forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:41:02

Nom: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:41:02
 
Alisher Navoiy
Orazing yopqach ko'zumdin sochilur har lahza yosh,
O'ylakim paydo bo'lur yulduz, nihon bo'lg'ach quyosh.

Qut bir bodomu yerim go'shan mehrob edi,
G'orati din etti nogah bir baloliq ko'zu qosh.

Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
Subhnung bot-bot dami andog'ki aylar mehr fosh.

Bo'sae qilmas muruvvat, asru qattiqdur labing,
Desam og'zi ichra aytur la'l ham bor nav' tosh.

Novaking ko'nglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini ko'nglum bila jonim talosh.

Umri jovid istasang fard o'lki, bo'ston Xizridur,
Sarvkim da'b ayladi ozodaliq birla maosh.

Qoshi ollinda Navoiy bersa jon, ayb etmangiz,
Gar budur mehrob, bir-bir qo'ygusidir barcha bosh.


--------------------------------------------------------------------------------
 
 
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:41:35

Istaganlar, bizni sahroi baloda istangiz,
Vodiyi hijron ila dashti fanoda istangiz.

Vomiqu, Farhodu Majnundeklar ul vodiy aro
Bo'lsalar paydo, meni ham ul aroda istangiz.

Yuz alarning ishqicha dardu, balou g'ussag'a
Tolib el boshig'a kelgan mojaroda istangiz.

Eyki, istarsiz savodul vajh fiddorayidin,
Boxabar bo'lmoq meni yuzi qaroda istangiz.

Ko'nglim ul zulf ichradur, zinhor ishqim sharhini
Istamang men telbada, ul mubtaloda istangiz.

Nuqta yanglig'kim, vafo uzra qilur kotib raqam,
Ishq o'tining dog'ini ahli vafoda istangiz.

Og'zi shavqidin Navoiy itti, oni istar el,
Yo adam dashtida, yo mulki fanoda istangiz.


--------------------------------------------------------------------------------

Qaro ko'zum, kelu mardumlug' emdi fan qilg'il,
Ko'zum qarosida mardum kibi vatan qilg'il.

Yuzung guliga ko'ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig'a jon gulshanin chaman qilg'il.

Takovaringg'a bag'ir qonidin hino bog'la,
Itingg'a g'amzada jon rishtasin rasan qilg'il.

Firoq tog'ida topilsa tufrog'im, ey charx,
Xamir etib yana ul tog'da ko'hkan qilg'il.

Yuzung visolig'a yetsun desang ko'ngullarni,
Sochingni boshdin-ayog' chin ila shikan qilg'il.

Xazon sipohiga, ey bog'bon, emas mone'
Bu bog' tomida gar ignadin tikan qilg'il.

Yuzida terni ko'rub o'lsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg'il.

Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshog'lig' o'qin sham'i anjuman qilg'il.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:42:38
 Ne kun o'lg'ayki, nigorim kelgay,
Bog'i umrumda bahorim kelgay.

Umr bog'ida bahor uldurkim,
Sarvqad lolauzorim kelgay.

Il gado jonig'a o't tushkaykim,
Olg'ali sham'i mazorim kelgay.

Ko'yida itti ko'ngul, vah, qachon ul
Masti devonashiorim kelgay.

Qani maykim, chu ichib mast o'lsam,
Ko'kka tuz boqqali orim kelgay.

Ey Navoiy, tilamon huru pari,
Shoyad ul bazmda yorim kelgay.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:45:47
 
Abdulla Oripov

KETMOQDAMAN

Yaxshi qol, ey, dilbarim, dilda kadar, ketmoqdaman,
Ishq aro endi holim zeru zabar ketmoqdaman.

Na ishonchu na quvonchu na ko'ngildan gapni och,
Barchasidan ushbu kun yo'qdir samar, ketmoqdaman.

Men quyosh yuzlimga deb, tun-kechalar berdim yurak,
Oqibat otganda tong qondir jigar, ketmoqdaman.

Necha kunlar o'tdi, lekin so'rmading holimni bir,
Oxirida hol so'rab kelsang magar, ketmoqdaman.

Kelganimda dedilarki, bu yigit koni zarar,
Ketmagimdan, oxir ayt, bormi zarar, ketmoqdaman.

Bilmadim, hech bormikin asli dardimga shifo,
Xasta bu Abdulladan olgin xabar, ketmoqdaman.



Yaxshi qol, ey, dilbarim, dilda kadar, ketmoqdaman,
Ishq aro endi holim zeru zabar ketmoqdaman.

Na ishonchu na quvonchu na ko'ngildan gapni och,
Barchasidan ushbu kun yo'qdir samar, ketmoqdaman.

Men quyosh yuzlimga deb, tun-kechalar berdim yurak,
Oqibat otganda tong qondir jigar, ketmoqdaman.

Necha kunlar o'tdi, lekin so'rmading holimni bir,
Oxirida hol so'rab kelsang magar, ketmoqdaman.

Kelganimda dedilarki, bu yigit koni zarar,
Ketmagimdan, oxir ayt, bormi zarar, ketmoqdaman.

Bilmadim, hech bormikin asli dardimga shifo,
Xasta bu Abdulladan olgin xabar, ketmoqdaman.


 
 
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:46:23
Muttasil bu yo'lda keladi to'qnash,
Nur bilan zulumot, o'lim va hayot.
Bu ko'prik olamning o'ziga o'xshash,
Bir farqi - sohibi ixtiyorsiz zot.
Tush kurdim,
Tushimda bir dengiz emish,
Tulqinlar sapchirmishmoviy osmonga,
Manzil yiroq emish,
Ufq so'ngsiz emish,
Bir kema borarmish o'sha tomonga.
Uning sahnasida jami do'st-yoron,
Umirlik do'stlarni ko'rgan emishman.
Jannat xayoliday davrada shodon
Men ham qah-qah urib turganemishman.



Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:46:55
G'anim bo'lolmasmiz ikkimiz sira,
Do'st ham bo'lolmasmiz balki hech qachon.
Balki emasdirsan sen ham bokira,
Balki emasdirman men ham pokdomon.

Ikkimiz uchun ham yolg'iz shu oftob,
Ikkimiz uchun ham yagona zamin.
Men ham sening uchun bitmadim kitob,
Sen ham shuhratimni etmassan ta'min.

Kimga nima kerak? Nechun soxta shon?
Nechun mangulikdan behuda talab?
Axir ikkimiz ham so'ng manzil tomon
Ketmasmiz dunyoning yukin orqalab.


Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:47:32
ONAJON

Onam Turdi Erdona Karvon qizi xotirasiga

I

Necha kunki yo'q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.

Qo'llarida oq elpug'ich
Oy nurida yaltirar.
Onajonim imlab meni
Qoshlariga chaqirar.

Keltirarlar goho beshik
Ko'zlarida hayajon.
Yotar payting bo'ldi-ku der,
Kela qol, der, bolajon.

Qaylargadir yuguraman,
Fig'onimdan chiqar dud.
Yig'lama, deb qo'llarimga
Tutqazarlar so'ng tobut.

Tongda ruhsiz ko'z ochaman,
Qovurilar tanda jon.
Onajonim, bunday qilma,
Bunday qilma, onajon.

Axir o'zing der eding-ku,
Silab o'ksuk boshimni:
- Endi senga bersin umr,
Senga bersin yoshimni.

Afsus, o'zing erta ketding,
Erta ketding olamdan.
Ukalarim bag'rim ezar,
Ajradik deb onamdan.

Bevaqt xazon bo'lmay har kim
Yoshab o'tsin dunyoda.
Onajonim, har kim oshin
Oshab o'tsin dunyoda.

Garchi fano har kimsaga
Azaliy bir qismatdir.
Lekin, ona, tiriklik ham
Bilsang, yarim hikmatdir.

Tushlarimda, mayli, boshim
Silab turgin, onajon.
Qolganlarga endi umr
Tilab turgin, onajon.


Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:48:15
II

U kun chetda oh chekardim
G'ussalarning dastidan.
Sen otamga pul beribsan
Yostig'ingning ostidan.

Aytibsanki, onasizlik
Kelmasin hech o'yiga.
Sarf qilingiz, menga emas,
Abdullaning to'yiga.

O, o'g'lingga sen shafqatni
Bilarding-ku, onajon.
Bundan ko'ra bag'rim o'ysang
Bo'lardi-ku, onajon.

Zarragina rahm etgali
Sabring menga yo'qmidi?
Onajonim, bundan o'zga
Jabring menga yo'qmidi?

Yo'qmidi hech o'zga gaping, -
Nola qilib so'ylasang.
Nahot, axir so'nggi dam ham
Farzandingni o'ylasang.

Axir orzu qochib ketmas,
Bitkazar-ku tiriklar.
Onajonim, bir kunini
O'tkazar-ku tiriklar.

Unutilar g'ussalar ham,
Orzular ham cho'zar bo'y.
Onajonim, balki bir kun
Aytganingday bo'lar to'y.

Balki sening qabring uzra
Ko'karganda gul, chechak,
Ostonamga qadam qo'yar,
Sen istagan kelinchak.

Kimdir uning yo'llariga
Balki gul ham sochadi.
Balki munis opajonim
Kel, deb, quchoq ochadi.

Balki do'stlar davrasida
Kamim bo'lmas hech qachon.
Lekin seni o'sha damda
Qaydan topay, onajon.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:48:51
III

Esimdadir, titrar edim -
G'amgin, bolish pastida.
Kitobimni ko'rdim nogoh
Boshginangning ostida.

Toshday qotdim o'shal oni
Bor toqatdan ayrilib.
- Shoir o'g'lim, - deding menga
Sekingina qayrilib.

Onajonim, so'ng bor menga
Nafas qilding u zamon.
Shoir bo'lgin, deya balki
Havas qilding u zamon.

Onajonim, balki men ham
Bir kun shavqqa to'larman.
Balki men ham aytganingday
Bir kun shoir bo'larman.

Kuylay desam hurmatingni
Ushbu kunda tilim lol.
Balki faqat shu sababli
Shoir bo'lsam ehtimol.

Balki sarson-arosatda
Qolib ketmas bu tanim,
Kamolimni ko'rar balkim,
Yurtim, ona Vatanim.

Payti kelib to'lar bir kun
Paymona ham beomon.
Kuzatarlar meni ham so'ng
Senga tomon, sen tomon.

Balki u kun boshim uzra
Do'stlar bosh ham egadir.
O'sha damgi iqbolim ham,
Onajonim, sengadir.

Dilda neki jur'atim bor,
Dilda neki hayajon,
Bari, bari senga bo'lsin,
Senga bo'lsin, onajon.

Senga bo'lsin bor hayotim,
Nomim, shonim bir yo'la.
Xotirangga ushbu she'rni
Yozdi o'g'ling Abdulla.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:49:32
III

Esimdadir, titrar edim -
G'amgin, bolish pastida.
Kitobimni ko'rdim nogoh
Boshginangning ostida.

Toshday qotdim o'shal oni
Bor toqatdan ayrilib.
- Shoir o'g'lim, - deding menga
Sekingina qayrilib.

Onajonim, so'ng bor menga
Nafas qilding u zamon.
Shoir bo'lgin, deya balki
Havas qilding u zamon.

Onajonim, balki men ham
Bir kun shavqqa to'larman.
Balki men ham aytganingday
Bir kun shoir bo'larman.

Kuylay desam hurmatingni
Ushbu kunda tilim lol.
Balki faqat shu sababli
Shoir bo'lsam ehtimol.

Balki sarson-arosatda
Qolib ketmas bu tanim,
Kamolimni ko'rar balkim,
Yurtim, ona Vatanim.

Payti kelib to'lar bir kun
Paymona ham beomon.
Kuzatarlar meni ham so'ng
Senga tomon, sen tomon.

Balki u kun boshim uzra
Do'stlar bosh ham egadir.
O'sha damgi iqbolim ham,
Onajonim, sengadir.

Dilda neki jur'atim bor,
Dilda neki hayajon,
Bari, bari senga bo'lsin,
Senga bo'lsin, onajon.

Senga bo'lsin bor hayotim,
Nomim, shonim bir yo'la.
Xotirangga ushbu she'rni
Yozdi o'g'ling Abdulla.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:50:18
OHU

Makoning bo'libdi tog'lar orasi,
Sensan go'zallikning asli, sarasi.
Ma'yus yuragingda ishqning yarasi,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon.

Daralar qo'ynida neni istarsan,
Nechun doim g'amgin, doim mustarsan.
Latif shijoating qayga qistarsan,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon.

Yo'q, sen axtarmassan tog'lardan makon,
Va na go'zalliging uchun shuhrat-shon.
Sayyod jabri senga bermaydi imkon,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon.

Qo'y, jonim, ko'zlaring to'lmasin yoshga,
Tongda oyog'ing qo'y baland bir toshga.
Seni quyosh o'zi ko'targay boshga,
Sen ham oshiqmisan yoki ohujon.


Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:51:30
O'ZBEKISTON

Yurtim, senga she'r bitdim bu kun,
Qiyosingni topmadim aslo.
Shoirlar bor, o'z yurtin butun -
Olam aro atagan tanho.
Ular she'ri uchdi ko'p yiroq,
Qanotida kumush diyori,
Bir o'lka bor dunyoda, biroq
Bitilmagan dostondir bori:
Faqat ojiz qalamim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

Yurmasman hech behishtni izlab,
Topolmasam chekmasman alam.
O'tirmasman ertaklar so'zlab,
Musallo deb yo'nmasman qalam.
Ko'klamingdan olib sururni,
Dovrug' soldi ustoz Olimjon,
G'afur G'ulom tuygan g'ururni
Qilmoq mumkin dunyoga doston.
Olis tarix qadamim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

Kechmishing bor chindan ham uzoq,
Ilg'ay olmas barchasin ko'zim.
Maqtamasman moziyni biroq,
O'tmishingni o'ylayman bir zum.
Zabtga olib keng Osiyoni,
Bir zot chiqdi mag'rur, davongir,
Ikki asr yarim dunyoni
Zir qaqshatdi Buyuk jahongir.
Aytgum, bu kun, u manim, manim.
O'zbekiston, Vatanim manim.

Bobolardan so'z ketsa zinhor,
Bir kalom bor gap avvalida.
Osmon ilmi tug'ilgan ilk bor
Ko'ragoniy jadvallarida.
Qotil qo'li qilich soldi mast,
Quyosh bo'lib uchdi tilla bosh.
Do'stlar, ko'kda yulduzlar emas,
U, Ulug'bek ko'zidagi yosh.
Erda qolgan, o, tanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

Ko'z oldimdan kechar asrlar,
Ko'z-ko'z etib nuqsu chiroyin.
Sarson o'tgan necha nasllar,
Topolmasdan tug'ilgan joyin.
Amerika - sehrli diyor,
Uxlar edi Kolumb ham hali,
Dengiz ortin yoritdi ilk bor,
Beruniyning aql mash'ali.
Kolumbda bor alamim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

Ko'p jahongir ko'rgan bu dunyo,
Hammasiga guvoh er osti.
Lekin, do'stlar, she'r ahli aro
Jahongiri kam bo'lar, rosti.
Besh asrkim, nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir she'r.
Temur tig'i etmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.
Dunyo bo'ldi chamanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

Bobolardan so'zladim, ammo
Bir zot borkim, baridan suyuk:
Buyuklarga baxsh etgan daho,
Ona xalqim, o'zingsan buyuk.
Sen o'zingsan, eng so'nggi nonin
O'zi emay o'g'liga tutgan.
Sen o'zingsan, farzandlar shonin
Asrlardan opichlab o'tgan.
Ona xalqim, jon-tanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

Bosh ustingdan o'tdi ko'p zamon,
O'tdi Budda, o'tdi Zardushti.
Har uchragan nokasu nodon,
Ona xalqim, yoqangdan tutdi.
Seni chingiz g'azabga to'lib
Yo'qotmoqchi bo'ldi dunyodan.
Jaloliddin samani bo'lib
Sakrab o'tding Amudaryodan.
Sensan o'shal samanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

Toleingda bor ekan yashash,
Goh qon ichding, gohida sharob.
Etmoq bo'lib yurtim xomtalash,
Bosh ustingga keldi inqilob.
Chora istab jang maydonidan
Samolarga uchdi unlaring,
Shahidlarning qirmiz qonidan
Alvon bo'ldi qora tunlaring.
Qonga to'lgan kafanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

Lekin oftob poymol o'lmas,
Kavaklarda qolmas oy nuri,
Odil hakam - haq bor, beg'araz,
Mazlumlarning buyuk g'amxo'ri.
Qilich serpab tole tongida
O'zligingni tanib qolding sen.
O'g'lonlarning qatra qonida
O'zbekiston nomin olding sen.
Nomi qutlug' gulshanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

Tinch turarmi bu ko'hna olam,
Tinch turarmi dog'uli zamon.
Oromingni buzdi sening ham
Fashist degan vahshiy olomon.
Qonim oqdi Danoigda manim,
Sobir Rahim yiqilgan chog'da.
Lekin, yurtim, kezolmas g'anim.
O'zbekiston atalgan bog'da.
Sensan nomus va sha'nim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

Kech kuz edi, men seni ko'rdim,
Derazamdan boqardi birov.
U sen eding, o, dehqon yurtim,
Turar eding yalangto'sh, yayov.
- Tashqarida izillar yomg'ir,
Kir, bobojon, yayragil bir oz.
Deding: - Paxtam, qoldi-ku axir,
Yig'ishtiray kelmasdan ayoz.
Ketding, umri mahzanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

Sen ketarsan balki yiroqqa,
Farg'onada balki, balqarsan.
Balki chiqib oqargan toqqa,
Cho'pon bo'lib gulxan yoqarsan.
Balki ustoz Oybekdek to'lib
Yozajaksan yangi bir doston.
Balki Habib Abdulla bo'lib,
Sahrolarda ochajakson kon.
Tuprog'i zar, ma'danim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

Mayli, yurtim, kezsang ham dunyo,
Fazolarga qo'ysang ham qadam,
O'zligingni unutma aslo,
Unutma hech, onajon o'lkam.
Bir o'g'lingdek men ham bu zamon
Kechmishingni qildim tomosha.
Iqbolingni ko'roldim ayon
Istiqlolning ufqlari osha.
Iqboli hur, sho'x-shanim manim.
O'zbekiston, Vatanim manim.

Zavol ko'rma hech qachon, o'lkam,
Zavol bilmas shu yoshing bilan.
Muzaffar bo'l, g'olib bo'l, o'ktam,
Do'stu yoring, qardoshing bilan.
Asrlarning silsilasida
Boqiy turgay koshonang sening.
Ulug' bashar oilasida
Mangu yorug' peshonang sening.
Mangu yorug' maskanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:52:14
ARSLON CHORLAGANDI...

Erkin Vohidovga
Biz ham yuksaklarga tikkandik ko'zni,
Bizda ham bor edi matonat, bardosh.
Arslon chorlagandi qoshiga bizni,
Lekin qumursqalar bo'ldi safardosh.

Jami tiriklikka tanish shu xatar,
Qumursqa yaralgan yoppa talarga.
Do'stim, alam qilar, arslon bexabar,
Em bo'lib ketsak shu qumursqalarga.


Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:53:04
SEN BAHORNI SOG'INMADINGMI

Uyg'onguvchi bog'larni kezdim,
Topay dedim qirdan izingni.
Yonog'ingdan rang olgan dedim -
Lolazorga burdim yuzimni,
Uchratmadim ammo o'zingni,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?

Uzoqlarda zalvorli tog'lar
Xayolimni keldilar bosib.
Kechdi qancha intizor chog'lar,
Vasling menga bo'lmadi nasib,
Sensiz men ham, bahor ham g'arib,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?

O'ngirlarda sakraydi ohu,
Na'matakda sa'va mittijon.
Qorliklardan sipqarilgan suv,
Daralarda uradi javlon.
Nigohimdan faqat sen pinhon,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?

Mana, bugun navro'zi olam,
Do'stlarimga gullar tutarman.
Qaylardasan, sevgili erkam...
Qo'limda gul, seni kutarman,
Umrim bo'yi chorlab o'tarman,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?


Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:53:58
G'AZAL

Bu ishq sirrin kitob etding, kitobing ichra men borman,
O'qurman deb xitob etding, xitobing ichra men borman.

Yarashgaydir, ajab, senga ajab nozu tamannolar,
Keturman, deb shitob etding, shitobing ichra men borman.

Yuzing hajri bilan oqqan labolab chashm selobin -
Ichurman, deb sharob etding, sharobing ichra men borman.

Umid uzgil, deding oshiq, muhabbat rishtasin uzgum,
Uzurman, deb azob etding, azobing ichra men borman.

Qayon qoldi o'shal so'zkim muhabbat ko'shkini, ey yor,
Tuzurman, deb sarob etding, sarobing ichra men borman.

Dilimda qolgan ushbu har na manzil kulbai ishqni -
Buzurman, deb xarob etding, xarobing ichra men borman.

Muhabbat gulshani ichra olib Abdullaning qalbin,
Chalurman, deb rubob etding, rubobing ichra men borman.


Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:54:39
IKKI SONIYA

Uyda tinchi bo'lsin yigitning avval,
So'ngra butun bo'lsin do'stning imoni.
Inson Yuragini tilkalar azal,
Shu ikki narsaning buyuk armoni.

Biridan boshlanar shu yorug' olam,
Dunyoga qo'yilgay ostonadan ot.
Uydan boshi egik chiqdimi odam,
O'sha kun tor unga butkul koinot.

Yigitning bir umri do'st bilan butun,
Do'st bilan shirindir zaqqum hayoti.
Do'stdan pand egan chog' ne bor uning-chun!
Bad unga hattoki bor inson zoti.

Buyuk shiddat bilan jo'sharkan hayot,
Shu ikki narsaga biz goh beparvo,
Shu ikki soniya hamdam bo'lgan zot,
Mening nazarimda, eng aziz siymo.


Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:55:22
XATOLARING KERAK ULARGA

Shundaylar bor, senga lutf aylab,
Do'stman, deya qo'lin tutarlar.
Lekin har zum qadaming poylab,
Xato qilishingni kutarlar.

Xato qilsang, ularga bayram,
Yo'qsa, zahru zaqqum yutarlar.
Mayli, jindek, zarra bo'lsa ham,
Xato qilishingni kutarlar.

Xatolaring kerak ularga,
Shox-novdangni darhol butarlar.
Tag'in kunni ulab tunlarga,
Xato qilishingni kutarlar.

Axtarurlar hamisha illat,
Etti pushting go'rin titarlar.
Faqat unma, ulg'ayma faqat,
Xato qilishingni kutarlar.

Ular senga bir umr yo'ldosh,
Sodiq hamroh kabi o'tarlar.
Qabring uzra egsalar ham bosh,
Xato qilishingni kutarlar.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:56:38
 
Muhammad Yusuf

Ota

Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Qoq dalada o'tlar bosgan o'rmonim bor.
Qizg'aldoqday boshim egik bu makonda,
Yonib yashab o'tmagan otajonim bor.

Ota desam, bag'ri-dilim yonaverar,
Kunim yonar, oyu yilim yonaverar,
Mozoriga qo'ygan gulim yonaverar,
Tutunlarga to'lib ketgan osmonim bor.

Esaversin jannatlardan kelgan nasim,
Momo yerim, o'zingsan eng muqaddasim,
Bag'ringda jim tinglab bu tun jon nafasim,
Ruhimni allalab yotgan jahonim bor.

Odam bo'lib bir odamni tushunmaslar,
Ko'zingda yosh ko'rib ham goh o'kinmaslar,
Bosgan izim poylab yurgan ey, nokaslar,
Qabrdan qo'l cho'zib turgan qalqonim bor...

Men otamdan qolgan erkin sado-sasman,
Qonimga yot navolarga qayrilmasman,
O'lgunimcha endi undan ayrilmasman -
O'z otamdek bo'lib qolgan imonim bor.

Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Keng dalada gullar bosgan o'rmonim bor,
Qizg'aldoqlar bosh egib qon yig'lab turgan
Bu makonda mening ham nurjahonim bor.
 
 
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:57:26
TUSHLARIMGA KIR

Kapalakday kelib, qoshingga qo'nib,
Ko'zingga termulib umrim o'tsaydi...
Nima ham ko'ribman men yigit bo'lib?
Sochingni silashga qo'lim yetmaydi.
Peshonam shu ekan, peshonam shudir,
Tushimga kir endi, tushlarimga kir.

Tovoning o'padi ariqdagi suv,
Ko'ylaging etagin o'padi maysa.
Men-chi bir giyohcha bo'lolmadim-ku,
Ey, ko'zlari jayron, kiprigi nayza!
Peshonam shu ekan, peshonam shudir,
Tushimga kir jonim, tushlarimga kir.

Ko'chib borayotir bu umr - karvon,
Kunlarning bo'ynida yurak qo'ng'iroq.
Men senga armonu sen menga armon,
Ko'nglimning to'rida tutar shamchiroq.
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir jonim, tushlarimga kir...

Kapalakday kelib, qoshingga qo'nib,
Ko'zingga termulib umrim o'tsaydi.
Qoldingu bag'rimda jonimdek bo'lib,
Sochingni silashga qo'lim yetmaydi.
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:57:59
Beshinchi o'g'il

Yetmish yulduz yog'ilib,
Yarim oycha to'lolmas,
Yeti yanga yig'ilib,
Bitta ona bo'lolmas,
Ona tirik eshikka
G'urbat yaqin yo'lolmas,
Mening esa, bag'rim qon,
Vayronaman onajon.

Garchi biz yosh, g'o'r edik,
Siz bor - biz ham zo'r edik,
Bir mayizni besh o'g'il
Teng bo'lishib yer edik,
Goh talashsak, haq so'zni
Onam aytsin der edik,
Tushmi endi u zamon,
Hayronaman, onajon.

Tirik yursa volidang
Toqqa kuching yetarkan,
Onang o'lsa, boshingdan
Oftob o'tib ketarkan,
Jindekkina alam ham
Tog'dek botib ketarkan,
Ko'ksim to'la ming armon,
To'lg'onaman, onajon.

Onasiz uy - oysiz tun
Ekan endi o'ylasam,
Qalbni o'rtar dardlarim,
Qay birini so'ylasam?
Sizsiz ko'cham befayz,
Halovat yo'q uyda ham,
Farishtasi tark etgan
Ostonaman, onajon

O'zing uchun o'l yetim!
O'rda ham men, qirda ham.
Ko'ylagimda tugma yo'q,
Tugma bo'lsa, kir -yoqam.
To'rt yangamga qo'shilib
Turtkilaydi to'rt og'am,
O'z uyimda jonajon,
Begonaman, onajon.

Ko'ngil o'zin tutingan
Bir mehribon qo'msaydi,
Dunyoda bir odamga
Siring aytib bo'lsaydi,
Onasizni do'sti ham,
Dushmani ham aldaydi,
Ayting axir, men kimga
Ishonaman, onajon?.

Yo'qligingiz qadamda
Turar shunday bilinib,
Non yopmaysiz tonglari
Menga kulcha ilinib,
Sarg'ayarman sarg'aygan
Rasmingizga termulib,
Ziyo istab zor qaqshar
Parvonaman, onajon.

Uy to'rida tolbeshik -
Akam yotgan, men yotgan,
Sherdek-sherdek kelbatli
Besh o'g'ilga asqotgan,
Qaytib kirib bo'lsaydi
Bo'lardim jon deb qaytgan!
Men bu joyni hammadan
Qizg'onaman, onajon.

Yashayapman sharpadek
Sezilmay goh, sezilib.
Gohi ko'kka intilib,
Gohi yerga egilib,
Sog'inganda she'r yozib
Yuraklarim ezilib -
El ichra bir shoiri
Devonaman, onajon.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:58:47
 SUVPARI

Seni hech kim sevolmaydi meningdek:
Vaslingga zor bu oshiqlar, ehtimol,
Poyingga tiz cho'kib yig'lar, ehtimol,
Lekin sodiq bo'lolmaydi meningdek!..

Aldanma yor, aldamchilar makriga,
Malak bo'lma bevafo ishq shahriga,
Ular seni bir bossa bas bag'riga,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Yo'ling kesib o'tsam - o'zim xijolat,
Uzoqdan bir seni ko'rsam kifoyat,
Bir nigohing o'zi menga inoyat,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Joningga jon bo'lmayman-u, sevaman,
Yoningga bir kelmayman-u, sevaman,
Ismingni ham bilmayman-u, sevaman,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Sen ko'kdagi harir ko'ylak, hur-pari,
Ko'k ko'ldagi tinib qolgan suvpari.
Muhammadning ko'nglidagi dilbari,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:59:21
Onam


Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam,
Har baloni ko'rgan yorug' dunyoda,
Toshkanni ko'rmagan bechora onam.
Bolang bo'lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga o'g'il bo'ldimmi?..

Garchi bisotingda "bayram" so'zi yo'q,
Bilaman, kutasan sandal to'la cho'g',
Menda yurak deganlarin o'zi yo'q...
Men sovg'a bermagan qiz yo'q bu oqshom,
Senga-chi? Na bir xat, na shirin kalom,
Endi men ham o'g'il bo'ldimmi, onam!..

Deysan: "Olislarda omon bo'lsang bas,
Goh yodingga tushsam yo'qlab kelsang bas,
Bolam senga hamma qiladi havas...".
Mening dardim axir, she'r emas faqat,
Men mashhur shoirmas - mashhur beshavqat!...
Endi men ham senga o'g'ilmanmi, ayt.

Sog'inib bayt bitdim, u seni topsin,
Poyingga tiz cho'kib qo'lingdan o'psin,
She'rdan ham ulug'in borligin ko'rsin,
Borib men uchun ham holingni so'rsin,
Sensiz g'arib ko'nglim ko'ngilmi, onam,
Endi men ham senga o'g'ilmi, onam?...

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:59:54
ONAMGA XAT

Men sizni o'ylayman shomu saharda,
Ona, sog'insam ham bora olmayman,
Tunlari charog'on shunday shaharda,
Hech kimga ko'nglimni yora olmayman.

Men siz aytgandayin hammani sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
O'z do'stim uyiga ko'mildi sevgim,
Kun bo'lib ko'ksimni kuydirdi nafrat.

Boshimdan o'tgani ko'kka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men - zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman...

Mana, ketayapman tosh yo'lda ko'zim,
Qadamim moshinlar yo'rg'asiga mos.
Yig'lasam yupatib o'zimni o'zim,
Pishqirib qo'yaman toychoqlarga xos.

Va sizni o'ylayman shomu saharda,
Ona, sog'insam ham bora olmasdan.
Tunlari charog'on shunday shaharda
Hech kimga ko'nglimni yora olmasman...

Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib.
Baxtimga hamisha Siz sog' bo'ling deb,
Sog'ingan o'g'lingiz - Muhammad Yusuf.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 20:02:29
--------------------------------------------------------------------------------
O'lan
To'ylarni hammadan ham,
Oy qizlar xush ko'rarmish.
Bitta qiz erga tegsa,
Qirqta qiz tush ko'rarmish.

To'yhovlida kuy tinib,
So'nganida olovlar.
Qirq suluvni yig'latib,
Ketar ekan kuyovlar.

Singillarim yig'lamang,
Yig'lasangiz xafaman.
Sharqni kezib sizlarga,
O'zim kuyov topaman.

Oq tilaklar bor bo'lsa,
Omon bo'lsa umidlar,
Izingizga zor bo'lar,
Muhammaddek yigitlar.


--------------------------------------------------------------------------------

***

Tunda she'r aytishdik kapalak bilan,
Yalpizni alqadim,
Gulni alqadim.
Yonimga sudralib kelib bir ilon
Ko'zoynak ostidan boqdi.
Payqadim.

Quvdi yolg'iz o'shal hamxonamni u.
Quvdi parilarni quvgan kabi dev.
Hurkitib yuborib parvonamni u
Bo'ynimga o'ralib oldi:
Meni sev!..

Chimzor.
Chimildiqda sovuq yor quchdim.
Po'stin gilam qilib mehrobga qoqdim.
Ko'zimni chirt yumib,
Kechalari jim
Men uni o'pganda —
U meni chaqdi.
Chaqdi.
Chaqaverdi zahri so'nguncha.
Chaqdi goh bilagim,
Goh yuragimni.
U qancha chaqsa men tirildim shuncha.

Shuncha eslayverdim kapalagimni!..
O'tmishni unutdim bir tushda go'yo,
O'shal chimzordagi koshonamni ham.
Ilon malikadan qutuldim,
Ammo,
Endi topolmasman parvonamni ham.


--------------------------------------------------------------------------------

***

Qalbing qizil gulxani so'ldi,
Kultepada qolmadi bir cho'g',
Bu qiz bilan ishim yo'q endi,
Bu qizning men bilan ishi yo'q...

Endi menga ikki dunyo bir,
Sig'mam na yer, na osmoniga.
Tomga chiqib ketarman endi,
Men ham qizg'aldoqlar yoniga.

Hey, yulduzlar yurtida chaman,
Bulutman deb yurgan tutunlar
Ko'ksim yonib ketmoqda yomon.
Mendan nariroqdan o'tinglar!

Qalbda sevgi gulshani so'ldi,
Qoldi faqat lovullagan cho'g'.
Bu qiz bilan ishim yo'q endi,
Bu qizning men bilan ishi yo'q...

Kel yuragim, bag'rimni o'yib,
Sevgimni suvlarga otamiz.
Maysalarga boshimni qo'yib,
Kapalak yopinib yotamiz.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 20:03:19
Erka kiyik

Erka kiyik, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo'lib sahrolarga etalasam,
Bu dunyoda birday g'arib men ham, sen ham,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Sening ko'zing qora, mening ko'zim qora,
Sening bag'ring yara, mening bag'rim yara,
Bu dunyoda sen bechora, men bechora!..
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Shamol emas, izing quvib yurdi kamon,
Sayyod mening kulbamni ham qildi vayron.
Sening joning , mening jonim — omonat jon,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Kel, yig'laymiz birgalashib yantoqlarga,
Sahrolarda qurimagan buloqlarga,
Ikkalamiz yaralganmiz qiynoqlarga,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Umrimizning barcha yo'li, so'qmog'i cho'g',
Cho'g'dan qo'rqma, beyuz qo'ygan qopqondan qo'rq.
Bu dunyoda senga do'st yo'q, menga do'st yo'q,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Soch oqardi, dildosh kutib ko'zim toldi,
Yuragimdan to'kilmay ne so'z qoldi,
Yo'l so'ngida, hech bo'lmasa o'lim oldi,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 20:03:53
Xavotir

Qo'rqaman, ertaga men o'lib ketsam,
Yotar bo'lsa qumga botib yuzlarim,
Ko'nglimni ko'chkidan bosadi bir g'am —
Yig'lashni ham bilmas mening qizlarim...

Eng yaqin do'stlarim g'iybatim qilar,
Eng zaif dushmanim ustimdan kular.
Ular-ku ne qilsa o'zlari bilar.
Yig'lashni bilmaydi mening qizlarim.

Shoir o'lsa kim ham kuyinar deysiz,
Madhiyaboz hozir suvarakdan ko'p.
Ular misli qishda tarnovdagi muz,
Barmoq tegsa yerga to'kilar to'p-to'p...

Tildan qolsam ko'zda qotib yoshlarim,
Ko'nglimdan boshqa bor axir, ne zarim?
Yerlarga egilgan kuni boshlarim,
Yig'lashni ham bilmas meni qizlarim.

Ular yosh. O'limdan qo'rqaman yomon,
Chunki dardiga hech quloq solmadim.
Qabrimning ustidan yig'lasin debon,
Qizlarim ko'z yoshin asray olmadim!


--------------------------------------------------------------------------------

Kumush

Marg'ilonda Kumushni ko'rdim,
Ko'ziga yosh olib turibdi.
Sochlarini maydalab o'rib,
Otabekni kutib yuribdi.

Tongda turib qalam qoshiga
O'sma qo'ygan ekan quribdi,
Ko'zdan oqqan achchiq yoshlari
O'smasini yuvib turibdi...

Meni bir o'y qiynaydi yomon,
Yurak yana o'ynadi yomon.
Toshkentga qiz berma Marg'ilon,
Qodiriy yo'q, Zaynablar omon!

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 20:04:26
Orzu

Tug'ilmasdan oldin men
Chqib arshi a'loga,
Oyni o'pib, qoldim men
Yulduzlardan baloga.

Tug'ilgandan to shu dam,
Qo'msab kecha-kunduzlar.
Oy qani deb yig'lasam,
G'iybat qilar yulduzlar...

Hiqqillama, der yurak,
Dunyo bilan ishim yo'q.
Bo'lsa menga Oy kerak.
Yulduzlarga hushim yo'q!


--------------------------------------------------------------------------------

***

Bisotimni bog'da bir halol,
Kapalakka almashaman men.
Hayotimni ko'kdagi zilol,
Kamalakka almashaman men.

Yog'dularga ko'milgan shahar
Betonlari biqinni chaqar.
Uyim qasr bo'lsa ham agar,
Guvalakka almashaman men.

Shoirlikni suymaydi jinim,
Menga havas qilmagin inim.
Shuhratimni totli bir tilim,
Handalakka almashaman men.

Qo'shiqlarim bo'lib ovoza,
Yurtda mashhur emishman toza!..
Barcha yozgan she'rim bir kosa
Sumalakka almashaman men.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Sentyabr 2007, 19:04:29
 Erkin Vohidov
O'zbegim

Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon o'zbegim,
Senga tengdosh Pomiru
Oqsoch Tiyonshon, o'zbegim.

So'ylasin Afrosiyobu
So'ylasin O'rxun xati,
Ko'hna tarix shodasida
Bitta marjon, o'zbegim.

Al Beruniy, Al Xorazmiy,
Al Farob avlodidan,
Asli nasli balki O'zluq,
Balki Tarxon, o'zbegim.

O'tdilar sho'rlik boshingdan
O'ynatib shamshirlarin
Necha qon, necha sulton,
Necha ming xon, o'zbegim.

Tog'laring tegrangda go'yo
Bo'g'ma ajdar bo'ldi-yu,
Ikki daryo - ikki chashming,
Chashmi giryon, o'zbegim.

Qaysari Rum nayzasidan
Bag'rida dog' uzra dog',
Chingizu Botu tig'iga
Ko'ksi qalqon, o'zbegim.

Yog'di to'rt yondin asrlar
Boshingga tiyri kamon,
Umri qurbon, mulki toroj,
Yurti vayron, o'zbegim.

Davr zulmiga va lekin
Bir umr bosh egmading,
Sen - Muqanna, sarbador - sen,
Erksevar qon, o'zbegim.

Sen na zardusht, sen na buddiy,
Senga na otash, sanam,
Odamiylik dini birla
Toza imon, o'zbegim.

Ma'rifatning shulasiga
Tolpinib zulmat aro,
Ko'zlaringdan oqdi tunlar
Kavkabiston, o'zbegim.

Tuzdiyu Mirzo Ulug'bek
Ko'ragoniy jadvalin,
Sirli osmon toqiga ilk -
Qo'ydi Narvon, o'zbegim.

Mir Alisher na'rasiga
Aks-sado berdi jahon,
She'riyat mulkida bo'ldi
Shohu sulton, o'zbegim.

Ilmu she'rda shohu sulton,
Lek taqdiriga qul,
O'z elida chekdi g'urbat,
Zoru nolon, o'zbegim.

Mirzo Bobur - sen, fig'oning
Soldi olam uzra o't,
Shoh Mashrab qoni senda
Urdi tug'yon, o'zbegim.

She'riyatning gulshanida
So'ldi mahzun Nodira,
Siym tanni yuvdi ko'z yosh,
Ko'mdi armon, o'zbegim.

Yig'ladi furqatda Furqat
Ham muqimlikda Muqiym,
Nolishingdan Hindu Afg'on
Qildi afg'on, o'zbegim.

Tarixing bitmakka, xalqim,
Mingta Firdavsiy kerak,
Chunki bir bor chekkan ohing
Mingta doston, o'zbegim.

Ortda qoldi qo'hna tarix,
Ortda qoldi dard, sitam,
Ketdi vahming, bitdi zahming,
Topdi darmon, o'zbegim.

Bo'ldi osmoning charog'on
Tole xurshidi bilan,
Bo'ldi asriy tiyra shoming
Shu'laafshon, o'zbegim.

Men Vatanni bog' deb aytsam,
Sensan unda bitta gul,
Men Vatanni ko'z deb aytsam,
Bitta mujgon o'zbegim.

Faxr etarman, ona xalqim,
Ko'kragimni tog' qilib,
Ko'kragida tog' ko'targan
Tanti dehqon, o'zbegim.

O'zbegim deb keng jahonga
Ne uchun madh etmayin!
O'zligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon, o'zbegim.

Men buyuk yurt o'g'lidurman,
Men bashar farzandiman,
Lekin avval senga bo'lsam
Sodiq o'g'lon, o'zbegim.

Menga Pushkin bir jahonu
Menga Bayron bir jahon,
Lek Navoiydek bobom bor,
Ko'ksim osmon, o'zbegim.

Qayga bormay, boshda do'ppim,
Shuhratim, qadrim buyuk,
Olam uzra nomi ketgan
O'zbekiston, o'zbegim.

Bu qasidam senga, xalqim,
Oq sutu tuz hurmati,
Erkin o'g'lingman, qabul et,
O'zbegim, jon o'zbegim.

 
 

 
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Sentyabr 2007, 19:04:42
Sevgi

Sevgi shunday navbahorki,
U tikandin gul qilur,
Toshga jonu til bag'ishlab,
Zog'ni ham bulbul qilur,

Sevgi shunday dard erurki,
Barcha bo'lg'ay mubtalo,
Mubtaloni neki qilsa
Telba bu ko'ngil qilur.

Sevgi shunday tangridirki,
Unga tengdur shoh, gado,
Qulni aylab shohu sulton,
Shohni bo'lsa qul qilur.

Sevgi shunday bir olovki,
Jonga undan yo'q omon,
Gulxanida o'rtab-o'rtab,
Bir kun oxir kul qilur.

Sevginingdir hukmi mutlaq,
Istasa shaydolarin
Chashmi giryonidan ummon,
Ohidan dovul qilur.

Sevgiga she'r bitding, Erkin,
Besabab ermaski, ishq -
Aylagach ko'ngulni ishg'ol,
She'r ila mashg'ul qilur.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Sentyabr 2007, 19:04:55
O'rtada begona yo'q

Ko'yida men tosh boshimni
Urmagan ostona yo'q,
Elda bor shunday masal:
Jon chekmasang jonona yo'q.

Sevgi vodiysida menga
Teng bo;lolgay qaysi Qays!
Ko'nglim ochsam, ikki dunyo
Bu kabi afsona yo'q.

Shahr ichida holatimdan
Kulmagan bir oqilu
Xilvat ichra menga ulfat -
Bo'lmagan devona yo'q.

Ne ajabkim, mast bo'libman
Ko'zlaringga termilib,
Yetti iqlimda bu yanglig'
May yo'gu mayxona yo'q.

Ishq g'amin aytsam qalamga
Ich-etin kuydirdi ul,
Sevgidek o't yo'q jahonda,
Men kabi so'zona yo'q.

Oq qog'ozim, senga Erkin
Ochdi pinhon ishqini,
Sen boru men bor, qalam bor

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Sentyabr 2007, 19:05:37
 
Chustiy
Qashqarcha
Qashqar qizi bog'ida,
Kiyik bola tog'ida,
Otma uni ovchilar,
Yig'lar ona dog'ida.

Bevafoga qayrilma,
Vafolikdan ayrilma,
Bevafoning o'tida,
Kuyib ko'kka sovrilma.

Yo'lovchilar yurganda,
Gul ochilar kulganda,
Jon tolasi qo'shildi,
Yor sochini o'rganda.

Muntazirman yuziga,
Shirin shakkar so'ziga,
Chustiy, qachon tikilgay,

 
 
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Sentyabr 2007, 19:05:57
Aqli raso bo'lsin
Sevishgan har yigit-qiz, avvalo, aqli raso bo'lsin,
Kuyov birlan kelinchakda vafo bo'lsin, hayo bo'lsin.

Sevishmoq yaxshi, sevsin, o'ynasin, kulsin murodicha,
Va lekin bu sevishda ota ham ona rizo bo'lsin.

Quyosh bo'lsa muhabbat osmonida yigit husni,
Sadoqat osmonida kelinchak mahliqo bo'lsin.

Yigitning qalbi qizning qalbiga dorilshifo bo'lsa,
Yigitning qalbiga qiz qalbida doim davo bo'lsin.

Ikkov ham til uchida oshnolikdan hazar aylab,
Haqiqiy bo'lsin ishqi-yu samimiy oshno bo'lsin.

Alisherlar, Ulug'beklar tug'ilsin, ibni Sinolar,
Tug'ilsin, Nodira, Zuhro, biri Zebuniso bo'lsin.

Bo'lib iqbolu omad, baxtu tole yoru xizmatkor,
Yuzi yorug', so'zi o'tkir hamisha dilrabo bo'lsin.

Bu istaklar uchun mehnat, matonat bo'lg'usi rahbar,
Amal qilgan yigit qizlarga el joni fido bo'lsin.

Bo'lib piri badavlat aylasin to'y ustiga to'ylar,
Kelib tabriklamoqqa Chustiydek shoir og'o bo'lsin.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Sentyabr 2007, 19:06:54
Halima Xudoyberdieva
* * *  

Men seni topgandim, ammo yaxshi qol,
Sen "yaxshi qol", degil, "ko'rishguncha"mas.
Bul quyosh hali ko'p ol bo'ladir, ol,,
Bul oy ham umrimga ko'p qiladir qasd.

Sen sherik bo'lmaysan endi g'amimga,
Darvoqe, hech qachon sherik qilmadim.
Xayr endi, ma'zur tut ortiq-kamimga,
Men seni Layloday seva bilmadim.

O'rtanma, bu xato mushkullaridan,
Yo rabbiy, lahzada bor orzular puch.
Men ham qaydan bilay ishq yo'llarida-
Majnun emas, Senga kelarimni duch...

 
 
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Sentyabr 2007, 19:07:47
***

Bir maktub singari xotiramni men-
O'chirib-ochirib yashayotibman.
Dilimni o'rtagan armon, g'amni men,
Qog'ozga ko'chirib yashayotibman.

...Sirimni yashirmay to'kdim men tunga,
Tun bo'yi yig'lagan bo'lsa ham baytim.
Kunduz yonib-izlab kelganda unga
"Vaqtida ayrildik, yaxshi", deb aytdim.

Tun bo'yi ko'zimdan achchiq yosh sizib,
Bezabon armondan o'qisam ham dars,
Tongda u kelganda "Uyqumni buzib...
Tag'in Siz!.." yuziga eshikni yopdim qars.

"Baribir eshikni ocholmas birov
Kelaman", - jimlik... so'ng yillarki mushkul.
Endi u kelguncha sochimga qirov -
Qor yog'ar, so'ng taniy olarmikin ul...

Qoplagani uchun bir zum ko'zni xob -
Balki umrim bo'yi berurman javob.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Sentyabr 2007, 19:08:17
 
Umar Xayyom
Dilim bo'lgan edi bitta yorga zor,
U o'zga bir yerda g'amga giriftor.
Men undan o'zumga doru izlasam,
Netay, tabibimning o'zi ham bemor.

* * *

Men keldimu, dunyo ko'rdimi foyda?
Ketsam martabasi osharmi? Qayda!
Hech kim tushuntirib bera olmadi:
Kelishim - ketishim sababi qayda.

* * *

Azaldan loyimni qorganda xudo.
Bilardi fe'limdan ne bo'lur paydo.
Hukmidan tashqari emas gunohim,
Xo'sh, nechun mahsharda beradi jazo?

* * *

Kelolmagach qaytib ushbu olamga,
Qo'rqamen, yetmasmiz yoru hamdamga.
Bu damni g'animat hisob etaylik,
Balki yetolmasmiz hatto shu damga.

* * *

Mastni ta'na qilma, ichmasang sog'ar,
G'iybat - doston qilma, bo'lma hiylagar
Kekkaya ko'rma hech may ichmayman deb,
Sening qilmishlaring bundan beshbattar.

* * *

Ichkilik kekkaygan boshni qilur xam
Maydan yechilmagan biror tugun kam.
Bir qultum may ichgan bo'lsaydi shayton,
Ming sajda qilardi odamga ul ham.

* * *

Dedim: Endi mayi gulgun ichmayman,
May - tok qoni, endi men xun ichmayman,
Keksa aqlim aytdi: Shu gaping rostmi?
Dedim: Hazillashdim, nechun ichmayman?!

* * *

May ichsang, oqilu dono bilan ich,
Yoki bir gul yuzli zebo bilan ich.
Oz-oz ich, goh-goh ich ham yashirin ich,
Ezma, rasvo bo'lma, hayo bilan ich.

* * *

Bir qo'lda qur'onu, bittasida jom,
Ba'zida halolmiz, ba'zida harom.
Firuza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.

 
 
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Sentyabr 2007, 19:08:46
 
Po`lat Hasanov
Diyonat


Deydilar, zarralar jonli mahluqqa
Aylangan quyoshning haroratidan
Qadimgi odamlar mehnat tufayli
Qutilgan hayvonlik asoratidan.

Ijodsiz, mehnatsiz topilgan roxat
Insonga yot erur Odam Atodan
Yaratish san’ati, sabot, matonat
Asragan insonni havfdan , xatodan.

Shuningchun har odam qalbida olov
Yonadi toki u hayotda Inson
Shu o’tda toblanar tuyg’u, tafakkur,
Iroda, muhabbat, sadoqat,imon.

Olovki bor ekan, cho’g’, tutun, kul bor,
Turlidir shu taxlit odamlar, dillar
Kun ko’rar loqaydlar kul yurak bilan
Is bosgan dil bilan o’tar razillar.

Yurakda o’t yonar ekan — dil ravshan,
Shundan fidoiylik, sof ezgu niyat
Bor poklik, odillik, oqillik, mardlik
Toki humrondir dilga diyonat.

 
 
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Sentyabr 2007, 19:08:58
Baxt


Baxt qalbdagi eng qaynoq tuyg’u
Ma’nosiga tor cheksiz olam.
Baxtga raqib-yo’qlik va qayg’u,
Ammo, baxtsiz tug’ilmas odam.

Sening kindik qoning to’kilgan
Ona diyor emasmi baxting?
Momo Erning bag’rida oqqan
Suvidan tik turarku taning!

Vatan, tinchlik, go’zallik qadrin
Dilingga jo etgan onang-baxt.
Odamiylik, ezgulik-barin
Eldan o’rgan degan otang-baxt.

Baxt emasmi sendagi imon-
Odamlarga bo’lgan ishonching?
Maslagingga mos kelgan zamon,
Oqillik, mardlikdan quvonching.

Diyonatli insonga sof dil
To’ridan joy berish odating,
Niyatingga yarashgan odil
Do’stlar, yoring, farzandlar-baxting.

Bular borliq, zamondan in’om,
Ajdodlardan tabarruk meros,
Istiqbolga chorlovchi ilhom,
Qadr-qimmat topgan ehtiros.

Baxt zamini zamonga tutash.
Yurt yuksalsa yuksalar baxt ham.
Buyuk baxtga ijod va kurash,
Sabot ila etishar odam.




Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Chustiy 05 Noyabr 2007, 15:14:23
Domla Chustiyning "Indamaslar olami" she'ri.

Indamaslar Olami


Indamaslar olamin sayr ayladim
Sayr etib men bariyo xayr ayladim
Eng ajab olam ekan  bu olam
Sayr qilsin bo`lsa xar kimning g`ami
Unda baravzan ekan xar bir bino
Ul binolarning ichida yo`q xavo
So`risi yo`q, sahni yo`q, ayvoni yo`q
Akrabolar yo`q aziz mehmoni yo`q
Beycho`gi bepalos be tano`r
Tomi xam, devori xam tuproq erur
Eski g`ordan xam qorong`u  erur
Qoru yo`mgir tomlarim qilmish xarop
Loyla aylanmish tani oliyjanob
Bu binolar yonma-yon, katta kichik
Bazisi kimning uyi nomi bitik
Bazisini ustida naqshinkorlik
Sangi marmarla bitik yodgorlik
Ermi, xotinmi, qarimi , yoshmi
Yoki jodu ko'zmi,qiyg`och qoshmi
Kambag`almi, boymi yo olimmidi
Yoki xokim,yo xakim ul kim edi
Yo gadomi,yo xalim yoki chapan
Kim tanib olg`ay suyakning rangidan
Bir-biridan farqi yo`q xech kimsaning
Po`sti yo`q so`ngak erur jismi aning
Kim takkabbur b`olsa xam davosi yo`q
Nozaninlar nozu istig`nosi yo`q
Makr etishga xoli yo`q makkorning
Xoli yo`q toat uchun dindorning
Bir nafas xam o`gzi badbo`y mast yo`q
So`kkuchi til, urguchi zo`r dast yo`q
Qo`ydi-chiqdi yo`q uning ro`zg`orida
Urdi-chiqdi yo`q uning bozorida
Birni yuzda,yuzni mingga sotguvchi
Ajarlib sarmoyasidan jim yotgufchi
Elni behuda malomat ayalagan
Ozg`didan gul o`rniga  chiqmish tikon
Kimsada yo`q madhu fasfo lofu-qof
Yo`q g`araz xam dag`dag`a, jangu masof
Kim riyokor, munofiq, bexayo
Qolmish elning lanatiga doimo
Beadab,bezo`riyu xulqi yomon
Ulfati bolmish ul manzilda ilon
Bunda mansab yo`q, xushomadgo`y yo`q
Zebu ziynat birla tangu bo`y yo`q
Bunda yo`q xech kimga tahqiri nazar
Xar kimdir, bilmadim kim mo`tabar
Balki maygul labdan unmish lolalar
Lola yuzlar qayda, yo`qdur bolalar
Jim yotur man-man degan boz-bozlar
Betida tufro`q erur pardozlar
Tadbiru purkorlik qo`l kelmamish
Xiylayu ayyorlik qo`l kelamamish
Qo`l uzatmaydur ta`ma birla gado
Yo`q sahiy ahlida xam lutfu saho
Pora-pora poraho`rlik jizmi xam
El aro butkul yoqolmish ismi xam
Noiloj zolim yoztibdur be iloj
Notavon  mazlumda xam-yo`q  qiylu-qol
Og`zida tufroq  xasis, ochko`z  baxil
Xammasini er yepti qo`ymay yilma-yil
Aldayolmasdan yotur aldoqchilar
Komi qum to`lgan  yotur  ayg`oqchilar
Q`oynida yo`qdur qalamkash daftari
Yo`q erur qonh`or qo`lida xanjari
Yo`q ularda ihtiyoru, iqtido
Qishmi,  kuzmi bexabar, yozmi, bahor
Qancha ming yillar erurki kun botur
Qancha ming yillar erurki tong otur
Kecha kunduzdan xabarsizdur ular
Tek yotur, xumosh yotur, jim- jit yotur
Tufro`gin bazan shamol bir qo`zgo`tur
Ota ona, birla farzand  bir birin
Chehrasiga tashlay olmas k`oz qirin
Eru xotin, xushu be akraboo
Bir-biridan behabardur mutlaqo
Bu so`zim ermas xurofotdan darak
Bu xaqiqat olami  -  ibrat demak
Soati bunda sayoxat ayladim
Ne sayohat  ming nadomat ayladim
Ko`zda yoshim bo`lgan edi pardador
Yig`ladi dil parda ichra zor zor
Vahimdan lekin tetim tutdim o`zim
Bir tomonga nogaxon tushdi ko`zim
Bir makone bo`ldi manga jilvagar
Ustidan unmishmi go`yoki naytakar
Qabr aro qo`shnay sadosi avji bor
Bu sado lol ayladi be ihtiyor
Shu zamon k`onglimga yetdi birr surur
Zam-zami qalbim aro nash etdi nur
Kel degandek bo`ldi menga shul zamon
Bu nidoni tingladi jismimda jon
Men dedim, ey muhtari qo`shnaynavoz
Xay, ramuziddin xabar  bergil, biroz
Ne sabab joyingda o`zga fayz bor
Bu  makoning nega? Go`yo  lolazor
Sen kim elding? Bunga kelmasdan burun
Mujda bergil menga xolingdan bukun
Deb ko`zim yumdim qildim boshimni  xam
Aydi: Ey farzang men aytay tinglag`il
Ne desam,sen, zarra shak keltirmag`il
Avvalo men poku beozor edim
Elni shod etkuvchi parxezkor edim
Umr o`tkazdim xalol mehnat bilan
Elni xursadn ayladim san`at bilan
Doimo qildim bahillikdan xazar
Yaxshilikni o`yladim shomu sahar
Ota-onam dillarim shod ayladim
Ruhlarin xar lahzada yod ayladim
Yaxshi niyat erdi qalbimda chiroq
Men edim kiyna-kudunatdan yiro`q
Xech bir insonga xiyonat qilmadim
Xech yomon ishlarga odat qilmadim
El uchun xar ishda qildim mardlik
Qilmadim nokosligu, nomartlik
To`gri  yo`l bilan kechirdim men xayot
Yurtu xalqim qildi menga iltifot
Menda xargiz yo`q edi kibru xavo
Shu sababdan bo`ldi el mendan rizo
Ushbu boizdan makonim fayzlik
Qil amal senda agar b`olsa bilik
Bu ramuzni nay tili birla dedi
Indamaslar olami xomush edi
Nogahon keldi bir ovazi xazin:
"Bir nafas  tutgin quloq, men xam deyin
Bor edi sevgan qator farzandlarim
Ko`zlarimni nuriyu dilbandlarim
Erkalatdim, mehribonlik ayladim
Sizladim , shirin zabonlik ayladim
Bir sovuq shabboda xam k`ormay ravo
Xastalansa, tinchmay istardim davo
Qollarim boshida shavqatlar bilan
Go`hi o`zgin, gohi tozgi`n men o`zim
Yangi kiysin deb jigarbandim, ko`zim
Goho bo`ldim puldor, goho esa qarzdor
Yuz berardi turli tashvishlar qator
Voyaga yetkuzcha ul ko`z, qoralar
Qomatimxam b`oldi, bagrim poralar
Qoldirarman deb ularga bog`u rog`
Men olib keldim dilimga qancha dog`
Qoldi unda zarnigo`r koshona xam
Qoldi yoru oshno begona xam
Risq uchun yolg`on yashiq so`z ishlatib
Bazida bir pyl uchun boshim qotib
Do`ppayib turgan shu tuproq pastida
Men yotib durman oyoqlar ostida
Kelmadi  yillar k`ozimning ravshani
Yani, ul farzandi dilbandlar qani
Bu makonim ustiga bir yo`l qara
Bormi, ayt  xatto yo`gonchdan panjara"
Deb meni xayronu lol aylar edi
Bu tasavvur paymol aylar meni
O`zga yondan keldi shul dam  bir nido
Aytdi menga: "Tut qulog'ing mutlaqoo!
Bu sado jondan kelur inson eshit!
E  tirik yurgan tirik qadriga yet
Eslasin ruhimni avlodim desang
O`tgan ajdodingni sen xam xurmat et!"
Man bu manoni eshitdim jon bilan
Xam qabul etdim uni vijdon bilan
Elga xam bu so`zni ishor ayladim
Bir emas takror  takror ayladim
Indamaslar olamiga sol nazar
Sen o`zingdan qil ularni bohabar
Ota-ona ruhin esla shod qil
Ko`z ochib bu uy-u  bu fikrat  qil
Tashqari qo`ydim qadan xayrat bilan
Men dedim kel Chistiyo* xushyor b`ol
Yaxshi niyat birla beozor b`ol
To`gri b`ol, qilgil yomonlikdan xazar
El  mazoring lavziga raxmat yo`gar.

 *Bu she'r muallifi Chustiy bilan bu forum a'zosi Chustiy o'zga o'zga shahs
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Chustiy 05 Noyabr 2007, 15:16:46
bu she'rni Isoq qori kuy qilib kuylaganlari
1-qism
http://youtube.com/watch?v=Lyd4qQMO9vU
2-qism
http://youtube.com/watch?v=xviDWFf8iN0&mode=related&search=
3-qism
http://youtube.com/watch?v=sCXwDjsJDRc&mode=related&search=
4-qism
http://youtube.com/watch?v=UttQpdTxlGk&mode=related&search=
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Chustiy 09 Noyabr 2007, 17:15:43
Assalamu alaykum!
 1997/98- yillar Hurshid Rasulov tomonidan ijro etilgan "Ko'z yosh to'kmasdan yig'layman" she'r matnini keltirib yuborila ma'noli she'r edi.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Fantomas 13 Noyabr 2007, 18:50:23
Dunyoni Qizg`anma.

Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Men sening ko'changdan o'tmasman zinhor.
Mening bu olamda o'z aytar so'zim
Va o'zim sig'inar mozorlarim bor.

Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Sen ichgan buloqdan ichmasman aslo.
Sen yurgan tog'larda qolmagay izim,
Sen kechgan daryodan kechmasman aslo.

Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Qalbingni yoqmasin shubha va so'roq,
Men o'zga manzilga tikkanman ko'zim,
U sening kulbangdan juda ham yiroq.
A.Oripov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Noyabr 2007, 17:23:09
Go'zal
Qorong'u kechada ko'kka ko'z tikib,
Eng yorug' yulduzdan seni so'raymen.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadir: "Men uni tushda ko'ramen.
Tushimda ko'ramen, shunchalar go'zal,
Bizdan-da go'zaldir, oydan-da go'zal!.."

Ko'zimni olamen oy chiqqan yoqqa,
Boshlayman oydan-da seni so'rmoqqa,
Ul-da aytadirki: "Qizil yong'oqqa
Uchradim tushimda, ko'milgan oqqa.
Oqqa ko'milganda shunchalar go'zal,
Mendan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!.."

Erta tong shamoli sochlarin yozib,
Yonimdan o'tganda so'rab ko'ramen.
Aytadir: "Bir ko'rib, yo'limdan ozib,
Tog'u toshlar ichra istab yuramen!
Bir ko'rdim men uni - shunchalar go'zal,
Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!.."

Ul ketgach kun chiqar yorug'liq sochib,
Undan-da so'raymaen sening to'g'ringda.
Ul-da uyatidan berkinib, qochib,
Aytadir: "Bir ko'rdim, tushdamas o'ngda.
Men o'ngda ko'rganda shunchlar go'zal,
Oydan-da go'zaldir"¦ mendan-da go'zal!.."

Men yo'qsil na bo'lub uni suyibmen?!
Uning-chun yonibmen, yonib-kuyubmen.
Boshimni zo'r ishga berib qo'yubmen,
Men suyub"¦ men suyub"¦ kimni suyubmen?
Men suygan "suyukli" shunchalar go'zal,
Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!!!"

CHO"LPON
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Noyabr 2007, 17:26:05
Ko'ngil
Ko'ngil, sen munchalar nega
Kishanlar birla do'stlashding?
Na faryoding, na doding bor,
Nechun sen muncha sustlashding?

Haqorat dilni og'ritmas,
Tubanlik mangu ketmasmi?
Kishanlar parchalanmasmi,
Qilichlar endi sinmasmi?

Tiriksan, o'lmagansan,
Sen-da odam, sen-da insonsan;
Kishan kiyma, bo'yin egma,
Ki, sen ham hur tug'ilg'onsan!..

CHO'LPON
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:06:53
Onamga xat
Men sizni o'ylayman shomu saharda,
Ona, sog'insam ham bora olmayman,
Tunlari charog'on shunday shaharda,
Hech kimga ko'nglimni yora olmayman.

Men siz aytgandayin hammani sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
O'z do'stim uyiga ko'mildi sevgim,
Kun bo'lib ko'ksimni kuydirdi nafrat.

Boshimdan o'tgani ko'kka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men - zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman...

Mana, ketayapman tosh yo'lda ko'zim,
Qadamim moshinlar yo'rg'asiga mos.
Yig'lasam yupatib o'zimni o'zim,
Pishqirib qo'yaman toychoqlarga xos.

Va sizni o'ylayman shomu saharda,
Ona, sog'insam ham bora olmasdan.
Tunlari charog'on shunday shaharda
Hech kimga ko'nglimni yora olmasman...

Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib.
Baxtimga hamisha Siz sog' bo'ling deb,
Sog'ingan o'g'lingiz - Muhammad Yusuf.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:07:58
Sevgi sadosi
Gulim, mehr ko'zda degani yolg'on,
Mening dilimda hech o'chmas yolqinsiz,
Qancha ko'rishmasak shuncha qadrdon,
Qancha olis bo'lsak shuncha yaqinsiz.

Devona oshiqman, men bir devona,
Ayting, sizdan bo'lak kimim bor yana?..
Siz yo'q chog'imdagi dunyom begona,
Siz yo'q bog'imdagi gullar yoqimsiz.

Siz achchiq qismatim, siz iztirobim,
Siz shirin dardimsiz, shirin azobim,
Siz mening ko'klardan topgan oftobim,
Yerlarda yo'qotgan ko'zmunchog'imsiz.

Yodimda kechagi sho'xliklaringiz,
Ko'ksimni kuydirgan kipriklaringiz,
Siz o'sha - orzusi oydan oydin qiz,
Siz o'sha - kulgusi qo'ng'irog'imsiz.

Siz o'sha ko'zimning kiftida yurgan,
Siz o'sha ko'nglimga ko'ngli in qurgan,
To'kilay deb tilim uchida turgan
She'rimsiz, bir umr bitmas ohimsiz...
M. Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:08:32
Muhabbat, sen chiroyli
Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go'zalsan.
Tag'in bir zum turaylik,
Gapirmayman, uyalsang...

So'ng ketarmiz. Sezdimki
Men orzuga yetmadim.
Seni shunday sevdimki
Qo'lingdan ham tutmadim.

Qo'ling... sening qo'llaring,
Muloyimdir ehtimol.
Ayri tushdi yo'llarim,
Sevar yorim, yaxshi qol.

Muhabbat, unut meni,
Va men ham... unutmayman.
Tushlaringda kut meni,
Tushlaringga kirgayman...

Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go'zalsan.
Kel, ko'rishib turaylik,
Salomlashmay, uyalsang.

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:09:12
Uyqudagi qiz
Qaro yerga qo`yib bosh,
Bir qizgina uxlaydi.
Ko`zlariga to`lib yosh,
Hur qizgina uxlaydi.

Yotar qurib darmoni,
Mangu uxlar gul yanoq.
Ko`ngli to`la armoni,
Qo`yni to`la qizg`aldoq.

Bu dunyoda hech sendek
Qiz yo`q edi tur singlim,
O`zing orzu qilgandek,
To`y qilamiz, yur singlim.

Oy yuzingga bir nafas,
Harir ro`mol o`rarsan.
Gulgul yonib muqaddas
Chimildiqqa kirarsan.

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:09:39
Vatanim
Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon, O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim"¦

Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi, Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o`zing mehri -
Ilig`imsan, Vatanim.

Sen Mashrabsan, Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirini duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko`ringan da'vo qilgan,
Ming bir yog`i ochilmagan
Qo`rig`imsan, Vatanim.

Sen Ho`jandsan, Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig`i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko`rgan cho`pon
Cho`lig`imsan, Vatanim.

Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin - Qurdistonda,
Boburing - Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig` deb
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to`qson olti
Urug`imsan, Vatanim"¦

O`g`lim desang osmonlarga
G`irot bo`lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Navkar bo`lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug`beging quchgayman,
G`ichir-g`ichir tishimdagi
So`lig`imsan, Vatanim"¦

O`tgan kuning - o`tgan kundir,
O`z boshingga yetgan kun,
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
Qo`lin bog`lab, Dilin dog`lab,
Yetaklashib ketgan kun,
Voh bolam! deb aytolmagan
Dudug`imsan, Vatanim.

Yoningda qon yig`lagan bir
Shoiringga qarab qo`y,
Gar Qo`qonga yo`ling tushsa,
Detdomlarni so`rab qo`y.
Hech bo`lmasa Usmon hokin
Keltirmoqqa yarab qo`y,
Olislarda qurib qolgan
Qudug`imsan, Vatanim"¦

Sen - shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam, O`glim deb,
Bosh egib turgan chinorim,
Qo`ynimdagi iftixorim,
Bo`ynimdagi tumorim,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, VATANIM !

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:10:15
Biz baxtli bo'lamiz
Mayli-da, kimgadir
Yoqsa,
Yoqmasa,
Ularga qo`shilib
Yig`lasharmidik.
Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa
Uchrasharmidik"¦

Rayhon hidlaringni
Yo`llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom,
Ko`kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig`lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing -
Onang seni
Chiroyli tuqqan!..

Menga
Bir tabassum
Hadya et, ey yor,
Nur tomsin
Lablaring
Sohillaridan.
O`zing ayt,
Senday qiz
Yana qayda bor,
Kipriklari uzun -
Kokillaridan?..

Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O`rtanma g`amda.
G`iybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug` olamda.

Men esa
Oshig`ing sening -
Eng g`arib.
Tundan so`z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yonimda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.

Ista,
Tiz cho`kaman
Hozir oldingda.
Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!..
Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa.
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik?!

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:10:44
O'p meni
Mening g`animlarim bulutdan ham ko`p,
Ortimdan soyadek yurishar to`p-to`p,
Salomat ekanim ham bir g`animat,
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p.

Ko`ngil yig`lar, qara ko`zlar tonmoqda,
Ko`kragimga ko`ksing qo`ygin - yonmoqda,
Chayqalib turipti ruhim tamoqda,
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p.

Ey mening jallodim, ey mehribonim,
Ko`kim tuproq mening, tuproq - osmonim,
Tilimning uchida turipti jonim,
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p.

Tun deganlari bu - tilsiz bir tilsim,
Tushi to`liq cho`g`mi, o`qmi, kim bilsin?
Tongda turarmanmi-yo`qmi, kim bilsin?..
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p.

Jon shunday uzilsa, bu - oson o`lmoq,
Sevsang, sitamingdan o`ldir meni, moh.
Qoshlaring dog` bo`lsin, sochlaring - sirtmoq,
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p.

Bizlar - ojiz banda, ajaldir - hakam,
Oshiqma deb meni, bo`g`magin, erkam.
Bo`sangdan bo`g`ilib o`lay o`lsam ham -
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p!
 
M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:11:11
Ona, meni nega tug'ding
- Ona, meni nega tug`ding?
- Yurting uchun.

- Ona, meni nega tug`ding?
- Baxting uchun...

- Ona, meni nega tug`ding?
- Zoriqqandan.

- Ona, meni nega tug`ding?
- Zerikkandan"¦!

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:11:39
Tushlarimga kir
Kapalakday kelib,
Qoshingga qo`nib,
Ko`zingga termulib umrim o`tsaydi...
Nima ham ko`ribman men yigit bo`lib?
Sochingni silashga qo`lim yetmaydi.
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir endi, tushlarimga kir.

Tovoning o`padi ariqdagi suv,
Ko`ylaging etagin o`padi maysa.
Men-chi, bir giyohcha bo`lolmadim-ku,
Ey, ko`zlari jayron, kiprigi nayza!
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir jonim, tushlarimga kir.

Ko`chib borayotir bu umr - karvon,
Kunlarning bo`ynida yurak qo`ng`iroq.
Men senga armonu sen menga armon,
Ko`nglimning to`rida tutar shamchiroq.
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir endi, tushlarimga kir...

Kapalakday kelib, qoshingga qo`nib,
Ko`zingga termulib umrim o`tsaydi.
Qolding bag`rimda jonimdek bo`lib,
Sochingni silashga qo`lib yetmaydi.
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir endi, tushlarimga kir...

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:12:26
Maktub
Sevgilim,
Sevgilim,
Og`riydi dilim.
Jonim og`riyverar sizni o`ylasam.
Gulday yuzinggizni silar endi kim,
Meni eslarmisiz - yo`qmi o`shal dam...

Bulutlar ko`k kezar kunda piyoda
Ufqqa oftob botar qizil gulxanday.
Armonim ekansiz yorug` dunyoda,
Sizni o`ylamasdan yasharman qanday?

Ko`nglim ayvonida kuz hushtak chalar,
Ko`zimdan yosh bo`lib yog`adi yaproq.
Do`stlarim - takabbur shoirvachchalar
O`zlarin sevishar yoridan ko`proq.

Kunlarning kaftida sevgi xanjari,
Bag`rimda begunoh bir gul so`ladi.
Toychoqqa aylanib goh kechalari,
Tuproqqa ag`anab yotgim keladi!..

Sevgilim,
Sevgilim,
Og`riydi dilim.
Jonim yomon og`rir sizni o`ylasam.
Sunbul sochingizni silar endi kim,
Meni eslaysizmi-yo`qmi o`shal dam.

Bilmayman,
Bilishni istamayman ham,
Bilganim - menga baxt nasib etmadi.
Yillar o`taverdi, ko`zim o`ngidan,
Sizning oydek ruxsoringiz ketmadi...

Dunyo omon bo`lsin,
Siz bo`ling omon,
Omadli bo`ling siz.
Baxtli bo`ling siz.
Lekin,
Bilib qo`ying,
bilib qo`ying hamon
Sizni unutolmas Muhammadingiz!

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:13:16
Tilak
Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
Ajin tushsin yuzlariga, dog` tushsin.
Har kimning ham quvvat ketib belidan,
Qo`llariga aso - bir tayoq tushsin.

Imoni sof, yuzga kirib yorug` yuz,
To`ylar ko`rib yelkasidan tog` tushsin.
Jismiga so`nggi safar oldidan
O`z bolasin qo`lidan tuproq tushsin...

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:14:20
Sevgi bu...
Sevmoq bu
Kechirmoq degani asli,
Toki bu dunyoda quyosh bor, gul bor.
Yalpizlar gullagan shu bahor fasli,
Sodiq hamdam bo`lgin sen menga, dilbar.

G`iybatlar tingladim, aylandi boshim,
Ho`l tuproq kuydirdi tovonlarimni,
Va mana men uyda ko`nglimni yulqib
Ko`mdim beor do`stdek gumonlarimni.

O`ylar suraverdim kechalar tanho,
Goho, jiqqa yoshga to`lganda ko`zim.
Va seni sevmoqdan oldin bir kuni
Dildan sevib qoldim o`zimni o`zim"¦

Sevmoq bu o`zingni anglamoq asli,
Toki zamin aro quyosh bor, gul bor.
Rayhonga ko`milgan shu bahor fasli,
Sadoqatli yor bo`l sen menga, dilbar.

Sevgilim, men seni sevaman, tamom,
G`amgin ko`zing, hadik to`la ko`zingni.
Sevmoq, bu kunda bir ko`rmoq baxtidir
Ozg`in qo`llaringni, sepkil yuzingni"¦

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:15:07
Hazil
Mening haqimdagi g`iybatlar yolg`on,
Ixtiyor o`zimda bo`lsa qaniydi.
Sharob ichish menga Xayyomdan qolgan,
Ichmasam ul zotning ko`ngli ranjiydi.

O`zim boshladimmi, o`zim qilgum bas,
Do`stlarim behuda zavolim izlar,
Agar qirqqa kirmay o`lsam, may emas,
Meni xarob etgan bevafo qizlar!..

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:16:16
Onaizor
Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham"¦
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham -
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Sig`may qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona -
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Tonar bo`lsa qo`limdagi tor, dunyo,
Uch kun o`tmay unutgay do`st-yor, dunyo.
Yeru ko`kni titratib zor-zor, dunyo -
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Gulday kulib yurmasmidi, o`g`lim deb,
Ko`rib ko`nglim to`lmasmidi, o`g`lim deb,
Onang o`lsa bo`lmasmidi, o`glim deb
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham"¦
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham -
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:17:26
Sevolmaydi meningdek...
Seni hech kim sevolmaydi meningdek:
Vaslingga zor bu oshiqlar, ehtimol,
Poyingga tiz cho`kib yig`lar, ehtimol,
Lekin sodiq bo`lolmaydi meningdek!..

Aldanma yor, aldamchilar makriga,
Malak bo`lma bevafo ishq shahriga,
Ular seni bir bossa bas bag`riga,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Yo`ling kesib o`tsam - o`zim hijolat,
Uzoqdan bir seni ko`rsam kifoyat,
Bir nigohing o`zi menga inoyat,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Joningga jon bo`lmayman-u, sevaman,
Yoningga bir kelmayman-u, sevaman,
Ismingni ham bilmayman-u, sevaman,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Sen ko`kdagi harir ko`ylak, hur-pari,
Ko`k ko`ldagi tinib qolgan suvpari.
Muhammadning ko`nglidagi dilbari,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:18:58
Men seni sevaman
Bir kuni
Yoningga kelaman,
Deyman: men sen kutgan bolaman.
Tinglaysan ochilib sen chaman,
Men seni sevaman, sevaman!..

Kel, deysan. Kun sovuq o`tirgil.
Kaftimda laylakqor - atirgul.
Xonangda yugurib yelaman,
Men seni sevaman, sevaman.

Kim u jim kuladi, kuladi,
Bildirmay ermaklar qiladi?
Mayli men g`alati, telbaman,
Men seni sevaman, sevaman.

Kel, deysan. O, muncha kechikding,
Yo`q endi u g`uncha, kechikding.
Boq yigit, atrofing qahraton...
Men seni sevaman, sevaman.

Sen turgan joy endi biy dala,
Qo`lingda qorako`z bir bola.
Men endi qo`shiqmas - nolaman,
Men seni sevaman, sevaman.

Ayt, mendan ne istar bu odam,
Tikilar, sinarmi irodam?..
Tikilar bir yomon, bir yomon,
Men seni sevaman, sevaman!..

Meni yov etmish bor mardum-la,
Labimdan uchmagan bir jumla.
Endi kech, endi ne qilaman,
Men seni sevaman, sevaman!..

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:20:16
O'zbek qizlari
Bu Momo Havodan ularga odat:
Ushlasa gul ushlar qo`lini faqat,
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin
O`psa faqat shamol o`par yuzlarin.

Bu Momo Havodan ularga odat:
Nozik belda qirqta kokili qavat,
Silasa yomg`irlar silaydi faqat,
Ko`rsa faqat osmon ko`rar ko`zlarin -
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin.

Jilmaysa nur yog`ar gul yanoqlardan,
Sir yashirar hatto qizg`aldoqlardan.
Oftob botgandan so`ng xilvat bog`lardan,
Behuda izlamang sira izlarin -
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin.

Ko`ngli daryoday keng, mehri ulug`vor,
Dugonasi Hayo, dugonasi Or.
Ayting, farishtadan nima farqi bor,
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin?..

Bardoshi oldida tog` - oddiy tuproq,
Ular etagidan jannat bir qadam.
Beayb Parvardigor, degandek biroq,
Yoq emas kichkina kamchiligi ham.

Sevadi,
Kuyadi,
Qiladi alam,
Dorga osing, ammo aytmas birovga.
Aytmay sevishini sevganiga ham,
Tegib ketaverar boshqa kuyovga!

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:21:21

Kumush
Marg`ilonda Kumushni ko`rdim,
Ko`ziga yosh olib turibdi.
Sochlarini maydalab o`rib,
Otabekni kutib yuribdi.

Tongda turib qalam qoshiga
O`sma qo`ygan ekan quribdi,
Ko`zdan oqqan achchiq yoshlari
O`smasini yuvib turibdi...

Meni bir o`y qiynaydi yomon,
Yana yurak o`ynaydi yomon.
Qo`yvor zamin, qo`yvor osmon,
Men uyimga yetaman qachon?

Meni bir o`y qiynaydi yomon,
Yurak yana o`ynadi yomon.
Toshkentga qiz berma Marg`ilon -
Qodiriy yo`q, Zaynablar omon!

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:22:37
O'zbek
Sen pahta terarding yeti bukilib,
Paykalingda eding ey onajonim.
O`zbekmisiz, deya g`alati kulib,
Mendan so`rab qoldi bir tannoz honim.

Tannozlar bilan ne ishim bor,
Yorab,
Ammo tushundim bu ishorasiga.
Qarshimda turardi u ermaktalab,
Malika boqqandek fuqarosiga...

Mana, gazetalar chiqdi qo'ynidan,
Hammasi o`zicha qiladi talqin.
Tillolar topilgan emish uyingdan,
Oltinga ko`milib qolibsan, halqim.

Sen nega Qrimga bormaysan yozda,
Yoki sen otangni o'gay o'g'lisan?!
So'ksa indamaysan, qo'ymi - to'qlisan,
Ursa yig'lamaysan, demak -o'g'risan!

Sahardan shomgacha mo'ltirab, ko'zing
Ko'rmay qolgunicha chopding dalangni.
O'g'irlik qilmasang, ayt axir o'zing,
Qanday boqayapsan shuncha bolangni.

Xonim nigohidan uqqanlarim bu,
Ko'nglimdan kechganin bilib turadi.
Yasama yuzida yasama qayg'u,
O'zbekmisan, deya kulib turadi.

Bir boplay dedimu tilimni tiydim,
Mayli, odam qurib shunga so'z deymi.
O'zbekni yer tanir,
Osmon taniydi.
Tannozlar qayoqdan bilsin o'zbekni!

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:23:45
O'zbek haqida ballada
Qiyosi yo'q uning mehri bir daryo,
O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek.
Boshqa millatlarni bilmadim, ammo,
Dunyoda bolam deb yashaydi O'zbek!

O'nta bo'lsa o'rni boshqa uningchun,
O'g'lim otashimdan yaralgan uchqun.
Qizim parilardan chehrasi gulgun,
Qoshlari qalam deb yashaydi O'zbek!

Bir qo'lda belanchak, bir qo'lda Qur'on,
Bir elkada ketmon, birida iymon.
Barchaga barobar oftobsimon,
Yashnasin olam deb yashaydi O'zbek!

Bobolari qaysi yigitlardan kam,
Momolari hushro'y yuzdan oshsa ham.
Zurryodlari bo'lsa bitta uyga jam,
To'shak yetmay to'nin to'shaydi O'zbek!

Ehtirom etganga ehromlari bor,
Kekkayganga bo'yin egmaydi zinhor.
Beshik to'la jajji islomlari bor,
Tosh o'tmas qo'rg'onga o'xshaydi O'zbek!

Qiyosin topdingmi aytgin Muhammad?
O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek.
Yomon sher yozsang ham betingdan o'pib,
Kam bo'lma bolam deb yashaydi O'zbek!

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:24:49
O'zbek haqida ballada
Qiyosi yo'q uning mehri bir daryo,
O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek.
Boshqa millatlarni bilmadim, ammo,
Dunyoda bolam deb yashaydi O'zbek!

O'nta bo'lsa o'rni boshqa uningchun,
O'g'lim otashimdan yaralgan uchqun.
Qizim parilardan chehrasi gulgun,
Qoshlari qalam deb yashaydi O'zbek!

Bir qo'lda belanchak, bir qo'lda Qur'on,
Bir elkada ketmon, birida iymon.
Barchaga barobar oftobsimon,
Yashnasin olam deb yashaydi O'zbek!

Bobolari qaysi yigitlardan kam,
Momolari hushro'y yuzdan oshsa ham.
Zurryodlari bo'lsa bitta uyga jam,
To'shak yetmay to'nin to'shaydi O'zbek!

Ehtirom etganga ehromlari bor,
Kekkayganga bo'yin egmaydi zinhor.
Beshik to'la jajji islomlari bor,
Tosh o'tmas qo'rg'onga o'xshaydi O'zbek!

Qiyosin topdingmi aytgin Muhammad?
O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek.
Yomon sher yozsang ham betingdan o'pib,
Kam bo'lma bolam deb yashaydi O'zbek!

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:25:56
Onajon
Topmoq - yo'qotmoqdir,
Yo'qotmoq — topmoq,
Sen so'lib,
Men yashab,
To'lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko'proq yo'qotdim —
Sen meni yupatding,
Seni yig'latdim,
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..

Sog'inch haqda she’rlar
Yozdim o'zimcha,
Mendan peshonangda
Dog'lar tizimcha.
O'g'il bo'lmay o'lay,
Attangb ming attang.
Qiz tug'sang netardi,
Ko'proq qiz tug'sang!..
Tirgak bo'lolmadim
Bitta qizingga
Uyalmay shoirman
Deyishimga boq.

Joningdan aylanay,
Turgil jonajon,
Yo'l qarab bo'ldimi
Jigarginang qon?
Boqma, ko'zlarimga
Bemajol, xasta,
Mening topganlarim
Gulmi bir dasta,
Yo'qotganim senmi
Endi ONAJON?..
O'z etimni o'zim
Yeyishimga boq.

Bilsang yuragimni
Bir alam elar.
Buyursang qo'limdan
Kelmaydi nelar,
Ayt,
Pichan yig'aymi,
O'tin yoraymi,
Yerni haydayinmi,
Ko'k ag'daraymi?..
Itdek oyog'ingga
Suykalgim kelar —
Uchib-uchib, mana
Qo'nishimga boq.

Hech narsa kerakmas,
Bolam, hech deysan.
Endi kech deysan-da,
Endi kech deysan.
Yuzimni bosaman
Muzday yuzingga,
ONAJON,
Zor qilib ketma izingga!
O'lim oldida ham
G'amimni yeysan,
Men-chi, jim, taqdirga
Ko'nishimga boq.

She'rim bitdi,
Xayir,
Do'stlar xush qoling.
Bedil yashamakka
O'rganmang menday
Boring,
Volidangiz
Ko'nglini oling,
Ertaga
Kech qolib
O'rtanmang menday.

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:26:50
Xavotir
Qo'rqaman, ertaga men o'lib ketsam,
Yotar bo'lsam qumga botib ko'zlarim,
Ko'nglimni ko'chkiday bosadi bir g'am —
Yig'lashni ham bilmas mening qizlarim"¦

Eng yaqin do'stlarim g'iybatim qilar,
Eng zaif dushmanim ustimdan kular.
Ular-ku, ne qilsa o'zlari bilar,
Yig'lashni ham bilmas mening qizlarim"¦

Shoir o'lsa kim ham kuyinar deysiz,
Madhoyaboz hozir suvarakday ko'p.
Ular misli qishda tarnovdagi muz,
Barmoq tegsa yerga to'kilar to'p-to'p"¦

Tildan qolsam ko'zda qotib yoshlarim,
Ko'nglimdan boshqa bor axir, ne zarim?
Yerlarga egilgan kuni boshlarim,
Yig'lashni ham bilmas mening qizlarim"¦

Ular yosh. O'limdan qo'rqaman yomon,
Chunki, dardiga hech quloq solmadim.
Qabrimning ustida yig'lasin debon,
Qizlarim ko'zyoshin asray olmadim!

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:29:29
Surat
Mening kimligimni
Bilmaydi hech kim.
Men bir g'alatiman,
Men alohida.
Ko'zimning yoshini
Keladi ichgim,
Tilimni chaynagim,
Kelar gohida.

Oy mening yelkamga
O'tirib olgan,
Oftob g'avg'o solar
Yurgan yo'limga.
Xayol tushovidan
Chiqolmay qolgan
Umrimni topshirib
Qo'ydim ko'nglimga.

Endi toshni tepsam,
O'par izimni,
Yerga ag'anasam —
Yer ham devona.
Barmog'im o'pgandim
Suygan qizimni,
Qo'li yonib ketdi
Gurillab, mana.

Yondi,
Yonaverdi
Kokillari, so'ng,
Charsillab yuragi
Yondi bearmon.
Yarmi yonim bo'lgan
Ko'ylagi bir yeng
Ishqning bayrog'iga
Aylandi alvon!..

Va o'pdim bayroqni
Men o'sha alvon,
Olov tan,
Olov jon,
Qizil cho'g' to'shalgan
Chimildiq tomon
Otdim men o'zimni
Misli o'tparast.

Uyg'onsam — ko'rpam kul,
Yig'lar sevgilim.
Men seni yig'la deb
Quchgan edimmi?
Ayiq bosgan gulday
Ezildi ko'nglim,
Yovvoyi o'rdakka
Berdim sevgimni!..

O'rdak uchdi-ketdi,
Mung'ayib qoldim.
Hayratim opketdi
Qanotida u.
Kim meni aldasa —
Xudoga soldim,
Mayli aldanmasin,
Xayotida u.

Qoldim kulko'rpamda
To'shagim — tuproq,
Yumalab yotaman
Ilonlar bilan.
Ularga ishondim
Bir yordan ko'proq.
Ilon chaqar,
Ammo
Gapirmas yolg'on!..

Mening kimligimni
Bilmaydi hech kim.
Men bir g'alatiman,
Men — alohida.
Kiyiklar qonini
Keladi ichgim,
Chayonni chaynagim
Kelar gohida.

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:30:42
Alloh go'zal
Orazi gul, husni hilol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal.
Mutloq kamol, mutloq jamol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal"¦

Arsh arkida sulton o'zi,
Beaybu benuqson o'zi.
Poyiga cho'k, ul Zuljalol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal"¦

Diydori bir shirin umid,
Azal vujud, abad vujud.
Kimga ayon, kimga xayol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal"¦

Nahri zilol, bag'ri bahor,
Gul chehra yor, nur chehra yor.
Oromijon, oshuftahol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal"¦

Tuproqqa jon etmish ato
Momo havo, Odam Ato,
Loydan odam yasar kulol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal"¦

Shoir tilak-ta’bim o'shal,
Ruhim o'shal, Rabbim o'shal,
Allohu akbar, ey Bilol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal!.

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:31:25
Muhabbat
Muhabbat, ey go'zal iztirob,
Ey ko'hna dard, ey ko'hna tuyg'u.
Ko'kragimga qo'lingni tirab,
Yuragimni to'kib qo'yding-ku.

Qancha ko'zlar menga zor edi,
Na g'am, na anduhim bor edi.
Qushday yengil ruhim bor edi,
Chok-chokidan so'kib qo'yding-ku.

Ne qilarding menga tegib sen,
Yengilmagan edim — yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen.
Qomatimni bukib qo'yding-ku.

Sen men uchun bir xayol eding,
Yaxshi bor yo yaxshi qol eding,
Jon kerakmi — mana ol endi,
Qiynar bo'lsang qiynab to'yding-ku.

Bilmam, nima edi maqsading:
Menga bir juft guling asrading,
Birin otin Kumush atading,
Birin ismin Zaynab qo'yding-ku!

Muhabbat, ey go'zal iztirob,
Ko'chang kezdim sarson, dovdirab,
Yuzlarimga yuzlaring tirab,
Ko'zlarimni boylab qo'yding-ku!.

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:32:27
 
 Yolg'onchilar
Suluvlardan suluv bir qiz sochim silar,
Mening esa ko'zlarimdan yosh tomchilar.
Sevaman deb aldar meni yolg'onchilar,
Yuragimni yo'lbarslarga yediraman.

Bag'ri-dilim kuydiradi yolg'onlari,
Yonlariga chorlar mphi-tobonlari.
Bo'lsam agar men bitta qurbonlari,
Yuragimni yo'lbarslarga yediraman.

Ko'hna dunyo, bu qizlaring muncha go'zal,
Qarab tursam, ko'klarda oy-kuncha go'zal.
Qancha go'zal bo'lsa, aldar shuncha go'zal!..
Yuragimni yo'lbarslarga yediraman.

Hozir ko'zim yumamanu yerga yotib,
Yuragimni sug'uraman qon yig'latib.
Yo'lbarschalr yesin uni kasirlatib —
Yuragimni yo'lbarslarga yediraman.

Kimni suysam suyganimdan kuygan dilim,
Ko'z o'ngimda bo'laqolsin tilim-tilim.
Harom bo'lsin muhabbatsiz ko'rgan kunim,
Yuragimni yo'lbarslarga yediraman.

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:33:19
O'lsamu unutsang...
O'lsamu unutsang menday yigitni,
Yog'ar yo'llaringga afsus-anduxim.
Oq tulporday minib oppoq bulutni,
Uyingning ustidan o'tadi Ruhim..
. Unga nima deysan, bevafo yorim?

O'lsamu unutsang menday yigitni,
Qaro tuproq silab yotsa kuragim,
Sen o'choq oldida chaqqan gugurtni
Uchida lovillab tursa yuragim...
Shunga nima deysan, bevafo yorim?

Sen Xudo emassan axir, o'ylanma,
Jonimning rishtasi qo'lida uning,
Ammo Muhammadsiz o'tmaydi kuning,
Kel, mayli men o'lmay, sen ham qiynalma —
Shunga nima deysan, bevafo yorim?..

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:33:51
Onamga
Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni ko'rib yorug' dunyoda,
Toshkanni ko'rmagan bechora onam,
Bolang bo'lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga o'g'il bo'ldimmi!..

Garchi bisotingda "bayram" so'zi yo'q,
Bilaman, kutasan sandal to'la cho'g',
Menda yurak deganlarin o'zi yo'q:
Men sovg'a bermagan qiz yo'q bu oqshom,
Senga na gul berdim, na shirin kalom,
Endi men ham senga o'g'ilmi, onam?..

Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo'qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas...
Axir, mening dardim She'r emas faqat,
Men mashhur shoirmas — mashhur beshafqat,
Endi men ham senga o'g'ilmanmi, ayt?..

Sha'ningga she'r bitdim. U seni topsin,
Poyingga tiz cho'kib, qo'lingni o'psin.
Undan ham ulug'im borligin ko'rsin,
Men uchun ham aziz holingni so'rsin,
Sensiz g'arib ko'nglim ko'ngilmi, onam,
Endi men ham senga o'g'ilmi, onam!..

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:34:19
Mening ertagimsan
Mening shodligimsan, bolaligimsan,
Mening g'ussam o'zing, mening armonim.
Seni osmonimga olib ketaman,
Yerda bizga kun yo'q, kun yo'qdir, jonim!..

Xato qildimmikan men erta kelib,
Yo sen adashdingmi kelib keyinmi?
Goho kimliging ham bo'lmaydi bilib,
Inim deymi seni, sevgilim deymi?

Ket, deb haydolmasam netaman,
Kel, deb aytolmasam netaman.
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman...

O'ylamay deymanu o'ylamay bo'lmas,
O'tsang sen tomon bir bo'ylamay bo'lmas.
Sen mening hammadan yashirgan sirim,
Mening ertagimsan, so'ylamay bo'lmas.

Ket, deb haydolmasam netaman,
Kel, deb aytolmasam netaman.
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman!..

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:35:03
Orzu
Tug'ilmasdan oldin men
Chiqib Arshi a'loga,
Oyni o'pib, qoldim men
Yulduzlardan baloga.

Tug'ilgandan to shu dam,
Qo'msab kecha-kunduzlar.
Oy qani deb yig'lasam,
G'iybat qilar yulduzlar...

Hiqqillama, der yurak,
Dunyo bilan ishim yo'q.
Bo'lsa menga Oy kerak.
Yulduzlarga hushim yo'q!

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:35:38
Erka kiyik
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo'lib sahrolarga yetalasam,
Bu dunyoda birday g'arib men ham, sen ham,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Sening ko'zing qora, mening ko'zim qora,
Sening bag'ring yara, mening bag'rim yara,
Bu dunyoda sen bechora, men bechora!..
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Shamol emas, izing quvib yurdi kamon,
Sayyod mening kulbamni ham qildi vayron.
Sening joning , mening jonim — omonat jon,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Kel, yig'laymiz birgalashib yantoqlarga,
Sahrolarda qurimagan buloqlarga,
Ikkalamiz yaralganmiz qiynoqlarga,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Umrimizning barcha yo'li, so'qmog'i cho'g',
Cho'g'dan qo'rqma, beyuz qo'ygan qopqondan qo'rq.
Bu dunyoda senga do'st yo'q, menga do'st yo'q,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Soch oqardi, dildosh kutib ko'zim toldi,
Yuragimdan to'kilmay ne so'z qoldi,
Yo'l so'ngida, hech bo'lmasa o'lim oldi,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:36:02
Erka kiyik
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo'lib sahrolarga yetalasam,
Bu dunyoda birday g'arib men ham, sen ham,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Sening ko'zing qora, mening ko'zim qora,
Sening bag'ring yara, mening bag'rim yara,
Bu dunyoda sen bechora, men bechora!..
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Shamol emas, izing quvib yurdi kamon,
Sayyod mening kulbamni ham qildi vayron.
Sening joning , mening jonim — omonat jon,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Kel, yig'laymiz birgalashib yantoqlarga,
Sahrolarda qurimagan buloqlarga,
Ikkalamiz yaralganmiz qiynoqlarga,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Umrimizning barcha yo'li, so'qmog'i cho'g',
Cho'g'dan qo'rqma, beyuz qo'ygan qopqondan qo'rq.
Bu dunyoda senga do'st yo'q, menga do'st yo'q,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Soch oqardi, dildosh kutib ko'zim toldi,
Yuragimdan to'kilmay ne so'z qoldi,
Yo'l so'ngida, hech bo'lmasa o'lim oldi,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:36:31
Kapalakka almashaman
Bisotimni bog'da bir halol,
Kapalakka almashaman men.
Hayotimni ko'kdagi zilol,
Kamalakka almashaman men.

Yog'dularga ko'milgan shahar
Betonlari biqinni chaqar.
Uyim qasr bo'lsa ham agar,
Guvalakka almashaman men.

Shoirlikni suymaydi jinim,
Menga havas qilmagin inim.
Shuhratimni totli bir tilim,
Handalakka almashaman men.

Qo'shiqlarim bo'lib ovoza,
Yurtda mashhur emishman toza!..
Barcha yozgan she'rim bir kosa
Sumalakka almashaman men.

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:36:55
Oftobsan, sendan
bir soyaman, Ota.
Sochni oq, bag'rimni
esa bosar g'am.
Ona, senga nafim
tegmadi hatto,
Ostonang qo'rigan
kuchugingcha ham.
Sodiq o'shal itni
do'stdek qucharman,
Men bugun kuchuklar
uchun icharman!..

Olamdan uyingga
bo'yladim, inim,
Ushoq joningda ham
ko'rmadim tinim.
Holing ne kechgani
xayolimda yo'q,
Men faqat o'zimni
o'yladim inim.
Akalik to'nini endi
yecharman,
Men bugun kichiklar
uchun icharman!..

Sochiga tolpopuk —
toj ilganlarim,
G'unchadek iymanib
ochilganlarim.
Bir uyda tug'ilib,
o'sganim o'shal,
Dunyoga bodroqdek
sochilganlarim —
Singillar —
Suyuklar uchun icharman.
Beozor kiyiklar uchun icharman!..

Mayli, yoqmaganim, mayli yoqqanim,
Mayli, xoh do'st bo'lsin, mayli xoh g'anim.
Dilida dard borki, boshida g'avg'o,
Taniganlarim-u, tanimaganim,
Men bugun barini bir-bir qucharman,
Yuragi suyuklar uchun icharman!..

Garchi soda baytim, garchi to'pori,
Ko'nglimdan to'kilgan ko'nglimda bori.
Mayli, kutmasa ham kuyimni hech kim,
Mayli, tutmasa ham she’rim xumori.
Men-ku, yozdim yozsam yetkuncha darmon,
Ertangi buyuklar uchun icharman!..

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:37:19
Onamdan xat
O'g'lim, jigargo'sham, anytgin-chi, nahot,
Achinmaydi joning onang holiga.
Meni to'shaklarga mixlab qo'ydi bod,
Kelsang bir ko'rsamu"¦ o'lsam mayliga.

Chakka o'tgan eski tomga o'xshayman,
Ko'zimdan yomg'irlar to'kilar tinmay.
Bu yorug' dunyoda bormi, bilmayman,
O'z o'g'li yo'liga intizor menday"¦

Hayhotdek hovlida qoldim bir o'zim,
Nima xayollarga bormasman ba’zan.
Sog'misan ishqilib, qo'rqaman, qo'zim,
Podsholar haqida she’rlar yozasan.

O'ynashib bo'larmi shohlar bilan, ayt,
Qishloqi joningga she’rdan ne huzur?
Zeriksang — bepoyon yaylovingga qayt,
Siqilsang — dashtlarda ot choptirib yur!

Faqat xayolingdan chiqargin she’rni,
(Kimgadir yoqmasmish chinmi-yolg'omni),
Axir, sen yozmasang o'sha Boburni,
Shoirning urug'i qurib qolganmi?..

O'g'lim, jigargo'sham, aytgin-chi nahot,
Achinmaydi joning onang holiga?
Meni to'shaklarga mixlab qo'ydi bod,
Kelib bir ko'tarib chiqqin hovliga.

Qo'lingda jon berib o'lsam mayliga"¦

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:37:49
Mening dardim
Tuzalmaydi dardim mening,
O'lsam kerak.
Tuproq bilan og'a-ini
Bo'lsam kerak.

O'lim nima? Bu ham bitta
Sayr, Ona.
O'g'ling qaro yerga ketdi,
Xayr ona"¦

Tuzalmas bu dardim mening,
Umidim yo'q.
Xira shamdek ko'zlarimda
So'nmoqda cho'g'.

Cho'g nimadir? Cho'g' ham tutab,
Kul bo'ladi.
Inson bir kun o'z mayliga
Qul bo'ladi"¦

Yuragimni tamom qildim,
Yig'layverib.
Huzurimda ajal turar,
Qoshin kerib.

Men hayotda o'limga tik
Boqib o'sdim"¦
Qani menga atalgan joy,
Ketdik, do'stim!

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:38:25
Yangi yil kechasi
Ko'ngil ma'yus tortdi yilning so'nggida,
Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.
Bugun kuppa-kunduz ko'zim o'ngida,
Yana bir yoshimni o'g'irlading, qor.
Qirqinchi qasrmga o'taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?..

Bahorim yetkudek qo'lim uzatsam,
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.
Laylakqor, azizim, g'alat bayram bu —
Kulib kuzatsammi, yig'lab kuzatsam...
Dardim jim ichimga yutsammi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

So'rsang, sevinchimdan o'kinchim ko'proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko'zda tabassum - u kiprikda titroq.
Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

Yangi yil,
Kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo'ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo'qlab kelganingni o'zi bir bayram.
Qulog'ingga bir aytaymi, endi,
Kechagi yoshligim ertakmi, endi...

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:39:03
Ko'klamoyim

Ozod Sharafuddinovga

Sochimda oq, men bahordan o'tindim:
Ko'klamoyim, ko'kingdan ber bir chimdim.
Qor qo'ynida seni qo'msab o'kindim,
Ko'klamoyim, ko'kingdan ber bir chimdim.

Ko'nglimga ko'k binafshalar sochilsin,
Kokiliga tolpopukdan soch ilsi,
Boychechakka borar yo'llar ochilsin
Ko'klamoyim, ko'kingdan ber bir chimdim.

Fasl boshi, ham oxiri o'zingsan,
Majnunlarning yo'ldoshi ham o'zingsan.
Laylilarning sirdoshi ham o'zingsan,
Ko'klamoyim, ko'kingdan ber bir chimdim.

Kel-da, endi sog'intirmay odamni,
Sen yo'g'ingda bir g'am bosdi yelkamni,
Qorlar kurab ko'mib keldim otamni...
Ko'klamoyim, ko'kingdan ber bir chimdim.

Ko'king bilan kiyintiray dalamni,
Oyoqyalang suyuntiray bolamni,
O'zing olgin ko'ksimdagi alamni,
Ko'klamoyim ko'kingdan ber bir chimdim.

Ginam yo'qdir kuzda ketgan oqqushdan,
Iymanmasin qayta eshik qoqishdan.
Qumri bilan birga chiqdik bu qishdan,
Ko'klamoyim, ko'kingdan ber bir chimdim.

Jon ustiga asrab yuray ko'kni men,
To'yib-to'yib ko'zga suray ko'kni men.
Yana senga yetamanmi-yo'qmi men,
Ko'klamoyim, ko'kingdan ber bir chimdim.

Dil yayrasin dala dashting yasanib,
Yalpizlaring suv bo'yiga yastanib,
Ikki misra bayt bitay bir maqtanib,
Ko'klamoyim, ko'kingdan ber bir chimdim!..

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:39:33
Quyoshga qarab oqqan suv
Quyoshga qarab oqqan suv,
Dardimni aytgan edim-ku,
Dodimga yetmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?..

Qanday yuzsiz do'stimsan,
Ohlar to'la ko'ksimdan
Oh urib ketmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?

Suvingga qarab yoshimni,
Qiblaga qaratib boshimni
Yotqizib ketmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?..

Men kimman? Bir yolg'izman,
Suv bo'yida bir yalpizman.
Oqizib ketmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?

Quyoshga qarab oqqan suv.
Onamdek meni boqqan suv...

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Noyabr 2007, 17:40:14
Shukr deysan sen qachon?
Ta'magirni tortqilab,
Nafsi qo'ymas deydilar.
Nokas o'zi to'ysa ham,
Ko'zi to'ymas deydilar.

Boq bir yorug' olamga —
Kimlar zo'rg'a kun ko'rar.
Odamlar bor, bog'dagi
Bulbuldan ham pul so'rar.

Yolg'on dunyo — bu dunyo,
Arzon dunyo — bu dunyo.
Ne-ne hokim, beklardan
Qolgan dunyo — bu dunyo.

Kiprikdan ham qisqadir
Molu dunyo yo'llari.
Ibrat bo'lsin Iskandar
Ochiq ketgan qo'llari!..

Uzat deysan, ber deysan,
Hech qo'ymading odamzod.
Tuya to'ydi, fil to'ydi,
Sen to'ymading, odamzod.

Shukr qilar hattoki
Qumursqa-parrandalar.
Shukr deysan sen qachon,
Xom sut emgan bandalar?..

Bu uch kunlik dunyoda
Savlatigga kerilma.
Qasr qurma, bog' qoldir,
Davlatingga kerilma.

O'z elingni qaqshatsang,
Xor bo'lasan o'zing ham.
Bir kun shu el mehriga
Zor bo'lasan o'zing ham!..

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Noyabr 2007, 10:17:24
O'lan
To'ylarni hammadan ham,
Oy qizlar xush ko'rarmish.
Bitta qiz erga tegsa,
Qirqta qiz tush ko'rarmish.

To'yhovlida kuy tinib,
So'nganida olovlar.
Qirq suluvni yig'latib,
Ketar ekan kuyovlar.

Singillarim yig'lamang,
Yig'lasangiz xafaman.
Sharqni kezib sizlarga,
O'zim kuyov topaman.

Oq tilaklar bor bo'lsa,
Omon bo'lsa umidlar,
Izingizga zor bo'lar,
Muhammaddek yigitlar.

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Noyabr 2007, 10:18:57
Tunda she'r aytishdik
Tunda she'r aytishdik kapalak bilan,
Yalpizni alqadim,
Gulni alqadim.
Yonimga sudralib kelib bir ilon
Ko'zoynak ostidan boqdi.
Payqadim.
Quvdi yolg'iz o'shal hamxonamni u.
Quvdi parilarni quvgan kabi dev.
Hurkitib yuborib parvonamni u
Bo'ynimga o'ralib oldi:
Meni sev!..
Chimzor.
Chimildiqda sovuq yor quchdim.
Po'stin gilam qilib mehrobga qoqdim.
Ko'zimni chirt yumib,
Kechalari jim
Men uni o'pganda —
U meni chaqdi.
Chaqdi.
Chaqaverdi zahri so'nguncha.
Chaqdi goh bilagim,
Goh yuragimni.
U qancha chaqsa men tirildim shuncha.
Shuncha eslayverdim kapalagimni!..
O'tmishni unutdim bir tushda go'yo,
O'shal chimzordagi koshonamni ham.
Ilon malikadan qutuldim,
Ammo,
Endi topolmasman parvonamni ham.

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Noyabr 2007, 10:21:23
Qalbning qizil gulxani
Qalbing qizil gulxani so'ldi,
Kultepada qolmadi bir cho'g',
Bu qiz bilan ishim yo'q endi,
Bu qizning men bilan ishi yo'q...

Endi menga ikki dunyo bir,
Sig'mam na yer, na osmoniga.
Tomga chiqib ketarman endi,
Men ham qizg'aldoqlar yoniga.

Hey, yulduzlar yurtida chaman,
Bulutman deb yurgan tutunlar
Ko'ksim yonib ketmoqda yomon.
Mendan nariroqdan o'tinglar!

Qalbda sevgi gulshani so'ldi,
Qoldi faqat lovullagan cho'g'.
Bu qiz bilan ishim yo'q endi,
Bu qizning men bilan ishi yo'q...

Kel yuragim, bag'rimni o'yib,
Sevgimni suvlarga otamiz.
Maysalarga boshimni qo'yib,
Kapalak yopinib yotamiz.

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Noyabr 2007, 10:23:22
Mish-mish
Mayda mish-mishlardan zirqirar tovon,
Unganmiz-ku asli bitta tuproqdan.
U kuni she’rimni tinglab, bir nodon
Meni maqtab qo'ydi: falon qishloqdan.

Shu bir so'zdan tuygan huzurin ko'rsangiz,
Go'yo oyni uzib olgan bu odam.
Bundaylar uchrasa, yurtin so'rsangiz,
Mahallasin aytar Afrikada ham.

Ayting, xafa bo'lay men yana kimdan?
Birov davlat qurar, birov uy tiklar.
Asli bir xalqligin bilar-u, zimdan
Nechun, bir-birovin ko'rolmas ular.

Bitta dayr arodan bir tushgan kema,
Bir qirg'oq yer, bir kun suzishdan tolsang.
Birodar, bunchalar gerdayding, nahot,
"œO'zgani sher bilgan", naqlin bilmasang?

Bo'lingan bo'lisning o'chgay chirog'i,
Ortga bir qayriling, mingta qiyos-ku.
To'pga tutgan kuni Toshkentni yog'iy,
Amir Nodirani so'ygani rost-ku"¦

Ungan joyimga-ku, qullug'im bisyor,
Sog'inch to'la dilim aylar ming faxr.
Ammo boshim silar bitta Vatan bor,
Men ham uning bitta o'g'liman, axir.

O'yim uzaymoqda ulg'aygan sarim,
Kengroq bo'lsak, deyman bu keng dunyoda.
Farg'onada bo'lsa yarim jigarim,
Jigarimning yarmi Surxondaryoda.

Baxmal bo'lagiga munchoq qadalgan,
Bir oltin beshikda o'sgan o'zbekmiz.
Bir paytlar Jayhun, Sayxun atalgan
Ikki qosh ostida bir juft ko'zdekmiz"¦

Mayda mish-mishlardan bitta bezgan — men,
Zanglagan hanjardek o'tdi u jondan,
Tanihib qo'yaylik: she’rni yozgan men —
Muhammad Yusufman
O'ZBEKISTONdan.

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Noyabr 2007, 10:25:15
Tavallo
Oq yo'rgakka o'ragansan o'zing bizni,
Ham oq yuvib-taragansan o'zing bizni.
Beshigimiz uzra bedor ona bo'lib,
Kunimizga yaragansan o'zing bizni.
Fidoying bo'lgaymiz seni, O'zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O'zbekiston!..

Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga,
Alpomishlar ruhi yor har o'g'loningga.
Asragaymiz giyohing ham gulday o'pib,
Yovlar yaqin yo'lolmagay qo'rg'oningga.
Adoying bo'lgaymiz seni, O'zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O'zbekiston.

Tuzing totib, unutganlar xor bo'ladi,
Ko'zlariga ikki dunyo tor bo'ladi.
Shodon daming ko'rolmagan yurtfurushlar
Bir kun bir kaft qumlog'ingga zor bo'ladi.
Yoningda turgaymiz seni, O'zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O'zbekiston!..

Gul ko'ringan dashtingdagi giyoh-xasdir,
Soddadilu ulug'vorlik senga xosdir.
Sevamizki, cho'llaring ham bizga jannat,
Tuprog'ing ham Makka misol muqaddasdir.
Onadek ko'rgaymiz seni, O'zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O'zbekiston!

Muhammad Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Noyabr 2007, 10:27:29
Ota (Armonim bor)
Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Qoq dalada o'tlar bosgan o'rmonim bor.
Qizg'aldoqday boshim egik bu makonda,
Yonib yashab o'tmagan otajonim bor.

Ota desam, bag'ri-dilim yonaverar,
Kunim yonar, oyu yilim yonaverar,
Mozoriga qo'ygan gulim yonaverar,
Tutunlarga to'lib ketgan osmonim bor.

Esaversin jannatlardan kelgan nasim,
Momo yerim, o'zingsan eng muqaddasim,
Bag'ringda jim tinglab bu tun jon nafasim,
Ruhimni allalab yotgan jahonim bor.

Odam bo'lib bir odamni tushunmaslar,
Ko'zingda yosh ko'rib ham goh o'kinmaslar,
Bosgan izim poylab yurgan ey, nokaslar,
Qabrdan qo'l cho'zib turgan qalqonim bor...

Men otamdan qolgan erkin sado-sasman,
Qonimga yot navolarga qayrilmasman,
O'lgunimcha endi undan ayrilmasman -
O'z otamdek bo'lib qolgan imonim bor.

Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Keng dalada gullar bosgan o'rmonim bor,
Qizg'aldoqlar bosh egib qon yig'lab turgan
Bu makonda mening ham nurjahonim bor.

Muhammad Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Noyabr 2007, 10:31:35
 Shoir sevgisi
Shamoldek beqaror shoir sevgisi,
Uning bor davlati - savlati.
Sog'inchdan yoqar-u rayhonlar isi,
Meni tanlaganing g'alati...

Na bir shirin kalom ming zahmatingga,
Na bir salomingga alik oladi.
Muhabbating nima Muhammadingga?..
Qalamni quchoqlab uxlab qoladi.

Qasri shuhrat aro qon yig'lar yurak,
Ko'ksingda nimadir g'ijjak chaladi.
Unga she'r kerakdir,
Senga er kerak.
Koshki tushunsa u valadi...

U so'z kutar, uni sen kutib oylab,
Bir umr yo'l qarab ko'zing toladi.
Sevgilim, farishtam... tentagim, yo rab,
Baxtingni yarmini she'rim taladi!..

Gunohing ne edi, ey mungliq dilbar,
Seni tanlaganim g'alati...
Asl shoir asli uylanmay o'tar,
Uylansa ham ko'rmay xotin oladi.

M.Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Noyabr 2007, 10:33:33
Men bittadurman
Sanam, sochingdan ham shaydolaring ko'p,
Husning oshiqlari - adolaring ko'p.
Nimang ko'p, ko'yingda gadolaring ko'p,
Ammo men bittaman, men bittadurman.

Bek yigit bir sening poyingda xorman,
Garchi diydoringga mushtoqu zorman,
Men beun sevarman, men jim sevarman,
Qiyomatgacha shul sukutdadurman.

Deydilar: muhabbat bilmas masofa,
Ayriliqni pisand qilmas masofa.
Kelursan o'zing deb bir kun insofa -
Gohi Toshkent, gohi Urgutdadurman.

Tiling bilmasam ham tushungandayman,
Sen bilan gohi do'st tutingandayman.
Gohi bu do'stlikdan o'kingandayman,
Ming bir xayol ichra ming bittadurman.

Suymoq - bu gulxanda kuymoq azali,
Men shahar erkasi, sen tog' go'zali.
Eslab yur yodingga tushgan mahali -
Shaydolaring ko'p-u, men bittadurman!..

Muhammad Yusuf
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:49:47
Aql haqida

Shunchalar go‘zalsan, go‘zalsan, sanam,
Ta’rifing bitmoqqa ojizdir qalam,
Bir yigit umrini obod etarding,
Aql ham berganda falak bokaram...

A.Oripov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:50:30
To'lin oy


Keksaygan hilolim, ey sen, to‘lin oy
To hanuz buzursan halovatimni.
Yodimga solursan endi, hoynahoy,
Sochlari oqargan muhabbatimni.


Yillarim kechdilar yeldirim misol,
G‘unchalar bag‘riga xayolday indim.
Endi-chi, toliqib, horg‘in va behol,
G‘orlarga bekingan shamolday tindim.

Bilmadim, qaydadir yotar sarg‘ayib,
Otashin hislarim o‘ralgan daftar.
Qaysidir go‘shada bo‘lmishdir g‘oyib,
Bir zamon qo‘limdan uchgan u kaptar.

Endi visol o‘zga, o‘zgadir firoq,
To‘lin oy, o‘tinchim yodingda tutgin.
Bizning tomonlarga yo‘ling tushgan chog’
Mening kulbamga ham mo‘ralab o‘tgin..

A.Oripov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:51:12
Sizni uchratguncha

Qay fursat men sizni ko‘rdim banogoh
Endi zarra hijron dilimni g‘ashlar.
Buncha yarashmasa o‘zingizga, oh,
Munis tabassumu ma’yus qarashlar.

Hech kimni hayratga solmas hech qachon
Mening yoningizda yo‘g‘im yo borim.
Yo falak, shuncha yil kezibman sarson
Sizni uchratguncha, erka dilbarim...

A.Oripov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:51:55
Yiroq bo'l hasratdan

Yiroq bo‘l hasratdan, mungdan, ko‘zyoshdan,
Sha’ningga otilgan ta’nadan, toshdan.

Mag‘rur tursang agar, mag‘rur degaylar,
Mutelik izlarlar fe’li yovvoshdan.

Yupanch topoldingmi, dunyoga kelib,
Ustoz yo shogirddan yoki tengdoshdan.

Qashqir to‘dasida qolgan bir otsan,
Tuyog‘ing sinmasa basdir, bardoshdan.

Faqat muhabbatga topingil, ey qalb,
Sen mehr ko‘rgaysan o‘shal quyoshdan.

Axir bobolar ham demishlar qadim:
Muhabbat yaratgan dunyoni boshdan.

A.Oripov

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:52:35
Malak

Nechun o‘g‘irlading o‘yu fikrimni,
Nechun xayolimni aylading sarson.
Endi men bilmasman borar yerimni,
Endi tuyg‘ularim qoldi sargardon.

Seni ko‘rgandayman tushimda faqat,
Uchib o‘tgandaysan misoli yulduz.
Samoviy mo’jiza, ilohiy tal’at,
Tengi yo‘q bir malak, qoshlari qunduz.

Nasib etarmikan biror kun visol,
Nasib etarmikan tutmoq qo‘lingni.
Va yo noshud qolgan munajjim misol,
Poylab o‘tarmanmi qaytar yo‘lingni...

A.Oripov


Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:53:22
Vafo qilurmisan, Bahorim

Ruhimda yo‘qoldi qarorim,
Tanimda qolmadi madorim.
Bizlarni bir yo‘qlab kelibsan,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

Yoz o‘tdi, kuz o‘tdi, qish o‘tdi,
Boshlardan sinovli ish o‘tdi.
Yurakka izg‘irin - nish o‘tdi,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

Yam-yashil qirlarni sog‘indim,
Chechakzor yerlarni sog‘indim,
U inja sirlarni sog‘indim,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

Lolaning lablari xandadir,
Dog‘i ham tubida - andadir.
Qxshashi ruh ila tandadir,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

Intiqmiz do‘st bilan, yor bilan,
She’r bilan, soz bilan - tor bilan,
Diydorlash bizningdek xor bilan,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

A.Oripov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:54:00
Ona

Kimdir savol berdi: - Aytgil, Muhammad,
Yolg‘iz sen Rasulsan butkul olamga.
Kimga ko‘p yaxshilik aylay, o‘zing ayt,
Ota-onamgami yoxud bolamga?

Rasul javob qildi: - Tingla, birodar,
Gapimni bir bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar,
O’ng avval onangga yaxshilik qilgil.

Bu hikmat sharhini o‘yladim uzoq .
Rostdan ona erur qiblai olam.
Garchi barchamiz ham padarmiz, biroq
Onadan tug‘ilgan payg‘ambarlar ham.

A.Oripov

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:10:57
Otalar ilgida zamon bilan vaqt

Otalar sha’niga loyiq so‘z demoq
Tabarruk bir kitob yozish bilan teng.
Ularning mehri-ku, bamisli charoq,
Bag‘ri ham yulduzli osmon kabi keng.

Sharqona tashbehni olsam gar yodga,
Bir nomi buzurgu bir nomi faqir.
Zaminni kaftida tutib, avlodga
Bus-butun yetkazgan otalar, axir.

Yuksak-yuksaklarda uchgan sor lochin
Nazar uzmagandek polaponidan.
Bardavom naslini asramoq uchun
Axir ota qavmi kechgan jonidan.

Non, degan farzandning dardli xitob
Goh uni tiriklay chohlarga tiqqan.
Bardoshli umrning zaqqum zardobi
Sochlari qirovdek ko‘pirib chiqqan.

Taxti Sulaymondan balanddir beshak
Ota deb atalgan martabayu baxt.
Farzand bunyod bo‘ldi, o‘lim yo‘q demak
Otaning ilgida zamon bilan vaqt.

Men ko‘kka termulib kutmasman madad
Do‘st izlab har yonda kezmasman sarson
Do‘stu madadkor ham otadir abad,
Shoni - shoning erur, armoni — armon.

A.Oripov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:11:23
Xatolaring kerak ularga

Shundaylar bor, senga lutf aylab,
Do‘stman, deya qo‘lin tutarlar.
Lekin har zum qadaming poylab,
Xato qilishingni kutarlar.

Xato qilsang, ularga bayram,
Yo‘qsa, zahru zaqqum yutarlar.
Mayli, jindek, zarra bo‘lsa ham,
Xato qilishingni kutarlar.

Xatolaring kerak ularga,
Shox-novdangni darhol butarlar.
Tag‘in kunni ulab tunlarga,
Xato qilishingni kutarlar.

Axtarurlar hamisha illat,
Yetti pushting go‘rin titarlar.
Faqat unma, ulg‘ayma faqat,
Xato qilishingni kutarlar.

Ular senga bir umr yo‘ldosh,
Sodiq hamroh kabi o‘tarlar.
Qabring uzra egsalar ham bosh,
Xato qilishingni kutarlar.

A.Oripov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:11:45
Meni olib keting

Tinch edi hamma yoq, tinch edi har yon,
Titradi go‘yoki yer bilan osmon.
Boshimga xastalik tushdi nogahon,
Meni olib keting o‘z diyorimga.

Issiq jon, deydilar, jon bo‘lsa bo‘lar,
Payt kelsa chechak ham sarg‘ayar, so‘lar.
Kim bilgay paymonang qay yerda to‘lar,
Meni olib keting o‘z diyorimga.

Ginam bor bu yurtning na havosidan,
Mehribon doktorning na davosidan.
Qaytarmang xastani muddaosidan,
Meni olib keting o‘z diyorimga.

Sha’nimga g‘ayurlar bir so‘z demasin,
Har kim o‘zi tortar umr kemasin.
Hech kimni mushtoqlik dardi yemasin,
Meni olib keting o‘z diyorimga.

Talpingan diyorim, u - O’zbekiston!
Sehrini aytishga bormi hech imkon!
Yo‘q, o‘zga yurtlarda berolmasman jon,
Meni olib keting o‘z diyorimga.

A.Oripov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:12:11
O'zbekistonim, Senga

Aylayin qalbimni tortiq nurli bo‘stonim, senga,
Sen vatandirsan, fidodir tanda bu jonim senga.

Bebahosan, asragayman gavharim, deb men seni,
Sen qarog‘ bo‘lsang agarda, sadqa mujgonim senga.

Sendan ayru dam uzundir, lahzalar ham yilga teng,
Bir umrga lek barobardir kerak onim senga.

Har bir ahling bitta yulduz, kavkabistonim o‘zing,
To hayotdirman, charog‘im, shu’layi shonim senga.

Yoru do‘stlar jam bo‘libdir, to‘y qilur o‘zbek elim,
Men degayman xush kelibsan, do‘stu mehmonim, senga.

Xizmatingga shay erurman, mehnatingda ham o‘zim,
Baxtiyorman, sarf etolsam borki imkonim senga.

Dilda borim sen uchundir, qo‘lda torim sen uchun,
Qayda bo‘lsam talpinurman, O’zbekistonim, senga.

Abdulla Oripov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:12:44
O'zbegim
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon o'zbegim,
Senga tengdosh Pomiru
Oqsoch Tiyonshon, o'zbegim.

So'ylasin Afrosiyobu
So'ylasin O'rxun xati,
Ko'hna tarix shodasida
Bitta marjon, o'zbegim.

Al Beruniy, Al Xorazmiy,
Al Farob avlodidan,
Asli nasli balki O'zluq,
Balki Tarxon, o'zbegim.

O'tdilar sho'rlik boshingdan
O'ynatib shamshirlarin
Necha qon, necha sulton,
Necha ming xon, o'zbegim.

Tog'laring tegrangda go'yo
Bo'g'ma ajdar bo'ldi-yu,
Ikki daryo - ikki chashming,
Chashmi giryon, o'zbegim.

Qaysari Rum nayzasidan
Bag'rida dog' uzra dog',
Chingizu Botu tig'iga
Ko'ksi qalqon, o'zbegim.

Yog'di to'rt yondin asrlar
Boshingga tiyri kamon,
Umri qurbon, mulki toroj,
Yurti vayron, o'zbegim.

Davr zulmiga va lekin
Bir umr bosh egmading,
Sen - Muqanna, sarbador - sen,
Erksevar qon, o'zbegim.

Sen na zardusht, sen na buddiy,
Senga na otash, sanam,
Odamiylik dini birla
Toza imon, o'zbegim.

Ma'rifatning shulasiga
Tolpinib zulmat aro,
Ko'zlaringdan oqdi tunlar
Kavkabiston, o'zbegim.

Tuzdiyu Mirzo Ulug'bek
Ko'ragoniy jadvalin,
Sirli osmon toqiga ilk -
Qo'ydi Narvon, o'zbegim.

Mir Alisher na'rasiga
Aks-sado berdi jahon,
She'riyat mulkida bo'ldi
Shohu sulton, o'zbegim.

Ilmu she'rda shohu sulton,
Lek taqdiriga qul,
O'z elida chekdi g'urbat,
Zoru nolon, o'zbegim.

Mirzo Bobur - sen, fig'oning
Soldi olam uzra o't,
Shoh Mashrab qoni senda
Urdi tug'yon, o'zbegim.

She'riyatning gulshanida
So'ldi mahzun Nodira,
Siym tanni yuvdi ko'z yosh,
Ko'mdi armon, o'zbegim.

Yig'ladi furqatda Furqat
Ham muqimlikda Muqiym,
Nolishingdan Hindu Afg'on
Qildi afg'on, o'zbegim.

Tarixing bitmakka, xalqim,
Mingta Firdavsiy kerak,
Chunki bir bor chekkan ohing
Mingta doston, o'zbegim.

Ortda qoldi qo'hna tarix,
Ortda qoldi dard, sitam,
Ketdi vahming, bitdi zahming,
Topdi darmon, o'zbegim.

Bo'ldi osmoning charog'on
Tole xurshidi bilan,
Bo'ldi asriy tiyra shoming
Shu'laafshon, o'zbegim.

Men Vatanni bog' deb aytsam,
Sensan unda bitta gul,
Men Vatanni ko'z deb aytsam,
Bitta mujgon o'zbegim.

Faxr etarman, ona xalqim,
Ko'kragimni tog' qilib,
Ko'kragida tog' ko'targan
Tanti dehqon, o'zbegim.

O'zbegim deb keng jahonga
Ne uchun madh etmayin!
O'zligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon, o'zbegim.

Men buyuk yurt o'g'lidurman,
Men bashar farzandiman,
Lekin avval senga bo'lsam
Sodiq o'g'lon, o'zbegim.

Menga Pushkin bir jahonu
Menga Bayron bir jahon,
Lek Navoiydek bobom bor,
Ko'ksim osmon, o'zbegim.

Qayga bormay, boshda do'ppim,
Shuhratim, qadrim buyuk,
Olam uzra nomi ketgan
O'zbekiston, o'zbegim.

Bu qasidam senga, xalqim,
Oq sutu tuz hurmati,
Erkin o'g'lingman, qabul et,
O'zbegim, jon o'zbegim.


E.Vohidov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:13:07
Sevgi
Sevgi shunday navbahorki,
U tikandin gul qilur,
Toshga jonu til bag'ishlab,
Zog'ni ham bulbul qilur,

Sevgi shunday dard erurki,
Barcha bo'lg'ay mubtalo,
Mubtaloni neki qilsa
Telba bu ko'ngil qilur.

Sevgi shunday tangridirki,
Unga tengdur shoh, gado,
Qulni aylab shohu sulton,
Shohni bo'lsa qul qilur.

Sevgi shunday bir olovki,
Jonga undan yo'q omon,
Gulxanida o'rtab-o'rtab,
Bir kun oxir kul qilur.

Sevginingdir hukmi mutlaq,
Istasa shaydolarin
Chashmi giryonidan ummon,
Ohidan dovul qilur.

Sevgiga she'r bitding, Erkin,
Besabab ermaski, ishq -
Aylagach ko'ngulni ishg'ol,
She'r ila mashg'ul qilur.

E.Vohidov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:13:27
Donishmand Tabib
Alqissa juda qadim, jaholatli zamonda,
Bir donishmand, ulug' hakim , o'tgan ekan jahonda.
U kun bu'yi giyoh terib, kezib bog'u biyobon,
Odamlarga shifo berib, yashar ekan shodumon.

Unga ming bir mushkul dardning, ayon bo'lib shifosi,
Odamlarning bora-bora ortaverdi ihlosi.
Tabobatga qalban, ruhan, fido qilib o'zini,
Ohir bir kun nashtar bilan ochdi ko'rning ko'zini.

Rivoj topmish sohib hislat, donishmandga madadkor,
Lekin qayda bo'lsa shuhrat, yon boshida hasad bor.
Davohonlar, parihonlar, o'quvchilar chilyosin,
Hullas yurtda bor nodonlar, boshladilar ig'vosin.

"Bandasiga bermoq doru, yaratganga isyondir
Demak tabib ishi makru, o'zi esa shaytondir"
Bu so'zlarni chin deb bildi nodon, johil olomon,
Donishmandni sazo qildi, kaltakladi beomon.

Cho'g temirda ko'ksin dog'lab, dorga osmoq bo'ldilar,
So'ng bo'yniga harsang bog'lab, suvga bosmoq bo'ldilar.
So'ng suvni ham, harsangni ham hayf bilib "shayton" ga,
"Yoqing" - dedi eng bosh hakam,-"Olib chiqib maydonga"

Keng maydonga ustun ko'mib, bog'ladilar hakimni.
So'ng temirni o'tga qo'yib, dog'ladilar hakimni.
Buyurdilar: "Yoqing shitob, Azroilning oshnasin"
Dedi : "kimga kerak bo'lsa savob, cho'p keltirib tashlasin"

"Savob" uchun kimdir o'tin, kimdir tashlar dona has.
Hakim boshin mag'rur tutib, johil elga qaramas.
Shu payt tabib sari bir chol, asta kela boshladi,
Quchog'ida bir bog' pohol, g'aram uzra tashladi.

Dedi: "Asl tug'ilganda , basir edim men o'zi,
Sen duoning kuchi birla ochib qo'yding ko'r ko'zim.
Tangri bilib yaratgan ko'r, davo qilding ne uchun?
So'roqda men manglayi sho'r, nima deyman Mahshar kun.

Haq yo'lidan ozgan odam, davo qilib ne berding,
Meni bir yo'l u dunyom ham, bu dunyomdan ayirding.
Ko'rligimda bu dunyoni tasavvurda ko'rardim.
Dunyodagi bor odamni mushfiq bilib yurardim.

Shafqat ila kim nonu, kim chaqa tashlab ketardi,
Men ham shunga to'ygan edim, shu ham menga etardi.
Qornim to'ysa saodatim, yo'q tuman hil tilaklar,
Ham ulfatim, hamsuhbatim, jajji shirin go'daklar.

O'ylar edim dunyoda bor musaffolik, soddalik,
Ko'zim ochib ilk bor ku'rdim, berahmlik, sohtalik.
O'g'irligu, fahshni kurib, jim yurarkan odamlar.
O'z do'stiga kulib turib, tig' urarkan odamlar.

Bir yonga boq; Ayshu-ishrat.Bir yonga boq: Ohu-voh,
Bu kun mening ko'nglimda g'ash, imonimda ishtivoh.
Derdim, yurtni bir bor ko'rsam, ko'rdim : ko'nglim to'q endi,
Yo'lda yotgan ko'rchalik ham, e'tiborim yo'q endi.

Ado bo'ldim, to'yib ketdim, Ado bo'lsam mayliga,
Yo qaytadan usha g'arib, gado bo'lsam mayliga.
Ko'r bo'lsam ham mayliga...
Bu so'zlarni eshitdi-yu, faryod urdi donishmand,
"Yoqing"- deya so'radi u, "olov bo'lsin sarbaland

To'yib ketdim bu dunyodan, hech toqatim qolmadi,
Mendan shifo oldi olam, odam shifo olmadi.
Jaholatning zahri tekkan nodon, johil, gumrohlar,
Davosiga ojiz ekan, men kashf etgan giyohlar.

Ko'r ko'zlarga nur bahsh etdi, men kashf etgan giyohlar,
Qalb kuzini ochmoqqa lek kamlik qildi hunarim.
Odamlarga men yahshilik, qilmoq bo'ldim , netayin?
Manglayda shu ekan bitik, yoqing kuyib ketayin."

O't yoqdilar yondi gulhan, qaro bo'ldi samovot,
Jaholatning hukmi bilan ado bo'ldi buyuk zot.
Gulhan yondi ko'kka o'ralib, cho'gi har yon sochildi,
Shu olovdan elning,ajab, aql ko'zi ochildi.

Yigladilar aza tutib, o'kindilar, kuydilar,
Yillar o'tib donishmandga oltin haykal qo'ydilar.
E, voh, hakim ko'zi bilan ko'rsaydi bu hurmatni,
Lekin olim o'zi bilan olib ketdi hikmatni...

Qo'y, ey, ko'nglim, sen bu qadar dahshatni kam o'ylagin,
Senga nasib bo'lgan davron, sozin chalib kuylagin.
Shukronalik, mayni ichib, yayrab qolgin har nafas,
Bu dunyodan bir kun kechib, ketguvchi bir biz emas.

Qo'y, ey, ko'nglim, Haq muhabbat, she'r zavqiga qo'naylik.
O'tda yonish bo'lsa mayli, she'r o'tida yonaylik.
Faqat bizga g'am u qadar, qayg'u hasrat yot bo'lsin,
To biz uchun jon berganlar, RUHI DOIM SHOD BO'LSIN!

E.Vohidov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:13:51
Tushlik tanaffus
Sokingina yashar edi u, na shodligi ayon, na dardi,
Tongda to'gri ishga borar u, oqshom to'gri uyga qaytardi.
Ulfati yo'q, ko'cha kezmagan, maishat ne bilmagan odam.
Birov sezib, birov sezmagan, borligi-yu, yo'qligini ham.
Bir mo'minga doir bir qotil, esh bo'lganday yorug' dunyoda,
Manglayiga bitgandi hotin, azozildan ming bor ziyoda.
Cho'ntagiga erning to'r halta, qulog'iga solib olam gap,
Ro'yhat qog'oz bilan albatta, kuzatardi har kun ertalab.

Sodda, noshud, oriq, kichkina; har kun uyda o'tirib oqshom,
Gazetdan ko'z olmay tinchgina, eshitardi hotindan dashnom.
Tiriklikning tashvishi, g'ami, hammani ham qilgandek ado,
Uchdi bir kun umrining shami, bu olamdan ketdi benavo.

Hotin ku'zni ochib g'aflatdan. Bildi; tayanch tog'i yo'qoldi.
Shaddod hotin shunda da'fatan, mushtiparga aylandi, qoldi.
Ko'rgilikning bari da'fatan, qazo boqmas nola-yu, zorga,
Mana u ham bir kun odatan, sham ko'tarib keldi u ayol.

Qudrat tilang uning sabriga, uni kutar bunda turfa hol:
Qotib qoldi: eri qabriga sham yoqardi o'zga bir ayol.
Qotib qoldi. To'plab nihoyat, bor makri-yu irodasini,
Yashiroldi ko'zdagi hayrat, va hayojan ifodasini.

Ayol sari yurdi beparvo. Salom berdi, so'rab kechirim,
Dedi ko'ngil olgandek go'yo: "Kim bo'ladi bu odam?"- "Erim"
"Erim"- bu so'z hotin qalbiga, olovli o'q bo'lib sanchildi,
Endi bildi, er uni nega, hush ko'rmasdi, ha endi bildi.

Nahot shunday beozor odam, nahot bo'lsa boshqa hotini,
Qani endi shundan keyin ham, oqlab ko'ring erkak zotini.
Qani endi go'rni ochsa-yu, bevafoni tutsa so'roqqa,
So'ng eriga qo'shib mana bu, megajinni ko'msa tuproqqa.

E, voh, ayol g'azabidan ham, makridan ham asra hudoyim,
Yondirsa-da ichini alam, savol so'rar yana muloyim.
"Bolalarchi?"- "Qolmadi yodgor. Menga uning yodi kifoya,
G'ayriodat ishq bu betakror, eshitsangiz qilay hikoya.

Men u bilan tushlik chog'ida, oshhonada dastlab ko'rishdim,
Men stolning narigi yog'ida, U bu yoqda o'tirgancha jim,
Ovqatlandik ertasiga ham, indininiga shu bo'ldi takror,
Ettinchi kun deganda ilk bor, "Yahshimisiz"-, dedi bu odam.

Tanishuv kun bo'ldi bu bizga, salomlashib yurdik necha kun.
Kechirasiz, ne bo'ldi sizga? Titrayapsiz, singiljon, nechun?"
"Hechqisi yo'q, sovqotdim bir oz. Davom eting "- "Hullasi kalom,
Bir-birovga o'rgandik oz-oz, bir-birovga bog'landik tamom.

Shunday ekan qismat hohishi, Men ham edim dunyoda tanho,
U, kamina beozor kishi, dardlarimga bo'ldi oshino.
Men-ku yolg'iz edim; na otam, na onam bor, na oilam bor.
Yolg'iz ekan dunyoda u ham: Farzandlar g'o'r, HOTIN DILOZOR.

Sodda noshud, ko'rimsiz; ammo, qalbi uning bir olam edi,
Teran fikrat, hislar musaffo, fidoiylik jamuljam edi,
E, voh, qadrin bilmadi dunyo, loyda yotgan dur edi bu zot,
Mening zulmat hayotim aro, "yarq" etgan bir nur edi, bu zot.

Dardlashardik bechora bilan, ikkimizda nadomat afsus,
G'am-anduhlar izhori bilan, o'tar edi tushlik tanaffus.
U so'zlardi, men tinglar edim, men so'zlardim, kuyardi u ham.
Gohi uzoq o'tirardik jim...Ko'zimizga cho'kib tubsiz g'am.

Mening ko'zim derdi: "Ey, aziz, qayda eding o'ttiz yil avval?"
Uning ko'zi derdi: "Foydasiz. Bu dunyoda baht yo'q mukammal"
Mening ko'zim derdi:"Men muhtoj. Qidirgandim seni bir umr"
Uning ko'zi derdi:"Na iloj. Kech bo'lsa ham ko'rishdik. Shukr"

So'rsalarki :"Qay vaqt saodat, bo'lgan sening umringga oshno?"
Derdim:"BESH YIL, HAR KUN BIR SOAT, faqat tushlik tanaffus aro"
O'zga makon, o'zga zamonda. Paydo bo'lgan olis yulduzlar,
El ko'zidan pinhon osmonda. Ko'rishgandik faqat kunduzlar.

Bu ham turmush... Mana nihoyat, judo bo'ldik, bor gap shu singil
Tamom bo'ldi dardli hikoyat..."

Oqshom cho'kar, tushar qorong'u, hazonlarni supurar shamol,
Yarimta oy surgancha hayol, sokingina taratar yog'du.
Qabristonda qolmagan odam, huvillagan sukunat aro,
Bir qabr uzra yonar ikki sham... Ikki ayol yig'lar besado...

E.Vohidov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:14:28
"Fors taronalari" turkumidan
Sergej Eseninning "Persidskiye motivi" she'riy turkumidan Erkin Vohidov tarjimasi
Dog’lar ketmish majruh ko’ngildan,
Mast vasvasa qo’zg’amas tug’yon.
Men dardimga Tehron gulidan,
Choyhonada topoldim darmon.

Choyhonachi — baquvvat, o’ktam.
Qoyil qolsin rus, deb, choyimga.
O’tkir aroq, may o’rniga ham,
Achchiq-achchiq choy tutar menga.

Siyla, mezbon, ammo had bilan,
Bog’ing aro turfa gullar bor.
Oqshom menga niqob ostidan,
Dilbar ko’zin suzmadi bekor.

Rossiyada gulday qizlarni,
Tutqunlikda saqlamas erlar.
Sarmast etar bo’sa bizlarni,
Bexanjaru bamakru bezar.

Bu tong yuzli dildor qoshimda,
Bir bor xirom etsa noz bilan.
Shohi ro’mol solgum boshiga,
Yo’llariga — sheroziy gilam.

Mezbon, choy qo’y menga lolagun,
Shoir senga so’ylamas yolg’on.
Ehtiyot bo’l o’zingga bugun,
So’ngra mendan qilmagin gumon.

Eshikka ko’p qarayverma sen,
Gulbog’ingga baribir yo’l bor.
Oqshom menga niqob ostidan,
Dilbar ko’zin suzmadi bekor.


* * * * *

Shahinam, o mening Shahinam,
Bilsang, shimol Vatandir,menga.
Dalalardan so'ylaymi senga,
Oy nur sepgan boshoqlardan ham,
Shahinam, o mening Shahinam.

Bilsang, shimol vatandir menga,
Unda oy ham yuz bora ulkan.
Sheroz qancha bo'lmasin ko'rkam,
Aziz o'lka Ryazandir menga,
Bilsang, shimol vatandir menga .

Dalalardan so'ylaymi senga?
Sochim olmish bugdoyidan rang.
Barmog'ingga o'ra hohlasang,
Zarra og'riq sezilmas menga,
Dalalardan so'ylaymi senga?

Oy nur sepgan boshoqlardan ham,
Oltin sochim so'ylasin, dildor.
Kul, o'yna-yu, dalamni zinhor
Eslatmagin menga, jonginam,
Oy nur sepgan boshoqlarni ham.

Shahinam,o mening Shahinam,
Shimol yoqda bir nozanin bor:
Senga o'xshar,g'oyatda dildor,
Balki meni o'ylar ul sanam"¦
Shahinam, o mening Shahinam.

* * * * *

Deding: Sa'diy doimo yorning
Siynasidan olarkan bo'sa.
Xudo haqqi, shoshma dildorim,
Qochmas axir o'rganish bo'lsa.

Deding: Qur'on so'zi azaldan
"Al qasosu minal haq, tamom!"
Men tug'ilgan bo'lsam Ryazanda,
Qaydan tanish bo'lsin bu kalom.

Sen kuylading:"Front ortida,
Gullar bor-ki qizlardan go'zal".
Boy bo'lsaydim qo'shiq bobida
To'qir edim boshqa bir g'azal.

Gar qizlardan bo'lsa ziyoda,
Men gullarni kesardim butkul.
To ko'rmayin yorug' dunyoda,
Sahinamdan suluvroq bir gul.

O'git bilan qiynama endi,
O'gitlaring menga ne darkor.
Shoir bo'lib dunyoga keldim,
Shoir kabi o'paman dildor.

* * * * *

Men Bosforda bo'lmaganman hech,
Uni so'ylab berolmam senga.
Lekin moviy ko'zlaring har kech,
Dengiz bo'lib ko'rinar menga.

Qilmaganman Bog'dodga safar,
Karvon bilan eltmadim xino.
Ammo bir zum tin olsam netar,
Tizzangga bosh qo'yib dilrabo.

Shafqat ayla jonginam derman,
Ham qilurman qancha iltijo,
Rossiyada mashhur shoirman,
Nechun zarra qilmaysan parvo?!

Kuy taratar qalbimda garmon',
Qaydadir it hurar oydin kech.
Eron qizi,moviy, bepoyon,
Yurtni ko'rging kelmaydimi hech?

Bunda ko'ngil yozgani emas,
Izlab keldim hayolan seni.
Oqqushqanot qo'llar har nafas
Og'ushiga chorladi meni.

Nolishim yo'q o'tgan umrimdan,
Ammo horg'in dil izlar orom.
Dilbar, menga quvnoq yurtingdan,
Biror narsa so'yla bu oqshom.

Afsun bilan tarqat o'ylarim,
Toki chiqsin ko'nglimdan garmon',
Toki o'sha shimol dilbarin
O'ylamayin, qilmayin armon.

Men Bosforda bo'lmaganman hech,
Ammo so'ylab berurman senga.
Chunki moviy ko'zlaring har kech,
Dengiz bo'lib ko'rinar menga.

* * * * *

Za'far yurtga nur to'kar oqshom,
Bog`da gullar javlon urgan payt,
Kel, jonginam , qo'shiq ayt, Hayyom-
Kuylab o'tgan qo'shiqlardan ayt
Bog'da gullar javlon urgan payt.

Oy nuriga g'arq bo'lgan Sheroz,
Parvonadek uchar yulduzlar.
Menga yoqmas, o'rtanaman, rost,
Niqob tutsa dilrabo yuzlar.
Oy nuriga ko'milgan Sheroz.

Qizlar yuzin saqlar niqobda,
Issiqdanmi bo'lib asramoq,
Yo kuymasin derlar oftobda.
Sevsin uchun yigitlar ko'proq-
Qizlar yuzin saqlar niqobda.

Niqob bilan do'st bo'lma gulro',
Yoz so'zimni yoding lavhiga,
Umr o'zi g`oyat qisqa-ku,
To'ymoq qiyin tole shavqiga,
Yoz so'zimni yoding lavhiga.

Qismatlarda ne qarolik bor,
Qolmas bir zum baxsh etsang rohat.
Gunoh bo'lur shu sabab, dildor,
Bu dunyoda yashirsang tal'at,
Bergach uni ona-tabiat.

Bog`da gullar tebranar oqshom,
Yuragimda o'zga bir diyor.
O'zim senga qo'shiq aytay, yor!
Bu qo'shiqni bilmagan Hayyom,
Bog`da gullar tebranar oqshom.

* * * * *

Havo toza, musaffo, zangor,
Gulzor bo'ldi menga saylgoh.
Ufqlarga yo'l olgan sayyoh,
Yetolmaysan sahroga zinhor.
Havo toza musaffo, zangor,

Dalalardan o'tasan tanho,
Bog`lar senga ochadi quchoq.
Chinni gulga bo'lib mahliyo,
Qarshisida cho'karsan nogoh
Dalalardan o'tganda tanho.

Shitirlar, yo'q, shivirlar barglar,
Nafis, go'yo Sa'diy g`azali .
Ko'zlaringga ko'kning go'zali-
Oltin oydan yog`iladi zar.
Nafis: go'yo Sa'diy g`azali.

Dil qo'shig`in bastalar pari,
Nay sasidek mayin, dilrabo.
Og`ushiga olsa ul barno
Ketar dildan g`am, hijron nari,
Nay kuylaydi mayin, dilrabo.

Mana, uzoq kezib piyoda
Charchaganing ezgu matlabi:
Esar salqin, xushbo'y shabboda,
Shimiradi qaqragan labim.
Esar salqin, hushbo'y shabboda.

* * * * *

Oy yuzida tillarang jilo,
Sambitguldan taralar hushbo'y,
Kezmoq na soz, quvnoq va hushro'y
Moviy o'lka sukuti aro.

Yiroqlarda Bog`dod. Bir zamon
Shahrizoda yashagan diyor.
Ul sanamga endi ne darkor,
Hazon bo'lmish jannat guliston.

Ul sharpalar singibdi yerga,
Dev, parilar bo'lmishdir tuproq,
Bosh egma, ey sayoh, qabriga,
Arvohlarga solmagin quloq.

Atrofga boq, qanchalar barqut!
Dudog`ingni tortar chechaklar.
Dushmanga ham do'stlik qo'lin tut,
Yorug` bo'lsin ko'nglim, desang gar.

O'yna, sendan ne qolur o'lsang,
Visol aylab ishq boliga to'y,
O'liklarga sig`inmoq bo'lsang ,
Tiriklarni o'z holiga qo'y.

Shunday degan Shahrizoda ham,
Barglar aytar yana bir bora.
Bu dunyoda armonsiz odam
Bechoralar ichra bechora.

* * * * *

Hurosonda bir darvoza bor,
Ostonasi gulga ko'milgan.
Unda yashar bir pariruhsor,
Hurosonda bir darvoza bor,
Hayhot, uni ocholmadim man.

Qo'llarimda kuch ham etarli,
Sochlarimdan oltin rang olgan,
Asir etdi meni ul pari,
Qo'lda garchi kuchim etarli,
Ul eshikni ocholmadim man.

Mardligim ne ishq maydonida.
Ayting, kimga qilay sharhi g`am?!
Sevmas bo'lsa Shahi jonidan,
Ul eshikni ocholmas bo'lsam,
Mardligim ne ishq maydonida?!

Yana tushdi Rus sari yo'lim,
Eron, sendan ketgummi hali.
Nahot seni boz ko'rmas bo'ldim?
Ona-yurtga mehrim tufayli
Yana tushdi Rus sari yo'lim.

Hayr endi, hayr, parizod!
Darvozangni ocholmasam-da,
Shirin g`aming birla umrbod
Kuylab o'tay seni o'lkamda.
Hayr endi, hayr parizod!

* * * * *

Firdavsiyning moviy diyori,
Ko'pni ko'rgan ey, ko'hna diyor!
O'ychan nigoh , ko'zi zangori
O'rusingni unutma zinhor!
Firdavsiyning moviy diyori.

Ajoyibsan, go'zalsan, Eron,
Lolalaring bamisli chiroq,
Ular menga olis bepoyon
Bir o'lkani eslatar harchoq,
Ajoyibsan, go'zalsan, Eron.

Sipqorurman eng so'nggi bora
Sharob yanglig` mushkin bo'ingni,
Jonim Shahi, dilbar kuyingni
Ayrilarkan sendan nachora,
Tinglagayman eng so'nggi bora!

Kuying mangu qalbimda qolar,
Seni aslo unutmam, jonon!
Tog`lar oshib, kezib sahrolar,
Sen haqingda kuylayman doston,
Kuying mangu qalbimda qolar.

G'amlaringdan qo'rqmasman sira,
Faqat meni saqla yodingda,
Rus haqida bir kuy qoldiray!
Meni esla kuyla oningda,
Qo'shiq bo'lib yashay yoningda.

* * * * *

Shoir bo'lmoq - bu ku tayin gap -
O'z joningni o'rtamoq faqat.
Hanjar urib nozik taningga,
O'zgalarga bahsh etmoq lazzat.

Shoir bo'lish - kenglikni kuylash,
Senga ko'proq bo'lsin deb oshkor.
Bulbul ko'ngli bilarmi hech g`am -
U qiladi bir kuyni takror?!

O'zgalarning ovozi bilan,
To'tiqush ham biyrondir, ammo,
Kuyla faqat o'z sozing bilan,
Qurbaqadek bo'lsa ham hatto.

Qur'onda man etmish Muhammad,
Lab urma deb hatto sharobga.
Shoir ichar shuning-chun ham may,
Tashlar ekan o'zni azobga.

Shoir kelib yori oldiga
Yot qo'ynida ko'rsa uni gar,
Obi hajot taskin qalbiga,
Qiz ko'ksiga urmaydi hanjar.

Rashkda yonib, ko'ngilda tug`yon
Asta kuylab tashlaydi qadam:
"Mayli, bo'lay horu sargardon,
Taqdirimda bor ekan bu ham".

* * * * *

Bir juft oqqush - jonon yo'llari
Sho'ng`ir oltin sochlarim aro.
Bu dunyoda odamlar bari
Ishqni kuylar takror va takror.

Kuylaganman men ham bir mahal,
Bugun yana takrorlar ko'ngil,
Otash so'zin boisi o'shal,
Nafis she'rim sababi ham ul.

Jon-joningga singsa muhabbat
Qalb ko'ksingda oltin tosh bo'lur.
Bahsh etolmay kuyga harorat
Tehron oyi ko'kda fosh bo'lur.

Qanday yashay endi, bilmayman,
Yo Shahi-la kechsin tunlarim.
Qariganda yo qilay armon
Ishqni kuylab o'tgan kunlarim.

Har kimda bir o'zgacha e'zoz,
Har kimda bor o'zgacha havas.
Gar Eroniy kuylolmasa soz,
Bilingki , u sherozlik emas.

Men haqimda ayting, kimki bu
Kuyim tinglab meni so'rsa gar.
U bundan ham soz kuylardi-yu,
Harob qildi o'shal oqqushlar.

* * * * *

Nechun ma'yus taratar ziyo
Oy Huroson chamanlariga.
Rus' bag`rida kezaman go'yo
Cho'mib oqshom tumanlariga.

Shunday deya, ey go'zal La'lim,
Shamshodlardan ayladim savol.
Bu sir bizga emasdir ma'lum,
Degan kabi boqdi ular lol.

"Ne uchun oy ma'yus sochar nur?"
Chechaklarni tutdim so'roqqa.
Ular dedi: guldan so'rab ko'r,
Sahar pati kirganda boqqa.

Gul tebratdi asta shohini,
Tilga kirib so'yladi gulbarg.
"O'zga bilan bo'ldi Shahina,
O'pdi bu kech o'zgani dilbar".

Dedi yoring : "Qaydan bilar rus,
Qo'shiq unga ham tanu ham jon".
Shuning uchun oy boqar ma'yus,
Shuning uchun yuzida yo'q qon.

Ne jafolar ko'rmadi olam,
Hiyonatu ko'z yoshdan hunlar.
Lekin, mayli ,har na bo'lsa ham
Mo'tabardir naparmon tunlar.

* * * * *

Talpinma ko'p, devona ko'ngil,
Barchamizdan yuz o'girmish baht.
Shavqat tilar gadolar faqat"¦
Talpinma ko'p devona ko'ngil.

Fusunkor oy kiyib zar libos,
Shu'la to'kar kashtanlar uzra:
Qo'yib La'lim siynasiga bosh,
Pardasini tortaman yuzga.
Talpinma ko'p,devona ko'ngil.

Biz barchamiz go'dakmiz bir oz,
Goh ko'zda yosh, goh labda kulgu.
Bo'lmish ushbu dunyoda me'ros
Barchmizga shodlik va qayg`u.
Talpinma ko'p , devona ko'ngil.

Ko'rganman ko'p elatlarni men,
Tole izlab kezganman jahon.
Yuragimning ezgu istagin
Endi ortiq qidirmam sarson.
Talpinma ko'p, devona ko'ngil.

Umidim bor hayotdan hali,
Tugamagan ko'nglimda bardosh,
Kel, bir nafas orom ol, qalbim,
Uhla qo'yib yor ko'ksiga bosh,
Umidim bor hayotdan hali.

Zora taqdir boshimni silab,
Saodatga yor etsa bizni,
Tole' bulbul ovozi bilan
Allalasa pok sevgimizni.
Talpinma ko'p, devona ko'ngil.

* * * * *

Moviy o'lkam, quvnoq diyorim,
Qo'shiq uchun baxshida borim.
Tingla, mayin esgan shabboda,
Bulbul gulni chorlaydi bog'da.

Kuyga asta bosh egadi gul,
Sado berar bu kuyga ko'ngil.
Tingla, mayin esgan shabboda
Bulbul gulni chorlaydi bog'da.

Sen go'daksan hali, jonginam,
Shoirman-ku, go'dakman men ham.
Tingla, majin esgan shabboda,
Bulbul gulni chorlaydi bog'da.

Kechir meni, aziz G'oliyam,
Yo'llaringda gullar ko'p, sanam.
Senga egar barchasi qomat,
Faqat biri aylar sadoqat.

Shod bo'laylik, kel biz ham bu kun,
Shundaj moviy o'lka bor uchun.
Tingla, mayin esgan shabboda,
Bulbul gulni chorlaydi bog'da.

Moviy o'lkam, quvnoq diyorim,
Mayli , kuyga baxshida borim.
G'oliyam tinch uhlagan chog`da
Bulbul gulga she'r o'qir bog`da.

E.Vohidov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:15:19
Qalb shunday ummonki

Qalb shunday ummonki, uning bag'rida,
Dahshatli dolg'alar silsilasi bor.
Qalb shunday zaminki, otash qa'rida,
Vulqonlar otguvchi zilzilasi bor.

U bir sayyoradir. yerdek shafaqgun,
U bir olamdirki, bilmas nihoya.
Uni mehvaridan chiqarmoq uchun,
Atom jangi emas, bir so'z kifoya.

E.Vohidov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:15:44
Tush

Bir oy bo’ldi,
Takror-takror
Men bir xil tush ko’raman,
Tushlarimda mudrab yurgan
El ichida yuraman.

Ular bilan
Men ham mudrab,
Asta qadam sudrayman.
«Bu — tush», - deyman,
«Uyg’on!», - deyman,
Uyg'onolmay mudrayman.

Har tun shu hol,
Falak bergan
Bu ne balo, qiynoqdir?!
Ey, Xudoyim,
Ey, Xudoyim,
Kecha buncha uzoqdir!

E.Vohidov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:16:13
Kamtarlik haqida

Garchi shuncha mag'rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?

Kamtarin bo'l, hatto bir qadam
O'tma g'urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O'par doim peshonasidan.

E.Vohidov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:16:36
Qaro qoshing

Qaro qoshing, qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing, qiz.
Qilur qatlima qasd qayrab —
Qilich qotil qaroshing, qiz.

Qafasda qalb qushin qiynab,
Qanot qoqmoqqa qo'ymaysan.
Qarab qo'ygil qiyo,
Qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz.

E.Vohidov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:17:09
Sevgi

O'n sakkizga kirmagan kim bor,
Bo'g'imgdan gul termagan kim bor.
Sen haqingda yozib to'rt satr,
Sirdoshiga asta ko'rsatib,
Qo'shni qizga bermagan kim bor.

Dastlab har kim qalam olgan on
Yonib seni kuylar begumon.
Maskan qurib har bir ko'ngildan,
Oshiqlarni qoldirib tildan,
Shoirlarni qilursan biyron.

Tushdim chog'i men ham domingga,
Ezgu hislar baxsh etding menga,
Hayotimga zar lavha bo'lding,
Ilk she'rimga sarlavha bo'lding,
Xayollarim ulfatdir senga.

Yuragimda his etdim qanot,
Tilsim kabi ochilur hayot,
Visoldagi damlarim shirin,
Hijrondagi g'amlarim shirin,
Kulib boqar menga koinot...

O'n sakkizga kirmagan kim bor,
Bog'ingdan gul termagan kim bor...

E.Vohidov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:17:30
Xayrli kech

Tilak qadrin bilar odamlar,
Yaxshi niyat qilar odamlar.
Do'stga tungi orom oldidan
Xayrli kech tilar odamlar.

Xayrli kech — hikmatli istak,
Bu istakni buyurmish yurak.
Xayrli kech — farahli tuning
Osoyishta, tinch bo'lsin, demak.

Yer yuzida yashagan inson
Mayliga, u qayerlik bo'lsin,
Tinch mehnatda kunlari shodon,
Kechalari xayrli bo'lsin.

E.Vohidov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:18:10
Shoiru she'ru shuur

To tirikdirki tabiat,
To quyosh sochgayki nur,
Uch egiz bordir tushuncha,
Uch bu so'z yondosh bo'lur:

Mohiru mehru mahorat,
Olimu ilmu amal,
Oshiqu ishqu mashaqqat,
Shoiru she'ru shuur.

Erkin Vohidov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:18:40
Firoq haqida

Sen yiroqda,
Yoring yiroqda,
O'rtanadi joning firoqda,
Tugab borar bardosh — saboting,
Uchay desang, yo'qdir qanoting.
Sevar yoring vasliga mushtoq
Kechalaring o'tadi uyg'oq...
Ammo g'amdan boshingni bukma,
Shahlo ko'zdan yoshingni to'kma.
Dilbar, buni firoq dema hech,
Yorim mendan yiroq dema hech.
Chunki oro kirib joningga,
Bag'ring bir kun kelar yoningga.

Seni nohaq
Ranjitdi yoring,
Yo o'zgadan rashk etdi yoring.
Nolishingga quloq solmadi,
Izhoringdan ko'ngli qonmadi.
Ketdi boqmay hatto qayrilib...
Sen buni ham dema ayriliq.
Dil o'rtama, yig'lama aslo.
Sen bu hijron zulmati aro
Pok sevgingni aylagin chiroq, —
Visol bilan almashur firoq.

Sen sevasan,
Sevmaydi yoring,
Yor ko'ngliga yetmaydi zoring.
Sevganingni yoki bilmaydi,
Yo bilsa ham ko'zga ilmaydi.
Ayriliqda yonasan biroq —
Sen buni ham atama firoq.
Chunki sevging bo'lsa agar chin
Hijronlarni qilar chilparchin.
Ishon faqat, hech tolmay ishon,
Ishon bo'lsa chekinar hijron...

Yoring bo'lsa
Yoningda doim,
Yoring bo'lsa — ko'rkam, muloyim,
Har oningni kechirsang birga,
Birga bo'lsang butun umrga,
Hayot qurib ulab jonga jon,
Yashasang-u yillar yonma-yon —
Ammo bo'lsa ko'ngillar yiroq,
Dunyoda yo'q bundan zo'r firoq.
Bu firoqqa sira yo'q davo,
Bu firoqqa yo'liqma aslo!

E.Vohidov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:19:08
Kimni etmas bu ko'ngil shaydo

Dunyo ekan...
Ishq degan savdo
Bormi faqat mening boshimda?!
Kimni etmas bu ko'ngil shaydo,
Kim she'r yozmas mening yoshimda?!

Sevgi ilk bor tushdi-yu qalbga
Hayotimning bo'ldi mazmuni.
U qo'limga tutqazib qalam,
Ko'zlarimdan oldi uyquni.

Oldi butun fikru xayolim,
Ketdi dildan orom, halovat.
Sevgi butun borimni olib,
She'r zavqini qoldirdi faqat.

Borliq olam ko'zimga ming-ming Go'zallikka to'lib ko'rindi.
Gullar menga oshiq bulbulning
She'r daftari bo'lib ko'rindi...

Ayb etmangiz,
Do'stlar, bu savdo
Bormi faqat mening boshimda?
Kimni etmas bu ko'ngil shaydo,
Kim she'r yozmas mening yoshimda?!

E.Vohidov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:19:37
Barcha shodlik senga bo'lsin

Barcha shodlik senga bo'lsin,
Bor sitam zorlik, menga.
Barcha dildorlik senga-yu,
Barcha xushtorlik menga.

Sen mening jonimni olgin,
Men sening darding olay,
Barcha sog'lik senga bo'lsin,
Barcha bemorlik menga.

Senga bo'lsin barcha husnu
Menga bo'lsin barcha ishq,
Kori xunxorlik senga-yu,
Mehru poydorlik menga.

Bu jahonning rohatin ol,
Bor azobin menga ber,
Senga bo'lsin barcha orom,
Barcha bemorlik menga.

Ol o'zing koshonlarni,
Menga qo'y mayxonani,
Barcha xushyorlik senga-yu,
Barcha hummorlik menga.

Senga bo'lsin nurli kunduz,
Menga qolsin qora tun,
Barcha gulshan senga bo'lsin,
Bor tikanzorlik manga.

Sen shahanshohlikni olgin,
Menga qullik bo'lsa bas,
Bor jafokorlik senga-yu,
Bor vafodorlik menga.

Mayli, ostonangda yotsam,
Mayli, quvsang tosh otib,
Bor dilozorlik senga-yu,
Bor dilafgorlik menga.

Senga she'rni bitsin Erkin,
Yirtib otmoq o'z ishing,
Kasbi inkorlik senga-yu,
Aybga iqrorlik menga.

E.Vohidov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:20:07
Do'st bilan obod uying

Do'st bilan obod uying,
Gar bo'lsa u vayrona ham,
Do'st qadam qo'ymas esa,
Vayronadir koshona ham.

Intizor har uy dilovar
Dilkusholar bazmiga,
Gar oyoq qo'sa qabohat
Yig'lagay ostona ham.

Yaxshi do'stlar davrasida
Ochilursan har zamon,
Ko'rkni shoda ichra topgay
Marvarid durdona ham.

So'rma mendan, kim diloro,
Do'stmi yo jonona deb,
Do'st mening ko'nglimdadir,
Jonimdadir jonona ham.

Qochma rostgo'y do'stlarning
Koxishu ozoridan,
Qaddi rost shamning tilidan
O'rtanur parvona ham.

Do'st qidir, do'st top jahonda,
Do'st yuz ming bo'lsa oz,
Ko'p erur bisyor dushman
Bo'lsa u bir dona ham.

Kim senga hamroz emasdir,
Beg'araz deb o'ylama,
Gohi dushmanlik qilurlar
Qo'l siqib do'stona ham.

Do'sti sodiq yo'q ekan deb
O'rtanib kuyma va lek,
Mehr uyin keng ochsang, Erkin,
Do'st bo'lur begona ham.

E.Vohidov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:20:41
Rashkim

Seni yotlar tugul hatto —
Qilurman rashk o'zimdan ham,
Uzoqroq termulib qolsam
Bo'lurman g'ash ko'zimdan ham.

Ko'zim yongay senga nargis —
Ko'zin tiksa chamanlarda,
Yashirmam, lolaga rashkim
Ayon bo'lgay yuzimdan ham.

Degaylarki, charosu
Ol gilos olmish labingdan rang,
Labing tegsa hasad qilgum
Gilos birlan uzumdan ham.

Seni jonim dedim yolg'iz,
Seni qalbim dedim tanho,
Chimirding qosh, pushaymonman
Qo'pol aytgan so'zimdan ham.

Visol onida ko'z ochsa,
Ne tong, tongdan ko'ngilda ranj,
Judo qilgay meni oy yuz,
Xumor ko'z yulduzimdan ham.

Senga o'n to'rtda bog'landim,
Hanuz erkin bo'lolmas dil,
O'zim dog'man, aql kirmas,
To'zimsiz o'ttizimdan ham.

E.Vohidov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:21:04
O'rtada begona yo'q

Ko'yida men tosh boshimni
Urmagan ostona yo'q,
Elda bor shunday masal:
Jon chekmasang jonona yo'q.

Sevgi vodiysida menga
Teng bo'lolgay qaysi Qays?!
Ko'nglim ochsam, ikki dunyo
Bu kabi afsona yo'q.

Shahr ichida holatimdan
Kulmagan bir oqilu
Xilvat ichra menga ulfat -
Bo'lmagan devona yo'q.

Ne ajabkim, mast bo'libman
Ko'zlaringga termilib,
Yetti iqlimda bu yanglig'
May yo'gu mayxona yo'q.

Ishq g'amin aytsam qalamga
Ich-etin kuydirdi ul,
Sevgidek o't yo'q jahonda,
Men kabi so'zona yo'q.

Oq qog'ozim, senga Erkin
Ochdi pinhon ishqini,
Sen boru men bor, qalam bor
O'rtada begona yo'q.

E.Vohidov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:22:09
Nido (Bag'ishlov)

Hayqiraman,
Tog'lar bag'ridan
Gumburlagan sado keladi.
Ona-Yerning otash qa'ridan
"O'g'lim!" degan nido keladi.
"O'g'lim!"
Vujudimni chulg'ar alanga,
Bo'g'zimga tiqilar hayajon.
— Mana, men o'g'lingiz,
Dardli olamga
Sizdan tanho yodgor,
So'ylang otajon!
So'ylang, bir daqiqa quloq solayin,
Ovozingiz tinglab to'yolmaganman.
Bir marta yo'qotib topolmaganman,
Xayolimda qayta tiklab olayin.
Otajon!
Men axir qutlug' bu so'zni
Yigirma yil olmadim tilga,
Yigirma yil saqladim dilda.
Armonli o'g'lingiz tinglaydi sizni,
So'ylang, eshitaman.
Vujudim tilka,
Yuragimni yoqar o'tli iztirob,
Ammo yuragimda bir tomchi yosh yo'q.
Bag'rim o'yib,
Bu kun menga bermoqda azob
Sizning ko'ksingizni teshgan qora o'q.
Silqib oqayotir ko'kragimda qon,
Qalbim o'rtamoqda so'ngsiz armonim...
Yurak qonim bilan bitgan dostonim
Sizga bag'ishladim,
Otajon!

***

Xayolning tumanli pardasi aro
Yillar ko'z o'ngimda charx urayotir.
Qishloq ko'chasidan zanjiday qaro
Olov bolaligim yugurayotir.
Dunyo qayg'usiga bo'lmagan oshno,
Qah-qah urayotir,
Barq urayotir.
Bilmas, boshi uzra bulutli samo
Chaqmoq chaqayotir,
Guldurayotir.
Bilmas, yaralangan bu majruh dunyo
Qasos so'rayotir,
Bong urayotir...

Qadamlar,
Qadamlar,
Og'ir qadamlar...
Etiklar zarbidan titraydi tuproq.
Qayerga ketmoqda shuncha odamlar?
Nahotki, yo'llari shunchalar yiroq!
— Ana, ko'ryapsanmi?
Mening dadamlar!
Dada!!!
Ovozim hech chiqmaydi biroq.
Yuguraman — ortga ketar qadamlar,
Yig'layman — ko'zimga kelmaydi namlar,
Murg'ak vujudimda faqat zo'r titroq!
Bo'g'zimda alamlar,
Achchiq alamlar,
Yo'lning o'rtasida turibman.
Shu choq —
Poyezd qichqiradi,
To'xtang, odamlar!
Qayga ketmoqdasiz?
Qani dadamlar?!
Tepamda yonadi zangori chiroq...

Cho'chib uyg'onaman,
Onam qoshimda.
Mehribon qo'llari
Otash boshimda:
— Nega yig'layapsan,
Yolg'izim, qo'zim?
Tun uzoq, uxlay qol,
Ko'zlaringni yum.
Orom ol, men senga
Allalar aytay.
Tongda peshonangdan
O'pib uyg'otay.
Ana, derazangga
Qo'nibdi hilol.
Boshingga egilib
So'rmoqchi savol.
Sening kiprigingga
Sochmoq bo'lib zar,
Hilol tegrasida
O'ynar yulduzlar.
Men sening baxtingman
Deganday go'yo
Imlab chorlamoqda
Yoqut surayyo.
Senikidir bular,
Seniki bari.
Seniki osmonning
Zar qandillari.
Somonchining yo'li —
Sening yo'llaring,
Uzatsang Zuhroga,
Yetar qo'llaring
Ulg'ay bolajonim,
Ulg'aygin tezroq.
Sening yo'llaringga
Yulduzlar mushtoq.
Hozircha orom ol,
Yolg'izim, qo'zim.
Tun uzoq, uxlayqol,
Ko'zlaringni yum.

Olis sohillarda,
Ufqdan nari
Ol'im sochmoqdadir
Yov quzg'unlari.
O'lim sochmoqdadir
Elga beayov.
Shahar, qishloqlarni
Yutmoqda olov.
O'sha olis yurtda
Qon kechib hozir
Otang hayot uchun
Jang qilayotir.
Ellarning erk degan
Sof tilagi deb,
Jahonning nurafshon
Kelajagi deb,
Ofat solmasin deb
Olamga qotil,
Otnag uzoq yurtda
Jang qilayotir.
Sen uchun, men uchun,
O'z uchun emas,
Faqat o'zbek va yo
Rus uchun emas,
Butun Yer — undagi
Bor avlod uchun,
Dunyoda eng qutlug'
E'tiqod uchun
Uzoq o'lkalarda
Qon kechib hozir
Otang hayot uchun
Jang qilayotir.
Sen, uxla, yolg'izim.
Sen uxla, qo'zim,
Bir nafas orom ol,
Ko'zlaringni yum.

Bu kunlar albatta
O'tib ketadi.
Bashar jarohati
Bitib ketadi.
Ona-Yer qaytadan
Yasharar bir kun.
Olam nur qo'ynida
Yashnar lolagun.
Jangu jadallarga
Kelur intiho,
Bizning dunyo bo'lur
Urushsiz dunyo.
Bu kunlardan qolur
Faqat xotira.
Ammo xalq jafoni
Unutmas sira.
Bu kunlar ketar-u,
G'am, dog'i qolur.
Yuraklarga solgan
Firog'i qolur.
Avlod-avlodlarga
Zamon-zamonga
Abadiy, adabiy
Sabog'i qolur.
Sen ham unutmassan,
Yuragim, qo'zim.
Hozircha tinvh uxla,
Ko'zlaringni yum.

Vaqt kelar, ulg'ayib,
Odam bo'larsan.
Ilm olib sohibi
Olam bo'larsan.
Sen bizlar ko'rganni
Ko'rmagaysan hech,
G'urbat yo'llaridan
Yurmagaysan hech.
Olam to'la quyosh,
Qalbing to'la nur,
Oydin bir zamonda
Yashaysan masrur.

Bizlar ham o'tamiz
Vaqt kelib bir kun.
Sizlarga qoladi
Muqaddas zamin.
Siz uni avaylab
Kaftda tutasiz,
Sharaf yo'llaridan
Olib o'tasiz.
Otash alangaga
Tutmaysiz uni,
Dahshat ummoniga
Otmaysiz uni.
Zamin tegrasiga
Oltin kamalak
O'raydi yetti xil
Nurdan chambarak.
Siz uning bag'rini
Pora qilmaysiz,
Otalar hokini
Saqlab muborak.
Sen shunday davronda
Yashaysan qo'zim.
Hozircha orom ol,
Ko'zlaringni yum...

Boshimizda otashin falak,
Poyimizda otashin tuproq,
Qo'limizda yog'och kamalak,
Ostimizda yog'och arg'umoq,
Oppoq changdir egnu boshimiz,
Oppoq changdir ko'zu qoshimiz.
Ko'ru karmiz,
Beshdan oltiga
Endigina o'tgan yoshimiz,
Ko'cha-ko'yda ko'tarib suron
Yuguramiz sahardan to kech,
Olam uzra kezar zo'r bo'ron,
Biz bu haqda o'ylamaymiz hech.

"Urush-urush" o'yin bo'lsa bas,
Titratamiz ko'ku zaminni.
Kim o'ylabdi deysiz u nafas
Bu urushning rostakamini.
Burchaklardan bir-birimizni
Yog'och miltiq bilan otamiz,
Biz bilmaymiz:
Qay birimizning
O'qqa uchdi bu vaqt otamiz.
Ko'ksimizni ushlagancha
Yiqilamiz,
O'lgan bo'lamiz,
Biz dunyoda rostakam o'lim
Borligini qaydan bilamiz?!
Dahshat solib kezarkan u dam
Uzoqlarda jang guldurosi,
Bizning qishloq ko'chasida ham
Yangrar edi
Aksi sadosi.

***

Quyosh botar,
Oqshom cho'kar ko'cha-ko'yga,
Tarqalamiz uy-uygayu tepa to'yga,
Tun boshlanar,
Mengacharchoq bilinmaydi,
Kiprigimga uyqu sira ilinmaydi.
Murg'ak fikrim yetaklaydi xayollarga,
Onam qo'ynin to'ldiraman savollarga.
"Ayting, aya, mening dadam qahramonmi?
Tog'larni ham qulatguvchi pahlavonmi?
To'pponchasi bormi uning cho'ntagida?
Ordenlari juda ko'pmi ko'kragida?
Mening dadam samolyotda uchadimi?
Osmonlardan parashutda tushadimi?
O'tkir po'lat qilichini qo'lga olib,
Dushmanlarning yuragiga qo'rquv solib,
Katta jangga kiradimi yolg'iz o'zi?
Yelkasida yonadimi besh yulduzi?
Ayting, dadam meni yaxshi ko'radimi?
Kelganida toycha olib beradimi?
Ko'chalarda toychog'imni yetaklatib,
Qo'llarimdan ushlab olib yuradimi?
O'sha kunlar tezroqqina bo'la qolsin?
Ayting, dadam hayallamay kela qolsin".

44-yil
Sentyabr tongi otdi.
Meni cheksiz quvonch bilan baxt uyg'otdi.
Ko'k jildimda alifbe va bir burda non,
Birinchi bor qadam qo'ydim maktab tomon.
O'yinlardan anacha erta to'ygan edim,
Kitoblarga barvaqt havas qo'ygan edim.
Yod bilardim alifbening harflarini,
O'qir edim informbyuro xabarini.
Juman "œpochta" dadamdan xat keltirgan kun
Katta bayram yuz hij, yuz tutilib.
Takrorlardim yirtilguncha xat titilib.
Yayrar edim ma’nosini uqarkanman,
Dadam xatin o'qib savod chiqarganman.

Bu kun yana xat olganmiz,
Ajoyib xat,
Gospitaldan chiqqan emish sog'-salomat,
Boshidagi jarohati bitgan emish,
Hatto o'rni bilinmasdan ketgan emish.
Berlin tomon tushar endi yo'lim debdi.
Xat so'nggida yaxshi o'qi, o'g'lim, debdi.
Shu kun tunda uch chiziqli daftarimga,
Oro berib katta-katta harflarimga,
Xira chiroq yorug'ida ko'z ishqalab —
Dadamga xat yozmoq uchun surdim qalam:

"œDadajon!"
Men sizni juda sog'indim.
Sog'indim ikkala ko'zim bilan teng.
Kelib qolarmishsiz ertami-indin,
Ayam shunday dedi,
Rostmi shu, ayting?!
Dada,
U kun sizni tushimda ko'rdim.
Oq otda keldingiz,
So'radingiz suv.
Men buni ayamga gapirib berdim.
Dadang keladi, deb aytdi,
Rostmi shu?..

Rustamning akasi urushdan qaytdi,
Qo'ltiqtayog'i bor,
Bir oyog'i yo'q,
Rustam aytib berdi:
Ataka payti
Tizzasidan olib ketgan emish o'q"¦
Hol aka qaytgandi uyga to'satdan,
O'g'li, dadajon, deb chopib kelibdi.
Ota quchay desa desa qo'li yo'q ekan,
Tik turgan joyida yig'layveribdi.
Darsga kelmay qoldi
Tunov kun Tal’at,
Muallim urishsa turaverdi jim.
Dadasidan kelgan ekan qora xat.
Hammamiz yig'ladik,
Hatto muallim"¦
Dadajon!
Sizga o'q tegmasin hecham,
Men uchun ham tezroq qayting salomat,
Buvim aytgan,
Agar men tilak qilsam,
Tilagim bo'lardim doim ijobat.
Rost aytaman,
Sizni juda sog'indim,
Sog'indim ikkala ko'zim bilan teng,
Kelib qolasizmi, ertami-indin?
Kutaman,
Dadajon,
albatta keeling".

Hijron kechalari g'oyatda uzun,
Ayriliq yo'llari oils hihoyat.
Ko'chaga chiqaman yuz bora har kun,
Ko'zlarim nigoron,
Kelarmikan xat?
Tongda turganda ham,
Kun botganda ham,
Hatto kechalari qilolmay toqat,
Eshikka qarayman,
Chekaman alam.
Intizor bo'laman,
Kelarmikan xat?
Men qaydan bilibman,
Yo'l bosar ekan
Mening murg'ak xatim bekatma-bekat.

U yoqdan,
Xuddi u borar manzildan
Yo'lga chiqqan edi mash’um qora xat.

Qosh, ko'zlaring otangga o'xshar.
Deyishadi bilganlar doim.
So'ng xo'rsinib qo'shib qo'yishar:
O'xshamasin umring, iloyim.
Otam tutgan mash’alni ushlab,
O'shay o'ldan boraman men ham.
Mayli edi
Otamdek yashab,
To so'nggi dam
Unga o'xshasam.

Bobolarning hikmati
Hayotga yorug' yo'ldir.
Itang bolasi bo'lma,
Odam bolasi bo'l, der.
Bu so'zni ilk bor menga
O'rgatgan otam edi.
Men otam farzandiman,
U esa odam edi.
Qirq birinchi yillarning
Dahshati ko'z oldimda,
Go'dak edim, otamni
Kuzatgandim yonimda.
U ko'plar baxti uchun
Kirar ekan zo'r jangga
Onam boshimni silab,
O'xsha, degan otangga.
Mening mardlik maktabim
Jonfido otam edi.
Men otam farzandiman,
U esa odam edi.
Men otam bosib o'tgan
Qonli yo'lni o'tmasman.
Ammo shonli hayotni
Bir umr unutmasman.
Ona-Vatan ko'ksiga
Qalqon bo'lgan otamning,
Ko'plar baxti yo'lida
Qurbon bo'lgan otamning —
Aziz nomin qalbimda
Vijdonimdek saqladim.

Uning o'lmas ruhini
Shod etmoqlik maqsadim.
Umrimni fido etay
U jon bergan Vatanga.
El mendan rozi bo'lsin
O'xshabsan, deb otangga.

***

Quzg'unning qanotiday
Qaro edi o'sha tun.
Na milt etgan yulduz bor,
Na yilt etgan bir uchqun.
Kech kuz edi,
Tund kecha,
Yer-ko'k mungli, borliq g'ash,
Qor ezilib yog'ardi
Yomg'ir bilan aralash.
Sukunat.
Jang tin olar,
Faqat gohi gohida
Mushak uchib so'nadi
Dushman qarorgohida.
Yarim tun zulmatida
Tepalikni qoralab
To'rt soya emaklardi
Chakalakzor oralab.
Har zamon to'xta-to'xtab
Hordiq olishar edi,
Jim qolib sukunatga
Quloq solishar edi.
Mana, ular o'rmonning
Chekkasida o'tdilar
Va nihoyat daryoning
Sohiliga yetdilar.
To'xtadilar, bir nafas
Ko'z tikdilar yiroqqa.
Atrof jim,
Faqat daryo
Urilardi qirg'oqqa.
Sirli tun, butun borliq
Sehrlangan singari.
Shunday kecha to'rtovlon
Yo'l olmishlar qay sari?

Qay manzilga shoshishar
Shu sovuqda, shu namda?
Go'yo qor bor,
Yomg'ir bor,
Tun bor faqat olamda"¦
Avtomatlar bosh uzra
Ko'tarildi tug'simon.
Birin-ketin daryodan
Suzib ketdi to'rtovlon.
Jim, sharpasiz suzishar,
Yaqin qoldi qirg'oqqa,
Yot, notanish tovushlar
Eshitilar quloqqa.
Mana sohil — tik qirg'oq,
Atrof yalang,
Narida
Ikki dushman soqchisi
Ko'rinar tun bag'rida.
Bir-birovga tikildi
Bir so'z demay to'rt juft ko'z.
Shu qarashning o'zida
Aytilgandi barcha so'z.
Tek qotdilar. Komandir
Imo qildi nohoyat,
Tun bag'riga emaklab
Kirib ketdi to'rt soya.

Nogahon o'q otildi,
O't chaqnadi ketma-ket.
Dushman sezdi,
Razvedka
Jangga kirdi betma-bet.
Granata portladi,
Tilga kirdi avtomat.
Bir yonda butun bir polk,
Bir yonda to'rtta soldat.
Ikki yondan o'q yog'ar,
Olov yog'ar beshafqat,
Bir tomonda tahlika,
Bir tomonda jasorat.
O'rtada tekis kenglik,
O'rtada quyuq zulmat.
Bir tomonda yovuzlik,
Bir tomonda adolat.
Qancha davom etdi jang
Bilar faqat qaro tun,
Bilar faqat tepalik,
Ammo bular lol va gung.

Tongga yaqin qor tindi,
Asta yorishdi osmon.
Tepalikka ilk nurin
Sochdi xurshidi jahon.
Bunda yerni quchgancha
Toshlarga qo'yib boshin,
To'rt o'g'lon tinch uxlardi
Ko'kragida qo'rg'oshin.
Tungi og'ir jangdan so'ng
Go'yo tin olar bari.
Ona bag'rida yotgan
Ma’sum go'dak singari.
Shu tong sabo yig'ladi
Boshin urib qirg'oqqa.
Oq, momiq bulutlarning
Bag'ri chok-chok so'kildi.
Shu tong oftob nurlari
Ko'z yosh bo'lib to'kildi.
O'rmonlar shovillagan
Olis yurtda hali ham
Nomsiz tepalik uzra
Uxlab yotibdi otam.

***

Tengdoshim,
Asrdosh birodar!
Kel, bir on jim o'yga cho'maylik.
Bu yerda yotibdi fidolar.
Kel, uni gullarga ko'maylik.

Bu yerda baxt bo'lsin,nur bo'lsin,
Bo'lmasin qora tun zulmati.
Bu yerda yuraklar hur bo'lsin.
Qaytmasin u kunlar dahshati.

Tengdoshim,
asrdosh birodar!
Uyg'oq b'ol, hushyor boq olamga.
Bu yerni quchmasin alanga,
Qabrida tinch yotsin fidolar.

Eshit, ingrayapti Ona-Yer
Qo'ltiqtayoqlaring zahmidan.
Bu tuproq yuragi poradir
Atom zontlarining vahmidan.

Eshit, chorlayapti Ona-Yer,
Ko'ksida olovli oh-faryod.
Asrdosh birodar, qo'lni ber,
Kel, Yerga qilaylik qasamyod:

Bo'lurmiz gal kelsa har birimizga
Tinchlik janggohining fidosi.
Bu senga bu menga, bu bizga
Yigirmanchi asr nidosi.

Yiroqlarda qoldi uqubatli yillar,
Yer ostida yotar topganlar zavol.
Qolganlar umrning sarhisobin qilar,
Soch oqiga boqib surarlar xayol.

Yillar o'tdi-ketdi dovulini qoqib.
Tuproqqa berildi ne-ne aziz jon.
Bizlar xayollarning to'lqinida oqib,
U kunlar haqida to'qiymiz doston.

Ammo o'lganlarga she’r, doston ne naf,
Ne foyda yig'lashdan qalb dardin aytib.
Ming yil shon o'qisak, ming yil aytsak sharaf,
Ketganlar dunyoga kelmaydi qaytib.

Nega egilmasin odam ketsa odam,
Ustunga zo'r kelar qulasa ustun.
Bu tashvishli dunyo, sermashaqqat olam
Bizning yelkamizda qoldi-ku, do'stim!

Uni bo'ronlardan, quyoshli yo'llardan
Nurli istiqbolga olib o'tamiz.
Biz uni olganmiz tabarruk qo'llardan,
Tabarruk qo'llarga eltib tutamiz.

Avlodlar uchun ham qutlug' bo'lar albat
Yer uzra to'kilgan ko'z yosh, qon va ter.
Bepoyon kenglikda charx uradi abad
Ulkan yurak shaklidagi Yer...

E.Vohidov
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:23:18
Shoir bo’ldik sendan ayrilib


1

O’, telba yuragim, tentak yuragim,
Sinfdosh go’zalga ermak yuragim.
Sen istab, men majbur kirgan bu bog’dan,
Nasib etmadi gul termak, yuragim.

Gul deb tutganimiz tikonlar bo’ldi,
She’r deb aytganimiz fig’onlar bo’ldi.
Birov dalli dedi, birov devona,
Aqli butligimiz gumonlar bo’ldi.

Tilim yetgan joyga qo’lim yetmadi,
Dunyo yetdi menga, gulim yetmadi.
O’, telbam, tentagim, oshiq yuragim,
Kutdik, hatto bizga o’lim yetmadi.

2

Men ham yigit dedim, men ham mard dedim,
Yuragim, ko’zingni darrov art, dedim.
Bizning qadrimizga yetmadi bu qiz,
Shaharga ketamiz, endi hayt, dedim.

Hali izlab borar ortimizdan u,
Shaharda tentirab ovora bo’lsin.
Kim ko’zga ilardi, qishloqi qizni,
Undan-da go’zallar borligin bilsin.

Qirq yonda qirq pari ikkovimizni,
Qo’ltiqlab yurganin yig’lab kuzatsin.
Jahldor otasi uni bizgamas,
O’zidek to’pori erga uzatsin.

O’, hali ko’rasan ikkovimizni,
Izimizni ko’zga surtadi bu qiz.
Qozondagi oshi, chovgumda choyi,
Yegani, ichgani bo’ladi afsus...

3

O’n yil o’tdi, hali unutmadingmi?
Buncha ham yig’loqi bo’lding, yuragim!
Uning ko’-o’-o’p farzandi, mening o’g’lim bor,
Baribir har sahar uni so’rading.

To’g’ri, aytganchalik mashur bo’lmadik,
Qizlar qaramadi, hatto qayrilib.
Topgan-tutganimiz o’zimizniki,
Faqat shoir bo’ldik, undan ayrilib...

4

Bugun u bizlarga peshvoz chiqadi,
O’, bechora yurak, bardam bo’l endi.
Ko’ziga o’zingni baxtlidek ko’rsat,
Bir kun yig’lamagin, bir kun kul endi.

O’zingni shundayin beparvo tutki,
"œSiz kimsiz, biz sizni tanimadik", de.
"œHamma sinfdoshlar yodimizda bor,
Biz sizni sinfdosh sanamadik", de.

Yozgan she’rlarimiz sizga emas, yo’q,
Boshqa go’zallarga atalgan, deb ayt.
Xotirdan chiqibsiz, uning yo’liga,
Ulkan muz tog’lari qadalgan, deb ayt.

Biz o’n yil yig’ladik, u ham bir marta,
Yig’lasa yig’labdi, devona bo’lib.
Faqat bir kun chida. Keyin... mayliga —
Ikkimiz yig’laymiz shaharga kelib.

Islom Hamro
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:23:39
Seni sevmay qo'ydim
Seni sevmay qo'ydim, rosti gap,
Eslamay ham qo'ydim, ko'p bo'ldi.
Garchi quvonchlardan mahrumdir dilim,
Garchi hijron uni boshpana qildi.

Garchi eslamadim seni bir lahza,
Garchi jilovladim tuyg'ularimni.
Faqat yuragimda mening ismimsiz,
Yashayverding boqib qayg'ularimni.

Garchi men hammadan seni yashirdim,
Yengib yashayoldim o'zimni-o'zim.
Faqat... Men barini inkor etaman.
Faqat... Fosh etadi sevgimni ko'zim.

Garchi takrorlayman, "Sevmayman seni,
Yodlamay ham qo'ydim, gapning rosti shu."
Faqat... Kulgularim sen bilan ketdi.
Faqat... Qoldi menda muzlagan tuyg'u.


I.Hamro
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:24:12
Qadrimga yetmadi bir suluv
Qadrimga yetmadi bir suluv,
Men seni qadringga yetmadim.
Ko'nglimdan ketmadi bir suluv,
Men seni ko'nglingdan ketmadim.

Yostig'im ko'zyoshdan bezillar,
Eslasam... Og'riydi qovurg'am.
Sen bilding... Men bildim... Umrimni -
Hijron shamoliga sovurdim.

Endi tosh tinglaydi dardimni,
Bag'ritosh eshitmas... Eshitmas!
Sen-u men... Qo'y endi baribir,
Ruhim yarador qush, yarasi bitmas...

I.Hamro
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:24:36
Sarkashim
Sarkashim! O', mening sevgilim!
Dunyodan toq o'tib bilmadim.
Dardimni na otam, na onam,
Na-da, sen... Bilmading, bilmading.

Endi men uylansam, gunohi,
Tutgaydir seni ham, meni ham.
Muhabbat haqqini so'raydi,
Hattoki, qiyomat kuni ham.


I.Hamro
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:25:14
Otamning deganlari
Bolam, endi muhabbatni qo'y,
Yozaverma bahorni, gulni.
Shoir bo'lsang, avval yerni suy,
Yozar bo'lsang, uyg'otgin elni.

Dengizing ko'l, tuprog'ing og'u,
Senchi, maqtayapsan o'lik bulbulni.
Agar bo'lolmasa xalqingga madad,
Sug'urib tashlagin bog'zingdan tilni.

Bolam, yozar bo'lsang, haqiqatni yoz,
Qo'rqmasdan ochaver endi ko'ngilni.
Bardosh berolmasa, kul bo'sin qog'oz,
Elni uyg'otmoqqa cho'z endi qo'lni.

Bolam, safsatani bir chetga qo'ygin,
Yetar ta'rif qilmoq sochi sunbulni.
Endi "elim" degin, "tilim" deb yozgin,
Bo'lmasa oq qilgum sendek o'g'ilni!


I.Hamro
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Noyabr 2007, 14:26:13
Qutidagi xat
Tun og'di.
Bu yerda baribir.
Sarmast chayqaladi davralar.
Yodimga tushar-u, huv olis -
Qishlog'im, bo'gzimga tosh qalar.

Qadahdan oltinrang sharobning,
Toshishi zavq bermay qo'yadi.
Ul olis qishloqning go'zali,
Shaharlik shoirni suyadi.

Uzun tun yig'laydi, qo'yadi,
Hech kimga aytolmas dardini.
Yuragim... Bunchalar kuyadi,
Bu o'shal suluvning yodimi?

Pinjimga tiqilar bilmayman,
Davradosh bu qizning otini.
Balki...
Kim biladi...
Bilmayman -
Bu ham bir bebaxtning xotini...

Ertalab qutidan olaman,
Qishloqlik suluvning xatini -
"Qishloq ham unutdi, uni unutgan,
Shaharlik shoirning otini!.."

I.Hamro
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Noyabr 2007, 10:17:47
Mening o'jar boshim
Mening o'jar boshim,
Mag'rur boshimda,
Har kuni yuz qilich sinadi, ota!
Egilay deyman-u, bu bosh bo'ysunmas,
Yana uzilib ham tushmas joyidan.

Ba'zida do'stlarim, ba'zan "katta"miz,
Xususan darg'azab muxoliflarim.
Ba'zida pichirlab, ba'zan baralla -
"Bu o'jar bolani,
Mag'rur bolani
Boltalamoq kerak, -derlar, poyidan!"

Na boshim kesilar,
Uzilmas poyim.
Bu qanday sinoat, aytgin, otajon?
"Bolam, unutmagil, sening zuvalang,
Olingandir O'JAR
O'ZBEK LOYIDAN!"


I.Hamro
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Noyabr 2007, 10:18:23
"So'z" dostonidan

*****

Men ham bir bolaman, o'zbaki, sodda,
Huv olis qishloqda nomim ko'p ulug'.
Unda shotutlar ham, shoteraklar ham,
Har bitta she'rimni qiladi qutlug'.

Unda paxtazorlar, bedazorlar ham,
Hatto yulg'un bosgan biyday dalalar.
"Bizdan shoir chiqqan, Toshkanda", deydi,
Eshakka teskari mingan bolalar.

Unda ariqchada jildiragan suv,
Hatto chaqirtikan, yantoqlar do'stim.
Men-chi? Bu shaharda ulg'aydim... Faqat -
So'zni aytib emas, So'zni yeb o'sdim.

Unda ketmoniga aytsa-da dardin,
Otam g'oz yuradi, yo'limni poylab.
Onam o'z-o'ziga so'zlanib qo'yar -
"Ishi juda ko'p-da, kelmaydi oylab".

Unda tuproqko'cha, meni sog'ingan -
Singlimning poyiga bosh urar har kun.
"Hech bo'lmasa meni eslamaydimi?"
To'qson yoshli momom, pichirlar horg'in...

Bunda men qishloqi, o'zbaki shoir,
Bir So'zni aytolmay, yutolmay halak.
Kunduz bo'yinbog'lik mag'rur qiyofa,
Tunlar to tonggacha yig'lab chiqaman -
"Nega shoir qilib yaratding falak?.."



*****

Sizga ham gal kelar, hali ko'p shoshmang,
Bu charh tegirmoni ko'plarni yutgan.
Yarim yerni olib, dunyoni olib,
Necha nomdor shoh-u, amirlar o'tgan.

Asli biz talashgan dunyo nimadir?
Siz So'zni sotasiz, men So'z yutaman.
Qo'rqmang, shoir degan yorliq sizniki,
Shu shahar ham sizga mendan esdalik.
Men hujjatsiz shoir bo'lib bir kuni -
Baribir qishloqqa qaytib ketaman.



*****

Endi hayqirmoqning payti ham o'tdi,
Davri o'tdi yaltur-yultur she'rlarning.
Baytlarini ko'zga surtmoqlik kerak,
Ahmad Yassaviydek pirlarning.

Endi paxta o'qlar otmoqlik nechun,
Shundoq ham Azroil bir-bir otadir.
To'rt oyoqlik hamma mingan cho'bir ot,
Gali bilan menga, sizga yetadir.

Endi Navoiyni bir yig'lab o'qing,
Besh yuz yil narisi bo'zlar "Munojot".
Siz meni kechiring, men esa sizni,
Axir hammamizga yetar cho'bir ot.

Xo'p, deysiz. Baribir yuragingizni -
Bir qurt kemiradi, uxlayolmaysiz.
Chunki siz she'r o'qib, hali-ku birov -
Hattoki o'zingiz yig'layolmaysiz...


I.Hamro
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Noyabr 2007, 10:19:02
Xudoyor akaga
Raqib bilganlarim qo'rqoq, deb aytsa,
Do'stim dushman undan behroq, deb aytsa,
G'ururi osmonmas, tuproq, deb aytsa,
Ko'zim, yoshlaringni yurakka yashir.

Bevafo atasa ortimdan sanam,
Bebosh deb qarg'asa, tuqqanim onam,
Aybsiz ayblovlardan titrama, tanam,
Tanam, titrog'ingni yurakka yashir.

Lekin vijdon meni inkor etgan kun,
Iymon, e'tiqodni inkor etgan kun,
Ruhim, soqiy bo'lib ajal mayin sun,
Azasiz, ko'zyoshsiz tuproqqa topshir.


I.Hamro
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Noyabr 2007, 10:20:11
Davralarning to'ri seniki
Davralarning to'ri seniki,
Senga intiq parqu bolishlar.
Senikidir shuhrat, shon, boylik,
Faqat yuragingda qarg'alar qishlar.

Menikidir so'kishu, to'qmoq,
Senga tekkan barcha olqishlar.
Faqat menga nasib etgandir,
Dunyodagi eng shirin tushlar.


I.Hamro
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Noyabr 2007, 10:20:46
Tushlaringga kirib boraman
Bir kun tushlaringga kirib boraman,
Bermagan bo'lsangda sen bunga izn.
Biri birisidan shirin uxlaydi,
Bir yonda o'g'ling-u, bir yonda qizing.

Ortga qaytmoqlikka imkon-iloj yo'q,
Muhabbat degani... zanglagan qilich.
Senga ataganim, asraganimni,
Ikki dilbandingning qarog'idan ich!


I.Hamro
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Noyabr 2007, 10:21:19
Menga oson tutma, sevgilim
Menga oson tutma, sevgilim,
Hijron sira bo'lmadi sirdosh.
Kunlar mag'rur yashadim, biroq -
Tunlar Armon bo'ldi yostiqdosh.

"Kel", demoqqa aylanmas tilim,
Garchi dilim xuni biyrondir.
Ko'rsam...
Qaramasam...
Qarg'ama! -
Yurak yo'llaringda giryondir.


I.Hamro
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Noyabr 2007, 10:22:07
Chiroyli o'lim haqida
Ruhlar mozoridan o'tayotgandim,
Qulog'imga bir ingroq indi.
Soqiy yuragimning qonkosasiga,
To'ldirib hayratning mayini sundi.

Qayrildim,
Qaradim,
Jon talash yotgan,
Ruhning o'limini tomosho qildim.
O, qanday chiroyli o'larkan ular.

I.Hamro
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Noyabr 2007, 10:22:34
Men muhabbat atagan tuyg'u
Men muhabbat atagan tuyg'u,
Bozorlarda sotilmaydi, yor.
U sen kutgan oniy bo'samas,
Sho'rlik boshga erta yoqqan qor.

Men muhabbat atagan tuyg'u,
Ko'rgazmada turmas osilib.
U ko'kdagi ilohiy kuchdir,
Yurib bo'lmas ko'krakka ilib.

Men muhabbat atagan tuyg'u,
Tan olmaydi shuhratni-shonni.
Har lahzada kechmog'im mumkin,
Agar inkor etsa vijdonni.

Men muhabbat atagan tuyg'u,
Yangi qorga ilk bor tushgan iz.
Qo'y, parivash endi foydasiz,
Bo'lolmading men izlagan qiz...


I.Hamro
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Noyabr 2007, 10:23:05
Sen haqda
Sen haqda yozmoqchi bo'lganimda,
Qog'ozga quyula boshlaydi.
Yo'q. Jo'shqin she'r emas.
Nuqtalar.
(Nuqtalarki, hatto yulduzlardan ko'p.)

Men... Nuqtalar.
Seni... Yana shu ahvol.
Kel,
Yaxshisi, o'sha So'zni,
O'zing yozaqol!


I.Hamro
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Noyabr 2007, 10:23:39
Kumush - bu tush
Kumush - bu tush,
Otabek - o'trik.
Marg'ilonda o'tmagan ular.
Qodiriy yo'q.
"Do'stlari" tirik,
O'z xalqini "sotmagan" ular.

Ular yaqin, ular xalqqa do'st.
Xiyonatni bilmagan ular.
O'tmish - bu tun.
O'tgan yangi kun -
Yo'qlar, do'stni sotmagan ular...

Bir sir ayon,
Mehrobdan chayon,
Chiqib chaqdi elning yuragin.
Birda marddan,
Birda nomarddan,
Qodiriyning ruhin so'radim.

Tarix - yolg'on.
Tarix - riyokor.
Ra'no - bu tush.
Anvar bo'lmagan.
Bo'lsa qani?!
Tarix - jim, soqov.
Chayonlari hali o'lmagan...


I.Hamro
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Noyabr 2007, 10:24:06
Bir kuni tark etsam...
Bir kun men tark etsam fanoni,
Qon yig'lab kuzatsa tog'-toshlar.
Mayli, sen chiqmagin uzatib,
Tilayver,
... O'zingga,
... Bardoshlar.

Bir kun men qaytadan tirilsam,
Xush-xandon kulsalar tog'-toshlar.
Endi sen qarshi ham olmasdan,
Tilayver,
... O'zingga,
... Bardoshlar.


Islom Hamro
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 03 Dekabr 2007, 18:02:51
Uyg'onish...

Huvillagan dunyo, huvillagan qalb,
Na quvonch, na rayhon, na g'am, na yalpiz...
Qip-qizil qumlarni kechdim yuz yillab,
O'zim bilan o'zim yashadim yolg'iz.

Bir kuni oy bilan tillasha turib,
His qildim yuragim og'irligini.
Ko'klam sellaridek qonim gupurib,
Angladim yashashim zarurligini.

Osmonni quchoqlab yotganim tunda,
Muhabbat, oy kabi kirding yodimga...
Bulutlar oqqushga aylandi zumda,
Yulduzlar to'ppillab tushdi yonimga.

Yelkamda yelkanday qanot barq urdi,
Bir go'zal qush bo'ldim ertakdagiday.
Yovvoyi shodlik-la azot hayqirdim,
Titradi koinot etaklari-da.

Titradi koinot etaklarin-da,
Kirpidek g'ujanak bo'lgan olamlar.
Quyosh tig'in charxlab yelkalarida,
Qip-qizil qum kechib yurgan odamlar...

Yumshoq shamollarni qo'zg'atib uchdim,
Qahkashon - shiddatim qoldirgan oq iz...
Sening olamingga boryapman, kutgin,
Osmonni quchoqlab yotgan g'amgin qiz...

Iqbol Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:18:33
Axir men bittaman

Million yilda meni yaratdi hayot,
Meni so'rab qator tog'lar cho'kdi tiz.
Nahot anglamaysan, bilmaysan nahot,
Axir men bittaman, yagona-yolg'iz.

Bug'lanib qaytadan to'kiladi suv,
Quyoshdan ishorat, ko'z yorar ildiz.
Men axir ularga o'xshamaymanku,
Axir men bittaman, yagona-yolg´iz.

Har elat o'zicha atar shamolni,
Mingta ism bilan yashaydi yulduz.
Sen qaydan topasan boshqa iqbolni,
Axir men bittaman, yagona-yolg´iz.

Nafasim g'animat, so'zim g'animat,
Fojia poyimdan uzilgan har iz.
Mening nigohlarim eng ezgu ne'mat,
Axir men bittaman, yagona-yolg'iz.

Yaratganga borib aytaman seni,
O'zi hukm etsin, odil va xolis.
Men qaytib kelmayman, tushunyapsanmi?
Axir men bittaman, yagona-yolg'iz...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:19:04
Miskin Ayol

Siniq oy sarg'ayib kezarkan ko'kda,
Tomlarda sh'ulalar sharpasin ilg'ab,
Zanjirini siltab, ayqirdi ko'ppak:
Havf!

Ayol miskin edi.
His qildi ayol-
Qaydadir erini o'pardi bir qiz.
Keng hovlida yomon siqildi ayol,
Bir kechada quvrab, to'kildi nargis...

Tonggacha hovlida tinmadi zanjir,
Ko'ppak sahargacha betoqat hurdi.
Ayol ham gunohga qo'l berdi oxir-
Tushida birinchi sevgisin ko'rdi.
 
I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:19:33
Sevgilim

Sevgilim,
Dilsizlar dillarimizni
Toshbo'ron qilsalar, vayron qilsalar.
Tikanlar qoplasa yo'llarimizni,
Sen achchiq yig'lasang,
ular kulsalar.

Sevgilim,
Sevgini sevmagan zotlar
Qaro aylasalar oq asotirni.
(darg'azab pishqirsa quturgan otlar)
Go'rdan chiqorsalar
Qorabotirni.

Sevgilim,
Men jangga kiraman, jangga,
Qarog'ingdan tiyra jola uchun ham.
Osmonni bo'yayman qirmizi rangga,
Chap ko'ksingda majruh lola uchun ham!

Sevgilim,
Bu so'qish og'ir bo'ladi,
Qonlarim oqadi, qonlari oqar.
Ana, yaralangan oy ham quladi,
Qon sachragan quyosh qizarib boqar...

Sevgilim,
Yov qochar sichqon iniga,
Muzaffar botiring tin olar horg'in.
Qilich joylanadi qayta qiniga,
U asta cho'zilar...
Bor endi, borgin!..

Sevgilim,
Omondir hiylagar kampir,
U meni aldaydi, avrab-aldaydi.
Qo'lu-oyog'imga soladi zanjir,
-Qorabotir, mana yoving, ol!-deydi.

Sevgilim,
alvido...
Yetib kelmading,
So'nggi ilinj bilan qotdi ko'z nurim.
Muhabbat qudrati - qaldiroqqa teng,
Afsus, qaldiroqdek qisqadir umr-im-m...

Sevgilim,
Lutf etmak shuncha mushkulmi?
Qo'l cho'zmoq shunchalar keldimi malol?
Axir, bu yolg'onku, axir, tushungin,
Axir, bu- ertak-ku, axir, bu-xayol.

Iqbol Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:20:00
Oqshom...

Oqshom yulduzlarni hilol uyg'otar,
Daryo to'lqinlarin shamol uyg'otar...
Qaydasan, ey shamol olib ketgan gul?
Meni shu alamli savol uyg'otar...

Oqshom yulduzlarga boqib yig'ladim,
Daryo to'lqinida oqib yig'ladim...
Menam daryo bo'ldim, sel-selob bo'ldim,
Yuragim olmaday qalqib yig'ladim...

Taqdirga tan berdim, shukrona aytdim,
Tuproqqa aylanib, tuproqqa qaytdim...
Ammo oqaverdi asov yuragim,
Oqshom yulduzlari chaqnagan payti...

Oqshom yulduzlarni hilol uyg'otar,
Daryo to'lqinlarin shamol uyg'otar...
Seni tushlarimda ko'rib chaqirsam,
Meni bir begona ayol uyg'otar...

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:20:29
Ey dil

Ey, dil, ne istaysiz yalong'och ko'kdan,
Anvor ummonida titraysiz dir-dir.
Yerga bir boqingiz, qishu-yoz, ko'klam,
Kuzlar unutdilar bizlarni bir-bir.

Imkon qo'ldan ketdi - tugadi fursat,
Yaqinlar yiroqdan qaraydi dilgir.
Ko'zani sindirib jo'nadi ulfat,
Do'stlar unutdilar bizlarni bir-bir.

Xayollar qo'ymadi o'z holimizga -
Lo'livachchalardek yopishqoq, kir-chir.
Qanotlar bog'lovchi iqbolimizga
Hislar unutdilar bizlarni bir-bir.

Ey, dil, og'rimaysiz, chekmaysiz alam,
Yerdan uzilganning jazoyi shuldir.
Endi qaytolmaysiz Farg'onaga ham,
Izlar unutdilar bizlarni bir-bir.

Qismat muhabbatni bizga ko'p ko'rgan...
Yig'lamang, dunyo ham bevafo, axir.
Ming va'dalar bergan, hatto o'ptirgan
Qizlar unutdilar bizlarni bir-bir.

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:21:03
Saraton

Yenglik liboslardan voz kechdi shahar,
Yelkalar yalang'och, yalang, och ko'zlar.
Olislarda esa suvlar sepishar,
Ko'ylaklari bilan cho'milgan qizlar.

Shahar qizg'onmaydi xiyobonlarin,
Sun'iy ko'liniyu qayiqlarini.
Ammo dil qo'msaydi sokin bog'larning,
Olmalar oqizgan ariqlarini.

Shahar ko'p narsani menga o'rgatdi,
Hammasini sanab, aytib bo'lmaydi.
Shu yerda suyagim va diydam qotdi,
Endi qishloqqa ham qaytib bo'lmaydi.

Tongda derazamdan siniq nur tushar,
Ne tongkim, bugun ham namlidir ko'zlar.
Axir, tushimda ham suvlar sepishar,
Ko'ylaklari bilan cho'milgan qizlar...

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:21:33
Maktublaringiz yo'ldadir

Esimda hamma-hammasi:
Ko'zlar. Barmoqlar. Gul. Atir...
Siz ham unutmagansiz,
Maktublaringiz yo'ldadir.

Balki ertaga olarman,
Mayliga, bir so'z, bir satr.
Eng muhimi, men bilaman-
Maktublaringiz yo'ldadir.

Umrim shamollarga kulgu,
Sargashta ayladi taqdir.
Adashib-adashib kelar-ku,
Maktublaringiz yo'ldadir.

Hayotim o'zgarar batamom,
Ko'nglim ko'zadek to'ladir.
Sarxush yashaydirman. Hamon-
Maktublaringiz yo'ldadir.

O'n yil o'tibdi. O'n yil...
Bu menga yagona daldadir.
Har tong bir orziqib olar dil-
Maktublaringiz yo'ldadir.

Iqbol Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:22:28
Bir kun kelib...

Bir kun kelib qabog'ing qirg'oq bo'ladi,
Ikki chashming - ikkita irmoq bo'ladi,
Kiprigingdan dilda mavj - titroq bo'ladi,
O'shanda ham bitta man dengiz bo'laman.

Bir kun kelib, barmoqlaring shox bo'ladi,
Tirnoqlaring bittadan yaproq bo'ladi,
Besamar bosh qoyganim - tuproq bo'ladi,
O'shanda ham bitta man ildiz bo'laman.

Bir kun kelib, chor taraf chorbog' bo'ladi,
Oyday tolib, olmalaring oq bo'ladi,
Devoringga epkin urgan - oh bo'ladi,
O'shanda ham bitta man olis bo'laman.

Bir kun kelib, ayriliq adog' bo'ladi,
Tog'ni quchib ko'zyosh to'kkan- tog' bo'ladi.
Sening umring dunyodan uzoq bo'ladi,
O'shanda ham bitta man yolg'iz bo'laman.

Iqbol Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:22:52
Taqdir

Telefon gardishin aylantiraman,
Qo'ng'iroq chorlaydi seni behuda.
Men seni judayam yaxshi ko'raman,
Ovozing eshitgim keladi juda.

Na chora?
Kechmishdir endi hammasi,
Labingga lab qo'yib ichganim bo'sa.
Bizni bog'larmidi shu chuvalgan sim,
Taqdir rishtalari uzilgan bo'lsa.

Taqdirga tadbir yo'q.
Hoh yig'la, elan,
Bu epkin o'ynaydi ko'ngil kulini.
Axir, to'solmaysan kipriging bilan
Ko'zlaringga to'lgan qayg'u selini.

Men seni haliyam yaxshi ko'raman,
Tovushing eshitgim keladi juda.
Telefon gardishin aylantiraman,
Qo'ng'iroq chorlaydi. Ammo behuda.

Ko'hi Qofga qadar ketardim, Laylim,
Ko'zingni bir bora ko'rmoqlik uchun.
Na chora?
Bu charxga qurbim kelmaydi,
Afsus, bu gardishga yetmaydi kuchim.

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:23:23
Ketolmayman

Ko'zlarida g'am gardidan surmalari
Uchib ketdi bu ko'ngilning turnalari.
Ey siz, mening g'aribgina kulbalarim,
Sizni tashlab samolarga ketolmayman.

Gulyuzligim yuz noz ila burdi yuzin,
Men ko'z yumsam, kipriklarim so'ydi ko'zim.
O'z-o'zimga azon aytib, qo'ydim ism...
Endi o'shal zebolarga ketolmayman.

Kecha qadah to'qishtirib hilol bilan
Gulob ichtim yolg'iz do'stim Iqbol bilan.
Bugun qo'lda ikki bo'lak safol bilan
Iqbollarga, safolarga ketolmayman.

Endi faqat sabolarni sog'inish bor,
Elas-elas navolarni sog'inish bor,
Olis-olis ziyolarni sog'inish bor,
Aks o'zimman, sadolarga ketolmayman.

Onasidan arazlagan bola kabi
Bu olamdan burilgandir mening labim.
Ey, onamdek g'aribgina kulbalarim,
Sizdan go'zal dunyolarga ketolmayman.

 I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:23:46
Kursdoshlarimga

Dala. Mezon. Qizlar. Tarozi,
Paxsali duvollar. Ismsiz qirlar.
Yulduzdek titranib uchgan ovozim.
Tizzani quchoqlab o'qilgan she'rlar.

Olov tegrasida qaynagan o'lan.
Yurakdek qontalash chinor yaprog'i.
"Sevsam o'ldirarlar. Sevmasam, o'lam..."
Va hisobchi qizning nigohi...

U kunlar o'tdilar, biroq o'ylasam,
Quyosh imillaydi, kunim o'tmaydi.
Eng mashhur hofizning qo'shiqlari ham
O'sha o'lanlarga yetmaydi.

Toshkanning toshlari ezar tanimni,
Toshqator yo'llarda rizqimni terdim.
Bugun seni qancha sog'inganimni,
Hisobchi qiz, hisoblab bergin!

Hasratlarim o'gir, qo'ysam sindirar
Har qanday tarozi pallalarini.
Bunda yuragimni axir kim bilar,
Kim ko'rgan Yozyovon dalalarini?!

Olisda ismimni aytib norozi,
Yerlarga egilar nonbehi shoxi.
Dala. Mezon. Qizlar. Tarozi
Va hisobchi qizning nigohi...

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:24:31
Kursdoshlarimga

Dala. Mezon. Qizlar. Tarozi,
Paxsali duvollar. Ismsiz qirlar.
Yulduzdek titranib uchgan ovozim.
Tizzani quchoqlab o'qilgan she'rlar.

Olov tegrasida qaynagan o'lan.
Yurakdek qontalash chinor yaprog'i.
"Sevsam o'ldirarlar. Sevmasam, o'lam..."
Va hisobchi qizning nigohi...

U kunlar o'tdilar, biroq o'ylasam,
Quyosh imillaydi, kunim o'tmaydi.
Eng mashhur hofizning qo'shiqlari ham
O'sha o'lanlarga yetmaydi.

Toshkanning toshlari ezar tanimni,
Toshqator yo'llarda rizqimni terdim.
Bugun seni qancha sog'inganimni,
Hisobchi qiz, hisoblab bergin!

Hasratlarim o'gir, qo'ysam sindirar
Har qanday tarozi pallalarini.
Bunda yuragimni axir kim bilar,
Kim ko'rgan Yozyovon dalalarini?!

Olisda ismimni aytib norozi,
Yerlarga egilar nonbehi shoxi.
Dala. Mezon. Qizlar. Tarozi
Va hisobchi qizning nigohi...

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:24:59
Xotira

Chumchuqlar galasi shamolga
Shamoyil beradi sarosar.
Dil yetdi amallab hamalga,
Dil endi kurtakka barobar.

Giyohlar buloqday qaynadi,
Osmonday tozardi xotiram.
Gulladi siyratim, tiynatim,
Man sani esladim, bokiram!

Man sani esladim, qo'msadim
Yuzingni, ko'zingni, so'zingni.
Izingni topsaydim, o'psaydim,
Tuysaydim sochlaring isini.

Topsaydim axtarib, axtarib,
Kaftlarim kuysaydi, kuysaydi.
Hech qursa, xatlaring kaptarim
Keltirsa kun sayin, kun sayin.

Yetkursa bir mayin mujdalar,
Diydalar tinmayin yoshlansa.
Sani deb uyg'onsam har safar,
Har sahar shundayin boshlansa...

Ammo san ro'yosan, bilmayman,
Qaydasan va qachon qaytasan.
Ismimni tutasan gulday san,
Ismimni bir go'zal aytasan.

Ertaga bahorning ertagi
Tugaydi, kelsang-chi, sohiram.
Toki g'am quritmay kurtagim,
Tentagim, tohiram, tohiram...

O'tinchi quyosh ham o'tkinchi,
O'tadi alam ham, yara ham.
Ehtimol, omonat o'tinchim,
San tinching buzmagil sira ham.

Kuz kelar, muz bo'lar xotira,
Torayar, qorayar ko'zgudek.
Unda san bo'lmaysan, bokiram,
So'rgulik bo'lmaydi, ko'rgulik.

Dil bo'lar el bilan barobar,
Uzzu kun izlamas izimni.
Ko'zguda ko'raman har safar
O'zimni, o'zimni, o'zimni...

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:25:23
Aldov

Ishonma...
Aldadim...
Oyni childirmadek chalganim yolg'on,
Zufof kechasiga kelinni chorlab.
Barmog'imdan sirqib, tomchigan qondan
Erib bitgani yo'q nayzador qorlar...

Eshigi zichlangan bu mening hujra,
Tushimga kirmading nurdek sirg'alib.
Ajdaho komiday zulumot ichra
Men g'arib.
Sham yonar sarg'arib.

Zumurrad tonglarim senga armug'on,
Quyoshni puf-puflab tutib edimmi?
Uchqur xayollarim bo'lsin arg'umoq,
Uchib kel, uchib kel, uchib... dedimmi??

O'ylasam, dilimni kuydirgan olov,
Kuylasam, tilimni qonatgan paykon,
Quchsam, quchog'imni chok etgan abro',
Mening imkonimga sig'magan imkon... dedimmi?

Oyni childirmadek chertganim yolg'on
Nikoh kechasiga o'zingni chorlab.
Yurak gup-gup urar. Bir hovuch talqon.
Endi hech kim buzmas tinchingni, zorlab...
Ishonma...

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:25:46
Qismat chiziqlari

Kaftlaringga bir qara
Kular shayton suvoriy,
Shayton aroba chopar.
Yormozorga borganda
Tillo tangalar topar.

Tillo tanga sirtida
Yuragimning zarbi bor.
Jarohat chandig'idek
Ismimiz bosh harfi bor.

Bu imloni mullo ham,
Tulki ham o'qiy olmas.
Tavorihu hiylodan
Hikmatlar to'qiy olmas.

Tillo tanga qalbaki,
Chunki asl qalbniki.
Hamma undan qo'rqadi,
Qamab qo'yishar balki.

Seni qalbga qamasam,
Qushdek qochib ketibsan.
Yayov shoirni tashlab,
Suvoriyga tegibsan.

Kaftlaringni ko'rsatgil,
Kipriklarim zarbi bor.
Xanjar izidek chuqur
Ismimiz bosh harfi bor.

Ammo ko'zing o'tmaydi,
Oqlar tushgan ko'zingga,
Ko'tarilib dilingdan
Dog'lar ko'chgan yuzingga.

Farzand ko'rsang, husniga
Hech taraf bo'lmasin, yor.
Ism qo'ysang ismida
Bosh harf bo'lmasin, yor.

Tillo tanga yaltu yult,
Kaftlarimda siqarman.
Yuzing dog'li bo'lsa ham
Oy, sochingga taqarman.

Kular shayton suvoriy,
Shayton aroba chopar.
Yormozorga borganda
Mening ko'nglimni topar.

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:26:13
Muqaddima

Bizlar egiz edik - man yana ko'ngil,
Barq urding, jonima alanga tushti,
Ko'ngil qushdek uchti havoga yengil,
Aylona-aylona, alingga tushti.
Man kamand istarman, tan gulxandadir,
O'zim har joydaman, ko'ngil sandadir.

Yig'ladim - yig'ladim, osmon ho'l bo'ldi,
Kiprigim havoga chizdi ariqlar.
Oyu kun ko'zimni olgan - ko'l bo'ldi,
Oylarni tangadek tortdi baliqlar.
Man rasan istarman, tan gulxandadir,
O'zim har joydaman, ko'ngil sandadir.

Chorig'imni kiydi dashtning toshlari,
Ko'ylagimni esa tikonlar yuldi.
Man Adam istarman, qarindoshlarim, -
Desam, bosh tebratib ilonlar kuldi.
Man adan istarman, tan gulxandadir,
O'zim har joydaman, ko'ngil sandadir.

Karbalo yuz burdi - mandan chekindi,
Avvalo jon berib, begona tutding.
Alam-o, g'am bosib bellarim sindi,
Sanam-o, san mani o'tparast etding!
Man kafan istarman, tan gulxandadir,
O'zim har joydaman, ko'ngil sandadir.

Bizlar egiz edik - ko'ngil bilan man,
Ko'ngil nigoh yetmas yoqlara tushti.
O'ksinma, Iqbolbek, chunki azaldan -
Osmonning yuklari tog'lara tushti,
Man Vatan istarman, tan gulxandadir,
O'zim har joydaman, ko'ngil sandadir...

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:26:40
So'nggi so'z

Xazon lashkari kegan-
Yaproqlar tukiladi.
Eng sunggi o'qi bilan
Sadoqlar to'kiladi.

Muhabbat borasida
Biz hanuz norasida.
Bulutlar orasidan
Saboqlar to'kiladi.

Loylar qordim yoshimdan,
Somon qildim sochimdan.
Uyga kirsam, boshimdan
Tuproqlar to'kiladi..

Senga tegmadi nafim,
Ichimda qoldi gapim.
Tegib-tegmasdan labim
Qadahlar to'kiladi.

Eslamaysan kelmasam,
Jilmayasan yig'lasam,
Sochlaringni silasam,
Nigohlar to'kiladi.

Xazon lashkari kelgan -
Yaproqlar to'kiladi.
Yonoqlaru barmoqlar,
Dudoqlar to'kiladi...

Ey gul, qaytgil izingga,
Rahming kelsin o'zingga.
Yuzingni qo'y yuzimga -
Gunohlar to'kiladi.

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:27:11
Xulosa

Izsiz ketdi sharqiragan anhorlarim,
Esiz ketdi gurkiragan bahorlarim,
Ko'zlarimdan kiprik kabi to'kildilar
Sevganlarim, dilbarlarim, dildorlarim.

Sevdim yurtning shamshodiyu archasini,
Suydim soyning sokinligi, sachrashini.
O'nta qizni sevgan bo'lsam, o'rni boshqa,
Qirqta bo'lsa qilig'i hush barchasining!

Men daraxtman, yaprog'i bor, ildizi yo'q,
Xazon quchgan tuproqdirman, gul isi yo'q.
Osmon to'la yulduzlarni kashf aylagan
Munajjimman - manglayida yulduzi yo'q.

Goho gullar sochdi menga kuz-qishlarim,
Goho kullar sochdi tanish-bilishlarim.
Bugun yolg'iz o'ylanaman, o'rtanaman:
Urmadimi go'zallarning qarg'ishlari?

Bu yo'l menga sayr edi, sayil edi,
Sevgisiz kun - hafta edi, oy-yil edi.
Men qizlarni aldashni ko'p istamasdim,
Qizlar o'zi aldanishga moyil edi.

Iqbol Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:27:32
Vidolashuv

Tushimni yoritgan zangori ertak -
Iymanib, yer chizib turgan kelinchak,
Havoni tebratgan munis boychechak,
Meni unutmagin, qaytar kunim bor.

Shukr, bog'laringda qolyapti izim,
Yoningda qolishga yo'q menda izn.
Men seni sevaman, tillaqo'ng'izim,
Meni unutmagin, qaytar kunim bor.

Tuproq kechib yurgan qo'yko'z bolacha,
Mening qaysar ukam, birso'z bolacha,
Qo'ynida yong'og'i yulduz bolacha,
Meni unutmagin, qaytar kunim bor.

Zerikib, ozmonga uflagan shamol,
O'ynab, qoqigulni puflagan shamol,
Tolning kovagida uhlagan shamol,
Meni unutmagin, qaytar kunim bor.

Mening ota yurtim, ey ona qishloq,
Toshloq ko'chalaring ko'rpaday yumshoq!
Mendan ayamagin bir chimdim tuproq,
Meni unutmagin, qaytar kunim bor.

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:28:04
Seni unutganman

Shafaqqa ingansan sayyor qush kabi,
Go'yo tuproq bo'ldi yo'qotgan tangam.
Seni eslash mumkin bir tovush kabi,
Seni unutganman. Unutganman.

Biz suygan majnuntol kesilib ketgan,
Keyin o'tin bo'lgan, keyin alanga.
Kesilgan yurakning yarasi bitgan,
Seni unutganman. Unutganman.

Esimdan chiqibdi hatto ko'zlaring,
Qo'llaring...
Men o'zga qo'lni tutganman.
Kechir og'ir botsa yengil so'zlarim,
Seni unutganman. Unutganman.

Muhabbat...
Kimningdir oshig'i olchi,
Oshiq bo'lib xolos, zaqqum yutganman,
Qaylardadir qolib ketdi ro'molchang,
Seni unutganman. Unutganman.

Goho dilni ezar tiriklik yuki,
Goho to'yganimda bu laziz jondan.
Gohida... Bir nafas... Faqat... Holbuki,
Seni unutganman. Unutganman. Unutganman...

Iqbol Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:28:26
Meros

Yomg'ir loyga yoqqan zamonda,
Suvlar soyga oqqan zamonda.
Boylar boyga boqqan zamonda,
Menga qarab kulgan yo'qchilik.

Iligini so'rib ilkimning,
Sarg'aytirgan guldek singlimni.
Erta ulg'aytirgan o'g'limni,
Jigarimni tilgan yo'qchilik.

Dada, balki sizni o'limdan,
Asrash kelarmidi qo'limdan...
Siltab tortib eski to'nimdan,
Meni yetim qilgan yo'qchilik.

Minnatli osh, bu -sochma o'qdek,
Ich-ichingni kuydirar cho'g'dek.
Qorin ochu nazarim to'qdek,
Meni aziz bilgan yo'qchilik.

To'g'ri, nima kelsa - Xudodan,
Da'voyim yo'q eski dunyodan.
Taskin shuki, Odam Atodan,
Menga meros qolgan yo'qchilik.

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:28:54
Ayyor qiz

Kulib qarab, kulib ko'zin obqochgan,
O'rgatvolib, keyin o'zin obqochgan.
Tugunchagin tugib qo'ygan tayyor qiz,
Yolg'on yig'lab, erga borar ayyor qiz.

Huv, deydi-yu, o'ylar yostiq-ko'rpasin,
Ko'zda yosh yo'q - ayaydi-da surmasin.
Eshitsinu lekin birov ko'rmasin...
Tugunchagin tugib qo'ygan tayyor qiz,
Yolg'on yig'lab, erga borar ayyor qiz.

Kuydirmajon edi, qurg'ur, sho'x edi,
Ko'nglim unda edi, ko'nglim to'q edi.
Qosh terganda yig'lagani yo'q edi...
Tugunchagin tugib qo'ygan tayyor qiz,
Yolg'on yig'lab, erga borar ayyor qiz.

Erta pishar edi qo'qon gilosi,
Yuragimdek qop-qora qon gilosi.
Allaqachon bo'lgan talon gilosi...
Tugunchagin tugib qo'ygan tayyor qiz,
Yolg'on yig'lab, erga borar ayyor qiz.

Tengdoshini sevgan bo'lar teng tentak,
To'yda bildim, ancha ekan deng tentak.
O'sha kuni sal yig'labman men tentak...
Tugunchagin tugib qo'ygan tayyor qiz,
Yolg'on yig'lab, erga borar ayyor qiz.

To'y buzishga yetarmidi jur'atim ?
Un tortgani tegirmonga jo'nadim.
Tuguniga sig'magandir suratim...
Tugunchagin tugib qo'ygan tayyor qiz,
Yolg'on yig'lab, erga borar ayyor qiz.

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:29:19
Xudoga soldim

Uning qovog'idan boshimga yoqqan,
Qorini Xudoga soldim-da qo'ydim.
Qonimni qaynatib, jonimni yoqqan,
Korini Xudoga soldim-da qo'ydim.

O'sha-ku xor kelsa toptagan tikka,
O'sha-ku zo'r kelsa darrov bosh bukkan.
O'shaning Mashrabu Xallojga tikkan,
Dorini Xudoga soldim-da qo'ydim.

Yulduzlar sayriga tortar sanalar,
U hamon urug' deb sochar kanalar.
Sillasi qurigan buva, enalar,
Zorini Xudoga soldim-da qo'ydim.

Shudir el haqidan qasrlar qurgan,
Asli-ku, non urgan, asli Haq urgan,
Uning alohida qatorda turgan,
Norini Xudoga soldim-da qo'ydim.

So'rasang, iblisga taqalar nasli,
Xoinlik - hunari, kazzoblik kasbi,
Dunyoni yutmoqqa shay turgan nafsi -
G'orini Xudoga soldim-da qo'ydim.

Alamim tog'cha bor, mayda dard emas,
Garchi qasd olmagan yigit - mard emas.
Lekin Xudoyimga yordam shart emas,
Barini Xudoga soldim-da qo'ydim.

Iqbol Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:29:45
Seni sog'inib

Qorako'z qaldirg'och oyimsan o'zing,
Ko'ksim ayvon bo'ldi seni sog'inib.
Ko'zimdan bir lahza ketmadi ko'zing,
Ko'zim giryon bo'ldi seni sog'inib.

Ko'changdan kechalar o'tganim pinhon,
Kelmasingni bilib kutganim pinhon.
Oyu yulduzlardan tutganim pinhon,
Ishqim doston bo'ldi seni sog'inib.

Jonimga tig' urib qiynaydi sog'inch,
Keyin tig' sug'urib qiynaydi sog'inch.
Xayrlashmay turib qiynaydi sog'inch,
Yuragim qon bo'ldi seni sog'inib.

Belgisiz xilxona, ko'hna mozorni -
Mozorki, qarovsiz xarobazorni.
Eshitganing bormi, ko'rganing bormi?
Dilim vayron bo'ldi seni sog'inib.

Sargardonlik Majnun-Layliga edi,
Bizniki faqat gul sayliga edi.
Olisda bo'lsang ham mayliga edi,
Bog'im hazon bo'ldi seni sog'inib.

Netay, peshonamda shu dard bor bo'lsa!
Qaniydi bu dardga xaridor bo'lsa...
Seni tanlarmidim, ixtiyor bo'lsa!
Holim yomon bo'ldi seni sog'inib.

Iqbol Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:30:21
Metroda

Metroda sayr qilib yurmaydi hech kim,
Birov ishdan qaytar, birov sayrdan.
Kimdir hamrohlarin kuzatadi jim,
Kimdir ro'znomani ikki ayirgan.

Men ham qaytayotgan edim uyimga,
Yumushlardan tolib, xayolga tolib.
Bekatdan sen chiqding oppoq quyunday,
Ko'nglimga chirpirak g'alayon solib.

Go'yo tanimading. Tutqichni tutib,
Ma'yus jilmaygancha tolding xayolga.
Turgim, borgim keldi elni unutib,
Seni ko'mgim keldi ming bir savolga.

Yodimda chaqnadi qasamyodlarim,
Bir zamon seniki bo'lgan hayotim...
Yoningga bormadim, bora olmadim,
O'zimni ayadim, seni ayadim.

Keyin tushib ketding. Sezmading go'yo,
Qayrilib boqmading, ey sun'iy yo'ldosh.
Meni ayadingmi, o'zingnimi yo?
Qiz qalbi qizg'aldoq emas, tilsimtosh!

Muhabbat - puch narsa, muhabbat - yolg'on!
Orzular, qayg'ular, tuyg'ular - mayda.
Bilaman, poyimda yig'laydi xazon,
Negadir uyga hech borgim kelmaydi...

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:30:59
Yulduz

Yulduz, kechir meni, kechir, yulduzim,
Iqboling kulsa ham baxting kulmadi.
O'zimga mahliyo bo'ldim-u o'zim,
Ko'nglingni olishga vaqtim bo'lmadi.

Men senga muhtojman, intiqman, zorman,
Bilmayman, bormanmi-yo'qmi yodingda.
Agar aybdor bo'lsam, yolg'iz aybdorman -
Xudoning oldida, sening oldingda.

Kechalar yodimga tushganda ko'zing,
Somon yo'llarida changidi kulim.
Osmonim muattar aylagan o'zing,
Hamishabahorim, hamishagulim!

O'zimdan, ehtimol, seni asradim,
Bildimki, men bilan baxting kulmaydi.
Yig'lasam, yig'iga sig'mas hasratim,
She'rda hamma gapni aytib bo'lmaydi.

Yulduzni yetaklab Shoshga kech kirsa,
Farg'onajonimga oqadi dilim.
Meni unutmagin, meni kechirma,
Hamishabahorim, hamishagulim!

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:31:28
Siyom egizaklari

Ism boshqa xolos, jismu-jon bitta,
Bir-biriga zimdan qarashar ekan.
Ba'zisida yurak, oshqozon bitta,
Shular ham goh ovqat talashar ekan.

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:32:09
Baxt

Tashvish tashlamasin yuzingga soya,
Quvonching topmasin aslo nihoya.
Men bahtiyor bo'lay baxtingni ko'rib,
Menga shunisi bas, menga kifoya.

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:32:48
Oshiq

Samo nadir, gardun nadir,
Ishq ollida mardum nadir.
Ul sanamning qarog'ina,
Oshig' o'ldim, oshig' o'ldim.

Yomg'ir bo'lib yog'du yog'di,
Jon hovuchlab oyga boqdim.
Ul sanamning yanog'ina
Oshig' o'ldim, oshig' o'ldim.

Man demadim, ul demadi,
So'z deyurga til kelmadi.
Ul sanamning dudog'ina
Oshig' o'ldim, oshig' o'ldim.

Dunyo asli qimor ekan,
Bir yo'q ekan, bir bor ekan.
Ul sanamning barmog'ina,
Oshig' o'ldim, oshig' o'ldim.

Ayog'imda darmonim yo'q,
Boshim ketsa armonim yo'q -
Kim, boshtin to ayog'ina,
Oshig' o'ldim, oshig' o'ldim.

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:33:18
Qizlarxon

Ayriliqni o'ylasam,
Tomirimda oqar qon.
Ko'zlaring haqqi qasam,
Sensiz kun yo'q, Qizlarxon.

Ichganim qasam ekan,
Quchganim tizzam ekan.
Qizlarxonning ko'nglini,
Koshki, bilmasam ekan.

Sovg'a qilgan ro'molim,
O'ramayman dedi u.
Ko'rishganda ahvolin,
So'ramayman debdi u.

Qizim hali yosh-ku, deb,
Otasi qo'ymas ekan.
Balog'atni, yaxshilar,
Yashirib bo'lmas ekan.

Har bir bosgan iziga,
Ta'na qilib o'tadi.
Ro'molini yuziga,
Pana qilib o'tadi.

Ayriliqni o'ylasam,
Tomirimda muzlar qon.
Ko'zlaring haqqi qasam,
Sensiz kun yo'q, Qizlarxon.

Holvasidan totganman,
Sumalak yalamayman.
Qizlarxonni topganman,
Boshqaga qaramayman.

Birga bog' kezsak ekan,
Nok uzib yesak ekan.
Sevgi yo'q, deb aytganing
Og'ziga kesak ekan.

Iqbol Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:33:53
Dadam qabri

Qora qishdan qutulmasdan turib olam,
Dadam qabri ustidan o't ko'klab chiqdi.
Nima qilib yuribdi, deb, bebosh bolam?
Balki ko'ngli tinchimasdan yo'qlab chiqdi.

Odam bormi bu manzilga kelmaydigan,
Odam bormi kelishini bilmaydigan,
Tirik odam bormi seni tergaydigan? -
Degan savol maysalarni chulg'ab chiqdi.

El qatori nasihatdan bezganim rost,
Umidimni o'zim tishlab uzganim rost.
Qayda bo'lmay, bir nigohni sezganim rost,
Gunoh qilsam, o'tkir nigoh tig'lab chiqdi.

Ba'zan qo'lim, ba'zan esa sabrim yetmas,
Hayotimni oqlash uchun umrim yetmas.
Onamni haj qildirgani qurbim yetmas,
Hayit kuni yurakkinam ingrab chiqdi.

Yillar o'tib kim ulg'aydi, kim qaridi,
Kimdan oru nomus, kimdan dard aridi.
Akalarga to'kay, deb dil g'amlarini -
O'ksib borsam, eshigidan yig'lab chiqdi.

Bildim, nega el oldiga osh qo'yishar,
Qachon yostiqqa bemalol bosh qo'yishar.
Ko'klamasin deb ustiga tosh qo'yishar...
Mening dadam qabridan o't ko'klab chiqdi.

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:34:29
Singan odam

Singan odam, tuyg'ulari tingan odam,
Singan odam, qismatiga ko'ngan odam.
Siniq kulib, siniqqina ko'rinadi,
Kun ko'radi, yashamaydi, singan odam.

Yuribmiz-da, deydi endi o'g'il-qiz deb,
Qoraqozon yonidagi qorako'z deb...
Men hamisha yoningdaman, ketdik, do'st deb,
Yelkangga qo'l tashlamaydi singan odam.

Ko'rilmagan katta xavfni ko'rib qolgan,
Qochib borib o'z ichiga kirib qolgan.
O'z jonining mazasini bilib qolgan,
Senga jonin to'shamaydi singan odam.

Ko'rdim singan shoxni - oppoq guli bilan,
Egam goho shunday o'ynar quli bilan.
Goho urar bandasining qo'li bilan...
Odam isin xushlamaydi singan odam.

Unga tegma, u sendan ayb qidirmaydi,
Aybing bilsa ham birovga bildirmaydi.
Singan odam singanlarni sindirmaydi.
Begonaga o'xshamaydi singan odam.

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:34:57
Bachkana kun...

Bachkana kun kelsa, buralib palang -
Kosadagi sutni to'kib qochadi.
Ilvirsni bo'yniga chumchuq solar chang,
Burgut rayxon bargin cho'qib qochadi.

Bachkana kun kelsa, qiyin, deydilar,
Hayot o'zi beshak o'yin, deydilar.
Qirqiga chidagan, chidaymiz yana -
Qirq yilda bir eshak o'yin deydilar.

Bachkana kun kelsa, gul bo'lar shoir,
Gul bo'lmasa, kuyib, kul bo'lar shoir.
Odamning quliydi chiroqning jini,
Aroqning jiniga qul bo'lar shoir.

Bachkana kun kelsa, Ahmad donolar,
Asta tera boshlar shaxmat donalar.
Siz unga so'z berib qo'ysangiz, tamom,
Sizga gap bermaydi mahmadonalar.

Bachkana kun kelsa, shon va sharaflar:
Bir yonda takliflar, bir yon talablar.
Chimmatin ko'tarib, qoshin sakratib
Zinoga chaqirar eski danaplar.

Bachkana kun kelsa... kelmasin, deyman,
Ustimizdan birov kulmasin deyman.
O'zimiz bilamiz - kimmiz, nimamiz,
Shu gapni bolalar bilmasin, deyman.

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:35:22
Entikardi

Entikardi adirlaru dalalar,
Qizil kiygan qizdek qirmiz lolalar.
Qizil kiygan qizni yaxshi ko'rardim,
Bilar edi tog'alaru xolalar.

Dirillardi mendan qochib varraklar,
Varragimdan cho'chib uchgan laylaklar.
Hurkak-hurkak titrab tunda yuraklar,
To'lqin-to'lqin tortar edi nolalar.

Bola edim bo'shanggina, ko'ngilchan,
To'shak bo'ldi go'shangaga ko'ngilchang.
Mana, bugun bo'yga yetdi o'g'ilchang,
Senga yozgan she'rlarimni yod olar.

Mening esa qonim qaynab jo'sh urar,
To'lqin-to'lqin tortib, gup-gup musht urar.
Qaytib-qaytib yuragimga bosh urar,
Sen tug'ishing kerak bo'lgan bolalar.

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:35:43
Yigit (Azizbekka)

Osmonga oy, yigitga ot yarashar -
Tuyoqlari yulduz sochsin yelganda.
Yigit bo'lsin, kirsa davra yorishar,
Qiz-juvonning aqli shoshsin kulganda.

Munofiqlar, haromzoda ,kazzoblar,
Osh yedirib, so'ng guruchin hisoblar.
Nari bo'lsin bunday ko'hna azoblar,
Bosh egmasin nomard minnat qilganda.

Ota-ona turgan manzil - yurt bo'lar,
Yo'lga kirganidan ko'zi to'rt bo'lar.
Gugurtcho'pdek omonat va mo'rt bo'lar,
Yo'qotmasin endi qadrin bilganda.

Erlar ko'pu erkaklar kam zamonda,
Pok ayollar ko'zlari nam zamonda,
Shunday g'irrom, shu mutahham zamonda
Mushtin ishga solsin kezi kelganda.

Osmonga oy, yigitga yor yarashar,
Hovli borki, o'lan-alyor yarashar,
To'y kechasi har neki bor - yarashar,
Ko'ngli to'lsin, quchoqlari to'lganda.

Dunyo kezsin, o'nta tilda so'ylasin,
O'ylaganda lek o'zbekcha o'ylasin.
Navoiyni chang bostirib qo'ymasin,
Mudramasin qo'lga kitob olganda.

Qaysi ohang yoqimliroq yurakka?
Chuldir-chuldir jilg'a oqsin tuvakka...
Beshikdagi manglayi keng buvakka -
Shu she'rimni aytsin ota bo'lganda.

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:36:03
Dard

Chorasizlik shu-da bechoralik shu:
Tushingga izlaysan ta'bir va ma'ni.
Ammo tushga kirmas - senga qorong'u -
Ichingda qanday dard pishayotgani.
Buni g'animga ham ko'rmasman ravo,
Dushmanim holiga achingim kelmas.
Bu ham qara kasal, bu ham bedavo,
Ammo, ming afsuski, muhabbat emas.

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:36:30
Navro'zguli

Navro'zguli, boychechagim, bormisan,
Men senga zor, sen menga ham zormisan?
Muz ichida asradim men ko'nglimni,
Sen o'zingni asrab, baxtiyormisan?

Omonliqsan, to'tiyosan ko'zlarga,
Sevgi maktubisan ma'sum qizlarga.
Suykalasan dudoqlarga, yuzlarga,
Bitta o'zing bir butun gulzormisan?

Ninachining qanotidek barging bor,
Asal va sut bo'yi kelar atring bor.
Qadrim bilib yo'qladingmi, qadring bor,
Yolg'izginam, yolg'izlarga yormisan?

Ay, ko'ngilni qitiqlagan erka gul!
Ay, olamni ko'mgan orzu-sirga, gul!
Qayga desang, men ketarman birga, gul!
Sen ham mendek dardga xaridormisan?

Oy ham kulcha ko'rinarmish ochlarga,
Bulut ko'rpa bo'lib zor-muhtojlarga.
Tashna dilu ruhi yalang'ochlarga -
Birdek tansiqmisan, madadkormisan?

Jonim gulim, o'tinaman, so'lmay tur,
Dunyo yashnaganda hazon bo'lmay tur.
Meni yetim qilma, ketma, o'lmay tur,
Sen ham mendek dunyodan bezormisan?

Iqbol Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:36:57
O'pkalanib qaraysiz

O'pkalanib qaraysiz, o'pkalanib...
Ko'zimning gavhari, mahzanim,
Quchmaganim, suymaganim, o'pmaganim,
Sochlarini boshginamdan to'kmaganim,
O'pkalanib qaraysiz, o'pkalanib...

Uzandimu hilolga hech yetolmadim,
Yetib sizga bilaguzuk etolmadim.
samolarga talpingancha kunim kechdi,
Quyoshni ham tilla uzuk etolmadim.

Ko'z uchida qaraysiz, ko'z uchida...
Yulduzchalar cho'kib yotar dil burjida.
Oy aylanar koinotning kulgichida,
Yurak erir qabog'imning hovuchida...
Ko'z uchida qaraysiz, ko'z uchida...

Uzandimu qoshingizga yetolmadim.

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:37:18
Bilsang edi...

Kel, deganda, noz qilmasdan kelsang edi,
Gul berganda, qayrilmasdan olsang edi.
O'zing qandoq yaxshiliging bilasan-u,
Seni qanday sevishimni bilsang edi!

Bu dunyoga ozib-yozib bir bor kelib,
Nahot o'tsam hijronlarda bag'rim tilib?
Sen yurasan dardim bilmay, qadring bilib,
Seni qanday sevishimni bilsang edi!

Muzni qanday kuydirishni bilasan-a,
Suymaganni suydirishni bilasan-a,
Laylolardan qolgan ishqni bilasan-a,
Seni qanday sevishimni bilsang edi!

Chora istab bechorman men chorasiz,
Fe'ling sabab ikkimiz ham ovoramiz.
Ichi qora qiz ekansan, e qora qiz!
Seni qanday sevishimni bilsang edi!

Yetti iqlim, suv-havoni bilasan-u,
Beshta qit'a, yer-samoni bilasan-u,
Menga qara, har baloni bilasan-u,
Seni qanday sevishimni bilsang edi!

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:37:43
Zulfiya

"Zulfiyaga qarama,
Naq enangni ko'rasan!
Meni yaxshi ko'radi,
So'ra kimdan so'rasang!"
Kaltak yerdi Abdulla,
Kaltak yeb ham qaytmasdi.
- Ol-e, o'sha Zulpini,
Kerakmas! - deb aytmasdi.

Aqlli qiz Zulfiya,
Hammasini biladi:
Menga ko'zi tushganda
Miyig'ida kuladi,
Darslar kirmas quloqqa,
Samolarda xayolim:
Zulfiyaning qo'llari
Ipakdayin muloyim...
Kitobimning ichida
Jilmayadi suvrati.
Meni yaxshi ko'radi,
Meni yaxshi ko'radi...

...Yillar o'tdi, Abdulla,
Hayot bizdan kuldi-ya.
Sendek mendek yigitdan
Voz kechdi-ya Zulfiya!
"Zulfiyaga qarama,
Naq enangni ko'rasan!
Meni yaxshi ko'radi,
So'ra kimdan so'rasang!.."

Aqlli qiz edi-ku,
Hammasini bilardi:
Menga ko'zi tushganda
Miyig'ida kulardi.
Men-ku, mayli...
Seniyam
Toza ahmoq qildi-ya.
Biz harbiyda yurganda
Tegib ketdi Zulfiya...

Kitobimning ichidan
Uchib tushar suvrati,
Sevmaganman men uni,
Abdul yaxshi ko'radi!
Yirtaman deb suvratin,
Yitolmayman har kuni,
Sevmaganman men uni!
Sevmaganman men uni!..

I.Mirzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Dekabr 2007, 19:39:55
Ushbu nomlar bilan atalgan yuqoridagi sherlar Iqbol Mirzo qalamiga mansub.

Uyg'onish...
Axir men bittaman
Miskin Ayol
Sevgilim
Oqshom...
Ey dil
Saraton
Maktublaringiz yo'ldadir...
Bir kun kelib...
Taqdir
Ketolmayman
Kursdoshlarimga
Xotira
Aldov
Qismat chiziqlari
Muqaddima
So'nggi so'z
Xulosa
Vidolashuv
Seni unutganman
Meros
Ayyor qiz
Xudoga soldim
Seni sog'inib
Metroda
Yulduz
Siyom egizaklari
Baxt
Oshiq
Qizlarxon
Dadam qabri
Singan odam
Bachkana kun
Entikardi...
Yigit (Azizbekka)
Dard
Navro'zguli
O'pkalanib qaraysiz
Bilsang edi...
Zulfiya
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 07 Dekabr 2007, 17:59:31
Mirzo Kenjabek sherlari mavzulari.

Xalq ohangida
"žSevasizmi?"œ — degil
Qutlov
Jazo
Atirgul mavzuida ikki she'r
Xayrlashuv yohud... Tilingizni asrang, ko'chgan o'zbeklar!
Talabalik kunlari...
Tilak
Keldim
Salom o'lsin
Men bir ajib holda keldim
Yo, Rasulalloh
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 07 Dekabr 2007, 18:00:42
Xalq ohangida

Qaro tunning bag’rida,
Yorug‘ xayol qanday xush:
Bu dunyoda bir qiz bor —
Yostig’ining yarmi bo’sh.

Qaro sochi — jamalak,
Qaro zulfi qayrilgan.
Uning guldek xayoli,
Shabnamlarga chayilgan.

Seni suyib xayolda,
Ko’cha kezar qiynalib.
Suratlarga tushar u,
Sening uchun jilmayib.

Yostiqlar ham ko’p ekan —
Baxmaldan qurog’i bor:
O’zga soch bo’yog’idan,
Qolgan hidi, dog’i bor.

Odamlar ham ko’p ekan —
Tun zulmati cho’kkan payt.
Yostig’ining yarmini
Band etadi xiyonat.

Bir momo bor qaydadir,
Yostiq unga dil ranji —
Ochilmagan tunlardan,
Meros qolgan paranji...

Lekin, bag’rim, o’ksima,
Sen kuylayver xushnavo.
Bu dunyoda bir qiz bor —
Xayollari musaffo.

Paxta emas, par emas,
Mehrdandir bolishi.
Sen kechalar tinglagin,
Uning nafas olishin.

Bo’sh o’rningda pok yostiq,
Go’yo, kelgin, qani, deb.
Chorlar safarga tayyor,
Kemaning yelkanidek.

Mana, bo’sh uy, bo’sh stol,
Oppoq qog’oz, men yakka.
Sen shubhangni qo’y, aqlim,
Izn bergin yurakka.

Yurak, tovushga aylan,
Yurak, ishon, chorla, jo’sh.
Bu dunyoda bir qiz bor —
Yostig’ining yarmi bo’sh.
1978

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 07 Dekabr 2007, 18:02:19
"žSevasizmi?"œ — degil

"žSevasizmi?"œ — degil, savollar yog’dir,
Bor gapni sug’urib olgin ko’nglimdan.
Jim qovushtirilgan qo’llarim oxir,
Ohista sirg’alib tushar qo’ynimdan.

"žSevasizmi?"œ — degil, savol ber qiyna,
Nursiz kunlarimning bitsin hisobi.
Tug’yonli onlarga chorlasin yana,
Sovuq bo’salarning qaynoq azobi.

"žSevasizmi?"œ — degil, so’rayver, so’ra,
Nigohim titrasin oppoq ko’ksingda.
Parishon aksimni bir nafas ko’ray,
Parishon o’tinib turgan ko’zingda!..

Yolg’iz sening sevging yetmaydi, netay,
Umrimiz bog’lari qoladi g’arib.
Sen sevgi so’rayver, men chiqib ketay,
Muhabbat axtarib, mehr axtarib.
1978

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Dekabr 2007, 12:53:50
Qutlov

Oftobro’yda o’ltirsang, yoziladi g’uboring,
Sayr etmoqqa goh yetar, goh yetmaydi madoring,
G’adir-budur tutlarda barg yozibdir bahoring,
Bobojon, bu g’animat yellar muborak senga!

Onajon, bu yillarning oqimlari o’trikdir,
Bizlar oqib boryapmiz — fursat faqat ko’prikdir.
Bu oqlik ham sochlarning to’lqinida ko’pikdir,
Ona, yangi to’lqinlar, sellar muborak senga!

Ey, sahroyi amakim, ne chaman, ne bog‘ ko’rding,
Lekin o’sha dashtlarda yuragingni sog‘ ko’rding,
Ayolingning yuzida mana bu yil dog‘ ko’rding,
Tug’ilajak qizlari "žullar"œ muborak senga!

Yosh oshiqqa bulbuldir kuylayotgan g’urraklar,
Sevarmikan? — Bilmaysan. Oshiqadi yuraklar.
Ko’chasida qo’shiq ayt, chalayvergin hushtaklar,
Oshiq, bu sarsonliklar, yo’llar muborak senga!

Kimdir ilk bor sochingni qiyos etdi sunbulga,
Kimdir uzoq termildi avval senga, so’ng gulga.
Bu bahor beixtiyor kirding necha ko’ngilga,
Ey, o’n olti yoshli qiz, dillar muborak senga!

Qiqir-qiqir kulasan sochib chechak isini,
Chulduraysan, aytasan, hayotning ilk so’zini,
Hozir faqat dunyoda onang tushunar seni,
Ey, baxtiyor go’dak-ey, tillar muborak senga!..

U yoqlarda chechaklar ochdi mening Surhonim,
Bu yoqlarda chechakday sochilmoqda imkonim.
Hayotga gullar bersin endi umr bo’stonim,
Qutlug‘ O‘zbekistonim, gullar muborak senga!..
1981

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Dekabr 2007, 12:54:12
Jazo

Sening yashnab turgan ko’ylaklaring bor,
Yodimga soladi xushbo’y kezlarni.
Hayotning torgina yo’laklari bor,
To’qnash keltiradi goho bizlarni.

Sen meni ko’rmaysan, payqamaysan hech,
O’tasan jimgina boshingni egib.
Sen meni sezmaysan, payqamaysan hech,
Qo’llarim qo’lingga ketsa ham tegib...

Tunlar jim kezaman tinch daraxtzorni,
Bir qasos sezaman tinch shamollarda.
Uzun sochlaringning hasrati bordir,
Jimjit yig’layotgan majnuntollarda.

Axir, yonayotgan yuraklaringni,
Qismatim yuziga qarab otsang-chi!
Boshingni xam qilgan gunohlarimni,
O’zimning bo’ynimga ossang-chi!

Nega jim yashaysan, sokin yashaysan?!
Sezmaysan, qo’llarim ketsa ham tegib.
Olamda men yo’qdek, hech payqamaysan,
Yashaysan jimgina boshingni egib.

Men esa tirikman hayot bag’rida,
Tirik o’kinchlardan yongan qalbim bor.
Lekin men bilaman, sening qalbingda,
O’zimning... qarovsiz qolgan... qabrim bor!
1979

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Dekabr 2007, 12:54:33
Atirgul mavzuida ikki she'r

I
Gullar oqshom chog’ida, o’yga tolar emishlar,
Quyosh botgan tarafga, qarab qolar emishlar.

So’ng barchasi subhidam, sal iymanib, nozlanib,
Quyoshni kutar emish, sharq tomonga yuzlanib.

Faqatgina atirgul, sog’inch dog’lab ko’ksini,
Quyoshi ketgan yo’ldan olmas emish ko’zini.

Ters tomondan kun chiqqach, to’lib shabnam — ko’zyoshga,
Hayratu araz bilan qayrilarmish quyoshga.

...Men bir — safar odami, yo’lda kechar hayotim.
Gulim, dilda yonadi bir iltijo, bir dodim.

Bu dunyoda yo’l ko’pdir, Gulim, umrim — xayoldan:
Gohi janubga botib, chiqadirman shimoldan.

Atirgulim — sevgilim, men qaylarda yelmayin,
Ketib qaysi ko’chadan, qaysi yo’ldan kelmayin.

Ko’zlaringni qadab qol quyosh yanglig‘ dilimga,
Kelgunimcha qarab qol, jo’nab ketgan yo’limga!..


II
Lablarimga tabassum ko’chdi,
Seni o’ylab, hayratim cheksiz.
Shoir so’zi yodimga tushdi:
"žBuncha sodda, buncha o’zbeksiz!"œ

Quyosh botgach, jonim, atirgul,
Ma’yusgina o’yga tolasan.
Shundan ketdi, shundan kelar deb,
Mag’rib tomon qarab qolasan.

To tonggacha boshing eggansan,
Jim poylaysan quyoshing yo’lin.
Sen ham juda sodda ekansan,
Sen ham o’zbek ekansan, Gulim!
1984

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Dekabr 2007, 12:54:55
Xayrlashuv

Chorvachilik va dehqonchilik yumushlari bilan RSFSRning Kirov viloyatiga ko’chib ketgan yurtdoshlarimga.

Ko’nglim yumshab, bo’g’inlarim bo’sh endi,
Fe’lingizni asrang ko’chgan o’zbeklar.
Sizni tuproq asrolmadi, xo’sh endi,
Tilingizni asrang, ko’chgan o’zbeklar.

Dehqonmisiz, buzoqboqar, molboqar,
Qolayotgan Vatan sizga lol boqar,
O’rollarda, bilmam, qanday hol boqar,
Tilingizni asrang, ko’chgan o’zbeklar.

Ulgi oling Sir va Amu nahrimdan,
Mendan keching, kechmang yurtning bahrindan,
Siz ko’chdingiz lekin jigar-bag’rimdan,
Tilingizni asrang, ko’chgan o’zbeklar.

Turkiy kuyda Dulbarjining yodi bor,
Qoshg’ariy ham Mir alisher dodi bor,
Til yo’qotgan zotning qanday zoti bor?-
Tilingizni asrang, ko’chgan o’zbeklar.

"žAlla"œ ko’rmay o’sgan qulun qulunmas,
"žYor-yor"œ ko’rmay tushgan kelin kelinmas.
Hali sizga taqdir makri bilinmas,
Tilingizni asrang, ko’chgan o’zbeklar.

Balki unda rizq-nasiba to’kinroq,
Tuz-qum — ajal bo’roni yo’q, sokinroq.
Endingizmi Enasoyga yaqinroq,
Tilingizni asrang, ko’chgan o’zbeklar.

Hali yurtda handalakning bo’yi bor,
Olish-uloq, karnay-surnay to’yi bor,
Ona tilda onaning dard-o’yi bor,
Tilingizni asrang, ko’chgan o’zbeklar.

Xiyonatlar qilib ruhi poklarga,
"žNasrullo"œni almashdikmi "žrok"œlarga?
Tangri madad bermas tili yo’qlarga,
Tilingizni asrang, ko’chgan o’zbeklar.

Til — yurakning intiqomi, asrori,
O’zbek qizin mehri, oftob uzori!
Begonaga qo’shilmagan mozori,
Tilingizni asrang, ko’chgan o’zbeklar.

Siz ketsangiz, men netayin, bor bo’ling,
Hech xor bo’lmang, burgut bo’ling, sor bo’ling,
Lekin bir bor ona yurtga zor bo’ling,
Tilingizni asrang, ko’chgan o’zbeklar.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Dekabr 2007, 12:55:15
Talabalik kunlari...

Bir kun kulib qildilar imo,
Kursdosh qizlar — husnobod qizlar:
"žBu kunlarni she’r qiling, Mirzo,
Qo’shiq qilib aytaylik bizlar"œ.

U kunlarda... Huv yiroqlardan,
Yashil-zangor nafas kelardi.
Sadalarning butoqlaridan,
Inqilobiy bir sas kelardi.

Savr edi, havo — namzada,
Kulgi istab turmas edik tinch.
Tinmas edi tunlar "žHamza"œda,
Kelinlarning qo’zg’oloni hech.

Soqollarni qirgancha chala,
Kunduz shoshib, andak og’rinib,
Tinglar edik, topib hafsala,
Dozentlarning saboqlarini.

Yotoqxona orti — bozorcha,
Qop-qop mayiz, olmayu yong’oq...
Vaqti kelar bizga... Hozircha,
Piyoz bering, xolajon, bir bog‘"œ.

U kunlarda... Qobullik tolib
Qodir bir kun keldi yotoqqa,
Vatanida inqilob bo’lib,
Afg’on eli qalqmish yoqqa.

U kulardi... Qarardim hayron,
Ko’zidagi yiltiroq yoshga:
Quvosh desam, yig’iga o’xshar,
Yig’i desam, o’xshar quvonchga...

So’ng she’r o’qib hayqirdik chunon,
Bedardlarga bo’lsak ham kulgi.
Senda hamma — shoir, onajon,
O’zbekiston, she’riyat mulki!

G’ishtin bino — bag’riga bosgan,
Barcha aybu gunohlarimni.
Turib-turib ko’nglim qo’msaydi,
Talabalik yotoqlarini.

Mana, adl sadalar... Javzo...
Yaproqlarda titraydi so’zlar:
"žBu kunlarni she’r qiling, Mirzo,
Qo’shiq qilib aytaylik bizlar"œ.

U kunlarda, daydib, guvranib,
Qayda eding, majnun ovozim?!
O’shal uchqur-uchqur kunlarning,
Shiddatida qoldi qasosim!

U kunlardan kamyob omadim,
Ko’z ostida qoldirdi izlar.
U kunlarni she’r qilolmadim,
Qo’shiq qilib aytmadi qizlar...
1982-85

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Dekabr 2007, 12:55:38
Tilak

Muborak ayyomning tiniq tongiday,
Musaffo ranglarga to’lganda borliq,
Xushbo’y tabiatning yetti rangidan,
Osmon gardishida qolganda yorliq,
Eng porloq tuyg’ular tilayman senga,
Eng shirin orzular tilayman senga!

Archaning qorlarga qarshi isyoni,
Yashil bahor bo’lib kuldi oqibat.
Ajoyib ranglarga intiq vijdoning,
Yam-yashil hislarga to’ldi oqibat...
Gul, bulbul, gulzorlar tilayman senga,
Hech so’lmas bahorlar tilayman senga!

Yurak osmonlari chaqinga to’liq,
Jismingni olqishlab uchadi ruhing.
Zaminda chaqnagan guldirak bo’lib,
Bir kun osmonlarga ko’chadi ruhing!
Kapalak-kamonlar tilayman senga,
Eng go’zal osmonlar tilayman senga!

Tunlar ko’kka boqib o’ylaysan kimni,
Gul kabi jamoling kimga fidodir?
Samodan izlayver, mayli, baxtingni,
Sevgingni arsh bilgan oshiq — xudodir:
Baxt sari ibtido tilayman senga,
Eng sodiq bir xudo tilayman senga!
1980

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Dekabr 2007, 12:56:13
Keldim

Menim bunda qarorim yo'q,
Men bunda ketmoqqa keldim.
Bozurgonman, matoim yo'q,
Olganga sotmoqqa keldim.

Men kelmadim da'viy uchun,
Mening ishim sevgi uchun.
Do'stning uyi - ko'ngullardir,
Ko'ngullar topmoqqa keldim.

Dust asiri - daliligim,
Oshiqlar bilgay neligim,
Bekor qilib ikkilikni,
Birlikka yetmoqqa keldim.

Ul Xojamdir, men quliman,
Do'st - bog'ining bulbuliman,
Ul Hojamning bog'larida
Shod bo'lib o'tmoqqa keldim.

Bunda topishmagan jonlar,
Unda topishmagay onlar,
Bunda topishib Do'st ila,
Holim arz etmoqqa keldim.

Yunus Emro oshiq bo'lmish,
Ma'shuqi dardidan o'lmish.
Asl mardning eshigiga,
Holim arz etmoqqa keldim!
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Dekabr 2007, 12:56:49
Salom o'lsin

Biz dunyodan ketar bo'ldik,
Qolganlarga salom o'lsin.
Bizning uchun ezgu duo
Qilganlarga salom o'lsin.

Ajal bukar belimizni,
So'ylatmayin tilimizni,
Bemor edik, holimizni
So'rganlarga salom o'lsin.

Tanim oshkor ochilgaydir,
Yoqasiz to'n bichilgaydir,
Bizni o'pgay bir vajh ila
Yuvganlarga salom o'lsin.

Azroil olgaydir jonimiz,
Qurir tomirda qonimiz,
Yoyib, tanga kafanimiz
Urganlarga salom o'lsin.

Ketar bo'ldik Do'stimizga,
Yetolmadik qasdimizga,
Namoz uchun ustimizda
Turganlarga salom o'lsin.

Bunda har kim ketmay netar,
Borsa kelmas yo'lga ketar,
Bizning holimizdan xabar
Olganlarga salom o'lsin.

Miskin Yunus so'zlar so'zi,
Qonli yoshga to'lmnsh ko'zi,
Bilmaslar ne bilsin bizi
Bilganlarga salom o'lsin!
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Dekabr 2007, 12:57:14
Men bir ajib holda keldim

Men bir ajib holda keldim,
Kimsa holim bilmas mening.
Men so'ylayman, men tinglayman
Kimsa tilim bilmas mening.

Mening tilim qush tilidur,
Mening qo'lim Do'st qo'lidur,
Men bulbulman, Do'st gulimdur,
Biling, gulim so'lmas mening.

Ul Do'st menga kelsin demish,
Sundim qadah, olsin demish,
Oldim qadah ichdim sharob,
Endi ko'nglim o'lmas mening.

Ne Turim bor, ne turorim,
Hech yerda yo'qdir qarorim,
Haqqa munojot qilmoqqa
Tayin yerim bo'lmas mening.

So'r, turganim yerni mendan,
Ko'rsaturman, kelsang, senga.
Bir zarracha hakdan ayru
Ko'zim hech ne ko'rmas mening.

Tur tog'ida bir tajalliy
Boq, Musoni nelar qildi!
Yunus aytar: Haq nazdida
So'zim yerda qolmas mening!..
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Dekabr 2007, 12:57:41
Yo, Rasulalloh

Ishqing ila oshiqlar
Yonsin, yo Rasulalloh.
Ichib ishqing sharobin,
Qonsin, yo Rasulalloh!

Shul seni sevgan kishi
Tikmish yo'lingda boshin,
Ikki jahon quyoshi
Sensan, yo Rasulalloh!

Shul seni sevganlarga,
Qil shafoat onlarga,
Mo'min bo'lgan tanlarga
Jonsan, yo Rasulalloh!

Darvish Yunusning joni,
Olam shafoat koni,
Ikki jahon sultoni
Sensan, yo Rasulalloh!..
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Dekabr 2007, 12:58:53
Mirzo Kenjabek Sherlarining mavzulari

Xalq ohangida
"žSevasizmi?"œ — degil
Qutlov
Jazo
Atirgul mavzuida ikki she'r
Xayrlashuv yohud... Tilingizni asrang, ko'chgan o'zbeklar!
Talabalik kunlari...
Tilak
Keldim
Salom o'lsin
Men bir ajib holda keldim
Yo, Rasulalloh
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:40:54
Uvaysiy Sherlari:

Uvaysiyman
Ko’ngul dog’ o’ldi...
Sog’indim
Qabul etkil
Chiqib ishq o’ti...
Munosib
Kokuling
Mendin o’rgandi
Chiston
Oshiq bo'misham
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:41:10
Uvaysiyman
Mehnatu alamlarga mubtalo Uvaysiyman,
Qayda dard eli bo’lsa, oshno Uvaysiyman,

Istadim bu olamni, topmadim vafo ahlin,
Barchadin yumub ko’zni muddao Uvaysiyman.

Uz diling taalluqdin, band qil xudo sori,
To degil kecha-kunduz: "žMosivo Uvaysiyman!"œ

Kechalar fig’onimdin tinmadi kavokiblar,
Arz to samo uzra mojaro Uvaysiyman.

To ko’rib xarobotin ta’na etma, ey zohid,
Bir nafas emas xoli iqtido Uvaysiyman.

Faqr borgohiga qo’ysa gar qadam har kim,
Bosh agar kerak bo’lsa, jonfido Uvaysiyman.

Vaysiy beriyozat deb sahl tutma, ey orif,
Ishq aro nihon dardi bedavo Uvaysiyman.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:41:30
Ko'ngul dog' o'ldu

Zamona kulfatidin bu ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi,
Bu charxi bemuruvvatdin ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

Jarohat bo’ldi bag’rim tig’I bedodi raqiblardin,
Bu ko’tohfahm mardumdin ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

Bu gulzori fano ichra mahali bexalal yo’qtur,
Hamesha zaxmi xorodin ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

Fano mardumlarini sirridin hech kimsa yo’q ogah,
Qabihguftor mardumdin ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

Ko’ngul qoni farog’I diydadin bir lahza band o’lmas,
Vujudim iztirob aylab ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

Turubdur bag’rim ichra qon misoli g’uncha, naylarman,
Ochilmay gulsifat ushbu ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

So’zimdin xotiring uzra gumone o’zga yetkurma
Ki, izhor aylamay naylay, ko’ngul dog’ o’ldu, dog’ o’ldu.

Men rasvoyi olamdin mabodo e’tiroz etma,
Takallum birla shod ayla, ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

Ko’ngulni otashin bejo qilibdur nutqi guftori,
Qayu bog’ andalibidin ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

Bu so’zni ayladi barpo ajab gustohlik birla,
Maloli xotir o’lg’aymu, ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

Ajab ash’ori mavzun bog’ladi Vaysiy hasaddinkim,
Umarxon zufununekim, ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:42:05
Sog'indim
Bugun, ey do’stlar, farzandi jononimni sog’indim,
Gado bo’lsam, ne ayb, ul shohi davronimni sog’indim.

Musofirman, g’aribman, bekasu ham benavodurman,
Vujudim darda to’ldi, emdi darmonimni sog’indim.

Tilimning zikriyu ko’nglimni fikri, yaxshi farzandim,
Azizim, yolg’uzim, davlatli sultonimni sog’indim.

Kecha-kunduz yo’lig’a muntazirdurman, tikarman ko’z,
Kelib holim so’rubon ketsa, mehmonimni sog’indim.

Nasibin uzmadi tangrim, ilojin topmag’ay kelsa,
Onam deb bo’lg’usi bag’ri qizil, qonimni sog’indim.

Qorong’u bo’ldi olam ko’zima ushbu judolikdin,
Ko’zu ko’nglum ziyosi, mohi tobonimni sog’indim.

Meni bekas Uvaysiy yig’lag’ayman ro’zi shab tinmay,
Uyimning ziynati, ko’z ravshani, xonimni sog’indim.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:42:34
Qabul etgil

Kelibman dargahingga, shohi xo’bonim, qabul etkil,
Bag’ir qonim bila bul chashmi giryonim qabul etkil.

Umid aylab talab olmoqqa kirdim rohi pokingga,
Yo’lingda aylagan faryodu afg’onim qabul etkil.

Tushubdur boshima savdoyi ishqing, ey shahanshohim,
Alam bozorida bul dardi pinhonim qabul etkil.

O’tubdur gavhari noyobi umrim toki g’aflatda,
Tazarru’ zor ilan qilg’on pushaymonim qabul etkil.

Tegibdur novakingdin necha o’q jismim aro pinhon,
Shahidi ishq o’lmoqqa oqan qonim qabul etkil.

Uvaysiy garchi noqobil, kelibdur ostoningg’a,
Fig’onu ohi so’zonini, sultonim, qabul etkil.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:42:52
Chiqib ishq o'ti

Chiqib ishq o’ti ko’ksim chokidin, boshimdin oshibdur,
Quruq shoxeki, go’yo o’z ichidin o’t tutoshibdur.

Ko’zing jon labga yetkurdi, labing jon qo’shti jonimg’a,
Bu ikki do’stlar ul joni mahzunim taloshibdur.

Azal kunda asar etgandi sirri may qulog’img’a,
Bugun, vah, dil bulog’I jo’sh urmoqliqda toshibdur.

Visoling orzusi shiddati hijronni yiqmoqda,
Bu ikki pahlavon maydoni dil uzra kuroshibdur.

Uvaysiy, olma boshing zikru fikri yor yodidin,
Suluki ishq aro be yodi haq yo’ldin odoshibdur.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:43:10
Munosib

Ey gul, jigarim qoni uzoringg’a munosib,
Yuz porali ko’ksum dag’I xoringg’a munosib.

Sarf aylama har bexabara la’li qadising,
To qahru g’azab meni zoringg’a munosib.

Tun sog’arida sharbati bedorlig’ ichsang,
Mastonalig’ ul chashmi xumoringg’a munosib.

To qildi muattar xati rayhoni sahargoh,
Xushholligim husni bahoringg’a munosib.

Man’ etma tarahhum etibon, yor, yo’lungdin,
Ashkim yo’l aro man’I g’uvoringg’a munosib.

Dil manzarini pok etibon muntazir o’ldum,
Bo’lg’oymu ekin tab’I gulzoringg’a munosib?

Rashk otashini, Vaysiy, bugun ayla mukarrar,
Yuz sen kabi devona nigoringg’a munosib.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:43:29
Kokulung

Bo’lmasaydi to parishonlig’da zebo kokuling,
Qilmag’aydim shona chog’ida tamosho kokuling.

O’rmasam erdim olib ilgimga ul mashshotni,
Qilmag’ay erdi meni olamga rasvo kokuling.

Yo xaridor o’lmasam erdim junun bozorida,
Solmag’aydi boshima yuz rangli savdo kokuling.

Huxni ruxsoring to’yo ko’rgan edim qadr tuni,
Qilmasaydi yuzlaring ustida g’avg’o kokuling.

Qolmag’aydim norasolar ta’nayi pinhonig’a,
Etmasaydi sirrimi elga huvaydo kokuling.

Qo’nmasaydi moh ruxsoringg’a ko’nglumning qushi,
Tushmagaydi tori to bo’ynumga yaldo kokuling.

Osmasayding jon olur vaqtinda zulfing dor etib,
Bo’lmag’aydi muncha Vaysiyga mujallo kokuling.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:43:53
Mendin o'rgandi

Ki bulbul nola, afg’on aylamakni mendin o’rgandi,
Vujudin sham’I so’zon aylamakni mendin o’rgandi.

Borib sahroga, qon bag’rimdin izhor ayladim bir kun,
Falak bag’rin qizil qon aylamakni mendin o’rgandi.

Shafaq xun bo’lg’usi, dil, yor mehri gar nihon bo’lsa,
Samo gulguni domon aylamakni mendin o’rgandi.

Ko’rub abro’ hiloling, jon fido qildim jamolingga,
Ul oy husniga qurbon aylamakni mendin o’rgandi.

Fig’onkim, g’am tarog’I xasta ko’nglum resh-resh etti,
Sanam zulfin parishon aylamakni mendin o’rgandi.

Seni izlarman andoqkim, quyosh diydorin izlarda,
Kezib tun-kun, shitobon aylamakni mendin o’rgandi.

Qanoat qildi Vaysiy, topti dildin gavhari nazmin,
Sadaf ham durri g’alton aylamakni mendin o’rgandi.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:44:08
Chiston

Ul na gumbazdur: eshigi, tuynugidin yo’q nishon,
Necha gulgunpo’sh qizlar manzil aylabdur makon.
Sindurub gumbazni, qizlar holidin olsam xabar,
Yuzlarida parda tortig’liq, turarlar bag’ri qon.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:44:27
Oshiq bo'lmisham

Bir pari paykar sumanbar yora oshiq bo`lmisham,
La'li dilkash, so`zi xush dildora oshiq bo`lmisham.

Maddi ohim ko`kdadur, sorug` yuzumda ashki ol,
Ul qaddi ra'no, yuzi gulnora oshiq bo`lmisham.

Qilm gulqanding ila za'fim ilojin, e hakim,
menki, gulbargi shakar guftora oshiq bo`lmisham.

Nolau afg`on ertarman qumridek bulbul kabi,
Na ushunkim, sarvigulruxsora oshiq bo`lmisham

Lablaringdin to ko`rinshim xush-xush inju tishlaring,
La'li birla ul duri shahvora oshiq bo`lmisham.

Do`stlar ko`nglum olon zulfi musulmonkush erur,
Kofiredur, kokuli zunnora oshiq bo`lmisham.

O`zni qutqarmoq uchun yeldim-yugurdim har sari,
Oh vovayloki, bora-bora oshiq bo`lmisham.

Manzilu ko`yu, aloyiq bandidin ozodman
To tariqi `hojai Ahrora oshiq bo`lmisham.

Baski, sargardon, quyun yanglig` yugurmakdur ishim,
Ishq vodisiga man ovora oshiq bo`lmisham.

Vaysiydin xush istamaklik yo`q munosib ne uchun?
Bir pari paykar sumanbar yora oshiq bo`lmisham.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:45:15
Uvaysiy Sherlari

Uvaysiyman
Ko’ngul dog’ o’ldi...
Sog’indim
Qabul etkil
Chiqib ishq o’ti...
Munosib
Kokuling
Mendin o’rgandi
Chiston
Oshiq bo'misham
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:45:59
Nodir Jonuzoq sherlari:

Unutish...
Shahina - nadir?
O'yin
Faqat sizni...
Dars
Tobutimni ko'tarar qizlar
Qariqiz
San'at
Yo'qlov (M. Yusufni yo'qlab...)
Munojot
Nilufar (Doston)
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:47:09
Unutish...

Unutgansiz meni - bilaman,
Faqat, «yo'q« deb qilmang e'tiroz.
Yolg'on so'zlab nima qilaman,
Men ham sizni unutdim biroz.

O'z zabtiga olyapti turmush,
Goh g'am kelar, gohida sevinch.
Xotiralar go'yo eski tush
Yo'qotmoqda o'z kuchini... Tinch -

O'tayapti yuvosh kunlarim,
Kengaymoqda mayin qorachug'.
To'zg'ib ketdi o'lik kullarim,
So'nmayapti faqat bitta cho'g'.

Tomirimda yugurar betin,
Goho to'xtar... Kimga kelar duch?
O't olgisi keladi, lekin
Topolmaydi puflaydigan kuch.

Nafasini qizg’onar dudoq,
Hushtak chalar go'yoki beg'am:
«Azoblardan qutildim, Xudo,
Endi qaytib tashlama, Egam».

Manglayida borini ko'rar
Har kas - axir erkning nafi kam.
Tan olayin: sizdan ham ko'ra
Mehribonroq chiqdi rafiqam.

Hatto sizdan qattiq sevdi u,
Tuyg'ulari - tiniq va quyuq.
Bu hududsiz olamda mangu -
Unga mendan boshqa dunyo yo'q.

To'liqaman, baxtliman to'kis,
Baxt shu bo'lsa - dilni dil o'par...
Eng xush ko'rgan soni - o'n to'qqiz,
Eng yoqtirgan guli - nilufar.

Menmi?! O'zni o'nglab oldim, bas...
Sho'ng'imasman ortiq jununga.
Bersam, kuyuk yuragimnimas,
Hayotimni beraman unga.

Uzr... Sizga og'ir bu so'zlar,
Nega aytdim?! Anglaganim yo'q.
Balki menmas, aslida bo'zlar -
Tomirimda omon qolgan cho'g'.

Baribir-ku... Axir, siz meni
Unutgansiz - qilmang e'tiroz.
Endi sizdan yashiray neni -
Men ham sizni unutdim biroz.

Yana she'rlar yozayapman. Ha!
Yuragimga qaytib keldi shasht.
Bu dunyoda ming urilsang-da,
Kerak ekan baribir yashash!

Mana, siz ham yashayapsiz-ku,
Baxtiyorsiz mendan yuz karra.
Ranjitmaydi sizni hech ham U,
Menga o'xshab qilmaydi zarda.

Kechirasiz... men kimman o'zi?!
Men o'shami - sizni deb yongan!?
Gurillashda quyoshdan o'zib,
Kuygan - o'zin urib to'rt yonga...

Bilolmadim. Unutdim. Tamom.
Kerak emas. Tugadi. Nuqta.
Ketaman o'z yo'limga tomon,
Siz ham bunda qolmaysiz to'xtab.

Unutasiz. Endi nafi kam,
Xotiralar - ojiz yeringiz.
Unutmaydi faqat rafiqam,
Unutmaydi faqat eringiz...

1999
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:48:01
Shahina - nadir?
Nafasingiz - eng xushbo'y atir,
Orazingiz istamas g'oza.
Eron qizi - Shahina nadir,
Gulgunroqsiz undan, Shahnoza.

Ko'zingizda mavj uradi Baxt,
Siz yengilsiz, lekin cho'kasiz.
Sal jilmaysam - kulasiz qah-qah,
Sal injilsam - ko'zyosh to'kasiz.

«Meni shuncha suyasizmi?!» - deb
Rasmingizdan har kech so'radim.
«Uyaltirmang odamni hadeb» -
Qizardi u...
Mening suratim

Sizga neni qilar hikoya?
Bilmaydi-ku ichkin g'aybimni -
Surat siyrat emas-da, shoyad
Ko'pirtirmagandir aybimni...

Men haqimda mayda gaplar ko'p:
Qancha nozik qo'lchani o'pgan...
Siz ishonmang! Hammasi ko'pik,
Ko'nglim ayon emas-ku ko'pga.

Bilasiz-ku kasbu korimni,
Sevgi deya ne ko'yga tushdim.
Unutdimmi yigit orimni?!
Garchi bukun hammasi tushdir...

Siz ertakdan chiqib keldingiz,
Etagingiz o'par hurlar ham.
Qoshingizda - ikkita dengiz,
Har tomchisi jonimga malham.

Yosh to'kasiz - injilsam agar,
Sal jilmaysam - qah-qah kulasiz.
Ey, ruhimni kuydirgan axgar,
Qachon menga hamdam bo'lasiz?

Chayqalaman tig'day rasanda,
Tanhoman-ku, keling - toqsiz Siz.
Men Yesenin bo'lolmasam-da,
Shahinadan suluvroqsiz siz!

1998
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:48:46
O'yin
Bu qiz bilan har kuni
O'ynardik bekinmachoq.
Darrov topardim uni
Devorga bekingan choq.

Qo'l ushlashib adirga
Chopar edik hakkalab.
Qaytardik keyin birga,
Qo'ymas edim yakkalab.

Ishonmasdan, ko'zimni
Kafti bilan yopardi.
Bekinardi. Men uni
Osongina topardim.

Kapalakday beqaror,
Ohuday edi qochoq.
Keyin bilsam, aslida
Bu dunyo - bekinmachoq.

Bir kun ogoh qilmasdan
Bir burchakka chekindi.
O'zi bilib-bilmasdan
Chimildiqqa bekindi.

Ovoz berdim: «Bo'ldi, chiq,
Qanisan?..» - tinglar edi.
Lekin negadir piq-piq
Chiqmasdan yig'lar edi.

Kiray desam yoniga,
To'siq bo'ldi yangalar.
Igna sanchib jonimga,
Dil dardimni yangilar.

Tashqaridan so'z qotdim:
«Hammasi o'yin edi,
Ko'z yumdimu - yo'qotdim,
Buyog'i to'ying endi...»

Shundan beri har kuni
Yaramga teginaman.
Uzoqdan ko'rib uni,
Shu zahot bekinaman.

Ergasholmas izimdan,
Ortimdan chopolmaydi.
Ko'rib turaru zimdan,
Hech qachon topolmaydi...

2002
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:49:28
Faqat sizni...
Ishonaman sizga, azizim,
Faqat meni sevasiz, faqat -
O'pich uchun bir menga izn
Berasiz-u yotga yo'q shafqat.

Turna bo'lib uchar qoshingiz,
Qabog'ingiz shimadi shafaq.
Shab sharobin ichar sochingiz,
Kiprigingiz - hilol, muhaqqaq.

Barmog'ingiz atirgulday xush,
Ko'ylagingiz yoqasi burma.
Ko'ksingizda g'unchalar behush,
Poyingizga qadalgan durmi?!

Nur elagan oyday yuzingiz
Bilamanki, faqat men uchun.
Demak, chindir aytgan so'zingiz,
Demak, meni sevishingiz chin.

Tun torayib boradi asta,
Xayolotga bazo'r sig'asiz.
Meni o'ylab uxlayolmasdan,
Yostiq tilin tishlab chiqasiz.

Tuyg'ularim aldamas sira,
Hech bir qizni sizday suymadim.
Tarqab ketar olis xotira -
O'zgaradi yurak qiymati.

Xum ichida qolgan g'o'raman,
Ko'hna mayday ko'pirar qonim.
Faqat sizni yaxshi ko'raman,
Faqat sizni o'paman, jonim!

1995
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:49:50
D A R S
Darsxonaga kirasiz shoshib,
Yonimdan «g'uv» o'tib ketasiz.
O'zingizga loyiq yo'l ochib,
Joyingizga qushday yetasiz.

O'tirasiz (axir, bu dars-da)
Va'zlar sig'mas dilxonangizga.
Pichir-pichir qilasiz, asta
Sirg'alib yon dugonangizga.

His qilaman: g'iybatingiz - men,
Po'rtanadek qo'pgim keladi.
Sochingizdan tortqilab, keyin...
Keyin...
...yig'lab o'pgim keladi!

1995
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:51:12
Tobutimni ko'tarar qizlar
O'layapman - ranjimang tag'in,
Qololmayman bu yerda sobit.
Atirgulning shoxchalaridan
Yasaganman o'zimga tobut.

Jar soladi mushfiqim - sabo,
Chorlayverar do'stu g'animni.
Mehmon bo'lgan Azroil bobo
Shabnam bilan yuvar tanimni.

Hayotimni muqaddas bilib,
Urfu-rusum qilurlar ul-bul.
She'rlarimni tilovat qilib,
Janozamni o'qiydi bulbul.

Yaproqchalar soladi uvvos,
O'ksimasin maysalar nega?!
Ko'milaman eng toza, eng soz,
Eng chiroyli gulning tagiga.

Ko'm-ko'k rangga kiradi jonib,
Chayqaladi zil-zambil hislar.
Yuragimni alvonday yopib,
Tobutimni ko'tarar qizlar!

1995
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:51:47
Qariqiz
Osuda, tinch yo'ldan ham yurak yutib o'tar jim,
Topilmaydi olamda yuragiga mutarjim,
Kim bilsin, balki u ham shahzodasin kutar jim,
Axir, o'z baxtin kutib yashaydi-ku bari qiz,
Singlisini uzatib, o'zi qolgan qariqiz.

Bolalikka yo'lak yo'q. Oldga ham. Bir joyda lol,
Halinchakka osilib o'z-o'zicha ochar fol:
Balki bugun yo erta yoki indin, ehtimol...
Foli o'zgaga to'g'ri - o'ziga teskari qiz,
Qo'shni uyda kul bo'lib yor-yor aytar qariqiz.

Chehrasi dog'li deya havas qiladi Oyga,
Sochining bir tolasi zarbidan sinar oyna.
Tushin aytmaydi hatto tushunmaydi deb soyga,
Ko'nglining girdobidan qo'rqar, tubsiz qa'ri, qiz,
Xayolida baliqlar bilan suzgan qariqiz.

Bormi unga dugona, bormi dardin so'rovchi?
Bormi uning zoriga yetadigan zo'r ovchi?
Bu eshikni har kimsa qoqar - ko'rinmas sovchi,
Ostona hatlab endi chiqmas o'zi nari qiz,
Soyasi - o'zi, soya bo'lib qolgan qariqiz.

Halqa-halqa mung sochar qaroqlari havoga,
«Kimning qobirg'asiman?» - bo'zlar Momo Havvoga,
U ham gul-ku - bir kuni ochilishga da'vogar,
Ochilsa, hovlisini jannat qilar pari qiz,
Yaproqlari ostida ifor to'la qariqiz.

Ona - tinsiz: keksargan yuragin timsoh g'ajir,
Ota - tilsiz: qarigan manglayi g'ij-g'ij ajin,
Yo, Xudoyo, sen bu uch qulingga o'zing achin,
Ketayapti kun sayin, oy sayin Sen sari... qiz,
Ko'zlaridan to'kilib duolari - qariqiz...

Ko'ksimga xanjar sanchdim-qonday chiqdi bu she'rim
O'ttiz uch yil to'lg'ongan jonday chiqdi bu she'rim,
Rosti, o'zim bilmayman, qanday chiqdi bu she'rim..
Ko'zyoshingday samoda omonat Yer shari, qiz,
To'kma, yo'qsa, yo'qlikka yo'l olamiz, qariqiz!..

1999
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:52:23
San'at
1

Ko'ksimdagi parcha muz
Kun sayin eriyapti.
Ko'zlarimdan sizar So'z -
His qildim she'riyatni.

Yomg'irpo'shni yopinib,
Singayapman botinga.
Faqat unga topinib,
Kechdim - neki yot unga.

Anglab yetdim: suv kabi
Isrof bo'larkan his ham.
Gunoh bo'larkan kabir -
Ehtiyot bo'ling siz ham.

Dildagi toshni oting,
U - muzning bir xili-da...
Keyin... menga so'z qoting
Faqat qushlar tilida!


Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:53:09
2

Qofiyalar aylanar g'uj-g'uj,
Shoshiradi: «Tashbeh, timsol top.
Bo'lmasin lek havoyi yo puch,
Va shaklga bergin zebu-tob».

Chavandozday sapchiydi har So'z,
Sho'rlik dilim - o'rtada uloq.
Tomoshaga shaylanar ming ko'z,
Eshitsam der ming bitta quloq.

Men-chi, jonim halak, taloshda
Ulashaman borimni saxiy.
Netay, shunga ko'nganman boshdan,
Netay, boshqa yo'lim yo'q, axir.

Hislarimni bitta-bittalab
Gul misoli tutaman - oling.
Yo'q, hech narsa qilmasman talab,
Faqat she'rga muxlis bo'p qoling.

Chin so'zim shu... Ey, g'ofil Inson,
Kulmang, mazax qilib, lof deya:
Tushingizga kirar so'ng timsol,
Tushingizga kirar qofiya...

2006
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:53:59
Yo'qlov (Muhammad Yusufni yo'qlab...)
-1-

Uzoqlashgan edim qalamdan,
Qo'llarimdan tushgandi qog'oz.
Bag'rim tutab qayg'u-alamdan,
Yuragimni to'kayapman boz.
Har bir so'zni, har bitta harfni
Dil to'ridan olyapman uzib.
Sog'intirib menday g'aribni,
Qayerdasiz, Muhammad Yusuf?

Kimdir dedi: o'lgan, u o'lgan...
Hayron boqdim: jinnimi u yo...
Odamlarga bir nima bo'lgan,
Yo so'ngiga yetdimi dunyo?
Axir, cheksiz samovot uzra
Charchadi-da Ona Yer yuzib.
Yoki Oyda axtarib misra -
Yuribsizmi, Muhammad Yusuf?

Yulduzlarni sarxush etibdi
Ko'ksimga siz kadagan rayhon.
Ammo kimdir yulib ketibdi,
So'ng ezg'ilab, etibdi payhon.
Nogoh izza bo'lgan boladay
Yig'layapman dunyoni buzib.
Cho'qqidagi yolg'iz loladay
Olisdasiz, Muhammad Yusuf.

Yetolmayman - tovonlarim qon...
Osilsam-da tikan, xaslarga -
Poyingizga yetganim hamon
Yumalayman yana pastlarga.
Intilaman tag'in ko'k sari,
Burnim konab, laxta qon qusib.
Unutilar ozorlar bari -
Sizni ko'rsam, Muhammad Yusuf.

Diydoringiz qayda? Hansirab,
O'rmalayman - eltar qay so'qmoq?
Ketayapman faqat sha'n so'rab,
Balki tushar boshimga to'qmoq.
Axir, dunyo maslagi - makr,
Huzur qilar hiylalar tuzib.
Dardkashim yo'q, ezginman, axir,
Bexabarsiz, Muhammad Yusuf.

Men kimman?!
Huv, yo'lda o'ksinib,
Yolg'iz qolib ketgan butaman.
Yarim yo'lda oyog'i sinib,
Bo'zlab yotgan nochor bo'taman.
Chor atrofim - yonayotgan dasht,
O't yo'lini bo'lmaydi to'sib.
Endi qiyin bo'ladi yashash -
Siz yo'qsiz-da, Muhammad Yusuf.

Tog' edingiz - har kuni quyosh
Bag'ringizdan ko'kka chiqardi.
Men-ku sizdan yumalagan tosh,
Yuksalay deb quvvat yig'ardim.
Balki bir kun yo'l ochsa Samo,
Tog' bo'larman siz kabi o'sib.
Qay tomonga bo'ylayin ammo -
Qaerdasiz, Muhammad Yusuf!?

-2-

Umr nima?
Bir sho'x nag'maki,
Tugamasdan bo'ladi sarob.
U - bir tutab o'chgan tamaki,
Yarmi yerga to'kilgan sharob...

-3-

O'ylab qoldim birinchi marta:
Ne o'zi shoir bo'lmoq?

Hech kim qabul qilmagan dardni
Yuqtirib o'lmoq!


2001 yil, 19 avgust
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:54:23
Munojot
Ey, ismidan atir taratgan,
Ey, dunyoni ishqdan yaratgan.

G'uncha kabi ochdim ko'zimni,
G'arib holda ko'rdim o'zimni.

Neki bildim - mudhish... Uyaldim,
Behush bo'lib, gulga suyandim.

Yuragimga tegdi tikani,
Qonim oqdi yaproqqa... Ani -

Chumolilar ichib berdi jon,
Qanday maxluq bo'ldim, Xudojon?!

Tomirimga sancharkan nishin,
Chayonlar ham yiqilar shishib.

Nahot boshdin oyoq zaharman,
O'z-o'zimni tinmay chaqarman.

Holbuki, bol isini tuyib,
Kelgandim gul ishqida kuyib.

Bilmam, qachon, ne deb chalg'idim,
Adashdimmi turmush changidin...

O'zing - mayoq, o'zingsan habib,
O'zing - tiryoq, o'zingsan tabib.

Kasalimni tuzatsang zora,
Sendan o'zga topolmas chora.

Ki, sensan bor olam maqsudi,
Senga yetmas tubanlig' dudi.

Arshingdasan, oliysan, poksan,
Va hammadan ham yaqinroqsan.

Yaqindirsan hatto o'zimdan,
Olissan-u ojiz ko'zimdan.

Har hujayram sezar taftingni,
Osmonlarga sig'mas taxtingni -

Yuragimga qo'ndirgan o'zing,
Isyonimni so'ndirgan - so'zing.

Sokinman-u ruhimda to'lg'oq,
Sening otash shavqingga to'lmoq -

Qanday azob, qanday shirin, xush,
Go'yoki tush ichidagi tush.

Jilvalanar eng toza ranglar,
Go'zal, nafis saslar, ohanglar...

Jimirlaydi har bitta tolam -
Menga singib yo'qolar olam.

Men qaydaman? Vujudim qayda?
Mast bo'ldimmi gul tutgan maydan?

Eslolmayman nega ismimni?
Topshirdimmi butkul izmimni?

Hayotimni o'zing qilgin hal,
Ey, nafasi - mushk, ismi - zarhal...

Sendan o'zga yo'qdir yupanchim,
Sen boqmasang, bu dunyo yanchib -

Ko'kka eltar xas-somonimni,
Bir qop qoldig'-u yomonimni.

Holbuki dur, marvaridlarim -
Sochiladi tuproqqa bari...

Hech kim sezmas, hech kimsa termas,
Tersa hamki, birovga bermas.

Ular faqat senga atalgan,
Ruhimga tugmaday qadalgan.

Sen deb tunlar berganman oro,
Zahmatimdan topganman orom.

Ey, ismidan atir taratgan,
Meni ishqqa qorib yaratgan.

Gardim bo'lsa - artib qo'y sekin,
Tanobimni tortib qo'y, lekin

Qahhor isming talabin tutma,
Parvardigor, meni unutma!

Bir uyum go'ng kabi tashlandiq
Sasib yotmay bir chetda... Sandiq

Ichidagi zanglagan tig'day
Ruhim ado bo'lmasin... Tinmay

Yod etaman nurli zotingni,
Rahmon, Rahim, Karim otingni.

Netay, faqat shunga qodirman,
Bechoralar ichra nodirman.

Yuragimga kuch ber, ilohi,
Yetib borsin senga dil ohi.

Toki jannat yuzin qaratsin,
Toki ismim atir taratsin...

2006
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:54:36
Nilufar (Doston)
«Men seni sevaman» -
Yodimda ham yo'q,
Qachon, kimga dedim,
Ko'zladim neni...
Mening xayolim - ko'k,
Mening ko'nglim to'q -
Baridan ortiqroq ko'raman seni...


1

Umrim nihol edi, manzilim - falak,
Yerning chaqmoqlari sindirdi tuyqus.
Ko'ngling panoh bo'ldi, nigohing - tirgak,
Nilufar, o'n to'qqiz dardim olgan qiz.
Kimdandir voz kechdim, nedandir tondim,
Kimningdir yuziga tupurdim qattiq:
Yo'q, yo'q, o'zimgamas - senga ishondim,
Yuragim ko'zini teshib o'tgan tig'.
Menga berishmadi pokiza kuloh,
Hilol orzusidan qildilar judo.
Xudoni unutdim... astag'firulloh...
Ehtimol, meni ham unutdi Xudo...
Yo'limda izg'idi olamushuklar,
«Pisht» dedim,
hammasi to'ng'izga do'ndi.
Yuzimga urildi ochiq eshiklar,
Eshiklar ko'nglimni quyqaga ko'mdi.
O-o-h, dedim,
Mayliga, o'tmishim - ayro,
Bugunim - yarador, ertam quruq dard.
Axlat sochavering - gul uchun zero
O'g'it bo'lar hatto eng chirkin axlat.

Kimdir mazax qildi
hiringlab gizli,
Kimdir qo'l siltadi
izimdan:
«ahmoq...»
Hayqirdim:
» Ko'rsatib qo'yaman...
Sizni...
Men chaqmoq bo'laman,
men hali
chaqmoq...

2

Shoni ulug og'am Po'rtana,
Ohanraboli inim Girdob,
Men o'zimni topyapman yana,
Men o'zimga berayapman tob.

To'lqin, mening oqqo'ngil singlim,
Yo'lga tayyor bo'lib tur har on.
Men ko'chyapman - sezmakda ko'nglim,
Qo'pajakdir yangi bir to'fon.

Poseydon*, huv, qo'zgoling, deb ayt,
Nuh, kemangni safarga shay de:
Mayliga, men g'arq bo'lsam bo'lay -
Baribir nilufar yashaydi!
-----------------------------------
* Poseydon - yunon afsonasidagi dengiz xudosi
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:54:52
3

Yuragim,
bardosh ber,
o'ttizmi-qirq yil
Seni ko'kragimga yurayin osib.
Yuragim, bir kuni yozilsa bu til,
Sen uchun bir ism topay munosib.

Yuragim, balki sen chaqmoqday ko'chgan
Tig'dor tuyg'ularning tugilgan tug'i.
Yuragim, balki sen nilufargulning
Ko'ksimga tashlangan mitti urug'i...

4

Nilufar,
suv ichra zerikmadingmi,
baqalar joningga tegmadimi-ey!?
Tufroqko'lda qolgan sheriklaringga
Bugun sen haqingda nima xabar dey?

Ahd qilu
shahdingda aslo kechikma,
kecha bo'sh bo'lgan joy erta bo'lar band.
Aslida men ham eng nodir chechakman,
Istasang, kel, ikkov bo'lamiz payvand!

5

Tomirimiz yondi - qonimiz qaynoq,
Istirohat bog'i.
Soat kech 6.
Majnuntol ostida yalab muzqaymoq,
Yuragimiz battar alanga oldi.
Menga qaramasding,
cho'g'dor nigohim
ko'zingdan olardi tunlarning qasdin.
Senga tikilardim... tikilardim-u
Baribir chehrangni ko'rmasdim.
Men vulqon edimu
uyquda yotgan,
Tushlarimni senga aytardim bir-bir.
Demakki, mening ham tonglarim otgan,
Demakki, aylashing kerakdi ta'bir.
Nafasing issig'-u
qovjirab qoldim,
Lablaringda bildim sarinbaxsh yelni.
Tushlaringdan seni ayirib oldim,
Quchog'ingda bir zum uxlagim keldi...

6

O'sha kuni kechikding darsga,
Qirq daqiqa chidadim, biroq
Vujudimni irg'itdi pastga
Yuragimni o'ygan qo'ngiroq.
Professo'r falsafasini
Qabr qazib, havoga ko'mdim.
Tashqariga chiqdimu
seni
Bir yigitning yonida ko'rdim.
Ko'zlarimni to'ldirdi birdan
Ko'ylagingning qip-qizil rangi.
Fol ochganday sirqiroq sirdan,
Gumburladi tuyg'ular jangi.
Xayolimda qolmadi tartib,
Irodamni ayladim g'orat.
Qo'llaringdan qotilday tortib,
Yuz-ko'zingga sochdim haqorat.
Sas-sadosiz gurlading lov-lov,
Sas-sadosiz yig'lab yubording.
Tig' uchida turgan ko'nglimni
Kipriklaring tig'lab yubordi.
Majruh qushday potirlab,
o'ksib -
yulqilanding... siqdi quchog'im.
(Qanotlaring shunchalar kengmi,
Osmonimga sig'mas uchog'im!?)

- Axir, senga ne bo'ldi, Nilu,
Nahot yurak - boshi bo'sh kema?!
- Axir, do'stim bo'ladi-ku u,
Axir, mening gunohim nima!?

Javoblaring meni shol qildi,
Javoblaring ayirdi hushdan.
Do'stu dushman tomosha qildi,
Yayrab g'iybat qildi do'st-dushman:

«Kim bo'libdi bu o'zi Nodir?!
Har kuni mast... jin ursin uni!
Bilarmidi neligin qadr,
Rasvo qildi gulday Niluni...»

Titrayotgan taningni ko'rib,
Qaltirardim - borlig'im behol.
Chindan ikki ko'zim ham ko'r-u
Qo'l-oyog'im bo'lib qoldi shol...
Ko'cha bo'ylab yig'lab ketarding,
(Alamlarning surati - yig'i)
Bulutlarday yig'ilib dardim,
Og'riyverdi ko'ksim sinig'i.
Ko'ylagimni parchalab echdim,
Qo'llarimga berdim ming ozor.
Va... umrimda ilk bora ichdim,
Mo'ri bo'lib tutadim... ilk bor!
Kiprigimda iztirob pishdi,
Qiyin bo'ldi tushmoq hovurdan.
Vujudimni zo'rga topishdi
Jo'ralarim shomda zovurdan.
Pand o'qishdi:
- Ne bo'ldi, Nodir,
Nahot ko'ngil - boshi bo'sh kema?!
- Axir, sevgi talabi nedir,
Axir, mening gunohim nima!?
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:55:13
7

Mendan yuz o'girding, xuddi men
Darslardan voz kechganday oson.
Nahotki, bu ishqning udumin
Ado qilmoq an'ana hamon!?

She'rlarimda sherga xos toqat
Savol bo'lib singmoqda oqqa.
Nega ulkan Zaminda «faqat
Shoir haqli baxtsiz bo'lmoqqa»?! *
--------------------------
* Rauf Parfi misrasi


8

Seni xafa qildim,
o'zimni so'kdim,
Oppoq gullarini sochdi ayriliq.
Dengiz izlaringga izillab cho'kdim,
Sen esa boqmading qayrilib,
Seni xafa qildim...

Ne bo'lsa bo'ldi,
faqat men istagan narsalar emas.
Oftobga chidamsiz chechakday so'lding,
Men quruq xashakday o't oldim chars-chars,
Nima bo'lsa-bo'ldi...

hammasi aniq -
Soyangda izg'ibman itday bekorga.
Ishongan narvonim bo'lsa-da siniq,
o'zimni osibman eng baland dorga,
hammasi anig'-u...

Chidyolmayman:
Sen qayda,
men qayda,
muhabbat qayda?
Aytgan so'zlarimni olgim kelmas tan,
Shivirlashgim kelar sen bilan qayta,
Chiday olmayman...

Mayli, azizim,
Ahding qattiq bo'lsa,
Izingga qaytma,
Telba tuyg'ularga bermagil izn.

«Men ham sizni sevar edim» deb aytma,
Mayliga, azizim...

Ahvolimizga -
Kimlardir befarqu kimlardir kular,
Kimdir g'iybat qilar, bilaman... bizga
Achinsa-achinar nilufargullar.
Faqat...
Faqat...
Faqat...
Seni ranjitdim,
Buyuk bir jinoyat bo'ldi-ku sodir.
Aslida jobir kim, jabrlangan kim,
Aslida xor kimu kim bo'ldi nodir!?
Na qilay...
ko'ksim cho'l...
kipriklarim ho'l...
Men shoir bo'laman...
Sen-chi baxtli bo'l!

9

Shahidlar qoniday qoraydi oqshom,
Bosh qo'ydim. Tushimni yoritdi bir nur.
Bir qo'lida qilich, birida Kalom,
Meni huzuriga chorladi Temur.

- Ay, qarog'im, kel qani,
Ko'zlaringda ko'rdim dard.
Alhamdulillah! Sani
Bandi etmish muhabbat.

Turkiymu u yo arab,
Forsiymi yo farangi?
O'g'lum, ko'nglingga qarab,
Poyingga etgum bandi...

Y-o'-o'-q, dedim...

Ko'ngilday yorishdi osmon:
To'lin Oy - Ulug'bek Mirzoning boshi,
Serjilo qarog'i - «Ziji Ko'ragon»,
Qalamday qimirlab turardi qoshi.

- Kuygan bovrim, suyganing
Qaysi bir sayyorada.
Ayt, sen uchun keltiray
Eng yangi tayyorada.

Kundami u Kunsuluv,
Oydami yo Oyjamol -
Kunglingga solgan g'uluv
Kimdir, bolam, ayta qol!

Y-o'-o'-q, dedim...

Boshimni kundaga tutdim,
Ongimni tilkalab tashladi bir harb.
Garchi sirlarimni sindirib yutdim,
Tilimdan tomchilab tushdi
Yetti harf:

N...
I...
L...
U...
F...
A...
R...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:55:34
10

Dars bitdi.
Sirg'alib dugonang keldi:
- O'lmang-ey, sizni kim shoir ataydi.
Shunchalik ham qo'pol bo'lasizmi-ya,
Kimga foyda araz qilmoq atayin?!
Axir, o'zingiz-ku she'rda yozgan ham:
«Muhabbat - eng nafis gulday bejirim!»
Xo'sh, endi Niluga etib oling-da,
Shoirona qilib so'rang kechirim.
- Nega so'rarkanman, axir...
- Azizim,
Bunda ortiqchadur «yigitcha g'urur»,
Har kim ma'qullasa o'zining izin,
Siz aytgan bejirim chechak ham qurir.

Noiloj bosh egdim:
- Haydab solsa-chi?
- Voy, qaysi yurak-la yuribsiz o'zi?!
Hamma sizga o'xshab qilmaydi achchiq,
Boring,
haydamaydi - kafilman o'zim.

Ko'ngil to'la g'ulu... yo'l oldim shitob,
Bilmayman, qay holda senga-da etdim,
«Nilu, sizda bormi haligi kitob...
Kechirasiz... meni... haligi...» - dedim.
«Kitobmi? Haligi... Bor edi... Ha, ha...
Ertalab iltimos qiluvdi Jasur,
Berib yuboribman... Bilmagandim-da
Sizga kerakligin... Tutingiz ma'zur!»
So'ng
oppoq qo'lingdan
avaylab tutdim,

Ko'zlaringga boqdim:
- Ayrilmaymiz-a!?
Sensiz qancha qaro tunlarni yutdim...
- Necha kunlar mahtal bo'ldim-ku Sizga!..

Shu kecha eng go'zal she'rimni bitdim,
Shu kecha yana pok ruhlar qo'lladi.
Tong otdi.
Uyquli farrosh xolaga
Shoirona qilib salom yo'lladim...


11

Yuragimday izlarga to'la -
Bu bekat.
Band etdim uni qish, bahor, yoz, kuzlar.
Seni quchog'imdan yulqib ketadi
27 - avtobuslar.

Oynani munavvar aylaydi yuzing,
O'ziga sig'masdan uchar avtobus.
Yelkamga sakraydi eng so'nggi izing,
Ohista qulog'imga shipshiydi bir so'z:

«Dunyoda gulzorlar ko'p - eng go'zali Motrudda,
Dunyoda chechaklar ko'p - eng nafisi Nilufar.
Uning qiyosi bor na Istanbul, na Madridda,
Qiymati yo'q - husniga na shon yetar va na zar»

Nigohim kirtillab sinadi...

Sen hali uyingga yetib-yetmasdan
Sog'inib ketaman -
dilim xun.
Quvlayotgan hijron chaqmoqlaridan
Jonimni saqlaydi telefo'n:
- ...
- Allo', kim? - akangning tovushi,
- Kechirasiz... - sinaman mulzam.
Ey-ey...
...bu dunyodan roziligim yo'q,
Ag'yorlik qiladi hatto simlar ham.

Ustunlar mushtimga to'yadi,
Go'shaklar yaramay qoladi ishga.
Simyog'ochda sirli kulib qo'yadi
«Muhriddin Xoliqov» -
yangi afisha.

Sen Yulduzxonimni sevasan,
Men esa qasdma-qasd Oxunni.
Qoshlaring tor ipi kabi tortilar:
«Qo'ying-e shuni...»

Ko'nglingga qarayman -
be-poy-yo-o-n,
Bir labin Enasoy, birin Nil o'par.
Men esa baliqday o'ynayman - ayon,
Nilufar!

Sen tug'ilgan kuning men ham tug’ildim:
19 may, 76 nchi.
Seni qobirg'amning kemtigi bildim,
Sening bilan to'lug' shu yigit kuchim.

Ko'cha - keng, yo'l - uzun...
Top-toza qizlar
Ko'zlarimni teshib o'tadi, ammo
Topisha olmaydi ko'nglimni izlab,
Ko'nglimni sen olib ketgansan-ku, o!
Tip-tiniq kaftingga yotqizib uni,
Qoshing-la silaysan...
Va yarim tunda
Eshita boshlaysan sen ham Oxunni,
O'ylaysan: «Xabari bo'lmaydi bundan».

Men esa eng inja sezgilarim-la
Rasmingni yasayman yigirib-tikib.
Qo'llarim havoda igna tortadi:
«35 - 21 - 22»


12

Bir kuni g'alayon ko'tardi tuyqus
Senga atab bitgan jami she'rlarim:
«Bizga ozodlik ber!»
Ko'zimni qisib,
Uzoq vaqt o'yladim...
Bermadim.

G'aflat ogushida qoldimmi yoxud
Sening xayoling-la edimmikan band -
Bir saboh hammasi goyib bo'lishdi,
Meni yotog'imga qilib zanjirband.

O'n kecha to'lgondim, go'yo chalajon...
Yangi she'rlarimni tushimga ko'mdim.
Bir tongda, so'zimga ishon, Nilujon,
«Matbuot oynasi» tevaragida
Mudhish ur-sur to'la to'polon ko'rdim.

Hammaning qo'lida «hurriyat tongi»
(Eng omadsiz gazet edi-ku oldin!?)
Qiziqdim...
Navbatga kirdim-u ang'ib
Naq tushda eng so'nggi nusxani oldim.

Boqdim-u nigohim chatnadi qizib,
Talvasa ichida muzlab-terladim.
So'nggi sahifada menga ko'z qisib,
Kulib turar edi qochoq she'rlarim.

Vo-o-h, dedim...
Shu kundan boshimni egdi
Davrada o'qilgan har bitta she'rim.
Muharrir xatlari jonimga tegdi:
«Nilufar»dan bo'lsa bizga ham bering!

Sen chiroyli bo'lsang,
mening aybim ne?!
Qara, qalamimga ko'zlar sanchilar.
Qiynalib ketdim-ku o'zing bir gap de,
Meni tinch qo'yishsin gazetachilar.

Kecha bir g'alayon ko'tardim tuyqus:
«Shafqatsiz she'rlarim,
Menga erk bering!»
Uzoq vaqt o'ylashdi ko'zlarin qisib,
So'ng battar bog'lashdi...
Deyolmadim g'ing.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:55:53
13

Chumoliday kechmakda darslar,
Dovul kabi ko'chmakda darslar.
Kimlarningdir ortidan chopib,
Yarim yo'lda qolmoqda saslar...

Nima qolar ertaga, bilmam,
Keragi ham yo'qdir, ehtimol.
Hech kimsaga e'tibor qilmam,
Hech kimsaga bermasman savol.

Tevarakning ta'mali ko'zi
Ko'zlarimga og'ir botadi.
Kimdan nima istadim o'zi -
Menga sevgi yetib ortadi!


14

Dars nima?
Seni bilmadim,
Mening uchun - yuzingni ko'rmak...
O'sha kuni sen-da kelmading,
Xuddi mendan olganday o'rnak.
Ertasi ham...
Tugadi sabot -
Jo'ralar ham ketgan aksiga.
Motrud tomon chiqordim qanot,
(Pul etmasa netay taksiga?!)
Bir amallab chaqirdim.
Chiqding.
Ko'zlaringda chiroyli hadik,
Shu hadik-la dilimni yiqding.
- Nima bo'ldi?
- Sog'indim qattiq!

Ro'molingning uchlari g'ijim,
Ro'molingning uchi labingda.
Ko'zlaringga yosh to'ldi - g'ujum,
Hasrat changday uchdi gapingdan:
- Jonga tegdi...
...bezbet sovchilar,
Erta kelib, ketadi shomda...
- Kimdan!??
- O'g'li uchun kelyapti
O'sha... sizni «yiqitgan» domla...

O'-o'-o'-h...
Muzlab ketdi peshonam,
Bo'sh qopdayin bo'shashdi qaddim.
Axir, unga... unga ishonib,
Seni sevishimni aytgandim...

O, ko'nglimning ayyor o'g'risi,
Ustozmisan? -
Iblisga dars ber!
Seni...
Seni...
Seni...
To'g'risi...
Eh, bu so'zni ko'tarmaydi she'r.

Xayr, dedim...
Xayr!
Izimga -
Alangaday gurillab qaytdim.
Domlayimning tikka yuziga
«Charchab qolmang tag'in...» deb aytdim.

O, mening g'o'r yigirma yoshim,
Pok deb bilma har kas etagin.
Silkib ketsa - o'krab qolasan,
Jinlariga aytsin ertagin.

Eh-ey, sodiq qora kunlarim,
Kelavering, yosh jonim - uloq...
Sadoqatli itday uvladim,
Eshitmadi bironta quloq.

Potir-potir quloch yozdimu
Keng maydonga o'kirib chiqdim.
Men Xudoga ishondim yolg'iz,
Ishondimu yigitday yiqdim.

Oshnolarim olqishladi... Zo'r
G'animlarim ko'tardi qo'lin.
Yo'llarimdan olinguncha to'r
Burolmadim sen tomon yo'lim...

Dars nima?
Seni bilmadim,
Mening uchun - yuzingni ko'rmak.
Ortingdagi partadan pinhon
Sochlaringni iskalab o'rmak...


15

Qarog'im ko'zyoshga to'ldi-yu
Unib chiqdi bir nilufargul.
Qah-qah otib kulaman endi,
Istasang, ey g'addor, sen ham kul.

So'ramasman hech kimdan shafqat,
Jon, deng - beray, qonim so'rganlar.
Gulruhimni so'ramang faqat,
Ko'zlarida guli so'lganlar...


16

Nilufar,
Vatan ne?
Men uchun - Osmon,
Sen uchun - Suv yuzi,
Ikkimizga - Yer.
U haqda kun bo'yi xayol sursak-da,
Nechun bitolmaymiz ikki misra she'r?!

Nilufar,
Millat ne?
Men uchun - Shiddat,
Sen uchun G'urur-u
Ikkimizga - Ishq.
U haqda tun bo'yi tushlar ko'rsak-da,
Nechun aytolmaymiz balandroq qo'shiq?!

Nilufar,
nahot,
bu olam
jimjima,
Zerlar zabar bo'lgay,
Zabarlar-chi zer?!
Nilufar, dilsizning millati nima?!
Nilufar, tilsizning vatani qayer?!


17

Uch yil...
Uydan uchib ketdimu
Nelar qildi taqdirning izmi:
Goh Samarqand, Toshkand izg'idim,
Goh chorladi Anqara, Izmir.
G'oziy Antep ko'chalarida
G'oziy yanglig' gupirdim, lekin
Ko'nglimning o't go'shalarida
Shahid bo'lmoq istaganim chin.
Qaytdim...
Qutlug' diydor izladim,
«O'zbegim»ni hayqirib aytdim.
Sog'intirdi qishloq qizlari,
Yalangoyoq changyo'ldan qaytdim.
O-o-o...
Ko'zlarim tutayverdi-ku...
Chanqadim... til qovjirab yondi.
Tonglar yurtim yantog'larini
Ko'kragimga bosib uyg'ondim.
Talabalik...
beshakl olam
kunlarimga bemalol sig'di.
Ammo chetda qolibdi otam,
Ammo onam esimdan chiqdi.
Ketmon meni tanimay qo'ydi,
Mendan qocha boshladi o'roq.
Hammasini iqbolga yo'ydim,
Do'st-dushmanga solmadim quloq.

Ayo,
g'ofil,
dunyobexabar...
Mashhur shoir bo'laman, dedim.
Men o'lmayman... o'lsam ham agar,
Dovruq solib o'laman, dedim.
Intilganim ne edi o'zi,
Orzularim nimaga loyiq?
Samimiy, chin bo'lsa-da so'zim,
Meni tinglarmidi xaloyiq?!
Men o'zimni tanidim bexos,
Men xalqimning holini bildim.
Shuncha kibru havo ichinda
O'lmaganimga shukur qildim.
Y-o'-o'-q...
Yengimdan kimdir silkidi,
Tomirimga tashladi g'ulu.
Ko'zlarimga singdi gul hidi,
Xudoyimga qaytarding,
Nilu!
Garchi yo'l ko'p,
girdob har bir iz.
Yo'l bitta, deb qasam-la qaytdim.
Ko'zlaringga termulib sassiz,
«O'zbegim»ni hayqirib aytdim...

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:56:10
18

Shahar - eng katta xatom,
Qishloq - qalbim suvrati.
Qaytdim... umidvor otam
O'qishimni so'radi.

«Ko'nglimni so'rang, ota!»

Meni qo'msagan olam
Ro'mol qilib o'radi.
Hadiklari mo'l onam
Sog'ligimni so'radi.

«Ko'nglimni so'rang, ona!»

Hovlimizda gulbog'cha -
Turfa chechak qulf urar.
Biroq ko'rmadim hali
Birorta ham nilufar.

«Ko'nglimga qarang, axir!»

Otamday mag'rur ko'nglim,
Onamday mushfiq ko'nglim.
Sen to'lasan, men - to'la,
Hovuzimiz limmo-lim:

Seni Osmon so'rasin!


19

Nilufar,
Sen - suvdagi chaqmoq,
Baliqlarga dilini yorgan.
Menga qismat - samoga chiqmoq,
Menga qismat - askarlik Yorga.
Bugun bildim: ko'p ekan raqib
Bugun bildim: yurak - surx xazon.
Iblislar-da xudoga chaqib,
Tanobingni tortishar ba'zan.
Nega endi muhabbat - hadik?
Nega do'stlar o'zidan ortmas?!
Ortsa... qayga ham borar edik,
Baribir bir qabrda yotmas...
Qilko'prikka
o'zimni
ossam,
Ko'zyosh to'kma, suvni sevgan qiz.
Axir, seni bag'rimga bossam,
Yonib ketar ummonlar jiz-jiz.
Vasiyatim malaklar tinglar,
Vasiyatim allaqachon shay:
«O'lsam, meni suvga ko'minglar,
Nilufarning poyida yotay!» *
Seni tashlab qayga ketaman,
Mening ruhim - ko'klamgi yomg'ir.
O'lsam hamki... senga yetaman,
Barglaringda uxlayman bir-bir.
Tushlarimda:
o'tmishim - hamdam,
bugunim - shahd,
ertam - muhabbat.
Tushlarimda g'animlarim ham
Ekishadi nilufarko'chat...
Kecha kimdir degandi «ahmoq«,
Bugun kelib poyimni o'par.
Men chaqmoqman,
men endi...
Chaqmoq -
Ko'kka ildiz otgan nilufar!
--------------------------
* Muhammad Yusuf satrlari


20

Ibtidoning intihosi bor:
Kun ortidan tug'iladi tun.
Fikr so'ngi bo'ladi xayol,
She'r boshlansa, topadi yakun.

Kun ortidan tug'iladi tun,
Samarqanddan chiqqan avtobus
Bulung'urda to'xtaydi... mahzun
Onam ovqat suzadi beso'z...

Fikr so'ngi bo'ladi xayol,
Behishit behush qiladi seni.
«Kimsan? Nesan?» - beradi savol
Firiblarni osgan Yesenin.

She'r boshlansa, topadi yakun,
Chirsillaydi nozik belli harb.
Savashadi sevinch ila mung,
She'r yakuni - kutilmagan zarb!

Ibtido ne?
Intiho nima?
Xayolim - ko'k...
Mening ko'nglim to'q.
Oq ko'ngilli, gulim, o'ksima,
Sevgining
so'ngi
yo'q!!!


1996 yil, aprel.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:57:09
Muallifi :

Nodir Jonuzoq

Unutish...
Shahina - nadir?
O'yin
Faqat sizni...
Dars
Tobutimni ko'tarar qizlar
Qariqiz
San'at
Yo'qlov (M. Yusufni yo'qlab...)
Munojot
Nilufar (Doston)
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:01:20
Nurullo Oston Sherlari


O'zbeklar
Hur Vatan haqida ballada
Onajon
Qaldirg'ochlar keldimi?
Samarqandga qachon...
Qaydasiz...
Yolg'on
Adashgan karvonim
Oddiy oilada
Ayol bor bo'lsin
Yomg'ir yog'ib...
Go'ro'g'li
So'z jabri
Sozimda qoldi
Yuragingning hazing dashtini...
Marsiya
Daraging bormi?
Qaytma endi ortingga
Mansab ko'prigi
Ketar bo'lsang
Ketolmasman
Sog'inch
Volidai muhtarama Bodom Shodmon qizining nevarasiga aytganlari
Ko'ngil fasli
Sinfdoshlarga
Ochiq she'r
Meni uyg'otsalar
Navro'z
O'tdingmi...
Sozimda qoldi
So'lim bahor, qanotlaringda
Istadim
Qizlar go'zal edi...
Dilimda tilimga kelmagan so'z bor...
Bir yildan so'ng sodir bo'lgan tush
Qaytma endi ortingga
Bahriddinning to'yi
Bezovta ruh
Do'sti xalillarga so'ngso'z o'rnida
Diydor
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:02:18
O'zbeklar

O'zbeklar uyiga kelganda mehmon
poyiga to'shaydi yurak qo'rini.
Eng avval, qo'yini so'yishdan oldin
mehmonga beradi uyning to'rini.
Ko'nglini oladi qurbi yetguncha,
keltirar taomning sarxillarini.
Mehmon tusab qolsa, bir imo bilan
topadi sharobning har xillarini.
Turkiy lug'atlardan izlab topmadim
mehmonni kamsitgan biron bir so'zni.
O'zbeklar shunday xalq,
eshikda kelsa,
do'st-u, dushmanidan ayamas tuzin...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:03:04
Hur Vatan haqida ballada

Jonlana boshlaydi tassavvurimda
Beg'ubor qalbimda balqqan ko'chalar.
Jonlana boshlaydi qizlar zulfidek
Buralib,
buralib
oqqan
ko'chalar"¦

1972 yil. Javzo
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:03:36
Ona, ko'zlaringda qatra yosh ko'rdim,
Ufqlar bag'rini qontalosh ko'rdim.
Izn ber, qalbimda gulxanlar yoqay,
Qo'yniga chorlagan bir quyosh ko'rdim.

Menga torlik qildi osmon vujuding,
Menga torlik qildi kindik makonim.
Keturman endi to nafas yetguncha
Qo'limda qiynalgan bir parcha jonim"¦

Ariqlar bo'yida qoldi yosh umrim,
Ajriqlar ustida qoldi yosh umrim.
Ayriliq ko'ksida qoldi yosh umrim
Ayriliq do'st ekan, oldi yosh umrim.

Sevgilim, sen gulim, birinchi gulim,
Sochingga yetmadi uzatgan qo'lim.
Yurakda darbadar bir to'lqin qoldi,
Tutashmas yo'lingga to'lqin-da, yo'lim"¦

Men ketdim, sizga ham xayr-xo'shlarim,
Osmonda charx urgan ozod qushlarim.
Ko'rishib turgaymiz tokim tanda jon.
Mening ham ko'nglim bo'sh, ko'ngli bo'shlarim"¦
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:04:18
Onajon

Onajon ruhingizda sog'inchlar kezmadimu,
Qabringizga bosh qo'ysam chechaklar sezmadimu,
Onajon jismingizni kesaklar ezmadimu,
Onajonim giryonim, g'arib ko'ngli vayronim,
Volidai sultonim mehribon onajonim.

Samolarda sor lochin ayt, nelarni izlaydi,
Ruhi ravon zabonim faqat sizni so'zlaydi.
Yuragimda bir qushcha onajon deb bo'zlaydi,
Onajonim giryonim, g'arib ko'ngli vayronim,
Volidai sultonim mehribon onajonim.

Siz baxsh etgan mehrni endi kimdan yig'ay man,
Siz sig'magan dunyoga endi qanday sig'ay man,
Davosi yo'q bu dardga endi qanday chiday man,
Onajonim giryonim, g'arib ko'ngli vayronim,
Volidai sultonim mehribon onajonim.

G'arib dunyo, g'o'r dunyo, peshonasi sho'r dunyo,
Sitamlaring bu jonga ozor bo'ldi, ko'p dunyo.
Onam yurgan yo'llarni gulga ko'mib yur, dunyo
Onajonim giryonim, g'arib ko'ngli vayronim,
Volidai sultonim mehribon onajonim.

Sarson qushim jon ko'nglim, buncha bo'lding qon ko'nglim,
Izingizdan zar to'kib, topolmay armon ko'nglim.
Sizni bir bor ko'rishga aylagum qurbon ko'nglim,
Onajonim giryonim, g'arib ko'ngli vayronim,
Volidai sultonim mehribon onajonim.

Fasli fano o'todir hayot otliq yelkanda,
Qabringizga bosh qo'ysam, tafti yonar yelkamda.
Qalb qo'ringiz, umringiz o'g'il-qizim erkamda,
Onajonim giryonim, g'arib ko'ngli vayronim,
Volidai sultonim mehribon onajonim.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:04:39
Qaldirg'ochlar keldimi?

Sarin yellar yana yeldimi,
Uzun yo'llar dilni tildimi,
Sog'inchimni bahor bildimi,
Ona, qaldirg'ochlar keldimi?

Tonda shudring to'kilgan izdan
Daraklab ko'r qizg'aldoq-qizdan
Tushlarimga gul taq yalpizdan
Ona, qaldirg'ochlar keldimi?

Barmoqlari qirmiz hinoli,
Qarashlari sirli, imoli
Oy-omonmi qizlar himoli
Ona qaldirg'ochlar keldimi?

Adirlarda maysa uyg'onmish,
Tushlarimga kirasan xomush,
Zabonimda bir nido yonmish
Ona, qaldirg'ochlar keldimi?

Umr-armon to'ldirilgan may,
Yuragimda yig'layotir nay,
Ko'z yoshingni yomg'irlarda chay
Ona, qaldirg'ochlar keldimi?

Huzuringga bir kuni uchib
Boradirman xavotir quchib
Deyman bo'm-bo'sh xonani ochib:
Ona"¦ qaldirg'ochlar keldimi? "¦
Ona"¦ qaldirg'ochlar keldimi? "¦
Ona"¦ qaldirg'ochlar"¦ keldimi? "¦
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:05:07
Samarqandga qachon...

Yo'lga boqib toldi ko'z qirim,
Suyagimni ezdi izg'irin,
Xush gap bilan dilni yoz qiling
Samarqandga qachon boramiz?

Unda ungan har bir giyohi,
Handalakbo'y qizlar nigohi
Tushlarimga kiradi gohi -
Samarqandga qachon boramiz?

Gulxan bo'ldi lablarimda so'z,
Dardlarimga yig'lar bunda kuz,
O'z ko'ksiga xanjar urgan do'st
Samarqandga qachon boramiz?

Yog'du edim, tongim qoraydi,
Men keng edim, olam toraydi,
Ko'ksimda bir qushcha so'raydi:
Samarqandga qachon boramiz?

Bu dunyoning asli biri kam,
Bir burji baxt, bir burjida g'am,
Ayt, ne uchun ko'zlaringda nam
Samarqandga qachon boramiz?

Andijon deb yig'ladi Bobur,
O'z yurtiga sig'madi Nosir,
Qodiriyning ko'zlari sohir
Samarqandga qachon boramiz?

O'z elingda hursan, sabosan,
Garchi shoxsan, zo'rsan, dahosan,
Yurting bo'lsin, garchi gadosan -
Samarqandga qachon boramiz?
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:05:48
Qaydasiz...

Qaydasiz"¦
sizlarni keldim sog'inib.
Qizlarday muloyim yurtim tonglari.
Qaydasiz, beg'ubor bolalagimning
Olislarga ketgan notinch bonglari.

Shodon quchoqlaydi qadamlarimni
Meni kutib yotgan qo'hna darvoza.
Meni onam kutar, sochlari oppoq,
Kelganim do'stlarga bo'lar ovoza.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:06:07
Yolg'on

Yuzingni oy deganim yolg'on.
Xilvatlarda kezganim yolg'on,
Qo'y, ishonma, sevganim yolg'on,
Seni izlab kelganim yolg'on.

Kunlar so'ndi, chechaklar so'ndi,
Unlar so'ndi, yuraklar so'ndi,
Chinlar so'ndi, ertaklar so'ndi
Seni izlab kelganim yolg'on.

Yuraklarda qoldi dard, naylay,
Chidab yurgan bitta mard, naylay,
Yostig'ingning yarmi band, naylay
Seni izlab kelganim yolg'on"¦
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:06:29
Adashgan karvonim

Adashgan karvonim, qayga yo'l tutding.
Sargashta sarbonim, qayga yo'l tutding,
Qay bir sabohlarda manzillaring bor
Yonmoqda bu jonim, qayga yo'l tutding.

Sorbon, sabohingda maning yodim bor,
Karvon kalominda qolgan dodim bor,
Ko'nglimda bo'zlagan parizodim bor,
Adashgan karvonim, qayga yo'l tutding.

Karvon yo'llarida chashma ko'ringay,
Qarasang, men kabi tashna ko'ringay,
Sevgi mahdudlari oshna ko'ringay
Adashgan karvonim, qayga yo'l tutding.

Tevalar o'tadi basma-bas bo'lib,
Bir nido ketadi mungli sas bo'lib,
Mening yuragimdan hech qaytmas bo'lib
Adashgan karvonim, qayga yo'l tutding.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:06:51
Oddiy oilada

Oddiy oilada oddiy bolalar
Oddiy taqdir bilan tug'ilaverar.
Ular belanchagi shoyi atlasmas,
Quyosh nuri bilan yo'g'rilaverar.

Oddiy bolalarning oddiy kunlari
Uydami, dalada o'taveradi.
Paxta qabartirar qo'lchalarini
Jabrmi-sitammi, yutaveradi.

Juda oddiy bo'lar ulg'ayganida,
Oila tebratib o'tadi kuni.
Jismida yurgizsang tegirmon toshin
Suyagi un bo'lar, chiqmaydi uni.

Tashvishi iborat bo'lar paxtadan,
Yoki, qilaverar bergan ishini,
Jag'iga bir boplab tushirib ko'ring,
Ichiga yutadi singan tishini.

Qanday hokisor u, hoki turobdir,
Ishga egni boshi yamalib chiqar.
Boshqalar jinoyat qilsa u sodda
Qilmagan ishiga qamalib chiqar.

Qulayroq joylashib oling bo'yniga
Sal niqtab qo'ysangiz ketaveradi.
Jar soling, g'oyalar sari olg'a deb,
Ularga quruq gap o'taveradi.

Biroq faromushdir xotiringizdan
Moziy tomirida yongan nolalar
Axir kim yurt uchun tig'ga jon tikkan -
Oddiy oiladan chiqqan bolalar!
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:07:13
Ayol bor bo'lsin

Zamin tinchi barqaror bo'lsin,
Chechaklari beg'ubor bo'lsin,
O'n sakkiz ming olam aylansa
Mehvarida ayol bor bo'lsin.

Jildirasa jilg'alar shoshib,
Vijirlasa qaldirg'och toshib,
Toqqa chiqsa bir ohu qochib
Ko'zlarida ayol bor bo'lsin.

Ishi olchi bo'lar erkakning,
Beshiklari to'lsa ertakning,
Bir Alpomish kelbat go'dakning
So'zlarida ayol bor bo'lsin.

Ishq nasimi tug'yona solsa,
Oshiq G'arib uyg'ona qolsa,
Bir qamishni nay qilib cholsa,
Bo'zlarida ayol bor bo'lsin"¦

Lolalar rang olsa ro'yidan.
Yor libosi bo'lsa shoyidan,
Sarxush bo'lsa yalpiz bo'yidan
Rozlarida ayol bor bo'lsin.

Dehqon chiqsa ketmonni qayrab,
Yuragida chirildoq sayrab,
Bolasini beshikka boylab
Ro'zlarida ayol bor bo'lsin.

Ul begunoh to'kilgan qondan,
Qizg'aldoqlar Afg'onda yongan,
Ko'rpalari taxmonda qolgan
Ruhlarida ayol bor bo'lsin.

G'ayurlarning qo'rqma kinidan,
Ogoh yurgil yolg'on, chinidan
Ayirmasin og'a-inidan
Sulhlarida ayol bor bo'lsin.

To'maris shon topdi qilichdan,
Ishq darsini tinglang Kumushdan,
Vaqt orttirib barcha yumushdan
Baxtimizga ayol bor bo'lsin!
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:07:35
Yomg'ir yog'ib...

Yomg'ir yog'ib o'tdi bu kecha
sochlaringday namxush, safoli,
Tunning bo'm-bo'sh qaroqlarinda
seni izlab kezdim, jafolim.

Izlarimdan xo'rsinib qoldi
o'rindiqlar xilvat va sokin.
Qadamlaring o'pgan ko'chalar
yuragimga tashlaydi choking.

Yillar qayga oqar qayg'ulim,
tun bag'rida vujudim sim-sim.
O'rik guli yongan kechada
seni izlab bog'larni kezdim...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:07:55
Go'ro'g'li

Yurgan yo'ling dor bo'lmasin, Go'ro'g'li,
Suygan eling xor bo'lmasin, Go'ro'g'li,
Bu dunyoning savdolari g'o'r ekan,
O'lsang go'ring tor bo'lmasin Go'ro'g'li.

O'tda yonsang, jonu-jahon qalqisin,
Na'ra tortsang, ahli imon qalqisin,
San inonsang, vujudda jon qalqisin,
O'lsang, go'ring tor bo'lmasin Go'ro'g'li.

Omon chiqding qancha qirg'in-barotdan,
Ro'shnolig'ing olov yolli-G'irotdan,
Haq so'raydi o'tsang puli sirotdan
O'lsang, go'ring tor bo'lmasin Go'ro'g'li.

Kenglikni ber bu beqaror suronda,
Tenglikni ber asli azal Turonda,
«Kulli» muslimin ixvatun Quronda
O'lsang, go'ring tor bo'lmasin Go'ro'g'li.

Botirim der o'z aslini bahodir,
Butun bir xalq ro'shnoliq deb borodir,
Maning ko'nglim ikki daryo arodir
O'lsang, go'ring tor bo'lmasin Go'ro'g'li.

Zar-u zo'rg'a egmading bu boshingni,
Alloh azal og'ir qilgan toshingni,
Nokaslarda tashlab ketma loshingni
O'lsang, go'ring tor bo'lmasin, Go'ro'g'li.

Bu bir maydon, ko'plar bunda jang qig'an
Kim g'olib-u kimlar holi tang bo'g'an,
Atrofingda qancha itlar sanqig'an,
O'lsang, go'ring tor bo'lmasin Go'ro'g'li.

Budun karvon, bari bir-bir yitadi
Biru og'u, biri sharob tutadi,
Yaxshilik ham, yomonlik ham o'tadi
O'lsang, go'ring tor bo'lmasin Go'ro'g'li.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:08:12
So'z jabri

Tushuna boshladim yomg'ir filini,
isidan gurkirab to'lganda xonam.
Tushundim tonglarning ajib mungini
tushlarimga kirib chiqqanda onam.

To'ydim qahratonda bahor isini
tinmay vijirlagan go'dak tilidan.
Tasallilar oldim, ta'nalar oldim
ko'nglimni yoritgan hayot gulidan.

Tushuna boshladim oftob tilini,
ko'rdim , ko'zlaringga jonim o't bog'liq,
Tegrangda ko'p kezdim oftob yanglig'
qoshing kamonig'a jonim o'qlog'liq.

Men gapirmay qo'ydim sevgi haqida
qushlarga chanqovuz bo'lganda labim.
Atirgulda ko'rib bulbul jabrini
yurakda qonadi aytajak gapim.

Mingta ruh ichinda kezingan vujud
fanoliq yo'lini tanladi, netay.
Bu shirin hayotdan, og'u hayotdan
ko'ksing mehrobiga bosh qo'yib o'tay.

Endi men o'zlikdan kechmog'im ayon:
eshitganim ro'yo, ko'rganim yolg'on.
Yurakda tortaman so'zning jabrini
tillarim qavarib ketgandan buyon.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:08:31
Sozimda qoldi

G'uncha yanog'ingda gulning ifori,
Inja dudog'inda yelning xumori,
Erka nigohinda oyning nigori
Bahor naysonlari bo'zimda qoldi,
Sevdim degan so'zim bo'g'zimda qoldi.

Endi binafshadan panoh so'rayman,
O'zim gunohkormon, gunoh so'rayman, Benajot qushchadan qanot so'rayman,
Bahor naysonlari bo'zimda qoldi,
Sevdim degan so'zim bo'g'zimda qoldi.

To'rt fasl - to'rt gulxan, kuydim-da yondim,
Qancha suluvlarni suydim-da, tondim,
Tunlar tushlarimda yig'lab uyg'ondim,
Bahor naysonlari bo'zimda qoldi,
Sevdim degan so'zim bo'g'zimda qoldi.

Majnun ko'ksidagi dili poraman,
Yeldim, yetolmadim nozli yora man,
Nayson bo'lib derazangdan boraman,
Bahor naysonlari bo'zimda qoldi,
Sevdim degan so'zim bo'g'zimda qoldi.

Muhabbat yo'llari g'am-firoq bo'lmish,
Majnuntol ko'zlari nam-so'roq bo'lmish,
Ul bodom gullari shamchiroq bo'lmish
Bahor naysonlari bo'zimda qoldi,
Sevdim degan so'zim bo'g'zimda qoldi"¦
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:08:47
Yuragingning hazing dashtini...

Qo'y, so'zlarni ortiq qiynama,
O'z holicha quvnab yayrasin.
Ufqqa boq, bo'zarib kelar,
Olib kelar yellar nay sasin.

Endi bo'm-bo'sh ko'chalarga chiq,
Tishla martning namxush labidan.
So'zlaringni yo'lla, joy olsin
Sayrayotgan qushlar safidan.

Giyoh bo'lib tingla xilvatda
Ona yerning erkalashini
Qizg'aldoqqa to'ldirib qaytgil
Yuragingning hazing dashtini"¦
1988
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:09:04
Marsiya

Mangu askar jiyanim Qamariddin xotirasiga

Ortimdan Toshkentga bordi bir xabar,
Yo'llar kaftlarini ochdi men uchun.
Beshotar miltiqning o'qiday uchdim,
Xayolda xavotir iloni - nechun?

Toshkent Samarqandning qadim yo'lida
Ming bitta so'rovim qoldi javobsiz.
Jonim parchalandi ming bir bo'lakka,
Bu yo'llar tuyuldi cheksiz, davomsiz.

Men keldim, Boshimda ayt ne ko'rgulik?
Kuz edi. Daraxtlar qora ridoda.
Yuragim zirqirab ketdi nogahon
Qo'shni xonadondan chiqqan nidodan.

Otang qarshiladi ko'zlarida mung,
Bu qanday musibat, bu qanday motam?
"Jonu - jigaringdan ayrilib qoldik"¦"
Hayqirib yig'ladi kap-katta odam"¦

Nega tashlab ketding bag'rim, Qamarim,
Mash'um daragingdan ko'nglim yaro, xat
Kimga tashlab ketding qadrim, tumorim,
Nega keltirdilar sendan qaro xat?!

O'n bir kun yo'l qarab tolmadi otang,
O'n ikkinchi kuni qaddini egdi.
Yog'iy qirq yil burun poylab otgan o'q
Nega uni emas, o'g'liga tegdi?!

Dushman soyasiday o'n bir qora kun,
O'n bir qora quzg'un ko'zimni o'ydi.
O'n ikkinchi kuni albini uzib
Otang jisming bilan tobutga qo'ydi
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:09:26
Daraging bormi?

Botirlar ichinda bir donam, bolam,
Baxmal sochlaringa qurbonam, bolam
Afg'onda yo'qolgan durdonam, bolam,
Hindiqush yoqlarda daraging bormi?

Sen ketding, ahdlaring yodimda qoldi,
Bitilgan xatlaring oldimda qoldi,
Bu dunyo mashhari dodimda qoldi
Hindiqush yoqlarda daraging bormi?

Bir faryod qalqadi charxi zobitdan,
Qaydasan kishvari dardli chobuk tan,
Vujudim ayrilmas temir tobutdan
Hindiqush yoqlarda daraging bormi?

Oy yuzli malakka yetmagan bolam,
Faryodi falakka yetmagan bolam.
Yot yerda yot-yakka eslagan bolam,
Hindiqush yoqlarda daraging bormi?

Soxta bu shonlarni endi ne qilay,
Temir nishonlarni endi ne qilay,
Sensiz zamonlarni endi ne qilay
Hindiqush yoqlarda daraging bormi?

Sen ketding, boyonlar o'g'li yalloda,
Vujudi dilbarda, qo'li tilloda,
Haqiqat bormi ey, hoziq illodan
Hindiqush yoqlarda daraging bormi?

Tobutni kuydirar to'kilgan ashkim,
Bolasiz qolmasin men kabi hech kim
Tiriklik shu bo'lsa, umrdan kechdim,
Hindiqush yoqlarda daraging bormi?
1989.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:09:48
Qaytma endi ortingga

Qaytma endi ortingga,
Ortga qaytmoq or endi.
Yog'sa hamki boshingga
Yomg'ir emas, qor endi.

To'rt unsurda sinalgan
Odamizod, bilib yur,
Suyagingni g'am iti
G'ajisa ham kulib tur.

Yuragingni bayroq qil.
Aytib o'tgan oqinlar.
Olov bo'lsang, taftingdan
Taft oladi yaqinlar.

Birlashtirdi bizlarni
Bitta yo'lda qon endi.
Bitta bayroq tagida,
Bir olovda yon endi.

Yagona yo'q - haq yo'li,
Shunga sodiq qolamiz
Qolganlarni jang bilan
Safimizga olamiz!
1987.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:10:08
Qaytma endi ortingga

Qaytma endi ortingga,
Ortga qaytmoq or endi.
Yog'sa hamki boshingga
Yomg'ir emas, qor endi.

To'rt unsurda sinalgan
Odamizod, bilib yur,
Suyagingni g'am iti
G'ajisa ham kulib tur.

Yuragingni bayroq qil.
Aytib o'tgan oqinlar.
Olov bo'lsang, taftingdan
Taft oladi yaqinlar.

Birlashtirdi bizlarni
Bitta yo'lda qon endi.
Bitta bayroq tagida,
Bir olovda yon endi.

Yagona yo'q - haq yo'li,
Shunga sodiq qolamiz
Qolganlarni jang bilan
Safimizga olamiz!
1987.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:10:26
Mansab ko'prigi

Bu umr savdoli, g'o'r ishi bordir,
Bir boshda rohatu sho'rishi bordir,
El yaxshi yomonni ko'rishi bordir
Mansab ko'prigidan kibrona o'tma.

Qo'lingga ne tushsa, gul deb o'ylama,
El senga ishonsa, qul deb o'ylama,
Bu elning yozmishi shul deb o'ylama
Mansab ko'prigidan kibrona o'tma.

Bu dunyo ko'p ko'rgan kibru xo'rlarni,
Dimog'dor, basiru qalbi ko'rlarni.
Makoni lomakon bo'ldi zo'rlarni
Mansab ko'prigidan kibrona o'tma.

Amalga qo'ysalar yig'ib o'tma zar,
Dilingni oftob qil, ochiq bo'lsin dar,
Elingning ko'zini o'yma enag'ar,
Mansab ko'prigidan kibrona o'tma.

Ko'rdim ko'p kattani, elni taladi,
Birovi haqman, deb tovon yaladi,
Birovi sehrlab surnay chaladi
Mansab ko'prigidan kibrona o'tma.

Bu gapning mag'ziga bir kun yetasan,
Asl qiyofangni gizlab netasan,
Yalang'och kelgansan, shunday ketasan
Mansab ko'prigidan kibrona o'tma.

Qo'limda sovidi ko'targan bodam,
Man baroi xalqi xud-ro faryodam:
Avvalo odam bo'l, odam bo'l, odam,
Mansab ko'prigidan kibrona o'tma.
1998.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:10:46
Ketar bo'lsang

Ketar bo'lsang bir kun ulg'ayib
bosh egib o't o'sgan xonangga.
Bosh egib o't ma'yus, mung'ayib
ostonada qolgan onangga.

Bardoshlaring toshlarin yorsin,
davrlarda tanilgil oqil.
Faqat yolg'iz qolganing chog'da
yodgorgina suratga boqqil.

Suratga boq, unda kuladi
nigohlari shikasta ayol.
Chig'iriqqa solar ruhingni
ko'zlaringga tiqilgan savol.

Suratga boq, shikasta ayol
yozg'irmaydi, bir so'z ham demas.
Seni qattiq sog'ingan, ohkim,
qayta boshdan dunyoga kelmas...
1985.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:11:05
Ketolmasman

Omon bo'ling, hey dala-dashtlab,
jo'naganlar yurakni g'ashlab
safingizda yolg'iz xatoman,
ketolmadim onamni tashlab.

Dilda azob, yallo dishonda,
oyoqlarim tillo kishanda.
ketolmasman endi nishondan
yuragimda yig'laydi Mashrab.

Ko'zim yo'lda, o'zda ranjim bor,
zabon xomush, so'zda zanjir bor,
bu dunyoda bitta gajir bor
o'z holicha o'tadi yashab.

Bir so'z chiqar qilichday qindan,
zarbasidan metinlar singan,
to'rt unsurdan yaralgan rindman
men ularni olaman asrab...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:11:23
Sog'inch

I

Ortimda sog'inib keladi qushlar-
Falakning muzaffar yo'lovchilari.
Meni izlab kelar olis qishloqdan
Musaffo bahorning sho'x tomchilari.

Ko'zimda uyg'onar isyonli tog'lar,
Uyg'onar bog'larning salqin nafasi.
Sarpoychan jo'naydi dalalar tomon
Kenglikni qo'msagan ko'krak qafasi.

Quvonch - ko'zlarimga cho'kkan qal'adir,
Kulgular jarangi-achchiq noladir,
Qafasga sig'magan qalbni olaket,
Olis paxtazordan kelgan bolakay...

II

Olib tor nimchali xonimchalarni
Tebranib o'tadi avtotulporlar.
Xiyonat - yashil yo'l, keta ketguncha
Haqini to'laydi tanti puldorlar.

Jimjima o'rinlar pinjidan oldim
Termulgan bema'no, chirik ko'zlarni.
Va bedard yo'lchining qo'ynida ko'rdim
Zang bosgan nafsiga sherik so'zlarni.

Itqitib tashladi sipo eshiklar,
Loqayd oqayotgan yo'lga sig'madim.
Beton ariqlarning o'zanlarida
Men sening qadringga umrim yig'ladim.

Quvonch - ko'zlarimga cho'kkan qal'adir,
Kulgular jarangi-achchiq noladir.
Shaharga sig'magan dardni olaket
Olis paxtazordan kelgan bolakay...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:11:41
Volidai muhtarama Bodom Shodmon qizining nevarasiga aytganlari

Oybek dedim, oy qizlarning begi bo'l,
Tengdoshlaring qatorinda tengi bo'l.
O'z elingning o'g'loni bo'l, mardi bo'l,
O'z elingda muhabbat bo'l, sevgi bo'l.

Bul chamanda bisyor erur savdolar,
Uchragaydur yo'lda shohlar, gadolar.
Shohlarida tole yo'qdir, gadosida karomat,
Xalqingni sev, shulardadir adolat.

Hotamtoyidek saxiy bo'lsang buzarlar,
Qadamingni o'lchab, fitna tuzarlar.
Har amalda me'yorni bil, toshni bil,
Olchoqlarga to'lib ketdi guzarlar.

Omad kelar bo'lsa kimsa baxtidan,
Zarur bo'lsa, kech Sulaymon taxtidan.
Haqiqatning isyoni bo'l, qoni bo'l,
Nasiya so'z afzal nomard naqdidan.

Inson umri bir tutamdir, chaqindir,
Shul sababdan asrlar ham yaqindir.
Yonib o'tgan chaqinlarga madad bo'l,
Chaqinlarni kuylab o'tgan oqindir.

Unutma, bor Oybek degan ulug' zot,
Sening noming shunga otdosh, ulug' ot.
Daryodil bo'l, bo'l shu nomga munosib,
Ziyo istar yorug'likka to'liq ot.

Yana senga jigarbandim, shul o'git.
Bobolardan olgan tug'ni baland tut.
Shu tug'ni deb yashadilar, yondilar,
Elni desa, egilmaydi mard yigit!
26 dekabr, 1982 yil.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:12:12
Ko'ngil fasli

Yondim bir guli noz shikorlarinda,
Bag'rima bosildi tikonlari-da,
Maqsadsiz tentirab kezdim-da kuydim,
Sevgining gulhayo do'konlarida,
Ko'ngil osmon edi, ziyosi so'ndi,
Bu dil bulbul edi, go'yosi tindi.

Ko'zlarim ko'zlaring kaftinda qoldi,
So'zlarim so'zlaring sahfinda qoldi,
Bo'zlarim yozlaring taftinda qoldi,
Ko'ngil osmon edi, ziyosi so'ndi,
Bu dil bulbul edi, go'yosi tindi.

Naysonlar yuzlarni yuvib o'tdilar,
Fasllar yillarni quvib yetdilar,
Ko'zimga millarni qalam etdilar,
Ko'ngil osmon edi, ziyosi so'ndi,
Bu dil bulbul edi, go'yosi tindi.

Men vasl istadim, hayrona kezdim,
Sahroda bo'zlagan jayrona kezdim,
Labimni kuydirdi taloto'mlarda,
Mastona kezdim-u, sayrona kezdim,
Ko'ngil osmon edi, ziyosi so'ndi,
Bu dil bulbul edi, go'yosi tindi.
1989.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:12:33
Sinfdoshlarga

Yillar bizga ne ko'rgilik yozib ketdi,
Yelkamizga qismat yukin bosib ketdi.
Biz ishqida qalam tortgan ne-ne qizlar
Bugun endi kim-kimlarga nasib etdi.

Ul faslning sho'xliklari tumor endi,
To'rttamiz bir yig'ilmoqqa xumor endi.
Qolib ketdi bu yo'llarda sho'x navolar,
Umrimizning tashvishlari dutor endi.

Kimga mayu, kimga dunyo safo bo'ldi,
Kimga do'stlar g'animatdur, davo bo'ldi.
Har tomonga ayri ketdi turfa izlar,
Bugun yo'lda uch-to'rt do'stu vafo qoldi.

Ol qadahni, mayni sipqar, ado bo'lsin,
Do'stlik mehri umrimizga sado bo'lsin.
Shu aziz bosh egilmasin jafolarga,
Bir umrga elu-yurtga fido bo'lsin!
1983.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:13:06
Ochiq she'r

...Baxtiyor Hamroyev Afg'onistonda, internatsional burchini ado etayotib halok bo'Lgan.
B.Hamroyevning xotirasini abadiylashtirishga asos yo'q deb topildi.

Voroshilov rayon ijroiya komitetining raisi N.Mirzayev.
(Gazetaga kelgan javobdan) 1986 yil.

...Prometey ko'ksini hozirgacha to
Kalxatlar cho'qirmish ulkan qoyada.
Hayriyat, adolat oftobi bordir,
Sizning ko'zlaringiz hamon soyada.

Ko'ksimni kalxatlar, cho'qiyvermang, bas,
Yetar suyuqoyoq so'zlar bozori!
Sizga ne, savdoga kirasiz oson,
Hali sovumasdan jangchi mozori.

Men esa yarador Promteyday
Ko'ksimni ochaman kalxatlar tomon.
Afg'on tuprog'ida omon yurganlar,
Aziz ukalarim, bormisiz omon?!

Nega so'zlamaydi navqiron ruhlar,
Tili sug'urilgan qo'ng'iroqday jim?
So'ylang, Baxtiyorlar, Furqatlar, ayting,
Ko'ksingiz cho'qigan u kalxatlar kim?!

...Siz esa tushmaysiz ulkan minbardan.
Ulkan rejalardan boshingiz qotgan.
Biroq tan olmaysiz, makkor kiborlik
Sizda ajiriqday tomirlab otgan.

Bilaman, ishingiz jo'yali, puxta.
Zarra e'tirozsiz bitasiz xatni.
Bir jangchi afg'onda o'lgan-da, ketgan
Nomini abadiy aylamoq shartmi?..

Onalar ne ko'yga tushdi, bilmadim...
Meni majruh qildi har bir so'zingiz.
Sizga baribir-da, bir jangchi yodi,
Loaqal sanchmaydi zarang ko'ksingiz...

Bularning
har biri,
bir Matrosovdir!
To'ychi Eryigitdek, har birin shoni
Hali yor sochiga qo'li yetmagan,
Do'stni qo'riqlagan qiynalib joni!!!

Siz esa...
sizga xos so'z topmoq qiyin...
Askarday qalmoqda so'zlarki sho'r, talx.
Albatta aytajak haqli hukmini
Sizni shu mansabga qo'ygan ona xalq!
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:13:57
Meni uyg'otsalar

Meni uyg'otsalar ming yildan keyin
Ruhim fig'onini tinglasalar, dod,
Ming yildan keyin ham qalqib chiqadi
Qalbim adog'ida qolgan shu faryod.

Meni uyg'otsalar ming yildan keyin,
Avval paxtazorim qayda, so'rardim.
So'zimdan kulishib, Afandi, deya
Yonimda yosh-yalang hayron yurardi.

Meni uyg'otsalar ming yildan keyin,
Sen kimsan, desalar ona tilimda,
Yuragim otilib ketsa kerag-ov
Bu so'zni eshitib qonim-elimdan.

Meni uyg'otsalar ming yildan keyin,
Ko'ksimdan kuy bo'lib oqardi dardim.
Alanglab, sel bo'lib to'xtab qolardi
Nenidireslagan o'tkinchi mardum.

Meni uyg'otsalar ming yildan keyin,
Rost bo'lsa shu rohdan qayta kelarim
Bu yorug' dunyoga chinqirib emas,
Shu "Qaro ko'zim"ni aytib kelardim!
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:14:17
Navro'z

Ariqlarni yalpiz atri qildi ishg'ol,
Allaqaydan qarlug'ochlar keldi hushhol,
Yechib qishni egnimizdan dedik, xush qol
Kel-ey Navro'z, tashrifing xush, safo bo'lsin.

Urib nayson, tirqirar gul og'ochlarda,
Bo'sa ta'min tuyar qizlar ravochlarda,
Ne xushnudlik erur bu sanduvochlarda
Ki ko'ngil rishta payvandi vafo bo'lsin.

Tog'u tug'yon, dasht-u dala qo'zg'alipti,
El labida qo'shiq-yalla qo'zg'alipti,
Kelinchakli uyda alla qo'zg'alipti
Ko'ngilga ishq gulobidin navo bo'lsin

Do'stmi-yog'iy, siylayverar mehmonini,
Boshga bolish qilib uxlar ketmonini,
Bir umrga yamab o'tar chakmonini
Shu el mardumig'a hamdu-sano bo'lsin.

Chuchmomalar chayqaladi bezak yanglig',
Ahyon o'tgay izg'irinlar kuzak yanglig',
Allakimlar turar kaltakesak yanglig',
Bu kaslarg'a chayon fasli ravo bo'lsin.

Yosh vujudlar neni qo'msar, tug'yondadir,
Tun yarmida bolish quchib uyg'onadir,
Bu ko'ngilda azaliy bir cho'g' yonadir,
Kel-ey Navro'z, kelganing xush, safo bo'lsin.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:14:45
O'tdingmi...

Majnuntol egilib, yerga shivirlar,
Qizg'aldoq tushini qirga shivirlar,
Arg'umoq depsinar, o'rga shivirlar,
Shabboda xobdagi gulga shivirlar:
O'tdingmi, o'tdingmi Dalvi devona,
Xudoyim, yetkurgil Savri sultona.

Qir oshib jo'naydi Quyosh safarga,
To'lishib bormoqda, boq bu Qamarga
Bir fasl keladi ruhi sarvarga
Naysonlar yarashar subhi dilbarga
O'tdingmi, o'tdingmi Dalvi devona,
Xudoyim, yetkurgil Sarvi sultona.

Shu kunga yetibmiz, e dil shukrona,
Ahli yurt shukrona, oqil shukrona,
Qushchalar yayrashib o'qir shukrona,
Tirik jon shukrona, so'qir shukrona
O'tdingmi, o'tdingmi dalvi devona,
Xudoyim, yetkurgil Sarvi sultona.

Qizlar labidagi olucha bo'lib,
Visol damlarining bolicha bo'lib,
Qamar ko'ksidagi xolicha bo'lib
G'irko'kning olovli yolicha bo'lib
O'tdingmi, o'tdingmi Dalvi devona,
Xudoyim, yetkurgil Sarvi sultona.

Jimirlar jilg'aning qorli ko'rpasi,
Qimirlar qirlarning bug'doy, arpasi.
Sog'inib kelmoqda bahor sharpasi
O'tdingmi, o'tdingmi Dalvi devona,
Xudoyim, yetkurgil Sarvi sultona.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:16:47
 Sozimda qoldi

G'uncha yanog'ingda gulning ifori,
Inja dudog'inda yelning xumori,
Erka nigohinda oyning nigori
Bahor naysonlari bo'zimda qoldi,
Sevdim degan so'zim bo'g'zimda qoldi.

Endi binafshadan panoh so'rayman,
O'zim gunohkormon, gunoh so'rayman, Benajot qushchadan qanot so'rayman,
Bahor naysonlari bo'zimda qoldi,
Sevdim degan so'zim bo'g'zimda qoldi.

To'rt fasl - to'rt gulxan, kuydim-da yondim,
Qancha suluvlarni suydim-da, tondim,
Tunlar tushlarimda yig'lab uyg'ondim,
Bahor naysonlari bo'zimda qoldi,
Sevdim degan so'zim bo'g'zimda qoldi.

Majnun ko'ksidagi dili poraman,
Yeldim, yetolmadim nozli yora man,
Nayson bo'lib derazangdan boraman,
Bahor naysonlari bo'zimda qoldi,
Sevdim degan so'zim bo'g'zimda qoldi.

Muhabbat yo'llari g'am-firoq bo'lmish,
Majnuntol ko'zlari nam-so'roq bo'lmish,
Ul bodom gullari shamchiroq bo'lmish
Bahor naysonlari bo'zimda qoldi,
Sevdim degan so'zim bo'g'zimda qoldi"¦
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:17:04
Yuragingning hazing dashtini...

Qo'y, so'zlarni ortiq qiynama,
O'z holicha quvnab yayrasin.
Ufqqa boq, bo'zarib kelar,
Olib kelar yellar nay sasin.

Endi bo'm-bo'sh ko'chalarga chiq,
Tishla martning namxush labidan.
So'zlaringni yo'lla, joy olsin
Sayrayotgan qushlar safidan.

Giyoh bo'lib tingla xilvatda
Ona yerning erkalashini
Qizg'aldoqqa to'ldirib qaytgil
Yuragingning hazing dashtini"¦
1988
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:17:21
Marsiya

Mangu askar jiyanim Qamariddin xotirasiga

Ortimdan Toshkentga bordi bir xabar,
Yo'llar kaftlarini ochdi men uchun.
Beshotar miltiqning o'qiday uchdim,
Xayolda xavotir iloni - nechun?

Toshkent Samarqandning qadim yo'lida
Ming bitta so'rovim qoldi javobsiz.
Jonim parchalandi ming bir bo'lakka,
Bu yo'llar tuyuldi cheksiz, davomsiz.

Men keldim, Boshimda ayt ne ko'rgulik?
Kuz edi. Daraxtlar qora ridoda.
Yuragim zirqirab ketdi nogahon
Qo'shni xonadondan chiqqan nidodan.

Otang qarshiladi ko'zlarida mung,
Bu qanday musibat, bu qanday motam?
"Jonu - jigaringdan ayrilib qoldik"¦"
Hayqirib yig'ladi kap-katta odam"¦

Nega tashlab ketding bag'rim, Qamarim,
Mash'um daragingdan ko'nglim yaro, xat
Kimga tashlab ketding qadrim, tumorim,
Nega keltirdilar sendan qaro xat?!

O'n bir kun yo'l qarab tolmadi otang,
O'n ikkinchi kuni qaddini egdi.
Yog'iy qirq yil burun poylab otgan o'q
Nega uni emas, o'g'liga tegdi?!

Dushman soyasiday o'n bir qora kun,
O'n bir qora quzg'un ko'zimni o'ydi.
O'n ikkinchi kuni albini uzib
Otang jisming bilan tobutga qo'ydi
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:17:38
Daraging bormi?

Botirlar ichinda bir donam, bolam,
Baxmal sochlaringa qurbonam, bolam
Afg'onda yo'qolgan durdonam, bolam,
Hindiqush yoqlarda daraging bormi?

Sen ketding, ahdlaring yodimda qoldi,
Bitilgan xatlaring oldimda qoldi,
Bu dunyo mashhari dodimda qoldi
Hindiqush yoqlarda daraging bormi?

Bir faryod qalqadi charxi zobitdan,
Qaydasan kishvari dardli chobuk tan,
Vujudim ayrilmas temir tobutdan
Hindiqush yoqlarda daraging bormi?

Oy yuzli malakka yetmagan bolam,
Faryodi falakka yetmagan bolam.
Yot yerda yot-yakka eslagan bolam,
Hindiqush yoqlarda daraging bormi?

Soxta bu shonlarni endi ne qilay,
Temir nishonlarni endi ne qilay,
Sensiz zamonlarni endi ne qilay
Hindiqush yoqlarda daraging bormi?

Sen ketding, boyonlar o'g'li yalloda,
Vujudi dilbarda, qo'li tilloda,
Haqiqat bormi ey, hoziq illodan
Hindiqush yoqlarda daraging bormi?

Tobutni kuydirar to'kilgan ashkim,
Bolasiz qolmasin men kabi hech kim
Tiriklik shu bo'lsa, umrdan kechdim,
Hindiqush yoqlarda daraging bormi?
1989.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:18:06
Qaytma endi ortingga

Qaytma endi ortingga,
Ortga qaytmoq or endi.
Yog'sa hamki boshingga
Yomg'ir emas, qor endi.

To'rt unsurda sinalgan
Odamizod, bilib yur,
Suyagingni g'am iti
G'ajisa ham kulib tur.

Yuragingni bayroq qil.
Aytib o'tgan oqinlar.
Olov bo'lsang, taftingdan
Taft oladi yaqinlar.

Birlashtirdi bizlarni
Bitta yo'lda qon endi.
Bitta bayroq tagida,
Bir olovda yon endi.

Yagona yo'q - haq yo'li,
Shunga sodiq qolamiz
Qolganlarni jang bilan
Safimizga olamiz!
1987.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:18:41
Mansab ko'prigi

Bu umr savdoli, g'o'r ishi bordir,
Bir boshda rohatu sho'rishi bordir,
El yaxshi yomonni ko'rishi bordir
Mansab ko'prigidan kibrona o'tma.

Qo'lingga ne tushsa, gul deb o'ylama,
El senga ishonsa, qul deb o'ylama,
Bu elning yozmishi shul deb o'ylama
Mansab ko'prigidan kibrona o'tma.

Bu dunyo ko'p ko'rgan kibru xo'rlarni,
Dimog'dor, basiru qalbi ko'rlarni.
Makoni lomakon bo'ldi zo'rlarni
Mansab ko'prigidan kibrona o'tma.

Amalga qo'ysalar yig'ib o'tma zar,
Dilingni oftob qil, ochiq bo'lsin dar,
Elingning ko'zini o'yma enag'ar,
Mansab ko'prigidan kibrona o'tma.

Ko'rdim ko'p kattani, elni taladi,
Birovi haqman, deb tovon yaladi,
Birovi sehrlab surnay chaladi
Mansab ko'prigidan kibrona o'tma.

Bu gapning mag'ziga bir kun yetasan,
Asl qiyofangni gizlab netasan,
Yalang'och kelgansan, shunday ketasan
Mansab ko'prigidan kibrona o'tma.

Qo'limda sovidi ko'targan bodam,
Man baroi xalqi xud-ro faryodam:
Avvalo odam bo'l, odam bo'l, odam,
Mansab ko'prigidan kibrona o'tma.
1998.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:19:19
Ketar bo'lsang

Ketar bo'lsang bir kun ulg'ayib
bosh egib o't o'sgan xonangga.
Bosh egib o't ma'yus, mung'ayib
ostonada qolgan onangga.

Bardoshlaring toshlarin yorsin,
davrlarda tanilgil oqil.
Faqat yolg'iz qolganing chog'da
yodgorgina suratga boqqil.

Suratga boq, unda kuladi
nigohlari shikasta ayol.
Chig'iriqqa solar ruhingni
ko'zlaringga tiqilgan savol.

Suratga boq, shikasta ayol
yozg'irmaydi, bir so'z ham demas.
Seni qattiq sog'ingan, ohkim,
qayta boshdan dunyoga kelmas...
1985.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:19:58
Ketolmasman

Omon bo'ling, hey dala-dashtlab,
jo'naganlar yurakni g'ashlab
safingizda yolg'iz xatoman,
ketolmadim onamni tashlab.

Dilda azob, yallo dishonda,
oyoqlarim tillo kishanda.
ketolmasman endi nishondan
yuragimda yig'laydi Mashrab.

Ko'zim yo'lda, o'zda ranjim bor,
zabon xomush, so'zda zanjir bor,
bu dunyoda bitta gajir bor
o'z holicha o'tadi yashab.

Bir so'z chiqar qilichday qindan,
zarbasidan metinlar singan,
to'rt unsurdan yaralgan rindman
men ularni olaman asrab...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:20:43
Sog'inch

I

Ortimda sog'inib keladi qushlar-
Falakning muzaffar yo'lovchilari.
Meni izlab kelar olis qishloqdan
Musaffo bahorning sho'x tomchilari.

Ko'zimda uyg'onar isyonli tog'lar,
Uyg'onar bog'larning salqin nafasi.
Sarpoychan jo'naydi dalalar tomon
Kenglikni qo'msagan ko'krak qafasi.

Quvonch - ko'zlarimga cho'kkan qal'adir,
Kulgular jarangi-achchiq noladir,
Qafasga sig'magan qalbni olaket,
Olis paxtazordan kelgan bolakay...

II

Olib tor nimchali xonimchalarni
Tebranib o'tadi avtotulporlar.
Xiyonat - yashil yo'l, keta ketguncha
Haqini to'laydi tanti puldorlar.

Jimjima o'rinlar pinjidan oldim
Termulgan bema'no, chirik ko'zlarni.
Va bedard yo'lchining qo'ynida ko'rdim
Zang bosgan nafsiga sherik so'zlarni.

Itqitib tashladi sipo eshiklar,
Loqayd oqayotgan yo'lga sig'madim.
Beton ariqlarning o'zanlarida
Men sening qadringga umrim yig'ladim.

Quvonch - ko'zlarimga cho'kkan qal'adir,
Kulgular jarangi-achchiq noladir.
Shaharga sig'magan dardni olaket
Olis paxtazordan kelgan bolakay...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:21:00
Volidai muhtarama Bodom Shodmon qizining nevarasiga aytganlari

Oybek dedim, oy qizlarning begi bo'l,
Tengdoshlaring qatorinda tengi bo'l.
O'z elingning o'g'loni bo'l, mardi bo'l,
O'z elingda muhabbat bo'l, sevgi bo'l.

Bul chamanda bisyor erur savdolar,
Uchragaydur yo'lda shohlar, gadolar.
Shohlarida tole yo'qdir, gadosida karomat,
Xalqingni sev, shulardadir adolat.

Hotamtoyidek saxiy bo'lsang buzarlar,
Qadamingni o'lchab, fitna tuzarlar.
Har amalda me'yorni bil, toshni bil,
Olchoqlarga to'lib ketdi guzarlar.

Omad kelar bo'lsa kimsa baxtidan,
Zarur bo'lsa, kech Sulaymon taxtidan.
Haqiqatning isyoni bo'l, qoni bo'l,
Nasiya so'z afzal nomard naqdidan.

Inson umri bir tutamdir, chaqindir,
Shul sababdan asrlar ham yaqindir.
Yonib o'tgan chaqinlarga madad bo'l,
Chaqinlarni kuylab o'tgan oqindir.

Unutma, bor Oybek degan ulug' zot,
Sening noming shunga otdosh, ulug' ot.
Daryodil bo'l, bo'l shu nomga munosib,
Ziyo istar yorug'likka to'liq ot.

Yana senga jigarbandim, shul o'git.
Bobolardan olgan tug'ni baland tut.
Shu tug'ni deb yashadilar, yondilar,
Elni desa, egilmaydi mard yigit!
26 dekabr, 1982 yil.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:21:18
Ko'ngil fasli

Yondim bir guli noz shikorlarinda,
Bag'rima bosildi tikonlari-da,
Maqsadsiz tentirab kezdim-da kuydim,
Sevgining gulhayo do'konlarida,
Ko'ngil osmon edi, ziyosi so'ndi,
Bu dil bulbul edi, go'yosi tindi.

Ko'zlarim ko'zlaring kaftinda qoldi,
So'zlarim so'zlaring sahfinda qoldi,
Bo'zlarim yozlaring taftinda qoldi,
Ko'ngil osmon edi, ziyosi so'ndi,
Bu dil bulbul edi, go'yosi tindi.

Naysonlar yuzlarni yuvib o'tdilar,
Fasllar yillarni quvib yetdilar,
Ko'zimga millarni qalam etdilar,
Ko'ngil osmon edi, ziyosi so'ndi,
Bu dil bulbul edi, go'yosi tindi.

Men vasl istadim, hayrona kezdim,
Sahroda bo'zlagan jayrona kezdim,
Labimni kuydirdi taloto'mlarda,
Mastona kezdim-u, sayrona kezdim,
Ko'ngil osmon edi, ziyosi so'ndi,
Bu dil bulbul edi, go'yosi tindi.
1989.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:22:12
Sinfdoshlarga

Yillar bizga ne ko'rgilik yozib ketdi,
Yelkamizga qismat yukin bosib ketdi.
Biz ishqida qalam tortgan ne-ne qizlar
Bugun endi kim-kimlarga nasib etdi.

Ul faslning sho'xliklari tumor endi,
To'rttamiz bir yig'ilmoqqa xumor endi.
Qolib ketdi bu yo'llarda sho'x navolar,
Umrimizning tashvishlari dutor endi.

Kimga mayu, kimga dunyo safo bo'ldi,
Kimga do'stlar g'animatdur, davo bo'ldi.
Har tomonga ayri ketdi turfa izlar,
Bugun yo'lda uch-to'rt do'stu vafo qoldi.

Ol qadahni, mayni sipqar, ado bo'lsin,
Do'stlik mehri umrimizga sado bo'lsin.
Shu aziz bosh egilmasin jafolarga,
Bir umrga elu-yurtga fido bo'lsin!
1983.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:22:55
So'lim bahor, qanotlaringda

So'lim bahor, qanotlaringda
Sog'intirgan yozni olib kel.
Atlas ko'ylak kiygan qizlarning
Lablarida nozni olib kel.

Izlarimni sog'ingan tuproq
G'uboriday to'zidi kunlar.
Olucharang qizlar qo'lida
Ko'klam, sendan qoldi ol gullar.

Oq tunlarni daraklab, istab
Ham soy kechib, qir oshgan mardum,
Oq tunlarning sharpasi menman,
Saharlarning yolqini dardim.

Hovuchimga olib tunlarni
Mayxo'r kabi ichaveraman.
G'amlab qo'ygan haftalarimning
Chigilini yechaveraman.

Ichma jonim, ayriliq azob,
Bu men, sezmay qoldim xatarni
Atrofimda o'ttiz uch soqchi
Ortga tashlab bo'lmas safarni!
1988
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:23:28
Istadim

Bol labingni qirmizini istadim,
Dil ovutgich dil so'zini istadim.
O'rim sochi tong bo'yida iforli
Shul chamanning hur qizini istadim.

Yomg'ir isi siypab o'tdi yuzimni,
Yillar oldi bahor bilan kuzimni,
Mardum ettim ko'zda qaro ko'zimni
Ul sanamning oy yuzini istadim.

Erka yillar sochlarimni qor etdi,
Ikkimizni ikki yo'lda zor etdi,
Ishqimizni qo'sh dutorga tor etdi
Rohlaridan ishq izini istadim.

Kiprigimda shabnammidi, sezmadim,
O'tgan umr yolg'onmidi sezmadim,
Bu qanday yo'l, kezdimmi yo kezmadim,
Qaydan izlay yor o'zingni istadim.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:24:05
Qizlar go'zal edi...

Qizlar go'zal edi o'n besh yoshimda
Yodimda jonlanar bir suluv damlar:
Men seni sevaman deb aytolmadim,
Yoshgina jonimni o'rtadi g'amlar.

Men seni sevaman deb aytolmadim,
Yigirma bahorim xumor boqqanda
Men ayta olmadim sevaman deya,
Yillarim suv kabi sim-sim oqqanda.

Yigirma beshimni "kecha" deb bitdim,
O'ttizni qoralab dedim bugunim.
Men seni sevaman deya olmadim,
O'ttiz uch gulxanda yondim gulgunim.

Men bugun Iskandar kabi mag'lubman,
Yillarga ulashib yigit yoshimni.
Va lekin sevaman deya ayturman
Men sening oldingda egib boshimni.
1988.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:24:55
Dilimda tilimga kelmagan so'z bor...

Dilimda tilimga kelmagan so'z bor,
Yo'limda yoronlar yurmagan iz bor,
Qaydadir qoshlari qalab bir qiz bor,
Men unga aytaman sog'inchlarimni.

U barcha azobga chidab yashaydi,
Ko'ksiga sog'inchni qadab yashaydi,
O'zini bir umr aldab yashaydi
Men unga aytaman sog'inchlarimni.

Qo'ynida shamollar to'lg'angani rost,
Sochlari beliga chulg'angani rost,
Tunlari to'shakda uyg'ongani rost
Men unga aytaman sog'inchlarimni.

U tonggi shudringlar kabi tozadir,
Menga olislardan xatlar yozadir,
Vasliga talpingan dil parvozdadir
Men unga aytaman sog'inchlarimni.
1988.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:26:06
Bir yildan so'ng sodir bo'lgan tush

(Otam Ostonaqul Tursun o'g'li xotirasiga)

Ochilib ketadi uyning eshigi,
Sen kirib kelasan tungi ko'ylakda,
Sen kirib kelasan qora telefon
Navbatchi xotinning nigohi bilan
Qani yo'l!!
Oyoqlar otlaning yo'lga,
Qo'llar jomadonga joylang asabni.
Turtinib boradi ko'zlar kiprikka
Xayolni yetaklab boradi vujud.
Menga kassirlarning ko'zi uchmagan,
Menga kassirlarning nozi dardisar,
(Men uchun yig'laydi aeroplanlar)
Kipriklar qurshovin yorar tomchi yosh,
Kassir xotin esa tuynugin yopib
Beparvo bo'yaydi do'rdoq labini
Men esa,
Bu palla Oliy jazoga
Andisha nomini hukm qilaman.
So'zlar bir-birini boshlaydi g'ajib,
So'zlar bir-birini xo'rlar, kamsitar.
Yaxshiki, topilar tartib saqlar ham,
U olib ketadi meni ayirib,
U olib ketadi qo'lni qayirib
U meni tushunar, u yo'l topadi.
Va yo'lga kuzatib qo'yadi, ajab?...
Eh mirshab og'ayni, buncha yaxshisan,
Yaxshiyam, sen kassir emassan, oshna...
Men oxir-oqibat uchib ketyapman,
Men uchib ketmyapman, qora telefon...
1987.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:27:39
Qaytma endi ortingga

Qaytma endi ortingga,
Ortga qaytmoq or endi.
Yog'sa hamki boshingga
Yomg'ir emas, qor endi.

To'rt unsurda sinalgan
Odamizod, bilib yur,
Suyagingni g'am iti
G'ajisa ham kulib tur.

Yuragingni bayroq qil,
Aytib o'tgan oqinlar.
Olov bo'lsang, taftingdan
Taft oladi yaqinlar.

Birlashtirdi bizlarni
Bitta yo'lda qon tagida.
Bitta bayroq tagida,
Bir olovdan yon endi.

Yagona yo'l - haq yo'li,
Shunga sodiq qolamiz
Qolganlarni jang bilan
Safimizga olamiz!

1987
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:28:44
Bahriddinning to'yi

Nega buncha g'amnoksan, do'stim,
javdiraysan boladay nega?!
Axir bugun latif yaldoda
bir pariga bo'lasan ega...

Do'stim, seni tushunmoq mahol
charchoqdanmi, ranging siniqar
bandi g'ijimlangan dastorgul
qara quchog'ingda uniqar...

Mahtal turar amringni kutib
kelinbola, ko'zlari suzuk.
Barmoqlaring nega titradi
barmog'iga solganda uzuk...

Akalaring nega indamas,
yangalarni bir hadik dog'lar.
Kelmadimi, Toshkand uzoq deb
Nurotadan bo'ylagan tog'lar.

Ro'parangda qizchalar o'ynar...
nigohiga ishvalar osib
senga hayron kuyovjo'ralar
oq ichasan betinim, bosib.

Avjga chiqar, qaytar, ha qaytar,
Sheralidan bir yigit aytar.
Qanday baxtli, baxti qorasan,
o'rindiqqa cho'kib borasan.

Kelin esa beparvo sanar
qadahlarning juftmi-toqini
Balki o'ylar shu palla xushhol
aldadim deb bir qishloqini...

Baxt izlaydi tilaklardan u,
qadahlarning sasi xush yoqar,
u bilmaydi, sening ko'zingda
yangalarning ta'nasi oqar.

Tilaklardan baxtli bo'lar u,
Bir yigitni baxtsiz qilar u,
Hammasini bilar... bilar u!
Bir yigitni baxtsiz qilar u!

Mayli, davom etaversin to'y,
Hakamlik ber ahli tamizga.
Qo'y Bahriddin, ko'z yoshingni qo'y,
tur, ketamiz Nurotamizga...

1987
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:29:46
Bezovta ruh

Bu qanday kuch, meni tezlaydi,
Yuragim qon, birov sezmaydi
Qaylardadir bezovta bir ruh
Qodiriyning qabrin izlaydi.

Meni bir or yig'latib ketdi,
Dil siniq tor, yig'latib ketdi
Haq degan yor yig'latib ketdi
Qodiriyning qabrin izlaydi.

O'zli elim, o'zliging qani,
G'amli, qaro ko'zliging qani,
Tuzing qani, tuzlig'ing qani -
Qodiriyning qabrin izlaydi

Uyg'oning ey, xobga botganlar,
Qabrlardan turing, yotganlar:
Qodiriyning nomin sotganlar
Qodiriyning qabrin izlaydi.

Ular bilmas davron jabrini,
Ular qo'ymas shayton sadrini,
Yo'lga chiqqan el o'z qadrini -
Qodiriyning qabrin izlaydi.

Bir azob bor - dardi jondadir,
Bir giyoh bor - bandi qondadir,
Bir buloq bor - oti Xondamir -
Qodiriyning qabrin izlaydi...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:30:44
Do'sti xalillarga so'ngso'z o'rnida

Yomg'irlarning qanotinda yelib ket,
Bu ko'ngilda ne azob bor, bilib ket,
Yo'ling tushsa, Samarqandga kelib ket,
Sog'indim do'st, xabaringni berib ket.

Bu dunyoda dard atalmish qatim bor,
Fikratimda na halovat, tatim bor,
Turnalarning qanotinda xatim bor,
Sog'indim do'st, xabaringni berib ket.

Dilda bir mung, nolamidi, bo'zmidi,
Xazonli kuz izlarinda izg'idim.
Birinchi qor so'zlariday to'zg'idim,
Sog'indim do'st, xabaringni berib ket.

Umr goh shod, gohi noshod asotir,
Darchalarni bizga bir-bir ochodir,
O'z ko'nglimg'a o'zim bo'ldum musofir
Sog'indim do'st, xabaringni berib ket...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:31:16
Diydor

yoki qirq yildan so'ng o'rnatilgan haykal haqida ballada

...Tiniq momo haykal yoniga odamlar oyog'i tortilganida keldi. Ko'zidan qaynoq-qaynoq yosh oqib, titroq qo'llari bilan haykalni uzoq tavof qildi. Ana shunda, birodarlar, bir mo'jiza sodir bo'ldi, hali-hali hushimga kelolmayman. Tinglaganda toshlarni ham eritguvchi Nodiru Tiniqning haroratli baytlari ko'klam sabosida potrab sochilgan o'rik gullariday menga tinchlik bermay qo'ydi...

Nodir:
-Omonmisan, bu dunyoda, Tinig'im,
Qo'y, yig'lama, juftim, ko'ngli sinig'im.
Qirq yil bo'ldi, qaro yerda to'lg'andim,
Bahorlarda seni qo'msab uyg'ondim...

Tiniq:
-Omonmisiz, bu dunyoda, Nodirim,
Tinig'ini tirik yoqqan botirim.
Qirq yil bo'ldi, yuragimda chiroq yo'q,
Ummondaman, o'tay desam qirg'oq yo'q.

N:
-Esingdami o'n besh kunlik kelinchak,
Ko'zi cho'lpon, sochi tundek kelinchak...
Jangga ketdim, visolingga to'ymadim,
Boqib qaddi niholingga to'ymadim,

T:
-Yo'lga boqsam, yo'llar bo'zlab keladi,
Nomingizni gullar so'zlab keladi.
Sandiqdagi chimildiqda isingiz,
Yuragimning har zarbida ismingiz.

N:
-Umr guldir, bahorlari, yozi bor,
Ko'ngillarning aytilmagan rozi bor.
Bahor qolib nechun kuzni tanlading,
Ko'plar qolib, men baxtsizni tanlading.

T:
-Qirq yil azob, termulganim yo'l bo'ldi,
Vujudim tosh, suv kelmagan cho'l bo'ldi
Sizga bug'doy, gardi menga bo'lsin-a,
Sizga umr, zardi menga bo'lsin-a...

N:
-Armon edi, qishlog'imni bir ko'rsam,
Soyli tog'u toshlog'ini bir ko'rsam,
Sunbul sochli Tinig'imni bir ko'rsam,
Dardli ko'ngli sinig'imni bir ko'rsam...

T:
-Xatlar oldim, uchburchakli, uniqqan,
El azador, yig'lab rangi siniqqan.
Qovjiradi o'sma qo'ygan qoshlarim,
Sizdan xabar keltirmadim qushlarim...

N:
-Olis ekan Ovruponing yo'llari,
Sog'intirdi cheki yo'q yurt cho'llari,
Qabrim uzra bosh ko'targan giyohlar
Hamon o'sha kelinchakni so'roqlar...

... Ana shundan so'ng haykal jonlanganday bo'ldi, qo'li Tiniqning sochlariga yetdi. SHunda men sunbul sochlari to'lg'angan, o'n sakkiz yoshli, qayrilma qoshli suluv kelinchakni... navqiron yoshli Nodirni ko'rdim... Ular kunchiqar tomonga qarab ketishardi...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 18:32:10
Nurullo Oston
 Yana bir bor ilova qilindi
 

O'zbeklar
Hur Vatan haqida ballada
Onajon
Qaldirg'ochlar keldimi?
Samarqandga qachon...
Qaydasiz...
Yolg'on
Adashgan karvonim
Oddiy oilada
Ayol bor bo'lsin
Yomg'ir yog'ib...
Go'ro'g'li
So'z jabri
Sozimda qoldi
Yuragingning hazing dashtini...
Marsiya
Daraging bormi?
Qaytma endi ortingga
Mansab ko'prigi
Ketar bo'lsang
Ketolmasman
Sog'inch
Volidai muhtarama Bodom Shodmon qizining nevarasiga aytganlari
Ko'ngil fasli
Sinfdoshlarga
Ochiq she'r
Meni uyg'otsalar
Navro'z
O'tdingmi...
Sozimda qoldi
So'lim bahor, qanotlaringda
Istadim
Qizlar go'zal edi...
Dilimda tilimga kelmagan so'z bor...
Bir yildan so'ng sodir bo'lgan tush
Qaytma endi ortingga
Bahriddinning to'yi
Bezovta ruh
Do'sti xalillarga so'ngso'z o'rnida
Diydor
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Dekabr 2007, 17:04:16
Rauf Parfi sherlari mavzulari:

Butun kecha o'ychan va sokin
Kel, jimgina vidolashaylik
Satrlar
Men kimnidir kutgayman mahzun
Sunbula (parcha)
Diloromning ko'zlari (parcha)
Talpinish
Hoy bola
Xato qildim
Yetim
Xayr senga
Seni kutdim kuyib otashda
Yolg'iz meni o'yla intizor
Yoshlik
Qaydasan sen
Seni o'ylab...
Vido tabassumli olam, yoshligim
Ko'zimdagi ma'no
Yodingdami sevgilim
Yulduzlarga men ham qarayman
Men olamdan o'tganda
Darpardani ochaqol, jonim
Alyor
Laylo
Uyg'on, ey malagim
Seni menga betob dedilar
Mening yuragimga ketaylik
Ajib tushlar
Ortiq ko'rishmaymiz
Qaytmasman hech
Atrofda bahor
Arosat sevgi
Xazon qo'shig'i
Oppoq tush
Qo'lingni qo'ygil yor
Benavosan nechun
Qanday go'zal bu olam
Tungi sog'inch
Ko'z yosh to'kma, Ona
Xafa bo'lmang, Onajon
Zarofat
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Dekabr 2007, 17:05:03
Butun kecha o'ychan va sokin
Butun kecha o'ychan va sokin,
Xona ichra qolmishdik tanho.
Bir o'ychanlik ruhimga hokim,
Shunday hokim ruhimga sen ham.

Ohang oqar, devorda suvrat:
Moviy dengiz ustida kema.
Tanholigu o'rtada hurmat
Va sevgiga o'xshash bir nima.

Men o'ylayman: "Nedan boshlay gap?"
Sen o'ylaysan: "Ne qilay javob?"
Na kuladi, na yig'laydi qalb,
Qarashlarga yaxlagan sarob.

Butun kecha o'ychan va sokin,
Xona ichra qolmishdik tanho.
Men demadim: "Sevaman seni",
"Sevolmayman",- demading sen ham.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Dekabr 2007, 17:06:02
Kel, jimgina vidolashaylik

Kel, jimgina vidolashaylik endi
Yoningdan o'taman - bu so'nggi safar,
O'tib ketmoqdaman senga to'ymasdan.
Shu gaplar, shu gaplar rost bo'lsa agar,
Nega jim turibsan, axir so'ymasdan.

Shu gaplar rost bo'lsa, yolg'izim, yig'lab,
Senga o'lim tilab qolar edim men.
Yo'q, yo'q, mozoringni o'pib, timdalab,
Qayta tiriltirib olar edim men.

Rostin ayt, men ozlik qildimmi senga?!
Ayt, bir yurak ozmi? Mana! To'ydim-ku!
O'jar sevgim bilan tegdim joningga,
Kechir, rashkim bilan qiynab qo'ydim-ku.

Kechir, endi mening quyoshim botdi.
Senga ishonmadim. Sen mendan tonding.
Bir tuban nomingni loylarga otdi,
Razil kimsalarga nechun inonding?!

Imon bormi, derdim yonib, sig'inib,
Porloq timsolingga, sevgilim, biroq,
Tashlab ketmoqlikni o'rgandik ko'proq,
Kel, vidolashaylik endi, soginib.

Menga og'ir ichmoq sening ko'zyoshing,
Boshingda g'amlarning toshlari sindi.
Ko'rib turibsan-ku, tosh bo'lsin boshing,
Kel, jimgina vidolashaylik endi.

Bu yorug' dunyoda vafo qani? Kel.
Senga inonmadim- men telba, g'arib.
Qayga olib borib ko'mayin, aytgil,
Yuragimning jasadini ko'tarib.

To vola yuragim shan libos kiysin,
Toki so'nggi bor yayrasin so'nggi bor bu jon.
Sening ko'ksing uzra bir uxlab to'ysin...
Yo'q, o'zgacha sevolmasman hech qachon.

Hech bir mozor qabul etmas, yo'llar berk,
Bugun yuragimning saslari tindi.
Sevgilim, so'nggi bor, so'nggi izn ber,
Kel, jimgina vidolashaylik endi.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Dekabr 2007, 17:06:31
Satrlar


Men sening ko'zlaringga qarayman,
Sen o'zgalarga.
Kimning ko'zlaridan izlaysan meni?

* * * * *

Hayot jomi ichra oqamiz,
Gohi xursand, gohida vayron,
Tevarakka hayron boqamiz,
Tevarakni qoldirib hayron.

* * * * *

Vujudim yallig'lanar nafasingdan,
Sen shunday yaqinsanki, jon qadar, axir,
Bari bir seni sog'inaman, sevgilim.

* * * * *

Ayt-chi, meni unutdingmi?
Gullarim qonlar yutdimi?
Unutdingmi, eh bir yo'la
Yorug' dunyodan o'tdimi
Muhabbatim ekkan gullar?!

* * * * *

Seni topgunga qadar,
Qanday yashadim men?
Nahotki yashadim?

* * * * *

Ko'nglimga qil sig'mas,
Sen esa qanday shirin,
Sen esa qanday ulkan.

* * * * *

O'pib xayolingni qonaydi dardim
Yig'lar xotiramning g'arib bog'lari
Seni tushlarimdan so'rab, axtardim,
Qaytarib bo'lmas hech o'sha chog'larni.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Dekabr 2007, 17:07:31
Men kimnidir kutgayman mahzun

Men kimnidir kutgayman mahzun,
Men kimgadir yig'lamog'im shart.
Tanholik-la turibman o'zim,
Mening bilan birgina zulmat.

Yiroqlarda ingranar List ham,
Qulog'imga bo'zlaydi Furqat.
Huzurimga chiqmas bir odam,
Men baribir kutgayman faqat.

O'ksib-o'ksib axtaraman nur,
Qorong'uda bo'lgayman ado.
Qo'ng'iroqlar jarangi kelur,
Qanday mash'um bu go'zal sado.

Shilliqqurtday to'lg'anar ariq,
Suyanaman badburush tolga.
Osmon yuzi shundayin sariq
Sovuqlikni qaylardan olgan?

Kular-da va qalqib borar oy
Ul hayosiz shundoq yalang'och.
Kimni aldab balqib borar oy -
Tevarakda kecha qorasoch.

Men kutgayman, elitmas uyqu,
Men kimgadir yig'lamog'im shart,
Ayting, nechun tashlab ketdi u,
Nechun tashlab ketdi muhabbat?

Tugab borar tun yanglig' toqat,
Saharlarga bergayman hisob.
Qayga ketdi, qayga muhabbat,
Yuragimda muqaddas azob.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Dekabr 2007, 17:08:29
Sunbula (parcha)

To'lg'ongan sochlaring qora ilondir,
Vujudimga tashlar anglanmas qo'rquv,
Ochilgan bag'rimning dardi nolondir-
Sening ko'zlaringdek teran, qorong'u.

Ilon sochlaringni shamol o'naydir,
Uzilgan barg kabi qaltiraydir jon.
Ezilgan yurakni ezib to'ymaydir,
Gulim, ko'zlaringga berkingan jahon.

G'imirlar kechaning qop-qora tani,
Sochlaring iloni tanimni yoqar.
Bag'rimni ezishga yana shaylanib,

Daryo bo'lib sening ko'zlaring boqar...
Uzayib, jimirlab, suvga aylanib,
Daryoga lim to'lib vujudim oqar...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Dekabr 2007, 17:09:48
Diloromning ko'zlari (parcha)

Ma'yus edi sening ko'zlaring g'oyat,
Go'yo yo'lsiz o'rmon barglarin to'kib,
Qora yolqinlikda shivirlar oyat,
Ko'zlaringni tinglayapman entikib.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Dekabr 2007, 17:11:11
Talpinish

U dengizni sevadi. Dengiz uni sevmaydi.
U tushida ham, o'ngida ham dengizni ko'radi.
To'lqinlari, girdoblari, to'fonlari bilan so'ngsiz va zangori dengiz tomon talpinadi uning yuragi. U dengizni sevadi. Dengiz uni sevmaydi. Dengiz: "U meni emas, u menda qirg'oq sari talpinishni sevadi", - deb o'ylaydi.
Dengiz uni sevmaydi.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Dekabr 2007, 17:13:00
Hoy bola

Hoy bola-bola, hoy bola,
Bas qil shodlik rubobin.
Mana, Dunyo bir piyola
Tutar senga sharobin.

Hoy bola-bola, hoy bola,
Hech qo'rqmasdan uni ol.
Bir piyola, bir piyola
Dunyo G'ami, ichaqol.

 
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Dekabr 2007, 17:13:31
Xato qildim

Xato qildim, sevgilim,
Xato qildim beomon.
Yo'q endi borar yo'lim,
Bog'imda so'ldi gulim,
Bag'rimga to'ldi xazon.

Xato qildim, sevgilim,
Xato qildim bilmasdan,
Qani yutilsa tilim,
Qaltirab turar qo'lim.
Jigarimni yulmasdan.

Xato qildim, sevgilim,
Xato qildim bilmasdan.
Men suyib xato qildim,
Men kuyib xato qildim.
O'lib xato qilmasman...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Dekabr 2007, 17:13:50
Yetim

Og'zim to'la hayot.
Binafshaning shamoli,
Men sho'x bolakayman
Otasi tashlab ketgan,
Onasi tashlab ketgan,
Og'zimga to'lib qolgan hayot.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Dekabr 2007, 17:14:28
Xayr senga

Ko'zlarimning osmonlarida
Faqat o'zing, faqat sen o'zing
Oydan, yulduzlardan narida -
Ko'zim ichra sening yulduzing.

Tushlarimda uchib yurardim,
Men-la birga ozod qushlarim,
Sen tushmi, deb sendan so'rardim,
Aldamchidir barcha tushlarim.

Meni kutmas endi ul bog'lar,
Meni kutmas qalam qoshligim.
Tushda qoldi ul masrur chog'lar,
Eh, huvillab qolgan yoshligim.

Shafqat nedir - qovjiroq taqir.
Men yo'lsizman besaru somon.
Botmoqdadir quyosh ham qaxir,
Hansirar-da, bo'g'riqar osmon...

Bu yerlarga behuda keldim,
Suvga cho'kkan cho'g'dek so'zlarim.
Go'zallikning men quli edim,
Sen ollohsan, mening go'zalim.

Qaydasan, sen, bu kun behuda
Hasrat bilan kuyingda yondim.
Sening o'tli mehringdan judo
Sap-sarg'aygan sahroda qoldim.

Da'vat emas, shundoq, alvido,
Talqon bo'lar tamallar toshi.
So'nayotgan oftob nurida -
Mening kirsiz o'n to'qqiz yoshim.

Tomog'imda qotgan so'zlarim,
Sochiling, samoga sochiling.
Mana, tong. Tonglarning go'zali.
Tong oqardi. Tong - sochim mening.

Xayr senga, otilgan ohu,
Dunyolarga vido ayturman.
Elitmoqda cho'ng qudrat - uyqu,
Tushlarimga yana qayturman.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Dekabr 2007, 17:14:49
Seni kutdim kuyib otashda

Oylar o'tdi va yillar o'tdi,
Lekin sendan bo'lmadi xabar.
Yolg'iz seni men yolg'iz kutdim,
Kuta berib xun bo'ldi jigar.

Mana oxir sen-da namoyon,
Muhabbatim, ko'zim, ismatim.
O'ngmi, tushmi, yo shirin armon?
Birdan yaraqladi qismatim.

Sen o'sha-ku xayolda ko'rgan,
O'sha nigoh, oshno tabassum.
O'sha ohu ko'zlar tig' urgan
Va yurakka boshlagan hujum.

Senga juda g'alat tuyular
Balki sevging bilan yonganim,
Menga og'u kabi quyular
Shunday buyuk ishqdan tonganing...

Oylar o'tdi va yillar o'tdi,
Yurak esa ishonch va g'amda.
Qanchadirki, o'tgan vaqt kutdim,
Seni kutdim kuyib otashda.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Dekabr 2007, 17:15:09
Yolg'iz meni o'yla intizor

Muncha g'amgin bo'lmasa o'ylar,
Hijron muncha bo'lmasa uzoq,
Meni o'yla, sog'inib o'yla,
Yo'lg'iz meni o'yla intizor,
Muncha g'amgin bo'lmasa o'ylar.

Hijron muncha bo'lmasa uzoq,
Holbuki, bir qadam o'rtada.
Oramizni kim buzdi, o'zi,
Inonkim, behuda o'rtadi.
Hijron muncha bo'lmasa uzoq.

Meni o'yla, sog'inib o'yla,
Aytsalar-da sevgi uzilgan,
Shunday ishonchsizlik tufayli,
Xafa bo'lma mendan - o'zingdan,
Meni o'yla, sog'inib o'yla.

Yo'lg'iz meni o'yla intizor,
O'ylaringda men yashay yakka,
Chunki sevgi atalgan azob
Qodir emas toq yashamakka.
Yo'lg'iz meni o'yla intizor.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Dekabr 2007, 17:15:38
Yoshlik

Yuragingda, sening qo'lingda
Toza chechak kabi o'ynadim,
Yoshligim, men sening yo'lingda
Sevintirdim. Seni qiynadim.

Nahot xafa kunlaring o'tgan,
O'zing berdingmi beboshlikni?
Lekin meni otmading o'tga,
Naqadar yaxshisan, yoshligim!

Bir dard bo'lib, bir sevinch bo'lib.
Va bir donishmand bo'lib goh,
Ko'zlaringa qarab yurgin deb,
Etganing bor yoshligim, ogoh.

Faqat sen uchgil nafasimdan,
Sendan bahra topsin bu olam.
Aytilmagan so'zlarim sendan,
Qilinmagan zahmatlarim ham.

Men bilan bo'l doimo birga,
Ayri tutma meni, yoshligim.
Toza saqlay butun umrga,
Butun umrim, qora qoshligim.

Yuragingda, sening qo'lingda
Toza chechak kabi o'ynadim.
Yoshligim, men sening yo'lingda,
Sevintirdim. Seni qiynadim.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Dekabr 2007, 17:16:19
Qaydasan sen

Yomg'ir yogib chiqdi tun bo'yi,
Tong oqardi, tinmadi yomg'ir.
Buzilgandek osmon uyi -
Yerga qarab yig'laydi og'ir.

Men xonamga kirgayman alhol,
Yuragimda ko'hna anduhlar.
Derazamga urilar shamol,
Qaydasan sen? Qayda ul ruhlar?
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Dekabr 2007, 17:17:23
Seni o'ylab...

Seni o'ylab hol-jonim og'rir,
Seni o'ylab qondir o'ylarim.
Manzilim ham yiroq va og'ir,
Tig' ustida borar yo'llarim.

Telba-otash, deb meni pinhon,
O'ylama sen, mening yulduzim
Seni o'ylay oldim-ku, inon,
O'zimni ham o'ylarman o'zim.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Dekabr 2007, 17:18:57
Vido tabassumli olam, yoshligim

Yoshlik zangor fasl, kechdi, sarg'ardi,
To'kildi u. Shafqat bilmas bargrezon.
Qora sovuqlarga otib yubordi,
Shamollar poyida sinmoqda xazon.
Yoshlik zangor fasl. Kechdi. Sarg'ardi.

Harna o'tdi, mendan o'tdi, omon bo'l,
Qancha faryod qilmay qaytarib bo'lmas.
Har qalay oldinda bordir so'nggi yo'l,
Toki yetguningcha xotirot o'lmas,
Harna o'tdi, mendan o'tdi, omon bo'l.

Vido tabassumli olam, yoshligim,
Ko'zlarimda qotgan jolam, yoshligim,
Ko'klarga yetmagan nolam, yoshligim,
Suvga cho'kib ketgan bolam, yoshligim,
Vido tabassumli olam, yoshligim.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Dekabr 2007, 17:20:49
Ko'zimdagi ma'no

Ma'no o'qi ko'zimdan,
Men yonib muhabbatda
Gar adashsam so'zimdan,
Qoshingda xijolatda.
Ma'no o'qi ko'zimdan.

Sen jabrga ustasan,
Ammo men ortiq mohir.
Sevaman va istasam
Tark etmoqqa ham qodir.
Men-muhabbat, men-sitam.

Changal yasab boshimda,
Seni olib qolg'ayman.
G'amgin bir qaroshimda
O'z nahrimga solg'ayman,
Suzarsan ko'z yoshimda...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Dekabr 2007, 17:21:33
Yodingdami, sevgilim

Yodingdami, sevgilim, bir kun
Chiqib keldim yo'lingga.
Binafshalar terdim sen uchun
Va uzatdim qo'lingga.

Yana o'shal yo'ldan borurman,
Nigorondir bu ko'zim.
Xayolimni qonga qorurman.
Sen yo'qsan-ku"¦ Bir o'zim...

Huv, yoshligim qolgan joylarda
Izg'igyman men yonib.
Ayt, izlayin seni qaylardan,
Qaydan topayin, jonim?
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Dekabr 2007, 17:21:59
Yulduzlarga men ham qarayman

Yulduzlarga men ham qarayman,
Yulduzlar - samoviy bir xayol.
Men ko'proq zaminga yarayman,
Menga kerak yerdagi hayot.

Yulduzlarga men ham qarayman,
Yulduzlar - chaqnagan orzular.
Huv miskin kezadir bir odam -
Ko'ksida yonmagan yulduzlar.

Yulduzlarga men ham qarayman,
Ba'zida keladir havasim.
Ba'zida bosadir og'ir g'am,
Ba'zida yetmaydir nafasim.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:02:34
Men olamdan o'tganda

Ishq-vafodan so'zlaganlarim
Yetur senga ohu-fig'onim.
Yodga tushar bo'zlaganlarim
Men olamdan o'tganda, jonim.

Qaltirarsan ajib sezgidan,
Har bir so'zim - oshkor jahonim.
Judo bo'lding buyuk sevgidan-
Men olamdan o'tganda, jonim.

Sen qoshimdan keta olmassan,
Ko'zlaringda turarman yonib.
Sevgimni rad eta olmassan
Men olamdan o'tganda, jonim.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:02:51
Darpardani ochaqol, jonim

Yorug'likni o'g'irlab sekin
Tevarakni qurshadi tuman.
Ermak qilib tun cho'kdi, lekin
Eshik ochib chiqmadingku san?

Deydilarki, sening ko'zlaring
Afsungarmish, sehr etarmish,
Kimki ko'rsa bir bora seni
Oyoq yetganicha ketarmish.

Sovuqni ko'r, yuzni chimchilar,
Masxaraman unga bu zamon.
O'ylarimga kelib sanchilar,
Oy emas ul - u qotil kamon.

Bunda har ne ermaklar meni
Qorong'idir axir jahonim.
Hech bo'lmasa ochgil darchani,
Darpardani ochaqol, jonim.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:03:16
Alyor

Gulga to'ldi dunyo, shodumon do'st-yor,
Go'yoki davrada faqat gul-chechak.
Bu ikki oshiqdir, ikki baxtiyor,
Bir dardga aylanar bu ikki yurak.

Sadoqat taxtida yuzlaring gulgun,
Olamni yoritgay sevging shu'lasi.
O'zgacha ko'rinar har narsa bu kun-
Kelur har narsaning senga havasi.

Go'yo bo'ston ichra ochilgan chechak -
Bu harir oq libos poklik timsoli.
Umr go'zal bo'lur: baxtli kelinchak,
Guvohlik beradir ko'zgu misoli.

Bu kun to'y kechasi, sevgi ayyomi,
Bu kun to'y kechasi, shodlik toshadi.
Bu ikki baxtiyor - dunyo salomi,
Ikki dil hayotga qadam tashladi.

Bu, barcha ko'rgulik ko'rgan hayotdir,
Hayot barchasiga qilgaydir toqat.
Umr deganlari zahmat, sabotdir,
Umr deganlari ishonch, sadoqat.

Ko'kda oy, yulduzlar kirganday so'zga
Aziz boshingizga sochar nurini.
Men yulduz shu'lasin tilayman Sizga,
Men sizga tilayman oyning umrini.

Sizni qutlar bu kun do'stu qadrdon,
Yosh bahor umringiz nurlarga to'lsin.
Bo'lmasin jafolar, bo'lmasin hijron,
Do'stlarim, ezgu Baxt muborak bo'lsin!
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:03:40
Laylo

Balki o'chgan edim yodingdan,
Shirin xayolingni buzdimmi?
Laylo, Laylo, sening yoningda
Yaproq kabi ko'rdim o'zimni,
Shirin xayolingni buzdimmi?

Seni o'ylab kelmaydir uyqu -
Qora tunning o'zga sehri bor.
Tushlarimda topay deb gulro'
Man uxlarman mangu ehtimol.
Go'zal tushlar tilayman, Laylo...

Yana paydo bo'lding yo'limda,
Yana yo'llaringda bo'zladim.
Bechora qalb sening qo'lingda,
Ko'zlaringda mening ko'zlarim.
Nechun paydo bo'lding yo'limda?..
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:04:04
Uyg'on, ey malagim

Uyg'on, ey malagim, tur o'rningdan, tur,
Otashin muzlarda isinaylik, yur.

Yong'inli daryoda quloch otaylik,
Bu yerdan ketaylik, faqat ketaylik.

Undan ham olisroq ketarmiz hali,
Undan ham olisroq, mening go'zalim.

Qaragil, eng yorqin bir yulduz yonar,
Yorug' bir chaman bu"¦ ketarmiz yana.

Bugun shoh erurman, tilak tilagil,
Bugun men gadoman, tingla, malagim.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:04:23
Seni menga betob dedilar

Seni menga betob dedilar,
Bu so'z yomon, bu so'z ko'p og'ir,
Seni menga betob dedilar,
Oqdi yoshim misoli yomg'ir.

Seni menga betob dedilar...
Menga dunyo hazin tuyuldi.
Bulutlarga to'ldi osmon -
Achchiq-achchiq yoshi quyuldi.

Seni menga betob dedilar...
Lekin kelding, kelding sen o'zing.
Qora bulut tamom yo'qoldi,
Holbuki men... yig'laydi ko'zim.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:04:41
Mening yuragimga ketaylik

Yasatib qo'yibdi senga bir dunyo,
Orziqib kutadi bugun yuragim.
Mening yuragimga kelgil, marhabo,
Mening yuragimga kelgil, malagim.

Muhabbat baxtini topadi unda,
Kelgil, afsonalar aytmoqda bog'lar,
Aziz boshing uzra yaltirab kunda
Oltinga aylanar kuychi yaproqlar.

Mehribon yellarning qanotlarida,
Qani, yur, boraylik lola tergali.
G'aroyib gullarim bordir narida,
Gulim, ko'rmagansan umringda hali.

Qaragil, naqadar tiniqdir osmon,
Uning huzuriga yurgil, boraylik.
U yerga qaro tun yo'lamas aslo,
Bulutlar qayg'udan ketmas qorayib.

Qani, qo'llaringni qo'limga qo'y-chi,
Mening yuragimga ketaylik birga.
Sira ham u yerdan ketmaylik ko'chib,
Achchiq tajribalar ortib taqdirga...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:05:00
Ajib tushlar

Yana ajib tushlar ko'ribman,
Tushlarimda uni ko'rdim men.
Yana ajib tushlar ko'ribman,
Huzurida yonib turdim men.

Chirmab borar olovli to'lqin,
To'lqinlarda bo'lurman abas.
Yonishlaring qo'ynidan yulqib
Koshki sudrab chiqsa bu nafas.

Alanga chaqnaydi ko'zimda,
O'tlar meni tashladi tilib.
Sevgi, sevgi mening bo'g'zimda,
Kalimaga kelmaydi tilim.

Shunday ajib tushlar koribman,
Tushlarimda uni ko'rdim men.
Shunday ajib tushlar ko'ribman,
Huzurida yonib turdim men.

Yana sevgim qoldi yurakda,
Ul qiynaydi meni beomon.
Tushlarim ham tugab bormoqda,
Bir so'z ayta olmasman hamon.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:05:18
Ortiq ko'rishmaymiz

Yo'q! Ko'rishmaymiz, xayr endi,
Ortiq ko'rishmaymiz yuzma-yuz.
Sahrolarda sevgimiz qoldi,
Qor ostida qoldi sevgimiz.

Ortiq ko'rishmaymiz yuzma-yuz,
Mehr to'la yoniq yuz bilan,
Yo'q, yo'q, endi hech qaramaymiz,
O'rtalikda mash'um bir tuman.

Sahrolarda sevgimiz qoldi,
Kuygan yantoq misol quyoshda.
Xato sevgi qo'shilib tomdi
Zahar-zaqqum bo'lib ko'z yoshdan.

Qor ostida qoldi sevgimiz,
Sho'rlik sevgi topmadi omon.
Yakka-yakka bo'ldi ismimiz,
Har xil yo'ldan ketdik har tomon...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:05:36
Qaytmasman hech

Xayr senga, yaxshi qol endi,
Faryod urar ko'zingda sevinch.
Xayollarga bir dam tol endi
Huzuringga men qaytmasman hech...

Seni o'rtar achchiq pushaymon,
Ayrilmoqdan qo'rqmaysan mendan,
Sevgi uyi uzlatda vayron -
Bir tasalli tilamas sendan.

Bir kun ko'rib meni ko'chada,
Ana u, deb qo'lingni cho'zgin.
Yodgorlikdek so'nggi kechadan
Yo'l ustida to'xtagin bir zum.

Boshing egib kelma men tomon.
Sen ketaver"¦ yonimga qaytma...
Ko'rib qolsang undan ham yomon,
Yo'q, yo'q, "Meni kechir" deb aytma...

Xayr senga, ketar bo'ldim men,
Ketar bo'ldim shu qop-qora kech.
Qaytmasam-da muhabbatimdan,
Huzuringga men qaytmasman hech.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:05:55
Atrofda bahor

Termilaman olis ufqqa,
Botgan kundan qolmishdir dog'lar.
Yomg'ir urar qorong'ulikka,
Sovuqqina shovullar bog'lar.

Yana keldim mahzun go'shaga,
Bunda bir nay yotibdi sinib.
Qo'y, sig'inma ortiq o'shanga,
Qo'y, sig'inma unga, sevgilim.

Men hech narsa so'rmasman, dilbar,
O'tmishingdan so'zlama zinhor.
Men ham bir bor sevganman, yetar...
Qarasang-chi, atrofda bahor...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:06:16
Arosat sevgi

Juda baxtli eding u bilan,
Dunyoni to'ldirib yurarding.
Sen o'shani o'ylaysan hamon,
O'sha bilan banddir yuraging.

Uning bilan kechgan damlardan
Senga qolgan shirin xotira.
Mening esa achchiq g'amlardan
Tortib ketdi ko'zlarim xira.

Lekin sevgim joy topolmadi
Xotiralar yotgan qalbingdan.
Sen uni hech unutolmading,
Men ham kecha olmasman sendan
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:06:32
Xazon qo'shig'i

Shivirlaydi oyog'imda yashab o'tgan xazonlar,
Ko'zlarimga igna yanglig' sanchilmoqda mezonlar.

Huvillagan qishloq uzra quyuq tuman cho'kmoqda,
Yiroqlarda nay ko'nglini so'nggi bora to'kmoqda.

Dala bo'm-bo'sh, ko'milgandek unga ko'hna savollar,
Faqatgina kezib yurar, izg'zib yurar shamollar.

Faqatgina ko'rinadir kuygan daraxt mung'ayib,
Qayda qoldi mangu bahor, qayga bo'lding sen g'oyib?
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:06:52
Oppoq tush

Derazamga uriladi qor,
Jaranglaydi jarangsiz kumush.
Derazamga uriladi qor,
Qor singari oppoq bo'ldi tush.

Bir ajoyib qor yog'ar bu kech,
Uchib tushar mening yonimga...
Men-ku seni o'ylamasman hech,
Sen tushasan ammo yodimga...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:07:06
Qo'lingni qo'ygil yor

Aylanib tushar qor yo'limga,
Qo'lingni qo'ygil yor, qo'limga.

Sen qolding muhr kabi labimda,
Sen - bir dard asabiy - qalbimda.

Ko'zlarimga berkitay va lekin
Yoshday oqib ketma, sevgilim.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:07:24
Benavosan nechun

Sabolarda o'ynaydi navo,
Ariqlarda suv oqadi shan,
Ohanglarga to'libdir havo,
Benavosan nechun yolg'iz san?

Kuzgi bog'lar shivirlashar jim,
Kuzgi bog'lar kuychi za'faron.
Kuylarmikan shunday yuragim,
Qo'llaringni qo'ygil, mehribon?

Benavosan nechun, dilbarim,
Hayot seni etmasmi maftun?
Maftun etmaydimi gul bargi,
Maftun etmaydimi she'riy tun?

Qara qanday porloq erur ko'k,
Tingla, qo'shiq aytar yulduzlar.
Bu - oy to'kkan shu'la emas, yo'q,
Bu - navoga aylangan so'zlar.

Ufqlarda yoniq afsona -
Olgin Erkin Vohid she'rlarin.
Oydin yo'llar qo'shig'in, mana,
Yo'llar o'zi aytar, dilbarim.

Sabolarda o'ynaydi navo,
Ariqlarda suv oqadi shan,
Ohanglarga to'libdir havo,
Benavosan nechun yolg'iz san?
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:07:45
Qanday go'zal bu olam

Og'ir tun, qurir tinka,
Qanday izg'irin kecha.
Bu yomg'ir tinar qachon,
Yerga botadi tovon,
Loy yopishar etikka.

Lekin hamon kutasan
U tanish tol ostida.
Arazing bo'lar tamom,
Qari to'nka ustida
O'ltiramiz yonma-yon.

His va xayol kechasi,
Haroratli bir sovuq.
Gulxan yoqaman va sen,
Obbo, tamaki ham yo'q,
Meni asta quchasan.

Yomg'ir qorga aylanar,
Ko'zingda kular alam.
Ohista bosh aylanar,
Qayga qochib borar g'am?
Qanday go'zal bu olam?!
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:08:06
Tungi sog'inch

Mudrar yarim kecha uyquda,
Bulut suzar va oyni yopar.
Oyni yopar, lekin behuda
Yana bir on o'tmasdan yonar.

Kecha olar uyqusida dam,
Kecha uzra posibon - chiroy.
Seni ko'rgim keldi juda ham
Ajib qo'shiq aytgan chog'i oy.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:08:25
Ko'z yosh to'kma, Ona

Nimadir u, ko'zingga kelgan,
Xayolingga, ona, ne keldi?
Yig'lab turib hattoki kulding,
Nimadir u, ko'zingga kelgan?

Menga juda o'xshaydi, ona,
Ko'zlaringda yaltiragan yosh.
Menda o'sha ko'zu, o'sha qosh,
Menga juda o'xshaydi, ona.

Ona, uni to'kma, iltimos?
Ko'zlaringdan to'kilay agar.
Sevinchingdan bermasam xabar,
Ona, uni to'kma iltimos.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:09:03
Xafa bo'lmang, Onajon

Qanday go'zal, qanday lojuvard,
Xayol kabi ko'rinar jahon.
Lekin mening yuragimda dard,
Mendan xafa bo'lmang, onajon.

Uxlamasman tonggacha, ona,
Tongda yorim chiqar begumon.
Ko'zingizga uyqu begona,
Mendan xafa bo'lmang, onajon.

Sevganimning yoniga boray,
Yuragimda qolmasin armon.
Unga yig'lay, unga yolboray,
Mendan xafa bo'lmang, onajon.

Ishq yor bo'ldi munis ko'nglimga,
Meni ado etdi ul jonon.
Ko'z tutmangiz bugun yo'limga,
Mendan xafa bo'lmang, onajon.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:10:17
 Zarofat

Daryo mavjlariga yozilmish g'azal,
Maysalar egilib o'qiydir kitob.
Shodlanib xandalar otar bir lahza,
Bir lahza oh tortib qo'yadir oftob.

Qamishlar shivirlar daryo tomonda,
Ko'kda oq bulutlar kezar bemajol.
Bir tirik nafosat borliq, jahonda,
Kimgadir elanar, qilar iltijo.

Bu qadar go'zallik qaysi ochunda,
Bu qaysi kitobdir, kimning daftari,
Kimning olamidir qilich uchinda?

Qaltirab porlaydir bir chiroq g'arib,
Bir qushcha sayraydir ruhim ichinda,
Bir qushcha yig'laydir meni axtarib.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:11:39
Sirojiddin Sayyid sherlari mavzulari:

Ustimizdan o'tgan oylar
Yog'och so'ri
Bag'ishlov
Oddiy tilaklar
Mangu nomlar
Mir Alisher
Ko'ngil
To'rtliklar
Bir sog'inch
So'roq
Sherali Jo'rayevga
Vatan qo'shig'i
Jilg'a
Vatan yodi
Ustodi avval
Bolalik
Yog'och so'ri
Umr asta aylanmoqda aziyatga
Xijolatlik
Sening umring
Hikmat
Ziyorat
Momomga bag'ishlov
Bahor
Shoir go'zal erur nolasi bilan
Mensiz yasholmaydi...
She'riyat, sen abadiy
Dashnabod anoriga
Qaydan toparsan?
Bandadan qaytmasa...
Na kerak?
Xudoga topshirdim
Odam topilmaydi
O'zingga havola
O'g'il va qiz
Ma'lum gap
Bahor ko'priklari
Kelib ketmoq
Sevgi
Sinoat
To'y oqshomida
Yor-yor
To'y
Zilolahon, g'am ko'rmasin boshingiz
Bir turlanguvchi gul
Xotiralar ko'li
Ko'rmayin ham, kuymayin ham
Hajr
Oy
Qaro zulfing qaro qildi
Gulxanlig'ing aytsin
Ey, parivashlar
Afsus
Oy nurlari yoyiladi sayhonlarga
Fasl
Men yasholmagan umr
Ingichkajon
Sizga
"Tiko" mingan sanamlar
O'rganing
Sochlaringni maydalay
Kulguli
Choponga hazil qasida
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:11:58
Ustimizdan o'tgan oylar

"Ustimizdan o'tgan oylar"
Yarim edi, to'lin edi.
Ko'nglim edi, ko'ngling edi
Ustimizdan o'tgan oylar.

Suvlar u payt billur edi,
Ketmasak ham bo'lur edi.
Bir narsani bilur edi,
Ustimizdan o'tgan oylar.

Kiyik ko'zing-suzuklaring,
Sirg'alaring, uzuklaring,
Sening bilakuzuklaring -
Ustimizdan o'tgan oylar.

Keyin olam rangga to'ldi,
Qancha qizlar yanga bo'ldi.
To'ylaringda tanga bo'ldi,
Ustimizdan o'tgan oylar.

1990
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:12:16
Yog'och so'ri

Yog'och so'ri, bu dunyoda nima ko'rding?,
Nima ko'rdim bu dunyoda, yog'och so'ri?
Kechalar sen yolg'izgina o'ylar surding,
Mening esa ado bo'ldi qalbim qo'ri.

Onam yanglig' mushfiq oylar yorug'ida
O'qimagay endi singlim yozgan xatim.
Qay bir aziz devorlarning yorug'ida
Xazon yanglig' qolib ketdi muhabbatim.

Boshing uzra oltin to'kkan o'rik qani?
Qani otam o'tqizgan ul toyfi uzum?
Mung'aytirmish yillar yomg'irlari seni,
Ariqlarga ko'milmishdir maning yuzim.

Mana bu-men onam bilan tushgan surat,
Otam bilan suratlarga tushmabman ham.
Umr nadir? Bir lahzalik suhbat faqat.
Bu suhbatga men bir hikmat qo'shmabman ham.

Kuz kelganda hovlimizga ochib eshik,
Ne so'ylading diydiragan chumchuqlarga?
Men ko'nglimni g'oz-g'oz etib, ipday eshib,
Topshirmishman bir shafqatsiz urchuqlarga.

Bolalik yo'q. Yo'qdir sirli qutichalar,
Qayda qoldi bahorimning jolalari?
Hovlidagi pastu baland musichalar
Musichamas, bu akamning bolalari.

Bunda o'sgan gullar har qayga sochilgan,
Sen alarni mahzun, xomush o'yladingmi?
Bir kechada hovlida oppoq ochilgan
Olcha guli opamning chit ko'ylagimi?

1995
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:12:40
Bag'ishlov

Uzun-uzun karvonlar,
Hazin-hazin zamonlar,
Zarbof-zarbof choponlar,
Qator-qator a'yonlar,
O'tdi ketdi hoqonlar
Qancha beku boyonlar,
Bir el qoldi dunyoda,
Bir el qoldi yoronlar!

Halolligu poklikdan
Uyiga eshik etgan.
O'zi erday, er ishlab
Tuproqni qo'shiq etgan.
Ko'kda oy,quyoshlarni
Ko'rkiga oshiq etgan,
Yuragida tog'laru
Ko'kragida osmonlar.

Xudo o'zi hohlasa
Imkonlarga yetkizgay,
Daryolarga mavj berib,
Ummonlarga yetkizgay.
El qadriga yetguvchi
Sultonlarga yetkizgay,
Toleiga bitgaydir
Ulug' davru davronlar.

Dilbandlari o'smoqda,
Ko'zlari jonga jondir.
Birlari Jaloliddin,
Birlari Shohjahondir.
Har biri bir qo'rg'ondir,
Qilich birlan qalqondir
Bu qadu bu qomatlar,
Bu qoshlar, bu mijgonlar.

Farzand bo'lsang, elga boq,
Elni ko'r, elga aylan.
Olamda nokas ham ko'p
Elu dinidan qaytgan,
So'z qadriga yetkuvchi
Zotlar ham bilib aytgan:
Qaydan bilsin el qadrin
El ko'rmagan nodonlar!

2000
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:13:00
Oddiy tilaklar

Ko'ngillarga safo bergil,
Soflik beru oqlik ber.
Muhabbat ber, muruvvat ham
Mehr ber, mushtoqlik ber.

Otalarga farog'at ber,
Va rohat ber bus-butun,
Onalarga saodat ber,
Umr beru sog'lik ber.

O'g'lonlarga iqbol bergil,
Iymon bergil salomat,
Shijoat ber, oru nomus,
Doim ko'ksi tog'lik ber.

Latofat ber qizlarga ham,
Malohat ber, sadoqat,
Yana husnu chiroyiga
Baxtini ham bog'liq ber.

Yor ko'ksidan panoh bergil
Sevib sevilganlarga.
Sevganlarga yor zulfidan
Dorlik ber, sirtmog'lik ber.

Ayvonlarga munavvarlik
Oy va quyosh mehridan,
Har bir uyga beshiklik ber,
Allalik, uyg'oqlik ber.

Kim bo'lmasin, to'kis ayla
Rizqu nasibasini,
Chekkan ranju zahmatidan
Har on vaqtichog'lik ber.

Do'stlar safin mastahkam et,
Ahil etgil, ittifoq.
Dushmanlarning qatoriga
Toqlik ber, tarqoqlik ber.

Havolanmoq nechun axir,
Insonmiz-ku hammamiz,
Har kimga ham insof bergil,
O'zingdan qo'rqmoqlik ber.

Jilg'alarga javlon bergil,
Chopsin qo'zichoqlarday,
Cho'qqilarga zalvor bergil,
Qorlik ber, viqorlik ber.

Sen qo'llading,keldi oxir
Chechaklarga bul Vatan,
Endi ketmas haqiqatga
Elimga dilxohlik ber.

Endi aytmoq uchun uning
Dunyoda borligini,
Mening shoir dillarimga
Dardkashlik ber, dog'lik ber.

1998
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:13:25
Mangu nomlar

O'chmas Yer yuzida Buxoro nomi,
Toki yashar ekan Buxoriy nomi.

Mangu esaverar Termiz ellari,
Toki nur taratgay Termiziylari.

O'pdi bu tuproqdan neki jon border,
Hazrat Yassaviy bor-Turkiston bordir.

Amudaryolari abadiy azim,
Manguberdilari mangu Xorazm.

Ulug' Temurxonning shavkatu shoni,
Shahrisabz, Samarqand-jahon ayvoni.

Dunyo g'urbatiga nazar tashlablar
O'tdi Boburlaru o'tdi Mashrablar.

Garchi osmon qadar afg'on etdilar,
Ular Vatan nomin osmon etdilar.

Uzilmas bu yurtdan iymon torlari,
Toki hikmat so'ylar Olloyorlari.

Ey, boshidin oyog'i ruh va yod, Vatan,
Ulug' siymolari barhayot, Vatan.

Sening dovrig'ingu shoning o'chmagay,
Abadiyat qadar noming o'chmagay!

2000
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:14:00
Mir Alisher

Tiriklikning bongi Navoiy,
Buyuklikning rangi Navoiy.

Bir yorishdi zim-ziyo olam,
Turkiylarning tongi Navoiy.

Besh asrlik ro'yodur dunyo,
Besh asrlik o'ngi Navoiy.

Bir ummonkim, ibtidosi yo'q,
Yo'qdir uning so'ngi-Navoiy.

O'tgan sayin ildamlab ketgay,
Borgan sayin yangi Navoiy.

Vatan kabi poyoni yo'qdir
Vatan kabi mangu Navoiy.

2000
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:14:48
Ko'ngil

Ko'ngil bu-ko'ngildan yulish demakdir,
Yulib yana unda qolish demakdir.

Ko'ngil degani bu-cheki yo'q sog'inch,
Bir umr sevinish, nolish demakdir.

Unda Jomiy yashar, Navoiy yashar,
Ko'ngil-shu zotlarni bilish demakdir.

Ko'ngil ishq uchundir, muhabbat uchun,
Agar unda ishq yo'q, kalish demakdir.

2000
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:15:26
To'rtliklar

Men bunda har dildan navolar oldim
Har giyoh,har guldan sabolar oldim.
Oq fotiha oldim oppoq tog'lardan,
Azim chinorlardan duolar oldim.

* * *

Ko'ringan tog'larning qoyalaridir,
Ul ota-bobomning soyalaridir.
Osmonga intilgan baland cho'qqilar,
Erk deya yuksalgan g'oyalaridir.

* * *

Vatan,bo'stnlaring ozoda bo'lgay,
O'g'il ham qizlaring jonzoda bo'lgay.
Sultonday qad rostlar har bir daraxting,
Ochilgan har guling xonzoda bo'lgay.

* * *

Mening Vatan ichra vatanlarim bor,
Mangu zavol bilmas chamanlarim bor.
Termiziylar yanglig' xazinalarim,
Buxoriylar kabi ma'danlarim bor.

* * *

Ota,bu dunyoda har so'z sotildi,
Begona sotildi ham do'st sotildi.
Yaxshilik istabon o'tgan umringiz
Choponday eskirdi, to'zdi, sitildi.

* * *

Yarim minorlarim yer ostidadir,
Men deb yonorlarim yer ostidadir.
Sening chinorlaring yer uzra, ey do'st
Mening chinorlarim yer ostidadir.

* * *

Qabrlar-elning jim naqllaridir,
Asli tiriklikning maqollaridir.
Ungan maysalarni yulib tashlama,
Bu-ota-bobongning soqollaridir.

2000
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:15:59
Bir sog'inch

Manguberdi tug'ilgan kunda
(Bu bir doston bo'lar ehtimol)
Xorazmda yo'llar qurildi,
Yo'llar jahon bo'lar ehtimol.

Vatan bo'lgan ming bir ajdodga
Yana kelar ming bir avlodga
O'sha kunda qurilgan uylar
Ota makon bo'lar ehtimol.

So'rab ko'rsang gar bir maysadan,
Raqam so'ylar yuz ming nayzadan.
Maysadagi shabnam larzadan
Shonlar ummon bo'lar ehtimol.

Mangu kuyga chulg'angan diyor,
Bir soz tinsa to'lg'ongan diyor.
Komiljonlar uyg'ongan diyor
Mangu bo'ston bo'lar ehtimol.

Bunda har dil kuy to'liq ziyo,
Tug'ilgan har o'g'il-bir dunyo.
Feruz bo'lar, Ogahiy va yo
Omon Matjon bo'lar ehtimol.

Bir sog'inch bor-gulning rangida,
Torlar titrar ko'ngillarimda.
Bu she'rim ham singillarimga
Bitta mujgon bo'lar ehtimol.

2000
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:16:14
So'roq

Hurriyat ta'mini hech totganmiding?
Shuncha yillar qand so'rib yotganmiding?

Qodiriy, Cho'lponu Fitrat ko'zlarin
Dil aro bir bora uyg'otganmiding?

Lolazor bo'ldi alarning qonlari,
Sen bu yanglig' lolazor o'tganmiding?

Yuzlaringda na alam bordir, na yosh,
Yoki sen ham qo'shilib sotganmiding?

Shunchalar achchiq bu shirin hurriyat,
Sen aning ta'mini hech totganmiding?

1991
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:16:38
Sherali Jo'rayevga

Qadim savtlar oqar tomirlarimda,
Dunyoda bor edi bir kuygan oshiq.
Tunlar uyg'onaman Bog'ishamolday,
Jonim, band-bandimda shovullar qo'shiq.

Shovullab zallarga kirib boraman,
Qo'shiq lovullaydi zarpardalarda.
Siz sahna yuzinda ado bo'lsangiz,
Men ado bo'laman avj pardalarda.

Qarsaklar portlaydi favvoralarday,
So'ng shamol tinganday bo'shab qolar zal.
Yana bog' singari chiqib ketaman,
Tongacha jismimdan esar kuy, g'azal.

Elga shu hofizdan qissalar so'ylab,
Sel bo'lib yurgaylar jami oshiqlar.
Men ilkis qo'limni silkitganimda,
Qushlar galasiday uchgay qo'shiqlar.

Ko'hna devonlarga yuzimni bosib,
O'ylayman hayotning dard tomonini,
Hofizim, Navoiy tirik bo'lganda
Sizga kiygizardi o'z choponini.

1998
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:16:55
Vatan qo'shig'i

Men Vatanni sevaman,
Tanda jonimdir Vatan.
Yulduzlari ko'zimdir,
Osmonimdir Vatan.

Kipriklarim varaqlar,
Oy sahfalar charaqlar.
Toshlari ham yaraqlar,
Nur bayonimdir Vatan.

Tog'i - Buxoriy bobom,
Bog'i - bahoriy bobom.
Temur - suvoriy bobom,
Shohjahonimdir Vatan.

Naqshin nigor beshigim,
Quyosh ochgan eshigim.
Otam aytgan qo'shig'im,
Jonajonimdir Vatan.

Menda ko'pdir hur niyat,
Eng azizi - Hurriyat.
Sharafing - abadiyat
Sharaf - shonimdir Vatan.

Doim yorug'dir yo'lim,
Bu sherni aytdi ko'nglim.
Vatan - shukrona singlim,
Onajonimdir Vatan.

1997
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:17:06
Jilg'a
Sen bir jilg'a, ummonlarga qo'shilgaysan,
Sen bir so'qmoq, dovonlarga qo'shilgaysan.
Bolaliging jahonida Shohjahonsan,
Bir kun ulug' jahonlarga qo'shilgaysan.

Ko'rib biyron so'ylaguvchi tillaringni,
Men o'yladim tilsiz kechgan yillarimni.
Olloh bermish senga porloq yo'llaringni,
Ajib davru davronlarga qo'shilgaysan.

Sinib yotmish saksoninchi yillar aro
Bir qanotim mening jonsiz, majruh, yaro,
Menga boqma, bir qanotim senga panoh
Menga boqsang, armonlarga qo'shilgaysan.

Sevinchingdan ne hasratlar uzlat qilgan,
Bu kunlarga kimlar yetmay hasrat qilgan.
To'ylaringda oyu quyosh xizmat qilgan,
Oyu quyosh, osmonlarga qo'shilgaysan.

Bobolaring bunday kunni ko'rdi qachon?
Vatan qayta Vatan bo'ldi, angla, ishon.
Temuriylar chinoridan qolgan nishon,
Yana shohu sultonlarga qo'shilgaysan.

Har giyohga,har bir xasga vola bo'lsang,
O'z qirlaring, o'z dashtingda lola bo'lsang,
Bir odobli, bir chiroyli bola bo'lsang,
Shunday sheru dostonlarga qo'shilgaysan.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:17:24
Vatan yodi

Epkinlari ko'zlarimga yosh urgan,
Tovonimga tikon kirgan, tosh urgan.
So'qmoqlari tizlarimga suykalib,
Adirlari oyog'imga bosh urgan.

Xar xasida yuz ming bog'ning qissasi,
Chinorlari osmonlarning hassasi.
Mamasaid bobomning obdastasi
So'risida zoru intizor turgan.

Mozorlari shomlar ichra qarorib,
Yulduzlari nurli hikmat yuborib.
Turfog'iga Olloyorlar sher qorib,
Termiziylar xayol surgan, o'y surgan.

Maysalarning tili, suvlar badani
Qanday go'zal tushungaylar Vatanni.
Ey, zanglamas qilichlarning madfani,
Bo'ronlari tulporlarga soch o'rgan.

Moziylardan tinglab haqir so'zimni,
Bir yuz kelib kuydirodi yuzimni.
Ochay desam, ocholmayman ko'zimni,
Qaldirg'ochlar qabog'imga in qurgan.

1992
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:17:40
Ustodi avval

Bolalikdan bir g'aroyib taxtda bo'ldim,
Oy, yulduzlar birlan mudom ahdda bo'ldim.
So'qmoqlardan, oq, za'faron dalalardan
Men za'faron so'zlar terib katta bo'ldim.

Saboq oldim yanchilmagan somonlardan,
Umr isi kelib turgan choponlardan.
G'arib paxsa devorlardan oldim savod,
Bildim nadir nadomatu nadir savob.

Xatim chiqdi onam kaftin xatlaridan,
Kamol topdim kaftlarining taftlaridan.
Mehrlari ko'nglimga ko'zlar bo'ldilar,
Vatan yanglig' ulug'vor so'zlar bo'ldilar.

Ta'lim oldim boshoqlardan, donlardan ham,
Kulcha yuzlar hamda kulcha nonlardan ham.
Men Vatanni o'rgandim har giyohidan,
Shomlariyu rayhonlarin siyohidan.

Qaldirg'ochlar to'ylarimda xizmat qildi,
Kambag'alni suydim boylar izzat qildi.
Dilga ko'chdi umriy ranju aziyatlar,
O'ychan, keksa toklar qilgan nasihatlar.

Men shundayin so'zga to'ldim ichlarimdan,
Harf o'rgandim uylaring ham sinchlaringdan,
Har qarichi, har g'ubori imlo, yurtim,
Har bir toshi, har chinori mullo, yurtim.

1994
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:17:55
Bolalik

Bir shahrim bor edi mening, do'stlarim,
Shahrimning bor edi tiniq osmoni.
Tiniq osmonida qoldi ko'zlarim,
Ko'zlarimda qoldi mayus armonim.

Do'stlarim,bir shahrim bor edi mening,
Shahrimning chang edi ko'cha-ko'ylari.
Ko'cha - ko'ylarida o'shal shahrimning
Qaytmas bir faslning qoldi bo'ylari.

Do'stlarim, bor edi mening bir shahrim,
Bir parcha o'tlog'i bor edi-yashil.
Bir parcha o'tlog'i ichra bir davrim,
Yashil davrim qoldi, do'stlarim, axir!

Cho'kib ketayotgan menmasmidim u,
Kim olib chiqardi meni daryodan?
Bir daryom bor edi,do'stlar,qanu u?
Do'stlar, men topmadim uni dunyodan.

Mening bir daraxtim bor edi, do'stlar,
Xazonlar qoplabdi tegralarini.
Ko'zyoshga qorishib yetilgan so'zlar
Do'stlar, u daraxtning mevalarimi?.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:18:16
Yog'och so'ri

Yog'och so'ri, bu dunyoda nima ko'rding?,
Nima ko'rdim bu dunyoda, yog'och so'ri?
Kechalar sen yolg'izgina o'ylar surding,
Mening esa ado bo'ldi qalbim qo'ri.

Onam yanglig' mushfiq oylar yorug'ida
O'qimagay endi singlim yozgan xatim.
Qay bir aziz devorlarning yorug'ida
Xazon yanglig' qolib ketdi muhabbatim.

Boshing uzra oltin to'kkan o'rik qani?
Qani otam o'tqizgan ul toyfi uzum?
Mung'aytirmish yillar yomg'irlari seni,
Ariqlarga ko'milmishdir maning yuzim.

Mana bu-men onam bilan tushgan surat,
Otam bilan suratlarga tushmabman ham.
Umr nadir? Bir lahzalik suhbat faqat.
Bu suhbatga men bir hikmat qo'shmabman ham.

Kuz kelganda hovlimizga ochib eshik,
Ne so'ylading diydiragan chumchuqlarga?
Men ko'nglimni g'oz-g'oz etib, ipday eshib,
Topshirmishman bir shafqatsiz urchuqlarga.

Bolalik yo'q. Yo'qdir sirli qutichalar,
Qayda qoldi bahorimning jolalari?
Hovlidagi pastu baland musichalar
Musichamas bu akamning bolalari.

Bunda o'sgan gullar har qayga sochilgan,
Sen alarni mahzun, xomush o'yladingmi?
Bir kechada hovlida oppoq ochilgan
Olcha guli opamning chit ko'ylagimi?

1995
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:18:38
Umr asta aylanmoqda aziyatga

Umr asta aylanmoqda aziyatga,
Yozganlarim o'xshab borar nasihatga.

Qay go'shaga borsam undan boqar dardim,
O'z onamning sochlarini oqartirdim.

Devorlarni tirnaganda bargi xazon,
Nechun jismim zirqiraydi o'sha zamon?

Ko'ngil, ko'ngil, qay yo'llarda to'kildim men?
Seni oxir o'z maylimga qul qildim men.

Nechuk xirmon bo'ldi uygan bu xirmonim,
Na bug'doyim ayondiru na somonim?

Yulduzlarga boqsam sovuq yel keladi,
Yuzlarimdan shu on qaynoq sel keladi.

Tutgan yanglig' xoru xasning uvollari
Joy so'raydi mendan kuzak shamollari.

Lek men o'zim qay holda va qaydadirman?
Ariqlarda qolib ketgan chayladirman.

Chayladan ham tushadi-ku oyning nuri,
Ne hollarga solding meni falak huri?!

1993
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:18:55
Xijolatlik

Dunyo torlariga bir zumlik kuyman,
O'zim o'z boshimga tashvishman, o'yman.
Oshi o'z vaqtida pishmagan to'yman,
Erta nima deyman?

Hayot avval oxir ikki tomonlik,
Qilgan ishim bo'ldi shubha-gumonlik.
Yaxshilik o'tdimi yoki yomonlik,
Erta nima deyman?

Goho o'zim suygan guldan xafaman,
Gohi ko'ksimdagi dildan xafaman.
El mendan, men esa eldan xafaman,
Erta nima deyman?

Chog'ladim beqadr, beshan olamni,
Ehtimol tikladim o'z koshonamni,
Rozi qiloldimmi yolg'iz onamni?
Erta nima deyman?

Mangu shovullagay ezgulik bog'i
Bunda o'tganlarning hikmat chirog'i.
Ismim aytarmikan biror yaprog'i,
Erta nima deyman?

To'kildim har shohu gado oldida,
Umrning har oni vido oldida.
Faqat xijolatman xudo oldida,
Erta nima deyman?

1997
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:19:14
Sening umring

Oylaring o'rnini chaqinlar olar,
Soylaring o'rnini toshqinlar olar.
Bir kun atrofingda faqat yer qolar,
Boshingdan yulduzli osmoning ketar.

Gulgun kunlaringni ortiga tashlab,
Goh yashnab, gohida qilichday chaqnab.
Adirlar ortidan qulunday kishnab,
Bir beg'am,bezavol davroning ketar.

Bahoring ketgaydir asta qo'lingdan,
Xaslar hikmat so'ylar yurgan yo'lingdan.
Muhabbat ketsa gar ul kun dilingdan,
Poyingdan ustivor narvoning ketar.

Diydalaring aro ketmay nim kulgu,
Alarga o'rnashib olmishdir qayg'u.
Yarmi ko'k, yarmisi sarg'aygan orzu
Misoli bir bargi xazoning ketar.

Nolakor yangragay nogoh sozlaring,
Sarob sevgilarda kuymish yozlaring.
Uchgaylar vidoli o'rdak, g'ozlaring,
Ko'klarda nolayu afg'oning ketar.

Senga kam deganday shuncha motamni,
Yillar yiqitgaylar bir kun otangni.
Muz shamol tilgaydir noxos betingni,
Ko'ksingni to'sgan ul qalqoning ketar.

Hazinlik qoplagay maysazoringni,
Bog'laring chorlamas tog'da qoringni.
Seni yor anglamas, sen-chi yoringni,
Mijgonlari aytgan dostoning ketar.

Shudringdan saodat kutgay yigitlik,
O't yutib, vale gul tutgay yigitlik.
Shamshir shu'lasiday o'tgay yigitlik,
Shu oniy shu'lada karvoning ketar.

1992
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:19:36
Hikmat

Hikmat na dashtu qir, na bog'u bo'ston
Va na malikaning chorbog'idadir.

Na qasru ayvonlar, na rohu manzil
Va na yigitlikning qirg'og'idadir.

Na shonu martaba,na molu dunyo
Va na chinorlarning yaprog'idadir.

Hikmat-bu dunyodan intizor o'tgan
Otang mozorin jim tuprog'idadir.

1993
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:20:17
Ziyorat

Olamdan o'tganlar olamidir bu,
Keksami, yoshmi yo bolamidir bu?
Dil dog'i va yoki lolamidir bu,
Ne deysan bu so'zsiz ishoralarni?

Dunyo deb atalmsih yorug' saroyga
Sig'mayin yurganlar sig'mish bir joyga.
Taqdir hammalarin yig'mish bir joyga,
Tiriklik ko'yida ovvoralarni.

Endi hech bir ishni o'nglolmagaylar,
Kelgan yozu qishni anglolmagaylar,
Alar endi hech vaqt tinglolmagaylar
"Qaro ko'zum" va yo "Suvora"larni.

Kimning o'g'il to'yi,qiz to'yi qolmish,
Bitmagan imorat yo uyi qolmish.
Birovning orzusi shu bo'yi qolmish
Bag'rini qon etib g'amxoralarni.

Hali bu savdoni bilmagan hech kim,
Bilmagay hech qachon o'lmagan hech kim,
Hali u olamdan kelmagan hech kim,
Dildan o'chirgil bu iboralarni.

Fano binosidir bunda har qabr,
Bizga emas,asli shularga jabr.
Bunda yotganlarga o'zing ber sabr,
Xudo, rahmat qilgil bechoralarni.

1998
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:20:47
Momomga bag'ishlov

Mezon ketdi, aqrab ketdi, qavs ketdi,
Shaftolilar bargidan bir sas ketdi.
Bu sasdin dil devoriga darz ketdi,
Momom ketdi, hovlisidan fayz ketdi.

Avval kashnich, rayhonlari quridi,
So'ng suv sepgan ayvonlari quridi.
Arilar ham bundan butkul aridi,
Tut bukchaydi, bir kechada qaridi.

Nevaralar yurar edi harbiyda,
Biri sharqda, biri dunyo g'arbida.
Ular qaytdi. Momom esa hozir ham
Yig'lab yotgan bo'lsa kerak qabrida.

Sho'rlik momom. Bir umr giryon bo'ldi,
Gohi u yon, gohida bu yon bo'ldi:
Kelinlarni yarashtira olmayin
Butun umr yurak-bag'ri qon bo'ldi.

Tog'alarim yurar qadlari so'roq,
Ko'ngillari yorishmas yoqsa chiroq.
Kenjalari qirqqa etmay keksaygan,
O'rtanchasi to'ng'ichidan qarriroq.

G'amga to'ldim nogoh noxush tasvirdan,
Zax hidlari kelib qoldi tandirdan.
To'yxonaga o'xshagan katta hovli,
Ko'z oldimda jimjidi-qoldi birdan.

Endi bunda kechalari oy yig'lar,
Piyolada ichilmagan choy yig'lar.
Yaproqlarni duv-duv to'kkan shamolga
Qo'shilishib so'ri, hovli-joy yig'lar.

Endi suvda yosmon loylanar,
Boshim uzra o'giribon oynalar,
Dardu hasrat iplarini yigirib,
Dunyo momom urchig'iday aylanar.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:21:08
Bahor

Ildizlarda shivirlagan sen eding,
Tuproq ko'pchib, g'imirlagan sen eding.
Bir kechada o'zgardi ruh angora,
Dardim yashil, hasratlarim zangori.

Hayotimdan yechding g'am pechagin san,
Adashgaydir kim aytur kechagimsan.
Bahor, xarsangtosh ostidan, uni surib,
Ozodlikka chiqib olgan chechagimsan.

To'rt oy mendan qarolik ustun bo'ldi,
Men to'kildim, daftarlarim tun bo'ldi.
Na xushdirki, qaytadan nasibimsan,
Ravoch hidin keltirgan nasimimsan.

Barg yozmoqchi bo'lgan yanglig' tomirlar,
Jimirlar, tan og'ochida jimirlar.
Sen gulborim, gulnorim, gulandomim,
Kechalari shitirlar qalamdonim.

Yashil hovuch bo'lib chiqdi ismaloq,
Qaldirg'och ham keldi sal-pal ezmaroq.
Har bir ko'lka yaqin qiru etakda
Qo'zichoqqa aylanadi ertaga.

Sen tog'larim qaraygan chaqinimsan,
Do'mbirasi guldurak oqinimsan.
Aytishlaring bu olamga yoqadi,
Yeru osmon sel bo'ladi,oqadi.

Kuyga to'lib ketdi toshu devorlar,
So'lg'in-so'lg'in sog'ayadi bemorlar.
Faqat bir barg, chirigan bir barg faqat
Aylar menga mungligina nasihat.

1991
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:21:32
Shoir go'zal erur nolasi bilan

Jayron ham jozibdir bolasi bilan,
Zumrad qir ajibdir lolasi bilan.
Qiz bola ko'rklidir nazokatiyu
Yangasi, ammasi, xolasi bilan.

Jahon-oshiqlari, volasi bilan,
Nayson-yomg'irlari, jolasi bilan.
Yigitga ziynatdir or bilan nomus,
Shoir go'zal erur nolasi bilan.

1994
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:21:50
Mensiz yasholmaydi...

Mensiz yasholmaydi mana bu qalam,
Mensiz yasholmaydi bu oppoq daftar.
Har oqshom va yo tong kelsam"pirr"etib
Oldimga qo'nadi misoli kaptar.

Garchi hujralari keng bo'lmasa ham,
Garchi yo'laklari bo'lsa ham ensiz.
Bu uy aza tutar gar men bo'lmasam,
Bu uy yasholmaydi hechqachon mensiz.

Dahlizdagi bir juft to'lqinrang kovush
Mening barmoqlarim ko'rmasa bir kun,
Bir-birin pinjiga biqinib olib
Burchakda bildirmay yig'laydi beun.

Bu azob eng sodiq do'stimdir mening,
Yillar yitsa hamki also yitmaydi.
Qari, sadoqatli kuchuk singari
Men bilan birgadir,hargiz ketmaydi.

Dillar diyoridin quvg'in qush yanglig'
Menga o'rgangandir bu armon yomon.
Men unga qonimdan suv ichirgayman,
Ko'zim gavharidan bergaydurman don.

Bir kun bormasam gar tashvishga tushar,
Inlardan bag'rida ingrabon ming dog',
Shomlar derazamga kelib diydirar,
Mensiz yasholmaydi hech qachon bu bog'.

Qayg'u men bo'lmasam qayg'u chekadi,
Anduh tunlar menga achchiq choy damlar.
Men beg'am yashasam bo'lardi, lekin
Mensiz yasholmaydi hech qachon g'amlar.

1988
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:22:18
She'riyat, sen abadiy

She'riyat, sen abadiy
Ranju ozor yo'limsan.
Dardu hijron dashtida
Uzatilgan qo'limsan.

Tiniq osmon chog'imdan
So'kildim chok-chokimdan.
Ham sevinch, ham ohimdan
Yaralgan oq gulimsan.

Vomiq Uzro fig'oni,
Layli Majnun armoni.
Ne ko'ngillar xazoni,
Sen baribir so'limsan.

Yassaviydek qadimiy,
Nasimiyning nasimi,
Goh Mashrab, goh Haziniy,
Gohi Maxtumqulimsan.

O'tdi shohlar, vazirlar,
Nomsiz ketdi nozirlar.
Qoldi Usmon Nosirlar,
Sen-barhayot o'limsan!

Men bor-yo'g'i bir tovush,
Turibman abgor, xomush.
Sen menga balki bir tush,
Balki olov, kulimsan.

1994
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:22:42
Dashnabod anoriga

Sehrsiz sohillardan,
Mehrsiz manzillardan
O'tib keldim, sen meni
Unutdingmi anorim?

Bag'ri doim qonginam,
Miskin, parishonginam,
Anor bo'lib sen faqat
Mung yutdingmi, anorim?

Tun saharga aylanur,
So'ng zaharga aylanur.
Men yutar og'ularni
Sen yutdingmi, anorim?

Sening gullaring ma'yus,
Balki o'ylaring ma'yus?
Mening esa xazonga
To'lmish hamma kanorim.

Ne umr bo'ldi umr?
Oyu yillarim ko'mir.
Endi so'nik dunyoda
Mushkul erur yonorim.

Sen shundayin xomush qol,
Misli ko'rilgan tush qol.
Gullagaydir mening ham
Bir kun sabru qarorim.

Sog'inchim chinor bo'lgay,
Dardim bekanor bo'lgay.
Dilim shoxingga ilsam,
Bir go'zal anor bo'gay.

1991
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:23:07
Qaydan toparsan?

Tog'dan yo'qatsang gar, soydan toparsan,
Bir go'zal, bokira joydan toparsan.

Agar izlaganing Yerda bor bo'lsa,
Yerdan topmasang gar, oydan toparsan.

Avval faqirlarga ochgil ko'nglingni,
Faqirda yo'g'ini boydan toparsan.

Insonning avvalu oxiri nadir?
Ma'nsin suv bilan loydan toparsan.

Neki yo'qotmishding, kutmishding uni
Bir kun bir qoshlari yoydan toparsan.

Unda ham topmasang, mard bo'l, kuyinma,
Bir soz va yokim bir naydan toparsan.

Shunda ham topmasang, ayt, men ne qilay?
Bobur topmaganni qaydan toparsan?

1996
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:23:38
Bandadan qaytmasa...

Vaqting xazonlarga chulg'angan paytlar,
Tog'laring za'faron vidolar aytar.
Ko'ngling tublariga berkingan gaplar
Sadodan qaytmasa, nidodan qaytar.

Bu olam goh shunday chorasiz, g'arib,
Shamollari ketar sarson, sarg'arib.
Yurmagil har qaydan davo axtarib,
Bir kun bir nasim yo sabodan qaytar.

Har lahza-bir manzil, har dam bir safar,
Onayizoringdan oldingmi xabar?
O'ylab oyg'ondingmi bir tong,bir sahar:
Bu dunyo qachon bir vidodan qaytar?

Shoxdagi omonat yaproqdir umr,
Nogoh nurab ketar qirg'oqdir umr.
Boshiyu adog'i saboqdir umr.
Bir gunoh va yo bir xatodan qaytar.

Ko'klarni tark etsa yoshlik-hiloling,
G'iybatlar aylasa jufti haloling.
Ko'ksingni to'ldirgan og'riq savoling,
Bir kuni bir nozik adodan qaytar.

Umr o'tar ketar. Umr-oyu yil,
Birodar, hamisha yaxshilik qilg'il.
Bandadan qaytmasa,ishongil, bilgil,
Allbatta bir kuni Xudodan qaytar.

1996
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Dekabr 2007, 12:24:29
Na kerak?

Bir gulga bir dildan dunyo kerakdir,
Bir dilga bitta gul tanho kerakdir.
Bir elga mehrdan daryo kerakdir,
Mehr gar bo'lmasa itob na kerak?

Tiriklik bir aziz ne'matdir azal,
O'tkarmoq joyizdir pokiza, go'zal.
Nasimlar navodir,yaproqlar g'azal,
Balog'at bazmida sharob na kerak?

Siymu zar havosi ranglaringdadir,
Ne hasrat tomog'ing,tanglayingdadir,
Ey inson, hisobing manglayingdadir,
Bunchalar hisobu kitob na kerak?

Sadoqat darsidan xabar bo'lmasa,
Farosat ahlidan nazar bo'lmasa.
Ko'ngilda hayodan asar bo'lmasa,
Ul husnu jamolga hijob na kerak?

Suv uzra yarq etgan shu'ladir umring,
Osilgan omonat tugmadir umring.
Magar Haq yo'lida o'tmadi umring,
Seni bu chulg'agan sarob na kerak?

Ilg'agil dunyodan munglig' kuyingni,
Eng avval supurgil ko'ngil uyingni.
Savolu javob et har bir kuningni,
Savoling bo'lmasa javob na kerak?

1994
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:16:45
Xudoga topshirdim
Qay bir sahfalarda qoldu uchqunim,
Qay bir lahzalarda qoldi kukunim.
Yaxshimi,yomonmi o'tdi bir kunim,
Men uni Xudoga topshirdim oxir.

Savobim bormi yo gunohim bormi?
Bu dardi dilimga ogohim bormi?
Ertan kun bir rostgo'y guvohim bormi?
Men uni Xudoga topshirdim oxir.

Bolalik ul tili chuchugim bo'ldi.
Tiniq osmonlari qo'shig'im bo'ldi.
Eng vafodor do'stim kuchugim bo'ldi,
Men uni xudoga topshirdim oxir.

Orzu shirin edi misli handalak,
Qasr va'da aylab bo'libman halak.
Uyimni kuydirib ketdi bir malak,
Men uni Xudoga topshirdim oxir.

Hasad ado qildi gulday do'stimni,
Men uni ichimda bir bor so'kdimmi?
Unga eltib bering mening po'stimni,
Men uni Xudoga topshirdim oxir.

Mayli boraversin shubha, gumonga,
Yomonlik qilolmam hatto yomonga.
Ul meni olgaydir hart un nishonga,
Men uni Xudoga topshirdim oxir.

Ag'yorlar og'zida ertak ekanim,
Kelarmi yo'lida ko'zlar tikkanim?
Qanday hosil berar ekkan ekinim?
Men uni Xudoga topshirdim oxir.

Yasharman har damni ko'ngil oni deb,
Bir kun... yig'lagaylar do'stlar meni deb,
"Ey Siroj, tanangda joning qani?"deb
Men uni Xudoga topshirdim oxir.

1995
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:17:06
Odam topilmaydi

Birodar, qo'lda jom, ko'zda yosh nadir?
Savdolar ichinda yolg'iz bosh nadir?
Nasihat nimadir? Bahs-talosh nadir?
Fano darvozasi abad yopilmaydi,
Dunyo topiladi, odam topilmaydi.

Birodar,oshiqlik bahordir, o'tgay,
Bu toshqin tuyg'ular daryodir, o'tgay.
Goh ko'ngil berganing xatodir, o'tgay,
Umid g'unchalari doim ochilmaydi,
Dunyo topiladi, odam topilmaydi.

Birodar, umrni fazona etgil,
Neki dardmanlikdir, darmona etgil,
Neki armonlikdir, tarona etgil,
Har dil ham sher bo'lib nur socholmaydi,
Dunyo topiladi, odam topilmaydi.

Birodar, dunyodin nechun shikoyat?
Nechun bu tuganmas, mahzun hikoyat?
Tiriklikning o'zi buyuk inoyat.
Shudir o'tganlarning eng komil bayti:
Dunyo topiladi, odam topilmaydi.

1985
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:17:28
O'zingga havola

Odamzot azaldan yer, soy talashadi,
Osmon talashadi, oy talashadi
Mansab talashadi, joy talashadi:
Bandaning o'rniga o'tirmoq uchun.

Odamzotga asli himmat yarashadi,
Ezgulik, ilm ila hikmat yarashadi.
Odamzot azaldan navbat talashadi:
Bandaning tobutin ko'tarmoq uchun.

Bu ikki holatni sen yodingda tut,
Umr yo'llaringda yig'lab ketaver.
Nechun talosh bo'lgay kursi va tobut,
O'zing ma'nisini ilg'ab ketaver.

2000
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:17:53
O'g'il va qiz
Bu dunyoda baribir qolgay,
So'z bo'lib ham ko'z bo'lib izim:
Armonimdan o'glim tug'ilgay,
Hijronimdan tug'ilgay qizim.

Sog'lom, tetik o'g'il boladay
Tinim bilmas dilda armonim.
Qiz boladay ko'zim oldida
Ma'yusgina turar hijronim.

1999
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:18:14
Ma'lum gap

O'tar shoirligu baxshiligimiz,
Yetar adovatu qarshiligimiz.
Bu dunyo, u dunyo naqshiligimiz:
Qolar yaxshi nomu yaxshiligimiz.

Bizlar kechagina beshikda edik,
Barcha uy ichra, biz eshikda edik,
Nechun ketmoqdamiz? Ne uchun keldik?
Qolar yaxshi nomu yaxshiligimiz.

Odam yashayverar oyli,quyoshli,
Oshi ham, boshi ham doim taloshli.
Umrning mehnatu minnati toshli,
Qolar yaxshi nomu yaxshiligimiz.

So'lg'in sog'inch yanglig' gullar jiydalar,
Ularni o'tqizgan zotlar qaydalar?
Oqar yuzimizdan obidiydalar,
Qolar yaxshi nomu yaxshiligimiz.

Mayliga ko'klarda parvoz etsak ham,
Yoki tuproq bo'lib, munglar yutsak ham,
Dunyodan yaxshilik ko'rmay o'tsak ham,
Qolar yaxshi nomu yaxshiligimiz.

2000
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:18:34
Bahor ko'priklari

Gulga qo'nayotgan asalarilar,
Gulning dudog'idan bolin so'rguncha,
Gilos shoxidagi ikki musicha
To kelib bir-birin holin so'rguncha,

Payvasta qoshlardan o'pichlar olib,
Hayolangunicha uzun kipriklar,
Bir tomchi atirdan is taralguncha,
Bahor ko'ngillarga solar ko'priklar.

Olamda bir so'lmas chaman bor - Vatan,
Demak, qolgan gaplar muvaqqat bo'lgay.
Bahor ko'priklari - mehru sadoqat,
Bahor ko'priklari - muhabbat bo'lgay.

2001
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:19:00
Kelib ketmoq

Sahar turib olamga boq: jilg'alari ravondir,
Charaqlagan tog'lar boshi shomga borib tumondir.
Toychoqlaring qayondiru qulunlaring qayondir?
Ko'rganlaring o'zingniki, ko'rmaganing gumondir.

Inson bo'lib bu dunyoning bozorini ko'rdingmi?
Zarlari ham zorlariyu ozorini ko'rdingmi?
Sahar turib o'z otngning mozoriga bordingmi?
Borganlaring o'zingniki, bormaganing gumondir.

Kelib ketmoq o'yin ermas, sayohat yo ziyorat,
Umr yo'li zahmatlaru mehnatlardan iborat.
Ko'ngillarga qurdingmi bir ko'prikmi yo imorat?
Qurganlaring o'zingniki, qurmaganing gumondir.

Atrofingga qarab borgil, anglab borgil yo'lingni,
Ko'z bo'lsang gar,qarog' deb bil ona yurting,elingni.
Bergil unga e'tiqoting, mehring,jonu dilingni,
Berganlaring o'zingniki, bermaganing gumondir.

2000
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:19:18
Sevgi

Sevgi mening kechmishimdir, bugunimdir,
Olovimdir, kulimdir, ham kukunimdir.
Bu yo'llarda oxir bir kun to'kilgumdir,
Sevgi mening ko'nglimdagi tugunimdir.

Bu tugunni yecholmadim, yecholmadim,
Siz o'ylagan daryolardan kecholmadim.
Sevgi mening erib ketgan qorimdirur,
So'ng boychechak bo'lib ungan zorimdurur.

Yakka-yolg'iz qolib ketdi majnuntolim,
Majnuntolim, xabar olgil, qiyin holim.
Sevgi mening shovullagan teragimdir,
Yulduz kuygan, oy yig'lagan kuragimdir.

Qumga singib ketgan tiniq jilg'am mening,
Qumda lola unsa agar ilg'ang meni.
Sevgi mening nayson yuvgan ko'ylagimdir,
O'lgunimcha o'ylagumdir, o'ylagumdir.

Quyosh ko'rpa qavib qo'ygan bog'imdir u,
Ko'ksimdagi dog'imdir u, dog'imdir u.
Sevgi mening munisgina chirog'imdir,
Dilga yaqin, lekin ko'zdan yirog'imdir.

Qaniydi o'z qadamimni puxta qo'ysam,
Bir xol birlan bu savdoga nuqta qo'ysam.
Sevgi mening hech tuganmas azobimdir,
Guvohimdir, gunohimdir, savobimdir.

Butun umr shunday o'tar ko'ngillarim,
Ey,siz mening gulgun uka-singillarim,
Sevgi tiniq kulgungizdir, saqlang uni,
Sizning go'zal mulkingizdir, asrang uni.

1991
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:19:35
Sinoat

Nuqta ayla dilga aqiq tugmadin,
So'yla menga, ko'zlardagi mung nadin?
Qosh-qaboqlar arosida ne sir bor?
Andin menga na osmon bor, na yer bor.

Mujgonlar ham tuzmish maxfiy guruhlar,
Alar ham bir fitnagamu sheriklar?
Sirg'alarning titrog'ida na holat,
Nadin yig'lar zulflardagi girihlar?

1993
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:20:17
To'y oqshomida

Dunyo hazin, "Yor-yor" aytgil,
Ey ko'zlari quralay.
"Yor-yor"ingdan o'lgan edim,
"Yor-yoringdan tirilay.

Qaro tunda oq gulmidi
Kelinchakning libosi.
Armon bo'lgan bir mulkmidi
Uning nozu ibosi.

Dunyo hazin, "Yor-yor" aytgil,
Ey ko'zlari quralay.
Men ham bir zum ezgin-ezgin
O'lanlarga berilay.

Ko'zlaringdan dur sachragay,
Lablaringdan chechaklar.
Asta-asta yechilgaydir
Ko'ngildan zarpechaklar.

Dunyo hazin, "Yor-yor" aytgil,
Ey ko'zlari quralay.
Men bor dardu sog'inchimni
Qayta boshdan saralay.

O'tgan oyu yillarimni
Men bir tush deb bilgayman.
Bo'yningdagi xolingni ber,
Dilga nuqta qilgayman.

Dunyo hazin, "Yor-yor" aytgil,
Ey ko'zlari quralay.
Sochlaringdan o'rim-o'rim
Armonlarga o'ralay.

Tun qo'ynida yulduzlarga
Taralmoqda dil zoring.
Mening sherim qolmas,lekin
Qolgay sening yor-yoring.

Dunyo hazin, "Yor-yor" aytgil,
Ey ko'zlari quralay.
"Yor-yor"ingdan o'lgan edim,
"Yor-yor"ingdan tirilay.

1991
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:31:06
Yor-yor

Shaftolilar bargidan ranglar ketar, yor-yor,
Hovlimizda oppoq, oydin tonglar otar, yor-yor,
Yoshlik ham bir to'y singari o'tar ketar, yor-yor,
Siz kelsangiz ko'nglimizdan zanglar ketar, yor-yor.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:31:29
To'y

Bukun Gulning bolishlari ketmoqdadir,
Surnaylarning nolishlari ketmoqdadir.

Aravada yig'laydi Gul, atrofida,
Yangalarning koyishlari ketmoqdadir.

Bunda qolar bobosining choriqlari,
Momosining kalishlari ketmoqdadir.

Hovli qolar, suv qoladi, suvga boqib
Xayollarga tolishlari ketmoqdadir.

Mo'ltiraydi ota uyning uzumlari,
Bukchayishib voyishlari ketmoqdadir.

Aravada-yig'laydi Gul, bilmaydi Gul -
Bir dunyo dunyo ishlari ketmoqdadir:

Onosining o'n sakkiz yil kuyishlari,
Otosining yonishlari ketmoqdadir.

1990
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:31:54
Zilolahon, g'am ko'rmasin boshingiz

Bir chiroyli qaynayotir oshingiz,
Zilolahon, g'am ko'rmasin boshingiz.
Izlab mening hayotimga tadbirlar,
Qo'lingizda qo'shiq aytsin kapgirlar.

Yillar osha yetib kelgum, chopgum ham,
Hozir yor-yor ayta boshlar chovgum ham.
Uylarimda oylarning eng to'lini,
Piyolayu choynaklarning o'lani.

Qoshiqlar ham juft bo'lib yaralganlar,
Yalla aytar yarqiragan laganlar.
Choy suzganda choyga tegar zulfingiz,
Zilfmidir yo ochilgan dil qulfingiz.

Ro'mol birlan tun sochlarni turmaklab,
Siz guruchdan tergaysiz tosh, kurmaklar.
Bir chiroyli qaynayotir oshingiz,
Zilolahon, g'am ko'rmasin boshingiz.

Men ne uchun noliy endi taqdirdan,
Siz kutsangiz nonlar uzib tandirdan.
Xudoyimga aytib hamdu sanolar,
Bozorlardan olay sizga xinolar.

O'stirmishlar bir gul, chekib zahmatlar,
Bo'lsin ota-onangizga rahmatlar.
Kechdim endi bor hasratu ozordan,
Men o'smalar olay sizga bozordan.

Gard yuqmasin bu ko'zlar ham yuzlarga,
Uylaringiz to'lsin o'g'il-qizlarga.
Bir chiroyli qaynayotir oshingiz,
Zilolahon, g'am ko'rmasin boshingiz.

2000
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:32:14
Bir turlanguvchi gul

Bu qanday gul? Bu qanday gul?
Gahi qor, gohi qonday gul.
Men unga barqlarim aytsam,
U menga barglarin bergay.

Qaddi ham, bo'yni zarhal gul,
Yaqqosi, qo'yni zarhal gul.
Men unga zorlarim aytsam,
U menga zarlarin bergay.

Qabog'i uzra nurlar bor,
Qabosi ichra durlar bor.
Anga ashkimdin arz aytsam,
Manga shabnamlarin bergay.

Parishon holu bog'imdan
Kuyib ketgan dimog'imdan,
Desam dilda yamog'imdan,
U menga barglarin bergay.

Judolik isli epkinlar,
Bukun bog'imda erkinlar.
Men unga qarzlarim aytsam,
Menga anbarlarin bergay.

Tun ichra chirma yolqin gul,
Gahi tinch, gohi toshqin gul.
Men unga dardlarim aytsam,
U menga lablarin bergay.

1990
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:32:36
Xotiralar ko'li

Bunda biror giyoh
Qimirlamaydi.
Tosh otsang ko'l suvi
Jimirlamaydi.

Yulduz porlamaydi,
Osmon aks etmas,
Nurlar baliqlarday
Suvda raqs etmas.

Vahimali erur,
Ko'lning uyqusi.
Bunda cho'kib yotar
Yillar uyqusi.

Faqat tunlar cho'kkan
Oy yanglig' yuzib,
Goh nogoh ko'rinur
Bir oltin uzuk.

1989
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:32:56
Ko'rmayin ham, kuymayin ham

Ko'rmayin ham, kuymayin ham,
Diydoriga to'ymayin ham.
Kipriklaridan ignalar,
Aylang, kuyunchak yangalar.
Tola sochin ip aylabon
Ko'zlarimni tikib qo'ying.

Taqvo yo'lin tutsam agar,
Ko'ngildan ham ketsam agar,
O'zni fido etsam agar,
Xasday xarob o'tsam agar,
Xollarini don aylabon
Mozorimga ekib qo'ying.

1991
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:33:19
Hajr

Nayson chechagiday toza xayollar,
Men bilan tug'ilgan ozod shamollar.
Bukun qolib ketmish beiz, bedarak
Qaysi bir tog'larning daralarida.

Endi gul ham solgay dilga g'ussalar,
Ul o'tlug', munavvar, go'zal qissalar.
Yoshday qolib ketmish benomu nishon
Qay bir mijgonlarning oralarida.

1992
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:33:37
Oy

Tunlar yaproq yanglig' yupqalashgan payt,
Dil ichra alamlar quyqalashgan payt,
Munglug' derazamga oy keldi yana,
Oy keldi, yo'llarda uringanmikin?

Essiz, muhabbatim gullagan mavsum,
Oy nechun bunchalar turibdur mahzun?
Dog'larin bilardim, unga ham mening
Ko'ksumdagi dog'lar ko'ringanmikin?

1992
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:33:57
Qaro zulfing qaro qildi

Qaro zulfing qaro qildi
Kunimni tunlarimdan ham,
Kuyuk ko'ngil isi kelgay
Tunim ham, kunlarimdan ham.

Falak toshi agar yillar
Un etsa ustixonimni,
Sening isming sado bergay
Unim ham, unlarimdan ham.

1993
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:34:27
Gulxanlig'ing aytsin

Mening aftoda holimni
Sening tavsanlig'ing aytsin.
Mening huznu xazonimni
Sening gulshanlig'ing aytsin.

Biyobonlarda qayslar ham
Bu yanglig' kuymagan erdi,
Mening kul bo'lganimni, lolaruh,
Gulxanlig'ing aytsin.

1989
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:34:52
Ey, parivashlar

Ey, parvarishlar, dimog'dor keldingiz,
Buncha g'addor, buncha dildor keldingiz.
Bunda nozik tortadir jon rishtasi,
Siz dag'i kokillari dor keldingiz.

Ishq o'tidin beomonlig' bundadir,
Sarg'ayishlar ham xazonlig' bundadir,
Qanchalar rangi samonlig' bundadir,
Siz esa rangin va guldor keldingiz.

Jon bazm aylar hazing shamlar bilan,
Siz kelursiz g'am uza g'amlar bilan.
To'ldi dil yafrog'i shabnamlar bilan,
Siz qachon bundin xabardor keldingiz?

Jism aro paydodur o'tlug' alam,
Qo'lga olsam, butkul o't olg'ay qalam.
Ey baloyu g'am, ey ranju sitam,
Shul yigit yoshimda bekor keldingiz.

1991
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:35:20
Afsus

Bu yorug' dunyoda yurganlar bari,
Yarmin zo'ri borlar, yarmisin zari,
Sarv sanamlari, gul dilbarlari -
Hech kim ko'nglim bilan hisoblashmadi.

Ko'ksida yoz emas, qishlari borlar,
Ko'zlarin tubida tishlari borlar,
Hattoki ko'nglimga ishlari borlar -
Hech kim ko'nglim bilan hisoblashmadi.

U bir uy va yoki xonadonmidi?
Yoki ochiq qolgan jomadonmidi?
O', qanday ozoda bir makon edi!
Hech kim ko'nglim bilan hisoblashmadi.

Ey malak, sen ming yil ibolar qilgil,
Ming bor o'ldirgilu binolar qilgil,
Ko'nglim qon bol'di, sen xinolar qilgil,
Hech kim ko'nglim bilan hisoblashmadi.

Onajon,rangingiz bunchalar siniq!
Hovlida do'l urgan g'unchalar siniq,
Ko'ksimda bir qamish kuy chalar siniq-
Hech kim ko'nglim bilan hisoblashmadi.

Unda farog'at kam, alam ko'proqdir,
Yorug' yolqinlari kuldir, tuproqdir,
Misli quyunlardan chiqqan yaproqdir
Hech kim ko'nglim bilan hisoblashmadi.

1992
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:35:39
Oy nurlari yoyiladi sayhonlarga

Oy nurlari yoyiladi sayxonlarga,
Tomlar osha o'tar so'ngra ayvonlarga.
Ayvonlarda niholdayin kelinchaklar
Nechun ma'yus tikiladi osmonlarga?

Bu ayvonlar ko'z oldimdan ketmay qoldi?
Oylar, yillar to'htab, go'yo o'tmay qoldi.
Ko'ngil, sening go'zal dog'ing bitmay qoldi,
Nechun buncha do'st bo'lding sen armonlarga?.

Men dunyoning tushlariga kirgan o'g'il,
Ko'ksim ichra alamlarim shig'il-shig'il.
Ey dunyo, sen mehru muruvvating qo'ygil,
Yo'rgaklading meni hajru hijronlarga.

Qancha rayxon xayollarim payhon bo'lar,
Sayxonlar qir, qirlar tekis sayhon bo'lar.
Ey dil, bir kun tegralaring rayhon bo'lar,
Ishim bo'lmas mening ul kun rayhonlarga.

1992
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:36:01
Fasl

Yulduzlardan muhabbatning olis isi kelmoqda,
Yeru osmon xayrlashar, vido kezi kelmoqda.
Ey dil, shaylan, bahor o'tib, ko'ngil kuzi kelmoqda,
Ko'ngil, bu ne fasl bo'ldi, bu ne yanglig' ma'volar?

Dunyolarning zamirida sirlar uxlar go'dakdek,
Shabnamlarning yaltirashi yor taqmagan zirakdek.
Bir sipohi yaqinlashar ko'rinishi kuzakdek,
Nafasidan bog'lar titrab, jimirlaydi daryolar.

Tog'lardagi burgut, derlar o'g'lon qalbin inisi,
Har bir qalbning bo'lsin ekan o'z mehribon munisi.
Dardu alam bo'lsa agar yigitlikning anisi,
Qay tog'larga borib yig'lar, kimga aylar da'volar?

Oy pahlavon qoyalarga alla aytgan tunlarda,
Oshiq ko'ngil yonar yana o'shal qadim munglarda,
Majnunlarning bag'irlari hanuz dog'u xunlarda,
Bu dog'lardin surma, qonidin xino aylang Laylolar.

Bu ayomning ko'rki nadir, nadir sharhu bayoni?
U yoni bir yashil qirg'oq, za'farondir bu yoni,
Na nihoni nihondiru na ayondir ayoni,
O'yingda ne g'amlar bordir, ko'yingda ne savdolar.

Olislarda nelar kutar, nelar so'ylar hoziring?
Yoshlikdagi yorlar endi so'rar sendan rozilik.
Mevalarin to'kar bog'lar, qani sening hosiling?
Qiyos qilsa, do'st bo'lgaylar senga faqat sahrolar.

Barglar aro yolg'iz yulduz ko'ngil so'rab tikilgay,
Halovating chodirlari chok-chokidan so'kilgay,
Ko'ngil bir kun xazonlarday unsizgina to'kilgay,
Paydosidan hikmat topmay, dunyosidan ma'nolar.

1992
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:36:23
Men yasholmagan umr

Olis kechinmalar qa'rida
Yo'llar hayqirig'i yangradi birdan.
Yo'llar hayqirig'i bag'rida
Mendan uzoqlashib borar bir odam.

Xira ko'lkasida mujassam qayg'u,
Ketib boradi u ruhsiz, toliqib.
U-sevgidir, mendan norizo tuyg'u,
U-yoshlikdir, ketar menga tosh otib.

Olis kechinmalar qa'rida
U men ko'rolmagan shuurdir.
Yo'llar hayqirig'i bag'rida
U-men yasholmagan umrdir.

1978
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:36:44
Ingichkajon

Bu daryoning ikki yoni yo'ng'ichqadir,
Ingichkajon, yurar yo'ling ingichkadir.
Bu savdoning taronasi ming yilchadir,
Bu daryodan qandoq o'tay ingichkajon?
Hajringda men motam tutay, ingichkajon.

Qaldirg'ochlar qanotida uchganmiding?
Bellaringno tolxivich-la eshganmiding?
Kiyiklarning ko'zlaridan tushganmiding?
Bellaringga qandoq yetay, ingichkajon?
Hajringda men motam tutay, ingichkajon.

Bu dunyoning bor armonin yod olaymi?
Seni qo'yib, ingichkajon, yot olaymi?
Oyoqlari ingichka bir ot olaymi?
Seni qandoq olib ketay, ingichkajon?
Hajringda men motam tutay, ingichkajon.

Ingichkajon, bir kun gullar yo'ng'ichqalar,
Meni oxir o'lirgusi ingichkalar.
Do'stu yorim doston qilar ming yilchalar,
Bu dunyodan qandoq o'tay, ingichkajon?
Hajringda men motam tutay, ingichkajon.

1995
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:37:07
Sizga

Hovlingizdan sharqiragan soy o'tsa,
Yelkangizdan quyosh o'tsa, oy o'tsa.
Qoshlaringiz mangu kamon yoy o'tsa
Sarv yanglig' adil qolsa bo'yingiz,
To'larmidi hech to'lmagan ko'nglingiz?

Bor yulduzlar sizga xizmat qilsalar,
Ummonlar ham siz deb qurib, to'lsalar,
Gullar sizdan rangu ifor olsalar,
Chaman bo'lsa yurgan ko'cha-ko'yingiz,
To'larmidi hech to'lmagan ko'nglingiz?

Sevinch birlan ochilsalar eshiklar,
Uyingizni tor aylasa beshiklar,
Yangrasalar armon bo'lgan qo'shiqlar,
Qiqirlasa ko'rgan qizu o'g'lingiz,
To'larmidi hech to'lmagan ko'nglingiz?

Yellar qaro zulfingizni qulf etib,
Yelib tursa husningizni mulk etib,
Saodatu malohatni ko'rk etib,
Sarg'aymasa hargiz rangu ro'yingiz,
To'larmidi hech to'lmagan ko'nglingiz.

Do'stlar kelib ul kun bag'rim tilsalar,
Bo'g'zim yulib, andin bir nay qilsalar,
Hammalari qatorlashib chalsalar,
Ovozalar bo'lsa o'g'il to'yingiz,
To'larmidi hech to'lmagan ko'nglingiz?

1993
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:37:48
"Tiko" mingan sanamlar

"Tiko" mingan sanamlar,
Husningiz rom etibdi.
Bir zum to'xtab qaranglar:
Bahor o'tib ketibdi.

Kiyikning xayoliday
Sho'xlik, qalamqoshlik ham.
"Tiko"ingiz shamoliday
O'tar ketar yoshlik ham!
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:38:27
O'rganing

Bu dunyoda go'zal,jozib yashashni
Xushaxloqu xushsuvratdan o'rganing.
Har narsaga birdek nazar tashlashni
Quyosh sochgan muruvvatdan o'rganing.

Dilingizda nechun torlik, na sirdir?
Qarang, bahor qanday ajib taqdirdir.
Kesakka ham, toshlarga ham u birdir,
Bahor bergan hurriyatdan o'rganing.

Gapga chechan, ey oqila barnolar,
Ishq bog'ida ungan gulira'nolar,
Layli, Majnun o'tib ketgan sahrolar,
Ular yetgan sukunatdan o'rganing.

Besh oqshomlik shamol erur yoshlik ham,
Atirgulning yaproqlari nechun nam?
Nechuk davlat erur umr, nechuk g'am?
Umr ko'rgan purhikmatdan o'rganing.

Hayot esa goh tosh tutar, goh qirmoch,
Suygandan ham, kuygandan ham so'rar boj.
Shiftingizga kelgan bir juft qaldirg'och
Tortgan azob-uqubatdan o'rganing.

Baxtu tole tilay sizga Allohdan,
Yiroq yuring yomonlik ham gunohdan.
Sadoqatning ramzi Rasulullohdan
Meros bo'lgan muhabbatdan o'rganing.

2000
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:38:51
Sochlaringni maydalay

Sochlaringni maydalay,
Bu dunyo bir matalday.
Tush desang ayoni yo'q,
Xush desang poyoni yo'q.

Sochlaringni maydalay,
Bu dunyo bir masalday.
Bir boqsang bandalikdir,
Bir boqsang andalibdir.

Sochlaringni maydalay,
Bu dunyo bir maysaday.
Biz ko'zlari namlarmiz,
Maysada shabnamlarmiz.

Sochlaringni maydalay,
Bu dunyo bir g'azalday.
Bir baytida men xorman,
Bir baytida sen zorsan.

Bu dunyo bir matalday,
Majnunlari qaydalar?
Sochlaringni maydalab,
Mayli, men ham haydalay.

1992
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:39:11
Kulguli

Xayolimda qurilmagan qasrimga
Qumxayoldan devor qilsam kulgili.
Hali dilda yaralmagan satrimga
Qofiyani qator qilsam kulgili.

Tom boshiga olib chiqsam tandirni
Handalakka payvand qilsam anjirni.
Minib yalqov, uzunquloq xachirni
Ot poygada tulpor qilsam kulgili.

Odam Ato birlan Momo Havoni
Yaratdi ham berdi jabru jafoni.
O'n sakkiz yoshimda o'tgan xatoni
Qirq yoshimda takror qilsam kulgili.

O'chdim qancha yoronlarning yodidan,
Kechdim men ham qandidan, novvotidan.
Ko'nglim qolib ketsa odam zotidan,
Yana qayta do'st yor qilsam kulgili.

Yondi qancha sarviqomat shamlarim,
Mumday qotdi ko'zyoshlarim, g'amlarim.
O'tdi ketdi shirin damim, damlarim,
Yana shirin guftor qilsam kulgili.

Birovning to'n, birovning yo'q etigi,
Dunyo shudir doim bisyor kemtigi.
Xo'tigini g'ajib o'tar xo'tigi,
Men bu holni oshkor qilsam kulgili.

Nima qilay behalovat bu dilni?
Unutdi deb go'zal gulu sunbulni.
Uyqu bosgan, to'q va semiz bulbulni
Sherlar aytib bedor qilsam kulgili.

1997
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:39:31
Choponga hazil qasida

Mening qadrdonim, aziz choponim,
Boshimdan ne o'tdi-sen har dam bilding.
Ochiq qolganida o'ng yo chap yonim,
Yolg'iz tashlamading-do'st, hamdam bo'lding.

Sen mendan bir nafas tushmading ayro
Eng qiyin, eng tanho kechalarimda.
Gohi ko'rpam bo'lding, yostig'im goho,
Gohi sayr etding yalkalarimda.

Menga tole garchi bermadi ro'yxush
Yorlarim bilan ham tenglarim bilan.
Necha bor mehribon yenglaring bilan
Bo'ynimga osilib yig'lading xomush.

Kimga ko'ngil ochdim beboj, bexiroj,
Qo'ynidan tikon yo tosh chiqdi oxir.
O'zingdan qo'ymasin quchog'ingni och,
Dunyoda eng ochiq, beminnat beg'ir!

Bir kun bahor kelar oq va hofarmon,
O'z dilim tog'ida daryoday toshgum.
Shunda senga boqib shod ve bearmon,
Ustingdan bir quchoq boychechak sochgum.

Bu tunlar boshlanar oydin, sumanbo'y,
Ko'kdan ishva aylar Zuhro, Cho'lponim.
Dunyo turgunicha turgin, omon bo'l,
Do'sti qadrdonim, aziz choponim!

1999
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:55:36

 Shavkat Rahmon

 --------------------------------------------------------------------------------
Yovga ters qaragan musulmon emas!..
Xirgoyi...
Muhabbat chiroyli kapalak
Yorilgan harakat bayoni
Ovozim
Armon
Qarsak
Dastxat
Kel, yashirib qo'yayin...
Avj
Xiyonatlardan
Endi jim turasiz
Nodirajon, Shoirajon
Vatan
Qasam
Umr - Qumsoat
Tariqat
Yosh o'zbek shoirlariga
Bo'rilar
Bashorat
Lahza
Tuhmat
Bir ming bir yuz bir shoir
Girya
Sinov maydoni
Dushmanim ko'paydi
Xasta bulbulim
Farishtali
Yana savol
Qo'shiq
Bir xoin xususida
Qaytar dunyo
Shoir kechinmalari
Uchayotgan odam
Agar...
Katta kun
Hangoma
Orzuga ayb yo'q
G'amgin she'r
Qaysar bulbul
Iqror
Kuylamog'im shart
Giyoh
Qo'shimcha qo'riq
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:57:27
Yovga ters qaragan musulmon emas!..

Qilichin tashladi beklar nihoyat,
bosildi tulporlar,
tig'lar suroni,
urhoga o'rgangan tillarda oyat
Turkiylar tanida komil xudoni.

Qilichlar zangladi....
falokat hushyor,
turkiylar quvvatin berdi yerlarga.
Hiylagar do'stlarday yaqinlashdi yov
komillik qidirgan jasur erlarga.

Ilvasin yigitlar, bobur yigitlar
sajdaga bosh qo'ydi, yovga ters qarab,
g'ullarni kemirib yig'ladi itlar
buyuk boshni kesdi qilich yaraqlab...

Turkda bosh qolmadi...
qolmadi dovlar.
xotin-xalaj qoldi motam ko'tarib,
"bizga tik qarama" buyurdi yovlar,
yovlarga ters qarab yashadi bari.

Talandi samoviy tulpor uyuri,
talandi zarlari,
zeru-zabari,
ters qarab o'ling deb yovlar buyurdi,
yovlarga ters qarab jon berdi bari.
Lahadga kirdilar o'zlarin qarg'ab
qolmadi arabiy,
turkiy xatlari,
Tug'ingiz dedi yov teskari qarab
yovlarga teskari tug'ildi bari

Tug'ildi,
tug'ildi,
tug'ildi qullar,
qirqida qirilgan, imdodga muhtoj
yovlarga ters qarab itlarday hurar,
bir-biriga dushman,
bir-biridan koj.

Jo'mardlar qirilgan Turonzaminda
do'zaxiy tajriba pallasin ko'rdim:
eshshak suvrati bor qay bir qavmda,
Qay birida to'ng'iz kallasin ko'rdim.

Bu holdan buvaklar bo'g'ilib o'lar
Qul Bilol ezilib yig'lar falakda...
O'zlarin yondirar borliqdan to'ygan
Badaxshon la'liday asil malaklar.

Mo'minlar besh bora Ollohni eslar
sajdaga bosh qo'yib jallod toshiga
O'grilib sal ortga qarayin desa,
boshiga urarlar,
faqat boshiga.

Bormi er yigitlar,
bormi er qizlar,
bormi gul bag'ringda jo'mard nolalar,
bormi bul tufroqda o'zligin izlab
osmonu-falakka yetgan bolalar.

Bor bo'lsa,
Alarga etkarib qo'ying,
bir boshga bir o'lim demagan ERmas
shahidlar o'lmaydi, bir qarab tuying:
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
YOVGA TERS QARAGAN MUSULMON EMAS!!!!!!



Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Yanvar 2008, 23:59:06
Xirgoyi...


Hammamiz quyoshda kuygan jizzamiz,
qachon tiz cho'kuvdik,
hamon izzamiz,
sirqirab og'riydi shishgan tizzamiz,
o'rindan ozgina tursak maylimu???

O'tganlar bari bek,
qolgan javdirar,
gardinda ko'rinmas g'ullar shaldirar,
mehnatdan yorilgan qo'llar qaltirar,
o'z bekim yerida yursam maylimu???

Nasimlar gullamish ozod tog'larda,
ozodlik mujdasi so'lu-sog'larda,
bobolar qiynalib tikkan bog'larda
ag'anab bir xayol sursak maylimu???

Necha ming alloma jo'mardlar o'lgan,
tafakkur sasigan,
ruhlari so'lgan,
urug'lar aynigan tap-taqir cho'lda
o'z bekim davlatin qursak maylimu???

Yuz ellik yildirki, mana shu holat,
hanuz davom etar makkor tijorat,
bilmadim, qaerdan ushbu jaholat,
nega siz bo'lmaysiz sira xijolat?

Nega men so'rayman sizdan ijozat?!



Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:02:02
Muhabbat chiroyli kapalak

Muhabbat chiroyli kapalak,
qo'rqaman sho'rlikni tutgali.
Kapalak quvganim yodimda,
yodimda yo'q ammo tutganim.

Yuragim ranjigan boladay
na ermak,taskinga ko'nadi.
Muhabbat chiroyli kapalak,
hali ham gullarga qo'nadi.

Ortidan halloslab chopaman,
xijolat bo'laman g'o'rlikdan...
Qanchalik yugirmay,baribir
orqada qolardim sho'rlikdan...

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:02:23
Yorilgan harakat bayoni

Bir odam izladim...
izladim g`arib,
jufti yo`q burgutday xunuk qishladim.
Kezdim armon to`la bir jom qidirib,
malaklar yig`ladi,
itlar tishladi...
Umring uzoq bo`lsin,
ey daryojonim,
husningga hirs bilan nazar solmadim.
Zanjirlar tovshiga to`lganda yodim
o`zingdan o`zga bir dildor qolmadi.
Qolmadi bir ilinj,
ishonch qolmadi,
vahshiy daholarning makri bilindi.
It bazmi qizigan oysiz shomlardan
qizg`onib opqochdim daryo dilimni.
Bu chirkin og`izlar...
singan kallalar...
ig`vodan, bo`htondan osilgan tillar...
hirslar lashkarlari bosgan pallada
shohlarin bo`g`izlab tishlagan dillar.
Bu quyosh xo`rlangan...
bu oy zo`rlangan...
zarlari talangan bu sodda jabal.
Qon, aroq, peshobni emib to`ralgan
buvaklar bo`kirib yig`lagan mahal
yo xudo dedimu
nurlar o`ynagan
peshonam ilk bora tuproqqa tegdi,
yo xudo dedimu
erkin gullagan
daryodil samoga dilimni berdim.
Umring uzoq bo`lsin,
ey, daryojonim,
kechalar qa'rida bir gul yig`ladi,
yuzimga sachradi bir bulbul qoni.
ko`nglimga bu dunyo
nechuk sig`madi?!
Nechuk bag`ringdaman,
kimning ishqida?
Nechuk yolvoraman umringni tilab?
Ulkan jasadimni toshlar ichida
yuvarsan eng nozik qo`llaring bilan.
Aytgil, ey darojon,
bormidi zulm?
Tog`lar silsilasin buzvordi nola:
"Gullarning bargini emagan, gulim,
bulbullar qonini ichmagan, bolam".
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:02:41
Ovozim

Nahot, she’rlar aytdim
bo`shliqqa qarab,
nahotki, sovrildi olov so`zlarim,
nahotki haq bo`lsa, el-u yurt asli,
quruq so`zlar degan gumroh do`stlarim?!
Nahot, bekor o`tdi
gulday umrimning
ming yilga tatirlik oltin choqlari,
nahot biror ruhni uyg`otolmadi
shoir yuragimning qaldiroqlari?!
Nahotki, birorta dilga yetolmay,
behuda sarflanib qancha kuch-chidam,
kelib ketaverar yorug` dunyoga,
kelib ketaverar menday kuychilar?!
Menga minbar emas,
unvonlar emas,
latta chechaklaru
ehsonlar emas,
olov bir sahroni,
yurtim xayoli
nurga gurkiragan sahro bering, bas.
Erku muhabbatning muxtor elchisi —
yotmasman tuproqqa do`nib, tinchlanib,
jasadim tirikdir yorug` dunyoda,
oyning sinig`iday chaqnar sinchlarim.
Agar yetti qavat yerning qa’rida
yotsam-da larzaga solib havoni,
elimning yuragin
topar baribir
jismimni kuydirib uchgan ovozim.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:02:58
Armon

Kuylolmadim,
yaqroqlar kabi,
quruq shoxday titrar ovozim —
so`lib qoldi bahorim tag`in,
suvga cho`kdi yana bir yozim.

Kuzak keldi
bag`rimni dog`lab;
qo`lin cho`zdi giyohga, gulga,
sayradilar so`ng bora, bog`lar
to`lib qoldi o`lik bulbulga...

Qorlar yog`di,
og`ridi jonim,
uxlayotgan bog`lar poyida
kuylolmasdim, undan yomoni
yashil edim qantar oyida...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:04:27
Qarsak

Qarsak nima o`zi?
Ikkita kaftning
orasidan potrab chiqadigan sas,
xohlasam chalaman, xohlamasam yo`q,
qarsak menikidir, sizniki emas.
Qarsaklar hozircha qo`ltiqlarimda
mitti mushuklarday mudraydi taftdan.
Axir, o`zbekning bir o`jar shoiri
qarsak chalarmidi bema'ni gapga.
Vijdonsiz shoirlar ko`paygan juda,
yurakni so`z bilan yondirguvchi kam,
xalqimas,
shuhratni o`ylab so`ylagan
ahmoqqa bermayman qarsagimni ham.

Qarsak nima o`zi?
Arzimagan gap,
kerak bo`lsa topilar qoplab,
Titroqqa to`ldirib osmon gumbazin,
qarsaklar chalishni bilaman boplab.
G`irromlik qilmasa notiq agarda,
yolg`on she'r aytishdan qaytsaydi shoir,
miltiq o`qlariday gumbirgum qilib
havodan qarsaklar yasardim doim.
O`jar shoirlikni tashlab o`shal payt,
epchil bir yugurdak kabi zamonda
qarsak chaladigan xizmatchi bo`lib,
ishga kirar edim O`zbekistonga.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:04:44
Dastxat

Go`zallik, poklikdan uyalib,
qisilib, qimtinib turasan,
qop-qora devorga suyanib,
yop-yorug` xayollar surasan.

Iloham, tong kabi yuzingga
hirslanib, hezlanib boqarlar,
ko`zlarin qoqarlar ko`zingga,
qalbingni azoblab yoqarlar.

Yiqilma, o`zingni ushlagin,
otsinlar jaholat toshini,
labingni qattiqroq tishlagin,
ko`rsatma ko`zlaring yoshini.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:06:24
Kel, yashirib qo'yayin...

Kel, yashirib qo`yayin seni
yurakning eng chuqur yeriga.
Keyin sen ham yashirgin meni
yurakning eng chuqur yeriga.

Topolmasin bizlarni birov!
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:06:57
Avj

Men, shubhasiz, parchalanaman, —
shunday tugar buyuk xizmatim.
Kimga, ko`zim, kimga peshonam,
kimga tegar qiziq qismatim.

G`alayonga to`la vujuddan
oxir dunyo bo`ladir xalos.
Yer ostiga kirib ketarman
barcha mo`min bandalarga xos...

Biroq yerda mangu yashaydir
ko`hna yuzim, o`ychan ko`zlarim, —
demak, o`lmas bu dunyoda hech
xudo bergan ezgu so`zlarim.

Ular yangrab tinmay aylanar
razolatning tevaragida.
Men-chi, mangu kulib yotarman
quloq solib yerning tagida.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:07:17
Xiyonatlardan

Jangda o`lgan emas
biror bahodir,
bari halok bo`lgan xiyonatlardan,
toshday uxlaganda to`shlarin ochib
yo zahar qo`shilgan ziyofatlardan.
Biror asotirda
bahodirlarni
hattoki yuzboshli ajdar yemagan,
ming bir sinoatli yalmog`izlar ham,
tog`larni o`ynagan, devlar yengmagan.
Bari halok bo`lgan xiyonatlardan,
bariga orqadan sanchilar xanjar.
Shunday bo`lib kelgan azalu azal
mana shu jafokash,
ko`hna Vatanda,
Har gal bahodirlar yiqilar ekan
kurakka sanchilgan nomard tig`idan,
qayta tirilganda bo`lardi nogoh
har bir bolakayning qorachig`ida.
ishongil,
hech qachon seni aldamas
sofdil elatlarning asotirlari,
birorta bahodir o`lganmas jangda,
qo`rqoqlar o`ldirgan bahodirlarni.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:07:36
Endi jim turasiz

Endi jim turasiz,
sira iloj yo`q —
dunyo o`zgarmadi siz aytgan so`zdan,
siz qurgan qasrlar vayrona bo`ldi,
alaflarga to`ldi siz oqqan o`zan.
Endi jim turasiz,
og`ir, bilaman,
ammo har kimsaga taqdir nasibdir,
bilmoqchi bo`lsangiz agar, shoirlik
jasorat so`zining tarjimasidir.
Endi jim turasiz,
eshiting elni,
el aslo demaydi, zog`lar kuylasin,
endi kengliklarda haq so`ramasdan,
yerni bezab yotgan bog`lar kuylasin.
Kuylasin,
keldi-da kuylamoq gali,
kuylasin mangulik qo`shiqlarini,
buzsin-da siz kabi aqli qisqalar
xatarsirab turgan to`siqlarini.
Ana... quloq soling...
eshityapsizmi,
kuylar shoir shamol, kuylar shoir qor,
shoir qorong`ilik, shoir tog`larda
shoir daryolarning shovillashi bor.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:10:05
Nodirajon, Shoirajon

Nodirajon, Shoirajon,
tanam qimir etmaydi,
olis-olis vohalardan
tog`larimni chaqiring,
osmon to`la havolar
faqat menga yetmaydi.

Nodirajon, Shoirajon
tanam qimir etmaydi,
ko`zimda bir tomchi yosh,
soylar yuvsa ketmaydi.

Nodirajon, Shoirajon,
tanam qimir etmaydi,
peshonamning sho`ridan
bino bo`lgan bu daryo...
osmon to`la havolar
faqat menga yetmaydi.

Nodirajon, Shoirajon,
tanam qimir etmaydi,
boring, qorli tog`larga:
bir shoir yotibdi deng,
Xudoning hovlisida...
Osmon to`la havolar
faqat menga yetmaydi...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:10:25
Vatan

Hali biror ishni uddalamadim,
hali hech kimsani qilmadim rozi,
behuda o`tibdi go`zal umrimning
qanchalab chiroyli bahori, yozi.
Farog`at borligin unutib qo`ydim,
bag`rimga chaqinlar tegdi daf'atan,
Sendan-da ulug`roq narsa yo`qligin
sochim oqarganda angladim, Vatan!
Buncha kech angladim,
nega muncha kech...
anglasam loaqal o`ttiz yil avval,
loaqal tug`ilmay turib anglasam...
Ko`rgan bo`larmidim seni mukammal.
Hali asl Vatan bo`lmog`ing uchun
ovozi toshlarni yorar kuychilar,
qanchalab sehrgar shoirlar kerak,
qancha bilim kerak,
qancha kuch-chidam.
Umrim ko`chkilarday jimjit, shiddatli,
butkul tinmoq uchun bir kun bemalol
faqat yaxshi bo`lmoq judayam kamdir,
juda kamlik qilar yashamoq halol.
Naqadar kechikib angladim seni,
chaqinlar yo`q qilsa meni daf'atan,
ayt, qandoq chidayman bunday xo`rlikka,
ayt, qandoq yotaman qa'ringda, Vatan!
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:12:02
Qasam

Shavkat Rahmon degan
bir o`jar shoir,
bir kuni qaytadan yaraladimi?
Hayotim ma'nisin juda ko`p o`ylab,
sayladim so`zlarning
saralarini.
Har bir so`z
yuz so`zning o`rnini bosar —
Vatan, Xalq, Jasorat, Kurash, Ozodlik.
Har bir so`z yetajak yuzta umrimga,
har biri baxy etar
ruhimga shodlik.
Hozirlik ko`rarkan buyuk safarga,
pushtirang pardali minglab darchadan
mo`ralab o`tirgan go`zal so`zlarni,
qoldirib ketaman endi barchaga.
Aslida atirgul bo`yin taratgan
bu o`ynoqi so`zlar menikimasdir.
Menga nonday zarur, qilichday keskir,
zaharday mard so`zlar bo`lsayoq basdir.
Sayladim so`zlarning saralarini,
kurashlar shamoli kirdi nazmimga.
Yurtimni kezaman,
endi har narsa —
egilgan narsalar tegar g`ashimga.
Endi ishlash kerak bu kengliklarda,
tokim so`ylamasin yolg`onni hech kim,
tokim buyuk tog`lar saltanatida
egilgan boshlarni
qilichlar kessin.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:12:39
Umr - qumsoat

Umr — qumsoat ham
yarimlab qoldi,
ko'nglim to'lgani yo'q bilganlarimdan.
Yodimni og'ritar kechirganlarim,
ko'pdir qilmaganim qilganlarimdan.
Kechalar tobora oydinlashadi,
ko'zingda quyoshning chechagi so'lmas,
yashaging keladi,
faqat umrni
qumsoat singari to'nkarib bo'lmas.
Go'zallar yodimdan o'chdilar bir-bir,
do'stlarim bag'rimdan ko'chdilar bir-bir,
yillarim uzilib tushdilar bir-bir,
faqat bu ko'ngilni
to'ldirib bo'lmas.
Kun keldi,
ohlaring uchadigan kun,
yuraging olamga sig'maydigan kun,
yuzingni bosgancha yerning yuziga,
silkinib-silkinib yig'laydigan kun.
Kimni baxtli qildim,
kimni umidvor,
kimlarga ko'nglimni yorib so'yladim.
Qo'limni berdimmi moziy qa'ridan
cho'zilgan sanoqsiz ojiz qo'llarga?!
Quyosh daldasida egilganlarning
yengilroq qildimmi og'irligini?
Aytdimmi kimlarning asl do'stligin,
kimlarning haqiqiy yog'iyligini?!
Kun keldi,
boshingni egadigan kun,
hattoki o'zgalar gunohi uchun
yuzingni bosgancha yerning yuziga,
silkinib-silkinib yig'laydigan kun.
Mendan nima qolur,
abadiy nurlar
barq urib yashnagan dunyo tomonda?
Urinib-surinib, sira to'lmagan
bir ko'ngil qoladi
qolsa ham mendan.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:13:11
Tariqat

Dunyoga sig'madim,
sig'madi dunyo
g'urbatdan toraygan tabiatimga,
qop-qora chechakday sochilmish hulyo
jo'mardlar ko'milgan tariqatimga.
Mayliga,
chechaklar qop-qora bo'lsin,
yiqitsa shu yo'lda yiqitsin taqdir,
qurtlagan istaklar shu'lasi so'lsin,
xudoyim siylagan hurligim yaxshi.
Bichilgan qullarning,
qulzodalarning
malak siymolarin o'ynatgan dunyo,
yaralgan lahzadan hur odamlarni
iblislar tilida so'ylatgan dunyo.
Chiroyli ermaklar mahzanidir ul,
mag'izi qayg'udan,
po'stlog'i zardan,
sarg'arar ochilmay turib qizil gul,
tuprog'i jimgina qusgan zahardan.
Chayqalar jaholat og'ochlarida
necha ming Mashrabu
Mansuri Halloj...
hamon yuksaladi yo'l boshlarida
odamzot qoniga to'ymagan jallod.
Tokay bu iblislik,
tokay bu yolg'on,
tokay tig' ko'tarar qora guruhlar,
tokay bijg'ib yotar g'arib olamon
ichiga tiriklay ko'milgan ruhlar.
Zulfiqor ruh kerak,
kerak chin yog'du,
chin ishq yolqinlari bag'rimga to'lsin,
jismimni toblasin faqat chin og'riq,
chechaklar qop-qora bo'lsa-da bo'lsin.
Bag'rikeng xudoyim
kechirib qo'yar,
yiqilsam yetmay ul haqiqatimga,
ko'milsam, ko'milay o'limi go'zal —
jo'mardlar ko'milgan tariqatimga.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:13:27
Yosh o'zbek shoirlariga

So'zlarni qayraylik,
obdon toblaylik,
idrok-la sovutib tag'in qayraylik,
O'zbekning qorako'z bolalariga
bitta dunyo qolsin hayratlik.
Bitta dunyo qolsin mustahkam,
eshilgan po'latday daryolar qolsin,
Chaqilmas toshlarday bir tog'lar qolsin,
musaffo xayollar,
samolar qolsin.

So'zlarni qayraylik,
do'stlar, jo'ralar,
g'aflat to'shagida yotmay, shoshaylik:
yashamoq, kurashmoq, o'lmoq sirlarin
bolakaylar uchun ochaylik.
Bitta dunyo qolsin mustahkam,
unga posbon bo'lsin o'tkir she'rimiz,
tokim bu daryolar bemalol oqsin,
bolalarga qolsin jannat yerimiz.

So'zlarni qayraylik,
tag'in qayraylik,
toki keskir bo'lsin bamisli olmos.
O'tkir so'z qolmasa shoirlaridan,
o'tkir so'z qolmasa...
hech narsa qolmas.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:13:43
Bo'rilar

Qirg'in keldi
vabo kelganday,
murdalar ham turdi go'rida —
ko'piklangan qora sellarday
urchib ketdi qonxo'r bo'rilar.
Ochlik o'rgan turkiy o'lkada,
ofat chiqqan makonlarda ham
parchalangan zulmat ko'lkasi
paydo bo'lar edi daf'atan.
Kunlar —
ochiq yaraday qonli,
tunlar —
oydin xarobazorlar,
jasadlarga to'la tonglarni
sirqiratar faryodi borlar.
El qirildi turkiy o'lkada,
er qolmadi — keldi ajali,
kim qoniga botdi yo'lkada,
kim g'ijildi namoz mahali.
Yillar o'tdi.
Go'yo hammani
chalg'itganday vaqtincha kulfat,
qonga tashna milyon sharpani
yashirganday qa'rida zulmat.
Ahli muslim,
endi ogoh bo'l,
qonxo'r gala hali tirikdir,
o'lar bo'lsang ozodlarday o'l,
qolar bo'lsang endi birikkin.
Tokim yovuz tumshug'in suqsa,
ajdodlarning aziz go'riga,
jim turmasin qo'y mijozli xalq,
bas kelolmay bitta bo'riga.
Ko'rsam deyman —
qahru g'azabdan
go'rlarida tursin murdalar,
ruhi ozod bo'lsin azobda
gullarini suyib yurganlar.
Tokim
har bir muslim qabriga
hech yashirmay ko'zda yoshini,
avlodlar ham la'nat lavhimas,
qo'ysa deyman qabr toshini.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:14:01
Bashorat

Surilar bu temir pardalar,
istibdodning tog'lari qular,
mog'or bosgan qora qa'rlardan
milyon ozod ruhlilar turar.
To'sib bo'lmas soxta vahiy-la,
yolg'on shior,
safsata bilan,
hur fikrni bosgan vahima,
dabdaba-yu as'asa bilan.
Qular qonda suzgan qasrlar,
Qulab bitar sangin saltanat,
so'qir bo'lar asriy nahsdan
bino bo'lgan yovuz shaytanat.
Kelar,
kelar buyuk mehrdan
kiftlar kiftga bosilajak kun,
g'amdan forig' jez kallalar ham
ko'kraklarga osilajak kun.
Porlar toshga do'ngan so'zlarim,
porlar mangu odamiy ruhim,
porlar Haqqa tashna ko'zlarim,
xudo bergan mangu anduhim,
yorug' anduhim...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:14:16
Lahza

Xazonga aylandi kunlarim...
Motamda turganday boqaman.
Fasllar to'qnashgan lahzada
xazonlar to'pini yoqaman.

Ko'zlarim achishar, bexosdan
yuragim, qo'llarim titraydi.
Alanga olmaydi kunlarim,
tutaydi, oh, muncha tutaydi.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:14:32
Tuhmat

Kecha o'g'ri bo'ldi,
bugun vahshiydir,
endi butun dunyo bilar bu haqda.
Qanday mo'min edi,
qanday yaxshiydi
anqayib jimgina terganda paxta.
Qayta qurish o'zi chiqdi qaydanam? —
yuksak qal'alardan boqqan o'g'rilar
ulkan mamlakatning butun aybini
sodda o'zbeklarga qo'ydi to'g'rilab.
Shunda buyuk dengiz chayqalib ketdi,
maydonlarni bosdi bir yuvosh zulmat.
Shoirlar uyg'ota olmagan elni
uyg'otib yubordi malomat, tuhmat.

Kecha o'g'ri bo'ldi,
bugun vahshiydir,
bo'htonga ko'milib turar asabiy.
O'zin maydonlarga sig'dira olmas,
bolalar qoniga o'tar g'azabi.
Yaxshilik tugadi, yomonlik ham goh.
bo'lmasa ozgina qo'ysalar maqtab,
bugun ham sahardan qaro shomgacha
jimgina iljayib terardi paxta.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:14:52
Bir ming bir yuz bir shoir

Yurtdan omad yuz burmish,
shoh saroyi — sukutgoh.
Kecha-kunduz o'y surmish
adolatli, dono shoh.
Yurt to'libdi gadoyga,
el ahvoli og'irdir.
Shunday choqda saroyga
qasidalar yog'ilmish.
Bari to'la hamd-sanoi,
bari yolg'on, g'amzada.
Tinglayverib tasanno,
shoh bo'libdi darg'azab.
Vaziriga bermay sir,
bir kun kulib dono shoh,
buyuribdi, qani bil,
yurtda necha shoir bor.

Jarchilar ishlapti soz,
biror lahza olmay dam.
Yurtning barcha xushovoz
shoirlari bo'pti jam.
Vazir, — ulug' shohim, — der,
ta'zim qilib muloyim, —
yurtingizda bor ekan
bir ming bir yuz bir shoir.
Vazirdan kulibdi shoh
ham tag'in jahli kepti.
Shoirlarni hoziroq
zindonga tashla, depti.

Bir yil o'tib oradan,
shoh so'rapti vazirdan,
bilgin, baxtiqoralar
she'r yozarmi hali ham.
Vazir zindon aylanib,
shohga bir so'z aytibdi,
mingta shoir, naylayin,
she'r yozishdan qaytibdi.
Qolganlari sham tutib,
kezib xuddi bemorday,
bor olamni unutib,
yozmish hatto devorga.
Shoh kulibdi miyiqda:
ming shoirni ozod qil,
qolganlarin siylagin,
ne istasa, bajo qil.
Ko'chir saroy bog'iga,
mayli, sinov bahona,
biror yil bu shoirlar
yashab ko'rsin shohona.

Yil o'tibdi,
dono shoh
debdi bir kun vazirga:
bahra olsak bugunoq
shoirlarning nazmidan.
Barcha shoir jam bo'pti,
davra hangu mang bo'pti,
yuzta po'rim shoirning
og'ir boshi xam bo'pti.
Turar faqat bir shoir,
turar shohga tik qarab,
bir taraf bo'pti dunyo,
shoir esa — bir taraf.
She'r aytganda qilviri,
imonsizlar titrabdi.
El dardini bilmagan
vijdonsizlar titrabdi.

Qolmapti el armoni,
sho'rishlardan aytibdi.
Zumda haqsiz dunyoni
bir aylanib qaytibdi.
Titrabdi dov ovozdan
saltanatning sadlari,
guldirabdi ravoqlar,
ko'payibdi darzlari...
Dudoqlardan uchar oh,
jimlik cho'kar qasrga.
G'olibona so'ylar shoh
o'sal bo'lgan vazirga:
bir paytlar shoshilib,
menga xato so'ylarding,
yig'sam barcha shoirni,
ishonar, deb o'ylading.

Ammo vazir
ko'p bekor
shoirlarning hisobi.
Yurtda bitta shoir bor
mana, senga isboti:
mingta shoir shunchaki
she'r yozardi ermakka,
injiq qalbning kundalik
nafsiga dam bermakka.
Mana, zindon bahona
sinab ko'rdik kuchini,
bir yildayoq zindonda
ma'lum bo'ldi puchligi.

Yuzta shoir taqdirdan
alamzada she'r yozgan,
iste'dodni tahqirlab,
izzat-obro' deb yozgan.
Berdim unvon, e'tibor,
tillo qildim toshlarin,
mana, bari bo'ldi xor,
quyi soldi boshlarin.

Biroq bitta shoir bor,
turlanmagay har joyda,
aslo o'zin qilmas xor,
zindonda ham saroyda.
Azaliy ishq, nafratdan
aytmoq unga joizdir.
Saltanatni g'aflatdan
ogoh qilgan shoirdir.
Demak, vazir, unutma,
bir umrga eslab qol,
bundan buyon bu yurtda
bir shoiru bir shoh bor.

Shundoq qilib xayolga
berilar shoh nihoyat.
Xuddi mana shu joyda
tamom bo'lar rivoyat.
Xo'sh, shoir-chi, qayerda,
shoh yo mehr qo'ydimi?
Biron makr tayyorlab,
qarqiratib so'ydimi?

Keling, endi oh urib,
yarashar bir jilmaysak.
Ne qilaylik, oxirin
hanuzgacha bilmasak...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:18:23
Girya

Bu osmon osmonmi,
temir pardami,
bu yog'du sinchlari tizizlgan dormi?
Munchalar egildi qora gardani...
juvonmarg bo'lgurlar,
jo'marding bormi?!

Bu zamon kimniki,
makon kimniki,
qatron-la yopilgan yo'llar kimniki?!
Anorday sochilgan qonlar kimniki,
bu qonli bilaklar,
qo'llar kimniki?!
Vahshat kechasida dillar to'kildi,
yuzming bag'ri vayron birdan o'kirdi,
jasadga yolg'ondan kafan to'qildi,
juvonmarg bo'lgurlar,
jo'marding bormi?!

Moviyrang ravoqli zindon arshidan
oyatlar marjoni uzilib ketdi,
tag'in qon sachragan tunning avjida
chirqirab yig'ladi bir to'da yetim.
Vaqtning sharpaday gung g'assollari
soylarning yo'llarin burib yubordi,
tarqadi tamug'ning shum dajjollari,
juvonmarg bo'lgurlar,
jo'marding bormi?!
G'aflatda kulganlar,
ko'ksin kerganlar,
yorlarin zulmatga qo'yib berganlar,
farishta buvaklar kulin terganlar
nomus dog'in yuvar mayxonalarda.

Mol-dunyo ishqida chandon o'lganlar,
ishratdan yuzlari salqib so'lganlar,
zanglagan kishanga mehr qo'yganlar,
dimog'in xushlaydi rayhonalardan.
Imonim deganlar,
Millat deganlar,
yovga ters qaragan illat deganlar,
o'zlikka xiyonat qilma deganlar
zor qaqshab yig'laydi vayronalarda.
Yig'lasin —
so'ngaklar qisirlagan payt —
dahshatdan sarg'aygan o't-o'lanlarday,
jon qushi baylangan issiq lablarda
lahzani muzlatgan go'yandalarday.
To'rt fasl qorishib o'tdi yorug'dan,
bag'rimni chayonlar chaqdi anduhim,
jo'mardlar deganim kechgan og'riqdan
darveshga aylandi zulfiqor ruhim.
Necha bor munojot qildim xudoga,
nechun sen munchalar yolg'iz yaratding,
dilimga baxsh etib toshday iroda,
ko'zimni bahaybat dardga qaratding.
Nechun o'zgalarning shandir xayoli —
nastarin ochilgan,
sayrar qumrilar?!
Nechun yetimlarning o'tkir faryodi
shajarday chayqalur tasavvurimda?!

To'rt fasl —
osilgan kulfat arshiga,
go'yoki mudhish bir manzilga keldim.
Kuygan kechalarning qaltis avjida
chirqirab yig'laydi bir to'da yetim.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:18:49
Sinov maydoni

Ulug'vor daranglar
davron soati,
soatin millarin unga to'g'rilar.
Qizl shinaklardan cho'chib boqadi
halokat shamolin sezgan o'g'rilar.
Bu shamol yomondir,
yillar qa'rida
ko'milgan milyonlab murdani ochar,
sochar jinoyatning milyon sirlarin,
la'natlar yog'ilar,
qarg'ishlar bosar.
"Siyosat qilinmas toza qo'l bilan,
kurashda har qanday usullar yaxshi.
Tag'in bir chidaydi avval o'q bilan,
Keyinroq do'q bilan olingan mashriq".

Shundoq boshlanuvdi kecha falokat,
siyosiy fitnalar guvohi — xoliq,
sassiq bir jaladay bosdi malomat,
tag'in bir chidadi sho'rlik xaloyiq.
"Buhronga duch keldi iqtisodiyot,
taqchillik kuchaydi,
qadri yo'q pulning,
mablag'ni to'plagan ichki savdo bor,
suvning xlori ko'p,
hidi yo'q gulning.
Kalbasa yo'qoldi,
qoldik g'aflatda,
gurillab yonadi qipchoq dashtlari,
bostirib kelmoqda buyuk davlatga
marg'ilon do'ppilik Temur lashkari".
... Sho'rlik xaloyiqning yarmi qamalar,
kun sayin ko'pirar o'zbeklar ishi,
nomusdan yarmisi o'lar qamalda
boshga qon quyilib,
jigari shishib.
Fosh bo'lib qolganda qora jinoyat,
qizil shinaklardan boqqan o'g'rilar,
Tag'in bir nayrangni topib nihoyat
O'zbeklar boshiga qo'yar to'g'rilab.
Siyosat —
o'zingga kelgan zarbani
o'zgaga burvormoq san'ati bo'lsa,
qulday xalq boshiga tushgan g'alvani
qaysi bir yoviga burvorsin, ko'rsat!
Yovlik yovlik chorlar
qahat — qahatni,
hattoki bolalar davlatni so'kar,
o'zbeklar o'g'rilar otgan axlatni
oshirib-toshirib markazga to'kar.
Nachora ... uyg'onish...
g'aflat g'aflat-da,
zo'r kelsa manglayga kifoya bir o'q.
Ming afsus, yashaymiz shundoq davlatda
jinoyatlar ko'p-u, jinoyatchi yo'q.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:19:26
Xasta bulbulim

Ayt, ey, xasta bulbulim,
O'shga qachon yetamiz?
Yashil bog'lar sarg'ardi,
Mag'iz bo'ldi g'ujumlar.
Oh, voy, muncha yo'l og'ir,
Bulbulim...
Ulkan soat o'rtasida
Madorim yo'q yurmoqqa,
Qashqirlar davrasida
Sudralaman turmoqqa.
Shunda qolib ketsam gar
netamiz?
Abadiyat oralab
O'shga qachon yetamiz?
Qorli tog'lar bag'rida
Begim — O'shim ko'rindi,
Sulton — O'shim ko'rindi...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:20:42
Yana savol

Oyog'imga
botmon toshlarni
bolalikdan bog'lab qo'ydi kim?
Endi xalos bo'lmoqqa yetmas
yovuzlardan asragan umrim.
Xudo bergan soniyalarni
xarob qildi qaysi g'alamis?
Agarda shu tog'lar bo'lmasa,
Uchar edik samolarda biz.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:22:30
Farishtali

Cholu kampir
shoshilmay salkam
bir asrni ham yashab qo'yishdi.
Kunjaraga, zog'ora, patir,
tomoshaga rosa to'yishdi.
Kampirini eshitmaydi chol,
eshitmaydi cholni kampiri.
Bir-biriga suyanib qolgan,
biri ketsa,
yiqilar biri.
Lek ko'zlari hamon kuladi,
yuzlarida aylanar ziyo.
Buziladi dunyo tasviri
cholu kampir bo'lmasa go'yo.
Har narsaga qodir tabiat
asramagin bunday qarishdan!
Ikkisining kiftidan ketmas,
sakson yildir
ikki farishta.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:22:53
Qo'shiq

Gang daryosi bo'yida
hindu qizlari
ko'zlarin muzlatgan tog'larga qalab,
bir qo'shiq aytadi qadim-qadimdan,
bir qo'shiq aytadi dunyoga qarab.

Ulug'vor,
nuroniy tog'lar ortida
teran tomirlarin uzgan gunohkor —
zilol buloqlardan benasib dunyo,
adashgan, yig'lagan
bitta dunyo bor.

Mehru muhabbatga, sog'inchga to'liq
qo'shiqlar uchadi tog'lardan oshib —
adashgan dunyoni chaqirar qizlar,
larzaga tushadi tog'larning toshi.

Necha ming yillarkim
hindu qizlari
tangrilar tug'ilgan hind tuprog'ida
bir qo'shiq aytadi,
ishonib faqat
qo'shiqlar dunyoni asramog'iga...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:23:12
Bir xoin xususida

Azaliy ko'zlari
it ko'zlariday...
Yuzida azaliy dardi bor edi.
Qomati hamisha kaltabinlarga
egilgan boshiga sayyor dor edi.
Har nokas kelaru borini olar,
qo'ynida to'lg'ongan yorini olar,
qovushgan qo'liga kulib qararu
og'ir nigoh bilan jonini olar.
Sarboz etiklari ostida dunyo —
dunyo kelajakka kirmakda yonib.
Turar u qo'llarin qovushtirgancha,
oqar sanjoqdagi ruhidan qoni.
Jonim-jigarimsan,
sen-da odamsan,
loaqal ko'zingda bir yosh ko'rsaydim,
loaqal qovushib qolgan qo'lingda
yovlarga atalgan bir tosh ko'rsaydim.
Qay bir qaro kunda tug'ilgan eding,
seni chetlab o'tar ishqdir, iqboldir.
Ummon cho'lga do'nar,
cho'llar ummonga,
tog'lar qumga do'nar,
faqat sen qolding.
Turasan kelajak bo'sag'asida
bulg'ab pok quyoshning ziyolarini,
o'z suvrating bilan buzmoqlik uchun
baxtli bolalarning dunyolarini.

E, yo'g'-ey,
men seni bo'g'ib tashlarman,
kelajak ko'rmagan senday beorni.
Nimadir qars etdi,
bir oh dedimu
yuztuban yiqildim
changallab qorni.
Bo'rilar hidsirab keldi dunyodan...
Yuztuban yotganim ko'rmadi hech kim —
o'z qo'lim o'zimni mahv etdi bugun,
o'z yerim o'zimninh qonimni ichdi.

Qotilim bilmadim,
ko'rdim hammadan —
yuz bora, ming bora botdim gunohga.
Sen o'tding kelajak bo'sag'asidan,
mendan-da kerakroq eding dunyoga.
Seni alqadilar,
kiftingga qoqib,
maqtovlar yog'ildi oqqush pariday,
men esa yig'ladim ena yerimning
toptalgan qorong'i og'ushlarida.
Ena-ey,
Ena yer,
qonimni ichgil,
tezroq ado bo'lsin jismimda xo'rlik.
Eshitdim tog'larning guldirosini,
ko'katlar ko'kkacha o'sganin ko'rdim...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:25:50
Qaytar dunyo

Essiz, shundoq umr,
uqib yetmabsiz,
azaldan nodonga dunyo torligin,
loaqal keksani hurmat qil ddegan
oddiy bir maqolning borligin.
Kecha itlik qilib,
donoligidan
sizdayin nodonga pastdan qaragan
nuroniy odamni abgor qildingiz,
qildingiz nodonga xos bir harakat.
Endi xavfsiraysiz orqaga qarab,
ne bo'ldi, boshdan yo humo uchdimi?
Yursa, yuribti-da izlaringizdan
sanoqsiz bolalar
tigib mushtini.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:27:44
Bahorning ilk kunida xotinini ko'rgan shoir kechinmalari

Bu ayol...
Ko'zimga qushday ko'rindi,
musicha, kaptarday — surganda xayol.
Qaydanam sozladim tasavvurimni,
qushga o'xshayverar hadeb bu ayol!
Go'yo xob elitgan...
Suvrati so'lg'in,
sezdirmay jilmayar go'yo humoylik.
So'lish yo giryami — g'alati to'lqin,
ko'zlari hazinlik yoxud xumorlik.
Bahorga o'xshatsam...
bahor yarashmas —
bu ayol bahordan ming bora go'zal.
Poyiga tashlashga — qalbni tarashlab,
yoniq so'zlar kerak,
samimiy so'zlar.
Bahorning bir zumrad bo'sag'asida
kaftlari qushlarday...
Ovozsiz so'ylar.
Dunyo, bu ayolga o'xshatadigan
bormi biror timsol qushingdan bo'lak.
Hadikli nigohni sirli qirida
osmonni chog'larkan qushday beg'ubor,
sezaman,
ayolning nozik kiftida
qanday og'ir so'zlar,
g'amgin so'zlar bor.
Ko'rinmas so'zlarni ayol kiftidan
birma-bir olaman sehrgar kabi.
Qo'llari titraydi ayolning birdan,
ko'zlari titraydi,
titraydi labi...
Go'yoki parvozdan oldingi holat;
nozik kaftlarida eng so'nggi malol —
go'yoki so'nggi so'z,
og'ir so'z qolgan,
so'nggi so'zni olsang,
uchguday ayol...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:28:09
Uchayotgan odam

Tobora tushlarim qiziq tus olar,
tobora qiqarar qush tushlariday.
Ko'pincha uchaman,
uzoq uchaman
shundoq teraklarning uch-uchlarida.
Sezaman,
tig'dayin shoxlar jismimni
o'zimning qonimga bo'yar, alhazar.
Yuragim qamalgan qushday potirlar,
quvar qon hidini olgan kalxatlar.
Shundoq bir shum holat iskanjasida
yerning tortish kuchin yengmoqchi bo'lib,
silkiyman qontalash qanotlarimni,
ming bor tirilaman,
ming bora o'lib.

Yuksakda bir olam — moviy ranglarda,
ozod ruhlar uchun boshpana bergan.
Uchib ketolmasdim,
go'yo jismimni
ko'rinmas rishtalar bog'lagan yerga.

Shundoq bir shum holat iskanjasida
yurak o'ynog'idan sovuq ter bosib,
uyg'onar ekanman,
oylab o'ylayman
g'aroyib tushlarning ta'bir, ma'nosin.
Nega men uchaman,
qayga uchaman,
nega takrorlanar g'aroyib tushlar?
Demak, qachonlardir qanotim bo'lgan,
demak ajdodlarim to'ralgan qushdan.
Haftalab o'ylayman,
oylab o'ylayman,
ne uchun qushlarga tortar qonlarim?
Qachondir bahaybat qush edim, desam,
nega siz kulasiz, og'ajonlarim!

Qush edim,
o't bilan o'ynashgan bir qush,
balki o't kuydirgan qanotlarimni.
Shu xolos, yillarcha urindim bekor
o'qiyman deb, kuygan yodim xatini.

Men qushman,
qachondir yerga qulagan,
keyincha zaminga moslashgan jismim.
G'aroyib tushlarim esa, shubhasiz,
yodimning kuymasdan qolgan bir qismi...
Goh esa o'ngimda
kuymasdan qolgan
xotiram parchasi sabab bo'larmi,
gavjum shaharlarning ko'chalarida
qanotday yozilib ketar qo'llarim.
Qayga uchis kerak,
bilmayman, ammo
bilarsiz bemalol uxlayotganlar —
silkinib-silkinib kulayotganlar?!
Bilsangiz,
shu tobda jismu jonimni
zaharga aylanib, yoqar qonlarim.
Qushday bo'zlab uchdim boshlaringizda,
qushligin unutgan, og'ajonlarim!

Zora eslasangiz,
zora tilagim,
balki nasib bo'lar sizlar-la uchmak.
Hozircha kechirdim, saqlamadim kek,
chunki men odammas,
chunki men qushman.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:29:44
Uchayotgan odam

Tobora tushlarim qiziq tus olar,
tobora qiqarar qush tushlariday.
Ko'pincha uchaman,
uzoq uchaman
shundoq teraklarning uch-uchlarida.
Sezaman,
tig'dayin shoxlar jismimni
o'zimning qonimga bo'yar, alhazar.
Yuragim qamalgan qushday potirlar,
quvar qon hidini olgan kalxatlar.
Shundoq bir shum holat iskanjasida
yerning tortish kuchin yengmoqchi bo'lib,
silkiyman qontalash qanotlarimni,
ming bor tirilaman,
ming bora o'lib.

Yuksakda bir olam — moviy ranglarda,
ozod ruhlar uchun boshpana bergan.
Uchib ketolmasdim,
go'yo jismimni
ko'rinmas rishtalar bog'lagan yerga.

Shundoq bir shum holat iskanjasida
yurak o'ynog'idan sovuq ter bosib,
uyg'onar ekanman,
oylab o'ylayman
g'aroyib tushlarning ta'bir, ma'nosin.
Nega men uchaman,
qayga uchaman,
nega takrorlanar g'aroyib tushlar?
Demak, qachonlardir qanotim bo'lgan,
demak ajdodlarim to'ralgan qushdan.
Haftalab o'ylayman,
oylab o'ylayman,
ne uchun qushlarga tortar qonlarim?
Qachondir bahaybat qush edim, desam,
nega siz kulasiz, og'ajonlarim!

Qush edim,
o't bilan o'ynashgan bir qush,
balki o't kuydirgan qanotlarimni.
Shu xolos, yillarcha urindim bekor
o'qiyman deb, kuygan yodim xatini.

Men qushman,
qachondir yerga qulagan,
keyincha zaminga moslashgan jismim.
G'aroyib tushlarim esa, shubhasiz,
yodimning kuymasdan qolgan bir qismi...
Goh esa o'ngimda
kuymasdan qolgan
xotiram parchasi sabab bo'larmi,
gavjum shaharlarning ko'chalarida
qanotday yozilib ketar qo'llarim.
Qayga uchis kerak,
bilmayman, ammo
bilarsiz bemalol uxlayotganlar —
silkinib-silkinib kulayotganlar?!
Bilsangiz,
shu tobda jismu jonimni
zaharga aylanib, yoqar qonlarim.
Qushday bo'zlab uchdim boshlaringizda,
qushligin unutgan, og'ajonlarim!

Zora eslasangiz,
zora tilagim,
balki nasib bo'lar sizlar-la uchmak.
Hozircha kechirdim, saqlamadim kek,
chunki men odammas,
chunki men qushman.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:31:24
Agar...

Tuhmatdan yiqilsa
birorta do'stim,
men-chi xilvatlarda berkinib yotsam.
Bu ham yetmaganday ancha vaqt o'tib,
poklikdan so'ylasam,
xotira sotsam.
Yo'q, bo'lmas,
yashardim boshimni egib,
kezardim umrbod yurtma-yurt oshib.
Odamzot ko'ziga qarolmasam tik,
ko'ksimga osilgan bo'lardi boshim.
Yo'q, yo'q, yo'q...
Albatta birga bo'lardim
tamug' malaylari ishga tushgan choq.
Do'stimla yonma-yon turib o'lardom,
ehtimol, o'lardim undan oldinroq.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:33:50
Katta kun

Bu qanday kun o'zi,
qanday kun o'zi,
hattoki mushuklar, itlar ishshaydi.
Soxta qahramonlar ketdilar to'zib,
yolg'on daholarning og'zi qiyshaydi.
Elning boshiman deb yurgan kaslarda
bosh o'zi yo'qligi xo'b bo'ldi ayon.
Pokiza ko'ringan ne-ne dastlardan
parron bir yog'duda yolqinlandi qon.
Bu qanday kun o'zi,
qanday kun o'zi,
joy-joyiga qo'yar hamma narsani,
qay bir munofiqning o'ynatib ko'zin,
bir necha yuziga tortar tarsaki.
Chekka-chekkalarda qilgancha g'iybat,
ishratni omol deb bilgan o'ysizlar
qo'ymijoz bu elning tili yo'q derdi,
og'zingni och elim,
ko'rib qo'ysinlar.
Filodim bu kunning sasin eshitib,
soxtalar zirillar — panoh topilmas.
Narhi ko'tarilar sichqon teshigin,
hayratdan og'izlar endi yopilmas.
Ey, dilim,
dunyodan ozurda bo'lma,
kelajak kunlarga ishonmoq xo'bdir.
Bitta katta kunni ko'rding hozircha,
bu elning kattakon kunlari ko'pdir.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:34:43
Hangoma

Yoz kuni,
katta yo'l.
Go'zal alanglar
go'yoki nimadir yetmayotganday.
Quyosh imillaydi,
go'zalni ko'rib,
go'yoki atayin ketmayotganday.
Go'zal orolanar,
lablarin bo'yar,
qiyiq ko'zlariga suradi surma.
Chakkada bir dasta sadarayhoni,
tirnog'i bo'yalgan qo'lida jurnal.
Munchalar ko'rkamdir supermoshinlar:
oq, qizil, ko'k, sariq, jigarrang, moviy...
Qilichday yigitlar bir zumga to'xtar,
go'zalga tikilib juda ijobiy...
Oq mashina to'xtar: "Oyimqiz, ketdik".
oyimqiz bo'yalgan lablarin burar.
Yashili to'xtaydi: "Oppoq iqz, e hayy".
Oppoq qiz qaramas —
go'yo o'y surar.
Yarqirab to'xtaydi qizili, mana:
"Gaplashib ketaylik, e mayli, attang".
Tovlanib to'xtaydi moviy ranglisi:
"Muncha chiroylisan, joningdan akang".
Bariga noz-firoq,
karashma qilar,
go'yo mana, hozir yo'laydiganday.
Barini kuydirib, mazaxlab qolar,
go'yo bir shahzoda keladiganday.
Quyosh ketib qoldi zerikkanidan,
bunday lanj tomosha yoqmadi chog'i.
O'tar kulrang, nosrang, qora moshinlar,
ko'rinay demasdi ammo zo'rrog'i.
Endi nur o'ynamas sho'x ko'zlarida,
birpasda olam ham qoldi torayib.
Oy chiqqan mahali
silkinib, tutab,
bir balo ko'rindi ko'zga qorayib.
Go'zal qo'l ko'tarar o'zidan o'zi,
oldingi o'ringa o'tirar shoshib.
Haydovchi keksaydi,
tag'in ko'saydi,
kal ham garang edi, shrpaydi ojiz.
Na iloj,
ketish ham kerak edi-da,
lablari so'ligan: yuzida — surma,
o'yida oq, sariq, ko'k, qizil, moviy,
xinoli qo'lida ezilgan jurnal...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:35:04
Orzuga ayb yo'q

Kecha davlat tuzdim,
uncha kattamas,
turar metindan-da qattiq tamalda —
muztasar qonunlar faqat xatdamas,
butun afzalligi,
erki amalda.
Go'yo kim ataylab suvga bosgan bir
koptokday balqidi rangin savlati,
ko'rdi yuksalganin bir fitna olg'ir
o'zi b'og'ib qo'ygan o'zbek davlatin.
Ammo g'arazgo'ylar taxmin qilganday
gurkirab o'smadi yurtda vahshiylik,
to'qnashib qolganda kuldi itlar ham,
shikor-qatag'onga chiqmas dahriylik.
Axir, o'zbeklar ham uchalik go'lmas,
baliq boshdan degan gaplar to'xtadi,
rahbarlar ko'ksini changallab o'lmas,
pinhona xusumat,
zarblar to'xtadi.
Shoirlar nolimas,
sochlar oqargan...
Notiqlar esdalik aytar avlodga:
bir payt, azizlarim,
Masko'p orqali
borib kelar edik qo'shmi afg'onga.
Bundagi elatlar izzt-hurmatda,
ko'zlari chaqchaymas yakkatillikdan,
ko'ngilga yaqinroq bo'ldi g'urbatlar,
hech kimsa o'lmaydi mustaqillikdan.

Yetar shuncha ta'rif,
nozik zamonda
agar aytib qo'ysam ta'rif adog'in,
yonib ketishingiz mumkin armondan,
armon — bu og'ir dard,
judayam og'ir.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:35:28
G'amgin she'r

Umr ham o'tganday...
go'yo bir kunda
nastarin guliday ochilib so'ldik.
go'yo bir nafaslik ravshan quyunda
qalbi so'qirlarga asfsona bo'ldik,
qushlarni muzlatgan qora buyuqda
soyamiz qo'shilib devona bo'ldik.

Marmari qo'rg'onlar oyoqlarida
umrini yondirgan darvozabonlar...
quturgan jaholat tayoqlaridan
sillasi qurigan daryozabonlar...
dunyoning qayroqtosh taboqlarida
kimlarga yig'ladi pari sabolar.

Otlarning chirigan kallasi kabi
mohiyat raftori ko'ringan chog'lar,
oylarning uvalib tushgan pallasi,
yuraklar gulini kuydirgan dog'lar,
kimlarga atalgan edi faylasuf
qoyalar boshida qoraygan dorlar.

Ig'vo chechaklari...
fitna bog'lari...
saltanat poyidan oqqan bazmlar,
tuhmatni shopirgan kunlar novlari,
raqqos libosini kiygan nazmlar,
vaqtning milyonta kar kar go'rkovlari
ezilib kimlarga lahad qazdilar.

Umr ham o'tganday...
nahot bir kunda
nastarin guliday ochilib so'ldik?
Bir nafis gul ko'rdik yovuz jununda,
orzulab ismni armona qo'ydik,
ismi jismiga mos armona bo'ldi,
bu gulga tikilib vayrona bo'ldik.

Zulm moshinlari...
shayton sorlari...
shahvat girdobida suzgan sadolar,
ko'zlari toshlarday qattiq yorlari
javharin nisholda qilgan gadolar...
valilar o'qchigan buyuk tonglarni
qay go'rga yashirib qo'ydi razolat?

Dunyoni tebratgan ziyobonlar ham
kafanga burkanib falakka o'rlar,
o'tlardan chinqirib biyobonlarda
vahshiylar og'ziday ochilgan go'rlar...
haqorat soylari qo'shilgan joyda
tokay qonimizni ichar qonxo'rlar?

Sahro egalari —
g'am tepalari...
zulmatda yig'lagan chechaklar dardi,
moziyga yo'l solgan kun tevalari,
yurakning tuyg'udan yorishgan qa'ri,
vaqtning shafqatsiz nevaralari
qaylarga oborar bizlarni ayrib?

Umr ham o'tganday...
oftob so'lganday...
qayg'uli xarsanglar xayolni ezar,
jannatni sog'inib yotgan cho'llarda
qashqirlar galasi qonsirab kezar.
Ey, gulim,
ko'zlarga yoshlar to'lganda
soyamiz qo'shilgan damlarni eslang!
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:36:49
Qaysar bulbul

Zog'lar orasida bulbulni ko'rdim,
besh-o'n qo'tir zag'cha boshin cho'qigan,
yuragi yorilib o'lsin deb sho'rlik,
bulbul haqida ko'p ig'vo to'qilgan.

Emishki,
xonishi doim arazli,
yo'qotish kerakmish soxta bulbulni,
sahar chog'larida vaysab g'arazli,
atay uxlatarmish necha qizgulni.
Bu ham yetmaganday komil zamonda
saltanat qasriga peshob to'karmish,
tag'in ul millatchi emish ashaddiy,
qayda sayrasa el isyon ko'tarmish.

Ig'volar yog'ilur,
besh-o'n qo'tir zog'
yangi arslonshohga tinmay xat tashir.
Shotirlar ishidan yurar kayfi chog'
qora ko'zoynakni taqqan kattasi.

Arslonshoh almashar,
vazir almashar,
borliqni qaytadan qurmoqda avom.
Zog'lar qag'illashib biram yayrashar,
tag'in ig'voxatlar yozilar ravon.

Emishki,
bu bulbul aybin yashirar,
har nahor o'n kaklik go'shtini yermish,
palon yil pismadon kavakda birdan
sakkizta ayiqni zo'rlagan emish.
Tag'in bir aybi bor,
o'qirmish namoz,
islom bayrog'iga qilarmish sajda,
har qanday jazoni bersangiz ham oz,
hammani qon qilib bo'ldi bu ajdar.

Ig'volar yozilur,
besh-o'n qo'tir zog'
yangi arslonshohga tinmay xat tashir.
Shotirlar ishidan yurar kayfi chog
qora ko'zoynakni taqqan kattasi.

Ajab hangomalar bo'lar qaytadan,
zog'larning ko'zida qaynar ajina.
Zog'lar orasida sayrar ataylab,
bu bulbul o'ziyam juda g'ajir-da.
Hoy, bulbul,
O'zingga bir oz rahm qil,
bo'lmasmi damingni chiqarmay tursang.
Axir qayta qurish...
bo'lmasmi bir yil
zog'lar orasida zog' kabi yursang...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:38:07
Iqror

Rubobiy she'r yozsam...
qaytsam bir nafas...
hamisha musaffo chashmani ko'rsam,
qoraygan cho'qqilar qoriga qarab,
bir nafas xayolchan o'snirga do'nsam.
Voh, o'shal lahzalar...
o'tdimi butkul
gunafsha atirli tansiq tuyg'ular,
sahargi bog'larni uyg'otgan bulbul,
oylarning nurlarin elagan suvlar.
Yashil shajar edim...
Qandoq sog'indim...
ko'zimni yashnatsa rubobiy ranglar.
Qaysi bir dunyoga buncha og'rindim,
dilimni qaritdi besamar janglar.
Men jangchi emasdim,
men shoir edim,
nihoyat shoirdan ko'ra zobitman,
har nafas musulmon millatim dedim.
nafsiga kuyganlar keldi oqibat.
Haromni xush ko'rgan malakfurushlar
zig'irday himmatin qilganda minnat,
yaproqday sarg'ordim buyuk urushda
musulmon yo'q edi,
yo'q edi millat.
Bas, qushlar sayroqi,
yaproqlari mo'l
yashil shajar kabi turay mushakkal,
ilhomim haqida so'ylasinlar xo'b,
zaharli tilimdan to'kilsin shakkar.
Rubobiy sabolar ruhimdan esing,
qaytadan uyg'onsin ilohiy tug'yon.
Voh, yalang shoxlarim qilichday keskir,
bir yaproq qolmaptir shivirlayturg'on.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:39:23
Kuylamog'im shart

Rafael Alberti she'ridan Shavkat Rahmon tarjimasi

Ochlik olib ketar orzuni,
ammo doim kuylamog'im shart.

Turma to'sib qo'yar orzuni,
ammo doim kuylamog'im shart.

O'lim halok qilar orzuni,
ammoki men
o'shandayam kuylamog'im shart.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:39:56
Giyoh

Rafael Alberti she'ridan Shavkat Rahmon tarjimasi

Qichqirvordi uyg'onib tongda:
men giyohman,
bir ho'l giyohman.

Men giyohman,
qat-qat yaproqli,
gultoj bo'lgum ulg'ayganimda.

Men giyohman,
sakrasam agar
shovillashim mumkin daraxtday.

Men baqirib qushga do'naman,
agar uchib chiqsam...

Shu kechasi nozik giyohning
tovushini eshitdi osmon.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:40:17
Qo'shimcha qo'riq
Qurshovda
yurtimning qabristonlari,
qabrlar og'zida to'xtagan paxta,
go'yo sho'rliklarning arzon jonlarin
qutqarib qolganday milyonlab lahad.

Sho'rliklar
bir umr yomg'ir, qor kechib,
faqat qabrlardan halovat topdi.
Uyaldim tunov kun ko'ylagim yechib,
paxta ekilmagan badanim qopti.

Men ham go'l odamman,
birgad ukalar,
poshsholar uxlasin deyman xotirjam,
mengayam ozgina bering shu darddan,
endi paxta eking, badanimga ham.

Faqat badanimga ishlatmang kimyo,
kimyo kirib bo'lgan xonu monimga,
butifos, kataran,
qisqasi, sonming
zaharli dorilar oqar qonimda.

Qo'rqmasdan ekvoring,
tezroq borasiz
yuqori belgilab bergan mo'ljalga,
paxta ochilganda hech bir dorisiz
barglarin to'kvorar
eski g'o'zalar.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:41:20
Yana bir bor ilova qilindi.

Shavkat Rahmon

 

--------------------------------------------------------------------------------
Yovga ters qaragan musulmon emas!..
Xirgoyi...
Muhabbat chiroyli kapalak
Yorilgan harakat bayoni
Ovozim
Armon
Qarsak
Dastxat
Kel, yashirib qo'yayin...
Avj
Xiyonatlardan
Endi jim turasiz
Nodirajon, Shoirajon
Vatan
Qasam
Umr - Qumsoat
Tariqat
Yosh o'zbek shoirlariga
Bo'rilar
Bashorat
Lahza
Tuhmat
Bir ming bir yuz bir shoir
Girya
Sinov maydoni
Dushmanim ko'paydi
Xasta bulbulim
Farishtali
Yana savol
Qo'shiq
Bir xoin xususida
Qaytar dunyo
Shoir kechinmalari
Uchayotgan odam
Agar...
Katta kun
Hangoma
Orzuga ayb yo'q
G'amgin she'r
Qaysar bulbul
Iqror
Kuylamog'im shart
Giyoh
Qo'shimcha qo'riq
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:44:29
Birinchi ilovasi.

Usmon Azim

Shoir haqida

--------------------------------------------------------------------------------
Onamga maktub
Yorijon
Grafika
So'nggi uchrashuv
Alamli qo'shiq
Avto bekatida
O'n yil kechikish
Bekor. Yolg'on!
Endi she'r yozmayman
Dunyodagi Eng Go'zal Ayol
Biz uchrashmadik
Ishq yo'llari xatarlidir
Joningiz qayda?
Xayrlashmoq kerak
Men senga keltirdim
Sevgimiz o'ldimi?!
Ishq ko'zlarni yoshlab o'tadir
Sevgi - xatda naqadar go'zal!
Boysun haqida g'amgin ballada
Ayt, qachon ulgurding jonim bo'lishga
Birga yonmoq baribir sozdir
Besarhad fazo
Kechalari yurak sanchadi
Qiynaladi oftobni kutib
Iltijo etaman
Nahotki bir qarash
Qodir hayot - ulkan yalmog'iz
Iztirobdan
Bog'laringning devorlari mo'l
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:45:45
Onamga maktub
Erta-indin yelar izg’irin,
Yiqiladi bog’larga tuman.
Anglagani yashashning sirin,
So’zlashaman yomg’irlar bilan.

Mastu alast, beg’am do’sti yor,
Toliqtirar qalbimni manim.
Shunda birdan bo’ladi oshkor,
Yolg’izlardan yolg’iz ekanim.

Derazaga ho’l bag’rin bosib,
Kuzak tuni surganda xayol —
Men eng go’zal she’rimni yozib,
Sizni eslab yig’lashim ayon.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:46:16
Yorijon
Umrimni bir olis ishqqa almashdim,
Qochdim hushyorlikdan, tushga almashdim,
Beqanot qalbimni qushga almashdim —
Sizsiz o’tgan umrim bekor, yorijon!
Ne baxtkim, yuragim bemor, yorijon!

Ul ko’zda qay kuni porladi ziyo,
Dunyodan kechgulik topdim bir dunyo.
Bu dunyo nimadur? Bu dunyo — ro’yo —
Faqat pok ishqingiz haqdir, yorijon,
Qalbimga eng yuksak taxtdir, yorijon.

Garchi o’rtamizda sog’inchu hijron,
Garchi visol yo’li vayrondir, vayron,
Ammo azobingiz ko’ksimda har on —
Muqaddas olovday qoldi, yorijon,
Shukurkim, siz bilan yondim, yorijon.

Yashardim o’zimga muz kabi boqib,
Ishq keldi, jo’nadim, daryoday oqib,
Menga habib bo’ldi hatto shum raqib —
Ko’rib — to’lqin-to’lqin qonim, yorijon,
Siz mening jonimsiz, jonim, yorijon.

Hech qachon demasman boshni yo’qotdim,
Eridim, vujuddan toshni yo’qotdim.
Yillarni yo’qotdim — yoshni yo’qotdim,
Mendan ayro tushdi yolg’on, yorijon,
Shundanmi tillarim ravon, yorijon.

Nodon der "žSen borni yo’qqa almashding,
Quyoshni bir g’arib cho’qqa almashding..."œ
Kulaman: "œXalqobni ko’kka almashdim..."œ
Endi yurar yo’lim falak, yorijon,
Qanotga aylandi yurak, yorijon!
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:46:40
Grafika
Ko’zing qaro sening, qoshlaring qaro,
Yuzlaring oq sening, kulishlaring oq.
Qo’lingdagi ta’na toshlaring qaro,
Menga g’amgin boqib turishlaring oq.

Unutishing - qaro, hijroning qaro,
Sog’inching oppoqdir, xatlaring — oppoq.
Qarodir yurganing o’ch-mehr aro,
Menga tashlab ketgan dardlaring — oppoq.

Shommi yo saharmi — vaqtimdir qaro,
Sen deb to’kayotgan yoshlarim oppoq.
Sening ham, mening ham baxtimdir qaro,
O’ttiz to’rt yoshingda sochlaring oppoq.

Ishon, yurak oqdir, qarodir taqdir,
Oq-qaro bo’yoqlar bizning bog’larda...
Men million bo’yoqni bilardim, axir,
Ikkimiz baxtiyor bo’lgan chog’larda.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:49:01
So'nggi uchrashuv

Avval hayron qolding, quvonding, kulding,
Jim qotding. Ko’zingga yosh olding birdan.
So’ng begonaday menga termulding,
Yig’i nuqsi urgan nigohing bilan.

Xavotir ichida deding: "žMen ketdim..."œ
To’xtading. Xo’rsinding. Jo’nading shitob.
Kuzgi chorbog‘ aro yo’qolding, yitding,
Atlas liboslarga belangan sarob.

Avval hayron qoldim. Beparvo kuldim.
Jim qotdim. Go’dakday yig’ladim birdan.
So’ngra begonaday ko’kka termuldim —
Men hanuz falakka begonadayman...



Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:50:13
Alamli qo'shiq
O’zgani sevsang, sevgin,
Men ham senga zormasman!
Kel, yonimga, kela qol deb,
Chorlasang ham bormasman!

O’zi seni nega sevdim?
Buncha bo’lmasam ojiz.
Go’zalmassan, sen shunchaki,
Nayrang-makri ko’proq qiz.

Rostin aytsam arzimaysan,
Na she’rim, na sevgimga.
Men balandman! Qo’ling yetmas!
Ketavergin tenging-la...

Nima deding! Aslo, hech ham
Ko’zimdagi yosh emas.
Yosh bo’lsa ham sening uchun,
To’kmayapman... Bo’ldi... Bas...

Ketgin endi. Sevmayman-ku,
Meni qoldirgin yolg’iz!
Tugayapti sabrim... Tag’in —
Oyog’ingga cho’kmay tiz...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:50:29
Avto bekatida
O’sha — meni hech kim sog’inmagan shom,
Avto bekatida hayrona turdim.
Boshimni ko’tarib boqdim bir zamon,
Qarshimda bir yigit, bir qizni ko’rdim.

Yigitning paltosi... Yo’q, yodimda yo’q...
Aniq, ko’m-ko’k edi qizning paltosi.
Bellarini quchgan belbog’i ham ko’k,
Hatto ko’m-ko’k edi to’rtta tugmasi...

Yigitning ko’zlari... Eslay olmayman...
Oshkor jaranglatib pinhon o’yini,
Qizning ko’zlarida yoqardi gulxan,
Erkalik va ishqning ma’sum quyuni...

Yigitning yuzida bilmayman, nima...
Ammo qizning yuzi qarshimda ayon:
Uni ko’mgan edi gulgun shafaqqa,
Muhabbat — eng moviy pokiza osmon...

Qor bo’lsa yog’ardi, qizning boshidan,
Kumush tangalarni ayamay sochib.
Shamol titar edi — ko’zi, qoshiga,
Manglayiga tushgan bir tutam sochin.

Yigit... Yigit bilan qancha ishim bor!
Ammo qiz yigitni shunday suyardi —
Ki, goh termulardi hazin, beozor,
Goho qo’llarini ushlab qo’yardi.

Toshkentday shaharda, balki dunyoda,
Yagona — hammadan go’zal edi qiz.
Chiqmasa ham telba orzum ro’yobga,
Bo’zlab qarshisiga cho’kkim keldi tiz!

Yigit... Ammo seni nega o’ylayman,
Hozir ham havasdan muzlaydi etim...
Men qorli bekatda vayron turgan shom,
Sen mendan — hammadan baxtiyor eding.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:50:45
O'n yil kechikish
Bizni chalkashtirdi soat millari,
Soating to’xtadi o’n yil muqaddam.
O’n marta aylandi mening yillarim,
Sen o’n yil kechikib kelding, Muharram.

Havo quyuq edi. Kecha bejon, keng...
Hech umid yo’q edi oydin ro’zimdan.
Vaqtga (o’n yil avval) kelolmadim teng,
Vaqt uchdi ajratib meni o’zimdan.

Bir so’zim bor edi — u so’z to’zidi,
Bir o’yim bor edi — quridi u o’y.
Sen kelding eritib yillar muzini,
Qarshimda bir olam turar bahorro’y.

Basabr boqursan, notinch boqursan,
Uyqu bermagaysan she’rlar yozdirib.
Bormasam — olamni o’tda yoqursan,
Ko’zlaring qalbimga kirar bostirib.

Toqat qil. Shoshirma. Men borayapman.
(Poyimdan nur kabi oqa boshlar Yer).
Ketmagin. Men sendan o’n yil nariman,
O’n yildan o’tishga o’n daqiqa ber...

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:51:58
Bekor. Yolg'on!
Bekor. Yolg’on. Botmagan,
Muhabbatning quyoshi.
Tun keldi deb dodlagan,
Bevafolar ko’z yoshi.

Men boraman. Bu jonim,
Senikidir... O’ksima.
Tunda qo’rqma. Oq tongning
Bir parchasi ko’ksimda...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:52:23
Endi she'r yozmayman

Endi she’r yozmayman unga bag’ishlab,
Endi xayolini o’ylab yig’layman.
Ana, qorli kecha — oppoq farishta,
Bo’salar olmoqda aziz manglaydan.

Endi maktublar ham bitmayman — tamom!
Zanjirband qilaman telba qayg’uni.
Ana, qorli kecha — to’zg’igan shayton,
Olib ketmoqdadir quchoqlab uni.

Nahot, qachonlardir chiqadi quyosh,
Nurga yo’g’riladi bu sovuq dunyo?
Endi bu hayotim ketguncha bardosh,
Endi bu hayotim meniki tanho...

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:52:39
Dunyodagi Eng Go'zal Ayol
Sen uxlayapsan.
Derazadan tushgan oy nuri
sudralib-sudralib
ko’rpangga yetar.

Dunyodagi Eng Go’zal Ayol,
oyning nurlariga o’ranib uxla,
oyning nurlarini quchoqlab uxla,
meni sog’ingan lablaringni
oyning lablariga bosib uxlagin...

Men bora olmayman. Yurak to’la tosh.
Ayt, qachon vaznsiz bo’lmoqlik mumkin?
Qanday oy nuriga aylansa bo’lar
Va qachon oy nuriday sarg’aygan qo’llarim
Qaro sochlaringni silab titragay?

Dunyodagi Eng Go’zal Ayol,
nahot, bir umr kerak bo’lsa,
oy nuriga aylanmoq uchun?..
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:53:00
Biz uchrashmadik

Tong chog’i tun bilan kunduz uchrashdi,
Tunda armon bilan yulduz uchrashdi,
Bahor bilan kuzak — baxtxush uchrashdi,
Toshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.

Bulut zamin bilan yig’lab uchrashdi,
Shamol kurtaklarni ilg’ab uchrashdi.
Visol hijron bilan minglab uchrashdi,
Yoshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.

O’lik zil tuproqni otdi ko’tarib,
G’ofil tiriklarni topdi axtarib,
Yo’qlik va borliqni oralab, g’arib —
Boshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.

Sarxush ari bilan uchrashdi gullar,
Erka shodlik bilan uchrashdi munglar,
Nigohlar, bag’irlar, lablaru qo’llar,
Qoshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.

Yoningda turibman dalli devona,
Yorim-a, ketdimi ishq yona-yona?
Men seni quchaman... Sovuq, begona —
Loshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:53:20
Ishq yullari xatarlidir

Endi bizga ishq yo’llari xatarlidir,
Ma’yuslidir, og’riqlidir, kadarlidir,
Ibtidomiz intihodan xabarlidir,
Quvonchi oz, g’ami o’lim qadarlidir.

O’rtamizda begonalar nafasi ko’p,
Poklikning ham, gunohning ham sharpasi ko’p.
Yuraklarning chidab bo’lmas qafasi ko’p,
Umr — daryo, har mavji bir ajdarlidir.

"žOh"œ urarmiz, har "žoh"œimiz — sariq yaproq,
Ishq bog‘ berdi ikkimizga, tumanli bog‘,
Har bir bargi xazonlikda, har bargi dog‘ —
Najotsiz ishq dami odam yutarlidir.

Qarashingda umid bordir, vido bordir,
Baxtli, badbaxt jo bo’lguvchi dunyo bordir,
Qo’rqma, senga meningdek bir fido bordir,
Garchi sevgi ikkimizga zaharlidir.

Yoshlaringni yulduz qilma osmonlarga,
Osmon emas, inson chidar armonlarga,
Kelgin, so’ng bor ishonaylik yolg’onlarga —
Ki, sevgining yo’li mudom saharlidir.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:53:39
Joningiz qayda?

Ishqning osmonida oyga qo’shilib,
Aylangan boshingga bulutlar qaytar.
Mening quchog’imda kuyday eshilib,
Asta shivirlaysan:
- Joningiz qayda?

O’g’irlaysan barcha kalitlarimni,
Sandiqlar ochilar — senga sir aytar.
Izlaysan Qo’ng’irot, Yovmudlarimni,
Horib shivirlaysan:
- Joningiz qayda?

- Shumi? — Qilichimni ko’lga tashlaysan.
- Balki bu? — qo’lingni cho’zasan yoyga.
So’ngra yig’lab-yig’lab so’roq boshlaysan:
- Bir marta ayting-chi,
Joningiz qayda?

O‘zingni qadringni suvga otasan,
Mening izzatimni qotasan loyga.
Bolang o’lgan kabi fig’on tortasan:
- Hamon tirikmisiz —
Joningiz qayda?

Og’ular qo’shasan hamma oshimga,
Har qanday qasoslar tuyilar mayda.
Yalinib turasan yana qoshimda:
- Nega o’lmayapsiz?
Joningiz qayda?

Jonim senda deyman — aylanmas tilim,
Jonim sensan deyman — yuragim to’nar...
Mening omonatim...
Jonim!
Sevgilim!
Endi snei qanday asrasam bo’lar?...

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:54:42
Xayrlashmoq kerak
Xayrlashmoq kerak sen bilan,
Ko’ngillarni uzmoqlik kerak.
Kechmoq kerak g’arib umiddan,
Dunyomizni buzmoqlik kerak.

Boshqalarga bermoqlik kerak,
Kuzgi oqshom charchoqlarini.
Endi ma’yus termoqlik kerak,
Sevgimizning aldoqlarini.

Bizga do’zax va’dalar etib,
Tepamizdan jim boqar xudo.
Seni saqlay, sevgidan ketib,
Ishqda qolib, sen bo’lma ado.

Muncha shirin bu kuz oqshomi
Labingdagi charchoq kalomlar:
- Men do’zaxdan qo’rqmayman, jonim,
Do’zaxdaman allaqachonlar...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:56:30
Men senga keltirdim
Men senga osmonni keltirdim, sevgim,
Anov ikki to’zg’in buluti bilan,
Nimta oyi bilan, hududi bilan —
Men senga osmonni keltirdim, sevgim.

Men senga bahorni keltirdim, sevgim,
Yomg’irlari bilan, sellari bilan,
Gullarni uyg’otgan yellari bilan —
Men senga bahorni keltirdim, sevgim.

Men senga saodat keltirdim, sevgim,
Ko’ngling ravshan bo’lsin — Chirog’i bilan,
Bedorligi bilan, charchog’i bilan —
Men senga saodat keltirdim, sevgim.

Senga bir tinch dunyo keltirdim, sevgim,
"žMana, olgin, dedim, hamma narsa taxt —
Mana bu mehrdir, mana bu-chi — baxt..."œ
Senga bir tinch dunyo keltirdim, sevgim.

Sevgilim, podshohlar senday saxiymas —
Menga bahori yo’q kuz keltirding sen.
Yana osmoni yo’q ro’z keltirding sen,
sevgilim, podshohlar senday saxiymas.
Qatra iqboli yo’q kuz keltirding sen.

Endi ikkimizda hamma narsa bor!
Qani ketdik, jonim,
Bel bukilguncha,
Tomir uzilguncha,
Jon to’kilguncha...
Yashashga iqrormiz, o’limga iqror.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:58:09
Sevgimiz o'ldimi?!

Sevgimiz o’ldimi? - libosingiz ko’k,
Ko’nglingiz — begulxan, ko’zingiz — becho’g‘.
Bizdan borish yo’qdir, sizdan — kelish yo’q —
Kelishsiz dunyoda beg’am, azizim,
Nega ko’zlaringiz benam, azizim.

O’t yetdi — qaqshatdi band-bandlarimni,
Tuproqqa sochdingiz balandlarimni,
Aqlimni, dilimni — bebaxtlarimni —
Borishsiz dunyoga otgan, azizim,
Olisda oy kabi botgan, azizim.

Chunki tunga aytar rost "žoh"œingiz yo’q,
Falakda kezgani sha’n rohingiz yo’q,
Nechun kelmaysiz, gar gunohingiz yo’q —
Boqaman: nigohim — gumon, azizim,
Yo’llaring tumandir, tuman, azizim.

Qarang, ming bir bargda kuzak uchadir,
Qizil-sarig’ida — yurak uchadir,
So’ngaklar uchadir, suyak uchadir —
Bu to’fon — xazonlig‘ menman, azizim,
Sizsiz ming kuzakka tengman, azizim.

Ammo siz sarg’aymang — gulli bog‘ bo’ling,
Yam-yashil ko’karing, mudom sog‘ bo’ling,
Bahornng bagrida beadog‘ bo’ling —
Axir, qarg‘aganim sizmas, azizim,
Ikki kuz dunyoga sig’mas, azizim...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:58:30
Ishq ko'zlarni yoshlab o'tadir

So’zlaringda — hasrat, ko’zlaringda — nam,
Suyganim, g’ussangga to’ldi-ku olam...
Ko’ngil salqinida sevgi — bir shabnam,
Quyosh kulganicha yashab o’tadir.

Tumanlar ichinda bog’lar hayrondir,
Ayriliq bulbuli jonda sayrondir,
Ikkimiz tuzgan bu yurak vayrondir —
Ishq seli xarobat tashlab o’tadir.

Ishq dedik — yo’lida ado bo’ldik biz,
Ishq qayda? Bilmadik — xato bo’ldik biz,
Ishqimizu ishq so’rab gado bo’ldik biz —
Ishq jondan do’zaxni boshlab o’tadir,

Ko’ksimdan qalb chiqdi — ochilib qoldi,
Shamollar tikanday sanchilib qoldi,
Zamon to’fonida yanchilib qoldi —
Oshkormas, pinhon dard yashnab o’tadir.

Suyganim yashamoq sabru qanoat,
Daqiqa — sinovdir, lahza — sinoat,
Ishq deb ado bo’lmoq balki saodat —
Garchi u ko’zlarni yoshlab o‘tadir.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:58:49
Sevgi - xatda naqadar go'zal!

Sevgi — xatda naqadar go’zal!
Dili — ayon, ruxsori — tiniq.
Gar qog’ozga tushgan besayqal,
Ishq selidan ko’zlari tinib.

Sevgi — xatda naqadar sodda,
Unutgandir o’tmish alamin.
Yuragini shoh bilan zotga,
Topshirmoqchi butun olamni.

Sevgi — xatda naqadar yaqin,
Qalamga sir pichirlagan lab.
Go’yo hozir portlaydi — chaqin...
Lablarimda o’tdan qolgan taft.

Sevgi — xatda qanday barhayot...
Tugab borar sabru bardoshim.
Yirtamanu — yetmaydi sabot,
Yoqamanu — tinmaydi yoshim.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:59:07
Boysun haqida g'amgin ballada

Sen bor eding.Meni kuzatding.
-Bolam singib ketma shaharga,
Yurak bilan ko'ksing bezadim,
Eslab turgin olis safarda.
Tillarimda ertak bo'lding sen:

"Bor ekanda,
Yo'q ekan,
Och ekanda,
To'q ekan.
Ko'rdim,
Kezdim,Boysunday joy
Bu olamda yo'q ekan".

Hayron boqib do'stu begona,
Xayolkash deb kuldilar ro'y-rost.
-Boysun? Bunday joy yo'q, devona,
U tushingga kiribdi xolos.

Bu hukmga bo'lmasdan rozi,
Ertagimni kuylardim takror.
-Qulog'imda hamon ovozi,
Ishoninglar,do'stlar, Boysun bor!

Yuragimga sig'madi sog'inch.
Bu'lmayin deb hijronda vayron-
Endi kuylay boshladim notinch:
-Boysun!Boysun! Boysun! Boysunjon...

Asta-asta, bir-bir etdi rom,
Yuraklarni ohangrabo kuy.
Dedilarki:-Qani oshnajon,
Boysuningni bir ko'rsatib qo'y.

-Qani ketdik!
Shahri shovqinzor
Boshingizni qo'ymish gangitib.
Hali ko'rasizlar, Boysun bor!-
Peshvoz chiqar mehr anqitib.

Yo'llar yurdik, tog'lardan oshdik.
-Boysun qani? Boysun qaerda?
-Bir kun qalbim sevinchdan toshdi,
Men yetgandim tug'ilgan yerga.......

* * * * *

Maysalar,tovonim sizni sog'inar,
Toglar,viqoringiz qalbimda mangu.
Qaydadir qo'zichoq bo'zlar, oh urar,
Qirlarda adashgan sog'inchimmi u?

Qorlar erib oqdi bu g'amli fursat.
Bu fursat eridi tog'larning toshi.
Yurak, rahming kelsin, to'g'ri yo'l ko'rsat,
Men qanday Boysunga ketay qorishib?

Yurgan yo'lim to'fon bu g'amli fursat...
Qat'iyat ko'z yoshday oqqan mahali,
Yurak, rahming kelsin, to'g'ri yo'l ko'rsat,
Men qanday Boysundan ketay ajralib???
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:59:26
Ayt, qachon ulgurding jonim bo'lishga

Endi tikanlimi bu erka yo'llar,
Yo yo'l tugadimi - endi qaytishmi?
Gullagan sevgidan qoldimi cho'llar,
Endi begonaday "xayr" aytishmi?

Oh, qachon aldashga o'rganasan sen,
Yuzingda kulgiyu, labingda titroq.
Men uchun o'rtanmay, o'rtanasan sen...
Qo'rqma! Tillarimda qolmadi so'roq.

Ne qilay? Yurakdan bo'shadi tanim,
Najot - ko'nishdami, najot - o'lishda?..
Azizim, azizim, azizim manim,
Ayt, qachon ulgurding jonim bo'lishga?

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 00:59:47
Birga yonmoq baribir sozdir

Musiqa! Izmingga tushganlar xordir -
Hamma pinhon dardni oshkor etdi kuy.
- Jonim, najot bormi?
- Najot? Ha, bordir! -
Kuygin! Yana kuygan! Faqat yana kuy!

Musiqa! Uzilsin sening torlaring -
Qaytadan ko'ngilda titrandi alam.
Gulxanga aylandi yo'g'u borlarim:
- Jonim, olovdaman!
- Yonayapman men ham!

Musiqa! Jonimning ichida bural,
Bo'g'zimga qadalgan azobing ozdir...
- Jonim, yonmoq buncha shirindir bu gal!
- Jonim, birga yonmoq baribir sozdir.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:02:18
Besarhad fazo
Sen yo'q eding. Besarhad fazo,
Olti qit'a, to'rt bahri ulkan
O'rtasida yashadim tanho
Mushtday mo'jaz yuragim bilan.

Hayajonu zavqdan begona,
Tinch daryoday jim oqdi umrim.
U zamonlar sen bir afsona,
U payt hali yo'q eding, qumrim.

Vahimali, cheki yo'q olam,
Bag'rida har sharpadan cho'chib
Yashadim men - eng mitti odam,
Goh miltirab, gohida o'chib.

So'ng sen kelding sevib, o'rtanib,
Panohimga, mehrimga mushtoq.
Yoningdaman, qo'rqma, sevgilim,
Men naqadar qudratliman, boq!

Sehrgarman, ko'k shevasida
Yulduzlar-la so'ylay olaman.
Mast erurman ishq kemasida,
To'fonlarda o'ynay olaman.

Men saxiyman - kim istasa baxt
Ko'ksin nurga to'ldiradurman.
Oyni ko'kdan uzib olib dast
Peshonangga qo'ndiradurman.

..Gulim, sovuq boqma, qo'rqaman,
Qo'rqaman boz bo'ladi paydo -
Olti qit'a, to'rt bahri ulkan,
Huvillagan dahshatli fazo...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:02:38
Kechalari yurak sanchadi...

Kechalari yurak sanchadi,
Tutunlarga to'ladi boshim.
Rutubatli tunni yanchgani,
Ruhimda bir porla, quyoshim.

Kunduzlarim manim - lahzalik,
Tunim - uzun. Uzun. beadad.
Yurak - yana bitta larzalik,
Jonim - yana bir og'riq faqat.

Ko'kragimdan kelib bosadi
Tosh tunlarning befarq toshligi.
Bo'shliqlarga o'zin osadi
Adashibmi kelgan yoshligim.

Tunim - uzun. Uzun. Masiqib
Tunni sudrar tentak shamollar.
Derazamga boyqushlar qo'nar,
Qo'nar juda yomon xayollar.

Yonar, erir gunohkor bardosh
Do'zaxlarning shundoq yonida...
Tug'iladi ruhimda quyosh -
Hayot-mamot jarayonidan...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:06:28
Qiynaladi oftobni kutib...

Qiynaladi oftobni kutib
Yomg'irlarda ivigan shahar...
...Uxlab qolding, yig'lab, qon yutib,
Ko'ringanda ufqda sahar.

Men taqdirdan hech nolimayman,
Gar almashdi shomga tongimni.
Olib keldi bu oqshom bilan
Uzoqlarda qolgan jonimni.

Mening sarson umrimga oydin
Rivoj tilab u chekdi fig'on.
Oyog'ini tavof qildim men -
Dunyoda eng omadsiz o'g'lon.

U hech narsa qilmadi talab,
Ming o'rgildi qoshu ko'zimdan.
Uning qaro sochlarin silab,
Bu tun kechdim hatto o'zimdan.

Yomg'ir yog'di mayda-maydalab,
Mayda-mayda bo'ldi yuragim.
Tong otguncha qayta-qaytalab,
"Sevasanmi" deya so'radim.

Qiynaladi oftobni kutib,
Yomg'irlarda ivigan shahar...
...Sen ketasan qayga qon yutib,
Meni qayga boshlaydi sahar?
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:06:52
Iltijo etaman

Iltijo etaman - Qush qilib yarat,
Tangrim, uchmoqlikka qanot ber, qanot.
Ko'nglimga, ko'zimga beparvo qarab,
Meni yer qa'riga tortmoqda hayot.

Shaffof shiddatini dunyoga yoyib,
Shamolli yo'llarim uzlatga ketdi.
Botib borayapman yerga...
Xudoyim!
Hayotning quyqasi bo'ynimga yetdi.

Yerga botayapman... Bu tavqe la'nat -
Keng dunyo degani shuncha tormikan?
Tangrim!
Yolvoraman -
Qush qilib yarat...
Yerga qo'nmaydigan qushlar bormikan?

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:07:12
Nahotki bir qarash

Nahotki bir qarash...
Bir beso'z xitob...
Bir to'lqin... umring oromin buzsa...
Shuncha go'zalmisan,
Shuncha sershitob -
Qayerlardan kelding, jonginam g'ussa?

Bilmadim, qay unut bahordan sabo
Had bilmay - yetishdi kuzimga qadar.
Kuz va bahor aro yoz tursa ammo,
Ko'rishmoq hijrondir,
Muhabbat - kadar.

Uch oyning uytidan qo'lingni cho'zding,
Uch oyning ustidan o'tdi bir qarosh.
Hayotnim
Ehtimol o'limni cho'zding -
Kuzu bahor aro taloshman, talosh.

Bir ishqning yo'lida
Ul erka bahor
Nahotki, kuzaklik qarorin tuzsa?
Mening ko'zlarimda yoshim shashqator...
Sen nega kulasan, gullagan g'ussa?
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:07:33
Qodir hayot - ulkan yalmog'iz

Qodir hayot - ulkan yalmog'iz,
Sezib jonim mazalarini,
Yetti yamlab, qilding bir og'iz,
Umrimning sha'n lahzalarini.

Mahkamlading borlik eshigin,
Ochding yo'qlik darchalarini.
"Borsa-kelmas" sari uzatding,
Yillarimning parchalarini.

Aldoqlarga sen meni otding,
Sotding shayton hammollariga.
Mendan kechding -
Bir o'zim botdim,
Yuragimning zindonlariga.

Qodir hayot - makkora maston,
Yoqsang - olov, o'chirsang - kulman.
Kun ko'rmadim dunyoda oson -
Yuragimga men ham bir qulman.

Hali tirilishim beadad,
Hali qanday o'lishlarim bor...
Meni nima qilasan aldab,
Rostdan umring ming yilmi, chinor?
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:07:54
Iztirobdan

Iztirobdan
Yurak yuksalib borar,
Teranlashib borar,
Borar kenglashib,
Go'shtlikdan
Asabga aylanib borar,
Tobora boradi ruhga tenglashib.
Iztirobning munglig' tumanlarida
Tentirab yurarkan o'zlik - mitti cho'g',
Kechib vaznsiz to'g'onlaridan,
Sokin tutashadi ko'ngil bilan ko'k.
Iztirob - umrning xazonligida
Kunlaring haq sari tashlarkan qadam,
Qalb chiqib betartib to'g'onligidan,
Ko'radi: o'limu hayot bir qadam.
Senga nimanidir aytmoqchi bo'lar,
Sog'inchdan titranib mangulik labi -
Senga
Hamma narsa
Oson tuyular:
O'lim - yashamoqning davomi kabi...

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:08:13
Bog'laringning devorlari mo'l

Bog'laringning devorlari mo'l,
Bo'yim yetmas - devori baland.
Berk eshikka taqaladi yo'l -
Ichkari band - shamol bilan band.

Shoxlarini devordan otdi,
Meni hatto ayadi daraxt.
Ammo yo'lga devoring qotdi -
Ichkari band - salqin bilan band.

Anhorlarim manim quridi,
Saratonda yonib ketdi baxt.
Tashqarida faqat g'ururim -
Ichkari band - gullar bilan band.

Bog'laringning bo'ldim gadosi!
Kulgilarning jarangi bebaxt,
Unutilgan ishqning sadosi...
Ichkari band - kulgu bilan band.

Devorlardan o'tadi uchib
Kapalaklar - qanday tolemand...
Seni butun bog' bilan quchib
Ichkari band - mastlik bilan band.

Daraxtlarning shovullashlari
Bo'g'inimni etadi band-band...
Xayolimning yashil mavjlari -
Ichkari band - bir sen bilan band.

Yoz! Ijozat so'ra Tangridan,
Bir kechaga qolayin butun...
Dil oqmoqda... Bu bog' bag'ridan
Ariq bo'lib o'taman bu tun.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:10:58
Ikkinchi ilova qilinishi.

Usmon Azim

 

--------------------------------------------------------------------------------
Onamga maktub
Yorijon
Grafika
So'nggi uchrashuv
Alamli qo'shiq
Avto bekatida
O'n yil kechikish
Bekor. Yolg'on!
Endi she'r yozmayman
Dunyodagi Eng Go'zal Ayol
Biz uchrashmadik
Ishq yo'llari xatarlidir
Joningiz qayda?
Xayrlashmoq kerak
Men senga keltirdim
Sevgimiz o'ldimi?!
Ishq ko'zlarni yoshlab o'tadir
Sevgi - xatda naqadar go'zal!
Boysun haqida g'amgin ballada
Ayt, qachon ulgurding jonim bo'lishga
Birga yonmoq baribir sozdir
Besarhad fazo
Kechalari yurak sanchadi
Qiynaladi oftobni kutib
Iltijo etaman
Nahotki bir qarash
Qodir hayot - ulkan yalmog'iz
Iztirobdan
Bog'laringning devorlari mo'l
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:15:45
Birinchi ilova. Sherlar mavzulari.

Mavlono Lutfiy

Ko'zing qorasi fitna
Jonim chiqadur dard ila
Bu ko'nguldur, bu ko'ngul
Qadu og'zingg'a boqsam
Nega jonima jafo qilursan?
Qon bo'ldi ko'ngul
Ruboiylar
Tuyuqlar
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:17:02
Ko'zung qorasi fitna

Ko'zung qorasi fitna, vale oqi balodur,
Jonlar oladur,vah, ne balo ko'zi qarodur?

Ko'z ustida jon olg'uvchidur xoliyu qoshi,
Bir-birga bari fitna qotilg'an ne balodur?

Hamdardtur aytay anga holimkim,inong'ay,
Gulshandin o'shul bulbuli miskin,ki judodur.

"Bosh o'ynayinu jon berayin vasl uchun" - ayttim,
Xush-xush kulub aytur mangakim:"Yaxshi bahodur!"

Ko'p qilma aning javridin,ey Lutfiy,shikoyat,
Kim,husn elining shevasi payvasta jafodur.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:18:35
Jonim chiqadur dard ila

Jonim chiqadur dard ila, jononima ayting,
Men xasta gado holini sultonima ayting.

O'rtanmagu ko'z yoshiyu o'lmakturur ishim,
Bu qissani ul sham'i shabistonima ayting.

Qat-qat yuragim bog'ladi qon g'uncha meng'izlik,
Bu dardi dilimni guli xandonima ayting.

Qon yoshim erur yux uza yulduz kabi sonsiz,
Ul ko'zlari cho'lpon,mahi tobonima ayting.

Lutfiyi dilafkor tilar hajr eliding dod,
Ahvolini ul begimau xonima ayting.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:18:57
Bu ko'nguldir, bu ko'ngil

Meni shaydo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul,
Xoru rasvo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

O'qdayin qomatimizni qora qoshlig'lar uchun,
Muttasil yo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Meni yozg'urma "sevar" deb,ki mening haddim emas,
Ul tamanno qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Borma derlar eshiki sori damo-dam,netayin,
Ko'p taqozo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Qora mo'yin havasi birla qorong'u kechada,
Jonni savdo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Dushmanu do'st orasinda meni g'ofilni mudom
Be saru po qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

O'zgadin ko'rma,ki ko'zung yoshini, ey Lutfiy,
Ayni daryo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:19:19
Qadu og'zingga boqsam

Qadu og'zingg'a boqsam, oh derman,
Seni ko'rgan sayin Olloh derman.

Tilar ko'nglim seni olamdau bas,
Bu nisbatin seni dilxoh derman.

Meni haddim emaski,istasa vasl,
"Ko'z uchi birla boq goh-goh" - derman.

Qusuri tab'din derman seni sarv,
Erur ul noravo bir oh derman.

Etagingga kishining ilki etmas,
Seni bu vajh ila men moh derman.

Sening qadding bila nozik yururda,
Erur o'zga nima hamroh derman.

Jamoling Lutfiy so'zin qildi rangin,
Sening husnungga "shay'anlilloh" derman.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:19:40
Nega jonima jafo qilursan

Nega jonima jafo qilursan?
Vaqti o'ldi agar vafo qilursan.

Jonim chiqadur firoq o'tindin
Dardimg'a qachon davo qilursan?

Ul zulfni solma yuzung uzra,
Kim yuz bila ming balo qilursan.

Bo'ynungda qonim, ki bizni, ey ko'z,
Xo'blar bilan oshno qilursan.

Jondin ilikingni,Lutfiy, yuvg'il,
Chun ishq bila marhabo qilursan:
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:19:58
Qon bo'ldi ko'ngul

Qon bo'ldi ko'ngul firoqingizdan,
Jon kuydi ham ishtiyoqingizdan.

Dinu dilu aql bo'ldi yag'mo,
Jon olg'uvchi ul qaroqingizdan.

O'qtek bo'yimiz egildi yodek,
Ul fitnalik ikki toqingizdan.

Su bo'ldi jonim,vale damo-dam
O'tqa yoqilur dudoqingizdan.

Oltun kabi chehra bo'ldi sorig',
Ul sim tikin saqoqingizdan.

Ko'rsam kerak oyu kun bulutsiz,
Sochni ketoring yangoqingizdan.

Bu Lutfiyi xastani so'rungkim,
Bechora o'lar firoqingizdin.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:20:19
Ruboiylar

Sensizin ayshu sururim qolmadi,
Yig'lamoqtin ko'zda nurim qolmadi.
Ul quyosh yuzungdin ayrulg'on uchun,
Qayg'udin zarra huzurim qolmadi.

* * *

Sayd qildi bizni jayron ko'zlari,
Delva bo'ldi jon eshitib so'zlari.
Yor agar qilsa inoyat ne ajab,
Qulni chun devona qildi o'zlari.

* * *

Bu ne qoshu g'amzayi ayyor erur?
Bu ne shaklu shevau raftor erur?
Sizga osondur agar men bo'lmasam,
Sensizin lekin menga dushvor erur.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:20:38
Tuyuqlar

Garchi qurutmas ko'zumning yoshini,
Haq uzun qilsun ul oyning yoshini.
Yig'lama ko'p, bu vujuding ishq o'ti,
Ne qurug'in qo'yg'usi,ne yoshini.

* * *

Necha dedim:"Ul sanamg'a bormag'in!"
Qilmadi ul tark oxir bormag'in.
Munchakim,xudraylig' ko'rguzdi ul,
Aql hayrat qildi tishlab barmog'in.

* * *

Men sening ishqingdin,ey dil, bandaman,
Vah,qachon eytkayman ul dilbanda man.
Bevafolarg'a meni qilding asir,
Sen menga sultonsan,ey dil, bandaman.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:24:48
Ikkinchi ilova. Sherlar mavzusi

Mavlono Lutfiy

Ko'zing qorasi fitna
Jonim chiqadur dard ila
Bu ko'nguldur, bu ko'ngul
Qadu og'zingg'a boqsam
Nega jonima jafo qilursan?
Qon bo'ldi ko'ngul
Ruboiylar
Tuyuqlar
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:25:46
Birinchi ilova. Sherlar nomi

Boborahim Mashrab

Sig'mamdur
O'ttum
O'rtar
Chidolmas
Men nola qilay shomu sahar
Kelmading bir qoshima
Meni yo'qlar kishim bormu
Shodmonlik istama
Ko'rsat jamoling
Har kishini dardi bo'lsa
Tushti savdoi muhabbat boshima
Yuzi mohi tobon qiz
Ko'rgoli keldim
Devona bo'ldim
Dastingdan
Yorga yetar kun bormu
Hech kima ma'lum emas
Nogoh ko'rubon jamoling

Mashrabnoma
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:28:55
Sig'mamdur

Ajab majnun erurman, dasht ila sahrog'a sig'mamdur,
Dilim daryoyi nurdur, mavj urub dunyog'a sig'mamdur.

Shariat ham, tariqat ham, haqiqat mendadur mavjud,
Chu sultoni azaldurmanki, arshi a'log'a sig'mamdur.

Xaliloso bu yo'lda otashi Namrud - me'rojim,
Hamon durri haqiqatmanki, har dunyoga sig'mamdur.

Rizo mulkidaman, halqumni tuttum tig'I Akbarga,
Bu yo'lda siynai poki Zabunullog'a sig'mamdur.

Agarchande ziyorat qilmadim men Ka'bayi zohir,
Tariqat hojisidurmanki, Baytulloga sig'mamdur.

Gahi bo'ldum faqiru, gohi shohu, gah gadodurman,
Ajab devonaman, fardoki mahshargohg'a sig'mamdur.

Maqomi hayrat ichra gohi xudman, gohi bexudman,
Junun bozorida mastmanki, istig'nog'a sig'mamdur.

Gah o'rus, gohi cherkas, gohi mo'min, gohi tarsoman,
Ne kavnayni miyoni lou illollog'a sig'mamdur.

Mudom miskin erurman chun g'uloming - Mashrabingdurman,
Meni bechora bu dunyo bilan uqbog'a sig'mamdur.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:29:17
O'ttum
Ishq vodisidin bir kecha men "hay-ha"lab o'ttum,
Monandi nayiston gulig'a o't qalab o'ttum.

Ofoqni bir lahzada kezdim, na ajabdur,
Mino tog'idin akkasifat hakkalab o'ttum.

Ottim fashi-dostorini devonalig' aylab,
Parvonasifat jonimi o'tqa qalab o'ttum.

Bildimki, vafosi yo'q ekan ushbu jahonni,
Mardona bo'lub, balki, etak siltalab o'ttum.

Dunyo yasanib, jilva qilib oldima keldi,
"Borg'il nari!" deb (ketig'a) bir shattalab o'ttum.

Bildimki oni, dushmani makkorayi ayyor,
"Lo" tirnog'I birla yuzini tirmalab o'ttum.

Mardoni xudo dediki: "Dunyo mayi achchig'",
Achchig'ligini bilmak uchun bir yalab o'ttum.

Nafs kofiri birla tunu kun qildim urushni,
Tanho qilichi birla urub, qiymalab o'ttum.

Xomush pichog'in har dam oning bo'g'ziga qo'ydum,
Cho'g' nayzasi birla ko'zini nayzalabb o'ttum.

Devonayi Mashrab, bu so'zung dardga davodur,
Oshiq elining ko'nglig'a bir o't qalab o'ttum.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:29:37
O'rtar

Agar oshiqlig'im aytsam, kuyub jonu jahon o'rtar,
Bu ishq sirin bayot etsam, taqi ul xonumon o'rtar.

Kishiga ishq o'tidin zarraye yetsa, bo'lur giryon,
Bo'lub besabru betoqat, yurak-bag'ri chunon o'rtar.

Nechuk toqat qilay, do'stlar, bu dard ila bo'lub hayron,
G'amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig'on o'rtar.

Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda,
"Nigoro!" deb oting aytsam, ki shavqingdin zabon o'rtar.

Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay,
Tilim lolu ko'zum giryon, so'ngaklarni nihon o'rtar.

Na qattig' kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo'lmoq,
Mening ohim o'tig'a bul zaminu osmon o'rtar.

Yurakda dardu g'am qat-qatki, menda qolmadi toqat,
Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o'rtar.

Bu dard ila xarob o'ldum, kelib holimni so'rmassan,
Unum chiqsa yurakdin, bu tanu jon, ustixon o'rtar.

Bu Mashrab dardini, jono, ki hech kim boshig'a solma,
Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o'rtar.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:30:01
Chidolmas

Ishq mazhabiga taqviyu toat chidayolmas,
Tasbehu sano, zuhdu ibodat chidayolmas.

Kim ko'rsa o'shal dilbari ra'noni bayakbor,
Betoqat o'lub, ayshi farog'at chidayolmas.

Faryodu fig'onlar qiladurman kecha-kunduz,
Hayratda qolib, qad ila qomat chidayolmas.

Adhamsifat ul kirsa kishi faqr yo'liga,
Osoyish ila xayri saxovat chidayolmas.

Arbobi muhabbatga yetib bo'yi sanamdin,
Aqli ketibon sabru qanoat chidayolmas.

Ey zohid, agar ko'rsang o'shal mohliqoni,
Zuhdu vara'u kashfi karomat chidayolmas.

Devona qilar ishqi sanam vasli chu Majnun,
Nomusu hayo, aybu qabohat chidayolmas.

Kim jomi muhabbat mayidin jur'aye ichsa,
Shohona hasham, izzatu hurmat chidayolmas.

Bu ishq elining har dam etar valvalasig'a,
Beshubha, biling, dasti irodat chidayolmas.

Mashrab, kelibon ko'ngul ila raqsi samo' qil,
Ishq mazhabida obi tahorat chidayolmas.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:30:21
Men nola qilay shomu sahar

Men nola qilay shomu sahar dod, eshigingda,
Jonimni beray, sho'xi parizod, eshigingda.

Ul lolavu rayhonu suman, toqa qizil gul,
Ham sarv bukuldi, qadi shamshod eshigingda.

Xo'boni jahon bo'lsa taqi Yusufi Kan'on,
Sultonu amir bandayo, ozod eshigingda.

Zulfing seni bu jonima yuz domi balodur,
Jonim qushi sayd o'ldi chu sayyod eshigingda.

Olam borisi lazzati husnungni topibdur,
Giryonu fig'on, nolavu faryod eshigingda.

Savdoyi muhabbatga tushubman seni izlab,
O'lturdi g'aming, ko'zlari jallod, eshigingda.

Ashkim to'kubon hajru g'amingda kecha-kunduz,
Vayrona vatan - manzul obod eshigingda.

Ul husnu jamoling o'ti Mashrabg'a tushubdur,
Parvonasifat quydi, parizod, eshigingda.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:30:45
Kelmading bir qoshima

Tushti savdoyi muhabbat boshima,
Or etar mardum kelurg'a qoshima.

Vah, muhabbat ko'yida qon yig'ladim,
Yeti iqlim g'arq bo'ldi yoshima.

Sajda aylar zohid ul mehrobig'a,
Men qilurman sajda egma qoshima.

Qil hazar, albatta, jonon, qahrdin,
Uzru zorim senga - bag'ri toshima.

Muhtasib to'kturdi soqiy bodasin,
Yetmadi aqli aning sirdoshima.

Kunda yuz ming jabr qilsang, o'rgulay,
Qo'y qarab g'am toshina bardoshima.

Mashrabi devonaman hayron qilib,
Ne sababdin kelmading bir qoshima.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:31:03
Meni yo'qlar kishim bormu
Namangondin ketar bo'lsam, meni yo'qlar kishim bormu?
G'ariblik shahrida o'lsam, meni yo'qlar kishim bormu?

Qani qavmu qarindoshim, bu yo'lda bo'lsa yo'ldoshim,
Ko'zumdin oqizib yoshim, meni yo'qlar kishim bormu?

Muhabbat sharbatin ichtim, qazondek qaynabon toshtim,
Bu foniy dunyodin kechtim, meni yo'qlar kishim bormu?

Tushubdur boshima savdo, ramuzu ishqdin g'avg'o,
O'ziga ayladi shaydo, meni yo'qlar kishim bormu?

Turarga toqatim yo'qtur, yurarga holatim yo'qtur,
Yurakda ishq o'ti cho'qdur, meni yo'qlar kishim bormu?

Qarorim yo'q turay desam, Namangonda yuray desam,
Jahonni sayr etib kezsam, meni yo'qlar kishim bormu?

Bu miskin zor Mashrabni kishi holini bilmaydur,
Bu yerdin bosh olib ketsam, meni yo'qlar kishim bormu?
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:31:23
Shodmonlik izlama

Shodmonlik izlama, ohir boshinga g'am kelur,
Odamining boshiga andishayi motam kelur.

Osmonga etsa boshing misli Muso homush o'l,
Sar daraht nurmeva bolgan songra boshi ham kelur.

Odamiyning asli birdur, bir-biridin farqi bor,
Necha qari o'tgan soghun dunyoga bir odam kelur.

Vahmi mahshardin gapurmang norasoni oldida,
Goshi kargha haq sozi albatta noforam kelur.

Yighlamoq oson emasdur, ey jigarbandim, eshit,
Mulki dil sadpora bolghan song kozingdan nam kelur.

Olimi ilmiga maghrur, johili isyonga gharq,
Kas ne bilsun, rozi mahshar kimni toshi kam kelur.

Yoshligingda yolga kirghil, toki topqaysan kamol,
Gar jarohat kohna bolghan songra bemalham kelur.

Mashrabo, siynamdagi dardimni aytsam, arsh kuyar,
Yol hatadur, qorqaman, majlisga nomahram kelur.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:31:44
Ko'rsat jamoling

Ko'rsat jamoling mastonalarg'a,
Ishqingda kuygan parvonalarg'a.

Mendin duodur,sendin - ijobat,
Jonim tasadduq jononalarg'a.

Ey ko'ngli qattig',rahm aylamaysan,
Qilg'il nazar sen bechoralarg'a.

Mashrab seni deb kechti jahondin,
Boshini qo'yub ostonalarg'a.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:32:01
Har kishini dardi bo'lsa

Har kishini dardi bo'lsa, yig'lasun yor oldida,
Qolmasun armon yurakda, etsun izhor oldida.

Andalibi benavodek nola-yu afg'on bila
Doimo yig'lab turarman ayni gulzor oldida.

Mansuri Xallojdek ichib sharobi antahur,
Charx urub,yig'lab turarmen ushbu dam dor oldida.

Har kishi bir jur'ae no'sh aylasa bu bodadin,
Ul qiyomatda qilur arzini Jabbor oldida.

Telba Mashrab,qilmag'il sirringni zohidga ayon,
Aytib-aytib yig'lagaysan oshiqi zor oldida.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:32:19
Tushti savdoi muhabbat boshima

Tushti savdoi muhabbat boshima,
Or etar mardum kelurg'a qoshima.

Ul muhabbat ko'yida qon yig'ladim,
Etti iqlim g'arq bo'ldi yoshima.

Sajda aylar zohid ul mehrob aro,
Men qilurman sajda egma qoshima.

Muhtasib to'kturdi soqiy bodasin,
Etmadi aqli ani sirdoshima.

Kunda yuz jabr etganingdin o'rgulay,
Qo'y qarab g'am toshini bardoshima.

Mashrabi devonani hayron etib,
Ne sababdin kelmading bir qoshima?

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:32:38
Yuzi mohi tobon qiz

Kokulung anbar durur, jon ichida jonon qiz,
Ko'zlaring axtar durur, yuzi mohi tobon qiz.

Lablaring erur la'ldek, yuzlaring qizil guldek,
Barcha sengakim quldek, xizmatingga qurbon, qiz.

Tar orazing gul, soching sunbulki,tishlaring dur,
Sarv qadlig', qosh ko'rung oftobi davron qiz.

Bir ko'rib seni, zolim, qolmadi mening holim,
Tang bo'lubdur ahvolim, bilmadingmu, nodon qiz?

Oy yuzingni ko'rganda, lablaringni so'rganda,
Mashrabing bo'lur banda, qilsang ani mehmon qiz.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:32:57
Ko'rgoli keldim

Ishqing o'tig'a kuygoli keldim,
Oydek yuzungni ko'rgoli keldim.

Savdoi zulfing tushdi boshimg'a,
Sendinn savolr so'rgoli keldim.

Bahringga kirdim g'avvos bo'lay deb,
Bir durri maqsud olgoli keldim.

Mani so'rasang, ey gul'uzorim,
Mahvi jamoling bo'lg'oli keldim.

Qofila ketti,manzilga etti,
Men ham boray deb ketgoli keldim.

Soqiy, qadahni qilg'il muhayyo,
Vahdat mayidin ichgoli keldim.

Rahmat eshigin Mashrabga ochg'il,
Ishqing ko'yida o'lg'oli keldim.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:33:18
Devona bo'ldim

Ko'rdum yuzungni - devona bo'ldum,
Aqli hushimdan begona bo'ldum.

Tortib jafoni o'lsam ko'yingda,
Qaytmasman hargiz - mardona bo'ldum.

Bo'lib jahonda rasvoi olam,
Yaxshi-yamonga afsona bo'ldum.

Kavsar sharobi yodimg'a kelmas,
La'li labingdin mastina bo'ldum.

Yumdum ko'zumni sendin bo'lakdin,
Kechdim baridin, rindona bo'ldum.

Ko'rdum tushumda sham'i jamoling,
Charx urub ondin parvona bo'ldum.

Ishqing mayini sundi bu jismim,
Ham soqi-yu ham paymona bo'ldum.

Bir qatra erdim, cho'mdum dengizga,
Kirdim sadafga - durdona bo'ldim.

Kuydirmasa o't, bo'lmas yag'och cho'g',
Ishq o'ti birlan hamxona bo'ldum.

Bo'ldum fano men tufrog' ichinda,
Bir dona erdim, ming dona bo'ldum.

Ul yuz o'tida bud bo'ldi nobud,
Jon jong'a kirdi, jonona bo'ldum.

Tegdi ko'zingdin har damda ming tiyr,
Avval edim dasht, gulxona bo'ldum.

Bir necha yildur yordin judoman,
Bilmay o'zumni hayrona bo'ldum.

Kuymas,dedilar, ma'murai ganj,
Obod edim man, vayrona bo'ldum.

Mashrabga may sun mayxona ichra,
Kechtim baridin - rindona bo'ldum.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:33:41
Dastingdan

Ne g'urbatlarni chektim charx bebunyod dastingdin,
Mudom motamda qoldim, bo'lmadim dilshod dastingdin,
Tamomi xonumonim bo'ldi chun barbod dastingdin,
Qafasdin bo'lmadimki qumridek ozod dastingdin,
Hama obod bol'di, bo'lmadim obod dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdin.

Dilimning quvvati, ruhi ravonimdin ayirdilar,
Ko'zimning oqi yanglig' mehribonimdin ayirdilar,
Azizim, hamdamim, oromijonimdin ayirdilar,
Jahon gulzorida ul gulistonimdin ayirdilar,
Hama obod bol'di, bo'lmadim obod dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdin.

Chamanda bulbuli sho'ridadurman, oshyonim yo'q,
Misoli chug'dek vayronalarda ham makonim yo'q,
Vafolig' yor deb chiqti, jasadda balki jonim yo'q,
Azizimdin judo bo'ldum, boshimda soyabonim yo'q,
Hama obod bol'di, bo'lmadim obod dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdin.

Meningdek g'amga qolgan, dilparishon o'lmasun hech kim,
Ko'zi chun termulub yo'llarda vayron o'lmasun hech kim,
Bahori gulshani umri zimiston o'lmasun hech kim,
Bu dunyo diydasig'a torikiston o'lmasin hech kim,
Hama obod bol'di, bo'lmadim obod dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdin.

Umidim bor, etkurgaymusan xurshidi matlabni,
Saodat burjidin ul sha'mi iqbolimg'a kavkabni,
Ko'targaysan boshimdin ikki olamda qaro shabni,
Iloho, sen etur himmat yo'lig'a xasta Mashrabni,
Hama obod bol'di, bo'lmadim obod dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdin

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:34:01
Yorga yetar kun bormu

Bulbuldayinkim faryod etarman,
Ishq daftarini bunyod etarman,
Ko'ngullarimni men shod etarman,
Yorga yetar kun bormu, yoronlar?

G'am bahri qildi mavjini bunyod,
Ishqingda qildim ming ohu faryod,
O'tti nigorim chun sarvi ozod,
Yo'rga yetar kun bormu, yoronlar?

Hajr ahli keldi tutti yoqamdin,
Bag'rimni tildi paykoni g'amdin,
Ming dodu faryod ushbu o'luimdin,
Yo'rga yetar kuni bormu, yoronlar?

Sham'i firoqing ko'ksimda yondi,
Ko'z yoshim oqib bag'rimga tomdi,
G'aflatda qolgan Mashrab uyg'ondi,
Yorg'a yetar kun bormu, yoronlar?
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:34:22
Hech kima ma'lum emas

Hech kima ma'lum emas holi parishonim mening,
Osmonni pora qildi ohu afg'onim mening.

Men nechuk shod etmayinkim xasta ko'nglum bir dame,
Keldi holimni so'rab jon ichra jonim mening.

Ey sitamgar,kelgilu aknun shahid etkil meni,
Mavj ursin Karbalo dashtida bu qonim mening.

Chun seningdek nozanin jam'i mulkda yo'q erur,
Bu jahonda ko'rmadim,ey ko'zi Cho'lponim mening.

Nozu istig'no bila kelib meni holimni so'r,
Termulib doim yo'lingda chashmi giryonim mening.

Tobakay jabru sitam aylab yurursan,ey rafiq,
Chiqdi,Mashrab, ushbu g'amdin bu aziz jonim mening.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:34:42
Nogoh ko'rubon jamoling

Nogoh ko'rubon mahvi jamoling bo'la qoldim,
Oydek yuzingga boqdimu hayron bo'la qoldim.

O't tutashib kuydi yuragim birla jonim,
Parvona bo'lub o'tga yuzimni ura qoldim.

Yuz g'amza bila chiqdi sanam maykasidin,
Zunnor uzub, din bila imon sota qoldi.

Ko'rdumki,ajib ishvagaru dilbari tannoz,
Devona bo'lub ishqida o'tdek yona qoldim.

Diydori jamolini ko'rub ishq yo'lida,
Gulgun yonubon mavhi tomosho bo'la qoldim.

Hojat emas ul Ka'bai jononag'a bormoq,
Men gavhari maqsud bo'loyin deb yona qoldim.

Mashrab boshig'a tushdi o'shal kun g'ami dildor,
Shaydoyi bo'lub jumla havasdin qola qoldim.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:37:21
Mashrab haqida doston

Mashrab:

Ey sabo, g'ambodadirman, bistarimni kavlama,
Chun shafaq oldudaman, xokistarimni kavlama.

Har zamonda Laylidin menga kitobatlar kelur,
Senki Majnun bo'lmasang, sardaftarimni kavlama.

To kishiga dard tegmay, bo'lmadi bag'ri kabob,
Dilda darding bo'lmasa, dardi sarimni kavlama.

Yetti do'zax o'rtanur afdotlarning ohidin,
Otashi hajrida kuygan mijmarimni kavlama.

Bahri rahmatga kirib, qildim vujudimni adam,
Ma'rifatdan bebaxrasan, daftarimni kavlama.

Oqshom. Devorlari nurab tushgan hovli. Bir chekkada o'choq. Qumg'onda suv qaynayapti. Mohisanam unga choy solib, qumg'onni ko'tarib uy tomonga yuradi. Otasi So'fiali choyni olib, uyga kirib ketadi. Mohisanam o'choq boshiga qaytib kelib o'tiradi.
G'amgin ko'zlarida yosh ila Mohisanam:

Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma.

G'am shomi firoqingda kabob etdi yurakni,
Ohu saharim, xoh inon, xoh inonma.

Nogoh sari ko'ying aro bo'ldim senga moyil,
Ey toji sarim, xoh inon, xoh inonma.

Zahri g'ami hajring mani o'ldirgani yetdi,
Ey labshakarim, hoh inon, hoh inonma.

Mohisanamnig ko'z o'ngida bog' namoyon bo'ladi. Mashrab uning yoniga kelib kapalak tutib, Mohisanamga beradi.
Mashrab: Mening oltin kapalagim, sen uchib ketmaysanmi?
Mohisanam tabassum ila "yo'q" ishorasini beradi. Xayollarga berilib ketganidan, ko'cha tomondan kelayotgan ashula ovozidan cho'chib tushadi.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:38:04
Davomi:

Mashrab:

Ko'rsat jamoling mastonalarg'a,
Ishqingda kuygan parvonalarg'a.

Mendin duodur, sendin - ijobat,
Jonim tasadduq jononalarg'a.

Ey ko'ngli qattig', rahm aylamaysan,
Qilg'il nazar sen bechoralarg'a.

Mashrab seni deb kechti jahondin,
Boshini qo'yub ostonalarg'a.

Mohisanam ko'z yoshlarini artib, o'rnidan turadi va ovoz kelayotgan tomonga yuradi, devor orqasidan Mashrab ko'rinadi.

Mohisanam: Assalomu alaykum.
Mashrab: Vaalaykum assalom. Bugun ham sizni ko'rish nasib etmasmikan, deb xavotirda edim.

Alhamdulilloh, ko'rdim yuzingni,
Ko'zlarga surma aylab izingni.

Ahvoli zorim senga ayondir,
Bulbul kabi korim fig'ondir.

Tushdi savdoyi muhabbat boshima,
Or etar mardum kelarga qoshima.

Sajda aylar zohid ul mehrob aro,
Men qilurman sajda egma qoshima.

Kunda yuz ming jabr qilsang, o'rgilay,
Qo'y qarab g'am yukini bardoshima.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:38:42
Mashrab: Mohisanam!
Mohisanam: Labbay.
Mashrab: Kecha bir gap aytmoqchi edim, otangizning kelayotganlarini payqab, yashirindim.
Mohisanam: Nima gap ekan?.
Mashrab: Biznikidan sovchi chiqmoqchi. Dadangiz ne derkanlar?
Mohisanam boshini yerga egib, jim qoladi.
Mashrab: Nechun skutdasiz? Balki yana Qashqarga ketsa kerak, deb o'ylayotgandirsiz. Aslo, salkam yetti yil Ofoqxo'jam xizmatlarini qildim, boshqa bormaydurman.
Mohisanam: Qashqardan kelganingizga ancha vaqt bo'lsa-da, o'zimni sizdan yiroq olishimning boisi, baxtim qaro ekan, hamma baxti qarolardan qutilmak mushkil erkan (ko'ziga yosh oladi).
Mashrab: Nima gap, nechun yig'laydursiz?
Mohisanam: Men sizga bexad noxush xabar"¦
Mashrab: Noxush xabar? Nima gap.
Mohisanam (uy tomonga qarab):

Azal kotiblari baxtim qaro yozmishlar,
Muhabbat dardig'a mubtalo yozmishlar,
Ochilmay so'lsin bechora g'uncha, gul, deb
Ajal sharbatin menga ravo yozmishlar.

* * *
Mohisanamning otasi So'fiali non ushatib, mehmonga (mahalla oqsoqoli) choy uzatadi.

Mehmon: So'fiali! Sen bilan yoshlikdan tepkilashib o'sganmiz. Hali ham mening maslahatimga kir. Bilasanmi, Hasibbekdek ulkan boyga qaynota bo'lmoq har kimga ham nasib bo'lavermaydi. Bu - katta baxt. Qiz qaliniga qirqta qo'y, o'n bosh qoramol, bir yaxshi ot, senga bosh-oyoq sarpo beraman deyapti. Olib dunyoga botmaysanmi, ey nodon. O'zing binoyidek mullasan. Bir rivoyat topib, hali ham bu fikringdan qayt.
So'fiali: Qo'y, shaytonga o'hshab vasvasa qilaverma. Sen bilmaysan. Marhum xotinim bandalikni bajo keltirganida, qizim Mohisanam uch yoshda edi. Og'ir kasallikka duchor bo'ldi. Umidimni uzib, tepasida yig'lab o'tirgandim. Ofoqxo'ja eshon yodimga kelib qoldi. Ul zoti sharifni g'oyibona pir tutib edim, tuzalsa, ul zoti sharifga nazir bo'lsin dedim. Qarangki, o'n kun deganda qizim sog'ayib, o'rnidan turib ketdi.
Mehmon: Juda ham lofni oling-da, bola degan kasal bo'ladi, tuzaladi.
So'fiali: Pirimga til tekkizma. U kishining karomatiga shak yo'q. O'tgan yili, xabaring bormi-yo'qmi, Maxtumbek o'g'liga so'ratdi. Men arzi-ahvolimni tushuntirdim. U ham shakkoklik qilib, "Gunohi menga. Qo'y Ofoqxo'jangni ",dedi. Astag'furllo, deb gapiray, o'sha kuni o'g'li uloqda yiqilib, beli sindi. Ofoqxo'jaga qanchadan-qancha nazir-niyoz yo'llasa ham hanuz belangi bo'lib yotibdi. Xo'sh bunga nima deysan?
Mehmon: Ke qo'y, bermasang berma, o'zing bilasan.
So'fiali: Ha,barakalla, Nasibbekka yaxshilab tushuntir. Yana g'ururga ketib, zo'ravonlikka o'tmasin. O'ziga jabr qilur. Men shu hafta ichida pirimga omonatlarini topshirib, o'zim hajga ketadurman.

Mohisanam va Mashrabning ko'zlarida yosh...

Mashrab:

Ey falak, namuncha ozoring menga,
Ne gunohim bor ekan, bilmam senga.

So'fiali: Mohisanam, hu Mohisanam.
Mohisanam: Xayr Mashrab.
Mashrab: Men baliqman, sen oqar suv-chashmasan,
Otmagil tuproqqa, jonim, asra san.

Mohisanam: Xayr Mashrabim, bir umrga xayr!

Mashrabning hovlisi. Hovlida uch-to'rt erkak va ayollar, o'rtada Mashrab, qo'lida hassa, yelkasiga to'nini tashlagan holda. Uydan onasi chiqib, Mashrabni bag'riga bosib yig'lab:

Bu g'ariblik dashtida kuyib ado bo'ldim, bolam,
Misli ul bodi xazondek qahrabo bo'ldim bolam.
Bu judolik dardini aytay, eshiting do'stlar,
Rozi dilni aytayin, sendin judo bo'ldim, bolam.

Mashrab:
Yosh qolibman otadan, ko'nglimni shod etgan onam,
Mehribonliklarin ul kunda ziyod etgan onam.
To qiyomat bu judolik dardiga tushdim, bebaxt,
Nuri chashmam qaydasan deb, anda yod etgan onam.

Onasi:
Bu judolikka tashlabon, ketmagin, jonim bolam,
Hasratingda qon yutarman ketmagin, jonim bolam.
Tun, saharda turib, sovuq beshigingni quchib,
So'ng allalar aytubman, ketmagin, jonim bolam.

Eshikdan Mulla bozor Oxund kiirib keladi.
Mashrab: Assalomu alaykum"¦

Mashrabning gulzori, Mulla Bozor pirimsiz,
Oshiqlarning sardori, Mulla bozor pirimsiz.

Yo'qdir also kiynasi, bahri urfon siynasi
Nuri haq oynasi, Mulla bozor pirimsiz.

Ichlaridur to'la nur, pirlaridur Bahodir,
Buxoroda ul mashhur, Mulla Bozor pirimsiz.

Mulla Bozor Mashrabni quchoqlab ko'rishadi. Qarasaki, Mashrab va onasining ko'zlarida yosh.
Mulla Bozor: Yo'l bo'lsin, o'g'lim.
Mashrab: Ma'shuqam birla hazil mutoyiba qilib o'tirib erdim, banogoh eri sahrodan o'tin ko'tarib kelib qoldi va meni tutib olib, tayoqladilar, sharmanda bo'ldim. Endi bu diyordan ketmasam bo'lmaydi.
Bir kishi: Taqsir Oxunim. Mashrab yalg'on aytadurlar, iydgohga borib, cho'milib chiqdilar.
Mulla bozor (tizzasiga qo'lini urib): Vo darig', sizlar beadablik qilibsizlar. Mashrab bu viloyatning faxri edi. Endi Mashrabni ko'rmak yo'qdir.
Mashrab: Ey Oxunim, sizga bu viloyat, menga yo'l safari qutlug' bo'lsin.(onasiga qarab) Ey mehribon onam, ey g'amguzorim onam. Ey, bu jahonda men uchun eng ulug' zot, onam. Meningdek noqobil farzanddan rozi bo'ling. Alloh taolo meni shu kuyga solibdur, ilojim yo'q. Menga ijozat bering. (Mulla Bozorga qarab) Pirim. Bir duo qilsinlar. Bir ma'shuqam bor erdi,menga va'da qilib erdiki, keling, ikkimiz ayshu ishrat qilurmiz, deb. Sizdan javob olgani turibman, boraymi-bormaymi?
Mulla Bozor (tabassum qilib): Borg'il. Al-va'datu daynun. Ya'ni, va'daga vafo-qarz derlar. (so'ng Mashrabning onasiga qarab), Onasi! Siz o'g'lingizdan rozi bo'ling, uni bu yo'ldan qaytarib bo'lmas. Undan Mansuri Hallojning nafasi barq urib turibdi. Omin, yo'ling ravon, safaring bexatar bo'lsin.

Mashrab piri va onasi bilan xayrlashadi.
Onasi (qo'lidagi tugunni Mashrabga beradi): Ma"¦ ol, ozgina yo'l ozuqasi. Oziqli ot horimas, deydilar, bolam.

Mashrab: Onajon menga yo'l ozuqasi darkor emas.

Tavakkalni taologa qilgan er
Na talqonu qalqonning gamin yer.

Xayr onajon, xayr, pirim.

* * *
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:40:17
Mashrab sahroda g'azal aytib borardi:

Ey sabo, borsang duo davlatli sultonimga ayt,
Men chu g'amboda, vale ul dilparishonimga ayt.

Bir chuchuk so'zning gadosi men, jahonda bekasam,
Qayg'uluk ko'nglimni olg'on yaxshi mehmonimga ayt.

Mohtob erdim jahonda bahra olmay boraman,
Tiyra baxtimdin borib xurshidi tobonimga ayt.

Daftar och bexonumonlig'idin o'shal mahbubga,
Laylini dog'ini Majnuni biyobonimga ayt.

Xonumonimni ani yo'lida toroj ayladim,
Arzu ixlosu duo mendin u sultonimga ayt.

Rost kelmaydur ulug' dardimni izhor aylasam,
Jon fido qildim oni yo'lida,jononimga ayt.

Mashrabo, umrimni barbod ayladi charxi falak,
Ul suxansanju suxanfahmu, suhandonimga ayt.

Uzoqdan bir bog' ko'rinadi. Bog'da choyhona. Chorpoyada hech kim yo'q. Mashrab kelib shu chorpoyaga o'tiradi. Choyxonachi bir choynak choy olib kelib, Mashrabni oldiga qo'yib ketadi. U piyolaga choy qo'yib, setorini qo'liga oladi va xirgoyi qiladi.

Na holatdur, ayo do'stlar, ajab hayrona Mashrabman,
Ko'rolmay gul'uzorimni base giryona Mashrabman.

Qalandarvor yig'larman eshiklarda fig'on aylab,
Xaloyiqqa bu olamda base afsona Mashrabman.

Nazokatli nigorimdin o'shal soat judo bo'ldim,
Kuyub hijron o'tida doimo so'zona Mashrabman.

Falakning jabri ko'ksumda, alam uzra alamlardur,
Tarahhum aylabon ko'rgil, jarohatxona Mashrabman.

Mening ko'nglum qizil gul g'unchasidek tah-batah qondur,
Ochilmasdan xazon bo'lg'on chu motamxona Mashrabman.

Visolingni tilab Mashrab yetubdur halquma jonim,
Kecha-kunduz qarorim yo'q, ajab sarsona Mashrabman.

Ashulani eshitib odamlar kelib o'tira boshlaydilar. Ashula tamom bo'lgandan so'ng odamlar o'rnilaridan turib, Mashrab bilan ko'rishib chiqadilar. Chorpoyaga dasturxon, non, magiz qo'yadilar. Mehmonni dasturxonga taklif etadilar. Choy quyib beradilar. Shu vaqt bog'da ot ustida egarni quchoqlab yotgan yigitni ko'rib, Mashrab o'tirganlarga qaraydi.
Mashrab: Bu ne hol, na sababdan ot ustida egarni quchoqlab yotadur?!
Shunda odamlardan biri: Ey qalandar, bu yigit holini so'ramang.
Mashrab: Ne hodisa sodir bo'lmish?
Ikkinchi kishi: Ulfatlar choyxonada osh damlab turgan vaqtda bu yigit shu yerdan o'tib qoldi. Ulfatlari esa otning jilovini ushlab, oshga taklif qiladi. Ishi zarur ekanini va hozir osh yeyishga vaqti yo'qligini aytadi. Lekin ulfatlar uni zo'rlay boshlaydilar.
Shunda yigitning jahli chiqib: "Agar otdan tushsam, undoq-bundoq bo'lay"-deb qasam ichib yuboradi. Yigitlar kinoya qilib, qani endi otdan yerga tushib ko'rchi, deb qo'yib yuborishadi. Yigit o'ziga kelib qarasaki, ahvol chatoq. Darhol shahardagi ulamo, eshonlarga borib, ichgan qasamiga fatvo topib berishlarini iltimos qiladi. Qarangki, shaharda fatvo topib beradigan birorta eshon topilmabdi. Mana, bugun yetti kun bo'libdiki, shu ahvolda yuribdi.
Mashrab: Otni yetaklab shu yerga olib kelinglar.
Bir kishi otni yetaklab olib keladi. Mashrab o'rnidan turib, Yigitning oldiga boradi-da, otni jilovidan ushlab, chorpoyaga yaqin olib keladi. Yigitni ot ustidan turg'izib, shartta yelkasiga ko'tarib oladi. Odamlar hayron. Mashrab yigitni ko'targanicha chorpoyaga olib o'tqazadi.
Mashrab: Yigit, mana, siz otdan yerga tushmadingiz, mening elkamdan chorpoyaga tushdingiz, endi hohlagan tomoningizga ketaverishingiz mumkin. Allohu akbar.
Yigit Mashrabni mahkam quchib oladi, o'tirgan odamlar ming bor Mashrabga ofarinlar aytadi.
Bir yigit (o'rnidan turib): Men osh buyursam, o'tirganlardan biri osh damlab qo'yibi. Osh dam yeguncha bir xirgoyi qilib bering.
Ikkinchi yigit: Shunday bo'lsin, anchadan beri ovozingizni eshitmagandik.

Mashrab:

Bandang erurman vallohu billoh,
Shomu saharlar men senga shaydo,
Keldim eshikka deb shay'alliloh,
Ko'rdim yuzingni, alhamdulilloh.

Hajring cho'lida holim xarobdur,
Hasrat o'tida bag'rim kabobdur,
Holimni so'rsang, behad savobdur,
Ko'rdim yuzingni, alhamdulliloh.

Ashula tugashi bilan osh suzib kelinadi"¦. Osh oxirlab qoladi, shunda bir yigit:
Mashrab, o'zingiz bilan bizni ham birga safarga olib ketsangiz.
Boshqalar ham: Shunday o'lsin, bizlar ham birga bo'lsak. Bugundan boshlab sizni pirimiz deb bilamiz.

Osh yeb bo'linib, dasturxonga fatvo o'qiladi. Mashrab qarasa, besh-olti kishi unga ergashgan.

Ey Mashrab, sen shunday bir ish qilginki, bularning ixlosi sendan qaytsin. Odamlarga qarab, endi menga ruhsat etasizlar, deb o'rnidan turadi. Odamlar bizlar ham siz bilan ketamiz deyishadi.
Mashrab: Ikki rakat namoz o'qib olay, so'ng boradiganlar bo'lsa, bosh ustiga.

Mashrab jaynamozni yozib, qiblaga teskari tomonga qarab namoz o'qiy boshlaydi.
Odamlardan biri: Pirim, siz namozni teskari tomonga qarab o'qiyapsiz, qibla bu tomonda.
Mashrab: Mening qiblam Namangan tomonda deb namoz o'qiyveradi.
Odamlar: E attang"¦ Bu Mashrab degani qip-qizil majnun, haqiqatdan ham devona ekan. Buni pir tutib ergashib, hech kim baraka topmaydi, deb orqasiga o'girilib keta boshlaydi. Mashrab namozni tugatgan bo'lib, hassasini qo'liga olib, yo'lga tushadi.

* * *

Ofoqxo'ja qo'lida tasbeh, Lablari pichirlagan holda muridini tinglardi.

Muridlaridan biri: Shahrisabz, Surxon atrofida bo'lib, undan Afg'onga o'tdik. U yerda ham hazratlarining ixlosmandlari bag'oyat ko'p ekan. Biz hazrati oliylarining ta'rif-tavsifini qilib, muborak nomlarini hamdu sanoga qo'shib, zikr ayladik. Eshitganlarni lolu hayron qoldirdik. Janobingizning muborak oyoqlariga bosh urib keladigan ixlosmand, muridlaringiz nufuzi yanada ortadurg'on bo'ldi. Nazir-niyoz anchagina tushdiki, bazo'r tevalarga ortmoqlab, huzuringizga yetib keldik.
Ofoqxo'ja: Barakala"¦ barakalla, jandalarni yechib, hordiq chiqarib, dam olinglar.
Qalandarlar hiqib ketadilar, boshqa bir qalandar kirib:
Pirim. Bugun yeti kundirkim, Mashrab qaytib kelib, dargohingiz atrofini aylanib, ohu fig'on qilib yuradur. Bugun ertalabdan beri huzuringizga kirishga ijozat so'raydir.
Ofoqxo'ja (hayron bo'lib): Mayli kirsin.
Qalandar chiqib Mashrabni boshlab kiradi va o'zi chiqib ketadi. Mashrab Ofoqxo'jaga tavoze bilan tiz cho'kib o'tirgan holda deydi:

Gunohim behad erdi men senga dam etgani keldim,
Fig'onu nola birla ohu faryod etgani keldim.

Hazin ko'nglimni rahmat bobida shod etgani keldim,
Ko'ngulni fayzi anvarida obod etgani keldim.

Ki sen avlodi payg'ambar, otingdur hazrati Ofoq,
Ki noumid qo'ymag'aylarkim, ulug' dargoh deb keldim.

Azaldin menga soldi ushbu o'tni musulmonlar,
Aning uchun kuyarman tunu kun yuz oh deb keldim.

Hidoyat ko'rguzing, Ofoqxo'jam, pushti panohim siz,
Adashib yo'lda qolganman, g'aribga roh deb keldim.

Kel, ey Mashrab, umid etgilki, avf etgay gunohingni,
Hasan birla Husayinim hurmati ul shoh deb keldim.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:40:46
Ofoqxo'ja: Tur o'rningdan, gunohingdan o'tdim. Mayli, dargohimda qol.
Mashrab o'rnidan turib chetga o'tadi. Eshikdan yana bir qalandar kirib:
Pirim, Namangandan So'fiali nazir kelubdurlar.
Ofoqxo'ja: Kirsin.
Mashrab So'fiali nomini eshitib, ehtiyotkorlik bilan o'zini chetga oladi. So'fiali qizi Mohisanamni yetaklab kirib keladi.
So'fiali: Assalomu alaykum, pirim. O'zini Ofoqxo'ja oyog'iga tashlaydi va etagini ko'ziga surtadi.
Ofoqxo'ja: Turing bo'tam, turing. Tangri taolo sizni yetti do'zax o'tidan omon saqlasin.
So'fiali: Inshoollo, inshoollo pirim, mana shu qiz mening ojizam, sizga nazir etib keltirdim. Ismi Mohisanam. (Mohisanamga qarab) Bor, pirimning oyog'larini o'p, deydi. Mohisanam tortinib, Ofoqxo'ja oyog'iga qo'l uzatadi.
Ofoqxo'ja Mohisanamning qo'lini ushlab turg'azadi: Balli, omin, naziringiz qabul, murodingiz hosil bo'lg'ay, Allohu akbar.

Ofoqxo'ja chapak chaladi, ichkaridan yuzini bekitgan holda ayol chiqadi. Ofoqxo'jaga ta'zim qiladi. O'zi bilan qizni olib chiqib ketadi.

So'fiali: Alhamdulliloh"¦ Alhamdullilloh, tangriga ming bor shukurlar bo'lsinkim, omonatlarini omon-eson egasiga topshirdim. Pirim, bir duo qiling, Ka'batulloh ziyoratiga bel bog'labdurman, shoyadki tuprog'im muqaddas dargohda qolsa.
Ofoqxo'ja: Omin, dil nazargohi haq, Alloh murodingizga etkursin.
So'fiali: Tashakkur, pirim, tashakkur.
Ofoqxo'ja: Bu kecha mehmonimiz bo'ling, bomdod namozini birga o'qisak. So'ng sizga oq fotiha berurman.
So'fiali chiqib ketadi.
Ofoqxo'ja:
Onki, bar xuboni olam podshoh dorad turo,
Xohad az chashmi badi mardum nigoh dorad turo.
Seni husn mulkining sultoni qilib yaratibdi, Alloh seni yomon ko'zdan asrasin. Ofoqxo'janing ko'zi burchakda turgan Mashrabga tushdi.
Shoshib jon holatda: Haliyam shu yerdamisan?
Mashrab: Sizdan ijozat bo'lmagani uchun"¦
Ofoqxo'ja: Bor ishingni qil.

* * *

Qalandarlardan biri:Mashrab biror narsa ayting, dillarni bir yayrataylik.
Ikkinchi qalandar: Shunday bo'lsin.
Mashrab setorini qo'liga olib:

Murodingga yetay desang, qalandar bo'l, qalandar bo'l,
Sitam ahlin yutay desang, qalandar bo'l, qalandar bo'l,
Og'zidan dur sochay desang, sharobi ishq ichay desang,
Yomonlardan qochay desang, qalandar bo'l, qalandar bo'l.
Fasod ahlin quvay desang, yuziga bir tupuray desang,
Bu dargohni suray desang, qalandar bo'l, qalandar bo'l,
Riyozatsiz bo'lay desang, tanim ozod yuray desang,
Jahonni sayr etay desang, qalandar bo'l, qalandar bo'l.
Razolat kuydiray desang, zalolat o'ldiray desang,
Hammasin supuray desang, qalandar bo'l, qalandar bo'l,
Bu taqvodin kechay desang, xonaqodan qochay desang
Haqiqatni ochay desang, qalandar bo'l, qalandar bo'l,
Guharrezlik qilay desang, hammani kulduray desang,
Chu Mashrabdek bo'lay desang, qalandar bo'l, qalandar bo'l.

Mashrab g'azalni aytib tamom qilib, setorini yerga qo'yar ekan, ko'zi qulini qamchi bilan savalab kelayotgan xojasiga tushadi. Mashrab uning oldiga boradi.
Mashrab: Ey xojam, bu qul sizga nima gunoh qildiki, unga muncha sitam qilursiz?
Xoja: Bu andog' ulug' gunoh qilibdirki, also so'rama.
Mashrab: Qanday gunohi kabir qilibdur?
Xoja: Ikki yuz tilloga olgan armug'og'imni tovuqning tezagini berib o'ldirubdur. Aning uchun jazosini berurman.
Mashrab: Ey xojam, otangiz bormu?
Xoja: Yo'q, o'lganlar?
Mashrab: O'shal ikki yuz tilloga olgan armug'og'ingiz tovuqning tezagini yeb o'lgan bo'lsa, otangiz nimani tezagini yeb o'lganlar?
Xoja Mashrabdan bu so'zni eshitgach, izza bo'lib, qo'lidan qamchisi yerga tushib ketai. Qulini qo'yib yuboradi. Atrofdagi odamlar Mashrabni olqaydilar.

Yahshilar qardoshim,
Yo Allo do'st, yo Allo,
Oqillar bo'lsa yo'ldosh,
Yo Allo do'st, yo Allo.

Mardona bo'l g'arib bosh,
Yo Allo do'st, Yo Allo.
Umring yeldek o'tadi,
Yo Allo do'st, yo Allo.

Pir etagin tutmasang,
Yo Allo do'st, yo Allo,
Bilki holing bo'lar tang,
Yo Allo do'st, yo Allo.

* * *

Ofoqxo'janing oldiga bir qalandar kirib: Pirim, Mashrabni qalandarlarga qo'shib, Qo'qon, Namangan tomonlarga jo'natay desam, hech unamaydir.
Ofoqxo'ja: Qo'ying o'sha devonani.
Qalandar: Pirim, ovozi bag'oyat yoqimli ekan. Odamlarni sehrlab qo'yadi, orqasidan yoshu qari barobar ergashadi.
Ofoqxo'ja: Yo'qsa chaqiring.
Qalandarlardan biri Mashrabning oldiga kelib, sizni pirim yo'qlamoqdalar deydi. Mashrab qalandar bilan ichkariga kiradi. Mashrab pirga tavoze qiladi. Qalandar chiqib ketadi. Mashrab, Ofoqxo'ja yolg'iz qoladi.
Ofoqxo'ja: Bo'tam, amrimizga nechun bo'ysunmaysiz?
Mashrab: Shu muborak dargohga kelubdurmanki, buyrug'ingizga hamisha farmonbardorman, pirim.
Ofoqxo'ja: Yo'qsa, ne sababdan qalandarlar bilan safarga chiqishni xohlamaydursiz?
Mashrab: Pirim, meni afu etgaysiz, lekin sadaqa so'rashni ko'nglim xushlamaydir.
Ofoqxo'ja: Bo'tam, qalandarlarning kasbini xato tushunibsiz.Ular hamdu sanolar aytib, ul dud bosgan dillarga din chirog'ini yoqadurlar. Yo'ldan adashgan gumrohlarga to'g'ri yo'l ko'rsatadilar. Qur'oni majidning muborak oyatlarini bandalar diliga jo qilurlar. Shunday savobga daxldor vazifalarni, nahotki, sadaqa yig'ish, deb tushunsangiz? Boring, hamdu sano aytishni o'rganing. Qalandarlarning bu galgi safari o'z ota yurtingizgadur, bo'tam!
Mashrab: Pirim! Dargohingizdan yiroqlashishni ko'nglim istamaydur. Qolg'on umrimni darbadarlikda emas, poyi-ostonangizda sizga xizmat qilib o'tkazsam, degan umiddaman.
Ofoqxo'ja: Setoring ham bor ekan, qani jo'r bo'lib bir xonish qil-chi.
Mashrab qulluq qiladi va tanburni sozlab:

Setor demang, holi dilim sorg'uchi tanbur,
Ko'nglim girehin g'amlarini so'rg'uchi tanbur.
Bir necha raqiblar so'zidan g'amzada bo'lsam,
Hamdard bo'lubon og'ushima kirguchi tanbur.

Gar yor jamolini ko'rub pardaga solsam,
Nag'masi oni siynaxorosh etguchi tanbur.
Ham yor jamolidek oni nash'asi bordur,
Hayrat o'tidin mavhi sanam qilg'uchi tanbur.

Oshiq yuragidin chiqib, o'tdek kelibon ul,
Bir uchquniga jumlani kuydirg'uchi tanbur.
Mashrabni tamom aqlin olib ul butu xunrez,
Jonimni yoqib, siynaxorosh etguchi tanbur.

Mashrab xonish qilib bo'lgach, qulluq qilib chiqib ketadi.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:41:35
Mohisanam ranglari sarg'aygan, betob, yolg'iz bir xonada yotardi. U sekin hirgoyi qiladi.

Yig'lamay naylayki, ro'zimni siyo qildi falak,
Oshnolarni menga nooshno qildi falak.
Oxiri umrimda baxtimni qaro qildi falak,
Podshoh erdim, bu kun sohib azo qildi falak.

Men adoshib g'amda qoldim, hamsafardin ayrilib,
Misli bulbulman bu kun ham bolu parimdin ayrilib.
Oshno, yoru birodarlar ham padardin ayrilib,
Qolmasin hech kim maningdek rahbardin ayrilib,
Ko'hna dunyoni menga motamsaro qildi falak.

Bir kanizak Mohisanamning xonasi yonida turib, qo'shiqni nihoyatda ta'sirlanib eshitadi. Qo'shiq tugagandan so'ng kanizak Ofoqxo'janing xonasiga kiradi.
Kanizak: Pirim, meni yo'qlagan ekansiz?
Ofoqxo'ja: Ha, shunday, yo'qlovdim.
Kanizak: Pirim! Anavi Mohisanamni astoydil nikohlariga olmoqchilarmi?
Ofoqxo'ja: Ha! Nechun so'rading. Xudo bergan ne'matdan bahramand bo'lmagan odamlar tongla mahsharda osiy bandalar qatorida bosh ko'tarurlar. Xudo xitob qilur."Ey bandam, senga shunday mahbubi zamonni ato qildim, sen uni nikohingga olmading", deb g'azabga olsa, na qilurman. Dardiga xudo shifo berdi,d eguncha tanmahramim bo'lur. Ha, aytganday,M ohisanamning sog'ligi qalay? Beri qaray dedimi?
Kanizak: Kecha davraga olib o'qilgandan beri tuz ham totgani yo'q. Qalandarning zikri sanosidan qulog'i tom bitganmi? Gapni ham eshitmayotganga o'xshaydir. Yana bir marta davraga olinsa, bandalik bajo keltirib qoladimi, degan xavotirdaman.
Ofoqxo'ja: Hu, be'mani, o'chir ovozingni! Yaxshi gapga ham, yomon gapga ham farishta omin deydi. Niyatingni yaxshi qil. Bor, undan boxabar bo'lib tur. Men namozi bomdodni ado qilgandan so'ng kiraman.
Ayol chiqib ketadi.
Ofoqxo'ja: Tangri taoloning ajib qudratlari borki, kishining aqlini lol qoldiradi. Yo qudratingdan, bu qizga shunchalik husnu latofat ato qilganki, uni ko'rganda har qanday odam aqlu hushi, insofu imoni bilan beixtiyor xayrlashgisi keladi. Ey mening shahvoniy nafsim, bu yo'ldan qayt, shaytonga homiylik qilma. Bu bebaho gavhardan kechib, sulton otimni yana ham mustahkamlamog'im darkor.

* * *

Kanizak Mohisanamning huzuriga kiradi.
Kanizak: Qizim, xudovandi karim hech narsani sendan ayamagan ekan. Avvalo aqllisan, go'zalsan, xushovoz ham ekansan.
Mohisanam: Lekin baxti qaroman onajon.
Kanizak: E"¦qizim, qaysi ayol baxtiyor bo'lib olamga kelibdiiki, xudo sendan uni ayagan bo'lsa. Bu atlas kimhoblarga o'ralib, xushchaqchaq yurganimni ko'rib, balki, meni baxtli deb o'ylasang kerak. Esiz umrim, shu dargohda cho'rilikda o'tdi. "Men ham edim seningdek, sen ham bo'larsan meningdek", degan ekan mashoyixlar. Nachora, bildim, dilingda bir dard bor. Mendan yashirma. Bilishimcha, Mashrabni yaxshi ko'rasan. Sen kelding-u, Mashrab shu dargohda paydo bo'ldi. Saharlarda uning nolasini eshitsam, yuragim ezilib ketadi. Men ham ishq dardini ko'p tortganman, qizim. Nachora, biz ayollarning qismatimiz shunday yozilgan ekan.
Mohisanam: Onajon, bag'rimni tirnamang. Qani edi qush bo'lsam-u, shu xonayi musibatdan uchib ketsam.
Ayolni ko'zlari yoshlanadi. Mohisanamga sezdirmay ro'moli bilan ko'z atroflarini artadi.
Kanizak: Qo'y, yig'lama, qizim, bir ilojini qilib, Mashrab bilan uchrashtiraman.
Mohisanam: Yo'q, onajon, pirning duoyibadidan qo'rqadurmen. Bu dunyoim barbod bo'ldi, endi u dunyoim ham kuymasin.
Kanizak: Qo'rqmay qo'yaqol, qizim. Bu dargohda men nimalarning guvohi bo'lmadim. Umuman pir haqida o'ylama. Istasang, Mashrab bilan qochib ket, menga o'xshab umringni xazon qilma, qo'limdan kelganicha yordam beraman.
Mohisanam: Yo'q, onajon, dadamni pir oldida yuzi qaro qilmayman.
Kanizak: Unday bo'lsa, qachongacha yotasan? Rangingni qara, za'faron-a, zafaron.
Mohisanam: Oz qoldi, onajon, oz qoldi. Pir mendan umid qilmasin. Mashrabning yodi bilan dunyodan o'taman.
Kanizak hayajonini yashirib: Noumid bo'lma, qizim, hali yoshsan. Mohisanamni bag'riga bosib uning sochidagi tumorga ko'zi tushadi. Mana tumoring ham bor ekan. Ehtimol, orzu-istaklaring amalga oshar.
Mohisanam tumorini yechib bag'riga bosadi. Bu duo emas, men uchun duodan ham afzalroq. Mashrabning menga bitgan bir g'azalidurki, bu g'azal mudom qulog'imga bir narsalarni shivirlab turadi.
Kanizak: Ochib o'qib bersang bo'ladimi?
Mohisanam: Istasangiz yoddan aytib berurman.
Kanizak: Qani o'qi-chi qizim.
Mohisanam:
Vaslingni topay deb, sanamo, fikri g'amim bor,
Bir necha zamondur,
Hijronu firoqu alamu, dardi dilim bor.
Bag'rim to'la qondur.
Layli sanamim ko'rdim-u, jonim bera qoldim,
Oson qutulay deb.
Devonalig'im holati Majnun asarim bor,
Ishq yo'li yomondur.
Bir kecha dedim:"Ey sanamo qoshima borg'il"
Yor aytdi: "Sabr qil!"
Dedi: "Netayin, yonima, oh, shum raqibim bor,
Ul bilsa yomondur".
Tasdiqi so'zim birdur, vale ikki demasdir,
Vallohu billoh.
Ammo-ki xaloyiqqa ajab ikki tilim bor,
Bul sirri nihondur.
Vaslingga yetay deb dilxasta bu Mashrab,
Doim jadal aylar,
Yig'lab yugurib kechayu talabim bor,
Ko'ksum to'la qondur.

G'azalni tugatgach Mohisanam o'zini yostiqqa tashlaydi. Onajon! Yuragim g'alati bo'lib ketayapti.
Kanizak: Bu darmonsizlikdan. Kechadan beri hech narsa tatimading. Bir piyola sharbat beraymi?
Mohisanam yo'q ishorasini qiladi. Shu payt Ofoqxo'ja kirib keladi. Mohisanam Ofoqxo'jani ko'rib, o'rnidan turmoqchi bo'ladi.
Ofoqxo'ja: Qo'zg'olmang. Yoniga kelib o'tiradi va peshonasiga qo'lini qo'yadi. Nazarimda kechagidan ancha yaxshiga o'hshaydi. Besh vaqt namozda duoi joningizni qilmoqdaman. Inshoolo, dardingizdan tez kunda xalos topgaysiz. Mohisanamning qo'lidagi tumorni ko'rib:
- Qo'lingizdagi tumormi?
Mohisanam: Ha"¦tumor.
Ofoqxo'ja: Qani ko'raychi? Qo'lini tumorga uzatadi.
Mohisanamning bergisi kelmaydi.
Ofoqxo'ja: Menga bering... Beravering.
Mohisanam noiloj qo'lidagi tumorni uzatadi. Ofoqxo'ja tumorni olib ochmoqchi bo'ladi.
Mohisanam: Pirim, ochmang!
Ofoqxo'ja: Nechun ochmay, bari duolar menga ayondur. Balki duo xato bitilgandir. Balki bezovta bo'layotganingizning boisi shundandir. Ochib xatga ko'z yugurtiradi. E-ha, mashallo"¦ mashallo, chindan ham kasalingizning boisi shu tumorda ekan.
Mohisanam: Pirim!
Ofoqxo'ja: Bas! Vo ajab, bu ne hangomadurki, aql bovar qilmaydur. Bir devonaga shunchalik sadoqatu, shunchalik ixlosmu. Odamlar aytganda ishonmagan edim, seni jin urgan ekan, darhol tavba-tazarru qil. Tavba o'tdur, barcha gunohlar o'tun, o'tunga o't tushsa qolmaydur butun. Tavba qil...
Kanizak: Pirim, tavba qiladi. Hali yosh-da, shayton vasvasasiga uchgan. Bir duo o'qib, dam solib qo'ying, shoyadki, muborak nafasingiz em bo'lib, shayton vasvasasidan xalos topsa.
Ofoqxo'ja: Afsus"¦ afsuslar bo'lg'aykim. Xay, o'qisam o'qib qo'yaqolay.
Tiz cho'kib, ichida nimalarnidir o'qib, dam ura boshlaydi. Uzoqdan qo'shiq ovozi eshitiladi, borgan sari yaqinlashadi. Ofoqxo'ja xayoli bo'linib, Mohisanamga qarab, qayta-qayta suf-suf deyaveradi. Mohisanam hayajondan lol qotib turganda, Mashrab:

Ey shoh, netay, ishqing o'ti ayladi rasvo,
Devona bo'libman.
Siynam kuyadur ishq o'tida senga ne parvo,
Parvona bo'libman.
Ul damki, o'shal moh yuzini bir yo'li ko'rdum,
Chun xobu xayoldek.
Nayrangi raqib o'ldimu yo taqdiri Alloh,
Begona bo'lubman.
Furqatda kezib kechayu kunduz meni mahjur,
G'am dashtida doim.
Faryodu fig'on birla chekib nola ila oh,
G'amxona bo'lubman.
Mashrab xolini so'rg'ali olamda kimi bor,
Kim dodiga yetgay.
Yo'qdur bu buzug' dilni so'rar mahrami dono,
Vayrona bo'lubman.

Rangi oqarib, eshik og'asi kirib kelib: Pirim, Mashrab keladur.
Ofoqxo'ja: Kiritmang, to'sing yo'lini.
Eshik og'asi: Yo'lini to'sib bo'lmaydur. Bo'yniga zanjir osib olgan, sherdek tashlanadur.
Ofoqxo'ja: Chiqing eshikni berkiting.
Mashrab kirib keliadi: Assalomu alaykum, allomayi zamon, sizga bosh urib keldi bu notavon.
Ofoqxo'ja darhol o'z holatini o'zgartirib: Kel, bo'tam! Ko'pdan beri o'zim sen bilan so'zlashmoq orzusida edim. Allohning karami ulug'dir, bo'tam, o'zing kelding. Ajabki, bu kecha bir ro'yo ko'rdum. To'lqinlanib oqarmish daryoi azim. Qirg'oqqa sig'masmish yuzasi. Shu payt sen yonimda paydo bo'lib, daryoga itarding meni. Tush ekan, xudoga shukur.
Mashrab: Pirim...
Ofoqxo'ja: Ins-jinslar yo'lingga qo'yarmish g'ov, g'addor kufuratning darchasin ochib kirmoqda senga beayov. Shunday ketaversang, bilginki, ijobat bo'lg'usi Ofoq qarg'ishi! Jahannam qa'rida jisming yoqilg'ay va kofir yig'lag'ay, musulmon kulg'ay.
Mashrab: Sevgi dilga tashrif buyursa, Allohning hohishi! Ko'ngildagini gapirsa, emas-ku gunoh!
Ofoqxo'ja: Yo rabbiy! Bas, tavba de! Benomus! Shaytonning so'ziga shak keltir darhol. O'zingni qo'lga ol, battol!
Mashrab: Pirim, vojib emasmi sevmak, sevilmak?
Ofoqxo'ja: Bas, sendan Mansuri Hallojning nafasi gurkirab turadur. Nomatlub g'azal ham bitursan.
Yana tabarruk Makkaga tekkizibsan til.
Mukarram zotlarni etarsan mayna.
Hayhot, shu umid, shu niyat bilan.
Mashrab deb nom berdimmu senga?
Nomingni olamga mashhur etibman,
Oqibat bo'yningga tavqi la'nat ilibsan.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:42:09
Mashrab:
Nainki notavon, murtad qulingiz,
Shafqatga tebransa shoyad tilingiz.
Xudo haqi, gunohimni avf aylasangiz,
Yashirolmay ortiqcha bu ishq sirim,
Bo'ynimga osibman o'lim zanjirin.

Ofoqxo'ja: Yo'qol dargohimdan, dahriy, sharmanda, yaxshilik yoqmagan noshukur banda.
Mohisanam o'rnidan turib: Mashrab!
Mashrab: Mohisanam!
Mohisanam: Pirim, gunohkorlarning gunohini so'rovchisiz, xatosini avf etguvchisiz. Ishq agar gunoh bo'lsa, bizni kechiring. Ishq agar xato bo'lsa, bizni avf eting.
Mashrab: Pirim, mushtoq dillarni bir-biriga ulasangiz, muruvvat bilan boshimizni silasangiz, umrbod men qul, Mohisanamni chori deb bilgaysiz.
Ofoqxo'ja: Nomahramsan, chiq bu xonadondan.
Mohisanam: Pirim...
Ofoqxo'ja: Behayo, berkit yuzingni.
Mashrab:
Sel emasdur dunyoni tutgan,
Bul ko'zimning yoshidur.
Oh emasdur ko'kka chirmashgan,
Ko'ngil afg'onidur.

Ofoqxo'ja: Bas! Piringning haramiga kirishga nechun jur'at etding! Bu gunohing uchun o'limga mahkumsan. Afsuski pir odam o'ldirmaydur. Yaratish, o'ldirish tangrining ishi.
Mashrab: Pirim, dil-nazargohi haq, derdingiz. O'sha dil bilan nazar tashlang. Bu qizga nomahram sizmi yoki men?
Ofoqxo'ja: Bu qiz menga nazir etilgan, taqdir azalda shunday bitilgan. Bu g'oyibdan berilgan atoyi xudo. Bordur bunga boshqa mubtalo.
Mashrab: Pirim, meni ayb etmang, gul yuz birla dog' o'rtar.
Mohisanam: Parvonani ko'rdingmu? Har kecha, har kunduz chiroq o'rtar.
Mashrab: Dilxasta bu Mashrabni har kecha, har kunduz firoq o'rtar.
Mohisanam: Goh bizni firoq o'rtar, goh yiroq o'rtar.
Ofoqxo'ja: Eshikda kim bor...
Xonaga qalandarlar kiradi: Pirim!
Ofoqxo'ja:
Shayton uni o'z izmiga solibdur,
Shahvoniy hirsi ham tug'yon qilibdur.
U dunyosidan qisibdur xudoyim,
Bu dunyosidan judo etgum o'zim.
Bori ham yo'g'idan aylang judo,
Bosing muhrim qizdirib gardaniga.
Toki qusuratning izmin unutsin,
Dunyo lazzatidan bebahra o'tsin.

Mohisanam: Hayhot! Qanday shafqatsizlik!
Qora baxtim qaro ekan,
Hamma baxti qarolardan.
Qutulmak mushkul erkan,
Tiriklikda bu balolardan.
Kel, ey, ajal, olib jonim,
Xalos et bu jazolardan.

Mashrab: Shaytonni xudoyim yaratmish nordan,
Pir agar shu bo'lsa, alhazar undan!

Ofoqxo'ja: Olib chiqing bu devonani...
Mohisanam to'shak uzra yiqilib, hushidan ketadi. Mashrab unga tomon kelmoqchi bolganda eshik og'alari uni kuch bilan olib chiqib ketadi. Ofoqxo'janing ko'zi hushsiz yotgan Mohisanamga tushib bir seskanib, boshini ikki qo'li orasiga olib xonadan chiqib ketadi. Kanizak ko'zlarida yosh ila Mohisanamni sochlarini silaydi:
Mohisanam, xayr qizim, joying jannatda bo'lsin. Mendan rozi bo'lgin. Qoshingda mendan boshqa sen bilan rizolashadigan na onang, na otang, na xeshu aqrabolaridan biror-bir mehriboni bo'lmagan musofir qizim, Hayhot, hayhot! Qazo, qandayin dahshatli nom. Zahar-zaqqum quyib, ich deb tutar jom. Ey parvardigori olam! Mingdan-ming roziman, mendan ham omonatingni ol! Zora, umr bo'yi azobda o'tgan bu jismim bir lahza orom olsa.

* * *

Ofoqxo'ja: Ey ikki jahon sardori!
Ey ikki jahon sultoni!
Ey ikki jahon hoqoni!
Kechir meni ikki bandangning
Umriga zomin bo'ldim.
Ey Mashrab!
Sen ekansan davrimizning Mansuri Halloji!
Sen ekansan davrimizning Najmiddin Kubrosi!
Men emas senga pir. Sen ekansan menga pir!
Ey parvardigori olam, mening ushbu gunohimni kechir.
Shahvoniy hirs unda emas, menda tug'yon urubdur,
Shayton uni emas, meni o'z izmiga solibdur.

Ey Mashrab, meni daryoga itarganing tush emas, haqiqat ekan. Yo rabbiy, tog'rilikni nomaqbul bilib, poklikdan uzoqlashdim.
Ko'nglim fosiq ahliga hamdamlik qildi. Shul boisdan boshimga har xil havoyi kayfiyatlar yog'ildi. Shayton galalari har yondan menga hujum boshladilar. Bu to'dadan men voqif bo'lgunimga qadar, ular ko'nglum mamlakatini ostin-ustin qilib yuborishmoqda. Bir zulm qiluvchi ko'zimga chiroyli ko'rinib, o'zimni unga oshiq, uni esa o'zumga mahbuba degan edim. Uning vasliga yetishmakni o'zim uchun hayot, hajrini esa o'lim deb hisoblardim. Agar vasl jomi qo'lga kirgudek bo'lsa, jondan ham kechishga tayor edim. Uni hayotim maqsadi deb bilardim. Bularning barchasidan sen o'zing voqifsan, men endi chin so'zni aytayin. Faqat uning vaslini istash uchungina seni yod etar edim. Ey hech narsaga ehtiyoji yo'q ulug' zot, biron-bir rakaat namozni o'tinchsiz qilmadim. Hargiz kerakli tosh bo'lmasa, tuproqqa bosh qo'ymadim, donolik bilan emas, balki qo'limda yuz donalik tasbeh ushlamay, nomingni tilga olmadim. Biror ishni o'z foydamni ko'zlamay qilmadim. O'zimni munofiqlikdan xoli deb bilmadim.
Ey parvardigor! Garchi bu dardlar men uchun davosiz bo'lsa-da, lekin ularning darmoni senga osondir. Dardimga darmon inoyat qilgan, komil tavbaga erishmak yo'lini ko'rsat. Adolat va ehsoningga meni sazovor qil va zolim nafsdan meni xalos et. Qalbimda shavqning shu'lasini mavjud qil, Undan o'zga hamma narsani ko'nglimdan chiqarib tashla. Omin!..

* * *

Mashrab cho'l-biyobondan ketar ekan:
Ne g'urbatlarni chekdim, charxi bebunyod, dastingdan,
Mudom motamda qoldim, bo'lmadim dilshod dastingdan.
Tamomi xonu monim bo'ldi chun barbod dastingdan,
Qafasdin bo'lmadimki qumridek ozod dastingdan,
Hamma ozod bo'ldi, bo'lmadim obod dastingdan,
Ki,man har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdan.

Dilimning quvvati,ruhi ravonimdan ayirdilar,
Ko'zimning oqi yanglig' mehribonimdin ayirdilar.
Azizim, hamdamim, oromijonimdin ayirdilar,
Jahon gulzorida ul gulistonimdin ayirdilar.
Hamma obod bo'ldi, bo'lmadim obod dastingdan
Ki, man har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdan!

Chamanda bulbuli sho'ridadurman, oshyonim yo'q,
Misoli chug'dek vayronalarda ham makonim yo'q.
Vafolig' yor deb chiqdi, jasadda balki jonim yo'q,
Azizimdin judo bo'ldim, boshimda soyabonim yo'q.
Hamma obod bo'ldi, bo'lmadim obod dastingdan
Ki, man har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdan!


Imomja'far o'g'li Saidg'affor.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:44:45
Ikkinchi ilova. Sherlar nomi.

Boborahim Mashrab

Sig'mamdur
O'ttum
O'rtar
Chidolmas
Men nola qilay shomu sahar
Kelmading bir qoshima
Meni yo'qlar kishim bormu
Shodmonlik istama
Ko'rsat jamoling
Har kishini dardi bo'lsa
Tushti savdoi muhabbat boshima
Yuzi mohi tobon qiz
Ko'rgoli keldim
Devona bo'ldim
Dastingdan
Yorga yetar kun bormu
Hech kima ma'lum emas
Nogoh ko'rubon jamoling

Mashrabnoma
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:49:45
Birinchi ilova. Sherlar mavzusi

u]Nodirabegim

Vasl uyin obod qildim
Nodira ahvolidin ogoh bo’ling
Marhabo
Muhabbatsiz kishi odam emasdur
Yorsiz na lazzat
Dodim eshit
Dahrni imtihon etib ket
Ko’zlarim mushtoqdur diydor uchun...
Ehtiyoj
Tushumda ko'rsam edi
Sog'indim
Shukr ayla xudoga
[/u]
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:52:49
Vasl uyin obod qildim

Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat,
Seli g’amdin bu imorat bo’ldi vayron oqibat.

Qildi choki piroqan dog’I dilimni oshkor,
Qolmadi ko’nglumda zaxmi ishq pinhon oqibat.

Ahdu paymonlar qilib erdi, vafo qilg’um debon,
Ayladi tarki vafo ul ahdi yalg’on oqibat.

Orzu qildim tutarmen deb visoli domanin,
Pora bo’ldi hajr ilgida giribon oqibat.

Zohido, ishqu muhabbat ahlini ma’zur tut,
Yor ko’yida na bo’ldi shayx San’on oqibat.

Baski, qon bo’ldi yurogim gavhari ashk o’rnig’a,
Qatra-qatra ko’zlarimdin tomdi marjon oqibat.

Ohkim, bo’ldi yana subhi nishotim shomi g’am,
Chehra pinhon etti ul xurshidi tobon oqibat.

Garchi bor erdi musaxxar devlar farmonida,
Poymoli hayli mo’r o’ldi Sulaymon oqibat.

Nodira, bulbul kibi to nola insho ayladim,
Navbahor o’tti, xazon o’ldi guliston oqibat.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:54:57
Marhabo

Marhabo, ey payki sulton, marhabo,
Hudhudi mulki Sulaymon, marhabo.

Tal’ating farrux, muborak maqdaming
Qildi kulbamni guliston, marhabo.

Xo’b kelding, yaxshi keltirding xabar,
Aylading dardimga darmon, marhabo.

Bo’ldi mavzun qomatingdin munfail,
Sarvi nozi bog’i rizvon, marhabo.

Qilg’asen ul moh mehrin oshkor,
Subh yanglig’ pokdomon, marhabo.

Mujda keltirding visoli yordin,
Topti taskin dardi hijron, marhabo.

Kel beri, to xoki poyingni qilay
To’tiyoyi chashmi giryon, marhabo.

Ravshan aylarman chirog’i ohni,
Ko’zlarimdur gavharafshon, marhabo.

Bu kecha hijron shabistonidadur
Anjumi ashkim charog’on, marhabo.

Qo’y kafi poyingni diydam ustina
Bir dam, ey sarvi xiromon, marhabo.

Nodira, har so’zki insho ayladim,
Aydi anga ahli davron: "œMarhabo!"
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:55:18
Muhabbatsiz kishi odam emasdur

Na gul sayr ayla, na fikri bahor et,
Jahondin kech, xayoli vasli yor et.

Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et.

Uzoru qaddu raftoringni ko’rsat,
Chaman sarvu gulini sharmisor et.

Labi maxmurdadurmen, jomi may tut,
Karam qil, soqiyo, daf’i humor et.

"œAnalhaq" mojarosin aylading fosh,
kel, ey Mansur, istiqboli dor et.

Duru ashku aqiqi xuni dilni
Kelu yoring ayog’ig’a nisor et.

Kuyib, ey Nodira, olam elig’a
Muhabbat shevasini oshkor et.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:55:37
Yorsiz na lazzat

Jon ko’rmadi ro’zadin halovat
Iftorda yorsiz na lazzat?

Yor aylasa yori birla iftor,
Yo’q ro’zada mundin o’zga davlat.

El barcha visol bazmida shod,
To subh chekib surudi ishrat.

Har shom menga navolayi g’am
Iftor qilurg’a bo’ldi qismat.

Mohi ramazonki, fayzi cho’qtur,
Men xastag’a yorsiz na rohat.

Har shom ko’zimni yoshi sham’im,
Xuni jigarim ba joyi sharbat.

Hijron ila ro’za javr etolmas,
Gar yor esa, Nodira, salomat.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:55:56
Dodim eshit

Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit,
Sen shohu, men benavo, lutf ayla, faryodim eshit.

Dudi ohim shu’lasi husning dabiristonida
Misra’i barjastadur, ey sarvi ozodim, eshit.

Sarvinozim, sendin ayru naxli ohim bo’ldi xam,
Qomating hajrida sindi shoxi shamshodim, eshit.

Har nechakim, sabr ta’mirini bunyod ayladim,
Ashk selobida vayron o’ldi obodim, eshit.

Barcha yoru oshnodin aylading begonalig’,
Necha kunlar bo’ldi hargiz qilmading yodim, eshit.

Kelki, bir soat seni ko’rmoq uchun mushtoqmen,
Telba bo’ldim sendin ayru, ey parizodim, eshit.

Nodira bodi sabodin senga irsol etgali
Qildi insho bu g’azalni tab’i noshodim, eshit.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:56:19
Dahrni imtihon etib ket

Kel, dahrni imtihon etib ket,
Sayri chamani jahon etib ket.

Bedardlaring jafolaridin
Faryod etib, fig’on etib ket.

Dunyo chamanini bulbulisen,
Gul shoxida oshyon etib ket.

Ey ashk, ko’zimni maktabidin
Hayrat sabaqin ravon etib ket.

Olam chamaniki bevafodur,
Bir oh bila xazon etib ket.

Ushshoq maqomi bo’stondur,
Azmi rahi bo’ston etib ket.

Maqsad na edi, jahona kelding?
Kayfiyatini bayon etib ket.

Fosh etma ulusqa ishq sirrin,
Ko’ngulda ani nihon etib ket.

Kel, ishq yo’lida ko’zlaringni
Ey Nodira, durfishon etib ket.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:56:40
Ko'zlarim mushtoqdir diydor uchun

Ko’zlarim mushtoqdur diydor uchun, ruxsora och,
Pardani yuzdin, ko’zim qilg’uncha bir nazzora, och.

Pardayi nozu hayo xomush la’lingdin ko’tar,
Ikki gul bargini birdin guhar guftora och.

Besutun tog’ida ko’p jon chekmag’il, ey ko’hkan,
Ko’kragimdin jo’yi shir o’rnig’a o’tlig’ yora och.

Ey ko’ngul, dudi fig’oningdin kavokib tiyradur
Oh ko’p chekma, hijobi sobiti sayyora och.

Shavq komil bo’lsa, muxlis ko’chasi masdud emas,
Ey sharar, bir jazba birla rohi sangi xora och.

Muncha pinhon dog’kim, ey jon, falak qo’ydi senga,
Yor agar kelsa, giriboningni aylab pora, och.

Nodira, ohu dilu sho’ri junun barpoy qil,
Ushbu lashkar birla olam mulkini yakbora och.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:57:05
Ehtiyoj

Qilmag’il zinhor izhor ehtiyoj
Kim, aziz elni qilur xor ehtiyoj.

Hech kim olamda forug’bol emas,
Har kima o’z miqdoricha bor ehtiyoj.

Ganji husningni zakoti ber menga,
Sen g’anisan, menda bisyor ehtiyoj.

Ko’zlarim aylar yuzingni orzu
Kim erur ko’zguya diydor ehtiyoj.

Mustamand etti meni muhtojlik,
Qildi hojatmanding, ey yor, ehtiyoj.

Gar tilarsen obro’ ahbob aro,
Aylama zinhor izhor ehtiyoj.

Qil ravo, albatta, oshiq hojatin,
Boqmag’il arz etsa ag’yor ehtiyoj.

Bir tarahhum zohir etsang, netgusi,
Qildi husningg’a meni zor ehtiyoj.

Yor vaslini tilarmen, Nodira,
Ayladi ko’nglimni afgor ehtiyoj.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:57:28
Tushimda ko'rsam edi

Nigori gulbadanimni tushumda ko'rsam edi,
Labi shakarshikanimni tushumda ko'rsam edi.

Ko'z ochmayin g'amida ro'zg'orim o'tquchidur,
Ki yori siymtanimni tushumda ko'rsam edi.

Chu davri rohatim o'tti zihi saodat edi,
Murodi jonu tanimni tushumda ko'rsam edi.

G'amida shona kabi chok-chokdur ko'nglim,
Ki, kokili Xo'tanimni tushumda ko'rsam edi.

Yuzi gulu qadi shamshod, ko'zlari nargis,
Bahori yosumanimni tushumda ko'rsam edi.

Jafoi hajr bila ko'ksumi nigor qilay,
Nigohi sehr fanimni tushumda ko'rsam edi.

Labimg'a keldi aning vaslini tilab jonim,
Balo o'ti figanimni tushumda ko'rsam edi.

Hamisha bulbuli tab'im fig'onu zor etar,
Ki,orazi chamanimni tushumda ko'rsam edi.

Firoqi Nodira ko'nglumg'a dog'lar qo'ydi,
Amiri safshikanimni tushumda ko'rsam edi.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:57:48
Sog'indim

Qolib furqat diyori ichra jononimni sog'indim,
Charog'i ro'zg'ori munisi jonimni sog'indim.

Gulistondur visoli mahfili,men andalib anda,
Guli ayshim xazon o'ldi,gulistonimni sog'indim.

Ko'rub ko'nglumda yuz ozor,ey bedard,ta'n etma,
Muruvvat ko'rguzib rahm etki,sultonimni sog'indim.

Chamanda jilva qildi sarvu gul ham sabza bosh egdi,
Qadi sarvu yuzi gul xatti rayhonimni sog'indim.

Havoyi ishq sargardoniman,oromu sabrim yo'q,
Parishon zarradek xurshedi tobonimni sog'indim.

Ko'zimdin yosh to'kub,giryon bo'lib,qon yig'lamay naylay,
Ki,hangomi takallum la'li xandonimni sog'indim.

Menga davri falaldin bo'lmadi bir lahza osoyish,
Parishonholman, sultoni davronimni sog'indim.

Arabdin to Ajam mashhur edi ul shohlar shohi,
Skandar saltanatlig' shohi Turonimni sog'indim.

Qizil qondur ko'zim yoshi, sabo yetkur salomimni,
Guli sadbarg yanglig' pok domonimni sog'indim.

Tikarman,Nodira,g'am yo'lida ko'zni Zulayhodek,
Kim, ul Yusufliqo sulton Umarxonimni sog'indim.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:58:06
Shukur ayla xudoga

Farhod agar ursa menga lofi muhabbat,
Bor oh ila aylaram ani dog’i xijolat,

Harchandki bemori g’ami ishq edi Majnun,
dardimni ko’rib tishladi angushti nadomat.

Farhodda bo’lsaydi mening g’ayrati ishqim,
Bir oh ila aylar edi ul tog’ni g’orat.

Majnunda agar bo’lsa edi sabru tahammul,
Qilmasmu edi men kabi shahr ichra iqomat.

Gar bo’lsa zulayhoda mening zarracha ishqim,
Qolmas edi Yusufni firoqida salomat.

Ishq ofatig’ tog’ tahammul qila olmas,
Men menki qilurmanbu g’amu dardga toqat.

Dardu alamu g’ussaki h’jrida chekarman,
Bu mennatu g’am kimdadur, ey ahli muhabbat.

Yuzdin biri Majnunda agar bo’lsa g’amimni,
Bir oh ila olamg’ solur sh’ri qiyomat.

Har holda, ey Nodira, shukr ayla xudog’a,
Ki berdi senga ishqu muhabbat ila davlat.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:58:50
Ikkinchi ilova. Sherlar mavzusi.

Nodirabegim

Vasl uyin obod qildim
Nodira ahvolidin ogoh bo’ling
Marhabo
Muhabbatsiz kishi odam emasdur
Yorsiz na lazzat
Dodim eshit
Dahrni imtihon etib ket
Ko’zlarim mushtoqdur diydor uchun...
Ehtiyoj
Tushumda ko'rsam edi
Sog'indim
Shukr ayla xudoga
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 01:59:51
Birinchi ilova. Sherlar mavzusi.

Uvaysiy

Uvaysiyman
Ko’ngul dog’ o’ldi...
Sog’indim
Qabul etkil
Chiqib ishq o’ti...
Munosib
Kokuling
Mendin o’rgandi
Chiston
Oshiq bo'misham
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 02:02:08
Uvaysiyman

Mehnatu alamlarga mubtalo Uvaysiyman,
Qayda dard eli bo’lsa, oshno Uvaysiyman,

Istadim bu olamni, topmadim vafo ahlin,
Barchadin yumub ko’zni muddao Uvaysiyman.

Uz diling taalluqdin, band qil xudo sori,
To degil kecha-kunduz: "žMosivo Uvaysiyman!"œ

Kechalar fig’onimdin tinmadi kavokiblar,
Arz to samo uzra mojaro Uvaysiyman.

To ko’rib xarobotin ta’na etma, ey zohid,
Bir nafas emas xoli iqtido Uvaysiyman.

Faqr borgohiga qo’ysa gar qadam har kim,
Bosh agar kerak bo’lsa, jonfido Uvaysiyman.

Vaysiy beriyozat deb sahl tutma, ey orif,
Ishq aro nihon dardi bedavo Uvaysiyman.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 02:03:50
Ko'ngul dog' o'ldu

Zamona kulfatidin bu ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi,
Bu charxi bemuruvvatdin ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

Jarohat bo’ldi bag’rim tig’I bedodi raqiblardin,
Bu ko’tohfahm mardumdin ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

Bu gulzori fano ichra mahali bexalal yo’qtur,
Hamesha zaxmi xorodin ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

Fano mardumlarini sirridin hech kimsa yo’q ogah,
Qabihguftor mardumdin ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

Ko’ngul qoni farog’I diydadin bir lahza band o’lmas,
Vujudim iztirob aylab ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

Turubdur bag’rim ichra qon misoli g’uncha, naylarman,
Ochilmay gulsifat ushbu ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

So’zimdin xotiring uzra gumone o’zga yetkurma
Ki, izhor aylamay naylay, ko’ngul dog’ o’ldu, dog’ o’ldu.

Men rasvoyi olamdin mabodo e’tiroz etma,
Takallum birla shod ayla, ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

Ko’ngulni otashin bejo qilibdur nutqi guftori,
Qayu bog’ andalibidin ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

Bu so’zni ayladi barpo ajab gustohlik birla,
Maloli xotir o’lg’aymu, ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

Ajab ash’ori mavzun bog’ladi Vaysiy hasaddinkim,
Umarxon zufununekim, ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 02:05:01
Sog'indim

Bugun, ey do’stlar, farzandi jononimni sog’indim,
Gado bo’lsam, ne ayb, ul shohi davronimni sog’indim.

Musofirman, g’aribman, bekasu ham benavodurman,
Vujudim darda to’ldi, emdi darmonimni sog’indim.

Tilimning zikriyu ko’nglimni fikri, yaxshi farzandim,
Azizim, yolg’uzim, davlatli sultonimni sog’indim.

Kecha-kunduz yo’lig’a muntazirdurman, tikarman ko’z,
Kelib holim so’rubon ketsa, mehmonimni sog’indim.

Nasibin uzmadi tangrim, ilojin topmag’ay kelsa,
Onam deb bo’lg’usi bag’ri qizil, qonimni sog’indim.

Qorong’u bo’ldi olam ko’zima ushbu judolikdin,
Ko’zu ko’nglum ziyosi, mohi tobonimni sog’indim.

Meni bekas Uvaysiy yig’lag’ayman ro’zi shab tinmay,
Uyimning ziynati, ko’z ravshani, xonimni sog’indim.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 02:05:19
Qabul etgil

Kelibman dargahingga, shohi xo’bonim, qabul etkil,
Bag’ir qonim bila bul chashmi giryonim qabul etkil.

Umid aylab talab olmoqqa kirdim rohi pokingga,
Yo’lingda aylagan faryodu afg’onim qabul etkil.

Tushubdur boshima savdoyi ishqing, ey shahanshohim,
Alam bozorida bul dardi pinhonim qabul etkil.

O’tubdur gavhari noyobi umrim toki g’aflatda,
Tazarru’ zor ilan qilg’on pushaymonim qabul etkil.

Tegibdur novakingdin necha o’q jismim aro pinhon,
Shahidi ishq o’lmoqqa oqan qonim qabul etkil.

Uvaysiy garchi noqobil, kelibdur ostoningg’a,
Fig’onu ohi so’zonini, sultonim, qabul etkil.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 02:05:38
Chiqib ishq o'ti

Chiqib ishq o’ti ko’ksim chokidin, boshimdin oshibdur,
Quruq shoxeki, go’yo o’z ichidin o’t tutoshibdur.

Ko’zing jon labga yetkurdi, labing jon qo’shti jonimg’a,
Bu ikki do’stlar ul joni mahzunim taloshibdur.

Azal kunda asar etgandi sirri may qulog’img’a,
Bugun, vah, dil bulog’I jo’sh urmoqliqda toshibdur.

Visoling orzusi shiddati hijronni yiqmoqda,
Bu ikki pahlavon maydoni dil uzra kuroshibdur.

Uvaysiy, olma boshing zikru fikri yor yodidin,
Suluki ishq aro be yodi haq yo’ldin odoshibdur.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 02:07:39
Munosib

Ey gul, jigarim qoni uzoringg’a munosib,
Yuz porali ko’ksum dag’I xoringg’a munosib.

Sarf aylama har bexabara la’li qadising,
To qahru g’azab meni zoringg’a munosib.

Tun sog’arida sharbati bedorlig’ ichsang,
Mastonalig’ ul chashmi xumoringg’a munosib.

To qildi muattar xati rayhoni sahargoh,
Xushholligim husni bahoringg’a munosib.

Man’ etma tarahhum etibon, yor, yo’lungdin,
Ashkim yo’l aro man’I g’uvoringg’a munosib.

Dil manzarini pok etibon muntazir o’ldum,
Bo’lg’oymu ekin tab’I gulzoringg’a munosib?

Rashk otashini, Vaysiy, bugun ayla mukarrar,
Yuz sen kabi devona nigoringg’a munosib.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 02:08:02
Kokulung

Bo’lmasaydi to parishonlig’da zebo kokuling,
Qilmag’aydim shona chog’ida tamosho kokuling.

O’rmasam erdim olib ilgimga ul mashshotni,
Qilmag’ay erdi meni olamga rasvo kokuling.

Yo xaridor o’lmasam erdim junun bozorida,
Solmag’aydi boshima yuz rangli savdo kokuling.

Huxni ruxsoring to’yo ko’rgan edim qadr tuni,
Qilmasaydi yuzlaring ustida g’avg’o kokuling.

Qolmag’aydim norasolar ta’nayi pinhonig’a,
Etmasaydi sirrimi elga huvaydo kokuling.

Qo’nmasaydi moh ruxsoringg’a ko’nglumning qushi,
Tushmagaydi tori to bo’ynumga yaldo kokuling.

Osmasayding jon olur vaqtinda zulfing dor etib,
Bo’lmag’aydi muncha Vaysiyga mujallo kokuling.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 02:08:21
Mendin o'rgandi

Ki bulbul nola, afg’on aylamakni mendin o’rgandi,
Vujudin sham’I so’zon aylamakni mendin o’rgandi.

Borib sahroga, qon bag’rimdin izhor ayladim bir kun,
Falak bag’rin qizil qon aylamakni mendin o’rgandi.

Shafaq xun bo’lg’usi, dil, yor mehri gar nihon bo’lsa,
Samo gulguni domon aylamakni mendin o’rgandi.

Ko’rub abro’ hiloling, jon fido qildim jamolingga,
Ul oy husniga qurbon aylamakni mendin o’rgandi.

Fig’onkim, g’am tarog’I xasta ko’nglum resh-resh etti,
Sanam zulfin parishon aylamakni mendin o’rgandi.

Seni izlarman andoqkim, quyosh diydorin izlarda,
Kezib tun-kun, shitobon aylamakni mendin o’rgandi.

Qanoat qildi Vaysiy, topti dildin gavhari nazmin,
Sadaf ham durri g’alton aylamakni mendin o’rgandi.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 02:08:47
Chiston

Ul na gumbazdur: eshigi, tuynugidin yo’q nishon,
Necha gulgunpo’sh qizlar manzil aylabdur makon.
Sindurub gumbazni, qizlar holidin olsam xabar,
Yuzlarida parda tortig’liq, turarlar bag’ri qon.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 02:10:38
Oshiq bo'lmisham

Bir pari paykar sumanbar yora oshiq bo`lmisham,
La'li dilkash, so`zi xush dildora oshiq bo`lmisham.

Maddi ohim ko`kdadur, sorug` yuzumda ashki ol,
Ul qaddi ra'no, yuzi gulnora oshiq bo`lmisham.

Qilm gulqanding ila za'fim ilojin, e hakim,
menki, gulbargi shakar guftora oshiq bo`lmisham.

Nolau afg`on ertarman qumridek bulbul kabi,
Na ushunkim, sarvigulruxsora oshiq bo`lmisham

Lablaringdin to ko`rinshim xush-xush inju tishlaring,
La'li birla ul duri shahvora oshiq bo`lmisham.

Do`stlar ko`nglum olon zulfi musulmonkush erur,
Kofiredur, kokuli zunnora oshiq bo`lmisham.

O`zni qutqarmoq uchun yeldim-yugurdim har sari,
Oh vovayloki, bora-bora oshiq bo`lmisham.

Manzilu ko`yu, aloyiq bandidin ozodman
To tariqi `hojai Ahrora oshiq bo`lmisham.

Baski, sargardon, quyun yanglig` yugurmakdur ishim,
Ishq vodisiga man ovora oshiq bo`lmisham.

Vaysiydin xush istamaklik yo`q munosib ne uchun?
Bir pari paykar sumanbar yora oshiq bo`lmisham.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 02:11:21
Ikkinchi ilova. Sherlar mavzusi.

Uvaysiy

Uvaysiyman
Ko’ngul dog’ o’ldi...
Sog’indim
Qabul etkil
Chiqib ishq o’ti...
Munosib
Kokuling
Mendin o’rgandi
Chiston
Oshiq bo'misham
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: JeeS 22 Noyabr 2010, 00:08:44
Ayt ey xasta bulbulim,
O`shga qachon yetamiz.
Yashil bog`lar sarg`aydi,
Mayiz bo`ldi gujumlar.
Ox voy muncha yo`l og`ir.
Ulkan soat o`rtasida,
Madorim yuq yurmoqqa.
Qashqirlar davrasida,
Sudralaman turmoqqa.
Shunda qolib ketsamgar,
Netamiz abadiyat oralab.
O`shga qachon yetamiz?
Yashil bog`lar bag`ridan,
Begim o`shim ko`rindi.
Sulton o`shim ko`rindi.

Erta so`ngan shoir Shavkat Raxmon...
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Yusuf 28 Iyun 2011, 07:32:39
Tole yo'qki jomimg'a balolig' bo'ldi
Ne ishniki ayladim xatolig' bo'ldi
O'z yurtni qo'yub, Hind sori yuzlandim
Yo Rab netayin, ne yuz qarolig' bo'ldi.

Zahiriddin Muhammad Bobur.
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Yusuf 29 Iyun 2011, 18:55:09
Tuproq to'shagida yotgan ko'p ko'rdim
Yer qaro bag'riga botgan ko'p ko'rdim
Yo'qlik olamiga ko'z tashlaganda
Kelmagan ko'p ko'rdim, ketgan ko'p ko'rdim.

Ko'nglim oppoq, na kek va ne kiynam bor
Dushmanim ko'p, valekin men hammaga yor
Mevali daraxtman, har bir o'tkinchi
Tosh otib o'tsa ham menga bo'lmas or.

Necha yil ilm hunar payida bo'ldik
Necha yil zar zevar payida bo'ldik
Olam sirlaridan bo'lganda ogoh
Bari ishni tashlab , qalandar bo'ldik.

    Pahlavon Mahmud.

Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Sanjar 07 Dekabr 2011, 01:04:29
GO'ZAL O'TKINCHI

Ko'klam yomg'irining bir parchasini
Ko'm-ko'k barg o'ziga qilgandi sirg'a.
Oydinda tovlanar, tong yeli uni
Tinmay tebratardi barg bilan birga.

Lekin oftob chiqib qizdirgan sari
Bug'lanib, oxiri yo'q bo'ldi, tomchi.
Sen ham shu bargdagi tomchi singari
Hamroh bo'lolmading, go'zal o'tkinchi!

(Pirimqul Qodirov "Uch ildiz" romanidan)
Nom: Re: O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari
Yuborildi: Muhammad Sanjar 28 Dekabr 2011, 22:43:21
AGAR

Tuhmatdan yiqilsa
birorta do'stim,
men-chi xilvatlarda berkinib yotsam.
Bu ham yetmaganday ancha vaqt o'tib,
poklikdan so'ylasam,
xotira sotsam.
Yo'q, bo'lmas,
yashardim boshimni egib,
kezardim umrbod yurtma-yurt oshib.
Odamzot ko'ziga qarolmasdim tik,
ko'ksimga osilgan bo'lardi boshim.
Yo'q, yo'q, yo'q...
Albatta birga bo'lardim
tamug' malaylari ishga tushgan choq.
Do'stim-la yonma-yon turib o'lardim,
ehtimol, o'lardim undan oldinroq.

(Shavkat Rahmon)