forum.ziyouz.com

Kutubxona => O'zbek adabiyoti => O'zbek nasri => Mavzu boshlandi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:44:02

Nom: Murod Mansur. Judolik diyori (2-kitob)
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:44:02
Murod Mansur. Judolik diyori (2-kitob)

(http://www.ziyouz.com/images/books/murod_mansur_judolik_2.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=1307)

Muallif: Murod Mansur
Hajmi: 4,10 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=1307)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1634.0)
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:44:16
Murod Mansur

JUDOLIK DIYORI


ARMONLAR DIYORI

Judolik diyori...
Armonlar diyori...
Sog‘inchlar diyori...
Vatandagi vatansizlarning unsiz faryodlari.
Ardoqli adibimiz Murod Mansurning yangi asarlarini shunday sifatlasak ham bo‘lar. Mazkur asarning birinchi kitobi bilan adibiyot muhiblari tanishlar. Adibning ko‘p yillik mehnatlari samara berib, ikkinchi kitob ham yozildi. Xalqimizning yaqin o‘tmishdagi armonlari, unsiz faryodlari yozuvchining qalbini larzaga solib, so‘ng qog‘ozga ko‘chdi. Umid shulki, bu unsiz faryodlar siz — muhtaram kitobxonni ham befarq qoldirmas. Yozuvchining yuragini titratgan voqealar katta avlod xotiralarini uyg‘otishi tabiiy. Yosh avlodga esa tariximizning bu sahifalari ertak kabi tuyulsa ajab emas. Xalq boshiga shunchalar tashvishlar tushishi mumkinligini ular hali his etolmasalar kerak.
... Oliy o‘quv yurti talabalari bilan bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng bir qiz yaqinlashib, savol berdi: «Siz istiqlolning buyuk ne’matligini aytdingiz, lekin ayrim kattalar «avvalgi zamon yaxshi edi», deyishadi. Kimning gapi to‘g‘ri? Qaysi gaplarga ishonishimiz kerak?» Toliba va uning tengdoshlari biz — katta avlodga shunday savol berishga haqli. Chunki o‘tmishni qo‘msab qoladigan qorin bandalarining bunday gaplarini ba’zi-ba’zida biz ham eshitib qolamiz. Ajablanamiz: «Kechagi kunning nimasi yaxshi bo‘lgan ekan? To‘g‘ri, o‘sha o‘tmish — bizniki. Uni qoralash, loy chapish ongsizlik belgisi. Lekin avvalgi jamiyatning qora kunlaridan ko‘z yummoqlik ham adolatdan emas. Begunoh otilganlarning, sovuq sibiriyaning o‘rmonlarida jasadlari qolib ketgan ajdodlarning, Vatan sog‘inchida ko‘z yoshlari emas, qon yoshlari to‘kib, armon-la vafot topganlarning ruhlari oldida nima deb javob beramiz? Kechagi o‘tmishni «to‘qlik zamoni» deb hisoblovchilar ocharchilik yillarida bir burda nonga zor ravishda ko‘chalarda o‘lib qolganlarning ruhi oldida nima deb javob berar ekanlar?..»
Uchrashuvlarda ko‘p qatori bizga ana shunday turli savollar berishadi. Dam jiddiy, dam hazil ohangida javob qaytaramiz va bu savollarning aksari yoddan ko‘tariladi. Lekin bu qizning savoli esa unutiladigan xilidan emasdi. Biroq, Murodjon akaning asarlarini o‘qish jarayonida ham bu savol bot-bot qulog‘im ostida jarangladi va o‘sha talabchan singlimizga shu kitob orqali xayolan javob berganday bo‘laverdim.
Fasllardan biriga «oltin kuz» deb ta’rif beramiz. 1991 yilning kuzi vatanimiz tarixidagi oltin davrni boshlab berdi, desak yanglishmaymiz. Men o‘sha oylari ota yurt tuprog‘ini o‘pishni eng ulug‘ saodat deb bilib, Xudoga shukrlar qilgan vatandoshlarimiz ko‘zlaridagi yoshni unuta olmayman. Shulardan biri aytgan edi: «Dadam jon berar vaqtlarida dedilarki: «Bolam, men senga boylik meros qoldirmayapman, men senga Vatan sog‘inchini, hijronni meros qoldiryapman. Yurt ozod bo‘lgan daqiqadayoq qanot chiqarib uch, agar uzoqda esang-da, ikki ummonni suzib o‘tsang-da, bor-da, men uchun ham Vatan tufrog‘ini o‘p, men uchun ham bu muqaddas tufroqni ko‘zlaringga surt...»
«Arining zahrini chekmagan bolning qadrini na bilsin», deganlaricha bor...
Istiqlol bergan ne’matlardan yana biri — ana o‘sha armonlar kitoblarga ko‘chdi. «Judolik diyori» o‘sha armonlarning bir qismi, lahzasi xalos. Yozuvchi 1966 yilgi Toshkent zilzilasi bahonasida buzilgan uylarni, xarob qilingan bog‘larni, loyqalangan an-horni bejiz tasvirlamaydi. Odamlarni serfayz bog‘lardan ko‘chirilishi bayonida ramziy ma’no bor. Sovet mafkurasi bu holatni «Lenincha xalqlar do‘stligi tantanasi», deb ta’riflagani bilan aslida bu ham yigirmanchi-o‘ttizinchi yillardagi zulmning boshqa libosda ko‘rinishi, mantiqiy davomi edi. Yozuvchining kechinmalari faqat o‘ziga xos emas, bu — xalqning tilga ko‘chmagan iztiroblaridir. Sultonmurod va Mahfuzaning  taqdiri — ayriliqlarning siyoh bilan emas, ko‘z yoshlari bilan bitilgan bayoni. Yodgor — ularning farzandlari — kelajakka bo‘lgan umid. Ilhom sut-   chi — bu dunyo hoyu havaslaridan yuz o‘girgan odam. U kurashchi emas, u umid ham emas, lekin undagi pok-likka havas qilmoq mumkin. Hoziq to‘ra — yorug‘ kelajak umidiga ishonch. Parpi bebaxt — gunohlar uchun ajrning naqdligi. Uning tuzalishi zulmning abadiy emasligiga ishora.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:44:25
Asardagi bu kabi ramziy ma’nolar o‘quvchini fikr-lashga da’vat etadi. Kitobxonlar yozuvchilar bilan uchrashganlarida «asaringizdagi falon qahramon hayotda bo‘lganmi?» deb so‘rashadi. «Judolik diyori»ni o‘qiganlarda ham, shubhasiz, shu savol uyg‘onar. Maktabdagi adabiyot darslarida «prototip» degan tushuncha haqida ko‘p gapirilgani uchun ham bunday savollar tug‘iladi. Aslida yozuvchi hech bir qahramonini hayotdan to‘laligacha ko‘chirib olmaydi. Adabiyotda «prototip» bilan birga «umumlashtirish» degan tushuncha ham bor. Aytaylik, mazkur asardagi Parpi bebaxtning qaroqchiligi bir odamdan olinsa, uning to‘g‘ri yo‘lga o‘tishi boshqa bir odamning fazilatidan olingan bo‘ladi. Hoziq to‘ra ham kechagi tariximizda o‘tgan ulug‘lardan birini eslatar, lekin u ham hayotda o‘tgan birgina odamning to‘la tasviri emas. Bir necha yaxshilarning fazilatlari yozuvchi tahlilidan o‘tib, xayoloti chashmasidan bahramand bo‘lgach, yuzaga kelgan qahramonlardan biri. Ayrim olimlarimiz bularni «to‘qima obraz» ham deyishadi. Bu atamani «Judolik diyori»ga to‘la tadbiq eta olmaymiz. Shunday desak, asarning ishontirish quvvatiga putur yetkazgan bo‘lamiz. Ro-man — hayotiy voqealarning umumlashtirilgan bayonidir, deyilsa haqiqatga muvofiqdir.
Mazkur asar garchi, kechagi kunimiz haqida bo‘lsa-da, u bugungi kunimiz uchun xizmat qiladi. O‘tmish zamonni qo‘msaganlar bu kitobni o‘qisalar, fikrlarini o‘zgartirarlar. Menga savol bergan singlimiz esa javobni shu kitobdan olsalar ajab emas.
 Tohir MALIK
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:44:48
IZN ISTAB...

Avvalo: Bismillahir rohmanir rohiym
So‘ngra: Judolik diyorida kechgan bu tarixning davomi va uni Alloh qodir etganicha yozganimiz xususida. Umidim bor, shoyad Alloh chiroyli etsa.

«Qissalarning go‘zali Qur’on qissalaridir», to abad tildan tushmagay. Qolganlari unutilib, alal-oqibat yo‘qolishga, o‘chishga mahkum. Ular qusurli bandaning qusurli so‘zi, bitigi, xolos. Faqat... faqat shular orasida Alloh taborak va taolo O‘zi izn berib, jindek yuqtirganlari, O‘zi xush ko‘rib, ixlos to‘nini yopgan va qabul bezaklari ila bezab, kam-ko‘stini to‘ldirganlari ham borki, ana o‘shalar yashab qoluvi, o‘qiganlarga har gal chiroyli ko‘rinuvi va to qiyomatga qadar mo‘minlarning qo‘lidan tushmasligi mumkin.
Demak, Alloh azza va jallaga xush keladurgan bir nimalar bitmak mumkin?..
Axir, mehr-muruvvat, silai rahm, yetimlarning boshini silamoq singari chiroyli amallar, shahidlik sharobini totmog‘u hidoyat topmoqqa o‘xshash go‘zal           ajrlar hali tugab bitmagan. Bu haqida qancha go‘zal rivoyatu qissayu tarixlar mavjud. Nafas yutmay eshitganmiz ularni. Qolaversa, eng mushkul damlarda diniyu iymonini kaftida laxcha cho‘g‘day tutib, tog‘-toshlarga chiqib ketgan, o‘z diyorlaridan hijrat etganlarning Alloh subhonahu va taologa ham xush kelguvchi judolik tarixlari-chi?!.
Bilmam, notavon ko‘nglimga qachon, qaydan ilashdi bu havas, judolik diyori tarixining ilk kitobini yozib tugatib ham taskin topmadim. Bitganlarim ayriliq qo‘shig‘ining debochasi, xolos edi go‘yo. Hali oldinda zo‘r imtihonlar, saragu puchakka ajralishlar turgandek edi. Kimga jahon ahli ayollari havas etsa arzigulik sabri jamiil, kimga shahidlik martabasi ato etiluvi mumkindek, kecha jaholat va razolat dunyo-sida zo‘r sanalib yurganlar esa nihoyati bir qoqiluv ila adolat tarafga yuz beruvi, hidoyat topmog‘i mumkindek edi, vallohi a’lam.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:45:04
Shundan beri o‘zimni bu yumushga chog‘lar edim. Tungi duolarimu tonggi iltijolarimda so‘rardim. Haftalab, oylab «tirnoq»lab bir nimalar topgan-jamlagandek bo‘lardimu... o‘shal qayg‘uli qissa tasavvurimda munglig‘ ertakdek jonlanib kelib, uni birovdan qizg‘ongandek, xuddi uch-ketini yo‘qotib qo‘yadigandek shoshib-entikib yoza ketardim. Ammo nadomatlar bo‘lsinkim, bu hol bir oy va yo undan ortiqqa cho‘zilmay yana aro yo‘lga kirib, qayon borarini bilmagan musofirdek turib qolardim. Ich-ichimdan sezib turibman, nimadir monelik qilyapti. Nima qilsam, tizginni qo‘lga olaman? Yana o‘sha samimiyat, o‘sha yoniq hislar, shirin bir titroq qayta mehmon bo‘lib keladi — bilmasdim, bilolmasdim.
Axiyri topdim! Yolg‘iz O‘zidan so‘ramoq lozim ekan. Murod doram — umidim bor, deb iltijo etsang, albatta, baroyad, yo rab — iloyo, yetgin, javobi berilgusi ekan!
Bilasiz, «Judolik diyori»ning birinchi kitobida chin ko‘klamni sog‘ingan bog‘lar misoli aldamchi nasimlarga uchib qolgan qavmim judoliklaridan hikoya etgan edim, endi esa, uning najoti uchun bosh tikib chiqqan bir hovuch kishilar — botir akalarimizning alamli qissalarini davom ettirmoqqa yo‘l izlab, izn istardim.
Akalarimizni jindek bo‘lsa-da, taniysiz. Eshitgansiz ular haqda. Ular o‘z yurtlariga sig‘mab edilar. Ular iymonlarini qutqarmoq-chun eng ayamli narsalari — moli, holi, jigarlaridan ayrilib, vatanlaridan judo bo‘lib, bo‘lak diyorlarga bosh olib ketmish edilar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:45:23
Ana o‘shal hijrat yurti — Tangritog‘ tomonlarda Dorilamon bir diyor qurib, uni maskan tutmoq-chun kurashgan o‘sha boturlar qissasi mana, necha yildirki, og‘izdan-og‘izga, nasldan naslga ertakday ko‘chib kelmoqda. Zabt etilmagan iymon qal’asiyu halovat diyori misol, hijron qo‘shig‘i kabi!..
Yo, qodir Alloh! O‘zing izn ber, shul qo‘shiqning davomini yozmog‘imga, Ijozat et, Vataniyu dinini deb tog‘larga chiqib ketgan, iymonini asrab qololgan birodarlarim qissasini bu yoqda qolganlarga yetkazmagimga. Samimiyatlar ato etib, ilhomu kushoyishlar ber, avvalo O‘zingga, qolaversa, jumla mo‘minga manzur bo‘larli bir nima bitmagimga. Uni O‘zing mumtoz et. Suyukli qil. To qiyomat qadar yashab qolguvchi asarlar jumlasiga qo‘sh.
Hasbiyallohu va ne’mal vakil — O‘zingga tavakkul aylab, rahmat oyi — Mohi ramazon ichi boshladim va bu tarixni o‘qigan nasllarga sening hidoyatingni sog‘inib, kitobning bu qismini «Najot farishtasi» deb atab, yozilajak uchinchi kitobini «Rushdi hidoyat» deb belgiladim. Iloho, nihoyasiga adashmay oson yetmagimga O‘zing musharraflar aylagaysan. Omin ya Robbil olamiyn.

MUALLIF
Ramazoni sharifning beshinchi kunlari.
Toshkent, fazilatli «Qoziguzar» mahallasi
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:45:50
JINDEK IZOH:

Asarning avvalini o‘qib, davomini kutmoqda bo‘lgan aziz o‘quvchilarimga ma’lum bo‘lsinkim, Sultonmurod va Mahfuza tarixining judolik yurtiga tegishli qismini avvalgidek Maqsud hikoya qilib, o‘rtadagi vo-qealarni Alloh izn berganicha o‘zim to‘ldirib bormoqni ixtiyor etdim.
Alloh o‘zi bu murobitlarni hammamizga suyukli etib, o‘qiganlar qalbiga rushdi hidoyatini solsin. Uni bitmagimga ilhom bergan va shoshtirgan narsani ham aytib qo‘ya qolay.
Bu Alixonto‘ram Sog‘uniy janoblarining bir og‘iz kalomlari — «Ey bor Xudoyo, agar menga jannatingdan nasib etgan bo‘lsang, boturlarimsiz kirgizmagil», degan duolari bo‘ldi.
Farishtalar omin degan bo‘lsin. Omin ya Robbil olamiyn.

Murod MANSUR,
1 mart, 1999 yil
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:46:28
B i r i n ch i  b o‘ l i m

O‘SHA BIRAVNING MAHFUZASI

I. KIMNING ERKASISIZ, YODGORMUROD?

Mezbonqog‘oz jimitdekkina-yu, juda bejirim edi.
Yozuvlari ham bir boshqacha, ishqilib mening tishim o‘tmaydurgan bir imloda edi. Men bunaqasini umrim bino bo‘lib, endi ko‘rib turardim.
Tavba, Chaman aka shunaqa zo‘r odam bo‘lib ketgan ekanmi — xorijlarga chiqadurgan, chet elliklar bilan bordi-keldilar qiladurgan?! Uzoq-uzoq yo‘q bo‘lib ketishi... shundanmikan?
Ammo tashrif qog‘ozini o‘ngarib,  quvonib ketdim. Bu yog‘i — o‘zbekona edi: Janob Chaman Ubaydulloh o‘g‘li. Manzil-mavozemiz: Toshkandi azim, Qumloq mavze, 17-Zarqaynar ko‘cha (Kalkovuz yoqalab o‘tgaysiz), 58. Telefunumiz... va hokazo.
Ol-a! Ko‘zimni bog‘lab qo‘ysalar, topib borarman! Talabalik yillarim qaerda turibman?! Kechalari dars qilib o‘tirib, uyqu bosib kelganida Kalkovuzga sho‘ng‘ib-sho‘ng‘ib olishlarimiz yodimga tushib ketgan             edi. O‘sha yerda turib, Chaman akani uchratmagan ekanmanmi?
Ertasiga ishga o‘tiboq sim qoqishga tushdim. Ammo men ko‘zga to‘tiyo etib, terayotgan raqamlarim hech ulanmasdi. Axiyri ishga unnab, chalg‘ib ketibman. Indiniga bir qistalang topshiriq bilan Andijonga jo‘natib yuborishdiyu shu bilan yoddan ko‘tarilibdi. Chaman aka shu haftaning ichi qidirib topsin, deb tayinlagani ham bir bo‘pti, mening alahsiganim ham...
Shanba kuni hamma yumushlarni yig‘ishtirib, izlashga tushdim. Bu safar qo‘ng‘irog‘im ulana qolib, telefonni shirintoygina bolakay ko‘tardi;
— Aluyo, Siz kim bo‘lutsiz? — derdi u shirin bir tilda jovurlab.
— Sen tanimaysan, — dedim.
U bolalarcha ijikiladi:
— Nega tanumaskanman?
— Chunki ko‘rmagansan-da, — dedim. U gaplashgan saring gaplashging keladigan — yoqimtoy edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:46:37
— Hich kelmaganmusiz? — dedi u erkalanib.
— Yo‘q, okovsi, bormaganman.
— Unda qaerdan bilutsiz telufunimiznu?
— Bilaman-da...
— Ha-a, aldoqchi, bilarkansiz-ku...
— Unda nima deyish kerak?
— Undamu?.. Xassalomu alaykum, — dedi u qarz salomini eslab.
— Vallaykum assalom! Kat-to yigit bo‘ling, — dedim men erib. — Otingiz nima edi, toy bola?
— Manimu? — dedi u teng ko‘rib gaplashayotganimdan tantiqlanib. — Manu otum...
— Xo‘sh?
— Otum o-ot, — dedi kutilmaganda tegajog‘lanib.
— Yilingiz toychoq! — dedim men ham.
U qiqirlab kuldi va gaplashgichni tushirib yuborib, bir nimalar taraqlab ketdi. Bola uni ola, «fuf-fuf»ladi:
— Aluyo, kechiras, tushub kettu. Eshitopsizmu?
— Sinmadimi, ishqilib?
— Yo‘q, sinmaptu.
— Xayriyat. Ehtiyot bo‘ling-da, toy bola.
— Xo‘p bo‘ladu, — dedi u odob bilan. Nimagadir u ba’zan-ba’zan «bo‘ladu-keladu»lab qolar edi1.
Men so‘rashimni qo‘ymasdim:
— Otingizni aytmadingiz-ku, toy bola?
— Manmu?
— Ha-da.
— Manu otum, — dedi u dona-dona qilib, — Yod-gor-muro-od. (U erkalanib, boshini bir chiroyli burib qo‘yganini... yaqqol tasavvur etdim.)
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:46:47
— O‘-ho‘, zo‘r-ku, Chiroyliykan! — dedim besh ketib.
— Siznuki-chi? — dedi u qiziqib.
— Meniki Maqsud.
— Siznukiyam chiroyluykan, — dedi havasi ke- lib. — Siz biznukiga hicham kelmaganmusiz?
Borganman, deya qolsamu... ana, kelganakansiz-kelganakansiz, deb sakrab-quvnay ketsa! Bo‘ladi-ku, shunaqa bolalar: birpasda elakishib, sirachdek yopishib oladigan...
— Yo‘q, og‘ayni. Xudo xohlasa, endi boraman, — dedim uni sevintirgim kelib. — Boravuraymi?
— Kelung-kelung-kelung! — deb o‘ynoqladi u.
— Kim bor? Yolg‘iz o‘zing zeriki-ib o‘tiribsanmi?
— Buvijon borlar, opoqum borlar. Chaqiraymu opoqumlarni? — u shoshib qolganidan gaplashgichni tashlab, tashqariga chopdi. — Opoqu! Asal opoqu! Amaqum chaqiroptula.
Ana, xolos! Halitdan amaki ham bo‘lib qoldim! Men miyig‘imda kulib, uni o‘ylardim: kim ekan, bu shirintoy? Chaman akaning o‘g‘li desam, «opoqu»lab turipti? Yo numerda adashdimmikan?
Bu orada kimdir kelib, gaplashgichni ko‘tardi:
— Lab-bay?! — dedi ayol kishi chars ovozda, go‘yo boshimdan qaynoq suv quygandek qilib. Uning bir og‘iz so‘zi shunday zahar-zaqqum aralash ediki, hushim uchib, kalavaning uchini yo‘qotib ham qo‘ydim.
— Gapiring! — dedi u boyagidan ham tersroq qilib.
Adashib tushibman shekilli, deb o‘ylab:
— Chaman akaning uylari...masmi? — deyoldim      zo‘rg‘a.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:46:56
— Uylari!.. — dedi ayol «Nimaydi?!» degan kabi. Tavba, ayol kishi ham shunaqa chars bo‘larkanmi! Iloji boricha yumshoq so‘rashga unnaldim:
— Kechirasiz, opoy. — Men uni boshqa millatdan deb o‘ylab, qovun tushiribman.
— «Opoy»izga balo bormi?! Gapiravuring gapizzi?! — deb jerkib berdi u.
— Kechiras, — Damim ichimga tushib ketgan, tezroq kimligimni aytmasam, gaplashmay qo‘yaqolishi ham mumkin edi. — Chaman aka tunov kuni so‘rab borganakanlar. Men Maqsudman, og‘aynilarining ukasi, — dedim.
Ammo ayol yumshash tugul, voy, shunaqami, deb qo‘ymasdi. Bunga sari yuragim po‘killab, dedim:
— Eshityapsizmi, men...
— Eshityapman, — dedi u «kar emasman!», degan kabi. — Topib kelalasizmi?
— Borolaman. Ammo o‘zlari, qattalar?
Ayol gapni kalta qildi:
— Kelsangiz — bilasiz.
Vo-oh, ana sizga opoqu!.. U gaplashgichni ildi-qo‘ydi. Faqat bolakayning «Kim, opoqu? Adamlani o‘rtoqlarimu?», degani chala-yarim eshitilib qoldi.
Bechora, har bitta qo‘ng‘iroqqa chopib borayotgani, «aluyo, kimsuz»lab ijikilayotgani... shundanmi ekan? Adajonisini ichikib kutayotgan u toychoq — kimning erkasi ekan?..
Kalkovuz yoqasidagi qator tollar qiyg‘os sochpopuk chiqarib yuborgan edilar. Shamol bu yerda ham ular ustida quvlashmachoq o‘ynab charchamas, hali novdalariga osilib halinchak uchar, hali allaqayoqlarga izg‘ib ketar edi. Jaladan keyingidek bo‘tana suv qirg‘oqlargayu tollarning yo‘g‘on qora ildizlariga bosh urib haloplardi. Shaharning ichida, yana jinko‘chalaru tomi-tomiga tutashib ketgan mahallalar oralab shunday katta suv oqib yotganiga aqlim bovar qilmay anhor yoqalab, aytilgan joyni izlab borardim. Yonginamdan tandirdan yangi uzilgan non hidini anqitib, velosipedli bolakay o‘tib ketdi. Oldida non savati — bozorligiyu ko‘zi tomda, varrak sog‘ayotgan bolakaylarda. O‘zi esa shuvillab boryapti. Qoyil! Osmoni-haftimdan dardaraklari darillab varrak ovozi keladi, ammo o‘zini ilg‘ab bo‘psiz!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:47:11
Bolakaylar olamni unutib, qiyqirishardi:
Shamo-ol, bag‘ring kamo-ol,
Varragimni osmoningga o-ol.

Yashavor! Bular ipni bo‘shatgani sari osmon varrakni yutib boryapti...
Ko‘cha oxirlab, Kalkovuz allaqanday tashlandiq bog‘-maydonga kirib boradigan joyda esa... asta’firulloh, uni qarang! Chaqmoq uribmi, yonibmi, batamom ku-yib tushgan, bahaybat yolg‘iz daraxt ko‘rinar, u yong‘oq desam yong‘oqqa, qayrag‘och desam, qayrag‘ochga o‘xshamasdi. Shunaqa abgorki, kuyib ko‘mir bo‘pqopti.
Men qaerga kelganimni bilolmay garangsib turarkanman, yakka tavaqali eshik ortidan ayol kishining o‘qday ovozi yangrab qoldi:
— Akbar-uv, baloginaga yo‘liqqur-uv?!.
— Ketvotman. — Tol tagida ko‘ringan  bola chelagini ko‘tarolmay inqillab, ikki egilib kelardi.
— Hu, qirilibgina ketkur! Man nimaga yuboruvdim, otginang o‘chgur? — Ayolning o‘zi ko‘rinmasa ham qarg‘ishi qiya ochiq eshikdan o‘qday chiqar edi.
— Mana, opkevotman.
— Hu, opkemay ket. Samovar erib bitdi-ku.
Bola suv to‘la paqirni u qo‘lidan bu qo‘liga olgan sari o‘sha tomonga obkashdek egilar, har qadamida paqir to‘pig‘iga urilib, suv chayqalar, chayqalgani mayli, ishtonining yoni shalabbo bo‘lib borardi. Qadamimni tezlatdim:
— Qani, menga bering-chi, saritoy.
Yuzlariga sepkil toshib, shu sepkili o‘ziga yarashib tushgan bolakay qaddini rostlab, aftimga tikildi. Kemshik tishi uni yana ham beg‘ubor qilib ko‘rsatardi.
— Bizanikiga kevotsizmi? — dedi qiziqsinib.
— Shunaqaga o‘xshaydimi? — dedim jilmayib.
— Rostizzi ayting. — Kemshiktoy endi bu tomonimdan aylanib o‘tdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:47:20
Men chelakni olib, unga ergashaverdim:
— Yaxshisi, o‘zingdan so‘rab qo‘yaqolay: sen Chaman amakini taniysanmi?
— Nega amaki bo‘larkanlar?!. Tog‘amla-ku!.. He-hey, Sizni qarang-u! — U oldimga tushib o‘ynoqladi.
— Tog‘ang? — Men hayratlanib qaradim unga. Bolaning sap-sariq yuzida qilcha ham o‘xshashlik... ko‘rinmasdi. — Rostingni ayt?
U boyagidek irg‘ishladi:
— Bizanikiga kevotganakansiz-ku... — So‘ng haligi yakka tavaqali eshikka qarab chopdi. — Oyi, bizanikiga kelishvotti, bizanikiga...
Bu orada men ostonasiga katta xarsangtosh yotqizilgan eshikka yetib qolgan edim. Qiya ochiq eshik ortida esa, bir qo‘li tizzasida, bir qo‘li bilan hovli supurayotgan qora nimchali, rangpar juvon ko‘rinardi. U ham ko‘zi menga tushib, chimirilib qaddini rostladiyu supurgini yo‘lga tashlab, burilib keta boshladi. Yupqa lablari xunuk qimtilib ketdimi-ey. «Ko‘zim uchib turuvdi o‘zimam» degandek. Men to‘xtab qolgan joyimda... noiloj bolaga ergashdim.
Eshik almisoqdan qolgan, oftobda o‘ngib-oqarib ketgani bilan hovli juda katta, yuqoridagi boloxonali uzun uyga borguncha ishkom tagilab allaqancha yurish kerak edi. Hali toki ochilmagan ishkomlar necha qator bo‘lib, bir yoni haligi tashlandiq maydonga tutashib ketgan. Tepada gir atrofini qari qora tollar o‘ragan ovloq hovuz ham ko‘rinyapti. Tagida qorashaqshaqlar uchib-qo‘nib, ora-chira bir chiroyli shaqillab-sayrab qo‘yadilar.
— Endi bera qoling, — dedi bolakay ostonadan o‘tishimiz ila paqirning bandidan tutib.
— Sen shoshma, — dedim men uni ayab.
Biz poyadan ko‘tarilgan so‘ri tagi bilan pastak oshxona tomon yurdik. U yerda ikkita g‘isht ustida qo‘nqaygan samovar burqsib, o‘txonasi jizillar edi. Kemshiktoy chopib borib, samovar karnayini olib tashladi-yu, qopqog‘ini ocha turib, qo‘li kuyib «otib» yubordi.
— Hazir bo‘l. — Men suvni solib, qopqog‘ini yopib berdim.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:47:34
Shungacha ham boyagi chimirilgan ayol ko‘rina qolmasdi. U tepadagi uyga kirib ketgancha... ketib borardi. Elakishib bo‘lgan bola qo‘limdan tortqilab, qistay boshladi:
— Siz yuravuring, u yoqda opoqbuvimla borla. Kirmasayiz xafa bo‘ladila.
— Kim deding?
— Oyto‘ra buvimla...
— Shunaqami? — dedim ichim yorishib kelib. — Shoshma, sening oting... Akbarmidi?
U ajablanib tikildi:
— Qayoqdan bilasiz?
— Yodgormurod-chi, u qaerda? — dedim battar hayratga solib.
— He, sizni — aldoqchi, bizanikiga kevotganakansiz-ku, hammovzani bilarkansiz-ku, — deb u beg‘ubor iljaydi, so‘ng yana qistashga tushdi. — U o‘shatta, opoqbuvimlaga qarab o‘tiribdi.
— Obbo, toy bolalar-ey, katta yigit bo‘lib, qarab o‘tiribdi degin? — Men ularni alqab qo‘yib, o‘smoqchiladim: — U seni ukachangmi yo?.. — O‘zim esa bu ayolga qolgan bolalarning sho‘ri qursin, deb o‘ylardim. Tanimagan odamga shuncha dimog‘-firoq, bularni nima qilmaskan? Chayonning o‘zi-ku?
Hovlining o‘rtasiga borib qolganimizda katta uyning eshigi ochilib, haligi juvon ko‘rindi. U kovshandozda kalishini kiyarkan, yelkasidan qora ilondek sirg‘alab tushavergan sochini zarda ila orqasiga otib, menga qarab yurdi. Qo‘lida bir parcha qog‘oz.
Men beizn kirib kelayotganimdan xijolatga tushib, to‘xtab qoldim: to‘xtamasam, chaqib olishi ham tayindek edi. Ammo u chimirilib kelib, qarshimda to‘xtadi-yu, tomdan tarasha tushgandek qilib:
— Mana, shunga kelganmisiz? — dedi qo‘lidagini uzatib.
Men taxta bo‘lib qolgandim. Qog‘ozni qanday olganimni ham bilmayman.
— U yog‘ini o‘zingiz bilarkansiz! — Juvon mensimaganday burnini bir jiyirib qo‘yib, boya supurgisini tashlab kelgan joyga qarab yuraverdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:47:44
Ol-a, xo‘p odamiga uchrabman-ku! Na salom bor, na alik, na mulozamat... Men xatchani o‘qishimni ham, ketishimni ham bilmay ang-shang qolgan edim. Ko‘z oldimdan esa, boyagi qop-qora daraxt ketmasdi, tavba.
Bir mahal qarasam, Kemshiktoy tirsagimdan tortqilab, qulog‘imga shivirlayapti:
— Siz yuravuring, opoqbuvimlaning oldilariga kiravuring. — U ko‘z qisib, nimadir demoqchi bo‘-lardi.
Noiloj ergashdim. Shundayam haligi ayoldan xavfsirab turibman. Nazarimda, hozir undan eshitadiganimni eshitib oladigandekman. Nihoyat, boloxonaga chiqiladigan yog‘och zinaning yonginasidagi katalakday bir uyga burildik. Uning kovshandozi ham ichkarisida edi.
Men xolamgilarnikida turib, o‘qib yurgan kezlarim shu atrofdagi ko‘p uylarga kirganman. Bosh suq-ganingizdanoq gup etib, ming yillik zax tuproq hidi dimog‘ingizga urilaveradi. Necha qayta tezlab ham undan qutulisha olmaydi. Kovshandoz chetiga qirrasi bilan terib chiqilgan musulmon g‘ishtlar ham bu uy qadimdan qolganidan darak berib turar, ammo undan tanish zax hidiga qo‘shilib, yana allaqanday mushk-anbar hidlari ham ufurardi.
Men mo‘’jaz xonaga kiriboq uning to‘ridagi xonlar zamonidan qolgan qubbali ruh karavotda oppoq choyshablar o‘rtasida o‘tirgan halimdekkina kampirshoga hayratlanib tikilib qolibman. U qiblaga qarab tasbeh o‘girib o‘tirar edi. Qo‘lim o‘z-o‘zidan ko‘ksimga qarab ketib:
— Assalomu alaykum, xolamoyi, — dedim.
Men o‘zimni yaqin olganimcha bor edi: ajinlariyam bir ajabtovur nur bilan to‘lgan kampirsho chindan ham xolalarimgami, kimgadir o‘xshab ketar edi. U kishi tasbeh o‘girishdan to‘xtab, bosh silkidilar:
— Vaalaykum, keling, bolam. O‘ta qoling.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:47:56
Derazaga yaqin yerdagi sandalning ko‘rpayu govra-po‘shlari hali yig‘ilmagan, o‘rtadagi bo‘yradekkina namat ustida bir bolakay daxanini mushtchasiga tirab yotvolgancha, rasmli kitob varaqlab, oyoqchalarini o‘ynatib qo‘yar edi.
U bizni ko‘ra sakrab turdiyu menga osmondan tushgan odamga tikilganday tikildi-qoldi. U yuz-ko‘zlari judayam tanish, hatto shu indamay turishidayam allaqanday yoqimtoy edi.
— Voy, keldizmu? — dedi u chapak chalib.
Tanidim, u men bilan simda gaplashgan bolakayning o‘zginasi edi. Ovoziyam, o‘ziyam — shirin bolalar bo‘ladi-ku, o‘shanaqa edi.
U jilmayib, qo‘lchasini uzatdi.
— Man Yodgorman. Siz.... Siz telefunda chaqirub ediza? Topdimmu? — dedi u sakrab-quvnab.
— Topding, — dedim uning qo‘lchasini kaftlarim orasiga olib, keyin o‘zini bag‘rimga tortdim-da, peshonasidan o‘pib qo‘ydim. — Chindan asaltoy ekansan.
— Yo‘q, men Yodgortoyman. Ayam qo‘yganlar, — dedi u maqtanib.
— Ayang chiroyli ot topgan ekanlar, — dedim men.
— Nega toy bo‘larkansan? Yodgormurodsan, — dedi meni boshlab kirgan kemshiktoy.
— Ha-ha, u Saritoy. Men esam, Yodgormurodman! — tan olib quchog‘imda o‘ynoqladi bola.
— Yana ham yaxshi,— deb boshiyu yelkalarini siladim.
— Chiqib o‘tiring. Chaqirmaysanmi, bo‘tam, — dedi kampir tasbehini yig‘ishtirib, yoniga qo‘yarkan. Lekin o‘zi oq choyshab ichidagi oyoqlarini (yig‘olmasmi) o‘sha-o‘sha uzatib o‘tirar, allaqanday o‘ngarilolmas edi.         Karavotning bosh tomonida ulug‘ kitob solingan           jild bilan yo‘l-yo‘l matodan tikilgan naysimon bir narsa osig‘lik. Unisi tushunarli, lekin yonidagisi nima ekan, bilolmay, tancha yoniga cho‘kkaladim. Buvi o‘sha o‘tirgan ko‘yi momiqday oppoq qo‘llarini duoga ochdilar:
— Iloho omin, siylab kepsiz, sizni Ollohimning o‘zi siylasin. G‘animat dunyoda oqibatlilar qatorida qilsin, Ollohu akbar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:48:07
Kampir oppog‘oyimlarni esga solib, ko‘nglim iyib keldi. Beixtiyor bularning duolarini olib qolish katta davlat ekanini o‘ylab, u kishining yuzlariga tikildim. Tikilardimu o‘ylardim.
Yuzlaridan taralayotgan bu tarovatli nur qaerdan chiqib, hech ado bo‘lmayapti? Bu joylarning qadim zax hidlarini ham unuttirib, uni mushk-anbar bo‘ylariga to‘latib o‘tirgan ham balki shu oq-oppoq kampirshoning o‘zidir?
— Yaxshi keldizmi, o‘g‘lim? Uy ichilariz bilan yaxshimisizlar? Oyiz, kelinim omonmilar? — Kampir xuddi qarindoshlardek yaqin olib, tavoze ila hol-ahvol so‘rar edi. Men esam hamon iyib borayotirman bu mulozamat, bu so‘rashishlardan. Bir lazzat olayotirmanki, qo‘yaverasiz.
— Rahmat, o‘ziz bardam-baquvvatginamisiz?
— O‘ziga ming qatla shukr. Ko‘rsatganiga shukr. Turolmasam ham, mana, o‘tiribman-ku: eplagancha ibodatlarimni ado etib... namozlarimni o‘qib... Har odamlar bor-boshini bir ko‘tarishga zor, qo‘lini qimirlatishga, o‘ngarilishga intiq. O‘shandan asrasin. Hech bandani ibodatdan qo‘ymasin. So‘nggi nafasigacha chiroyli amallarga hamroh etsin, ilohim.
— Nima, oyog‘izmi?.. — deya oldim men.
— Bumi, bir yog‘i qarichilik, qolaversa, ko‘rgilik ekan: ko‘p bo‘ldi o‘tirib qolganimga. Savil, ikkalasi ham ketgan, jonsiz, — dedi buvi choyshab ustidan o‘sha jonsiz narsani siypab qo‘yib. — Shunisigayam shukr. Qo‘l-oyog‘imni birdan olganida nima qilardim? Buyam bo‘lsa, Xudoyimning marhamati. Manavi jujuqlarning baxtigami, boshqagami — meni tirik ushlab turibdi. Bo‘lmasa, bular kimning qo‘lida qolardiyu kim bularning boshini silardi! Bilmadim, mendan keyin bularning holi nima kechadi? Chamanning yurishi unday, Asalning fe’li bunday... Onasi boyaqishning-ku, peshonasi sho‘rdan-sho‘r ekan. Menga suyanib qolishdi bular. O‘zim esa yolg‘iz Ollohga suyanguliman. — Buvi ovozi o‘zgarib, ko‘zlarida yosh aylandi. So‘ng shishin-qiragan barmoqlarini o‘pib, uchayotgan ko‘zlariga surtarkan, Oyto‘ra buvi hamd aytib shivirladi: — Al-hamdulilloh, alhamdulilloh: ishqilib, yaxshilikka bo‘l-sin.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:48:24
Men esam dardim boshqa yoqda: Chaman akamni so‘ray olmay dog‘daman. Qachon qaytadilar degim bor-u, kampirning dardini yangilab qo‘yishdan istihola etib turibman. Nihoyat, u kishi qayrilib so‘radilar:
— Asal opchiqib berdimi Chamanimning omonatini? Yo gaplashgisi ham kelmay...
— Berdilar, — dedim boyagi qog‘oz yodimga tushib.
— Nima debdi, ko‘rdingizmi?
— Yo‘q, hali, — men cho‘ntagimni kavlashtirdim.
— O‘qung-o‘qung, — deb qistab, o‘tirgan yerimda yelkalarimga suykaldi Yodgormurod, — Opoqbuvimam eshitsunla.
— Sen tinch o‘tir, Yodgor. Uyat bo‘ladi: mehmonga shunday yopishadilarmi? — dedi tanbeh berib u kishi.
— Hechqisi yo‘q, ukachamday gap, — dedim men.
Lekin Yodgormurod bir og‘iz so‘zdan:
— Xo‘p, opoqbuvijon, xo‘p, — deb yonimga qo‘ndoqdek bo‘lib o‘tirib olgan edi.
Men xatchani topib, qatini yozdim. U ikki enlikkina edi-yu, ichi to‘la jumboq edi. Xuddi Chaman akaning o‘zidek:
«Maqsud, kutdim-kutdim, kelmading, — deb yozgan edi u. — Bir rijoyim: oyimlarga uchramay ketma! Xudoning xohlashi shunday ekan, ko‘risholmadik. No-          umid bo‘lma, g‘aflatdayam qolma. Kennoyingni senga, seni Xudoga topshirdim. Qolgan gaplarni aytishadi. Chaman akang».
«Qanaqa kennoyim? Kimni aytyapti?...» Nima gapligiga aqlim yetmay boshimni ko‘tarsam, buvi yarim qayrilgancha yuzimga tikilib turibdilar:
— Siz Sultonmurod oshnasining kimi bo‘lasiz?— Aftidan, akamga o‘xshatolmay turar edilar.
— Xolavachchamiz... — dedim to‘g‘risiga ko‘chib.
— Ha-a... — deb bosh silkidilar-da, Yodgormurodga yuzlandilar: — Aytmoqchi, anuv kungi xatni nima qilding?  Ehtiyotlab qo‘yganmisan?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:48:35
— Qaysu? Anuv berganizmu? Turibdu mimit choynukda, — dedi bola pildirab kovshandozga tusharkan.
— Optushaqol, bolam. Shoshma, — deb to‘xtatdilar-da, menga qaradilar. — O‘zingiz birga chiqa qoling. Bolaga ish buyur, ketidan o‘zing yugur bo‘lmasin.
— Yaxshi, — men turib Yodgorga ergashdim-u, ammo o‘zimning ichim qurib boryapti. Chaman aka ham qiziq: aytadiganini mana shu xatda aytib qo‘ya qolmaydimi! Kimdan yashiradi? Anuv chirsillagan zaqqumoydanmi?
Bu orada biz tashqari chiqib, almisoqdan qolgan yog‘och zina bilan ko‘tarila boshladik. Opoqbuvining shirin nevarasi — Yodgormurod zinani to‘pillatib chiqib borayotib, dam-badam orqasiga qayrilib, meni qistaydi:
— Yuravuring, faqat ehtiyot bo‘lung, boshizzi urvolas...
Men uning shirinligidan ham burun aqliga besh ketib borayotibman: mana, kimni pakana pari desa bo‘ladi! Qolaversa, yuzi buncha issiq, buncha tanish? O‘g‘il bola ham shunchalik ko‘hlik bo‘larkanmi? Har gapiga bir tegishgim kelardi.
— Urvolsam-chi? — dedim atay.
— G‘urra bo‘ladu, — dedi u qayrilib, so‘ng o‘sha g‘urrani tasavvur etib, qiqirlab kuldi.
— G‘urra ham ko‘rk, — dedim hazillashib.
— Bo‘lmasa, urvola qolung, — yana qiqir-qiqir kulgancha zinani to‘pillatib chiqib keta boshladi.         Rostdan boshimni urib oladigandek engasharkanman, so‘radim:
— Sizlar shu boloxonada turasizlarmi?
Yodgor qayrilib to‘xtadi:
— Siz bilmaysiz-de. Zo‘r bu yer!
— Yo‘g‘-e...
— Ko‘rmagansiz-de, Kalkovuzning oqishinu... bog‘larimiznu... Bu yoqdan ko‘rsangizmu!..
— Tomga chiqvolib, degin?
— Ha-de. Siz chiqung avval, — u eshikni ochib, kalishchasini chechib qoldirdi, — kelung-kelavuring.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:48:43
Men pastak eshikdan engashib o‘tib, mo‘’jazgina xonaga oyoq qo‘ydimu hovliga qaragan deraza pastida u aytganidan ham faraxli bir manzaraga ko‘zim tushib, «voh», deb yubordim: chindan zo‘r-ku!..
Rostdan boloxonamisan, boloxona edi. Bu yerdan hovli bir ajoyib ko‘rinardi! Zebolanib desammi, kaftda turgandek desammi, ishqilib, ta’riflasa, ta’riflagudek edi. Hali toklari ko‘tarilmagan yalang‘och ishkomlaru boyagi ko‘chadagi sochpopuk chiqarib yuborib endi barg yozib kelayotgan qator tollaru uning tagida sarig‘ ilondek to‘lg‘onib oqqan Kalkovuzgacha — bari-bari ajoyib, bir jonli suvratga o‘xshar edi. Ularning bariga soatlab tikilib o‘tirmoq mumkin edi. Bu yerdan hatto anuv kuygan daraxt ham bor bo‘yi-la ko‘rinib tursa-da, lekin ajabki, boyagidek yomon taassurot qoldirmas edi. Nega, tushuna olmadim.
— Joyni xo‘b topgan ekansizlar-ku!
— Yoqdimu sizga?
— Yoqqanda-chi! — Shunday deb o‘girildimu nogahon ko‘zim uyning to‘ridagi devorga tushib, qotib qoldim. U yerda hozir ko‘rganlarimdan yuz chandon chiroyliroq narsa osig‘liq turar edi.
— Iya, Marg‘u kennoyim-ku!.. — deb yuboribman.
Men yo‘qotib qo‘ygan kishisini uchratgan odamdek gangib qolgan edim.
— Kim deysuz?
— U kishi-ku! Kennoyimlar-ku! Bu suvratni... qaerdan olgansizlar? — dedim hech narsaga tushunolmay. O‘sha oy desa, oy degudek, suluv desa suluvlardan o‘tgudek, kim malak deb atagan, kim parilar mamlakatidan deb ta’riflab esi ketgan... xusnu jamol egasi... Kattabog‘ go‘zali, mening aziz kennoyimning suvrati bu yerda nima qilib turibdi? Qanday kelib qolibdi bularnikiga? Hech aqlim bovar qilmasdi.
— Manu ayamlar-ku bu... — dedi Yodgor iljayib.
— Sening ayang? — Mening esim joyiga kela boshlagandek edi.
— Bo‘lmasa, kim ekanlar, mening ayam bo‘lmay?
— Chiningni ayt? — dedim darvoqe deyish o‘rniga.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:48:57
— Siz yaxshilab qarang... — dedi u. So‘ng bolalarcha qiqirlab kula boshladi. Uning kulgusi shunday beg‘ubor ediki, tavba, men tan bersamoq u sakrab-quvnab ketadigandek edi. Yo Olloh, yana adashganimni qarang. Men suvratga qayta qarab, ichim jizillab ketdi. Chindanam uning quloq yumshog‘i ostida tirnoq yuzidek, nozikdan-nozik nori bor edi:
— Darvoqe, bu kennoyimiz-ku! — deb yubordim. Qarang-a, u biznikida birozgina turib, keyin izsiz yo‘qolgan Mahfuz kennoyimning katta qilib oldirilgan suvrati edi! Oyim hali-hali kuyinadilar: qaerlarga sig‘di ekan, yo vataniga qaytib ketdimikan, deb. U bo‘lsa... Men xuddi shunday jajji yuzni yana qaerdadir ko‘rganimni eslab, yalt etib bolaga qaradimu hamma narsa op-oydin bo‘la qoldi! Men omi nega bu bolaning husni bunchalar o‘tkir, deb o‘tiribman! Gap bu yoqda ekan-ku!
— Sen... sen hali? — dedim dilimdagini tilimga chiqara olmay va asta borib cho‘kkalaganimcha ikki tirsagidan tutib, bag‘rimga tortdim.
— Siz rostdanam... taniysizmu ayajonimlarnu? — dedi u shodlanib.
— Ho‘-ho‘, taniganda qandoq! — dedim uning yelkasiga qoqib ham erkalab. Va devordagi o‘sha ayajonisiga qarab, battar tong qoldim. Yo tavba! Tushimmi-o‘ngimmi? Boyagi suvrat o‘rnida endi... tamomila bo‘lak siymo yuz ochgan edi. Suvratdan...
Ajab hol! Hatto ko‘zlarimni ishqab qo‘ydim. Yo‘q, o‘sha-o‘sha: devordagi oynavand gardish ichidan («yo subhonolloh, qanday mo‘’jiza bu?») men sog‘inib, ichikish darajasiga borgan odam — Sultonmurod akam (!) qarab turardi. Nima bu, sarobmi, jodu? Esim og‘ib, bolaga qaradim.
U issiq jilmaydi:
— Siz hayron qolmang, bu o‘zu shunaqa! Shunaqa ishlungan!..
— Qanaqa... ish-langan? — Men hech narsa tushunmayotgan edim, hatto boshimni to‘lg‘ab-to‘lg‘ab qo‘yar edim.
— Shunaqa-shunaqa, — dedi u sakrab-quvnab, men tushunolmayotganimdan qiqirlab kulib, — bir qarasangiz ayam, bir qarasangiz u kishu, yana bir qarasangiz amaqum ko‘rinadular.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:49:07
— Qaysi amaking?
— Voy, Siznu qarang-uv. Turing-turing. Bu yoqdan qarang,— deb u qistashga, tirsagimdan tortqilab, uyning bu chekkasiga boshlashga tushdi. — Siz o‘ziz ko‘rung.
Men u aytgan tomonga o‘tib (yo qudratingdan!) suvratda tamomila boshqa odam — Chaman akani ko‘rib, battar hayratda qoldim: bir suvratgardish ichidan uch kishi uch holatda ko‘rinar edilar! Tag‘in hech bekami-ko‘st! Bir-biriga quralashib ham ketmagan! Xalaqit ham etmaydi! Daf’atan, ajinalarning ishi emasmi, degan xayollarga borib qolasan kishi. Ammo bu «o‘zi shunaqa ishlangan»mish! Tavba, kim ishlatadi? Chaman akami yo Mahfuz kennoyimning o‘zi? Unda... unda buning oti nega Yodgormurod? Kimdan yodgor? Nahot o‘sha... ivir-sivir gaplar hammasi rost?
— Ayang?.. — dedim-u, u yog‘ini so‘rashga holim ham, majolim ham kelmay, ammo ich-ichimdan bir titroqmi, nimadir turib, bolaning ko‘zlariga tikildim. Ayang qaerdalar deyishga qani tilim aylana qolsa! Aylanmasdi. Ammo u tushundi. Tushunib, ko‘zlarini oldiyu, mung‘ayib bilagini silay boshladi.
— Yotub qoldula, — dedi ovozi o‘zgarib, — Manu... Manu yuborishmayaptu.
— Qaerda, shu Toshkentdamilar, axir?
U ko‘ngli to‘lib, chetga qaradi:
— Hm...
— Voy seniyu, boyadan beri aytmaysanmi?!— Sekin qarshisiga cho‘kkalab boyagidek yelkayu tirsaklarini             siladim. — Qaerda ekanliklarini bilasanmi o‘zing?
Yodgormurod bosh to‘lg‘ab tisarildi va qo‘limdan bir alpozda sirg‘alib chiqdi-da, to‘g‘ri tokcha tomon borib boya o‘zi aytgan olma gulli jimit choynak ichini timirskilashga tushdi. Undan ikki buklog‘liq bir qog‘oz oldi.
— Mana, ko‘rung.
— Hammasi shunda aytilganmi?
— Bilmasam...
— Ha, darvoqe, bu buving aytgan omonatlari-ya?..— dedim o‘zimga kelib. So‘ng shoshib qog‘oz qatini yozdim.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:49:21
«Maqsud, mening sendan bo‘lak ishonganim yo‘q, — deb bitilgan edi xatda. — Akangning daragini eshitib, jo‘nab ketyapman. O‘zing tushunasan-ku, uning menga kimligini! Sen bizning boshimizga tushgan ko‘rguliklarni bilmay eshikdan qaytib ketmagin, deb (Asal opamga qolsa, shunday qilishdan ham toymaydi!),              oyimlarga uchragin, deb tayinlab edim.
Mahfuzdan ko‘nglim tinch emas. U og‘ir dardga chalinib qoldi. Zo‘rg‘a statsionarga joyladim. Lekin u yoqqa bormasam ham bo‘lmaydi. To‘g‘risi, hozir bormasam, bir umr armonda qolishim mumkin. Akangning daragi chiqib qoldi. Ammo sen unga zinhor bildira ko‘rma! Yuragi chiqib, ko‘tara olmay qolmasin. Asal opamga-ku, isini ham sezdirma. Sezsa, ishni buzadi u jodugar.
Sendan o‘tinib-o‘tinib-o‘tinib so‘rayman! Mahfuz kennoyingni yolg‘iz qo‘yma. Yonidan jilma. Va buni, (kennoying biznikida ekanini ham) hech kimga ayta ko‘rma! Men qaytgunimcha pochchadan ham, oyinglardan ham yashirib tur.
Shunday qilish kerak! Qaytgach hammasini o‘zim tushuntirib beraman. Akangning unga (Mahfuzga) atalgan maktublari bor, ko‘rsataman. O‘shanda senga hamma narsa ayon bo‘lgay.
Yolg‘iz o‘zingga ishondim. Mendan bemaslahat yoxud beruxsat biron ishga qo‘l ura ko‘rma. Yodgor onasini sog‘inib, juda-juda ichikkan. Xarxasha qilsa, yana ko‘rsatgani olib borib yurma.Undan ko‘ra, o‘zinglarnikiga — dalaga olib ket. Shu yaxshiroq: ham ovunadi, ham bexavotir. (Oyimlarga tayinlaganman, biladilar.) Ishqilib, ularni senga, seni Xudoga topshirdim. Mening yo‘qligimni bilintirma. Iloji boricha tez qaytishga harakat etaman. Chamang akang».
Ana, xolos! Yolg‘iz o‘zimga shuncha omonat! Faqat bir narsaga hech aqlim yetmasdi. Bu suqsurday bolakayni nimaga ayasining oldiga olib bormaslik kerak? Ahvoli og‘irligi uchunmi yo boshqa sababdanmi? Agar kennoyimning o‘zi so‘rab qo‘ymasa-chi? O‘shandayammi? Hammasidan «o‘tinib-o‘tinib-o‘tinib so‘rashi» qiziq edi. Nega bunchalik qattiq tayinlayapti? Nimaning oshkor bo‘lib qolishidan cho‘chiydi? Bolanimi yo Mahfuz kennoyimni? Hech tushunuksiz. Xuddi sir oshkor bo‘lib qolsa, falokat ustiga falokat yog‘iladigandek, ulardan ajrab qoladigandek... yozibdi xatni.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:49:30
Sekin ko‘z qirimni tashlasam, bolakay intiqib tikilib turibdi. Bir og‘iz so‘zimdan sakrab-o‘ynoq-labam ketishi, yig‘labam yuborishi mumkindek. Chin-danam ayajonisini ichikar darajada sog‘inibdi. Bir og‘iz so‘zimga mushtoq. Yur desam, chopib ketgudek! Ammo Chaman akadan beruxsat nima ham qila olardim?!
— Nima deptular, amaqum?
— Seni dalaga, biznikiga olib ketarkanman.
— Ur-re, talaga ketarkanmuz! O‘ynagani borarkanmuz!— Yodgormurod bir ajib quvnab, qo‘zichoqday sakrab o‘ynoqlay ketdi. Shodligi shunchalik: gir aylanib chopadimi-ey, ikki yoniga shatta urib, shataloqlar otadimi-ey. — He-hey, talalarga chiqarkanmuz, chuchmo‘malar terarkanmuz...
Keyin tizzamni quchib, qo‘llarimdan tortqilab, bir nimalarni ijikilashga tushib ketdi-ku...
— Siz talada turasizmu? Sizlarda ham varraklar bormu?
— Bizda uchirishsin-da! Ka-atta-kon quroqlar kechasiminan darillab chiqsin-da!
— Vu-uy, kechasuman deng? — Uning kipriklari uzun-uzun, ko‘zlari javdirab yonardi.
— Kechasiminan.
— Ipiniyam uzmaydimu?
— Uzmaydi.
— Birov tegmaydiyammu?
— Tegmaydiyam.
— Qanday yaxshu, — dedi u chapak urib.
— Bir uchirishgancha uch kunlab uchib yotadi, — dedim men.
U aqliga sig‘dira olmay aftimga termuldi:
— Uch kunlab?.. Vu-uy...
— Ha-da, u shunchaki varrak emas-da, — men qulochimni yoydim. — Mana bunday kelar-ov. Uni tushirib olish o‘zimas. — U aftimga termulgancha qolgan edi. — Ipini uzgan quroqlarni ho‘v qayoqlardan topib kelishadi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:49:40
— Qaerdan topib kelishadu? — qaytarib so‘radi u.
— Qaysinisini soyning narigi yog‘idan, qaysinisini yong‘oqzordan. Nimalarga ilinib-urilib, dabdalasi chiqib ketgan bo‘ladi. Qaytadan yasashadi.
— Zo‘r ekan, — dedi u besh ketib, ham chiroyli bosh silkib. Keyin yana boyagiday tirsagimga tarmashib, shoshirdi. — Otlar-chi, otlaram bormu?
— Bor, — dedi men uning ko‘ngliga qarab.
— Minishadimu bolalar?
— Minishadi. Istasang seni ham mindirishadi. Bedapoyalarga opchiqishadi. Soylarga optushishadi.
— Yana nimalar bor, ayting, ayta qoling, — deb qistardi u.
— Ariq bo‘ylaridan yalpizlar, binafshalar teradilar. Tepalardan esa qo‘ziqorinlar.
— Qo‘ziqorun? Nima u?
— Ho‘, uni o‘tga toblab yemabsan, bu dunyoga kelmabsan. Borsang, ko‘rasan.
— Borganum bo‘lsun, borganum bo‘lsun, — deb o‘ynoqladi u. So‘ng pastga oshiqa turib, qayrildi: — Hozur-la ketamuzmu?
— Ketamuz, — dedim men uning shirin tiliga meng-zab, — faqat opoqbuvinglardan so‘rayluk.
— So‘raymuz, so‘raymuz, — dedi u oshiqib.
Men esam, bu sirli go‘sha — boloxonadan tushish lozimligini, bu xonadonning duogo‘yi bo‘lib o‘tirgan anavu oq-oppoq kampirshodan ijozatu duolar olib ketishimiz lozimligini bilib tursam-da, qo‘zg‘ola olmas, to‘g‘rirog‘i, devordagi boyagi antiqa suvratdan ko‘z uzolmas edim.
Suvratdan esa o‘n to‘rt kunlik oyday balqib, Xudo husnidan qismay baxtdan qisgan kichik kennoyim qarab turar, negadir ko‘zlari yoshlanib-yoshlanib kelayotgandek tuyulaverar edi menga.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:49:49
— Juring, so‘raymuz, — Yodgormurod qaytib, qo‘llarimdan tortqilamoqqa tushdi-yu, men unga ergasharkanman, kennoyimning ruxsori lip etib ko‘z o‘ngimdan g‘oyib bo‘lib, shu zahoti uning o‘rnida boshqa aziz qiyofa — men qachonlardan beri yo‘qotib qo‘ygan Sultonmurod akam suvratda yuz ochib, jilolmayin ham qoldim: yana bir qadam bossam, u ham yo‘qolib, Chaman akam chiqishi tayin edi.
Men esam, bu ajib suvratda faqat akamu Mahfuz kennoyim ko‘rinishlarini istardim.
Ammo shu tob boyagi kirgan joyimizdan ayol kishining qattiq-qattiq ovozlari kelib, to‘xtab qola qoldik. Asal opa uyni boshiga ko‘tarib, shang‘illar edi:
— Itniyam, bitniyam qo‘yavering. Nima, bu karvonsaroymi sizga?! Ana, bittasi shuncha turib, nima karomat ko‘rsatdi? Yetimini tashlab ketadi hali! Itdan bo‘lgan qurvonliqqa yaramas...
— Hay, sekinroq, uyalgin, axir, — o‘tinardi kampir.
— Nimadan uyalaman? Nega uyalaman? O‘z uyimda ham uyalaymi?!
— Hoy, Xudodan qo‘rqmagan, hoy, odam isi yoqmagan! Chaman eshitsa, nima deydi?! Jilla qursa, mendan uyal. O‘z onangdan uyal.
— Nima, Chamaniz? Birovning xotinini o‘z uyiga obkeb o‘tirgan u kishi pokdomon-u, men qora bo‘ldimmi? Men yomon bo‘ldimmi?
— O‘chir, — dedi ona, — hammani o‘ldirib, sil qilib, bezdirib, o‘zing so‘ppayib qolmoqchimisan bu uylarda? Xudodan qo‘rq! Shu fe’ling bilan-ku, hech yerga sig‘mading. Tirnoqqa zor o‘tib boryapsan. Yana odam isini yoqtirmay qaerga sig‘moqchisan? Qachon odam bo‘lasan?
— Bo‘lmayman! — dedi Asal, ostona xatlab ulgurmagan asrandisining ketiga tarsaki tushirib.
— Bo‘lmasang, bo‘lmay o‘t!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:53:25
Titrab ketdim. Va beixtiyor bolakayni bag‘rimga tortdim. Shunchalik bo‘lib ketgan ekanmi u jodugar? O‘shanday xokisor onaning yuziga tik qaragan inson... bularning boshiga nima kunlarni solmayapti ekan? Qanday sig‘dilar ekan boyaqishlar bu uyga? Opketganim bo‘lsin bu do‘zaxdan! Qutqarganim bo‘lsin bu azob «farishtasi»dan! Va o‘zim yoqa ushladim: Bu qanday go‘shaki, manzil-mavozeki, bir yonda oq-oppoq bo‘lib, yuzlaridan nur, so‘zlaridan duo yog‘ilib, rahmat farishtasiday oq kampir o‘tirsa-yu, bir yoqda har so‘zidan chak-chak zahar tomib, chirsillab anavi «farishta» hukmini o‘tkazib yursa! Yaxshiyam, kampir bor, shirin so‘zi, duolari bor! Undan keyin nima bo‘ladi bu xonadon? Bular topgan manavi boshpana? To‘zib bitadimi? Bekorga kasalxonaga tushmagan ekan Mahfuz kenno-yim! Bechora, qanday chidadi ekan bu egovga, Xudoning bu boshli-ko‘zli balosiga? Uning zahar-zaqqum so‘zlariga? Chayondek chaqishlariga? O‘zining yozuqlari, boshiga tushgan musibatlar kam ekanmi?
Ko‘zim yoshlanib kelib, hamma narsa chaplashib ketdi. Bola ham, pastga ketgan zina ham, oyoqlarim osti ham... Faqat ko‘z oldimda bo‘yi baravar kuyib ketgan anuv qora daraxt turar edi!..
Biz ne alpozda, hatto miq etmayin zinadan bir-bir tushib bordik. Ming istiholayu andishaga botib o‘tirgan kampir bizni ko‘ra jonlanib, shoshib qoldilar:
— Voy, tushdingizlarmi, bolam. Topoldingizmi omonatini? Sizniyam tashvishga qo‘ydik, — derdilar ikkala kaftlarini o‘sha jonsiz tizzalaridan uzmay.
— Tashvishi bormi, mana, optushdik. Endi javob bersangiz... — deb yamlandim men.
— Kiring, o‘tiring, bir piyolagina choy olib kelsin. Shundayin ketasizmi, bolam, — deb Yodgorga yuzlandilar u kishi. — Sen nima qilib jim turibsan, opkir akangni...
Bola ham birdan jonlandi:
— Opoqbuvi-chi, opoqbuvi! Bilasizmu, biz qaerga ketyapmuz! — deb o‘zini buvining tizzalariga otib bijirlay ketdi. — Talaga ketmoqchimuz. Rostakam varraklar uchirishadugan yerlarga. Bilasizmu, kim aytub ketibdu?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:53:36
— Bilaman, bolaginam, bilaman, — dedi buvi uning kuraklarini silab-erkalab. — Amaking tayinlagan. Sen zerikib qolmagin degan-da.
— Nega aytmaduz? Yashurub ekansuz, — arazlashga, sakrab karavotni lopillatishga tushdi bolakay. — Aldab ekansuz!..
Buvi uning kuragiga qoqib, peshonasidan o‘pdi.
— Har narsaning mavrudi bor, bolam. Vaqti bilan chiqasizlar ham. — Bolakay mung‘ayib qolgan, najot kutib, aftimga termulardi. — Avval ayangdan xabar olsinlar. Keyin opketgani keladilar. Tuzukmi, toychog‘im?
Bu gapdan men ham, Yodgormurod ham inday olmay qolgandik. Hatto men jindek mulzam tortib:
— To‘g‘ri aytadilar. Sen otlanib tur. Ertaga o‘tib, indinga opketgani kelaman, — dedim yupatib. — Bo‘p-timi?
Yodgormurod mo‘min ekan, arazini tashlab, ochila qoldi:
— Indinigamu?
— Indinga, — deb men ham qaytish taraddudiga tusha boshladim.
Buni ko‘rib, buvi o‘tirgan joylarida jonsarak alangladilar:
— Boradurgan bo‘lsangiz... biron nima berib yuborsam bo‘lardi? Shoshmang, — u kishi o‘girilib, yonlaridagi tokchadan eski chiyduxoba jildni oldilar-da, uning yonchig‘ini kavlashtirib, bir nima izlay boshladilar. — Mana, jilla qursa, shuni ola keting, vaqti-vaqti bilan hidlab tursa ham ruhi yengil tortadi.
Nima ekan, desam, u kishining oppoq kaftlarida bir ajoyib bo‘y taratib qalampirmunchoq shodasi turabdi. Uni olarkanman, bo‘yidan o‘zim ham g‘alati bo‘lib ketdim. Men go‘yo bolalik davrlarimga qaytib, qalampirmunchoq bo‘yining sirli olamiga tushib qolgandek edim. Shunday yengil edimki, kuragimdan qanot o‘sib chiqayotgandek edi...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:53:48
Keyin Oyto‘ra kampir bilan qanday xayrlashdim, yalang‘och ishkomu so‘rilar tagidan o‘tib, xayhotdek hovlidan qanday chiqib bordim, yakka tavaqali eshikdan qanday o‘tib, Kalkovuz bo‘yidagi ko‘chaga tushdim — bilmayman. Xayolim joyida emasdi go‘yo. Faqat oq kampirning istihola bilan «Kelib turing, bolam, yo‘q bo‘lib ketmang, Yodgormurodimni o‘ksitib», degani aylanib-aylanib kelishini aytmasam, boshqa hech nimani eslay olmasdim.
Ancha nari borib, o‘girilib qarasam, meni boloxonaga boshlab chiqqan o‘sha shirin, o‘ksik bolakay yakka tavaqali eshik ostonasida oyog‘ini salanglatib o‘tirar, to‘xtab qayrilishimni kutar, jindak imo qilsamoq, uchib keladigandek, men bilan ketvoradigandek edi. Shamol ham endi tollar ustidan tushib, uni olib ket, olib ket, degan kabi nuqul huvillab yuzlarimga urilardi, yurgani qo‘ymasdi. Mening esa ich-ichimdan bir yig‘i bosib kelyapti. Nima balo, er yetib, bo‘y tortib ham bundan qutulolmasam?! Yetimlarning ko‘ngli o‘zi shunaqa o‘ksik bo‘ladimi, o‘sha buloqning ko‘zlari sal narsaga ochilaveradimi, o‘zimni tutolmasdim. Qaerdanam Chaman akani bu xonadonga izlab keldim? Yodgormurodni, Oyto‘ra buvini ko‘rdim? Boloxonaga chiqdim? Mahfuza kennoyim — (o‘sha Kattabog‘dagi hovlimizda yarim yilgina turib, keyin dom-daraksiz ketgan, biz izini ham topolmagan o‘sha tangritog‘lik kelin) so‘nggi paytda panoh topgan joyga kira qoldim? Mash’um taqdiridan xabar topdim? Devordagi u ajib suvratga ko‘zim tushdi? U nima edi? Nega uch yondan uch kishi ko‘rinib turardi?.. U ro‘yomidi yo Mahfuz kennoyimning o‘zi ishlatganmidi atay? Hech aqlim yetmasdi. Chin desam chinga, ro‘yo desam ro‘yoga o‘xshamasdi bu tarix, bu taqdir. Yaqinroq keling, men bu firoq qissasini, taqdir atalmish buyuk imtihon tog‘idan toymay, tiy-g‘onchiq yo‘llariga kirmay o‘tib borayturgan akalarim, kennoyilarim tarixini Sizga ilindim. Olloh ularni ne mushkul-mushkulotlarga soldi va oltinday toblantirib chiqardi — o‘zingiz bir ko‘ring. Shoyad ibrat olsak, o‘shalardek yashay bilsak...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:54:10
2. AYRILIQ KUNLARIDAN YoDGOR BITIKLAR
yoxud
«VOY, SIZMU, QAYNUJONUM?»

Mayindan-mayin — ukpar shamollar ufurib kelib, yuzlarimni o‘pib qochar edilar...
«Moshaalloh! Ko‘klam ham kepqopti-ya!», deb edilar kecha oyim...
Dalalarning erka yellari bugun shahargacha yetib kelib, jin ko‘chalarni-da, tavof etib, ifor sochib yurar edilar...
Yo mening kayfim chog‘, yo bugungi mujdalardan boshim osmonda! (Hazilmi, axir! Men kimning daragini topdim! Aziz kennoyijonimning qaerdaliklarini bilib turibman-ku!) Atrof-javonibdagi zig‘irdek o‘zgarish, yilt etgan nur ham manavi epkinlardek xush yoqib turibdi menga. Ifordek hidlagim, buloq suvlaridek simirgim keladi barcha-barchasini! Omonliq-somonliqqa o‘xshaydi bu ko‘klam nasimlari ham!...
O‘zi ham ajib bodroq islarini taratib o‘tayotir. Ich-ichimdan bir bahoriy hislar toshib kelmoqdaki... Va men sizga aytsam, miyamning eng olis, eng ovloq qopqalarigacha «jing-jing» ochilgandan ochilib, ichim yorishgandan yorishib, Xasti Imomdan Eski Jo‘vaga tushib kelmoqdaman.
Olamda mendan xushnud kimsa yo‘q. Hamma narsa, hatto yo‘lka bo‘ylab (oldimga tushvolib), pildirab borayturgan anuv likildoq qushcha-chittak ham biram zebo, biram yoqimtoyki, yaqin orada bunday xushhol bo‘lmaganman.
Hammasi o‘sha boloxonaga chiqishimizdan, olmagulli jajji choynakdagi omonatni olishimizdan, devordagi anuv suvratni ko‘rishimdan boshlanmadimi?! O‘shandan beri ularni yodga tushiruvchi har bitta narsa meni larzaga solyapti, yutoqib yopishyapman. Xuddi necha yil burun yo‘qotgan azizlarimni topib olgandekman. Ha-ha, ertak kitobini yoxud jajji qalamtaroshini topib olgan bolakay ham menchalik holga tushmas.
Chindan ham akamni so‘nggi marta ko‘rgan, u haqda bir olam g‘aroyib narsalarni aytib bera olguvchi kishini qayta topib olganimdan, uni ko‘rgani ketayotganimdan o‘zimda yo‘qman.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:54:48
Hazilmi, axir! Sulton akam qiblagohim o‘rnida qiblagoh edi. Yolg‘iz ungagina suyanardim! Uningdek bo‘lishni, er yetishni o‘ylab, kechalari to‘lg‘onib chiqardim. Keyin ham uningdek mard, tanti insonni uchratmadim! Uchratsam ham unga o‘xshata olmasdim! Endi qavmimizni himoya eta oladigan kishi qolmagandek edi. Hatto Qo‘ldosh tog‘amning ham endi ilgarigidek shahdlari yo‘q. Pochcha-ku, qarib, xassaga suyanib qoldilar. Ularning o‘rnini bosadigan kim bor? Shuning uchun ham zilzila bahona jannatdek joylarimizni tortib olishdi! (Miq etolmadik!)... Bog‘larimizni payhon etib, biz ko‘z ochib ko‘rgan u ma’vodan hech vaqo qoldirmay buzib yotishibdi! (Damimiz ichimizda!)... O‘zimizni esa ko‘chirib yuborishdi (Hech kim g‘ing deya olmadi. Ko‘rsatgan joylariga qarab ketaverdik). Akam, akajonim bo‘l-ganida qarab turarmidi! Buzgani qo‘yarmidi! Ana shunday. (El uchun boshini tikadigan, qayg‘uradigan odamlar tugab bitgan ekan, hijrat etib bo‘lgan ekan undaylar!) Qayg‘uradigan bir jon, bir mard qolmasa-ya!
Ana shu Tangritog‘ tomonlarga bosh olib ketganlar ichidan akajonimni so‘nggi bor ko‘rgan (bir bo‘lsa Chaman aka), bir bo‘lsa, Mahfuz kennoyim edi. Uni ham yo‘qotib qo‘yib, qalbim bir g‘alati huvillab qolgan edi. Mana endi ustma-ust mujdalar chiqib, shoshib qolgandekman. Zoraki, uni topib, bor haqiqatni bilolsam: nega xesh-aqrabolari yolg‘izdan-yolg‘iz yosh bir kelinchakni kimgadir qo‘shib, ota yurtga jo‘natib yubordilar-u, o‘zlari xabar olmadilar? Qaylig‘i — akam-chi?! Nega o‘tib kelolmadi?! Boshiga qanday mushkul ishlar tushib, o‘sha yoqlarda qolib ketdi? O‘zi omonmikan ishqilib?..
Men bu tarixning bir chekkasinigina chala-yarim eshitganim bor. Og‘ir yaralanib, jang maydonida yiqilib qolgan akamni birodarlaridan kimdir shu yaqin oradagi bir qo‘rg‘onga ortmoqlab olib borganmish. Qo‘rg‘on egalari esa ola-g‘ovur yillari o‘sha yoqqa qochib, Tangritog‘ tomonlardan panoh topgan kishilar ekan. Ular yerto‘lalariga yashirib, qaray boshlashibdi. Ammo... o‘sha akamni ortmoqlab borgan birodarining o‘zi juda ko‘p qon yo‘qotgan ekan, xushiga kelib-kelmay qazo qilibdimish. Unga aza ochib, dafn etibdilaru elda Sulton Botur shahid bo‘pti, degan xabar tarqab ketibdi. Qo‘rg‘on egalari balki bu yaxshilikkadir, deb damlari ichida, dim-dim qolaverishibdi. Lekin ko‘zimizning oqu qorasi — kenja qizimiz betob, deb kunora tabib chaqirishar, o‘sha tabib har borganida bostirmaga tushib, bir yo‘la musofirni ham ko‘rib qo‘yar ekan-u, birovga miq etishmas ekan.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:54:57
Kunlar o‘tib qiz «sog‘ayib»di. Tabibnikiga o‘zi qatnaydigan bo‘libdi. Shu borishida u tabibdan musofirga ham malham olib kelar, uning yaralariga bog‘lashar ekan. Shunday qilib, «o‘ldi»ga chiqarilgan Botur qirq kun deganda bostirma ostonasidan oyoq bosib chiqibdi. Ularning o‘rtalarida nima o‘tgan, qanday yaqinlik paydo bo‘lgan — men bilmayman. Lekin qo‘rg‘on egalari Botur kimning zuryodi ekanini eshitib, uning ustida aylanib-o‘rgilib qolishibdi. Toza sog‘aymaguncha qo‘rg‘ondan jildirmay, o‘rtoqlariga ham daragini bildirmay olib o‘ltirishibdi. Keyin nima bo‘lgan, ichkuyov qilishganmi, joy qilib berishganmi, bilmayman. Tangritog‘da inqilob yengilib, surishtir-surishtir, qoch-qoch boshlangach esa, kennoyimni ishonchli odamga qo‘shib, bu yoqqa jo‘natishibdi. Akam chegaradan o‘zim o‘tib boraman, degan ekan. Nimaga kelolmadi yo bir og‘izgina xabar berdirmadi, hech tushunuksiz. Ishqilib, tinchlik bo‘lsin.
Mahfuz kennoyimdan chala-chulpa eshitganimiz shular. Oyim ham kennoyimga taskin berganlari-bergan edi: «Qarab turing, bir kun emas, bir kun o‘zi kirib keladi. U bo‘ladi-yu, sizni bu yoqqa tashlab qo‘yadimi?! Har qandoq bo‘lganda ham bir bosh suqib ketadi», derdilar. Xuddi aytganlaridek, qishning oxirlari, ko‘klamning boshlarida, ayni oy kechikib chiqib, tongga yaqin bo‘zarib-qizarib botadigan kezlari Kattabog‘da gap tarqadi: nima deysan, Sultonmurodlar qaytib keptimish, nalogchilaru o‘g‘ri-kazzoblarning adabchasini berayotgan emish. Bag‘rimizga shamol tegadigan bo‘pti, urush tugabam tinchimovdik, Xudoyimning o‘zi g‘amxo‘r, uni yetkazibdi, deyishardi odamlar. Bir gal o‘zimam shunaqa voqeaning ustidan chiqib qoldim! Sharifa kennoyining eshigida tumonat odam. Eshak aravada esa, so‘yib qo‘yilgan, lekin kalla-pochaga ajratib ulgurilmagan targ‘il sigir yotar, chakkasi mo‘mataloq o‘g‘ribashara bir odam Xudoning zorini qilib, mol egalaridan uzr so‘rardi. Keyin bilsak: «Egasini rozi qilsang-qilding, bo‘lmasa, o‘n bosh to‘laysan! Bo‘yin tovlab ko‘r — moling talonda, o‘zing badarg‘a!..» deb shart qo‘yishibdi.
Shartning qattiqligidan akamning isi kelardi. O‘pkamni qo‘ltiqlab uyga chopdim. Qayoqda!.. Kelmabdiyam, kirmabdiyam. Oyim eshitib:
— Yo‘q, umas, bolam. Sultonmurod keladi-yu, kirmaydimi? Shundan shu yoqqa kelgan odam o‘z uyiga bosh suqmaydimi! Yana bilmadim, kennoyingdan so‘rab ko‘r,— dedilar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:55:08
Kennoyim ichkarida ekan. Supadan o‘tib, qiya ochiq derazadan ko‘rsam, dahlizdagi tancha chetida qatim tortib, do‘ppi tepchib o‘tiribdi. Ammo xayoli allaqayoqlarga qochgan, ko‘zlari ham bir g‘alati g‘iltillaydi, shu holiga nimani ko‘rib, qanday tepchiyapti — tushunolmaysiz. Akam kelsa, shunday o‘tiradimi?! Achinganimdan og‘iz ham ocha olmadim. Bekor aytmagan ekanman. Aytsam, umidini uzmay o‘tira turarmidi...
Bu orada dalada ishlar qizib, uni chopiqqa chaqirib ketishdi. Tegirmon tepasidagi yerda lavlagi chopiqda yurgan odam kutilmaganda bir hafta-o‘n kun uyda o‘tirib qoldi-yu, keyin kunlardan birida:
— Men shaharga, opog‘oyumlarnikuga tushib chiqay, bir yo‘la do‘ppularni tashlab, yangi ish opkelaman, — deb ketgancha... bizni dog‘da qoldirib ketdi.
Oyposhsha xolamlarnikiga surishtirib borib ham na izini, na daragini topdik. Borganida xolam yo‘q ekanlar, do‘ppiyu tepchiq1larni Muhabbat kennoyida qoldirib:
— Do‘ppu bozorga tushub chiqay,— debdiyu shu ketgancha qaytib kirmabdi.
Oyim ikki kecha xolamlarnikida turib qoldilar.
— Odam igna emaski, yurib turib yo‘qolib qolsa! Surishtirib ko‘ring, pochcha. Sultonmuroddan uyatga qolmayluk, — derdilar oyim.
Pochcha — taniqli, aytuvli odam, yonlariga meni olib, bormagan-kirmagan joylari qolmadi. Bozorga tushib, shang‘illagan bozor qorovullariyu supuruqchilar oldigacha borib keldilar. Har ehtimolga qarshi uyg‘ur mahallaga ham o‘tdilar. Kallaxonadan surishtirdilar. Na do‘ppido‘z, na ipakfurushlar bilardi. Axiyri, milisaxonaga kirmoqchi bo‘ldilar-u, o‘sha Zokir badbaxtga uchragilari kelmadimi:
— Sen ang-shanglab so‘ra-chi, Tangritog‘dan o‘tgansan deb ushlab, qamab qo‘ymadimikan, badbaxtlar? — deb bir tanishlarini kiritdilar. — Balki ularni ushlash haqda ko‘rsatma-po‘rsatma bordir...
Haligi odam yarim soatlarda chiqdi. Biz esa bo‘larimiz bo‘lib, turibmiz: ketib ketolmaymiz, umidimizni uzib uzolmaymiz. Yo‘q, unaqa ko‘rsatmayam yo‘qmish, bu kecha hech kimni ushlabam qolishmabdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:55:16
Pochcha «haytovur-haytovur»lab orqaga qaytdilar.
— Milisaga tushmabdi, jin urmaydi. Hali-zamon eshikdan o‘zi kirib kelib qoladi. Bozor shunaqa joy. Tog‘-tog‘ bilan uchrashmaydi, odam odam bilan topishadi. Bironta qarindoshi uchragan. Inshaalloh, daragi ham chiqib qolgay, — deb bizlarni tinchitmoqchi bo‘ldilar.
Lekin na o‘sha kuni, na ertasiga eshikdan birov kirib keldi. Noiloj, oyimlar bilan Kattaboqqa qaytib ketdik. Biz birov tashlab ketgan omonatni oldirib qo‘yib, egasiga nima deb javob qilarini bilmagan odamlarga o‘xshab qolgandik. Egasi esa, koshki begona bo‘lsa! Jondan aziz akajonim edi...
Mana, shuncha yil o‘tib qaerda ekan! Akamning jonajon oshnasinikidan daragi chiqib turibdi! Bu orada shirindan-shirin farzandli bo‘pti, og‘ir dardga chalinib, kasalxonaga tushibdi. Lekin miq etmagani, burnimizning tekkinasida, xolamlarnikidan qo‘l uzatsa yetgudek joyda yashab turib, bir og‘iz bildirib qo‘ymagani g‘alati edi. Nimadan uyaldi, istihola etdi ekan? Turmush qurib (qurganmikan o‘zi?), farzand ko‘rganidanmi? Ko‘rgan bo‘lsa, nega unga Yodgormurod deb ot qo‘ydi-yu, u jujug‘i Chaman akamni «amaqu» deyapti? (Bu yerda bir sir bor-u, men hech tagiga yetolmasdim. O‘zidan so‘ramaguncha yetolmasam ham kerak!)
O‘ziga o‘zi shuncha tashvish sotib olgan ekanmi? Qolaversa, o‘zini shunchalar gunohkor sanaydimi?
Men uning oldiga quruqdan-quruq, o‘pkamni qo‘ltiqlab bora olmasdim. Eski Jo‘vaning ilikuzildida ham sarxil mevalar arimaydigan (Olloh baraka yog‘dirgan) bozoriga tushib, kennoyim xush ko‘radigan tansiq narsalardan: ozgina qovunqoqi, bir qismgina sho‘rdanak, jindek Madina xurmosi xarid qildim. Bir shirinzabon kampirsho turgan sari sarg‘ayib, asal boylab ketgan Toshkanni toshnokidan yarim xaltacha opchiqqan ekan. Shundan to‘rt donagina oldim. Alqab-alqab xaltamga solib berdi:
— O‘luk yesa, tiriltiradi, jon bolam. Jannatni mevasi-ya, bu, — deya boshimni ko‘kka yetkazdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:55:39
Jonu jahonim yorishib ketdi. Chindan jannatning isi keladirgan bunday narsalar kimni xushhol etmabdi! Zora shu narsalar, mening yo‘qlab borishim sabab bo‘lib, oyoqqa turib ketsa, musofirgina. Xudodan bo‘lib — Xudoyim meni sababchi etib, shifoi komillar bersayu yaxshi bir kunda uni o‘sha shifoxonadan yetaklab olib chiqsamu, «Oyi, mana, qochqoq keliniyiz», deb uyimizga boshlab borsam...
O‘lay agar, niyatim xolis edi. Akamdan ajraganimiz ajragan, kennoyimning bedarak yo‘qolishi bizga bir armon bo‘lib qolib edi. Bir kunmas bir kun akam eshigimizdan qirib kelsayu, qani u Tangritog‘lik keliniyiz, deb qolsa, nima deymiz? (Sultonmurod akam bo‘ladiyu kirib kelmaydimi! Tegirmonga tushsa butun chiqadigan odam-a! Qaytib kelishiga ishonamiz biz!) Nima degan odam bo‘lamiz o‘shanda?!
Kun qaytib qolganiga ham qaramay, jahd qilib qidirib kelayotganim shundan edi. Yaxshiyam jahd qilganim, shom tushmasidan (kun hali ufqda yangi tushgan tandirdek qizarib turardi) shifoxonaga yetib bordim. U Qibray tomonda — bahavo joylarga yaqin yerda ekan. Ilgari qaysi bir kattaning bog‘i bo‘lgan shekilli, hozir ham shinam, yog‘ tushsa yalagudek edi. Balki hukumatga qarashlidir hali ham.
O‘ylaganimcha bor ekan, kiraverish — qorovulxonadagi muomaladanoq bilindi:
— Keling, opovsi. Kimni so‘rab keluvdiz? — deb ko‘k xalatli xurshro‘ygina ayol peshvoz chiqdi oldimga. Men nomlarini aytdim:
— Shu yerga tushib qolgan ekanlar, kelinoyimiz...
U oyna tagidagi ro‘yxatni ikki sidra qarab chiqibam men aytgan ismni topolmay boshini ko‘tardi.
— Balki familiyalarini bilarsiz? — dedi umidvor etib.
— Familiyalari... — Akamning familiyasini eslab aytdim, — Abdurahimova bo‘lsa kerak.
Lekin ro‘yxatda bunday familiyali odam ham yo‘q edi.
Birdan Chaman akaning omonat xati yodimga tushib, kissamdan uni izlab qoldim.
— Shoshmang-chi, mana bu yerda yozgan bo‘lishlari kerak.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:55:56
Xat-qog‘ozni olib, o‘zim hayratda qoldim. Chaman aka uning bir chekkasiga, to‘g‘rirog‘i, xatning ortiga (Yodgormurod olib bergan kezda nimaga ko‘rmadim ekan?) yozgan edi: «Darvoqe, uni Marg‘uba Ubaydulloh qizi deb so‘rab borgil. Bo‘lmasa, topib berolmagaylar!»
«Marg‘uba? Nima bu? Shunchaki tasodifmi yo o‘sha birinchi kennoyimga mengzab, o‘shanday baxtini topsin deb... qo‘yganmi, Chaman akam? Unda nega Ubaydulloh qizi? O‘zining familiyasiga olibdimi?! Qanday oladi birovning xasmini?! Yana jonajon oshnasining qaylig‘ini?! Esi joyidami?! Mahfuz kennoyim-chi?! Akam uchun hamma abru balolarga, jabru jafolarga rozi bo‘lib, bu yoqlarda tentirab yurgan kennoyim-chi? Qanday rozi bo‘la qolibdi bu ishga, birovning nomiga o‘tkazishlariga?! (Balki nikohiga o‘tkazib ham olgandir?!) Xayolimga urilgan ana shu o‘ydan o‘zimga kelolmay turarkanman, darbon ayol (holimga achinibmi?) atrofimda girgitton bo‘lib qolgan edi:
— O‘tiring, voy, opovsi. Birpas nafasizzi rostlang. Hech qisi yo‘q, shundan shu yoqqa kelganingizda — xijolat bo‘lmang, topiladi, topilmaydigan narsa bormi? Manavi choydan bir ho‘plang, zora eslab qolsangiz...
— Yo‘q, topdim, — dedim o‘zimni tutib olib. — Mana, Marg‘uba Ubaydulloh qizi ekan. Qaramagan ekanman.
— Ie, anuv tili bir shirin, ko‘hlik ayol bo‘lmasin tag‘in. So‘zlari sal ketib-ketib qolayatuvdi. Og‘acha kelinmi? — Haliyam yuzining jonoqi olmadek qizilligi qolmagan ayol ro‘yxat ustiga engasharkan, yuragim orziqib tushdi.
— Shunday bo‘lishi kerak, Tangritog‘ tomonlardan tushishgan, — dedim.
— Kelin bo‘lib-a? — dedi ayol bir qiyo qarab qo‘yib.
Men (yuragim uvushib!) nima deyarimniyu qanday tushuntirarimni bilmay... (Koshki bu tarixni ochib bo‘lsa hammaga!) noiloj, bosh irg‘adim.
— Bizam shundaymi, deb o‘ylovdik boyaqishginani,— deb turib, quvonib ketdi. — Ha, mana — aytgan odamiz, Ubaydulloh qizi. Hammaga qanchalab odamlar kelganda bu ayolni hech kim yo‘qlamasdi. Savob ham kerak deb yo‘qlab chiqarduk. Yaxshi kepsiz, opovsi. — Ayol bir nozik gapi bor odamdek ichkaridan aylanib, chiqib keldi. — Kechirasiz, so‘raganning aybi yo‘q, kimlari bo‘lasiz?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:56:07
— Qaynilari, — dedim u o‘zini yaqin olib bir narsa demoqchiligini anglagandek bo‘lib. — Nima edi?
— Unday bo‘lsa, sizga xolis bir gap-da, — deya azza-bazza qo‘ltig‘imdan olib, bir chetga boshladi, — boyaqish musofirgina ekan, qolaversa, qiz boladek narsa: jarrohlar qo‘liga tashlab qo‘ymanglar bunday. Ruxsat bermanglar.
— Nimaga ruxsat, qanday ruxsat? — dedim nima gapligini anglab-anglamay.
Ayol ko‘zlarimga iltijoli boqdi:
— Tushuning siz, jarrohlarga nima! Kesadilar — qutuladilar-da. Lekin jabr-jabr kimga bo‘ladi — unga bo‘ladi. Ayol narsaga. Rozilik bermang. «Joyidanam» bo‘ladi ba’zan bunaqa narsalar... Irimini qilsa, san ko‘r-man ko‘r bo‘lib, oyoqqa turib ketar-midi...
Men yuragim hapriqdi:
— Oyoqlariga nima bo‘lgan?..
— Aytmoqchi, hali Siz bilmaysiz-a. Boyaqish tahorat yangilayman deb vannaxonaga kirgan ekan: tiyg‘onib tizzasini urib olibdi. O‘sha — do‘ngalakdek shishib ketib, yurolmay ham, turolmay ham qolsa deng. Bo‘lmasa, namozini o‘qib, bir chiroyli yuruvdi. Ranglari ham yaxshi bo‘p qoluvdi.
Men qaytarib so‘radim:
— «Bir chiroyli yuruvdi?» — Nazarimda, boshqa birov bilan chalg‘itayotgandek edi.
— Ha, opovsi, tashqariga ham sekin-asta chiqayotgan edi. Faqat manavi falokat — oyog‘i ostidan chiqib, yomon bo‘ldi. Shuning uchunam kasali «joyi»danmikan, deyman. Eskichadan xabari bor Hoziq tabibga ko‘rsatish kerakmidi. U kishi xorijdan kelganlar, shu shah-rimizdalar. Birov birovga sababchi bo‘ladi-da, opovsi.
Boshda xushro‘yginayu iymanchoqqina ko‘ringan qishloq ayolining birpasda shuncha gapni gapirib tashlaganigami yo kennoyim haqida hech narsa bilmay yurib, birdan shuncha narsadan xabar topganimgami, boshim aylaniblar ketgan edi:
— Maslahatingiz-chun rahmat. Ko‘rib chiqay-chi, avval, — deb men qo‘zg‘olib, ichkari o‘tishga chog‘lan-dim. — Qaysi xonadan... so‘rayman?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:56:17
— Iloy, Xudoyim Sizni o‘zi yetkazgan bo‘lsin, — eshikbon opa oldimga tushib, girgitton bo‘lib yo‘l ko‘rsata boshladi. — Mana, shu teraklar tagi bilan borib, huv, anavi oldi peshayvonli binoga o‘tasiz. Derazasi shu yoqqa qaragan kunjakdagi xona. Hamshiralardan so‘rab, kirib boravurasiz.
— Rahmat.
— Faqat boyagi gapni unutmang-a?
— Yaxshi, opajon, — men tashakkur aytib, yog‘ tushsa yalagudek yo‘lkadan azamat teraklar tagi bilan yura ketdim. Ular hali quv yalang‘och bo‘lsalar-da, bir go‘zal saf tortgan edilar. Kechki oftobda uchlari yonib ketgudek zarhallanib turar, ammo mening butun fikri-zikrim shu yo‘lka adog‘idagi peshayvonli binoda edi. Ko‘zlarimni uning shu yoqqa qaragan eng chekka derazasidan uzolmasdim. Nimaga ichim qurib, hapriqayotir, desam, kennoyim bu ahvolda yotgan ekanlar-da. Bizni bir ko‘rishga ilhaq bo‘lib? Shu kunlarga tushib? Chaman akam bejiz tayinlamagan ekan. Oyog‘ini qachon urib olibdi, u ketgunchami yo undan keyin? Bechora kenno-yim, shu ko‘rgiliklari ham bor ekanmi musofirligi ustiga?
Huzuriga kirib boryapmanu ichim yonib, bo‘g‘zimga zoldirdek qaynoq bir narsa tiqilib kelyapti. Yuragimni bir nima timdalaydi. Undan nimtalab tashlagani ma’qul edi. Yengil tortarmidim... Qayni bo‘lib, bizdan nima ko‘rdi? Shu holga tushgunchayam qidirib topmabmiz! Holidan xabar olmabmiz! Akamning, akajonimning hurmati shumi edi?!
Qalbimning eng chuqur, eng ingichka yerlarida tushunuksiz, (o‘z-o‘zimdan shekilli!) bir norozilik ul-g‘ayib, bir hayqiriq qaynab kelayotir. Uyat! Qanday uyatli hol!... Ko‘ksim xuddi mijmarga, ha-ha, o‘t tutashgan ko‘ksga o‘xshab kuymoqda go‘yo, dudi ichimga sig‘may ketayotir.
Dimog‘imga bir g‘alati hid va dudlar uriladi. Go‘yo birov shu yaqin atrofda mijmar atalmish idishda mushk-anbar tutatayotgan kabi. U shu atrofdan gupurib kelyaptimi, ich-ichimdanmi — o‘zim bilmayman: Mana, sizga oqibat! Tag‘in biz jigarmishmiz! Jigarimizning jigariga jigar bo‘lolmabmiz-ku! Akam kelganda oldiga qaysi yuz bilan «Voy jigarim»lab boramiz? Bag‘riga o‘zimizni tashlaymiz?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:56:32
Uyat, xijolatpazlik, shuncha vaqtdan beri holidan xabar ololmaganimiz — barcha-barchasi qo‘shilib, bir tarafdan ichimni tirnab borayotgan bo‘lsa, boshqa tarafdan nihoyat daragini topib, eng mushkul kunda oldiga yetib kelayotganimdan, mana hozir meni ko‘rib qay alpozga tushuvidan yana bir hayajondaman. Xushi uchib, esi og‘ib qolmasa koshki edi! Balki avval xabar berib, keyin kirib borishim lozimmidi?
Qibrayning oq yuz, tim qora ko‘zli qishloq qizlari hamshira bo‘lib ishlashar ekan.
— Keling, kimga kelib ediyiz? — deb xayoligina iymanib, o‘rnilaridan qo‘zg‘olishdi.
Men aytdim-u, shu ondayoq yuzlarida g‘alati jiddiylik ko‘rib, qo‘rqib ketdim:
— O‘zlari... yaxshimilar ishqilib?
Hamshiralardan biri xuddi «Siz so‘ragandan beri!» demoqchidek yuz burib, ishga chalg‘idi. Va shu asno sherigiga buyurdi:
— O‘zing boshlab kira qol, Dil!
Uning bu muomalasi menga ayil botdi: «Sadqai qarindosh keting», deb yuzimga solgandek edi. Ko‘ksimda bir nima simillab, tilib o‘tdi. Shu asno ikkinchi sherigi o‘sma qo‘ygandek qora qoshi bir chimirilib, oldimga tushdi:
— Yuring.
Javobi ham zardalikkina edi uning. Yuragim shuv etdi: chindan og‘irlashib qoptilarmi, kennoyim?
Qadamimni tezlatib, hamshiraga yetib olishga shoshildim. (Uning ikki o‘rim sochi uzunligidan taqimini o‘pay-o‘pay der, o‘zi oq xalat ustida qo‘sh ilondek to‘lg‘onar edi, tavba.)
— Hoy, singlim, — dedim yurak yutib, ham shivirlab, — nima bo‘lgan u kishiga? Biz endi xabar topib kelyapbiz, — men o‘zimni oqlashga urinarmidim yo ahvolini bilishga oshiqarmidim, ajrata olmasdim. Harqa-lay ikkisi ham bo‘lsa kerak.
U o‘girilib, tanbehnamo boqdi:
— Shovqinlasangiz, kiritmayin qo‘yaqolishadi, — dedi sekin, — bilmaysizmi, bizda qanday nozuv kasallar yotishini?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:56:51
— Bilaman, bilaman, — dedim shivirlab, ham nafasim ichimga tushib. Axir shundan shu yoqqa topib kelganimda kiritmay qo‘ysalar, kimga zarar! — O‘sha chekkadagi xonadalarmi? — dedim yalingannamo.
— O‘sha, faqat ko‘p qolib, toliqtirib qo‘ymaysiz. Kuni bilan mijja qoqmadalar, — dedi u kennoyimga achinib. — Qo‘lingizdan kelsa, yaxshi so‘zlar bilan ko‘ngillarini ko‘taring. Balki Sizning qadamingiz sharofati bilan... operatsiaga rozilik berib qolarlar.
Xayriyat! Hali rozilik bermagan ekanlar-ku! Yuragim gurs-gurs urib, bo‘g‘zimga bir nimalar tiqiladi. Go‘yo ko‘ksim to‘la kaptarlar potir-potur uchib yotibdilar. O‘zim esa nuqul titrab-qaqshayman. Hatto eshikni qoqishga... holim yo‘q. Nihoyat... zo‘rg‘a, sekin qoqdim. O‘zimga ovoz bitganiga o‘zim hayronman:
— Mumkinmi?
Karavotning tag simi ingranib-g‘ijirladi, ammo ichkaridan hech ovoz chiqmasdi. Hamon yuragim potirlab, xalqumimga tiqilib kelyapti. Nahot topdim deganda, kechikdim? Balki ko‘zi ilinib, eshitmagan chiqar? Eshikni qiya ochsam, to‘rdagi karavotda bir burdadek bo‘lib, yuzi bo‘zdek oqargan birov ko‘zlari javdirab yotibdi. Hayhot, bu ko‘zlar juda tanish, faqat uni mung aralash yolqinidangina tanib olmoq mumkin edi!
— Ie, kennoyijon! Nima bo‘ldi? — Men otilib kirib borib, yonlariga cho‘kmoqqa chog‘landim.
— Kim? — u javdirab turib, ovozimdanmi, nimadan tanib qoldi. — Voy, Maqsudxon, sizmusiz? — deya tirsaklariga tiralib bosh ko‘targan joyida... qay bir yeridagi og‘riqning zo‘ridan lablarini qimtib jim qoldiyu... — kechirasiz, — deya benajot boshini qayta yostiqqa tashladi.
— Urinmang, qimirlamang siz, kennoyijon. Menman, Maqsudman. Mana, topib keldim. Endi hammasi yaxshi bo‘lib ketadi, ko‘rmaganday bo‘lib ketasiz.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:57:07
O‘zim unga taskin beryapman-u, kipriklari ostidan sizib chiqayotgan, nozik-ado ajinlarini yuvib tusha boshlagan ko‘zyoshlarini nima qilarimni bilmay... (artib qo‘yarga esa jur’atim yetmay) piqirlab qolyapman. Bo‘g‘zimga nimadir tiqilib kelib, sho‘rtang bir nimalar lablarim chetidan sizib kirayotganday. Ko‘z oldim tumanlanib, hech narsa ilg‘ay olmayotirman. Ko‘rolmayapman-u, kennoyimning pinqillagan ovozidan ho‘ngrab yuborgudekman. Lekin o‘zimni bosmasam bo‘ladimi, bosdim:
— Men Sizga zo‘r xabarlar olib kelganman, kennoyijon. Zo‘r tabiblar, xorijdan kelgan tabiblarni topib qo‘yganman, — deb tasallilar bera ketdim. — Hali otday bo‘lib ketasiz... ko‘rmaganday bo‘lib ketasiz. Men Sizni bu yerlarda yotqizib qo‘ymayman, o‘z oyog‘iz bilan yurgizib olib chiqib ketaman, — derdim, va’dalar berardim. Ostonada birov turgandek tuyulib, o‘girilib qarasam, boyagi hamshira: lablari uchib-uchib turgan ekan, eshikni sekin yopdi. Men uyalganimdan o‘zimni tutib, turib o‘tirdim-da, go‘yo hech gap o‘tmagandek, yana yangiliklarga tushdim:
— Sizga Oyto‘ra buvi salom aytdilar. Yodgormurodiz so‘rab-so‘rab qoldi: «Ayajonumni sog‘undum, har ikkala ko‘zlarim ila sog‘undum», deydi.
Vo ajab! Og‘riqning zo‘ridan ingrab yotgan odam ko‘zlari yaraqlab ochilib ketsa bo‘ladimi! Yuzlariga ichdan bir ajoyib oq-qirmizi (boshqacha o‘xshata olmadim!) rang yugurdi.
— Yodgortoyum-a? Menu murodum-a? — dedi to‘liqqan bir tovushda. — O‘zu qanday? Ichikib qolmabdimu? Qiyun bo‘ldu bolam boyaqishga. Qiyun bo‘lgandan o‘shanga bo‘ldu.
— Yo‘q, unday demang. Bir aqlli, bir mo‘mintoy bola bo‘libdi Yodgormurodingiz. U meni Sizlar turgan boloxonalarga opchiqdi. Olmagulli jimit choynaklariz ichidan amaqusining omonatlarini olib berdi, — dedim kennoyijonimning chiroyini ochay, o‘zini xursand etay, deb.
— Shunaqamu? Katta yigit bo‘lib-a?
— Bo‘lganda-chi! Hali qarab turasiz! Anvar mir-zoday bir yigit bo‘lsinki, kelinlikka Ra’no qizlarni izlab yuring! — deb yuboribman. O‘zimning gapimdan o‘zimni olovim chiqib ketdi. Ammo bu gap kenno-yimga yoqqan, mahzun jilmaygancha qo‘lini duoga ochgan edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:57:32
— O‘sha kunlarga yetkazsun, ilohum, — dedi yuziga qo‘l uchlarini surtib. So‘ng mening oldimda cho‘zilib yotishga o‘ng‘aysizlanibmi, boshini ko‘tarib, jilla qursa, turib o‘tirishga unnaldi. Ammo o‘sha oyog‘imi, nimadir qaddini ko‘tarishga qo‘ymas, u labini tishlagancha qolgan edi. Men shoshib:
— Qimirlamang, urinmang Siz, — deb yelkasidan bosib, yostiqlarini to‘g‘rilagan bo‘ldim.
Kennoyim shu yillar ichida o‘zini ancha oldirgan, yuz-ko‘zlaridagi o‘sha ma’sumlikni demasa, og‘ir dardga chalingan boshqa birovga o‘xshatib, tanimaslik ham mumkin edi daf’atan. Lekin tovshi, so‘zlari, uni ko‘ksidan chiqarib, Tangritog‘ tomonlilarga o‘xshab, bir chiroyli talaffuz etishi o‘sha-o‘sha edi, boqishlari o‘sha-o‘sha muloyim, o‘zgarmagan edi. Faqat ko‘z qarashlarida mahzunlikmi, munis siniqlikmi ko‘paygandek. Balki manavi dard ham, yolg‘izlik ham yengib qo‘ygandir, qiynab, benajot qoldirgandir. Axir musofirlik osonmi, yolg‘iz ayol boshiga?.
— Baxay, kennoyijon, bu yerlarga tushib qolibsiz? Nima bo‘ldi? Nima lozim? Ayting, tabib desangiz tabiblarga olib boray. Do‘xtir desangiz do‘xtirlarga. Faqat bunday yig‘lamang. Esingizdami, siz meni naqd o‘limdan olib qolgan edingiz. Shunday kunda endi men yaramasam, qachon yarayman! — deb yer tizzalab olgan, go‘yo poylariga bosh urib turar edim.
U esa ko‘zlarida yosh, bir og‘iz bir narsa deya olmay, yig‘isini qult-qult yutgancha yotibdi. Faqat ko‘zlarini uzmaydi, ora-sira kaftlari ila mijjalarini artib, o‘sha qo‘llari-la boshimni silaydi, sochlarimni to‘g‘rilagan bo‘ladi. Ko‘zlaridan olam-jahon minnatdorchilik, rahmatlar o‘qiyman. Shugina menga taskin berib turibdi. Bo‘lmasa, o‘zimni tutolmasligim aniq. Axir men kennoyijonimni shu alpozda topaman, deb o‘ylabmi edim?! Qani u go‘zal xilqat? Olloh akam uchun yaratib, pardai ismatida asragan farishtasi? Marg‘ubaning o‘rniga bergan mahbubasi? Shunday imtihonlariga ro‘baro‘ etibdimi bu suygan bandasini?..
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:57:52
— Rahmat, qaynujonum. Mana, kepsiz, shuning o‘zi yetadi menga, — dedi u to‘liqib. — Boshim osmonga yetdi. Shu kecha tushlarimga Hizrdek oppoq bir qariya, nurludan nurlu bir mo‘ysafid kirib yuribdu. Kitob-larda ko‘rganumiz, she’rlarini yod olganumiz o‘sha hazrat Navoiygami, kimga o‘xshab ketadu, tavba. «Qizim, ko‘pam qayg‘urmang, dardingizning davosi bor, inshaalloh, Sizni yo‘qlab kelishgay. Meni qidirib topsinlar», deydu. Ertalabdan beri hayron edum nima ekan deb. Mana, najot farishtasudek o‘ziz kirib keldungiz. Endi qo‘rqmayman. Sizni Xudoyimning o‘zi yetkazdu, — deb qo‘llarimni tavof etib, barmoqlarimning uchini o‘pib qo‘yar, hov bir vaqtdagidek ma’sum-ma’sum jilmayar edi.
Uning bu ishidan jonu jahonim yorishib, o‘rnimdan turib olgim, bozorliqlarimni ochib, o‘sha ilingan narsalarimdan jilla qursa, ikki donagina nokniyu Oyto‘ra buvi berib yuborgan qalampirmunchoqni qo‘llariga tutqazgim kelardi. Axiyri olib:
— Mana, men Sizga nimalar olib keldim, qarang,— dedim.
— Voy, halim nokmu? — kennoyim azza-bazza boshini ko‘tarib, tirsagiga tiraldi. — Hidinu qarang, asal tortub ketipti-ku!..
Darhaqiqat, undan asal hidi gurkirab, o‘zi sariq ipakdek jilvalanar edi.
— Bir kampirshodan oldim bu jannatning mevasini. Duo qilib yeyar ekansiz.
— Rahmat, — dedi u chiroyli kiprik qoqib. (Aftidan mutaassirlanib, og‘riqlariyu qayg‘ularini bir zumgina unutgan edi.) — Bunisu qalampirmunchoq-ku. Rahmat. Shundan shu yoqqa ilinub... ko‘tarub yurubsiz,— dedi u.
— Uni buvi berib yubordilar. Hidlab turarkansiz, g‘uboringizni olarkan.
— Voy, shundaymu? Baraka topsunlar. Menga yaxshilik sog‘inganlarnu Alloh qo‘llasun, o‘zi aziz qilsun, — dedi u yana ham ta’sirlanib. Ko‘zlari chaqnab, yoshmi — nima yiltilladi. — Qani edu, tushlarum o‘ngudan kela qolsa.
— Inshaalloh, o‘shal ko‘ringan odamni-da, topgaymiz. Bekorga belgi bermagan,— dedim eshikbon ayolning gaplari rost kelayotganidan o‘zim ham hayratlanib.
— Valloh, farishtalar omin deb turgan bo‘lsun. — U mijjalariga qalqib chiqqan yoshlarni artib, boyagidek minnatdor tikildi. — O‘sha-o‘shasuz-a, qaynujonum, kichikoyumlarning, kattabog‘liklarning hidinu tuydum, rahmat.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:58:05
— Shoshmay turing, yana o‘shoqlarga opchiqib ketaman. Axir Siz qang‘liliksiz, — dedim men.
— Qaniydu, Kattabog‘nu qaytub bir ko‘rsam, Sizlarnukuga chiqsam. Anuv Olmazorimiznu bir aylan-sam — armonim yo‘q edu. Padaribuzrukvorimiznu, volidai mukarrama onamiznu ko‘rgandek bo‘lar edum. Ular yetisholmagan joyga men yetar edum, — dedi to‘liqib va yana ko‘zlari qayta namlanib kela boshladi.
— Ulguramiz-ulguramiz. Hali hammasini buzib, qo‘porib bitirishganicha yo‘q. Olmazor shunday turibdi, egasiz bog‘day, — dedim.
— Qanday? Hali u tomonlarnu ham buzishyaptimu? Shaharga qo‘shib yuborishyaptimu? — dedi u tashvishlanib.
— Qo‘shib bo‘lishdi hisob. Hech vaqo qolmadi Kattabog‘imizdan.
— Sizlarnukuni hammu? O‘shal qo‘rg‘on, o‘shal uylarnu-ya? Bir nishon qoldurmayin-a? — dedi u sarosimaga tushib. O‘zi azza-bazza turishga unnaldi-yu, ammo turolmadi. Men uning ustida girgitton bo‘lib, tasalli berishga urinardim:
— Yo‘q-yo‘q, bog‘imiz turibdi. Faqat tomni ochib, ko‘chib ketdik, xolos. Surib yuborishganicha yo‘q hali.
U ko‘zlarini yumib, bir muddat jim qoldi, so‘ng «O‘zingga shukr, Allohum, sharmisor etmabsan», deya shivirladi...
Nihoyat, xasrat to‘la ko‘zlarini ochib:
— Ishqilub... o‘shal biz turgan paxsalu uy... omonmu? — dedi allaqanday termulib.
Shu topda bir og‘iz bemavrid so‘z bilan uning ko‘nglini chil-chil qilib qo‘yishim mumkin edi: tilim zo‘rg‘a aylandi:
— Omonligi shuki, tomi ochuq, yolg‘iz devorlari qolgan...
Kennoyim yengil tin oldi:
— Shunisigayam shukr. Surib tashlashsa nima qilardum?! — dedi u. Keyin menga termulib, o‘tina ket- di: — Yaxshiyam kelubsiz. Endi sizdan iltimos, qaynujonum. Tez borgaysiz, surib yubormaslaridan borgaysiz. O‘shal uyda — bilasiz-ku, men turgan uyni — o‘sha katta uyda bir narsa qoldurib edum. Akangizga atalgan narsalar... Tushunyapsizmu, omonat edu. Qachondan beri ich-etimnu yeyar edum. O‘shanu olmoq lozum.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:58:15
U nima o‘zi, qanday omonat? Turibdimi, yo‘qmi hali? Qaerida edi? So‘ragim kelib ketyapti-yu, qani tilim aylansa! Aylanmayapti, tanglayimga yopishib qolgan. O‘zidan ko‘z uzolmay yutoqaman nuqul: nima u, ayta qolsa-chi?!
— O‘rtadagi tokchanu bilasiz-a?.. O‘sha yerda edu.
— Tokchadami? — dedim hech nimaga aqlim yetmay: tokchada narsa qoptimi? Ship-shiydonini chiqarib ko‘chganmiz-ku?..
— Yo‘q, tushunmaduz: taginu urib ko‘ring, po‘killaydu. O‘sha yeruda. Ochsanguz olasiz u bitiklarnu.
— Bitiklar? — dedim hayratga tushib. Ammo daftarmi, nima, deb so‘rolmasdim. Ichim toshib bormoqdaydi.
— Ha, qaynujonum, — dedi u. — Odamlar nima deb o‘ylasalar-o‘ylasunlar, lekin men Alloh shohid, akangiz oldularida pokman. Uyatlu emasman hech. Jilla qursa, mana shu bitiklar — bizning qissamiz guvoh bo‘lsun! Jon qaynum, mumkin bo‘lsa, olib qo‘ying. Shu qog‘oz, shu daftarlarnu! U kishini qaytub ko‘rish... nasib etmasa... — U ichi to‘lib kelib, azza-bazza yuzini burib oldi,— berarsiz bir kun.— Ammo ko‘rib turibman: ko‘zlaridan duvillab oqqan yoshlar... yuzlarini yuvishdan uyalgan kabi pastga chopqillab yostiqqa oshiqar va unga singib yo‘qolar edilar.
U qancha, necha daftar — so‘ragim-bilgim bor-u, so‘ray olmasdim. Darvoqe, ularning ayriliq qissalari qanchalar uzun — nimadan boshlanib, nima bilan tugaydi, men qaerdan ham bilardim...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:58:46
3. KIMLAR KIRAR MUSHFIQANING TUSHIGA?..

Nihoyat, men turar bo‘ldim. Oqshom cho‘kib, qaytar mahalim yaqinlashgani sayin ichim g‘urmishlab bormoqda edi: Nima qilsam ekan? Avval qayoqqa o‘tsam? Eski hovlimizgami yo anavi «Opovsi» opa aytgan joyga? Qay biriga ulguraman? Opa aytgan, Mahfuz kennoyimning tushlariga kirib, belgi berayotgan tabibni desam, eski uyimiz qolyapti, uni desam bunisi. Biri-biridan zarur — muhim. Ayniqsa, anavi bitiklarga ichim tushib boryapti. (Hozir o‘tsam, hozir topib oladigandekman, u «mahfuz» xatlarni! Ammo keyinga qoldirsam... bir umrga yo‘qotib, ajrab qolsam-chi? Axir xaroba joyni kim tutib turardi?! Bugun bor, ertaga surib tashlamasliklariga kim kafolat bera oladi?! Keyin qaysi tuproq ostidan izlaysan?!)
Men eski uyimizga o‘tib, maktubni izlab yursam-u, bu yoqda jarrohlar kennoyimning oyog‘ini kesishga qaror qilib qo‘ysalar-chi? Yo‘q, shuncha yotgan qog‘ozlar yota turadi, tabib zarurroq! «Tushlarimga Hizrdek oppoq bir qariya, nurludan nurlu bir mo‘ysafid kirib yuribdu» deydi. Bejizmas shekilli. Nimadan belgi berayotibdi ekan u?..
Kun ketib borar, ammo o‘zim qay biriga ulgurarimni bilmasdim. Axiyri qo‘zg‘oldim.
— Xo‘p kennoyijon, men endi boraqolay, — dedim ruxsat so‘rab. Ammo o‘zim hech ketgim yo‘q. Hatto turishga ko‘nglim bo‘lmay... imillagandan imillayap- man. — O‘sha belgi berayotgan tabibni... surishtirib ko‘rayin-chi?
Bechora kennoyiginam!.. Men uning ko‘ngliga qarab tepasidan jilolmayotganimdan bir mutaassirlansa (ko‘rib turibman: qora oludek ko‘zlari yoshlanib-yoshlanib kelmoqda, lekin mijjalaridan oqib tushishiga hayosimi — nimasidir qo‘ymayapti), tushlariga kirguchi tabibdan og‘iz ochib meni tashvishga qo‘yganidan ming xijolatda...
— O‘zingizga qarang, tushga nimalar kirmaydu, axir...
— Anavi Opa ham aytayaptilar: «joy»dan bo‘lsa, armon bo‘lib qolmasin deb. U kishi qaerda turishini biladikanlar. Boraveray, zora nafi tegsa.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:58:56
Kennoyim ich-ichidan rozi-yu, o‘zi o‘sha tabibga umid tutib yotibdi-ku... sezdirgisi, meni tashvishga qo‘ygisi kelmasdi. Chalg‘itibmi, hadeb bo‘lak narsalardan og‘iz ochardi:
— Darvoqe, u yoqda kichigoyum qalaylar? Kelinposhsha-chi? Duolarini olub o‘tiribdularmu? Salom aytub, so‘rab qo‘yasiz. Biz uyatlularni... kechirolsalar kechirsunlar, kichigoyim. Xudoyumning xohlashu ekan, shunaqa ishlar bo‘lub kettu.
Men o‘zim turib olganman-u, yana taskin-tasalli beraman:
— Hechqisi yo‘q. Mana, daraklariz chiqib, o‘zizni topdik-ku. Hali eshitib, bir yerga yetadilar. Balki qistab qo‘ymasalar, olib ham kelarman.
Kennoyim yotgan yerida bir g‘alati — iltijoli tikildi.
— Unda... unda aytmay tura qolung, jon Maqsudxo‘jam... Menu bu ahvolda ko‘rub, kuymasunlar. Sal o‘zumga kelub olay, xo‘p?
— Mayli-mayli, — dedim ich-ichimdan bosib kelayotgan xo‘rliklarni yutib. Unga biron narsa deyay deyman-u, bo‘g‘zimdan hech so‘z chiqmayotir. Ammo o‘zim tepasiga kelib, yonginasiga tiz cho‘kib olganman. Mijjalarining chetidan duvillab oqib borayotgan, nori ustidan chopqillab o‘tib, quloq yumshog‘i tagiga, undan yostiqqa singib ketayotgan yoshlarni kaftim ila sidirib to‘xtatib qolmoqchi, artmoqchi bo‘laman-u, qani eplay olsam, jur’at etolsam. Yig‘lamang, kennoyijon, u kishiga aytish qochmaydi, avval tuzalib oling demoqchiman-u, aytolmayapman. Bo‘g‘zimdagi o‘sha narsa, o‘sha xo‘rliklar bir bo‘lib, qo‘ymayapti. Boyaqish, kennoyiginam. Akamni deb kelib, shuncha tashvishlarga qolgan ekanmi?
Alammi — nima, shuncha xo‘rliklarni qult etib yutib yuborishga qo‘ymas, imkon bermas edi, nihoyat bir yutunib — yengil tortdimu:
— Xo‘p, kennoyijon, xo‘p, — dedim. — Siz aytgancha bo‘lsin. Ammo ishoning, sizni bu ahvolda tashlab qo‘ymaymiz. Albatta, tuzatib olib chiqib ketamiz. Qarab turing, o‘z oyoqlariz bilan yurib chiqib ketasiz. Opchiqib, yangi joylarimizga olib boraman. Yana o‘zimiz bilan turasiz. Xuddi ilgarigi vaqtlardagidek. Bu yoqdan Yodgortoyni opchiqamiz. Odamlar ko‘rib qo‘yishsin, bularning qanday jujug‘i borakan deb...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:59:09
Voh!.. Shu yerga kelganda tilimni tishlab qoldim: men ovsar, men haftafahm, nimalar deb valdirayapman, o‘zim bilmay qayoqlarga o‘tlab ketyapman?! Koshki bir nimani bilaqolsam!..
Haytovur, kennoyim anglamay qoldi. Fahmlab qolsami, bilmadim, qay alpozga tushar edim.
U bo‘lsa, mijjalariyu ko‘z yoshlarini artib, jilmayishga urinar, mutaassir bir holatda:
— Inshaalloh deng, Maqsudxo‘ja, farishtalar ham omin desunlar... — deb shivirlaru o‘ziga kelolmasdi.
— Inshaalloh, inshaalloh, — derdim men qayta va qayta, — yo‘q yerdan daragingizni chiqargan Ollohim bu yog‘ini ham o‘nglaydi. Qo‘llaydi. Siz mahkam bo‘lavering faqat, — deb daldalar berardim.
So‘ng xayrlasha boshladik. Qaytish taraddudiga tushganimni ko‘rib, u birdan o‘zgarib qoldi. Ko‘zlari javdirab, bir nimalar demoqchi bo‘ladi-yu, aytolmaydi. Istiholaga tushib, dardini ichiga yutyapti. Qaytdim. Kelib, jur’at etib-etmaygina yostiqlarini to‘g‘rilashga tutindim. Ammo o‘zimning ich-ichimdan ham bir turlik xo‘rlikmi — nima bosib kelyaptiki, qo‘llarim, barmoqlarim titrab boryaptilar.
— Yana biron gapingiz bo‘lsa, tortinmang, — dedim zo‘rg‘a, — ertaga kelishimda...
Uning mijjalariga ikki tomchi yosh qalqib chiqdi.
— Ertaga menu... menu topolmay qolasizmu deb... qo‘rqamen.
Men shoshib qoldim. Ichimdan o‘t chiqib ketdi!
— Nega unaqa deyapsiz, kennoyijon? Axir, kelishdik-ku, men tabib topib keladigan bo‘ldim-ku. — Men yana uning yoniga cho‘kib olgan edim: — Unaqa xayollarni... boshingizdan chiqarib tashlang...
Kennoyim sochlarimni silab, mahzun yutindi:
— Sarson bo‘lib qolmang deb... aytayotirman.
— Sarsoniz nimasi?
— Gap shundaki... Ertaga ko‘chirishmoqchu... boshqa bir yoqqa.
— Nega, bu yer-chi?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:59:21
U boyagidek to‘liqib yutindi:
— Kesmasalar bo‘lmas emush... Biron boshqa kasalxonada.
— Siz... Siz rozilik berdingizmi? — dedim titrab. — Axir tushingizga kirgan, kirib yurgan odam-chi? Bekorga belgi berayotirmi?
Kennoyim mungligina mung‘aydi:
— Rozilik bermaganumda... u kishinu topishnu ayting. Kim so‘roqlaydi-yu, kim topib keladu?
— Mana, men-chi? — dedim sidqidildan, — sizni topib kelganda, uni topolmaymanmi?
Uning ko‘zlari yonib, yuzlari yorishib keldi:
— Siz... Siz nimaga ishonub, bunday deyapsiz?
Men darvozadagi xushro‘y ayol — «Opovsi» opani eslatdim.
— O‘sha ayol ham kasalingizni «joy»idan deyapti. Siz bir-ikki kun rozilik bermay turing.
— Voy, u kishi aytdularmi? Taniyman-taniy- man, — dedi kennoyim jonlanib. — Kun ora kirib, so‘rab-surishtirub, tansuq-tansuq narsalar ko‘tarib kelub, odamni bir hijolatlarga qo‘yadular.
— Xo‘p desangiz, o‘sha opa aytayotgan tabibni izlab ko‘ramiz. Yo oyimlarga aytaymi?
— Qaydam... yana Sizni tashvishga qo‘yib-a? Tushga nimalar kirmaydu, axir.
Endi men unamadim:
— Bu yog‘ini menga qo‘yib bering. Topib kelaman dedimmi, topaman!
Nazarimda men izlasamoq, bas edi, Xudoyim o‘zi qo‘llaydigandek, o‘sha tabibni yo‘liqtiradigandek edi. Nimadan bu — o‘zim bilmayman. Balki kelinoyimga azbaroyi bir yaxshilik qilgim kelib ketayotganidandir, u yog‘ini o‘zim bilmasdim.
— Xo‘p, men qaytdim, — dedim axiyri eshik tomon yurib, — Siz duo qilib yoting.
— Maylu, yaxshu boring. Yaxshu daraklar ila qaytung, ilohum, — dedi u.
Kennoyim men ketayotganimni ko‘rib, jilla qur-sa, tirsagiga tiralib turmoqqa, turib xayrlashmoq-qa chog‘landi-yu... shu chog‘ nimadir bo‘lib, daf’atan ingrab yubordi. Va «ix» degancha lablarini tishlab qoldi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:59:31
Yugurib bordim:
— Sizga nima bo‘ldi, nima qildi, kennoyijon? Aytaqoling, — deb o‘tinardim. Qo‘rqib ketganim shunchalik!
U sal uzanib ingrandi, o‘shal alpozda tizzasini silashgami, uqalashga tutindi. Men nima qilarimni, ustini ochib tashlab, oyoqlariga qarashni ham, yordamlashib yuborishni ham bilmasdim. O‘zlaridanmi, kimdan izn kutib javdirardim. Kennoyim esa, rangi qum o‘chib, mijjalarining tagidan tirqirab yosh chiqqancha qolgan edi. Nihoyat, qimtilgan lablariga jon bitib:
— Ayting, qarab yuborishsin... — dedi.
Shundagina hamshira chaqirish xayolimga kepti. O‘pkamni qo‘ltiqlab, yo‘lakka chopdim:
— Hoy, qizlar, qaerdasiz?..
Mening shovqinimga o‘rtadagi xonadan oq xalatli qizlar yugurib chiqishdi:
— Nima gap, nima bo‘ldi?
— Qaray qolinglar, iltimos. — Ular kirishdiyam, men o‘zimga kelolmasdim, hatto kirib borolmasdim: Bechora, shunday dard chekib yotgan ekanmi hali? Boshiga tushgan shuncha ko‘rgiliklar kam ekanmi?
Qizlardan biri qaytib chiqib, jonsaraklik ila jomu bint ko‘tarib hatto kirib ketdi. Nimaga ekan, hech aqlim yetmasdi. O‘zim ostonadan o‘tolmay turibman. Kirib borishga yuzim chidamayapti. Ustilarini ochib qo‘yishgan bo‘lsa, nima deb ham kirdim? Qolaversa, vujudim quloqqa aylangan. Ichkarida tiq etgan tovushga ilhaq turibman. Faqat kennoyijonim sal yengil tortsalar, bas, o‘zlariga kelganlarini bilsam, bas.
Hamshira qizlar qanaqa epaqasiz ekanlar, hamon kalovlanib bir-birlarini shoshirishar, «bo‘l, opke, ko‘tar»dan nari o‘tisholmasdi. Axiyri bir nima jo‘mrakdan oqqandek jomga shovullab tusha boshladiyu kennoyim ingrab yubordi.
Hamshiralar esa ustida aylanib-o‘rgilib, taskin berardilar:
— Hozir, opajon, oqib bitadiyu orom olasiz, qutilasiz. Hammasi shu patosniki, shuning og‘rig‘i...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:59:47
Men esam hech vaqoga aqlim yetmay, bir yaradan shuncha patos chiqarkanmi deb, tasavvur eta olmay ichim sidirilib boryapti: jo‘mrakdan oqqandek patos — qanday zardob ekanki, bir yara tagiga shunchasi yig‘ilaqolsa? Do‘xtirlar uni kesamiz deb vahima qilishgancha bor shekilli?.. Bu orada sochini ikkita qilib o‘rib, orqasiga tashlab olgan boyagi hamshira yugurgilab chiqib, menga urilib ketay dedi. Norozilanib qaradiyu yana ayadi:
— Iltimos, chetroq turing.
Men uzr aytib, ortidan ergashdim.
— O‘zlari yaxshimilar, yaxshi bo‘p qoladilarmi?..
U oynavand javonni ochib bintu malham izlarkan, tavba, qanaqa haftafahm odamsiz, degandek qaradiyu, o‘z ishidan qolmasdi. Meni battar vahm bosib:
— Har kuni shu ahvolmi? Qaytmayaptimi? U kishiga nima bo‘lgan? Ayta qoling, jon singlim, — deb yalinishga tushgan edim.
U endi aftimga qaramayin ham oshig‘ich qayta boshladi. Men unga bog‘lanib qolganday ergashib borardim. Palataga yetmasdan yana o‘tindim:
— Jon singlim...
U ichkariga kirib borayotgan joyida — ostonada to‘xtadiyu insof qilib qaytdi. Kelib qulog‘imga shivirladi:
— Jarrohlar kesishmoqchi, o‘sha oyoqlarini, bildiz?! — U mengami, kennoyimgami achingan kabi aftimga tikilib turib, burilib palataga kirib ketdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 13:59:56
Oyoqlarini kesishadi? G‘alati-ku! Men ahmoq, men pandavaqi yaralarini kesishadi, ochib tozalashadi,deb o‘tiribman! Bular ana nima qarorga kelib qo‘yishibdi! Yo‘q-yo‘q! Hecham rozilik berib bo‘lmaydi! Boshqa ilojini topsinlar! Zo‘r bo‘lsalar kesmay tuzatsinlar! Nega kesarkanlar? Axir shuncha sarson-sargardonliklari yetmay, oyog‘idan ham ajraydimi? Biror yaqinidan rizolik olmay turib, qanday kesishadi? Bunga kim rozilik berarkan? Hatto Chaman akaning ham haqqi yo‘qdir. Yoki u akamning rizoligini olgani... qidirib ketganmi? Yo alhazar, yonginamizda shuncha voqealar kechib, biz bexabar qolsak. Kennoyim bu ahvolda yotib, akam u ahvolda — bu diyorlarga qadam bosolmay yursayu, biz yordam qo‘limizni cho‘zolmasak. Qay kunlarga qolganmiz? Yo dunyo o‘zi shunday qurilganmi? Sarsonlik-sargardonliklarning nihoyasi, cheki yo‘q etib tuzilganmi?..
— Sizga ruxsat ekan, erta bilan vaqtliroq kelarkansiz.
O‘zimga kelib qarasam — boyagi hamshira. Go‘yo u najot farishtasidek:
— Iltimos, aytib qo‘ysangiz: kesishga rozilik bermay tursinlar! — dedim titrab-qaqshab.
— Yaxshi, — dedi u ham menga xayrixohlik bilan. So‘ng burilib keta turib yana to‘xtadi. — Aytmoqchi, tabibni axtarib ko‘rarkansiz. Tushundizmi?..
Ichimdan bir quyosh chiqqandek bo‘lib ketdim: hayriyat, umid tutayotgan joylari bor ekan-ku! Oshig‘ich tashqariga qarab yurdim. Bu xabardan ichim yorishib, qushdek yengil tortgan, hovli sutdek oydin bo‘lsa-da, ko‘z oldimdan kennoyimning bo‘zdek oqargan yuzi, hamshiralarning chopib yurishlari ketmas, qaroqlarim ostida qaynoq yosh aylanar edi.
Ajab dunyo: odamlar yo‘qotgan aziz kishilarini topganda qandoq quvonadilar! Men esam, yosh boladek bo‘zlab qaytar edim.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:00:34
4. «HASBIYALLOHU VA NE’MAL VAKIL»

Eski Jo‘vada shuncha turib, Taxtapul tomonlarga o‘tib qo‘ymagan ekanman, esiz.
Opa jon kuydirib tushuntirar edilar:
— Taxtapulning suvidan shundoq o‘tasizu tushasiz! Tushasiz-da, pastga qarab boravurasiz-boravurasiz. Yarim chaqirim yurmasizdan kichkina jin ko‘cha keladi. Buriliboq Tangritog‘lik tabibni so‘raysiz, vassalom.
Men esam, qani tasavvur qila olsam, o‘sha joylarni. Bittasiniyam ko‘z oldimga keltirolmayapman. Buni ko‘rib, Opa (o‘sha «opovsi» opa-da, qorovulxona be-kasi):
— Unda Sevzordan chiqib kelaqoling. Sevzorni bilasizmi? — deb qoldilar.
— Bilganda qandoq! — Men ichim yorishib sakrab ketayozdim. — Boyadan beri shundoq demaysizmi!
Darvoqe, holamgilarnikida turib o‘qigan kezlarim orasi ikki qadam Sevzordan (biz toshkentliklar suyib shunday ataymiz, asli Sebzor) beri kelmasdim. Jangobda tanishgan do‘stlarim bilan qo‘shilib hali Labzakka, hali Beshog‘och ko‘lidagi shaxmatxonaga tentiraganimiz-tentiragan edi. Yutib qaytgan kunlarimiz o‘sha tanti-chapani do‘stlarim qo‘yarda-qo‘ymay (borasan-da o‘sha xolanglarnikiga deb!) uylariga olib ketishgani-ketishgan edi...
Aytgan joylari — Sevzorning shundoq biqinida ekan. Tangritog‘dan kelgan tabib o‘sha yerga qo‘nganmish. To‘g‘rirog‘i, hukumat unga o‘sha yerdagi Boqchada turishga ruxsat etibdi. Azbaroyi siylaganidan. Men shunday deb tushundim. Ammo bu gap g‘alati ham sirliroq edi. Shu hukumat bo‘ladi-yu, bir tabibga shunchalik izzat-ikrom ko‘rsatadimi? Yana kelgindi-muhojir bo‘lsa? Tushunish qiyin. Ammo «Opovsi» opa u tog‘liq musofirni bir yerga yetib ta’riflar edilar:
— Voy, u kishini ko‘rmabsiz, suhbatlariga yetmabsiz — so‘zlaridan bol tomib, yuzlaridan nur yog‘iladi! Bunaqa halim odamni uchratmagansiz. Nafaslari bir o‘tkir, shunaqa o‘qib, dam soladilarki... kennoyingizni ko‘rsatsangiz bilasiz. Albatta, boring, shu bog‘ni aytsangiz — yo‘q demaydilar. Tuz-nasiba ekan, qancha vaqt turganlar bu yerda.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:00:51
«Opovsi» opa azbaroyi kennoyim uchun qayishib meni qistashini qo‘ymasdi:
— Borasiz-a, albatta, o‘tasiz-a?..
... Mana, ketyapman, o‘sha (onalarimiz ko‘pam ixlos qo‘yib, bir yerga yetishadigan) azayimxon tabibni izlab...
So‘rab-so‘rab Makkani topganlaridek, men ham uchragan qoradan o‘sha tabibni so‘roqlab borar edim.
Axiyri qayrilishdagi do‘kon qorovuli — yuzi kepchikday, bujur odam (u qorovulxonasidan darcha ochib, qurut, pista sotib o‘tirar edi) qozoqning to‘qqiz pulidek qilib, tushuntirib berdi:
— Ho‘v anov jin ko‘chaga burilasiz. Kirib boravurasiz-boravurasiz, bir oq binoga yetasiz. O‘sha — Boqcha. O‘shattan so‘raysiz, tabib to‘ramni. Ha, aytmoqchi, bugun ehson ham bor, chamamda. Odamlar chiqishayotib edi, to‘p-to‘p bo‘lib... tortinmay boravuring.
Qadamim yengil tortib, jadalladim: ishqilib, unasin-da ko‘rib qo‘yishga.
Aytilgan ko‘chaga burilib ham edimki, oldinda po‘rim kiyingan bir odam ko‘rindi. U qo‘ltig‘idagi bozorchiqni avaylagandan avaylab, u qo‘lidan bunisiga olib-erinmas edi. Negadir unga yetib olgim kelib, (nazarimda u ham o‘sha tabibni yo‘qlab borayotgandek), yana jadalladim.
Borsam, Sultonmurod akamlar tengi bir yigit, lekin do‘kondorlardek oxorli kiyingan. Boshida Toshkanni ko‘k do‘ppisi. (Ko‘riboq sezdim: yo puldor, yo savdogar, ikkisidan biri, axir, hamma ham chin-mochinda tikilgan bunaqangi qora kostyum-shimga yetishavuribdimi!) Ammo o‘zi ochiqqina ekan, salomimga takalluf-la alik oldi:
— Vaalaykum assalom, okovsi, keling.
Manzirati ham bir samimiy edi. Iyib ketib, yukini ko‘tarishib olgim keldi:
— Menga bera qoling.
— Yo‘g‘-e, og‘irmas, okovsi, odamni hijolatga qo‘ymang.
— Beravering, — dedim yaqin olib.
— Unday bo‘lsa, maylin. — U yap-yangi, shiqirlab turgan qog‘oz qopchiqni avaylab uzatdi. — Faqat ehtiyot bo‘lasiz, nozuvroq narsa edi.
— Nozuvroq joygami? — dedim tusmollab.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:01:02
— Topdiz, aytuvli bir odamning ziyoratiga. Ko‘pdan otlanardim-u, mavridini topib kelolmasdim. Bugun bozor tushsam deng, otliqqa ham topilmaydigan bir nok turibdi! Shu... bu dunyonikimas-da! Jonivor oltinday sarg‘ayib, bol tortib ketibdi. Hidini aytmaysizmi! Gurkiraydi! Shuni ilina qoluvdim to‘ramga.
Bitta-bitta yurib gaplashib borayotib edik, kechagi bozorimni eslab, yalt etib yuziga qaradim:
— Shu o‘zimizning Eski Jo‘vadan-a?
— Ha-da. Bor-yo‘g‘i to‘rt kilogina ekan. Nasib-da, nasib, — dedi u og‘zining tanobi qochib.
Men bosh silkidim: taxminim to‘g‘ri chiqmoqda edi.
— Demak, har kuni bir xalta-bir xalta optushadi. Ro‘zg‘orga yaragulik qilib...
— Kim? — deb hayratlandi hamrohim.
— Kim bo‘lardi, o‘sha kampirsho-da, — dedim jilmayib.
— Ha-a, — u tushunib qolib, xandon tashlab kul-di, — demak, siz ham nokiga xaridor bo‘lgansiz-da, shundaymi?
— Men besh ketib, kasal ko‘rgani olib edim, — dedim rostiga ko‘chib.
— Chakki emas, didingiz, — dedi u boshdan-oyog‘imga razm solib.
— Siznikiyam... — dedim men ham bunaqa nokning qadriga hamma ham yetavuribdimi degan kabi.
— O‘ziyam jannatning isi kep turibdi-da, — dedi u tushunib. — Hidlab boqing-a. Mening kaftlarimdan gurkirab kelyapganday haligacha, — deb qo‘lini iskab qo‘ydi.
Men uning ko‘ngli uchungina emas, allaqanday sog‘inib, bozorchiqni dimog‘imga yaqinlashtirdim. Yo qudratingdan! Qopchiq ichidan bol hididan ham o‘tkirroq bir hid gurkirab kelar edi. Faqat ertagi handalaklar shunday bo‘y taratishi mumkin. Lekin bu qishi bilan dimlab qo‘yilgan Toshkentning tosh noki edi! Kimga opkelayotgan ekan? Men esam, quruqdan quruq kelaveribman-da?..
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:01:12
Xijolat chekib qolganimni sezib, u jilmaydi:
— Aybga buyurmaysiz, didimiz bir desam, yo‘limiz ham bitta shekilli? Kimnikiga borayotibsiz?
Bu gapdan ichim yorishib, menam lutf qilgim keldi:
— Kim tabib taqsirnikiga, kim — to‘ram taqsirnikiga shekilli?
U o‘ziga yarashadigan tarzda xandon tashlab kuldi:
— Kim ilm istab, kim shifo istab deyaqoling!
— Kim nazri bilan, kim benazir, — dedim men. — Qabul ham shunga yarasha bo‘lmasaydi!
U hazilim yoqib, yelkamga qoqdi:
— G‘am yemang, nazir endi o‘rtada bo‘la qoldi. Ko‘tarishib ketyapsiz-ku, axir.
— Shuni ayting.
— Qolaversa, to‘ram qo‘lga qaramaskanlar. Bo‘ladi-ku: nazari to‘q odamlar — o‘sha toifadan emishlar, — dedi u qosh uchirib.
Har qandayi ham avvaliga shunday bo‘lib, keyin qiliq chiqaradi, demoqchi edim, tilim bormadi. Quruq tuhmat qilib qo‘yishdan qo‘rqdim. Balki chindan maqtashganicha bor, xudojo‘ydir.
Bu orada gap bilan bo‘lib ancha joyga borib qolibmiz. Hov oldinda bujur qorovul aytgandek, oq bi- no — Boqcha ko‘zga tashlanar edi. Unga yopishib tushgan darvoza oldida esa, uch-to‘rt odam ko‘rinyapti. Ularning ham qulog‘i ichkarida.
— Bemahal kepmiz shekilli, jigar? — dedi sherigim ham ko‘zi ularga tushib. U shu boyvachchaligiga menga o‘xshab tortinchoq ekan, borish-bormaslikni o‘ylab, taraddudlandi.
Bujur qorovuldan eshitganim yodimga tushib, uni qistadim. (Qolavursa, men tabibni ko‘rmay qaytib ketolmayman!):
— Nasibamiz ulug‘ ekan, ehsonga ilinamiz shekilli, yuravering.
— To‘ramniki tabarruk deb-a?
— Ha-da.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:01:22
Shu tob darvoza oldidagilardan bittasining ko‘zi tushib, bizni kechikkan mehmonlar fahmladi shekilli, peshvoz chiqib, mulozimatla egildi: marhamat, kelavursinlar, qadamlariga hasanot... Ilojsiz yurdik.
Lekin yaqin borib, ichkariga ko‘zim tushdiyu allaqanday yengil tortib, qushday bo‘lib qoldim: Bu nimadan, o‘zim anglab yeta olmas edim. Hovlida mehmonlar uchun tuzalgan joylar allaqachon bo‘shab qolgan, endi dasturxon yig‘ishtirib olinmoqda edi. Faqat kattakon tut tagidagi yog‘och karavotda besh-to‘rt qariya «suhbati chor — anda maza bor», qabilida ohista gurunglashib o‘tirishibdi. Zab paytida kelibmiz!
Qo‘limizdagi bozorchiqni ayvon chetiga qo‘yib ham edikki, oyoqlari kalta, ammo nihoyatda serharakat bir kishi (u ajoyib tarzda yelka tashlab yurar edi) bizni karavotga yaqin joyga boshladi:
— Kelung, memonlar. Nasiba yetalab keptu. Ehsonimizning savobiga sheruk bo‘luvsizlar.
Choy chaqirib, o‘zi bir chinni laganda osh keltirdi. Biz yengil ta’zim ila karavotdagi qariyalarga salom berib ulgurgan bo‘lsak-da, ularning shirin suhbatlariga halal bermadikmi, deb xijolatda edik. Ammo ular hali-veri turadiganmas, gaplari gaplariga qovushib bir shirin suhbat qurishyapti. edi. Aftidan bu dunyoni ham unutib, o‘sha to‘rdagi odamning nuroniy yuzidan (yo qudratingdan, o‘qish kitoblarimizda rasmini ko‘raverib, singishib ketgan o‘sha odam — sal bodomqovoq, muloyim kulcha yuzli xazrat tirilib kelib, qarshimizda o‘tirganday edilar) ko‘z uzmasdilar. U zot ham o‘shanday oq sallada, sariq yo‘l-yo‘l — zar-g‘aldoq to‘nda o‘tiribdilar. Oq oralagan mosh-birinch soqollari xuddi o‘shanday kuzalgan, ko‘zlari ham jindek bodomqovoq edi. Tavba, odam odamga shunchalar o‘xshar ekanmi? Tabib buva shu kishimikanlar yo bosh-qa birovlari?
Men oshga qo‘l uzata turib, sekin zingil tashlayotganimni ko‘rib, hamrohim qulog‘imga shipshidi:
— Siz tinglang. To‘ram taqsir shu odam.
Men qaytarib so‘radim:
— Tabib to‘rammi yo To‘ram taqsirmilar?..
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:01:33
U bosh silkidi:
— Har ikkisi ham.
Men yengil tin oldim: hayriyat, o‘zlari ekan!
So‘ng ularga quloq osdim. To‘ram taqsir bilan jindek choy ichib, suhbatlarini olishga qolgan mo‘ysafidlar bir narsani qistar edilar:
— O‘sha voqeani ayting, taqsir, o‘sha voqeani. Rost-dan ro‘baro‘ kelganmisiz? O‘sha tomonlarda haliyam bor ekanmi?
Men qo‘lim oshdayu qulog‘im ding edi. Aksiga olib teskariroq o‘tirib qopman. O‘girilib qarashga bo‘lmayapti.
Alohal taqsir qimtinib tin oldilar:
— Ha, endi bir yo‘liqqan-da, — dedilar negadir u voqeani eslagilari kelmay.
Qariyalar har chekkadan yana qistashdi:
— O‘zizdan eshitgan boshqa-da, taqsir.
— Alloh qanday asraganini ayting, jilla qursa.
O‘girilib, to‘ram deb atashayotgan tabibga qaradim: qiziq edi aytisi kelinqiramayotgani.
U kishi tizzalarini silab, bu gapga jilmayib qo‘ydilar: aftidan, unga qo‘shilmagan edilar.
— Bejiz-behikmat ro‘baro‘ etmagandir deng, — dedilar sekin.
Qariyalar hayratlanib bir-birlariga qarashdi:
— Subhanalloh! — dedi ro‘baro‘laridagi kishi.
— Yo‘g‘-e! — dedi boshqasi.— O‘zi ro‘baro‘ etib, O‘zi asraydimu?
— Hamma gap shunda-da, — dedilar u kishi.
— Moshaalloh! Shunaqasi ham bo‘ladi ekanmi?
— Bo‘ladikan, — dedilar to‘ram.
Ular bir muddat jim qolib, yana qistamoqqa boshladilar.
— Shuning uchun ham... o‘zingizdan eshitayluk, taqsirim.
Hatto biz ham og‘zimizdagini chaynashdan to‘xtagan edik, o‘sha narsa bizni-da some etib, qiziqtirib qo‘ygan edi. Axiyri u kishi ming istihola ila boshladilar (balki menga shunday tuyulgandir.)
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:01:43
— Tangritoqqa yo‘l boshlovchisiz — yolg‘iz borishim edi. Dovonga ko‘tarilguncha bir-biriga o‘xshagan so‘qmoqlaru daralarga kirib-chiqaverib, adashib ketdimmi, bilmayman, vallohi a’lam. Sharqiroq soy bo‘yiga chiqqanimda birdan shom tusha boshlaganini payqab qoldim. Otni har qancha qistaganimda ham ko‘rinib turgan dovonga yeta olmasdim. Bir yoqda shom qazo bo‘lyapti, bir yoqda ko‘zlagan manzilimga yetolmaydiganman. Alohal otdan tushib, tahorat tadorigini ko‘ra boshladim. So‘ng ot tizginini bir butaga ilib, xarsang toshlar orasidan joynamoz sig‘gudek bir joy topib, namozga berildim. — Tabib hikoyasining shu yeriga kelganda tin olib, jim qoldi. U barcha-barchasini aytishga hamon istihola etarmidi yo eslab ketganmi- di, bilib bo‘lmasdi. O‘girilib qarashga esa botina olmasdim. Kimdir yo‘talib, kimdir betoqatlik ila qo‘zg‘olib qo‘ydi. Tabib endi allaqanday o‘kinchli ovozda:
— Yaxshiyam to‘xtaganim, — dedi. — Shomning farziniyu sunnatini o‘qigunimcha daraga qorong‘ulik cho‘kib bo‘pti. Besh qadam narini ilg‘ab bo‘lmasdi. Nega shunday kechdi, yarim yo‘lda qolib ketdim, mendan qanday xatolik o‘tdiki, deb joynamozdan turmayoq «Asta’firulloh, allazi-mallazi, la ilaha illa huval hayyul qayyumu va atuvbi ilayhi», deb o‘ziga istig‘for aytib, sajdaga bosh qo‘ydimu tavallo eta ketdim: «Ya Rob-bim — Alloh, hammasidan o‘zing voqifsan, O‘zing ko‘rib-bilib turibsan: zimmamga qanday yumushlar yuklanmish. Rozilik berib to‘g‘ri qildimi, adashdimmi, hikmatini bilguvchi yolg‘iz O‘zingsan. Agar yaxshilikka yo‘ysang — yo‘limni och, mushkulimni oson et. Agar nafsimning so‘zlariga kirib adashgan bo‘lsam, bandaman, O‘zing kechir. Kechir-da, balo-qazolardan, yomonliklardan O‘zing asra. Hidoyatingni darig‘ tutma, ojiz bandangman. Ne qilay qaytar yo‘llarim berkilgan. O‘zing najot ber», deb yig‘lab-tavallolar qilayotsam... birdan orqadagi ot hurkib ketgancha kishnab yubordiyu tizginni uzib qochmoqqami, nimaga tushdi. Etimu vujudim vijirlablar ketdi.
Sajdadan bosh ko‘tarsam, qay ko‘z ila ko‘rayki, qarshimda gungursdek bo‘lib, bir maxluq turibdi. Olov ko‘zlarini uzmay. Bo‘ynida yolimi — nima xurpaygan: ayiq bo‘lib ayiqmas, it bo‘lib it. Ammo avvaliga tanimay turgan ekanman, tanib qolib, etlarim tikka bo‘lib ketdi. Butun jonim oyog‘imdan yerga o‘tib ketgandek edi. Beixtiyor payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vassalamni, kuyovlari u kishini haqorat etganda: «Ya Allohim, bunga itlaringni yubor, o‘sha bas kelsin», deb duo qilganlarini eslabman. (Keyin uni Shomda arslon yeb ketgan edi.) Yaxshiyam, qo‘zg‘olmaganim, qo‘zg‘olganida tilka-pora qilib tashlarmidi. Yaxshiyam, Allohga tavbalar qilib, istig‘forlar aytib turgan paytim ekan. Yaxshiyam, namozda ekanman.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:02:03
Orqayu oldimizdan himoyalab turadirgan farishtalar tufaylidanmi, u to‘xtab qolgandi, daf eta olmay turardi.
Shu xayoldan o‘zimga keliboq Tangri taologa yolvora ketdim:
— Uni to‘xtatgan ham, omonsiz hujumidan asrab turgan ham bir bo‘lsa, O‘zingsan, ya Alloh, uni daf etguvchi ham, yo‘limni ochib berguvchi ham O‘zingsan. O‘zingga sig‘inaman, O‘zingdan so‘rayman. Qutqar bu itingdan. Umrim bo‘yi aytganingdan chiqmayin, — derdim. — La ilaha illalloh, hasbiyallohu va ne’mal vakil — O‘zingni vakil qildim, — derdim.
Sizlarga yolg‘on, menga chin. Shu duoni o‘qishim-la maxluq bir narsadan hayiqqan kabi irillab tisa-rilaverdiyu so‘ng o‘girilib, dumini qisgancha pastga tushib keta boshladi. Pastda esa soy sharqiragandan sharqirab yotar, ora-chira namxush epkini o‘ynoqlab kelib qolar edi, xolos...
O‘sha voqeaning ta’siridami, hammalari bir muddat jimib qoldilar. Axiyri bir qariya shu jimlikni buzishga jur’at etib:
— Hikmati ne edi, taqsir? Endi ayta olarsiz? — dedi.
Tabib hov boyagindek, istiholali jilmaydi: savol noo‘rinligini shundan-da payqash mumkin edi. Ammo tabib qariyani xijolatda qoldirgisi kelmadi:
— Alloh bilguchiroq, qori aka, biz nimaniyam bilardik, — dedi yumshoq tabassum ila.
Bu gapga hamma qo‘shilgan edi. Shu tariqa gap o‘zani poyoniga yetib, ular dasturxonga fotiha o‘qib, o‘rnilaridan tura boshladilar.
Biz shuncha shoshganimiz bilan qo‘l artib, laganni berib ulgurdik, xolos. Qariyalar hovli sahniga tushib ham uzoq xo‘shlasha boshladilar. Ularning bu xayr-xo‘shlari ham o‘zlariga yarashiqli edi. Ayniqsa, bir-birlariga mulozamatu manziratlari, ertaga ko‘rishmay qoladigan odamdek (dunyo axir omonat, bilib bo‘ladimi, bugun bor odam ertaga yo‘q) omonlik tilashlari, quchoqlashib xayrlashuvlari — ham g‘alati, ham ta’sirli edi. Bir so‘z bilan ular bir-birlaridan ajrasholmay xayrlashar, shu bahona ham bir-birlariga biron shirin so‘z aytib qolishga, bag‘rilariga tortib, bo‘ylariga to‘yib olishga tirishar ekanlar, shu so‘rashib-istashuvlarini ham g‘animat bilib, ketishga shoshilmas edilar. Qolaversa, bu hech kimga erish tuyulmas, qaytaga biz bir chekkada qo‘l qovushtirib, havasla kuzatib turar edik. Faqat men bir narsadan taajjubdaman: bu xorijdan kelgan firishtaday odam asli kim? Tabibmi yo avliyo? Qachon shuncha yor-birodar, murid orttirib ulguribdi? Musofir odam shuncha tez singishib ketuvi mumkin ekanmi?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:02:16
Bu orada mo‘ysafidlar darvozaxonadan xo‘shlashib chiqib ulgurishdi. Biz kuzatishib chiqishimizni ham, joyimizda turaverishimizni ham bilmas edik. Ammo shu payt boyagi oqsoq tanishimiz qayoqdandir paydo bo‘lib:
— Qanu memonlar, marhamat qilusizlar, — deb ichkari qistab qoldi.
Shundagina men xayrlashuvchilar bilan bo‘lib, tabibni ko‘zdan qochirganimizni angladim. U tahorat yangilagani o‘tganmi, hech yerda ko‘rinmas edi. Bizni yolg‘iz derazali chog‘roq bir uyga boshlab kirishdi. U hujra bo‘lib hujra emas, yarmichasini kovshandoz egallagan, tepada esa sandal ham bor edi. Tanchaga vaqt-bemahal olov solib turilsa kerakki, ustiga yalangqavat bir narsa tashlab qo‘yilibdi. Eshikbon mulozim biz kirguncha qizil yo‘l-yo‘l dasturxon yozib, kattakon girdim patnis qo‘ydi. Ko‘rpachalar yig‘ib ulgurilmagan ekan, cho‘kib fotiha qildik. Devorning bir yog‘ini to‘q jigarrang gilam egallagan, bir yog‘idagi somon suvoqli tokchalarda qalin muqovali, jildli kitoblaru sopol ko‘zachalar va ham og‘zi tanobli jajji xaltachalar, zarqog‘ozga o‘ralgan bir narsalar ko‘rinardi. Choy kirib:
— Ichishup o‘tiruvsizlar-da, memonlar, — deya oqsoq tanishimiz chiqdi.
Mening ichim qurishib boryapti. Yana o‘zimga taskin beraman: «Men ignani ustida o‘tirganimni bular qayoqdan bilsin!» Hamrohim buni sezibmi, jilmaydi:
— Siqilmang, keldikmi, kutamiz. To‘ramning shunaqa odatlari bor: tahorat yangilamay bemor ko‘rmaydilar.
— Shunaqami?
— Qolavursa, Siz bilan men nima maqsadda kelganimizni kirganimizdayoq bilganlar, shunaqa odam, — dedi u kamiga.
— Yo‘g‘-e?!
— Xo‘p deyavering. Har soqqanda bir paqirdan sut beradigan sigirimiz bo‘lardi. Bir kun adam uni yetaklab chiqib ketib, shularga tashlab keptilar. Ular musofir, sog‘ib ichib turishsa, savob bo‘ladi, dedilar. Keyin, — u boyagidek beg‘ubor jilmaydi, — keyin bir kun ajabtovur gap topib keldilar. «Hoy, To‘xtaboy, bizga qanaqa sigir berdingiz? Sutini eplab bo‘lmayapti. Har soqqanda ikki chelakdan sut beryapti», dermishlar. Ana, taqsirimning karomatlari, — deb turib, tirsagimga turtib qo‘ydi.— Bu yog‘ini eshiting. Bir kun borsalar, to‘ram «Hoy, To‘xtaboy, siz sinchi odam, bizga bir sigir obermasangiz bo‘lmaydi, sutga o‘rganib qolgan ekanmiz», dermishlar. U sigir-chi, debdilar adam. «Ey, uni Usmon devona opketib qoldi: yoqtirib qopti. Mayli, jo‘jabirday jon. Bizga boshqasiyam bo‘lavuradi», dermishlar. Adam hay, deb bo-zorga tushib ketiptilar. Borsalar bir shopmo‘ylov odam gijinglagan otda yo‘llarini to‘sib turganmish. «Hov, boyvachcha, shu otni qanchaga olasiz?» der emish nuqul sag‘risiga shappalab. «Yo‘q, men sigirga tushgan odamman, otni nima qilaman», desalar, «Hay, unda bahosini chiqaring» der emish. Keyin dallol chaqirib baholatibdi-da, o‘sha yerdayoq birovga sotib, qo‘llariga otning pulini tutqazibdi. «Mang, boyvachcha, bu pul sigiringizning sutidan ham halol» der emish. Adam o‘sha pulga bozorning oldi sigirini olib chiqibdilar. Uning bitta aybi uch emchakli ekan. Keyin to‘ram taqsirnikiga borsalar, «Hoy, To‘xtaboy, bizga qanday hosiyatli sigir olib chiqqansiz? Sog‘sak nuqul qaymoq beryapti... Oling, tatib ko‘ring-a», dermishlar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:02:27
— Yo‘g‘-e, — dedim men hayratlanib.
Va shu mahal ostonada oyoq tovshi eshitilib, zar-g‘aldoq to‘nning bari1 ko‘rindiyu biz shosha-pisha u kishining istiqbollariga turib, qo‘l qovushtirdik.
— O‘tiringiz-o‘tiringiz, o‘g‘lonlarim. Sizni ham kutdiriyu qo‘ydik, uzr. Bugun shunaqa kun ekan: uzoq-yaqindan birodarlar yig‘ilishib, kulbamizni ko‘p munavvar etishdi, — deb ma’zurlandilar.
Biz chetlanib, yo‘l bo‘shatdik. Ammo o‘rtadan past bo‘yli, salobatlari o‘zlariga yetarli kishi to‘g‘ri to‘rga o‘tib keta qolmay (ajab, to‘nlaridanmi, o‘zlaridanmi, bir ajib mushk-anbar hidlar taralyaptiki) qarshimizda to‘xtadilar-da, hamrohimga ochiq yuzla yuzlanib, mayin jilmaydilar:
— Men Sizni qaerda ko‘rgan ekanman: yuzingiz buncha issiq? — dedilar.
— Balkim-balkim, — hamrohim qizarinqirab o‘zini tanitdi, — men To‘xtaboyvachcha akaning o‘rtanchalari.
— Ey-y, Sinchiboyni-ya?! — deb qo‘lini qo‘yib, yana ham yaqin keldilar-da, ikki betidan kaftlari ila tutib, peshonasidan o‘pib qo‘ydilar. — U kishi olib bergan sigirlarni, bizlarga qilgan yaxshiliklarni unutib bo‘ladikanmi?! O‘zlari omonmilar, uy ichilari bilan?.. Bilmasakanman, Alloh shunday kelishgan-kelishgan farzandlar ila siylab-quvvatlantirib qo‘ygan ekan Sinchiboy oshnamizni... Bugun ko‘rinmadilarmi, baxay?
— Sayramga ketishib edi ikki-uch oshnalari bilan, — deb javob qildi hamrohim.
— Unda uzrli, uzrli. Sinchiboy oshnam aytilmay qolibdilarmi, deb bolalarni tergab bir yerga yetib turib edim: yaxshi, nasiba qo‘shgan ekan, mana, Xudo sizni yetkazibdi. Eson qaytishsin, — deb bir qadam tashlab, mening kaftimdan tutdilar. Kaftlari bir yumshoq, bir mayin edi, tavba. — Siz bo‘tam, xush kepsiz dargohimizga, qiynalmay topib keldingizmu?
Ichimdan bir olov chiqib, peshonamga dovur jimirlab ketdi: «Qayoqdan bila qoldi, bu odam?» deya hayrat-la boqdim.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:02:36
U kishi bizga o‘tirishga izn berib, o‘zlari deraza tagiga — to‘rga cho‘kkaladilar-da, fotihaga qo‘l ochdilar:
— Iloho omin, dardmandlarga o‘zing davo berib, ilm toliblariga o‘zing ilmu rabboniyingdan yetkazgil...
Men-ku, men, hamrohimga qarasam, hayratdan taxta bo‘lib o‘tiribdi. Tabibning tasbeh tutgan qo‘llaridan ko‘z uzolmaydi.
— Xo‘sh, boyvachcha, yoki adangiz biron yumush buyuribmi edilar, bizga tegishli?— dedilar nihoyat zangori duxoba yostiqqa suyalibgina va ma’noli jil- mayib.
Boyvachcha javobga oshiqib, odobli mullavachchalardek cho‘kkaladi:
— Yo‘q-yo‘q, to‘ra pochcha, buyurmab edilar. Men o‘zim... Sizni bir ziyorat etgim kelib... — deya yamlanib yerga qaradiyu behojat tizzalarini silashga tutindi.
To‘ra pochcha (boyvachcha kalovlab qolgani bilan topib aytgan edi: bu nom u kishiga yarashib tushgandi) miyig‘larining tagida jilmayib, tutamga kelib-kelmaydigan, bir chiroyli kuzalgan mosh-birinchdan oqroq soqollarini (u quloqlarining yumshog‘i tagiga qa- dar cho‘zilib borgandi) yengil tutamlab-silab qo‘ydilar. Bu jilmayishdan yuzlari yana ham nurlanib ketgan edi.
— Ziyorat talabindami va yo ilm talabinda? Tortinmay aytavering, boyvachcha?
Hamrohim bu gapdan cho‘chib tushib, duv qizargan edi. Xijolatga botib, dedi:
— To‘g‘risi, ko‘pdan huzuringizga kelmoqni ixtiyor etardim. Bugun yurak yutib...
— Yurak yutganingiz yaxshi bo‘pti, boyvachcha. Biz ham Sizni ko‘pdan orzilab kutardik.
Boyvachcha u kishiga yalt etib qaradi:
— Kutardingiz?
— Alloh shohid, — dedilar to‘ra pochcha bosh silkib, — tashna qalblar o‘zi ayon bergay.
— Demak, hujrangiz eshigi...
— Ochiq. Kelguvsi haftadan kelaverishingiz mumkin.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:02:44
— Rahmat, to‘ra pochcha, — Boyvachcha yukungudek bo‘lib engashdi va u zotning to‘nlari etagini oshig‘ich yuzlariga surtdi.
Ammo to‘ra pochchaning yuzlariga bir nima soya tashlab, yukinguvchining yelkalariga ohista qo‘l yubordilar:
— Turing, bo‘tam, shusiz ham olgayman Sizni. Qolaversa, banda bandaga emas, Allohga yukungay. Shu yarashadi bizga...
— Uzr, azbaroyi men mutaassirlanib... — boyvachcha qaddini ko‘tarib, qo‘llarini ko‘ksiga bosdi. U xijolatdan kichkina tortib, yerga singib ketishga ham tayyor edi. Men esam...
Men esa, bir chekkasi hayrat barmog‘imni tishlab, bir chekkasi qaerga kelib qoldim deb hayronu lol o‘tiribman. Tabib deyishgan edi, kim bo‘lib chiqyapti?
Bu orada u kishi mening holatimni sezgan kabi bir qur nazar tashlab, tashqariga ovoz berdilar:
— Ro‘zioxun?..
— Labbay, taqsirim, — ostonada yelkasiga chorsi tashlagan boyagi oqsoq odam ko‘rindi.
— Ertaminangi... tayinlu joydami?
— Tayunlu joyda, taqsur. Olayinmu?
— Oling.
Ro‘zioxun kovshandozga yechinib, maxsichan ikki yonga yelka tashlagancha tokchaga yaqinlashib, uning o‘rta qavatiga uzandi-da, qiynalibgina ko‘za ichidan bir nima ola boshladi. Unga yordamlashgani turgan joyimda u zar qog‘ozga o‘ralgan bir nimani olib ulgurib, o‘girildi.
— Rahmat, jiyan, bezovta ettum siznuyam...
To‘ra pochcha uni girdim patnis ustiga qo‘yib, oxunga javob berdilar. Men joyimga cho‘kdim. Shundan ke-yingina u kishi Ro‘zioxunni uzoqlatib, menga ochiq, yuz-la qaradilar:
— Siz adashmasam, uzoqdan kelyapsiz?
— Ha, uzoqdan, Qang‘li tarafdan, — dedim men gapning bu tarz ko‘chishiga hayron qolib: hali, muxbirsiz, gazetda ishlaysiz deb qolmasaydi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:02:58
— Shu o‘zimizning Katta Qang‘lidanmi? Cho‘lpon otadan o‘tib, Achchiga ketavurishdagi? — kutilmaganda u kishi hayratlanab, qo‘zg‘olib qo‘ydi. — Ko‘p qadim mavze, tarixi uzun joylar-ku...
— Siz u tomonlarni bilasizmi? — deb yuboribman.
— Nega bilmay? Ota yurtlarning isini yodga tushirdiz. Atay orzilab borganman. Qang‘li Bolasog‘un, Tarozilardan qadim bo‘lmasa ham o‘shalarga yaqinlashib boradi, bo‘tam. Tarixda o‘tgan Qang‘li davlatidan bir xotira bo‘lib, yashab qopti. Shunga-da, shukr.
— To‘g‘risi, men bundanam uzoqdan, o‘sha Sizning diyorlardan kelib qolib, og‘ir dardga yo‘liqqan bir mushtipar-musofirni deb... kelib o‘tiribman. Sizdan najot istab kelganmiz, — dedim.
— Kimingiz bo‘ladir u kishi? — dedilar yana ham sinchkovlik ila.
— Kennoyi bo‘ladilar bizga.
— Hozir qaerda u mushfiqa? — U kishi yana ham mutaassirlana boshlagan edilar.
— O‘sha o‘zingiz bilgan bog‘dagi shifoxonada, — dedim men tomog‘imga bir narsalar tiqilib kela boshlab, — tezroq bir ilojini qilmasangiz, oyoqlarini kesishmoqchi ekan.
To‘ra pochcha (ajab, bu gapdan yengil tin olib) duxoba yostiqqa suyaldilar:
— Xayriyat, — deya pichirlaganday tuyuldilar menga. Nega, hech aqlim yeta qolmasdi. Axiyri o‘sha suyangan ko‘yi, ko‘zlari yumuq holda:
— O‘sha, undan bo‘lak emas, — deb shivirlar ekanlar, men yoqa ushladim: qaerdan tanimoqdalar? Ko‘rmay-bilmay turib, tanimoq mumkinmi ekan?
Men o‘zimga kelguncha u kishi qaddilarini rostladilar:
— Kecha xovfimda ayon berib edi, tizzasiga suv yig‘ilgan ayol. O‘shami?
Men taxta bo‘lib qolgan edim: bu qanday sinoat, bir vaqtning o‘zida ham kennoyimnnig xovfida, ham bu kishining xovfida belgi berib tursa?
Men javob berishga majolim kela qolmas, kelsayoq «topdingiz, o‘sha!» — deb yuborishga tayyor bir holga tushgan edim. U kishi bo‘lsa, boyagi girdim us-tidagi zarqog‘ozga o‘rog‘liq narsani olib uzatgancha, bir nimalar deb tayinlayaptilar-u, qani qulog‘imga kirsa, o‘lsin agar eshitsam! Shunaqa merovlanib qopman.
Bir mahal qulog‘im shang‘illab kelib, ochildiyu uning so‘zlari oqib kira boshladi:
— ... Shuni qaynatib, har to‘rt soatda bir piyoladan ichsinlar, uch kunda taqa-taq to‘xtaydir va oyoq bosib ketadirlar. Kesishga zinhor-bazinhor ruxsat etmangiz... Bu qanday karomatgo‘y ekan, demang, Xudo xohlasa, biz bir sababchimiz, xolos. U yog‘iga «Has-biyallohu va ne’mal vakil» — Allohni vakil qilganmiz! O‘zi o‘nglagay, inshaalloh.
Men xursandlikdanmi, yo hozirgi ko‘rgan-kechirganlarimdanmi o‘zimga kelolmasdim. Vaholangki, kenno-yimning oldiga qanot chiqarib uchsam kam edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:03:29
5. SIRLI TASHRIF
yoxud hikoyachiga qorong‘u, bizga ma’lum tashrif va tarixlar


Ro‘zioxun hali barg yozib ulgurmagan balx tut tagidagi yog‘och karavot zinasida ko‘klamgi oftob xush yoqib mudrar, qo‘shni boqcha hovlisidan kelayotgan bola-baqralarning ovozlari ham go‘yo tushdagidek allalab borardi. Shu o‘tirishida qay bir yoqdandir bodroq isini olib kelayotgan g‘ir-g‘ir epkinlar ipak ro‘molda-yin yuzini siypab o‘tib, o‘zi tug‘ilib o‘sgan tomonlarning tinmag‘ur shabbodalariga o‘xshab ketar edi. Bu yaqin-atrofda ham o‘shanaqa tog‘ yoxud soy bormikan deb, eslamoqqa tirishar-u, hech eslay olmasdi. Ammo tepadagi tutda bir gala chmchuqlar uchib-qo‘nib, toza bozor qilishyapti. Hali tut endi ko‘kzirak taqdi, mevasi oq marvaridday oqarmay turib shunchalik, tut pishig‘ida Xudo to‘zim bersin ekan bu chirqildoqlardan.
Shu mahal chumchuqlar gurra ko‘tarilishib eshik taqilladiyu hammayoq suv quygandek jimidi-qoldi. Hatto bolalar boqchasidan miq etgan tovush chiqmas-di.
Sal o‘tib, darvoza zulfini oshig‘ich shiqirladi:
— Hoy, kim var? Hoziq to‘ram shatta turuvmi- lar?
— Turuvlar-turuvlar.
«Bularning keluvi ko‘p ekan, so‘rovi ko‘p ekan, jilla qursa, shu bugun tinchirman desam»... — U oq chorasisini izlay-izlay karavot panjarasidan topdi-da, yelkasiga tashlab, to‘ng‘illay-so‘ng‘illay darvoza tomon jildi. Yelkasi past-baland tushib, go‘yo ikki tomonga salom berib borarkan, bu xizmat unga osonmasligi shundoq ham ayon bo‘lib, chaqirgan odam ham xijolatda qolar edi. Ammo bu gal tamom boshqacha chiqdi.
Zanjir shiqirlab tushib, darvozaning bolacha eshigi lang ochildiyu shundoq uning qarshisida qo‘llariyu oyoqlari uzun-uzun, o‘zi naynovdan naynov, sap-sariq (hatto qosh-kipriklariga dovur oq-sariq, burniyu peshonasi, ikki yuzi qontalash-qizil) ayiqdek odam paydo bo‘lib, lapanglab, quchoq ochib kirib kela boshladi:
— Ibi, axun, hay-hay, tapushgan jayumizzi ko‘rung. Haziq to‘ramning astanasini qo‘riqdab yatiyur ekansiz-da?..
Ro‘zioxun bu tasqarani (chindan ham darvesh bo‘lib darvesh emas, gado bo‘lib gadoning bir g‘aroyib kiyinib, bu tarz kelishi qay aqlga sig‘adi? Esi bor odam shu ko‘klamdan peshonasini tang‘ib, oq yaktak ustidan ilgan jun shinelini beliga bar urib oladimi?! Yana oyog‘ida qizil etik!) daf’atan tanimadi. Qaerda bir ko‘rgandek-ku, hech eslay olmayapti. Ammo osh-qatiq bo‘lmagani aniq. Qo‘lidan bir piyola choy ichganda ham... eslarmidi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:03:40
Bir ko‘ngli peshvoz yuraverib, yo‘lini to‘smoqchi bo‘ldi-yu (har bitta qalang‘i-qasang‘ini ichkari qo‘yaversa, tabibning tabibligi, ichkarining ichkariligi qoladimi!), ammo ulgurmadi. Qaysi dashtdan tushgan ekan bu Davongir dev darvoza bolachasini enlab, beso‘naqay oyog‘ini ichkari tashlab ulgurgan edi. Darvoza esa lopillab borib-kelyapti.
— Hay-hay-hay, muncha qamalup olmasanguz, axun? Barakalda-barakalda!
Ro‘zioxun noiloj chetlanib, qo‘l qovushtirdi: keling demasa, qayoqqa borardi?!
Devning rapidaday kaftlari orasida uning qo‘llari yo‘q bo‘lib ketdi. (Yaxshiyam quchog‘iga olmagani, ezib-netib qo‘yuvi ham mumkin edi, bu beso‘naqay. Isiriqchi chollarga o‘xshab, egnidan isiriq hidi bir gurkiraydiki, tavba).
— Tanimutsiz-a, axun? Ammo man bir ko‘ruvdayaq tanup-bildum. To‘ram taqsurning xos xizmatchilarini ashunday tasvirlashup edu.
Ro‘zioxun sergaklandi: g‘irt begona ekan-ku, yana yaltoqlanishiga o‘lasanmi! Manziratidan qo‘rqqulik...
— Keling, Sizga tabub kerakmu? — dedi, ha desayoq qaytarishga og‘iz juftlab.
— To‘ram taqsur tangrutoqliklarning qiplasu- day gap. Hama qochgan-quvgan qaerga borsun, shu kishiga bash urup kelur-da, — dedi u niyatini aytib qo‘ya qolmay.
— Qiplasu dep kim ayttu? — dedi Ro‘zixun qayoqdagi gapni aytasiz ma’nosida. — Taqsur bir tabub, xalas. Adamlar shufo izlap keladu.
Sariq devning tiliga tushov tushib, bir dam tek qotdi. O‘q mo‘ljalga tekkan edi. U so‘z tanobini yo‘qotib, zo‘raki iljaydi:
— Pirni pir, avliyani avliya deymiz-da, o‘tag‘asi,— dedi ixlosi jo‘sh urgan kabi, — qolavursa, u kishim o‘shaqning imom Shomiliday adam.
Ro‘zioxun bu yaltoqi shang‘ini ichkari opkirmasa, opkirib miyasini joyiga tushirib qo‘ymasa (har narsanu valdirayveradimu odam!) bo‘lmasligini anglab, tut tagiga qarab yuraverdi. Karavotga opchiqmagan taqdirda ham o‘shatdagi kursiga o‘tqazib, o‘shatdan nari jo‘natadi. Jo‘natganda ham ikkinchi kelmaydigan qilib, jo‘natadi.
Lekin bu dev g‘alati edi: anqov desang anqov emas, ichdan pishgan — quv desang, quv emas. O‘zini go‘llikka solib, nuqul bir narsalarni ang-shanglaydi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:03:53
Ro‘zioxun uni o‘zi mo‘ljallagan joyga omonatgina o‘tqazib, qalpoq ostidagi choynakdan choy quydi. Gapni kalta qilish maqsadida boyagi mulozimatidan nari o‘tmadi:
— Eshitung, memon? Agar taqsurimga kegan bo‘sangiz, u kishim bu hafta bo‘lmaylar, safar ketganlar,— dedi atay, ichida esa, yolg‘on so‘zi uchun istig‘for aytar edi.
Mehmon ishonqiramay elt etib qaradi, so‘ng iljayib (balki yaltoqlanib desa to‘g‘ri bo‘lar), buning ko‘zlariga tikildi:
— Balkim, Siz bilan-da, ishumiz putaverar? Axur, keldi-ketdu, javap-muomalalar Sizsiz putmas? — u hovliga alanglab olib, ovozini pastlatdi, — qolavursa, u kishimga yukinup kelguvchilarnu kim ham sizcha bilsun?!.
— Xo‘sh? — dedi Ro‘zioxun uning niyatini fahmlab. Bunga sari ichida bir g‘ashlik uyg‘onib bo‘lgan edi: «Aytuvdim-a, nega buning turqi xunuk dep?.. Ishqilup oson qutulay»!..
Mehmon qo‘lidagi choyni bir ho‘plashdayoq tugatib, yuzini kafti-la ishqaladi. Piyola tagila tizzasini ezg‘ilab, unga tikildi.
— Biz bir adamning ajizasun izlayurmiz...
— Tushunmadum, — dedi Ro‘zioxun, buning bizga qanday daxli bor, degan kabi yelka uchirib. Chindan ham qiziq-ku buning gapi!
— Bilasizmu, axun, o‘sha qach-qach, chap-chap-da...
— Qaysu qach-qach?.. — deb anqovsiradi u baloday tushunib turgan bo‘lsa-da...
— Qaysi bo‘lurdu, inqilap to‘s-to‘si-chu? Hama bash alip qayoqqa qachiptu! Baturning ajizasuni aytvaturman.
— Qaysu batur? Qanday baturni aytasuz?
— Taqsirum bilarkanlar. Yanlariga chaqirtirup ham almaqchi ekanlar-ku, axur.
— Men bilmasam... — Ro‘zioxun bosh chayqadi, — Xuda shahid, biz kichkina adam, bu xil gaplardan bexabarmiz.
Shu gapi nasha qilib, sariq dev qo‘llarini yozib, o‘zi «huv-huv»lab kuldi.
— Oling-a! U tarixlarnu kim vilmaskan! U Baturlarnu kim tanumagay! Qaysi vo‘lurdu. Shu yaqlardan-o‘tup varganchi...
— Xo‘sh? — dedi Ro‘zioxun noiloj.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:04:20
— O‘shaning ahlu ayoluni izlayurlar. — Keyin azza-bazza qulog‘i ortiga engashib, shivirladi. — Tapganga cho‘ng mukopat var, ha!
Ro‘zioxunning ko‘ngli ag‘darildi. Sariq dev umrida og‘zini chaymagan, betahorat odammidi — nafasidan dumog‘i yorilay dedi.
— Baturning ko‘zi qayaqda ekan? Axir qancha yil kechtu! — dedi o‘zini nari tortib.
— Kechtu-kechtu, lekin... u yag‘ini kim vilsun, endi izlap qolishiptu, — deb yelka qisdi.
— Kim? Baturmi yo?. — Ro‘zioxun atay «do‘stlarimi?» demadi, shunga urg‘u berib. Ammo sirli tashrif bilan kelgan mehmonning yuz-ko‘zlarida qilcha dovdirash yoki vahmni ko‘rmay hayron qoldi.
— Izlashoptu-da ishqilup. Balki ayolning xeshlaridur, — dedi u. — Lekin suyunchisu... o‘zingiz tugul ikki pushtungizga yetguli, axun, — dediyu otdek pish-qirib, aksirib berdi. Orqasidan «haqqas rast» deb qo‘ydi. Ko‘rinib turibdi, musulmonchilikdan chiqib, nafsining orqasiga tushib ketgan bir odam; na al-hamdulillohi bor, na shukri. Shunday ham bo‘luvi mumkin. Lekin uni-o‘zini merovlikka solib, o‘smoqchilab yurgan tingchilarmas, deb kim ayta oladi? Qarindoshlari izlasa, shunchaki so‘roqlatib qo‘ya qolmasmidi, oraga allaqanday mukofotlar tiqmay? Bunda bir sir bor.
— Ular shu qadar siymu zarga bay ekanlarmu?
— Vilmasam-vilmasam, — deb bosh chayqadi Sariq dev uzundan-uzun qo‘llarini yoyib. — Lekin suyunchisu tayun — ishanchluv, axun.
— Yaxshi, xavarlashib turuvmiz, — dedi Ro‘zioxun yelkasiga tashlagan chorsuni olib, chir aylantirgancha beliga bog‘lashga tutinib.
Shu bilan u mehmonga qaytishga ijozat bergan kabi bir harakatga tushgan edi.
Sariq dev ham gap tugaganini anglab, haligacha kaftidan qo‘ymagan piyolani karavot panjarasidan oshirib, samovar pantisga qo‘yishga chog‘lanarkan, shu bahona hovli sahniga, undan tepa tomondagi uylarga razm soldi. Buni ko‘rib, oxunning ichi shig‘ etdi: «Nima bala, shu yerda panah tapgan deb o‘ylaydu shekilli bu tasqara? Yaxshiyam to‘ram var paytlari kelmadu». Va shu barobar tezroq dab bo‘la qolsin deb, beodoblik bo‘lsa-da, yuziga fotiha tortdi. Dev ham majbur qo‘zg‘oldi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:04:31
Ular mulozamat-la xo‘shlashib chiqisharkan, darvozaga yetganda Davongir dev mishillab beso‘naqay qayrildi-da, Ro‘zioxunning tirsagidan tutgancha kissasiga bir nima tiqishga urindi:
— Endi, axun, o‘zungizdan qalur gap yo‘q, xavarlashup turuvmiz. Meni Kallaxanadan so‘riyursiz, go‘sht vazardan. Dal saruq desangiz alam taniydu.
Dol sariqligini bilgani yaxshi bo‘ldi, ammo bu tiqishtirayotgani nimasi ekan? Ro‘zioxun kissasiga qo‘l solub edi, barmog‘iga zirakmi-taqinchoqqa o‘xshash bir imiq narsa ilinib, g‘alati bo‘lib ketdi.
U silliq narsa barmoqlariga bir muddat xush yoqib turib, esi og‘ib borayotganini o‘zi ham sezdi-yu, cho‘chib sergak tortdi: «nima bala, halutdan avrab satup aluttimu?!».
Shu barobar kissasidagi haligi silliq narsa — dumi gajak bir nimarsaga aylana borib, jon holatda uni changallab oldiyu egasining rapidaday kaftlariga tiqishtirishga urindi.
— Viradar, ittimos, shusiz gaplashayluk, — dedi titrab-qaqshab.
Dol Sariq bir oyog‘i tashqarida, bir oyog‘i ichkaridi ekan, unga tushuniksiz tikildi:
— Vunisi fiysabillah, hamur uchudan patur, axun.
Ammo Ro‘zioxun (qanday banda ekan!) bosh to‘lg‘agancha uni yelkalaridan itarib, chiqishga qistar, birrov yuz-ko‘ziga qarab qo‘ymas edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:04:55
6. DUVANANING QILGAN ISHI
yoxud yo‘qolgan sig‘indi


Haligina boshim osmonda, mendan xursand, mendan ommadli odam yo‘q edi olamda. Agar o‘sha tobda ko‘k yuzini tutib, mag‘ribdan mashriqqa ko‘chib yurgan devdek-devdek bulutlar ayqashib-uyqashib, tog‘ dara- laridek guldirab, chaqinlar chaqib, olatasir jala quyib bersalar, parvoyimga ilmasdim, qochib qo‘ymasdim. Ignadek quruq joyim qolmasa-da, xuddi yangi bo‘lgan jinnidek, yalangoyoq-yalangbosh ko‘cha o‘rtasidan suv kechib, dimog‘imda bir ajoyib kuylar kuylab kelaverishim mumkin edi.
Ammo ko‘klamning huvillab-izg‘igan shamollari o‘sha devdek-devdek qora bulutlarni ham Tangritog‘ tomonlargami — qayga quvib, tashlab keldilar. Na qaldirab-guldiradi, na ayqashib-uyqashib, ko‘zyosh to‘kdi: qaytaga shishadek bir tiniq, lojuvard osmon yuz ochdi. Quyosh charaqlab, zarrin nurlarini sochib, yangi nish urgan maysalardan kurtaklarga qadar — barchasidan o‘pich ola ketdi. Zarhal o‘pichlar... bu o‘pichlardan har bittasi yayrab-yashnar, quvvat olardi. Hatto qushlar ham shahar moshinalarining g‘uv-g‘uvlariyu odamlarning kezinishlariga parvo qilmay, chah-chahlar, o‘z tillarida bijirlab-chuldirashdan charchamasdilar. Shahar ko‘chalari demay (balki dalaga yaqinligidandir...) yo‘lkalarda Sulaymon payg‘ambar elchilari — xudxud qushlar ko‘rinar, osmoni falakdami — juda tepada to‘rg‘ayqush xuddi qirlardagidek tinim bilmay chuldirar, ko‘klam quyoshidan mast, uning nurlarida arg‘amchi uchardi.
Ba’zan quvalashib dumi eshkak olaqanotlar, qar-qunoqlar uchib o‘tib qolishadi. Ularni ko‘rib, Kattabog‘ni sog‘inib ketdim. O‘tmaganimga qancha bo‘ldi, hammasini surib bitirishmagandir, toptalib ketmagandir-ku hammasi? U yerga ham qushlar tavofga kelishgandir? Turnalar bo‘zlab-bo‘zlab, gir aylanib uchishmoqdadir? Taniy olmay u soylarni, ovloqlarni?..
Hammasidan burun men eski hovlimizga o‘tishim, uylarimizni surib tashlamaslaridan anuv narsani topib qo‘yishim kerak. «Nasib etsa, bir kun qaytararsiz, etmasa...» deb ko‘zlari g‘iltillab, iltijo qilishidan... akamdan umidini uzmagan. Axir bir kun topib kelishiga yo oldirib ketishiga ishonadi. Ammo men bir narsaga hayronman: shunchalik ekan, nega biznikidan bosh olib ketdi? Akamni kutmadi? Axir, bir chiroyli o‘tiruvdi-ku? Nima ro‘y bera qoldi? Nima uni majbur etdi bu sarson-sargardonliklarga? Nomusmi yo or? Yozgandir-ku, axir. Qolaversa, tomlari ochib tashlangan u vayronadagi xatlar o‘zi turibdimikan? Haligacha tasavvur eta olmayapman: o‘rta tokcha takkinasidagi u paxsa devor ichiga qachon ari in qo‘yib ulgurgan ekan? Qishi bilan qor-yomg‘irlarda nima bo‘ldikan? Ivib-bitmadimikan? Yolg‘iz najot Ollohdan! Ko‘ngli yarimta bir musofirning ohu zori bitilgan xatlarni u asramasa, kim asraydi? Umid O‘zidan. Qolaversa, bugun omadim chopib, hamma ishlarim o‘ngidan kelib turibdi: Sevzor tomonga o‘tib, Opovsi opa aytgan tangritog‘lik tabibni (kennoyimning tushlariga kirib yurgan o‘sha Hizr nazar qilgan qariyani) topdim. Bergan dorusini yetkazib borib, bir choynakka damlab, ichirib ham keldim.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:05:05
Kennoyimdan burun Opovsi opaning alqab bir yerga yetganini ko‘rsangiz. «Baraka toping. Savobga qoldiz. Ollohim, yaxshilik qilsang, bir mazlumga qil, bir musofirga qil, bir bemor-mushfiqqa qil, degan. Siz bir yo‘la hammasining savobini oldingiz», der edi. Men esam, xijolatlarga botib ketyapman. Qilsam, kimga qilibman? Jondan aziz kennoyijonim-ku.
Opovsi opa shunaqa tinmagur girgitton ayol ekan. Bo‘lmasa, kennnoyim kim unga? Ustida shunday o‘lib-qutilyaptiki...
— Voy, men nima devdim, Mahfuzaxon? Mana shu Xudoimning yorlaqashi! Namozlarni qo‘ymay o‘qiganingiz sharofati! Xudo xohlasa, hali hech narsa ko‘rmaganday bo‘lib ketasiz. Jujug‘ingizning to‘ylarini ko‘rasiz. Kelinlar tushirasiz. Qaynona bo‘li-ib o‘tirasiz. Xo‘b deng...
Uning niyati, tilaklari o‘ziga o‘xshab bir ajoyib edi: yorishmagan ko‘ngilni ham yorishtirib yuborar edi.
— Aytganlariz kela qolsun, ilohum, — deb shivirlardi kennoyim, yana kamiga jilmayib, kishi bilmas mijjalarini kafti ila artib qo‘yardi.
So‘ng menga javob berishdi:
— Endi boraqolung, qaynujonum. Manu deb, shuncha qolub ketdingiz, Kichikoyum xavotir qilub o‘tirgandurlar, — dedi u.
— Oyim o‘rganib qolganlar, ishim shunaqa-ku... — dedim.
— Shunday bo‘lsa ham... — dedi u ko‘p xursand bo‘lib. — Mana, opa borlar, dorungiz bor. Inshaalloh, ichub tursam, oyoqqa turub ketgayman. Dorumas, malham ichkanday bo‘ldum. Yoqdu, ishoning...
— Em bo‘lsin, — dedim.
— Agar malol olmasanguz, bu yoqqa bir kirib o‘tsanguz. Ikki kundurki, uydan tinch emasman. Yodgorim ko‘z oldumdan ketmaydu, — dedi Opovsi opa chiqqanidan foydalanib.
— O‘taman. O‘tmay qayoqqa boraman! Qolaversa, unga va’dam bor.
— Va’dangiz?..
— Ha-da. Men uni dalamizga opketmoqchi, varraklar yasab berib, o‘ynatib kelmoqchi edim.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:05:15
— Voy, shunaqamu? — deb u tirsagiga tiralib turib o‘tirarkan, og‘riqlarini ham unutib, bir g‘alati tikilgan edi. — Halu... aka-uka tutinub olduk, deng?
— Bo‘lmasa-chi!
— Unda maylu... Surib tashlamaslarudan olib chiqing, ko‘rib qo‘ysun, bilub qo‘ysun u yoqlarnu! Ko‘rib olsun buvalarinu yurtinu. Olmazorlarnu... Sultonmurod akangizning tillaridan tushmas o‘sha Yakkabog‘u Murjumonlarnu, qaroqlariga joylab olsun.
Ajab, bu xabarni eshitib, u quvonib ketadi, desam... tovshi ham, o‘zi ham bir g‘alati o‘zgarib bormoqda edi: qaltiraydi nuqul. Ko‘zlarida esa, jiqqa yosh aylana boshlagan. Aylana boshlagan-u, sezdirgisi yo‘q. Ammo kipriklari qilt etsayoq, so‘lg‘in shaftoli guliday yuzlaridan duvillab chopqillay ketadigandek edi.
— Istasangiz... hoziroq o‘tib ola ketaman! Buvining roziliklarini ham olib qo‘yganman, — dedim bir qadam yaqin borib. — Shuni istaysizmi?..
— Anuv ulamasoch to‘qoldan har narsanu kutgu- luk... — kennoyim birovning g‘iybatiga tili aylanganidan xijolatlarga botib qaradi.
Asal uni sig‘dirmay qandoq kutkilaganlarini tasavvur etib, ichim achidi.
— Ko‘rdim-ko‘rdim, o‘sha... qoqshoqni, — dedim shoshib. — Ammo xotirjam bo‘ling, Yodgormurodni unga tashlab qo‘ymaymiz.
— Xudo xayringiznu bersun. Yodgorumni Sizga, Sizni Xudoga topshurdum, — deb alqadi u.
— Xayr, yaxshi qoling, — dedim hech ketgim kelmay.
— Yaxshi boring, — dedi u shirin im qoqib...
Men shifoxonadan ana shunday yengil tortib chiqqan, endi ularning Kalkovuz bo‘yidagi o‘sha panoh topgan joylariga oshiqib borar edim. Kun peshindan og‘ib qolibdi. Hali bu yerdan Yodgorni olib, Kattabog‘ga o‘tib borishim, eski hovlimizga kirishim kerak. Qolaversa, tokcha tagidagi anuv omonatni topishimiz, so‘ng Yodgortoyga Kattabog‘niyu Olmazorlarni — buvalarining yurtini ko‘rsatishim kerak. Kennoyim shuni orzulagan ekanlar — bemor odamning rijosini yerga tashlab bo‘ladimi?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:05:30
Ostonasining tagiga xarsangtosh yotqizilgan o‘sha yakka tavaqali eshikni mo‘l borayotsam, voajab, ko‘cha adog‘idagi anuv daraxt bir g‘alati so‘ppayib turibdi. Qanday desam ekan: qaytaga ko‘klay boshlagan boshqa daraxtlar oldida allaqanday ayrilib, moxov tortib qolgandek edi. Xuddi boshqa olamdan kelib o‘tqazib ketiishgan-u, bir qora voqealarning shohi-di — alomatidek bo‘lib turibdi, tavba. Uni ko‘rgandayoq ichim xunuk shuv etdi. O‘zim esa to‘xtab qolayozdim. Nega, hech tushuna olmasdim. nima ro‘y bera qolib-diki?..
Ichimga oralab ulgurgan g‘ulg‘ulani zo‘r bilan bosib, eshikka qarab yuraverdim. Tosh zinaga ko‘tarilib, itarsam... hamisha ochiq turadigan eshik berk. Yuragim battar toshdi: nega berkitib olishibdi ekan?!
Endi chaqirishni ayting! Qanday eshitishadiyu kim chiqadi?! Yana o‘sha Zaqqumoy — chimirilgan qoqshoq ochadimi?!...
Men uni ko‘rish tugul, ro‘baro‘ kelishni istamasdim. Yuragim allaqanday bezillardi, tavba. Nima qilarimni bilmay alanglab tursam, eshikning tepa beldamchasiga qistirig‘liq bir narsa turibdi. Birov ko‘rib-ko‘rmaydigan joyda. Olsam, eski botinka ipiga bog‘log‘liq cho‘p. Demak, zulfin yaqinida kishi bilmas tirqishchasi ham bo‘lishi kerak.
Aqlimdan aylanay! Zulfning mixi qayrilgan joyda cho‘p sig‘adigan xuddi shunday teshik bor edi. Quvonib ketganimdan shoshib qolibman. Tiqqan zahotim zanjir shaldirab tushib, eshik ochilib bersa, bir qadam tisarilib ketibman. Men birovning eshgini so‘roqsiz-istoqsiz ochib qo‘ygan odamga o‘xshab qolgan edim. Endi ostona hatlash tugul chaqirishga majolim yetmas edi. Baxtimga shu tob tepa hovlida Yodgormi, kim ko‘rindiyu menga ko‘zi tushib, bir zum tosh qotdi. So‘ng to‘g‘ri menga qarab bolalarcha parparon chopib kela boshladi. Men uni avvaliga Kemshiktoyga o‘xshatib edim. Ishkomning yarmiga yetganida ko‘rsam — Yodgor ekan, bir qarich bo‘lib, kalishchasi oyog‘idan uchib ketganiga-da qaramay... bir g‘allati chopib kelmoqda edi. Uning keluvini ko‘rib, ko‘nglim buzilib ketdi. (Shunchalar sog‘inibdimi, a?!) Boyagi xijolatda turishlarim qayoqqa ketdi, o‘zim bilmayman. Beixtiyor ostona hatlab bolakayga quchog‘imni ochdimu o‘sha yerning o‘ziga cho‘ka qoldim.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:05:45
— Qani, qani, toy bola, — deganimni bilaman, u o‘sha yugurib kelishida o‘zini quchog‘imga otib, bo‘ynimdan quchib oldiyu shu chirmashgancha qoldi.
U yuzchasini yuzimga bosgancha qolgan, qilt etmas, faqat yurakchasi qo‘lga tushgan qo‘zichoq yuragidek dukurlab tinmas edi.
Nima bo‘pti, o‘zimdan ayirib, ko‘zlariga qaray olmasdim.
— Ha, toychoq, mana, va’damga ko‘ra keldim-ku, — dedim axiyri.
U bunga javoban bo‘ynimga qattiqroq chirmashib, allaqanday hiqilladi. Men uning nima deganini anglab-anglamay shoshib qolgan edim. Yuragimda bir qo‘rquv turib ulgurgan, nimadir sodir bo‘lgani tayin edi.
— Nima bo‘ldi, kim hafa qildi sizlarni? — dedim uning kuraklarini silab.
Ammo men yupatganim sari u mahkamroq chirmashib, qattiqroq hiqillar, azbaroyi nima deyayotganiyu nima demoqchiligini ilg‘ab bo‘lmas edi.
— Kim o‘zi, aytaver. Men uni bir ko‘ray, — dedim rostdan ham jahlim chiqa boshlab.
U meni qo‘yib yuborib, bosh to‘lg‘adi. (Ammo qani ochiq-yorug‘ bir nima aytolsa, o‘ksig‘ bosgani shunchalik!)
— Yo anuv... Zahar opoqimu? — dedim yanib. Negadir hamon o‘sha fikrdan qaytolmasdim.
U boyagidek bosh to‘lg‘adi. Ammo ko‘zlari jiqqa yosh, o‘zi to‘lib turardi.
— Bilmadiz, — dedi hiqillab. — Akbar akamnu... yo‘qotub qo‘yduk.
— Yo‘qotib?! Qanday? — Mening ichim sidirilib tushgan, esim esa og‘ib bormoqda edi. Akbar ekan-ku, nimani ijikilab yotibman! — Qachon, qaerda? — dedim axiyri o‘zimga kelib va uni rosmana ko‘tarib olib.
— Yo‘q, lo‘lular o‘g‘irlab ketishdu, — dedi u ko‘zini ko‘zlarimdan uzmay.
— Lo‘lilar? Qanaqa lo‘lilar? — Men bu xabardan dong qotgan edim.
— Bir duvona aldab opketub...
— Devona?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:05:58
Yodgormurod endi qo‘limdan tushishga intildi, so‘ng tushib, azza-bazza qo‘llarini yoyib tushuntirishga urindi:
— Ko‘chamuzga mana munday gadoy kelub edu.
— Gadoymi, devonami?
— «Haq do‘st, yo Olloh»ni aytib keldu. Tilanchu desak, odamlar duvona deyishoptu. Tomday keladu, — u endi ancha o‘ziga kelib qolgan, o‘ksug‘lari ham ancha arigan edi.
— Bo‘yimi? — dedim tushunolmay.
— Ha-da. Opoqbuvim aytub beradugan devlaruday... uzu-un, sap-saruq... Balki bolalarnu tutib yer...
— Tutib yer?... Qaerdan olding bu gapni? — Men uning gapidan kulib-kulolmas, yig‘lab-yig‘lolmas edim.
— Opoqum topmay qaytdular-ku... Biz qo‘rqub, eshiklarnu zanjurlab o‘turupmiz, — dedi u bo‘ynini ichiga tortib, jimitdek bo‘lib.
— Iya, yomon bo‘pti-ku, — dedim ich-ichimdan zil ketib. — Endi buving javob ham bermaslar?
— Nega? — dedi u hayron qolib.
— Akang yo‘q bo‘lsa, seni opketsam... kim bilan qolishadi?...
— E, yo‘q,— deb sakrab-o‘ynoqladi u.— Amaqung kela qolmadu, senu opketaqolmadu, deb o‘tiribdilar-ku. Yuring — kiring,— deb qistashga, qo‘llarimdan tortqilashga tushdi. Ketgisi kelgani, kutgani shunchalik!
Unga ergashib ichkari yurdim. Ishkom tagidagi yo‘l bilan tepa hovliga chiqib bordik.
Oyto‘ra buvi o‘sha-o‘sha oq-oppoq bo‘lib, mushtdek bo‘lib, karavotlarida qiblaga qarab tasbeh o‘girib o‘tirar edilar. Shu o‘tirgan ko‘ylari namoz o‘qiyaptilarmi, deb... ostonada taraddudlanib to‘xtagan edim, u kishi tasbehlarini shildiratib, yuzlariga fotiha tortdilar-da:
— Keling, kiravering, o‘g‘lim, — deb izn berdilar.
Men salom berib, ichkari kirib bordim. Yodgor endi yonimdan bir qadam ham jilmasdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:06:06
— Vaalaykum, mirzo o‘g‘lim. Keldingizmi, o‘ting, o‘ta qoling, — deb manziratlar qilgan, duolar o‘qigan bo‘ldilar. So‘ng kennoyimni so‘ray ketdilar. — Toychog‘imning ayajonisi qalay? Xudoyim shifogina bera qolibdimi?
— Inshaalloh-inshaalloh, — dedim tinchlantirib.— Tabib topib, dorularini eltib berib kelyapman. Sizlarga duoi salomlar aytdilar.
— Olloh salomat qilsin. Yaxshiyam Xudo Sizni yetkazdi. Chamanim kelguncha ko‘nglimiz halak edi. Bir xonadonga bir erkak lozimligi shu-da. Ollohim ham o‘shaning sharofatidan balo-qazolardan asraydi. Ayol kishining qo‘li qaergacha ham yetardi. Mening o‘tirishim manavinday bo‘lsa...
Yodgorning gapi yodimda edi, hol-ahvol so‘rash nav-bati menga yetib, sekin so‘radim:
— Yodgor bir nimalar deb chug‘urlaydi, tinchlikmi?— Men ustiga yengil yakandoz tashlangan sandal chetiga cho‘ka qoldim.
— Anuv duvananu aytutman, opoqbuvi... Aqamnu opketub qolgan tilanchu-chi? — deb chug‘urlab Yodgor karavotga yopishib bordi. U buvining oyoqlariga osilib, bir narsalarni tushuntirishga urinardi.
— Duvana dema, bolam, gunoh bo‘ladi. Tilanchi akang-ni nima qiladi. Qo‘y, qayoqdagi gapni gapirma. Gumon imonni ketkazadi, — deb Oyto‘ra buvi uning boshini silab, menga o‘girildilar. — Bolalarga ergashib ketgan ekan, haligacha daragi yo‘q. Boshi og‘ib Eski Jo‘vaning bozorida adashganmi, Jangobda qolganmi, Asal ikki qidirib keldi...
— Bolalar bilishar, axir? — dedim ichim hapriqib.
— Birontasi tayinli gap aytsa, qani! Yurak-bag‘rimiz ezilib bitdi, — dedilar endi haq-rostiga ko‘chib. — Zora shuning qadami qutlug‘ kelib, Ollohim bunga ham tirnoq bera qolsa, turmushi tinchib ketsa, deb asrab oluvdik, — deb tushuntirdilar. — Qayoqda?! Asalimni bilasiz, turish-turmushi shu, zahar. Hoziram uyiga kirib qamalib yotibdi. Qidirib oyog‘ida oyoq qolmaganmish. Qayoqda! Xasti Imomdan nari o‘tmagan. Bo Xudo, o‘sha sig‘indini degan. Qaydan yopishdi bu balo — bola isi yoqmaslik unga? Aqlim yetmaydi hech. Na ota urug‘ida bor, na ona urug‘ida. Shu asrandisi bilan andarmon bo‘la qolsa, bemalol oyoq-qo‘limni uzatib ketarmidim... — Oyto‘ra buvi ovozlari o‘zgarib, mijjalariga yenglarini bosdilar. — Xudoyimdan aylanay, shunday sinarkan-da bandasini... Ishqilib, ko‘rsatadiganini shu dunyodayoq ko‘rsatsin-u, u dunyoga qoldirmasin... qiynog‘u jazolarini...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:06:15
Tavba, nima bo‘lyapti? Tashvish ustiga tashvish. Biridan qutulmay, boshqasi oyoq ostidan chiqib kelyapti. Endi yo‘qolgan bolakay topilmay turib men buni qanday olib ketarkanman?! Qolaversa, qanday og‘iz ochib bo‘ladi? To‘g‘ri dalaga survormaymanmi boya, bu yoqqa burilib yurmay. Endi omonat nima bo‘ldi-yu, bunga bergan va’dam nima bo‘ldi?
Bir yoqda yo‘qolgan sepkiltoyga (o‘sha kelganimda birpasda elakishib keta qoluvdi) achinib turibman. Balki anuv zahar-zaqqumning tergashlari, turtkilashlaridan to‘yib shunday qildimikan? Ammo yetim boshi bilan qayoqqa ham borardi?
— Jangobga tushib, surishtirib chiqaymi? Milisaxonalarga kir, desangiz, kirib boqay, — dedim astoydil otlanib.
Men yuzlari yorishib, alqay ketadilar, o‘zlari bir yerlarga yetadilar, deb o‘ylab edim. Qaytaga Oyto‘ra buvi o‘tinch ila boqdilar:
— Undan ko‘ra, mana bu jujug‘imizni ola keting. Necha kundan beri ichikib, bir yerga yetdi. Borsa borsin: biron hafta turib kelar. Ungacha Chamanim ham qaytib qolsa, zora.
— Darvoqe, ayasi ham aytib edi.
— Nimani?
— Buvalarining yurtini ko‘rib qo‘ysin, deb...
Buni eshitgan Yodgormurodni ko‘rsangiz! U namatning changini chiqarib, sakrab o‘ynoqlar, uy ichida gir aylanib chopardi!
— Bo‘ldu-bo‘ldu, boramuz. Opketasuz endu, opketasuz. Ayam rozular, opoqbuvum rozular. — Gir aylanib kelib, yopishadi, ustilarimga tarmashadi: — Boramuz, talalarga boramuz. Qo‘ziqorinlar teramuz.
— Ana, ko‘rdiz, — dedilar u kishi ham.
— Mayli, olaket, desangiz — olib ketaveraman.
Shu tob u quvonchini ichiga sig‘dirolmay o‘zini shartta ustimga otdiyu bo‘ynimdan quchib ola qoldi. U hali-beri qo‘yib yuboradigan emas edi va men ham bag‘rimdan qo‘ymay buviga dedim:
— Bo‘lmasa, duo qiling.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:06:23
Oyto‘ra buvi halim tortib duo qilyaptilar, u kishining ovozlari, ovozlaridan ham burun duolari menga moydek yoqyapti, ammo ko‘nglimning bir chekkasi xijilga o‘xshab, hech yorishmaydi, g‘ash. Akbarga achinyapman. U qayda qoldi ekan? Rostdanam o‘zi tilanchiga ergashib ketdimikan yo lo‘lilar o‘g‘irlab, birovlarga oshirib yuborishdi? Olam to‘la yetim bo‘lsa-yu, u kimga kerak bo‘lib qolibdi? Hech tushuna olmayapman, aqlim bovar qilmaydi: hali ham bola o‘g‘rilari bor ekanmi?.. Yodimga esa, bolaligimizda kattalardan eshitganlarim — opqochib ketilgan bolakaylarning ayanchli taqdirlari tushib-tushib ketyapti. Ular bizni qo‘rqitishgani-qo‘rqitishgan edi:
— Avrasa laqqa tushma. Shaharga obboraman, shahar unday, shahar bunday, kinolar bor, kataysa-konkilari bor, «chaynamayshim»lari bor desa, ishonma,— deb tergashgani-tergashgan edi. — Opketib oldimi, yerto‘lasiga qamab qo‘yadi-da, bir kun kechasi supra yozib, sani ustiga qo‘yib yuboradi. O‘zlari qo‘llarida bigiz, gir aylana qurib, o‘tirib olishadi. Oyimga ketaman, deb yig‘lab, qaysi tomonga yursang, o‘sha tomondan eting-ga bigiz sanchishadi. Sen qochib, o‘zingni boshqa tomonga urasan. U yoqdan ular bigiz sanchadilar. Shunaqqib seni ham, supradagi unni ham qora qoningga belab, keyin non yopib yeydilar. Ular shunaqa qavm — ularga ro‘para bo‘la ko‘rma, — deb qo‘rqitardilar.
Shu-shu xurjun ko‘targan tilanchiyu devonani ko‘rdik, deguncha oyoqni qo‘lga olib qochaverardik. Akbarga aytib qo‘yishmagan ekanmi, yerto‘lasi bor — bola o‘g‘rilarini?
Hali u tushlarimga kirib chiqishi aniq. Yana nechanchidir marta yerto‘lama-erto‘la qilichimni ko‘tarib, izg‘isam kerak. Har gal bola o‘g‘rilarining adablarini berib, yo‘qolgan bolakaylarni qutqarmoqchi bo‘laman-u, yerto‘laga bostirib kirgan joyimda uyg‘onib ketaman. Nega shunday — hech tushuna olmayman.
Bu gal-chi, Akbarni qutqara olarmikanman?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:06:39
7. XAROBADA TUShIB QOLGAN OHANRABO

Bizning tomonlarga Beshog‘ochdan yolg‘iz bittagina avtobus qatnar edi. Ilingan ilinardi, ilinmagan piyoda — yayov ketardi. Omadimizni qarang, tiqilishib bo‘lsa-da, o‘sha kichkinagina «xaptobus»ga chiqib oldik. Ketyapmiz, ketyapmiz, qani biron jon tushib, sal yengillashsak. Men-ku, chidayapman, lekin Yodgormurodni ezib qo‘yishmasa edi, deb jonim xalak. Axiyri uni deraza tomonda o‘tirgan sutchi opoqining tizzasiga joylashtirib tinchidim. Ammo o‘zim tiqilinchdan hech narsani ko‘rolayotganim yo‘q. Qaerga yetganimizni taxminlabam bilib bo‘lmayotir. Alohal,Cho‘lponotaning guzariga qayrilishda yarim odam tushib, sal yengillashdik. Bu yog‘iga avtobus Bog‘obodning pasti bilan Bo‘zsuv yoqalab, aylanma yo‘lga tushib oldiyu yuzga tanish Bo‘zsuv nasimlari urilib, entikib ketdim. Havoning tozaligini ayting! Bu tomonlarda hali-hozirgina yomg‘ir shivalab o‘tgan-u, ana endi bodroq hidi anqib yotar edi. Keyin unga qo‘shilib deng, shu tepayu jarlar oralab oqib yotgan Bo‘zsuvning nimtatir hidi, yovvoyi yalpizu botqog‘u buloq suvlarining bo‘ylari qo‘shilib omuxta bo‘lib ketgan bir ajoyib hid kelyaptiki, iskab-iskalanib to‘ymaysan, kishi. Yana allaqaerda (balki shu ko‘cha yoqasidagi polkovniklar bog‘idadir) shaftolilar qiyg‘os gullab yuborgan-u, o‘sha nasimlar shaftoli guli bo‘ylarini «o‘g‘irlab» olib kelayotgandek!.. Polkovniklarning ham bilgani-bilgan! Bo‘zsuv yoqasidan yigirma sotixlab joy olib, bog‘ qilib, ostidan suvlar oqadigan jannatdek soya-salqin joylarda yashashyapti. Olloh ularga bu dunyosini bergan. Hammayoq itirqini chiqib, buzilib bo‘ldi, lekin ularning bitta chivig‘iga ham tegishgani yo‘q. Hamma qochgan bulbullar shu yerda chax-chaxlab yotipti!
Bu orada biz Bog‘oboddan o‘tib, Qaynamaga chiqib bordigu ho‘v oldinda Bo‘zsuv Qo‘shilishdan o‘tib, Achchi qirlariga qarab oqib ketadigan tomonda (naq Achchi qirlari ustida) yalt-yalt nur sochib, o‘sha yoqni nur seliga ko‘mib tashlagan oftob ko‘rindiyu yuragim qinidan chiqqudek hapriqib ketdi. Yopiray! Hech o‘zgarmabdi-ku! O‘sha-o‘sha-ku! Bir vaqtlar shiyponda — Kattabog‘ning ustida turib ko‘rganimdan a’lo-ku!
Men engashib Yodgorning qulog‘iga sekin shipshidim:
— Tushdik, toy bola. Yetib kepmiz.
Yodgormurod gangib, kalovlanib qolgan, hali atrofga, hali aftimga alanglab boqar edi:
— Nima, shu yermu? Keldukmu?
— Kelduk, kelduk, — deya oldinga intildim. — Ho‘v, birodar, bizni sho‘tta tashlab keting. Qaynamada qoldiring.
— Qayoqqa borasiz o‘zi? Bu yerda biron tirik jon qolmagan-ku, — dedi kimdir orqadan. — Ko‘rmayapsizmi, hammayoqning itirqinini chiqarib yotishibdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:06:49
Men parvoimga ilmay, ukachamni yetaklab, oldinga o‘taverdim:
— Biz shu yerda tushamiz, shunaqasi piyoda ketamiz.
Shofyor kepchikday yuzida moshdek-moshdek chechak izlari qolgan yag‘rindor odam ekan.
— O‘zingiz bilasiz, — deb mashinasini chetroqqa burdi.
— Chakki qildiz-da, opovsi, — derdi halitdan ku-yinib sutchi ayol, — bola bilan urinib qolasiz-ku.
— Urinish nimasi, o‘zimizning joylar, o‘ynab ketamiz, — dedim tushayotgan joyimda. — Ko‘rib qolsin-da, buyam... bu yoqlarni...
— Voy, shunaqami? Bugun bor, ertaga yo‘q tabarruk joylarimizni-ya? — dedi u orqamdan. Ovozi ham allaqanday yayrab-tovlanib chiqqan, u ichimning chuqur bir ingichka yerlariga tegib, etlarim jimirlashib ketgan edilar.
Men javob berarga ham holim kelmay Yodgorni qo‘ltiqlab oldimu pastga tusha boshladim. Yaxshiyam u bor ekan, unga alahsidim. Hech qancha o‘tmay mashina jilib, biz ko‘cha yoqasida yolg‘iz qolgan edik. Ukacham birpasgina begonasirab, atrofga alanglab turdi-yu, keyin bolaligiga borib, birdan oldinga chopa ketdi. Nima ko‘ra qolibdi, desam, qaynama do‘ngiga chiqib borib, qo‘rqa-pisa ichiga mo‘ralamoqqa boshladi.
— Qoch, ajinaning inidan! — deb baqirib edim, qaynamaning ichidan bir nima otilib chiqadigandek u ortiga o‘girila qochdi.
— Nima u, amaqu? Rostan inimu? — dedi kela solib oyog‘imga yopishib.
— Yo‘q, qaynama, — dedim uni qo‘rqitib yuborganimdan o‘zim uyalib.
— Nima qaynamaydu? — dedi ko‘zlarimga javdirab u.
— Qaynamaydumas, qaynaydu, — dedim kulib.
— Xo‘p, nima qaynaydu? — dedi u hech tasavvur eta olmay. Men uning boshini siladim:
— Oddiy suv, ko‘rmadingmi?
U bosh chayqadi:
— I-im... Hech nima qaynamopti-ku.
Men yana uning boshini silab, ko‘chaning narigi betidagi do‘ngga ishora qildim:
— Huv anavi hovuzchani ko‘ryapsanmi?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:06:57
— Qanaqa xovuchcha? Do‘ng-ku, — dedi u.
— Ana o‘sha do‘ngni ichida hovuzchasi bor. Suv o‘sha yerdan tushib, bu yoqdan qaynab chiqadi, bilding.
U ko‘zlarimga qadalib turib, chapak chalib yubordi:
— Zo‘r-ku! O‘sha yerdan sho‘ng‘ub... bu yerdan chiqadimu?
— Ha, barakalla, topding! Shuni qaynama deydilar.
— Har yoqlarga toshibam yotmaydu? — dedi u ta’sirlanib.
— Yotmaydu, — dedim men ham suyib.
— Sizibam ketmaydu!.. — dedi u.
— Ketmaydu, — dedim men.
— Qanday yaxshi! — Yodgor boyagiday bir o‘ynoqlab qo‘yib, bilagimga yopishdi. — Zo‘r ekan siznu tomonlar...
— Sen mana bu yoqni ko‘r, oftobning yotog‘ini ko‘r,— dedim Bo‘zsuv tepalari osha Achchi qirlarini ko‘rsatib. U oftobning ming-milliard qiyama nurlari seliga botib atlaslanib yotardi. Yodgormurod qaradiyu ko‘zlari qamashib ketib, pinjimga yuzini yashirdi. So‘ng oyoqlarimni panalab havaslanib tikildi.
— Vu-uy, muncha chiroylu?!
— Shunaqa: oftob botolmay-botolmay botadi bizni tomonlarda, — dedim o‘zim ham o‘sha yoqlardan ko‘z uzolmay. — Sen uni bu yoqdan chiqayotganda ko‘rsangmu, oh, — dedim kamiga.
— Ko‘rsatasizmu? Opkelasizmu? — dedi u o‘ynoqlab, qo‘llarimdan tortqilab.
— Opkel, desang opkelavuraman.
— Bog‘lariznu-chi, qachon ko‘rsatasuz?...
— Ko‘rsating desang, hoziram ko‘rsatavuraman, — dedim-u, ichimda esa ishqilib surib tashlashmagan bo‘lsin-da, deb turibman. U bo‘lsa, sakrab-quvnaydi, o‘ynoqlab tinmaydi:
— Ko‘ramuz-ko‘ramuz. Varrak uchuradugon tomlariznuyam ko‘ramuzmu?
— Yo‘q, — dedim ovozim o‘zgarib kelib. (Men uni qanday alday olaman!) — Tomlarimizni buzib ketganmiz. Allaqachon.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:07:17
— Uylariznu-ya? — deb hayratlanib tikildi u.
— Ha-ha, — dedim zo‘rg‘a yutinib. Tomog‘imga bir narsalar tiqilib kelmoqda, u g‘ippa bo‘g‘ilib, gapirolmay qoladigandek edim.
— Unda... unda biz qayoqqa boraturmuz? — dedi javdirab. Ko‘zlari toliqib ketmagani uning. Pastdan tikilaverib, javdirayverib! Kipriklari xuddi qiz bolanikiday uzun-uzun, bir chiroyli edi, hech qilt etmasdi, tavba.
— Biznikiga, — dedim qult yutinib, — tomlari ochiq, eshik-derazalari — valongor, o‘zi qor-yomg‘irlarda ivib tushgan... bo‘lsayam boravurasan... ko‘ravurasanmi? — dedim negadir.
— Boravuramuz-boravuramuz, — deb tortqilardi u, qistardi u.
Ishqilib omon turgan bo‘lsin-da: taxmonlarimizu tokchalarimiz. O‘sha madfun xatlar... Men ularni bunga, manavi jujuqtoyga — kennoyimning toychoqqinasiga qanday aytay? Qanday tushuntiray? Aslida nima uchun, ne niyatda kelayotganimizni qani, aytib bo‘lsa! Og‘iz ochib bo‘lsa!
Men uni qo‘lchasidan yetaklab olganman. U chim bosib ketgan tashlama ariqqa tushib ketay-ketay deb, qurib-qovjirab, qor-yomg‘irlarda qolib ham ado bo‘lmagan o‘tlarga, yovvoyi yalpizlarga turtunib-surtunib kelyapti-yu, atrofga alanglab charchamaydi. Ba’zan u yer-bu yerda omon qolgan azim yong‘oqlaru o‘riklarga hayratlanib to‘xtab qoladi. Ular hali qip-yalang‘och: haligina shivalab o‘tgan yomg‘irdanmi, o‘rik shoxlari ivib-qorayib qolgan bo‘lsa, yong‘oq tanasi tamomi shoxlarigacha kumushday yaltiraydi. Lekin kundakov qilib ulgurilmagan bog‘lar, ishkomlar bir g‘alati mung‘ayib ko‘rinadilar. Dalaning ham dalaligi qolmapti. Hammayoq kavlab tashlangan, har yoqda chala imoratlar: bir yerda endi poydevor quyila boshlagan bo‘lsa, boshqasining havozalari ko‘tarilib, g‘isht terishga tushilgan. Undan naridagisida osmoni-haftimga bo‘y cho‘zgan (xuddi bir oyoqda turgan ulkan turnaday) yolg‘iz kran qaqqayib turadi. Qilt etgan jon ko‘rinmaydi. Yaxshiyam bugun dam, bo‘lmasa, anuv turgan joyida qolgan surgich traktoru moshinlarning (kuchanib-chirangan) ovozlari, quruvchilarning turfa tilda so‘kinib, baqirib-chaqirishlaridan quloqlar qomatga kelar-midi?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:07:27
Hammadan burun manavi Yodgor qaerga kelib qoldik, deb o‘takasi yorilgan bo‘lardi. Hozir ham anavi bahaybat temir turnalardan cho‘chib, miq etmay kelyapti. Goh-goh ustimizga ag‘anab tushmayaptimi, degandek, qo‘rqa-pusa tepaga qarab-qarab qo‘yadi. Qarab qo‘yapti-yu, boya Achchi qirlariga ko‘zi tushib, vuylab yuborgan bolakay endi jimib qolgan, dami ichiga tushib ketgan kabi edi. Qo‘lchasi ila ikki barmog‘imni (boshmaldog‘imga qo‘shib) mahkam ushlab olgan-u, o‘zi yetib yurolmay, galdirab qolyapti.
— Charchadingmi, toychoq? — dedim qayrilib-to‘x-tab. — Ko‘tarib ola qolay?
— I-im! — U shirin bosh to‘lg‘ab, odatdagidek dimog‘ida javob qildi-yu, kutilmaganda oldimga tushib chopqillab ketdi. — Yetub olingchu! Yetolmuysiz!
Iymaganni ham iydirib oladi, deganlari shu bo‘lsa kerak! Uning ovozi kimsasiz dalamizda qo‘ng‘iroqdek jaranglar, o‘zi esa tashlama ariq yoqalab, orqasiga alanglay-alanglay qiqirlab chopib borardi.
Beixtiyor, mening ham bolaligim tutib, quvalashib-hazillashgim kelib ketdi.
— Shoshma-chi, sen — toychoq, — deb orqasidan chopdim. U esa tutqich bermay qochib borarkan, hozir men tutib oladigandek, qiqir-qiqir kular, yana kamiga yelkasi osha xavotirlanib qarab-qarab qo‘yardi. Qo‘llarimni yoyib alpong-talpong qadam tashlashimdan, yetay deganda «munkib ketishimdan» bir yayrardiki... Ammo o‘zi qochib-kulaverib galdirab qopti, chimgami, nimaga qoqilib umbaloq oshib ketay, yiqilib tushay deyapti. Chopib borib ikki qo‘ltig‘idan dast ko‘tarib oldimu qiyqiratib... yelkamga mindirib qo‘ydim.
— Ha-a, tutqazmas ekansan-a! Xo‘sh, qalaysan endi?
Hozirgina hansirab-qiqirlab turgan bolakay... yurakchasi qo‘lga tushgan qushchaning yuragiday potirlab yotipti-yu, o‘zi miq etmaydi. Qoshim osha qarasam, Usmon tog‘amning tashlab ketilgan bog‘lariga boqqanicha... qotib qopti!
— Ha, toychoq? Nima ekan, nima ko‘ra qolding? — dedim sekin silkib.
— Amaqu, unu qarang! Amaqu!.. Qarang Siz uni, — yelkamga olvolgan ukacham birdan qo‘shqo‘llab boshimga shappalay ketsa, kapalagim uchib ketibdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:07:37
— Nima-nima? Nima ekan? — Men boqqa alanglab yotibman, ammo o‘lay agar, hayratga arzirli biron narsa ko‘rsam! Itirqini chiqib, ishkomlari og‘ib, shox devorlari qulab yotgan bog‘da bolakay nima ko‘ra qolib-di — hech aqlim yetmas, o‘sha narsaga ko‘zim tusha qolmasdi.
U esa hamon boshimga shappalaydi:
— U yoqqamas, bu yoqqa qarang Siz!..
Shundagina ilg‘ab, qotib qopman:
— Iya, voy, umi?!. Zo‘r-ku! — dedim tan berib. U shuncha narsa ichidan o‘shani ko‘rgan edi! Gap shundaki, tog‘amning bog‘lari pastiga tusha boshlagan katta imoratning hov bir chekkasida... betondan qo‘nqayib chiqqan ulkan chakich-armaturalar ortida yolg‘iz tup shaftoli... naparmon gullab yuborgan, u kechki oftob nurlarida zarhalga belanib yarqirar, gulbarglarining tozaligi, nozik ado pushti gullarining ko‘pligidan yurak hapriqib ketar edi!
— Qoyil! Ko‘zing o‘tkur ekan-ku, sening, — deb yubordim.
— Chiroylu-a? — dedi u ham.
— Chiroylik ham gapmi! Go‘zal! Sendan zo‘r rassom chiqadi, — dedim maqtab-erkalab. U esa parvo ham qilmay atrofga yutaqib alanglar, yuring, yuravering, shunday zo‘r ekan, tomosha qilishlu ekan, deb qistar edi. Men jildim. Ammo hech qancha o‘tmay u yana boyagidek boshimga shappalashga tushdi:
— Qarang, uni qarang! — derdi nimalargadir achinib.
— Yana nima? Nima topa qolding? — dedim to‘xtab. U bo‘lsa:
— Shunday narsanu... shunday narsanu...— deydi-yu, u yog‘ini aytolmaydi.
— Nima bo‘libdi, nima qilishibdi?
— Sindirishibdu qarang...
— Qani, nimani?
— O‘sha zardoluni-da...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:07:47
Shundagina ko‘zim tushibdi: boyagi shaftolini.. kranmi, nima bosib-yanchib o‘tganu... bir shoxi tanasidan ayrilib tushib, loyga qorishib yotar va o‘sha yotishida ham chaman bo‘lib gullab bergan edi! Ajab hol: shaftolining bir shohi shamollarga bag‘rini ochib, go‘yo ko‘klam oftobiga shoda-shoda gul tutar, yal-yal pushti nur sochar edi. Yerdagisi esa uning suvdagi aksiga o‘xshab u ham ko‘zni o‘ynatardi. Valloh, shunaqasi ham bo‘larkanmi?.. Ko‘rib ko‘nglim buzilib ketgan, o‘zimga kelolmasdim. Nahot bir tirik jon topilmabdi uni ko‘tarib qo‘yishga? Sherigiga matab, bog‘lab qo‘yishga?.. Shunday barq urib gullagan narsa... nahot ertaga yana oyoq ostida qolib ketavuradi?
— Zardolumas u — shaftolu, — dedim yelkamdagi toychoqqa. Bilmadim, o‘zimni og‘ir, mungli xayollardan chalg‘itarmidim yo bolakaynimi? Ishqilib, hech o‘zimga kelolmasdim. Ammo Yodgor boshqa narsaga chalg‘ib ulgurgan ekan, birdan jonlanib, qaerda o‘tirganini ham unutib, likonglay ketdi:
— Vu-uy, amaqu, anuvlarni ham ko‘rung...
— Yana nimalarni ko‘ra qolding?
— Ko‘pliginu... vuy!..
— Shaftolilarmi yana?
— Ha-da, ko‘chub ketishganuminan, tashlab ketishganuminan... gullayveribdu, gullayveribdu...
— Vaqti kelgach, shu-da, gullaydi-da, toychoq. Hech kim to‘xtata olmaydi buni,— dedim u ko‘rsatgan tomon-ga qayrilib. Va shu barobar chaldevorlar orqasidan, xarobayu vayronalar ichidan kelinchakday mo‘ralab turgan go‘zal xilqatlarga ko‘zim tushib, to‘xtab qopman!..
Vo darig‘, bu qanaqasi? Men bunaqasini hov, ilgariyam, o‘smirlik chog‘larim — Sultonmurod akam biz tomonlarga kelmasdan burun ham ko‘rganman-ku! Ularning tashlab ketilgan xaroba qo‘rg‘onlari chekkasida har bahor bir tup shaftoli ana shunday qiyg‘os gullab chiqmasmidi? Biz uni boshiga zarro‘mol tashlagan kelinchakkami — nimaga o‘xshatmasmidik?!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:07:57
Ha-ha, biz uni hojasini kutgan kelinchakka o‘xshatganimiz-o‘xshatgan edi. Endi-chi, endi? Mana bular-chi, qaerdan paydo bo‘lib, tashlab ketilgan qo‘rg‘onlaru bog‘lar etagidan yuz ochmoqda? Qayoqqa qarasam, o‘sha yoqdan ko‘rinyapti? Nima bu, sarobmi yo haqiqat?. Shunaqqib biz qo‘rg‘onlarimizni bitta-bitta boy bera-yotirmizmi? Shunaqqib Yakkabog‘dan, so‘ng Kattabog‘dan ayrilib qoldikmi? Shunaqqib Izzayu Olmazorlarimizni tortib olishayotirmi?
Qachon qaytarkanmiz bu qo‘rg‘on, bu bog‘larga, anavi «kelinchak»lar oldiga? Umuman, salomlariga alik olguvchilar, qaytguvchilar topilarmikan? Sultonmu- rod akamga o‘xshab ularning himoyasiga chiqa olarmikan?
Shunaqa, ko‘nglimning ko‘chasiga nimalar kelmasdi!
Nihoyat, tashlama ariq (ha-ha, o‘sha chim bosgan, Bo‘zsuvga qadar tushib borguvchi tashlama ariq) Usmon tog‘amning shoh-devorlari yoni bilan chiqib, tutzor tagidagi yo‘lga tutashdi. Bu yog‘i oson: dala o‘rtasidan tushib kelayotgan katta yo‘ldan o‘tsagoq yetamiz. (U yo‘l opamning uylari tagiga kelib to‘xtagan, uni buzishsayoq, gal biznikiga edi.) Uyimizning orqa devoriyu qator jiydalarimizga (ular bo‘rtib qolganga o‘x- shar-u, quv yalang‘och edi) ko‘zim tushib quvonib ketdim. Ichimga bir iliqliq, umid yugurdi.
Hayriyat. Xudo asrabdi. Tegib ulgurishmabdi. Zora, kennoyijonim aytgan, tayinlagan narsalar ham jo-yida bo‘lsa! Turgan bo‘lsa! Men o‘sha joyni topsamoq, bas...
Yuragim... qinidan chiqib ketgudek, ko‘ksimni yorvorgudek dukirlab, bo‘g‘zimga bir nimalar tiqilib-tiqilib keladir. Va, nihoyat, biladigan bo‘ldim! Akam bilan o‘rtalaridagi tarixni!.. Qanday topishib, qanday ayrilganlariniyu nima bo‘lib, judolikda qolganlarini! Nimaga shuncha turib, shuncha kutib, biznikidan chiqib ketdi, bosh olib ketdi ekan? Yozgandir axir? Uzru iltijolarini? Tavalloyu nadomatlarini?
— Amaqu, amaqujon, nega yurmutmiz?— derdi ukacham qistab, quloqlarimdan tortqilab.— Yo keldukmi?..
— Kelduk, kelduk, — deya qo‘ltiqlariga qo‘l yuborib, boshimdan dast ko‘tarib oldim. — Endi o‘zing yur. Bizning bog‘u uylarni ko‘r, — dedim yerga qo‘yib.
— Shu joylar... shu uylarmu? — dedi u ko‘zlari pirpirab.
— Bizlar tashlab ketganda... buzilib yotganda ko‘ryapsan-da, sen, — dedim men. — Ho‘-o‘, ayang turganlarida ko‘rsangmi edi!.. Jannat edi!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:08:13
— Voy, ayam shatnu aytarmudilar? — dedi u sakrab-quvnab.
— Shatnu, — dedim men ham unga mengzab va boshini silab, — yana nimalar derdilar?
— Yana yig‘lardular, — dedi u birdan ma’yus tortib.
Men titrab ketdim. Qarshisiga cho‘k tushib, tirsaklaridan tutib oldim:
— Menga qara, nima deb yig‘lardilar? Nega yig‘lardilar? Aytarmidilar hech?
U bosh silkidi:
— Hm... Tuzalub ketsam, olib boraman, yotub kelamuz, derdular.
— Yana-chi?..
— Yana, buvanglar yurtinu ko‘rasan. Olmazorlarga o‘tamuz, derdular. Opkelolmadular, — dedi o‘ksib.
— Mana, kelyapmiz-ku, — deb uni quchib, mitti yuzlarini yuzimga suykadim, — hali u yoqlarga ham o‘tamiz. Izzalarni, Foziltepalarni ko‘rsataman.
— Shunaqamu? Bu yerdan keyin-a? — Uning ko‘zlari chaqnab ketishiga ham, yoshlanib ma’yus tortib qolishiga ham taraf yo‘q edi. Hozir esa, bo‘ynimga osilib olgan edi.
— Yo‘limiz-ku, axir, nega ko‘rsatmayin, — deya qistadim. — Yuraqol endi. Kiramizu ketamiz.
Yetaklashib, opamlarning hovlilaridan o‘tib bordik. Hovliki, o‘ralgan devorini aytmasa, hovli siyog‘i yo‘q. Kuzda mollar, qishda qarg‘ayu zag‘chalar xo‘b itirqinini chiqarishgan. Tomi ochiq — valongor uylar odamning xo‘rligini qo‘zg‘otadi. Necha uy buzib, ko‘chib ko‘rgan odam — men ham eski joylarimizni ko‘rganda, o‘zimni tutolmayapman. Har qarich, har qadami aziz bo‘lib ketgan joylarni qaytib ko‘rish, bu ahvolda ko‘rish... shunchalar og‘ir ekanmi?
Lekin Yodgor mendan ham sinchkov ekan. U oldimga tushib chopqillab ketdiyu jiydamiz tagidagi yo‘lkadan o‘tiboq taqqa to‘xtab qoldi. Men nima bo‘pti ekan, deb ikki hatlashda yetib borsam... irg‘ishlab — sakray ketdi:
— Voy, amaku, qarang bunu! Tanudum, tanudum!..
— Nimani taniding? — Men azbaroyi hayron qolgan edim.
— Hovlunu tanudum...
Yo tavba!.. U nima deydir? Qanday taniydir?... Men garangsib qolayozgan edim.
— Qanaqasiga... taniysan? Endi kelishing-ku?
U qayrilib tizzalarimni quchib oldi:
— Ko‘zumnu yumub aytub beraymu? Xuddu ayam aytganlaruday ekan. Tanudum.
— Shunaqami? — dedim suyib-erkalab. Men endi o‘zimga kela boshlagan edim. — Qani, bir boshdan esla-chi. Nimalar bor, deb edilar?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:09:01
— Uzu-un uylar... — U ko‘zlarini chirt yumib, kamiga kaftlari ila berkitgan edi.
— To‘g‘ri. Uzu-un ko‘chaga qaragan, kungay uylar, — dedim men. — Yana-chi?
— Yana, ka-attakon tol taguda supasu...
— Bor-bor. Undan keyin-chi?.. — Men uni yana ham suyib, yaxshi ko‘rib keta boshlagan edim. U esa o‘sha hovliga orqa o‘girib turgancha, buning ustiga ko‘zini chirt yumib, kaftlari bilan berkitib olgancha... toshga o‘yilgandek yodida qolgan ertak hovlini — bizning hovlimizni birma-bir tasvirlab berar edi.
— Undan keyun zina bor, daxluz bor, — dedi entikib.
— Daxlizda-chi? — dedim men u ko‘rib turganday aytayotganidan, topayotganidan battar hayajonlanib.
— Dahlizdamu?.. Taxmon bor, baland tokcha, tokcha oruqasida o‘shoqqa ochuladurgan darucha...
Ich-ichimdan bir to‘lqin qo‘zg‘olib, sarosimaga tushib qoldim. Yopiray, nimalar deyapti bu? Chindan top-yapti-ku?! Beixtiyor, uni yana ham suyib, quchoqlab oldim.
— Yana nimani eslaysan? Nimalarni aytib berganlar?
— Esladum, esladum, — deb qo‘lini ko‘zlaridan olib o‘ynoqladi u. — Yana tanuchanguz bor, tanucha! Topdimmu?
— Bor, bor, — deb yubordim o‘zim sezmay. — O‘ttan-chi, o‘ttan qayoqqa o‘tiladi?
— O‘ttan, — Yodgor birpas jim qolib, bir qo‘lchasi ila chakkasini qashlab ham oldi. — Esladum, esladum, katta uyga o‘tiladu, ayamnu uylariga.
— Barakalla! Zo‘r eslab qolgan ekansan, — deb qistay ketdim, — Ayt, jonim, bittalab ayt! Hech birini qoldirmay ayt! — deb o‘tinmoqqa tushdim. — Eshigimizda, ko‘chamizda-chi? Nimani eslayman, — derdim men bolakayni qiynab qo‘yayotganimni ham unutib.
— U yerdamu? — dedi u eslashga tirishib, ham lablarini bir chiroyli qimtab. — Ko‘cha bor, ko‘chaning u yog‘ida...
— Anhor-chi? Nokzor-chi? — dedim quvonchimni ichimga sig‘dirolmay.
— Bor-bor, anhoram bor, nokzorlar, bedapoyalaram...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:09:48
Men uni boyagidan ham mahkamroq quchib olgan va o‘zimni unutib takrorlar edim:
— Topding, toychoq. Barchasini bilarkansan. Eslab qolganakansan. Kechir, ishonmay o‘tiribman. Umrida ko‘rmagan, deb o‘tiribman. Sen esa...
Keyin o‘zimga kelib, ich-ichimdan bosib kelayotgan hayajonmi, o‘ksukmi — nimalarimni yutib, uning yelkasidan tutgancha yuzlariga bir alpoz termuldim:
— Rostingni ayt, shularning barini ayang aytib berganmilar? Uzun kechalarda?
— Hm, — dedi u yengil bosh irg‘ab.
— Keyin tushlaringda?..
— Yo‘q, — dedi u bosh chayqab. — O‘ngimda ko‘rgandayman xuddu.
Bolaga ishonmaslik mumkin emas edi. Lekin qanday ko‘rdi, eslab qoldi ekan ko‘rmagan joylarini? Shunisiga aqlim bovar qilmas edi. Boshim gir aylanib, o‘rnimdan turdim-da, otxona burchagidagi shaftoliga suyangancha qoldim. Bolaga esa:
— Yana o‘zing qarab boq-chi, sen taniydurgan nima qopti ekan, — dedim sekin.
U «yaxshu!» deya yuqoriga chopib ketdiyu men esam bu mo‘’jizaga — umrida bu yoqlarga qadam bosmagan bolakayning har bitta narsani — aniq-tiniq aytib berayotganiga hayronu lol qolib, qotib turardim. Bolada bir sir bor, derdim-u, nimaligiga aqlim yetaqolmasdi hech! Bu nima bo‘lsa ekan? Yo u ham shu uyning farzandimi? Bilmasdim.
Bir vaqt nimaga kelganimiz yodimga tushib, shoshib qoldim. Darvoqe, kun botmagan, uning qizg‘ish shu’lasi qolgan-qutgan daraxtlarning qir uchlariyu yangi tushgan imoratlarning teppalarida o‘ynar, vaqt o‘tayotib edi, shoshmoq lozim edi. Kennoyim aytgan omonatga xayolim qochib, ichkari yurdim.
Bu mahal uning Yodgorginasi, shirindan-shakar bolakay o‘yinga berilib, o‘zi bilan o‘zi bo‘lib ketgan, meni-da unutib, hovlimizda u yoqdan-bu yoqqa chopib, yugurgilab yurardi. Hali ishkomlarimiz ichiga kirib ketar, hali supamiz tomon, hali zinamiz tomon chopardi. Hali otxonamizga mo‘ralab, hali dahlizimizga yugurib chiqadi. Ostonalarni ot qilib minib, deraza tokchalari ustiga, taxmonlarga chiqib, sakragani sakragan. Ba’zan shiftsiz devorlarga, osmonga anqayib qoladi-da, yana o‘yinga berilib ketadi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:10:21
Men esam, ichkari uyda o‘zim bilan o‘zim ovoraman. Zo‘r berib o‘rta tokchaning (paxsa ustidan terilgan) xom g‘ishtlarini ko‘chirib yotibman. (Esimda bor, tog‘am tovchasi past bo‘pqopti, deb ikki-uch qator g‘isht terdirgan, keyin suvab yuborilgan edi.) Ari qaeriga in qo‘ya qolgan ekan? Orqasidan kirib kelib, joy topgandir-da?
Ko‘chirgan joyimdanmi, xom g‘ishtlardanmi, achimsiq somon hidi aralash tuproq bo‘yi anqirdi. Nihoyat g‘isht tugab, paxsa ko‘rindi. G‘o‘rasha tuproqlarni sidirib tushirib tashladim. Lekin na ari ini, na g‘ovak ko‘rinardi. Qaerda ekan? Yo men boshqa tokchani ko‘chirib yotibmanmi? Yuragim g‘urmishlab, ichim qizib ketyapti. Kallam qotib, qovoqqa aylanib qolgandek... Jo‘yali bir fikr kela qolmaydi: qaerda bo‘lishi mumkin? Bu yoqda kun ketyapti. Hali-zamon quyosh botvorishi mumkin.
Axiyri uning bir gapini esladim: «Tokchaning yoninu urib ko‘rsangiz, bilasiz». Darvoqe, po‘killaydi-ku. O‘rta barmog‘im orqasi-la asta-asta urib ko‘r-sam — bir joylari po‘killab, qolgani takirlayapti. Shoshib qolib, tizzalab opman. O‘sha yerni sekin ezsam, suvog‘i ezilayotir, hovliqib qattiqroq bosib edim, qo‘lim bilagimga qadar kirib ketdi.
O‘takam yorilib tortib opman. Bilib bo‘ladimi, nima kirib olgan. Suvoqlarini ko‘chirib, sekin qarasam... ari ini quruqshab mushtdek bo‘pqopti. Balki bu bir bo‘lagidir. Qolganini kennoyim o‘sha vaqtdayoq tozalab tashlagandir. Keyin bitiklarini yashirib, suvab tashlagan bo‘lsa ham ehtimol. Lekin unda bitiklar nimaga ko‘rinmaydi? Qaerda qolishi mumkin? Asta qo‘limni tiqib, paypaslab ko‘rsam... bir nima — quruqshagan narsa shildiraydir. Changallab tortvola qoldim. Qarasam, chang bosgan sariq daftarning muqovasi... G‘ijimlanib chiqibdi! Demak, bir narsalar bor, qolgani ham bor. Yutoqib, suvoqni ko‘chirishga, teshikni kattalashtirishga tushib ketdim.
Ari iniga yorug‘ tushib, katak daftarning qolgani ham ko‘rindi.
Olsam, tagida yana bittasi. Ochib hayronu lol qoldim. Xat bir ajab imloda... jimjimador arab yozuvida edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:10:46
Bo‘shashib, o‘tirib qopman! Koshki uning zer-zabarlariga tishim o‘tsa, hij-da o‘qiy olsam. O‘zimni shunday nochor-notavon his etdimki... Yana men o‘z davrining ziyolisi, institutlarni bitirgan, eng katta gazetalarda ishlaydirgan, har kuni quloch-quloch maqolalari chiqib turgan muxbir emishman! Nihoyati otin oyida (o‘sha ham o‘zining oyisi ekan) o‘qigan bir ayolchalik bo‘lmasam. O‘shalar bilgan narsani men bilmasam! Rosa boshqa tomonga o‘tlab ketgan ekanmizmi?..
Kennoyimning akamga atalgan maktublariga yetishganimda unga tishim o‘tmay o‘tirishimni ko‘ring! Ana sizga natija! Hatto uni birovga ko‘rsatishga, ko‘rsatish tugul aytishga haqqim yo‘q. Bu sirdan kimni ham voqif eta olardim?! Izn berilmagan: kennoyim izn bermasalar, men uni kimga ham o‘qita olardim?
Bir mahal qarasam, topgan bo‘yracho‘plaridan kemami, aravachami yasab, dahlizda o‘tirgan bolakay, mening mehmonim — Yodgormurod shu tomonga tikilib qopti. Ko‘z ko‘zga tushib, u shirin jilmaydi va shu jilmayishida yuz-ko‘zlariga bir tiniq nur yugurib, kimgadir juda-juda o‘xshab ketdi; Esladim, u o‘sha boloxonada ko‘rganim — suvratdagi ko‘hlik ayolga o‘xshab, nim jilmayib turar, uzun-uzun kipriklari qora ko‘zlariga bir yarashgan, tanimagan odam uni o‘g‘il bola demasdi. Peshonasidami, yonog‘idami, o‘sha Yusuf go‘zalligidan bir chimdimgina bor edi. Bir chimdim bo‘lsa ham olamga tatiguli edi, tavba.
U mening xayolim yorishganini ko‘rib boyagidek shirin jilmaydi:
— Nima izlayopsuz, amaqu?
— Topdim, — dedim noiloj.
— Qaniy, qaniy?! — u tura chopqillab keldi-yu, yelkamga osildi, — bitta ko‘rsatung.
— Mana, eski xatlar ekan. Ko‘rganing bilan se-niyam, meniyam tishimiz o‘tmaydi, — dedim yuziga tutib.
— Ha-ya, — dedi u bosh silkib. — ayam bo‘lsalar o‘qiy olardilar. Innaykeyin opoqbuvim ham o‘qiy oladular, — dedi u maqtangisi kelib.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:10:55
— Qanday yaxshi, — deyapman-u, ichim ezilib bor-yapti: koshki opoqbuviga aytib, birovlarga ko‘rsatib bo‘lsa bu narsani? Uni kimga ham o‘qita olardim?... Yana pochchaga olib boramanmi? Voy, hoy, Savobar, bu yoqqa qara, kelinimizning daragi chiqibdi, deb qolsalar nima bo‘ladi?.. Bu yoqda Chaman akam, u yoqda o‘zi tayinlashgan: aytmay tur, deb...
Men o‘z yog‘imga o‘zim qovrulib yotibman-ku, Yodgor hali tizzamga, hali yelkamga shappalab, bir narsalar deydi.
— Amaqu, qarang, qaray qolung?
— Nima deysan?
Qarasam, qo‘lida nosrang bir xaltacha. Bog‘ichidan tutib opti. Ko‘k duxobadanmi-ey, lattadanmi-ey, chang bosib, tanib bo‘lmay ketipti.
— Nima u? I-i, tashla! — dedim biron narsa ilashgan bo‘lsa, chaqib olmasin, deb.
— Vuy!..
U jonholatda itqitib yuborib edi, taxmonga shiqirlab borib tushdi va changi to‘zib ketdi.
— Iy!— deb yubordim men ham.— Qattan topding?
— Mana, sho‘ttan...
Hayron qoldim. Hozir manavi daftarlarni olganimda hech narsa yo‘q edi-ku. Qay burchagida yotgan ekan?
— Ichidanmi?
— Ha-da. Qarang, yana bir narsalar ko‘rinadur, — dedi hammadan oldin o‘zi ari iniga mo‘ralagudek bo‘lib.
— Qaniy...
Qarasam, eski ari ini bo‘laklari. Azbaroyi chang bosganidan kulrang narsa paxsa rangiga kirib ketipti. Arzirli bir narsa topmay o‘rnimdan turdim. Bo-lakayning xat berkitilgan joydan xaltacha topishi g‘alati edi. Undan ham burun uning taxmonga shiqir-lab borib tushuvi g‘aroyib edi. Ichidagi nima bo‘lsa ekan?
Borib qo‘limga olsam, rosmana duxoba xaltacha. Nozik qilib, og‘zi sirib, bo‘g‘iladigan qilib tikilgan. Bir vaqtdagi tilla xaltachalarga mengzab ketadi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:11:04
Yuragim gurs-gurs urib ketyapti: ichidagi narsa qurib, g‘ozi ham qolmagan ko‘rinar edi.
Barmog‘imni tiqib ocha boshlab edim, Yodgormurod yugurgilab keldi:
— Nimukan, amaqu?..
Yoruqqa solib qarasam, bir nimaning urug‘i. Gurunch bo‘lib gurunch emas, bug‘doy bo‘lib bug‘doy... Qo‘qon jo‘xoridan ham maydaroq bir narsa. Hidlab boqsam, bir ajoyib muattar hid, elas-elas kelyapti. Xuddi xaltacha bir vaqt mushk xalta bo‘lganu... unga urib qolgandek. Hayratga tushmay ilojingiz yo‘q. Bunga sari Yodgormurod «nimukan»lab etagimga osilyapti.
— Shoshma, hozir... — deb kaftimga ag‘darsam... bir kaft (nima deng!!) ohanrabo! O‘sha gurunchni terganda ichidan chiqadigan ohanrabo doni! Biz uni topganda yoruqqa solib atay tomosha qilar va hayratga tushar edik. Negaki, unga yaxshilab razm solsangiz, odamning afti — qoshu ko‘zlari ko‘rinib ketaveradi. Shunday aniq-taniqki, hayron qolasiz. Esladim! Kennoyim biznikida turganlarida gurunchni patnisimizga yoyib, ohanrabosini terib o‘tirar edilar. Topsalar:
— Maqsudxo‘ja, bunu qarang, — deb bir yerga yetar, topolmasalar bir hazin o‘ylarga berilib ketar edilar. O‘shalarni yig‘ib yurgan ekanlarmi?
— Nimukan?
Men uni suyib, qo‘ltig‘imga tortdim:
— Zo‘r narsa topibsan. Buni ohanrabo deydilar. Iqboli bor odam topadu bunu.
— Berung-berung. Ko‘ray?
— Ma, faqat yo‘qotma. Ayangni ko‘rgani borganimizda olib boramiz. Xo‘p?
— Bo‘ptu-bo‘ptu!.. — deb irg‘ishladi u. Shu tob tashqariga ko‘zim tushib, boyagi daraxt uchlariyu bitmagan imoratlar tepasida yolqin ko‘rmay shoshib qoldim. Osmon ham shom oldidan feruzadek bir tiniq tortib borar edi.
— Jur endi, qaytdik. Bo‘lmasa kech qolamiz.
— Ayam aytgan joylariga o‘tamizmu endu? Olmazorga o‘tamizmu? — deb atrofimda gir aylanardi u.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:11:14
— O‘tamiz-o‘tamiz. o‘shanqasi ketamiz, — dedim-u, ichimdan qirindi o‘tyapti, turolmayapman: buvalarining yurti-qo‘rg‘onidan, Olmazorlaridan nima qoldikan? Bu yerda halitdan shunchalik, u yoqlarni tanib bo‘larmikan? Ayasi nimaga qistadi? Ko‘rib qolsin debmi yo — armon qilib yurmasin debmi?.. Maqsadi nima? Bir niyati bordeg-u, bekorga iltimos qilmagandeg-u, hech anglay olmayotirman. Kallamda esa, anuv gapi — «buvasining Olmazorlarinu, Sultonmurod akangizning Yakkabog‘u Kattabog‘larinu ko‘rib qo‘ysun» — deganlari. Buvasi — tushunarli, ammo akamga nima daxli bor bu shirintoyning?
— Endi nima qilamuz, ketamuzmi? — derdi u bo‘ynimga osilib erkalanib.
— Ketamiz, — dedim erkalab. — Avval anhor bo‘yiga chiqamiz. Binafshalar ochilgan bo‘lsa, terasan. Ke-yin Olmazorga o‘tamiz, o‘shanaqasi...
— Ur-re, bunafshalar teramuz, Olmazorga o‘tamuz!..— deb sakrab quvnagancha oldinga tushdi va ho- li-jonimga qo‘ymay qistay boshladi. — Juring-da, endu...
— Hay, ketsak-ketdik, — deya turdim. ammo ko‘nglim bir tur — qo‘limdagi manavi bitiklarni, kennoyimning xatlarini o‘qishga shunday sust ketyaptiki...
Ularni qachon, kimga o‘qitaman, o‘zim bilmayman. Rosa qiziq bo‘ldi-ku, bu yog‘i... Ularning tarixiga yetishdim deganda...
Xat go‘yo qulf-kalitlanib qolgandek edi. Balki boshdayoq atay shunday afsunlab qo‘yilgandir? Uning kalitini topmoq uchun qanday duolar o‘qisam ekan? Bilsam edi!..
Olloh izn bermasa, hech narsaga erishib bo‘lmasligini esa, hali men bilmas edim...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:13:06
8. BUVAJONISINI SOG‘INGAN BOLAKAY
yoxud ko‘plarga qorong‘u yashirin bir safar


O‘rtada olov chirsillar edi. Uning qirmizi tillari goh bir-biri bilan achomlashib-o‘pishib ketar, goh har yon shox tashlab, raqsga tushayotgan lolarang ko‘ylakli uyg‘ur qizlaridek jamlanib qolardi-da, yana olovrang qilich ko‘tarib jihodga chiqqan otliqlardek «urho» solardi.
Gulxan shunaqa gurillab yonmoqda, archa shoxlari bir ajib bo‘y taratmoqda edi. Qay bir ho‘lroq shoxning bir chekkasi jizillar, hamma nam o‘sha yerga tepchib qaynamoqda edi. Ba’zan alangga junbushga kelib, olov ichiga tiqib qo‘yilgan qora qumg‘onga yopishib, dastalarigacha quchmoqchi, orasidan o‘tib, ichlariga dovur mo‘ralamoqchi bo‘ladi. Shunda qumg‘on soyasi kichrayib, po‘stinga o‘ralib g‘ujanak bo‘lib yotgan bolaning sepkil toshgan yuzlariyu do‘ng peshonasi ko‘rinib ketadi. U ikkala kaftini juftlab, ustiga yuzini qo‘ygancha pishillab uxlaydi. Uxlaydi-yu, shaytoni tezroqmi, tushida ham jim yotmay, bir g‘alati jilmayib qo‘yayotir. Xuddi birovni mazax qilgansimon... Yuzlari yoyilib, lablari qimtilgudek shu jilmayishida bexos qiqirlab kulib yuboradigandek...
Uning yonginasida, gulxanga yaqin joyda ulkan yong‘oq to‘nkasidek bo‘lib, yelkasiga po‘stinini tashlagan bir odam, qarshisida esa eski qora choponli, naynov, ustiga-ustak uzun sapcha bosh kimsa qo‘lidagi cho‘p ila olov titkilab o‘tiripti.
Unisining qop-qora soyasi xarobaning yarim tosh devoriyu shiftiga dovur egallagan bo‘lsa, bunisidan teraknikiday uzun soya tushib, devorga yetganda bir, shiftda bir sinib, so‘ng cho‘rt uzilgan.
Ular qo‘ngan yer eski karvonsaroy shekilli, tepa shifti gumbazsimon ko‘rinadi. O‘sha yoqdan ba’zan ko‘rshapalaklarning sharpasimi — nimasi kelganday bo‘ladi. Boshqa tiq etgan tovush yo‘q. Hali chirildoqlar uyg‘onishmagan: kirib ketgan kovaklarida to‘ng qotib yotishipti.
Lekin tun qaroqchisi boyo‘g‘li sergak ekan, gulxan yoqilgandayoq uchib ketib edi. Shundan beri xaroba atrofida aylanib halak. Hali u yonidan, hali bu yonidan uchib o‘tib, bir yerlarga qo‘nadi-da, xunukdan-xunuk, sovuqdan-sovuq sayrab qo‘yadi.
Hozir ham o‘pirilib tushgan eshikka yaqin joyda sayrab yubordiyu kiraverishdagi otlar hurkib ketib, qay biri o‘zini orqaga tashlab, qay biri pishqirib, tizginni uzgudek bo‘ldi. Ikkalasi ham quloqlarini ding qilib, yem xaltalarini boshlariga ilib, qochgudek holga tushgan edilar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:13:22
— Dr-r, jonivorlar, o‘takangiz yorilmasin, — deb o‘rnidan turdi daroz odam. — Uning soyasi o‘zidan uzun, shift o‘rtasiga yetgudek edi. — Bir kechalik mehmonmiz, denglar — tinchiydi, — deb ularni tinchlan-tirishga urindi. Sal o‘tmay ular yemto‘rvalariga andarmon bo‘lib, yana kusur-kusur don chaynashga tushdilar.
— Ha, bu boshqa gap. Bir kechaga shuncha ayyuhannosmi? — deb qaytardi u.
Bu orada qumg‘on shaqirlab chiqib, o‘z ashulasini boshladi. To‘kilgan suv jizilladi.
— Kiyik o‘tingdan bormi? — dedi «ulkan to‘nka»ga ovoz bitib. U qumg‘onni bandidan ushlab, olovdan chetga surmoqchi edi, qo‘li kuyib, ilkis silkidi: — Ho‘v, zang‘ar, chippa oldi-ya! — deb so‘kindi. Po‘stini yelkasidan sirg‘alib tushib, orqasidagi bahaybat soya ham «quladi». Bolaning g‘ujanak oyoqlariga dovur ko‘rindi. U hiyla bo‘ychangina edi, rosa charchagan shekilli, qilt etmay pishillab uxlayapti. Qo‘li kuygan kimsa po‘stinsiz ham haybatli, yelkalari keng-keng, yag‘rindor edi.
U jon achchig‘ida qo‘liga tuf-tuflab edi:
— Ha, o‘lmang, endi topdiz, aka pochcha, kuyganning davosi tufuk. Yaxshilab tufuklay bering, — dedi sherigi uning joniga ora kirmoqchi bo‘lib.
— Ko‘p mahmadanalik qilmay, aytganni bil! Choyni damlab, dasturxonni yozsang-chi, — dedi jerkib, aka pochcha deganlari. — Qorin piyozdi po‘sti bo‘p yotib- di-yu, boyo‘g‘lidek sayrashingni qara.
— Xo‘p, dedik-ku, aka pochcha, bir og‘iz so‘ziz. — Naynov chaqqon turib, xurjundan bir nimalar ola boshladi. So‘ng belbog‘i bilan qumg‘onni ushlab, olovdan surdi. Hamon shaqirlashi tinmagan suvga bir chimdim kiyik o‘ti tashlab:
— Ana, aka pochcha, choy ham gatop. Endi ochildasturxondi yozib yuborsak, qazi-qartalarni kesib tashlasak, Siz Xudoyorxon — biz Pusulmonqul-da, — deb xurjunni titkilamoqqa unnaldi.
— Pusulmonqulingga balo bormi? Kim o‘zi? — dedi haybatluv kimsa kuygan qo‘lini hali etigining qo‘njiga, hali yengiga suykab.
— Iya, aka pochcha, Sizni kim o‘ratepali deydi, Pusulmonqulni bilmasangiz. Kimni yurtidan o‘tib boraturgan ekanmiz? U shu qipchoq elatidan-da. Xo‘b tullagu bir dovyurak odam. Kuyovining nomidan qancha vaqt yurt so‘ragan, — dedi daroz sherigi yorug‘ yerga dasturxon yoza boshlab. — Qamchisidan qon tomib, qilichidan...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:13:39
— Har qancha qilichi qonsiragan bo‘lsin, bir qipchoqqa berib qo‘yadimi taxtni? G‘urur qani, xon degan nomi qani?! Kim ekan u qo‘g‘irchoq xon?
— Taxtni topshirib qo‘ymagandir-u, lekin qaynota qaynota-da, aka pochcha.
— Xonga boshqa qiz qurigan ekanmi? Yurt to‘la qizlar sochini tarab o‘tirsayu bu kishim allaqanday qipchoqqa... — Kuygan qo‘lning alami tarqamasdimi, hech hovridan tusholmasdi u.
— Voy, aka pochcha-ey, xo‘b g‘alati gaplarni aytasiz-da... Xudoyorxonni kim xon ko‘taribdi?!. Bola yoshida o‘zi ko‘targan-ku. Keyin qizini berib, qaynota ham bo‘lib olgan-da, u makkor. Keyin esa haddidan oshib, adabchasini ham yegan.
— Ana, men nima dedim. Yebdi-ku, adabchasini! — dedi haybatluv kimsa tushib ketgan po‘stinni o‘tirgan ko‘yi qayta yelkasiga tortib. — Xo‘p, nima bo‘p tumshug‘idan ilinibdi? — Bu tarixga endi u qiziqa boshlagan edi.
— O‘ris bilan til topishib qo‘ygan ekan, xon aytganiga yurmayvergach...
— Taxt o‘lsin-a, shirin bo‘lmay. Xudo urmasa, kofirga quchoq ochadimi? Adashtirsa shu-da. Xo‘sh, ke-yin-chi?
— Keyin nima bo‘lardi?! Xon ham sassiq choldan qutulolmay turgan ekan, tarafdorlar topib qipchoq-qirg‘iz qirg‘iniga fatvo bervorgan-da, tutganni so‘yishgan, — dedi u bo‘yniga qo‘lini tortib ko‘rsatib. — Oqibatda qancha begunoh...
— Pusulmonquling-chi, qochib yuborolmabdimi?
— Nega qochmaskan?! Sichqonni inini ming tangaga olib qochgan-u, bo‘lmagan-da. Tutib kelib temir qafasga solib, o‘rda oldiga osib qo‘yibdilar. O‘sha o‘tirishida ham, — dedi u choyni shopirib-shopirib qaytarib, — tomoshaga kelgan xalq «Ha, xoling qalay, cho‘loq?», desa, past tushmay «Alhamdulilloh, hali ham sizlardan yuqori bir yerda o‘ltiribman», deb kular emish.
— Xo‘b ajab chapani ekan-ku? — dedi haybatluv hayratga tushib. — Dor tagida turib-a? Yurakdanmi bergan ekan.
— Choyga qarang, — dedi sherigi choy uzatib. — Iloj qancha! Omon qo‘ymasliklarini bilgach, kishi botir bo‘lib ketsa kerak-da.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:13:53
Ot pishqirdi, so‘ng tezaklab, dumini silkib-silkib qo‘ydi, o‘sha yoqdan izg‘irin esib, gulxan gurilladi va shu barobar yangi tezak hidini anqitib o‘tdi.
— Jazosi ham gunohiga yarasha bo‘lgandir? — dedi haybatluv lochira nonni kusurlatib.
— O‘sha til biriktirgan og‘ziga qo‘rg‘oshin quygan ekanlar.
— Hov-v, — dedi haybatluv kimsa, — shunaqa jazolariyam bor ekanmi?
— O‘sha paytda-da, aka pochcha.
Bola uyqusirab tamshandi. Sovuqsirab, oyog‘ini yig‘ib, g‘ujanak bo‘lib oldi. Yelkasiga po‘stin tashlagan haybatluv kimsa unga o‘girilib qarab qo‘ydi.
— Hoziram... ayamasalar kerak?...
Daroz sherigi ilkis qarab, tek qotdi: damlayotganchoyi choyda, piyolasi qo‘lida qoldi:
— Nimani... aytasiz?
— Bu tarz yurishlarimizni-da.
— Qanday? Tushunmadim.
— Xudo asrasin-u, qo‘lga tushsak deyman-da. Qancha berisharkin, Xudoyberdi? — Haybatluv kishi dasturxondan yana bir burda lochira ushatib olib, og‘ziga soldi. Lochira kusirlar edi.
Choypaz o‘ziga kelib-kelolmay qo‘lidagi choyni qumg‘onga qaytardi.
— Nafasizzi yel olsin, aka pochcha. Bu o‘sha tarz ishlardan ekanmi?..
— Farqi nima?
— Mahovat qildiz-da, toza.
— Shoshma sen. Bu ham til biriktiruvmi?
— Biriktiruv.
— Jindek ta’ma aralashgan joylari ham bor-a?
Daroz sherigi e’tiroz bildirmoqchi edi, haybatluv uni kesdi:
— Xo‘p, deyaver!
— Hay, jindek shirikomayu va’dalar bor deylik. Daragi topilgan xeshlar uchun...
— Bu yurishimiz-chi, hufiya yo‘llar izlab? Dovonu sarhad oshamiz deb?
U yelka uchirdi:
— Ha, shusiz u diyorga o‘tib bo‘lmasa, so‘zni ustidan chiqib bo‘lmasa...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:14:07
— Yana nima deysan?
— Lekin niyat-chi, aka pochcha? Niyatga qaramaysizmi? Aytdim-ku: zamonni zayli bilan o‘sha kishimning bir ishlari tushib qopti. Tirnoqlarini izlashayotgan ekan... Yotardingiz-da, o‘sha Jangobning choyxonasida chilimni quldiratib!
— Yotardim, gashtiga nima yetsin edi. Mana bunday majhul ishlarga aralashib yurmay.
— Ishshi bitirib, yana yotaverasiz, — deb kuldi yo‘ldoshi. So‘ng choy quyib uzatdi.
— Farqi nima? — to‘ng‘illadi u.
— Farqi... har kuni osh, qazi-qarta, norin... Ko‘ngil tusaganini buyurasiz. O‘zingiz xon — ko‘lankangiz maydon. Yana nima kerak Sizga? Qolaversa, so‘zimni yerga tashlamay kelyapsiz.
— Ha, barakalla, bilarkansan-ku. Sendan bo‘lakka o‘lsam ko‘nmasdim.
— Qadrdonlik shu-da, aka. U dunyo-bu dunyo unutmayman.
— Baxayr. Ishqilib, shu jinqarchani eson-omon buvasiga yetkazib borsak bo‘lganimi? — Aka pochcha choyni bir chetga qo‘yib, qazidan totindi. — Ammo-lekin manaving bu dunyoning qazisi bo‘lmapti! Im-m... chaynagan saring elitadi-ku, odamni!
— Toyniki-da, aka pochcha. Olavering, osh bo‘lsin. Tagi ko‘p, g‘amlaganman juda,— dedi u maqtovdan eshilib.
Bola qunishib qimirladi. Keyin gulxanga o‘gi- rilib yotib oldi. Aka pochcha unga yelkasi osha qarab qo‘ydi:
— Biron narsa... tamaddi qilib olsa bo‘lardi buning?..
— Sal tiniqib olsin. Ochqasa, o‘zi uyg‘onadi, — dedi Xudoyberdi. — Yo‘l qoqqan-da.
Qay bir ot oyog‘ini kerib, voshillatib bo‘shanib yubordi. Narigisi pishqirib, betoqatlandi. Uzoqda haqqu sayramoqqa boshladi. Va yana tinchlik cho‘kdi. Yolg‘iz gulxangina behol yonib, uning tillari ham mudrab-mudrab ketardi. Bola yana tamshandi.
— «Ochlikni yostiq ko‘taradi»mas-da. Uyg‘otsang bo‘lardi, — dedi ko‘ngli bo‘lmay haybatluv.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:14:17
— Savol xaltasi ochilib ketsa, urishib yurmaysizmi? Ko‘rdingiz-ku, kuni bilan, — dedi sherigi tamaddiga qo‘shilib. — O‘lay agar, «O‘zi bir qarich, soqoli qirq qarich»lardan qati kam?!
— Oxirzamonning zumrashalari-da, — deb ishshayib qo‘ydi aka pochcha. — Ruhi qari bularning.
— Yo‘q, zuvalasida bir nima bor. Buvasi bekorga qidirmaydi.
— Yuzida nur ko‘rganday ko‘pirasan-a, Xudoyberdi. Sal pastroq tush, sepkilini ko‘r.
— Sepkil ko‘tarilib ketadigan narsa, aka pochcha. Qolaversa, buning buvasi zo‘r odam, unaqa himmatli kishini siz uchratmagansiz.
— Ko‘rarmiz himmatini ham. Choydan quy, bu dunyoniki bo‘lmapti.
— Qumg‘onda pishgan-da, aka pochcha. Har kuni ichib yuribsizmi?
— Qolsa, shu qoladi xotira bo‘lib, bu yurishlar-dan.
— Gulxanni, mana bu o‘tirishlarimiz, tog‘u tosh oshib yurishlarimizni aytasiz-da!— dedi beshikchi uzun esnab. Yana haqqu uyg‘ondi, sherigini chorlab nola qildi. Soyning narigi betidami, tog‘dami — boshqasi sado berdi. Ikkalasi galma-gal «quv-quv»lay boshladilar.
Bola yotgan joyida tamshanib turib, uyqusiragancha, aniq-taniq gapirib yubordi:
— Chaman tog‘am kelsinla — ko‘rasan!
— Ol-a! — dedi beshikchi, mudrab borayotgan joyi-da bir sakrab tushib.
— Eshitding-a? — deb qo‘ydi aka pochcha ham u tomonga bosh irg‘ab.
— Alahsirayapti-da, amakisi, — dedi u pinak buzmoqchimasdek. Lekin o‘zi jumboq ichida qolgan edi: «Chaman degani kim ekan?..»
— Taniysanmi? — dedi aka pochcha huzurlanib choy ho‘plab.
— Birinchi eshitishim, — dedi beshikchi.
Ot bosh to‘lg‘ay-to‘lg‘ay pishqirdi. Aka pochcha o‘sha yoqqa xayoli qochib, dedi:
— Boshidan to‘rvasini chiqarib qo‘ysang bo‘lardi. Kusar etibam da’vo qilaveradi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:14:32
Sherigi turib otlar tomon yurdi. Uning uzun soya-si xaroba devoriga qapishib borib, o‘sha tomonning jivir-jiviriga qo‘shilib ketdi. «Tis-tis»lab so‘kingani, so‘ng otning sag‘risiga shapatilab, erkalagani eshitildi. Allaqancha vaqt otlar bilanmi, yana nimalar bilan andarmon bo‘lib, yo‘q bo‘lib ketdi. Qaytib kelib, bir chekkada qo‘lini chaydi-da, tik turgancha belbog‘iga artina boshladi.
— Shunaqqib, eshitmaganman, degin?
U tilini «toqillatib» edi, tungi jimjitlikda jangillab ketdi. Bola boshini o‘nglab yotib oldi-yu, uyg‘onmadi.
— Yo biz xato eshitdikmi?
Beshikchi boya o‘zi o‘tirgan tosh ustiga cho‘kib, choy quya boshladi:
— Bola bir uyqusiradi-qo‘ydi-da... Amakisi bo‘l-ganda nima, bo‘lmaganda nima?..
— Sen aytasan-da. Men bir mahal o‘sha Jangobda eshitgandayman. Otasiniyam tanimaydigan bezorilar davrasida. Hech narsadan toymasdi ular. Keyin yo‘q bo‘p ketdi bir sira, qamalib ketdimi, otilib ketdimi — bilmadim.
Beshikchi choy ho‘plab turib, qalqib ketdi. So‘ng o‘zini bazo‘r bosib, kuldi:
— Xo‘b, vahima qildizmi, aka pochcha?
Aka pochcha deganlari norozilanib qaradi. Gulxanga cho‘p tashlab, dedi:
— Sen nimani bilasan! Bu mashru o‘g‘rilarning qonuni yomon! Hazillashib bo‘lmaydi.
— Nima, biz ularga tegishli narsaga qo‘l cho‘zibmizmiki, cho‘chiymiz? Biz savob uchun boryapmiz. Mirzahoji buvani deb. Bolapaqirni avrab opqochganlar javobini beravursin. Haqlarini qurutday sanab olishgan.
Aka pochcha «ot tish»larini ko‘rsatib sassiz kuldi:
— U tomonlarga qaytib bormaydigandek gapirasan-a.
— Qayoqqa-qayoqqa?
— Eski Jo‘vaga-da.
— Qaytsak nima bo‘pti? — anglamaganday qaradi beshikchi.
— Kosa kosaga to‘g‘ri kelganda ham shu qo‘shig‘ingni aytarmikansan?
— Nafasingizni yel olsin. Ko‘p sovuq nafas qildingiz-da, bugun, — deb u qo‘zg‘olib qo‘ydi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:14:48
Choyning tagini sepib tashlab, bunga qaradi, — qo‘yaymi o‘zlariga?
— Quy, juda yutimli bo‘pti. Nima balo, ko‘zni shamg‘alat qilib ko‘knoridan zig‘ircha tashlavorganmisan?
— Ko‘knor otliqqa yo‘q-ku, aka pochcha, kiyik o‘t shunaqa bo‘ladi. Ichgan sari chanqatvuradi.
Hech kim kutmaganida bola boshini ko‘tarib, turib o‘tirdi. Yuz-ko‘zlarini ishqab, esnadi-da, laxcha cho‘g‘ bo‘lib tushgan olovning holsiz-holsiz alangalanib qo‘yishiga esi og‘ib tikildi. So‘ng bir junjikib, tizzalarini quchib oldi. Qo‘yib bersa, yana yotib uxlaydigan.
— Kalla pishdimi, — dedi aka pochcha o‘girilib.
— Yotaqol bo‘lmasa, Yodgortoy, — dedi beshikchi mehribonchiligi tutib, — birato‘la tiniqib olasan.
— Qorni-chi, buning? Yo bolani nafsi yo‘qmi? G‘alati ekansan-ku, sen!.. — Uni jerkib berib, bolaning boshini siladi aka pochcha deganlari. — Tura qol, toybola. Yuzingni chayib kelsang, tamaddi qilib olasan. Ochqab ketgandirsan, axir!
Bola javob o‘rniga ham uzun esnadi.
— Ha, ana, quldirab-chuldirayotgan ichaklaringdan ma’lum. Dasturxonni ko‘rib, nog‘ora chalyapti. Tur, bolaning qo‘liga suv ber, — dedi u chap yelkasidan sirg‘alib tushib borayotgan po‘stinni o‘nglab.
— Suvmi? Yodgortoygami? U yuzini yuvaman deydiyu biz qarab turamizmi? — dedi beshikchi qoshdan qovoq qaytarmay.
Bola yuvinib, uzun amakining belbog‘iga artinib, joyiga qaytdi. Ungacha aka pochcha uning joyini olovga yaqin surib, gulxanga o‘tin tashlagan bo‘ldi. Kelgach, dasturxonni yaqin surdi.
— Ol, manavi qazilardan. Nonga qo‘shib olaver.
Unisi choy quyib tiqishtirdi:
— Ichib boqing-chi, toy bola, sovub qolmabdimi? Yo‘q desangiz, qaytadan olovga qo‘yvoramiz.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:14:59
Bola hamon yarim uyqusirab kavshanar, aka pochcha unga rahmi kelib tikilardi. Nimalar xayolidan kechadi, o‘ziga ayon, lekin sherigiga yanibroq qarab qo‘yardi.
— Bolapaqirni yo‘l qoqib qo‘yibdi. Senga aytuvdim-a, egarga bir nima to‘shatib ol, deb.
— Devdingiz-devdingiz. Shoshganda salomga alik topilmay... survoribmiz-da.
— Qazini unutmabsan-ku? Yana «Yodgortoy»laganing-ga o‘laymi!
— Uzr, bizdan o‘tibdi, aka pochcha. — U qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi.
— Mendanmas, bundan so‘ra...
— So‘rayman ham... — dedi u o‘sha-o‘sha ta’zimda, — ukam kechiradi.
— Kechirasanmi? — dedi aka pochcha azza-bazza kuraklarini silab.
Bola kavshanishdan to‘xtab, beshikchining betiga ijirg‘anibroq tikildi. So‘ng qo‘lini choyga uzatdi:
— Bu kishi avval rostuni aytsinla...
— Nimaning rostini? Men nimani yashiribman? Voy, huvarining bolasi-ey, odamni toza xijolatga qo‘yding-ku. — Beshikchi chindan o‘zini qo‘yarga joy topolmay qolgandi.
— Bo‘masa, qayoqqa opketayotibsila? — choyni ichmay ham, arazlagandek qarab qo‘ydi u. — Sotganimi?
Tomdan tarasha tushgandek bu gapdan hamrohlar bir-birovlariga qarab olishdi.
— Sen qattan olding bu gapni? — dedi beshikchi, axiyri tiliga zabon bitib.
— Duvana ham silaminan sherikmi, axir? — dedi bola hamon arazidan tushmay.
— Qanaqa duvana, Xudoyberdi? Kimni aytopti bu? — dedi «aka pochcha» deganlari ang-tang qolib.
Beshikchi tushuntirishga o‘ng‘aysizlanib, o‘rnashibroq o‘tirishga urindi.
— Hali mendan yashirgan gaplaring ham bormidi?— dedi «aka pochcha» azza-bazza xafa bo‘lib. U jahl ustida piyola tagida qolgan choyni sepib edi, u gulxan chetiga yumalagan cho‘g‘ga tushib, voshilladi, undan pista ko‘mir hidi anqib ketdi. Beshikchi xokisor termuldi:
— O‘libman-da, aka pochcha, namozxon odam...
— Unda bu gap qaerda chiqopti? Duvanasi kim?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:15:14
Beshikchi — sodda-to‘pori odam, bolaning oldida ming xijolatlarga botib, (ochmasa bo‘lmaydi, ochsa — bola bor) o‘ng‘aysizlana-o‘ng‘aysizlana sirni ochishga majbur bo‘ldi:
— Taniysiz Siz ham... Anuv Kallaxonaga tanda qo‘ygan sariq moshak bor-ku, Davangir devona?..
— Tilanchimi?.. Uning bu ishga nima daxli bor? G‘irt savdoyi-ku, — dedi ensasi qotib u.
— Shunaqa, bir qarasangiz savdoyi, bir qarasangiz duogo‘y. Tingchimi, to‘g‘ri odammi — birov bilsa o‘lsin agar, — dedi beshikchi, — biz taniganimizdan beri shu yurishi.
— Bilarkansan, nima qilib osh-qatiq bo‘lib yuribsan?
— Qaydagi gaplarni gapirasiz, aka pochcha? Men uni keyin bildim-ku, — dedi beshikchi ham o‘z navbatida ginaxonlikka tushib.
— Sherik deb turibdi-ku, bu? — Aka pochcha o‘z ginasidan qolmasdi.
— Men Turob maxsumni bilaman. Bu o‘sha kishimni iltimoslari. Siz Mirzahojimdan ko‘p yaxshilik ko‘rgan odamsiz, Xudoyberdi, shu xatminan manavi omonatni u kishimga yetkazsangiz, dedilar. Men Sizga ishondim, endi yo‘l biladigan odam toping, dedilar. Men Sizga uchradim. Bu yoqlarga kishi bilmas qatnaganingizni eshitib, aka pochcha.
— Davangir-chi? O‘rtada u nima qilib yuripti? — Aka pochcha deganlari hamon bo‘shashmasdi.
Beshikchi yelka qisdi:
— U bolani qaydan topgan, qaydan ergashtirgan, qanchaga kelishgan — o‘zi biladi. O‘g‘irlab-mo‘g‘irlagan bo‘lsa, gunohi o‘ziga. Men fiysabilloh, azbaroyi Mirzahojim uchun, rozi bo‘lganman. Meni bilasiz-ku, aka pochcha, bir umr harom luqmadan hazar qilib yurgan odam, nahot shu ishga ko‘nsam? Uchini sezsam, aytmasmidim.
Aka pochcha tagidagi egarga o‘rnashibroq o‘tirib, tizzalarini uqaladi. Yapasqi yuzidan jahl soyasi ariganday edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:15:30
— Eshitting? — dedi bolaga qiyg‘och ham erkalagannamo qarab. — Biz devona bilan oftobda qatiq yalashgan joyimiz yo‘q. Biz piysabillo buvangni yurtiga ketayotirmiz. Shirinkoma uchun hammas. Shunchaki, man manavi beshikchi tog‘angga qayishib, u buvangni tanigani hurmatidan. Qolaversa, buvang zamonni zayli bilan bu yoqlarga ko‘chib kelib qolgan. Asli tagi o‘sha o‘zimizzi tomondan, ha. Cho‘lpon otadanmi, qaerdan edi, Xudoyberdi?
— Yo‘q, aka pochcha, Qang‘li degan joydan. Yaqin-yaqingacha ham u kishidan qolgan Olmazor bog‘ dala shiyponi qilib qo‘yilib edi. Jannatning bir bo‘la-gi edi, bamisoli. Agar manavi yer qimirlashdan ke-yin buzilib ketmagan bo‘lsa... — dedi beshikchi shirin xotiraga berilib. — Voy, uning g‘ir-g‘ir shabada- lari...
— Shunaqa, o‘g‘lim, sen bizni kim deb o‘tiribsan. Qaroqchilarga mengzamay qo‘yaqol. Ularga ro‘parayam bo‘lma, ishing ham tushmasin. Undan ko‘ra, qorinni mixla. Qazidan ol. Och qorindan puch o‘ylar chiqaveradi, ol.
— Bo‘masa, kimsila? — deb to‘ng‘illadi bola choyni joyiga qo‘yib. U og‘zidagini kavshangisi ham kelmay qolgan edi.
Ikki hamroh bu gapdan baravariga xaholab kulib yubordilar. Tarashadek ozg‘in, ammo bo‘ydan Xudo bergan beshikchi uning gapidan ta’sirlanib, tizzasiga shapatilardi:
— Avvalboshda nima dedim? Buvang sog‘inibdilar. Senam sog‘indingmi, dedimmi?
— Dediz...
— Borasanmi, dedimmi?
— Dediz...
— Yana nima deysan? Qayoqqa opketyapgan ekanmiz?— dedi kulib.
— Bekordan-bekorgami?.. — Bola o‘qrayib qarab qo‘ydi.
— U nima deganing? Sen bizni xafa qilyapsan. — U keragi bo‘lmasa-da, oldidagi qumg‘onni nari surdi.— Shunaqa gaplaring borakan, jo‘namasimizdan ayt-maysanmi? Obborib tashlardik uyingga!
— Ja-de... — Bola yo yomon tush ko‘rib turgan, yo chapaqay jahli chiqqan edi, hech ochila qolmasdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:17:57
— Ha, xo‘p. Buvang quruq qo‘ymas. Necha yil bedarak ketgan qizining daragini eshitib, tirnog‘ini ko‘rib, eshilib ketar, bosh-oyoq sarupo-suruqlar qilar, shirinkomalar berar. Bu degani biz o‘shaning dardida o‘lib turibmiz, deganimasdir? O‘ylama, biz ta’ma deb yurgan odamlarmasmiz. Xolis yaxshilik uchun chiqqanmiz yo‘lga. Bunaqa qilaversang, hay deymizu orqaga qaytvora qolamiz. — Tik turgancha mudrayotgan ot xo‘rsingan kabi pishqirib, bosh silkidi. Laxcha cho‘g‘ga aylanib bo‘lgan g‘o‘lacha sinib tushib, chalasi tutay boshladi. Aka pochcha chalani ichkariroq surdi:
— Ko‘nglim chopmovdi-ya, avvalboshda. Jangobda oshxo‘rligimni qili-ib yotmiymanmi... — deb qo‘ydi ularning betiga qaramay.
— Yo‘q, rost, haliyam kech emas, — dedi beshikchi bolakayga. Kamiga xo‘p desa hoziroq qaytadigandek qilib qarab qo‘ydi.
— Sen endi jichcha sabr et. Shu dovondan oshvolsak yetdik hisob. Bovangnikida qolishni istamasang, qaytaverasan bizminan. Shunga ham ota go‘ri qozixonami?— dedi sherigi yumshab.
— Ha-da, aka pochcha bilmagan-ko‘rmagan, oshmagan dovon yo‘q. Bu yoqqa ham Xudo bilsin, necha qayta kelib-ketganlar.
— Necha qaytamas, ishqilib o‘tganmiz-da, — de- di u.
— Shu-da. Shuning uchun Sizni qora tortib kelyappiz-da. Bilib qo‘ysin bu ham, — dedi beshikchi taskin berib. — Bilding-a, Yodgortoy?
Yodgor deganlari beshikchiga qizarinqirab qarab qo‘ydi:
— Yodgormas, Yodgormurod. Bo‘lmasa, tanishmaydi, — dedi negadir ko‘zlarini olib qochib.
— Iya, shunaqamidi hali?! Chiroyluvdan chiroyluv oting borakan-u, biz bilmay yuribmiz. Voy, saniyu. Aytmaysanmi shuni! Obbo, toy bola-ey. Opke piyo-langni, choyingni yangilab beray. Qaynoq-qaynoq ichsang, uyqung qochadi. Hademay, tong ham yorishadi, so‘ng jo‘naymiz. Olaqol, — dedi beshikchi kaftini kaftiga ishqab, uni erkalab.
— Ha, amaking tahorat olib, namoz o‘qib bo‘lishi-la jo‘naymiz. Kun ko‘ringuncha, sarhaddan o‘tib olishimiz kerak, — deya og‘ir qo‘zg‘olib, «aka pochcha» deganlari tura boshladi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:18:15
— Ha, xo‘p. Buvang quruq qo‘ymas. Necha yil bedarak ketgan qizining daragini eshitib, tirnog‘ini ko‘rib, eshilib ketar, bosh-oyoq sarupo-suruqlar qilar, shirinkomalar berar. Bu degani biz o‘shaning dardida o‘lib turibmiz, deganimasdir? O‘ylama, biz ta’ma deb yurgan odamlarmasmiz. Xolis yaxshilik uchun chiqqanmiz yo‘lga. Bunaqa qilaversang, hay deymizu orqaga qaytvora qolamiz. — Tik turgancha mudrayotgan ot xo‘rsingan kabi pishqirib, bosh silkidi. Laxcha cho‘g‘ga aylanib bo‘lgan g‘o‘lacha sinib tushib, chalasi tutay boshladi. Aka pochcha chalani ichkariroq surdi:
— Ko‘nglim chopmovdi-ya, avvalboshda. Jangobda oshxo‘rligimni qili-ib yotmiymanmi... — deb qo‘ydi ularning betiga qaramay.
— Yo‘q, rost, haliyam kech emas, — dedi beshikchi bolakayga. Kamiga xo‘p desa hoziroq qaytadigandek qilib qarab qo‘ydi.
— Sen endi jichcha sabr et. Shu dovondan oshvolsak yetdik hisob. Bovangnikida qolishni istamasang, qaytaverasan bizminan. Shunga ham ota go‘ri qozixonami?— dedi sherigi yumshab.
— Ha-da, aka pochcha bilmagan-ko‘rmagan, oshmagan dovon yo‘q. Bu yoqqa ham Xudo bilsin, necha qayta kelib-ketganlar.
— Necha qaytamas, ishqilib o‘tganmiz-da, — de- di u.
— Shu-da. Shuning uchun Sizni qora tortib kelyappiz-da. Bilib qo‘ysin bu ham, — dedi beshikchi taskin berib. — Bilding-a, Yodgortoy?
Yodgor deganlari beshikchiga qizarinqirab qarab qo‘ydi:
— Yodgormas, Yodgormurod. Bo‘lmasa, tanishmaydi, — dedi negadir ko‘zlarini olib qochib.
— Iya, shunaqamidi hali?! Chiroyluvdan chiroyluv oting borakan-u, biz bilmay yuribmiz. Voy, saniyu. Aytmaysanmi shuni! Obbo, toy bola-ey. Opke piyo-langni, choyingni yangilab beray. Qaynoq-qaynoq ichsang, uyqung qochadi. Hademay, tong ham yorishadi, so‘ng jo‘naymiz. Olaqol, — dedi beshikchi kaftini kaftiga ishqab, uni erkalab.
— Ha, amaking tahorat olib, namoz o‘qib bo‘lishi-la jo‘naymiz. Kun ko‘ringuncha, sarhaddan o‘tib olishimiz kerak, — deya og‘ir qo‘zg‘olib, «aka pochcha» deganlari tura boshladi.
U shunaqa davangirday edimi yoki yelkasidagi be-so‘naqay po‘stin shunaqa ko‘rsatyaptimidi, ishqilib soya-siga qo‘shilib, u juda haybatluv ko‘rinar edi.
Gulxan esa bir tog‘ora laxcha cho‘g‘ga aylanib alangalanar, alanga berolmaganlari bir chetdan boshiga kul tortib, pinakka ketmoqda edilar. Tun o‘z ishini qilgan, gulxan atrofidagilarni qora chodiriga o‘rab bo‘l-gan, o‘sha chodir tobora kichkina tortib, endi unga uch kishining o‘zi ham sig‘may qola boshlagan edi.
Haqqu ham, otlar ham mizg‘ir edilar, chamasi. Tiq etgan tovush eshitilmasdi, faqat goh-goh anuv o‘pirilgan joydan kirgan izg‘irin yel shu chodirdagilarga urilib, yana qochib qolar edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:18:38
9. XUDONING SUYGAN BANDASI
yoxud hikoyachimizga noma’lum bir kalavaning uchi


— Hov, tasqara, hov sariq moshak! Kimni gel qilmoqchisan? Kimni sariq ilondek avrayapsan?.. — U sekin turib belidagi qayish kamarini bilagiga o‘ray boshlab edi, elanib turgan devday odam... tuyqus o‘zini yerga otib, oyoqlari ostiga gunohkor sherday emaklab kela boshlasa, Zokir demaganlarning jon-poni chiqib ketdi. Jon holatda tisarilib, ustoliga qisilib opti.
U esa:
— Jon bolam, sadag‘ang ketay bolam, urma paqat, tepma paqat, hammasini o‘zim aytub berum... — deb o‘tinar, titrar edi.
Vo darig‘, titrayapgan kim-u, o‘takasi yorilgan kim?!
— Tur-e, isqirt! Ayaganga rahmating shumi?! — Zokirning peshonasidan muzdek ter chiqib, tirnoqlariga dovur jimirlab ketgan edi.
Xayriyat, «dev» chekildi.
O‘lgan arslonning o‘ligidan ham qo‘rq, deb shuni aytarkanlar-da?..
Ular bugun shubhalanib tutib kelishgan odam — devday tilanchi chekilishga chekildi-yu, hech kutilmaganda o‘sha zax yerga o‘tirvolib, tizzalarini quchoqlab, bir g‘alati guvranib, ho‘ng-ho‘ng yig‘lamoqqa tushib berdi-ku.
Ajab odam ekan, bu Davongir devona deganlari. Nima balo, chini bilan begunohmi yo yolg‘ondakam yig‘i bilan bularning ko‘zini bog‘layaptimi? Mumkin. Bu bozor odamlaridan, tilanchilardan har baloni kutsa bo‘ladi.
U «dev» shu holiga qaysi askar yoki asirdan qolgan ro‘dapo shinelining yengini yuz-ko‘zlariga bosgancha ulkan jigarrang beshiktervatdek chayqalib:
— Shul sho‘rishlar-da, var ekanmu, ey quday? — deya bosh to‘lg‘ab-to‘lg‘ab, mishig‘-tupugiga belanib borar edi.
«Nima balo, adashibdilarmi? Bu emaskanmi?»
Zokir kamarini ustol ustiga namoyishkorona itqitib, tilanchiga kishi bilmas zingil tashladi. Uning nazarida devonaning qulog‘i ding, ko‘zi to‘rt, buning alaxsishini kutayotgandek, kutib turib tashlanib qoladigandek (!) edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:18:54
Tashlansa ham unaqa-bunaqa odamning kekirdagini uzib olsa ehtimol?.. Och devning o‘zi-ku! Bu vahima qaydan ilashdi, Zokirning kallasidan hech nari ketmasdi. Sherigi ham qaytsa qayta qolmadi. Harna qora edi.
— Turing, zaxda nima bor, «eshak»ka o‘tib o‘tiring,— deb buyurib, murosaga ko‘chganini bildirdi-da. o‘zi ham joyiga cho‘ka qoldi.
Zora yaxshi gapga ilon inidan chiqsa. Shunaqa ilinj ham yo‘q emasdi unda.
Devona unga qarab ham qo‘ymay, qo‘liga tiralib turishga unnaldi. Suyaklari shiqirlab (o‘ziyam bir qop suyak ekan-ey!) bir amallab turdi-da, ketini qoqib, indamay borib, devor tagidagi taxtaga o‘tirdi.
Boya ikki kishilashib urib, yerto‘laga tiqqanlarida uzilib-uchib bitganmi, qo‘sqi shinelining bittayam tugmasi qolmagan, surmarang yolg‘iz belbog‘i demasa, ko‘ksi valongor, o‘zi bir alpozda edi.
— Xo‘sh, rostiga ko‘chamizmi yo yana kelgan joyidan davom ettiramizmi? — dedi Zokir qayish kamarni nari surib. O‘zi urgisi yo‘g‘-u, qozoqi do‘q ish beradimi, deb o‘ylar edi.
— Huh-h, — dedi devona ichidan dudi chiqib: u chiqayotgan dud odam zotiniki emasdi, tavba.
— Xo‘sh, aytasizmi? — dedi Zokir ko‘ksini us-tolga berib. U Xudoning yaratilgancha qolgan bu bandasiga achina boshlagan, achinayotganiga o‘zi ham hayron edi:
«Nimadan qo‘rqdi? Devonaning qarg‘ishiga uchrab qolishdanmi? Balki».
Devona o‘sha-o‘sha, biron nojo‘ya so‘z aytib qo‘yib, g‘azabiga uchrab qolishdan qo‘rqqandek, aftiga bezillab tikilar edi.
— Nenu istab, nenu qistayursiz — vilmasam, — dedi axiyri tiliga so‘z bitib, — o‘lumdan xavarim var, o‘g‘irluva — vilmasam, gunohlarimuz yetarlu...
Zokir qaddini biroz ko‘tarib, oyoqlarini chalishtirdi. Bu bilan u devonani yana ham xotirjam etish niyatida edi.
O‘zi ham hech kutmaganda so‘roqni xotirjam boshlagisi keldi.
— Biz Sizni bugun ko‘rayotganimiz yo‘q. Esimizni tanibmizki, shu Kallaxonadasiz, to‘g‘rimi?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:19:07
Devona uning samimiyligiga ishonib-ishonmay qaradi.
— Tuvri, — dedi ko‘zini olib qochib.
— Tilingizdan Ollohning nomi tushmaydi yo tushganmi hech?
— Yuv-yuv, — dedi battar hayratlanib devona.
— Ollohni o‘rtaga qo‘yib, kun ko‘rib yurgan odamsiz.
— Shu-shu, — deya oldi u.
— Endi menga rostizzi ayting. Ollohdan umidingiz bormi? — dedi Zokir boshdagi shapkasini bir chetga olib qo‘yib. — Mo‘minga o‘xshab gaplashaylik bir...
— Var, balam, var, — dedi devona o‘ng‘aysiz g‘imirsib.
— Namoz ham o‘qirsiz?
— O‘quvmiz, balam, o‘quvmiz. O‘qumay bo‘lami, — dedi u oq-qo‘ng‘ir qoshlari tagidan qarab qo‘yib, — avval so‘raladug‘anu shu-yu.
— Demak, musulmonsiz, musulmonlikka da’vo qilasiz?
— Alhamdulillah-chu.
— Ollohdan ham qo‘rqasiz, shundaymi?
Devona gap nimaga kelib taqalayotganini anglab qolib, qoqsuyak tizzalariga tikilib qoldi.
— Nega indamaysiz? Qo‘rqmaysizmi yo? — Zokir uning jon joyidan ushlagandek, ustolga ko‘kragini berdi. — Gapiring.
— Qo‘rqmaydurgan jan... varmu? G‘imirlagan jan quday deydu, — dedi u tamoman ruhi tushib.
Zokir qaddini ko‘tardi:
— Qimirlagan jon Olloh desa, nechuk siz bu ishlarga aralashib yuribsiz? Oxiratiz kuyib keta- di-ku.
Devona ro‘baro‘sidagi odamga angrayib tikildi, shu boya o‘zini bozordan tutib, surgab-netib kelgan, urib-surib yerto‘laga tiqqanlardan bitasimi? U qizarib-netib ketgan shilpiq ko‘zlarini yumib-ochdi. Yo‘q, o‘sha edi, o‘shalardan bittasi edi. Qayish kamari ham ustol ustida yotardi.
Qara-ya, qayish kamarni ko‘rgan zahoti o‘ng yelkasi, boyagi to‘qa izlari achisha boshladi. Shumi, boshqasimi, ishqilib urganlari aniq. Urmasalar bunaqa achishmas edi. Tavba, o‘sha odam endi tamomi sipo tortib, Ollohni, oxiratni yodiga solyaptimi? Ammo jon joyidan ushladi. Kim Yaratganning g‘azabidan qo‘rqmas ekan?! Tongla mahsharda farishtalari uning amri-la peshona sochidan changallab, jahannamga sudrab ketishlaridan qo‘rqmay bo‘larkanmi? Hali o‘zi bilib-bilmay gunoh ishlarga aralashib qolibdimi? Ko‘zi qayoqda ekan?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:19:21
— Xo‘sh, gunohizga iqrormisiz? — dedi tergovchi uning xayolidan kechib boraturgan narsalarni uqib olgandek. Nima balo, bularni shunaqa o‘qishlarga o‘qitadi ekanmi?
— Endi-i, nimu tuvri, shu tuvri, — dedi bo‘shashib, — ittimas qilishub edu.
— Ha-a, ana bu boshqa gap, — dedi tergovchi jonlanib. U kaftlarini ishqab o‘rnidan turib olgisi keldi-yu, yana o‘zini bosdi. Bayram qilishga hali erta edi. — Kim ekan o‘sha iltimoschilar? O‘shalardan keling, — dedi devonani cho‘chitib yuborishdan ancha ti-yilib. — Sizni xizmatiz nimadan iborat edi?
Davongir devona milisa zotidan bunday yumshoq muomalani kutmagan edi, javobga ikkilanib qoldi: hali siz-sizlab turib, hamma gapni sug‘urib olgach, qilig‘ini ko‘rsatmasa edi! Ishini sudga chiqarib yuborib? Ishonib bo‘ladimi bularga!
— Xo‘sh, nimani o‘ylanib qodingiz? Bizga o‘sha ish buyurganlar kerak. Sizga o‘xshab aldanganlar emas, — dedi yotig‘i bilan.
— Ildangan? — dedi devona hayron qolib.
— Ha-da. Sizni chohga yuborishayotganini bilmagansiz-ku, to‘g‘rimi?
— Nima, men bikar varibmanmu? — dedi devona.
— Tushunmadim.
Javobdan javobga boshi tushib, tergovchining betiga qaray olmayotgan devona ko‘z qirini tashlab qo‘y-di:
— Nesiga chuchunmaysuz?! Narsa va’da qilishtu, vardim. Menu o‘rnumda kim varmasdu!
Zokirning yuragi hapriqib, o‘sha narsani bilishga o‘pkasi tushayozdi. Ammo endi shu devonaning ko‘z o‘ngida tuban ketib bo‘lmasdi. O‘pkasini bosdi:
— Ma’lum gap. Avval bir narsa tikishadi, keyin odam yollashadi. Shunda Siz uchragansiz, to‘g‘rimi?
— Yuv, o‘zlaru ittimas qilishtu. Shu-shu jaydan balanu irgashtirup versanguz, dep.
— Shoshmang-shoshmang, aniqroq qilib ayting. — Zokir o‘rnidan turib, yaqin borib olganini bilmay qoldi-yu, devonani hurkitib yuborishdan cho‘chib, yana joyiga qaytdi.
Devona xitlanib bo‘lgan, lekin ochib qo‘ygan gapini aytmay iloji ham yo‘q edi:
— Vuzr, nafs hakalak atup ko‘nippan-qo‘yippan.
— Ot bilan tuya emasdir, axir? — dedi Zokir unga bo‘lishib.
— Qayda?
— Xo‘sh?!
— Bir havuch kelar-da.
— Nima? Tillami? — dedi Zokir quloqlariga ishonmay.
— He, yuv, marvarid edu. Shadasi vilan.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:19:34
— Qiziq, — dedi tergovchi esi og‘a boshlab, kallasidan esa devona ham anoyi emaskan-ku, degan xayol kechmoqda edi.— Xo‘sh, va’daning ustidan chiqishdimi?
— Chiqishtu, — dedi devona endi devorga xotirjam suyanib.
— Demak, Siz bolani avrab olib kelib bergansiz, ular...
— Avrap imas, irgashtirup, — deb to‘g‘riladi u.
— Yaxshi, qaergacha ergashtirib keldingiz?
— Shu, Juvaning vazarugacha.
— Kelishuv shunday edimi?
— Shunday edu.
— Keyin-chi, nima bo‘ldi?
— Nimu vo‘lardu, bittasi manavu hamyanumga bir nimu tashlap kettu. Ushlap ko‘rsam bir kaft vo‘lup shig‘irloptu.
— Bola-chi?
— Qaytub qaraganumda sepkiltay yuv edu.
— Sepkiltoymu. Yodgortoymu? — dedi Zokirning yuragi gurs-gurs ura ketib.
Devona yelka qisib qaradi:
— Siz o‘zi kimni izlayursiz? Men sepkilli balanu bilayurman.
— Qo‘rqmang, — dedi o‘rnidan turib yuringancha Zokir, — biz ham o‘shani surishtirmoqdamiz. Faqat, yaxshi eslab ayting-chi, otini nima deb atab edilar?
— Nimu dep? Ayttingiz-ku, o‘zingiz... — dedi devona g‘ashi kelib.
Zokir negadir iltifotsiz qo‘l silkidi:
— Hay, mayli, o‘shanday ham bo‘laqolsin. Le- kin bolani olib ketganlarni aytarsiz? Ko‘ribsiz-ku, axir?
— Qanday? — Boyagidek yelka qisib, xum boshini ichiga tortdi devona. — Aytup turuppan-ku, qaytup qaraganumda u yuv edu.
Zokir to‘xtab, uni taniy olmay tikildi:
— Boshqasi-chi? Cho‘ntakkinangizga narsa tashlab ketgani-chi? Uniyam tanimassiz? — dedi kesatib.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:19:51
— Tanumayman. Mendanam naynov, tarasha bir adam edu. O‘lay agar qaytup ko‘rgan vo‘lsam.
Zokirning ensasi qotib, bir narsa duv toshgan kabi gardani qichishdi. O‘zi asabiylashib:
— Marvarid yoqibdi-yu, o‘zi esizdan chiqibdi-da?— dedi. — Va’dalashgan odam-chi? Uniyam yo‘qoldiga chiqararsiz?
— O‘luppan-da, — dedi devona azza-bazza hafa bo‘lib.
— O‘shandan keling, bo‘lmasa, — deb Zokir qistalang qila boshlab edi, devona boyagidek to‘rsayib oldi:
— Anoyuni topubsiz ja.
— Ha, nima bo‘ldi? To‘ningizni teskari kiyayapsiz?
— Javobu-chi? Shariat-chi?..
— Shariatni nima daxli bor bunga? — hayron qoldi tergovchi.
— Bizga kelganda nimu dahli varmu?
— Tushunmadim.
— Nimusini chuchunmaysuz? Pusulmonmusiz, axir?— Devona irshaydi.
— Alhamdulilloh, — dedi tergovchi o‘ng‘aysizlanib, ham muddaosiga tushunib-tushunmay. — Nima edi?
Devona o‘zinikidan qolmasdi:
— Qudaydanam qo‘rquvsiz, bizga o‘xshap?..
— Albatta. Kim qo‘rqmaskan? — dedi tilidan tutila-tutila.
Devona ikkala tizzasiga shappalab irshaydi:
— Unda biz quludan nimunu talap etuvsiz? Sotup qiyamatga qoluvnimu?
Zokirning boshidan olov chiqib ketdi. Peshonasini mayda ter bosdi. Devona uni yomon tushirgan edi.
— Aytolmasayiz... aytmang, men qistamadum, — dedi g‘udranib. Davangir devona balo ekan, uni o‘zining usuli bilan shariat arqog‘iga tortayotgan edi.
— Sizam biz quluni kechurup qo‘yuvsiz. Sotolmaymuz va’dasida turgan birodarimuzni. — Davangir devona xumdek boshini sarak-sarak qilib, xohlasangiz shu, degandek yelka uchirdi. — O‘rtada so‘z var, shirinkama var. Qudaynu nominu tilga olganmuz.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:20:04
Zokirning tiliga kalima kelmay qolgan edi, ortiga qaytayotib:
— Halolidan bo‘lsin, nima deymiz, — dedi bo‘shashib, so‘ng joyiga o‘tirib, qo‘shib qo‘ydi. — Bizga qi-yin qipsiz-da.
Devona lab burdi:
— Nimu qiyun?
— Bolaning izini topganimizda... o‘rtada qasam bor deb... ishni buzib o‘tiribsiz-ku.
Devona nogoh sakrab turdi va o‘zidan bir nimani daf etayotganday qo‘llarini silkiy ketdi:
— Yuv-yuv, ovora bo‘luvsiz, qistamangam, so‘ramangam qaytup. O‘sha gap-gap.
— Yaxshi, — dedi tergovchi xotirjam etishga urinib, — o‘sha gap bo‘lsa, o‘sha gap. Kelishdik-ku, axir. Faqat...
Devona taxta-eshakka qaytib cho‘kayotib, engashgan ko‘yi termuldi:
— Nimu paqat?
— O‘tiring, o‘tiring, shunchaki bir gap, — dedi tergovchi bir shumlikni o‘ylamayotganini bildirmoqchi bo‘lib. — Bilgim keldi-da.
Devona omonat cho‘qdi, lekin xavotiri tarqamagan edi, so‘radi:
— Nenu, deysuz?
— Shu... marvaridni-da. Siz nima qilasiz deyman-da. Uy-joyingiz, bola-chaqangiz bo‘lmasa, — dedi Zokir uzoqdan aylantirib.
Devona yer ostidan qarab, ishshaydi:
— Bizam shunday o‘tmasmiz, balam.
— Yo ko‘z ostiga olib qo‘yganiz... bormi? — dedi u hazilga yo‘yib.
— Bo‘lsa-chu...
Zokir qarab turib hayron qoldi. Davangirday odam... uylantiradirgan o‘spirindek qizarib borardi.
— Demak, bironta bevani... topib qo‘yibsiz. O‘shanga atadingizmi?
Devona chetga qarab irshaydi. So‘ng o‘girilib:
— Atash nesu, asrab deng, — dedi.
— Tushunmadim, asrab nima qilasiz?
— Nikoh kunu-chi? Mahruga nimu verumiz?
— E, ha-a, — deb yubordi tergovchi. — Niyatiz zo‘r-ku.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:20:13
— He-he, — dedi devona uni mazax etib. — Nimu deb o‘ylovdiz biznu.
Zokirning tegajog‘ligi tutdi:
— To‘yga aytasizmi? Kuyov oshidan bexabar qolmaylik.
Devona yelka uchirdi:
— Melisa udayiga varsa vo‘luvmu?
— Formada bormaymiz-da, aka.
— Odam qatori vo‘lsa, aytmay nimu — aytamuz, aytamuz.
— Rahmat-e, iltifotingiz uchun. Faqat, — deb ensini qashladi u.
— Yana paqatiga bala varmu? — qutuldim deganda devona yana sapchib tushdi.
Zokirning qitmirligi tutib kelmoqda edi, atay yelka qisib, hayron qotdi-da:
— Ha, marvaridiz deloga tushib bo‘ldi-ku uni qanday qilamiz? — dedi.
Devona garangsidi:
— Qanday tushadu, u mening qo‘ynumda-ku, — deb azza-bazza shinelini ochib, belini paypasladi.
— Turibdi ekanmi? — dedi tergovchi sir bermay.
— Turganda-chu. O‘g‘ri ballar o‘n kun izlaganda kesolmaydu.
— Kesolmagani yaxshi. Lekin... delo ochsak, o‘z qo‘liz bilan garovga tashlab ketasiz-da.
— Qanday? Men-a? — Devona aqli butun ekan, sog‘ odamdek, ko‘ksiga nuqib so‘ramoqda edi. — Avara vo‘luvsiz.
U ham bo‘sh kelmadi:
— Unda... egasini aytasiz-da. Yo marvaridni deng, yo egasini.
Devona boyagidek tizzasiga shappaladi:
— Hich-da. Marvaridnu urub-urub, tartub oluvsiz, maylu. Igasiga avara vo‘luvsiz. Uni aytadugan jinni yuv. Vassalam...
Zokir, e, balli, deyishini ham, hoy, Badir, opchiq buni, deb baqirishini ham bilmasdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:20:41
10. O‘SHA BIRAVNING MAHFUZASI —TANGRITOG‘LIK KELIN

Achchi qirlariga bosh qo‘ygan kun ham axiyri Kattabog‘ ila vidolashib, botib ketdi. Ufqlar o‘sma tortib, shom tusha boshladi. Faqat qip-yalang‘och bog‘lardagi yolg‘iz shaftolilargina shom ivir-jiviriga ham bo‘y bermay yashnab turardilar. Xuddi kun bo‘yi emgan nurlari chamanday nafarmon gullariga ko‘chgandek, qayta akslanib yotgandek. Bu ham kam. Mening nazarimda boshiga shaftoli gulli uzu-un simro‘mol tashlagan kelinchaklar har yoqdan — goh u, goh bu tashlandiq (kimsasiz) bog‘lardan biz qaynijonlarini sog‘inib chiqib kelayotgandek, chiqib kelaturib kelinsalomga hozirlanib to‘xtagandek, qay birlari egilib ham ulgurgandek.. tuyulaveradi. Shunaqa ajib pallada, ajib hislarga to‘lib bormoqdaman. Bugina emas: chor tarafimni to‘ldirgan «temir yalmog‘iz»larni ham unutganimcha yo‘q. Ular joy-joylarida tosh qotganlar. Go‘yo qiyomat-qoim oldidan paydo bo‘lguvchi Dubbatul-arz1lar misoli bir xunuk qorayib ko‘rinadilar.
Ollohga shukr. Shunisiga-da, shukr. Ulgurmasam nima qilardim? Uyimizni ostin-ustun qilib, surib tashlasalar qayga borardim? Bu bitiklarni qay tuproq ostidan izlar edim? Chindan-da Olloh asrabdi! Bu «temir yalmog‘izlar»ni to‘xtatib, diyorimizning umrini bir kungina surib-uzaytirib qo‘yibdi! Go‘yo biz yetib kelib, omonatni topib ketguncha bu sur-surlarni, Kattabog‘ ustiga tushgan qiyomatni to‘xtatib turgandek... Ertaga ertalabdan esa kun mag‘ribdan qaytib chiqib, bu Dubbatul-arzlarga jon bitadigandek va bu diyorning bog‘u soylari, tepayu qirlari ostin-ustin qila ketilib... Ollohning «biz istasak, o‘rningizga tamomila bo‘lak qavmni keltirib qo‘yurmiz» oyati karimasi ro‘yobga chiqajakdek...
Hozircha... yelkamda Yodgormurod (u qo‘lchasi ila peshonamdan mahkam quchib olgan), allaqancha tepayu chimzorlari surib, buloqlari ko‘mib yuborilgan Izzadan o‘tib, «temir yalmog‘iz»lar hali yetib ulgurmagan o‘sha qadim Olmazor yoqalab, Qang‘liga chiqib bormoqdamiz. Bu yoqda dumi Izzaga qadar cho‘zilib-tushib borgan ajdartepalar — Foziltepayu uning katta-kichik dum-tepachalari ko‘rinadi. Ular hali omon, tig‘ tegmagan, shom qorong‘usida yanayam mahobatli, afsonaviy ko‘rinmoqdalar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:20:51
Qo‘ynimda esa, u omonat bitiklar, ari inida qancha quruqshab yotgan qog‘ozlar — kennoyimning mahfuz xatlari mayin-mayin shildirab (xazonga o‘xshaydi go‘yo) xayolimni o‘g‘irlaydi. Beixtiyor oyimlar bilan yetaklashib, Eski Jo‘vaga — xolamgilarning shahar hovlilariga tushib borganimiz, u yerda birinchi daf’a shu xat egasi — Tangritog‘ tomonlardan kelgan kelinchakni ko‘rganim yodimga tushaveradi. Yelkamda Yodgormurod-u, men o‘sha safarimizni eslab bormoqdaman.

O‘shanda dalayu bog‘larni zag‘chalar bosib, izg‘irinli kunlar boshlangan, ko‘chadigan ko‘chib, qoladigan qolib bo‘lgan kezlar edi. Men shundan shu yoqqa — ovloqdan ovloq Kattabog‘imizdan shaharning Darxon degan mavzesiga qatnab o‘qirdim. Birinchi darsga yetib borish uchun saharlab, hali so‘fi azon aytmay turib yo‘lga tushar, bozorchilardan ham avval Cho‘lponota guzariga chiqib, eng oldingi avtobusda Beshog‘ochga yetib olar, undan tramvayga osilib, Darxonga ketar edim.
Shunaqqib o‘qib yurgan kezlarim, bir dam olish kuni oyim:
— Otlan, Maqsudxo‘ja, shaharga — xolanglarnikiga tushib chiqamiz, — deb qoldilar.
Shahar desa, jonim kiradi. Kichkinaligimda oyim bir marta Qoratoshga optushganlar. Shu-shu shahar desalar uchib-qo‘nib turaman. Oyim bekorga optushmaydilar. O‘shanda Qoratoshdagi qarindoshlarnikiga olib borgan, Hojiakbar aka deganlarnikida yangi yil kutib o‘tirib, undan G‘ozixon amakinikiga chiqqan, ke-yin pastki Qoratoshdagi Huri ammanikiga tushgan edik.
O‘shanda oyim: «Biz kim ekanmiz?! Hammamiz bir urug‘miz: Ulug‘xo‘jaboy avlodlari... Zamon mana bunaqa bo‘lib, uzoqlashib ketdik-da. Bo‘lmasa, bu ham o‘z uyimiz: Ulug‘ bobongdan qolgan uylar...», degan edilar. (Qarang-a, oyim ota-buvalarimiz o‘tgan yerni ko‘rsatib qo‘ymoqchi ekanlar-ku! Men anqov qaerga kelib qoldik, deb yuribman.)
Bu gal-chi, bu gal? Nimani ilindilar ekan?..
Yo‘lga chiqqanimizda rosa tuman edi. Go‘yo olamning yetti qavatini tuman qoplab, tomlaru daraxtlarning uchlariga qadar ko‘rinmay ketgan, uch qadam narini ilg‘ab bo‘lmasdi. Buncha tuman qayoqdan qayoqqa ko‘chib boryapti, qaerga ketib yo‘qoladi, anglab bo‘lmas, odamni vahm bosar edi. Yo‘lovchilar ham daf’atan tuman ichidan chiqib qolishsa, birdan cho‘chib tushar edik.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:21:03
Yo‘q, Tepamasjiddan o‘tmasimizdan shuncha tuman birdan ko‘tarilib tarqadi-ketdi, qayoqqa singib, qayoqqa yo‘qoldi, bilmayin ham qoldik. So‘ng kun bir kulganday bo‘ldiyu yana tund bulutlar ostiga kirib yo‘qoldi. Shaharga borgunimizcha ham biron marta mo‘ralab qo‘ymadi. Bu ham kamday izg‘irin turib, kun botganiyam, qosh qorayganiyam bilinmay qoldi.
Eski shaharda nima ko‘p — uzundan-uzun jin ko‘chalaru boshi berk — tuvak ko‘chalar ko‘p ekan. Biz shunday ko‘chalardan biriga burilib ham edik, ichkaridan xayr-xo‘shlashib chiqayotgan yasan-tusanli ikki ayolga duch keldik. (Ular mehmondan ham burun «sovchi xo-tin»larga ko‘proq o‘xshab ketishardi.) Harqalay, ulardan biri — suvsar yoqali palto kiygani tamannolanib kela turib, oyimning paranjilariga ijirg‘angannamo qarab edi... jonim xalqumimga tiqilib keldi. Ammo shu payt haligi kuzatib chiqqanlar orasidan birov:
— Voy, Salomxon, o‘zingmisan? — deya bizni tanib, quchoq ochib kela boshladi-yu men yumshadim. — Voy, qayoqdan kun chiqdi desam, boyagi ko‘ringan sizlarning oftobingiz edimi?
Qarasam, Oyposhsha xolam, o‘sha mayin-muloyim, jilmaysalaroq yuzlari oftobday yorishib ketadigan xolam...
Oyim ham qo‘llarini azot ko‘tarib, boshlaridan paranjilarini oldilaru bilaklariga sola, tezlab borib, quchoqlasha ketdilar. Ular bir-birlarining kuraklarini silab-siypashib, bag‘irlariga singib ketgudek bo‘lishib, hali u — hali bu yelkalariga bosh qo‘yib, bo‘ylarini iskashib «omon-eson»lashisharkan, ko‘rsatganiga shukronalar aytishar edi.
— Voy, Salomxon-ey, nechuk? Uylaringni tashlabam kelavurdingmi, a? Voy, qara, kelganing qanday yarashib turipti.
— Bu yog‘i uzun qish kechalari, bir gaplashib yotib ketay dedim, opa, sog‘indim sizlarni... — dedilar oyim.
Xolam meni suyib, bag‘rilariga tortgancha, shirin alqay ketdilar:
— Voy, mani kichkina Mahmudxo‘jam! Bizlarni yo‘qlab keladigan bo‘p qoptiyu... Ilo-oy, yetimlarni o‘zing qo‘llagin!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:21:15
So‘rashib-istashib, chor tarafi tuproq tomli uylar bilan o‘ralgan hovliga kirib bordik. Hovli uzun ketgan, bu boshida bir tup tutu narigi boshida bir tup nok qorayib ko‘rinar edi. Chor tarafda bir-biriga tutashib ketgan uylar, derazasini sanabam adashib ketish mumkin edi. Ayniqsa, ayvonning qizg‘ish ustunu to‘sinlari, toqilari vaqt o‘tishi bilan qoramtir tusga kirib ketgan edilar. Tepadagi tokchali uyga kirishimiz-la kovshandozning yonidanoq tancha ochilgan, tepada dor ko‘rinar, dorda shoda-shoda behiyu noklar osig‘liq edi. Kelganimizni eshitib, qaysi bir hujradan pochcha chiqib keldilar.
— Ey Salomxon, qaysi shamolar uchirdi? Zab kebsizlar-da, zab kebsizlar. Mahmudxo‘janing chirog‘ini xo‘p obkebsiz-da, xo‘b obkebsiz, — deb yelkamga qoqib, suyib ko‘rishdilar. Nusrat pochcha hiyla qarib, hassaga o‘tib qoptilar. Lekin shirinsuxanliklari — o‘sha-o‘sha, halimliklari, yuzlaridan nur yog‘ilishi o‘sha-o‘sha. U kishi jigarrang tusdagi silliq asolarini kovshandoz chetiga qo‘yib, o‘zlari tanchaning to‘riga o‘tdilar.
— Qani, Salomxon, siz bu yoqqa chiqing. Maqsudxo‘jam mening yonimga keladi, — dedilar u kishi.
Biz mehmonga solinib, hali yig‘ishtirilmagan ko‘rpachalarga o‘tirib ulgurmasimizdan eshik ochilib, qo‘lida oq dasturxon ko‘tarib, yo asta’firulloh (biz allavaqtdan beri yo‘qotib qo‘ygan!) Marg‘uba kennoyim kirib kela boshladi. Men turib ketay depman. Ammo u menga e’tibor ham qilmay, oyimlar bilan ko‘rishgani yelka tutib bora boshladi. Oyim ham dabdurustdan shoshib qoldilar:
— Iya, Marg‘ubaxon?!. Voy, opog‘oyiz o‘rgilsin. Esonmisiz-omonmisiz? — Oyim o‘tirgan yerlaridan ko‘tarilishga unnalib, qo‘llarini cho‘zdilar. — Hali Siz.. shu yoqlardamidiz?..
Kennoyim g‘alati xijolat ichida... duv qizardi-yu, yerga boqib, bosh egdi.
Xolam yuzlari yorishib, ko‘zlari qisilib, kulindilar:
— Hoy, Salomxon, manam edim saningdek, sanam bo‘lding maningdek: qaribmiz-qaribmiz...
— Yo‘g‘-e, opa, nega unday deysiz? — dedilar oyim alanglab.
— Ha, tanimading-ku, keliningni, — dedilar xolam o‘sha-o‘sha kulib.
— Nega tanimay? Marg‘ubaxon kim ekan — o‘sha o‘zimizning oy desa oy, kun desa kun degudek kelinimiz-da! — dedilar oyim dasturxon yoza boshlagan kennoyimga qarab.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:21:29
Oyimning bu gaplaridan hammalari kulishdi. Nusrat pochcha soqollarini tutamlab-silab, ta’sirlanib bosh to‘lg‘adilar:
— Shunaqa-de, shunaqa! Shundan keyin ham Xu-doyimning qudratiga tahsin aytmaymizmi?!
Xolam sirni tushuntirishga chog‘landilar:
— To‘g‘ri, Salomxon, buyam o‘zimizning kelin. Lekin bunisi boshqa,
— Boshqa?! — Oyim ham, men ham gangib qoldik.— Qanaqasiga boshqa bo‘lsin?! O‘sha-ku?.. — Bir dasturxon tuzayotgan kennoyimga qaraymiz, bir atrofdagilarga alanglaymiz. Ammo hech narsa anglay olmayotirmiz.
O‘shal kennoyim esa o‘ng‘aysizlanib, yuzlari loladek qizarib boryapti: qizargan sayin qizil guldek ko‘hlik tortyapti. Balki o‘sha nikoh kechasi yo‘qolib qolganidan uyalib... bir narsa deya olmayotgandir?
U ana shu xijolatdan qutulish uchun choynak ko‘tarib chiqa boshlarkan, kovshandozga tushgan joyida... yuragimni o‘ynatib, menga bir qarab qo‘ydi-yu, bat-tar qimtinib, burilib chiqa boshladi. Yo tavba, bosh-qa paytda «voy, eshon bola, bormisiz»lab, ustimda o‘lib-qutuladigan odam... endi meni tanimayotgani g‘alati edi.
Xolam uni uzoqlatib, javobga og‘iz juftladilar:
— Bu kelinimizning oti — Mahfuza. Tanib olgin, Salomxon. Adashma.
— Qanaqasiga... Maxfuza bo‘lsin? — dedilar oyim.
— Ollohning qudrati ilohiyasiga sallamno, Salomxon, sallamno! — dedilar Nusrat pochcha bosh tebratib, tahsin aytib. — Ey-y, biz gumrohlar, nimaniyam bilamiz — nimaniyam? Sultonmurod qayoqqa gum bo‘b ketdi, deb yuribmiz-da.
— Ha-ya, birovni xasmini opqochib ketdi deb yuribmiz, — dedilar Muhabbat kennoyim, — u yoqda Mar-g‘ubaga o‘xshagan bir boshqasini pardai ismatida asrab qo‘ygan ekan-ku, O‘zi.
— Tushunmadim, Sultonmurod qaytdimi? Buni o‘sha yoqdan ola kelibdimi? — dedilar oyim ro‘mollarini tuzatib o‘rashga tushib.
— Qayoqda! U tinchimagandan haligacha darak yo‘q, — dedilar xolam buning tarixi uzun, koshki bir og‘iz so‘z bilan tushuntirib bo‘lsa, degan kabi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:21:39
Men hammadan burun haligi tarixni ocha qolishsa-chi, deyman. Marg‘uba kennoyim qayoqqa yo‘qolgan ekan? Sultonmurod akam-chi? Nega o‘zi kelmabdi? Shularni bilgim keladiki, u yog‘i yo‘q...
Bu orada (aytishga ham g‘alati) yangi kennoyim (tavba, odam odamga shunchalar o‘xsharkanmi!) qo‘li ko‘ksida, choy ko‘tarib kirdi va:
— Xush kelupsizlar, — deya shirin takallum ila (chindan tili bir yoqlilarnikiga o‘xshar edi!) o‘zi past tomondagi yalangqavat ko‘rpacha ustiga tiz bukdi. Oyim o‘zlariga kelib-kelmay «Xushvaqt bo‘ling», deb qo‘ydilar-da, uzatilgan choyni olib:
— Kelinposhsham, Sizni qaysi tomonlardan so‘riyvuza? Bizani yo‘qotib qo‘ygan jiyanuvza-chi, omonmi? U yoqda ayangiz, adangiz yaxshi yurishibdimi? — deb so‘rasha ketdilar.
Yangi kennoyim lov qizarib, yer suzdi. Qizarganda yana ham ko‘hlik tortib ketarkan. Ayniqsa, qulog‘i yumshog‘ining takkinasi anordayin yonardi.
— Yurishibdu-yurishibdu... O‘shu Tangrutog‘ tomonlarda... — dedi uzun-uzun, oppoq barmoqlarini ezib-ezg‘ilab. U ich-ichidan turgan bir qaltiroqni shun- day bosarmidi yo o‘zimi — bilib bo‘lmasdi. Lekin ovozi hazindan-hazin bo‘lib, allaqanday to‘liqib chiqar edi.
— Sultonmurodning o‘zi billa kelavurmabdi-da,— dedilar oyim.
— Kelubla qolurlar... — u battar qisinib, qizarib ketgan edi. O‘zini qo‘yarga joy topolmas, bu tarz savollardan qochib, turargami, chiqargami mavrid izlar edi. Alohal choylarni uzatib bo‘lib, kovshandozdagi oyoq kiyimlarni sarishtalar ekan, xolamlarga ma’noli qaradi:
— Oshnung guruchinu... nima qilay, solavuraymu, opog‘oyu?..
— Mayli, bolam. Faqat sal ivitib soling. Suv ko‘taradigan ekan bu gurunchimiz. Tirik bo‘p qolmasin,— dedilar pochchaga qarab qo‘yib.
— Ha, barakalla, shavladan tirikroq, oshdan yumshoqroq... Uning otini nima deydilar — «mo‘ysafid palov», — deb kuldilar pochcha.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:21:48
Hammamiz u kishiga qo‘shilib, jovur-juvur qilishib, birpasda o‘rtadan boyagi o‘ng‘aysizliklar ham ko‘tarila qoldi. «Oling-oling» bilan dasturxonga qaradik. Bir yoqdan tanchaning issig‘i, bir yoqdan choy qo‘shilib, ichga issiq kira boshladiyu bir farog‘at tuyib, atrofga alangladim. Samovarning beozor jig‘illagan ashulasimi yoki tanchaning atrofida o‘tirgan qarindoshlarimizning bir shirin mulozimatlarimi, «oling, Salomxon, dasturxonga qarab o‘tiring», deb qistashlarimi, «Hoy, Sanobar, qalamtaroshingiz bor, nokni archib qo‘ying», deb xolamning pochchaga ish buyurishlarimi — nimadir menga xush yoqib, erib o‘tiribman. Undanam burun Marg‘u kennoyimga o‘xshash bir shirin, bir ko‘hlik yangi kennoyilik bo‘lib qolganim, akam hakda ajib bir mujdalar eshitishim mumkinligi meni mast qilib bormoqda. Ichim qizib-qizib kelyapti. Nega oyim jim qoldilar? Choyni icha qolsalaru shundan so‘z ocha qolsalar: akam bu kennoyimni yuborishga yuborib, o‘zi nega kelmabdi? Hozir qaerlarda ekan? Qachon kelar ekan? Bilgim kelyaptiki, u yog‘i yo‘q...
Oyim hamon o‘sha holatlaridan, uni Iqbor otinning qizi hisoblab, g‘aflatda qolganlaridan ta’sirlanib o‘tirgan ekanlar:
— Olloh-Olloh. Iqbor otin ko‘rmasin. Naq o‘shaning qizi-ya! Odam odamga shunchalik o‘xshar ekanmi, tavba? — derdilar turib-turib.
— Ho‘-o‘y, buyam bo‘lsa, Xudoyimning marhamati, Lavhul Mahfuzga bitilgan taqdiri azali, — dedilar pochcha odatdagidek bir tebranib-ta’sirlanib olib. — Qolavursa, yana qanday hikmatlari bor — nimaniyam bilardik biz? Barchasi o‘ziga ma’lum, o‘ziga ayon.
— Ishqilib, yetimlarni o‘zi yorlaqasin, — deb qo‘ydilar xolam. — Hech bandani qiynamasin judolikka solib...
— Unda.. unda boyaqish Marg‘ugina kelinimiz qayoqda qolibdi? Sultonmurod opketmagan bo‘lsa?— dedilar oyim hamon unutolmay. — Qaerlarda ekan, qizgina?
— Xudoyimning dargohi keng, daragiyam chiqib qolar bir kun, — dedilar xolam pochchaga qiyo qarab, xuddi u kishi bir narsa biladigandek.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:21:55
Ammo pochcha o‘z xayollari bilan band, qo‘llarida bir donagina uzum, o‘shaning ham po‘sti ustida ko‘z yoshiday yiltirab turgan tomchidan nigohlarini uzmay qolgandilar. Barmoqlari orasiga olib bir silasalaroq u tomchi, u «yosh» ado bo‘ladigan, lekin unda nima ko‘rib turibdilar ekan, silamaydilaram, artmaydilaram. Shunaqa o‘yga tolib ketibdilar.
— Qiyin-qiyin, boyaqishginaning onasiga qiyin bo‘ldi, — dedilar oyim allaqanday chuqur tin olib.— Hammani o‘qib, dam solib yurgan xotin, o‘zi yotdi- qoldi...
— Kuyib ketgan ekan-de? — dedilar xolam.
— Sekin aytasizmi?!. Bir o‘g‘lining nomini atab chaqirarmish, bir qizining...
— O‘g‘liga xabar qilishmabdimi haliyam? — dedilar pochcha seskanib, o‘zlariga kelib.
— Kim bosh qo‘shadi, deysiz, bunaqa paytda, — dedilar oyim.
— Shuni ayting, Salomxon, askardan chaqirvolish oson ekanmi? — dedilar xolam achinib. — Unda musht-dek qizchasi bilan qob ketibdi-da, musofirgina?
 — Yaxshiyam o‘sha qizi, qo‘shnilar bor ekan, issiq-sovug‘iga...
Men bu gaplardan xabarim yo‘q edi, titrab ketdim. Ko‘z oldimdan o‘sha qizil taram olmali hovli, o‘sha supa, o‘sha rayhonzoru Marg‘u kennoyim bilan bog‘liq voqealar kechib, allaqanday betoqatlandim! Kichkina Saidadan ham jahlim chiqdi, ham achindim. Bir og‘iz aytmabdi-ya..
Pochcha pishillab xo‘rsindilar:
— Kattalarning oldiga chiqib boradigan, o‘g‘lini chaqirtirib beradigan bir mard topilmabdimi?! — dedilar jahllari chiqib.
— Topilmabdi-da, o‘sha... — dedilar oyim ma’yus tortib.
— Esiz... — dedilar xolam achinib.
O‘rtaga hech gap sig‘maydigan jimlik cho‘kdi. Mening esa ichim achishib boryapti, qaerimdir kuyib ketyapti. Hayot shunchalar beshafqat ekanmi?
— Kim o‘ylabdi, kelinimiz — uning qizginasi bedarak ketib, bu eshigimizni so‘roqlab keladi, deb.
— Hammasi Xudoyimning xohlashi, sinovi O‘zi- ning-ku, lekin... — oyim choy ichaturib, birdan qal-qib ketdilar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:22:04
— Halloq de, Halloq de, Salomxon, — deya xolam u kishining kuraklariga qoqdilar.
Oyim o‘sha bir og‘iz so‘zni aytishlari bilan tinchiy qoldilar. So‘ng ko‘zlaridan tirqirab chiqqan yoshni artib, pochchaga qaradilar:
— Yo‘q, meni boshqa narsa qalqitdi: rostdan... o‘zi so‘roqlab keldimi?
— Ha, shunday bo‘ldi, Ollohning qudrati bilan shunday bo‘ldi, — dedilar pochcha, — o‘zing ayt, Sanobar...
— Uch hafta bo‘ldimikan, daladan endi ko‘chib tushgan edik, — dedilar xolam yoruqqa orqa o‘girib, oyimga qarab. Kechalari hadeb do‘ppi tepchiyverganlaridan xolam yoruqqa qaray olmas edilar. Shuning uchun hozir ko‘zlarini yorug‘dan qochirib so‘zlar edilar. — Oxunguzarlimi, qaerli bir odam pochchangni so‘rab keldi. Endi asr namoziga takbir tushirayapgan edilar. Eshik orqasida turib aytsam, unda manam qazo qilmay o‘qib ola qolay, kennoyi, dedi. Kira qoling, tepadagi uydalar, deb chetga o‘tib turdim. Shoshib borib, qavatlariga kirib namoz o‘tadi. So‘ng salom berib turishgach, o‘zini tanitibdi.
— Ha-ha, baraka topkur, ko‘p iymonli odam ekan,— deb tasdiqladilar pochcha. — O‘sha yoqdan qo‘shvorishgancha qizim, deb chegaradan o‘tkazib kepti, aytilgan odamlarni toza izlab, so‘roqlapti. Topolmagach, daraklab biznikiga kelgan joyi ekan. Uyat bo‘lsayam, keldim, ma’zur tutasiz, deydi.
— Kim qo‘shib yuboribdi? Sultonmurodmi yo buni otalari? — dedilar oyim sabrlari yetmay.
— Yo‘q, munikidagilar, — dedilar xolam, — to‘s-to‘sda shu yoqqi qochira qolishibdi. Harna qilsa, Toshkan tinch, deb.
— Qanaqa to‘s-to‘s? Urushmi? — dedilar oyim.
— Urush ham gapmi, qirg‘in, Salomxon, qirg‘in, — dedilar pochcha qo‘l to‘lg‘ab. — Ularning boshiga tushganini Xudoyim hech kimga ko‘rsatmasin. — Pochcha uchli gilam do‘ppilarini olib, ustarada qirdirishga kep-qolgan sochlarini silashga tushdilar-da, yana bosh to‘lg‘ab qo‘ydilar. — Biz-ku, bir kunimizni ko‘rib, Xudo-oblo deb o‘tiribmiz. Ammo u tomonlarda yomon bo‘bdi, yomon! Avvaliga ro‘shnolik berib, keyiniga qonga botirishibdi.
— Yo‘g‘-e, u yoqda ham inqilop bo‘lgan ekanmi? — dedilar oyim hayratga tushib.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:22:17
— Shunga yaqinroq, shunga yaqinroq, — dedilar pochcha, u yog‘iga gapni cho‘zgilari kelmay yoxud bizni chalg‘itib. — Hay, Muhabbatxon, anuv mani hujramdan bir damlamgina qorachoy opchiqing. Bu choymas, turgan-bitgani xashak ekan-ku, — dedilar.
Lekin oyim ham, xolam ham chalg‘imadilar, qaytanga bir-birlariga ma’noli qarab olishdi:
— Bu yoqlardan bosh olib... o‘sha talato‘pga ketganakanmi, Sultonmurod? — dedilar xolam achinib.
— Man boshqacharoq eshituvdim shekilli, — dedilar oyim, — mo‘minlarning boshi qovushganmish, davlat tuzishganmish, deb kim ham aytib edi, Rustamxo‘jamidi, Inog‘omxo‘jamidi?..
— Unisiyam to‘g‘ri, bunisiyam... — pochcha kattakon kaftlarini kursi chetiga bosdilar. — Kim nima niyatda borgan bo‘lsa — borgandir, ko‘tarilgan bo‘lsa — ko‘tarilgandir. Ammo oxiri yaxshi chiqmabdi. Hozir ini buzilgan chumoliday to‘zib, har kim o‘z boshini asrash bilan ovoramish. Kim bizni yurtga, kim qozoqlar panohiga o‘tib, kim Hindiston taraflarga qochib qutilayotganmish.
— Sultonmurod jigarimiz-chi? Nima qilibdi ekan? Qaysi o‘r, qaysi qirga uribdi ekan o‘zini? Boyaqishni shu nasiba quvib borgan ekanmi u yoqlar- ga? — dedilar oyim. — Qaytib o‘tolmay sarang, desangiz-chi, hali?
— Hov-v, darig‘, — dedilar endi pochcha to‘liqib. Shunday katta, basavlat odam kuyinganda hatto havo yetmay «hov darig‘»lab qolar edilar. — Xudoyim shu bolaning ko‘ngliga qanaqa o‘tlar solgan ekan, qanaqa urug‘lar sochgan ekan, shu yoshga kiribam o‘zini o‘ylamasa, tinchib — tup qo‘yib, palak yoyishni xayoliga keltirmasa! Kimlar haqida qo‘yg‘urib, kimlar uchundir boshini tikib yuraversa?! Koshki o‘sha el bilsa! Vaqti kelib, qavatiga kirsa. Kirmaydi! Bular dorga tortilib ketaveraram, ular tomoshabin bo‘lib turave-raram. Mashoyixlar aytmishlar: «Jonni bergin — jonni jonga suqqanga, jonni tikkin — jonni jonga qoqqanga», deb. Bu-chi, adolatpeshalik bilan hech yerga sig‘maydi. Sig‘sa, o‘tirmasmidi ti-inch bag‘ri- mizda?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:22:25
Men pochchaning og‘izlariga tikilib qopman. To‘g‘ri, u kishi azbaroyi kuyinib ketganlaridan, akamga achinganlaridan gapiryaptilar. O‘sha janggohlarda biron daydi o‘qqa uchib, benomu inshon qolib ketmasin, deb koyinyaptilar. U yo‘llardan qaytarib qololmaganlaridan yurak-bag‘rilari ezilib ketyapti. Men buni sezib turibman. Ammo shu bilan birga hov bir oqshom — akam Bo‘zsuv bo‘ylarini qarorgoh tutib yurgan kezlari pochcha bilan supamizda ko‘rishib, tortishib qolganlari, axiyri o‘zlari bir nima deya olmaganlari yodimga tushib-tushib ketyapti, aylanib-aylanib kelyapti. Akam o‘zini nohaq deb bilsa, o‘shandayoq qaytmasmidi? Boshini shuncha g‘avg‘olarga qo‘yib yurguncha? Necha o‘lib, necha tirilguncha? Bir narsani biladiki, nafrati beadadki...
Faqat bir narsaga hech aqlim yetmayapti! Akam, o‘sha jondan aziz akajonim, Ollohning marhamati bilan shunday suqsurday bir pariga yo‘liqqan ekan, unga uylangan ekan, nega endi kelavermay... yolg‘iz o‘zini jo‘natib yuboribdi? O‘zi qayoqlarda qoldi ekan? Xuddi Marg‘u kennoyimdan o‘sha mashvaratlarini, qarorgohlarini a’lo ko‘rgani kabi! Kattabog‘ning tinchligini deb, kimlarni undan quvib chiqarib yurgani kabi! U-ku, mayli, Kattabog‘ edi. O‘z yurti edi. U yoqda-chi, Tangritog‘ tomonlardan nima izlab, nima topmoqchi? Shon-shavkatmi yo bu yerdan topolmagan adolatnimi? Yo qaytish yo‘lini topolmay... nochoru noiloj qoldimi? Balki qo‘lga tushib...
Boshimga o‘ralashib kelayotgan bu kabi xayollardan ich-etim muzlab, o‘zim xuddi chuqur jarga qulab borayotgandek bir holga tushdimu sekin o‘rnimdan turib, tashqariga yo‘l ola qoldim. Qulog‘imga hech narsa kirmas, butun o‘y-xayolim tashqarida, o‘sha yangi kennoyimda edi. Unga ko‘rina qolsamu sekin ijikilab bo‘lsa-da, bir narsalarni so‘rab-surishtirsam. Akam qaerda, nimaga birga-birga qaytmadi — bila qolsam...
Niyatim oshxona oldidan o‘tib, yangi kennoyimga bir ko‘rinish berish. Ko‘rinish bersam, so‘rashar-ku...
Kunbotardagi bulutlar hiyla siyraklashib, oftob o‘shalarning ortidan mana hozir yuz ko‘rsatib qoladiganga o‘xshar-u, ko‘rsata olmas, lekin bu oqlik olamni sal bo‘lsa-da, ochvorganday edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:22:40
Chiqsam, kungay yo‘lkada (shunday biz o‘tirgan uy derazasining tagida) yolg‘iz so‘fito‘rg‘ay turgan ekan, u meni ko‘rib pildirab nari bordi, tojdor boshini egib, munchoq ko‘zlarini bir ajib tikib, ajabsinib qarab qo‘ydi-da, yana o‘z yumushiga andarmon bo‘la ketdi. U yo‘lka bo‘ylab ushoqmi, nimadir izlab borar, har zamon allanimalarni cho‘qilab, yana pildirab keta boshlar edi. Men uning orqasidan yurdim, u ham menga qaray-qaray pildirab boraverdi. Men uni uchirvorgim yo‘q, shu bilan birga yangi kennoyimni ham ko‘r-gim kepturibdi. Kennoyim esa, o‘sha yoqda — oshxo-nada. Nazarimda, mana hozir chiqib, tor yo‘lkada ro‘para kelib qolsa, ko‘zlarim tinib ketadigandek, ko‘zlariga qaray olmay, hech narsa so‘rolmay qoladigandekman.
Qadamimni tezlatib edim, so‘fito‘rg‘ay ham pildirashini jadallatdi. Lekin hamon yo‘lkadan narsa terib, cho‘qilashini qo‘ymasdi. Bir ko‘zi mendayu bir ko‘zi yerda. Rizqini terib boryapti. Rahmim kelib, to‘xtab edim, u ham to‘xtab, hatto orqasiga qaytib, qolib ketgan bir nimani cho‘qiladi-da, yana oshxona tomon pildirab keta boshladi. Yetib, o‘sha yerda aylandi va ichkaridagi biravdan cho‘chib-hadiksirab, qadamini tezlatdi. Va shu vaqt ochiq eshikdan ikki yuzi anorday qizarib, bir hokandoz olov ko‘tarib, o‘sha birav — yangi kennoyim chiqib keldi. Olov laxcha cho‘g‘ bo‘lib yonar, uning taftiyu shu’lasida buning yuzi bo‘rtib, yanayam go‘zal bo‘lib ketgan edi.
Shunda ko‘rdim, u quyib qo‘ygandek Marg‘u kenno-yimga o‘xshar, faqat o‘ng yuzining bir chekkasi — quloq yumshog‘ining yonginasida tangaday bir narsa laxcha cho‘g‘dek qizarib turar, gajagi surilib, ochilib qolgan edi. Shu qo‘sh nori bilan u kennoyimdan ajralmasa — ajratib bo‘lmas edi hech.
Bu orada uning ko‘zi menga tushib, bir daqiqa sarosimalandi-yu, yo‘l bera boshlaganimni ko‘rib, shirin jilmaydi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:22:49
— Uzoqub ketmang, oshnu yopdum, — dedi allaqanday yaqin olib. Men uning qo‘lidagi olovdanam burun ana shu yaqin olganidan, lov qizarib, qolaversa, nimaga chiqqanimni sezib qolganidan uyalib, yerga qaradim va shoshib qolib:
— Yo‘q, uzoqmiyman, sho‘ttaman, — deya oldim. Va «qovun tushirganim»dan quloqlarimning tagigacha yonib ketdi. Nazarimda, uning qo‘lidagi hokandozdan urib turgan taft o‘n chandon ortib ketganday edi.
— Shundaymu? — dedi u bir shirin qilib. Xuddi. «Voy, manu zeriktirub qo‘ymayin degan qaynujonumdan», degan kabi edi. U yo‘lidan qolmay yura boshlab edi, qo‘lidagini olishim kerakligini eslab:
— Menga bera qoling. Men turganda Siz... opkirasizmi? — deb ergashdim.
— Yo‘g‘-iy... qo‘liz kuyadu, — dedi u taraddudlanib.
— Beravering siz... — dedim qistab.
— Shunaqamu? — u bir qadam chekildi-da, — shoshumang-shoshumang, — deb hokandozni g‘isht-yo‘lkaga qo‘yib, tislandi. Yo‘lka yaxlagan ekan, hokandoz tagi vishillab-jizilladi.
Men uni ilkis ko‘tariboq oyimgilar o‘tirgan uyga yurdim. Pochcha olovni ko‘rib:
— Hay, barakalla-barakalla, jiyan nimaga chiqdi desam, olovga chiqqan ekan-ku, tanchamizni bozillatib, duo olmoqchi ekan-ku, hay, barakalla, — deb alqay ketdilar, so‘ng: — Hoy, Sanobar, tanchani ochvora qol, jiyanni qo‘li kuymasin, — deb xolamni shoshirdilar.
Xolam o‘zlari o‘tirgan tomonni ochib, sandalning oyoq qo‘yadiganini ko‘tardilar. Men olovni tanchaning cho‘g‘xonasiga to‘kdimu u lang‘illab, kulxonani ham cho‘g‘xonaga aylantirdi-qo‘ydi.
— Hay-hay, sandal yonib ketmasin, ozgina kul tort ustiga, kul tort, — dedilar xolam.
Ammo pochcha unamadilar:
— Qo‘y-qo‘y, olov solganimiz nima-yu, kul tortganing nimasi?! Qishning ziynati-ku, bu. Qo‘y, birpas tanlarimiz yayrasin. Bu olovni yoqib cho‘g‘ tushirganlarning, opkelgan mana bu jiyanimizning duoi jonini qilib o‘tiraylik birpas. Og‘acha kennoyingni chaqir, o‘ziyam isinib olsin, — dedilar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:22:59
Kennoyim turp archayotgan ekan, hokandozni qo‘yi- boq, aytdim:
— O‘zingizam kirarkansiz, qutulib qolgan bo‘lsangiz.
U qarab, chiroyli bosh silkidi:
— Sal dam yesun, xo‘p?
— Xo‘p, — dedim-u, nima deyarimni, nima qilarimni bilmay yo‘lkaga chiqdim. Tavba, o‘zim nega chiqdim-u, endi bir narsa deya olmayapman? Axir, akamni so‘rab-netishga bundan qulay, bundan zo‘r mavrid bo‘lishi mumkinmi?! Yuragim gup-gup urgancha oshxona oldida boryapman-kelyapman, ammo qani zabon bitsa, jur’at topolsam. Bari bir so‘ray olmadim, jur’atim yetmadi. Aftidan, men yangi kennoyijonimni ayardim, uyaltirgim kelmasdi... Uyga kirsam: oyimgilar u haqda gapirib, qulog‘ini qizdirishayotgan ekan, sekin jo-yimga cho‘ka qoldim. Ammo tancha bir rohatijon bo‘pti-bir rohatijon bo‘pti (oyoqdan borgan issiq odamni domiga tortib, elityapti!) Kattalarning bu yoqdagi suhbati undan-da ajoyib edi.
— Chegaradan o‘rab-chirmab, bir amallab olib o‘tibdi-yu, bu yoqqa kelgach, boshi rosa qotibdi-da, bechoraning,— derdilar pochcha nimagadir tushuntirish berib. Bildimki, gap kennoyim haqida ketayapti. — Qora tortib kelgan odamlari allaqachon ko‘chib ketgan, qayoq-qa — hech zog‘ bilmaskan. Nima qilarimizni bilmay sarson bo‘lib qoldik, deydi bechora.
— Baraka topsin, omonat nimaligini bilgan odam ekan, — dedilar oyim o‘zlaricha alqab.
— Qayoqdagi amakivachchalariga ishonib jo‘natvorishganini qarang-a, — dedilar Muhabbat kennoyi.— Bu yog‘i katta shahar bo‘lsa...
— Endi ularam bu yoqni tinchroq deb o‘ylagan-da. Bilishmaydiki, — dedilar pochcha tancha ko‘rpani tizzalaridan pastroq tushirib ham oyoqlarini maxsilarining ustidan silab. — Bilishmaydiki, bu yoqda baliq boshidan irib yotipti. Dorilamon zamon qayda ekan!
Men bu gapga tushunmay angrayib qolganimni... o‘zim sezib, oldimdagi choyga alahsidim. Ammo qulog‘im ding: oyim nima derkinlar, deb og‘izlariga qarab-qarab qo‘yar edim.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:23:07
— Ishqilib, surishtir-surishtirlardan tinchmisizlar? Birov bilib, birov bilmay tursa — yaxshi-ya,— dedilar oyim.
— Qayoqda? — deya xolam qo‘l siltadilar, — qaerdan is olgan, anavu ordona, aylanadi-keladi, aylanishadi-keladi, quribgina ketgur.
— Kim, Zokir badbaxtmi? — dedilar pochcha. — Nima deydi?
— Nima derdi, ang-shanglaydi nuqul, sizlarnikida propiskasiz birov borakan, deb, ko‘rsatasiz, deb.
— Ko‘rdimi? — dedilar oyim og‘izlaridagi og‘izlarida, bo‘g‘izlaridagi bo‘g‘izlarida qolib.
— Qayoqda?! Ko‘rsatib bo‘ladimi u iskovuchga. Xudoning naq boshli-ko‘zli balosi-ku,— dedilar Sanobar opam. — Eshik taqillaganining o‘zidayoq o‘raga yashirib qo‘yuvdim. Uch gal kelgan bo‘lsa, uchalasida ham topolmay ketdi.
— Shundan beri darvozani zanjirlab o‘tiribmiz,— dedilar xolam.
— Kim chaqibdikin-a, kichikoyi? Ko‘cha yuzini ko‘rgani yo‘g‘u, boyaqish? — dedilar Muhabbat kennoyi.
— Qo‘ni-qo‘shnidan bo‘lak kim sotadi? Xudodan qo‘rqmagan bandasidan har narsani kutsa bo‘ladi. To‘g‘rimi, Salomxon? — dedilar xolam.
— Erta kunda cho‘g‘ so‘rab chiqadiganlar-chi? — dedilar Sanobar opa nimagadir sha’ma qilib.
Pochcha pishillab, orqalaridagi yostiqni tortib oldilaru tizzalariga bosib, unga bag‘irlarini bergancha jim qoldilar. So‘ng bosh chayqab:
— Gumon yaxshimas, — dedilar qo‘shilmay. — Gumon bor yerdan iymon qochadi. Bunaqa husnning dovrug‘i tinganmas. Agar yetti qavat sandiqda saqlaganingda ham axir bir kun chiqadi. Hamma zamonlardayam bo‘lgan shunaqasi. Shayx San’onni dinidan kechtirgan, Ma’dalixonni kallasidan judo qildirgan nima ekan? Shu xusn-da. Temur zamonida Shodimulk degan bir shunaqasi chiqib, butun saltanatning inqiroziga sabab bo‘lgan. Sultonmuroding ham chakkimas. Mana, unga ham shunaqa bittasi — poshsholarning ham ko‘zini tindiradigani uchrabdi. Bilmadim, bu sho‘rimi, baxtimi bolaning?..
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:23:16
— Nafasizzi yel olsin, hoy, Sanobar. Bu nima deganiz? — deb xolam tovushlarini pastlatdilar. — Halitdan Siz shunaqa deb tursayiz...
Pochcha soqollarini tutamlab-silab, qiqirlab kulishga, xolamni kulib yengishga tushdilar:
— Xo‘p-xo‘p. Xo‘p, ana, ilohim qo‘sha qarisin. O‘zi kelib, bizni bu tashvishlardan qutqarsin! Endi qutuldimmi?
— Demay ham ko‘ring-chi, asramay ham ko‘ring-chi.
Hammalari xolamning po‘pisalaridan kulishib turishgan edi, bir talinkada qirilgan turup, bir kosada suvi bilan kertilganini ko‘tarib kennoyim kirib keldi. Men shundagina yalt etib yuziga qarab, bamisoli osmondan uzilib tushgan oy suzib kirib kelayotgandek ko‘zlarim tinib ketdi. Uning husni pochcha aytganlaricha bor, o‘zi o‘sha Marg‘u kennoyimga o‘xshar-u, lekin undan o‘n chandon go‘zalroq edi. Xuddi o‘sha Mar-g‘u kennoyim bir ilohiy kavsar suvdan ichib qo‘yganu jannatning hur qizlariga o‘xshab qolganday edi.
U qo‘lidagilarni dasturxon ustiga qo‘yib, xolamlarga javdirab qaradi:
— Bitta chinnuga... suzib kelaverayunmu, opog‘oyuv?..
— Mayli, poshsha kelin, qo‘lingiz dard ko‘rmasin, ilohim, — deb alqab izn berdilar xolam.
U dasturxondagi ortiqcha talinkalarni olib, osh suzgali chiqdiyam, oyim xolamga qaradilar ham:
— Haligi... biz kelganda chiqib ketayotganlaram shuni daragini eshitib kelishbidimi? Yo Minovarga edimi?
— Qayoqda! — dedilar xolam ichayotgan choylaridan qalqib. — Minavarga bo‘lsa jon derdim-da. O‘zini ko‘ribam o‘smoqchilashadi nuqul: boshqa qizizam bormi, deb?..
— Zumrad bilan Qimmat bo‘pti-da, opa? — deb kuldilar oyim.
— Ha, shuni aytgin...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:23:52
Keyin osh keldi, hov birdagidek — xolam bilan pochcha biznikiga borishgandagidek zo‘r palov bo‘lgan ekan, barmoqlar orasidan yog‘ini oqizib, maqtab-maqtab yeya boshladik. Yangi kennoyim judayam tortinchoq ekan. O‘nta qistaganlarida bitta qo‘l cho‘zar, shunda ham to‘rtta guruch olib-olmasdi. Lekin ko‘zi oyimgilarning piyolasida, bo‘shadi deguncha choy quyib turibdi. Uzatgandayam har gal o‘rnidan turib, tavoze-la, chimildiqdan endi chiqqan kelinlardek piyolani uch barmog‘i ustiga qo‘ndirib, uzatib turibdi. Bunga sari pochcha:
— Hoy, oyim, hoy kelinposhsha, to‘ldirib-to‘ldirib, quyavering, endi o‘zimiznikisiz, — deb qo‘yadilar.
— Bunaqa qilsangiz, bugundan choy quydirmaymiz. Ana, Minavarning o‘zi quyaveradi. Oshgayam qarang, — deb qistaydilar xolam.
Tangritog‘lik kennoyim:
— Xo‘p, opog‘oyo‘, oluppan-oluppan, — deydi-yu, yana bo‘shagan piyolalarga alahsib, bularni chalg‘itadi.
Men esam, tergash navbati o‘zimga kepqolmasidan hayiqib, ora-chira laganga qo‘l uzatib turibman. Ammo-lekin mana bunday tancha atrofida jam bo‘lib o‘tirishimiz, ayniqsa, oy desa oy, kun desa kundek go‘zal kennoyimning choy quyib berib, bedarak ketgan akamdan bir yorug‘ mujda bo‘lib qarshimizda o‘tirishi menga shunaqa yoqyapti ediki... Men undan juda ko‘p narsalarni so‘ragim, bilgim, akamning daragini eshitgim kelar-u, jur’at ham, mavrid ham topa olmasdim. Qachon bir mavridi keladi ekan, buni ham bilolmasdim.
Nihoyat, oshga fotiha o‘qilib, lagan olindi. Kim qozon yuvgani, kim idish-tovoqlarni bir yoqli qilgani chiqdi. Muhabbat kennoyim o‘z uylaridan xabar olgani, Sanobar opa pochchaga joy solgani turdilar. Tancha atrofida xolamu oyimu pochcha qoldilar. Oshdan keyingi choy xush yoqib, samovarning ora-chira «tirilib qolib» jig‘illashiga quloq berib-bermay u yoq-bu yoqlardan gaplashib o‘tirisharkan, kutilmaganda pochcha jonlanib:
— Hoy, Salomxon, aytmoqchi, qutlug‘ bo‘lsin! Bu jiyan katta yigit bo‘lib, dovon oshganmish, inistularga kirganmish! Kechagida Gulchehra aytsa, «Salom opoqini o‘g‘illari biza bilan o‘qivotti», desa bir quvonibman-bir quvonibman. Zo‘r ish bo‘pti-ku, — deb qoldilar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 26 Sentyabr 2007, 14:24:03
— O‘zi kirib keldi, pochcha, birov orqasidan boribam yurgani yo‘q, — dedilar oyim ich-ichlaridan faxr-lanib, — ko‘zuvuz tirigida o‘qib qolsin.
— Ko‘p yaxshi bo‘pti-da, — dedilar u kishi. — Besh yil nima — ko‘z ochib yumguncha o‘tadi-ketadi. Ana, Asatullaniki ham yarimlab qoldi.
— Ilo-oy, yolg‘izlarni o‘zi qo‘llab, oying rohating-ni ko‘ri-ib yursin, — deb xolam kuraklarimni silab qo‘ydilar. — Ozgina qiyinchilikni o‘zingga olsang...— bitirib olasan. Balki... daladan qatnashga qiynalayotgandirsan?
— Yetib kelyapman, — dedim men iymanibgina. — Oyim bomdodga turganlarida uyg‘otib qo‘yadilar.
— Oldi sutchilar bilan ketadi, — dedilar oyim.
— Juda erta ekan-e, erta. Ustiga-ustak har kuni qatnashni ayt, — dedilar pochcha men uchun qayg‘urib. Keyin oyimga o‘girilib so‘radilar: — Hoy, Salomxon, sho‘tta qolavursa-chi? Ana, qancha uy hangillab yotibdi. Yotib o‘qiyversin!
Oyim tancha ko‘rpaning qavig‘ini tekislab — xayollanib qoldilar. Men esam, bir chekkasi qanday yaxshi bo‘lardi, deb uchib-qo‘nib turibman-u, bir chekkasi oyimlarga achinyapman: unda yolg‘iz qoladilarmi, Asol xolamlarga o‘xshab? Yo‘q, qiynalsamam...
Oyim boshlarini ko‘tardilar. Yuzlari yorishib bir u kishiga, bir xolamga minnatdor qaradilar:
— Mayli, pochcha, qoldirsam-qoldiray. Faqat siz ham yangi kelinposhshani menga qo‘shvorasiz. Men ham yolg‘iz qolmay-da, axir.
Hammalari yalt etib, bir-birlariga qarashdi.
— Ho-ov, balli. Balli, Salomxon. Xo‘-o‘p, savobga qolardingiz-da, — dedilar pochcha oyimning topqirliklariga besh ketib, ham rapidaday kaftlarini tizzalariga ura-ura. U kishi bu gapni aytolmay o‘tirgan ekanlar-u, oyim, oyijonim buni qaydan seza qoptilar?! Uyammas, buyammas, men bu yerda qolib, o‘rnimga yangi kennoyim ketayotganidan hayratda edim: qa- rang-a, Marg‘u kennoyimga buyurmagan uylar... unga buyurmoqda edi.
Nima bu — yo taqdir deganlari shumikan?..
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:03:30
11. NAVBAT YODGORMURODGA YETIBDIMI?

Biz hikmatiga yetolmaydigan voqea-hodisalar qancha-ya, tavba.
Quroqlar ham uzib ketolmaydigan ip qidirib, ish orasida do‘konga chiqib qaytayotsam, ko‘kdan tanish sadolar kelyapti. To‘xtab qolayozibman. Quloq tutib, zingil solsam, shahar ustilab rosa horib-tolgan, qo‘narga bir makon topolmagan turnalar zo‘rg‘a-zo‘rg‘a qanot qoqib, bir ipga tizilishib kelishmoqda. Ahyon-ahyonda «etib qoldik-etib qoldik» degandek bir-birlariga dalda berib qo‘yishadi, boyaqishlar.
Beixtiyor kechagi voqea yodimga tushib ketibdi.
Tomda quroq uchirayotgan edik. Ipini oxirigacha bo‘shatib, so‘ri yog‘ochiga bog‘lab tashlaganmiz: o‘zini osmon yutib, kaftdek bo‘lib qolgan-u, darillashi baralla eshitilib turibdi. Bu yoqda shom tushib, ivir-jiviri daraxtlarning teppasigacha o‘rlab chiqib borgan, lekin qani Yodgortoyni tomdan tushirolsam.
— Shoshumang, birpas turayluk. Yulduzlar yonsun, ko‘rayluk, — deydi nuqul.
Men uning ko‘ngliga qarab:
— Mayli, yonsa-yonsin, — dedim.
Nihoyat, ko‘kning qora barqut duxobasida birin-sirin injular paydo bo‘lib, men yana qistadim:
— Bo‘ldi, tushdik. Oyim urishib beradilar: qorong‘uda tomda yurilmaydi. Bu yog‘iga jinlarning kuni tug‘adi.
O‘zini esa ko‘tarib ola qoldimu narvondan bitta-bitta tusha boshladim. U jindanmi, nimadan cho‘chib, bo‘ynimdan mahkam quchib olgan, miq etmasdi. Lekin yerga qo‘yishim bilan savol xaltasi ochildi-ketdi: atrofimda gir aylanib, hali u, hali bu bilagimga osiladi, yengimdan tortqilaydi:
— O‘sha jinlar quroqqacha yeta oladularmu, amaqu?!
— Yeta oladilar,— dedim, nima deyarimni bilmay.
— Undan naru-chi, o‘ta oladularmu?
— Yo‘q, yulduzlardan qo‘rqadilar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:03:49
— Quroqimuz-chi?
— Turaveradi. Biz bog‘lab qo‘ydik-ku, axir.
Ammo u tinchiy olmasdi:
— Amaqu, amaqu... uzub ketsa-chu?
— Uzsa, yangisini yasab beraman, — dedim.
— Yangusi bunaqa chiqmaydu-da.
— Unda... tushirib ola qolayluk, — dedim ko‘ngliga qarab.
— Yo‘q-yo‘q, uchavursin-uchavursin, — deb o‘ynoqladi u.
— Bo‘lmasa, kirdik.
O‘zi orqamdan ergashib kelyapti-yu, savolini qo‘y-maydi:
— Amaqu-amaqu, kechasi anuvlar kelsa-chu.
— Yana nimalar? — deb qayrilib to‘xtadim.
— Anuv «quruv-quruv»lar-chu.
— Turnalarmi?
— Ha-da.
— Kelsa, nima qipti?
— Urulub ketsa-chu?..
Men baralla kulib yuborib, yelkasiga qoqdim.
— Ho‘-ho‘, ularni bilmaskansan!
— Nega? — deb so‘niqdi u.
— Ular sezgir! Arg‘amchisining boshiyu uchida har qo‘riqchilari borki...
— Qanaqa qo‘riqchu? — U azza-bazza yo‘limni to‘sib turib olgan edi.
— Sen ularni nima deb o‘tiribsan! — dedim tushuntirishga urinib. — Biror yerga qo‘nib, nafas rostlamoqchi bo‘lishsa ham o‘sha qo‘riqchilari mijja qoqmay bir oyoqda turib chiqishadi, bilding.
— Nega bir oyoqda, amaqu?
— Bo‘lmasa, uxlab qolishadi.
— Ha-a, zo‘r ekan!..
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:03:59
Ertalab tursak quroq ipini uzib ketibdi. Hov, bedapoyaning o‘rtasidan topib keldik.
Men unaqa-bunaqa quroq uzolmaydigan ip olib kelishga va’da qilganman. Hozir ichi tushib kutib o‘tiribdi.
Xonamga kirib borsam:
— E, barakalla, qayoqda yurasiz? Uyizdan necha qayta so‘rashdi, — deya esxonamni chiqarishdi.
Ichimdan olovim chiqib:
— Nega ekan? — dedim.
Bular so‘rashmabdi, ular aytmabdi. Ichim tushib, hech yerga sig‘may o‘tirsam, haytovur, yana chaqirib qolishdi. Chopib borsam, ayolim...
— Adasi, o‘zizmi?
— Men-men, nima gap? — dedim yuragim bo‘g‘zimga tiqilib.
— Ishdan kelsam.. shahardan odam chiqib, Yodgorizni...
— Kim chiqib?! — deb yuboribman.
— Odam, — dedi u.
— Qanaqa odam? Qayoqqa opketadi? Oyimlar-chi?
— Qanday bermaydilar? Katta buvasi so‘ratib tursa, — dedi u.
— Qanaqa buvasi? Buva nima qiladi unda?! — deb baqirib berdim.
— Men bilmasam, adasi...
— Xo‘p: buvasining nomidan kelgan... qanday odam ekan? Surishtirmay berib yuboraveradimi?
— Mashinada opketgan odamlarni aytyapsizmi?
— Kimni bo‘lardi?! Jilla qursa, mashinasini eslab qoptilarmi?
— Es-ki «Pobeda»mush.
— Ichidagilar-chi?
— Binoyi kiyingan, sipo yigit deydilar.
— Yolg‘iz o‘zi ekanmi? — dedim tasavvur eta ol-may.
— Yo‘q, qo‘shnilarning aytishicha, mashina orqasida bir milisa ham o‘tirganakanmush.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:04:08
— E, barakalla sizlarga! — dedim zahrimni kimga socharimni bilmay.— Bo‘pti, men o‘shanaqasi o‘tib boraman, — deb telefon-quloqni joyiga tashladim...
Nega o‘shanaqasi dedim, o‘shanaqasi deganda nega Yodgormurodlarnikini nazarda tutdim — o‘zim bilmasdim. Nazarimda, ularni avrab, bolani olib ketgan kimsa, albatta, Chaman akalarnikiga kirgan, Yodgorni surishtirib bilgandek edi. Ammo o‘zi kim, Kemshiktoyni o‘g‘irlaganlarga qanday dahli bor — hech tasavvur eta olmasdim. Buvisi ham emas, buvasi emish! Ol-a, shovvozlar! Rosa bularning ko‘zini shamg‘alat qilib ketvoribdimi?! Chaman akam kelgan taqdirda ham bunday qildirmasdi-ku. Bu yerda boshqa gap bor. Boshqa birov kelgan. Qolaversa, kecha kechasi quroqning ipini uzib ketishi, men yangi, mahkamroq ip qidirib yurishim, shu paytda horib-tolgan turnalarning shahar ustilab o‘tuvi — bularning hammasida bir sir bordek, hammasi bir-biriga bog‘liqdek ko‘rinar, miyamdan Yodgorning anuv gapi, bular quroqimizga urilib ketmaydimi, degani ketmasdi. Mana, endi ip topganimda o‘zini olib ketishganmish. Tavba, Qumloqqa so‘roqlab borishdan boshqa yo‘l ko‘rolmasdim. Boshqa qaerdan ham izlardim uni?
O‘zi nimalar bo‘lyapti? Kemshiktoyning yo‘qolishi, Sariq moshak bir devonaga ergashib ketishi — tushunarli. Tushunsa bo‘ladi. Anavi suvilondan azbaroyi bezganidan ketsa ketvorgandir. Lekin Yodgormurodning yo‘qolishi... — dalaga topib borib, olib ketishlari-chi? G‘aroyibdan g‘aroyib edi. Negadir o‘zimni dog‘da qolgandek sezib ketyapman. Ertaga Chaman akaga nima deyman? Onasi — kennoyimning oldiga qay yuz bi-lan boraman? Kim, qaysi nomard jur’at etibdi bu ishga?
O‘sha Kalkovuz bo‘yidagi tanish xonadonga borsam, hammayoq suv quygandek jimjit. Na chimirilgan «suv-ilon» ko‘rinadi, na yuzini sepkil bosgan Kemshiktoy. Yakka tavaqa eshikni ochib, ichkariga kirib boribman ham, oshxona oldiga o‘tib chaqirib turibman ham, qani birov ovoz bersa.
Nihoyat, uyning orqasidagi hovuz tomondan uch-to‘rtta eski bag‘az ko‘tarib, peshonasini qiyiq bilan tang‘igan odam chiqib keldi.
U meni eshitdi, desam, kursi ustiga chiqib, bag‘az bog‘lashga unnay ketdi. Noiloj, chaqirib boraverdim. Bog‘ qorovulining rosa «tom bitgani»ga uchragan ekanman. Uning qulog‘i yonidagi zirak-apparati «o‘lib qolgan»mi, yoniga borganimdagina ko‘ribdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:04:16
U soch-soqoliga oq oralab, qoshlari tikrayib o‘sa boshlagan og‘irkarvon odam ekan, salomimga alik olib, pastga tushdi.
— Keling, jiyanmi? — dedi ziragini to‘g‘rilab. — Bittasi har vaqtdagidek yo‘lga ketgan. Toklar ham qarovsiz qopti, — dedi ishkomlarga ishora etib.
— Boshqalar-chi? — dedim.
— Boshqasi — idorama-idora yuribdi! — dedi achinib, — lekin ayol — ayol-da. Ayol kishining qo‘li qaerga yetardi. Nima dedingiz?
«Suvilon»ni aytayapti.
Axiyri qulog‘iga cho‘zinib dedim:
— Idorama-idora bolalarni surishtiribmi? — Azaga borgan xotin o‘z dardini aytib yig‘laganidek, men ham «o‘z dardim»dan kelar edim.
— Kechirasiz, tushunmadim, — dedi bog‘bon qo‘lini qulog‘iga tutib.
— Bolalarni aytyapman, qay birini qidirib ketdilar?
Og‘irkarvon odam yelka uchirdi:
— Bilmasam, jiyanning sannashidan asrandisi shekilli, — deb turib, qo‘shib qo‘ydi. — Ha, aytmoqchi, anuv shirintoy ham ko‘rinmaydi. Ijarada turgan kelinning jujug‘i. So‘ramabman ham.
Sal yengil tortgan joyimda ichimga qayta og‘ir tosh cho‘kdi. «Uni bular so‘ratmagan ekan-ku, so‘ratsa shu yerda bo‘lmasmidi?!»
— Ichkarida kim bor, buvi bormilar?
— Borlar-borlar, o‘tiribdilar shularning duoi-jonini qilib. Kiravering.
Og‘irkarvon bog‘bon (bularga tog‘a bo‘lsa kerak) zirak-apparatini o‘chirib, kursiga chiqdi-da, ko‘tarilgan tok novdalarini bog‘lashga tutindi. Men o‘zim bilgan uy tomon yuraverdim. Yo qudratingdan, bu mo‘’jazgina, saranjom-sarishta uyda attor qutisimi, nima bor edi, kirmasizdan allatovur ifor hidlarga qo‘shilib, bir ajib bo‘y — qalampirmunchoq1 hidi gurkirab kelar edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:04:25
Aftidan, Oyto‘ra buvi mening qoramni ko‘riboq ko‘ngillari bo‘shab, bir yerga yetganlaru yana ko‘zyoshlarini apil-tapil artishga urinib, qo‘llari bilan kalampirmunchoq shodasini ushlab qo‘ygandek edilar. Men shuning ustiga salom berib kirib bordim.
U kishi (kipriklari o‘sha-o‘sha nam, o‘zlari iymangan hollaricha) meni qarshilarkanlar, yuzlariga nur inib bormoqda edi.
— Keling, aylanay. Vaalaykum assalom, mirzo yigit. Xolangiz o‘rgilsin, bormisiz? — u kishi tasbehlarini tizzalaridagi och qo‘ng‘irrang tivit adyol ustiga tashlab, qo‘llarini cho‘zib edilar, men engashib yelkamni tutib bordim. Va shunda do‘lanarang tasbeh uchida qalampirmunchoq shodachasi borligini ko‘rdim. Ha, mana, gap qaerda edi!
Buvi yelkamga qoqib, peshonamdan o‘pganlari kamday, qansharimni silab qo‘ydilar. Bir rohat sezdim, bir rohat sezdim.
U kishi qo‘l ochib, duo qilar ekanlar, hatto nima tashvishda kelganimni-da, unutayozgan edim.
— Yaxshiyam siz, sizday xabar olguvchimiz bor ekan. Xudoyimning o‘zi mehribon-da, Chamanimning o‘rnigayam sizni yetkazib turibdi...
Oh, koshki o‘zim kelgan bo‘lsam!
Men bosh egib, yer chizib qolgan edim. Ammo sir boy berib bo‘lmasdi. Shu zahoti o‘zimni o‘nglab:
— Haliyam qaytmadimi u o‘yinqaroq? Biz huvillatib ketibmiz-da, uylaringizni? — dedim, ammo qani Yodgor haqida ayta olsam. Tilim tugig‘lik, dardim ichimda edi.
— Asalim shuncha joylarga yuguribam hech ish chiqarolmadi. Osmon uzoq, yer qattiq. Ayol kishi — ayol ekan. Mana, o‘ziyam bildi, boyaqish.
Mavridi kelgan edi, so‘ray qoldim:
— Milisa-chi, kelmadimi?
Hamma nima g‘amda, men o‘z dardim bilan edim!
— Keldi-keldi, bu yoqqa kirmadi-yu, lekin tepagacha chiqdi, — dedilar buvi.
— Tepada — boloxonada maqib yuribdi? Akbartoyning masalasida kelgan bo‘lsa?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:04:39
— Bilmasam, — dedilar u kishi ham hayron qo-lib.— Avval Asal bilan bir nimalarni gaplashdi, keyin chiqdi.
— U kishini ergashtiribmi? — dedim ichim g‘urmishlab. Men izquvarning dardi nima ekan, bilolmasdim. Yoki Asalning o‘zi og‘zidan gullab qo‘ydimikan, Chaman akam yo‘g‘ida? Hammasidan shunisi meni talvasaga solib qo‘ygan edi. Buvi bosh to‘lg‘adilar:
— Yo‘q, tushavermagach, chiqdi shekil. Shundan ke-yin, xo‘p, opaxon, xo‘p, bexavotir bo‘lavering, daragi chiqishi ila xabar qilamiz, deb chiqib ketdi.
— Qiziq, nima izlab kelibdi?
— Bolalarning suratini so‘rabdimish.
— Ikkalasinikimi?
— Asalni gapi-da... Men balki xato eshitgandirman.
Menga shuning o‘zi kifoya edi. Bekorga boloxonaga chiqmagan, suratini so‘ramagan. Ko‘rinib turibdi, biznikiga Yodgorni izlab borganam, bu yerga surat so‘rab kelganam — shular. Ammo u kim, qanday nobakor? Milisa formasini kiyib olib, hammani laqillatib yurgan izquvar?
Buvi aft-basharasini ko‘rmadilarmikan?
Shuncha tashvishlar bilan ham u kishining yuzlaridan anavi g‘aroyib nur kamaymagan, bu nur yuzlarining ruhidanmi, ich-ichidanmi silqib turar edi. U kishining dillarini og‘ritib qo‘ymaslikka tirishib, so‘radim:
— Oynadan bo‘lsa ham ko‘rdingizmi o‘zini?
— Kimni? O‘sha milisanimi?
— Ha-da.
— O‘tganda-ku, yaxshi ilg‘amovdim, lekin qaytganda ko‘rdim.
— Yuzinimi?
— Ha, ilgariyam bir kelgan shekilli, Chamanimni so‘roqlab... Ancha yil burun.
— Demak, eski o‘rtoqlari... Shundaymi?
Buvi bosh chayqadilar:
— Unisini bilmadim. Lekin g‘umaloq yuzli, qozoqbashara yigit edi. Hozir ham ko‘z oldimda turibdi. Qizil shapkasi ham tusini o‘zgartirmagandi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:04:52
— E, umi? Xudoning ho‘l balosi! — deb yuboribman. O‘zimning gapimdan o‘zim uyaliblar ketdim.
— Yo‘g‘-e, sipo ko‘rindi-ku, — buvi kishini bunchalik yomonlash joiz emas, demoqchi bo‘lardilar.
Men gapimni siporishladim:
— Chaman akamdan hayiqqan-da. Agar o‘sha Eski Jo‘vaning milisaligidan haydalib, bizning yoqqa o‘tkazilgan odam bo‘lsa, men uni bilaman, — dedim. — Qaytarishibdimikan yana?
— Tanisangiz, surishtirib ko‘ring. O‘zi ko‘ngli o‘ksik edi, qaerlarda qoldiykin, bolam boyaqish, sig‘indi bo‘lib?..
Men haligi gapdayoq ado bo‘lgan edim. Boshim gir aylanib, ko‘zim tinib-tinib kelarmidi, yo turishga intilarmidim, ishqilib tezroq keta qolsam, deb qolgandim.
Axir: huvillablar qoldik, Yodgortoyni qachon opkelasiz, deb qolsalar, nima deyman? Qaysi til bilan men — o‘zim uni izlab yuribman, deya olaman? Undan ko‘ra...
— Menga javob bersangiz, — deya oldim axiyri til-zabon bitib. Yana: duo qiling, degan kabi qo‘limni ochdim.
— Iloho omin, og‘ir kunlarda bizga bo‘lishibsiz, Sizga ham qayishadiganlar ko‘p uchrasin. Bizdan qaytmasa, Ollohdan qaytsin.
Qaysi yaxshiligimni aytadilar? Hali bilmaydilar-da, kuppa-kunduzi bolani oldirib qo‘yganimizni bilsalar, nima derdilar ekan?!.
Tezroq ketish kerak! Kimning gapi — topshirig‘i bilan qildi ekan? Bu yoqqa kelgani yetmaganday, biznikigacha qaerdan topib bordikan? Yana shunchalik qistalang opketgani-chi? Nimaga shoshgan, oshiqqan?
Turdim. Mingta Qo‘qon manziratlar bilan xo‘shlashib, chiqa boshladim. (Bu manziratlardan ichim sidirilib boryapti).
— Kep turing-a, yo‘q bo‘lib ketmang-a? Chaman akangiz ham tayinlagan-a?
— Xo‘p-xo‘p. Esimda. Kemay qayoqqa boraman?!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:05:01
Anavi tok tarayotgan «zirakli» tog‘a bilan ham xayr-lashib jilayapman-u, ichkarida bir nimasini unutgan odamdek, galdirardim. Ko‘zim hadeb anavi boloxonali uy derazasiga ketib-ketib qolyapti. Nazarimda, o‘sha deraza tavaqalari birdan lang ochilib, o‘sha toy bo- la — Yodgormurod:
— Amaqujon! — deb chaqirib qoladigandek, qayrilib qaraganim-qaragan. Ammo qani, chaqirsa! Chaqirmasdi! Endi u uyga kirishga, uch yog‘idan uch xil odam ko‘rinadigan u suvratni ko‘rishga yo‘l bo‘lsin! Nazarimda, o‘sha azizlarim «Nima bo‘ldi? Bizni Yodgormurodimizni, shirintoyimizni nima qilib qo‘yding? Nimaga asray olmading?», deb turishgandek, ta’na etishayotgandek.
Men esam, qo‘limda turmadan tortib, eng oliy idoralargacha kirib borishga qodir hujjat turib, qaerga borishni, kimga uchrashni bilmasdim: Bizni kim chuv tushirib ketdi ekan? O‘sha binoyi, sipo yigitning o‘zi kim? Uni kim boshlab boribdi? O‘sha qozoq basharami yo bu unimi? Ajratib ol-chi? Men Kalkovuz bo‘yida xuddi issiqlab ketgan odamdek yuzimni pishib-pishib chaygancha, o‘tirib qolgan edim. Nahot o‘sha sulloh uni ergashtirib borib, bolani olib ketgan bo‘lsa? Men uni koshki bilmasam... Xolamlarnikida turganimda necha martalab surishtirib borgan. Meniyam, kennoyimniyam...
Bir kuni o‘qishdan qaytsam, darvoza oldida qoqqan qoziqdek turibdi. Meni ko‘rib:
— Iya, janoblarining o‘zlari-ku! — dedi irsha-yib, — haliyam sho‘ttamisan? Jarimaning kattasini solmagunimcha turavurasan shekilli. Uyda kim bor? — dedi mishillab.
— Bilmasam, ko‘rib turibsiz, endi kelyapman, — dedim darvozani ochishga shoshilmay. Yotganidayam ki-yimini yechmay yotadimi, formasini yog‘ bosib, yoqayu tirsaklari, tizzalari yaltillab ketgan edi. Keyin undan achimsiq maxorka hidi anqib yotardi.
— Pochcha qaerdalar? — dedi ichkariga ishora etib.
— Tahorat olyapgandirlar-da, — dedim sir bermay.
— Xola-chi? — dedi surishtirishini qo‘ymay.
— Bilmasam, — deb yelka qisdim.
— Mehmon-chi? — dedi u dabdurustdan.
— Qanaqa mehmon? — dedim angrayib. — O‘zimmi?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:05:14
— Sen — otni qashqasini bilmaskanmanmi? Anuv kelinni aytayapman. Chegaradan o‘tib kelgan-chi! Kimni gel qilyapsan? — deb o‘dag‘ayladi.
Damim ichimga tushib ketdi. Lekin bu ipirisqiga aytib bo‘ladimi!
— Men... unaqa mehmonni ko‘rganim yo‘q, — dedim ko‘zimni lo‘q qilib. Xuddi u ishonadigandek yana qo‘shib qo‘ydim, — boshqasi bilan adashtirayotgandirsiz.
U mazax qilganday irshaydi:
— He, qishloqi!.. Kimni laqillatmoqchisan?! Avval mishig‘ingni eplab ol, — dedi-da, ipga osig‘liq cho‘pni teshikka tiqib edi, zanjir tushib, eshik ochila qoldi.
— Boshlaydilarmi yo o‘zim kirib boraveraymi? — dedi meni masxaralab kulib, so‘ng qorni g‘arch-g‘urch bosgancha tepa uyga qarab chaqirib boraverdi:
— Hov, kim bor? Qaravorasizlarmi bundoq!
Pochcha namozni boshlab qo‘yganlar shekilli, yolg‘iz nokning ro‘parasidagi oynavand ravonning eshigi ochilib, zinada Muhabbat kennoyi ko‘rindilar. U kishi adl qomatli, xonzodalarga o‘xshab qaddilarini g‘oz tutib, bir chiroyli yurar edilar. Shu yurishda viqor to‘kib kela boshladilar. Milisa ularni ko‘rib, qadami tovsillab, oshxona eshigida to‘xtadi.
— Kennoyijon, uzr, — dedi yaltoqlanishga tushib,— xizmatchilik. Sizlarnikida...
— Nima, bizlarnikida?.. — dedilar Muhabbat kennoyi pinaklarini buzmay.
— Bepropiska odam... turipti ekan. Shunaqa xabar tushib...
— Kim ekan o‘sha... xabargir? Qaniy?.. — deb u kishi qo‘l cho‘zdilar. Men ortda — o‘z darsxonam eshigi kesakisiga suyanib turardim, oqibati nima bilan tugarkin deb.
Uchastkovoy hali u, hali bu cho‘ntagini kavlab, talmovsiradi:
— Ie, qopti-ku. Kechiras, idoraga tashlab kelavuribman.
Muhabbat kennoyi pinak buzmadilar:
— Qolgan bo‘lsa, opkeling. Men bir ko‘ray, o‘sha tuhmatchini!
— Endi, kennoyijon, — dedi milisa, — opkelganimdayam berolmayman sizga. Qonunda yo‘q.
— Shunaqami? Xatni tekshirishga qonun bor, ko‘rsatishga yo‘qmi? Kimni laqillatayapsiz? Qani, bir tuyog‘ingizni shiqillatvoring-chi?! — deb u kishi qo‘llarining orti bilan tovuq qo‘rigandek haydashga tushgan edilar, u qizarib-bo‘g‘riqib ketdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:05:31
— Men bilan o‘chakishmang, kennoyi. Oxiri yaxshi chiqmaydi, — dedi po‘pisaga ko‘chib. — Bilaman, sizlar xorijdan o‘tib kelgan odamni... yashirib o‘tiribsizlar. Birontanglar qamalib ketsanglar...
— Voy-voy-voy, qo‘rqitib yubording-ku, juda. Avval top-da, keyin gapir!— dedilar Muhabbat kennoyi.
— Qo‘ymayapsiz-ku, axir, — dedi u.
— Bor, ana, topib olaqol. — Muhabbat kennoyi yo‘l berib, chetlangan ham edilarki, pochcha to‘rdagi uydan chiqib keldilar. Keyin novvotrang xassalarini tizzalariga olgancha, derazaning pastak taxtasiga cho‘kdilar. (Bir vaqtlar rasm bo‘lgan shekilli, o‘sha to‘rdagi uyning ikkala derazasiga ham o‘rnatilgan archa qopqalar o‘ngib ketgan edi). U kishi kaftlarini qoshlariga tutib, unga zingil tashladilar:
— Zokir, o‘zingmisan, qizig‘ar? Nima balo, betta biz turishimizni... unutib qo‘ydingmi? — dedilar nimagadir shama qilib.
— Assalomu alaykum, pochcha, o‘zingiz sho‘ttaykansiz-ku, — dedi u haytovur salomini unutmay.
— Vaalaykum, vaalaykum... Ha, seni nima jin urdi, Rahmatulla akang qaerda ishlashini bilarding shekilli? — dedilar u kishi. (Rahmatulla aka Muhabbat kennoyining erlari, allaqaysi katta idorada ishlaydilar).
— Bilaman, pochcha, bilaman, — dedi u ancha hovridan tushib. So‘ng besh qadam naridan tavozelanib bora boshladi. — Lekin xizmatchilik ekan, iloj qancha?
Hujraning qiya ochiq eshigidan Minavar opam mo‘ralab, ayvonda qora duxoba paxtalikda xolam ko‘rindilar. Pochcha esa, milisaning kiprik qoqmay yolg‘onlashi nasha qilib, qiqirlab kuldilar. Balki jahllari kelib, kulgi bilan yengayotgandirlar...
— Xizmatchilik, degin? Qizitaloq, bu senga xizmat topib beradiganlaram ko‘payib qopti-da, a, Zokir? — deb tegishdilar. So‘ng qo‘lini olib, aftiga ham qaramay bosh chayqarkanlar, dabdurustdan so‘radilar. — Agar topolmasang-chi, nima bo‘ladi? Jazolashadimi?
Zokir qo‘lini bo‘shatolmagani ustiga nima deyarini bilmay gangigan edi.
— Jazo-ku... berishmas, lekin gap tegishi mumkin,— dedi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:06:36
— Shunaqadan ikki-uch marta bo‘lib qolsa-chi? Bo‘shatvormaydimi, qizitaloqlar?
Bu gapdan u battar dovdirab, yelka qisdi.
Pochcha qo‘lini qo‘yib yuborib, xumdek boshlarini saraklatdilar:
— Chatoq, chatoq, Vazifang og‘ir ekan, Zokir, — dedilar. Va kutilmaganda: — Ana, bor, qiraqol. Xohlagan joyingni titib chiqa qol, — dedilar.
Zokir buni kutmagan ekan, tintuvni qaysi uydan boshlashni bilmay kalovlanib qoldi. Muhabbat kennoyining zinasi tomon yura turib, birdan aynidi. (Yo Muhabbat kennoyining boyagi shaxtidan cho‘chidi, yo Rahmatulla akaning qaerda ishlashini xotirlab qoldi). Qayta turib, pochchaga yaltoqlandi:
— Sizdaqa tushungan odamning sadag‘asi ketsang arziydi, pochcha. Anuv raisingiz bor-ku — Mamatoxun! Shundoq qora bo‘lib turishga unamadi-ya. Shoshmay tursin. — Ayvon yonboshidagi hujra tomon yura turib, o‘z ko‘nglida izn so‘radi. — Shu bir chekkadan boshlayveray-a? Qani, opoqi, o‘ziz boshlay qolasizmi?
Xolam paxtaliklarining tugmasini yechib-qadar-kanlar, pochchaga yaqin borib, quloqlariga bir nima dedilar. Pochcha boyagi-boyagi bosh saraklatib, qi- qirlab kularkanlar, soqollarini tutamlab-silab turib:
— Qo‘yaver, sanga nima, tintadigan u ekan. Manga desa, kir o‘raga tushib chiqmaydimi?! — dedilar.
Zokir milisa ayvonga o‘tgan joyida to‘xtadi.
— Milisani mazax qilyapsiz, shekilli, pochcha? — dedi u kishining qiqirlab kulishlaridan chindanam og‘rinib. Bilmaydiki, pochcha bir narsadan jahllari chiqa boshlasa, o‘zlarini kulib yengadilar.
— Bor deganda boravurmaysanmi, tepchilmagan do‘ppilaring bilan kimni nima ishi bor?! Unga bosh-qa birav kerak. Xorijdan kelib, yashirinib yotgan odam kerak. Qattan bilasan, balki u katta qo‘poruvchidir. Dushmanni yashirib yotgandirbiz?! — dedilar ovozlarini ko‘tarib.
Pochchani hech bu alpozda ko‘rmagandim: u kishi xassalarining uchini qatqaloqqa urib-urib so‘zlar edilar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:06:47
— Men bir narsa dedimmi, Sanobar, ana ko‘rgancha ko‘rib, qidirgancha qidirsin, yo‘q narsani, — deb xolam hujraga boshladilar.
Zokir pochchaning avzoylari nimaga ayniganini ang-lab turgan bo‘lsa ham ikkilana-ikkilana xolamlarga ergashdi. Men bu mashmashaning nima bilan tugashiga hech aqlim yetmasdi. Tavba, pochcha nega bunday qilyaptilar? Aytib qo‘ya qolsalar bo‘ladi-ku! Sen qidirgan odam yo‘q, ovora bo‘lasan, jo‘nab ketib bo‘lgan desalar, olam guliston-ku. Atay kalaka qilyaptilarmi?..
Men oyog‘imdan sovuq o‘tib borayotgan bo‘lsa ham, kirib keta olmasdim. O‘n kun izlaganda kennoyimni topolmasligini bilaman, lekin bu mashmasha nima bilan tugashi qiziq.
U hujradan tortib, barcha uylarga, hatto Muhabbat kennoyining ravonigacha bosh suqib chiqdi. Bostirmani aylanib ko‘rdi. Burchakdagi ming xil eski-tuskilar saqlanadigan joyga kirib, qancha yo‘q bo‘lib ketdi. Keyin bilsam, bo‘sh sandiqlaru meni bo‘yimdek-bo‘yimdek xumlar ichigacha bosh suqib ko‘ribdi. Axiyri, qo‘lining changini qoqib, hovlida gardanini qashlagancha turib qoldi. U qaerdandir yelkalariga necha yillik islarni ilashtirib chiqqan, lekin o‘zi sezmas edi.
— Xo‘sh, ko‘ngling joyiga tushdimi? Yo tom taglarigayam chiqib boqasanmi? — dedilar pochcha o‘sha-o‘sha deraza rahida jilmayib o‘tirgancha. Keyin hozir chuchkirib yuboradigan odamdek labu lunjlarini bir g‘alati bujmaytirdilar.
Kutilmaganda bu unga tegib (yo chindanam bahona topolmay turgan ekanmi), birdan cho‘chonglay ketdi:
— Kuling-a, kuling! Sizga odamni ustidan kulish bo‘lsa! Hali yig‘laydigan vaqtlar ham keladi! Shoshmay turing. — U zarda bilan qo‘l siltab, jo‘nay boshlagan edi (ko‘rib turibman, xolamning yuzlari oqarib ketdi, Minavar opam «ada-ada»lab qoldilar, Muhabbat kennoyi esa, milisani insofga chaqirishga taraddudlanib, qadam bosdilar), pochcha uni xotirjam chaqirdilar:
— Menga qara, — dedilar muhim gaplari bordek. Zokir ham bunga ishonib, o‘girildi. U kishi asta imladilar. — Bu yoqqa kel. Kel, kelaver.
U ham ishonib qaytib bordi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:07:00
— Qulog‘ingni ber, — dedilar o‘tirgan yerlarida qo‘llarini cho‘zib.
U engashdi.
Hammamiz hayron bo‘lib turibmiz. Nima gaplari bor ekan, deb. Pochcha uning boshini o‘zlariga yaqin tortib, qulog‘iga bir nima dedilar.
— Yo‘g‘-e!.. — dedi u ko‘zlari ola-kula bo‘lib. — Eshitganim yo‘q-eshitganim yo‘q. Chiningiz bilan-a?— dedi ishonolmay.
— Chin, chin. Chindan, — dedilar pochcha turqlarini qilcha o‘zgartirmay.
— Bizda... bizda unaqa ma’lumot yo‘q-ku, — dedi Zokir tamomi gangib.
Pochcha kuldilar:
— He, sen bu yog‘ini eshit, — deb yana qo‘llarini cho‘zdilar.
U engashdi. Va yana pochcha bir nima dedilar.
— Bir karvon? Sha’m? — dedi. Zokir boyagidan ham garangsib. — Nima qilarkan shuncha sha’mni?
Pochcha qulog‘ingni ber, beraver, degan kabi yana qo‘llarini cho‘zdilar.
U yana engashgan edi, yana bir nima deb, kulib yubordilar.
Zokir turgan yerida sachrab, boyagidek cho‘chonglab ketdi:
— Ey boring-e! Ey qo‘ying-e! Men sizni tuppa-tuzuk odam desam... — U cho‘rt burilib, shatillab chiqib keta boshladi.
U kishi nima deya qoldilarki, Zokir milisa chayon chaqqandek bu xonadondan chiqib borarkan, yo‘lakay orqasiga o‘girilib:
— Hali shoshmay turing. Sha’m qanaqaligini ko‘rsatib qo‘yaman! Milisa bilan olishishni ko‘rasiz hali!— deb javrab-sannar edi.
Pochcha esa, qani parvo qilsalar! Qaytaga xumdek boshlarini chayqab-chayqab, ko‘zyoshlarini arta-arta kulardilar. O‘zlarini to‘xtatolmay: «Voy, Zokiri tushmagur, voy, Zokiri tushmagur, holing shu ekan-ku», deb qo‘yardilar.
Qarab turib, men u kishini suyub ketdim. Qara-ya: shu sullohgayam bas keladigan odam bor ekan-a!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:07:11
U ostonadan o‘tdiyam, orqasidan darvoza sharaqlab yopilib, zanjiru xalqalari o‘ynab ketdi. Uning vahimasidan hammamiz cho‘chib tushibmiz. Ammo pochcha tirqirab chiqqan ko‘zyoshlarini kaftlariga arta-arta hamon «voy qizitaloqning yugurdagi-ey», deb kular edilar.
Axiyri xolamlarga zabon bitdi:
— Hay, Sanobar, shu odatiz qolmadi-qolmadi-da. Axir ketvotuvdi-ku, itdek bo‘lib?... Zarilmidi jig‘iga tegish? — dedilar vajillab va yuzlarini burib uyga qarab yurdilar.
— Nima deya qoluvdiz, opoqta? — deb kulimsiradilar Muhabbat kennoyim.
Munavvar opa esa hiringlab hujraga kirib ketdilar.
Pochcha qo‘l silkib, bosh chayqadilar:
— Keyin-keyin. Bir kun kelib, aytib beraman, kulib yurasizlar.
— Hozir aytsangiz-chi? — dedim men.
— Qizig‘i qolmaydi, jiyan. Ammo-lekin bir tushirdimmi, qizig‘arni bolasini?! — deb ta’sirlanib qo‘ydilar.
Ammo xolam ostonaga yetmay to‘xtadilar, ichlariga sig‘dira olmay:
— Umrbodli dushmanam orttirib olmang-da, Sanobar. Koshki ichiga yutib ketsa. Xudoning ho‘l balosi-ku, — dedilar jig‘illab.
Pochcha bir qo‘llari bilan orqa — bellarini ushlagancha xassaga tayanib turib, sekin o‘rinlaridan qo‘zg‘oldilar:
— Sen ko‘pam g‘am yema, Sanobar. Xudoyim O‘zi g‘amxo‘r. Shu ho‘l balosi bilan ham sinamoqchi ekan, sinayveradi. Hammasi O‘zining qo‘lida. Yorlaqash ham, qiynab-qiynab iymonni charxlash ham. Men yolg‘iz O‘ziga tavakkal qilgan odamman. Bo‘lagidan qo‘rqmiyman. Bilasan-ku, o‘zing, — deb u kishining ketidan tanchali uyga yurdilar. Va bora turib, menga «Yur, Maqsudxo‘ja, oyog‘ingni isitvol. Omon bo‘lsang, bunaqa tomoshalarning ko‘pini ko‘rasan», deb qo‘ydilar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:07:26
Chindanam bu bir bashorat ekan. Mana, endi bu xonadonlargacha kelib yuribdi. Ular turadigan boloxonalargacha chiqib boribdi. Bolalar esa dom-daraksiz. Bu ishda u iblisning qo‘li yo‘qmikan? Hukumatga xizmat qilyaptimi yo boshqa birovlarga?
Arqonning bir uchi shu yerda ekan, nega sog‘ib-sog‘ib oldigacha bormay?
Men ichimda bir jahd uyg‘onib, o‘rnimdan turdim. Yerning tagidan bo‘lsa ham topishim kerak. Yodgormurod haqqi, kennoyim haqqi nima gapligini bilishim kerak!
Shu jahd bilan Eski Jo‘vaga qarab yura turib, kallam birdan tiniq ishlay ketdi: uyga bormay turib, oyimlardan anig‘ini bilmay turib, men kimni izlab yuribman? Axir, sipo yigit bunimas, boshqasini boshlab borgan bo‘lishi ham mumkin-ku. Unda «mashinaning orqasida o‘tirgan formali odam» kim? Avval o‘shani aniqlash lozimmasmi?..
Men jahd bilan uyimizga qayta qoldim. Axir uning izi qaerda yo‘qolibdiki, men qaytmasam?..
(Alhamdulilloh alo tavfiqihi. Kitobning avvali ana shu joyda e’timomiga yetdi).
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:08:21
I k k i n ch i    b o‘ l i m

HIJRON SHEVASIDAGI MAHFUZ XATLAR

I. KEMSHIKTOYNING SIRI — TO‘PIG‘I CHIQQUNCHAMIDI?

Yoxud hikoyachiga qorong‘u
muallifga ayon bir safar tarixi
Falokat oyoq ostida ekan. Qancha yolg‘iztuyoq so‘qmoqlaru tiyg‘onchiq muzliklarda qoqinib-surinmagan jonivor dovonga chiqqanda pand yeb, munkib ketsa-ya. Tag‘inam Xudo asradi. Beligacha kirib ketgan otni qor ichidan bir amallab tortib olishdi. Qolovuz qirg‘iz chol ham o‘ziga pishiq ekan, tayog‘i bilan qorni paypaslab-paypaslab borib, yo‘lni topib oldi. Jabr ko‘rgandan bola ko‘rdi-da. Ot ustidan uchib ketganda qanday tushdi ekan, yetib borishganda boyaqish to‘pig‘ini ushlab chinqirib yotar edi. Chiqqan bo‘lsa shukr-a, singan bo‘lmasin!
Bo‘sh-bayovgina ko‘ringan qirg‘iz chol balodek tabib ekan. Kemshiktoyni aldab-suldab, to‘pig‘ini ko‘rgan kishi bo‘lib turib, oyog‘ini bir burab tortgan edi, boyagidan battar chinqirib yubordi. Chol:
— Bo‘ldu-bo‘ldu, chopqildab ketusan, — deb kaftini kaftiga qoqib, o‘rnidan turgan bo‘lsa-da, bola (rosa qo‘rqib ketgan ekanmi) oyog‘ini hech yerga qo‘ydirmas, qor-muz ustiga o‘tirvolgancha, mishig‘-tupugiga qorishib yig‘lar edi.
Bu yoqda — kun ketib, shom tushib boryapti. O‘ngdayam, so‘ldayam tog‘lar, tog‘larki, bir-biridan ulug‘, bir-biridan haybatluv. Tuman birining yarim beliga o‘rlab chiqqan bo‘lsa, boshqasi botib ketayotgan quyosh nur-larida muztog‘dek yarqiraydi: cho‘qqilarida bulut oq salladek o‘ralib-aylanadi, aylanib-o‘raladi. Faqat past — ular tushib borayotgan tomon ko‘z ilg‘agan joygacha oqarishib turibdi, undan u yog‘i — hov dara chetidagi qarag‘ayzorlargacha shom qorong‘iligiga cho‘kib bo‘lgan. Shunaqa palla.
Bu ahvolda o‘sha najot darasiga qanday yetib olishadi, yolg‘iz Olloh biladi. Qolaversa, bu dovonda — anuv qor ostidan chiqib turgan qora xarsang toshlar ustida jon saqlabam, tong ottiribam bo‘lmaydi. Olam ko‘klamga kirgani bilan bu yerda hali qish bolalab yotipti. Kechasi bilan ne sinoatlarini solmaydi boshga! Es borida qolovuz choldan orqada qolishmagani ma’qul. Uniyam Xudo yetkazdi. Bo‘lmasa, nima qilishardiyu qayga borishardi?!
Quloqlari izg‘irinda lovullay boshlagan ko‘ngilchan odam (uning quloqlari gultojixo‘rozdek qizarib ketgandi!) bolaning tepasida cho‘nqaygancha nima qilarini bilmay, bosh qashinar edi. Yaxshiyam Uchqo‘rg‘ondan chiqarda Nosir maxsumning gapi bilan safar oldidan ikki rakat namoz o‘qib olgani, «Alhamdu»ning zam surasiga «Oyatal kursi»ni qo‘shib, xos duo qilgani1. (Bo‘lmasa, «Salovati tunujina»ni o‘qib, tong ottirisharmidi!).
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:08:32
— Hoy, yurdik! Egarga o‘tqaz, o‘rgansin o‘tirishniyam! — Qolovuz cholning orqasidan otini yetaklagan «Aka pochcha» ilkis qayrilib, shang‘illadi. — Shuni deb ko‘rarimizni ko‘ryapganimiz kammi?!
Yurakning tor-kengligi gavdaga qaramaskan-da, tavba. Otning ustidan uchib ketgani kamday, oyog‘i lat yeb turibdi-ku, bolapaqirning. Tushunish ham kerak-da, buning ahvoliga...
— Mana, hozir — turyapmiz, — deb beshikchi bolaning qulog‘iga shipshidi.— Ular jilvorishdi. Bo‘la qol, Yodgortoy, paytdan foydalanib, irimini qilib olamiz.
Kemshiktoy o‘ksig‘ini ichiga yutib, unga termuldi. Buning orasida ko‘zlarini yengi ila artib qo‘ydi. Beshikchi shivirlab tushuntirardi:
— Buning eng zo‘r dorusi o‘zingda-ku, voy toy bola-ey. Shoshma, men to‘sib turaman, sen to‘pig‘ingga bir choptirvorasan. Bo‘ptimi?.. Daraga tushgunimizcha otdek bo‘lib qolasan. Bo‘laqol.
Bola qisinib yer suzdi.
— Voy, polvon-ey, ha, sen uyalma, taomili shunday,— Beshikchi uning kuraklarini silab qistadi. — Bo‘la qol, mana, pana qilib turibman.
Bola battar qisinib, turishga unnaldi. Pushtipanoh bo‘lib yonida qolgan yumshoqko‘ngil, lekin tarashadek qotma odam hadeb qulog‘iga shivirlardi:
— Sen qo‘rqma, oyog‘ing muzlab qolmaydi. Belbog‘im bor, o‘shanga chirmab tashlaymiz.
Bola baribir unamay, hakachoqlanib tisarildi.
— Unda shoshma, — dediyu beshikchi uning taqimiyu kuragiga qo‘l yuborib, dast ko‘tarib olaqoldi. — Hamonki unamasang o‘zim optushaman. Bu ahvolda egarda o‘tira olarmiding.
Bola avvaliga o‘ng‘aysizlanib, tushishga uringan bo‘lsa-da, so‘ng noiloj jim qola qoldi.
Uzun odam qorda ikki qadam bosdiyu oyog‘i mo‘ljallagan joyga tushmay chayqaldi. Ammo ot iziga tushib olib, yurib ketgach, bolaga buyurgan bo‘ldi:
— Bo‘ynimdan quch, bo‘ynimdan. Ha, ana shunday. Faqat sen, qo‘rqma. Pastga tushib olaylik, o‘zim taxtakachlab qo‘yaman. Qolaversa, Mirzahoji buvangnikiga oz qoldi. Hali seni opoqbuvang ko‘rib, bir xursand bo‘lsin, bir xursand bo‘lsin. Bizni shunday nevaramiz bor ekan Toshkandi azimda deb. Sen sabr qil faqat. Yetkazib boramiz, deb yo‘lga chiqqanmizmi — yetkazib boramiz. Anuv aka pochcha bunaqa dovonlaru o‘g‘ri yo‘llarni endi ko‘rmayapti, qo‘rqma! — U ko‘zi oyog‘ining tagida, o‘zi qadamiga moslab gapirinib bor-yaptiyu bola boyaqish og‘riqni eslab qolmasin, deb attorning qutisida yo‘q so‘zlarni topar edi, — Mirzahoji buvang bizga xonlar ham qilmaydigan yaxshilik qilgan, ha. Davlat uyimizni tortib olib, bir etak bola bilan ko‘chada qolganimizda, necha yil tashqisini berib qo‘ygan. U shunaqa saxiy. Saxiylarning ham saxiysi, yetti iqlimda topilmaydigani. Odamlar tug‘ishganidan bunaqa oqibat ko‘rolmaydi. Bir yoqdan muruvvat qilib sochavuradiyam, bir yoqdan Olloh g‘ayb-xazinasidan yetkazavuradiyam. U topgan savobni poshsholar ham topolmaydi, ha.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:08:43
Oldinda ot tiyg‘onib ketib, qorga uyalab qoldi. Bu yoqdagisi esa, hurkib ketganidan tisarilib, azbaroyi kishnab yubordi. Aka pochcha o‘tirib qolgan, jon achchig‘ida jilovni qo‘yib yubormay siltalar, turishga unnalar-u, tura olmas edi. Boyaqish to‘riq, qordan bo‘yniyu boshi chiqib turibdi-yu, zo‘r berib oldingi oyog‘iga turib olishga intiladi.
— Hov, naynov, sherikmisan — hammolmi? Bolani qo‘y-da, qarash, — deb chaqirdi u jon holatda.
Bu esa, bolani yo‘lning yonbag‘riga shundaycha yotqizishga ko‘ngli bo‘lmay (axir, bilib bo‘ladimi, tekis deb yotqizgan joyi o‘ngir chiqsa va yo o‘pirilib ketsa, bolaning holi nima kechadi?) qorni oyog‘i bilan paypaslab, shibbalab ko‘rdi-da, keyin qo‘yib, otning tizginini tirsagidan chiqara yordamga shoshildi.
U dumidan ko‘tarib, aka pochcha tizgindan tortib, «ha-hu»lashib bir amallab turg‘azib olishdi. Tag‘inam jonivor aqlli ekan, unnala-unnala, surina-surina oyog‘i ostida qattiq bir yer topib, o‘shanga tayanib turib ketdi. Bo‘lmasa, naq otdan ayrilishar ekan. Jonivor turib olibdiyam, titrog‘i tinmaydi. Zo‘r berib pishqiradi. O‘zi tushgan chuqurga xavfsirab qarab-qarab qo‘yadi.
— Buning joni chiqib qopti, samanni ob o‘t. O‘sha bilan yo‘l ochib, tushib olamiz.
— Turishini qarang: o‘takasi chiqib ketipti, yura olarmikan?— dedi otiga achinib beshikchi. Qolaversa, bolani kim optushadi? Aka pochchaning shu jahli bo‘lsa... Murosaga kelib: — Mayli, unda otlarni almashamizmi? — dedi yotig‘i bilan.
Kutilmaganda aka pochcha uni tushundi. Qorda mo‘ltirabgina, har zamonda bir mishig‘ini tortib (hali ham o‘ksig‘i bosilmagan shekilli) o‘tirgan saritoyga nazar tashlab, fikridan qaytdi:
— Bo‘pti, yuraverdik. Faqat yetishib olinglar, — deya otini yetaklab, qolovuz cholga ergashdi. Beshikchi bolaning oldiga qaytarkan, uning o‘tiruvidan achinib, bir yerga yetdi: nima balo, boyaqishning qo‘liga so‘zak kirib ulguribdimi, ko‘zida yosh, joniyu qo‘lini qaerga qo‘yishni bilmay qopti? Hali silkib, hali barmoqlarini ezg‘ilab, «kuh-kuh»lab bir yerga yetyapti? Shunaqa, so‘zakning kirishi oson, chiqishi qiyin. Chiqqanda ham «igna»larini sancha-sancha, jon-jonigacha og‘ritib, keyin tarqaydi! Uning davosi muz yoki qor. Qorga ishqash lozim.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:09:23
— Shoshma, toychoq. O‘zingni bekor qiynama. So‘zakning davosini mana bizdan so‘ra-da. Biz topamiz-da,— deb u saritoyning tepasiga cho‘nqaydi va ko‘karib ketgan qo‘lchasini kaftiga oldi. — Voy-voy-voy, toza yaxlabsan-ku, chaqaman deydi-ku! Qaerda bunday sovuqqa oldirding? Endi shoshma, ozgina chidaysan, — deya oyog‘i ostidan bir siqim qor olib, kaftchasini (barmoqlari bilan qo‘shib) obdan ishqay boshladi. Azbaroyi qattiq ishqaganidan qor sochilgancha sochilib, oxirgilari erishga keldi. Yana olib ishqadi. Unisini ham shunday qilgach:
— Bo‘ldimi, tashlab qochdimi yo haliyam?.. — deb jilmaydi.
Saritoy chehrasi sal ochilib, yengi ila ko‘z yoshlarini artdi.
— Endi qo‘lni cho‘ntakka ur, qaytib kelib qolmasdan, — dedi-da, qo‘lini cho‘ntakka tiqqan hamono ot tizginini bilagiga solib, bolani taqimi tagiyu belidan ko‘tarib ola qoldi. — Sal pastga tushaylik, otga minvolasan. Ungacha bu so‘zak1 izg‘igan dovondan o‘tib olamiz, Xudo xohlasa. Ko‘r, ulardan qancha qolib ketibmiz...
Oldinda pakana qirg‘iz chol hech kimga qaramay yo‘l ochib borar, u ancha pastlab ketganigami yoki shom qo-rong‘iligi o‘sha pastdan toshib-ko‘tarilib kelayotirmi, uning qorasini bir qarashda ajratib olish mahol edi. Shoshilmasa bo‘lmasdi. Bunaqa pallada izniyam yo‘qotib qo‘yish hech gap emas.
— He-hey, jura qolinglar, imildamay.
Kim ekan desa, qolovuz chol ekan. Ovoz pastdan kelar, o‘ziyam mushtdek bo‘lib ko‘rinar edi.
Tushundi: vaqt kutib turmaydi! Tag‘inam Xudo ol qulim, dedi! Kech tushayotganda shu qirg‘iz cholni yetkazdi. Uchta o‘n so‘mga dovondan optushib qo‘yishga rozi bo‘ldi. O‘risning o‘n so‘mligi Nikolayni besh so‘mligidan qolishmaydi-da, o‘ziyam! Almashish mumkin bu yo‘llarda. Xuddi aynimaydigan tilla pulday. Unamay birpas tixirlik qilsa, shunaqadan yana uch-to‘rttasini qo‘shishmoqchi edi.
— Ho-zir! Yetib boryapmiz! — Ular ovoz berib qo‘yib, qadam olishlarini tezlatdilar.
Tangritog‘ga yetib olishsa, bas! Bunga o‘n hissa suyunchi kutyapti. Hammani qo‘yib, Mirzahoji quruq qo‘yadimi! Qolaversa, gap suyunchida ham emas. E, barakalla, hamshaharlar, shundan-shu yoqqa ola keldingizlarmi, bizni toychoqni? Tomirimning tomiri, danagimning mag‘izini? Hay-hay, zo‘r ish qilibsizlar-da. Bir umr esdan chiqmaydigan ish bo‘pti-da, deb bir yerga yetishi aniq.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:10:51
Shunda ham beshikchi qarzdan uzildim, yaxshiligini qaytardim, deya olmaydi. Undan ko‘rgani oldida bu nima bo‘pti?! U o‘nta jonni necha yil qavatiga olib, boshini silaganda... bu bor-yo‘g‘i bitta tomirini asrab-avaylab yetkazib kelsa, nima bo‘pti?
Oyoq ostidagi qor ba’zan unday to‘zib, ba’zan muz kabi g‘archillaydi. To‘g‘rirog‘i, avval muz qavati sinib, keyin oyoqni «yutib» ketadi. Ba’zan tizzaga dovur, ba’zan to‘piqqacha. Yaxshiyam oldingilardan qolgan iz bor, bo‘lmasa, beldan botib ketishi tayin. Keyin birov kelib tortib olmasa, chiqib ko‘r. Qolaversa, shu bemahalda kim ham kelib tortib olardi?! Ertalabgacha qolib ketgan kishi muz qotib qolsa ham ehtimol... Ba’zilar shunday...
Shom ivir-jivirlari ustiga ko‘ngilga og‘ir bir g‘ashlik oralab borar, bunday sovuq fikrlardan (avvalo, Xudo o‘zi asrasin!) seskanib-seskanib ketardi. Yaxshiyam anavi qirg‘iz cholni uchratdilar. Balki u chol ham emasdir, chinakam Hizr buvaning o‘zidir? Manavi bolaga Xudoning rahmi kelib, Hizr alayhissalomni yo‘llagandir. Musoga qish qattiq keladi, deb ogohlantirganda o‘rtada bir kiyik bolalab qo‘yib, qishni survorgani kabi... Qolaversa, niyatlarini ko‘rib-bilib turibdi Xudoning o‘zi. Bu yerda bekorga tentirab yurishgani yo‘q. Ishqilib o‘zi qo‘llasin. Manavi birovning omonatini eson-omon yetkazib borishsin.
Beshikchining quchog‘idagi bolakay qunishib g‘ingshidi. Yo‘q, g‘ingshidi, desa, ingrayapgan ekan. Uning bir burda yuzi oppoq oqarib ketgan, ustiga-ustak behol tortib, ko‘zini yumib olgan edi. Ichidan qirindimi, nima o‘tdi: to‘pig‘i joyiga tushmagan ekanmi! Haligacha tinchib qolishi kerak edi-ku?..
Shu qo‘rquvda... quchog‘idagi bolakayni balandroq ko‘tarib, qulog‘iga shivirladi:
— Sen qo‘rqma, toychoq, oz qoldi. Dovondan tushib olsak, tabib toptiramiz. Qirg‘izlar sindi-chiqdiga zo‘r bo‘lishadi. Ko‘rib turasan, otdek bo‘lib, chopqillab ketasan.
Yo to‘nining tafti yoqdi yo shirin so‘zlari elitdi, bolakay tinchib qolgan, faqat ora-chira o‘ksig‘i tutib, xo‘rsinib-xo‘rsinib qo‘yar edi. Ko‘zlari yumuq, beholgina bag‘riga singib, g‘ujanak bo‘lib olipti. Ishqilib, isitmalab qolmasin. O‘z oyog‘i bilan chopqillab kelayotgan bolakay... bu yog‘iga yuk bo‘lmasa koshki edi...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:11:49
Yurak nimalarni sezmaydi. Yarim soatlarga qolmay daraga tushib olishdiyu qolovuz chol uchta o‘n so‘mlikni kaftida tutgancha duo qilib, orqasiga qaytaverdi. Qo‘lidagi tayog‘ini demasa, ishongan hech vaqosi yo‘q pakana cholning shu bemahalda dovon oshib yurishi, ertaminan qaytarman demay yolg‘iz ketvorishi chindan g‘alati edi. Qo‘rqmagani uning!.. Rostmana odam... yuragi dov bermasa kerak edi. Shunga qaraganda... chindanam Hizr shekilli. Faqat pul olgani qiziq edi. Yo kishi ko‘ziga shunday qildimikan?
Aslida o‘sha uchta o‘n so‘mlik kissasida bo‘lsa-chi?
Beshikchi shu tobda kissasiga qo‘l yuborgisi ham keldi-yu, lekin saritoy quchog‘ida edi, aniqlay olmadi.
Shu ketishda xuftonga qadar o‘raga tushib qolgandek yurib (chindanam uch tomon qop-qora bahaybat tog‘laru faqat tepada bir tutam yulduzlar ko‘rinardi, shunaqa daraga tushib qolishibdi), allamahalda lipillagan bir yorug‘ga yetib borishdi. Uni chiroq deb o‘ylashgan edi, tosh o‘choqdagi olov bo‘lib chiqdi. Yo‘lga orqa o‘girgan pastak kulba qoraygandan qorayib ko‘rinar, jimjitlik yutaman, derdi. Ammo chaqirishlari bilan buzoqdek it hurib chiqib, orqasidan oqsoq odamning qorasi ko‘rindi.
— Aristan, jat! — Shu bir og‘iz so‘zdan it jilib, o‘zi yelkasi tushib-chiqib kela boshladi. U qorong‘uda hiyla haybatli ko‘rinib edi, asli kaltabaqay, ham tug‘ma oqsoq ekan. Bir oyoqi kalta shekilli...
— Keling, qardash, — deb nomigagina tutilgan shoh- devor yonida to‘xtadi u.
— Ko‘rib turibsiz. bemahalga qoldik. Bir kecha qo‘noq etasizmi, deb... — dedi aka pochcha, — chaqirib turganimiz.
Uning gapidan beshikchi xijolatlarga tushib ketdi: tavba, bu kishini kim aytadi shaharlik deb, ko‘cha ko‘rgan deb? Avval salom, ba’daz kalom, emasmi? O‘zi quchog‘idagi bolakayni balandroq ko‘tarib tavozu- landi:
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:18:34
— Assalomu alaykum, amaki. Biz-ku, har yerda tunab ketaveramiz, lekin manavi jujuq bor, buning ustiga oyog‘i lat yeb, azobga qoldi. Bir kecha ming kecha bo‘lmas?..
Yuzini ilg‘ab bo‘lmayotgan qo‘rg‘on egasi bolaning ahvolini eshitib, chetan eshikning tambasinimi, nimasini olishga shoshildi:
— Vaelaykum, vaelaykum, quday yetkazibdu — kiringtar-kiringtar, — deb o‘zi yo‘l boshlayverdi, kulbaga yaqinlashganda yana so‘rab qo‘ydi, — uqtab qoptumu, tayshaq?
— Ozgina mizg‘idi. Falokat-da, otdan uchib, to‘pig‘ini chiqarib oldi. Shu qaytmayapti, — deb tushuntirdi beshikchi.
— Ay, sundaymu? Quday asrasun. Taylar qoqulub ot bo‘lur-da, Qudayim o‘zimga jo‘llabdi-da, — mezbon kutilmaganda so‘zamol, ham bolajon chiqib qolgan edi. U aka pochchaga otlarni qaerga qantarishu qaerdan yem olishni tayinlab, beshikchini yana ichkari boshlayverdi. — Qanu, qanu, opkeling-chu, samantayshaqnu bu yaruqqa.
O‘zi pastak eshikdan daxlizga kirib, tokchadan qora chiroqni oldi-da, kulba ichkarisiga yuraverdi. Bu orada bola uyg‘onib ketgan, qaerga kelib qolishganini anglay olmay har yoqqa bir javdirar edi. Beshikchi uni kulba egasi ko‘rsatgan yer — po‘stak ko‘rpacha ustiga yotqizmoqchi edi, bola nimadandir qo‘rqib,uning bo‘yniga yopishdi:
— Yo‘q, yo‘q, bu yerda qomiymiz, ketamiz. Buvimga ketaman, — u uyg‘onib bo‘lib ham o‘sha yo‘ldagi gapidan qolmayotgan edi, — uyimga oborib qo‘yila.
— Iy-y, jigit deganam jig‘laymu? Qanu ayoqtu bering-chu, uzating-chu. — Cho‘nqayib ulgurgan chol qo‘lidagi chiroqni namat ustiga qo‘yib, to‘piqqa bog‘langan belbog‘ni yechib edi, u qaytish o‘rniga do‘mbira bo‘lib shishganini ko‘rdilar.
— Ay, jigit-a! Ay, tayshag‘im-a! Sunga sunchalikmu? Hech nima qilmapti-ku. Davosi sho‘tta-ku, — deb u chiroqni ko‘tarib, yana daxlizga chiqa boshladi. U har qadam tashlaganida o‘zidan katta, bahaybat soyasi dam shiftdan qochib, dam ulg‘ayar edi.
Ko‘zlarini mushti ila ishqab, mishig‘-tupugiga belanib o‘tirgan bolakay chiroq jilishi bilan birdan yana beshikchining qo‘liyu tizzasiga yopishib qoldi-ku:
— Bo‘ldi, ketayluk? Qomayluk, jon amaki?— Ichkari kirib bo‘lishganda uning harxashasi g‘alati edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:18:50
— Oyog‘ing bu ahvolda... qaerga boramiz? Qo‘rqma, bu odam shunday silab-silab davolaydi, — Beshikchi uning kuraklarini silab, yupatishga urindi.
Ammo Yodgor deganlari tizzasiga battar yopishib, azza-bazza ho‘ngrab berdi:
— Kerakmas: silamasin ham, qaramasin ham! Opoqbuvimga ketaman, uyimizga ketaman.
Beshikchi endi bo‘g‘ziga bir narsa tiqilib, yupatar so‘zini ham yo‘qotgan edi:
— Uying qayoqda qoldi, bilasanmi? — dedi jahli chiqa boshlab. — Axir, yetib qoldik-ku, yetadigan jo-yimizga. Jindak sabr qilsang — buvangnikiga...
Bola endi uning tizzalariga shappalab, bosh chay-qab-chayqab yig‘lar:
— Keragamas menga buva! Qaytarib opketinglar: meni hech qanaqa buvam yo‘q, men Yodgor ham emasman, Akbarman! — deb uvvos solar edi.
Beshikchi endi uning boshini, kuraklarini silab ham, «hoy, toy bola, toychoq bola, eshit», deb ham yupata olmasdi. Bu yoqda, dahlizga chiqqan uy egasidan uyalib, xijolatlarga tushib ketyapti. Bular kim ekan, bola o‘g‘rilari ekanmi, deb o‘ylamaydimi, axir?!
Chakkasini bir nima siqib kelib, bolani dast ko‘tarib oladigandek, ikki tirsagidan mahkam tutdiyu o‘zini sekin silkiladi:
— Hov, bola! Yodgormurod o‘zimman, opoqbuvamni sog‘indim, degan kim edi?! — dedi shivirlab.
— Aldovdim... yolg‘on edi hammasi... — Bola qayta mishig‘-tupugiga belanib borar, o‘zi hiqillab qolgan, boshini tizzasidan uzib bo‘lmasdi: shunaqa yopishib olibdi.
— Biznimi, devonanimi? — deya oldi beshikchi.
— Uniyam... silaniyam...
Beshikchi jim qolib, ichi sidirildi. O‘zi sezmagan holda bolani bag‘riga torta boshlagan, boshini silay boshlagan edi.
— Nega, o‘g‘lim? Nega bunday qilding? — dedi sekin.
Bola ham uning bag‘riga singib borar ekan:
— Ketgim, qochib ketgim... keluvdi, — dedi o‘sha ko‘yi hiqillab.
— Kimdan? Odam ham o‘z uyidan qochadimi, o‘g‘lim?— dedi beshikchi ovozi o‘zgara boshlab.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:19:09
Bola javob bera oladigan holda emasdi, boshini tobora uning bag‘riga tiqar, javob o‘rniga ham:
— Ketayluk, ketayluk, — deb o‘tinar edi.
Bu orada uy egasi izlagan narsasini topdi shekilli, chiroq, chiroqqa qo‘shilib yorug‘ qayta boshladiyu beshikchi shoshildi:
— Yaxshi, avval oyog‘ingni ko‘rsatayluk, keyin. Jindek chidaysan, xo‘p?
Bola ko‘nib, bosh ko‘targuncha uy egasi — pakana oqsoq chol xitoy qog‘ozga o‘rog‘liq bir narsa ko‘tarib ostona oshgan, yo‘lakay jilmayib kelar edi.
Beshikchi bolaning yelkasiga qoqdi:
— Qo‘y endi, bo‘lar ish bo‘pti. Avval o‘zing tuzalib ol-chi.
Shu payt kovshandozga qoqinib, pishillagancha eshikda aka pochcha ko‘rindi.
— Qalay, to‘piq joyida ekanmi? Egardan uchganiga shunchalik, ot tagida qolsa nima bo‘larkan? — deb kayfi chog‘ holda kirib kela boshladi.
Beshikchi unga o‘qrayib qo‘ydi-yu, lekin sir boy bermay choldan so‘radi:
— Nima buniz, ot yog‘imi?
— Ha-da. Qani, jigit, men bir ko‘ray-chu. Tay baldar jig‘laydimu. Qo‘rqoq baldar jig‘laydu. — Chol pufakday shisha boshlagan to‘piqni yoruqqa solib, avaylab ushlab ko‘ra boshladi. So‘ng: — Shashma-shashma, qo‘rquvdirgan jeri jo‘q, qani, munday uzat-chu, yanada uzat-chu, — deb turib, kutilmaganda oyog‘ini bir burab tortgan edi, bola chinqirib yuborayozdi.
— Ana bo‘ldu, tushdu. Janung kirub uxlaysan endu. Ya haluyam og‘ruttumu? — dedi u bolaning boshini bag‘riga tortib qo‘yib.
Saritoy zirillab, nari surilishga urindi-yu, lekin shu barobar oyog‘ini qimirlatishdan hayiqib, uni ikki qo‘llab changallab olgan edi.
— Endi qo‘rqmu. Jig‘loq baldar uyimga ketamanlaydu. Sen qarab tur, ertaman chapqildab ketusen, — deb kaftidagi moyni iylashga tushdi.
— Uyga? Ol-a! — Uzun-uzun qo‘llarini yoniga shappalab, sharaqlab kulib berdi Aka pochcha. — Ha, opoqbuvangnikiga kepqolganda-ya!.. E, seni qara-yu.
Beshikchi qaddini rostladi.
— Bir erkaligi tutib aytdi-da, amakisi. Ertaga chopqillab ketsin, ko‘rasiz. — U sirni andavalamoqqa urinardi-yu, lekin o‘zining ham ichidan qirindi o‘tib borar edi; «Hali biz Mirzahoji buvaga shunday «sovg‘a» olib ketayotirmizmi?..»
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:19:25
2. XOS DUO

Kechasi allamahalga dovur gaplashib o‘tirib edik. So‘ng ichkari uyga kirib, divanga yonboshlabmanu qotibman. Nazarimda, yarim soat ham uxlamovdimov. O‘ng yonim bilan yotib, shu yonim bilan turdim shekilli. Lekin rosa shirin tush ko‘rayotgan ekanman: kennoyimni ko‘rgani borgan emishmiz. Deraza oldida salomlashib turib edik. Men uning oyoqqa turganini ko‘rib, bir yerlarga yetib ketyapman:
— Voy, tuzalib qopsiz-ku, em bo‘lsa, shu-da. Hali o‘zingiz yurib chiqib ketasiz bu yerlardan, — deyman. Lekin kennoyim ochila qolmaydi, mahzun tortib, iymanib boryapti. Nimanidir aytolmayapti ham. Bir mahal qarasam, qo‘ltig‘ida qo‘ltiq tayoq!
— Voy, kesishdimi?! — deb yuboribman...
Qo‘rqib ketganimdan o‘zimga kelolmasdim. Turib tashqarilarga chiqib keldim. Yotib yana tush ko‘ra boshlabman. Ovozini juda aniq-taniq eshitardim:
— Yaxshiyam Siz borakansiz, qaynujonum, — derdi bu gal kennoyim, — mingdan ming rahmat, Yodgormurodumni olup ketupsiz! Uni o‘pub qo‘ying! Xo‘p?..
Yo qudratingdan! Shunaqa ham aniq-taniq tush bo‘ladimi? Bor-yo‘g‘i, iltimosini ado etib, Yodgormurodni ko‘zdan nariroq olib ketganimmi? Keyin-chi, bu yerdanam ilib ketishdi-ku, baribir. Nimadan belgi ber-yapti bu tush? Nimaga tabib to‘ramning berganlari emiga tushmabdi? Tushuna olmasdim...
Bugun ishdan chiqiboq ko‘rib kelishni o‘ylab ishxonaga borsam, oyna ustida omonat xatcha turibdi. Yuragim shig‘ etdi: hamxonalarim yozib qoldirishadigan bunaqa xatchalarning ko‘pini ko‘rganman. Nari borsa, muharrirning yo‘qlovi yo topshirig‘i bo‘lardi. Ammo buni ko‘rib... etlarim jimirlab ketdi.
Xudo haqqi, qo‘rqibgina ochsam, mudirimizning yozuvi. (U kishi menga hech xat-pat qoldirmasdi. Har qanday oshig‘ich topshiriq bo‘lsa betma-bet aytardi.) Bu gal yirik-yirik harflar bilan yozardi:
«Maqsudjon, qaerlarda yurasiz! Shifoxonadan chaqirishdi. Uchib borarkansiz. Bugun operatsia kuni ekan. Sizga juvob! Yordam kerak bo‘lsa, aytarsiz. Abdulla akangiz».
Tushim yodimga tushib... ichim shuvillab ketdi. Nahot kennoyim?.. Tabibning dorusi-chi? Kor qilmabdimi? «Yodgormurodimni o‘pib qo‘ying» degani shundan ekanmi?
Chiqdim. Xat qaerda qoldi, eshikni qayta yopdimmi-yo‘qmi, bilmayman. Katta ko‘chaga tushib, duch kelgan mashinani to‘sdim.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:19:36
Egasi chakkasiga oq oralagan, hiyla bosiq odam ekan, iltijomni eshitiboq bosh irg‘adi:
— O‘tiring.
Balki mening kuyib ketganimni ko‘rib, rozi bo‘la qolgandir. Chindan men hozir kennoyimdan bo‘lak narsani o‘ylamasdim: «Tavba, Hizrday oq-oppoq qariyani tushlarida ko‘rib, duosini tildan qo‘ymay o‘tirgan odam... nechuk operatsiaga rozilik bera qolibdi? Yo biron kor-hol ro‘y berdimikan?» Ichimni it tatalab, shayton xayolimni har yoqqa olib qochardi. Shofyor ham «ignaning ustida o‘tirganimni» ko‘rib, mashinasini chorrahalardan epchillik bilan o‘tqazib borar, o‘zim esa, qaysi ko‘chadan ketayotganimizni farqlamay qo‘ygandim.
— Katta darvozasiga boravuramizmi? — dedi u bir mahal.
Men daf’atan anglamagan ekanman, keyin tushunib qoldim:
— Ha, ha, o‘sha yoqdan, — dedim, shu barobar xayolimda anuv «jonimni qoqay» xushro‘y ayol — eshikbon aya jonlandi. Axir kennoyimni qaerga olib ketishganini bilar-ku, u.
Shifoxona darvozasining biqinidagi mo‘’jazgina yo‘lagu dorbonxona ko‘zimga olovdek ko‘rinib ketdi. Yugurgilab chiqib borsam, oynavand yo‘lakning orqasida xushro‘y opaning o‘zi sarvdek bo‘lib turibdi. U kishining o‘zi ham meni ko‘rib, ichkaridan chiqib keldi:
— Voy, bormisiz, opovsi? Qaerga opketishganini bilasizmi?
— Qaerga?.. — dedim yutoqib.
U uzrxohlik bilan boqardi:
— Kecha birato‘la ayta qolmaganimni qarang. Ovora bo‘lib kelib o‘tirmasdiz. Kechasi bilan ich-etimni yeb chiqsam-a... Mashinangiz bormi?
Men bosh irg‘ab, tashqari qarab yuraverdim:
— O‘zlari qandaylar, o‘zlari? Bugun ko‘rdizmi o‘zi?
— Ko‘rdim-ko‘rdim,— dedi ovozi o‘zgarib.— Bag‘rim-ga bosib, shu tasalli beraman, deyman, qani bera olsam. Qaytaga o‘zi bardoshli ekan: «Xudo bor, opa, O‘zu qo‘llaydu. Uning xohlagani bo‘ladu, biznikumas. Rahmat, yaxshiyam Siz borakansiz», deydi, alqaydi. Yig‘lab xayrlashdik. Oydek juvon... yarimta bo‘lib qayt-sa-ya?..
— Nimaga birdan aynib qoldilar? Tuzzuk edilar-ku?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:19:49
— Tuzzuk edi, opovsi, rangi-ro‘yi ham ochilib borayatuvdi. Nima bo‘ldi-yu... do‘xtirlar chop-chop qilib qolishdi...
— Yo anuv opkelgan dorumni... ichmay qo‘ydilarmi?
Opa bosh to‘lg‘adi:
— Yo‘q, ichgan sarim yengil tortyapman, deb o‘tiruvdi. Qolaversa, Siz bilganiz yo‘q, to‘ramning o‘zlari kelib, ko‘rib ketdilar.
Men sapchib tushdim!
— Qanday! O‘zlari-ya? Birov bilan adashtirmayotirsizmi?
Miyam o‘qday ishlardi: «Yoki birov u kishining suvratida kelib... biron narsa berib ketdimikan?» Xayol qursin, ming yoqqa opqochardi.
— Voy, opovsi, u kishini taniyman-ku. Qolavursa, yuzlaridan nur yog‘ilib turibdi.
— Unda... qistagan kim, qo‘ymagan kim? — dedim ichimga sig‘dirolmay.
Opa atrofga bezovta alanglab, qulog‘imga shivirladilar:
— Bosh vrachimiz ikki oyog‘ini bir etikka tiqib, kallam ketishini istamayman, konsilium qarorini buzmanglar, deb turvolganmish.
Hayron qoldim:
— Yo To‘ra buva kelganlaridan... cho‘chib ketdimi?
— Bilmasam, ketidan keladigan g‘avg‘osiga tobim yo‘q, debdimish.
Kimdan qo‘rqyapti? Chaman akamdanmi yo idorasining nomidan? Boshqa gap yo‘qmikan?
— Chatoq bo‘pti. Qaytaga endi eshitadi eshitadiganini! — dedim zinadan tusha boshlab.
Opa hushyor tortdi:
— O‘ziga kira qoling, haliyam bo‘lsa.
— Yo‘q, endi foydasi yo‘q: g‘isht qolipdan ko‘chib bo‘pti. Qayoqqa opketishdi? — dedim.
— ToshMIning jarrohligiga, — dedi qaytaga battar tashvishga tushib. U menga tasalli bera olmayotganidan xijolatda — ich-etni yeb, ergashib kelardi.
— Mayli, rahmat, biz ketdik, balki ulgurarmiz.
Nazarimda, ulgurib operatsiani to‘xtata oladigandek edim.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:20:09
Jo‘nadik. Qaytaga, Opovsi opaning o‘zi xijolatda qoldi. Hamisha shunday bo‘lgan: yaxshilik sog‘ingan kishilar iztirobda qolaverganlar. Biz burila boshlaganda, u temir darvoza oldida ro‘molining uchini tishlagancha mung‘ayib turar ekan, so‘nggi daqiqada qo‘lini ochib, yuziga tortdimi, tortmadimi — ilg‘amay qol-dim.
Borsak, allaqachon jarrohlik bo‘limiga opkirib ketishibdi. O‘pkam bo‘g‘zimga tiqilib, kirib boraverdim.
— Hay, hay, mulla aka, qayoqqa? Bu yoqqa mumkin emas, — deb bir hamshira azza-bazza qo‘llarini yozib, yo‘limni to‘sib chiqdi. U oq-oppoq oxorli xalatu qalpoqchalar kiygan, englidanmi-qaerdan boshni aylantirayozgudek atrlar gurkirar edi. Oddiy bo‘lsa ham koshki, yuziga qaraboq angladim: u yangi kelinchak edi.
Ochig‘i, uni bosib o‘tib keta olmadim.
— Mayli, beri keling, kelinposhsha, — deya shivirlab, chetga imladim.
U bu muomalamdan yuzlari duv qizarib, yana ham ko‘hlik tortib ketdi. Ammo o‘zi boyagidan ancha tushgan edi.
— Aytavering, — dedi o‘ng‘aysizlanib.
— Statsionardan... kasal opkelishdimi? Hozirgina?
— Ayol kishi edimi, opkirib ketishdi, — deb endi menga achinib qaradi. — Esiz, endi qo‘yishmaydi. Professorning o‘zlari shu yerdalar.
— Demak, kesishmoqchi? Shundaymi? — dedim ichim sidirilib.
Kelinchak menga haligidek achinab boqdi:
— Iloj qancha, bo‘lmasa, asrab qolisholmaydi: qorason, axir!
— Qorason?!
Men xushim uchib, o‘zimni unutgan ekanman, hamshira zo‘r berib meni yupatardi:
— Siz qo‘rqmang, professorimizning qo‘llari yengil: qanchalarni qutqarib qolganlar...
Qulog‘imga shunga o‘xshash taskin-tasallinamo gaplar kirar ediyu o‘zim deraza rahiga suyanib qolgan edim. Shu holimga men bu soddadil kelinchakka nimaniyam tushuntira olardim. O‘sha oyog‘i kesiladigan ayol ham uningdek bir mushfiqa ekanini, boshida hech kimi yo‘qligini qanday ayta olaman? Qolaversa, qarin- doshlaridan hech kim bu ishga rozilik bermaganini-chi? Tushuntirganimda ham bu hamshiraning qo‘lidan nima kelardi?..
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:20:21
Bo‘shashib, shundoq deraza tagidagi o‘rindiqqa cho‘ka qoldim: Nima qilsam ekan? Xat kirgizsammi? Xatimga qarasharmidi? Yodgorga ovora bo‘lguncha, o‘sha yoqqa chopmaymanmi! To‘ra buva kelganlarida men bormabman! Borsam, operatsiaga qo‘yarmidim! Endi Chaman akaga nima deyman? Akamga-chi?!
Kimdir ship-ship kela boshladi. Yo‘q, yo‘lakdamas. Shu yaqinda. Qarshimda to‘xtab edi, boyagidek atir gurkirab ketdi. Ko‘zimni ochsam, chindan o‘sha kelinchak.
— Balki... boshlig‘imiz bilan... gaplashib ko‘rarsiz. Huv, anuvi xonadalar, — dedi yolg‘iz o‘zimga eshitilarli qilib. Shundagina uning surma tortilgan ko‘zlari kiyiknikidan ham ma’sum ekanini ko‘rdim. Taklifi esa, undan ham go‘zal edi.
Darovqe, nega bo‘shashyapman?! Meni kim aytadi muxbir deb? Qizil guvohnomam-chi? Shu yerda ish bermasa, qachon ish beradi?!.
— Bormisiz! Boyadan beri aytmaysizmi!
Men tura o‘sha xonaga intildim.
— Faqat meni aytdi, demaysiz, o‘ldirishadi, — dedi kelinchak shivirlab.
Men o‘girilib, boshim yerga tekkudek ta’zim qildim:
— Ishoning, miq etsam tilim... kesilsin...
Eshikni o‘zim ochdimmi, birovmi — bilolmay qoldim. Ostonada yuzini yoshligida chechak chakichlab ketgan barvasta odam turardi. Boshdan-oyoq oq-oppoq kiyingan kishi og‘ziga oq doka tuta-tuta chiqib kelmoqda edi. Biz sal qolsa, urilib ketarkanmiz.
— Jon do‘xtir aka, bir daqiqa, — deya bostirib kira boshlab edim, u oq tog‘dek bo‘lib yo‘limni to‘sdi. Og‘zidan oq matoni olib o‘tirmay:
— Mumkinmas. O‘zim kech qolyapman, — deb g‘o‘ldiradi.
Bo‘sh kelsam, ko‘kragi bilan turtib eshikdan chiqarib qo‘yadigan.
— Bugun sizlarda nodir operatsia borakan. Shunga kelib edik, — dedim so‘nggi imkoniyatimni ishga solib.
Boshliq garangsidi:
— Qanaqa-qanaqa?
— Nodir operatsia.
— U nima deganingiz?
Men bo‘sh kelmadim:
— Ya’ni, qorason. To‘g‘rimi?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:20:32
U noiloj bir qadam chekindi:
— Xo‘sh, nima bo‘pti?
— Shaxsan professorning o‘zlari qilyaptilar ekan.
— To‘g‘ri, — dedi u hamon hech narsaga tushunolmay, lekin oq dokaning bog‘ichini qulog‘idan tushirib, rost-mana odamga o‘xshab gaplasha boshlagan edi. — Qaerdan bo‘lamiz, deysiz?..
Men gazetaning nomini aytib, qizil guvohnomamni uzatdim:
— Mumkin bo‘lsa, o‘sha operatsiaga qo‘ysangiz. Bitta xalat topilar, axir?
Chechak izlari tundlashib, u bosh chayqadi:
— Afsuski, ruxsat berolmayman. Professor siz o‘ylagancha emas.
— Qanday? — dedim garangsib.
— Sizga qo‘shib meni ham haydab chiqarishadi. Shuni istaysizmi?
— Unda... unda...
— Ilojingiz qancha. Shu xonada kutib turasiz. So‘ng epini qilsangiz, gaplashib olarsiz. Xo‘p, men ketdim.
U oq bog‘ichini tuta-tuta chiqib ketdi. Men miq etolmayin ham qolaverdim. Ana, yolg‘onning umri! Hatto qizil guvohnomam ish bermadi!.. Ol-a, endi nima qildim? Yo‘lakka chiqolmasam (to‘g‘risi, kelinchakning yuziga qanday qarayman?), pastga tushib ketaverishga g‘ururim yo‘l bermayapti. Ne-ne vazirliklarga kirib bora olgan odam... shu yerda yo‘l topa olmagan edim. Noiloj stulga cho‘kdim. Bosh muharririmizning so‘zlari quloqlarim ostida jaranglar edi: «Bizning muxbirlar hech kimning kabulxonasida kutishga haqqi yo‘q. Hamma eshiklar unga ochiq. Kirolmadimi, tamom, gazetachi emas!» Emas, emas, emas.
Menga alam qilayotgani bu ham emasdi: shunday qo‘l cho‘zsa yetgudek joyda turib, mana, yetib keldim, deb kennoyimga birrov ko‘rinish berolmayotganim, og‘ir kunda tepasida bo‘lolmaganim alam qilardi. Qolaversa, nima bo‘lgan o‘zi? Nega kesishyapti? Shusiz mumkin emaskanmi?
Chidamay turib ketdimu betoqat kezina boshladim. Yuragim bo‘g‘zimga tiqilib kelib, tars yorilay der edi.
Shu vaqt eshik ochilib, ostonada boyagi hamshira ko‘rindi.
— O‘tiribsizmi? — dedi u jilmayib. — Ketib qolmasakansiz. Xo‘p?
— Nima, biror yangilik bormi? — dedim entikib.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:20:45
U shirin im qoqdi:
— Bor, bor, hali aytishadi.
— Hozir ayta qoling? — deb yalinib boraverdim.
— Ketmay turarkansiz, professor aytdilar.
— Professor?
— Ha, gazetaga yozadigan ish bo‘lyapti ekan.
— Shoshmang, tushuntiribroq ayting.
Kelinchak yelkasini shirin qisib, qimtindi:
— Jindak sabr qiling — bilasiz.
Nafasim ichimga tushib ketdi: Nahot operatsia tugab, kesib ulgurishdi?! Professor nima bilan maqtanmoqchi? Kennoyimning ahvolini tasavvur etib, etlarim junjikib ketdi.
Kelinchak qaytayotib o‘girildi.
— Siz suyunchini hozirlayvering, — dedi shipshib. So‘ng ichiga sig‘dirolmay aytdi-qo‘ydi: — Kesishmaydigan bo‘pti, bildiz.
— Voh. Olloh bor ekan-ku! — Men do‘ppimni osmonga otadigan holga tushgan edim: — Nechuk?
— Arra olmabdi.
— Olmabdi? Olmaydi ham-da! Ana, men nima devdim?! — Men yangi bo‘lgan jinnidek shovqinlab, quvnar edim!
Hamshira shoshib qoldi:
— Voy, kiring-kiring. Meni baloga qoldirasiz.
Shu vaqt yo‘lak oxirida uch-to‘rt oq xalatli kishilar ko‘rinib, kelinchak battar o‘tinib-yalinishga tushdi:
— Ana o‘zlari, iltimos, kirib tura qoling.
Men ostonada turgancha ich-ichimdan yoqa ushlardim:
«Yo, tavba, bu qandayin mo‘’jiza? Arra olmaganmish!»
Men hamon garangsib turarkanman, oq xalatiyu bilagiga qadar kiydirib qo‘yishgan zangor yenglikkacha o‘ziga yarashib tushgan professor yaqinlashib kela boshladi.
— Mana shu yigitni aytuvdim, — dedi boyagi chechak yuzli boshliq.
Professor yoqimli jilmaydi:
— Ayni vaqtida kepsiz. Hizr emasmisiz, mabodo?
Rost shekilli?! Men hayajonda unga qarab alpang-talpang qadam tashladim. U yigitlardek kaftini kaftimga urib ko‘risharkan, qo‘ltig‘imdan olib ichkari boshladi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:20:55
— Men hammasini birma-bir aytib beraman. Ammo avvaldan kelishib olaylik: yozmaysiz. Yozmayman, deb so‘z berasiz, — dedi u.
— Nega? — Men quvonishimni ham, quvonmasimni ham bilmasdim.
— Chunki bu gazetalarda ovoza qiladigan ish emas. Bu — mo‘’jiza! — dedi u meni tong qoldirib. — So‘z berasiz, a?
— Ayting, aytavering-chi, — dedim sir bermay.
— Yo‘q, mening boshim ikkitamas, o‘rtoq muxbir. Qolaversa, sizniki ham, — dedi u xonaga kirgan zahoti o‘zini divanga tashlab. So‘ng yarim yonboshlab oldi-da, qarshisidagi stulni ko‘rsatib, o‘tiring, dedi. — Men umrim bino bo‘lib, bunaqasini ko‘rganamasman. O‘lay agar. Yuzlab odamlarni operatsia qilganman. O‘nlab oyoqlarni kesib tashlaganman. Lekin bunaqasi bo‘lmagan.
— Qanaqasi? Mumkin bo‘lsa, tushuntiribroq ayting, — dedim yaqinroq surilib.
Professor negadir labini jiyirdi, so‘ng qaddini ko‘tarib o‘tirdi:
— Rosti, dahriyroq bo‘p ketganmizmi o‘zimiz ham...
— Xo‘sh, xo‘sh?..
— Bu juvonda bir gap bor. Hamma alomatlari aytib turibdi: qorasan boshlangan, kesmasa bo‘lmaydi. Lekin qanday duo o‘qib qo‘ygan, arra oyoqni olmayap- ti — pichoqni yo otib yuborib, yo sinib tushyapti.
— Tizzasi-chi, shish-chi? — dedim yutoqib.
Professor ko‘zoynagini olib, aftimga tikildi:
— Siz... qaerdan bilasiz?
Men qovun tushirib qo‘yganimni anglab, yerga qaradim. Endi rostiga ko‘chmasam bo‘lmasdi:
— O‘sha juvon — mening kennoyim bo‘ladilar.
— E, shunday demaysizmi?— Professor tepakalini silab, o‘ziga keldi va orqasiga suyanib, qaytarib so‘radi.— Rostini ayting, tabibga qaratayotganmiding-lar?
Men uning yuziga qarayolmay bosh silkidim. U chuqur tin oldi:
— Aytuvdim-a, texnikaga nima jin urdi deb. Sizga ruxsat, xushiga keltiradigan xonaga olmaslaridan ko‘-rishingiz mumkin.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:21:03
Men sakrab turib, eshikka yo‘naldim. Professor xo‘rsindi:
— Faqat bir narsani aytmay ketib qolmang-a.
— Nimani? — dedim hayron qolib.
— Arra olmaganining boisini. So‘rang-chi, qanaqa duo ekan?
— Albatta, albatta. — Yo‘lakka chiqsam, haligi xonadan to‘rt g‘ildirakli aravachada oq-oppoq choyshablarga o‘ralgan biravni opchiqib kelishyapti. Yugurgilab bordim. Bir aniq baxtsizlikdan qutulib qolgan kennoyim yuzlari oqarib, o‘zini bilmay yotar, hatto sun’iy nafas yuboradigan apparatlarigacha olinmagan, ko‘zlari ham yumuq, faqat mijjalarida ikki tomchi yoshmi — nima, yiltirar edi.
— Kennoyijon? — dedim men ich-ichimdan bir titroqqa tushib.
Ammo shu tobning o‘zida ikki hamshira ikki qo‘ltig‘imdan olib, chetga tortdilar.
— Mumkin emas, siz kimlari bo‘lasiz?
Men aytdim. Ular bosh chayqadilar:
— Xushlariga kelishlarini kutasiz.
— Kutaman, faqat boshlarida o‘ltirishga ruxsat etsangiz bas, — dedim to‘liqib.
— Yaxshi, chaqiramiz.
Men shunga ham mingdan ming rozi edim. Asrga yaqinmi, allamahalda u hushiga kelib, ko‘zini ochdi va ming shukrki, ko‘z ochib meni ko‘rdi.
— Xudoyimdan... intiqib-intiqib... so‘rab edum, yetub kebsuz... So‘raganlarumnu... barchasinu ijobat et-du, — dedi juda ham past tovushda.
— Yetib keldim, yetib keldim. Ming qatla shukr, topib keldim, — dedim bo‘zg‘imga so‘zlarim cho‘g‘dek yopishib. Keyin engashib, men ham quloqlariga shivirladim: — Tuzalib chiqsangiz, menga ham o‘rgatib qo‘yasiz o‘sha duo-iltijolarni1.
— Xudo xohlasa,— dedi u o‘sha-o‘sha shikasta ovozda.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:21:12
* * *
Kechga yaqin kutilmaganda kennoyimni palataga olishib, javob tegib qoldi. Katta do‘xtirlar statsionarga olib ketaverish mumkin, deyishibdi. Birpasda mashina yetib keldi. U kishini aravachada pastga olib tushib, joylab berishdi. Men yonlaridan bir qadam jilmay birga borayotganimdan yosh boladek boshim osmonda. Kennoyim undan xursand, undan mutaassir. Ikki gapining birida yaxshiyam siz borakansiz, yaxshiyam yetub kebsuz, deydi. Siznu qadamlariz, duolariz sharofatu bilanmu, Alloh ham qo‘llab yubordu, asradu, deydi.
Bunga sari men uni xursand etadigan, sevintirib-suyuntiradigan voqealardan so‘zlagim keladi, ko‘nglini ko‘targum keladi:
— Bilasizmi, aytgan joylaringizga chiqdik. Kattabog‘ga, eski uylarimizga kirdik.
— Voy, shunaqamu? — U yotgan yerida bir yerga yetib termuldi: — Turgan ekanmu, topdingizmu?
Mashina allaqachon jilib ketganu men u kishining yonginalariga o‘tirib olib, (qaerdan ham boshlab qo‘ydim, hali urintirib qo‘ymasam edi!) ming xijolatu hayajonda o‘sha mahfuz xatlarni qanday topganimni so‘zlab boryapman. Ichimda, miridan sirigacha shartmidi, deyman. O‘zimni to‘xtata olmayapman, tiya olmayapman:
— Turganakan, qarang. Jin ham urmabdi. Ammo shunday quruqshab ketibdiki, xazonday shaldiraydi. Aytgan joyizda ekan, ari inida...
U ko‘zlari bir chaqnab ketib, yana allaqanday bo‘-shashdi.
— Allohga shukr, asragan O‘ziga shukr,— deya pichir-ladi, qaytib minnatdor tikildi.— Loy-tuproqqa qori-shib, birovlarning qo‘liga tushib ketmabdi, xayriyat.
— Ha, ha, — dedim men uni tinchlantirishga urinib. — Vaqtida borganakanmiz, surib yuborsalar, ke-yin topolmay yurarkanmiz.
— Sizga mingdan-ming rahmat, — dedi u.
Ammo men uni bu rahmatu tashakkurlardan chalg‘itgim, boshqa yangiliklar bilan xursand etgim kelardi:
— Qolaversa, Yodgormurod bir xaltacha topib oldi.
— Qanday dedungiz?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:21:34
— Duxoba xaltacha ekan. Mimitdek. Ichida...
— Voy, ushatta ekanmu, u ohanrabolar?
— O‘shatda ekan. Yodgor topdi.
— Uni qarang-a, o‘ziga buyuribdimu? — dedi kennoyim entikib.
Shu vaqt mashina to‘xtab, hamshiralar g‘imirlab qoldilar. Yetib kelgan ekanmiz. U kishini tushira boshladik. Keyin aravachaga olib, yonlarida bora boshladim.
— Yaxshi topubsiz. Bo‘lmasa, yomg‘ur-sellarda qolub nima bo‘lardu, — dedi u bitiklarni yodga solib.
— Kelasi gal opkelaman, maylimi? — dedim men.
U bosh tebratdi (O‘zi chayqadimi yo aravacha g‘ildirab borayotib, chayqalib ketdimi, anglolmay qoldim.)
— Turavursin. Shu ishonchluv.
Hayron qoldim. Xatni aytayaptimi, ohanrabo xaltachanimi? Qaytarib so‘rashga esa tilim bormasdi.
— Omonat bo‘libmi?.. — dedim axiyri.
Kennoyim im qoqib, bosh silkidi:
— Maylun, — dedi-yu, yana mutaassirlana boshlab, nigohini olib qochdi. Ovozi ham allaqanday titrab chiqa boshlagan edi. — Bir kun kelub... balki o‘zlariga topshirarsiz...
Mening ham xalqumimga bir narsalar tiqilib kelardi.
— Unday demang, yaxshi niyat qiling, kennoyijon,— dedim to‘liqib, — mana ko‘rasiz, hammasi yaxshi bo‘lib ketgay, — deb yonlaridan qolmay ergashaverdim. Biz o‘sha tanish yo‘lka, azim teraklar tagi bilan ketyapmiz-u, qulog‘im tagida bir narsa shovullaydi. Vaholanki, teraklar u qadar barg yozib ulgurmaganlar. Nima ekan, bilolmasam. Ko‘zlarimni esa yosh qoplab boryapti, hech nima ko‘rolmayotirman. Aravacha tutqichini ushlab olganmanu qo‘yib yubormayman.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:24:31
— Ilohum, — dedi u.
— Mana, qarab turasiz, — dedim yana, — hech narsa ko‘rmagandek bo‘lib ketasiz.
— Ilohum, aytganiz kelsun. Yodgorumning baxtiga. Akanguzning baxtlariga.
Men bu so‘zlarni o‘z qulog‘im bilan eshitdimmi yo shunday tuyulib ketdimi — ajrata olmasdim.
Bu orada biz o‘sha oldi peshayvonli binoga yetib borgan, hamshiralar aravachani g‘ildiratib, allaqanday eshiklaru pastki yo‘laklardan olib o‘tishar, men ergashib boraverishimni ham, hovlida qolishimni ham bilmasdim. Nihoyat, ular o‘rta yo‘lakka chiqib, o‘sha tanish kunjakdagi xona tomon keta boshlashdi-yu, men o‘zimga kelib, bu yaqin oradan bir telefon izlab qoldim. Men ishxonaga qo‘ng‘iroq qilib, qaerdaligimni aytib qo‘yishim, zarur bo‘lsa, yetib borishim kerak edi. Qilsam, mudirim bor ekanlar.
— Qalay, qutulib qoldingizmi? — dedilar.
— Qaytarib olib keldim, yaxshilar, — dedim.
— Unda kirib o‘tarsiz, biz sho‘ttamiz, — dedi u kishi. Bildimki, borishim zarur.
Va’da qilib chiqsam, hamshiralar ham joylashtirib, aravachani olib chiqishyapti.
Izn so‘rab kirib bordim.
Kennoyim «o‘lan to‘shagi»da mening kirishimga intiq yotar edi. Ko‘rishi ila minnatdor tikildi:
— Siz ham ishlarizdan qolub ketdungiz menu deb.
— Hechqisi yo‘q, muhimi, siz qutulib oldingiz, — dedim men. — Balki To‘ra buvaga o‘tib kelish lozimdir? Agar dorilaringiz qolmagan bo‘lsa?..
— Yo‘q-yo‘q, tashvishlantirmang u kishini, dorularim hali bor, — dedi kennoyim.
— Nega, qaytaga xursand bo‘ladilar-ku, bu suyunchilikdan, — dedim.
Kennoyim bosh chayqadi.
— Undan ko‘ra, vaqt topolsangiz, ertami, indin-mi, — dedi u o‘tinib, ham ko‘zlarimga mo‘ltirab, — toychog‘umni ola kelsangiz. —Kipriklarida yosh yiltirab, ovozi ham o‘zgarib borar edi. — Ko‘rmaganumga ham qancha bo‘ldu.
Men kutilmaganda bo‘shashib tushgan, mana, hozir kennoyim uchun jonu jahonimni berib yuborishga tayyor odam... endi nima deyarimni bilmay qolgan edim. Axir Yodgormurod qaerdaligini koshki aniq bilsam?! Ustiga ustak uni biznikidan olib ketishganini... koshki bu kishiga aytib bo‘lsa?!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:25:54
* * *
Yo rabbiy! Bugun qanday kun bo‘ldi?! Ertalab operatsia xabari bilan o‘pkamni qo‘ltiqlab, bir enlik etdan tushgan edim. Kennoyimni Xudo asrab, shifoxonasiga joylab qaytsam, ish stolimga o‘tirmasimdan qo‘ng‘iroq bo‘lyapti.
— Maqsudjon, Sizga ekan, — dedi mudirim. — Bugun nima bo‘ldi, erta demay, kech demay, sizni so‘roqlab qolishdi?
Men chindan xavotirlanib gaplashgichni oldim.
— Allo, eshityapman, — dedim yuragim po‘killab.
Sim ortidan ayol kishining muloyimdan muloyim ovozi kelardi:
— Maqsutxonmisiz?
— Ha, o‘zim.
— O‘sha gazetada ishlaydurgon?..
— O‘sha, o‘sha, — yuragim battar hapriqib kela boshlagan edi, dam o‘tkazmay so‘radim. — Kechirasiz, o‘ziz kimsiz?
— Men Asal opangiz... uzr, kech bo‘lsa ham bezovta etduk.
Ammo men bunday shirin ovoz egasini hech eslay olmasdim.
— Qaysi?.. — dedim uyatlu bo‘lsa-da.
— Chaman akangizning... opalari-chi, kelgansiz-ku.
Iya, sim ham odamni shunchalar aldarkanmi? Ichimda shu o‘sha Asalmi, derdim-u, tilim aylana qolmasdi. Nihoyat, ming bir xijolat ila:
— Eshityapman. Tanidim-tanidim, — dedim. Nima bo‘la qopti?! O‘sha zahar-zaqqumoyning o‘zi sim qoqmasa? Yo kemshiktoy topilibdimikan?!
— Mumkin bo‘lsa bir kelib-keting, jon uka, — dedi u kutilmaganda Xudoning zorini qilib.
— Aytavuring, aytavuring, nima bo‘ldi? — dedim yuragim chiqib.
— Akbarimizni bir qayoqlarga opketishayotgan ekan, Yodgor fahmlab. Tushunyapsizmi?.. Uni anuv kennoyingizni bolasi deb o‘ylashib...
— Qaerdan oldingiz bu gapni? — deb yubordim. Bilasangiz, esim teskari bo‘lib ketayozgan edi bu xabardan.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:26:04
— Siz manavini ko‘ring, o‘qing...
— Nima u, ultimatummi?
— Ultimatumiz nimasi? — dedi u.
— Garovga olib, shart qo‘yishsa, yuborishadigan xat. Shundaymi?
— Yo‘q, unaqa gap yo‘q, yo‘ldan jo‘natishibdi. Po‘chtada.
— Shunday demaysizmi, — dedim sal o‘zimga kelib. — Qaerdan tashlashibdi?
— O‘shdan ekan.
— O‘shdan?! Muhri shundaymi?
— Shunday.
— Unda qo‘rqmanglar, — deb taskin beraverdim, — tinchlik ekan.
— Siz shunday deysiz-da, o‘qib esimiz chiqib ketdi-ku.
— Nima deb yozibdi? — Darvoqe, men xatni ko‘rgan-bilganday taskin berishimni-chi! Qaytarib so‘radim.— Jichcha o‘qing-chi.
— O‘zi jindak.
— Unda hammasini o‘qiy qoling.
— Hozir, — u gaplashgichni qo‘yib, allaqayoqqa yo‘q bo‘lib ketdi. Meni esa g‘am bosib kelardi: «Akbarni avrab olib ketganlar Yodgorning ham iziga tushmadilarmikan ishqilib?» Bu orada u qaytib keldi. — Mana, eshiting: «Yetib ma’lum bo‘lsinkim, jilla qursa, bola tirik ekanidan xabar topinglar, deb shu xatchani jo‘-natyapmiz. Faqat qarg‘amangiz. Bular musofirchilikning toshdan qattiq noniga ko‘nib-ko‘nikolmay yurishganidan shuni ma’qul ko‘rdik. Biz bolani buvasi- nikiga olib ketyapmiz. Eson bo‘lsak, onasini ham yetkazgaymiz bir kun. O‘sha Tangritog‘ga. Ollohdan sabr tilangiz... Xudoyberdi beshikchi».
— Kim?
— Beshikchi.
— Sizlar tarafda shunaqa odam... bormi? — dedim garangsib.
— Eslay olmayapmiz. Eshitmagan ekanmiz.
— Qiziq-ku, — dedim. Ular kim bo‘lishi mumkin? Hech aqlim yetmasdi.
— Nima qilaylik? Ovoza qilmay o‘tiraturaylikmi yo... ertaga o‘ziz kelasizmi?... — dedi o‘zini Akbar saritoyning onasiman, deb atayotgan ayol.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:26:22
Men o‘zini sal taniyotgan bo‘lsam-da, ovozini hech o‘xshata olmayotgan edim. Shunday bo‘lsa-da:
— Sabr qiling, ertaga boraman. Hech kimga og‘iz ochmang. Eshitdiz-a? — deb tayinladim. Rostdan ham nega bormay? Saritoyni Yodgor fahmlab o‘g‘irlab ketishadiyu... yana onasi — aziz kennoyijonimni Tangritog‘ga olib ketmoqchi bo‘lishadiyu... men yetib bormaymanmi?! Yaxshiyam, kennoyim shifoxonada! Bo‘lmasa, naq o‘g‘irlab ketisharkan! Biz qo‘limizni burnimizga tiqi-ib qolaverarkanmiz.
— O‘libman-da... — dedi Asal opa endi o‘ziga o‘xshay boshlab. Uning zahar tili qichib kelayotganini ko‘rib, men gapimni andavalay qoldim.
— Anuv Zokir badbaxt kelsa, deyman-da. Bilasiz-ku, uni, yo‘q yerdan hid oladi. Qorasini ko‘rsatgani yo‘qmi ishqilib?
— Qayoqda! O‘sha dab bo‘lgancha ketib boryapti. — Shu vaqt unga kimdir nimadir dedi. Ayol kishining chalakam-chatti ovozi eshitilganday ham bo‘ldi. Asal opa «Xo‘p, xo‘p, aytaman», deya menga «yuzlandi»: — Darvoqe, Sizga omonat gap bor ekan, oyim aytyapti- lar.
— Omonat? — Men xushim boshimdan uchib, go‘yo oyog‘im ostida yer aylanmoqqa boshladi.
— Ha, Chaman akangizdan, — dedi u.
Ana, xolos! Shuncha borganimda indashmagan, endi aytishyaptimi? Uchini ham chiqarishmagan edi-ku?
Men simning u tomonida odam borligini ham unutib, «Nima ekan o‘sha omonat?», der edim o‘zimga o‘zim.
Mana shunisi hammasidan g‘alati edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:33:55
3. TANGRITOG‘ TOMONLARIDAN AYNIY BOSHLAGAN OB-HAVO...

Oftobga qarasam, u teatr binosi tomidan oshib o‘tib, kun peshinga yaqinlashib qopti. Biz ana shu muhtasham koshonaning shunday biqinida, ko‘chaning berigi betidagi binoda o‘tiramiz. Derazamiz ham o‘sha favvorali maydonga qaragan. Maydonni gir o‘ragan chinorlarning shohchalari endi bo‘rtib kela boshlagan, qayrag‘ochlar hali boshidan qora ro‘molini olib ulgirmagan bo‘lsalar-da, favvora ishlab ketgan, shuvillatib suv otib yotar, atrofida odamlar sollanib kezishni boshlagan edilar. Maydonchadagi gulzorlarda oq, sariq, pushti gullar yer bag‘irlab chandon ochila ketganlarki, tepadan bir chiroyli bahor kapalaklariga o‘xshab ko‘rinardilar.
Ko‘chada ham odamlar gavjumlashib, g‘imirlashib qopti. Demak, tushlik yaqin. Hamonki, Yodgormurodlarnikiga o‘tadigan bo‘lsam, yo‘lakay qittak tamaddi qilib olganim ma’qul. Qaytgunimcha oshxonalar tim-tirs berkilmasa ham sovuq ovqatga kunim qolmasin. Hozir Toshkentda nima ko‘p — quruvchi ko‘p, har yurtdan kelganlar ko‘p, bizning oshu kaboblarimiz tansiq. Har burchagu burilishda oshxona ochilib, doshqozonlar osilayotgani bilan o‘sha tansiq narsalar tugab, bir soatga yetmay choyxonalargacha huvillab qolyapti.
— Men surdim, — deb pastga tushib, ko‘chani kesib o‘tayotsam, orqamdan birov chaqiryapti. Otimni aytsa ham mayli ekan, erkalab chaqiryapti:
— Hov, pakana pari!
Yalt etib o‘girilib qarasam, ko‘cha yoqasidaga qayrag‘och takkinasiga bir ajoyib xorij mashinasi sekinlab kelib to‘xtayapti. Jonivor ilonning og‘zidan chiqqandek yaltiraydi. O‘sha kinolarda ko‘radiganimiz — shamoldan tez, xayoldan uchqur qora «Volva». (Bunaqasi Toshkentda yagona bo‘lsa ham ehtimol. Agar hukumatnikini hisobga olmasa!) Ichidan esa norg‘ul birov tusha boshlagan-u, men uni tanimayroq turar edim. Ovozi tanishdek eshitilgandi, lekin kim bo‘lsa ekan? Shaharda hech kim meni bunday atamas edi-ku?!
U o‘girilib, ko‘z-ko‘zga tushdi-yu, men shoshib qoldim. Nigohi juda ham tanish edi-yu, ammo o‘zini hech o‘xshatolmayotgan edim. Nahot shu — o‘sha qiltiriq Olim akam bo‘lsa? U Sultonmurod akamga o‘xshab norg‘ul tortib ketgan edi. Yo Sultonmurod akamning o‘zimikan?!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:35:36
Men sarosimada qolganimni ko‘rib, u o‘sha yerdanoq mayin jilmaygancha quchoq ochib kela boshladi:
— Voy-vo‘, ko‘rar kun bor ekan-ku! Topar kun bor ekan-ku sizlarniyam! Sen tanimasang, men tanidim. Men topdim! Borakansizlar-ku!
— Olim aka! Nahot o‘ziz?!
— O‘zim-da, jigargo‘sham, o‘zim!..
Men-da, quchoq ochib talpinib bordim-u, yo‘l o‘rtasidayoq quchoqlashib ko‘risha ketdik.
— Voy, uchratgan joyimni qara-ya! Qaerlardan izlamadim sizlarni, qaerdan surishtirmadim! Birov Farg‘onaga ko‘chib ketishgan, deydi, birov qaytishgan. Borakansan-ku, jigargo‘sham, — deb quchog‘idan qo‘ymay u peshonamdan o‘par, yuzlarini yuzlarimga suykab, kuraklarimni silardi.
Men esa uning quchog‘ida bamisoli yo‘q bo‘lib ketgan edim. Olim akam tog‘alarimdek shunaqa norg‘ul tortib ketibdi. Hatto chekka sochlariga oq oralab ulgurib, katta kishi nusxi urib ketibdi. Voh, shuncha suvlar oqib ketibdimi?
— Qaytganmiz, qaytganmiz, — dedim.
— Men ham qaytdim. Bo‘lar shuncha tentiraganlarim, dunyo kezganlarim, — dedi u ham, — endi odamga o‘xshab yashay men ham. Sog‘indim o‘zimiznikilarni, — derdi u, menga tikilib to‘ymasdi. Hali bag‘riga tortadi, hali peshonamdan o‘pib qo‘yadi.
— Uni qara-ya, «Hizr»ni yo‘qlasam bo‘larkan. Ko‘ng-limdan o‘tishing ila yo‘limni kesib chiqib turibsan. O‘tir, ketdik, — deb qistashga tushdi u.
— Qayoqqa? — dedim beixtiyor.
Qolaversa, u juda bemavrid yo‘liqqan, qistalang paytda uchragan edi. Men yo‘lakay biron joyda tushlik qilib olib, Saritoylarnikiga o‘tmoqchi edim. Va’dam bor...
— Qayoqqa desang, men tayyorman. Ozod qushman. Faqat sen imo bersang, bas.
Biz bu dunyoning erka kiyigi «Volva»ga o‘tirvolganmiz, qayoqqa desam, o‘sha yoqqa haydaydigan. Ammo men o‘sha yoqni aytolmay turibman, niyatu va’damdan kecholmay turibman.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:35:53
— Shu kechqurun biznikiga keta qolsak-chi, oyim ham boshlari osmonga yetar edi, — dedim.
— U endi qochmaydi. Hozirgisidan gapir. Yaxshisi. hozir bir yetga o‘tamiz. Bir otamlashayluk, — deb u mashinasiga o‘t oldira boshladi. Shunda ham ko‘zimdan ko‘zini uzmay rizoligimni kutar edi.
Men esam uni Xudo yetkazganidan suyunish o‘rniga imillardim. U bilan Yodgormurodlarnikiga borgim yo‘q. Ishqilib, Kalkovuz bo‘yidagi o‘sha hovliga yaqinlashtirmasam deyman. Akamga aloqador odamlarni bilmagani ma’quldek.
— Ozgina tamaddi qilib olib, o‘tadigan joyim bor edi, — dedim axiyri.
— Yaxshi, hammasiga ham ulguramiz. Avval biron bahavoroq joyga boraylik, so‘ng tashlab qo‘yaman. Bunga nima, cho‘tmi? — dedi tulporiga ishora qilib.
— Shunday-ku, lekin... qanday tushuntirsam... — deb mijg‘ovlana boshlab edim;
— Agar men bilan boshlashib borishing lozim bo‘lmasa... o‘zing o‘taverasan. Yoki birga tamaddi qilging ham yo‘qmi? — dedi u hech og‘rinmay.
Haligi xayollarga borganimdan uyalib ketdim.
— Yo‘q, nega? Qani edi tulporingiz o‘sha jin ko‘chalarga kirib borolsa! Jon derdim-ku!
— Ketdik, ketdik. O‘ychi o‘ylaguncha, tavakkalchining ishi bitibdi.
Eshikni yopib, orqaga suyansam, deng... voh, o‘rindiq degani shunchalar yumshoq-rohatijon bo‘ladimi! Ang-tang qolibman. Bunaqa rohatni umrim bino bo‘lib, kuyovlik chimildig‘iga kirganda to‘rt qavat duxoba ko‘rpacha ustiga cho‘kib ham tuymagan edim. Shunaqa mayin, ham yumshoq, so‘ng bir ajoyib iforlar gurkirab kelar ediki...
Olamda shunday ujmohlar bo‘lar ekanmi, deb alang-lar ekanman, u ohista jildi. Jildi nimasi, turgan yeridan xuddi suvda suzgandek suzib chiqib, ko‘cha o‘rtasiga tushib oldi-da, shuvillab keta boshladi.
— Zo‘r-ku, biznikilar buning oldida qaldiroq arava ekan-ku,— dedim akamga.— Biz so‘kkan kapitalizm-ning mevasimi shu?
— Sen bu «qo‘g‘irchoq»lariga mahliyo bo‘lma. Orqasidan keladigani yomon, — dedi akam negadir qo‘l siltab.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:36:07
— O‘zingiz-chi, opkepsiz-ku?
U menga qarab qo‘ymayin ham burnini jiyirdi:
— Havas qiladiganmas ularning hayoti. Yegani oldida, yemagani orqasida bo‘lgani bilan... ertasi voy.
Men tushunmadim:
— Qanday qilib?
— Olloh bularning bu dunyosinigina bergan... u dunyosini bilsami, uvvos solib yig‘lardi hammasi.
— Yo‘g‘-e.
— Hammasi oxiratidan bexabar. Oxiratini o‘ylasa, zakotu sadaqani ham bilardi. Dunyo to‘la och-nahorlar. Lekin o‘shalarga bir miri ilinsin-chi! He, yo‘q, ularning falsafasi — yashab qolish, boshqalar ezilib o‘lib ketmaydimi!..
Olim aka yo tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketgan, yo meni sinash uchun aytayotgandek edi bu gaplarni. O‘zi-chi? O‘zi o‘sha narsani minib yuripti-ku, yana bu dunyo matohlarini mensimaganday so‘kishi g‘alati. O‘zi qaysi boyvachchadan kam?! Bo‘zsuvda, akasining qarorgohida nimalar qilib yurib edi, (necha yil yo‘q bo‘lib ketib!) endi oxirat haqida gap sotib qopti?! Ustamonlik ham evi bilan-da! Qo‘yib bersa, muftiylik sallasini o‘rab amru ma’ruf qilmoqchi.
Men mashinasiga chiqqanimdan pushmonda edim: qani endi bir mo‘’jiza ro‘y berib, ko‘cha o‘rtasida o‘chib qolsa-yu, ishim zarurligini bahona qilib, surib yuborsam...
Qayoqda! «Volva» katta yo‘ldan shuvillab boryapti, qilt etsa qani! Boshqalar shamoliga ham yetolmay qolib ketyapti. Go‘yo bu g‘ildiragini ichiga tortib olganu yo‘ldan to‘rt enlik ko‘tarilib olib, uchib borayotgandek.
— Baribir tan berish kerak, biz hali-veri yetolmaymiz ularga!— dedim men besh ketganimni yashirmay.
Olim akam mening g‘o‘rligimdanmi, nimadan ilja-yib qo‘ydi. Go‘yo sen nimani ham bilarding, deganday.
— O‘ksishingga arzimaydi! Ular yetgan joyga biz ham yetarmiz, lekin bizda boriga ular yetolmaslar!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:36:52
— Tushunmadim...
U xo‘rsindi:
— Bizdagi oqibat, muruvvatpeshalikning urvog‘ini topsalar, do‘ppilarini osmonga otar edilar. Afsuski, u yerlarda mushuk ham bekorga oftobga chiqmaydi. Bilding?
— O‘sha yerda ham Xudo taolo deydiganlar bordir, axir?
— Bor, lekin oqibat o‘ziga yarasha, bizdagiga qiyoslabam bo‘lmaydi.
— Bu yoqdan o‘tib borganlar-chi? Axir bir vaqtlar ozmuncha odam... — dedim.
— Hijrat qilib ketganlarni aytasan-da? Ular alohida olam. Kerak bo‘lsa, jonlarini fido qilib yuborishadi. Men anuv o‘zlarini dunyoning ustuni hisoblab yurganlarni aytyapman. Asli Olloh ularni dunyoga sochib, to‘zitib qo‘yibdi-yu, anglab yetgilari kelmaydi. O‘z aqllariga mahliyolar: manavinaqa ilonning og‘- zidan chiqqandek mashinalar, kemalar, uchoqlar yaratolganliklaridan o‘zlarini unutib qo‘yganlar. Vaholanki, insonga hardal urug‘icha ham ilm berilgan- mas...
— Biz qayoqqa ketyapmiz? — dedim birdan atrofga alanglab. Qarasam, Xadraning chorrahasidan o‘tib borayapmiz.
— Qaerga bo‘lardi, «JAR»ga-da. Ovqatning doda-xo‘jasi o‘shatta-da. O‘shanaqasi boradigan yeringga tashlab qo‘yaman. Xasti Imomga borasanmi? — dedi Olim akam labining chetida jilmayib.
Men yoqa ushladim: «Xasti Imom tomongaligini qayoqdan bila qoldi? Kimnikigaligini ham bilar balki?»
— Biz kirolmaydigan jin ko‘chalar yana qaerda qopti? Hammasi buzilib bo‘pti-ku, — dedi u.
Men o‘zimning anqovligimdan o‘zi zil ketib, gapni burdim:
— Ishqilib, o‘ziz markazroqda turibsizmi? G‘irotingiz bunaqaligiga yarasha?
— Menmi? — dedi u yalt etib qarab. — Aytmadimmi hali? O‘sha ishxonangga yaqin yerdaman. Hukumatti uylari bor-ku. O‘tganmisan hech?
— Yo‘lim tushganicha yo‘q, — dedim tan berib. (O‘shatdanki, joy olgan bo‘lsa, demak, xizmatni qilib qo‘ygan ekan-da? Obbo, anoyi-ey, yana oxiratdan gap sotadi!).
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:37:08
— O‘sha Tuproqqo‘rg‘onning orqasida. «Qush uchib o‘tolmaydigan» joylar bor. Shunday pastimizdan anhor oqib yotibdi.
— Anhor yoqasi bo‘lsa, yomonamaskan, — dedim ichimdagini qult yutib. Ichimda esa, boshqa narsa g‘imirsilayapti: o‘zi zodagonlarning qavatiga joylashib op-ti-yu, yana kimlarni so‘kyapti?!
— Sen bir kun ishdan chiqadigan vaqtingni aytsang, men kutib olardim: bir otamlashardik. Keyin xolamlarni, kelinni opkelasan. Bordi-keldi qilamiz. Odam odamga g‘animat,— dedi u yana ham yaqin olib.
— Xudo xohlasa, — dedim manzirat fahmlab, — mavridi ham kepqolar.
— Yo‘q, chindan aytayapman: bordi-keldi qilaylik. Bu dunyoning ziynati shu-da. Qolaversa, payg‘ambarimiz aytganlar: qarindoshlar bilan orani yaxshilang, deb. Shuncha uzilishib ketganimiz yetar. Hali Nusrat pochchanikiga topib borolganimcha yo‘q. Qo‘ldosh tog‘amlaru kenja tog‘amizni, bir-biridan aziz xolalarimni ko‘rgim, duolarini olgim keladi. Istasang birgalashib o‘tardik. Zilzila bo‘lib, hammalari har yoqqa to‘zib ketishibdi. Topishib yuborsang, xo‘b savobga qolarding-da.
Olim akam ayni damdagina shunaqa kayfiyatdamidi yo chindanam sog‘inganmi, hech ajratolmasdim. Olloh o‘zi kechirsin. Ko‘nglimga bir-biridan shubhali gumonlar oralab, aylanib-aylalanib kelyaptiki: odatdagi tilyog‘lamaligi emasmikan, deyman va shu zahoti bu fikrni kallamdan quvib solaman: Asta’firulloh, asta’firulloh, qanaqa odammiz o‘zi? Shayton yetoviga tushib qolmaganmizmi mabodo? Birov sidqidil yuragini yorsayu biz qayoqdagi gumonlarga borib yursak?!
— Nega boshlab bormaskanman, bir og‘iz so‘zingiz... — dedim ich-ichimdan chiqarib.
— Rahmat, ukaginam, — u rulda o‘tirgan yerida qayrilib yelkamga qoqib qo‘ydi. — Shunaqa deyishingni bilardim. So‘zimni yerga tashlamasligingni, chaqirsamoq uchib kelishingni bilardim. Rahmat, sen o‘zi bir bo‘lakchasan. Zo‘rsan, pakana pari.
— Judaya unchalikmas, qo‘ying, — dedim xijolatlarga botib.
— Yo‘q, behazil. Endi chin aka-uka bo‘lamiz. Maqsud. Axir xolam kimlar bizga? Onadek gap...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:37:46
Kap-katta, salobatli odam o‘zini bunday kichkina olib, iltijo etib tursa... g‘alati bo‘lib ketdim. Mutaassirlanib, ichim allatovur tovlanib, qaradim. Boyagi g‘ashliklarning urvog‘i ham qolmagan edi:
— Sekinroq aytasizmi,— dedim iyib kelib,— bor davlatimiz shular-ku — xolalarimiz, tog‘alarimiz-ku.
— Nimasini aytasan! Qadrlariga yetmay qayoqlarda yuribmiz, nimalarga ovoramiz?! — U pushmonini yashirmay bosh chayqay-chayqay tizzasiga shappalab qo‘yar- di, — kim kunda, kun ora kirib xabar olibdi, ziyorat etibdi, duolarini olib qolibdi — o‘sha chin yutuqqa erishibdi! Odamdan qoladigani shu-ku. Biz nima qila olibmiz?
Shu holatda mashinani tepada qoldirib, «JAR»ga tusha ketdik. Pastga qadar aylanib tushib borgan jin ko‘chaning qay bir qayrilishidagi yakka tavaqali ko‘k eshikning yo‘lagidan o‘tib, kaftdek hovlining bir chekkasidagi supada ikkitadan jigar kabobu bir talinkadan xasip yedik. Men ko‘pdan bunday tansiq taom yemaganimni shunda esladim. O‘zimizam ovro‘pacha oshxonalarda pishirlgan sovuqmijoz narsalarga ko‘nikib ketib, chimtomoq bo‘lib qolibmizmi, bundan ortig‘iga yaramadim. Ammo ta’mi og‘zimda qoldi. Kimsan, muxbir bo‘lib ham shunaqa joylar borligini bilmas ekanmiz. Bu yerda hatto ovrupocha kiyingan, (dunyoning teskariligini ko‘ring!) ayollari sirib shim kiyvolib, erlari xalitdan tizzasi ochiq kalta bir narsaga o‘tgan xorijliklar chug‘irlab yurishar, bu tuproq tomli pastak uylarning sodda-to‘pori egalari shunaqa lazzatli taomlar tayyorlay olishlariga besh ketib, ular turadigan mazgillar, bu tik ko‘chalaru tor yo‘laklarni, so‘ri ostidagi supachalarni, norin tog‘oralaru xasip solingan qozonlarni suratga olib charchamas edilar. Qay birlari bu tansiq narsalardan ko‘proq yeb qo‘yganmi, yuqorilab ketgan aylanma yo‘ldan ko‘tarilolmay mishillab qolgan edilar.
— Ochopat xayitda o‘ladi, degani shu-da. Bular nafsidan bo‘lak nimani biladi? — dedi Olim akam ijir-g‘anib.
— Tansiq-da, bular uchun. Ekzotika qidirib kelishgan axir, — dedim men. — Boshqa nima g‘amlari bor?!
— G‘amlari shu-da, dunyoning lazzati. Olloh ham niyatga qarab beradi, — dedi u.
— Nimani? — dedim uni anglay olmay.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:38:08
— Bu dunyosini-da. Oxiratini o‘ylarmidi bular.
Hayratangiz hol: akam ilgarigi Olim emas, birov uni almashtirib qo‘ygandek edi. Fikri ham boshqacha, qarashi ham. Biz o‘lsak ham bunday deya olmaymiz. Lekin akam o‘ylab o‘tirmay aytib tashlayapti. Nima bu? Dunyo ko‘rgani alomatimi yo atay o‘zini menga ko‘rsatib qo‘ymoqchimi? Tushunolmadim. Nimadan ijirg‘anyapti? Badnafsliklaridanmi yo qadamlari shu yergacha yetib kelganidanmi?
— Biz yurtimizni qizg‘anishni ham unutib qo‘yayapmiz shekilli. O‘tir, tashlab qo‘yaman. Ishingni ham bitirib ketaqol, — dedi u tepaga chiqib.
— Vaqtiz... — dedim xijolatga tushib.
— Vaqt nima! Mashinaga besh minutli yo‘l. Agar ishing tezroq bitsa, kutib turishim ham mumkin, behazil, — dedi u.
— Yo‘q, rahmat. O‘tadigan joylarim, gaplashadigan kishilarim bor, ushlanib qolamiz, — dedim shosha-pisha. Ochig‘i, Chaman akaning uyini unga ko‘rsatgim yo‘q. Bilib bo‘ladimi!
— O‘zing bilasan,— dedi u tulporini jildirib.— Ammo ertaga bir vaqt ajratsang: anuv Ilhom sutchinikiga o‘tib kelardik. Adam rahmatlining qarz salomlari bor. Surishtirib qo‘yarsan?
— Surishtirishga-ku, surishtiraman, lekin ertagacha topib bo‘larmikan? Yong‘iz odam... qayoqqa ko‘chdi, kimning qavatiga bordi? — dedim rostiga ko‘chib.
— Nima, bola-chaqasi yo‘q, so‘qqaboshmikan? — dedi akam bir g‘alati hayratga tushib. U yalt etib qaraganidan sezdim, bo‘lmasa e’tibor bermayotib edim.
— Bor, deb eshitganman. Lekin bordi-keldi qilishmas ekan.
— Qiziq-ku?! Issiq-sovug‘i-chi, kim qaraydi ekan? Shunday odam bilan yuzko‘rmas bo‘p ketishmagandir, axir?
— Bilmadim, biz esimizni tanibmizki, sutchilik qilib, yolg‘iz turadi.
— Tarki dunyo qilganmi yo? — dedi Olim akam ishonqiramay. Nimaga bu odamga qiziqib qoldi — tushunolmasdim.
— Darvesh bo‘lib... darvesh emas. Faqat qanaqadir odamoviroq.
— G‘alati, — deb taajjublandi akam, ammo qaytib boshqa so‘ramay qo‘ya qoldi. Iymandimi yo boshqa gap bormi, bilolmadim. Sag‘bondan o‘tib, Xasti Imomga burilgunimizcha ham jim bordi. Men esam endi uni gapga solishga jur’at etolmay, bu qadar uzoq sukutga ketganidan xavfsirab o‘tirardim. Tushunuksiz bor hol: qarz salomini yetkazadigan odamni shunchalik surishtirish zarur ekanmi?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:38:23
— Har ehtimolga qarshi manavini opqo‘y, — dedi u nihoyat jimitdek mezbonqog‘oz uzatib. — Qo‘ng‘iroqlasharmiz, bo‘ptimi?
— Yaxshi, ishlarimdan qutulishim bilan qilaman,— dedim maydonga yaqin joyda tushib qolayotib.
— Uyda bo‘lmasam, ishxonamdan topasan. Tortinmay so‘rayver, — dedi u.
Demak, ishlaydi. Uzilishib ketmagan ilgarigi xizmatidan. Sutchini zo‘r berib surishtirishi ham bejizmas.
— Yaxshi, — u haqda yana yomon xayolga bora boshlaganimdan xijolatga tushib, mashina eshigini tez yopaqoldim.
U jilmayibgina im qoqdiyu zig‘ircha ham shubhaga bormay jo‘nab ketdi. Men uyalib qolaverdim. Eng yomo-ni — o‘zimga taskin beradigan so‘z topolmasdim. Dunyoda birov haqda yomon fikrga borishdan yomoni yo‘q ekan, tavba.
Lekin Olloh o‘zi kechirsin, boshiga shuncha tashvishu ko‘rgiliklar tushib turgan bu xonadonni, uning egalarini har kimga ma’lum qilib ham bo‘lmasdi-da. Qolaversa, Chaman akamni Olim akam tanimasa ham mayli ekan...
Bir chiroyli tarab qo‘yilgan toklar tekis sho‘ralay boshlabdi. Oldi (kungay tomonlari) bir ajo- yib — jimit barglar yozib oftob nurini ema ketganlar.
Ko‘klam ishkomlar ustiga ko‘k yopinchig‘ini yopish harakatiga tushgan bo‘lsa-da, hov — tepadagi ovloq hovuzning gir atrofiga saflangan qora tollar allaqachon orolanib, shamolda chayqalib yotibdilar. Faqat hovuz jonivor necha yildirki, suv ko‘rmagan. Ariqlarni tozalab, suv ochib kelguvchi kimsaning o‘zi yo‘q, Chaman akam o‘sha ketgancha bedarak. Yana qanaqa omonat qoldiribdi ekan menga? O‘sha kelganida beraversa bo‘lmas ekanmi? Yo shunday tayinlaganmi o‘zi?
So‘ri tagida to‘xtab, chaqirganimdan so‘nggina ichkaridan sarvdek bo‘lib opasi chiqib keldi. U uzun sariq atlas ko‘ylakda edi, taqimiga tushib turgan yo‘g‘on ikki o‘rim sochi undan-da bo‘ychan ko‘rsatardi uni.
— Keling, keldizmi? — dedi u tang‘igan ro‘molini peshonasiga tushiribroq o‘rab. Mulozamat — ayol kishining ko‘rki-da, qarang, unga ham yarashayotib edi. Faqat hamisha chirsillab, yuzidan zahar tomib turguvchi bu ayoldagi o‘zgarish — tushunuksiz edi. Chindan asrandisiga achinyaptimikan? Borida turtkilab bir yerga yetarkan, endi qadri o‘tibdimi?
Men salom berib, yaqinlashib bordim. Ammo ich-ichimdan hayiqib turibman.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:38:35
— Yaxshi o‘tiribsizlarmi, xolamoyim bardam-baquvvatmilar? — dedim cho‘chibgina.
Bilib bo‘ladimi, bu zaqqumoyni? Chindan ham uning zuluk qoshlari chimirilib tushdi.
— Anuv tentiraganning yurishini ko‘rmaysizmi? — dedi boshlamasiga.
— Kim? — debman anglab-anglamay.
— Hamisha shu! Bir ketsa — badar ketadi! Na uyini o‘ylaydi, na joyini. Bilmadim, oyim ko‘chaga tuqqanmilar uni!..
Tushundim! Chaman akamni yanib boryapti. Yanigandayam oyisiga eshittirib, uzib-uzib oladigan qilib sannab boryapti. Sal bundayroq aytaversa, boyaqishni ayasa bo‘ladi-ku, yo‘q, fe’li shunaqa, albatta, nishini birovga suqib turishi kerak!..
Meniyam ichimdan bir narsa toshib kela boshladi:
— Meni shunga chaqirganmisiz? — dedim ergashishdan to‘xtab.
U xushi uchib qayrildiyu avzoyimni ko‘rib (qarasa, burilib ketvorishdan ham toymayman!) yumshadi, yuziga binoyi odamlik siyohi yugurdi:
— Voy, ma’qib turibsiz, kelavurmaysizmi?
Men ham «o‘zizzi gapizzi qarang, zardangizni qarang!», deganday chimirildim.
U qo‘l silkidi:
— Men qo‘yavering, e’tibor qilmang. Azbaroyi to‘yib ketganimdan aytaman-da, — deb yorildi. — Ilgari qanaqa edim, xo‘... bilmaysiz. Hammasi anuv sho‘rtumshug‘imdan boshlandi. Bo‘lmasa, yuruvdim sannab-sannab, gar-gar kekirib... Hech kimga so‘z bermay. Ba’zan zaharimni sochib, ba’zan nazarimga ilmay. Bu turmush deganlarigayam tupurib... Shu bola shunaqqib ketdiyu... — U endi yonimga tushib olib, dardi dunyosini to‘kib borardi, — men uni «Ha, arazladi-da, bir», deb o‘tiribman. U bo‘lsa, nima qilib ketibdi!..
— Nima qilib ketibdi? — dedim men o‘girilib.
U to‘xtab, hamma gap shunda-da, deganday im qoqdi:
— «Groy»lik qip ketibdilar, o‘zlaricha.
— Yo‘g‘-e, — dedim ishonolmay.
U yaqin kelib qulog‘imga bir narsa demoqchi bo‘lib edi, yalpiz hidi gurkirab ketib, uning bo‘yiga esim og‘di. (Qulog‘ida yo ko‘ksida ekanmi, yalpiz jonivor, bilolmadim). U shipshidi:
— Oyimlarga aytib o‘tirmang-u... anuv, baloga yo‘liqqurginaning Yodgorini qidirib kelganlar shunga yo‘liqqan chiqadi. Bo‘lmasa, men Yodgorman deb ketvoradimi? — U nari chekilib, yana yalpiz hidi gurkiradi. Uning bo‘yi shunaqa tansiq, shunaqa toza ediki, dimog‘izga urilishidan odam o‘zini yo‘qotib, olamni unutar edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:38:47
— O‘z ko‘ngillarida meni bir kuydirmoqchi bo‘lganlar-da.
— Yo‘g‘-e, bola-ku, hali. Qolaversa, qaysi bola onasiga yomonlik sog‘inadi, — dedimu tilimni tishlab qoldim. Men o‘zim sezmay qovun tushirib qo‘ygan edim, orqasidan siporishlashga urindim: — Shoshmang, bu gapni... qaerdan oldingiz?
— Qaysi, Yodgorman deb ketvorganinimi? Ko‘chovzadigilardan-da. Bolalarni o‘rtasida gap yotarmidi, — keyin men tomon engashib, shivirladi: — Oyimlarga bildirmay qo‘yaqoling, keyinam nechtasi so‘roqlab kelib-ketdi.
— Nechtasi? Kimni so‘roqlaydi? — Tushuna qolmasdim men.
— O‘sha kennoyizni arzandasini-da, kimni bo‘lardi.
Yuragim shuv etdi:
— Qaerdan is ola qolishibdi?
— Bilmasam...
Biz yuqoriga qarab yuraverdik, lekin mening ichim g‘urmishlagandan g‘urmishlab boryapti.
— Nima istaydilar? Aytmaganingizga qo‘yishmayaptimi? — dedim qo‘rqa-pisa.
Asal opaning qoshlari chimirildi:
— Siz menga oson tutmang, opovsi, — dedi fe’li ayniy boshlab, — o‘zimniki yetmaganday, unikiga ham kuyishim kerakmi? Dalaga opketishgan, dedim.
— Bekor qilibsiz shuni, — dedim og‘rinibgina.
U yalt etib o‘girildi:
— Nima, topib borishdimi?— dedi sarosimalanib.
— Shunga o‘xshashroq, — dedim mavhum qilib, asli o‘shalarmi, boshqalarmi — bilmasdim. — Necha kishi edilar?
— Kim?
— O‘sha kelganlar-da.
— Ha, ularmi? Bittasi aniq esimda: juda po‘rim kiyinib opti-yu, o‘zi chetda turibdi. Qolganlari bozorning bolalari edi shekilli.
— Qiziq, — dedim men, — qaerdan bila qoldiz?
— Tilidan-de, shu o‘zimizni Toshkanni «votti-votti» bollari.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:38:59
— Shu xolosmi?
— Tag‘in bittasi kelganmish sambitdek yigitcha men yo‘g‘imda. Oyim biladilar.
— Qaerdanligini aytishmadimi? — dedim ichim toshib.
— Ijroqo‘mdanmiz, debdi shekilli.
Ichim shuv-v etdi: Aniq o‘shalar! O‘z idorasining nomi qolib, ijroqo‘m soyasida yurguvchilar! Qolaversa, bu sochi uzun — aqli kaltalarga hech zamonda to‘g‘risini aytarkanmi?! Boshqa kim ham bo‘lishi mumkin?
Birdan ichkariga kirmayin ham... ketvorgim kelib ketdi! Hali biznikiga borganlar ham shularga tegishli chiqmasa edi?!
Ichim g‘urmishlab, Asal opaning yuziga termul- dim:
— Har gal yolg‘iz kelarmidi?
U dabdurustdan tushunmadi:
— Kimni aytasiz?
— O‘sha ijroqumni bolasi-da.
— Ha, yo‘q. O‘zi ikki martagina kelibdi. Anuvlar esa almisoqdan qolgan «Pobeda» minib olishibdi, tag‘in dimog‘laridan qurt yog‘iladi.
— Tushunarli, — dedim-u, lekin o‘la qolsin, agar bir narsaga tushungan bo‘lsam, kim yuborgan ekan ularni? — Xatni ko‘rsam bo‘ladimi? — dedim nihoyat.
— Aytmoqchi, hozir opchiqaman, ungacha oyimlar bilan ko‘risha turing, — deb u o‘z uyi tomon yurdi. Rosti, bu o‘ziga toza bino qo‘ygan juvonning unchalik ham aqlli emasligiga hayron qolib turardim. Shu husn, shu qad, shu ko‘rkni bergan Xudo uni nainki farzanddan, ozgina aqldan ham qisgandek edi. Bo‘lmasa, birovning bolasi, ko‘zining oqu qorasini (aniq aytmagan taqdirda ham!) qayoqqa olib ketganimizni aytadimi? Men bilmayman, desa olam guliston-ku, O‘zini yoqtirmasa, bolasiga achinmaydimi? Ona bo‘lib ko‘rmasa, qiyin ekan-da.
Oyto‘ra buvi bir boshqa olam edi, o‘sha o‘tirgan yerida qalampirmunchoqmi, mushk-anbarlar hidigami ko‘milib, o‘sha-o‘sha oq-oppoq bo‘lib o‘tirar edi. Mening ovozimni eshitgandayoq bir g‘alati jonsaraklik bilan yo‘limga ko‘z tikib o‘tirgan ekanlar, ko‘ra yuzlari oftobdayin yorishib ketdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:39:11
— Voy, o‘zim aylanay, mirzo yigitdan. Bormisiz, bo‘ylarizdan o‘rgilay, keling.
Men engashib, yelkamni tutib bordim. U kishi bag‘riga tortib, kuraklarimni silay ketdi.
— Voy, bolaginamning suyangan tog‘ginasi, ishongan bog‘ginasi. Yaxshiyam siz borakansiz. Sizni ko‘rib sog‘ingan ko‘ngillarimiz bir xotirjam tortdi.
Xontaxta o‘rniga ham ustiga yalangqavat bir narsa tashlangan kursi yoniga cho‘kib:
— Tinchlikmi, buvi, qanday o‘tiribsizlar? — dedim duodan so‘ng.
— O‘tiribmiz, mirzo bolam, o‘tiribmiz. Qarang, kelganiz qanday yarashib turibdi. Qadamlarizga xasanot, uylarimizni to‘ldirib yubordingiz, — derdilar buvi hech yerga sig‘may. Faqat o‘tirgan yerlaridan turolmasdilar. Turolsalar, bilmadim, qanday aylanib-o‘rgilar ekanlar ustimda. Tavba, bu ayol qariganda shunchalik, yoshligida qanday o‘tgan ekan? Yuzlaridan yog‘ilayotgan bu nur qaydan balqib chiqib kelayotibdi — hech ado bo‘ladiganmas. Ikki og‘iz shirin gapirsalaroq yo suyib tikilsalar bas, balqib chiqib kelaveradi, chiqib kelaveradi.
— So‘ratgan ekansiz, — dedim iymanib.
— Ha, aytmoqchi, Chamanimdan odam keluvdi.
— Odam?! — dedim hayratga tushib: qaysi birini aytayaptilar ekan?
— O‘sha, o‘zining ob-havo ishxonasidan. Sambitdek yigitcha.
— Qanaqa ishxona? — Sambitdek yigitchani fahm-lagandek bo‘ldim-u, lekin ishxonasiga... tushunmadim. Chaman akadek bexalovat odamning qo‘nim bir ishxonasi borakanmi?
— Voy, o‘sha tog‘-toshlardagi gadoytopmas istansalargami — shularga qaraydi-da... Oylab badar ketishi shundan, bolam, — dedilar buvi hamma onalarga xos bir sodda-do‘lvorlik bilan. Yo menga shunday tuyuldimikan? Lekin o‘zim bu gapni eshitib ang-tang qolgandim. U kishi esa yuzlariga bir xotirjamlik inib, tushuntirar edilar:
— Shunaqa badar ketganida, uzoq-uzoqlardan bir-bir idorasiga xabar berib, uyga odam yuborib qo‘yadi. Bizzi so‘rab, ham xotirjam torttirib. Yubormasa, nima qilardik? Duoi jonini qip o‘tirishdan bo‘lak nimaga yarardik? Ilo-oy, sog‘-omon ko‘rishtirsin O‘zi...
Mening xayolimda esa tamomi boshqa o‘ylar g‘ujg‘on uradi: ob-havoni kuzatish idorasi?.. Qanaqa «ob-havo»yu qanaqa «kuzatish»? Hech tasavvurimga sig‘masdi Chaman akaday bir odamning shunaqa ishda ishlashi, istansalarma-istansa aylangani ketishi. Mening tasavvurimda u tamomila boshqa ish bilan «sanqiy»digandek edi. Hozir qay biri haq-rostligini ajratolmay sarang edim.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:39:23
Ammo bitta narsadan ko‘nglim to‘q: Asal opa o‘sha o‘zi ko‘rolmay qolgan sambitdek yigitcha... biz o‘ylagandek g‘alati so‘roqlab keluvchi emas, Chaman akaning ishxonasidan ekan. O‘z odami ekan. Bundan hiyla xotirjam tortib so‘radim:
— Yaqin orada qaytib qolarkanlarmi yo boshqa gap bilan keptimi?..
— Yaxshi esimga soldiz, unutay debman. Sal ushlanib qolayotgan ekan, tayinlab yuboribdi. Sizga tegishli gap, — buvi ovozlarini pastlatib, tashqari hovliga alanglab oldilar. — Atay Asalim yo‘g‘ida kelib, aytib ketdi.
Men bu gapdan hayron qolgan edim:
— Yo‘g‘ida aytib ketdi?
U kishi ma’noli bosh silkidilar:
— Yodgorimizni ayasini sizga tayinlab ketgan ekan, shuni...
— Tayinlab ketganlar, to‘g‘ri, kami borakanmi? Nima deydi?.. — dedim yuragim po‘killab. Operatsiadan xabar topa qolibdimi yo?... Shunga ko‘ngli tinchimay...
— Bilmadim nega, javob tegishi bilan dalangizga opchiqib ketarkansiz. Yodgoriniyam, o‘ziniyam...
— Nega, tinchlikmikan? — dedim ichim allatovur simillab.
— Bilmasam... Juda qattiq tayinlabdi. O‘zi tushunadi deganmish.
— Tushunadi?! Kim, menmi? — dedim battar xavotirim ortib.
— Ha, bolam, sizni aytdi.
Ammo mening ichimda tushunuksizdan-tushuniksiz bir qo‘rquvlar uyg‘onib kelar edi. G‘alatidan g‘alati xabar. Chaman akam o‘sha yoqda turib nimaning isini sezibdiki, meni qidirib qopti? Yodgorni so‘roqlab kelishlari, Kemshiktoyning «Men Yodgorman» deb ketvorishlarida... hammasida chindanam bir sir bordek edi. Endi bunday topshiriq!.. Rostdan ham ob-havo o‘sha Tangritog‘ tomonlardan aynib kelayotgan ekanmi? Ular Sulton akamning o‘zi qolib, endi ayolini izlab qolishgan bo‘lsa-chi? Chindanam qo‘rqqulik-ku! Es borida etakni yopgulik-ku!
— O‘sha yigitcha har ehtimolga qarshi Sizning adresizzi yozib oldi. Qang‘lida turishadi, dedim...
— Kim? — dedim daf’atan anglab yetmay.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:39:34
— O‘sha Chaman yuborgan yigit-da, bolam, kim bo‘lardi?
— Ha-a, — dedimu birdan nafasim ichimga tushib ketdi. — Shoshmang, u Chaman akam bilan ishlasa, o‘zlari yuborgan bo‘lsalar, adresimni aytmabdilarmi? G‘alati-ku, — dedim buviga.
— Voy, shuni ayting. Menam laqqa tushibman-ku. Chamanim aytsa kerak edi, — dedilar bo‘shashib.
Men ijikilab so‘rashga majbur edim:
— Ilgariyam kelganmi hech?.. Chaman akam borlarida?.. — dedim aqlim bir tiniq ishlay boshlab.
— Sambitdek yigitchami? Yo‘q, endi ko‘rishim shekilli, — dedilar yuzlariga ajinmi-nima ina boshlab. (Lekin ajabki, bu ajinlar ham yuzning ich-ichidan balqib chiqmoqda bo‘lgan, anuv ipakday muloyim nurni yo‘qatolmas edi.) — Siz uni kim deb o‘ylaysiz?— dedilar u kishi tashvishlanib.
— Hayronman. Chaman akam tayinlagan bo‘lsalar, ishxonamdanoq topib olardi. Bu yerdan izlab yurmasdi.
— Ha-ya, shuni ayting. Bizni xo‘b avrab ketibdi-mi, a?
— Bilmasam-bilolmasam,— dedim men, — uyga borsam, ma’lum bo‘lmasa, hozir bir narsa deyish qi- yin.
— Voy, men esi yo‘q, Chaman desa, laqqa tushi- ib o‘tiribmanmi? Qaytta turishizzi aytib beribmanmi?.. Voy, men — esxonasi uchgan! Nima qip qo‘yibman?
Oyto‘ra buvi azza-bazza o‘zini qo‘yarga joy topolmay adyol ostida tosh qotgan oyoqlarining tizzalariga shappalagancha, aytib kuyinar, qo‘lini tizzalariga har tashlaganda, o‘zining zalvoridanmi, alamining zo‘ridanmi, karavot lopillab silkinar, kampirning o‘zini ko‘tarib tashlagudek bo‘lar edi. Shunaqa kuyib ketibdi.
Men esa u kishining qo‘llariyu tizzalariga yopishib, bir nimalar deb tasalli berib yotibman.
— Voy, xolamoyijon, axir Sizda nima gunoh, tinch-laning. Hali hech gap yo‘q-ku. Men to‘g‘ri o‘sha shifoxonadan kelyapman-ku. Tinchlik-omonlik-ku.
O‘zim shunday deyapman-u, ichim sidirilib tushib boryapti: O‘zi bugun bir o‘limdan qolgani bilan bu yoqda hali shuncha xatarlar turgan ekanmi? Endi nima qilamiz? Tuzalmay turib, shifoxonadan qanday opchiqib ketay? Yodgormurodni-chi, qaerdan topdim?..
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:39:54
* * *
Uyga qanday yetib kelganimni bilmayman. Shunaqa vaqtda o‘zi bir belgi beradi shekilli: ich-ichimdan g‘ulg‘ula aralash bir qo‘rquv turib, bosh ko‘tarib kelyaptiki, oqibatini eslasam... nafasim ichimga tushi-ib-tushib ketardi. U yog‘ini o‘ylashga hatto jur’at etolmasdim.
Uyga kirsam, qo‘rqqanimdek, «Amaqujon!»lab chopqillab keladigan bolakay na hovli sahnida ko‘rinar, na ichkaridan ovozi chiqardi!
Uylarimiz allaqanday huvillab qolgandi.
— Yodgor qani, bola qani? Kim opketdi uni? — deb baqirib yuborayozdim ayolimga.
— Voy, adasi... o‘ziz bilarkansiz-ku...
— Kimni bilarkanman?! Nimani bilarkanman?..
Saida ko‘zlarini pirpiratdi:
— Buvasi... — dedi duduqlanib.
— Nima, buvasi?
— So‘ratibdimish-ku, ko‘rgisi kelib.
— Shu gapga ishonib o‘tiribsanlarmi? — deb yubordim umrimda birinchi marta sensirab. — Kim keldi, qanday nobakor?
Mening ovozimga oyim uylarini ochib, ostonada ko‘rinish berdilar. Joynamoz ustida tasbeh aytib o‘tirgan bo‘lsalar, qo‘rqitib yuboribman shekilli, deb sal past tushdim.
— Telefonim bor, ishxonam bor, men o‘lgani ketgan emasman-ku, xabar qilmaysizlarmi?
— Qildim-ku, adasi.
— Bo‘lar ish bo‘lib, bo‘yog‘i o‘chgandan keyin...mi?
— Ha, bolam, o‘zingni bos, — oyim ayvonga chiqiboq gilam ustiga cho‘ka qoldilar. — Hammasi sen qo‘rqqanchamas. Kelinga aytmovdim. Mana, xat tashlab ketgan, — dedilar nimchalari cho‘ntagidan buklog‘liq qog‘oz chiqarib.
Qarasam, tumor xat. Qo‘llarim titrab ochdim: «Uka, To‘ra buvaning iltimoslari shunday bo‘ldi. Yodgormurod jiyanchamizni yana ham bexavotirroq joyga ola ketdik. Uzr, kutolmadik. Qisinmang judayam. Men o‘zingiz bilgan Zohidxonman»...
— Chin-mochinni otliqqa ham topilmas qora kostum-shimida... sal boyvachcharoq ko‘rindi, xolos, bo-lam, — derdilar kamiga oyim.
— E, o‘sha Zohidxonmi!..
Oyim erkin tin oldilar:
— Ana, tanirkansan-ku, bolam. Odamni yuragini chiqarib yubording.
Taniganda qandoq! Kennoyimga tabib izlab borganimda kimni uchratibman?! O‘sha keptimi?
Unda sambitdek yigitcha kim? Chaman akamning nomidan uylarigacha izlab borgan? Yodgorni so‘roqlab yurgan? Bularga qanday dahli bor?
Tagiga yetib ko‘r-chi, bu jumboqni!
Men hotirjam tortishimni ham, tortmasimni ham bilmasdim...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:40:19
4. ESHON BUVANING QARZ SALOMLARI
yoxud shafoat huquqi


Oyimlarga berib ketishgan xatcha chittak qanotidek kelib-kelmas, biz bolalikda yasab oladigan qog‘oz qushchalarimizga juda-juda o‘xshab ketardi. Faqat buning jindek dumchasi bor-u, tumshug‘i yo‘q.
Shunaqqib Yodgormurodni ana shunday semurg‘chaning belchasiga o‘tkazi-ib, uchiri-ib ketishibdi! Yana uni «bexavotirroq joyga ola ketdik» deb avraganlariga o‘laymi! (Endi u menga bir avrovdek tuyulmoqda edi. Aldanib qolganga o‘xshardim.) Obbo boyvachcha-ey, so‘ramasdan-istamasdan olib ketaveribdi-da? Darvoqe, kim deydi? To‘ra buva deydimi? O‘sha yuzlaridan nur yog‘ilib, chiroyli kuzalgan soqollariyu biroz qisiq, bodomqovoq ko‘zlari anavi rasmlardagi Navoiy bobomizgami, kimgadir juda o‘xshab ketadigan tabib... yuboribdimi? O‘sha borganimda, keldingizmi, belgi bergan sizning kennoyingizmidi, deb... tokchadan avvaldan tayyor-lab qo‘ygan dorularni olib bergan odam-a? Nahot o‘sha odam hamma narsadan voqif?..
Yoki kechagi ko‘ngil so‘rab borganlarida... kenno-yimning o‘zi iltimos qildimikan? Yodgormurodimdan ko‘nglim tinchmas, deb? Balki.
Xudoning qudratini qarangki, shu bir og‘iz so‘z kifoya etib, men tinchiy qolgan edim. Chindan ham To‘ra buva aralashgan bo‘lsalar, nimadan qo‘rqaman, xavotirlanaman?!
Faqat bir narsadan hayratdaman. U kishi kenno-yim yotgan joy — shifoxonani qanday topib bordi-yu, Yodgormurod biznikidaligini qaerdan bildi? Axir kennoyim bizning yangi joylarimizni bilmaydi-ku, aytdi desam? Balki bular ham hov o‘shandagidek, doru tayyorlab, birov kelishini kutib o‘tirganidek, o‘zi belgi beradimikan? Bolaning ustida, bu mushtipar oilaning tepasida aylangan qora xatarni ham shunday sezib... bularga qayishdimikan?
— Balki Hizr deganlari shudir?..
— Kim deding? — oyim mushtdek bo‘lib, tasbeh o‘girib, sano aytib o‘tirib edilar, yalt etib yuzimga qaradilar.
— Tabibni aytaman.
— Qaysi? — u kishi anglamay ko‘z pirpiratdilar, so‘ng kaftlarini o‘pib, salga yoshlanib kelaveradigan, ajinlar mijjalariga qadar siqib borgan ko‘zlariga bosib qo‘ydilar.
— Mahfuz kennoyimga qarayotgan odamni aytaman. Yodgorniyam o‘sha odam oldirib ketibdimish o‘z pano-higa.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:40:29
— Heh, bolam-a, — dedilar oyim cho‘zib, so‘ng bosh chayqab, bilinar-bilinmas lablarini jiyirib qo‘ydilar. — Bandaning dasti qaerga yetardi?! Avvalo, Olloh o‘z panohiga olsin!
— Har qalay-da, oyi. O‘zi ham o‘sha yoqdan ekan. Bekorga...
— Qayoqdan-qayoqdan? O‘sha Mirzaxo‘jaboylar borib qo‘ngan tarafdan ekanmi?
Men daf’atan anglay olmadim.
— Mirzaxo‘jaboyingiz kim?..
— Esingdan chiqdimi? Kim bo‘lardi, o‘sha kelinimizning boy otasida, o‘g‘lim. O‘sha bir vaqtgi qoch-qoch, quv-quvlarda qayoqqa qochib, jon saqlabdi?!
— Ha-a... o‘sha ko‘chib borishgan yeri — Tangritog‘da ham bu yoqdagidek bir Olmazor bog‘ qilib, ungayam bir anhor suv opchiqqan, o‘rtasida hovuzu shiyponu supa-supachalar qurdirgan, shusiz bu yoqdagi joylarini unutolmagan odamni aytasizmi?
— O‘sha tabibing... boyni, bularni bilsa kerak- da!
— Bilsa kerakki, odam yuborib, Yodgorni opkettiribdi. Bo‘lmasa, unga nima edi qayg‘urib?..
Ammo oyim birdan mahzun tortib, qo‘llarining yuzini (o‘sha terisi bir kuyib tushib, qayta et bitgandayin quruqshab qorayib qolgan, tomirlari esa ko‘k ipakdayin ingichka tortgan qo‘llarini) silab qoldilar. Ichimga g‘ulg‘ula tushib, yuragim dukirlab keldi: «Nimani nazardan qochiribman? Oyim huda-behudaga tashvishga tushmasdilar-ku...» O‘zim esa yurak yutib so‘rolmasdim. (Urishib berishlaridan hayiqib turibman.)
— Akang tinchmikan, o‘zi? Hech bir xabar bo‘lmadi-ku, — dedilar xavotirlanib.
Men ichim sidirilib, bosh chayqadim.
— Bilsa, o‘sha Chaman akam biladi, u ham bir ketgancha... badar ketib boryapti. Nega unaqa deyapsiz, oyi?
— Mahfuz kennoyingni daragi chiqqanidan bir suyuniblar edim, Ollohning marhamati bilan o‘zi ham osmondan tushganday kirib kelib qoladimi, deb o‘tiruvdim. Manavi voqealar... yaxshilikdan darak bermayotganday-ku?
— Qaysi voqealar, oyi, — dedim zo‘rg‘a. Siz nimani nazarda tutyapsiz, demoqchiman-ku, aytolmasdim.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:40:46
— Kennoyingning daragi chiqqanida bu tabibning paydo bo‘lib, anavi bolaning yo‘qolishi, Yodgorni oldirib ketishlari... — dedilar oyim nigohlarini uzmay, — hammasi allaqanday g‘alati-da, bolam.
Etlarim jimirlab ketdi. Lekin o‘zim sir boy bergim kelmasdi:
— Yo‘g‘-e, oyi, siz o‘ylaganchalikmas, hamma-hamma bilan shunaqa halim, taqvodor odam-a? Qo‘ying.
— Otasi unday bo‘b ketuvdi, bollari bunday to‘zimasa deyman-da.
Men esa fikrimdan qaytolmasdim:
— Qolaversa, u tabibni o‘zim izlab topib borganman, oyi, u bularnimas...
— Keyin-chi, keyin ham ko‘rgani yo‘qmi?
— Kimni? Kennoyimnimi? — dedim bo‘shashib.— Boribdi...
— Ana, aytdim-ku.
Men oyimning yuzlariga esim og‘ibroq tikildim:
— Bularda bir sir bor... deysizmi?
— Shahringda nima ko‘p, kelgindi ko‘p. Ayniqsa, o‘sha yoqdan kelganlar.
— Kelsa, hammasi qochib o‘tganlar, — dedim men.
Baribir, oyim bosh tebrab, qo‘shilmadilar:
— Ularning orasida qancha — eshitar qulog‘i, ay-g‘oqchisi boriykin? Ularam anoyimasdir?
Oyim shunga zingil tashlaganlariga hayron qolib, beixtiyor mehrim tovlandi. (Axir, bu hammasi kennoyim uchun-ku, shular ham bir xalovat topa qolsa edi, deb kuyinganlardan-ku, bo‘lmasa, u kishiga nima!):
— Siz haqsiz, oyi,— dedim chiniga ko‘chib,— lekin Yodgorni oldirib ketib yaxshi qilibdilar qaytaga.
— Shunday bo‘lsayam,— u kishi iltijo etgandek tikildilar,— oying o‘rgilsin, ehtiyot bo‘l, chuv tushirib ketishmasin tag‘in. Hammadan burun Olimdan hazir bo‘l.
Men har narsani kutsam ham, buni kutmagan edim:
— Siz... u hamma narsani biladi, deb o‘ylaysiz-mi?
U kishi boshlarini quyi solintirdilar:
— Bir narsa deb... Ollohning oldida gunohkor bo‘lib qolishdan qo‘rqaman-u, lekin, bolam, akangning boshida yana qora bulutlar o‘ralashib qolganga o‘xshaydi. U bekorga kelmagan. Eslasang, ilgariyam bir shunday bo‘lib edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:41:01
Qarorgohga sallot tashlashgandagisi rost. Lekin endiyam uni o‘rtaga suqishyaptimi? O‘z ukasining qo‘li bilan nima qilishmoqchi? Ichimda shunday savollar charx urib yotibdi-yu, aytolmasdim:
— Endiyam deysizmi? — deya oldim zo‘rg‘a.
— Ishqilib men adashayotgan bo‘lay, bolam. Kimni hidoyatga boshlab, kimni zalolatga solib qo‘yganini yolg‘iz O‘zi bilmasa, bandasi nimani biladi!
— Nima qil, deysiz? — O‘zimni nochor-notavon, maslahatga muhtoj sezib ketdim.
— Ehtiyot bo‘l, bolam. Har kimni o‘zingga sirdosh tutaverma. Davlatni katta gazetida ishlaysan. Orqa-o‘ngingga qarab yur. Seniyam olib ketib qolishsa, men nima qila olaman?..
—Oyi, hov, oyi, nimalar deyapsiz? — Hech kutmaganimda oyim gap o‘zanini bu yoqqa burib, ko‘zyosh qilib qolishlaridan o‘zim g‘alati bo‘lib ketdim. — Hozir unaqa davrmas-ku, axir.
— Sen aytaverasan!.. Lekin bularning tuslanib-tovlanishiga, so‘zlariga ishonma. Yetimning boshini silashlariga, dushman izlamasliklariga ishonma! Hamma balolarni ko‘rgan men bilamanmi, sen bilasanmi bularni? Sen hali nimani ko‘ribsan? Ko‘rmaginam, kuymaginam, ilohim.
Oyim ro‘mollarining uchini mijjalariga bosa-bosa axiyri tinchidilaru yuzimga xijolat aralash qaradilar:
— Nima deydi? Yorildimi hech?
— Kim, oyi? — dedim dabdurustdan anglamay.
— Olim akang-da. Bekorga o‘ralashib yurmagandir orqangda, — keyin qo‘shib qo‘ydilar. — Bizga-ku, sir bermaydi. Lekin senga aytgandir.
— Aytdi, oyi, aytdi. Bir kishini topishvorish kerak ekan, — dedim yotig‘i bilan.
U kishi yalt etib qaradilar:
— Yana kimga qiziqib qopti?
— Anuv eski mijoziz bo‘lardi-ku, Ilhom sutchi. O‘shanga.
— Voy, o‘lmasam, u g‘irt tarkidunyo qilgan odam-ku. Uning nimasiga qiziqadi? — Oyim hayratlarini yashirolmay yuzlarini siypab qo‘ydilar. — Ayt, tinch qo‘ysin boyaqishni. O‘zining kuygani yetarli.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:41:12
Mening savol xaltam ochilib ketgan edi:
— Nimadan, oyi?
— Birov tagiga yetolmaydigan tarix bu, bolam.
— Nima tufayli?
— Koshki bir og‘iz so‘z bilan tushuntirib bo‘lsa.
Oyim nimaningdir andeshasida bu tarixni ochgilari kelmas, men esam tagiga yetmagunimcha ko‘nglim joyiga tushmas edi:
— Yuzko‘rmas bo‘lib ketishganmi yo...
— Unday deb ham bo‘lmas...
— Bolalari bormish-ku, bizlar tengi. Shunday odamlar ham... — Men aytmaganlariga qo‘ymay ijikilay boshlagan edim.
— Ha, endi, bolam, taqdirning yozmishi-da. Kim undan qochib qutulibdi. Bular ham o‘sha imtihon tuzog‘iga tushganlardan,— dedilar oyim o‘zlaridan qochirib.
— Imtihon tuzog‘i?— Men endi hech narsaga tushunmay boshlagan edim.— Kim tufayli? Qachongi tarix?
— He-e, bolam-a, Olloh suygulik qilsa qilsin ekan-u, kuygulik qilmasin ekan hech kimni. Bularni tarixi shunaqaroq, — dedilar bir chekkasini ochib. Judayam qiziq edi, qaytarib so‘radim:
—Og‘zilariga biron so‘z olib qo‘yganmilar?
Oyim, shunga yaqinroq, degan kabi bosh silkidilar:
— Bo‘lmasa, o‘zi boyning qizini opqochib kelib, o‘qitib muallim qilib, nikohlab olgan. Shunaqa mulla odam. Ammo oraga urush tushib, bir kun qaytib kelsaki, oyday xotini ayol zotiga suyagi yo‘q mudirning qo‘liga ishga o‘tib qopti. Shu g‘ashlangancha... uyining ostonasigayam qadam bosmay ketdi.
Shunaqa rashkchi ekanmi? Yo biron gap eshitib, to‘nini teskari kiyibdimi? O‘zim ming xil o‘ylarga borib kelyapman-u, koshki oyimlardan so‘rolsam...
— U odamga ham bir og‘iz bir narsa demabdimi?— deya oldim axiyri.
Oyim bosh chayqadilar:
— Nima degan, nima qo‘ygan — bilmadim. Lekin shu voqeadan yarim yil o‘tib, o‘sha odam qamalib ketdi. O‘z oyog‘idan yitdimi, u qamatdimi — yolg‘iz Olloh biladi.
— Shundan keyinam qaytmadimi?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:41:28
— Qayoqda. Qancha odamlar o‘rtaga tushdi. Xotiniyam xiyonat qilmagan ekan... Lekin u so‘zidan qaytmadi. Boshqa uylanmadiyam, ro‘yxush ham bermadi. Shaharda katta idorada ishlarkan, u yerdan ham ketib, bizning shu Cho‘lponotaga kelib qoldi.
— Odamoviligi shundan ekan-da?
— Bir chekkasi shundan bo‘lsa, bir chekkasi ishidan ham etak silkib ketganga o‘xshaydi. Omad shuna- qa — bebaqo, bolam, u yuz o‘girsa, har aqllilar devonaga aylanib, u kulsa, har adashganlar hidoyatga tushib qoladi. Bu odam serzardaroq ko‘ringani bilan o‘zi halim. Faqat har kim bilan iqi suyib gaplashavermaydi.
Oyim aytganlaricha bor edi. Ayniqsa, qora sovuq tushgan qish kunlari eski movut ko‘ylak-shimiyu nag‘alli etigi ustidan uzu-un jun chakmonni ilib, namat telpakni bostirib olsa, deng, juda tund ko‘rinardi. Qo‘liga bitta nagan yetishmasdi. U bo‘lsa bir gala sutdan bo‘shagan bonkalarini obkashiga qo‘shib orqalagancha bozordan qaytar, atrofiga qarab qo‘ymasdi. Ba’zan Soli pismiqning gapida ham jon bormi, deb o‘ylab qolardim. Anvar kennoyim (Solining oyisi) topgan uzun-quloq gaplarga qaraganda bu odamning oldiga, o‘sha birovning tashqisida turadigan joyiga manman degan o‘g‘rilar ham yurak yutib kirolmasmish. Boshiga naganini qo‘yib yotarmish. Anvar kennoyi bu gapni qaerdan olgan, naganni qaerdan ko‘ra qopti — hech kim bilmaydi. Lekin necha yilki, shu duv-duv gap to‘xtamaydi-tinmaydi. U ham birontasining peshonasidan darcha ochib qo‘yganini hech kim ko‘rgani ham, eshitgani ham yo‘q. Ammo u o‘tib ketguncha hammamiz hayiqib turganimiz-turgan edi.
Mana endi Olim akam shu odamni surishtirib-so‘roqlab yuripti. «Bu buz-buz, ko‘ch-ko‘chlarda qayoqqa jildiykan, surishtirib ko‘rsang, o‘tib kelardik», deydi. O‘zi uni qaerdan biladi, bizning tomonlarga kelib qolganining daragini qaerdan eshitgan — aytib o‘tirmadi. O‘zi shaxsan tanimagan (balki tanir) odamni orqavarotdan surishtirib, qidirib yurishi qiziq. Men uni topib berishga ham, bermaslikka ham hayron edim. Axiyri o‘ylab-o‘ylab oyimlarga maslahat solishga majbur bo‘ldim.
— Balki shu ko‘ch-ko‘ch bahonasida bolalari... endi qayoqqa ham borasiz, deb... olib ketishgandir? Ular asli Ko‘tarmadanmidi? — dedim.
— Sutchimi, qaytsa o‘sha boshidayoq qaytardi. U tuflagan tufugini qaytarib oladiganlardanmas. Undan ko‘ra haliyam bo‘lsa guzardan surishtir, — dedilar oyim.
— Yaxshi, lekin boshlab borib uyalib qolmasmikanman? — dedim oyog‘im tortmayotganini sezdirib.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:41:41
— Nima ishi borakan o‘zi? Aytdimi?
— Bir uchini chiqarganday bo‘ldi.
— Nima deydi?
— Otam rahmatlining qarz salomlari bor, deydi.
Oyim bu gapdan eslari og‘ib, aftimga tikildilar:
— Nima, nima?!. Kimning gapini gapiryapsan?
— O‘zining gapi... Shu odamga qarz salomlari bor, yetkazishim kerak, deydi.
— O‘ylab gapiryapsanmi? Eshon pochchani olib ketishganiga qancha bo‘lyapti?! U kishi tengilar ko‘karib chiqdi-ku...
— Men bilmasam, oyi. O‘shoqdan keldim, qo‘limda jon berdilar, deydi.
— O‘shog‘i — qayoq... ekan? — dedilar oyim hamon o‘zlariga kelolmay.
— Tangritog‘dan... topdim, deydi.
— Yo qodir Olloh! Hayot ekanlarmi?!
— Daraklarini eshitib, topib borganmish. O‘zi qo‘li bilan yerga qo‘yganmish.
— Subhanalloh! Oxirgi damlarini ko‘rib qolish unga buyurgan ekanmi? — deb oyim azza-bazza ko‘zlariga yosh oldilar. — Eshon pochchani-ya? Qancha vaqt, qancha suvlar oqib o‘tib-a? Tumanli yurtmi — allaqayoqqa olib ketgan deyishardi-ku. Bu yoqda ekanlarmi? Ollohim hifzu himoyasiga olib, rizq-ro‘zlarini shu yoqqa sochgan ekanmi, tavba?
Oyimlarga qo‘shilib, men ham g‘alati bo‘lib ketdim; tavba, biz bu yoqda ne xayollarga borib yuribmiz: tumanli yurtlarga surgun qilingan bo‘lsalar, go‘rlari qaerlarda qoldi ekan, shunday odam kafansiz ketdilarmikan, deb o‘tiribmiz-ku! U kishi esa, mana, qaerda ekanlar! Yana u odamni tirik ko‘rish, duolarini olib qolish — kelib-kelib kimga nasib etibdi!
Voh, kim bu xonadonni to‘zitganlar bilan kelisholmay, qaerlarda sarson-sargardon yuribdi, hatto yurtiga sig‘may — bosh olib ketdi, unga yo‘liqmay shu Olim akamga yo‘liqibdilarmi? U kishini ko‘rib, duolarini olib qolish shunga nasib etibdimi? Bunda qanday siru sinoat, hikmat bor ekan, anglab yetolmasdim. Axir, Sultonmurod akam ham o‘sha Tangritog‘ tomonlarda edi-ku?! Qolaversa, u kishi u diyorga qanday borib qolibdilar? Nima bu, taqdirning karamimi yo Ollohning inoyati? Oyimlar aytmoqchi, Olloh xohlasa, bandasini chohlardan ham tortib olib, adashgan farzandi-zurriyodiga ro‘baro‘ qilishga ham qodirmi?!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:41:49
Oyim shunday xabarlar topib kelganimdan bir yerga yetib, yuz-ko‘zlarimga mamnun-mamnun tikilar ekanlar, yana allaqancha narsalarni so‘ramoqqa shaylanib-shaylanib ham qo‘yar edilar. Nihoyat, bir kalima Qur’on tilovat etib, savobini bag‘ishlagach:
— Aytmoqchi, u kishi sutchini qaerdan tanirkanlar? — deb qoldilar.
— Kim? — dedim men anglab-anglamay.
— Eshon pochchani aytaman-da. Hamonki, qarz salomlari bo‘lsa?..
Chindan g‘alati edi: eshon pochcha qayoqdalaru hukumatning ishongan idoralarida xizmat qila-qila bu dunyo xoyu havaslaridan etak silkigan sutchi qayoqda!
—Bilmasam, oyi. So‘ramabman, qarang-a,— deya oldim.
— So‘rashing kerak edi, bolam. Eshon pochchaday Olloh aziz qilgan odam har kimga ham duoi salom yo‘llamasalar kerak. U kishining nazarlari tushibdimi, shundan bilaver. Topishib yuborsang, savobga qolasan.
Oyim shunaqalar. O‘tganlarga daxldor ish chiqsa, tamom, mahkam ushlab oladilar. Olloh rozi bo‘ladigan ish ekan, orqasidan qolma, deb turib oladilar. Ado etilmaguncha so‘rayverib, surishtiraverib, kishini hol-joniga qo‘ymaydilar.
Hozir ham ra’ylariga qarab:
— Xo‘p, bugunoq o‘tib, surishtirib kelaman, — dedim-u, lekin yuragimning bir chekkasidagi g‘ashlikdan hech qutula olmasdim. Qulog‘im ostida ko‘zga ko‘rinmas bir mahluq hadeb visirlar edi:
«Hamma qolib, shu dog‘uliga ishondingmi? Olimga-ya?» «Xonumoningni kuydiradi-ku, bu seni Ilhom sutchingga qo‘shib!..»
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:42:45
5. YURTDAN MUJDAYU SUYUNCHILUG‘
yana o‘sha hikoyachiga qorong‘u, muallifga ayon safar tarixidan


U qa’daga o‘tirib, endi payg‘ambar alayhissalom haqlariga salovat boshlab edi, hovlida qachondan beri chertak o‘ynab, xalinchak uchayotgan qizaloqlar gurra chopishib qoldilar:
— Voy, opoqbuvamla...
— Chopdik-uchdik, eshontamla!
— Guzardan keluttila...
— Namozdan keluttila...
Hojining daragidan kap-katta odam Xudoyberdi ham shoshib, ikki yoniga salom berib, namozni yakunlay qoldi. Bu vaqt noz-ne’matlarga to‘la dasturxon ham bir chetda qolib, lo‘labolishni tirsagi tagiga tortgancha asta yonboshlagan Aka pochcha — shunday alp odam ham uyqu elitib mishillay boshlagan edi. Tog‘u tosh oshib, duch kelgan yerda tunab kelaturgan safar kishilari uchun boy otanikidagi bu e’tiboru bu mulozamatlar... ularni elitmay kimni elitsin...
U bir tabiatli, islimiy gullar solinib, oq ipakdan suvlar yurgizilgan, ustiga ustak allaqanday iforlar gurkirab turgan joynamozni tokchalar o‘rtasidagi qoziqqa ilib, sherigini shoshirdi:
— Hoy, aka pochcha, turing, tura qoling, Hoji buva keliptilar...
— Nima, kim? — Aka pochcha azbaroyi cho‘chib tushganidan boshini sirlangan devorga urib oldi. Ko‘zi moshdek ochilib, norozilandi: — Vahmangni qara-yu...
— O‘zingiz ham, — dedi beshikchi, qistab kelaturgan kulgusini bosib, — cho‘kdim deguncha boshiz og‘ib ketovurmasin-da. Mehmon degan nomiz bor.
— Chittakdek odam o‘zingga teng qildingmi? — Aka pochcha ijirg‘anib o‘rnidan qo‘zg‘oldi. — Tag‘in qiyomatli o‘rtoqmish bu.
— Biz bilan yurib hali duoni kattasiga sherik bo‘lganizda bilasiz. Hali Hoji ota bilsinlar.
— Hammasidan bir chimdim uyqu o‘taversin, — deya to‘ng‘illab, usti yopiq xanik chetida yarqirab turgan oftoba bilan turnadek bo‘yni cho‘ziq obdasta tomon o‘taverdi u.
Beshikchi kuldi:
— To‘nu sovg‘a-salomlardan ham-a? Yelkangizga tashlashganda yoqib qolar?
Beshikchi o‘ziga qaytib keladigan gapni sezmay qolgan edi. Aka pochcha miyig‘ida kuldi:
— Saritoyni cholga nevarasi o‘rnida o‘tkazib-a? To‘n teshib chiqmasin.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:42:57
Bu gapdan beshikchining boshi aylanib, etlari jimirlayozdi:
— Olloh asrasin! Kim bu niyatda keptiyu shunday bo‘ladi, deb o‘ylabdi? Siz meni kim deb o‘ylayapsiz, aka pochcha?
— Uzr-uzr, unday demoqchimasdim, o‘zingga olmaysan. — U cho‘nqayib, yuzini chaya boshladi. Ulkan odamning yuzidan ortgan suv oftobaning do‘ngalakchasini o‘pib tushib, ichiga jildirab yo‘qolar ekan, u oshnasining ko‘nglini oladigan bir so‘z qidirinar edi. Nihoyat, belbog‘iga artinib turib edi, o‘sha so‘z ham tiliga kela qoldi:
— Shu bilan qiyomat qarzdan qutulsang — biz xursand, oshna. Sovg‘a-salomsiz ham odamni kuni o‘taveradi.
— Ha, bu boshqa gap, aka pochcha, endi o‘zizga keldiz..
Bu orada nashvatilari moyguldayin ochilib, asalarilarga «vatan bo‘lib» ulgurgan hovlida boyagi qizaloqlarning quvalashib chopishgani, rahmat aytib bir yerga yetganlari — sakrab quvnaganlari eshitildi. Ular Eshon otadan nasibalarini olib qaytmoqda edilar. Keyin qay biri chug‘urlab, u kishidan suyunchi ola boshladi:
— Voy, Eshonta, me’mon boluni ko‘rmabsizu...
— Qani-qani? Qanday bola?
Boy otaning alanglab, kamzullari hamyonini kavlashtirib nevaralari ichidan saritoyni izlaganini tasavvur etib, beshikchi beixtiyor jilmaydi. So‘ng o‘zi ham u kishining istiqbollariga chiqarkan, sherigini shoshirdi:
— Bo‘la qoling, aka pochcha, u kishini tavof etgali chiqqaymiz.
U hovliga tushib borganda cho‘qqi soqolidan nur yog‘ilib, ko‘zlari hamisha yoshlanib turganday, ammo su-yib-suyib tikilguvchi o‘sha jikkak chol yo‘l-yo‘l banoras to‘nining poylari yerni o‘pgancha cho‘nqayib, me’mon bola — kemshiktoyning peshonasidan o‘pib turar edi.
Boya chittigul o‘ynab, halinchak uchayotgan, qirq kokillari yetmaganday, tolchovkandan sochpopuklar taqqan qizaloqlar biri olib, biri qo‘yib, buvalariga tushuntirish berishar edi.
— Buva, buva, ular dovon oshub kelishiptu...
— Uzoqdan kelishiptu... Toshkan degan joydan kelishiptu.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:43:06
— Valloh, valloh! Olloh aziz qilgan joylardan-a? Shundaymi, bo‘tam? — derdi boy ota bolakayning yuz-ko‘zlariga yutoqib tikilib. Mushtdek yuragi jimitdek vujudiga sig‘may qolgan bo‘lsa ehtimol. Suyib, bir yerga yetib tikilar edi.
— O‘shoqdanmu? — derdi allaqanday titrab-qaqshanib. Ammo o‘shoqning nomini aytolmasdi. — Ota diyor-lardan-a?
Saritoyning ovozi chiqa qolmas, yuzlari duv qizargan, o‘zi oyog‘i ila yer chizardi. «Hm», dedi axiyri bosh silkib.
Boy ota uni shu ko‘yi bag‘riga tortib, bo‘ynidan iskalamoqqa boshladi:
— Aytuvdim-a, qanday tanish bo‘ylar ufuryapti, deb. Voy-voy-voy, bo‘ylaringdan seni, — derdi mutaassirlanib. Va shu ko‘yi ko‘zi beshikchiga tushib: — Valloh, kimni ko‘ryapman?!— deb yubordi,— Xudoyberdi, qanday shamollar uchirdi?!— dediyu bo‘shashganidan o‘rnidan turolmay qoldi. Nazarida, butun kuchi oyoqlaridan yerga o‘tib ketgan-u, bolakayga suyanib qolgandek, agar bag‘rida shu saritoy bo‘lmasa, yerga o‘tirib qolsa ham mumkindek edi. Va nihoyat, qariya o‘zida qanday bir kuch topib, asta qaddini rostladiyu mutaassirlanganidan biron so‘z aytolmay quchog‘ini yarim ochgancha unga qarab yuraverdi. Hamma ko‘rib turibdi, boy buva undan bo‘lak hech nimani ko‘rmay, hatto oyog‘ining tagiga qarashni-da unutib, unga quchoq ochib kelar, endi atak-chechak yurishni o‘rgangan kishiga o‘xshar edi...
— Kimni ko‘ryapman, Xudoyberdi?!
Beshikchi chidolmadi.
— Men, boy buva, o‘zingiz bilgan Xudoyberdi, — deb (ichdan bosib kelgan xo‘rsiniqlarni-da yutib) u tomon talpindi. — Shoshmang, men o‘zim...
Uchib bordimi, ikki xatlashda yetib bordimi, lekin naynov terakdek bo‘lib boy otaning bag‘rida turarkan, bu tabarruk mo‘ysafidni dast ko‘tarib olaqolgisi, yuzlarini yuzlariga suykab, oppoq soqolidan o‘pgisi kelar, ammo o‘sha yuzlarni issiq bir tomchilar yuvib tusha boshlab, lablari chekkasidan sho‘rtang bir narsalar sizib kirar ediki, o‘zini tuta olmaganidan uyalibmi, hadeb yuzini chetga burar, bu ahvolu bu alpozda u zotga qaray olmas edi. Ammo salom berib, tavof etmak ham qarz, ham farz. Ozmuncha yaxshiliklar ko‘rganmi bu odamdan!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:43:32
— Esonmisiz, boy buva, Sizga uy ichimizdan salomlar obkeldim. Nevaralarizdan, kelinizdan...
— Bormisan, Xudoyberdi?! — dedi qariya to‘liqib.— Ko‘rsatganiga shukr, hazor-hazor shukr. Diyordagilar... — dediyu u yog‘ini aytolmadi.
Shusiz ham tushunarli edi. Beshikchi qariyaga qattiqroq chirmashdi:
— Omonmiz, omon. Tangriga ming qatla shukrlar,— dediyu qariyaning bag‘ridan bir olam rohat olayotgandek takrorladi. — Qaytib ko‘rarmanmi, yaxshiliklaringizni qaytararmanmi, derdim, yetkazganga shukr. Qiyomatga qolmadi.
— Faqat shuning uchun... shundan shu yoqqa... dovon oshib keldingmi, Xudoyberdi? Boshingni tashvishlarga qo‘yib?..
— Tashvish nima, boy buva! Qiyomat qarz edi, uzib qo‘yay deb keldim. Yaxshi mujda uchun dovon nima ekan, Muzotdan oshsa arziydi.
Qariya boshini ko‘tarib, uning ko‘zlariga bemajol tikildi. Nigohi kemshiktoyga borib-kelardi.
U tushundi:
— Ha, boy buva, tomiringizning tomirini topgandekmiz. Bu o‘zini...
— Yo Qodir Olloh! Qizimizning daragini topib keldingmi, Xudoyberdi?! Bu... mehmon bolam, desam, o‘z tomirim — nevaramizmi hali Xudoyberdi?! — Qariya azbaroyi dovdirab qolganidan shu turgan yerida cho‘ka qolib, bir qo‘li ila kemshiktoyni quchog‘iga tort-gan, bu qo‘li bilan Xudoyberdini uzun oyoqlaridan quchib olgan edi. Goh uning peshonasidan o‘pib, goh buning tizzalariga yuzini bosar edi. — Oh, o‘zim o‘rgilay sizlardan. Xudoyimning muruvvati — marhamati shunchalar ulug‘ bo‘larmi! Ko‘zim ochiq ketmaydigan bo‘ldi, Xudoyberdi! Men sendan u dunyo — bu dunyo roziman. Bergan tuzlarimga-da, qanotimda olib o‘tirganlarimga-da, roziman. Ollohning karami keng. Sen tufayli men qariyaning boshini ko‘kka yetkazdi. Endi omonatini bemalol topshirsam mumkin. Mahfuzamni Parvardigor o‘zi asragan ekan, hifzi-himoyasiga olgan ekan. Oh-oh, maning saman toychoqqinam, qizalog‘imning yodgorginasi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:43:59
Kemshiktoy Yodgor nomini eshitib, bir unga qarab, bir ko‘zlarila yer chizardi.
Xudoyberdi o‘rtaga tushishga majbur bo‘ldi. Cho‘nqa-yib, bolakayning avval yoqasini, so‘ng yo‘lakay O‘shning bozoridan olishgan pistonli iroqi do‘ppisini to‘g‘riladi. Erkalab, yuzini siypab qo‘ydi.
— Katta Eshontang... bizni boy buvamiz — mana shu kishim bo‘ladilar. Etaklarini o‘pib, tavof qil. Bu kunlarga yetgan bor, yetmagan bor... — deb Xudoyberdining o‘zi boy otaning yo‘l-yo‘l banoras to‘nining barini ko‘ziga surtib o‘parkan, beixtiyor ko‘zlariga yosh quyilib keldi. Darvoqe, boshiga musibat tushib, bola-chaqasi ila ko‘chada qolgan u kezlari, o‘shanda mana shu muruvvatpesha odam jonlariga ora kirganini unutib bo‘ladimi! (O‘shanda masjiddan qaytayotib ekanlar. Ahvolni anglab, qo‘rg‘onlariga boshlab ketgan, tashqi hovlilaridan joy bergan edilar. Yana qancha — bir qish o‘rniga uch qish qolib ketishib edi). Ana endi bu kishining o‘sha tuz-namaklari, muruvvatlarini uzish, qaytarish vaqti yetganda, shuning uchun yetib kelganda u yig‘lamay kim yig‘lasin?! Bu zotning etaklarini u o‘pmay kim o‘psin?!
Faqat (uning niyati xolis ekanini) bu bolakay qaydan bilsin? Anavi kungi xarxashasi, «uyimga keta-man»lari, bu kungi soqovligiyu mana bu biroz iymanib, ham tumtayibgina turishlari — hamma-hammasi qaerga kelganiyu qanday ulug‘ xonadonga mansubligini o‘zi bilmaganidan-da. Agar shu Hizrday pok kimsa o‘z buvasi ekanini bilsa edi... quchog‘iga otmasmi edi o‘zini! Manavinday iymanib, tumtayib turguncha.
Yo boy otaning salovatlari bosib... jim qoldimi, bolakay?
— Salom berdingmi, o‘zi? Bor, o‘p. O‘zingni tanit,— dedi u dalda berib, ham kuragidan sekin itarib. — Qara, barlaridan qanday bo‘ylar ufurib turibdi. Jannat asli shu kishilarning oyoqlari ostida, bolam...
Ammo iymanchiq bolakay (tavba, Toshkanda bunday emasdi-ku, dovon oshib, oyog‘i «sinib» shunaqa bo‘ldi-qo‘ydi!) jur’at etguncha boy buva barlarini tortib, bir qadam tisarilib ulgurgan edilar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:44:12
— Hay-hay, Xudoyberdi, bu nimasi? Sizlarda etak o‘pmak, sajda etmak... hali-da rasmmi? Undan ko‘ra, turingiz, ichkariga kiringiz. Qaerlardan mozor bosib kelmabsiz, axir. Turingiz, — deb azza-bazza qo‘ltig‘iga qo‘l yubordilar. Dag‘allikdan tamomi holi qo‘l — ajib taftli edi. Xudoyberdining etiyu vujudi shirin jimirlab kelib, o‘zi turib ola qoldi.
— Uzr, boy buva, Olloh azbaroyi shu kunlarga yetkazgani shukronasiga edi, boshqacha tushunmang. Diydor shukronasi edi.
— Olloh kechirsin, shirk g‘ulusi dilimizga-da, oralab kirgan bo‘lsa, shayton vasvasasiga uchgan bo‘lsak. Aziz mehmonim bo‘lingiz. Bir otamlashayluk, diydorlashayluk. Qani, toy bola, o‘zlari ham yursinlar.
U kemshiktoyni pinjiga tortib, quchib olgan, yuz-boshlarini silab, bir yerga yetar, quloqqinasining takkinasidan hidlab-o‘pib, qistar edi.
Yo‘lakay ariq bo‘yida qo‘l qovushtirib turgan Aka pochchani ko‘rib, unga-da, mulozamatlar qildi:
— E, mehmon, tog‘ oshib, mozor bosib kelgan qadamlarizga xasanotlar. Keling-keling. Urinmay-la, yaxshi yetib keldingizlarmi? Dam g‘animat — diydor g‘animat. Qani, bir omonlashib qo‘yaylik.
Ajab dunyo. Shunday basavlat odam jinchaloqdek chol oldida qo‘l qovushtirib ta’zimda turar, ko‘zlariga tik qarashga botina olmas, musulmonchilik andishasimi, nimadir yo‘l qo‘ymas edi. Aslida u hammas, bu hammas, cholning o‘ziyu so‘zidan yog‘ilib turgan mulo-yimligu halimlik, ham yuzlaridagi tiniq bir nur uni gangitib qo‘ygan edi: tavba, odam qarib-munkillab ham shunchalik ko‘hlik tortib ketuvi, yoqimtoy bo‘lib qoluvi mumkin ekanmi? Qaydan shuncha nur yog‘ilyapti? Balqib chiqyapti?
Aka pochcha umrida birinchi marta qari odamga havasi kelib, suqlanib boqdi. Yo, Olloh, shunday qarimoq mumkin ekanmi? Qarib ham yoqimtoy bo‘lib qolmoq mumkin ekanmi, tavba?!..
Yo zuvalasi o‘zi shundoqmi, hammasi nasabdanmi?
— Qani, qani, Toshkanimizni nafasini olakelgan azizlar, biz sog‘ingan diyordan mujdalar kelturgan mehmonlar, o‘tgaysiz. Mozor bosib kelgan qadamlarizga hasanotlar bo‘lsin. Hoy, Darveshali, qaydasan, o‘g‘lim. Ota yurtdan elchilar kepti-ku, axir. Tomirlarimiz kepti-ku, bizni so‘roqlashib. Nima qip turibsan? Opchiqmaysanmi qora qo‘chqorni?! Oyoqlari ostiga dumalatmaysanmi?!.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:44:26
Darveshali deganlari:
— Hoziroq, boy ota, — deb ko‘zdan chekilgan edi, ular hovuz bo‘yiga qaratib solingan mehmonxonaga yetmaslaridan bir qo‘chqorning dumbasiga arqon solib, surgaklab keldi va ko‘z ochib yumguncha, Xudoyberdining hay-haylashiga qaramay... uni o‘sha arqoni-la kullaklab, jonivorni bularning oyoqlari ostiga bo‘g‘izlab yubordi. Kemshiktoy bunaqa urflarni endi ko‘rishi edi, hayiqib cholning pinjiga tiqildi. Keyin oyog‘idan puflanib shishirilayotgan qo‘y ustiga to‘dalashib kelib, cho‘nqayishgan bolakayu qizaloqlarni ko‘rib, o‘ziga keldi.
Ammo Eshon buva uni bu yerda qoldirgisi kelmay qistagandan-qistar edi.
— Yuring, toy bola. Bu qo‘y allaqachon jannatga kirib ketdi. Yo aytaymi, pufagini sizga olib qo‘ysinlarmi? — Eshon buva shirin kulib qo‘yib, qo‘yning oyog‘ini ko‘tarib puflayotgan Darveshaliga tayinla- di.— Hoy, qassob akasi, eshitdingiz-a, pufagini begona qilmaydigan bo‘ldiz.
Darveshali qorni do‘mbira bo‘lib shishib, oyoqlari ko‘tarilib borayotgan qo‘yni surib, bosh silkidi:
— Bir og‘iz so‘ziz, boy buva...
— Ana, eshitdingiz-a, toy bola. Sizdan o‘tib hech kim unga ega chiqolmaydi. Yurdik, yurdik.
Dasturxonlari tuzatilib, ustiga yengilgina doka tortilgan mehmonxonaga kirib borisharkan, boy buva o‘sha-o‘sha so‘zamollik ila kimnidir chaqirdilar:
— Qani, baraka topgurlar, opkela qolinglar, bizga atalgan ne’matlaringizni.
Avval choy, ketidan ustiga jindek murch sepilib, bir qoshiq asal solingan shirchoy keldi. Oh-oh, uning mazasi! Asalining gurkirashi! Bu dunyoning shirchoyi bo‘lmabdi! Xudoyberdi bunaqasini qachon ichganini eslolmadi.
Shu asnoda suhbat ham qovushib kelib, bir-birovlaridan ko‘ngil so‘rashga tushdilar. Ayniqsa, boy buvaning yonlariga chorlatib olgan «nevara»lari ila tanishuvlari go‘zal kechardi:
— Oling, toy bola, buni shirchoy deydilar, sovutmay oladilar. Jindek non to‘g‘rab yuborsangiz, naq moy bo‘lib ketadi, ha, oling. Ana shunday bo‘lsin. — Sal o‘tib qaytarib so‘raydilar. — Darvoqe, otiz nimaydi, toy bola?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:44:38
Kemshiktoy shirchoyga non to‘g‘rashdan to‘xtab, Xudoyberdiga javdiradi: rostini aytay desa, bular o‘tiripti, ikki birday odam. Yolg‘onlashga tili bormayapti. Xudoyberdi shunday tushundi, bolakay ne deyarini bilmay undan izn kutardi. Shunga ham shukr. Bolaligiga borsa, nima qila olardi?
U qosh uchirib, bosh irg‘adi:
— Ayt, aytovur.
Ammo saritoy uning imosini o‘z bilganiday tushungan edi:
— Akbarali, — dedi.
Hammalari ang-tang qolishdi. Xudoyberdi kosani qo‘liga olgan joyda... Aka pochcha esa shirchoyni xo‘rillatib ichishga tushgan kezda... U hatto qalqib ketdi va sherigiga «Odamning har narsa bo‘lgani yaxshi!», deganday qaradi. Busiz ham Xudoyberdining dami ichiga tushib ketgan edi. «Shuncha pishiqlaganda... toza uyatga qoldirdi-ku, bu huvari! Gungurs devona bizni toza tushirdi-ku. Shularga ishonib... yo‘lga chiqib yuribmizmi?»
O‘rtaga hech gap sig‘maydirgan (na oqlab bo‘ladi o‘zini, na tushuntirib!) jimlik cho‘kkan edi. Xijolatdan Xudoyberdining burni uchlariga qadar ter bosdi-yov... Dunyo yuzini ko‘rib, bunaqa o‘ng‘aysizlikka tushmagan edi...
Eshon buva — eshon buva-da. Ularni bu o‘ng‘aysiz ahvoldan o‘zlari qutqardilar. U kishi hech kutilmaganda, kemshiktoyning yelkasiga qoqib, boshini siladilar:
— Ulug‘-ulug‘. Ko‘p qutlug‘ nom topishgan ekan. Ikki dunyo kam bo‘lmagaysan, bolam. Niyatlariga yetishsin volidu volidalaring. Qani, menga ayt-chi, nechaga kirding?
Boy buvaning yoniga cho‘kkancha kosa gardishini «o‘ynab» — silashga tushgan bolakay xaloskor amakilarini xijolatga tushirib qo‘yganini sezibmi, boshini ko‘tara qolmas, javobga ham shoshmas edi.
— Xo‘sh, nechaga yetib, nechadan sakrab o‘ttiz?
— Sakkizdan, — dedi bola axiyri zabon bitib.
Boy buva undan nazarini uzmay o‘zicha xomcho‘tlar edi:
— Ko‘p yaxshi-ko‘p yaxshi. Qaddi ulug‘, kabir yigit bo‘lar ekansiz, Xudo xohlasa. Ol, bolam, shirchoyni sovutma. Noni ham moyga aylanib ketgandir.
O‘zi shirchoydan ho‘plab, bolani ham qistadi:
— Men seni suyib qoldim, ol, bolam, to‘g‘riso‘z ekansan. Oxirigacha shunday bo‘l, ilohim. Ayt-chi, kimning o‘g‘lisan?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:44:50
— Adamni... — dedi bola endi-endi elakisha boshlab.
— Adang kim, taniymizmi? — dedi qariya allaqanday intiqib.
— Men ularni.. hech ko‘rma...ganman, — dedi bola ma’yus tortib.
Boy buva uning kuraklarini siladi:
— Qaerga ketgan, ayang bilar? — Qariya yana nimagadir umid tutar edi.
— Bilishmaydi, meni... asrab olishgan...
— Asrab olishgan?..
Keng uyga allatovur jimlik cho‘kkib, boy buva tomoq qirdi:
— Ayangni-chi, eslay olarsan?
Bolakay bir qarab qo‘ydi-yu, ko‘zi g‘iltillab, bosh chayqadi.
Hammalari mutaassirlanib jim qolishdi. Aka pochchaning-ku, qovog‘i tushib ketdi. Ora-chira yer ostidan sherigiga o‘qrayib-o‘qrayib qarab qo‘yadi. Lekin u ham qani bosh ko‘tara olsa: ich-etini yeb, tizzasini silab o‘tiribdi.
Boy buva uzun tin olgan kabi ko‘zlarini yumib, bir muddat jim qoldilar-u, so‘ng qo‘zg‘oldilar, boyagidan ham yumshab-halim tortib, bolani yelkasidan quchdilar.
— Yetimning baxti yettita, — dedilar suyib, — sen o‘kinma, bolam. Avvalo, g‘amxo‘ri Xudo. U qo‘llab tursa, bosh silaguvchi qo‘l topilmay qolmas. — So‘ng yelkasini silab, o‘zlariga tortib qo‘ydilar. — Bu amakilaring ham hafa qilishmagandir, axir? Ularga qanday ro‘baro‘ bo‘lding? — dedilar uzoqdan kelib.
— Eshigimizga devona kelib edi, — dedi bola endi yashirmay.
— Qanday devona? — dedilar u kishi Xudoyberdiga qarab olib.
Bola tushuntira olmay qiynaldi:
— Ka-at-ta... sap-sariq odam.
— Tilanibmi?
— Eshikma-eshik yurgan ekan, «haq-do‘sti»ni aytib...
— Darvesh ekan-da, So‘fi Olloyordan o‘qib borgan bo‘lsa?! Yo qalandarmidi?
Bola yelkasini qisdi. Uning o‘rniga ham Xudoyberdi javob qildi:
— Jindek biladi shekilli o‘shani ham...
Qariya bu gapga e’tibor qilmay, boladan so‘radi:
— Keyin-chi?
— Ergashib Kalkovuzni ko‘prigigacha bordik.
— Xo‘sh-xo‘sh? — dedi qariya bir narsalarni anglagandek bo‘lib.
— Keyin anhor bo‘yiga o‘tirib, so‘ray ketdi.
— Nimanu?
— Musofir bormu, kimnikida turadu, dedi.
— Sizlar-chi? — dedi qariya titrana boshlab.
— Biznikida, dedim.
— So‘ng?
— Sen kimusan, dedi. O‘g‘illariman, dedim.
— La ilaha illalloh! — dedi qariya ichdan imon keltirib.— Xabarini chiqaraman, desa shu ekan-ku!— U gapiravur, gapiravur, degandek, im qoqib, bolaning yelkasini silar ekan, qo‘llari titrashga tushgan edi.— Otingni... so‘ramadimi?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:45:00
— So‘rab edi... Yodgor, dedim...
— Nega, bolam?
Bola ko‘zlari ila yer suzdi:
— U bilan ketgim, ketib qolgim keldi.
— Voy, seni! Nega, axir? Kim xafa qila qolib edi?
— Ular urushganlari-urushgan edi...
Hammalari hayratda qolgan edilar.
— Ularning kim? — dedi boy buva. U hamon saritoyning kuraklariyu boshlarini silar edi.
— Asal opam... tergayverib... urishaverib qo‘ymasdilar.
— Kim, asrab olgan opangmi? Yo aya dermiding?
Bola burnini tortib qo‘ydi:
— Aya, deb ham ko‘rdim, opa, deb ham... Qarg‘aganlari qarg‘agan... edi.
— Ha-a, — dedi qariya bolaning holiga tushunib. Uzoq jim qolib, yelkasiga qoqdi: — Musofirlar-chi, Yodgor-chi, kim edi sizlarga?
— Ular boloxonamizda turishardi. Tog‘am ko‘chirib kelgandilar.
Qariya shoshib qoldi:
— Shoshma, shoshma, tushuntiribroq ayt. Qaysi tog‘ang? Qaerdan ko‘chirib kelgan edi? — dedi boy buva bir narsalarni anglab yetganday, yetayotgandek. Qolaversa, yana boyagidek uning kuraklarini silab-siypalashga tushgan edi.
— Men bilmayman, Chaman tog‘am biladilar, — dedi bola.
— Ular-chi, Yodgorni o‘zi, opasi-chi? Darvesh borganda qaerda edilar? — negadir ijiklab so‘rashga tushib ketgandi qariya.
— Yodgorning ayasimi, bannisada edilar.
Xudoyberdilar hech narsa deyolmay qolishgan, savol-javobni yolg‘iz boy buva qilar edilar.
— Valloh-valloh! Ko‘pdan berimi? Bola boyaqish-chi?
— Kim, Yodgormi? Sog‘inib ketganda obborishmasa, boshqa oborishmasdi. Chiqarishmasdi uydan.
Boy buva ichi olovga to‘lib borayotgandek bir holatga tushib, xo‘rsindi.
— Yo Olloh! — dedi ichi sidirilib. Bir muddat boyagidek, balki undan ko‘proqdir, ko‘zlarini yumib tek qoldi. So‘ng: «Shundaymidi, shunday kunlarga qolishib edimi?» deb shivirlarkan, bolani qayta-qayta bag‘riga tortib, peshonasidan o‘par, nima qilayotganini o‘zi uncha anglab yetmasdi. Axiyri o‘ziga kelib, bolaning ko‘zlariga qaradi:
— Darvesh-chi, uzoq-uzoqlarga olib ketsam... ketasanmi, dedimi?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:45:13
Bola bashoratchi cholning yuzlariga termulib qolgan, qaerdan bila qolganini anglab yetolmas edi. U devonaning gaplarini so‘zma-so‘z aytayotgan edi.
— Ha, — dedi bola axiyri hech narsani yashir- may. — Tangritog‘ga ketsanmu... buvanglarni yurtiga, dedi.
Cholning vujudi titranib kelib, o‘zi bemajolgina orqasiga suyaldi. Suyaldiyu bir burda tortib, par yostiqqa botdi-qoldi. Ammo xayol opqochib, qisiq tort-gan ko‘zlarini bolakaydan uzmas, uzolmas edi. Unga allatovur bir umid-la boqardi. Nihoyat, zo‘r-bazo‘r yutindi:
— O‘shal Yodgortoyning ayasini ko‘r... ko‘rganmisan, o‘zing?
— Nega ko‘rmay?!. Boloxonada kattakon rasmlari turar edi, — dedi jonlanib. — O‘zlari yaqinda tuzalib chiqadigan edilar.
— Tuzalib chiqadigan? Shunday degan tilingga shakar sening, bolam. Shu vaqtgacha qaerda eding?! Avvalida aytmaysanmi shuni! Qanday mujdalar olib kelganingni bilasanmi, bolam! — qariya uni qayta bag‘riga tortib ulgurgan, peshonasiyu yuz-ko‘zlaridan o‘pib tolmasdi. Ora-orakay Ollohga hamdlar, shukronalar aytib tinmasdi.
— Yo, qodir Olloh, chindan buyuksan, har narsaga qodirsan, chevarsan. Shularni sababchi etib, jigarlarimdan xabar bermoqdamisan, mujdalar yetkazmoqdamisan? O‘zing naqadar rahimu rahmonsan. G‘amxo‘ru mehribonlarning mehribonisan, — derdiyu bolani bag‘ridan bo‘shatmay yoshli ko‘zlarini yuzlariga suykar, boshlaridan iskalanib, peshonalaridan o‘par, bu dunyoniyu qayda o‘tirganlarini unutgan edi. So‘ng o‘ziga kelib, yana alqay ketdi:
— Yodgortoyning ayasi degan tillaringdan seni!.. Nima deyayotganingni, qanday ulug‘ xabar keltirganing-ni bilasanmi, bolam?! Biz ota yurtga yo‘llagan, Olloh panohiga yuborgan qizimiz, tirnoqqinamiz tirik ekan! Hatto Yodgorchasi, toychog‘i bor ekan! Tillaringga shakar sening! Ularni ko‘rgan mana shu qora ko‘zlaringdan seni. So‘zlarini eshitgan mana bu jimit quloqlaringdan o‘zim o‘rgilay. Nevaraginamiz bilan bir hovlilarda chopqillashib o‘ynagan oyoqlaringning gardi bo‘lay, bo‘tam. Yurtga osh tortib, ziyofatlar berishga arziydigan xabar keltiribsan, o‘g‘lim! Barchangizning qadamlaringizga xasanot.
U avval qisinib, so‘ng lol qolib o‘tirgan Aka pochchayu Xudoyberdilarga o‘girilib, minnatdor-minnatdor tikilarkan:
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:45:25
— Sizlarga-da, hasanot. Ollohning rahmatlari bo‘lsin, — deb alqardi. — Sizlar qisinmang, xonadonimga suyunchilig‘ opkelasiz-u, xijolatga botasizmi?! Avval-boshda niyatingiz toza bo‘lgan, ulug‘ bo‘lganki, mana, Olloh ham sizni uyaltirmadi. Qaytaga yuzlaringizni yorug‘ etib turibdi. Tangri shunday buyuk, pok niyatlarni yuzaga chiqarib, yuzni yorug‘ etguvchi zot. Unga hamdu sanolar bo‘lsin! Subhonallohi va bihamdihi, subhonallohil aziym.
Eshon buva kutilmaganda deraza tavaqalarini ochib, tashqariga ovoz berdilar:
— Hoy, kim bor? Darveshali?
— Labbay, boy ota. — Katta kadi nok tagida qo‘y so‘yayotgan boyagi norg‘ul yigit qo‘lidagi pichoqni terisi shilinib, oyog‘idan ayrishoxga ilinishga taxt bo‘layozgan «pilla qo‘y» (jonivor bir enli yog‘ bog‘lab ketibdi o‘ziyam!) yoniga tashlab, o‘zi ariqdan xatladi.
Ammo Eshon buva (odam chaqirishga chaqirib qo‘yib!) hayajonini ovoza qilishdan tiyilgan edi. Mehmonlardan istihola qildimi yo fikridan qaytdimi, qo‘l silkidi:
— Mayli, biz o‘zimiz... o‘zimiz kira qolamiz. Toy bolam bilan, xushxabar opkelgan elchi bolam bilan. Axir otin buvingiz bor u yoqda, ichkaridagilar bor, mujdaga ilhaq o‘tirganlar bor. Yuring, toy bola. Amakilar aybga buyurmay o‘tirib turishadi. Biz ichkari kirib chiqqaymiz. U yoqdagi sandiqlarni ochtiraylik-chi, otin buvimizning bizga atagan nimalari bor ekan!— deb mehmon bolani yetaklab, avval hovliga tushishdi, so‘ng ariq ustidagi taxta ko‘prikchadan o‘tib, ichkiri hovliga qarab yurdilar. Katta ariq ham xuddi o‘sha joyda devor tagidan o‘tib, ichkariga kirib ketgan, u yoqda ikki chetini sapsar gullar tutgan suv yoqalab borgan yo‘lka ko‘rinar, u hovlining o‘rtasidagi hovuz-shiyponni aylanib o‘tib, yana bir taxta ko‘prikka taqalar, u yog‘i gulini qiyg‘os to‘kib, xumcha-zirak taqib yuborgan giloszor ortida ichkari uylarning derazalarigina ko‘zga chalinar edi. Ichkari shunaqa orasta, gulu gulzorlarga, satta giloszorga ko‘milgan, u yoqdan tiq etgan tovush kelmas edi.
Lekin oradan bir muddat o‘tib, Eshon buva toy bola bilan boshlashib, o‘sha taxta ko‘prikdan ham o‘tib (uning ikki chekkasiga bejirim panjara o‘rnatilib, havorangga bo‘yab qo‘yilgan, shunaqa ko‘prikchalar har yer-har yerda — shiyponga boriladigan, oshxonaga o‘tiladigan joylarda ham ko‘rinardi) ojizalar saltanati — otin buvining qaramoqlariga kirib borishdiyu ichkari bamisoli beshiksolar tusini olib, ayollarning hay-huvlariyu bola-baqralarning qiy-chuvlari bilan to‘ldi. Ular sochqi terarmidilar yo kelinga tishlatib olingan nonni opqocharmidilar — daf’atan anglash qiyin edi. Ammo sochqi sochilayotgani aniq, duolar qilinayotgani aniq. Boyagi halinchak uchayotgan qizalog‘u bolakaylar o‘sha yoqqa yugurib ketishgan, goh bir yerga yopirilib, bir nimalar terishar, goh bir-birlariga ko‘z-ko‘z qilib, sakrab-quvnashar edi. Eshon buva aytmoqchi, otinoyining sandiqlari ochilib, soch-qi qutilari bo‘shayotir edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:45:42
Toy bola esa qanday sarupolar bilan siylandi ekan?!
Bu yoqda Xudoyberdi bilan Aka pochcha ichlari tushib, juda hayallab ketishdi-ku, deganday hovliga mo‘ralashar, bir ko‘ngillari qo‘yni nokka ilib, ichak-chavog‘ini tog‘oraga olayotgan qassob yigitning oldiga chiqqilari, u yoq-bu yoqdan hangomalashgilari kelardi-yu, izn berguvchi yo‘qligidan qimirlay olishmasdi. Lekin, axiyri yaxshi chiqdi, a, uyaladigan ish bo‘lmadi, a, degandek bir-birlariga jilmayib qo‘yishar, butun fikru zikrilari ichkarida edi.
Bu orada xo‘ppasemiz oshpaz oxun kirib, choyni yangilab ketdi. Orqasidan chinni likopchalarda jimitday qoshiqchasi ila (oh-oh, shunaqayam gurkiraydimi hidi!) nima deng — no‘xatsho‘rak kiritishdi! Aka pochcha umri bino bo‘lib bunaqa mazali (ilig-a, ilik!) taom yemagan edi! Ustida yog‘i-dumbalari bilan yana! Tavba, endigina nokka osilib, hali bo‘laklab ulgurilmagan, boya oyoqlari ostiga so‘yilgan qo‘yning dumbasi qachon qozonga tushib ulguribdi ekan? Yoki bu boshqa qo‘ydir. Darvoqe, boy otaning qo‘ylari bittami, so‘yib bo‘lishguncha qozon osolmay o‘tirishsa.
Shu tob bolalarning shod qiyqiriqlari yangray ketdi:
— Pufak, pufak! Mehmon bolaga pufak!..
Xudoyberdi o‘girilib, ichkari ostonasidan xatlab o‘tgan o‘rtadagi mehmon bolaga ko‘zi tushdiyu g‘alati bo‘lib ketdi. Uni qarang, kim kelyapti?!. Chindan ham boy ota bilan yetaklashib kim deng — og‘zi qulog‘ida to‘y bola, ha-ha, zar to‘nga o‘ralib, boshiga yaltir-yultir pistonli do‘ppi, uning ustidan oq-oppoq salla o‘ragan, peshini esa qulog‘i yonidan tushirib (voh, shahzoda bo‘p ketibdi-ku, bizning kemshiktoy!) naq peshonasiga jig‘a — ukpar taqqan toy bola kelar edi. Oyog‘ida poshnali jajji qizil etik. Shahzodadan qaeri kam?!
Eng orqada esa ikki xizmatkor qo‘shqo‘llab sarupo ko‘tarishgancha shu yoqqa kelishar edi. Ularga atalgani shekilli?!
— Ie, hali bizni uyaltirib... nima qilmoqchilar?— deb yubordi Aka pochcha.
— Mening qo‘rqqanlarimni ayting, Eshon buvadan uyalib qolamanmi deb!.. — deya yengil tin oldi Xudoyberdi. — Bu yog‘ini Olloh o‘nglab qo‘yganini, Yodgor bo‘lmasayam, o‘sha hovlidan bo‘pchiqqanini ko‘ring! Chindan Olloh o‘zi chevar ekan-a!
— Nimasini aytasan. Adashtirsa, hozir kim edik?! Bir qop loymi?..
— Ilohim, bundan keyin ham O‘zi o‘nglasin, uyalgulik qilmasin, — dedi shivirlab Xudoyberdi.
Shu tob zinada oyoq tovushlari eshitilib, ular shoshib o‘rinlaridan qo‘zg‘olishdi.
Ostonada zar to‘nining yoqalariga qadalgan pistonlariyu yaltir-yulturlari ko‘zni olgudek, sallasining jig‘asidagi upkari sepkil yuzini biram ochib yuborgan toy bola ko‘rinib, beshikchi unga qarab yurdi.
— Voy, saritoy «shumtaka»ey, shu kunlarni orzulab, o‘sha yolg‘onni to‘qigan edingmi? Balo ekansan-ku! Shahzoda bo‘p ketibsan-ku, — deb yubordi u. Keyin ikki qadam bosib, quchoq ochgancha cho‘nqaydi:
— Kel-kel, o‘sha yarqiragan peshonangdan bir o‘pay,— dedi intiqib.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:45:55
6. O‘SHA DOVQURLARDAN BIRI

I
— Voh, uni qara, Maqsud! Zilolligiyu tiniqligini ko‘r! — Olim akam ko‘prikdan o‘tiboq mashinasini yo‘l chekkasiga burdi. — Bu suvda yuzni chayib, to‘yib-to‘yib ichmaslik, tavof qilmaslik gunoh...
U sog‘ingan narsasiga yetishgan kishidek, ko‘prik tagidan qaynab-charx urib chiqayotgan bir tegirmon suvga suqlanib qolgan edi. Anhor esa yoqasidagi maysayu yalpizlarni o‘pib, yana chappor o‘rib oqib yotardi.
— Qaerlardan o‘tib kelyapti, bu jonivor, bilasanmi, Maqsud?
— Naq Beshog‘ochdan keladi. Ko‘lning ichi bilan o‘tib, Semonko‘prikning tagi bilan chiqib, shunaqasi Chilonzoru Qatortol oralab...
— Qoyil, bilarkansan. Chindan pakana parisan-da, o‘zing, — deya akam anhor bo‘yiga cho‘nqayib, yuzini pishib-pishib chaymoqqa tushdi. — Oh-oh-oh, hech yerda topilmaydigan anhorimiz bor-da.— So‘ng yarim o‘girilib, im qoqdi: go‘yo kelmaysanmi, sog‘inmadingmi, demoqchi bo‘lardi.
Uning kayfiyati menga ham yuqib, yaqin bordim-da, cho‘nqayib ko‘zyoshdan ham tiniq suvni hovuchimga olib turib qoldim. Jonivor hovuchimda kilkillab turar, nafsim qilqillayaptimi, suvmi ajrata olmasdim.
— Bunaqasi jannatlarda bo‘ladi, xolos. Qonib-qonib ich, hali o‘rniga yuz-ming dumalab ham topolmaysan, — deya Olim akam hovuchlab-hovuchlab icha ketdi.
— Unaqa demang. Hammayoq buzilib ketsa ham, bu anhorlar qoladi, — dedim men. Rostini aytsam, ichimga bir g‘ashlik o‘rmalab kirgan-u, uni o‘zim ham tan olgim kelmasdi.
— Heh, sodda-beg‘ubor ukam-a! — deb yuzini artmayin ham maysa ustiga uzanib oldi akam. O‘ziga qolsa, shu sharqiroq suv bo‘yida, mana shu tol soyasida yonboshlagisi bor. Keyin ko‘chaning ikki yoqasidagi o‘z holicha g‘ujg‘on gullay boshlagan yetim oluchayu noklarga parishonhol tikilib, qult yutindi. Ko‘zlari namlanib keldi.
— Shunday guzargayam... it tegibdi, Maqsud, — dedi burnini alamli jiyirib. Lekin o‘zi ko‘zlarimga qaray olmasdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:46:04
Men hovuchimdagi suvni to‘kib, u aytgan tomonga o‘girildim. Tuprog‘i o‘ynab ulgurmagan ko‘chaning ikki betidagi tomlari ochib tashlanib, eshigu derazalari allaqachon ko‘chirib ketilgan hovli-joylar bir g‘arib ko‘rinar edi. Kimsasiz hovli-bog‘larda kesilmay qolgan mevalarning o‘z holicha qiyg‘os gullab yotuvi undan-da g‘alati edi. Asalarilar ustida ming g‘ujg‘on o‘ynamasin, qarqunoqlar qiv-qivlab, qushlar uchib-qo‘nmasin, ko‘zni quvnatolmasdi. Guzar balo oralab, odamlari shosha-pisha tashlab ketgan bir mazgilni eslatar, anhor yoqasidagi choyxonalar bo‘m-bo‘sh, supalar huvillab yotar, maktab hovlisi suv quygandek jimjit edi. Kattakon darvozasi valongor qolgan, bir tavaqasi qulab tushib, ko‘prik ustida yotar, sinfxonalar ham buzib ketila boshlagan edi. Hov, nariroqdagi- na — Mastuba opaning do‘koni oldida allaqanday qa-lang‘i-qasang‘i odamlarning qorasi ko‘rinadi. Biz bir mahallar — hayitlarda Mirto‘xa amakining choyxonasi oldidagi sharqiroq ariq bo‘yiga cho‘nqayib, mitti ruh qoshiqchalar ila bu olamning eng xushxo‘r tao- mi — no‘hotsho‘ragimizni paqqos tushirib, jajji likopchalarni yalab qo‘yadigan joyimizda endi o‘sha kelgindilar uchta-uchta bo‘lib, Mastuba opaning do‘konidan opchiqqan narsalarini maydalashar edi. Nechuk, Mirto‘xta amaki ko‘rmay qoptilar? Ko‘rsalar, uzun supurgilarini olib, quvib qolardilar-ku. Ha, ana, o‘zlari:
— Endi senlar qoluvdilaring, bu yerlarni harom qilmagan! Tanglaylaringni shu bilan ko‘targanmi, nima balo, shu do‘konga tanda qo‘yvoldilaring? Qurgan imorating bilan qo‘shmozor bo‘lgurlar. — Mirto‘xta amaki — jimit boboy sannay-sannay, vaysay-vaysay u «chaqirilmagan mehmonlarni» quvib yuborib, supurgilarini taxtaso‘ri tagiga tashlagancha ichkari kirib ketdilaram, do‘kon oldiga boshqa «laylak tumshuq» mashina kelib to‘xtab, ichidan boshqalari tushib kelishdi. Mastuba opaning do‘koni xuddi chanqovbosdi bir chashmayu ularning boshqa boradigan yerlari yo‘qdek edi...
— Guzar ham xarob bo‘pti, — deya Olim akam qo‘lini qoqib, o‘rnidan turdi. — Ketdik.
Shusiz ham tushunarli narsani aytib o‘tirganidan og‘rinib, betiga qarab edim, u battar achitib, chaqib oldi:
— Bular tumshug‘ini tiqmagan shu yer qoluvdi! Shunday deb yozib ko‘r-chi, bosarmikan gazetang?
Alamimni qult yutib, men ham turdim. Indamay borib, mashinaning orqa o‘rindig‘iga cho‘kdim-da, eshigini qars yopdim. Ichimda esa, bir olam g‘alayon kechardi: siz o‘z akalaringizning qarorgohidan mashvaratlar xabarini berib yurgan chog‘da shu aqlingiz qaerda edi?! Hammani kallavaram «qo‘y» hisoblaysiz!.. Pichoqni avval o‘zingga ur, og‘rimasa birovga...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:46:15
U qishloq yo‘liga hecham yarashmagani yilt yangi (hov yong‘oq tagida, kimsasiz choyxonannig supalariaro quvalashib uchib yurgan bir juft qorashaqshaq qanotidan ham qoraroq) mashinasiga kelib o‘tirib, kaftdek old oynasidan mahzun qarab qo‘ydi:
— Kechirasan, pakana pari, yarangni yangilab qo‘ygan bo‘lsam...
Shu bir og‘iz so‘zi bilan... voh, ginalarimni par-qudek to‘zitib yuborsa-ya.
— Ketdik, hov anavi tut tagida to‘xtab o‘taylik, — dedim, — zora Mirto‘xta amaki bilsa, qaytdimikan, yo‘qmi?..
— Kim?
— Qidirgan kishimiz-da.
— Ha-a,— dedi u eslab va bir xijolatga tushib.— Otto tog‘ami?
O‘z navbatida men hayratga tushdim:
— Kim, sutchimi?
Akam bir tur o‘zgardi: aytsa, xuddi sirni ochib qo‘yadigandek o‘zini go‘llikka solib, mashinasiga chal-g‘idi:
— Rost aytasan, mashinani o‘sha yerga tashlab keta qolamiz. Chang jonivorning ich-ichigacha kirib bormasin.
— Ixtiyoringiz, — dedim men.
— U yog‘i oz qoldi shekilli?— dedi u tusmollab.— Tepadan o‘tsak, bas-da!
— Yo‘q, — dedim men, — Umarjon akaning tepasini oshmayoq shunday mezananing pastida.
— Esladim. Anavi devor bilan o‘ralgan yolg‘iz qo‘rg‘onni aytasan-da. Bilaman, bilaman, — dedi u mashina oynasini artishga chalg‘ib.
U chalg‘igan sari mening savol xaltam ochilib borar, boyagi gapi hech qulog‘im ostidan ketmasdi. «Otto tog‘asi nimasi ekan, o‘zining bir chiroyli ismi-chi?». So‘rashga esa tortinardim.
U arzandasiga o‘t oldirib, ohista yo‘lga burdi-da:
— Qara-ya, — dedi, — shunday mashhur odam umrining oxirida qaerga kelib makon tutibdi!
— Obkash ko‘tarib yurishini aytasizmi? — dedim men.
— Darveshnamo turishi-da, — dedi u.
— Balki shu yoshga yetgach, hamma ham tinchini ko‘zlab qolar?
— Hamma o‘z yo‘liga, lekin u bo‘lak toifadan. Sen bilmaysan-da.
— Qanday? — dedim men ichim qurib.
— Hov, — dedi akam bir g‘alati entikib, — uning-dek bo‘lish hammaga nasib etsin-chi! Etmaydi! — U ichimga olov yoqib, qarab qo‘ydi. — Bilasanmi, ilgari uni kimga mengzashardi? O‘sha eng gullagan chog‘lari?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:46:25
— Kimga? — dedim hayratim ortib. Ichimda esa bir olam ishtiboh! O‘shanday odam... shuncha shuhrati bilan hammasiga etak silkib, manavinday sutchilik qilib yurarkanmi? Qayoqdagi gapni aytadi?
— Chinakam ritsarlarga! Bo‘ladi-ku, o‘tda yonmas, suvda cho‘kmas mard kishilar! O‘shalardan ham o‘tar edi.
Olim akam meni mahliyo etib qo‘yib, endi o‘zi betimga qarab ham qo‘ymas, qora tulporini ohista haydab borar edi. Men esam uning ko‘zlariga, ko‘z qorachiqlariga bir qur qarashga zor-intizorman. Opqoch-yaptimi, chindanmi — bilgim keladiki, u yog‘i yo‘q. O‘zi esa, kamiga davom etardi:
— Eng qaltis ishlarni shunga topshirishadi ekan! Shugina o‘rinlatib kelarkan!
— Shunaqa, chapanisi ekanmi?!
— Chapaniyam gapmi!
— Etik yechmay suv kechgich, deng?
— Bo‘ladi-ku, yerga ursa osmonga sapchigich, te- girmondan ham butun chiqquvchilar! Tasavvur etyapsanmi?
— Etdim. Dovqurning ham dovquri!
— O‘lma! Botur deydilar bizda. Ular esa ritsar! — dedi u viqor bilan. — Bekorga Otto tog‘a derdilarmi?!
— Otto tog‘asi nimasi? — dedim o‘sha kaftdek cho‘zinchoq bejirim ko‘zgudagi «ko‘zlari»dan nigohimni uzmay.
U jindek qizardi, ha-ha, oq yuzining bir chekkasiga bilinar-bilinmas qizillik yugurib, o‘sha ko‘zgudan xijolatli qarab qo‘ydi. Ammo javobdan qochishga bahonai sabab topolmadi:
— Avvalo, nima emas, kim! — dedi o‘lganining kunidan. — Ottodan ham o‘tadi deganlari! Bo‘lgan-ku, shunaqasi: Otto Skortseni deganlari. Eshitganmisan?
— Qaysi, anavi Mussolinini opqochganmi?
— Bizdan ham bitta o‘shanaqasi chiqqan ekan.
— Nima, u ham shunga o‘xshash topshiriqni... ado etganmi? — «Kimni.. opqochgan?» demoqchi bo‘lardim-u, tilimning uchidagi so‘zni aytolmasdim. Shu tob qay bir pag‘a bulut oftob ustidan suzib o‘ta boshlab, soyai rahmatini yerga tashladiyu Olim akamning yuzidan ham nur qochdi. O‘zi tulporini bir chetga olib, to‘xtatishga chalg‘idi.
Biz choyxona oldidagi ulkan tut tagiga kelib to‘xtagan edik.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:46:36
— Buni, ochig‘i, hech kim bilmaydi. Taxmin qilishadi, xolos, — dedi kalta qilib. — Qolaversa, bu davlat siri. Tushunding? — deb u mashinasidan tusha boshladi.
— Tushundim, — dedim men ham. Lekin hamma gapni tushunib turgan bo‘lsam-da, ichimda mingta ishtiboh charx urar, ularning birontasiga tayinli javob topolmasdim.
— Mavrudi kelib, bari ochiladi, — dedi u pastga tushib olib, — albatta, ellik yo yuz yil o‘tib, lekin unda dunyo ikki aylanib kelgan, sutchi ham, boshqasi ham ko‘karib chiqqan bo‘ladi. Bu dunyo shunaqa, ukam. Har dovqurlargayam bo‘lishganmas. Bo‘lishsa, shu odam topardi qadr.
Voh! Shuning uchun baridan etak silkib, sutchilik qilib yurgan ekanmi?! Uy-joyidanam, yaqinlaridanam kechib?
Asta’firulloh! Shu xayol kechguncha vaqt ichida sutchi nazarimda Ulug‘ xokisor odamdan — mayda, o‘tkinchi bir kimsaga aylanib ulgargan, ko‘nglim undan irib bormoqda edi. Nahot bor-yo‘g‘i bir jizzaki kimsa bo‘lsa? Biz uni kim deb, salkam avliyo sanab yursagu...
— Dovqurligi shumi? — dedim hafsalam pir bo‘lib.
Olim akam yuzimga qarab turib, ichimdan o‘tayotgan narsani anglab qoldi shekilli, nogahon yumshadi:
— Balki biz adashayotgandirmiz. Axir, birovdan o‘tganini birov qaerdan biladi?
— Shunisi ham bor...
Axir hazilmi, hammaning nazdida kim bo‘lib yurgan odam... bir kun kelib, manavinday tarki dunyo etib, bir kulbaga kirib olsa?!
Olim akam meni bu kabi o‘ylardan chalg‘itish uchunmi, ko‘cha o‘rtasiga tushib, bir aylandi:
— Voy-bo‘, — dedi u atrofga alanglab, — guzarning guzarligi qolmabdi-ku. Qani uning gurillagan davrlari?
— Bu-chi? — dedim men atay, sut bozorning qavatida yolg‘iz omon qolgan do‘kon bilan choyxonaga imo etib.
— Bu ham besh kunlik omonat-da, keyin nima qoladi? Guzarga avtobus ham kelay qo‘yganmish-ku, to‘g‘rimi? — dedi u.
— Ancha bo‘ldi, pastki yo‘l bilan Qang‘liga o‘tib ketyapti. Bir obod bo‘lgan joyning bir xarob bo‘lishi shu bo‘lsa kerak-da, — dedim bir enlik et tashlab.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:46:47
Olim akam chetga chirt tuprindi. Biz ilgarigi baqqolchilik rastalari ro‘baro‘sida mahzun turar edik. Hozir u rastalar o‘rnida na qurutchi Olim otaning kursisiyu na yoymachilarning himarilgan xaltalari ko‘rinar edi.
Shu tob Mirto‘xta amakining o‘zi choyxonasidan sannab chiqib kela boshladi:
— Hoy, Mastu, uyginang kuymagur Mastu, bularingga nariroq bor, desang tilginang qirqiladimi? He do‘koningga o‘t ketsin, shularni sug‘orguncha. Ikki dunyong kuyib ketdi-ku, bu savdongdan.
U jaholat ichida bizni ko‘rmagan ekanmi yo ko‘rgan bo‘lsa ham, bu do‘kaylar eshitib qo‘ysin, deb shang‘illayotgan ekanmi, ko‘chaga chiqqan joyida hovridan tushib, to‘ng‘illab qo‘ydi:
— Odamnnig har narsa bo‘lgani yaxshi: shusiz kuning o‘tmay qolyaptimi?! — So‘ng qo‘llarini qoqib ko‘rishgani kela boshladi.— Ie-ie, voy, eshon bollar-ey. Nechuk-nechuk, bu puturi ko‘tarilgan guzarlarga kirib yuribsizlar?
— Bir tanishimizni so‘roqlab-da, ota, — dedi akam gapning uchini ochib, — qarasak, hammayoqning itirqinini chiqarib tashlashibdi. Kim ko‘chgan, kim qol- gan — tusmollabam bilib bo‘lmay qopti.
— Nimasini aytasiz, o‘g‘lim, itirqinam gapmi, to‘zitdi-ku juda. Shunday joylar xarob bo‘ldi-ya, voy-voy-voy, uvoli tutsin-a, uvoli. — U mushtdek boshini sarak-sarak qilgancha yanog‘idan ham kichkina tortib ketgan dahanini qoq barmoqlari bilan tutamlab-silar edi. — Kimni aytyapsiz, balki tanirman?
Men tushuntirdim:
— Anuv Umarjon akaning tepasidagi mezananing tagida turadigan kishi-chi, sutchi...
— Ha, avliyami? — dedi amaki g‘o‘ldirab, ammo uni suyib-yoqtirishi yuzidanoq ko‘rinib turardi.
— Qanday avliya? — dedi akam tushunolmay.
Mirto‘xta amaki tishsiz milklarini ko‘rsatib, sassiz kuldi:
— Oxiratini deb, bu dunyosiga etak silkib qo‘ygan odamni avliyo demay, kim deymiz?!.
— E-ha, shundaymi? — dedi akam.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:47:00
— Hammayam etak silkiy olsin-chi! Olmaydi, nagaki dunyo shirin, — dedi u bir g‘alati bosh irg‘ab. — Ilhom qori bir yo‘la hammasidan kechdi.
— Qori? Bir yo‘la?.. — Akam hech narsadan hech narsa yo‘q, qalqib ketgan edi.
— Halloq-halloq. Xaloq deng, eshon bola, — de- di u.
Akam qaytarib, o‘ziga keldi. Mirto‘xta amaki davom etardilar:
— Iymoni butun ekan, kechdi-qo‘ydi-ya, hammasidan. Mana, biz ham o‘tiribmiz-da, choyxonamizdan ajrasak, bor budimizdan ayrilib qoladigandek...
— Bugun ko‘rinmadilarmi? — dedim gap orasida.
— Avliyami? Har kuniyam asrga qolmay qaytadi. Peshinni Kamolondami, Novzadami o‘qib, asrni, albatta, tahoratni yangilab, uyida o‘qiydi. Uning bu tarz — faqir kishi panada yurishi ham shundan. Darvoqe, topib bora olarmikansizlar, yo bola qo‘shaymi?
— Tepako‘cha surilib ketmagan bo‘lsayoq topib olamiz, — dedim.
Mirto‘xta amaki «hov»lab, qo‘l silkidi:
— Ho-ov, eshon bolalarim-a, tepa qoptimi-ya?
— Mezanasi-chi, uniyam olib tashlashmagandir?..
— Turibdi so‘ppayib, o‘lgan otni ustixoniday... Hamma fayz o‘sha tepaminan ekan.
— Demak, tog‘a ham ko‘ch-ko‘ronlarini ko‘tarib... — tusmolladi akam.
— Kim, avliyami? Qayoqda! Hech yoqqa jilmay, qum-toshdek o‘tiribdi.
— Yo‘g‘-e?! — dedik baravariga.
— Barakalla o‘shanga! — dedi amaki g‘o‘ldirab, ham ko‘tarilib. — Ko‘kragida yoli borakan! Boshqalar miq etmay ko‘chib-ko‘chib ketganida, u qo‘zg‘olibam qo‘ymadi! Qani, hamma uningdek bo‘lolganida! Qo‘zg‘otib bo‘larmidi bu xalqni bu jannat joylardan? Hammalari har yoqqa hijrat etib bo‘lgan ekan. So‘nggisi shu ekan!
Men Mirto‘xta amakining gaplaridan ang-tang qolgan edim. Kimni aytyapti bu odam? Nahot Sultonmurod akamni, u bilan bog‘liq tarixlarni biladi? O‘shalarning so‘nggisi, demoqchimi?
Yalt etib Olim akamning yuziga qarasam... u ham amakining gaplaridan lolu hayratda turibdi!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:47:10
— Chindan-a? O‘sha necha bor «tegirmon»ga tushib chiqqan odam-a? Zada bo‘lmabdimi? — dedi, so‘ng amakining javobini ham kutmay bosh to‘lg‘adi, — yo‘q, esini yeb qo‘yibdi, tog‘a! Bu o‘t, bu olov bilan o‘ynashib bo‘larkanmi?!
Mirto‘xta amaki boshini orqaga tashlab-tashlab kuldi:
— Xeh, eshon bola-ya, eshon bola! U siz bilgan Il-hommas hozir.— Amaki kulganida tirqirab chiqqan ko‘zyoshlarini dam kaftiga, dam yengiga artib tinchidi-da, aftimizga qaramayin ham: — Qani endi hamma ham u qo‘rqqan narsadan qo‘rqib, qo‘rqmaganidan qo‘rqmay qo‘ya qolsa! Olam guliston bo‘lar edi-ku! — dedi.
— Yo‘g‘-e, — akam qansharini hardamxayol siladi.
— Shu odamlarning duosidan qiyomat qo‘pmay turibdi-da, ukam, O‘tsangiz, kech kirmay o‘tib kela qo-linglar. Asrdan keyin topa olmay qolasizlarmi, uy buzuvchilar oldiga aylanib ketadigan odati bor. Mashinangiz shu yerda qolaversin. O‘zim ko‘z-quloq bo‘lib turaman.
Mirto‘xta amaki shirin g‘o‘ldirab (uning ovozi negadir qulog‘imga yoqib qolgan edi, tavba) sidqidil duo qildi va biz jildik.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:47:22
2

Daydi yomg‘ir shivalab o‘tib, ko‘cha tuprog‘ini chakichlab ketgan katta ko‘chadan pastga qarab borib, o‘ngga burildik. Guzar ham baharnav ekan. Qayrilishdan o‘tib, anhor bo‘yiga chiqdigu qayoqqa yurarimizni bilmay qoldik. Hammayoq kavlab-surib tashlangan, na Tuvakko‘chaning ko‘chaligi, na paxsa devorli qo‘rg‘onlarning qo‘rg‘onligi qolgan edi. Anhor yoqasidagi o‘rikzor-ku, dovuchchasi qinidan chiqmayoq kundakovga tushibdi. Qanchasi simarqon bilan sug‘urib, yetimxona devori tagiga olib borib tashlangan edi. Esiz-esiz qantak o‘riklar, shu hollariga endi barg yozib kelar edilar! Sal beriroqda esa hali kuchalasini tashlab ulgurmagan azim yong‘oq ildiz-pildizi bilan sug‘urib olingan edi. Qanday kuch, qanday texnika topishibdi ekan?! Qarab turib, ichim sidirilib ketdi: qiron kelsa, shu ekan-da?!
— Qanday o‘tamiz? Anhor yoqalab boraveramizmi?— dedi Olim akam. Qarasam, yo‘lni yo‘qotib, garangsib turibdi.
— U kishiniki bu yoqda, tepadan o‘tgach edi, shekilli, — dedim o‘zim ham tusmollab.
— Qanday tepa?.. Tepaning o‘zi ko‘rinmaydi-ku?!
Rostdan ham hozir na yo‘lni, na uning ikki betidagi tepani tanib bo‘lardi. Hammasi surib tashlanib, yolg‘iz mezanagina (o‘sha oyoq qo‘yib chiqqan saring bir ajoyib jangillaydigan temir mezana!) hayhotdek tagi bilan so‘ppayib turardi. Hov narida esa, tepadan chiqqan tuproqlar tog‘-tog‘ bo‘lib yotipti. O‘sha yerdan kirib borilardi, shekilli, sutchinikiga?..
— Yaxshiyam mashinani qoldirib kebmiz, — deya handaqdan hatlab yo‘l boshlayverdim.
— Bu ahvolda u kishi qanday tirikchilik qilyapti ekan? — dedi akam ortimdan ergashib.
— Qaysarlik qilmay, do‘m olib qo‘ya qolmabdilar-da, qari odam, — dedim.
— So‘z qilgan bo‘lsa, olmaydi. Shunaqa toifa, — dedi akam.
Tushunmadim. Olim akam uni qayoqdan bila qopti? Osh-qatiq bo‘lib yurgan odamdek gapiradi-ya!
— Aytdi-ku, amaki ham...
O‘girilib qarab, hayron qoldim.O‘zi ohorli tuflisini ayab, loy-tuproqlardan bir-bir sakrab, o‘tib kelyapti-yu, xayoli menda: seziladi-ku, ba’zan... Tavba, kimni gel qilyapti?.. Rosti, g‘ashim keldi. Uni sutchining oldiga boshlab borayotganimdan, shu ishni bo‘ynimga olib qo‘yganimdan... o‘zim hafa bo‘lib ketdim. Bir ko‘nglim: «Hov, aka, nima niyatda kelyapsiz o‘zi?.. Yaxshisi, meni aralashtirmang, bu ishlarizga», degim bor-u, lekin andisha kuchlilik qilyapti!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:47:37
Noiloj, yurib ketdim. Egalari tashlab ketgan hovliyu chorbog‘larda omon qolgan yakkam-dukkam daraxtlaru ishkomlar bir g‘arib ko‘rinsa, anavi surilgan tuproq uyumi orqasidagi tizza bo‘yi o‘t bosib, lolaqiz-g‘aldog‘u chuchmo‘malar ochilib bergan yolg‘iz tomda kaptar qonidek qirmizi qizg‘aldoqlar shabadada bir chiroyli tebranib, chuchmo‘malar salomga egilib-egilib kelar edi.
— Qarang, Mahmudjon akaning tashqisi shekilli? U kishi sutchiga rahm qilib berib qo‘ygan joy, — dedim akamga ko‘rsatib.
— O‘sha ekanmi, hech kim teginolmayotgan joy? — dedi u hayratlanib. Qizg‘aldoqlargami, nimaga tikilib qolgan, xayolidan nimalar kechyapti, bilib bo‘lmasa-da, hayajonlanayotgani, sutchini ko‘rishga mushtoqligi yuz-ko‘zidan shunday ayon edi. Xuddi dovrug‘ini eshitib yurib, ming yildan beri o‘zini ko‘rmagan odamni istab kelayotgandek, bir intiqlik bor ko‘zlarida. Rostdan bir ko‘rishga orzimi? Niyati-chi, qanday?
Ko‘nglimning bir chekkasida bir turli g‘ilu g‘ashliklar qaynab kelyaptiki, uning zo‘ridanmi buning sidqidilligiga hech ishonolmasdim. Tavba, shunaqa shubha-chi, ko‘ngli bir sovusa, qaytib ilimaydigan odam ekanmanmi? Bu yaxshi fazilat emas-ku. Axir, o‘shandan beri qancha suvlar oqib ketdi-ku. Nazarimda, men uni bekor boshlab kelayotgandek edim.
Tuproq uyumidan o‘tishimiz-la haligi ustini tizza bo‘yi o‘t bosib, bo‘g‘otlarida lolaqizg‘aldoqlar ochilib bergan tom yonidan chiqib qolibmiz! Darvozasi qayoqda ekan bu antiqa qo‘rg‘onning, deb alanglab tursam, quruvchi-buzuvchi tushmagurlar tepani shu yergacha surib kelib, xayhotdek darvozani azza-bazza to‘sib qo‘ygan ekanlar. Kiradigan odam devorga qisilib, zo‘rg‘a o‘ta olardi.
— E, barakalla, ko‘mib yubora qollaring birovning uyini!
Izimdan kelayotgan akam ham ajablandi.
— Shungacha ham miq etmabdimi? Balli! Tog‘a chindan qaribdi.
Nega shunday dedi — tushuna olmadim.
Darvoza qo‘sh tavaqali, bir vaqtlargi darvozamisan — darvoza edi. Faqat oftobda o‘ngib, devor rangiga kirib ketibdi. Devor esa, tagidan uqalanaverib, allaqancha joyi yemirilib tushgan edi. Lekin tom esa suvalaverib, loy chiqaverib, tirsak bo‘yi ko‘tarilib ketgan, shuncha tuproqni bu uy, bu devorlar qanday ko‘tarib turibdi, aql bovar qilmasdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:47:51
— Shumikan, o‘zi? — dedi akam alanglab.
— Chaqirib boqaylik.
Men darvozaning pastki xalqasini tutib, hayron qoldim. Shunday ulkan darvoza shunchalik yengil ochiladi, deb o‘ylamagan edim. U qo‘lim tekkandayoq o‘z-o‘zidan ochila boshlagan edi. Ochilganda ham bir qismi ochilib kelar edi. Qarasam, bolachasi ekan.
Ol-a, darveshlar, biz qanday kirarimizni bilmay turibmiz, ochiq ekan-ku!
«Bolacha» shu yarim ochiq holiga hovlining talay qismi — o‘rtadagi pastak devorgacha ko‘rinib turar, u tamomi nokzor bo‘lib, baland-baland qari noklar — shuncha qariligiga qaramay, qiyg‘os gullab yotar edilar. Qolaversa, qachon to‘kib ulgurgan — tagi ham oppoq, usti ham oppoq. Tagidagi ko‘pmi, ustidagisimi — ajratib ko‘r-chi! Lekin ustida asalarilar shunday g‘ujg‘on o‘ynayaptilarki, vizillagan ovozlaridan ular to‘pi-to‘dasiyu poshshosi bilan shu hovliga tushib, qo‘r to‘kkanga o‘xshardi.
Ichkariga bir qadam bosib, chiqirmoqqa hozirlangan joyimda darvozaxonaning xoyhotdek shiftiyu yon ustunlariga ko‘zim tushib, angrayib qopman.
Darvozaxona bir baland, uning yonidan chiqib borgan yog‘och zina undan uzun, tepada esa oldi ochiq boloxonaning eshigi ko‘rinar edi. Bir vaqtlar o‘sha yerda ham o‘tirilgan ekanmi, tavba. Aqlim bovar qilmasdi. Pastdagi jilovxona esa undan ajoyib. Ustunlaru tirgaklar vaqt kechishi, zamon o‘tishi bilan o‘ngib-oqarib ketgan bo‘lsa-da, o‘sha-o‘sha baquvvat, o‘sha-o‘sha mahobatli edi. Ustunlarning qo‘l yetar joylarida yassi qalpog‘iga qadar zanglab ketgan ulkan mixlar ko‘rinadi. Bir vaqtlar bu xonadonga uzoq-yaqindan aytuvli-aytuvli mehmonlar kelib turgan, ot-ulovlari o‘sha mixlarga bog‘lanib, o‘zlari ichkariga olingan shekilli. Hozir o‘sha ichkaridan asar ham qolmagan, faqat shu jilovxonaga yondoshib tushgan yolg‘iz uygina omon edi. Boyagi tomini tizza bo‘yi o‘t bosgan shu uy bo‘lsa, ehtimol.
— Chaqirmaysanmi? — dedi akam mo‘ralab. Uning ortimdan kirib kelavermay allaqanday tortinib turishi... g‘alati edi. Tavba, unga nima bo‘lgan — hech tushunolmasdim.
— Hov, kim bar? — deb ichkariga kirib bora boshlagan joyimda ovozim jilovxonada jangillab ketib, qisinib to‘xtadim. Chindan asalarilaring kimsasiz nokzor hovliga ega chiqib, bir maromda vizillab yotuvi, buning ustiga manavi jilovxonaning jangillab aks-sado berishi g‘alati edi. Bular hammasi qo‘shilib, odamni tushunuksiz sir bosib kelar edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:48:06
Shu mahal darvozaxonaga tutash uyning hovliga qaragan eshigimi, derazasimi (harqalay bizga ko‘rinmasdi) ochilib, birov tomoq qirdi:
— Hozir...
Muloyim ovozidan sutchining o‘zi edi.
— O‘sha, — dedim ostona tomon chekilaverib.
— Rostdan-a? — dedi akam javdirab — Shunaqa qarib qolganmilar?
— Haliyam qarimasinlarmi, qachongi sutchi? — dedim.
— Vaqtning o‘tishini qara-ya.
Hayron qoldim: akam uni kim deb fahmlayapti? Qolaversa, uni oxirgi marta qachon ko‘rgan ekan?
Bu orada qariyaning o‘zi ko‘rindi. Ha, o‘sha, birov bilan ishi yo‘q, daroz odam chiqib kelar edi. Faqat hozir yengil uy kiyimida, Nusrat pochchaga o‘xshab, uzun oq ishtonu oq ko‘ylakda, ustidan yengil nimcha kiyvolgan edi. Boshida esa uchli taqya. Joynamoz ustidan turib chiqyaptimi yo kitob ko‘rib o‘tirgan joyidan — bilib bo‘lmasdi.
U muloyim jilmayib (qarangki, muloyimlik unga yarashib turar edi!) o‘sha hovlidanoq mulozimat qilib kela boshladi:
— E, sizlarmi, kelinglar-kelinglar! Men tag‘in anavilarmi, deb to‘nimni teskari kiyib chiqayotgan edim. Allohga shukr, sizlar ekansiz.
— Kim? — dedim fahmlab turgan bo‘lsam-da.
— «Buz-buz»chilarning elchilari-da, kim bo‘lardi,— deb boyagidek halim tortib, jilmayaverdi qariya. — Bilmaydilarki, men anavi mezanadan ham og‘irroq toshman. Qani, jildirib bo‘lsa.
Akam ostona hatlab oldinga o‘tdi:
— Assalomu alaykum. So‘rab-so‘rab Makkani topganlaridek, o‘zlarini topib kelyapmiz. Bardam-baquvvatginamisiz, tog‘a? — dedi u borib qo‘shqo‘llab ko‘risharkan.
— Ie, ie, yo‘qlab-a, atay-a? — Qariya hali tanib ulgurmagan bo‘lsa-da, mutaassirlanib qolgan edi. — Kelingiz, kelingiz. Qadamlaringizga xasanot.
Akam qaytarib so‘radi:
— Kim ekan o‘sha bilib turib, qistalang qilayotganlar?
Sutchi yumshoq kulib, yengil qo‘l silkidi:
— E’tibor qilmang, olsa shu kulbani oladimi? Men uni talashayotganim yo‘q. Uning orqasida qancha bog‘lar, bolalar dam oladigan joylar bor. O‘shalar ketmasin, deyman-da.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:48:21
Endi esladim. Anhorning yoqasi keta-ketguncha, guzardan Kattabog‘ga qadar o‘rikzoru yong‘oqzor bog‘lar edi, shu soya-salqinda yoz bo‘yi bolalar dam olishar, Bo‘zsuv bo‘ylariga sayohatga chiqishar, bunaqa bahavo joyni hech yerdan topib bo‘lmasdi.
— Bormisiz! Yaxshiyam o‘rtaga tushibsiz! — dedim men ich-ichimdan quvonib: bor ekan-ku, «hey» deydiganlar ham!
— Atay o‘tiribman, atay, — dedi qariya bizni ichkari boshlayverib. — Nima yo‘qotardik biz — safar kishilari — Olloh chaqirgan kuni huzuriga qaytadiganlar? Nimamizni oladi! Quraman, desa boshqa joy qurib qoptimi? Qani, kela qolinglar, kiraveringlar.
Yakka tavaqali ko‘k eshikdan dahlizga kirib bordik. Uy nimqorong‘u, zax-mog‘or aralash ko‘hna ki- toblar hidi anqib turar edi undan. Kaftdek derazani aytmaganda, yorug‘ tushadigan joyning o‘zi yo‘q, ikki tomon tokchalaru taxmondan iborat edi.
Eski namat tanchagacha bo‘lgan joyni zo‘rg‘a to‘ldirgan, uning chetidan bo‘yraning titilgan uchlari chiqib turibdi. Tancha kovshandozning shundoq yonginasida — derazaga yaqinroq joyda edi. Uning yonlarida yupqa — yalangqavat ko‘rpachalaru kovshandoz tomonda qora po‘stak ko‘rinardi. Sandal ustidan yakandoz yopilib, girdob to‘nkarib qo‘yilganu ustida odmi ko‘zoynak bilan muqovasiga qizil jild sirilgan qalin kitob ko‘zga tashlanadi, xolos.
Sutchi kirishi bilan ularni tokchaga olib qo‘yib, gardin patnisni o‘ngardi-da, qoziqdan yo‘l-yo‘l dasturxon olib yozdi. u g‘aribgina yashashi shulardan ham ma’lum, o‘zi bundan boshqalardek qisinib-qimtinmas, balki allaqanday emin-erkin edi.
— Qani, azizlarim, yuqoriroq o‘tavering. Hamonki, mehmon bo‘lib kepsiz, joy-joyingizni bilib-bilib o‘tiring. Mana, men cho‘kdim, — deb deraza ro‘baro‘siga o‘tira boshladi.
Noiloj, o‘tdik, akam — to‘rga, men deraza tagiga — amakining ro‘baro‘siga. U qo‘lini duoga ochdi:
— Qani, omin, qadam yetdi, balo yetmasin. Olloh barchamizga to‘zimu qushoyishlar bersin. Nima niyatda qadam ranjida qilgan bo‘lsangiz, niyatingizga o‘zi yetkazsin. Ollohu akbar. Xush kelibsizlar.
— Xushvaqt bo‘ling, — dedi akam, men unga qo‘shildim.
Sutchi qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi:
— Tilagingizni Olloh bersin.— Keyin ikkimizning yuzimizga qarab qo‘yib, mulozamatomuz dedi: — So‘raganning aybi yo‘q, jindak choy qo‘yay, qumg‘onim salda qaynab chiqadi. So‘ng bafurja...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:48:49
— Siz nimani lozim ko‘rsangiz, shu. Biz so‘rab-so‘rab topib kelmoqdamiz. Qolaversa, men uzoq bir yurt — muxojirotdan omonat salom keltirganman. O‘zingiz yaxshi bilgan kishining... qiyomat qarz salomlari.
Sutchi har narsani kutsa ham buni kutmagan ekan, xushyor tortib, akamning yuziga qaradi. Qariyalarnikidek qisiq-muloyim va sal xomush ko‘zlarida hayrat uyg‘ondi:
— Muxojirotdan?!
— Ha, o‘sha o‘ziz bilgan Tangritog‘ tomonlardan, — dedi akam.
— Valloh-valloh!.. Muxojirlarga ansorlardek quchoq ochgan yurtdan-a? Munavarrai soniydan-a? — Qariya azza-bazza qayta cho‘kkalab, akamga o‘girilib ol-di. — Ochiq-yoriq aytavering, men qariyani qiynamay! Nahot — ul zotning huzurlaridan?..
— Ha-ha, o‘shal zotdan. Sizdan bu dunyoyu u dunyoda qaytaribu uzub bo‘lmas yaxshiliklar ko‘rgan bir kishining qarz salomlarini ola kelganman. Omonat vasiyatlarini yetkazishga buyurilganman.
— Subhonalloh!.. Siz... Siz ul zotga kim bo‘lgaysiz? Eshon pochchamni qaerdan bilgaysiz?
Sutchi ilon avragan odamdek akamning og‘ziga tikilib qolgan, shundan bo‘lak narsani so‘rash-istash xayoligayam kelmay, javob kutar edi.
Akam xijolat aralash jilmaydi:
— Men u kishining kenjalari... xizmat yuzasi- dan o‘shoqlarda yurgan o‘g‘illariman. Endi tanidin- gizmi?
Sutchi bu xabardan hayratlanib, azza-bazza o‘rnidan tura boshladi:
— Alloh, Alloh! Uni qarang-a, shunday deng-a?! Ikkita zuryodlari bor, deb eshitar edim. Sizmi biri?— deya akamni quchog‘iga olib, tavof etarkan, uni ko‘rganidan bir yerga yetgan edi. — Urinmay-la keldizmi? Sizni yetkazgan Xudoimga hamdu sanolar bo‘lsin. Kutmagandim, kutmagandim. U tomondan, eshon pochcham tomonlaridan, deb o‘ylamagandim, — deb yelkalariga qoqib, kuraklarini siladi. So‘ng o‘tirib duo qildi, biz qo‘shildik. So‘radilar:
— Kenjalari, deysizmi?
Akam tizzalarini yig‘ib o‘tirib, xijolatli boqdi:
— Padaribuzurkvorimizni olib ketishganda... biz yosh bola ekanmiz.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:49:06
— Tushunarli, tushunarli.
— U kishi hayot ekanliklarini ham bilmasdik. Ollohga ming shukrlarki, daraklari o‘sha yoqdan chiqib, o‘sha yurtda ko‘rish nasib etdi.
— Uni qarang-a, duolarini olib qolish... sizga nasib etibdi, — dedi sutchi behad mutaassirlanib.
— Ha, rozi ketdilar bizdan, — dedi akam allaqanday ta’sirlanib ham ovozi o‘zgarib kelib, — shu jumladan, Sizdan ham...
Bu tarixlarni eshitish, ayniqsa, kelib-kelib, o‘sha Tangritog‘ tomonlarda yurgan Sultonmurod akamga emas, ayni Olim akamga u kishining duolarini olib qolish nasib etgani g‘alati ham hayratlanarli edi. Buning hikmati nima ekan, hech aqlim yetmasdi.
Akam yonidan ro‘molchasini chiqarib, namlangan ko‘zlarini artishga tutinarkan, men uning kipriklarida nogoh bir tomchi yosh ko‘rib, o‘zimdan shunday jirkaniblar ketdimki... qochishga qani joy topilsa! Ammo boshga qilich kelsa-da, chinini aytmoq kerak: ko‘nglimning tub-tubida, kallamning allaqaysi bir puchmoqlarida tiyolg‘lamalik qilmayaptimikan bu ustomon, degan ishtiboh charx urar edi, tavba.
Sutchi nogoh tin olib, to‘lg‘ondi. Va:
— Hay, darig‘! Bu foniy dunyo o‘shanday zotlarni ham sig‘dirmadimi-ya? — deya tebrandi. U tebranarmidi, to‘lg‘onarmidi, ajratib bo‘lmasdi. Uning taqvodor chollardek shu tebranib o‘tirishini suyib qolmaslik, yaxshi ko‘rib ketmaslik mumkin emasdi. Keyin ko‘zlarini yumib, o‘sha cho‘k tushgancha miq etmay qoldi.
Akamning ko‘zlariga qalqqan namdan ham ko‘ra, uning shu o‘tirishi ta’sirliroq edi. Ularning o‘rtasida qanday kechmishlar, qanday bog‘liqliklar borki, unuta olmayapti — bilib bilolmasdim, so‘rab so‘rolmasdim. Ammo nimadir borligi aniq. Shuni sezib turgandayman-u, nimaligini ajrata olmayapman. Qolaversa, akam ham so‘ramayapti, o‘zi ham aytmayapti.
Nihoyat, u o‘siq-baroq qoshlarini ko‘tarib bizga qaradi-da:
— Unday bo‘lsa, bir kalima Qur’on bag‘ishlab, duoi xayr lozim ekan, — dediyu cho‘kkalab olib, tilovatga berildi. Nazarimda tangri taolo bizni ko‘rishtirib, yodlashtirib qo‘yganida ham bir sir, bir hikmat borday tuyular-u, uni to‘la anglab yetolmasdim. Nihoyat, qariya yuziga fotiha tortdi-da:
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:49:18
— Alloh rahmat qilsin u zotlarni. Baloning qattig‘iyu zo‘rini bekorga ularga yubormagan. Hikmatini hamma ham bilaversin-chi, bilmaydi. U balolarini agar toqqa tashlasa, tog‘ ko‘tara olmasdi, ular ko‘tarib ketishdi — deb, og‘ir so‘lish olib, tura boshladi. — Men jilla qursa choy qo‘yib yuboray. Shundoq tabarruk joylardan mozor bosib kelibsiz. Qo‘shimiz qolayotgani yo‘q, qolaversa, dam g‘animat, diydor g‘animat.
— Siz urinmang, faqat ko‘rsatvorsangiz bo‘ldi. Mana, Maqsud qaynatib kela qoladi, — dedi akam meni turishga undab.
Men sakrab turdim, ammo qariya unamadi. U eshon pochcha nomini eshitiboq o‘tirolmay qolgan, u zotning hurmati uchun ham bizni siylashga tushib ketgan edi. Ozgina kallakqand, jindek mayiz ham yong‘oq degandek, piyolaning tagida durda olib kelib qo‘ydi. Tokchadagi non qutidan yarimta gijda bilan ushatig‘lik churrak non olib qo‘yarkan:
— Aybga buyurmaysiz, eshon bola, sal suvi qochibdi nonimizni. Bugun do‘konga kirolmab edim. O‘zi shunaqa paytda mehmon keladi, — deya xijolat tortgan bo‘ldi.
So‘ng tashqaridagi g‘isht o‘choqqa olov qalab, o‘tni jo‘nashtirib yubordik. Salda qumg‘on jig‘illay boshladi. U kishi meni urintirmay mushtdek choynaklariga choy damlab kelib, yana sandal atrofiga — hammamiz o‘z joyimizga cho‘kdik. Choy quyilib, yana suhbat o‘z maromiga tushdi. Akam boyagi gapni ulagan bo‘ldi:
— Men, rosti, hali-hali aqlim bovar qilmaydi, o‘sha ishga qanday jur’at etganingizga. Axir, hazilmi, bir odamni Sibirday joydan — shundan shu yoqqa o‘tkazib yuborish?! Yana qamoqdan opchiqib!.. — dedi hayratini yashirolmay. — Otam rahmatli o‘la-o‘lguncha ham duo qilib o‘tdilar. O‘sha yaxshiligingizni unutmay.
Men ham hayratdaman-u, o‘z og‘zidan eshitmagunimcha ishonolmay turibman: Chindanam qaysi yurak, qaysi jur’at bilan qildi ekan bu ishni? Chegaradan olib o‘tdi ekan?
Lekin sutchi allaqanday xijolatga tushib, qisinib-qimtinardi:
— Alloh rozi bo‘lsin. Biz nima, Parvardigor iroda qilmasa, agar.
— Harqalay-da, — dedi akam, — qancha suvlar oqib o‘tib ketdi, endi aytsa bo‘lar?
— Eshon pochcham... aytmaganmilar? — dedi qariya o‘sha voqeaning sirligicha qolishini istaganday.
Akam qo‘lidagi choyni qo‘yib, bosh to‘lg‘adi:
— Yo‘q, bu yog‘iga o‘tmasdilar. Alqardilar, duo qilardilar-u, tafsilotiga ko‘chmasdilar.
Sutchining yuziga mamnunlik balqdi:
— Qari bilganini pari bilmas, deb... shuni aytadilar, — dedi shirin kulimsirab.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:49:28
Demak, bu ham aytmaydi. Bu shunday sirki, uni inson zoti tagiga yetolmasligi kerak. Aks holda hali ham gap tegib qoluvi, kimdir jabr ko‘ruvi mumkin... shekilli. Balki shu tufaylidan uni muddatidan ilgariyoq jildirib yuborib, kishi ko‘ziga shunday bir ovloq go‘shada oshini oshab, yoshini yashashga mahkum etib qo‘ygandirlar-u, bu sutchilik qilib yurganmikan? Men shunday taxminlarga borib o‘tirarkanman, akam uni tushuna qolmasdi. Balki atay ijikilayotgandir, o‘z og‘zidan ilintirmoqchidir? Men o‘z xayollarimdan o‘zim cho‘chib, uning yuziga qarab-qarab qo‘yardim. Akam xijolatlarga tushib bo‘lsa-da, elanishini qo‘ymas edi:
— Bir uchi, bir chekkasinigina ayta qoling. Faqat o‘zimiz uchun.
Sutchi o‘sha-o‘sha shirin kulimsirab, choyga alahsidi. Ammo ilojini topsa, gap o‘zanini boshqa yoqqa burib yuboradigandek ko‘rinar edi. Shu boisdanmi, akam unga qayta yuzlanib iltijolandi:
— Ishoning, shu gap sho‘tta qoladi! O‘ttiz ikki qo‘riqchisi bor bir qo‘rg‘onda muqim qoladi. Eshon otamizning xotiralari haqqi-hurmati. Sho‘roning o‘sha chohlarida qolib ketganlar haqqi-hurmati...
— Hov, akam juda usta ekan! Bir shirin so‘zlar, takallumlar bilan uni avrar, ikki o‘rtada bir emin-erkinlik paydo qilar ediki, qariya uning samimiyligidan mutaassirlana boshlagan va bu ketishda uning iltimosini rad qilolmaydigan bir holga tushib borar edi.
Qolaversa, o‘zim ham uning og‘zidan chiqadigan so‘zga intiqib o‘tiribman. Tavba, birov nazarga ilib-ilmaydigan, nihoyati bonka ko‘tarib, sutchilik qilib yurgan bir kishi shunday ishlarga qodir bo‘lsa! Ota diyoridan quvilib, bir umrga sovuq-tumanli o‘lkalarga badarg‘a etilgan, quyosh yuzini ko‘rmay, qor kechib, muz teshib yashashga mahkum bir mahbusni bu dunyoning azobu jahiymidan qanday opchiqib kelibdi ekan? Qamoqxona qo‘riqchilariyu iskovuchlari ko‘zini qanday shamg‘alat etibdi ekan? Mulla odam jilla qursa, umrining oxirida emin-erkin yashasin, xotirjam ibodatini qilsin, deb o‘sha tog‘li diyorga opchiqib qo‘yibdimi? To‘g‘ri, Ollohning iznisiz birovning biron soch tolasi, tuki ham to‘kilmas, hech kimga ro‘shnolik eshigi ham ochila qolmas. Lekin bu odam nima umidda bu ishga qo‘l urdi? Niyati nima edi-yu, nimaga erishdi?
Sutchi choynak ustiga sochiq tashlab, chetroq surdi va tomoq qirdi:
— Bu tarixni hammadan yashirsak ham sizlardan yashirib bo‘lmas. Negaki, Eshon pochcham boshlariga tushgan musibat — unaqa-bunaqa musibat emas. U balo Sizlarni yetim qilib, kindik qoningiz to‘kilgan joylarda o‘ynab-kulishdan, emin-erkin o‘sishdan ham mosuvo etdi. Yetimlik ko‘chalarida tentirab, alamzadalik zardoblari ila sug‘ordi. Hali-hanuz to‘zib yuribsiz, diyoridan adashgan turnalardek. Sizga aytmay kimga aytaman, yuragingiz hovrini sal-da oladigan bu tarixni.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:49:38
Voh, sutchiga qilt etmay tikilib qolgan Olim akamning ko‘zlarida (nimani deng?) g‘iltillab aylangan, kiprik qoqsayoq duv to‘kilishga tayyor yoshni ko‘rib, ko‘nglim buziliblar ketdi. Hiqillab qolmaslik uchun ko‘zlarimni olib qochdim. O‘zimni bir nimalarga chalg‘itishga urinar edim.
— Ayting, aytavering, — dedi akam to‘liqib, — kuygan yuragimizga zora malham bo‘lsa so‘zlariz. Umrbod qarzdormiz biz Sizdan. Siz hech kim qilmagan, qilolmaydigan yaxshilikni bizning otamizga — padaribuzrukvorimizga qilasiz-u, biz topib kelmaylukmi, tavof qilmaylukmi! Ayting, jon quloqlarimiz-la tinglaymiz gavhar so‘zlaringizni.
Qariya iymanibgina tizzasiga to‘kilgan non ushoqlarini terarkan, akamga qarab qo‘ydi.
— Hamdu sanoni Allohga aytmoq kerak. U yolg‘iz Tangrimga yarashadi. Biz nihoyati Alloh roziligini qidirib yurgan bandalarmiz, — deb jim qoldi.
— Harqalay, Sizdan boshqasi. jur’at etarmidi, yo‘qmi, — dedi akam.
— Unday emas, eshon bola. Men bo‘lmasam, boshqasi qilardi, boshqani sababchi etardi Alloh. Muhimi, otangizning musibatlari arib turgan. Biz sababchi, xolos.
Biz miq etmay, hatto nafas yutmay o‘tirardik. Yutsak, chalg‘ib, uni tinglolmay qoladigandekmiz. U esa bir maromda, qariyalardek salmoqlanib davom etyapti, goh-goh ushoqlarni kaftiga terib jamlab, og‘ziga solib qo‘yadi.
— Xullas, deng, shunday topshirig‘u vazifa bo‘lib qoldi: bir odamni o‘shoqdan olib, boshqa yurtga tashlash lozim ekan, — deb qariya akamga ma’noli qarab qo‘ydi. — Bo‘ladi-ku, shunaqalar: xizmati tugaguncha mahbuslar ichida qoladiganlar...
Men sotqinlar ekanmi, deb tushunib, tepa sochim tikka bo‘layozdi. Lekin akam xotirjam bosh silkidi:
— Xo‘sh-xo‘sh?
— Shunaqalardan bittasi topshiriq bilan yangi joyga o‘tkazilishi kerak ekan.
— Tushunarli, — dedi akam.
Bunga sari meni ijirg‘anishmi, nima qamrab bor-yapti. Yodimga Olim akamning o‘tmishiyu anuv yo‘q bo‘lib, badar ketganlari tushib ketyapti. O‘zi esa, parvosiga keltirsa, o‘lsin agar. «Xo‘sh-xo‘sh, keyin-chi»lab qariya-ni qistash, og‘zidan u tarixni «sug‘urib olish» bilan ovora.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:49:47
— Hamma hujjatlarini to‘g‘rilab, har ehtimolga qarshi bitta toza muhrlangan qog‘oz ham qo‘shib berishdi.
— Tushunarli, tushunarli, qayta to‘latish kerak bo‘lib qolsa-da, — deb qo‘ydi akam.
— Poezddan poezdga o‘tib, taqira-tuqur bilan to‘qqiz kun deganda yetib bordimmikan, vallohi a’lam. Qamoqxonasiyam shahardan naq bir kunlik yo‘lda, o‘rmonning ichida ekan. It azobida topib borsam, (Xudo ol qulim, desa shu-da) mahbuslarni yog‘och qirqishdan olib kelishayotgan ekan. Darvozadan kirib ketishguncha ichim achi-ib qarab turibman. (Harqalay, mahbuslar, buning ustiga, o‘zimiznikilar, qirov bosgan oppoq soqollilarini demasa, paxtalik shim-kamzullaru bir xil quloqchinda, millatiniyam ajratish qiyin.) Shunda yonimdan o‘tayotganlardan birov otimni atab, tashlanib qolsa bo‘ladimi: «Ilhom, azizim, oshna!» deb. Chop-chop, hay-hay bo‘lib ketdi. Soqchilar yugurib kelib, tortib olishdiyu sudrab ketishdi. Haligi mahbus oyog‘i yerga tegmay boryapti-yu:
— Ilhom, azizim, oshna, tanimadingmi, menman! — deb baqiradi.
Birpasda soqchilar meni ham o‘rab olishdi. «Kimsan, bu yerda nima qilib turibsan», deb tergash, turtkilash boshlanib ketdi-ku. Bo‘sh kelsam, mahbusday tiqib qo‘yishlari ham mumkin. Hujjatimni ko‘rsatib, turma idorasini so‘ray qoldim. «Ha, shundoq demaysanmi, o‘rtoq», deb ko‘rsatib qo‘yishdi. Men qidirib borgan odamim hamon mahbuslar orasida ekanidan, unga ham boshqalardek muomala qilishayotganidan hayron edim. Nima gunoh qila qolibdi — hech tushunolmasdim. Hali javob bermay qo‘yishlari ham mumkinligini o‘ylab, hushyor tortgan edim.
Boshliqqa ham elburutdan uning qog‘ozini ko‘rsatib o‘tirmay:
— Bir-ikkkita «zek»lar bilan ko‘rishishim kerak, sharoit yaratib bersangiz, — dedim.
— Marhamat, ana, bo‘sh xona, ayting, chaqirib berishadi, — dedi u. Ishim xamirdan qil sug‘irgandek oson ko‘chayotganiga hayron edim men. Lekin sir boy berib bo‘ladimi! Aytdim. Shunaqqib, haligi odamni chaqirib berishdi.
— Kim ekan, tanidingizmi? — dedi akam.
— Qayoqda! — dedi qariya. — Hech eslay olmasdim, u bo‘lsa, tanib, yalab-yulqab yotipti. Nuqul yig‘laydi, ko‘zyoshlarini shashqator oqizib, shu tavallolar qiladi, siqtaydiki, qani ovutib bo‘lsa, tinchitib bo‘lsa... Men bu eshonlarning qarg‘ishiga qoldim, namozxonlarning duoibadiga uchradim, deydimi-ey, qaerdanam shularning ichiga tashlashdi, ularni sotib, tutib berdim, deydi. Yig‘lab-siqtab, bir yerga yetayapti. Bu ko‘rgiligu qiynoqlar holva, deydi, hali oxiratdagisi, Mahshargohdagisi bor. Ana o‘shanda Ollohga qay til bilan javob qilaman? Mana bu til, mana bu ko‘zlarim guvohlik bersalar, o‘zimga qarshi guvoh bo‘lib tursalar, deydi. Ollohning do‘zaxiga surgab ketishayotganda kim, qaysi idora qutqarib qola oladi meni, Ilhom, deydi. Sizlar o‘z holingizdan ortarmikansiz? Holingiz menikidan yaxshiroq bo‘larmikan, deydi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:49:57
Nogoh titrab ketdim. U to‘g‘ri aytyapti-ku, degan o‘y ichimni o‘rtab, achitmoqqa boshlarkan, o‘zimni ham, uni ham bu holdan qutqarib, chalg‘itish uchun, qo‘ynimdagi qog‘ozni olib, stol ustiga tashladim.
— Bu nima? — dedi u ko‘zyoshlarini yengiga artib.
O‘zingga shukr, tinchidi-ku, deb o‘ylab, buyruqni aytdim.
— O‘zga yurtgami endi? — dedi u kutilmaganda.
— Alam-achchiqning o‘rnimas. Xudoga shukr qil. Eslariga tushib qolganingga. Boshqa vazifa chiqib qolganiga, — dedim men.
— Bu gunohlarim kam bo‘lsa, u yoqda, u yurtda to‘ldirar ekanmanmi? Shundaymi? — dedi u «to‘nini hamon teskari kiya boshlab».
— Esingni yig‘, bundan ortiq yaxshilik bo‘lmaydi. Qolaversa, sen bilan men qaerda, qaysi yurtda o‘tirganimizni unutma. Ular chaqirib qolmaslaridan hal qil. Hali bu qog‘ozlarni ko‘rsatganim yo‘q, — dedim.
U qog‘ozlarni qo‘liga olib, xo‘mraygancha ko‘z yugurtirarkan, kutilmaganda muhrlangan, oq-oppoq qog‘ozni ko‘rib:
— Bunisi nima? — dedi ko‘zlari chaqnab.
Men tushuntirdim:
— Har ehtimolga qarshi: qayta to‘lg‘azish kerak bo‘lib qolsa...
U sovuqdan mo‘mataloq bo‘lib, shishib ketgan kattakon kaftini haligi qog‘oz ustiga tashladi. Uning vajohatidan qo‘rqqulik edi, shunaqa o‘zgarib ketgan edi u.
— Gap bunday, — dedi u eshikka alanglab, allaqanday past tovushda, — bir ish qilamiz. Faqat mening aytganimga kirasan.
O‘lay agar, biron narsa tushungan bo‘lsam.
— Bu nima deganing? — dedim oriyatim qo‘zib. — Men seni olib ketgani kelganmanmi yo sen menimi?— dedim turib.
— Shoshma, o‘pkangni bos, — dedi o‘tirishga undab, o‘zi stolga ko‘kragini berib, yopishib opti. Ko‘zimdan ko‘zini uzmaydi. — Musulmonmisan? — deydi.
— Alhamdulilloh... — dedim.
— Xudo bittami?— dedi u o‘sha-o‘sha, tusi o‘zgarmay.
— Bitta, — dedim gapni qayoqqa burayotganini anglab-anglamay.
U kutilmaganda o‘tirgan yerida cho‘zilib, ikkala qo‘lini yelkamga chovutday tashladiyu silkib qo‘ydi:
— Hozir ham yolg‘iz emasmiz bu xonada. Xudo shohid, u ko‘rib turibdi barcha-barchasini... Shundaymi?..— dedi niyatini ocha qolmay.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:50:06
— Shunday, — dedim.
U yelkamni qo‘yib yuborib, boyagi-boyagidek stolga ko‘kragini berib tikildi.
— Shunday ekan, bir ish qilamiz. Manavi bo‘sh qog‘ozlarni men aytgan odamning nomiga to‘ldirasan.— So‘ng chaqnagan ko‘zlarini ko‘zimdan uzmay qaddini sal ko‘tardi, — ikki burdek odam, Xudoni tanigan ikki o‘zbek til topisha olarmiz?!
— Nima demoqchisan? — dedim yuragim gurs-gurs ura ketib.
— Qo‘rqma, pand bermayman. Qolaversa, seni hamisha mard, deb eshitganman. Mardni esa Olloh ham qo‘llaydi, — dedi u. — Shuncha gunohlarimiz evaziga bir ish qilib ketamiz. Og‘ir kunda meni suyagan, mendan irganmagan, betimga tupurmagan bir odam bor: o‘shani ola ketamiz! Faqat yo‘q demaysan, deya ko‘rmaysan. U kishisiz ketsam, Xudoning oldiga nima bilan boraman?! Tushun.
— Kim? — dedim.
Shunda u eshon pochchaning nomlarini aytdi meni hayronu lol qoldirib. Ko‘z oldimdan esa halimdek yumshoq cholning nurli yuzi o‘tib, ichimdan xo‘rlikmi, yig‘imi bir narsa toshib kelardi.
— U kishi ham shu yerdamilar? — deya olibman.
— Ha, men tufayli, mendek nobakorlar tufayli,— dedi u...

— Eshon pochchani o‘sha odam tufayli qutqarib kelganmiz va chegaradan o‘tkazib qo‘yganmiz, qolaversa,— dedi u bir yengillik tuyib.— Tushuninglar, men hech kim emasman u kishining oldida. Agar shu ishimizga savob yoziladigan bo‘lsa, allaqanchasi uning chekiga tushgay.
O‘rtaga allaqanday bir xushhollik inib, hammamiz jim qolgan edik.
— Axir yo‘q demabsiz-ku. Shunga-da, mingdan-ming tashakkur, — dedi akam.
— Sizning o‘rningizda boshqasi unarmidi, yo‘qmi,— deb yubordim men.
Sutchi halim qariyalar singari shirin kulimsiradi va shu barobar yuzlaridan nur yog‘ilib:
— Deyolmasdi, — dedi ishonch ila. — Alloh xohlab tursa, qay banda yo‘q deya oladi?! — deb betimga qaradi. — Alloh «kun» desa, bas, o‘sha narsa bo‘lgay. Eshon pochchamning musibatlari arib turganki, biz yetib borganmiz, o‘sha qog‘ozlar ila...
Tashqarida maynami — bir nima sayradi. O‘girilib qarasam, ikkita qorashaqshaq yaltiragan qora qanotlarini yozib, oq-oppoq gullagan noklar tagida quvalashib uchib yuribdi. Bu nimaning alomati edi, tushuna olmasdim.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:50:19
3

Shu mahal darvoza bolachasi ochilganday bo‘lib, o‘sha yoqdan qiz bolaning ovozi keldi:
— Amakijon?..
Sutchi o‘rnidan og‘ir qo‘zg‘aldi:
— Men qaray-chi.
O‘sha cho‘kkalab o‘tirishida oyog‘i uvishib qolgan ekan, uni silab-siypashga tutindi va shu yerdanoq ovoz berdi:
— Hozir, puchuq qizim, hozir...
— Men qaray qolay, — deb o‘rnimdan turayotib edim, u kishi unamay, kovshandozga tushdilar.
— Qimirlamang, o‘zim chiqmasam, kasal bo‘p qolibdilar ekan, deb vahma qilib yurmasin, tag‘in.
Bu orada puchuqning o‘zi hovlida ko‘rindi va derazadan ko‘zi bizga tushiboq orqasiga pusindi. U ajina gulli ko‘ylak ustidan bir chiroyli jajji nimchani sirib, sochini mayda o‘rgan, kamiga pistonli iroqi do‘ppi kiyib olgan edi, qo‘lida tugunmi, bir nima bor.
Sutchi chiqib, akamga savolchan qaradim:
— Shundoq odam... shunday yashasa-ya?
Akam barmog‘ini labiga bosdi:
— Jim, eshitsa og‘rinadi, — deb shivirladi, — o‘zi shuni istasa nima deysan. Bo‘lmasa, har izzat-ikromlarga haqli.
— Yo haydalganmi, o‘sha ishi ochilib? — dedim.
Akam qat’iy bosh tebradi:
— Bilishmaydi hatto.
Ammo mening savol xaltam ochilib ketgan edi:
— Ochilib qolsa-chi, nima bo‘ladi?
— Qamashadi, albatta, — dedi akam boshqa gapga o‘rin qoldirmay.
Yuragim achishib kelib, gajirligim tutdi. Munofiq, devorgim keldi uni. Otasiga shuncha yaxshiliklar qilgan odamni nima deyapti?! Qamashadi emish! Olloh-chi, qarab turarkanmi!..
To‘rsayib oldim. Buni ko‘rib u yalpizlashga tushib edi, sutchi qayta boshlab, jonimga ora kirdi.
Uning qo‘lida ustiga bitta gijda yopib, bog‘langan tuguncha bor, tagidagi kosa ekani bilinib turar edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:50:30
Sutchi kelib joyiga cho‘kdi, so‘ng tugunchani dasturxon o‘rtasiga qo‘yib, yecha boshladi. Uyni yengil non-qovurdoq hidi tutib borar edi.
— Nasiba-da, eshon bollar, puchuq qizim menga ilinib opchiqqan ekan, o‘rtada baham ko‘radigan bo‘ldik. Qutlug‘ uydan quruq ketilmaydi, deb shuni aytiladi-da, — deb qizchaning qaerda turishini tushuntira boshladi. — Ular mijozim bo‘lishadi, ilgari sutlarini olib turardim.
Kosadagi ovqat chindan non-qovurdoq edi. Sutchi siri ko‘chgan, lekin toza bir lagan olib kelib ag‘darib edi, bir lagan chiqdi. Bug‘lanib, ajoyib bir hid taratib, nafsni qitiqlay ketdiki, beixtiyor og‘iz suv ochib borar edi. Uy egasi bitta yog‘och qoshqi keltirib akamga tutdi, biz qo‘lda oladigan bo‘ldik.
— Qani, yetkazganiga shukr, ne’matini mahtal qilmay olamiz, — deb o‘zi bismilloh-la boshlab berdi.
Men ko‘pdan bunday totli taom yemagandim, nuqul bolaligimizda — Yakkabog‘da turganimizda oyimlar pishirib beradigan o‘zi jindek, lekin hech ta’mi og‘izdan ketmaydigan qo‘ziqorinu non qovurdoqlar ko‘z oldimdan ketmasdi. Boyagi gapim — shundoq odam, shunday g‘arib turadimi, deganlarim esimga tushib, ich-ichimdan uyalib o‘tirardim.
Ovqat yeyilib, bir piyoladan issiq choy ichib edik, uy nazarimda, shohona saroylardan a’lo tuyilib ketdi. Va sutchining qulfi-dili ochilib, hikoyatgami, rivoyatgami tushgan edi:
— Alloh suygan qullarini ora-chira bu dunyoning ne’matlari ila siylabam turadi. Lekin afzali Abu Dardoning tutgan yo‘li, — deb qoldi.
— Abu Dardo? — dedi akam nimanidir eslaganday, sutchining yuziga yalt etib qarab.
— Ha, payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasalamning shunday sahobalari o‘tgan. Qavmidan eng keyin iymonga kelgan odam. Lekin etidan tirnog‘igacha iymonga to‘lig‘ bu odam dunyo moliyu matohini qo‘shqo‘llab itqitgan ekan. Tijoratim meni Allohning zikridan qoldiryapti, oldi-berdilar ibodatdan chalg‘ityapti, deb hatto do‘konidan voz kechgan ekan. Boshqa sahobalarga yetib olish uchun, dinga kech kelib, yo‘qotgan savoblari o‘rnini to‘ldirish uchun ham shunday qilgan ekan. Sovuq va izg‘irinli tunlarning birida ana shu Abu Dardoning uyiga yo‘lovchilar tunashga izn so‘rab kiribdilar. Abu Dardo ularning oldiga issiq ovqat kiritibdi-yu, ko‘rpa-to‘shak bermabdi. Yotar chog‘ qo‘noqlar biron choyshabmi, nimadir so‘rab uning hujrasiga borishsa, Abu Dardoning o‘zi sovuqdan g‘ujanak bo‘lib yotganmish. Kampiri esa bir chekkada bukchayib o‘tirganmish. Ustilariga yopadigan biron narsa ko‘rinmasmish.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:50:40
Qo‘noqlar taajjubda Abu Dardodan so‘rashibdi:
— Yopishga ko‘rpa-to‘shagingiz yo‘qmi? Ular qani?
Shunda Abu Dardo: «Bizning boshqa joyda hovlimiz bor. Topgan matolarimizni o‘sha yoqqa jo‘natganmiz. Bu uyda biron narsamiz bo‘lganda sizdan ayamasdik. Qolaversa, narigi uyimizga eltadigan yo‘l ustida o‘tish og‘ir bo‘lgan, mashaqqatli dovon bor. Undan oshish uchun yengillashib turgan chog‘imiz edi», degan ekan.
Hazrati Umar halifalik davrlarida o‘sha sahobani zo‘rlab Shomga voliy qilib tayinlashibdi. U yerda odamlarning rohat-farog‘at ketidan quvib, dunyo jamlashga berilib ketganlarini ko‘rgan Abu Dardo xalqni masjidga chorlab, bunday xutba o‘qigan ekan: «Ey Damashq ahli, Sizga ne bo‘ldiki, olimlaringiz ketib bormoqda, johillaringiz ulardan hech narsa olib qolishga shoshilmayapti? Ey Damashq ahli, Sizga ne bo‘ldiki, Alloh taolo o‘z zimmasiga olgan narsaga iqbol qilib, o‘zingizning zimmangizga yuklangan narsani unutyapsiz, tark etyapsiz? Sizga ne bo‘ldiki, yeb bitirolmaydigan narsangizni jamlash bilan ovorasiz? Yashamaydigan binolaringizga bino qo‘ygansiz? Yetisholmaydigan orzularingizga intilganingiz intilgan?..
Ey Damashq ahli, Od qavmining ahliyu mol-dunyosi yer yuziga sig‘mas edi, kim bugun mendan ulardan qolgan merosni ikki dirhamga sotib oladi», deganida butun masjid ahli, uni tinglayotganlar hiq-hiq yig‘lashgan ekan.
O‘sha pokiza zotlar haqida yana bir rivoyat aytay. Hazrati Umar qo‘l ostidagi viloyatlarni tekshirishga chiqib, Shomga bemahal — tunda yetib kelibdilar-da, to‘g‘ri do‘stlarinikiga tushibdilar. Ochiq turgan eshikdan tortinmay kirib borgan mehmonni Abu Dardo turib kutib olibdi. Chiroqni ham yoqmay suhbatlashib o‘tirib qolishibdi. Bir mahal hazrati Umar Abu Dardoning yostig‘ini paypaslab ko‘rib, do‘sti egarga bosh qo‘yib yotganini sezib qolibdilar. Shoshib to‘shakka qo‘l cho‘zsalar, qo‘llari qup-quruq qum bilan mayda toshlarga tegibdi. Yana bir paypaslab, do‘stining egnidagi Damashq ayoziga dosh ham berolmaydigan yupun kiyimni payqab qolibdilar.
— Hoy, Allohning rahmatiga yetishgur, bu nimasi, qo‘ling shunchalik qisqami, axir imkoniyatingni kengaytirib qo‘ygandik-ku, — debdilar xalifa.
Shunda Abu Dardo:
— Esingdami, ey Umar, Rasululloh (s.a.v.) bizga nima degandilar? — debdi ohista.
— Xo‘sh, nima deb edilar?
— «Sizning dunyodan oladigan nasibangiz musofirning xurjunidagi ozuqasicha bo‘lsin», demabmidilar? Biz-chi, u kishidan keyin nima ishlar qilib yubordik, ey Umar? — debdilar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:50:56
«Shundoq-shundoq», deb turgan xalifa yig‘lab yuborgan ekanlar. Biz u zotlarning oldida kimmiz? Bu amalu ibodatlarimiz Alloh bir puf desa, changdek to‘zg‘ib ketmaydi, deb kim ayta oladi? Yana Alloh o‘zi bilgay: rahmat nazari bilan kimga qaraydiyu kimga nazarini ham ravo ko‘rmaydi!..
— Vo-oy, — dedi akam biz xayrlashib eshikka chiqqach, (uzr, oldindan aytib qo‘yayapman!) — xuddi shu gap, shu rivoyatlarni otam ham aytar edilar-a! Qay birlari qay birlaridan eshitgan ekanlar-a, tavba-a...
Men sal ilgarilab ketdim, ungacha — turgunimizcha akam yana bir gapni aytdi. To‘g‘rirog‘i:
— Tog‘a, Sizdan bir narsa so‘rasam maylimi? — dedi. Men unga hayron qoldim. U biz toshkentliklarga o‘xshab amaki deb murojaat etish o‘rniga farg‘onaliklar kabi tog‘a demoqda edi. O‘z ko‘nglida ulug‘roq ko‘rdimi, yo yaqin oldimi, bilolmadim. Harqalay shunday murojaat etdi.
Sutchi amaki ham bunga ortiqcha e’tibor qilgani yo‘q.
— So‘rang, eshon bola? Siz so‘raysiz-u, men yo‘q deymanmi? — dedi yumshab, tobora halimlashib.
— Siz... siz to‘ramning tergovlarida qatnashgan ekansiz...
Qariya kulimsirab, bosh to‘lg‘adi:
— Sizga chatoq ma’lumot berishibdi. Hoziq to‘rani hech kim so‘roq qilganmas. U kishi uy qamog‘ida o‘tirib, o‘sha inqilob qanday amalga oshirilganini Moskovning iltimosi bilan qog‘ozga tushirib berganlar. Arab imlosida ekan, men o‘girganman, xolos. Mendan keyin o‘rischaga ag‘darishgan.
— Ha, shuni so‘ramoqchiydim, bir uchini eshitib edim, — dedi akam shoshib qolib.
U endi so‘zsiz bosh to‘lg‘adi va hiyladan so‘ng dedi:
— Mening sizga maslahatim — bunga qiziqa ko‘rmang ham, surishtirib yurmang ham. Bu narsalar ellik yilsiz ochilmaydi. Balki umrbod ochilmas.
U kelishdik-a, deganday kiprik qoqib, qo‘lini fotihaga ochdi:
— Iloho omin, eshon pochchamdan yaxshi mujdalar olib kelgan siz azizlarni Allohning o‘zi hifzu hi-moyasiga olsin va u kishining ruhlarini yashil qushlariga joylab, jannatlariga chorlagan bo‘lsin.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 27 Sentyabr 2007, 14:51:07
Shom tushib kelar edi, sutchi biz bilan xayr-xo‘shlashiboq namoziga shoshildi, biz esa guzarda qolgan mashinamizdan xavotirlanib, qadamimizni tezlatdik.
Osmon hali ham sinkaga solingandek beg‘ubor edi-yu, ammo tuproq uyumlari ortiyu tomi o‘pirilgan vayronalar ichi bilan, yetim paxsa devorlar tagilab, bir qorong‘ulik o‘rlab kelar, shu pallada anavi surilgan tepalik o‘rnidagi temir mezana tagidan hayhotdek bir qora uning ustiga tarmashib o‘rlamoqchiga o‘xshar, o‘xshayverar edi. Hech yerdan negadir azon tovushi eshitilmasdi. (Darvoqe, uylari tashlab-tashlab ketilib, huvillab qolgan joyda azon tovushi nima qilsin!)
Ammo akam handaqlardan sakrab, tuproq uyumlarini aylanib o‘tib, shoshib borarkan, «Voy, Maqsud, uni qara-ya», deya ta’sirlanishini qo‘ymasdi.
Axiyri o‘girilib:
— Bilasanmi, otam, uni nima deb duo qilardilar?— dedi.
— Nimaga o‘ziga ayta qolmadiz? — dedim men hayron qolib.
— Aytolmadim, yuragi ko‘tarmaydimi, deb qo‘rq-dim,— dedi akam.
— Nega?
— Chunki har kimga ham unday duo nasib qilavermaydi.
— Qanday? — dedim sabrim chidamay.
— Bir sahar joynamoz ustida o‘tirganlarida bexos eshitganman, — dedi u qimir etmay allaqayoqlarga tikilgancha.
— Shundaymi? — deya oldim men, oraga boshqa gap sig‘mas edi.
— «Ey, Alloh, sendan yolg‘iz iltijom, agar jannati na’imlaringga musharraf etgudek bo‘lsang, usiz meni kiritma. Jilla qursa, shafoat huquqini beru men uni bu dunyoda qilgan yaxshiliklari evaziga jannatga chorlay olay»... derdilar. U shu odam edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:44:36
7. HOZIQ BUVAGA AYoN BYeRGAN NARSA
yoxud hikoyachiga qorong‘u, muallifga ayon tarixlardan


Eshikbon o‘sha xushro‘y juvonning o‘zginasi edi. U to‘ntarig‘liq piyolaning orqasiga o‘sma siqib o‘tirgan joyida bularni ko‘rib, tipirchilab qoldi. Qoshini apil-tapil chayib kelib, peshvoz chiqdi:
— Assalomu alaykum, Hoziq buva! Bizning tomonlargayam kelarkansiz-ku, ko‘radigan kunlar bor ekan-ku sizni... — deya toshkentcha manziratlar ila so‘ra-sha ketdi, — Xolamoyim bardam-baquvvatginamilar? O‘zinglar o‘rganishib qoldinglarmi bizni shahri azimlarga?
— Rahmat, poshsha qizim, rahmat. Ie, uni qa- rang-u, Allohning marhamatini ko‘ring. O‘zingiz-ku, mushkulimizni oson etibdi-ku.
U shu bir og‘iz so‘zdanoq tashrif boisini anglab, yurakkinasi shirin qalqib-hapriqdi. Ustiga ustak, tabibning qavatida yopishibgina turgan javdiroq bolakayni ko‘rib (u qosh-ko‘zlari popukdek, qiz bola bo‘lib tug‘ilishiga bir baxya qolgan shirintoy edi), ichi shig‘ etdiyu dukirlashga tushib berdi! Bu mitti chehra chindan ham o‘sha mushfiqaga o‘xshab ketar, quyib qo‘ygandek edi.
— Voy, o‘zim o‘rgila qolay, ayajonisini ko‘rgani kelgan toychoqlar ham tortinib-begonasiraydimi? Voy, o‘zim bo‘ylaringga qoqindiq, zap kelibsiz-da.
U siqilgan o‘sma hidlarini gurkiratib, bolakayning peshonasidan o‘pdi va kuraklarini silab, bu-larga yo‘l berarkan, qariyaning ko‘nglini olishga urindi:
— Keling, to‘ra buva, jindak nafas rostlang. Issiqqina choy qilay.
— Rahmat, poshsha qizim, bog‘ tuzukdir, bahavoroq,— dedi tabib azim teraklar tagiga intiqayotganini sezdirib.
— Maylin, maylin, u yerning g‘ir-g‘ir shabadasiga nima yetsin, — deb yo‘l boshlarkan, ichidan «Sog‘inibdilar-da, terakzor taglarida aylanishlarini», degan o‘y kechdi.
Tabib entikdi.
— Bu yerning naq jannatdan chiqadurgan o‘ynoqi bir yel-sabosi bor, bog‘boni xo‘b topgan joyni. O‘tgan bo‘lsa, Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin, tirik bo‘lsa, umrini ziyoda etsin.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:44:55
— Ilohim, ilohim, — deya duoga qo‘shilishdi juvon ham.
Yo‘lakdan o‘tib, qator quloch yetmas azim teraklar tagi bilan borisharkan (uning xol-xol kumushrang tanasidan tortib, ko‘klab borayotgan shohlariga qadar yurakka yaqin edi, tavba), havo ham yumshab borayotganga, allatovur bo‘ylarni taratib, bir ajib epkinlar yuzga urilayotganga o‘xshar edi. Shu epkinlar ichida shifoxona hidi dimoqqa urilib qo‘yardiki, uning bahor bo‘ylaridan begonaligi yaqqol bilinib qolar edi. Ular yo‘lka yoqasiga — tagidan qizg‘ish surx navdalar berib, bo‘y ko‘rsata boshlagan gulzor chetidagi o‘rindiqqa cho‘kisharkan, tabib uzrli qaradi:
— Nechuk, hech kim ko‘rinmaydi, bemavrid kelib qoldikmi?
— Bemavrid emas, Hoziq buva. Siz kelasizu kim nima deydi?
— Harqalay gap tegmagani ma’qul-da.
— Xudo xohlasa, tegmaydi. Muolaja vaqti ham tugab qoldi, zo‘r kelsa, o‘zim chaqirib chiqa qolaman,— deb u otlana boshlab edi, qariya to‘xtatdi:
— O‘zi qalay? Qadam bosyaptimi?
— Bosyapti-bosyapti, bergan dorungiz patoslarini taqa-taq to‘xtatdi. Ollohga shukr, Sizdan shunday minnatdorki...
— Hammasi Allohdan. Qolaversa, ko‘rgiliklari arib turganki, doru em bo‘pti. O‘ziga shukr, uyaltirmaganiga shukr. Yaxshiyam jujug‘i — toy bolani opkelibman. Ichikkanlar bir yayrashsin.
— Shuni ayting, — juvon bolani quchib, boshlarini siladi. — Voy, o‘zim o‘rgilay quralaygina ko‘zidan. Ayasining boshi osmonga yetadigan bo‘pti-da. Qolgan dardlariyam arib.
— Yana muolaja belgilashdimi? — dedi Hoziq buva xavotir ichida. Uning nazarida o‘sha damlab ichiladigan doruning o‘zi kifoya edi: bu do‘xtiri tushmagurlar yana nimalarni tiqishtirishib yotishibdi ekan?
— Yaraning o‘rniga-da, bitirishga-da: nurmikan, moymikan...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:45:27
Qariyaning ko‘ngli joyiga tushib, xavotiri bo‘shashdi:
— Unday bo‘lsa, bezarar-bezarar. Biz shu yerda sha-badalab o‘tira turaylik, siz xabar beradigan bo‘lsan-giz.
Izn tekkan ayol qarg‘ashoyi ro‘molini o‘ray-o‘ray ichkariga yo‘nalarkan, ikki o‘rim sochi nimchasining belidan pastini o‘pgancha to‘lg‘onib borar, Hoziq buva ilgari ko‘rganidan hiyla kaltaygan ko‘rinar edi. Tavba, xash-pash deguncha bu yerda turganiga ham hiylagina vaqt kechiptimi? U mana shu yo‘lkada erta saharu shomdan keyin sayr etishni yoqtirar, hech kanda qilmasdi. Hozir ham asta turib, toy bolani yetaklagancha qator azim teraklar tagi bilan ketgan soya yo‘ldan sekin yurib borarkan, o‘sha yoqdan o‘ynoqlab kelgan epkin-shabboda yuz-ko‘zlarini o‘pib o‘tib, tanish nasimdan ko‘ksi ko‘tarilib tushdi. O‘zi bog‘ chekkasidagi shu yo‘lkada Xudo bergan bir boshqacha fayz bor: O‘sha nasim, o‘sha shabboda o‘ynoqlab o‘tdi deguncha ichdagi g‘uborlarni sug‘urib keta qoladi. Teraklar ham bu havo yoqib tushib shunday bo‘y talashganlarki, yengil shovullab kishini shunday allalaydilarki, asti qo‘yaverasiz. Bu orada gulzor yoqalab, hoshiyasi qora-qora, qanoti momiqdan ham oq kapalakni quvib yurgan bolakay ham nihoyat qaytib kelib, savollarini qalashtira ketgan edi:
— Bu yer qanday bog‘, opoqbuva? Do‘xturxonaga boramiz, deb edingiz-ku.
— Olmazor bog‘, bolam, olmazor bog‘, — deb tushuntirgan bo‘ldi buva, so‘ng yo‘l yoqasidagi suyanchig‘li o‘tirgichga cho‘kib, uzana qoldi.
— Chiroyluv ekan,— dedi bola atrofga suqlanib.— Voy, anavuni qarang, filquloqmu? — u gulzor o‘r-tasida bulturgi ko‘milgan bandidan fil qulog‘idek barglar yoza boshlagan o‘simlikka (hoynahoy bu atrofnikimas, qaysi bir iqlimdan ko‘chirib keltiril- gan — o‘shanga) tikilib qolgan edi.
— Topding, bolam, biz tomonlarning gulimas bu.
— Siz ko‘rganmusiz, bilasizmu? — Bola uning tizzalariga suykalib erkalandi, — ayting.
— Necha yilda bir ochiladi. Men ham ko‘rmaganman. Sovuqqa yo‘q narsa, — dedi u.
— Bu yerda-chu, qanday o‘syaptu?
— Avval ichkarida o‘stirishgan, keyin o‘tkazishgan. Tushunding?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:45:58
Bola «tushundim» dediyu xayoli boyagi o‘sma qo‘ygan ayolga ketdi:
— Anavu opoqu nima deydu? Biz kimnu ko‘rganu kelganmuz?
— Ayangni. Seni bir xursand etay deb aytmab edim,— Hoziq buva uni erkalab, boshini siladi.— Qarasam, sog‘inib ketibsan. Nima, ilgari opkelishmaganmi?
Bola azbaroyi ta’sirlanib, ko‘zlari bir turli g‘iltilladi. O‘zi qult yutinib, yer suzdi:
— I-im, bu yerga hich kelmaganmuz. Bala-and uyga chiqqanmuz...
— Xudo xohlasa, bu yerdan o‘z oyog‘i ila yurib chiqqay. Mana, ko‘rasan.
— Hozirmu? Xuddu hozir-a? — Bolakay ichi toshib, sakramoqqa, mitti kaftchalari bilan uning tizzalariga urmoqqa boshladi.
— Chiqsa kerak, aytgani ketishdi-ku, — kulimsiradi u.
Bola yana koptokday sakrab, o‘ynoqladi:
— Ur-re, chiqadikanlar, chiqadikanlar. Ayam tuzalubdilar. — Qaytib kelib yana yopishdi, — ayting, opketamizmu, javob berishadimu?
— Xudo xohlasa, opketgani ham kelamiz.
— Nega?... Hozir javob berishmaydimu?.. — dedi bola birdan so‘nikib. U hafa bo‘lib qolgan edi. Qariya bag‘riga tortib erkaladi:
— Faqat sen shoshma-da. Shuncha kutgan, yana jindek sabr qilsang bo‘ladi-ku.
— Maylu,— dedi bolakay kutilmaganda ko‘nib.
— Ana bu — boshqa gap. Aqling gurkirab ketsa — shu-da, — deb qariya uning yelkasiga qoqib qo‘ydi. — Boraqol, ungacha filquloqni tomosha qilib tur.
— Bo‘ptu. — Bolakay o‘sha yoqqa qarab chopdi.
U endi o‘ziga tanish oshiyon tomon — jigarrang eshik-derazasidan tortib, peshtoqlariga qadar qadrdon bo‘lib qolgan o‘sha mo‘’jaz ham ko‘rkam oq binoga qaradiyu hayratda qoldi. Fasubhonalloh! Bu qana-qasi?! Oq binoning peshtoqlaridan tortib, butun to-mi shafaqrang alanga ichida qolgan, quyosh nurimi desa, alanga uning bo‘g‘otiyu peshtoqlaridan toshib chiqar va qizg‘ish cherepitsali butun tomini o‘rab borar edi. Vodarig‘, bu nimasi? Kuppa-kunduzi o‘t ketyaptimi?!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:47:05
Qariya o‘rnidan turmoqqa urinib, asosini paypaslab-izlab qoldi. Lekin shoshganda salomga alik topilganmi, aso qo‘liga ilinmasdi. U hushyor tortdi: «Unda nega hamma jim? Baqir-chaqir yo‘q?» Demak, bu bir g‘ayb, sirli ko‘rinish, xolos. Tavba, nega shunday bo‘lmoqda? Ilgari ham bir kelganida shunga o‘xshash hol sodir bo‘lmab edimi?! U nimadan belgi beryapti? Qachondir o‘t ichida qoluvidanmi? Kimga ham ayta olasan bu holni?..
Xassa shunday yonginasida ekan. Uni qo‘lga oldi-yu, lekin turib ulgurmadi. Qaytib oq binoga nazar tashlaganda alanga susayib, nihoyati azim teraklar ortidan qiyalab, enlamasiga tushayotgan oftob seliga aylanib ulgurgan edi. Vo ajab, nechanchidir marta shunday bo‘lmoqda. Avval tom baravar ko‘tarilib (hatto quloqlariga olovning charsillab yonishi eshitiliblar ketdi!), gurillab turadi-yu, so‘ng tomga yotgan nur bo‘lib chiqadi! Bu nimadi? Darvoqe, bu narsa birinchi marta qachon ko‘rinib edi? Kelganining uchinchi kunimi? O‘shandan beri necha yil kechdi, mo‘’jaz oq bino — o‘sha o‘zi ikki qishgina istiqomat qilgan joy, qarang-ki, hali ham qilt etmay turibdi. Nazarida, erta-birisi kuni guv etib yonib, kul bo‘lib tushadigandek! Hozir manavi shifoxonaga qo‘shib berilganmish. Aytuvli faxriylar tushib qolsa, shu yerga joylashtirishar ekan. Atrofidagi quyuq shapaloq bargli tutlar tagiga yog‘och karavotlar qo‘yib, gilamlar to‘shab, ko‘rpachayu par yostiqlar tashlab qo‘yilganidan bilavering. Bu hukumat, bu katta dargohlar risolaga ko‘ra, xalq g‘amidan boshqa narsani bilmasa-da, o‘zini ham unutmagan ko‘rinadi. Ammo... shunday joyga, bir musofir muslima, manavi bolakayning mushtipar onaginasi qanday tushib qoldi ekan? Kim joylashtiribdi?..
Yalpiz hidinimi, bodroq isinimi gurkiratib shabada o‘ynoqlab o‘tdi. Qariya entikib ketdi. Haligi muattar isni sog‘inib, yana bir hidlagisi kelib, chuqur tin oldi. Yo‘q, u shabada qurg‘ur gulini allaqachon to‘kib, o‘rniga qo‘sha-qo‘sha ko‘k ziraklar taqib, barg yozib boshlagan pastdagi olchazor ko‘chalar tomon o‘ynoqlab o‘tib ketib ulgurgan, bu yoqdan esa, xushro‘y juvon pildirab-shoshib kelmoqda edi.
— Topdim, ota, faqat... — havomi, nima yetmay yutoqdi, — faqat biroz kutasiz ekan. Muolaja tugashi ila tushib keladi. Tabib to‘ram o‘zlari keptila, ko‘rgani keptila, dedim. Eshitib bir yerga yetdi...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:49:18
— Mayli, mayli. Biz mana shu bahavoroq joyda o‘tira turamiz. Bu ham bo‘lsa, Xudoimning marhamati. Bahri-dilimizni ochmoqchi ekan, shu yerlarga yetkazibdi, kuta turamiz...
— Bir piyolagina choy olib chiqayin? Xitoyni xushbo‘y choyidan bor, kiyik o‘ti aralashgan? — uning ko‘nglini ovlashga urinib, parvona edi ayol. Uning jonnisorligi, kuymanchikligi o‘ziga bir yarashardi. (Birovning ustida o‘lib-qutuladigan ayollar hozirgi kunda anqoning urug‘i, mingtadan bitta topilar. Lekin shuniyam borligi — Allohning marhamati. Bu millatga bergan katta ne’mati) Qariya iyib ketib, bosh silkidi:
— Mayli, bir piyolagina bo‘lsa... malol kelmasa agar...
— Maloli nimasi, men hozir... — deb tinmagur ayol kiraverishdagi mo‘’jaz uychasi tomon pildiradi. Shunda boyagidek muattar yalpiz hidi gurkirab ketdiyu u ayolning siqimidagi ro‘molchadanmi, nimadan kelayotganini ilg‘ab ulgurdi. Kimdir ilinib in’om etganu xalatining cho‘ntagiga sola qolmay, ro‘molchasida anqitib borar edi.
Bu orada Yodgortoy oldidan ikki bora chopib o‘tdi, shisha ko‘zli to‘rqanot ninachini quvlab, yana gulzor tomon chopdi. Qariyaning xayoli esa bu go‘shaga kelib tushgan o‘sha birinchi kechaga qochgan edi...

Uni hukumat bog‘idagi dam olayotgan joyiga chaqirib borishdi. Ingliz elchisining qabuliga kiyib borgan qo‘mondonlik formasini hali yechib ulgurmagan edi. Shunchalik qistalangmish.
— Sizni shaxsan Olampanoh so‘rayaptilar! Sharq tabobatini bilgan tabib sifatida! O‘ylaymizki, u zotning iltimoslarini rad etmassiz?..
— Unda men... tabiblardek kiyinib olay, — dedi. Qayoqda! O‘zini Mussolinini tog‘dagi qarorgohidan olib qochgan nemis yasovullaridan kam tutmayotgan bu qarchig‘aydek epchil yigitlar hech gapga ko‘nmasdilar. Javob qisqa bo‘ldi:
— Chegarada kutib turishibdi! Kerak bo‘lsa, ortingizdan yetkazib borishadi!
— Tabib xaltalar-chi? Uni olmoq lozimdur? — dedi atay.
— Bizga unisi buyurilmagan, tabibni gard yuqtirmay yetkazib kelgaysizlar, deyilgan, vassalom.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:49:28
— Tushunarli. — Ne mushkul damlarda qilt etmagan yuragi bir seskandi. Va Allohga tavakkal qilmoqdan o‘zga iloji qolmaganini anglab, «O‘zimni O‘zingga topshirib, O‘zingni vakil qildim — Hasbiyallohu va ne’mal vakil...», deb shivirladi.
— Nima dedingiz?.. — qulog‘iga yarim-yorti kir-gan kalomulloh kalimasidan g‘alati holga tushgan yasovulboshi (u dovqur ko‘rinsa ham yoshi bir qoraga yet-gan odam edi) tisarilib ketdi. — Duoibad eta ko‘r-mang.
U esa vujudidan boyagi titroq chekilib, o‘rniga bir yoqimli xotirjamlik oqib kira boshlagan edi, jilmaydi:
— O‘libman-da, mo‘’min mo‘’minga yomonlik sog‘ingaymi? Alloh asrasin! Demoqchimanki, hamonki olib ketishingiz lozim ekan...
— Xo‘sh? — dedi u fe’li aynib. — Unda nega imillayapmiz?
Tavba, na yaxshi gapga ko‘nadi, na yomoniga. Naq azob farishtalarining o‘zi... O‘zlari Allohning chinakam azob farishtalariga yo‘liqqanlarida nima qilishardi ekan? Pushmonlari ish bermasligini bilsalar edi...
— Menga ham quloq solinglar, jilla qursa? — dedi qat’iyroq qilib.
— Ayting tez, vaqtimiz ziq, — dedi u.
— Hamonki ish shu darajaga yetibdi, men qariyani ma’zur tutinglaru tahorat yangilab olmakka ruxsat etinglar.
Yasovul yigitlar (kim xangu mang, kim xushi qochib) bir-birlariga qarashdi. Qanday dahshatli ishga bosh suqqanlarini birinchi marta anglab qolganlar ham borday edi oralarida. Qay birlarining ichlaridan shaytanat chekilib, iymon yuz ko‘rsatgudek: ruxsat ber, devorgudek ham edilar-u, ammo so‘nggi damda yasovulboshining yupqa labida allatovur nur ko‘rindi:
— Bizga Sizni dor tagiga emas, boshqa dargohga eltmoq buyurilgan. Qo‘rqmang, Hoji aka.
Tog‘a yoxud pochcha desa, Madaminbek yurtidan ekan-da, deb o‘ylasa mumkin edi. Bu «aka»layapti, qaerdan ekan? Lekin tagiga ot, qo‘liga qilich bersang, kimga yigit bo‘lganini uzoq vaqtgacha anglamaydiganlar hilidanga o‘xshamasdi, tavba. Unda na millat tuyg‘usi, na millatdoshlik — dindoshlik tuyg‘usi yo‘q deyish ham qiyin. Faqat hammasini yasovulboshilikka almashvoribdimi?!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:49:42
Shunga qaramay, buyruqlari, o‘zini tutishi bir poshocha edi!
— Baribir, biz biron yerga tahoratsiz chiqmaganmiz. Bexosiyat bu, — dedi chinidan qaytmay.
Qattiq turmasa, bu besharmlarda subut bormi! Biron jar yo o‘rda orqadan tig‘ urib, gum qilib ketmasliklariga kim kafolat beradi! Kalima keltirib ulgurasan yo ulgurmaysan. Tahoratsiz ekaninggayu banda so‘nggi tilagini tilashga haqli ekaniga qaraydimi bular. Namoz vaqti yoxud yuviqli-yuvuqsiz, bebismilloh qo‘shilib qolgandan bino bo‘lgan bu shaytonvachchalar.
Yigitlardek chapdast boshchisi qat’iy bosh to‘lg‘adi:
— Uzr. Hozir mavridimas. Har qancha tahorat bo‘lsa, o‘sha yoqda ulgurasiz. Chegaradan o‘tib olayluk, keyin, — dedi u qo‘lini havoda teskari sermab va yasovullariga buyurdi. — Jildik.
Uni yagona opel mashinasiga o‘tqazib, o‘zlari ham suqilib kirdilar-da, eshiklarni qars-qurs yopgancha ruldagi yigitning yelkasiga qoqdilar:
— Qani, qanoting bo‘lsa, chiqarib uch!
Rulda (qay ko‘z bilan ko‘rsinki!) o‘z shofyoridan bitta tuki kam bo‘lmagan dungan yigiti o‘tirar edi. Bilmagan odam hukumat mashinasi yo‘lga chiqib, To‘ram davlat qayoqqa otlanibdilar, derdi. Ana ustamonlik! Bu yoqda ular bog‘ qorovullaru soqchilarni gum qilib, yo almashtirib qo‘yib, darvozadan chiqib olgancha «kelishilgan joy»ga surib borardilar. Bu yerni tinchitgan, chegaradan o‘tolmaydimi?! Xamirdan qil sug‘urgandek o‘tarlar... Hammasi ado bo‘pti! Nihoyasiga yetipti! Ozodligi ham, mustaqilligi ham! Nahot barcha-barchasi tugab, yetim qolmoqda bu aziz yurtu unga ishongan, jonu jahonini tikvorgan xalq?! Imm, qaerda adashdi? Nimani hisobga olmadi?! Yo o‘sha birvaqt, dovonda yo‘liqqan mahluq... bejiz emasmidi? Barchasi besamar ketuvidan bir imdodmidi? Hikmati ne edi?.. Yoxud farmonda shoshdimi? Bu uch viloyat — butun Tang-ritog‘ degani emas! Hali yetti viloyat ozodlik deb ingrab yotipti, mujohidlar, butun qo‘shin shay tursin! Ular ozod bo‘lsa, biz ham ozodmiz. Ularga hurriyat olib kirsakkina, barchamiz hurmiz, butun Tangritog‘ hurdir! deb... shoshdimi? Balkim...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:49:53
Chegarada — hammayoq o‘t-o‘lanu ufqqa qadar lolaqizg‘aldog‘larga ko‘milgan dashtda g‘ir-g‘ir shabadalar hukmron, qir qushlari o‘zlari bilan o‘zlari andarmon bir tarzda qaybiri ko‘katlar ichra, qaybiri musaffo osmon bag‘rida chuldirab yotishar, bu yoqda tekis maydon o‘rtasida ninachidek uchib kelib, ko‘klam gilami ustida qo‘nibmi, to‘xtabmi qolgan kichkina uchoq qanoti soya-sida xumdek boshi ustarada qirtishlangan norg‘ul bir odam betoqat yurinar edi.
Nihoyat, u qizg‘aldoqlarni to‘zg‘itib, orqasidan esa qo‘sh ko‘kish iz qoldirib o‘zi tomon uchib kelayotgan pildiroq qora qo‘ng‘izmisol opelga ko‘zi tushib, shoshib qoldi va qo‘lidagi kepkasini kiyishni-da, unutib, ular tomon peshvoz yurdi.
U og‘zi qulog‘ida, bu buyuk mamlakatning katta rahbarlariga rasm bo‘lgan kitelining tugmalarini yechib-qadarkan, rapidaday qo‘lini ko‘tarib, to‘xtang, ishorasini berishdan o‘zini tiya olmadi. Bu dunganlarga o‘xshab keng peshona, kepchik yuzli, xumbosh odam uni huzurida ko‘rayotgandanmi (balki topshiriq qotirib ado etilganidandir!) o‘zida yo‘q xursand edi. Va bundan jilla qursa, andesha qilishni unutgan edi.
U buning shoshqaloqligidan uyaldi. Kim tagiga ot berib, ustiga to‘n yopsa, hamiyat ko‘rsatib, oqsoqol ko‘tarsa, xalqi qolib o‘shanga xizmat etib ketaverishdan toymaydigan o‘g‘lonlari bor bu millat uchun achinib, ichdan zil ketdi: biz ham qachon odam bo‘larkanbiz? Bir-birimizning payimizni qirqmoqdan uyalarkanbiz, to‘xtarkanbiz? Bir millat bolalari kabi yasharkanbiz?... deb ingrandi.
Lekin uning ich-ichidan otilib chiqmoqqa tayyor ingroqlarini kim ham eshitardi, kim ham ahamiyat berardi?!
Bunga sari u o‘zini tutmoqqa, ko‘z soqqalari ostidan-da, tirqirab chiqmoqqa tayyor ko‘zyoshlarini bosmoqqa, bu odamlar oldida past ketmaslikka urinar edi. Bosdi ham, har narsaga qodir Alloh so‘raganini berdi ham. Unga chindan oson ekan: arzimas daqiqa ichida xotirjamlik ato etdi-qo‘ydi. O‘ziga hamdu sanolar bo‘lsin! Es-hushini yo‘qotib, bir zambar loydek o‘tqazib qo‘ymadi. Xotirjamlik bilan baro-bar g‘ururiniyu haybatini, shuncha ishlarga bosh bo‘la olgan kishi salobatiniyu o‘zligini qaytarib bergan edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:50:06
U ham bir hukumat boshlig‘i sifatida tushib bordi.
Mezbon uni avvalo qo‘mondon kiyimida ko‘rib, kapalagi uchdi. Yaqiniga borgunga qadar ham xushi o‘ziga kelmay haykalday qotgan edi, so‘nggi daqiqada, ko‘z ko‘zga tushib, tiliga jon bitdi. Va salom berib, ko‘rishgani bormagi lozimligini anglab, peshvoz yurdi:
— Assalomu alaykum, tog‘a. — Ayiqdek beso‘naqay odam — shunchalar samimiy bo‘lib chiquvi — g‘alati edi: Yo bahoda yanglishdimi? — Yaxshi yetib keldingizmi? Uzr, bezovta etduk.
Uning qo‘li qattiq edi: yoki ortiqcha samimiyat ko‘rsataman deb qattiqroq qisib yubordimi? Harqalay shunga yaqinroq edi. Uning yumshoq kaftini siqib turuvni o‘ziga ep bilmay nihoyat ikki kafti orasiga olib, tavof etgandayin yarim xijolat ichida silay boshladi.
— Ma’zur tutasiz bizning yigitlarni, — dedi yana bir bor uzr aytib, — Topshiriq qistalangroq edi, boshqacha yo‘l ko‘rinmay... kirib boraverishga jur’at etishdi...
Chegara degani qo‘shnining devori emaski, har bir uloqqan ko‘ppak xohlagan nahradan oshib o‘taversa, istagan joyini harom oyoqlari bilan payhon etib ketaversa! Yana qaergacha kirib borishibdi! Elchi yo‘llash degan gaplar qani? Ikki davlat o‘rtasidagi bordi-keldi rasm-rusumlar-chi, ular qayoqda qoldi?
Mezbon o‘ng‘aysizlanib, uning qo‘lini qo‘yib yuborishni ham, yubormaslikni ham bilmas, qo‘llari yengil titrar edi. Bu uning qo‘y ko‘zlariga qarab qo‘yib:
— Nima gap? — dedi, o‘zi esa dil g‘ashligini yengillatsa zora, deb qir tomondan esayotgan shabadaga yuz tutdi. Qani, boyagi xotirjamlik? O‘zini Allohga topshirib qo‘yib kelayotgandagi ko‘ngil tinchligi? Bu g‘ashlik qayoqdan oralay qoldi-yu, uni ukpardanam yengil manavi nasimlar ham ko‘tarib ketolmayapti? Nahot hammasi tugab, nusrat yuz burdi? Mustaqillik tongi tug‘ib ulgurmay uning shomi kelib yetdi? Mezbon javob o‘rniga ham uning qo‘lidan tutib, kuraklarini silardi...
— Tog‘a, o‘zingiz tushunasiz-ku. Hamma tushunmasa ham Siz tushunasiz-ku. Biz Uning oldida kimmiz?! Kim ekanmiz! Xohlasa chivinday ezg‘ilab tashlaydi, xohlasa kaftida ko‘taradi. Ilojimiz qancha?..
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:50:30
Ana, sidqidiliga ko‘chdi! Tan oldi... bor-yo‘g‘i kichkina odamligini! Tagidagi ot ham, egnidagi to‘n ham birovniki ekanini! Qulligi evaziga berilganini! Boyaqish millat! Kimlarga kuning qolgan?!
Ufqdami, qaydadir, so‘ngsiz ko‘m-ko‘k guldor gilamning oxiri — qirning musaffo osmon bilan tutashgan joyidadir balki, kumushday yaltirab kattakon suv ko‘ringanday bo‘ldi. Nahot suv musaffo osmonga tutashib keta olsa? Nima u, dengizmi yo ufqdan ham berida yotgan bir narsa? Balki sarobdir. Kuppa-kunduzi sarob ko‘rinsa-ya? U namlangan kipriklarini qoqib hayron qoldi: haligi dengiz bir tomchi ko‘zyoshga aylanib, o‘z bilagiga tomdi. Yo, Alloh, bu nimaning belgisi, nimadan imdod? Nahot hammasi tugadi? Achchig‘i keldi va to‘g‘ri kelgan tomonga yura ketdi, shu barobar zarda ila:
— Sen kichkina odamman desang, men kimmanki, desam, qachon odam bo‘lamiz o‘zi? — dedi qalbi sidirilib-oqib. — Bormi o‘zi bu yurtda el uchun boshini tika oladigan bir inson?!
Mezbon unga yetib olishgayu tinchlantirishga urinib, orqasidan talpindi:
— Tog‘a! Tushuning, axir. Har narsaga yetgan aqlingiz nahot shunga kelganda oqsasa? Tushunib turibsiz-ku! Nega tushunmaganga olasiz?..
Ammo u qulog‘i goh chippa bitib, goh shang‘illab ochilib ketsa-da, uning iltijolariyu rov-ro‘kachlarini tinglashni ham istamas edi.
— Bormi tilka-pora qilsalar-da, soxta payg‘ambarlarga iymon keltirmaydigan mardlar?! Bormi Xuzofadek dinini sotmaydiganlar?! Badanimdagi tukim qadar jonim bo‘lsa, shu dinimga sadqa hammasi, deya oladiganlar! Bormi?! — derdi bo‘g‘ilib.
U esa yetib olib kuraklarini silar, zo‘r berib bag‘riga bosib, «jon tog‘a»lar edi.
— Jon tog‘a, bir gal mening ham so‘zimga kiring. Shaytonga hay bering. Uning ra’yiga to‘g‘anoq bo‘la ko‘rmang. Xo‘p deng, deya qoling.
U jim qoldi.
Osmoni falakda to‘rg‘ay bo‘zlab-bo‘zlab yig‘lar edi, kim mening makonimga beso‘roq kirdi, polaponlarimni oyoqosti etti, deb. Hov, qirda bir bijildoq qushcha g‘umay shoxchasiga qo‘nvolib shu chuldirar ediki, u roz aytyaptimi, bo‘zlayaptimi, bilib bo‘lmasdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:50:45
— Xo‘sh, nima deydi, o‘shal Olampanohing... kremlida o‘tirvolib?! Hozir to‘g‘ri o‘shoqqa olib bormoqchimisanlar? — dedi taqdirga tan bergisi kelmay.
— Yo‘q, — mezbon quchog‘idan qo‘ygan bo‘lsa-da, yelkalarini silashdan to‘xtamasdi.— Hozir bizning qarorgohga boramiz. Alohida joy hozirlatib qo‘yganman. O‘shatta bir-ikki kun tura turasiz. Dam olasiz. So‘ng ma’lum bo‘ladi — qabul vaqtlari.
— Bu sizlarning qaroringizmi yo kremliga qamalvolib, butun mamlakat uyquga ketganda ish ko‘radigan o‘shal zotning amri?
Mezbon bo‘shashib, uning ko‘zlariga o‘tinch-la tikildi.
— Bilasiz-ku, tog‘a, biz kimmiz — nihoyati kichkina odamlar. Hammasi o‘sha Olampanohning ra’yi. Bizda ixtiyor qancha?!
Bir chekkasi achindi, bir chekkasi — to‘g‘risiga ko‘chganidan suyundi: bilarkan-ku, hechkimmasligini! O‘shal zulm mashinasining nihoyati bir murvati xolos ekanini!.. Shunga-da, shukr. Ammo gunohi kabiraning eng badbaxti shu emasmi? Bilib turib zulm itlarini mamlakatga qo‘yib yuborish, o‘z qavmini talatish emasmi? Javobi bor-ku, axir bu ishlarning ham!..
— Taxt bor-u, toj yo‘q. Nom bor-u, nishon yo‘q. Mamlakat bor-u, ixtiyor yo‘q! Shu holingizga «Sharqdan chiqqan marshal»misiz?
— Tog‘a, mening o‘rnimda boshqasi ham bu o‘yindan chiqolmasdi. O‘zingizdan qolar gap yo‘q-ku, tog‘a. Biz hammamiz uning qurchoqlarimiz-ku, axir.
U bo‘shashdi.
Jilla qursa, tan olyapti-ku. Ammo Mahshargohda bu bilan qutula olgaymi?
Sekin so‘radi:
— Biz musulmonmiz-a?
— Alhamdulilloh.
— Alloh haq-a?
— Haq, haq.
— Kitoblari bor-a?
— Bor.
— Payg‘ambarlariga ham ishonamiz-a?
— Ishonamiz, tog‘a. Haq hammasi.
— Qiyomat-chi, qayta tirilish-chi? Haqmasmi?
— Haq, tog‘a...
— Haq bo‘lsa, bu ishingiz uchun qiyomatda ne deb javob bergaysizlar?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:50:57
U o‘zini tortib, dabdurustdan tisarilib ketdi! Shu barobar o‘sha tomondan dimog‘iga allaqanday achimsiq hid urildi. (Nima bo‘lsa, ekan bu?).
— Qaysi ishimizni aytmoqdasiz?
— Mana shu... — u o‘zlarining mana shu yolg‘iz turishlariga, sal narida esa bir og‘iz so‘ziga mahtal yasovullariga ishora etdi, — mana shu qilmishingiz — kuppa-kunduzi bir mamlakatning kattasini imi-jimida o‘g‘irlab ketishingizni aytaman.
U elanib bir qadam bosdi:
— Tog‘a, Siz tushuning...
— Butun bir xalq ana endi erkka chiqdik, mustaqil bo‘ldik, deganda, o‘z ixtiyorimizcha, iymon-ishonchimiz bo‘yicha yashaymiz, deganda, uni kim qilib ketmoqdasizlar? Qiyomatda Alloh oldida nima deb javob bergaysizlar? Bu xalq talab qilolmaganda, bo‘zlab qolaverganda, har narsadan ogoh Alloh bor-ku? Unga nima degaysizlar?
U yer chizib, tosh qotdi. So‘ng bir titrab-seskanib tushdiyu kepchik yuzi quv oqardi. Ko‘ziga zo‘rg‘a qaray olib, shivirladi:
— Men bu yoqlarini o‘ylab ko‘rmagan ekanman. O‘lay agar, o‘ylagan bo‘lsam. Faqat Siz meni tushunsangiz bas, kechirsangiz bas. O‘shanda Olloh ham kechir- gay, gunohlarimdan o‘tgay, tog‘a. — U boyagidek elanib, yopishib keldi. — Tog‘a, bo‘lar ish bo‘ldi. Eshiting meni.
Boyagi yolg‘iz achimsiq, qo‘lansa hid uning og‘zidan kelayotgan edi. Ko‘ngli ketib, o‘zini chetga tortdi:
— Ayt, ne deysan?
— Bo‘lar ish bo‘ldi, bu yog‘iga menga ishoning. Yalinib-yolvorib bo‘lsa-da, men sizni u Jodidan tortib olgayman. Asrab qolgayman. G‘isht qolipdan ko‘chgan. Sizni asrash mumkindir-u, mamlakatingizni asrab bo‘lmaydi. Mustaqilligingiz allaqachon birovlarga in’om etib yuborilgan! Eshityapsizmi, in’om etib yuborilgan. Tangritog‘day mamlakatni ular hech qachon bir yalov ostiga birlashtirib qo‘ymagaylar. Yon bosmagaylar, ovora bo‘lasiz! Sizning tutgan yo‘lingiz — shariat bo‘yicha ish ko‘rishdan tortib, qolgan viloyatlarni ham ozod etmakka qilgan chaqirig‘u ahdingiz — hamma-hammasi u zotga ma’lum. Allaqachon yetkazilgan. Men kelmasam, boshqasi yuborilardi. Boshqa bir jallodning qo‘li bilan yo‘q etardilar. Yaxshisi, taqdirga ko‘naylik. Sizni mening qo‘lim bilan yo‘ldan ko‘tarib tashlasinlar-u, ammo bu yog‘ini... bu aziz boshingizni asrashni menga qo‘yib bering. Buni bir sizu bir men va yolg‘iz Olloh bilsin. O‘zga yo‘l yo‘q, tog‘a. Balki shu turishimiz, shu kelishuv Ollohning xohlashidir. Bizni o‘z panohida asrashidir..
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:51:12
Hech zog‘ga, hatto eng ishongan yelkadoshlari tugul, ayoliga-da, og‘iz ochmagan, isini-da chiqarmagan pokiza niyatlari, dilga tukkan, o‘ylab qo‘ygan ishlari nima bo‘ldi? O‘ndan biriga-da jazm etmagandi-ku, hali?
U oyog‘ining ostiga, ko‘kat bag‘riga qarab qoldi. Voh, ne ajabki, u — yerga o‘ylab, ohista qadam qo‘yguvchi odam, biror jonzotga jabr qilib qo‘ymadimmi, deb titrab turguvchi inson... yer bag‘irlab o‘sib-da, emin-erkin tup yozib yuborgan, tup yozish nima, bir ajoyib gullab yuborgan laylakoyoqni bosib turar, uning laylakoyog‘i misol qizg‘ish-pushti gullari etigi ostida ezg‘ilanib yotar edilar.
Joni achib, tisarilib ketdi! Lekin u qolib, boshqasini bosdi, boshqasini-da ayab, yana yangisini ezdi. Qayoqqa qadam qo‘ysa, bahori kelib yashnagan bir gulni, ochilib-sochilgan bir ko‘katni bosar, payhon etardi. Ajinagullaru lolaqizg‘aldoqlar toptalar edi.
Chumoliga-da ozor bergisi yo‘q odamki, shunday noiloj qolsa!... Yokim ochilmoq bor ekan, payhon bo‘lmoq ham bormi? Xuddi uning niyatlari kabi, maqsudi kabi. Endi gul ko‘rsatganda... yakson etsalar?
Uning alam-achchiq ichida, labini tishlab, tishlamasa — ingrab yuborari hech gap emasdi — jim qoluvini mezbon qanday tushundi (balki rizolik alomati deb bilgandir) va anov yasovullariga qanday ishora berib ulgurdi, qizg‘aldoqzor o‘rtasida turgan uchoqqa birdan jon bitib, parragi aylana ketdi. Ovozi o‘tlog‘u qirni tutib, uning qulog‘i chippa bitdi...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:51:34
Kimdir tizzasiga yopishib, bilaklariga shappalar, yengidan tortqilab, holi-joniga qo‘ymay xushiga keltirmoqchimi, o‘ziga qaratmoqchimi bo‘lar-u, u nimaligiyu kimligini anglay olmas edi. Alhol, qaqajon qizaloqnikidek bir ko‘hlik yuzga, (tavba, kipriklari muncha uzun-uzun?) ko‘zlari oxunikidan ham ma’yusroq bolakayga (ha-ha, u o‘g‘il bola edi!) ko‘zi tushib, qaerda va qay taxlitda o‘tirganini eslab, bir seskandiyu quloqlari zing ochilib, o‘ziga keldi.
Bola mushtchalari ila uning ko‘ksiga mushtlab, bidirlar edi:
— Buva, buva, uni qarang, men kimni topib oldum! Qarang, kim keloptu. Eshitopsizmu?..
— Eshitdim, eshityapman, — U o‘girilib, yetti qadamcha narida ang-tang qotgancha turib qolgan juvonni ko‘rib, bir uning, bir tizzalari orasiga suqilib olgan bolakayning yuzlariga qarab, hayratga tushdi. Bu istarasi issiq, jajji yuzni yana qaerda ko‘rgan ekanman deb yuribdi! Yo musavviri olam, quyib qo‘ygandek-ku! Nur ingan bir tomchi suvday-ku ikkisi!..
Bola uning ichidagi g‘alayondan bexabar soqollariyu yuzlarini silab, o‘ynoqlardi:
— Qarang, buva. Menu qaerga opkelupsiz? Ayamnu opketub qolushgan joyga opkelupsuz. Qarang, tuzalup qoptular. Yurup ketuptular, qarang.
Hoziq buva uning boshlarini silab, do‘ppichasini to‘g‘rilab qo‘ydi.
— Ko‘rdim, bolam, ko‘rdim, niyat xolis bo‘lsa, shu-da. Alloh shifosini bersa, shu-da. — U hassasini qo‘liga olib, shoshqich turishga unnaldi. — Keling, qizim, opoqmisiz endi? Allohning madadi ila san ko‘r-man ko‘r bo‘p qoldimi uzvlaringiz?
— Voy, turmang, qo‘zg‘olumang, — juvon sal oqsagancha kuymanib joyidan jildi, — menga Siznu aytishub edi. Yodgormurodumnu ko‘rib, esum og‘ib qolibdu. Kim bila qanday kelibdu, deb...
Buva tavoze-la bosh egdi:
— Ma’zur tutgaysiz, qizim, mendan o‘tibdi. Men dunyobexabar qariya... ayttirishim kerak edi...
Juvon shoshib qodi:
— Yo‘q-yo‘q, aslo!.. (Unday deya ko‘rmang!) Qaytaga bag‘rum to‘ldu, ko‘rub bir yerlarga yetti boshum. Sog‘ingan ekanman qo‘zimnu... — deb yopishib borgan o‘g‘ilchasini o‘ziga tortib, boshlarini siladi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:51:47
O‘zining parishonligidan (qanday g‘aflatda qoldi, tavba!?) jindek sarosimagami, xijolatgami tushgan qariya kalima keltirdi: La ilaha illalloh! Chindan Allohning karami keng, hikmati beqiyos! Uni sababchi etib, bularni yolg‘iz ko‘rishtirgani qanday go‘zal bo‘pti! Onasining etaklariga yopishib, bag‘riga singib bora-yotgan bolakayga nigohi tushib, yeng uchi ila mijjalarini kishibilmas artib olarkan, bu topishuv asli dardlarning arishidan bir mujda ekanini o‘ylab ketgan edi u.
— Voy, nega bu yerda o‘tiribsuz? Yuring, ichkaru kiring. — Juvon bu orada o‘ziga kelib ulgurgan, mulozimatga tushgan edi.
Ammo qariya yellar izmiga bo‘y berib, kumush «kaft-chalari» ila o‘ziga xos qarsak chalib yotgan (ular ham Tangriga tasbehot aytib charchamasdilar) manavi azim teraklar ostidan jilgisi, bu salqin ham tinmagur shabadalardan ajragusi yo‘q edi. Tashakkur aytib, yengil ta’zim etdi:
— Agar mumkin bo‘lsa, shu yerda o‘tira qolayluk. Jannatning bir bo‘lagidek joy ekan: orom yog‘ila- di-ya, jonivor bu teraklaru tinmagur yellardan.
— Voy, nega mumkin bo‘lmasun. Ixtiyorungiz-ixtiyorungiz.
Yodgortoy ham ayasiga yopishib, nimchalaridan tort-qilar, qistar edi:
— O‘tiramuz, o‘tiramuz. Endi hech yoqqa ketmaysuz. Sizsiz ketmaymuz biz. To‘g‘rimi, buva? — Bolakay qariyadan najot kutganday qaradi. — Ayting siz.
Qariya jilmaydi:
— Zo‘rg‘a topib olganimizda qanday tashlab ketarkanmiz? Opketamiz... erta-indin, Xudo xohlasa.
Bolakay sakrab-qunadi:
— Ana, opketarkanmuz, opketarkanmuz.
O‘g‘ilchasining bu «qilig‘i»dan xijolatlarga botgan (ammo ichida yayrab borayotgan!) juvon atrofga alanglab, jujug‘ini bag‘riga tortdi:
— Voy, jim, eshitganlar nima deydu? Bu yernu bilmaysanmu?.. Bu yerda shovqun solmaydular.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:52:04
Bolakay onasining quchog‘idan qariyaga javdira- di:
— Shunaqamu, buva? Urushub beradularmu?
O‘ltirishga chog‘lanayotgan qariya tag‘in-da shirinroq jilmaydi:
— Senga kechirarli. Hamma ham ayajonisini senday topib kelsunchi...
— Ana-ana-ana! Eshitduz! — deb ayasining quchog‘idayoq sakrab-quvnadi u.
Juvon esa uni quchog‘idan qo‘ymay qulog‘iga bir nimalarni shivirlar edi:
— Yodgor, senu kim aytadu, mening Yodgorum deb?!
«Yodgorum deb?!». Qariyaning peshonasidan bir nima yurib borayotgandek... bexos vujudiga titroq indi. Ichidan yuragini sidirib-kuydirgudek bir nima tilib o‘tdi: «Kimning Yodgori? O‘sha Boturnimi yoxud boshqa birovni? Boturning tirnog‘i deb adashmadikmikan ishqilib? Unda bu mushfiqa kim bo‘lib chiqqay? Ayolimi?»
O‘ltirdilar. U o‘sha boyagi — joylashib o‘ltirsayoq bellariyu kuraklari bir ajoyib qolipga tushgandek, xush yoqib o‘rnashadurgan joyga cho‘kdi. Oyoqlari hatto (to‘rt enlikkina) ko‘tarilib ham qoldi. Bundan tizzayu boldirlari bir orom topayotgandek edi. Ammo ayol kishining oldida bu o‘ltirishi o‘ziga ep ko‘rinmay, qaddini ko‘targan edi, oyoqlari yerni o‘pib, o‘zi jindek taskin topdi.
Juvon esa chekkaroqqa omonatgina cho‘kkan, unga qarab qiya o‘ltirar edi. O‘g‘ilchasi bo‘lsa, allaqachon uning bag‘ridan chiqib, o‘rtadagi joyga tarmashar, ikkovlarining o‘rtalarida bir yayrab o‘ltirmoqqa hozirlanar edi. Bolaligim — poshsholigim, deb shuni aytadilar-da, ko‘ngliga kelganini qilmay qo‘ymaydi. Qani, shu yoshda bo‘lib qolsa... Allohdan nimani tilar edi? O‘tgan umri, bosib o‘tgan yo‘llarinimi yo... dediyu ichidan bir g‘uluv uyg‘onib kelib, bo‘shashib ketdi. Shu bo‘shashuv ichida tili istig‘forga juftlandi: «Asta’firullohil aziymi va atuvbi ilayhi». O‘zing mag‘firat aylagaysan... taqdiri azaldan qochib bo‘lurmi?— dedi tin olmay. Manavilar ham yuribdi ekan-ku, musofirlik tuzini totib... Tangritog‘dan uzoqda. O‘zi to‘zitib, ayriliqqa solib qo‘ygan bo‘lsa-da, shukr etib... chidab.
Ammo shu bilan birga ko‘nglining bir chekkasida nimadir g‘imirlar edi: rostdan shular Boturga tegishli ekanmi? Bu uning tirnog‘iyu unisi ayoli?
So‘rashga og‘iz juftlab-juftlab qo‘yayapti-yu, lekin tili bormasdi. Teskarisi bo‘lib chiquvidan qo‘rqyaptimi? Balki.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:52:21
Axiyri, bo‘lmadi, qariya tomoq qirdi:
— Men sizdan xabar olish bahonasida toychog‘ingizni yetaklab kelganimdan xafamasmisiz?
Juvon ham yorildi:
— Ollohga shukr, Tangri bersa, qo‘shqo‘llab beradi ekan.
— Yo‘g‘-e, yana qanday yangiliklar? — dedi qariya shoshib qolib.
Juvon uning yuziga botinib-botinmay qarab qo‘yib, chiroyli juftlab o‘tirgan tizzalari ustida qovushtirgan qo‘llari ila uringangina ko‘ylagining etaklarini siypadi.
— Bugun nurga solub ko‘rishib edu...
— Xo‘sh-xo‘sh? O‘zgarishlar qanday? — Qariya yarim o‘girilib, o‘rindiqdayam tinchimayotgan bolakayning tizzalariga qo‘lini qo‘ygancha, juvonning xayrli so‘zlar chiqayotgan og‘ziga tikilgan edi. U esa allaqanday to‘liqib, xo‘rsindi:
— Sizga, Siznu menga topub berganlarga minnatdorchiligumni qanday izhor etsam: g‘ubor ham qolmaganmush...
Qariya yengil tin oldi: u mavlosigami, kimga shivirlar edi: xayriyat, uyaltirmabsan qulingni. Sening ilmu qudrating oldida bandangniki hechdir. Tomchicha ham emasdir. O‘zing qo‘llamasang, kim ham qushoyish berolgay edi manavi mushfiqaga?!
Unga ham shu gapni aytdi:
— Biz sababchimiz, xolos, najotni bergan Alloh. Barcha tahsinu hamdlarga yolg‘iz O‘zi loyiq, O‘zi sazovor. Bandasi nima qila olardi, agar Alloh qo‘llamasa, xushlamasa. Xushlasa, yuz yillik dardlar ham arigay bir zumda. Uzun judoliklar barham topgay. Ayriliqlar ado bo‘lib, sog‘inganlar qanday topishganini bilmay qolgaylar, xuddi bugungiday. Qo‘zichog‘ingiz oldingizdan o‘ynoqlab chiqib qolganday. To‘g‘rimi, puchoqtoy? — deb erkalab, barmog‘ini bolaning tugmachaday burnichasiga tekkizmoqchi edi, Yodgor boshini onasining bag‘riga olib qochib qiqirladi:
— Hecham-de.
— Nega endi? Yomonmu tugmachaga o‘xshasa? — dedi qariya tegishib.
— Yo‘q, — dedi u biyron va onasining yuziga qarab qo‘yib. — Mening burnum, bilasizmu, kimnikiga o‘x-shaydu?
— Xo‘sh?
U o‘rindiqdan sakrab tushib, ayajonisining yoniga turib oldi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:52:35
— Qarang endu, kimnikiga o‘xshaydu?
Juvon loladek qizarib ketgan edi, uni uyalibgina bag‘riga tortdi:
— Voy, sen tushmagur. Bu gapnu qaytdan topdung?
— Maqsud amaqum aytdula. Yomonmu?
Qariya boshini orqaga tashlab, ta’sirlanib-ta’sirlanib kularkan, mijjalaridan tirqirab chiqqan yoshni kaftlariga artib, ado etolmasdi:
— Qaysi, doruga borgan yigitchami? U aytgan bo‘lsa, ishonmoq kerak, ishonmoq, — deb turib, juvondan so‘rab qoldi: — kechirasiz, u Sizga kim bo‘lgay?
— Qaynum, — dediyu juvon qizarib ketdi.
— Ie, shunaqamu? — dediyu qariya o‘zining savolidan o‘zi o‘ng‘aysizlanib qoldi. U mushfiqaga sir berib qo‘yganidan ichidan zil ketmoqda, hojati bo‘lmasa-da, tizzalarini uqalab, to‘nining barlarini to‘g‘rilab-tekislar edi. Nima go‘zal, har narsaning chini — haqiqati go‘zal. Lekin shu tobda andisha o‘ndan- da go‘zalroq edi. Ayniqsa, manavi toy bolaning oldida, uning mushfiqa ayajonisiga tegishli narsalarda. Negaki, o‘zining g‘amlari yetarli, ko‘rguliklari yetarli. U shu asno ayajonisining tizzalariga yopishib, bemavrid elanayotgan bolakayga chalg‘igan kabi, unga su-yibgina qarab qo‘ydi.
Kelin (toy bolaning ayasi) u o‘ylagandan ham sezgir edi. Uning shu nigohidanoq bir narsalarni sezab, o‘g‘ilchasia javob berishga shoshildi:
— Xo‘p, bolam, xo‘p, faqat uzoqma. Gulzorlarga oralab ketma.
Uchib-qo‘nib turgan toychoqqa shu kerak edi: u ikki yonchasiga shattalab, samantoylardek chopa ketdi.
Qariya o‘ynoqlab boraturgan bolakaydan nigohini uzmaskan:
— Bunizzi u yoqda ko‘rsangiz, dalada yayrashini ko‘rsangiz, — dedi.
— Qaerda? Maqsudxo‘jalarnukidamu? — dedi juvon til-zabon bitib.
— Undanam nari... — dedi qariya chinimi-chiniga ko‘chib. — Tarnovda. G‘ir-g‘ir shabadalar diyori — bizning bog‘imizda.
— Voy, nega? Bularniku-chi? — dedi u tashvishga tushib.
— Harna ko‘zdan nariroq,— dedi tabib o‘sha-o‘sha halimlik ila chinidan qolmay.
— Tushunmadum, — dedi kelin titranib.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:52:44
Qariya uni xotirjam etgali, muloyim boqdi:
— Shunaqa iltimoslar bo‘lib edi.
— Iltimoslar?— dediyu kelin u yog‘ini aytolmay tek qotdi: Aytishga uyatmi, xayomi, andishami — qo‘ymasdi.
Qariya shoshib qoldi: xijolatlarga botdi:
— Siz qo‘rqmang, eski qadrdonimiz Mirzahojimdan... elchi kelub edi.
— Elchu? Adamlardan-a? — Kelin esi og‘ib, turib olgan, qaytib o‘tirish xayoliga-da kelmasdi. — Siz u kishinu...
— Taniganda-chi, — dedi qariya. So‘ng yuzlaridan nur yog‘ilib: — Shunaqa, bir qarashda olam keng, hamma begonadek ko‘ringani bilan aslida unday emas, — dedi.— Odam igna emaski, yo‘qolib qolsa. Mana, Alloh kushoyish bersa hech gap emaskan. Qadrdonimizning siz aziz gavharlarini topib turibmiz. Faqat u Botur Mirzahojimga kuyov bo‘lishini bilmaskanmiz. Bilsak, allaqachon yetib kelardik-ku bu yerga. Shungayam shukr. Dilimizga solganiga, ko‘rishtirganiga shukr, — dedi qariya Allohga hamd aytib.
Mushfiqa kelin esa sevinchlari buloq suvidan-da tiniq ko‘zyoshlarga aylanib, yuzlarini yuvib tushar, shuncha quvonch ustiga Botur haqida so‘rashga jazm etolmas, hayosi qo‘ymas edi. Qariya shu holiga mushfiqani bir yo‘la xursand etmoqni o‘ylab, uning yana bir aziz kishisi haqida so‘z ochgisi kelardi.
— Darvoqe, Hojimning kuyovlari, bizning Boturdan qanday daraklar bor? Ko‘rganimga ham vallohi a’lam necha yillar kechdi? — dedi so‘rash o‘zi uyatlu bo‘lsa ham.
Taxmini rost chiqib, boyaqishgina gangib qoldi.
— Kim, Sultonmurod akamu? Siz... u kishinu-da tanigaymusiz? Bilgaymusiz? — deb yubordi bir yerga yetib.
— Nega bilmayin, qizim? — dedi u tomog‘iga issiq bir narsalar qadalib ham kuydirib kelib. — Meni deb... yurak yutib bu yoqlarga-da dovon oshib kelgan Boturni unutib bo‘larmi?
— O‘sha kishi-ya? Shu yoqlarga-ya? — Juvon bir qachongi tarixlarni xotirlab xushhol tortdi, ichi yorishib, o‘zi qaltirab borar edi. — Qachon, qay vaqt? Besh yillar burun...mi? — deya oldi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:53:04
— Shunday-shunday. Oldi oq o‘riklar hol tashlagan kez. Men hech kutmagan bir kun, asr bilan shom orasi, — dedi qariya xotiralarga berilib. — Shu-shu qaytib ko‘rmadim. Bilolmadim, hollari ne kechdi. Ishqilib, Alloh o‘z panohida asragan bo‘lsun u boturlarni, u toza o‘g‘lonlarni.
Qariya-ku, kumush terak tepasiga tikilgancha jim qolgan, botirlarining taqdirini o‘ylab ketgan, juvon esa ikkala kaftini yuzlariga bosgancha hiq-hiq yig‘lar edi. Bugina emas, unga qo‘shilib tepadagi azim teraklar shovullab, adoqsiz kumush barglari ko‘klam yellarida pirpirab titrar edilar. Kumushdan ham tovlanganroq orqa betlarini ko‘z-ko‘z qilishar-u, ammo buni uning ostida o‘tirganlar ko‘rar ahvolda emasdilar.
Olloh ularni ayni shu mahal, shu soatda anavi gulzor yoqalab hol-hol gulli mitti kapalakning goh balandlab, goh pastlab qanot qoqib boruviga xushi og‘gancha qolgan bolakay tufaylidan uchrashtirib, hech kimga-da ochib bo‘lmas sirlaridan voqif etarkan, buning hikmati ne — yaxshilikkami va yana anduhgami, bilolmasdilar.
Shu tobda qariyaning ko‘zi daf’atan oq binoning peshtoqidan o‘rlab chiqib borayotgan tanish alangaga tushib, sergak tortdi. Alanga bir muddat kuchayib-guvillab bordi, ammo bu gal tomning peshtoqlaridan kutarilmay bo‘shashmoqqa boshladi. Qariyaning ko‘z o‘ngida susayib borib, och qizg‘ish peshtoqning o‘ziga singib keta qoldi.
Tabib kuppa-kunduzi sodir bo‘lib turgan bu narsaga ishonishini ham, ishonmasini ham bilmay qotib o‘tirarkan, juvondan uyalibmi, istihola etibmi, ko‘zlarini yumgancha shivirladi: «Yo qodir Alloh, bu ne karomat? Karomat bo‘lsa, hikmati ne?», deya oldi.
Uning bu o‘tirishiyu bu holiga ko‘zi tushgan juvon hovliqib qoldi:
— Voy, Sizga nima bo‘ldu? Ko‘zingizni oching, beri qarang.
Qariya ko‘zini ochib, boshini saraklatdi va ohista orqasiga suyandi:
— Hechqisi yo‘q, o‘tib ketdi,— dedi xijolat aralash.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:53:14
Juvon seskandi:
— Nima edi? Nima ko‘rindu?
Qariya uning yuzlari oqarib borayotganini ko‘rib, qo‘zg‘olib qo‘ydi. Va hech gap yo‘qligini bildirmoqchidek, tizzalarini uqaladi:
— Siz mabodo o‘sha oq binoda turmaysizmi? — dedi teraklar ortidagi oppoq binoni ko‘rsatib.
Juvon bosh to‘lg‘adi:
— Yo‘q, biz bu yoqdagisidamiz, nimaydi, ota?
— Unda bir sir bor, odam bolasining aqli yetmaydirgan, — dedi qariya bosh ko‘tarmay va xayolga tolib qo‘shib qo‘ydi: — Hovfimda ko‘rinsa, ta’bir qilish mumkin edi, o‘ngimdagisi qiziq, u nimadan belgi bermoqda, hech tushuna olmadim1.
Teraklar shovullar, yellar rayhon hidlarini sochib o‘ynoqlab o‘tar, gulzor atrofida chopgan bolakay hali to‘rqanotli ninachilarga, hali unqanot kapalaklarga mahliyo — tikilib-tikilib qolar edi.
Bahorning tinch, beg‘ubor bir pallasi edi. Ko‘p tarixlarga shohid oq bino esa yarmi soyaga ko‘milib, yarmi nurga cho‘milib yotar edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:58:28
8. OQ BINONING YOLG‘IZ «EGASI»
Yana o‘sha muallifga ayon tarix davomiga


Nihoyat, bozorliqni quchoqlab ko‘tarib olgan Yodgortoy oldinga tushib, uning qiliqlariyu o‘ziga yarashgan «viqorli yurishlari»ga mahliyo onaizor orqasidan ergashdi:
— Maylu, biz tezda qaytamuz.
— Bemalol, bemalol. Bamaylixotir tashlab chiqaveringiz. Men o‘tiraturaman, — dedi qariya.
Jujug‘ini xo‘b sog‘ingan mushfiqa o‘g‘liga qarab to‘ymasdi. Oldiga tushib, bir qop semirib, erkalanib borishlariga mahliyo-mahliyo tikilar, ko‘zlariga ishonmasdi. Dardi ariy boshlagani ustiga buning keluvi boyaqishginaning boshini ko‘kka yetkazgan edi: qolaversa, insonga ko‘pam nima kerak? Allohdan bekorga jindek xotirjamligu tan sog‘lig‘i so‘raladimi?
Olmazor ortidagi chakalakda adashib bulbul sayradi. Unga jo‘r bo‘lib, bog‘ ichida qorashaqshaqlar beozor quvalashib uchib-qo‘ndi. Teraklar orasidan bir to‘p chumchuq (qayoqqa shoshadi bular?) o‘qday uchib o‘tdilar. G‘imirlagan jon borki, ko‘klam ne’matlari ichida o‘ynab-quvnardi. Ichida zarhal qaynab, o‘n sakkiz ming olamga nur sochayotgan oftob ham oq bino ortidagi qo‘sh terakning belidan oshib qolgan, shu turishida ikki terak o‘rtasiga zar hallinchaklar tashlar edi.
Bu yoqda, qariya o‘tirgan yerga esa azim teraklardan hamon soyaga qo‘shilib, orom yog‘ilardi. Kimdir pastdan shipillab kela turib, yakkam-dukkam ochilib bergan bo‘ychan sariq safsar gullar tagidagi o‘rindiqda o‘tirgan oq-oppoq cholni ko‘rmay o‘tgan joyida, salom berdi:
— Assalomu alaykum...
— Vaalaykum...
Ovozidanmi, nimadan u qariyani tanib, turgan yeridan jilolmay qoldi.
Qariya ham uni salqi qovoqlariyu shilpiq ko‘zidan (pastki mijjalari o‘sha-o‘sha osilib, jiyaklari qizarib turardi) tanidi. Bu o‘sha oq uyning mutasaddi pazandasi edi. O‘shanda bir og‘iz so‘zi bilan javobini berib yuborishgan edi-ku, yana qaerdan paydo bo‘la qolibdi?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:58:42
— Ha, Jamoloxun, qanday shamollar uchirib?.. — dedi qariya Ollohning gunohkor bandasini xijolatdan qutqarib.
U nochor-noiloj qayrildi. Ming xijolatga botib (er o‘pib kel, desa kelardi!) oppoq ham to‘mtoq barmoqlarini cho‘zib (nima bo‘lgan — o‘ng qo‘lining to‘rt barmog‘i tekis yo‘q edi!) ikki bukilib kela boshladi.
— Uzr, to‘ra buva, ilg‘amay qolibman. Esonmisiz-omonmisiz? Nechuk-nechuk?..
Qariya uning dovdirashidan miyig‘ida kuldi: qo‘lini olmasa bo‘lmay (axir kechirgan!) dedi:
— O‘zlariga yo‘l bo‘lgay?
Jamoloxun battar o‘ng‘aysizlanib, shilpiq ko‘zlarini olib qochdi:
— Xizmatchilik, yana chaqirib qo‘yishmay, — deb qisindi.
Qariya «vazifang og‘ur, Mansur»1" deb yuboray de-di-yu, mulzam etib, gunohga botgisi kelmadi. Dunyoda bandasini izza qilgandan yomoni yo‘q. O‘libdimi, endi qaytib u ishlarga qo‘l ursa. O‘zi esa o‘sha muzdek begona qo‘lni bo‘sh qo‘ydi:
— Yaxshi borgil, ko‘rganimdan xursandman. Harqalay g‘imirlab yurgan ekansan-ku.
— Rahmat, hazrat. Kechirasiz, to‘ram taqsirim, — deb gap o‘rtasida uzr ham so‘rab qo‘ydi. — Bizga xizmatlar bo‘lsa, tortinmay buyuraverasiz, — deb jilpongladi. (O‘zi qutulganiga shukr qilib, qocholmay turibdi-ku, yana yaltoqlanadi. Sut bilan kirgan — jon bilan chiqarkan-da!)
Hoziq buva ichida Allohning qudratiga tahsin aytib turgan bo‘lsa-da (nega aytmasin, Alloh bunday bandalarini nimaga yaratib qo‘yibdi — turgan-bitgani hikmat-ku!.. Odam qay ko‘chaga bosh suqsa — mahluqqa aylanajagiga misol-ku bu!), o‘ziga qattiq-quruq gapirmadi.
U esa, «rahmat, hazrat, kechirasiz, to‘ram taqsirim», deganicha qo‘li ko‘ksida besh qadamcha tisarilib borib, so‘ng shipillab keta boshladi.
«Chaqirib qo‘yishmadi...» Nima rost — shu rost. Sho‘ro o‘ziga xizmat qilganlarni unutmaydi, xor qilib ham qo‘ymaydi. Ayniqsa, mana bunga o‘xshaganlarni...
Hoziq buva irkit o‘ylardan chalg‘imoq uchunmi, o‘rnidan turib, terak tagidagi sharqiroq ariq labiga bordi. Qarangki, u jaladan keyingi bo‘tana suvdek loyqa edi. U yuz-qo‘lini chayib, bir yengil tortgisi kelib edi, niyatiga yetolmadi. (Bo‘ladi-ku, axir shunday: hamma narsa xohishingga teskari kelaveradi!). U bahavoroq joy izlab, yo‘l yoqalab pastroq tushdi, teparoq chiqdi. Yo‘lning bu yoqasidagi yolg‘iz qari sada tagigacha bordi, ammo o‘zi boya o‘tirgan joyga o‘xshatmadi. Qaytdi. Hammasi g‘ir-g‘ir yellarga ko‘ksini ochgan o‘sha joydan o‘taversin edi! Ammo... ammo buva o‘zini shuncha chalg‘itgani bilan o‘sha o‘tmishni — anavi irkit kimsa ila kechgan voqeani unutolmasdi...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:58:59
— «Mana, zog‘ ham kirolmaydigan bog‘. Tangritog‘dagi bog‘ingizdan zo‘r bo‘lsa zo‘rki, kam emas. Bu ham hukumatniki. Mana shu oq bino butun xizmatchilari ila Sizning ixtiyoringizda. Istagan narsangiz o‘sha zahoti muhayyo etiladi. Bemalol yashayvering. Faqat bog‘dan bir qadam jilmaysiz. Birovlar bilan muloqot, oldi-berdi man etiladi. Ulug‘ Olampanohdan izn bo‘ldi deguncha qabullariga eltamiz. Ungacha... shu yerdasiz».
Shunday deb tashlab ketishganicha... uchinchi kuni peshindamikan, vallohi a’lam, qasr namozini endi o‘qib bo‘lib, joynamozning bir chetini qayirib, tasbeh o‘girayotib edi, eshikni shamolmi — nima itargandayin «g‘iyt» ochilib, turib qoldi. Hech kim kirmadiyam, ko‘rinmadiyam. Yolg‘iz namoz o‘qigan kezlari shunaqa bo‘lguchi edi, u yoqda. Buni jamoat bo‘lib namoz o‘qimoqqa tushgan farishtalarga yo‘yib, bir g‘alati sir bosib, xushu va xuzu ichida qolar, eshikni yopishni ham unitar edi. Hozir ham o‘shandayin bir narsa sodir bo‘lib, shu holatga tusha boshlagan chog‘ida... o‘sha qiya ochiq eshikni yana bir nima asta itardi.
Sharpa shu qadar g‘ayritabiiy (shamol bo‘lib shamol emas, maxluq bo‘lib maxluq) ediki, tirnog‘idan boshiga dovur duvillab bir jimirlov yugurib, soch tolalaridan chiqib ketdimi, tirnoqlari uchidan tizza- lariga, undan joynamozga o‘tib ketdimi, bilolmay ham qoldi. Farishta tushsa, namoz tugab tasbehotga o‘tirganda tushadimi? Asr payti bo‘lsa ham bo‘lak gap edi: farishtalar almashinmoqda desa... hali peshin-ku...
Shu tob bexos o‘shal eshikdan asta mo‘ralamoqqa boshlagan kimsaning oq-oppoq yapasqi yuziga ko‘zi tushib, shuncha qaltis damlarda qilt etmagan yuragi shig‘ etdi. Bu titroq tizzalaridan joynamozga o‘tib ulgurmay... o‘rniga bir shukr, bir taskindan avval... qazoi qadarga taslimiyat — o‘limni bo‘yniga olmoqlik bosib keldiyu «inna lillahi va inna ilayhi rojiyun» deya shivirladi. «O‘zingga shukr, Allohim, omonatingni bosh-qa biron joyda emas, joynamoz ustida oladigan bo‘libsan», deb ko‘zlarini yumgancha... tasbehga berildi. Tili tasbehotdayu dilidan boshqa o‘ylar kechardi: «Ho‘, biz kim bo‘pmiz, qanday ulug‘ zotlar shu joynamoz ustida sharafli o‘lim topmishlar: Rasulullohning ulug‘ sahobalari — xulafoi roshidonlar — hazrati Foruq, harati Usmon, hazrati Ali!.. O‘zingga shukr, o‘shal shahidlar jumlasiga qo‘shgan bo‘lsang»... Kipriklari o‘z-o‘zidan namlanib kelib, o‘sha sharpa qoplondek tashlanishini... kutib qoldi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 15:59:37
Ammo qoplon... hansiragancha yopishib, ishini bitira qolmasdi...
Chindan ham eshik g‘iyt etib, yuziga yopildiyu taxta polda o‘sha qoplonningmi, nimaning ship-ship yurgan oyoq tovushlari uzoqib borib, tindi-qo‘ydi. Shunaqa bir xunuk sokinlik cho‘kdiki, buning oldida tungi jimlik avlo edi. Kuppa-kunduzi, peshin chog‘i, yana namoz payti dunyo nafas yutmay jim qolishi (!) g‘alati edi. Uy ichida tiq etgan tovush eshitilmas, bu-ku, ichkari, hatto tashqarida yutib yuborgudek bir jimlik hukmron edi. Xuddi ulkan zilzila yoxud qazoi qadar oldidan bor mavjudot tosh qotgandek edi! Uy orqasidagi qo‘sh terakda ertadan kechgacha chug‘urlab bozor qilib yotadigan chumchuqlar ham (xuddi ofatni sezib gurra ko‘tarilganu g‘oyib bo‘lgandek) qani bir og‘iz churq etib qo‘ysalar. Jimjitlikki, quloq solib turib, vahimaga tushib ketmoq mumkin edi.
Eng yomoni, zuljaloli qodir Alloh uni bu besharaf asirlikdan qutqarib, shahidlik sharobini ichira qolmagan, bu dunyo mosuvoliklaridan bir yo‘la ozod etib, oxiratning ulug‘ martabasiga yetkaza qolmagan edi! Ravo ko‘rmadi shekilli... Munosib sanamadimi yo?..
Tasbehot sanog‘ida ham adashib ketdi. Ilgari o‘ttiz uch marta «Asta’firulloh allazi-mallazi»ni aytgandayoq xotirjam tortib qolar, so‘ng hamdga berilar edi. Hozir istig‘forni uch o‘girdi hamki, taskin topolmasdi.
Axiyri quloqlari ortidagi o‘sha tinimsiz chuvillash birdan tinib, o‘zi sergak tortdi! «U yapasqi yuz kim bo‘lsa ekan? Qachon, qaerda ko‘rib edi?» «E-ha, Jamoloxun-ku. Boshida oq qalpog‘i ham borday edi!.. U bo‘lmay, kim bo‘lsin! Unda... nega mo‘raladi-yu, eshikni yuziga yopib qaytdi? Balki...»
Ana shu balki tasbehotni adadiga yetkazmayin ham yuziga fotiha tortib, turishga majbur etdi.
Qani, chiqib boqsin-chi, kutyaptimi yo qorasini ham ko‘rsatmay gum bo‘ldimikan? Shipillab survorgan bo‘lsa, niyati chindan buzug‘u, jindek kechikkan, agar kutyapgan bo‘lsa, bo‘lak gap: o‘zi shayton vasvasasiga uchgan bo‘lib chiqqay.
Chiqsa, o‘rindiqqa omonatgina cho‘kkancha, haq deb kutib o‘tiribdi. Ko‘ra dik etib turib, hojasining qarshisida qo‘l qovushtirib, bir hokisor qiyofaga kirdi. Kamiga namozning haqqi — qarz salomini unutmadi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:00:16
— Assalomu alaykum, hazrat...
— Vaalaykum... — deb alik oldi-yu, og‘ringanini yashira olmadi. — Ha, Jamoloxun, yanami?
U tushundi:
— Uzr, to‘ram taqsirim, — deb ta’zim etgancha ikki qadam tisarildi, — endi qaytarilmagay. — Shu turishida qo‘li ko‘ksiga yopishib ketgan, tavozesi samimiy ko‘rinsa-da, ko‘zi g‘alati bejo edi: tik qaray olmasdi. Yuziga ham tushunuksiz allanimalar soya tashlab turgandek. Nima bo‘lsa ekan? Ko‘p dog‘uli odamlar shunday yumshoqsupurgi bo‘lmasmidi?.. Balki uniyam tushunish kerakdir. Bir chekkasi xizmatchilik, bir chekkasi hazilakam odamga bog‘liq vazifalar. Yo‘qsa, oshpaz qiyofasidagi tingchidir, «ko‘z»dir, «qulog‘»dir, balodir-badtardir, ishqilib, bir xufiyadir. Bekorga qo‘yilmaydi-ku. O‘zi-chi, kimsan Tangritog‘dek bir mulkning moliki edi. Oddiy tutqun bo‘lsaki, it ham, bit ham turtib-netib o‘taversa.
— ... olib kira... vurayinmu?.. — dedi u allaqanday javdirab-izn kutib.
Ana shu javdirashi ittifoqo g‘alati ko‘rinib (yo Xudoning qudrati!) ko‘ngliga bir ishtiboh oraladi:
— Opoy-chi, bu go‘shaning oqsochi? — dedi u tomon yarim o‘girilib.
Jamoloxun o‘zi oqsariq odam... duv bo‘zardi,so‘ng bir nimadan hayiqqan kabi bir qarich tortib keta turib, sir boy bermaslikka urindi. Yapasqi yuziga uzrxohlik qalqdi:
— Kechirasiz, to‘ram taqsirim, bir qoshiq qonimdan kechasiz. Sizdan beruxsat Opoyga javob berib qo‘yibman: ko‘nglum bo‘shligi qursin, ayol kishi ko‘zyosh qilib tursa, yo‘q deya olmayman hech.
Yolg‘onni ham xo‘b to‘qidimi! O‘z ko‘nglida chippa-chin ishontirdim, deb o‘ylar. Lekin nimaning choki ko‘p — yolg‘onniki ko‘p. Bir yeridan sitilsa, tamom, hammasi so‘kilib ketgay! Aqling ko‘toh, Jamoloxun. O‘zingni ustomon sanaysan-u, sir berib qo‘yganingni sezmaysan.
O‘ziga indamadiyu to‘rt tomoniga ko‘k duxoba ko‘rpachalar tashlanib, o‘rtaga mo‘’jaz xontaxta qo‘yilgan, hamisha tuzog‘liq turguchi mehmonxonaga (nomi shunday: tutqunning oldiga qanday mehmon kelishi mumkin, axir!) qarab yuraverdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:00:30
Buni ijozat deb tushungan Jamoloxun esa ta’zimda tolgan qaddini ko‘tarmay ham tisarildiyu xizmatga shoshildi. Xuddi shu mahal bo‘g‘ot ichidami, peshtoq tagidami — ishqilib, guldor faner orasida in qurib, vatan tutgan chumchuq bolalaridan qay biri chig‘-chig‘lab, potirlab berdiyu zum o‘tmasdan tinchidi-qoldi. Faner ichida bir nima sirpanib, to‘sin ortiga o‘tib ketdi-da, suv quygandek jimlik cho‘kdi.
Bu uy, bu go‘shani vaqtincha vatan tutgan tutqun hali mehmonxonaga kirib ulgurmagan edi. Bir oyog‘i ichkaridayu o‘zi ostonada shiftga alanglarkan, ichi g‘ashlanib, o‘zi allatovur cho‘chidi:
— «Sirpangan — nima bo‘lsa ekan, ilonmi, nima balo?»
Ostonada bu alpoz turuviyu poloponning xunuk chig‘-chig‘lashini yomon fol olib, bir ko‘ngli qaytmoqni ham o‘yladi. Lekin islomda yomon fol olmoq nojoizligini eslab, ichida «Har yaxshilikni berguvchi ham, har yomonlikdan asraguvchi ham O‘zingsan. O‘zingni vakil qildim», deb duo o‘qib, ichkari kiraverdi. Ko‘ngli hiyla xotirjam tortib, ko‘rpachaga cho‘kkalab edi hamki, oyna ortida rang ola boshlagan sariq gilos shoxida ona chumchuq birdan chirqillay ketdi. U shoxdan-shoxga sakrab, tinim bilmay charx urib chirqirar, tumshug‘ida ola kelgan ko‘kish qanotli bir narsani tashlamayin ham (axir poloponlarining rizqi, ular esa joyida yo‘q) o‘zini har yon urib, giryon qilardiki, naryog‘i yo‘q. Unga boshqa chumchuqlar ham qo‘shilib, bir pasda deraza tepasida qiyomat qo‘pdi.
Shu asno oq-oppoq bo‘lib, bilagiga sochiq tashlab, qo‘lda patnis bilan, patnisda esa choynak-piyolayu taqsimcha va kosada ne’matlar ila ostonada Jamoloxun ko‘rindi.
Deraza ortidagi qiyomatga xayoli qochgan mehmonning ko‘z o‘ngidan Tangritog‘dagi bir tutamgina eli, go‘shasi ketmasdi: Ular ham manavi chirqillab qolgan chumchuqlardan qaeri kam? Ular ham bir tong, hali quyosh choshgohga ko‘tarilmay turib sorbonlaridan ayrilib qolmadilarmi? Qayon borarlarini, uni kimdan so‘rarlarini bilmay, dahanini ko‘kka tiragan tog‘lar orasida yetim kiyikday bo‘zlab qolmadilarmi? Farqi, bular poloponlarini oldirib o‘tiribdilar, ular esa sorbonlarini...
U ostonadan o‘tishga jur’at etolmayin qayta-qayta izn so‘raru bu ko‘z oldi achchiq tutundan tamomi xira tortib-yoshlanib, bu yoshdan ja’mi narsalar chaplashib ketib, bo‘g‘ziga issiq bir narsa qadalgancha qolgan, ostonadagi odamning esa lablari qimirlaru ovozi chiqmas, yo buning quloqlari chippa bitgan edi...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:00:44
Alhol birov juda yaqindan:
— Ruxsat eting, hazrat... — deya o‘tingandek bo‘l-di-yu, u azbaroyi cho‘chib tushdi.
Ostonada oqsoch... nega oqsoch, oq-oppoq o‘rangan bir mahluq — ilon bo‘lib ilon emas, odam bo‘lib odam — naq oq ilon ikki bukilib, patnis ko‘targancha izn so‘rab turardi.
Etlari jimirlab, seskanib ketdi: bu qanday ro‘yo yoxud ko‘rinish? Yapasqi yuzi, qizil jiyaklari osilib tushgan shilpiq ko‘zidan kimgadir — odam zotiga o‘xshaydi-yu, lekin alang-jalang bejo turuvidan (yo qudratingdan!) ora-chira tilini chiqarib-chiqarib qo‘yayotgan ilonning o‘zginasi edi. Faqat vishillashi yetmayapti, xolos. Ilon odam kalomida so‘zlar edi:
— Hazratim, izn bersangiz, tushligingizni opkelub edum...
Nima bu, insmi yo jin? Ilonlar ham jinlardur, degan hadis bo‘larmidi? Unda nega bir qiyofada emas, yarmi ilon, yarmi odam siyoqida?
Kimsasiz g‘orlarda adashib-uloqib yurishganida qilt etmagan yuragi uvushib, tik jar yoqalab ketgan yolg‘izoyoq so‘qmoqlarda qaltirmagan oyog‘idan jon qochib borardi.
Faqat Xudoga ming qatla shukrki, bu qo‘rqinchdan dili orqasiga tortib, tili muzlay boshlamagan edi. Kalima keltira olardi, keltirdi. Yolg‘iz najot undan edi. O‘zidan so‘radi: Alloh o‘zing haqsan, qiyomating ham, qadaring ham, yozug‘ing ham haq, rizqimiz bitgan bo‘lsa, bu tutqunlikda o‘lim topmoq peshonada bo‘lsa, u ham haq, qiyomatda qayta tiriltirib olmog‘ing ham haq. «Iyyaka na’budu va iyyaka nasta’in, ixdinas sirotal mustaqiym...» Yolg‘iz O‘zingga ibodat qilgayman, yolg‘iz O‘zingdan madad kutgayman, hidoyatingni darig‘ tutma, to‘g‘ri yo‘lingdan ozdirma, besharaf o‘lim topdirma. O‘zimni O‘zingga topshirib, O‘zingni vakil qildim, hasbiyallohi va ne’mal vakil...
Eti jimirlab kelib, oyog‘iga jon qaytdi. Ichiga sokinlik cho‘kib, yoqimli bir xotirjamlik indi vujudiga. Ko‘z oldidagi xira parda ham ko‘tarilib, aqli tiniqlashib kela berdi:
— Kel, hamonki, opkelibsan, nega turibsan, kir,— dedi Jamoloxunga bamaylixotir.
Oxun aqli shoshib, ostonada qoqilishigayu qo‘lidagi ne’matlar patnis-matnisi bilan uchib ketuviga bir bahya qoldi.
Ammo so‘nggi daqiqada qo‘shqo‘lab tutib qolib, unga uzrxohlik bilan qaradi, yolg‘ondakam iltifot qildi:
— Nasibangiz butun ekan, men uchib ketdi devdim...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:01:01
U o‘zini har og‘iz so‘zi, iltifoti, ta’zimu tavozesidan tutib bermoqda, oq uyning tutquni esa indamay, miyig‘ida jilmaygancha uning qalbida kechgan-kechayotgan titrog‘u g‘alayonlarni ko‘rib-bilib turgandek edi. Jamoloxun patnisdagi ne’matlarni dasturxon ustiga qo‘yib, cho‘kkalagan joyidan turayotib edi, u qo‘lini ohista ko‘tardi:
— Shoshma, o‘tir, — dedi boshqa gapu bahonaga o‘rin qoldirmay.
Jamoloxun amrga bo‘ysunib, patnisni tizzasiga olgancha, qaytib joyiga cho‘kdi:
— Buyursinlar, biron narsa qo‘shaymu? — dedi ich-ichidan g‘imirlab kelayotgan hadikni jilovlashga, hazratning ko‘zini bog‘lab ketishga urinib.
— Yo‘q, haddan ziyod urinib yuboribsan, Jamol-oxun. Bir kishi tugul ikki kishiga ham yetarli-ku buning, — dedi u nimagadir shama etib.
— Rahmat, hazratim, Sizga manzur bo‘lsa, bas, shu kifoya bizga, — deb shilpiq ko‘zlarini yumdi u.
Ajab. Ko‘zini yumsa, binoyi odam ekan-ku! Hamma illat — o‘sha qontalash ko‘zlaridami ekan? Yo‘-o‘q, illat ichda, deb turib, o‘ziga «mulozamat» etdi:
— Qani, patnisni qo‘y, tuzukroq joylashib o‘tir. Birga-birga sening qo‘lingni ham ko‘rayluk, — dedi atay. — Qani, bismilloh ila boshla-chi, avval qaysinisidan totinamiz?..
— Yo‘-yo‘-yo‘... Nima deyapsiz? — U bizga mumkin emas, sizning oldingizda biz kim bo‘pmiz, degan kabi sapchib tushgan, hatto cho‘kkalagan joyidan surinib, gilamga tushib olgan edi.
— Qiziq, jo‘ja nima demoqdaki, bu alpozga tushmasang, Jamoloxun? — dedi ulug‘ tutqun.
—Jo‘ja? Yo‘g‘-e, taom ham gapirgaymi hech zamonda? — deb kalovlandi u.
— Bo‘lmasa-chi, aytib turibdi-ku: yemang taqsir, zaharlanganbiz, deb.
— Asta’firulloh, sizga-ya, jo‘ja-ya? — u yana tisarilib, yoqa ushladi.
Ulug‘ tutqun qo‘lini duoga ochmoqqa chog‘landi:
— Nima qilay? Allohdan astoydil so‘raymi? Sen ham, barcha insu jinlar ham eshitadigan qilib aytsinmi?
— Yo‘q-yo‘q, hazratim, keragi yo‘q, — u to‘rt oyoqli mahluqday emaklab-surinib keldi, — o‘zim aytgayman, — shu barobar etaklarini o‘pishga, o‘pib-o‘tinishga urindi, — men nobakorni kechirgaysiz, itliq qilib qo‘ydim.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:01:22
U duoga ochgan kaftlarini asta yuziga tortib, shivirladi: «O‘zingga shukr, sharmanda etmading. Sharafli o‘lim bo‘lsa, boshqa gap edi. Mingta jonim sadqa edi senga».
Fasubhonalloh! Avvaliga tuyqus irkit narsaga duch kelgan kabi irganib turib edi, endi uning it kabi bilaklarida surinib kelib, poyini o‘pib yotuvidan ichi achishiblar ketdi. Yo qodir Alloh, bu ne ko‘rgilik? Avvalboshda o‘zing azizu mukarram etib yaratgan zot — bandangga nechuk bu xil turfa taqdirlar bitmishsan? Kim bu? Qobil avlodimi yoxud bobokalonini o‘z gunohiga sherik qilish qismati bitilgan kimsami? Muncha ko‘p ekan bu xalqning so‘qirlari? O‘z dindoshiyu birodariga, elatdoshiyu qondoshiga tig‘ ko‘tarmoqdan cho‘chimagan, zahar solmog‘u qotil nomini olmoqdan hazar qilmagan g‘ofillari? Qachon odam bo‘lamiz biz?
U namozga o‘tgan chog‘i egniga ilgan uzun sariq yo‘lli to‘nining bariga biron narsa tegishi yoxud muk tushib, oyoq ostini o‘pib yotgan kimarsa dabdurustdan tizzalariga yopishib qolishi mumkindek nari surildi. Kimsa esa boshini yarim ko‘tarib, rangida rang qolmay to‘ram taqsirga termularkan, shilpiq ko‘zlari, vo ajab, xuddi hozirgina mil tortilgan kabi qip-qizil g‘iltillar edilar.
— Qo‘y, Jamoloxun, endi o‘tinchlaring befoyda! Seni Xudo urib qo‘yibdi, gunohingni bandasidan emas, O‘zidan so‘ra. Rahmat-marhamati keng zot rahm aylasa ham, qahr aylasa ham O‘zi bilgay. Sendek adashgan, nobakor bandalari ko‘p o‘tgan, Alloh suygan bandalarini Sizlarning qo‘lingiz bilan hamisha mahv etib, huzuriga tilatib olgan. Ularga-ku, jannati naimlarini tayyorlab qo‘yib, qotillarini qay jazoga mahkum et-gay — bu menga qorong‘i. Bu g‘ayb, Jamoloxun. Yolg‘iz Alloh bilguvchiroqdir, — dedi oq uyning yolg‘iz tutquni shu topda juda-juda xotirjam tortib va ayni payt-da sokin xayollarga botib. — Manim esa, niyatlariz amalga oshmaganidan ma’lumki, habibimga yoqadigan xush amallarim unchalik ko‘p emas chog‘i. Yoxud bilib-bilmay qilgan gunohlarim bir talaydir-u, uni yuvib ulgurmagimga muhlat berildimikan? Balki. Shunga-da, shukr. Alloh uni yuvmakka, poklamakka imkon qoldirganiga-da, shukr. Qoldirmasa, nima qilardim? Endi sen tur. O‘zing xarom etgan ne’matlarni o‘z qo‘ling-la tuproqqami — bir yerga ko‘m. Toki, qaytib birovning umriga zomin bo‘lma. O‘zingni esa bu dargohda qaytib ko‘rmay. Qiyomat haq, Jamoloxun. Allohga ro‘baru bo‘lishimiz bor. Bandasidan uyalmasang, Xudodan qo‘rq. Undan uyalgin bu xil ishlariga. Bor.— U turib peshayvonga qarab yuraverdiyu tahoratini yangilashi zarurligini anglab, to‘nini almashtirishga tutindi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:01:38
Tashqarida chumchuqlar chirqillay-chirqillay o‘z o‘kiniga tushib tinchigan, ichkarida ham Jamoloxunning na shovuri, na oyoq tovushi eshitilardi...
— Buva, buva, biz kelduk, ayam turadurgan joylargacha ko‘rub chiqduk,— Yodgortoy hov naridan chopqillab kelgancha, tizzalari orasiga o‘zini otdi.— Opketayluk ularni ham, aytung, buva,— deb ko‘ksiga yopishdi.
— Opketamiz, bolam. Nega opketmas ekanmiz. Faqat biroz sog‘aysin, — U bolaning kuraklarini silab-erkalab, iroqi do‘ppisini to‘g‘rilab qo‘ydi.
Yodgor arazlagan kabi tosh qotdi-yu, qiz bolanikiday uzun-uzun kipriklarini pirpiratmay tikilib qoldi.
— Qaerdan bilduz, ko‘rmadiz-ku, — dedi bolalarcha soddadillik-la.
Buva uning ko‘ngliga qarab jilmaydi:
— Ko‘ring, desang, ko‘ribam qo‘yaveraman. Lekin rangi-ro‘yi aytib turibdi: biroz bor.
Bola chiroyli arazlab yuzini burib oldi:
— Binoyilar-ku.
Qariya uning mitti yelkalaridan quchib, bag‘riga tortdi:
— Sen sog‘ingansan-da, bolam, senga shunday ko‘rinayotir.
— Sizga-chu? — dedi u arazidan tusholmay.
— Yana biron hafta bor, keyin bir umrga qaytalamaydi, ayang hamisha sen bilan. — Ko‘r, hali ranglari tiniqlashib ketmagan. Dardi arisin, atirgulday ochilib ketgay, demoqchi bo‘ldi-yu, aytmadi.
Bu orada kuttirib qo‘yganigami, shunday ulug‘, qo‘li yengil tabibning o‘zi, o‘z oyog‘i bilan ko‘rgani kelib o‘tirganidan xijolatga tushibmi, ildamlab kelayotgan juvon o‘sha nariroqdanoq uzrxohlikka lab juftlagan edi:
— Aybga qo‘shmagaysiz, uzoqib kettum. Siznu kuttirub?
— Bir-biringizga to‘yib olgan bo‘lsangiz, men rozi!— dedi qariya Yodgortoyning yelkasiga qoqib. — Endi Asaltoyni ichiktirmay opkelib turamiz. Mana, ko‘rib oldik-ku, yo‘lni. Shundaymi, toy?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:01:58
Yodgor yalt etib o‘girildi:
— Sog‘insam, o‘zizga aytavuramanmu? — dedi o‘sha-o‘sha bolalarcha soddalik bilan.
— Aytavurasan. O‘zim optushaveraman.
— Hov, o‘shaqdan-a? Bog‘izdan-a?
— Nima bo‘pti? Mashina chaqiramizu g‘uvva yetamiz.
— Ayamlar-chu, ularniyam o‘sha bog‘ga opketamizmu?
— Opketamiz. U yerdan hech kim topolmay yursin. Hatto Maqsud amaking ham, — dedi-yu, shu yerga kelganda tilini tishladi. Shuni aytmay qo‘yaqolsa bo‘larkan. Juvon «voy» dediyu, kaftini yuziga bosib qoldi.
— Hali qaynim... bilmaydilarmu?
Qariya bu uzun tarixni qanday tushuntirarini bilmay tutamga kelib-kelmaydigan, ammo ikki quloq yumshog‘iga qadar uzayib borgan, qorasidan oqi mo‘l soqoliyu yuzini silab-siypadi. Shu asno ma’noli tomoq qirib:
— Qayningiz... Boturning tug‘ishqonimi yoki tutungani? — deb edi, juvonning oq yuziga duv-v qizillik yugurib, qizil gullar ichida qolgan yolg‘iz atirgul tusiga kirdi.
— Voy, tug‘ishgandan ham a’lo-ku, xolavachchalar-ku,— dedi uyalibgina.
Tabib o‘ziga yarashgan va bir boshqacha nuru fayz bervorgan to‘nining barini qoqib, o‘rnidan turdi. Shunda ham toy bolani o‘zidan qochirmay uzun-uzun, tahoratda oqargan barmoqlarini uning yelkasiga qo‘yib turardi.
— Shunday deng, biz ko‘z qorangizni undan ham nari tutib yuribmiz.
— Nari? Voy, nega? — juvon gapni oqimidan daf’atan shoshib qolgan edi.
— Tinchlik-tinchlik, hozircha tinchlik, — dedi uni yupatib, — lekin yaxshi odamlarning xabarlariga qaraganda ehtiyot lozim shekilli. Bu yoqda Boturning tirnog‘i borligidan xabar topishmish.
Juvon bu xabardan chayqalib ketdi. Boshi gir aylanib, ko‘zi tindimi yoxud avval ko‘zi tinib, so‘ng boshi aylandimi, anglay olmadi. Yaxshiyam yonida tabib borakan, uning qo‘ltig‘idan tutib qoldi.
— Sog‘-omonmikanlar ishqilub? — deya oldi titroqqa tushib. Ovozi qaltirab chiqqanini o‘zi ham sezib, battar xo‘rligi tutdi. — Siz biladurgon odamlardan eshittizmu? Qaerda jon saqlamushlar?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:02:33
Qariya bir yonida juvon, bir yonida bolakayni ergashtirib darvoza tomon borarkan, ajablanib to‘xtadi:
— Siz hali eshitmaganmisiz, qizim?
— Yo‘q, mana necha yildirki, bir og‘iz xabar yo‘q u kishidan, — dediyu ko‘zlaridan duvillab oqqan yoshlarni to‘xtatolmay qoldi.
— E, balli. Sabringizga balli, ona qizim. O‘sha ketgancha... dom-daraksizmi? — dedi tabib azza-bazza to‘xtab va qanday yupatarini bilmay kiftlariga qoqib, kuraklarini siladi, — tag‘inam Alloh o‘z hifzu himoya-sida asrabdi, qizim, shukr eting. Qanchalar to‘zib, dunyoning har chekkalariga tariqday sochilib ketmadi. Sizlarni Tangrim asrabdi, o‘z mahfuzasiga olib. Bilmam, kimning baxtiga. Balki manavi toychoqning baxtigadir yo Boturning omadiga. Buning uchun har kecha, har sahar qancha-qancha hamd aytmoq lozim Allohga! Shukrona joiz. Shunda hamma mushkullaringizni oson etgay O‘zi, insha Alloh.
— Aytganim bo‘lsin, uzmaganim bo‘lsin, — deb shivirladi juvon ko‘zda yosh ila.
Shu barobar ko‘klam havosidan yashnab yotgan har bir bitta barg, har bitta o‘lanni o‘pib-quchib toza yel esib o‘tdi. Terak barglari shovullab, kumush kapalaklarday qanot qoqib qo‘yaqoldilar-u, uchib ketmadilar. Balki u kumush kapalaklar ham emas, manavi jabrdiyda muslimaning chin yurakdan chiqqan tilagiga omin aytayotgan farishtalarga ham o‘xshab ketar edilar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:03:08
9. EGIZXON YOXUD FAVQULODDA MARDONA BIR TASHRIF
Muallifgagina ayon tarix davomiga


Ular safarlari qarib, xo‘shlashib chiqishmoqda edi. Toy bola — Yodgormurod ayajonisidan ajralolmay hali u-hali bu tarafidan yopishib borib, bir nimalarni ijikilab-so‘roqlab yotar, bular esa, olovrangga mo-yil oynadek yaltiroq marmar ustilab, bir amallab, zinadan tushib kelishmoqda edi.
— Shoshmang, hazir bo‘ling, Hoziq buva. Qirrasiga oyoq qo‘ya ko‘rmang, — deb yugurgilab kelib, qo‘ltig‘idan olgan jonsarak eshikbon juvon o‘sha bo‘yi jovullar edi, — rasm bo‘lmay ketsin, shu oxontoshlari, oyoq tagiga vovsi1 bo‘lmaskan, shir etib qormi-nima yog‘vorsa deng, tayyor yaxmalak-a! Qish keldi deguncha mening jonim xalak: eski palosmi — bir nimalar tashlaganim-tashlagan.
— Alloh ajrini bersin, — dedi qariya uning ko‘magida pastga tushib olganidan bir yengil tortib. — To‘g‘ri qilasiz...
Shu asno yonginalarida kimdir baralla:
— Assalomu alaykum, to‘ra buva!— deya tiniq Farg‘ona shevasida salom berib, tavof etgali kela bosh-ladi.
— Vaalaykum... — deya taraddudlanib qoldi qariya. Qarshisida chaqmoqday kiyingan qilichday yigitlar turar edilar. Taniy olmadi daf’atan.
Lekin ular Hizrni uchratgan kabi bir holatga tushgan edilar. Biri hatto qo‘shqo‘llab ko‘rishmak harakatiga-da tushgan, boshqasi iymanib turar edi. Faqat yuzlari-yu o‘zlari kishi adashtirib qo‘ygudek bir o‘xshashki... Hasan-Husan deysiz. Valloh, kim bo‘ldi bu qilichday yigitlar?
Qariyani taraddudga solgan narsa ularning bir tomchi suvdek o‘xshashligidan ham burun sof farg‘onacha kiyinib olganlari edi. Hozir uchoqdan tushishganu ro‘para bo‘lishayotgandek. Egnilaridagi yilt yangi qora las choponu beldagi belbog‘, boshdagi satta anjannusxa do‘ppilaridan — tamomi hammasidan vodiy nafasi ufurib turardi!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:03:24
Yigitning sazasi o‘lguncha qo‘chqorning shoxi qir-qilsin! Hoziq to‘ram iqi suyib jilmaydi va izn bergan kabi qo‘lini cho‘zdi:
— Kelingiz, qaerlardan so‘raymiz...
Tavof etishga ilhaq yigit yugurgilab kelib, qo‘lini oldi:
— Taniysiz, to‘ra buva? Men Inomaliman.
Inomali-Inomali, vodiyga sochilgan qaysi xeshu aqrabosining tirnog‘i ekan? Va ular tanib, biz tanimay ketgan, vallohi a’lam?
Eslolmadi.
— Uzr, qarichilik.
Qo‘lini qo‘ymay, kaft ustlariniyu bilaklarini silab-siypashga tushgan yigit tavozulandi:
— Biz hov Safedbiloldanbiz. «Qilichmozor» tomonlardan! Esladizmi? Sahobalarning qabrtoshlaridagi yozuvlarni o‘qigani borgandingiz.
— Darvoqe-darvoqe... Sizlar o‘sha tarafdanmi? Azizlar o‘tgan joylardan-a?
— Xuddi o‘sha Safedbiloldan.
— Ey, uni qarang-a, o‘sha tabarruk ziyoratgohdan-a? — U o‘sha ko‘p qadim va tabarruk mozorotni, u yerda goh ko‘tarilib, goh pastlab turguvchi sirli oqtoshni ziyorat etganlarini, Qur’on tilovatlar etib, yig‘lab duoi xayrlar qilganini eslab ketdi: voh, qani endi, u joylarni yana tavof etish nasib etsa!
— Vaqtning o‘tuvi, umrning ketuvini qarang-a, uch yil bo‘ldimikan, vallohi a’lam?! — dedi mutaassirlanib.
— O‘sha safargi borganingizga-ya? Bultur emasmidi, Imomali? — dedi yigit qo‘shog‘iga o‘girilib.
— Yo‘q, burnog‘i yilning yozi edi, — dedi iymanchoq qo‘shog‘i, shu davada kelib ko‘rishib, — bilqillagan ko‘cha tuprog‘ini satilda qorib, bitiklarga surtishayotgan edi-ku.
— Ha, barakalla, toshdagi yozuvlarni shunaqqib o‘qiganmiz. Rost-rost, — dedi qariya ham.
— Ha-ha, toshga loy surtgan sariz bitiklar bo‘rtib chiqayotib edi...
Endi ular ikki kishilashib tavof etishar, misoli imom Hasan, imom Husan kabi bo‘y yetgan yigitlar, uning o‘sha safarini eslab, bir yerga yetishar edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:03:44
— Nachora, shusiz o‘qib bo‘lmaydigan holga yetgan ekan, u yodgor bitiklar...
Hoziq to‘ram bo‘g‘izda qaynoq «tosh», ko‘zda achchiq nam ila qabrtoshda tirilib-ajrab chiqayotgan loybitiklarni o‘qiyotgan kezlarini eslab, tili o‘z-o‘zidan duoga aylana boshlagan edi: «Alloh rahmatiga olsin, u roziyallohu anhumlarni, Islom tug‘ini shu yerga qadar olib kelib, «Qilichmozor»da qolganlarni», deya shivirlardi. Endi bu yog‘iga dovon oshib, boshqa diyorga o‘tmoqqa kelganda oraga nizo tushib, ikkiga ajralgan sahobalar tarixi-voqeasi ham yodga tusha qolgan edi. Lekin mana bu Hasan-Husandek yigitlarni qay vaqt uchratgan ekan?
— Siz eslang-a, qoq peshin edi. Bizning shaldiroq aravamiz, — dedi egizlarning kichigi, — naq ro‘parangizga kelganda o‘qi shaqqa uzilib tushib, sudralib qolsa, bo‘ladimi?!
— Qaniy-qaniy... — dedi qariya elas-elas xotirlay boshlab.
— Keyin biz mashinalaringizni so‘rab bordik. Og‘rib qolgan eshontamizni kasalxonaga yetkazib olaylik deb.
— E, o‘shandami? Esladim-esladim. Do‘xtir qolib, uyga qaytarganimni aytasizlar-da? — dedi qariya yigitning yelkasiga qoqa-qoqa.
— Xuddi-xuddi. Biz eshontamizni tezroq olib bora qolsak, deymiz. Siz uyda xo‘roz topiladimi, ayni qichqiradigani kerak, deysiz. Toza g‘alati bo‘lgan-da.
— Allohning yetkazishi-da! Bekorga aravaning o‘qi o‘sha yerga borib sinibdimi! — dedi kulib qariya.
— Keyin-chi, keyin? Topib kelgan xo‘rozimizni halloslatib quvlatganiz-chi! — dedi yigit.
— Bo‘ldi-bo‘ldi! Tanidim! Allohning uchrashtirgan joyini qaranglar-a! — dedi qariya behad mutaassirlanib, — Eshon tog‘a qalaylar? Nafi bo‘ldimi, axir?
— Bo‘lganda-chi! Eshontam san ko‘r, man ko‘r bo‘lib ketganlar. O‘sha xo‘rozsho‘rva em bo‘lib! Ayt, Imomali!
Elakishib qolgan Imomali ham bosh silkidi:
— Hali-hali duo qiladilar: Alloh menga naq Luqmoni Hakimni yetkazgan deb!
— Yo Xalloqul hakim! Hecham qaytalamadimi? Ozgina bezovta etsa keragiydi, — dedi Hoziq buva surishtirishga tushib.
— Rost aytdiz! — deb tasdiqladi Imomali. — Kelasi ko‘klam qaytalab, bezovta etib edi... do‘xtirga ham uchramay o‘sha dorizzi tayyorlattilar.
— Qaysi dorum? Men doru bermab edim shekilli,— dedi Hoziq to‘ra hayratga tusha boshlab.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:04:00
— Yo‘q, xo‘roz sho‘rvani aytamiz-da. Xuqna qildirganizni aytamiz-da, — dedi yigit.
— Ha-a, umi, xo‘sh-xo‘sh?
— O‘shanday xuqna qildirib tashlab edilar, taqqa to‘xtadi-qo‘ydi og‘rig‘i. O‘shandan beri otdeklar. Do‘xtirlar ham lol-hayron: ko‘richakni ham tig‘siz davolasa bo‘larkanmi deb?
Qariya hakimlardek miyig‘ida jilmaydi:
— Tig‘ chiqmasdan burun nima qilishibdi?! Shunday davolab kelishgan-da, bolalarim. — So‘ng qaytish taraddudiga tushib, qo‘shib qo‘ydi. — Biz nima, avvalo Alloh shifosini bersin! Mendan duo degaysizlar Eshon buvaga.
— Bo‘lmasam-chi, bo‘lmasam-chi. Sizni ko‘rganimizni aytsak boshlari ko‘kka yetadi-ku.
— O‘zlariz-chi? — dedi qariya mulozamat lozimligini eslab. — Qanday shamollar uchurib bu tomonlarga kepqopsiz? Hovliga olib ketay? Bir kecha qolib, borarsizlar?
Imom Hasan, imom Husandayin husni xulq egasi bo‘lib yetishgan yigitlar qo‘llarini ko‘ksilariga bosdilar:
— Rahmat, to‘ra buva, kelasi safar.
— Uchratganimdan xursandman, — dedi qariya.
— Biz ham. Albatta, Eshontamlarga yetkazamiz duoi salomingizni.
— Allohning panohiga, — deb qayta turib qariya to‘xtadi. — Darvoqe, bu yerda kimingiz?..
— Ustoz-domlamiz, shu kishini... — dedi Inomali jindek hijolatlanib. — Kelasi gal, albatta, o‘zlarini topib borgaymiz.
— Hisob-hisob. Faqat Eshon tog‘aniyam ola kelasizlar-da. Bizni hovlini Sevzor tomondan so‘raysizlar, kelishdikmi?
— Kelishdik.
— Xayr, Tangrim azza va jalla o‘zi qo‘llab, xotirjamlik ato etsin. Xush qolinglar.
— Xushvaqt boring.
Qariya xo‘shlashib, ulovi tomon yurarkan, yigitlarning o‘zimi, bir vaqtlargidek sof qishloqcha va ham chaqmoqday kiyinishlarimi — ko‘ziga yana olovdek ko‘rinib, qayrilib qarab qo‘ydi.
Chindan ham ular bo‘ysira yoshdan o‘tib, adl tortgan, ustiga ustak qo‘sh sarvdek egiz edilar, havaslanmasdan, yigitlik chog‘larni eslamasdan bo‘lmasdi. Tasavvur etdi! Ayniqsa, qora las choponlarini bir urib, peshonalarini tang‘isalaru o‘zlarini egar ustiga olsalar bormi, kimlarga o‘xshab ketmas edilar!
Hov bir gal — xuddi shu tarz — kimlar kelmab edi, axir?!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:04:17
* * *
U asrga hozirlik ko‘rib yolg‘iz qavmi — bog‘bonni kutish barobarida vaqtni o‘tkazmay tasbehotga berilgan edi.
Axiyri bo‘lmadi. Oftob hovli-bog‘ o‘rtasidagi sadaning yarim beliga qadar tushib, bir tog‘ora cho‘g‘da-yin ko‘z qamashtira boshlaganini ko‘rib, ichida g‘ulg‘ula qo‘pdi. Qorini nima g‘aflat bosdi ekan, kechikmasdi-ku? Shayton esa, visirlab yozg‘irar edi: «U ham bir tingchi-da, komil musulmon qayda?»
Qariya oddiy bir bog‘bon haqida gumonga borganidan uyaldi. Uyalib o‘rnidan turdi-da, borib ochiq derazadan bog‘ oralab keladirgan yo‘lkaga qarab qo‘ydi. Nazarida takbir tushirib, namozga o‘tishi ilayoq birov chaqirib keladigandek edi. Keyingi vaqtda ko‘p narsalar xuddi shu tarz — belgi beraveradigan bo‘lib qoldi. Nega, nimadan — hech tushunuksiz. Balki manavi oq uyga qamalib olib, uzlatga chekinishga majbur bo‘lganidanmikan? Yana kim biladi.
U ixtimat ila joynamozni qayta yozib ulgurmab edi hamki, eshik xalqachasi shiqirlab, ostonada kutgan kishisi ko‘rindi.
— Uzr, to‘ram taqsir, bu yoqda niyat qilib, yugurgilab kelayotganlar bor. — U ostonadanoq ma’zurlandi,— nafs qursin, alahsimayman desang ham alaxsiysan.
Bog‘bon hovuchida anjir bargiga o‘rog‘liq bir ni-ma — nega bir nima bo‘lsin! — satta oq o‘rik ko‘tarib olgan edi. Jonivor jannatni mevasidek biram bo‘lug‘ki, suqing kiradi.
— Shumidi alahsitgan?— dedi qariya jilmayib.— Oqarib ulguribdimi, qarang-a?!
Abdufattoh qori qo‘lidagini xontaxta ustiga qo‘yib chiqib, yo‘lakay tushuntira ketdi:
— Kelayotsam, bir sayroqqush o‘rik tepasiga qo‘nvolib, shu biyov-biyovlayapti, shu laqov-laqovlayapti! To‘xtama-chi! Mahliyo bo‘lib qopman. Rosa zingil solib qarasam deng... oq o‘rik gavhardayin tovlanib yotibdi! Jindek terib tusha qoldim. Omonliq-somonliqqa-da, to‘ram taqsir.
Qariyaning xayoli qochdi: qarang-a, yoz kelib qopti-ku! Umrning o‘tuvini ko‘ring. Kechagida opkelishmaganmidi bu go‘shaga?!. Yaxshiyam yolg‘iz qavmi — shu bog‘bon bor. Bo‘lmasa, bundoq yozilib gaplashadigan odam ham topmay nima qilardi? Shu bois tegishibroq zamzama qildi:
— Dumbuldur hali? Oqara tursin edi, o‘zingizdan bo‘lakni ko‘zi tushmagan ekan.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:04:35
— Qayda! — dedi qori ximarilgan yenglarini tushirib, takbirga shaylanarkan. — Oq o‘rik oqaradiyu yotib uyqu keladimi?
— Kimni aytasiz?
— Kaminaning o‘zlari ham-da, — dedi qori uyatlu kulib, — ko‘z qurg‘ur qachon to‘ygan?! To‘yganmi hech!
Uning o‘rikni terishga terib tushib, endi o‘zini «savalashi», nafsini oyoq ostiga olib piypalashi bir chiroyluv edi...
To‘ram «yolg‘iz qavmi»ni suyib ketdi! (Tingchimi deb gumon qilib o‘tiribdi! Qani, shunaqa tingchilardan yuztasi bo‘lsa! Hammasi ila qiyomatli do‘st tutinardi!)
— Bekorga ko‘zdan nariroq qo‘ymadim deng?!
— Ha-da, o‘rtada shayton bor, har narsalarni chiroyluv ko‘rsatadurgan. Namozni ham namoz qilmasin.
— Ayta qoling, bo‘lmasa, farishtalarni ham mahtal qilmay, — deb u izn berdi ham, qori kamdan-kam kishilarga nasib etadurgan bir shirali ovozda takbir tushira ketdi ham.
So‘ng namozdan forig‘ bo‘lishlari ila qori xayr-ma’zurga tushib, ketishga izn so‘radi. O‘tadigan yeri bor ekan:
— Uzr, shomda yolg‘iz qolsangiz,— dedi allatovur xijolatga tushib.— Yetib kelolmaymanmi, deb qo‘rqaman.
— Xuftonni ham nasiya etmang, — deb kulindi u.
— Xudo asrasin. Qaerda bo‘lmayin, yetib kelgayman. Birga o‘qigaymiz.
— Insha Alloh deng, — dedi u.
— Xudo xohlasa, — deb chiqdi bog‘bon.
Allohning erta rang olib, oqargan ne’mati yodidan ham ko‘tarilgan ekan. Bir muddat zikr aytib o‘tirib, kitob ko‘rgisi keldiyu, ichkari qarab yurdi va xos mehmonxona oldidan o‘tayotib, xontaxta ustidagi ajab oq-sariq gavharlarga ko‘zi tushib, nima bo‘lsa ekan, deb xayollandi. Gavharlarning har biri zarg‘aldoq qush tuxumidek bo‘lug‘ ham jindek sariqqa moyil edi. Tagida shapaloqdek barg. To‘ram o‘sha bargdan tanidi: darvoqe, jannatdan tushgan daraxt — anjir bargi-ku. Qorim ilingan narsasini nimaga o‘rab kelibdi?!
Burilib kirishila avval anjir barginingmi, uning uchidan oppoq sutdek sizib chiqib qolgan shirasiningmi hidi gurkirab, dimog‘iga urildi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:04:52
Valloh, u Ka’ba iforlaridan qolishmas, kishiga allaqanday xush yoqib borar edi. Jannatdan tushgan deb atalmish bir daraxtning hatto yolg‘iz bir bargi (uzulganiga qancha bo‘lganiga qaramayin!) asl vata- ni — jannat hidini ufurib-gurkirab yotar, u odam bolasiga tanish, nainki tanish, aziz tuyilib bormoqda edi. Shuning o‘zi Alloh yagona, Rasul barhaqligiga, kitoblari chin, jannati — tayin ekaniga nishona emasmi? Bo‘lmasa, inson bu hidni qaerdan tanirdi, minglab bo‘ylar, iforlar orasidan ajratib, jannat hidi-ya, deya olardi?! O‘sha judo bo‘lgan asl vatanning bo‘ylarini tanishga-da qodir etganiga shukr.
U hozir o‘zi aziz bilib turgan bo‘yni yaxshi farqlamoq uchun ham yozning to‘ng‘ich ne’matlaridan bittasini qo‘liga olib, dimog‘iga yaqin keltirdi. Oq o‘rik oqara boshlagani bilan hali dumbul edi, asal islari gurkirab emas, bazo‘r kelar, allaqanday nimtatir edi. Balki ikki pallaga bo‘lsa, gurkirab ketar, ichidan yetilib kelayotgandir? Omonlik-somonliqqa arzir?!
U o‘rikni ikkiga bo‘layotgan kezda peshayvon eshigi ochilib, oqsoch Opoy ko‘rindi. U o‘rik bo‘yini tuyib ulgurdi, xolos.
— Ishanta, Siza kelishkan ikan. Qo‘ng‘iroq itisha,— dedi ostonadan o‘tmayoq.
U ajratib ulgurmagan o‘rik pallasini qaytib yopdi: nasib etmasa shu-da! So‘roqqa olib ketishmasa go‘rga edi. Yoz ne’matini joyiga qo‘yib, boshini ko‘tardi:
— Kim, deyishadir? — dedi atay irim qilib. O‘zi esa, nima deyishadir deb so‘ramoqchi edi.
— Yo‘, ishanta, sahiblar imas, ziyaratqa kilishkan imish. Qopqadan so‘rasha.
— Ko‘rgani? Qaerdan ekan? — degancha chiqib bora boshladi.
— Ata jurttan, diemishlar. Anjandanmu, qaerdan imush.
Ota yurt — Andijondan? Kimlar ekan? Yodiga hov bir yilgi uzoq mehmonlar — hajdan qaytishibdi, ekan, deb ziyoratga borgan amakivachchalari keldi. O‘shalarmikan? Ular bo‘lmasa, urug‘laridir.
Qariyaning yuragi o‘ynab bormoqda edi. Valloh-valloh! Nahot o‘sha uzoq aymoqlari topib-surishtirib kelishayotgan bo‘lsa? Yana ichiga g‘ulu oraladi: balki shunday o‘ron bilan kimdir kirmoqchi bo‘lar?
Izn bermay turib surishtirishi, so‘nggina ruxsat etishi ham mumkin edi-yu, yomon fol olgisi kelmadi: Nomini atab kelishibdimi, kiritish kerak! Kim bo‘lishlaridan qat’i nazar.
— Ayting, qo‘yvora qolishsin.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:05:10
Opoy simning u boshida turganlarga javob qilib, mehmonxonani tartibga sola boshlarkan, oq o‘rikka ko‘ngli bir sust ketdiyu, lekin damini chiqarmaygina taglig‘i ila taqsimchaga solib, yuqoriga olib qo‘ya boshladi.
Buni ko‘rib turgan qariya uning pokizaligidan iyib:
— Oling, bittasini, omonliq-somonliq, qolgani mehmonlarga ham yetadi, — dedi. Ichida esa, talbiya aytardi: Fasubhanalloh, o‘shalarga nasib etib turgan ekanmi?!
— Rahmat, Ishanta, — deb Opoy bittaginasini ola boshlab edi, yarim pallasi ajrab chiqdi.
— Butunini oling, butunini, — dedi qariya, o‘sha qo‘l urgani o‘ziga nasib etishidan umidvor bo‘lib.
Opoy uni tushunmadi:
— Qaytaga tavarik ikan. Rozu bo‘ling, ixlos ettum,— deya qolgan pallasini-da olib, ne niyatda xushlanib iskadi.
Tavba, ana shundan keyin ham rizq berguvchi Alloh ekaniga, birovning nasibasiga birov ega chiqolmasligiga ishonmaymizmi? Kim o‘ylabdi, Abdufattoh qori omonliq-somonliqqa terib tushgan shu bir hovuchgina ne’mat qandin-qayoqdan keladiganlarga atalgan deb! Nasiba tortib kelayotirlar, qarab turing, desa kim ishonardi? Va chindan ham ular kimlar ekan?
To‘ram peshayvonda edi. Terakzor tagi bilan kelayotgan satta bir xil kiyingan, qora chopon, cho‘ng do‘ppili kishilarni ko‘rib, g‘alati bo‘lib ketdi. Chindan qishloq tomonning odamlari-ku! Unday desa... choponlari yilt yangi. Yo shahar boryapmiz deb, satta oxorliklarini kiyib chiqishganmi? Kuyov oshiga kelayotgan jo‘ralar misoli yana bozorliklarini ham ko‘tarib olishibdi! Ichida bittalari o‘rta yoshlik demasa, qolganla- ri — qilichdek yigitlar edi. Anjan tomonlarda bu toifa qanday xeshlari bo‘lsa ekan?
Qirqqa borib esi kirgan anuv amakivachchasimikan? Bir kun tushida eshon buva «Kitob qaerda bilasanmi, o‘shani ol-da, o‘qi, yurma bunday», deganmishlar. Na xat, na kitob taniydigan odam ertasidan o‘qib ketganmish Qur’onni. O‘shamikan? Amakilari rahmatli tagi anjanlik ekanliklarini aytib o‘tirishar-u, xeshu aqrabolaridan og‘iz ochishmasdi. O‘shalardan qay birlari ko‘ngil so‘rab kelishmoqda ekan? Yoxud Tangritog‘ tomonlarga o‘tib ketib, jangu jadallarda bedarak yo‘qolgan xeshlarini so‘roqlab yurganlar daragini eshitib, kelishayotirmi? Qora choponlik beozor kishilar qiyofasida? Koshki tingchilar jim tursa?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:05:31
Ularning satta bir xil kiyinib, qishloqi odamlar qiyofasida tashrif buyurishlari g‘alati edi: «el-burutdan ko‘ngliga buncha g‘ashlik oralamasa? Jon egamning qo‘lida-ku, axir. Olar bo‘lsa, oxunning qo‘li bilan ham, anuv olib qochgan uchoqqa yetmasidan burun ham olib qo‘ya qolar edi-ku. Kuni bitib, qazosi yetgan bo‘lsa, o‘sha alam-achchiq ustida Olampanohga xat bitgan kunning kechasidayoq olib chiqib, Bo‘rijarning qay bir yoqasida otib tashlashmasmidi! Otmadilarmi — endi nimadan qo‘rqadi! Uning ko‘z o‘ngidan o‘sha oq ilon — Jamoloxunni haydab chiqargan kezdagi holatiyu, alam-achchiq ustida xos xonasiga kirib borib, qog‘oz-qalam olganicha turib qolgani ketmasdi.
Asta’firullohil azimu va atuvbi ilayhi!
Alloh uni qaysi iqlimning tuprog‘idan yaratibdi ekanki, haqsizlikni ko‘rgan zahoti qay holga tushmasa! Bamisli u bir qavat et tashlab, taqdirning hukmiga ko‘ngan asirdan tamomila boshqa odamga — mujohidga aylanib ulgurgan edi. Vujudini ayting! Har bitta tuki bamisli bir qilich bo‘lib, tikka bo‘lgan edilar!
Uni kim deb o‘ylagan ekanlar?!
Tilsiz, zabonsiz bir qurchoq, mo‘min-mute bir rikob, bir xufiya debmi? Xizmatini o‘tab bo‘lgach, imi-jimida gumdon etib yuborsa bo‘lvergich? Esiz, qurilgan saltanatlar sharafi, to‘kilgan u qonlar javobini kim bergay? Qolaversa, lafz qaerda qolyapti, subut qaerda qolyapti?! Ahd-chi, unga sadoqat-chi?!
Yo‘q. Uning ko‘ziga joni ko‘ringani yo‘q. Albatta, jon shirin. Lekin o‘sha daqiqada ko‘ziga tamomila bosh-qa narsa ko‘rindi: shuncha ishni qilib, davlat qurib, adolat o‘rnatib... oxir-oqibat uy qamog‘ida besharaf bir o‘lim topmog‘i... ko‘rinib ketdiyu ichidan adolatli bir shuur bosh ko‘tardi: kim o‘zi odil?! Lafzida turib, Tangritog‘ hukumatini qurgan, u jabrdiyda diyorga ozodlik nasimini olib kirgan umi yo vazifasi bitdi deb, bir kechada o‘g‘irlab kelib, uy qamog‘iga tiqqanlarmi? Kim? Odili Zamon hisoblanmish Olampanohning o‘zi-chi? Bexabarmi bu ishlardan? Uning iznisiz tong otgaymi o‘zi bu diyorda?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:07:30
O‘sha holatda, qizig‘ida uning nomiga tik turib, bir xat bitdi: «E, voh, jahon ayvonida adolat shevasida gaplashguchi zot qolmabdimi ekan?!
Menim bilganim — adolatpanoh Amir Temur Ko‘ragoniydan so‘ng, Shomildan so‘ng yolg‘iz o‘zingizmi, deguvchi edim! Boshqasini tan olmasdim! Ixtimat ham qo‘ymagandim!
Endi bilsam, bu topshiriqlar qaydan kelmoqdayu kimning izni bilan ado etilmoqda ekan, agar o‘shal Adolat borgohidagilar tamomi bexabar bo‘lsalar?! Ularning nomidan ish ko‘rguvchilar, ish yuritguvchilar xohlagan paytlari butun boshli xalqlar, ellar, elatlarni ishongan tog‘larini yiqmoqlari, sorbonlarini terib olmoqlari, o‘zlarini yetim qoldirmoqlari mumkin ekan-da?! Unda Siz — Odili Zamonning burdi qaerda qoldi? Adolati qaerga yetdi? Ertaga tarix oldida nima deb javob bergaysiz va kim bo‘lib qolgaysiz?..»
Nima deb yozsa yozdi, faqat shafqat tilamadi. «Allohning yozug‘idan bo‘lagi — bo‘lmagay!» deb tugatdi. Faqat xat qo‘ldan ketib, allaqachon telegraf bilanmi, liter bilanmi, qaysi yo‘l bilan bo‘lsin — Olampanohga yetib bo‘lganida unga bor haqiqatni qo‘shmagani xotirga tushdi. «Uzr, kaminadan noqislik o‘tibdi. Qodiri Egam yolg‘iz bir zotgagina adolat mezonida mahkam turmog‘u, lafz qilsa, lafzi ustidan chiqmoq fazlini bergan, adolat shevasida gaplashmoqni nasib etgan ekan! U ham bo‘lsa, bizning shafoatchi payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamdurlar», deb qo‘shgisi keldi. Ammo kech edi. Kemtik, noqis xatga hech narsa qo‘shib ham, uni qaytarib ham bo‘lmasdi. Lekin xat o‘sha holida ham nishonga bexato tekkan edi.
Olampanohdan imdod bo‘ldimi, boshqasidanmi, ertasidan munosabat tamomi o‘zgardi: avvalo, necha qavat soqchilar (tashqi darvozadagisidan tortib, oq uy atrofidan jilmaydiganigacha) bir kechada yo‘qoldi. G‘alati bo‘larkan: oq uy allaqanday salobatini yo‘qotganday, huvillab qolganday edi. Tunlari tahoratga ham bexavotir chiqayotib edi, endi qanday bo‘larkan? Qolaversa, shuncha mashmashaning sababchisi (o‘sha pand bermasa, bu xat qayda edi!) anuv shilpiqko‘z — naq oq ilonning o‘zi — Jamoloxun ham ko‘rinmay qoldi. Surishtirsa, (qarang-a, Opoy ham bilmas ekan, borib aniqlab keldi) — bo‘shab ketganmish. O‘rniga shu mahallalik o‘rta yashar juvon bir chiroyli ovqatlar pishirayotganmish.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:07:44
Yo qudratingdan, qozon-tovoqni shu yerning odamiga ishonsa ham bo‘larkan-ku. Hammasidan g‘alatisi-indiniga «quda tomon»dan (naq Maskovdagi idorasidan!) odam uchib keldi. O‘ziyam sibirlik ekan, bo‘y degan shiftga yetadi. Eshikdan engashib kirdi. Orqasidan yo‘l ko‘rsatib kelgan kishi uning oldida ushoq boladek edi.
Uning tahorat olib kelayotganini ko‘rib, o‘sha haqiqiy Ivan bu yoqdagi (uning oldida ushoqdek) qozoqisini to‘xtatib:
— Qo‘yatur, o‘qiydiganini o‘qib olsin,— deganini eshitib qoldi,— Senlar bilmaysan,— derdi davom etib u,— bular zo‘r xalq — mulla xalq. Qanchasi Sibirning lagerlarida o‘tib ketdi. Namozini tashlamay. Haliyam o‘qiyaptimi — zo‘rligi shu, — derdi.
Ol-a! U ham zo‘r ekan, toshiga yarasha ekan, sibirlik ayiqning bolasi. O‘sha sibirlik (harqalay ajdodi yaqin — Enasoyning suvini ichib o‘sgan!) halol ekan! Boshlab kelgan qozoq-o‘risga haloli gapni aytib ketdi:
— Bu kishi bugundan e’tiboran shu mamlakatning fuqarosi. Bir fuqaro sifatida hamma huquqlaridan foydalanishga haqli. Faqat joy ajratilgunga qadar shu yerda yashab turadi, — dedi.
O‘ziga esa:
— Tabib ekansiz, bemalol tabibchiligingizni qilishingiz mumkin. Sizni ko‘rgani keluvchilar hech istisnosiz huzuringizga qo‘yiladi. Faqat mamlakatchilik — odam yig‘maysiz, hukumatga qarshi chiqmaysiz. Bir fuqaro sifatida uy-joy qilib yashashingiz ta’minlanadi. Xohlang buni Maskovning in’omi deb tushuning, xohlang, Xudoning marhamati. Tangrito- g‘ingizdan ayirganimiz uchun bizni ma’zur tutgaysiz. Sizni qaytib bezovta etmagaylar. Omon bo‘ling, — dedi.
U omonlik berib ketganiga necha kun bo‘la qopti? Ana, qaerdan eshitishgan — turnaqator bo‘lib, ko‘rgani kelishyapti. Yana qaerdan — ota yurti — Andijondanmish.
Ular gulzor yoqalab emas, qoq o‘rtadan kesib tushgan beton yo‘lka ila allaqanday begonasirab va ham xushyor tortininqirab kelishmoqda edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:07:56
Balki chindan bobokalonlari yurtidan kelishmoqdadir. O‘sha tog‘lar kanorasi orasidagi sahobalar qadami yetgan vodiy-diyordan. Boburshohdek bir odam umr bo‘yi «ne xatoliq o‘ttikim» deb qo‘msab o‘tgan ma’vo — «anda jonim qoldi»dan. Daragini eshitib, oqibat ko‘rsatib, duoi salomlar keltirishmoqdami?
Tangritog‘dan o‘g‘irlab ketishgani ovozasi o‘shoqlarga-da yetibdimi, tavba? Ovozasi-ku, yetar, lekin bu yerda shohona uy qamog‘ida o‘tirgani qaydan ma’lum bo‘la qolibdi? Kishini o‘ng‘aysiz holga soladigani ana shu edi. Ammo daragini eshitiboq, surishtirib kelishayotgani ko‘p ulug‘ ish. Alhamdulillohki, bu yurtda oqibat, hamiyat degan narsalar yo‘qolib bitmagan ekan. Shunisiga-da, shukr, hali ham o‘zinikilar o‘zligini yo‘qotmagan ekan.
To‘ram taqsir shu taskin-tasallilar bilan ichkari yuraverdi: Imomlikka o‘tganida egniga ilganini odmirog‘iga almashtirib ko‘ringani ham ma’qul. Tag‘in To‘ram hukumatdan ayrilgach, bu dunyodan etak silkib, toza taqvodor bo‘lib optilar, deb yurishmasin...
U shunday xayollarga borishga bordi-yu, o‘z istiholasidan o‘zi uyaldi.
To‘g‘rirog‘i, Allohdan uyaldi: Egam o‘zi ko‘rib turibdi-ku, butun holu holatini. Taqvodan bo‘lak to‘g‘ri yo‘l qolmaganini anglab, barchasiga etak silkiganini. Yana nimani yashiradi? Allohdan yashirmaganini nega bandasidan yashirmoq kerak? O‘zi din fahmini beribdi, imonimizni ham o‘zi basalomat etsin.
Imomlik libosini (axir Abdufattoh qori bilan asr o‘qishganda kiyaqoluvdi, hamisha kiyib yuribdimi!) almashtirish fikridan qaytganda yo‘lakdagi bo‘y baravar ko‘zguda sallayu to‘n o‘ziga chindan ham bo‘lakcha nuroniylik — o‘zi xayolga-da keltirmagan bir nuri safo baxsh etib yuborganini ko‘rib, mehmonlarga bunday ko‘rinishdan rosti, qisindi. Siporoq ko‘rinavergani ma’qul. Lekin engil almashtirar ekan ham boyagi suvrati, to‘kilib turgan nur ko‘z o‘ngidan ketmasdi. U nima bo‘lsa ekan? Yo ajab, o‘zi ham sal cho‘kib, ulg‘a-yibdimi? (Ko‘ziga o‘sha munkillagan hazrat suvrati ko‘rinib ketdi!) Yo Qodir Alloh! Bu nesi? Nima bu? Barcha Astrobod bo‘lganlarga xos yozuqmi? Yolg‘iz aso yetmayotir, xolos. Asta’firulloh! Hazrat qaydayu biz qayda! Suvrat o‘xshagani bilan (hov!) siyratga yo‘l bo‘lsin! U zotning oldida biz kimbiz?! Gunohlarimiz tog‘cha, xatolarimiz soch tolasidan ko‘p. Kechirsa, yolg‘iz Alloh kechirgay, xolos. Ichida beixtiyor iltijo aytdi: Murod doram — umidim bor, o‘ziga oson, o‘zi kechirsin!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:08:08
Balki taqvo deganlari shudir! (Axir, o‘zim din nurini beraman degani-ku). Bu fikrdan ichida bir qo‘rquvmi — nima uyg‘onib, vujudi jimirlab keldi: tog‘ qadar yozuqlari turib, Allohim gunohlaridan o‘tibdimi — karami shunchalar keng ekanmi uning?! Mag‘firat etgani rost bo‘lsin, ilohim, biz ojizu notavonlarni, adashib uloqqanlarni.
To‘ram odmiroq deb movut chakmoniyu chorburchak takya kulohini egniga ilgan bo‘lsa-da, qaytayotib ko‘zguda oddiy tabibni emas, negadir hazrat mir Alisherga yaqin kishi suvratini yana ko‘rib, hayallandi: yillar shunchalik, oladiganini olib qo‘ygan ekanmi? Ko‘ngil qa’ridan nimalar o‘tmasdi: vaqt o‘z bilganidan qolmasakan-da. Vo darig‘, inson hech bir o‘ylaganiga yetmasdan mo‘ysafidlar qatoriga o‘tib tursa. Yana kamiga mana bunday uy qamoqlariga tushib o‘tirsa. Unda o‘sha dovondayoq ko‘ringan mahluq tilka-pora etib qo‘ya qolmagani, yo‘l berganining hikmati ne edi?.. Hay, darig‘, ne niyatlar niyatligicha qoldimi?
U peshayvonga qaytib chiqqanida kelayotgan xeshlari (tanimagach shunday deydi-da!) ichkariga kirishga kirib, dalaga kiyadurgan sariq ko‘n etiklarini yechishni ham, yechmasni ham bilmay, alag‘da turar edilar.
— Assalomu alaykum, mozor bosib kelgan azizlarim. Xush kelibsiz!
To‘ramning taqvodor qariyalarga xos ilk salomi mehmonlarni badtar gangitgan, buning ustiga ular shunchalik tez va osonlik ila bu zotning qabuliga musharraf bo‘lishlarini o‘ylamaganlaridan (ro‘baro‘larida — kim-kim — to‘ram taqsirning o‘zlari, o‘sha Tangritog‘da saltanat qurgan davlatmand odam (!) turardilar, axir!) shundan hayratga tushgancha tushib, tillari alikka kelmay qolgan edi.
— Assalom... — deyishdi ular ham chala yarim, o‘zlariga kela boshlab.
— Ie-ie, kiravermaysizlarmi, jigargo‘shalarim? Oyoqlaringiz gardi qaysi diyorniki ekanki, tortinasiz! Tog‘lar nafasini olib kelgan qadamlaringizga hasanot. O‘sha g‘ubori — ko‘zlarimizga tutiyo bo‘lsin. Qani-qani, keling-chi, bir boshdan ko‘rishib qo‘yaylik-chi, voh, — deb quchoq ochdiyu, yaqinginasida turgan kulcha yuz, patak soqolli kishi dovdir-sovdir qadam tashlab, ilgaritdan tanishdek, yelkasini egibroq kela qoldi. So‘nggi daqiqada to‘ram uning (qoshlarimi, qovoqlarimi) allaqaeri kimgadir juda-juda o‘xshab ketishini ilg‘adi-yu, lekin kimga — eslay olmadi. Negadir uning ham qaboqlari boya ko‘zguda ko‘ringan hazratnikiga o‘xshabroq ketardi, tavba.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:08:24
Uni bag‘riga oldiyu, to‘niga solingan yangi paxta islari xush yoqib, yuzlarini suykay-suykay qayta-qayta iskalandi:
— Oh-oh, ota yurt hidlarini ola kelgan siz azizlardan o‘rgilay. Biz jigar bo‘lib borolmagach, o‘zingiz kepsiz, qadamlaringizga hasanot.
Bodomqovoq mehmon patak soqollarini soqoliyu yuziga ishqab, quloqlari tagidan iskalanarkan, issiq nafasi quloq yumshoqlariga urilib-urilib:
— Tanimadingiz-a, taqsir? — deb sirlidan sirli shivirladi.
Chindan ham bu qora soqoli bodom qovoqlariga unchalik ham o‘tirishmagan mehmon... kim bo‘ldi? Kishi ko‘ziga bo‘lmasin tag‘in... bu soqol, bu engil-boshlar?
Yuragi shig‘ etdi: unda kim bo‘luvi mumkin bu kelganlar?..
Shu asno u quchog‘idan bo‘shalib-bo‘shalmay keyingi mehmon xo‘shlashmoqqa yuzlandi.
Bunisi tepa labining ustiga qaldirg‘och qanotidek nozik mo‘ylov qo‘ygan yigit edi. Ipga terilgandek bu mo‘ylov unga shunday yarashib tushib, yuzini ochvoribdiki... o‘sha yuzidami, anavi o‘tli qora ko‘zlaridami, kishini shoshtirib qo‘yadigan bir shaxd-olov bor! Balki hammasi qo‘shilib, unga shunday alohida bir shijoat baxsh etayotgandir. Ishqilib, bularning boshlovchisi shu — o‘nta bo‘lsa, o‘rni bo‘lak, qirqta yigitning ichida bek sanalgudek mana shu azamatga o‘xshar edi.
Faqat o‘sha nozik murtiyu — chetlari allaqanday yiltirayotgan peshonasini tang‘igan qarg‘ashoyi qiyig‘ini demasa, kimgadir o‘xshabam ketayotir. Kimga ekan— to‘ram hech eslay olmasdi. Ammo to‘nini bar urib, o‘zini egarga olsami, naq uloqchi!..
Hozir ana shu «uloqchi» bir g‘alati entikkan ko‘yi uning ko‘ksiga singib ketgudek bo‘lib, quloq taglari, mo‘yin bo‘ylarini iskalanib to‘ymas edi. Va shu ko‘yi mutaassir bir holda sivirlar edi:
— Bormisiz, Xondoda?! Biz ishongan tog‘lardan kiyiklar chiqmayin qo‘ydi desak... Siz bu yoqlarda ekansiz-ku, davlatpanoh?
Evoh! Tanish sas, tanish ovozlar-ku! So‘nggi qabulida bo‘lgan o‘ktam yigit — shu emasmi? Ovozi bunchalar tanish?..
So‘nggi farmonga imzo chekishdan avval kimlar bilan uchrashib, maslahatni bir joyga qo‘ymab edi?! O‘shalar-ku. O‘sha viloyat vakillaridan biri-ku. (Farmonni so‘zma-so‘z esladi): «Lashkar, farmonimizga shay turing. Hali najot kutib yotgan necha viloyat bor. U mazlumlar ozod etilmaguncha Tangritog‘ ozod emas! Shunday kun yaqin, kuting!»
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:08:47
Afsus, inshaalloh deyilmagan ekan. Xudoning xohlagani bundoq chiqdi!
Qariyaning ichi antar-to‘ntar bo‘lib kelib, o‘zini g‘alati behol sezdi-yu, «Botur, Sizmi?» deyishga majoli yetmadi.
— Keyin inim, keyin... — dediyu Boturning quchog‘idan bo‘shalishga unnaldi.
Qolaversa, bu yer o‘zni tanitmog‘u bag‘irni bag‘irga berib, o‘tgan ishlarga ko‘zyosh to‘kadirgan joy ham emasdi, mavridi ham. Bu yerda devorning ham qulog‘i bor. Ovoz yutgich, gap uzatgichlari, xos tingchilari qancha ekan! Hech kim mehmon o‘z oyog‘i bilan kelibdi demaydi. Hamonki jahd etib, mozor bosib kelishibdimi, ichkari kiravermoq kerak. Har qancha gaplari, mehrlari bo‘lsa, o‘sha yer tuzuk. Nokasu nojinslardan panaroq, ko‘zdan nariroq.
Qista-qistov, mulozamatlar bilan ichkari kirdilar. O‘tirdilar. Mozor bosib kelgan mehmonlarning qadamlari sharafiga duoi fotiha bo‘lib, yengil so‘rashib oldilar. To‘ram boshlamasiga (Opoy choy opkirguncha) taqsimchadagi boyagi «omonliq-somonliq»ni o‘rtaga qo‘ydilar:
— Qani, mehmonlar, yozning oldi ne’matiga qarangiz. Alloh nasibangizni qo‘shgan ekan. Har kimga ham nasib etsin-chi. Qani, mana, men boshladim.
Bitta-bitta oldilaru kim hidlagancha, kim kaftiga qo‘ygancha Ollohning mo‘’jizasidan xushhollanib qoldilar.
— Voh, Toshkentning oq o‘rigi-ku, — dedi boyagi bek yigit sarxush tortib, — mashhuri jahon, — dedi u negadir va qo‘shib qo‘ydi, — Biz uning danagini oshpichoq derdik. Faqat bandi yetishmasdi.
— Kecha eslab edingiz-a, sarhaddan o‘tayotib. Bugun yetishib turibsiz, xo‘jam, — dedi qora soqolli hayratlanib. — Alloh degan yigitsiz-da.
— Nasiba chaqirsa shu: kelar Shomu Iroqdan deganlar. Olingiz, omonliq-somonliq, — dedi To‘ram va o‘zi yarim pallasini bismilloh ila og‘ziga solarkan, chindan bol ta’mini totganday bo‘ldi.
— Bizda hali g‘o‘ra-ku, jonivor bu yerda hol tortganini qarang, — dedi uchinchi mehmon. — Bu tomonlarga oftob avvalroq chiqqaymi, tavba?
— Keyinroq chiqsa-da, to‘sguvchi muztog‘lari yo‘q, — dedi boshqa shunqor yigit ma’noli qilib.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:09:07
— Ha-ha, hammasi ham avval bu diyorda yetilib, so‘ng u yoqda hol tortadi, — dedi To‘ram ham. Xuddi inqilob kabi demoqchi bo‘ldi u.
Bek yigit uni tushunib, gapini mengzab ketdi:
— Qizil ajdaru oq ajdarlari qo‘yib bersa agar... Tangritog‘ning holi shu ekan-ku.
Gapning bir uchi o‘ziga qaytib, tekkan edi, To‘ram bir so‘lish oldi-yu, sezdirmadi.
Mavridi keladi, hali hammasini tushunib yetgaylar. Barchasi o‘z fe’limizdan. Fe’limizga qarab Xudoning yozmishi bu, demoqchi bo‘ldi-yu, aytmay ichiga yutdi. Hammaga ham tushuntirib bo‘larmidi: aybdor kimu Xudo nimani xohlab turibdi?!
Shu orada oqsoch dasturxonga bozorliqlarni opkirib, choy keltirdi. U kishi ko‘ziga mehmonlarni qistadi:
— Qani, olingiz, mozor bosib kelgan narsalardan. Bu yog‘i bizniki bo‘ldi. Manavi, Anjanni lochirasimi, jizza solib yopilgan? — dedi atay.
Qora soqolli uni tushunib, (bu gap Opoy uchun ekanini bilib):
— Shundoq-shundoq, xonadonda yopilgan, taqsir, — deb javob qildi.
To‘ram gapni uladi:
— O‘zlaridan so‘rasak, u diyorning qaeridan bo‘lgaysizlar? Va qaysi uzilishib ketgan xeshlarimizdan...
Kelgan mehmonlar undan-da sezgir edilar, kishi bilmas ko‘z urishtirib qo‘yib, javob qildilar:
— Xeshlik joyimiz sho‘ttaki, — dedi o‘sha qora soqoli bodomqovoq yuziga unchalik o‘tirishib tushmagan, ammo muloyim tovushlik mehmon, — biz nihoyati sizning ixlosmandlaringiz.
Bo‘sh patnisni ko‘tarib, Opoy chiqa boshladi.
Hozirgina ota yurtdan, xeshlarimiz deb turgan kishilarning bu javobi g‘alati edi. Oqsoch har xil xayol-larga bormasin, deb To‘ram siporishladi:
— Ha-ya, tabibchiligimiz vajidanmi?
— Shunday-shunday,— deb shunqor yigit uni quvvatladi,— u yoqlarda Sizning dovrug‘ingiz bo‘lakcha, taqsir. Ammo yetishmoq, ko‘rib turibsiz, dushvordan dushvor.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:09:20
Bu vaqtda Opoy uzoqib, hatto shippagi tovushla-ri-da eshitilmay qolgan edi. Shunda poygakda o‘tir-gan to‘rtinchi mehmon bek yigitga ma’noli qaradi. U esa:
— Mayli, yopa qol, — deb qo‘shib qo‘ydi, — shu ukamiz yelvizak bilan chiqishib ketolmadi-ketolmadi-da, tabib buva. Davosi muzni teshib, bir cho‘milmoq desam, hech ishonmaydi. Ayting Siz...
Bu gaplar yo‘liga ekanini hammalari fahmlab turishgani uchun To‘ram kulib qo‘yaqoldi:
— Muztog‘da uch oy — qish qolib ketsa, umrbod aksa urmaydi.
Ular bir-birlariga yalt etib qarab olishdi:
— Siz... o‘sha tog‘da qolib ketganiz — chindanam rostmi? — deb yubordi poygakdagi ushoq yigit hayratini ichiga sig‘dirolmay.
— Yo‘q, u dovonda bir kecha tunab qolganmiz, xolos. Lekin hech kimni — qishi bilan qolib ketgulik qilmasin,— dedi To‘ram, so‘ng tushuntirdi,— kamina u diyor-ga o‘sha sharafli, mashhuri jahon dovon bilan o‘t-dim-u, qaytishim o‘zim ham kutmaganda bunday... chiqdi.
U dasturxon popugini himargancha o‘sha qaytish qanchalik alamli kechganini eslarkan (undan o‘sha Muztog‘da umrbod adashib-uloqib qolib ketgani afzal edi! Ammo buni endi kimga ayta olasan?!) ro‘baro‘sida o‘tirgan boyagi bek yigit cho‘kkalab olayotib, boshidan qiyig‘inimi, nimasini yechib oldi. Tarang sirilgan bir nima chitirlab-da ketdi. To‘ram boshini ko‘tarib, qarshisida tamomila o‘zga yigitlarni ko‘rdi.
Bek yigitning qarg‘ashoyi qiyig‘i tizzasida yotar, o‘zi do‘ppisini ajratib kiymoqda edi. Endi u o‘sha chakkasida alifdek chandig‘i bor (mo‘ylov-po‘ylovi ham yo‘q!) chapani yigitga aylangan-qolgan edi.
— Ie, Botur, o‘zizmi?
— Ha, menman, Xondoda. Xizmatingizga yetib keldik, mana, — dedi u o‘zini qayta tanitayotgandek qaddini rostlay boshlab.
— Yo Qodir Alloh! Aytuvdim-a, qaerdan tanish bular deb... — To‘ram ham to‘lqinlanib tura boshladi. — Keling, bunday kezda qaytib ko‘rishmoq lozim, tavof etmoq lozim. Kutmagandim, kutmagandim...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:09:29
Ular qayta topishgan ota-boladek, piru murshiddek quchoqlashib ko‘risharkanlar, To‘ram Boturning kuraklarini silab-siypalar, bir og‘iz so‘ziga ilhaqu shay yigitlarini eslab, ko‘zlari namlanib kela boshlagan, o‘zi mutaassirlanib:
— Oh, mani dovqurlarim, suyangan tog‘larim, shu yergacha topib keldingizmi? — deb shivirlaru bo‘g‘zilariga nimadir tiqilib, u yog‘ini aytolmas edilar.
U esa, o‘sha dovqurligi — ushlaganini kesib aytishi qolmabdi, boyagidek quloq taglariyu ensa bo‘ylarini iskalanarkan, bag‘ridan bo‘shatmayoq aytadiganini aytib qo‘ya qolmoqda edi:
— Topib keldikkinamas, olib ketgani ham keldik, Xondoda.
To‘ram uni bag‘ridan asta bo‘shatib, yuzlariga termuldi:
— Qanday, Botur?
— Siz xo‘p desangizoq, bas, — dedi Botur o‘ziga yarashadigan bir qat’iyat ila u kishining tirsaklaridan tutib. — Nima, ular qilgan ishni biz qilolmaymizmi?!
Uning shaxtidan To‘ramning yuragi bir qalqdi: qani edi, qanot chiqarib, ucholsa, u yetim qolgan diyorga! Ucholmaydi, qanotini tag-tagidan qirqib tashlaganlar! U bizning qushimiz edi deb! Endi borgan taqdirda ham kimga isbotlay oladi Ozod qush ekanini?!
— Bir og‘iz so‘zingiz, Xondoda, — dedi Botur qaytarib va bo‘ldi, desa, hoziroq ishga kirishadigan- dek.
— Botur, Siz begona yurtdasiz, qolaversa, men... — dedi To‘ram o‘tirib xotirjam gaplashmoq lozimligini anglab tursa-da, o‘tirmoqqa-da sabri dosh bermay. Ammo Botur fikrini tugatmoqqa qo‘ymadi.
— Nimalar deyapsiz, Xondoda? Bu mening o‘z yurtim. Men uning har tosh, har o‘ngirini kezib chiqqanman. Bu diyorlarga sig‘may o‘shal Tangritog‘ga chiqib borganbiz.
— Uni qarang, hijrat etibmi? — dedi To‘ram endi uning kimligini anglay borib, — Sultonmurod deganlari Sizmi hali?
— Men-da, Xondoda. U yog‘ini so‘rasangiz, — deb qulog‘iga shivirladi, — shu toshkanlik Abdurahim eshon pochchaning o‘g‘illariman. Eshitgan chiqarsiz balki.
— Qaysi, Sibirga surgun etilganlardanmi? — deya oldi u.
— Ha, — dedi Botur bo‘g‘ziga kelgan so‘zlarni qult yutib, so‘ng dedi, — diyoriga sig‘magan kishilarning bolalarimiz.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:09:39
— O‘tiring, Botur. Ulug‘ odamlarning farzandi ekansiz. Tik turib so‘rashmoq yarashmaydi bizga, — dedi To‘ram va qaytib o‘z o‘rinlariga cho‘kdilar.
— Taqdirlarini biloldingizmi? — dedi xiyla o‘zlariga kelishgach.
— Qaerda!— dedi Botur xo‘rsinib.— O‘sha Sibirdan ham, Tumanli yurtdan ham izlarini topolmadim.
— Izlab borib-a? — To‘ram hayratdan Boturning yuzlariga suyib tikildi: qani, hamma ham shundoq farzand o‘stira olsa!
Botur ochig‘ini aytishga qisinib xijolatlandi:
— Padar bo‘lgach, izlarkansiz.
— Tushunarli-tushunarli, hijratingiz boisi ham,— deb qo‘yib, ularning tanishuvlariga tursalar turib, o‘tirsalar o‘tirib jim qolgan mehmonlarga yuzlandi.— Jilla qursa, Sizlar olishib o‘tiringiz, yo‘l bosib kelgansiz, axir.
— Xo‘p, Xondoda, xo‘p, — deb ular piyolalarga choy quymoqqa boshladilar. Keyin uzatishdi. To‘ram piyoladagi choyni aylantirgancha o‘ziga kelmoqqa urinarkan, bularning rejasiga besh ketib-ketib qo‘yardi:
— Demak, yolg‘iz emassizlar? U yoqda... sheriklaringiz ham bor?
— Bor, bor. Otlarni taxt etib turishibdi. Bu yerdan chiqib borsagoq... — dedi Botur boyagi shahdamligi qaytib.
— Hali otliqma-yayov dovon oshib kelgan joyingizmi? Shundan shu yoqqa-ya?
— Bizning uchog‘imiz bo‘lmasa ham, uchar otlarimiz bor! Ishonavering!
— Sulaymon payg‘ambar zamonlaridagidek-a?!
— Shunday-shunday! Ularga ikki dunyo bir qadam!
— Bu yog‘i-chi? — dedi qariya ichida qaynay boshlagan o‘tni bosib-bosolmay, — bu yerdan qanday chiqib ketmoqchisizlar?
— Undan osoni yo‘q, Xondoda, — dedi Botur halidan beri qarab qo‘ymoqda bo‘lgan qora soqolli sherigiga ximo qilib, — tanishib qo‘yasiz, bu akaxonimiz sizning o‘rningizga o‘rindoshlikka kelganlar. Adash deysizmi, qo‘shoq deysizmi, o‘ziz bilasiz. Xullas, egizingizni topib kelganmiz. Ko‘rasizmi?
— Qanday?! — dedi To‘ram ularning niyatlarini elas-elas anglayotgandek.
— Marhamat, — dedi Botur yolg‘iz o‘zlari tushunadigan bir imo bilan .
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:09:49
Mehmon yarim iljayib, yarim iymanib yuzidan niqob soqolini olib edi... ro‘barasida jussasiyu yuzi quyib qo‘ygandek o‘ziga o‘xshash xos tabibi paydo bo‘lib, hayron qoldi.
— Ie, «Hoziq to‘ram»?! Xush kelgaysiz!— deya oldiyu quchoq ochib ko‘risha ketdilar. Ilgarigi zamonning podsholari ana shunday qiyofadosh odam asraganliklarini, qay biri xon, qay biri soya — ajratolmasliklarini eshitgan edi. Bular ham shunaqasini qidirib, o‘zining xos tabibini ola kelishibdimi?..
— Demak, almashtirib ketasiz? — dedi nihoyat niyatlarini fahmlab.
— Qalay, arziydimi? — dedi Botur o‘z rejasining pishiqligiga qilcha shubhalanmay.
— Soxtasini qoldirib, chinini ola ketasiz. Shundaymi? — dedi To‘ram.
— Shunday. Ular bizni chuv tushirishganda biz tushirolmaymizmi?! Qalay, yaraydimi?
— Yaraydi, yaraydi, lekin.. — degancha ko‘zlari chinakam namlanib kelib, ovozi o‘zgargancha... nimaga chal-g‘ishini bilmay o‘rnidan tura boshladi To‘ram. Keyin turib, negadir eshik tomon yurarkan, ichini o‘rtab yotgan so‘zni aytolmay, qo‘li ila yuring degandek Boturni imladi.
Botur ham To‘ramning aft-angoridan nima gapligini sal anglagandek bo‘ldi-yu, noiloj ergashdi. Ular peshayvonga chiqib, yotoqqami, xosxonagami olib borguvchi yo‘lakka burildilar. Shu bir necha daqiqa ichida necha o‘n yilga qarib ketgan To‘ram oldinda munkillagan choldek boraru lablari shivirlab, tilidan bir duoni qo‘ymas, Allohim, o‘zingga sig‘inib, o‘zingga tavakkul etdim, o‘zing uyaltirma, deb topingandan topinar edi.
Nega? Bu ham yolg‘iz o‘zigayu Allohga ayon edi.
Ular yo‘lak adog‘iga yetib to‘xtadilar.
To‘ram eshikni qiya ochib, Boturga o‘girildi:
— Men kimmanki, bunchalik jonni garovga qo‘yib kelibsiz, — dedi titroq bir tovushda. — Men o‘zim...— dediyu u yog‘ini aytolmay yutindi va ko‘zini olib qo-chib, — sizga chini kerakmi? Ana, o‘zlari, o‘shal zot, — deya oldi.
To‘ram chetlanib, Botur bir qadam oldinga bosdiyu xosxonada joynamoz ustida tasbeh o‘girib o‘tirgan ajab nuroniy To‘ramni ko‘rib, hayratda yoqa ushladi.
Ularning qay biri haqiqiy, qay biri qo‘shoq — ajratib bo‘lmasdi. Faqat buning ko‘zlari yoshlimi desa, uniki-da, namliga o‘xshar, o‘xshayverar edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:09:59
* * *
Ular ko‘zda yosh ila xayrlashar ekanlar:
— Bir og‘iz... bir nima so‘rasam, maylimi, Xondoda? — dedi Botur.
To‘ram, so‘rang, deganday bosh silkidilar.
— Endi, tangritog‘li biz yetimlarga ne maslahat bergaysiz, ustoz? — deya oldi u.
— «Innamal a’malu binniyati». Niyatni pok qilavering. «Albatta, amallar niyatga bog‘liqdir». Balkim, Forobiy domlaning vasiyatlariga qarab boqarsiz. O‘shal zotdan biron jo‘yali fikr chiqsa, mumkindir...— dedilar To‘ram taqsir.
Ular qayta ko‘rishtirmoqni Allohdan so‘rab, quchoqlashib xayrlashmoqqa boshladilar. Tashqarida shom tushib kelmoqda edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:10:40
10. XESHLAR KIMNI IZLAYDILAR?
Yana Maqsudning o‘zigagina ma’lum qissadan.


«To‘ra buvamning iltimoslari shunday bo‘ldi...»
Bu mujda menga jindek taskin bergan bo‘lsa-da, turib-turib yana yuragimga g‘ashlik o‘rmalab kira boshlardi: «Tavba, biznikidan ham bexavotirroq joy borakanmi? Umuman, uni kimdan yashirishyapti? Nega yashirishyapti? Bu musibatzadalarning boshi ustida yana qanday abri balolar aylanib qolibdiki, To‘ra buva aralashmasalar? Anavi kemshiktoyning yo‘qolishi ham bejizmasmi? Uni bunga adashtirishganmi yo buni unga?...» Ishqilib, kalavaning uchini topa olmasdim.
Anuv Zohidxon deganimiz bozor-o‘char qilib, Tarnov tomonga chiqib ketganmish. Bahavo joyda bitta oshni qilib, dam olib kelgani ketganmi yo biron tanishining ziyoratigami — unisini aytmabdi. Shu tobda unga telefon numerimni bera qolmaganimga pushaymonlar qildim. Harqalay, To‘ra buvaning iltimoslari sababini aytgan bo‘lardi-ku, o‘zimga. Shundanmi, ichimni allaqanday bir tushunuksiz g‘ashlik kemirgandan-kemirib ishga kelsam, ertalabdan kimdir meni so‘rabdi.
— Bir juvon sizni uch qayta so‘radi-yov. Yana chaqiradi ekan.
— Kim, kelinoyimmi?! — dedim o‘takam chiqib.
Hamxonam yelka qisdi:
— Bilmasam, aytmadi.
Joyimga o‘tirolmayin ham qoldim: bo‘lak kim bo‘lsa ekan? Nima ro‘y bera qopti?
Na ishga qo‘lim boradi, na chiqib keta olaman! Deraza oldida turvolgancha hali yoz kelmasdanoq suv otaketgan favvoraga, uning to‘zonlarini goh mag‘- ribu goh mashriqqa tortqilagan yellar o‘yiniga alahsimoqqa urinarkanman, qo‘ng‘iroq ovozidan cho‘chib tushdim.
Ustoliga muk tushib, «havodan xolva yasash»ga tushib ketgan (biz gazetaga tushadigan «labbayka» maqolalarni shunday ataymiz) hamxonalarimdan burun go‘shakka yopishdim:
— Alyo, eshitaman.
Simning u yog‘ida mahzun xo‘rsiniq eshitildi.
— Yana menman, haliyam kelmadilarmi?
O‘sha juvonligini bilib turibman-u, hech taniy olmayapman, kim bo‘luvi mumkin — kallamga kela qolmaydi!
— Keldim, keldim, men — Maqsudman, — dedim yutoqib.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:10:52
— Voy, o‘zingizmi? — Ayol daf’atan kalovlanib qoldi. — Uzr, tanimabman.
— Kechirasiz, kimsiz? — dedim biron bir tanishimga o‘xshatolmay.
— Men Asal opangizman.
— E, ha, sizmi?.. Xolamoyim yaxshimilar, yaxshi o‘tiribsizlarmi? — Nechuk, zahar-zaqqumoy muloyim-halim bo‘lib, qidirib qolibdi?
— Xudoga shukr, duoi joningizni qilib o‘tiribmiz, — dedi u. Muomalasidan hayron qolib, so‘rashishda davom etdim:
— Qalay, darak bormi ulardan?
U o‘zini tutolmay yutindi:
— O‘sha... o‘ziz bilgan xatdan bo‘lak... hech gap yo‘q. O‘tiribbiza, eshikka qarab.
— Haliyam so‘raganakansiz, — dedim. Aytavuring, nima gap, deyishga tilim bormay.
— Ha, — dedi u iymanib, — Oyim so‘rab eslari ketyapti. Bir keb ketasizmi?
— Tinchlikmi?
— Tinchlik. So‘raydilar-qo‘yadilar, so‘raydilar qo‘ya-dilar, — dedi u oyisi Oyto‘ra buviga kuyingan kabi. — O‘zizga gaplari bor shekilli. Vaqt topolsangiz-da.
Uning bu tarz kuyingani (qarang, o‘sha Asal ham kuyinadi ekan!) menga xush yoqib, eriy boshlagan edim.
— U kishi so‘ragan bo‘lsalar, hoziroq yetib boraman, — dedim.
— Rahmat, kutovuz, — deb u gaplashgichni qo‘ydi.
Tavba, ko‘hlik yuzidan chak-chak zahar tomib, bir o‘rim sochi orqasida ilonday to‘lg‘ongan Asal qayoqdayu bu Asal qayoqda edi. Keyingi voqealar uni shunchalik muloyim-yuvvosh qilib qo‘ygan bo‘lsa-da, negadir ko‘z oldimdan ko‘chalari adog‘idagi anuv kuyib-qorayib tushgan yolg‘iz qora daraxt ketmasdi. Qarang-a, o‘sha Zaqqumoy ham muloyim tortishni bilarkan-a...
Borsam, Kalkovuzning suvlari hiyla tiniq tortib, zilollanib qopti-yu, asovligi o‘sha-o‘sha. Qirg‘oqdagi qator tollar tagiga shalop-shulup bosh urib kelib, qora ildizlarini o‘pib, patak ildizlarini o‘ynab, nafis-nafis tarab yotibdi. Suvning bu erkalashidan tollar ham gurkirab, yashnab ketganlar. Novdalari bir ajoyib chayqalib, suluv-suluv tebranadilar. Ularga osilib halinchak uchgan-uchayotgan yellar ham shu Kalkovuz mehmoniga aylanganlar. Hatto «yoshini yashab, oshini oshab bo‘lgan» paxsa devor ustida unib, gulini to‘kib, urug‘ bog‘lab ulgurgan qizg‘aldoq bir chiroyluv chayqaladi. Faqat anuv qora daraxtgina qarg‘ish urgandek, o‘sha-o‘sha so‘ppayib turibdi. Sulaymon payg‘ambarning qurt yeb ado qilgan asosidek bir kun o‘zi chirib tushmasa, ungacha shu turishi turish, qayta ko‘klashi dargumon.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:11:08
Ostonasi tagiga katta xarsangtosh yotqizilgan (u chiqiladigan o‘ziga xos zina ham edi) yakka tavaqali eshikdan kirib boraverdim. Yuqoridagi boloxonali uyning hovlisigacha cho‘zilib borgan ishkomlar xuddi Kattabog‘ning ishkomlaridek tagiga bir ajoyib olachalpoq soyalar tashlab, yashnab yotar, gulini to‘ka boshlagan uzum boshlari ko‘k marvarid shodalaridek tok barglari orasidan mo‘ralar edilar. Ishkom ichidan uzum gulining islari gurkirab kelar va biz ichlarida shabboxun urib katta bo‘lgan bog‘larimizni yodga solar edi. Farqi, bu ishkomlar ichi tizza bo‘yi o‘t emas, balki yo‘l edi. Shu yo‘lakdan tepa hovliga chiqib borilar edi.
Men o‘zim kirib boraverishga haddim sig‘may, har ehtimolga qarshi ovoz berdim:
— Chaman aka! Hov, Yodgormurod!..
Ular yo‘qligini juda yaxshi bilaman. Chaman akam qaytsayoq qidirib topar edi. Yodgorni esa qaerdaligini aytib ham berolmayman. Menga ham ishonmay, qayoqqadir oldirib ketishibdi. To‘ramning gaplari bilan. Shunday bo‘lsa-da, ularning otlarini atab chaqirar edim.
Yuqoridagi so‘ritok tagida kimningdir qorasi ko‘rinib, hech qancha o‘tmay Asal opaning o‘zi ishkom boshiga chiqib keldi. U uylik odmi ko‘ylak kiyib, boshiga ro‘mol o‘rab olgan, bular unga yarashib, andisha-iboli ayollar nusxini bervorgan edi. Ilgarigi chars ayoldan nishon ham ko‘rinmasdi.
U meni tanib, shoshib qoldi:
— Voy, sizmi, kirib kelavurmaysizmi? Bu yoqda biz eshik tiq etsa, termulib o‘tiribmiz-ku, — deb ro‘molini to‘g‘rilab, o‘zi Oyto‘ra kampirning uyi tomon yuraverdi. Borayotib, «Kelishibdi, oyi», deb ovoz berib ham qo‘ydi.
Meni esa ko‘zim Yodgorlar turadigan (hozir oynasiga oq mato tutug‘lik) boloxonaga tushib, ilgarigidek bir sir bosib kela boshlagan edi. Bu xonadonning shunaqa birovga aytib bo‘lmas sirlari bor. Ayniqsa, shu boloxonaga chiqaverishdagi anuv oq-oppoq kampirning dahlizida, o‘sha zinada, tag‘in boloxonasida. Bu sirning domiga bir tushdingizmi, chiqa olmaysiz ham, qutula olmaysiz ham menga o‘xshab...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:11:19
— Assalomu alaykum, xolamoyi, — men ostona hatlab, qo‘lim ko‘ksimda, karavotlarida o‘sha-o‘sha, oq-oppoq bo‘lib, mushtdek bo‘lib o‘tirgan kampirga yelkamni tutib bordim. U kishi ham oq donasidagi qora xol-xolli yozuvlari yedirilib ketayozgan tasbehlarini qo‘yib, kiftimga qoqib ko‘risharkanlar, momiqdan momiq qo‘llaridan bir olam huzur topib, erib borardim, so‘rab-istashlariga «rahmat-rahmat, yurishibdi, o‘tirishibdi»dan nariga o‘tolmasdim.
— Bizning toychog‘imiz-chi, ichikib qolmadimi? Ketamizga tushib, qiynab qo‘ymadimi sizni? Opkelavurmabsiz-da?... — derdilar kamiga.
Men qanday ayta olarkanman, tushuntira olarkanman u Yodgortoy bilan bog‘liq voqealarni, Zohidxon kelib olib ketganini? Olloh o‘zi kechirsin. «Tuzuk-tuzuk, yuribdi»dan nari o‘tolmasdim.
Nihoyat, hali ham ko‘milmagan sandal yoniga cho‘ka qoldim. Asal opa qoziqdan olgan dasturxonni xilviratib yozib, buvi duoga qo‘l ochdilar.
— Iloho, ovmin, shu qutli qadamlariz bilan biz sog‘ingan kishilarni ham o‘zi yetkaza qolsin. U yoqdan Chamanimizniyu bu yoqdan Saritoyimiz, Yodgormurodimizni, uning dard ko‘rib ro‘shnolik ko‘rmagan ayaginasini...
Men yana yolg‘onlashga majbur bo‘lmayin-da, deb ich-etimni yeb, duoga qo‘l ochib turibman-u, buvining betlariga qaray olmayapman. Ammo ich-ichimdan «Ilohim, farishtalar ham omin degan bo‘lsinlar, Oyto‘ra buvining duolari mustajob bo‘la qolsin. O‘sha jabrdiydayu sitamzadalar qaytib, bularning ham bag‘ri to‘la qolsin», deb tavallolar qilardim.
Nihoyat, yuzga fotiha tortilib, taxmondagi qutidan bejog‘liq talinkalar olina boshlandi.
Men «keragi yo‘q-keragi yo‘q» deganim bilan qutidan kallak qandu mayiz-yong‘oqlar chiqib, shaharning endi rasm bo‘lgan churrak noni ushatildi. Ustida damlangan choyi bilan potirlab qaynab turgan mitti samovar olib kirilib joyini topdi-yu, mo‘’jaz xonaga fayz ham kira qoldi. Asal opa laylakoyoqqa o‘xshash bir ajoyib nozik gulli bir vaqtlargi chinakam chinni piyolalarga avval choynakdan, so‘ng samovardan burab, choy quyarkan va kelinlardek nazokat-la uza- tarkan, meni xayol opqochib-opqochib ketar edi: Qarang-a, bir uyni yashnatib o‘tiradigan binoyi ayol ekan-ku... Saritoyi yo‘qolmasdan burungi zahar-zaqqu- moyni ko‘ringu hozir o‘tirishini ko‘ring, derdim ichimda.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:11:40
Beixtiyor Nusrat pochchaning gaplari aylanib-aylanib yodimga tushib ketar edi. U kishi:
— Ollohga oson. Insof beraman desa, har qandog‘ini o‘nglab qo‘yadiki, qalbi qanday moyil bo‘p qolganini o‘zi sezmay qoladi, — deyishni yaxshi ko‘rar edilar. Shunga o‘xshab, bu ham Ollohning ishlarimikan?
Non ushatilib, piyola bir aylandi. Mulozamatlar davom etar, uy egalari maqsadga ko‘chishdan istihola etib, sir berishmas edi. Nihoyat, oyoqlarini uzatgancha bizga yonlamasiga o‘tirgan Oyto‘ra buvi:
— Uzr, biz sizni chaqirtirib, bezovta etduk, aybga buyurmaysiz, — dedilar ming bir istihola ila.
— Bezovtasi bormi? Xabar olish bizdan lozim, — deb men ham ma’zurlandim. Ichimda esa, nima gaplari borakan, deb intiqib yotibman.
— Aytmoqchi, — Oyto‘ra buvi qizlariga o‘girilib qaradilar, — bugun muharramning nechanchisi?
Asal opa barmoqlarini bukib sanay turib adashib ketdi, yana qayta sanab, javob qildi:
— Yigirma to‘rti ekan, oyijon.
Nimaga kun sanashyapti — hech aqlim yeta qolmasdi.
— Shunaqami? — dedilar buvi xayollanib. — U yog‘i Zulhijjadan bir hafta qo‘shilsa... o‘n kun ham qolmabdi-ku, aytgan muddatiga, — dedilar ichlari allaqanday sidirilib. Kamiga — ona-bola bir-birlariga g‘alati qarab olishdi ham.
— Nimaning muddati, xolamoyi? — dedim ichim tosha boshlab.
Buvi o‘sha yig‘ilmas oyoqlarini oq choyshab ustidan hardamxayol silar ekanlar, bir alpoz tin oldilar:
— Chamanning-da, mirzo bolam, ado qildi-ku bu yurishlari bilan.— Shu tob ichlaridan o‘rlab chiqdimi yo samovar ichidan tushgan cho‘g‘ chayindida vishillab o‘chdimi — xonada bir tur dud anqib o‘tdi. U olovda kuya boshlagan jigarga ham, suvga tushgan cho‘g‘ hidiga ham o‘xshab ketar edi. — O‘shani dardida kun sanab o‘tiribmiz-da, biz-mushtiparlar...
— Qachon kelishlari kerak edi? — dedim men ham ichim sidirilib. — Aytib ketgandirlar, axir?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:11:53
— Aytgan, mirzo bolam, aytgan, — dedilar buvi, u yog‘iga ko‘cha olmay.
— Aytgan bo‘lsalar — kelib qoladilar. Bilasiz-ku, Chaman akamni! So‘zlarining ustidan chiqmay qolmaganlar.
— Chiqmay qolmagan, to‘g‘ri, — deb tasdiqladilar buvi, lekin chiroylari ochila qolmas, nimanidir aytolmay o‘tirardilar.
— Qayoqqa ketganlar o‘zi? — dedim, zora aytgan bo‘lsalar, deb.
— Hov-v, Chaman bo‘ladiyu aytadimi, — dedilar buvi bir chuqur xo‘rsinib.
Asal opa esa bir mo‘min tortib-bir mo‘min tortib, bosh silkib o‘tiribdi. Piyola-sochiq haliyam qo‘lidan tushgani yo‘q: yozib-taxlaydi, taxlab-yozadi.
— Sizlarga aytmasa, kimga aytadi?
— Shu idoraga kiribdiki, shunday: aytmay ketadi. Qoidasi shundaymi?
— Axir ushlanib qolishi bor, bu yoqda zarur bo‘p qolishlari bor.
— Bizam necha qaytalab aytganmiz, — deb gap qo‘shdi Asal opa, — uylansayam sil qilardi kelinni.
U endi ilgarigi Asal opaga o‘xshab-o‘xshab ketayotgan edi.
— Yo‘g‘-e,— dedim men Chaman akamning yonini olib.
Oyto‘ra buvi (bilmabman, ko‘ngillari bo‘shashib o‘tirgan ekan), ro‘molcha izlab, qizarinqiragan mijjalariga yenglarini bosdilar. Asal opa turib kirtokchadan ro‘molchami — nima olib kelib berdi.
— Mani o‘tirishim — bundoq, uning yurishi — undoq. Nimayam qilaylik, yozug‘i shundoq ekan, — dedilar buvi ko‘zlari yana yoshlanib kela boshlab. — Bilmadim, shuning boshini ikkita qilib qo‘ya qolsak, qutularmidik shu majhul yurishlaridan.
— Aytib ketiptilar-ku, — dedim gap sig‘masa ham.
— Aytganiyam bor bo‘lsin, hamma gap shunda-da.
Men qolgan choyimni ho‘plab, hayron qaradim:
— Tushunmadim...
Oyto‘ra buvi hijolatlanib, yuzimga bir qarab oldilar:
— Kelavurmasam... kun sanaysiz deb edi. Farishtalar ovmin degan ekan, aytganiday bo‘ldi.
— Qanday-qanday?..
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:12:05
Buvi aytishga qiynalayotganlarini ko‘rib, Asal opa engashib qulog‘imga shivirladi:
— Hali aytdim-ku, o‘sha — omonat gap.
Hamma narsani kutsam ham, buni kutmagan edim. Xushim uchdi:
— Menga tegishlimi?
— Ha, mirzo bolam, qirq kundayam daragim bo‘lmasa, Maqsudni chaqirtirasizlar, deb edi.
— Yo‘g‘-e?!— mening ich-etim bo‘shashib tushgan edi.
Oyto‘ra buvi bosh to‘lg‘adilar:
— Mayli, haliyam bo‘lsa, aytmay tura qolay. Irim qildim, maylimi, mirzo bolam? — u kishi iltijo-la tikildilar,— uzr, oldindan chaqirganuvzaga.
— Ungacha balki o‘zi ham kelib qolar, — dedi Asal opa.
Men esam, miyam karaxt tortib, kallavaram odamga o‘xshab qolganmanmi, epaqali bir fikrga kelolmasdim. Koshki bilmasam, qayoqqa ketganini! Lekin bularga aytib bo‘ladimi! «Hov, Tibetdami, Tangritog‘ degan mamlakatdami — qiyomatli oshnasi bor. Mening akam! Qanchadan beri — na xat, na xabari bor. O‘shaning daragi chiqib, (qanday aniqlagan — yolg‘iz o‘zi biladi!) jo‘nab ketgan!» deb. Aytib bo‘larmidi kampirning o‘takasini yorib?!.
Baribir boyagi gap hech miyamdan ketmayapti: qirq kungacha kelmasa, men nima qilishim kerak ekan? Bu nima degani? Juda g‘alati-ku?..
— Undan ko‘ra, Siz, mirzo bolam, anavi ostonamizga tanda qo‘yvolganlarni bilib bering. Aytgin, Asal, — dedilar buvi biz tomon yarim o‘girilib.
Qizi u kishiga choy quyib uzatarkan, bosh silkidi:
— Xo‘p, oyijon, xo‘p.
— Kim... tanda qo‘yarkan?
— Bir ijroqo‘mdanmiz, deb keladi, bir idoradan, deb... Ijikilab bir nimalarni so‘ragani so‘ragan, — deb tushuntirgan bo‘ldi Asal opa.
Bir narsani tushunsam, o‘lsin agar:
— Nimani so‘raydi?
Asal opa yelka uchirib, labini burdi: (Ana, shunda u o‘zim bilgan Asal opaga o‘xshab ketdiyu, yana muloyim qiyofasiga qaytdi)
— Bilmasam. Hali do‘mavoyni titkilaydi, hali o‘zidagi ro‘yxatni. Yashirmang, yana kimlar turadi, deb tergaydi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:12:18
— Boloxonaga chiqmadimi, ishqilib? — dedim ichim to‘kilib kela boshlab.
— Qayoqda! Qo‘ymadim! — dedi u qoshlari chimirilib-tushib.
«Bormisiz! — Men ich-ichimdan uni yoqtirib qola boshlagan edim. — Yaxshiyam sizga ro‘baro‘ bo‘pti».
— Kirolmabdimi, qo‘rqadigan joyi yo‘q, — dedim dadillanib. — Bu yog‘ini o‘zimga qo‘yib berasiz: ishxonadan bitta qo‘ng‘iroq qilsam, nafaslari o‘chib ketadi.
Oyto‘ra buvi azza-bazza duo qilishga tushdilar:
— Voy, barakagina toping, mirzo bolam. Yaxshiyam chaqirganimiz. Chamanni yo‘qligini bilintirmay turing. Shuni aytadilar-da, har xonadonning erkagi bo‘l-sin-u, Alloh panohida asrasin, deb.
— Bo‘ldi, o‘zim tez-tez kelib turaman. Keyin... tortinmay qo‘ng‘iroq qilavering, chaqiraveringlar, — deb va’dani qalashtirib, ularga taskin berarkanman, ko‘nglimning bir chekkasida «U surishtirib kelayotganlar kim o‘zi? Kimni qidiradilar? Yodgornimi, kennoyimnimi?» degan ishtiboh g‘imirlab-g‘imirlab qo‘yar, buni mana bu mushtiparlarga bildirmay qo‘yaqolay, deb uni ichimga yutganim-yutgan edi. Qolaversa, Chaman akam nima deb tayinlabdi ekan? Hech tagiga yetolmay o‘tiribman. Buvi qirq kun bo‘lmabdi hali, deb irim qildilar. Shundan keyin qanday so‘ray olasan?!
Gaplar ham poyoniga yetib qolgandek edi, men turishga hozirlana boshlab, yana bir taskin bergim keldi.
— U so‘rab kelguvchilardan judayam qo‘rqmang. Nazarimda, ular xeshlarini izlashadir, — dedim.
— Kimlar?— dedilar Oyto‘ra buvi xushyor tortib.
— Axir, Yodgorning Tangritog‘da qolgan xeshlari bor-ku. O‘shalar izlayotgan bo‘lishsa kerak-da nuridiydalarini...
Oyto‘ra buvi o‘tirgan joylarida bir yerga yetib, hamdu sanoga tushdilar:
— Olloh-Olloh! Hali shundoq edimi! Chindan O‘zining karami cheksiz, poyonsiz. To‘g‘ri aytasiz, xeshlari qarab turisharmidi. Subhanallohi va bihamdihi, subhanallohil a’ziym. O‘zing mushkullarini oson etgil,— deb duo qilgancha qiblaga yuzlandilar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:12:37
Yo Musavviri olam! Mening ko‘z oldimda esa, Oyto‘ra buvining yuzlaridek yorug‘ bir nur turib olgan, qayoqqa qarasam o‘sha yoqqa ko‘char, suv tubida yotgan yombiday jivirlab ko‘zimni qamashtirgani-qamashtirgan edi. Goh sap-sariq xandalakka aylanadi-qoladi, goh bir o‘ram sariq ipak to‘piga. Ba’zan esa, go‘yo yulduzlar turkumiday jivirlashga tushib beradiyu o‘z poshshosiga ergashgan asalarilar to‘dasidek g‘ujg‘on o‘ynay boshlaydi. Nima ekan, hech bilolmayman. Bu holdan azbaroyi to‘lqinlanib boshimni ko‘tarsam, deng, o‘sha nur ko‘chib borib, Oyto‘ra buvining bosh tomonlaridagi anavi jildga qo‘ndiyu meni hayratga solib, unga singdi-ketdi, tavba.
Ko‘z oldimda jigarrang chiyduxobadan tikilgan jildu uning ichidan bir enlikkina chiqib turgan eski-qadim qitobgina qoldi, xolos. Uning yonida o‘sha devor qoziqqa osig‘liq boshqa bir — nay bo‘lib nayga, surnay bo‘lib surnayga o‘xshamagan, lekin qadim bir matodan tikilgan jildga osig‘liq narsa turibdi. Men uni har gal bu xonadonning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan shajara qog‘ozi bo‘lsa kerak, deb taxmin qilaman-u, buvidan so‘rashga jur’at eta olmayman. Bu gal ham tilim bormadi. Mavridi emasdi.
Faqat jig‘illashi goh susayib-o‘chib, goh yana qaytadan jonlanayotgan samovar yonidagi Asal opa Saritoyini o‘ylab ketganmi, o‘ksig‘ini ichiga yutib, jimgina yig‘lab o‘tirar, ora-chira hiqillab qo‘ymasa, ko‘ngilni ezadigan narsa yo‘qdek edi go‘yo...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:13:06
II. HIJRON SHEVASIDAGI MAHFUZ XATLAR

Dunyoda birovning birovga atalgan xatidan g‘a- royibroq narsa yo‘q. Yana ular ayriliqdagi kelin-kuyovlarga tegishli bo‘lsa!
Bu esa, ustiga-ustak boshqa imloda edi. Faqat birovgagina o‘qitib, nimaligini bilish mumkin. Qolaversa, birovning xatini egasidan bir og‘iz so‘ramay birovga o‘qitish mumkinmi? Har qancha g‘aroyib bo‘lgan-da ham (asli akam haqida biron mujda chiqib qolarmikan, deb ichim qurib yotibdi!) bu mumkin emasdek edi. Avvalo birovniki! Ustiga-ustak omonat. Kenno-yim eshitsa nima deydi?
Pochchaga olib borgim kelmadi. Iya, Maqsudxo‘ja, kennoyingni daragi chiqibam bizga indamabsan-da, desalar nima degan odam bo‘laman! Undan ko‘ra, o‘ziga qaytarib beraman. Nima qilsa qilsin. Xohlasa asrab qo‘ysin, xohlamasa, yirtib tashlasin. Nimalar kechgani bir umr qorong‘i qolsin! Muhimi, u akamni kut-yapti-ku. Oz emas, ko‘p emas — necha yillardan beri, birovlarning eshigida sarson-sargardonlikda yurib ham, Olloh yuborgan dardlarni bir ehsondek kutib, chidab kelyapti-ku. Shuncha sabr-bardoshni qaerdan topdi ekan? Chivindek joni, ayol boshiga? Sabil ekan-ey tag‘in ham joni...
Ishqilib, akam omon bo‘lsin, bularning baxtiga, shuncha kutganiga. Axir, Chaman akam topgandir-ku? Qaytib ham qolar-ku...
Shunday mahzun xayollar bilan uyga kirib borsam, oyim otin oyilaridan yodgor qolgan qalin qizil gilam ustida (ko‘rpachadan tushvolib) chordona qurib, enkayib o‘tiribdilar. Hadeb tizzalaridagi kaftlarining orqasini silaydilar. Goh unisini, goh bunisini. Eshiklari qiya ochiq, quruq yakandoz yopilgan sandal ortida (men o‘zini ko‘rmayotirman) kimdir nimadir o‘qiyapti. Oyim toza quloq osganlar. Men kelganimni sezmaganlari sezmagan, ora-chira burunlarini bir g‘alati tortib ham qo‘yayaptilar. Xuddi o‘ksilari bosib-bosib kelayotgan kabi.
Zinada oyog‘imdagini yechayotib quloq solsam, tanish ovoz, o‘qiyapgan keliniz!.. U o‘qirdi:
«... homilam kun sayun bilinub boradu. Men boyaqishgina uni ichdan sirib ham, ustimdan xalatu kamzullar kiyib ham yashirolmasdum. Yashurganday bo‘la- man-u, yana hamma menga qarayotgandek... bu baxtiqaro qornidaginu qaydan topdu, qaerdan bo‘yuda bo‘la qoldu, deyayotgandek. Tushuning, bosh ko‘tarolmayutirman. Ayturga tilim yo‘q. Birov sizga uy berur, joy berur-da, yana malomatlarga qolurmu? Mening kichigoyum, sizning xolamoyingiz — u farishtadayin zotlar shundayun malomatlarga qolsunlarmu...»
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:13:24
Men nimanidir anglayotgandekman-u, tagiga yetolmayotirman. Nima bo‘lsa ekan? Kim bo‘lsa ekan? Nahotki shunday sirlarni birovga ochish mumkin, yozish mumkin?
Bir qadam bosib, ayvonga chiqdim. Saidaning nigohi menga tushib:
— Voy, bular keptilar-ku! — deb sakrab turayotib negadir loladay qizarib ketdi. Qo‘lidagi... unniqib ketgan daftarni qaerga yashirarini bilmay garangsidi. Tanidim! U o‘sha eski uyimizda qolib ketgan daftarlarga o‘xshab ketar edi. Nahot o‘sha omonat xatlar?! Qaerdan ola qolibdi? Qolaversa, xotinim u eski imlodagi narsani qanday o‘qiyapti?
— Nimaga so‘ramasdan... oldiz?
— Kechirasiz, — Saida yer chizib qoldi. Qimtilgan lablari qontalashib borardi.
Mening «bemavrid tergashim»dan oyim asta boshlarini ko‘tarib, yelkalari osha qarab qo‘ydilar. O‘zlari o‘sha-o‘sha gilam ustida chordona qurib o‘tirar, faqat kaftlari orqasini siypashdan to‘xtagan edilar.
— Ha, Maqsudxo‘jam? Men aytib edim, — dedilar.
Men salom berib, kirib boraverdim. U kishi alik olib, tuzukroq o‘girildilar:
— Shoshma. Qaerdan topding bu narsalarni? Yo boya-qishginaning daragini topib ham miq etmay yuribsanmi? Anuv kungi bolakayni ham... kim deb tushuntirib eding?
O‘zim kirib, o‘zim mulzam bo‘lib qoldim! Rostiga ko‘chmay bo‘lmasdi:
— Eski uydan, oyi. Tokcha orasida ekan.
— Bir og‘iz indamading-ku?
Yashirishning hojati qolmagan edi:
— Oyi, u kishi iltimos qilib edilar. O‘zlari shu shahardalar. U kungi bolakay ham shularning Yodgori,— dedim tilimning tushovlari yechila borib.
— Dard edi! Go‘r edi!.. — Oyim betimga yomon qarab, yuz o‘girib oldilar. — Tiling bor ekan-ku! Aytsang o‘lib qolarmiding?!
Miq etolmay qoldim. Endi kennoyim bilan bog‘liq barcha gaplarni aytib qutulmasam, qutulolmasdim.
— Xohlasangiz, olib boraman, oyi. U kishi shifoxonadalar. Sal tuzalib olsinlar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:13:38
— Voy, hali shifoxonalarda yotibdiyu... bir og‘iz aytmadingmi? Birrov ko‘rib kelishga yaramadikmi? Es-pesing joyidami, bola? Seni kim aytadi gazetada ishlaydi, ko‘cha ko‘rgan, deb? Voy, Maqsudxo‘jam tushmagu-ur, haliyam bolaliging, do‘lvorliging qolmabdi-ku.
Men yer chizib qolgan edim. O‘tirishimni ham, nima deb uzr so‘rashimni ham bilmasdim. U kishi esa astoydil hafa bo‘lganlaridan mendan yuz o‘girib olgan, qarab ham qo‘ymasdilar. Men hatto elanib, uzr so‘rashdan ham hayiqib turibman. Battar gap eshitib olishim mumkin. Negaki, ayb o‘zimda. Vaqtida aytmaganman.
Nihoyat, u kishi yuzlari yorishmay o‘girildilar:
— Qachon chiqarkan, boyaqishgina?
— Bir hafta-o‘n kunlarda javob tegib qolar, — dedim shoshibgina.
— Ungacha oborasanmi yo tag‘in uyatli bo‘lib qolavurovzami?
— Oboraman-oboraman, oyi. Sizni obormay, kimni oboraman, — dedim u kishini yumshatishga urinib. Ammo oyim jahllaridan tushadigan ko‘rinmasdilar:
— Ja, oborasan! Man sani o‘sha ishxonangga tuqqan ekanman-da. Jujur edim deysan — ketasan, falon yoqqa deysan — ketasan. Oqibatniyam bilasanmi?
— Oyi, mana yuribman-ku, o‘sha kelinoyimning tashvishi bilan.
— Yurganing shumi? Bir og‘iz aytib qo‘ymay? Senlar Yaxyo bo‘lolmaysan. Shu tomonga yo‘li tushdi deguncha ko‘rgani kiradi. Borsa-kelsa oqibat bo‘ladi-da. Senlar o‘zingdan ortasanmi?
Men tiz cho‘kkanimcha miq etmay qolgan edim. Nima deyayotgan bo‘lsalar — hammasi to‘g‘ri. Biz Yahyo tog‘adek bo‘lolmaymiz. U kishi o‘n marta kelib ko‘rganlarida biz bir marta borolmaymiz. Ko‘chib ketishgach-ku, yilda bir marta borsak boramiz, bo‘lmasa yo‘q. Aslida biz jiyanmiz, borib ko‘rish bizdan lozim, ko‘zlari ojiz bo‘lib o‘tirib qolgan xolamlarni ko‘rib qo‘yish, duolarini olib qolish bizdan lozim. Qayoqdan ham Chaman akamning o‘sha (ovoza qilma degan) gapiga kirib, ichimga yutdim. Ayta qolsam-ku, shu dashnomlar yo‘q edi.
Oyim sekin qarab qo‘ydilar, men bosh ko‘tarmasdim. Buni ko‘rib yumshadilar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:14:01
— Boyaqishgina, qaerlarda jon saqlagan ekan?
— O‘sha xat tashlab ketgan odam — akamning jonajon og‘aynisinikida, — dedim u yog‘ini ochib o‘tirmay.
— Ha, baraka topsin. Manavini oqibat deydilar. Shaharli bo‘lsayam, qay ko‘chalarda sang‘ishib topgan bo‘lsayam, chin o‘rtoq ekan akangga. Yomon kunida yarab-di, — dedilar astoydil alqashga tushib. — Kenno-ying tuzalib chiqishi-la bizni oborasan. Aytishmasin, bular qanaqa oqibatsiz odamlar ekan, deb. Mayli, bor, yechinib chiqa qol. Ungacha biz eshitib turovuz bu yog‘ini.
— Shu hijjalashida tong otadimi, — dedim chiqa turib.
Xotinim bir qarab qo‘ydi-yu, indamay qolaverdi. Men esam, chiqishga chiqdim, yechinishga yechinib, kiyimlarimni almashtirdim, ammo qaytib chiqishga ensam yor bermasdi. Nedurki, daftarlarni so‘ramasdan olgani yetmay, uni oyimlarga o‘qib berib o‘tirgani alam qilayotgandi. U o‘qimasa, men shuncha dashnom eshitarmidim?..
Gina, alam bir taraf, lekin o‘zim ichim qurib, kitob varaqlab o‘tiribman-u, miyamga biron narsa kir-sa — o‘lsin agar! Fikri-zikrim o‘sha yoqda.
Axiyri bir mahal Saida chiqdi. Xatni qaynona-kelin o‘qishib, toza yig‘lashgan shekilli, qovoqlari shishib ketibdi. Lekin shunda ham sir bergisi yo‘q.
— Adasi, moshxo‘rda solib qo‘yuvdim. Gurunch tashlasamoq pishadi. Yo biron piyola choy opkelib turaymi?
— En-dimi?! — dedim boyagilarning alamiga ham.
— Ko‘rdingiz-ku, oyim nima dedilar, ulardan o‘tib...— deya oldi.
— Yaxshi, ochdan o‘lmasman yarim soatga.
U daftarni sekin joyiga qo‘yib, chiqa boshlab edi, to‘xtatdim:
— Shoshmang... Buni o‘qishni qachondan bilasiz? — dedim daftarga ishora etib. — Men kimga o‘qitarimni bilmay yuribman, bu yoqda siz...
U ginaomuz qaradi:
— Bir og‘iz aytsangiz ekan o‘zingizdan ortib...
— Ha, endi, ishimni bilasan-ku, — deb baland keldim.
U issiq jilmaydi:
— Yurgan ekansiz-ku, kennoyingizning ketida, ishdan ham vaqt topib...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:14:25
— Yuribman, — dedim to‘g‘risiga ko‘chib. — Bir musofirning ketida yurish — avvalo, savob, qolaversa, u jabrdiydalar kimni qora tortib kelib, shu ko‘yga tushibdi?
— Ha, shuni ayting, tag‘inam fil ekanlar, — dedi Saida bo‘shashib.
— Hammasini yozibdilarmi?
— Ha, hech kimga yorilolmay shunga to‘kkan ekanlar.
— O‘zimga qachon o‘qib berasiz? — dedim ichim qurib.
— Hijjalashimga chidasangiz, — dedi u kulib.
...Mana, o‘sha egasini topmagan maktublar. Bir vaqt-lar bizning Kattabog‘dagi eski hovlimizda yarim yilgina turgan kennoyimning sardaftari. Yolg‘iz akamga atab yozgan, ungagina to‘kkan dardu hasratlari. Bu tarix to‘la bo‘lsin uchun men uni sizga u kishidan beruxsat bo‘lsa-da, (albatta, keyin bu qissa kitob bo‘lib chiqqunicha izn so‘rab qo‘yarman, deb) ilinmoqdaman.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:14:40
Judoluq diyoruda qolmish kishimizga tegsun, ilohum

Menkim, o‘z juftu halolungiz, bir haftagina erkalab ulgurgan jamilangizdurman. Mayli, bor jonum, otalar yurtiga, arvohlar yor, ruhlar madadkor bo‘lsun— Ollohning panohiga, izingdan yetib borgayman degan Mahfuzangizman.
Yo‘llaringizga termulub ko‘zlarum to‘rt bo‘ldu. O‘lturubman: kechalari uyqum o‘chib. Tong-saharlarda duoi iltijolar etub. Tiq etsa, Sultonimmasmu, deb yuraklarum toshub-hapruqub.
Oy ketudan oy ketmoqda suvday oqub, kun ketudan kun o‘tmoqda bag‘rum yoqub... Ammo Siz yo‘qsiz. Hatto elchularingizdan darak yo‘q. Bilaman, uzoqning ishi qi-yun. Lekin bir og‘uz mujda yuborish shunchalar mushkul edimu? Yo bizdan keyun sarhadlar berkuldi-qoldumu? Bizday ojiz-notavonlar o‘tub, sizlardayun eranlarnu bittalab terdularmu? (Xudo o‘zi asrasun).
Shularni o‘ylasam, meni ham Yusuf alayhissalomdek bir tubsiz chohquduqqa tashlab ketushgandek, halu beru xaloskorum kelub yetmaydurgondek tuyulaveradu-tuyulaveradu. Ikki rak’at namoz o‘qib, Ollohga duoi iltijolar qilmagunumcha o‘zumga kelolmasman. So‘ng «huvallohullazii»ni yolg‘iz sizga atab o‘qugayman, zora nolai zorumni ijobat etub, Siznu balo-qazolardan asrab qaytarsa, deb. Yolg‘uz orzum shu: Olloh bizga-da xotirjamlik ato etsun, padarlarumizdek tentiratub qo‘ymasun. Sinasun, imtihon etsun — shu Vatandan judo etmay, sarson-sargardon etmay sinasun.
Men azbaroyyu kimga yorilarimnu, dardu hasratlarumnu to‘karimnu bilmay, axiyri o‘zingizga xatlar bitmakka, jo‘natmasam-da (axir qandoq ham jo‘natay?! O‘rtada sarhad, qancha tog‘-dovonlar yotibdu. Men boyaqishginaning bitiklarinu kim ham Tangritog‘ga yetkazgay?) shunday bo‘lsa-da, harna yengil tortarmanmu, deb yozmoqni boshladum. Shuni o‘zum ixtiyor ettum. Xudo xohlasa, bir kun kelib o‘qirsiz. Mening aziz jamilam ota yurtda shunday kunlarga qolganmudi, bir haftalik kelin boshi ila shu ko‘rguliklarga chidaganmudi, deb... ichinguzda bir hislar uyg‘onsa — shuning o‘zi menga kifoya.
Endu o‘zumdan so‘rasanguz, sarhaddan omon-eson o‘tib olduk. Olloh otamlarnu bundanam aziz qilsun, topgan mahramlari — chin mo‘min ekan. Yeru ko‘kka ishonmay, pardai ismatdagi o‘z qiziday ko‘rub, olib o‘tdu bu yoqlarga. Har tekshiruvchiyu gumonsiraganga qalqon bo‘lub, paranjiyu sachvonumni oldirmay-ochtirmay. Dadam bu yoqqa jo‘nata turib, qo‘shgan odamlari (Oh, qandayun ham odambilar, odamtanur ekanlar!) o‘zu chinoq, o‘ng qulog‘ining yumshog‘i tamom yo‘q, ustuga ustak garang bir kishi edi. O‘nta gapga bitta javob beradu. Shunaqa hokisorki, birovga yomonluq sog‘inolmaydu. Hali-hozur o‘shal qorasoqol — garang odamning haqqiga saharlarda duolar qilaman. Ollohning fazlu marhamatinu so‘rayman unga. O‘shal odam o‘z yetum qiziday meni esku-tuskularga o‘rab, yomon ko‘zlardan asramasa, ikki dunyoda o‘tolmaskanman bu yoqlarga.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:14:58
Oyim boyaqish, menu yeru ko‘kka ishonmas oyuginam xuddi qudalarinikuga jo‘natgan kabu asl kelunlik liboslarumda, duxoba paranjularda yo‘lga chiqargan ekanlar.
U kishi hovlusiga opkirub hinduday qora, eti ustuxoniga yopishgan (lekin ko‘zlari biram muloyum) bir ayolga (xotinu bo‘lsa kerak) buyurgan edu, menu «voy, kelinposhsha, aylanay sizdan», deb ichkaruga boshlab ketdu. Birpasda kirtaxlarnu ko‘tarub, sanduqlarnu ochub, lozim edimu, ko‘ylak edimu, nimchalarmidu topib oldumga qo‘ydi-da, o‘zu chiqayotib:
— Mashilarni kiyvolaqoling, irganmang, aylanay, necha kiyilgan bo‘lsa shuncha yuvilgan,— dedi. Keyun oftobda o‘ngub-la ketgan sidirg‘a paranju ko‘tarib kirdu.
— Mashini yopinub olasiz, kelinposhsha. Zamon chop-chop, ashini ko‘taradu. O‘zizzikini bir bo‘xchaga tugib beraman, bemalol ketasiz, — dedi.
Keyun: «Amakizzi ra’ylariga qaraysiz-da, qattiq-quruq gapursalar ko‘nglizga olmaysiz-da. Yura qoling. Ilohim, oy borib, omon yetinglar. Ollohim o‘z panohida asrasin. Borgan yeringizdagilarga duoi salom aytinglar. Nasibamizni qo‘shgan bo‘lsa, orqanglardan biz ham borib qolarmiz», dedi.
Qanday borishadu yo amaki joy topub, keyin olub ketadurlarmi — tushuna olmasdum.
Bu orada ular xayr-xo‘shlashib, ortumizdan irimiga suvlar sepub chiqa boshlashdu. Hindudek qora xotin chinoq eruning yelkalarini silab, yuzuga surtar, ikki gapuning biruda:
— Hoy, dadasi, dadajonisi, uzoqib ketmang-a, bizlarni-da olib ketadigan bo‘lib keling-a,— deb tayunlar edu.
Chinoq amaku menung engul-boshum, paranju-sochvonlarumga qarab:
— Ha, bu boshqa gap, qizim, — deb qo‘ydu, — hali qaerlardan o‘tmaymiz, kimlarga ro‘baro‘ kelmaymiz. Yetvolayluk — har qancha orzu-havas siz bilan...
Uyalublar ketdum: shu tashvishlarnu ilgaruroq o‘ylasam, bo‘lmasmu ekan?
Men yo‘qchilukdan opalaruning eskularinu kiyub katta bo‘lyapgan, halutdan paranjuga o‘ranvolgan qizaloqqa o‘xshab qolgan edum. Bu juda ajoyib edu, Murod aka. O‘zumga ham yoqub qolgandu. Chimmat orasida o‘zumnu emin-erkin, osudaroq seza boshlagan edum. Negaki, chimmat orasudan kelaturgan odamnu bilar darajada qarab olish mumkun edu. Ochiqda uyalasan kishu. Hayo ham qo‘ymaydu. Chimmat orasida erkinsan. Lekun Siz xayoluzga ham kelturmang. Shariat biz ayollarnung fe’ludan ham olungan, Murod aka. Eslang: ayollaruzga aytung. Ko‘zlarinu nomahramdan tiysunlar deyulgan. Gunoh — ko‘z zinosiga qarab ketadur... (Biz ayollarga Sizdek yolg‘uz o‘z nikohudagilarga to‘yub-to‘yub tikilmoqqa izn berilmish. Ortumdan yetub kelsangiz manu u baxtga erishtirgaysiz. Bilung, menga Sizdan o‘zgasu kerak emas! Faqat o‘rni kelgani uchungina aytdum.)
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:15:13
Shunday qilub, ketduk: oxiriyu poyonu ko‘runmagan, tugamaydurgan yo‘llar bilan — dovon oshub, tog‘ oshub. Qir yoqalab, dasht oralab. Yo‘lda bir martagina kimningdur shaldiroq aravasiga tushubmiz. Ich-etum to‘kilub bitdu, deb o‘yladum. Oyoqlarum orom topganu bilan o‘zum to‘kulub tushganday edum.
Hech yerda men — eski-tuskiga, opasuningmu — kimnung paranjusiga o‘ranub olgan kimsaga qarab ham qo‘ymas edular. Men bir chekkada sig‘indudek mung‘ayib turar, hujjatlarnu amaku ko‘rsatub, menu kimi deb tushuntirar — keyun qo‘yub yuborushar edu. Har gal yuzingnu och, deb qolushlarudan zir-zir titrab turaman, Ollohga duo, iltijolar qilaman. O‘zing mavlomizsan, o‘zing asra, deb yolborib turaman — o‘zu o‘nglaydu. Ko‘ngluga soladumu, insof beradumu, eng badjahllari-da, bir qarab qo‘yadiru indamaydir.
Olloh bor, Murod aka, qo‘llaydurman desa, har qandoq yerda qo‘llaydur. Man-man degan chegarachi-nazoratchularnu ko‘zini ko‘r etub qo‘yadurganam, esinu og‘diradurganam o‘zu.
Oyum oyatal kursiynu o‘qub bor, u sening qo‘rg‘onung deb edular. O‘sha sabab bo‘ldimu, ishqilub bu katta shahargacha omon-eson yetub olduk.
Ammo yetdumiz deb bevaqt xursand bo‘lgan ekanmuz! Esku Jo‘vadan biz qidurgan odam allaqachon uyuni sotub, ko‘chib ketgan, qayon bosh olub to‘zub ketganuni hech kim bilmasdu. Amaku manu bir uy soyasiga o‘tkazub qo‘yub qaerlarga borub kelmadu — bilaman deydurgan odam topilmasdu. Bu yoqda kun avval asrdan o‘tdu, keyun shomga qarab kettu. Ichumizni it tatalaydur: qaerdan bir boshpana toparkanmuz, deb, tong otdirarkanmuz, deb. Axiyri o‘sha siz qulog‘umga shivirlab aytgan manzil tilimga kela qoldu:
— Shu Esku Jo‘vada Zarqaynar deb atalmush ko‘cha bormush, shu ko‘chada Nusrat pochcha demish odam... — dedum amakiga.
— Kim? — dedu kaftuni qulog‘uga tutub.
Men qaytardum.
— Kim aytti? Hojimmi? Bizning tutungan akamizmi? — dedi (shundagina bilibman, bizga tutungan amaku ekanini!)
Men aytolmay yer suzib qoldum.
— E-ha, kuyovga tegishlimi, unda topsa mumkin, ishonsa mumkin, — dedu.
Shunaqqib biz ularnu topub borduk.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:15:25
— Voy, shunaqami? Voy, hoy, Sanobar, suyunchilig‘ni eshit: Sultonmurodingni oldidan kelishibdi! Mozor bosib kelgan mehmonlarga qara, katta uyga joy sol. Voy, hoy, Minovar, samovaringga qara. Oyoqlarining tagiga qo‘y so‘ysa arziydirgan kishilar kepqopti, — deb shoshub qolishdu.
Toshkannu asl odamlarinu shunda ko‘rdum; mehmon desa, jonlarinu qo‘shub bervorishar ekan. Siznu nomingiznu eshitiboq bag‘irlarinu ochub yuborishdu. Yo ular chindan ham shunday halim odamlarmidi, yo Siznu urug‘-aymoqlaruz o‘zu shunaqami — bilolmasdum.
Kirduk. Qo‘yarda-qo‘ymay boshimdan paranjuyu soch-vonumni oldirishdiyu... qotib-la qolishdu. Na siz kimsiz, deb so‘ray olishadu, na qaerdansuz deya olishadu. Tikilub qolishibdu. Axiyru xolangizlarga (uyat bo‘lsa-da) o‘zimnu tanutdum:
— Men... o‘shoqlu kelinizman, Mahfuzaman, — deya oldum.
— Voy, kelinizman degan shirindan-shakar tilizdan, o‘zim aylanay, qani, boshqatdan ko‘rishib qo‘yaylik,— deb yuzlarudan nur yog‘ilub quchoq ocharkanlar, tepchuk qog‘ozlar hidimu, do‘ppu ipaklaruning ifor hidlarimu gurkirab borardu. Axiyru katta qizlaruga:
— Hoy, Sanobar, sanduqni och, ko‘rmanaga bir kiyim ipakli ol, chop, — dedular.
— Voy, qo‘yung, xolamoyu, nima deyapsiz? — deyman nuqul.
U yoqda esa, xolamoyuning qizlari eslaru og‘ub bir-birlariga shivirlashadu:
— Voy, anuvning o‘zi-ku, quyib bichganmi, bichib quyganmi, Marg‘u-ku, — deyishadu.
Marg‘usi kim ekan, o‘sha siz ham menu unga adashtirgan kelinmu — bilolmayman.
Axiyru ikki kiyimluk ipakli, biri qarg‘ashoyi atlas, biri sariq atlas ko‘tarib chiqib, irimiga boshumga qo‘yishdi. Muborak bo‘lsun qilishdi.
Men ham boshumga ro‘molumni kelunlardek solib, uning ikki chetudan tutgancha (Siz o‘sha kecha tushuntirgandek) toshkanchasuga kelunsalom qildum. Avval jondan aziz xolangizga, keyin Sanobaru Minavar opalarga.
— Ko‘-o‘p yashang, qo‘sha qaring, — deb duo qilishdi.
Bilsanguz, mendan baxtli odam yo‘q edu o‘sha topda, Murod aka.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:15:37
Keyin boshqa uyga opkirib, bo‘xchamni yechdirishub, uydan chiqqanumdagi kiyimlarumnu kiydirub chiqishdu-da, pochcha bilan chinoq amakuning olduga salomga olub kirishdu. Bir uyaldum, bir uyaldum. Hech qachon bunchaluk holga tushmagandum. U shunaqa shirin ham totlu desammu, uyatlu ham, keraklu desammu, bir yumush edu. Undan keyin odam o‘zuni qushday yengil his etardu.
— Ko‘p yashang, kelinposhsha, tup qo‘yib, palak yozinglar, ko‘rkam-ko‘rkam farzandlar ko‘ringlar. Olloh yomon ko‘zlardan o‘zi panohida asrasin, ilohim, — deb duo qildular tez hansurab qoladurgan pochchangiz. Keyin qo‘yunlaridan katmonlarini olib, nechtadur qizil o‘n so‘mlik uzatdilar Sanobar opaga. — Bu mashriqli kelinimizga mendan yodgorluk bo‘lsun, bitta tilla soat olib bergaysizlar, udum shunday — qutli uydan hadya.
Men boshum gir-gir aylanub, zo‘rg‘a chiqub ketdum. Ularga choy quyub uzatishni-da, unutibman. Eslasam, halu-halu yonoqlarum lov-lov yonadur.
Shunday qilub, o‘shal — Siz bir muddat umrguzaronluk qilgan ko‘p qadum xonadonga (yo‘lkalariyu kovshandozlari musulmon g‘ishtdan terib ishlangan, vassajuftli keng-keng, taxmon tomonlaruda yozning ne’-matlaru — behulardan tortub noklarga qadar, uzumlardan tortub chilonjiyda shoxchalariga qadar osilgan dor yog‘ochlari bor) uylarga kelub qoldum. Mahram amakum meni ularga ishonub qoldirub ketdular. Qaytub kettimu yo xeshlarinu izlab kettimu, bilolmadum.
Bir oychamu, qishga qadarlu shu xolamoyingiznikuda qoldum. Men o‘shal sizga jondan aziz kishularnikuda umrbod Siznu kutushga rozu edum. Lekin bir kun... qo‘rqqanum qoshimga keldu. Bilub-bilmay qilgan qaysu gunohlarumga — shirun oshum zahar bo‘ldu; tinchligumiz buzuldu. Kimdur yetkazganmu, nozir surishtirub keldu. Emushki, bu xonadonda sarhaddan o‘tub kelgan odam yashayturganmush, ro‘yxatdan o‘tmasam, bo‘lmasmush, falon joyga borsin ekanmushman.
Xolamoyi Nusrat pochcha bilan maslahat qilgan ekanlar:
— Bekorlarni aytibdi, xomtama bo‘lmasin! Kelsa, menga uchrasin. Darvozani zanjirlab yuringlar. Juda qo‘ymasa, don hujraga kiritib, keyin ochinglar, — debdular.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:15:54
O‘sha eng chetdagi eshigi hamisha qulflog‘liq turadurgan don hujrada, ko‘rgan bo‘lsangiz, tandurdan katta-tandurdek xumlar ko‘mug‘liq ekan. O‘shalardan bittasuni artub-surtub ichiga govrapo‘sh to‘shab berishdu. Birov eshikdan qistab-chaqirub kelsa deng, men boya-qish — Sizning juftu halolingiz o‘shal o‘raga tushub olaman. Ustumga esku-tuskularni tashlab, yopub tashlashadu. Ana, shu go‘rdan qorong‘u o‘rada jon hovuchlab o‘lturishlarimnu ko‘rsanguz. Bir kunda necha martalab tushib chiqardum, o‘lub-qutulardum.
Bir gal deng shoshganumdan yalangoyoq qochub kirgan ekanman, balkum kavushum qaerlardadur tushib qolgandur, ishqilib xumga tushub boshumga girdum patnusni tortub, xum ustini berkitganumniyu cho‘nqayganimnu bilaman, tovonimnu bir nima jaz chaqub, jonum boshumdan chiqib ketayozdu. Hushim og‘ub o‘ltirub qolubman. Keyun bilsam, jonholatda sapchub ketganumda boshum girdumga urilib, esum og‘ub qolayozgan ekan.
Haytovur, xolanguzlar yugurib kelub, tortib olishdu. Qarashsa, boshmaldoqdayun chayon tushub qolgan ekan. Ko‘z oldumda o‘ldirib tashlab, chayon chaqqanda o‘qiladurgan duolarni o‘qishdu, to‘pig‘um tepasidan sirib bog‘lab, tabib kampirni chaqirib chiqishdu. Oyog‘um lo‘qillashiyu jonum og‘rishudan o‘tirub-o‘tirolmayman, yurub-yurolmayman. Xun-xun yig‘lab, shishub ketubman. Musofirluk o‘lsun, ko‘z oldumdan siz, dadam, oyim o‘taverasizlar. Xuddi chaqirsam eshitadigandek joyda turibsizlar. Dadam Sizga nimalarnudur tayinlayoturlar, uqdirayoturlar. Oyim ora-chira ko‘z yoshlarinu artub, bir chekkada turubdular. Nima bo‘lgan, yo meni o‘ldu deb eshitishganmu — motamsaro maslahat qurishadu. Siz hech boshingiznu ko‘tarmay-la, yerdan ko‘ziznu uzmay-la turibsuz. Bu nimadan belgu ekan, deb qo‘rqub ketyapman. Oyi, Sultonmurod aka, deb baqiray deyman-u, ovozum bo‘g‘zumdan chiqmaydu. Xun-xun yig‘layveribmu — ovozum chippa bitgan.
— Ana, bo‘ldi, qo‘rqma, qizim, Xudo xohlasa, ana shu narsa zahrini sug‘urib tashlaydi. Yaxshiyam tovonga to‘g‘ri kepti, boshqa joyni chaqqandanmi, ko‘p ovora qilardi. Qo‘rqma, Xudo asrabdi. Olloh o‘zi g‘amxo‘r, bu yog‘iga ham kushoyish bergay, — deb tabib kampir ixray-sixray chiqub ketdu.
Chindan ham bir uxlab tursam, suv-suv terlab, yengil bo‘p qopman. Oyog‘umdagi boyagi og‘ruqlar ham allaqayoqqa chekilgan. Faqat boya, sizlar ko‘zumga nega ko‘rundungiz — hech tushunolmayman.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:16:30
Shu-shu birov kelsa ham qochirmaydurgan, xumga yo‘latmaydurgan bo‘lishdu.
— Xudo olsin, nozir-pozirini. Rahmatullaxonga ayting, hoy Sanobar, bitta qo‘ng‘iroq qilsa, yo‘lamaydi-qo‘yadi. Qachongacha o‘z kelinuvzani yashirib o‘tiravuz, — dedilar xolanguz.
Nozir kelishinu to‘xtatganu bilan orqasidan — qaerdan eshitishgan oldinma-ketin bir sovchilar bosishga tushdu. Birini jo‘natub ulgurmay, ikkinchisi darvoza qoqib keladu.
Xolanguz menu Muhabbat kennoyining uyiga qochirib qo‘yub, sovchilar bilan o‘zlari muomala qiladilar. Voy, qizimiza hali bo‘y yetmagan, yosh bola-ku, aqlini sal tanisin aylanaylar, deydilar. Ular mening dovrug‘imnu qaerdan eshitishgan, bir ko‘rmaguncha ketgulariyam, turgulariyam kelmaydu. Axiyri xolanguz boyaqish, tepadagi uyda kizakka tepchiq urib o‘tirgan Minavarxonnu oynadan ko‘rishga ijozat etadular va:
— Bo‘yi yetib, joyi chiqsa, uzatmay qayoqqa boravuz, aylanaylar, shu yolg‘iz qizimiz, — deb ularning tarvuzlarini qo‘ltuqlaridan tushirib, chiqarub yuboradilar.
Chiqarub yuboradilar-da, pochcha kelganlarida yuzlari ipakdayin mayin tortib, kula-kula aytib beradilar.
Ana shunday qish kunlarining birida yana bir xolanguz o‘g‘ilchalarinu yonlariga olib, daladan tushib qoldular. Va men bechoraning joniga aro kirdilar.
Bu haqda kelasi gal yozarman. Negaki, men Ollohning xohishiyu madadi ila jannatdek joylar — otalarivuz yurtiga borub qolgan edum, baxt-iqbolum to‘luq bo‘lishi uchun yolg‘iz siz yetmasdinguz. Ollohdan saharlardayu joynamoz ustlarida yolg‘iz so‘raganum Siz edingiz. Siznu yetkazsa, bir kun, bir soat bo‘lsa-da, ko‘rgazsa bas edu. Kelung, yaxshisi, undan keyingu voqealarni boshqa kuni bita qolay. Oldi xo‘rozlar qichqira boshladular. Tahajjudumni o‘qib ola qolay-da, men ham yota qolay. Tushlarumga kirarmukansiz deb irim qilub, xayr demadum.

Zavjai jamilangiz — MAHFUZA

DARVOQE: kechagida xolanguz aytib qoldular.
Kimki juma kechasi tahoratli holda yotayotub, sevimli payg‘ambar sollallohu alayhi vassalamni tushda ko‘rish niyatuda «La havla vala quvvata, illa billahil aliyyul aziym» duosini o‘ttiz uch marta o‘qusa, albatta, ko‘radu emush.
Qanday yaxshu!
Olloh o‘zi kechirsun, o‘shal tobda xayolumga Siz kelubsiz. Shunday duo bo‘lsaki, uni ming marta o‘qub, suy-gan kishingni tushda ko‘rsang, umrum bo‘yi o‘qugan bo‘lur edum.
Negadir tushlarumga ham kirmay qo‘ydungiz, uch oylar bo‘ladur shunga ham...
Turdum.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:16:51
12. GO‘ZAL AJR
(Mahfuz xatlar davomiga)


Qaydanam o‘sha botur biznu qo‘rg‘onni qora tortub keldu? Siznu uchratdum: Yusuf alayhissalomnu ko‘rib, jonu jahonuni unutgan Zulayho yanglug‘ bir holga tushtum?!
Qaydanam Siznu deb ko‘z ochub ko‘rgan diyorumiznu tashlab chiqtum? Dorilomon bir yurtga borarkanmuz, deb, boshim osmonlarga yetdu? Oyning o‘sha yorug‘ o‘n beshi shunchalar qisqami edu?
«Innalloha ma’as-sobiriyn». Endu yolg‘iz duom — tilimdagi kalima shuyu suyanganum Olloh. Go‘zal ajrga umid tutub, chiroyluv sabr etmoqdan bo‘lak nimam qoldu?
Shunday deyman-u, lekin judolikning o‘zu nimadan boshlanib edu? Nahot baxt va baxtiqarolik yonma-yon, egiz yurgay? Ayrulmoq uchun topishub edukmu? Baxtumiz kimga ko‘p ko‘rindu? Nimamuz, qaysu amalimuz Ollohga xush kelmadu?
Avval-boshda qay sababdan topishtirdi-yu, yana ne sababdan ayurdu? Judoliqda imtihon etmoq uchunmu?
Jonu jahonum, topub yo‘qotganum, qaylarda qoldiz? Biznu bu yoqlarga yuborub qo‘yub, o‘ziz qay diyor, qay sarhadlarda qolub ketdiz? Yumushlaringiz butmab edimu? Bundanam zaril ishlaringiz, oliy yumush — kurashlaringiz bormudi? Nega hech mujda yo‘q? Orqadoshlaringiz tashvishi ila yurgan bo‘lsangiz, maylu-ya, lekin va’dalaringiz qanday — ota diyorga qaytub osuda yashamoq edi-ku! Yana nima bo‘ldu, fikringizdan qaytub qolibsuz? Menga aytolmab edingizmu barcha-barchasini? Nimalar mone ekanun?
Kishining ich-ichida, yurakkinasi tub-tubida nima bor — bilavermas ekansizmu? Balki ushalmagan niyatlaringiz bu tomonga qo‘ymasmu, yo‘l bermasmu? Men ojiza ne qilay — shu xayollarga-da boraman. Shaytonning vasvasalari, visir-visirlariga uchaman ba’zan. Ammo u kungi voqeani qiyomatga qadar, ko‘zim ochiq ekan, tanamda jonum bor ekan, unutmam, unutolmam.
O‘sha kecha ne kechganini siz bilmaysiz. Chunki behush edingiz, eslab qoladigan holda emasdingiz. (Xudo hech kimga ko‘rsatmasun, u holga tushmoqnu, chindanam harb maydonuda og‘ir jarohat yeb yiqilib qolgan mujohid— xiyla uzoqdagi bir qo‘rg‘onda — birovning yerto‘lasida paydo bo‘lib qolsa, yetti kun deganda hushiga kelsa, qandoq tushunmoq kerak uni? Kim shuncha joydan bu yerga ortmoqlab keldiyu, o‘zi qayga yo‘qoldu? Qolaversa, kim edi u? Qaysi yaxshiligiz evaziga qutqarib edu? Nima bu, taqdirda borimu yo Ollohning xohlashi?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:17:06
Bari sizga qorong‘u. Nima tufaylu, kim tufaylu shunday bo‘ldu — Siz unchalik ham bilmaysiz. Lekin men shohidman. O‘z ko‘zum bilan ko‘rganman u boturnu. Shu boisdan ham Sizga ma’lum etib qo‘ymoqnu lozim ko‘rdum, qolaversa, o‘sha voqeanu eslasam, ilohiy bir bashoratday tuyulaveradu. Kimga aytay? Sizdan bo‘lak kimim borki, aytsam, Sultonmurod aka?
U sizga kim eduki, buncha mardliklar qildu? O‘zini fido etub qutqarmoqqa urundi? Men bilmayman, balki, jon o‘rtog‘ingizdur, birodaringizdur. Lekin tug‘ishgan jigarlar qilolmagay bu jon fidolikni qip-ti — u. Sizdan ham shu tarz fidoliklar ko‘rganmu- di yo? Kim edu o‘zi?
Shuni bilmoq umiduda, qolaversa, Sizdek bir boturni biznikiga yetishtirgan, bizning topishuvimizga-da sabab bo‘lgan odamni bilgim kelub, bitmakdadurman bu so‘zlarnu. Tokim Olloh bergan ne’mat — muhabbat ne’matining-da sababchisinu unutmayluk, duolarimizda eslab yurayluk.
Ko‘z o‘ngimdadek turibdu o‘sha kechasigu voqea. Biznu titroqqa solub, bir olam qo‘rquv-tashvishlar olib kelgan o‘sha kecha. Hoji dadamiz kechalari taxajjudga turadirgan odatlari bor edu, tursalar bog‘ eshik tomondan ixrashmu, ingrashmu — tushunib bo‘lmas tovushlar kelayotir emush.
Subhonalloh, deb yaqin borsalar — ne ko‘z bilan ko‘rsunlarki, yerto‘la darchasi tagida ikki qora jon talashub yotganmush. Esxonalari chiqub, hoy-huy bilan kelub qoldular.
— Hoy, chiroqnu yoq! O‘g‘rimu kim tushubdi. Bo‘l! — deydilar. Qani biz turib, gugurtni topolsak, chiroqnu yoqolsak.
— Voy, nega tushadu? Tashqarudagilar-chi, qayoqqa qarabdu? — deb titrab-qaqshaydilar oyum.
— Shomgi otushma esingdami, balki o‘shalardan kim adashib-uloqibdimi. Yoqa qol, qarayluk, — dedilar dadam axiyri o‘zlariga kela boshlab.
Chiroqnu yoqib chiqub borsak, o‘sha ahvol. Biri hushidan ketub yotuptu, o‘lukmu-tirik bilmaysiz. Boshqasu ko‘ksuni ushlab g‘ujanak bo‘lub olgan. Ingrab tebranadu u yog‘i yo‘q.
Odam chaqirmayinam bir amallab, yerto‘laga joylabmuz.
— Birov bilmay qo‘ya qolsun,— deb Hoji dadam una-madular.— Ertalabgacha Alloh hafiz, keyin Mirza buvani chaqirarmiz, — dedular.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:17:26
Biraviga to‘rdagi eski sanduqning ustidan joy ochduk. Unisi to‘laning tokchasiga yotqizildi. Boyaqish yutoqub bir kosagina suv ichib edu, «vo-oh, o‘zingga shukr» deb turib jim bo‘lib qoldu, qo‘rqub ketupmiz. O‘zi esa qora qoniga belangan, qo‘ltig‘udan qo‘lini olmasdu.
— Voy xudoyim-a, men bularni kim deb o‘tiribman. Aniq o‘shalar-ku, Boturning yigitlari-ku. Kechagi otishmada nima bo‘libdi, shuncha joydan yetib kelishibdi? Yana bu ahvolda? — derdular Hoji dadam. Bu yog‘iga endi nima qilishnu bilmay gangub qolgan edular.
— Bo‘ldi, chiqunglar. Chiroqnu ham opket, — dedular axiyri va biznu haydashga tushtular. — Chiq, chiq. Odam bolasi chiroq-pirog‘ingni ko‘rmay qo‘ya qolsin. Shuncha yerdan yetib kelgan, endiyam o‘lmaydi. Alloh, o‘zi asraydi,— deb yerto‘lanu qulflab bizni uyga kirgizdilar-da, o‘zlari tabibga otlandular.
— Azon aytgunlaricha qaytib kelaman. Sizlar miq etmay o‘tiringlar. Alloh kechirsin. Cholga ham qizimiz isitmalab qoldi, deya qolaman, — dedular.
Nima bo‘lsa, kechasu sodur bo‘lmasun ekan. Hech titrog‘umiz qolmasdu. Mujohidlarning o‘zlari esa ko‘z oldumizdan ketmaydi. Qay biri qay birini ortmoqlab kelibdu ekan? Qora qoniga belanganimu yo hushidan ketgani? Aqlimiz yetmasdu.
— Unisinu ko‘rdizmu, oyi. Chakkasiga nima qilgan, yorilganmu? — derdum hadeb. Ko‘z oldimdan o‘sha tirtiqdan oqub tushib, quloq yumshog‘i tomon burilib ketgan qon ketmaydu. Xuddi bir g‘aroyub belgu kabi.
— Ko‘rdum, bolam, ko‘rdum. Alloh orqasini mahkam etsin-u, bo‘zdek oqarub ketibdu, boyaqish. Tabib kelguncha tortsin-da, — deydilar oyum achingandan achinub.
Men ham charsman. Birov achinsa, o‘shaning qasdiga duo qilishga tushaman. Hozir ham ichimda o‘sha boyaqish nomidan «Hasbiyallohi laa ilaha illahu alayhi tavakkaltu»ni o‘qir edum. Shu duoni yetti marta o‘qilsa, Olloh o‘zi balo-qazodan nari qiladumush.
Tavba, shu duoni o‘qiganum sari ko‘z oldumdagi suvratinguz o‘zgarub borar edu: chin so‘zim, quloq yumshoqlaringiz tomondan yuz ruhlaringiz tomon bir qirmizi qizillik yugurgan eduki, bunga sari o‘zim hayratga tushardum. Tushardum-u, duoni tilimdan qo‘ymasdum.
Bir vaqt qarasam, binoyi xushsurat botur yigit... halugi chakkasidagi — alif shaklidagi ajab chanduq ham o‘ziga yarashib turibdu (Botur chandiqsiz bo‘larmu, axir! U ham ko‘rk insonga!).
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:17:38
Ko‘z oldumdagi suvratdan esum og‘ub qoptu1. (Bilmadum, Zulayxo holiga o‘shanda tushib edummi, yo keyin- mu — hech esimda yo‘q. Balki keyun ham shu suvratda ko‘rib, yoqtirub qolgandurman).
Darvoqe, kim to‘g‘risida yozatib edum? Sizning xaloskoringiz haqida edu-ku.
Bir mahal tashqi darvozamuz og‘ur g‘iyqullab, zanjirimi — bir nima shildiradu. So‘ng ichkaru hovlumizdan g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir tovushlar kelub boshladi. Biz jon hovuchlab o‘tirub eduk.
— Chiqub boq-chi, — dedilar oyum.
Ostonaga chiqishumla mahallaning tepa masjididan so‘fi ota azon chaqirub yubordular. Uzoq-yaqindagu xo‘rozlar esa, unga o‘z tillarida tasbeh-qichqiriqlaru bilan jo‘r bo‘lishar, tong yorishmagan, hammayoqnu tun pardasi qoplab yotar, u hali tonggi g‘ira-shira bilan almashinib ulgurmagan, osmonning allaqanday to‘q ko‘kishdan ham qoraroq bahmali yuziga sochub yuborilgan inju yulduzlar ko‘k poyloqchusi tomonudan terib olunishga tushmagan edu. Tepadan bir juft moshak qushmi, nima — uchub o‘tar edu. O‘n qadam naridagi odamniyam tanub bo‘lmas, tusmollash mumkun edu, xolos. Aynuqsa, yurganda enkayub qo‘llariyu jussasi qaltirab-saltirab, allaqanday omonat — entak-sentak qadam tashlaydurgan Mirzavoy otani bir qarashdayoq tanimoq mumkin edu. Aftidan Hoji dadam namozgacha qoldirmay uni boshlab kelmoqda edular.
— Hoy, opoq qizim, chiroqni olachiq, — dedilar ko‘prikdan o‘tayotib.
Hovlumizdan bir ariq suv aylanub o‘tub ketar, har yerida panjarali ko‘pruklari bo‘lar edu. Ular o‘shandan o‘tub ombor tomon yurmoqda edular.
Chiroqnu opchiqub borsak, bizni qaytarub yuborub, o‘zlari yerto‘laga tushub ketishdu. Biznu yo‘latishmadiyam. Ammo bir narsa so‘rab qolishadimu deb qaltirab turubmuz.
Yo‘q, so‘rashmadu. Chiroq nuri darcha tagidan siljib, g‘o‘ng‘ir-g‘ung‘ir birla qayta boshlashdi. Chiqib ayvonumizda ikki rak’atdan namoz o‘qishdi. Ollohga duo-iltijolar qilib turishguncha tong ham otdu. Qo‘llarini bellariga tashlab enkayib yuradurgan Mirzavoy ota o‘sha ayvonning o‘rtasiga o‘tirvolib: «Hoy, po‘poch qizim, mo‘moch qizim, uni opke, muni opke» qilib buyira ketdilar. Hovonchamuzni opkelib berdim, ichida jimit yanchgichi bilan. U kishi oyoqlarinu uzatub, o‘tirib olganlar. Hali belbog‘larinu yozdiradilar, hali jindek suv opkeltiradilar. Uchub bajarub turibman. Qo‘ng‘ir chakmonlarining hali u, hali bu cho‘ntagidan og‘zi bo‘g‘ma eski xaltachalar chiqarib, uni ochub bir nimalar oladilar. Hovonchaga jindek-jindek solib, to‘q-to‘q tuya ketadilar. Mushk hidlarimi-ey, tog‘ o‘tlarining islarimi-ey gurkiraydu havonchamuzdan. Menga beraqoling desam, unamaydular.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:17:52
— Yo‘q, mo‘moch qizim, duo olmagan kishiniki em bo‘lmaydi. Avval mendan duo ol, hunarimni ol, keyin. Olasanmi? — deydilar boshlari, unga qo‘shilib yelkalari, butun vujudlari titrab-qaltirab. Men nima de-yishumni bilmay iymanub qolaman. O‘zumnu allaqanday sir bosadu.
— Sir bosmasun, mo‘moch qizim, Olloh yuqtirsa hech gapmas,— deb havonchanu to‘qillatishga tushadular. — Biz ketyapmiz, Sizlar qolasiz. Opqolish kerak, qizim, opqolish. Manavunaqa paytlarda asqotadi.
Bir so‘ragum kelyaptu, bir so‘ragum kelyaptu, qani tilim aylansa. Axiyri botinub-botinmay:
— Ular turib keta oladimu, buva, — deya oldum.
— Turmay nima, avvalo, buvangni qo‘lini Alloh yengil qilsin. O‘zi qo‘llasa, hech gapmas, — dedular u kishi. Keyin o‘sha malham iylab o‘tirishlaruda qo‘shib qo‘ydilar,— Alloh birini-biriga esh qilibdimi, shuncha joydan ortmoqlatib-surgaklab keptimi, bir hikmatiyam bor. O‘ziga kelmay, shahid ketadurgan bo‘lsa, o‘sha tog‘ tagidayam qolaverardi.
— Unisu-chi? Qaysi biri opkelgan deysuz, buva? — deb yuboribman.
— Aftidan berigisi. Ko‘ksi bunday... yo jon halpida kuchga kirib ketib, yo tishni-tishga qo‘yib yetkazib kelganu yotib qolgan. Mardning ham mardi ekan. O‘zi bu ahvoldayu birodarini harb maydonidan opchiqibdi, — har kimga ham nasib etsin-chi! O‘layotib ham birovga jon fido qilib ketish deyiladi buni, qizim.
Ko‘zlarumdan tirqirab yosh chiqib ketubdu.
Keyin har ikkingiznu ham yuvub-tarab, malham bog‘lab ketishdu.
— Allohning panohiga!— dedilar buva,— asrdan keyin xabar olarman. Ungacha bir gap bo‘lsa, chaqirasizlar.
O‘sha kuni tinch o‘tdi-yu, lekin tunda uyg‘onub ketsam, oyum o‘rinlarida yo‘qlar. Ichum hapriqub, hovliga tushub borsam, yerto‘lada chiroq ko‘rinadu. Oyum ham, dadam ham o‘shatta ekanlar.
O‘sha jon halpida yotgani og‘urlashub qoptu.
Eshikdan mo‘ralasam, dadam ko‘zlarida yosh, chiroq ushlab turibdilar. Oyum uning boshini tirsaklariga olub, suvmi, nima tutyaptular:
— Ich, bolam, ich, hovringni olsin, — deb yalinadular, yalpog‘lanub yig‘laydular, — Nima, bolaginam, tanimadingmu, menman-ku, onajoningman-ku. Sanga nima bo‘la qoldi? Shuni ich, yengil tortasan, temirga suv berganday rohat topasan, — deb yolboradular-u, ko‘zyoshlari bilaklariga, unga qo‘shib, qo‘llaridagi suvga toma-yotganuni sezmaydular.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:18:06
Axiyru u tishlari takillab bir qultumgina ichdiyu:
— Vo-oh, o‘zingga shukr, — deya bo‘shashib tushdi.
Oyum boshini yostiqqa qo‘yarkanlar, dadam borub qolgan menuyam ko‘rmay ko‘zda yosh bila shivirlab kalima keltirar edular. Shunda haligi botur betoqatlanub ularga alanglay boshladu, bir nimalar deya boshladu. Anuq eshittum:
— Xayriyat, yetib kepsiz. Ko‘rsatdi ruxsoringizni. Gunohlarni yuvgani kelub... qaytolmagan Chochol darbadaringizni kechiring, — dedu bazo‘r yutunub. — Niyat o‘zi shundoq edi, jilla qursa, shahidlik sharobini ichmoq edi. Ichdim shekilli. Duo qiling, jannatlarda ko‘rishtur-sun, La iloha... — dediyu shivirlab bo‘lsa-da, nozandek gapirub turgan odam... boshini bir yonga tashlab, o‘ta qoldu, tavba...
Ana, Xudoning yozmishi!.. Bo‘lmasa, kim o‘ylabdu, shuncha joydan burodarini ortmoqlab kelgan odam tabibga yetishganuda o‘tadu deb?!
— Boyaqish, onaginasiga intiq bo‘lib, uzilolmay yotgan ekan, rozi ketti. Ilohim, rahmatiga olgan bo‘lsun. Ruhini yashil qushlarga joylasun, — deb oyim yum-yum yig‘lar edular O‘ksilarini tutolmasdular. Uning oti rostdan ham Chocholmidi1 yo bizga shunday eshitildimi, bilmasdum men.
Rostuni aytsam, mening ham esxonam chiqib ketgan, yerto‘la tokchasiga suyangancha o‘tirib qolgan edum. Qo‘limdagi chiroq esa og‘ib, piligimi, nimasu so‘xta tortib, chirsillar, shishasining bir yonu tamom qorayub borar edu.
— Tur, chiqdik, qizim. Mirza buvani aytib kelasan, — dedular oyum nihoyat, — unisini ham xudo ko‘p ko‘rmasun.
Shunda sekin qaddumni ko‘tardum. Qarangki, chiroq faqat Siz tomonni yoritib, bu yoqlarga allaqanday xira soyasuni tashlagan, behi hidlari gurkiragan yer-to‘la ichi g‘alati holga tushgan edu. Siz esa, to‘rdagi o‘sha sinduq ustuda (dadamning ko‘k to‘nlariga o‘rab qo‘yilgancha) miq etmay yotibsiz. Yuzlariz oppoq bo‘zarub ketgan. Jon asari ko‘rinmaydur. Go‘yo... o‘z xayolumdan o‘zim qo‘rqib ketayotgan edum.
Chiqsak, tong bo‘zarub qoptu, ufqni ulkan qo‘tosdek to‘sib yotgan qop-qora Tangritog‘ teppasida yolg‘iz yulduz — charaqlaydu. Uni yaxshilik alomati hisoblab, tabibnu aytib kelgani keta boshlab edum, darvozamiz ochilub, u kishining o‘zlaru ko‘rindular. Tabibni bizga Xudoning o‘zi yetkazgan edu.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:18:21
Bu voqeani eshitub u kishi sekin cho‘kdilar-da, gilos tupiga suyangancha yuzlariga fotiha tortdular. (Mening eshitganum shu bo‘ldu):
— «Inna lillahi va inna ilayhi rojiun» — deb turib, qo‘shib qo‘ydular, — Vazifasi shu ekan, o‘tab, Alloh dargohiga qaytibdi. Qaytganda ham go‘zal ajr bilan qaytibdi, insha Alloh, — dedilar-da, negadir menga qarab, yana qo‘shdilar, — qo‘rqma, qizim, endi bunisi uzoq yashaydi.
Siz bu voqealardan bexabarsiz, Sizga og‘iz ochishmagan edu, Sultonmurod aka. Uni huv keyin, mavridi bi-lan aytish menga buyurilgandi. Men ham ulgurmadum. Uzr. Endi ochdum bu tarixni. Asli o‘zi kim edu, u botur?

Addoi Mahfuzangiz
Kattabog‘. Asli ona o‘rnuda
xolajonungiz — Salomxon
kichigoyum xonadonlari.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:18:36
* * *
Men xatni eshitib o‘tirib xomush tortib ketgan ekanman, xotinim ko‘rib, shoshib qoldi:
— Voy, adasi, nima bo‘ldi?
— Yo‘q, o‘zim, — deb kalovlandim men.
— Biron joyi mundayroq ekanmi?
Men unga qanday tushuntirarimni bilmay, o‘ng‘aysizlandim:
— Bilasizmi, o‘sha Chochol degani, Xudo rahmat qilsin, ammamizning o‘g‘illari bo‘lardi.
— O‘sha birodarini qutqarib, o‘zi shahid ketgan kishi-ya? Siz u kishini... bilarmidingiz?
— Bilganda-chi, — dedim ko‘zim namlanib kelib. Bu tarixni bir og‘iz so‘z bilan tushuntirib bo‘lmasdi. Shuning uchun sekin turib tokchadagi esdalik narsalar ichini titkilay ketdim. — Qaerdadir uning akamga yozgan xati bo‘lishi kerak, asrab yurardim.
— Qaysi akangiz? — dedi xotinim hayron qolib.
— Qaysi bo‘lardi, Sultonmurod akamga-da, — undan bo‘lak kimimiz bor, demoqchi bo‘lardimu aytolmasdim. — Hatto o‘sha tangritog‘lik kennoyimiz ham bu tarixlarning boshini bilmaydi, — deb qo‘ydim.
— Shunaqami?
— Shunaqa. Ha, mana, turgan ekan. — Xatcha o‘sha ikki buklangancha suvratlar orasida edi. Olib qaytdim. O‘zim ham g‘alati majxul holga tushib uni o‘qi-moqqa boshladim. O‘sha Turg‘un chochol yozar edi...
«Men o‘sha dardisarman, o‘zing izvosh topib, Arpapoyaga yetkazib kelgan. Rahmat, uka. Tanimagan-bilmagan g‘animingga shuncha odamgarchilik qipsan? Kezi kelsa, jigar jigarga buncha yaxshilik qilolmaydi. Bir qorindan talashib tushganlar qo‘llay olmaydi shunchalik! Sen qilibsan!
Avvalo, nomimni eshitsalaroq do‘xtirlari oyoqqa qalqadigan joyga yetkazib kepsan. Boshqa joyda o‘lib ketsam, birov bilib-birov bilmasdi. Bu yerda harqalay Turg‘un chochal nomim bor, butun Beshog‘och daha, u yog‘i Qoratosh, bu yog‘i Xadra taniydi. Meni oyoqqa turg‘azmay kimni turg‘azishsin. Qolavursa, Qoratoshga surishtirib borib, volidai mehribonimizga xabar berib ketibsan. Eshitib, ko‘p ta’sirlandim!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:18:54
Men kim edimki, Xudoyim mening ishimni senga tushiribdi, marhamatli odamlarga yo‘liqtiribdi? Axir, sendan bo‘lak bir kimsaga ro‘para qilsa ham, it o‘limida o‘lib ketsam ham haqi bor edi. Nega asrab qoldi? Panoh beryapti? Ochig‘ini aytsam, keyingi vaqt-da shunaqa g‘aroyib voqealar boshimdan kechdiki, nimalar bo‘lyapganiga ba’zan aqlim bovar qilmaydi. Men nima topshiriq bilan orqangdan ergashib chiqdim-u, o‘zim nima bo‘lib qaytdim? Yorug‘ kunda, kuppa-kunduzi seni qanday yo‘qotib qo‘ydimu o‘zim o‘sha qo‘rg‘on atrofida gangib-o‘ralashib qoldim?
Kaltakni yeb-eb, keyin qutulib ketishim-chi? Qo‘rg‘on egasi, anuv cholning Hizrday yetib kelib, ajratib olishi-chi?
Hammasi tushga o‘xshaydi, bizning aqlimiz yetmaydigan bir narsalarga o‘xshab ketadi. Xudoning o‘zi yorlaqadi shekilli, sen mening changalimdan qanday qutulib ketding, men esam ko‘rga o‘xshab seni ko‘rmay qolavurdim? O‘zim qazgan chohga o‘zim qulab, qonga belanib yotganimda yana sening yetib kelishing-chi? Qanday tushunish kerak?
Rostini aytsam, bu yoqqa chiqarishmasidan sal burunroq g‘aroyib bir voqea sodir bo‘ldi. Unga ham haligacha aqlim yetmaydi. Bizni yarim kechada uyg‘otib, o‘lim kamerasida yotgan bir mahbusning yoniga kiritib yubordilar.Yarim tun bo‘lgach, o‘zing tushunib olaver. Bekor- ga kiritmaydilar. Bilamiz, hukm ulardan, ijro bizdan.
Kirdik. Eshik sharaqlab berkilib, qadamlar uzoqlashib ketdi hamki, yo tavba, men joyimdan jilolmay, o‘zimga kelolmay turibman. Qotib qolibman.
Qarshimda birov... nega birov bo‘lsin, otam rahmatlining o‘zginasi! Qiblaga qarab namoz o‘qib o‘tiribdilar. Boshlarida o‘sha oq to‘r do‘ppilari, oq oralagan soqollaridan, kulcha yuzlaridan nur yog‘ilyaptiki, qo‘yaverasan. Tag‘inam sal qiya o‘tiribdilar. Bir yuzlariniyu keng yag‘rinlarini qo‘rib turibman. (U kishi shunaqa yaqrindor edilar.) O‘sha-o‘sha basavlatlar, hech cho‘kmabdilar. Unday desam, o‘tganlariga qancha zamon bo‘lyapti. Asta’firulloh, odam odamga shunchalar o‘xsharkanmi, deb yoqa ushlayman. «Kimni bizga ro‘para qilish-yapti? Nahot biz o‘z otamizga o‘xshaganlarni?..» dedimu seskanib ketib, jon holatda sherigimning tirsangidan ushladim.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:19:07
— O‘tir, o‘tir, ovsar, birov namoz o‘qiyotgan paytda tik turmaydilar.
Qayoqdan bu gap xayolimga keldi, o‘zim bilmayman.
Cho‘kdik. Qari mahbus esa, xotirjam namozini o‘qiyapti. Turarkan, egilarkan, sajda qilarkan, shivirlar, har «Allohu akbar» deyishlaridan meni sir bosib, sehr-lanib borayotibman. Tavba, ovozlari ham ayni! Otam ham ko‘ksilaridan chiqarib, shunday chiroyli takbiru tasbeh aytar edilar... Balki ko‘pdan u yoqlarga qaytmaganim, azbaroyi uydagilarni sog‘inganimdan bu odam otam bo‘lib ko‘rinayotgandir? Ovozlari o‘xshab ketayotgandir?
Bir mahal sherigim hansirab, shipshib qoldi:
— Namozda teginolmasligimizni bilib, o‘tiravuradi shekilli?..
— O‘-chir! — dedim biqiniga turtib va shu zamoni bir vaqtlar eshitganim Hazrati Alining qotili haqdagi rivoyat yodimga tushib, seskanib ketdim.
Vo darig‘, bu rivoyatni bolaligimda shu otamiz aytib edilar. Yodimga tushgan mahalini qara!
Hazrati Alining asrab olgan o‘g‘ilchalari bo‘lgan ekan, deb aytib o‘tirar edilar otam. U hech yonlaridan jilmas, hatto namozga turganlarida ham qo‘ndoqdek bo‘lib qavatlarida o‘tirar ekan.
Ana shu bola bir kuni:
«Ota-ota, sizdan kuchlik kimsa bormi?» deb so‘rabdimish.
«Yo‘q», debdilar u zot.
«Nega?» debdi bola.
«Xudoyim meni shunday yaratgan. Shohi Mardon nomim bor, bilasan».
«Demak, qilich ham olmaydi sizni?»
«Olmaydi», debdilar hazrat.
«Nayza ham o‘tmaydi?».
«O‘tmaydi, bolam».
«Mumday erimaysiz hech?» debdi asrandilari.
«Eriyman ba’zan», debdilar Hazrati Ali.
«Qachon, ayting?»
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:19:31
«Namoz payti, bo‘tam. Faqat namozda mumday erib o‘tiraman. Undan bo‘lak vaqt ovora bo‘ladilar...» deb jilmayib qo‘ygan ekanlar.
Qaraki, shu voqeadan qancha o‘tib, u kishining dushmanlari xonaqohda pichoqlab ketishga muvaffaq bo‘lishibdi1. Shunga o‘xshab, biz ham bir mo‘minni namozda o‘tirgan kezida pichoqlab, qotil qavmida ketarkanmiz-da? Shu o‘ydan, senga yolg‘on, Xudoga chin, mo‘ylarim tikka bo‘lib ketdi!
Xullas, u namozini tugatib qo‘zg‘aldi. Biz salomga shoshildik. Basavlat qariya ekan. Yaqinimizga kelib o‘tirdi. Biz unga tig‘ tugul, qo‘limizni tekkiza olmadik...
Ertasiga eshitsak, qo‘liga hukm qog‘ozini tutqazib, javobini berib yuborishibdi. Haligacha anglab yetolmayman: begunohdan begunoh kimsa o‘lim xonasiga qanday mahbus bo‘lib tushdiyu qanday osongina qutulib ketdi? Shuning orasida bizga otam qiyofasida ko‘rinib, lol qolganimiz-chi? Buni birovga qanday tushuntira olasan? Men-ku oradan yarim-bir oy o‘tib, bu voqeani unutgan ham edim. Ammo keyingi ishlar bundan ham o‘tib tushdi.
Bo‘lmasa, jim o‘tlab yurgan ot... miltiq otganini kim ko‘rgan? Bir chetda yotgan qirqmani bexos bosib olsa, kifoya ekan-ku, men qay o‘ngirdan biqinib otdi, deb sherdek sapchib turib ketibman! Yo‘q, o‘sha Parping gunohkormas! U mening nomimni eshitgandayoq, hurmatimni joyiga qo‘yib, otdan tushgan, keyin biz tol soyasida, chimda yonboshlab, gaplashib o‘tirgan edik. Falokat ot tuyog‘i ostida ekan.
Hay, nima bo‘lsa, peshonadagini ko‘rdim. Muhimi, oxiri yaxshi chiqdi. Va men bugun bu yerlardan bosh olib ketmoqdaman. Qolib, aytganim-aytgan, deganim-degan bo‘lib, yeganim oldimda, yemaganim orqamda, ko‘zir bo‘lib yurishim mumkin, lekin oxiri chiroyli chiqmasa, buning nima keragi bor?
Bu dunyo hayoti hammasi bir sinov, bir imtihon shekilli. To‘g‘ri yo‘lni topsa — topdi, topmasa — keyini voy?.. O‘sha «voy»ga qolmaslik uchun ham bu «do‘stlarim»dan aloqani uzib, qo‘l yetmas yerlarga ketayotirman. Sendan iltijoim, goh-goh onamizni yo‘qlab tur. O‘g‘limning shunday do‘stlari bor ekan, deb ko‘ksilari o‘ssin. Xayr.
Darvoqe, yolg‘iz o‘zingga gapim bor edi. Xatga qo‘sholmadim. Har xachir ot sanalmaganidek, har begonadan do‘st chiqmas. Afsus, bizning do‘stligimiz uzoqqa cho‘zilmadi. Duolarimizda unutmaylik.

Turg‘un».
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:19:43
* * *
— Voy, uni qarang, yana uchrashgan joylarini qa-rang, — dedi Saida ta’sirlanib. — O‘sha botur shu odammi?
— Har ish niyatga qarab-da. Kim o‘ylabdi, Olloh bularni o‘sha yoqda topishtiradi deb, — dedim men undan kam ta’sirlanmay.
— Boyaqishni ajal haydab borgan ekan-da.
— Qayoqdagi gapni aytasiz? — dedim jahlim chiqa boshlab. — Har kim ham shunaqa o‘lim topib, shahidlik martabasiga yetsin-chi! Siz unga achinib ruhini ranjitmang. Uning ruhi duoda kelganday yashil qushlarga joylanib allaqachon jannatlarda yuribdi. Siz unga niyatiga yarasha imkon berilganidan hayratga tushing, — dedim.
— Imkon deysizmi? — dedi ayolim.
— Ha-da. Olloh yorlaqab, zo‘r imkon bergani shu-da. Bo‘lmasa, ularni harb maydonida topishtirarmidi?! Bo‘lmasa, akamni qutqarib, qarzini uzib, mardning ishini qilib, keta olarmidi?! Bunaqa jonfidolik har kimning qo‘lidan kelsin-chi! Kelmaydi.
— Unda... unda nimadan xomushlanasiz?.. — dedi xotinim.
— Xomushligim, — dedim ichim sidirilib, — bu xabarni endi ammaga qanday yetkazamiz ekan, deb. Axir osonmi, tiq etsa, yo‘liga termulib o‘tirgan odamga bu xabarni yetkazish! Yuraklari to‘kilib tushadi-ku.
— Shuni ayting, — dedi xotinim bo‘shashib ham mahzun tortib.
Bu xabar bilan Qoratoshga kim ham bora olardi? Bir bo‘lsa Nusrat pochcha yoki Sultonmurod akaginammi? Undan beriga kim ham ammaga yotig‘li taskin bera olardi?..
Buning uchun akam sarhad oshib keluvi lozim. Ammo qachon keladi, yolg‘iz Olloh bilgay.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:20:00
13. ONAIZORNING SO‘NGGI ILTIJOSI
(Mahfuz xatlar davomiga)


Assalomu alaykum, taqdirda bitilub, Olloh o‘zi yetkazganu! Meni o‘z diyorlariga jo‘natub qo‘yub, o‘zlaru o‘targa imkon topolmaganum! Qachon kelgaysuz? Bu ayruliq Ollohdan bo‘lsa, barcha-barchasuga chidagayman-u, ammo boshqasiga chidolmasman. Sabrum yetmas deb qo‘rqaman.
Yangiluk shuki, aziz qadamlaringiz yetgan, bizning diyorlarga ketmasizdan avval bir muddat yashab turgan joylariz — Kattabog‘ tomonlarni ko‘rish, aziz xolajonungiznukiga mehmon bo‘lub chiqish nasib ettu. Nega mehmon ekan?! Kelun bo‘lib borish (ularniki bexavotirroq deb jo‘natishdu), siz turgan katta uylarda turib, u xonadonning hovlilarini supurish, kelinluk xizmatlarnu o‘tash taqdur etu. Ollohga ming shukrlar bo‘lsun. Dugonalarumga o‘xshab kelunlik uyiga ega bo‘lmadum, deb armonlar qilar edum. Uzatilib bormadum, yasatug‘liq uylarga tushmadum, kelinsalomlar qilmadum deb kuygan edum. Armonumga yetgandayman. Bir ko‘p, bir ajoyib xolalaringiz (hammalaruning yuzlarudan nur yog‘iladi-ya! Boy ekansuz!), haybatlu-haybatlu tog‘alaringiz, benazur pochchalarungiz bor ekanlar. Ho‘, o‘z kelunimiz ekan, jigarumizning topgani, jiyanumizning qo‘shog‘i, hurlardan-da afzal, parilarga mengzagulik ekan, Marg‘ubasidan qaeri kam, chinakam Mahfuza, Olloh hifzu himoyasida asragan ekan, deb bir yerlarga yetushlarinu ko‘rsangiz. Alqashlarinu eshitib, hech yerga ishonmasliklarinu ko‘rsangiz edu!
Faqat yonumda Siz kamsiz. Siz ham bo‘lganungizda bilmadum, bu alqovlardan, bu baxtdan o‘zumni qaerlarga qo‘yar ekanman? Chindanam bunday xonadonlarga kelun bo‘lub tushmoq, bunday izzatlu odamlarga xizmat qilmoq o‘zi baxt. Topilmaydurgan jigarlariz borakan, Sultonmurod aka! Siz og‘zingizdan bol tomub eslaganizcha, qo‘msaganizcha bor ekan. Tezroq kelung, bunday baxtni hech yerdan topolmagaysiz. Jannatlardagina bu kabi pokiza kishilarga yetushmoq mumkindur. Sog‘intirmang jonum! Hammalaru ham sog‘inishgan, tildan qo‘ymay eslashadi siznu. Siz bu yoqlarda qilgan ishlarni gapurib, u adolatpeshaligungizni qo‘msab, bir yerlar yetishadu. Nega uzoqub ketdu, qaytsa bo‘lardu deb duolar qilishadi. Sizday bir xaloskor, tog‘day bir suyanch lozim ularga. Shuning uchunam har qandayin yumushlaringizni, zarur ishlarungizni tashlab, ularning olduga, ota yurtga qaytmog‘ingiz lozum, Sultonmurod aka. Siz o‘zungizni unchalik bilmassiz, lekin bu yerdagularga, qavmdoshlarungizga qadrungiz o‘tibdu. O‘zga yurtlarning qozisu bo‘lguncha, o‘z shahruning tozusi bo‘lgan afzal deb o‘tirubdilar Salomxon xolangiz, o‘sha Sizga onadek qayishguvchi kishi. (Axir xola ham onadir deyiladi-ku!) U kishuning so‘zlarini yerga tashlamassuz, axir?!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:20:17
Men bu xonadonga kelub qolishumning yana bir boisi, Salom xolanguzning kenjalari — menung qaynum, Sizning ukajonungiz Maqsudxo‘ja muhandislikka o‘qishga kirgan ekanlar, darsga yetub olush uchun xudoning bergan kuni tong-saharlab yo‘lga tushar ekanlar. O‘sha pochchanikiga tushishgan kuni «voy, qancha joy kerak, hamma sig‘gan bu sig‘maydimi», deb Maqsudxo‘jani opqolushdiyu meni xolajoningizga qo‘shub bu yoqlarga jo‘natushdu.
Olloh o‘zi chevar-da, bo‘lmasa, kim o‘ylabdu menu ishonub jo‘natishgan joy qolub, siznikularni topaman, Kattabog‘larga chiqaman deb?
Voy, olamda shunaqa joylar ham borarkan! Qishnu kunida shunday! Qornu tagida ko‘mulub yotganida shunday go‘zal! Bilasizmu, menga u shunaqa tanush, shunaqa yaqun, shunaqa jozibaluki, ilgaru-qachondur ko‘rganday, shu yerlarda yashaganday, yoxud bir o‘tub ketganday bo‘luvuraman, tuyulaveradu, lekin qachon ko‘rganimnu, o‘tganimnu eslay olmasdum. Guzardan o‘tub, Kattabog‘ga boravurishda, anhor yoqalab ketgan yo‘l ikkita tepaliknu oshub o‘tar ekan. Faqat o‘sha tepaluklarga yetgandagina o‘sha suv, o‘sha anhor yo‘qolub qolaru tepa pastlashi bilan yana paydo bo‘lub olar edu.
Mezanali birinchu tepadan o‘tganda uncha bilinmovdu, ammo ikkinchu tepadan oshishimiz bila u yog‘i pastlab ketgan soyligu dalalar boshlanub azbaroyi to‘xtab qopman. Bu qorlik qishning kunidagi bu bir tiniqlik-musaffolikmu uzoq-uzoqlarni ham shunday yaqinga, qo‘l uzatsa yetgudek joyga keltirib qo‘ygan edu! Soylaru tepalar, undan u yog‘udagi dalalar, qator tolu tutqatorlar, ishkomli bog‘laru hovlu-joylargacha oldungizda turardu. Hammayoqda, olamnu qoplagan oqluk ustuda oftob nurlaru nimanu nimaga kavsharlayaptu — ko‘znu qamashtirguvchi bir nurlar o‘ynaydu, yonadu, yolqunlanadu. Ko‘znu qamashtirsa-da, odamga xush yoqadu.
Faqat qanday soy ekan, ikki betkayiga kelub to‘xtaganu cho‘kkan tuyalar karvonu ustinu qor bosganday va shu turushida kunbotarga qarab ketgan soyluk o‘rtasudan bora-borguncha bug‘ ko‘tarilub yotibdu. Soy suvi parlanub yotubdumi, yengil tuman cho‘zala tushganmi — ajratolmayman. Kattabog‘ deganu shunchalar go‘zal ekanmu?
Qor bosganinu aytmasangiz, jannatnu davomiday ko‘rinardu ko‘zumga. Balki siz tug‘ulub o‘sgan, chopub-chopqullab yurgan joylar bo‘lgani uchun menga aziz tuyulgandur, ko‘ringandur, Sultonmurod aka. Lekin chin so‘zum yo‘llariz shunday jannatday joylardan ayro tushub, qay tog‘ oralaruda dovon oshub, o‘ngur oshub yuruvingizdan achindum. Nima izlayursiz? O‘shal izlagan narsanguzni shu yerlardan topabilmasmudiz? Nima monelik qildu bunga? Balki mening ojuz aqlum, qiz bola aqlum yetmas. Siz bilgan narsalarnu, hikmatnu chaqub ololmagandurman. Lekin baxtnu, albatta, uzoqlardan izlamoq kerakmu? U chindan qo‘l yetmas tog‘lar ortida, Ko‘hiqofu Tangritog‘ tomonlarda qolganmu? Nima quvgan o‘zi Siznu bu diyorlardan? Taqdir etub, baxt izlab borgan bo‘lsanguz, mana, men shu yoqlarga kelub turubman-ku! O‘z oyog‘um ila topub kelub turibman-ku! Tinch-xoturjam umrguzaronluk qilaman degan odamga bundan ortuq nimayam kerak, Sultonmurod aka? Yolg‘uz odam olamnu o‘zgartira olarmudi? Agar Olloh izn bermasa, o‘zi sababchi etmasa? Yo siz o‘shandoq bo‘lmoqnu istarmusiz?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:20:29
Maqsudxo‘jalarnuki o‘sha tepadan tushib, qayrulishdan o‘tganda — katta nokzor olduda ekan. Qolaversa, o‘sha tepadan tushish bilan boya yo‘qolub qolgan anhor ham o‘ng yoqdan chiqub kelardi-da, keyun ko‘chani kesib yo‘lning bu betiga o‘tub olardu. Ana shu anhor bo‘yudan har bittasi osmonu-haftumnu tutgan (tavba, qachon ekulgan ekan, biri-birudan qolishmaydu, azumki azum!) yong‘oqlar qatori boshlanib ketgan edu. Nokzorga yetub ham u yong‘oqlar tugamas edu. Salomxon xolanguzlarnuki ana o‘shatta ekan. Tepa tomoni keta-ketguncha devoldan oshub, ko‘chaga mo‘ralagan bir surx novdali behularki, beixtiyor ko‘z oldumga Saltanat xolanguznikida ko‘rganum — dordagi sap-saruq behular keptu. Men uning hiduni shu yerdanoq tuyub turgandekman.
Ichi ishkom-bog‘lar, hammasi qorga o‘ranub, bir chiroylu mudrab yotub edi. Pastda kunga qaratub solungan qator tuproq tomlu uylar — bir fayzlu, bir sarishta, bir ko‘zga yaqun. Nega shunday, aytolmasdum. Balku bu hovlu, bu xonadonda, kunga qarab tushgan bu uylar, bu go‘shada bir muddat siz yashaganuz, o‘z uyingizdek kirib-chiqib yurganingiz uchundur, agar uylantirishsa, kelinni shu uylardan biruga tushirmoqchu bo‘lishganiyu, endu o‘sha uylardan biriga (taqdurni qarangki!) men — Siz suygan va bu yoqqa jo‘natgan juftingiz kelayotganum va ega chiqayotganum uchundur. Axir Siz uchun aziz narsalar nega menga aziz bo‘lmasin?!
Ichkari kirib fotiha qilibmiz hamki, eshik ochilub Siz salom berub kirib keladigandeksiz. Hatto hovludan qornu g‘arch-g‘urch bosib kelayotgan oyoq tovushlariz eshitilib ketayotubdu. Zinada oyoqlarungizni tap-tap qoqishingiznu, yo‘talib qo‘yishingiznu kutub nafas yutmay qolaman.
Lekin eshik ochilmaydu, ochila qolmaydu. Demak, nazarumda ekan, menga shunday tuyulgan ekan. O‘shandan beri shundaysiz: xuddi hozir bildurmayun kirib keladigandeksiz. Bu tuyg‘u ilohim, meni hech aldamasun, nazarumdagi oldumga yetub kela qolsun! Shu uylarda birga-birga yashay qolayluk. Ey, xudoyum, biznu ham topishtur, kelin-kuyovlardek yashash baxtini ber, deb so‘raganum-so‘ragan. Saharlarda duolarumga qo‘shganum-qo‘shgan.
Sultonmurod aka! Sizga judayam qadrdon bu xonadonga kelub, birinchi ko‘rgan tushumni aytaymu? Judayam g‘aroyub. Ta’biriga lolman. Albatta, bu ta’birnu birav emas, o‘zum qildum. Unga siz nima derdungiz? Chunki yolg‘uz Sizgagina aytush mumkin bo‘lgan tush. Biravga, hatto Salom xolanguzlarga-da aytolmadum.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:20:42
Emushki... nega emushki?.. Aniq-taniq ko‘rdim. Men o‘zumizning uyimizdamishman. Siz meni qaytarub yuborganmishsiz. Uch kundan berlu tinmay yig‘larmishman. Ko‘zumga uyqu ilinmasmish. Hoji dadam ham, oyum ham tepamdan jilmay tong ottirishibdu. Ikki kechayu bir kunduz tinmay yig‘labman. Oyum bunga bir narsa deng, dadasi, yig‘layverib jigarlari ezilub ketdi-ku deb, menga qo‘shilishub yig‘lar emishlar. Tepamda mijja qoqmay o‘tirgan dadamning tasbehlari shiqirlashiniyu o‘zlari og‘ur qo‘zg‘olub qo‘yganlarinugina sezub yotubman. Ammo o‘zlaru miq etmaydilar. Sassiz tasbehot aytushda davom etyaptular.
Bilaman, har ikkalalariga ham qiyun. Qiyun ham gapmu, juda og‘ur. Mening qaytub kelushim, Sizning bunga izn beruvingiz. Qaysi ota, qaysi ona qizum qaytub kelsun, deb uzatadu? Yana menday malomatlarga qolub, qaytub kelub tursa... Mana bunday bosh ko‘tarmay yig‘lab yotsa... ular qanday chidaydu bu ko‘rgiluk, bu malomatlarga? Men esam, shunu tushunub turub ham ich-ichumdan bosub kelaturgan xo‘rluk, alamlarnu, qaytarub yuborulish sitamlarunu to‘xtatolmayapman, ichumga yutolmayutman. Shu asno salom berub Siz kirub keldungiz. Ammo men sezub turgan bo‘lsam-da, bosh ko‘tarmadum. Malomat alami shunchaluk ekanmu, tavba! Erum, juftu halolum, Siz kelasiz-u men turmasam?!.. Bosh ko‘tarub qarab qo‘ymaysam?.. (Bu qandoq hol bo‘ldu?..)
Ul dilporalar Siznu kutub olishdu. Shunday yonumga, tepa tomonumga joy solub o‘tkazushdi. Vaholangki, u bo‘hton gaplarni eshitub yonumga yo‘lamay qo‘ygandungiz. Gapurmay ham yurardungiz. Endu kelubsiz.
Bunga saru xo‘rligum tutub, ich-ichumdan yig‘u bosub kelyaptu, kelyaptu, adog‘i yo‘q. Boshumni yostuqqa burkabam qutulolmayutman undan, bu yig‘udan... Ammo o‘zum, butun vujudum quloqqa aylanub, Siznung ovozungiznu, so‘zingiznu kutyapman. Va shunda Siz dadamlarga:
«Men keldum, ota. Bir og‘uz aytsun, o‘z og‘zi ila aytsun, u gaplar hammasi bo‘hton desun, opketmagan nomard, musulmon emas! Malomatga qo‘yganlarni nima qilsam, o‘zum bilgayman. Qilmasam, Sultonmurod otumni boshqa qo‘ying», dedingiz.
Shu so‘znu eshitub, u xo‘rluk, u alam, u ko‘zyoshlar taqqa to‘xtab, tina qoldiyu o‘zum sapchub turub, oyumning bag‘irlariga o‘zumnu otdum. Va shu barobar... uyg‘onub kettum. Nima dedim, nima bo‘ldu eslay olmayman, eslay olmayotirman. U qanday bo‘hton ediyu kimlar malomat etdu, bunusini-da bilmayman...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:20:57
Shundan berlu shu tushumnu eslasam ichum to‘kiladur. Ta’buriga ojuzman. Halu o‘zungiz kelmay turub menu qaytarub yuborushungiz... hech tushunolmayman. Nima bu? Karomatmu, bashoratmu yoxud shunchaki tush?
Shuncha ayriluq-ko‘rgiliklar kammiki, kelajakda... Aytushga-da, tilga olushga-da qo‘rqaman, Sultonmurod aka. Yonumda bo‘lsanguz ham maylu edu. Suyanchum, suyanadiganum bor-ku derdum. Qo‘rqmasdum. Endu eslasam, shu tushim yodumga tushsa, tanamga muz yuguradugan bo‘p qoptu. Tezroq kela qolsanguz edu, Sultonmurod aka. Sizsiz qanchaluk qiynalyapganumiznu bilsanguz edu. Hammaning ham boshuda bir erkagi bo‘lsun ekan. Tog‘dek himoyachusi bo‘lmagan ayol-ayol emaskan.
Menu kechiring. Uzr. Ba’zan shunaqa xomush tortub, tushkunluklarga tushub ketamanki, chivindek jonumga shuncha tashvishmu, qo‘lum qaerga ham yetardu deb hamma alamumni yig‘idan olushga tushib ketaman. Tag‘inam xolanguz borakanlar, ulardan uyalganimdan ham ko‘p narsalarnu ichumga yutub keladurman. U kishi Xudoning bergan kuni kechasi allamahalga dovur shig‘illatub mashina tikkanlari-tikkan. Men ham ularga qo‘shilub, kizak tikaman, tepchiq tepchiyman, pilta uraman xom do‘ppiga. Har hafta Maqsudxo‘ja uni opketib, o‘rnuga Oyposhsha xolanguzdan ish olib keladular. Shunaqqib ovunib o‘tiribmiz. Ammo ora-orada boyagu tushum yodumga tushib, xayolum qochub-qochub ketadu: bu nimadan belgu? Yo Olloh, mendek ojuz, sargardon bandangga yana qanday sinoatlarung bor, deb yig‘layman, ayol boshum bilan (shu yolg‘uz holumga) u sinovlarga dosh bera olarmu ekanman?
— Mahfuzaxon, kelinposhsha?
Xayolparishon o‘tirgan ekanman, xolanguzning ovozlarudan cho‘chub tushdum.
— Ha, kichigoyu?
— Esimda borida aytub qo‘yay, keyin shoshib qolib o‘tirmang.
— Jonum bilan.
— Ertaga bir yetga o‘tib kelsangiz, Maqsudxo‘jam bilan.
— Maylun. Qaerga ekan? — dedum ichim g‘urmishlab. (Meni zerikub qoldi, kelin boyaqish, deb o‘ylayaptilar shekillu.)
U kishu ko‘zoynaklari tepasudan ma’nolu qarab qo‘ydilar.
— Savob bo‘ladi, chiqmagan jondan umid-da, bolam. Shunga o‘tib qo‘ysangiz.
— Tushunmadum. Doru xoltamnu ko‘rib aytayapsizmu?.. — dedum xayolum tabibchilikka ketub. U doru o‘tlarni Mirza ota har ehtimolga qarshi tutqazub edular bu yoqqa jo‘nashumizda. O‘sha Sizga qaraganumda ozgina o‘rgatganlari demasa, nima bilardum.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:21:09
— Har ehtimolga qarshi olvoling. Tabib bo‘lib borganiz ham tuzuk. Sizni ko‘rib, zora beri qaytsa...
— Meni ko‘rib?.. Kim?
Kichikoyum ko‘zoynaklarinu olub, mashinani surib qo‘ydilar. O‘zlari orqaroq surilub, etaklaridagi qiy-qindilarni terar edular:
— Siz eshitmagansiz bu tarixni. Uzun juda, — dedilar allaqanday istiholalarga tushub.— Sultonmurodimiz bu yoqlardan bosh olib ketayotganda... uning qizi ham bir kechada... to‘y kechasi g‘oyib bo‘lgan... Boyaqish, o‘shaning dardida kuyib, adoi tamom bo‘ldi, shu holga tushdi, bir chekkasi. Endi o‘sal yotibdi ekan. Odam tanib-tanimay... Har zamon otini atab chaqirar qo‘yarmish. Savob bo‘lardi.
Men endu anglab yetganday edum.
— Voy, Sizlar Marg‘uba atayotgan... sho‘rlikkinaning kimi, onasimu?
— Ha, o‘sha baxti qora... shu boyaqishning qizginasi edi. Hali kutadi...
Bu tarixdan ichum sidirilublar ketdi.
— Siz aytasizu nega bormayin, — dedum, — Faqat...
Kichigoyum yalt etub, yuzumga boqdilar:
— Qanday bo‘larkin, deysizmi?
Men bosh silkidum.
— Qo‘rqmang. Taomili shunday. Bu dunyodan ketayotgan odamga xush kelgan narsa, ilohim, Ollohga ham xush kelgay... — dedilar u kishi.
— Ilohum, — dedum men ham...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:21:22
Darvozaxona yo‘lagidan birov chaqirar edi:
— Saida kennoyi?..
Xotinim daftarni qoldirib, noiloj o‘rnidan turdi:
— Qo‘shnilaruz, shekilli.
U chiqib, mening xayolim o‘sha qish-qirovli kunlarga qochgan, yangi kennoyim bilan boshlashib Sailarnikiga borganlarimiz yodimga tushib ketgan, o‘sha yangi kelgan kezlaridagi suvratlari ko‘z oldimda turardi. Bo‘lmasa, unaqa yasanmaganlar. Faqat sal ohorliroq ko‘ylaklarini kiyib otlanib chiqibdilar. Qo‘llarida sidirg‘a paranjilari. Egnilarida esa, boya aytganimdek, qora atlas ustidan qizil duxoba nimchayu uning ham ustidan biz tomonlarda rasm bo‘lmagan oldi ochiq, yolg‘iz tugmachalik allaqanday uzun (xalat desammi, qabo desammi) yopishib, bir yarashib turguvchi engil kiyib olganlar. U qirmizi rangda bo‘lib, boshlariga tivit ro‘mol tashlab o‘rangan edilar. Men shundayin oq yuzli pariruxsor kennoyimiz borligidan esim og‘ibroq turarkanman, paranjini boshlariga soldilaru sochvonni qo‘llariga g‘ijimlab:
— Doru xaltani oldingizmu? — dedilar.
— Oldim, — dedim.
Yurdukmu, deganday im qoqdilar.
— Yurdik, — dedim va ichkariga ovoz berib jilaverdik. — Oyi, biz ketdik.
— Mayli, Ollohning panohiga, — deb ichkaridan ko‘rinish berdilar oyim. — Kechga qolib ketmang-lar-a, meni xavotir oldirib?..
— Xo‘p.
Ko‘chaga chiqsak, birrov ko‘rinish bergan oftobda kungay tomondagi qatqaloq joylar pilchiray boshlabdi.
Chilp-chilpda yurib bo‘larmidi, biz izg‘irin yalagan yo‘lga o‘tib ola qoldik-da, anhor yoqalab yurib ketdik. Ko‘zimning qiri bilan ko‘rib turibman: kennoyim sachvonni tushirib, paranjiga o‘ranibroq oldilar. Endi u kishini Kattabog‘dagi har bitta voqeadan xabar topadigan Anvar kennoyidan bo‘lak kimsa o‘laqolsa taniy olmasdi. Anvar kennoyiga esa notanish paranji yo‘q. U kishi bir ko‘rsalar, bas, keyin Hirotda bo‘lsa-da, tanib, so‘rashgani boraveradilar. Nimasidan tanib oladilar, bandagidanmi, guli, yo‘lidanmi, bilolmayman.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:21:33
Hozir faqat o‘zimgina bu paranji, bu sachvon ortida qanday oyjamol kennoyim borligini tasavvur eta-eta, ortimga qarashga-da botinmay, yo‘l boshlab borarkanman, qayoqqa ketayotganimizni eslaganim sari xayol opqochib-opqochib ketar edi meni.
Tavba, bu qandoq sinoat? Biz hozir boradurgan qizil taram olmali xonadonning uzatgan qizginasi nikoh kechasi yo‘qolib, birinchi nikohidagi kishisi Bahriddin akamni topib boradiyu xuddi shu yaxshiligi evaziga akam undan bir tuki kam bo‘lmagan manavi pariruxsorga erishibdi? Erishib, bu yoqqa jo‘natibdi. U esa kelib-kelib, endi kimga yo‘liqmoqda? Qizining yo‘llariga ko‘z tuta-tuta adoi tamom bo‘lgan onaizorgami? Bu nima, Ollohning marhamatimi yo hayotning bevafoligi? Qanday tushunmoq kerak?
Boshim gangiblar ketdi. Qarasam, Saynabi domlaning ko‘cha yuzidagi o‘rikzoridan o‘tib, Nuriddinlarning bog‘i etagidagi shovvaga yaqinlashib qolibmiz. Anhordagi muz ostidan chiqqan suv to‘g‘ondan oshib, bir ajoyib sharqirab, yarqirardi. Yozda anhorga ham sig‘may guvillab yotadigan shovva hozir to‘g‘onning har chekkalariga muz marjonlarini sochib, muzto‘qmog‘u muz-qilichlarini yasab yotar va yana noilojdan-noiloj muz ostiga kirib yo‘qolar edi. U ozodlikka chiqmoq uchun muz qilichlaru to‘qmoqlarini yasab qo‘ygan-u, bir boshlab ketadirgan mard-madadkor topa olmay yana tut-qunlikka mahkum bo‘lib, muz-qalqon ostiga kirib ketayotgandek edi.
— Voy, bu ikkinchi tepamu? Shundan o‘tib burilavuzamu? — dedilar kennoyim.
— Yo‘q, bu Tepamasjid. Uyimizga o‘qdek eshitilib turadigan azon mashi yerdan aytiladi, — dedim chechanligim tutib. Keyin gapimiz gapimizga qovushib kela qoldi. U kishi so‘rardilar, men javob qilardim.
— Kechagida yo‘lda ko‘rganuz-chi? U ham masjidmu?
— Unisida hayitnamozlar o‘qiladi, ziyoratga borishadi, — dedim.
— Shunaqa qadamjomu? — dedilar kennoyim hayratlanib.
— Cho‘lpon ota pirim qo‘yilgan ekanlar. Oyimni aytishlaricha, katta buvayu buvilarimiz ham o‘shatda yotishadi.
— O‘zi rahmatiga olsin hammalarinu, — deb u kishi sachvonlari ostida yuzlariga fotiha tortdilar. Keyin so‘radilar. — Dadangizlar hammu?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:21:44
Men bosh chayqadim:
— U kishi men bola paytimda o‘tib, Qa’ng‘liga qo‘yilgan ekanlar. Keyin tog‘alarimiz bizni ko‘chirib kelishgan.
— Shunaqamu? — deb yarim o‘girildilar, — Sultonmurod akangizning dadalari-chi? U kishuga nima bo‘lgan? — dedilar istihola aralash.
Men chiniga ko‘chdim:
— Oyim yaxshiroq biladilar bu tarixlarni. U kishini olib ketishganda... biz yosh bola ekanmiz.
— Akangiz hammu? — dedilar to‘xtab qolayozib. Kennoyum bu xabarlarni sachvonlarini ko‘tarib yutoqib tinglarkanlar, men pandavaqi orqa-ketini o‘ylamay javob qilar edim:
— Ha, ha, Olim akam biznikida, u kishi shaharda, xolamgilarnikida katta bo‘lishgan. Bu yoqlarga keyin kelganlar.
— Shunaqamu, uni qarang-a?..
Sezib turibman, u kishi yana nimalarnidir so‘rashga ilhaq, gapni shunga keltirayotirlar-u, aytolmayaptilar. Nimaligini ham anglab turgandekman. Marg‘u kennoyim haqda, akam bilan o‘rtalarida o‘tgan narsalarni so‘ramoqchilar shekilli-ku xayomi — nima qo‘ymayotir.
Men ham tushuntirib bo‘lmaydirgan u gaplarni ochgim yo‘q, akamni yoxud Marg‘u kennoyimni yomonotliq qilib qo‘yishdan qo‘rqib, tilimni tishlab borayotirman. Chindan ham biz nima bilamiz?! Mahfuz kenno-yimning o‘zi bizdan ham ko‘proq narsani bilarkan-ku. Akamning «vasiyati»ni ham, uni birinchi nikohi- dagi kishisiga yetkazishganini ham. Boshqa gapga ne hojat?
Bu orada ikki chekkasi paxsa devorli ko‘cha ham, gir atrofini qari qora tollar o‘ragan, hozir usti muzlab-tosh qotib yotgan hovuz ham orqada qolib, yong‘oqzordan o‘tibmiz. O‘rtada kichkina tavaqa — bolachasi bor tanish darvozaga yetib kelibmiz. Uni ko‘rgan zahotim yuragim to‘rga tushgan bedanadek potirlay boshlagan edi. Shuncha o‘zimni bosaman deyman, qani bosolsam!..
Ichkarida tiq etgan tovush yo‘q. Arslon otli o‘sha «dev» ham qay kunjakda yoxud somonxonada yotgan bo‘lsa ehtimol — ko‘rinmayapti. Lekin otxonadan opchiqib, kungay joyga bog‘lab qo‘yilgan qari targ‘il sigir «eshak o‘ldiradigan oftob»da shumshayib turibdi. Pinakka ketganmi, kavsh ham qaytarmaydi, oxurga yopirilib talonchilikka tushgan chumchuqlarga qarab ham qo‘ymaydi. Ro‘za tutgandek tek qotgan.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:21:56
Ochiq eshikdan mo‘ralab-chaqirib turish o‘ng‘aysiz edi, eshik bolachasini o‘zimga tortib, zulfinni taqillata boshladim.
Ichkaridan «hozir» degan ovoz keldiyu eshik tir-qishida birov ko‘rindi. Sai ekan. U o‘sha-o‘sha kalta-qo‘ng‘ir paltosida, yo‘lakay ro‘molini qayta o‘rab kelardi.
— Kiravering, ochiq, — dedi u o‘sha yoqdanoq.
Men kennoyimga yo‘l bo‘shatdim:
 — Mana sho‘t, men kuta turaman.
Kennoyim sachvonni boshlariga tashlab elandilar:
— Voy, odamnu uyalturmang, Maqsudxo‘ja?
Rosti, yuzlaridan o‘tolmadam. Ichimda esa, uchib-qo‘nib turibman: Sai demaganlar o‘z opajonisiga o‘xshagan kennoyimni ko‘rib, qay ahvolga tushadi ekan? Ayniqsa, o‘sal yotgan onasi? Turib ketsa-ya...
Shu vaqt kennoyim o‘girildilar ham... eshik ochilib, Sai ko‘rindiyu «Voy!», degancha qotib qolayozdi. U ikki qo‘lini ikki betiga bosgancha Mahfuz ken- noyimga tikilib qolgan, o‘zini unga otarini ham, otmasini ham bilmas edi.
— Siz, siz... — derdi-yu, u yog‘ini ayta olmasdi.
— Ha, men, Salom opoqiz aytgan tabibman, o‘sha. Ayangiz tuzukmular? O‘zlariz yaxshi o‘tiribsizlarmu?— dedi kennoyim ko‘rishgani bora boshlab.
Shundagina Sai o‘ziga kelib, ko‘z pirpiratdiyu noiloj yelkasini tutib berdi:
— Kelingiz, kiravuring
Ammo o‘zi ko‘rishyapti-yu, ko‘ziga ishonmaydi, opasi «Voy, mani puchug‘im, singiljonim», deb quchoqlab oladigandek, alag‘da. Allaqanday kalovlanib qolgan.
Men «Boshla, boshlay qol», degandek im qoqdim. Sai o‘zining ahvolidan o‘zi xijolatlarga tushib, qizarindiyu shosha-pisha ortiga chekildi:
— Voy, chindanam, opoqim aytib ketuvdila-ya? Kela qolinglar. Yura qolinglar, mana bu yoqqa.
Biz o‘n qadam yuribmidik-yo‘qmi, kennoyim boshlaridan paranjilarini olib ulgurgan edilar hamki, ayvon oxiridagi kichik uyning o‘sha ayvonga qaragan eshigi ochilib, yelkasiga to‘nining bir yengini kiya-kiya kimdir chiqa boshladiyu, yalt etib bizga ko‘zi tushib, ostonada turgancha qoldi. So‘ng:
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:22:10
— Iya, Marg‘u?! O‘zingmisan?! — deganicha oyog‘iga bir nimalar ilishga urinib, kalovlandi. Va o‘sha yerning o‘zida ikki aylanib, o‘sha bir nimani topdi va o‘zini pastga tashlashga chog‘langan joyda chiqqan eshigini hovliqib ochib, ichkariga ovoz berdi:
— Oyi, uniz kepti, o‘z oyog‘i bilan kepti!
Qaytib boyagi vajohatida hovliga tushib kela boshlab zinaning yarmiga yetganda... ustunni yarim quchgancha to‘xtab qoldi. Xuddi shu vaqtda u «singlim» deb atagan kimsa shart qayrilib, paranjisini boshiga ilib ulgurgan va apil-tapil sachvonini tushirmoqda edi.
Sai bo‘lsa, gangib qolgan akasi tomon chopgan, shivirlab:
— Voy, qanaqasiz, o‘ziz?! Nimalar deyapsiz?! Bular Salomxon opoqining kelinlari-ku, tabib-ku. Hushingizni yig‘ing, aka, — deb koyib-kuyinar, tirsagidan tortqilab, orqalarini silab «esingizni yig‘ing, qoching»lab, yo‘ldan haydar edi.
Lekin urushdan qaytiboq anuv voqealarni eshitib, Sultonmurod akamni yanib yurgan akasi qani esini yig‘ib, chetga burilsa!
— Nega birov... bo‘ladi? Opang-ku?!. — dedi u axiyri singlisining betiga qarab.
U tutashqosh, yuzi-ko‘zi Sainiki singari ko‘hlik, ammo o‘zi qarchig‘aydek yigit edi. Egnidagi do‘ppiyu to‘n hali qovushib-qovushmay — askarlikdan yangi qayt-gani shundaygina bilinib turardi.
— Adashyapsiz, aka. O‘xshatyapsiz, xolos. Bular ayam uchun kelishgan, qoching,— derdi Sai hamon shivirlab, o‘zi esa akasining qilig‘idan uyatlarga botib borar edi.
— Asta’firulloh, asta’firulloh, — deganicha nari ketarkan, u hamon gumonsirab-gumonsirab qarab qo‘yar edi.
Men zora chalg‘isa deb, yaqin borib salom bera qoldim.
Ammo u alik o‘rniga ham aftimga anqovsirab tikildi. Tanimagani aniq edi, o‘zimni tanita boshladim:
— Biz pastdagi maktab oldida turamiz. Salomxon mashinachi...
U kennoyimga orqa o‘girib turar edi, qaytarib so‘radi:
— Ilgari-chi?
Men ko‘chib kelganimizni tushuntirguncha kennoyim Saiga ergashib, o‘zlarini zinaga, undan ayvonga urdilar. U shu pildirab borishida hazilakam hayajonga tushmagan edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:22:23
Ular kirib ketishib, biz hovlida qoldik. Saining akasi o‘girilib, kennoyimning kavshiga qarab qo‘ydiyu qoshlarini kerib, menga boshdan-oyoq tikildi:
— Shoshma-shoshma, kimmiz deding?
Men qaytadan tushuntira boshlab edim, u jerikib berdi:
— Rosa cho‘zding-ku, Sultonmurod kim bo‘ladi senga?
— Akam, — dedim to‘rsayib ham kalta qilib.
U labini burib, burnini jiyirdi: go‘yo «shu jipiriqning akasi...» degandek. G‘ashim kelib, ensam qotdi:
— Sizga nima?!
— O‘h-u! Jahling ham burningni uchida-ku! — Gapim nash’a qilib, achchiq kuldi u va kutilmaganda yelkamga chayirdan chayir qo‘lini tashlab, asabiy silkidi, — To‘g‘risini ayt, hov. Tug‘ishganmi, kim?..
Men go‘yo shaqildoqdek turgan yerimda necha bor borib-keldim. Umurtqammi, qay bir suyaklarim shiqirlab ketib, alamim qaynadi.
— Tug‘ishgan bo‘lsa nima?! — dedim qaysarligim tutib.
U hayratlanib, so‘ng jilmaydi:
— Nu, qoyil! Shu ketishing bo‘lsa, akangdanam o‘tasan.
— Akamga nima qipti? — dedim silkinib.
Uning yuzi tundlashib kelib, o‘zi qulog‘imga engashdi:
— O‘sha nima qiptisini... ko‘rsatib qo‘yaman men unga! — dedi alamli shivirlab. Keyin qaddini rostlab, ko‘zini lo‘q qilib qaradi. — Hozir qay go‘rdalar? Gadoy topmas bir joylarda qochib yuribdilarmi?
Menga hammadan shu kesatig‘i o‘tib tushgan edi.
— Juda bilibsiz-da! — dedim to‘ng‘illab. Qarasam, doru xalta qo‘limda, kim bilan pachakilashib turibman, to‘g‘ri zinaga qarab yuraverdim.
U ortimdan ikki qadam tashlab, vishilladi:
— Hov, mishiqi?! Bo‘lmasa, nima ekan? Birovning pardai ismatdagi singlisini avrab opketadilar-u, yana oppoq ekanlarmi? Shoshmay tursin hali! — dedi kamiga ayvon ustuniga shappalab.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:22:37
Men tepaga chaqvolganman, oyog‘imdagini yechishniyam, eshikni ochib kirib boraverishniyam bilmayman. U esa, qori quralib, pilchiray boshlagan hovlida loyga ham qaramay alam bilan nari borib, beri kelyapti, Ora-chira qo‘l silkib, so‘kinib qo‘yadi:
— Men shunday qoldirarkamanmi?! Indamay ketarkanmanmi?! Shoshmay tursin! Bularni mana shu kuylarga solgani uchun ham tinch qo‘ymayman! Yerning tagidan bo‘lsa, topib kelaman!
«Ne-ne kekirdagi uzunlar nima qila olib edi, Sizning qo‘lingiz qaerga yetardi!» demoqchi bo‘ldim-u, aytib o‘tirmadim. Qolaversa, u hali nimani biladi. So‘ng doru xaltani kutib qolishdi deb o‘ylab, ular kirib ketishgan eshikni shartta ochdim.
Yo tavba, Mahfuz kennoyim, ha-ha, boshidan paranjisini olib qaergadir tashlagan Mahfuz kennoyim to‘rdagi — oyog‘i tanchaga qaratib solingan o‘rinda yo‘qdek bo‘lib yotgan ayol yonginasiga tiz bukkanu uning ko‘ksiga bosh qo‘yib, yuz bosgancha qolgan edi. O‘sha yotgan kimsa esa qoqsuyak, ozg‘in qo‘llari ila kennoyimning boshini, boshiga qo‘shib sochlarini ohista-ohista silar, usiz ham kirtayib ketgan ko‘zlari yumuq holda bir nimalar deb shivirlar ediyu, mijjalaridan sizib chiqayotgan yosh ikki chekkasidan quloqlari yumshog‘i tomon chopqillagandan-chopqillar edilar. Go‘yo «Roziman, mingdan ming roziman, ona qizim», deb pichirlar-u, negadir men ovozini eshitmayotgandek edim. Titrab ketdim! Bu yoqda askar o‘g‘li hovlida shilp-shilp yurib, nari borib-beri kelyapti, u yoqda mushtdek bo‘lib, onasining bosh tomonida o‘tirgan Sai o‘krab yuborgudek ahvolda — ikki yuzini changallagancha qolgan. O‘zim esam, nima bo‘lganini hech anglab yeta olmasdim...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:22:52
...Xotinim qaytib kirib, xatni yana qo‘liga oldi:
«...Sultonmurod aka! Qanchaluk o‘ng‘aysiz bo‘lmasun, ularnukiga bordum. Xolanguzning so‘zlarini yerga tashlay olmadum.
Xudoning xohlashuni qarangki, Sizni qora tortub, o‘ziniyam, bu yoqdagilarniyam ne malomatlarga qoldirub ketgan va Siz birinchi nikohidagi kishisiga yetkazdurgan baxt sohibasinikiga uning qiyofasida kirib borishumni, ularnikudagilar meni ko‘rib qay ahvolga tushganlarini bir ko‘rsangiz edu.
Savob deb bordim-u, lekin gung odam ham chidolmasdu bu tashrifga. Askarlikdan qaytgan akaginasining meni bexos ko‘rib qolub, uyni boshiga ko‘targanlarini, oyi, uniz keptu, o‘z oyog‘u bilan keptu deb jar solub, bir yerga yetganlarini, so‘ng men u emasligimni bilib qolub qay holga tushganlaruni ko‘rsangiz edu! Paranjiga o‘ranub kirib boryapman-u, duvillab kelgan yoshdan na yo‘l, na zina ko‘rinadu ko‘zumga. Yaxshiyam tolchiviqdek singlisi borakan, o‘sha boshlab kirib ketdu.
Kirsam, qizining dardu firoqida ozub-cho‘p bo‘lib qolgan onaizor o‘runda erib bitgan shamdek yotiptu. Askarlikdan qaytgan o‘g‘lining boyagi shovquni — «uniz keptu»sini eshitgan shekilli, o‘zi alag‘dayu ko‘zlari javdiraydi. Menginani ko‘rib:
— Marg‘u... Voy, mening bebaxtginam! — deb boshini to‘rt enlikkina ko‘tardi-yu, boshqasiga holi ham, majoli ham kelmay, cho‘zila qoldu.
Uchib borib, yonlariga tizzaladumu hamma istihola, andishalarni yig‘ishtirub, ko‘ksilariga bosh urib, yuz bosgancha qoldum. Paranjumni qachon boshimdan oldum, u kishi qay ahvolda ko‘rdilar, bilmayman. Ammo u kishi ham menu qizlari o‘rnida ko‘rgan, meni u deb bilgan edular. Lablari shivirlabmu Ollohga shukrlar aytardi. Men u kishinu noumid qilolmasdum, boshqaman deya olmasdum. Tilum aylanmasdu bunday so‘zlarga. Buning o‘rnigayam ich-ichumdan bir yig‘i, bir o‘ksug‘ bosub kelyaptu — o‘zumni tutolmayman, tilumdan bir so‘zlar oqub kelyapti — aytub ado qilolmayman. O‘zum chindan ham shu mushtipar onaizorning duosini olib qolgum bor, bir marta yuzlarumga qarashiga, bir og‘iz eshittirub bir nima deyishiga intiqman, zorman.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:23:13
Nihoyat, momiqdan momiq, mayin bir kaft, qizaloq qo‘llaridan ham yengil bir qo‘l boshim aralash sochlarumni silay boshlaganini sezib, entikublar kettum va bag‘irlariga singib ketgudek bo‘lub, yuzlarumni bosdum. Ammo u qo‘lning holi yo‘q edu. Boshumni quchib qo‘yib:
— Baxtingda ko‘paygin, ilohim, — dedilaru jim qoldilar. Qo‘llari yelkamdan sirg‘alib tushib ketti.
Boshimnu ko‘targanumda ochuq ko‘zlarining nuri ikki tomchi yosh bo‘lib, mijjalaridan oqib tushmoqda edu. «Inna lillahi va inna ilayhi rojiun» — chindan hammamiz bir kuni uning dargohiga qaytguvchi ekanmiz.
Olloh rahmatiga olgan bo‘lsun. Qizlaridan rozu kettilar.
Imkoni bo‘lsa, bir enlik xat ila u mushfiqaga xabar bermak lozimdur. Ruhi poklariga bir kalima Qur’on tilovat qilib yuborsa ham savob. Qolaversa, Ollohning uyiga yaqin joylarda, payg‘ambar sallollohu alayhi vassalam yurtlarida yashayotgan Marg‘ubalaridan lozim bu.

Addoi Mahfuzangiz.
O‘sha o‘zingizga tanush aziz manzil-mavozelarda
yashab turguvchi xasmu zavjangiz».
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:23:33
14. QAYRAG‘OCHZORLI YOLG‘IZ MOZOR SIRI
yoxud Maqsud qissago‘yga qorong‘u — muallifga ayon tarix


O‘sha qoqsuyak, jimit chol — Mirto‘xta amaki qo‘lida bir hovuch gilosmi — nima, o‘pib, ko‘ziga surtgancha omonliq-somonliq qilar va bir donaginasini tishsiz, nuqul milkdan iborat og‘ziga solib, yonidagi pakana, g‘ulabir odamga bir nimalar deb g‘o‘ldirar edi.
Olim uning quloqqa allaqanday xush yoquvchi ovozini qo‘msab, mashinasini yo‘l chekkasidagi kallaklangan tollar tagiga olaqoldi. Qarangki, guzardagi bu tollar kallaklanib, qator do‘konlaru rastalar yopilib qolganidanmi, u allaqanday fayzsiz ko‘rinar, tollar esa endigina ko‘klab kelar, yangi navdalari hali qing‘ir-qiyshiq butoqlarini enlab ulgurmagan edi. Hatto Mirto‘xta amakining choyxonasiga kiraverishdagi hayhotdek tutning shoxlarini ham ship-shiydam qilib kesib ketishgan, u qurigan daraxtdek sho‘ppayib qolgan edi. Tagidagi yog‘och so‘rilar ham huvillab yotibdi. Hamma yoqqa it tekkani-tekkan, shuni kesishmasa, nima qilibdi ekan, guzaru choyxonadan fayzni ketkazib?..
U ichi achishib, o‘sha tomonga qarab yuraverdi. Mirto‘xta amaki uni mashinasidan tanibmi, puturi ketgan yog‘och zinasidan tartaqaylab tushib kela boshladi:
— Iya-iya, eshon bola, yana qandoq shamollar uchirib? Keling-keling, qadamlarizga hasanot.— U g‘o‘ldirab kelib, qo‘lini oldi va keyingisi bilan yelkalarini silab tavof eta ketdi. So‘ng ko‘k xalatining cho‘ntagidagi gilosdan ilindi. — Oling, eshon bola, Cho‘lpon otaning qora gilosidan. Totinib qoling, shu oxirgi hosili. Hademay ular ham kundakov bo‘lib ketadi.
Gilos — gilosmisan-gilos edi, har donasi boshmaldoqdek kelar, halitdan charosdek rang olib, qoraya boshlagan edi.
Olim beixtiyor o‘zi bolalikda shabboxun urib yurguvchi Yakkabog‘ bog‘larini esladi. Ayniqsa, Inog‘om tog‘aning tashqisidagi o‘rta devorga yonboshlab tarvaqaylagan azamat gilosning qo‘shaloq-qo‘shaloq, tergan bilan, yegan bilan ado bo‘lmaguvchi mevalari ko‘z oldidan o‘tar edi. Ana shunday boshmaldoqday giloslarni Qash-qarda ko‘rib edi, qaytib mana endi qo‘lga olishi. Hademay bularni ham ado etishadi, hamma yoqqa qiron kepti. Qaysi gunohlariga shunday bo‘pti? Shahar qurisharkan, boshqa yer — qirmi, taqirmi, qurib qolgan ekanmi?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:23:43
— Oling, eshon bola, omonliq-somonliq, — deb qistardi Mirto‘xta amaki.
Olim o‘ziga qolsa, shu qo‘shalog‘ini mashinasining oynasiga, naq ko‘zining ro‘baro‘siga ilib qo‘ygusi keldi.
— O‘z bog‘izdanmi, amaki? — dedi.
— Qayda! Bizni bog‘ qoptimi, allazamonda surib tashlashgan. Bu Mukarram eshonni bog‘idan. Ana, o‘zi, ilinib opchiqqan ekan. Shunaqa ilinib yuradi, qassob akangiz.
Hamma mehri ko‘zlariga balqib chiqa qolgan bu kaltabaqay odam o‘laqolsa qassobga o‘xshamasdi. Harqalay Olim uni qo‘liga tig‘ ushlagan holda hech tasavvur etolmadi. Shuning uchun ham u bilan samimiy ko‘risha turib, yanglishganini sezdi. Uning qo‘li bamisoli qayroqtoshdek qattiq edi.
— Hovliga kiramiz, mehmon. Quling o‘rgulsin xasip soldiryapman. Ta’mi og‘zizda qolsa, kep turasiz,— deb iljaydi Mukarram aka.
— Rahmat, aka, boshqa gal, — deb qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi Olim, — Bir yerga o‘tadigan edim, sal kechikdim. Sutchi amakiga va’dam...
— E, u kishimi? Allaqachon qaytib, bitta choyni maydalab o‘tirib edi. Yakkabog‘dan qidirib kelib, opketib qolishdi, — dedi Mirto‘xta amaki uzundan-uzun qo‘lining orqasi bilan qotgan belini silab qo‘yib.— Qanday topib borasiz, bu abjag‘i chiqqan yo‘llar bilan? G‘irotingiz uvol-da, uvol. Kuta qoling.
Qassobga jon bitdi:
— Shuni ayting, ayni otamlashadigan mavridi ekan. Qoling, xasip tobida. Yo‘q, demang.
— Qaniydi, otamlashganga nima yetsin. Lekin tushunasiz-ku, o‘rtada lafz bor. Bir eski mozorot yo‘lga tushayotgan ekan. O‘shanga o‘tmoqchiydik.
Buni eshitib Mirto‘xta amaki hovliqdi:
— Darvoqe, o‘shalar kelib opketishdi. Sanduqli otadan sanduqlar chiqqanmish.
— Ochishibdimi? — deb yubordi Olim bir nima bo‘g‘ziga tiqilib kelib.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:23:57
— Bilmasam, bilmasam, — deb g‘o‘ldiradi choyxonachi, — sutchini «chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin,» deb opketishdi. Eski kitoblarga undan bo‘lak kimning tishi o‘tardi? — Keyin kamiga uni ta’riflay ketdi. — Mullaga taraf yo‘q, taraf. Cho‘lpon otaning imomi ham ip esholmaydi uning oldida, sut bonka orqalab yurganiga ishonmang.
— Eski uylarning sinchlari orasiyu toqilari tepasidan chiqayotgan kitoblarni shu kishi sotib olayotganmish, — deb qo‘ydi qassob ham.
Olimga shu kifoya edi, ichi qurib, xayr-ma’zurga tushib qoldi:
— Uzr-uzr, men bormasam bo‘lmaskan. Aybga buyurmaysizlar.
— Esiz, mashina, bu chalchiq yo‘llarga, — dedi Mirto‘xta amaki ichi achib.
Ammo mehmon parvo qiladigan ahvolda emasdi.
— Shunday topildiqlar xabari chiqqanda jin uradimi bu tersakka! — dediyu xayr-xo‘sh bilan o‘sha qora kiyikiga o‘tirib, tuproq yo‘ldan kun og‘ib borayotgan tomonga surib ketdi.
Birpasdan keyin u har turli og‘ir mashinalar o‘taverib o‘ydim-chuqur bo‘lib ketgan yo‘ldan qo‘sh g‘ildirak izi bilan bir amallab ilgarilab borarkan, botib qolari yoxud biron ariqqa tushib ketaridan havf-sirab, to‘xtab-to‘xtab qolar edi.
Ana shunda ko‘z o‘ngidan namatga o‘ralgan sandiqlaru uni ko‘plashib ko‘tarishib olayotgan odamlar ketmay qolib, bolaligida eshitganlari yodiga tushib-tushib kelaverardi. Emishki, rahmatli dadasi bir kuni qo‘llarida ilm olayotgan shogirdlari bilan hamma kitoblaru qozilik hujjatlarini sanduqlarga joylab, sanduqlarni esa namatlaru mol terlari bilan o‘rab-chirmab, yarim kechada allaqaerga tashlab kelishibdi-da, so‘ng oshni yeb, muridlarga oq fotiha berganmishlar. Ertalab esa o‘zlarini olib ketgani odam kelganmish.
U yoqda ekanida shuncha og‘iz juftlab, mavrid kutdi, lekin so‘rashga jur’at topganida u kishi (Olloh rahmat qilsin) tildan qolib, bir siqim sariq ipakdek bo‘lib yotar edilar. Yaxshiyam ilgariroq sutchiga bir nimalar degan ekanlar.
Sal o‘tib, binoyi toshyo‘l boshlandi. Endi qo‘rqmasa ham bo‘lardi. Quruvchilar yuk mashinalari chalchiqqa botib qolaverib, toza adablarini yeyishgan shekilli, ilgarigi (tuprog‘i yozda to‘piqqa chiqib, kuzda balchiqqa aylanadigan) katta ko‘chaga shag‘al yotqizishgan, uning dala yo‘li siyohi qolmagan edi. Faqat yo‘lning ikki chekkasidagi yo‘lkalar o‘sha-o‘sha, goh katta yo‘ldan odam bo‘yi tepaga chiqib, goh Izzaga yaqinlashganda baravarlashib qolar edi. O‘sha bir vaqtlar — ular eslarini tanimasdan burun tepalarni kesib o‘tib, to‘g‘ri Achchiga qarab tushgan yo‘l hali ham omon turar, undan bo‘lak hamma narsaga — bog‘laru soylaru qo‘rg‘onlargacha, barchasiga tekis qiron kelgan, ko‘zga yarq etib olovdek tashlanadigan narsaning o‘zi qolmagan, o‘rnidan ufqlarniyu kengliklarni to‘sib, balandqavat temir uylar qad rostlab kelar, mahobatini aytmasa, dunyo ko‘rgan Olimga ham allaqanday o‘tirishmayotir edi. Balki odam bolasining tabiati shunaqadir: ko‘z ochib ko‘rgan narsalaridan ajrashni istamas. Har bir o‘zgarishni ichki g‘ashlik bilan, og‘rinib qabul qilar. Hozir ham shuncha oro berib qurilgan, me’morchilikning ovrupo namunalaridan qolishmaydigan imoratlar qolib, yo‘l chekkasidami, osmoni-haftim binolar o‘rtasidagi hovli-maydondami adashib-qirqilmay qolgan yakkash tutmi-yong‘oq tuplari ko‘ziga olovday ko‘rinib ketar edi. O‘zi esa xuddi eski tanishini uchratgan odamdek bir yerlarga yetar edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:24:09
Yakkabog‘ning Izzasiga yetganda chidab turolmadi. Mashinasini chetga olib, ko‘cha yoqasiga tushib bordiyu kunbotarga qarab cho‘zilib ketgan va qurilishlar orasida hozircha omon turgan chimzor-soylikka bolalarcha entikib, tikilib qoldi. Hayriyat, hayriyat, deya shivirlar, vatanning bir parchasi bo‘lsa ham omon qolgan ekan-ku! Bolaligimizda sigir boqib, soylarida cho‘milib, chimzorlarida gurpaklashib yurgan kunlarimizni yodga soladigan narsayam bor ekan-ku! Otalarimiz, onalarimiz yurtidan yodgor bo‘lib shugina qolibdimi? Qolgan hammasi yitib ketibdimi, deya shivirlardiyu ko‘ngli buzilib borardi. Ko‘ngli bo‘shalib, ichi sim-sim simillab ketayotgan bo‘lsa-da, soylikning o‘rtasida qora ilondek to‘lg‘onib yotgan Izza suvidan, uning ikki betkayida yastanib, to kunbotarga qadar cho‘zilib ketgan yam-yashil chimzorlardan ko‘z uzolmasdi. Bu yerning havosi ham bir bo‘lakcha, ko‘ksiga moydek oqib kirar, Izza bo‘ylaridagi yalpizlarningmi, suv o‘tlariningmi omuxta hidlari anqib turar, hidlab to‘ymasdi. Hozir o‘sha buloq suvlaridan hovuchlab-hovuchlab ichgisi, o‘sha chimzorlarga cho‘zilab, tubsiz osmonga tikilib yotgisi kelardi. Bilmasdiki, sal narida, hov qari tollar tagidagi vayrona tegirmondan u yog‘ida soyning ikki yoqasiga uzala tushgan azaliy tepalar, minglab qushlaru ko‘k kaptarlarga vatan bo‘lib, in bo‘lib, hammasini o‘z bag‘riga ola biladigan, chug‘ur-chug‘urlaridan jangillab aks-sado berib yotadigan tik jarlar allaqachon yo‘qlikka ko‘chgan, hozir borsa, ularni topolmasdi. Qadim Izzayu uning ikki betkayidagi yuzlab buloqlar o‘sha tepalar tagida qolib keta boshlaganini u hali bilmasdi. Hozir ko‘z oldida turgan, hali sivilizatsiyaning qadami yetmagan bir qism soylik — chimzorlargagina mahliyo bo‘lib turar, shunga ham shukr qilardi. U yoqdagi ostin-ustinni ko‘rsa, nima qilarkan, o‘tirib olib, piq-piq yig‘larmidi ekan?!
Omon qolgan chimzorlardan ko‘ngil uzolmay, ketsa-qaytib ko‘rolmaydigandek bir holga tushib, yana bir muddat turdi. Ammo kun ketib borar, oftob oqposhshoning qizil tangasidek qizarib minora kranning uchiga osilib turar, soydan kechki bir salqinlik ufura boshlagan edi. Olim shoshmasa bo‘lmasdi, yolg‘iz mozorotdan topilgan sandiqlar tarkana bo‘lib ketmasidan yetib borgani ma’qul edi. Qolaversa, u sanduqlardagi narsalar kimniki ekan? Ularni kim joylab, kim ko‘mibdi ekan? Shunday kunda yetib bormasa, bir umr armonda qolmaydimi!
Chimzorda shudring tushib, oy chiqqunga qadar o‘tirgisi, bolaligi kechgan diyor bilan vidolashgisi kelsa-da, ortiq qola olmasdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:24:25
Xuddi shunday bir his Yakkabog‘ning guzarchasidagi hayxotdek yolg‘iz sadaqayrag‘ochni ko‘rganda (bu nimaning alomati ekan — shunday azamat qayrag‘och qurib qolgan, shu holida ham uni tinmagur chumchuqlar vatan tutib, in qurib, chug‘urlashib yotar edilar!), Murjimondan o‘tgandagi zanjir solib ham qo‘porib tashlasha olmagan katta qari toshnokka ko‘zi tushganda ichidan toshib kelgan xo‘rlikni zo‘rg‘a bosa oldi.
U ko‘zlagan manziliga yetib qolgan edi. Otasining xaloskori, sobiq hamkasbiga ko‘zlari qizargan holda ko‘ringisi kelmadi. To‘g‘ri, inson judoliklarga ko‘nika bilishi kerak. Tug‘ilgandan to qabrgacha nimalardan judo bo‘lmaydi u?! (Bu o‘sha sutchining gapi!) Lekin odam har narsaga chidasa ham ko‘zi tirigida o‘zi yayrab o‘sgan, yalangoyoq turpoq kechgan, so‘qmoq oshgan, chimzorlarida shudringdan so‘ng yashil izlarini qoldirib chopgan, buloq suvlarini ichgan, ne’matlaridan totgan bir vatan — bir diyordan qanday ayrila oladi? Bu ayriliqqa qanday chidaydi? Qaerdan taskin topadi? Qaysi gunohlariga Olloh ularning o‘rniga tamomila yangi qavmni keltirib qo‘ymoqda — o‘ylab uyining tagiga yetolmasdi. Inson xom sut emganki, o‘zining gunohi qolib, boshqalarnikini hisoblashga tushib ketadi. O‘zim-chi, o‘zimizdan nima o‘tib edi, deb qo‘ymaydi. Tog‘dek gunohi borligini bilsa ham bilmaganga olmoqchi bo‘ladi. O‘zi-chi, o‘zi oppoqmi? Shu kunlarni yaqinlashtirib berganlarning ichida o‘zi yo‘qmi? Endigi ko‘zyoshidan, alam-sitamlardan nima foyda?! Kech ochilgan ko‘z pushmon yig‘ilaridan qurib, so‘qirga aylansa nima?! Sabru bardosh va tavbadan boshqa nima qopti? O‘shanda ham agar Olloh yorla-qasa...
Uning mijjalariga goh achchiq yosh qalqib chiqib, ko‘z oldini tumanga o‘xshash bir nima qoplab ola boshlar, goh o‘sha yolg‘iz chirq-chirq chumchuqlargagina vatan bo‘lib qolgan (hali saratonga borib ular ham buni tashlab ketadilar!) hayxotdek sadaqayrag‘och ketmay qolar edi. Shunday sada turgan yerida qurib qolsa-ya! Bu nimaning alomati? Olim o‘ylab o‘yining tagiga yetolmas, hikmati nima bilolmasdi. Chindan ham u bilmaydi, bu bir vaqtlar (hatto bundan o‘n yetti-o‘n sakkiz yillar muqaddam ham mashhur, gurkiragan, hammaning og‘ziga tushgan sada bo‘lganini!.. Hamma gap shundaki, o‘sha sada gurkiragan pallada uning ro‘baro‘sidagi xonadonda bir g‘aroyib chaqaloq (o‘g‘il bo‘lib o‘g‘il emas, qiz bo‘lib qiz!..) dunyoga kelgan edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:24:39
Bu nimaning alomati edi, oxirzamon — qiyomatningmi yoxud biron kasru kasofatning, ota ham, ona ham bilisholmadi. Yaxshilab tanalariga o‘ylab ko‘rishsa-ku, tong-saharlarda Ollohga yolvorib tavbalar qilishsa-ku, yolg‘iz o‘zidan madad so‘rashsa-ku — hikmatini anglasharmidi! Olloh ham gunohlaridan o‘tardi. Yo‘q, bir-ikki kun qo‘rqib yurib, keyin qo‘rqmay ham qo‘yishdi. Negaki bola qosh-ko‘zi joyida, o‘zi popukday edi halitdan. O‘g‘ildan ko‘ra qiz bolaga tortib ketardi chiroyi. Xudoning o‘zi g‘amxo‘r, vaqt ajratadi deb o‘zlariga taskin berib qo‘ya qolishdi. Qusuriga e’tibor qilishmadi, shuni ham Xudodan ko‘rishdi. (Olloh esa uni behikmat yaratmagan edi!..) Bora-bora haligi bolakay... avval sochlari o‘sib, yelkasiga tushdi, so‘ng orqasi bilan bitta jamalak sochli qizaloqqa aylandi. Oq yuz, quralay ko‘z bir ko‘hlik qiz bo‘ldiyu so‘ng hech kim o‘ylamagan bir paytda, ayni onalar «voy falonchiyam bo‘yi yetib, oyday qiz bo‘ptimi» deb ko‘z ostiga ola boshlagan kezlarida qizi tushmagur bir kechada «rastasidan buzilib» ovozi do‘rillab chiqdi! O‘zi ham necha kun uydan chiqolmay, qamalib o‘tirdiyu keyin «bo, xudo olsin» deb dugonalari orasiga chiqib ketdi (Onasi zora ovozi yumshasa deb otadan bekitiqcha, jindek surma ichirib ham ko‘rdi, ko‘knor ezib berdi ham, bo‘lmadi). Shu-shu erkakshoda bo‘lib qoldi. Maktabni tashlab, dalaga chiqib ketdi. U yoqda esa udli-shuldikkina ekan, bir o‘zi qirqta qizga bosh bo‘lgudek deb, chopiqchi qizlarga boshchi qilib qo‘yishdi.
Qolaversa, qo‘li ancha yerga yetadigan, kattalar ham hisoblashib, hayiqib turadigan tog‘asi bor edi. U haqda «Xudodan qo‘rqmagandan qo‘rq», deyishardi. Sultonmurodlar uyini yoqib, Kattabog‘dan badarg‘a etishganida ko‘chini ortib ketaturib, alam-achchiqda otni qistab-qamchilagan ekan: ot olib qochib, undan uchib ketgancha oqsoq bo‘lib qolgan deyishadi, shu-shu Akmal o‘ris nomi Akmal cho‘loqqa aylangan. Ilgarigi movut kepka kiyib yurgan mahallari ham bir baharnav ekan, endi undan jizzaki, undan alamzada odam topilmasdi bu deparada. Akmal cho‘loq kevotti desa, har kim har yoqqa — kim chorboqqa, kim ishkom ichiga urib ketar, u kasofatga yo‘liqding — baloga yo‘liqding edi. Shunaqa Xudoning g‘azabi edi. Kolxozda ham uning aytgani ayt-gan, degani degan edi. Ketmon chopiqda bas boylashsa, bir o‘zi to‘rtta erkakni qochirib, changida qoldirib ketadigan, ba’zan kurash tushsa, o‘zi tengi yigitlarni ham chirpirak qilib otgudek vajohati bor jiyani Qumrinisa (shunday tog‘asi bo‘laturib!) oddiy ketmonchi bo‘lib qolarmidi! Tez orada qirq qizlarga bosh — zvenovoy bo‘lib ketdi. Necha yil bedapoya bo‘lib yotgan, kaftdek tekis kungay yer ularga ajratilib, otxonaning tog‘ bo‘lib ketgan go‘nglari shu yoqqa tashildi. Qirq arava chiqdimi, undan ko‘proqmi, hech kim hisobini olgani ham, so‘ragani ham yo‘q. Qolaversa, lavlagi urug‘ning sarxili shularga tegdi. Qizlarga esa, bir nomchiqarga ishlaysizlar, mukofotiga bosh-oyoq sarupoyu kamiga Muqimiy teatrusiga olib tushish, deb va’da qilishdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:24:52
Hov, yer xohlab qolsa, qand lavlagi degani yomon bo‘lib berar ekan. Har lavlagilar bo‘ldiki, uning oldida o‘g‘irdasta — ingichka edi. Qizlar qazib, aravalar omborga tashib ulgurisholmasdi. Ana shu nomchiqarga qilingan ishga Akmal cho‘loqning o‘zi shaxsan bosh bo‘ldiyu jiyani uchun turib berdi. Qizlarga va’da qilingan bosh-oyoq saruponi ham topdirib keltirdi, Muqimiy teatrusiga shaxsan o‘zi olib tushib, yarim kechada uy-uylarga tashlatib qo‘ydi. Qizlar shunga mahliyo edilar, xursandlikdan tanalariga sig‘masdilar. Bu haqda allavaqtga dovur gapirib yurishdi ham.
Erkakshoda jiyan esa, bu deparada ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan obro‘ga ega bo‘lib, shuhratning tagida qolib ketdi. Uning suvratu portretlari qishloqning guzaru maktablari, do‘konu shiyponlariga osib tashlanib, o‘zi deputatlikka ko‘rsatildi. Endi uning nomi hammaning og‘zida edi. Qumrinisa Qang‘lining qo‘l yetmas yulduziga aylangan edi. Odamlarning «Qaysi, kimning qizi?» degan savollariga:
— Anuv, Qumrinisa-chi, Akmal cho‘loqning jiyani,— deb tanishtirishar, judayam tushunmaganlarga Yakkabog‘dagi sadaqayrag‘ochni eslatib: — Ana o‘sha katta ko‘cha yuzidagi qayrag‘ochni bilasiz-a, xuddi o‘shaning ro‘baro‘sidagi eshikda turishadi. Akmal cho‘loqning sing-lisi o‘shatga tushgan. Shularning qizi. Ko‘rsayiz taniysiz. Erkakshodagina edi, shu yoqdan baxti ochilibdi, — deb u yog‘ini aytmay qo‘ya qolishardi.
Olim keyingi besh-o‘n yilda qaysi yurtda yursa — yurgan, bu qirq qizlar tarixidanu Qang‘lidan chiqqan birinchi deputat dovrug‘idan bexabar, eshitmagan ham chiqar balki. Lekin tagiga tangadek ham oftob tushirmay gurkirab yotgan sadaqayrag‘ochni yaxshi eslaydi. Cho‘lpon otaning guzaridan qaytgan bozorchi borki, tagida birpas to‘xtab, g‘ir-g‘ir shabadada orom topmay ketmas edi. Qolaversa, sharqirab oqqan suv bo‘yida, ustiga-ustak sada soyasida o‘ltirish gashtiga nima yetsin. Uni kun tig‘iga qolgan yo‘lovchidan bo‘lak kim ham bilardi.
Endi o‘sha ariq ham yo‘q, qay bir yerlari to‘lib, qay bir joylari ko‘milib yotibdi. Sadaqayrag‘och-ku bu ahvol: bironta shoxi omon qolmay, tekis qurigan! Nimaning kasofatiga, yolg‘iz Olloh biladi. Va eng yomoni o‘sha kasofatning kasri bir daraxtning o‘ziga ursa mayli ekan, yo‘l yoqasidagi barcha xonadonlarni ham harob etib ketdi. U yoqda bir-biridan mahobatli imoratlar kim o‘zarga qurib yotilibdiyu bu yoqda egasi ko‘chib ketgan hovlilar, tomi ochib tashlangan valongar uylar, nahrali devorlarning adog‘i yo‘q. Bu nimaning alomati? Bir gullagan joyning bir xarob bo‘lishi-mi, o‘zimiz bilib-bilmaganga olib ketgan allaqay- si gunohlarimizning javobi-qaytimimi? Qaytar dunyo deganlari, bu dunyodayoq ko‘rsatilayotgani balki shudir?!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:25:06
Olim mahzun tortib qolgan edi. U kasofatning suvratiyu izlarini aniq-taniq ko‘rib turardi. Adoqsiz harobatlar nimaning kasri, qaysi aynishlarning qaytimi — bilolmay boryapti. U yo‘g‘ida bu yoqlarda Ollohga xush kelmaydigan qanday ishlar bo‘lib ketibdiki, o‘shaning jadiga jannatday joylar xarob bo‘pti, xarobaga aylanibdi? Hoy, ko‘zingizni oching, qayoqqa qarayapsiz, deb qaytaradigan bir zot qolmabdimikan? Yoki unaqalar allaqachon akasiga o‘xshab bu diyordan bosh olib chiqib ketishgan ekanmi? Otasi aytmoqchi, iymonlilar iymonini laxcha cho‘g‘dek kaftida tutib, bir tog‘larga chiqib ketganda, bu yoqda satta iymonini yutganlar qolgan ekanmi? Yana otasi aytardilarki, ulamolar bir xil gunoh ishlarni ko‘rib-ko‘rmaganga olmasinlarkim, balo kelsa, omu xosga baravar kelgay. Bular o‘shaning misolimikan yo?
Har narsaga aqli yetgan Olim buni ham tushunganday bo‘lardi-yu, tagiga yetolmasdi. Nimadir mone’lik qilardi. Nima ekan o‘sha? Balki o‘zining ham jindek gunohi borligi... yo‘l qo‘ymayotgandir. Axir, kim adashmabdi, qoqilmabdi? Bilib-bilmay xatoyu gunohlar ko‘chasiga kirmabdi? Muhimi, o‘sha xatoyu gunohlarni anglashda, afsuslanishda emasmi? Sidqidildan tavba eshigini topib borsa, qoqsa, karami keng zot nechuk kechirmasin. Mana, kech bo‘lsa ham chopib yuribdi-ku. Jindek bo‘lsa ham foydam tegib qolarmikan, deb! Jigarimning jigarlarini toparmikanman, deb. Ular qanday o‘rama-girdobga tashlangan ekanlarki, butun boshli xonadon shunday to‘zib ketsa, hali-hanuz yig‘ib bo‘lmasa, har tomonga sochilib ketgan u jigargo‘shalarni?
Biz o‘zi kimmiz, nedurki, kindik qonimiz to‘kilgan ota yurtda bir boshpana, bir vatan tiklab, volidu volidalarimizning chiroqlarini yoqib o‘tirolmasak? O‘tiramiz deb kelganda sen tanigan, bilgan, izlagan u makonning o‘zi yo‘q bo‘lsa? U diyorni yodga soladigan nima ham qopti? U Izzaning bir bo‘lagiyu anavi turgan yerida qurib bitgan sadami? Yoxud kela kelguncha ham tugamayotgan adoqsiz — hali surib tashlab ulgurilmagan xarobatlarmi? U diyor yo‘qliqqa ko‘chib bo‘pti-ku!
U jilla qursa, bir vaqtlar o‘zlari cho‘milib-tuproqqa yotib, yana suvga kalla tashlab charchamaydigan o‘sha Murjimonning anhoriyu ko‘prigi omon qolgandir, hovlimizning o‘rnini o‘shandan tanisa bo‘lar, deb kelyatuvdi. Hov, u ayqirib oqqan anhor suvini unutib bo‘larkanmi? Hatto dovyurakroq bolalar suvda oqib borib, ko‘prik ostiga kirib yo‘q bo‘lib ketishardi-da, yana bir muddat o‘tib, boyagi-boyagiday chalqancha oqib chiqib kelishar (ana qahramonligu mana qahramonlik!), keyin o‘rab olgan bolalarning:
— Hecham qo‘rqmadingmi?
— Zig‘irchayam-a? — degan savollariga bosh chayqab turib olishar, hamma birdan «Vu-uy» deb yuborar edi! Endi unaqa o‘yinlarni topib ko‘r-chi! Anhor ham yo‘q, ko‘prik ham...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:25:17
Chindan ham u ko‘prikni payqamay o‘tib ketgan, Murjimon qayoqda qolibdi, deb esini yig‘ib olganda, ancha yerga borib qolgan, oldinda bir to‘p odamlar yo‘l chekkasidagi yuk mashinasiga nimanidir ko‘plashib ortishmoqda edi.
Olim avvaliga ko‘ch shekilli deb o‘ylab edi. Lekin yaqin borib, ustiga chirigan namat tashlab qo‘yilgan sanduqni ko‘rib, yuragi hapriqayozdi.
— Ie, aytishganidek-ku! Namatga o‘rab ko‘milgan ekan-ku!
Yuk mashina atrofida ko‘ymanishayotgan kishilar orasida baland bo‘yluk va allaqanday haybatluk sutchini ko‘rib, yuragi toshib, o‘zi shoshdi. Yaqin borib, mashinasini bir chetga burdi.
Sutchidan bo‘lak hamma sergak tortib, turgan yerlarida turib qolishdi. Ba’zi birlari hatto o‘zaro shivir-shivirga tushgan edilar.
Alohol Sutchi uni ko‘rib, yonidagilarga bir nima deb edi, ular yengil tortishdi.
— Avvalroq aytmaysizmi! O‘takamiz yorila yozdi-ku,— dedi birovi baralla.
Olimning xayolidan esa, «qiziq, Sutchi nimaning hisobidan bularni xursand etadi ekan?» degan gap kechardi. Bir yonda oldi bilan tuproq surib, orqasi bilan yer kovlagich o‘ti o‘chmay turibdi. Sandiqlarni kovlab olguncha hazilakam unnalishmagan ko‘rinadi. Qolaversa, davlatni ishi bo‘lsa, allaqachon tashlab, jo‘nab qolishar edi. Tushunarli: Sutchini bugun ko‘rishayotgani yo‘q. Uning shirinkomasiga mazaxo‘rak bo‘lmagan odam bu yerda o‘ralashib nima qiladi?! Olim ularni cho‘chitgisi kelmadi:
— Hormanglar, yaxshilar.
— Bor bo‘ling.
— Keling, mehmon, — dedi Sutchi ko‘rishgani chiqib. — Uzr, kutolmadim.
Olim bosh silkidi:
— Yaxshiyam Mirto‘xta amakidan so‘raganim...
— Ha, u kishimi? Ko‘rib edilar, xabarlari bor edi. Amaki nimayu O‘zbekiston radiosi nima!
Keyin azza-bazza engashib, qulog‘iga shivirladi:
— Zab paytida keldiz. Bular nima, bilasizmi? — So‘ng uning boshini o‘ziga tortib, qo‘shib qo‘ydi: — Eshon pochchamning xazinalari. Ona sutidan halol ekan. Qilt etmabdi. Ayniqsa, anuv mol terisiga o‘ralgani...
Olimning boshi aylaniblar ketdi, o‘zi uning yuzidan ko‘zlarini uzolmay, g‘udrandi:
— Siz... Siz qaerdan bilaqoldingiz? Yo o‘zlari... aytib edilarmi?..
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:25:36
Sutchi uning yelkasidan quchib, bu kafti bilan yuzini siypadi.
— Keyin-keyin, tarixi uzun buning, — dediyu, tushuntirgan bo‘ldi. — Muhimi, topib ketyapmiz-ku. Vasiyatlari ham shunday edi o‘zi.
— Qanday?.. — deb yubordi Olim ich-ichidan bir hovur ko‘tarilib.
Sutchi har qachongidan xotirjam tortib eshon buvaning so‘zlarini qaytardi:
— «Kitobing Kalomullohni qiyomatga dovur asrashni o‘z zimmangga olibsan, o‘shal sandiqlardagi shariatingga daxldor narsalarni-da asra, o‘z egalariga yetkaz, ilohim. Qaytib mutolaa qilinishiga, ilmu rabboniyingdan foydalanib, mo‘min bandalaring hidoyat topishlariga erishtir. Birovlarning qo‘liga tushib, xor bo‘lishiga qo‘yma», deb duo qilar edilar. Niyatlari mustajob bo‘lgani shu, insha Alloh.
Boyagi hayajon necha tomchi yoshga aylanib, mijjalariga qalqib chiqdiyu Olim ilgari ko‘rilmagan bir yengillik tuydi. Nimaga unga indamadilar, hech og‘iz ochmadilar desa, gap bu yoqda ekan-da. O‘z xaloskorlariga allaqachon tayinlab qo‘ygan ekanlar-da. (Albatta, unga ham tayinlagan gaplari — osonlikcha ado qilib bo‘lmaydigan topshiriqlari bor. «Akangni top. O‘sha bilan birga bo‘l. Falonchining chiroqlarimiz desangiz, bir-biringizga suyanib yashanglar. Zinhor-bazinhor Ollohning hadlaridan chiqmang. So‘z ber, akamni topaman, suyanchi yo‘q bo‘lsa, suyanch bo‘laman, tayanchi yo‘q bo‘lsa, tayanch bo‘laman de. Diyorga qaytib, qolgan umrimizni duoda, toat-ibodatda o‘tkazamiz de. Kimning zur-yodi ekaningizni, palagingizni unutmang. Bo‘lmasa, qiyomatda menga yo‘liqishingizni o‘ylang. So‘z ber, bolam. Akam bilan, qarindoshlar bilan o‘rtani yaxshilayman, silai-rahm qilaman deb». Shundan beri nimaga chopib yuribdi? O‘shanga-da hammasi. Dunyoda u kirmagan bitta shu ko‘cha — silai-rahm ko‘chasi qolgan ekan, shukr, kirdi unga ham)!
— Qaerga obormoqchisiz? Mendan nima xizmat? Balki, bularni rozi qilish... kerakdir? — dedi Olim sidqidildan kissasiga qo‘l yuborib.
Sutchi rahmat aytgan kabi yelkasiga qoqib qo‘ydi.
— O‘zim rozi qilib qo‘yganman. Faqat borib, tushirishib olsak, bo‘ldi. Siz qisinmang. Hali ko‘p yordamingiz tegadi. Kelishdikmi? — dedi samimiy.
Olim rozi bo‘lishdan bo‘lak chorasi yo‘q edi:
— Kelishdik.
Quruvchilar bu orada ikkinchi sandiqni ham mashina oldiga surib borishgan, endi ko‘plashib yopishishgan edi. So‘ng «bir-ikki-uch, oldik» bilan yuqoriga ko‘tarishdiyu yengil nafas olishdi.
Olim qayrag‘ochzorli yolg‘iz mozorotning yonginasidagi hali ko‘mib ulgurilmagan handaq oldiga o‘tarkan, nam tuproq isi aralash allatovur bir tanish hid gurkirab ketdiyu beixtiyor shu bog‘ va qarovsiz bu yolg‘iz mozorot atroflarini har ko‘klam bosib ket-guvchi, so‘ng uzun bosh chiqarib, to‘q zangor tusda gullab yotguvchi sassiq-sarimsoqzor ko‘z oldiga kela qoldi.
Hozir o‘sha sarimsoqlar lola tupidek barg yozga- nu oyoq ostida toptalib, tuproqqa qorishib yotar edilar.
Hademay manavi yolg‘iz mozorot ham kusar topadi. Unga qaysi avliyo qo‘yilgan, nega u yolg‘iz edi, deb o‘tirishmaydi.
Ularning xoki-turoblarini ko‘chirish yoxud asrab-o‘rab qoldirish — kimdan lozim, o‘zi?
Olim umrida birinchi marta shunday narsalar haqda o‘ylamoqda edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:26:00
15. ARG‘AMCHISIDAN AJRAB QOLGAN TURNALAR
yoxud qissago‘yga qorong‘u, muallifga ayon tarix davomiga


Bog‘ adog‘idagi noklar tagida quvalashgan qorashaqshaqlar ham axiyri devor oshib, anhor bo‘yiga tushib ketdilar. Gullarini sochqidek sochib bo‘lib, endi qaychibarglariga zo‘r berayotgan nok tuplari ustida asalarilar ilgarigidek g‘ujg‘on o‘ynamas, hov pastdagi bukir jiydalar tomonga og‘ib ketishgan, o‘sha yoqdan har zamonda bol hidiga monand o‘tkir bir bo‘y taratib, shabada esib o‘tar, Olim demaganlar hali hajga otlanmagan jiydagulining bir shoxchasini sindi- rib kelishga intiqib, o‘sha tarafga qarab-qarab qo‘yar-di.
Lekin o‘choqdagi olov kutmaganda gurillab ketib, qozon tagidagi yolg‘iz tomchi jizillab-qaynab o‘zini har yon ura boshladi. Shu tobda mayda to‘g‘ralgan dumbani sola qolgani bilan yonidan jilib bo‘lmaydi. Jizzasi kuyib ketishi mumkin. Kuygani-kuygan, koshki taxiri yog‘ga urib ketmasa. Keyin oshning ta’mi ham ko‘ngildagidek chiqmasligi tayin. O‘zi ne umid bilan bozor qila chiqdi. Go‘shtni qovurib, zira-murchiyu savzisini bostirib qo‘ysa, ustiga jindek tuz sepilgan jizzadan totingancha qariyaning suhbatini olishga nima yetsin!
Kitoblarni bugun sandiqdan bittalab olib, tokchaga terib chiqishguncha ham peshindan o‘tib qopti vaqt. Sutchi kamsuqum, kambag‘algina bo‘lgani bilan hamma boyligi o‘sha tepadagi boloxonada ekan. Avvalboshda taqvodorgina, bor bisoti egnidagi uzun chakmoniyu kungrasi mo‘ynali anavi jubbasigina bo‘lib ko‘ringan qariya anoyilardan emaskan. Surishtirib yurib, bir boloxona kitob yig‘ib qo‘yibdi. Hammasi satta qalin saxtiyon muqovali kitoblar. Kechagi sandiqlarning ichidan ham yuzga yaqin katta-kichik, avloddan avlodga o‘tib kelayotgan, chetlari o‘ngib ketsa-da, ichiga gard yuqmagan, xatlari bir tiniq kitoblar chiqdi. Ayni rahmatli dadasining ko‘z nurini to‘kib shogirdlariga dars bergan, yeru ko‘kka ishonmaydigan kitoblari. O‘shalar orasidan G‘azzoliyning «Ihyoi ulum» asari chiqib, Sutchi bir muddat mutaassir turib qoldi. Keyin ko‘zlariga surtib, muqovasidan o‘parkan:
— Din ilmini tiriltirib, joyiga qo‘yib ketgan bu zotning shu kitobi haqda ko‘p eshitgandim-u, o‘zini ko‘rishga muyassar bo‘lmagandim. Ollohga shukr, otangiz tufayli shunga-da, erishib turibman. Bu kitob har kimda bo‘lavermagan va har kim mutolaa qilavermagan uni, shunday, — dedi.
Olim uning bu tarz gaplaridan g‘alati tortib ketdi: padari buzrukvorining musofirchilikda, «diyorning bir siqim tuprog‘i nasib etmay o‘tib ketyapmiz, ilohim, bizlar ko‘rgan judolikni sizlar ko‘rmang», deya qilgan duolari yodiga tushib, ko‘zlari namlanib keldi. So‘ng payg‘ambar siyratlari sirasidagi necha adad (o‘qilaverib titilayozgan) asarlar chiqdi. Ularning bittasi «Siyratun nabaviya» atalsa, boshqasi «Siyratul habibiya» edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:26:12
Bu kitoblarning nomiyoq otasining qanday ulamo zot o‘tganidan darak bermoqda edi. Avvaliga, qarang-a, shunday kitoblarni o‘qishdan, varaqlashdan bebahra qolgan ekanmizmi, degan taassuf uyg‘ongan bo‘lsa, ikkinchi sandiqni bo‘shatishga tushishlari bilan nainki Sutchidan, o‘zidan o‘zi uyalib, vujudini bir xijolatpazlik qamrab kelaboshladiyu:
— Men hozir, — degancha pastga tushib, qozon-tovoqqa unnab ketaqoldi.
O‘choqqa olov qalarkan, ich-etini bir narsa o‘rtab kelardiki, u yog‘i yo‘q. Go‘yo o‘zi qozondagi anuv jizzaga qo‘shib, yurak-bag‘rini ham dog‘layotgandek, dog‘lab ola-yotgandek edi.
«Usta ekan bular, usta! Mana, uni o‘sha o‘qishlardan nimaga haydab solishmadi ekan! Chayonni bolasi — chayon deyishmadi ekan! Avval o‘z akamning qavatiga tashlab, so‘ng izidan Tangritog‘ga jo‘natishmadi ekan! Faqat ular janubga tushib, biz shimolga tashlanib, Xudo asrabdi. Yo‘q-yo‘q, kimning ham saharlarda qilgan nolai-duosi ijobat bo‘lib, bu kishi otamizni qo‘shib qutqarib, bizni o‘shayoqlarda uchrashtiribdi. Tag‘inam Olloh rahm qilibdi, birimizning payimizni boshqamizning qo‘limiz bilan qirqishga qo‘ymabdi. O‘rniga ham padari buzrukvorimizga yo‘liqtiribdi. Xo‘p, otamizni qutqarib, sarhaddan chiqarib qo‘yishlarining hikmati shu ekan, akam-akaginamning ayolini bu yoqqa yuborib qo‘yib, O‘zi u diyorlarda qolib ketuvining hikmati nima? Qanday tushunmoq kerak?» — Olim dog‘ bo‘layotgan yog‘da qizarib-quyishga-da kelgan jizzalarni kapkir bilan terib olishga ulgurmas, uni adoqsiz o‘ylar o‘z girdobiga tortgandan-tortar edilar.
Nimaga keldi, sutchini nimaga tavof etib yuribdi, ketidan qolmay? Faqat otasining xaloskori bo‘lgani uchunmi? Olloh roziligini istab shu ishga qo‘l urgani — mahbuslar orasidan o‘z odamiga qo‘shib olib chiqib, sarhaddan o‘tkazib qo‘ygani va dim-dim ketgani uchunmi? Qolaversa, bu dunyoning hoyu xavaslaridan etak silkib, yolg‘izdan-yolg‘iz, kimlarning tashqisida turgani, faqat oqlik sotib, sutchilik bilan kun ko‘rayotgani uchunmi? Otasi — Eshon buva ham bekorga ilojini qilsang, o‘sha odamni top — ko‘p pokiza odam, demagan ekanlar.
Boloxonaning eshigi g‘iyq ochilib, tepada sutchi ko‘rindi. U hozir hamma bilgan, chakkasini qiyiq ila tang‘ib, uzundan-uzun chakmonining barlarini belbog‘iga yengil qistirgancha bir gala bo‘sh bonkalarni obkashiga qo‘shib orqalab yuradigan indamas sutchiga hecham o‘xshamas, yoqasiz oq ko‘ylak-oq ishtonda, kamiga boshiga jubba, engliga jun nimcha ilgan edi. Eski kitob-lardan bosh ko‘tarmaydigan mulladan qaeri kam?!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:26:24
U lopillagan yog‘och zinadan tutqichni ushlay-ushlay, bitta-bitta tushib kelarkan, yarmidan oshganda mayin jilmaydi:
— Nimaning hidi desam — jizzanikimidi? — dedi chollarga xos bosh to‘lg‘ab, besh ketib, — jindekkina tuz sepvoring-a, totiga tot qo‘shilsin.
— Sepdim, sepdim. Shu yerga joy qila qolaymi? — dedi Olim.
— Maylin, jizza seli bilan, deganlar. O‘shanda-da, hamma maza! So‘ng asrni o‘qirmiz, — deb qo‘ydi.
Olim stolga gazeta yozib yuborib, o‘rtaga taqsimchadagi jizzani qo‘ydi, sutchiga ustalni hozirlab, o‘zi necha qishni ko‘rgan yong‘oq to‘nkasiga o‘tirdi.
— Qani, bismilloh bilan men boshladim, — qariya jizzaning bir donaginasini og‘ziga solib, sel bo‘lgancha, bosh to‘lg‘adi. — Imm, bay-bay, bu dunyoniki bo‘lmabdi-ku, tuz bilan yig‘lab ko‘rishibdi-ku. Oling, o‘zingiz ham.
— Olyapman, olyapman. Choyxona palovning gashti shu-da, — dedi Olim qariyaning ko‘nglini topayotganidan iyib.
— Nimasini aytasiz. Bu dunyoning ne’matlari ichida unga yetadigani yo‘q, — dedi qariya non tishlab. — Lekin yomoni shundaki, keyin nafsni o‘ldirolmay qiynalasiz, har kuni yog‘liq narsani tilayveradi bu itkoski, — deb qariyalardek shirin kuldi.
— Nafsni o‘ldirishdan muddao osh emasmi? — dedi Olim unga qo‘shilishib kulib.
— Yo‘q, butam, oshdan muddao — shukr, shukrdan maqsad — nafsni o‘ldirish. Hamma hikmat shunda, vallohi a’lam.
Ana, xolos! Mana, nima uchun u tarki dunyo qilgan odamdek bir chekkaga chiqib olib, sutchilik qilib yurgan ekan. Endi u yumushni ham tashlab, buzilayotgan joylardan kitob izlab, kitob terib qopti! Bilmagan odam nima qiladi, go‘riga orqalab ketadimi, deb o‘ylaydi! U bo‘lsa, aslida bular qilishi kerak bo‘lgan narsaga — eshon otalaridan qolgan kitoblarni topib saranjomlashga yugurib yuribdi, kishini uyaltirib.
Olim qariyaning haybatimi, salobatimi bosib, xijolatga tushib bora boshlagan edi. Buni sezdirmaslik uchun ham u o‘rnidan turib, o‘choqning oloviga alahsidi. So‘ng yana jizzaga qistadi:
— Oling, taqsir, sovumasin.
— Rahmat, oldim. Yetkazganiga shukr, judayam totli bo‘pti. Endi asrga tayyorlana qolay, — deb yuziga fotiha tortib, tura boshladi va obdastaga suv olib, hovlining past tomoniga yuraverdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:26:35
Olim mutaassirlandi. Bu odam padariga qilgan yaxshiliklar, u zotning har namozda uning otini duoga qo‘shishlari yodiga tushib ketdi. To‘g‘ri, uning dargohida qolib, etagini tutib, o‘n yil xizmatini qilganda ham o‘sha bir yaxshilikni yo qaytara oladi, yo qaytara olmaydi. U hovli adog‘ida oq-oppoq bo‘lib, bir ixtimat, bir duolar ila shoshilmay, mukammal tahorat olayotgan sutchidan ko‘z uzolmay qolgan, nahot shu odam bizning idoralarda qaltisdan-qaltis, nozikdan-nozik topshiriqlarni ado etib yurgan, degan xayollarga tolib ketgan edi.
Ochig‘i, Olim bu odamga qay tarafdan yondoshishni bilmasdi. Aytsinmi, aytmasinmi?
— Agar umrim bo‘yi savobga daxldor va Ollohga xush keladirgan bitta ish qilgan bo‘lsam, yolg‘iz o‘shadir, otangizni chegaradan o‘tkazib qo‘yib kelganimdir, sho‘roning jabrxonasidan qutqarib, chiqarib yuborganimdir. Boshqa tarozu bosadirgan amalimni bilmayman... — deganiga ishonsa, aytaversa mumkindir. Maslahat solsa, bo‘lar... Lekin xuddi o‘sha «ishi»dan kuyib qolgan, tag‘inam ozgina insof qilib, pensaga chiqarib yuborishgan bo‘lsa-chi? Tilidan ilinib o‘tirmasmikan o‘zi? U shunday xayollarga borishga bordiyu ichkarida xuddi ming yildan beri ibodat qiladigan odamdek ixtimat ila namoz o‘qiyotganini ko‘rib, o‘z xayolidan o‘zi uyaliblar ketdi.
Nihoyat, qariya namozini tugatib, hovliga tushib keldi.
— Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokotux...
Olim bu gal ham dog‘da qoldi. Salomga ulgurguncha... u kishi birinchi bo‘lib salomga og‘iz ochdi. Yo rostdanam u shunday yaxshi qariyapti, yo...
Olim xijolat aralash yalt etib, uning yuziga qaradi: yo‘q, uning halimdan halim, nurli yuzida gidr alomatining o‘zi ko‘rinmasdi. Demak, sutchi Payg‘ambardan qolgan sunnat tariqasida salomga oshiqqan, xolos.
Ular nok soyasidagi haligina savzi to‘g‘ralgan ustolning ikki chekkasiga, ro‘parama-ro‘para cho‘kdilar. Birlari o‘ngib ketgan eski ustulga, boshqalari almisoqdan qolgan to‘nka ustiga. Ungacha Olim choy damlab keldi, uni ikki-uch qaytarib, ustiga sochiq yopdi. So‘ng Sutchini choyga qistadi:
— Oling, ustoz. Jizza chanqatgandir. Chindan qora qo‘chqorniki ekan. Qassob aldamabdi.
O‘choqda olov tez ham emas, sekinlab ham qolmagan, qozonda savzi bir tekis qaynar, qo‘lidanmi qaydan, zira hidi anqir edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:26:47
— Aldamasa, rozi bo‘lib bersa, qanday yaxshi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vassallam shunday tijorat-savdoning zo‘ri, kishi naqd oxiratini topadi, deganlar. Qarab turasiz, u qozonga ham barakayu tot kirgizib yuboradi. Zo‘r chiqadi oshiz ham, — dedi Sutchi bir narsadan shuncha hikmat chiqarib.
— Obi-otash, uyaltirmasin ishqilib, — dedi Olim.
— Hammadan ham kecha Eshon pochchaning mana bu xazinalari topilgan kunda yetib kelganiz-chi! Ruhlari behad shod bo‘ladigan bo‘ldi.
— Olloh o‘zi dilga soladi, shekilli, turib-turib va’dam esimga tushib ketaverdi, — dedi Olim birdan Sutchini topgisi, topib otamlashgisi, allaqancha narsalarni so‘ragisi kelaverganini eslab.
— Dilga solganda-chi! Agar tiriklar belgi berib sog‘intiraversa, ziyorat qilmoq lozim. O‘tganlar tushga kiraversa, tilovat afzal. Bu dunyo shunday qurilgan. Birida topilgan savob, ikkinchisida asqotgay. Yelkada tog‘day gunohlar bilan o‘tib ketishdan Ollohning o‘zi asrasin.
Olim bir dona jizzani chaynagan joyida og‘zi kakra tortib, yutishini ham, yutmasini ham bilmay bo‘g‘zida turib qoldi. Qolaversa, u nimaga kepti? Qariya xuddi bilganday o‘sha ezib yotgan tog‘day gunohlardan so‘z ocha-yotgan edi. U o‘sha achchiq narsani (namak ham shunchalar taxir bo‘larmi?!) zo‘r bilan qult yutib edi, azbaroyi mijjalaridan tirqirab yosh chiqib ketdi. Qariyaga sezdirmaygina u yoshni kafti-la sidirarkan, ko‘kragining tagi simillab sirqiradi. Koshki bu yelkadan ezib yotgan narsani dabdurustdan birovga aytib bo‘lsa!.. Aytganda ham tushuntirib bo‘lsa! O‘zlari bir qorindan talashib tushgan — ikki jigar, xolos. Padari buzrukvorlaridan keyin suyanadigan kimlari qoldi? Lekin ularning yurishlari... bu ahvol. To‘zigandan to‘zib... Birlari ikkinchilariga bir hamiyat qilolmay... Yig‘inolmay... har qaysilari har diyorlarda...
Olim choy quyaturib, sergak tortdi:
— Uzr, ustoz, so‘ramay qora choy damlayveribman, ichaverarmidingiz? — dedi qariyaning ra’yiga qarab.
— Hechqisi yo‘q, — dedi Sutchi, yengil bosh silkib. U hozir keng oq yaktak ustidan yengil nimcha kiygan, boshida ham ko‘klam havosiga monand duxoba taqiya bor edi. Shu o‘tirishida taqvodor namozxondan ko‘ra ilm ahliga ko‘proq o‘xshab ketardi. — Jindek ko‘kchoy tashlab yuboring, omuxta bo‘ladi-qo‘yadi. Bu faslda omuxtasi ma’qul.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:27:05
— Yaxshi aytdiz, — Olim ko‘rgan tokchasidan quruq choy olib chiqib, kamiga qaynagan suv buradi. — Shuning ustiga jindek kiyik o‘ti bo‘lgandami, — dedi nazarida o‘sha o‘t hidi gurkirab ketganday bo‘lib.
— Oh-oh, jonivorni ichganiz sayin tan rohatlanadi bir, —dedi Sutchi xuddi o‘sha rohatni tuygan kabi, — endi guzar bu ahvol, kim ham Chorsuga tushardi bitta shu narsa uchun. O‘zi tog‘da bitsa.
— Shuni ayting. Ammo o‘zi juda beor narsa ekan, butun-butun maydonlarni tutib ketgan-a, terib ado qilib bo‘lmaydi.
— Qaerda ko‘rdiz? Tangritog‘ tomonlardami?
— Ha-da, hatto bir kuni qishda qor tagidan terib kepmiz jonivorni. Quruq cho‘pi qopti-yu, shunda ham och o‘sma rangda dam yeb, gurkirab chiqsa deng.
— Olloh o‘zi mahfuz. Eng noyob, eng nodir narsalarini o‘sha yoqlarga sochib, o‘sha tog‘larda saqlagan. Hatto diniyu iymonini kaftida laxcha cho‘g‘day tutib qochgan bandalariga ham o‘sha tomonlardan panoh bergan Olloh. Ko‘rgandirsiz, axir? — dedi Sutchi endi omuxta choydan lazzatlana-lazzatlana ho‘plarkan.
— Ko‘rdim-ko‘rdim, — dedi Olim shoshib ham allaqanday o‘ng‘aysizlanib, — shu yoqdan bosh olib ketgan alla qancha kishilarni. Surishtirsa, balki hammalari musofir chiqar...
— Albatta, u yerni ham bu dunyoning sog‘inch diyori deb bo‘lmaydi. Orzu qilma har yerni, har yerda bordir tosh-tarozu, deganlar. O‘sha joyda ham zulm urug‘ini sochguvchilar bilan bu hayotning taxir suvlarini ichguchi mazlumlar istagancha topiladi. Shunaqa. Bu imtihon dunyosida hech kim sinovdan qochib qutulolmaydi. Va odam bolasi biron yerda o‘ziga jannat qurolmagan, qurolmaydi ham.
Olim yalt etib suhbatdoshining yuziga qaradi. U bu gapni juda xotirjam, hech pisandasiz, hatto ishonch-la aytmoqda edi. U hayratda qolib:
— Dorilomon zamon, dorul diyor degan gaplar-chi, ustoz? Hammasi behudami?.. — deya oldi.
Sutchi mayin jilmaydi:
— Orzuga ayb yo‘q. Ne-ne saltanat so‘ragan hukmdorlar o‘tdi. Horun ar Rashidday, Iskandarday. Ne-ne islohotchilar kelib ketdi, har dorilomon jamiyatlarning tuzugini tuzib. Lekin kim zulmni ildizi bilan yo‘qotoldi? Hamma teng, hamma baxtiyor, odil bir jamiyat quroldi? Negaki insonning o‘zi avvalboshda qusurli yaratilgan. O‘zi qusurli bo‘la turib qanday komil jamiyat qursin?..
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:27:16
— Bu gapizdan, — dedi Olim g‘alati tortib, — bu gapizdan oldingiyu keyingi barcha urinishlar behuda, barchasi besamar, deysizmi?
Uning ko‘z o‘ngidan o‘z jigari, diyoriga sig‘may musofir yurtlarda darbadar kezishga majbur bo‘lgan tug‘ishgani o‘tib, mijjalari namlanib keldi. Ichi sidirildi. Uning yuragi bo‘g‘ziga dovur achishib kelgan edi.
— Albatta, inson borki, odil bir jamiyat istayveradi. O‘ziga o‘xshaganlarni orqasidan ergashtiraveradi. Kurashaveradi, tinmaydi. Lekin bu degani qura oladi, qo‘lidan keladi, degani emas.— Qariya hamsuhbatiga shirin boqdi, — Orzumga yetdim, qurdim, mana bunday bo‘ladi, degani bormi? Hamma bilmasa ham Siz bilasiz.
Olim beixtiyor bosh silkiganini o‘zi sezmay qoldi:
— To‘g‘ri, qo‘yishmadi.
— Qo‘yishmasdi ham, — dedi Sutchi sovub qolgan choyini ho‘plab. Olim uning choyini yangilab, og‘ziga tikildi. — Jindek chegaradan chiqqan edilarki, nima qilishdi?!
— So‘nggi farmoyishlarni aytyapsizmi? — Olim savoldan o‘zini tiya olmadi.
— «Tangritog‘ yolg‘iz viloyat, emas. Lashkar tayyor tursin... So‘ng Dorilomon diyor bo‘lib yashagaymiz»dan keyin necha kun o‘ta qoldi?
— Demak, bir bemavrid farmon deb...
— Biz shunday ta’bir etaveramiz: haddan oshmasalar edi... chegaradan chiqmasalar edi... Yo‘q, bular bari bizning noqus fikrlarimiz, xolos. Aslida taqdir yozug‘i, Xudoning xohlashi — shunday. Tamom, vassalom,— dedi qariya hammasini bir tutum, bir qolipga sola qolib.
— Shuncha harakat, urinishlar-chi? Ularning zoe ketishi-chi! Bu ham bir imtihon, bir sinov, xolosmi?— dedi Olim qariyaning mushohadasidan hayratga tushib.
— Shu. Sinovdan bo‘lak narsa emas.
— Unda... inqilobdan murod, shuncha mo‘min-musulmon, boturlarning sa’yi-harakatlari puchga ketishining hikmati nima? O‘sha inson bolasining behuda urinishlariga borib taqalaveradimi yana?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:27:32
Qariya miyig‘ida kulibgina qo‘ya qoldi. Boshqa tomondan yondoshib dedi:
— Mana, Siz o‘sha vaqtda shu voqealarning ichida yurgan odamsiz. Xo‘p, to‘ramni o‘ljangiz ko‘p, qurol olmaysizmi, sotiladigan yarog‘ bor debmi, boshqa narsa debmi, ishqilib avrab o‘g‘irlab ketishipti. Lekin nega shuncha boturlar, dorulomonchilar ichidan u kishining yo‘lini davom ettirib keta oladigan bir murobit chiqmadi? Chiqqanida ham tinch qo‘yisharmidi?
Olim o‘zi ham u mamlakatga nimaga tashlanganini eslab, so‘nikib qoldi. Darvoqe, ko‘z-quloq bo‘lib turgan, ichida yurgan, topshiriq olgan maxsus odamlar, maxsus xizmatchilar qancha edi. Ularning vazifasi aniq edi-ku.
— O‘sha yetim qolgan hukumat butun tarkibi bilan muzokaraga borib, nimaga erishdi, nima topdi? Mendan ko‘ra yaxshiroq bilasiz.
Olim yalt etib, suhbatdoshining ko‘ziga qaradi. O‘zi bilmagan narsalarni bu qariya miridan-sirigacha biladigandek tikildi.
— O‘sha hukumat a’zolari tushgan uchoq qismati haqidagi gaplar qanchalik haq, ustoz? U chindan toqqa urilib ketganmi, yo?..
— Yolg‘iz Olloh biladi, bandasining taxminlari folbinning foliday gap, bo‘tam.
Olim uning nima demoqchiligini tushundi:
— Bu narsa hali-veri ochilmay — sirligicha qolgaymi?
Qariya bosh irg‘adi:
— Sir pardasini ko‘targuchi kuch hali-veri sahnaga chiqmagay. Rasmiy axborotlar berilmaganidan bilavering.
— Men bir narsaga tushunmadim, — dedi Olim rostiga ko‘chib. — Nima, xalq g‘alayon ko‘tarishini kutish kerakmidi? Ta’ziya berib qo‘ya qolsalar oson emasmidi, mish-mishlar yoyguncha?..
Sutchi «soddasiz, sodda», degan kabi miyig‘ida kulib, ensasini siladi. Savoliga savol ila:
— Mish-mishdan kuchli nima bor?! U o‘z mevasini berdimi ishqilib? — dedi.
— Qanday?
— Ular o‘ligini bo‘lsa-da, talab qilishdi, bular olib borib qutulishdi. Shunday bo‘ldimi, axir?
— Shunday.
— Men-ku bu yoqdagi odam, voqeaning mantig‘idan chiqib, aytyapman, — dedi qariya o‘sha-o‘sha bosiqlik bilan. — Lekin Siz... ichidagi odam u g‘alayon, u ko‘tarilish, u motam kunlarining butun dahshatini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:27:44
Olim mutaassirlanib, bosh silkidi:
— Temir tobutlar borgan kunni aytasizmi?.. Hech qavmning boshiga solmasin, ko‘rsatmasin u kunni, — dedi tin olib, — butun yurt, butun Tangritog‘ aza tutdi.
— Tushunaman. Tasavvur etyapman. Endigina ozodlik nash’asini totgan, yelkasiga oftob tekkan xalq... yetim bo‘tadek bo‘zlab qolaversa, qiyin-da.
— Nimasini aytasiz, mening o‘sha ko‘rganim bir umrga yetadi, — dedi Olim yana to‘liqa boshlab.
Sutchi sovub qolgan choyini simirib, xuddi temirga suv berilgandek tuydi o‘zini. Orqasiga suyanib, tepalarida ko‘klam yellarining podasiday to‘zib yurgan o‘rkach-o‘rkach bulutlarga tikilib qoldi-da, yana ko‘zini tushirdi.
— Sizlar o‘sha kunlari o‘sha hayitnamozlik maydonida bo‘lgansizlar-da?
— Ha, topshiriq bilan, bitta qo‘ymay o‘sha yerga chaqirib olishdi. Borib, xalq orasida turganmiz.
— Eshon buvam-chi? — dedi qariya kutilmaganda suhbat asnosini bu yoqqa burib.
Olim bosh to‘lg‘adi:
— Yo‘q, chiqa oladigan holda emasdilar. Men xabarlarini topib borganimdayoq juda munkillab qolgan ekanlar. Lekin namozni kanda qilmasdilar. Tahoratsiz o‘tirolmas, zikru sanodan bo‘shamasdilar. U yoqni ko‘rgan odam — juda hilvirab qolgan ekanlar. Ko‘pga bormadilar.
— Tag‘inam ko‘rib, duolarini olib qolibsiz, — dedi qariya taskin berib. — Bu ham katta davlat.
Olim ko‘ngli buzilib, qanshari aralash ensasini siypab qo‘ydi:
— Ollohning mehribonchiligiyu asrashi, deyavering! Daraklarini topmasam, ko‘rmasam — nima qilarkanman?! Tip-tikligimcha qolarkanmanmi! Eslasam, yuragim orqaga tortib ketadi hozir ham.
Qariya unga sinchkov qarab qo‘ydi. Bu gaplardan jindek shubhalandi ham. Ammo nima bo‘lganda ham ro‘baro‘-sida eshon buvamning zuryodlari o‘tirar, undan shubhalanish — shakkoklikka o‘xshab ketar edi. O‘ldimi! Kim bo‘lganda ham padaribuzrukvoriga bo‘lishgan odamga yomonlik sog‘inadimi? Istagan taqdirda ham Olloh izn bersa qiladi-da. Izn bo‘lmasa, kim bir dona mo‘yiga tegina oladikan?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:28:00
Tanlarni yayratib shamol huvillab o‘tdi. Nok gullarining qolgan-qutganlarini ham uchirib-tushirib, hovli yuzida chirpirak qilib o‘ynadi-o‘ynadi-da, uy taglariyu ostona ostlariga to‘dalab, tashlab ketdi.
— Havoi-jahon chindan aynidi shekilli, — dedi qariya boyagidek osmonning bulut toshib, tekis egallab borayotgan burjlariga nazar tashlab. U allaqachon oftobni o‘z qora pardasiga o‘rab bo‘lgan, uning botib ketmaganini hov bir chekkadagi, hali qora bulutlar to‘dasi yetib bormagan joydagi kaptar qoniga bo‘yalgandek yakkam-dukkam pag‘a bulutlardan bilsa mumkin edi.
— Qozonni oshxonaga ko‘chiramiz shekilli. Yo gurunchni solib yuborsam, dam yeb ulguradimikin-a? — Olim olovga o‘tin tashlashini ham, tashlamasini ham bilmay ko‘kka alangladi. — Kunbotar tomonlar hali tinch shekilli?
Sutchi o‘sha yoqlarga zingil tashlab, fikriga qo‘shildi:
— Tinch-tinch. Yog‘ib boshlasa, tim qo‘rg‘oshin tusga kirardi. Gurunchni solib yuboravering. Hali o‘tiraturamiz. Endi gashtli bo‘lyapti.
Olim avvalo o‘choqdagi o‘tni ko‘tardi. Gurunchni yuvib kelib, bir tekis bostirdi. Suvi kamroq ko‘rinib, kapgir ustidan bir cho‘michgina qaynagan suv quygan bo‘ldi. Qaynab chiqa boshlagach, yog‘och qoshiq bilan gurunch orasini yorib, qayta ag‘dardi. Tobiga kelgach, yana gumbaz qilib yig‘di. O‘choq ostidan ortiqcha cho‘g‘u chalalarni tushirib, boyagi tog‘oracha bilan damlashga tutindi.
Xayolga tolib ketgan qariya hiyla dunyo ko‘rgan, kirishimli hamkasbini o‘ylab ketgan, har narsa qo‘lidan kelishiyu topqirligiga havaslanib o‘tirar edi.
Ayniqsa, uning fikrlashi, turib-turib mutaassirlanib ketishi yoxud gunohkor odamday so‘nikib qolishi qiziq tuyulmoqda edi. Bu toifa odamlar ichida kamdan-kam uchraydigan hol. U bilan nima sodir bo‘la qolibdi ekanki...
Olim qo‘lini chayib kelib, artinarkan:
— Choyni yangilaymi, ustoz? — deb taraddudlandi.
Qariya bosh to‘lg‘adi:
— Keyin, hozir ayni o‘tirishli havo bo‘lyapti. Afsuski, supamiz yo‘q. Bo‘lmasa, yonboshlab o‘tgan-ketgandan suhbat qurishga nima yetsin edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:28:13
— Hali ham kech emas. Hov, darvozaxonaning bu burchagiga joy qilvoraymi? Bitta sholcha, ikkita ko‘rpacha bo‘lsa, bas-da, — dedi Olim kaftini kaftiga ishqab.
Qariya unamadi:
— Qo‘ying, hozir ko‘chsak, jirish buziladi. Undan ko‘ra boriga baraka, o‘tiring, — deb mulozamat qildi u suhbatni kelgan joyidan ulab. — Boyadan beri bir narsani so‘ramoqchi bo‘laman. Sizlar Eshon pochchamdan necha o‘g‘ilsizlar? Ikki o‘g‘il, xolosmi?
Olim joyiga o‘tirayotib, qariyaning betiga qarab qo‘ydi. Shubhalansa-da, javobdan qocholmadi:
— Ikkitalikka ikkita, nima edi?
— Kenjam, to‘ng‘ichim deb, ko‘p gapirardilar-da.
— Ha-a, — dedi, biroz yengil tortib.
— Ayniqsa, Sizdan ko‘p tashvishlanardilar. Hali esini tanib ulgurmab edi, kimlarning eshigida qoldikan, deb ko‘zlariga yosh olganlari-olgan edi.
— Akamni-chi? — deb yubordi Olim o‘zi ham kutmagan bir tarzda.
— Sultonmurodnimi? U tegirmonga tushsa, butun chiqadi, undan qo‘rqmayman. Lekin bunisi, suyagi qotib ulgurmab edi, derdilar.
Olimning yuziga shu gap chindan soya solib, o‘zi so‘nikib qoldi. So‘ng yuzini ishqab:
— Lekin menga tamomila bo‘lak vasiyatlar qildilar, — dedi.
— Qanday? — deb hayratlandi qariya.
— Akangni top. Iloji bo‘lsa, qanoting ostiga ol. Endi mendan yolg‘iz sizlar qolyapsizlar. Go‘rimda tinch yotishimni istasangiz — o‘rtani yaxshilaysiz. Jigar-go‘shalardek bir-biringizga suyanib yashaysiz. Islom mana shu. Ota rozi — Olloh rozi. Bizdan keyin bo‘linib ketsangiz — u dunyo bu dunyo rozi emasman. Qiyomatda menga ro‘baro‘ kelishingizni o‘ylang, derdilar.
— Xudo rahmatiga olsin. U kishidan bo‘lak odamdan chiqmagay bu xil gaplar, — dedi qariya mutaassirlanib, — Har so‘zlari tillaga teng u kishini endiyam topinglar-chi, topolmaysiz. Demak, vasiyatlarini quloq qoqmay ado etishga majbursiz.
Olim yer ostidan qariyaga qarab qo‘yib, yamlandi:
— Kelishimning boisi ham shu...
— Xo‘sh-xo‘sh? — deb shoshib qoldi qariya. — Mendan nima lozim?
— Yordamingiz...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:28:26
— Bajonidil. Tortinmay aytavering. — Qariya kaftini uning qo‘li ustiga tashladi. — Odamdan qoladigani shu-ku...
Olim kipriklari namlanib, u kishiga qaradi:
— Bilaman, — dedi allaqanday to‘liqib. — Bu xususda sizdan bo‘lak kimga ham og‘iz ocha olardim. Rahmatli dadam, endi bilsam, juda og‘ir vazifa yuklab ketgan ekanlar. Akamni qanday topdimu qanday olib o‘tdim. Bir yo‘lini ko‘rsatingki, six ham kuymasin, kabob ham. Qiyomatda ham yorug‘ yuz bilan bora olayluk padaribuzrukvorimiz oldilariga.
— Sultonmurod o‘zi qay diyorda? — dedi qariya bu gaplardan xabarsizdek.
— Gap shundaki, akam bizdan ancha oldin bu yoqlardan bosh olib chiqib ketgan ekan. Qayoqqa — bilmasdik. Keyin eshitsam, ular to‘ramga qo‘shilolmay qolishgan ekan.
Sutchi yalt etib, uning yuziga qaradi:
— To‘ramning so‘nggi farmonlari shularga tegishli ekanmi?
— Shunday. Aftidan ular o‘sha yoqda alohida qo‘shin tuzib, buyruq kutib turganlar. Buyruq kelishi-la ichdan yorib chiqib, Ozodlik armiyasiga qo‘shilmoqchi bo‘lganlar. Natijani bilasiz. To‘ramni o‘rtadan ko‘tarish bilan hammasiga barham berildi. — Olim hech kimga aytilmaydigan, og‘iz ochsayoq bosh ketishi mumkin bo‘lgan xabarlarni Sutchiga aytib qo‘yib, o‘zi uning ko‘ziga qaray olmay qolgandi. (Gunohi kammi o‘zining ham? Xohlasin-xohlamasin, yashirsin-yashirmasin, bedodliklarga sherik, axir.)
— Xo‘-o‘-o‘y, ko‘rib-bilaturib ildizi bir, shajarasi bir, ka’basi bitta xalqqa shunchalar jabr! — deb yubordi qariya va joyida o‘tirolmay turib ketdi.— Olloh kechirsin. Hammamiz gunohkormiz: tomoshabin bo‘lib turganlardan ichida yurganlargacha. O‘zi kechirmasa, kim ham kechirolgay.
O‘ng‘aysizlanib, Olim ham turib oldi. Qariya hushi o‘zida yo‘q, nari borib, beri kelaru bosh to‘lg‘ab, qo‘l silkishini qo‘ymas, qarg‘anarmi, ingranarmi, Ollohdan o‘ziga tavfiq so‘rarmi, bilib bo‘lmasdi. Jazavaga tushgan avliyolar kabi, darveshlar kabi javrab-javranib:
— Hay, tag‘inam yer yutqizmaysan, tag‘inam osmon toqini bir varaq qog‘ozdek o‘rab, yig‘ishtirib qo‘ya qolmaysan. Tag‘inam rahmdilsan, o‘zing Rahmonsan, — deya istig‘forlar aytar, mag‘firatlar tilar, ora-orada omu xosni o‘zing asra, deb qo‘yardi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:28:40
U qariyaning tinchishini, o‘ziga kelib, hovuridan tushishini miq etmay kutarkan, shu tob uzoqdan, o‘rkach-o‘rkach bulutlar tuya karvonidek ko‘chgan ko‘kning bir allaqaysi burjidan juda tanish ham ohanraboday o‘ziga jalb etguvchi bir sas, bir sado kela boshlab, bu o‘ziga qayta jon bag‘ishlagandek, o‘sha ovoz, o‘sha saslarga mahliyo tikilib qoldi. Ular osmon toqida, bulutlar orasiga arg‘amchi tashlab, bir-birlarini chorlashib, «qur-ey, qurey»lashib kelar edilar.
— Qarang, ustoz, kechikkan turnalar-ku. Borar manzillarini yo‘qotib, sarson qolgan jonivorlarning keluvini qarang, — deb yubordi o‘zi sezmagan holda. — Turnalar kelib bo‘lmaganmidilar?
— Yo‘q, ayni mavridi, — dedi o‘ziga kelib qolgan qariya kaftini peshonasiga qo‘ya boshlab. — Faqat bu yil ko‘klamning o‘zi erta keldi. Endi bular qanotlari ostida chinakam saddipokni olib kelmoqdalar. — Keyin hotirjam joyiga qaytib, qo‘shib qo‘ydi. — U biz — nazarimizda erta kelib, erta ketayotgandek bu dunyodan ko‘ngil uzolmaymiz. Aslida esa biz ham shu turnalardek har birimiz o‘z mavridimizda bu sinov dunyosiga kelib ketgaymiz. Mangusi u yoqda.
Olim bu dunyoning juda ko‘p sir-sinoatlariga aqli yetadigan bu qariyaga nima deyarini-da, bilmay turib-turib, u ham joyiga cho‘kdi va uning o‘zi bir nima deyishini kutib, jim qoldi.
Qariya uni ko‘p ham kutdirmadi. Yuziga bir qur qarab olib:
— Ammo-lekin Eshon buvamning bilganlari bilgan. Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, arvohlarini rozi qilasiz. Undan beriga bu diyorlarda tup qo‘yib, palak yoza olmagaysiz. Sultonmurodni toping, — dedi u.
— Toparman ham, ko‘ndirarman ham. Lekin keyin bu diyorga qanday qaytgaymiz? Qo‘ygaymilar? — deya oldi Olim ichidan toshib kelayotgan hislarini jilovlay olmay. — Qanday qil, deysiz?
Sutchi kutilmaganda unga suyib tikildi. Yuzidami, so‘zidami (balki yuragining tub-tubidadir) dovqur odamlarga xos bir alomat, bir belgi ko‘rib, nogoh shavqi keldi:
— Balki Ollohga tavakkal qilarsiz; «Hasbunallohu va ne’mal vakil», deb?! Mushkullarni oson etguvchi O‘zi bor-ku, axir?! — dedi qariya yuzi allatovur yosharib ham nurlanib kela boshlab.
Ana shu nur ortida najot bordek Olim ham undan ko‘z uzolmay qolgan edi: «shoyad, shoyad, shoyad O‘zi qo‘l-lasa».
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:29:14
16. HUSNI BALOLIQ KUNLAR
(Mahfuz xatlar davomiga)


Aybga buyurmagaysuz, Sultonmurod aka, shu holda (ko‘zim yoshluq, qalbum dog‘luq) xat boshladum. Ne qilayki, ichumga chiroq yoqsa — yorimas, bu xo‘rluk, bu sitamlardan tinmayur hech ko‘z yoshlarum.
Yaxshiyam tun bor, bir uyga kirub ketub tuyguncha yig‘lamoq-siqtamoq mumkun, o‘z o‘ksungga o‘zung qonmoq mumkun.
Yaxshiyam yostuq bor, bir tamoni ho‘l bo‘lub ketsa, boshqa tarafin o‘ngarmoq mumkun. Yaxshi niyat yarim mol. Zora tushlarim ham o‘ngudan kela boshlasalar...
Yaxshiyam qog‘oz bor, qalam bor, og‘iz ochub bo‘lmas dard-laringni, alamlaringni unga to‘kmoq mumkun, tog‘ ko‘tarolmagay dardlarnu u ko‘targay.
Yaxshiyam Siz borsuz, bu dunyoning bi-ir chekkasidagi yorug‘ yulduzdek, shu borlugingizga, bir kun kirub kelaringizga ishonub, tishimnu tishimga bosgayman, chidagayman. Axir kechaning ham so‘nggi bor, alam-angiz kunlarning ham nihoyasi. Boshqa nimagayam umid tutgayman, men boyaqishgina?
Hozur... zora yengil tortsam deb hasrat daftarimni ochdum Sizga. Bilasizmu, nazarumda ro‘paramda o‘ltirgandeksiz. Ha-ha, o‘ltirub olursiz-da, (suvratizmas, yo‘q o‘ziz o‘tirgandeksiz) hatto, ba’zan achchig‘lanib, o‘pkalanib, bir so‘zlar aytivorsam, gunohkor kishiday bosh silkib qo‘ya qolursiz.
Ayting, chin so‘zingizni ayting menga. Meni bu diyor-larga jo‘natib qo‘yub, o‘ziz qay yerlarda qoldiz? Faqat har oqshom mana shunday mehmonim bo‘lub o‘ltirursiz. Shunga-da shukr. Qarshimda jim o‘ltiruvingizga-da shukr, achchiq-tirsiq so‘zlarimnu, ginalarumnu tinglaganingizga shukr. Shu bahona ichumdagilarnu qog‘oz betiga to‘kib, sal bo‘lsa-da, yozilub olurman. Bo‘lmasa, biravgada aytishga uyatlu. Shunday kunlarga qolmishman, «kun desa kun, oy desa oy jamilangiz». Qay diyorlarga bosh olup ketup topgan Mahfuzangiz. (U so‘zlarungiz, erkalashlarungiz quloqlarum ostidan ketarmu! Ketmas qiyomatga dovur).
Siz-ku Ollohning inoyatu ila menga yetishub edingiz, men-chi bu ayriluqlarga chidab, Sizga yetisharmanmu? Yolg‘uz Ollohdan so‘raganum shu. Tong saharlardayu duolar ijobat soatlarda ichikib-ichikib, tavallo- lar etub so‘raganum, iltijolarumning boshiyu adog‘i shu.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:29:42
Siznu deb kelub edum, Sizsiz bu diyor menga ne kerak? Faqat yodga soluvgami, ichlarmnu tirnab, xun-xun yig‘laturgamu? Sarhad oshish shunchalar qiyin bo‘lubdimu? Ruxsat olish shunchalar uzun, shunchalar mushkul ekanmu? Qancha molchi cho‘ponlar soqchularning ko‘zlarinu shamg‘alat etub kelishganida Sizday yovqurlar o‘tolmasanguz! Emdi qachon kelgaysiz ekan, biz musofirlarnu xursand etub? Qo‘li qisqa, nolasi hech yerga yetmas mushtiparlar himoyatuga?
Qaniydi bir imdod, bir xavar bersangiz-berdirsangiz. Yaxud bir chiroylu kechada Oydan tushganday kirib kelsangiz. Tog‘day himoyachumiz bo‘lib, suyanchumiz bo‘lub. Suyanchiqsiz, himoyachisiz qoldiq-ku biz, Sultonmurod akajon.
Kechagida kichigoyimning yolg‘uz o‘g‘illari, Sizning pakana pariyingiz, mening vaqt-bemahal ishongan himoyachum — qaynujonim Maqsudxo‘jamiz shahardagi o‘qishlarudan og‘rub kelub, rosa qo‘rqitivordula, o‘takamiz yorilub, esxonamiz chiqtu. Kech tushganda qayerga yugurub, kimga borarimizni-da, qay yerdan tabib toparimiznu bilmay qolduk.
Tag‘inam-da, Olloh hafiz: yaxshiyam Siz biznikuga tushganda o‘sha Mirzabuva qirq kun meni yonlaruga olub, Sizni qaragan ekanlar. O‘sha buvadan eshitganlarum foyda berdu, asqottu.
Miyalarinu qattiq shamollatub, boshlaruni-da ko‘tarolmay qolub edula. Ko‘zlarinu ochmay alahlar edularki, qo‘rqupla kettuk. Bunaqa mahal bosh og‘ruqqa yalg‘uz davo — shaqurlab qaynavotqan suv bila doka, chala siqib o‘rab qo‘ymoq, deb eshitup edum. Shuni bosaverub, suv-suv terlataverub, uch kun deganda beri qaratub olubmiz. Kegin kelgan do‘xtur ham Xudo bir asraptu, o‘zlariz zo‘r tabib ekansiz, dep kettu.
Kichigoyum bugun Oqtepa degan joyga, Hoji do‘xtirga oborub keldula. Ko‘p aytuvli tabib ekan, Maqsud-xo‘jani o‘qishlardan ozod etub, qog‘oz yozub berubdu. Qaynum:
— Vu-uy, bir yil o‘qishdan qolub ketamanmu, — degan ekanlar, kichigoyim:
— Bir yil sandan aylansin, men o‘nta bolani yerga berib-berib, seni topganman. Mani desang — bormaysan, — deb turib oldila.
Qishdan chiqdik deganimizda suygan ukayiz shunaqa xastaluk — miya og‘ruqqa uchrab o‘tirubdula. Olloh shifosini bersinu chakkalarida og‘riq turib, yuzlari bo‘zarub kela boshlasa qo‘rqib-la ketavuramiz. Qo‘limizdan hech nima kelmasini o‘ylab, ichlarum ezilub ketavuradu nega Mirzabuvadan ijikilab so‘rab olmaganumga, hammasinu bilub olmaganumga. Xazina topub, tilla o‘raga tushub — hich nimasiz chiqqanumga. Qadri o‘ttu tabib buvaning.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:29:58
Bu ko‘rguliklar ham biz bechoralarga holva ekan. Do‘ppi tepchishub, kizak tikishub yurub edum. Ko‘klam kelub kichigoyumni g‘alvaga qo‘yub ketishdi. Qaerdanam kelgan ekanman bularnukiga. Mo‘ndiga o‘xshamish bir maymoq adam otqa qiyshuq minup kelub qildu to‘polonnu, qildu to‘polonnu.
— O‘ziz dalaga chiqmaganiz-chiqmagan, kimni opkeb o‘tiribsiz? Yo ishga chiqadi, yo jo‘natvorasiz kelgan joyiga! — deb turib olsa deng.
— Chiqsam chiqay, kichigoyu, aytishmang shularminan, — dedum.
Qayoqda! Kichigoyum bo‘sh kelmasdula:
— Sen atay kelgansan. Sultonmurodga o‘chakishib kelgansan! Lekin bilib qo‘y, erta-birisi kun o‘zi kelsa, shundoq qoldirmaydi. Kelinimizga qilgan zug‘umlaringni kechirub ketadi deb o‘ylaysanmi? Burningdan buloq qilib chiqaradi hali. Bu oyoqqinangni ham sog‘ qo‘ymaydi. Aqling borida esingni yig‘. Men buni, biravning qizini yashirib o‘tirganim yo‘q. O‘z kelinumday gap. Uning o‘rnigayam o‘zim chiqaman. Shuncha yil dalaga chiqib o‘lmagan jonim, endi o‘lmas!— deb turib oldila.
Zo‘r ekanlar kichigoyum, biravga haqlariniyam, so‘zlariniyam bermaskanlar.
Ammo men unamadum.
— Yosh narsa men o‘tirub, Siz chiqasizmu, hich qachon, meni ket desangiz chiqasiz! — dedum.
Shu o‘rtada yana bir voqea o‘tti, uni yozmasam hamma narsa Sizga tushuniksiz qoladimu deb qo‘rqaman. Ular (kichigoyum, qaynum) o‘sha Hoji do‘xturga ketishganicha-ketishvotub edu. Tushga yaqin tashqarida birav chaqiradu. Chiqsam, Saida qiz. Marg‘ubangizning singilchasu. Mung‘ayib turibdu.
— Voy, kesunla, omanmusiz-esanmusiz, — deb uchubla bordum.
Aylanub-o‘rgulsam-da, kirishga unamasdu.
— Kichigoyumlarmu, kepqolishadu, Kiring, — dedum. Qayda.
— Bizga o‘ziz keraksiz. Sizga kelganmiz, — deydiyu aytolmaydu gapini, yer so‘zadu faqat.
Ortida kim borakan deb qarasam, voy o‘layki, o‘sha askar akasi, nomahram odam. Chekinub, titrabla kettum. Nima deyarimnu bilmasdum.
— Voy, siz qo‘rqmang. Akamni ikki og‘iz gaplari bor ekan. Yo‘q demang faqat, — deb meni quchoqlab, yupatub turupti qizgina.
Men ortimga yuriyverdim. Nuqul titrab-qaqshayman. Iqbor atin — ularning onalari o‘tgandan beri, o‘zumnu koyiganim-koyigan, nimagayam bordum, nimagayam ko‘rindum qizi siyaqida deb. Men sababchi bo‘lub qoldum deb. Hozir ham... Bo‘lmasa, nimaga keladu?..
— Yo‘q-yo‘q, faqat bu yerdamas, faqat bugunamas. Hozir hech kim yo‘q, eshitkan, ko‘rgan nima deydu... — deb unamasdum.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:30:08
Saidasi ortimdan qolmas, yalinub-yolvorardu:
— Eshik ortidan bo‘lsa-da, gaplashing. O‘ziz ikki og‘iz bir narsa deng. O‘zizdan eshitsinlar, opam haqda.
Nimanu eshitadu, bo‘lgan ish bo‘lub o‘tganda, bo‘yog‘i yitganda?
Alohal qo‘ymadu.
— Maylin, faqat tez ketasizlar. Birav ko‘rub, meni uyatga qoldirmaysizlar, — deb qaytdum.
Men eshik ortida turippan, titroqlarum so‘nmay, tirqishdanam ko‘rinub qolmayin deb. Qochubgina, yergami, devolgami singub ketgudek bo‘lub, mushttek bo‘lub. Bu ahvolumdan, ichkaruda — parda ortida gaplashganum afzalmidi deb. Nima keragakan u kishiga? Nimanu gaplashmoqchu?
Saida ko‘cha eshikni qiya ochub o‘rtada, ostonada turibdu. Askar akasi u tomonda, entikib, pishillashlari, betoqat yutinishlari eshitiladu, xolos. Men boyaqish, tirqishdan qorasuni ko‘rub-da, qo‘rqub ketyapman, titroq bosub, ichimdagi qushchalar (ular xuddi qamalub qolishgan!) potirlaydular. Gapirsa-gapiraqolmaydumi, ketishsa keta qolmaydumi!
— U kishidan, o‘z og‘izlaridan eshitganum — Bahriddinga yetkazinglar deb buyurgan ekanlar, — dedum.
— Singlimizni Siz ko‘rmaganmusiz? — dedi u hayron qolib.
— Qayda, — dedum o‘zim ham o‘ksinub. — Faqat tarixlarini eshitdum, xolos.
— O‘zi-chi, o‘zi qayda emish hozir?
— Makka taraflarda deb aytishdu. Olloh aziz qilgan, payg‘ambar o‘tgan yurtlarda emishlar.
— Bahriddin... kuyovimiz u yoqlarga qanday borib qolibdi? Qanday o‘ta olibdi, hamma qirg‘in-barot, o‘lim maydonlarida jon olib jon berib yurgan bir paytda? Qochgan ekanmi? — dedi u allaqanday asabiylashub, ham jahli qo‘ziy boshlab.
— Men bilmasam, — dedim, lekin behuda g‘azabalayotganlarinu eslatub qo‘ygim keldi, — Lekin Siz tushuning. Har narsa Ollohdan. O‘sha aziz yurtda topishtirmoqchi ekan, topishtirubdi, nikohlaridagi kishiga qo‘shibtu, suyunmak kerak. Dadamizning suyunib bir yerga yetganlarinu Siz bilmaysiz. Nima deganlarinu eshitmagansiz...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:30:21
— Nima deb... edilar? — u shaxtidan tushib, jim qoldu.
— U diyorlarga kim yetdu, kim yetolmay ketti. Mo‘minlarning Makkasi, Ka’basida topishibdimi? Odam Atomiz jufti halollarini topgan joylarda-ya, Arafotu Muzdalifalarda-ya? Qanday baxtli nikoh bo‘ptu. Qang‘lining Yakkabog‘ida boshlanib, payg‘ambar yurtida ko‘rishtirsa! La ilaha illalloh! Chindan o‘zi Xuva ‘allo kulli shayin qodirdir! deb edilar. Siz suyuning, — dedim men.
U jim qolgan, eshik kesakisuni quchib olgan singlisi ko‘zlarinu bilagiga bosib, hiq-hiq yig‘lar, men uni yupatgim kelaru, yaqinlasholmasdum. Nomahram kishiga ko‘rinub qolishdan qo‘rqib qimirlolmasdum.
— Meni ishontirdingiz, rahmat, — dedi u bir mahal chuqur tin olib. — Ko‘nglim tinch topdi singlimning taqdiridan. Men qo‘rqqan narsa ro‘y bermapti, shungayam shukr. Endi aybga buyurmasangiz, unga bu yaxshilikni ravo ko‘rgan odam haqda — Sultonmurod haqda so‘rasam. U qaerda? Ko‘rsa bo‘ladimi o‘zini?
Men hammasidan ham shundan qo‘rqub edum. O‘sha kungi yanishlarinu eshitub, tovonumdan sochumning tag-lariga dovur bir titroq kirub edu. «Ikki qo‘lim u dunyo — bu dunyo yoqasida!» degan so‘zlari... quloqlarum tagida jangillar edu! Hozir nima, avravotirmu?
Rostiga ko‘chdim:
— U kishi... o‘tsalaroq kelar edilar. Daraklari yo‘q.
Saida qizning akasi hayronlanib, jim qoldi.
— Qiziq, u gaplar-chi, daragi yo‘q bo‘lsa, qaerdan chiqibdi? — dedi singlisigamu, mengamu.
— Qaysu, qanday gaplar? — dedim men xavotirga tushib ham ichim sidirilub.
— Hali... bexabarmisiz, eshitmadingizlarmi?
Meni battar titroq bosdu:
— Nimadan, nima bo‘ptu?
— Axir hammayoqda duv-duv gap-ku.
— Nima deb?.. — deya oldim nafasum ichimga tushub.
— U qaytib kelganmish-ku, zo‘rlarning adabini berayotganish-ku, axir. Men kirgandir deb edim.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:30:45
Ichimda: qaniydi, qaniydi! Ey, xudo, qaniydi kelgan bo‘lsalar!.. devotibman-ku, tashimda tovshim chiqmaydu.
— Kirmadular, kelsalaroq kirar edular. Boshqa biravdir.
— Alhazar, unda kim uning nomidan ish ko‘rishga jur’at etadi?! Yo‘q, Siz kuting. U kirmasa ham xabar berib qoladi. Albatta, xabar beradi. Negaki, odamlar bu uning ishi, Sultonmurodning ishi deyishmoqda.
Meni o‘z-o‘zidan yig‘u bosib kelyapti, nazarumda hammayoq charog‘on bo‘lib, ich-ichimdan oftob chiqib kelyaptimu, bu sevinch yoshlarimu ajratolmiyman, tavba. Kelgan bo‘lsalar, nega kirmaydilar? Xayollarga bandi bo‘lib, bir daqiqa Saidani ham, akasini ham unutibman. Uning ovozidan cho‘chib, o‘zimga keldum.
— Kelin, Sizdan iltimos, undan xabar bo‘lib qolsa, mening omonat gapimni yetkazsangiz. Sizning tovkangizga qo‘shilishga hamisha shay bir odam borakan, deb ayting. Kim deb so‘rasa, o‘sha jafokash Marg‘ubaning akasi deng. U uzulgan nikoh rishtalarini qayta ulagani haqqi-hurmati, bizning avlod ustidan bir umr-lik tavqi la’nat tamg‘asini olib tashlatgani uchun umrbod qarzdormiz undan. Shunday deb ayting, kelin. Qachon mening yordamim kerak bo‘lsa, mana, Saida bor, bir og‘iz imdod berdirsangiz kifoya. Aytgan zahotingiz yetib kelgayman. Xayr, omon bo‘ling, o‘sha mard birodarimizga salom ayting.
Mana shundan keyin xalovatum yo‘qoldu. Tiq etsa, yuragim o‘ynab, eshikka qarayman. Siz kirub kelyapsizmu, deb. Kichigoyumlarga aytmay, kosada yemaklar op-qo‘yib kutaman. Vaqt-bemahal kelub qolsayiz deb. Kechalari uyqum qochub, ko‘zlarim to‘rt bo‘lub, o‘tirganim-o‘tirgan. Haq deb. Ba’zan turub-da tahajjud namozlar o‘qub, Ollohimdan so‘rayman. Yig‘lab-yig‘lab o‘ziga iltijolar etaman. Sog‘-omon ko‘rsat ishqilib deb... Ammo Olloh sinavattimu, sinab qiynavattimu yolg‘iz O‘ziga ayon.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:30:58
* * *
Saida shu yerga kelganda jimib qoldi. U daftarning dam u varag‘ini, dam bu varag‘ini o‘qib ko‘rar, kelgan joyini topib, ulab ketolmasdi.
— Ha, ayasi, nima bo‘pti, nimasini topolmayapsiz?— dedim ichim g‘urmishlab.
— Shu yerda uzilib qolyapti, davomi qaysi daftarda bo‘lsa ekan? — dedi u hamon izlaganini topolmay.
— Akamga tegishli joyini izlang, o‘shani so‘rayatuvdi-ku, — dedim men. Bunga sari ichim toshib boryapti: «Demak, o‘sha gaplar chin ekanmi? Sulton akam kelgani-ya?», degan xayollargacha bormoqdaman.
— Ha, mana ekan-ku, — dedi Saida va yutaqib yana o‘qiy ketdi:
«Uzr, Sultonmurod aka, o‘zimuz bilan o‘zimuz andarmon bo‘lub, xatga ham qo‘lum bormay qolub edi. O‘rta tokchanu tagida bir yoruq bor edu. Paxsani yorug‘i desam, ichi qachongi qovoqaru inu ekan — o‘shatga tushub ketubti. Ololmay yurub, boshlolmay yurub, hiyla vaqt o‘tub ketubti. Bu yog‘u qish chiqub bahor boshlanub ketub edu. Boshqa daftar topub, Maqsudxo‘janing daftarlaridan eskusini olub (u kishinu o‘qishdan ozod etishdu. Xudo bir qaytarub berdu. Izzada sigir boqub yurubdilar) o‘shanga yoza qoldum davominu.
Siz kelgandan keyin (tavba, haliga dovur ishonmayman: rostdan kelub edungizmi? O‘sha kechagi odam sizmu edungiz?) ancha xotirjam tortub qolub edum. Lekin keyin...»
— I-i, shoshmang, shu yerini qaytarib o‘qing. Kimni aytyapti? Kim kelgandan keyin deydi? — deb hovliqdim men. Azbaroyi o‘rnimdan turib ketishga yetgan edim.
Saida qaytarib o‘qib ko‘rib, boshini ko‘tardi:
—... Siz deyapti-ku, demak, akangiz bo‘ladi-da. Bosh-qa birovga yozmayapti-ku, xatni.
Men hayron-hayron qolgan edim:
— Unda... unda nimaga bizga miq etmabdi? Bo‘lishi mumkinmas.
— Ayol kishi... har narsani har kimga aytavermaydi, adasi, — dedi xotinim.
— Balkim, — dedim hech o‘zimga kelolmay. Axir, kimsan Sultonmurod akam keladi-yu, biz bilmay qolsak! Alam qilmaydimi? Kelganda ham bir marta kelmagandur-ku. — Unda... unda o‘sha kelganini emas, nega boshqa narsani yozyapti? — dedim dabdurustdan.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:31:52
— Siz eshiting avval, unisi ham chiqar, — dedi xotinim jilmayib, so‘ng kelgan joyidan o‘qishda davom etdi.
«Lekin keyun, qaytam bir ishlar bo‘lub kettu — eslasam, xo‘rligim tutib kelavurar. Siz bo‘lsangiz teginisholmasdu. Uch kunlab uydan chiqolmay, o‘tirdum qamalub olub. Yer yorilmadu yerga kirib ketsam! Juvon o‘lgur (o‘sha qora mo‘ndi — maymoqning jiyanu ekan! Men unu qiz bola desam — qanday balo ekan, erday, erkakday yopishadu odamga!), o‘sha o‘lgur quchoqlab olub, qo‘yivormaydu. O‘paverib tishlab tashlaptu, hamma yog‘umni momataloq qilub-ko‘kartub tashlaptu. Qiz desam, er kishidan badtar ekan. Hirsinu qarang, uyatsiznu! Teximu menman shunday ko‘rishib turasan, tog‘amga tushsang, u so‘ratvatti deydu. Quribla ketgur.
Endu o‘lsamam chiqmiyman ishlariga. Quribla ketsin dalasiyam, o‘ziyam! Ayol bo‘lub ayol emas, er bo‘lub er tug‘ilmagan, u uyatsiz! Aytishga-da og‘iz bormaydu, yozishga-da qog‘oz kuygay! Xudo nima uchun yaratmish ekan bunday ayolnu, bilmadum. Tezroq keling, Sultonmurod aka! Siz bo‘lsangiz — munday xo‘rlay olmasdular, teginolmasdular. Kimlarga ishonub, jo‘natub edingiz menginanu?
Bu uydan bir yoqlarga ketsam-da, dalasiga chiqmasman, ishlaru qursin, betu qursin! Eshityapsizmu, Sultonmurod aka, bu yoqlarda shunchalar aynishubdu, hatto kichigoyumdan qo‘rqmayin, Sizdan qo‘rqmayin shunday qilishsa! Tag‘inam Xudo osmondan balo yubormaydu ustilariga!
Sultonmurod akajon, bu yoqni odamlaru ham aynushga, yomon aynushga boshlabdular! Kalomullohnu unutganmular, bilmaydularmuki, aynusalar balonu kutaversinlar, qo‘rqmasmular — xudoning qahrudan?! (Eslab qolung. Qumrunisa edu, ayol bo‘lub ayol emas, u yashshamagur)...

Evoh, shu baloliqlarga chidolmagan ekanmi, kennoyim? Biz qayoqqa bosh olib ketdilar, deb yuribmiz?! Men alamangiz holda mushtimni tishlab qolgan, o‘sha damlarda unga bir himoyachi bo‘la olmaganimdan yerga kirgudek bir holga tushib borar edim.
(Allohning madadi ila asarning bu qismi ham nihoyasiga yetdi. Navbat — «Jazo, rijo va hidoyat» qismiga.)
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:32:57
U ch i n ch i b o‘ l i m
JAZO, RIJO VA HIDOYAT

1. AJIB SAODAT
yoxud
BIR KECHALIK MYeHMON

Mahfuz xatlar davomiga.
Jindek qissago‘y izohi ila.

Qay vaqt bo‘lib ketgan edi, bilmayman. Allamahalda ishdan kelib, divanda xayolparishon o‘tirib edim. Keyin sekin uzanib, yonboshlaganim esimda. Shu holda shirin bir tuyg‘u qamrab kelib, parqu qanotlariga indirdiyu allalay boshladi. Aftidan, uyqu elitib, ko‘zim ilingan edi shekilli, ajoyib tush ko‘ra boshladim. Bunaqasi ilgari, bolalik kezlarim sodir bo‘lardi: ko‘zimni yumardimu ajabtovur — xuddi ertaknamo tushlar ko‘ra boshlardim. Hozir ham o‘shanday tiniqdan tiniq, sirlidan sirli, ammo qay bir yerlari o‘zimga tanish diyorda kezib yurar edim. Chor taraf, butun atrof-javonib oppoq oydinmish-da, o‘zim eski uylarimiz tomonda yurganmishman. Oyning yerdagi olachalpoq nurlaridan ma’lumki, eshigimizning ro‘parasidagi anhor bo‘yida, yong‘oqzorda turib, oy nuriga cho‘mib yotgan tuproq tomli uylarimizdan, ishkomli bog‘larimizdan ko‘z uzolmayman. Ular bag‘azlarni allatovur bir kumushrangga bo‘yab-jilvalantirib, loysuvoq tomlarimizga oq jujun matoli yarqiroq bir narsalar yoyib, tarnovlarniyu devor sarxoklarini qirov qo‘nganday oqartirib-yarqiratib, yerga, bo‘g‘otlar ostiga ajabtovur o‘sma-soyalar tortib, butun hovlimizni sir-sinoatlarga ko‘mib tashlaganki, u hov bir vaqtlar — akam Bo‘zsuv bo‘ylarini qarorgoh tutib yurgan kezlardagiga o‘xshab ketgandi. Men uni sog‘ingan kezlarim, yarim kechalari turib, ana shunday anhor bo‘ylariga chiqib olar, yo‘llarini poylab o‘tirib qolar edim. Nazarimda, tog‘amgilarning hov muyulishidan mana hozir so‘lig‘ini sho‘lqillatib, bir otu otliq chiqib kelayotgandek bo‘laverar edi...
Hozir esa (tushga hech taraf yo‘q) ichkaridagi zinamizda yolg‘izdan yolg‘iz, allaqachon azim yong‘oqlardan oshib o‘tib, bir kenglikka chiqib olgan va hamma yoqqa bearmon yog‘du sochib yotgan to‘lindan to‘lin oyga, uning goh dumaloq ko‘zgudek, goh osmonning u yog‘iga ochilgan oq bir darichadek ko‘rinishiga mahliyo bo‘lib o‘tirarkanman, uning sathi-ko‘zgusida ko‘rinayotgan bir narsalar xayolimni o‘g‘irlagan edi. Chindan ham osmonda suzib yurgan to‘lin oy — oy emas, afsonaviy bir oina yoxud Jamshidning oppoq jomiyu uning yuzida shu vaqt-shu soatning o‘zida qay bir yerda kechib turgan voqea(!) akslanib turgan kabi edi.
Oy yuziga yaxshilab tikilgan kishi uni ko‘rmay iloji yo‘q edi!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:33:56
Ana, Oyning sutga chayilganday tip-tiniq yuzi — sathida bizning Tegirmondan to Qo‘shilishga qadar cho‘zilgan Izzayu uning ikki betkayiga yastangan yerlar xuddi ochiq ulug‘ kitobning ikki betiga o‘xshab, allaqanday kumushrang nuqra sepilganday yarqirab ko‘rinardilar. Undanam ajablanarli joyi o‘sha suvrat- da izzalik — soylik, ya’nikim ulug‘ kitobning o‘rta-si Oyni qoq ikkiga bo‘lib turibdi. Go‘yo oyim bir vaqt aytganlaridek, ya’nikim u payg‘ambarimiz za- monlaridan qolgan emish. U kishidan mo‘’jiza ko‘rsatishni so‘rashganida Oyni qoq ikkiga bo‘lib yuborgan ekanlar. Bu dog‘ — u qora chiziq o‘shandan qolganmish.
Hozir esa xuddi o‘sha chiziq yoqalab go‘yo bir otliq qir oshib-oshiqib kelar, bu nimadan belgi — aqlim yetmas, yetmasa-da, bu go‘zal kechaning sirli oinasida akslangan narsaga sehrlanib qolgandim.
U nima, chindan tushmi yo o‘ng? Tush bo‘lsa, bunchalar aniq-taniq? O‘ngim desam, nega sarxushman? Go‘yo aqlim to‘ngib qolganday, qaerdaligimni to‘la anglay olma-yotirman?
Unday desam, nega yuragim allaqanday hapriqib bor-yapti, go‘yo ichimga bir gala qush qamalib qolgandek? Ular gurra-gurra uchib ko‘tarilganlari sari nimadir bo‘g‘zimga tiqilib-tiqilib keladi! Shu bilan bir vaqt-da men turgan zinaning o‘ng yog‘idagi yarim ochiq derazaning ortidan (katta uyda shekilli) birov, nega birov bo‘lsin, ayol kishi piq-piq yig‘lab, ko‘rpanimi, nimani ustiga tortib, xo‘rligini yutishga urinadi, hiqillaydi. Ammo ovozi yo qudratingdan, shunchalar tanishki... otini atab chaqirgudekman. Kennoyi, devorgudekman...
Uyg‘onib ketib, yonboshlagan joyimdan qaddimni ko‘tarsam, xontaxtaning u boshida birov shishasiga qog‘oz kiydirilgan lampachiroq yorug‘ida hiq-hiq yig‘lab o‘tiribdi. Tizzasida o‘sha unniqqan sariq daftar, dam-badam burnini tortib, ko‘zyoshlarini artib qo‘yadi. Qora duxoba nimchasidan tanidim. Xotinim. Meni uxlatib qo‘yib, o‘zi davomini o‘qiyotgan ekanmi?
— Saida, o‘zizmi? — dedim hayratlanib, — o‘qirkansiz, uyg‘otmaysizmi?
— Birpas mizg‘iy qoling, deb o‘qiy qolsam... bunaqa ekan.
— Qanaqa?..
Saida ichdan chuqur tin oldi:
— Ayol kishini nuqul musibatga yaratgan ekan: bechora kennoyingiz!..
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:36:39
— Nima bo‘lgan ekan? — dedim yuragim toshib kelib. Endi turib o‘tirib olgan edim.
— O‘qiy qolaymi? — dedi u.
— Mayli, o‘qing, — dedim intiqib.
U boshladi.
«...Kichigoyumlar vaqt allamahal bo‘p ketibdi deb ichkaru uyga kiritib yuborgan edilar, shu qo‘limdaguni tepchub qo‘yay deb o‘tirib qolubman.
Bir mahal lampachiroq o‘z-o‘zidan yorishib ketib, olov tili ichiga tushib bora boshladu. Nima bo‘ptu, deb piligini ko‘tarub ko‘rdum, qirqib ko‘rdum — qani jo-yiga kelsa. Moyi tugab bitgan ekan, axiyri o‘chdu-qoldu. Na iloj, ishpechlarimni tokchaga olib qo‘yib, o‘girilsam deng... derazadan shunday bir nur to‘kilub turibdu! Shunaqa oppoq, shunaqa shaffofki, o‘n to‘rt kunluk oyning ham eng yarim kechadagisi, eng tikkaga kelganu. Uyqularim ham qochub, yosh boladay deraza tagiga kelvolibman.
Chindanam tashqaru sutday oydin edu. Hovluda igna tushsa ko‘rinar, ishkomlar harir govrapo‘sh yopulgan beshiklarday nurga belanub yotar, bog‘dagi daraxtlar qiyg‘os gullab yuborganga o‘xshardular.
Yulduzlari xira tortib ketgan ko‘k toqida esa yolg‘uz oy yangi tushgan kelinchakdek jilmayib turar, uning yuzuga qarab to‘yub bo‘lmasdu. Go‘yo chirog‘ingni moyi tugamasa — qaramaysanmi, o‘tir birpas, holu qolayluk, dardlashayluk, demoqchi bo‘ladu. Ginalar qilib, jilmayadu. Imolar qiladu har turlu. Ishvalaru ham o‘ziga yarashgan.
Tavba, bu ne hol? Hech mahal oy ham ishvalar qiladumu odamga? Turlanib-tuslanadimu? Hozirguna chimildiqdan chiqqan kelinchakdek ibolu-ibolu boqmoqda edu. Endi o‘sha kelinchakning kungira ko‘zgusiga aylanub qoptu. Uning ichida bo‘lsa, alomat-alomat narsalar oy nuriga cho‘mub yotubdular. U kumush dalalar, soylar nimasi bilandur juda tanish. Qolaversa, bir otluq o‘sha soy yoqalab, ildamlab kelayotgandek. Tavba, bu qanaqasi? Oy ham hech mahal ko‘zguga aylanadumi? Yerdagi narsalarni akslantiradimu?
Manum esum og‘ub boryaptu. Go‘yo jinmi, farishtalar aqlumni olib qo‘ygandeklar. Ammo ajabtovur narsalardan (oy bo‘lib oy emas, ko‘zgu bo‘lib ko‘zgu, tavba) ko‘zimni uzolmayman. Unda ko‘ringan narsaga sehrlanub qolubman...»
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:37:03
— Shoshmang-shoshmang, — men quloqlarimga ishonmay u o‘qiyotgan narsaning ustiga kaftimni tashladim.— Nima deydi? Nima ko‘rindi deydilar?
Saida cho‘chib tushgan edi:
— O‘zizmi, adasi? Nimasi tushunarsiz?
— Otluq ko‘rindi deydilarmu? — Men hayratimni yashirolmasdim.
— Shunaqa yozibdilar, nimasiga... ishonmaysiz?
— Bilasizmi, o‘sha otluq, o‘sha oyda ko‘ringan narsalar, mening tushimga kirib yuribdi. Hali-hozir, endi esa, siz o‘qib turibsiz.
— Subhonalloh, — dedi Saida va ko‘ksiga tuf-tufladi. — Shunaqasi ham... bo‘ladi ekanmi?
— Bo‘lar ekan-ku, o‘qiyvering-chi, — dedim davomiga intiqib.
Saida kimga ishonarini bilmay, daftarni o‘ziga yaqinroq surdi.

«...Xayolumda o‘ziz. Chegaradan o‘tolmay qayoqlarda qoldiz ekan? Tangritog‘da inqilob bo‘g‘ilgan, sarboni o‘g‘urlab ketilib, lashkar tarqatub yuborilgan, xalq yetum bo‘taday bo‘zlab qolgan bo‘lsa. Boturlar tog‘larga to‘zib, har kim o‘z joninu asrashga tushgan bo‘lsa. Siz musofirlar qayga bosh urib bordingiz, qay diyorlarni oshiyon tutdingiz ekan?
Ozodlik nash’u namosi shunchalar qisqa, Ollohimning inoyati muvaqqat ekanmiki, Tangritog‘ tomonlardan xabar kelmayin qo‘ydi. Qochgan qochdi, to‘zgan to‘zdi, hatto Siz Boturlardan bir mujda yo‘q. Qay o‘ngir, qay qoyalarda, qay dovon, qay qo‘l yetmas muzliklarda qoldiz ekan? Yo hali ozod bo‘lmagan viloyatlarda yuribsizlarmu? Nega biron xabar yo‘q, mujda yubormassiz? Axir shu umidda bu diyorlarga jo‘natubmu edungiz? Rizoluk bergan, Ollohning omonatini to abad saqlagayman deb, ahlu ayolumni, shariatumni har narsadan ustun tutgayman deb ontlar ichgan kim edu? Qaylarda qoldiz, Boturmurodum? Men istamasman siz qasamxo‘r bo‘lib qoluvingizni. Ollohimning oldida gunohkor bo‘lib turuvingizni.
Ana shu topda, Oy nuri uzala tushgan o‘rnumga o‘tirib ulgurmab edumki, deraza chertilub, qiya ochilgan tavaqasidan Oyning o‘zi kirib-la kelmoqqa boshladu. Yo Arshul azim, bu nesi? Shu mo‘ralab turgan Oyning-da ishimu, boshqaning?
q
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:37:22
Nafasum ichimga tushub qaltirablar kettum!.. Ne hol yuz bermoqda, anglab olmoqqa ojuz edum. Jonum, unga qo‘shilib jon qushum bo‘g‘zumda turar edu. Qo‘rqib ketganum shunchalik!..
Shunda... derazaning ikkinchi tavaqasi-da ochilub, men sog‘ingan, orzuqib kutgan kimsaning o‘zi ko‘rinub (azbaroyi Xudo, haligi qo‘rquv, titroq qayoqqa kettu?!) yurakum dukurlab bersa deng — bo‘g‘zumga issiq bir narsa tiqilup, ko‘zlarimga achchiq yosh quyilub kelibdu. O‘zum «u kishi, u kishi-ku!» deyman-u, sira ovoz bitmaydu.
Nihoyat, Siz-o‘ziz:
— Mahfuz, men keldum. Ontimni ustidan chiqqali keldum, — dedingizu bir xatlab derazadan oshub o‘ta qoldingiz.
Oymo‘mada yurgan otliq, ko‘zguda ko‘ringan kishi — o‘zingiz kirib kelgan edingiz!
Yo, Qodir Olloh! O‘zing mehribonlarning mehribonisan. Karamingga ham, sinovlaringga ham taraf yo‘q! Boyagi belgular chin ekan. Chin chiqdi, ey Ollohim! Bu ham bo‘lsa, sening inoyating, karamingdir. Men Olloh yetkazgan kishimning quchog‘ida o‘zimni unutub, yo‘qotub yig‘lardum. Shuncha sabrlarumning mevasiga yetishub turardum.
Qachon deraza tavaqalarinu yopub qo‘yduk, men musofirginaning yupqa o‘rnuda qancha so‘ylashub-ginalashub o‘tirduk, arazlarimuzni to‘kishduk, taskinlar olduk, bilmayman, keyin shuncha judolikdan so‘ng topishgan shar’an nikohdagi kishilarga payg‘ambarimiz buyurganlaridek qancha suhbat qurdik, yolg‘iz Oy guvoh edu. Ke-yin u ham hayo qilib, mag‘ribgami — qayoqqa og‘ub ketdi, mo‘ralamay qo‘ydi. Faqat ayoq tamonumizda, derazaning takkinasida namat ustida qizil tulki terusiday bir narsa cho‘zala tushgan edu, xolos.
Keyin bilsam, bizning ishumizdan xijolatlarga tushub, allaqanday qizarub botayotgan oy ekan. O‘zi uchrashtirub, o‘zu xijolatlarga tushsa-ya...
Uni ko‘rib, Siz shoshib qoldingiz.
— Suvingni olib kela qol, vaqtim bitibdi, — deb shivirlardungiz.
Bu gapdan mening xushum og‘ayozdi:
— Qanaqa vaqt, Sultonmurod aka? Qayoqqa borgaysiz endiyam?
— Aka demagil, bunday buyurilmagan, — dedingiz Siz irim qilib. — Yaxshi niyat qil, adasi, adajonisi demoq lozim, — deb shivirladungiz qulog‘imga. Menu yupatarmudingiz, avrarmudingiz — bilolmasdum. Lekin gaplariz moydek yoqib tushmoqdaydi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:37:59
Bo‘ynungizga osilub erkalandum:
— Qayon borgaysiz, qo‘yub yubormasman bu gal. Endiyam aldab ketolmassiz. Aytasiz, qanaqa vaqt?
— Muhlatim bitadur, Mahfuz, tushun, — dediz sochlarumni silab.
— Qanaqa muhlat? Kim qo‘yadur unu? Ko‘rub-bilub turib?.. — Men xo‘rligum tutub yig‘lamoqqa boshladum. Bo‘ynungizga battarroq osilub olganmidum, yuzlarimni ko‘ksingizga bosub qo‘yvormasmidum Siznu — o‘zum bilmasdum.
Shunda qulog‘imga issiq nafasingiz urulib, shivirladungiz:
— Hoy, Mahfuz — ayasi, shunday turavergaymizmi, farishtalardan uyalmay? Tong otib boryapti.
Qo‘llarim o‘z-o‘zidan bo‘shashdular. Siz haq edungiz. Bu turishimiz Ollohga ham xush kelmas edu...
— Men hozir. Faqat Siz miq etmay turgaysiz. Xo‘p, — dedim-da, derazadan yengil tushub, oyoq uchuda oshxonaga yurindum. Suv chelak, tog‘oralar o‘sha yoqdaydi...
Yuvinub-tarangunimizcha Oy ham bo‘zarib bog‘ pastidagi katta tut ortiga o‘tub turdi. Oldi xo‘rozlar qichqurub, chaqirmoqqa boshladular. Anhor yoqalab ketgan ko‘chamuzdan oldi bozorchi aravaning qitirlab o‘tuviga oz qolmoqdaydu. Ko‘k toqidan yumalab borib haligi tut tagida ko‘ringan Oy tomlaru faqat daraxt tepalariga o‘z ukparlarini qadar, hali ko‘rinmay turgan yulduzlar endi baravariga charaqlab, ko‘payishib ketgan edular. Balki mening o‘zumga shunday ko‘rinmoqdadur, tuyulmoqdadur. Siz borligingizdanmu, negadur qushday yengilman. Atrofingizda uchub-qo‘nub, girgitton bo‘lib-da yuribman. Agar ketadurgon bo‘lsangizam ortingizdan qolmasam kerak. Farishtaday uchub ketsam-da mumkun. Bu yerda qolmasligingizni hech-hech tushunolmayman. Tushungim-da kelmaydu. Axir qancha vaqtda — endi yetishdum. Yetishganda ayrilish...
— Endi menga javob berasan, Mahfuz. Shoshmasam bo‘lmaydi, sheriklarimni ortiq kuttirolmayman xatarga qoldirib. Tushun, — dediz.
Qani tilim aylansa, termulaman, xolos. Bo‘y-bastlaringizni, o‘sha turishingizni ko‘z qorachiqlarimga muhr-lab-joylab olmoqchi bo‘laman. Tikilamanu miq etolmayman. Ich-ichimdan bir nimalar toshib kelutti, bilaman, tug‘yon, achchiq taqdirimizga qarshi isyon, lekin bu yozug‘imiz Ollohdan ekanuni, bu bizga sinov ekanuni anglab turganum uchun ham unga shak keltirub qo‘yushdan o‘zumni tiymoqdaman. Lablarimni mahkam qimtib olganman, tishlab olganman. O‘krab yuborishga qo‘yma-yoturman. Agar bir og‘iz yupatishga boshlasangizmu qutulolmasdingiz, meni yig‘idan to‘xtatolmasdingiz.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:38:10
Shu tob ko‘chamuzdan g‘irchillab birinchi bozorchi arava o‘ta boshladiyu bedapoya tomonda allaqanday sergak ot uni sezib, kishnab yubordu. Va siz shoshilishga tushdingiz:
— Faqat sendan iltimos, men kelganimni ichingga yutasan. Xo‘p?!
— Xo‘p, — dedim men yig‘imni-da, ichimga yutub.
— Xolamgilarga-da, aytmagaysan. Tushunding?
— Tushun-dum, — deb bosh silkigan edum, ko‘z yoshlarum bilagumga duv to‘kildular.
— Bizni eson-omon yetib olsin desang — ichingga yutasan, keyin yig‘lab emas, kulib kuzat meni. Qaytishum oson bo‘lgay, — dediz qulog‘imga shivirlab. Yelkamdan quchgancha deraza oldiga qadar bag‘ringizda olib bordingiz. O‘zingiz shoshib turibsiz-u, yana bir nimalarnu tayinlamoqchi bo‘lasiz.
— Eshitding-a, bu diyorlarga qaytishimni istasang, yig‘lamay kuzatasan. Bo‘zlamaysan faqat. — Ke-yun shoshub tayinlay boshladingiz. — Uzoqni ishi qi-yin, agar bir gap bo‘lib, uzoqib ketsam, qiynalib ketsang, eslab qol, bu diyorlarda yolg‘iz qiyomatli bir do‘stim bor. O‘shani topib bor. Xasti Imomdan o‘tganda Kalkovuz suvi bor. O‘sha tarafdan so‘roqlaysan. «Oyto‘ra buvining o‘g‘li Chaman akaniki qayda?» degaysan, ko‘rsatib berishadi. Og‘ir kunga qolsang, o‘shani top.— Siz shoshgandanmu, mening yig‘lab berib, hammanu uyg‘otub yuborarumdan qo‘rqqandanmu, derazaga oyoq qo‘yib olgandingiz. Bir hatlashda hovliga tushib olgudek edungiz.
Men esam, Sizning o‘z diyoringizdan bunday o‘g‘runcha chiqib boruvingizni istamasdum. Boturlarning ayoluday otingizni yonuda uzangungizni ushlab, kuzatub borarumni, buni butun Kattabog‘, barcha-barcha qarindoshlaringiz ko‘rib turuvini istardum. Ammo na qilay, ixtiyor menda emasdu, Xudoning xohlashi shunday bo‘lmoqdaydi, chidardum.
Siz hovliga yengil sakramoqqa shaylangan kezda bir nimani eslab, yengil qayrildingiz:
— Ha, darvoqe. Olloh bugungi kechamizni xush ko‘rib, iltijolarimizni eshitib, o‘g‘ilmi-nima ato etgan bo‘lsa... otini o‘zing bilib, Yodgormurod qo‘ygaysan.
— Sultonmurod aka, nega unday demoqdasiz? — dedim o‘krab yuborishdan o‘zumni zo‘rg‘a tiyib. — Hali-veri...
Qani u yog‘ini ayta olsam, so‘ray olsam. Olovday kuydirmoqlaydi u so‘z yurak-bag‘rumni. Aytaman desamam ayta olmasdum.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:38:27
— Bilmadum, Mahfuz. Hammasi Ollohdan. U dilimga soldi — aytdim, qolganini ham o‘zi o‘nglagay istasa. Sen duodan qolma.
— Qolmagayman, qolmagayman... Yaxshi boring faqat.
— Yaxshi qol, — dedizu men Sizni yo‘qotub, huvillagancha qolaverdum. Endi o‘zumni qarg‘aymanki, u yog‘i yo‘q: topganumda nega qo‘yib yubordum, deb!
Nega o‘krab yig‘lab, kichigoyimgilarniyu hammani uyg‘otib yubormadum!
Nega jilla qursa, inshaalloh demadum!
Shunday desam, bu kunlarga, bu malomatlarga qolmasmidum. Hamma keladigani ortda ekan. Siz ketdizu men hech yerga sig‘may qoldum.
Ikki oygina yayrab yurganlarum, o‘sha kechani eslab bir yerga yetganlarum hammasi burnumdan buloq bo‘lib chiqa boshladu. Kasalni yashirsang, isistmasi oshkor qilganiday, Sizning u tashrifingizni bo‘yimda bo‘l-gan narsa oshkor etib borardu. Uni sirib ham, halfillagan keng ko‘ylaklar kiyibam yashirolmasdum. Zingilli ko‘zlar, sinovchan nigohlardan qochub qutulolmasdum.
Axiyri ostona hatlab chiqolmay qoldum, Kattabog‘ga gap tarqab ketupti: anuv ko‘hlik kelin bo‘yida bo‘p qopti, deb! Qani, tushuntirib bo‘lsa Siz kelganingizni... bu ishlar shar’an ekanini. Hatto kichig-oyumlarga aytmagandum, endi qanday og‘iz ochaman? Qolaversa, Sizga va’dam bor, bergan so‘zim bor. Endi qaysi til bilan ochaman u tashrifingizni? Nega bu yog‘ini o‘ylamagan ekanmuz?
Boshimga qopmu — nima kiydirilgan odamga o‘xshayman. Dunyo shunchalar zimiston, ertam shunchalar qoron-g‘u. Olloh o‘zi yo‘l ko‘rsatmasa, bilmam, undan qanday qutularman? Najot ko‘rinmaydu hech. Yo o‘zingiz kelib qutqarib qolasiz, yo nolam Ollohga yetub, O‘zi ku- shoyish bergay — boshqa yo‘l yo‘q!
Faqat esumni yeb qo‘yib, Olloh izn bermagan ishlarga qo‘l urib, rahmimda ko‘tarib yurganum — Yodgormurodingizning onasimas, qotilasi bo‘lib qoluvimdan qo‘rqaman. Keyin nima qilaman? Ollohning qoshida nima deb javob bergayman?! Uning qoshida xijolat bo‘lgandan bu dunyoning har nechuk azoblari afzal! Shu andishami — nima, menu bu dunyoda tutib turibdu, ushlab turibdu. Qolgan barchasi — kechib yuborgulik! U malomatlar oldida o‘tib yuborgulik! Bu yog‘u nima bo‘ladu, bilmayman. Misoli ulkan choh — so‘ngsiz qorong‘ulik bir jar ro‘parasidaman. Meni uning yoqasidan kim ham qutqargay? Kimga og‘iz ocha olgayman? Axir, o‘zingiz tayinlagansiz. Yo‘l ko‘rsating, bir imdod bering, Sultonmurod aka? Mahfuzam omon bo‘lsun, Yodgormurodim tirik qolsun desangiz — jilla qursa, Ollohga iltijolar eting. O‘zi yo‘l ko‘rsatsun, kushoyish bersun. Bosh-qa kimdan madad tilay?! Izlay, qidiray?..
Ey, Parvardigorim! O‘zingga iymon keltirganman. O‘zing yorlaqa va bir yo‘l ko‘rsatgil. O‘zing sabru jamiil ato et yo shu musulmonlik holumda bu omonatingni ol. O‘zing qo‘lla»...

* * *
Endiyam ishonmayinmi, Sultonmurod akang kepti, degan gaplarga? U tushlarimgacha bundayin kirib yursa?
... U nimadan belgi, imdod beryapti? Endi qaytishidanmi? Qachon qaytadi ekan? Chaman akam bilanmi? Buni ham bilmasdim...
Kutamiz, intiqib-intiqib kutaveramiz.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:39:30
2 ILON QACHON PO‘ST TASHLAYDI
yoxud
«KO‘K TO‘NLI» NIMADAN OGOH ETMOQCHI?

Yana hikoyachiga ma’lum tarixlar davomiga.


Kattabog‘imizda boshim borib-oyog‘im kelgancha sandiroqlab yurgan kezlarim edi.
Men soyma-soy kezib, bedapoyama-bedapoya oshib, Ergash cho‘loqqami, boshqagami to‘r sudrashib yursam ham, bolalar bilan kechgacha Izzada qolib ketib, baliq tutsam ham hech kim hech narsa demasdi. Chunki biz — pakana pari Maqsudxo‘ja janoblariga Hoji do‘xtirdan shunaqa ruxsat tekkan: tepalarda varrak uchirib, qo‘ziqorin terib, Bo‘zsuvlarda yovvoyi kaptarlarning potirlab uchishiga mahliyo bo‘lib, jarma-jar, tepama-tepa oshib, qamishzorlardan o‘rdagu moshak-qushlarni quvib yurib, bosh og‘rig‘imni o‘sha jaru jurlarga, qamishzorlarga tashlab kelishim kerak.
Lekin bugun uyda qolgan, supamizning tepasidagi katta qari tolga chiqvolib, toqqaychi bilan istak terayotib edim. Goho-goho yonginamdagi qo‘shnining devoridan oshib o‘tib, qizil marjondek bo‘rtigan o‘rik shoxlariga, uning endi, onda-sonda lab ochgan oq-pushti gullari ustida parvona bo‘lib g‘uvillayotgan asal-arilarga mahliyo bo‘lib qolaman-da, yana istar-istamas istak terishga tushaman.
Bugun oyimlar bilan toklarni ko‘tarib bog‘lamoqchimiz. Tol ustiga chiqib o‘tirmay Izzadan shunaqa tok bog‘laydigan o‘t (u botqoqda o‘sadi, sovuq ham urmaydi, faqat mollardan omon qolganmi-yo‘qmi?) o‘shani o‘rib kelsam ham bo‘lardi, erindim. Tol xivich-istakda bog‘lashni oyim qotiradilar, bahonada o‘zim ham qarab turib, o‘rganib olaman.
Qolaversa, tol ochilib kuchini xodalariga bersa, kelasi yil ishkomga ham, bag‘azlarga ham yaraydi. Shu bois supa yuzi tol chiviqlarga to‘lib ketgan bo‘lsa-da, men tushishni o‘ylamay istak terayotib edim, shu vaqt eshigimizga bir otliq kelib, egardan tusha boshladi. Men uning qizil shapkasini ko‘rganimdayoq etim jimirlab, damim ichimga tushib ketdi. Tol ustiga berkinish mumkindek, sekin pusib o‘tirib qopman. Uning yuzi juda tanish ko‘rinar-u, eslay olmasdim. Milisa bekorga tashrif buyurmasligini bilsam-da, (balki bilganim uchundir!) xavotirga tushib, ich-ichimdan qirindimi — nima o‘tib borar, zo‘r berib, «Nimaga kepti ekan, bu go‘rso‘xta?» deyar edim.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:41:01
Bu orada u otini devorga yonboshlab o‘sgan bukri jiydamizga bog‘lab, bu qishdan xiyla tob tashlab chiqqan yakka tavaqali eshigimizni itardi. Eshik chindan ancha og‘irlashib qolgan shekilli, g‘ijirlab zo‘rg‘a ochildi. Kelgan odam unga sig‘may yana itarib edi, eshik kesakisiga qo‘shilib, usti lopilladi. Bu ham yetmagandek, shuvillab sarxoki to‘kilgan edi, u yelkasini qisib, yarim qadam chekindi va ostonada turib, zulfinni qoqdi:
— Hoy, kim bor? — Go‘yo qochadigan hech kim yo‘qmi degandek u tomoq qirib, yo‘talib qo‘ydi.
Men ang-tang qopman: milisaning bunaqasini endi ko‘rib turardim! Anuv shaharlikka o‘xshatib adashibman shekilli! Tavba, birovning ichkarisiga ko‘z qirini tashlashdan tiyilib-tortinadigan odam... qandoq bu fo‘rmani kiyib opti?
Ammo qay ko‘z bilan ko‘rayki, u ijozatsiz ostona hatlay olmay turar edi. Men o‘tirgan yerimdan qaddimni ko‘tarib, ovoz berishga shaylangan joyimda... otxona ortidagi jiyda tagida oyimning qoralari ko‘rindi. U kishi paxsani buzib opamlarnikiga ochilgan yo‘ldan chiqib kelar edilar.
— Hozir-hozir... — Oyim shunday deb ovoz bergancha, orqalaridagi Mahfuz kennoyimga «keting-keting»lab jiyda tagidan hovliga chiqib keldilar.
Ostonadagi odam oyimning qo‘l silkishlariyu o‘rta yo‘lkadagi kennoyimni ko‘rdimi-yo‘qmi, bilmayman, oyimning ovozlarini eshitib, qaytdi. O‘sha yoqda turib, javob-muomala qiladigan odamdek eshikni o‘ziga tortib edi, u boyagidek g‘ijirlab yana sarxoki to‘kildi.
Oyim supadan o‘tib, ro‘mollarining bir uchini tishlagancha yarim o‘girilib to‘xtadilar.
— Aytavurning, nima ishingiz bor edi, kimsiz?
Oyim tanishlarning oldiga chiqib boraverar edilar, qochmasdilar, buning ovozidan begonasiradilarmi — yarim yo‘lda — ovoz eshitiladigan joyda to‘xtagan edilar.
— Xolamoyi, menman, Zokirjon uchastkovoyiz: taniysiz. Gapim bor edi, Sulton oshnamizga tegishli.
Oyimlardan oldin mening tepa sochim tikka bo‘ldi: bu dog‘uli nimalar deyapti? Oyimlarni avrab, nimani bilib ketmoqchi?
— Oyi, — dedim o‘tirgan joyimdan shipshib.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:42:27
Ammo oyim akamning nomnii eshitgandayoq o‘zlarini yo‘qotib, ko‘cha eshikka chiqib bora boshladilar:
— Voy, shunaqami? Kiravuring, nimaga qarab turibsiz? Shundan shu yoqqa kelasiz-u, kirmay ketasizmi?
Hay-y, esiz, o‘zim chiqib bormaymanmi, darvozadan qaytarib yubormaymanmi!.. Oyim ham qiziqlar, kennoyimni opamlarnikiga chiqarib yuborganlari nimayu, buni «kiring»lab qistashlari nimasi? Milisa zotiga ishonib bo‘larkanmi! Ammo endi kech edi. U ichkariga kirib bo‘lgan, engashib — oyimlarga yelkasini tutib turar edi. So‘ng qaddini ko‘tarib, kamiga shan-g‘illadi:
— Tanidizmi, xolamoyi. Men o‘sha Zokirman, hozir bu yoqqa o‘tganman. Shu yoqlar hammasi menga qaraydi, tinchligini mendan so‘rashadi. Shunday-shunday. Anuv kuniyam kelgan edim. Qo‘shniznikiga kelganlarni opketgani...
O-la, maqtanchoq! Ahad akalar tutib, xabar berguncha qaerda edingiz? Tayyoriga keldingiz-ku!
Men g‘ashim kelib, azbaroyi chetga qarab, chirt tupurdim: xuddi o‘zi ko‘rgandek og‘zini to‘ldirib maqtanganiga o‘lasizmi?
— Umriginangizdan baraka topinglar, yaxshiyam sizlar borakansiz, bo‘lmasa, qo‘shniginamni naq tuyoqlay deb turgan sigirini gum qilib ketishar ekan, — dedilar oyim alqab.
— Sigir ham gapmi?!— dedi mehmon sirli qilib,— ularning niyatini hech kim bilmaydi, ha.
— Shunaqami?— dedilar oyim uni ichkari boshlab.
— Ha-da. Ammo-lekin birovga aytadigan gapmas! Yo‘liga shunday kelib, tekshir-tekshir qilib o‘tirishgan. Amakini surishtirgan kishi bo‘lib, mehmondorchilikni quyuq qilib... maqsadlari esa boshqa...
— Voy, kishi ko‘ziga ekanmi?
Oyim tezroq borib, zinadagi suv chelagu jomni yo‘ldan ola boshladilar. Men esam, bu izquvar ipi-risqiga (xolamlarnikida surishtiraverib ensalarimni qotirgani hali yodimda turibdi!) ko‘ringim yo‘q, tol tepasida miq etmay o‘tiribman. Ko‘zi tushmay o‘tib ketsayu — qutila qolsam...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 28 Sentyabr 2007, 16:42:40
Ammo hammaning ko‘zini shamg‘alat qilish mumkindir-u, milisaning nazaridan qutulish qiyin. Supayu hovli yuzi bilan bitta bo‘lib yotgan chiviqlarga ko‘zi tushgan zamoniyoq menga qaradi va eski qochqoq «do‘sti»ni ko‘rib ishshaydi:
— Iya, istudent, bugungi dars nima bo‘ldi, tol tepasiga chiqib opsiz?
Men tushuntirish bergim kelmayinqirab, toldan devorga o‘tish harakatiga tushaboshlagan edim, oyim zinadan javob qildilar.
— Bu damda, akajonisi.
— Dam? — Milisa shubhalanib, bir menga, bir oyimlarga qaradi, — hamma bolalar o‘qib yotibdi-ku?
Men hamon javob berishni o‘zimga ep ko‘rmay tushishga imillardim.
— Bir yilga chiqdi, akajonisi, Hoji do‘xtir qog‘oz qilib berdi, — dedilar oyim.
U ham rosa qovoq-miyalardan ekan:
— Qog‘oz? Qanaqa qog‘oz? — dedi oyimning orqalaridan ergashib.
Mening g‘ijinim kelib turibdi. Hoji do‘xtir degandan keyin hammasi tushunarli-ku! Ijikilashiga balo bormi?!
Oyimlar-ku, menga nima bo‘lganini aytib, uning rahmini keltirish bilan ovoralar:
— Voy, Xudo bir qaytib berdi-ku. Shamollab deng, ko‘zini ochmay esxonamizni chiqarvordi-ku...
— Shunaqami? Men bilmapman, uzr-uzr.
U menga achinib qaragan mahal opamlarning yo‘lagi tomondan otilib chiqqan Bo‘ynog‘imiz o‘qdek uchib kela boshladi. Milisa chindan hushyor ekan, Bo‘ynoq irillash u yoqda tursin, damini ham chiqarmay uchib kela-yotgan, shu kelishida uning to‘pig‘idan olishi tayin edi. Ammo Zokir milisa qay ko‘zi bilan ko‘rib, qay sezgisi bilan bildi, kuchuk zinaga yetmay o‘girilib, kesak olayotgan kabi yerga engashib ulgurdi:
— Yot, esi yo‘q! — deb po‘pisa qildi kamiga.
Buning ustiga oyim ko‘rib qoldilar:
— Qayt, Bo‘ynoq!
It irillaganicha to‘xtadiyu, ammo oyimning ra’ylaridan o‘tolmay g‘azabini ichiga yutib, nochor orqasiga qayrildi.
Bir talab, o‘takasini yorsa, toza xursand bo‘lar, o‘sha tirg‘alganlarning armonidan chiqar edim-ku, afsus, it itligini qilmagan edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:04:12
Zokir milisa rangi o‘ziga kelib, zo‘rma-zo‘raki iljaydi:
— Iting yomon-ku, a?
Yomonga yomon degim keldi-yu, oyimlardan hayiqdim.
U shunda ham itdan ko‘zini o‘zmay (chalg‘isayoq oyog‘iga tashlanib qolishidan hayiqib) zinaga ko‘tarildi. So‘ng ikkala oyog‘ini baravar tapillatib edi, qaytib keta-yotgan it irillab tashlanmoqqa hezlandi.
— Bo‘ynoq, qayt! Esingni yedingmi?! — deb urishib berdim.
Zokir milisa gurji kuchugimizga ishshayib qa-radi.
— O‘zi zig‘irdek ekan-ku, bunda es nima qiladi?!
— Shu gapiz esingizda tursin, qaytishda ko‘rasiz,— dedim.
— Ie, shunaqami? Uzr-uzr, men yomonlamoqchi emasdim, — deb u ham kuldi.
Bo‘ynoq bunga javoban irillab, tishini ko‘rsatib qo‘ydi-yu, noiloj nari ketdi.
Men oshxona ustunidan sirg‘alib tushib, zinada kutib turgan «eski tanishim» bilan yo‘liga ko‘rishib qo‘yib, ishimga qaytaverdim. Uyga odam kelganda shuncha istak hovli bilan bitta bo‘lib yotsa, yaxshimasdir? Oyim ko‘rpacha yozib bo‘ldilar shekilli:
— Keling, opovsi, kiravering, tortinmang, — deb chaqirdilar.
Ular o‘tirib, duoi fotiha qilishgan, hol-ahvol so‘rashgan bo‘lishdi. Oyim hamma qolib, shahardagi opalarini, pochchani, ularnikidagilarni so‘rab-surishtirar edilar. Xuddi bu u yerga har kuni kiradigandek.
O‘rik bo‘rtiqchalarini bo‘rttirib, g‘unchachalarini anor donachalaridek qizartirib yuborgan ko‘klam oftobi asalarilarga ham jon baxsh etib yuborgan, ular chor-atrofni tutib, — g‘uvillab-vizillashar, shohdan shohga qo‘nib, ko‘z yora boshlagan g‘unchalar ustida namoz o‘qishar, o‘rik gullarini joynamoz etmoqchi bo‘lishar edi. Biz ham bugun uyning qishi bilan o‘tirib qolgan zahlari, mog‘oru ko‘mir hidlari ko‘tarilsin deb eshik-derazalarni ochvorgan edik. Shuning uchun dahlizdagi barcha gap-so‘zlar menga jangillab eshitilib turar, kirmaganimdan pushmonda emasdim. Nimaga kepti ekan bu go‘rso‘xta, deb ichim qizib turgan bo‘lsa-da, qo‘lim ishda — o‘zim istak terish bilan bandman-u, qulog‘im ding, o‘sha yoqda edi. Hech bir gapni qoldirmay suvdek simirib turibman. Zokir milisa bo‘ladiyu bekorga keladimi, u quv!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:04:26
Ammo oyim shundan shu yoqqa kelgan mehmonni bir piyola choyu qaymoq bilan siylamay jo‘natgilari yo‘q edi. Tanchadagi choy, chambarakdagi qaymoq bilan qoniqmay ichkari uyning to‘sinidan cho‘pga ilib uzum olib chiqdilar, paqirdagi suvda chayib oldiga qo‘ydilar. Uni ham kam bilib, yong‘oq chaqib opkirdilar. So‘ng churrak non ushatib, katta tokchadan durda olib qo‘ydilar.
— Oling, qishloqning ne’matlari. Nasibangiz qo‘shilganakan, tortinmang.
Oyim uning qaysi bir so‘ziga iyib ketaqoldilar, hech aqlim yetmay turibdi. Milisa zotini ko‘rsalar tepa sochlari tikka bo‘ladigan odam buni opalarining o‘g‘lidek ko‘rib, aylanib-o‘rgilar edilar. Sultonga tegishli degan bir og‘iz so‘ziga shunchalik erib, iyib ketibdilarmi, tavba. Yo yuz-ko‘zidan bir narsani sezib siporishlayaptilarmi? Bularga ishonib bo‘larkanmi? Hech birovni ayaganmi bular? Avrasa mumkin, lekin o‘la qolsa, sir bermas.
— Oling, aylanay, qaerdan kelgansiz! Har qancha nonushtangiz bo‘lsa, yarim yo‘lda tushib qolgan. Oling, opovsi, osh bo‘lsin, — deb ora-chira qistab, choy uzatardilar oyim.
U esa Xudo berib, avval qaymoqni paqqos tushirdi. Keyin durda bilan uzumni.
— Voy, xolamoyi-ey, ammo-lekin durdani qotiribsiz. Manman deganlaram bunaqa durda qilolmaydi! Maska bo‘p ketipti, maska! Hov-v, sigir ko‘p yaxshi narsa-da! — derdi u. Nihoyat, u kekirib orqasiga yastandi. Shu yastangan kuyi choy ho‘playturib, men tomonga ko‘z qirini tashlab qo‘ydi. Meni supada istak terish bilan ovora ekanimni qo‘rib, o‘zicha xotirjam tortib, uzoqdan gap boshladi:
— Xo‘sh, Kattabog‘da nima gaplar, xolamoyi?
— Nima gap bo‘lardi, tinchlik, — uning muddaosini anglamayinqirab javob qildilar oyim. Zokir-quv gapni mish-mishlarga burdi:
— Sulton qaytipti, yana anuvlarning xo‘b adabini beryaptimish, degan gaplar-chi? Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamas?
Oyim, qo‘l silkidilar:
— Hammasi bekorchi gaplar! Keladiyu qorasini ko‘rsatmaydimi? Shunga ishonib o‘tiribsizlarmi?
— Bo‘lmasa, kim... o‘g‘rilarning dodini berayotgan? Bir emas, qanchasi adabini yeb, pusib ketdi-ku, axir. Yo noto‘g‘rimi? — dedi u. Sinayaptimi-rostdan so‘rayaptimi, bilib bo‘lmasdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:04:37
— Yo‘q, — dedilar oyim qat’iy qilib, — Sulton bo‘lsa, qo‘rqib-netib o‘tirmasdi, kirardi.
— Demak, uning nomidan birov... shundaymi? — dedi milisa.
— Shundan bo‘lagamas. Uni bu yoqlardan izlab ovora bo‘lmay qo‘ya qolinglar. U sizlardan qo‘rqmasdi, bilasizlar-ku.
— Bilamiz, lekin... — Zokir milisa ovozini past-latdi, men qo‘ltig‘im tagidan uning oyim tomonga engashib bir nimalar deyayotganini qo‘rdim, — lekin Siz kechagilar bekorga kelgan deb o‘ylamang.
— Ularni atay... yuborishganmi?.. — dedilar oyim.
— Buyam... kishi ko‘ziga, — dedi u ovozini yana ham pastlatib.
— Voy, tuzoqmidi?
— Ha-da.
— Voy, o‘lmasam, — Oyim yuzlarini changalladilar,— Hali shunaqqibam tutadilarmi?
— Tutadilar, — dedi u.
— Boyaqish jigarimiz. O‘z yurtiga qaytishga ham ruxsat yo‘qmi?
— Siz nima deb o‘ylovdingiz, gunohlari kechirilganmas, — dedi u o‘sha-o‘sha past ovozda nimadandir hadiksiragan kuyi. Ora-chira hovliga ko‘z tashlab qo‘yadi. Mendanmi, kimdan hadiksirayapti.
— Voy, xudoyim, tutsalaroq qamaydilarmi? — dedilar oyim o‘takalari yorilib.
— Qamash ham gapmi, omonlik yo‘q unga. Shuning uchun, — dedi u yana ovozini boyagidek pastlatib, — esi borida...
Oyim hayron qoldilar:
— Nima, esi borida?... O‘zi yo‘q odam qanday etagini yopadi? Unga biz qanday yetkazar ekanmiz bu gapni? — deb tikildilar.Hatto men bir quchoq istak qo‘ltig‘imda yerga cho‘kkalaganimcha qolgan edim: nahot uning kelgani rost? Biz bilmagan narsani bular qaydan bilaqolibdi?!
Milisa tomoq qirib, men tomonga alanglab oldi. Bunga sari men hech narsadan xabari yo‘q odamdek ishga mashg‘ulman.
U boyagidek shipshidi:
— Siz menga ishoning. U chegaradan o‘tdi degan gaplar bor. Bo‘lak odam bo‘lsa kelib yurmasdim, ichim ham achimasdi. Shuncha mardliklar qilib yurgan odam... bekorga tuzoqqa tushib yurmasin. Bilib oling: bu gapni mendan eshitmadiz! Umuman, men bu yerga kelganimam-kirganimam yo‘q. Qoramni ham ko‘rmadiz. Xo‘p? Anuv o‘g‘ilchangiz ham... eshitdiz-a?`
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:04:48
Oyim allaqanday garangsib, shoshqich bosh silkidilar:
— Xo‘p, opovsi, xo‘p. Shu gap shu yerda qoldi.
— Xo‘p bo‘lmasa, men turdim. Mehmondorchiligingiz uchun rahmat.Qaymog‘u durdalaringiz esdan chiqmaydi. Sog‘insam kelaveraman, maylimi?
— Voy, maylisi nimasi? Qaymoq sizdan aylansin, eshigimiz hamisha ochiq.
U allaqanday oshiqib, oyimning duoi fotihala-riga ham qaramay o‘rnidan tura boshladi.
— Rahmat, endi orqamdan chiqib yurmang, — dedi u boshqa gapga o‘rin qoldirmay. — Men tekshirgani kelgan odamman. Har kim har xil tushunib yurmasin.
Oyim nochor dahliz o‘rtasidayoq to‘xtadilar.
— Xayr, Ollohning panohiga, — dedilar xijolatlanib.
— Xayr, — deb u zinamizga chiqib keldi. To‘xtab o‘sha yerdan keng hovlimizga, ochib qo‘yilgan-u, toklari ko‘tarilmagan ishkomlarimizga, devor bilan bo‘y talashib o‘sgan behilarimizu yana bu yoqda bo‘rtib yotgan ertangi gilosimizu govmichchadek qizarib, g‘unchalab kelayotgan o‘rikka suqlanib-havaslanib qoldi. Negadir ko‘zini yumib, (huzurlanibdir balki) yuzini ishqab qo‘ydi.
Va men — quchog‘imda bir dasta istak, uni ko‘ksimga bosgancha hayratlanib turganimni ko‘rib, issiq jilmaydi. Va shu issiq jilmayishida o‘zimga judayam tanish-boshqa birovga o‘xshab ketib, meni yana ham hayratda qoldirdi. Subhanalloh! Ko‘z oldimda tamomila boshqa birov — bizga yaxshilik sog‘inib kelgan ko‘k to‘nli, bo‘ydor odam turar, u akamning qay bir yigitlaridan biriga juda-juda o‘xshab ketar edi. Bunday hushqad, istarasi issiq kishini qachon, qaerda ko‘rgan ekanman?
Esladim.
U nimasi bilandir rahmatli Haybat akamga juda-juda o‘xshab ketgan edi. Tavba. Qanday qarindoshchiligi bor ekan ularning? Balki hamma mard, tanti yigitlar ham vaqti kelib, shunday ko‘rkam, xushqad tortib ketarmikanlar? Yuzidan nur yog‘ilishini ko‘ring buni. Kim aytadi uni Zokir milisa deb, hech kimga el bo‘lmaydi, deb? Boya kelgandagisini ko‘ringu hozirgisini ko‘ring. O‘zi nima voqea yuz bera qoldi?
Hushim o‘zimga kela qolmasdi.
Va shunda birdan ko‘zimga nima ko‘rinib ketdi deng?!.
Mol boqqani tushganimizda tepalarning yonbag‘irlarida, eski chaldevorlar kavaklarining shunday takkinasida piyoz po‘stidan ham yupqa, lekin bor bo‘yicha yarqiroq etini tashlab ketgan — ilon po‘stini ko‘rib, «voh, buni qara»lab yuborar edik. Hozir shu ko‘z oldimga kelib ketsa-ya, tavba. Nega, tushunolmasdim: ilon-ku po‘st tashlashi mumkin, lekin odam ham... o‘zgarib qola olar ekanmi?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:05:37
3. SABRU JAMIIL
(Mahfuz xatlar davomiga)


Kunlarning suvdek oqub o‘tushini ko‘rung. Kecha Maqsudxo‘ja qaynum ilinib, bir hovuch oq o‘rikning g‘o‘rasinu terib keptilar. Jonivor dumbul bo‘lib qoliptu deng. Voy, qayuttan topdiyz, qayutta oqaribtu, — deb quvonub kettim. Xalutdan bir ajoyib oqara boshlab, danak qoraytubdi. Kichigoyumlar bilan omonluq-somonluq qilduk. Keyun hovludagu gilosnu uzduk. Huzurini qush ko‘rguncha biravlarning og‘ziga tegsun, dedilar. O‘zi ikkinchi yil gullashi ekan-u, mush-mushakon qiptu, bargidan mevasu ko‘p. Olloh barakasinu yog‘dursa, shunaqa bo‘larmush, Kichigoyum aytsalar, og‘zum ochilub qoluptu. Maqsudxo‘ja erinmay gilosniyam, barginiyam sanab edular — ko‘p chiqdu. Yeganimuz, qo‘shniga chiqarganimuzdan tashqaru yana bir paqur bozorluq chiqdu. Bir chiroylu o‘tirib eduk, qaerdan keldi balo ertalabdan?...
Ular bozorga ketishgan, men hovlu supurar edum. Hali kun yoyilub, hovluni o‘pmay turib, kim ko‘chadan chaqirub kelaverdu:
— Hov, Salompa?! Kim var?! Bir jan varmu?!
Birov eshik zulfunu uzgudek taqullatsa, jonum tovonumga tushub ketuptu. Ovozidan dala qorovuli — anuv chulchutga o‘xshardu. (Uvatga yaqinlashgan molnu dumini kesub, o‘zini otxonaga haydab ketadurgan). Xoxolmu, chunchutmu, ishqilub Xudoning boshlu-ko‘zlu bir balosi. Nega kelibdu, zo‘r berub kichigoyumlarni chaqirub yotibdu? Aqlum yetmasdu...
— Varmu javap, yo‘qmu javap?! — Eshiknu itarsa deng, sarxoklari duv to‘kildu-tushdu. — Qani u ishga chiqadugan kelun?
Voy, halu shunga ekanmu, deb qalturab kettum.
— Apkettum malinu!
Oyoq-qo‘lim bo‘shashub tok tagiga o‘tirub qopman. Qalt-qalt titrayman faqat. Menu deb bularga shuncha zug‘um! Qayoqdanam keldum?
Hoy, to‘xtang, deb orqasudan chopgum boru... qani ovozum chiqa qolsa, o‘rnumdan tura olsam!..
Xudoning g‘azabi ekan-ku, bulariz. Hajjoji zolum nimayu bular nima!
— Shoshumang, opketumang, — deb chopgan joyimda... qo‘shni devor rahnasidan Rixsi opoqi ko‘rinub, jovullab berdilar:
— Hoy, noinsof, hoy, yashshamagur! Molga tegma, egasi kelmasdan tegma! Bir mushtiparga kuching yetdimi sanlarni! Tort, harom qo‘lingni! Hoy, Umar, qarang anavi chulchutga. Yetaklab ketyapti, yashshamagur.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:06:00
«Voy, manu deb opketyaptimu, nimaga opketadu»lab yugurgilab chiqsam, u yoqdan Islom amaku, bu yoqdan bosh-qa qo‘shnilar yetub kelishibdu. Qo‘rqmaskan-a! Molnu tashlab, ketishuniyam, ketmasuniyam bilmaydu! Shuning ustiga past ko‘chaning qayrilishidan boshqa bir otluq chiqub kela boshladu. Unu egarda qiyshuq o‘tirishidan tanub (U o‘sha qorayaloq — cho‘loq odam edu!) ichum sidirilub, bir xil bo‘lub ketubman! Sizga yolg‘on, Xudoga chin, nazarumda u mana bu chulchutni yuborib qo‘yib, orqasudan o‘zi kelmoqdaydi. Ichum shuvullablar ketdu. O‘lubmiz, sigirdan ajrabmuz, menu deb olib ketishadu, ularni shu kunga qoldirishadu deyman-u, nima qilarimnu, nima deyarimnu bilmayman. Bir qaltiroq bosub, kichkina tortub ketyapman.
Yo‘q, u yetib keldiyu... (voy, nega osmon uzulib tusha qolmadu, nega yer yorulub, yerga kirub keta qolmadum! Ko‘rmasdumam, kuymasdumam!) shuncha odamning ichida uyatlarga qoldirub, bizni himoyamizga o‘zi yuborgan chulchutni so‘ka ketsa deng! So‘kkanda ham bo‘ralab so‘kar, hammadan uyatlusi — atrofdagilar, qo‘ni-qo‘shnular uni nimaga so‘kayotganini anglab, hech narsa bilmagandek jim-jim, burilub ketmoqdaydilar, tarqab ketmoqdaydilar.
U esa, qorayaloq esa:
— Hov, it chulchut! Senga kim buyurdi, bir beva, bir boyaqishni zor qaqshat, molini yetaklab ket deb?! Harom burningni suqmagan shularniki qoluvdimi! — deb ustiga ot solib, qamchulab ketgudek bo‘lar edu.
Chulchut bo‘lsa, xushi uchub serrayub qoptu. Qani tili aylansa, kim buyurganinu ayta olsa. O‘zi buyurib o‘zi so‘karini qaydan bilsin. Axiyri bir nimalar deb g‘o‘ldirab edu.
— E, «var»lamay ket! Yo‘qol! — deb so‘kub tashladu.
Qo‘shnular oldida nima degan odam bo‘ldum? Menu deb, o‘zicha nimalarnu o‘ylab, shu yergacha keptu? O‘rtaga tushib yuruptu. Ko‘rganlar endu nima deydu? Kichi- goyum nima deb o‘ylaydular? Kelsangiz kela qolmaysizmu, Sultonmurod akajon? Qanday kunlarga qoldum?! Shularnuyam pardai ismatdagi qizu, kelinu bormukan? Yuzini sidirub tashlab kelaveradumu?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:06:13
Qanday sharmisorlik?! Jiyanu orqali so‘ratgani kamday, o‘zinu xomiy ko‘rsatub, oraga tushub keptu. Yer qanday ko‘taradu bundaylarnu?
Ichkaru kirib ketub, yig‘ladum-siqtadum, o‘zumdan o‘tganuni o‘zim bildum. Qani bosh urub boradurgan bir yerim, bir suyanchuqlarum bo‘lsa, bir kun ham turmasdum bu yoqlarda. Ilojsizman, benavo-bevatanman, qaerga ham borardum? Yoki Olloh shunday sinayaptimu?
Oyum aytardilar, chiroylu sabr etganlarga chiroylu ajr bor, deb. Ilojum qancha! Sizga yetishmoqning boshqa yo‘lini topolmayuturman. Tishumni tishumga bosub, sabr etsamgina Siz kirub keladigandeksiz. Ungacha barchasi imtihonga, mening sabrum, nomus-orumni sinashga o‘xshaydu. Hammasini Olloh ko‘rib-bilib turgandur. Pokligumniyam, sodiqligumniyam, barcha xo‘rliklarga miq etmayun, chidab o‘tirganumniyam.
Kichigoyumgilar kun yoyilganda kelishdi. Yo‘lda bir uchini eshitibdilarmu:
— Nima bo‘ldi, nimaga kepti, Ollohning qahriginasiga yo‘liqqur? — dedilar.
To‘lib turgan edum, quchoqlab olub, shu yig‘lab berdum, shu yig‘lab berdum. Negaliginu aytolmay: «Menga javob bera qoling, kichigoyujon, keta qolay, qoramni o‘chira qolay shularning ko‘zidan. Sizlaram tinchigaysiz, menam» derdum. «Jon kichigoyujon, shahargamu, bir yoqlarga jo‘nating. Kasrum urmasun, jadumga qolmangiz», deb uvvalo yalinardum, o‘tinardum.
Ammo u kishi menu siltab tashlab, urishib berdilar:
— Qanaqa kasriz, qanaqa jadiz?! Sizda kasr nima qilsin, kelinposhsha? Qayoqdagi gaplarni gapiryapsiz? Men sizni xo‘rlatib qo‘yarkanmanmi! Yana bir marta oyog‘ini bossin shu yoqlarga, o‘zini qaerda ko‘rarkin! Sultonmurod ketib, bosar-tusarini bilmay qoptimi! Shoshmay tursin hali.
— Qo‘ying, kichigoyujon, o‘shalarga teng kelmang. O‘chakishmang. Javr sotub olub, jadumga qolmang, — deb yalinardum men.
— Qanaqa javr?! — dedilar u kishi, — hech yoqqa ketmaysiz. Sultonmurod kelguncha qum-toshdek o‘tirasiz shu uyda. Dalasiga ham chiqmaysiz, ishigayam bormaysiz! Ordonalar qolsin dalasi! Kelsa, mana men turibman, menga uchrasin. Boring, uyizga kiring. Behuda xayollarni boshizdan chiqarib tashlang. Bitta kelinimni asrab o‘tirolmasam, men kimman?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:06:29
Tilla xolanguz borakanlar. Aqlu hushimni joyuga keltirub qo‘ydular. Rostdanam shularga uchramaganumda holim nima kechardu ekan?
— Keling, choy ichovuz. Maqsudxo‘jam bilan zo‘r churrak nonlar opkelganvuz. Unuting hammasini. Orqaga tashlamasa, bu dunyoda yashab bo‘larkanmi, — deya qo‘yarda-qo‘ymay choyga olib chiqdular-da, choydan keyin esa Maqsudxo‘jaga bir ish buyurub, xoli olub qoldular.
— Aytmoqchi, anuv namoz nima bo‘lyapti? Turyapsizmi? — deb so‘rab qoldilar.
— Qaysu? — dedum dabdurustdan anglab yetmay.
— Yarim tundagi-chi?..
— Unimu, qodir qilgancha... o‘qiyapman, — dedim uyalub.
— Yo‘q, siz uzmay, bo‘lmay o‘qing. Har kecha o‘qing. Sizga eringiz kerakmi — o‘qiysiz! Yig‘lab so‘raysiz O‘zidan. Bir kecha emas, o‘n kechamas, qirq kecha turib so‘raysiz. O‘z oyog‘i bilan kirib kelmasa — ayting! Olloh bo‘ladi-yu, yig‘lab so‘raysiz-u, yetkazmaydimi?!.
Shu gaplaru bilan o‘sha namozga turadurgan bo‘ldum. Yarim kechadan o‘tganda tahoratlar qilub, o‘zumnu tayyorlab, sakkiz rak’at namoz o‘qiyman-da, joynamoz ustuda Ollohumga munojotlar qila ketaman. Qaerda bo‘lsangiz ham hifzu himoyasiga olishunuyu ko‘nglingizga yurt sog‘inchinuyu bizlarning sog‘inchimuznu solub, bu yoqlarga otlantirishinu, aziz boshingizni toshdan etub, omon-eson yetkazishinu so‘ray boshlaymanu yig‘i ham ich-ichumdan toshub kelavuradu, toshub kelavuradu. Tepamasjiddan azon chaqirgunlarucha shu o‘tirishum — o‘tirish. Shu yig‘um — yig‘i.
Keyin turib, yuz-ko‘zlarumni chayub, qayta tahorat olub, kichigoyumlar bilan bomdod o‘qiymiz.
Shunday kunlarning birida yana ertalab, yana ular bozorga ketushgan mahal eshigumiznu bir paranjuli xotin chaqirub keldu. Ichkari kirib boshidan paranjusinu olub edu, judayam ko‘hlik, kelishgan juvon ekan. Bizdan ulug‘rog‘-u, lekin yasan-tusani joyida, aynuqsa, duxoba nimchasi qarg‘ashoyi ko‘ylagi bilan yig‘lab ko‘rishgan edu.
— Kelung, opajon, — dedum.
— Yaxshimisuz, opovsi, — dedi u ham yelkamga qoqib-ko‘rishub, — siz adashmasam, Salom xolamlarni kelinlari bo‘lasiz, shundaymi?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:06:49
— Shunday, — dedim iymanib-tortinub.
— Tabibchilikdan xabariz borakan, — dedi u o‘sha-o‘sha tusmollab.
— Biroz... Lekin men bu ishnu bo‘ynumga olgan emasman, opajon, — dedim rostiga ko‘chub.
— Mayli-da, kelinposhsha, so‘radim-da, — dedi taskinmi-tasallumi berib, so‘ng yana qaytarub. — Aybga buyurmaysiz, qaerdan bo‘lasiz, — dedu.
Men aytub edum, to‘g‘ri topib kepman, rost aytishgan ekan, deb qo‘ydu. Nimaga bunday deyaptu, kim yuborgan, so‘rashga til qanu, lekin ichum toshub ketmoqda. Nazarumda, biz uchun bir suyunchilug‘ xabarlar, chiroylu mujdalar olub kelganday.
— Adashmasam. Iqbor otinnikiga Marg‘u qizining suvratida borgan ham o‘ziz, shundaymi? — dedi u hamon shirin jilmayishinu qo‘ymay.
— Iltimos qilishub edu. Men bu ishlardan bexabar borub qolubman, — dedum.
— Qaytaga savobga qopsiz, kelinposhsha, — dedu o‘zinu yaqun olub.
— Kelung, — dedum niyatuni bilgum kelub. U boyagudek shirin jilmaydu.
— Sizga bir yumush chiqib qoldi, kelinposhsha, — dedu haligudan ham o‘zinu yaqun olub. Ilojuni topsa, qulog‘umga aytsa. Men ham uni yoqtirub qolgan edum:
— Zarur bo‘lsa, jonum bila, — dedum.
— Borasizu qaytasiz.
— Qaerga, uzoqmu, — dedum.
— Yo‘q, shu yerda, shu tepaning orqasida. Hovlimizga o‘tavuzayu o‘zim opkeb qo‘yaman.
Tavba, nimagadur ichum tushib, borgum kelub turibdu.
Chindan o‘ziz chaqirtirgan bo‘lsanguz-chi? Yo chopar yuborubsizmukan? Qani, so‘ray olsam?!
Oldinma-ketin borayapmiz ikki paranjiluv. Juvon oldinda, men ergashub. Ko‘chada zog‘ yo‘q. U sochvonini bir chiroyluv orqaga tashlab olgan. O‘zi ham yuzi ochiqqina, jilmaysayoq kulgichlari o‘ynab bir chiroyluv tortub ketadikan. Bir ko‘rgandayoq yoqtirub qolubman, ham ishonub ergashub borayotganumni ayting. Men unga maftun, u menga maftun. Har qadamda o‘girilib:
— Kelyapsizmi, kelinposhsha? — deb qo‘yadu, bu ham yetmaganday shirin jilmayub, tasallular beradu, — hozir yetovuz. Boravuzayu qaytovuz. O‘zim opkeb qo‘yaman.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:07:03
Aytganday, Tepamasjiddan oshub, pastga ketgan yong‘oqzor ko‘chaga burulduk. Qachon ekilgan ekan, har yon-g‘oqlarki, osmonu haftumda ishkomday tutashub ketgan. Bu yong‘oqlarni qanday qoqib olishadu — aql bovar qilmaydu. Ularning ustida zarg‘aldoqlar bir chiroyluv biyov-biyovlab sayrashub yotishibdu. Bog‘ hovlularning etagidamu, qaysibir chakalakda bulbul chah-chahlab qo‘yadu. Qushlar shunaqa emin-erkin, bog‘lar shunaqa soya-salqin. Jannatmu bu yer, deysiz.
— Yetduk, kelaqoling, — deb yo‘l boshlovchum yakka tavaqali pastak eshik ostonasida boshidan paranjusini oldu.
Yurakum bir orziqdiyu yana o‘zumni bosib oldum: nimaga yuzini ochyaptu, sizlardan qochmaydumu? Kim bo‘lsa ekan u Sizga? Xayol qurg‘ur har yoqlarga olib qochadu. Axir Sizga tegishluv bo‘lmasligi ham mumkin-ku. Bu ko‘hluk juvon menu avrab olub kelutgan jin bo‘luvi ham mumkun-ku. Men laqma laqqa tushub kelub o‘tirubmanmu?
Yurakum taka-puka bo‘lub, yana bir qadam bossam bo‘yra tashlangan chohga tushub ketadugandekman. Or-qaga qochub-qocholmayman, uchub-uchub ketolmayman.
— Voy, o‘z uyizday kiravuring, qo‘rqmang. Sizdan ikki og‘izgina gap so‘rashadi, xolos. Keyin o‘zim oborib qo‘yaman, tortinmang, — deb qistardi juvon.
Men esam, kim so‘raydu, nima so‘raydu, bilsam o‘lay, boshum g‘ovlab, esum og‘ub boryaptu. Bir kami so‘roq berushim qolgan ekanmu! Kimga, nega — bilsam o‘laqolsun agar.
— Kelavuring, tortinmang hech, — deb tasallular berib, juvongina meni ayvonga boshlab ketyoptu. Kuraklarumni silab, yelkamga qoqub qo‘yadu, daldalar beradu, — yuzizni ochmasangiz ham mayliga. Shunday, eshik oldida tursangiz, bas. U kishi ichkarida, parda ortidalar. Yuzizniyam, o‘zizniyam ko‘rmaydilar. Faqat ikki og‘iz o‘zingizdan eshitmoqchilar. Juraqoling.
Nihoyat zinadan ko‘tarilub, aytulgan eshik oldida to‘xtaduk. Men paranjuga o‘ranub, sachvonumnu tushurib olganman. Birov ko‘rib, tanub qoladigandek bandagimnu tortub, juftlaganum-juftlagan.
Juvon eshiknu qiya ochub, ostonada turgancha ichkariga ovoz berdu. Men shift barobar tortilgan oq surpdan bo‘lak hech narsa ko‘rmasdum. Parda ortida kim bor — uni ham bilmasdum.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:07:14
— Adasi, biz kelduk. So‘raydiganizzi so‘ray qoling.
Bu gapni eshitub hushim uchdi: Kimning ayoli ekan bu juvon? Hali erining topshirug‘i bilan borgan ekanmu?
Ichkarudan qiroatlu ovoz keldu:
— Yaxshimisiz, yanga? Uzr, bezovta etub qo‘yduk.
Begona erkak ovozidan kapalagum uchub, sapchub tushdum. Xuddi u kishi menu ko‘rib turgandek edu, eshikdan nari tisarilubam kettum.
Juvon dalda bo‘lsin debmu, men tomonga chiqub kelarkan:
— Voy, adasi, kelinimiz hali yosh, popuvdek ekanlar, kelinposhsha deyavering,— deb tushuntirish bergan bo‘ldu.
— Uzr-uzr, ming bor uzr. So‘rang-chi, Sultonmurod oshnamizdan qanday xabarlar bor ekan? Bilganlarini aytsunlar, xotirjam tortayluk, — dedi u.
Men Siz haqingizda biron mujda eshitarmanmu yo biron chopariz borakanmu deb o‘pkamnu qo‘ltuqlab kelub edum. Bu kishi mendan so‘rayotganuni eshitub, tarvuzum qo‘ltug‘umdan tushdu. Va shu zahotu uning gaplaridan boshqa hikmat, boshqa taskin topganday bo‘ldum. Oshnamiz deyapti, begona emaskan-ku. Oqibati borki, hamiyat qilub chaqirubdu. Odam yuboribdu. Shunisiga-da, shukr.
— Ayting, aytavering. Sizni ko‘p ushlamaydilar. Eski tanishliklari haqqi so‘rayaptilar, — deb tushuntirar, shivirlar edu ayoli.
— Nimayam dey? Kelushlari kerak edu — sarhadlar berkilub o‘tolmay qoldularmu, — deya oldum.
— Olloh har kishining mushkulini o‘zi oson etsin. Oshnamizning yo‘llarini ham ochsin, ilohim, — deb duo qildi avvaliga. Duosidan juda mutaassirlandum. So‘ng dedi: — Kelin, Siz ko‘pam g‘am yemang, u tegirmonga tushsa butun chiqadiganlar xilidan, xudo xohlasa, kelibam qoladi.
Ko‘pdan hech kimdan bunday shirin so‘z eshitmagan edum, ko‘nglum bo‘shashub:
— Rahmat, mulla aka. Farishtalar omin degan bo‘lsunlar, ilohim, — dedum.
O‘rtadagi begonalik ko‘tarilub, qayoqqadur chekilgan edu. U kishi otalarcha mehribonlik ko‘rsatub bir nimalarnu so‘rar, men baholu qudrat javob qilar edum. Nazarumda parda ortida oq soqolli, yuzlaridan nur yog‘ilgan bir mo‘ysafid o‘tirgandek edi. Faqat tushunmasdum: nega meni boshlab kelgan bu ko‘hlik juvon adasi demoqda, cholga tushgan ekanmu deyman. Balki otasidur chalkash eshitgandurman. Yana ishtibohga tushaman: Unda nega oshnamuz demoqda Siznu? Hech tushunuksiz. Parda ortida qay holatda o‘tirubdu yo turibdu — unisiniyam bilolmayman. Faqat qiroatluv ovozidan o‘sha suvratda — mo‘ysafid suvratida ko‘z oldumda turibdu.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:07:27
— Salomxon xolanikida ekansiz. Ishonchli joyda. Qalay o‘tiribsizlar? Xola bardammilar, haliyam mashinachilik qilyaptilarmi? — dedi u.
— Qilyaptilar. O‘tiribmuz bir navi, — dedum. Nimanu so‘rarkan — hech aqlum yetmaydu.
— Ollohning panohiga. U kishining qavatiga kelib, yaxshi qipsiz. Faqat, — dedi u tomoq qirib, so‘z qidirinib, — faqat, qulog‘imizga chalinayotgan ba’zi uzunquloq gaplar... aybga buyurmaysiz, kelin, o‘zingizdan so‘rab-surishtirmoqqa, aniqlashtirmoqqa majbur etayotir. Bizga Xudoni o‘rtaga qo‘yib, lilloh so‘zni aytavering, kelin. Nimalar bo‘lyapti? Kim Sizni, sizlarni xafa qilmoqda?
Shuncha voqealar kechub, hechkum bunday o‘rtaga tushmagan, so‘rab-surishtirmagan, holing ne kechyapti demagan edu. Bilmayman, to‘lub turgan ekanmanu, yo qaysibir so‘zi yurakumning ingichka yerlariga tegub ketganmidu bir xo‘rluk bosub kelub, o‘zumni tutolmay qoldum.
Nazarumda parda ortida boshqa birov emasu, dadam o‘tirgandek edular. U diyordan yetub kelishga kelub, topub kelishga kelub, faqat yurakkinasinu yorvor- mayin debmu parda ortida boshqa kishi nomidan hol surab turar edular. Endi topdum. Qiroatluv ovozlari ham juda-juda o‘xshab ketar edu.
— «Dadajon, o‘ziz-ku. Bu men Mahfuzangizman, baxtiqaroinguzman», — deb o‘shayoqqa otilgum kelar-u, otilolmasdum.
Faqat, yig‘umni tutolmadum. Bosolmasdum. Ich-ichumdan bir titroq bilan, qaltiroq bilan bir xo‘rlik bosub keldiyu chaqurub borgan juvonni quchoqlab olub, bir yig‘lab berdum, bir yig‘lab berdum.
«...Dadajon, shuning uchun menu bu yoqlarga jo‘natub edizmu? Shu ko‘rgiliklarnuyam-da ko‘r, peshonangga yozilgani shu, devdingizmu? Ko‘nglingiz bo‘lmay endi o‘ziz qidirub keldizmu? Shuncha yerdan topub kelduzmu? Olub keting, bu yog‘iga chidolmayman. O‘z diyorumizga olub keting. Bir kunam turolmayman bu yoqlarda!» — deb bo‘zlardum. Ovozum chiqyaptimu, yo nuqul yig‘i bitganmu, u yog‘ini bilmasdum. Juvonga yopushib olgandum.
U esa:
— Hoy, kelinposhsha, o‘zizzi tuting, o‘zizzi bosing. Uyat bo‘ladu. So‘raganlarini hammasini aytmasangzam bir og‘iz tasdiqlasangiz bo‘ldi, u yog‘i bularning ishi. Siz u yog‘ini o‘ylamang,— deb ovutarmudi, yupatarmudi, yelkalarumni, boshlarumni silab, bag‘riga bosarmudi — men o‘zumga kelolmasdum.
Shuning orasida haligi odam bir g‘alatu ovozini ko‘tarub:
— Bonu, Bonu deyman! — deb qoldu.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:07:41
— Labbay, adasi, hozir, — deb men bilan hayalladi juvon, — mana, hozir.
Qistama, o‘ziga qo‘yib ber, deydimu deb o‘ylab edum. Ammo parda ortidan uning shoshqich ham holsiz ovozi kelardu:
— Bo‘la qol, Bonu. Bir piyolagina...
U suvmi, nimadir so‘rar edu.
— Ketyapman, — juvon erining holini o‘zi biladi shekilli, ichkariga chopdu va shu asno oq pardani yulqib ochub, paqirdagi suvdan kosalab olarkan, ko‘zum o‘zum hozirgina gaplashgan odamga tushub, tosh qottum. Parda tushub bo‘lgan, juvon eriga suv tutar, «Mana, adasi, icha qoling», deb jonsarak bo‘lar-u, mening ko‘z oldumdan tancha yonida yostuqlarga ko‘milub o‘tirgan jaji desammu, jajmon desammu, yarimta odam ketmasdu!
Ishonasizmu, o‘zi jimitdek, ammo soch-soqoli oppoq odam... (bu qanday hol?) xumdek boshini tizzalari orasiga soluntirub o‘ltirar edu. Tizzalari, qo‘llari rosmana, tavba.
Men kimnu ko‘rdum, nimanu ko‘rdum, u jinmidu, insmidu, halu-hanuz ajratolmasdum.
Ko‘rganum — ko‘rayotganum, men turgan bu ayvonlar, pastdagi hovliyu anuv azim tut — barchasu bir ro‘yo desam, ichkarudagi o‘sha oq parda ortudan juvonning tanish-jonsarak ovozu kelub turar edu:
— Iching adasi, iching, g‘uborizzi oladi muzdek suv. Bu tarnovni suvi — Ollohning rahmati, — derdi u.
— Ichdim, Bonu. O‘tdi, o‘tib ketdi shekilli, Bonu. Yaxshiyam sen borakansan. Ko‘kning, buloqning suvlaridan opkeb qo‘yganakansan. Xuddi zamzam ichgandek bo‘ldim. Dardlarim aridi-ey. Buyam bo‘lsa, Xudoning g‘amxo‘rligi. Yo‘g‘ingda tutsa, nima qilar edim.
— Tutmaydi, adasi, Olloh hafiz — bardam bo‘ling.
— Inshaalloh de.
— Inshaalloh. Birdan-bir so‘raganim shu-ku, adasi. Shunchalik umr berib qo‘yibdi, o‘zining zikri, shukri, ibodatiga mashg‘ul qilib qo‘yibdi, bu yog‘iga ham o‘zi asraydi, adasi.
— Bu dunyoning ishlariga aralashib, manavinday qozivozliklar qilib o‘ltirishim ba’zan...
— Unday demang, qahri kelgay Ollohning. Bunday chiroyli amalni hamma ham topsin-chi, qilsin-chi! Qo‘ying, tilingizga olmang qaytib, Xudo bilsin — o‘zingiz biling...
— Avvalgi gunohlarimning kafforotiga o‘tsa, bas, menga shuni o‘zi kifoya, Bonu, kechirsa, bas.
— Shuni bilsangiz — qaytmang. Ollohning shari-atini baland tutish Sizning zimmangizga tushgan ekan, qaytmang.
Ular meni-da unutub, bir-birlariga taskin berishar, o‘zuning shu ahvoli-shu alpoziga adolatchi bo‘lib o‘rtaga tushganiga men hayronu lol edum, o‘zuni zo‘rg‘a eplab o‘tirgan odam qanday o‘rtaga tushyapti, hech aqlum bovar qilmasdu. U kim o‘zu, o‘zuga yeng bo‘lguncha birovga en bo‘lishga jazm etgan? Bu ishlarni kimga ishonub qilmoqda?
Yolg‘iz Ollohgamu?..»
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:08:06
4. O‘TAG‘ASINING O‘RDASI
yoxud qissago‘yga noma’lum, muallifga ayon tarixlardan yana biri


— «Alhamdulillahi lakal hamd, alhamdulillahi lakal shukr, alhamdulillahi ne’mati fahma din». O‘zingga beadad shukrlar, — deb shivirlardi u mushtdek bo‘lib, bolishlarga ko‘milib o‘tirganicha.
Yana bir tun chekilib, kecha kunduz bilan almashinmoqda edi. Almashinmasa, nima qila olar edi inson? Holi ne kechar edi? Tun qorong‘uligida surgalib-tentirab o‘tkazarmidi umr? Xayriyatki, Zoti avval — Hayyul Qoyyum rahm etdi: kecha o‘z o‘rnini tongga bo‘shatdi.
U chilla pardalari ko‘tarilib, shiftga tortib qo‘yilgan uyda har kungidek tancha to‘rida qiblaga yuzlangancha bir amallab o‘tirar ekan, o‘sha yolg‘iz ishonga- ni — suyanganiga tonggi hamd aytmoqda edi. U hamd aytmay kim aytsin! Qaysi gunohlari evaziga oyoqlaridan jonu madorni olib, o‘zini bir burda — yarimta jonga aylantirgan Olloh uning o‘rniga to‘rt muchasi sog‘ har odamlar yetisholmaydigan bir hidoyatga, bir nuri taskin — ko‘ngil yorug‘ligiga musharraf etib qo‘yibdi, axir.
— Alhamdulillahi ne’mati islom, — deb shivirlarkan, tashqaridan ham tong shovurlari kela boshlagan edi.
Eng avvaliga bo‘g‘ot ostidan bir juft qushcha parillab uchib chiqdi. So‘ng bog‘ adog‘idanmi, qay yerdan qorashaqshaq ovozi keldi. So‘ng g‘urrak g‘urillab, chumchuqlar chirqillashga tushdilar. So‘ng har kungidek hovlidagi yolg‘iz tutning ustida sa’va chiv-chivlamoqqa, qo‘shni tomondami — undan narida qarqunoq qiv-qivlamoqqa boshladiyu qay qush qaerda sayrayotganini ham ajratib bo‘lmay qoldi. Olam ularning chug‘ur-chug‘uri, tasbehotlariga to‘lib bormoqda edi. Faqat ora-orada jannat qushlarining ovozi kabi bir sayroq — haqqu, haqqu, haqqu ovozlari eshitilib qolardi.
O‘zi-ku, yarim jon — o‘tirib qolgan odam. Bu yoq umri so‘nggi nafasiga dovur foydaga qolgan. Lekin har bitta shovur, har bitta ovoz ming hikmatga burkanib, quloqlariga yetib kelaveradi. O‘zi esa bu dunyo hayotidan boqiy dunyo alomatlarini qidirmoqqa, topmoqqa, shundan taskin-tasallular olmoqqa mahkum. Bu yerda o‘tirib xayoli olam kezadi, shu o‘rdasidan chiqmay Kattabog‘u Yakkabog‘da, undan nari — Qa’ng‘liyu Chalada kechgan-kechayotgan voqealarni elakdan o‘tkazadi. O‘sha mavzelardan kelgan har bitta xabarni yutoqib eshitib, shu elakka tashlaydi. Bu «elak» esa har bitta sitamgarga qanday jazo tayinlashu jabrdiydani qay tariqa rag‘batlantirishni ham unutmaydi. Bu ishni yolg‘iz Olloh rizoligi uchun qilayotganini yashirmasa-da, o‘zini tanitgisi yo‘q. Barcha-barchasi riyoga aylanib ketuvidan qo‘rqadi. Illo, uning niyati ham oxirat sanduqlarini savob ila to‘latib olish. Jon esa omonat. Egasi qachon huzuriga chorlasa, labbayka va sa’dayka aytib, boruvga hozir.Unga dovur harqalay chiroyli amallar qilib qolmoq mumkin.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:08:16
Taqir gilam ustiga bir hovuch nur tushib, Bonu kirgani bilindi. O‘sha nur shu’lasida ming-milliard zarralar g‘ujg‘on o‘ynab, tilla gardlar goh to‘zonlanib, goh holsizlanib hallanar edilar.
— Asslomu alaykum, adasi. Sanolariz tugagan bo‘lsa, nonushtani hozirlayversam, devdim? — Ayoli bir chetdagi joynamozini olib, qoziqqa ila boshladi.
— Vaziri a’lamdan darak yo‘q. Hayalladimi bu-gun?
— Kun yoyilguncha kelib qolar, choyni nima qilay?
U ayolining yuziga uzrxoh termuldi:
— Qayoqqa ham shoshaman, Bonu. Jindek kutaylik.
— Toliqib qolmang.
— Sen opkirarsan ham, lekin usiz choy ichimga tusharmikan? — dedi u jilmayishga urinib.
— Tinchlikdir, adasi. Bo‘lmasa, allaqachon yetib kelishardi-ku.
— Gaping to‘g‘ri-yu, tun qanday kechganini bil- maguncha yegan-ichganim ichimga tushmaydigan bo‘p qolibdi.
— Mayli, o‘zizga qarang, — Bonu uy yuzini yig‘ishtirib chiqdi ham, boyagi hallanib g‘ujg‘on o‘ynagan to‘zon ham so‘ndi-qoldi. Ortidan eshik berkilgan edi.
Shu mahal atrof-javonibni jangillatib, o‘rikzor ichida ot kishnadi. Tokchalardagi patnislaru xanik chetidagi jomga qadar jaranglab ketgan edi. Tanidi. Bu o‘sha-o‘zlarining saman toyi. Ho‘b otmisan — ot chiqyapti-da. Shuning uchun ham vazirga berib qo‘yibdi. Xolis, sidqidil xizmati uchun. Qolaversa, o‘zi ot minarmidi. Ot minish, uloq chopish muhabbatlaridan bir yo‘la mosuvo bo‘lgan, kechgan. Yaxshiyam, shunday bo‘lgan ekan. Olloh dunyo muhabbatini olib, o‘rniga boshqasini berdi. Bermasa, o‘sha ko‘yi qoldirib yuborsa, nima qilardi? Xuddi Fir’avnga dard bermaganidek.
Hozir-chi? Oyoq baravariga ketgan. Ba’zan jindek uvishib, jimirlab qo‘yishini aytmasa, sonidan pastlari yo‘q hisob. Qo‘l bilan tortib olmaguncha ham o‘ngarilish amri mahol. Jussa bu ahvol. Jimit torta-torta shu ahvolga keldi. Tag‘inam Olloh hafiz-aqlini olgani yo‘q. Farosatini olib qo‘ya qolsa, nima qilardi? Yana o‘ziga shukr, ko‘ksi butun, ko‘ksida o‘sha hidoyatini darig‘ tutmagan zotga cheksiz, anduhsiz muhabbati bor. Balki uni bu dunyoda tutib turgan ham o‘sha muhabbatdur. Uning qoshiga, huzuriga quruq qo‘l bilanmas, oxirat sanduqlarini xush amallar bilan to‘latib borishga orzumandlik, oshiqish, shoshish tutib turgandur. Bo‘lmasa, shu holiga ilgarigi tovkasidagilarni yoniga yig‘ish, o‘shalar bilan Ollohga xush keladurgon bir nimalar qilishga urinib yotish — kimga zarur edi?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:08:28
Shu mahal bog‘ eshik ortida yog‘och ko‘prik do‘pirlab, ot pishqirdi. So‘ng ot bog‘languncha vaqt kechib, eshik zulfini shiqirladi va:
— Hoy, po‘sht, biz kelyapmiz, — degancha kutgan odami hovliga kirib kela boshladi. Tuni bilan izg‘igan odamning bir qop yong‘oq kabi shaldur-shuldurligiyu vag‘irlab kelishi qiziq edi. Tavba, qachon mizg‘ib ulguradi bu odam, yo qush uyqusiga egardagisi ham yetarlimi — hech bilib bo‘lmasdi.
Bolajonlikda vazirga taraf yo‘q. Mana, hozir ham u quchoqni keng ochib, cho‘qqayganicha Kokiltoyni chaqirmoqqa tushgan edi:
— Qani, qani, toy bola, toychoq bola, kela qolsinla. Vaalaykum, vaalaykum. Katto yigit bo‘ling, mullo yigit bo‘ling, to‘ylarizzi guli o‘zim bo‘lay. O‘rtalarni o‘zim qizitay. Qani, qani, bir achomlashup qo‘yyaylik. Kuraklarni silashup qo‘yaylik. Ha-a, ana shunday. Ana endi bo‘ynumni bir siqib tashlasinlar-chi, sindirib tashlasinlar-chi. Hay-hay-hay, zo‘rayub ketganakansiz-ku, bilmaganakanmiz-ku. Nafasni ichga tushirvordiz-ku. Balli, balli. Ie, qo‘lizdagi nima? Tuzoqni ipi? Voh, zo‘r-ku! Hali sa’va tutopsizmi? Vah-vah-vah, elakni zo‘rini topibsiz-ku. Har kuni o‘nta sa’va tutsa mumkin-ku, faqat cho‘pni kaltaroq, ipni uzunroq qiling-da, toy bola. Don cho‘qilab kirishi-la tortasiz, sa’va sizniki. Bildiz?
Uning bunday tillashishidan sa’va tugul, barcha qushlar kiradigan joyiga kirib ketib bo‘lsa-da, tunqotarlar vaziri Kokiltoyni erkalashdan to‘xtamas, bu manziratlar yo‘liga, qochadiganlar qochib, yo‘lni ochib qo‘yishlari uchungina ekanini hamma tushunib turar, ilgari uchchiga chiqqan o‘g‘rining bu tarz yurishlariga hayron qolmay mumkin emas edi.
Shu asno u kaftiga yo‘tala-yo‘tala toyni ergashtirib, huzuriga salomga kelarkan, boyagidan sal pastroq tushib, ijikilar edi:
— Adangiz — hazratim qalaylar? Yaxshi yotib-turdilarmi? Biz janoblarini xutbaga solganlari yo‘qmi? Agar lozim bo‘lib qolsa, gunohimizzi o‘ziz so‘rab olasiz-da, a, toy bola?
Bu orada ular ayvon chetiga yetdilar. Va shunda birdan bolakaydan nos so‘ramagani esiga tushib, iya, deya azza-bazza cho‘nqaya boshladi:
— Gapga chalg‘ib, xumorbostidan so‘ramabmiz-ku, — deb Kokiltoydan «nasibasini» qistay ketdi. — Qani, qani, qo‘lni qaytarmay, nosdan jindek uzatvoring-chi, salomdan oldin bir xapshirib tashlaylik-chi!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:08:39
Kokiltoy qiqirlab kulib, qochdi. Bunga sari u oyog‘ini tapillatib, «Ushla-chi, ushla»lab ketidan yugurgan, tizzasiga shappalagan bo‘ldi, ketidan arazlabam qo‘ydi:
— Voy-bo‘, yalinibam qolarsiz, xandalaklar chiqib qolsin...
Bu ham o‘tirgan joyida bolajon vazirining qiliqlaridan huzurlanib kuldi. Qani, o‘zining ham to‘rt muchasi sog‘ bo‘lsa, undan qolishmay tegishgan, bir olam huzur olgan bo‘lardi. U faqat yoniga chaqirib olib, shunda ham bag‘riga yarim-yorti tortib, boshiniyu kokilini silashga yaraydi qo‘li. Undan u yog‘ini Xudoyim ko‘p ko‘rgan: hamma qatori na tizzasiga ola biladi, na yelkasiga mindirib ot bo‘la oladi. O‘sha boshini silay olganiga ham shukr, silay olmasa, nima qilardi? O‘ksik farzand qoldirarmidi orqasida?
— Mumkinmi, o‘tag‘asi?.. — Eshikning bitta tavaqasi ochilib, vallomatning avval bir yelkasi, so‘ng o‘zi ko‘rindi. U davangirday odam eshikdan qiyamalab zo‘rg‘a kirdiyu kovshandozga tushiboq qo‘l qovushtirdi:
— Assalomu alaykum, xo‘jayin, kechiras, o‘tag‘asi.
Qo‘l qovushtirgani mayli, lekin kovshandoz- dan o‘tmayoq taqir gilamga tiz bukib, cho‘kkalashi nimasi?
— Vaalaykum assalom va rohmatullohi va barokotuh, — dedi atay. Zora, qaerda o‘tirgani, qaysi tovkaga mansubligi yodiga tushsa.
Qori «barokotuh, barokotuh» deya qizil etigining kovushini yechdiyu enkayib kelib, uning qo‘lini oldi.
— Yaxshi yotib turdizmi, o‘tag‘asi? Bir qoshiq qonimizdan kechasiz bugun, hayallab qoldik.
— Ollohga shukr, tuproqdan tashqari, — dedi u, so‘ng joy ko‘rsatib qo‘shdi. — O‘zlarida hech o‘zgarish yo‘q-ku, qorim?
— Qanday o‘zgarish, xo‘jayin? — dedi vallomat vazir ro‘baro‘sidagi ko‘rpachaga surilib. Muddaoga tushunolmagan edi u.
— O‘sha-o‘sha «o‘tag‘asi», o‘sha-o‘sha «xo‘jayin»...
— Ha-a, uzr, uzr, xo‘jayin, azbaroyi o‘rganish... O‘rganish-da, o‘tag‘asi. — U qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, sal egildi.
— Axir, aytib edim-ku, johiliyatdagi odatlarni tashlaysiz, bu yog‘i tamom: boshqa hayot, boshqa tovka, deb...
U qisinib tasdiqladi:
— Aytgansiz, aytgansiz.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:08:57
— Qolaversa, o‘rtada qasam bor... Qur’on bor, to‘g‘rimi?
— Bo‘lganda-chi... Shunga binoan vazir etib saylanganmiz.— U qo‘l qovushtirib, bosh egdi.— Chizgan chizig‘ingiz bizga qonun. Faqat bugun bir qoshiq qondan kechasiz, xo‘jayin. Jindek erkalik qip qo‘ydik.
O‘tag‘asi sergak tortdi: ko‘ngli behuda g‘ashlanmagan ekan! Qo‘sha-qo‘sha yostiqlar orasidan qaddini sal ko‘tarib, qaytarib so‘radi:
— Yana qanday erkalik?
— Tungi voqeani aytaman-da, o‘tag‘asi.
— Tushunmadim, hech qanday xabar...
— Ha, birato‘la sitamgarni aniqlab kelmoqchi edik.
— Xo‘sh?
— Aniqlaguncha saxar bo‘p ketdi. O‘ziyam, o‘tag‘asi, yetti uxlab tushga kirmaydigan narsa.
— Narsa nimasi? Yo kimni kim tunab ketibdimi?
— Qay boshidan aytishniyam bilmaysan kishi, — dedi tunqorovullar vaziri labini yig‘ishtirolmay.— Bunaqasini umrizda eshitmagansiz. Sazoning ham antiqasi chiqibdi!
— Jazomi, sazomi? — deb qaytarib so‘radi o‘tag‘asi. — Mahobatsiz aytavuring, qori.
Vazir yana yerga qarab kuldi.
— Mahobatsiz aytsam, qotirib ketibdi.
— Kim? Oti bormi o‘sha ilvirsning?! — O‘tag‘asi yostiqni qo‘ltig‘iga tortib, qaddini tiklagan bo‘ldi.
Vazir boyagindek labining chetida kuldi:
— Ilvirs bo‘lsa, jon derdiz, qasoskorning antiqasi!
— Qasoskor?.. Shu o‘z dahamizdan-a? Kim?
— Kimdan burun kimni deng?!
— Xo‘sh, kimni?.. — dedi uning ra’yiga qarab.
— Gap shundaki, — deb vazir bir boshdan tushuntirishga o‘tdi, — yetti xuftonga yaqin Tepamasjid oldidan o‘tib borayapsak, ichkaridan uvlab yig‘lagandek bir ovoz kelyapti, bir ovoz kelyapti: odam bo‘lib odam emas, bo‘ri bo‘lib bo‘ri. Tavba, qanaqqib kirib qopti, endi chiqib ketolmay uvlayaptimikan, deb yaqin bor-sak — odam! Dildirabu, huvlab shu yig‘layaptiki, qo‘yaverasiz. Eshiklarni ochib, kirib borsak, ko‘ring tomoshani. Birov bir odamni quv yechintirib, g‘assol taxtaga tortib ketibdi! Tishlari takillab, shu qaltiraydiki, qo‘yaverasiz. Chiroqni yoqsak, kim deng?..
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:09:08
— Kim ekan?
Vazir yoyilib ishshaydi:
— Anuv mo‘ndi!
— Qaysi?
— Shu... o‘zimizning yangi bo‘lgan maymoq-chi, anuv oting qurg‘ur-chi!
— Ana shunaqasiz-da, qorim. Birov o‘laman desa, siz kulasiz.
— Yo‘q, ustod. Siz o‘zingiz ko‘rganingizda edi. «O‘l, bu kuningdan battar bo‘l, qotiribdi» der ediz. Toza jazosini beribdi, shovvoz,— deb hovliqib-ko‘pirdi vazir.
— Xo‘sh, kim ekan o‘sha battar bo‘lgur?
— Kim bo‘lardi, aytib turibman-ku, Akmal cho‘loq deb.
— Ie, o‘shami? Akmal o‘ris-a?
Vazir qo‘l siltadi:
— O‘sha, ilgariyam chulchut edi, oyoqdan ajrabam odam bo‘lgani yo‘q.
— Xo‘sh, shovvoz-chi? — dedi ustod yuzi tundlashib kelib. — Kim ekan?
Vazir bu yog‘ini yashirib o‘tirmadi:
— Shu... gumonimiz bittasidan-u, uchratolmay dog‘da qoldik.
— Oling-a, qorim. Ko‘pirishingiz olamni buzadi, gumondan nari o‘tmabsiz-ku.
— Izidan yetib borgunimizcha shaharga survoribdi, qarang, — deb afsuslandi vazir. Ketidan ko‘pirib ham qo‘ydi: — Qarab turasiz, bu o‘sha askar bolaning ishi. Undan bo‘lak emas!
— U kim, kimning himoyachisi?— «Biz taniymizmi», demoqchi bo‘ldi o‘tag‘asi jonsiz oyoqlarini uqalab.
— Taniysiz. Anuv yapon urushini ham kusar qilib kelgan yigit-chi! Samurayidan qo‘rqmagan, Akmal do‘kayidan hayiqadimi! — deb tushuntirgan bo‘ldi vazir, keyin qo‘shdi: — Esingizda bo‘lsa, nikoh kuni Sultonmurod olib qochgan kelin bor edi-ku.
—Xo‘sh-xo‘sh?!
— Ana o‘shaning akasi. Hali ungayam ko‘rsataman, deb yurganmish.
O‘tag‘asi ichida «voh!», deb qo‘ydi-yu, tashiga chiqarmadi:
— Sultonmurodning qarorgohini surishtirayotgan ham o‘sha chiqmasin?
— Hali shunday xabarlaram bormi, ustod?
— Bor-bor.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:09:20
— Quda tomon surishtiryaptimi, desam, u ekanmi?— dedi vazir shaldur-shuldurligiga borib.
— Har ikkisi ham, — dedi ustod, — lekin biz sir bermasligimiz kerak. Yigitlar og‘izlariga mahkam bo‘lishsin. Bir narsa bo‘lsa, hamma o‘z chillaxonasiga kirib ketgay, tushundingiz-a?
— Tushundim.
— Endi tungi voqeaga kelsak, — dedi u sariq ipak nusxi ura boshlagan nozik qo‘lini xontaxta ustiga qo‘yib, — u nobakorning o‘zini bu kecha huzurimizga olib kelasiz. So‘raydiganlarimiz bor.
Vazir biroz tushunmay hayratlandi:
— Sitamgar askarni aytasizmi, o‘tag‘asi?
U bosh chayqadi:
— Yo‘q, katta sitamgarni. Yolg‘izlik qilaman desangiz, askar bolani yoningizga oling.
Bu vazirning hamiyatiga tegib, sapchib tushdi:
— E, xo‘jayin, askarsizniyam dikonglatib kelishga qurbimiz yetadi.
— Shunday deng-da, bo‘lmasa, — dedi ustod yengil kulimsirab.
Shu top eshik qitirlab, avval Kokiltoyning ukparu ko‘zmunchoqlarga boy do‘ppili boshi, so‘ng oftobayu obdasta ko‘targan o‘zi ko‘rindi. Ayoli ertalabki nonushtaga hozirlik ko‘rib qo‘yganini bildirib, o‘g‘lini kiritmoqda edi.
— E, toy bola, kelsinlar-kelsinlar, hali qo‘l ham chayamizmi? Oh-oh-oh, suvdek serob bo‘lsinlar, go‘shangalarga kuyov bo‘lsinlar, — vallomat alqagan sari toy bola uyalib-qisinar, adajonisidan hayiqib, obdastani tashlab ketolmasdi.
Nihoyat, ustod ham qo‘llarini chayib, u oftobani olib chiqib ketdiyu dam o‘tmay patnis ko‘tarib kira boshladi. Patnisda ikkita yopgan nonu kosada qaymoq, piyolada murabbo bor edi. Qiyagina ochiq eshik tirqishida yolg‘iz qo‘l ko‘rinib, tekisroq joyga choynak, orqasidan kallakqand solingan taqsimcha qo‘yildi. Vallomat hovliqdi.
— Hov, kunimiz tug‘ibdi-ku, juda!
— Xabarga yarasha-da, qorim, — dedi ustod, u alqagan kezlari shunday atab qo‘yar, vallomat bu nomni yolg‘iz «Ixlos» surasini yod olib, undan u yog‘iga o‘tolmaganiga shama edi.
— Unda Akmal maymoq demaganlar har kuni g‘assolning taxtasiga tortilsin-a! — deb xandon tashlab kuldi u.
So‘ng ustod-shogird oling-oling ila bir chiroyli manziratlar bilan qaymoqxo‘rlikka kirishdilar. O‘tag‘asi qaysiyu chopari qaysi — ajratish endi mushkul emasdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:09:40
5. SAZOYI JON
Yana o‘sha muallifga ayon tarixlardan


Ot tuyoqlari goh ildamlab, goh atak-chechakka tushib qolar edi. Ular qaerda ketishyapti ekan, goh tepaga chiqib, goh pastga tushib borayotganga o‘xshar edilar. Mana, hozir ham ot jonivor oldingi oyoqlarini bittalab avaylab bosib, pastlikka enar edi. Qaysi soylikka tushib borishyapti ekan? Unday desa, na Izzaning shovullashi, na chimzorlardagi chirildoqlarning jo‘r ovozi eshitiladi. Ostilaridagi ot tekis yura ketib, orqada bir nima po‘p-po‘p tushib, tezak hidi anqib ketdi. Shunchalar sokin, zim-ziyo kecha edi.
Allaqaerda suv shaldiraydi: anhor shekilli. Necha tun qorovullaridan o‘tishdi. O‘rda deganiga yetilgani yo‘q. Qayoqqa obketyapti bu valdirvos tushmagur. O‘zi kimsanu, qo‘l-oyog‘ini kullaklab, ko‘zigacha o‘rab-chirmab tashlagani qiziq. Kecha sharmanda bo‘lishdan qutqargani nimasiyu bugun otga o‘ngarib olib ketayotgani nimasi? Kechagisini muruvvat deylik, bugungisi-chi? U bir xilda — boshi bog‘liq, qo‘llari to‘lg‘anib borarkan, terga tusha boshlagan otning sag‘risidan anqiyotgan achimsiq hiddan ko‘ngli ag‘darilib-ag‘darilib kelar edi. Ustiga-ustak, boya ichgan musallasi ichida sho‘lqillab, bo‘g‘ziga qaytib-qaytib kelmoqda. Qayoqdanam icha qolgan ekan. Alam bosti endi o‘zini olib borib, olib kelmoqda edi. Tashlasa qutularmidi. O‘lganining kunidan vosvosga elanishga tushdi:
— Voy, hoy, inson, o‘ngarib olib bormasang, o‘rniga o‘tmaydimi?
— O‘tmaydi. Eshitmaganmisan, berahm buvaning nevarasi ekanimizzi? — deb kikillab kuldi vallomat. Kamiga otini qistadi. — Chu, jonivor, akamizaning ko‘ngillari ag‘darilayotgan emish.
Akmal cho‘loq gardani qotib to‘ng‘illadi:
— Birov o‘laman, desa, bular kulaman, deydi, senam shoshmay tur...
Uning yanishi vallomatga xush yoqib, hiringladi:
— O‘zi kimning changalida-yu, yanishingga o‘laymi? Avval omon chiq.
— Chiqmaganda nima?! Osib yuborarmidilaring, ja?
Vazir chiqarilguvchi hukmni o‘zicha tasavvur etdi:
— Osishga osmasmiz-u, lekin osgandan battar qilsalar ham kerak.
Akmalning yodiga anuv Sultonmurod demaganlarning Parpi bebaxtga qilgan muomalasi tushib, ichiga titroq yugurdi:
— Nima, sizlaram?..
— Nima, bizlaram?.. — dedi otini etigining posh-nasi ila nuqib, qistashga tushgan vallomat.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:09:53
— Parpi bebaxtga o‘xshatib... tuyaqopga tiqmoqchimisizlar?
Vallomat vazir uning g‘irt omiligidan kuldi. Omi bo‘lmasa, kimning qo‘liga tushganini o‘ylab boqmaydimi? Bu ham Sultonmurod qaytibdi, degan gaplarga paqqos ishonib yuribdi, shekilli.
— Muncha qaltiramasang, erkakmisan?! — dedi ensasi qotib. — Qo‘yni ham, echkini ham o‘z oyog‘idan osadilar — borsang ko‘rasan.
Akmal cho‘loq g‘udrandi:
— Nafasingni yel olsin. Sen sovuqqa kunim qolishini bilsam...
Iloji qancha, boshini ko‘tarib ko‘tarolmaydi, qo‘l-oyoqlar chirmab tashlangan, ustiga-ustak kullaklangan qo‘ydek otga o‘ngarib opti. O‘g‘riniyam chapdasti ekan-e!
Vazir qamchisining uchi ila biqiniga nuqib qo‘ydi:
— Kecha moydek yoquvdi shekilli, g‘assolning taxtasidan yechib olganim? Endi g‘udranib qoptila?!
Akmal cho‘loq bu valdirvos bilan o‘chakishish befoydaligini anglab, ancha tushgan edi, ginalandi.
— To‘g‘rilikcha borsak ham bo‘laverardi.
Vallomat «Voy, tavba-ey, anoyini ko‘ring», degandek kuldi:
— O‘sha... bo‘lmasdi-da.
— Nega? — dedi kullaklangan kimsa boshini o‘ngarib qarashga unnalib.
— Qoidada yo‘q, — dedi otliq kalta qilib.
— Nima yo‘q?
— Bizning o‘rdaga har kim to‘g‘rilikcha kirib boravurmaydi.
— Ergashib hammi?
— Ergashtirib ham.
— Albatta, ko‘zini bog‘lab, otga o‘ngarish shart de-yilganmi?
— Shunday. Uni begona ko‘z ko‘rishi mumkinmas. Haydalamiz naq.
— Unda... o‘ronsizam o‘tib bo‘lmaskan-da?
— O‘ronsizlar tushini suvga aytsin. Ho‘v, xomtamalar-ey!
— Hech kim xomtamalik qilyapgani yo‘q. So‘radim-da.
— So‘ramayam! Yaxshisi, uningni yut. Po‘stga yaqin-lashayapmiz. Ustingdan kulib yurishmasin, — vazir shunday dedi-da, ko‘cha boshida hayxotdek bo‘lib qaqqaygan qora darvoza tomon otni qistadi.
Ot do‘pir-do‘pir bilan allaqanday ko‘prikdan o‘ta boshladi. Shu barobar yo‘l chetidan kimdir tomoq qirdi:
— To‘xta. So‘roqsiz-istoqsiz qayoqqa borasan?
— Usmon? O‘zingmisan? — dedi otliq ovoz berib.
— Usmon bo‘lganimda senga nima? O‘ronni ayt. Salomni qoidali qil, — dedi ovoz bergan kimsa.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:10:11
— «La havla vala quvvata»... Cho‘chitvording-ku, juda. Sal evi bilan-da.
— Salom-chi? Qanaqa besalom qashqatayoqsan o‘zing?— deb turib birdan ovozidan tanib qolib bo‘shashdi qorovul. — Ie, assalomu alaykum, vazir janoblari, o‘zlari shekilli, bir boshga bir o‘lim, deb yurgan?
— Vaalaykum salom tunqator1 janoblari. Uzr, uzr, o‘zlari po‘stda ekanlar, — deb tegishdi u.
— Ha, bu bo‘lak gap. Qaysi esi kirarli-chiqarli yo kekkayib ketgan, debman. O‘ziz topshiriqni qotirib kelyapsiz shekilli?!
— Mendek topshiriqni qotirib yursang, jon-jon derding. Topding, o‘rinlatganimdan mastman.
— O‘ljangizam zo‘r shekilli, tilingiz bir qarich?
— Ko‘rmayapsanmi, o‘ngarig‘liq narsani? Ko‘zingga hol tushganmi, nima balo?!
— Molmi, nima u? — dedi tunqorovul, — otizam bo‘lari bo‘pti, qora terga tushib?
Vazir qih-qihlab kuldi:
— Ado bo‘psan, odamni moldan ajratolmasang, Usmon! Har o‘ngarilgan narsa mol bo‘laveribdimi?
— Mustahiqlardan deng?
— Och darvozangni. Keyin eshitib olaverasan.
— Keyin bo‘lsa, keyin-da, aka. Bildik, omadlari chopgan ekan, — deb ulkan darvozani g‘iytillatib lang ocha boshladi tunqorovul.
Pishqirib, bosh silkib turgan ot ehtiyotkorlik bilan darvoza ostonasidan oshib o‘ta boshlarkan, taqasi ostona temirigami — nimaga tegib, sharaqlagan ovoz tun sokinligiga qarab uchdi. Ot hurkib, bularni ko‘tarib tashlashiga bir bahya qoldi. Akmal cho‘loqning ichidagi bo‘g‘ziga tiqilib, so‘kib bergisi keldi-yu, yana jahlini qult yutdi: Bir kami tunqorovulga kulgi bo‘lishi qoluvdi.
Orqasidan darvoza og‘ir g‘ijirlab yopila boshladi.
«Qay ko‘chaning boshi ekan bu yer? Yoki manavi valdirvos aytmoqchi, u bilmaydigan o‘rdaning darvozasimi?» Ko‘zi bog‘loq Akmal cho‘loq tasavvur qilishga urinardi. Ko‘chaboshi darvozasi desa, bunaqasi yolg‘iz Abdulla tegirmonchining qo‘rg‘oni ro‘parasidagina omon qolgan. Boshqalari har yoqqa ko‘chirib ketilib bo‘ldi. O‘zinikidagi ham o‘shalardan bittasi-da. Bu-chi, qaer bo‘ldi ekan? Ko‘prikdan o‘tildiyu kirildi. Potsovniyga kiraverishdagimikan? Hali bular shu yerni o‘rda tutgan ekanlarmi? Akmal cho‘loq bu joylarni tanib-taniy olmas, tasavvur etib — etolmasdi. Tushdagidek bir g‘alati joylardan o‘tib borar edilar. Sultonmurodning qarorgohidan ham o‘tib tushdi bularniki. Unisi — Bo‘zsuv bo‘yida, tepalarning bag‘rida deyishardi. Bularniki kimning tashqisida ekan, hech anglab bo‘lmasdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:10:37
Shu tob qay tarafdandir it hurib chiqib, ot hurkigancha o‘zini bir yonga tashladi. Cho‘loq bir qop undek og‘aboshlab, jon holatda otning sag‘risiga yopishdi. Agar shu ketishda valdirvosning tizzasidan oshib ketganida bormi, kallasi bilan tushardi! Haytovur, so‘nggi daqiqada u orqa yoqasidan changallab, jilovni tortib qoldi. So‘ng otini erkalab, kulib qo‘ydi:
— Sengamas-ku, jonivor, joning chiqmasa. Olapar manavi o‘ljamizdan begonasirayapti, xolos.
Cho‘loqning g‘ijini keldi: «O‘lja, deydimi, toza chuv tushirgan ekan-da, bu! Anuv hazilkashlaringni topdik, deb». Ichidan qirindi o‘tdi. Bekorga qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, kullaklamagan ekan-da?
Kimdir naridan itni chaqirdi:
— Olapar, yot. Vazir janoblarini tanimasang, qanaqa itsan! Eshakday haybating bilan tariqday farosating yo‘g‘-a, — deb kulib qo‘ydi.
It burilib ketib, ot pishqirgancha so‘liq chaynadi.
Otliq haligi ovoz bergan kishini yordamga chaqirdi:
— Judayam yerga urvormang unizzi, Azlar. U mengamas, begonaga qilyapti itligini. Kela qoling.
— Shunaqami hali? Kechiradilar, olaparvoy, biz adashibmiz, — deb itiga gapirinib kela boshladi haligi odam. Keyin birgalashib «o‘lja»ni tushirib oldilar-da, tikka qildilar. Oyoq qurg‘ur (butuni ham) yog‘och bo‘lib qolgan ekan, hadeganda jon kira qolmas, suyab turmasa, bir bog‘ jo‘xoripoyadek og‘ib boraverar edi.
— Iya, kullaklab tashlabsan-ku, buni? Nima, shu holida opkirmoqchimisan? Jilla qursa, tizzasidagini yech, o‘z oyog‘ida kirsin hazratning oldiga, — dedi u to‘xtamay gapirinib. Bu orada valdirvos vazir otini qay bir daraxtga bog‘lab qaytdi.
— Yeching-u, lekin qo‘li bilan ko‘zini bo‘shata ko‘rmang. Bu insof-pinsofni bilmaydigan xilidan. Hazir bo‘lasiz, Azlar.
«Ol-a, juda opqochdi-ku, bu vosvos. Shoshmay tur, dog‘uli!» Akmal cho‘loq tishini tishiga bosdi. Qariyaning oldida past ketib, tanilib qolishga or qildi. Oyog‘ini bo‘shatganiga ham shukr: bo‘lmasa, g‘o‘la nima, u nima edi!
Ismoil vazir valene’matiga xabar bergani ketdi shekilli, uni ham, qadam tovushi ham o‘chib, Azlar chol deganlari cho‘nqayib, uning oyog‘idagi tizimchani yecharkan, xuddi o‘zi jabr ko‘rganday, unga achinib, javranar, hatto oyoqlaridagi arqon izlarini siypab qo‘yar edi. Bunga sari uning ko‘zlariga o‘z-o‘zidan yosh qalqib, o‘ksi yumshab bormoqda edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:10:49
Akmal cho‘loq hayron qoldi: o‘ksi shunchalar bo‘sh ekanmi? Hammaga hayqirib, baqirib yurgan odam... chinakam bandiligini sezgach, (o‘sha vosvosning makriga uchib o‘tiribdi-ya! Shoshmay tursin hali!) qay bir qilmishi uchun so‘roq bergani olib kelinganiniyu bu kazzoblarning qo‘lidan osonliqcha qutulib chiqa olmasligini elas-elas anglab olayotgandek edi.
Azlar degani shopday naynov odam ekan, o‘rnidan turib, kutilmaganda yelkasiga qoqib, kuragini silay boshladiyu kutilmaganda qulog‘iga shipshib-shivirlashga tushdi. (Undan gurkirab kelayotgan tamakining achimsiq hidiga chidash amri mahol edi, shunaqa kashandasi ekan!).
— Ukam, bu qiyg‘irning changaliga qanday tushib o‘tiribsan? Bo‘kib ichganmiding, nima balo? Otiga o‘ngargunchayam bilmabsan? — so‘ng yelkalarini ushlab ko‘rib, tusmolladi. — Begonamas, o‘zimizning tarafni odamisan shekilli. Aytovur, Azlar tog‘angga, uy-puydagilarga yetkazib qo‘yadigan gap-paping bo‘lsa. Qisinma.
Akmalni chinakam vahima bosdi: Qo‘liyu ko‘zini yechtirmayotganidan ma’lum. Hali necha kun qamab qo‘yadilar, desang-chi.
Shu davada elanib paypaslandi. Qo‘li bog‘lig‘u Azlar tog‘aning tirsaklarini topib, tutmoq bo‘lardi:
— Nima, avaxtaga tiqishadimi hali? — dedi yutoqib-hovliqib.
— Iya, Akmal, o‘zingmisan? — dedi tog‘a ovozini birov eshitib qoladi ham demay.
Bunga sari Akmal bog‘loq qo‘llari bilan buning yelkalarini silab, elanishga urindi:
— Jon tog‘a, ular meni nima qilishmoqchi? Nega opkelishdi?
— Bilganingda nima qila olarding. Yerga kirsang, boshingdan, osmonga uchsang, oyog‘ingdan tortib olishadi. Topshiriq shunaqa.
Akmalning ichini bir nima tig‘day tirnab, o‘tday kuydirib o‘tdi.
— Yo‘g‘-e? — dedi esi og‘ib.
— Xudo urib qo‘yibdi-ku, seni, jiyan. Esing qaerda edi? Gunohingni bilasanmi? — dedi boyagidek shipshib. O‘zi ham bir qadam tisarilgan edi go‘yo undan hazar qilgandek.
Akmal cho‘loq bir narsaning xunuk oqibatini sezgandek, yomon bo‘lib ketdi:
— O‘limdan xabarim bor, unday ishdan... xabarsizman. Nima o‘zi?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:11:01
— Opkirishganda eshitasan endi, jiyan. Biz kichkina odammiz bu yerda. Keldingmi, o‘zingni erkakday tut. Yetti qolib, bir tug‘ishganimiz bo‘lganingda ham yordam qilolmaymiz. Seni so‘roqqa opkelishdimi, Olloh hukmidan narisi bo‘lmaydi. Undan ko‘ra, odamga o‘xshab kir oldilariga.
Bu gaplar avvaliga Akmal cho‘loqning qulog‘iga o‘qday quyilib, qo‘rg‘oshinday joylashib borayotgan bo‘lsa-da, so‘nggi lahzada bir junjiktiruvchi titroq yugurdi-da, butun vujudi qizib keldi. Shu barobar ich-ichidan allaqanday tahlikali qirindi o‘tib, xushi uchdi. Kallasiga bir ma’noli fikr kela qolmasdi.
— Kimlar deysiz?— dedi uni anglab-anglamay.— Anuv o‘g‘riboshilarizning o‘zimasmi?
Azlar tog‘a javob o‘rniga biqiniga bir nuqib, qulog‘iga shipshidi.
— Esingni yig‘. Qanaqa o‘g‘riboshi? Odamning tillasi-ku! O‘zing xarom tukiga arzirmikansan?! Zamondan orqada qopsan. — Keyin qo‘shimchasiga yuz burib, to‘ng‘illab qo‘ydi. — Ot mindim, deb karillab yuraveribsan-da.
— Nima qilmoqchilar?
— Albatta, kuyov qilib, to‘n yopmaydilar ustingga. Qolaversa, Qurbon hojim bilan qori domlani chaqirtirib qo‘yibdi. Shungayam shukr qil, yolg‘iz o‘zi hukm chiqarvorsa, dodingni kimga aytarding?
— Yo‘g‘-e...
— Yo‘g‘amas, juda-da. Nima, sen Ismoilning tashrifini hazil fahmlovdingmi?
— Shoshmay tursin, u ilvirs, — dedi ichi yonib borayotganini yashirolmay.
Azlar tog‘a nimadir nasha qilib, (albatta, uning holiga-da!) yeng ichida hiringlab kuldi:
— Hali ko‘p yanib yurasan. Xo‘b gel qilib, otiga o‘ngarib kepti. Ustasi farang ekanini bilmasmiding?
— Nimasi farang?— dedi Akmal cho‘loq tushunolmay.
— Akang qarag‘ayni-da. U kimning shogirdi ekan?— Tog‘a yigitlardek qiqirlab kuldi. — Eplab kelmasinam-chi edi, naq o‘zim borardim. — U shunday deya qorong‘ida vallomatlarcha yelkasiga qoqib qo‘ydi. — Qo‘rqma juda, Xudoning yozganidan ortiq nima bo‘lardi! Yigit kishi gunoh qildimi, gunohini mardona tan olib, tavba qilsa — er sanaladi. Xohlasang, qo‘lingni bo‘shatib qo‘yishim mumkin. Bo‘shataymi?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:11:11
Akmal cho‘loqning ori keldi.
— Men sizdan buni so‘rayotganim yo‘q, — dedi to‘rsayib. — Lekin odamni... odamga o‘xshatib, ko‘zini ochib qo‘yinglar-da.
Azlar tog‘a shuncha halim-yumshoqligiga qoidani buzolmasdi. Javobiga yelkasini silab qo‘yaqoldi:
— Sabr qil. Chaqiradigan vaqtlari ham bo‘pqoldi. Salomxona ostonasiga yetishingdan yechadilar. Ularning huzuriga bunday opkirmaydilar hech.
Akmal cho‘loq o‘zi ne holdayu g‘ijini keldi. Xonning o‘rdasimidiki, qoidali opkirmasalar. O‘ziga esa, achitib gapirdi:
— Nima, qarorgohingizni tanib qoladi, deb... yechmaysizlarmi?
Tog‘a boyagidek kiftiga qoqib, kuragini siladi.
— Bir sengamas, barchaga shunday. Do‘st kim, dushman kim — ajratib bo‘lmaydigan zamonda shuyam ma’qul. Faqat sen o‘zingni bunday tutako‘rma. Otdan tushsayam egardan tushmaydiganlarning hukmi og‘irroq bo‘ladi. Bilib qo‘y.
— Hukmi? — Akmal cho‘loq shungacha ham bu tashrifini anglab yetmagan edi. Endi xushi uchdi. — Hali so‘d etishadimi?
Azlar tog‘a bamaylixotir orqa o‘girib, tamaki o‘ray boshladimi, nima qila boshladi, javobiga jim qoldi. Aftidan, javobidan ham burun buni chaqirib qolishlarini kutayotgandek edi. U yoqda Ismoil gum bo‘lgancha ketib boryapti, na tiq etgan tovush, na bir narsaning tayyorgarligi eshitiladi u yoqdan. Ko‘z oldida esa, qani milt etgan nur ko‘rinsa, qaerdaligini ilg‘ab bo‘lsa. Shunaqa sirib bog‘lab tashlagan ekan u nomard. Lekin nazarida o‘zini potsovniy1ning hovlisida, bog‘ ortiga o‘taverishdagi anuv oq bino ro‘baro‘sida turgandek his etyaptiki, nega shunday, tushunmasdi. Bu yerga bir emas, bir necha bor kirgan. Faqat chindan o‘sha joy bo‘lsa darvozadan kiraverishda tepadan:
— To‘xta, qayoqqa borasan! Qimirlasang, otilasan,—degan tovush kelguvchi edi. So‘ng o‘sha ochiq — baland minoraning temir zinasidan etigining nag‘ali taq-taq-taq etgancha miltiq ushlagan soldat tushib kelar edi. Nimaga tushmadi? Yo bular ularni ham o‘z yigitlariga almashtirib tashlaganmi? Tushunarsiz.
Shu payt kimdir taxta zinadan tapir-tupur tushib kela boshladi. Faqat uning etigi nag‘alsiz, ham o‘zi shoshganidan oyoq uchida tushib kelardi. Kamiga yo‘lakay ovoz berdi:
— Tog‘a, qaerdasiz? Boshlay qoling, mehmonni. Kutishyapti taqsirlar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:11:21
— Mana, hozir, tog‘ang aylansin. — O‘zi esa bu yoqqa o‘girilib hamsoyasi Akmal bandiga uning ustidan ming‘irlagan bo‘ldi. — Bular shunaqa: chekkani ham qo‘ymaydi. — So‘ng uvol ketmasin, deb uni tuf-tuflab o‘chirishga tutindi-da, tamaki hidini gurkiratib kelib, tirsagidan yetakladi: — Yuraqoling, mehmon janoblari, sizni so‘roqlayotganmishlar.
Yechsa yechvora qolmaydimi bu dardisarini!
Uning bilagini bilagiga matab tashlagan tizimcha ensasini bir qotirsa, shu qo‘llari bilan ko‘zidagi narsani olib tashlay olmayotgani battar alamini qistatar edi.
Chaqirsa — avval manavi matoxini olmaydimi ko‘zidan, deb taysallayotgan ham ediki, haligi chaqirgan yigitning o‘zi kelib, bu tirsagidan tutdi.
— Bo‘la qoling, ildam-ildam yura qolinglar, — deb shoshirdi.
Zinaga yetib-etmay norozilanib to‘xtadi:
— Iya, tog‘a, boyatdan beri nima qilayotuvdingiz? Yechib-netmabsiz-ku akamni. Taqsirlarning oldiga shu ahvolda... opkiramizmi?
— Mana, hozir-da, jiyanlari. Jazasi bitta tig‘-da, — deb engashdiyu etigi qo‘njidan bir nima olib, uchini bilagi o‘rtasiga to‘g‘rilab edi, tig‘ning bir beti bilagiga tegib, Akmal demaganlar junjikib ketdi. Tig‘-tig‘-da, tok urgandek seskantirib yuborgandi.
Va shu tob u bir siltovdayoq tizimchani uzib tushib, bo‘shaldi-qoldi.
— Shumi? — dedi Azlar tog‘a o‘zining chapdastligidan o‘zi faxrlanib. — Endi peshonasidaginimi?
Xuddi birov peshonasiga tig‘ olib borayotgandek... Akmal cho‘loq demaganlar tisarilib ketdi.
— Hay, hay, esing joyidami? — Tog‘a qiqirlab kuldi: — Jon bordir bizdayam. Qolaversa, shariatimizda yo‘q bu ish. Tig‘ o‘qtalish. Qo‘rqma.
Shu tob bir qo‘liminan kallasi ortidagi bog‘ichni turtibmi-netib yuborib edi, sirilib yotgan bog‘ich bo‘shalsa-ketsa!
Voh! Shu qorong‘u kechada ular haybatli bir ayvon tagida unga chiqib boriladigan keng taxta zina ro‘ba-ro‘sida turishar, tepada — haligi ikki yoni ochiq keng ayvonning mehrobsimon tokchasida esa yolg‘iz sham yonib turar, uning sirli nuriyu tokcha devorlarining soya-sida ayvon shiftiyu to‘sinlariyu toqilari undanam sirli ko‘rinar, bu yoqda zinadan chiqaverishda kovshandoz, kovshandozning qibla tomonida esa ikki tavaqali o‘ymakorim eshik ko‘zga tashlanar, u nimochiqqa o‘xshardi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:11:32
Akmal garangsib qolgan edi. Ichida hadeb:
— «O‘rda deydi, qaysi boyning tashqisi... shekilli?», — derdi boyagi tasavvuridagi joyga hech o‘xshatolmay. Balki ko‘zi yorug‘ga o‘rganolmay — adashayotgandir? Unday desa...
— Qadamizzi dadilroq tashlayvering, bu zina, — dedi o‘ng tirsagidan tutgan navkar yigit. Akmal cho‘loq ularni navkar deyishni ham, mulozim deyishni ham bilmasdi. Hammasi namat chakmon kiyib, yo‘g‘on qayish kamarmi, naganmi, yana bir balolar taqib olishibdi. Lekin boshlarida do‘ppiyu ustidan shohi qiyiq tang‘ib olganlar. Kasbi boyo‘g‘lidek tunda izg‘ish-u, peshonalarini shohi qiyiq bilan tang‘iganlariga o‘lasizmi! Bu orada u qaerga kelib qolishganini fahmlab olguncha, zina tepasiga chiqib borishdi. So‘ng chapdagi haligi qo‘sh tavaqali eshik ochilib, unga yo‘l berishdi:
— Qani, kira qolsinlar, janoblari. Keldiz.
Ne-ne idoralarning eshigini oyog‘ining uchi bilan tepib kirib yurgan odam... shu eski gulchin eshik oldida tovsillab qolgan edi.
Uni nimaga bu yerga opkelishdi ekan? Opkelganda ham oyog‘ini yerga tekkizmay... avrab keltirishdi. Demak, bekorgamas. Bular Sultonmuroddan ham o‘tadilar shekilli? Yo uning o‘zi sho‘ttamikan?
Jon shirin ekan, yuragi daf’atan o‘ynab ketdi: go‘yo yuragi o‘rnida bir qush boru u jon qushi potirlab-potirlab, porillab-porillab xalqumiga kelar, shunda havo ham yetmay qola boshlar edi. Kallasiga esa bir-biridan xunuk xayollar yopirilib kelmoqda...
«Qaytgani... rost shekilli?.. Avvalgi gal Kattabog‘dan quvib solgan odam endi omon qoldirarmikan?! Hammasidanam anuv gapi qulog‘iga chalingan bo‘lsami, o‘ldim deyaver!»
Oyog‘ining ostidan yer qochgandek, ko‘z oldi tinib ketdi. Haytovur, ikki yonida tirsagidan tutgan tunqorovullar bor, bo‘lmasa, guppa qulab, yo jon achchig‘ida orqasiga urib ketib... qutularmi edi.
Qutulgani, bu so‘roqxonaga kirmay qo‘ya qolgani avloroq edi. Lekin... biron narsa nasha qilganda Azlar tog‘aning o‘ziga o‘zi gapirinadigan odati bor ekan:
— Kir, kiraver, Sultonmurod joningni olgur, muncha taysallading? Nomi-daragidan shuncha titraysan, o‘zini ko‘rsang, nima qilarkansan?! — degani... xushini uchirgan edi.
Tog‘a irshayib, sherigiga tushuntirardi:
— Bu kishim shu holiga uning ojizasiga ishqibozlik qiptilar. Ko‘nglizzi ko‘chasiga qo‘tir jomashshov!..
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:11:44
Ana, xolos! Gap bu yoqda ekan-ku! Nimaga chaqirishibdi, deb o‘tiribdi!
Ostona oshdilar.
Keng, qo‘sh deraza, qo‘sh taxmonli, tokchalari baland-baland toqili uyning to‘rida dor, o‘rtasida esa quchoq yetmas to‘singa osig‘liq fonar chiroq, chiroqning chor-atrofida esa ko‘tarib qo‘yilgan oq bir nima — pashshaxona desa, pashshaxona emas, o‘tov desa, o‘tovmas, ishqilib, oq surp mato ko‘zga chalinar, uning o‘rtasidan tushib kelgan fonar-chiroq takkinasida xontaxtaning uch yonini yolg‘iz-yolg‘iz egallagan sallali-sallasiz kishilar o‘tirishar, chiroq ularning soyalarini yerga qapishtirib, o‘zlarini nurga chulg‘ab tashlagan, bunga sari yuz-boshlari nurlidan nurli ko‘rinar edi. Taqsirlar deyishganicha bor edi. Sallalariyu, mursaklariyu, savlat to‘kib o‘tirishlaridan kirgan odamni sir bosmay iloj yo‘q, faqat to‘rdagi jun chakmonga o‘ralgan anuv qiltiriqqina xumbosh odam... (kim ekan) kaftdekkina yuzlaridan ajabtovur, sariq ipak rangidan ham sariqroq bir nur yog‘iladi. Uning oldida bu mo‘ysafidlar rangparroq, oddiyroq, desa bo‘lar.
Uni ko‘rib hammalari yalt etib qarashdi.
Ko‘z-ko‘zga tushib, Akmal cho‘loq bu ikki sallalini aniq-taniq tanidi: din peshvolari-ku. Biri shu odamning ketida namoz o‘qidimmi, gunohga botib... deb masjidga ham chiqmay, kulbasida yolg‘iz toat-ibodat qilib yotadigan anuv mumsik Qurbon hojim bo‘lsa, ikkinchisi — u ilmsiz deb ataguvchi imomning o‘zginasi edi. Oddiy kunda bir-birini ko‘rolmaydigan ikki odam hozir ro‘parama-ro‘para o‘tirib, unga hazar qilgandek qarab turishar edi.
Faqat unisi — jun chakmonlisi kim bo‘ldi? Xum boshimi, qoshimi — allaqaeri tanish-u, lekin jussasi, nega bunchalar kichik, yo‘qdek? Nima bo‘lgan bu odamga? Yuzidan odam siyohi bor-u, jussasidan juda g‘alati... Qolaversa, anuv shiftga ko‘tarib qo‘yilgan narsa nima?..
Azlar tog‘ami, kim, biqiniga sekin nuqidi.
— Qarz salomingni yeb qo‘yganmisan, nima balo?
U esa ko‘zi ila boshqa odamni izlar, qilg‘iliqni qilib, uni avrab otiga o‘ngarib kelgan valdirvosning o‘zi tugul, qorasi ko‘rinmasdi. Yana qanday topshiriq olib, dab bo‘lgan?
— Mana, taqsirim, opkelishdi... oyog‘ini yerga tekkizmay, — O‘ng yonidagi navkar yigit o‘tirganlardan kimgadir murojaat etib, zo‘r berib to‘nining yengidan tortar va shivirlardi: — Tiz buk, joningdan umiding bo‘lsa...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:11:56
Akmal cho‘loq qaerga opkirilgani va qanday javob berarini to‘la anglab yetmagan edi, dovdiradi, shu dovdiragani ko‘yi kovshandoz qirrasiga tiz buka boshladi. Ammo shu tob u kutgan odam to‘rdagi parda ortidan chiqib kelmayin ham... tokcha tagida chakmonga o‘ralib, kamiga qo‘sha-qo‘sha bolishu yostiqlarga ko‘milgancha mushtdek bo‘lib o‘tirgan (yarimta bo‘lib yarimta emas, bola bo‘lib bola) odam (balki qarib, bola tortib qolgandir?) ajab g‘imirladi:
— Qo‘y, Sa’dulla, rasmiyatchilikni. Bu yer tiz cho‘kib, gunohlar so‘rab olinadigan joy emas. Buning uchun chaqirgan emasbiz.
Asta’firulloh! Ovozi tanishmi? Kim bo‘lsa ekan? Lekin talaffuzimi — nimasi, muloyimdan muloyim, xuddi halim chollarniki kabi edi. Shularning katta-si — shu ekanmi? Shu, to‘ridan go‘ri yaqin odam-a? Unda nega hamma qolib, bu yarimta odam boshlamasiga gap qo‘shmoqda? U bo‘lsa, Sultonmurodnimi — kimni kutmoqda edi. Balki keyin... kirib kelar?
Tanchaning ikki yonini egallagan manavi oq salla, ko‘k do‘ppili taqvodorlar-chi? Nimaga o‘tirishibdi? Kishi ko‘zigami? Kimning yuzini qilib, fatvo berishlarini koshki hech kim bilmasa, g‘art og‘machi- lar — shular-ku.
Shu mahal, qiroati zo‘r-u, ammo o‘zi bidirlabroq gapiradigan, gapirganda har kim ham tushunavermaydigan arab bashara odam — Cho‘lpon ota masjidining imomi tunqorovullarga bir narsalar deb valdiradi. Uning qo‘lu yuz harakatlaridan bir narsa uqmasa, so‘zidan anglash amri-mahol edi.
Ammo unga Azlar tog‘aning ixlosi zo‘r ekan, labiga qarab turib nima deyayotganini uqib oldi va:
— Hozir-da, taqsir. Bajo qilamiz-da, taqsir, — deb shunday kovshandoz labiga yalangqavat ko‘rpacha yozib yubordi.
Cho‘kdilar. Qurbon hojim fotiha qildi.
— Qani, omin, qadam yetdi, balo yetmasin,— yana kimgadir tekkizib qo‘shib qo‘ydi, — hech bandani o‘zi adashtirmasin. Allohu akbar.
Yuzga fotiha tortdilar va tepadagi (boyaqish bo‘-lib boyaqish emas,) yarimta odamdan izn kutib qaradilar.
Boyagi siru salovat bosishlardan hiyla o‘ziga kelib qolgan Akmal cho‘loq uning yuziga tikilib turib, bu majruh odamning shu qadar xotirjamligidan hayron qoldi. U bular kirmasdan oldin qay holatda bo‘lsa, hozir ham o‘shandek edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:12:07
— Taqsirlar, biz sizni bu yerga chorlashimizdan murod, uzr, bemahalda bezovta etdik, bir bandai mo‘’minaning sha’niga aloqador gap o‘tgan. Gapki, uni o‘z nomi ila atasak, birovning pardai ismatdagi ayoliga nisbatan shul vaqtga qadar ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan bir tuhmat, ya’ni ul pokiza ayolga yetisholmaslik orqasida ojizaga malomat, malomatki, suyuqoyoqlikda ayblov sodir bo‘lgan. Ojiza bul gap-so‘zlarga chidolmay, turgan go‘shasini tark etib, Yakkabog‘imizdan bosh olib chiqib ketgan. Biz surishtirib boshlab edik, poyoniga yetgunimizga qadar o‘zi bunday qilib ketibdi, sizlarni shuning hukmiga chorlatganmiz. Toki, Alloh nomidan, uning Kitobi ila ish ko‘rarkanmiz — shariat so‘zi ustivor bo‘lsin, deya sizlarni so‘ratduk. Ana, bir ojizaga nisbatan malomat chohini kavlab, tuhmat olovini yoqqan kishi qarshingizda o‘tiribdi. Biz esa ul ojiza nomidan da’vogarmiz. Siz nima hukm qilgaysiz — jazosi o‘sha bo‘lgay.
Tavba, ovozi o‘sha-o‘sha ediyu, yarimta bo‘lib ko‘rpachayu chakmonga singishib o‘tirishi g‘alati edi. Nahotki bu o‘sha — bir vaqtlargi o‘g‘riboshi bo‘lsa? Akmal cho‘loqning aqli lol, o‘zi karaxt edi. Hozir o‘sha jabrdiydaning og‘zidan tamomila boshqa so‘zlar chiqmoqda, so‘ksa-netsa, pastkashdan olib, pastkashga solsa, chapanichasiga haqoratlar yog‘dirsa, chidasa mumkin edi, ammo mana bu bosiq-xotirjam so‘zlariga chidab bo‘lmas edi. Nima rost — shu rost. Salomxon kennoynikida paydo bo‘lgan anavi kelinchakka iqi tushgani, suykalib borgani, jiyanining qavatiga tortib, unga yetishmoq pa-yida yurganlari, kechasilari uyqusi qochib ketib, o‘sha xonadon atrofida girdikapalak bo‘lganlari — barcha-barchasi rost. Ammo u Sultonmurodga tegishli ekanini bilgan bo‘lsa o‘lsin agar. Bilganida, kech bo‘lgan edi. Bo‘yida bo‘pqopti, degan gap chiqib ketib bo‘lgan edi.
Qurbon hoji qon talashgandek o‘ng betidagi norini qashlab, tomoq qirdi (u g‘ayri tabiiy, qora soqol ostidan ajabtovur ko‘rinar edi).
— Kimning ojizasi, dedingiz?
Da’vogar dabdurustdan aytolmay, aylantirib aytdi:
— Taniysiz, taqsirim. Tepaning pastida turishadi. Hakimbek amakining nokzori qarshisida. Yangi qo‘shnilar.
Hoji ro‘parasidagi imomga qaradi:
— Kim? Saynab domlamdan o‘tgandami?
— Bor-bor, o‘tganda yangi xonadonlar bor. Xudoyiga borganimiz bor. Nusrat xo‘jakalarga qarashli, — dedi qotma imom qayta qo‘ndoqdek cho‘kkalab.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:12:18
— O‘shalarga tegishli kelin, — dedi o‘zini da’vogar sanayotgan yarimta odam — bularning valene’mati.
Qurbon hoji — yuzini soqol bosgan (o‘zi ham naq ko‘ksiga tushar), ustiga-ustak suyagi yo‘g‘on basavlat odam emasmi, chordana qurib, hurpayib o‘tirar, o‘sib, yelkasiga tushgan sochlaridan ham burun chaqchaygan ukki ko‘zlaridan qo‘rqqulik edi. Akmal cho‘loq tojik domla deb nom chiqargan bu xonanishin odamni ayni tush qizig‘ida bir-ikki Izza yo‘lida tuyqus uchratib, otiyu o‘zi bir xurkkanicha bor. Uzun oq ko‘ylagu ishtonini xalviratib, bir devday odam kelaversa, es-pesi chiqib ketibdi. Oti ham tisarilib, kishnab yuborib edi. Bu esa, uning betiga qarab ham qo‘ymay o‘tib ketaverdi. Shu-shu nomini eshitsa, etiga titroq kiradi. Kelib-kelib ishi shunga tushibdi. Yana bunday ahvolda!..
Sochli domla tomoq qirdi. Ovozi ham allaqanday guldiragan, qiroatluv edi:
— El-yurt buning kimligini biladi-ku, hukm chikora?! — dedi u.
— Chikora-chikora, — deb tasdiqladi bidirlagan imom ham.
Bir burda odam xumday boshini to‘lg‘adi:
— Azizlar, azizlar. Uni biz ham bilamiz. Biz sizdan shariat hukmini so‘rayotirmiz. Toki gunohiga yarasha odil jazosini olsin va biz ham ertaga tongla mahsharda Tangri taolo huzurida zulmkor suvratida turib qolmaylik. Maymun1 qiyofasida tirilmaylik. Usiz ham gunohlarimiz ko‘p.
— Hukm, — dedi o‘sha-o‘sha beso‘naqay kaftiga yo‘talib, tomoq qirib,sochli domla, — shariat hukmi ma’lum bu toifaga. Ayniqsa, birovning pardai ismatdagi qizi yoxud ayoliga tuhmat etgan kishiga sakson darra urilgay, kam ham emas, ko‘p ham.
— Shunday, shunday. Shariat buyurgani shu. Taqsirim, adashmadilar, — deb bidirladi imom va Qur’ondan oyat o‘qidi.
— Demak, bu kishimga ham?.. — dedi qaddini zo‘r-bazo‘r ko‘tarib yarimta odam. U birovning yordamisiz o‘rnidan turolmasa ham kerak edi. Harqalay, shunday taassurot qoldirardi. Ammo uning hukm yuritishi, quvvayi hofizasi hayron qolarli tiniq ham aniq edi, tavba.
Sochli domlaning yelkasi bilan bitta sochlari to‘l-g‘andi:
— Bu shariatning o‘zgarmas hukmi. Qiyomatga dovur ketadigan. Ammo u kuchga kirmog‘i uchun da’vogar kerak, jabrlanuvchini eshitmoq lozim. Usiz hukm — hukm emas, — dedi u kesib-kesib.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:12:29
Akmal cho‘loqqa jon bitib, iqi suyib, domlaga ko‘z tashladi: ajabki, uning yuzi nurligina, o‘zi binoyidek odam edi. Xayolidan kechdi: boshiga qilich kelsa-da, to‘g‘risini so‘zlaguvchi emish.
 Yarimta odamning ayollarnikidek nozik ham oq qo‘li xontaxta ustida ko‘rindi.
— O‘zizga ma’lum sabablarga ko‘ra, jabrlanuvchi Yakkabog‘dan bosh olib chiqib ketib ulguribdi. Lekin biz bir marta surishtirgan joyimiz bor. Shu bois da’vogarlikni zimmamizga olib turibmiz. Qolaversa, Salompa borlar. biz u kishini bilamiz-ishonamiz va ular tarafdan da’vogar bo‘lib turibmiz.
Yelkani qoplagan soch, norozi to‘lg‘andi:
— Biz eshitmaduk. Eshitmagan odam bir nima demog‘i qiyin.
— Shunday-shunday. Biz borimizda chaqirmog‘ingiz lozim edi, — dedi imom ham.
— Bemahalda ayol kishini chaqirib keltirish — o‘ng‘aysiz. Tushunarsizlar, deb o‘ylayman,— dedi to‘r-dagi odam.— O‘zidan so‘rasangiz, inkor etolsa — etsin.
Shu barobar birov uning biqiniga nuqidi. Qarasa, Azlar tog‘a. Kamiga qulog‘iga shipshir edi:
— Odamni uyat-malomatlarga qoldirmay gapir. Seni deb... bo‘lgani rostmi shu gaplar?
— Zo‘rlamang, tog‘a. Belda belbog‘i bo‘lsa, aytadi rostini, qistamasangiz ham, — dedi kutilmaganda bularning valene’mati, o‘sha sharti ketib, parti qolgan odam. Yana uning xontaxlit so‘roqlariga o‘lasanmi!..
— O‘z og‘zi bilan aytsin, gunohini bo‘yniga olib,— bidirladi imom buning betiga qarashni ham o‘ziga or bilib. Ana, pokdomonlik! Hammalari alag‘da — u nima derkin deb. Yolg‘iz sochli domla hurpayib o‘tiribdi. Hamon o‘z fikrida sobit. Hatto ko‘z qirini ham tashlab qo‘ymaydi. Unga osmondan tushgan anuv kitobning aytgani muhim, o‘sha — qonun. So‘zi so‘ziga, sharti shartiga to‘g‘ri kelishi kerak. Likillamaydi mana bunisiga o‘xshab. O‘ldirsa ham shunday bir so‘zlilar o‘l-dirgani...
Akmal cho‘loqni birdan vahm bosdi. Gunohi aniq, suykalib borgani rost. Lekin bunchalik og‘ir gunohga bosh suqayotgani tushiga ham kirmagan bo‘lsa-chi, jazolayveradilarmi? Bilib turib qilgan bilan, bilmay qilganning farqi bordir, axir? Bular bilmasa, Xudo bor-ku, biladi-ku. O‘zi asrar manavi johil, muta-assib bandalaridan?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:12:42
— Nima qilib qo‘yganini o‘zi bilmaydi shekil, bu Xudo bexabar, — dedi imom ko‘k do‘ppisini boshida aylantirib qo‘yib va ham bilag‘onlik qilib.
— Nega bilmaydi, baloni biladi bu enag‘ar, — deb so‘z qo‘shdi Azlar tog‘a irshayib: uning do‘st-dushmanligini ajratib bo‘lmay qolgan edi.
— Bilsa, allaqachon yer o‘pib, kechirim so‘rashi keragiydi-ku, — dedi imom.
Sochli domla imomga o‘tli nigohini tashlab, norozilik bildirdi:
— Bizga uning tavbasi nega kerak? Tavbani Allohga qiladi. Kechirguvchi ham O‘zi, jazo berguvchi ham O‘zi. Biz kim bo‘pmiz?! — dedi ovozi guldirab.
Akmal cho‘loqning nazarida allaqayoqdan kun chiqib kelayotgandek, hozir unga javob bergizib yuborishadigandek edi: zo‘r ekan-ku, bu sochli domla deganlari! Qolaversa, nega hamma unga yopishib qoldi? Kecha unisi, bugun bular? Agar hammalari adolat taraf bo‘lsalar nega undan so‘ramayaptilar? Kecha seni kim hafa qildi, g‘assolni taxtasiga tortib ketdi deb? Qozilik shularga qolgan bo‘lsa, nega u nobakorni topib keltirmaydilar? Mana bu yerda tikka qilmaydilar?
Shu asno baland kelmoqchi bo‘ldi:
— Olamni buzgan karnaychiyu baloga qolgan surnaychimi? Menga kechagisi ham yetib ortadi, — dedi to‘rsayib, kamiga qo‘shdi, — sen boyaqishni kim o‘sha alpozga soldi, demayapsizlar-ku. Qozi bo‘lsanglar, baravar odil bo‘linglar-da.
— Nima gap, darvoqe? Nega biz bexabarmiz? — deb sheriklariga alangladi sochli domla.
Kulishni ham, kulmasini ham bilmay, kechagi voqeani tushuntirgan bo‘lishdi.
— Qotirib ketibdi-ku, azamat. Hech kimning tushiga kirmaydigan tarzda. E, jiyan, o‘lganlarimiz yaxshi bu kunimizdan, — deb chistonga olib, yarasiga tuz sepdi Azlar tog‘a.
— U shovvozniyam chaqirtirmabsizlar-da shu yerga. Toza bo‘lardi hangoma! — deb kuldi navkar yigit, o‘sha Sa’dulla deganlari.
— Kerak bo‘lsa chaqirtiramiz ham, — dedi bularning valene’mati, — ammo bu kishining foydalariga bo‘lmaydimi, deb qo‘rqaman. Qolaversa, shunaqa bejo harakatlarizzi evaziga olgansiz sazoyu jazoni.
— Men e’tiroz bildiraman, — dedi kutilmaganida Akmal cho‘loq «somon parchasi»ga yopishib, — sizkim, adolatli qozi bo‘lsangiz, ayting: kishi gunohiga necha qayta jazolanmog‘i mumkin? Shariatda bormi shu?
— Yo‘q, — dedi sochli domla turqini buzmay, — bir jinoyat yolg‘iz jazoni taqozo etadi, ortig‘i ortiq.
— Menga ham kechagisi bir umrga yetadi, — dedi Akmal cho‘loq. U nazarida adolat tarozusini o‘z tarafiga og‘dirolgandek edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:12:54
Uy ichida birdan g‘ovur qo‘pib, kim hayratini, kim nafratini yashirolmay qoldi. Shu asno valene’mat atalmish haligi odam xontaxtaga shappalab:
— Shoshmang, taqsirlar, — dedi va shu bir og‘iz so‘zi ila hammani tinchlantira oldi. — Bizning bu kishiga savolimiz bor: marhamat etib aytsinlar. Yo behuda chaqirilgan, deb o‘ylayotirlarmi?
Akmal cho‘loq noiloj qoldi:
— Yo‘q.
U yana ajab bir bamaylixotirlik bilan davom etdi:
— Demak, o‘zingizni oq-oppoq deb ham bilmagaysiz?
— Yo‘q.
— Yaxshi. Endi bizga ayting-chi, — dedi u yana, — o‘z qizingiz yo jufti halolingizni o‘sha mushfiqaning o‘rniga qo‘yib ko‘rganmisiz hech?
U bo‘lak javob topa olmadi:
— Yo‘q.
— Uning otasi yoxud jufti haloli o‘rniga-chi? — dedi u.
Akmal cho‘loqning boshi tag‘in-da, tushib ketdi.
— Xo‘p, mayli, adashibsiz,— dedi u o‘sha-o‘sha sokin xotirjamlik ila,— bilmay, gunoh ko‘chasiga kiribsiz. Lekin shular uchun bir kun kelib so‘ralishingizni, Bosh qoziga ro‘baro‘ bo‘lishingizni bilmaysizmi?
— Kimga?! — dedi Akmal cho‘loq tushunolmay.
Yarimta odamning yupqa labiyu oftob ko‘rmagan yuzida achinish alomatlari zohir bo‘ldi:
— Demak... demak, Bosh qozi mavjudligidan tamom bexabarsiz?
— U kim, qaerda?
Cho‘kkalab olgan imomning ham yuzlari allaqanday qorayib ketgan, sochli domlaning esa boshlari tushib ketgan edi. O‘rtaga cho‘kkan sovuq jimlikni o‘sha yarimta odamning o‘zi buzdi:
— Taqsirlar, kechirasizlar, bu javobdan keyin mening yig‘lagisim keladir. O‘zini hoynahoy musulmon sanab yurgan bir odam erta birisi kun o‘larini, shu o‘lgancha nomai a’moli berkilib, qiyomatda tirilarini, Mahshargohda esa hamma qatori Bosh qoziga ro‘baro‘ bo‘larini unutgan. Barcha qilmishlari uchun javob beradigan kun borligini hech kim esiga solmagan. Biz qanday qilib uni hukm eta olamiz? Uni Ollohning o‘ziga havola etmakdan bo‘lak qanday choramiz bor?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:13:08
— Bor, — dedi kutilmaganda ovozi guldirab sochli domla, — Ollohning Kitobi ila hukm etamiz. Pokiza bir mo‘’minaga tuhmat qilgani uchun sakson darra urmoq joiz. Ana shunda Ollohni taniydi, — dedi u.
— Shariat ustivorligi uchun ham joiz, — deb bidirladi imom.
— Isboti-chi? — deb yubordi jon achchig‘ida Akmal cho‘loq turib ketgudek bo‘lib. Nazarida, hoziroq opchiqib, darra ostiga yotqizishadigandek edi.
— Yuzlashtirilur, — dedi imom.
— Topib kelsinlar, o‘sha da’vogarni, — deb yul-qindi Akmal cho‘loq. U endi esini ham yo‘qotayozgan edi.
— Yaxshi, — dedi kutilmaganda to‘rdagi haligi chakmonga o‘ralib, yostiqlarga ko‘milib o‘tirgan bedavo kimsa, kaftini xontaxtadan tushirib. Tizzasiga oldimi desa, tizzasi chakmon barlari ostida bilinib-bilinmas edi. Shunaqa kichkina tortib ketibdi, — Tan olmasa, olmay tursin. Hech kim zo‘rlab tan oldirmoqchi emas. Lekin gunohini, hukmini bildirib qo‘ymoqdamiz. To‘g‘ri yursa — yurdi, bo‘lmasa, qaltis qadam bosgan kuni oyog‘ini yerga tekkizmay bir karra tutib keltirmog‘imiz va shu kungi hukmni ijro etmog‘imiz ta-yin. Qolaversa, ul ojizaning xasmi, pushti panohi Sultonmurod qaytmoqda degan gaplar bor. Jazoni o‘ziga qoldiramiz.
Akmal cho‘loqning boshidan olov chiqib ketdi.
— Sulton? Qachon, qaerdan? — deb yubordi o‘zi bilmagan holda.
U tiz cho‘kib o‘tirgan joyidan sapchib ketganmidi, boshqami, vujudini bir yomon, to‘xtatib bo‘lmas titroq bosib kelmoqda edi.
Unga hech kim javob bermadi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:13:32
6. MOSHAALLOH!

— Shoshmang, shu yerda to‘xtang, Saida,— dedim sab-rim chidamay. Men bir narsalarni anglagandek, o‘sha Adolatpeshaniyu uning Bonusini tanigandek edim; bu anuv ko‘hlik juvon — erining gunohini so‘rab kelgan poshsha kelin emasmi axir? Va shosha-pisha o‘rnimdan tura boshladim:
— Oyim yotib qolmadilarmikan?
— Voy, adasi, allamahal bo‘lib ketdi-ku. — dedi xotinim
— Shuncha voqealar o‘tib, oyim bilmaydilarmi! Bilishlari kerak. So‘rab borgan u juvonni ham, erini ham! — deb uydan chiqaverdim.
Chiqsam... oyimning uylarida chiroqlari yonuq. Ba’zan shunaqa yarim kechalarda turib ko‘zoynakni qiyshiqroq taqqancha, otinoyilaridan qolgan Qur’onni hij o‘tirguvchi edilar. Hozir ham... borib qarasam, o‘sha kitobga chippa yopishib o‘tiribdilar. Men esam, eshikni ocharimni ham, qaytib ketarimni ham bilmasdim. Ochay desam, chalg‘itishdan xijolatdaman, ochmay desam, ichim g‘urmishlab yotibdi. Nahot o‘sha yarimta odam o‘zi qolib — birovlarning tashvishi bilan yashay olsa? Buning ustiga Sultonmurod akamning nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa?! Muddaosi nima? Jilla qursa, oyim bilsalar kerak bu tarixlarni?
Nogoh qayrilaturib, oyog‘im ostonadagi jomga tegib ketdi. U esa daranglab zinaga, undan hovliga tushib, dumalab ketdiyu bir yerga yetganda o‘nglanib, lapanglay-lapanglay tindi. Tingani ham bor bo‘lsin, shovqini yetti mahallani tutgan edi.
Ichkaridan oyimning ovozlari chiqdi:
— Kim, kelinposhsha?
— Men, oyi, — deb ovoz berib kirib bordim. — Yotganiz yo‘qmidi?
— Kel, tinchlikmi? — deb u kishi ko‘zoynaklarini olib, kitob betini yopdilar.
Men ko‘rpacha ustiga tiz bukdim.
— Esingizdami, oyi, Sultonmurod qaytibdi, falonchini unday qipti, pistonchini bunday qipti, degan gaplar chiqqan-u, ammo o‘zi qorasini ham ko‘rsatmab edi? — dedim.
Oyim kitobni jildiga sola turib, ilkis qaradilar, qo‘llari jild ichida qotdi:
— Nima, chindan o‘zi ekanmi?
— Qayoqda! Tamomi boshqa birov, aytsam ishonmaysiz, — dedim hamon hayratimni ichimga sig‘dirolmay.
— Qo‘y-e, shunga ishonib o‘tiribsanmi? Kim yurak yutib u ishlarga bosh qo‘sharkan, — deya o‘tirgan joylaridan uzalib, jildni tokchaga qo‘ydilar.
— Esingizdami, bir ko‘hlik juvon erining gunohini so‘rab kelib edi, eski uyimizda?
— Qachon? — Oyim xotirlay olmay, yuzimga tikildilar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:13:42
— Akam shu yerdaligida. Bahriddin oshnasining qotillarini topib, jazosini berib yurgan kezlari.
— Parpini aytasanmi? Uning xotinidan bo‘lak kim kepti?
— O‘sha-o‘sha, otning qashqasiday tanish o‘g‘ri. Topdiz, oyi.
— Yo‘g‘-e, yarimta holiga-ya? Akang uni qay holga solib, Bahriddinning janozasiga olib borganini ko‘rmaganmisan?
— Ko‘rganman, — dedim men.
— Qaytib, qanday odam bo‘pqopti? Asta’firullohil azim, qayoqdagi gapni gapirasan? — Oyim ko‘ksilariga tuf-tuflab qo‘ydilar.
— Shuni ayting, hamma Sultonmurod qaytibdi, deb o‘tirsa, u ekan...
— Sen qaydan bila qolding? Uyga kirib o‘tirib qolgan, deb eshitardik-ku uni.
— Yana nima deb eshitar edingiz, oyi? Qaerda turishardi? — Men sandalga ko‘ksimni berib, qistay boshladim. Keyin kirib kelgan Saida ham bu gaplardan esi og‘ibroq bir chekkaga cho‘kdi.
— Qaerda bo‘lardi, o‘sha tepaning ortidagi ko‘cha ichida-da. O‘rikzorga yetmasdan edimikan. Lekin birov o‘shandan beri ostona hatlab, ko‘chaga chiqqanini ko‘rgan emas, bolam. Hatto mushtipar onasi qazo qilganda ham bel bog‘lab turolmagan, holi ma’lum-ku. Faqat eshik-derazalariga parda tortig‘liq bir chillaxonaga o‘xshagan uyda kitob ko‘rib o‘tiradi emush.
— Qanaqa kitob, balki Qur’ondir? — dedim tusmollarim to‘g‘ri chiqayotganidan hovliqib.
— Balkim. Shayxim qori aka kelib, ibodatga tushirib ketipti, savobga qopti, degan gapni ham eshitganmiz. Qiyin-qiyin — o‘sha ko‘hlik xotiniga qiyin bo‘lgan. Ayol boshi bilan o‘sha yarimta erni shuncha yil oq yuvib-oq tarab kelyapti.
— Keyin-chi, oyi, keyin nima bo‘lgan?
— Nima keyin?
— Zilziladan keyin-da, qayoqqa ko‘chishgan?
— Qurbaqaobodga bo‘lsa kerak, — oyim yaxshi eslay olmay yuzlarini siypab qo‘ydilar, keyin xotirlab qolib, tushuntirdilar, — Ha, darvoqe, ko‘chishga qudrati yetmay do‘mga chiqqanakan, eski oshnalari eshitib, uchastkasini bitirib berishganmush. Ko‘chganmi-ko‘chmaganmi, bilolmadim.
— Ko‘chgan bo‘lsa, qaerda bo‘ladiyu, ko‘chmagan bo‘lsa qaerda, oyi? — dedim ichim yorishib kelib. Men uning izini topgandek, topayotgandek edim.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:13:53
— Bilmadim, bolam. O‘tirib qolgan odam ertasini o‘ylasa, uchastkaga ketsa kerak. Do‘m yoqib qolmagandur. Sen yaxshisi pochchadan so‘ra, bilishlari kerak. Hammalari o‘sha tomonga ko‘chishdi-ku.
— Yaxshi aytdiz, surishtirib ko‘raman, — dedim-u, boshqa yangilikni — o‘sha yarimta odam Mahfuz kennoyimni chaqirtirib, ba’zi narsalarni surishtirganiyu akamning ayolini o‘z himoyasiga olmoqchi bo‘lganlarini aytolmay turibman. Yo o‘zlari bilarmikanlar?
Tepamizdagi chiroq hamma yotib bo‘lgan bir kechada yana ham yorug‘ tortib, oppoq nurini ayamay sochar, jimjit kechada nur o‘lchagichmi, nimadir shig‘illab aylanar edi. Tashqarida esa, uyqu bilmas ko‘klam shamoli huvillab, bo‘g‘otlarga urilar, hovlidagi yalang‘och shotutlaru gilos tuplarini chayqatib, o‘pib o‘tar edi.
— U kishi bir sira bizga-da hamiyat qilmoqchi bo‘lgan ekan, Mahfuz kennoyim shu yerdaligida, eshitganmisiz?
Oyim bosh to‘lg‘adilar:
— Xabarim yo‘q. Lekin anuv baloginaga yo‘liqqur Akmal cho‘loq tirg‘alib yurgan kezlari shunga o‘xshash bir voqealar bo‘lganmidikan?
— Eslang, oyi, eslang, o‘sha qanday voqea edi? — dedim qistab.
— Kimdirmi, kimlardirmi juvonnimargning o‘zini Tepamasjidning tovutxonasiga qamab ketgandi. Men akangni yigitlarimi, deb o‘tirardim. Shuncha voqealar o‘tib bizga miq etib qo‘ymagan kennoying o‘sha kezda... shaharga tushib chiqaman, deb yo‘q bo‘lib qolib edi-da, bolam.
Oyim shu gaplarni aytayaptilar-u, men ichim toshib o‘tirgancha goh Saidaga im qoqib, goh aytavuraymi, deb shivirlayman. U bo‘lsa, bir menga, bir oyimlarga qarab, yelka qisadi.
Axiyri o‘zlari sezib qoldilar:
— Ha, Maqsudxo‘jam, nima gap? Nimani aytolmay turibsizlar?
— Rost, aytolmay o‘tiribman, — dedim yorilib, — suyunchi bering, o‘sha keliniz topildi!
— Moshaalloh! Qaerda ekan? — dedilar oyim bir yerga yetib. — Otasining yurtiga o‘tib ketgan ekanmi?
— Yo‘q, oyi, shu yerda, qo‘l uzatsa yetgudek joyda ekan! Ishonasizmi?
— Qanday? Kimni qora tortib borib qolibdi?
— Akamning hov bir oshnasi bo‘lardi, pochchanikida turganda topishgan, Chaman degan...
— Anavinda senga xat tashlab ketganmi?
— Ha, o‘sha. O‘shanikiga borib, turib qolgan ekan.
— Uni qaydan bilibdi? Qanday topib boribdi?
— Bilmasam, — dedim hammasini aytib, yuraklarini yorib yuborgim kelmay, — Qolaversa, anuv kungi bolakay — shirintoy uning o‘g‘li edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:14:03
— Voy, o‘lmasam! — dedilar oyim yuzlarini kaftlari orasiga olib. — O‘g‘li deysanmi?
— Ha, oyi, ularnikida boloxonada turishadi ekan.
— Akang Sultonmurod... biladimi shularni?
— Bilmadim, oyi, bilmadim, — dedim u xo‘rlikmi, nima, menga ham yuqa boshlab.
— Oshnasi-chi? — dedilar anchadan keyin o‘zlarini hiyla bosib olib, — xatida nima debdi ekan?
— Akamning daragini topganmish, shunga jo‘nab ketibdi ekan, — dedim bo‘shashibroq.
— Voy, qancha bo‘ldi-ku?! Kelmadimi haliyam?
Men yerga qaradim: ichimda nimagayam aytdim, deb afsus chekardim:
— O‘sha ketgancha ketib boryapti.
— Ilohim, yaxshi xabarlar bilan kelsin bu yoqda Mahfuz kelinuvzaning daragi chiqqan bir kezda. Ilo-oy, O‘zing shularga ham xotirjamlik ato eta qolgin. Tup qo‘yib, palak yozishlariga imkon bera qolgin.
U kishi duo qilyaptilar-u, men kaft ochgancha ignaning ustida o‘tiribman. Duo yaxshi. Lekin u yog‘ini so‘rab qolsalar-chi, nima deyman?
Nihoyat, turdik. Ular ham mamnun edilar, biz ham.
Yaxshiyam u kishi o‘zi qaerda, deb so‘rab qolmadilar.
Yaxshiyam: shoshma, jujug‘i-chi, jujug‘i qaerda, nega sen olib kelgan joyda yana olib ketishdi, demadilar.
Yaxshiyam Olim o‘zi nimaga kepti, u qaerdan paydo bo‘lib qoldi? Akasi Sultonmurodning qaerdaliginiyu mana bu to‘zib qolgan oilasini bilmaydimi, deb qolmadilar.
Yaxshiyam sen o‘zing qanaqa jigarsan, shunday gazetalarda ishlab Tangritog‘dek bir yurtlarga chiqolmasang, akaginangning daragini o‘zing izlamasang, seni kim aytadi Ulug‘xo‘jaboylar avlodidan deb, past-balandni tushungan deb! O‘zingga en bo‘lolmaysanu bosh-qaga qanday yeng bo‘lasan, deb qolmadilar.
Shunday deganlarida, miq etib og‘iz ocha olarmidim?
Yaxshiyam bu gaplarni keyinga qoldirdilar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:14:37
7. OSHIYONIDAN AYRILGAN QUSHLAR

1


O‘z uying — o‘lan to‘shaging. Saharga yaqin yotib ham bir mizg‘ib olsang olam-jahon orom topib, tiniqib turasan. Sa’valarmi, sariq yoxud qizilbosh jimit qushchalarmi, biri olib, biri qo‘yib, derazamiz ortidagi ko‘ksulton tepasida (balki o‘rikdadir) chiv-chivlab chuldirishar, men tepamga ko‘chib kelgan qushlar bozoridan uyg‘onib ketgan edim.
Voh, ko‘klam nafasi bu mitti qushchalarning barini mast etib, daraxtlarning oftob ingan shoxchala- ri — qir uchiga o‘tkazib ulguribdimi! Ular qorin g‘amini tamom unutib, bir-birlariga roz aytisharmidi, sayrab-quvnasharmidi yoxud ko‘klamga yetkazgan Allohga o‘z tillarida tasbehotu hamd aytisharmidi, ajratib bo‘lmasdi. (Balki har ikkisi hamdir). Olam shunchalar munavvar, chah-chahlarga to‘la ediki, daf’atan qay oshyondamiz — eski hovlimizdami, yangisidami, anglay olmay qolgan edim.
Turib, azza-bazza ko‘chaga boqdim. Yangisida ekanmiz. Oftob ko‘ksultonning yarmiga qadar tushib qolganiga qaramay hali bolakaylar uy-uylaridan chiqib, g‘o‘ra qoqishga tushishmagan edi. Tushishsami, bu jimit qushchalar qayga ham qochishar ekan?! Ungacha yayrab olmoqda edilar. Faqat darvozamiz tagida yilt yangi— qora olxo‘ridan ham qoraroq bir mashina turibdi. Men uning orqa yarminigina ko‘rdim xolos. Olam shunday go‘zal va shodumon, ruhim ham shunday tiniq va yengil ediki, qanot chiqarib uchib ketsam-da mumkin edi. Hatto mashina kimniki ekanini o‘ylab qo‘yish xayolimga kelmasdi.
Yuvinib-taranib kelib, salom bergani oyimlarning oldilariga kirsam, voh, kim o‘tiribdi deng?! Bir vaqtlar akamning Bo‘zsuvdagi qarorgohiga osmondan oyog‘ini uzatib tushganlar alam-achchiq ustida ushlab ketgan kichkina akam — Olim akam o‘tiribdi!
— Ie, o‘zizmi? Voy, sizni, — deya bir ko‘rinib yo‘qolib qolgan xolavachchamni quchoqlab oldim. — Xabar bermaganizzi qarang!
Eshikning tagidagi yilt yangi g‘irotni ko‘rib ham(!) payqamaganimni qarang!
— Ey, mirzo, seni ham tutar kun, topar vaqt bor ekan-ku! — deb Olim akam ham kuraklarimni silar, quchog‘idan qo‘yib yubormas edi. So‘zlari bir samimiy, ichining tub-tubidan otilib chiqmoqda edi. Tavba, u ham samimiy bo‘la olar ekan-a! Jigarlarning qadri endi bilinibdimi?! Qolaversa, men uning quchog‘ida o‘zimni jimit bolakaydek his etar, yo‘q bo‘lib ketgandek edim. U bo‘lsa, o‘sha qiltiriq Olim akam bo‘lsa, yillar o‘tib, Sultonmurod akamdek norg‘ul tortib ketgan, katta kishi nusxi urib tog‘alarimizga o‘xshab qolgan, hammadan ham burun undan bir turlik — eng yaqin jigarlarning hidi ufurib, men dovdirab qolgan edim.
— Nechuk-nechuk, qarang, qanday yarashib turibdi.
— Mana, izlay-izlay, surishtira-surishtira... topib keldim — dedi u ham to‘liqib.
— Shunaqa, zilzilalar «sharofati» bilan sochilib ketdik har yoqlarga.
— Tag‘inam tariqday sochvormabdi, do‘mlarga chiqarvorsa, nima qilardingiz? Bizga o‘xshaganlar qaysi toshqo‘rg‘onning qaysi katalagidan topardi?! Bir parcha bo‘lsa ham hovli-joy nasib etibdi-ku. Uzoqqa tushmabsizlar-ku tug‘ilib o‘sgan diyorlarimizdan.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:14:48
Ich-ichimdan hayratga tushaman: shu Olim akammi, a? O‘sha jigarimizmi, a? Odam shunchalar o‘zgarib keta olar ekanmi? Yo bular hammasi vaqtincha, sinashta bo‘lib ketgunchami? Unday desam, oyim ham chippa-chin ishonib, mutaassirlanib o‘tiriptilar. Ro‘mollarining uchini damba-dam mijjalariga bosib, bizga qarab-qarab qo‘yayaptilar. Kamiga shivirlab duolar qilyaptilar: Iloy, hech kimni bizchalik uzilishtirmagin deb.
O‘tirdik. Oyim duo qildilar.
— Ilohim, ot aylanib qozig‘ini topgani rost bo‘laqolsin. Akaginang ham qaytib, bag‘irlaring to‘laqolsin, o‘z diyorlaringda otalaringni chirog‘ini yoqib o‘tiradirgan kunlar ham kelaqolsin. Qanday odamlarning farzandi edingiz — Olloh Sizlarga ham bir qo‘nim beraqolsin. O‘zi to‘zim ato etsin. Omin.
— Ollohu akbar, — deya yuzlarimizga fotiha tortdik. Nazarimizda oyimning duolariga hamma xolalarimu tog‘alarim qo‘shilishib turgandek edilar. O‘zimni bir yengil his etardim, bir yengil his etardim...
Suhbatimizga o‘z-o‘zidan fayz kirib, mehrlarimiz iyib kelmoqda edi.
— O‘shandan beri qo‘ng‘irog‘ingni kutaman, daraging yo‘q, mirzo,— dedi Olim akam gina qilib, ginasi sa-mimiy ham beg‘ubor edi.— Axiyri o‘zim kelaverdim.
— Undan gina yo‘q, akasi, ishiga tuzukroq joylashib olsin, bormay qayoqqa boradi. Borsa-kelsa, oqibat ulanadi-da, — deb jonimga oro kirdilar oyim.
— Uzr, chindan alahsib ketibman, xizmatchilik, — deb uzrimni qalashtirdim. Ammo keyingi voqealardan (kennoyimning topilishiyu Yodgorni bexavotirroq joyga olib ketishlari, Chaman akamning omonati, hali u yoqqa o‘tishim zarurligidan) og‘iz ochmadim. (Ochganimda ham nima derdim, unga aytadigan gaplarmi?!)
Olim akam siporishladi:
— Yolg‘izlik Allohga yarashadi, bu dunyoda hamma bir-biriga suyanib yashaydi, derdilar adam rahmatli, endi bilinyapti, — Olim akamning ovozida allaqanday mahzunlik bor edi. (Aytmoqchi, u o‘shanda yolg‘izman, devdi).
Men choy uzatib, dasturxonga qistadim. Oyim esa hech narsadan xabarlari yo‘q, astoydil ginaxonlik qilar edilar:
— Bir yo‘la kelinni, bolalarni opkelavurmabsan-da, tanishib olishardi. Sizlar kelardinglar, bular borishardi. Bu dunyoning ziynati shu-da.
Olim akamning tomog‘iga o‘ksuqqa o‘xshash bir narsa kelib-tiqilib, chuqur tin oldi:
— Ey, xola-ya! Mening bu yurishim, bu savlatlarimga ishonmang, — dedi chapanilarcha qo‘l silkib, — xizmatchilik deb yuraveribmiz yurtma-yurt, buyurgan mamlakatiga ko‘chib. Ko‘ch ham nima — ikkita jomadonu sariq xotinning sariq-suruq bolalari! Hammasini samolyotga o‘tkazib, chiqqan shahriga jo‘natvorganman, xola. U befotiha, benikoh orttirganlarimni. Yurganakanmiz bizam musulmonmiz deb...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:15:02
Oyim yuzlarini ushlagancha, tillarini tishlab qoldilar, o‘rtaga hech gap sig‘maydigan bir jimlik cho‘kkan edi. Axiyri o‘zlari yumshatdilar:
— Voy, xolang aylansin, shunday ekan, ha, kelavurmaysanmi? Sig‘magan joyingmi?
Olim akam xijolatomuz jilmaydi:
— Unchalik deb tushunmang, xola. Judayam ko‘chada qolganim yo‘q. Ishxonam, og‘aynilar bir xonali uy to‘g‘rilatib berishdi. O‘shatdaman.
Oyim ko‘nmadilar:
— Baribir-da. Erkak kishining yotari bor, turari bor. Qolaversa, sochingga oq oralaganda salti-svoy yurishing yaxshimi! Haliyam bo‘lsa, kel. Qancha uylar huvillab yotibdi.
— Himmatizga rahmat, xolajon. Hali hamma narsadan voz kechib, tarki dunyo qilib qo‘yganimcha yo‘q. Niyatlarim katta, — dedi u gapni yarim hazil-yarim chinga burib.
— Ha-a, ana endi esing kiribdi, — dedilar oyim ayab o‘tirmay. — Shariatni nimaga chiqargan?! Ko‘chadan topgan-xotun bo‘lmas, xotun bo‘lsayam-zotun bilmas, deganlar. Tag‘in sen kimlarning farzandisan-a! Vaqtida qutulibsan. Hay-hay, falokating aribdi. Haliyam kechamas. Topilar o‘zingga yarashasi. Olloh rozi bo‘ladirgan turmush qaydayu halol-haromni ajratmaydigani qayda! O‘zim bosh bo‘lib topganim bo‘lsin.
Olim akam xijolatlarga botib qizarindi, to‘lg‘ondi, axiyri «hay-hay»lashga tushdi.
— Hay-hay, xolajon. Indamasam, to‘yni ham boshlab yuborasiz shekilli, — dedi hazilga yo‘yib.
Oyim bo‘sh kelmadilar:
— O‘zing pushmondamasmisan, ishqilib?
— Nimadan, xola?
— O‘sha sarig‘-moshagingni jo‘natvorganingga-da.
— He-he! Yelkamni chuquri ko‘rsin. Umrning egovini...
— Shuginami? — dedilar oyim.
— O‘z diningda bo‘lmagandan keyin... mahliqosi ham tatimaskan.
— Ha-a, ana bu gaping doda gap bo‘ldi! Qaysi qavm-ga yaqin yursang, o‘sha qavmdan bo‘lib ketasan, deb bekorga aytmaganlar. Bollaring-chi, ular ham onasiga tortganmidi?
Olim akamning boshi solinib ketdi:
— Sekinroq aytasizmi?..
Oyim yomon to‘g‘riso‘zlar-da: ayab o‘tirmasdilar, mehmon-ku demasdilar:
— O‘zingniyam ko‘zing qayoqdaydi, aqling qayoqdaydi? Shayton tuzog‘iga ilinibam sezmadingmi? O‘sasan desalar, qilaveribsan-da buyurganlarini? Qoshdan qovoq qaytarmay?
Olim akam qorayib qora-qizil tortib ketdi, oyimning betlariga qaray olmasdi. U hurpayib olgan, nazarimda mana hozir portlar, portlab: «O‘zlariz me- ni qaerga joylab qo‘yib edingiz? Kim qilmoqchi edinglar?!» deb yuboradigandek edi-yu, yorila qolmasdi. Axiyri ham... yorilmadi. Ichiga yutib, mardlik qil-di.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:15:12
— Nima bo‘lsa-bo‘ldi, bo‘yog‘i yitdi, xola, — dedi bo‘g‘iq ovozda.— Ko‘rgulik ekan — ko‘rdik, kami bo‘lsa... chidaymiz.
Qarangki, men uni... shu turishi, shu gapi uchun... yaxshi ko‘rib ketdim. Uni shunday deb... ayblarini mardona tan ola biladi, deb (!)... hech o‘ylamagan ekanman. Shu hurpayib o‘tirishida hammadan ko‘ra ko‘proq Sultonmurod akamga o‘xshab ketgan edi. Balki men adashayotgandirman, navbatdagi ustamonligi, hiylasi, artistligidir bu. Lekin menga boyagiday tuyulib, yoqib qola boshlagandi. Balki bu akamni judayam sog‘inganimdan, unga hech kimni o‘xshata olmay yurganimdandir. Hozir uning anuv gaplarini (xatida tayinlaganlarini!) haliga qadar bunga aytmaganimni eslab, ochig‘i, bir g‘alati tortdim. U omonat gaplar xususida chindanam og‘iz ochish mavridi endi kelgan, kelayotgan edi. Ammo Xudoning xohlashini qarangki, bunga hojat qolmaganini ko‘rib turardim, ko‘rganim-sezganim sari yengil tortib borardim. Ilohim, hojat qolmagani rost bo‘lsin!
Olim akam esa, ich-ichida oyimning hukmlarinimi, nimani kutar, u kishiga zimdan qarab-qarab qo‘yar (chindan-da, maslahat solib, qora tortib keladigan yana kimi bor?! Qo‘ldosh tog‘amlarning tergashlaridan bezganmi, u kishini uncha hushlamaydi, harqalay borganini eshitganim yo‘q), jim edi.
Oyim sezgir edilar, uni alqab kuragini silab qo‘ydilar:
— Umringdan baraka top, to‘g‘ri qilasan. Bunaqa vaqtda sabrdan chiroylisi yo‘q. Sabr Ollohga ham xush keladi. Lekin sen endi maslahatga ham quloq sol. Bunday yurtma-yurt yurishlaringni qo‘y. Qavatimizga qayt. Uy qilsang, joy qilsang, bir mo‘minaga uylantirib qo‘ysak, otalaringni chirog‘ini yoqib o‘tirsang qanday yaxshi!
Olim akam «hov, mening eski dardlarimni, yaralarimni qo‘zg‘ab nima qilasiz, hamma siz o‘ylagancha bo‘lsa, qani edi!» degandek oyimlarga qarab qolgan edi. So‘ng sovub qolgan, qahrabodek choyni bir sipqorib, piyolani kaftida tutgancha o‘zi sezmagan holda tizzasini ezg‘ilashga tushdi.
— Uni demasang, ana, narigi ko‘chalarda nechta joy bo‘sh turibdi, shaharga chiqsang berishar. Shuncha joylaringizni tortib olgan hukumat bir parcha yer bersa beribdi, haqi ketmas. Butun olam — o‘risam, chulchutam Toshkandga kelib yotganda, nima, sizlarga mumkinamasmi? Haqsiz degan joyi bormi yo?
Rosti, oyimlardan qozi chiqsami, olam-guliston bo‘lib ketar edi. Olim akamning yuziga nur yugurib, o‘zingiz zo‘rsiz-da, xolajon, deganday suyib tikildi.
— Bo‘lmasa, harakat qil. Nimadan uyalib qisinasan? Ular uyalib qisinsin, kim-kim — Sizlarni unutib qoldirganiga. Joy ajratmaganiga, — dedilar oyim hovurlaridan tushmay. — Endi Xudodan qo‘rqmaydiganlarning zamoni bo‘pqoptimi? Shoshmay tursin, Olloh ham ko‘rsatib qo‘yar. Yo Ollohga qiyin ekanmi, ularning o‘rniga boshqasini keltirib qo‘yish?!.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:15:22
Olim akam u kishini yumshatishga urinib uzandi, kiftlariga qoqib «xolajon»lagan bo‘ldi. O‘zi esa, oyimning bu hollaridan ich-ichidan zavqlanib ora-orada menga himo qilib qo‘yar, «qara, qanday xolam, oying borlar» demoqchi bo‘lar edi.
— Siz nima desangiz — shu, xolajon, — deb yubordi axiyri iyib ketib. — O‘zimam odamlarga o‘xshab qo‘nim topib, urug‘im deb, aymog‘im deb, bordi-keldilar qilib, yashashni sog‘inganman. Yetar, shuncha tentiraganlarim. Shuncha topib-topib — nima ko‘rdim? Qolgani o‘sha ko‘chadagi moshinmi? Sotsam, yetib qolar bir boshpana qilib olarga?
— Mashinangni qo‘y, — deb urishib berdilar oyim.— U ham bu dunyoni ziynati. Sen bir uy tiklayman, vatan tutaman deysan-u, qarindoshlar qarab turarkanmi! Hashar bilanam tiklab berishadi. Ana, Usmon tog‘ang, binoyi o‘tiribdilar. O‘zlariga qolsa, bir g‘isht qo‘ya olarmidilar! Undan ko‘ra, sen kirib, duolarini olib chiq. Keyin hamma ishing o‘ngidan kelib, yurishib ketaveradi. Duoda gap ko‘p.
Olim akam u kishining tanbehlarini olib, bosh silkigan bo‘ldi, so‘ng qo‘lini ochib, izn so‘ragancha qaradi:
— Endi duo qiling, xola. Men Maqsudxo‘jangizni bir yetga opketgani kelganman. Buniz vaqti ziq odam, hali ishga boramanga tushib qoladi.
— Mana shunaqa-da, kelmaslaringdan ketamanga tushib qolasanlar, — oyim azza-bazza xafa bo‘lib, ters qaradilar.— Ha, kelin bitta ovqat solsin, tuzuk-quruq dasturxon yozsin...
— Kecha jujur edim, shoshadigan joyim yo‘q, — dedim men manzirat uchun bo‘lsa-da. Aslida boradigan yerlarim qalashib turibdi!
Olim akam qo‘lini tushirmasdi:
— Qaytaga yaxshi. Qaytib kelamiz. Osh dam yeguncha qaytishga harakat qilamiz, — deb qistadi.
— Kelasan-a, kelmay qolmaysizlar-a?.. — u kishi obdan ishongach, javob berib, duo qilishga tushdilar. Undan ko‘ra qayoqqa borasanlar deb tergasalar-chi, so‘rasalar-chi, menga shu avloroq edi. Negaki, men vaqtimni qizg‘anib, ichim halak, lekin mezbonlik nomim bor — andesha saqlab, inday olmayotirman. Hali qayoqdagi sayru sayohatga yo bo‘lmasa arxivgami, surishtir-surishtirgami, boshlamasa edi. O‘zim boradigan yerlarim kamday. Qani aytolsam...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:15:37
2

Xayrlashib chiqib, Ovruponing uchqur, ammo bizning ko‘chalarga xayf «Volva»siga o‘tirdik ham, (tavba, ular bu nomni bizdan ko‘chirganmi yo biz ulardan? O‘xshashligini! Volva-Volga! Egizak-ku!) ko‘chamiz bolakaylarining ko‘zini o‘ynatib g‘uvillatib ketdik ham Olim akam qayoqqa otlanganimiz haqda og‘iz ochib qo‘ymasdi. Ichimni toza pishirmoqchimi, tushirmoqchimi, bilib bo‘lmaydi. Buning kasbi-da, o‘ziyam shunaqa ichimdagini top xilidan. Boshqa odam allazamon sir berib, gullab qo‘yardi.
Men ham atay so‘ramayapman. U qani parvo qilsa, qora qirg‘iyini ta’rifini keltirish bilan ovora:
— Ho‘, o‘sha yoqning kaftdek yo‘llarida bu o‘qdik uchsin-da. Yuz saksondayam qilt etmaydi!
— Suv tekinga olmagandirsiz, axir? Bizning ko‘chalarni bila turib? — dedim.
U og‘zini bir ajoyib to‘ldirib, tilini «toqil»latdi.
— Qayoqda! U yoqda suv tekin. Hamma qimmatchilik bizda. Qolaversa, shundan boshqa nima qopti menga? Hammasini shipirib ketdi-ku anuv yuxo.
— Nechuk bunga indamadi, tishi o‘tmadimi? — dedim kulib.
Olim akam chekayotgan bir ajoyib sigaretini chapanichasiga nazokat bilan (jimjilog‘i uchi ila) oynadan chertib yubordi.
— Qayoqda! Payqamay qoldi olganimni! Orqamdan yetib kelarini bilsa, yamlamay yutardi-ku.
— Siznimi, mashinanimi? — dedim hazil aralash.
Akamga bu xush yoqib o‘tirgan yerida irg‘ishlab qo‘ydi:
— Topding, mirzo, naq ikkimizniyam yutib ortidan chiqavorardi.
— Tirik yuxo ekan-da, unda?
Olim akam qosh uchirdi:
— Ha, barakalla. Olim akangga ham oson tutma sen. Ana o‘shanaqa jodugarlarining qo‘lidan omon chiqib kelib turibdi. Bilding.
So‘ng... bir ajoyib o‘yinqaroqlik ila (go‘yo barcha o‘sha noxushliklarni) «Volva» oynasidan chirt etkazib tupurib tashlab, qo‘shib qo‘ydi:
— Bu g‘irotu qolgan umr — foydaga qolib turibdi-ku.
— Buyursin, — dedim.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:15:48
— Rahmat, — deb minnatdor qarab qo‘ydi u. — Le-kin rostini aytsam, ko‘zlari kuyib ortimda hiqillab yurgan ko‘zirchalar ham allaqancha. Bilmaydiki...
— Soting debmi?..
— Ha-da, dardi xarina deganday...
— Chindan ko‘z qiymaydigan xili ekan, — dedim.
— Qiymaganda nima, bir temir-da, — dedi meni hayron qoldirib.
— Unda, nega «loylab» yubora qolmaysiz?
Olim akam quvlik ila kulib qo‘ydi:
— Menam anoyilardan bo‘lib qolmoqchimasman.
— Tushunmadim.
U endi sharaqlab kuldi:
— Hozircha bozorga solyapman! Ko‘z-ko‘z qilib, tarang qilib yurippan. Obdan ko‘zlari kuyib, o‘pkalari shishsin, ana undan keyin... pul topib, aql topmagan bir laqmasiga o‘tkazvoraman.
— Ie, hozir nima devotuvdiz? Shundan boshqa nimam bor deb... — Men halitdan ichim achib, mashinaning momiqdan-momiq o‘rindiqlariga, yilt yangi (ular chindan bu olamniki emasday edi!) anjomlariga qarab qo‘ydim. O‘ziyam poshshoi mashina ekan, yurgan sari bir lazzat topasiz. Bizning shu almisoq yo‘llardaki bir tovus, bir erka kiyikday suzib boryaptimi, u yog‘ini qo‘yavering!...
Akam xo‘rsindi:
— Ochig‘i, xolam haqlar. Dunyoga kelib, bir oshiyon tiklamagan, boshiga bir boshpana qurib, bir yerni vatan tutmagan odam — odammi! Men hov ilgariyoq niyat qilib qo‘yganman, eson-omon qaytsam, Yakkabog‘dagi qo‘rg‘onimizdek bir qo‘rg‘on solay, joy qilay, deb. Nomimiz qolmasayam, nishonimiz qolsin, avlodlarimiz qolsin! Qolaversa, otam rahmatli yurtga qaytinglar, yurtni vatan tutinglar, jigarlardan ajramanglar deb... vasiyat etganlar.
Ikkimiz ham jim qoldik.
Mashina katta tuproq yo‘lda ortidan bir olam oq to‘zon qoldirib, o‘zi o‘sha to‘zondan qochgancha g‘izillab borarkan, akamni bilmayman-u, mening ko‘zlarim yoshlanib kelib, ichim ostin-ustun bo‘lib ketdi. Ko‘z oldimda esa, o‘sha o‘zim bilgan, bolalikdan tanish vayro- na — xolamgilarning Yakkabog‘dagi valongor qo‘rg‘onlari — tomlari ochiq, devorlari qor-yomg‘irlarda nurab-emirilib tugayozgan o‘sha uylar turardilar. Bu ular tashlab ketgan oshiyon edi...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:16:00
Ochig‘i, sabrim yetmadi.
— Qayoqqa boryapmiz, o‘zi? — deb yuborganimni sezmay qoldim.
Olim akam o‘girilib qarab, jilmayib qo‘ydi. Lekin javobga oshiqmasdi. Top-chi, topolmadingmi, shahar berasanmi, deb hazillashadigan bir alpozda edi.
Men esam, ichim qizib, shahar berishga-da, tayyor edim.
U tushundi:
— Avval anuv — ko‘chaga tushgan qayrag‘ochli yolg‘iz mozorga, so‘ng sutchinikiga o‘tamiz. Zo‘r yangiliklar bormish.
— Qaysi, bog‘laringiz pastidagi o‘sha qayrag‘ochzorgami? — dedim yuragim bir orziqib, — shuncha joy turib... o‘sha yo‘lga tushibdimi?!.
— Kimdan xafa bo‘lasan, dudi-fig‘oning chiqib? Balo kelsa ho‘lu quruq barobar yongay, bu yer mozor, bu yer bozor deb o‘tirmagay hech kim. Xudoning xohlashi. Qolaversa, dunyo ko‘rsang — bilasan, bu yerning mozor o‘tmagan biror joyi qoptimi? — dedi u.
Men uni tushungim kelmay qizishdim:
— Qanday xalq edik? Kim bo‘lib boryapmiz?! Otalarimiz non ushoq tushgan yerni o‘rab, mozorot etib, oyoq bostirmagan xalqning bolalari... bugun kim bo‘lib o‘tiribmiz! Tomoshabinga o‘xshab?..
Olim akam o‘girilib, yuzimga sinchkov boqdi:
— Tuzuksanu, — dedi, — gazetangga ham shunday deb yozavurasanmi, o‘tkazishadimi?
— Bilaman, o‘tkazishmaydi, — dedim to‘ng‘illab, lekin tilimning uchidagini yuta olmadim, — Indamas ekan deb... toptayveradilarmi... aziz joylarni?
— Nimasini aytasan, bu yerning yetti qavatigacha aziz-ku, teginib bo‘lmas joylar-ku, — dedi u ham.
— Ular esa, xor qilib kavlab yotiptilar, kimlargadir shahar qurib...
U yo‘ldan ko‘zini uzmay allatovur xo‘rsindi:
— Adam rahmatlining har gaplari bir hikmat ekan. Bu yerga kelib, manavi alg‘ov-dalg‘ov qurilishlarni ko‘rib, tushunganday bo‘lyapman. Avliyo ekanlar.
— Shu haqdayam... gapirib edilarmi?
— Bashorat qilgan ekanlar, tavba, — dedi u hamon menga qaramay.
— Nimani? Shu zilzila, buzilish-ko‘chishlarni-ya?
— Ha-da. Ollohdan qo‘rqish kerak, qo‘rqmay qo‘yganlarning o‘rniga butunlay boshqa qavmni keltirib qo‘yishi hech gapmas. Bizning ham to‘zib ketganimiz bejizmas, o‘g‘lim, der edilar, tavba...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:16:14
Bo‘ladi-ku shunday mahal: o‘rtaga hech gap-so‘z, yurakka esa qil sig‘maydigan kezlar — hozir shunday bir holga tushgan edik.
Allavaqt jim qoldik. Bu orada mashinamiz ko‘cha yoqasida omon qolgan katta bir sadaqayrag‘och (nimaning kasofati urgan — u qurib qolgan, changaldaraxt kabi turardi) tagiga kelib, sekinladiyu o‘z to‘zonida qolib ketdi. Bu oppoq to‘zon xuddi qiyomat belgisiday birpasda bizni kulrang soyasi bilan o‘rab, bir mav-humot olamida qoldirgan, hatto quyosh yuzini to‘sib qo‘ygan edi. Ol-a, yilt yangi mashinasi o‘ldi desangiz-chi! O‘n kun yuvganda o‘z holiga kelmas. Yana uni sotarmish. Bu yo‘llardan uch marta o‘tsin, keyin kimga sotarkin!..
To‘zon tarqab, qulrang soya ham ustimizdan ko‘tarildi.
Bor ekan-ku yorug‘ olam!..
— Sen o‘tirib tur, men hozir, — degancha Olim akam mashinasidan tushib, qayrag‘och tagida baqqolsupa qurib olgan odam tomonga keta boshladi. Sigareti tugabdimi deb o‘ylab, men tushmay qo‘ya qoldim. Ko‘rib turibman, u hech narsa olgani yo‘q, lekin ikki og‘izgina bir narsa so‘radi yoxud iltimos etdi. Chol ham ko‘na qoldi. Qayrag‘och tagidagi ariqdan hatlab o‘ti-boq qaybir yangi uyning handag‘i yoqasiga borib cho‘n-qayishdi. Baqqol yuziga fotiha tortdi-da, nimadir o‘qiy boshladi: bildimki, tilovat qilyapti. Etlarim o‘z-o‘zidan jimirlashib kela boshladilar! Olim akam o‘z qo‘rg‘onlari o‘rnini bosib o‘tib ketolmay... otalari haqqiga bir kalima Qur’on tiloat qildirmoqda edi. Shunchalik eslaganiga shukr, insof berganiga shukr, yodga olib qo‘ymaydiganlar qancha-ku...
Keyin cholga qo‘yarda-qo‘ymay qog‘ozga o‘ralgan bir narsa tutqazib qaytarkan, u Olim akamni alqab duo qilib qoldi. «Eshonpochchamning arvohlari qo‘llasin... Sen siylabsan, Alloh siylasin seni» degani yarim-yorti eshitildi.
U eshikni keng ochib, joyiga yengil o‘tirdi va mashinasiga kalit solaturib:
— Tanidingmi? — dedi allaqanday kamgap tortib.
— Sho‘tmi? — dedim men ham yuragim jig‘ etib.
— Sho‘t, — dedi u qo‘porib, handaqlardan bir chetga surib tashlangancha na arralab olingan, na kesib joylangan daraxtlar mozorotiga o‘kinchla qarab (Qoralari o‘rik, kumushranglari bahaybat yong‘oq tuplari ekani shu yerdanoq bilinib turar edi!).
— Esiz yong‘oqzorlar, — dedi keyin, — biz bolaligimizda shundoq edi, ekilganiga qancha bo‘lgan ekan?
Men bu yong‘oqzor oralab o‘tgan anhor yoqalaridan qo‘ziqorin terganlarimni eslab, g‘alati bo‘lib ketdim: hammasi ko‘z o‘ngimizda yo‘qlikka ko‘chib bormoqda edilar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:16:25
— Qo‘rg‘onlarizniyam... surib tashlab bo‘ptilarmi?— yodga soladigan hech narsa qolibmadimi, demoqchi bo‘ldim.
U sassiz-nesiz bosh silkidi, lekin o‘zi o‘sha yoqdan ko‘z uzolmasdi (axir ko‘z ochib ko‘rgan-tanigan vatanining suvratini kishi ko‘z o‘ngi — xotirasidan o‘chirib tashlab bo‘larkanmi! Bir tuman ortida bo‘lsa-da, turavergay-ku o‘ziga chorlab!)
— Hatto anhorni ham-a? Ko‘mib yuborishibdimi?— dedim men azza-bazza tushishga intilib.
— Yetti avliyoning yettita mozoridan bittasi qolmabdi-ku, — dedi u.
— Shoshmang, — dedim men uning yelkasidan silkilab, — o‘sha bog‘ingiz pastidagi yolg‘iz mozor, qayrag‘ochli mozor yetti avliyoning biriniki edimi? Unda kitoblar-chi, eshon buvamning kitoblari-chi? Chiqmabdimi? Anuv gaplar... bekor ekanmi?
Olim akam mening soddaligimdan kuldi. Mashinasiga o‘t oldirib:
— Men seni nimaga opketyapman?! O‘sha xazinani ko‘rsatgani-da! Qolaversa, Tozi tog‘a chaqirganlar, — dedi iljayib.
— Qanday tog‘a? — dedim tushunolmay.
— Tozilarning tozisi, o‘zing bilgan sutchi, — dedi u «Volva»sini jildirib.
Mening kallam aylanib, esim teskari bo‘layozdi: qanday tozilarning tozisiyu qanday sutchi? Kimni aytyapti u? Anqovsirab qolibman.
U xatosini fahmlab, shoshib siporishladi:
— He, biz tog‘ani shunday ataymiz. Azbaroyi suyib! Xizmatlariga besh ketib!.. U kishiga yetadigani yo‘q bizda. Hozir pensaga chiqib, paqir kishi panada deganlaridek sutchilik qilib yuribdilar-da.
— O‘sha odam-a? Ilhom sutchi-ya? — dedim tasavvur eta olmay.
Olim akam ochilib kuldi:
— Sen u odamning odamoviligiyu kigiz shineliga ishonma. Birovlarga tarki dunyo qilib, oqliqdan topganiga yashab yurgan darvesh bo‘lib ko‘rinar. Lekin u asli — zo‘r odam. Olim odam. Shu miq etmay g‘imirlab yurishida ham qilgan ishlarini ko‘rsang edi. Hech kimning xayoliga kelmagan, hatto olimlarning tushiga kirmagan ishni qilib, bir uy kitob yig‘ib qo‘yibdi.
— Kitob? — Kitob mening jonim-ku, hayratlanib qaradim.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:16:37
— Ha-da. Har biri gavharga tong nodiru noyob kitoblar... Tillaga alishmaydigan xillari.
— Yo‘g‘-e, kitobfurushlik ham qiladilar ekanmi?— dedim xayolim qochib.
— Aytdim-ku, bu odam butun bir institut olimlari qiladigan ishni ado etib qo‘yibdi. Shu ko‘ch-ko‘chlarda chiqqan eski kitoblarni so‘rab olib, sotib olib, qidirib topib, bir yerga yig‘ibdi. Tirnoqlab de-ganday... Ishonasanmi, bir uy gavhar yig‘ib qo‘yibdi!
Endi mening ichim g‘urmishlab kela boshladi:
— «Quv-quv», «berkit-berkit»da devor ichiyu toqilar ustiga yashirvorilgan, kigizga o‘rab ko‘mib tashlangan kitoblarni-ya? Unda... unda Sizlarning kitob-laringiz-chi? — dedim vujudimga tushunuksiz bir titroq tushib. Nazarimda shuning daragi bilan kelganday ko‘rinardi Olim akam.
— Bo‘lmasa-chi! O‘shalaram Qang‘lidan topilgan-da. Kitob to‘la sandiq chiqqanini xabar qilishgandayoq borib sotib opti. Sandiqlarimizni ko‘rdim, kitob-larimizniyam. Qilt etmabdi. Bir qavat namati to‘kilib tushibdi-yu, o‘ziga jin ham urmabdi.
— Qaerdan chiqibdi? O‘sha yolg‘iz mozorotdanmi?
— Ha-da, Olloh shuncha yil o‘sha mozorotda saqlagan ekan. Gard yuqtirmay.
Shu tob Sultonmurod akamning xo‘v anuv xati, menga tayinlagan gapi beixtiyor yodimga tushib, g‘alati tortib ketdim: e, voh, toza g‘aflat bosgan ekan-ku bizni! Axir ko‘milgan kitoblar qaerdaligini yozgan edi-ku akam. Men bilardim-ku! Uylar buzilib, hamma ko‘cha boshlagach, o‘rniga do‘mlar tusha boshlagach ham nega g‘ulg‘ulaga tushmadim? Tamom unutdim? Nima bo‘ldi menga? Nima chalg‘itdi? Qaysi shayton yozg‘irdi meni? Omonatlar bir yoqda qolib, qay o‘tkinchi ishlar, hoyu havaslar ketida chopib yuribman? Aslida uni topish mendan lozim emasmidi? Im-m...
Menga alam qilardi. Yo‘q, uni qayoqdagi bir sutchi chol, ishiga puxta chol topgani emas, qarab turib, burnimning tagidagi narsani oldirib yuborganim, u xazina birovlarning qo‘liga tushib ketgani, o‘zim mas’uliyatsiz odam bo‘lib chiqqanim alam qilar edi.
Tag‘inam Xudo asrabdi. Iymonli bir odamning qo‘liga tushibdi. Bizning iymonimiz shunchalar sust ekanmi?
— Undanam burun sen zo‘r yangilikni eshit. U kishi shajara qog‘ozimizni topib qo‘yganmish. Yetti pushtimiz bitilgan narsani, — deb u qalay, mirzo ukam, deganday qarab qo‘ydi.
— Tog‘am aytganlaricha borakanmi, — deb yubordim men, — yo‘qolib bitmagan, birovlarga o‘tib ketmagan ekanmi?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:16:51
— Yana kelsangiz ko‘rasiz, ko‘p narsalarni aniqlab qo‘ydim deyayapti. Shunga ketyapmiz, — dedi Olim akam maqtanib. Chindan u g‘ururlansa, maqtansa arzirdi. Men uni xushlamay yuribman, eski qilmishlarini eslab, necha vaqt yo‘q bo‘lib ketganidan hadiksirab... U bo‘lsa, toza omadi chopgan chiqib qoldi-ku!
— So‘radizmi, u bizning o‘sha Ulug‘xo‘ja buvamizdan qolib kelayotgan shajara ekanmi? Qozilar muhrlari bosilgan, hujjat o‘rniga o‘tadigani ekanmi? Yoki?.. — dedim ijikilab.
Olim akam bir narsadan shodumon bo‘lgan kezlari yo‘lga qaramay qo‘yadigan, hali yonidagi odamning yelkasiga qo‘lini tashlab, hali mashinasining g‘ir-g‘ir shabada urib yotgan oynasiga yastanib olib, gap sotishga tushadigan odati bor ekan, hozir ham shu holga tushib borar edi.
U tilini bir ajoyib toqillatdi:
— Yoq, so‘ramadim. Borsagoq ko‘ramiz. Balki o‘shadir, balki boshqa. Lekin shajara qog‘ozlarmish, bir-biriga ulanaverib, yopishtirilaverib sarg‘ayib ketgan.
— Qaytarib beradi ekanmi? — dedim ichim qurib.
Olim akamning yuziga bir nima soya tashlab, so‘nikib qoldi. O‘zi chuqur tin olib:
— He, — dedi allaqanday o‘ksik tarzda, qolaversa, o‘z ustidan kulganday. — Koshki biz o‘sha narsalarning chin qadrini bilsak. Bugun quvonib, ertaga unutib yubormasak. Tayin oshiyoni yo‘q menday odamning qo‘lida yo‘qolib-netib ketganidan o‘shanaqa fidoyilar qo‘lida bo‘lgani ham tuzuk. Nima deding?
— Nega, oborsak oyim yeru ko‘kka ishonmay asrab berar edilar, — dedim izlaganimiz topilganda qo‘ldan chiqib borayotganiga yuragim achib.
— Ha, darvoqe, bu gaping ham to‘g‘ri, boraveraylik-chi. Lekin chol osonlikcha bera qolmas. U shunaqa ko‘hna narsalarning jinnisi bo‘pqopti pensaga chiqib, — dedi u nimagadir xayoli qochinqirab.
Bu orada ilgarigi fayzining urvog‘i ham qolmagan Cho‘lpon ota guzariga yetib borgan edik. Mastuba opaning do‘koni ochiq, tol tagidagiyu anhor bo‘yidagi choyxonalar, bozor joyida, baqqolu attorliklar yopilmagan, faqat hech zog‘ ko‘rinmasdi. Kimsasizlikdan hatto soyalar mudrardi. Faqat daraxtlar uzra g‘uvlab uchgan asalarilarga tashlab ketilgandek edi bu guzar. Na egasiz bir it, na adashgan bir kimsani uchratardik. Rastalar ostida yolg‘iz musichalargina (go‘l bo‘lib!) rizq izlab yurishibdi. Hatto bir vaqtgi bozorgohga o‘rgangan gala chumchuqlaru so‘fito‘rg‘aylar ham guzarni tashlab ketgan edilar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:17:02
— Ie, — dedi Olim akam xushi birdan joyiga kelib, — men oshning xarajatini shu yerdan olaman deb yuribman, bu yerda guzar o‘lib bo‘lgan-ku.
Esiz, ilgarigi guzar deb o‘ylagan-da. Chindan ham ilgari bu yerda uchta choyxona bo‘lib, uchalasiga uch toifa odamlar yig‘ilishar edi. Mirto‘xta amakinikiga qariyalar kirib, qaymoqxo‘rlik, naxotsho‘rakxo‘rlik qilib, gaplashib o‘tirib ketishsa, anhor bo‘yidagi choyxonaga satta ziyolilar, shahardan chiqqan mehmon-izlomlar kirishardi. Qodir boyvachchaning choyxonasiga esa tamomi oshxo‘rlar, norinxo‘rlaru xasipxo‘rlar to‘planib, ertadan kechgacha anuv shayton suvini xush ko‘rguvchilar arimasdi. O‘sha shayton suvlarning kasofati urdimi yo boshqa voqea sodir bo‘lganmi (anig‘ini hech kim bilmaydi!) bir kecha shu choyxonada xizmat qilib yurgan yugurdak bola devday odam — choyxonachi Qodir polvonni uxlab yotgan joyida chopib tashlab, o‘zi gum bo‘pti. Nima olgan, nima qaysi bo‘lgan — hech kim bilmaydi. Jinqarcha o‘spirin shunday ishga qanday dov etgan, qaysi yurak bilan jazm etgan — aql bovar qilmaydi. Lekin ertalab kelishsa, polvon chopiqliq, bolta ham o‘sha yerda yotganmish. Shu-shu choyxonadan fayz ketuvdi. Endi bu ahvol...
— G‘izza Novzaga o‘tib kela qolayluk? — dedim.
— Yur, o‘tsak o‘tib kelayluk, ikki birdek odam sho‘ppayib kirib boormayluk qariyanikiga, — dedi u ham.
Ketdik. Endi uning bir qariyaning ko‘nglini olaman deb oshning masallig‘ini izlab yurishi, hamma tashvishlarini (yolg‘izligini ham, bevatan-beoshiyon ekanini ham) unutib, o‘tganlarning shajarasini izlab qolgani meni ajablantirmoqda edi: Tavba, tiriklar turib, nechuk bu o‘tgan ajdodlari bilan qiziqib qopti? U qog‘oz unga nimaga kerakki, vaqtini ham, yilt yangi «Volva»sini ham ayamay manavi o‘ydim-chuqur yo‘llarga solib yuribdi? Undan ko‘ra, yolg‘iz jiga- ring — akangni surishtir! Oshnalari, tovkasidagilarini top! Kimi bor, kimi yo‘q, jilla qursa, mendan so‘ra! Yuzing kuyuk, tiling bog‘liq bo‘lsa ham... Chindan-da, nega g‘iq etmaydi u haqda? So‘rab qo‘ymaydi?
Mening esa, qanday gap ocharni bilmay — ichim toshib boryapti, gupirib boryapti. Gapning mavridi ham, qalovi ham kela qolmaydiki, o‘zim so‘z ochsam... Kallamda nuqul bir so‘z, bir hikmat aylangani aylangan (qaerdan keldi bilmayman): shajarangni ulug‘ligidan g‘ururlanguncha, ularga nima bo‘lgan — bilsang-chi, kim qoldi, kim yitti — surishtirsang-chi, ulasang-chi rishtalaringni!
Men ba’zan o‘zim hayron qolaman, yoshi bir yerga yetgan qariyalarga o‘xshab, (xuddi Nusrat pochchadek!) mushohada qila boshlayman. Go‘yo ichimda oq-oppoq, mitti bir mo‘ysafid o‘tirgandek, voqealarga u hukm chiqarayotgandek. Hushim joyiga kelib, ba’zan etlarim jimirlab ketadi: nahot ruhim shunchalar qari?..
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:17:20
3

Etni oldik, o‘sha temir mezanali tepaning orqasidagi yolg‘iz xonadonga yetib bordik ham men bu haqda so‘z ocholmasdim. Rosti, andishadan ham burun nomus kuchlilik qilmoqda: bu-shunday akangizga xiyonat qilib, o‘zingiz qayoqlarda yurib edingiz, degan bilan barobardek tuyular edi. Koshki o‘sha tarixlarni bilmasam!
Sutchi jigarlarini ko‘rgandek, boshi bir yerga yetib (!) azbaroyi to‘lqinlanganidan kalovlanib qoldi.
— Ey-y eshon bolalar, xush kepsizlar, xush kepsizlar, bizning kulbai vayronamizga, — deb quchoq ochdi, so‘ng bizni qo‘yib, oyimlarni so‘ray ketdi. — O, u Yakkabog‘u Kattabog‘ning xonadonlari. Hamma har yoqlarga ko‘chib, Cho‘lpon otaning sut bozorlari o‘lub, men ne eski mijozlarimni yo‘qottum! Kim qayoqqa tushti — qaerda oshiyon tutti — bilmasman! Bizni bozor birlashtirib turgan ekan, oqlik rishta bo‘lib turgan ekan! Dalalar o‘ldi, soylar ko‘mildiyu ne-ne govmushlar sotilib, so‘yilib rishtalar uzildi, oqibat ketdi, vodarig‘! Shu sut, shu otliq qancha xalqni bog‘lab turib edi-ya. O‘rtaga qaerdan shu zilzila tushdi, qay gunohlarimizga Olloh u kunlarni ko‘p ko‘rdi, xotirjamlikni o‘rtadan ko‘tardi? Shuning o‘zi bo‘lsa koshki edi: o‘rnimizga kimlarni opkelmoqda, qanday qavm kelmoqda? O‘z yerimizda o‘zimiz begona bo‘lib qolmasak edi!
Qariya (yoki mening ko‘zimga shunday ko‘rinmoqdadir) ilgarigidan xiyla cho‘kkanday, cho‘kkan sari xushro‘y tortib, nurli bo‘lib qolgandek edi. Ammo qani uning ilgarigi davrlari — jun chakmonu jun qalpoqda, yelkada obkash, obkashning ikki ilgi to‘la qo‘sha-qo‘sha sut bonkalar, ularni ko‘rdim demay yurganlari! Yillar u haybat, u salobatni olib, o‘rniga oq yaktakli xushro‘y bir qariyani qoldirib ketgandek edi. Umr shunaqa ekanmi?
U duoi fotihadan ham burun to‘rdagi qoziqda Qur’on jildi bilan osig‘liq turgan allaqanday yo‘l-yo‘l matoga kiydirilgan naysimon bir narsani (surnay desam, tekis tesha dastadek, boshqa narsa desam, bir tomoni puchqoq) kursi ustiga olib qo‘ydi-da, biz qistab qo‘ymagach, o‘z o‘rniga cho‘kdi. Duosi ham qadam yetdi, balo yetmasin qavlida, qisqa bo‘ldi. So‘ng:
— Yaxshi, keldinglarmi? Yo‘llar ochilib qopti-mi?— dedi hol-ahvol so‘rab.
— Ochishibdi-ochishibdi, bu gal tepadan o‘tib yalang-da qoldirdim, hech kim tegmaydigan joyda, — dedi Olim akam.
Qariya tinchib, ma’qullagan bo‘ldi.
— Haytovur-haytovur, qanday o‘tasizlar, qanday ketasizlar, deb xavotirda edim. — So‘ng haligi olgan narsasining siqma bog‘ichini bo‘shata boshladi. — Taniyapsizmi, eshon bola, mana bu mato, mana bu tabarruk narsani?.. Ko‘zingizga issiq ko‘rinmayaptimi? — dedi Olim akamga quv nigoh tashlab.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:17:30
Olim akam ko‘zi chaqnab (shu ekanmi, degandek), ichi hapriqib qarab turibdi-yu, bir nima deya olmayapti.
— Eslay... olmadim,— dedi nihoyat xijolat chekib.
— Balkim-balkim...— dedi qariya taskin berib, — u paytlari yosh bo‘lgansiz.
Olim akam yutindi:
— U kishi rahmatlini olib ketishganda... men oyimlarning qo‘llarida ekanman. Bu narsalarni... o‘sha voqeadan bir kun oldin ko‘mib kelishgan ekan.
— Olloh hafiz-da, dunyo necha aylanib, qancha joylar tekislanib bitdi. O‘zi saqlayman degan narsasi qilt etmay turibdi! Va’dasi haq-da Ollohning. Qur’on kitoblaru tafsirlarning orasiga qo‘yvorilgan ekan, bir chekkasi sal ezilganini demasa... mana, torting Maqsudxo‘jam.
Men bir boshidan tortib boryapman, uzun uyning taxmoniga yetdi ham (o‘rtadagi shaldiroq qog‘oz har varog‘i bir-biriga shunaqa tekis ulangan, shunaqa nozik sirachlangan ediki, sanab adog‘iga yetolmasdim) tuganmas, hali yarmi sutchining qo‘lida nayga o‘xshab turardi. U ko‘rdiki, bu bilan ish bitmaydi.
— Yo rabbim, — deya o‘rnidan turib, Olim akamga buyurdi, — endi siz bu yoqqa qarab torting, hovliga tushavering-chi.
Akam eshikni ochib yuborib, hovliga tushib bordi va ulkan quroq varraklardan qolishmaydigan, lekin bir-biriga tutash, hammasi ikki yon boshidan tushgan chiziqlaru gir aylanachalar bilan, jimjima yozuvlar ila to‘lgan narsani ocha ketdi. Ular orasida bo‘sh halqalar ham, tugamagan chiziqlar ham ko‘rinar, bu nimasi — aqlimiz yetmasdi biz gumrohlarning.
Sutchi esa kovshandoz tepasida o‘ng qo‘li belida, o‘zi yarim bukchaygancha Olim akamga:
— Ha, torting, ehtiyot bo‘lib torting. Quruqshagan narsa bu, yirtilib-netmasin, hiyla ko‘taring, — deb buyurib turardi.
Nihoyat shajaraning boshi ham chiqdi. Uning avvali akamning qo‘lida, adog‘i menda edi. Olim akam hovli o‘rtasida, barra piyozmi, bir narsa sepilgan gulxonaning bir chekkasida majhul alpozda turibdi. Hayratining adog‘i yo‘q. Men esam, ikki taxmon o‘rtasidagi tokchaga tiralib, qo‘limizda salqi matodek lopillab turgan narsaga, uning bir-biriga ulanib ketgan halqalariyu bitiklariga qadalgancha qolganman. Qarab turib, vahm bosib kelyapti: shular bari — pushtimizdan o‘tganlar ekanmi? Kelib-kelib endi bizga qadalibdimi? Biz ham shulardek yo‘qlikka qarab ketguvchilar, o‘tib bitguvchilarmizmi?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:17:47
Shajaraning adog‘idagi bo‘sh qog‘ozni ushlab turgan qo‘llarimdan bir g‘alati jimirlov-titroq turib kelyapti: shu yo‘qlikka ketish uchun chopib-uloqib... yelib-yugurib yuribmizmi? Bu dunyoga kelishmizdan murod nima ediyu nimalarga bino qo‘yib yuribmiz? Maqsad shu shajarani to‘ldirish — halqani davom ettirish xolosmi yo o‘tganlarga tenglashish, bir qarich-to‘rt enlik bo‘lsa-da ulardan ilgarilash, bu hayoti dunyoga kelib-ketuvning ma’nosini anglashmi? Nega kelib-ket- moqdamiz — shuni anglab yetmoqmi? O‘zi o‘tganlarning tirnog‘iga arzirmikanmiz? Nogohon shu savoldan — titrablar ketdim. Qulog‘im ham tom bitgan ekan, ochilib — atrof-javonib, dunyoning turfa ovozlaridan shang‘illab ketdi!
— Hoy, Maqsudxo‘jam — Salompamning yolg‘iz toylari, esingiz og‘masin. Vahm ham bosmasin, — derdi sutchi qo‘lini sermab, meni imlab. — Bu sizlarning shajaramas, necha pushtingiz ham emas. Bu yoqqa keling, men tushuntiray, namatning ustiga tashlab ke-lavering, — derdi u o‘zi kovshandozdagi kavshini ilib, ostonadan bir amallab, shajara qog‘ozga teginmay o‘tishga chog‘lanarkan, menga nimanidir ilinmoqdaydi.
«Tavba, — deyman o‘zimdan o‘zim xavfsirab, — bu bizning shajara qog‘ozimiz bo‘lmasa, u bizni nimaga chaqirtirdi? Olim akamni nimaga hovliqtirdi? Nimaga kelib o‘tiribmiz?»
Men borib qariyaning qo‘ltig‘idan olgunimcha, o‘zi ostonadan o‘tib, zinaga tushib bordi. Keyin akamning oldiga qarab yurdik. Chol o‘zida yo‘q darajada ochilib ketgan, kaftlari-la sarg‘ayinqiragan, shirachu mog‘oru qadim kitoblar hidi o‘tirib qolgan qog‘ozni tekislab, uni o‘pib-tavof qilgudek bir holatda akam tomon oshiqarkan, hammadan burun uning qo‘lidagi — bosh qog‘ozdagi narsani tushuntirmoqqa shoshardi. Sandiqdagi ulug‘ kitoblar orasidan chiqqan bu narsa — Eshon pochcha, u kishining muridlari yomon ko‘zlardan asrab, kigizlarga o‘rab berkitgan narsa — bizning shajaramiz bo‘lmasa, nima ekan? Nimaga azizlab yashirishdi ekan? So‘ragim kelib, tilimning uchida turibdi, lekin cholning haybatimi, nimasi bosib, tashimga chiqara olmayotirman. Uning mana shu o‘ngdan chapga qarab o‘qiladigan, ochqichi hammaga ham nasib etavermaydigan yotiq harflarni ham o‘qiy olishidan, eskichaga katta olim ekanidan hayiqibmi, tortinib turibman. Uning oldida menday muxbir odamning ham tili tushovlanib qolgan edi. Ammo akam mendan oldinroq o‘ziga kelib ulgurgan ekan:
— Ajab gapni aytdiz-ku, taqsir? — dedi endi u ham qariyaning shunchaki tarjimon emas, katta olim ekanini tan ola boshlab.
— Ajablanmang, bo‘tam. Bu undan ulug‘roq narsa, — dedi chol qosh qoqib. Uning qoshlari o‘sib dikkaya borganini va unga-da oq oralaganini yaqqol ko‘rdim.
— Uzr, biz o‘zimizga tegishli deb... — dedi Olim akam u yog‘ini ayta olmay.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:17:58
— Balki narigi sandiqdan u ham chiqib qolar. Lekin bu... undanam ulug‘ narsa: silsilai sharif! — dedi chol o‘rta barmog‘ini ko‘kka allatovur nuqib. — Tushundiz?!.
Olim akam yelka qisib, bosh to‘lg‘adi va xijolatga botib dedi:
— Biz omilar nima — sharif, nima — ulug‘ — qaydan bilaylik! Sizdan eshitib turibmiz.
— Eshitib, ko‘rib turganiz — shuning o‘zi katta davlat. Bilmay o‘tayotganlar qancha, g‘ofil yurganlar qancha. Shukr qilinglar Ollohgaki, ko‘rsatibdi, bildiribdi. Balki Sizu bizni to‘zitib qo‘ygani, o‘rnimizga tamomi boshqa qavm kelib vatan tutayotgani, yolg‘iz mozorotlarimiz ustidan-da yo‘llar tushib, unda-bunda mana bunday xazinalar, hikmat kitoblari chiqib qolayotgani bejizmasdir. O‘ziga yarasha hikmati bordir bularning ham, — dedi chol va xayoli bir yoqlarga qochib borayotganidan o‘zi ham ta’sirlanib, bosh to‘lg‘ab qo‘ydi-da, maqsadga ko‘chdi. — Ha, darvoqe, mana bu ulug‘ halqada kim turganini bilarmisiz? Albatta, bilmagaysiz. Yaqinroq kelinglar, — deb u mening tirsagimdan tutib, o‘zi tomon tortib qo‘ydi. Chindan silsilai sharif deb atalmish narsaning boshlanishi ajoyib edi: o‘rtada katta halqa, undan to‘rt yoqqa to‘rt chiziq chiqib, to‘rt halqaga borib tutashgan, go‘yo o‘rtadagi tengsiz quyoshu chor tarafida to‘rt to‘lin oy undan nur olib turgandek edi. Usiz bular hechdek, u bilan tirikdek edi. Ana shu ikki chekkadagi halqalardan ikki yonga qarab, chiziqlaru halqalar tushib borgan va behisob halqalarga ulanib ketgan edi. Bu nimasi, yolg‘iz sutchi bilmasa, biz angrayib turar- dik. Xuddi gung-soqovdek, Ollohning omi bandalaridek...
— Hammasi mana shu zotdan boshlanadi. U Ollohning so‘nggi rasuli va elchisi, bizning payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdurlar. Bular choryorlari, bunisi Hazrat Ali kuyovlari, bunisi Abu Bakr qaynotalaridir. Bu tarafdagilar u kishidan tarqagan zoti shariflar, bunisi esa Hazrat Ali karramallohu vajhahu zuryodlaridan chiqqan ulamoi shariflar, avliyolardir. Shu bois silsilai sharif atalgay. O‘sha asri saodatdan buyon shu ulug‘ shajaradan o‘tgan kubro zotlar, valiylar, karamli shariflar kiritilgan ekan bu silsilaga. Ne baxtki, unda men o‘zim ko‘rgan bir zotning tabarruk nomlarini ham topdim, o‘qidim. U kishi bu silsilaning so‘nggi halqalarini to‘ldirib turibdilar, vallohi a’lam. U zot Sizning padari buzrukvoringiz Abdurahim eshon pochcham erurlar, ukam, — dedi u ovozi allatovur o‘zgarib kelib, ham ko‘zlari bir g‘alati tusga kirib. Aftidan sutchining ko‘zlarida yosh halqalanib borar, qiyiq ko‘zi yoxud kipriklari qilt etsayoq u tomchiga aylanib, duv to‘kilgudek edi.
— Yo rabbiy, — dedi akam o‘zini tamom unutib, — shunday ekanmi?! Bor ekanlarmi?! Qani, qaerida, bir ko‘rsating, ustoz. Biz gumrohlar-da ko‘rib qo‘yaylik, bilib qo‘yaylik, — deya iltijo etishga tushdi, o‘zi ixtiyorsiz ravishda shajara qog‘ozni-da o‘rashga, cholga qo‘shilib o‘sha halqani topishga oshiqardi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:18:19
Chol ham mutaassir bir holda:
— Ha, o‘rang. O‘raganda ham ehtiyotlab o‘rang: bunaqasi har kuni topilavermaydi, — deb tayinlar, bizga o‘xshab shoshib qolgan edi. — Balki olimlarda-da yo‘qdir bunday to‘lig‘i, barcha valiylar terib kiritilgani. Ha, ha, u kishi quyi tomonda, so‘nggi qog‘oz, so‘nggi halqalarda bitilganlar. Maqsudxo‘jam, siz ham qarashib yubora qoling, eshikkami, bir narsalarga, ilashib-netmay qo‘ya qolsin. Ayagan ko‘zga cho‘p tushganday, shuncha asralgan narsa yirtilib-netmasin.
Nihoyat o‘rab-o‘rab, o‘sha halqaga yetdilar. Sutchi (xotirasi zo‘r ekan) aytgan halqani bir qarashdayoq tanib, «mana, u kishim» deb ushlab oldi va qarangki, halqa ichidagi yozuvni binoyi o‘qiy ketdi:
— Abdurahim xo‘ja qozi Abdurazzoq eshon o‘g‘illari, ming ikki yuz yetmish sakkiz hijriyda tavallud topmishlar, mudarris, qozikalon, Beshog‘och dahasi.
Olim akam ham, men ham sutchiga yalt etib qaradik. Nom o‘sha, nisb o‘sha edi-yu, mavze o‘zgacha edi!
— Beshog‘och? — dedi akam qaddini shajara qog‘ozdan ko‘tarib. — Qanaqasiga?
— Shunaqasiga, — dedi qariya ham miyig‘ida sirli kulib, keyin hujjatning qolganini ham o‘rashni buyurib, xontaxta yoniga — boya o‘tirib yengil fotiha qilgan joyiga qarab yurdi. — O‘zingga shukr, ko‘rsatgan kunlaringga, bildirgan hikmatlaringga shukr, — degancha oyoqlarini yozib o‘tirgachgina javobga og‘iz juftladi:
— Hayron qoluvingiz tabiiy. Siz asli tagi — kelib chiquvingiz Qoratoshdan ekanini, zamonning zayli bilan Yakkabog‘ga chiqib qolganingizni qaerdan bilasiz. Siz ko‘z ochib o‘sha qo‘rg‘onni qo‘rgansiz, o‘sha yerda tug‘ilgansizlar. G‘arib esa, bu tarixning bir chekkasini eshon pochchamni Sibiriyadan ola kelaturganimda, Tangritog‘ga o‘tkazib qo‘ymasimizdan burunroq o‘zlaridan eshitganman. Umrlarining so‘nggida sanga u kishini ko‘rish, jilla qursa, xizmatlarini qilish nasib etgan bo‘lsa, aytmabdilar-da? — dedi kutilmaganda u akamni sensirashga tushib va uning tosh qotib turuvidanmi, nimadan shubhaga borib.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:18:30
Chindan hayron qolarli edi: oyog‘idan o‘t chaqnab, belida kuch qaynagan kezlari qay dargohlarda ishlab, ne mamlakatlarni kezib chiqqan, paydar-pay topshiriqlarni ko‘rdim demagan, kerak bo‘lsa, o‘limlarga tikka borgan, sarhadlardan ne nomlarda, ne qiyofalarda o‘tib yurgan odam... qarib pensaga chiqqach, til o‘girguvchilikni ham qo‘yib bizning tomonlarga kelib qolishi, birovning tashqarisida turib, sutchilik qilib yurishi, halol peshona teri — oqlikdan qolgani bilan umrguzaronlik qilishi, bularga o‘xshab urug‘-aymoqlarini izlab qolmasligi g‘alati edi. Mana endi bilsa, kitob jinnisi ekan. Sutchilikni ham qo‘yib, buzilayotgan qo‘rg‘onlardan (kimning tomidan, kimning urib yuborilgan tokchasi orasidan) chiqqan qadim kitoblarni yig‘ib yurgan ekan. Shunaqqib bir uy kitob yig‘ib qo‘yibdi. Ustiga ustak yo‘lga tushgan qayrag‘ochli yolg‘iz mozordan chiqqan sandiqlar daragini eshitib, quruvchilarni yeng uchida xursand etib, hammasini o‘z uyiga tashitib olibdi. Mana endi bittalab saralab, ro‘yxatga olib o‘tiribdi. Yana uning orasidan chiqqan mana bunday narsalarni sharhlab o‘tirishi, egalarini topib xabar berishi qiziq edi. U kim? Olimmi, darveshmi yo esini yegan chol? Shunchaki umr o‘tkarargami bu ishlari yo jiddiy? Hamma eshon pochcha kabilarning nomini atashdan hayiqib yurgan mahalda u nima qilibdi? Sibiriyadan olib kelib, Tangritog‘ga o‘tkazib qo‘yganmish. Qay yurak bilan u shu ishni qildiyu qaysi jur’at bilan mana bu silsilai shariflarni topib, yig‘ib yuribdi? Joni nechta bu cholning — bilolmasdim. Olim akamday odamga qanday ishonib bu gaplarni aytmoqda? U axir sotib qo‘yishi ham mumkin-ku?..
Yo men o‘lgudek vahimachiman, yo laqmaman.
Sutchi chol bizga qarab miyig‘ida kulimsirab o‘tirar, Olim akam esa, esi og‘ib, silsilai sharifning boyagi halqasiga tikilib qolgan edi. Men uning ko‘zlarida yosh ko‘rsamgina uning sofligiga, pokligiga, ilgarigi yo‘llardan qaytganiga ishonmoqchiday unga tikilardim-u, nimagadir o‘sha yoshni, halqa-halqa yosh bosgan ko‘zni ko‘ra olmasdim, tavba.
Bu qo‘tir dunyo, bu serg‘alva, hech narsaga arzimas hayot uni shunchalar so‘qir qilib qo‘ygan ekanmi?!. Yo men, yo u — ikkimizdan birimiz adashuvda edik. Chol esa, go‘yo keksa hakam edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:18:53
8. HOJIM NIMAGA INTIQ?
yoxud muallifga ayon tarixlar davomi


Yenglari tirsakka qadar shimarilib, ariq bo‘yiga cho‘nqaygan Mirzaxo‘ja hojimning xayoli qirg‘oqdagi maysalaru sambitgullarning oqish-ipiltiriq ildizchalarini o‘pib o‘ynoqlagan suv ham qolib, tamomi bo‘lak narsaga qochgan edi.
Suvdan ham tog‘-toshlardagi muz-qorlarningmi, quyun-izg‘irinlarningmi zahri kelib turgandek, ufurmoqdadek. Lekin hojim buni sezmasdi. Qolaversa, qachondan buyon oftobda turgan jo‘mragi turna bo‘ynidan-da uzun obdastasini ham unutgan. Tomlaru nokzorni oshib o‘tib, bog‘ adog‘idagi devor sarxokiga mingashgancha qolgan g‘arib quyoshdan... (g‘arib ham deyish mahol, niyatiga-da yetganidan yal-yal yonmoqda balki!) ko‘z uzolmaydi. Bunga sari ko‘zlari yoshlanib-yoshlanib keladi, quyosh ham chaplashib, ming bo‘lakka bo‘linib ketayotir.
Hatto osmonda qanot qoqqan qushlar-da ko‘zlagan manzillariga yeta olgaylar: sarhad osha bilgaylar. (Albatta, Ollohning izni bilan). Hatto tog‘larda suv ichgan bulutlar-da, pastga enib vodiylarga suza bilgaylar: sarhad osha olgaylar. (Albatta, Ollohning izni bilan: shamolga buyurilmasa, shamol haydamasa, qayoqqa ham bora olgaylar?!)
Hatto o‘sha ko‘hna quyosh-da o‘z nizomidan chiqmay sarhad osha biladi, u diyorlarga yeta oladi. Albatta, Ollohning izni bilan...
«Bizda asr vaqti tugab, shom tushmoqda. Ularda-chi? Choshgohdan o‘tib, peshinga yetgandir?.. Bir vaqtning o‘zida ular ham, biz ham kundan vaqtning hisobini olmoqdamiz. Lekin qani dardu hasratlarimizni aytolsak, bildirolsak. Biz ularga, ular bizga. U yoqlar tinchroqdir deb qaerdanam jo‘natdilar uni? O‘zimizning musofirligimiz yetmasmidi? Qizimizni-da, otalar yurtida musofir qilmasak? Holi nima kechdi ekan?...»
Qariyaning ichi sidirilib, o‘ksig‘i bo‘g‘ziga keldi. Ko‘ksining allaqaeri achishar edi.
Nogahon kafti obdastaning iliq bandiga tegib, ariq bo‘yiga nima uchun cho‘nqaygani yodiga tushdiyu o‘zidan o‘zi uyalib xijolatlandi: darvoqe, noshukr-lik nechun? Hammasini O‘zi ko‘rib-bilib turibdi-ku. Hammasi imtihon-ku? Bandasining sabrini sinamoq-ku!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:19:09
Har galgidek shahid xalifaning farzandi arjumandlariga vasiyati yodiga tushdi: «...Tahoratni chiroyluv-chiroyluv qilib, kamoliga yetkazing. zero, namoz tahoratda». Shunday kezda nimalarga chalg‘iganidan uyaldi (Uyalganda ham o‘zining holini ko‘rib-bilib turgan zotdan uyaldi). Va shu xijolatpazlikdan qutulmoq qasdida ham bismilloh ila kaftiga suv oldi. O‘zidan ham ko‘hnaroq (mushtdek qorinchasiga yarim kosa suv ketib-ketmaydigan, bo‘ynidan jo‘mragi uzunroq) obdastadan oftob taftini emgan jonbaxsh suv tushib, vujudiga tasvirlab bo‘lmas bir huzurmi, nimadir yugurdi! Beixtiyor:
— O‘zingga shukr, shu kun, shu soatlarga yetkazganingga, yurgizib-turgizib, o‘zingga bo‘yin qo‘ydirib qo‘yganingga, shularning barchasining fahmiga yetkazib, kerakli amallaringga andarmon etib qo‘yganingga shukr, — deya tili duo-shukronada ekan, tahorat amallarini kamoliga yetkazib ado etishdan o‘zi huzur ola boshladi.
Chindan ajoyib. Buncha huzur qaydan? Ixtimat ila kaftiga olgan suvdanmi va yo uning bilagi bo‘ylab chopqillashidan? Balki oftob taftini emgan ajoyib suv ko‘kishtob tomirlariyu tagidanoq sarg‘imtil tus ola boshlagan etlarini o‘pishidan kelmoqdadur?
Rostdan ham o‘sha bilaklarini o‘pib-poklab kelaturgan suv... tirsagiga yetganda yana baholi-qudrat jamlanib so‘ng ariqdagi o‘ynoqi suvga sakramoqda edi. Go‘yo gunohlari ham o‘sha tomchilar yanglig‘ oqub ketmoqda ekanlar, u qushday yengil tortib bormoqda edi.
— G‘aq! — Tashqi hovlidan uchib chiqqan ola hakka o‘rtadagi devorga qo‘nar-qo‘nmas shuvillab sarxok to‘kildiyu u o‘takasi yorilib, boqqami-qayoqqa uchib keta boshladi. Uning uzun qaychi dumiyu chiroyli ola qanotlaridanam burun bo‘ynidagi to‘tiyoga moyil qora barxat «halqasi» ajoyib edi. Kechki quyosh nurida gavhardayinmi, allaqanday tovlanar edi. U shu hurkib uchib ketuvida ham nimadandir imdod berib, sayrab borar edi.
Hojimning nazarida hatto shu shaqildoq olahakka ham o‘zi zag‘izg‘on atalmish yurtlarni esga solib, kelmoq bor-u, ketmoq yo‘qmi, ketganlardan kim xabar olgay, demoqchi bo‘lar edi. Chindan unga nimadir bo‘lmoqda: yo Yodgormurod nevarasining daragini eshitgandan beri o‘zida yo‘q ichikib bormoqda, yo bo‘lmasa, bu nimadandir imdod-belgi. Ishqilib, mohpora-Mahfuzaginasi sog‘-omon bo‘lsin.
U yuz-qo‘llarini artib, belbog‘ini yelkasiga tashlarkan, o‘shal yurtdan dovon oshib kelib, hozirda oyoqyozdi tariqasida jindek mizg‘ib ketgan aziz mehmonlarini esladi. Axir hazilmi, kimsan nevaraginasining akachasi, bir hovlida o‘ynab katta bo‘layturgan toy bola — Akbaralini ola kelishibdi! Bag‘riga bosib, boshlarini silay-silay, bo‘ylarini hidlay-hidlay esi ketdi. Danagidan mag‘zi shirin degandek tomirining tomirchasi — nevarasining hidlarini tuygandek bir yerlarga yetdi! Endi o‘zini bir rov ko‘rsa, ko‘rib o‘lsa, armoni yo‘q edi. Axir o‘zlari judo bo‘lgan diyor — ota yurtda ulardan ham bir urug‘ paydo bo‘pti-ku! Iloy, tup qo‘yib, palak yozsin! O‘zlaridan ko‘payib, u diyorlarda ham chiroqlarini yoqib o‘tirishsin.Iloy, to qiyomatga qadar shajaralarini bardavom etdirishsin. Bir kalima-bir kalima bo‘lsa-da, Qur’on o‘qib, or-qalaridan savob yuborib turishsin.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:19:21
Ishqilib Olloh mohporasini qo‘shgani bilan qo‘sha qaritsin. Botur kuyovining ham u diyorga yo‘llarini ocha qolsin, mushkullarini oson eta qolsin.
Zag‘izg‘on behuda sayrab o‘tmagan ekan, bog‘ devoriga mingashgan kun uning ortiga cho‘kib ulgarmay (uning bir chekkasi qon talashgan ko‘zdek qizarib turar edi, tavba!) tashqi darvozada birov chaqirdi.
— Boy buva? Hoy, kim bor?
Hojimning yuragi bir orziqib tushdi. Nazarida kelguvchi bejiz eshik qoqmayotgandek, bir mujda ila darvoza tagida turgandek edi. Yo uning fe’li shunday nozuk, yo botin ko‘zi bor: ba’zi narsalar oldindan belgi berib qolgay. Mana hozir ham darvoza tagida turgan odam... o‘sha botin ko‘ziga avvalo otliq bo‘lib, qolaversa, tog‘-tosh oshib kelgan safar kishisi bo‘-lib ko‘rinmoqda edi. Nega — o‘zi tushuntirib berolmasdi.
— Labbay-yov, mana, boraturmizov, — deb tashqariga shoshilgan eshik og‘asi hechqancha o‘tmay qaytib, qarshisida qo‘l qovushtirdi.
— Duoi-salom ekan, hoji buvo, — ellikni qoralab, yoshi bir yerga yetganda shu tashqarida uy-joy, bola-chaqa qilib, ro‘shnolik topgan bu odam sadoqatda tenggi yo‘q edi. Sidqidillikda hech kim uning oldiga tusholmasdi.
— Xushvaqt bo‘lg‘ay, kimdan deding? — Mirzaxo‘ja boyning xayoli salom egasiga qochdi: kim bo‘luvi mumkin?
Qay pushtidadir qozoqlar bilan tutashib, yana ajrashib ketgan eshik og‘a ikki gapning birida «hov-hov»lab, ba’zan «oy-bay»lab qo‘yardi. U so‘rashni-da unutganidan azza-bazza xijolat chekib, egildi. Kepchik yuzi chechak toshgan kabi qizarib-bo‘zardi va rostiga ko‘chdi:
— Faromush etibmang‘o‘y...
— Mehmon-chi? — dedi boy hushyor tortib, — Opkirmadingmi? Non-choy qilardinglar, qutlug‘ uydan quruq qaytmasdi.
— Unamadig‘o‘y, taqsir. Shoshib turgan ekang‘o‘y.
— Esiz, — dedi qarigan sari kichkina tortib, chuvaklashib boraturgan boy, boshini saraklatib, — avvalo nasiba qo‘shmagan, lekin Alimat uka, bizning eshikka kelgan odam... esingda bo‘lsin, quruq qaytmasligi kerak, barokat ko‘tarilgay, bilding.
Alimat ikki bukildi:
— Xo‘p bo‘lg‘ay, o‘tag‘asi.
— Keyin kelgan odam yaxshi surishtirilg‘ay: kim, qayoqdan, qay tomon boradir.
Alimat bosh ko‘tarmay o‘sha so‘zini-da qaytardi:
— Xo‘p bo‘lg‘ay, o‘tag‘asi.
— Sizlarga unamasa, tushunarli birovni chaqirmak lozim.
— Kechirg‘aysiz, boy buvo. Qaytarilmag‘ay, Siz ayt-g‘ancha bo‘lg‘ay.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:19:36
— Xo‘sh, nima ekan deding? — Mirzaxo‘ja hoji endi uning egilgan sari ko‘ksidan qorniga tushib borgan qo‘llariga qaradi, o‘sha qornida chirmashgan qo‘llarida bir narsaning so‘rg‘ichlangan uchiyu shokilali ipi ko‘rinardi.
— Mana, o‘tag‘asi.
U och jigarrang kepak qog‘ozga joylanib, so‘rg‘ichlangan maktub ekan. Albatta, sho‘rolar qo‘lida qolgan ota yurtdan. Boshqa yoqniki bo‘lsa, oxonjomasiyu qopchiqlari zo‘r bo‘lgich edi, yilt yangi bo‘lib, yiltiragich edi. Bu kepak qog‘ozda edi.
Lekin kepak qog‘ozda bo‘lsa-da, hojining ko‘zlariga olovdek ko‘rindi. Qog‘ozidan tortib, so‘rg‘ich ustiga urilgan muhru boshlama krill yozuvlariga dovur... Har kuni kelavuribdimi bunday maktublar?!. Kimdan ekan?
Yalt etib, shu qish boshida Ahmadbek hojimnikida berilgan ziyofat, shu ziyofatda tanishtirishgan qilichdek adlu rayhondek xushro‘y yigit yodiga tushdi. Safedxonada tarjumon ekan. Tilining shirinligi, muomalasining go‘zalligini ayting. O‘zining ko‘rkamligi-chi, qiz bola bo‘lib tug‘uluviga-da bir bahya qolgandek. Shu yigit Ahmadbek hojimning avlodi bo‘lib, baland doiradagi har turli qabulu kuzatuvlarda qatnashar, ba’zi xorij safarlariga-da olib ketishar ekan. Uning birovga aytolmaydigan dardidan xabardor Ahmadbek hojim chetga chorlab, qulog‘iga shipshib qo‘ydi:
— Shu jiyanchamiz yaqinda ota yurtingizga safargami, bir nimaga borgay. Biroz turgay ham. Agar o‘ng‘ay xizmatlar bo‘lsa, yo‘q demas...
Voh! Bu nima? Tong-saharlargi nolai iltijolari natijasimi?! Olloh o‘zi kushoyishkor, kushoyishini berishimi?! Qani edi, Mahfuzasining daragini bilib bersa? Yolg‘iz o‘zi nima qildi, qay yerlarga bordiyu qaydan panoh topdi?
Keyin mavridini topib o‘shal suqsurdek yigit — tarjumon jiyanchaga Ahmadbek hojim ikkovlari iltimos etishgan, rizoligini olib, duolar qilishgan edi.
Xayralashar mahal esa:
— Topsangiz bergaysiz manavini, kam-ko‘stiga yaratsin, — deb bir hamyoncha tutqazdi. Bo‘lagini esa: — mana bu — xarajatlar uchun. Uzoqning ishi, busiz bo‘lmagay. Qaytishingizla ma’lum eting. Albatta, shirinkomasi ham bo‘lg‘ay, o‘g‘lim, — dedi.
Yigit «qaydam, qaydam»lab zo‘rg‘a oluvdi. O‘shandanmikan? Mirzaxo‘ja hoji shirin umidla maktubning yuziga qarab qo‘ydi.
Xatga ko‘zi o‘tmay (qarangki, u bitiklar maktub yuzasiga tushib qolgan qora qumursqalardek g‘imirlar-u, jilib ketolmas edi, tavba) yuziga yaqinroq olib kelibgina tanidi. U arab imlosida edi. Shunda-da, baribir ulab ketolmadi. Juda mayda edi yozuvi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:19:49
Shundagina eshik og‘asi ariqning u betida yarim egilib, izn kutib turganini ko‘rdi va:
— Ey Alimat, necha qayta aytaman, qaddingni g‘oz tut. Mo‘min mo‘minga hech mahal yukinmagay, sig‘inmagay.
— Eshitdim, boy buvo. Uzr, boy buvo, — deb u tisarilganicha yana bukilib borar edi.
Mirzaxo‘ja hoji uning sodda ham samimiyligidan jilmaydi va shu jilmayib, bir burda yuziga nur yog‘ilgan kuyi buyurdi:
— Qizinggami, ichkaridagilargami ayt. Meni ko‘zoynagimni ola chiqsinlar.
— Hozir-da, o‘tag‘asi. Hozir-da, boy buvo, — deya tashqi hovli tomon yo‘rg‘aladi, so‘ng ostonadan o‘tmaylayoq o‘shaqda ukasini yerga qo‘yib, o‘zlari sakrong‘ich o‘ynayturgan qizlarini chaqirdi, — Oy-bay, hay Xatchayov, chopchi bunda! — Keyin buyurdi. — Ichkariga yugur, Eshonotangni terazalarini olachiq!
Xol olib, qizara boshlagan qora gilos tagidagi yog‘och karavotni holi bilib, o‘sha tomon yura boshlagan Mirzaxo‘ja hojim Alimat qozoqning keyingi gapidan jilmayib qo‘yib, otasining betiga angraygancha qolgan qizaloqqa dalda bergan bo‘ldi:
— Otin buvingga ayt, qizim, xat ko‘rar ekanlar de, bilib obberadi.
— Bildim-bildim, aynagiz, — deb qizaloq ichkariga chopqilladi.
Xijolatga botgan Alimat qozoq esa, bo‘ynini ichiga tortib yelka qisdi:
— Men nima depmang‘o‘y?! Ko‘zni terazasi bo‘lmay ne ekang‘o‘y?
Necha muddatdan so‘ng Mirzaxo‘ja hojim kungrador karavotning to‘r tomonida, necha qavat ko‘rpachalar ustida yolg‘iz o‘zi ustozini kutgan mullavachchadek xatga tikilgan kuyi qolgan edi.
U birinchi so‘zdanoq mutaassirlanib, bo‘g‘ziga issiq bir narsa qadalgan, ko‘ngli buzilib ketgan edi. Peshonasiga dovur jimirlayturgan bir mutaassirlikni zo‘r-bazo‘r yengib, ko‘zlari so‘zlar ketidan chopishda davom etar edilar:
«Hurmatluv va izzatluv Mirzaxo‘ja hoji otamizga yetub ma’lum bo‘lsunkim, kamina qandaydir bir shirinkomalar ilinjuda emas, bil’aks, Hoji tog‘amiznikida bergan lafzimiz ustidan chiqmoq qasdida iltimosingizni uddalamoq va u jigarporangiz Mahfuza bonuni izlab topmoq, jilla qursa, daragini bilmoq uchun ko‘-o‘p urindum. Bu yerga bizning diyor Tangritog‘dan ko‘chib kelmish kishilarning mahallalariga o‘tib, xabarlar yuborib, ko‘-o‘p tonuqli kishilar orqali ul musofirginani izlatib ko‘rdum. Daragi uchun xarajatni ayamadum. Topilsa, shirinkomalar borligini-da e’lon ettum.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:20:13
Hoji buva, ma’zur tutgaysiz. Sizni judayam quvonturadigan xabarlar topilmadi. Avvalisiga bir umidlu izlar topganday bo‘lib edum. Sarhaddan o‘tolmay qolgan kuyavingizning mehribondan mehribon xolalari bor ekan. Avval o‘shalarnikiga tushib, o‘shatlarda turgan ekan. So‘ng u yerdan ham bosh olib chiqib ketgancha qaytmabdi. Hanuz izini topisholmaydur.
Lekin ular topisholmagan Mahfuza kelinni (Sizning jigarporangizmi-boshqami, aniqlaganimcha yo‘q!) izini men topgandayman. Shunday otliq musofir kelinchak eski shaharda turar ekan, shifoxonaga tushib qolgan degan xabarlar topdik axiyri. Ammo borib surishtirilsa, bo‘lak odam bo‘lib chiqdu. Bir oyog‘i oqma bo‘lib yotgan, uni-da kesmakka hozirlay turgan ekan-lar — qo‘ymadilar oldiga. Nomi ham bo‘lak — Maz-lumami, Marg‘ubami ekan. Noumid shayton. Yana surishtirmoqdalar. Qaytgunimcha biron xabar topsam, albatta, omonatingizniyu duoi salomlaringizni jigarporangizga yetkazgayman, inshaalloh. Topolmasam, ma’zur ko‘rgaysiz, Hoji buvajon. Mening qaytar vaqtimga oz qolmoqda.
Jigarporangizni Alloh o‘zi hifzu himoyasida asrasin va Siz ila bu dunyadayaq ko‘rishtirmoqni nasib etgan bo‘lsin, ilohim.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokotuh.

Addoi Yoqubbegingiz.
1968 yil, navro‘zi. Toshkandi azim».


— Nasib etsin, ilohum, qiyomatga qoldirmasun. — U shivirlab iltijo qilarkan, kirtaygan ko‘zlaridan shashqator yosh dumalab, quvalashgancha qay biri mo‘ylabi tagidan sizib lablari orasida yo‘qolar-da — qolar, qay birlari chuvak yuzining bo‘rtig‘idan to‘g‘ridan-to‘g‘ri oq soqoliga sakrab, undan nimchasi oldiga yumalar, uni nam etib bormakda edi.
Uning yarasi yangilangan, mana, nechanchidir marta ich-ichidan tuganmas bir o‘ksik bosib kelib, o‘kramakka yaqin qolgan, ammo o‘kray olmas (axir u o‘krasa — boshqalar nima qiladi, bo‘zlaydimi?! Bo‘zlamakka yo‘l ochsinmi?!), bunga sari yum-yum yig‘lar, yig‘layverib shishib borar, shishib borgani sari o‘zi kichkina tortib ketmakda edi.
Chunki u o‘zidan o‘tganini o‘zi bilardi. Bu ishda yolg‘iz o‘zi aybdor edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:20:26
Ha-ha, o‘zidan o‘tdi. Bir haftalik kelinchakni eriga topshirib qo‘ya qolmay eldan burun bir ishonchluv kishiga qo‘shib, ota yurtga jo‘natmakka shoshdi. Bu notinch diyorda bir kor-hol bo‘lishidan ko‘ra o‘sha yoqni avlo ko‘rdi, tinchroq bildi. Kuyavi o‘tolmay qoluvi tushiga kirish tugul, o‘ylab ham ko‘rmagan edi. O‘sha o‘ylamagani oldiga kelib turibdi. Endi dodini kimga aytsin?! Nolai afg‘onini kim eshitsun?! Qaerdan ham o‘sha Botur ularning qo‘rg‘onini qora tortib keldi? Shul yerto‘lada jon saqladi? Kirmasa, saqlamasa, shu ko‘rgiliklar yo‘qmidi? Ne qilsin, Allohning xohlashi, yozmishi shu bo‘lsa? Peshonasi shu qadar sho‘r ekan- mu?
O‘zing kechir, ey buyuk egam. Hammasini O‘zing ko‘rib-bilib turibsan. Ne hol ro‘y bergan bo‘lsa, O‘zing voqifsan. Biz gumrohlar neni ham bilgaymiz? Hikmating ne — qaydan anglab yetayluk! Faqat qizimizga-da yaxshilik sog‘inub topgan gunohlarimizni mag‘firat etsang, bas, kechirsang, bas. Uni-da shar’iy nikohidagi bandangga yetkazib, qovushtirsang, xotirjamliklar ato etsang, bas. Bizga bundan ortiq inoyatlaring na kerak, karaming na kerak!
U birdan bir lahza, bir soniya ichida vujudida allaqanday tinch-sokinlikka monand xotirjamlik tu-yib, xushyor tortib qoldi.
— Darvoqe, Mazluma dedimi, Marg‘uba dedimi? U shifoxonaga tushgan musofirginani? Birovning zaifasi, yaqin-yuqunlarining yo‘lini kutib yotgan mushfiqani? Anuv mehmon bola — dovon oshib kelgan toychoq bilsa kerak, tanisa kerak axir uni? Kasalvandligi, shifoxonalarda yotishinimi, nimani gapirayotib edi-ku?
Chaqirtirmakka sabri chidamay karavotdan tushib, tashqi hovliga, undan yo‘lakay ovoz berib mehmonxonaga dovur yetib bordi:
— Hoy, toy bola, mehmon bolam, qaydasan, menga qara?
— Shu yerdaman, boy buva, — deb kemshiktoy — Akbarali chopqillab tushib kela boshladi.
— Shoshma, ehtiyot bo‘l. Qoqilib-netib yurma. Senga gapim bor, xolos.
— Mana, keldim, — dedi bolakay quchog‘iga iymanib kirib.
— Ayt-chi, bo‘tam, — dedi bolaning kuraklarini silab-siypalab, — sen bilgan Yodgortoyning ayasi... qaerda deb eding? Nima bilan og‘rigan, deb eding?
Saritoy uni bir og‘iz gapidanoq tushundi:
— Anuv oq mashinada bannisaga olib ketishgan edi.
— Nega oq moshin? U qanday moshina?— dedi qariya allaqanday vahima bosib kela boshlab. Qay bir sezgilari u o‘sha bo‘lsa-chi, mohporamiz bo‘lsa-chi, derdi.
— G‘izillagan mashinami, o‘zi kasal olib ketadigan-da, — dedi Saritoy.
— Chaqirishib edimi? — dedi qariya uni sal tushuna boshlab.
— Tog‘am chaqirtirib edilar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:20:44
— Shunaqa og‘irmidi kasali? Nima bo‘lgan edi? — Qariyaning o‘zi titray boshlagan edi. Lekin titragan qo‘llari bilan-da bolaning kuraklarini silashdan to‘xtamasdi.
Bola bo‘ynini qisdi:
— Bilmasam...
Hali xorijdan kelgan mujda xat ta’siridan qutulmagan qariya tusmollashga tushgan edi:
— Ancha bo‘lib edimi, ko‘pdan yotarmidi?
— Ko‘pdan edi, — dedi mehmon bola birdan unga qo‘shilib. — Yodgor sog‘iniblar ketgandi.
Qariyaning ojiz yuragimi — nima, titramoqqa boshlagan edi:
— Oyoqqinasiga-chi, nima bo‘lib edi, bo‘tam?
— Kimni?— deb durustdan tushunolmadi Saritoy.
— O‘sha opoqingni-da. Yodgorni ayasini? — dedi qariya kalavaning uchini topgandek bo‘lib.
Bola ko‘zini yumib eslashga urindi va sakrab-o‘ynoqladi:
— To‘g‘ri-to‘g‘ri, bir yara chiqqan ekan. Opoqbuvim ko‘zyara deb edilar. Keyin oqadi ekanmi?
— Subhanalloh, — deb shivirladi qariya ko‘zlarini yumgancha, yaxshiyam mehmon bolani quchog‘idan qo‘ymay turgani, orqasiga ketsa, nima tutib qolardi. So‘ng o‘zini o‘nglab, o‘rnidan turdi. Eshik kesakisiga orqa qilib, uni o‘ziga tortdi:
— Oti-chi, oti, nima edi? Eslay bilasanmi, bo‘tam?
— Kimni... oti? — anglay olmadi bolakay. — Kimni aytasiz?
— O‘sha... Yodgortoyni ayasini-da? Marg‘ubamidi, Mahfuza edimi? — deya oldi qariya.
Bola chindan bilmasmidi, boyagidek yelka qisib, jim qolgan, bilmaganidan o‘zi xijolatga tusha boshlagan edi.
Qariya tin olib, nafas rostladi: savolni bu gal boshqacharoq qildi:
— Esla, bolam, uni qanday chorlashur edi? Masalan, o‘sha opoqbuving? — deya yana kuraklarini silay boshladi.
U esladi:
— Ha, kunposhshamu, oyposhsham derdilar.
— Yana? Yana-chi, qanday atardilar?
— Yana Marg‘u kelinim — mangu kelinib derdilar. Nima edi, buva?
Eshik kesakisiga suyanib turgan buva esa bu vaqt holsizlana-holsizlana pastlab bormoqda, bo‘yi bolakayning bo‘yiga tenglashib kelmoqda edi.
So‘nggida u eshik kesakisiga suyangancha o‘tirib qola qoldi...
Ertasiga Mirzaxo‘ja hoji ular bilan jo‘narini e’lon etdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:21:00
9. SILSILADAGI OQ HALQA
yoxud dorussalom


Biz shajara qog‘ozni yana o‘ziday etib, (men tekislab turar, akam o‘ziga tortib — nay etib) o‘rar ekanmiz, (uning g‘ilofidan chiqib qolgan bir enlikkina qismi — oftob urgandek sarg‘arib ketgan edi) ana shundan mening vahmim kelib, vujudimni tushunuksiz bir majhul kayfiyat o‘rab kelar edi: nima bu — o‘tmish qa’riga ketgan zamon nusximi yo havoning ishi? Axir nur tushgan emas-ku unga, oftob urgan-da desak? Ochiq qolgan qismigagina yetgan. Demak, biz istaymizmi-yo‘qmi, hamma narsa sarg‘arib, unniqib, chirib-to‘kilib, yemirilib boravuradi. Titilib, to‘kilib tushaveradi. Boqiy qoladigan narsa yo‘q. Narsa borki, zax tortib quriydi. Qurib qovjiraydi, qovjirab sarg‘aradi, sarg‘arib yupqalashadi, yupqalashib to‘kiladi. Va yo‘qlikka ketadi. Xuddi uydan chakka o‘tganidek, qadrli-qimmatli narsalarga nam tepchib, zax urib, mog‘or bosib, alohal chirib tushgani kabi, kuni bitgani kabi... Bu olamda boqiy nima bor? Hatto shajara qog‘ozdan allatovur bir hid ufurmoqda edi. Xuddi qipiq hidiga o‘xshash... Bular ham zamonlar kechishi bilan qipiqqa, qipiqdan bo‘lgan narsa yana qipiqqa aylanib borayotgandek...
Meni ana shunaqa mubham kayfiyat bosib kelmoqdaydi, undan o‘zimni olib qocholmasdim, chalg‘itolmasdim. Nimaga — tushuna olmasdim. Aftidan yo xayollarimni zamon qa’riga olib qochgan mana bu shajara qog‘oz, yo anavi eshigi qiya ochiq hujradan ufurib chiqayotgan mog‘or aralash eski kitoblar hidi meni bu holga solmoqdaydi. Necha yil tuproq ostida yotgan kitoblarmi va yo uning egalarining taqdirimi xayolimni o‘g‘irlab, band etgan edilar.
Sutchi (darvoqe, u hamma ko‘chib, guzardan putur ketib, obkash yelkalashni bas qila boshlagan, endi uni sutchi deb emas, kitob jinnisi deb atash to‘g‘riroq edi), ishqilib chol:
— Men hozir, — deganicha o‘sha hech yerga ishonmaydigan kitoblari taxlangan hujraga kirib ketdiyu, yana nimani izlab qoldi — bilmadim, chiqa qolmas edi. Mendan ham kamgap bo‘lib qolgan Olim akam esa, o‘raydiganini tezroq o‘ray qolmas, xuddi shajara qog‘ozdagi yozuvlardan bir narsa tushunadigandek ora-oradagi bir joylariga tikilib turib qolmoqdaydi. Xat taniydi shekilli deb... zehn solsam, yo‘q, nuqul bo‘sh — oq halqalarini sanamoqda.
Darvoqe, u nimasi? Nega bo‘sh qoldirilgan? Sutchidan nega so‘ramadik? So‘rasak bo‘larmidi...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:21:15
Atay o‘ramni bo‘shatdim, u tubi ila taqir namatni o‘pib, uzala tushdi. Akam sezib yuzimga qaradi. Menga ham shu kerak edi:
— Nimasini sanayapsiz? — dedim.
Olim akam (jiyan tog‘aga tortadi degani haq rost ekan!) Qo‘ldosh tog‘amlarga o‘xshab, labini yoyib, sassiz kuldi. Uni «obbo sen-ey, shuniyam nazardan qochirmadingmi, uzoqqa borasan sen, uzoqqa» deganday ham, «aqling yetmagan narsaga burningni tiqmasang kimni ko‘ngli qoluvdi» deb ham tushunish mumkin edi. Ammo tog‘am hech maynaomuz kulmasdilar. Bunikida ham... yo‘qday, ishqilib tikilib turib ham sezmadim.
— Qiziq, — dedi u yelka qisib ham ovozini bir qadar pastlatib, — bular hammasi o‘tgan zamonning o‘tib ketgan ulug‘lari bo‘lsa, o‘zi ham bundan ellik yil burun to‘ldirilgan bo‘lsa, yonidagi bo‘sh o‘rinlar nimaga ekan? Shunisi g‘alati.
— Nimani aytasiz, anuv ochiq halqalarnimi? — dedim men ham yutoqib Ajab, fikrimiz bir yerdan chiqayotib edi? Nima, ular — unutib qoldirilgan zotlarmi yo kelajakda chiqadiganlari?.. Shu tob hovlining etagidami va yo undan ham naridami (narisi — devorning orti anhor, anhorning ortida chivig‘iga ham birov tegmagan lager bor edi!) haqquqush sayrab, unga boshqasi boshqa tomondan — Qozoqmozor deb ataluvchi qayrag‘ochzordan javob qila boshladi. Kuppa-kunduzi quyuq daraxtlarning qay bir shoxidadir (albatta, in qo‘yib, uya qurgan joylariga yaqin bir yerda o‘tirvolib) roz aytishlari, bir-birlarini chaqirib-chorlashlari g‘alati edi. Odatda ular kechalari allamahalga dovur chorlab, kechaning siriga sir qo‘shguvchi edilar. Bular esa, vaqt hisobini adashtirib qo‘ygandek kuppa-kunduzi qo‘shiluv-ko‘payuv oyatini tilovat etishar edi. Balki hamdu sanolari, tasbehotlari shundaydir. Harqalay hozir bularning bir-birlarini qo‘msab chaqiruvlari, chorlab-zorlanishlari, «sen qayda, men bunda»lashlari, kuppa-kunduzi qaro tunda adashgan jigargo‘shalar singari ovoz berishlari menga yoqib tushmoqda edi.
Ammo, manavi diyoridan adashgan akalarim nega bir-birlarini izlamaydilar, chorlab chaqirmaydilar? Shu zabonsiz qushlarki, bir-birlarisiz turolmay o‘z tillarida zori-nola qilganda nega ular jim, dunyoni ostin-ustun qilib bo‘lsa-da, bir-birini zor-intizor izlamaydilar? Yo buning yuzi shuvit, kechirilmas gunohlari bormiki?... Balki biz bilmaydigan narsalarni ham bilar — shuning uchun jimdir?..
— Sen nima deb o‘ylaysan?
— Nimani? — dedim daf’atan anglab yetmay.
U endi tog‘amlarga o‘xshab beozor, (nega beozor, meni xuddi erkalagandek) miyig‘ida kuldi:
— Mashi bo‘sh qolgan joylarni-da?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:21:25
— Keyin chiqadigan zotlarga atab qoldirilgan, deysizmi?
Olim akamning ko‘zlari chaqnab ketdi:
— Voh, balosan-ku! — deb yubordi. — Topding-a! Mening nazarimda ham shunday! Atay qoldirishganov.
Yuragim dukurlab ketdi, o‘zimning fikrimdan o‘zim qo‘rqib ketgan edim:
— Bashorat qilib-a?
Esim teskari bo‘lib borayotir edi. Chindan ham unday zotlar otilib-netib, badarg‘ayu surgun qilinib bo‘lgan kezda qay bir tupkaning tagidan anqoning urug‘ini topsa mumkindir-u, bularni topish amri mahol kunda — bu g‘alati edi! Aql bovar qilmas gap og‘zimning bir chetidan chiqib ketgan, endi o‘zimning vahmim kelib, peshonamni sovuq ter bosib bormoqda edi! Ularning o‘zi qanday to‘zib yuribdi-ku, men bashorat qilib qayoqdagi gapni gapiryapman?.. Balki manavi eski turish-turmushi, bola-chaqasidan kechib, yakka-yolg‘iz yashayotgan, hukumatga o‘tkazib qo‘ygan xizmatlari ham qolib, obkash ko‘tarib, sutchilik qilib yurgan, o‘zini ibodatgayu eski kitoblarga urgan kishidan so‘rab boqish kerakdir. U kishi bilar haqiqatini?..
— Menam shundaymi, deb o‘ylayman. Ilgarigilar ko‘p narsa bilishgan. «Bashorat» kitoblarini o‘qishgan. Biz nima bilamiz, — dedi Olim akam tan berib va asta boyagi ishida davom etib. Qo‘limizdagi qog‘oz shildirab o‘ralar va shu barobar dimog‘imizga mog‘or aralash moziy hidi ufurayotgandek bo‘laverardi.
— Harqalay so‘rab boqish kerak, — dedim men boyagi bilag‘onligimdan xijolat chekib.
— Ustozdanmi? — dedi u.
Men sergak tortdim: bu odam unga qanaqasiga ustoz bo‘lsin? Yo ilgaridan biladimikan?
Men bir qarorga kelib ulgurmay hujradan sutchining o‘zi chiqib kela boshladi. Uning qo‘lida naycha qilib o‘ralib, ikki tomonidan qisqich qog‘oz bilan o‘rab-chirmalgan bir narsa bor edi.
— Uzr, sizlarni kuttirib qo‘ydim. Qaerga qo‘yganimni faromush etib, ey izlovdim tunov kuniyam. Turgan ekan, Bobur hazratlarining ortlarida, u kishining «Voqeotnomalari»ga esh bo‘lib, — dedi sutchi, u «oltin sopli pichog‘i»ni topganidan og‘zi qulog‘ida edi.
Bunisi chinakam shajaramiz ekanmi?! Chindan mening ichim tushib borarkan, Olim akam entikdi:
— Bu ham o‘sha sandiqdanmi, ustoz?
Sutchi muloyim bosh chayqadi:
— Yo‘q, buni manavi mirzom, Maqsudxo‘jaga ilindim. U sultonlar kechmishiyu saltanatlar tarixiga qiziqadi. Bir kun kelib Qodiriyga o‘xshab, biror kitob-mitob yozib qolsa, asqotar, deb olib qo‘yib edim. Shunaqa siyoqi ham bor buning, — deb meni xijolatlarga qoldirdi: azbaroyi ikki yuzimu quloqlarim lov-lov yonardi. Lekin bu gap shu tobning o‘zida bir chekkasi menga moydek yoqib turibdi. Rostini aytsam, choli tushmagur topdi «kasalim»ni. Boshqacha aytsam, mendek «gap o‘g‘risi»ni o‘g‘irlik ustida tutgan edi u. Ikki yuzim cho‘g‘ bo‘lib yonishi shundan edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:21:37
— Biz esa, bu yoqda Sizdan bir narsa so‘rashga ilhaq bo‘lib o‘tiribmiz, — dedi Olim akam hayratlanib.
— Shunaqami? Bilsam jonim bilan, jonu jahonim ila, — deganicha u biz tomon yuraverdi, — shu burhon qog‘ozdanmi? Qoziyu quzzotlar muhri bosilgan narsadan-a?..
Men tilim lol, ammo unisiniyam, bunisiniyam bilgim kelib ichim tushib turibdi, lekin qani og‘iz ocha olsam. Tag‘inam Olim akam dadil ekan:
— Manashi oq halqalarni aytamiz? Nega bo‘sh qoldirilgan? Egalarini aniqlay olishmaganmi yokim?..— dedi tusmollab.
— Ha-a, bumi? — dedi qariya, so‘ng jiddiy tortib qo‘shdi, — Bunda ortiqcha narsaning o‘zi yo‘q. Hatto kemtigi bor, deb o‘ylashga qo‘rqadi odam. O‘shal bo‘sh joylar-da bexosiyat emas. Mening nazarimda qiyomatgacha chiqadigan avliyo zotlar uchun qoldirilgan. Hatto mana, qarang, Eshon pochchamdan keyin ham bitta bo‘sh o‘rin turibdi. Demak, sizlarning qay bir pushtingizdan yana bir ulug‘ zot chiqqay. U kim bo‘ladi, yolg‘iz Alloh bilgay.
Qariya shajara qog‘ozni siypab, ko‘ziga surtgudek bo‘lib gapiryaptiyu nazarimda u biz bilgan oddiy sutchi emas, jandaga o‘xshash jun chakmonga o‘ralvolgan darvesh ham emas, juda ko‘p narsalarni bilgich olim kabi haybatimi, salobatimi ortib borar, «mana, nega bu odam halimdan halim, nurlidan nurli!» derdim ichimda. Hatto shu narsalarni bildi-ya! Bu atrofda unga teng keladirgan kim bor?
Bunga sari savol xaltam ochilay-ochilib ketay deb boryapti. O‘zimni zo‘rg‘a tiyib turibman.
Axiyri chiday olmay so‘radim:
— Bunday avliyolar... har yuz yilda bir chiqqaymi?
Qariya ajablanganini yashirmay men tomon o‘girildi:
— Nimaga asoslanib... aytayapsiz, eshon bola?
Men g‘udranib qoldim:
— Shunday gaplar yuradi-ku, axir.
— Yuradi-yuradi, — dedi u bosh silkib. — Qolaversa, Allohning va’dasi bor: vaqti-vaqti bilan o‘z dinini yangulab, quvvatlantirib turguvchi kishilar yuborib turilgay. Har qavmning o‘z ichidan.
— Payg‘ambarlarmi? — dedim men hayron qolib. Negaki...
Qariya yumshoq jilmaydi:
— Bilasiz ekan. Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan keyin payg‘ambar kelishi to‘xtagan bo‘l- sa-da, valiylar silsilasi to qiyomatga qadar uzulmagay.
— Qanday? — dedim aqlimga sig‘dirolmay, — axir borlari ham...
— Ha, borlari ham otib bitirildi, badarg‘a etib yo‘qotildi, lekin, — deb sekin o‘z o‘rniga — boyagi fotiha qilgan joyiga qarab yuraverdi, — lekin bu asrdagina shunday bo‘ldi, baloning qattig‘i o‘shalarga tushdi. Bu ham Allohning xohlashi, imtihoni. Lekin bu ular qirilib bitdi, orqasi kesak degani emas. Poshsholik poshshosiz qolmaganidek, bu silsila ham bardavom etavergay.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:21:51
— Qanday? — Men hamon tushunib yetolmasdim.
— Juda oson, — dedi sutchi o‘z o‘rniga cho‘kib.
— Alloh Muhammad alayhissalomning ruhi- poklari bilan barcha ummatlarini tanishtirganida kimning ko‘zi ul zotning muborak ko‘kraklariga tushgan bo‘lsa, olim, ulamo, kimning ko‘zi boshlariga tushgan bo‘lsa, saltanatdor — podsho bo‘lgan, — qariya mayindan-mayin ham muloyim jilmaydi, — mana, sizning ko‘zingiz ul zoti sharifning o‘ng qo‘l barmoqlariga tushganki, kotib-mirzo, qalam egasi bo‘lib turibsiz. Shunga o‘xshab, hamma ham bir narsaga ega bo‘lgan o‘sha taqdirul azalda. Avliyolar sirasi ham uzulmasligi shundan.
Men nihoyatda hayratda edim. So‘ramoqchi bo‘lgan narsamni cheki-chegarasi yo‘q, ammo o‘zim lolman. Bo‘lmasa, so‘rasam yana so‘ragudekman: nega hamma muborak boshlariyu ko‘kraklariga qaramagan? Betavfiq o‘g‘ri-kazzoblar-chi? Ularning ruhi qayoqqa qaragan? Osongina dindan qaytguvchi munofiqlar-chi? Qotillar-chi, jallodlar-chi? U zotga qaramaganmi? Bilgim keladiki, u yog‘i yo‘q.
Bu orada akam silsilai sharifni o‘rab, jildiga ham joylab ulgurgan, biz o‘z-o‘zidan ilgarigi joyimizni egallab, qariyaning og‘ziga tikilgan edik. Hammadan ham men uning horg‘in, biroz qoni qochgan, ammo tag-tagidan yoqimtoy bir nur tepchib turgan betidan, o‘ziga yarashiqli mayda ajinlar bosgan qaboqlariyu qisiq ko‘zlaridan nigohimni uza olmasdim.
— Shuning uchun ham har kim poshsho bo‘lavermas, har kuni avliyo tug‘ilavermas, bo‘tam, — dedi u qo‘lidagi qog‘ozni deraza tokchasining bir chetiga qo‘yib. Demak, hali-beri berish niyati yo‘q. Qancha pisandayu nasihatlar bilan tutqazsa kerak qaytayotganimizda. Hoziroq bera qolsa nima qipti, ichimni tushirmay? Ammo mehmonmiz, o‘z izzatimizni bilishimiz kerak. Men Olim akam bo‘lsamki, tilyog‘lamaliklar bilan bo‘lsa-da, ichim qurigan narsani so‘rab olsam. Men unaqamasman, tortinchoqning tortinchog‘iman. Mendan muxbir chiqishi ham dargumon, yana kim biladi. Axir Lavhul-Mahfuzda bitilgani bo‘ladi emish-ku.
Qolaversa, men Olim akamning qozon-tovoqqa unnagani chiqishini kutib yotibman. Yolg‘iz qolsam, o‘zim bilardim, sutchi amakidan nimalarni so‘rashni: Siz bu akamni qaydan bilasiz? Faqat otalari — Eshon buvani tanirmidingiz yokim ilgaridan salom-aligingiz bormi? Nega ustoz deyapti? Bir idorada ishlaganmisizlar? U bir qancha yil bedarak ketib, qancha mamlakatlarda «o‘ynab kelgani»ni, hozir chulchut xotinidan qochib, so‘qqabosh yashab yurganini-chi, bilasizmi? O‘ziz-chi, o‘ziz? Shuncha ilmingiz, xizmatlaringiz bilan nega hamma qatori yuribsiz? Nega qariganingizda birovning tashqisida turib, sutchilik qilyapsiz? Tarki dunyo qilgan odamlardek? Axir issig‘ingiz bor, sovug‘ingiz, (issiq jon!) yotib-netib qolishingiz bor?
So‘rayversam — so‘raydiganlarim adoqsiz. Lekin Olim akamning oldida tilim tushovliq — miq etib og‘iz ocholmayapman. Undan istihola qilganimdanmas, yo‘q, ba’zan unga ishonmay, shubhalarga tushib ketaman: ko‘zimga ilgarigi Olim akamdan ham quvroq, undan o‘n chandon o‘tadiganroq bo‘lib ko‘rinib ketadi. Nega shunaqa — o‘zim tushunolmayman. Yana bir qarasang bib-binoyi — hammaning ustida o‘lib-qutiladigan odam bo‘lib qoladi. Mana, hozir ham:
— Aytmoqchi, ustoz, oshni xarajatini qip kelgandik, go‘shtni ari talamasidan qozonga olov yoqvora qolay-a? Palovxonto‘radan keyin suhbatizzi olarmiz, maylimi? — deb qoldi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:22:04
— Iya, hali shunaqami? Sizlarning sharofatingiz bilan qora qo‘chqorning yog‘ida bo‘lgan palov yerkanmiz-da? Nasib-nasib. Savzi-taxtayu pichoqlarni olishvoray unda, — dedi sutchi o‘rnidan turishga unnalib.
— Yo‘q-yo‘q, siz urinmang, o‘zim topib olaman. Faqat muxbir-mirzongiz oloviga qarashvorsa, bas, — dedi akam bejirim tufligini kiya-kiya.
Men noiloj qo‘zg‘ola boshlab edim, qariya bilagim ustiga yumshoq kaftini qo‘yib, «Siz boshlay turing, hozir chiqadi mirzom», deb qutqarib qoldi. Boshim osmonda, qaytib cho‘kdim. Akam esa, «yaxshi-yaxshi»lab chiqdi.
Sutchi hali bilagimni qo‘yib yubormagan, men esam u momiqdayin narsaning xush taftidan bolakayday erib borar edim. Qariya o‘zini yana ham yaqin olib, bilagimni asta-asta silarkan, ko‘zlarimga tikilib qolgan edi. Nihoyat, akamni uzoqlatib:
— O‘bba, Maqsudxo‘ja mirzom-ey, shunaqqib Far-g‘onalardan ko‘chib kelib oldinglarmi, — deb qoldi. — Bir chiroyli ish bo‘pti, o‘z yutlarizga qaytib olganiz. Salompam bardam-baquvvatginamilar? Uylarni bitirib, joylashib ketdinglarmi? Qizchalarimiz, kelin qalaylar?
Men javob berib ulgurmasdim:
— To‘ng‘ichimizning tili chiqib, keyingisi yurib ketdi. Oyim o‘shalarminan andarmonlar. O‘tiribmiz: boshimizda boshpanamiz bor, qora qozonimiz qaynab turibdi, shukr.
— Barakalla, obkash ko‘tarib, sutchilik qilib, oqliqni orqasidan o‘qitgan edilar. Ilohim, o‘sha zahmatlarning rohatini ham ko‘rsinlar. Tup qo‘yib, palak yoyingu shu mirzolikda qoqilmay-suqilmay Allohning roziligini toping, — deb duo qila ketdi, so‘ng hech kutilmaganda:
— Aytmoqchi, so‘rayman deyman, so‘ray olmayman,— deb qoldi, — buning akasidan — anuv yoqlarda qolgan qarindoshingiz — kim edi, o‘shandan darak bormi?
Ha-a, mana, nimaga olib qolgan ekan?! Yuragim dukirlab:
— Sultonmurod akamni... aytasizmi? — dedim vujudimga bir titroq tushib.
Qariya im qoqdi:
— U sho‘ttamish degan gaplar yuribdi?
— Yuribdi, lekin o‘zimas. Quruq mish-mishlarga o‘xshaydi, — dedim bosh chayqab. Ammo Chaman akam uni izlab ketganicha badar ketib borayotganini aytib bo‘-larmidi!
— Ketganlar kelib bo‘ldi-ku?
— Chegaradan o‘tolmagan. O‘tolsa, kennoyimni tashlab qo‘ymasdi bunday, — dedim. O‘zim ham hayronman. Mulohazalarim o‘qday-o‘qday edi, qariyadan yotsiramay aytib yuborayotgan edim.
Ammo kaftining ustidagi ko‘k ipakdek tomirlarini siypab, xayolga berilib ketgan sutchi shoshmas, maqsadini ocha qolmas, bunga sari mening gumonu taxminlarim toshib borar, uning dilidagini o‘zim sug‘urib olgim kelaverardi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:22:22
— Nimaga edi, amaki?
Qariya o‘ziga kelib, iymanibgina qaradi:
— Harna qilsa, eshon buvani ko‘rib qolganmiz, suhbatlarini olganmiz. Shunday odamning bolalari to‘zib yursa, achinadi-da, kishi.
— Nimasini aytasiz.
— Ular to‘zigani to‘zigan, bular qo‘nim topa qolsa bo‘lardi. Arvohlarini shod etib.
— Qo‘yisharmikan shunga?
Sutchi tushunib, yuzimga qarab qo‘ydi:
— Lekin bu dunyoda kishi o‘zini o‘tga-cho‘qqa urib yuraverishi ham yaxshi emas. Murosai madora ham lozim.
Men tok urgandek bir sapchib tushdim: akam bo‘ladi-ku, shu gapga ko‘narkanmi?! Nusrat pochchaning gaplarini olmagan, bu gapni olarkanmi?!
Biroq tilim hech aylana qolmasdi. Bunday qarasa, hamma gaplari to‘g‘ri. Lekin akam — akam-da! Hamma u bo‘la olsin-chi!
— Men uni bilaman-ku, — dedim.
Qariya xotirjam orqasiga suyandi. Ko‘zlarimga o‘sha-o‘sha nasihatomuz (xuddi men — men emas, akamday! Meni akam o‘rniga qo‘yib!) muloyim boqdi: go‘yo men ko‘nsam, u ham ko‘nib qoladigandek:
— Menam bularga azbaroyi yaxshilik sog‘inganimdan aytayotibman. Avvalo, o‘zi biladi, lekin qachon Allohning xohlaganimas, bandasining aytgani bo‘libdi? Uning kitobiga suyanmagan odam hamisha dog‘da qolavergan.
— Qanday? — deb yuboribman.
— Hamma narsa uning kitobida bitig‘liq, — dedi qariya ma’noli jilmayib. — Do‘ppisini olib qo‘yib o‘ylasin tanasiga. Dunyo — dunyo bo‘lgandan beri qancha fir’avnlar o‘tdi, Iskandaru Nushiravonlar ketdi. Nega hech kim adolatli davlat qurolmadi? Xalifaliklar o‘tdi, Andalusiyada Abdurrahmonlar davr surdi, dorulmamlakat qurdik, deb. Lekin nega hech biri asri saodatga o‘xshab kelmadi? Bormi odil hukumat qurib, davron surgan biron kimsa, bu jahon ayvonida? O‘ylab boqmaydimi, darbadar kezguncha, mamlakatma-mamlakat oshguncha? Hijrat uzilgan-ku. Qo‘nim topsa bo‘lardi, yoshi ham o‘ttizni qoralab borayotgandir, axir?
— Shunday, — dedim men Sutchining (sutchi desam, olim ekan-ku!) ko‘zlariga qaray olmay.
— Gap shu, mirzom, — dedi u boshqa e’tirozu gap-so‘zlarga o‘rin qoldirmay. — Ayoli sho‘tta bo‘lsa, daragiyam chiqib qolar. Bir bosh suqmay iloji yo‘q. Eshon pochchamning tegirmonga tushsa butun chiqadigan o‘sha o‘g‘illariga ilingan bir narsam bor, — deb deraza tokchasidagi boyagi naycha qilib o‘ralgan qog‘ozni ola boshladi. — Daragi chiqishi bilan mana shuni yetkazasiz. Bu mening so‘zlarimmas. Davlat qurgan, qurgandayam qotirib qurgan odam — Hoziq to‘ramning «vasi-yat»lari. Xohlasin, nasihat deb qabul qilsin, xohlasin, o‘zidan uch-to‘rt ko‘ylak ko‘p yirtgan odamning xulosai umuri mujohid deb bilsin. Mana, ko‘chirib oling-da, yetkazarsiz vaqti bilan.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:22:37
— Ko‘chirib olib? — men hayronu lol qolgan edim. (Boyagi gaplari — kishi ko‘ziga ekan-da! Olim akamning oldida aytolmagan ekan-da?) Lekin nega o‘zini bera qolmayapti — mana shunisi tushunarsiz edi. Jur’at etib-etmay so‘radim: — O‘zi-chi, mumkin emasmi?
Sutchi im qoqdi:
— Shunisi ma’qul. — Keyin qo‘shib qo‘ydi. — Qolaversa, buni yolg‘iz o‘zizga ishondim. Birov bilmagani ma’qul.
— Xo‘p, xo‘p. Omonatdek ekan.
— Bo‘lmasa, men turdim, unga qarashib yubora qolay. Siz ko‘chirib bo‘lib chiqarsiz. — Sutchi sandalga suyanib turdi-da, kovshandozga tushib, oyog‘iga bir nima ila boshladi, so‘ng Hizr nusxi urgan chollar kabi ma-yin jilmayib qo‘yib, qo‘lining orqasini beliga tashlab, enkaygancha ostonaga qarab yuraverdi. Men esam titrab-qaqshab naychaxatni ochishga unnalardim. Ne umidla ochsam... qay ko‘z bilan ko‘rayki (mana, nechanchidir marta!) o‘sha o‘ngdan chapga boshlanadigan alif, lom, mimli xat. Zammayu kasrayu fatxalaridan, dumaloq sukunlaridan ko‘zim tinib ketdi. Bu belgilarni taniganim bilan men boyaqish koshki o‘sha belgilarni harakatlantirolsam, ochqichini topolsam.
Mana, nechanchidir marta ichim sidirilib, o‘zimdan o‘tganini o‘zim bilib turibman. O‘sha narsa ichimdagi necha yillik armonlarni qo‘zg‘ab, uni alamgami, alam qorishiq yig‘igami aylantirib, tomog‘imni g‘ip bo‘g‘ganicha bo‘g‘zimga qadalib olgan edi. Na qaytib ketadi, na toshib, otilib chiqa oladi. Chiqsa, yengil tortarmidim. Tag‘in men ziyoliman! Oldi mirzo, maqtovli bitikchiman! Holim esa bu! Otalarimiz xatini o‘qiy olmasam! Nechanchidir marta tarjimon izlashga majbur bo‘lsam. Aytishga-da, uyalasan. O‘rnimdan turarimni ham, sutchiga aytarimni ham bilmasdim. Shunday narsa qo‘lga tushganda bunday o‘tirishim... alamli, ham ayanchli edi. O‘zimni nochordan nochor his etib ketdim. Va shu tob... bir nima qitirlab, derazaning bir tavaqasi ochila boshladiyu Sutchi ko‘rindi:
— Aytmoqchi, mirzom, tokchada qog‘oz bor, — degan joyda yuzimga ko‘zi tushib, holu ahvolimni bir ko‘rgandayoq fahmlab qayta boshladi. — Ie, ie, uzr-uzr, mirzom. Men qariyani ma’zur tutasiz. Xat eski yozuvimizda-ku. Mendan o‘tibdi. Faromushxotirlik qursin. Aytib tursam ham bo‘ladi-ku.
U meni bir chekkasi xijolatlarga qoldirib, bir chekkasi boshimni osmonga yetkazib kirib keldiyu boyagi joyiga cho‘kib buyira ketdi:
— Anavi tokchada qog‘oz ham, qalam ham bor. Olavering, tortinmang. Qo‘y bersang, arqoni bilan ber, deganlar. Savobi to‘liqroq bo‘ladi, — deb kuldi. O‘zi esa naycha qilib o‘ralgan qog‘ozni qo‘liga ola boshlagan edi. Uni qarang, shu muomalalardan keyin boyagi alam- armon, xijolatpazliklardan hech nima qolmagan, hammasi ko‘tarilib bitgan edi. Men dikka turib, aytilgan narsalarni olib keldim-da, boshladik.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:22:49
Mana shu Ilhom domla aytib turib, men hovliqibu yuraklarim hapriqib ko‘chirib olgan o‘girma. Asli u kishida qoldi. O‘zi esa, Hoziq to‘ramning qalamlariga mansubmish. Sutchi Maskov uchun o‘girib bera turib, o‘zi uchun shunigina atay, yomon ko‘zlardan yashirib, ming andishayu istihola ila ko‘chirib olgan ekan. Vaqti kelib, Sultonmurod akamga ilinibdi. Xudoning xohishini qarang. Go‘yoki, Hoziq to‘ram Maskov tergovchilari uchun emas, Sultonmurod akam uchun yozgandeklar. O‘qing-a, Siz ham...
«Ey bor Xudoyo, endi bu satrlarni yozg‘uvchi g‘arib qulingni kechirgaysan. Rahmon va rahim sifating-la mendan o‘tgan aybu gunohlarni o‘chirgaysan. Majburlik orqasida neki imonimga zid bir ish qilarga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, o‘zing shohidu xabardorsan, hammasini dinim uchun, uni kaftimda laxcha cho‘g‘dek tutib asramoq uchun qilib erdim. Sening roziligingni topdimmi-yo‘qmi, yolg‘iz o‘zingga ma’lum. Mendan so‘rab-ista-yotgan narsalarini chin-rost holida yozishga majburman. Ular Yerning temir o‘qlari bo‘lmish tog‘lar oralig‘idagi bu mamlakatda biz qanday inqilob qilganimizni, shariatga asoslangan va ham zamonaviy mo‘minlar davlatini qurganimizni, uning tarixini miridan sirigacha yozib bermakni qistamoqdalar.
Men uni daqiq-daqiqiga qadar, biron narsa qoldirmay, hatto bizni yanchib tashlash uchun tog‘ ortiga kelib tushgan o‘n ming chog‘li yog‘iy lashkarini qanday yengganimizgacha yozib berdim. Albatta, nusrat sen tomondan edi. Ammo ular buni qaydan ham bilsin- lar, qaydan tushunsinlar! Bo‘lmasa, bola-baqrasi, ayolu zaifalari bilan toqqa ko‘tarilgan xalq har biri bittadan gulxan yoqqan taqdirda ham agar bir ovozdan takbir aytib, sendan nusrat istamasa, jonidan kechib yog‘iy tomon talpinmasa, dushman qocharmidi! Mujohidlar qalbiga nusrat ishtiyoqini solib, dushman yuragiga g‘ulg‘ula yuborgan o‘zingsan-ku, Ollohim. Bu qudratni bular qaydan ham bilsinlar, onglab yetsinlar!
Shunday deyman-u, bu tarixni chinligicha yozib berib, gunohim ustiga gunoh sotib olmayotirmanmi degan-da o‘ylarga ham boraman. Bir tur shubhalarga tushib ketaman. Lekin na qilay: kuygan ko‘ksim shuni tilab1-da turgan bo‘lsa?!
Yana chin gaplardan kelar bo‘lsam, bu kuygan o‘tlug‘ ko‘ksumdagi armonlarimni to‘kar bo‘lsam, bu munglug‘ ko‘nglumdan qo‘zg‘olgan qayg‘ularim qaynar suvdek bo‘lib ikki ko‘zimdan oqqani turgan esalar-da, endi haq so‘zni aytar paytim keldi. Biz orzulardik. Mo‘minlarga saodat asridagidek bir jamiyat qursak, Olloh rizoligini topib yashasak, ibodatlar etsak deb. Birovga og‘irligimiz tushmasa derdik. Biz qo‘shnilarga tegmasak, ular ham bizga tegmasalar, urush-so‘qishlarga aralashmasak, zulmni, zabt etuvlarni esdan chiqarsak, unutsak derdik. Chiroyli amallar bilan, sadaqotlar qilib, savoblar topib o‘tsak, hammani sening qaytarganingdan qaytib, buyurganingni ado etib yashashga rozi qilolsak derdik.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:23:02
Ammo kalta o‘ylagan ekanmiz. (Dovon oshmagimda uchragan u mahluqing bejiz emaskanmi, uning hikmatiga endi tushunib yetmoqdamizmi, evoh!). Yerda jannat yaratmoqchi bo‘libmiz. Endi bilsak, maozoalloh, bandaligimizni, nihoyati ilmi cheklangan qullaring ekanimizni unutibmiz. Bizning mag‘lubiyatimiz tabiiydir.1 Mo‘min banda amirlikka yetganda ham mo‘minligicha qololmasligidandir bu. O‘ziga ko‘-o‘p bino qo‘yvorishidandir bu.
Qurdobadagi Abdurrahmonning xalifaligi, mashhur Dorussalom tanazzuli, ne-ne saltanatlarning yemiriluvi nimaning oqibati? Iskandar qayon ketti, Nushiravon nimaga erishdi? Ma’mun nima bo‘ldiyu Nodirshoh nimaning quliga aylandi?
Hammasi Olloh qonunini unutganlik oqibatidir. Inson qusurli yaratilganini, ilmi cheklanganini unutib qo‘ymog‘i oqibatidur. Olloh yaratgan va xalifa etib Yerga tushirgan kishilari uchun u zot tarafidan berilgan shariat qaydayu ilmi cheklangan kishilarning tuzgan qonuni, qurgan jamiyati qayda! O‘ziga o‘xshab cheklangan va qusurli bo‘lgay. Undan o‘tib qayga borgay! Biz Ollohning shariatiga asoslanib, jamiyat quramiz, yashaymiz demak-da bo‘lganlarga ham mening javobim bitta: Axir Siz o‘zingizni kimga mengzamoqdasiz va kim deb bilmoqdasiz? U qonunlarni hayotga tatbiq etarda adashib ketsangiz-chi? Adashmaslikka kafolatingiz bormi? Jamiy zamonlarda o‘tgan va keladigan bashar ichida eng mahbubi va eng komili Muhammad sollallohu alayhi vasallam bo‘lsalar, ul zotga tenglik da’vosini kim qila olgay?.. Hech kim!
Demak, Ollohning qonunidan tashqarida odil jamiyat qurmoq mumkin emasdur. Hammasi qusurli bo‘lgay. Negakim butun dunyoning oliy darajali zo‘r olimlari, huquqshunos dono bilgichlari yig‘ilsalar-da, biror bir mamlakat xalqining hojatlarini qondirgudek to‘kis bir qonunnoma ishlab chiqishga-da ojizdurlar.
Insonniki qusurli, Ollohniki bequsur bo‘lib qolavergay.
Shundan aytamanki, alohida bir mamlakatda dorul saltanat qurmoq mumkindir, ammo dorussalom yaratmoq mumkin emas, Olloh bu ixtiloflarimizga o‘zi qiyomatda ajri azim chiqargay. Kimni jannatiga yo‘llab, kimni abadiy azobiga tashlab. Ana shu buyuk adolatdur. Bandasi bir umr, to qiyomatga qadar intilgan narsaga u bir og‘iz «kun» degan kalomi ila erishtirgay. Dorussalom — o‘shal jannatdur. Undan beriga ovora bo‘lamiz.
Ey bor Xudoyo, bu satrlarni yozg‘uvchi qulingni no-umid qo‘ymagaysan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «mendan ke-yin bir zamon kelur... chin olim so‘zini olmagaylar, ulug‘ odamlardan uyalmagaylar, din so‘ziga quloq osmagaylar. Mana shundog‘ bo‘lib, din-dunyo ishlariga qattiqchilik kelgan kunlarda har qancha qiynalsa ham o‘z dinidan ajramay yurib o‘lgan bir musulmon yuz shahidning savobini topgay. Qiyomatgacha bir toifa ummatim haq yo‘lidan adashmagay», degan so‘zlari bor erdi. Ey bor Xudoyo, shu satrlarni bitmakda bo‘lgan g‘arib qulingni-da, uni o‘qigan, ta’sirlanib ko‘ziga yosh olgan mo‘’min bandalaringni-da habibing Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam haqqi-hurmatlari Haq yo‘lidan toymagan, islom dinida jon bergan o‘shal toifadan qilgaysan. Omin!»
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:23:29
10. AMIRNING OQ RO‘MOLCHASI
yoxud
 SHOL ARAVACHA EGASI


— Endi qayon buray, g‘irotni? Buyur, pakana pari, qay tupkaga desang olib borishga tayyorman, — dedi Olim akam Cho‘lpon ota guzariga chiqib borarkanmiz. U quling o‘rgilsin, osh damlab Ilhom sutchidek bir xokisor odamning ko‘nglini olganidan xursandmi yo u kishi bularning xazinasini topib, asrab-avaylab o‘tirganidanmi — ajratib bo‘lmas edi. Va yo o‘zlari o‘rtasidagi mushtaraklik, ikkalalari ham bir sohaning odami, ikkisi ham dunyo ko‘rgan, ming chig‘iriqdan o‘tgan, endi esa ikkisi ham so‘qqabosh ekanliklaridanmi, bir og‘iz so‘z, bir qiyo boqish, bir nigoh tashlashdan bir-birlarini tushunishar va shundanmi, bir-birlariga suyanib qolgan kishilarga o‘xshab ketar edilar. Bu uni topganidan, u buning yo‘qlab kelganidan boshlari ko‘kka yetgan, hech yerga ishonmas edilar. Qay yerdagi uzoq tarixlarni eslashib, yodlashib to‘ymas edilar. Men esam, Olim akamning bu yo‘qlovi, cholni ko‘rgani boruvidan chin muddaosining tagiga hali ham yetolmay o‘tiribman. Kitoblar orasidan chiqqan shajara qog‘oz — silsilai sharifning topiluvimi desam, u bu haqda ko‘pam surishtirgani, ijikilab, cholni jon-holiga qo‘ymay bir nimalarni so‘ray ketgani yo‘q. Lekin o‘sha tabarruk qog‘ozda, uning shajara halqalari aro dadasi — Abdurahim eshon buvamning nomlarini ko‘rganda ko‘zlari g‘ilt yoshga to‘lib, o‘zi bir g‘alati bo‘lib ketdi, mutaassirlanganidan qoq namatga tiz cho‘kkancha (xuddi kimdir ulug‘ Qur’on oyatlaridan tilovat boshlab yuborganu u tiz bukkancha some qolgan kabi) uzoq jim qoldi. Kim bilsin, qay voqeayu qay davrlarga xayoli qochdi? Balki eshon buvamning vasiyatlari yodiga tushib ketgandir...
— Tortinma, qayga desang qaytish yo‘q, bugun men sening ixtiyoringdaman, — dedi u qaytarib.
— Chindan-a? — dedim ichim yana ham yorishib.
— Bo‘lmasa-chi! G‘irt bo‘shman. Salti-savoyman ustiga ustak. Kim meni surishtirsin! — dedi u rulga shapatilab qo‘yib. — G‘irotni bo‘lsa, moyi yetarli. Xohla, Qo‘shilishga surib ketamiz, xohla Achchi qirlariga. Foziltepaga desang — Foziltepaga chiqamiz. Hali u omonmish-ku, — deb qo‘shib qo‘ydi u. — Ko‘rib qolaylik, ota diyorni — Izzayu Bo‘zsuvlarimizni, surilib-netib ketmasidan.
— Qani edi, lekin men, — dedim istihola aralash.
— Lekini bormi, istiholasi bormi?! Aytavur, mo‘ljallagan yeringni. Men begona bo‘lsamki, xijolat tortsang. Qani, qayoqqa? — deb azza-bazza u yelkamga qoqib qo‘ydi. Endiyam aytmay ko‘r-chi? Toza xafa bo‘ladi.
Men ertalaboq dilimga tukkan niyatlarim bor edi, o‘shandan og‘iz ochdim.
— Bugun pochchaning tomonlariga o‘tmoqchi, shaharga tushib, bir yerlarga kirib chiqmoqchi edim...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:23:41
— Qaysi pochcha? O‘zimizning mutavalli pochchani aytasanmi? Shahardagi?
— Ha, yo‘q. Asad akamlarnikiga, bu yoqqa?..
U hali orqamdan qo‘lini olmagan edi, o‘ng yelkamga bir tushirib qoldi:
— Menam kimni aytayotirman, pakana pari! O‘sha Nusrat pochchanikigami, axir?
— O‘sha-o‘sha. Lekin ular allaqachon bu yoqqa joy qilib kelishgan, — dedim kulib.
— Bu yog‘ing — qayoq? Shahar hovli-chi? O‘shoqlaram buzilib bitdi degin?
Men bosh chayqadim:
— U hovlilarni Muhabbat kennoyiga tashlab, o‘z-lari bu yoqdan — Beshqayrag‘ochdan joy qilib kelishgan.
— Qurbaqaoboddan-a?
— Ha, o‘sha, o‘zimiz bilgan — Bo‘zsuvning narigi betidagi joydan, — dedim eslarmikin degandek yuziga tikilib (Axir o‘zi qaerdan yo‘qolib edi?! O‘sha Bo‘zsuvning narigi yog‘idagi usti yopiq moshinga bosib olib ketilgancha — qayoqqa g‘oyib bo‘libdi?!) Ustiga-ustak anuv Solining gapi yodimda: kimdir qip-yalan-g‘och qilib chechintirib, kamiga qora balchiqqa bo‘yab, tolga bog‘lab ketibdimish. Osmondan tushgan sallotlar esa, chechib...
Qarab turibman: Olim akamning yuziga bir nima jindek soya tashlab, jim qoldi. Aftidan o‘zining ham yodiga o‘shal shom, Achchi tomondanmi, qay go‘rdan qiyomat alomati kabi toshib kelgan ko‘kimtir bir tuman, uch qadam narini ham ko‘rib bo‘lmas bir hol, pochchaning bog‘lari pastlaridagi joylar... tushib, g‘alati tortib ketgandek edi.
— Boramiz, boraveramiz, — dedi u o‘ziga kelib, — Oyposhsha xolamizni, u kishini ko‘rmaganimga ham ho-ov, qancha bo‘ldi: boshlari osmonga yetadi, axir.
Qani endi u kishini qora qilib, kimni surishtirib borayotganimni ayta olsam!.. So‘z o‘z-o‘zidan akamga borib taqalgan, shuncha vaqtdan beri so‘ray olmayotgan narsalarimni so‘ragim kelardiki... Akamning so‘nggi xatidagi gaplardan og‘iz ochgim bor. Ammo... u bunga imkon ham bermas, o‘zi bu mavzuga yaqin ham kelmasdi. Chetlab qochardi nimagadir...
Rostdan ham u Sultonmurod akamning eski harifi, jazolashga jazolab qo‘yib, keyin uzrini aytolmagan kishisi — Parpi bebaxtni tirik ko‘rsa, topib borsak, qay ahvolga tushadikan? Uning keyingi ishlarini bilsa-chi, akamning ayoli Mahfuz kennoyimni deb Akmal o‘risga, uning anuv erkakshoda jiyani — bir sira ko‘tar-ko‘tar qilinib dovrug‘i chiqqan soxta qahramonga qilgan hukmlarini eshitsa-chi? Aqliga sig‘dira olarmikan: dunyo shunday qurilganiyu Olloh kimni hidoyat etib, kimni adashuvda qoldirib yuborishini?
— Oqtepadan aylanib borarmiz, hoynahoy? Ko‘pruk tushmagandur?
— O‘shoqdan-o‘shoqdan. Bu yoqdan endi mo‘ljallashyapti, — dedim men. — Osma ko‘priklar rasmdan chiqyapti endi.
— Semon chiqib, bu yog‘i oson bo‘b qoldi-da, — dedi u.
— Besh so‘mga bir moshin beton beradi. Har yog‘ochlar — suv tekin.
— Shunday bo‘lmasa, bu qorako‘z o‘zbek qanday hovli-joy qila olardi, harqalay hukumat g‘amxo‘rlik qipti. Eski bog‘lari o‘rnigayam.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:23:58
Mening esa, ich-ichimdan bir norozilik, unga qo‘shilib bir g‘ashlik bosib kelardi: ja olihimmatlik qilib yuborishibdi-da? Bergan joylari — biz yo‘qotgan narsalarning urvog‘iga teng kelarmikan? Tongotarlarda Izza chimzorlariga tushib, bir shabboxun urib chiqishimga alishmasdim menga qolsa! Qolaversa, tunda to‘satga tushishlarimiz, boshqa vaqt Bo‘zsuvdan savat qarab yurishlarimiz-chi, to‘yguncha cho‘milishlarimiz, u tepalardan beri kelmaslarimiz-chi? Qay birini endi topa olamiz? Sanay bersa, adog‘i bormi u yo‘qotishlarimizning? Qaysi gunohimizga Xudo uni ko‘p ko‘rdi desam, to‘g‘riroq bo‘lardi...
Men dardi-dunyomni akamga to‘kmay qo‘ya qoldim. U Sultonmurod akammidiki, tushunsa! Nima qilsa ham shu hukumatga bo‘lishgan — o‘shalarning yonini oladi-da. Aravasiga tushgan qo‘shig‘ini aytmay nima qilardi? Biz esa, alamlarimizni ba’zan «ruxsat etiladigan» tanqidiy chiqishlarimizda olvolamiz. Undan beriga mo‘min-qobil bo‘lib yurishdan o‘zga nima choramiz bor? Davlat bamisli ulkan osmon ustuni: unga qarab (kishi bilmas) chirt etkizib tuflash mumkin, xolos. Shunda ham bir chetga... Undan narisiga... qiya bo‘lib ketganingni o‘zing sezmay qolasan.
— Faqat sen yo‘lni aytib, buriladigan joylarimizni ko‘rsatib tur. Yo‘qsa, adashib ketamiz. Men bu ko‘chalarga endi kirishim, — dedi Olim akam axiyri oq uy — ola borgoh bo‘la boshlagan uchastka — hovlilardan, ularning keng-keng, mashina sig‘adigan darbozalariyu ko‘chaga qaragan peshtoqlaridan ko‘z uzmay. — Orzu-havaslari yomonmas-ku, a?
— Yomon emas. O‘zbek hovli-joy bilan tirik-da, do‘mga alisharmidi tanchasini, — dedim kulib.
— Qarab turasan, ellik yilga borib do‘mam mo‘dadan qoladi. Bizzi diyorlarda tuproq tomli paxsa uylardan o‘taversin. Yozda salqin — qishda jon rohati. Men dunyo ko‘rib keldim-ku, hech biri bizning ota uylarga yetmaydi, — dedi u qo‘l silkib va mashina oynasidan chapanilarcha chirt etkazib tupurindi.
— Sizning gapingiz pochchanikidan qolishmaydi!— deb kuldim men.— O‘zimiz nimadan bino bo‘pmiz — hadeb paxsali, somon suvoqli, tuproq tomlardan qochamiz, deydilar u kishi ham.
— Zo‘r aytibdilar. O‘zlari ham shunday qurdilarmi?
— Bo‘lmasa-chi.
— Qotiribdilar. Yuz yil qilt etmay turadi eski uylariga o‘xshab.
— E, u shahardagi uylarmi, Bobur zamonidan qolgan deydilar-ku.
— Ana, men nima dedim?! Otalarimiz bir narsani bilganlarki, shunday qurganlar. Qari bilganini pari bilmas, degan gap kimdan qopti?
— Menam salga pochchaning oldilariga yuguraman, tog‘am qolib, — deb yubordimu tilimni tishladim. Sal qolsa sirni ochay depman.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:24:10
— Nimaga ular bu yoqqa tushib qolishdi? Qa’ng‘liga boraverishsa, bo‘lardi-ku? Hamma-hamma bilan, pochcha to‘pdan ajraganlari qiziq bo‘pti.
— Olishga olib, qurishga qurib qo‘yib, endi afsuslanib yurishibdi. Qolaversa, bitta ularmi? Hamma to‘zib ketdi-ku zilzila tufayli.
— Tag‘inam Olloh ayabdi, — dedi Olim akam uzoqdan kelib.
Men unga yalt etib qaradim. U sezdi, lekin o‘sha-o‘sha yo‘ldan ko‘z uzmay borardi.
— Nega unday deyapsiz?
— Yetti kechayu sakkiz kunduz bo‘ron yuborsa, yokim ostin-ustun qilib tashlasa bu yerni... kim nima qila olardi? Ho‘v — bir davrlardagidek, Samud, Od qavmlari ustiga kelgan balodek?... — dedi meni hayratda qoldirib.
— Qaysi... qanday gunohlarimiz uchun?
— Keyin tushunasan, an-cha o‘tib, — dedi Olim akam o‘sha-o‘sha — turqi hech o‘zgarmay. O‘zi bir tushkun desam tushkun emas, allaqanday kamgap bir holga tushib. Men uni hech bu alpoz ko‘rmagan edim. Tavba, hayot uni shunchalar o‘zgartirib tashlabdimi? Ko‘raverib, u qozondan bu qozonga tushaverib, kim bo‘lib qolibdi? Kim aytadi uni hukumatning odami, ishongan tog‘i deb?
Bu orada yangi tushgan tramvaylar aylanib qayta-yotgan joy — Beshqayrag‘och deb atalmish mavzega yetib borib, guzardan o‘tdik. Olim akam menga talmovsirab qaradi:
— Sho‘tmi? Qayoqqa buray?
— Yuravering. Bitta ko‘cha o‘tamiz, keyingisida.
Qayrilishdan o‘tib, Olchazor ko‘cha bilan so‘ritokli darvoza oldiga yetib borsak deng, Hizrni istasak bo‘larkan, eshikdan hassalarini qo‘ltiqlariga qisgancha, qo‘llarini arta-arta, pochcha chiqib kelayotirlar. Oyoqlarida o‘sha-o‘sha jun mahsi-kalish (pochcha zahga yo‘qlar, salga ushlab qoladi «boy kasallari»), egnilarida ko‘k movut chakmon, boshlarida mosh do‘ppi — qayoqqadir otlanganlar chog‘i, munisdan munis, halimdan halim xolam kuzatib chiqyaptilar ekan. Meni ko‘rib:
— Ana, aytmovdimmi, Sanobar. O‘ng ko‘zim uchyapti deb. Qarang, kim kelyapti?! — deb o‘sha yoqdanoq quchoqlarini ochib kela boshladilar. — Voy, xolang aylansun, nechuk-nechuk, qayoqdan kun chiqib? Sizlarniyam ko‘radigan kun borakan-ku.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:24:25
Men salom berib, yelkamni tutib bordim.
— Orqangdagi kim, Maqsudxo‘ja? Kimni boshlab kelyapsan? Qosh-ko‘zidan — o‘zimizni urug‘dan shekilli? Olimmi? Eshonpochchamni kenjalarimi, adashmasam? — dedilar pochcha men bilan hali so‘rashishga ulgurmay.
Olim akam qo‘shqo‘llab tavof qilgudek tezlab keldi-da, qo‘llarini oldi:
— Men-men, pochcha. Olimman, tanidiz-a, tavba.
— Sambitday eding, chinordek to‘lishib, oq terakdek bo‘y cho‘zibsan. Nega tanimay, ko‘zing aytib turibdi. Odamning hammayog‘i o‘zgarsa-da, ko‘zi o‘zgarmaydi, vallohi a’lam, — dedilar u kishi. Keyin qo‘l olishga qoniqmay bag‘rilariga tortdilar, — Oh-oh, bo‘ylaringdan, bo‘ylaringam o‘z jigarimiz ekaningni aytib turibdi. Bormisan? Akangga o‘xshab senam sog‘intirib, bedarak ketding? Kelarkansan-ku. Zora qadamlaring qutlug‘ kelib, Sultonmurodni yo‘llari ham ochila qolsa, — deb alqay ketdilar.
Bu yoqda xolam shoshib qoldilar:
— Voy, aytibam qo‘ymabsan, Maqsudxo‘ja. Kimni ko‘ryapman! «Rahmatli opamning yodgorginalari-ku! Kenja toyloqqinalari! Islom tog‘asining o‘zginasi bo‘pti-ku. Kel, bolam, chinordek bo‘ylaringdan o‘zim o‘rgilay. Chiroq yoquvchi bo‘lib kelganing rost bo‘lsin, xudoy, — deb yalab-yulqay ketdilar.
Pochcha hassani bir-bir tashlab, qayta boshladilar.
— Qani, kela qolinglar. Hoy, kelinposhsha, o‘sha anjirni tagiga joy qila qoling, jiyanlar kepqopti, bizni yo‘qlaguvchilar kepqopti, — deb shu yerdanoq ichkariga ovoz berdilar.
Biz u kishini yo‘ldan qaytarganimizdan xijolat bo‘lib, taysallashga, bu ahddan qaytarishga tushdik:
— Pochcha, bizning ish shoshqichmas, mayli. Siz yo‘ldan qolmang, biz kutaturamiz. — Biz u kishini masjidga chiqayotgan fahmlagan edik.
Ammo u kishi urishib berdilar:
— Maylisi nimasi? Farishtasi bor joyga mehmon keladi. Hammanikiga ham kelsin-chi! Yur-yur. Andishalaringni yig‘ishtir.
Olim akam o‘rtaga tushdi:
— Mashinali joy bo‘lsa, obborib kela qolay.
— Gapni kalta qil-da, yuraver. Jilla qursa, fotiha qilaylik. Arvohlar haqqiga tilovot etib, savob yo‘llaylik. Borish qochmaydi.
U kishiga xolam qo‘shildilar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:24:39
— Pochchangni endi qaytarolmaysizlar, kiravering-lar.
Anjir tagi deganlari hovli bo‘lib, shapaloqdek-shapaloqdek barg yozgan anjirlari endi bo‘y cho‘zib kelayotgan, uyning soyasi ham o‘sha yerga yetib qolgan, pastak yog‘och karavot qo‘yilgan sarishtagina joy ekan. Uch yog‘iga kalta-kalta ko‘rpachalar yozilgan, o‘rtada bir qulochgina xontaxta turibdi. Biram sarishta, fayzliki, bunaqasini boshqa biron yerdan topish amri mahol. Biz joylashishimiz ila oq dasturxon yozilib, yap-yangi sochiqlar qo‘yildi. Pochcha duoga qul ochdilar. U kishi ko‘zlarini yumib olib, o‘tganlarni xotirlab, duo qilyaptilaru qaydandir allaqanday iforli hid taralib, mening aqlu hushimni o‘g‘irlab boryapti. Yo‘q, ohorli dasturxon hidimas. U boya — yozilgan chog‘idayoq gurkiragan edi. Bu bo‘lakcha, bo‘ladi-ku, nimtatir bir muattar hid — o‘shanaqa edi. Xuddi chopib-uloqib boraturib, anjir tagidan engashib o‘tib ketgandagidaqa, uning barglariga urilsangizoq o‘sha yeringizdan necha vaqtgacha gurkirab kelib turadigan hid. Oyim uni jannat isi deydilar. O‘zi ham jannatdan tushgan daraxtmish-da.
O‘rtada bir piyola choy aylanib-aylanmay (unga- cha pochcha bir dunyoning narsasini so‘rab tashladilar, so‘ng cho‘zib), xo‘-o‘sh degancha gapning indallosiga ko‘chdilar.
— Xo‘-o‘sh, ochig‘ini aytsam, men bularga bir narsani ilinib turibman, Sanobar, — dedilar u kishi.
Biz tushunib-tushunmay bir-birimizga alangladik.
— Gapni ja uzoqdan boshlaysiz-da, Sanobar. Opkirdizmi, endi xap o‘tiring. Kelin qozonga unnayap-ti. Bularam har kuni keb yuribdimi? Borasiz-da o‘sha... — dedilar xolam qo‘l silkib.
Endi biz gap nimadaligini tushunib qolib, pochchaning yonlariga kirib, ot qo‘shishdik:
— Bizdan hech xijolat chekmang, o‘z uyimizdek gap. Oborib qo‘yish bo‘lsa, tashlabam kelamiz.
Pochcha unamadilar:
— Yo‘q-yo‘q, gapimga chuchunmandinglar. Men o‘sha joyga Sizlarning ham nasibangiz qo‘shilganmikan, deb turibman. Keyin: zab boribmizmi, Xudo yetkazibdi-da, deb yurasizlar.
— Unda, ketdik, nimaga qarab turibmiz? — dedi Olim akam qo‘zg‘ola boshlab.
— Boshlang, hamonki, ilinibsiz, — dedim men qo‘limni ochib.
U kishi dasturxonga yengil fotiha qilarkanlar, xolam bay-baylab qoldilar:
— Faqat, borasizlaru qaytasizlar. O‘shanaqasi javob bervorsangiz ko‘rasiz-a, Sanobar?
— O‘libman-da juda!— dedilar u kishi qo‘zg‘ola-yotib.
— Qaytamiz-qaytamiz. Qaytmay qayoqqa boramiz,— deb va’da berdik biz.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:24:51
Pochcha menga jilmayib, sirli-sirli qarab qo‘yardilar-u, qayoqqa boryapmiz, nimani ilindilar — ayta qolmasdilar. Yo bo‘lmasa, akamdan yashirsalar, menga shipshib qo‘ymasdilar. U kishining shunaqa ichdan pishgan quvliklari bor. Oxiri xursand bo‘ladigan beozor shumlik desayam bo‘lavuradi. Hozir bizni ana shunday «avrab» bir yoqqa boshlab ketayotgan edilar. Qayoqqa — topib ol!
Boradigan yerimiz uzoqdamaskan, tramvay yo‘lidan o‘tib, ikkita ko‘cha nariga burildikmi-yo‘qmi, yetibmiz.
Darvozaxonasining oldiga tom baravar qilib, temir ishkom yasatgan, ishkom bag‘azlariyu belbog‘larini bir xil kumushrangga bo‘yatgan (ammo toki hali o‘tkazib ulgurilmagan) oq uy — ola borgoh uchastka oldida ustol-ustul, kutib oluvchilar ko‘rinardi. Bola-baqra yo‘qligidan to‘y emas, ehson shekilli.
— Ana sho‘tga mukallifmiz, Xudo xohlasa, — dedilar pochcha va (qaerdan shamol tegibdi?!) kaftlari bilan qaytarmoqchidek to‘sib, chuchkirib qo‘ydilar — «Yarhakamulloh» — deya tushishga urina boshlab edilar, men g‘irot eshigini ochib, qo‘ltiqlaridan olishga shoshildim.
U kishi suyaklari yo‘g‘on, ilgarigi zamonning odamlaridek basavlat edilar. Ko‘k movut chakmonlari sal mo‘lroq tikilganmi, u kishini undanam savlatli ko‘rsatardi.
Men-ku tirsaklaridan tutib borayapman, notanish joy — Olim akam qovusholmay orqada qola boshlab edi, pochcha tanbehnamo qarab qistadilar:
— Yur, yur, nega imillaysan? Uyalma, seni kuyov qilmaydilar. U yoshdan o‘tgansan.— So‘ng u yoqdagilarga eshitdirmay tayinladilar. — Meni qora tortib, kirib boravuringlar, keyin xursand bo‘lasizlar.— Ikki qadam yurib, yana qo‘shib qo‘ydilar.— Agar meni ichkariga qistab qolishsa, biron yerga joylashishni ko‘zlayveringlar. Begonasirab yurmanglar. Qaerga keb qolganlaringizni hali bilasizlar. Bir hayron qoling-lar.
Ana, xolos. Hammadan kutsam ham pochchadan kutmovdim, qanday quvlik yo shumlikni boshlabdilar ekan, hech tagiga yetolmasdim. Aksiga yurib, bironta tanish odam ko‘rinmaydi. To‘g‘rirog‘i, hammasining istarasi issiq, yuzi tanish-ku, falonchi, deb aytolmayapman.
Bu orada ular tavozela «keling-keling»lab qolishdi. Kim salom berdi. Kim yo‘l boshladi. Yo‘lakdagi xizmatchilar gurra qo‘zg‘olishib, assalomga shoshilishdi. Bu hammasi pochchaning hurmatlariga edi. Men esa ko‘pchilikning salobati bosib, birortalarining yuziga tayinli qarolmayman. Olim akam ham qo‘li ko‘ksida, «aytilmagan joyga — yo‘nilmagan tayoqdek» hech qovusholmay, turtinib-surtinib kirib kelyapti. Hammaga bir salom berib, tavoze qilayotgandek-u, tanisa o‘lsin agar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:25:01
— Ey-y, kelsinlar, mutavalli, kelsinlar. Ayvonga olinglar, ayvonga, — deb qolishdi odam olib turgan ishboshilar.
Birpasda kimlardir kelib, ikki qo‘ltiqlariga kirib, u kishini kalishlar rasamadi bilan to‘g‘rilab-terilgan zinapoyadan oldi oynavand peshayvonga olib kirib ketdilar. Ular kirib borishgan sari bu yoqdagilar istiqbollariga turib joy bo‘shatishar, qo‘ltiqlaridan olgan kishilar esa, qo‘yarda-qo‘ymay to‘rga — sallaliyu rangorang chakmonli qariyalar o‘tirgan joyga yetaklashar edi. Bunga sari pochcha:
— Hoy, azizlar, hoy-hoy-hoy, bu nima qilganlariz? Hammani bezovta etib? Hamma joy — bir joy-da, — deb oyoq tirardilar, xijolat tortardilar. U yoqdagilar ham chaqirib qo‘yishmas:
— Opkeling mutavallini, joylarini bilib o‘tirsinlar, — deb kulishardi.
So‘ng o‘tirib, duo qilib tinchishdi va tavozula sekin-sekin so‘rasha ketishdi. Yog‘ tushsa yalagudek hovlidagi so‘rilar tagiga ham joy qilib yuborishgan ekan, bizni ham o‘sha to‘pga qo‘shib o‘tkazishdi. Men-ku hali hech kimni tanib ulgurganimcha yo‘q, faqat zinaning tagidagi antiqa shol aravachadan ko‘zimni uzolmay turibman. Egasini qaerga joylashtirishibdi, u bo‘m-bo‘sh edi. Bu orada ro‘paramizda o‘tirgan — bir ko‘ziga oq tushgan, chechak yuzli odam kutilmaganda Olim akamni tanib:
— Iya, Osmon, o‘zingmisan? Voy tikka tashlar-e, borakansan-ku! — deb qoldi.
Buyam tanidi:
— Isroil, sanmisan? Shatda turasizlarmi? Uni qa-ra-ya, — deb ikkalalari o‘tirgan yerlarida kaftlarini qo‘shqo‘llab changallab, ko‘risha ketdilar. O‘rnilaridan turib quchoqlasha ketishga istihola qilib, bir-birlarining qo‘llarini qo‘yib yuborishmas, peshonalarini peshonalariga tiragudek munkayib olgan edilar.
— Ko‘rishgan joyimizni qara-ya, — dedi chakich yuz hayratlanib. U o‘zicha ovozini pastlatgan-u, lekin shang‘illab ketayotganidan, yaqin-atrofdagilar laganda uyub-uyub tarqatilayotgan parmuda somsalarni o‘zlariga olib, boshqalarga uzatishgancha, bularga alanglar edilar.
— Ming yil bo‘ldi-yov? — dedi Olim akam ham, uning hayrati bunga ham yuqqan-qo‘ygan edi. — Voy, seni-ey, g‘irrom-ey, —derdi ovozini pastlatib, allaqaysi voqealarga shama qilib.
— O‘zing-chi, qayoqqa gum bo‘lib ketuvding? Qamalib-samalib ketmovmiding? Uzoq ketding juda?
Akam esa:
— Ko‘rib turibsan-ku, bus-butunman. O‘tirgan odamga o‘xshaymanmi?— deb kulardi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:25:11
Chakich yuz (men uni tanimayroq turib edim, esladim: sutchilarni olib, Beshog‘ochga qatnaydigan yuk mashina shofyori edi). «Voy, san-ey, voy, xuvarilarning boshi-ey», deb turib, boshini yana ham pastlatgancha akamga shivirlab qoldi:
— Sen ularni, anuv chopib xizmat qib yurganlarni tanivotsanmi? Qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan «pokiza»larni? Yaxshilab qara-ya.
Olim akam kim choy tashib, kim parmuda somsa tarqatib yurgan bir xilda xushbichim movut chakmonli kishilarga — yoshlari ham qirqqa borib-bormagan yigitlarning yuzlariga bir-bir tikilarkan, ajablanganini yashirolmadi.
— Chindanam «pokiza»lar-ku.
— Ha, ha, Parpi bebaxtning yigitlari. Endi so‘fi bo‘lib qolishganini ko‘rsang. Xuddi ertaklardagidek, bir dumalab beozor musichaga aylanib qolishibdi, qara. Bizzi okayam o‘shalarda vazir.
— Tushunmadim, — dedi akam ko‘zlarini pirpiratib. — Qanaqa vazir?
Mening esa ichim qurib, gumirib boryapti: nahotki, bu o‘sha bebaxtning ishi? Uning xonadoni, deyman. Ko‘zimni zinaning tagidagi sholaravachadan uzolmayman. O‘zi qaerda ekan? Alanglab topolmayman.
— O‘ng qo‘l vazir — ishboshi-da, nimasini tushunmaysan, — dedi u.
— Hov, Isroil, devorniyam qulog‘i bor-a, naq tovbangga tayanibam qutulolmaysan keyin, — deb orqadan kimdir shipshidi.
— Menam kechagi gapdan gapiryapman, bugun demayapman-ku, — dedi chechakyuz oyog‘i ostiga tupurinib.
Orqa qatordan yana kimdir gap qo‘shdi:
— Kechagi gap — kechagi. Islomda johiliyatdagi gaplar eslanilmaydi.
Isroil aka labini jiyirib, kinoyali bosh irg‘adi:
— Seniki «ma’qul», opqochog‘ich. — So‘ng to‘ng‘illab qo‘ydi, — bir gapdan qolsam, o‘lamanmi!
Uning begidirligiga ham, chapani-shang‘iligiga ham taraf yo‘q edi. Hozir bor-yo‘g‘i akamni uchratib qolganidanu unga qay tovkada o‘tirganini tushuntirib qo‘yayotganidan boshi osmonda edi, xolos.
Bizning qatordagilarga ham parmuda somsa tortilib, hamma nafsi bilan ovora bo‘lib qoldi. Chindan u ta’mi og‘izda qoladigan qilib, dumba-yog‘ solib yopilgan, zira-murchi tobida edi. Men uni Marg‘ilonda tayyorlab, nozik mehmonlarga tortishlarini ko‘rgan edim. Bizda ham rasm bo‘pti.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:25:23
So‘ng qo‘lma-qo‘l peshayvondagilarga kosada bir nima tortila boshlandi. Keyin bilsam, kosaning tagida yarim cho‘michgina nuqul vajudan iborat manpar ekan. Umrim bino bo‘lib, shuncha muxbirliklarda yurib, bunaqa shohona ziyofatga endi tushishim edi. Jindek-jindek, lekin ichib ko‘rsang bu dunyoning taomimas, asal bo‘p ketgan. Oshpazlarning ham zo‘rini chaqirtirishgan ekan-da.
Kim bularning rasamadini tuzgan, kim boshqarib turibdi, hech tagiga yetolmasdim.
Nihoyat kosalar olinib, joy-rostoniga yetkazilib, peshayvondagi derazaning bir tavaqasi ochib qo‘yildi. Chollar issiqlab, havo yetmay qoldimi, deb o‘ylovdim, yo‘q, mikrofon qirtillab ichkaridagi qariyalarning g‘ovur-g‘uvuri bizga-da eshitila boshladi.
— To‘ramdan ikki og‘iz eshitaylig-a, sog‘inib qoldik-ku, nimaga yig‘ilganmiz,— degan takalluf so‘zlar bo‘lib o‘tib, kimdir yumshoq yo‘talib, boshqasi tomoq qirdi.
Atrofdan:
— Jim. Ting‘layluq, birodarlar, — degan so‘zlar yurinib qoldi. Odamlar bir-birovlarini tartibga chorlar edilar.
Bir xilda maysarang movut chakmon kiygan xizmatchilar-da ko‘rinmay qoldilar. Aftidan ular ham qay bir chekkaga o‘tib, boyagi ne’matlardan tatinar edilar. Yo ma’ruzani tinglagani o‘tirdilarmikan — bilolmadim.
— Muhtaram jamoa! Uzoq-yaqinidan bu qutlug‘ xonadon egasini izzatlab, qadam ranjida qilgan azizlar! O‘zbekning nimasi ko‘p — to‘yi-to‘ychig‘i, mehmon kutishi ko‘p. Lokin shular ichida ulug‘i ehsondur, savob umidida dasturxon yozmoqdur. Bu xonadon sultoni ham shul umidda bizni chorlabdurlar, oldimizga dasturxon yozib, tansuq-tansuq ne’matlar hozirlabdurlar. Hidoyatga tushib, uning shukronasini unutmagan mo‘minning odati shunday: farzand ko‘rsa, shukronasiga aqiqa qilgay. Yangi hovliga ko‘chib kirsa, shukronasiga ehson dasturxoni yozgay. Muhimi niyat, sabablar topilavergay. Mana bugun ham biz eski diyorlariyu ota hovlilarini tashlab kelolmay o‘tirgan birodarimizning nihoyat yangi diyorga rozilik berishlari ila yangi xonadon eshigi ochilishi sharafiga bu yerga yig‘ilib turibmiz.
Men bu yerga kelaturib o‘tmish zamondoshlarimiz ichida o‘tgan eng buyuklaridan ikki inson bilan bo‘lgan ikki voqeani xotirladim. Biri payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bilan kechmishdur, yana biri ulug‘ amirimiz Amir Temur janoblari bilan kechmishdur. Men shu ikki ibratlug‘ hodisani sizlarga ilingum keldi.
So‘zlaguvchi ichkaridaydi. Peshayvon oynavand bo‘l-sa-da, romlarga bo‘lingan, o‘rtasidagi ustunlar to‘rdagilarni ko‘rishga qo‘ymas, qolaversa, qayoq to‘r, qayoq past ajratib bo‘lmas, biz sal uzoqroqqa tushib qolgan edik. Ammo shirin lafzi qay bir yoqlilarnikiga o‘xshab ketib qolishidan men bu kishining nutqini qachondir eshitgandek bo‘laverar edim. Qulog‘imgami, yuragimgami tanish edi, qisqasi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:25:38
Shu tob Olim akam engashib, qulog‘imga shivirladi:
— Marshal hazratlari-ku. Tanidingmi, pakana pari?
— Kim? — Men hayratlanib, yalt etib qaradim.
— To‘ram hazratlari-da. U yoqda nomlarini eshitsalaroq tikka turadilar, — dedi u bosh irg‘ab.
— Qayoqda-qayoqda?— dedim dabdurustdan anglamay.
— Qayoqda bo‘lardi, — dedi u men tomon engashib va shivirlab, — Otalarimiz qolgan, o‘zimiz qancha vaqt yurgan yoqda-da.
— Tushundim, — dedim ichim, yuragimning nozik bir, ingichka yerlari titrab kela boshlab.
— Hoy, yigitlar, eshitinglar, — deb bir kishi qarab qo‘ydi.
Men uzr deya qo‘limni ko‘ksimga bosdim. O‘zim esa, hayratdaman: voh, uni qara-ya, pochcha shuni ilingan ekanlarmi, sir tutgan ekanlarmi?! Biz tomonlarda Hoziq to‘ram deb shuhrat topgan kishi davom etar, men Mahfuz kennoyimga turkona dori istab borganlarim yodimga tushib ketgan edi.
— Rasululloh sollallohi alayhi vassallam Makkani fath etib kirib kelishlarida to‘qqiz kishini ko‘rgan va tutgan yerda o‘ldirishga buyurgan edilar. Ular ilgari Rasulullohga eng qattiq dushman bo‘lib chiqqan va ozorlar bergan din dushmanlari edi. Shularning eng qattoli Abu Jahl edi. U Badr jangida o‘ldirilgach, o‘g‘li Ikrima islom qonini ichishga qasam ichgan edi. Shuning uchun «uni qaerda ko‘rsangiz o‘ldiring» deb buyruq bergan edilar...
Hoziq to‘ra chiroyli hikoya boshlagan edilar, hamma nafas yutmay u kishini tinglar, so‘larining mag‘zini har kim tushunganicha chaqib olmoqda edi. Men esam, nimaga bu hikoyatdan tushdilar — anglay olmay turibman. Nimaga mengzayotirlar — tushungandayman-u, uqib olishim qiyin bo‘lyapti.
— Lokin Makkani fath etib, haramga kirib, Ollohning uyida ikki rakat namoz o‘qib chiqqach, u zot o‘zgarib qoldilar. Zotan butun olamlarga rahmat olib kelayotgan zot dushmanlariga ham iltifot ko‘rsatadurgan bir holga tushgan edilar. Ana shunda u zotning oldilariga Ikrimaning xotini Ummu Hakim kelib:
— Yo Rasululloh, sizdan yaxshilik so‘rab kelgan birorta odamni quruq qaytarmadingiz. Meni ham quruq qaytarmasligingizga ishonib, erimga omonlik so‘rab keldim. Yana qochib yurib, o‘zini halok qilib qo‘ymasin, yo Rasululloh, — dedi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:25:49
Anda ul zot:
— Agar uni qaytarib kelar bo‘lsang, yaxshilik qilurmiz, — dedilar. Sollalohu alayhi vasallam.
U kishining shu so‘zlariga ishonib, Ummu Hakim erini Yamanga jo‘nayotgan kemadan qaytarib keldi. Abu Qubays tog‘i o‘rnidan ko‘chsa ko‘charki, Muhammad so‘zidan qaytmas, deb qaytarib keldi.
Chindan ham Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uzrini qabul qilib, ridolarini oyog‘i ostiga yozdilar va:
— Ey bor Xudoyo, Ikrimaning dushmanchilik bilan qilgan ishlarini, meni haqimda aytgan so‘zlarining gunohlarini kechirgil, — deb duo qildilar. Sollallohu alayhi vasallam. Darhol u shahodat aytib, iymonga musharraf bo‘ldi.
Ajabki, ilgari urush maydonida Ikrima bir sahobani o‘ldirib qo‘ygan, buni ko‘rib Rasululloh kulgan edilar va:
— Bu ikkovining jannatda bir o‘rinda o‘ltirganlarini ko‘rdim. Bu yerda ersa, bir-birlarini o‘ldirmoqdalar — shundan kuldim, — deb bashorat bergan erdilar. Qarangki, Abu Bakr Siddiq xalifalik zamonlarida shu bashorat yuzaga chiqdi. Hazrat Ikrima Shom g‘azotiga chiqib, shahodat topdilar. Roziyallohu anhu.
Xuddi shunga o‘xshashroq voqea Amir Temur zamonlarida ham sodir bo‘lmish ekan. Bir kuni Ozarboyjonda hukmronlik qilayotgan Mironshohning xotini Suyunchbeka qaynotasi huzuriga eridan shikoyat etib, ko‘zyosh qilib keladir. Ya’nikim u kishi davlat va raiyyat ishlarini unutib, kayfi safo, bazmi jamshidlarga berilib ketmish. Bundan ortiq darajada g‘azablangan sohibqiron lashkar tortib safarga chiqadi. Uni eshitgan Mironshoh nadimu ulfatlari bilan Tabrizga qochib yashirinadi. Lekin amir ularni tutib keltirib, o‘g‘lini xalq o‘rtasida ellik darra urdiradi va yo‘ldan ozdirgan to‘rt kishini o‘limga mahkum etadi.
Uch aybdor — mavlono Ko‘histoniy, Qutbiddin Koshiy va ham Abdulmo‘min Go‘yandiylar o‘sha kuniyoq Qazvin darvozasida dorga osiladilar.
Ammo hofiz Abdulqodir Marog‘iy Bag‘dodga qochib ulguradi. Sohibqiron uni borgan yeridan tutib keltirishga buyuradilar va Bag‘dodga qo‘shin kirib boradi. Hofiz esa u yerdan Misrga qochadi. Ammo osmon uzoq, yer qattiq, uni o‘sha Misrdan-da tutib keltiradilar. Ko‘ksaroy oldidagi maydonga dor tikilib, hukm ijro etilishga kirishiladi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:26:04
Gunohkor hofiz o‘limi oldidan ikki rakat namoz o‘tab bo‘lgach, vakillar orqali buyuk amirdan Qur’on hurmati bir pora Qur’on tilovat etishga ruxsat so‘raydi. Temur osiy bandaning bu tilagiga ham rozilik beradi.
Va mehribon hamda rahmli Olloh nomi bilan Taborak surasini to‘lg‘onib tilovat eta boshlaydi. Ho-fiz qori edi. Ayonki, o‘limi oldidan so‘nggi bora taborakni yod o‘qimoqda, bundan so‘ng unga Ollohga murojatu munojot etmak nasib qilmas, shundan-da, to‘lib, yig‘lab o‘qimakda edi. Go‘yo so‘nggi nafaslari Ollohning kalomi ila qorishib, uchib ketmagiga ishongan kuyi o‘qir edi. Buning-da cheki-chegarasi borligini go‘yo unutganday edi. Ruhi o‘sha kalom ohanglariga qo‘shilib erib, uchib keta qolsa yaxshiroq edi unga. Bu uning tavbasi edi.
Ammo har narsaning tuganchi — tugamog‘i bor. Kalom «bi maim-ma’in»da uzuldi. So‘ng «subhona rabbika robbil izzati amma yasifun va salomun alal mursalin, valhamdulillohi robbil alamin» bilan tugadi. Hamma yuziga fotiha tortdi va tabiiyki, butun yoshlig‘ ko‘zlar amirga tikilgan edilar. Sohibqiron-da erib bitgan, uning-da ko‘zlari yoshlig‘ edi. Ko‘nglidagi o‘tlig‘ qahrdan esa asar qolmagan — bir ulug‘ qo‘l uni sidirib olib tashlagandek edi.
Nogoh u o‘rnidan turib, pastga — qatlgoh tomon yurdi. Va mahbus tepasinga kelib, tiz cho‘kkancha o‘ltirgan hofizning qo‘ltig‘idan ko‘tardiyu bag‘riga bosdi. So‘ng titroq qo‘llarila yonidan oq ro‘molcha olib silkirkan, jallodga keting ishorasini berdi.
Shundan so‘ng bizning diyorlarda tavbadan so‘ng mo‘minning o‘tmish-kechmish gunohlardan til ochmak, yuziga solmak — urfdan chiqib, hidoyatdan so‘zlash — sunnat bo‘ldi. Roziyallohu anxu...
Bunday qarasam, hovli chekkasi bilan bitta bo‘lib, boyagi movut chakmonli xizmatchi yigitlar bir safga tizilishgan, xuddi Hoziq to‘ramning oxirgi so‘zlari go‘yo ularga tegishliday o‘zlari nim ta’zimda turar edilar.
So‘ng kimningdir ishorasi bilan ular qo‘zg‘olishib, choylar yangilanib, paxta gulli kosalarda ikki donaginadan (ustida jindek qatig‘i, murchi, ko‘kati bilan) manti tortila boshlandi. Ehson-ziyofat davom etardi. So‘ng tilovat bilan hamma tura boshladi. Ana shundagina sholaravachaning egasini ko‘rdim. Uni ikki yigit tagidan qo‘l o‘tkazishib, to‘y boladek ichkaridan ko‘tarib chiqib kelishar edi. Qarangki, bu o‘sha — o‘zim bilgan va vaqt o‘tib mushtdek bo‘lib qolgan Parpi edi. U ham boshqa yigitlari kabi oq ishton-oq ko‘ylakdayu ustidan mo‘’jaz ko‘k movut chakmon kiydirilgan, o‘smir bolanikidek bir burda yuzidan oq-sarg‘ish bir nur, bir oqlik taralar edi.
Borliq-yo‘qliq asnosida turarkanman, qulog‘im ostida birov hayratlanib shivirladi:
— Akamni nomidan ish ko‘rib kelayotgan shumi ekan, pakana pari?
Men cho‘chib o‘girilib, Olim akamni ko‘rdim. Va ma’noli qilib:
— Ko‘rib turibsiz-ku, — dedim.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:26:22
11. JAZO, RIJO VA HIDOYAT

Biz ichkaridagilardan ilgariroq chiqib, darvoza tagida qo‘l qovushtirib turar edik. Bunday yig‘inlarning ham o‘z odobiyu hikmati bor ekan. Qolaversa, o‘zbek shu mulozimati, uzoq-yaqindan kelganlar bilan ko‘rishib-omonlashishi, ikki og‘iz hol-ahvol so‘rashib, bir-biriga samimiyatini izhor etishi bilan ham o‘zbek ekan. Xuddi shunaqa paytda jiyanlar tog‘alarini tavof etib, sihat-salomatliklarini so‘raydilar. Amakivachchalar, xolavachchalar yuz ko‘rishadilar, yaqinlarini surishtiradilar. Kichiklar o‘z hurmatlarini izhor etsalar, qariyalar duo qilishadi. Shu on, shu daqiqada butun tiriklik, dunyoning ziynati shundan iboratdek ko‘rinib ketadi odamga. Yaxshiyam o‘zbekning to‘y-xashami, aqiqayu ehsoni bor. Dunyo tashvishlaridan ortmay yurganlar, manavi zilzila munosabati bilan uzoq-yaqinga joy qilib ko‘chib ketganlar, shu bahona yig‘iladilar, diydor ko‘rishadilar, hol-ahvol so‘rashadilar. Kelolmagan qariyalarning omonat salomlari, duoyu tilaklarini yetkazadilar. Chindan shu xalqqa mansubligingdan, oqibatni, qarindosh-urug‘dan xabar olishni unutib qo‘ymaganingdan (albatta, silai rahm qilib turganga, vaqtida kelib, qariyalarning duosini olganga nima yetsin!) ichingda bir g‘urur tu-yib ketasan. Olloh seni shu toifadan etganiga (anuv ota-onasini tashlab, begona yurtlarga tentirab ketavuradiganlar toifasidan qilmaganiga!) shukronalar aytasan.
Hammasi shunaqa paytda — tanish-bilishlar uchrashib, ko‘z ko‘zga tushib, mehr jilva qilganda bilinarkan. Biz hozir ana shu holatda ichkaridan chiqayotganlarga intiqib turardik. Akam ham, men ham.
Bizga bu yig‘in-mashvaratni ilingan Nusrat pochchaning o‘zlari hali ko‘rinmasdilar. Aftidan, u kishi ayvondagi domla-imomlar bilan so‘rashib, bir-birlarini ziyorat qilishayotir, ungacha bu yoqdagilar tizilishib, ichkaridan chiqadigan azizlarni kutib turishar, hech kim jilishni o‘ylamas edi. Boyagi amri-ma’rufning ta’rifini tildan qo‘ymay, o‘sha suhandon kishi — Hoziq to‘ramni ishtiyoqmandlik ila kutishmoqda edi.
Men Olim akamga zimdan nazar tashlab-tashlab qo‘ymoqdaman. Uni hali Isroil taksachidan bo‘lak birov tanib ulgurganicha yo‘q. (Axir u shaharga milisa o‘qishiga kirib, uni bitirar-bitirmas dab bo‘lib ketganicha, hamma har qayoqqa ko‘chib, qancha suvlar oqib o‘tib ketdi!) Tanib qolishsa — birpasda shovur-shuvur qo‘pib, kim Eshon buvaning hurmatlari, kim Sultonmurod akamni izzati haqqi kelib ko‘risha ketar edi-ku. Faqat tanimay turishibdi. O‘zi esa, har bitta tanish chehraga — yakkabog‘ligu kattabog‘likka yutoqib-intiqib, bir olam xotirotlarga berilib tikiladi-yu, faqat borib so‘rashishga, o‘zini tanitishga iymanib turibdi. Yonidagi chapanisifat, yapasqi yuz Isroil aka esa og‘zida nosi, g‘o‘ldiragancha unga allakimlarni tanishtirib, allanimalarni esiga solmoqqa tushgan edi. Akam uni anglayvermagach, axiyri nosini tashlab, qulog‘iga yopishib bordi-da, tushuntirmoqqa boshladi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:26:33
— Ko‘ryapsanmi, tovkasidagilarni? Mulla bo‘p olishibdi. Satta tom teshamanu bo‘xcha o‘g‘irlaymanlar. Yana to‘n yarashganini ko‘r, — derdi u.
— Xudo insof beraman desa shu-da, — dedi akam.
— Qatta! — dedi Isroil aka qo‘l siltab, — o‘zlariga qolsa ertagayoq o‘sha ko‘chaga burilib ketishadi. Faqat bu qo‘ymay turibdi-da.
— O‘sha o‘zimizning Parpi-ya? Tovka boshi-ya?
— Ho‘, sen uni nima deyapsan? Yarimtaligiga ishonma! O‘nta butunni qochiradi. Albatta so‘z bilan, ilmi bilan. Biz uni o‘tirib qoldi, desak, o‘zini ilmga urgan ekan. Shayxim qori akaga o‘xshagan hov anuvnaqa domlalar bilan ulfat bo‘lvolib. Eshitding-ku, bugun bittasini. Qalay, yoqdimi?
— Yoqqanda-chi!
— Bular shunaqqib egib oldi-da, satta qashqata-yoqlarni, qamoq ham tuzatolmaslarni. Endi so‘zidan chiqsin-chi!..
Va shu mahal darvozaxonada «Siz o‘ting-siz o‘ting»-lab domlalar ko‘rinishdi. Ular nurli qarib, kichkina tortgan va ham sal munkillab aso tutgan, ustiga ustak o‘ziga xo‘b yarashib o‘tirishgan maysarang movut chakmon kiygan kishi ortidan ergashib kelar edilar. Men u kishini tekis bodom qovoqlaridanu yumshoq muloyim nazarlaridan bir qarashdayoq tanigan edim. Kenno-yimga tabib izlab borib... kimni ko‘ribman?! Shu kishi edi-da! Faqat unda sal tikroq, dadilroq ko‘rinib edilar. Qolaversa, Tangritog‘dan kelgan tabib deb tanishtirishib edi. Xuddi shu odam bergan bir o‘ram turkana dori Mahfuz kennoyimga malham bo‘lgan, o‘sha bilan oyog‘i kesilmay qolgan edi. Bugun esa men tamomila bo‘lak manzaraning shohidi bo‘layotgan edim. U kishini katta ulamo sifatida kutib olib, kuzatishmoqda edi. Bu orada ular darvoza tagiga chiqib qolishgan, u kishining hurmatlariga hamma tizilib qo‘l qovushtirgan edi. Hamma u kishini tavof etib ko‘rishib qolgisi keladi-yu, lekin hech kim borib qo‘llarini olishga botina olmasdi.
Va nihoyat u kishi jamoatning bu istagi, bu xohishini sezib qoldilarmi, o‘zlari o‘sha ikki yonda tizilishganlarga ta’zim qilib, go‘yo salom berib, alik olib kela boshladilar-u, so‘nggi daqiqada eshik tagida cho‘loq- aravachasi ila kuzatuvchilar qatoridan joy olgan uy egasini ko‘rib, o‘sha tomon yurdilar va borib o‘sha movut chakmonda nur to‘kib o‘tirgan yarimta odam — Parpi bebaxtni avaylab quchib, yuzlarini yuzlariga suykab, kuraklarini silay boshladilar. O‘zlari esa bisotlaridagi eng shirin-shakar so‘zlar ila uni alqar, alqab duo qilar, chiroyli umru chiroyli oxirat tilar edilar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:26:45
So‘ng o‘sha atrofdagi yaqinlar bilan ko‘risharkanlar, ergashganlardan kimdir u kishini urintirgisi kelmaymi, qo‘lini ochib:
— Taqsir hazratlari, jamoat haqiga, yangi xonadon sohibi bo‘lmish ukamiz haqiga duo qiling, — deb qoldi.
Hamma shovullab qo‘l ochdi. U kishi ham turgan yerlarida to‘xtab, asolarini bilaklariga solgancha, duoga qo‘l ochdilar.
— Ey, bor Xudoyo, iloha ilovando mo‘minlarga ana shunday sabru jamiil bergin, to tirik ekanmiz, vatanlaridan boshqa judo qilmagil, og‘ir, mashaqqatli sinovlaringga tashlamagil. Doim rahm-shafqat qilgil, o‘z ilmu rabboniyingdan benasib etmagil. Qo‘zg‘otmagil, to‘zg‘itmagil, sarson-sargardon etmagil bu ummatingni. O‘zingga toatda, ibodatda qilgil. Chiroyli, o‘zingga xush keladurgan amallarga musharraf etgil. Hidoyatingga boshlabsan, qaytib o‘zingdan begona qilmagil. Adashtirmagil hech. Shu jamoatda qo‘l ochib turganlarni o‘zlariyu zurriyodlariyu ulardan keyin keladurgonlarni ham o‘zingga suyukli ummatdan qilgil. O‘zingdan o‘zgani demaydiganlardan qilgil. Bu xonadon sohibini ham hidoyatingga olibsan, chiroyluv amallarini bardavom etuviga erishtirgil. Hasbiyallohu va ne’mal vakil degan bu bandangni o‘zing qo‘llab, unga qatishib kelgan har bir insonni azizu mukarram etgaysan. Ularni O‘zingning adlu adolatingga topshirdik, hamisha qo‘llarini baland etgaysan. «Robbana atina, fid dunya xasana va fil oxirati xasana va qina a’zaban nar».
Yuzga fotiha tortilib, odamlar bir-birlari bilan qayta ko‘rishib, xayr-xo‘shga tusha boshladilar. Hammadan Isroil aka mutaassirlangan, ikki gapining birida Olim akamning yelkasiga turtib:
— Uni ko‘r, zo‘r-ku. Oxund domladan o‘tarkan-ku, a? Bir muftiycha ilmi bor ekan-ku, — derkan, joyida turolmas, o‘sha yoqqa intilib, u kishini tavof etib qolmoq payiga tushgan edi.
Shu tob Olim akam u qolib, men tomonga o‘girildiyu hayrat aralash shivirlay boshladi:
— Maqsud, bu kishi uy qamog‘ida emasmi? Ruxsat berilganmi bunday yurishlarga? Xalq orasiga kirishlariga? — derdi u. Men ang-tang qolgan edim.
— Qanday uy qamog‘i? Qanaqa ruxsat? — dedim o‘zimga kelolmay. — U yoqdan kelgan tabib-ku.
— U yog‘ing — qayoq? — dedi akam.
— Akam ketgan yoqdan-da, qayoqdan bo‘lardi!
Olim akam qotib qoldi:
— Akam ketgan yoq?
— Ha-da, — dedim uni tushunib yetmay. — Uylariga izlab borganman bir gal, kennoyim yotib qolganlarida. Agar o‘sha odam bo‘lsa.
— Kim yotib qolganda?
— Kim bo‘lardi kennoyim, akamning o‘sha yoqli ayoli, — dedim endi yashirib o‘tirmay.
U o‘ziga kelolmay yuzini ishqadi. Aftidan, bu xabardan esi teskari bo‘layozgan edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:27:00
— Akam hali o‘sha yoqda, ayoli bu yoqdami?
— Bilmaysizmi, — dedim men ichim dukur-dukurga tusha boshlab. — Shuncha o‘sha yoqlarda yurib-a?
U behol tortib, ko‘zini yumdi, o‘ziga kelib-kelmay:
— Keyin, keyin tushuntirib beraman. Mavridi bilan, — dediyu odamlar orasidan Hoziq to‘ramnimi, kimni izlashga tushdi. U allaqanday hovliqib, izlagan kishisini yo‘qotib qo‘ysa, qaytib topolmay qoladigandek alanglar edi. Ular esa bu payt, har xil duxoba gajimlaru shokilalar bilan ichidan bejalgan (qanday asrashibdi, tavba!) eski «Pobeda»ga joylashib ulgurishgan, kuzatib o‘sha yergacha borganlar u kishi bilan xo‘shlashar edilar.
Olim akam azza-bazza afsuslanib qoldi:
— Ketarkanlar, o‘zim oborib qo‘yardim. Eh, afsus, nega ilgariroq otni qamchilamadik? Endi qachon ko‘ramizu uchratamiz?
— Qachon desangiz, oboraveraman. Uylarini bilaman, — dedim, — agar o‘sha tabib bo‘lsa.
— O‘sha odam! Qanchalarning duosiga qolib, qanchalarning tinchini olgan! Qanday erkin qo‘yishibdi ekan?— dediyu jim qoldi.
U kishi jo‘nab ketib, hamma tarqay boshladi. Faqat biz Nusrat pochchani kutib, bir chekkada qaqqayib qolayotgan edik. Buni ko‘rib, pochcha ham xonadon sohiblari bilan xo‘shlasha boshladilaru kutilmaganda bizga o‘girilib:
— Hoy, Maqsudxo‘jam, qanisizlar, beri kelinglar, — deb chaqirib qoldilar. — Arvohlar shod bo‘lsin, so‘rashib-tanishib qo‘yinglar. Harqalay bir joyning odamlarisiz, bir ariqdan suv ichgansizlar.
Men ich-ichimdan jon-jon deb turibman-u, lekin sholaravachadagi odamning sirimi, nimasi bosib, iymanib-tortinib bora boshladim. Qolaversa, akam tufayli yarimta bo‘lib qolgan odamni (yana qancha vaqtdan so‘ng!) yaqindan ko‘rgim, so‘rashgim bor (axir, u ilgarigi ishlarini tashlab, nainki o‘zi, butun tovkasidagilar bilan qay yo‘lga kiribdi!) Men uni allaqachon qidirib topishim, akamning omonatini yetkazishim kerak edi. Kelib-kelib mavridi shu kunga to‘g‘ri kelibdi! Shuni eslaganda naq vujudimga yengil titroq kira boshlagan edi. Qiziq, akamning nomini eshitsa, qay ahvolga tushadi ekan — tasavvur eta olmasdim.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:27:11
— Assalomu alaykum.
— Va alaykum, keling, eshon bola.
Birinchi bo‘lib men uning yumshoq, qariyalarnikidan ham nozik qo‘lini oldimu g‘alati bo‘lib ketdim. Bu qo‘llar duxobadayin mayin, ham iliq, undanmi yo sohibining engil-boshidanmi, odamning jonu jahonini elitgudek bir ifor taralar edi. Odam diniga qaytsa, shunday yoqimli bo‘lib qolar ekanmi, tavba?
Men u ifor hidlarini hidlab to‘ymasdim.
— Taniysiz-a, taqsir, bu Salomxonning kenjasi. O‘qib katta yigit bo‘ldi, ulug‘ dargohlarda ishlayapti,— deb tanishtira boshladilar pochcha.
— Nechuk tanimay, Sultonmurodning xolavachchasi, o‘zimizning yakkabog‘lik, — dedi u bilagimdan ushlagancha qo‘llarimni silab. — Oyingiz omonmilar, bardam-baquvvatgina o‘tiribdilarmi? Bizdan duo aytasiz. Bizga qancha yaxshiliklar sog‘ingan, yaxshiliklar qilgan joylari bor.
Voh, ich-ichimdan bir turli hislar toshib kelardi, odam shunchalar muloyimlashuvi, halim tortib ketuvi mumkin ekanmi? Bu nimaning alomati? Yolg‘iz hidoyatingnimi?
Va shu barobar akamning bir paytdagi omonat xati, undagi rijolari yana yodimga tushib kela boshlagan, uni manavi holda bu odamga qanday aytarimni bilolmasdim. Hammasidanam ukasi — Olim akamning oldida ne deb aytarimni bilmasdim. Qolaversa, bundan keyin bunaqa mavrid keladimi, yo‘qmi? Bu orada pochcha mening holimdan bexabar Olim akamni tanishtirmoqqa boshlagan edilar:
— Bunisini-chi, bunisini? Alloh chindan hafiz, asrayman desa o‘ziga taraf yo‘q; ming chig‘iriqlardan ham gard yuqtirmay oson chiqaradi ekan. Mana, nihoyat yurtini qora tortib kepti Sultonmurodning jigari, Eshon buvamning kenjalari, u kishining chiroqlarini yoqib o‘tirgani. Olim deganlari shu bo‘ladi, taqsir.
— Vah, vaqtning ketuvini, umrning o‘tuvini ko‘ring. Shu o‘zimizning Olimmi? Er yetib, sochiga oq oralab ulguribdi-ku. Uni qarang-a. Kel, birodar, kel. Muqim qaytganing rost bo‘lsin. Omonmisan, do‘stimning jigargo‘shasi? — deb sholaravachada o‘tirgan odam bazo‘r «quchoq ochdi», so‘ng quchog‘iga «olgan bo‘lib», ovozi bir tur o‘zgardi. — Uni qara-ya, sendan kimlarning isi kelmoqda-ya. Iloy, akaginangning ham boshini toshdan etgan bo‘lsin O‘zi. Shunday ko‘rishtirmoqni nasib etsin.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:27:27
Nima balo, bu iltijo, bu rijo qalblarimizdagi yosh buloqlarining kaliti edimi va yo bir tilsim so‘zlarmi, ko‘nglim allatovur bo‘shashib, ko‘zlarimga tirqirab yosh quyilib kelar, shuncha yosh qaerda turgan ekan — o‘zimni tuta olmasdim.
Yengimni bosib, atrofga qarasam, bu gapdan mutaassir bo‘lgan hamma — akam ham, o‘zi ham, pochcha ham bir holatda turibdilar. Pochcha o‘zlarini bosmoq bo‘lib, dam-badam iyak qoqadilar, o‘zlarini chalg‘itmoqqa urinib, uning duosini takrorlaydilar:
— Iloy, o‘sha kunlarga O‘zing yetkaz.
Bu orada uy sohibi o‘zini tutib, ichkariga qistamoqqa, bizning suhbatimizni olmoq harakatiga tushib qolgan edi:
— Qani, pochcha, boshlang. Sizlarga javob yo‘q. Bir kelib qolishibdi, ichkariga boshlang bularni. Otamlashayluk. Hoy, Azlar tog‘a, nega qarab turibsiz? Mehmonlarni olib kiring. Ularga javob yo‘q.
— Bu yog‘i qandoq bo‘ldi? — deb pochcha menga qaradilar. — U yoqda xolang kutyapti. Bu yoqda kirmasang...
— Nega kirmas ekanmiz, kiramiz. Qolaversa, bu kishiga aytadigan omonatlar bor, akamning omonati,— dedim men mavridi kelib qolganidan foydalanib.
— Kimdan dediz? — uy sohibi azbaroyi hayratlanganidan sholaravachasi turgan yeridan jilgudek g‘ijirlamoqqa tushgan edi. — Sultonmuroddanmi?
— U kishidan bir xat keltirishgan edi. O‘shanda... Sizga tegishli gaplar bor ekan. Uzr, vaqtida yetkazolmagandik.
— Uni qarang-a, shunday edimi? — Men hech kutmaganda uy sohibi bu xabardan boshi ko‘kka yetib, shoshib qolgan, «Shundaymi, daragini chiqargan Ollohimdan o‘rgilay-a, kiringiz», deb qistamoqqa tushgan edi.
Kirdik. Hovlidagi joylardan biriga o‘tira qoldik. Pochcha duo qildilar. Choy keldi. Shundan keyingina uy sohibi yana intiqib menga qaradiyu:
— Bu qachongi gap, eshon bola? Ayting, tortinmay aytavering, — deb yana qo‘llarimni silamoqqa, boladek yalinmoqqa tutindi.
— Yaxshi gaplar, xursandchilik gaplar!— dedim men u kishini tinchlantirishga urinib. So‘ng:— Bahriddin akamni tanir edingizmi?— dedim yotig‘i bilan.
— Qaysi Bahriddin? Yakkabog‘lik Bahriddinni aytasizmi? — dedi bir hushyor tortib. Kutmagan ekan, allaqanday xijolatlandi:
— Ha, ha, Asol xolamning o‘g‘illari, — dedim.
— Xo‘sh-xo‘sh? — dedi o‘ziga kelib.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:27:39
— U kishi tirik ekanlar. Makkaga o‘tib ketishgan ekan. Marg‘u kennoyimni unga yetkazibdilar. O‘sha nikoh qayta tiklanibdi, — dedim yuzlaridan ko‘z uzmay. — Sizda gunoh yo‘q ekan. Akam, Sultonmurod akam hamma o‘tgan ishlar uchun Sizdan uzr so‘raydi. Kechirolsan-giz — kechirib qo‘yar ekansiz.
— Subhonolloh! Shundaymi ekan?..
Uning yuzi (ko‘rib turibman!) oqarishib kelib, kutilmaganda ilgarigidan ham nurlanib ketdi, tavba, u sariq ipak singari ichdan bir ajoyib nurlanib balqir, shu bilan barobar bu yuzga xotirjamlik yoyilib kelar edi. U ko‘zlarini ko‘tarib, menga minnatdor tikildi.
— Ollohga shukr, O‘ziga hamdu sanolar bo‘lsin! Ollohdan yashirmaganimni endi sizlarga ham ochay. Bu narsa ko‘ksimni tegirmon toshdek ezib yotar edi. Qarang-a, Xudo o‘zi kushoyish berib asragan ekanmi Bahriddinni? — deya oldi.
— Asragan ekan, gunohsiz ekansiz, — dedim men. U meni quchib olib, toza yig‘lab bersa kerak, deb o‘ylab edim. Ammo u tobora xayolchanlashib, shol oyoqlari ustidagi movut chakmonning bir chetini silab ketgan, bosh ko‘tara qolmas edi:
— Shundoq bo‘lsa-da, u kim ekan — biz otib qo‘ygan, boyaqish? Kuyovnavkar, anuv yetimcha bo‘lib chiqqaymi? — dedi bizni tamomi hayratda qoldirib. Va ko‘zlarini yumib, Ollohga iltijo etdi. — O‘zing kechirgaysan, Tangrim. Undan kam bo‘lmagan gunohimiz bor ekan. Bir yetimning gunohi, — dediyu jim qoldi.
Uning mijjalarida ikki tomchi billurday yosh qalqib turar, mening ko‘z o‘ngimdan esa bir xil kiyingan ko‘k to‘nli yigitlar Mirjumon ko‘chasidan ko‘tarib kelayotgan tobut va uning oldidagi Qo‘qon arava ketmasdi. Qo‘qon aravada esa xumdek kallasini osiltirib mana shu odam o‘tirar va hech qayoqqa qarab qo‘ymas edi.
Tobutdagi ustixon esa o‘shal boyaqish kuyovnavkarniki ekanmi?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:28:10
12. UCHINCHI BOG‘
yoxud
EY SOKIN JON

Muallifgagina ayon tarixlar davomiga


U ostonada to‘xtab, ichkariga ovoz berdi:
— Onasi-yov, qaydasiz? Biz otlanub bo‘lduk, duo bermagaysizmu?
Ichkaridan hadeganda javob bo‘lmas, uning o‘rniga ham piq-piq yig‘i tovushiga o‘xshash bir hiqillash eshitilar edi.
Axiyri bo‘lmadi. Mo‘ysafid kavushini kavshandozga yechib, maxsichan kirib borarkan, endi to‘ng‘ichining nomini atab chaqirdi:
— Norposhsham, qay yerdasiz? Safarga otlangan kishini shunday kuzatarlarmi?
O‘zidan xiyla yosh xotinning nozi shu-da. Qolaversa, oldi qizlarini uzatib, o‘g‘il uylagan xotinning yoshligi qoldimi? Nimqorong‘i uyga kirib olib, taxmon ko‘rpalariga yuz bosgancha qolgan ayolining qorasini ilg‘ab, g‘alati bo‘lib ketdi qariya.
Ichi sidirildimi yo achishib, ko‘kragini bir nima tilib o‘tdimi, noxushlik sezdi. Shunda kutilmagan hol yuz berdi.
Qulog‘iga yana o‘sha kechagi noxush ovoz eshitilib ketib, butun vujudini bir titroq-jimirlov bosib keldiyu peshonasini muzdek ter qopladi. Shu barobar bir badbo‘y hid — xuddi bir vaqtlar bolaligida qari yong‘oq g‘ovagiga qo‘l tiqqanidagidek yomon hid anqib ketdi. Unga shunday tuyuldimi, yo rostdan qayoqdandir anqib ketdimi, ajratolmadi. Lekin aniq esladi, u hov o‘shandagidek — yong‘oq g‘ovagida qo‘lini cho‘qib olgan ukki bolasinikidek badbo‘y edi. O‘shanda qo‘lidagi pixillab potirlayotgan (temirqanotdan o‘tib, hali uchirma bo‘lib ulgurmagan) ukkichani uloqtirish o‘rniga yuzini burib, bir amallab yong‘oqdan tushib olgan edi. Keyin kattalardan kimdir kelib qolib:
— Qo‘ling akashak bo‘lib, o‘ling kevottimi, yo‘qot, joyiga opchiqib tashla, — deb so‘kkachgina iniga tashlab tushgan, shu-shu qaytib ukki iniga yo‘lamay qo‘ygan edi. Shunga ham, hov o‘sha — Murjumondagi voqeaga ham yetmish yil kechdimikan? Lekin kelib-kelib endi yodga tushuvi, olamning manavi chekkasiga topib kelib, xunuk sayrashi qiziq edi. Bu nimaning alomati ekan?
Tungi ukkining anavi toshnokdami yo uning ortidagi bir yon shoxi quriy boshlagan qari qashqar gilosdami o‘tirib olib har zamon:
— Huq, huq, huq,— deb qo‘yishi, oradan yetmish yil kechib chaqirishi, sayrashi, topib kelishi g‘alati edi.
O‘shanda nima bo‘lib edi o‘zi? Ha, darvoqe, o‘shanda yong‘oq ustidan tushayotib, oyog‘i sirpanib ketdi-yu, jon holatda daraxtga yopishdi. Shunda qo‘lidagi ukki bolasini yomonroq ezib qo‘ydimi, u chag‘illab yubordiyu boya inidan potirlab uchib chiqib ketgan ukkilar qaerdandir paydo bo‘lib, ustidan pixillab uchib o‘tdilar. Qo‘yib bersa, boshiga tepib, talamoqchi edilar-ku, talab ulgurmadilar, u yerga sakrab tushib olgan edi. So‘ng haligi katta odamning — u suvchimidi, yo‘lovchimidi (balki Hizrdir) — qistovi bilan ukkichani iniga tashlab tushdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:28:22
Lekin uning badbo‘y hidi qo‘lidan necha kungacha ketmagani aniq.
Yaxshiyam o‘sha Hizrning uchragani — yetmish yilgacha uni unutib yashadi. Bugun esa... u indamay turganigami, haligacha borib taskin bermaganigami, ayoli birdan o‘zini tutolmay o‘krab yubordiyu o‘grilib kelib, yelkasiga osildi:
— Meni desangiz shu safaringizni qoldiring, otajonisi!
Jahlini yutib o‘rgangan odam (uningdek halim, hokisor kishi hamma qahr, jahl, achchiqlarini Allohga taslim etdim deb yurgan bir paytda) shaytonga hay berolmadi.
— Qaydan topding bu gapni?! — dedi sensirab. — Kecha qaerda eding?!
Oyposhsha qarshisida oq ro‘molining uchini ko‘zlariga bosgancha hamon to‘lib turar, unga bir so‘z demak ortiqcha edi.
Mirzahojim kalta soqolini tutamlab, ichiga kirib olib vasvasa solishdan toymayotgan kasni haydamoqqa urundi:
— «La ilaha illalloh. Asta’firullohi azimi va atuvbi ilayhi. Bilib-bilmay qilgan gunohlarimni o‘zing mag‘firat et»,— deb kalima keltirdiyu o‘zi ichida o‘sha bundan yetmish yil ilgarigi jon holatda chag‘illagan ukkichani o‘ylardi: nima balo, o‘sha narsa qaytib o‘nglanmagan ekanmi?
Narigi uydagi osma soat tonggi sokinlikni buzib, bamisoli tunggi ukki misol:
— Huq-huq-huq...— deb chiqillar edi.
Chol bu ovozdan eti junjikib, qo‘liga ilimiliq bir narsa yopishgan kabi uni siltab tashladi:
— Mendan nima istaysan?!
U bu gapni xotiniga aytdimi, yo o‘sha tungi sovuq boyqushgami — o‘zi ajratolmadi. Ko‘ziga u boyqushdan ham xunuk ko‘rinib ketib, jaholat ichida:
— Ha, yurtimga ketyapman! Xilxonamga yetib olishimgayam qo‘ymalaring! — deb berdiyu, shart o‘girilib maxsichan chiqib keta boshladi.
Qaytib kavushini oyog‘iga ilgani kirganda ichkari jimjit, go‘yo hech kim yo‘qdek bo‘lib, quloqlari beayov shang‘illar edi.
Yaxshi bo‘lmadi. Necha yillik umr yo‘ldoshi edi. Shuncha yil ko‘ngliga qarab kelib, ketar vaqtda dilini og‘ritdi. Tahorati singan ekanmi, shayton qaydan ilashib, qanday yozg‘irdi? Borib-kelib kuchi shu mushtiparga, bolalarining onasiga yetdimi? Xotin-bola-chaqasini tashlab, bu diyorlarga qochib o‘tganida kim joniga ora kirib edi? Yo‘qchiliklar zahrini birgalashib kim tortib edi?
Shuning otasi bergan jindek sarmoya tufayli shakarpazlik bilan o‘zini o‘nglab olgan, so‘ng boyib ketgan emasmidi? Sening qadaming bu uyga qutli keldi, nimaga erishgan bo‘lsam sen tufayli deb yurmabmidi? Endi o‘sha hisobsiz boyligiyam, bola-chaqasiyam, ichkari-tashqarili bu hovlilar ham, kimsan — Mirzahojiboy — aytuvli boy ekani ham nega ko‘ziga ko‘rinmay qoldi? Hammasi ko‘zining oqu qorasi o‘sha Mahfuzasi tufaylimi?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:28:34
Agar uning daragi chiqmasa, yolg‘iz, ayol boshiga tushgan ko‘rgiliklari yetmaganday og‘ir dardga chalinib kasalxonalarda yotmasa, yotganini anuv bolakaydan eshitmasa, Ollohning panohiga tashlab jim yuravergan bo‘lmasmidi? Balki. Dil yarasi yangilanmasa, shaytonga bo‘y berarmi edi?!. Bermasdi. Hammasidan to‘g‘rirog‘i shu. Chinrog‘i shu.
U bu diyorda barcha yo‘qotganlarining o‘rniga o‘rin bir mo‘’min-musulmon uchun lozim bo‘lgan narsalarning hammasiga erishdi, topdi. Suqsurdek bir mo‘’minaga uylandi, bola-chaqa qildi. Boyib ichkari-tashqarili hovlilar soldi. Hajga qodir kishilar qatori Alloh uyini ziyorat etdi, Payg‘ambar yo‘llaridan yurib, Minolarga bordi, Arofatga chiqdi, Muzdalifada bir kecha yotdi. Qiyomat mahshargohini ko‘rgandek bo‘ldi. Vido tavofini ado etib, muvaqqat vatan tutgan diyoriga hoji bo‘lib qaytdi.
Otalar yurtiga zora yo‘l ochilsa deb, sadaqalar sochdi, zakotlar berdi. Xo‘b savoblar topdi. Kechalari tahajjud namozlari o‘qib, duolarida so‘rardi ota yurti Murjumonni, undagi Olmazor bog‘ini ko‘rmoqni. G‘ir-g‘ir shamollarga ko‘kragini tutgan o‘sha jannatday joyda bir lahzagina o‘tirmoqni, Izza buloqlari suvidan bir piyolagina ichmoqni, asal bo‘yli bosvoldilaridan bir tilimgina totmoqni orzulardi. Orzulaganda ichlari otash bo‘lib yonardiki, qo‘yaverasiz. U sog‘inchmidi, dardu o‘kinchmidi, yetib bo‘lmas quvonchmidi, bir og‘iz so‘zla aytib, tushuntirib bo‘lmasdi. Kundan kunga, yildan yilga, umr o‘tgan sari lovullasa lovullardiki, pasaymasdi. Taskin bilmasdi.
Axiyri shahar chekkasidan baland bir joy topdi: qarangki, bu yerda ham qir shamoli tinmas — g‘ir-g‘ir esib yotar, suv olib chiqolsa, o‘sha birinchi bog‘idan qolishmaydigan joy qilish mumkin edi. O‘sha ko‘ksidagi armonni bosish uchun ko‘ziga na dunyo ko‘rindi, na uyqu. Axiyri bu qirga ham xuddi o‘sha Murjumondagidek bir anhor suv chiqarib, ulkan hovuzu atrofidagi supalarni halqadek o‘rab oqqan anhor qazdirdi. O‘rtani olmazor bog‘ etib, ikki yonni o‘rikzoru yong‘oqzor qildirdi. O‘n yil deganda o‘sha birinchi bog‘idan qolishmaydigan jannat go‘sha paydo bo‘ldiki, uni ham Mirzaxo‘ja hojimning Olmazori deb atashdi. O‘zi armonbog‘ deb atab, unda chiroyli ziyofatlar, ilm majlislari qurar, Qur’on tilovatlar etib, bu mo‘’jizani yaratmoqni ko‘ngilga solgan Alloh subhanahu va taologa beadad hamdu sanolar aytar edi.
Inson ana shunaqqib yo‘q yerdan o‘ziga bir taskin topib olarkan-u, bir kun kelib, u ham eskib, bu qalb qurg‘urga em bo‘lmay qola boshlar ekan. Qadim Vatan sog‘inchini hech narsa bosa olmas ekan. U uyg‘onmasin, uyg‘onib o‘rtashga tushmasin ekan, atrofda malham bo‘lgulik bir narsa topilmay qoladi ekan!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:28:48
Ota yurtga jo‘natgan qizi ila hali o‘zi ko‘rmagan, bir qur erkalab, tizzasiga olib armondan chiqmagan nevarasidan mujdalar berib, manavi mehmonlar dovon oshib kelishdiyu, anavi tilmoch yigitdan ikki enlikkina xat ham qo‘shilib, ko‘ksidagi armon bolaladi-ketdi! O‘shandan beri yurakkinasi hapriqadi-toshadi. U jannatmakon ma’voni ko‘rgilari kelib, ichi kuyib o‘rtanadi, o‘rtanib yana kuyadi. Bularni deb qariganda yo‘lga chiqmay qo‘ya qolay desa, dunyo ko‘ziga tor ko‘rinib boryapti, torayib boryapti. U ham eshitdi kechasi o‘sha savil qolgur ovozni. — Haq, haq... — desa ham bir baharnav edi, juftini chorlagan haqqush demoq mumkin edi. U esa, sovuqdan sovuq qilib:
— Huq, huq, huq, — etib yotar edi!
Alhazar, shuncha yil boyqush qo‘nmagan oshiyoniga u ketar mahalda, jo‘nar kechada keladimi u? Xuddi bir narsadan imdod berganday, teskari bashorat etganday?!
Turiboq tahorat yangilab kelib, (islomda irim yo‘q esa-da) «Hasbiyallohu laa ilaha illallohu alay-hi tavakkalutu...» duosini yetti karra aytib, Alloh-dan g‘am-kulfatlardan nari qilishni so‘radiyu qaytib yotdi.
Shunda boyo‘g‘li ham bu duoning kuchiga dosh berolmayin qiv-qivlagancha dab bo‘lib ketdiyu bog‘ tinchib, u xotirjam tortib qolib edi. Mana endi turib-turib, safar oldidan anavi befarosat yodiga solib o‘tiribdi. Qiyomatli kampiridan topgani shu bo‘lsa, bu dunyoda odam bolasiga suyanmoq chikora? Hammasiga etak silkib, yolg‘iz O‘ziga tavakkul etmoqdan va tavakkal jo‘namoqdan o‘zga nima qoldi?
— Xayr, — dedi u deraza tokchasiga ket qo‘ygan joyidan turib va niyatini xayrli ishlarga yo‘yib. — O‘tgan gaplarga salovot, — dedi negadir kampiri tomon yurib va ma’zurnamo gaplarga ko‘chib. — Onasi, men sendan yaxshilik ko‘rsam ko‘rdimki, yomonlik ko‘rmadim. Men sendan roziman. Sen ham mendan rozi bo‘lib qo‘y. Bilib-bilmay yoxud shayton yozg‘irib dilingni ranjitgan esam, kechirib qo‘y. Tongla mahsharga qolib yurmasin. Nafaqai ahli ayolga taalluqli burchlarimni-da unutgan joyim bo‘lsa, avvalo sen, qolavursa, Allohim kechirsin. Qolgan dunyom seniki, bolalaringniki. Rasamadi ila ishlatsanglar hali ko‘pga yetgay. Men bir umr orzu qilgan safarimga otlangan jo-yim, qarshi turib, dilimniyam siyoh etma, o‘zingni ham gunohga qoldirma. Jon onasi, tushun. Yozmishda borini ko‘rgaymiz. Agar qaytib ko‘rishmoq nasib etmagan bo‘lsa, mendan rozi bo‘lib qo‘y. U yoqda tentirab qolgan qizim, tomirimning tomiri — jujuq nevaramni bir ko‘rgim bor. O‘z ko‘zlarimla ko‘rib, xotirjam ketgim bor. Sen ham meni tushun. Otalarim, onalarim o‘tgan yurt, o‘zim tug‘ilib o‘sgan ma’vo, tanish-bilishlar tushlarimdan ketmay qoldi. Hamma-hammasi chaqiryapti, chorlayapti. Hozir bormasam, shu mavridi kelganda o‘tib olmasam, keyin borolmayman. Holim ham, madorim ham yetmagay keyin. Meni bir umrli armonga qoldirma. Qo‘lingni och, onasi. Duo qil. Zora sening duolaring ijobat bo‘lib, ko‘zlagan manzilimga yetib olsam.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:29:01
U esa, ojiza emasmi, duo o‘rniga ham, taskin-tasalli o‘rniga ham buning yelkasiga osilib, kiftlarini silar, engil-mursaklarini o‘pib yig‘lardi, xolos. Tiliga jo‘yali bir so‘z kelmasdi.
Tashqarida jo‘nashga hamma narsa taxt — arava qo‘shilgan, yo‘l tadorigi ko‘rilib, foytun aravaga necha qavat ko‘rpachalar to‘shalgan, yo‘lda hojim urinib qolmasinlar deb, necha duxobayu par yostiqlar olib chiqilgan edi. Yurtdan kelgan mehmonlar ham allaqachon otlarini egarlab, abzal-qayishlarini tortib, duo berilishini kutib turishibdi. «Buvasini ko‘rgani kelgan» mehmon bola — kemshiktoy esa, foytun arava atrofida girdikapalak. Boy ota chiqa qolsayu uning qavatiga joylasha qolsa. U dovonga qadar u kishiga hamroh, so‘ng otga mingashadi. Arava dovon tagidan qaytadi, u yog‘iga hojim foytun ortiga bog‘log‘liq qari samanda (har qalay bosiq, urintirmaydigan ot) ketadilar. Ro‘zimuhammad foytunga qo‘shgan ot ham yosh ko‘ringani bilan foytunda bir tekis yurishning xo‘b haddini olgan, bo‘lar-bo‘lmasga hurkib ketavermaydi. Ishqilib, hojimni urintirmay-netmay dovonga yetkazib, sarhaddan o‘tkazvorishsa, bas. U yog‘iga Xudo xalloq, qolaversa, sarhad oshib kelgan manavi mehmonlar bor, amallab yetib olishar.
Nihoyat qariya yelkasiga bosh urib tinchiy olmayotgan ayoliga:
— Bo‘lar endi, onasi, yo‘lga chiqmayturib... meni toliqtirmagil, — dediyu u aziz boshni o‘zidan xiyolgina uzoqlashtirib, yelkasiga sirg‘alib tushgan oq ro‘-molni to‘g‘rilagancha ikki kaftila ikki chakkasidan tutib, u yuzni o‘ziga qaratdi. — Alloh shohid, men sendan roziman, sen ham rozi bo‘l, — deb ajin oralab ulgurgan va sajdaning rangi bilan ranginlangan peshonasidan o‘pdiyu qayrildi.
Nihoyat oq fotiha berilib, otlarning jilovi bo‘sh qo‘yildi. Tuproq ko‘cha ot tuyoqlarini o‘pib, alvido salomini aytishga va ohidan changi havoga o‘rlab, tuproq hidi anqishga boshladi. Oldinda u yurtdan mehmon bo‘lib kelgan kishilar yo‘l boshlab, orqalaridan foytun ergashgan edi. U ot tuyog‘iga monand har chayqalganda tag yumshatgichimi, silkingichidanmi, qilt-qilt etgan allalaguvchi bir ovoz chiqib borar, hoji ota bilan bolakay shohona dilijonga chiqib qolgandek edilar.
— Xayr, xush qolingiz.
— Allohning panohiga. Eson boringiz.
— Ilohim, oy borib, omon qaytingiz! — Ularning ortidan shunday duolar uchar, kim yuziga fotiha tortib, kim ro‘molining uchini mijjalariga bosgan edi.
Havodan tuproq hidiga qo‘shilib, yangi tezaklagan ot tezagining hidi gurkirar edi. Qir uchlaridan rang olib, dumbul bo‘la boshlagan va oldi yozni halitdan kutib olayotgan o‘riklarning qay shohidadir (albatta, g‘ir-g‘ir shabadalarga jindek yuz ochib, jindek soyasiga berkingan) sariq boshli jimit qushlar — sa’valar foytun aravayu otlardan ham hurkmay, go‘yo bu olamda rozu tasbeh aytguvchilari yolg‘iz bittadek, qolgani o‘tkinchidek — «chit-chit-chit-ov»lab sayrab yotar, hech narsaga parvo qilmas edilar. Faqat ora-chira qaerdadir — qo‘rg‘on ortidagi yong‘oqzorda shekilli zarg‘aldoqqush (har yili o‘sha azim yong‘oqlardan birining eng tepa shohiga in quradi) «qiyov-qiyov-tish-sh»lab chaqirib qo‘yardi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:29:13
Foytunga (qo‘sha-qo‘sha duxobayu paryostiqlar orasiga) jimitdek bo‘lib cho‘kkan cholning ko‘zlari yo‘ldayu vujudi go‘yo quloqqa aylangan edi. Orqada qolib borayotgan qo‘rg‘on tomondan kelayotgan har bitta ovozni (go‘yo endi qaytib eshitmasligi mumkindek, xotirasida olib qolmoqchi bo‘lib!) ichiga yutub yotipti!
Allakimning bog‘i yoqalab o‘ta boshlashdi. Rosa kungay, oftobga ko‘kragini tutgan joy ekanmi, g‘ir-g‘ir esgan shabadasining o‘zi jannatning islarini olib kelar, bu farog‘at makonida qolaqol deb jilva qilar edi. O‘zining Olmazor bog‘iga o‘xshab ketarkan. U ham shunday g‘ir-g‘ir shabadalar makonida edi. Qadami yetgan odam borki, ketolmay qolardi. Lekin mana, vaqti-soati kelib uni-da, barchasini-da tashlab ketmoqda. Ota makondan bo‘lak hech narsa ko‘zga ko‘rinmay qoldi. Buni qandoq tushunmoq keragiykan? Umri poyoniga yetganigami, judolik qo‘shig‘ini aytish vaqti kelganigami? Balki, kechasigi ovoz — ukki sayrog‘i ham bejizmasdir?.. Ishqilib dovondan o‘tib olsalar, bas. Qo‘rqadigani o‘sha.
Foytun lo‘killab, uni allalar, hamisha xush yoqadigan bu allalash uzoq yurilganimi, nima uchundir hozir xush tuyulmayotgan, ko‘ksining alla qaerida g‘ashlik bolalab, ko‘kragi torayib, nafasi siqib kelayotganga o‘xshar edi. Tavba, unga nima bo‘lyapti? Holi shunchalik ekanmi? Ro‘zimuhammad odamini topib, Yolg‘izdaradan o‘tkazib yuborish tadorigini ko‘rib qo‘ygani bilan u o‘g‘ri so‘qmoqlardan yurish o‘zi bo‘lmas? Hali foytunni tashlab, orqadagi otga minish, yolg‘izoyoq so‘qmoqlardan jon hovuchlab o‘tib borish kerakdur? Unda holi nima kechadi? Bularga ortiqcha yuk bo‘lmasa koshki edi!
U ikki dunyoda ham do‘st bo‘lmaydigan g‘anim qavmlarga bo‘y bermagan imom Shomilning so‘nggi taqdirini esladi. O‘shanday odam ham umrining so‘nggida hajni ixtiyor etib, Ollohning uyini tavof qilgan, Payg‘ambar masjidlarida Allohdan yolg‘iz bir narsani — hoki turobini tangri aziz qilgan shu joylarda qoldirishni so‘rab uch kun ibodat qilgan ekan. Uchinchi kuni behol tortgan qariyani tuyaga ortayotgan chog‘larida tuya bexos turib ketib, imom uning ustidan qulab tushadi va qilgan duolari ijobat bo‘lib, uni Baqo qabristoniga qo‘yadilar. Bunday o‘lim topmoq qanday ham xayrli. Lekin manavinday... begona yurtlarda... o‘g‘rincha sarhad oshib borayotib... ota diyorga yetdim deganda yetolmayin ketish... qanchalaram armonli!
Qariyaning mushtdek yurakkinasi xazon yanglig‘ titramoqqa boshladi va ichi sidirilib kelib, ko‘zlari jiqqa yoshga to‘ldi. «Hasbiyallohu laa ilaha illahu alayhi tavakkaltu»ni takrorlamoqqa boshladi. U bu duoni mana necha yildirki, har tong, har oqshom yetti qaytadan o‘qib, Yaratgandan g‘am-kulfatu musibatlardan nari qilishni so‘raydi. Uni muborak safarga borganida Oltinxonto‘ramdan eshitgan va shundan beri kanda qilmasdi. Alloh chindan innaka antat-tavvabur rohiym, chindan, innaka antas-samiul alim, chindan innaka antal azizul hakiym. Uning tavbayu duolarini qabul etib, o‘z hifzu himoyasida asrab keldi. Musofir yurtlarda azizu mukarram etdi. Bu iltijosini-da ijobat etgay, inshaalloh. Ota yurt havosidan nafas olmoqqa musharraf qilgay, zora. Jilla qursa, o‘shal tuproqdan ikki gaz yer nasib etmasmi, vallohi a’lam?! Begona yurtlarda qoldirmas-ku suygan qulining hokini...
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:29:30
— Shomni o‘tab olasizmi, boy ota? Tahorat yangilayapmiz.
Qarasa, bulbullar chah-chahlab, qumrilar sayragan soylik bir mazgilda to‘xtab turishibdi. Pastda to‘piqdan oshmaydigan soy sharqirab yotibdi. Namxush tog‘ havosi ko‘ksiga moydek yoqib tushmoqda, quyosh tog‘ ortiga o‘tib ketganu soylik hamon charog‘on edi.
Chaqirgan Ro‘zimuhammad ekan.
— Yo urinib qoladigan bo‘lsangiz... yana o‘zingizga qarang,— o‘sha yerda o‘qib ola qoling, demoqchi bo‘ldi u.
Holiga qarab... o‘qisayam bo‘ladi-yu, lekin jamoatning savobiga nima yetsin? Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam betobliklarida ham so‘nggi kungacha namozga chiqqanlar-ku. Namozdan ulug‘roq nimamiz bor, shunga ham yaramasak?
— Tushaman, mayli. Joyni hozirlay qolinglar.
O‘tiraverib, oyoqning ham oyoqligi qolmagan ekan, Ro‘zimuhammad bir muddat silab-uqalab o‘ziga keltirgandek bo‘ldiyu, shunda ham foytundan yosh boladek ko‘tarib olib qo‘ydi.
Sharqirab oqqan suv bo‘yiga joynamoz yozilgan ekan, vaqt kirgach, Ro‘zimuhammad takbir aytdi, Xudoyberdining hamsoyasidan bo‘lak hammalari (hatto ziyoratga kelgan Kemshiktoy bolakay-da) iqtido qilib, namozga turishdi. O‘zi sharqirab, Yaratganga tasbeh aytib yotgan soydan jonbaxsh bir nasim esar, uning ustiga tog‘ havosi, shom salqini, yana namoz halovati qo‘shilib, shunaqa bir yengillik paydo bo‘lgan ediki, qariya ko‘pdan bunday halovat tuymagan, xuzu ichra ibordat etmagan edi. Balki umri davomida o‘qigan namozlari ichida eng to‘kisi shu desa bo‘lmas (axir, banda qusurli, to‘kisga yo‘l bo‘lsin!) — halovat tuyib, erib o‘qigani mana shu edi. Yolg‘iz shu namoz uchungina ham umrdan rozi ketsa arzirdi.
Ota yurtda ham ana shunday namozlar o‘qishga musharraf etgil, yo xalloqi olam deb duo qilmoqchi edi, tezdan tushib qolgan shom qorong‘iligida otlar nimadandir hurkib, kishnab yubordilaru uni chalg‘itdilar, u duoni qisqa qilib qo‘ya qoldi. Balki Xudoning xohlagani shudir, shugina bo‘lgandir. Axir banda qodir qilgancha o‘qiydi, nasib etgancha so‘raydi.
Turdilar. Soydan oshib biroz yurishgach, o‘chog‘ida olov, kulbasida chirog‘ miltiragan allaqanday bir chorbog‘ga yetdilar. U shunday tog‘ yonbag‘ridagi archazor takkinasida ekan, tog‘ esa ulkan qora qo‘tosdek qiblani to‘sib yotar, boshi, sag‘rilari, beli osmoni haftimga yetib, ustida yulduzlar injudek yaltirar edilar.
— Shu yerda jindek to‘xtab, tamaddi qilib olasiz, boy ota. Aytib qo‘yilgan, — dedi Ro‘zimuhammad va shox tutilgan devor tomon chaqirib bora boshladi. — Imin og‘ayov?!
Chorbog‘dan buzoqdek it hurib chiqib, chetan devorga old oyoqlarini qo‘ygancha bor ovozila vovullay ketdi. Ovoz ham bor edi, uning «hovf-hovf»idan otlar-da tisarilmoqqa tushgan edilar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:29:45
— Arstan, jat!
Itning uni o‘chib, oyog‘ini tushirdi va o‘zi qayrilib keta boshladi.
Egasi otlaru foytunni ko‘rgandayoq mehmonlarni tanidi shekilli o‘sha yoqdanoq yelkasi ko‘tarilib-tushib kela boshladi.
— Ro‘zimuhammad qardash, sizlarmu? Nachuk kachik-diz?
— Assalomu alaykum. Uzr, kuttirib qo‘ydik. Otlarimizning yurishi shu, — deb siporishladi Ro‘zimuhammad. Aslida otlarni nimaga qistashmaganini bu yoqdagilar tushunib turishar, unga aytolmas edi.
— Va alaykum, tusha beringiz. Yemak-ichmaklar muntazir. Kechikvotirmiz. Otlarga-da qarasinlar, yemlasinlar, — deb turib, chetan eshikni ochib chiqdi va otliqlarga qarab norozilandi: — Iy, buytib ko‘psiz, Ro‘zimuhammad? Shular hamusi dovon oshgaylarmu?
Ro‘zimuhammad yana siporishladi:
— Sizga qo‘sha ko‘rinmasun, og‘ay, aytgan mehmonlarimizu boy otaning o‘zlari. Bular tog‘ oshib yurgan dovqur yo‘ldoshlarimiz. Siz boy otani uzatib qo‘ysangiz bo‘ldi.
— Eshon buvamizga.. yetsa molumiz, yetmasa jonumiz nisor. Qanular, hazratumni tavof etub qo‘yaluk, axur, — deb mezbon oqsoqlanib foytun tomon yuraberdi, — Allohumdi Ka’basinu tavof etgan hazratumni ko‘ramuz-da yekan.
— Shoshmang, men hozir, — Ro‘zimuhammad oldinga o‘tib ilgariladi va avval bolani, so‘ng boy otani ko‘tarib olib, yerga qo‘ydi.
Mezbon bolani ko‘rib, hayratlandi:
— Iiy, jujuqlara varmu? Buytib davan asharlarmu, Ro‘zimuhammad?
Ro‘zimuhammad javob qilib ulgurmadi. Bolakay uch quloch naridagi narsani zo‘rg‘a ilg‘ash mumkin bo‘lgan bu kechada yelkasi ko‘tarilib-tushib kelayotgan odamni ovoziyu yurishidan tanigan edi, turgan yeridan irg‘ishlaboq unga otildi:
— Bu biz-ku, tabib amaki! Anuv kungi mehmonlariz!..
Uch yonini bahaybat tog‘lar o‘rab barcha qorong‘ilikni shu yerga qamaganday, teppasida jindek yulduzlargina jimirlab ko‘rinayotgan bu tog‘ tagida bolaning ovozi jaranglab ketdi. Tog‘ havosi-da. Uning ovozi jomga urilganday jangillab chiqqan edi.
— Iy, sen kim? Qaysu me’monlar? — deb hayratlandi chorbog‘ egasi.
— Men-men, oyog‘i chiqqan... bola-chi!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:29:55
— Ha-a, yurabilmiy qaytamizlab yatgan saritay, senmu? — Tog‘ qorovul bolakayni, uning hamrohlarini eslab bir yerga yetdi va engashib peshonasidan o‘p-di,— Ketvatursizmu endu?
— Qayvotmiz-qaytvotmiz.
Xaloskorini topib olgan bolakay uning bag‘riga singib ketgudek bo‘lib yopisharkan, tog‘ qoravulining engillaridan o‘shandagidek bir ajoyib va allatovur islar gurkirar, ular tog‘ archalari hidimi, unga qo‘shilib ketgan ot sag‘risining terlarimi, ajratib bo‘lmas edi. Otda tog‘ma-tog‘ oshib yurguvchi bir oqsoq odamdan bundan bo‘lak yana qanday hidlar gurkirasin! Ustiga ustak tog‘ gullaridan dorular qiladigan tabib bo‘lsa.
— Uni qarangiz-a, Hoji buvamning me’monlari yekansiz-ku, o‘zimizga tegisli yekansiz-ku, — deb u endi alpang-talpang yurgancha boy buva tomon oshiqdi va boriboq etaklariga yopishdi. — Xush kelupsiz, Eshon buva, xizmatizga jontar sadaqa.
O‘zini tog‘ oraligida ko‘rib, o‘raga tushib qolgandek dovdirab va qunishib turgan boy otaning ichiga bir ilinj-iliqlik yugurgandek bo‘ldi: «Allohga shukr, Ruzimuhammad yomon odam topmagan ko‘rinadi. Bir chekkasi tabib, qolaversa, iymonluv ekan. Ixlosiyam cheksiz. Oqchaga yollanganlar bunday bo‘lmagay. O‘ziga shukr, o‘tib olishimiz oson kecharkan. Urinib-netib qolmaskanbiz».
Jindek umid ham qariyani tetiklantirar, jindek noxushlik esa, uni chohdan chohga solmoqda, bor holini ham sug‘irib olmoqda edi. Dum bergan qovun shu-da. Safar kishilari shu-da. Jon qushi qachon puf etib uchib chiqib ketadi, inson o‘zi-da bilmay qoluvi mumkin. Ayniqsa, u tengilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar-ku, bu yonimga salom berib turib, u yonimga salom berib ulguramanmi-yo‘qmi deb. Lekin uning Alloh taborak taolodan yolg‘iz o‘tinchi ota yurt sarhadiga yetib olmoq — vatan ruxsoriga yetmoq. O‘shal ma’vo havosidan emin-erkin bir qur nafas olsa, halovat tuysa, qani edi! Bir oyog‘ini u zaminga qo‘yib, bir oyog‘ini olib ulgurmasa ham rozi edi! O‘sha qadamini qo‘yib ulgurarmikan?..
— Yura qoligiz, eshon pochcham, safar oldidan yarim cho‘mish, yarim cho‘mish bir nima tamaddi etigiz. Bizning kulbaga-da Hizr qadamu yetsun. Texim duo bergaysiz.
— Yaxshi. Siz bizni siylabsiz, Alloh sizni siylasun.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:30:06
Kirdilar. O‘shal pastak, yolg‘iz derazasi bolaning bo‘yidan oshmagan, eshigidan ham engashib kirib borilgan qora chiroqli kulbada o‘tirib, zarang tovoqda mezbon aytgandek, yarim cho‘michdan et-sho‘rvaga non to‘g‘rab ichdilar. U chindan o‘sha hovlidagi tosh o‘choqqa osilgan dekchada pishganmidi yo bo‘lak joyda — ta’mi og‘izda qoladigan, o‘zi bu dunyoning taomi bo‘lmagan edi. Eti qay jonivornikiyu suvi qay buloqniki ekan, mehmonlar dunyoga kelib bunday mazali yovg‘on ichmagan edilar. Alqay desalar qaytarib so‘raganga o‘xshab ketar, alqamasalar zarang kosani yalagulari kelaverar edi.
Dasturxonga fotiha o‘qilib, bu kulbada ham musulmon dunyosining har chekkasidagidek, yer-joy egalari, o‘tgan-ketganlar haqqi, duo umidida bo‘lgan arvohlar haqqi ikki kalima qur’on tilovat qilindi. Alloh o‘z panohiyu hifzu himoyasida saqlashini so‘rab, turdilar.
Ro‘zimuhammad shu yerga yetguncha ham kelishuv haqda og‘iz ochmagan edi, otlarga qayta egar urdirayotib yorildi:
— Boy ota, rozi bo‘ling. Men Sizlarni shu odamga, u kishini esa Allohga topshirdim. Og‘am butun umri shu tog‘da kechgan. Dovonning har bitta o‘ru qiri, yol-g‘izoyoq so‘qmoqlari, hatto arxar yurgich yerlari ma’lum bu kishiga. Qolaversa, dovondan birinchi odam olib o‘tishlarimas. Sizga ixloslarini esa, ko‘rdiz. Azonga qadar dovonga yetib chiqolsangiz, u yog‘i bir qadam — bomdodni vatan tuprog‘ida o‘qigaysizlar, — dedi u.
— Qani edi, — dedi Aka pochcha.
— Aytganingiz kelsin, — dedi Xudoyberdi.
— Qanday yaxshi, — dedi bolakay shu qorong‘i kechada irg‘ishlab.
— Rahmat, Ro‘zimuhammad, — deb qarolini, qaroli emas, go‘yo farzandini quchib, ko‘zlariga yosh oldi Mirzahoji.
Biroq hech kimning xayoliga inshaalloh degan so‘z kelmasdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:30:26
* * *

Ular to‘rt otliq oldinma-ketin sel yo‘li bilan bir-birlariga ergashib, baholi qudrat tepaga o‘rlab borishar, oldinda tog‘ qorovulining xachir oti, undan keyin tizgini yo‘l boshlovchining o‘ng tirsagidan bir daqiqa ham bo‘shalmay kelayotgan eng baquvvat to‘riq ot — uning egariga yumshoq yostiq bog‘lanib, boy ota o‘tkazilgan, o‘zlari bellariyu korsonlaridan o‘sha otu egarga chirmab tashlangan hollaricha egar qoshini mahkam changallab borar, yonlarida otini yetaklagancha har ehtiyot shart tizzalaridan ushlab, Xudoyberdi kelar, eng orqada Saritoyni mingashtirib (har zamon ketiga shapatilab qo‘yadi, uxlab qolma deb) olgan hamsoyasi edi.
Pastda o‘rik sarg‘aygani bilan bu yerlarni hali bahor o‘z hukmiga olib ulgurmagan, ayamajuz shamollari huvillab yotar, kunduzi salgina erib jildiragan qor suvlari qaytadan tiyg‘onchiq muzga aylanib, ot oyoqlari ostida goh qirsillab sinib, mayda-mayda bo‘lib ketar, goh otni ham tiyg‘ontirib, munkitay der edi.
Sovuq yuzni yalab, barmoqlarga so‘zak kiritib borar, ular hech narsani sezmas bir holga kelgan edilar. Og‘izdan chiqayotgan hovur-ku hech qancha o‘tmay soqol-murtlarda oq qirovga aylanib qolyapti. Go‘yo hammaning soqoli bir kechada oqarib chiqqandek. Bular shunchalik, Hoji buvaning holi ne kechdiykin?..
Chindan to‘n ustidan chakmonga o‘ralib olgan Hojibuvaning oyoq-qo‘llaridan allaqachon muz o‘tib, chivindek joni tanining qay burjiga qochishni bilmas, butun vujudi titrab-qaltirmoqqa tushgan edi.
Dovonga qancha qolgan, otlar tuyog‘i ostida shig‘irlagan bu yax-muz, bu qum-tosh qachon tugaydi, qachongacha bu otlar kuchanib-pishqirib o‘rlaydi? Yuzni kesib, teskari qilib yuborgudek bu izg‘irin qachon to‘xtab tinadi, qachon bir panaroq joyga tushiladi? Qachon jonni qo‘shib yalab ketgudek bu sovuq, bu yalanglik tugaydi, qachon pastlay boshlashadi, bilib bo‘lsa, o‘lsin agar. Har shamol huvillab o‘tganda bir g‘alati, tanish ovoz yangrab ketadi: ulardan hurkib «qiv-qiv-qiv»lagan bir qush uchib ketadiyu yana qaergadir qo‘nib olib, chaqirmoqqa boshlaydi: huq, huq, huq... Xuddi anavi kungidek, o‘z qo‘rg‘onida eshitganidek. Shu sovuq kechada unga nima bor ekan? U-ku yurtiga, ota tuprog‘iga yetib olish uchun chidab boryapti, ukkiga nima zarur? Yoki aslida hech narsa yo‘g‘u unga shunday tuyulmoqdami? Xayoliga shunday o‘rnashib qolib, ta’qib etib borayotirmi? Nega? Shaytonni quvib solmoq mumkin — duo-si bor. Duosini o‘qisangiz orqasidan yel chiqarib qirq gaz nari qochgay. G‘am-musibatni qaytarmoq mumkin. «Hasbiyallohu»ni o‘qigaysiz. Lekin bu boyqushni, izma-iz ta’qib etib kelayotgan tun qushini qanday haydamoq mumkin? Shunga kelganda... eshitmagan ekan. Eshitgan bo‘lsa ham... yodiga tushmayapti hech. Har narsaga yetgan ilmi shunga kelganda oqsamoqda. Bunga sari ich-ichidan bir qaltiroq turib, so‘ng o‘sha qaltiroq- qa qo‘shilib, vujud-vujudini xunuk bir g‘ashlik kemirib bormoqdaki, o‘zi ayozda qolgan bargdek, xa- zon yanglig‘ titraydi. To‘ngib qolgan qo‘llari egar qoshidami yo tagidagi ot nogoh munkib ketsayoq o‘mbaloq oshib ketadimi, bilolmay halak. Nazarida nuqul omonat bir narsaga o‘xshab ketyapti. Balki Xudoyberdining otini atab chaqirmoq lozimdir? Nega uning tizzasidan tutib kelayotgan qo‘l... yo‘qolib-yo‘qolib qolmoqda?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:30:47
G‘uj-g‘aj, g‘aj-g‘uj, chirs-mirs, mirs-chirs — otlar goh qordan, goh muzdan bormoqdalar.
Gup, gup, gup — mushtdek yuragi bo‘g‘ziga tiqilib keladi negadir.
Huq, huq, huq — sayrashini qo‘ymaydi o‘sha tungi qush. U goh orqada qolib ketadi. Goh bu yonga, goh u yonga o‘tib oladi. Huq, huq, huq... Mana hozir o‘ng yonidan kelmoqda bu savil ovoz.
Ergashgani-ku mayli, lekin oldilariga o‘tib olmasa bo‘lgani. Sarhaddan o‘tib, ota tuproqqa yetib olgunlaricha qo‘yib bersa bo‘lgani. Qo‘yib berarmikan?
Nima kerak unga? Nimani chaqirib qo‘ymayapti? Ko‘ksida potirlab, bo‘g‘ziga tiqilayotgan narsanimi? Jon qushini-ya?
Alloh asrasin. Tong oqarmay, Allohning farzini ado etmay turib, qadami ota tuproqqa tegmay turib beradimi jon... qushini? Yetdim deganda yiqiladimi? Yurt nafasi kelmay turib, nima bo‘lyapti? Jilla qursa, jilla qursa, tong yorishsin. Azon aytilsin. Bomdod vaqti kirsin. So‘nggi namozni o‘tab turib, ota tuproqqa o‘ng yoni bilan yiqilsa ham mayli. «La ilaha illalloh»ni aytib ulgirib. Shungacha qo‘yib ber, ey karamli Allohim. O‘zingdan muhlat so‘rayman. Jilla qursa, yetib boray sarhadga, o‘shal muqaddas tuproqqa. Uning bo‘ylariga, nasimlariga. Jilla qursa, shovurini eshitay u diyorning. Tuyay bo‘ylarini. Bomdodga qadar qo‘yib ber O‘zing.
Dor tagidagilarga-da ikki rakat namoz o‘tamoqqa ruxsat etgaylar. Ikki kalima Qur’on tilovat qilmoqqa izn bergaylar. Hatto podshohlar ham. Sen ikki olam molikisan, podshohlarning podshohi. Karami keng zotsan. Bomdodning ikki rakat farzini ado etmoqqa, so‘nggi bor o‘zingga sajda etmoqqa izn ber. Majol ber, mador ber, muhlat, kuch-quvvat ber, ey mehribonlarning mehribonrog‘i. Quvg‘indi qulingni gunohlarini afv et, ko‘z ochib ko‘rgan yurt tuprog‘iga bosh qo‘ymoqqa ijozat et. Jilla qursa, balandroq yerdan nasib et: o‘zimiz yetolmaganimiz yetolmagan, yurt nasimlari mozorimiz uzra esib tursin, yetib tursin vatan bo‘ylari...
Keyin Mahfuzasini chaqiribmi, bedarak ketgan kuyovini chaqiribmi, alahlay boshladi:
— Kuyovto‘ra, men Sizga ishonib edim. Boturlar ahli ayollarini, vatanlarini deb yashamaslarmi?
Holdan toygan Xudoyberdi sergak tortdi. Hoji otaning oyoqlariga yopishib-etib yurishga oshiqdi.
— Hoji ota, oz qoldi, sabr eting, — deb dalda bermoqqa urindi. — Men yoningizdaman, shu yerda- man.
Tun qushi endi chap yoniga o‘tib olgan, ovozi oldinroqdan kelmoqda edi negadir:
— Huq, huq, huq...
Tuyoq ovozlari ham ayqashib-uyqashib ketayotir: «chirs-mirs, mirs-chirs, g‘aj-g‘uj»...
Nimalar bo‘lyapti? Ko‘z oldiga kimlar kelib olyapti? Eng yaqinlari, jigarlari-ku. Sog‘inib yo‘qotganlari, yo‘qotib topmaganlari-ku! Mahfuzasi-ku!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:30:58
— Ona qizim, opoq qizim, meni kechirib qo‘y. Senga javr ettim.
Xudoyberdi qo‘rqib ketdi. Jon holatda boy buvaning oyoqlariga yopishib, tizzalariga shappaladi:
— Hoji buva! Boy ota! Sizga ne bo‘ldi? Qo‘rqitmang bunday! Yo to‘xtaylukmi?
Uning shovqiniga tog‘ qorovuli ot tizginini tortib, orqasiga o‘girildi:
— Ne bo‘ldu?
Boshqa otlar ham pishqirib-pishqirib to‘xtadilar. Aftidan ular ham holdan toygan, burun ustlari oqarib ko‘rinar edi.
— Taqsirimning toblari qochdi shekilli, alahlayaptilar, — U nima qilamiz, degandek tikildi.
— Ayoq-qo‘ldarinu uqalab baqungchu, zora beru qarasalar... Yetub qolduk.
— Qaranglar, ufqlar ham yorishib kelyapti. O‘lmagan qulni tongga yetkazar, — dedi orqadagi hamsoyalari. Tizzasidagi bola endi uning ko‘ksiga bosh qo‘yib, dong qotgan, uyqu sovuqni ham yenggan edi.
Xudoyberdi otning hali u tomoniga, hali bu tomoniga o‘tib, boshsiz chavandozdek o‘tirgan qariyani (ortidan shunday ko‘rinar, boshi oldga tushib ketgan edi) hali qo‘llarini, hali oyoqlarini jon holatda uqalab qaro terga tushgan, uni o‘ziga keltirolmas edi.
Bir muddat o‘tib qariyaga jon bitib, u yo‘qlik-borlik orasidan bu dunyoga qaytgandek, boshini bazo‘r ko‘tardi. Birinchi so‘zi:
— «Allohga shukr, bomdodga ham yetibmiz», — bo‘ldi. So‘ng atrofiga alanglab kimnidir izladi. Topib so‘radi:
— Xudoyberdi, azon chaqirdingizmi?
Xudoyberdi borlik-yo‘qlik orasiga tushib kalovlandi, so‘ng rostiga ko‘cha qoldi:
— Yo‘q, boy buva, xudo xohlasa, endi chaqiramiz. Picha bor, sahar kirishiga.
— Shundaymi? — dedi chol.
— Bu halu yolg‘on subh, chin subh — subhi soduqqa jichcha bor. Biroz yura turaylukmidi, — dedi tog‘ qorovul ham.
— Ixtiyor Sizda, — dedi qariya, — lekin yo‘l deb... bizni namozdan judo etmagaysiz?
Tog‘ qorovuli umrida birinchi marta g‘alati tortib ketdi. O‘zini bu avliyodek odamning oldida haqirdan-haqir tuyib, qimirlashga-da, yo‘l boshlashga-da ojiz sezdi.
So‘ng uzrini bildirib:
— Jindek yursak, sarhaddan o‘tib o‘qirdik, — dedi.
— Sarhad?!.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:31:11
Eshon buvaning og‘zidan uchgan so‘nggi so‘z shu bo‘ldi. Uning vatan ilinjida ado bo‘lgan yuragi xushxabarni ko‘tarolmagan edi. Jon qushi o‘sha so‘z ila qo‘shilib, chiqib ketib bo‘lgan, boshi ko‘ksiga shilq etib tushgan edi.
Boyqush ham chaqirmas, otlar ham jim edilar.
Sarhad tomondan yolg‘iz azon tovshi eshitilar edi.
Hojimni shosha-pisha egardan yechib olib, tekis bir joyga oyog‘ini qiblaga qaratib yotqizdilar. Va nima qilmoq haqida maslahatga o‘tirgan joylarida qibla tarafdan aniq tilovat ovozi kela boshladi. Hammalari hayratda qotib qoldilar.
Ko‘rinmas qori Fajr surasini yakunlab o‘qir edi:
— Yaa ayyatuxannafsul mutumainnax! Irujii ilaa robbiki roziyatammaruziyax. Fad xulii fii ibaadii vad xulii jannatii. Ma’nosi bunday edi: «Ey qaror va orom topgan jon. Qaytgil Parvardigoring tarafiga rozi bo‘lgan va rozi bo‘lingan holda. Va dohil bo‘l bandalarim oralariga va dohil bo‘l jannatimga».
Uni farishtalar o‘qirmidilar, inslarmi — hech kim bilolmadi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:31:33
13. HOJI BUVADAN YODGOR SOVG‘ALAR
Hikoyachimizga ma’lum qissaning davomiga


Ruhim judayam yengil, qushday uchib ketsam-da, mumkin edi. Axir, hazilmi! Men odam siyoqidan chiqarib qo‘ygan Parpi bebaxtni (yana qay ahvolda!) topgan, akamning omonatini yetkazgan va nihoyat Yakkabog‘da oxirgi vaqtlarda akamning nomidan ish ko‘rib yurgan sirli kishilarni bugun o‘z ko‘zim ila (men ehson berilgan xonadonda movut chakmon kiyib xizmat etgan kishilarni aytmoqdaman) ko‘rgan edim.
Nasibni qarang. Bu voqeaga mengina emas, Olim akam ham shohid bo‘lib qolgan, uning-da hayrati cheksiz edi. Pochcha aytmoqchi, Olloh chindan ham chevar, qudratluv zot. Bo‘lmasa, kim ishonadi Parpi bebaxtning bir vaqtgi yigitlari hali ham uning xizmatida ekan degan gapga?! Yana qanday xizmatki, eshitgan faqat havas qilmog‘i mumkin. Xayr-xo‘shlashib qaytayapmiz-ku hali-hozirgina ko‘rgan-eshitganlarimiz ko‘z oldimizdan ketmas, uning taassurotidan chiqolmas edik.
— Voh, bizga shuni ilingan edingizmi?! Rahmat Sizga! — dedim old o‘rindiqda o‘tirgan pochchaga.
Hamon burnilariniyu unga qo‘shib soqollarini mamnun-mamnun silab-siypab qo‘yayotgan pochcha xumdek boshlarini orqaga tashlab, ko‘zlari qirila menga qarab qo‘yib, jilmaydilar:
— Hidoyat degani shu, bo‘tam. Agar ko‘r hidoyat topsa, o‘n sakkiz ming olamni ko‘ra boshlaydi. Kar rahmat topsa-chi, jami mavjudotning tasbehotini tinglay boshlaydi. Bular bosh-ko‘zi butun odamlar-ku.
— Harqalay, g‘alati-da, — dedi Olim akam yo‘ldan ko‘zini uzmay va meni quvvatlab. So‘ng qo‘shdi. — Hammasidan anuv odamning bularni izzatlab kelgani-chi. Boshqalar oyog‘ining tagiga qo‘y so‘ysa bormas.
— Ha-a, Hoziq to‘ramni aytasanmi? Ma’ruzalariga to‘ymay qoldik-da, to‘ymay. Bir yerga shoshib turgan ekanlar. Uzrlarini eshitib, javob berdik tag‘inam.
— Uzrlari? — dedim men hayron qolib.
Nusrat pochcha tushuntirdilar:
— Bir musofirgina shifoxonaga tushib qolgan ekan, shunga javob tegadirgan ekan.
Yuragim shig‘ etdi. Yalt etib qaradim u kishiga:
— Musofirmi, musofirginami? — deb qaytarib so‘radim.
— Kelin ekan, shekilli, jujug‘i ham bormish. Olib bormasam bo‘lmas, dedilar.
Voh! Peshonamdan muzdek ter chiqib ketdi. Ana, xolos! O‘sha bo‘lsa, biz nima degan odam bo‘ldik?! Ikki birdek qaynisi turib, u kishi borsalar — uyat- ku! Nahot xabarsiz qoldik? Balki biz chiqib ketgach, orqamizdan qo‘ng‘iroq bo‘lgandir. Topisha olmayotgandir?
Birpasda ne xayollarga borib keldim. Lekin yonimdagilarga churq etib, og‘iz ocholmasdim.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:31:49
Balki umasdir, Kennoyim men qolib, u kishiga aytmasa kerak edi? Yana kim biladi, deysiz.
Bu orada mashina g‘iz etib, pochchanikiga yetib borgan edik. Tusha boshladik. Men aytolmayman, pochcha qistashlarini qo‘ymaydilar. Ichimni esa it tatalab boryapti.
— Sho‘tga kelib kirmasang, xolang nima deydi? Xafa bo‘ladi-ku.
Xafa bo‘lishlari aniq. Lekin...
— Yedik-ichdik. O‘zlarini ko‘rdik, — dedim, qani javob bera qolsalar.
Axiyri:
— Hoy, Sanobar, bularing bilan o‘zing gaplash, — deb ichkari qarab yuraverdilar. U kishi hassalarini zardaliroq tashlab borardilar. Qarasak, chindan xafa bo‘lyaptilar, noiloj ergashdik.
— Yo‘q-yo‘q, mana, kelyapmiz...
— Ha, bu boshqa gap. Qutlug‘ uydan bir piyola choysiz ketib bo‘ladimi? Qolaversa, biz ham g‘animat.
Qarasam, tushuntirib bo‘lmaydigan:
— Unday bo‘lsa, men uyga bitta qo‘ng‘iroq qilib olay. Harqalay-da, qidirib yotgan bo‘lishmasin, — dedim.
— Yaxshi-yaxshi. Ana, derazada turibdi, beminnat,— dedilar u kishi.
O‘sha gapni eshitganimdan beri yuragim hapriqadi. Nazarimda qidirib topisholmayotgandek. Axiyri numerimizga tushdim, uni ayolim ko‘tardi.
— Saida, men...
— Voy, adasi-ey, qaerlarda yurasiz-ey.
Xuddi yuragim sezganidek edi, tavba.
— Tinchlikmi? Aytsang-aytaqolmaysanmi? — dedim ichim g‘urmishlab.
— Axir kennoyiz chiqishlari kerak ekan-ku bugun. Siz bo‘lsangiz...
— Kim aytdi? Qachon aytishdi?
— Sizlardan keyinoq, ketishlaringiz bilan...
U yog‘ini eshitib o‘tirmayoq javob qildim:
— Yaxshi, biz jo‘nayapmiz. Unasalar obboraman, bo‘lmasa, kutma, — dedimu go‘shakni tashlab qayril- dim.
Ular anjirning tagidagi pastak yog‘och supaga o‘tirib, fotiha qilishayotgan ekan. Borib men ham qo‘shildim.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:32:03
— Ha, tinchlikmi? — dedilar xolam yuzlariga fotiha tortib bo‘liboq.
— U yoqdan kelgan keliniz, — dedim men.
— Qaysi? Akangga tegishli anuv musofirginami? Daragi chiqdimi, qaerdan chiqa qoldi? — deb bir yerga yetib so‘ray ketdilar.
— Shifoxonaga tushib qolgan ekan, bugun chiqadi ekan, aybga buyurmaysizlar, — dedim men o‘rnimdan qo‘zg‘ola boshlab.
— Voy, umi? O‘sha mushfiqa kelinuvza-ya? Kelavurmaydimi bu yoqqa? Boshuvzaga ko‘tarovza-ku.
— Bor, bolam. Bora qolinglar. Ko‘ngli yarimtaning ko‘nglini olaqolinglar. Unasa, olib kelinglar. Akaginangning ahli ayoli, — deb pochchaning o‘zlari duo qilib, tura boshladilar.
Faqat Olim akam o‘ziga kela olmas edi: hozirgina ichkariga qistab qo‘ymayotgan odamlar kennoyimning daragini eshitiboq, bundoq o‘zgarib qolishlari chindanam g‘alati va tushunarsiz edi unga.
— Yuraqoling, «Volva»ngiz shu bugun asqotmasa, qachon asqotadi? Qolaversa, kennoyim bizni ko‘rib, akamni ko‘rgandek bo‘ladi, — dedim men.
Jo‘nadik. Shundan keyingina Olim akamning savol qutisi ochilib ketdi. Ungacha pochchanikida iymanib turgan ekan.
Men hamma-hammasini — bizning yurtga qanday kelib qolganiyu avval pochchaning shahar hovlilarida, so‘ng biznikida turganidan tortib, Akmal cho‘loqning dalaga chiqasan, deb qilgan qiyin-qistoqlari, chiqqach odam qo‘yib o‘ziga ilintirmoqchi bo‘lganlarigacha, unamagach tuhmat yo‘liga o‘tganlarigacha va bu tuhmat, gap-so‘zlarga chidolmagan kennoyijonim (men buni keyin bildim-ku) bir tong shaharga tushib chiqaman deb ketgancha badar ketganlarini, biz hech yerdan topolmaganimizni aytib berdim. Oradan necha yil o‘tib, Far-g‘onalarda ishlab kelgach, bir ajoyib kunda, hech ham kutmaganimda, uni shifoxonadan topib olganimni, hozir bir shirin farzandi borligini aytdim. Ammo Chaman akam, akamning o‘sha qiyomatli do‘sti haqida esa, og‘iz ochmadim. Qanday tushunadi deb aytmadim. Qolaversa, bu tarix haqida Chaman akamning omonat gapidan bo‘lak nimaniyam bilaman?!
Olim akam hiyla jim qoldi. Shunaqa so‘nikib ketganki, nazarimda hali-veri og‘iz ochib bir nima deya-oladigan holda emasdi. Chekkalariga oq oralab, o‘zi sal to‘lishib, peshonasiga bevaqt ajinlar tusha boshlagan bu xolavachcham yo‘ldan ko‘zini uzmay ketayotgan bo‘lsa-da, xayoli allaqayoqlarda kezar edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:32:30
To‘zib ketgan xonadonlarini o‘ylayaptimi, shu vaqtga qadar bir boshpana, bir qurg‘on qurib, odamlardek vatan tutolmaganlarini, boshlarini qovushtiradigan, qayishadigan bir mardi xudo topilmaganini o‘ylab ketganmi, bilmayman. U yog‘i menga qorong‘i. Balki o‘z oilasi, taqdirini, bilagida kuchi, tomirida shijoat bor paytda, mo‘may-mo‘may topib yurgan kezlarida kerak qilib, endi ro‘shnolik ko‘rarmiz degan mahalida tashlab ketgan sariqsoch xotinini, bolalarini eslab ketgandir! O‘zingniki — o‘zaging deydilar, kim begonadan oqibat topibdiki, u topsin. Achinishga arzimaydi-yu, lekin shu yoshda so‘qqabosh qolib, hammasini qayta boshdan boshlash ham osonmas-da. Qolaversa, suyanadigan kimi bor? Yolg‘iz jigarining ahvoli bu. Ayolini yurtga jo‘natgan joyda o‘zi o‘tolmay qolib ketgan. Kimga ham suyangay, kimga ham dardi-yuragini ochgay? Ichga yutishdan bo‘lak qanday iloji bor?
Ammo ichga yutila-yutila zardobga aylangan u alamlar bir kun portlamasmi? Portlab adoi tamom etmasmi u yurakni?
Men uning mijjalarida nam ko‘radigandek... betiga qaray olmasdim. Shunchalik bir ahvoldaman. Og‘iz ochgali, ochib — dardini yangilab qo‘ygali qo‘rqib turibman.
U og‘ir xo‘rsinib, tomoq qirdi:
— Eshitdim, akam bu yoqqa o‘tolmasliginiyam, o‘tib kelgan kuniyoq olib borib, tiqib qo‘yishlariniyam. Lekin ojizasi — ayolida nima gunoh? U boyaqishning boshiga shunday kunlarni soldilarmi hali? Bilib turib-a? Shoshmay tursin, o‘sha Akmal cho‘log‘ing!..
— Boya ko‘rganiz — movut chakmonlilarning kattasi unga hukm chiqarib qo‘yganmish, — dedim men.
Olim akam yalt etib o‘girildi va bunga ham qoniqmay mashinasini yo‘l chetiga chiqarib to‘xtatdi:
— Kim?! O‘sha Parpi-ya?.. Nima deb?
— Shariat bo‘yicha hukm qilib, ijrosini akamga qoldirganmish. O‘zi kelib, o‘zi ijro etadi deganmish.
Akam yoqa ushladi.
— Kelishini... qaerdan eshitibdi? Qaerdan bilarkan? — dedi hayrati ichiga sig‘may.
Men yelka qisdim:
— Bilmasam. Bir narsani bilsa kerakki... ma’lum bo‘lsa kerakki...
U og‘ir-og‘ir bosh to‘lg‘adi:
— Qani edi kelolsa, kelolmaydi.
Endi mening ichim toshdi:
— Nega? Nega unday deyapsiz? Akamga nima bo‘lgan?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:32:40
U bo‘shashib qo‘l siltadi, betimga qaramay bosh chayqadi.
— So‘rama. So‘ramayam, quydirmayam, — dedi ovozi o‘zgarib.
Men yosh boladek yelkasiga yopishdim:
— Rostingizni ayting, Olim aka. Unga nima bo‘lgan? O‘zi biron narsa bilasizmi?
— Yigitlari bilan qo‘l yetmas muztog‘ga chiqib ketgan ekanmish. Olti oy deganda uch kishi qaytib tushibdi. Boshqa hech qanday ma’lumot yo‘q.
— O‘sha uch kishi-chi, kim ekan?
— Ularni ham xorijga — Peshovargami, qayoqqa — o‘tkazib yuborishgan. izini topolmabdilar.
Ichimni bir narsa tatalab, g‘urmishlab yotibdi, lekin so‘ray olmayman. Chaman akam-chi, u kimni qidirib ketgan? Axir akangni daragi chiqdi, deb ketgan edi-ku... deya olmayman. O‘zi u haqda aytmaguncha og‘iz ocholmayapman.
Hammani qo‘yib akam, Sultonmurod akam taslim bo‘lmasligini, joni shirin ko‘rinib tog‘dan tushib kelmasligini bilsam-da, bir narsa deya olmay turibman. Shu alpozda Sizdan lozim emasmidi, jigaringizni qutqarish, uning uchun avf so‘rash degim bor-u, tilim aylanmayapti.
— Nima, u haliyam qidiruvdami? Gunohi shunchalik kechirilmasmi?— dedim axiyri bo‘g‘zimga bir nimalar tiqilib kelib. Aftidan qaynoq yig‘i avval bo‘g‘-zimga tiqilib, so‘ng ko‘zlarimdan toshib chiqmoqda edi.
— Gunohiki, — dedi akam aftimga qaray olmay. O‘zi mendan battarroq bir ahvolda shekilli, — ular odam bolasi jur’at etmaydigan bir ishga jazm etib, chegaradan o‘tib kelganlar va To‘ramni o‘g‘irlab ketishga harakat qilganlar. Tag‘inam baxtiga bu kishi rozi bo‘lmagan, g‘isht qolipdan ko‘chib bo‘ldi deb...
— E-ha, — dedim men tamomi o‘zgarib va akamgilarning jur’atiga besh ketib. — Rejasining zo‘rligini ko‘ring. Odam bolasining tushiga kirmaydigan ish-ku!
— Shuni aytaman-da. Sherning og‘ziga qo‘l tiqib, baraka topib bularkanmi?! Tag‘inam Xudo bir asrabdi, — dedi u. — Davlat bilan o‘ynashib bo‘larkanmi!..
— Bular-chi? — dedim men g‘ashim kelib.
— Nima bular? — dedi u anglab-anglamay.
— Bular butun boshli bir lashkarni boshsiz qilib, u kishini o‘g‘irlab kelishganda... ularni ham tushunsa bo‘lar?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:32:57
Olim akam shu men bilgan Salomxolamning o‘g‘limi, degandek boshdan-oyog‘imga angrayib qaradi, ammo tili na kalimaga, na gapga kelardi.
— Sen bilishimcha, tuppa-tuzuk idorada ishlaysan. Ammo tilingni bunaqa qo‘yib yuboraverma. Birdamas- birda kuyib qolmagin, tag‘in, — dedi xotirjam tortib.
Ichim shuv etdi, yuragim bejo tepardi. Odamiga uchrabman-ku toza, deb o‘yladim.
U mashinasini qo‘zg‘otib, yo‘lga soldi. Oraga gap sig‘may jim bora boshladik. Qayoqdan ham gap ochdim deb pushmonda edim. Ammo o‘zi ancha jim borib, so‘ng nasihatga tushdi:
— Sen meni to‘g‘ri tushun. Akam, jigarim uchun mening jonim achimaydimi?!— dedi u. — Achiydi, lekin bir mening qo‘limdan nima keladi? U o‘zini toshqin bir daryoga otgan odam. Undan yo g‘olib, yo mag‘lub bo‘lib chiqishgina mumkin, xolos. Bo‘lak yo‘l yo‘q. Men esam, yolg‘izman. Uning ustiga bu borada nochor-notavon bir kimsaman. Jilla qursa, dadamizning duolarini olib qoldim, u kishining vasiyatlarini ado etib ulgursam ham. Akamga yetish... unday bo‘lish... menga yo‘l bo‘lsin!
— Nimalar deyapsiz? — Men azbaroyi shu tomonga o‘girilib olgan edim,— Adangizni topib, u kishining xizmatlarini qilib qolishdan hayiqmagan odam — shu gaplarni siz aytayapsizmi? Akangizga kelganda shundaymi?!— deb yuboribman.
U nochordan-nochor, xijolatlarga botib betimga qaradi:
— Nima desam, senga qanday tushuntirsam? Otamiz uchun men nima ham qilibman?! Asli u kishining duolariga boshqa birov loyiqroq, bilsang. Hov Cho‘lpon otada biz ko‘rgani borgan odam bor-ku — o‘sha! U otamizga hech kim qilmaydigan bir yaxshilikni qilib qo‘ygan odam. Bilmagan bir kitob jinnisi, sutchi odam-da deydi. Lekin aslida topadiganini topib qo‘ygan — oxirati go‘zal odam. Savob topaman degan kishi hamma yerda topsa bo‘larkan. O‘sha kishi tufayli otamiz umrlarining oxirida o‘sha tog‘lar ortidagi mamlakatda jindek ro‘shnolik ko‘rib, toat-ibodatda o‘tib ketdilar. Taqdir ekan, men biroz xizmatlarini qilib qoldim, xolos.
— «Bu yoqdagilar bilisharmidi», — deb so‘ragim bor-u, boyagi gapdan keyin... tilim kuyib aylanmayapti. Ammo u qarashimdanmi, turishimdanmi sezib, o‘zi dedi:
— Ming shukr, bilishsa-da, bilmaganga olishdi. Qolaversa, bizda ham insonlar ishlaydi, insongarchilikni biladiganlar ishlaydi. Barchasi sadoqat deb vijdoniyu imonini yutib yuborganmas. Ularning ham tomirida temir emas, qon oqadi, ukam!
Men tilimni tishlab qolgan edim. Ammo dilimdan:
— «Ishqilib, arqonni uzun tashlab qo‘yishgan emasmi?» — degan ishtiboh o‘taverar edi. Axiyri aytdim:
— Yo‘q, — dedi u qat’iy qilib, — umrini yashab bo‘lgan bir odam uchun unchalikka bormaydilar. Tegsalar o‘sha yangiligida tegar edilar. Endi bu eski narsa, — dedi u.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:33:18
— Akangiz uchun-chi,— dedim endi har qanday istiholalarini yig‘ishtirib qo‘yib. — Agar u kishi uchun javob berish kerak bo‘lib qolsa-chi? Nima qilasiz?
U menga qarab turib, noilojlikdan desam to‘g‘ri bo‘lmas, alam-achchig‘ini yutolgan odamdek... kulib yubordi:
— O‘sibsan, Maqsud, o‘sibsan. Senga gap yo‘q. Shu turishingda akamga tortibsan. Ilohim, umring o‘xshamasin, — dedi va mung‘ayib qoldi. Men unga achiniblar ketdim.
Shu mahal qarshidan kelayotgan bir mashinaning ichidan sochlari shamolda patila-patila to‘zg‘igan bir bolakayning:
— Aya, unu qarang — dodamoshina! — deb qichqirgani eshitildi va shu barobar ikkimiz ham g‘uvillab o‘tib ketdik. Ovoz tanish edi — yuragimni o‘rtab o‘tdiyu yalt etib qarasam, bolakay ham bizdan ko‘zini uzmay jajji qo‘llari-la mashinani tapillatib — to‘xtatinglab boryapti.
O‘tib ketgan shofyor nima ekan deb mashinasini chetga ola boshladi. Shundagina uni tanibman! U o‘sha tanish eski «Pobeda» edi. Men ham Olim akamga «to‘xtang-to‘xtang»ga tushib, orqaga tislantirib borsak, qay ko‘z bilan ko‘raylikki, boyagi mashinadan ir-g‘ishlagudek bo‘lib Yodgormurod tushib kelyapti.
— Kichkina ada! Maqsud amaqu! — U chopa kelib, o‘zini quchog‘imga otdi. — Men siznu qancha kuttum — bormaduz-ku?..
Men avvaliga serrayib qolgan edim, so‘ng g‘alati bo‘lib ketdim. Chindan xabar ololmadim. Lekin «kichkina adasi» nimasi? Buni qaerdan topdi? Kim o‘rgata qoldi?
Cho‘nqaydim. Mitti peshonasini, unga osilib tushgan qo‘ng‘iroq sochlarini silay boshladim:
— Shunaqa sog‘inib kettingmi?
— Judayam.
— Qaysi ko‘zlaring ila? — dedim faqat o‘zimizga xos tilda yana o‘sha o‘zimizning so‘z o‘yinimizni boshlab. Negadir hozir men shuni istab qolgan, o‘zimni shunday chalg‘itmoqda edim.
U qiz bolanikidek uzun-uzun kipriklarini yumib:
— Har ikkalasula. Endu unday qilmaysuz-a?— dedi.
Men yo‘q demoqchidek kiprik uchirdim. U esa bo‘ynimga yopishgan ko‘yi bir irg‘ishladi va shu tob mashinaga ko‘zi tushib, chalg‘idi.
— Sizlarnukimu bu dodamashina? — dedi hayratini ichiga sig‘dirolmay. — Siznu obyuradimu?
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:33:39
Shu payt boshqalar ham tusha boshlab, men bosh chayqadim.
— Sen tanib ol, bu mashina mana bu amaqingniki,— dedim qulog‘iga shivirlab.
— Vuy. — U bir irg‘ishlab qo‘ydi va Olim akamga yotsirabroq qaradi-yu, lekin salomini unutmadi, — Assalomu alaykum.
Olim akam demaganlar oldingi mashinadan tusha boshlagan ikki ayoldan qaybiri kennoyimiz ekanini bilolmay turarmidi, alikka dovdiradi.
— Va alaykum...
Bunga sari Yodgormurod jajji mushtchalari bilan biqinimga turtar, bir narsalarni so‘ramoqchi bo‘lardi. Engashib qulog‘imni tutdim:
— Nima deysan?
— Milisada ishluttimu bu odam? — deb shivirladi u.
Bolaning zehniga qotib qopman!
Lekin rostini aytib bo‘larmidi unga:
— Yo‘q, sen qo‘rqma. O‘zimizning odam, — dedim va yana engashib qulog‘iga shivirladim. — Undan ko‘ra, chop, ayangdan suyunchi ol. O‘shaqdan qaytibdilar de.
U biz bilan kelinoyimiz o‘rtasidagi tarjumondek bir chiroyli yugurgiladi. U shunaqa shirintoy bo‘lgan, gaplashib to‘ymasdi odam. Va borib, ayasining etagiga yopishdi. Kennoyim — o‘sha men bilgan Marg‘u kenno-yimdan zig‘ircha ham farq qilmaydigan (na bo‘y-bastda, na chiroyda — Xudo qismagan, aksincha, bir tomchi suvdek qilib yaratgan) shu kennoyim ancha to‘lishgan, suluv kelinlik davridan o‘tib, suluv kelinoyilar qatoriga o‘tgan edi. Tavbaki, yuzlaridagi jindek shifoxona nusxini demasa, birov uni qancha yotib, dard tortgan demasdi. Men Olim akamga sekin himo qildim: ko‘rishmaysizmi?
U ham bosh silkidi: boshlay qol deya va qo‘shib qo‘ydi:
— Oldinda kim, to‘ram o‘tiribdilarmi?
— Ha, darvoqe... — Shundagina hijolatdan o‘zimni qo‘yarga joy topolmay qoldim. Kennoyimning oldiga birinchi bo‘lib yelka tutib bora boshladim.
— Assalomu alaykum, uzr, chiqishingizdan xabarsiz qopmiz.
— Aytishdu-aytishdu, chiqib ketgan ekansiz. Hech qisu yo‘q, hech qisu.
Men dadillandim:
— Tanishib qo‘ying: bu kishi Olim akam... Akamning ukalari. Ko‘rgani borayotuvdik...
U kelinlardek lov qizardi:
— Voy, shunaqamu?.. — Qulog‘ining yumshog‘i takkinasidagi o‘sha nori yuzlariga duv tarqadimi, yo yuzi o‘sha rangga kirdimi — bilolmay ham qoldim. Axir u kelin bo‘lib, mulla akasini endi ko‘rmoqdaydi, ko‘rinish bermoqdaydi. Buni ko‘rmoq o‘zi bir nash’ali edi va ham chin o‘zbekona ediki, u go‘zal udumlarimizni esga solmoqda edi. Odatda bunday paytda kelinning kelinsalomiyu uni ko‘rganning ko‘rmanasi lozim bo‘lguchi edi. Biz esa, katta ko‘chaning bir chekkasida na unisini, na bunisini uddalay olmagan sho‘r peshonalardek bir g‘alati alpozda turardik.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:33:53
Yo‘q, birinchi bo‘lib kennoyim o‘zini tutib oldi va shu vaqtda rasm bo‘lgan oq ro‘molini peshonasidan sal tushirib, ikki uchidan tutgancha ta’zim ila salomga egildi.
Bundan mutaassir bo‘lgan va dovdirab qolgan akam, bir qadam tisarilib, unga monand xiyol bosh egdi-yu:
— Ko‘p yashang, — deya oldi.
Bu orada To‘ra buva tusha boshladilar. Men yugurib borib qo‘ltiqlaridan oldim:
— Assalomu alaykum, Hoziq buva. Biz sizni urintirib qo‘yibmiz-ku. Bilsak, ola kelarkanmiz, — deb uzrimni ayta boshlab edim, u kishi tanib:
— Ie, Sizmi, xabarchi, bolam? Yodgortoyimizning akajonisiyu, bularning homiysi. Va alaykum, va alaykum. Nomizni hech tilidan qo‘ymasa-ya. Ichikib qoladimi deb bir yerga yettuk.
Men esam bu maqtovlardan o‘zim bir yerga yetib, ichim esa g‘ururlarga to‘lmoqda edi. Chindan Olloh karami keng zot — akamning yodgorini ana qaerda asramoqda ekan. Va shu barobar o‘z vazifamni unutganim yo‘q: axir, Olim akamni u kishiga tanitsam, eshitib qay ahvolga tushadilar ekan? Axir kim-kim lashkari safida ot surmoqni niyat qilib sarhad oshib borgan Boturining jigari...
Bu vaqt Olim akam u kishining huzurlarida salomga og‘iz juftlab, qo‘llarini olishga hozirlangancha turar ekan, Hoziq to‘ra:
— Vaalaykum, keling, — dedilaru bu kim degandek menga qaradilar.
— Xolavachchamiz... O‘zingiz bilgan Sultonmurod akamning tug‘ishgan ukalari, — dedim mavridi o‘zi kelayotganidan mutaassirlanib.
— Hay-hay, shundaymi? Bik yaxshi-bik yaxshi, — ular qaytib ko‘rishdilar va Olim akamning yelkasiga qoqib, kuragini silab qo‘ydilar. — Bizning Boturning shunday jigari bor ekan-ku, shu vaqtga qadar bilmabmiz? — So‘ng azza-bazza kaft ochib, duo qildilar. — Ey Tangri taolo nasl-nasabli, tomirida musulmon qoni oqqan bu mujohidu mujovid bandalaringni iymonini komil etib, hamisha o‘z hifzu himoyangda asragin. Do‘stga zor, dushmanga xor etmagil, iloho bir-birlariga muruvvatli etgil, u dunyoyu bu dunyo judolikka uchratmagil.
Omin deya biz ham Ollohdan ijobat so‘rab, yuzlarga fotiha tortdik. O‘tgan ham, ketgan ham bizga qarar, havaslanar edi. Havaslansa arzigulik bir palla edi. Uning yana uzoqroq cho‘zilishini istab, bir-birimiz ila so‘rashib-istashardik.
— Qarang, shuncha yaqin, tanishu jigarlariz bor ekan, kelin, yolg‘izman deysiz. Alloh o‘zi bandasini yolg‘iz qoldirmagay hech. Faqat toatidan begona qil-masin. Qani, jildikmi? Har kim o‘z joyigami?— dedilar Hoziq to‘ra va tobora mening pinjimga kirib borayotgan Yodgormurodni ko‘rib, qo‘shib qo‘ydi- lar. — Sening iching tushmasin, mayli, dodamoshinga chiqaqol.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:34:12
Oldinma-ketin jo‘nadik. Old o‘rindiqda turvolgan Yodgorning hali menga, hali Olim akamga yopishib, allanimalarni so‘rab-surishtirishini, quvonchi ichiga sig‘may ketayotganini ko‘rsangiz edi.
To‘ra buvaning dala hovlilaridagi qo‘zichoqlariyu unga pechak yulib berganlari bormi, Ko‘kterakka borganlari, bedapoyalarda to‘r sudrab, matrab tashlab, bedana ovlaganlari bormi, bari-barini aytib ado qilolmasdi. Toza yayrabdi o‘ziyam, onasini, bizni sog‘inib, ichikib qolmasin deb toza ko‘ngliga qarabdilar. Men u kishini kitobdan bosh ko‘tarmaydigan olim hisoblab edim, toza bolajon ekanlar. Yana onasini shifoxonadan olib chiqishga yetkazib borganlarini ayting. Yoki odam yaxshi qarisa, shunaqa zakiy, silai rahmga o‘ch bo‘lib qoladi ekanmi?
Eski Jo‘vadan o‘tib, pastlikdagi tor Qorasaroy ko‘chasiga burilganimizda Olim akam men tomonga zingil tashlab, savolchan qaradi:
— Qayoqqa ketyapmiz, bozor-o‘char qilib olsak bo‘larmidi? Sho‘ppayib... kirib bormaylik.
Yodgormurod biyron jovulladi.
— Opoqbuvam ertalaboq oldurib qo‘ygan ekanlar-ku. Qaerga kiruvsiz?
Voh, bu masalada ham ortda qolibmiz-ku! Mehmonlardek kirib borarkanmiz-da yana? Esiz. Hamisha esimiz kech kirib yuradi. Biz bir-birimizga qarashdik. Xijolatdamizki, naryog‘i yo‘q.
Qumloqqa yetib, Kalkovuz ko‘prigidan o‘tib qayrildik. Olim akam ro‘parasidagi mitti ko‘zgudan ajab-lanib qaradi. U aytaqolsang-chi, qayoqqa boryapmiz demoqchi bo‘lardi.
Men gapni uzoqdan boshlab:
— Eslasangiz, akamning Charli degan bir shaharlik oshnasi bo‘lar edi, — dedim.
Akam hayratining zo‘ridan, oyog‘ini tormozgami, nimaga bosib qo‘yib, tortib oldi: «Volva» yengil selpinib, yana oqar suvdek jildi.
— Voh, bular o‘shalarnikidan panoh topgan ekanmi? Chaman akanikidan-a?
Uning hayratining cheki yo‘q edi.
— Ha-da, — dedim men, — qiyomatli oshnalar yana qanday bo‘luvi kerak, sizningcha?!
U kinoyamni tushundi, ammo javob bera oladigan holda emasdi shekilli, miq etmadi. Shu orada yana Kalkovuzni kesib chiqa boshladik. Oldindagi To‘ra buvaning mashinalari Kalkovuz yoqasidagi kichkina Tolzor ko‘chaga burila boshladi. Yodgormurod yana o‘rnidan turib olib, irg‘ishlashga va o‘zining qanday zo‘r mashinada kelayotganini orqamizdan chopgan o‘rtoqlariga ko‘z-ko‘z qiluvga tushdi:
— Ur-re, opoqbuvimlarnikiga kelyapmuz.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:34:41
Men patila-patila sochlarini silab tegishdim:
— Qaer yaxshi? Qa’ng‘limi, opoqbuvanglarning dalalarimi, bu yermi?
U oq gurunchdek tishlarini ko‘rsatib, jilmaydi:
— Hamusiyam.
Men bo‘sh kelmadim:
— Yo‘q, sen bittasini aytgin-da. Hammasidan yaxshirog‘ini...
U o‘ylanib qolib, bosh to‘lg‘adi:
— Yo‘q, hamusiyam yaxshu. Keyin sog‘unib qolsam, maylumi?
Qo‘shilishib kuldik. Bu orada bor bo‘yicha kuyib tushib, sho‘ppayib qolgan daraxt ko‘zga tashlanib, o‘sha bir tavaqali, ostonasiga xarsang tosh yotqizilgan eshik oldida to‘xtadik. Men bexos Olim akamga ko‘zim tushib, qo‘rqib ketdim. U mashinasini to‘xtatishga to‘xtatgan-u, lekin turishni o‘ylamay... o‘sha kuygan daraxtga qadalib qarab qolgan, rangi quv o‘chib borar edi.
— Ha, aka?— dedim bolani tushirib yuboriboq.
U o‘ziga keldi:
— Yashin tushgan shunaqa daraxtni xo‘v o‘sha mamlakatdayam bir ko‘rib edim. Bu yerda ham ko‘rib... g‘alati bo‘lib ketdim. Buniyam... yashin qilganmi? — dedi u.
Men bosh chayqadim:
— Yo‘q, buni odamlar yoqib yuborishgan.
— Ha-a, — dedi u zo‘rg‘a o‘ziga kelib. Nimaga mengzadi, tushuna olmadim.
Tusha boshladik. Bungacha oldingi mashinadagilar tushib bo‘lishgan:
— Qani-qani, toy bola, ichkariga xabar qilib, suyunchiga choping, bir yo‘la shuncha mehmonni ko‘rib, hayron qolishmasin, — deb turishar, bunga sari kennoyim xijolatlanib, ichkariga qistar edilar:
— Voy, shunchasi bormu, yuravuringlar, kelsanguz kimnu deb kepsuz?..
Ammo shu vaqt yolg‘iz tavaqa eshik shitob ochilib, ostonada ikki hovluqqan bolakay — ichkaridan chiqayotganiyu kirayotgani — to‘qinib ketay degancha achomlashib qoldilar.
Oq yoqali ohorli ko‘ylak-shim kiyib, jajjigina yigitcha bo‘lib olib, (bu albatta, To‘ra buvaning ishlari shekilli!) ayasini opchiqishga borgan va olib kelayotgan Yodgor-ku o‘zini qo‘yarga joy topolmay ichkariga chopgan edi. Ammo mashina ovozini eshitib tashqariga yugurgan bolakayning hayratiyu yasan-tusani bundan zo‘r, bir qarashda uni to‘y bolami demoq mumkin edi!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:34:51
Uning boshidagi ukparli do‘ppisiyu, ustidagi zar to‘ni, hatto oyoqchalaridagi etikchalari bu diyorniki emas, hov bizning bolalik yillarimizdagi kabi rosa ixtimat-la tikilgan, po‘rimdan po‘rim, zar to‘ni- ning uqalariyu pistonlari undan-da yaltirab yonar edilar.
— Iy, Yodgor, voy qochqoq! Bormisan?! — dedi unisi — to‘y bola.
— O‘zuz qochqoq! Kelarkansiz-ku?! — dedi buni- si — toy bola.
Toy bilan to‘y bola achomlashib chirmashib ketishgan, ukparli tikrog‘i bunisini azza-bazza ko‘tarib olib, chir aylantirar, yerga oyog‘ini qo‘yar-qo‘ymas, yana qaytadan quchib, yuzlarini yuzlariga suykar edi. Bu yoqda biz mutaassir:
— Ana, qanday sog‘unishib qolishibdu!
— Ichikkanlari rost bo‘lsin, topishganlari rost bo‘lsin.
— Birpas qo‘yib beringlar o‘zlariga, — deymiz, kulamiz. Kulamiz-u, ko‘zlarimizda yosh aylanib, bir g‘alati tortib boryapmiz.
Ular esa, biz kattalarni, nainki bizni, butun dunyoni unutib, yalashib-yulqashadi, allanimalarni so‘rashib to‘yishmaydi. Toychog‘u qo‘zichoqlardek sakrab-irg‘ishlashadi:
— Rosttan qayttuzmu? — der edi Yodgor, o‘zi uning bo‘yniga osilib olib.
— Keldum-keldum, — deb ishontirmoqqa urinardi bunisi.
— Butunlay-a?
— Butunlay!
— Ur-re, chopdik, opoqbuvimlarga. Ayamam keluttilar! — deb yengidan tortqilay turib, birdan Yodgor to‘xtab qoldi. Uning boshidagi ukparli do‘ppisiyu zar to‘nini endi ko‘rayotgandek, bir qadam tisarilib tomosha qilmoqqa, yengining uqalarini ushlab silamoqqa boshladi. So‘ng boshidagi ukpardan ko‘z uzolmay:
— Zo‘r-ku, — dedi, u yog‘ini esa so‘ray olmasdi, balki xayoliga ham kelmasdir. To‘y bola irg‘ishladi:
— Bilasanmi, buni qaerda kiydirishdi? O‘sha yoqda kiydirishdi! Sening chin buvang, u yoqdagi buvang kiydirdilar. — So‘ng sal bo‘shashib, irg‘ishlashdan tiyilib, Yodgorning bilaklarini ushlab silkiladi. — Senga-da opkelayotgan edilar. Bundan-da zo‘rini. Bilasanmi, o‘zlari kiydirmoqchi edilar. Ammo... yetib kelolmadilar... Dovon og‘ir ekan.
Chap kuragimning tagida bir nima jiz achishib, tilib o‘tdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:35:11
Men bolani tanib ulgurgan, gap nima haqda bora-yotganini ham elas-elas anglayotgandek edim. U, adashmasam, o‘sha Saritoy, Asal opaning yo‘qolgan asrandisi edi.
O‘g‘irlab olib ketishgan bo‘lsa, uni Yodgormurod deb o‘ylashgan bo‘lsa, qanday qaytdi, kim bilan qaytdi — kallamga sig‘dirolmasdim. Bu yoqda esa...
Bu yoqda bizni ichkariga qistay-qistay ostonaga borib qolgan kennoyim negadir birdan qalqib-tisarilib ketdi. Rangi quv o‘chib bora boshlaganini ko‘rib, o‘qday otildim. U rangida rang qolmagan, xushi boshidan uchib, qo‘llari nimagadir talpingancha havoda bir tayanch topmay, o‘zi og‘ib bormoqda edi.
Kimdir «Voy, ushlang!», deb qichqirib yubordi. Menga qaerdan shuncha kuch kirib ketdi, buncha joyni qanday ikki hatlashda o‘tib, kennoyijonimni tutib qoldim — o‘zim bilmayman. Xudo asrayman desa shu ekan. U boshi bilagimda-yu, asta qaddini ko‘tarib olyapman-u, yoshli ko‘zlarini ochmay munglig‘din-munglig‘ shivirlar edi:
— Dadajonum, dadajonum, shuning uchun tushlarumdan ketmay qolubmu ediz? Diydor qiyomatga qolibmu edu?..
Shu kuni chip-chip obi hayot eltib oqib yotgan o‘sha Kalkovuz bo‘yidagi tanish xonadonda kelinoyimning o‘z diyoriga yetib kelolmagan padari buzrukvorlariga aza ochilib, qo‘ni-qo‘shni, tanish-bilishlar fotihaga kela boshladilar.
To‘ra buva quyosh og‘ib, ufqqa bosh qo‘ygunga qadar Qur’on tilovat qilib berib o‘tirdilar.
U kishi goh «Yosin»dan, goh «Taborak»dan o‘qib o‘tirgan bo‘lsalar-da, axiyrida savobi ulug‘ debmi, boshqa sababdanmi, «Moida» surasining oxirgi o‘n oyatini yig‘lab-yig‘lab o‘qidilar1 va uzoq duo qildilar. Nega, biz buning sirini hech tushunib yetmasdik. Tushunib yetishimizga necha qovun pishig‘i va qancha sinoatlar bor, buni-da, bilmasdik.

Ikkinchi kitob bitdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:35:45
RUSHDI HIDOYAT

Uchinchi kitobdan ilk bob

OMONAT
yoxud
TANGRITOG‘DAN PANOH TOPGAN MUJOHIDDAN
MUJDALAR


Kalkovuzdan — katta suv bo‘ylarida bo‘ladigandek, namxush yel esar, buloq hidlariga monand muanbar hidlar, suv o‘tlarining tanish islari gurkirab-gurkirab ketar edi. Ana shu yellarga qo‘shilib, tol soyasi shunaqangi xush yoqmoqda ediki, o‘rnimdan jilgim kelmasdi.
Men, akam, shu ko‘chalik bir necha qo‘shnilar fotihaxonlikda hassakash bo‘lib turibmiz. Ular orasida o‘ng betidagi nozik noriyu qosh-ko‘zlari o‘ziga yarashgan Chaman akam tengi bir yigit ham o‘tiribdi. U Chaman akamning qiz o‘rtog‘i, mashhur shoir emish.
Allohning xohlashiyu chevarligini ko‘ringki, bir kunda shuncha voqealarning shohidi bo‘lib turibmiz. Bo‘lmasa, kim o‘ylabdi, biz bu xonadonga xursandchilik olib kela turib, bunday alamli xabar ustidan chiqamiz deb?! Qolaversa, kennoyimning tuzalib chiquvi, uning jujug‘i Yodgortoyning boshi osmonga yetib qaytuvi, shuning ustiga Akbarning osmondan tushgandek kirib keluvi — qay xursandchilikdan kam edi! To‘yxonaga aylanib ketsa kerak bu xonadon devdim. Lekin qaerdadir ko‘z tegib ulgurgan ekan. Balki, o‘sha yarim yo‘lda uchrashib qolib, ko‘rishib turganimizdayoq ko‘z tegib, xursandchiligimiz poyoniga yetib qolgan, bu xonadonga Saritoyning qaytuv shodligi bilan birga kennoyimga tegishli shum xabar ham yetib ulgurgan ekanmi! Chindan bu hayot quvonch va g‘amdan, shakkar va zaqqumdan, hayot va mamotdan iborat, qorishiq shekilli. Bo‘lmasa, dovon oshganlar shunday kunda yetib keladilarmi? Kennoyimning aziz padari, uni bir ko‘ray, nevaramni bag‘rimga bosib armondan chiqay deb kela-yotgan Mirzahoji buva yetdim deganda yiqiladimi? Vatanlarini tashlab, diyorlaridan chiqarilganlarning o‘z diyorlariga qaytmog‘u yetmoqlari shunchalar dushvoru mushkul ekanmi? Yoxud Alloh o‘z rahmatiga shu tariqa doxil etgay ekanmi?
Tag‘inam inson boshi toshdan, o‘zi tamomi bardoshdan yaralgan ekan.
Ostonada toy va to‘y bolalar ko‘rinishdi. Endi Yodgormurod ham Saritoyga o‘xshab yasanib olgan, akasidan bir qadam jilmas edi. Hoji buvaning ota yurtdagi nevarasiga atab olvolgan ko‘rmana sovg‘alarini avvaliga irim qilib kiydirishmay turib edilar. Keyin Hoziq buva urishib berdilar. Islomda irim yo‘q, niyatni chiroyluv qilib kiydiraveringlar, buvasidan yodgor, o‘sha kishining yoshlariga yetib yursin, ilohim, dedilar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:35:57
Ayollar Yodgorni kiyintirishga kiyintirib, o‘zlari yig‘lab olishdi: zar to‘n ham, do‘ppiyu etikchalar ham — barcha-barchasi quyib qo‘ygandek edi, niyat xolis ekan-u, faqat ko‘rish — o‘zlariga nasib etmabdi. (Mahfuz kennoyim esa, o‘ziga atalgan narsalarni ko‘rish u yoqda tursun, tugunni yecholmayotgan emish. Ko‘rdi deguncha o‘zini tutolmay yig‘iga berilardi).
Bolalar ham tabarruk deb yasantirib qo‘yishgani bilan boyagidan ancha sipo tortib qolishgan, hech bir-birlaridan ajralmay ichkari bilan elchilik qilib turishardi. Mana, hozir ham Yodgor bilan Akbar o‘tirgan joyimizga kelib, bir narsa demoqchidek yonimga yopishib, yelkamga suykaldi.
— Xo‘sh? — dedim men qulog‘imni tutib, Akbar qolib, Yodgormurod shivirladi:
— Siznu chaqirishoptu.
— Ichkaridami? — dedim yuragim jiz etib. — Kim, ayanglarmi?
— Yo‘q, opoqbuvum.
— Ko‘rinib ketarkansiz, — dedi Akbar-saritoy kattalardek.
Tushundim. Halidan beri so‘rolmayotgan narsamni aytsalar kerak. Qolaversa, o‘zim ham ketolmasdim. Kennoyim tuzalib chiqib, bolalar topilgani bilan hali bu uyga xotirjamlik indi, hamma murod-maqsudiga yetdi degani emasdi. Oyto‘ra buvining ko‘ngillari hamon alag‘dayu, faqat buni birovga sezdirmaganday o‘sha o‘z uylarida, oq poshshoning davridan qolgan oq ruh karavotlarida (uning qubbalari hamon yarqirar, aslligidan sira qilt etmagan edi, tavba) o‘sha-o‘sha, oq-oppoq bo‘lib o‘tirar edilar. Ichlari mahzun-u, tashlaridan bilintirgilari, birovga malol keltirgilari yo‘q. Menga shunday tuyulayapti. Balki men u kishining dardidan jindek xabardor ekanligimdandir bu.
— Yaxshi, — dedim toy bolalarga javob berib, ammo o‘zim ichim qurib yotsa-da, o‘rnimdan tura olmasdim. Harqalay ta’ziyali joy, oshiqmagan, hovliqmagan ma’qul. Yana so‘ritok tagida o‘tirishgan qariyalar oldidan o‘tib borish lozim. Ayniqsa, Hoziq to‘ramning salobatlari bosadi odamni. Choy yangilash bahonasida kirib bordim, alohal. Buvi intiq, yo‘limga ko‘z tikib o‘tirgan ekanlar, karavotlarini g‘ijirlatib, jindek qo‘zg‘olmoqqa, tavozelanmoqqa harakat etib edilar, xijolatlarga botib ketdim:
— Urinmang-urinmang. Men mana shu yerga cho‘ka qoldim. O‘z uyimdek bo‘lib qoldi-ku, axir, — deb deraza tagidagi ko‘rpachaga cho‘kkaladim.
Ammo u kishi qo‘ymadilar:
— O‘ting-o‘ting, odam o‘z qadrini bilmog‘i kerak. Ayniqsa, erkak kishi, — deb qistay-qistay to‘rga suriltirdilar. So‘nggina duoga qo‘l ochdilar:
— Iloho omin, og‘ir kunda mazlumlaru yolg‘izlarga esh bo‘lgan ekansiz, sizni Olloh o‘zi qo‘llasin. Yaxshiyam Siz borakansiz. Akaginangizning hurmatidan bizga shuncha qayishdiz. Siz tufayli mana, bag‘rimiz to‘lib qoldi. Kennoyingiz tuzalib chiqib, bag‘rimizga qaytdi. Saritoyim keldi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:36:14
Men battar xijolatlanib, yer suzdim, tizzalarimni uqalab, xush yoqayotgan maqtovdan o‘zimni chalg‘itmoqqa urindim.
— Avvalo Ollohning xohlashi.
— O‘ziga shukr, hazor-ming shukr. Shunchalik rahm etti. Ishqilib bu yog‘ini ham, qolgan mushkullarimizni ham oson etsin. Chamanim qaytib, sizning akaginangizning yo‘llari ham ochila qolsin, ilohim.
Oh, qaniydi, deyman ich-ichimdan bir g‘urur tuyib va ham bir munglig‘ hislar uyg‘onib, ko‘zlarim esa, namlanib kela boshlaydi. Yuzlariga to‘yib-to‘yib termulgim bor-u, (axir yolg‘iz o‘g‘illari kimning g‘ami bilan yuribdi o‘sha uzoq yurtlarda?!) ammo qaray olmayotirman ko‘zlariga.
— O‘sha kunlarga yetkazsin, — dedim.
— Ilohim,— dedilar u kishi, — ertayu kech O‘zidan suraganimiz shu. Ammo bandamiz — issiq jon — qachon omonatini oladi, bilmaymiz. Bu yoqda esa, undan darak yo‘q. Aytgan hamma muddatu muhlatlari o‘tib bitdi.
— Uzoqning ishi, ko‘pam qayg‘uravermang, — dedim taskin berib.
— Shunday-ku, bu yoqda aytgan gapiyu qoldirgan omonati bor, bolam.
— Omonatki, xatlarmi?— dedim ichim g‘urmishlab. Chunki avvalgi gal bir chekkasini ochganday bo‘lib edilar.
— Shunga o‘xshashroq... O‘g‘lim boyaqish unga ko‘rsatolmay Sizga qoldirgan narsalar shekilli. — Buvi mahzun tortib, yenglarini mijjalariga bosdilar va shu o‘tirgan kuylari sal qayrilib yostiqlari qatidan ro‘molchaga o‘rog‘liq bir narsa oldilar. — Mana, o‘sha narsa, o‘qisangiz bilarsiz. Faqat boyaqishginaga bildirmay turaqoling. O‘zining g‘ami o‘ziga yetarli.
— Bo‘lmasa-chi, sekinroq aytasizmi, — deya oldim men shoshib. Ammo o‘zim, ich-ichimdan bir qaltiroq turib, ayozda qolgan odamday titrab boryapman: nima balo, akamning kennoyimga atalgan maktublari ekanmi, deyman nuqul. Omonatni ham qo‘lim titrab, zo‘rg‘a oldim. Qanday turib, qanday chiqdim, nimalar deb u kishiga tasalli berdim, yodimda yo‘q. Es-hushim akamdayu sochmi, mushk isimi o‘tirib qolgan qo‘limdagi narsada edi. Uni kissamga solib-da, Olim akamgayu boshqalarga xotirjam ko‘rinishga urinsam-da, o‘zimga kelolmasdim. Ming urinmay xayolim u omonat xatlarga qochib-qochib ketaverar, bedarak akamnuyu manavi musofir kennoyimning taqdiri ko‘z oldimga aylanib-aylanib kelaverar edi.
Uyga keliboq, xazina topgan odamdek ichkariga kirib olib, omonatni ochsam... chindan ichim quriganicha!.. Ular — Chaman akamning ikki og‘iz iltimosiyu Sultonmurod akamning Mahfuz kennoyimga atalgan xati bo‘lib chiqdi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:36:25
— Hah, — dedim ichim yonib, — bu omonatning egasi shunday yonginasida yashab turib, nechuk o‘ziga berolmabdi? Ayaganmi va yo azbaroyi achinganidan bermay qo‘ya qolganmi? Nimaga lozim ko‘rmabdi? Yutoqib o‘qiy boshladim. Chaman akam o‘sha bir enlikkina xatida yozardi:
«Maqsud, o‘zing ko‘p farosatli yigitsan. Bu omonat xatlarni avval boshdayoq o‘zingga tashlab ketavermaganimni tushunib olarsan. Har narsaning davosi vaqt. Shu jumladan, ayriliqning ham. Yana Olloh biladi, bularning taqdirini ro‘zi azalda qanday bitganini. Lekin baribir, xatni mushfiqa kennoyingga berolmadim. Mavridi emas, o‘z dardi o‘ziga yetadi, deb o‘yladim. Tuzalib olgunicha yarasini yangilamaganimiz ma’qul. Agar safarim cho‘zilib ketsa, bu narsa o‘zingda turatursinmi, deb o‘yladim. Balki omadim chopib, akang-ning izini topsam (yangi ma’lumotlar ham yo‘q emas) u xatni ko‘rsatish kerak ham bo‘lmay qolar.
Ollohdan umidim ko‘p, shoyad yaxshi xabarlar bilan qaytsam.
Chaman akang»
«Aytmoqchi, akangning yolg‘iz yodgoriga ko‘z-quloq bo‘lib tur. Dog‘da qola ko‘rma. Ularni senga, seni Xudoga topshirdim».
Oq-oppoq (yon daftarmi, taqvimmi, ishqilib to‘rt tomon hoshiyasiga islimiy naqsh urilgan, harqalay xorijniki — biznikimas) qog‘ozga tanish imloda bitilgan xatni o‘qimoqqa intiqman-u, ammo yetishganimda andesha ustun kelib, (harqalay birovga atalgan!) jur’at etolmay turibman. Bosh-ketini o‘girib, har varaqning boshlamasidagi jadvalu o‘ngdan chapga bitilgan bejirim bosma yozuvu raqamlarni tomosha qilyapman-u, tishim o‘tsa o‘lsin agar. Harqalay har betning boshlamasiga shunaqa jadvalu yozuvlar urilgan, bismillosi shunday. Lekin bularning hammasi ham meni xatdan chalg‘itayotgani yo‘q, qaytaga ichimni g‘urmishlatgandan g‘urmishlatyaptiki, u yog‘i yo‘q.
O‘rtada andisha bo‘lmasa, allaqachon uni bir chekkadan yutoqib o‘qiy ketardim. Ammo o‘zimni tutib, ko‘zimni yumib o‘tiribman. O‘z-o‘zimdan so‘rayman:
— Haqqim bormi bu bitiklarni o‘qimoqqa?
— Ijozatsiz birovning xatini o‘qimoq — gunohi azim, — deydi ichimda o‘tirib olgan va men tasavvur etib-etolmayotgan mitti bolakay. Ko‘zimni yumib, rosa tikilsam — o‘zim, faqat Yodgordekmi, Saritoydek paytim! (Judayam luqmon ekanman-ku!)
Unga e’tiroz bildirmoqchidek so‘rayman:
— Kennoyim, o‘sha Mahfuz kennoyim akamga atalgan bitiklarini menga ishonganda — o‘z akam, Sultonmurod akam ishonmaydimi? Nima, men begonamanmi? Bu tarixlardan bexabar bo‘lsam ekanki?..
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:36:34
Mitti bolakay o‘rta barmog‘ini nuqib po‘pisanamo qaraydi:
— Ha, shum! Ha, quv! O‘zingizcha, yo‘l (fatvo) qi-diryapsizmi? Ketmaydi shumliging!
— Bo‘lmasa, nima qilay? Ichim qurishib o‘tiravuraymi shunday?
— Elchi-Chaman aka nima depti? O‘qib boq. Ijozat etsa, boshqa gap.
Yutaqib Chaman akaning xatiga yopishaman va deganlarini qayta boshdan o‘qiy boshlayman.
Voh, yana qanaqa ruxsat kerak?! Chaman akamning o‘zi o‘qib bo‘lgan ekan-ku. O‘qimasa ko‘rsata ko‘rma, dermidi?
Ikkalasi ikkimizgayam birday aziz-ku?! Kerak bo‘lsa, jonimizni berishga tayyormiz-ku! Nega bu tarixning miridan-sirigacha bilmasligimiz kerak?!
Shuurimdagi mitti bolakay endi bosh chayqab-chayqab kula boshlagandi. Go‘yo quvsan desam, farosating ham balo-ku, demoqchi bo‘lardi. Shundan so‘nggina akamning bitiklarini yutaqib o‘qimoqqa boshladim. U yozar edi:
«Mening Ka’bam — diyorim tomon yuzlanib, buvalarining yurtida ko‘hlik kelin bo‘lib o‘tirgan jamilam Mahfuzaga. Bu men. Sizning chin orqadoshu taqdirdoshingiz Sultonmurodman. Meni qon va olov jang-gohidan ortmoqlab benajot va behush bir ahvolda olib chiqishgan kezda Siz va siznikidagilar najot farishtasidek tepamda paydo bo‘lib, qirq kun duoi-jonimni qilib o‘tirgan edingizlar. Endi esa, mening diyorimda o‘chmas chirog‘im bo‘lib o‘tiribsiz ekan. Ko‘rib ko‘nglim joyiga tushdi. Shukrki, yetib boribsiz. Ollohning o‘zi qo‘llabdiki, dadangiz aytgan odamlar qolib, bizning ishonchluv orqadoshlarimiz — xolajonlarimnikiga borib tushibsiz. Yig‘lamang ham, siqtamang ham. O‘zingizni yolg‘iz-notavon his etmang ham. Ular mening onam o‘rnida onajonlarimdur. Sizni hech qachon yolg‘izlatib qo‘ymaslar.
To‘g‘ri, Tangritog‘da adajonisining erka va oydin qizi bilib yurgan Sizday og‘acha xonim, bor-yo‘g‘i bir xaftalik kelinposhshaga boshqa yerda boshqa vatan tutmoq, musofirginaga aylanib qolmoq oson emas. Lekin siz qay yurtga kelin bo‘lib tushganingizni unutmang. Siz u diyorga begona ham, musofir ham emassiz. O‘z ota-buvalaringiz yurti u. U yurt, u diyorga yetolmayotganlar qancha, tushlarida ko‘rishga zor-intizor vatanjudolar qancha! Shukr qiling xudovandi karimga, qolgan duolaringizni ham ijobat etsin.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:37:02
Men esam, men esam bu olis yurtga — Siz tug‘ilib, otalaringiz panoh topgan diyorga shon yoxud shavkat izlab kelmaganman. O‘z elimdan topmagan erku adolatni shu yerdan toparmanmi deb, jilla qursa, shu tog‘lar oralig‘ida, dinimiz dushmanlarining qo‘li yetmas bir joy — bir diyorda odamga odamdek emin-erkin, o‘z haq-huquqini tanib, Olloh rizoligini topib yashash imkonini berguvchi bir jamiyat qura olarmizmi deb kelganman. Shu niyatda Hoziq to‘ram janoblarining lashkarlariga bu tomondan qo‘shilishga urinib yotgan edik. Ammo qay bir harakat va fe’limiz Ollohga xush kelmadiki, o‘sha qo‘li kalta deb o‘ylagan battol dushmanlarimiz u kishini bir kechada o‘g‘irlab ketib, biz ko‘z tikkan lashkar hamda ozod Vatan kishilarini yetim qilib ketdilar.
Bir xonadon o‘z egasini yo‘qotsa, oilani otadan judo etsalar qancha odam alam-armonda qoladi-ku, bu yerda xalq, lashkar o‘z sarbonini yo‘qotib qo‘ygan edi. Ular shunaqqib ozodlikning yuragiga xanjar urdilar. Unga qo‘shib iymonimizni sug‘irib olmoqchi bo‘ldilar.
Va biz ham bir kecha yetti otliq — yetti botur Ollohga tavakkul aylab, dovon oshmoqqa va sarhaddan o‘tmoqqa jazm etdik. Niyatimiz yolg‘iz Ollohgayu o‘zimizga ayon edi.
Ko‘zi bog‘lanib, otga o‘ngarilgan asirimiz esa o‘zi qaerga olib ketilayotganini bilmas, tipirchilab shovqin ko‘taray desa, qo‘l-oyog‘i chandib tashlangan, og‘zida latta edi.
Uni tog‘ oralig‘idagi o‘rmonliqqa qadar shu alpozda olib borib, so‘ng buloq suvidan ichmoqqayu tahorat olmoqqa ruxsat etdik. Asir titrab-qaqshar, go‘yo biz hukmni ijro etgani kelganmiz-ku, dor oldidan unga ikki rakat namoz o‘tamoqqa ijozat etiladigandek. O‘ziga kelsin deb imkoniyat berdik:
— Hozir peshinni o‘qigaymiz, Siz ham bizning imomga iqtido qilib namozga o‘tgaysiz. Sizga zulm qilmoqchi emasmiz, — dedik. Shundagina uning yuziga qon yugurdi.
Namozdan so‘ng tamaddi qilib olib, yana yo‘l tadorigini ko‘ra boshladik. Va shu asno bandimizga niyatni ma’lum etdik.
— Tanlang, — dedim men shart qo‘yib, — yo biz bilan ketib, shartimizga ko‘nib, tirik qolasiz, yo alvido aytib, loshingiz shu o‘rmonda qolgay! Ikkisidan biri. Qaybiri ma’qul?
Asirimiz muqaddam to‘ramning xos tabiblari edi, u janobga bir tomchi suvdek o‘xshab, ba’zan u kishi betob paytlarida qo‘shshoq — o‘rindoshlik vazifasini o‘tar, bilmaganlar to‘ram deb quloq tutaverar ekanlar. Bizga xuddi shunisi kerak edi. U yog‘i sir edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:37:12
— O‘lguncha esdan chiqmaydigan bir ish qilaylik. Shunga siz ko‘nib bersangiz, bas. Bir odamning o‘rniga bir kecha-kunduz uy qamog‘ida turib berasiz. Keyin orqamizdan yetib olasiz, — dedik.
G‘ururi o‘ziga yetguncha ekan:
— Millatim uchun, u kishi uchun lozim bo‘lsa, jonim fido bo‘lsin. Axiyrigacha ham turib bergum. Jihod-ku bu! — dedi.
Biz desak, bizdan yovqurroq chiqib qoldi u. Ha, Mahfuzam, har ish niyatga bog‘liqdir. Bo‘y-bastda, suvratda, shakl-shamoyilda Marshal to‘ramdan bir tuki kam bo‘lmagan o‘sha odam yolg‘iz shu so‘zi ila Olloh roziligini topgan, jannat bog‘chalaridan o‘ziga joy hozirlab qo‘ya olgan edi. Unga havas qilmoq mumkin edi. Negaki jihodni sidq ila niyat etmoqning o‘zi — ilohiy jannatga kirmoq huquqini bergay. Rafiqam, biz ham ana shunday jihodga — tog‘lar oralig‘ida sarbonidan ayrilib yetim qolgan mamlakatni asramoqqa, sarboni bilan birga o‘g‘irlangan erki-imonini qaytarib olmoqqa otlangan edik. Mahfuzam, hayotda shunday onlar bo‘ladiki, hamma narsa — umr, mol-mulk, dunyo hoyu havaslari barchasi o‘tkinchi ekani, foniy ekani aniq-ravshan ko‘rinib qolgay. Yolg‘iz bir narsagina yashashga arzirli ekanini anglab qolgaysan, bilib qolgaysan, kishi. U ham bo‘lsa jihoddir — Olloh rizoligini topib yashamoqdir. Shuning uchun ham biz ajdaho komiga qo‘rqmay kirib bormoqqa jazm etgandik va bunda yolg‘iz Ollohga tavakkul qilib, sarhad oshib borgandik.
To‘rttamiz sarhadda qolib, to‘rttamiz (biz endi sakkiz kishi edik, asrimiz-da, bizning safimizga qo‘shilgan edi!) manzilga — to‘ramning ziyoratlari- ga — u kishini uy qamog‘iga joylashtirishgan joyga qarab bormoqda edik. Tun-kechalab otliq yurib, tong-sahar Qibrayga kirib bordik va otlarimizni ishonchluv joyda qoldirib, u yog‘iga bozorga tushgan anjanlik dehqonlar siyoqida — hammamizning qiyofamiz bir xil — qora las choponu chuqur «anjan» nusxa do‘ppida va ham belbog‘ — chorsida edik. Yana uzoqdan kasal ko‘rgani kelayotgan odamlardek bir olam bozor-o‘char qilib olganmiz.
Qo‘ymasliklari ham mumkin ekan. Lekin to‘ramning anjanlik xeshlariga muruvvat qilishdi. Harqalay uzoqdan kelibsizlar deb. Albatta, eshik og‘asi — qorovul amakining oldiga mozorbosdi narsalar to‘kib tashlangach, u ham iyib keta qoldi.
Shunday qilib, Olloh mushkullarimizni oson etib, to‘ramning oldilariga kirib borsak, u janob niyatimizni eshitib, o‘z soyai-chehradoshlarini tanib («ie, hoziq to‘ram, men-ku noiloj qoldim, Sizga nima bor bu diyorda?!» deb) quchoq ochib ko‘rishdilar-u, ammo taklifga kelganda... ko‘nmadilar.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:37:27
— Men o‘zim kimmanki, asl murshidlikni da’vo etsam?! Haqiqiy hazratni ko‘rmoqchimisiz, yuring, — deb meni ichkari bir bo‘lmaga boshladilar va bir oq-oppoq xona eshigini qiya ochdilar.
Vo ajabki, xonaning o‘rtasiga joynamoz tashlangan va o‘shal gilamcha ustida oq-oppoq bo‘lib, to‘ramdan bir tuki kam bo‘lmagan bir odam — hazratning o‘zlari nur to‘kib (tasbeh o‘girib) o‘tirar edilar.
— Ana, asl boshchi, biz ham xos tabib... qo‘shshoqmiz, suvratmiz, xolos,— dedilar.
Ana shunday, habibam! Ne niyatda kelib, quruq qo‘l ila qaytmoqqa majbur qolgandik.
Alohal chor-nochor xayrlashib chiqdik. Yigit kishining avvalo sazasi o‘lmasin, sazasi o‘lsayam, o‘ylagan ishi puchga chiqmasin. Holimizni tasvirlashga tilim ojiz. Hammamiz bir og‘izdan shuncha jur’at topib kelganda nahot bo‘sh qaytamiz, derdik. Axiyri subhi sodiqda otlarimizni qoldirgan yerda uchrashmoqqa ahdlashib tarqalishdik. Kim takya-choyxonaga vaqt o‘ldirishga, kim to‘yib uxlab — kuch yig‘moqqa ketdi. Men esam, otimning boshini avval Kalkovuz tomon, so‘ng ona diyor Kattabog‘ tomon burdim. Har narsadan voqif mening qiyomatli oshnam — Chaman (ha, o‘sha men Sizga qiyin kunda qidirib bormoqni lozim ko‘rgan oshnam!) Siz qay go‘shada ekaningiz xabarini berdi. Va men o‘sha sutdek oydin kechada oydan tushgandek huzuringizga kirib bordim. Buni o‘sha kecha shuncha so‘raganingizda ham aytmagandim. Endi aytmoqdaman. Negaki, o‘sha kechagi tashrifimdan hech kim voqif emasligiga va bundan keyin ham voqif bo‘lmasligiga ishontirmoq edimi, hozir o‘zim ham yaxshi bilmayman. Balki Sizga erkalik qilgim kelgandir, yalintirmoqchi, shu bilan yodingizda ko‘proq qolmoqchi bo‘lgandirman. O‘shanda... o‘zim Siz bilanman-u, arshi a’lodaman-ku, ora-chira turib-turib ich-ichimdan alammi, bir narsa qaynab kela boshlardi. Bir chekkasi shundan-shu yoqqa behuda kelmagan ekanmiz, deb, Sizni topganimdan Ollohga shukronalar aytsam, bir chekkasi alam g‘ashligi o‘rtardi. Ne niyatda kelib, bo‘sh qo‘l ila qaytajagimiz esimga tushib, o‘zimni o‘zim yomon ko‘riblar keta boshlardim. Mahfuz, meni tushuning: Biz yolg‘iz Olloh roziligini istab, shu ishga jahd etgandik. Shu yo‘lda qurbon bo‘lib ketishga ham tayyor edik. Lekin na qurbon bo‘ldik, na bir narsaga erishdik! Bundan boshdan-da ayrilganimiz avlo edi! Negaki, u holda ham, bu holda ham niyatga yetardik. U holda shahid ketib, bu holda esa, erku iymonni qaytarib olib! Hozir-chi, nimaga ega bo‘lmoqda edik?!
O‘sha subhi sodiqda — Siz bilan pinhon xayrlashgan chog‘da tilim Siz uchun shirin so‘zlar marjonini termakda bo‘lsa-da, dilim alamdan sim-sim achishar va qon yig‘lar edi. Biz Tangritog‘ga qay yuz bilan borishni bilmasdik. Bizning niyatimizdan hech kim voqif bo‘lmasa-da, u Ollohga ayon edi-ku. Jihodni tilga olib, nega uning uchun jonni jabborga berib bo‘lsa-da, uni poyoniga yetkazmadik?! Mana shugina — Olloh rizoligini topadigan ishni uddalamay qaytayotganimiz yurak-bag‘rimizni o‘rtab bormoqda edi.
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:37:39
Oy «Aka diydor qiyomatga qoldi, men Makkaga o‘tib ketgayman» deb ketgancha daragi ham, xabari ham kelmagan Islom tog‘amning boloxonalari ustida osmonning yolg‘iz ko‘zidek kumush nuqralarini bearmon sochib yotar, jindek kechiksam, bozorchilar ham uyg‘onib qolishar, men esam, kelishilgan mazgilimga yetib borolmasdim. Ammo oy nurlariga cho‘mib yotgan Izza soylariyu uning ikki yoq betlaridan, Kattabog‘ning bir sirli mudragan olachalpoq bog‘lari — nokzoru yong‘oqzorlaridan, anhor yoqalab ketgan tuproq ko‘chasidan, sizlar qolayotgan hovlining tuproq tomlaridan ko‘z uzolmasdim. Ketmasam bo‘lmasdi. Yuragimning bir chekkasi uzilib qolayotgandek edi. Yana qachon qaytaman? Umuman, qaytish nasib etadimi-yo‘qmi, yolg‘iz Olloh biladi.
Mendan bo‘lak odam bo‘lsa, balki ketishdan ham ko‘ra qolishni afzal ko‘rib qolarmidi. Lekin men... ketmasam bo‘lmasdi! Jihod deb sarhad oshib kelgan sheriklarim bor, subhi-sodiqda ko‘rishgaymiz degan va’damiz bor, so‘zim bor edi! Yetib bormasligim mumkin emasdi! U yoqda esa, Tangritog‘da esa, bizga ko‘z tikkanlar qancha edi. Biz boturlarki, tinchimizni ko‘zlab har yon tarqab-tarqab ketaversak, erning erligi qolgaymi? Bizki o‘z huzuri-jonimizni o‘ylab keta boshlasak, elning holi ne kechgay?
Bu niyatimiz Ollohga xush kelmagan esa, boshqasi xush kelgay! Maqsad Olloh rizoligini topmoq ekan, nega qayta boshdan o‘ziga tavakkul qilmaylik. Biron yo‘l — najot yo‘lini o‘zi ko‘rsatar, axir?!
Yetib borsam, sherigim tipirchilab turibdi.
— Qani boshqalar?
— Ketishdi, otingni qista, omad chopdi, — deydi.
— Qanday omad?! — dedim bir o‘rtanib.
(Mahfuz, eshityapsizmi, bizga omad kulib boqibdi!)
Sherigim otini qistab, kalta javob qildi:
— Ular qilgan ishni biz qilolmaymizmi? To‘ramni o‘g‘irlab chiqdik. Elchin botur u kishini olib, jo‘nab ketdi! — deydi.
— Tabib-chi, To‘ramning yalakatlari? — dedim ichim shig‘-g‘ sidirilib.
— Qoldi, erta-indin orqamizdan yetib borgay.
Men pandavaqi shu gapga ishonib o‘tiribman! Ular men yo‘ldaligimdayoq boshqa rejani tuzib qo‘yishgan ekan!
To‘ramning yalakatlarini «sen to‘ramdan qaering kam, o‘zing lashkarga bosh bo‘lasan, qolgan viloyatlarni ham ozod etamiz, ana shu yo‘l bilan Olloh rizoligini topamiz», deb ishontirib qo‘ygan ekanlar.
E, vohki, menga buni juda keyin, g‘isht qolipdan ko‘chgandan so‘nggina aytishdi.
Yolg‘on — yolg‘on-da, qachon rostning o‘rniga o‘tibdi!
Nom: Re: Judolik diyori (roman). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 29 Sentyabr 2007, 17:38:00
Soya — soya-da, asl asl-da! Hamma ham to‘ram bo‘laveribdimi!
Mana bugun yog‘iydan zarba yeb, to‘zigancha to‘zib, yetti do‘st — yetti botur arang Muztoqqa bosh olib chiqib ketmoqdamiz. Yalakat «to‘ram»-da biz bilan...
Mahfuzam, Siz mening yo‘qotib topganimsiz. Najot farishtamsiz. Tirik qolsam, Ollohning yolg‘iz Sizga rahmat-marhamati tufayligina omon qolmog‘im mumkin bu mashaqqatli dovon — Muztog‘dan oshib o‘tmakda. Har ne bo‘lganda ham saharlarda yolg‘iz O‘zidan so‘-rangki, bizni ora yo‘lda qoldirmasin. Yo g‘olib etsin, yo shahid!.. Biz diyorlaridan quvilganlar yo g‘olib bo‘lib, dinimizni, shariatimizni bu tog‘larda laxcha cho‘g‘dek asrab qolaylik, yo shahidlik sharobini totib ketgayluk-da, janobi Haqning rizoligiga erishayluk.
Mahfuzam, yolg‘iz o‘tinchim, o‘g‘il ko‘rsangiz o‘shal va’dangizga binoan, ismini — Yodgormurod qo‘ygaysiz. Yana bir rijom: yolg‘iz qolganda Kalomullohning bizga atalgan oyatlarini (Oli Imron-195) o‘qib turgaysiz. U sizga yupanch va madad bergay, inshaalloh!»
Nom: Re: Murod Mansur. Judolik diyori (2-kitob)
Yuborildi: AbdulAziz 07 Oktyabr 2011, 19:11:10
* * *

Maktub mana shu varaqda uzilgan edi.
Chaman akamning topgani va hech kimga ko‘rsatmay kelayotgan narsasi shuginamidi yoki yana bormi — buni bilmasdim.
U akamning xasmini yomon ko‘z-yomon so‘zlardan, tuhmatchiyu malomatchilarning malomatlaridan asrab, Oyto‘ra buvining bag‘rida olib o‘tirganining o‘zi har qancha tahsinga loyiqdir. Og‘ir kunda dardiga malham bo‘layotgani kamdek yana oshnamning daragini topdim deb izlab ketgani-chi? Biz ham yurgan ekanmiz-da. Jigarimizning taqdiriga achinishdan nariga o‘tmay! Axir mendan lozim emasmidi, ishxonamdan o‘sha yurtlarga ruxsatnoma olish, Sultonmurod akaginamning daragini izlab ko‘rish?!
Boshiga ne ko‘rgiliklar tushganda ham tosh kelsa kemirib, suv kelsa simirib, miq etmayin hamon uni kutib o‘tirgan kennoyim haqqi-hurmati, Yodgormurodimiz — tomirimizning tomiri o‘sha toy bola uchun ham men safarga otlanmog‘im kerak emasmi?!
Chaman akachalik hamiyatim, g‘ururim yo‘qmi?
Olim akam-chi, u nega jim?
Qachon odam bo‘lamiz?..
Umuman, biz bechoralarga xorijga yo‘l bormi? Yoki haj yo‘li singari u ham berkmi?..
Murod doram — umidim bor Sultonmurod akamdan darak topmoqqa, o‘zini ko‘rmoqqa. Ollohdan yolg‘iz so‘raganim shu.
Shoyad, baroyad yo rab, javobi berilsa...

5 o‘ktabir, 2002 yil.