forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:24:47

Nom: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:24:47
Ishqing otashidin men tomchiga zor,
Xayoling tushlarimda manga yodgor.
Suving sharob yanglig' yondirdi mani,
Charxpalakdek aylanurman nolakor.

Jaloliddin Rumiy
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:24:57
Kelinglar, do‘st bo‘laylik,
Ishni oson qilaylik,
Sevaylik, sevilaylik
Dunyo hech kimga qolmas.

Yunus Emro
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:25:05
Mening kufrimni ayblarga muhaqqaq sizda imkon yo`q,
Bu olamda mening pokiza imonimdek imon yo`q.
Zamon ahli aro tanho musulmon men edim, e voh,
Agar kofir esam men ham, bu dunyoda musulmon yo`q.

Ibn Sino
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:25:14
Biror kishi chiqib har zamon, mana Men, deydi,
Molu siymu zari bor chunon, mana Men, deydi.
Ishi rivoj topib turganda, bir kuni ajal,
Pistirmadan chiqib nogahon, mana, men deydi.

Umar Xayyom
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:25:23
G'urbatda garib shodmon bulmas emish,
El anga shafiku, mehribon bulmas emish.
Gar oltin kafas uchra kizilgul bitsa,
Bulbulga tikondek oshion bulmas emish.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:25:34
Men sening ishqingdin,ey dil, bandaman,
Vah,qachon eytkayman ul dilbanda man.
Bevafolarg'a meni qilding asir,
Sen menga sultonsan,ey dil, bandaman.

Lutfiy
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:25:46
Har kimki vafo qilsa vafo topgusidur,
Har kimki jafo qilsa jafo topgusidur,
Yahshi kishi yomonlig' ko'rmagay hargiz,
Ha kimki yomon bo'lsa jazo topgusidur!

Mirzo Bobur
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:25:53
Ko'rdum yuzungni - devona bo'ldum,
Aqli hushimdan begona bo'ldum.
Tortib jafoni o'lsam ko'yingda,
Qaytmasman hargiz - mardona bo'ldum.

Boborahim Mashrab
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:26:02
Tinglang bu abadiy sado bo`ladi,
Gadoning dushmani gado bo`ladi,
Ikkisi bir-birin topishguncha to,
O`rtada bu dunyo ado bo`ladi.

Umar Xayyom
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:26:12
Umidlar donasi xirmonda qolur,
Bog`u rog` na sanda, na manda qolur,
Siymu zar to`plama do`stlar-la yeb-ich,
Bo`lmasa, hammasi dushmanda qolur.

Umar Xayyom
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:26:19
Kulol do`koniga tashladi nazar,
Ikki mingcha ko`za jim suhbat qurar:
— Qaysimiz sotuvchi, - dedi bir ko`za, —
Qaysimiz oluvchi, qani ko`zagar.

Umar Xayyom
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:26:29
Bozorda bir kulol ko`rsatib hunar,
Bir bo`lak xom loyni tepib pishitar,
Loy ingrab aytadi: Hoy, sekinroq tep,
Men ham kulol edim, sendek, birodar.

Umar Xayyom
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:26:49
Bu olamda Haqdin qo‘rqib zor ingrasam,
Oxiratda ruhim orom olarmikin?
O‘tganlarning bosgan izin ko‘zga surtsam,
Piri mug‘on mani yo‘lga solarmikin?

Boshim egib, belim bog‘lab qilsam ixlos
Nafsi shayton changalidan bo‘lsam xalos,
Jon berarda madad qilsa Hizr, Ilyos,
U dunyoda Olloh rahm qilarmikin?

Tog‘u cho‘llar gunohimdan qilmas toqat,
Har kun yuz ming turli isyon menga odat,
Bu ish bilan oxiratda bormu rohat,
Tavba qilsam odatlarim qolarmikin?

Boshim tanim tuproq qilib, fano bo‘lsam,
Diydortalab hasratida ado bo‘lsam,
Ahli ayol, xonumondin judo bo‘lsam,
Do‘stlar, Hojam manga rahm qilarmikin?

Ey osiylar tavba qilg‘il Haq eshitsin,
Dodingizdan yeru ko‘klar nola qilsin,
Maloiklar Haqdin tilab ulush bersin,
Ulush olgan qulni g‘ami bo‘larmikin?

Aqlim hayron, ko‘zim giryon, xonavayron,
Haq yo‘lini bilolmasmen, o‘zim nodon,
Ey do‘stlarim, betoqatmen, qayda JONON?
Jononimdan hech kim xabar bilarmikin?

Ostonaga boshim qo‘yib zori qilsam,
G‘arib-etim boshin silab duo olsam,
Haqdin qo‘rqib dunyo uchun ortga olsam,
Hojam meni holi dilim so‘rarmikin?

Saxarlarda zori qilib yig‘lasam men,
Jon berarda belim mahkam bog‘lasam men,
Ishqi birlan yurak bag‘rim dog‘lasam men,
Haq chirog‘i qabrim ichra yonarmikin?

Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:27:06
Beshak biling bu dunyo
Barcha eldan o'taro,
Inonmag'il molingga
Bir kun qo'ldan ketaro.

Ota-ona, qarindosh
Qayon ketdi fikr qil
To'rt oyoqlik cho'bim ot
Bir kun senga yetaro.

Dunyo uchun g'am yema,
Haqdin o'zgani dema,
O'zgalar molin yema,
Sirot uzra tutaro.

Ahli ayol, qarindosh,
Hech kim bo'lmaydi yo'ldosh,
Mardona bo'l g'arib bosh,
Umring yeldek o'taro.

Qul Hoja Ahmad toat qil,
Umring bilmam necha yil,
Asling bilsang qaro gil,
Yana gilga ketaro.

Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:27:23
Ishq dardini talab qildim darmoni yo'q,
Ishq yo'lida jon berganni armoni yo'q,
Bu yo'llarda jon bermasang imkoni yo'q,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Qaydin topay ishqing tushdi qarorim yo'q,
Ishq sadosin tunu kunu qo'yorim yo'q,
Dargohingdan o'zga yerga bororim yo'q,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Ishq bozori ulug' bozor, savdo harom,
Oshiqlarga sendin o'zga g'avg'o harom,
Ishq yo'lig'a kirganlarga dunyo harom,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Oshiqlikni davo qilib yurolmadim,
Nafsdin kechib Haq amrini bilolmadim,
Nodonlikda Haq amrini bilolmadim,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:27:57
Muhabbatni bo'stonida hazor doston,
Bulbullari sayrab anda afg'on qilur.
Ma'rifatni maydonida javlon qilg'on
Kecha-kunduz ko'z yoshini ummon qilur.

Ul bulbulni ovozini eshitg'onlar,
Takabburni tog'in kesib ushotg'onlar,
Bu dunyoni mazzasini unutg'onlar
Faryod urub,yig'lab ko'zin giryon qilur.

Oshiq qullar bu dunyoni ko'zga ilmas,
Dunyo ishqin zohid qullar tilga olmas,
Kecha-kunduz mastu hayron - o'zga kelmas,
Diydor tilab,ko'ksin teshib nolon qilur.

Vo darig'o, kechti umrim, to'ymay qoldim,
Rohilasiz yo'lg'a kirib,horib qoldim,
Himmat qurin bekga mahkam cholib oldim,
O'zi suygan oshiqlarin sarson qilur.

Ayo, oshiq, kecha-kunduz tinmay yig'la,
Kuyub-pishib,yurak-bag'ring ezib dog'la,
Ajal yetsa,mardonavor beling bog'la,
Mundog' oshiq borsa anda mehmon qilur.

Shayx Mansur o'z boshini dorda ko'rdi,
Partav soldi, Haq diydorin anda ko'rdi,
Bexud bo'lub, o'zin bilmay afg'on qildi,
'Vo zuqqo' deb,o'zin bilmay javlon qilur.

Shayx Shibliy oshiq bo'lub bilmay o'tti,
Shayx Boyazid yetmish yo'li o'zin sotti,
Bu dunyoni izzatlarin tashlab otti,
O'tgan ishqqa nadomat deb afg'on qilur.

Andog' erlar suhbatini tobqan kishi,
Mastu hayron bo'lub yurar yozu qishi,
Saharlarda chorzrb urmaq aning ishi,
Zohir xanda,botinlarin pinhon qilur.

Mundog' bo'lmay Haq vaslig'a yetib bo'lmas,
Rasvo bo'lmay sirdan ma'no olib bo'lmas,
'Hu' zikrini aytib doyim tildin qo'ymas,
Vahmi birlan dillarini larzon qilur.

Qul Xoja Ahmad, bu hikmatni kimga ayding,
Orifman deb xaloyiqqa o'qub yoyding,
Ta'sir qilmas olimlarg'a aytg'on panding,
Orif uldur - tan mulkini vayron qilur.

Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:28:23
Bismilloh deb bayon aylay hikmat aytib,
Toliblarg’a durru gavhar sochtim mano.
Riyozatni qottig’ tortib, qonlar yutub,
Men daftari soniy so’zin ochtim mano.

So’zni aydim harkim bo’lsa diydor talab,
Jonni jong’a payvand qilib, ragni ulab,
G’arib, yetim, faqirlarni ko’nglin siylab,
Ko’ngli butun xaloyiqdin qochtim mano.

Qayda ko’rsang, ko’ngli sinuq marham bo’lg’il,
Andog’ mazlum yo’lda qolsa, hamdam bo’lg’il.
Ro’zi mahshar dargogiga mahram bo’lg’il,
Movumanlik xaloyiqdin qochtin mano.

G’arib, faqir, yetimlarni R a s u l so’rdi,
O’shal tuni Me’roj chiqib diydor ko’rdi,
Qaytib tushub g’arib, faqir holing so’rdi,
G’ariblarni izin izlab tushtum mano.

Ummat bo’lsang, g’ariblarg’a tobe’ bo’lg’il,
Oyat, hadis har kim aytsa, some’ bo’lg’il,
Rizqu ro’zi harna bersa, qone’ bo’lg’il,
Qone’ bo’lub, shavq sharobin ichtim mano.

Madinaga R a s u l borib, bo’ldi g’arib,
G’ariblig’da mehnat tortib, bo’ldi habib,
Jafo tortib, yaratqang’a bo’ldi qarib,
G’arib bo’lub, uqbolardin oshtim mano.

Oqil ersang, g’ariblarni ko’nglin ovla,
Mustafodek elni kezib, yetim kovla,
Dunyoparast, nojinslardin bo’yun tovla,
Bo’yun tovlab, daryo bo’lub toshtim mano.

Ishq bobini Mavlom ochqach menga tegdi,
Tufroq qilib, hozir bo’l, deb bo’ynum egdi,
Boron sifat malomatni o’qi tegdi,
Paykon olib, yurak-bag’rim teshtim mano.

Ko’nglum qottig’, tilim achchig’, o’zum zolim,
Qur’on o’qub amal qilmay, yolg’on olim,
G’arib jonim sarf aylayin, yo’qtur molim,
Haqdin qo’rqub, o’tga tushmay, pishtim mano.

Oltmish uchga yoshim yetti, o’ttum g’ofil,
Haq amrini mahkam tutmay, o’zum johil,
Ro’za, namoz qazo qilib, bo’ldum kohil,
Yomon izlab, yaxshilardin kechtim mano.

Vo darig’o, muhabbatni jomin ichmay,
Ahli ayol, xonumondin tugal kechmay,
Jurmu isyon girihlarin munda chechmay,
Shayton g’olib, jon berarda shoshtim mano.

Imonima changal urub, qildi g’amnok,
Piri mug’on hozir bo’l, deb sochti taryok,
Shayton la’in mendin qochib ketti bepok,
Bihamdilloh, nuri imon ochtim mano.

Piri mug’on xizmatida yugrub yurdum,
Xizmat qilib, ko’zim yummay hozir turdum,
Madad qildi, Azozilni qavlab surdum,
Ondin so’ngra qanot qoqib uchtim mano.

G’arib, faqir, yetimlarni qilgin shodmon,
Halqalar qilib aziz joning ayla qurbon,
Taom tobsang, joning birla qilgil mehmon,
Haqdin eshtib bu so’zlarni aydim mano.

G’arib, faqir, yetimlarni har kim so’rar —
Rozi bo’lur ul bandadin parvardigor,
Ey bexabar, sen bir sabab, o’zi asror,
Haq Mustafo pandin eshtib, aydim mano.

Yeti yoshda Arslonbobg’a qildim salom:
"œHaq Mustafo amonatin qiling in’om",
O’shal vaqtda ming bir zikrin qildim tamom,
Nafsim o’lub, lomakong’a oshtim mano.

Hurmo berib, boshim silab, nazar qildi,
Bir fursatda uqbo sari safar qildi,
Alvido, deb bu olamdin guzar qildi,
Maktab borib, qaynab, jo’shub-toshtim mano.

"œInno fatahno"no o’qub, ma’no so’rdum,
Partav soldi, bexud bo’lub, diydor ko’rdum,
Mullom urub, "œuskut" dedi, boqib turdum,
Yoshim sochib, muztar bo’lub turdim mano.

Ayo nodon, ma’no bul, deb aydi, bildim,
Ondin so’ngra cho’llar kezib, haqni suydum,
Ro’zi qildi, Azozilni tutub mindim,
Langar tugub, belin bosib yanchtim mano.

Zikrin tamom qilib, o’ttum devonaga,
Haqdin o’zga hech so’zlamay begonaga,
Sham’in izlab, shogird kirdim parvonaga,
Axgar bo’lub, kuyub-yonib o’chtim mano.

Nomu nishon hech qolmadi, lo-lo bo’ldum,
Alloh yodin oyta-oyta illo bo’ldum,
Xolis bo’lub, muxlis bo’lub, lilloh bo’ldum,
"œFano filloh" maqomig’a oshtim mano.

Sunnat ermish, kofir bo’lsa, berma ozor,
Ko’ngli qottig’, dil ozordin Xudo bezor,
Alloh haqi, ondog’ qulg’a sijjin tayyor,
Donolardin eshitib, bu so’z aydim mano.

Sunnatlarin mahkam tutub, ummat bo’ldim,
Yer ostiga yolg’iz kirib, nurg’a to’ldum,
Haqparastlar maqomig’a mahram bo’ldum,
Botin tig’i birla nafsni yanchtim mano.

Nafsim meni yo’ldun urub, xor ayladi,
Termulturub xaloyiqg’a zor ayladi,
Zikr ayturmay, shayton birla yor ayladi,
Hozirsen, deb nafs boshini sonchtim mano.

Qul Xoja Ahmad, g’aflat bila umrung o’tti,
Vo hasrato, ko’zdin, tizdin quvvat ketti,
Vo vaylato, nadomatni vaqti yeti,
Amal qilmay, karvon bo’lub ko’chtim mano.

Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:28:36
Kasbi ilm zahmat ila ranj keltirur,
Lek ortidan xazinayu ganj keltirur.
BINOIY


Tomoshaga yaxshi erur nargis guli,
Ammo talxdir, totib ko‘rma hargiz uni.
GURGONIY


Suzib yursa agar tutun uying aro,
Oq devorni o‘zi kabi qilur qaro.
JOMIY
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:28:46
Garchi shuncha mag`rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?

Kamtarin bo`l, hatto bir qadam
O`tma g`urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O`par doim peshonasidan.

Erkin Vohidov
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:29:11
Ilm, Navoiy senga maqsud bil,
Emdiki, ilm o‘ldi, amal aylagil.

* * *

Naf’ing agar xalqqa beshakdurur
Bilki, bu naf’ o‘zungga ko‘prakdurur.

* * *

Ilmni kim vositayi joh etar,
O‘ziniyu xalqni gumroh etar.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:29:20
O‘z vujudingga tafakkur aylagil,
Har ne istarsen, o‘zingdin istagil.

* * *

Xaloyiqqa ko‘rma qilib benavo,
O‘zingga ravo ko‘rmaganni ravo.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:29:33
Odami ersang demagil odami,
Oniki yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.

* * *

Menga ne ishqu, ne oshiq havasdur,
Agar men odam o‘lsam,ushbu basdur.

Alisher Navoiy 
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:29:43
Yuz jafo qilsa manga bir qatla faryod aylamam,
Elga qilsa bir jafo, yuz qatla faryod aylaram.

* * *

Kimki kishi o‘lmakidan shod erur,
Go‘rkanu g‘osilu jallod erur.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:29:53
Bordur inson zotida oncha sharaf, —
Kim yamon axloqni etsa bartaraf.

* * *

Xush durur bog‘u koinot guli,
Barchadin yaxshiroq hayot guli.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:30:01
Bu gulshan ichraki, yo‘qdur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur, chiqsa yaxshilik bila ot.

* * *

So‘zda, Navoiy, ne desang chin degil,
Rost navo nag‘maga tahsin degil.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:30:10
Kimniki inson desang, inson emas —
Shaklida — bir, fe’lda — yakson emas.

* * *

Ko‘p demak birla bo‘lmag‘il nodon,
Ko‘p yemak birla bo‘lmag‘il hayvon.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:30:18
Kimki jahon ahlida inson erur,
Bilki, nishona anga iymon erur.

* * *

Navoiy, chu g‘urbatda sen shod bo‘l!
Vatan yodi ranjidan ozod bo‘l!

Alisher Navoiy
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:30:28
Gar oshiq esang, zebu takallufni unut,
Yaxshiyu yamon ishda taxallufni unut.
O‘tgan gar erur yamon — taassufni unut,
Kelgan gar erur yaxshi — tasarrufni unut.

* * *

El qochsa birovdin, el yamoni bil oni,
Ahvolida idbor nishoni bil oni.
Fe’l ichra ulus baloyi joni bil oni,
Olam elining yamon-yamoni bil oni.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:30:40
Kamol et kasbkim, olam uyidin,
Sango farz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq.
Jahondin notamom o‘tmak biayni,
Erur hammomdin nopok chiqmoq.

* * *

G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg‘a tikondek oshyon bo‘lmas emish.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:30:50
Onalar oyog‘i ostidadur
Ravzayi jannatu jinon bog‘i,
Ravza bog‘i visolin istar esang,
Bo‘l onaning oyog‘in tuprog‘i.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Usmon 24 Yanvar 2008, 18:36:38
Xo'roz qilar xo'p shiddatli jang,
Ojiz qolur qirg'iy ursa chang.
Mushuk sherdir sichqon ovida,
Lek sichqondir duch kelsa palang

                                                       /Sa'diy She'roziy/
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Usmon 24 Yanvar 2008, 18:38:13
Tanangda bir a'zo gar bo'lsa bemor,
Hammasida qolmas sabr ila qaror.
O'zgalar g'amini chekmasa odam,
Anga noloyiqdur inson degan nom.
                                                       /Sa'diy She'roziy/
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: JaviK 26 Yanvar 2008, 07:32:02
Uchinchi haqiqat

     Qаdim zаmоndа bir dоnо pоdshоx o'tgаn ekаn. Kunlаrdаn bir kun u ko'zgugа qаrаb sоch vа sоqоlining оqigа tеrmulib, o'lim shаrpаsi yaqinligini sеzibdi. U o'z o'rnigа munоsib оdаm izlаb, vаzirlаri vа o'gillаrini chоrlаbdi.
- Ey, fаrzаndlаrim vа vаzirlаrim, mеn o'z o'rnimgа pоdshоx tаnlаshim vа ko'zim оchiqligidа bu tоju tаxt ishоnchli qo'ldаligini sеzishim kеrаk. Shuning uchun sizlаrgа uch sаvоlim bоr, ulаrni kim to'liq yеchа оlsа, tаxt vоrisi bo'lgаy:
- Dunyodа eng оliy xаqiqаt nimа?
- Dunyodа eng оliy yolg'оn nimа?
- Dunyodа eng оliy mаqsаd nimа?
Sizlаrgа o'n kun muxlаt, endi tаrqаling. Birinchi bo'lib shu sаvоllаrgа jаvоb tоpib kеlgаn kishigа eng оliy mаjburiyat — pоdshоxlik tоjim kiydirilаdi.
Xаmmа bоshini xаm qilibdi, uzоq o'ylаshibdi. Pоdshоxning kаttа o'g'li Jаxоngir ko'p fаrоsаtli, aqlli yigit ekаn. Pоdshоxning umidi xаm shu o'glidаn ekаn. Yigit оldingi ikki sаvоlgа jаvоb tоpibdi-yu uchinchisigа аqli оjizlik qilib, оnаsining xuzurigа bоrib mаslаxаt so'rаbdi, оnа xаm o'ylаb turib "o'g'lim, jаvоbni qаbristоndаn yoki sаxrоdаn izlа" dеbdi. Jаxоngir sаxrоgа chiqibdi vа uzоq yurib, bir pоdаchining qo'rаsi yonidаn chiqib Qоlibdi. Bоrib sаlоm bеribdi. Pоdаchilаrning оksоqоli nurоniy, оqil kishi ekаn. Mеxmоnni judа chirоyli, kutib оlib: "Bu sаxrоdа yolg'iz nе izlаb yuribsiz", dеbdi.
Yigit bo'lgаn ishlаrni so'zlаb bеribdi vа o'zini tаnitib, uchinchi sаvоlgа jаvоb tоpishdа yordаm bеrishini surаbdi.
Dоnо bоbо bir tаbаssum аylаbdi: "Mаyli o'g'lim, yordаm bеrgаnim bo'lsin. Аyting-chi, birinchi vа ikkinchi nе jаvоb tоpdingiz?"
- Ex, оtаxоn, -dеbdi yigit, -birinchi sаvоl jаvоbi -dunyodаgi оliy xаqiqаt bu o'limdur, tug'ilgаn kishi o'lmоg'i bеgumоndir. Qаchоn vа qаy xоldа ekаnligi bu fаqаt Оllоhgа аyon.
Ikkinchi sаvоl, eng оliy yolg'оn bu dunyo -bеvаfо dunyodur. Xаmmа bu dunyo mоligа аldаnib umr o'tkаzur. U xuddi kаttа sаxnаdir. Xаmmа go'yo sahna o’yinchisi kаbi bir-bir chiqish qilаr vа аstа-аstа o'zi to'plаgаn bоyliklаrini tаshlаb, оrttirgаn gunоxlаrini оlib bu dunyodаn kеtаrlаr. - Bаlli, -dеbdi cho'pоnlаr оtаxоni, -endi o'g'lim, аnа shu qаrshimizdа turgаn o'tоvdа mеning bеgunоx kеlinim ikki nоrаsidа go'dаgi bilаn yotibdi. Аgаr sizgа pоdshоxlik аziz bo'lsа, shu kеlinim vа nоrаsidа go'dаklаrni o'ldirаsiz, shundа mеn uchinchi sаvоlgа jаvоb bеrаmаn, аgаr shuni qilmаsаngiz jаvоb yo'k, pоdshоx bo'lа оlmаysiz.
- Ey, оtаxоn, -dеbdi Jаxоngir jаxli chiqib, -аxir bеgunоx kishilаrni o'ldirgаn kishining оxirаti kuyib kеtmаydimi, shu аrzimаs аmаlni dеb оxirаtimni kuydirаymi, bеgunоx оdаm o'ldirgаn kishi xаttо jаnnаt xidini xаm xidlаmаydi-ku. Mеngа uchinchi sаvоlning jаvоbi xаm, pоdshоlik xаm kеrаk emаs. - Bаlli, -dеbdi оtаxоn, -siz pоdshоxlikkа lоyiqsiz, jаvоbni o'zingiz tоpdingiz. Xа, o'g'lim, eng оliy mаqsаd bu Оllоhning jаnnаtidir. Xаr bir mo'min vа mo'minаning оrzusi shudir. Jаnnаtgа intilib yashаsh eng buyuk kurаsh, gunоx vа sаvоblаr kurаshidir. Kimning iymоni bаquvvаt, sаvоbi mo'l, niyati xоlis bo'lsа, shubxаsiz, jаnnаt egаsidir. Оllоh jаnnаtni o'zi sеvgаn kishilаri uchun yarаtgаn. Yigit xursаnd bo'lib оtа xuzurigа qаytibdi vа ilm mаjlisidа xоzir bo'lgаn оlimlаrgа sаvоllаr jаvоbini аytib, xаmmаni xushnud etibdi. Elu-xаlq uni Jаxоngirshоx dеb bir оvоzdаn mа’qullаbdi. Оtа xаm xursаnd. Tоju-tаxt ishоnchli qo'lgа o'tgаnidаn xоtirjаm оxirаt ibоdаtigа bеl bоglаb, Mаkkа sаri оtlаnibdi.
Jаxоngirshоx ushа pоdаchilаr оqsоkоlini o'zigа pir dеb xisоblаbdi. Undаn kup mаslаxаt vа nаsixаt оlibdi, elu-yurtni оbоd qilib, uzоq vаqt xаlq duоsini оlib yashаb o'tibdi.
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Usmon 28 Yanvar 2008, 18:55:03
Muhtoj banda iltijoda xudoga qo'lin ochar,
To'qligida qo'llarini qo'ltiqqa urib qochar
                                                        /Sa'diy She'roziy/
Nom: Re: Hikmatlar
Yuborildi: Muhammad Sanjar 15 Yanvar 2012, 20:08:44
Toki bor g'ayratu mardlikdan asar,
Ahlu ayolingni etma darbadar,
Meva shoxi agar devordan oshsa,
Yo'lovchilar unga beshak qo'l cho'zar.

(Pahlavon Mahmud)