forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 23 Sentyabr 2007, 05:44:29

Nom: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 23 Sentyabr 2007, 05:44:29
Ramazon oyining fazilati

(http://ziyouz.com/rasmlar/articles/ramadan2.jpg)

Alloh taolo aytadi:
"(U sanoqli kunlar) ramazon oyidirki, u oyda insonlar uchun hidoyat bo‘lib va hidoyat va Furqon (haq bilan botilni ajratuvchi)ning ochiq oyatlari bo‘lib Qur’on nozil qilingan" (Baqara surasi, 185-oyat).

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Mening ismim zikr qilinganida, salovot aytmagan kishi xor bo‘lsin. Ota-onasining ikkovining ham yoki birortasining tirikligida xizmatini qilib, roziligini olmagan farzand xor bo‘lsin.

davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1666&Itemid=1)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 23 Sentyabr 2007, 05:45:52
Ramazonning fazilatlari

(http://ziyouz.com/rasmlar/articles/ramadan3.jpg)

Alloh taolo aytadi:     
"Ey iymon keltirganlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan oldin o‘tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi. Endi sizlardan biror kishi kasal yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tutolmagan kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda tutadi" (Baqara surasi, 183—184-oyat).

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) Alloh taolodan naql qilib aytganlarki: "Har bir odam bolasining amali o‘zi uchun, illo ro‘zasi bundan mustasnodir.

davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1667&Itemid=1)

Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 23 Sentyabr 2007, 05:48:02
Ilm fazilati

(http://ziyouz.com/rasmlar/articles/ilim.jpg)

Alloh taolo aytadi:
"Eslang (Ey Muhammad), Parvardigoringiz farishtalarga: "Men yerda (Odamni) xalifa qilmoqchiman", deganida, ular aytdilar: "U yerda buzg‘unchilik qildigan, qonlar to‘kadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni ulug‘laymiz va Sening nomingni mudom pok tutamiz". (Alloh) aytdi: "Men sizlar bilmagan narsani bilaman". Va U zot Odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi. So‘ngra ularni farishtalarga ro‘para qilib dedi: "Agar xalifalikka biz haqdormiz degan so‘zlaringiz rost bo‘lsa, mana bu narsalarining ismlarini Menga bildiring?"  Ular aytdilar: "Ey pok Parvardigor, biz faqat Sen o‘zing bildirgan narsalarnigina bilamiz. Albatta, Sen ilmu hikmat sohibisan". (Alloh): "Ey Odam, sen ularga bu narsalarning ismlarini bildir", dedi. (Odam) ularga barcha narsalarning ismlarini bildirgandan so‘ng, (Alloh) aytdi: "Sizlarga Men yeru osmonlarning sirlarini va sizlar oshkor qilgan va yashirgan narsalarni bilaman, demaganmidim?!" (Baqara surasi, 30—33-oyatlar)

davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1668&Itemid=1)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 23 Sentyabr 2007, 05:49:06
Ro'za tutish fazilati

(http://ziyouz.com/rasmlar/articles/ramadan1.jpg)

Alloh taolo aytadi:
"Bandalarim sizdan (Ey Muhammad) Men haqimda so‘rasalar, Men ularga yaqinman, Menga duo qilgan paytlarida duogo‘ylarning duolarini ijobat qilaman. Bas, haq yo‘lga yurishlari uchun (ular ham) Mening (da’vatimga) ijobat qilsinlar va Menga iymon keltirsinlar" (Baqara surasi, 186-oyat).

Alloh taolo bundan oldingi oyatlarda insonlarga ro‘za tutishni buyurdi. So‘ngra ushbu oyatlar bilan ularni shukr va duoda bo‘lishga targ‘ib etib, ularning duolarini ijobat qilishni va’da berdi.

davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1669&Itemid=1)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 27 Sentyabr 2007, 08:01:58
Tavhidning fazilati

(http://ziyouz.com/rasmlar/articles/tavhid.jpg)

Alloh taolo aytadi:
"Alloh, farishtalar va ilm ahllari – yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar. U adolat bilan turguvchi – Hukm qilguvchidir. Hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning O‘zi bor. U qudratli, hikmat egasidir. Albatta, Alloh nazdidagi (maqbul bo‘ladigan) din Islom dinidir. Ahli kitoblar (yahudiy va nasroniylar) ularga (Islom va Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) haq payg‘ambarligi haqida) aniq bilim-hujjat kelganidan keyin faqat o‘zaro hasad-adovat qilganlari sababligina talashib tortishdilar. Kim Allohning oyatlariga kofir bo‘lsa, bas, albatta Alloh tez hisob-kitob qilguvchi zotdir" (Oli Imron surasi, 18–19-oyatlar).

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Mening huzurimga Jabroil, Mikoil, Azroil, Isrofillar (a.s.) kelishdi.

davomi... (http://islom.ziyouz.com/administrator/index2.php?option=com_frontpage)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 03 Oktyabr 2007, 07:11:28
Laylat ul-Qadrning fazilati qaqida

(http://ziyouz.com/rasmlar/articles/laylatul.jpg)

Olloh taolo bunday deydir: «Biz ushbu Qur’onni Qadr Kechasi nozil qildik. Laylat ul-Qadr deganda, neni tushung‘aysen va Laylat ul-Qadr o‘zi nedir? Laylat ul-Qadr ming oydan ham yaxshiroqdir. O’shal kecha parvardigorlari hukmi ila farishtalar va Jabroil tushg‘aydirlar, ul kecha tong otguncha omonliq kechasi bo‘lg‘aydir».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimki Ramazonning farz ekanlig‘iga ishonib, unga ixlos qilib va uning savobidan umid aylab, ro‘za tutgaydir, ilgarigi qilgan gunohlarining barchasi kechirilg‘aydir, va shuningdek, kimki Qadr Kechasini, uning ulug‘ligiga inonib, unga ixlos qilib va undan savob umid aylab, bedor o‘tkazg‘aydir ham, ilgari qilgan gunohlarining barchasi kechirilg‘aydir»,- deganlar».

davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1745&Itemid=1)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 08 Yanvar 2008, 00:55:31
Muharram oyi haqida

(http://ziyouz.com/rasmlar/articles/hijriy02.jpg)

Muharram oyi hijriy — qamariy taqvim bo‘yicha yilning birinchi oyidir. Birinchi Muharram yangi yilning boshlanish kunidir. Odatda musulmonlar bir-birlarini bu munosabat bilan tabrik etadilar. Biz ham barchalaringizni 1429 hijriy yilning boshlanishi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. Alloh taolo bu yilni barchamiz uchun xayr-baraka yili bo‘lishini nasib etsin. Aziz vatanimizni tinch va osoyishta bo‘lishini, xalqimizning baxti-saodati ziyoda bo‘lishini nasib etsin! Omiyn!

davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=820&Itemid=1)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 08 Yanvar 2008, 00:56:55
Dunyoning mazzamat qilingani va uning zavolga ketishi

(http://ziyouz.com/rasmlar/articles/yagmur.jpg)

Alloh taolo aytadi:
"(Ey Muhammad, odamlarga) hayoti dunyo misolini keltiring. (U) xuddi bir suv kabidirki, biz osmondan yog‘dirgach, (avval — kishi hayotining bahorida) u sababli zamin nabototi (bir-biriga) aralashib — chirmashib ketur, so‘ngra (hayot kuzi kelgach) shamollar uchirib ketadigan xashakka aylanib qolur. Alloh hamma narsaga qodir bo‘lgan zotdir. Mol-mulk, bola-chaqa shu hayoti dunyo ziynatidir. Parvardigoringiz nazdida esa (abadiy) qoluvchi yaxshi amallar savobliroq va orzuliroq (orzu qilishga arzirliroqdir)" (Kahf surasi, 45—46-oyatlar).

davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1671&Itemid=1)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 08:12:30
Hakim ibn Hazom

(http://ziyouz.com/rasmlar/articles/minar.jpg)

Bu sahobiy haqida Payg‘ambarimiz (alayhissalom) bunday deganlar: "Makkada to‘rt kishi bor, ular Islomga kirmay mushrik holicha qolib ketishi aqlga sig‘maydi. Ulardan biri Hakim ibn Hazomdir".

   Alloh rasulining e'tiboriga tushgan bu saodatli sahobiyning tug‘ilishi ham o‘zgacha bo‘lgan edi. Onasi unga homilador yurgan kunlarining birida dugonalari bilan ibodat qilish uchun nima sababdandir eshigi ochiq qolgan Ka'ba ichiga kiradi. To‘satdan to‘lg‘oq tutib, hatto tashqariga chiqishga ham ulgurolmaydi. Shoshilinch keltirib solingan bir sholcha ustida o‘g‘li Hakim tug‘iladi.

davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1815&Itemid=1)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 03 Mart 2008, 08:04:30
Hikmatli latifalar

(http://ziyouz.com/rasmlar/articles/ibret.jpg)

    Mavlono Jaloliddin Rumiy uylarida yeydigan hech vaqo qolmaganini xabar bergan ayollaridan qayta-qayta so‘rayveribdilar:
    -Hech narsa qolmadimi?
    -Yo‘q.
    -Og‘izga oladigan hech vaqo yo‘qmi?
    -Yo‘q.
    -Hech narsa-ya?
    -Hech narsa...
    -Rostdanmi?!
    Xazrati Mavlono shodliklaridan yuzlari gul-gul yonib, qo‘llarini duoga ochdilar:
    -Allohim, senga hamdu sanolar bo‘lsinki, uyim Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning xonadoniga o‘xshabdi.

davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1816&Itemid=1)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2008, 02:25:53
"Islom madaniyati poytaxti" tanlovi yakunlari

(http://ziyouz.com/rasmlar/articles/tanlov_yakuni.gif)

Bismillahir rohmanir rohiym

Barcha hamd bizni to‘g’ri yo‘lga dalolat qilgan Alloh taologa xosdir. Va barcha sharaf, rahmat hamda duolar ulug’ xulq bilan xoslangan zotgadir. To‘g’ri dinga yordam bergan oli bayt va har bir taqvodor mo‘minga sharaf, rahmat hamda duolar bo‘lsin.

www.islom.uz sayti ma’muriyati poytaxtimiz Toshkentning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) tomonidan 2007 yilda Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilganligi munosabati bilan o‘tkazilgan tanlovlarimiz nihoyasiga yetganligini ma’lum qiladi.

davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1817&Itemid=1)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2008, 02:27:04
Makr va aldov

(http://ziyouz.com/rasmlar/articles/makr.jpg)

Alloh taolo aytadi:

«Yomon makr-hiyla esa faqat o‘z egalarini o‘rab halok qilur» (Fotir surasi, 43).

Ya'ni, yomon makr-hiylaning kasofati makr qilgan, uyushtirgan kimsalarning o‘ziga uradi.

Alloh taolo munofiqlar haqida shunday deydi: «Albatta munofiqlar Allohni aldamoqchi bo‘ladilar. Holbuki, Alloh ularni «aldab» qo‘yguvchidir» (Niso surasi, 142).

davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1767&Itemid=1)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 10 Aprel 2008, 07:56:17
Fatvolar

Halol va haromning farqi nimada? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1827&Itemid=93)
Nomai a’mol nima degani?  (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1826&Itemid=93)
Qayta tirilish haq! (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1825&Itemid=93)
Barcha kitoblarga ishonsa bo‘ladimi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1824&Itemid=93)
Iymonning rukn va shartlari qaysi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1823&Itemid=93)
Iymon haqida savolim bor  (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1822&Itemid=93)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 14 Aprel 2008, 08:04:35
Fatvolar

 Ishlatilgan suvni ishlatsa bo‘ladimi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1834&Itemid=93)
 Qanday suvda tahorat olish mumkin? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1833&Itemid=93)
 Ikki shahodat kalimasidan murod nima? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1832&Itemid=93)
 Vasvasa va uning duosi (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1831&Itemid=93)
 Ayol jannatda kim bilan yashaydi?  (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1830&Itemid=93)
 Aqida imomlari kimlar? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1829&Itemid=93)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 16 Aprel 2008, 08:08:02
Fatvolar

Junub holida tuk va tirnoq olsa... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1843&Itemid=93)
Junub holda yeyish va uxlash joizmi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1842&Itemid=93)
Yalang‘och yuvinsa bo‘ladimi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1841&Itemid=93)
Hojatxona odoblari nima? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1840&Itemid=93)
Kiyimda najas bo‘lsa... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1839&Itemid=93)
Najas nima? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1838&Itemid=93)
Quduq suvi qay yo‘l bilan poklanadi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1837&Itemid=93)
Teri qachon pok bo‘ladi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1836&Itemid=93)
Sarqit nima degani?  (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1835&Itemid=93)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 18 Aprel 2008, 08:04:45
Fatvolar

Sutra qanday bo‘lishi kerak? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1854&Itemid=93)
Namozda belbog‘ bog‘lanadimi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1853&Itemid=93)
Qiroat ichda qilinadigan namozlarda ovozning eng past va baland darajasi qancha? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1852&Itemid=93)
Namozni buzishga qaysi holatda ijozat berilgan? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1851&Itemid=93)
Qiroatning sunnatlari qaysilar? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1850&Itemid=93)
Namozda ko‘zni yumib tursa bo‘ladimi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1849&Itemid=93)
Vitr namozi qanday ado etiladi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1848&Itemid=93)
Namozdagi makruh amallar qaysi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1847&Itemid=93)
Qachon sajdai sahv vojib bo‘lmaydi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1846&Itemid=93)
Nega sahv sajdasi qilinadi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1845&Itemid=93)
Qay holatda namoz buziladi?  (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1844&Itemid=93)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 19 Aprel 2008, 07:53:32
Fatvolar

Pushtni tushirish mumkinmi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1865&Itemid=93)
Boshqorong‘iliqda o‘zni qanday tutiladi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1864&Itemid=93)
Ayol farzand ko‘rmoqchi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1863&Itemid=93)
Duolarning eng yaxshisi va afzali qaysi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1862&Itemid=93)
Juma kuni ehtiyoti peshin o‘qiladimi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1861&Itemid=93)
Jum’a namozi sunnati qazosi bormi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1860&Itemid=93)
Azondan so‘ng masjiddan chiqsa bo‘ladimi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1859&Itemid=93)
Azonni eshitganlar nima qiladi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1858&Itemid=93)
Qaysi hollarda iqtido nojoiz? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1857&Itemid=93)
Imomga iqtido qilish tartibi bormi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1856&Itemid=93)
Imomdan oldin bajarish mumkinmi?  (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1855&Itemid=93)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 28 May 2008, 09:30:14
Fatvolar

Haji badalning qanday shartlari bor? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1877&Itemid=93)
Bemor va shifokor (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1876&Itemid=93)
Shaytonga qachon tosh otiladi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1875&Itemid=93)
Majusiylar ahli kitob sanaladimi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1874&Itemid=93)
Bid’at nima degani? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1873&Itemid=93)
Qadar va taqdirning farqi bormi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1872&Itemid=93)
Ayollarga qarash ham zinomi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1871&Itemid=93)
Qayn urug‘lar bilan munosabat (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1870&Itemid=93)
Xulu’ ham taloqmi? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1869&Itemid=93)
Er va xotin haqlari (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1868&Itemid=93)
Tug‘ish odoblari qaysilar? (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1867&Itemid=93)
Bola go‘dakligida vafot etsa...  (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1866&Itemid=93)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 07 Iyul 2008, 09:22:50
Yangi maqolalar

Shaytonning adovati (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1898&Itemid=87)
Sha'bon oyining fazilati (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1896&Itemid=87)
Tavba fazilati haqida (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1895&Itemid=87)
To‘g‘ri-ustivor bo‘lish haqida (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1894&Itemid=87)
Farishtalarning mo‘minlar uchun istig‘for aytishi (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1893&Itemid=87)
Do‘zaxning bayoni (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1891&Itemid=87)
Ayyub alayhissalomning sabrlari haqida (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1890&Itemid=87)
Ibrohim alayhissalomning Ismoil alayhissalomni qurbonlik qilishlari (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1889&Itemid=87)
Jahannamda kofirlarning azoblanishi bayoni (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1888&Itemid=87)
Qur'oni karim qiroatining fazilati (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1887&Itemid=87)
Allohning omonatiga xiyonat qilish (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1886&Itemid=87)
Zikrning fazilati (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1885&Itemid=87)
Zikr va tavhid bayoni (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1884&Itemid=87)
Ma’siyat va zulmning mazammat qilingani haqida (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1883&Itemid=87)
O’lim achiqligi bayoni (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1880&Itemid=87)
Qur’ondan yuz o‘giruvchining mazammat qilinishi bayoni (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1879&Itemid=87)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 07 Iyul 2008, 09:23:01
Qiyomat soatining bayoni (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1881&Itemid=87)

(http://ziyouz.com/images/maqola03.jpg)

Qirq birinchi majlis
Qiyomat soatining bayoni

 
Alloh taolo aytadi: «Ey insonlar, Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Zero (qiyomat) soati (oldidagi) zilzila ulug‘ dahshatli narsadir. Uni ko‘rar kuningizda emizayotgan (onalar) emizib turgan (bolasini) unutar va barcha homilador (ayollar) o‘z homilasini tashlab yuborar. Odamlarni mast-alast holda ko‘rursiz, holbuki, ular mast emaslar. Lekin Allohning azobi qattiqdir» (Haj surasi, 1-2-oyatlar).
 
Ali ibn Abu Tolib aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: «Odamlarga bir zamon keladiki, islomning faqat ismi, dinning rasm-rusumi, Qur'ondan faqat dars qilish qoladi. U zamonda masjidlar obod bo‘ladilar. Lekin ular hidoyat jihatidan xarob bo‘ladi. Mana shu zamonda odamlarning eng yomoni ulamolar bo‘ladi. Ulardan fitna chiqadi va o‘zlariga qaytadi. Bular qiyomatning alomatidir».

davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1881&Itemid=87)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 07 Iyul 2008, 09:25:30
Tavozu’ haqida (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1882&Itemid=87)

(http://ziyouz.com/images/maqola02.jpg)

Qirq ikkinchi majlis
Tavozu’ haqida


Alloh taolo aytadi: «Rahmonning (suyukli) bandalari yerda tavozu' bilan yuradigan, johil kimsalar (bema'ni) xitob qilgan vaqtlarida ham «Salomat bo‘linglar», deb javob qiladigan kishilardir» (Furqon surasi, 63­oyat).

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: «Har bir kimsaning boshi ustida ikkita zanjir bo‘ladi. Biri yettinchi qavat osmongacha, ikkinchisi yetti qavat yergacha yetadi. Agar inson tavozu' qilsa, Alloh yettinchi qavat osmongacha bo‘lgan zanjir bilan uni ko‘taradi. Agar takabburlik qilsa, yetti qavat yergacha bo‘lgan zanjir bilan tubanga tushiradi».

davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1882&Itemid=87)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 07 Iyul 2008, 09:30:33
Jannat bayoni (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1892&Itemid=87)

(http://ziyouz.com/images/maqola04.jpg)

Ellik ikkinchi majlis
Jannat bayoni


Alloh taolo aytadi: «Parvardigorlaridan qo‘rqqan zotlar esa to‘p­to‘p holda jannatga «haydaladilar». Qachon ular darvozalari ochilgan holdagi (jannatga) kelib yetganlarida va uning qo‘riqchilari: «Sizlarga tinchlik­omonlik bo‘lsin! Xush keldingiz! Bas, mangu qolguvchi bo‘lgan hollaringizda kiringiz», deganlarida (ular behad shodlanurlar) va: «Bizlarga va'dasini rost qilgan va bizlarni bu (jannat) yeriga voris qilgan hamda jannatdan o‘zimiz xohlagan tarafda joy­o‘rin olishimizga (muvaffaq qilgan) Allohga hamdu sano bo‘lsin», derlar. Bas, (chiroyli) amal qilguvchi zotlarning ajri naqadar yaxshidir!» (Zumar surasi, 73-74-oyatlar).

davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1892&Itemid=87)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 07 Iyul 2008, 09:31:56
Alloh uchun yaxshi ko‘rish va Alloh uchun yomon ko‘rish (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1897&Itemid=87)

(http://ziyouz.com/images/loveallah.jpg)

Ellik yettinchi majlis
Alloh uchun yaxshi ko‘rish va Alloh uchun yomon ko‘rish


Alloh taolo aytadi: «U Kunda do‘stlar bir­biriga dushmandir, magar (Alloh yo‘lida do‘stlashgan) taqvodor zotlargina (mangu do‘stdirlar). (U Kunda ularga aytilur): «Ey bizning oyatlarimizga iymon keltirgan va musulmon bo‘lib o‘tgan bandalarim, bu Kun sizlar uchun hech xavfu xatar yo‘qdir va sizlar aslo g‘amgin bo‘lmaysizlar. Sizlar jufti halollaringiz bilan birga shod­hurram bo‘lgan hollaringizda jannatga kiringiz!» (Zuxruf surasi, 67-70-oyatlar).

davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1897&Itemid=87)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2012, 16:02:46
Haqiqiy tolib

(http://www.ziyouz.com/images/andalus.jpg)

Andalus olimlaridan, buyuk muhaddis Baqi’ ibn Mixlat Imom Ahmad ibn Hanbaldan hadis eshitish maqsadida mashriqqa piyoda kelgan ekan. Bag’dodga yaqinlashganida Imom Ahmadni mo’tazila e’tiqodiga qarshi chiqqani uchun halifa Ma’mun uy qamog’iga tiqqanini eshitib, qattiq g’amga botdi.
Shu kuni shahardagi masjidga bordi. U yerdagi ilm xalqasida o’tirib, ustoz Yahyo ibn Ma’in (katta muhaddis, Imom Buxoriyning ustozlaridan)dan Ahmad ibn Hanbalning holatini so’rab, u zotning uylariga boribdi. Birov ko’rib qolishidan xavotirda ichkarida gaplashibdilar...

davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2306&Itemid=1)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2012, 16:03:33
Musulmonning vafodor ayoli

(http://www.ziyouz.com/images/muslima_ayol.jpg)

Ashraf Ali Tahonaviy aytadilar:
"œMusulmonning xotinidek ayolni dunyoda topolmaysiz. Uning kabi vafodorni olamda yo‘q. Buning isboti shuki, u er­ning xizmati bilan birga uning­ ota-onasi, aka-ukasining ham xizmatini qilib, duosini olaveradi. Vaholanki erning ota-onasiga xizmat qilish unga vojib emas. Uzoq qarindoshingiz kelsa ham uni ham ochiq chehra bilan kutib olaveradi. Siz yillab musofirlikda yursangiz ham sizni kutib yuraveradi. Vaholanki, ayolning ruxsatisiz 4 oydan oshiq muddatga musofir bo‘lish mumkin emas. Kechasi soat 2 da kelsangiz ham, eshikni ochib, sizga ovqat ham qilib beraveradi"¦

davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2307&Itemid=1)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 10 Fevral 2012, 09:16:36
Qo‘shnining haqi

(http://www.ziyouz.com/images/qushni.jpg)

Taqiy Usmoniy hikoya qiladilar:
"œMakkai mukarramada bo­zor­ga kirib, bir matoni so‘ra­dim. Do‘kondor o‘sha matoni topgunga qadar oldimga 20 tacha o‘ramdagi gazlamalarni to‘kib soldi. Ularning ichidan bittasi menga ma’qul tushib, shuni sotib olmoqchi bo‘ldim. Narxiyam ma’qul keldi. Sotuv­chi:
— Siz shu ma’qul keldi-a?
— Albatta ma’qul keldi.
— Unda yo‘lning uyog‘iga o‘tsangiz, huv anau do‘konda ham shu gazlamadan bor. O‘sha yerdan sotib oling.

davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2308&Itemid=1)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 10 Fevral 2012, 09:17:32
Suvi oqqan ingliz

(http://www.ziyouz.com/images/suvi.jpg)

Hindiston shayxul-islomi Husayn Ahmad Madaniy poyezdda shogirdlari bilan birga ketayotsalar, oldilariga bir ingliz kishi ayoli bilan chiqib o‘tiribdi. U zotga xizmat qilayotgan muridlarni ko‘rib, bu qaysi mashhur odam ekan, deb surishtiribdi. U kishining shayxul-islom ekanini bilgach, savol beribdi:
— Hazrat, mening bir masalada Islomga e’tirozim bor. Nega sizlarda ayollarni yopinib yurishga buyurilgan? Go‘yoki ochiq kiyinish erkaklarning yo‘ldan urilishiga sabab bo‘larkan, zinoga da’vat qilar ekan? Mana, mening xotinim, sochlarini yoyib, kalta kiyimlarni kiyib olib, oldimda o‘tiribdi. Ayting-chi, u ushbu poyezdda ketayotgan kimni gunohga da’vat etyapti?

davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2310&Itemid=1)
Nom: Ovqatni maqtash ham sunnatdan
Yuborildi: AbdulAziz 15 Avgust 2012, 00:15:44
Ovqatni maqtash ham sunnatdan

(http://www.ziyouz.com/images/ovqat.jpg)

Abdulhay Laknaviy bir kuni er-xotin muridlarinikiga mehmonga boribdilar. Ovqat nihoyatda mazali bo‘lgan ekan (odatda, shayx Rasululloh s.a.v.ning sunnatlariga ko‘ra, ovqatni doim maqtarkan), parda ortidagi ayolga qarata:
— Alloh rozi bo‘lsin, ovqatingiz juda mazali chiqibdi, — debdi.
Bu gapni eshitgan ayol yig‘lab yuboribdi. Shunda shayx buning sababini so‘raganda shunday javob bergan ekan:
— Erim bilan 40 yildan beri birga yashayman. Lekin biron marta ham menga ovqatimni maqtamagan. Sizdan birin­chi marta bu gapni eshitib, ko‘zimga yosh keldi.
davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2311&Itemid=1)
Nom: Suv haqida tafakkur
Yuborildi: AbdulAziz 15 Avgust 2012, 00:16:28
Suv haqida tafakkur

(http://www.ziyouz.com/images/suv-tafakkur.jpg)

Taqiy Usmoniy aytadilar: “Bismilloh” rasmiy narsa emas, zaruratdir. Buni ikki misol bilan sizga isbotlab beray. Sizga bir suv keltirilsa, oniy vaqtda uni tomog‘ingizdan o‘tkazib rohat qilasiz. Tafakkur qilib ko‘ring, u suvni vujudingizga kim keltirdi? Qanday qilib? Alloh taolo bandaning hojatlariga yaraydigan, uning tirikligiga sabab bo‘ladigan suvni dengiz, ummonlar shaklida to‘plab beradi. Suv bir joyda turib aynib qolmasligi uchun Parvardigorimiz uni tuzlar bilan to‘ldiradi. Ummon ichida o‘lib ketgan jonivorlar suvni aynitishi mumkin edi, lekin Xoliqimiz uning mavjlantirib turgani uchun suv achimaydi.
davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2314&Itemid=1)
Nom: Yashirin savdo
Yuborildi: AbdulAziz 15 Avgust 2012, 00:23:52
Yashirin savdo

(http://www.ziyouz.com/images/qum-uy.jpg)

Abbosiylar xalifalaridan Horun ar-Rashid ayoli Zubayda bilan tungi sayrga daryo qirg‘og‘iga chiqishibdi. Daryo bo‘yida Bahlul degan avliyoulloh qumdan uy yasayotganini ko‘rgan xalifa undan so‘rabdi:
— Ayo, Bahlul nima qilyapsiz?
— Qumdan uy quryapman.
— Uni nima qilasiz?
— Kim sotib olsa, uni duo qilaman, Alloh taolo unga jannatdan bir qasr beradi.
Horun ar-Rashid Bahlul Dononing gapiga kulimsirab, o‘tib ketaveribdi.
davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2318&Itemid=1)
Nom: Badnazarlik
Yuborildi: AbdulAziz 15 Avgust 2012, 00:25:59
Badnazarlik

(http://www.ziyouz.com/images/badnazarlik.jpg)

Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy "œHayo va pokdomonlik" kitobida shunday hikoya qiladi:
Payg’ambar s.a.v. aytadilar: "œBegona ayolga qarashlik shayton o’qlarining ichida zaharlanganidir"
(O’q tegib o’ldirmasa-da, zahari albatta qalbni o’ldiradi)
Nomahramga tasodifan birinchi marta nigoh zararli emas, agar uni olib qochilsa. Birinchi qarashda ham unga lazzat bilan qarash haromdir.
Shaytonning eng kuchli qurollaridan biri haromni go’zal qilib ko’rsatishdir. Zero, uzoqdan qaraganda ko’p narsalar go’zal ko’rinadi.
davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2319&Itemid=1)
Nom: Namozda nega xushuʻimiz yoʻq?
Yuborildi: AbdulAziz 15 Avgust 2012, 00:27:06
Namozda nega xushu‘imiz yo‘q?

(http://www.ziyouz.com/images/xushu.jpg)

Rasululloh s.a.v. aytadilar: "œMusulmon kishining nazari biron xushsurat odamga tushsa-yu, Alloh uchun nigohini pastga qaratsa, Alloh taolo unga ibodatning lazzatini nasib qiladi".
Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy aytadi:
"œShogirdlarim ibtidoda zikrdan maza qilganlarini, asta-sekin bu mazaning yo’qolib qolganini aytishdi. Buning sababi esa ularning badnazarlik bilan begona ayollarga ko’zi tushib qolganidir.
Badnazarlikning yana bir ofatlaridan biri rizqning kesilishidir. Muttasil shu dardga yo’liqqan odamning xonadonida baraka qolmaydi.
davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2320&Itemid=1)
Nom: Qalam nega yozmadi?
Yuborildi: AbdulAziz 15 Avgust 2012, 00:28:37
Qalam nega yozmadi?

(http://www.ziyouz.com/images/quran1000.jpg)

1500 ga yaqin kitob yozgan hindistonlik buyuk olim Ashraf Ali Tahonaviy "œBayonul Qur’on" deb nomlangan tafsirni yozayotgan paytlari ayollari u kishiga ish buyuribdi: "œqafasdagi qushga donini berib, so’ng madrasaga keting". Hazrat "œBayonul-Qur’on"ning xayolida ayollarining gapini esdan chiqarib, madrasaga ketaveribdilar.
Shu zotning shogirdlaridan Shafe’ Usmoniy aytadi:
"œAgar bir odamning 1500 ta kitob yozishiga kimki shubha qiladigan bo’lsa, unga ikki gunohkor ko’zim bilan ko’rganimni aytib beray: "œMen Tahonaviyning qalamini qo’li tegmagan holda kitobning ustida aylanib yotganini ko’rganman".
davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2321&Itemid=1)
Nom: 25 bayt uchun jannat kafolati
Yuborildi: AbdulAziz 15 Avgust 2012, 00:29:55
25 bayt uchun jannat kafolati

(http://ziyouz.com/images/stories/1326452091_15)

Payg’ambarimiz SAVning chevaralari, hazrati Husayn r.a.ning o’g’illari Zaynulobidiyn r.a. Madinada yashab turgan paytlarida o’sha paytdagi ummaviy xalifa Hishom ibn Abdulmalik haj ziyoratiga kelibdi. Baytullohga kirarkan, odamlar xalifani tanimasligidan va hojilarning ko’pligidan hech kim unga hajarul asvadga yaqinlashishiga imkon bermabdi. Xalifa Ka’baning yaqiniga ham yo’lolmabdi. Xalifaning a’yonlari unga yuqoriroqdan joy qilib, odamlarni tomosha qilish uchun baland minbar yasab berishibdi. Shu paytda hazrat Zaynulobiddiyn r.a. ziyoratga kiribdilar. Odamlar esa u kishining kelganini ko’rib, Ka’ba tomon yo’l ochib berishibdi. Hishom u zotni tanibdi.
davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2327&Itemid=1)
Nom: Urva ibn Zubayr
Yuborildi: AbdulAziz 15 Avgust 2012, 00:35:15
Urva ibn Zubayr

(http://ziyouz.com/images/stories/1329299759_urva)

Makkai mukarramada 4 nafar yosh bolakaylar - Hazrat Abu Bakr Siddiqning nevaralari Abdulloh ibn Zubayr, Urva ibn Zubayr, Mus’ab ibn Zubayr hamda ummaviylardan Abdulmalik ibn Marvon Baytullohda o’tirib, "œkelinglar, shu yerda bir duo qilishaylik, zero Ka’batullohdagi duolarni Alloh qabul qilar ekan" deb maqsadlarini bayon qilishibdi.
Mus’ab ibn Zubayr aytibdi: "œAlloh menga imkoniyat bersa-yu, Iroqqa hokim bo’lsam..."
Abdulloh ibn Zubayr aytibdi: "œAlloh menga imkoniyat bersa-yu, Makkaga hokim bo’lsam..."
Abdulmalik ibn Marvon aytibdi: "œSizlarning himmatingiz past ekan. Men butun dunyoga xalifa bo’lishni so’rayman".
davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2328&Itemid=1)
Nom: Qizaloqning duosi
Yuborildi: AbdulAziz 15 Avgust 2012, 00:37:16
Qizaloqning duosi

(http://ziyouz.com/images/stories/1334900877_young_muslim)

Domla Hindistoniy hikoya qiladilar:
"œYoshligimda Qur’on tahsil olayotgan paytim edi. Takror qilib o‘tirardim. Menga yaqin joyda, hovuzning bo‘yida yosh bolalar savatda uyda yopilgan non sotishardi. Asr vaqtida hammasi savatini bo‘shatib, uylariga ketishardi. Qarasam, bir qizaloq uyiga ketmay, hovuzning bo‘yida yig‘lab o‘tiribdi. Oldiga borib yig‘lagani sababini so‘radim.
"œSotilgan nonning tangalari solingan hamyonni o‘ynab o‘tirib hovuzga tushirib yubordim. Endi o‘gay onam meni o‘ldiradi. Qanday boraman uyga?"¦" — deb yig‘lardi qizaloq.
davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2331&Itemid=1)
Nom: Otaning himmati. Qalb mamlakati. 3 dirhamlik jannat savdosi
Yuborildi: AbdulAziz 15 Avgust 2012, 00:38:24
Otaning himmati. Qalb mamlakati. 3 dirhamlik jannat savdosi

(http://ziyouz.com/images/stories/1344038616_qalb-h)

Ashraf Ali Tahonaviy aytadilar:
"œDunyoning eng buyuk podshoshi biron mamlakatga bostirib kirsa, avval o’sha davlatning eng kiborlarini xor qilib tashlaydi.
Qalb ham juda keng bir mamlakat. Uning ham ichida Kibr, Baxillik, Harislik, Yomon gumon degan iflos kiborlari bor.
Shu mamlakatga shohlarning Shohi kirib kelsa bormi, ularning hammasi yuvilib ketadi.
Bas, qalbni ziynatlantirish uchun ko’p zikr qiling".
davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2334&Itemid=1)
Nom: Imron ibn Husayn
Yuborildi: AbdulAziz 15 Avgust 2012, 01:26:49
Imron ibn Husayn

(http://ziyouz.com/images/stories/1326451934_Nov17)

Imron taqvodor musulmon edi, qimmatbaho, chiroyli kiyimlar kiyardi. U zohidlik hamma narsadan o‘zini tiyib yashashda emas, balki yurakdadir deb bilardi. Abu Rajo aytadi: "œBir kuni Imron yonimizga biz hech qachon ko‘rmagan chiroyli yopinchiq bilan chiqdi. Shugina yopinchiqning puliga bir qancha kiyim sotib olish mumkin edi. Yaxshi kiyim kiyishini ko‘rib, hayron bo‘lganlarga Rasulullohning "œAgar Alloh bandasiga ne’mat bersa, o‘sha ne’matni bandasida ko‘rishni yaxshi ko‘radi", degan so‘zlari bilan javob qilardi. Imron xossatan namozga eng go‘zal kiyim kiyib kelardi. Bu ishi haqida so‘rashganida esa: "œNega endi yasanmasligim kerak, axir Rabbimning huzurida turibman-ku", derdi.
davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2335&Itemid=1)
Nom: Hazrat Ali ibn Abu Tolib oʻgitlari
Yuborildi: AbdulAziz 15 Avgust 2012, 01:28:06
Hazrat Ali ibn Abu Tolib o‘gitlari

(http://ziyouz.com/images/stories/Hazrati-Umar)

* Ey insonlar! Alloh taoloni ko‘p zikr qiling.  Zero, so‘zlarning eng go‘zali Allohning zikridir.
* Allohning Kitobini o‘rganing, chunki Allohning Kitobi so‘zlarning eng ustunidir. Qur’onga doir bilimlarni egal¬lang, chunki Qur’on qalblarning bahoridir. Qur’on nuridan shifo tilang, chunki Kalomulloh ko‘ksingizdagi kasalliklarga shifodir.
* Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) yo‘lidan boringlar, chunki yo‘llarning eng ustuni shu yo‘ldir.
* Alloh taolodan doimo quvvatli bir imon va vujud sog‘lig‘i so‘rang.
davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2336&Itemid=1)
Nom: Hasan Basriy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Avgust 2012, 01:28:59
Hasan Basriy

(http://ziyouz.com/images/stories/1242)

Bir kuni onamiz Ummu Salama (roziyallohu anho) huzurlariga bir kishi kelib: "Xoyra o‘g‘il ko‘ribdi", dedi. Onamiz (roziyallohu anho) xursand bo‘lib, "Bolani ham, onasini ham olib kelinglar", dedilar. Xoyra Ummu Salamaning suyukli joriyalari edi.
Xoyra bolasini ko‘tarib keldi. Ummu Salama chaqaloqqa Hasan deb ism qo‘ydilar.
Hasanning tug‘ilishi Zayd ibn Sobitning (roziyallohu anhu) xonadoniga ham shodlik keltirdi. Chunki bolaning otasi Zayd ibn Sobitning (roziyallohu anhu) Yassor ismli xizmatkori edi.
davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2337&Itemid=1)
Nom: Ulamolar Imomi A’zam haqlarida
Yuborildi: AbdulAziz 15 Avgust 2012, 01:59:41
Ulamolar Imomi A’zam haqlarida

(http://ziyouz.com/images/stories/ramadan)

Ahli sunna va jamoa mazhabi imomlaridan eng ulug‘i, Islom millatining faqihi Imom Abu Hanifa hijratning saksoninchi yili Iroqning Kufa shahrida tug‘ilganlar. Bir necha sahoba bilan suhbatdosh bo‘lganlari, xususan, Anas ibn Molikni (roziyallohu anhu) va yana yetti-sakkiz nafar sahobani ko‘rganlari rivoyat qilinadi. Imomi A’zam ulug‘ chashmalardan — Payg‘ambarimizni (alayhissalom) ko‘rgan kishilardan bahra olgan zotdirlar. Rivoyatlarda yana Abu Hanifa tobeinlardan to‘rt ming kishidan dars olganlari va shuncha sanoqdagi odam u kishidan dars olib, olim bo‘lib yetishgani aytiladi.
davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2339&Itemid=1)
Nom: Re: Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 15 Avgust 2012, 02:01:06
Yangi maqolalar