtasidagi Allohning uyi — Ka’bani yetti marta tavof — ziyorat qilishlaridir.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:01:43
Ular Arofat degan toqqa chiqib, gunohlarini kechirishni so‘rab Allohga yolvoradilar, duo qiladilar. Keyin Safo va Marva degan ikki tog‘ orasi’da ettj’marta uyoqdan-buyoqqa borib kelishadi. Zamzam bulog‘idan shifobaxsh suv ichishadi. Shaytonga tosh odshadi. Shu amallarni bajarib, gunohlaridan xalos bo‘lib qaytishadi. Haj qilgan amakilar «Hoji» deb ataladigan bo‘ladi. Haj qilshni ham Alloh taolo imkoniyati bor hamma odamlarga buyurgan.

Shunday qilib, mening jajji shirintoylarim, Islom dinimizning beshta ustunini ham bilib oldik. Ular qaysilar ekan? Ha, barakallo! Iymon, namoz o‘qish, ro‘za tutish, zakot berish, haj qilish dinimizning ustunlari, arkonlari ekan. Bular aslo esingizdan chiqib qolmasin, xo‘pmi, qo‘zichoqlarim?! Keyingi mashg‘ulotlarda sizlarga musulmon bolalarning qanday bo‘lishlari kerakligi to‘g‘risida gapirib beraman. Ma’qulmi?!
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:02:33
O’N IKKINCHI SABOQ
 ILM O’RGANISH — FARZ


Assalomu alaykum, mening suyukli do‘mboqchalarim!
Bugundan boshlab mashg‘ulotlarimizda sizlarga musulmon bolalarning burchlari, axloq-odoblari haqidagi saboqlarni o‘rgataman. Qani, cho‘kkalab yaxshilab joylashib olinglar, darsimizni boshladik.

Bugun ilm olish zarurligi haqida gaplashamiz. Payg‘ambar alayhissalom «Ilm olish — har bir musulmon erkak-ayolga farz (majburiy)» deganlar. Yana u zot «Hatto Xitoyda bo‘lsa ham borib ilm o‘rganib kelinglar» deb nasihat qilganlar. Chunki ilm izlash, egallash — Islom dinining eng asbsiy talabi, Alloh taolo bandalariga buyurgan ish. Qur’oni karimning Hazrati Payg‘ambarimizga tushgan birinchi oyati «O’qi» deb boshlangan edi. Qur’oni karimda «Ilm» so‘zi turli hollarda 765 joyda takrorlanib keladi. Payg‘ambar alayhissalom urushda asir tushgan odamga ozod bo‘lish uchun 10 ta musulmonga o‘qish, yozishni o‘rgatishni shart qilib qo‘yganlar. Ana shularning o‘ziyoq dinimizda ilm olishga judayam ko‘p ahamiyat berilganini bildirib turibdi.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:02:51
Bizning yurtimizda avvalda ham, hozirda ham ilm tarqatish, o‘rganishga katta e’tibor berilgan. Imom Buxoriy, Zamaxshariy, Termiziy, Nasafiy, Qaffol Shoshiy, Ibn Sino, Beruniy, Farobiy, al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, Ulug‘bek, Navoiy kabi ulug‘ olim bobolaringizning ilm sohasidagi ishlarini butun dunyo tan olgan.

Islom dinimiz ilm olish deganda ham dunyoviy, ham diniy ilm olishni nazarda tutadi. Buning ma’nosini soddaroq qilib tushuntirib beradigan bo‘lsam, sizlar maktabda o‘qiydigan matematika, fizika, kimyo, jug‘rofiya, tarix kabi fanlarni o‘rganish ham ilm. Yana Qur’oni karim suralarini va ma’nosini, Payg‘ambarimizning gaplarini va ishlarini (bu «Hadis» deyiladi) o‘rganish ham ilm. Shuningdek, ibodat qilish usullarini, musulmonlikning tartib-qoidalarini o‘rgatadigan «fiqh» ni o‘rganish ham ilm. Demak, chin musulmon odam hamma ilmlarni o‘rganishi kerak ekan. Masalan, Ulug‘bek bobongiz falakiyot fanini ham, dinning asoslarini ham birday mukammal bilganlar. Ibn Sino bobongiz esa tabobat ilmi bilan ham, diniy ilmlar bilan ham baravar shug‘ullanganlar. Navoiy bobongiz esa juda ko‘p g‘azal-dostonlar bilan birga Payg‘ambarlar tarixiga, Allohni tanishga doir kitoblar yozganlar. Yaqinda to‘ylari o‘tkazilgan Imom Buxoriy bobongiz esa sizning yoshingizda, ya’ni olti yoshga kirganlarida Qur’oni karimni to‘la yod olganlar. O’n bir yoshlarida ustozlarining xatosini tuzatganlar. O’n to‘rt yoshlarida Payg‘ambar alayhissalomning 70 ming hadislarini yoddan aytib berganlar.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:03:03
Ilm olish yaxshiyu, ammo unga amal qilish ham kerak. Amal degani o‘sha olgan ilmingizni boshqalarga o‘rgatish degani. Yana uni qo‘llab, odamlarga foyda keltirish degani. Yana ana shu ilm orqali Allohni tanish degani. Chunki katta olim bobolaringizdan Imom G’azzoliy shunday deganlar: «Yuz yil ilm o‘rganib, mingta kitobni o‘qisangu amal qilmasang Allohning rahmatiga umidvor bo‘lishga haqqing yo‘q». Ya’ni u ilming foydasiz, Allohdan hech qanday mukofot kutma, deyaptilar.

Ilm olsayu, ammo Allohga bo‘ysunmasa, Uning aytganlarini bajarib, ibodatlar qilmasa, bunday odamning ilmi ham foydasiz. Chunki yuqorida aytilganiday, dinimiz talabiga ko‘ra ilm o‘rganishdan maqsad Alloh taoloni yaxshiroq tanish, unga ko‘proq bo‘ysunishdir.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:03:14
Mening shirindan-shakar bolajonlarim! Ilm olishning foydasi haqida aytgan gaplarimni yaxshilab miyangizga joylab oldingizmi? Chunki ilm olishni Alloh buyurgan. Allohning buyruqlarini biz — musulmonlar hech so‘zsiz bajarishimiz kerak. Alloh ilm olishni bekorga buyurmagan. Chunki ilmsiz kishilar johil, nodon bo‘lib qolishadi. Shunday odamlarni hech kim hurmat qilmaydi. Ularni Alloh taolo ham yaxshi ko‘rmaydi. Shuning uchun ilm o‘rganishga astoydil kirishing! Ustozlarning aytgan gaplarini yaxshilab eshitib eslab qolishga harakat qiling!

Ilm koni bo‘lgan kitobni seving! Ko‘p kitob o‘qing! Hozir do‘kon va bozorlarda diniy kitoblar ham sotilyapti. Dadalaringiz, akalaringizdan o‘shanday kitoblardan keltirib berishni iltimos qiling!

Kelishdikmi, do‘mboqchalarim?!
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:03:59
O’N UCHINCHI SABOQ
OTA-ONANGIZNI HURMAT QILING


Assalomu alaykum, mening jajji musulmon birodarlarim!
O’tgan mashg‘ulotlarda topshirgan saboqlarimni esdan chiqarib qo‘ymayapsizlarmi? Eng avval qaysi kalimalarni o‘rgangan edik? To‘g‘ri «Bismillahir rohmanir rohiym». Undan keyin-chi? «La ilaha illollohu Muhammadur rasululloh». Barakallo! Ana shu kalimaning ma’nosi qanday edi? «Allohdan boshqa iloh yo‘q, Muhammad (a.s.) Uning elchisi, rasulidir». To‘ppa-to‘g‘ri!

Bugun sizlarga ota-onani hurmatlash haqida gapirib beraman. Hammamizning ota-onamiz bor. Nega ularni hurmat qilishimiz kerak, bilasizlarmi? Shuning uchunki, Alloh taolo bizga ularni hurmat qilishni buyurgan. Payg‘ambarimiz alayhissalom ota-onasini rozi qilmagan, ularni xafa qilgan odam jannatga kirmaydi, deganlar.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:04:11
Mana, o‘zingiz o‘ylab ko‘ring. Onangiz yangi tug‘ilgan ukangizni ko‘tarib yuribdi. Uni tuqquncha rosayam qiynalgan. Tuqqandan keyin ham sira undan bo‘shamaydi. Har bir-ikki soatda emizib ovqatlantiradi. Tagini ho‘llab qo‘ysa, kiyimlarini yangilaydi. Terlab qolsa ham kiyimini almashtiradi. Uyqusi kelsa, beshikka belaydi. Tebratib, alla aytadi. Uyg‘onsa, echib oladi. Sog‘lom, baquvvat o‘ssin deb badanini uqalaydi. Tez-tez cho‘miltiradi. Sal tobi qochsa-ku, qo‘yavering. Ovqat, uyqu, dam olish — hammasi esdan chiqadi. Tuzatib olguncha butunlay oromi yo‘qoladi. Sal katta bo‘lsa, gapirishga o‘rgatadi, harf tanitadi. Mana shunday mashaqqat, azoblar bilan umrining oxirigacha «bolam, bolam» deb o‘tadi. Bizga shunchalik mehr ko‘rsatib, hamma narsasini berib, katta qilgan onamizni hurmatlamay bo‘ladimi?

Bir dono bobodan bir kishi shunday deb so‘ragan ekan:
«Men onamni ovqatlantiraman, kiyintiraman. Opichlab tahoratga olib chiqaman. Nima desalar bajaraman. Hatto yelkamda ko‘tarib Makkaga oborib haj qildirib keldim. Ana shu bilan onamni rizo qildimmi?» Shunda boyagi dono bobongiz shunday javob qaytaribdilar: «Yo‘q, shuncha xizmating bilan bir kecha oromini buzganining haqqini ado qilibsan». Ko‘rdingizmi, do‘mboqchalarim, onalar qandoq ulug‘ bo‘lisharkan, Payg‘ambarimiz alayhissalom: «Jannat — onalarning oyog‘i ostidadur, deb bekorga aytmaganlar. Demak, jannatga kiraman degan odam onasini rozi qlishi, duosini olishi kerak ekan.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:04:27
Xuddi shuningday sizni tug‘ilib, voyaga yetishingizda otangizning ham xizmati katta. U siz tug‘ilishingiz bilan yaxshi ism qo‘yadi. Qo‘y so‘yib aqiqa to‘yi qilib beradi. Siz yedigan hamma ovqatlarni topib keladi. Sut deysizmi, pechenie deysizmi, shokoladu mevalar deysizmi — hamma narsani muhayyo qiladi. Qanday kiyim yoki o‘yinchoqni xohlasangiz, bozordan olib keladi. Sizga tarbiya, ilm hunar o‘rgatadi. Avval maktabga, keyin oliy maktabga o‘qishga beradi. Xullasi bir umr sizning baxtu kamolingiz deb harakat qiladi. Otalar ana shunday g‘amxo‘r, saxiy, mehribon bo‘lishadi. Shuning uchun ularni doimo hurmat qilamiz. Dillarini og‘ritmaymiz. Chunki otaning g‘azabiga uchragan odam Allohning g‘azabiga uchraydi.

Ota-onalarimiz ana shunday hurmatga sazovor odamlar. Shuning uchun ularni doimo e’zozlashimiz kerak. Alloh taolo Qur’oni karimda shuni buyurib qo‘ygan. Payg‘ambarimiz ota-onani hurmatlash haqida juda ko‘p hadislar (nasihatlar) aytib qoldirganlar.

Xo‘sh, ota-onani qandoq qilib hurmatlaymiz? Bu to‘g‘rida Islom dinimiz qanday yo‘l ko‘rsatgan? Endi, aziz shirintoylarim, sizlarga ana shuni tushuntirib beraman, xo‘pmi?
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:04:51
Eng avvalo ularga shirinso‘z bo‘lib, aytganlarini darrov qilishingiz kerak. Biror ish buyurishsa, aslo «Uf» demang, gap qaytarmang, Ulardan ruxsat so‘ramay, hech qaerga bormang. Hatto o‘ynagani ko‘chaga chiqsangiz ham ijozat oling. Ularning nasihatiga quloq soling. Biror ishni «qilma» deyishsa, aslo qilmang. Chunki ular buning yomonligiga aqllari yetib turadi. Ularni ko‘rganda darrov o‘rningizdan turing. Oldilariga kirganda salom bilan kiring. Ko‘chada ketayotganda doimo ulardan orqada yuring. Uyda ulardan pastda o‘tiring. Oldilarida oyog‘ingizni uzatib o‘tirmang yoki yotmang. Ularning nomini atab chaqirmang. Hazil-mazax qilmang. Ularga xo‘mrayib qaramang. Chaqirishsa «Labbay» deb darrov boring. Ularga yumshoq gapiring, ovozingizni ko‘tarmang. Aslo so‘ka ko‘rmang, chunki bunday qilsangiz, albatta, do‘zaxga tushasiz.

Katta bo‘lib ishga kirganingizda birinchi maoshingizni ota-onangizga olib kelib bering. Keyin ham ularning ko‘ngli xohlagan narsalarni sotib olib bering. Chunki Alloh taoloning buyrug‘iga ko‘ra bola nima mol-davlat topsa, o‘sha ota-onaniki ham bo‘ladi. Chunki ular ham sizni katta qilish, tarbiyalash uchun hamma topganlarini sarflashgan-da, to‘g‘rimi?!
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:05:14
Yuqoridagi topshiriqlarim ko‘zingizga juda ko‘p ko‘rinib ketmasin. Birinchidan, bular unchalik qiyin ishlar emas. Ikkinchidan, ota-onangiz shunaqangi aziz, tabarruk insonlarki, ular uchun bu xizmatlaringiz juda arzimas narsalar. Uchinchidan, siz yosh, kuch-quvvatingiz joyida bo‘ladi. Ular esa kun sayin keksayib, kuchlari kamayib, sizga muhtoj bo‘lib borishadi. Ana shuning uchun ularning xizmatlarini qilib, rozi etishga, xursand qilib, duolarini olishga sira-sira erinmang!

Gaplarimni yaxshiiab uqib, bugundanoq ularni mamnun qilishga shoshiling! Agar biror gapingiz yoki ishingiz bilan ranjitib qo‘ygan bo‘lsangiz, darrov kechirim so‘rang. Bo‘ynilaridan quchoqlab, yuzlaridan o‘pib endi sira xafa qilmaslikka so‘z bering. Chunki Alloh ota-onasini rozi qilmay, ularni ranjitgan bolani aslo yaxshi ko‘rmaydi. Jannatga ham kirgizmaydi.

Ana endi nega ota-onamizni hurmat qilishimiz kerakligini tushunib oldingizmi, mening shirintoylarim?!
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:06:03
O’N TO’RTINCHI SABOQ
HALOL, POK BO’LING


Assalomu alaykum, ko‘zimning nuri, qalbimning sururi aziz bolakaylarim! Bugungi darsimiz halol, pok bo‘lish haqida. «Halol» degani o‘zi nima? Musulmonlarga yeyishga ijozat berilgan oziq-ovqatlarni «Halol» deb ataymiz. Masalan, odam ishlab, mehnat qilib pul topsa, shunga ovqat, kiyim, kitob sotib olsa, shu halol bo‘ladi. Birovni aldab, qo‘rqitib pulini tortib olib ishlatsa, bu harom, ya’ni foydalanishga yaramaydigan bo‘ladi. Chunki Alloh taolo biz— musulmonlarga halol rizq bergan. Shuning uchun doim halol narsalarni iste’mol qilishimiz kerak. Hazrati Payg‘ambarimiz ham halol mehnat qilib, shuning orqasidan oila boqishga buyurganlar. Xo‘sh, musulmon kishilar uchun nima narsalar harom (yaroqsiz) hisoblanadi? Islom dini shariati yirtqich yovvoyi hayvonlar va parrandalar go‘shtini, halol hayvonlarning qonini, ba’zi bir yaroqsiz a’zolarini o‘lib, qolgan hayvonlar go‘shtini, cho‘chqa-to‘ng‘iz go‘shtini, Allohning nomini aytmay so‘yilgan hayvon go‘shtini, dinsiz odamlar so‘ygan hayvon go‘shtini yeyishni ta’qiqlagan.

Yana dinimiz aroq-vino kabi mast qiladigan ichimliklarni ichish, giyohvandlik (nasha), qimorbozlik, buzuqlik kabi ishlarni ham harom deb hisoblaydi. Bu ishlarni qilganlar qattiq gunohkor bo‘lishadi. Musulmon bolalar, ayniqsa, ichkilik va nashavandlik balosidan ehtiyot bo‘lishlari kerak. Bular sog‘liqqa, oilaga, jamiyatga juda katta zarar yetkazadi. Hattoki, boshqalar shunday ishlar bilan shug‘ullanayotgan joyga yaqin ham bormanglar, xo‘pmi do‘mboqchalarim?!
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:06:13
Yuqorida halol va harom nima ekanligini tushunib oldik. Endi poklik nima ekanligini aytib berayin. Dinimiz talabiga ko‘ra musulmon bolalari hamisha toza yuvilgan, toza kiyingan, pokiza bo‘lishlari kerak. Chunki pok odamdan yomonlik chiqmaydi. Pokiza yursangiz tabiatingiz ham ravshan bo‘ladi. Rasululloh alayhissalomning «Poklik — iymon belgisi» degan gaplari bor. Poklik yana namoz uchun ham kerak. Namoz o‘qishdan oldin o‘zingiz tahorat olib poklangan bo‘lishingiz, kiyim-boshlaringiz, joynamozingiz toza bo‘lishi kerak.

Pokiza bo‘lish uchun nima qilish kerak? Avvalo hojatxona odoblarini bilib oling. U yerga kirganda qiblaga qarab yoki orqa qilib o‘tirilmaydi. U joyda gapirilmaydi, biror narsa o‘qilmaydi. Bosh yalang, oyoq yalang kirilmaydi. Duch kelgan joylarga, ya’ni ariq atrofiga, axlatxona, qabristonlarga hojat ushatib bo‘lmaydi. Hojatxonadan chiqayotganda bulg‘anch joylarni chap qo‘l bilan yuvib tozalaysiz.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:06:22
Musulmon bolalar misvok (tish cho‘tkasi) bilan har kuni ertalab va kechqurun tishlarini yuvadilar. Tahorat qilganda qo‘l va oyoq barmoqlari orasini, burunni, ayniqsa, yaxshilab; tozalaydilar. Har juma kuni badanining hamma yeriga suv yetkazib poklanadilar. Buni «G’usl" deyiladi. Qulog‘ingizga yana bir gapni aytib qo‘yay: yaqinda ulg‘ayib, yigitcha bo‘lib qolganingizda uyqudan turganda yoki ko‘cha-ko‘ylarda bulg‘anib qolishingiz mumkin. Buni kattalar «Ehtilom» deyishadi. Shunaqa paytda ham darrov g‘usl qilib oling, xo‘pmi?! O’sha katta bo‘lgan paytingizda qo‘ltiqda va kindik ostida mo‘ylar paydo bo‘ladi. Ularni ham xuddi kattalar soqol olganday olib, tozalab turasiz. Yana sal o‘sishi bilan oyoq-qo‘l tirnoqlarini olib turasiz. Qizchalarga qanday poklanishni onalari tushuntirib berishadi. Yuqoridagi vazifalarning hammasi pok bo‘lishning belgisi. Ularni doimo bajarishni Payg‘ambarimiz hammamizga buyurganlar. Shuning uchun u kishini xursand qilmoqchi bo‘lsak, aytganlarini so‘zsiz bajarib yurishimiz kerak. Halol, pok bo‘lib, u kishini mamnun qilishga intiling, xo‘pmi, shirintoylarim?
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:06:54
O’N BESHINCHI SABOQ
XUSH XULQQA NYE YETSIN


Assalomu alaykum, jajji nabiralarim, qandu asallarim!
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom qanday odam edilar? Judayam yaxshi xulqli, uyatchan, kamtar, shirinso‘z, odobli, yoqimtoy, yumshoq ko‘ngil, mehribon kishi bo‘lganlar. Biz ham u kishining yo‘llaridan yurmoqchi bo‘lsak, xulqimiz ana shunday hamma havas qiladigan bo‘tishi kerak.

«Xulq» o‘zi nima? Xulq kishining fe’l-atvori, yurish-turishi, so‘zlashi, muomalasi, madaniyatini o‘z ichiga olgan xislatlaridir. Payg‘ambarimiz «Jannatga tushishga sabab bo‘ladigan narsa nima?» deb so‘raganlar va o‘zlari «Allohdan qo‘rqish va yaxshi xulqli bo‘lish», deb javob berganlar.

Yaxshi xulqli bo‘lish qiyinmi? Yo‘q, faqat siz bunga astoydil harakat qilsangizbo‘ldi! Buning uchun nimalar qilish kerak? Eng avvalo ota-onangizni, ustozlaringizni, o‘zingizdan kattalarni hurmat qiling. Kichiklarni avaylang. Hammaga yaxshi gapiring. Kattayu kichikka salom bering. Alloh taolo va Payg‘ambar alayhissalom buyurgan ibodatlarni qoldirmay bajaring. Har ishda kamtar bo‘ling, chunki Alloh kibrli, kerilgan odamlarni juda yomon ko‘radi. Nima ayb, gunoh qilsangiz, darov kechirim so‘rashga odatlaning! Ko‘cha-ko‘yda, ko‘pchilik ichida, oilada o‘zingizni odobli, yaxshi muomalali, shirin so‘zli tuting.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:07:04
Kattalar yuvvosh, muloyim, ko‘p gapirmaydigan, tabassumli bolalarni yaxshi ko‘rishadi.

Ayniqsa, salomlashish odoblarini yaxshi bilib oling. Birov bilan ko‘rishganda, biror joyga kirganda "œAssalomu alaykum" deb salom berasiz. Buning ma’nosi «Sizga tinchlik-xotirjamlik tilayman» degani. Agar boshqa odam salom bersa, albatta, «Vaalaykum assalom» deb to‘liq javob qaytaring, alik olish juda zarur ish. Payg‘ambarimiz hammadan oldin, hatto sizdek yosh bolalarga ham salom berganlar. Mashina, velosiped, otdagi odam piyodaga, piyoda kishi o‘tirgan kishiga, ozchilik ko‘pchlikka, kichiklar kattalarga salom beradi. Ammo namoz o‘qiyotgan, Qur’on tilovat qilayotgan kishiga, masjidda gapirayotgan imomga salom berilmaydi.

Kiyinish, ovqatlanish, ko‘chada yurish, uxlash odoblarini bilish ham yaxshi xulqqa kiradi. Kiyimni odamning uyat joylarini, badanini bekitib turish uchun kiyiladi. Kir kiyimlarni albatta, yuvdirib kiyish kerak, yirtiqlarini tiktirib oling. O’g‘il bolalar ipakli kiyimlar, qizil, sariq rangli yoki qizlarnikiga o‘xshash kiyimlarni, odam, hayvon surati solingan kiyimlarni kiymaslik kerak. Qizchalarimiz ulg‘ayganda badanlari ko‘rinadigan, kalta, yoqasi katta ko‘ylaklar kiymaganlari ma’qul.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:07:29
Ovqatlanishning ham o‘ziga yarasha odoblari bor. Musulmon bolalar ovqatlanishdan oldin va keyin qo‘llarini yuvadilar. Dasturxonga kelib, «Bismillah»ni aytib tanovulga kirishadilar. Ovqatni o‘ng qo‘lda, o‘z oldilaridan yeydilar. Ovqatni puflamay, xo‘rillatmay, ustida nafas olmay yeyish lozim. Issiq ovqat sovigunicha sabr qiling. Chunki issiq taomda baraka bo‘lmaydi. Ovqatlanib bo‘lgach, «Alhamdulillah» deb Allohga hamd ayting. Chunki shundoq shirin ovqatlarni bizga Alloh taolo bergan-da!

Islomiy odobga ko‘ra ovqatni tez-tez yeyilmaydi. Ketma-ket og‘izga luqma tashlanmaydi. Katta-katta qilib chaynamay yutilmaydi. Ovqatlanayotgan kishiga qaralmaydi. Taom va nonlar isrof qilinmaydi. Ovqatlanib bo‘lgach, qo‘lni va yog‘li idishlarni yalab, so‘ng qo‘l artiladi. To‘kilgan uvoqlar terib yeyiladi. Keyin Allohga shukr aytib, dasturxonga duo o‘qib turiladi.

Suv, choy ichishing tartiblari mana bunday: Payg‘ambarimiz suvni uch bora nafas olib, bo‘lib-bo‘lib, o‘tirgan holda ichishni tavsiya qilganlar. Faqat zam-zam suvi tik turgan holda ichiladi. Suv ham «Bismilloh»ni aytib ichiladi, ichib bo‘lingach, «Alhamdulillah» deyiladi.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:07:39
Ko‘cha-ko‘yda yurishning ham ma’lum tartiblari bor. Ko‘chada shoshlib yurilmaydi. Ikki kishi, xususan ikki ayol o‘rtasidan kesib o‘tilmaydi. Ko‘chada uyoq-buyoqqa anqayib yurish, tuflash, pista chaqib, taom yoki muzqaymoq yeb yurish islomiy ta’limga to‘g‘ri kelmaydi. Yo‘lda odamlarga xalal beradigan tosh, shox-shabba, sim, tikan, po‘choq kabi narsalar yotgan bo‘lsa, bir chetga olib tashlanadi. Tanishmi-notanishmi ko‘ringan kishilarga salom beriladi. Ko‘cha-ko‘ylarda behuda o‘tirish yoki bekor angrayib turish, shovqin solish odobimizga to‘g‘ri kelmaydi.

Bolajonlarim, endi uxlashning qoidalarini o‘rgatib qo‘yay. Uyquga yotish oldidan tahorat olib, tishlarni misvok (tish cho‘tasi) bilan yaxshilab tozalang. O’ringa yotganda qibla tarafga yoki muqaddas kitoblar turgan tarafga oyoq uzatilmaydi. Yuztuban, chalqancha yotmang, kechasi yomon tushlar ko‘rib chiqasiz. Eng yaxshisi, o‘ng tomonga yonboshlab, qo‘l kaftini yuz ostiga qo‘yib uxlashdir. Janobi Payg‘ambarimiz «Qo‘llarida ovqat yog‘i bilan yotib uxlagan odamga biror kasallik yopishsa, o‘zidan ko‘rsin» deganlar.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:07:51
Uyqu oldidan ikki bor «Qul a’uzu» surasini o‘qib, kalimangizni aytib yotsangiz, juda yaxshi bo‘ladi. Ko‘p uxlamang, sizning yoshingizda, uzog‘i bilan to‘qqiz soat uxlansa kifoya, ko‘p uxlash odamni lanj, kasal qiladi. Aslo quyosh chiqquncha uxlamang, chunki bu dinimizda qoralangan.

Mana asal-qandlarim, yaxshi bola bo‘lishning, xush xulqli bo‘lishning qoidalarini bilib oldingiz. Endi nima qilishimiz kerak? Ha, barakallo, ularni eslab qolib, doimo amal qilib yurishimiz zarur. Ana shunday qilsak, Alloh taologa, Payg‘ambarimiz alayhissalomga yoqadigan bolalar bo‘lamiz. Agar Alloh va Payg‘ambarga yoqsak, albatta, jannatga kiramiz. Jannatga kirsak, hech qiynalmaymiz, doimo mazza qilamiz. Shundaymi, shirintoylarim?!
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:08:13
O’N OLTINCHI SABOQ
YOMONLIKDAN QOCHING


Assalomu alaykum, mening jajji erkatoylarim! O’tgan darsimizda yaxshi bola, haqiqiy musulmon bola qanday bo‘lishi kerakligini sizlarga tushuntirib bergandim. Bugungi mashg‘ulotimizda sizlar bilan yomon ishlar nimalar, ulardan qanday qilib uzoqda yurish mumkmligi haqida gaplashamiz, xo‘pmi? Dunyoda yaxshi ishlar bo‘lgandan keyin yomon ishlar ham bo‘ladi, to‘g‘rimi? Musulmon farzandlar ana shu yomon ishlarni qilib qo‘ymaslik uchun ularni bilib olishlari kerak. Ulardan doimo qochishlari zarur, Mabodo birortasini bilmasdan yoki o‘rtoqlarming so‘ziga kirib qilib qo‘yishsa, darrov Alloh taolodan kechirim so‘rashlari karak. Kechirim so‘rashni bilasizmi? «Astag‘firulloh» deysiz yoki «Ey Allohim, mana shu« qilgan gunohimni kechirgin» deysiz.

Yomon ishlarning eng kattasi, gunohlarning eng og‘iri — Allohga shirk keltirish. Bu haqda dastlabki mashg‘ulotlarda aytib bergandim. Yana qaytaraman: bu -ishdami, ibodatdami, qaerda bo‘lsin Allohga biror narsani sherik qilib qo‘yish. Chunki Alloh — yagona, bitta! Uning hech qanday sherigi, tengi, o‘xshashi yo‘q. U bermasa, hech kim rizq bermaydi, yordam berolmaydi, biror narsadan qutqarolmaydi. Allohga shirk keltirishdan, ana shu yomon ishdan saqlaning! Aks holda, albatta, do‘zaxga tushasiz.
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:08:47
Yana yomon ishlarga birovni nohaq o‘ldirish, namoz o‘qimaslik, ota-onani og‘rintirib, ularga osiy bo‘lishlik, ro‘zani sababsiz ochib yuborish, Payg‘ambarimizga tuhmat qilish, mast qiladigan ichimlik ichish, birovning narsasini nohaq tortib olish kabi ishlar ham kiradi.

Musulmon bolalar, ayniqsa, yolg‘on gapirish, va’da berib bajarmaslik, birovning narsasini o‘g‘irlash, aldamchilik, qimor o‘ynash, o‘tgan darslarda aytilgan harom narsalarni yeyish, chaqimchilik, kerilib, maqtanish, och ko‘zlik, yolg‘on guvohlik berish, buzuqlik kabi og‘ir gunoh bo‘ladigan yomon ishlardan ehtiyot bo‘lishlari kerak. Chunki odam yaxshi bo‘lsa Allohni tanib, namozlarni o‘qib, ro‘zalarni tutib yursayu yuqoridagi gunohlarni qilsa, savoblari o‘chib ketadi. Jannatga kirishi qiyinlashadi. Shuning uchun bunaqa yomon ishlarni aslo qilmaslikka harakat qiling.

Bordiyu birorta oshnangiz yoki katta bolalar ana shunday ishlarga boshlasa, sira ko‘nmang. «Quddus amakim aytganlar, bu ishlar gunoh bo‘ladi», deb ularni ham qaytaring. Shunda sizning savobingiz ikki baravar ko‘payib ketadi. Alloh taolo va Hazrati Payg‘ambarimizga suyukli, yoqadigan islomiy farzand bo‘lasiz. Gapimni yaxshilab eslab, unga doim amal qilib yuring, xo‘pmi, do‘mboqchalarim?!
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:09:04
DUO QILAYLIK

Mana, aziz va sevimli dilbandlarim, Quddus amakingizning saboqlari ham hozircha nihoyasiga yetdi. Endi sizlar bilan vaqtincha xayrlashamiz. Faqat sizlarga bitta iltimosim bor: yuqorida aytib bergan hamma gaplarimni doimo quloginzda tuting. Esdan chiqib qolmasligi uchun qayta-qayta o‘qib yuring. O’zingiz bilib olgandan keyin boshqalarga ham aytib bering! Eng asosiy gapim shuki, ana shu o‘rgangan narsalaringizga hamisha amal qilib, bajarishga urining, harakat qiling. Faqat yaxshi ishlarni qilib, yomonidan qoching. Shunda chin musulmon bo‘lasiz. Alloh taolo va Payg‘ambar alayhissalomga sevimli banda va ummat bo‘lasiz. Allah taolo va’da qilgan go‘zal va so‘lim jannat sizniki bo‘ladi. Bu gaplarim hech qachon yodingizdan chiqmasin, shirintoylarim!

Ha, aytganday, har gal duoga qo‘l ochganda Quddus amakingizni ham bir eslab qo‘yinglar, xo‘pmi, asallarim! Qani endi, hammamiz qo‘llarimizni ko‘tarib, Allohga chin dildan yolvorib bir duo qilaylik-chi: «Ey, butun dunyolarning egasi, hammamizni yaratgan Parvardigorimiz! Bizlarni yaxshi, solih bandalaringdan qilgin! Yomon ishlardan, turli falokatlardan O’zing asragin! Iymonli, O’zingdan qo‘rqadigan, O’zingga bo‘ysunadigan, aytganlaringni bajaradigan kishilar qilib tarbiya qilgin! Omin, yo Robbial Olamiyn!»
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: Naqshbandiy 17 Sentyabr 2007, 07:24:13
QUDDUS AMAKINING SABOQLARI

Quddus amakining bolajonlarga maktubi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70956#msg70956)
1-saboq. Poklanish va ilk kalomlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70957#msg70957)
2-saboq. Musulmonchilikning birinchi belgisi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70958#msg70958)
3-saboq. Farishtalar haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70961#msg70961)
4-saboq. Kitoblar haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70963#msg70963)
5-saboq. Payg’ambarlar to’g’risida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70966#msg70966)
6-saboq. Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70968#msg70968)
7-saboq. Uchta eng muhim narsa (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70971#msg70971)
8-saboq. Iymon nima degani (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70974#msg70974)
9-saboq. Namoz nega o’qiladi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70978#msg70978)
10-saboq. Namoz o’qishni o’rganing (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70981#msg70981)
11-saboq. Ro’za, zakot, haj haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70991#msg70991)
12-saboq. Ilm o’rganish — farz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg70996#msg70996)
13-saboq. Ota-onangizni hurmat qiling (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg71000#msg71000)
14-saboq. Halol, pok bo’ling (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg71005#msg71005)
15-saboq. Xush xulqqa ne yetsin (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg71008#msg71008)
16-saboq. Yomonlikdan qoching (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg71013#msg71013)
Duo qilaylik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.msg71016#msg71016)
Nom: Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2007, 01:21:15
Quddus amakining saboqlari
(bolalar uchun)

(http://www.ziyouz.com/images/books/quddus_amaki.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=100)

Hajmi: 111 Kb
Fayl tipi: PDF

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=100)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1562.0)