forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy media => Mavzu boshlandi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:18:59

Nom: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:18:59
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Ushbu mavzuda Qur'oni karim oyatlari tushirilgan ibratli rasmlarni berib boramiz.
Ushbu rasmlar www.ayetler.com saytidan olindi.
O'zbekcha tarjimasi - Alovuddin Mansurga tegishli.
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:19:48
(http://ayetler.com/data/link/FATiHA/images/FATiHA%20Suresi_jpg.jpg)

1. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

2-3-4. Hamdu sano butun olamlar Xojasi, Mehribon va Rahmli, jazo (qiyomat) kunining Egasi — Podshohi bo‘lmish Alloh uchundir.

5. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina madad so‘raymiz.

6-7. Bizlarni, g‘azabga duchor bo‘lmagan va haq yo‘ldan toymagan zotlarga in’om qilgan yo‘ling bo‘lmish — To‘g‘ri yo‘lga yo‘llagaysan.

Fotiha surasi
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:20:05
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/bakara%2011-12.jpg)

10. Ularning dillarida maraz bor edi, bas Alloh marazlarini yanada ziyoda qildi. Ular uchun qilgan yolg‘onlari sabab alamli azob bordir.

11. Ularga: «Yer yuzida buzg‘unchilik qilmanglar», deyilsa, «Biz isloh qiluvchilarmiz», deydilar.

Baqara surasi, 10-11-oyatlar
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:20:25
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/bakara%2021.jpg)

21. Ey insonlar, sizlarni va sizlardan ilgari o‘tganlarni taqvo egalari bo‘lishingiz uchun yaratgan Parvardigoringizga ibodat qilingiz.

Baqara surasi, 21-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:20:42
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/bakara%2028.jpg)

28. O’lik tanangizga jon bergan, keyin o‘lim beradigan, so‘ngra yana tiriltirganidan keyin O’ziga qaytajagingiz — Allohni qanday inkor qilasiz-a?

Baqara surasi, 28-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:21:03
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/Bakara%2049_jpg.jpg)

49. Sizlarni og‘ir azoblar bilan qiynagan, o‘g‘illaringizni so‘yib, xotinlaringizni tirik qoldirayotgan Fir’avn odamlaridan qutqarganimizni eslanglar. Ana o‘sha ishlarda Parvardigoringiz tomonidan buyuk sinov bordir.

Baqara surasi, 49-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:21:33
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/BAKARA%2074_jpg.jpg)

74. So‘ngra — shunday mo‘‘jizalarni ko‘rgandan keyin ham dillaringiz qotdi. Bas, u dillar tosh kabidir yoki undan-da qattiqroqdir. Zero, shunday toshlar borki, ulardan daryolar otilib chiqadi, yana shundaylari borki, yorilib, ichidan suv chiqadi, yana shundaylari ham borki, Allohdan qo‘rqqanidan pastga qulaydi. Alloh qilayotgan amallaringdan g‘ofil emasdir.

Baqara surasi, 74-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:22:51
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/bakara%2079.jpg)

79. O’z qo‘llari bilan kitob yozib, so‘ngra ozgina qiymatga sotish uchun: «Bu kitob Alloh huzuridan keldi», deydigan kimsalarga halokat bo‘lg‘ay, bas, yozgan narsalari ularga xalokat bo‘lg‘ay, topgan foydalari ularga halokat bo‘lg‘ay.

Baqara surasi, 79-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:23:19
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/bakara%2092.jpg)

92. Muso sizlarga ochiq xujjatlar keltirganidan keyin o‘zlaringizga zulm qilgan holingizda uning ketidan buzoqqa sig‘indingiz?

Baqara surasi, 92-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:23:38
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/bakara%20110.jpg)

110. Namozni to‘kis ado qiling va zakotni bering! O’zingiz uchun nima yaxshilik qilgan bo‘lsangiz, uni Alloh huzurida topajaksiz. Shubhasiz Alloh qilgan amallaringizni ko‘rib turguvchidir.

Baqara surasi, 110-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:24:00
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/bakara%20114.jpg)

114. Allohning masjidlarini ularda Alloh ismi zikr qilinishidan to‘sadigan va ularni xarob qilish harakatida yuradigan kimsalardan ham zolimroq kim bor? Axir bu kimsalar uchun unday joylarga faqat qo‘rqqan hollarda kirish joiz edi-ku. Ular uchun bu dunyoda rasvolik, oxiratda esa buyuk azob bordir.

Baqara surasi, 114-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:24:55
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/bakara%20120.jpg)

120. Yahudiy va nasroniylar ularning diniga kirmaguningizcha hargiz sizdan rozi bo‘lmaydilar. Ayting: «Allohning yo‘ligina haqiqiy yo‘ldir». Qasamki, agar sizga qelgan haqiqiy bilimdan keyin ularning nafs-havolariga ergashsangiz, Alloh tarafidan sizga na bir do‘st va na bir yordam berguvchi bo‘lmaydi.

Baqara surasi, 120-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:25:53
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/bakara%20121.jpg)

121. Biz kitob (ya’ni Tavrot, Injil) ato etgan zotlar orasida uni to‘g‘ri tilovat qiladigan kishilar ham bordirki, ana o‘shalar (Qur’onga) iymon keltirurlar. Va kimda-kim unga (Qur’onga) kofir bo‘lsa, o‘shalar ziyon ko‘rguvchilardir.

Baqara surasi, 121-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:26:21
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/BAKARA%20138_jpg.jpg)

138. Allohning rangi-la (ranginmiz).
Allohdan ham go‘zalroq rang berguvchi bormi? Bizlar ungagina ibodat qilguvchilarmiz.

Baqara surasi, 138-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:26:45
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/bakara%20153.jpg)

153. Ey mo‘minlar, sabr qilish va namoz o‘qish bilan (Mendan) madad so‘ranglar! Albatta Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir.

Baqara surasi, 153-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:30:21
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/BAKARA%20154_jpg.jpg)

154. Va Alloh yo‘lida halok bo‘lgan shahidlar haqida: «Bular o‘liklar», demangiz! Yo‘q, ular tiriklardir, lekin sizlar sszmaysizlar.

Baqara surasi, 154-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:30:31
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/bakara%20165.jpg)

165. Odamlar orasida shunday kimsalar borki, ular o‘zgalarni Allohga teng bilib, ularni Allohni sevgandek sevadilar. Iymonli kishilarning Allohga bo‘lgan muhabbatlari qattiqroqdir. Bunday zolimlar azobga ro‘baro‘ bo‘ladigan zamonlarida (qiyomat kunida) butun kuch-qudrat Allohniki bo‘lishini va Allohning azobi qattiq azob ekanini bilsalar edi.

Baqara surasi, 165-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:31:10
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/bakara%20185.jpg)

185. (U sanoqli kunlar) Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat bo‘lib va hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari bo‘lib Qur’on nozil qilingan. Bas, sizlardan kim bu oyga hozir bo‘lsa, ro‘za tutsin. Va kim xasta yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tutolmagan kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda (tuzalgach yoki safardan qaytgach) tutadi. Alloh sizlarga yengillikni istaydi, sizlarga og‘ir bo‘lishini istamaydi. Bu sanoqni to‘ldirishingiz va hidoyat qilgani sababli Allohni ulug‘lashingiz uchundir. Shoyad shukr qilsangiz.

Baqara surasi, 185-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:31:55
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/bakara%20193.jpg)

193. To fitna tugab, butun din Alloh uchun bo‘lgunga qadar ular bilan urushingiz! Endi agar to‘xtasalar, u holda sizlar ham to‘xtangiz! Zero, faqat zolimlarga qarshi dushmanlik qilish mumkin.

Baqara surasi, 193-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:32:30
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/BAKARA%20212_jpg.jpg)

212. Kufr yo‘lini tutgan kimsalar uchun bu hayoti dunyo chiroyli qilindi. Ular iymon egalarining ustlaridan kuladilar. Holbuki, qiyomat kunida taqvodor kishilar ulardan balanddir. Alloh o‘zi istagan kishilarga hisobsiz rizq beradi.

Baqara surasi, 212-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:33:31
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/BAKARA%20243_jpg.jpg)

243. O’limdan (ya’ni vaboga yo‘liqishdan) qochib, o‘z diyorlaridan chiqqan minglarcha kishining holi-xabarini bilmadingizmi? Bas, Alloh ularga «O’linglar!» — dedi. (Va ular o‘ldilar. Ya’ni o‘limning sababi kasallik emas, balki Allohning amridir). So‘ngra ularga hayot ato qildi. Albatta Alloh odamlarga fazlu karam qilguvchidir. Lekin juda ko‘p odamlar shukr qilmaydilar.

Baqara surasi, 243-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:33:56
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/BAKARA%20255_jpg.jpg)

255. Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q. Faqat Uning o‘zi bordir. U tirik va abadiy turguvchidir. Uni na mudroq, na uyqu olmaydi. Samovot va yerdagi bor narsalar Uningdir. Uning huzurida hech kim (birovni) Uning iznisiz oqlay olmaydi. U ularning (barcha odamlarning) oldilaridagi va orqalaridagi bor narsani biladi. Va ular U zotning ilmidan faqat O’zi istagan narsalarnigina biladilar. Uning arshi-kursisi osmonlar va yerdan kengdir. Va uni osmonlar va yerni hifzu himoyatda saqlab turish qiynamaydi. U eng yuksak va buyukdir.

Baqara surasi, 255-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:35:09
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/bakara%20257.jpg)

257. Alloh mo‘minlarning do‘stidir. Ularni qorong‘u zulmatlardan yorug‘lik — nurga chiqaradi. Kofirlarning do‘stlari esa shaytonlardir. Ular kofirlarni yorug‘lik-nurdan qorong‘u-zulmatlarga chiqaradilar. Ana o‘shalar jahannam egalaridir va unda abadiy qolajaklar.

Baqara surasi, 257-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:35:32
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/bakara%20261.jpg)

261. Alloh yo‘lida mollarini infoq-ehson qiladigan kishilarning misoli xuddi har bir boshog‘ida yuztadan doni bo‘lgan yettita boshoqni undirib chiqargan bir dona donga o‘xshaydi. (Ya’ni, qilingan bir yaxshilik yetti yuz barobar bo‘lib qaytishiga ishora qilinmoqda.) Alloh istagan kishilariga, bir necha barobar qilib beradi. Alloh (fazlu karami) keng, bilguvchidir.

Baqara surasi, 261-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:35:51
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/BAKARA%20262_jpg.jpg)

262. Mollarini Alloh yo‘lida sarflab, so‘ngra bergan narsalaricha minnat va ozorni ergashtirmaydigan zotlar uchun Parvardigorlari huzurida ulug‘ ajr bordir. Ular uchun hech qanday xavfu xatar yo‘q va ular g‘amgin bo‘lmaydilar.

Baqara surasi, 262-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:36:08
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/BAKARA%20263_jpg.jpg)

263. Yaxshi gap va kechirish — ketidan ozor keladigan sadaqadan yaxshiroq. Alloh behojat va haliymdir.

Baqara surasi, 263-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:37:07
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/BAKARA%20271_jpg.jpg)

271. Agar sadaqalarni oshkora holda bersangiz, juda yaxshi. Va agar maxfiy qilib, faqir-kambag‘allarga bersangiz — bu o‘zingiz uchun yanada yaxshiroqdir. Va qilgan gunohlaringizga kafforat bo‘ladi. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.

Baqara surasi, 271-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:38:58
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/BAKARA%20274_jpg.jpg)

274. Mol-dunyolarini kechayu kunduz, yashirin va oshkora ehson qiladigan zotlar uchun Parvardigorlarining huzurida ulug‘ ajr bor. Ular uchun hech qanday xavfu xatar yo‘q va ular g‘amgin bo‘lmaydilar.

Baqara surasi. 274-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:39:43
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/BAKARA%20276_jpg.jpg)

276. Alloh sudxo‘rlikning (foydasini) yo‘q qiladi va sadaqalarning (foydasini) ziyoda qiladi. Alloh har qanday (sudxo‘rlikni halol deb biladigan) ko‘rnamakni va (sudxo‘rlik qiladigan) jinoyatchini sevmaydi.

Baqara surasi. 276-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:41:19
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/BAKARA%20277_jpg.jpg)

277. Albatta iymon keltirgan, yaxshi amallar qilgan va namozni to‘kis ado qilib, zakotni bergan zotlar uchun Parvardigorlari huzurida ajr bor. Ular uchun hech qanday xavf-xatar yo‘q va ular g‘amgin bo‘lmaydilar.

Baqara surasi. 277-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:42:40
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/BAKARA%20280_jpg.jpg)

280. Agar (qarzdor) nochor bo‘lsa, boyiguncha kuting! Agar bilsangizlar (bergan qarzingizni) sadaqa qilib yuborishingiz o‘zingiz uchun yaxshiroqdir.

Baqara surasi. 280-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: Muhammad 17 Iyun 2006, 11:43:21
(http://ayetler.com/data/link/BAKARA/images/BAKARA%20281_jpg.jpg)

281. Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo‘rqingiz! So‘ngra har bir jonga qilgan amali uchun to‘la jazo beriladi va hech kimga zulm qilinmaydi.

Baqara surasi. 281-oyat
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: ZUBAIR 02 Yanvar 2009, 16:16:52
(http://www.ayetler.com/data/link/TEVBE/images/tevbe%2030.jpg)

Yahudiylar: "Uzayr - Allohning o'g'li", - dedilar, nasroniylar: "(Iso) Masih - Allohning o'g'li", - dedilar. Bu ularning og'izlaridagi (botil) gaplaridir. (Bu gaplari) xuddi avvalgi kofir bo'lganlarning gapiga o'xshaydi. Alloh ursin ularni! Qayoqqa og'ib ketmoqdalar?!   

Tavba surasi-30-oyat.
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: ZUBAIR 02 Yanvar 2009, 16:18:37
(http://www.ayetler.com/data/link/TEVBE/images/tevbe%2034.jpg)

Ey, imon keltirganlar! (Nasroniy) din peshvolari va rohiblarning ko'pchiligi odamlarning mollarini nohaqlik bilan yeydilar va (odamlarni) Alloh yo'lidan to'sadilar. Oltin va kumushlarni kon (maxfiy xazina) qilib olib, ularni Alloh yo'lida sarf qilmaydiganlarga alamli azob "xushxabari"ni bering!   

Tavba surasi 34-oyat.
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: ZUBAIR 02 Yanvar 2009, 16:22:39
(http://www.ayetler.com/data/link/TEVBE/images/TEVBE%2031_jpg.jpg)

(Ular) Allohni qo'yib, o'zlarining donishmandlari va rohiblarini hamda Masih ibn Maryamni rabb (iloh) qilib oldilar. Vaholanki, Yolg'iz Allohgagina ibodat qilishga buyurilgan edilar. Undan o'zga iloh yo'q! (Ularning) keltirgan shirklaridan U pokdir.   

Tavba surasi 31-oyat.
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: zuhrahon 02 Yanvar 2009, 17:20:42
<Mo'min  va  mo'minallar  bir  birlariga  do'stdirllar.Ullar  yaxshilkkka  buyuradillar,yomonlikdan  to'xtadadillar>
(Tavba  surasi, 71-oyat)
Nom: Re: Qur'oni karim oyatlari rasmlarda
Yuborildi: zuhrahon 02 Yanvar 2009, 17:29:09
<Ey  mo'minllar,sizlarning  ichingizdan  kimda  -kim  dindan  qaytsa,Allox  boshqa  bir  qavmni  keltirurkiy,Allox  ullarni  yaxshi  ko'rur,ullar  Alloxni  yaxshi  ko'rurlar.Ullar  mo'minlarga  xokisor,kofirlarga  esa  qattiqo'l,biron  malomatgoyning  malomatidan  qo'rqmay,Allox  yo'lida  kurashadigan  kishillardir.Bu  Alloxning  fazlu  marxamati  bo'lib,o'zi  xoxlagan  kishillarga  berur.Allox  fazlu  karami  keng,bilguvchidir.>
(Moyida  surasi,  54  oyat)