forum.ziyouz.com

Kutubxona => O'zbek adabiyoti => O'zbek nasri => Mavzu boshlandi: shoir 30 Sentyabr 2007, 13:57:04

Nom: Murod Mansur. Judolik diyori (3-kitob)
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 13:57:04
Murod Mansur. Judolik diyori (3-kitob)

(http://www.ziyouz.com/images/books/murod_mansur_judolik_3.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=1306)

Muallif: Murod Mansur
Hajmi: 2,32 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=1306)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1672.0)
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 13:58:13
MUROD MANSUR

JUDOLIK DIYoRI

Roman

Uchinchi kitob

RUSHDI HIDOYAT

Bismillahir Rohmanir Rohiym
... Sen vatan sog‘inchi nima bilmassan ham, Chaman! Vatan sog‘inchini vatandan hijrat etganlardan so‘ra! U sog‘inch o‘rtab kelganda hamma narsa bir tomon, vatan ham bir tomon bo‘lib qoluvini, uning havolaridan bir bora nafas olmoq, suvidan bir qultumgina ichmoq jahondagi jamiki narsalardan azizroq bo‘lib ko‘rinuvini sen qaydan bilarding, do‘stim?!
Mayli, elim meni quvg‘indi deb atasin, xalqim sig‘indi deb bilsin, men o‘zimni ular bilan etu tirnoqdek deb bilarman!

SULTONMUROD
(«Sarhad oshgan maktublari»dan)[/i]

Muqaddima
«IBROHIM MAQOMI»DAGI VATANJUDO...


Siz darsxonamda hech bo‘lmagansiz. O‘zim ham u yerga hammadan qizg‘onib, yomon ko‘z, yomon nazarlardan berkitib bir narsalar bitadigan paytlarim kiraman xolos. O‘zi tordan-tor, bitta karavotu ustol zo‘rg‘a sig‘adi. Ammo dunyoda undan osuda, undan keng joyning o‘zi yo‘q menga.
Yolg‘iz deraza tagiga o‘tirvolsam hech kim, hech narsa chalg‘ita olmaydi meni. Qolaversa, hammayoqqa parda tutib tashlaganman. Hatto qibla tarafdagi mehrobsimon deraza o‘rnidan tortib, bu yoqdagi tokchaga dovur oq-oppoq parda tortig‘liq. O‘sha «mehrob» tarafdagisini har zamonda bir sog‘inib, ko‘rgim kelib ochmasam, ro‘paradagisiga ko‘pdan qo‘l urganim yo‘q. U yerda kishibilmas tokchamiz bo‘lib, unda nima saqlanishini hatto Saida bilmaydi. Kennoyimga shipshib qo‘ymasin deb... aytmaganman. Qibla tarafdagi parda ortida esa, uzoq sharif diyordan keltirilgan boshqa narsa bor. O‘ziyam qiblaga yarashadigan. To‘g‘rirog‘i, dunyodagi eng muborak shahar — Makkada olinib, Turkiyadami — qaerda quloch yetmas shildiroq qog‘ozga bosilgan bir suvrat... Tabarrukki, qo‘yaverasiz. Ranglari ham tiniqdan tiniq, nurlidan nurli, o‘zi shunday nozik-ado qilib olinganki, soatlab termulib to‘ymaslik mumkin.
Ana o‘sha suvratdan bir qarashdayoq kishini rom etib qo‘yadigan, osmonlarga aloqador bir ilohiy nur, fayzi futuh yog‘iladiki, bu adoqsiz nur qaydan kelyapti, darhol ajratish maholdan mahol.
Har qanday ko‘hlik narsa ham bir ko‘rishli. Nari borsa, ikki-uch ko‘zni quvnatib, so‘ng ohori to‘kiladi- qoladi. Ayniqsa, u suvrat bo‘lsa. Ammo bu qancha vaqt kechmasin, necha qaytalab ko‘rmang — hech-hech eskirmaydi. Qaytaga har gal yangarib-jilolanib, nimasi bilandir sizni rom etaveradi, etaveradi. Sir-asrori ham shunda. Balki oyim qiblai muazzama deganlaricha bordir?..
Bunday narsalarning Hijoz tomonlardan kela boshlashi, avvalo, Xudoning inoyati. Bo‘lmasa, ularga yetishish qayda ediyu, uylarimiz to‘riga ilish qayda edi!.. Biz shu yoshga kirib, Ka’baning tasviri tushirilgan joynamoz-gilamchalarni ham ko‘rmagan edik. Sharif diyorning ta’rifi onalarimiz og‘izlaridan og‘izga o‘tib kelardi, xolos. Mana endi o‘sha qo‘l yetmas diyor tasvirlari...
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 13:58:32
Darvoqe, men o‘sha yodgor narsani qanday qo‘lga kiritganim haqda aytmoqchi edim, uzr.
Jumalardan birida «Qozirabot» jomesiga borsam, kitob rastasi yonida bir to‘p odam pastak o‘t-devor ustiga yoyib qo‘yilgan rangin suvratlardan ko‘z uzisha olmay turibdi.
Ular shunday tiniq ham nozik-ado ediki, bir qarashda suvratmi, mo‘yqalamda ishlab, so‘ng chop etilganmi — ajratib bo‘lmasdi. So‘rab bildik, sharif shaharning suvratlari ekan. U tomonlarda suvrat olishu chop etish shu qadar rivojlanib, farangilardan-da o‘zib ketishibdi.
Chindan-da, piyoz po‘stidek nozik shildiroq qog‘ozlardagi suvratlar g‘aroyib darajada tiniq edi. Nuri ham bir bo‘lakcha, qaragan saring dil yumshab, bir sir bosib kelaverardi. Balki hamma gap o‘sha sir-dadir. Uning tagiga yetging keladiyu, yetolmaysan. Ko‘ngil uzib ham ketolmaysan. Shunaqa ohanrabosi bor...
Meni nima sir bosdi, desam, yonimdagi qariyalar ham allaqanday halim tortib, mutaassirlanib qolibdilar. Qaybirlari ko‘zlarida yosh, yelkalariga tashlagan belbog‘larining uchini kishibilmas mijjalariga bosib-bosib, olmoqdalar. Qaybirlari esa, u muborak tasvirlarni silab-siypab, yuz-ko‘zlariga surtmoqqa tushgan edilar. Shunchalik tabarruk...
Avvaliga ilg‘amabman, shunaqa suvratlardan yana bittasi... ro‘paradagi temir panjaraga ilib qo‘yilgan ekan.
Ana bunisi — hammasidan zo‘r edi! Qaragandayoq kishi chippa yopishadigan edi. Ayniqsa, o‘rtadagi «Qora uy», uning ortida osmonlarga dovur tutashgan qo‘sh minora, pastda — tavof maydoniga endi kira boshlagan oq ehromli kishilar — shunaqa jonli, tabiiy edilarki, bir qarashdayoq mixlanib qolmoq mumkin edi. Beixtiyor yaqinroq bordimu tagidan jilolmay qoldim. Ajoyib! Shu ekanmi, Allohning uyi — Ka’batulloh deganlari?!. Men o‘zimni uning tagida turgandek his etar, jindek harakat etsam — o‘sha oq ehromli umrachilarga qo‘shilib ketadigandek edim, tavba.
Ustiga ajoyib ka’bapo‘sh yopilgan «Qora uy» shunaqa bir nuqtadan suvratga olingan ediki, (balki men o‘sha nuqtaga yaqin yerda turgandirman!) o‘zimni tavof maydoniga tushib qolgandek his etar edim. Go‘yo chaqirsam ovozim oq ehromli kishilarga yetadigandek edi. Qolaversa, Ka’batulloh osmonidan ustimga bir rahmat nurimi, nima yog‘ilib, allaqanday sir bosib kelmoqda... Men shuncha gazetada ishlab, jahonni necha aylangan mashhur suvratlarni ko‘rib ham hech bu holga tushmagan edim. Jonu jahonimni bunchalik qamramagan edi hech biri!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 13:58:58
Bu esa rom etgandi-qo‘ygandi! Nainki rom etgandi, men o‘zimni uning bir bo‘lagidek his etmoqdaydim. Hatto anavi Allohning mehmonlaridan biriga aylanib qolgim kelmoqdaydi...
Chindan ajoyib edi «Qora uy» deganlari. O‘zi oddiy qora toshdan-u, ammo shunday serviqor, osmonlarga aloqadorki... Hatto tepasidan aylanib suzib o‘tayotib, to‘xtab qolgandek anavi oq-oppoq pag‘a bulutlar ham bu uy, bu maydonga aloqasi bordek edilar. Har tarafdan rohatbaxsh bir nurlar yog‘ilayotgandek. Ayniqsa, farishtalardek oq-oppoq ehromli kishilar— Alloh mehmonlarining tavof maydoniga kirib kelishlarini ko‘rgandayoq odam bir orziqib tushar, o‘shalarning safida bo‘lib qolgisi kelaverardi. Nega shunday, siri-asrori nimada — hech tushunib bo‘lmasdi.
Suvratchisi tushmagur shuncha narsani bir yo‘la qanday qamrab olibdi, bu mutanosiblikni qanday topibdi — aql bovar qilmasdi. Balki qay nuqtadan olmasin, bundan kam chiqmas, fayzi-futuhi shunday bo‘laverar? Axir uni Ka’batulloh deb qo‘yibdilar?! U yagona-ku bu jahon ayvonida!
Ana endi topgandek edim sir-asrorini: meni rom etgan narsa — o‘sha fayzi-futuh edi!
Hozir — shu turishimda ham qaerdaligimni unutib, tavof maydoniga tushib borgudek bir holatda, Ka’batullohu uning osmonidan yog‘ilayotgan fayzi-futuhning asiri bo‘lib turar edim.
Kalitini topsang, qolgani o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘lib boraveradi ekan, hozir men suvratchining sirini ham bilib qolgandek edim. Ana u — qaerdan olibdi ekan! Tavof chizig‘iga yaqin bir yerda oq ehromli qora qul (uni qora oyoqlaridan zanjiligini bilmoq mumkin edi!) sajdaga bosh urib yotar, Ka’batulloh esa, xud-di o‘sha yerga yaqin joydan — sajdadan bosh ko‘tara turib (!) olingandek edi! (Balki suvratchisi tushmagur uni shu ko‘k chiziqqa tiz bukib turib olgandir?! Anavi sajdadagi qora qulning ortidan — uning ko‘z nigohi ila olgandir?)
Nima bo‘lganda ham unda mo‘min nigohi, Allohga topinadigan kishining nazari bor edi. O‘sha nazar bilan Ka’batullohga qaragan kishi uni bor bo‘y-basti ila ko‘rmog‘i, osmonlarga aloqadorligini tuymog‘i va bir umrga ko‘z qorachuqlariga jolab olmog‘i mumkin edi. Uning butun jozibasi ham, sir-asrori ham shunda edi!
Ana, nimaga tavofchilarga qo‘shilib ketgim kelayotgan ekan!
Ana, nimaga «Qora uy»ning sim-siyox yopinchig‘iyu uning peshtoqqa o‘xshatib tilla suvi berilgan arabiy yozuvlari — Kalomulloh oyatlaridan ko‘z uzolmayotgan ekanman!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 13:59:16
Qolaversa, Ka’baning «Ibrohim maqomi»ga qaragan tilla eshigiyu uning ortidagi haramning oq minoralariga qo‘shilib, osmon o‘zi bir olamga aylangan edi. Hay-hay, qarang, o‘sha moviy olamdan suzib kelib, ulkan alifdek osmon toqiga ko‘tarilgan qo‘sh minora o‘rtasida to‘xtagan pag‘a bulutlar minoralar bilan qo‘shilib, ramziy yozuv shakliga kirgan edilar-da, bir santi ham jilmay turib qolgan edilar. Bu ham kamdek, o‘sha oq jujun bulutlardan rohatbaxsh bir nur yog‘ilar, o‘sha narsa menga-da ta’sir etayotgandek edi.
Suvratchi tushmagurlar ana shunday narsani suvratga muhrlab, keyin Turkiyadami, qaerda piyoz po‘stidan-da yupqa shildiroq qog‘ozlarga bosib, bizning diyorlarga jo‘natibdilarmi? Valloh-valloh, mo‘’jizadan qaeri kam?!.
Shu holda qancha turdim, bilmayman. Bir mahal ko‘zimni o‘sha jujun bulutlardan uzib, pastda — «Ibrohim maqomi»da to‘xtab, namozga qo‘l bog‘lagan yolg‘iz hojiga qaradimu... undan-da g‘aroyib holga tushdim. Hojining yuz bichimimi, qomatimi (ishqilib alla-qaeri!) juda tanish ko‘rinib ketib, boshim gir aylanishga boshladi. Bilmayman, nazarimdami yo aslida ham aylanarmidi... yaxshi ham temir panjara bor ekan, ushlab qoldim. «Bu qanday sinoat yo tasodif?» derdim o‘zimga o‘zim. Balki azbaroyi sog‘inganimdan har bitta odam u bo‘lib ko‘rinmoqdadir?
Bir qadam tisarilib, yana ham yaxshiroq tikil-  sam — ayni o‘zi, akam! Yo qodir Alloh! Shunaqasi ham bo‘ladi ekanmi?!
«Ibrohim maqomi»ga kelganda Ka’baga yuzlanib, qo‘l bog‘lagancha tek qotgan (nega tek qotadi, namozmi, Qur’onmi o‘qiyotgan!) oq ehromli kishi shunchalar ko‘zga yaqin ham tanish ediki, beixtiyor:
— Voh, uning o‘zi-ku! — deb yuboribman.
Chindan ham bu qandayin marhamat? Sarhad osholmay, qay diyorlarda sargardon kezgan bir vatanjudoni Alloh o‘z uyiga mehmon etib chaqirib olsa? Yorlaqasa! Otalari yetolmagan bir yerga yetib tursa? Buni qanday tushunmoq kerak?.. Balki u ham emas, boshqa vatanjudodir?.. Alloh chaqirig‘iga «labbayka va sa’dayka» aytib borgan oddiy hojidir?..
Lekin u kim bo‘lganda ham bir topib, so‘ng yo‘qotgan jigargo‘shamizga ikki tomchi suvdek o‘xshab ketmoqda, unga aloqador ko‘p tarixlarni yodga tushirib, boshim o‘zimga xush yoqadurgan tarzda aylanib-aylanib bormoqda edi.
Shundan keyin ham bu suvratni sotib olmayinmi?! Azizlab uyimizning to‘ri — qiblasiga ilib qo‘y-      mayinmi?!
Yaqinroq keling, hijrat tarixining bir go‘zal — ham alamli, ham farahli qissasini Sizga ilindim. Sizga Allohdan sabr va muhabbat, o‘zimga rostgo‘ylik tilab,

Maqsud Mirzo.
«Judolik diyori»ning avvalgi
kitoblaridan tanish qissago‘y ukangiz.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:02:12
Darvoqe, xonamda yolg‘iz shu suvratgina emas, bu tarixga aloqador yana bir talay narsalar ham bor. Shulardan biri — akamning «diyordagilarga xatlari»dir.
Uni Chaman akam Tangritog‘ tomonlardanmi, qaydan topib, bir osori-atiqashunos tanishi orqali berib yuboribdi. Necha vaqtdan beri elektr hisobgich ortidagi kishibilmas tokcha-tortmachamizda turibdi, ustidan parda tortig‘liq.
Hali egalariga ko‘rsatmaganman. Kennoyimga shipshib qo‘yishlaridan qochib, shunday asrab kelyapman. U mushfiqaning esa, dardi o‘ziga yetarli. Qolaversa, o‘sha xatlarning orqasida yana bir narsa — egasi chiqmagan bir shoda marvarid ham bor. Bu narsalarning o‘ziga yarasha tarixi borki, uni bir kun kelib ochmay ilojim yo‘q. Hamonki, bu tarixni sizga ilingan ekanman, keling, yaxshisi, uni o‘sha «diyordagilarga atalgan xatlar»dan boshlay qolay.
Usiz bu judolik tarixi Sizga ham, kelgusi avlodlarga ham qorong‘i bo‘lib qolmasin. Uni miridan siriga qadar nozik ilg‘ab bormog‘ingizni va davomini ilhaqlik ila kutmog‘ingizni tabiatning nozik joylaridan so‘rab qolaman.
Alloh uni barchamizga chiroyli etsin. Omin.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:04:15
B i r i n ch i  b o‘ l i m

SARHAD OSHGAN MAKTUBLAR

1.   Qiyomatli birodarim Chamanga


«Oh, Chaman, Chaman!
Biz qandayin ham shoshqaloq yaratilgan ekanmiz?! Hatto Yaratgan egam — Allohga tavakkul qilmoqni ham o‘rniga qo‘ya olmaymiz1.
Hamma sabablarini joy-joyiga qo‘ygandek edik go‘yo... «Hoziq to‘ram» ham lashkar oldiga chiqib, Xayit-gohga yig‘ilgan yetti yashardan yetmish yashargacha xaloyiqqa To‘ramdan kam va’z aytmagan edilar! Odamlar necha bor qalqib, takbir aytishga tushgan, va’z oxirida esa, «O‘lsak — shahid, yutsak — g‘oziymiz!» deya o‘sha yerdanoq jangga otlangan edilar! Bunaqa yakdillik, bunaqa jonfidolikni dunyo dunyo bo‘lib ko‘rmagandir, Chaman.
Ammo biz pistapo‘choqdan kema yasamoqchi bo‘lgan ekanmiz!
Chindan ham qachon yolg‘on rostning o‘rnini bosibdi?! Puch to‘qning o‘rniga o‘tibdi?! Riyo Allohga xush yoqibdi?!
Biz To‘ram qaytdilar deb, shuncha lashkar, shuncha xalqning ko‘zini bog‘lab, u kishining soyai chehradoshlarini o‘rtaga chiqarib qo‘yib, g‘alabaga erishmoqchi bo‘libmiz! Xalq ishonganda ham... Alloh ko‘rib turib edi-ku! Nahot shuni nazardan qochirdik?! Rost imdod bilan Allohdan nusrat tilash o‘rniga biz kimni avramoqchi bo‘ldik? Yog‘iynimi? Ammo avvalo Allohni aldayotganimizni nega o‘ylamadik? Hammadan burun shundan qo‘rqmoq lozim emasmidi?!
Ana shunaqa, Chaman! Dunyo rostlik ustiga qurilganini ko‘p hollarda unutib qo‘yamiz-da, armonu pushaymonlar yog‘iga qovrulib yotaveramiz keyin. Qachon odam bo‘lamiz, bosiq-vazmin tortamiz ekan, Alloh shariatini mahkam tutadigan qavmga aylanamiz ekan?! Shariatda esa, har narsa o‘z nomi ila atab qo‘yilgan: Yolg‘on — hech qachon rostning o‘rnini bosmagan. Riyo bilan kishi ko‘karmagan. Hamma narsa rostlik asosiga qurilgan va to‘g‘rilik eng birinchi fazilat sanalgan kishilik jamiyatida yolg‘onning bog‘i hech qachon ko‘karmagan! Uning mevasi hamisha mag‘lubiyat bo‘lgan, zahar-zaqqum bo‘lgan. Bu mana shu dunyodagisi. Oxiratdagisini-ku qo‘yaver.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:04:33
Ana shunaqa, kishi shoshqaloq bo‘lmasa, chin sarkarda qolib, soyasiga ergashadimi?! Biz ham To‘ram qolib, u kishining soyai chehradoshlariga ergashib, dorilomon bir diyor qurmoqchi bo‘libmiz. Yog‘iylarimizni surib tashlab, yetim qolgan saltanatni tiklamoqchi bo‘libmiz.
Niyat ulug‘ bo‘lsa-da, bunday soxtakorlik ketidan nusrat kelmasligini anglab yetmabmiz. Urush hiyladir, degan gaplarga uchibmiz-u, yog‘iy qolib, o‘zimizni aldab qo‘yibmiz! Balki To‘ram rozi bo‘lmasalar, bizning qaerimiz kam u kishidan, deb o‘ylagandirmiz? O‘zimizga bino qo‘yib yuborgandirmiz?..
Allohga suyangulik iymonimiz qanday — o‘ylab ko‘rmabmiz ham, Chaman. Ana endi mag‘lubiyat alamini totib, mushkul bir ahvolda jang maydonidan to‘zib-chekinib, qo‘l yetmas tog‘larga bosh olib ketarkanmiz, yonimizda sen kamlik qilib turibsan, Chaman. Sening yo‘qliging — xabar berib ham chaqirtirib ololmasligimiz — shunday bilinyaptiki...
Uzr, oshna, sendan bemaslahat shunday ishlar bo‘lib ketdi. Bu ishni sendan sir tutishni maslahat berganlar endi betimga qaray olmayotirlar. Men ularni ham ayblay olmayman. Bu balki taqdir yozug‘i — peshonamizda boridirki, mag‘lubiyat alamini totib, boshni asramoq uchun ham bu dovon yo‘liga tushgandirmiz. Qiyomatli oshnam, sendan gina yo‘q. Jindek xabar topsang, yolini kuydirsang dunyoning narigi chekkasidan yetib kelguvchi Asror devdek, yetib kelarding-a, o‘sha xabarsiz qolgansan. Xabar bermagan — biz o‘zimiz aybdor. Bir xato — shunchalar qimmatga tushdi. Lashkar to‘zigandan to‘zib, kim yitdi, kim qoldi — bilmasmiz. Omon qolganlar bir-birimizni qora tortib, yolg‘izoyoq so‘qmoqlardan Muztoqqa panoh tortib bormoqdamiz. Taqdirning hazilimi, nima bu, bir vaqt omon qolganlarga nazar solsak, hov o‘sha sarhad oshgan sakkiz birodar — kim sog‘, kim — bir-birini ortmoqlab, janggohdan tirik chiqibmiz. Oh, Chaman, bundan — bu qaro ko‘rgilikdan, jang maydonida so‘nggi qatra qonimiz qolguncha savashib, loshimiz o‘sha harb maydonida qolgani avlo edi! Jilla qursa, shahidlar qatorida ketardik!
Endi-chi, kimmiz?
Toza niyatlarni boy bergan, lashkarni halokatga yetaklagan kaltabinlar biz emasmi?
Uzr, qo‘lim muz qotib, xatlarim xunuk, so‘zlarim qovushimsiz chiqayotgan bo‘lsa. Orqadagilarning yetib olishlarini kuta turib, tizzamda bitayotirman uni. Bu yer shunchalar sovuq, izg‘irinki, qog‘oz namlab, uni yozib ulgirish mahol. Siyohqalam yetguncha qog‘oz yuzidagi nam yaxlab ulguryapti, yuqorida nima qilarkanmiz bu sovuqda? Xudo to‘zim bersin ishqilib...
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:04:53
Men haligacha bir narsaga tushuna olmayotirman: fe’limizga qarab nusrat yuz o‘girsa-o‘girgandir, Chaman. Ammo Tangri nimamizga bizga shafqat-marhamat qildi, janggohdan bundayin tirik chiqardi? Zimmamizga yana qandayin yumush-imtihonlarini yuklaganki, bir-birimizni ortmoqlagan holda ko‘rib turibmiz o‘zimizni? Qaysi amalimiz evaziga yog‘iy o‘qidan panoh berdi?
Balki bu bizga atalmish jazodir? Yoxud gunohimizni yuvmoqqa bir imkon — bir muhlatmiki, bundan o‘sha maydonda qolganimiz yaxshiroq edi. Nega kelib-kelib biz — o‘sha To‘ramni qaytarib olib kelmoqqa otlanib, sarhad oshgan sakkiz birodar bu qirg‘inbarotdan omon chiqib turibmiz? Buning sir-asrori nimada? Alloh biz qusurli bandalariga qusrimizning kasrini bildirib qo‘ymoq uchungina shunday qildimi, tirik qoldirdimi? To‘g‘ri, kim yarador, kim qanchalar holdan toygan, dunyo ko‘ziga qorong‘i bir tarzda to‘planib turibmiz. Kalta o‘ylagan bir ishimizning achchiq mevasini tatib turibmiz. Lekin baribir omon qolganimiz g‘alati — u yo bir mo‘’jiza, yo Allohning karami. Balki Alloh ibrat uchun bizni diydor ko‘rsatib qo‘ygandir? Rostdan ham bir-birimizning yuzlarimizga qaray olmasdik. Go‘yo mana, yolg‘onning umri qaergacha yetdi, demoqchi bo‘lardigu, aytolmasdik.
Bu dunyoda kimdan nimani sir tutmoqni ham bilmoq kerak ekan, Chaman. Azmu qarorimizni hammadan sir tutsak ham... sendan yashirmasligimiz kerak edi. Sen mening bu dunyoda eng ishonimli do‘stim eding, orqadoshim eding. Senga bir uchini chiqarganimda ham... qaytargan bo‘larding bu falokatdan. Soya — soya-da: bo‘y-bast, yuz-chehra, ovoz o‘xshagani bilan qalb-chi, shijoat, iymon-chi, degan bo‘lar eding. Hamma To‘ram bo‘laveribdimi! Xaloyiqni oyoqqa turg‘azib, yog‘iyni yengaveribdimi?! Amallari Allohga xush kelaveribdimi, degan bo‘lar eding. Sen haqsan. Qani edi hammamiz ham u kishidek Allohga tavakkul qila bilsak, Payg‘ambar yo‘llarini ushlay bilsak.
Ushlay olmaymiz, ojizligimiz shunda. Sen bo‘lsang, bizni bu soxta shijoatlardan qaytargan bo‘larding. Yokim dovqur deb atalishga uchdikmi? Shunday nomlar ko‘zimizni ko‘r, qulog‘imizni kar qilib qo‘yganmidi yo? Shularni o‘ylasam, yuragim orqaga tortib-tortib ketadi, simillablar ketadi, Chaman. Axir tong-la Mahsharda Allohning huzuriga qay yuz bilan borardik unda? Tag‘inam Alloh oxirat sharmisorligidan asrabdi, Chaman. Niyatga qarabdi. Niyat esa, dorilomon bir diyor qurmoq edi...
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:05:08
Ilk qo‘nalg‘adayoq (qo‘nalg‘aki, ulkan qoya tagidagi supradek supachada — xatni ham shu yerda davom ettiryapman!) nafas rostlar ekanmiz, Elchin boturning ustozi Qori akaning nasihatlari boshqalarga bilmadim-u, menga qanday yoqib tushganini bir eshitsang edi.
— Tag‘inam Allohning karami keng. Qaysi bir amallarimizga u bizni qon va otash daryosidan omon chiqaribdi. Bu yog‘iga sinovi oson kechmas. Endi mahkam bo‘linglar, o‘ziga tavakkul qilinglar, — dedilar u kishi.
Qori aka bizni xushyor bo‘lishga chaqiryaptilar desam, orqasidan so‘rab qoldilar:
— Bilasizmi, qiyomat kuni birinchi bo‘lib, Allohning huzuriga kimlar chaqirilgay?
— Savol-javobgami? — dedik hayratga tushib.
— Shunday, hammaning Alloh huzuriga borishi bor. Lekin birinchi chaqirilib, birinchi so‘raladiganlar...
— Bilmasak...
— Birinchi bo‘lib shahid chaqiriladi ekan. U olib kelinib, Alloh bergan ne’matlar tanitilgach: «Bular ila nima qilding?» deb so‘raladi, ekan...
— Yo‘g‘-e, deb yuboribman men..
— Ha, ha, «Sening yo‘lingda jang qildim va shahid bo‘ldim», — deydi ekan u.
— «Yolg‘on aytding, sen shijoatli deb atalish uchun jang qilding. Shundoq deyildi ham», — deydi ekan ul Zot. So‘ng farishtalarga amr etilib, u yuztuban sudratilgancha jahannamga itqitilar ekan...
Yurak orqaga tortib, «voh» deb yuboribmiz. Axir biz ham shu holga tushuvimizga bir bahya qolgan ekan-ku, Chaman!
Xudo ko‘rsatmasin, agar shu jangda shahid ketganimizda nima bo‘lar ekan?! Alloh O‘zi asrabdi!
— Ana, nimaga uchib, nimaga duchor bo‘lay degan ekanmiz?!
Dumini gajak qilib olgancha yugurgilab borayotgan chayonni ko‘rganda kishi qay ahvolga tushadi?! Hozir etlarim orasiga ana o‘shandek bir jimirlov yugurgan edi, Chaman. O‘zim esa, yaxshiyam yog‘iy o‘qiga uchib-netmabmiz, der edim, Allohga shukrlar aytardim. Bu yog‘i jon foydaga qolgan, endiyam oxiratni o‘ylamaslik mumkin emasdi.
Chaman, birodarim, Alloh menga ikkita do‘st ato etgan bo‘lsa, o‘shaning bittasi sensan. U agar bitta bo‘lsa, o‘sha ham o‘zingsan!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:05:24
Bu diyorlarda men bir rivoyat eshitdim: Alloh qiyomat kuni odam bolasidan mehrni ko‘tarib, o‘ziga qaytarib olib qo‘yadi ekan. Ana o‘sha qiyomatda har kim o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi ekan. Ota bolaga, bola otaga qaramas, qiz onani, ona qizini «tanimas» ekan. Shafqat yo‘qoladi ekan. Rahm-marhamat degan narsalar o‘rtadan ko‘tariladi ekan. Ana shu damda bir qorindan talashib tushgan Hasan-Husanlar, Fotima-Zuhralar bir-birlaridan qochadilar ekan, savobimdan so‘rab qolmasin deb. Bir paysa savob anqoning urug‘iga aylanib, uni tilanib yurib ham topib bo‘lmay qoladi ekan.
Ana shunday kunda bir paysagina savobi yetmay qolgan bir banda zir yugurib heshu aqrabolarini izlab yursa, hech kim qayrilib qaramasmish. Jigariga borsa, jigari yuz burib ketarmish. Bir umrli yor-birodarlariga borsa, ular o‘zlari kimdan so‘rashlarini bilmay turadilar ekan. Nihoyati bir paysa savob topilmasa-ya! Jannatdan qanday umid uzsin? U yana tanish izlab yugurgilab ketibdi. Axiyri xomushdan-xomush turib qolgan bir birodarini uchratibdi.
— Ey aziz birodar, u dunyodagi yaqinligimiz haqqi, yordam qil. Bir paysagina savob yetmay do‘zaxga tushadigan bo‘lib turibman. Hech kim rahm qilmayotir,— deya o‘tina ketibdi.
Shunda haligi tanishi kutilmaganda:
— Sen bir paysani topolmayotgan bo‘lsang, o‘-ho‘, menga yo‘l bo‘lsin ekan, — debdi vallomatligi tutib: — Meni bor-yo‘g‘i bir paysagina savobim bor ekan, ol, shu bilan ishing bitsa, — deb yuboribdi...
Ana shu tob buni ko‘rib turgan Alloh subhanahu va taolo:
— Ey yolg‘iz bir paysa savobini birodariga ilingan bandam, qayt, — deb chaqiradi ekan va: — birodaring qo‘lidan tut-da, ikkingiz jannatga kiringiz, — deb marhamat qiladi ekan...
Sen mening ana shunday birodarimsan, Chaman. Orqadoshimsan. Hech kimda rahm-shafqat qolmagan kezda ham senga ishonmoq mumkin! Men qachonlardir qilgan bir yaxshiligim evaziga — xo‘v o‘sha Zokir-govni chiroqpoya qilib ketganimizda o‘tqazib qo‘yishgani, pochcha qutqarib olgani borganlarida aytgan so‘zim, sensiz chiqmaganim uchun — shuncha yaxshiliklar qilding. Allaqachon qamalib ketadigan mendek odamni qay diyorlarga chiqarib-qutqarib yuribsan. Kafil turmagil — kafansiz ketasan, desalar-da, o‘z bilganingdan qolmay kelasan. Jahon vallomatlari do‘stga sadoqatni sendan o‘rgansinlar.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:05:48
Agar sen bo‘lmasang, kafil turmasang, qadamim bu diyorlarga tegishi, bu jihodlarda yurishim dargumon edi. Yurgizib qo‘yishmasdi: allaqachon quyosh betini ko‘rmaydigan joylarga tiqib tashlashar edi, vallohi a’lam. Sen bo‘lmasang bizni bu haloskorlar safiga qo‘shib qo‘yarmidilar! Tangritog‘ga yo‘latarmi edilar! Niyatimizni bilishsayoq, peshonamizdan otardilar.
Sen chindan qiyomatli do‘stsanki, bu yoqda bizni asrading, u yoqda ahli ayolimni qanoting ostiga olib o‘tiribsan. Bu yaxshiliklaringni qiyomatga dovur qaytara olamanmi ekan? Qaytara olmasam rozi bo‘lib qo‘yasan, oshna. Yolg‘iz Allohdan o‘tinchim shuki, bu silai rahmlaring ajrini O‘zi ming barobar qilib qaytarsin. Bu dunyoda yuz ko‘rishtirmasa... yo‘q-yo‘q, farishtalar omin demay turib, Allohdan bir o‘tinchim bor: u bizni jilla qursa, bir bor ko‘rishtirsin, diydoringni shunchalar sog‘inganman! Qolaversa, dunyo kezib sendayin bir sadoqatli do‘st topmadim...
Chaman, taqdir yozug‘ida nimalar bor, bilmasmiz. Agar qayta ko‘risholmasak deb ushbu maktublarni senga atab qo‘noq bo‘lgan manzillarimizda qoldirishni niyat qildim. Do‘stim, uni o‘zing bilgan uslub-    da — hov o‘sha ulug‘ jihodchi Zakiy Validiyning tan soqchisi Xoris rahmatli o‘ylab topganidek qilib, shishaga solib, qo‘noq bo‘lgan joylarimizning qibla tarafiga ko‘mish va xaritaga tushirish niyatidaman. Ularni biz namoz o‘qigan joylarning mehrobi chetidan topgaysan. Xaritani senga yetkazgaylar.
Duolarida eslaguvchilarimizni Alloh O‘z hifzu himoyasida asrasin. Yaratganning O‘zi dastimizni uzun, niyatlarimizni pok qilsin.

Birodaring Sultonmurod.
Ulkan qoya tagidagi
ilk qo‘nalg‘a».
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:06:13
*   *   *
O‘sha shisha topildiqdan chiqqan boshqa naycha-xatchada shunday bitiklar bor edi: (Uni ham o‘z holicha yuqoridagi xatga ilova qilamiz).

«...Subhanallohi! Ne kunlarga qola boshladik? Oldinda yana ne ko‘rgiliklar bor ekan?
Tik oyoqda tura oladiganlar Qori akaga iqtido qilib, shomning farzini o‘qib olgunimizcha shunday voqea sodir bo‘lsa-ya!..
O‘sha marshal To‘ramning soyai chehradoshlari (ha-ha, o‘sha xos tabiblari), bo‘y-bast, suvrat, shakl-shamoyilda bir tuki kam bo‘lmagan, va’z aytganda u kishidek ilhomlanib-jo‘shib ketguvchi va o‘zini to‘ram deb ko‘rsata bilguvchi kishi — Qo‘shshoq to‘ram birpasda aynib qolsa-ya. U yotgan yerida har bittamizning otimizni atab chaqirar, boshlarini to‘lg‘ab alahlar edi.
— Botur, To‘ramning roziliklarini olmabmi edik? U kishi nega indamaydilar?.. Nega jimdan-jim turibdilar? Qaytingiz huzurlariga. Rozi-rizolik tilangiz. Bizdan rozi bo‘lsunlar, — deb to‘lg‘onadi. Peshonasini marjon-marjon ter qoplagan, o‘zi har birimizga bir ilinj-la termuladi. Ammo biz qani turolsak, namozni buzolmaymiz, unga ham yordam berolmaymiz.
Alahlayapti desam, jon xalpida vasiyat qilayotgan ekan.
— Alloh o‘zi kechirsin, — derdi Qo‘shshoq to‘ram yutaqa-yutaqa, — men sizlarni qay yo‘lga boshlab qo‘ydim? Nega birovning o‘rniga o‘tdim? Ayting, Qori aka, mening holim... tongla Mahsharda ne kechgay?
Qori aka ikki yonga salom bera, uning yoniga oshiqqan edilar. Qo‘shshoq to‘ramning boshlarini tizzalariga olib, yuzlarini silab, peshonalaridan o‘pdilar:
— Nega kechirmasin, Qo‘shshoq to‘ram. Axir niyat qanday edi! Alloh rizoligini istab o‘rtaga chiqqan edingiz-ku. Niyat — jihod edimi, axir?
— Darvoqe, niyat shu edi, pok edi-ku... O‘zingga shukr, laa ilaha illallohu...
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:06:27
Uning mijjlaridan ikki tomchi yosh yumalab borib, Qori akaning to‘ni barigami, qaerga singib yo‘qoldi ham, u engah tashlab, boshi bir yonga burildi-qoldi ham. Qo‘shshoq to‘ram jon taslim qila olmay turgan ekan, ko‘z o‘ngimizda shom asnosida uzuldi-qo‘ydi. Ko‘p qon yo‘qotgan edi, boyaqish, u yog‘iga torta olmadi. Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin, u kishi Hoziq To‘ramning soyai chehradoshlari bo‘libgina qolmay, xos tabiblari ham edi, mayyitni mash’ala yorug‘ida shahid qavmida engil-boshi ila tuproqqa berdik. Ro‘zi Mahsharda shu qoni ila Alloh huzuriga tirilib borsin, ilohim.
Birodarlar, Muztoqqa ko‘tarilaverishda uchraguvchi birinchi qoya tagidagi qabrni — mujohid qabri deb bilgaysizlar. Alloh qabrdagi savol-javoblarini oson qilgan bo‘lsin, ilohim. Ertaga navbat kimniki, hech kim bilmas. Qay birimiz ko‘kka dahanini tirab turgan u dovonga yeta olamiz, qay birimiz yeta olmasmiz — yolg‘iz Alloh bilgay.
Dovon osholsak — g‘olib deb, osholmasak — shahid deb bilgaysizlar.
— Umid doram, deng. Shoyad Tangrim baroyad yo rab desa, — dedilar Qori aka.
U kishi endi bizning yo‘lboshchi-imomimiz bo‘lib qolgan edilar».
Xatning so‘nggida: «Shunaqa gaplar, Chaman. Oyto‘ra onamizga salom ayt. Duolarida eslaguvchilarimga ham duoi salomlarimni yetkaz. Xayrli kech» degan jumlalar bor edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:06:45
2. Umidim navdasi, jon ukam, pakana pari

«Bugun so‘nggi diyordoshim, o‘zimizning o‘sha Qang‘lidan birga chiqib, shu kunga qadar yonimdan jilmagan qurdoshimdan judo bo‘lib turibman, Maqsud. Toyir akangdan ayrilib qoldik. Navbat uniki ekan. Alloh uni-da huzuriga chorlab oldi!
Men unga bergan va’dalarimning o‘ndan birini ham ado etolmay qoldim, Maqsud!
U bu dunyodan manguga ketayotib (qara-ya, bir jarohat tog‘dek yigitni qulatsa-ya!), men bilan rozi-rizolik tilashar ekan, Alloh o‘zi kechirsin, bu osmon, bu tog‘lar ustimga qo‘shilishib qulasalar rozi edim. Dunyo ko‘zimga tordan-tor, hunukdan-hunuk, olchiqdan-olchoq ko‘rinib ketmoqda edi.
— Barzanimni bir ko‘rsam edi, xuttalon otiga bir bor minsam edi, — deya o‘tinar ekan, jon qushim bo‘g‘zimga kelgan edi, Maqsud.
Sengina bilasan, u ot jinnisi edi. Barzanga ishqi tushib, ne ko‘chalarga kirmab edi. Men senga bundan yuz karra zo‘r otlar topib bergayman. Biz uchar otlar diyoriga ketyapmiz. Xohlasang, toshloqda ohudan ham o‘zadigan, charchoq nimaligini bilmaydigan, boshqa otlar qirq chaqirim yo‘l bosganda, yuz chaqirimni ko‘rdim demaydigan xuttal otlaridan olib beraman, deb bu diyorga boshlagan edim. To‘ylaringda o‘zim kuyov-navkaring bo‘lay, deb va’dalar qilgandim. Hech biriga ulgurmadim. U esa, rozi-rizolik tilardi, Maqsud. Endi men bu jahonga qanday sig‘ay, Maqsud?!
Ilgari beklar bunaqa kezda: «tik turib erdim— qaddim bukildi! O‘ltirib erdim — boshim xam bo‘ldi. Yerga uzala tushib erdim — bovurim ezildi! Allohim, O‘zing sabr ber — chiroyli sabr ber», deb bo‘zlar ekanlar. Men nima ham deya olardim?!
Men uni ot bahonasida Alloh rozi bo‘ladigan yo‘llarga boshlab edim-ku. O‘n gulidan bir guli ochilmay, go‘shangalarga kuyov bo‘lmay turib, qayga chaqirib olmoqda Allohim uni?! Birodarim Toyir akang uchqur otlarga ishqi tushgan bir bo‘zbola edi, ammo suyansa suyangulik chin birodar edi. Bundaylar bilan tog‘ni urib, talqon etmoq mumkin edi. Ular bilan dorilomon bir diyor qurmoq mumkin edi, Maqsud. Menga muhabbati, men ishongan narsalarga e’tiqodi bo‘lakcha edi! Men uchun desa, o‘tga kirardi, tegirmonga tushib-da butun chiqardi, Maqsud! Top-chi, endi bundayin birodarni! Rahmatlini eslasam, Qori aka aytgan bir rivoyat yodimga tushib ketaveradi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:07:02
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam zamonlarida Bani Hanifa qabilasidan Musaylama otlig‘ bir kishi chiqib, payg‘ambarlik da’vosini qila boshlaganida U zot uni zalolatdan qaytarish uchun maktub bilan chopar jo‘natibdilar ekan.
Chopar Toyir akangga o‘xshab, ishonimli yigitlardan ekan. Bolaligidayoq U zotga bay’at berib bog‘langanicha ajralmay keladi ekan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun desa jonini nisor qilib yuboradigan sahobalar xilidan ekan o‘zi ham. Habib ibn Zayd degan o‘sha yigit qir, adir oshib, Najd tepaliklariga yetib boribdi-da, Rasuli Akramning maktublarini Musaylamaga topshiribdi.
Payg‘ambarlik da’vosi bilan chiqqan kimsa xatni o‘qib, sap-sariq yuzlari zahil tortib, gezarib ketibdi. Alamdan o‘zini qaerga qo‘yarini bilmay, zaharini odamlariga sochib:
— Bu tirranchani kishanlab tashlang! — deb buyurib, o‘zi ko‘shkiga kirib ketibdi.
Ertasiga jamoatini jam qilib, choparni chorlabdi.
— Xo‘sh, — debdi so‘roqni boshlab, — Muhammad Allohning elchisi ekaniga guvohlik bera olasanmi?
— Albatta, — deb biyron javob qilibdi chopar,— Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va Rosuluhu, — deb shahodat keltiribdi u.
— Men Allohning elchisi ekanimga-chi? — debdi Musaylama.
— Kim? — debdi chopar kutilmaganda kaftini qulog‘iga tutib, — Bilasanmi, mening qulog‘im sal og‘irroq. Nima deganingni...
Masxaraomuz bu gapdan Musaylamaning tepa sochi tikka bo‘lib:
— Jallod, kes! — deya uning badanidan bir bo‘lak kesib olishga amr etibdi.
Jallod shay ekan, choparning o‘ng etidan qilich ila bir bo‘lak kesib olib, yerga otibdi.
Musaylama savolini takrorlabdi:
— Muhammad Allohning elchisi ekaniga guvohlik berasan, shundaymi?
— Albatta, u kishi Rasulullohdirlar, — debdi chopar.
— Men-chi, men kimman — Allohning elchisi bo‘lmay? — debdi u yana.
— Aytdim-ku, — debdi chopar qulog‘iga ishora etib, — nima deganingni tushunib bo‘lmayapti.
Musaylama battar jazavaga tushib, qichqiribdi:
— Jallod, chop!
Qilichi keskir jallod choparning yana bir parcha etini uzib olib, yerga itqitibdi. Qon sharillab oqa boshlabdi. Lekin elchi hamon qilt etmay turadi ekan. Odamlar uning sabotidan dahshatga tushibdilar.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:07:15
Musaylama savolini takrorlashni qo‘ymas, chopar o‘z so‘zidan qaytmas, jallod esa, har gal uni qilich ila qiymalar ekan, chopar:
— Ashhadu anna Muhammadan abduhu va Rosuluhu! — deb iymon keltiradi ekan.
Hech qancha o‘tmay chopar ikkiga bo‘linib qolibdi. Uning yarmi bo‘laklarga bo‘linib yerda yotar, yarmi esa qip-qizil qoniga belanib bo‘lsa-da, tik turar, o‘zi o‘sha so‘zini — yolg‘iz Rasulullohga (U zotga Allohning salomi bo‘lsin!) sodiqligini takrorlar ekan.
Kichkina bolaligida Rasulullohga (U zotga Allohdan salovat va salomlar bo‘lsin) bay’at bergan o‘sha sahoba — yigit yoshida shunday e’tiqod ko‘rsatib, vafo namunasini namoyon qilgan ekan, Maqsud. Ana senga mo‘minlik! Toyir akang ham shular toifasidan edi, Maqsud. Uning boshiga ham o‘sha ish tushsa, bu ham o‘z so‘zidan qaytmas edi! Allohim uni jannatda Buroq otlari bilan siylab, O‘zi xursand etsin, ilohim. Yetmadi Toyir u dorilomon kunlarga. Yetgaymikanmiz biz? Bizdan chiqmadi haloskor. Qachon chin haloskorini yuborgay ekan, Allohim. To‘ramdek bo‘la bilmadik biz!
Toyir yosh ketdi, ammo bu dunyodan oxiratini topib ketdi! Unikidagilarga bu xabarni yetkazib qo‘y, Maqsud. Shu yumush ham sening zimmangda qoldi, ukaginam. Bo‘zlashmasin, Toyir akang shahid qavmida to‘g‘ri jannatga ketdi.
«Inna lillahi va inna ilayhi rojiun» — hammamiz Unikimiz va Unga qaytguvchimiz. O‘zi yorlaqasin.
Qachon va qanday qaytarini bilmagan akang
Sultonmuroddan deb bilgaysan.
Aziz xolalarimu tog‘alarimga, kennoying va hamma bizni taniganlarga duo degaysan. Meni yoddan chiqarmaydiganlarni Alloh o‘zi panohida asrasin. Va salomun allal mursalin, valhamdulillahi robbil alamiyn.
Ikkinchi manzildagi muz qabr boshi».
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:07:42
3. Biz kimmiz, Chaman, na shahid o‘lmagan,
na g‘oziy bo‘lmagan?
(Yoxud qo‘tos suyaklari qolgan joyning qibla tarafidan topilgan xat)


«Havo aynib, qor aralash yomg‘ir shivalashga, yuqoridan muz nafasi ura boshlashga tushgan bir pallada... qaraki, Alloh bizni yorlaqadi. Yeguliklar tugab, silla quriy boshlagan kezda Xudo tog‘dek rizq yetkazdi. To‘pidan ajragan bir oqsoq qo‘tos uchradiki, «hay-hay»lashib quvib-chalg‘itib, oyoqlarini arqonga matab, yiqitib oldik. Keyin terisini shilib, bir olam go‘sht g‘amlabmiz. Hayhotdek suyaklarigina qoldi yirtqichlarga rizq bo‘lib...
Shunisiga ham shukr, Alloh hadeb olavermaydi ekan, beradi ham ekan! Oldinda osmon ila bo‘ylashgan muzli tog‘lar, qorli dovon turar edi, holimizni ko‘rib, o‘zi marhamat etdi. Ko‘rgan sari, qaragan sari et junjikib, vahm bosadi: qanday oshib o‘tgaymiz ekan deb bu muz tog‘dan? Yutaman derdi bu muz, sovuq...
Mador bo‘lsin deb o‘tda jindek go‘sht qovurishyapti. Hididan bosh aylanib, ichaklar achishyapti, shunday ochqabmiz ekan!
Men esa, shu holimga senga yo‘lakay xat bityapman, Chaman. Ayt, endi biz kimmiz? Na shahid ketdik, na g‘oziy bo‘ldik? Endi qay diyorga ham bosh olib borgaymiz?! Nusrat nega bizdan yuz o‘giryapti? Necha yuz yillarki, mo‘minlarning ishi shunday orqaga ketib, qo‘li past tushib bormoqda? Hikmati nima — hech o‘ylab ko‘rganmisan, Chaman? Nimani unutganmiz? Hatto To‘ramdek zot ham chin nusratni qo‘lda tutib qola olmadilar? Nega? Xatolik qaerda?.. Amalimizdami, niyatimizdami? Yo iymonimiz sustmi, nimada? Nega zabunmiz, mazlummiz, ishi orqaga ketgan millatlardan bo‘lib qolmoqdamiz? Bu qoloqlik nimadan, mutaassibligimizdanmi va yo boshqa sababdan? Har narsaga aqling yetguvchi, ammo ichingga yutib, chivinga ham sir oldirmovchi sen bilmasang, kim bilgay? Sulaymon qori akadan so‘raganimcha yo‘q, mavridi ham kelmadi. Ammo dardi-dunyomni zimiston etib yotgan bu savollardan qani forig‘ bo‘lolsam?! Qani bir dardkash topolsam!..
Hatto Zakiy Validiydek bir zot, Anvar poshoyu Madaminbeklar boshini qovushtirolmagan, nusrat yo‘liga olib chiqa olmagan bu xalqni endi hech kim uyg‘ota olmagaymi?
Taraqqiyotdan ortda qoluvimizga... kemalar chiqib, dengiz yo‘llari ochilib, musulmon olami katta karvon yo‘llaridan chetda mung‘ayib qolganigina sababmi? Taraqqiyotga ishtiyoq, ilmga tashnalik-chi, jur’at-chi, bir din — bir millat tuyg‘usi-chi, ittifoqlik-chi? Alloh buyurganidek, jilla qursa, rozi bo‘ladiganidek darajadami?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:07:59
Chaman, o‘zing ayt. Xato, kemtiklik qaerda? Nega sidq ila qilgan niyatu jihodlarimiz ham kutilgan mevani bermayapti? Nusratga yetisholmayapmiz? Sen boshqirdlar elida tuzilgan «Jonnisorlar» tarixiyu taqdirini yaxshi bilasan. Sharqiy Turkistonda zafar ustiga zafar quchib yurib, axiyri tanazzulga yuz tutib, boshi berk ko‘chaga kirib qolgan «Fiysabililloh»chilar haqida eshitgansan. Hatto imom Shomildek zotlar yolg‘izlanib qolganini ham yaxshi bilasan. Bu mag‘lubiyatlarning hikmati nimada? Bu jihod, jonnisorliklar dilimizning tub-tubidan emasligidan emasmi? Biz har yerda, har narsada Alloh roziligini istovchilar, izlovchilar emas, dovqur, botur deb atalish uchun o‘zimizni o‘tga-cho‘qqa uruvchilarga aylanib qolmaganmizmi? Axir jihod «fiysabililloh» yozuvli alohida kurash kiyimlari kiyishdami, o‘zimizni ko‘z-ko‘z qilish, mutaassiblarcha o‘zni o‘limga otishdami? Bilmadim, Chaman, balki men yanglishayotgandirman, voqealarning hikmatiga yetolmayotgandirman. Balki Alloh bu millat qayg‘usini yelkasiga dast oladirgan bir zotni hali yubormagandir. Ungacha o‘zimizni o‘nglashimiz kerakdir. O‘shanda nusrat kelib, natija yuz ko‘rsatari balki. Hozir-chi, qani o‘sha natija, dorilomon bir hayot? Mag‘lubiyatlar alami yurak-bag‘rimizni o‘rtab, adoy-tamom etdi-ku. Bu holatdan, bu mag‘lubiyatlardan qachon xulosa chiqaramiz ekan?! Sendan boshqa kimdan ham so‘ray bu dardlarimni? Yo qodir Alloh, o‘zing to‘zim ber bu dovonlardan oshib o‘tmog‘imizda.

Sultonmuroddan deb bilgaysan.
Mahfuzamga, biznikilarga duoi salomlarimni yetkazgaysan. Qiyomatli birodaring.
Uchinchi manzilgoh».
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:08:18
4. Sayrab uchgan Ularqush qay balolardan xabar berar, Chaman?

«Chaman do‘stim. Bizga Allohdan madad tila. Sabr-bardosh tila. Qay bir tilsimli diyorga, muzlar o‘lkasiga kirib qolgan ekanmizki, bu diyorning nimasiga beruxsat teginib qo‘ygan ekanmizki, bizni bu balo tutdi, Chaman?!
Holimizga yig‘laguvchi qani, bo‘zlaguvchi qani? 1
Tik turib edim, oyoqlarimdan mador ketib, o‘ltirib qoldim! Sapchib tushgan otim zorli kishnab, qay bir yerga dovur surib-surgab ketdi! Jilovi qo‘limda ekan, ajrab ketolmadi. Ketolmadiyu to‘xtagan yerida kamiga oyoqlarini kerib, shov-shov bo‘shanib yubordi, jonivor...
Sheriklarim ham shu ahvolda edilar. Qori aka zo‘r berib kalima keltirar edilar, qo‘llari ot sag‘risidan tushmas edi. Elchin qani, qaerda qoldi desam, mosovsirab, turgan yerida serrayib qopti? Orqadagilardan ko‘z uzmaydi. Subhanalloh! Ko‘z o‘ngimda Boturning sochi oppoq oqarib tushdi! Qasira-qusir ila qaldirib tepadan o‘pirilib tushayotgan oq balo esa, to‘g‘ri sheriklarimizning ustiga tushib kelardi!
Chaman, bunday balo — ko‘chkini senu biz — odam bolasi ko‘rmaganmiz! Ko‘z ochib-yumguncha fursat ichida orqada hech vaqo qolmagan edi, birodarlarimiz yo‘q edilar... Bir yo‘la uch kishi, uch mujohidni, ko‘chki yutgan edi, e, voh!..
«Inna lillahi va inna ilayhi rojiun»2.
Insonning kuni bitsa — shu ekan. Safarda, diyoridan uzoqda, deb o‘tirmaskan. Alloh ularni bu dunyo mashaqqatlaridan forig‘ etib, bir lahzadayoq dargohiga chorlab ola qolgan, ko‘z yumib ochguncha fursat ichida orqamizda oq mozortepa paydo bo‘la qo‘ygan edi.
Sakkiz nafar edik, dovonning yarmiga yetmay besh birodarimizdan ajrab, yetim bo‘tadek qolib o‘tiribmiz...
Holimizga kim yig‘laydiyu kim bo‘zlaydi, Chaman?
Ertaga o‘zimizning holimiz ne kechgay? Albatta, bilguvchi yolg‘iz Alloh, ammo buni aytguvchi qaniyu, dalda berguvchi qani?!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:08:30
Osmon boyagi-boyagidek, o‘sha xatarqush uchib o‘tgan vaqtdagidek musaffodan musaffo edi. Kun esa charaqlagandan charaqlar, atrofdagi muz ko‘llaru, boshida tosh-tugun ko‘targan muz qoyalaru, har ikki yondagi muz tog‘largacha oftob nurida parpiragandan parpirar edilar. Muzlar erimasalar-da, jimgina «yonardilar»...
Ammo qo‘lim qalam ushlashga kela qolmaydi. Sovuq urgandek to‘ng qotgan...
O‘sha Ularqush muz qoziqdek osmon ustunlari — muz tog‘lar yoqalab sayrab uchib o‘tgan chog‘da hech bir xatardan darak yo‘q edi. Ko‘kda bir tola ham bulut ko‘rinmasdi, tavba. Ot tuyoqlarining tiyg‘onib, taqalarining taraqlashi, o‘zlarining pishqirab, seskanib bosh silkishlarini demasa, jimjitlikni buzguchi hech narsa yo‘q edi. Hatto g‘uvlagan shamol esib qo‘ymasdi...
Oradan bir soatlar o‘tib, orqa yonboshimizdagi baland tog‘larning teppasida banogoh osmon qarsillab yorilgandek bir mudhish ovoz eshitildiyu... tog‘lar parchalanib tushayotgandek bir qiyomat ko‘pdi! Qarasam, cho‘qqidan ko‘chgan katta muz yo‘lida uchragan jami muz-toshlaru qorlarni surib, pastga tushib kelmoqda, vahimasi olamni buzgudek!.. Otlar jon halpida kishnab yuborgan, Qori aka kalima keltirar, Elchin boturning sochi bir daqiqada oqarib ketgan edi! Orqadagilar qochishga-da ulgurmay ko‘chki tagida qolgan edilar, Chaman.
Holimiz shunchalik ekan-ku, dunyo nizomini tuzamiz deb yuribmiz, Chaman?! Bu dunyoda adolat topamiz, adolat o‘rnatamiz, deb yuribmiz! O‘zimizni kim sanab ketibmiz?! Undan ko‘ra, bu ishlarimiz Allohga xush keladimi-yo‘qmi, shuni o‘ylasak-chi! Alloh yorlaqamasa, nihoyati xatokor bir banda ekanimizni o‘ylasak-chi! Qori aka haqlar: Alloh roziligini istab qilinmagan har bitta ishning oxiri kesikdir, voydir! Niyatini o‘nglab olmagan banda xatokordir! Oxiratini o‘ylamagan kishi bu dunyosini ham, u dunyo-sini ham boy bergan kimsadir! O‘zni o‘nglash eng katta jihoddir! Shu lahza, shu pallada men eng to‘g‘ri yo‘lni ko‘rib turgandekman, Chaman! Siroti mustaqim deganlari shu bo‘lsa kerak.
Allohdan bizga madad tila, Chaman.

Qiyomatli oshnang Sultonmurod.
Ko‘chki tepani ko‘rganingda uning tagida manguga qolgan safdoshlarimiz haqqiga bir kalima Qur’on tilovat etib qo‘ygaysan, oshna».
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:08:51
5. Nusrat so‘rab duo et, Mahfuzam

«Mahfuzam, yolg‘iz o‘zing mening chin najot farishtamdirsan.
Bir bo‘lsa, sening duoi iltijolaring Haqqa yetib, Uning rahmat-marhamati bilan bu dovonga yetib turibmiz; bir bo‘lsa, taqdiri azalda Allohimning Lav-hul Mahfuzga yozmishi shunday — boshqasi bekor.
Bulutlar bilan o‘pishgan bu muz-dovonga yetmak, aytishga oson. Unga yo vafodor otning yoliga yopishibgina chiqib olmoq mumkin, yo muzlik pasaygan kezlari yetmoq mumkin. Ha, jonim, bu muz dovon o‘sib-ulg‘a-yib, erib-pasayib turadi. Shunda ham muz zinalardan ulovsiz chiqishga yo‘l bo‘lsin!
Dovonchining tosh uyiga yetib bir piyola qaynoq choy ichish har kimga ham nasib etsin-chi! Biz besh birodarimizni muz qabru ko‘chkiga berib, chiqib keldik bu yerga, Mahfuzam. Endi o‘shalar uchun ham yashashimiz kerak, o‘shalar orzu qilgan, kurashgan dorilomon kunlar uchun bu foydaga qolgan jonni ayamasligimiz kerak. Alloh ham rozi bo‘ladigan yo‘l shu, rafiqam. Yana nimani marhamat qiladi, O‘zi biladir.
Dunyoning bir uchidagi, qachondir Boburshoh safdoshlariyu Yoqubbek lashkarlarining oyog‘i yetgan bu joy — bu dovon shunaqa Xudo qarg‘agan joy ekanmi, deb o‘ylasak, g‘alati xabarchilari bor go‘sha ekan u, jamilam. Biz qoziqtog‘lardan qulagan ko‘chkidan esxonamiz chiqib, tiyg‘ona-tiyg‘ona yo‘lda davom etarkanmiz, dovondan yuk-ulovlari bilan atak-chechak tushib kelayotgan kichik bir karvonga uchrab edik. Bu diyorlarning daxlsiz tijoratchilari bo‘lsalar kerak, omonlashib-xo‘shlashib o‘tib ketib edilar. Besh soat o‘tmay o‘sha karvondagilar holdan toygan bir ahvolda qaytib kelib qoldilar.
Xudo ularni bir asrabdimish: Uforli soylikda qiyomat bir bo‘ron turib, ko‘z ochirmayotganmish.
Shunda biz tepamizdan sayrab o‘tgan o‘sha Ular-qushni esladik. Dovonchi aytdi. Bu qush xabarchi qush emish. Muztog‘ning buyuk qoziqtog‘lari ustida uyg‘onayotgan xatar — bo‘rondan xabar berib, sayrab, jar solib o‘tadi ekan! Shundan uch-to‘rt soat o‘tib, Uforli soyda rosmana qorbo‘ron avjga minar emish. Biz bu qush ne xatardan xabar berdi, ko‘chkidanmi, deb o‘ltiribmiz.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:09:08
Biz-ku oson qutulibmiz, Mahfuza. Alloh asrabdi. Lekin orqamizdan tushgan yog‘iyni... ha, ha, Mahfuza, kechagina nusrat topgan yog‘iy lashkari o‘sha g‘alabaga qoniqmay mo‘minlarga dovonning bu yog‘ida ham qiyomat azobini tottirmoqchi bo‘lib kelayotgan ekan, Allohning g‘azabiga uchrabdi-qo‘yibdi.
Eshityapsanmi, Mahfuz, Alloh odil! U hamisha mazlumlar tarafida! Tojirlar o‘z ko‘zlari bilan ko‘ribdilar: butun boshli lashkar jon olguchi sovug‘u bo‘ronga uchrab, qor ostida qolganmish. U yer-bu yerda otlarning boshi ko‘rinadimish, ular ham muz qotgan.
— Subhanalloh! Quvonishingni ham bilmaysan, achinishingni ham, — deb sapchib ketdi Elchin botur. (Ha, ha, o‘sha ko‘chki vaqtida bir damda sochi oppoq oqarib tushgan Elchin birodarimiz!) — Kecha nusrat berib, bugun g‘azabiga duchor etsa... hikmati ne buning, Qori aka? — derdi u.
Hammamizning ichimizda eng kamgap, eng xokisor (shu chivindek joni bilan bu kurash-so‘qishlarda qanday yuribdi ekan?) shu odam bir og‘iz so‘z bilan uning hikmatini aytib qo‘yaqoldilar:
— Hamma gap shundaki, chin nusrat oldinda. U mo‘minlarga atalgandir. Qolgani sinov.
Eshityapsanmi, Mahfuz, ana, Allohning adolati qanday! Chin nusrat biz tarafda ekan, baribir. Qolgan barcha mashaqqatlar, mag‘lubiyatu yo‘qotishlar sinab-toblantirish, iymonni charxlash, kishini o‘zining suygan bandalari safiga qo‘shish uchun ekan!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:09:19
Nega ham so‘nikaylik endi?! Nega ham niyatlardan tonaylik, qaytaylik endi?! Nega ham endi har nafas, har qadamda Allohga topinmaylik, sig‘inmaylik?! Qo‘limizni baland etadigan ham, past etadigan ham O‘zi ekan-ku!
Hali boyagina qay bir mamlakat, qay bir diyorga bosh olib ketdik, bu mag‘lub boshimiz qaerga ham sig‘di ekan, deb kelmoqda edik. Bu xabarni eshitib xam bo‘lgan boshlarimiz tik bo‘ldi! Bilaklarimizu oyoqlarimizga mador kirdi! Hammasidan dilimiz ravshan tortgan edi. Qaraki, Alloh biz bilan ekan!
Endi haligi hikmatni — nusrat alal-oqibat biz tarafda ekaniyu qolgan barchasi Allohning sinovi ekanini har bitta mo‘min birodarimiz diliga jo qilmak bizdan lozim emasmi?! Ana shu Alloh bizdan rozi bo‘ladigan ishdir, Mahfuzam. Hali shunday silai rahm jamiyatlari tuzaylikki, har qanday mo‘-min — u xohi qora, xohi sariq, bizga suyana olsin, shu jamiyatimizdan himoya topa olsin. Adolat shundadir. Uning pok sabolari, hali qarab turasan, o‘sha bizning ona diyorlarimizgacha yetib borgay, inshaalloh. Faqat saharlargi duolaringda bizga nusrat tilasang, bas, jamilam. O‘sha men borgandagi va’dalarni unutmagaysan.

Sultonmuroding.
Dovonchining Yoqubbek davlatmand davridan qolgan «tosh qasri»da hiyla turib, janub viloyatlarga tushmoq niyatidamiz. Duoda bo‘l, toki Tangri taolo boyagi oliy ham pokiza niyatlarimizni o‘zimizga yo‘ldosh etsin. Omin».
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:09:40
6. Achchiq bir qamchi yoxud u qamchida ne hikmat ko‘rmoqdasan, Chaman?

«Chaman, sening ham ko‘zingga bu dunyo tordan- tor ko‘rinib ketganmi hech? O‘shanda nima qilgansan? Bilaman, sen ensangni qashlagancha, sekin jilmaya boshlar eding. Buni ko‘rib raqiblaring talvasaga tushib qolardilar. Kim — bu tarz muloyim tortib ketuvingdan, kim — mana hozir qoplondek tashlanib qoluvingdan hayqib, tisarilib ketardilar.
Men-chi, men qay alpozga tushardim, kuzatganmisan hech? O‘zim eslab, eslay olmadim. (Balki alam achchig‘i qo‘ymayotgandir).
O‘sha Bo‘zsuv bo‘ylaridagi qarorgohimizga askar tashlab, o‘rab olmoqchi bo‘lganlarida ham, ona diyorimiz Kattabog‘ni tashlab chiqishga majbur bo‘lgan chog‘larimda ham dunyo ko‘zlarimga bunchalar tor ko‘rinmagan. Balki endi u diyorga sig‘dirmasliklarini anglab yetganimdan shunday bo‘lgandir. Balki u paytlar erta birisi kun qaytib borarimga ishonganimdan — jimgina chiqib ketgandirman.
Sakkiz botur — sakkiz dovqur sarhad oshib, ajdaho komiga kirib borib, To‘ramni olib ketmoqqa ko‘ndira olmagan kezimizda ham shunga yaqin bir holga tushib, vujudimni bir narsa otashdek o‘rtab yondirgan edi. Lekin alami bu qadar o‘tmagan edi, Chaman.
To‘ramning soyai chehradoshlari — soxta to‘ram boshchiligida jangga kirib, yog‘iydan zarba yeb, to‘zigan chog‘imizda ham, hatto Muztoqqa o‘rlab bora turib, orqadagi safdoshlarimizni ko‘chki yutib ketib, muztog‘lar aro uch kishi yolg‘izdan-yolg‘iz qolgan kezlarimizda ham dunyo bundan tor, bevafodan bevafo ko‘rinmagan edi, Chaman.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:09:52
Chaman, odamga alam qilarkan. Sen bu dunyo hayotini go‘zal qilaman deb, adolatli etaman deb, joningni Jabborga berganing sari u seni toptaydi, hali u, hali bu yoningdan achchiq qamchilarini yog‘diradi, savalaydi. Nima bu? Dunyo shunday qurilgan ko‘hna dormi yo? Na adolat bor, na odil qozi! Yo biz ketma-ket mag‘lub bo‘laverib, to‘zigandan-to‘zib, bu diyorlarga ham sig‘a olmayotganimizdanmi, yo musofirlik bizga pand berayotirmi? Unday desam, Qori akaning pandlari qayon ketdi? «Biz Allohga shukr aytib, bu diyorga jon fido etsak arziydi. Ansorlardek quchog‘ini ochib, kutib olgan bunaqa qavm, bunaqa yurtni yana qaerdan ham topgaymiz?! U chindan ham Madinai soniydir», deb edilar u kishi. Biz dovon oshib yetib kelgan viloyat kishilari chindan shunday: bitta mayizni qirqqa bo‘lishadigan, muhojir desa, jonini berib yuboradigan. Quda-qudag‘ayini ham shunchalik e’zozlamas.
Lekin o‘zing bilgan siyosat, o‘sha siyosatning iskovichlari bu yerga ham yetib kelib, harom tumshuqlarini tiqmagan joy qolmabdi, Chaman. Chaquv, g‘iybat urug‘ini sepib, u ko‘zingni bu ko‘zingga yov etmagan kunlari qolmadi, Chaman. Shunday sharoitda qozi bo‘lib o‘rtaga tushib ko‘r-chi, mazlumning tarafini olib ko‘r-chi! Nusrat alal-oqibat biz tarafda ekanini kishilar ongi, qalbiga singdira ol-chi! Isbotlay ol-chi! Har bitta mo‘min suyana oladigan, himoya topadigan silai rahm jamiyatingni tuzib ko‘r-chi! Qalbingni to‘r-to‘rida asragan-ardoqlagan orzularing-ni amalga oshirib ko‘r-chi, o‘zingni qaerda ko‘rar ekansan!
Ammo ular shohida yursalar biz bargida yurolmaymizmi deb tog‘lar oralig‘idagi bu viloyatda shu yerlik mard boturlar bilan muhojirlarning birodarlik jamiyatini tuzgan edik. Ular qo‘lni qo‘lga berib, qiyomatli do‘st tutingan, qay birlarining boshiga mushkul tushsa, boshqalari yordamga kelishi haqida, lozim bo‘lsa, jon fido etib, qutqaruvi to‘g‘risida qasamyod etgan edilar. Xuddi Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vasallam davrlaridagidek bir birodarlik vujudga kelayotib edi. Bu ishlarning boshida Qori akam, Elchin botur — uchovimiz turib edik. Buni bir yilga dovur ham bilisholmay hukumat iskovichlari axiyri oramizga sotqin tiqishdi. A’zolarimiz birin-sirin qamalib, rejalarimiz barbod bo‘la boshladi. Sotqinni topmoq, qamalganlarni qutqarmoq lozim edi. Shoshilinch, ammo qaltis reja tuzib, zobitlaru turma nazoratchilari kiyimida markazdan kelgan tekshiruvchilar qiyofasida birodarlarimiz yotgan qamoqxonalarga kirib bordik va soxta buyruq qog‘ozlari bilan ish ko‘ra ketdik. Sirimiz ochilib qolsa, yo qarshilik bo‘lsa, o‘t ochib yorib chiqishga ham tayyor edik. Ammo dovqurni Alloh ham qo‘llaydi ekan, Chaman, omadimiz chopib, o‘nta birodarimizni shunaqqib qutqarib oldik.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:10:07
Ammo bu yog‘iga ham qadamimiz nazoratda — har ko‘cha boshiyu etagiga iskovuchlar ekib tashlangan — «to‘rt ko‘z»lab kuzatar edilar. Sotqinni esa, aniqlay olmayotgan edik. Shu tashvishlar ustiga, Chaman, men uchun kimligi o‘zingga ayon, Mafhuzam bo‘y yetmish xonadondan (ha, ha, o‘sha ularning qishga meva saqlanadigan yerto‘lalarida qirq kun jon saqlab, bilmam kimning baxtiga Xudo bir qaytib bergan qo‘rg‘onlaridan) hech kutmaganda odam kelib qoldi. Uni bir ko‘rishdayoq tanidim, Chaman. U rahmatli qaynotamiz Mirzaxo‘ja hojimning ko‘p sadoqatli qarollari — eshik og‘asi Alimat qozoq edi. Qay pushtidadir qozoq urug‘lari bilan tutashib ketib, ikki gapining birida «hov-hov»lab, «oy-boy»lab qoladigan bu kepchik yuzli odamni tanimaslik mumkin emas edi, Chaman. Sadoqatni qaraki, izlab-izlab, surishtira-surishtira topib kepti. Shu kelishida Muztog‘ni ham oshib o‘tibdi. Men bu dovondan qanday o‘taman, deb qaytib ham ketmabdi.
— Qudayga shukr, o‘zizzi ko‘rdim, Eshanayimning amanatlarini ala keldum, — deydi.
— Qanday omonat? Yoxud salommi? O‘zlarining tan-jonlari sog‘-omonmi?
— Quday rahmatig‘a olg‘an bo‘lsun. Bandaliqni baja etdilar-g‘o‘y.
— Yo Alloh, u kishini hammi?.. «Inna lillahi va inna ilayhi rojiun», — deya oldim yuzimga fotiha tortib. Eshik og‘asi hayrat-la boqdi:
— Ne deg‘aysiz, kuyav to‘ram?
Men qaytardim:
— Biz hammamiz Allohnikimiz va Uning dargohiga qaytib borgaymiz. Xudo rahmat qilsin.
— Ha, ha, rahmat etsun. Ko‘p marhamatli edular Eshanayum. Shu kishining vasiyatlari ila kelibjaturman, bilsang‘iz.
— Vasiyat? — deb yuboribman. Hoynahoy, kuyovimga yetkazsangiz, u qizim boyaqish Mahfuzamga yetkazadi, qora kiyib aza ochadi, bir kalima Qur’on tilovat qilsayam harna savob, deb o‘ylaganmilar onaizor. Men shu xayolda edim, ammo...
— Amanat-g‘o‘y... Aybg‘a buyurmag‘aysiz.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:10:20
— Aybi nimasi, — deya oldim men. Eshik og‘asi esa qo‘ynidan oq shoxi ro‘molga o‘ralgan bir narsani olib, kaftida tutib turar, men uni olarni ham, olmasimni ham bilmasdim. Olay desam, sarhad yo‘li men uchun berk. Olmay desam, qaynonamning omonati, jondan aziz Mahfuzamga atalgan. Oldim. Shohi ro‘mol ichida mayindan-mayin shildirashidan, siqimga sig‘ib-sig‘masidan marvaridmi, nimadir edi.
— Achib ko‘ring, kuyav to‘ram, — dedi elchi, — qiyomatda bu qo‘l, bu ko‘zlar-da guvahliqqa o‘tg‘ay.
— Darvoqe, — deb ochdimu nimani ko‘rdim, Chaman. Kaftimda har shodasi nozik-ado tilla iplarga taqilib, keyin barchasi qo‘sh bog‘ichga jamlangan oppoq marvarid turar edi. Men uni tilla ipiyu halqali tilla bog‘ichlaridan, to‘g‘rirog‘i, hilolmonand taqinchog‘idan tanib turar edim. Ular birinchi ko‘rganimdagidek yangi tuqqan qizg‘ish oydek yarqirar edilar.
Eshonoyimiz nimadir bo‘lib, unutilib qoldirilgan o‘sha yodgor taqinchoqni jigarporalariga yetkazmoqni vasiyat etardilar.
Elchini bir kecha mehmon etib, sovg‘a-salomlar bilan jo‘natdim-u, lekin o‘zimga kelolmasdim. Bu nima, Allohning yana bir sinovimi yo diyorga yuz burmoq kerakmi — bila olmasdim. Unday desam, men u diyorga endi qanday sig‘gayman, vatanda bir bevatanga aylanmasmanmi, niyatlarim-chi, ne bo‘lg‘ay — hech bir to‘xtamga kelolmasdim.
Bu yoqda esa, jamiyat tashvishlariyu bizni deb qo‘lga olinmish, turmalarga tiqilmish jonnisor oshnalarimizni qutqarmoq bilan bog‘liq yumushlar yotar, buni desam, omonat, omonatni desam, ular qolib ketmoqda edilar.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:10:37
Ana shunday ichga qil sig‘maydigan kunlarning birida Oqsu guzaridagi do‘konimda qiblaga qarab, faromush o‘ltirar edim. Nega faromush? Tilimda «Alhamdulillahillaziyu» ko‘z oldimda qarshimdagi soylik emas, Bo‘zsuv tepaliklari bir-biriga yastanib yotar edilar. Negadir o‘sha qarorgohimizga lolaqiz-g‘aldoqdek bo‘lib, osmondan hov birdagidek yog‘iy yog‘ilib tushib kelar edi. O‘ngimmi, hovfim, deb tursam... yelkam aralash bo‘ynimga ilondek yopishib, achchiq qamchi tushsa degin!.. O‘girilib qarasam, shahar qozisi! Ayonlari bilan qarshimda savlat to‘kib turibdi. Hammalari otliq — ot ustida. Biz singari piyoda do‘kondorlaru xaridorlar esa, barchalari ikki bukilib ta’zimga egilishgancha qolishgan. Ko‘zim qozining bilagidagi qamchiga tushib, fe’lim aynib-aynib kela boshladi. Chaman, hech kimga aytmasam ham senga aytaman. Nega biz bunday millatmiz? Ustimizga to‘n yopib, tagimizga ot bersalar, aynib qolamiz? O‘z millatimizga past nazar bilan boqib, o‘sha ot berganlar bilan og‘iz-burun o‘pishib ketamiz? Shu ham o‘z millatdoshim, dindoshim, tepishib katta bo‘lganim, bir imom ortida turib namoz o‘qiydigan safdoshim demaymiz? Hamma bilan o‘z tug‘ishganimizdek sog‘inishib ko‘risholmaymiz? Bizga qanday dard tekkan, nuqs urganki, ichimiz kirlanib ketgan, Chaman? Qachon odam bo‘lamiz biz ham? Qachon biriga tikon kirsa, boshqamizning ham jonimiz barobar achiydi? Mo‘minlar bir-birlariga birodardirlar, degan gap qayda qoldi?! Yo saodat asri endi qaytmagaymi, unday zamon kelmagaymi?
Esiz, hatto biz ila birodar tutingan kishilar ham miq etolmasdilar. Evohki, oshna, biz pista po‘choqdan kema yasamoqchi ekanmizmi?.. Men ana shunday o‘ksik bir holatda edimmi, yo qamchi tushgan yer— bo‘ynim hali ham lovullab yonardimi, qoziga ters qaradim.
— Ha, botur yigit, Sizga alohida takalluf lozimmu?
Menga bu qochiriq qamchidan-da o‘tib tushgan edi. Ustiga-ustak atrofdan pichirlab shivirlashardi:
— Egil-egil. Bukilib-da ta’zim et, qutulgaysan.
Ammo men to‘nimni teskari kiyib ulgurgan edim, Chaman. O‘zing bilasan, endi meni epaqaga solib bo‘lmasdi. Ters o‘girildim:
— Ajab?! Ta’zimni so‘rab oladurlarmi bu diyorlarda?
— O‘ho‘, o‘ziga yetguncha-ku bu?! — dedi qozi atrofidagilarga ma’noli boqib. Ko‘rib turibman, ayonlari imosiga shaylar. Ko‘z uchirsayu oyog‘imni yerga tekkizmay olib ketsalar. Ularga shu kerak shekilli. Bu yoqda esa, qo‘shni tojirlar pichirlashib o‘tinishadur: «Uzr so‘rab qo‘yaqoling, o‘g‘lim...»
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:10:52
Ammo men (nohaq qamchini unutganimcha yo‘q) shaytonga hay berolmay turibman.
— Uzrni men emas, u kishim so‘rashlari lozimdur!
Bilaman, tilim achchiq. Lekin bu til haqdan so‘zlar edi.
Qozi janoblari shuncha xaloyiq ichida o‘zini o‘ng‘aysiz sezib, o‘sha ta’zimdagi xaloyiq tomon alangladi. Aftidan u mo‘minlardan najot kutmoqda edi.
— Astag‘firullohillazi, ta’zim qachondan beri... uyatlu sanalmish?
Meniki tutgan edi:
— Qachondan berli qamchi ta’zimu ta’zir quroli bo‘lib qolmish? Qamchinni shuning uchun to‘qirlarmi bu yurtda?
Bilaman, so‘zlarim ularni chayondek chaqib-chaqib olmoqda edi. Qoziyu shahar ayonlari o‘zlarini oqlashga so‘z topolmasdilar. O‘rtaga oqsoqollardan kimdir tushmasa bo‘lmaydirgan bir vaziyat vujudga kelmoqda edi. Men esam, tilimni tiygim kelmay borar, shu bilan hamma alamlarimni bir yo‘la olgimmi, nima qilgim kelar edi:
— Muhojirlarga hamisha quchog‘ini ochib kelgan bu diyor, bu yurtda nahot endi qamchi ko‘tarib, ta’zir bermoqni rasm etsalar?
— Nauzanbilloh! Siz haqsiz, bo‘tam. Boshqa so‘zga tilim aylanmas, — kutilmaganda qozikalon otdan tushib, azza-bazza qo‘lini ko‘ksiga bosib kela boshladi. Bilagidagi o‘sha qamchi esa, kaftiga yopishgan qo‘ng‘ir ilondek to‘lg‘onar edi, Chaman. U kela tizzalarimni quchmoqqa hozirligini ko‘rib, keskin tisarildim.
— Qo‘ying. Endi bari kech!..
U to‘xtab qoldi. Najot kutib atrofimdagilarga qaradi. O‘rtaga qariyalar tushib, yarashtirmoq niyatida yelkayu kuraklarimni silamoqqa tushdilar. Ammo bari ko‘zimga xunukdan-xunuk ko‘rinib ketmoqda edi. Mening o‘ksuk ko‘nglim nimani istardi — o‘zim bilmasdim. Nasihatlar qulog‘imga kirmas, kirsa ham malham bo‘lolmas edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:11:08
— Yo‘q, taqsirlar. Behuda ovora bo‘lgaysiz, — dedim bosh tebrab. — To‘n yelkaga tishlanib bo‘ldi! Qamchining haqqi esa, qiyomatga qoldi, qozi buva. Xayr.
Ana shunday bo‘lib qoldi, Chaman. Bir qamchiga shuncha achchiq, shuncha jahlmi, demaysan, oshna. O‘rtada g‘ururmi, nimadir yotardi. Balki Xudoning xohlashi shunday bo‘lgandir. Qori aka ham qarorimni ma’qul topdilar. O‘rnimizga (jamiyat tarqaganicha yo‘q, Chaman. U hali ko‘p yashaydi!) ishonchluv yigitlarni qoldirib, o‘sha Muztog‘dan oshgandagi safardoshlarim ila yana bo‘lak diyorga bosh olib ketadigan bo‘ldik. Buni hijrat deb ataysanmi, safar deb sanaysanmi, o‘zing bilasan, Chaman.
Sening izningsiz shunday ishlar qilib qo‘ydik, osh-na. Qiyin-qiyin — senga qiyin bo‘ldi. Jabr-jabr— senga jabr bo‘ldi. Sen endi bizni qidirib topmog‘ing, biz uchun javob bermog‘ing kerak. Sen bizga shuncha yaxshiliklar qilganda, ajdaho komidan qutqa-rib, qilcha yomonlik sog‘inmaganingda biz bundayin ishlar qilib qo‘ydik. Uzr, oshna, ketmasak bo‘lmasdi u diyordan. Keyin o‘zingga qiyin bo‘lardi, sen ham qutqara olmasding u qora ajdar domidan. Senga umr-bod tashvish orttirib yuraman shekilli, Chaman. Chekingga shunday o‘rtoq tushgan ekan, injimaysan, og‘ayni. Yolg‘iz qolganingda Tangri azza va jallaga o‘tinib duo qilgilki, ko‘rishmoqni qiyomatga qoldirmasin.
Omon bo‘l. Sen ishongan tog‘lardan ham bir kun kiyiklar sollanib-sollanib chiqqaylar, inshaalloh. Xayr. Sultonmuroding.

(U diyordan topilgan oxirgi xat edi bu, qolganlari boshqa diyorlardan yig‘ib kelingan edi 1.)
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:11:33
7. Kim kimga ilhaq bu jahon ayvonida?

Menga shunday biqinimizdagi dalaning eng baland joyidan bir parchagina yer tekkan. Dam olish kunlari o‘sha yerda kuymanib yotaman. Kuymanishki, dunyo tashvishlaridan jindek bo‘lsa-da, chalg‘ib, bosh og‘riqlarni unutib, odamga o‘xshab qaytaman. Ayniqsa, rosa jaziramalarda oftobdan qochib, pastak chaylacham tagiga chiqib olsam bormi, uning soyasiyu g‘ir-g‘ir shabadasini hech narsaga alishmaydigan bir holga tushaman. Chindanam insonga ortiq nima kerak, bu jahon ayvonida? Poyingdagi butun atrof-javonib oftob seliga ko‘milib, jivirlagandan jivirlab yotsa-da, sen o‘zingga loyiq soya topib, quruq yerga sekin cho‘zilsang-da, kaftga bosh qo‘yib, oyoq chalishtirgancha, olamni unutsang. O‘zing ayt, bolalikda qolib ketgan bir farog‘atni topgandek shu chalqancha yotishingni yana biron narsaga alishib bo‘ladimikan?!
Kamiga chayla ustiga chirmashgan janduqlaru pechak gullar anvoyi gullab, urug‘ bog‘lashga kirishgan, chayla ustini ko‘k yopinchig‘i ila o‘rayotgan bo‘lsalar. Saraton jiviriga to‘lgan osmon uning ortidan ko‘rinib-ko‘rinmasa.
Kamiga tepangdagi yolg‘iz terak barglari shabadada kumush kapalaklardek shovullab, tagidan bir ariq suv shaloplab oqib yotsa.
Yana kamiga dala boshidanmi, qaerdan gurkiragan rayhon hidlarini «o‘g‘irlab» bir mayin shaboda chayla tagidan g‘ir-g‘ir o‘taversa, tinmasa... O‘sha yellar olib qochgan rayhon hidlarining sochilib-to‘kilgani ham senga yetaversa... Uning gashtiga nima yetsin, bu jahon ayvonida?
Ana shunda hamma narsani unutasan-da, faqat o‘zing ilhaq narsalargina qoladi...
Chaylaning quruq shoxiga chiqib olgan boshmaldoqdek ko‘k beshiktervatdan (u ham chayla soyasida orom olyapti!) ko‘z uzmay yotarkanman, pastdanmi — qaerdan mashinaning «bibip»lab chaqirgan ovozimi, nima eshitilgandek bo‘laverardi. Yana bir bolakay: «Amaqu-u, Maqsud amaqu»lab chaqirar, ovozi elas-elas kelar edi. Erinibgina bosh ko‘tarsam, dalaning hov pastida maysarang bir «Jiguli» turibdi. Kim bo‘lsa ekan? Egasi hali tushmagan, ammo chaqirayotgan bolakay esa, egat o‘rtasidagi yo‘ldan chopib kelar, qo‘liga olvolgan do‘pisini silkilab charchamas edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:11:44
— Amaqu-u, Siznu chaqirishoptu... Amaqu-u, qaerdasiz?
«Kim? Yodgortoymi?! Nima bo‘pti?!» deb dik etib turib opman!
Haligina: «Qani edi, shu tobda aziz kishilaringdan birortasi qidirib kelsayu, manavi soyada bir to‘yib otamlashsak...» deb ko‘nglim ketmab edimi, tavba. Nima bu? Niyatga yarasha deganlari shumikan?
Egat o‘rtasidagi yo‘lga qarab yurmasimdan o‘sha maysarang mashinadan juda ham tanish odam tushib, yuragim xapriqib ketdi! Ie, jahongashta akaginamning o‘zlarimi?! Bunday oq kepkani undan bo‘lak kim ham kiyarkan?! O‘sha jahongashta kiysin-da! Bir ketgancha badar ketadigan o‘sha izquvar kiysin-da! Akajonimning daydi oshnasi-ku! Qanday xabarlar bilan qaytibdi ekan u Sherlok Xolms? Jahondagi gadoytopmas barcha ob-havo istansalarining tentiroq kezuvchisi, tinib-tinchimas Chaman akamiz-ku!
— E-e, Xizrni yo‘qlasam bo‘lmas ekanmi?! Tushimmi, o‘ngimmi?! — deya qanot chiqarib pastga yugurgan joyimda u ham bir to‘lg‘onib qad rostladiyu quchoq ochgancha o‘shayoqdanoq emranib kela boshladi. Ammo koshki eshitsam, qanday erkalab, nima nomlar bilan atayotganini! Og‘zidan qanday so‘z, mujdalar uchayotganini! Faqat u ham mendan battar sog‘inib yugurib kelar, uzoq ko‘rishmagan kishilargina shunday talpinmoqlari, bir-birlarini sog‘inmoqlari mumkin edi.
Qolaversa, u jondan aziz akajonimni izlab ketgan edi, uni izlay-izlay bir yerlarga yetgan edi! Qanday daraklar bilan keldi ekan endi?..
Dalaning o‘rtasida bir-birimizga yetib bordik. Yetib bordigu chirmashgancha qoldik. Oftob seliga to‘lgan dalaning qoq o‘rtasida turib qolganimizga ham, tashlama ariq bo‘yida tizza bo‘yi o‘sib urug‘ bog‘lashga tushgan o‘tlarni bosib-yanchayotganimizni ham unutib, gir aylanardik. Quchog‘imizdan qo‘yib yubormasdik. Qo‘yib yubormasdigu quchib ham, yalab-yulqashib ham to‘ymasdik.
— Bor ekansiz-ku, shunchalar ham bedarak ketadimi odam?.. — derdim men.
— Keldim-keldim. Uzoqib ketgan bo‘lsam, uzr, sog‘intirib qo‘ygan bo‘lsam, kechirasan, pakana pari. Shunaqa bo‘lib qoldi, cho‘zilib ketdi safarlarimiz. Faqat aybga buyurmaysan, so‘kmaysan, pakana pari, — deb o‘tinardi u.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:11:54
— Nega, Chaman akajon, sog‘inganimizdan, kutaverib ko‘zlarimiz teshilganidan aytaman-da, — derdim men.
— Eshitdim barini, eshitdim. Mingdan-ming rahmat senga, pakana pari. Yo‘qligimni bilintirmabsan. Hammasiga o‘zing girgitton, o‘zing balogardon bo‘libsan! Tog‘dek himoyachilari bo‘lib o‘tiribsan! Tabiblarga borib em-dorilarini topdiribsan! Kasalxonalardan olib chiqibsan! Yolg‘iz qoldirmabsan. Chin ukalik qilibsan, Maqsud! — deya, alqab bir yerlarga yetardi.
Kuraklarimni silab, bag‘ridan bo‘shatmasdi. Men ham bu so‘zlardan erigandan-erib borardim. Hamma qiynalganlarim — barcha yugur-yugurlarning, o‘lib-tirilganlarimning qiynog‘i, alami tarqab borardi. Go‘yo birov emas, Chaman akamning o‘zi uni ko‘ksimdan sidirib olib tashlamoqda edi, qushday yengil tortib bormoqdaydim.
Keyin o‘zi quchog‘ida dast ko‘tarib, yerga qo‘yarkan, yelkamga qoqib:
— Obbo, pakana pari-ey, shunaqa hech kim topmas joylarga chiqib olib, g‘ir-g‘ir shabadalar bilan tillashib yotibman degin? Dalamiz bor, bu dunyo g‘urbatlaridan yozilib ketadigan joyimiz bor, degin? Yur, yur, o‘sha chaylangga chiqayluk. Birpasgina bo‘lsa ham dunyo tashvishlaridan uzilib, ariq bo‘ylarida o‘tirayluk. G‘uborlardan tozalanayluk, — deb qistay ketdi. — Bunday joylar ham g‘animat.
Yodgor esa, bu gapni eshitgandanoq otlanib qolgan, o‘rta yo‘lga tushib olib, hali u oyog‘ida, hali bunisida o‘ynoqlab borar, yo‘lakay g‘umaylarningu boshoq tortgan bedana o‘tlarning boshini yulib-otar edi. Hali ariqqa yetsin, baliq bo‘lib suvdan chiqmay qoladi shekilli! U o‘zi bilan o‘zi andarmon ekan, biz esa so‘rashib-istashib, chayla tagiga chiqib bordik. Chaylaki, bir necha tol xodalarini egib-bog‘lab, tol istaklariyu cho‘plari bilan ishkomdek yopib, kamiga ikki yonidan jandig‘u chirmoviq gullarni chiqarib yuborgan edim. Ariqdagi suvning ayqirib oqishiyu uning bo‘yidagi yolg‘iz yosh terakning biydek dalaning qoq o‘rtasida kumush ukpardek «shildirashi»ni demasangiz, aytarlik joyi yo‘qdek. Ammo Chaman akam hali ariqdagi suvda yuzlarini pishib-pishib chayib, hali egat boshidagi qarqirab o‘sgan jambilu rayhonlar oralab, hidlarini gurkiratib tinchiy qolmasdi:
— Oh-oh, jannatning bir bo‘lagi-ku! Har tarafdan orom yog‘ilib yotibdi-ku, — derdi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:12:08
Chaylaning tagiga kirib esa:
— Ana shabadayu mana shabada! Bunaqa joyni yana qaerdan topasan?! — deb turib qoldi. — Voy, sen— pakana pari, shunaqa g‘ir-g‘ir shabadalarning yo‘lini topib chayla qurganmisan? Faqat avrama, zo‘r dehqonlar ham bunday joyni topolmaydilar-ku, — derdi u.
— Nega avrayin, menga o‘zi shunday baland — ko‘kcha yer tushib qopti, — dedim iymanib. O‘zim esam uni o‘tkazgani joy topolmay, quruq sholcha ustiga nima yozarimni bilmas edim: Chaman akamdek bir odam ozib-yozib bir kelib qolganida... tagiga solishga bitta ko‘rpacham bo‘lmasa-ya!..
— Buyam bo‘lsa, sening baxting. O‘zi omadi chopgan yigitsan-da, pakana pari. Hamma ham sendek bo‘la olsin-chi, sidqidil bo‘la olsin-chi...
— Qani, qaerga ham o‘tqazdim? Yoki manavi bir quchoq pechakni tushab bera qolay, — deb urinardim men.
U ko‘nmadi.
— Qo‘y, tegma, qo‘zichoqlarning rizqiga. Odam o‘tirsa yemay qo‘yaqoladilar. Undan ko‘ra, mana bu yerga cho‘kib, oyoqlarni uzatib yuboramiz-da, dalaning erka shamollariga yuz tutamiz. Qara, yerdan ham oyoqlarga xush yoqib, muz chiqyapti! Ko‘pdan odamga o‘xshab, bunaqa joylarda yonboshlamaganmiz. Yerning taptini tuymaganmiz. Qo‘y, pakana pari, odamni bu baxtdan benasib et-           ma, — deb turib, kutilmaganda u qo‘lini duoga och-      di, — Qani, omin, seni ham kishti-koringga Alloh baraka bersin. Yana ko‘p yillar shu yerlar, shu yellarning fayzidan bebahra etmasin.
Dalaga kelib, yalangoyoq tuproq kechib, ariqlarda cho‘milib, daraxtlarga osilib yurgan Yodgortoyning bo‘yi ancha tik tortib qolgan, hozir ham o‘yinqaroqligiga borib, ariqning u betidan bu betiga sakrar, ninachimi — nimadir tutishga andarmon edi. (Hali ariqqa to‘g‘on bo‘lib, o‘zidan oshib o‘tgan suvlar sharsharasiga besh ketishga tushsin, oftobga chiqib yotib, yana o‘zini suvga otishga tushsin, to‘xtatib bo‘psiz! Bu yerdan ketgisi ham kelmay qolishi aniq).
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:12:20
Biz esa, bundan foydalanib, bir-birimizdan hol-ahvol so‘rab, ko‘ngil ovlashga tushib ketganmiz. Mulozamatlarimiz cho‘zilgani sari dil hapriqadi. Niyatga ko‘cha olmay halakman. Bir chekkasi o‘zi sog‘-omon qaytganidan boshim osmonda, ko‘nglim xotirjam tortib borayotgan bo‘lsa-da, muddaoga ko‘chishga bir intiq-bir intiqmanki, qani mavridi kela qolsa. O‘zi ham odamni qiynamay murodga ko‘cha qolsa bo‘lardi.
Bunga sari ichimga «nima, shuncha yurib, izini topolmabdimi, nega jim, gapni aylantiradi» degan shubhayu gumonlar oralaydi. O‘zimni esa tilim aylanmayapti, irim qilib, og‘iz ocholmayapman. Nihoyat, u qay bir yurtlarning jazirama oftobida kuyib qoraygan yuzlarini ishqab, boshidan (o‘sha ayvonchasi silliq yelimu o‘zi lattadan tikilgan) oq kepkasini olib, chayla bag‘aziga ilarkan:
— Aytmoqchi, anuv osori-atiqashunos uchradimi? Men yo‘ldan senga bir narsalar berib yuborib edim?— dedi negadir betimga qaramay.
Yuragim taka-puka bo‘lib kelib, shuv etdi! Sezdimki, undan ortiq bir narsa topmabdi. Topsa, aytardi-ku! Aytib, suyunchi olardi!.. Nahot akam?..
Yo‘q, tishni tishga bosmoq kerak! Halitdan yomon fol olishga nima hojat? Akam bo‘ladiyu beiz-bedarak ketadimi?! U yolg‘iz o‘z boshini o‘ylaganlardan bo‘lsa ekanki, qo‘rqsam?!.
— Berdi-berdi, keltirib berdi, u omonat xatlarni asrab qo‘yibman, hech kimga ko‘rsatmay.
— Barakalla, yaxshi qipsan, hali mavridimas, — deb u menga minnatdor qarab qo‘ydi.
— Hali yaralar bitmagan, ko‘tara olmaydi, deysiz-da? — dedim ichim achishib.
— Har narsaning davosi vaqt, tura tursin, — dedi u uzatib yuborgan oyoqlarini negadir tinimsiz silab-siypagancha.
Bu gapdan ichim uzulib, o‘zimni behol sezdim: boyaqish, kennoyim, yana qancha kutadi ekan? Sabri yetadimikan? Shu xayollarim o‘zimga o‘tirishmay ich-ichimdan bir norozilik uyg‘onib kelmoqda, o‘zimni o‘zim yomon ko‘rib ketmoqda edim: Aytsa ayta qolmaydimi, nima bo‘lganini? Odamni buncha xat qilmay!
U suyub tikildi:
— Senga ming rahmat. O‘z jigaringdan ham a’lo ko‘rib, xizmatlar qilibsan. Jujug‘iniyu o‘zini ko‘z qorachug‘ingdek asrab o‘tiribsan. U dunyo-bu dunyo unutmaydigan bir ish qilibsan.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:12:34
— Kimga? — dedim bir xijolatlarga botib.
— Ularga-da, kimga bo‘lardi. Akang uchun, men uchun.
— Qilsam kimga qipman, begonami? — dedim o‘pkam to‘lib kela boshlab.
— Alloh rozi bo‘ladigan ishni aytib qo‘ygan yaxshi-da, — dedi u.
— Bir mening qo‘limdan nimayam kelardi?! Siz shu rahmatlaringizni boshqa bir kishiga aytsangiz yarashardi, — dedim chiniga ko‘chib.
Chaman akam ilkis qaradi. Bu nigoh ichimning tub-tublariga qadar singib borgudek edi.
— Chin gap ham shu. Agar To‘ram taqsir yordam bermasalar, panohlariga olmasalar, bir mening qo‘limdan nima ham kelardi...
— Chindan o‘sha kishi-ya? Tangritog‘da davlat qurib, keyin biz... biznikilar o‘g‘irlab kelgan, uy qamog‘ida o‘tirgan zot-a? — dedi hayratlanib.
Yashiradigan hech narsa qolmagan edi:
— Ha, o‘sha — akamni biladigan, uning nomini tildan qo‘ymaydigan kishi.
— Bilaman, — dedi u yana tizzalarini silay boshlab. — Akang ham u kishiga ko‘p e’tiqod qo‘ygan, ishongan edi. Buyursayoq, osmondagi yulduzni uzub oladiganlardan edi. Yo‘llari ayri tushdiyu niyatlariga yetolmadilar.
— Nima, akam?.. — deb yubordim yuragim xunuk bir qalqib.
— Ha, u diyordan chiqib ketgancha, hech yerda qo‘nim topolmayotir. Tarix o‘z niyatidan qaytmagan bunaqa darbadarni ko‘rmagandir...
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:12:45
Chayla tagida shabada bir damgina to‘xtab, olam tandirga aylangandek, qiziblar ketdim. Bu xabardan yo nafasim ichimga tushib ketgan, yo bir bo‘lsa, yuragim urmay qolgan edi! Betoqatlanib, chuqur bir tin olib edim, shuni kutib turgandek Alloh ham ushlab turgan yellarini qo‘yib yubordiyu ko‘ksimga avvalgidek bir yengillik kirib, odam holiga qaytdim. O‘ziga shukr. Bu g‘ir-g‘ir shabadalarini birpasgina qo‘yib yubormay tursa, nima qilardim, holim nima kechardi?! Yaxshiyam qo‘yib yubordi, marhamatini darig‘ tutmadi. Akamga ham shunday marhamatini darig‘ tutmasa, nima qiladi ekan? Sarhadlarni ochib yuborsa, nima qiladi ekan? Yo biron boshqa atagani bormi unga?
— Shuning uchun ham hiyla kechikdim. U ko‘chib o‘tgan diyordan topganlarim esa, yolg‘iz shu bitiklar bo‘ldi. U yog‘i qaerga ketib, qaerda qo‘nim topgani ma’lum emas, — deyar edi Chaman akam. Men esam, buni anglab turgandekman-u, qo‘lidagi o‘rog‘liq narsa yana xatlarminima ekanini fahmlab yetolmayotirman...
U yoqda esa ikkala qo‘lchasi ila to‘g‘on qozig‘igami, nimagadir yopishib olgan Yodgortoy zo‘r berib suvni shaloplatar, olamga sig‘may yayrar edi. Bu yoqda esa, biz o‘z g‘amimiz o‘zimizga yetib, bir-birimizga tikilishib o‘ltiribmiz. G‘ir-g‘ir esgan shabadalar ham o‘sha g‘amlarimizni ko‘tarib ketolmayotgandek. Shu holda yana qancha o‘tiramiz — o‘zimiz bilmasdik.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:13:03
8. Chirog‘boniga zor go‘sha yoxud bulbullar chah-chahlagan bir chorbog‘

Bekobodning Shirin shahriga ikki kunlik safar bilan ketgan edik. Safar ham shoshilinchroq edi. Ertasiga tushlarga yaqin qaytib kelsam, meni kimdir so‘roqlabdi. Kamiga kelishi ila qo‘ng‘iroq qilsin, deb telefon numerini qoldiribdi.
Raqamidan tanimadim-u, lekin ichim hapriqishi qolmasdi. Xuddi biron qarindoshimiz to‘satdan olamdan o‘tganu men janozasiga yeta olmay qoladigandek edim. Axiyri sabrim chidamadi. Berilgan numerni tersam... Olim akam!
— E, mening mirzo xolavachcham, qaerlarda yuribsan? Buncha safaring ko‘p ekan, yurishlaring ko‘p ekan sening?! Nasiba qo‘shgan ekan, tezda yetib kel. Hamma xolalarimizu tog‘alar yig‘ilishib o‘tirishibdi. Bitta sen yo‘qsan.
— Tinchlikmi, o‘zi? Qaerga yetib boraman, qanday yig‘in? — dedim, bu go‘sha qaerda ekanini hech aqlimga sig‘dirolmay.
— Qaerga bo‘lardi, pakana pari. Bizning yangi hovliga-da... — Keyin «darvoqe sen bilmaysan-a», deb tushuntira ketdi. — Bir taksiga o‘tir, ketsa mirzodan ketibdi. Ammo bu yig‘indan qolma. Keyin afsus qilasan. Qarindoshlarni bitta qoldirmay yig‘ib kelganman. Kutaman-a?!
Shuni aytadilar-da, nasib qilsa kelar Shomu Iroqdan deb. O‘zim ham Kattabog‘u Yakkabog‘lar buzilib, har yerga to‘zib ketgan qarindoshlarimni sog‘ingan edim. Qolaversa, ishli odam — boshqa paytda borib ko‘rgani vaqt topolmaysan, vaqting bo‘lsa, boshqa tashvishlardan ortib yetolmaysan. Shunaqa yig‘inlarda diydorlariga to‘ymasang, qachon to‘yasan! Xolalaru tog‘alar ham qarib qolishdi, hammalari g‘animat. Duolarini olib qolganga, xizmatlarini qilganga nima yetsin! Undan tashqari bu akam tushmagur miq etmay yurib, isini ham chiqarmay qaerdan hovli-joy qilibdi ekan? Nega qavatimizga boravermay, soylik-tepalik demay Bo‘zsuv bo‘yidan joy qilibdi ekan? Niyati nima? So‘qqabosh odam— issig‘i bor, sovug‘i bor, hovli-joy qilmoqchi ekan, bir og‘iz aytmaydimi, qavatimizga yaqin joydan topmaymizmi?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:13:16
— O‘zing bilasan, Bog‘obodning tagi bilan o‘tgan yo‘l bor-ku, hozir avtobus qatnayotgan? Omon qolgan lagerlarning pastida polkovniklarning bog‘larini ko‘rganmisan? O‘shatta tushasan. Naq Bo‘zsuv bo‘yida. Qaynamaga yetmasdan, — deb tushuntirdi akam.
U yerda qanday bo‘sh joy bor ekan, imorat solsa bo‘ladigan, hech aqlim bovar qilmas edi. Shuncha o‘tib, ko‘rmagan  ekanman-da?! Men Bo‘zsuv yoqasidan joy qilgan polkovniklarning mevali-mevasiz daraxtlar o‘rab, chakalak bo‘lib ketgan bog‘larini bilar edim-u, lekin kechalari lagerlarga kino ko‘rgani shuncha devor oshib borganimiz bilan, u bog‘larga yurak yutib kirgan emasdik. U giloszor, nokzorli chakalaklarda kecha-kunduz bulbullar chah-chahlab yotsa-da, birontamiz ikki qavat shoh-devorlarni oshib o‘tmaganmiz. Simga bog‘liq zanjirlarini sudrab, akillab beradigan itlariga yurak yutib yaqinlashib bo‘ladi ekanmi?! Shohdan kirgan bola tugul quyonu mushuklarni g‘ajib tashlaydigan u itlar hali ham bor bo‘lsa kerak. Olim akam kelib-kelib, o‘shalarning qavatidan joy qilibdimi? Hukumatga xizmatlari evaziga berishibdimikan yo sotib oldimi-     kan?
Men shu xayollar bilan asrga yaqin aytilgan joyga yetib borar ekanman, uning qavatimizdan chiqib, boshqa yerda joy qilganiga hech tushuna olmasdim. Keyingi paytlarda uning kamnamo-kamgap, xuddi ichimdagini top qabilidagi odamlar sirasidan bo‘lib qolgani shundan ekanmi yo?..
Bog‘obodning pasti bilan tushgan o‘sha aylanma yo‘lni demasa, u atrofda yangi hovli-joyu qurilish otining o‘zi ko‘rinmas, Olim akam qaysi joyni tushuntiribdi ekan, tusmollay-tusmollay, yo‘l yoqalab borar ekanman, o‘sha mashhur polkovniklarning bog‘-hovlilariga yetib qolgan joyimda yangi qo‘sh darvoza bilan yakka tavaqa eshik ko‘rindi. U yog‘i ham, bu yog‘i ham g‘ishtin devor edi. Shunaqa rasamadi bilan terilib o‘ralganki, qanaqa idora ekan, deysiz.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:13:32
Men kimdan, nima deb so‘rarimni bilmay taraddudda ekanman, shu mahal haligi eshikdan xayr-xo‘shlashib tish kavlagan qariyalar chiqa boshladilar. Ular qay birlari alqab, qay birlari kekirib, duo qilib chiqishmoqda edi. Shu yer ekanmi, kamina ehsondan kechikibtilarmi, deya yaqin borarimni ham, bormasimni ham bilmay, ikkilanib turarkanman, kuzatib chiqqanlar orasida pochchaniyu Qo‘ldosh tog‘amlarni ko‘rib qadamimni tezlatdim. Qariyalar salomimga alik olib, gurung bergancha yo‘lni kesib o‘tib ketdilar. Aftidan ular masjidgami — qayoqqa shoshar, oldinda borayotgan oq salla, sidirg‘a xalatli zanji bashara imomdan ortda qolmaslikka tirishar edilar.
Tanidim, bu o‘sha qiroati shirali, ammo bidirlab gapirganidan nima deyayotganini ilg‘ab olish qiyin bo‘lgan tarashadek ozg‘in domla edi. Biznikilar Cho‘pon ota masjidining bu domlasini — nimasiga ixlos qo‘yishgan — hech yig‘inga kanda qilmay aytishadi, tushuna olmasdim. Balki qiroati uchundir— Qur’onni hurmatidan. Yana kim biladi. Shu tob pochchaning ko‘zlari menga tushib qoldi.
— Ie-ie, Maqsudxo‘ja, o‘zingmisan? Kepqopsan-ku. Kir-kir, bolam. Xolalaring so‘rayverib bir yerga yetishayotuvdi. Yetib kelganing ko‘p yaxshi bo‘pti, ko‘p yaxshi bo‘pti. Hoy, Olim, qanisan, jigargo‘shangga qara, orqamizda qoladigan jiyanlaringga qara, — deb alqay ketdilar. Men hijolatlarga botib, borib ko‘risha boshladim.
— Uzr, xizmatchilik, topib kelgunchayam vaqt o‘tib ketipti.
— Hechqisi yo‘q, hechqisi yo‘q. Masjid qavmi chiqqani bilan hamma qarindoshlar sho‘tta — ichkarida. Hech kim tarqagani yo‘q, kira qol, — dedilar Qo‘ldosh tog‘am o‘zlariga yarashadigan bir tarzda, o‘sha-o‘sha lab chetida suyib, iljayib turgancha. Hammadan Olim akamning boshi osmonda edi:
— Ana, ana, qanday yarashib turibdi kelganing. Avvalroq aytmaysanmi, safarim bor deb, bular ko‘zimni ochirishmayotib edi. Kelib yuzimni bir yorug‘ etting, oqlab yubording barcha ginalarniyam. O‘zing zo‘rsan, mirzolarning mirzosi, mening chin xolavachcham. Akaginamning suygan pakana parisi, bag‘rimni to‘latding, — deya bag‘riga bosib, ichkariga yetaklay ketdi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:13:46
Men hech kutmagandim. Uning bunchalar yayrab ketishini, boshi osmonga yetib alqashini. Kim tufaylidir meni bunchalar yeru ko‘kka ishonmasligini. Yoki bular hammasi yo‘liga — mulozamat uchunmi? Unday desam, kipriklari namlanib, azza-bazza ko‘ziga yosh kelgan, ovozi ham bir tarz o‘zgarib, so‘zlari bo‘g‘ziga tiqilib borayotir... U ham odam ekan-ku o‘zimiz qatori. Jigarchilikni bilarkan-ku. Qadri endi o‘tibdimi akamning? U akamni eslab ko‘ngli buzilib ketganini men endi ko‘rib turishim edi...
Ikkita bir xilda qilib, yonma-yon qurilgan, loki qotmagan qo‘sh darvozaning berigisidan hovliga kirib bordik. Qarangki, darvoza ikkita bo‘lgani bilan hali o‘rtadan devor olinmagan, hovli juda keng, pastdagi bog‘-ishkomlar uzun ketgan, yo‘lkalar bir rasamadli, meva tuplari undan-da rejali, akam bog‘ hovli olibdimi, yangi hovli-joy qilibdimi, bir qarashda bilish qiyin edi. Shu keng hovli-bog‘ning bir tarafida kunga qaratib solingan qo‘sh qavatli, ayvonlari keng-keng, yog‘och zinalari bir chiroyli, peshtoqi ajab o‘ymakorli naqshlar bilan naqshlangan, ayvon panjaralari yarqiragan, o‘zi ixcham-u, lekin ko‘krakdor oq bino ko‘rinar, xuddi uning qarshisida— azim daraxtlarga ko‘milgan bog‘ ichida unga qaratib solingan xuddi o‘shandek boshqa bir oq bino ko‘zga tashlanar edi. Go‘yo biri boshqasining ulkan oynasuvdagi aksi-suvratidek odamni lol qoldirar edi.
— Jur, jur, mana bu yoqqa jur. Avval aziz xolajonlarimiz, tog‘alarimiz bilan omonlashib ol. Seni ko‘rib ko‘ngillari joyiga tushsin. So‘rayverib ham holi-jonimga qo‘yishmadi. Ko‘rsatib o‘zimni oqlab olay, jur.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:13:58
U meni o‘ng qo‘l tomondagi o‘sha aziz xolajonlarimning tanish shovur-shuvur ovozlari kelayotgan oq uy tomon boshladi. Hovlida patnisu idish-tovoq ko‘targan ayollaru xizmatchilar ko‘rinar, men qay go‘shaga kelib qolganimni bilmay gangib qolganimdan qay birlari kim ekanliklarini salomlariga alik olibgina tanimoqda edim. Qolaversa, salqin bolalaydigan bu hovlida allaqanday ovloq bog‘lar, chakalaklarning havosini tuyayotgan, ariqlardagi shildirabu o‘ynoqlab oqayotgan suv qaerdan kirib, qayoqqa chiqib ketayotganini hali anglab yetmagan bo‘lsam-da, uning sarishtaligimi — nimasi, yoqqandan-yoqib tushmoqda edi. Qachon ekilgani noma’lum, ammo yerni xohlab qolib, toza bo‘y talashib o‘sgan kadi noklar tagiga tushgan imorat shuncha ko‘krakdorligi bilan hech qisinib qolmagan, qaytaga uzukka ko‘z qo‘ygandek yarashib turar edi. Ishkomlar ortidanmi, qay tarafdandir katta suv salqiniga qo‘shilib, yovvoy yalpizu suv o‘tlarining omuxta hidi kelar edi. Men uni tanigandek edim, bu salqinligu bolalikdan tanish bo‘ylar ko‘ksimga moydek oqib kirmoqda edilar. O‘zimni Bo‘zsuv bo‘ylarida turgandek his qila boshlagan edim. Olim akam chindan polkovniklar qavatidan joy olibdimi? Unda bu bog‘, anavi ishkomlar suv bo‘yiga qadar tushib boradi, desang-chi. Hali pastda allaqancha tepalaru soylar, chakalakzorlar bor, desang-chi. Balki savat tashlaydigan, baliq tutadigan joylari ham bordir? Bu orada biz panjarali ayvon o‘rtasidagi kovshandozdan o‘tib, ikki yon tarafdagi boloxonaga olib chiqadigan yog‘och zinalarni ortda qoldirib, ichkari kirib borgan, oltmish chog‘li odam sig‘sa mumkin bo‘lgan zol ostonasiga yetgan edik. Parket polli bu yo‘lak-kovshandozning ikki tarafida yana bezog‘liq mehmonxonalar ko‘rinar, u yerda kim bor, haligi chiqib borayotgan chollar qaerda kutildi ekan, daf’atan ajratish mushkul edi.
— Kel, kel, shu zolga o‘taver, Usmon tog‘angu Norxo‘ja pochchalar shu yerda o‘tirishibdi. Ie, ana xolalarimiz ham chiqishibdi. Hammalari bilan shu yerda ko‘risha qoladigan bo‘libsan. Xola, qarang, men kimni boshlab kelyapman. Qochqoq o‘g‘lingizni obkeltirmaguncha qo‘ymadim, qarang, — deb Olim akam bir yayrab, bir kerilib kirib borarkan, xursandligini yashirmas, ochilib-sochilib ketgan edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:14:15
Keng-keng, qo‘shqavat derazalari orqa bog‘ga qaratib ochib yuborilgan zol oynalari ko‘pligidanmi, yo devorlari ganchkor, kamiga xuddi teatr zollaridagidek o‘rtalariga toshoynalar o‘rnatib zeb berilganidanmi, uy ichi yana ham kengayib ketgandek edi. Narigi tarafda ham xuddi shunday zol bordek, u yerda ham odamlar o‘tirishgandek taassurot tug‘diraverar edi. Olim akam bekorga dunyo kezmagan ekan, uyini xon qasriyu saroylaridan qolishmaydigan qilib bezattirgan edi. Bular uchun yolg‘iz didning o‘zi kamlik qilar, havas-ishtiyoqning o‘zi ham yetmas, juda katta mablag‘ ham kerak edi. Nima balo, anuv yilt yangi «Volva»ni loylab, hammasini shu yerga uribdimikan?
Men ko‘rishishni kattalardan boshlagan edim. Eng to‘rda qachondir uloqda lat yegan, yozsalar yig‘a olmay, turishga qiynaladigan oyoqlarini xontaxta tagiga cho‘zib yuborgancha, qo‘sha-qo‘sha ko‘k duxoba yostiqlarga botib, Usmon tog‘am o‘tirar, yonlarida tiz bukib, cho‘kkalagancha darozdan-daroz Norxo‘ja pochcha choy quyib, gurung berar edilar. Ular o‘lgudek chistonchi-hazilvon bo‘lganlaridan hozir ham allaqaysi tog‘amiz birovga yaxshilik qilaman deb, qovun tushirib qo‘yganlarini kula-kula hikoya etar edilar. Meni ko‘rib, pochcha uzun qo‘llarini cho‘zdilar:
— Ie, ana, gap o‘g‘risi ham kepqopti-ku. Salomxon, buniz biz o‘tib ketgandan keyin ham mana shu voqealarni eslab, kitob yozib yurmasa edi, deng. Odamni kimlarga sharmanda etib. Bizdiki, beg‘araz, jiyan, yozib yurmaysiz-a?
— Nima, yomonmi, pochcha, — deb kuldilar Usmon tog‘am yumshoqdan-yumshoq, xuddi kuylagandek eshitiladigan bir tovushda. — Shunaqa dali-g‘uli odamlar ham o‘tgan ekan-da, deb eslab yurishadi.
Pochcha qo‘limni qo‘yib yubormay bosh chayqadilar:
— Eslagani yaxshi-yu, shaytoni zo‘r ekan deb tushunmasalar bo‘lgani.
Pishillab-xarsillab kirib kelayotgan Nusrat pochcha bilan Qo‘ldosh tog‘am bu gapdan yayrab kulishdi.
— Shoytoniz ham bordir — o‘zizdek? — dedilar Nusrat pochcha tegishib, — Unga o‘ziz bas kelmasangiz, unaqa-bunaqa odamni tentiratib qo‘yar-e. Qaerdan ilashtirgansiz uni?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:14:29
Tog‘alarimu xolalarim qaysi bir voqeani eslab, barchalari kulishdi.
— Chakalakning shaytoni-da. Qaerniki bo‘lardi,— deb qo‘ydilar katta xolam, — odam joy tanlamay yotib qolavursa, shu-da.
Yana kulishdi. Shu asno pochcha mening qo‘limni qo‘yib yuborib edilar, boshqalar bilan ham ko‘rishib chiqa boshladim. Tog‘alarim duo qilib, xolalarim esa, yelkalarimga qoqib, kuraklarimni silab ko‘rishishdi. Keyin o‘tirib mening haqqimga, Sultonmurod akam, Olim akamlarning, barcha orqada qoladiganlarning haqqiga duo qilishdi. Hammalari bir og‘izdan «Iloy, shularga to‘zim bergin, ittifoqlik ato etgin, orqamizdan chirog‘imizni yoqib o‘tirishsin, tup qo‘yib palak yozishsin» deb, duolar qilishdi. Keyin «Mana bu sening nasibang, ol, ol, muntazir qilma» deb sho‘rvayu manti olib kelishdi.
— Mantini Mahfuz kennoying qildi. Har galgidek bir o‘xshabdi, bir o‘xshabdi. Ol, bolam, xamiri piyozni po‘stidan yupqa tortib ketipti, ol, — deb oyim qistadilar.
— Baraka topsin, ko‘p pazanda ekan, bu tog‘lik kelinimiz, — deb alqadilar Mubor xolam.
— Qo‘ying, opa, hamma maqtasayam siz maqtamang, ko‘ziz tegadi, — dedilar Xidoy xolam, u kishi xafa bo‘ladilar demay ham.
— Ha, men shunchaki, Xidoy. Suyganimdan, — dedilar xolam shirin jilmayib. U kishining bir ko‘zlariga jindek oq tushgan, boshqasida esa, xol bor — ana o‘sha yomon, astoydil qarasalar otni yiqitadilar, deyishardi. Mubor xolam kirib kela boshlasalar oyimgilar kelinlarga hay-haylab, shirin talpinadigan bo‘lib qolgan chaqaloqlarini darrov yashirishga tushishar, sog‘ib turgan, yangi bo‘shangan sigirlarini ko‘rsatmay qo‘ya qolishar edi. Negaki, o‘sha sigirga xolamning ko‘zlari tushdi deguncha u emchagiga qo‘l urdirmay, tepib tashlaydigan bo‘lib qolar, har yuvvosh sigirlarni ham jin urardi-qolardi.
— Sizni suyganiz bor bo‘lsin, — deb to‘ng‘illab qo‘ydilar Xabira xolam. — O‘zini kuygani yetmaydimi, eri kelolmay qaerlarda yuribdi-ku.
— Alloh hafiz. Eshon pochchamni qancha alg‘ov-dalg‘ovlardan asragan, o‘g‘lini ham asrar, — deb qo‘ydilar Mubor xolam.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:14:47
U kishining bu gaplarni zarracha og‘ir olmay, choy xo‘plagancha jilmayib o‘tirishlari bir g‘alati edi. Inson shunchalar ham kengfe’l-kengyurak bo‘la olar ekanmi — hech tushuna olmasdim. Shu tob toshoynalarda aks etib turgan «qo‘shni zol»da qo‘lidagi likopchada bir nima ko‘tarib kelayotgan, o‘sha husndan emas, boshqa narsadan Xudo qisgan Mahfuz kennoyimni ko‘rib, ichimda bir narsa chirt uzilgandek tek qoldim. O‘zimga kelganimda chindan ham u hech narsadan bexabar qo‘lidagi likopchada ikki six qiyma kabob ko‘targancha men tomon kelar, tog‘alaru xolalarim jim qolishgan, Mubor xolam esa, Xudoga ming qatla shukr — nazarlarini olib qochib, xijolatli jilmaygancha, kaftlari ila dasturxon popugini silab-to‘g‘rilar edilar. Shungayam shukr, ayaganlariga shukr. Kimsan Eshon pochchaning zurriyotiga tegishli ekan, baxtida qarisin, deb o‘tirganlariga shukr.
— Olung, Maqsudxo‘ja. Sizga ilinub, yangi qo‘yub berishdu.
— Rahmat.
U bo‘sh choynaklarni olib chiqdi ham, xolalarim boyagi sukutni buzisha olmasdi.
— Yaxshi olib kelibsiz, Salomxon. Shunaqa qo‘shilib tursin, yolg‘izligini, g‘amlarini unutadi, — dedilar Xabira xolam.
— Qavatingizga olib kelib, undan ham yaxshi qilibsiz, opa. Himoyachisi yo‘q deya olmaydi birov, — dedilar kenja tog‘am.
— Savob ham kerak-ku, — dedilar Usmon tog‘am.— Endi manavi jiyanimizning boshini ikkita qilib qo‘ysak — Alloh ham bizdan rozi bo‘lardi. Shunday hovli-joylarni bekorga qurmagandir. Oldingisi unaqa chiqqan bo‘lsa, endigisi oq yuvib-oq tarab o‘tirar. Nima deysiz, Nusratxo‘ja?
Olim akam qay bir yumush bilan tashqari chiqqan, shundan foydalanib bular shu haqda gap ochgan, hovli to‘yi — ehson bahona uni oilali qilib qo‘yish g‘amiga tushgan ko‘rinar edilar.
— Umid bilan hovli-joy qipti, bosh qo‘shsak, yo‘q demas, — dedilar pochcha, — Qolaversa, uy bitipti, bu yog‘iga oyoq-qo‘lli bir ahli ayol topish bizdan lozim.
— Lozim-lozim. Shariatda nikoh nimaga buyurilgan? Vaqt-bemahal maza-bemaza yo‘llardan tiyilishga buyurilgan, — dedilar Norxo‘ja pochcha o‘sha-o‘sha cho‘kkalab — qo‘ndoqdek o‘tirgancha.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:14:59
Nusrat pochcha bu gapga negadir miyig‘larida kuldilar-u, har qalay kuyov nomlari bor, xolalarim oldida tillariga kelganidan tiyildilar.
— Bordir, axir, urug‘imizda bironta o‘ziga mosi?— dedilar Usmon tog‘am ayaga ko‘z qirlarini tashlab qo‘yib va ham yumshoq jilmaygancha.
Shu jilmayishlarida «Sizlar topasizlar undayi-ni» degan mazmun bor edi. Xolalarim «razm solib ko‘raylik-chi, oka», degandek bir-birlariga ma’noli qarashdi-yu, ochiq bir narsa deyishmadi. Shu tob (o‘sha maqtashgan mantidan bir tishlagan edim, u g‘irchcha moyga pishgan, ziralari tobida, yesang ham yeydigan, yemasang ham yeydigan edi) Qo‘ldosh tog‘am tomoq qirdilar:
— Izlashga nima hojat? Enidan chiqqanini etagiga solib qo‘yaqolayluk. Yuradimi bu bu yoqda so‘qqabosh, u u yoqda bevadek?
— Kim? — dedilar oyim ilkis bosh ko‘tarib. U kishi birinchi bo‘lib tog‘amning niyatlarini payqab qolgan va ham norozi qarab turar edilar.
Yuragim shig‘ etdi, og‘zimdagi og‘zimda, bo‘g‘zimdagi bo‘g‘zimda qoldi. Nohat kennoyimni aytmoqdalar?
— Kim bo‘lardi, hozirgi keliniz-da, opa.
Shunday katta zolga pashsha uchsa bilinadigan jimlik cho‘kkan edi. Oyim, tog‘amdan shuncha yaxshiliklar ko‘rib, oldilarida ham, orqalaridan ham alqab yuradigan oyimning tuslari o‘zgarib ketgan, qo‘llari ko‘rpacha chetini changallagancha qolgan edi. Nihoyat u kishiga jon bitdi, jon bitib kaftlari bilan yuzlarini siladilaru tog‘amdan yuz burdilar. Sezib turibman. U kishi «Uyaling, Qo‘ldoshxo‘ja! Opamizning o‘g‘li Sultonmurod o‘lgani ketgan emas-ku!» demoqchi bo‘lar edilar-u, tillari aylana qolmasdi. U kishi — shuncha to‘g‘riso‘z, gap kelganda hech kimni ayamaydigan odam — hozir jim qolgan, irim qilibmi, dillaridagini tillariga chiqarmay turar edilar.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:15:11
Oyimning o‘rnilariga Oyposhsho xolam javob qildilar:
— Bilamiz, Qo‘ldoshxo‘ja, siz yaxshi niyatda, savob bo‘larmikan deb, aytayapsiz bu gapni. Lekin bedarak ketgani — qaytmaydi deganimasdir?
— Men ham bir narsani bilarman, opa? Shu hukumat turadigan bo‘lsa, Sultonmurodizni ikki dunyoda ham bu yoqlarga yo‘latmas...
Men ado bo‘lgan edim: og‘zimdagiyu bo‘g‘zimdagini qanday yutdim, dasturxonga qanday fotiha o‘qib turdim — bilmasdim. O‘zimga kelganimda kosamni ko‘tarib, sekin zoldan chiqib borardim. Ko‘z oldimda esa, allaqanday tuman, chala yonib tutayotgan samovar tutunidek bir narsa turib qolgan, negadir ko‘zim emas, ichim achishib borar edi. Chiqishim-la Yodgor ko‘rib chopib keldiyu o‘zini otib, belimdan quchib oldi:
— Voy, amaqujon! Kelubmu edingiz? Men ko‘rmabman.
Qo‘limdagi kosa tushib ketay deb... zo‘rg‘a ushlab qoldim. Buni ko‘rib, kennoyim yolg‘iztoyini qaytargan bo‘ldilar:
— Voy, o‘g‘lum, ko‘ziz qayoqda? Eslu bollar amaqusiga shunaqa yopishadularmu? — U kishi qo‘limdan kosani oldilaru mening bir alpozdaligimni ko‘rib, shoshib qoldilar: «Voy, Maqsudxo‘ja, tinchlukmu, o‘ziz chiqdizmu»lab shivirlar, atrofimda aylanib o‘rgi-      lar ekanlar, men «tinchlik-tinchlik» derdim-u, ich-ichimdan bosib kelib, ko‘ksimni achishtirib-achishtirib o‘tayotgan otash-alamni ichimga qult-qult yutgancha turarkanman, «yo‘q-yo‘q, o‘zim» deya yolg‘onlashga tushgan edim:
— Ichkarida bo‘g‘ilib ketdim, u yoqlarga ham bir o‘tay-chi, — deb ishkom tomonlarga yura boshladim.
— Unday bo‘lsa, maylun-a, bora qolung, bir chiroylu joylar ekan. Pastda kattakon suv oqub yotiptu. Olub bor, Yodgor. Qaytishda maymunjon terub kelasizlar, — dedilar gapimga chippa-chin ishonib.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:15:23
Yaxshiyam ijikilab so‘ramadilar, so‘raganlarida o‘lgan edim. Nima deya olar edim?! Sizni shu chiroyli joylarning egasi qilishmoqchi! Akamni qaytmaydiga, qaytolmaydiga chiqarib, sizni shu uylarning xojasiga bo‘lishyapti! O‘zlariga oxiratda tegadigan savobni o‘ylab, ikki qovushmaydigan boshni... qovushtirishyapti! Birovni do‘zaxga otish hisobiga... o‘zlariga jannatdan joy hozirlashyapti. Ana, mening qanday tog‘alarim bor, dermidim?!. Nahot shu ishlar Xudoga ham xush kelsa? Shariatda sharm yo‘q, deganlari shudir balki?.. Ichimni o‘sha narsa tirnagandan tirnab, tirnaganda ham eng nozik joylarini o‘rtab bormoqda edi.
Undan faqat hech kim bilmas bir ovloqlarga qochib ketgilarim kelmoqda, qochganda ham o‘sha yerlarda o‘krab-o‘krab bo‘shanmaguncha... bo‘shanmog‘im, qutulmog‘im mushkuldan-mushkul edi. Hozir ham ishkomlar yoqalab tushgan so‘qmoqdan o‘shanday ovloq-soylikka tushib borayotgan bo‘lsam-da, o‘krab-o‘krab bo‘shani olmasdim. Barcha alamlarimni yutmoqqa majbur edim, miq etolmasdim. Oldimda goh u oyog‘ida, goh bu oyog‘ida sakrab-o‘ynoqlab Yodgortoy borar, men uning ko‘ngliga qarab salqin bolalaydigan chakalakzorlar osha chimzor soylikka, undan buloqlari katta suvga qo‘shiladigan «qo‘ltiq»dagi gala-gala mitti baliqlarni ko‘rgani tushib borar edik. Koshki shu chakalaklar, maymunjonlar tutib ketgan shoh-devorlar ko‘nglimga sig‘sa! Birontasiga qayrilib qarayotgan bo‘lsam, o‘lsin agar! Ammo katta suvni — jonajon Bo‘zsuvni ko‘rishim ila, uning namxush yellari ko‘ksimga urilishi ila zora chalg‘isam, zora unutsam, deb kelyapman. Lekin unutib bo‘larmikan bu alam, bu xo‘rliklarni?
Yetti yot-begonalar uyining to‘ridan joy berib, birovning ahli ayoli ekan deb, o‘rab-chirmab saqlaganda o‘zimiznikilarni nima jin urdi? Kennoyim boyaqishning ularga nima og‘irligi tusha qoldiki, qutulmoqchi bo‘lib qolishibdi? Yana o‘zlarini mehribon-panohgo‘y ko‘rsatib, enidan chiqqanini etagiga solmoqchi bo‘lishayotgani-chi! O‘lsin agar, shu Alloh rozi bo‘ladirgan ish bo‘lsa!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:15:34
Olim akam-chi, nima deydi? Shu niyatda tog‘alarimu xolalarimni hovli to‘yiga chaqirib, bir yerga to‘plabdimi? Ko‘ring, qanday joylar qildim, endi boshimni ikkita qilib qo‘ysangiz — savobga qolasiz, demoqchimi? Niyati o‘zi nima? Unda anuv ro‘paradagi hovli-joy-chi, o‘zinikiga o‘xshatib, hech narsadan qismay, kamitmay qurgan ikkinchi koshona-chi? Kimga atalgan? Zarurmidi, niyati shunday ekan?
Ishkomlar tugab, chimzor soylikka tusha boshladigu ellik metrcha pastda Bo‘zsuv ko‘rinib, uning namxush yeli dimoqqa urildi. Xayolim akamning qarorgohini izlab yurgan kezlarimizga ko‘chgan edi va shu barobar ko‘zim Bo‘zsuvning narigi betidagi jarga tushib, xushim uchdi: nahot biz o‘sha mashhur jar ro‘parasida turibmiz? U bu yerga shunaqa yaqin ekanmi? Unga pochchaning bog‘lari tagidagi yo‘ldan tushib borilmasmidi? Katta yassitepaning naq ustiga chiqvolib, tamosha qilmaganmidik — jaziramaga tashlab qo‘yilgan Parpi o‘g‘rini?..
Gap shundaki, naq ro‘paramizdagi katta bir tepa... qoq yarmidan o‘pirilib tushganu... yarim yo‘lda bir mo‘’jiza bo‘lib, ilinib qolgan, uning ustidagi yolg‘iz qora tol shu holicha ko‘klab yotar edi. Tepaning surilmay qolgan qismidagi yolg‘iz tup daraxt esa, hov o‘sha biz ko‘rgan tepadagidek paqqos qurib qolgan edi. Ko‘z oldimga nima kelib ketibdi! Go‘yo u o‘sha qurigan daraxtning o‘zi ediyu... qo‘ltig‘idan arqonga bog‘lab pastdagi supaga tashlab qo‘yilgan Parpi tolga aylanib qolgandek edi. Men necha yildan keyin hov o‘shandagiga o‘xshash bir manzarani ko‘rib turar edim.
Faqat buning hikmati nima — o‘ylab o‘yimning tagiga yetolmasdim. Shunday bir yerda badar yo‘qolgan Olim akam mana necha yillardan keyin omon-eson qaytib kelib, o‘sha joylarga yaqin yerdan hovli-joy qilib, vatan tutayotgani juda-juda g‘alati edi. Xuddi o‘sha joyda adolat uchun kurashib, o‘z diyoridan judo bo‘lgan boshqa bir akam esa, o‘sha chiqib ketganicha badar ketib borardi... Ana sizga adolat! Ajab adolat! Kim qilgan qaysi xizmatlari evaziga ajri-mukofotini shu dunyodayoq olib tursa-yu, kim topganidan ham ayrilib, quvg‘indi bo‘lib yursa...
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:15:46
Bu vaqt chimzorning pastigacha tushib borgan Yodgor suv qo‘ltiq bo‘lib kirgan joy tepasida turvolib, zo‘r berib imlab chaqirar, ovozini chiqarsayoq, mitti baliqchalar suv tagiga urib ketadigandek, qo‘l silkilagandan-silkilar edi.
— Ha, toy bola, nima ko‘rding? Savatmi? — dedim joyimdan jilgim kelmay.
— Yo‘q-yo‘q, baliqlar galasu. Qarang, qochub, yana qaytub chiqoptular, — dedi u hovliqib.
— Toza suvni kim xohlamaydi?! Ular ham o‘ynab chiqishgan-da, — dedim sekin. Keyin o‘zim ham u mitti baliqlarning goh xurkib qochishlariyu yana sekin qaytib chiqishlarini tasavvur etib, jim qoldim.
Shu mitti baliqlar ham o‘zlari tug‘ilgan toza diyorlarni tark etgilari, hech narsaga alishgilari kelmaydi, qaytib-qaytib kelaveradilar. Odamlar-chi, nega qaytolmaskanlar? Hatto Sulton akamdek boturlar ham o‘z diyorlariga o‘tolmasalar? Bu qanday adolat bo‘ldi? Yo bu dunyo boshqacha qurilganmi? Beshikdan qabrgacha eng aziz narsalaringdan ayrilib-ajrab boraverasanmi? Hamma yo‘qotganlaring topganingga arzisa, xo‘p-xo‘p-a, arzimasa-chi? U qanday adolat bo‘ldi?..
Shu tob yonginamdagi chakalak ichida — maymunjonlar o‘rab ketgan shohdevor ortidami, qizil tog‘olchalaru ko‘ksultonlar orasidami — ishqilib soya bolalab yotgan bir yerda bulbul chah-chahlab yuborib, sokindan-sokin oqib yotgan katta suv ustilab, uning jarangi tarala ketdiyu bunga narigi qirg‘oqdan aks-sadosi qo‘shilib, ariq bo‘yiga sekin o‘tira qoldim. Subhanalloh! Biz o‘zi jannatlarda ham topilmaydigan qanday bir joyga kelib qolganmiz? Olim akam taglaridan anhor-anhor suvlar oqib, bulbullar chah-chahlab yotgan bu joyni qanday topdiyu, nega bir juft qilib, oq uy-oq koshonalar qurdi? Faqat o‘zi va manavi Yodgortoyu kennoyimlar uchun desam, hovli-joy nega ikkita? Ikkinchi koshona kimga atalgan?
Men bu narsalarning behuda emasligini anglab yetgandek, yetayotgandek bo‘lardim-u, uning sidqidilligiga hech ishona olmasdim. Sidqidil bo‘lsa, tog‘am haligi gapni nega ochdilar? O‘zidan bir imdod bo‘lganki, u kishi og‘iz solyaptilar...
Bulbul esa, tinim bilmay chah-chahlar, u jonivor bo‘zlayaptimi, kuylayaptimi, ajratish mushkuldan-mulkul edi. Qolaversa, qani narigi qirg‘oqdan boshqa birontasi unga jo‘r bo‘la qolsa... — qo‘shilmasdi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:16:07
9. Osmon nikohini kim ham buza olgay?

Men o‘sha bir og‘iz so‘zdan butun tinchimni yo‘qotgan edim, boyagi hayratu halovatdan asar ham qolmagan edi. Endi o‘sha bir-biriga qaratib, (go‘yo biri boshqasining oyinadagi aksidek!..) qurilgan ikki      qasr — ikki koshona — koshonaligini yo‘qotib, dasti uzun bir kimsaning bachkana urinishlariga o‘xshab qolgan edi. Undan olxo‘rirang «Volva»ning o‘zi chetan eshik oldida ovro‘poning yilt-yangi o‘yinchog‘imisol turgani avloroq emasmidi! (Bu esa, uni loylab, qaysibir polkovnikdan qolgan shu joyni olib, manavi «chiranma g‘oz, hunaring oz» imoratlariga chaplabdi!)
Qanday bog‘laridan ayrilib, to‘rt sotixgina joyga tiqilib o‘tirgan tog‘alarimu xolalarim uchun bu balki «taglaridan anhor-anhor suvlar oqib o‘tguvchi jannat bog‘lari»dan hech yeri kam emasdir. Lekin menga endi qilcha ta’sir etmayotgan edi. «...Hammasi o‘sha niyatda olingan, shu niyatda solingan ekanmi? Aka ukadan kutgani... — shumidi hali?! Endi bu eshiklardan Sultonmurod akam emas, yelkasiga to‘nini tashlab u chiqadimi?! Kennoyim... uningmas, buning xizmatlarini qilib, bolalarini oq yuvib-oq taraydimi? O‘ hayot, bunchalar achchiqsan, tahirdan tahirsan! Imm!..»
Ikki yoni soyga yetgunga qadar cho‘zilgan ishkomlar yoqalab, tashlama ariq bo‘yi bilan bog‘ adog‘iga tushib bordik ham, Yodgorning uchib-qo‘nishiga, oldimga tushib olib, pastda ko‘rganlaridan bu qadar hayratlanishiga ham hech tushuna olmasdim. Tavba, katta suvni endi ko‘rishimi?! Umri bino bo‘lib ko‘rmagan narsalarini endi ko‘rayotgandek bir yerga yetadi. Ta’rifini keltirolmay hali o‘t bosgan ariq ichlariga, hali suvlarga tushib ketadi, yana sakrab-hakachoqlab yo‘lga chiqib oladi-yu, davom etadi...
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:16:18
Ammo men qani endi uni tushunadigan bir ahvolda bo‘lsam! Qayda! Ichimga chiroq yoqsa, yorimaydi.Shu topda o‘zini tutishi, ijiklashlaridan bir g‘ashim kelyaptiki: nimasiga xursand bo‘ladi bu bola?! Yetim boshini silayotganlaridanmi?.. Ertaga padari o‘rniga bir «padar»lik... bo‘layotganidanmi? Bu ehson, bu hovli to‘yi bahona orqavorotdan nima ishlar bo‘layotganini biladimi o‘zi? Bo‘yi bo‘yimizga teng bo‘lib qolganda uning orzu-havasini o‘ylash o‘rniga «boshini silaguvchi bir qo‘l» izlab qolishibdimi unga? Shunday topiladigan savob, o‘lsin agar savob deb atalsa! Birovni bu dunyoda ko‘rgan sitamlari, alamlari kam bo‘lsa, yana shu dunyoning do‘zaxiga otib, o‘zlariga jannat bog‘chalaridan bir joy hozirlamoqchilarmi? Xudo ham anoyi ekan-da! Ko‘rib turgandir?!
Qolaversa, osmon nikohini buzish oson ekanmi? Shuncha quv-quv, taloto‘plarda uzulmagan nikoh rishtalari endi uzuladimi? Uzuldi deganimiz Marg‘u kennoyimnikimidi? Oxiri nima bo‘lib chiqdi? Buning ham Xudo bir belgilagani bordir, oshiqishmasa?..
Ishkomlar jarlik yoqasida tugab, o‘rtadagi soylikka tushib bora boshladik. Pastdan hov bir vaqtlar Bo‘zsuvdan savat qaragani tushib yurgan kezimizdagidek, suv o‘tlari bilan baliq hidlariga yalpiz bo‘ylari qo‘shilib, omuxta bo‘lib ketgan «katta suv hidi» kelib turar, o‘sha, shu yerga kelganda burilaturib oqmay to‘xtab qolgandek katta suv betida esabaland osmonu tik o‘pirilgan jarlar... bir ajoyib akslanib, ko‘rinar edilar. Bunga sari qirg‘oqlardagi tollar bir pakana tortib ketganlarki, ularning tagiga tushibgina bular ham rosmana tarvaqaylagan qari tollar ekanini, tagidan soya arimay, jimlik degani shu yerlarda bolalashini ko‘rmoq mumkin. Biz soyga tushib borganimiz sari qo‘ltiq-qirg‘oqdagi qamishlar ham bo‘y cho‘zib, rosmana qamishzorga aylanib borardilar.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:16:30
— Vuy, uni qarang, amaqu, qamishlar nima chiqarub, tug‘ bog‘labdular?! — Yodgor ovozi do‘rillab, rasta bo‘la boshlagan bo‘lsa-da, bolaligi qolmay, o‘sha yoqqa chopdi.
Chindan ham u po‘panaklar — tepasiga tug‘ bog‘lagan nayzalarga o‘xshab, bodrib ketgan edilar.
— Uzaman deb yaqin borib yurma, ehtiyot bo‘l, — deb tergagan bo‘ldim. Lekin qani u qaytsa.
— Bitta olay? Teppaga otamiz, rosa uchadu, — dedi u yalinib.
— Mayli, ol. Lekin ehtiyot bo‘l, ilonlari bo‘ladi qamishzorning.
— Qirg‘oqda turib olaman, ehtiyot bo‘laman.
U ketdi, men esam, tol tagidagi chimzorga tushib, (jonivor, mol tegmaganidan ko‘rpa bo‘lib ketibdi!) asta yonboshladim. Chindan sukunat bolalaydigan joylar edi. Hatto shunday katta suv ham shu yerga kelganda — qayrilish bo‘lgani uchunmi, to‘xtab qolgandek, qilt etmas edi.
Ammo hov narigi tik o‘pirilgan qirg‘oqda in qurgan ko‘k kaptarlaru yana allaqanday qushlar g‘ur-g‘urlabmi, o‘z tillarida chuldirab yotishibdi. Pastidan esa g‘a-g‘oqlagan, parillaganu patillagan tovushlar eshitilib qoladi. Suv o‘rtasida baliq sakrab, baliqchi qush chiv-chivlaganicha uchib o‘tdi. Keyin o‘sha qirg‘oq tomon boshini tik ko‘targancha ilonmi, bolachasimi      suzib keta boshlab, teppadagi qaysi bir chakalakda bulbul sayrab yubordi. Chindan ham taglaridan katta suvlar aylanib o‘tguvchi jannat bog‘chalaridan qaeri kam?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:16:43
Ammo bu joylar qachon kimga buyuribdi? Ilgari shu yurt uchun, uning mustaqilligi uchun bosh tikib chiqqan yigitlarni qirgan, vatandan quvib chiqargan allaqanday generallaru polkovniklar huzurini ko‘rib, davru davron surgani joy qilmab edilarmi, endi Olim akamga buyuradi ekanmi? U ham shular uchun yurtma-yurt kezmaganida, allaqancha xizmatlar qilib, xorij moshinlarini minib qaytmaganida bu joyni qo‘lga kirita olarmidi? Qolaversa, osongina berib qo‘yisharmidi? Xizmati borki, indasha olmagan, tillarini tishlab qolavurishgan. Ana endi bu esa, saruq-suruq xotiniyu bolalaridan qutulib olib, kim bilan davron surmoqchi?! Uyalmagani buning?! Yana kishibilmas hovli to‘ylari o‘tkazib yuribdi. Butun xolalaru tog‘alarimni bosh-oyoq sarupo-surupolar bilan siylab, og‘zilarini moylab, qaysi niyatiga erishmoqchi? Kishi ko‘ziga so‘qqabosh yetim, xokisorgina bir insondir. Lekin asli kim?.. Hech kimga el bo‘lmas o‘sha sho‘rtumshuq bugun kim bo‘lganini, qo‘li qaergacha yetishini ko‘rsatmoqchimi?! Mayli, ko‘rsatsin, lekin bunday emas-da! Nomardlik hisobigamas-da!
Belingda kuching, qo‘lingda quvvating borida qay yurtlarni kezib yurib eding?! Endi sochingga oq oralab, belingdan mador ketganida qavming kerak bo‘lib qoldimi? Ularga oqibat ko‘rsatib, ehsonlar qilib, duolarini olging kelib qoldimi?.. Men uni yurt sog‘inchida kelgan, otasining vasiyatlariga ko‘ra bir boshpana, bir vatan tikib, chiroqlarini yoqib o‘tirgani kelibdi, deb yuribman. Har xil begona yurt, begona ko‘chalarda tentiray-tentiray axiyri ko‘zi ochilibdi, o‘zinikilarni, o‘z urf-odati, dini-diyonatini sog‘inib, fitrati ochilib qaytibdi, deb yuribman. Bu esa, mana, nima niyatda ekan! Sultonmurod akam— o‘z akasi umrbod bu diyorlarga qadam bosolmasligini, bossa nima bo‘lishini biladi-da! Qolaversa, qaytib ko‘rsaki, oyday juvon yolg‘iz yodgori bilan toq o‘tyapti. Mashinani sotiboq shu joylarga harakat qilgan ekan-da?!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:16:55
Menga alam qilardi: men bilan shuncha yurib, Sutchi amakinikiga qatnab, miq etmagan inson, shu o‘y-rejalarni tuzib yurgan ekanmi?! Quvligini, tilyog‘lama ekanini bilardim. Lekin bunchalik ichdan pishgan quv ekanini bilmas ekanman! Bilib turib og‘iz ochmagan. Ochsa, chaqib olishim mumkin edi-da. Aytardim ham! Siz Sultonmurod akamga ilgaritdan xasad qilib kelgansiz. Hozirgi achinishlaringiz bir pul! Shunchaki til uchida, xolos. Aslida uningdek bo‘lolmaganingizdan haligacha ich-ichingizdan kuyasiz! Kuyganingizdan ichlaringizgacha qorayib ketgan. Qo‘yib bersa, uni otgani o‘qingiz yo‘q! Siz bu ahvolingizda otangizning vasiyatlarini ham ikki dunyoda ado etolmaysiz. Negaki ertaga Sultonmurod akam qaytib kelsa, qaerga qochishni ham bilmay qo-lasiz!
Axir inson, bir qorindan talashib tushgan kishi o‘z birodariga shundoq xiyonat etuvi, uning nikohidagi ayolni o‘z xasmiga aylantirmog‘i mumkinmi? Uyat, andesha qaerda qoldiki, osmon nikohini kimlarning qo‘li bilan buzmoqchisiz? Ko‘rib qo‘ying, mana, siz — kimsiz!..
Narigi qirg‘oqdan birov chaqirardi:
— Hoy, falonchi... chiqa qolunglaruv...
Ammo ovoz kelayotgan qirg‘oqda hech zog‘ ko‘rinmas, tik jardagi ko‘kkaptarlar esa, inlari yonida uchib-qo‘nib, bozor qilishar edi.
Beixtiyor tepamga qarab, soylik boshidagi ishkom adog‘ida kennoyimni ko‘rib, hozirgi xayollarimdan o‘zim uyalib ketdim. U qarg‘ashoyi atlas ko‘ylagining barlari hilpiragancha, bir qo‘li ila boshidagi ro‘molini tutib, bizni chaqirib turar, bel nimchasiyu ro‘moliyu ko‘ylagiga qadar (nega shunaqa o‘xshatdim, o‘zim bi-lolmayman!) azador juvonlarnikidek qora ko‘rinar edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:17:08
Qamishnayza po‘panaklar ham qolib ketdi. Yodgor aytganidek, osmonga ham otib ko‘rmadik, narigi qirg‘oqqa kim osharga ham uloqtirmadik. Tort-tort, yur-yur bilan bir-birimizni qistab tepaga chiqib borsak, haqiqatan ham qorindoshlar ketish harakatiga tushib qolishibdi.
Men Olim akam bilan o‘lganimni kunidan, tishimni oqini ko‘rsatib xayrlashar ekanman, u mening nega bunchalik tund ekanimni payqay qolmas, zo‘r berib, vaqt topib yetib kelganimdan xursandligini aytib charchamas edi.
— Shunaqa kelib tur. Uzulishib ketmayluk. Ijod uyidan qaeri kam?!. Bir chekkasi sizlarni deb olganman. Ilgarigi joylarimizni qo‘msab qolsangiz kelasizlar deganman. Kelasan-a, uzoqib ketmaysan-a? — derdi.
Nima bu, tilyog‘lamalikmi? Yo men bahona kenno-yimga mulozamatlarimi, tushuna olmasdim.
— Xolamlarni esa, olib qolyapman. Bir kechadan yotib ketishsin, arvoh xotira. Faqat, xafa bo‘lmaysan...
«Shunaqami, oyi? Siz ham shu to‘qigan to‘rga ilinib bo‘ldingizmi?» degandek qaradim.
Oyim meni bir qarashdayoq tushunar edilar. Hozir ham tushundilaru bir chetga chaqirdilar. Ovozlarini pastlatib:
— Ha, namuncha? — dedilar, — Halitdan to‘mta-yib opsan?! O‘zingni bos, kattalar bir nima deganda ji-im turiladi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:17:21
— O‘sha kattalar nima qilishyapti? O‘zlari jannat-jannat deyishadiyu, birovni qaerga otishmoq-         chi? — deb yubordim. — Bir kun akam eshigimizdan kirib kelsa, nima degan odam bo‘lasizlar?
— Kelsin, ilohim, — dedilar oyim mening o‘timga suv sepib, — qo‘shgani bilan o‘zi qo‘sha qarisin. Lekin sen gapning oxirini eshitmay nega qizishasan? Hali Nusrat pochcha diniy idoraga borsinlar, ulamolardan fatvo so‘rab ko‘rsinlar... Xudo roziligisiz bu ishga kim bosh qo‘sharkan?!
— Har qanday fatvo ham Xudo roziligi bo‘laveribdimi? — dedim to‘rsayib.
Oyim menga yomon qaradilar.
— Bolam, — dedilar lablari uchib ham allaqanday gezarib. — Sen shariatga til tekkizma. Yoshlik qilasan hali. Biz o‘sha bilan tirikmiz, o‘sha bilan Xudoning oldiga bormoqchimiz.
Men inday olmay bosh egdim.
Qolaversa, hamma-hamma bilan, kennoyim rozi bo‘larmidi shu ishga?..
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:17:38
10. Fatvo yoxud kimki najot halqasini tutibdi

Yozarlar xonasida edim.
Tirsagimni silagancha ichimdan quyilib kelayotganlarni Gulsum opoyga peshma-pesh aytib-yozdirayotgan edim. Opoy ham «avtomat!» Mashinkaga qarabam qo‘ymay shatillatib yozib yotar, o‘ntala bormog‘i-la kerakli tugmachalarni qanday topyapti, aql bovar qilmas edi. Ana mahoratu ana ko‘zning pishib ketishi. Qolaversa, ilhom kelsa, shu ekan. Men ham tilim burro tortib, u kishidan o‘zsam-o‘zardimki, orqada qolmasdim.
Kimdir kirdi:
— Hov, tezotar mirzo! Insof ham kerak-da odamga! Bir inson qanchadan beri kutyapti-ya!
— Kim? — dedim yoqinqiramay.
— Kim bo‘lardi, kelgan odam-da.
O‘ldi maqola ham! Ilhom-ku uchib ketgan, kallada hech vaqo qolmagan edi!
— Kutmay ketsin, shunaqa paytda keladimi?! — dedim to‘ng‘illab va istamaygina yig‘ishtirina boshladim.
— Ibi sizni! Kutsa — kutsin idi. Zur chiqayatuvdi. Esiz, — dedi opoy achinib. — Ulashni ayting indi.
— Bularga nima! Bularga navbat kerak, — dedim o‘sha-o‘sha to‘ng‘illab.
— Navbat nimasi, qarang avval, kutaverib eziliblar ketdi-ku, — dedi hamxonam o‘zini oqlab.
Chiqsam, chindan ham kutyapti ekan. Yana kim deng, Olim akam! Toqati toq bo‘lib ketganidan zinaga chiqvolib bosib-bosib chekyaptikan, ko‘rib qo‘lidagini itqita, men tomon yurdi.
— Ol-a, o‘shaqdamiding, mirzo. Seni ham tutar kun borakan-ku! Shunaqa qistalang yerda ishlaysanmi? Bunday xotirjamroq joy quriganmi?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:17:52
— Gazetachilik, aka! Mirzolarga qachon oson bo‘lgan?! — deb men ham tegishdim. (Uni qanchadan beri yanib yurishimni ham, o‘shandan beri ko‘rarga ko‘zim, otarga o‘qim yo‘qligini ham unutgan edim. Birov seni izlab keladiyu gina-kuduratlaring qoladimi!) Borib qo‘lini olmoqchi edim, u quchog‘ini ochib, bag‘riga bosgancha (qaerdaligini ham unutib!) «piypalay» ketdi: ming yil ko‘rishmagan odamdek hali bag‘riga tortib, belimdan ko‘tarib-ko‘tarib qo‘yadi, hali o‘pib, yalab-yulqaydi!
Halitdan qay go‘rda jindek otib ola qolibdi, hidi gurkirab kelib turibdi. Nima voqea bo‘la qolibdiki, yana bunaqa narsalarni og‘izga olibdi? «Yetar, shuncha gunohga botganlarim. Endi halqumimdan faqat halol narsa o‘tadi!» deb katta ketgan edi-ku. Nechuk!»
Xonaga boshlasam — ichgan, noqulay, boshlamasam, mehmon degan nomi bor. Hardamxayollanib:
— Keling, qay shamollar uchirib?.. Hari sindirib yuborsa kam-ku, — dedim.
— Qo‘y, ketdik-ketdik. Ilojini qilsang, biron soatga javob ol. Gadoytopmas biron yerga borib, bir otamlashmasam, yorilib ketaman, Xudo haqqi. Bo‘ptimi? Men pastda turaman, xo‘p?
Maqola-maqolada qoldi, ish ishda. Mudirimdan javob so‘rab chiqib edim, Olim akam bitta mashina to‘xtatib turibdi.
— Qayoqqa? — dedim hayron qolib.
— Qayoqqa bo‘lardi, aytdim-ku, biron bahavoroq joy topmasang yorilib ketay depman. Xo‘sh, qayoqqa boramiz? Keyin o‘zim opkelib qo‘yaman, qo‘rqma. Chin so‘zim.
Ola, toza odamiga uchrabman-ku. Dardi bir olam-ku buning. Og‘zidan so‘z emas, dud chiqyapti. Yana nima voqea ro‘y bera qolibdi?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:18:10
— Mashinani nima keragi bor? Anavi yerda xilvatdan-xilvat «Ko‘k gumbaz» began joy bor. G‘ir-g‘ir shabadasi bilan. Piyoda-yayov o‘ta qolamiz, — dedim.
Ko‘nmadi:
— To‘xtatdikmi, tashlab o‘tadi. Sazasi o‘lmasin buning ham, o‘tir.
Sezdim: shoferdan ham burun uning sazasi o‘lmasligi kerak. Bo‘lmasa, jindek otgan odam — xafa bo‘lib qolishi tayin.
O‘tirdik, g‘ir etib aylantirib o‘tib, tashlab ketdi. Sharbatli suv chaqirib, bir chekkaga qo‘ndik. Haqiqatda g‘ir-g‘ir shabada esib turar, allaqaerdan kabob hidi anqib-anqib kelar edi. Choyxona tomondan shekilli.
— Ovqatlanib ola qol, tushlik ham qilasan-ku, baribir, — deb to‘rttadan kabob, osh chaqirdi.
— Mezbon kim o‘zi? — dedim men ginam qo‘zib.
U tizzamga urib, o‘tkazib qo‘ydi:
— Sen bizdek bo‘lguncha hali ko‘p qovun pishig‘i bor. Izzatingda tur, mirzo degan noming bor.
U desam, bu deydi, bu desam u, ko‘nmadi ishqilib.
Jim ovqatlana boshladik. Aftidan ko‘rinib turibdi: nimadir ro‘y bergan. O‘sha narsa ichida g‘alayon qilib yotibdi-yu, o‘zini bosyapti. Shunda yuzi bo‘rtib, quloqlarigacha qizil tortib ketadiyu, gap ochaqolmaydi. Yo o‘sha gapni menga aytolmayapti, yo mavrid kutyapti.
Axiyri:
— Bo‘ldi, — dedi oldidagi sixlaru talinkalarni nari surib, — O‘zi yaxshi joy ekan-u, lekin kabobni qotirmabdi. Men o‘rgamchikka bundan yaxshi pishiraman.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:18:22
— Go‘sht jonivor yaxshi bo‘lsa, yap-yangi bo‘lsa — mahorat keragamas, — deb qo‘ydim uning ko‘ngli uchun. Lekin kabobning tuz-namagiyu ta’mi joyida edi. Olim akamning uni nishxo‘rdga chiqarishi boshqa narsadan edi, chog‘i. U axir men bilan kabob yeb otamlashgani kelibdimi! Havo yetmay pishillashiyu mishillashidan, yuragi siqilib ketayotgani aniq.
— Nima bo‘ldi? — dedim ko‘k choydan unga ham, o‘zimga ham quyib.
O‘sha nimanidir ichiga sig‘dirolmay ko‘kragini stol-ga berib, uni ikki chekkasidan tutgancha rosmana mast odamdek o‘tirgan Olim akam qaddini rostlab, birdan o‘zini orqaga tashladi va aftimga aftodahol ham alamli tikildi:
— Yo‘q, mirzo, avval sen ayt! Senam meni shunday pastkash odam deb hisoblaysanmi? Shu niyatda qaytib kelibmidim men? O‘sha joylarni shu niyatda olib, shu niyatda quribmanmi? Men bir marta adashib, nomim qora bo‘lgan odam — qoraligimcha qolarkanman-da? Yo‘q. Men bu niyatda kelmagandim, mirzo?! Meni kim deb o‘ylashibdi u tog‘alaring? Men ham bir odamdek, solih bir farzanddek otamning chirog‘ini yoqib o‘tirgani, jigarlarimning boshini qovushtirgani kelsam, ular nima deb o‘ylashibdi? Kim deb o‘ylashibdi?! Men muruvvat boshpana izlab kelibmanmi? Kindik qonim to‘kilgan yerni sog‘inib, uni vatan tutib o‘tirgani kelsam, kim deb, nima deb tushunishibdi! Sig‘sam hamma yerga ham sig‘ib ketaverardim. Lekin odam o‘zinikilar ichidagina, kindik qoni tomgan, ota-bobolari o‘tgan yerdagina bir halovat topib o‘tirmog‘i mumkin-ku! Men o‘z urf-odatlarimizni sog‘inib kelgan edim. Otam topingan narsaga men ham topinsam, ular qibla tutgan joyni men ham qibla tutsam degandim. Tog‘alaring to‘g‘ri tushunishmabdi, mirzo. Men ulardan unday oqibat kutib kelmaganman. Mendan bir og‘iz so‘ramay-netmay, nima ishlarni boshlab yurishibdi?!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:18:32
Kutilmaganda stol ustiga uning mushtimi, nima kelib tushib, piyolalaru talinkalar sakrab ketdilar. Men bittasini zo‘rg‘a ilib olib qoldim, naq polga tushib chil-chil bo‘lar edi. Ammo u buni sezib-sezmadi ham. O‘sha qizishgancha davom eta ketdi:
— O‘zing o‘yla, mirzo, endi men kim degan odam bo‘ldim, eshitgan quloqqa?! Qolaversa, ular, u jabrdiydalar nima deb o‘ylashyapti ekan? O‘zlarining ko‘rgiliklari, shu kungacha ko‘rganlari kam ekanmi? Endi bu isnod ham bor ekanmi ularga, menga? Nimaga eshitib ham indamading sen? Sendan lozim emasmidi, qaytarib tashlash? Kim aytadi seni o‘qigan, oq-qorani tushungan deb?! Akam oldida bir marta yuzim shuvut bo‘lgani yetmaskanmi? Yana yuziqoralik uchun kelibmanmi men? Shunaqa, uka, pichoqni avval o‘ziga urib ko‘rish kerak-da, og‘rimasa, boshqaga urish kerak. Har narsaga aqllari yetgan tog‘amiz shunga kelganda oqsabdimi? Tavba! Xolam-chi, oyinglar-chi, indamadilarmi? Har narsadan adolatni ustun qo‘yadigan oying g‘iq etmaganlariga hayronman. Yetimning boshini shunaqqib silarkanlarmi? Birovlarni isnodga qoldirish evaziga-ya?! Men ham odamman-ku. Menda ham hamiyat, degan narsa bordir. Uyat, or-nomusni yig‘ishtirib tashlamagandirman juda. So‘qqabosh qaytgan bo‘lsam, menga ham Xudoning yozgani bordir, atagani bordir! Til bormaydi hatto aytishga! Men qayniman-ku, axir! O‘rtada akam turibdi-ku, axir. Men kimga deb olibman bu hovli-joylarni! Kimga deb quribman — agar akam qaytib kelmaydigan bo‘lsa?! Otam-chi? Akang bilan topish, deb vasiyat qilgan otam go‘rlarida tikka turmaydilarmi shundan keyin?! Qiyomatda, o‘sha tongla Mahsharda men u kishining yuzlariga qay ko‘z bilan qarayman? Nima deb ro‘baro‘ bo‘laman?! Shuni o‘ylashadimi bular?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:18:41
Rostini aytsam, men hech kutmagandim. Har narsani kutsam-kutgandirman, lekin Olim akam shunday gaplar bilan keladi deb, hech o‘ylamagandim. Xayolimning bir chekkasidan o‘tib ham qo‘ymagandi bu. O‘zimning anavi kungi alam-achchiqlarim, yonib — damim ichimda ketganlarim esimga tushib, o‘zim uyaliblar ketdim. Men uni bu ishdan xabardor deb ne xayollarga borib edim! Uni esa, yetti uxlab tushiga ham kirmagan ekan! Qarab turib, suyib ketdim. O‘tirgan yerimda egilib, yelkalari aralash boshidan quchib oldimu qo‘yib yubormay, quloq yumshog‘i ostilarini, bo‘ynilarini iskab-iskalana ketdim:
— Olim aka, akajon! — deyman-u, u yog‘ini aytolmayapman. Bo‘g‘zimga kelib turib qolgan qaynoq yig‘imi, nima aytishga qo‘ymayapti. Ovozim ham goh ichimga tushib ketib, goh vulqondek otilib chiqadiyu hech tushuntira olmayman. Faqat qaytarib qo‘ymayapman:
— Bor ekansiz-ku, Olim aka! Faqat biz gumrohlarni kechirsangiz, bas! Siz haqingizda boshqa xayollarga borib yurganlarni... kechirolsangiz kechirib qo‘-ying, — deb qattiqroq tarmashaman, bosh-ko‘zlaridan o‘paman.
Bizni ko‘rganlar nima deb o‘ylayapti, degan andishaga-da borib qo‘ymasdim.
— Faqat menga ishonsangiz, bir gapni aytay, — dedim axiyri.
— Nima deysan? — dedi qaddini ko‘tarib. Men qo‘llarimni tortib, joyimga cho‘kdim. Lekin chin gapim: qaytib quchib olgim, hech kimdan uyalmay yuzlaridan o‘pib-o‘pib olgim bor, yuragimda borini to‘kib solgim bor. «Siz Sultonmurod akamning chin ukasi— tug‘ishgani ekansiz. Endi bildim» degim kelyaptiyu, aytolmayapman. Aytishga yigitlik g‘ururimmi, nimadir qo‘ymayapti. Yo‘q, qo‘ymayaptimas, bu gaplar o‘zi shundoq ham ayon, tushunarli-ku. Yaxshisi, ko‘zlaringdan, yuzlaringdan uqib olaversin, deyapti kallamning ich-ichida o‘tirib olgan bir mitta chol. Bilaman, u men o‘zim. Aytolmaydigan gaplarimni u goho ana shunday o‘zimga shipshib turadi. Hozir ham ko‘nglimdagini aytolmadim. Buning o‘rniga ham:
— Siz ko‘pam qayg‘urmang,— dedim sekin.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:18:53
— Nega? — dedi u hayron qolib.
— Avvalo, unchalik uyalishga o‘rin yo‘q. Bu gaplardan kennoyim bexabarlar. Qolaversa...
— Nima, qolaversa? — dedi u bilagimni sindirib yuborgudek changallab.
Men uning kiftlarini silab tinchlantirishga urindim:
— Qolaversa, pochcha ulamolardan fatvo bo‘lmaguncha kim bu ishga bosh qo‘shadi, deganmishlar.
— Ola, hali shungacha borishibdimi? — dedi u yuziyu fe’li o‘zgarib.
O‘rtaga shunaqa sukunat cho‘kib, u miq etmay qoldiki, men uning bunday o‘tiruvidan qo‘rqiblar ketdim. Yo‘q, u o‘zida bir kuch topib, boshini sekin ko‘tardi. Aftimga qattiq tikilib:
— Nima deyishibdi... o‘sha shariat peshvolari?..— dedi achchiq ustida.
— Bilmasam, — dedim mening ham ko‘nglimga bir sovuq g‘ulg‘ula oralab. — O‘shandan beri u kishini ko‘rganimcha yo‘q.
— Tur, ketdik, — dedi u dabdurustdan qo‘zg‘ola boshlab. — Ketdik-ketdik, shu bugunoq bir yoqli qilib kelamiz. Kim ko‘tarsa, ko‘tarsin bu isnodni, men ko‘taraolmayman!..
U yo‘lakay oshxona xizmatchisiga haqini tutqazib, zinadan tushaverdi. Keyin katta yo‘l yoqasiga chiqib, mashina tutmoqqa boshladi. Bormay ko‘r-chi, noiloj ergashdim. O‘lganni keti shahid, deganlari shu bo‘lsa kerak! Yetib borgunimizcha ham miq etmasa-ya. Naq yuraklarim yorilayozdi. Shariatda sharm bormi, yo‘l bersa, nima bo‘ladi, deb yuragim po‘killagandan-po‘killardi.
Borsak, pochcha hovlidagi kaftdek yog‘och so‘richalarida ko‘zoynak tutib, kitob ko‘rib o‘tirgan ekanlar. Biz xolavachchalarni ko‘rib, boshlari ko‘kka yetgancha, inqillab o‘rnilaridan tura boshladilar-da, keyin qaddilarini rostlab:
— Oh-oh, Olim, o‘zginangmisan? Xudo seni yetkazganini qara! Qani, chin vallomat so‘zingni ayt! O‘ynab bersanmi, yo suyunchini kattasini olib kelasanmi? Men fatvo toptirib qo‘ydim, — desalar bormi, Olim akam demaganlar darvozaxonadan o‘tolmayoq taxta bo‘lib qoldi. U na pochchaga qarab yura olar, na bir og‘iz bir narsa deya olar edi: yuzi quv oqarib ketibdi! Ko‘rib, o‘zim ham qo‘rqib ketdim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:19:09
— Chindan shariat, — derdim-u, u yog‘ini aytolmasdim.
— Ha, dovqur? Seni kim aytadi, eshon pochchamning kenjalari deb? Shuni ham bilmaysanmi o‘zing?
Xo‘b pochchamiz borlar-da. Birov ne ahvoldayu u kishi qiqir-qiqir kuladilar. Bosh chayqab-chayqab, tir-qirab chiqqan ko‘zyoshlarini arta-arta, qayta boshdan kuladilar.
Axiyri:
— Hay, jiyan-a, jiyan, men bo‘laman-ku, seni o‘tga otib, olovida isinamanmi? Sen so‘rasang-chi avval fatvoni. Uni qay go‘rdan topganimni! Muftiy janoblaridan so‘rab keldim-ku, axir. Oddiy ulamodan olsam, qo‘rqsang yarashardi. Eshit, u qulog‘ing bilan ham, bu qulog‘ing bilan ham, — dedilar u kishi dona-dona qilib, — agar kishi hijrat qilib ketib, orqasida ahli ayoli qolgan bo‘lsa, nikohidagi erini... necha yil deymi, to‘qson yil kutsa joiz ekan. Demak, osmon nikohini hech kim buzolmagay. Muftiy taqsir ayttilarki, kim bul fatvoni tutibdi, najot halqasini tutibdi, Alloh rozi bo‘lsin, dedilar. Ey sen, kichkina Mahmudxo‘ja, borib kennoyingdan suyunchini olaver. Ularning Sultonmurod jiyanimiz bilan nikohlari hali-veri buzilmagay, — dedilar. Shunda olam bir yorishib, charog‘on bo‘lib ketganini sezdim-u, lekin u nimadan edi, bilolmaganimcha qoldim. Olim akam esa, ko‘zda yosh ila pochcha tomon quchoq ochib borardi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:19:21
11. Tutqin

Ishdan qaytsam, oyim ayvonda qarshi oldilar. (U kishining oyoqlari og‘riydi. Bir vaqtlar lat yegan joyi endi bilinyapti. Hovliga tushishdan ko‘ra, ayvonga emaklab chiqib, o‘tirib oladilar-da, o‘sha tizzalaridan pastini silagancha uzun xayolga beriladilar. Biz uzun xayol deb o‘ylasak, u zikr ekan. Endi tushunyapmiz).
Men salom berdim. U kishi alik olib, hol so‘ragan bo‘ldilar:
— Yaxshi keldingmi, bolam. — Shu asnoda oyoqlarini silashdan ham to‘xtadilar, sezdim og‘riyotganini menga bildirgilari yo‘q.
— Rahmat, — dedim botinkam ipini yecha boshlab, «nima, anavi kungi moy qoldirmadimi og‘riqni», deb so‘rashga iymanib turgan joyimda... oyim qaytarib so‘radilar.
— Mashinalar ko‘payib qolganmi, yo haliyam o‘sha-o‘sha — ikki soatda bir keladimi?
— Nima edi, oyi? — deb bosh ko‘tarib yuzlariga qarasam, menga achinib, tikilib turibdilar. Ona— ona-da. G‘alati bo‘lib ketdim. Tezdan holatimni o‘ng-lashga shoshildim. — Ey oyijon-a, har kuni boravergandan keyin odamga o‘rganish bo‘lib ketadi, bilinmaydi.
— Shunaqa-ku, yaqinroqdan biron ish topsang bo‘larmidi?
Hayron qoldim.
— Nega, oyi?
— Rizqni beradigan — Xudoyim. O‘zingni o‘tga-cho‘qqa uravermasang ham qozonimiz qaynamay qolmas. Qiynalib ketding.
— Men-a? — men u kishining nima demoqchi ekanliklariga hamon tushuna olmasdim. — U yerga odamlar yetolmaydi-ku, oyi, — dedim nihoyat. O‘zim ayvon ostonasiga o‘tirgancha qolgan edim.
— Endi aytaman-da, — dedilar u kishi ko‘zlarini tushirib va yana oyoqlarini bir qur silab qo‘yib.— Bizam g‘animat. Kunduzlari ko‘rgim keladi, sen esa,— u kishining ko‘zlari namlanib, bir g‘alati yiltiradi, — bugungicini aytmasa, qosh qorayar ham daraging bo‘lmas, vaqt ikki xuftonga yetar ham jujur mashinang tashlab keta qolmas. Eshikka tikilgan odamga qiyin-da, bolam.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:19:36
Tushundimu g‘alati bo‘lib ketdim. Ilgarigi gallardagidek «otdeksiz, oyi, Nikolayning yog‘ini yeganlar bilan paxta yog‘i yeganlar baravarmi» deb hazilga olib keta olmadim. Ichim uvishib qolganini ko‘rib... oyimning o‘zlari gapni boshqa mavzuga burib yubora qoldilar.
— Ha, aytmoqchi, akangning anuv shaharlik o‘rtog‘i keluvdi. Tutingan oshnasi-chi, o‘sha.
— Chaman akami?
— Ha, bularning o‘sha suyangan tog‘i.
Tushundim, ammo ichim battar hapriqib borar edi:
— Tinchlikmi, nima deydi?
— Bular yo‘q edi, tikuvchinikiga ketishib edi,— dedilar oyim qo‘rqma, degan kabi. — Birpas Yodgor bilan o‘tirdi. Keyin ketdi.
— Hech narsadan hech narsa yo‘g‘-a?
— Nega, to‘yga aytib kepti seni. Boringlar, dedi.
— To‘y? Qanaqa to‘y? — Men hech narsaga tushuna olmasdim.
— Qanaqa to‘y bo‘lardi, o‘zi uylanayotganmish, — nimasiga tushunmading deganday qaradilar oyim.
Mening ko‘z o‘ngimdan esa, o‘sha kovshandozi mo‘’jaz xonadagi oq ruh karavotda o‘tirib qolgan oq-oppoq kampir ketmasdi: nihoyat orzusiga yetibdi-da u kishi? Unatibdi-da? Yana boshqa narsayam ko‘z oldimga aylanib-aylanib kelaverar edi: o‘sha Yodgor bilan chiqqanimiz — boloxonadagi ular turgan joy, uning derazasi, derazasidan ko‘ringan ishkomlar, Kalkovuz suvi, uning bo‘yidagi qator tollar, qolaversa, o‘girilgach devorda ko‘rganim — g‘aroyib surat — bir qarasang kennoyim, bir qarasang akam va yana bir qarasang         u — Chaman akam bo‘lib ko‘ringuvchi narsa yodimga tushib ketgan edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:19:54
— Picha bo‘lsa ham kut...madimi?
— Kimni? — Oyim tushunmadilar.
Mening esa, nomini aytishga tilim aylanmas, ne xayollarga borib gunohga botayotganimni o‘ylar, o‘ylagan sarim yuzimu quloqlarim osti yonib borar edi.
— O‘sha, necha yil panohida asrab kelgan kishisi— kennoyimlarni-da? Ularni ham aytgani kelibdimi, axir?
— Ha-a, — dedilar oyim endi tushinib, — aytdi, «bular ham borishsin. Oyim boshlari ko‘kka yetadi», dedi. «O‘zlari bilgan joy», dedi.
Mening ko‘nglim xuddi chanqog‘i qongan odamnikidek xotirjam tortib qolgan edi-yu, o‘zim boyagi xayollarimdan endi ich-ichimdan uyalib bormoqda edim.
— Yodgorni-chi, olib borarmikanmiz? — dedim bosh-qa gap topolmay. Men atrofga alanglab, uni izlardim, lekin hech yerda ko‘rina qolmasdi.
— Voy, hamma qolib, uni obormay bo‘larkanmi? Ichikib bir yerga yetgan ekan, ko‘rib naq yopishib oldi-ku. Keyin senga bir nimalar yozib tashlab ketdi. Nima desam, Yodgoring taklufnoma, shunaqasi rasm bo‘libtu, deydi. Mana. — U kishi omonatni nimchalarining yon cho‘ntakchasidan olib uzatdilar.
Rosmana taklifnoma, orqasida chumoli izidanam mayda bitik-xat. O‘qishga tutindim.
«Maqsud, ukajon. Biz ham ozod qush edik! Ota-ona orzusi bizni ham tutqun etdi! Na qilaylik, bor ekan taqdirida, deganlaridek... ko‘ndik. To‘rva xalta bo‘yinga tushdi, ukajon. Endi biz ham hamma qatori yashamakchimiz. Eplay bilamizmi-yo‘qmi, uni yolg‘iz Alloh bilgay.
Borgin, akangni ko‘rgandek bo‘laman, Chaman».
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:20:09
«Voh, shunday odam axir sinibdimi?!» deb yubordimu o‘z xayolimdan o‘zim qo‘rqib ketdim. Ketidan keladigani... chindan qo‘rqquvlik edi: Axir nega sinmayotgan edi?!
Boshqa degani bormidi yo?
Kim edi u?..
Nimani kutar edi?
Yo biron qasam ichgan joyi bormidiki, uylanolmasa?
Qachon uylanmoqchi edi?
Akamni qaytarib olib kelibmi, tinchibmi?
Endi-chi, noilojlikdan, onasining — o‘sha besh kunligi bormi-yo‘q, oq-oppoq bo‘lib o‘tirgan onaizorning so‘zini tashlay olmay uylanmoqdami?
Unda nega ichi yonib ketyapti? Dudi osmonga chiqib, nega ozod qush edik, tutqun bo‘ldik, demoqda?
Kimni deb bo‘ydoq o‘tmoqda edi?
Bu savollarga qani edi biron javob topolsam...
To‘y ham bir chiroyli o‘tdi. Rasm-rusumi joyida bo‘ldi. Qudalar ham rozi ketdi.
Biz hammamiz tushib bordik. Yodgordan kennoyimgacha. O‘z xesh-aqrabolarimiznikidagidek «qamishdan bel bog‘lab» xizmat qildik. Ayniqsa, oyimlar bilan opa-singildek topishib qolgan Oyto‘ra buvining esi ketdi. Bir duo qildilar, bir duo qildilar. Duolari dargohida qabul bo‘lgan bo‘lsin. Shu bilan bu xonadonga xotirjamligu xalovat inib, Chaman akamning uzun-uzun ketishlari orqada qolib, tup qo‘yib palak yozadigan payti kelgani rost bo‘lsin. Alloh uning ko‘ngliga bu kelgan izli-qutli kelinga muhabbat, yaqinlariga mehr solsin. Duo yaxshi narsa, hammamizning ko‘nglimizni iylab-iyitib yanada yaqin qilib qo‘ygan edi. Go‘yo uzulmaydigan rishtalar bilan bog‘lab tashlagandek edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:20:21
Hatto Chaman akam ham sipo tortib qolgan, uyatchan kuyovto‘ralardek qizaribgina, tortinibgina qarab qo‘yishini aytmasa, Oyto‘ra buvining gaplariga so‘z qo‘sholmay yer chizib o‘ltirar edi. U to‘rvaxalta bo‘yniga tushganidan xursand ekanini ham, xomush ekanini ham bilib bo‘lmas, men uni ichida jon-jon deb turganini tashiga chiqarolmayotgan kuyovlarga ham o‘xshatolmasdim. U ko‘proq to‘rga tushib qolganini sezdirmaslikka urinayotgan kabi edi. Balki menga shunday tuyilgandir.
Harqalay, u biz bilan xayrlasharkan, kelganimizdan boshi ko‘kka yetganini qayta-qayta aytib, qo‘lini ko‘ksidan uzmasa-da, yana nimadandir juda-juda xijolat edi. U go‘yo endi ilgarigi suyangan tog‘imiz — ishongan bog‘imiz emasdi, endi uning o‘z oilasi, tashvishlari bor edi, o‘zidan ortib, bizga muruvvat qila olmas, panohiga ham ola bilmas, akam haqda undan xushxabarlar ham kuta olmasdik. Chunki endi u uzoq komandirovkalariga chiqa olmas, akang haqda xabarlar bor, zora o‘zini ko‘rsam deb, zudlik bilan jo‘nab keta olmas edi. Uning bo‘yniga oila atalmish bo‘yinturuq tushgan, Kalkovuz bo‘yidagi shu hovliga ipsiz bog‘langan edi. Chaman akamdek ozod qush bu to‘rga qanday ilina qoldi, hech aqlim yetmasdi. Sababi — men sizga aytsam, anchaga dovur ma’lum bo‘lmay qoldi. Bu o‘rtada yoz o‘tdi, kuz ketdi, qish chiqay deganda shahardan xabar keldi. Oyto‘ra buvi nevara ko‘ribdilar. «Muborak bo‘lsin»ga oyim bilan kennoyim tushib chiqishdi.
Shundan ikki haftalar o‘tgandimi, ishxonaga qo‘ng‘iroq bo‘lib qoldi. Olsam — Chaman akam: boshi osmonda:
— O‘zingmisan, pakana pari? Uka degan ham shunaqa bo‘ladimi? Xabaram olay demaysan, tabriklay ham demaysan? E, barakalla!
— Muborak bo‘lsin, o‘g‘ilchalar! — dedim xijolatlarga botib.
— Muborak ham gapmi, xari sindirish kerak! Akang qarag‘ay shu kunni kutib o‘lib bo‘ldi, ko‘kraklari teshilib ketdi-ku. Bu yog‘i ozodlik, yana xurlik-ku, Maqsud. Eshityapsanmi?
Men esovsirab qolgan edim!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:20:35
«Qiziq-ku! Shu kunni kutib yotgan ekanmi?! Kelinposhsha bilan (tavba, nega kelinposhsha bo‘lsin! Kelinoyi-ku!) ahdnoma shunday ekanmi?» Chindan u qanday rozi bo‘libdi ekan? Buning yurishlariga, bedarak tentirab ketishlariga! Bekorga u qariqizni, «o‘qiy-o‘qiy shahar olib bera olmagan», onasiga shahar olib berolsa ham o‘ziga baxtdan taxt yaratolmagan o‘sha olimani xotinlikka olmagan ekan-da. Jindek shunga o‘xshash gaplar qulog‘imga chalingani bor edi. Go‘yo «Bitta qo‘chqordek o‘g‘il tug‘ib bersang, bas, oyimning armonlari ushalsin. Keyin o‘shanga andarmon bo‘lib o‘tiraverasizlar qaynona-kelin...» deganmish, tavba.
Voh! Shunday bo‘lsa, yana yaxshi-ku! Akamning chopari, kimlarning «suyangan tog‘iyu ishongan bog‘i» o‘lmagan ekan-ku! Iste’foga chiqmagan ekan-ku soqchi farishta! Yuragiga balli-ey, bir yilga chidab o‘tiribdi-ya! Endi tentirasa, qayoqqa borarkin? Akamni izlab qay diyorlarga o‘tarkin? Qay sarhadlardan oshib, qay shaharlardan uni so‘roqlarkin? Yo‘qotgan izini qay sahrolardan izlarkin? Biron mujda topganmi yo tavakkalchini ishini Xudo o‘nglar deb, otlanib qoldimi? Ruxsat berishmasa, qayoqqa boradi?
— Tushaymi, qaerdasiz? — dedim yutaqib.
— Tush-tush. Olib ketgani keldim-da seni. Ichlarim toshib ketdi-ku, pakana pari. Senga yorilmasam kimga yorilaman? Bo‘l, yig‘ishtir ish-pishingni. Bir kun sensiz ham chiqar o‘sha hech kimga keraksiz gazeting...
Ol-a, shu yerga kelganda oshirvordi-ku. Odamning hamiyatiga tegib ketadi ham demaydi-ya. Xuddi bir vaqtlardagi salti-svoy Charli chapanidek nimalar deyapti?! Shuncha odam ko‘r bo‘lib chiqargan gazetni nima demoqda? Rosti, gapi endi menga nasha qilmoqda, ichimda alammi, bir nima g‘imirlashga tushgan edi. Chindan ham hech kimga keraksizmi? Kimning gapini gapiryapti? Hamma-hamma bilan, u shunday deb tursa-ya... Alamdanmi, nimadan tilim tanglayimga yopishib qolgandek edi go‘yo!..
— Ha, daming chiqmay qoldi, biron yumushing... — dedi u sal yumshab.
Men ham uni ayadim. Axir kimsan akamning qiyomatli oshnasi. Boshqa birov bo‘lganida eshitadiganini eshitib olardi. Haqimni qo‘ymasdim balki... Lekin bu akamning tug‘ishgandan a’lo oshnasi. U keladi-ku, men chiqmaymanmi? Bir arzimas gapiga zarda qilib-a?! Ot tepkisini ot ko‘taradi-da.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:20:53
— Yo‘q, chiqayapman, yumush-pumushi bormi! Hammasi sizdan aylansin, — dedim.
— Bu boshqa gap, pakana pari. O‘zingga yetari yo‘q. Bo‘laqol, — deb shoshirdi.
Yo‘lakay paltomni egnimga ila-ila kubankamni qo‘lga olgancha zinadan pastga oshiqdim.
O‘pkamni qo‘ltiqlab degandek tushib borsam, tushdan avvalgi yilt etgan eshak o‘ldirar oftobda jindek erib, yana qatir-qutur yaxlamoqqa boshlagan yo‘lkada Chaman akam betoqat borib-kelmoqda. U meni ko‘rib chekib turgan sigaretini qorga itqitib, o‘zi menga quchoq ochgudek yurdi.
— E, bormisan, Kattabog‘ning guli! Oshnaginamning pakana pari ukaginasi! So‘rab kelmasam, o‘zing boray ham demaysan?! Oqibat shu bo‘ldimi?
— Uzr, uzr. Eshitibam o‘tolmadim. Muborak bo‘lsin, yangi mehmonlar? Oti nima bo‘lda, polvonning oti? — dedim ginalarni unuttirishga urinib.
— O‘g‘ilchanimi? — dedi u quchog‘idan qo‘yib yubormay. Undan hozirgina chekkan sigaretining hidi gurkirab kelar, o‘zi esa meni yalab-yulqashga tayyor edi.— Olma olmadan nari tushganmi, ammo men ixtimat qo‘yib, oshnamning nomini berdim. Adashiga o‘xshab, botur bo‘lsin, undanam uzoqqa borsin. U yetolmagan orzularga hech qursa bular yetsin deb, shunday qo‘ydik. Qalay, senga yoqdimi?
— Sultonmurod debmi? — dedim hayratu shodligimni ichimga sig‘dirolmay.
— Ha, to‘lig‘icha qo‘ydim. Irim qilib emas, niyat qilib! — Keyin kutilmaganda qulog‘imga engashib shipshidi, — Bilib qo‘y! Har ish niyatga bog‘liq. Payg‘ambarimizdan shunday hadis bormish.
— Rahmat, unutmaganizga... — deyoldim ichim allatovur achishib kela boshlab.
— Unutish? — dedi u ikki yelkamdan changallab tutib turganicha, ko‘zimdan ko‘zini uzmay. — Qayoqdagi gapni gapiryapsan sen?! Uni unutsam, Chaman otimni boshqa qo‘yarman! Usiz men kimman? — dedi meni silkilab, keyin itarib yuboraturib, mahkam o‘ziga tortdi-da, qo‘shdi. — Qo‘y bu gaplarni hozir: yaramga tuz sepma. Undan ko‘ra ketdik. O‘g‘ilni yuvamiz biron yerda. Bir otamlashib, ezilishaylik.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:21:07
Mening miyamga qachondir, kimdandir eshitganlarim urilib, bosh chayqadim:
— Otamlashsak otamlashaylig-u, lekin yuvmaylik. Chillasi chiqmagan bolaga yaxshimas. Yuk tushadi, deydilar oyim. Undan ko‘ra, biron holiroq issiq joy topaylik, — dedim iymanibgina.
Chaman akam dabdurustdan yelkamga qo‘lini tashlab, qoqdi:
— O‘lma. Shunday kunda tanchadan zo‘ri bormi? Yur, uyga ketdik. Bozillagan tanchada bir bitimiz to‘kilsin.
— Bu boshqa gap. Sho‘rvani solib qo‘yib, ezilishganga nima yetsin. — dedim. Ichimda esa, nimadir g‘urmishlagandan-g‘urmishlab nimani ilinib kelibdikan, deb turibman-u, so‘ray olmayapman. Chaman akam bo‘ladiyu behudadan-behudaga so‘roqlab keladimi? Balki, avvalgi safarlarida topgan xatlaridan qolgani bo‘lsa o‘shani ham bermoqchidir?..
U ixcham, uzun qora charm palto kiygan, boshida ham charm kepka, hatto qo‘lqopi yumshoq — toza charmdan edi. U shu turishida qora mashinalarda yuradigan amaldor vazirlardan bir tuki kam emasdi. Men uni biron balandroq vazifaga tayinlashibdimi, xizmat mashinasi ham hozir kelib qolsa ehtimol, deb o‘ylab qolgan edim.
Unday desam, bozillagan tancha haqidagi gapi qiziq... Yo qabulu majlislardan bezib, yorilarga mendek bir yaqin suhbatdosh istab qoldimikan?
Hukumatning qora mashinasi ham kelmadi, uning orqa o‘rindig‘iga ham o‘tirmadik. Nechta binoyi taksilarni o‘tkazib yuborib, kepkasining moyi chiqqan bir kirakashning mashinasini to‘xtatdi-da, savdolashmay ham old o‘rindiqqa cho‘kdi. Keyin yarim o‘girilib o‘tirib olib, gap bera ketdi. Yo rosa ichi qizib, to‘kilolmay yurgan ekan, yo meni topib olib, gap xaltasi ochilib ketgan edi. Faqat men bir narsaga hayronman: bir yil burun uylanib sipogina kuyovga aylangan Chaman aka qani? Go‘yo u bir dumalab, yana avvalgi o‘z holiga qaytib ulgurgan, bir gapirib o‘n kular, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan sarguzashtu tesha tegmagan hangomalarni qalashtirib, ichimni uzib borayotgan edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:21:23
Yaxshiyam moy bosgan kepkasini bostirib olgan anuv sariqmoshak shofer bizning tilimizga tushunmaydi. Tushunsa, shu vaqtgacha qaybir ariqqa mashinani solvorgan bo‘larmidi. Shunda ham har sharaqlagan kulgimizga xuddi bir narsa tushungandek iljayib qarab qo‘ymoqda.
Kalkovuz ko‘prigidan o‘tib, suv yoqalab o‘sha ostonasi tagiga o‘n odam zo‘rg‘a ko‘targudek katta xarsangtosh yotqizilgan eshikka yetganimizda akam shoferning tizzasiga ikkita qizil o‘n so‘mlik tashlab, yelkasiga qoqdi:
— Rahmat, sariq-suruq — o‘zimizning urug‘, uka. Topganing osh bo‘lsin.
Sariqmoshak ham vallomat ekan:
— O‘zlariga-da, rahmat, shef, — deya kishibilmas bitta o‘n so‘mlikni tushayotgan akamning cho‘ntagiga qistirib yubordi. Nazari to‘qligini ko‘ring buni... deb o‘yladimu... shu zahoti o‘zimni omilarning omisi, har bitta kelgindidan fazilat izlaguchi go‘llarning bittasi hisoblab — o‘z-o‘zimdan ijirg‘anib ketdim. Shunaqqib, o‘zimizni past ola-ola kim bo‘lib qolmoqdamiz?! Sultonmurod akamdek odam hech zamonda shunday hayratga tusharmidi?! Chaman akam u sariqmoshakka behuda ikkita o‘n so‘mlik tashlab tushdimi? Go‘yo ma, shunga kelganmisan, xizmat haqingni ol-da, qorangni o‘chir, demoqchimasmi? U ham anoyimas (jilla qursa, men ko‘raman-ku vallomatligini!!) o‘sha xorijda ham qadrlanadigan o‘n so‘mlikning bittasini qaytarib, qistirib yubordi. Shunaqa «o‘qsiz jang» allazamondan beri davom etayotganini mana hozir anglab-ko‘rib turgandek edim men. Bular ham tashlaridan sezdirmasalar-da, ichlaridan bo‘sh kelmasdilar. Erta-birisi kun kim g‘olib keladi, buni yolg‘iz Alloh biladi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:21:37
Ya’ni kim Allohga yaqin bo‘lsa, o‘sha yutadi. G‘ururi, ori, nomusini, demakki, dini-diyonatini qaytarib oladi. Hozircha xufyona jang ketyapti. Rosti, bunday «noma’qul» fikrlar mehmon bo‘lib kelayotganidan ba’zan qo‘rqib-qo‘rqib ketsam, ba’zan akamga o‘xshab borayotganimdan xursand bo‘lib ketaman...
Tushdik. Kirib boryapmiz ishkomlaru ko‘milgan tok zanglari oppoq qor tagida qolib, yana ham kengayib ketgan hayhotdek hovli-bog‘ning yapasqi g‘isht yotqizilgan yo‘lkasi bilan o‘sha tepadagi uzun ham boloxonali uylar tomon. Biz bu yerdan o‘zimiz uchun aziz odamlarni topganmiz bir vaqtlar. Og‘ir kunda ular shu yerda jon saqlashgan. Yodgortoyimiz esa, shu yerda tug‘ilib, dunyo yuzini ko‘rgan. Hov anavi shoxlari har tomonga salom berib egilib qolgan tollar ostidagi ko‘hna hovuz bo‘ylarida chopqillab yurib, katta bo‘lgan. Kechalari esa, (hozir derazasiga bo‘zmi — nima tutilgan) hov anavi boloxonali uyda yotib, tushlarida kimlarni ko‘rgan. Shu bois ham bu hovli, bu uylar menga azizdan-aziz. Anavi chekkadagi bir uy, bir dahlizda Yodgorning o‘rnigayam (men Yodgorman deb!) buvalarining yurtiga borib kelgan, ularga sovg‘a-salomlaru mujdalar olib kelgan Saritoyu uni asrab olgan onasi Asal opa turadi. Bunisiga bo‘lsa, kelin tushgan. Yonginasida (hov o‘sha boloxonaga chiqadigan yog‘och zina yonida) bu xonadonning nuri iymoni bo‘lib, Oyto‘ra buvi o‘tiribdilar. Hozir qaerga kiramiz ekan? Qaerga kirganimizda ham avval buvini ziyorat qilib qo‘yish qarz ham farz. Duolarini olish lozimdan-lozim. Qolaversa, yangi mehmonli bo‘lishgan. Muborakbod etib, ko‘rmanasini u kishiga bermoq lozim. Urf shunday, irimi shunday. Amaqisiga o‘xshab, mirzo yigit bo‘lsin, bizaniyam tarixlarimizni yozsin, deb duo qilsalar, boshim ko‘kka yetmaydimi?..
— Qarang, oyi, men kimni boshlab keldim. Oshnaginamning tug‘ishgandan a’lo xolavachchasi. Tanuqli mirzo... Anavi kungi mehmonlar shularnikidan kelishib edi-da. Endi bu kishining onalari bizga ham xola hisoblanadilar-da, shundaymi, oyijon?
— Voy, onayiz aylansin. Kim kelyapti desam, sizmidiz hali? Keling-keling, qadamlaringizga xasanot. Tutinganlarni tug‘ishgandan a’lo etgan Allohimdan o‘rgilay, keling, — deb bir yerga yeta ketdilar.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:21:47
Qo‘llaridagi qariganda topgan nevaralari — yo‘rgakdagi bolani yonginalariga yotqizib, o‘tirgan joylarida men bilan ko‘rishishga chog‘lanarkanlar, bu ko‘p qadim uylar yangi mehmon ko‘rishib, avvalgidan ham charog‘on bo‘lib ketgandek edi. Chindan kelinning qadami qutlug‘ kepti bu xonadonga. Hammayoq saranjom-sarishta, derazalardan oftobda yarqiragan qorning oppoq nurlari to‘kilibmi, uy ichi charog‘on tortib ketgan. Ilgarigi zah-mog‘or hidlaram yo‘q. Tokcha qoziqlaridagi oxorli sochiqlardanmi va yo beshik boshiga ilingan qalampirmunchoq shodasidanmi, tanish iforlaru bo‘ylar taralardi. Unga norasida bola isi, yangi kelin bo‘ylari, Oyto‘ra buvining shirin mulozamatlari qo‘shilib, uy emas, jannatga kirib qolgandek bo‘lmoqda edim. Boshim ham yengil-engil aylanib kelmoqda edi go‘yo. Men bosh egib borib, oq ruh karavot yoniga tizzalagancha Oyto‘ra buvining momiq bag‘irlarida qoldim. Undan esa boyagi bo‘ylardan ham azizroq bir bo‘y — halim tortib qarigan taqvodor zotlardan keladigan bir tur ifor hidlar anqib, xuddi jannatdan tushgan deb ataluvchi anjir tagiga kelib qolgandek edim.
U kishi esa, momiqdan yumshoq kaftlari bilan boshimu kuraklarimni silab, shivirlar edilar:
— Eslab kepsiz, iloy, bizning nevaralarga ham sizning yo‘lingizni bersin. Yurtda azizu mukarram qilsin O‘zi, — ketidan qo‘llarini ochib, duo qilib qo‘ydilar, — Va sallalohu taolo ala xoyri xolqihi Muhammadin va ala alihi ashabihi ajmayin. Birohmatika ya arhamar rohimiyn.
Beixtiyor biz ham qo‘l ochib duoga qo‘shildig-u, ammo bu Payg‘ambarimiz sha’nlariga salovat ekanini, shusiz osmon eshiklari ochilmasligini hov talay yillardan keyin anglab yetdik. Ular bilgan narsalarni bilishimizga necha qovun pishig‘i bor bo‘lsa-da, bu duolar bizga moydek yoqib tushmoqda edi.
Keyin Oyto‘ra buvi boshlari ko‘kka yetib, so‘rasha ketdilar:
— Oyiz Salomxon omon-esonmilar, kelinposhsham qalaylar? Bir-biridan shirin jujuq qizlariz bormish — boy ekansiz, katta bo‘lishyaptimi? O‘g‘ilchangiz yurib ketganmish, ilo-oy, Alloh baxtini bersin. Go‘shangalarga kuyov bo‘lsin.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:21:57
Shu asno yo‘rgakdagi chaqaloq guvranib, boshini dam u, dam bu tomonga burgancha iskalana boshlab edi, buvi uning tilidan ham gapirib qo‘llariga oldilar-da, boshini tikka qildilar:
— Voy, amaqujon, assalomu alaykum, bu yoqda biz ham bormiz, go‘shangalarga kuyov bo‘ladigan. Xush kepsiz, adajonimizning azizlari. Chillamiz chiqib qoldi bizaniyam, odam taniydigan bo‘p qolamiz hademay.
Men iyib ketib, o‘rnimdan tura boshladimu qo‘yin cho‘ntagimdan beshta qizil o‘n so‘mlik olib, akamning mitti adashi bo‘lmish bolakay yo‘rgagining ipak bog‘ichiga qistirdim.
— Vaalaykum, vaalaykum. Katta yigit bo‘lsinlar. Otlariga yarasha ishlar qilib, hammaning duosini olib yursinlar. Biz yetolmagan joylarga yetsinlar, — dedimu o‘zim nimagadir to‘liqib kelib, ko‘zlarim namlandi.
Bu yoqda ahli ayoli, o‘g‘li qolib, o‘zi qaytar yo‘lini topolmagan akam yodimga tushib ketgan edi. Va negadir Chaman akam shu o‘g‘lining otini bunday qo‘ymay tursa bo‘larmidi... shu bilan qaytar yo‘li tamom berkilmasmidi?.. degan o‘ylar kechib, ichimni tirnay boshlagan ham edilar. Islomda irim yo‘q bo‘lsa-da, negadir men o‘zimni bosolmasdim. Ich-ichimdan g‘urmishlab kelayotgan bir g‘ashlikni quvarga ham yaramasdim.
Qarangki, qaytib o‘tirarimni ham, chiqishga izn so‘rarimni ham bilmasdim. Yaxshi ham Chaman akam bor ekan, u holimni tushunib, oraga tushdi.
— Oyi, bizga ruxsat bersangiz, narigi tanchali uyga joy qildirib edik. O‘rik o‘tinning olovida tanchani bir bozillatib o‘tirmoqchimiz.
 — Yaxshi o‘ylabsizlar. Oyoqni hozirdan asrash lozim. Keyin mendek, manavunday kunga qolib o‘tirmaysizlar. Boravering, baxayr...
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:22:11
Manziratlar bilan chiqdik. Biron yoqqa ketishgan shekilli, Asal opa ham, uning asrandi o‘g‘ilchasi kemshiktoy ham ko‘rinmas, faqat tashlandiq hovuz tomondagi oshxonadan yengil dudu tutun o‘rlab, olovning charsillagani eshitilar, ishkomlar orasiyu hovlidagi qor ko‘rpasiga qarab bo‘lmas, u oftobda ming-milliard marvaridu injularga aylanib yarqirar, qamashgan ko‘zni qayoqqa olarni bilmasdik.
Biz o‘n bir to‘sin (bolor)li, laklangan toqilari qora jigarrang tusga kirib ketgan, gir aylanasiga dorpechu gulpechlar tutilgan, atir upayu qovuzdog‘u beshik anjomlarining bo‘ylariga qo‘shilib, qalampirmunchoqmi, go‘dak isimi, nimadir o‘tirib qolgan kelinlik uyiga kirib qolgan, tepadagi deraza tagida ko‘rpa yopilgan tancha ko‘rinar edi.
Chaman akam yassi g‘ishtdan terilgan xanik yonidagi kovshandozda qo‘njli nozik botinkasini yecha turib, tegishdi:
— Mana shu bizning tutqunxonamiz. Xudo xohlasa, shu g‘urbatxonaga tushganimizga ham bir yil bo‘lyapti. Kelasi haftalarga Sultontoyning chillari chiqsa, to‘rtta cholni chaqirib, is chiqarib yuborsak, qarabsizki, uy tutqunidan ham ozodmiz-da. Kelishuv shunday bo‘lgan. Keyin to‘rt tomonimiz qibla, xohlagan yog‘imizga qanot yozib ucha olamiz. Ozodlik!..
— Kimdan? — deb yuboribman beixtiyor.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:22:22
— Kimdan bo‘lardi, — deb ishshaydi u namat ustiga o‘tib, — bu tarz bir tupkaga qamalib o‘tirishlardan. Ro‘zg‘or ivir-chiviriyu hamma qatori yurishlardan. Bemaqsad, bemurod umrguzaronlikdan. To‘ydim hammasidan. Qolaversa, pakana pari, endi senga yorilsam bo‘ladi, boshda chaqirib olishganida shartlashuv shunday bo‘lgan. Uylanasan, o‘g‘ilmi-qiz ko‘rasan, chillasi chiqadi, so‘ng ozodsan, ungacha bo‘yningda bo‘yinturuq — o‘tiravurasan. Sen bularning orzu-havasini qondir — keyin to‘rt tomoning qibla, borgancha borib, kelgancha kel. Ob-havo istansangdagi vazifalar sensiz ham ado etib turiladi. Dunyoni to‘fon bosib ketmas, kut, deb shu to‘rt devor ichiga tiqishgan edi. Mana, biz shartni ado etdik. Toy bolaning chillalari chiqyapti, kelinposhsha qo‘llari kosov, sochlari supurgi, bularning istaklarini ado etib turibdi. Qolaversa, kemshiktoy er yetib qoldi. Demak, bu xonadon erkaksiz emas. Akang qarag‘ay issig‘ ellarga qarab uchsa, bo‘lavuradi. Ram-ram, ram-tararam...— deb aylana turib, qosh qoqib, ko‘z uchirib, qars badabangga o‘yinga tushib ketsa, bo‘ladimi?
Men taxta bo‘lib qolayozgan edim. Uni tabriklarimni ham, quchib olarimni ham bilmasdim. Vaho-langki, arzirdi. Shuni aytadilar-da, har narsa niyatga bog‘liq deb. Niyat sof bo‘lsa, kim niyatiga yetmagay?!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:22:40
12. Xush qol endi, jamilam...
(Tangritog‘dan o‘zga diyorlardan topilgan maktublar jumlasidan.)



«Alloh senga sabr berib, O‘z panohida asrasin. Seni unga topshirdim. O‘zini senga vakil etdim. Tushun, jamilam, shunday ishlar bo‘lib ketdi! Hamma sig‘gan Tangritoqqa bizlar sig‘may qoldik. Ko‘nglum harqalay tinch edi sizlardan. Shunday dovon oshib, sarhaddan o‘tsam yetadigan joyda edim. Jilla qursa, sog‘iniblar ketsam, o‘sha dovonga chiqib tushmog‘im, sizlar panoh topgan ona diyor havolaridan tuyib-to‘yib nafas olmog‘im, u aziz yurt nasimlariga yuzlarimni tutib, soatlab o‘tirmog‘im mumkin edi. Barchasini Xudoyim ko‘p ko‘rdi. Tangritog‘ni tashlab chiqdik. Qori akam aytadilar: Hazrat Alidan so‘rashgan ekan: agar Osmon kamonga aylanib, Yer uning ipiyu odamlar o‘rtasidagi majorolar kamon o‘qiga aylansalar, Kamonchi esa, buyuk Allohning o‘zi bo‘lsa, nishonga aylangan bebaxtlar qayoqqa qochgaylar deb. Shunda u kishi: Albatta, Alloh tomonga qochib, jon saqlash mumkin, deb javob qilgan ekanlar. Shunga o‘xshab, biz ham Uning panohiga qochmoqni afzal ko‘rdik. Shoyad Ka’batulloh tomonlardan najot topsak. Ana shu umidda hijratni ixtiyor etdik. Bunda yolg‘iz Alloh roziligidan bo‘lak niyatimiz yo‘q, Mahfuzam.
To‘g‘ri, Mahfuz, Ka’ba yo‘li osonmas. Unga yetmoq dushvordan-dushvor. Ayniqsa, bizdek darbadarlar uchun mushkuldan-mushkul bir safar. Yetguncha ne diyorlarda qanday zahmatlar chekarmiz,  qancha sarhadlardan qanday osharmiz — bilmasmiz. Oldinda Allohning yana qanday imtihonu sinoatlari bor, ne ko‘rgiliklarga uchrarmiz, bilmasmiz. Bilmasak-da, Kamonchi tomon qochmoqni, uni panoh tortib bormoqni lozim ko‘rdik.
Mahfuz, «biz ko‘zingizga ko‘rinmadikmi?» deb o‘pkalashga haqlisan. Yig‘lab-siqtashga, sochlaringni yoyib, yuzingni yostiqlarga burkab o‘krashga haqlisan.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:23:03
Mayli, kimsasiz uylarga qamalib olib, to‘yib-to‘yib, xun-xun bo‘lib yig‘la, ko‘z yoshlaringga erk ber. Busiz ham ezilgan yurakkinangni bo‘shat. Ammo taqdiringni qarg‘ab tilga ola ko‘rma. Bular hammasi — men bu yoqlarda qolib, sen ota yurtda orqadoshingni kutib yurmog‘ing, ayol boshing ila vatanda vatansiz qolmog‘ing — barcha-barchasi Allohning yozmishi — xohlashidir. Uning sinovi — imtihonidir. Har ikkimizga ham shundaydir. Negaki bu dunyoda Allohning xohishidan tashqari na bir yel esar, na bir kun kechar. Qalam yozishdan to‘xtagan, siyohi bitgan! Barchasi yozilib bo‘lgan! Bu yozmishni o‘zgartiruvchi Allohdan bo‘lak Zot yo‘qdir. Xohlasagina O‘zi o‘nglagay. Shuning uchun ham, jamilam, gunohga botib, yozmishimizdan nolib, taqdirni qarg‘ab o‘tirma. Barchasiga ko‘n. Dunyoda Allohning yozmishiga ko‘ngan kishidan ham oqilroq odam bo‘lmagay. Ana shunday kishigina banda sanalgay. Ko‘nib, Allohning roziligini topolgay.
Sen (uzr, avval sizlar edim, endi azbaroyi o‘zimga yaqin olib senlayotirman. Chunki osmon nikohi o‘qilgan yolg‘iz rafiqamsan. Men sendan tonmasman. Har qancha uzoq ketmay, unutmasman), ha, sen o‘zing oqilasan, barcha-barchasini vaqt o‘tib tushunib olgaysan. Bu jahon ayvonida Allohning ixtiyori, irodasidan tashqari hech narsa sodir bo‘lmasligini anglab yetgaysan. Tushun, biz bir-birimizdan qancha olislarda bo‘lsak-da, o‘rtada qancha tog‘, qancha daryolar yotsa-da, baribir yolg‘iz bir Zot panohidamiz. Uning O‘zi yaratgan Yer ustiyu Osmon ostidamiz, undan chiqib ketmaganmiz. Qolaversa, uning xush ko‘rgan dinidamiz. O‘zi panohida asragay bizni. Shuning uchun men sendan xotirjamman. O‘ziga topshirib qo‘yganman seni! Hech bir kimsa seni ul Zotdek asray olmas! Faqat sen buni tushunsang, bas. O‘zingni unga topshirsang, hasbiyallohu ne’mal vakil1, deya tavakkul qilsang, bas. O‘zi asragay. Ana shunda, bilki, qalbingga ham buyuk bir xotirjamlik ingayki, uning oldida bu dunyoning barcha tashvishlari hechga aylangay! O‘zing esa, mening go‘zal amalli, sabotli mahbubamga aylanib qolgaysan.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:23:14
Bu bir taskin emas, jamilam. Rivoyat yo ertak ham emas. Bu haqiqatdir. O‘zini bilgan, Allohni tanigan, uni hech bir narsaga almashtirmagan, yolg‘iz Allohga tavakkul qilgan mo‘minlarning buyuk e’tiqodidir. Laa ilaha illallohu2 — ana shudir! Shunga suyan — shundan panoh topgaysan.
Barcha ishlar niyatga bog‘liq, demishlar Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam. Biz jihodni dilga tugib, o‘sha sarhad oshib borgan kezimizda zohiran niyatga yetmagan esak-da, botinan Alloh rizoligini topgan ekanmizki, buyuk Alloh o‘sha kechaning o‘zidayoq meni ajri mukofoti ila siylagan, sening ruxsoringga yetkazgan edi! Endi imonim komilki, o‘sha safarda bizga sarhad yo‘llarini ochib uni bexatar qilib qo‘ygan ham uning O‘zidir. To‘ramni ishni qayta boshdan boshlab, zafar topmoqqa ko‘ngillarini choptirmagan ham kim bo‘lardi?! O‘zidir! Faqat meningu sening qaysi fe’limizu amalimiz unga xush kelmishki, bizni shu bahona topishtirdi, bir kecha mehmon etdi bir-birimizga. Shunga ham beadad shukrlar bo‘lsin. Topishtirmasa, boshqa ko‘rishtirmasa, nima qilar edik?! Va buning hikmatini hov keyin anglab yetarmiz balki.
Sen g‘am yema. Hammasini buyuk Alloh o‘zi chokini chokiga to‘g‘rilab, o‘nglagay. Iymonim komilki, o‘sha uchrashuv beiz ketmagay. Undan yodgor qilib bir tirnoqmi, nima bergayki, alal-oqibat o‘shal farzandimiz tufayli o‘rtadagi rishtalarimiz uzulmay qolgay, qachondir bizni  topishtirgay. Bo‘lmasa, nega ko‘rishtirdi, uchrashtirdi, agar qaytib topishtirmasa?! Mening umidim shundan va yolg‘iz Yodgorimdan. Qay yurtlaru begona ellarda darbadar kezmay, afg‘on chekib hindudek qoraymay bu niyat, bu umiddan tonmasman, sizlarni unutmasman.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:23:26
Mayli, yig‘la-siqta, tishingni tishingga bos, ammo Tangrimiz azza va jallaga shukrni unutma. U inoyatga kimlar yetdi, kimlar yetmadi?! Axir Mahfuz qaerdasan, bil. O‘z ota yurtingda, xolalarimiz qavatida o‘tiribsan. Bizdek darbadar kezsang, nima qilarding?! Noshukr bo‘lma. Qanchalar u diyorning bir xovuch suviga zor, tuprog‘iga zor. Yaqinlarini tushlarida ko‘radi, xolos. Sen ularning qavatida o‘tiribsan-ku.
Bilaman, kuchi ko‘z yoshidan bo‘lakka yetmagan bir ayolsan, bir kelinchaksan. Lekin meni desang, qaerda bo‘lsa, omon bo‘lsin desang, yig‘lamagaysan. Uning o‘rniga ham o‘zingga sabr tilagaysan. O‘yla, Mahfuzam, bu  dunyoda shunchaki yashashdan ne foyda? Agar o‘z nafsingga qarshi jihod qila bilmasang?! Bu dunyoning xoyu havaslaridan ustun turolmasang?! Qolaversa, nimaga yashab yuribmiz, agar Allohning roziligini topolmasak?! Shundan boshqa tongla Mahsharda katta tarozuga qo‘yadigan nimamiz bor?! Agar shu rozilikni topsak, bilki, u qirq yil birga yashaganimizdan a’loroqdir!
Qo‘y, ko‘zyoshlaringga ham rahming kelsin. Umidim bor. Buyuk Alloh bizni shunday qoldirmagay, bu judoliklar ketidan visol kelsa, ajabmas. Seni, Yodgorimni bir bor ko‘rmay ketsam — ko‘zim ochiq ketmasmi?
Kut. Saharlarda yolg‘iz O‘ziga iltijo qilki, bizni qayta ko‘rishtirsin, topishtirsin.
Xush qol endi, jamilam. Men senga sabru sabot tilarman.

Sultonmuroding
Peshovar».
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:23:47
13. Chin soqchim, qiyomatli birodarim —
Charli-Chamanimga


«Oh, birodarim, bu dunyoga kelib topgan yakka-yolg‘iz sodiq do‘stginam, Chaman! Qadim Eskijuvaligim! Horisim, soqchi farishtam, Zakiy Validiydek suyanganim, ishonganim!
Uzr, ming bor, uzr! Yo‘llarimiz ayro tushganiga. Men sendan beruxsat, bemaslahat bu yo‘lni — hijratni ixtiyor etib qo‘ydim. Vatanga sig‘maganlarga Allohim O‘zi hijrat yo‘lini ochgay ekan. Men bu yo‘lning birinchi yo‘lovchisi ham, oxirgisi ham emasman! Taqdirga shukrona aytmog‘im lozim.
Yo‘q, men qasamni buzmoqchi emasman va buzganimcha ham yo‘q. Senga bergan so‘zim-so‘z, unga hiyonat etganimcha yo‘q! Faqat shunday bo‘lib qoldi. Barcha majoroyu mushkulotlar Kamonchi tomonga qochib, jon saqlamoqdan bo‘lak yo‘l qoldirmadilar. Hamma yo‘llar berkilib, shu birgina yo‘l — Alloh panohiga qochmoqgina qolgan edi, Chaman.
Men seni og‘ir kunga qoldirdim, uzr. Buning uchun seni tinch qo‘ymaslar. Bir qavat etingni shilib ol-salar-da mumkin. Lekin sen epini topasan, deb o‘y-layman. Ne og‘ir hollardan qutulib chiqmagansan,   axir. Bir chorasini toparsan. Axir senday chapdast bu dunyoda ikkita bo‘lsa, bittasi o‘zingdirsan. Balki sen ham o‘sha Kamonchi panohiga qochib qutilarsan?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:24:04
Chaman, tushun! Sen uchun hamisha vazifalar o‘z yo‘liga, bir bahona bo‘lgan xolos. Seni menga ming ishonchluv soqchi etib tayinlashmasin, ming hisobu hisobotlar talab etib kelishmasin, sen hamisha meni balo-qazolardan asraguvchi  soqchi farishta bo‘lib kelgansan. Shuni oliy vazifa, niyat, maqsad deb bilgansan. Shu bilan Alloh roziligini topmoqni istagansan. Bo‘lmasa, allaqachon meni mahv etib yuborar edilar. Yoxud yer osti muzxonalarigami, qamoqxonalarigami tiqib tashlagan bo‘lardilar. Sen esa, meni ularga kim ko‘rsatib, qay sarhadlardan oshirib, qay janggohlarga olib chiqib yuribsan! Va biz «topshiriq ila ot mingan» mujohidlar safiga qo‘shilib turibmiz! Sen niyati yolg‘iz Allohgagina ayon bo‘lgan ulug‘ o‘yinchisan! Sen Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam urush — o‘ziga xos firib berishdir, deb marhamat qilganlaridek, ustomonlik bilan bizni qutqargan, mujohidlar safiga qo‘shgan kishisan. Alloh rozi bo‘lsin, yaxshiliklaring uchun! Faqat men sening bu yaxshiliklaringga arzirli yaxshilik qilib ulgurmadim. Qaytaga seni og‘ir ahvolga solib, Tangritog‘dan chiqib ketdim. Izimni yo‘qotib ketdim. Senga jabr qilib ketganimni, Chaman, endi anglab turibman. Lekin endi kech, orqaga qaytishga imkon ham, yo‘l ham yo‘q. Uzr, oshna, Allohning xohlashi balki shunday bo‘lgandir. Men barcha-barchasini hozir tarozuga solib, kim haq-nohaqligini aniqlashga ojizman. Faqat Buyuk Kamonchi — Allohning panohiga qochib to‘g‘ri qilganimni bilaman, xolos. Qori akam aytdilar: Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vasallam Hazrati Aliga: «Ey Ali, agar butun olam senga dushman bo‘lsa ham hech andisha qilmagil rost so‘zlashdan, omonatni asrashdan, juvonmardlikdan» deb vasiyat qilmishlar. Shu bois men ham senga rost so‘zni aytdim, toki meni qasamga hiyonat etdi, deb o‘ylamagaysan va bundan keyingi qadamlaringni bilib bosib, o‘zingni kasu nokaslardan asragaysan.
Oh, Chaman, Chaman, bilasanmi, bizning fojiamiz nimada? Sarhad oshmaganimizda, dunyo ko‘rmaganimizda. Kindik qonimiz to‘kilgan joynigina vatan hisoblab yurishimizda. Undan ajrasak, o‘zimizni eng baxtsiz kishi sanashimizda. Vaholanki, Alloh bizga butun yer yuzini namozgoh qilib berib qo‘ymish. Va unga bizni vaqtincha nigohbon etib tayinlamish. Ana shu imtihon diyoridaki, biz barcha mo‘minlarning dardi bilan yashay bilmas ekanmiz, qandoq ham butun yer yuzini sajdagoh vatan tuta olgaymiz. Mangu vatanimiz jannatga erisholgaymiz?! Busiz Alloh roziligini topib bo‘lgaymi?! (Yana biz o‘zimizni mujohid sanab yuribmiz!)
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:24:17
Chaman, xatning shu joyiga kelganda o‘qishdan to‘xtagil-da, volidang Oyto‘ra buvi oldilariga chiq. Chiq-da, (darvoqe, biz uchun aziz u kishiga ko‘pdan-ko‘p duoi salomlarimni yetkazgaysan. Alloh u kishini sizlarinng baxtingiz uchun ham o‘z xifzu himoyasida asrasin. Yana ko‘p yillar shu xonadonning duogo‘y onaxoni bo‘lib o‘tirsinlar!) karavotlari tepasidagi jildda osig‘liq turmush o‘sha Kalomullohni ochib, biz vatanjudolar haqida kelmish bir oyatni — Niso surasining 100-oyatini topib o‘qib berishlarini iltijo et. Shunda ko‘ngling joyiga tushib, barcha g‘ilu g‘ashliklarni, alamlarni unutib, hech zamon tuymagan bir xotirjamlikni tuygaysan, o‘rtoq.
Qaytib chiqdingmi, endi eshit. O‘sha Qur’oni Karimni birinchi bo‘lib bizning tilimizga o‘girmish zot (u kishi ham vatanjudo — bu yoqlarga hijrat qilmish ko‘p tabarruk kishi emishlar) — ana o‘sha kishi hijrat oyatini bunday sharhlamishlar: «Kishiki, Xudo rizosi uchun aziz vatanlarin, mahbub xonadonlarin va xesh-aqrobolarin tashlab, alarning hajrlariga sabr qilurlar va aziyat olamiga o‘zlarini olurlar, Janob Parvardigor alarga vatanlaridan yaxshi vatan va birodarlaridan mehribon birodarlar va izzatlaridan ziyoda izzat va rizqlaridan ortiq rizq ato qilur. Va bu — dunyodagi ajrlaridur, oxiratdagi daraja va savoblarini bayon qilib bo‘lmas. Agar andin xabardor bo‘linsa erdi, hijrat qilolmag‘on bechoralar ham har nechuk kulfatlar va aziyat ko‘rsalar ham albatta, hijrat qilur erdilar».
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:24:31
U kishi bizdan ancha oldin bu tomonlarga hijrat etib, shu darajalarga yetmishlar. Ishon, biz ham Allohga shu tariqa tavakkul qilgan kishilar izidan bu diyorlarga ularni qora tutib kelganmiz. Har qancha aziyatlar bo‘lsa, chidamoqqa bel bog‘laganmiz. Xudo xohlasa, u taraflarda ado etolmagan (ado etishga qo‘yishmagan!) vazifamiz — barcha mo‘minlarning dardi bilan yashash orzumizga shu yerda yetsak, shoyad! Shoyad, o‘z vatani, yaqinlari, qavmu qarindoshlaridan ajrab aziyat olamiga yuz tutgan vatanjudolar dardiga malham bo‘la olsak, ularni bebaqo dunyoning turfa adolatsizliklaridan himoya eta olsak. Jilla qursa, ular suyana oladigan bir «vatanjudolar jamiyati» tuzsak edi. Loaqal o‘z yo‘lini yo‘qotgan, adashgan, mushkul kunga, vaziyatga tushganlarga esh bo‘la olsak edi, Alloh roziligini toparmidik?! Taqdirni qaraki, o‘z yurtiga sig‘mamish va quvilmish buyuk bobokalonimiz Bobur Mirzo vatan tutib, saltanat qurmish diyorlarga biz g‘ariblarni-da qadami yetdi. Ul zot bir hovuch ishongan birodarlari ila saltanat qurgan bo‘lsalar biz sig‘indi vatanjudolarni himoya eta oladigan, silai rahm ko‘rsatadigan jamiyat tuza olmasmizmi? Loaqal o‘zimiz uchun, Alloh roziligi uchun! U jamiyat saltanat da’vosini qilmas, lekin sobiq mujohidlarni-da xo‘rlatib qo‘ymas.
Yodingda tut. O‘sha O‘rinburgdan cho‘l oshib, necha qum-taqirliklarni ortda qoldirib, Makka safariga chiqmish ulug‘ tutqun Xudoyorxon qadami yetgan joylarga yetib kelmishbiz. Va u suv kemasiga tushib, Jiddaga otlangan bandargohdan ish topmishbiz. Ishimiz chinakam qora ish — kemalaru qayuqlarning tagini saqich-qoramoy eritib mumlashdir. Ammo shunday ishni topolmagan darbadarlar ham qancha, Allohga mingdan-ming shukrki, bizni ishlik etti, boshpanalik etti. U yog‘iga ham Xudo o‘zi Halloqdur. Ishqilib niyatimizni o‘zimizga hamroh etsin, hidoyatini darig‘ tutmasin.
Chaman, jon birodarim, Alloh o‘zingga to‘zim bersin, u diyorda men uchun aziz kimlar qolgani yolg‘iz o‘zingga ma’lum. Nima demoqchiligim ham o‘zingga ayon. Ularni senga, seni esa, Xudoga topshirdim. U ojizalarimdan o‘zing xabardor bo‘lgaysan. Alloh O‘zi panohiga olsin. Agar o‘tga tushsang, O‘zi Namrudning o‘tini sovuq qilib, Ibrohimni asraganidek asrasin, Agar tegirmonga solsalar esa, yana O‘zi butun chiqarsin. Chunki sen biz mazlumlarga keraksan. Duolarim ijobat bo‘lmog‘ini Allohdan so‘rab,

Sultonmurod birodaring. Bombey».
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:24:54
14. Yana bir umrli asrordoshim Chamanga

«Hov, asrordoshim-sirdoshim, Chaman! Senga yolg‘on, Xudoga chin — Alloh bizni yorlaqadi! Shunday bir darbadarlikda biz mazlumlarni qo‘lladi-ya! Chindan uning O‘zi «Xuva a’la kulli shayin qodir»dir. «Xuvar Rohmanur Rohiym»dir! Mazlumlarning g‘amini yeguvchi «Va xuval azizul hakiym»dir.
Faqat niyatni to‘g‘rilab, yolg‘iz O‘ziga tavakkul qilsang bas ekan, suyansang bas ekan! Qo‘llaguvchi, yetkazuvchi O‘zi ekan!
Kim o‘ylabdi, dengiz bo‘yi bandargohida, kishi nazariga ilmas bir yumushni bajaruvchilar — shu ishdan ro‘shnolikka chiqamiz deb?! Kim ham xayoliga keltiribdi, qoraqurumga belanib mum erituvchi va kemalar tagini saqichlovchi bizdek kelgindilar yarim yilga qolmay o‘zimizni o‘nglab olamiz deb! O‘nglab olibgina qolmay mushkul kunga tushib qolgan vatangadolarni qo‘llaguvchi kishilarga aylanamiz deb!
Avvalboshdan niyatimiz Allohga xush kelganini ko‘r!
Kel, yaxshisi, bir boshdan aytay. Bunday voqea — Allohning inoyati deymizmi, sinovi yoxud mo‘’jizasi deymizmi, o‘tgan asrda biz tomonlarda ham sodir bo‘lgani qachondir qulog‘imga chalingandek... Hozir kimdan eshitganimni aniq eslay olmayotirman. Ammo Allohning qudratini ko‘rki, o‘zimiz o‘shandek holga tushgan edik. Bo‘lmasa, hech kim nazarga ilmas bu bandargohda kimlar ishlab ketmagan, bu qirg‘oqni qancha suvlar yuvib o‘tmagan. O‘shanda ochilmagan xum bir to‘lqin kelishi bilan ochilib turibdi! Har kuni o‘tadigan oyoq tagimizdan chiqib turibdi! Qumdan kavlab olsak, ichi to‘la xazina. Yaxshi ham Qori aka bor ekanlar:
— Esingizni yig‘ing, yigitlar. Hech kimga buyurmagan bu xazina bizga ham buyurmas. Uning o‘z egasi bor, — dedilar hayratimizga suv sepib, — agar egasini topib ishlatmasak, ajri ham buyurmas. Bu yo sinov, yo fitnadir. Hozircha undan nari turmoq lozim. O‘ylang, nega bizdan oldin o‘tgan shuncha kishilarga ko‘rinmay turib, bizga ko‘rindi? Mana shuning siriga yetmoq kerak...
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:25:08
Yaxshiyam qaytargan ekanlar, xazina egalarini Allohning o‘zi ko‘rsatdi. Qori aka Qur’on ochib, hikmat qidirgan edilar, «Allohga qarzi hasana beringlar!» oyati chiqdi.
— Darvoqe, botur, avvalboshda niyat nima edi?! Vatanjudolarga qayishmoq, ularning boshini silamoqmidi?! Alloh ana shunga yarasha yetkazibdi. Bu o‘sha jamiyat uchungina halol! — deb fatvo berdilar.
Uni qara! Mo‘minning, mazlumning niyati xush kelsa, Allohdek Zot qum tagida Xudo bilsin, necha zamonlar yotgan xazinani bir to‘lqin yuborib ochib qo‘yadi ekan! «Kun» deptiyu ustini ochib qo‘ya qolibdi! Ana shunday qilib degin, Chaman, yetarli jamg‘armasi bor jamiyatga ega bo‘lib turibmiz. Kecha qora bir go‘loh edik, hech kim nazariga ilmagan! Bugun vatandan uzoqda o‘zimiznikilarga muruvvat ko‘rsata olguvchi dasti uzun kishilarga aylanib qolgan edik. Ana, Allohning niyatga qarab berishiyu haq va’dasi!
Alloh roziligi uchun aziz vatanlariyu mahbub xonadonlarini, xeshu aqrobalarini tashlab chiqqan kishilarga va’dasi esa, vatanlaridan yaxshi bir vatan, birodarlaridan mehribon birodarlar, izzatlaridan a’lo izzat, rizqlaridan ortiq rizq va bu shu dunyodagisi edi! Qaraki, haligi xazina o‘sha va’dalarning debochasi ekan! Qur’onni turkiyga o‘girib sharh etgan Oltinxon to‘ram ta’villari rost chiqdi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:25:21
Alhamdulillahillazi, ko‘ngli o‘ksik, qaddi bukik kelgindilar edik, O‘zi qo‘llab, dasti uzun, bag‘ri keng muruvvatpeshalarga aylantirdi. Ishqilib O‘zi adashtirmasin, sirotim mustaqim yo‘llaridan toydirmasin, o‘sha ulug‘ niyatimizni o‘zimizga hamroh etsin. Hijrat diyorida mushkul kunga tushib qolgan kishilarni daraklab topuvimizda, qo‘llab oyoqqa turg‘izib qo‘yuvimizda O‘zi madadkor bo‘lsin.
Chaman, o‘ylama, biz bu ishni shuhrat uchun yo biron norasmiy hukumat yoxud saltanat ilinjidamas, Alloh roziligi uchun boshladik. Madadimiz beg‘arazdir. Hijrat diyorida yolg‘iz Allohga suyanib yashamoq, umrguzaronlik qilmoq uchundir. Unga tirnoqcha ham riyo aralashishini istamasmiz.
Albatta, hijrat diyorining ham o‘ziga yarasha aziyatlari, achchiq-chuchuklari, imtihonlari bor. Ammo unga sabr qilmoq — Alloh roziligini topmoq bilan barobarligi bizga katta saodatdir. Qolaversa, hijratdagilarning birodarligiga asos solmoq xuddi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam zamonlaridagi muhojirlar bilan ansorlar birodarligiga o‘xshab-o‘xshab ketmoqda. Qani edi bu ham xuddi o‘shandek Allohga xush kelguvchi amallar sirasiga kirsa...
Bizni tanigan azizlarimizga salomimizni yetkazgaysan. Duoda bo‘lsinlar. Vallohi a’lam bissavob.

Bombeyi azimdan Peshovarga qaytgan
Sultonmuroddan deb bilgaysan, do‘stim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:25:42
15. Tushlarimga kirguvchi ul azizam — Mahfuzaga

«Mahfuzam, negadir keyingi paytlarda tushlarimdan arimay qoldinglar. Yana bir vaqtda — kechaning uchdan biri qolgan kezda, Qori aka ayni tungi namozga turib, kulbamizning bir chetida ibodatga tushgan chog‘larida kirasizlar. Nima bo‘ldi ekan sizlarga? Shu uyqum o‘chganicha — Qori aka namozu duoyu iltijolarini tugatib, bomdodga azon chaqirgunlariga qadar ko‘zim ilinmas. Azondan esa, yengil tortib turgayman. Ungacha Qori akani xijolat etmay deb qilt etolmasman.
Bugun ham o‘sha tanish hovlida — Salomxon xolamgilarning hovlilarida ko‘rdim. Anhordan suv olib kelib, lipa urgancha hovliga shakarob berib, bir chiroyli suv sepib yuribsizlar. Bir shirintoy bolakay esa o‘sha uyning tanish zinasida oyog‘ini osiltirib o‘ynab o‘tiribdi. Sepilgan suv sachrab-sachramay, yelkasini qisib bir chiroyli nari suriladi va qiqir-qirqir kulishda davom etadi. Hazillashgisi kelmagan sizlarni-da, hazillashishga undaydi. Tagida qolgan jindek suvni sepmoqchidek bo‘lib bir harakat etgan edingiz, paqir yuqori ko‘tarilib ketib, tagidagi suv har ikkalangiz ustingizdan yomg‘ir-yog‘aloq bo‘lib sochilib ketdiyu bo‘ldi tomosha!.. Har ikkingiz ham bundan shod, yayrab-yashnab kulardingiz.
Men esam, o‘sha qari qora tol tagidagi supa chetida iyib turganmishman...
Tavba, bu nimasi? Nimadan imdod bermoqdasizlar? Sizlarni sog‘inganimdanmi yo ko‘nglimga xotirjamlik indirish uchun kirmoqdasizlarmi tushlarimga? Suv, albatta, yorug‘lik, sizlar Alloh rahmati ostida yurganingizga bir ishora. Lekin uzoqning ishi qiyin ekan, bilay desam, bilolmasman, ko‘ray desam— ko‘rolmasman. Ishqilib, O‘zi panohida asrayotgan bo‘lsin.
Mahfuza, harna qilsa, ota diyordasiz, shukr qi-linglar. U diyorga yetolmaganlar qancha. O‘rtamizga tushgan ayriliq ham behikmat emasdir. Men sarhaddan o‘tib, sizlar o‘ta olmay qolganingizda, nima bo‘lardi? Xudo ko‘rsatmasin, qaytib ko‘risha olarmidik-yo‘qmi? Bu holda jilla qursa, bir kecha mehmon etti-ku, Allohim. Bu yog‘ini ham o‘zi oson etar, axir. Shunday qoldirmas!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:31:31
Azizam, bu ayriliqning hikmati shundaki, u Sizni biznikilarga yetkazmoqchi ekan, yetkazibdi, shu yo‘l bilan Alloh azza va jalla o‘z hifzi-himoyasiga olmoqchi ekan, olibdi deb, tushunmoq kerak. Bu yog‘ini ham O‘zi chiroyli etsin. Axir ojizlarning himoyachisi U bo‘lmay, kim bo‘lgan!
Mahfuzam, o‘zing oqilasan. Ko‘p narsalarni bir og‘iz so‘zdan anglay olgaysan. O‘yla, bu dunyoda bizdan ham battar ayrilig‘u judoliklarda qolganlar qancha. O‘shalardan etsa, bundan og‘irroq, mushkulroq sinovlarini ravo ko‘rsa, nima qilardik? Shunisiga ham shukr, bularning hammasini Allohning yozmishi deb, imtihoni deb qabul qilmoq kerak. Nolisak Allohga xush kelmas. Shu ma’noda bizdan bir qancha ko‘p ko‘ylak yirtgan ustozimiz Qori akaning boshlariga tushgan ko‘rgiliklar oldida bu xolvadir.
U kishi yaqinlaridan ayrilib, bu tomonlarga ikkinchi hijrat etishlari ekan. Men buni Elchin boturdan eshitib, lol qoldim. Ular diyorlaridan quvilib, Tangritog‘ni qora tortib kelayotib bir tog‘ qishlog‘iga kirishsa, o‘sha yerning o‘ziga to‘q, or-nomusli bir kishisini notanish ellarga badarg‘a etishayotgan ekan. Ayollar piq-piq yig‘lashar, bolalar kecha o‘zlari o‘ynab-kulgan uylaridan umid uzolmay mo‘ltirab turishar ekan. Shu kez soqollariga oq oralagan pokiza kiyimli bir qariya ulardan ajrab chiqib:
— Hoy, yaxshilar, ko‘kragida yoli bor kishi bormi orangizda, bir dam to‘xtang. Jilla qursa, sizlar rahm eting, — deb kela boshlabdi. —  Biz u yot ellarga borarmiz ham, yot qavmlar ichida qolarmiz ham. Chidarmiz Allohning bu sinov ko‘rgiliklariga. Lekin manavi bo‘y yetgan qizimizga rahmingiz kelsin. U axir birovning xasmi, sizga o‘xshagan bir musulmonning xasmi. Men uni o‘zim bilan ola ketib, ertaga nima qilaman? Kimga berib, kimga uzataman? U qay begona tuproqda tup qo‘yib, palak yozadi? Ko‘ra bila turib, bir ma’sumani do‘zax o‘tiga otamanmi? O‘tinaman sizlardan, olib qoling. Bir mo‘minning uyini gullatsin. Birovlarga xasm bo‘lganidan, iymonidan ayrilganidan ko‘ra, olib qoling, o‘zidan ko‘paysin, ilohim. Jilla qursa, orqamizdan duo yuborib turguvchi bir zurriyotimiz qolsin bu diyorlarda ham...
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 30 Sentyabr 2007, 14:32:04
Qarashsa, bo‘yi yetib-etmagan, oy desa degudek, kun desa kundan ravshan yuzlik bir mohichehra. Qori aka yuraklari jiz etib, otdan tushibdilar va qizni yigitdek kiyintirib, otga mingashtirgancha hijrat yo‘lida davom etibdilar. Tangritog‘ga yetishgach, bir kosa shirin suv ila nikoh o‘qitib, bir muruvvatpesha odamning kulbasida yashay boshlabdilar. Ammo Alloh qizni husnda benazir etgani bilan umrdan qisgan ekan. Farzand ko‘raturib, bu olamdan ko‘z yumibdi. Qori aka yolg‘iz yodgor chaqaloq bilan qolibdilar. So‘ng yana bo‘yinga o‘limni olib, sarhad oshib o‘tib, zurriyotlarini ishonchluv kishilarga qoldirib qaytibdilar. Shu-shu biz bilan ekanlar. O‘shandan beri u tirnoqlaridan na xabar bor, na xat. Tirik bo‘lsa, falon yoshga yetdi, maktabga qatnayotgandir, deb qo‘yadilar-u, ammo mahzun tortib yig‘laganlarini bilmaymiz. Faqat kechalari joynamoz ustida soatlab o‘tirishlari bor, Allohga tavallo qilishlari bor. O‘sha yolg‘iz zurriyotlari kamolini so‘rab, duo-iltijodan charchamaslar.
Qori akaning o‘rnida boshqa odam allaqachon tob tashlab, yiqilib qolardi. Lekin u kishi Allohga tavakkul qilib, yolg‘iz tirnoqlarini uning panohiga topshirib qo‘yiptilar. Ana sabotu ana matonat! Ana Allohga tavakkul! Shu bois ham biz yolg‘izmasbiz, Mahfuz. Jilla kursa, mening Yodgorim yonida sen borsan, senga suyanadi u tirnog‘imiz, bizning davomchimiz! Shunga-da shukr qilmoq kerak, yaxshi kunlarga umid tutmoq kerak. Shoyad o‘sha mitti zurriyotimiz bizning o‘rtamizda uzilmas bir rishta bo‘lib qolsa. Shoyad u biz xijronzodalarni, diyoridan judo bo‘lgan, ayriliq ichra qolib, aziyat olamida tentiraganlarni bir kun kelib topishtirishga sabab bo‘lsa.
Inshaalloh, degilki, qolgan barchasini Alloh o‘zi o‘nglagay. Shu bois, senga taloq so‘zini yo‘llashga tilim bormas! Seni barcha mushkulu mushkulotlardan shu bir og‘iz so‘z ila qutultirish, yo‘lingni ochib qo‘yish mendan lozim bo‘lsa-da, men u so‘zni hech qachon tilga olmasman. Olgan kunim mening o‘lganimdir, Sulton nomimdan tonganimdir! Dunyoda sizlar bor ekansiz, men ro‘shnolik uchun, sizlarga yetishmoq uchun kurashavergayman. Allohdan o‘tinib-o‘tinib so‘rayvergayman. Albatta, Uning O‘zi istasa, taqdirimizni ham o‘nglagay. Iloho, O‘zi bu o‘tkinchi dunyoda hech kimni O‘zidan o‘zgaga muhtoj etmasin.
Ko‘zlaringda billuriy yosh ko‘rmoqdaman. Iloho, u Allohimga ham xush kelsin.

Sultonmuroding. (Peshovar)».
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:08:59
16. Jigarbardim, so‘ngsiz dardim Olimga
«Ukaginam, Olim!
Men seni endi qaylardan so‘roqlarman, kimlardan daraklatarman?! Oramizda qancha tog‘-dovonlar, qancha toshqin soy-daryolar yotibdi. Necha qavat sarhadlar tushmush o‘rtaga. Esiz, hech kim o‘ylamagan ishlar bo‘lib ketdi. Alloh rizqimizni shu yoqlarga sochgan ekan, u diyorlarni endi tushda ko‘rmoq ham dushvor.
Esiz, nega avvalda parvo qilmadim, tergamadim, surishtirmadim, ketga tashladim? Ayadimmi, adash yo‘llarga kirib qolganingga ishonmadimmi? Bizning zot, bizning palakdan unday odamlar chiqmasligiga ishonib, yakkama-yakka gaplashmoqni ortga tashladimmi, ishqilib biz kutmagan ishlar bo‘lib ketdi. Diyordan bosh olib ketmoq lozim bo‘lib qoldi. Seni topish, topib Alloh rozi bo‘ladirgan yo‘llarga boshlash lozim bo‘lganida... hammasi kech edi. Qolaversa, izingni topolmadim.
Ayb menda. Men aka edim, bitta bo‘lsa ham ko‘proq ko‘ylak yirtgan edim, seni qayirish, qaytarish mendan lozim edi. Shaytanat yo‘liga kirib qolganingga ishonmay, dog‘da qoldim. Dardim ichimda. Endi hech kimga aytolmasman, naryog‘i yo‘q. Sen yo‘qolgan diyorga yetib-etolmasman, topib-topolmasman.
Daragingni bilib berguvchi bir kishi bor edi, undan ham ayro tushdi yo‘limiz. Faqat umid Allohdan. O‘zi senga hidoyat bersin. Yuziqaroliklardan O‘zi asrasin.
Olim, bu xatni senga qay tarzda yetkazishni ham hali bilmasman. Lekin ichimdagilarni senga ochiq-yoriq aytmasam bo‘lmas. Axir men yolg‘iz tug‘ishqoningman. Bir qorindan talashib tushganmiz. Men qayg‘urmasam, kim qayg‘urgay? O‘zim qay diyorlardaman-u, kechagida tushlarimga kirib yuribsan. Yolg‘iz o‘zingmas, yoningda kamar taqib, nagan osgan yana kimlardir ham bor. Padaribuzrukvorimiz oldilariga kelmishsizlar. Bilasanmi, sen salom bersang ham u zot o‘girilib qaramayotganmishlar.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:09:10
Axiyri sheriklaring seni yolg‘iz tashlab ketishdi hamki, rahmatli otam — padaribuzrukvorimiz yuzing-ga qaramay tasbeh o‘girishda davom etaverdilar. Sen qarshilariga tiz bukib, qo‘l qovushtirgan eding, u kishi o‘girilib oldilar. Sen yana o‘sha tomonga o‘tib eding, u kishi yana bu tomonga yuz burib oldilar, tavba. Keyin sen nima qilaringni bilmay tek turib qoldingu... men ham uyg‘onib ketdim. Tursam, qora terga tushib ketibman. Yuragim ham shunday bejoki...
Nega bu taxlit tushlarimga kirib yuribsan, boshingga ne mushkulu mushkulotlar tushdi, otam nega norozilar — bilolmay garangman.
Otam betingga ham qaramayotganlarini tushunish mumkindir — go‘rlarida ham tinch emaslar. Lekin sen-chi, sen nobakor nega oyoqlari tagiga yotib bo‘lsa ham uzr so‘ramayapsan, salomimga alik olmayaptilar deb to‘rsayib turibsan?! Hech zamonda o‘g‘il otadan achchiqlanadimi, gina-kuduratlarga boradimi? Uzring-ni aytib, duolarini olmaysanmi, yo‘ling ochilib ketmaydimi?!.
Va bexos shu tush menga nimani eslatib yubordi degin. Qori aka uzun sargardon yo‘llarimizda madad bo‘lsin deb aytib berganlari bir tarixni — Payg‘ambarimiz (U Zotga Allohning salomi bo‘lsin) zamonlaridan og‘izdan-og‘izga, kitobdan-kitobga o‘tib kelayotgan bir voqeani esga solib yubordi.
Eshit, senga o‘xshamish bir kishi bilan ham shunday voqea sodir bo‘lgan ekan. Bu tarixni u sahoba o‘z og‘zi bilan hikoya etgan. To‘qima deb o‘ylama. U zamonlarda faqat rost so‘zlaganlar. Yolg‘on aralashtirishni xayollariga-da keltirmaganlar. Negaki Allohdan qo‘rqqanlar. Iymonlari shu darajada ziyoda bo‘lgan.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:09:19
Bu yog‘ini Qori akadan eshitganimcha qog‘ozga tushirdim. Kam-ko‘stini Alloh kechirsin. O‘sha Vahshiy ibn Xarb otli qora qul o‘zining mash’um va mashhur nayzasi tufayli topgan la’natu hidoyati haqda asrlar qa’ridan bizga shunday xabar qoldirgan. U sahobalarning chin tarixlaridan joy olmish. Tingla.
«Men Quraysh zodagonlaridan Jubayr ibn Mut’imning quli edim, — deydi u. — Badr jangida Hamza ibn Abdulmuttalib Jubayrning amakisi Tuaymani o‘ldirdi. Shundan keyin hojam qattiq qayg‘u chekdi va qotilni o‘ldirib, amakisining qasosini olishga qasam ichdi.
Qo‘shin Uxud jangiga otlanganida hojam meni chaqirdi:
— Ey Abu Dasama, qullikdan ozod bo‘lishni istaysanmi? — dedi u.
Men so‘radim:
— Ha, lekin qanday qilib?
— Men seni ozod qilaman, — dedi u.
— Qanday shart bilan? — deb so‘radim.
— Amakim Tuayma ibn Adiy qasosi uchun Muhammadning amakisi Xamza ibn Abdulmuttalibni o‘ldirsang — ozodsan.
— Kim bunga kafolat beradi? — dedim.
— Hoxlagan kishing. Istasang hamma odamlarni guvoh qilaman.
— Yaxshi. Men roziman,— dedim.
Men haqiqiy habash edim, habashlarning nayza otish san’atini toza egallagan edim. Otgan nayzam xato ketmasdi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:09:29
Shundan so‘ng nayzamni olib, qo‘shinga qo‘shildim. Men qo‘shinning dum qismida ayollar bilan yonma-yon borardim. Ular jangchilarni rag‘batlantirib borishar edi.
Uxudga yetgach, Xamzani qidirishga tushdim. U bahodirlar odatiga ko‘ra, kuchli raqiblarni o‘ziga chorlash uchun peshonasiga tuyaqush pati taqib olgandi. Xuddi kulrang tuyadek o‘kirib, qilichini o‘ngu so‘lga sermab jang qilardi.
Men Xamzaning yaqinlashishini poylab bir daraxt orqasida yashirinib turardim. Shunda Sibo’ ibn Abduluzza ismli quraysh chavandozi yonimdan o‘tib:
— Hey, Xamza, yakkama-yakka olishasanmi? — deb qichqirdi. Xamza:
— Bu yoqqa kel, mushrikvachcha, bu yoqqa, — dedi.
Ikki pahlavonning olishuvi uzoqqa cho‘zilmadi. Xamza bir qilich siltash bilan raqibining kallasini sapchaday uzib tashladi. U gursillab yiqildi. Shunda nihoyatda qulay payt keldi va men nayzamni ko‘tarib, xezlanib turdim-da, bor kuchim bilan unga it-qitdim. Nayza Xamzaning qornidan kirib, orqasidan teshib chiqdi. U menga qarab bir-ikki qadam tashladi, so‘ng yerga quladi. U o‘lganiga aniq ishonch hosil qilgach borib nayzamni sug‘irib oldim-da, orqamga qaytdim.
Shunday qilib, men hur odamga aylandim. Muhammadning ishi rivoj topib, musulmonlar soni oshgani sayin mening qalbimdagi tashvish ham kuchayib borardi. Axiyri butunlay g‘am-qayg‘uga tushib qoldim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:09:42
Muhammad qo‘shin bilan kelib, Makkani fath etganida Toif tarafga qochib ketdim. O‘sha yerda omonlik topamanmi, deb o‘ylab edim. Biroq ular ham Islomga moyillik bildirib, Muhammadga vakillar jo‘natishdi. Shunda tarvuzum qo‘ltig‘imdan tushib, dunyo ko‘zimga tor ko‘rinib ketdi. O‘zimcha yo Shomga, yo Yamanga ketsammi, deb o‘ylay boshladim.
Shunda menga rahmi kelgan odamlardan biri:
— Xudo haqqi, hoy, Vahshiy, Muhammad uning diniga kirib, haq shahodatini aytgan odamlarning birortasini ham o‘ldirmaydi, — dedi.
Buni eshitib men Yasribga, Muhammadning huzuriga yo‘l oldim. Surishtirsam, masjidda ekan. Qo‘rqa-pisa oldiga kirdim. To‘g‘ri tepasiga borib:
— Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluhu, — dedim.
U shahodat kalimasini eshitib, boshini ko‘tardi. Menga ko‘zi tushib, tanidi. Tanidiyu yuzini o‘girib oldi. Teskari qaraganicha:
— Sen Vahshiymisan? — dedi.
— Ha, yo Rasulilloh, — dedim.
— O‘tir, Xamzani qanday o‘ldirganingni gapirib ber, — dedilar u kishi.
Men o‘tirib, bo‘lgan voqeani oqizmay-tomizmay so‘zlab berdim. Hikoyam oxiriga yetgach, u kishi yana yuzlarini o‘girib oldilar va:
— Turqing qursin, ey Vahshiy. Bor, ko‘zimga ko‘rinma. Bugundan keyin seni ko‘rmayin, — dedilar.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:09:52
O‘sha kundan boshlab men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nigohlaridan qochadigan bo‘ldim. Sahobalar u kishining oldilariga o‘tirishsa, men orqalaridan joy olardim. Payg‘ambar alayhissalom to Parvardigorlarining huzuriga ketgunlaricha meni ko‘rmadilar.
Men Islomga kirish avvalgi gunohlarni kechirib yuborishini bilsam-da, qilib qo‘ygan mash’um ishimdan qattiq xijolat chekib yurar, uni yuvib tashlaydigan fursat kelishini ko‘zim to‘rt bo‘lib kutardim.
Payg‘ambar alayhissalom vafotlaridan keyin Musaylama kazzobning qavmi murtadlik yo‘lini tutdi. Abu Bakr unga qarshi urush qilib, Bani Hanifani Allohning diniga qaytarish uchun qo‘shin tuza boshladi Shunda o‘zimga o‘zim:
— Xudo haqqi, mana, sen uchun qulay fursat keldi, ey Vahshiy. Foydalanib qol, — dedim.
So‘ng lashkar safida jihodga jo‘nadim. O‘zim bilan o‘sha mashhur nayzani — shahidlar sayyidi Xamza ibn Abdulmuttalibni qatl etgan nayzani olvolgan edim. Yo Musaylamani o‘ldirishga, yo shahid bo‘lishga qasam ichdim.
Musulmonlar Allohning dushmanlarini surib borib, «o‘lim bog‘i»ga tiqib qo‘yishdi. Men kazzobni qidira boshladim va uni qo‘lida qilich tutib turgan holda ko‘rdim. Qarasam bir ansoriy xuddi menga o‘xshab, uni o‘ldirish uchun payt poylayapti. Men qulay imkoniyatga ega bo‘lganimda nayzamni olib, bir-ikki hezlandim-da, so‘ng kuch bilan Musaylamaga uloqtirdim. Nayzam aniq nishonga sanchildi. Men nayza otgan paytimda boyagi ansoriy berkingan joyidan sapchib chiqib, Musaylamani chopib tashladi. Qaysi birimiz uni o‘ldirdik — Alloh biladi. Agar men o‘ldirgan bo‘lsam, Muhammaddan keyingi eng yaxshi odamni ham, eng yomon odamni ham o‘zim qatl qilgan bo‘laman...»
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:10:12
Mana shu tarix. Endi bu yog‘ini o‘zing tushunib olaver, Olim. Agar otam tushimga kirmasalar edi, seni ko‘rib yuzlarini o‘girib olavermasalar edi, men bu tarixni senga yozib, yo‘llab o‘tirmasdim ham balki.
Tanangga o‘ylab ko‘r, kim eding, qaysi ko‘chalarda yuribsan? Kimlarning zurriyoti ekaningni nahot unutib qo‘yding? Otamiz — ul zot, xuddi Payg‘ambar alayhissalomdek sendan yuz o‘giryaptilar. Turqingni ko‘rishni istamayaptilar, uka. Bu qanday isnodligini bilasanmi o‘zing? Kimlarning gapiga uchib u ko‘chalarda yuribsan? Va axiyri kim bo‘lmoqchisan? Hozir-ku, mayli, bu foniy dunyo ham o‘tar, erta birisi kun — tongla Mahsharda qay yuz bilan otamizga ko‘rinasan? Qurumu is bosgan qora yuz bilan Parvardigorga ro‘baru bo‘lmoqchimisan?
Hali-da kech emas. Bekorga otam xafahol o‘tirganlari yo‘q. Tirik  bo‘lsalarki, top-da, oyoqlarini o‘p, uzr so‘ra, desam.
Ota rozi — Xudo rozi, degan gap bor. Ota roziligini topish iloji yo‘q ekan, nega endi tavba eshigini qoqmasliging kerak?! Nega yolg‘iz Uning O‘ziga tavba-tazzarular bilan hidoyat so‘ramasliging, sajdaga bosh urmasliging kerak? Qachongacha g‘o‘ddayib o‘tmoqchisan? Egil, ukam. Azbaroyi jonim achiganidagn yozmoqdaman bu gaplarni, Hali bu xat qo‘lingga tegadimi-yo‘qmi, qalbingni larzaga soladimi-yo‘qmi, u shayton ko‘chasidan qaytasanmi-yo‘qmi, bilmasman, Olim. Ammo tanangga o‘yla, o‘sha Vahshiylar tavba eshigini qoqib, hidoyat topganida, sen — otamizning pokiza palagidan bo‘lgan bir zurriyot nechuk insofga kelolmasang?
Ilohim, men adashayotgan bo‘lay.
Ilohim, ichimdagi hadiklar bari yolg‘on bo‘lib chiqsin.
Ilohim, o‘ylarim behuda, tushlarim shaytoniy bo‘lib chiqa qolsin.
Ilohim, sen siroti mustaqim yo‘lini topib olgan bo‘lginu men bexabar qolgan bo‘lay.
Alloh barchamizin O‘z panohida asrasin. Omin.

Akang Sultonmuroddan
deb bilgaysan.
Kalkutta».
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:10:26
17. Umidim ertasi, bir bo‘lsa, ushalmagan murod-maqsudlarga yetguvchi ukam Maqsudga

«Mehribon va rahmli Alloh nomi ila boshladim.
Biz tirikmiz, Maqsud. Yog‘iy bizni to‘zitib, Muztog‘ga quvib solgan bo‘lsa-da, Allohning madadi ila biz omon qoldik. Yog‘iyning o‘zi esa, lak-lak lashkari bilan Tangri yuborgan balo qorining ostida qoldi. Qaraki, nusrat lak-lak qo‘shinga emas, uch birdek mujohidga nasib etdi.
Shundan keyin ham Allohga hamd aytmaylikmi! O‘zi ko‘rsatgan yo‘ldan ketmaylikmi?!
Shundan keyin ham yolg‘iz O‘ziga tavakkul qilmaylikmi?! O‘zining panohiga qochmaylikmi?!
Maqsud, biz tashlab chiqqan ona diyor ohanrabodek o‘ziga qanchalar chorlamasin, u yoqda siz aziz tug‘ishganlarimiz ko‘zlaringiz to‘rt bo‘lib, yo‘llarimizga qancha ko‘z tutmanglar, hijratni ixtiyor etdik. Bir yax-shi kunda qaytmoq uchun ham hozircha Alloh panohiga qochdik. Chunki sarhad ortidagi mojarolar ichiga olovga urilgan parvonalardek urilolmasdik biz. Tushunib turib, ko‘rib turib, o‘zimizni o‘tga tashlolmasdik biz.
U majoralarga musulmon nigohi bilan ham qaramoq lozim ekan. Alloh ham ko‘r-ko‘rona qurbonni emas, hijratni xush ko‘rgaykan. Hijrat etguvchilarga o‘z diyorlaridan chandon yaxshiroq diyorlar, rizqlar, islomiy hayot ato etgaykan.
Shunday, ukam. Biz benomu nishon ketganimiz ham yo‘q, begona elu elatlar ichra sarson-sargardon qolganimiz ham yo‘q. Biz diyoriga sig‘magan, uning ertasini kutib, Allohga duo-iltijoda yurgan minglarning birimiz. Kecha shunday edi, bugun esa, o‘sha minglarning himoyachisi bo‘lish zimmamizga tushib turibdi, Maqsud. Har ish niyatga bog‘liq ekan. Maqsud. Bo‘lmasa, kim o‘ylabdi, bu yurtlarga kelib, xov o‘sha Kattabog‘dagidek bir ish qilamiz, adolatsizlikka uchraganlarni himoya etib, adolatni o‘rniga qo‘yamiz deb!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:10:38
Hammadan ham bu yerda lozim ekan bunday jamiyat, vatanjudolarni himoyaga oladigan, muruvvat ko‘rsatadigan bir qo‘l. Niyatimiz vatandan uzoqda mushkul kunga tushib qolgan, singan, himoyachisini yo‘qotgan, qul bo‘lishga kelgan darbadar g‘ariblarning boshini silaydigan, himoya etadigan jamiyat tuzish edi, shunga muvaffaq bo‘ldik.
Bu yerda ham o‘zini tutib olgan, hamiyatini yo‘qotmagan boylarimiz, tijoratchilarimiz anchagina. Vatan desa, muhojir desa, moli tugul jonini berib yuboradiganlar bor. Vatan dog‘ida kuyganlar ayniqsa tez topishar, tez birlashar ekanlar. Ularning muhabbatlari tuganmas bo‘ladi ekan. Jamiyatimiz ana shunday qo‘li ochiq, bag‘ri ochiq, ehsonli kishilar, sidqidil Alloh deganlar, savob qidirganlar hisobiga shuhrat topdi. G‘ariblarning, vatanjudolarning chin himoyachisiga aylandi, Maqsud. Sen hatto tasavvur eta olmaysan, Maqsud, biz atigi ikki-uch yilda topgan jamg‘armamizni, Bir yoqdan sarflab boraveramiz, bir yoqdan ehsonlar oqib kelaveradi. Joyiga tushirib ulgursak, bas. Muruvvat qilib ulgursak, bas.
Qolaversa, bandargohda Alloh yetkazgani juda-juda asqotyapti.
Ehson bilan mol kamaymaganini, qaytaga dunyoga baraka kirib ketganini shu yerda ko‘rdim, Maqsud. Bu hammasi halollik tufayli edi, bu mablag‘larni Allohga xush keladigan o‘rinlarga sarflayotganimizdan edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:10:51
Men senga bir voqeani aytay. Namanganning ko‘p tabarruk yeri — Kosonsoydan hijrat qilib kelib qolgan bir yigit (ko‘rsang o‘zbek demaysan, o‘zi ozg‘in, naynovdan-naynov, buning ustiga yuzi sap-sariq, ko‘zlari ko‘kish odam) jamiyatimizga yordam so‘rab keldi. Qipchoq bo‘lib qipchoq emas, Qo‘qonni Buvaydasi tomonlardagi «ong-keng»lovchi ko‘kko‘zu qotma sariq o‘zbeklarga o‘xshab ketadi. Shu odam keyin bilsam, g‘irt yetim ekan. O‘sha o‘ttizinchi yillarning «qoch-qoch»ida otasiga ergashib Amudaryoni kechib o‘tib qolganlardan ekan. U paytda oq-qorani tanib ulgurmagan bola hech qancha o‘tmay imom otasidan ajrab, yetim qopti. Kimlarning eshigida bitlab-sirkalab xizmatini qilib, bo‘y yetibdi. Mehnatkashligi qo‘l kelib, o‘lmay qolibdi. Esini tanibdiki, arava minib, yuk tashirkan. Shuni orqasida ichkuyov bo‘pti, bola-chaqa qilibdi. Lekin falokat oyoq ostida emasmi, bir kun kelib, yomon kuniga yarab turgan ot-arava boshiga baloyu musibat keltiribdi. Katta yo‘lda mashinadan xurkib qochgan ot-arava yo‘l chetida borayotgan hindu qizini urib, surib ketibdi.
Ana falokatu mana falokat. O‘zi istamagan, kutmagan tarzda bir odamning qotiliga aylanib qolibdi. Ot-arava ketgani mayli, o‘zi xun haqini to‘lamasa, qamalish arafasida emish. Bu yoqda yana jo‘jabirday oilasi chirqirab qolayotgani-chi! O‘z vatani-diyorida bo‘lsa-ku, qavm-qarindoshi yoniga kirar, mahalla-ko‘y o‘rtaga tushardi. Bu begona yurt, begona elda kim o‘rtaga tushadi.
Qori aka bilan musibat tushgan xonadonga ko‘ngil so‘rab bordik. Qur’on tilovat qilib, lutf ko‘rgazdik.
Inson — inson-da. Ko‘ngli jindek eridi. O‘ziga o‘xshash bir zahmatkashni kechirsa-da, xun haqidan kecholmadi. Qolaversa, shariatda kechsa afzal degani bilan xun haqini so‘raganning aybi yo‘q. Bilmay odam o‘ldirib qo‘ygan kishining o‘zi kafforotiga oltmish kun ro‘za tutishi joiz bo‘lsa-da, so‘ralgan xun haqini uning qavmi uch yil badalida yig‘ib berishi lozim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:11:04
Hijrat tufayli bu yurtga kelib qolgan yigitni biz o‘z qavmimiz hisoblab, xun haqini to‘lab qo‘ymoqni zimmamizga oldik va birinchi galda uchdan birini yetkazib berdik. U katta pul edi — yuzta tuyaning haqi. Avvaliga qolganini ham bersak, g‘aznamiz qurib qoladigandek ko‘rinib edi, lekin keyin jamiyatga kelib, maslahatlashib ko‘rib, xun haqining ikkinchi bo‘lagini ham yetkazib berishni lozim topdik. Boshqa din kishilarining ko‘z o‘ngida shariatimizning sharmiyu sharafini saqlagimiz keldi. Mablag‘ni olib bordik ham. Ana shunda ko‘rsang, Maqsud, biz hech kutmagan voqea sodir bo‘ldi.
Oila boshlig‘i musibatzada ota xun haqini ola turib ho‘ngrab yig‘lab yubordi. U umri bino bo‘lib buncha boylikni ko‘rmagan-da deb o‘ylagan edik. Yo‘q, u kulbasiga kirib ketib, qaytib chiqdi-da, bizning etagimizni o‘pa ketdi. Zo‘rg‘a turg‘izib qo‘ydik.
— Bu qanday din ekanki, adolati shunchalar to‘kis bo‘lsa?! Bir g‘aribga shunchalar muruvvat ko‘rsatilsa! U axir ikki dunyoda buncha mablag‘ topolmasdi-ku, sizlar bo‘lmasangiz! Sizlarning shu jamiyatingiz, shu diningiz bo‘lmasa! Marhamat qilib, menga diningiz kalimasini o‘rgating. Shahodat keltiray. Men u dinga kirmoqchiman. Barcha dinlardan afzal ko‘rdim diningizni! — deb turibdi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:11:22
Ana shunday, Maqsud! Shariatimiz bag‘rikengligi tufayli kim ozodlikka, kim hidoyatga erishib turibdi!
Shundan keyin ham bu yo‘lga jonlar nisor bo‘lmasinmi?!
Shundan keyin ham bu jamiyatning ishini olg‘a bostirmaylikmi?!
Qaerda bo‘lsa-da, ajrni Alloh to‘la beravergay-  ku!
Maqsud, o‘rni keldi, so‘ray. Bizni qarorgohlarga nima bo‘lgan, tushlarimdan ketmay qoldi? U tepalar surilib, jarlar to‘lib, Bo‘zsuv sakrab o‘tsa bo‘lgudek bir anhorga aylanib qolganmish. Ishkomlar esa, qayda qoldi, ko‘rinmaydi?
Hadeb ko‘zimga boshi xumdek, o‘zi chillashir bir g‘aroyib odam ko‘rinadi. Parpi omonmi haliga dovur? Marg‘ubaning akasi qaytgan degan gaplarning bir uchi bizga-da yetib keldi, o‘zi qaerda hozir? Kattabog‘da belida belbog‘i bor yigitlar bormi o‘zi? Biznikilarni xo‘rlatib qo‘yishmas, axir? Qolaversa, Alloh hafiz, O‘zi asragay! Buni shunchaki so‘radim. Axir sen borsan-ku. Hamma qolib, sen men uchun aziz kishilarni yolg‘izlatib qo‘yarmiding! Sendan umidim katta. Ot bosmagan joylarni toy bosadi, axir. Omon bo‘l!

Uzoqdagi duoguy akang Sultonmurod yozdi. Bombey».
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:11:48
18. To‘ram chorlovlari

«Maqsud, ul Madinai munavvara taraflardan bizga xushxabar yetdi. Kim-kim, o‘shal Oltinxon to‘ramdan, hijratdagi sargardon yurtdoshlarimiz so‘rovi bilan Qur’oni azimushshonni turkiy tilimizga o‘girgan buyuk zotdan mujdayu salomlar yetib keldi.
Ul zot:
Ey muhojir, yotma g‘ofil, sa’y qil, bedor bo‘l,
Uz ko‘ngil dunyodin emdi, tolibi diydor bo‘l, debdurlar va kamiga:
Hamjihatlik, binobarin, birlashishlik bizlarga farz,
Jonlantiring birlikni siz, sirlashishlik bizlarga farz,
deb yozibdurlar.
Bu kishining ko‘p tabarruk dastxatlarini biz qo‘l-ma-qo‘l, ko‘zga to‘tiyo qilib surtib, o‘qib chiqdik.
Qur’oni Karimni suv qilib ichgan kishining nasihatlari ota vasiyatidek aziz va tabarruk edi. O‘qib to‘ymas edik, ko‘zdagi nam va yoshlarni artib ado qila olmasdik, Maqsud.
U kishi jamiyatimiz ishini tabriklab, «jahon aro tariqdek sochilmish vatanjudolar boshini birlashtirishning debochasi bo‘libdir bu sa’y-harakatingiz. Alloh ajrini to‘liq qilib bersun, ilohim. Iltijo shulkim, keling, birodarlar, uni quvvatlantirayluk, jamiyat shahobchalarini afg‘onu turkiya tomonlarda-da tuzayluk, toki u g‘ariblar ko‘ksiga iksiru1 malham bo‘lsin» debdilar.
Maqsud, men bu xursandchilikni ko‘ksimga sig‘dirolmayin u xatti-nasihatning bir chimdimini senga-da ilindim. O‘zing o‘qi, u nainki nasihat, durri gavhardur. Butun millatga tegishli vasiyatdur.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:11:58
«Birodarlar, bu besh kunlik dunyo, insof qilayluk, o‘ylab ko‘rayluk, shoh ham o‘tadi, gado ham o‘tadi. Quvg‘inda yurgan ham o‘tadi, davron surgan ham o‘tadi. Silai rahm zarur, yetimni, musofirni, muhojirning boshini silamak, mushkul kunga qolganning mushkulini oson qilmoqdan ulug‘ savob yo‘qdur. Bu vatanjudolar ichida, musulmonlar orasida zohiran boyimiz ham bor, kambag‘alimiz ham bor. Ammo niyatimiz bitta, iymonimizni saqlash uchun bu diyorlarga hijrat etganmiz. Nega qo‘llamayluk, nega bir jon-bir tan bo‘lmayluk?! Rasululloh marhamat qildilarki: «Hargiz musulmonni kambag‘al demanglar. Shu Islom davlati yetib oshib qoladi. Ikki dunyoda shu ne’mat yetadi», dedilar. Haqiqat shundoq. O‘lgandan keyin qayta tirilish bor-u, keyin o‘lish yo‘q. Jannatga kirsangiz ham mana buncha million yil, mana buncha milliard yil turasiz, xolos, degan gap yo‘q. «Xolidina fiha abado» deb aytadi Alloh taolo Qur’onda. Bu «abado» (abadiy)! Hech buni falon yil degan yeri yo‘q. Xudo saqlasin, jahannamning yillari ham shunday. Ammo janobi Rasululloh Allohga arz qiladilar: «Mening ummatimning bittasi jahannamda qolsa ham jannatga kirmayman» deb!
Bu Islom ne’matiga shukr qilish har bitta mo‘min, mo‘minaga farz. Deylik, dasturxonda o‘ltirib palovlarni yeymiz, har turli meva-chevalarni yeymiz. Xudoning bergan ne’matlarining hammasiga alohida shukr aytish lozim. Ammo u ne’matni Alloh taolo rahmonlik sifati bilan kofirga ham bergan, mo‘minga ham bergan. Rahmonlik sifati dunyoda tamomi mahluqlarga mehribonchilik qilib, rizqini farovon qilishini bildiradi.
Rahmlik sifati-chi, rahmlik ismining barokati-chi, qaysi? Bu Allohning eng katta lutf-ehsoniki, uni qiyomatga qoldirgan. Nega? Bu dunyoda oz yesak ham o‘tib ketamiz, ko‘p yesak ham o‘tib ketamiz. Mardikor ishlasak ham o‘tib ketamiz, chorakor ishlasak ham o‘tib ketamiz. Masalan, har kuni bitta qo‘y yesak ham o‘tib ketamiz.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:12:12
Buning etibori yo‘q. U yerga borganda — qiyomatda najot topadigan yer yo‘q. Ota bolaga qaramaydi, bola otaga. Alloh taolo rahmni ana shu yerda xos mo‘minlargagina qiladi. Buni Alloh qiyomatga boqiy qilgan, bizning nasibamiz.
Silai rahm degan gap bor. Ya’ni katta-kichikka, bola-chaqaga, hatto hayvonlarga rahm qilish. Ana shu rahmni Alloh o‘z rahmlik ismidan olib, yuzga taqsim qilgan. To‘qson to‘qqizini o‘ziga olib qolib, bir qismini tamomiy xalqiga va mahluqiga taqsim qilgan. Birodarlar, Alloh taolo qiyomat kuni ana shu rahmni bu mahluqlaridan olib, o‘zinikini yana yuzta qilib qo‘yadi ekan. Bizda bir-birimizga marhamat qilish, shafqat qilish, rahm qilish yo‘q bo‘lib qoladi ekan. Ota bolaga, bola otaga boqmas ekan. Bunda qiyomatning shiddatiyu Alloh taoloning qahhorlik sifati bor. Shu holatda bizning Payg‘ambarimizdan boshqa tamomiy payg‘ambarlar «voh nafsi, voh nafsi», deb qolar ekanlar qiyomat shiddatining og‘irligidan. «Voh nafsi», ya’ni o‘z jonimni qutqarsam, bas, degani. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam esa, «Voh ummato, voh ummato» der ekanlar.
Shu rahmatan lil olamin Payg‘ambarimizga ummat qilgan Parvardigorga millionlar, milliardlar shukr. Alhamdulillahi lakal hamd. Alhamdulillahi lakal shukr. Alhamdulillahi a’lo dini islom. Al-hamdullillahi a’lo ne’mati islom. Boshlarini sajdaga qo‘yib, dillariga kelganicha Allohdan so‘rar ekanlar. U kishi dunyodan dod deb o‘tdilar, yana qiyomatda bizlarning najotimizni Xudodan so‘rab, dod der ekanlar. Alloh: «Yo Habib, boshingni ko‘tar, nima desang, tilagingni berdim», demaguncha boshlarini sajdadan ko‘tarmas ekanlar.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:12:25
Alloh bizni ana shundoq Payg‘ambarga ummat qilgan. Qani bizda himmat bo‘lsaki, shu Payg‘ambarimizga har kuni ming bor salovat aytsak, aqallisi yuz bor salovat aytsak! Esimizga keladimi? Insof qilayluk, birodarlar. Ana shunda duolarimiz ham dargohida qabul bo‘lardi, amallarimiz ham Alloh azza va jallaga xush kelardi.
Ana bu jamiyatingiz, vatanjudolar holidan xabar olib, ularning dardiga malham qo‘yayotganingiz— chindan Alloh rozi bo‘ladirgan ishlardan bo‘libdi. Biz ham qo‘shilduk bu sa’y-ko‘shishga.
Yuragida o‘ti, Allohga iymoni bor, ko‘ksida vatan muhabbati so‘nmagan barcha muhojirlarga yetkazgaymiz. Vatanjudolarga silai rahm etayluk, diyorlaridan judo bo‘lganlarning ko‘ngillarini ovlab, boshlarini qovushtirayluk. Toki bir jon-bir tan bo‘lib, vatandan yaxshiroq vatan, rizqlaridan kengroq rizqlar bergan Alloh taologa bandachilikni o‘rniga qo‘yayluk. Judo bo‘lgan diyorimizda qolgan xeshlarimizu ahli ayollarimizga, farzandlarimizga omonligu erk so‘rayluk. Duolarimizni o‘zi ijobat etsun.
Alloh taolo barchamizga tavfiq, hidoyat ato etsun».
Sizlarni bilmadim, Maqsud, biz bu xatni o‘qib, to‘yib-to‘yib yig‘ladik. Sizlarning ertangizni so‘rab, xayrli duolar qilduk. Ilohim, diydorni qiyomatga qoldirmasin.

Sultonmurod. Bombey».
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:12:40
19. Hidoyat yo‘li kimga nasib etgay, bilarmisan, Maqsud?!
(Tangritog‘dan o‘zga diyorda topilgan maktublarning hozircha so‘nggisi)



«Jondan aziz ul ma’vo — tushlarimdan arimas diyor — Toshkandi azimning Kattabog‘u Yakkabog‘larida xeshu aqrobolarimiz bag‘rida Ulug‘xo‘jaboylar avlodining erka ham umidli navdasi bo‘lib, mirzosi bo‘lib yurgan ukajonim, Maqsud!
Men — bir darbadar akang, senga yorilmay — kimga yorilay?! Bizni kimlar qochqin deb atar, buvalarining aziz xilxonasi turib, xeshu aqrobolari umrguzaronlik qilayotgan diyor turib, hatto osmon nikohi o‘qilmish jufti halolini qoldirib, qaylarga ketmish der. Orqamizdan g‘iybatlar etishar. Kimlar esa, endi u oyoq yetguncha ketdi, qaytar yo‘llari berk, o‘ziga o‘zi qildi. Sig‘masmidi shu Kattabog‘ga— jimgina yursa? Nima izlaydir — dorilomon bir yurtmi, yo saltanat, deb o‘ylarlar.
Dorilomon yurt qaydayu saltanat qayda?! Biz bor-yo‘g‘i iymonni asramoq g‘amida hijratni ixtiyor etganmiz. Dunyo mojarolaridan qo‘l siltab, Kamonchining panohiga qochganmiz. Buni ular qaydan ham tushunsin, Maqsud! Tushunsang bir sen, bir Chaman tushunishlaring, yana Nusrat pochchayu To‘ramgina anglamoqlari mumkin. Qolganlar bilmoqlari dushvor.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:12:53
Maqsud, mening ortimdan g‘iybatu malomat toshlarini otayotganlarga parvo qilma. Jondan aziz xolajonlarimu tog‘ajonlarimga ham, kennoyingga ham aytib qo‘y. Men u diyordan etak silkib chiqib ketgan kishi emasman. Men zabun bir kimsadek yashashni istamadim, xolos. Shu bois u diyorlarga sig‘madim. Yo‘q-yo‘q, o‘zim sig‘sam ham dardlarim, armonlarim sig‘madi. Dorilomon kunlarni yaqinlashtirishga yolg‘izlik qildik biz. Qolaversa, Alloh rizqu nasibamizni bu yoqlarga sochgan ekan — shu yoqlarga yo‘lladi, keldik. Panohiga olganidan sizlar quvonmog‘ingiz, men esa, toabad shukronalar aytmog‘im lozim. O‘zi chaqirganki, taqdir etganki, bu yerlarda sog‘-omon yuribmiz. O‘ziga hazor-ming hamdu sanolar bo‘lsinki, bu musofir diyorda ham qo‘limizni baland, so‘zimizni ustun qilib qo‘yibdi. Jamiyat ishini olg‘a bostirib, biz vatanjudolarni azizu mukarram etib qo‘yibdi. Alloh roziligi yo‘lida hijrat etganlarga vatanlaridan yaxshiroq bir vatan, rizqlaridan kengroq bir rizq beraman, degan va’dasining ustidan chiqib turibdi!
Undan tashqari, Maqsud, sen yaxshi xabarlarni eshit. Oltinxon to‘ram haj mavsumiga yaqin bizni u munavvar va mukarram zamin — Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam1 o‘tgan diyorga chorlamoqdalar. Turk diyorida jamiyatingizni sho‘’basini ochib, bir yo‘la haj qilib ketasiz, debdilar. Allohga shukrlarki, uning roziligini topish yo‘lidagi jindek sa’y-harakatimiz shunday taqdirlanyapti.
Sen bilsang edi, tasavvur etsang edi, men bu maktubni bitib, bu xushxabarni senga ilinmoqdamanu ko‘zim jiqqa yoshga to‘lib, xat qatorini-da ko‘rmay qolmoqdaman. Agar unga biron tomchi yosh tegib, xatlarim chaplashgan esa, ma’zur tutgaysan.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:13:04
Lekin qalbimda oftob charaqlab yotipti! Nurafshon bo‘lib yotipti! Hech yerga sig‘magudek! Bizni muborakbod et, Maqsud, hidoyat yo‘liga chiqayotganimiz, muborak haj safari arafasida turganimiz bilan. Bunga kimlar yetdiyu, kimlar yetmadi. Kelib-kelib biz vatanjudolarga nasib etibdi u. Biz yig‘lamay, kim yig‘lasin, Maqsud!
Shu onda qaraki, nimalar xayoldan ketmayapti!
Bu ham bo‘lsa, «Ey odam bolasi, sen men tomon bir qadam tashlagil, men yugurib boray2», degan Allohning marhamatidir, karamidir. Hammani ham u O‘z uyi — Ka’batullohiga chorlasin-chi!
Shu topda Maqsud, jannatdek bir go‘zal vodiyda uch qatla taxtga o‘tirib ham, necha o‘n yillar davri-davron surib ham chin saodatni topolmagan bir inson — mardumi Farg‘ona taqdiri xayolimga kelsa degin! Uni so‘kib qancha kitoblar bitilmadi. Ayshu ishratdan bo‘lak nimani ham bildi, nimani ko‘rdi, qaydan ham xalq dodiga yetsin edi, deb yozmagan kim qoldi?
Ammo Alloh kelib-kelib shu insonga hidoyat bersa! O‘rinburgdek Xudo qarg‘agan bir yerda uy qamog‘iga mahkum etilgan sobiq xon toat-ibodatlari kam ko‘rinib, tunlari taxajjud o‘qishga boshlasayu nogoh bir kecha ulug‘ niyatni dilga tugib, tong ottirsa! Va cho‘lga ovga chiqqan kishi qavlida Ustyurtdek ulug‘ bir  taqirni otda kesib o‘tib, Qizilqumu Qoraqumdek cho‘llarni orqada qoldirib, afg‘on diyoriga, undan esa Peshovarga yetib kelsa, Amudan o‘tarda qaroqchilarga uchrab, bor bud-shudidan ajrasayu niyatidan kechmasa! Allohga tavakkul qilib yo‘lida davom etaversa... Unday kishini kim deb atamoq kerak?! Botur debmi, mujohid debmi? Yoxud hidoyat topgan oddiy bir inson — mo‘min debmi?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:13:19
Harqalay, bu dunyo hoyu havaslaridan etak silkiy olgan, yolg‘iz to‘g‘ri yo‘l — Allohga qullik qilmoq, undan boshqa barchasi o‘tkinchi, sarob, oxiri voy ekanini anglab yetgan kishigina shunday jasoratga bel bog‘lay olmog‘i mumkin. Shohona uy qamog‘idan ko‘ra jondan kechib, loshi cho‘llarda qolib ketmog‘idan-da qo‘rqmay, Ka’ba yo‘liga chiqmog‘i mumkin.
Taqdirni qaraki, Maqsud, biz ham endi o‘sha kishi o‘tgan yo‘llar bilan haj safariga otlanmoqda edik. Tangritog‘dan chiqib, afg‘on diyori bilan Peshovarga kelib, undan Bombeyga yetgan edik. Endi shunaqasi dengiz bilan kemada ketib, Jiddaga yetmoqchimiz.
Qaraki, taxtiyu baxti tortib olingan, ahli ayoliyu xesh-aqrobolaridan, diyoridan ayirib, uy qamog‘iga tiqilgan xonning iymonini tortib ololmagan ekanlar. Xo‘rliklarga sabr, bilib-bilmay qilgan gunohlarga tavbayu istig‘forlar, tinimsiz zikru shukr, qaraki, hidoyat eshigini ochmish. Tavba eshigidan hidoyat yo‘liga chiqiladi, degani shudir balki?!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:13:33
Men Xudoyorxonning ana shu so‘nggi jasoratiga hamisha besh ketar edim. Qaraki, yuz yildan so‘ng u o‘tgan yo‘llar bilan haj azimatiga otlanmoqdaman. Allohdan yolg‘iz tilagim, o‘sha vatanjudo insonlardek Alloh roziligini topolsam edi!
Faqat yolg‘iz o‘tinchim, diyorimni, yo‘llarimga ko‘zi to‘rt bo‘lib kutganlarim — sizlarni bir ko‘rsam... bir ko‘rsatsa, armonim qolmasdi.
Usiz ko‘zim ochiq ketmasa deb qo‘rqaman, Maqsud!
Ayt, xolalarimga, kennoyingga duolaridan qo‘ymasinlar. Shoyad, Alloh o‘zi qo‘llasa, qaytar yo‘llarimizni ochib bersa!. Yodgorimni o‘pib qo‘y. Otang tirik, Xudo xohlasa, Alloh yuz ko‘rishtirgay degin.

Sog‘ingan Sultonmurodingiz.
Bombey».
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:14:07
I k k i n ch i  b o‘ l i m

ELCHIGA O‘LIM YO‘Q, MUJOHIDGA TARAF

1. Uzoqib ketgan elchi

Ertalabdan ko‘zim uchar, barmoqlarimni o‘pib, qaboqlarimga surtib ham to‘xtata olmasdim.
Mana, nimaga ekan!
Ishxonamga kirib o‘tirganimdan telefon jiringlay ketdi. Olmay bo‘ladimi, oldim:
— Labbay?
Simning narigi yog‘idan birov shirin o‘zbakiy takallumda so‘rashar edi:
— Alyo, assalomu alaykum va rohmatullohi va barokotuh.1
Lahjasidan bu tarafning odamiga o‘xshamasdi:
Men boyaqish daf’atan qanday alik olarimni bilmay qisindim.
— Va alaykum...
Simdagi kishi jindek uzr, jindek istihola aralash so‘radi:
— Meni ma’zur tutgaysiz, mirzaxonami bu?
Savoli salomidan-da xush takallum edi, chindan bu tarafning odami emas shekilli.
— Yo‘q, gazetxona bu, — dedim men ham halim tortib.
— Darvoqe, gazet yozib, chop etarlar, adashmasam.
Qarangki, talaffuzi ham turk afandilarinikiga o‘xshab ketmoqda edi.
— Adashmadingiz, gazet chiqaramiz... — dedim.
Rostini aytsam, uning muomalasi menga yoqib tushmoqda edi. Ovozi ham allaqanday tanish...
— Allohimga shukr, adashtirmaganiga shukr, — dedi. So‘ng yana boyagidek, jindek uzr, jindek istihola aralash, (istiholasi o‘ziga yarashib tushmoqda edi!) iltimos eta ketdi. — Ma’zur tutgaysiz, birodar, xizmat bo‘lmasa, biza ko‘p qadrluv tanishimiz Maqsudxo‘ja janoblarini chorlatib versangiz.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:14:29
Ana xolos, kim ekan, deb o‘tiribman! Ilgari ham yo‘qlab kelgan elchimiz emasmi? Har ehtimolga qarshi qaytarib so‘radim:
— Shoshmang, kim dedingiz?..
— Kim emas, ko‘p aziz tanishimiz, Maqsud mirzo Mahmudxo‘ja o‘g‘illari. Bormu, shunday cho‘h go‘zal inson? Tanigaysizmu?
— Taniganda qandoq! — dedim bir yerga yetib. U meni hali tanib ulgurmagan bo‘lsa-da, men uni so‘zlari, ovozi, bir go‘zal o‘zbekona takallumidan tanib turar edim. Qiyofasi ham ko‘z oldimga kela boshlagan, adashmasam, o‘sha — hov birda kelgan xorijlik mehmonimizga o‘xshab-o‘xshab ketmoqda edi. — Qidirgan odamizni topdim deyavering, taqsir. Kamina o‘zimman, — dedim uning hurmati uchun ham o‘rnimdan tura boshlab. (Mehmon otangdan ulug‘. Ko‘rmasa ham izzati-da, turib gaplashganga nima yetsin!..)
— Ana xolos, o‘zlari edilarmi? Uyatluv ish bo‘pti-ku?! — dedi u hijolatlarga botib.
— Hijolati nimasi, taqsir, Allohim uchrashtirganini ayting, — dedim mulozamatga tushib.
— Boy bo‘lasiz ekan, Maqsudxo‘ja janoblari, tanumabman, — deb yaxshilikka yo‘ydi mehmon ham.
— Ammo men ovozizdanoq tanib turib edim, tusmollab turib edim. Bo‘ladi-ku shunaqa tuyg‘u — bir og‘iz so‘zdanoq tanib olish... — dedim chiniga ko‘chib.
Mehmon taqdirning yozug‘idan shodlandi:
— Allohimga shukr, bir qo‘ng‘iroqdayoq ro‘baro‘ et-sa-ya! Xizrni yo‘qlamayman-mi! Valloh-valloh, o‘zimmen, deng-a?!.
— O‘zimman o‘zimman, — deb qo‘shilishib tasdiqladim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:14:39
Mehmon bunga sari boshi osmonga yetib, qaytarar edi:
— Muhandislikdan yozarlikni avlo ko‘rgan o‘sha bitikchi tanishimiz-da? Salompamning yolg‘izlari, Bahriddin birodarimizning xolavachchasi?! Uni qarang-a...
— O‘sha o‘zlari bilgan gap o‘g‘risi, tili goh shirin, goh achchiq mirzo, — deb hazillashdim.
— Qo‘ying, achchiqdan Xudovandi Karimning o‘zi asrasin. Diydor kunida Allohga xush keladurgon so‘zlardan so‘zlashayluk, — dedi mehmon.
— Unda xush kelibsiz, mehmon janoblari. Ko‘rishaylik, — dedim yanada yaqin olib.
— Allohimning o‘zi ko‘rishtirsun. Kamina ertalabdan bezovta etub, qo‘llarini tutmadimmi? Yumushlaridan qo‘ymadimmi? — deb mulozimatlandi u.
— Hech-da, hech-da. Sizdek mozor bosib kelgan mehmonimizga vaqtlar tasadduq bo‘lsin, — dedim iyib ketganimni yashirib o‘tirmay. — Siz axir, adashmasam, hov birda tashrif buyurgan birodarimiz — elchi janoblari bo‘lasiz. Azizdan aziz Marg‘u kennoyimizdan, Bahriddin akamizdan salomlar yetkazgan, topdimmi?
— Ax, uni qarang-a! Tanidingiz-a, Maqsudxo‘ja janoblari. Farosatiza balli, xotiralari butun ekan, mirzo janoblari, — deb to‘lib-toshib alqashga tusha ketdi u.
«Xotiradan ham burun kalla butun, mag‘izlari to‘q. Axir bekorga sigir boqib katta bo‘libmizmi! Qancha qaymoqning tusini o‘chirib yuborganmiz! O‘sha qaymoqlar bo‘lmasa, bizdan mirzo chiqarmidi, bitikchi chiqarmidi!» deb tegishgim keldi-yu tushunadimi-yo‘qmi, deb tilimni tiydim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:14:52
O‘rniga «qaerda to‘xtadingiz, qanday ko‘rishamiz»ga tushmoqchi edim, mehmon so‘zni ilib ketdi.
— O‘zlariga alangali salomlar bo‘lsin!
— O‘zlarigayam, o‘zlarigayam... Qiynalmayin, urinmayin yetib keldingizmi? Xabar berib ham qo‘ymabsiz, kutib olardik, — deb iltifot eta ketdim. Keyingina ichim qurib, intiqib, bu salomlar kimdanligini so‘rashga jur’at etdim. — Yana o‘sha diyorlardan so‘raymizmi? O‘shal azizlarimiz oldidan kelishingizmi? Qalay yurishibdi, tani-jonlari sog‘, aziz boshlari omonmi? — deb qulfi-dilim ochilib surishtira ketdim.
— Esonchilik-esonchilik. Aziz xolavachchangiz-da, Bonu kennoyingiz-da, ko‘pdan-ko‘p duoi salomlar yo‘l-lab qolmishlar. Hamma tanugan, bilgan, so‘raganlarga Allohumdan kushoyishlar tilamishlar.
— Eslaganlariga rahmat, shu dunyoning bir chekkasida biz ham borligimizni unutmaganlariga rahmat,— deb turib, mehmonning o‘zidan ham ko‘ngil so‘ray ketdim. — Darvoqe, o‘zlari buncha uzoqib ketdilar? Elchilikni bo‘yinga olgan kishi ham odamni shunchalar sog‘intiradimi? Biz-ku misoli tushovlab qo‘yib yuborilgan otlardan farqimiz yo‘q. O‘z dalamizdan nari ketolmaymiz. Sarhad oshib uchib yurgan Siz erkin qushlarga nima bo‘ldi, daragingiz yo‘q?!.
Mehmon bu so‘zlardan iyib, ko‘ksi o‘sib kuldi.
— Erkin-erkin qushlar deng-a?! Oh, Siz mirzo janoblari, oh, siz so‘z zargarlari, gapni ham ho‘b topasizlar-da! Qani edi, o‘shandoq bo‘lsa! Istagan tarafingga ucholsang, uchib yetolsang.
— Harqalay, bizdan ko‘ra istagan uchog‘ingizga mina olasiz-ku.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:15:16
— Bu fikringizda-da, jon vor. Jilla qursa bizda tushovlar yo‘q, rasmiyatchilik yo‘q. Lekin bu taraflara yo‘l topmoq mushkul. Har kima viza beravermaslar. Ammo Alloh o‘zi bilguvchi, qachon bu sarhadlarni ochvorarin O‘zi bilgay. Ul zot «Kun» desayoq bas: barcha mushkulotlar barham topgay. Axir erta-yu kech Xudodan so‘rab yotganlar qancha! Darbadarlar, vatanjudolar qancha! Ularning nolasi Allohga yetmasmi? Yetadi, axir, Maqsudxo‘ja janoblari.
— Ilohim yetsin. O‘shalarning zori yetmasa, kimniki yetadi? — dedim to‘liqa boshlab.
— Avvalo, o‘shalardan salom, bu kunni intizor intizor kutganlardan salom. Bahriddin akangizning iltijosi, omonati bu, — dedi mehmon gap o‘zanini shu yoqqa burib.
— Salom yetkazgan o‘zlariga sallamno! — dedim elchi janoblarini alqab.— Biz ham o‘sha kunlarni ku-tib yotibmiz-da, intiqdan-intiq, ko‘zlarimiz teshilib. Har kuni u ko‘zlar necha qayta yoshlanadi ekan, — dedim avvalo kennoyijonimni nazarda tutib. Ammo buni bu odamga aytib bo‘ladimi?! Elchi Bahriddin akamizni tanigani bilan Sulton akamni bilarmidi, bu tarixlarni tushuntirib bo‘larmidi?!
— Umid doram, deydilar. Shunaqa, bandasining ishi kutmoq, iltijo etmoq, yozmishiga ko‘nmoq. Har ikki dunyo «iyyaka na’budu va iyyaka nasta’yin1» ustiga qurilmish, Maqsudxo‘ja janoblari, undan beriga kushoyish yo‘q, — dedi mehmon tasalli berib.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:15:30
— Bizning ham yolg‘iz zorimiz shu, — dedim men ham eshilib. — Shoyad, sizning bu tashrifingniz o‘sha kushoyishlarning boshlanishi bo‘lsa. — So‘ng: — Uni-buni qo‘ying qachon ko‘rishamiz, qanday ko‘rishamiz? Qaerda to‘xtagansiz, mehmon janoblari? — deb qistamoqqa tushdim.
— Shunday ro‘parangizdagi musofirxonada to‘xtamishbiz. Siza yaqin deb shu yera qo‘ndik, — dedi u.
— Uni qarang-a, qo‘l uzatsa yetgudek joyda ekansiz-ku!..
— Bo‘lmasa, hov birdagidek teatru maydoniga tushib bora berayluk. Topishub olarmiz?
— Topishganda-chi! Hoziroq uchib borgayman-ku, — dedim entikib.
— Alloh ko‘rishtirsun, — dedi mehmonim...
Ko‘rishtirsin, so‘rashtirsin, azizlarimizdan salom keltirgan kishining diydoriga o‘zi yetkazsin... Zinalardan uchib tushib boryapmanu hov birda mujda keltirgan xorijlik mehmonimizning savlatli gavdasi, yirik-yirik qosh-ko‘zlari, keng peshona, lo‘ppi yuzlari ko‘z oldimdan ketmas edi. Faqat mo‘ylabiga oq oralaganmidi, yo‘qmi, eslay olmayotirman. Ammo chiqsamoq bir ko‘rishda tanib olsam kerak...
Shovullab yotgan favvora oldiga yetib ulgurmadim. Uning shovullashidan ham burun o‘zini o‘pib, epkin-to‘zonlarini uchirib esayotgan shamoli... kishini seskantirib-junjiktirgudek edi. Hali bahor-da, daraxtlar endi kurtak yozdi, yoz kelsin, kimga ham yoqmas ekan u! Ammo favvora yoqilgan kunda tashrif buyurgan mehmon bu gal qanday xushxabarlar bilan kelibdi ekan?!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:15:45
Xayolim o‘sha yoqdayu ko‘zim olma-kesak terar edi. Yo‘q, mehmoni tushmagur, qay tarafdan kelar ekan, bir mahal:
— Esonmisiz, Maqsudxo‘ja janoblari, — deya yelkamga qoqsa, cho‘chib tushibman.
O‘girilib turk afandilariga o‘xshab tusanib olgan o‘sha basavlat tujjorni ko‘rdim. U ham xorij nusxi urgan issiq chehrasiyu mehr to‘la ko‘zlaridan bir tanish nurlar yog‘ilib, shirindan-shirin jilmayishga tushgan edi. Beixtiyor:
— Subhanalloh, o‘zlari-ku! — deb yuboribman.
U ham quchoq ochdi-yu:
— Siz kim deb o‘ylab edingiz?! Tog‘ tog‘ birla ko‘rishmas, odam odam birla uchrashgay, deganlari shu-da. Qani, o‘shal uzoq yurtga rizqi sochilgan qarindoshlaringiz uchun-da omonlashib qo‘yaylik, — deya bag‘riga tortdi. — Ularning issiq salomlarin, sog‘inchlarin shu ko‘ksimiza joylab kelmishbiz. Alloh shu damlara yetkurganiga shukr. Subhanallohi va bihamdihi, subhanallohil aziym1.
— Voh, Sodiqxon afandim, o‘sha-o‘shasiz, qilcha o‘zgarmabsiz! — Men jinqarcha bo‘lmasam-da, basavlat mehmonning quchog‘ida yo‘q bo‘lib ketgan edim, biz uchun aziz kishilar oldidan kelgan elchini quchib qo‘ymasdim.
— Alhamdulillah, alhamdulillah, yana yetkazdu. Yana diydor nasib etdu. Alloh ko‘rishtiraman desa, yo‘llarni-da ochib yuborgay ekan, to‘siqlarni-da, o‘zi ko‘tarib tashlagay ekan. Mana, yana kelduk, Mahmud-xo‘ja o‘g‘illari, — deya boshiga ko‘targudek bo‘lar edi u.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:15:53
— Qadamlariga xasanot. Yo‘llarizni ochgan, mushkullarimizni oson etgan Zotga tasannolar bo‘lsin, shukrlar bo‘lsin! — dedim o‘zimni unutib, uning xorij bo‘ylariyu iforlari gurkiragan bag‘riga singib borar ekanman. Shu chog‘ ko‘klam yellarining rashki kelgandek epkin turib, favvora zarralarini boshimiz uzra sochqi eta ketdiyu «hay-hay»lab nari jilmoqqa, favvora «yomg‘iri»dan qochmoqqa tushdik. Narilar edig-u, bir-birimizning bag‘rimizdan chiqmoqni o‘ylamas edik.
Sayrga chiqqan kishilar ham bizdan ko‘zlarini uzmay, havas-la boqar edilar.
— O‘zlaridan so‘rasak, el-ovullar tinch, qovmu qarindoshlar omonmi? Toshkandlarga joylashib ketdingizmi? Marg‘ubonu kelinimiznikidagilar qalay o‘tirishibdir? Bahriddin birodarimizning xolayu tog‘ajonlari bularning daragin eshitib, qay kuylarga tushishdi?
— Duoi jonlarini qilib o‘ltirishibdi, — dedim uzoqdan kelib, — yetimlarni asrab, daragini chiqargan Xudoy o‘zi ko‘rishtirmasmi? Osmon nikohini tiklagan Zot diydorni ham qiyomatga qoldirmas, deb o‘ltirishibdi.
—Bu ham bo‘lsa, Allohning inoyati. Faqat biz bandasi shoshqaloqmiz, kalta o‘ylaguvchimiz: Allohga tavakkul qila bilmasmiz. Tavakkul qilganni Alloh niyatga yetkazmay qo‘ymagan. O‘zimizdan qiyos, Bahriddin ila bir borsak edi, keraklu kishilarni topsak edi, deb niyat qilub edik, yo‘llarimiz ochilub mana, ko‘rishib turibmiz. Inshaalloh, qolgan orzularimizni-da o‘zi ushaltirgay.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:16:05
— Shoshmang-shoshmang, Bahriddin akamizni-da ola kelganmisiz? Yolg‘iz emasmisiz?! — deb yubordim uning tirsaklaridan tutgancha.
Mehmon bosh chayqadi:
— Unisi orzu. Hali safarimiz osonlikcha ko‘chmas, deb, Bahriddin birodarimizni yo‘ldan qaytarduk. Bilasiz, o‘rtada qancha chig‘iriqlar bor. O‘zimizga-o‘zimiz mushkul sotib olmayluk, deduk. — Mehmon boyagidek issiq jilmaydi. — Elluk yilda el o‘zgarur derlar, zora munosabatlar yumshab, bordi-keldilar, haj yo‘llari ochilib ketsa, Allohimning biz vatanjudolarga atagani ham vordir, Maqsudxo‘ja janoblari?
— Shuni ayting, shuni ayting, bizdan ko‘ra sizlarga ayonroq, — dedim ichim yorishgandan-yorishib: axir dunyo ko‘rgan shular bilmasa, kim biladi, ozodlik yellari qay tarafdan esayotganini? Temir parda ichiga o‘ralib yotgan biz bechoralar «sovet sharofati»dan bo‘lak nimani ham bilamiz?
Tik turgancha so‘rashib, mulozamat qilayotganimiz birdan esimga tushib, mehmonni qistay boshladim:
— Yuring, afandim, ishxonaga kiraylik, bir piyola choy qilay, qandin-qayoqdan mozor bosib kelgansiz, axir. Keyin hovliga o‘tamiz.
— Choy qochmaydir, Maqsudxo‘ja janoblari. Lekin ishxonagamas, ishxonani pirxona, derlar. Qolaversa,— u negadir iymanib yamlandi, — idorangiza kirmaganimiz ma’qul, keyin qulog‘ingizni tinchitmaslar...
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:16:14
«Unda qayoqqa o‘tdik?» deb turib, aqlim yaraqlab yorisha keta qoldi:
— Shoshmang, qo‘l cho‘zsa yetgudek joyda bir og‘aynimiz takya ochgan. Bir soatgina o‘tiraylik. Suhbatizni olay? — dedim qistab.
— Uzoq emasmi? — dedi mehmonim.
— Shunday piyoda o‘tamiz. Besh minutlik yo‘l.
— Unday bo‘lsa, boshlasunlar, Maqsudxo‘ja janoblari. O‘tganimiz bo‘lsun, o‘tirganimiz bo‘lsun, — dedi u ham.
Aqlimdan aylanay. Hikmatxo‘ja oshnamni zab eslab qoldimmi?! O‘zi «bir kelmaysizam, hammaga hammaga topilgan bir piyola choyimiz, sizga ham tatti keb qolar» deb qachondan beri gina qilar edi. Biz esa, borsak ham «paqir kishi panada» degandek ko‘rinmay qochib qolardik. Ammo-lekin ovqatlari xo‘b mazali. Osh deysizmi, lo‘la kabob deysizmi, yaqindan ilik sho‘rvasi ham chiqibdi. Salatlar-ku anvoyi. Ayniqsa, ayvondan joy topsangizmi, yayrab o‘tirasiz. Mehmonni o‘sha yerga olib borganga nima yetsin.
Lekin bu gal Hikmat eshonga imo qilib qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Hazilmi, mehmonimiz naq Payg‘ambarimiz (U zotga Allohning salomi bo‘lsin) yurtlaridan kelgan.
Eshonning o‘zi hovuz bo‘yida suv ochtirayotgan ekan, ko‘rib boshi osmonga yetib ketdi. Birpasda bahavo ayvondan joylar qildirib, mulozamatlar ila risoladagidek kuta boshladi. Men do‘stimni tanishtirgan bo‘ldim:
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:16:24
— Bu kishi ham o‘zimizning Kattabog‘dan. Tepamasjiddan o‘tganda, tegirmonko‘cha boshida turishardi. Hozir u yerlarga ko‘cha tushib ketdimikan, vallohi a’lam. — Keyin kulib qo‘shib qo‘ydim. — Siz Bahriddin akamdan Xidoy xolalari haqda eshitgan chiqarsiz. Ana o‘sha xolamizning bir o‘g‘illari sabzi to‘g‘rashda — jahon chempioni. Yaqinda Ginnesga yozib ketishibdi. Mana shu «Moviy gumbaz»da har kuni necha kilo osh damlashsa, o‘shanga lozim sabzini bir o‘zlari to‘g‘rab tashlaydilar.
— Voh, cho‘x go‘zal! Alomat hunar ekan. Arziydi, arziydi. Ginnesga shunday alomat ishlar yoziladi-da,— deb mehmon besh ketdi. Keyin to‘lqinlanib so‘radi. — O‘sha kishini bir ko‘rsatgaysiz. Balki Bahriddin birodarimizni tanirlar?
— Shuni ayting, — dedim-u, lekin ko‘rsatishga...  iymandim.
O‘zi yarimta, ustiga ustak chistonchi Rahim akamiz jindek otib olgan bo‘lsalar-chi, uyaltirib qo‘ymasmikanlar? Keyin anuv xobbilari-chi? Ishdan keyin maydonga chiqib olib, xorijlik mehmonlardan osori-atiqa sifatida chaqa-chuqa yig‘ib o‘tirishlari-chi?! U kishidek oyoqlari kalta, o‘zlari yarimta odamni ko‘rgan kim ham cho‘ntak kovlamay o‘tib keta olarkan! Shunaqqib, yarim dinor, bir dollardan bo‘lsa ham bir olamning puli yig‘ilib qoladi... Bir qozon oshning sabzisini yolg‘iz o‘zlari to‘g‘rab tashlagan Rahim akam esa, yonlarida «taftbosti»ga bir choynak choy — o‘zlari go‘yo hordiq chiqargani hovuz bo‘yiga chiqqanlar — ora-orada «Moviy gumbaz»ga tashrif buyurgan mehmonlarga ta’zim bajo aylab: «Osh bo‘lsin, kelib turinglarov», deb chorsilari bilan yelpinib, xo‘shlashib ham qo‘yadilar.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:16:33
Xorijliklar u kishining gaplarini qaydan ham tushunsin, suvetni ham tilanchisi bor ekan, deb, besh-o‘n dollar tashlab ketishadi. Tashlab ketishgani mayli, ba’zilari videolariga ham olib qo‘yishadi. Oxiri o‘sha videolari chatoq bo‘ldi. Chet elliklar kelganda Rahim akamni hovuz bo‘yiga chiqarmay qo‘yishdi.
Ammo u kishida nima gunoh? U kishi tug‘ma cho‘loq emaslar. Oyim aytib o‘tiradilar: gungursdek bir chiroyli bola edi. Hamma suyib qo‘liga olar, katta bo‘lsa, zab polvon yigit bo‘ladimi, deb erkalar ekan. Qayoqda! Kimnidir ko‘zi tegib, bir kuni Qo‘ldosh tog‘am suyib, otib o‘ynatayotsalar, qo‘llaridan tushib ketib  qolibdi. Shu-shu polvon bola yarimta bo‘lib qolibdilar. Hozir u kishining bir tizzalarini ushlab, yarimta oyoqni sudrab bosishlarini ko‘rgan odam... achiniblar ketadi...
Ammo Xudo barcha kuchni qo‘llariga bergan. U kishining gap sotib turib ham sabzi to‘g‘rashlarini ko‘rgan odam yoqa ushlaydi. Odam emas, mashina, deysiz.
Mehmon shu kishini bir ko‘rishga ishtiyoqmand edi. Rosti, ko‘rsatishga orim keldi. Uyaldimmi, nojo‘ya chis-ton qilib qoladilar dedimmi, ishqilib, yolg‘onni Xudo kechirsin, Hikmatxo‘jaga imo qilib yubordim. U ham tushunib, kirib ketdi-da, qaytib chiqib, uzr aytdi:
— U kishini bir joyga olib ketishgan ekan, jindek yumush chiqib qopti. Sizlar bahuzur o‘tira turinglar, kelib qolsalar, aytaman, xo‘p?
— Esiz, esiz, Bahriddin birodarimizning xolavachchalari ekan, ko‘rishsak, birodarimiz ko‘p xursand bo‘lar edi, — deb achindi mehmon.
— Men sizni hali yangi mahallamizga, undan xolalarimu tog‘alarimnikiga olib chiqmoqchiman-ku, shu bilan qutulmaysiz! — dedim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:16:45
Mehmon ham bu manziratlardan erib, rostiga ko‘chdi:
— Qanu edi, qanu edi! Biz safar kishisi. Vaqt esa tig‘iz, — dedi yelka uchirib. — Bugun bu yerdamiz, ertaga Xudo bilsin, qay shaharning qay go‘shasindamiz. Tujjorning umri shunday — uchoqlardayu aeroportlarda o‘tgay. Bu yera yetkazganiga, sizni ko‘rib, manavinday bahavo hovuz bo‘ylarinda o‘tirganimiz shukr. Alloh o‘zi chevar-da: bizni shunday topishtirib qo‘yibdi. Shunday dasturxonlar ustida uchrashtirib qo‘yibdir. Hechbiri behudamas: mening keluvim ham, sizni topivum ham.
— Ilohim, ilohim, — dedim o‘sha niyatlarga intiqib.
Biz tushlanib bo‘lgan, endi choy ichib, shirin suhbat qurmoqda edik. U ham o‘sha intiqligimni sezib, jilmaydi:
— Chindan ham, Maqsudxo‘ja janoblari, bu gal biza ajib xizmatlar yuklanmish, — dedi betimga issiq-issiq termulib.
— Xo‘sh, xo‘sh? Bizdan nima xizmat? Tortinmang hech, — dedim qistab.
— Xizmat shuki, — dedi Sodiq afandi allaqanday guldirab ham pishqirib. U ba’zan azbaroyi to‘lqinlanib ketgan kezlari havo yetmay qolar-da, qaddini bir qadar ko‘tarib kerishar va shu topda ovozi ham allaqanday guldirab chiqa boshlar edi. Uning norg‘ulligi, ulkan odamlardek bir yerga sig‘may qolishi shunda yaqqol sezilib qolar edi. Men uning oldida o‘zimni ushoqdek his eta boshlar edim, tavba. U yutinib olib, davom etdi. — Avvalgi gal Marg‘ubonuga tegishli xabarlarizdan ko‘-o‘p mutaassir bo‘lishib edi. Endi boshqa bir kishina tegishluv yumushlar chiqmish.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:16:56
— Hech qisinmang. Xolavachchamiz so‘raydilar-u, bilib bermaylikmi? Aytavering, — dedim. O‘zim esa azbaroyi intiqib turibman, kimga tegishli ekan, deb...
Mehmon kutmaganimda men tomon engashib, ovozini pastlatgali tushdi:
— Ular bir birodarlarin ojizasin izlarlar.
— Izlarlar?.. Kimni? — dedim hayratga tushib. Chindan ham bu g‘alati xabar edi.
U ovozini undan-da, pastlatdi:
— Sarhad oshib kelmish... ekan...
— Qaerdan, qaerdan?! — Men qaerda o‘tirganimizni-da unutib, ovozimni ko‘tarib yuborgan edim.
Mehmon yelkamga qoqib, o‘ziga tortdi:
— Hay-hay, mirzo janoblari, devorning-da qulog‘i vor-a?
— Uzr-uzr, — deya o‘zimni bosib olishga urinib, rijoga tushdim. — Faqat tushuntiribroq aytsangiz: qaerdan kelmish?
— Kim, o‘shal mushfiqami? — dedi u.
Oh, qaerdan ham shuni aytdi?! Men shu bir og‘iz so‘zdanoq hamma gapni anglab yetgandek edim. Ko‘z oldimdan mushfiqa kennoyim ketmay qolgan, undan, akamdan bo‘lak narsani o‘ylamay qo‘ygan edim.
Nazarimda, elchi ham shundan bo‘lak narsa uchun kelmagandek! Lekin nega ochiq-yoriq ayta qolmayapti? Nuqul ijikilaydi? Ilinjini ro‘y-rost aytavermaydimi?..
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:17:06
Men u mushfiqaning qaerdan liginiyam, kimliginiyam bilib turibman. Bo‘ladi-ku shunday sezgi, avvaldan bildirib turadigan... Shunday ekan, undan bo‘lak kimni izlashardi?!
— Har kishini-da bu dunyoda bir orqadoshi, qiyomatluv do‘sti bo‘lsin ekan, Maqsudxo‘ja janoblari, — dedi mehmon qaddiyu ovozini rostlab.
— Xo‘sh-xo‘sh? — dedim hislarimni zo‘rg‘a jilovlab.
— Men siza aytsam, Bahriddin og‘amiz ko‘zdan-da yaqun, jigardan-da afzal bir birodarina qayushib, ul og‘asina yaxshiluklar sog‘inadur. Biz ul vatanjudoning ahli ayolin daragin bilmak istarbiz.
— Istarmisiz, izlarmisiz? — deya oldim.
— Unisi-da, munisi-da, — dedi elchi mamnun iljayib. — Og‘amiz o‘z vaqtida ul birodarindan tengsiz yaxshiliklar ko‘rmish...
Ana uni qarang!.. Qaytar dunyoni ko‘otgsh!..
Chindan ham Marg‘u kennoyimni kim unga yetkazib, kim uzilgan nikoh rishtalarini ulabdi?! O‘shaning qaytimini qaytarmoqchi bo‘ptimi?! Qiyomatga qolmasin, deptimi?! Evaziga bu yoqlarda qolib ketgan kennoyimni daraklatib, elchi yuboribdimi? Bo‘lak nima ham bo‘lardi?! Kimni ham izlardi?! Mening butun vujudimga, barmoqlarim uchidan sochlarim tagiga dovur shirin bir titroq yugurib ulgurgan, o‘zim bu xabardan osmonlarda uchib yurardim. Shunday bo‘lsa-da:
— Siz u mushfiqaning kimligiyu kimlarga tegishli ekanini... aytmadiz-ku, — dedim elchiga xush tikilgancha.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:17:16
— Darvoqe, shundaymi? Allohimning hifzu himoyasinda bul diyorlarda umrguzaronlik qilayotgan ul mushfiqa... sizga-da begona bo‘lmas. Tangritoqqami — qayoqqa hijrat etib ketmish qay bir xolavachchangizning shar’iy halolasimish-ku, Maqsudxo‘ja janoblari. Salom xolamizga kelin qavlida bo‘lgay, topsangiz o‘sha diyorlardan — Kattabog‘u Yakkabog‘lardan topgaysiz daragin, dedilar.
— Boyadan beri aytmaysizmi, shuni?! — dedim quvonchim ichimga sig‘may ketayotganini oshkor etishdan yila-tiyla. Ammo o‘zimga qolsa, qani, holi bir yerda bo‘lsagu shunday shirin xabarlar ila kelgan elchini quchib olib, bag‘rimdan bo‘shatmasam... — Faqat bir narsa so‘rasam maylimi, aybga buyurmaysizmi? — deya oldim axiyri shivirlagudek bo‘lib.
— So‘rang, Maqsudxo‘ja janoblari, jonim bilan aytay, — dedi u ham.
— O‘sha darbadarning o‘zi-chi? — dedim tilim tang-layimga yopisha borib. — O‘zi qay ellarni vatan tutib, qay diyorlarda to‘xtabdi? Bilasizmi o‘zingiz?
— Kimni aytasiz? — dedi u dabdurustdan anglab yetolmay.
— Kim bo‘lardi, biz uchun aziz o‘sha mujohidni aytaman-da...
— Ha-a, Bahriddin og‘amizning qiyomatli oshnasi, vatanjudo xolavachchasin aytasiz... — U yengil tin olib, orqasiga suyandi. — Ikki yil bo‘ldimikan, vallohi a’lam, daragi chiqqaniga...
— Qay yurt-diyorlardan so‘rarmiz? Omonmilar ishqilib? — dedim o‘ksim buzila kelib.
— Siqilmang, ko‘ngilingiz ham buzilmasin, Maqsudxo‘ja janoblari. O‘zini xor qildirib qo‘ymaydigan jigarlaringiz vor ekan. Avvalda Peshovardami, qaerda edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:17:27
— Hozir-chi, hozir qaerdalar? — dedim titranib, qolaversa, u manzillardan kelgan xatlar rost chiqmoqda edi.
— Bombeydami, qaerda — bandargohda qo‘nim topmishlar. Kemalaru qayuqlarni mumlashar emush.
— Mumlashar emush?!. — Men bilganlarim tasdiq topayotganidan hayratga, tushib qaytarib so‘rardim. — Shunday botur — shunday mujohid akamiz-a? Haligacha-ya?..
— Siz xursand bo‘ling, Maqsudxo‘ja janoblari, o‘sha yerdan shunday bir yumush topganlariga, vatanjudolar jamiyati ochganlariga.
— Jamiyat?! — dedim men orziqib, akam o‘shal yerda ham jim yurolmagani yana tasdiq topmoqda edi.
— Mushkul kunga qolgan vatanjudolarni himoyaga oladurgan, qo‘llaydurgan jamiyat emush. Niyatning ulug‘ligini ko‘ring, Maqsudxo‘ja. Har kim ham bu ishga bel bog‘lasin-chi! — dedi mehmon mutaassirlanib. — Shunday ishlarga bosh qo‘shadiyu biz qayushmaylukmi?! Ahli ayolini topishib yubormaylukmi?
Men uning so‘zlaridan titranib bormoqda edim.
— Siz... o‘ziz u kishini bilgaysizmi? — deya oldim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:17:38
— Qay birlarin aytasiz, Maqsudxo‘ja janoblari? Men nimagadir aqlim yetmay boradir. Har ikkalalari-da Siza xolavachcha bo‘lgaylarmi, yoki?.. — dedi Sodiqxon afandi sergak tortib.
Men o‘zimga kelib, elchimizning ko‘zlariga termuldim.
— Bahriddin xolavachchamizga Marg‘u kennoyimni yetkazgan kishi — o‘sha vallomat bizga kim bo‘lishini bilsangiz edi...— dedimu xushxol engashib mehmonning qulog‘iga shivirladim.— Bizda ham birov bilib, birov bilmas xabarlar bor: o‘sha tug‘ishgandan a’lo akamizni... Oltinxon to‘ram Makkaga chorlayotgan emishlar. O‘shanaqasi birodarinikiga kirsa ham ajabmas.
— Kim, Oltinxon to‘ram-a? Makkaga-ya?.. Voy, Maqsudxo‘ja janoblari-ey, zo‘r ekan-ku sizning xabarlar ham! Biz bilmaydigan narsalarni bilasiz ekan-ku!.. — deb yubordiyu u azza-bazza turib, rapidadek kaftini yelkamga tashladi va o‘ziga tortdi.
Biz jonu jahonimiz erib, bir-birimizning bag‘rimizga singib borar edik.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:17:51
2. Ular kimning ahli ayoliyu tirnog‘in izlashar?

Uylarning soyasi tortilib, oftob terak bo‘yidan oshgan sari osmon toqi tiniqlashib, kamiga moviylashib kengayib borar edi. Balki men so‘riga chiqvolib tok tarashga tushganimdandir bu. Ishqilib atrofga suqlanib boqar, hali hovli ortidagi o‘rik shohida chiyov-chiyovlashga tushgan sa’vaga, hali qo‘shnining tuproq tomi bo‘g‘otiga qo‘nvolib, tojini yoyib-yig‘ib «huku-pish»layotgan popishakxonga anqayishga tushgan edim.
Pastdagi ayvonda esa, oyim chordana qurib o‘tir-volib, menga qaysi navdani kesib tashlashu qaysi-nisini qoldirib, qanday bog‘lashni o‘rgatib turibdilar:
— Yo‘q-yo‘q, unisiga tegma. Ko‘zing qayoqda?! O‘sha mayda bo‘g‘ini sho‘ralasin-da hali. Senga qolsa, satta uzum qiladiganini kesib, erkak navdasini qoldirmoqchimisan? Qo‘y, bilmasang, kelinim chiqadi, — deb tergab qo‘yadilar ora-orada. Bunga sari kulgim qistab, yuzimni chetga buraman.
— Nega kulasan, u sendan uquvliroq. Bitta aytgandayoq ilib oladi.
Battar kulgim qistab, burnimni yelkamga ishqayman: qani, shaytonim qo‘ysa...
— Ha, unga nima qipti, so‘riga chiqmay yurgan joyi bormi? — dedilar azza-bazza jahllari qistab.
— Ha, endi... so‘riga ikki kishi chiqqanidan... bir kishi chiqqani tuzuk-da, oyi, — deb uning og‘ir-oyoqligiga shama qilgan bo‘ldim.
— Qo‘yaqol unda. Kenja tog‘ang tarab bera qolar.    U kishining qo‘li tekkan navda hosil bermay qo‘ymagan.
Ola! Men turib, tog‘amni chaqirtirib yursalar, ayt-maydilarmi?!.
Azza-bazza xafa bo‘lgan joyimda... darvoza zulfini shiqirladi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:18:02
— Hoy, kim bor, qutlug‘ uyda? Mehmon kevotti o‘z oyog‘i bilan.
Ovoz taniс‰, juda ham tanish edi. Hassaning do‘q-do‘qi undan-da tanish edi.
«Kelavering, pochcha»lab narvondan tushib borsam, chindan yo‘lakdan u kishi kirib kelyaptilar. Birpasda bag‘rimiz to‘lib, uyimizga fayz kirib ketdi.
Dasturxon yozilib, choy kirdi. Duolar bo‘lib, hol-ahvol so‘rasha ketdik. Qarindoshlar sal uzoqqa tushib, hovli-joy qilsa, shu ekan: sog‘inib, ichikar darajaga yetar ekan odam. Shundanmi, so‘rashib-istashib to‘ymas edik.
Qolaversa, biz istab borish o‘rniga, u kishining yo‘qlab kelganlaridan, ixrab-sixrab bo‘lsa-da, shu yoqda xeshlarim bor-ku, deb kirganlaridan bir — xijolatga botsak, bir — boshimiz ko‘kka yetar edi.
— Borsa-kelsa, oqibat uzilmaydi-da, Salomxon. Oyog‘imiz ostidan shamol o‘tib turibdi, shunisiga shukr. Hassa nima, bir dalda-da, yotgulik qilmasin, — der edilar u kishi pishillab. Basavlat odamning yostiqqa suyalishi ham, xontaxtaga ko‘krak berib, xo‘rillatib choy xo‘plashlari ham bir bo‘lakcha edi. Suyagi yo‘g‘on, toshi og‘ir odamning shundan shu yoqqa bizni deb kelganlari, hovlimizga yuz burganlari, ayniqsa, bizga xush kelmoqda, u kishini har qachongidan yaxshi ko‘rib ketmoqda edik.
Tog‘alarimiznikiga kelib, bosib o‘tib keta olmadilarmikin yo atayin kelyaptilarmi, bunisini bila olmay o‘tirardik.
— Hay, bizning tog‘ oshib kelgan arzanda kelinimiz qani, Yodgormurod qani? Ular ko‘rinishmaydi, qayoqqa javob bergansiz? — deb qoldilar pochcha ochiq eshikdan hovli adog‘idagi uylar tomon alanglab.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:18:14
Shundagina bir narsalarning uchini sezgandek yuragim hapriqdi: nima gap ekan? Shunchaki surishtiryaptilarmi yo biron xabar bormi, deb yuzlariga termuldim. Ammo u kishi soqollarini tutamlab-silagancha javob kutsalar-kutardilarki, menga qaray qolmas edilar. Yuzlaridan bir quvonchli narsani sir tutib turgandeklar. U nima ekan, deb ichim qurib boryaptiyu... o‘zim Bahriddin akam yuborgan elchi haqda hech kimga miq etmay yurganimdan (Kelishuv shunday! Hatto kennoyimga, Yodgorga so‘z ochganim yo‘q! Elchi qattiq tayinlagan!) jim qola qoldim. Hozir ham ochmaganim ma’qul bu gapni, ochsam — oyimlardan baloga qolaman. Boshlanadi so‘ng: nimaga aytmovding? Biz ko‘rsak bir narsa bo‘lardimi? Shundan shu yoqqa odam keladiyu uyga opkelmaysanmi? Anuv mushtiparlarga bir og‘iz bildirib qo‘ymaysanmi? Shuncha kutganda — arzimabdimi, daragini eshitsa?.. Undan ko‘ra, ichimda yotavergani ma’qul. Bunaqa narsalarning isini chiqarib bo‘ladimi!
— Qumloqqa ketishdi. Oyto‘raxonni ko‘rib kelgani, — dedilar oyim, men ruxsat berdim degan kabi va qo‘shdilar, — U kishi ham tabarruk, duolarini olib turishgani ma’qul. Bir vaqtlar bag‘rilarida o‘tirishgan.
— E, shunaqami, men Sultonmurodimizning tirnog‘ini ko‘rib ketamanmi, devdim. Xayitlik berolmab edim, berib ketamanmi, deb edim. E, attang, e, attang,— deb qoldilar u kishi.
— Shoshadigan yeriz bormi, pochcha, o‘tira turing. Kelin ko‘ksomsaning harakatiga tushgan. Keyin o‘zim osh damlayman, qo‘lbola qilib. Ungacha qaytib ham qolishadi, — dedim sog‘inganimni jindek sezdirib.
— Hay, sening gaping ham tuzuk, qayoqqa shoshaman. Kechqurun oborib qo‘ysang bo‘ldi-da, — dedilar halitdan ketish g‘amidan so‘z ochib.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:18:23
— Qolavurasiz-da, — dedim atay.
— Xo‘, jiyan-a, — dedilar u kishi orqalariga suyanib-kulib. — Senam qarigin bilasan, o‘z uying o‘lan to‘shaging ekanini. Qolaversa, xolang ko‘z yummay chiqadi.
— Opkelavermabsiz-da, opamlarni ham. Yotib ketardilar, — dedilar oyim.
— Umi, bilgani yo‘q. Isini chiqarmay qo‘ya qolay devdim topgan gapimni...
— Voy, yana qanaqa gap? Nimaning isi? — deb hovliqib qoldilar oyim. — Shu mushtiparginaga tegishlimi?
— Nima desam, sizga qanday tushuntirsam, — deb pochcha talmovsiradilar. Aftidan bu gapni hech kimga ochgilari kelmay meni izlab kelganlar-u, hozir no-iloj qolgan edilar. — O‘zimam tagi-tugiga yetolmay sarangman.
— Nimani, ochiq-yoriqroq aytavering,— dedilar oyim.
— Shu yangi imomimiz kechaginda bir gap topib kepti. Emishki, hajdan qaytgan muftiy taqsirimiz bir odamning omonatidan so‘z ochganmishlar. O‘sha qoch-qoch paytlarda ahli ayoli qolib, o‘zi hijrat etib ketgan birov yaqinlari daragini so‘ratganmish. «Sizda ham bir mushtipargina bor deb eshitamiz, eri sarhaddan o‘tolmay qolgan. Taqsirimga balki uchrab boqarsiz», deydi. O‘shandan beri na yeyar-icharimda, na o‘tirar-turarimda halovat bor. Koshki bizga tegishli bo‘lib chiqsa deb... — Pochcha ko‘ksilarining ichi achishib borayotgan kabi o‘sha joylarni silab, yana orqalariga yastandilar, — Sultonmurod hajda nima qiladi, u yerlarga yetishga yo‘l bo‘lsin, boshqa birovdir deb, o‘zimga taskin-tasallular bersam-da, tinchiy olmayapman hech. Xudo xohlab turibdiki, bu xabar bizgacha yetib kelibdi. Xohlamasa, qaydan ham yetardi deb, ertalabdan bu yoqqa yurvordim. Nima qilay, nima bo‘lsa, Xudodan ko‘rdik, deb bir borib ko‘raymi, Maqsudxo‘ja? Harholda sen o‘qigansan, dunyo ishlaridan xabaring bor. Ishonsa bo‘ladimi shu gaplarga... yo hammasi bir uydirma, tuzoqmi? Og‘rimagan boshga tashvish ort-tirib olmasmikanmiz?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:18:33
Men yalt etib oyimlarga qarasam, u kishi qo‘llarining yuzidagi ko‘k ipakdayin tomirlarini silagancha xayolga tolib qolibdilar. Bir to‘xtamga kelganlarini bilib bo‘lmaydi: shunchalik xayol olib qochgan.
Pochcha ham bu holni ko‘rib, sovub qolgan choylarini simirarkanlar, orqasidan chuqur tin olib, yuzlarini ishqab qo‘ydilar:
— So‘z ochgani ham qo‘rqasan, ochmagani ham. Aytsang ham — bir balo, aytmasang ham. Bu hukumat is olib qolsa bormi... — dedilar u kishi xum boshlarini ma’noli saraklatib, — undan ko‘ra, «och qornim — tinch qulog‘im» yaxshiroqmikan-a?
Men u kishining soyalaridan ham xavfsirayotganlarini bilib tursam-da, elchi kelgani, ketidan bu gapning chiqishi hech bekorga o‘xshasdi. Demak, Sultonmurod akam ham tinch o‘tirgani yo‘q: bularni topib, zimmasidagi shar’iy burch — omonatni o‘tash harakatida! Shunday bo‘lib chiqadimi?.. Unday desam, Bahriddin akam jo‘natgan elchidan xabari yo‘q, taqsirga og‘iz ochib qo‘ydimikan?.. Hech tushunib bo‘lmasdi.
— Chiqmagan jondan umid, o‘zimizning odam — muftiy ekan-ku, — dedim.
— He, jiyan-a, — deb qo‘l siltadilar pochcha, — bularning ichida ham murosai madorachisi qancha, xizmat qilib qo‘ygani qancha. Yaktagu salla bir libos, xolos. Jon esa, shirin.
Ichimdan yo qirindi o‘tdi, yo boshimdan bir olov chiqib ketdi (Balki har ikkisi shu bir lahzaning o‘zida kechgandir):
— Qanday?! Xudodan qo‘rqmasdan-a?.. — deb yubordim. — Mehrobda chayon yotsa, bu yoqdagilarni holi ne kechadi?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:18:40
— Astag‘firullohi al-azim. Balki biz adashayotgandirmiz, Alloh zohirgamas, botinga qaraydi-ku.
— Unda nimadan qo‘rqasiz? — dedim qidirayotgan odam akam ekanidan umidimni uzmay.
Oyim shasha-doka ro‘mollarini peshonalariga tortib, uchini yelkalaridan oshirib tashlarkanlar, bosh to‘lg‘adilar:
— Gumondan imon ham qochadi. Ka’batullohgaki borib kelgan odam... unday qilolmas. Boravering, Allohning yozganidan bo‘lak nima bo‘lardi? Balki kelingina boyaqishning baxti ochilay deb turgandir.
— Shuni ayting. Balki hammasi rostdan ham yaxshilikkadir.
Men ich-ichimdan «Qani edi, qora kunlar orqada qolib, bular ham ro‘shnolikka chiqa qolsa», deb uchib-qo‘nib turardim-u, kallamning bir chekkasidagi shub-ha qo‘ymasdi: «Shoshma, shuncha ko‘rgiliklari kammi? Hukumatning nayrangi bo‘lmasin. Undan ko‘ra, sabr qilish kerak. Ishonchli elchi kelib ketdi-ku, axir».
Axiyri shu shubha tosh bosib ketib, fikrimdan qaytdim:
— Avval biladiganroq odamga maslahat solish kerakmidi?
— Kimga? — dedilar pochcha sergak tortib. — Anuv oshnasiga deysanmi?
Tushundim, Chaman akamni aytayaptilar. Kechagi elchi haqida miq etmadim-u, buni aytib bo‘ladimikan? Yerning tagida ilon qimirlasa, biladi-ku, buni bilmaydimi? Akamning qaytishi mumkin bo‘lsa, Chaman akam allaqachon harakatga tushib qolmasmidi.
Undan ko‘ra, To‘ramning oldilariga o‘tmoq lozim. Kim-kim, u kishidan xayrli bir maslahat chiqishi aniq.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:18:48
— Istasangiz, To‘ramning oldilariga oborib kelay. U kishi aytgan odamizni bilsalar kerak, — dedim tusmollab.
— Darvoqe, sen haqsan, — dedilar pochcha pishillab, — haq bo‘lganda ham yuz karra haqsan. Borib sekin so‘raylik-chi, bor gapmikan-yo‘q gapmi? Otlan-otlan, men rozi.
— Hoy, pochcha, kelmasizdan-a, — dedilar oyim azza-bazza hovliqib, — kelin ko‘ksomsani opkesin, omonliq-somonliq qilaylik. Xudoning kuni bittami? Qolaversa, o‘sha mushtipargina kelsin, Yodgori kelsin. Sizni ko‘rib, boshlari ko‘kka yetsin. Kelmasizdan yo‘l ko‘rmang-da, pochcha.
— Bo‘pti-bo‘pti. Surishtirish mirzoga tan. Men qoldim, — deb ikkala qo‘llarini ko‘targancha chayqalib qo‘ydilar u kishi.
Bundan mutaassir bo‘lib hammamiz kuldik. Chindan Nusrat pochchaning qiliqlari o‘zlariga yarashardi, ulardan boshqa odam bunday beg‘arazdan-beg‘araz kulgi uyg‘ota olmasdi. Hatto Yodgor ham, kennoyim ham, ko‘zda yosh bilan bu kulgiga qo‘shilgan bo‘lar edilar. Hozir esa, kim ahli ayoliyu yolg‘iz tirnog‘ini izlashidan bexabar qaerlarda yurishar, bilishsa bormi, yuraklari yorilar edi.
Chindan Oyto‘ra buvining ziyoratiga ketishdimikan yo Chaman akamdan biron mujda kutib? Men aniq bir narsa bilmasdim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:19:02
3. O‘zi pok, dardi dunyosi qora bir inson

Pochchani kirakash mashinada Beshqayrag‘ochga tashlab qaytsam, mahalla zim-ziyo, na biron ko‘chada chiroq bor, na biron uyda lipillagan yorug‘. Hammayoq tim-tirs, odam zoti ko‘rinmaydi. Xuddi allamahal bo‘lib ketgandek.
Vaholanki, ketayotganimda chiroqlar charaqlab yotib edi. Qancha vaqt bo‘libdi ekan? Qolaversa, kennoyimgilar shahardan qaytishmagan edi.
Shu xayolda guzarga yaqinlashib qarasam, do‘kon yonidagi qorovulxonada bir narsa miltirayapti. Kim ekan, bemahalda hujraga chiqqan? Sekin burildim. Borsam, shaxmatchi xariflarim xontaxta ustiga muk tushgancha dunyoni unutib dona surishyapti. Yonlarida yog‘ga solingan pilik ojiz chirsillab, shaxmat ustinigina zo‘rg‘a yoritib turibdi. Shu ahvolda:
— Shix, qochsinlar! Shix, ishongan tog‘larini bersinlar! Shix, motga tayyorlanavursinlar! — deb dona surishyapti.
— Ey-y, harifjonlar, bormisizlar, o‘rtanglar to‘lsin, — deb kirib bordimu o‘tirib qopman.
Necha qo‘l o‘ynadik, o‘rtada shaxmat necha aylandi, bilmayman. Bir mahal birov eshikni ochib yuborib:
— E, barakalla, u yoqda kim nechta tug‘ib o‘tiribdi, bu yoqda bularning topgan o‘yinini ko‘ring, — desa, o‘zimizga kelibmiz. Darvoqe, oyim ko‘z yummay o‘tiradilar-ku. Ustiga-ustak, Yodgorlar ham kelishmagan edi, deb o‘rnimdan turdim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:19:11
Ichim g‘urmishlab, uyga yetib kelsam, eshik yuziga yopiq, qulf tushmabdi. Demak, oyim tiq etgan tovushga quloq tutib o‘tiribdilar. Kirishimdan urishib berishlari aniq. Shuning uchun ham oyoq uchida kirib borib, derazadagi qulfni ola boshladim. Ammo ichkaridan... qanaqadir piq-piq yig‘i tovushi kelar, tovush ham tanishdek edi...
— Shunaqa, kichigoyujon, dardum ichimda. Chiroq yoqsa, yorumaydu. Bu balo qaydun yopushdu, qay gunohlarumga tutdu, — deb siqtanardi kennoyim... Qotib qopman.
— Hammadan yashirsangiz ham o‘zimga aytavermaysizmi? — dedilar oyim.
Kennoyim yig‘isini yutolmay, hiqilladi:
— Koshki... aytub bo‘lsa, kichigoyujon.
— Men kimman, kelinposhsha? Nega onangiz o‘rniga onadek ko‘ravurmaysiz? Bir chekkasi kelinim bo‘lsangiz, bir chekkasi shu yoqdan ketgan kishilarning tirnog‘isiz, chirog‘isiz, — deb tergay ketdilar oyim.— Alloh otalarizga buyurmagan yurtni sizga buyuribdi, shukr qiling. Birovlarnimas, bizni bag‘rimizda o‘tiribsiz. Bizga suyanmay, kimga suyanasiz?! Sultonmurodimizning taqdirida ahli ayoliyu Yodgorini bizga qoldirib, o‘zi darbadar ketishi borakan, ne qilayluk?! Ko‘namiz-da Xudoning yozug‘iga. Dardizni olay, unday qilmang. Hammasini ichingizga solavermang. Anavi Yodgorizzi o‘ylang. Erta birisi kun uni uylashingiz, orzu-havasini ko‘rishingiz kerak. Kelin tushirsangiz, qo‘lidan bir piyola choy ichganingizda bu kunlar unut bo‘lib ketadi, aylanay. Zimmangizga ham ota, ham ona bo‘lish tushibdi, hali ajrini ham ko‘rasiz. Tirnog‘ingiz er yetib qoldi, har odamlar borki, tirnoqqa zor, chirog‘bonga zor. Hech siqilmang, Allohning va’dasi bor, men shukr qilgan bandam bilanman, degan. To‘g‘rimi?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:19:20
— Rahmat, kichigoyu. Yaxshuyam sizlar borkansiz.
— Ha, bu boshqa gap. Dard bergan Allohim shifosini bermasmi? Sudralib yuruvchi bir ilonki, jarohatiga shifo topganda, biz topolmasmizmi?
Men damim ichimda, hamon deraza tagida miq etmay turar, ketolmas ham, qimirlay olmas ham edim.
— Qanday? — dedilar kennoyim ilinjda.
— Dalayu dashtdan bir o‘tni topib borib, o‘shangga jarohatini surta-surta, tuzalib ketadi ekan. Ana o‘shani ermana der ekanlar. Biz o‘shanchalik ham emasmizmi? Buning ham bir davosi bordir, kelinposhsha...
Men esovsirab qolgan edim. Kennoyim bechora, tomoqlariga dovur o‘ranib yurishlari shundan ekanmi? Boshidan ro‘mol tushmay, yengi uzun ko‘ylaklar kiyib olishlari, bilaklarini xuddi yara chiqqandek doka bilan tang‘ib tashlashlari... shundan ekanmi?! Olim akamnikiga uyko‘rarga borganimizdami, qaerda ko‘rib edim, xuddi yangi tushgan kelinlardek ro‘mollarni tomog‘lari bilan qo‘shib o‘rab olganlarini? O‘shandan boshlangan ekanmi?
Nega ranglari chiqmaydi, uzun xayol surganlari-surgan desam... oq tushib, shu dard ilashgan ekanmi? Oyto‘ra buvining oldiga ham bekorga tushmagan ekanlar-da.
— Hamisha shunday qolmas, kelinposhsha...
Shu mahal... chiroq birdan charaqlab yonib, hammayoq charog‘on bo‘lib ketsa... ko‘zlarim qamashib, tisarilib ketibman. (Qolaversa, deraza tagida so‘z poylagan kimsadek turishim xunuk edi!)
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:19:31
Qulfni ola darvozaxonaga qayrilgan joyimda ichkaridan oyimning ovozlari keldi:
— Hoy, kim? Maqsudxo‘ja, o‘zingmisan?
— Men-men, keldim...
— Sen kelishing-la chiroq yonarkan, vohliroq kelmaysanmi-ya, bolam?
Men eshikni qulflab, qo‘limni chayib kirib borganimda, ular ancha o‘zlariga kelib qolishgan, kennoyim xontaxta ustini yig‘ishtirishga tushgan, allaqanday o‘ng‘aysiz holatda odamga qaramaslikka tirishar, ko‘zyoshlarini artib ulgurgan bo‘lsalar-da, nami bilinib turar edi. Men ichim zil ketib, so‘rashishga ham tilim bormay turarkanman, oyim hushimga keltirdilar:
— Ha, bolam, ja qolib ketding? Xolang yaxshi ekanlarmi?
— So‘ray-so‘ray bir yerga yetishdi, duo deb qolishdi.
— Salomat bo‘lishsin. Kichkina bo‘lsayam bitta mashina olsang, «g‘uvva» oborib-kelib turarmiding. Odam sog‘inarkan, bolam. Ha, qani-ya, Kattabog‘da o‘tirganlarimiz? Sog‘insak, eshikka tambani bosib ketaverishlarimiz? Allamahalgacha gaplashib o‘tirib kelishlarimiz? Qadri o‘tyapti.
— Endi men qachon o‘rganardim! Undan ko‘ra, ana, Yodgorni o‘qitamiz. O‘rganvolsa, oborib kelaveradi.
Bu gapim choy yangilagani chiqib borayotgan kenno-yimga yoqib, qayrilib qarab qo‘ydilar. Ko‘zlarida yilt etgan yolqin, u kishini yangi kelgan davrlariga qaytargandek edi, tavba. Yuzlari yorishib:
— O‘sha kunlarga yetkazsun, ilohum, — dedilaru chiqdilar.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:19:41
Oyimlar bilan qolib, men u kishiga savolomuz qaradim.
— Tinchlikmi, oyi, ruhlari tushib ketibdi juda?
Oyim damlarini chiqarmay, eshikka imo qildilar. So‘ng oyoq ovozlari uzoqib borib, oshxonaga kirib ketgachgina:
— Boyaqishga shu yetmay turib edi, — dedilar bosh to‘lg‘ab. — Nima qilasan, Allohimning yozmishi. Suyganiga dardu mashaqqatni qoplab beravuradikan.
— Tushunmadim?
— Hammaga ham bersin-chi, bermaydi. Pirovun1 degani o‘tgan ekan, dodam rahmatli aytib o‘tirardilar. O‘shanga hamma narsani, mulkniyam, dunyoniyam berib qo‘yib, dardni ravo ko‘rmagan ekan.
— Yomonmi bu? — Men hamon nima demoqchi ekanlariga tushuna olmay o‘tirardim.
— Bosh og‘rig‘i nima degan gap? Hatto o‘shani ham bermagan ekan.
— Nega?
— Bersam, menga iltijo qilib, topinib qoladi deb, bermagan ekan. Dardni ham suygan bandasiga, amallari xush kelganiga beradi. Kennoyingga ham ibodatlarini mukammal etsin, deb bergan-da, bolam, bu narsani.
— O‘sha hammadan yashirayotganlari shunchalik qo‘rqinchlimi, oyi? — dedim o‘takam yorilib. Qolaversa damim ichimga tushib, eshikka alanglar edim.
— Ayol kishiga xunuk-da, bolam. Ustiga-ustak, suqsurdek juvon shu oq baloga uchrab tursa. Hamma qatori yayrab-yashnab yurolmasa, birovga ko‘rinolmasa... Sulton akangdan tirik judo bo‘lgani kam ekan. — Oyim chuqur tin oldilar, ichlaridan olov o‘rtab chiqqandek, ketidan bosh to‘lg‘ab dedilar. — Nimayam qiladi, osmon uzoq, yer qattiq...
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:19:52
Mening ichim battar tilindi:
— Shunchalik bedavo deb o‘ylaysizmi, oyi?
— Qaytib, musaffo bo‘lib ketibdi, deganini eshitmaganmiz...
Endi ichimni bir g‘ashlik tirnagandan tirnay boshlagan edi. O‘g‘li er yetib qolganida shu ham bor ekanmi? Ichim xuddi birov tilimlab, tuz sepayotgandek achishar edi.
— Shaharga nimaga borishibdi ekan? Tabib izlabmi?..
— Chamanni opasi Eski Juvadagi yoymachilardan bir gap topib kelganmish. Arpapoyada shunaqa oq tushganni davolaydigan tabib borakan. Agar xorijga ketib qolmagan bo‘lsa, o‘sha davolaydimish.
— Borishibdimi? — dedim umid tutib.
— Yo‘q, bizdan bemaslahat o‘tmabdi. Yig‘lab-siqtab qaytib kepti. Shunisiga ham shukr. Bizni qora tortib, ko‘nib o‘tiribdi. Boshqasi bo Xudo, derdiyu chopardi. Bu istihola qipti. — Unaqa-bunaqa narsaga xo‘rliklari kelmaydigan oyim engashib olgancha kaftlarining orqasiniyu och ko‘kimtir tomirlarini silashga tushgan edilar.
Men qaytarib so‘rashga jur’at etdim:
— Qanday tabib, dediz?
Oyim aytgilari kelmayinqirab aytdilar:
— Juhud tabib desa, hamma bilarmish.
— Ular o‘ta aqlli xalq, baloga aqli yetadi. Nima bo‘pti, boraverish kerak, — dedim miyamga kelganini qaytarmay.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:20:09
Oyim yalt etib aftimga qaradilar-u, ensalari qotgandek, yuz burib oldilar. Men hech narsaga tushunmay movdiradim. Ammo shu tob eshik ochilib, choy ko‘targan kennoyim ko‘rindilaru biz jim qoldik. U kishi piyolalarni chayib, choy damlab kelmoqda edilar.
— Hojati yo‘q edi, bekor urinibsiz. Kerak bo‘lsa, ana, Saidaga aytardik, — dedim.
Oyim u kishini alqadilar:
— Baraka toping, osh endi chanqatvotuvdi. Kelin boyaqish, bolalarini uxlataman deb, o‘zi ham mizg‘ib ketgandir-da. Mayli, tiniqib ola qolsin.
Men razm solmayman desam ham nazarim kennoyimning o‘sha ro‘mol o‘ragan joylariga, quloq yumshog‘i ortiyu soch taglariga ketib-ketib qolmoqda edi. O‘sha quloq yumshog‘ining yonginasidagi tangadek nori tepasida (yo tavba, bu nesi bo‘ldi!) tuxum po‘chog‘i yopishgandek bir narsani ko‘rib, ichlarim titrab ketdi. Qaydan ilasha qolibdi bu balo? Yo necha yil surunkasiga ko‘rgan azoblari, siqilishu kutishlari, bedarak ketgan akamga yetib-etolmasligiyu ertasini bilib-bilolmasliklari — barcha-barchasi qo‘shilib, shu oq dard bo‘lib chiqibdimikan? Akam kelmaguncha bet-qo‘lini shunday tutib boravuradimi bu? Ungacha davosi yo‘qmi?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:20:24
Mening nazarimda shunday edi, ungacha bironta tabib ip esholmaydigan, davosini topib berolmaydigandek edi. Akam keladiyu u yana bir et tashlab, avvalgidek yashnab ketadimi?
Ammo akamni qaysi mard qaytarib kela oladi? Topganda ham sarhaddan kim o‘tkaza oladi? Koshki bu hukumat jim qo‘ysa! Hamma-hamma bilan uni o‘tkazib qo‘yadilar ekanmi? Yashatib qo‘yadilar ekanmi?
Nima qilmoq mumkin? Men kennoyim uchun, akam uchun hamma narsaga tayyordek edim, ko‘z yumgancha qolgan edim. Ammo ular uchun o‘zni nisor etishning biron-bir yo‘li ko‘rinmasdi. Go‘yo miyam to‘ngib qolgandek o‘tirardim.
Boshqa qanday ham yo‘l bor — juhud tabibdan boshqa?..
Ichim o‘rtangandan-o‘rtanib borar, hech kimgayu hech yoqqa qaray olmasdim. Choy ham tatimas, ichsamoq ichimni yondirib yuboradigandek edi go‘yo. Turib qo‘l chayish bahonasida hovliga tushib bordim. Bodroqdek bodrab ketgan osmon yulduzlari g‘ashni keltirar darajada yarqirar, nimqorong‘u ko‘kdan adashgan tun qushi chuldirab o‘tib borardi. Qayoqqa, Xudo bilsin.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:20:38
4. Niyatga qarab ajr berilsa, agar...

Kun chiroyli yoyilib kelar, u qo‘shnining navdalari g‘o‘dda-g‘o‘dda burtib yotgan gilosi ustidan uy peshtoqlariga sirg‘alib tushib ulgurgan, mana-hozir o‘sha peshtoqlar alangalanib ketadigandek bir tus olib borar edi. Ko‘klam oftobining tiniqligi shunchalik, nurlarining mo‘lligi shunchalik! Undan jilla pastdagi ravon oynalariga tushib borsami, qarab bo‘lmas ham ekan-da.
Boyadan beri ulkan shotut tagida quvalashib, hali tomga, hali pastga uchib tushib, tinmayotgan maynalar axiyri nimadandir hadik sirab tom oshib uchib ketdilaru darvozaxona yo‘lagida birov tomoq qirib yo‘talindi.
— Hov, opa, kim bor?
Ovoz tanishdan-tanish, tog‘amlarnikiga o‘xshash edi: ko‘z oldimga u kishining sassiz jilmayib kirib kelaverishlari tushib:
— Hozir-hozir, — deya chiqib boraverdim.
Chiqsam, chindan tog‘am, yarim yo‘lda jilmayinqirab turibdilar, orqalarida devor ushlab yuradigan kenja tog‘amlarning qo‘ltiqlaridan olgancha darozdan- daroz Yahyo akam ostona osha pastga tushayaptilar. Tog‘amni qo‘ltiqlaridan tutganlari kamday, yana bir qo‘llarida bir shishabonka qaymoq bilan ikkita issiq non. Men uning yangi tandirdan uzilganini darvozaxonani tutgan hididanoq sezib, qo‘llaridan olishga oshiqdim.
Yahyo akam shunaqalar, bizni mahallaga kelib qolsalaroq, bas, hammamiznikiga bir-bir kirib o‘tishlari bor, kirmay ketganlarini ko‘rish tugul, eshitmaganmiz.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:20:49
— Hammangni ichingda Yahyo bir boshqacha-da! Keldimi, bosh suqmay ketmaydi, oqibatni undan o‘rganinglar, hoy, falonchi, — deb oyim hammani uyaltirganlari-uyaltirgan. Hatto tog‘alarimni-da ko‘zlarini ochirmaydilar, hech kimni ayamaydilar. Bugun qaysi tog‘ qulab, nima bo‘laqolibdiki, tog‘am jiyan-qaynilari bilan boshlashib kelar edilar. Kenja tog‘am, albatta, o‘zlari yo‘ldan qo‘shilganlar. (U kishi vaqt topdilar deguncha, Qur’on o‘qigani kirib turadilar. «Opa, sizzi Qur’oniz tiniq, dona-dona, odam zer-zabariga adashmaydi. Menam shunaqa bosmasidan toptirsam edi», deb qo‘yadilar.)
Men ular bilan ko‘rishib-istashib, oyimlarning uylariga boshlab kirdim. Kennoyim qo‘ltiqlaridan olib, u kishi turishga unnalayotgan edilar, tog‘alarim qo‘yishmadi.
— Hoy-hoy, opa, sizdan lozimmi shu, o‘zizzi urintirib? Mana, biz kirib bo‘ldik-ku. Haliyam bo‘lsa, o‘ltiring.
Ammo oyim o‘z bilgilaridan qolmay, bosh to‘lg‘ardilar:
— Mani qo‘yaveringlar. Er kishining o‘z hurmati bor. Turib so‘rashganga nima yetsin. Momo Havvoni ham Allohim er kishining qay yeridan yaratibdi. Jilla qursa, ko‘krak baravar turay.
Keyin sizsirab, alohida bir iltifotlar ila yelkalariga qoq-qoqa, so‘rasha ketdilar:
— Keling, Qo‘ldoshxo‘ja, bormisiz-omonmisiz. Pensalarga chiqib olganmushsiz. Ishlarni tashlab, masjidlardan beri kelmayotganmushsiz. Bir chiroyli-bir chiroyli. Qumrixondan eshitib, bir suyundim-bir suyundim. Bolaligizda chiroyli talovatlar qilardiz, Qur’onga qaytganiz muborak bo‘lsin, muborak bo‘lsin.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:21:00
Boyaqish kennoyim, biz bostirib kirib, qayoqqa qocharlarini bilmay qolibdilar. Oyimni turg‘izishga unnalib qo‘yib, endi o‘zlari u kishining orqalarida «jon saqlayotgandek» edilar. Bir qo‘llari bilan u kishini tutgancha, yana ro‘mollarinimi, nimanidir to‘g‘rilashga urinadilar. Bildim, anavinga birovning ko‘zi tushmay qo‘ya qolsin, deb... jonlari halak: uyalib, yerga kirib boryaptilar.
Men ularga yordamlashib, oyimning qo‘ltiqlaridan tutgim bor-u, so‘rashayotgan tog‘alarim oldidan o‘ta olmay dovdirabgina turibman. Qolaversa, qo‘limdagini qaerga qo‘yarimni bilmayman, u kishiga achinib ketganim shunchalik.
Axiyri opalariga yelka tutib borgan tog‘am qaytganlarida oldinga o‘tdimu oyimning qo‘ltiqlariga kirib ulgurdim. Kennoyimga jon bitgan edi, u kishi bir qayrilishda qanday narigi tokcha yoniga yetdilar, keyin o‘sha tokchalarga qisingancha surina-surina, tog‘alarim bilan so‘rasha-so‘rasha eshikka bordilaru o‘zlarini tashqari oldilar. Yonlamasiga chiqib ketdilarmi, orqalari ilami, sezmayin ham qoldim. Aftidan fikri-xayoli o‘sha narsadayu unga birovning ko‘zi tushmay qo‘ya qolsa, deb titrab-qaqshar, o‘zini qaerga qo‘yarini bilmasdi.
Nega Alloh bergan bir dard ekan, deya olmayapti? Hamma narsaga ko‘ngan, ne-ne mashaqqatlarni ko‘rdim demagan, shuncha malomatlarni ichiga yutib ketolgan kennoyim... shunga kelganda bo‘shashib tushdi? O‘zini yeb bitiryapti? Buyam Allohimning bir sinovi-da deb, orqaga tashlay olmayapti?
Ayol kishining boshiga tog‘ ag‘darilsa, ag‘darilsin ekan-u, etiga bunday oq tushmasin ekanmi?! Zaifa degani shunda bilinadi ekanmi?!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:21:13
Sultonmurod akamni yo‘qotgani, ajrab qolgani, o‘sha alamlar, o‘sha boshi-keti yo‘q ayriliq-hijronlar endi bilinyaptimi? Shuncha hijron yetmagandek, taqdir qamchisi uni bedavo oq dog‘lar bilan «taqdirlab» to‘rt devor ichiga quvmoqchi, qamamoqchimi? Bu ko‘rgilikka qanday chidaydi endi?!.
Men ich-etim uzilib shularni o‘ylarkanman, kenja tog‘am oyim bilan qanday so‘rashdilar, so‘ng akalarining yonlariga o‘tib o‘tirgancha, orqalaridagi yostiqni nega oyim tomonga tashlashga unnala boshladilar, hech fahmlay olmasdim. Bu orada Yahyo akam ham ikki bukilib yelka tutib ulgurgan, xolamning salomlarini topshirish bilan andarmon edilar:
— Oyim duo deb yubordilar, xola, namozlarizda shifo tilab qo‘yarmishsiz u kishiga. Salomxonni duolari qabul: ikki salovot o‘rtasida so‘rashni biladi, deydilar. Shunaqami xola? — dedilar ovozlari uyimizning toqilari tagida jangillab. (U kishi shunaqa daroz odam. Ovozlari ham bo‘y-bastlariga yarasha!)
— Bo‘lsa, bordir, — dedilar oyim menga suyangancha joylariga cho‘kayotib, keyin o‘tirvolib qo‘shdilar,— hammasi ixtimat-da, bolam. Alloh ham ixtimatli bandasini suyadi. O‘zlari tuzukmilar?
— O‘tiribdilar o‘sha o‘ziz bilgan karavotlarida... ixrab-sixrab, tasbehlarini o‘girib. Charchasalar yotadilar. Yotib zeriksalar, turib tahorat oladilar, yana o‘sha o‘rinlarida namozlarini o‘qiydilar. Xudo umr bersin, — deb u kishi ham cho‘kdilar.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:21:22
— Beradi ham. Allohimning bergan dardiga necha vaqtdan beri sabr etadilaru  u kishini sevmay, kimni sevsin! Shu dard bilan ham ibodatlarini qo‘ymaganlari uchun ham shunaqa ushlab turibdi, Yahyoxo‘ja. Bo‘lmasa, u kishi tengi qanchalar o‘tib ketdi. Qani, ilohim, qadam yetdi, balo yetmasin, hammaga ham shunaqa ibodatli umr bersin, rohi-rostdan O‘zi adashtirmasin. Oblohu akbar. Xush kepsizlar. Qaranglar-a, qanday yarashib turibdi, uylarimiz to‘lib turibdi. Kelsa, ko‘rsa, ko‘z-ko‘zga tushsa, yaxshi-da. Hammavuza ham g‘animat.
Men ishga ketishim kerak edi, choy kelguncha kiyinib ola qolgani chiqdim.
— Hoy, bolam, ichingga issiq kirmay, qayoqqa shoshasan? O‘tir, tog‘alaring bir kelib qolishibdi, — dedilar oyim.
— Xo‘p-xo‘p, haligi qaymoq bilan shirchoyni opkirishay... — deb chiqdim.
Ularning ko‘ngliga qaramay bo‘ladi ekanmi! Ki-yinmayoq shirchoyni tezlashtirib qaytib kirsam, tog‘alarim o‘tgan-ketgandan gap ochib, gangir-gungur suhbatlashib o‘tirishar, uy ichi har qachongidan fayzli bo‘lib ketgan edi.
Qaymoq ketidan shirchoy kirib, boyagi hidi gurkiragan tandir nonlar ushatilib, bismilloh ila «oling-oling, nasibangiz qo‘shilgan ekan», «Alloh dasturxonimizni bundan ham ziyoda qilsin» degan mulozamatlar bilan nonushta qila boshladik.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:21:32
Ochig‘i, aqrabolar bilan yozilishib o‘tirib nonushta qilish bir gashtli, yolg‘iz o‘zing shosha-pisha, apil-tapil bir narsalar bilan nafsni qondirib ketishdan o‘lsa o‘ligi ortiq edi. Mehr ko‘zda deb shuni aytsalar kerak-da? Endi ketgim ham kelmay qolgan, har kungi o‘sha ish-da, boraman-da, axir, deb qilt etmasdim. Rostini aytsam, jirishni buzgim kelmasdi. Qolaversa, ular har kuni kelib yurishibdimi?
Qo‘ldosh tog‘am bir gap ochmoqchi bo‘lsalar avval odamga sassiz jilmaygancha tikilib qolar edilar. Hozir ham meni suygan kabi o‘shanday tikilib qoldilaru so‘zga ko‘chdilar:
— Akangni Yodgori ko‘rinmaydi, jiyan?
Mening o‘rnimga ham oyim javob qildilar:
— Maktabiga ketgan, tog‘asi. Hademay o‘nni bitiradi, Xudo xohlasa. Bunga o‘xshab instularga kirmoqchi. Zehni tez bolaginamizning. Xudo omadini bersin.
— E, shunaqami? Adasiga tortibdi-da. Kim bo‘lmoqchi? — dedilar u kishi.
— Do‘xtirlikka o‘qirmish, onasining boshi kasaldan chiqmaganigayam.
Tog‘am eshik tomon alanglab olib, ovozlarini past-latdilar:
— Abbosizdan bir uchini eshitdim, shunaqa tushibdimishmi, opa? — dedilar tog‘am, ayollarini to‘ng‘ichlarining nomi bilan atab.
Oyim kaftlari ustidan nigohlarini uzmay — istamaygina bosh tebradilar-da, qo‘shdilar:
— Osmon uzoq, yer qattiq, deydilar-ku, shu ham borakan peshonasida.
— Shu oyday kelinimizga-ya? Binoyidek shekilli,— deb gap qo‘shdilar kenja tog‘am.
— Eldan burun vahma qilmanglar, qo‘yinglar, — dedilar Yahyo akam xontaxtadan nari surilib.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:21:47
— Yomon bo‘pti, — dedilar Qo‘ldosh tog‘am ichlari sidirilib va negadir chakkalarini qashlab, yana eshikka qarab oldilar. — O‘zi man aytganimda bo‘ladigan ishni bo‘ldirib yubora qolish keragiydi. Hazilmi, shuncha yildan beri turmush qurmay o‘tirish ayol kishiga?! Bari shundan.
Hammani bilmadim-u, mening damim ichimga tushib ketgan edi! Men tugul, boshqalar ham miq etolmay qolishgan, uy ichiga pashsha uchsa bilingudek bir jimlik cho‘kkan va go‘yo biz shu o‘tirganimizcha tubsiz chohga shuvillab tushib borardik. Yolg‘iz Xudo asramasa, bosh-qadan panoh ham, najot ham yo‘qdek edi...
Bir mahal o‘zimga kelib, yon-verimga qarasam, tog‘amdan boshqa hamma yer chizib qopti. U kishi esa, zo‘r berib, o‘z gaplarini ma’qullab yotiptilar. Qani endi, dast turib, chiqib keta olsam!..
Oyim ham har vaqtdagidek kaftlarining orqasini hardamxayol silagancha jim qolgan, bosh ko‘tarib, qarab ham qo‘ymasdilar. U kishining gapidan o‘zlarini qaerga qo‘yarlarini bilmay qolgan kenja tog‘am-ku nuqul engahlarini silab, chuchkurmoqchidek burunlarini ishqardilar. Qani, aksira olsalaru qutulsalar!..
Yahyo akam-ku opalarining hurmatidan gap qo‘sholmay, ma’noli iljayib o‘tiribdilar!
Axiyri oyim bosh ko‘tardilar:
— Xudo xayringizni bersin, Qo‘ldoshxo‘ja. Bu gapni bir aytdingiz, boshqa tilga ola ko‘rmang. Eshonpochchaning haqqi-hurmatlari, Sultonmurodimizning haqqi-hurmati. Maylimi?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:21:55
Kutilmaganda tog‘am dasturxonga fotiha o‘qigan kishiday kaftlarini yuzlariga tortib, tura boshladilaru eshikka qaragan joylarida qaytib cho‘kkalab, ovozlarini pastlatdilar:
— Nima, men... yomonlik sog‘inib aytayotgan ekanmanmi, opa?
Oyim bo‘shashmadilar:
— Sog‘inmagan taqdiringizda ham niyatingiz nima— aytaymi? — dedilar u kishi.
— Ayting, ayta qoling, — deb izn berdilar tog‘am jahl ustida.
Oyim oqillik qildilar:
— O‘ziz ayta qoling, mendan ko‘ra.
Tog‘am ko‘rpachaga ketlarini qo‘yib, ikkala qo‘llarini yozdilar:
— Bo‘lmasa, Olim qurgan shuncha hovli-joy, uchaskaning huzurini birov ko‘rsinmi, birovlarga qolsinmi? Jilla qursa, Yodgorga qoladi-ku, opa.
Oyim kulimsirab, bosh tebradilar:
— Oh,  Qo‘ldoshxo‘ja,  Qo‘ldoshxo‘ja,  xafa  bo‘lmang-u, cho‘t qoquvchiligingizcha qopsiz. Axir ikki o‘rtada bekor bo‘lmagan osmon nikohi bor-ku! Buni shariat deydilar. Shuni tushunasizmi?
Voh, dunyoda shunday so‘zlar ham bor ekanmi, tog‘dek jildirab bo‘lmas?.
Ammo o‘zimiz yelkadan tog‘ ag‘darilgandek yengil tortib qolgan edik.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:22:16
5. Uzoqib ketmish orqadoshimizga  sog‘inchli xat

«Bor ekansiz-ku, akajonim! Xabaringiz kelib, boshimiz osmonga yetdi. Sizni qay diyorlardan so‘raylik deb o‘tirganimizda. Siz chindan tegirmonga tushsa, butun chiqquvchilardan edingiz! Mana, yana chiqib turibsiz! Siz bizning murobitimiz, mujohidimiz, ertangi murod-maqsudimiz, hur fikrli Sultonimiz edingiz. Nima bo‘ldiki, juda-juda uzoqib ketdingiz?
Rostini aytsam, xabaringizni eshitib, tanamga go‘yo jon bitdi!
O‘ltirib edim, turib-la ketdim! Boshim osmonda, o‘zimni qo‘yarga joy topolmasdim. Go‘yo ikki kuragimdan xo‘v bolalikdagi kabi qanot o‘sib chiqmoqda edi. Shunday yengil edimki, uchib ketsam ham mumkindek edi! Bor ekansiz-ku! Dunyoning bir chekkasida bo‘lsa-da, eson ekansiz-ku, omon ekansiz-ku. Shunga-da shukr.
Rahmat, Xudo qarg‘agan yurtning bir chekkasida bizlar ham borligimizni, suyanchsiz-tayanchsiz qolganimizni unutmabsizlar. Xeshu aqrabolarim bor edi o‘sha diyorda, bizga ko‘z tutgan-tikkanlar bor edi, deb xatlar yo‘llab, hol so‘rabsiz. Sarhad oshib kelgan xatlarizning ichida o‘zimga atalganlari bor ekan, o‘shandan bir olam madadlar olib, madorlar topdim. Ruhim hov bir vaqtlardagidek yengil tortib, o‘zimni bir boshqacha seza boshladimki, asti qo‘yaverasiz.
Asli bizdan lozim edi, Sizni izlab topmoq, hol so‘ramoq... Ammo soyasidan ham hurkib yashashga mahkum biz notavonlarning qo‘limiz qaerga ham yetardi?! Holimizu fe’limizga yarasha mazlumlikka mahkum ekanimizni koshki bilmasak!.. O‘zini o‘zgartirolmagan qavmga Xudo ham nazar solmas ekan. Sochimizga qirov inadigan kezda aqlimizni sal-palgina tanib tursak, qaerdan ham Xudo yorlaqasin!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:22:31
Aka, salomdan ham avval dardu xasratga tushib ketganim uchun uzr so‘rayman. Azbaroyi yaqin olib, yorilib qo‘yibman. Sog‘inganimizni, yo‘llaringizga ko‘zimiz to‘rt ekanini, bundan keyin undan ham intiq kutarimizni — shundan bilavering. Boringizda kimga bo‘ylashishu ergashishni bilardik. Sizsiz hamma qatori bo‘ldik-qoldik. Qayg‘ularimiz ham qarichimizga yarasha. Intilib esa, qaerga ham yetardik?! Damimiz ichimizda, bir navi g‘imirlab yurganimizni Bahriddin akamdan elchi kelganida (harqalay u dunyo ko‘rgan-da!) sezib qoldim. Ilgari ham bir kelgan u tujjor eski cho‘g‘-yaralarimni yangilab, yo meni o‘zgartirib ketdi, yo ko‘zimni ochib ketdi. Ishqilib men kechagi Maqsud emasdim. Dunyoga ham avvalgidan boshqa ko‘z bilan qarab, boshqa qarich — Sizning qarichingiz bilan o‘lchar edim. Go‘yo Siz bilgan o‘sha pakana pari (yoshim bir qoraga yetganda!) tirilib kelib qolgandek edi. O‘sha ilinj, o‘sha qiziqishlarimni, kimga besh ketgan tomonlarimni topib olgandek edim. (Axir men kimga o‘xshamoqchi edimu, kim bo‘ldim?! Qani, nochorning yoniga tushib, mazlumning tarafini ola bilganim?! Qani, qalamim «hamdu sano»dan ortib, elning g‘amini terib yozayotgani?)
Aka, siz ko‘kragida yoli bor yigitlarning sarasi edingiz, sultoni edingiz! Zig‘ircha adolatsizlikka qarab turolmasdingiz. Siz bizning murodimiz edingiz, Sizga qarab yorug‘ kunlarni ko‘rgandek bo‘laverardik. Afsuski, murobitu mujohidlarning so‘nggisi— sizlar ekansiz, undan keyin biz ishongan tog‘lardan sher tugul kiyiklar chiqmay-la qoldi. Marg‘uba kennoyimizni o‘z nikohidagi egasiga yetkazib, xuddi u kelinoyimizdan bir tuki kam bo‘lmagan Mahfuz kennoyimni bu tarafga jo‘natganingizda (Akam keladilar ekan-da deb!) boshimiz ko‘kka yetib edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:22:43
Chindan Alloh Sizdek mujohidni (uning shariatiyu osmon nikohini har narsadan ustun qo‘yganingiz uchun!) pardai ismatda asragan boshqa bir Mahfuzasi bilan taqdirlagan ekan. Bunga pochchadan tortib xolalarimgacha, hatto oyim ham iymon keltirishgan — bu Xudoyimning yozmishi, Sultonmurodni ziyodasi bilan taqdirlabdi, deyishgan edi. Ammo siz bunga javoban nima qildingiz — bir marta bosh suqqancha qaytib qorangizni ko‘rsatmadingiz! Alloh yorlaqaganiga shumidi javobingiz?
Musofirgina kelinchakning holi nima kechdi deb hech o‘ylamadingizmi? Sizlar izlagan dorilomon diyor kishining ahli ayoli, bola-chaqasidan ham aziz ekanmi? Qolaversa, u boyaqishgina sizning nikohingizda edi. (Hanuz ko‘zlari to‘rt kutyapti!) Shariat buyurgan zimmangizdagi narsalarni nima soqit qila olardiki, bu yoqda ahli ayolingiz turib, o‘zingiz u yoqlarda qolib ketdingiz?.. Topganlaringiz yo‘qotganingizdan shunchalar azizmidi?
Uzr, men bu narsalar haqda og‘iz ochmasligim kerak edi, lekin keyingi voqealar, u mushtiparginaning boshiga tushgan ko‘rgiliklarni bilsingiz edi, siz ham kechirmasdingiz o‘zingizni. Na iloj, qiyomat qarz, shularni bildirib qo‘yishim shart ko‘rindi. (Axir, u sizning ahli ayolingiz! Erta-birisi kun Allohning oldida so‘ralishingiz bor!) U musofirginani bu azim shaharda necha yillar yo‘qotib qo‘yib, sizga nima javob qilarimizni bilmay uy-ichimiz bilan ich-etimizni yeb o‘tirganlarimizni aytganim yo‘q. (Keyin bilsak, Yodgorga yukli bo‘lib qolib, biznikilarga ko‘rinolmayin Kattabog‘dan bosh olib ketgan, Chaman akanikidan panoh topgan ekan). Keyin-chi, do‘xtirlar oyog‘ini kesadigan bo‘lib, shifoxonalarda tiq etsa, eshikka termulib yotganida-chi? Kim joniga ora kirdi? Mana endi yolg‘iz Yodgori er yetib qolganida yana uydan chiqolmay o‘tiribdi. Koshki u boyaqishginaga ilashgan dard haqida birovga og‘iz ochib bo‘lsa!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:22:56
Oyimlarni eshitsangiz: Xudoyimdan aylanaqolay, bundan bo‘lak suygani yo‘q ekanmi, dard ustiga dard qo‘shib beravermasa? Shunaqqib sinaganlari evaziga koshki yaxshi bir kunda Sultonmurodginamiz osmondan tushgandek kirib kela qolsa, deb o‘tiribdilar.
Shunaqa, akajon. Bular hammasi aytishga oson. Lekin terisi boshqa nimani ham bilardi! Bir kun chidarmikanmiz? Kennoyim-chi, yil — o‘n ikki oygina emas, yaqin o‘n sakkiz yildan beri chidab kelyapti! Tag‘inam fil ekan, boshqasi bo Xudo, dunyoga ikki marta kelamanmi, derdiyu turmush qilib ketardi. U mingdan bittasi bo‘lib o‘tiribdi-ku. Shunday mohipora kennoyimiz xabar olishga arzimadimi?
Aka, uzr. Avvalom bor, bular haqda sizga yozmasligim kerak edi, Sizni bilganimdan, ichim achigandan, yozib qo‘yibman. Siz hech kimga o‘xshamassiz! Sizdek odamga chegara-sarhadlar nima ekan?! Tuzumlar nima ekan?! Hammasi noqis, noodil ekanini, o‘tkinchi sanashingizni koshki bilmasam! Hech biri Alloh yaratgan shariatdan, zimmamizga yuklagan burchu so‘raladigan narsalardan ustivormasdir?
Men o‘zingizni ko‘r-ko‘rona olovga urib, bo‘yningizni sirtmoqqa tutib bering demoqchi emasman. Lekin inson Qiyomatni, Mahshar kunini, Allohning oldida turmog‘ini unutmog‘i mumkinmi? Ko‘ra-bila turib, o‘zini sharmisorlikka qoldirmog‘i mumkinmi? Sizdek odam bunga rozi bo‘lmog‘ini hech tasavvur eta olmasman...
Yana ming bor uzr, men mushtipargina kennoyimizni deb, shularni yozdim. Aybsitmaysiz. Adashgan bo‘lsam, Alloh kechirsin. Qolaversa, tili achchig‘u qo‘li kalta ukangizni kechirib qo‘ying! Nima degan bo‘lsam, avvalo, Sizni suyganimdan, Allohning oldida yuzingiz yorug‘ bo‘lishini istab yozdim. Hamma kechirmasa ham o‘zingiz kechirasiz, siz tushunasiz deb, mirzo ukangiz, Maqsud.

O‘zingiz bilgan Toshkandi azimning
Katta Qangli biqinida
oshyon tutgan xeshu
aqrabolaringizdan sog‘inchli salomlar
yo‘llab qolaman».
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:23:18
6. Mangu javhar  yoxud iymon ko‘chasidan o‘tmaganlar hiylasi

Tan beramiz: dunyo shunday qurilgan. Unda boqiy narsaning o‘zi yo‘q.
Unda har bir narsaning yashnashi, gurkirashi, gullashi bor. So‘ng zavolga yuz tutishi. Hatto anvoyi pechakgul ham bir ajoyib karnaygullar o‘rab, necha kungina yashnamog‘i, so‘ng urug‘ bog‘lab so‘lmog‘i bor. Hatto o‘sha yo‘qlikka ko‘chgan Izza tepaliklaridagi tikonzorlar ham bahorda bir chiroyli gullab yuborar edilar. Endi topib ko‘r-chi!
Ko‘rk-husn-chiroy ham shunga monand narsalar jumlasidan ekan.
Oyim uzun kechalarda aytib o‘tirardilar:
— Xudoyim taolo ko‘rkni yaratib, uni yuz bo‘lakka bo‘lgan ekan-da, o‘shaning bir bo‘lagini yana mingga bo‘lib, bir bo‘lakkinasini Yusuf alayhissalomga berib, qolganini butun dunyoga sochgan ekan. O‘shanda kennoyingga ham jindek yuqqan. Xudoning berishi-da, bolam, — der edilar.
Endi ana o‘sha chiroyga ham ko‘z tegib, qaerdandir oq tushgan edi. Nima bu, Alloh O‘zi bergan husnni O‘zi qaytarib olmoqdami yo shuni ham ko‘p ko‘rdimi? Balki mahbub ko‘rgan bandasini shu tariqa sinab-poklamoqdadir?! Shuncha ko‘rgiliklari, tosh kelsa — kemirib, suv kelsa — simirib o‘tirganlari oz ekanmi?..
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:23:34
Kelishilgan yerga yetib borganimda hali aytilgan vaqtga jindek bor — oftob endi teatr ortidagi chinorlar orqasidan bosh ko‘tarmoqda edi. Ammo kunmisan-kun chiqib kelmoqda. Uni nur to‘zoni yoxud seli deb atamoq ham kam edi: butun daraxtzor, ulkan chinorlar nur selida qolgan, soyalar qayoqqa qocharini bilmay daraxt tanalariga yopishib olgan, o‘zlari esa, zar purkalgan tilla daraxtlarga aylanib ulgurgan edilar. Shoxlari orasidan yorib o‘tgan nurlar shunday o‘tkir, yoqimli ediki, u nur to‘zonidan ko‘z uzmasam derdim. Bunaqasini ilgari ko‘rganmanmi-yo‘qmi, eslay olmasdim. Ko‘rganmanki, hov o‘sha o‘yinqaroq kezlarimda Izza tepalarida turib quyoshning chiqishiyu botishini soatlab tomosha qilganlarim yodimga tushib bormoqda, yo‘qotganlarimni topib olgandek edim. Umr shunday bebaqo, hayot esa bevafo ekanki, yillar o‘tgani, kunlar kechgani sayin, hatto daqiqalar ichida ham odam bir aziz narsasidan judo bo‘lib qolaversa! Mana, hozir ham oftob nayza bo‘yi ko‘tarilib, daraxtlar ustiga chiqib oladiyu hozirgi nur seliniyu daraxtzor ichidagi anavi qushlar bozorini qaytib topib ko‘r-chi? Ertaga yo ko‘ra olasan, yo ko‘ra olmaysan. Shunaqa, umr selday o‘tib bormoqda, aziz onlarni sovurib, boy berib bormoqdamiz. U deb, bu deb chopib yuribmiz-u, lekin nimani ushlab qolmoqdamiz? Oxir-oqibat nimaga ega chiqmoqdamiz? Ayriliqqami?
Kechagina Bahriddin akam taraflaridan elchi kepti, shundan-shu yoqqa Sulton akamning ahli ayolini yo‘qlab-daraklab kepti deb, boshim osmonda edi. Bugun esa, u bilan ham xayrlashuv onlari yetib kelmoqda edi. Yana qanchadir vaqt o‘tib u keladiyu mendan salomnomani olib, quchoqlashib xayrlashishga tushadi. Keyin men yana yuragim bo‘shab — huvillab qolaveraman. Shumi topganlarim? Bu hayot deganlari buncha beshafqat ekan, nuqul yo‘qotuvlaru judoliklardan iborat?! Bo‘lmasa, topib ko‘r-chi, keltirib ko‘r-chi akamni! Akamu kennoyim ikkovini qo‘sha qaritib ko‘r-chi! Kelmaydi qo‘lingdan! Alloh xohlamasa, biz kimmiz? Nahot taqdir qalamining siyohi bitgan, uning nuqtasini-da o‘zgartib bo‘lmas?!.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:23:44
— Salomlar bo‘lsin o‘zlariga, Maqsudxo‘ja janoblari.
Oqqushdayin suzib kelib yonginamda to‘xtagan mashinadan tushib ulgurgan mehmonimiz quchoq ochib turar edi.
Turk afandilaridek po‘rim kiyingan, keng peshona, qora ko‘z, yarqiroq yuzli mehmonimizni ko‘rganimdanoq alohida bir mehr uyg‘onib, unga talpindim. Har na qilsa, akalarimizdan mujdayu salomlar keltirgan odam. Yana bizdan mujdayu salomlar olib ketmakchi. O‘z yumushlaridan ortib, bizga shunchalar qayishibdi, vaqt topib kepti, Alloh ajrini to‘liq qilib bersin. Shu omonatni deb biron kor-holga qolmoqdan qo‘rqmabdi, barchasidan Alloh roziligini ustun qo‘yibdi, unga tasanno. Har na qilsa, dunyo ko‘rgan: elchilikni o‘rniga qo‘ydi. Gap yo‘q! Men-chi, bu mard insonni lozim darajada kutib olib, e’zoz ko‘rsata oldimmi?
Uyga olib ketay, bir kecha mehmonimiz bo‘ling, deb shuncha qistadim, ko‘nmadi. Bizning qadamimiz o‘lchovlu, mirzo yigit. Sizni ko‘rganum, birodarimizga tegishluv kishilarning sog‘-omonliguni bilganum yetarluv, muhimi — shu edu, endi ertaga ikki enlukkina bir xat bitub bersangiz kifoya, ola ketaman, deb turib oldi. Mana, o‘shanga kelyapti — xayr-xo‘sh uchun kelyapti.
— Kuzatib qo‘yay, shundan shu yoqqa mozor bosib kelibsiz, yurtdan jindek sovg‘a-salomlar qilib beray, ola keting, — deb uvvalo yalindim, iltijolar qildim, ko‘nmadi.
— Biz safar kishisi — kelib-ketadurgan odam,  Siz qolasiz. Bizdan keyin bir karra surishtirmoqlari bor, shunga yetmay qo‘yaqolsin, dastxat — maktubingiz yetarluv, — dedi issiq jilmayib. Tushungan odamlarning sadag‘asi ketsang arziydi. Ular o‘zi ana shunday — bir boshqacha bo‘ladilar...
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:23:55
Mayli desa, bir shisha bonkachada omonluq-somonluqqa deb tut terdirib, yana bir shisha bonkachada sumalakmi, halimmi berib yubormoqchi edim. Xolavachchalarimu Marg‘u kennoyimga ilingan edim. Zora og‘zilari tegib, boshlari ko‘kka yetsa, deb edim. Unamadi mehmon. Ayniqsa, halim Sulton akamning joni-tani edi!
— Jindek-jindek shakar sepib, bir laganini yeb olsangmi, oh, uning savobiga kim yetsin, ta’mi kelguvsi yilgacha og‘izdan ketmaydi. Dorilomon zamonlar kelsin, yurtga bir halimlar tortaylik, — derdi orzulab. Orzusiga yetolmadi. Orzu qayda, sarhaddan ham o‘tolmay, begona yurtlarda qolib ketdi. «Inshaalloh» demagan ekan, esiz...
— Qalaysiz, mirzo yigit? Kutub qolmadizmi? Uzr, sizni muntazir  ettuk! — deb kelib, issiq so‘rashdi. Kaft olib, tirsakdan tutishi, mulozamatlari bir samimiy edi, mutaassir tortib:
— Muntaziri nimasi?! — dedim xijolat aralash,— aeroportga chiqaversam bo‘lar edi.
— Rahmat, mirzo yigit. Kutib olib, ko‘p mutaassir ettiz. Takalluflarizdan minnatdorman, — dedi u tirsagimni siqib qo‘yib, — O‘ylaymanki, bu so‘nggi ko‘rishishimiz emas. Mana, birodar bo‘lib qoldik. Alloh xohlasa, bizim diyorlarda-da, ko‘rishtirgay.
— Qani edi, qani edi, — dedim samimiyatidan ta’sirlanib.
— Siz sidqidil so‘rayvering, inshaalloh, O‘zi yetkazgay.
— Rahmat. O‘ziz ham bedarak ketmang. Kelishingiz bilan ko‘rishaylik, — dedim.
— Ilohum, ilohum. Ko‘rishmoq nasib etsun, — dedi u bag‘riga tortib.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:24:08
Men uni quchib, yelkalariga bosh qo‘yib, xo‘shlashar ekanman, ko‘ksiyu yag‘rinlaridan tanish bo‘y — safar kishisining bo‘yini tuyib, beixtiyor u men uchun azizdan-aziz kishilar — darbadar xolavachchalarim bilan ham mana shunday esonlashuvini ko‘z oldimga keltirib, g‘alati bo‘lib ketdim. Ko‘zlarimga sog‘inch yoshlarimi, nima tepchib, betiga qaray olmay qolgan edim. Ko‘ksimni ko‘ksidan uzgim kelmasdi.
U esa, paytdan foydalanib, betini betimga suykab to‘ymas ekan, kutilmaganda qulog‘imga shivirlamoqqa boshladi:
— Ataganingiz u bitikni... o‘ng kissamga sola bilsangiz — solib qo‘ya qoling. U yog‘i Alloh panohiga! Egasiga tekkay, inshaalloh.
Ichimdan bir jimirlov yugurib, xushyor tortdim: nima balo kuzatuvda ekanmizmi? Oldini olyaptimi, har ehtimolga qarshi? Yuragim duk-duk urmoqqayu ko‘zim olma-kesak termoqqa tushgan edi. So‘nggi daqiqada u haq ekanini payqab qoldim: O‘shal oqqush kabi suzib kelgan oq mashinaning haydovchisi... bizdan ko‘zini uzmas, nimadandir g‘ofil qolgisi yo‘q edi.
Shu topda g‘ijinim tutdi: u shoxida yursa, nega biz bargida yurmasligimiz kerak?! Shuni dog‘da qoldirolmasam, nimam pakana pari, deb o‘yladimu...tingchining ko‘zlariga qarab turib, nigohini uzgan kezda omonatni mehmonning kissasiga joylab yubordim. So‘ng hech narsa bo‘lmagandek mehmon bag‘ridan chiqib, xo‘shlashmoqqa boshladim.
Alloh bunday ikkiyuzlamachi tingchilarning yuzini O‘zi teskari qilsin. Undan beriga bu toshni-da teshar nazarlardan qutulib bo‘ladimi ekan! O‘zi asrasin, avvalo.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:24:23
So‘ng oq mashinaga dovur kuzatib borib, mehmonimizga oq yo‘l tilar ekanman:
— Xo‘p, omon boring. Siz ila ko‘rishtirgan Allohimga beadad shukrlar bo‘lsin, — dedim.
— Siz-da yaxshi qoling. Ko‘rganumdan beadad mamnunman. Ro‘baro‘ qilaman desa, O‘ziga oson ekan, — deya shukrona bildirdi u va ikki kaftini boshi uzra ko‘tarib juftladi: — Xo‘p, Allohning panohiga.
— Birodarlaringizu xesh-aqrabolaringizni O‘ziga topshirdik, — deb eshikni yopdim.
Men aytadiganimni aytib, beradiganimni berib ulgurgan edim. Tingchi tushmagur, hech nimani anglamayin-da qolgan edi. U noiloj mashinasiga o‘t oldirmoqda edi.
Men jondan aziz kishim — Sultonmurod akamga duoi xayrlar ila salom yo‘llab qolganimdan boshim osmonda ekan, turgan yeridan ohista jilib, erka ki-yikdek suzib ketgan mashinadan ko‘z uzolmasdim. Ammo shu tob ko‘chaning narigi betida, qayrag‘och tagidagi uzun o‘rindiqda o‘tirgan qora ko‘zoynakli yolg‘iz kimsaga banogoh ko‘zim tushib, yuragim shig‘ etdi. Chap kuragim ustida bir jimirlov yugurib, o‘zimni allaqanday omonat sezib ketdimu qayoqqa yurarimni unutdim. Nazarimda esxonam chiqib, jonim tovonimga tushib ketgan edi. Ana, xolos, arzimagan kuzatuvga buncha esankiramasam? Akamga to‘zim bersin ekan! Yana men o‘zimni kimga mengzab, kimlarga ergasharimni orzulab yuribman?! Yana ularning orqasida kimlarning, himoyachisi bo‘lib qolmoqchiman! Bunday paytda bular shoxida yursa, nega biz bargida yurmasligimiz kerak?! Shundagina Alloh asragay-ku, to‘zim bergay-ku. Undan beriga kim mazlumlarning himoyachisiga aylana qolibdi?!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:24:31
Meni uyat, andesha hissi bosib, sal o‘zimga kelib qolgan edim: uzun zinalardan bir-bir chiqib, mahobatli kollonalar tagi bilan ishxonamiz eshiklari tomon yurdim. Chindan bu eshiklar, bu idora meni har qanday balolardan asrab qoladigandek, boyagidek nigohlarga xorlatib ham, xo‘rlatib ham qo‘ymaydigandek edi. Ammo o‘zim avvalo tilimdan pand bermasligim, bilib qadamimni bosishim lozim. Ana shunda Alloh ham asraydi, o‘zim ham uzoqqa bora olaman. To‘g‘ri, akam bo‘lolmasam ham (unga tenglashishga yo‘l bo‘lsin!) undan beriroq bo‘lmoq mumkin-ku. O‘z so‘zida mahkam turmoq, boshqalardan bir pog‘ona baland fikrlamoq, hamisha Haqni demoq, Haq tarafida turmoq mumkin-ku. Undan beriga bu dargohlarda nima bor?
Men shunday o‘ylar bilan o‘z qavatimga ko‘tarilishga ko‘tarildim-u, eshikka kalit solgan joyimda xayolimga tamomila boshqa fikr urilib, peshonamni muzdek ter bosdi:
«Haydovchisi sezmagan taqdirda ham... boshqa birovi ko‘rmadimikan? Yo‘ldayoq to‘xtatib tintishsa-chi?»
Bu fikrdan esim teskari bo‘lib ketayozgan edi.
Balki to‘xtatib ulgurishgan hamdir?.. Men nimaga ishonib unday xat bitib bera qoldim? Tuzoqqa tushirishdi, desang-chi! Yaxshi ham Sutchi bergan o‘girmani qo‘shmaganim!.. Mavridi kelar, berarman ham, fikrini bilarman ham...
Xonamga qanday kirib bordim, oyoqlarimdan mador qochib, qay o‘rindiqqa cho‘kdim, qancha o‘tirib qoldim — bilmasdim. Xayolim to‘zib ketgan, ko‘z oldimdan o‘sha mashinadayoq ikki yog‘idan ikki odam kirib tintuvga olgan xorijlik mehmonimiz ketmasdi. Shayton meni ne kuydan olib, ne kuyga solar, o‘zimga kelolmas, qilgan ishimdan mantiq izlardim-u, o‘zimni oqlaydigan bir narsa topolmasdim. Axiyri boshim qotib, deraza oldiga borsam, o‘sha yolg‘iz qayrag‘och tagidagi uzun o‘rindiqda... kim o‘tiribdi deng?! Qora ko‘zoynagini qo‘liga olib, yo darig‘, tepadan aniq-taniq ko‘rdim, ko‘zi ojiz — so‘qir odam o‘tiribdi!..
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:24:39
Ana vasvasayu mana vasvasa! Shayton ekan-ku! Nauzanbilloh, bo‘sh kelsang u qay kuylarga solmaydi, kishini...
Derazadan urgan shabadadan o‘zimga kelib, yengil tortgan joyimda eshik ochilib birov kirdi. O‘girilib, bir qavat yuqoridagi «Ayollar saltanati»1da ishlaydigan «jannati hamkasbimiz»ni ko‘rib iljaydim. Mana buni yaxshilikka fol olsa mumkin edi.
— E, keling, «Saodat asri»dan tushgan akam, — deya beg‘araz hazillashdim.
— Huri aynlardan salom, — dedi u ham kaftini kaftimga tashlab.
— Nechuk-nechuk, ertamatan yo‘qlab qopsiz? — dedim farg‘onacha tegishib.
— Shu qavatda tili bir shirin, so‘zi bir o‘tkir yigit bor. Uni bizga torting. Biz uchunam bir narsalar bitib bersin, deyaptilar opa.
— Yo‘g‘-e! Men sizlarbop silliq narsalar yoza olarkanmanmi? — dedim hayratga tushib.
— O‘tiring-o‘tiring, avval eshiting, — dedi hamkasbim meni joyimga cho‘kishga undab.
Biz uzun oromkursiga o‘tira qoldik. U bilagimdan tutib, jilmaydi:
— Xuddi o‘sha silliq narsalar me’daga tegib, Sizni, Sizga o‘xshaganlarni yo‘qlatayaptilar. Yordamiz kerak, oshna.
— Meni bilasiz, unaqa tezotarlardan emasman. Yozsam og‘riq narsalarni, jondan o‘tganlarini yozaman. Har kimga ham yoqavermaydi, — dedim haqiga ko‘chib.
U bosh silkidi:
— Xuddi o‘shanaqasi kerak. O‘zlari aytdilar: nima, hayotimiz shunchalar silliq, to‘kismi? Ko‘ngli yarimta o‘ksiklar kammi? Judoliklarimiz haqida kim yozadi? Armonlarimiz haqida-chi, dedilar. Eshityapsizmi, o‘zlari aytdilar.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:25:01
Ammo yozib bergan taqdirimda ham bosmasliklarini bilib, gajirligim tutib kelmoqda edi.
— Nechuk o‘zlari boshlab bera qolmabdilar? Yozaman desalar armonlaridan qog‘oz beti kuygay-ku, — dedim.
— Bilmadim, balki o‘zlariga noqulaydir. Harqalay, opa degan nomlari bor, — dedi bo‘shashibroq.
Men to‘nimni teskari kiyib ulgurgan edim. Qolaversa, boyagi ko‘ngli yarimta o‘ksiklar haqida gap ketgandayoq tamom bo‘lgandim. Kennoyimu akamning hijron to‘la tarixlari yodimga tushib ketib, alamimmi — nimam to‘lib bormoqda edi. Men undan bo‘lak nimani ham yoza olar edim?! Ammo bu tarixni, nainki diyoridan, xeshu aqrabolaridan ayrilgan, hatto shar’an nikohidagi yostiqdoshidan judo bo‘lgan bu darbadarlar qissasini kim ham bosib chiqargay? Opa tugul boshqasi bir chimdimini e’lon qila olarmikan?
O‘zlari-chi? O‘zlarini tul qoldirgan jamiyat, tuzum haqida yolg‘iz yostiqdan bo‘lak kimga og‘iz ocha olar ekanlar1? U sir-asrorlari, ichga yutgan zardoblari haqda miq etmay kelyaptilar-ku o‘zlari?! Shu miq etmaganlari evaziga Opa bo‘lib o‘tiribdilar-ku, to‘rda yuribdilar-ku! Ammo buni ayta oladilarmi, ocha oladilarmi yuraklarini? Hayot — mana shunaqa beshafqat! Xohla, ichga yutu zulm mashinasining bir murvati, parragiga aylan! Xohla, boshni tikib, to‘g‘risidan qaytma! Qay biri boqiylik keltiradi — o‘zing bilib olaver, tanlab olaver! Hayot shunaqa — chidaganga chiqargan! Uning imtihonidan Allohga xush keladirgan biron ish qila olgan kishidan bo‘lak kim ham o‘ta olibdi?..
U kishi esa, jamiyat in’om etgan kursiyu to‘rlardan kecha olmay nimani boy berayotganlarini bilarmikanlar?..
— Yo‘q. Birodar, va’da qilolmayman. Unday narsani yozishga hozir kayfiyatim yo‘qroq, — dedim yotig‘i bilan. Aftidan uni ayab, ochig‘iga ko‘chmayotgan edim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:25:13
«Ayollar saltanati»dan tushgan hamkasbim esa, meni tushuna qolmay o‘tina boshlagan edi:
— Mayli, bir haftacha kutay. O‘ziz bir narsa qoralab bera qoling.
Men uning ko‘ziga qaramayin ham bosh chayqadim:
— Iloji yo‘q, kayfiyatim bo‘lmasa, biron satr ham... bita olmayman, — dedim hamon chiniga ko‘cha qolmay.
— Nima bo‘ldi, uyizda xotirjamlik yo‘qmi yo bu yerdami? — dedi u o‘zini yaqin tutib.
Men o‘sha ichimga sig‘dirolmayotgan narsani qayta ichimga yuta qolmay, o‘rnimdan turib, deraza tomon yurdim:
— Bizniyam bir o‘ksik, ko‘ngli yarimta kennoyimiz borlar, — dedim unga qaray olmay, negadir ko‘zim namlanib, ovozim ham o‘zgarib kelmoqda edi, — Shu kishiga bo‘lisholmaganimizdan...
— Qanaqa yordam kerak, siz yashirmay aytavering. Opaning dastlari uzun. Hammaga birdek qayishadigan odatlari bor, — u turib yonimga kelib olgan, yelkamga qo‘lini qo‘yib, o‘ziga elatmoqchi bo‘lar edi.
Men ko‘nglim yumshab kelib, qanday jin aylantirdi, yorilib qo‘yibman. Esimni yig‘ib olganimda kech edi, sirni ochib qo‘yganimdan o‘zim pushaymon edim.
— Shoshmang, buning davosi bor-ku. O‘ziz ham uni ko‘rgansiz! — deb yelkamga qoqdi.
— Qachon, kimni aytayapsiz? — dedim hech narsaga tushuna olmay.
— O‘sha yamoqchini-da. Anuv hovlidagi tutning tagida o‘tiradigan-chi? Aron amaki?..
— Xo‘sh, bunga uning nima dahli bor? — dedim hayronligim battar ortib.
— Xuddi o‘shandan eshitganman bu narsani. Siz xo‘p deyavering!
— Yamoqchidan-a? Gapingiz qiziq, — dedim yana qaytarib.
— Siz avval eshiting, — deb tirsagimdan tutganicha o‘ziga qaratdi. — Xuddi o‘sha odam Arpapoyadagi mashhur juhud tabibning akasi bo‘lardi, bildiz?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:25:22
Arpapoyalik tabibning nomini eshitib, joyimda turolmay qoldim:
— Hozir qaerda ekan o‘zi?
— E, u allaqachon Amerikasiga jilvorgan. Men uning akasidan eshitganman. Keyin o‘zi ham o‘sha yoqqa survordi shekilli, ko‘rinmay qoldi.
— Topsa bo‘ladigan narsami o‘zi? — dedim azza-bazza umidlanib. Mashhur tabibning akasi bo‘lsa, bir narsani bilsa kerak, axir.
Hamkasbim yuzimga boqib:
— Agar sir bo‘lmasa, o‘sha narsa yangi boshlanganmi, — dedi,— o‘tkazvormaganmisizlar?
Men tushunmadim:
— Nimani... o‘tkazib yuboriladi?
U o‘ng‘aysizlanib, tushuntirishga o‘rindi:
— O‘sha oqlar-da... Agar osti qizg‘ishlanib, tuklari oqara boshlamagan bo‘lsa...
— Unisiga... e’tibor bermabmiz, nima edi? — dedim ichim dukurlab.
U yana boyagindek o‘ng‘aysizlanib, yamlandi:
— Xudo asrasinu... o‘shanday bo‘lsa... dori kor qilmas emish.
Men uni endi anglab, ichim bir zil ketdi:
— Yo‘g‘-e, bu gap chiqqaniga... qancha bo‘la qopti?! Bilaklariyu chakkalarida, xolos, — dedim titranib.
— Unda urinib ko‘ringlar, em bo‘lsa zora...
Men «U nima, oti bormi, jonivorni? deb so‘ragim bor-u, qani, tilim aylana qolsa, u jonivor to‘ng qotganga o‘xshar edi. O‘zimni esa, ichim tushib bormoqda.
U mening holimni ko‘rib, javobga oshiqdi:
— Bu narsaga norasida go‘dakning peshobi... lozimmish. Undan beriga tuzalmasmish!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:25:32
Ana xolos!.. Bu gapni eshitib, boshim ikki aylanib ketdiyov! Tovonimdan ko‘tarilgan bir jimirlov boshimga dovur yetib borgan, peshonamdan esa, muzdek ter chiqib ketgan edi.
Ichimdagi so‘z esa tilim uchiga kela qolmasdi...
— O‘sha narsa halol ekanmi? Bilib aytayapsizmi?— deb yuborman axiyri.
Vajohatim ham bir boshqacha edimi, u bir qadam tisarilib ketgan edi:
— Uzr, birodar, bu yog‘ini so‘ramagan ekanman. O‘lay agar, bu yotini o‘ylagan bo‘lsam, surisi tirgan bo‘l-sam... — U azza-bazza qo‘lini ko‘ksiga bosib, qayta-qayta uzr so‘rardi, —Men azbaroyi yaxshilik soginganimdan ayta qoluvdim. Norasida bolaniki ekan-ku... balki mumkindir degan edim...
Men jig‘i-biyronim chiqib: «Qanaqasiga mumkin bo‘lsin, u najas-ku, harom-ku, shuniyam bilmaysizmi? Boshqa halol chorasi bordir!  Qanaqa  musulmonsiz?!»  degim  kelar-u, tashimga chiqarolmasdim.
Rosti, bu holimizdan yig‘lagim kelar edi: shunchalar ham ko‘r, omi bo‘lamizmi? Shariatimizni, nima halol, nima haromligini bilmaymizmi? Bedavo silni tuzatarkan deb, ota-bobolarimiz og‘izga olmagan narsalarni tanovul qilsak?! Halqumni o‘ylamasak, qiyomatdagi so‘rog‘idan qo‘rqmasak — qayoqqa qarab ketmoqdamiz? Endi peshob chiqibdimi?!.1
Hamma qolib, men shu narsani o‘sha mushfiqaga ravo ko‘rar ekanmanmi?! Shuncha asrab-avaylab-a? Bordir Xudoyimning boshqa bir yozgani?! Kennoyijonimga atagan shifosi!2
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:25:52
7. Yaxshilik sog‘ingan yana bir kishi yoxud To‘ram tadbir izlaydilar

— Amaqu biz kelub edik.
Shu bir og‘iz so‘zdan jonu jahonim yorishib ketgan edi.
— Yodgor, o‘zingmi?! Men hozir, — dedimu apil-tapil otlanishga tushdim.
Mehmonni kuzatganim ham bir bo‘ldi, Opaning iltimosi bilan tushgan hamkasbimning maslahati ham. Mehmon mujdaxatni olib, jo‘nab ketganida ichim bir uzilgan edi, hamkasbimning maslahatidan battar ezildim. Boringki, o‘sha narsa (avvalo, o‘zim ikki dunyoda rozimasman!) davo bo‘lgan taqdirda ham men uni kennoyimga ayta olar ekanmanmi?! Birov orqali ham ayttirmasman! Bu gap zinhor mendan chiqmasligi kerak. Keyin betlariga qanday qarayman?..
Nechta zinani bitta qilib, uchib tushib borsam, ular ona-bola ko‘chaning narigi betidagi qo‘sh qayrag‘och tagida allaqanday begonasirab (xuddi musofirlardek javdirab!) turishibdi... Ko‘rgandan ichim bir uvishdi. Yaxshiyam biron topshiriq bilan ketib qolmaganim! Axir ular kelishmoqchi, birga-birga To‘ram taqsirning oldilariga o‘tmoqchi edik-ku. O‘zim aytib, o‘zim unutib o‘tirsam...
Chindan Xudo hafiz. Uning O‘zi meni uyatga qolishdan asragan edi.
Men ularni bir qarashdayoq tanigan edim. Hamisha har narsaga mahliyo bo‘lib qolaverguchi Yodgor teatr binosi peshtoqlaridan ko‘z uzolmas, och simobrang shoyi ro‘mollariga o‘ranib olgan kennoyim esa, yolg‘izginasining kiftlarini qoqib, yoqasini to‘g‘rilar va qulog‘iga shivirlab, bir nimalarni uqdirar edilar. Hammadan g‘aroyibi — u mushfiqa shaharga necha yilda bir tushib qoladigan ko‘hlikdan-ko‘hlik qishloq kelinlariga o‘xshab, o‘tkinchilardan ajrab turar, unga qaragan ham qarar, qaramagan ham qarar, bunga sayin u o‘ng‘aysizlanib, qisinib borar edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:26:03
Boyaqishgina, muncha begonasiramasa, qisinavermasa?.. Axir kecha kelgani yo‘q-ku bu diyor, bu shaharga? Shu yerga kelib topgan tirnog‘i er yetib qopti-ku, haliga dovur qimtinadi, qovushib ketolmaydi. Shu o‘ylardan ichim sidirilib, bu tarix, bu tavorixlar ko‘ksimda alamangiz bir qo‘zg‘olon yasab borarkan, mijjalarim orasidan qaynoq yoshmi-nima sizib chiqmoqqa urinar, ko‘chani kesib o‘tmoqqa ham holim qolmagandek edi.
Kennoyim o‘ziga qaragan har kimsadan bir xijolatlarga botib, ro‘molini peshonasiga tushirishgayu bo‘ynilarini qayta o‘rashga tutinar ekan, men unga achiniblar bormoqda edim. Tag‘inam fil ekan! Bu balolar tog‘ga yog‘ilsa, tog‘ chidamasdi. U chidab kelyapti...
Men jahd bilan qanday o‘tib borganimniyu suyib salom berganimni o‘zim sezmay qolgan edim:
— Assalomu alaykum, kennoyijon. Uzr, kutdirib qo‘ydim. Qiynalmay yetib keldinglarmi?
— Voy, yaxshimusiz? Ko‘rmay ham qolubmiz. — U xijolatga botib tushuntirmoqqa urinarkan, hatto mendan-da qisinib-qimtinar edi, — Yodgorum shoshiraverub, el-burutdan kelaverubmiz.
— Ajab qipsizlar-da. Bo‘lmasa, men ichim qurib kutib o‘tirardim, — deya Yodgorni yelkasidan quchib, erkalab qo‘ydim, — Ketdikmi, do‘nantoy?
U erib, bosh silkidi:
— Nimada boramuz, amaqu? Uchar tramvaylarga chiqamizmu, shohli moshinlarga tushamizmu? — deb elanishga tushdi.
— Mening vaqtim ziq, taksi tutaqolamiz. G‘izza tashlab qo‘yadi, yura qolinglar, — deb yo‘l yoqasiga boshlayverdim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:26:23
Ammo kennoyim iymangancha hamon mahtal tortib turar, joylaridan jila qolmas edilar. Men nima gapligini bilolmay, u kishiga qaradim:
— Tez borsak, tez qaytamiz, yura qoling.
— Mehmoniz borakan... qutulmagan bo‘lsayiz... kutaturayluk. Saidaxon aytuvdila...
Men elchining isini ham chiqarmoqchi emasdim. (Axir so‘z berganman!) Saida qayoqdan ayta qolibdi?.. Alamimni ichimga yutib, xas-po‘shlashga urindim:
— Ho‘, u kishini, allaqachon jo‘natib yubordim-ku. Saida nimani biladi, — dedim sir boy bermay. Ammo o‘zim ichim po‘killab, ishqilib, elchi kimning nomidan kelganini so‘ramasin-da der edim. Keyin: «Xizmatchilik — bizni ishda uzoq ketib bo‘lmaydi, ketdik-ketdik...»lab shoshirdim.
U kishi noiloj ergasharkanlar, Yodgor yonimdan qolmay qo‘ltig‘imga yopishib olgan, shu tobda savol xaltasi ochilib ketib, bir nimalarni shipshib, ijikilar edi:
— Amaqu-amaqu, rostdan To‘ra buvamlarnukiga ketopmizmu? O‘shalarnukiga boramizmu?
— Bo‘lmasa-chi, Toshkandi azimda u kishidan zo‘ri bormi, tabiblarning dodaxo‘jasi o‘sha kishi-ku, — dedim shivirlab.
— Shahar hovlularidamukanlar? — dedi u javdirab ham to‘xtab.— Tannovga ketvorgan bo‘lsalar-chu?..
— Qanaqa Tannov? — men hayron qolgan edim.
— Bog‘lari-chu?! Topolmasak, o‘shaqqa chiqib boravuramizamu? Men bilaman, oborganlar menu.
— Yo‘q, og‘ayni. U yoqlarga chiqib yurishga... vaqt qani?! Sen yaxshi niyat qil, shu yerdan topaylik, — dedim uni yana ilgari boshlab. O‘zim esa, yo‘l qarab, bir yangiroq markab tutish g‘amidaman. Hamonki, kennoyimu Yodgor demaganlarni shahar aylantirib, tabib buvanikiga olib bormoqchi ekanman, Yodgor keyin ham og‘zidan qo‘ymay gapirib yuradigan hilidan tutganim ma’qul.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:26:35
Axiyri qayrilishda erka kiyikdayin yilt yangi moshin ko‘rinib, men «bizni ola keting» degandek ishora berib, chiqib boraverdim. U ham «xoja»sidan qutulib chiqqani ekan, yonginamga kelib to‘xtadi.
— Sevzorga tashlab qo‘yolasizmi?
U «marhamat» ishorasini berib, bosh silkidi:
— Faqat tezroq, hali burib olishim kerak.
Ana xolos! Sazasi o‘lmasin deb, to‘xtagan ekan-ku! Men uyat ichida qolgan edim. Ammo har nima bo‘lganda ham «erka kiyik»ni qo‘ldan chiqarib bo‘lmasdi. Biz shosha-pisha chiqib, u jildi.
Mashina biz kutgandan ham a’lo edi: «Vazirlar ham o‘z huzurlarini bilishmas ekan-a!»
Ammo hozir biz qaysi vazirdan kam edik?! Ayniqsa, orqa o‘rindiqda g‘ir-g‘ir shamollarga yuz tutib, atrofdan ko‘z uzmay borayotgan Yodgorning boshi osmonda edi. Old ko‘zguga sekin zingil tashlasam... oq shoyi ro‘mollariga yana ham o‘ranib olgan kennoyim har qachongidan sipo tortib o‘tiribdilar. Faqat Yodgortoylarining yayrab boruvidan mutaassirlanib ketyaptilar-u, shuni ham sir boy bergilari kelmaydi. Shunga-da, shukr: «Qo‘ying, biz bu xil moshinlarga tushmay qo‘ya qolayluk», desalar — nima qilardim? Albatta, birdamas-birda akamga so‘z berib qo‘ygan bo‘lsalar, ko‘rgan ko‘zga yaxshimas. Lekin hozir... men borman, Yodgor yonimizda. Biz mahram hisobiga o‘tsak kerak, axir?
Nazarimda u kishi undan beriga bu xil moshinlarga chiqmaydigandek edilar...
Ishqilib safarimiz xayrli chiqsin. Hamma umid To‘ra buvadan. U kishining yengil qo‘llari bilan koshki bu balo daf bo‘lib, sal chiroylari ochilsa.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:26:44
Asli men ularni Saidaga qo‘shib, bu yoqlarga alohida optushish niyatlarim bor. Ha-ha, kechki salqin bilan shu Qizil Maydonga optushib bir sayr qildirsam, ular ham boshqalarga o‘xshab, anhor bo‘ylarida bir kezishsa, ochiq muzqaymoqxonalarda o‘tirib, favvoralar atrofida salqinlab, xumordan chiqishsa, deyman-u, aytishga hech jur’at qilolmay kelyapman. Qani edi, so‘ng O‘rda ko‘prigidan tramvayga o‘tirib, teatr maydoniga qaytsak-da, jindek tamaddi qilib, oqshom cho‘kishi bilan teatrga olib tushsam, uning bir-biridan muhtasham zollarini aylantirib tomosha qildirsam, bir umr eslab yurishar edi.
Ammo akam qaytmagunicha... bu mumkinmikan? Rozi bo‘ladilarmikan, kennoyim?..
«Erka kiyik» aytgan yerimizga eltib ulgurgan edi. Biz noiloj taxtiravondan tushib, tanish darvozaga qarab yurarkanmiz, kennoyim allaqanday tipirchilab qolgan edilar. Ming bir andeshalarga borib, xijolatga tushadilarmi-ey. O‘zlariga qolsa, kirmay qo‘ya qolsalar.
Shu topda u kishini hech tushuna olmasdim.
— Nimadan tortinasiz? Xeshdan a’lo, jigardan yaqin kishimiz bo‘lsalar, — dedim.
— Yura qolung. Shundan-shu yoqqa kelduk-ku, — deb qistab-yalindi Yodgor ham. — Endi ko‘ropsizmu? Biladilar-ku biznu?
— Biladular, o‘g‘lum. Lekin g‘alatu-da, — deya iymanar edilar.
— Sizni bilsalar, bizni bilsalar, akamni tanisalar — nimadan xijolatlanasiz? — dedim.
U kishi ikki odim yurib, yana to‘xtadilar:
— Har gal... tashvishimiznu ko‘tarub kelaversak... noqulay-da, Maqsudxo‘ja?...
— Odamlar bu kishiga yetolmaydi-ku...
Ammo u kishi hamon o‘tinar edilar:
— Sizlar kiraturinglar...
— Oyu, tabub-tabub dedingiz, kelsak — kir-      maysuz, — deb Yodgor o‘tindi. — Bo‘lak kimga boramuz?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:26:54
Kennoyim noiloj ergashgan bo‘ldilar:
— Maylu, faqat men  ichkaruda o‘tira turay?..
U kishining o‘zlarini bunday tutishlari, To‘ramga ko‘rinishdan tortinishlari juda-juda g‘alati ham tushunarsiz edi. Shuncha joydan kelganda nega aynib qoldilar? Nimadan tortinyaptilar? O‘sha nomi xunuk narsa tufaylimi?
To‘g‘ri, har kim o‘zidan o‘tganini o‘zi biladi. Lekin kimgadir yorilish, suyanish kerak-ku. Yo yuraklari betlamayaptimi, avvalam panohlariga olgan, padardan ham yaqin bo‘lib qolgan kishiga ko‘rinishga?
Unday desam, tangritog‘lik qochgan-quvgan musofirlarning, diyoridan uzoq tushganlarning tayanchiyu suyanchi kim ekan, u kishi bo‘lmay?
Ko‘nmay iloj qancha:
— Mayli, siz ichkarida bo‘la turing, — deb Yodgor bilan darvoza bolachasini ochib, chaqirib kirib boraverdik.
Valloh, valloh, hovlida «Hayt!» deydigan odam topilmaganidan yolg‘iz balx tuti ustini chumchuqlar galasi shunday bosgan, ular bearmon bozor qilib yotishar ediki, darvozaxona yonidagi hujradan taralayotgan qori bolaning ovozini-da yutib yuborgan edilar. Ikki yelkasi ikki yonga salom bergancha past-baland tushib yurguvchi eshik og‘asi qayoqqa gum bo‘libdi, ko‘rinmasdi.
Biz kirishimiz bilan gala guv ko‘tarilib, hovli tinchidi-qoldiyu, ammo tut tagi bilan bitta bo‘lib marvariddek oqargan mevachalari qolgan edi. Ularni bosib ham, aylanib o‘tib ham bo‘lmas edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:27:06
— Vuy, hiduni, asalnu o‘zi-ku! — Yodgor iltifot kutmayin ham ularni terib, og‘ziga solmoqqa tushgan edi, kennoyim ostonadan o‘tiboq:
— Voy, hoy, uyat-a! — deya qo‘llarini yuzga bosgancha qoldilar.
— Nimasu uyat, oyu? Tut-ku bu?
— So‘ramay-netmay yeb bo‘ladumu, qo‘y.
Shu tob yon tarafda o‘rangan ayol kishi qorasi ko‘rinib, u kelib kennoyim bilan ko‘risha boshladiyu hujradan Yodgor tengi qori bola chiqib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi-da, salom berdi. So‘ng:
— Kelingiz, opoqdodamizga bo‘lsa, jindek kutaturasiz,— deya qadimiy chorburchak g‘isht yotqizilgan yo‘lkadan boshlay ketdi.
Sipogina bolaning muomalasiga mahliyo qolgan Yodgor ham tutni qo‘yib, bizga ergashgan edi. To‘ra buvaning oldilariga xos yumush bilan kelganimiz uchun ham qori bolaga tushuntirgan bo‘ldim:
— Eshikda ulov ko‘rinuvdi, oldilarida odam bo‘lsa, sizlarga-da kuta turaylik.
U qo‘li ko‘ksida, bosh silkidi:
— Yaxshu-yaxshu, joy yetarlu.
Ammo To‘ramning o‘sha tepadagi xos hujralari oldidan o‘tar ekanmiz, uning qiya ochiq eshigidan juda tanish ovoz eshitib titrab ketdim. Ichkaridagi odam:
— Shunaqa, taqsir, o‘ziz bir davosini qilmasangiz, boyaqish ich-etini yeb ado bo‘lyapti. Xudo xayringizni bersin, — deb o‘chinar edi.
Yo tavba, Olim akammi?!. Kimni aytyapti?!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:27:20
O‘girilgunimcha bo‘lmay Yodgor yugurgilab kelib, tirsagimdan tutdi:
— Amaqu, qarang, katta amaqumlamu?
Men hayratda qolgan edim:
— Ko‘chadagi moshin u kishiniki emas shekilli? — dedim shivirlab.
— Ularnukimas, lekin ovozlarinu... eshittizmu?
O‘ziz qarang... ko‘rung, — deb qistardi Yodgor.
Bizning shivir-shivirimizga tushuna olmay yondosh xona ostonasida to‘xtagan qori bolaga o‘girildim:
— Balki To‘ram taqsirga aytib boqarsiz? Sultonmurod boturizning xeshlari kelishibdi deb, — daf’atan tilimga kelgan gapdan o‘zim ham hayron qolgan edim.
Qori bola bu tarixning bir chekasini eshitgan shekilli, yalt etib yuzimga qaradi:
— Chindan-a?
— Chindan-chindan. To‘ram biladilar, ziyoratlariga ilgariyam kelganmiz, — dedim shivirlab.
— Biz ko‘rmay qolgan ekanmiz-da, — dedi u bolaligiga borib.
Men borib, yelkasiga qoqdim:
— Siz huv anuv boloxonada Allohning kalomini yodlab yotgan kezlariz... kelganmiz. U yerdan bir chiroyli qiroatlar taralardi, bilsangiz, — dedim qulog‘iga.
U iymanib, yerga qaradi:
— Biz emas, Orif do‘stimiz tilovat qilar edi, biz uning usulini o‘rganar edik, — dedi chiniga ko‘chib.
Men uning aziz boshini siladim:
— O‘sha usul, o‘sha ovozni qaytib eshitmadim. Xudo xohlasa, o‘zizdan ham bir eshitamiz. Bo‘ptimi?..
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:27:30
U uyalib bosh silkidiyu, keyin turgan yeridan chaqqon burilib, To‘ramning hujralari tomon chopdi va ostonadanoq ovoza qildi:
— Buva, bilasizmi, kim keptu?! Sultonmurod boturizzi xeshlari kelishuptu!..
Shu barobar eshik lang ochilib qadimgi oq ruh karavotda yarim yonboshlagan To‘ram taqsir ko‘rindilaru biz shoshib qoldik. U kishining bir chiroyli kuzalgan oppoq soqollari o‘zlariga yarashib tushgan bo‘lsa-da, yuzlarida allaqanday dard asari ham ko‘rinib turgandek edi.
— Ie, taqsir betobmidilar? Aytmaysizlaram?!— deb yukinib kira boshladim.
U kishiga to‘rdagi darcha tagidan joy qilib berishgan, Olim akam esa dasturxon tuzalgan kursi yoniga tiz bukkancha o‘ltirar edi. U qori bolaning so‘zidan hayratga tushib, o‘girilgan joyida ko‘zi menga tushdiyu:
— Ie, chindanam, mirzo-ku, xolavachchamiz-ku, — deb tura boshladi va Yodgorni ko‘rib, kalovlanib qoldi.
Men uning boyagi so‘zlaridan endi bir narsalarni anglagandek bo‘lar edim-u, ammo bir to‘xtamga kela olmasdim: nechuk hech kimga maslahat solmay kelaveribdi?..
Endi ularni mahtal qilib bo‘lmasdi. Men yo‘lakay Olim akam bilan so‘rashib, To‘ra buvaning yonlariga o‘taverdim.
— Assalomu alaykum, imom buva. Bahay-bahay, biz eshitmabmiz-ku. — deb yukinib borib, tiz bukdimu qo‘llarini olib o‘pib, yuzlarimga surta ketdim. Ajab, sariq baxmaldan ham yumshoq, momiqdan ham mayin bu qo‘l muzdek edi. Lekin shu muzdek kaftdan mushk-anbar bo‘ylariga o‘xshash bir bo‘y taralar edi. Uni o‘pib, yuzlarimga surtar ekanman, o‘zimda yo‘q huzur topardim, tavba. U kishi ham bundan mutaassirlanib, peshonayu qansharlarimni asta silar:
— Va alaykum, mirzo, va alaykum, — deb shivirlar, — bu tong-sahar ko‘z o‘ngimdan o‘tuvdingiz, Siz ham, toyim ham — ko‘rsatganiga shukr, sog‘inganlarimni olib kelibsiz, baraka toping, Allohdan qaytsun,— der edilar.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:27:39
Bunga sari men u kishining bag‘rilariga singib ketgim kelar, hech jilmasam derdim. Shu orada u kishi engahlarini sal ko‘tarib, nigohlari ila Yodgornimi, kimnidir izlayotganlariga ko‘zim tushib qoldiyu joy bo‘shatishga oshiqdim. Ana shunda u kishining bir burda yuzlariga oftob tushgandayin mamnunlik yugurmoqqa boshlagan edi.
So‘ng xastahol ovozda chorlab:
— Voy, toyim-toyim. G‘unan toyim, do‘nan toyim. Bunaqa sog‘intirishga kelishmagan edik-ku, — deya o‘pkalamoqqami, erkalamoqqa tushdilar-da, boshlarini silagancha duoga berildilar:
— Ilo-oy, yetimlarning murabbiysi O‘zingsan, orqamizda qoladigan bu mahbublarimizning ham umrini chiroyli qil. Ota-onalariga to‘zim ber. Ularni O‘zing yana qovushtirib, judoliklariga chek qo‘y. Shu norasida bandang haqqi ularga ro‘shnolik ato et.
Mijjalaridagi ikki tomchi yoshga ko‘zim tushib, ichim allatovur sidirildi. O‘zim chetga qarab olgan, ammo ko‘z oldimdan To‘ramning nurli siymolari, qu-loqlarining yumshog‘iga dovur tutashib borgan qor-  day oppoq soqollariyu mijjalaridagi ikki tomchi yosh nari ketmasdi. U kishi uzib-uzib, duoda davom etardilar.
— O‘zingga oson. Mujohidlaringni bu dunyoyu u dunyosini chiroyli et. Shu jumladan boturlarimni ham, biznikini ham...
Keyin uning peshonasini silagancha, jim qoldilar.
Olim akamning issiq nafasi qulog‘imga urilib, o‘zimga keldim.
— Taqsirni toliqtirib qo‘ymay chiqa qolaylik, nima deding?
Men uning yuziga hayron termuldim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:27:51
Olim akam o‘sha-o‘sha shipshir edi:
— Yaqinda tig‘ ostidan chiqibdilar. Boshqa gal kelarmiz.
— Mayli, — dedim noiloj.
Ammo shu on u kishi niyatimizni sezib qolib, bizni qistay ketdilar:
— O‘tiringiz-o‘tiringiz. Nima bo‘ldi, mirzom, kelmasdan turib olibsizlar?
Mening o‘rnimga ham Olim akam qo‘l qovushtirib, izn so‘ramoqqa boshlagan edi, u kishi bosh saraklatib zinhor ko‘nmadilar:
— Yo‘q-yo‘q, bu azizlarimga javob yo‘q. Men bularni o‘zim sog‘inib yotib edim. Sizga esa, xizmat bo‘lmasa, bir yumush bor.
— Jonim bilan, buyuring, — deb akam qayta tiz bukib, yana qo‘l qovushtirdi.
U kishi Yodgorni bag‘rilaridan bo‘shatmay turib, nimagadir ishora etdilar:
— Haligi «anqoning urug‘i»ni u kishimdan so‘ramay qo‘ya qoling. Emiga tushmay yurmasin. So‘rashga arzigulik boshqa bir beg‘ubor odam bor.
— Bir og‘iz so‘ziz, kim? — dedi akam.
— Ko‘p yaxshi, pokiza odam. O‘sha muftiy janoblariga noib. Mirzakarimboy avlodidan, eshitgan chiqarsiz.
— Ie, Mirzamurod akami? — dedi akam.
— Duoi salomimni yetkazsangiz, bizni diyorlarda otliqqa ham topilmaydurgan zamzamni ana shu kishidan topgaysiz, Xudo xohlasa...
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 02 Oktyabr 2007, 15:27:59
«Voh, izlayotgan narsalari shu ekanmi?! Bor ekan-ku shifosi?!» derdim ichim toshib. Akam esa, cho‘k tushgan holida kamiga ta’zimga egilgan ko‘yi:
— Rahmat, To‘ra buvajon, rahmat. Bizdan qaytmasa, Allohdan qaytsin, Alloh O‘zi sizni qo‘llasin, — deb yukinar edi. Bu juda-juda g‘alati edi. Iltijosi ham, iltimosi ham...
— Olib kelsangiz, keyin o‘zim, albatta, dam urib bergayman. Inshaalloh, san ko‘r, man ko‘r bo‘lib ketgay, — dedilar u kishi. Ana shunda Olim akam:
— Baraka toping, Alloh nafasizzi bundanam o‘tkur etsin. O‘zi sizga ham shifoi komillar bersin, — deya turib, qo‘l qovushtirgancha orti bilan yurib, kovshandozga tusharkan, Yodgor ham, men ham hangu mang qolgandik: kim-kim, qarshimizda bizdan avvalroq otini qamchilagan va kennoyimga yaxshilik sog‘ingan yana bir odam turar edi.
Shu tob To‘ram qo‘llarini ko‘tarib, unga shoshmang imosini qildilar:
— Ilojini qilsangiz, idoraga o‘ting. Hojimni o‘sha yerdan topasiz, — deb turib, yumshoq jilmaydilar. — Shu bugun ola kelsangiz nur ustiga a’lo nur bo‘lib, kelinimizni ham quruq qaytarmasdik.
Ana xolos!.. Bu karomatga nima demoq mumkin?!. Yodgor ikkimiz ham yoqa ushlagancha qolgan edik. Biz mayli, kelishimiz xovflarida ma’lum bo‘pti! Ammo kennoyimni qayoqdan bildilar, hech aql bovar qilmasdi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:09:01
8. Qora darveshning iltifoti
Hikoyachiga qorong‘u, yolg‘iz muallifga ayon tarixlardan


«...Hayyalal falah! Hayyalal falah!»
— Sohib, azon chaqirishadir.
U o‘ziga kelib, o‘girilib qaradi. Xizmatchi «namozga chiqqaysizmi?» degan kabi ostonada turar edi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam masjidlari tomondan esa, azonning so‘nggi kalimalari yangrab kelmoqda edi: «La-a ilaha illallo-oh!»
U afsus-nadomatga tushib, yomon ezildi. So‘nggi necha yil badalida u asr jamoatidan benasib qolmoqda edi. Hamma — hamma bilan, u o‘zidan tinchigan bir odam... kuppa-kunduzi asr jamoatiga yetisholmagan, osmon maloikalari almashinib, Tangri taolo huzuriga qaytadigan va ul Zotning «bandim ne bilan mash¬g‘ul?» degan so‘rog‘iga «jamoatda ibodat ila mashg‘ul» javobi beriladigan kezda... u bu martaba — Alloh dargohida munosib eslanishdan benasib qolmoqda edi. Xayoli nimalarga qochdi? Shayton yozg‘irmasa, jamoatga allaqachon yetib borgay edi-ku, emaklab bo‘lsa-da, yetib bormoq kerak edi-ku!..
 U quloq yumshoqlariga dovur lovullab, o‘rnidan turarkan, yo‘lakay xizmatchiga xijolatomuz nigoh tashlab:
— Qara-chi, yana kim bor ekan, jamoat savobidan bebahra qolmasduk, hali ham bo‘lsa, — deya tahorat yangilashga shoshildi.
Alloh o‘zi mehribon, qo‘shni do‘kon xizmatchisi ham do‘konni yopib ulgurmagan ekan, u ham kirib, takbir tushirdilar. Payg‘ambar masjidlariga yetolmagan bo‘lsalar-da, Alloh oldidagi xijolatpazlikdan jindek qutulgan edilar.
Ammo unga bugun nima bo‘ldiki, sal qolsa asr sharofatidan bebahra qoladi ekan. Chindan shayton yozg‘irdimi yoxud diyordan kelgan maktub parishon etdimi? Bir bo‘lsa o‘sha faromush etdiyov.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:09:11
Ular asrni qiyomiga yetkazib o‘qib, duolar ila o‘rnilaridan qo‘zg‘olisharkan, u shukrona lozimligini sezdi:
— O‘ziga shukr, Alloh sizlarni yetkazib, jamoat savobiga dohil etdi. Endi hech qachon, hech birimizni bu baxtdan benasib etmasin, omin, — dedi. Sheriklari-da, bundan mutaassirlanib bosh silkidilar.
Dunyo keza-keza shu tabarruk zaminda qo‘nim topmish bu uzoq yurtlik musofir hech kutilmaganda bugun so‘lg‘in va faromush ko‘rinar edi. O‘sha uzoq diyorga jo‘natmish elchilari qaytib, necha kungacha ularni yonidan jildirmay suhbatlar qurgan, keltirgan mujdalaridan boshi ko‘kka yetib, vatandoshlarini ziyofatlarga chorlab, suyunchiliklarini baham ko‘rgan bo‘lsa-da, bugun yana xomush edi. Nima bo‘pti ekan? Hatto Peshovardan atay tashrif buyurgan vatandoshini kecha yeru ko‘kka ishonmay, yonidan bir qadam jildirmay mehmonnavozlik qilib o‘tirib edi. U Makkaga o‘tib ketdiyu bu yana so‘ndi-qoldi. Bog‘dagi qo‘sh xurmo o‘rtasiga tuproq to‘ktirib yasatgan supasida, ha, o‘sha qo‘shqavat ko‘rpachalar yozdirib vatandoshlarini ziyofatu suhbatga chorlaydigan joyda yolg‘iz o‘zi o‘sha do‘sti-yoroni ketgan taraf — qiblaga termulib o‘ltirar edi. Yonidagi qo‘sha-qo‘sha par yostiqlardan birontasini tirsagi tagiga tortib yonboshlasa ekanki, xotirjam desang, bir xayolga toldi-da, desang.
Xuddi o‘sha Peshovardan daragi chiqqan do‘sti qaytib ko‘rinmaguncha shunday o‘tiraverishga qasam ichgan kabi qimirlamas, chordona qurib o‘tirgani-o‘tirgan edi. Xayoldan tolmagani uning!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:09:19
Soqol-murtiga oq oralab, kelbatli, fayzli kishilar qatoriga kira boshlagan kezda nimani qo‘msab qoldi? O‘sha qirchillama yigit yoshida tark etgan joylarinimi, yetisholmagan qon-qardoshlarinimi? Ularni demasa, nimadan kamchiligi bor? Bir kam dunyo deb shuni aytar ekanlar-da! Bo‘lmasa, bu munavvar zamin, qiyomatga qadar qut-baraka yog‘ilgan bu shaharga kimlar yetdi, kimlar yetolmadi? Bu yonda xotamun nabiy masjidlari, u yoqda Uxud tog‘lari, Badr vodiysi, ansoru muhojir sahobalar yotgan Baq’i qabristoni, yana qanchadan-qancha Payg‘ambar qadamjolari — hamma-hammasidan saodat asrining nafasi kelib turibdi. Erta tonglarda tanga rohat Madina shabadalari esib, Nabiy masjidlari tarafdan nainki azon sadolarini, o‘sha saodat asridan qolgan ifor hidlarini ham olib kelayotgandek, taratib o‘tayotgandek bo‘laveradi. Ular qiyomatga qadar tuganmasligi, taralib turaverishi tayin.
U yoqda esa, qiblagoh — Ka’batulloh turibdi, sog‘insang yetgudek joyda. Shu dindagi bir insonga bundan ortiq yana nima kerak?! Har yili umra yo haj qilmoq mumkin. Ka’batullohni tavof etmoq, payg‘ambarlar, avliyolar qadamlari yetgan Minolarga bormoq, Arofotda turmoq, Muzdalifada tunab, qonib-qonib ibodatlar qilmoq mumkin. Yolg‘iz Allohga suyanib qolgan bandaga bundan ortiq nima kerak? Ko‘nglining yana qaerida kemtik qopti ekan? Shuncha dunyo kezib, shu yerlarga yetib ham yana qanday armoni bor uning?
Xizmatkorlar uning yoniga yo‘lay olmasdilar, bir qur bo‘lsa-da, ko‘ngil so‘ray olmasdilar. Axiyri shivir-shivir bilan xonum bekaga ma’lum qilishni afzal topdilar. Shunaqa damlarda Marg‘u xonim yoniga Fotma-Zuhra qizlarini olib, otalari qarshisiga salomga chiqishadiyu Bahriddinxo‘ja o‘z holiga qaytadi. Undan beriga shu o‘tirishi o‘tirish. Faqat azon bilan namozga chorlab, o‘ziga keltirmoq mumkin.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:09:30
Marg‘uxonim o‘sha Qashqardan kelinlik sepiga qo‘shib berilgan olma gulli choynak-piyolalarga choy damlab chiqib, hojasiga tavozula boqarkan:
— Adasi, o‘zimizni Toshkancha qora choy damlab edim, iching. Zora g‘uborizzi olsa,— dedi ra’yiga qarab.
— G‘uborni olib, ko‘ngilni yozadigan narsaga nima yetsin. Valloh-valloh. Bu chinnilarda kechagindayoq choy damlab chiqarmoq lozim edi, — dedi Bahriddinxo‘ja ularni ko‘rgandayoq bahri-dili ochilib. (Hazilmi, bular uzilgan nikoh rishtalarini ulagan vallomat oshnasidan sovg‘a tariqasida kelgan-ku. Nainki yolg‘iz o‘zi, manavi kelinbonu bilan kelgan! Uning daragini eshitiboq, nikohidagi ayolini sovg‘a-salomlar bilan jo‘natgan kishini shu chinnilarda siylamoq lozim emasmidi?!.)
Marg‘ubonuning ko‘zlari yer suzdi:
— Uyaldim, adasi, — deb qo‘ydi sekin. — Keyin o‘ziz aytdiz, u kishining ko‘ngli yarimtamush.
Bahriddinxo‘ja choy xo‘plab, bosh irg‘adi:
— Sen haqsan. Yarimtalikka yarimta. Ko‘z ochib ko‘rgani mana qancha yilki yolg‘iz Yodgori bilan sarhad ortida. Na xabar oldira oladi, na mujda keladi, — u yana boyagi hardamxayol holiga qayta boshlagan edi, ayoli chalg‘itmoqqa jazm etdi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:09:52
— Nima, Peshovarda joy-do‘konlari bormikan, bunchalik bog‘lanib qolmasalar?
— Yo‘q, uni u yerda tutib turgan — boshqa narsa. Bilasan, Sultonmurod joy-do‘konlardan, bu dunyoning xoyu havaslaridan balandroq turadi. U yerda jamiyat ochgan. Bizga o‘xshagan musofirlarning boshini qovushtiraman deb yuribdi shu diyorlarda ham. — Bahriddinxo‘ja to‘liqib, entikib qo‘ydi, — O‘zi bu ahvolda... yana kimlarning g‘amini yeydi! Birovga en bo‘lguncha o‘zingga yeng bo‘l, deganlari bekor ekan!
— Kecha kelganlarida elchingiz olakelgan xat-xabarlardan boshlari ko‘kka yetgandir?..
— Qayoqda! — dedi Bahriddinxo‘ja bosh to‘lg‘ab, — bunday ta’sir etishini bilsam, bermay ham qo‘ya qolardim maktubni.
Bonu beixtiyor qo‘lini yuziga bosdi:
— Voy, bilmay-ko‘rmay, berib qo‘yibsizmi? Kimdan ekan?
— O‘sha o‘zingiz bilgan mirzo yigit — Salom xolamizning bitikchi o‘g‘illaridan ekan. Fahmimcha, achchiq-tiziqroq xat bitgan ko‘rinadi. Nega bunday yozibdir, tushunolmadim.
— Qanday ko‘zlari qiyibdi?
— Bilmasam, Bonu. Ayasa bo‘lardi, oson tutgan ko‘rinadir bunga! — Hojasi piyolani uzatib ayoli yana choy quydi:
— O‘zingiz yupatib, tushuntirsangiz bo‘larmidi. Xaramga o‘tishlari shunchalik zarur ekanmi?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:10:51
— Bilasan, Oltinxon to‘ram hozir o‘sha yerdalar, dars berayaptilar. Oldilariga maslahatga ketdi, — dedi hojasi va qo‘shdi. — U kishining ham qo‘llaridan nima kelardi. Qolaversa, biz vatanjudolar bir bo‘lganda ham nima qila olamiz, Alloh O‘zi kushoyish bermasa?
— Shunday-ku, adasi, astoydil yig‘lasa Alloh so‘qir ko‘zga-da yosh berar deydilar, — dedi bonu yalinch ohangida. — Bizga shuncha yaxshiliklar sog‘ingan kishiga qolganda nahot biron tadbir topilmasa?
Bahriddinxo‘ja bir to‘lg‘anib, xontaxta ustiga ko‘kragini bergan edi, dardining zo‘ridanmi, zalvoridanmi xontaxta qisirlab ketdi:
— Shu ikki kun ichida kallam tors yorilayozdi. Qani endi epaqali bir yo‘l kelsa. O‘sha dastimiz yet-maydimi deb qo‘rqaman. Qaytarolmaymiz shekilli yaxshiligini, qiyomatga qoladi shekilli, Bonu. Yozug‘i... shundaymikan. — Hojasining ko‘zlariga qalqqan nam yiltirab ketgandek, ovozi ham o‘zgarib chiqmoqda edi.
— Qaytishda kiradilarmikan?
— Kirgil, meni tinchlantirib ketgil, ko‘nglim alag‘da o‘tirmayin, dedim. Yana bilmadim. Qiziq ustida nojo‘ya bir ish qilib qo‘ymasa edi, deb qo‘rqaman, Bonu.
— Yo‘g‘-e, adasi, Xudo asrasin. Sarhad oshib borishdan ham toymaydilar, deb o‘ylaysizmi?
— O‘ziga qolsa, dordan qaytmaydi. Shunaqa fe’li ham yo‘q emas. Ammo To‘ramdek xudojo‘y odam xabar topsalar qo‘ymasalar kerak.
— O‘ziz qaytara qolmabsiz-da, adasi?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:11:22
Hojasi nochor jilmaydi. Bu ichi to‘kilib borayotgan odamning zo‘rma-zo‘raki kulimsishiga o‘xshab ketardi:
— Menmi, qani qanotim bo‘lsa, uning o‘rniga ham o‘zim uchib borib, bir yo‘lini qilgan bo‘lardim-ku. O‘shaning evini topolmayapman-da, Bonu...
Ular jim qoldilar. Kim dasturxon popugini g‘ijimlaganicha, kim bo‘shagan chinni piyolani changallab, uni keti ila xontaxta ustini ezg‘ilagancha. Ammo har ikkisining ko‘zlarida yosh g‘ilt-g‘ilt aylanar-u, oqib ketolmas edi.
Shunda Xudoning ularga rahmi keldimi, kushoyishini O‘zi yetkazib, supadan besh qadam narida xizmatkor yo‘talindi:
— Hojam, sizni bir kishi yo‘qlaydir.
— Kim, deding? — dedi Bahriddinxo‘ja hayratga tushib.
— Zanjimisan zanji bir qora darvesh... kirishga izn so‘raydir.
— Yo‘g‘-e, o‘sha, alp kelbatli kinochi-ya? Uni shu topda qanday shamol uchiribdir?
— Bilmasam.
— Ayt, kiraversin, Shundan shu yoqqa kelib, nega tortinadir, aziz mehmonimiz?
Eshik og‘asi uning qaysibir so‘ziga (balki «aziz mehmonimiz»gadir) iljayinqirab yelka qisdi. Ammo to‘g‘risini yashirmadi:
— Toza shaldir-shuldir — bir qop yong‘oq ekan, mehmoningiz. Tili tanglayiga yopishib, suyunchi so‘raydir nuqul.
— Suyunchi?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:11:35
— Ha-da. Siz bilan qaysi oftobshuvoqda qatiq yalashgan ekan, nuqul «hojamiz qaerdalar, hojamiz suyunchini cho‘zaversinlar, ataganlarini chiqaraversinlar», deydi.
«Shig‘ab suyunchi so‘raydir?» Shoshma, o‘sha xayrli ishi Tangrim azza va jallaga xush kelib, shu dunyodayoq izzat-ikrom topibdikanmi?
— Shoshma, o‘zim, — deya Bahriddinxo‘ja supadan tusha boshladi.
Ammo u orqasi ochiq kavushini oyog‘iga ilib ulgurmadi. Darvozaning bolacha eshigi ochilib, burungi zamon gladiatorlaridan qolishmaydigan gavdali odamning avval mushtdek qop-qora boshi (soch degani jingalak-jingalik bo‘lib, kallaga yopishib ketgan — jingirtob edi), so‘ng unga necha barobar katta yelkasi ko‘rindi. O‘zi esa, bolacha eshikdan ikki engashib o‘tmoqda, oyog‘ini olaman desa, gavdasi sig‘mas, gavdasini o‘tkazaman desa, oyog‘ini ololmas edi. Tanidi. U o‘sha Najoshiy avlodi, sahobalaru Payg‘ambarimizga muhabbati tushib, shu muhabbatini kinoga ko‘chirmoqchi bo‘lgan Qora darvesh edi. O‘sha dinu diyonatini asramoq uchun Xabashistonni qora tortib borgan birinchi musulmonlarning alamli kunlariyu Alloh rozi bo‘ladigan mardona safarlarini, keyingi karamli hayotlarini alohida bir muhabbat bilan dunyo xalqlariga hikoya etmoqchi bo‘lgan zanji kinochi edi.
U eshikdan ikki bukilib o‘tishi ila qanday bir tor yerdan o‘ta olganiga qarab ham qo‘ymayin qaddini g‘oz tutib, supa chetidan tura boshlagan Bahriddinxo‘ja tomon intildi:
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:11:50
— Oh, hojam! Hotami Toy birodarim! Bizni tabriklang! Mubarakbod eting! Alloh yo‘lidagi ehsoningiz O‘ziga xush kelib, bizga nusrat ato etdi. Eshityapsizmi, hojam, biz yutdik! Suyunchini chiqaravering, ataganingizni keltiravering.
Bahriddinxo‘ja dabdurustdan hech narsa tushunmadi. Qanday nusrat? Kinosi olib bo‘linib, qo‘yila boshlagan, hatto telekanallar sotib olgan edi shekilli? Yana qanday nusrat haqida gapiradir?
U jindek hayiqdi. Chindan ham qora ayiqdek lapanglab quchoq ochib kelayotgan bu qora davangirning quchog‘iga tushib qolishdan kishi tuyqus cho‘chib ketuvi mumkin edi. Lekin u begonamas, keyingi yillarda o‘zi suyib orttirgan birodarlaridan edi. Qoraning qorasi, ko‘mirga aylanib ketgan bir inson bo‘lsa-da, yaltiragan qo‘l-oyoqlari, yuz-boshlari, tars-tars yorilib ketgan tovonlariga qarab turib, qaysi balchiqdan chiqqan deysiz. (Shunaqa xabash!) Ammo iymoni shunchalar butun, shunchalar pokizaki, buni o‘ylaganda bag‘riga singib ketging keladi! Unday birodarni qaytib top-chi!
— Xudo har bir mo‘minni sochqi sochadirgan kunlarga yetkazsin! Suyunchi sizdan aylansun! — dedi Bahriddinxo‘ja xizmatkorlariga mehmon yelkasiga to‘n yopmoq ishorasini berib.
Bungacha Qora darvesh unga yetib kelib ulgurgan, qalampirmunchoq hididan sal bo‘lakcharoq, gurkiraganroq bir ifor bo‘ylar taratib bag‘riga olgan, u bo‘ylar yuzini yuzga bosganda quloqlari takkinasidan kelarmi, qora eti yaltiragan yag‘rinlaridan kelarmi, bilib bo‘lmas, ammo juma namoziga otlangan mo‘mindan taralgan bo‘ylardan kam emasdi.
— Oh, hojam, bilsangiz edi, men sizga qanday quvonchlu xabarlar keltirganimni. Yetti uxlab tushimizga kirmagan iltifotlarga erishib turibmiz. Bu hammasi siz tufayli, ehsoningiz tufaylidir. Ungacha Allohga xush keladirgan bir nima yaratmakka bizga yo‘l bo‘lsin edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:12:38
Bahriddinxo‘ja xizmatkorlar oldida xijolatlandi:
— Nima topgan bo‘lsangiz Allohdan. U fiysabililloh edi...
— Yo‘q, siz qanday xabar deb so‘rang. Qanday suyunchiliq deb so‘rang, — u uni bag‘riga bosib to‘ymas edi. — So‘rang, og‘zingizga siqqanini so‘rang. Men siz uchun jonimni berishga-da tayyorman. Biz o‘shal jannatmakon diyoringizga ketyapmiz. Eshityapsizmi, sizning ota yurtingizga! O‘shal siz qo‘llab yuborgan kino Allohga xush kelib, bizga ko‘p izzatlar keltirdi. Sizning yurtga yo‘l ochdi. Xalqaro festivalga ketyapman. Tilang tilagingizni — endi uzmasak, qachon uzamiz yaxshiligingizni?!
Bahriddinxo‘ja o‘z diyorining nomini eshitib, yuraklari to‘kilib tushayozdi. U ma’voni ko‘rish, bo‘ylarini qayta bo‘ylab, suvlaridan hovuchlab-hovuchlab ichish mumkin ekanmi? Qo‘yarkanlarmi shunga? Nimalar deydi? Kimni aytyapti? Nahot bir umrlik armon shu qora qulning iltifoti bilan abas topsa? Shu mumkin ekanmi? Ularga shu kinochining bir og‘iz so‘zi bilan diyorga qaytishga ruxsat beradilar ekanmi? Sho‘rolar-a, o‘sha yo‘qsillar hukumati-ya? Yo biron narsani chalkash eshitdimi? Balki yo‘l oldidan tila tilagingni deb iltifot ko‘rsatib kelgandir? Shunisi to‘g‘riroq, haqiqatga yaqinroq. Shunga ham shukr, aytmasa, indamay jo‘nab yuborsa, nima deya olardi?!
— Qanday anjuman dedingiz? Sho‘rolar ham o‘z eshiklarini ochadilar ekanmi? Temir qo‘rg‘on qilib tashlagan, deb eshitardik-ku? — deya oldi Bahriddinxo‘ja, birodari u yetib bo‘lmas diyorga ketayotganidan ko‘ngli allatovur buzilib kelib. Shunaqa: kimga u diyorning yo‘llari taqa-taq berk, (Xudo yorlaqasagina tushlarida ko‘rmoq mumkin!), kimga esa, «sho‘rolarning sharofatini» ko‘z-ko‘z etib, anjumanlar tashkil etishadi, festivallar o‘tkazishadi. Birodarimiz ham o‘sha ro‘yxatga tushibdimi?
Mayli, biz uchunam ko‘rishsin, jannat bog‘larida kezishsin, kavsar suvlaridan ichishsin! Faqat zar qog‘ozga o‘ralgan yolg‘onlariga uchishmasa, bas! Iymonlaridan ajrab qaytishmasa, bas! Mazlum hukmida qolgan butun bir elni qandayin ham bular baxtiyor ekan deb yurishmasa, bas!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:13:07
— Hojam, tilang tilagingizni. Bizga sizning diyorlarga borish nasib etib turibdi. Omonat salomlaringiz, topshiriqlaringiz bo‘lsa ayting! O‘zim elchingiz bo‘lay! U yaxshiliklaringizni qaytaray men ham. Nima istaysiz? Mana, men xizmatizdaman! Tortinmang, hojam.
Oh, bu ko‘ngil nimalarni istamas?! Xohlamas?! Voh-voh-voh, bir og‘iz so‘z shunchalar shirin bo‘larmi? Jonu jahoningni o‘rtab yuborarmi? Uning so‘nggi so‘zi yuragining allaqaysi ingichka joylariga yetib borib, tegib ketgan edi: vujudiga yoqimli bir titroq yugurgan, o‘zi erib-bitib borar edi! Qarilikmi, nima yo bir umrli sog‘inch eltdimi? Bahriddinxo‘ja tuyqus bo‘shashib, peshonasini mehmonning yelkalariga tirab qoldi! Voh, Alloh shu kunlarni ravo ko‘rib turibdi ekanmi, yetkazib turibdi ekanmi?!
— Hov, umrim shomida topgan aziz birodarim, o‘zimga qolsa, men nimalarni istamasdim?!
Ichikkan ko‘ngli bu pallada o‘zi tug‘ilib o‘sgan, kindik qoni to‘kilgan u diyorning suvratlarini bir bor bo‘lsa-da, ko‘rmoqqa zor-zor yig‘lar, shunda ham kuygan dili «mayli, men chidayman, nima karomating bo‘lsa, nima iltifoting bo‘lsa, mening darbadar bir birodarim bor, o‘shanga qil bu olamning yaxshiligini», der edi. O‘zi qolib, unga ilinardi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:13:29
9. Taqsirlar jindek urzlidurlarmi?

Bugun saboq kuni edi.
Olim ertalabdan qaymoq bozoriga tushdiyu ikkita issiq non bilan bir shisha bonkachada qaymoq olib, To‘ramning ziyoratlariga shoshdi.
U bu tabarruk xonadondan tuganmas g‘azna topib olgandek edi. G‘azna nimasi, To‘ramning o‘zlari yuradirgan bir tirik xazina ekanlar. Har so‘zlari oltinga teng, turgan-bitgani hikmat. Saboqlari-chi, chan-qoq qalbga chippa yopishyapti. Shu vaqtgacha qayoqlarda yurgan ekan? Ilgariroq kelsa, bo‘lmasmi ekan?! Intiqishi shundan: har kuni xizmatlarida tursam, nazarlariga tushib, duolarini ola qolsam, deydi-yu, duo olish o‘zimi? Jilla qursa, u tarixlardan biron nima ilinsalar ham jon qulog‘ini tutib, chanqog‘ini qondirgay-ku.
Hammasidan ham burun u harf taniyotganidan, «bismillahir rohmanir rohiym1»ni o‘zi tatalib o‘qiy boshlaganidan boshi osmonda edi. To‘ram sakkiz darsdan so‘ng Kalomullohning mayda suralarini o‘zi o‘qiydigan etib, Qur’onga tushirar emishlar. U shunga ichi tushib yotibdi. Harf tanib olsayoq Sutchi Qayrag‘ochli yolg‘iz mozordan topgan kitoblarni so‘rab olib kelardi. Padaribuzrukvori o‘qigan tabarruk kitoblarni o‘zi o‘qiy olsa qani edi, yig‘lab-yig‘lab xatm etsa qani edi! Nechuk o‘qimasin?! Otaning nomai a’moliga savob yetkazuvchi narsa shu bo‘ladiyu o‘qimaydimi?! Xatm qilmaydimi?!
To‘ram shu kalitni topib beradilaru u zotning huzurlariga chopmasinmi, xizmatlarini qilib, nazarlariga tushmasinmi? Bo‘lak niyati yo‘q. Bo‘lak niyatlarni yarim yo‘lga tashlab kelgan. Alloh shohid, sof niyat bilan kelgan.
Ammo xosxonaga nonushta hozirlab, To‘ramning qo‘llariga suv quyib ulgurib edi hamki, u kishini allaqanday ulug‘ mehmon yo‘qlab kelganini ma’lum qilishdi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:13:42
Ustozga ixtimat bilan xizmat etib, birga nonushta etmoq umidida yelib-yugurgan Olimning choyiga quvalashgan pashsha tushgandek bo‘lgan edi. Nachora, Allohning xohlashi!
Hovliga banoras to‘nda, oq salalli ulug‘ mehmon— muftiy janoblari ziyoratga kirib kelmoqda edilar.
Olim ularning oldida o‘zini ortiqcha sezib, tash¬qariga chiqa boshlagan edi, To‘ram chaqirib qoldilar:
— Eshon bola, bu kishimni tanimadiz, chog‘i?
Olim bir daqiqa taraddudlandi. Mehmonning yuzida kamdan-kam odamlarda uchraydigan ichdan balqquvchi bir nur ko‘rib to‘xtadi. Ulug‘ mehmon ham yarim hayrat ichra o‘girilgan edi. Salomiga alik oldi:
— Vaalaykum assalom, keling, o‘g‘lim.
— Shunday, tog‘-tog‘ bilan ko‘rishmasa-da, odam odam bilan topishgay ekan, — dedilar To‘ram mehmonni to‘rga o‘tishga undab. — Albatta, Allohning izni-marhamati ila. Bu yigit ota qadrdoningiz rahmatli Abdurahim eshon pochchamning kenjalari bo‘ladirlar.
— Yo rabbiy! — dedi mehmon to‘lqinlanib, — O‘shal... muftiylikka birinchi haqdor zotni-ya? Alloh o‘z rahmatiga olgan bo‘lsin ul rahmatullohi alayhni!
— Ha, muftiylikdan Tumanli yurtni afzal ko‘rgan zot — Eshon pochchamning kenjalari.
Olim ko‘p odamlar og‘zidan eshitgan gaplarni eslab, (muftiylikka chaqirishganda u kishi uzr aytib, «Qur’onning zer-zabari ko‘p, biz ulardan chiqolmaymizmi, deb qo‘rqadirmiz», degan ekanlar) ko‘zi namlandi. Bular qolgan tarixlarni ham bilishsa edi! Shu asno tomog‘iga achchiq bir narsa tiqilib keldi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:13:53
Shu topda ulug‘ mehmon u tomon ikki odim tashlab, quchog‘ini ochib ulgurgan edi.
— Keling, ota qadrdon, bir xo‘shlashib, u zotlarning ruhi-poklarini shod etib qo‘yayluk.
U qo‘li ko‘ksida, yelka tutib borib, iymanibgina taqsirning bag‘riga singidi. Singidiyu judayam begona emas ekanmiz-ku, deb o‘yladi.
Hazrat uning kuraklarini silab, yuzini yuziga bosdi va ikki kiftidan mahkam tutib, silkib qo‘ydi:
— Mana, tanishib ham oldik taqsirim tufayli. Endi qiyomatga qadar birodarmiz. Unutmaysiz-a? Kerak bo‘lganda tortinmay boraverasiz, — dedi.
So‘nggi so‘zi unchalik yoqinqiramagan bo‘lsa-da, ko‘ngli uchun ham Olim bosh silkidi.
To‘ram iltifot qildilar:
— Qani, marhamat, dasturxon muntazir bo‘lmasin. Alloh bugun birga-birga nonushta qilmoqni nasib etgan ekan. Shukrini bajo qilayluk.
O‘tirdilar.
Qo‘llarini duoga ochib, bir-birlariga qarashdilar. Ulug‘ mehmon:
— O‘zlaridan bo‘lsin, — deb qistadi.
Hali judayam sog‘ayib ketmaganlari rang-ro‘ylaridan sezilib turgan, ammo yangi kuzalgan soqollariyu bir burda yuzlaridan nur yog‘ilib turgan jikkak qariya— To‘ram duo qildilar:
— Albatta, har narsa niyatga bog‘liq. Shu kun, shu soatda yaxshi niyat-la kulbamiz ostonasin bosib kelibsiz, ya qodir Alloh o‘zing chevarsan, birodarlarimizni niyatlariga yetkazgaysan. Shular qatori biz ojiz bandangni ham marhamatlaringdan darig‘ tutmagaysan, omin, Allohu akbar.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:14:04
Bu shirin duoga ilm talabidagi Olim ham, ziyorat niyatida qadam ranjida etgan manavi ulug‘ mehmon ham qo‘shilib, sidqidil yuzlariga fotiha tortdilar.
Shundan so‘nggina mehmon hol so‘rashga tushgan edi:
— Qalaysiz, taqsir? Bir oz muolajalar olgan emishsiz. Jarrohlar tig‘ ham tekkizgan emishlar. Safarda edik, xabar ololmadik. Xatar o‘tib, hammasi orqada qolgan bo‘lsin, ilohim. Ko‘rinishlaringiz yaxshi, Allohim shifosini bersin.
To‘ram rahmat ma’nosida bosh silkidilar, kamiga qo‘llarini ko‘ksilariga qo‘yib, ta’zim qildilar:
— O‘ziga shukr, dardni chekintirib, bandachiligimizni bardavom ettirishga imkon berganiga shukr.
— Ko‘rgan-kechirganingiz shu bo‘lsin. Qaytib qiynamasin, sizday suygan bandasini, — dedi hazrat.
— Kim suyukli — yolg‘iz O‘ziga ayon. Biz umid tutamiz, xolos. O‘zining jamoliga mushtoqligimiz qay  darajada ba’zan bilib, ba’zan bilmay...
— Yo‘g‘-e, taqsirim, sizki shunday desangiz...
Ularning nainki so‘rashishlari, hatto manziratlari ham bir bo‘lakcha, havas qilsa arzigulik edi. Olim some o‘tirib ham erib borardi: ana mo‘minligu, ana halimlik! Muomalayu manziratni ulardan o‘rganmoq kerak ekan!
Bu orada choy kiritilib, Olim chor-nochor taqsirlarga xizmat eta boshladi.
Avval choy uzatib, so‘ng non ushatdi. Dovdiraganidan hammasini aralashtirib yubordi. Qarasa, qaymoq hamon idishda turibdi. Piyolalarga quymoqchi edi, xaytovur, To‘ram yo‘lga soldilar:
— Yaxshisi, chinniga ag‘daring, non to‘g‘raymiz. Ivib mag‘iz-mag‘iziga singsa, ana uning savobiga nima yetsin.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:14:14
Ulug‘ mehmon ham u kishini quvvatladi:
— Ha, ana shunday: qari bilganini pari bilmas. So‘ng bu qaymoqxo‘rlikni allazamongacha eslab yuramiz.
— Shunday-shunday, mubolag‘asi yo‘q buning, — deb kulishdilar.
U qaymoqqa non to‘g‘rab bo‘lgunicha, Ro‘zioxun (qachon kelib, jiz-bizga unnabdi ekan!) chinnida yakkaovoradan shirchoy kiritdi. Taqsirlar alqab-alqab icha boshladilar. Ammo-lekin qanday tayyorlanibdi, Toshkanni shirchoyidan o‘tib tushgan, bu dunyoning taomi bo‘lmagan edi.
So‘ng taqsirlar dasturxondan totinib, choy xo‘plagancha o‘tgan-ketganlarni eslashga berildilar-u, Olim chiqib, ularni holi qoldirarini ham, o‘tirib choy quyarini ham bilmay qoldi. Turay desa, hali choyni bo‘ldi qilishganicha yo‘q, turmay desa, ulamoyu ustozlar oldida o‘tirish o‘ng‘aysiz.
Bir marta choyni yangilab ham kirdi, ammo qaymoqqa to‘g‘ralgan non bo‘ka qolmas, mehmon ham mud-daoga ko‘cholmayotir edi.
— Darvoqe, Xijoz safaridan qaytgan emishsiz. Ziyoratlari dargohida qabul bo‘lsin. Nabiyi Akram sollallohu alayhi vasallam yurtlarida ne yangiliklar? Saodat asridagidek ibodatga qaytishga urinishlar tinchigudekmi, yo hali ham o‘sha-o‘sha? — dedilar To‘ram muftiyning yuzlariga sinchkov termulib.
Muftiy issiq ham mayin jilmaydi:
— U asrni qaytib topmak maholligin o‘zlari ham biladilar. Biladilaru... urinadilar-da.
To‘ram ham jilmaydilar:
— Niyat u ibodat halovatini topmoq bo‘lsa, topardilar-a...
— Unday emas, deb o‘ylagaysizmi, taqsirim?
— Shundaymi, deb qo‘rqaman. Agar niyat xolis bo‘lsa, u diyorni eng dorilomon bir diyorga aylantirmasmi edilar?! Qolaversa, Xijoz yo‘llarini har muslim uchun ochdirib qo‘ymasmi edilar? Biz esimizni tanibmizki, yo‘llar berk. Tag‘inam chor zamonida hayo bor ekan.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:14:26
Muftiy domla so‘chib tushgan kabi bir sergak tortdilaru yana o‘zlarini o‘nglab:
— O‘tkazardi... deysizmi? — dedilar beozor.
— Bo‘lmasa-chi. U o‘risda insof bor edi. Haj desa, yo‘lni to‘smasdi. — Keyin mehmonning betiga ma’noli qarab, qo‘shib qo‘ydilar. — Mana, bizam dunyoning To‘qmoq degan bir «ovloq» manzilidan borganmiz akamiz rahmatli ila.
— Ularning nazarida ovloq sanalgan-da, bilsalar-ku... — dedi muftiy jilmayib.
— Harqalay ulamoni ulamo sanar edi, ilmi hurmatidan. Insofi shu-da, — deb qo‘ydilar To‘ram.
Muftiy janoblari yalt etib qaradilaru dillariga kelganini aytmakka andeshami, nimadir yo‘l bermadi. Olimning nazdida uning dilida uyg‘onib bo‘lgan ilon shakkok shayton qiyofasiga kirib, tilining uchiga zahardan-zahar ne bir fikrlar quyib ulgurgan edi-yu, To‘ramning salobatlarimi, nimadir tilidagisini aytishga yo‘l bermas edi. Balki ular ko‘rgan islomiy tarbiya bunga yo‘l qo‘ymayotgandir. Aksincha, yuziga halimlik nuri taralib kelmoqda edi.
— Unda anuv so‘zlar-chi, taqsirim? — deya oldi hayrat aralash.
— Qaysi, ming chig‘iriqdan o‘tkazib... so‘ng ruxsat etishlarimi?
— O‘lmang, bizlar bot-bot eshitganimiz bilan, sizlar ko‘rgansiz, — dedi muftiy, ammo javobiga qiziqqanicha bor edi.
— Davlatchilik hamma yerda, hamma zamonlarda bo‘lgan, — dedilar To‘ram orqalaridagi duxoba yostiqqa bir oz suyanibgina. Toliqdilarmi, choydan lablarini xo‘llab, piyolani qaytarib joyiga qo‘ydilar. Lekin shashtlari boyagi-boyagidek edi, o‘shanday davom etdilar. — Ammo chor davrining to‘ralari boshqacharoq edi, umumiy siyosatdan kelib chiqib, dushmaniga ham hamiyat qila bilardi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:14:35
— Hamiyat? — deb hayrat-la boqdi muftiy domla. Ular bu masalada chuqur ketishayotganini anglab qo‘rqib ketgandek ko‘rinardi u.
To‘ram uning holidan... miyig‘larida kulimsib, dedilar:
— Vallomatroq desa, balki to‘g‘ri bo‘lar.
Bu gap tomdan tarasha tushgandek bo‘lib, muftiy o‘zi sezmagani holda o‘tirgan yerida bir xavfni tuygandek qotib qolgan edi.
To‘ram vaziyatni yumshatish uchun, qo‘l ishorasi ila iltifot qilgan bo‘ldilar:
— Qani, choyga qarasinlar.
— Rahmat, — deya u kishi ham iltifotni qabul qildi-yu, lekin hali o‘ziga kelmagani va To‘ramning og‘zilarini poylayotgani ayon edi.
— Bilsangiz, tarixda misollar ko‘p bunga.
— Siz Xudoyorxon tarixinimi, nimani nazarda tutmoqdasiz? — deb yubordi muftiy bir oz shoshilib.
— Yo‘q, uning safari o‘zida shijoat topib, Allohga tavakkul qilgan bir mo‘minning hijrati bilan barobar. Men imom Shomil hazratlarini aytmoqchi edim. Ular o‘shanday ashaddiy bir dushmanlari — g‘azovotchi mujohidga ham yon berib, vallomatlik qilganlar. Uning so‘nggi iltimosini qondirganlarini eslang. Biz o‘sha safarimizda imom tarixlaridan hali bexabar bir yosh o‘smir edik. Keyin qancha armon qilganmiz Badr qahramonlari qatori ul zot rahmatullohi alayhning Baq’idagi qabrlarini ziyorat etmaganimizga.
— Alloh rahmat qilsin barchalarini. Lekin qanday?.. — deb yubordi muftiy kutilmaganda.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:14:44
U chindan ham imom tarixini bilmasligini shu savoli ila ayon etib qo‘ygan, endi jindek xijolatga tushib, qo‘lidagi bo‘sh piyolani o‘ynar edi. Axiyri uni Olimga uzatib, To‘ramga qaradi:
— Uzr, siz imom Xamzatning shogirdlari imom Shomilni aytasizmi, yo...
— O‘sha ikkinchi imomni aytaman, tutqunlikka qayt¬moqdan, loshi Payg‘ambar alayhissalom yurtlarida qolmog‘ini avlo ko‘rgan buyuk mujohidni. Ul zot Nabiy sollallohu alayhi vasallam masjidlarida qolib, Allohdan yolg‘iz bir narsani — loshlari o‘shal yurtda qolmog‘ini surunkasiga uch kun namozda so‘rgan ekanlar.
To‘ram taqsir bu voqealarni so‘zlar ekanlar, o‘zlari shu tarixlardan ruh olib, bir necha o‘n yillar avvalgi chin To‘ramga aylanib bormoqda edilar. Ovozlari ham, so‘zlarining zalvori ham bo‘lakcha edi. Muftiy hazratlari esa, u kishiga tan bermoqdan o‘zga ilojlari yo‘q bir alpozda ham havaslanib, ham kemtik bir hislar qorishig‘ida o‘tirar edilar. Niyatlari esa, tashriflarining boisini aytmoq bo‘lsa-da, buning mavridini bilolmay, — qariyaning armoniga hamohang tebranar edilar.
Nihoyat ular bu mavzularni bir chetga surib, iltifotu manziratlar bilan qaymoqxo‘rlikka tutindilar. Boya to‘g‘ralgan non satta moyga aylanib, endi og‘izda erib borar, arzimas vaqtda jannat taomiga aylanib ulgurgan edi. Qariyalar o‘zlari qolib, Olimni qistashar:
— Oling, bu dunyoning ne’mati bo‘lmabdi, keyin bunaqasini topolmay yurasiz. Topganingizda ham o‘xshatolmaysiz, — deyishar edi.
Olim esa, ularga atalgan ne’matga o‘zi ham sherik bo‘layotganidan tobora qisinib borardi. Hozir bu dunyo ko‘rgan qariyalar bilan o‘tirish bir gashtli bo‘lsa-da, o‘rtadagi taomdan ko‘ra suhbatlari shirinroq tuyulmoqda edi. Xizmatlarida o‘tirganidan, bu kunlarga yetib kelganidan boshi osmonda edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:14:55
Qaymoqdan keyin ezilishib choy icha boshladilar. Va shu asno ulug‘ mehmon o‘rnida bir tebranib, joylashib olib, tomoq qirindi. Bu uning To‘ramdan izn so‘rashiga o‘xshab ketardi.
U kishi ham niyatni sezib (balki kirib kelganlaridayoq bilib ulgurgandirlar!) tortinmang, har kuni kelib yuribsizmi, degandek qaradilar. Tavba, inson qarisa, taqvo yo‘liga o‘tsa, kishini bir nigohdayoq anglaydigan darajalarga yetar ekanmi?! Bular bu tarafdan bir-birlaridan qolishmas edilar. Harqalay, Olim buni sezib-anglab turgandek edi.
— Shu hijoz safari chog‘i bir ulug‘ zot ziyoratiga chorlab qolishdi, — dedi mehmon uzoqdan kelib. Uning bu ziyoratdan ko‘p mutaassir bo‘lgani so‘z ohangidan sezilib turar edi.
— Chorlashdi? — «borarga jur’at etdingizmi, axir?» degandek ko‘z tashladilar To‘ram.
Ulug‘ mehmon ham u kishini tushunib, rostiga ko‘chishni afzal ko‘rdilar. (Yashirishdan ne iloj, qaytaga nazardan qolmoq mumkin!)
— Iltimoslariga binoan, oraga nozik kishilar tushib, miyqotdagi Oisha onamiz masjidlarida ko‘rishdik. Umra niyati-la ehrom bog‘lab, ikki rakat namoz o‘tash asnosida.
— Kim, vatandan ayro tushgan vatanjudolar ulug‘lari-lami?
— Shunday. Balki ismi-shariflarini eshitgan chiqarsiz. Oltinxon to‘ram atalmish ko‘p tabarruk zot ekanlar...
To‘ram mayin jilmaydilar, u kishi har qachongidan xotirjam edilar. Buni qandoq tushunmoqni hatto Olim ham bilmay o‘tirar edi. Shunchalar sirli va dunyo ko‘rgan edi bu qariyalar!
Javob undan hayratlanardi chiqdi:
— U zot bizga tomir bo‘ladirlar. Faqat ona tarafdan.
— Uni qarang! — hayratlanish gali ulug‘ mehmonga kelgan edi. — Xudo mushkulimizni o‘zi oson etayotganini ko‘ring.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:15:05
— Qanday yumush, qanday mushkulot, hech tortinmang? — dedilar To‘ram avvaldan sezganlari rost chiqayotganidan jilmayib.
Ulug‘ mehmon ham qisinishga hojat qolmaganidan hiyla yengil tortib, qo‘zg‘olib qo‘ydi:
— Sizga tomir chiqishlarining o‘zi... bu mushkulotni yo‘qqa chiqargay, taqsir. Alloh ko‘nglimga sol-ganiga mingdan ming shukrlarki, kelib yaxshi xabarlar topib turibman, — muftiy domla chindan o‘zini qo‘yarga joy topolmay qolgan edilar. — Bordi-keldilar uzilishib ketmagandir, axir?
— Hov, qayda? Bu Sho‘rosi tushmagur bizni xo‘b to‘zitdi-ku, — dedilar To‘ram chinidan qolmay. Olim bu To‘ram haqlarida eshitganlari rost chiqayotganidan bir chekkasi hayratga tushib bormoqda edi. U kishi devorning ham qulog‘i bor demay, Sho‘roni so‘kishda davom etar edilar. — Bunday kekchini onasi tug‘maydi. Ro‘yxatiga tushdingmi, o‘lib qutulasan. Chiniga ko‘chsam, Sayyid Mahmudxon yelkaga to‘nni tashlab, to‘g‘ri qilganlar o‘sha vaqtdayoq.
Ichlari tushib o‘tirgan muftiy janoblari bu orada ikki qo‘zg‘olib oldilar:
— Siz o‘sha Jambulli domlamiz haqda aytasiz-da? Ahli ayollari qolib, o‘zlari sarhad oshib chiqib ketishga majbur bo‘lgan zot?
— Shunday-shunday. Bu gaplar bo‘lib o‘tganiga ham o‘ttiz yillar kechdimikan, vallohi a’lam. Ishqilib, bu hijrat xabarini rahmatli volidamizdan eshitib edik. Keyin bu qo‘tir dunyo necha evrilib, necha o‘zgardi. Ammo ro‘shnolikdan darak yo‘q, — deb turib, To‘ram mehmonning betiga qaradilar. — Siz yashirmay-netmay aytavering: nima balo, Sayyid Mahmudxon to‘ram shoshilishda lozim narsani aytolmay ketgan ekanlarmi?
Ulug‘ mehmon yana bir karra bu karomatdan hayratga tushib, bosh silkidilar:
— Topdiz, To‘ram taqsir, topdiz. Hali taqdir bu boshga nimalarni bitgan deb... javobini berib keta qolmagan ekanlar. Qiyomatda shuning gunohi tutmasaydi deb... qayg‘uradir ekanlar. U kishining ahli ayollarini xabarlashimiz ham shundan.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:15:15
To‘ram yuz-ko‘zlariyu bir chiroyli kuzalgan soqollariga ichdan nur yog‘ilib, kulimsidilar. Shu topda rahmat yog‘ilib turgan bu yuz qarangki, Olimga juda-juda ham tanish, ham suyukli ko‘rinib ketayotganidan o‘zi hayratlarga tushib borardi. Nimadan bo‘lsa ekan bu?...
— Bugun chindan o‘ng yoningiz bilan turgan ekansiz. Suyunchini begona qilmaydirgan bo‘ldingiz. Ularni so‘rattirib berish bizning zimmada, inshaalloh, daraklari ham yaqin kunlarda chiqib qolsa.
— Suyunchi sizdan aylansun, — dedi muftiy janoblari, — o‘ttiz yillik rishta ulanadiyu, judo ko‘ngillar yana topishib, taskin ne’matiga erishadiyu bizni suyunchidan qochirasizmi? Oladirgan savobimizni ayting! Uni qaysi tarozuda tortib ado qilib bo‘ladirkan?!
— Hammasidan burun shundan keling. Uning savobiga nima yetsun!
Olim dog‘da edi: bir narsaning siriga — bir-birlarini uncha ham xushlamaydilar deb eshitgani ikki ulamoning bir birodarlari tashvishida fikrlari bir yerdan chiqib, apoq-chapoq o‘tirishlariga hech tushunib yetolmas edi. Shu anavi kungi To‘rammi, zamzamni undanmas, noibidan so‘rang degan, derdi. Endi qilcha sir bermay o‘tirishlari-chi, bu nimadan dalolat?
Yo bularga o‘xshab bircha taqsirlar ham bu masalada jindek uzrlidurlarmi?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:15:35
10. Gung tasvirchi qaroqlaridagi yosh

Jujur1 edim, peshindan keyin bemalol ishga kelsam, mudirimiz ostonadan o‘tmasimdan tabriklay ketdi.
— Xudo bir asradi sizni, Maqsudxon. Shu jujurligiz bo‘lmasa, bilmadim hozir Toshkanni qaysi dahasida yurgan bo‘lardiz, kinochilarni yetaklab. O‘rnizga Jo‘ravoy ketdi, boyaqish lo‘killab... — deb kuldi u kishi.
Men ichim yorishib kuldim. Chindan har balodan asraguvchi ham, har jafoga tashlaguvchi ham O‘zi. O‘ziga shukr, deb mudirimga tegishdim:
— Omad chopsa shu-da, aka, O‘zi panohida asrayveradi.
— Bu gapni Jo‘ra akangiz eshitmasin, yaniy-yaniy ketdi.
— Jazosi bitta osh-da, bir tovoq osh aylansin akamizdan, — dedimu qalashib turgan sahifalarni o‘qishga tutindim.
Oradan ikki soatlar o‘tib, sahifaga ko‘milib o‘tirsam, og‘zi-qulog‘ida Jo‘ra akam kirib keldi. Birinchi marta sezishim: eshikning takkinasida stolda o‘tirgan kishiga eshikdan kirgan naynovdek odam mirzaterakdek ko‘rinadi ekan. Buning ustiga u almisoqdan qolgan uzun plashini kiyib olgan, boshida «Lenindan qolgan kepka»si bor edi. U kishi qaerda qittak-qittak otvola qolibdi, ikki yuzi qip-qizil, lablarini yig‘ishtirib ololmas edilar.
«Hayriyat, mehmondorchiligi bor ekan, bo‘lmasa, eshitardim eshitadiganimni» deb yengil tortgan joyim-da u kishi plashining yengini egilmaydigan qo‘llaridan zo‘rg‘a chiqarib, engilni joyiga ildilaru tik turgancha sochni taragan bo‘ldilar.
Lekin shu turishda ham mendan ko‘z uzmay, lab-lunjlarini yig‘ishtirolmay turibdilar. Sezdim: menga aytadigan gaplari bor-u, hadeganda damlarini chiqarmayotirlar. U kishi shunaqa og‘irkarvon, tillarining uchida turgan so‘z ham hadeganda uchib chiqa qolmaydi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:15:59
Nihoyat oromijon divanga cho‘kib, faqat ziyofatlarda o‘rtaga chiqib o‘ynagandagina egilmasligi bilinib qoladigan qo‘llarini divan suyanchig‘i ustiga tashlab yastandilar. Bildimki, safar to‘kis o‘tgan, mudirim aytganidek, men eshitadiganimni eshitmayman. Xaytovur, oxiri bahayr chiqdi deb tursam, shu tob Jo‘ra akam sog‘ qo‘llari bilan tizzalariga shappalab qoldilar. Va shu barobar qaddilarini ko‘tarib, o‘tirib oldilar-da:
— Voh, Maqsu-ud, kelib-kelib shu kungayam jujur bo‘ladimi odam?! Xo‘-o‘, ko‘p narsadan quruq qoldiz! Biz qayoqlarga borganimizni bilganizda edi! Ax!— deb tillarini toqilatdilar.
— Nechuk? — dedim men hayronsirab va kulimsirab. — Qaytaga yaxshi bo‘pti. Bilasiz-ku najirxo‘rliklarga tob-toqatim yo‘q. Osh bo‘lsin, — dedim kamiga.
— E, yo‘q, — dedi u kishi qo‘l siltab, — biz qayoqlarga borganimizni, qay go‘shalarga bosh suqqanimizni bilsangiz edi! Qayoqdan mening chekimga tushdi?! Asli o‘ziz boradigan ekansiz. Borganizda bir narsalarni tushungan, men pandavaqi aqlim yetmagan narsalarni o‘ziz anglab yetgan bo‘larmidingiz! Endi men sizga qanday tushuntiray, qay bir boshidan aytib beray?! O‘lay agar, ular bu taraflarga bekorga kelishmagan! Bekorga olishmadi ham u kinoni! Lekin men buni kimga ham aytay, ayta olay?
Men sekin o‘rnimdan turdim. Qaysi bir aqlim bilan xona eshigini ichidan qulflab, hamxonamning yoniga cho‘kdim.
— O‘zi nima bo‘ldi, ochiqroq aytavering. Ular kim ediyu qaerlarga borishdi? Iltimos, bir boshdan qaytaring, — dedim azza-bazza titrab-qaqshab. Men o‘zim sezmagan holda allaqanday xavotirlarga tushib bormoqda edim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:16:09
Chindan ham xorijdan kinofestivalga kelgan kinochilar nega biz taraflarga qiziqib qolishibdiyu hammayoq surib-netib tashlanib, ko‘p qavatli toshqo‘r-g‘onlar tagida qolib ketganda nimasini suvratga tushirmoqchi, kino qilmoqchi bo‘lishibdi? Bunga qanday ruxsat etishibdi? Aql bovar qilmasdi. Yana allaqanday zanji rejissyoru kinochilar emish. O‘lay agar, biron narsaga tushunib yetayotgan bo‘lsam! Yana Jo‘ra akamning gapi bunday.
— Tushunarli yerda ishlaydigan odam ekansiz, iltimos, so‘rashgan yerlariga opchiqib, aylantirib kela qoling. Qaytgach, natijasini aytarsiz, odamlarimiz kamligidan sizga aytyapmiz. Tushundiz-a, Cho‘pon otayu Qangliga olib borasiz. Nimani olishsa, olaverishsin. Xalqlar do‘stligining qudratini bir ko‘rib qo‘yishsin, deyishdi.
Cho‘pon ota bilan Qangli nomini eshitgandayoq yuragim jiz etib, orziqib tushdim!
— Kim u taraflarni tavsiya etibdi?
Jo‘ra akam nogahon engashib, ovozini pastlatdi:
— Shuni ayting. Qo‘llarida birov bir varaq qog‘ozga ko‘k qalam bilan chizib bergan xaritami, nimayam bor.
— Chizmadir balki? — dedim tusmollab
— Shunga yaqinroq. Cho‘pon otadan Qangliga boradigan anuv katta yo‘l. Keyin Tuvakko‘cha, Bo‘zsuvni ko‘rdim. O‘rtada Izza ham bor shekilli.
— Ularni bilgan odam chizmasa, boshqa kim ham chizib beradi? So‘ramadizmi? — dedim yuragim hapriqib kela boshlab.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:16:20
— Qanday so‘rayman, kimdan so‘rayman? Hammasi qop-qora, bir-biridan davangir xabash kinochilar. Papauslardek kiyinib, peshonasiga pat taqib olgan tasvirchisi-ku qulog‘i tom bitgan, naqd gung ekan. Yelkasidan kamerasini qo‘ymay chaldevorlarni, surilib bitmagan tepayu soylarni suvratga obyotibdi.
— Yangi tushgan uylar, osmonga bo‘y cho‘zgan toshqo‘rg‘onlar-chi? Oldimi ularni ham? — dedim Jo‘ra akamning gapidan bir narsalarni anglagandek bo‘lib. Xayolimda esa, nuqul bir gap aylanadi: nima balo, ular omon qolgan eski joyu mavzelarni suvratga olib borishni buyurtma olib kelishganmi yo? Olishgan bo‘lsa, kimdan?
Shunday deb o‘ylayman-u, o‘ylarim tubsiz ko‘rinaveradi. Axir bu mavzedan ketgan kim ham ularga buyurtma berishi mumkin? Sulton akam yubordimikan? O‘zimiz yetolmaganimizga yarasha, suvratiga yetishaylik deb? Undan bo‘lak kim ham intiqishi, sog‘inishi mumkin?
— Shoshmang, qaerlarga borib, qaerlarga kirdilaringiz? — deya uning yengidan tortqiladim.
— Ha, darvoqe, bu yog‘ini aytmadim-a? Avval Cho‘pon otaga borishdi. Yolg‘iz omon qolgan Mirto‘xta amakining choyxonasiniyu orqasidagi sutbozorni olishdi. Keyin katta ko‘cha bilan Qoraxo‘janing Izzasiga dovur tushdik. Omon qolgan soylikni, chimzorlarni olishdi. Keyin Yakkabog‘da yo‘l chetida turgan bo‘yicha qurib qolgan sadani, Murjimonda ildiz-pildizi bilan sug‘irib tashlangan azim yong‘oqlarni (jonivorlar shuncha yildan beri qilt etmay turibdi ekan!) u yog‘idan o‘tib, bu yog‘idan o‘tib olishdi. Undan narida, shunday yo‘l chekkasida Minavarxo‘ja akani boloxonali uyi bo‘lardi. Shu buzilmay qolgan ekan, uni ichu tashiga qadar olishdi. O‘sha yerda yarim soatcha qolib ketdik. Gung tasvirchini undan ajratib bo‘lmasdi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:16:31
Shu yerga kelganda qo‘l-oyog‘im bo‘shashib, xushim boshimdan uchib borayotgandek bir holga tushgan edim. Oh! U baxti qaro xonadon! Na Adol xolamga, na Marg‘u kennoyimga, na boshqaga buyurgan bu uy, bu joylar, hali omon turgan ekanmi? Hammayoq ostin-ustin bo‘lib ketganida Xudo uni shu kunga qadar nega asradi ekan? Shular kelib, suvratga tushirib ketishlari uchunmi? Nima bu, taqdir yozmishimi, yo tasodif? Qandayin ham aqlga sig‘dirasan?
Jo‘ra akam mening holimdan bexabar davom etar edi:
— Keyin Tuvakka o‘tib, Bo‘zsuv bo‘ylariga tushdik. Omon qolgan jaru jurlarni, tepasida oq kaptarlar porillab uchgan Bo‘zsuvni, uning qiyoqzorlarini xo‘b tomosha qilib, suvratga olishdi. Kattabog‘ning bir chekkasida eski shiypon buzilmay qolgan ekan, o‘sha yerda choy ichdik, undan sizlarning eski hovlingizga o‘tishdi.
— Yopiray, qanday topib borishdi? — O‘ylab gapiryapsizmi, degandek tikildim. — Yo rejalarida bor ekanmi?
Jo‘ra akam yelka qisdi:
— Unisini bilmadim. Lekin do‘mlar oralab o‘tib borayotsak, (taniyman-ku, axir!) tomi ochilgancha valongor yotgan ekan, oyog‘im tortib olib kirdim. Ular ham ko‘rib, ko‘p achinishdi.
— Gung tasvirchingiz-chi?..
— Yo‘q, — dedi Jo‘ra akam bosh chayqab, — U anhor bo‘yida qolib edi. Chiqsam, tagidan arralab tashlangan yong‘oq to‘nkasi ustida tizzasiga kamerasini qo‘ygancha izzatini bilgan papaus qabilasi yo‘lboshchisidek tek qotib o‘tiribdi. Ko‘zi vayronadayu yuzi qilt etmaydi. Ammo vajohatidan odam qo‘rqqulik! Chindan nima bo‘pti ekan deb, boshi mushtdek o‘zi davangirdek xabash kinochiga qarasam, (bitta shunisi chalakam-chatti o‘rischa bilarkan!) yelkamga qoqib:
— Ustal, ustal, — deydi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:16:41
— Ana o‘tiribdi-ku, ustaldan ham a’losida... poshshoi olamga o‘xshab, — debman. O‘l deydigan odam yo‘q. Buyam temirmas-ku, charchasa-charchagandir, ozmuncha xarobalarni oldimi, to‘rt qavatli koshonalar yonida? Balki bundanam xarob o‘z qishloqlarini, quvg‘in elatdoshlarini eslab ketgandir? Sivilizatsia degan balo xarob etgan jannatmakon diyorlari ko‘z oldidan ketmay qolgandir balki? Bir ko‘nglim yelkasiga qoqib taskin bergim, biz ham sendan kam emasmiz — tirik turib nimalardan judo bo‘lmadik degim keldiyu, aytolmadim. Til bilmagach, qanday tushuntirasan?!
Men esam, afsus-nadomatdan o‘zimni qo‘yarga joy topolmasdim: kelib-kelib shu bugun jujur bo‘lib qolamanmi?! O‘zim borishim kerak ekan! O‘z ko‘zlarim bilan ko‘rsam... nima gapligini anglab yetardimmi, aniq-taniq tasavvur etardimmi! Ungacha bu qorong‘uligicha qolaveradi shekilli.
— Shoshmang, keyin-chi? Keyin qayoqqa olib o‘tdingiz? Borishdimi yana biron yerga? — dedim ijikilab.
— Hamma gap shunda-da, shu Kattabog‘dan ko‘chib borib, vatan tutgan yerlarini ko‘rsak bo‘ladimi, deyishdi. Men qayoqqa ham olib o‘tardim, sizlarnikiga boshlab bordim.
— Ana xalos! Nega, axir! — Esingiz joyidami deb yuborishimga bir bahya qolgan edi: odam ham shunchalar sodda-to‘pori bo‘ladimi?! Ketidan keladigani-chi, gap chiqsa, tinch qo‘yishadi ekanmi keyin?
Men o‘zimdan ham burun kennoyimni, Yodgorni o‘ylamoqda edim. Mahalladagilar tushungani bilan hukumat tushunarmidi! Bir kami qochqinning ayoli deb surishtirishlari, so‘roq berib yurishi qoluvdi!
— Yaxshi bo‘lmabdi shu ishiz, — dedim xafa bo‘lib.
Men o‘rnimdan turib azza-bazza joyimga qayta boshlagan edim, Jo‘ra akam yelka qisdi:
— Nimasi yomon, mehmon otangdan ulug‘ degan gap bor. Sizlar chaqiribsizlarmi?..
Mening kayfiyatim buzilib, shashtim tushib ketib bo‘lgan edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:16:49
— Ular kelib-ketadigan odam. So‘ralgandan biz so‘ralamiz. Bilasiz-ku, xonadonimizda nozik odam bor,— dedim to‘ng‘illab.
— Ular ham kinoga tushishdi, ona-bola. Osmon uzilib yerga tushgani yo‘q.
— Tushishdi? — dedim qaltirab.
— Nima bo‘pti, hamma qatori, — dedi hamxonam.
«Dard bo‘pti!» devorgim keldi-yu, tilimni tishlab qoldim.
Xayolimdan esa, birov buyurgan, buyurmasa, ular borib yurmasdi, suvratga tushirib yurmasdi! Lekin o‘sha birov kim, derdim-u, javobiga ojiz edim.
— Ulariz qayda? Ko‘rsa, biron og‘iz gaplashsa bo‘-ladimi, o‘zi? — dedim nihoyat hovrimdan tushib-tusholmay.
— Yuring opchiqaman, mehmonxonaga tashlab kelganimga nari borsa, biron soat bo‘ldi-da, — dedi hamxonam menga achinib.
— Jildik-jildik, jujurlik qochib ketmaydi. Loaqal birontasi bilan tanishtirib qo‘ying, — dedim iltijoga tushib.
Hamxonam turib, o‘sha urininqiragan plashini daroz yelkasiga ilar ekan, negadir oyog‘i tortinqiramay imilladi:
— Olinadigan narsalar olib bo‘lingan bo‘lsa, nimadan cho‘chiysiz? — dediyu yuzimdan o‘tolmay ostona xatlab yo‘lakka chiqqan joyida qarshimizda kotib ko‘rindi. U kishi jilmayib turib, odamni «uzib» olardi:
— Ha, Maqsud To‘raxo‘jaevich, sahifalar qalashib yotib, o‘zlariga yo‘l bo‘lsin?
— Xorijdan mehmon kepqopti. Tushamanu chiqaman, — dedim og‘zimga kelganini qaytarmay.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:17:01
U kishi mehmonni ulug‘ ko‘rardi, meni qaytara olmadi:
— Yaxshi, tushingu chiqing, mehmonni Jo‘ra akangiz ovutib tura qoladi.
Biz mehmonxonaga chiqishga chiqdigu, Afrikaning qaysi bir go‘shasidan kelgan qora tanli o‘sha kinochilarni topolmay, necha qavatiga bosh suqib chiqdik. Ular ko‘p edilar, lekin birontasi hamxonamni tanimas edi. Qolaversa, papauslar yo‘lboshchisi kabi bejanib olgan gung tasvirchi hech yerda ko‘rinmasdi.
Gidlar xonasiga kirib surishtirsak bo‘lardi-yu, ishni buzib qo‘yishdan qo‘rqdik.
— Meni tergov berib yursin desangiz, kirasiz, — deb turib oldilar Jo‘ra akam.
Men u kishini ayadim, harqalay necha yillardan beri birga ishlaymiz, qora tortib, birga borib, birga kelamiz. U qora zanjilar biz yo‘qotgan diyorning qolgan-qutgan urvoqlarini suvratga olib ketgan bo‘lsalar, bunda ham bir hikmat bordir, sabr qilaylik-chi, derdim.
Shunday bo‘lsa-da, ertasiga festival yopilib, ular jo‘naydigan kuni Jo‘ra akam ikkalamiz aeroportga chiqdik. Men nimagadir birrov bo‘lsa-da, o‘sha papauslar yo‘lboshchisiga o‘xshash gung tasvirchini bir ko‘rgim kelar edi. Ammo dunyoning turli chekkalaridan kelgan oq, qora, sariq tanli kino yulduzlari ichida birgina o‘sha papauslardek kiyingan odamgina ko‘rinmasdi. Yo biz chalg‘ib o‘tkazib yubordik, yo u o‘zini tanitmay o‘tib ketdi.
Men eski hovlimizu yangi hovlimizgacha kirib borgan, shuncha yerdan kelib, biz uchun aziz bir diyorning qolgan-qutgan yodgor joylarini suvratga olib ketgan bir insonni ko‘rmay qolganimdan dog‘da edim. Bu qandayin safar ediki, yonida turib biz ham bexabar qolgan edik. Balki Xudoyimning xohlashi shunday bo‘lgandir. U behikmat emasdir, axir?!.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:17:17
11. Yig‘lasim keladir, ey yoronlar!

«Akam o‘rnida akajonim, Chaman aka!
Eng og‘ir, eng mushkul damlarda har kimning bir ishonimli, suyansa suyangulik kishisi bo‘lsin ekan! Bunday qarasam, dardimni to‘kib, ichimni yorgudek yaqinlarim ko‘p. Oyim borlar, maslahat solsa solgudek, ayolim bor, ichimni yorsam yorgudek. Akamning ukasi — Olim akam bor, borsam borgudek. Yodgorning ayasi — kennoyim bor, meni yeru ko‘kka ishonmagudek. Lekin bu gapni, keyingi kunlarda dardi-dunyomni ostin-ustin qilib tashlagan bu voqealarni men ularga qanday ham aytay?! Ularni ham o‘zimdan battar kuydirmoqqa, tashvishga qoldirmoqqa haqqim bormi?! Ochig‘i, bu dardni ularga to‘kmoq tugul, uchini chiqarmoqqa haddim sig‘may keladir. O‘ylab ko‘rsam, hali ham bo‘lsa bu gapni sizdan bo‘lakka yorilolmas ekanman, maslahat sololmas ekanman. Shu umidda (ichimga sig‘dirolmay) qidirib borsam, yo‘q ekansiz. Sabrim chidamay, bir vaqtlar Yodgorlar turgan boloxonaga chiqib, shu xatni yozib, qoldira qoldim.
Ayting, nima qilay? Boshlig‘imga ariza ko‘tarib kiraveraymi, yo chaqirgunlaricha, kuta turaymi?
Shunday bo‘ldiki, men umrimda birinchi marta bosh muharrirning topshirig‘ini rad etdim. «Men bu xildagi yumushlarni ado eta olmayman. Kim o‘ziga ep ko‘rsa qilaversin», debman kotiblariga. Yo‘q, men ishsiz qolishdan qo‘rqmayman. Bir amallab kunimni ko‘rib ketarman. Lekin Yodgorlarga nima bo‘ladi? Tekshir-tekshir bo‘lib qolmasmikan?
Tushuntiribroq aytsam, Toshkentdagi o‘sha Osiyo, Afrika mamlakatlari kinochilari fetivalidan so‘ng shunday voqealar sodir bo‘lib ketdiki, ularni bir og‘iz so‘z bilan aytishga til, tasvirlashga qalam ojiz. Bizda qo‘li-qo‘liga tegmay, hatto harf-klavishlariga qaramay shatillatib yozib tashlaydigan mashinkachi opoy — Gulsuma opa borlar. Shu kishiga biron ta’sirli voqeani yozdirib qolsak, «Iy, yig‘lasim kela!..» deb kaftlari bilan mijjalarini artaveradilar. Biz buni qarichilikka yo‘yib, miyig‘imizda kulib qo‘ya qolardik.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:17:33
Rostini aytsam, Chaman aka, o‘sha ahvol o‘zimning boshimga kelib turibdi! Eslasam, opoy aytmoqchi, ichim to‘lib, yig‘lasim keladir.
Hammasi o‘sha dardisar jujurlik kuni kech kelganimdan boshlandi. Oddiy kunda bo‘lsa, zilziladan jafo ko‘rgan o‘zbeklarning eskiyu yangi vatanlari haqida hujjatli film olishni niyat qilgan festival mehmonlarini so‘ragan joylariga men oborishim kerak ekan. Nasib qilmasa, shu-da, men qolib boshqa kishini qo‘shib jo‘natibdilar. Keyin tafsilotini eshitib, hayronlar qoldim. O‘lay agar, xabash kinochilarining niyatlariga tushungan bo‘lsam! Yangi joylarimizni olmoqchi bo‘lishsa, nega buzilmay qolgan chaldevorlar oralab yurishibdi? Oxiriga qadar surib, ko‘mib tashlanmagan Izza soylarimizni, Bo‘zsuv tepalariyu hov bir vaqtlar akamgilar qarorgoh tutib, jon saqlagan Kattabog‘ tagidagi joylarni suvratga tushirib yurishibdi? Bunda qanday siru sinoat bor? Nega bizning eski hovlimizu yangi joylarimizgacha qidirib borishadi?
Men Jo‘ra akamdan haligacha xafaman. O‘sha xabash kinochilarni qaerdan qayoqqa boshlab borganlarini aytib o‘tirguncha: «Hey, Maqsud — pakana pari, yur, senga bir narsa ko‘rsatay. Uzoq xorijdan kelib, sizlarning eski hovliyu yangi joylaringizgacha borgan, uy ichlaringizni kinoga tushirib ketgan zanjilarni tanishtirib qo‘yay. Keyin o‘pkalab yurma!» demaydimi?! Keyinchi, keyin aeroportgacha chiqib borib o‘sha papauslar yo‘lboshchisiga o‘xshab peshonasini kumush belbog‘ bilan tang‘ib, boshiga pat qadagan tasvirchining soyasini ham topolmay qaytganimizda ayt-gan gaplari-chi, hammasidan ham o‘tib tushdi.
— Maqsud, rostini aytsam, kecha senga bir narsani aytishni unutibman. O‘sha pat taqib, almoyi-aljoyi kiyinib olib, o‘zini kim deb fahmlagan gung tasvirchi, bilasanmi kim ekan?! — deydi.
Ichim uzilib tushgandek to‘xtab qopman:
— Kim ekan? — dedim jon bitib.
— Musulmon ekan. Qora xabash bo‘lsayam, bizdan tuzukroq musulmon ekan! — deydi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:17:52
Men bu gapdan qotib qolgan edim:
— Qanday? — deya oldim zo‘rg‘a.
— Qanglidan o‘tib borayotib edik. Men oldingi o‘rindiqda edim, bir mahal qarasam, orqada o‘tirgan o‘sha gung tasvirchi kishibilmas yuziga fotiha tort-yapti... Ichimdan muzdek ter chiqib, baqa bo‘lib qopman. Negaki o‘zini chin musulmon sanagan biz qolib, u Terakli ota qabristonida yotganlarga rahm tilamoqda edi...
Shu gapni eshitganimdan beri ichim yonadi! Nega o‘zim bo‘lmadim, o‘z ko‘zim bilan ko‘rmadim! Ko‘rganimda bunday shubhalar girdobida qolmasmidim, o‘zimda bir qat’iyat topib bu ishlaridan ham voz kechib keta qolarmidim? Hozir nega qo‘l siltab ketolmayapman, nima, qanday ilinj tutib turibdi, o‘zim tushunolmayman. Balki u men o‘ylagan kishim emasdir?! Darrovda sir boy bermaslik kerakdir?! (Nima demoqchiligimni tushunayotgandirsiz, Chaman akajon?!)
Navbatchilikdan yarim kechalarda qaytsam, eshik tagida Yodgor o‘tiribdi.
— Amaqu, bilasizmu, biznikuga kimlar kelishdu?— deydi suyunchilab.
— Kimlar? — dedim ichim bir zil ketib.
— Najoshiy yurtudan bir talay kinochilar kelishdu.
— Nima deydular? — deya oldim.
— O‘zuning tiluda «moro-moro»laydur, xolos.
— Salomidir-da.
— Balki, lekin bittasu soqov ekan, amaqu. Hech yoqqa qaramay kamerusining ko‘ziga tikilib yotuptu, aylantiradu biznu oladu, aylantiradu biznu oladu.
Sizga yolg‘on, Xudoga chin, shu gapidan etlarim jimirlab ketdi...
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:18:21
— Sizlar kim — ayang, senmu? — deya oldim zo‘rg‘a.
— Ha-da, unga saru ayam xijolat tortadular, o‘ranub chirmanadular. Axiyru uyumuzga kirib ketub qutuldilar. Nega unday qildiz desam, suratga tushish — gunoh, deydular. To‘g‘rimu shu, amaqu?
— Ayang aytgan bo‘lsalar, o‘zlariga to‘g‘ri, — deyapmanu o‘zimni xayol opqochib ketyapti. Yodgorning boya¬gi gapi: «Aylanadu biznu oladu, aylanadu biznu oladu»si ketmayapti. Chindanam nega?
Hovliga kirib bordigam, Yodgor ichidagini to‘kib solib tugatolmaydi:
— Bilasizmu, amaqu, o‘sha yelkasuda zilday narusa ko‘targan, boshudagi patlari bir chiroyluv tovlanup-selkungan gung tasvirchiga ayam bir piyola choy berub edilar, oborsam ichvolub qo‘li ko‘ksuda mulozamat etsa deng...
— Shoshma-shoshma, qo‘li ko‘ksuda deysanmi? — deya to‘xtab qopman.
Yodgor ham yelkamga osilib, qulog‘imga shipshir edi:
— Ko‘ksuda-ko‘ksuda: rahmati biznukiga o‘xshaydukan.
— Adashmayapsanmi?
— Unda... unda peshonasudagi terlarnu... sidirub artushi-chu?
— Yo‘g‘-e,— dedim hayratim ortib,— Tasodifdir.
— O‘shanda... chakkasuda nima ko‘rdim, deng, amaqu?!
— Nima ko‘rding? — dedim yuragim taka-puka urib.
— Toji taguda oq chanduq bor edu...
— Voh, nimalar deyapsan, qayoqdagi narsalarni esga tushirib? Adoyi-tamom etding-ku odamni!.. — deb ostonaga o‘tirib qopman.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:18:33
Ana shunaqa gaplar, Chaman aka! Rostdanam u bo‘lsa, o‘zi bo‘lsa, nega bizga birrov ko‘rinmay ketdi?! Yo sizga bildirgan, jindek belgi bergan joyi bormidi?
Chaman aka, bu hali hammasi emas. Men ne armon, ne gumonlar ichida yurgan bir kezimda, o‘sha festival mehmonlari jo‘nab ketganlariga bir hafta ham bo‘lmay bir kuni ishxonada tarjimon qidirib, chop-chop qilib qolishdi. Asil tarjimon bir kun avval tongotar ishlagan, mashina yuborib oldirib kelay deyishsa, telefonni hech kim ko‘tarmayotgan ekan. Yuqoridan tushgan material esa, shu sonda ketishi kerak. Bunaqa paytda mas’ul kotibga yo‘liqqan odamning sho‘ri qurirdi. Taqdirning yozmishini ko‘ringki, shu paytda men ro‘baro‘ kelibman. Qarasam, feleton! Yana unaqa-bunaqasi emas, siyosiy feleton! «Hoy, yaxshilar, insof qiling. Men birda-ikkida bunaqa narsani o‘girmaganman. Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin», dedim. Qani, birov eshitsa! Hamma qochadi. «O‘qib ko‘ring avval, halitdan dod-voy qilasiz!» deyishdi kotibiyatda.
O‘qisam... Voh, Chaman aka, kim, nima haqda, deng?! Aytsam, esiz og‘ib qoladi!
Sulton akamga o‘xshagan sarhad ortida qolib ketgan bir odam!
Albatta, akamning vatanga hiyonat qilgan joyi yo‘q, tuzluqqa tupurgan joyi yo‘q. Yozmishi shunday ekan, begona ellarda darbadar kezib yuribdi.
Ammo bu... esimizni tanibmizki, vatan xoini atalib keladi. Bizni tuzumni qoralab, jild-jild kitoblar yozgan. Shunday «to‘nini teskar kiygan odam» nima qilibdi deng? Yurt sog‘inchi, ko‘z ochib ko‘rgan diyor o‘rtashlariga chidamay sirot ko‘prigiga qadam qo‘yibdi. Va qarangki, ona yurtiga sayyox qiyofasida kirib kelib, ko‘rib ketibdi! Buni hech kim sezmay ham qolibdi!..
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:18:47
Meni qanday jin urgan edi, qo‘limga qalam ololmasdim, oldim deguncha ko‘z oldimga akam singari vatanjudolar kelaverar, feletonning bir satriga ham tishim o‘tmas edi.
Qolaversa, Chaman aka, boshqa bir narsa, kechagi zanji kinochilarning biznikiga tashrifi, eski-yangi hovli-joylarimizni, Bo‘zsuv bo‘ylarini, akam qadami yetgan joylargacha borib tasvirga tushirib ketishgani yodimga tushib, ichim muzlab-muzlab ketmoqda edi. Bularning hammasida allaqanday bog‘liqlik bordek, bejiz emasdek edi. Rostini aytsam, agar shu feletonni tarjima etsam, men ular aytayotgan allaqanday bir vatangadoni emas, tirik turib bu diyordan judo bo‘lgan o‘z akamniyu o‘sha yoqlarda qolib ketgan boshqa vatanjudolarni qo‘shib yozayotgandek edim. Agar shu ishni qilsam, taqdir taqozosi-la butun dunyoga to‘zib ketgan, vatanning bir siqim tuprog‘iyu bir qarich yeriga zor kishilar qarg‘ishiga qoladigandek edim.
Nima desalar-desinlar, qanday tushunsalar-tushunsinlar, men feletonni qaytarib berdim. Bosh muharrir eshitib, u qanday noshukr mirzo, ketgisi kelyaptimi bizdan, deganmish. Men akam uchun agar kerak bo‘lsa, o‘sha ishdan ketishga-da tayyorman. Albatta, ular akam bilan bog‘liq u tarixlarni bilmaydilar. Bilsalar, bir kun ham turgizmasliklari aniq.
Shunaqa gaplar, Chaman akajon. Yo yillar ichimdagi mitti cholni yanada qaritdi, yo boshimizdan kechmish savdolar ko‘ksimda bir tur o‘zgarishlar yasadiki, turib-turib men o‘zimni tanimay qolayotirman. Boshimda esa, g‘ujg‘on savollar: nimaga kelganmiz      dunyoga? Avvalda ne niyatda edigu, nimaga erishdik? Ertaga g‘alvir suvdan ko‘tariladigan paytlar ham kelar, lekin biz u g‘alvirdan nima topgusimiz? Ko‘z oldimizda jigarimizning jigarlari qalbi dog‘liq, o‘zi mungliq yashab o‘tmoqdalar. Lekin biz jonni nisor qilib bo‘lsa-da, o‘sha dog‘, o‘sha mungni ketkizmoqqa qodirmizmi?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:19:04
Judoliklariga malham bo‘larli bir harakatlar etmoqqa-chi? Akam sarhaddan o‘tolmagan taqdir-da, uni tushunish mumkin, unga mumkin emas, nega biz daraklab bormadik, borolmadik? Shunchalar qo‘li kalta, o‘zi ojiz kishilarmizmi? Nega Allohga tavakkal qila bilmaymiz? Yo undaylarning zamoni o‘tgan, ularning so‘nggisi akam edimi?
Rosti, Chaman aka, bu notavon ahvoli-holimdan, Gulsum opoy aytmoqchi, yig‘lasim keladir.
Nahot akamga, o‘sha o‘zingiz qiyomatli do‘st tutingan bir kishiga, shuncha yillar kechib, bir yordam qo‘lini cho‘za olmasak? Bizni kim birimizni jigar, birimizni qiyomatli do‘st ataydi?! Jilla qursa, tomiri Yodgor bilan ko‘rishtirmoq mumkindir?! Bu dunyo shunchalar temirqo‘rg‘onga aylantirib tashlanmagandir? Otayu o‘g‘ilu ahli ayol uchun diydor qiyomatga qolsa, biz unda Tangri oldida ne deb javob bergaymiz?
Ana shundan yig‘lasim keladir, Chaman aka!

Maqsudingiz».
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:19:16
12. Sim-sim kalidi yoxud hamma rozi bo‘ladirgan ko‘shish

Begim kunlari ham baharnav ekan. Ish bilan — sahifa tushirish-chiqarish, hali muharririyat, hali kotibiyatga yugurish bilan kun qanday o‘tganini ham bilmas ekansan. Bu shanba uyda qolib, hech yerga sig‘mas edim.
Feleton bilan bog‘liq voqealarni kimga ham ayta olar edim! Oyimlarga yorila olmadim. Kennoyimga uchini chiqarib qo‘ysalar nima bo‘ladi? O‘zining kuygani kammi? Nima bo‘lsa, Xudodan ko‘rdim: damimni chiqarmaganim ma’qul.
Lekin boshimda osilib turgan bir xavf hech tinchlik bermasdi. Nahot bitta topshiriqni deb... shunchalikka borishsa?! Shu bahonada ishdan haydab, mirzolikka yo‘latmay qo‘yishsa-ya? Ko‘nglim shunaqa yomon oqibatlarni sezib turgandek edi. Ayniqsa, anuv raport1 yomon bo‘lgan edi. Muharrirga «Mahmudovning injiqligi bilan kechikib ketdi» deb yozib berishibdi. Albatta, o‘sha raportga topshiriqdan bosh tortdi, siyosiy feleton bu kishimning didlariga o‘tirmasmish, deb qo‘shishgan edi. Ular nimaga shama qilishganini avvaliga tushunmagan ekanman. Muhokamada:
— Xorijda qolib ketgan kimiz bor? Feletonning nimasi sizga yoqmadi? — deb savol berishganida peshonamdan muzdek ter chiqib ketdi. Chindan men tarjimani qaytarib berib, qovun tushirganimni sezib qolgan edim.
Lekin javob bermaslik ham mumkin emasdi:
— Akam, — dedim o‘z tovushim o‘zimga g‘alati eshitilib. Men nima bo‘lsa-bo‘ldi deb, chiniga ko‘cha qolgan, hech qanaqa yolg‘on yordam bermasligini anglab yetgan edim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:19:28
— Ana, xalos!..
— Akangiz?..
— Yo‘g‘-e...
— Chindan tug‘ishganizmi? — deya har tomondan hayrat aralash savollar yog‘ila ketgan, tahririyat a’zolari bir-birlariga qarab qolishgan edi. Bu qarashlarda: «mana, qanday odam bilan ishlayotgan ekanmiz! Maxsus bo‘limning ko‘zi qaerda?» degan ma’no ham yotar edi.
Nima bo‘lsa, bo‘ldi deb, men yana chiniga ko‘chdim. Xudo asrasa, shu chin-rosti bilan ham asraydigandek edi:
— Asli xolavachchamiz, lekin o‘zi bizga akadek bo‘lib ketgan.
Hayxotdek xonaga og‘ir sukunat cho‘ksa, yomon bo‘lar ekan. Odamlar bir og‘iz so‘z, bir harakat bilan boshlaridagi «baxt qushi»ni uchirib yuboradigandek qilt etmay qolishgan, nigohlari yer chizar-u quloqlari ding holda bosh muharrirning hukmini kutar edilar.
Nihoyat uzun stol boshidagi kichik jussali, qora-to‘ri odam oldida qog‘oz shitirladi. U kishi ensasi qotgan paytlari odamning aftiga emas, kattakon xona-ning bir burchagiga qarab aytadiganini aytib olaru jahldan ham tez tusha qolar edi.
Men shu daqiqada «yaxshiyam shu odam bor, bo‘lmasa, manavi «dev»lar meni xomtalash qilib, yutib yubora qolarmi edilar. Xudo unga to‘zim bersin» degancha tik turar edim.
— Avvalo, bizda qoida qanday, Fayzullaxon? Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ymog‘i kerak emasmi? Siyosiy feletonni hamma qolib, shularga berasizmi? Ayb o‘zlaringda. Mashina yuborib bo‘lsa ham tarjimonni topdirib kelish kerak edi! Sizlar esa, shunday narsani kimga ishonibsizlar! Hol qo‘yib ag‘darib bersa, kim javob berardi?! Sizga esa, o‘rtoq Mahmudov, uch kun juvob. O‘ylab keling, bundan keyin bizning dargohda ishlay olasizmi-yo‘qmi? O‘shanga qarab taqdiringizni hal qilamiz. Boring.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:19:41
Men chiqib, o‘zlari qolishdi.
Qaysi «dev» zo‘r berib, qurbonlik talab qilaru qaysinisi afv etib, gunohimdan o‘tilishini istar edi, u yog‘ini bilmasdim. Men ularning changalidan qutulganimni ham, qutulmaganimni ham bilmasdim...
O‘shandan beri ichkari uyga qamalvolib, yostiq quchoqlab yotibman. Uydagilarning nazarida bir topshiriq olganmanu o‘shani yozib bitirmaguncha chiqmaydigandekman. Non-choylarimgacha opkirib berishyapti. Meva-cheva, shirinliklar, tansiq taomlar ilinishadi, qani ishim bita qolsa.
O‘zim esa, kallam g‘um, na uxlab-uxlay olaman, na «yozib-yoza olaman». Odamlarga-ku umuman, ko‘ringim yo‘q. «Uch kun juvob»ga shunchalik, ishdan bo‘shatib yuborishsa, nima qilar ekanman?! Kallamga esa, bir epaqali fikr kela qolmaydi. Nima gap topib borishim kerak ekan, bosh muharrir nimani istaydi, yalinib-yolvorishimnimi, tavba-tazarrumnimi, uniyam bilmayman.
Qolaversa, nega tavba qilishim kerak? O‘sha ko‘nglimga yoqmagan narsadan bosh tortganim uchunmi? Asli o‘zi bizning bo‘limga tegishli bo‘lsa ham mayli ekan, tegishlimas-ku. Demak, qaytarishga haqqim bor.
Ular-chi, shunga siyosiy tus berishga haqlari bormi?
Shu yerga kelganda tilim aylanmay qola boshlar edi: bironta ermak gazetada ishlasam boshqa gap edi. O‘zimni tinchimni ko‘zlasam bo‘laverardi, bilinmasdi. Bu respublikaning markaziy gazetasi, har narsaga siyosiy baho beriladigan joy bo‘lsa, shunisi nozik edi. Men esa, kayfiyatimni sezdirib, chuv tushib o‘tiribman. Boshqa ro‘kach topishim kerak shekilli, toki ojiz joyimdan ushlay olmasinlar...
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:19:54
Shunda ham ikkita narsa menga qorong‘i edi: ular bu mavzuni yoqtirmasimni qaydan bila qoldilaru uni xorijdagi akamga qanday bog‘lamoqdalar? To‘g‘rirog‘i, bu narsani qaerdan bilibdilar? Kim aytgan bo‘lishi mumkin?..
Qorong‘i uyda qamalib yotganimdan foyda yo‘qdek edi, ichim ham ezilib bitmoqda edi.
Axiyri biron najot umidida otlanib chiqib, shaharga survordim. Chaman akamni uydan topsamoq hamma mushkulotdan bir yo‘la qutuladigandek edim.
Idorada bekorga «maxsus bo‘limning ko‘zi qayoqda» degan gap bo‘lgani yo‘q. Bu bo‘limga esa, Chaman akamning so‘zi o‘tishi mumkin. O‘sha bo‘lim «u odamning bularga dahli yo‘q desayoq...» Qanday shayton yozg‘irdi, shu fikr kallamga urilganidanoq fe’lim aynidi. O‘z-o‘zimni yomon ko‘rib keta boshladim. Nazarimda, mendan palid odam yo‘q edi! Yo‘q, Chaman akamdan bunday yordam so‘ramayman, zinhor va zinhor! Undan ko‘ra, bor gapni aytib, maslahat so‘rash lozim. Balki akam uchun jondan aziz ishxonamdan ham kechsam arzir?!
Ammo omad yuz o‘girgan ekanmi, Chaman aka har galgidek uyida emasdi. Noiloj, xat yozib, tashlab keldim.
Umidsiz, nesiz, suvga tushgan bo‘lkadek bo‘shashib uyga qaytsam, ko‘cha eshik tagida almisoqdan qolgan bir «drundalet»1 turibdi. Quvonib uyga yugurib kirsam, Olim akam kutib o‘tiribdi.
Yombi topgandek quchoq ochib borib, bag‘riga o‘zimni tashladim. Negadir o‘zim sir bergim kelmasa-da, sal narsaga o‘pkam to‘lib, ovozim o‘zgarib bormoqda edi. Ich-ichimdan Xudoga tavallo qilaman: «Tangrim, o‘zing to‘zim ber. Tilimu diydamni mahkam et. O‘zingdan boshqa murabbiyim yo‘q, har nomardga muhtoj etma!» Shunday ontlar ichayotgan bo‘lsam-da, nazarimda, Xudoning o‘zi uni yetkazib turgandek tuyilaverar edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:20:07
— Shanbalarda ham uyda o‘tirmagin. Ishxonangdan nima topgansan? — deb gina qila ketdi Olim akam.
— Yo‘q, o‘zim shunday, — deb sir bergim kelmadi yana. Qolaversa, oyimlarning oldilarida u gapdan og‘iz ochib bo‘larmidi!
— Shunaqa, uyga sig‘may qolgani kamdek «ichimdagini top» bo‘lib olgan, — deb koyindilar oyim.
Men ichimga sig‘masa-da, siporishladim:
— Yodgor bilan bog‘izning tagiga, baliq oviga o‘tamiz, deb necha kundan beri otlanamiz. Mayli, desangiz ertaga...
Olim akam orqasidagi duxoba yostiqlar sig‘ishmay, birini olib tashlab, boshqasiga suyandi va chapanichasiga qo‘l siltadi:
— O‘tmaganing ham yaxshi bo‘pti, men yo‘q edim.
Tushunmay og‘ziga tikildim:
— Nechuk?
U oyimlarga bir qarab olib, emrandi:
— Jambulda safarda edim. Ikki haftadan beri o‘shaqlarda yuribman. Undan Yangiyo‘lga o‘tib kelyapman.
Oyim o‘zlaricha jilmaydilar:
— Ilgari u yoqlarga murid ovlagani chiqishardi, hozir nima bor ekan?
Olim akam ham sirli kuldi:
— Men esam eshonzodalarning izini izlab yuribman.
Oyim sergak tortdilar:
— Qanaqa eshonzoda? Kimlarga tegishluv?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:20:19
— Pir darajasiga yetgan bir odamning iltimosimish... O‘ttizinchi yillardagi «qoch-qoch»da ahli ayoliyu farzandlari qolib, o‘zi xorijga o‘tib ketgan ekan. Endi tomirlarini. To‘ramdan so‘rab kelishibdi.
— U kishi o‘zlari uy qamog‘idalar-ku, qaydan bilsinlar, — dedim.
Olim akam Allohning dargohi keng degan ma’noda qo‘l to‘lg‘adi:
— Qaraki, so‘ratgan odam ham shulardan ekan, ona tomondan To‘ramning tomirlari chiqib qoldi.
— Yo Alloh, kushoyish beraman desa shu-da, — deb yubordilar oyim, u kishining ko‘zlari birpasda nam-lanib kela qolib, kaftlarini mijjalariga bosdilar.
— Topdinglarmi? — dedim hayratlanib: Axir orada qancha yil o‘tib ketibdi, pushti panohlaridan ayrilgan u yolg‘izlarning boshiga ne kunlar tushmadi ekan, manavi mushtiparlarga o‘xshab?! Oyimlarni, bizni qora tortib o‘tirganida shunchalik, ularning holi ne kechdi ekan?!
— To‘ram aytuvli odamlarga xat bitib bergan edilar. Surishtira-surishtira Jambulgacha borib kelibmiz. Axiyri bir yaxshi odam bir kishini boshlab kelib mushkulimizni oson etdi-qo‘ydi. Dunyoda savobtalab, Alloh roziligi uchun jonini berib yuboradigan odamlar ko‘p ekan. Bo‘lmasa, o‘ttiz yil ilgarigi izni topib bo‘larmidi?! Yangiyo‘ldan topdik axiyri.— Olim akam o‘sha xorijda, yana Makkai mukarramada pir darajasiga yetgan odam uchun fiysabililloh harakat qilgani uchunmi, yo To‘ram taqsirning bir og‘iz iltimoslarini o‘rinlatib kelgani uchunmi, tog‘ ag‘dargan odamdek xursand edi. O‘zini yengil, emin-erkin his etar edi. Balki orqasida bo‘lak gaplar ham bordir. Aytmay turgandir?
Lekin shu topda unga sidqidil havasim kelib tursa-da, o‘zimni tushuniksiz hislar qamrab bormoqda edi. Chindan ham dunyoning ishlari qiziq. Ot aylanib-aylanib qozig‘ini topishi shumikan? Kechagina o‘lgan-tirilganiga qaramasdan hukumatga xizmatdan bo‘lak narsani bilmagan odamning bugun savob umidida shaharma-shahar kimning zurriyotlarini izlab yurishi — chindan hayratlanarli edi. Hamma ham shunday qila olsin-chi, qunt qilgan fursat topmas, fursat topgan o‘z tashvishlaridan ortmas. U esa, uy-joyini, o‘zini unutib, shuning ketida yuribdi. Mo‘min mo‘minga bundan ortiq qayisha olmas.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:20:36
U shunday yaxshi tashvishlar bilan kuymanib yurganida men ishim orqaga ketib, taqdirim nima bo‘lishini bilmay (bu haqda hatto birovga yorilolmay!) uyda ko‘milib o‘tirishim chindan g‘alati edi. Oyning o‘n beshi yorug‘, o‘n beshi qorong‘i deganlari shumikan? Olim akamdek odam yo‘lini topib olganida men qorong‘i ko‘chaga kirib qolsam, juda-juda g‘alati-da. Nimalar bo‘lyapti o‘zi? Nimada adashdim, xato qildim? Yo kim bilib o‘tiribdi deb, o‘sha narsani o‘girib beraverishim, ichimdagi narsaga tupurishim kerakmidi?! Hech qachon! Men unday qilolmasdim, boshimda qilich turib, dor oldiga olib borsalar-da, rozi bo‘lmasdim! Shu mening «men»ligim edi! Hamma-hamma bilan men Sulton akamga o‘xshab, e’tiqodi-iymonini deb vatanidan ayrilganlarni so‘kolmasdim, xoin deb atolmasdim! Hamma tomdan tashlasa-da, men tashlay olmasdim! O‘sha dor tagidagilar tarafga o‘tsam-o‘tib ketardimki, ularni sota olmasdim. Shuni deb balki uch kun o‘tib, ishdan ham ketarman. Hozir-chi, qadrimga yig‘lab o‘tirishim qiziq. Tanamga o‘ylasam-chi! Kim komil bo‘lib tug‘ila qolibdi! Inson qadriga yig‘lay-yig‘lay o‘zini taniydi, o‘zligini topadi-ku. Bizga ham shu yo‘lni bosish nasib etibdi, O‘ziga shukr qilmaymanmi?!
— Alloh rozi bo‘ladirgan ko‘shish ekan, savobning tagida qopsan, bolam, savobning tagida, — dedilar oyim mutaassirlanib.
— Suyunchisi-chi, suyunchisi? Katta bo‘lgandir? — dedim men unga tegishib.
Olim akam xijolatlanib iljaydi:
— Xolam aytganlari yetadi menga. Alloh roziligidan ortig‘i kimga kerak! — dedi u. — Qolaversa, bu yoqda bu To‘ram xursand, u yoqda u To‘ram xursand. U kishining mushfiq zavjalari, o‘g‘il-qizlari xursand. Ikki o‘rtada turgan muftiy taqsir sidqidil duo qildilar. Bundan ortiq nima kerak menga?!
— Yuz yilga tatiydigan ish bo‘pti! — deb yubordim men.
— Ikki dunyoingga yetarli, bo‘pti, bolam. Bunaqa savobni hamma ham topsin-chi, — dedilar oyim. U kishi ta’sirlanganlaridan o‘tirgan yerlarida shasha-doka ro‘mollarining uchini dam u, dam bu mijjalariga bosar edilar.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:20:44
— Bu hali hammasimas, xola. To‘ram taqsir o‘sha muftiy domlaga bir xat bitib bergandilar, oborsam: «Bizga shunchalik qayishib, Oltinxon to‘ram oldilarida yuzimizni yorug‘ etgan To‘ramga jonlar nisor bo‘lsin. U kishining iltimoslarini ado etmak bizga farz ham qarz. Hajga o‘rin izlab ko‘ramiz», — dedilar u kishi.
— Hajga o‘rin, kim uchun? — dedim hech narsaga tushuna olmay.
Olim akam o‘ziga yarashadigan bir tarzda issiq jilmaydi va ovozini pastlatib men tomon engashdi:
— Yodgor bilan mushfiqa kelinoyimiz uchun. Bilasanmi, nima dedilar To‘ram? «O‘g‘li er yetib qoldi, onasini Ka’batullohga olib borib, zamzamlarga qondirib kelsin. Haj asnosida dardlari arib ketgay, inshaalloh», dedilar.
Men ich-ichimdan bir yengillik tuyib:
— Ana, bor ekan-ku davosi! Shifosi o‘sha zamzamu sim-sim kalidi haj talbiyasi «Labbayka, Allohumma labbayk, labbayka la sharika laka labbayk1»... ekanmi?... — deb yubordim dardi-dunyomni unutib.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:21:06
13. Dog‘i vatan yoxud g‘arib diyor suvratlari nimalardan so‘zlar?

Jahonda nima ulug‘ — lafzning ustidan chiqmoq ulug‘! Bu ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vassallamdan qolgan bir sunnat. Najoshiy diyoridan ort-tirgan o‘sha birodari o‘zi zanji bo‘lsa ham iymoni butun ekan. «Sen tufayli kinom dunyoga tanildi, og‘izga tushdi. Avvalo, Alloh, qolaversa, sen qo‘llamasang, «Hijrat yurti»ni ikki dunyoda bunday chiqarolmasdim. Tila tilagingni!» deb kelgan o‘sha Qora darvesh uning bir og‘iz iltimosini qanday o‘rinlatibdi! Birodari Sultonmurodni qora yukchi-suvratchilari qatori ola ketib, uni ota mavze-mavozelariga qadar olib o‘tib, u aziz diyorning Yakkabog‘u Kattabog‘dek ko‘zga to‘tiyo etsa arzigulik joylarini tasvirga tushirib kepti! Oh, bundan ortiq iltifot bo‘luvi mumkinmi?! Vatandan bundan ortiq esdalik-mujdalar keltiruv mumkinmi?! O‘zi qora bo‘lsa ham ko‘ngli «Xajarul as’ad»dek oq ekan, pok ekan! Alloh rozi bo‘lsin, sa’y-harakatlarining ajrini to‘liq qilib bersin, ilohim.
U xayrlashib ketdiyu Bahriddin o‘zini allaqanday g‘arib sezib qoldi. Hozirgina mehmon supasi, hovli-joylari ular vatandan keltirgan mujdalar bilan to‘lib turgandek edi, to‘yxonaga o‘xshab ketgan edi. Ular jo‘nab ketishdiyu hammayoq huvillab qoldi. Sultonni Jiddada qoldirib kelishmasa, bunchalik yol¬g‘izlanib qolmasmidi. U Makkaga o‘tib ketganmish, o‘shanaqasi Oltinxon to‘ram bilan uchrashib, qaytishda kiradigan bo‘lganmish. Ungacha ichikib qolmasin deb, ona diyor suvrati tushirilgan videotasmalardan bir donaginasini tashlab ketganmish. Bu xamir uchidan patir, keyin bamaylixotir ko‘ramiz, deganmish. Bunda ham bir hikmat bordirki, Alloh shuni xohlabdi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:21:14
Bahriddin ona yurt xabarlaridan o‘zini qo‘yarga joy topolmay qolgan, hozir esa, hovlilariga qadar tutashib kelgan xurmozorlari tagidagi mehmonsupalarni oyog‘i olti, qo‘li yetti bo‘lib. yig‘ishtirib yurgan zavjasini imlab chaqirdi:
— Qo‘y, onasi, xizmatkorlarga ham ish qolsin. Beri kel, qara, ular bizga vatandan nima keltirlar. Bunaqasi yetti uxlab tushingga kirmagan. Ostki qavatdagi salqin uyga joy qilsang, birga-birga o‘shani ko‘rgaymiz. O‘zimizdan bo‘lak hech kimni qo‘yma. Xohlasak, ko‘zyoshlarga erk beramiz, xohlasak, qayta boshdan ko‘rib bo‘zlashamiz. Bo‘laqol, — dedi.
Marg‘ubabonu erining oxirgi so‘zlaridan cho‘chibgina yarim yo‘lda to‘xtadi:
— U nima, adasi? O‘ziz buyurganmisiz? Yo o‘z bilgilaricha, biron narsa topib keltiribdilarmi?
— Kirsang, ko‘rasan, — dedi Bahriddin halitdan bo‘g‘ziga bir narsalar qadalib kela boshlab, ovozi o‘zgargani o‘ziga ham bilinmoqda edi. — Biz tug‘ilib o‘sgan ma’voni, sen kelin bo‘lib tushgan joylarni suvratga tushirib qaytganmishlar.
Marg‘ubabonu bu xabardan ikki yuzini ushlab qolgan edi, yuzlari uyatdanmi, nimadan, balki chimildiqda yolg‘iz qolganlarini eslab, lov-lov yonmoqda edi:
— Voy, Murjimondagi o‘sha hovli-joylarizni-ya?
— Topdik-topdik, ko‘cha yoqasidagi o‘sha uzun boloxonali uy omon qolgan ekan, deydilar. Qari tollar qirqilib ketganmish-u, tom omonmish.
— Subhanalloh, shuncha yil kechib-a? — Ikki oyog‘idan bor madori yerga o‘tib keta qolganmi, ayoli  turgan yeriga o‘tirib qolgan edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:21:25
Bahriddin uning bu holi-ahvolidan qo‘rqib ketib, oyog‘ini qo‘lga olib yugurdi. Borib zavjasining qo‘ltig‘iga kirarkan:
— Holing kelmasa, mayli, onasi. Men senga ilingan joyim edi, — deb tasalli bera ketdi. — Balki jindek suv ichib yuborsan o‘tib ketar?..
U suv chaqirguncha bo‘lmay, Marg‘ubabonu yengi bilan yelpinib, sal o‘ziga keldi:
— Hechqisi yo‘q, adasi. O‘tib ketdi shekilli, — deb turishga unnaldi. — Aytishga aytib qo‘ydiz, endi chidab bo‘ladimi, yurak uzilib tushadi-ku.
Ular pastki qavatdagi salqin uy tomon yura boshladilar.
— Mayli, mayli, o‘zingga qara, o‘zing bilasan, yuraging ko‘tarmasa, keyin ham ko‘raveramiz, — dedi Bahriddinxo‘ja uning ko‘ngliga qarab.
Ammo ayoli bosh to‘lg‘ab, yaxshiman, degan kabi jilmaydi, so‘ng qo‘ltig‘idan chiqib, o‘sha salqin xona eshiklarini ochgali oshiqdi: vatan sog‘inchi, vatan suvratlari oldida bo‘lak narsalar o‘taversin edi!
Ular o‘sha salqinlatib qo‘yilgan xos xonaga kirdilar-da, har ehtimolga qarshi eshik ilgagini ham ildilar. Vatandagidek qilib ustalarga yasattirilgan xontaxta yoniga, qo‘shqavat ko‘rpachalarga cho‘kkancha, tash¬qaridagi jazirama issiqni unutib, boshqaruv tugmachasini bosdilar. Na tasma shig‘illadi, na televizor mahtal etdi. Ana buni texnika desa bo‘lardi! Tugmachani bosgan onda oynai jahon tasvirxonasi ochilib, yurakni orziqtirib yurt jamoli yuz ochgan va o‘ziga ohanrabodek tortgan edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:21:36
Avvaliga ko‘z oldilarida tanib bo‘lmas darajada yangarib ketgan ulug‘ shahar paydo bo‘lib, hech narsaga tushuna olmay turdilar. So‘ng u ham orqada qolib, tasvirga olayotgan kinochilar tushgan mashina kunbotarga qarab oqqan allaqanday kanal yoqalab bora boshladi. Qarangki, uning ikki cheti keta-ketguncha tekis bo‘y talashib o‘sgan mirzateraklar edi, ularning barglari shabadada uchirmaqanot qushchalardek parillagandan-parillar edilar. Mana buni ona diyor desa bo‘lardi! Shamolda ko‘k uklardek shildiragan mirzateraklarni ko‘rib, har ikkalalarining-da yuraklari to‘kilishga tushgan edi. Bu qaysi suv ekanki, qirg‘og‘ida behisob teraklar bo‘y talashib ulguribdi? Ustiga ustak, suv yoqalab ketgan kaftdek tekis yo‘lning bu yonidagi oq uy-olabargohlarni hech tanib bo‘lmas edi. Uni qarang, hatto suv ustiga hatto beton ko‘priklar solib ham ulgurishibdi. Ammo u qaer edi, hech taniy olmasdilar.
Yo‘q, ana, o‘sha ko‘prik yonida osma taxta ko‘prik ham ko‘rinib, endi tasvirchilar undan kimnidir o‘tkazib suvratga ola boshladilaru... u rosmana lopillashga tushib, Bahriddinxo‘ja o‘zini tuta olmay qoldi:
— Ie-ie, axir bu Oqtepaning osma ko‘prigi-ku! O‘zimizning Bo‘zsuv-ku, onasi! Tanidingmi?
— Voy, o‘shami? Novzadan boraverishdagi ko‘prikmi? O‘shani aytasizmi? — dedi ayoli.
— Ana, ana, chapga burilishdi! Yo‘l ilgarigi o‘rnida qolgan ekan! Novzani ko‘chasi bilan Cho‘pon otaga qarab kelishyapti! Meni aytdi deysan! — hovliqdi Bahriddin xo‘ja. — Sen qarab tur, yo‘l yoqasida ho-zir azim sadaqayrag‘och chiqadi: agar surib tashlashmagan bo‘lsa.
— Voy, nega surishadi, adasi, necha yuz yillik narsani-ya? Unaqada nima qoladi?! — deb achindi ayoli halitdan.
— Sen niyatlarini bilmaysan, onasi. Bu xalq g‘ururlanadigan narsa borki, hammasini yiqadilar, qirqadilar, yo‘qotadilar. Sen nimani bilarding, — dedi xojasi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:21:54
— Shu zilzila bahona o‘zlarini ko‘chirib, jannatdek bog‘larimizni tortib olishganmishmi, adasi? Qarang, hammayoqqa toshqo‘rg‘onlarni «ekib» tashlashibdi. Bog‘lardan asar ko‘rinmaydi-ku.
— Ular bo‘ladiyu qoldiradimi! Tag‘inam hammasini kun-payakun qilib ulgurmaslaridan suvratga olib qolishibdi. Bo‘lmasa, tanib bo‘psan edi!
Shu orada kinochilar mashinasi tagidan bir an-hor suv oqib chiqayotgan ko‘prikdan oshib o‘tib, rastalariyu do‘konlarining tomlari ochib tashlangan bir guzarga kirib bora boshladiyu Bahriddinxo‘ja uni tanib qolib, «voh-voh»lab yubordi:
— Vo-oh, onasi! Bu axir Cho‘pon ota-ku! Harob bo‘pti-ku guzarimiz! Men senga nima devdim?! Jannat diyorimizning urvog‘ini ham qoldirmaydilar, g‘ururlanadigan hech vaqomiz qolmaydi, demabmidim?! Guzarsiz, hovli-bog‘larsiz — biz kimmiz?! Hech kimmiz-da. — Alamdanmi, nimadan ko‘kragi simillab ketdi, allaqaeri tuz sepilgandek achishardi.
Shu tob katta yo‘l yoqasida o‘sha aytgani — azim sadaqayrag‘och ko‘rinib, ikkalalari-da shoshib qolishdi: Hayxot, unga nima bo‘lgan ediki, butun boshli ulkan sada tag-tugi bilan qurib bitgan, ayni bahorda bironta ham barg yozmay, chumchuqvoylarga in-vatan bo‘lib qolgan edi!
— Ana, xolos! Men senga nima devdim? — dedi Bahriddinxo‘ja ichi sidirilib, — Ularning qaysi kasofatidan qurib ham bitibdi-ku.
— Hechqursa, qirqilmay qopti-ku, adasi, — dedi ayoli.
— Qurigan daraxt qachon bir yaxshilik keltirgan? O‘zbek borki, kasri-kasofati urmasin deb, o‘sha zahoti arralab tashlaydi. Bular esa, tegishmabdi ham! Shundan bilaver, niyatlarini!..
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:22:10
Atrofda osmonni ham to‘sgudek bitib-bitmagan mahobatli toshqo‘rg‘onlar ko‘rinar, ular o‘rtasida ilgarigi bog‘lardan na biron daraxt, na biron ishkom-bog‘ ko‘zga tashlanar edi. Hatto soylargacha ko‘mib, chimzorlarga dovur surib tashlashibdi.
— Ana senga diyoring!.. — dedi Bahriddinxo‘ja «nimasini sog‘inasan, nimasini qo‘msab bir yerlarga yetasan», degan kabi.
— Qay gunohimizga Alloh diyorimizni bu ko‘yga solibdi, adasi? Gunohimiz borki... — dedi ayoli ovozi qaltirab.
— Bor, bor. Bo‘lmasa, balo yubormasdi, — dedi xojasi ovozi o‘zgarib. Unga piqillab ayoli qo‘shildi:
— Hikmati nima ekan, adajonisi?
— Avvalo, biz o‘zbeklar o‘zimiz noahilmiz, ittifoq emasmiz. Agarki, — U turib, qaytib o‘tirgan, o‘zini biroz tutib olgan edi. — Oltinxon to‘ramga, Sultonga o‘xshagan kishilarmizning etagidan mahkam tutganimizda edi, mana bunday jahonga to‘zib yurmasmi edik, muqaddas yerimizni kelgindilarga berib qo‘ymasmi edik?! Eng avvalo, Allohga suyanib, O‘ziga tavakkul qila bilganimizda, shu kunlarga qolmasmi edik!.
— Uni qarang, adasi, qarang, bizni boloxona, bizni tom-ku, esladizmi? — deb yubordi ayoli kutilmaganda o‘rnidan turib ketayozgudek bo‘lib.
— Eslaganda qandoq, taniganda qandoq, — dedi xojasi yig‘imi, nima bosib kelganidan ovozi bitib, so‘ng hiyla vaqt o‘zi esini tanib, er yetgan o‘sha vatan suratiga termulib qolib, ichini to‘ldirgan hislardan mingdan birini tiliga ko‘chiroldi. — Sen kelin bo‘lib tushgan, men baxti qaroga kuyovlik nasib etmagan uy— go‘sha-ku, — deb tomog‘iga tiqilib kelgan yig‘ini qult yutib, qo‘shdi. — Taqdirning yozmishi bunday ekan, mana, qay diyorlarda o‘zi topishtirdi. Qo‘sha qaruvimiz, bir etak bola-baqra ko‘rib yuruvimizni... ko‘rmagandan padarimiz ko‘rmadilar, ko‘rmagandan onaizorim ko‘rmadilar. Kuygandan ular kuyib o‘tishdi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:22:29
Bu so‘zlar shunchaki so‘z emasdi, yig‘lamaganni ham yig‘latadirgan, bo‘zlamaganni ham bo‘zlatadirgan so‘zlar edi. Dunyo ko‘rgan, bu kunlarga yetguncha xo‘b og‘irchiliklarni yelkaga olib ne mashaqqatlarga miq etmagan er kishining ich-ichidan qaynab chiqayotgan bir so‘zlar ediki, uni piq-piq yig‘lab tinglamoq mumkin edi, o‘rtaga biron so‘z qo‘shib bo‘lmas edi.
— Oh, onaizorim, g‘amguzorim! Xudo farzand bermagani kamdek asrandilari to‘yini ko‘rishga ham qo‘ymagandilar-a!.. Biz boyaqishlarga kuyovlik kiyimlarida go‘shangaga kirish nasib etmasa-ya... Bilmadim, bu voqealardan eslari og‘ib qolmadimikan keyin?..
Uni tinglayturgan yolg‘iz zavjasi — nima qilsa ham ayol kishi — o‘zini tutolmadi, tutolmayin xo‘ngrab yubordi:
— Nimasini aytasiz, adasi, siz nimani ham ko‘ribsiz! Shom tushdi degandan u kishi kelinlik uyimning ostonasiga o‘tirib olib, «Bahriddinuv, Bahriddinginamuv»lab chaqirishga, chaqirib bo‘zlashga tushar edilar. U bo‘zlashlariga bir men chidar edim, butun olam chidolmasdi. Hamma uy-uyiga kirib ketar, bir men qora oshxonada yolg‘iz qolib, xun-xun yig‘iga botar edim. Osmon yiroq, yer qattiq edi, adasi. Siz esa, kela qolmasdingiz.
— Taqdirning yozmishi bu, onasi, Xudoning xohlashi, — deya olardi xojasi.
— Keyin men ketdim, adasi, u kishi menga javob berdilar. Ne umidlar bilan kelgan uyimdan ketdim, adasi, — deb yig‘lagan kuyi tushuntirardi zavjasi.
— Senda ayb yo‘q, onasi, Allohning sinovlari bu,— derdi xojasi, yana ketidan taskin berardi, — Shukr qil, shuncha yil o‘tib topishtirganiga, birovdan kam joying yo‘q, yana qaer, Payg‘ambar alayhissalom yurtlarda ko‘rishtirdi, topishtirdi, rizq-ro‘z, vatan o‘rniga vatan berdi, shukronasini qil.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:22:38
— Alhamdulilloh, alhamdulilloh, bu kunlarga kimlar yetdi, kimlar yetmadi. Men shukr etmayin, kim etsun.
Ular diyor tasvirlarini-da unutib, Allohga hamdu sanolar aytishar, bu kunlarga yetkazgani, hamma narsani chevarlik bilan chok-chokiga to‘g‘rilab, ularni qo‘sha qaritib qo‘yganiga shukronalar aytib, ado qilisha olmas edi.
Axiyri er ahli ayolining yuziga iltijo-la boqdi:
— Shoshma, onasi, biz o‘zimiz bilan bo‘lib, bizga shuncha yaxshiliklar qilgan, yurak yutib ajdahoning komiga borib kelgan bir kishini, uning mushfiq zavjasi, yolg‘iz yodgorini unutibmiz. Sen taqvosi zo‘r bir musofirsan. Sening duoing qabul. Shu mard birodarimu uning mushfiqasi haqqiga bir duo qilki, tokim qodir Alloh ularning ham uzulgan rishtalarini ulab, o‘zlarini topishtirsin. Judoliklariga chek qo‘yib, keng dunyoning biron yerini vatan tutib, yashamoqlariga imkon bersin. Och, qo‘lingni, tokim shular ham hamma qatori farzandlarining kamolini, rohatini ko‘rib, O‘ziga ibodatda qo‘sha qarisinlar.
— Yo‘q, yo‘q, adasi. Men Tangrining bir ojiza, shu diyorga kelib ibodatga tushgan bir gunohkor bandasiman, xolos. Ular haqqiga o‘ziz duo qiling. Siz necha yillarki, tahajjudizni uzmay kelayotgan kishisiz. Sizning duoingiz qabul. Ularga siz ro‘shnolik so‘rasangiz, shoyad Allohim ijobat etsa...
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:22:54
Ular bu mushfiqalarga ro‘shnolik tilashayotgan bir pallada qarangki, gung tasvirchi olgan tasmadan ajab tanish o‘rangan bir ayol suvrati o‘tib borar, uning ortidagi bo‘y yetgan yolg‘iz Yodgorini demasa, u bu go‘shada yig‘lab duo qilmoqda bo‘lgan Marg‘ubaga bir tomchi suvdek o‘xshab ham ketar, o‘xshamay ham qolar edi. Bu nima, ro‘yomi, haqiqat, har ikkalalari ham anglay olmay, alanglashib qolishgan edi.
Bu qanday karomat — ular bilisha olmas, bilishdan ham ojiz edilar. Bu pallada esa, boyagi o‘g‘il onasi quyib uzatgan choyni gung tasvirchiga ilinib olib bormoqda edi.
— Yo qodir Alloh, choy quygan u mushfiqa kimu uni notanish mehmonga ilinib olib borgan o‘g‘il kim?— deb yubordi azbaroyi to‘lqinlanganidan xojasi. — Nahot birodarimiz gung tasvirchi qiyofasida o‘sha yergacha yetib boribdi?! Yetgan ersa, bu ham bo‘lsa, Allohning so‘ngsiz marhamatidir, undan bo‘lak narsa emasdir. O‘ziga hamdu sanolar bo‘lsin, subhanallohi va bihamdihi, subhanallohil aziym1, — deya oldi.
Shu daqiqada Vatan dog‘ida kuygan dillardangina Alloh sha’niga shunday hamdlar yog‘ilmog‘i mumkin edi, xolos. O‘zi dargohida qabul etib, har sanosini bir nurga aylantirsin oxiratda, ilohim!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:23:06
14. Rozi bo‘l, Chaman...

«Uzr, Chaman, sendan beruxsat bir ishlar qilib qo‘ydim. Jo‘mardligim tutib, sarhad oshib qo‘ydim: diyorga yo‘l chiqib turgan ekan, tavakkali Xudo qildim. Vatan sog‘inchi, qavm-qarindoshlar ruxsorini bir ko‘rmoq, u diyorga intizorlik, ahli ayolim, yolg‘iz yodgorim oldidagi qarz — qo‘ymadi. Barcha-barchasi ustun keldi senga bergan va’dalardan, dim ketmoqdan, ne balolarni ko‘rgan bu aziz boshdan. Tavakkal qilmoq vaqti kelgan edi, o‘zimni Allohga topshirib tavakkal qildim. Mardni qilich ham olmas, shayton ham yo‘ldan urolmas, botirni Xudo ham asragay, degan gaplarga ishondim. O‘sha qora-quralarga yollanib bo‘lsa-da, jondan aziz yurtga kirib bordim.
Uzr, bu niyat, bu jihodimni sizlarga xabar berishi mumkin bo‘lgan pashshadan ham sir tutib, Alloh o‘zi kechirsin, Oltinxon to‘ram qavatlarida e’tikof o‘tirgani ketayotgan joyimda safarni ixtiyor ettim. Shunday — vatanga yo‘l chiqqanda — e’tikofdan ham kechmoq, ortga surmoq mumkin ekan.
Vatanni sevmoq iymon jumlasidandir dedilar To‘ram ham. So‘ngra yo xubbil vatan, deya yo‘lga chiqdik. Vatan havolaridan bir bora nafas olmoq uchun, sarhad ortida qolgan u azizlarim birini ruxsor ko‘rmoq uchun men har narsaga tayyor edim. Axiyri o‘sha qora-quralarga yukchi bo‘lib yollanishga, gung-soqov bo‘lib borib-kelishga rozi bo‘ldim. Rozilik ham gapmi, bora-borguncha, kela-kelguncha ularning poy-patagi bo‘lishga-da tayyor edim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:23:16
Bilmadim, Bahriddin ular bilan qanday tillashgan, qanday ko‘ndirgan, lekin men bu safar uchun gunglik ekan-ku, har narsaga rozi edim. Faqat ikki diyda—ikki qarog‘im ochiq bo‘lsa bas edi! Sarhad ortida qolgan u mushfiqam, u jabrdiydalarimni o‘z qarog‘im-la bir ko‘rsam, bu jahonda sog‘-omon ekanliklarini bilsam kifoya edi.
Chaman, bil, men ishontirib kelgan mushfiqam haqqi qaytib bormasligim mumkin emas edi. Ko‘rmagunimcha ko‘nglim joyiga tushmasdi. Tinchimasdim. Xabar berolmaganim-berolmagan, bormasam, holidan xabar olmasam keyin tongla Mahsharda Alloh oldida kim deb atalardim?!
Tushun, men qoidani buzib, seni abgor qilish uchun emas, osmon nikohi uzilmagan o‘z zavjam — oilamni deb, pushti kamarimdan bo‘lgan tirnog‘im — Yodgorimni deb bordim. Sen vatan sog‘inchi nima bilmassan! Vatan sog‘inchi nima, vatandan quvilganlardan so‘ra! U sog‘inch o‘rtab kelganda hamma narsa bir tomon, vatan ham bir tomon bo‘lib qoluvini, uning havolaridan bir bora nafas olmoq, suvlaridan bir qultumgina ichmoq jahondagi jamiki narsalardan azizroq bo‘lib qoluvini do‘stim, sen qaydan ham bilarding?! Buning uchun mening kuyimga tushmog‘ing, sarhadlarda kulbasiga yo‘lay olmagan it kabi darbadar daydimog‘ing, zor-zor yig‘lamog‘ing kerak, Chaman.
Uzr, men seni g‘aflatda qoldirdim. G‘aflatda qoldirib sarhad oshib bordim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:23:27
Meni siznikilar nima deb atasinlar-atamasinlar, xalqim kim deb o‘ylasin-o‘ylamasin, yurtim o‘zim uchun o‘sha-o‘sha azizdir, millatim o‘sha-o‘sha qadrlidir, men o‘lsam-da, undan kecha bilmasman, Allohning omonatini qaerda topshirmayin, o‘sha vatanimni, shu dinimni, o‘sha azizlarimni so‘nggi nafasimga qadar unutmasman. Mayli, elim meni quvg‘indi deb atasin, xalqim sig‘indi deb bilsin, men o‘zimni ular bilan etu tirnoqdek deb bilarman. Bu hijrat hammaga ham nasib qilavermas! Allohim bizni shu hijrat bilan sinabdi, taqdirlabdi, shunisiga ham shukr. O‘zi aziz qilgan yurtlarga yetkazmay, tili, dini boshqa bir yurtlarga itqitganda, o‘shanday Xudo qarg‘agan bir taraflarda do‘zax azobini totmoqni ravo ko‘rganida nima qilardim?! Yo bo‘lmasa, Tangritog‘ning o‘zida kelgindilar changalida qoldirganida dodimni kimga aytardim?! Jindek omadim borakanki, qaysibir ishlarim Allohga xush kelgan ekanki, bu yoqlarni ravo ko‘rdi, emin-erkin o‘ziga toat-ibodatda bo‘la oladigan diyorlarga yetkazdi. Payg‘ambar yurt-lariga qadamimiz tegdi, shukr.
Bilaman, sizlar anoyimassiz. Tuzumingizga xavf sola olguvchi har bitta mujohid-quvg‘indi qay mamlakatda nima bilan nafas olyapti, nimani diliga tukkan, dardi nima — hamma-hammasidan xabardor turguvchilaringiz bor, ko‘z-quloqlaringiz son ming. Shunchalar ustomonsiz. Lekin makringiz Allohning makri oldida hechligini bilmaysiz. Alloh istasa, o‘sha dushman tugul qush ham uchib o‘tolmassaltanatingizni bir kechada o‘tmishga itqita olishidan bexabarsiz. Shunchalar o‘zingizga mag‘rursiz, maftunsiz.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:23:34
Qolaversa, Chaman, men ham shu temirqo‘rg‘onning qanchalar mahkamligini bir sinab ko‘rgim keldi. Yo‘q, niyatim sizlarni dog‘da qoldirishgina emasdi. U dargohlarning ko‘ziga cho‘p solib bo‘lsa-da, azizlarimni ko‘rib kelish edi, qiyomat qarzdan qutulish edi. Hatto meni ola ketgan o‘sha zanji kinochilarning o‘zi-da mening kimligimni bilmasdilar. Plastik operatsiyadan keyin o‘zimni o‘zim tanimay qolganimni bilsang edi! Chaman, bilaman, sen bu ishimni oqlamasliging tayin. Shakkoklik deb atashing, ko‘ra-bila turib, dor tagiga borish, qilich damida yurib, sirot ko‘prigidan o‘tmoq deb baholashing mumkin. Lekin bu o‘lgisi kelgan mushukning arslon bilan o‘ynashuvi emasdi, yo‘q. Men o‘sha arslonning ko‘zini shamg‘alat qilgim keldi va Allohga tavakkal qilib edim, qodir Alloh mendek yolg‘iz jangchisiga nusrat berdi va men Allohning bir «qora quli» niyatimga yetdim.
Chaman, sen bu safarimni, yovuz arslon changalidan omon o‘tib, azizlarim panoh topgan bir yergacha borib, ularni o‘z ko‘zim bilan ko‘rib keluvimni, judo bo‘lgan diyorimizning tanish suvratlarini esdalikka tasmaga tushirib qaytuvimni sen shakkoklik deb sanama. Bu Xudoning marhamatidir. Bil, agar butun olam seni dushman sanab tursa ham yolg‘iz Alloh sen taraf bo‘lsa, butun olamning dushmanligi hechdir. Yolg‘iz Alloh o‘zi asragaydir. Men bilan ham shunday bo‘ldi, bir tukimni ham to‘kdirmay manzilimga qaytardi u.
Shu boisdan ham sen mendan xafa bo‘lishing o‘rinsizdir, Chaman. Qolaversa, ona shahrimizga borib, bir og‘iz o‘zimni bildirmaganimni, ko‘rgilarim kelsa-da, ko‘rishga harakat etmaganimni o‘zing tushunib yetarsan deb o‘ylayman. Bo‘lmasa, Kalkovuz bo‘yidagi u aziz go‘shaga bosh suqmoq, seni, Oyto‘ra xolamlarni ko‘rib, ziyorat etmoq, duolarini olmoq farz edi menga — seni, o‘zimni ayab (ayamasam bo‘lmasdi, hamma-hamma bilan senga dog‘ tushirolmasdim!) borolmadim. Ichlarim g‘urmishlab, ko‘rgim kelib yotsa-da, nafsimni bosdim, sindiroldim uning istaklarini!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:23:44
Sen gina qilishga har qancha haqqing bor, so‘kishga haqqing bor. Ammo tushun, bu mumkin emasdi. Men yolg‘iz bir niyat bilan — u mushfiqam, u musofirginam, u qiyomatga qadar kutmoqqa rozi jabrdiydam ruxsorini sog‘inib, bo‘yi bo‘yimga yetib qolgan u yol¬g‘iz tirnog‘imizning chiroyi, kamoli-bastini bir qurgina ko‘rmoq uchun ham, har ikkalalarining holidan xabar olmoq uchungina ham kelgan edim. Kelmoq — qiyomat qarz edi, keldim. Men ularga biron nima qilib berolmasam-da, ko‘rmog‘im, hollaridan xabar olmog‘im o‘zim uchun farz edi. Sen muhojirlik nimaligini, ahli ayoli, oilasini tashlab, dunyo kezmoq nimaligini bilmaysan, darbadarlik alamlarini totmagansan. Yo‘lingga ko‘z tutgan mushfiqang, farzand-laring ko‘z oldingdan o‘tib ko‘rmagan.
Sen tushun. Zamonning zayli bilan men sarhaddan o‘tolmay qolganim bilan, musofir yurtlarda muhojir bo‘lib kezib yurganim bilan ahli ayolim, oilam oldidagi shariat zimmaga yuklamish vazifalar soqit bo‘la qolgan emas. O‘rtada osmon nikohi turibdi, guldek navjuvon farzandim bor, taloq ham tushmagan o‘rtaga. Ularning holidan bir qur bo‘lsa-da, xabar olmaslikka qanday haqqim bor?!
U sizning dahriylik asosiga qurilgan davlatingiz oila muqaddas deb dunyoga jar solgani bilan meni o‘z oilamga qo‘ysin-chi! Yoxud olib chiqib ketarimga ruxsat etsin-chi! Qo‘ymaydiyam, ruxsat ham etmaydi! Unga shariatimiz biz erkaklar zimmasiga yuklamish vazifalar bir pul. Men esam Alloh subhanahu va taolo amrini ilgari bo‘lmasa ham hozir ustun qo‘yaman, unga bo‘yin egaman. Chunki qiyomatda bu xususlarda qattiq so‘ralmog‘imiz bor. Shu vajdan ham o‘sha tong-la Mahsharda janobi Bosh qozi huzurida xijolatda qolmaslik uchun ham bu safarni ixtiyor ettim, Chaman. Ana endi tushungandirsan, men u quvilgan diyorimga ne maqsadda qora qul qiyofasida kirib, yana o‘sha qiyofada vatanni tark etganimni?! Bo‘lak ilojim yo‘q edi, mendan keyin birov jabr ko‘rib qolmasligi kerak edi. U diyordagilarga men jafo qilolmasdim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:23:54
Agar Chaman, ixtiyor menda bo‘lsami, o‘zim bilardim nima qilishni. Afsus, ixtiyor bizdamas. Qo‘limiz ham kalta. Faqat senga bir iltijom bor. Yo‘lini topib u mushfiqam Mahfuzaga bir yordam qil. Sen chindan kirishsang yo‘lini topgaysan. Ming yillik birodarligimiz haqqi, qolaversa, Alloh roziligi uchun qil bu ishni. O‘ziga yarasha ajrini ham olgaysan, inshaalloh.
Gap shundaki, Chaman, balki men adashayotgandirman (ilohim, adashgan bo‘lay!), balki ko‘zimga shunday ko‘ringandir (ilohim, adash ko‘ringan bo‘lsin!).
O‘sha safar payti, Maqsudlarning  yangi joydagi hovlisida biz xabash kinochilar u xonadonni yutaqib tasmaga tushirayotgan kezimizda Allohning marhamatini qaraki, mening mushfiqam — izlagan kishilarim (Bahriddin xabar berganidek) o‘sha yerdan chiqib turibdilar. Ko‘rib, boshlarim ikki aylanib ketayozdi. Nazarimda dunyo ostin-ustun bo‘lib ikki aylanib keldiyov. Ular esa, dunyoning narigi bir chekkasidan kelgan biz mehmonlarni ko‘rib, ona-bola       pastki uy ayvonidan tushib kelishmoqda edi. Mahfuzam — to‘lishib durkun tortgan bir ayol, bo‘yi bo‘yiga tenglashib qolgan (qara-ya, o‘g‘limiz o‘smir yoshidan o‘tib, er yetib qopti, yelkalari barvasta tortib, onasining chin himoyachisiga aylanibdi!) o‘zidek ko‘rkam o‘g‘lining ortida yelkasiga qo‘l qo‘yib turar, boshiga men hech ko‘rmagan simobiyrang bir ro‘mol tashlagan va bo‘ynilariga dovur o‘ranib olgan edi, Chaman. Men uning bunday farishtalardek o‘rangan holda hech ko‘rmagan edim, orziqqanimdan, otini atab chaqirib yuborsam mumkin edi! Ammo so‘nggi damda tilimni tishlab qoldim. Men ovoz bermog‘im mumkin emasdi, bu diyorga gung tasvirchi qiyofasida yollanib kelgandim. Sirni ularga-da ocholmasdim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:24:03
Alloh shunaqa paytda O‘zi to‘zim berarkan, Chaman. Esimni yig‘ib, sotib qo‘yishi mumkin bo‘lgan ko‘zlarimni tasvir apparatining ko‘zlariga bosganimcha qoldim... Ammo uni achchiq yosh allaqachon qoplab bo‘lgan edi, shuncha tikilmay hech nima ko‘rolmasdim! Shuncha urinmay u yoshlardan qutulolmasdim (ular tomchiga aylanib, oqib keta qolmasdilar!). Bo‘g‘zimga ham bir nima tiqilgan, go‘yo jon kushi yuragim birla potirlab chiqib ketmoqqa urinardi-yu, chiqib ketolmasdi. Peshonamdan esa marjon-marjon terlar yog‘ilardiki, qo‘yaverasan.
Ana shunda o‘zimga kelib ko‘rsamki, haligi yigitcha — mening Yodgorim bir piyolagina choymi, suvmi olib kelayotir. Uni kim berib, kim yo‘lladi deb qaragan chog‘imda, Chaman, nimani ko‘rdim! Boyaqish mushfiqam, qo‘lidagi choynakni ayvon chetiga qo‘yayotgan ekan. Shu tob qayoqdandir bahorning erka bir epkini kelib, uning simobiy ro‘molini yelkasidan ko‘tarib tashladiyu... bo‘yniginasining bir chekkasini ochdi-qo‘ydi.
Senga yolg‘on, Allohga chin, Chaman, men uning quloq yumshog‘i tegrasida tanish va notanish ikki bir narsani ko‘rib, taxta bo‘lib qolayozdim. Biri tangadek nori bo‘lsa, uning yonida... hech ko‘rilmagan oq dog‘ ko‘zga tashlanar edi...
Men uni shu holida tasmaga tushirishga tushirdimu hali yurak betlab ko‘rganimcha yo‘q, Chaman. Ilohim, men adashgan bo‘lay. U dard mushfiqamga yopishmagan chiqsin.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:24:17
Ammo men eshitganim bor muhojirlardan. Ayriliq dog‘iga uchramish ko‘p ayollar ana shunday dardga yo‘liqar emishlar va uning davosini izlab, bir amallab hajga kelar emishlar. Ibrohim alayhissalom va Hojar onamiz zamonlaridan qolgan zamzam va duo o‘sha oq dog‘larning yolg‘iz davosi, yuvib yuborguvchisi emish.
Mening mushfiq zavjamga ham bu diyorda nimaiki ilashmish — barchasi men tufaylidir. Oraga tushgan ul badbaxt hijron tufaylidir. Endi sendan yolg‘iz iltimosim, Chaman (shuncha qilgan yaxshiliklaringni bittasi!), uni bir evini qilib, hajga jo‘nat, darddan poklanib — haloslanib ketsin! Mahrami yo‘q, dema, o‘g‘limiz bo‘y yetib qopti, yoniga qo‘sh. Mendan qaytmasa, Allohdan qaytsin — shu iltimosimni uddalasang ulug‘ savobga qolgaysan. Va biz qiyomatda Parvardigorimiz huzuriga albatta yorug‘ yuz ila borgaymiz.
Rozi bo‘l, Chaman, umr bo‘yi senga yuk bo‘ldim.
Men yana Makkaga, Oltinxon to‘ram qavatlariga ketyapman. Niyat qilgan e’tikofim bor. Xayr, oshna, sog‘ bo‘l. O‘zi seni xifzu himoyasida asrasin.

Sultonmuroding.
Jidda».
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:26:18
U ch i n ch i  b o‘ l i m

JUDOLIK ZORI
YOXUD
DIYDOR QIYOMATGA QOLGAYMI?

1. Tavakkalchini Xudo asrar

Men hech yerga sig‘masdim.
O‘tgan ikki kun ikki yilga cho‘zildiyov!
Uchinchi kun shanba edi. Demak, erta o‘tib, indinga taqdirim hal bo‘ladi: yo ketaman, yo biron past ishga survorishadi. Harqalay, ayab o‘tirishmaydi.
Qarangki, men qilmishimdan pushmonga tushish o‘rniga turib-turib allaqanday g‘urur tuyib ketmoqda edim:
«Zab qilibmanmi, qaytarib berib?!»
Men kimga tortdim, oyimlargami yo... Sulton akamga— o‘zim tushunib yetolmasdim.
Harqalay mendan To‘ram taqsir yoki akamga o‘xshagan hukumatlarga ham bo‘y bermaydigan bir odam chiqmasa-da, so‘zimda tura olayotganim, Vatanini sog‘ingan bir vatanjudoga qayishib, uni hamma qatori so‘kib-netib, «o‘lgani» ustiga tepmayotganim o‘zimga yoqib tushmoqda edi. Mana shu g‘urur bo‘lsa kerak. Demak, g‘ururimga qarshi bir ish qilgim kelmapti. Bundan xursand bo‘lish kerak-ku, axir!
Ammo shu tobning o‘zida menga alam qilayotgan joyi ham yo‘q emasdi. Men o‘rtamiyona bir mirzo bo‘lsam — boshqa gap edi. Boshqa sohadan kelib ham, topshiriqlarni o‘rinlatib ado etib yuribman-ku. Birovdan tilim qisiq joyi yo‘q. Shundaki biz mirzolarning qadri shu bo‘lsa, kim ekanmiz biz? Buzoqning yugurgani somonxonagacha deganlaridek nihoyati yugurdak mirzo ekanmizmi biz?..
Turib-turib endi menga nasha qilmoqda edi! Nega o‘sha gap chiqqan kuniyoq ariza yozib, kiritib yubora qolmadim? Nimaga umid tutdim? Biron insofli odam chiqib, yonimga tushishigami? Himoya etishigami?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:26:54
Qachon Xudoga tavakkal qilishni o‘rganamiz?! Peshonamdan ko‘rdim, taqdirning yozmishidan ortiq nima bo‘lardi, deya olsam-ku — olam guliston edi! Qutulardim shu mashmashalardan! O‘sha kuni bosh muharrir oldida andesha saqlab jim turaverganim kelib-kelib endi o‘zimga ta’sir qilmoqda edi. Nega bunday qildim? Rostini aytib, qahriga yo‘liqqim kelmadimi yo? Ishqilib xokisor bir qiyofada jim yer chizib turganim yodimga tushib, o‘z-o‘zimdan g‘ijinib bormoqda edim.
Mening o‘rnimda akam nima qilardi?! Uzr so‘rab yo yalinib o‘tirarmidi? Hech qachon! Men esam, imilladim. Shart kesolmadim!
Menga mana shu mezon, akamni o‘z o‘rnimga qo‘yib ko‘rishim — qarangki, yoqib tushmoqda, bundan o‘zgacha bir g‘urur tuyib ketmoqda edim.
Uyga sig‘may do‘konning qorovulxonasiga chiqib borsam, shaxmatchilarning zo‘rlari Rasulbek akanikiga to‘y kelishi munosabati bilan yig‘ilishib qolishgan ekan. Birin-sirin «Assalomu alaykum»lab chiqib kela boshlashdi. Jang toza qizidi, lekin hech kim meni o‘tirgan joyimdan siljita olmasdi.
— Bu kimning alamini bizdan olyapti? Hammani pista po‘choqdek chaqib tashladi-ku, a? Birortang Shukrulloni chaqirib chiqsalaring-chi! — deb qolishdi.
— Shu turishimda Fisherni opkelsangizam qoqib tashlayman! Mirzolikni tashlab, o‘zimni shu o‘yinga bag‘ishlasammi, deb turibman-ku, — dedim yarim hazil, yarim chini bilan.
— Tag‘in Gorkiy bog‘iga tanda qo‘yib yurmagin, bor bisotingni shilib olishadi-ya, — dedi kimdir.
— Qimordan Xudo asrasin, — deb sekin tura boshladim. — Izzatim borida o‘zim joy bo‘shata qolay. Qo‘l bir kelib qoldi-da, akalar, — deb siporishladim. Aslida ishxonadagi anuv mashmasha yana yodimga tushib, kayfiyatim buzila boshlagan, o‘zim bu yerdan ham jilishga bahona izlar edim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:28:57
Qorovulxona hujrasida shuncha qolib ketibman, qaytib kelsam, vaqt peshindan og‘ib, hovlida kir yuvib o‘tirgan kennoyimdan bo‘lak hech kim ko‘rinmas, hammayoq yer yutgandek jimjit edi.
Qorin ham piyozni po‘sti bo‘lib ketgan ekan, sich-qonni inida qolgan qattiq non ham shirin ko‘rinib, u uydan bunisiga chiqib yursam, kennoyim oshxonadan ustiga talinka yopib, sochiqqa o‘ralgan kosa ko‘tarib kela boshladilar.
— Ovqatiz bu yoqda edu, Maqsudxon. Kelavurmadiz-kelavurmadiz, sochiqqa o‘rab qo‘yup edum, kelung, — dedilar dasturxon yozib.
— Rahmat, bular qani? — dedim ichkariga ishora etib.
Kennoyim nimagadir aytishga istihola qilib, yerga qaradilar:
— Kutup-kutup, ketishdu.
— Qayoqqa ketishadi? Hech gap yo‘q edi-ku, boya? — deya oldim.
— Siznu orqangizdanoq odam kelub edu.
— Odam?.. Nega keladi? — dedim hayron qolib.
Kennoyim yamlandilar:
— O‘sha o‘ziz bila ishlaydukan anuv kungu odam, mehmonlarnu boshlab kelgan-chu...
— Daroz bo‘ylik, shapkalimi? Nima deydi? — dedim ichim g‘urmishlab kelib: «Kim yuboribdi u kishini?»
Kennoyim «O‘sha-o‘sha», deb tasdiqladilar-u, u yog‘ini aytishga tillari bormay, oshxonaga oshiqdilar.
Mening ishtaham o‘lib bo‘lgan edi, u kishini yarim yo‘ldan qaytarishga tushdim:
— Shoshmang, nima deydi? Axir men o‘lgani ketgan emasman-ku, birpas kutmaydimi? Qolaversa, chaqirsa ovoz yetadigan joyda — hujrada edim-ku.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:29:52
— Bilmasam, Maqsudxon, gapuni eshitub, «menu oborchi-obor»lab qoldular kichigoyum.
— Yo‘g‘-e...
— «Xudo olsin ularni, Farg‘onasiga jo‘natarda kerak bo‘luvdi, endi Toshkanga sig‘may qoptimi»lab otlanaverdilar. «Sen obormasang, ana, kelinum oboradi» deb qaytmadular.
— O‘ziyam birgalashib ketdimi? — dedim bo‘shashib.
— Xudonu zoruni qildu, «Siz bormang, o‘g‘luz xafa bo‘ladu»lab. Eshitubam qo‘ymadular.
— U qilishibdi-bu qilishibdi, ishni buzishibdi-ku! — dedim ensam qotib.
— Unaqa demang, Maqsudxo‘ja, qaytuga kichigoyum ishizzu to‘rulab keladula, qarab turasiz, — deb kennoyim oshxona tomonga yuraverdilar.
Fe’lim aynib, kayfiyatim buzilib bo‘lgan edi, o‘tirarimni ham, oyimning orqalaridan yetib borarimni ham bilmasdim: Jo‘ra akamga ham Xudo bo‘y berib, aql bermagan ekan-ku! O‘sha gapni oyimlarga doston qilib ko‘tarib keptimi?! Koshki boshliqlar undan ko‘rishsa! O‘zi qilg‘ilikni qilib qo‘yib, oyisini jo‘natibdi, deb bir karra aytishadi. Bitadigan ishni ham bitirishmaydi. Lekin oyim ularni ko‘p mulzam qilgan bo‘lsalar kerak. Qaysi sho‘ri qurigan u kishiga ro‘baro‘ bo‘ldi ekan? Sirasini aytganda, oyimning borishlari mening sha’nimga yaxshi bo‘lmagan edi. Avval ayab, yon berishsa ham, endi ayashmaydi! Endi qolib bo‘lmaydi!
«Oyisini yuboribdi, zo‘r xotin ekan, advokatlar ham ip esholmaydi u kishining oldida», degan gap menga kerak emasdi.
Nima bo‘lsa bo‘ldi, Xudoning xohlashi shu ekan deb, o‘tirib «non-palov»ni tushira boshladim. U shunaqa xushxo‘r ediki, tavba, bunaqasi kamdan kam bo‘lardi. Yo kosada o‘rog‘liq turib, shunaqa ilikdek bo‘lib ketgan, yo o‘zim o‘lgudek ochqagandim. Ikkisidan biri.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:30:06
Kennoyim choy ko‘tarib kelib, uni qaytara boshladilar. Men boyagidan ancha tushganimni ko‘rib, u kishi tizzalarini sal yonga bukib, bir chiroyli ham omonatgina o‘tirdilar. Shoshmay choy quyib uzatib, mendan hol so‘ramoqchidek, mavrid kutib qarab qo‘ydilar. Men u kishiga sir boy bergim yo‘q edi, (kuymagani bitta men qolib edim!) lekin shu mahal u kishi yarim xo‘rsiniq ila tin oldilar. Menga achinib-kuyishlarini istamay ulardan ilgariroq otni qamchilab, gapni tamom boshqa yoqqa burdim:
— Yodgor qani, bir yerga o‘tib kelardik.
— Chiqib edu, uzoqub ketmagandur, chaqiraymu? — dedilar u kishi taraddudlanib.
— Men o‘zim shaxmatga alahsib ketibman. Olim akamning tomonlariga, baliq oviga o‘tmoqchi edik.
Kennoyim shu tobda ko‘nglimga shunaqa narsalar siqqaniga hayron qoldilar. Bundan o‘zim ham xijolatga tushib, siporishladim:
— Men unga yolg‘onchi bo‘lib qolmay, deyman-da...
Kennoyim tushunib, bosh silkidilar. U kishi To‘ram taqsirnikiga borib kelganimizdan beri, dam urib bergan zamzam suvlarini ichibmi, chiroylari hiyla ochilib, kamgapliklari qola boshlagan edi. Ammo hozir ko‘zlarini yerdan uzmay, tizzalarini silab o‘tirar, nimadandir istiholada edilar. Nihoyat:
— Tinchlikmu, Maqsudxo‘ja, ishingizda bir nima o‘tdumu? — deb yuzimga termuldilar.
 U kishi o‘zlarini ilgarigiday yaqin olib, ko‘ngil so‘rashlaridan boshimga dovur bir jimirlov yugurib, g‘alati tortib ketdim. Xo‘rlikmi, nimadir bosib kela boshlab, sarosimalandim:
— Yo‘q-yo‘q, shunchaki bir arzimas gaplar. Vahima qiladigan yeri yo‘q, — deb yolg‘onlashga tushdim-u, o‘zimning yolg‘onimdan o‘zim uyaliblar ketdim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:30:27
Endi bildim, hammadan yashirsam ham, bu kishidan yashirolmas ekanman.
— Yo anuv kelganlar tufaylu... bir gaplar bo‘ldimu? — Kennoyim nimadandir xavotirda edilaru ochiq-yoriq ayta olmas edilar.
— Qaysi?.. — deya yalt etib betlariga qaradim.
— Anuv zanjularnu aytaman-da. Osmondan tushganday kelub ketganlar-chu?..
Men ko‘nglim buzilib kela boshlab:
— Shunga yaqinroq, — deya oldim.
— Qanaqasiga? — u kishi tashvishga tushib qolgan, hatto bir qadar menga o‘girilib olgan edilar.— Ruxsatsuz kelishgan ekanmu?
— Sizga qanday tushuntirsam?.. — deya chaynaldim, — asli gap ularda ham emas.
— Bo‘lmasa, nimudan vag‘z axtarishadur?
Endi ochiqroq aytavermasam bo‘lmasdi. Mendan begona emas, bu gaplarni tushunadigan, musofirlik nimaligini bilgan kishi so‘ramoqda edi.
— Bir vatangado... shahriga yashiriqcha, sayyoh qiyofasida kelgan ekan. Orqasidan bilib qolishib...— dedim.
— Voy, o‘lmasam, ushlab olushibdimu? Shuni yozasiz deyishdimu Sizga? — Kennoyimning yuzlari oppoq oqarib ketgan edi, ko‘rib qo‘rqib ketdim.
— Yo‘q-yo‘q, allaqachon chegaradan o‘tib ketibdi.
Kennoyim yengil tin olib, ko‘ksilariga «tuf-     tuf»lab qo‘ydilar:
— Hayriyat, Xudo asrabdu.
— Asrayman deganni tikan ham kirgizmay asraydi ekan, — dedim.
— Ilohumning o‘zi g‘amxo‘r,— deb turgan kennoyim yana xavotir aralash qarab qo‘ydilar. — Anuvlar-chu, ularam eson-omon o‘tub olushibdimu?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:30:40
Men bu gapdan esim og‘inqirab, u kishining betlariga termuldim:
— Nega unday deyayapsiz, kennoyi?
U kishi javob o‘rniga ham ko‘zlarimga tikilib qolgan, sirli bir narsani so‘ramoqchidek yo bo‘lmasa, men ham o‘sha sirdan voqifligimni bilmoqchidek ko‘zlarini uzmas edilar. Men esam bunga sari o‘sha haqiqatni anglab borayotgandek boshim gir-gir aylana boshlagan, ichimdan bir hapriqish qaynab chiqmoqda edi. Axiyri u kishi allatovur yoshlanib, kiprik qoqsayoq, duvillab to‘kilib berishga tayyor ko‘zyoshlarini yashirishga urinib, etaklarini silashga andarmon bo‘ldilar. Andarmon ekanlar, allaqanday to‘lib-to‘liqib yorildilar:
— Sizga yolg‘on, Xudoga chin, Maqsudxo‘ja, o‘sha kundan beru mijja qoqolmayman. Qoqdum deguncha akayiz ko‘runaveradular. Bilmasam, nimudan?
— Qanday, kennoyijon?.. Biron narsa sezgandaymi ediz?
— Yo‘q-yo‘q, o‘sha vaqutda hech narsa xayolumga kelganu yo‘q, sezganum ham yo‘q, — deb u kishi bosh to‘lg‘ab edilar, qaroqlarida ilinib turgan yosh bilaklari aralash xontaxta ustiga duv to‘kilib berdi-da, qaybirlari oq dasturxonni, qaybirlari yengini xo‘l etib, yana qaybirlari kafti ortini o‘pib qoldilar.
Sezmagan bo‘lsalar, nega yig‘laydilar, ko‘zyoshlarini to‘xtata olmaydilar? Balki biron narsadan?..
— Yo biron narsadan shubhalangan joyiz bormi? Shundan beri tinchiz yo‘qmi?
— Unday ham... bo‘lganu yo‘q, — deb yerga qaradilaru etaklarini silab, ko‘rpacha ustidan ushoqlarnimi, bir narsalarni terindilar. Ishqilib ko‘zimga qaray olmas, qarasalaroq o‘pkalari to‘lib ketayotgandek edi. Sezib turibman, nimanidir aytolmayaptilar. Istihola qilyaptilarmi?.. Mendan tortinsalar, kimga aytadilar?
— Aytaversangiz bo‘lardi...
— Nimanu, Maqsudxo‘ja? — U kishi yalt etib betimga qaradilaru, ginamni tushunib, nigohlarini olib qochdilar. — O‘shandan beru tinchumnu yo‘qotganumni aytasizmu?
— O‘zidan o‘zi... shunday bo‘lmas...
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:30:55
Kennoyim qaynarbuloq ko‘zidek qaroqlarini kaft¬larila artib, iymanibgina qarab qo‘ydilar.
— Bilasizmu, — dedilar axiyri o‘ksik bir ohang-da, — O‘sha kunu birov sezub, birov sezmagan bir sinoat o‘tganuday bo‘lib edu...
— Sinoat?.. — deya azza-bazza o‘nglanib oldim men.
— Shunga yaqunroq, — deb u kishi yana qayta xayollanib qoldilar.
Qistashga tushdim:
— Menga aytmasangiz, kimga aytasiz?! Siz yashirmang, kennoyi.
Kennoyim norining qizili yuzlariga yoyilib, uyalibgina qarab qo‘ydilar.
— Balku men adashayotgandurman. Menga shunday tuyulgandur. Asli unday ham emasdur...
— O‘sha Sizga qanday tuyulganini ayting, yashirmang, — deb o‘tina boshladim. Yodimdan esa, Jo‘ra akamning: «Maqsud, u xabash bo‘lsa ham bizdan tuzukroq ekan», deganiyu Terakli ota oldidan o‘tayotib kishibilmas yuziga fotiha tortgani ketmayotgan edi. Shunga o‘xshash harakatlaridan biron narsa sezib qoldimikanlar, kennoyim ham?..
— Rostuni aytsam, Maqsudxo‘ja, o‘shalardan bittasu juda g‘alatu edu. Eslasam, halugacha yurakum titraydur...
— Qaysi bittasi? Tushuntiribroq aytavering siz...
Kennoyim ikkilanibgina yuzimga qarab qo‘ygandilar, men yana qistadim:
— Siz yashirmang-da...
Shundagina u kishi titranib tin oldilar:
— O‘sha boshiga tuyaqush patudan tojmu-nimu taqub olganu... aylanadu kelub biznu suvratga olar, aylanadu kelub apparatuning ko‘zidan tikular edu...
 — Sizlar kim? Yodgor bilan Siznimi? — dedim yutoqib.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:31:32
— Ha-da, o‘zi marjon-marjon terga tushub ketuptu. Rahmum kelub, Yodgorumdan bir piyolagina choy berub yuborsam, gung-soqov odam — qo‘luni ko‘ksiga qo‘yup... g‘alatu qarab turuptu... O‘sha qarash...dan, Maqsudxo‘ja, etlarum simillab ketsa deng! Keyungisi undan o‘tub tushgan edu.
— O‘tib tushgan edi?.. Qanday? — Men lolu behol qolgan edim.
— Keyun shoshub qolub, kaftuni kaftuga juftlab hindulardek ta’zum etsa, akangizning bir odatlaru yodumga tushub — esum og‘ub qolayozdu. U kishi shunday xayrlashur edular...
Ana, xolos! U qora-quralar bizni tomonlarda nima qilib yuribdi — eskiyu yangi hovli-joylarimizgacha borib, deb o‘tiribman! Papauslar yo‘lboshchisi qiyofasida kelgani — akam bo‘lsa agar — hammani toza dog‘da qoldirib ketibdi-ku!..
— Keyin-chi, keyin? Ketayotganida-chi?— dedim yuraklarim hapriqishga tushib.
Kennoyim nochor jilmayib, yer chizdilar:
— Shuncha kutdum, zora qaytarsalar deb, ammo sir bermadular. Balki menga shunday tuyilgandur. Ular ham emas, chin habashlardur. Yana Alloh biladu.
— Albatta, Alloh biladi, unga ma’lumroq. — dedim turib-turib. — Lekin bilasizmi, men uning o‘rnida... boshqa ish qilgan bo‘lardim!
— Qanday?! — dedilar kennoyim hayron qolib.
Men u kishini hayron qoldirganimdan g‘ururlanibmi, o‘zimda yo‘q quvonib, xontaxta ustiga shappaladim:
— Shundan shu yoqqa shuncha berk sarhadlardan o‘tib kelibam o‘zini tanitmagan odam... qo‘riqchilarning ko‘zini shamg‘alat qilib, bir kechaga kelib ketolmasdimi?! Men uning o‘rnida tavakkali alalloh, kelardim!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:32:08
Kennoyim ko‘zlari chaqnab, betimga qaradilaru shu zahoti ikki yuzlari lov yonib, yer suzib qoldilar. Lablarining cheti jilmayinqirab qo‘shdilar:
— Sizam, Maqsudxo‘ja, qarab turub kimga o‘xshab ketopsiz?! Tuproqlariz bir yerdanmi, tavba...
— Qani edi, u kishining tirnog‘iga o‘xshasak... — deya oldim.
— Inshaalloh, deng undan ko‘ra, — dedilar kennoyim.
— Aytaman ham!.. — dedim.
Chindan g‘alati edi! Uchqur otlar, Barzan singari qanotli, dovruqli otlar uzoqdan — hali bir-birlarini ko‘rmay turib, hid olgan zahotlari soy-qirlarni jangillatib kishnab yuborganlari singari edi mening ham bu holatim!.. «Qani edi, qani edi», derdim.
Nima bu? Nimadan belgi? Hid olgan bo‘z otlar kabi qaydan ichimga bir turluk g‘alayonlar tushib, o‘zimni tanib qoldim? Kishnab yubordim?!.
Darvoqe, bo‘z otlar nega kishnaydilar? Judo bo‘lgan diyorlarnimi, nimani sog‘inib kishnaydilar? Uchqur sheriklarini qayon chorlaydilar?..
O‘zim tushunolmasdim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:32:42
2. Osmon yiroq, yer qattiq bir kunda

Men chindan hech yerga sig‘masdim.
Oyim qaytishlarini kutib, ko‘chaga necha bor chiqib keldim: kun asrga qarab ketyapti, ulardan darak yo‘q. Yodgor ham qayoqqadir to‘psurarga jo‘nab yuboripti. Qaytsayoq «polkovniklarning sobiq bog‘i»ga o‘tib kelarmidik.
Shu bahona Olim akamga ko‘rinib, yorilgim bor. Qolaversa, u To‘ramning iltimoslari bilan qayoqqadir ketgan. Salt-svoy odam o‘ziga har xil yurishlar topib olaverarkan-da!
Bu yoqda qancha voqealar o‘tib ketibdi, u kishimning yurishlari bunday.
Ilgari yuragim bunaqa tor emasdi. Orqaga tashlay bilardim. Endi manavi mashmashalar tufaylimi, na uyga, na ko‘chaga sig‘ardim.
Nihoyat, ko‘cha eshik oldiga mashina kelib to‘xtab, ular tushishdi. Men «suyunchi»lab chopgan bolakaydek yugurib chiqishni o‘zimga ep ko‘rmay, hovlida «kuymanib yurgan» edim, darvozaxonada oyimlarni qo‘ltiqlagan ayolim ko‘rindi. Oyim xorib-charchaganlari ustiga juda ham tund ko‘rinar edilar.
Ana xolos, hech ish chiqarolmay qaytishibdi-ku!.. Bundan o‘z izzatlarida turib, bormaganlari ma’qul emasmidi! Lekin buni shu tobda u kishiga qanday ayta olasan?! U kishi mening uzoqdan bergan salomimga alik olib-olmayin (olsalar ham damlari ichlarida) ichkari kirib ketdilaru o‘lan ko‘rpachalariga cho‘zila qolib:
— Voy, moshin bo‘lmay ordona qolsin, shaldiroq aravaning o‘zi ekan-ku. Siylagani shu bo‘lsa... — dedilar.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:34:29
«Siylaydi-ya, siylaydi! Qutulish uchun bergan! Shuniyam tushunmadizmi», degim keldiyu, qani og‘iz ocha olsam... Men ich-ichimdan u kishidan xafa edim. Bir og‘iz so‘rasalar-ku, aytaman-a! Ish pishgan, yalinishga arzimaydi deb! Endi nima bo‘ldi? U kishining yuzidan o‘tolmay kichikroq bir ishda qoldirishganda ham ming yilgacha ko‘zimni ochirishmaydi-ku. «Vo-oh, buning zo‘r oyisi bor ekanmi? Advokatlar ham ip esholmaskan» degan qochiriqlari kimga kerak?! Bir kun emas, bir kun bo‘shab ketishim tayin.
Shu tob ayvon qoshida ayolim ko‘rindi:
— Adasi, shofer so‘ravotuvdi, ko‘rinib qo‘yasizmi?
— Bir kami shu qoluvdi.
Men to‘ng‘illay-to‘ng‘illay chiqib borsam, o‘zimizni «jujurka» shoferlaridan ekan. Yaqin olib, ko‘ngil so‘ray ketdi:
— E, sizzi oyizlami? Zo‘r ekanlar!..
Ana, aytmovdimmi?!. Halitdan boshlandi!
Men uyatdan yerga kirgudek zo‘rg‘a ming‘irladim:
— Menga aytmayinam ketvorishipti: bular boradigan ishamasdi...
— Shunday deysizu... bir hisobda yaxshi bo‘ldi! Bo‘lmasa, qulog‘izzi ushlab ketuvdiz.
Men uning betiga tik qaradim:
— O‘sha ketganim yaxshi edi bundan.
Shofer sergak tortdi:
— O‘x-o‘, g‘ururing zo‘r-ku?! — dedi u sensirab ham yaqin olib.
— Birovdan qarz oladigan joyim yo‘q, — dedim kamiga. — Nima, oyoqlarini o‘pib, kechirim so‘raydigan ish qipmanmi?!.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:34:40
Men azza-bazza qaytib kirib ketishga hozirlangan joyimda u orqamdan kelib, yelkamdan quchdi. Keyin o‘ziga qaratib:
— Shu g‘ururingni mahkam tut, hali yana o‘sib chiqasan, ko‘p maqolalaringni o‘qiymiz, omon bo‘l, — dedi.
Ichimda «Bu boshqa gap», dedim-u, ammo o‘zim sir bergim kelmasdi.
Keyin u ketdi, men o‘z izzatimda qola bilganimdan xursand edim. Hatto oyim ularni qanday sindirib kelganlarini... so‘rab o‘tirmadim. So‘raydiganim ichkarida edi, o‘sha ichkariga kirib boraverdim. Saida allaqachon ko‘chaligini uylikka almashtirib bo‘lgan ekan, kirishimdan bo‘ynimga osilib olib, yig‘ini boshlab bersa, dovdirab qopman.
— Ha, nima bo‘la qoldi, oyim osmondalar-ku? — dedim uni bag‘rimdan uza olmay.
— U kishini avrab yuborishdi. Asli zig‘ircha rahm qilishgani yo‘q, adasi, — deb u xo‘rligini yutolmay battarroq bag‘rimga yopishdi. — Endi nima qilasiz, jo‘javirday jon bilan ko‘chada qolavurasizmi?
Yorilolmay turgan edim, shu bir og‘iz so‘z kifoya bo‘lib, uni devorga suyab qo‘ya qoldim:
— Hov, ko‘chada qolishimni bilgan! — derdim ikki yelkasidan silkilab, — senga kim aytdi o‘shalarga yalinib borsin deb?! Kim aytdi, oyimlarni boshlab borsin deb?! Ular hamiyatni biladimi!
Ayolim aybini sezib, bo‘shashib tushdi:
— Oyim... qo‘ydilarmi, adasi.
— Sen kimga tekkansan? Mengami, u kishiga? Mendan beruxsat shu uydan bir qadam jilishga nima haqqing bor?..
Narigi uydan oyimning zardali ovozlari keldi:
— Hoy, Maqsudxo‘ja?!
Noiloj past tushib, chiqib bordim:
— Nima edi, oyi?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:37:58
U kishi jahldan tushmagan ekanlar, birvarakayiga eshitib oldim:
— Dard edi! Isaning alamini Musadan olguncha, mana, mendan so‘ramaysanmi? Qilg‘iliqni qip qo‘yib, kimga zaharingni sochyapsan!
— Nima qilg‘iliq, oyi? Men xohlamadim, xolos. Aybim shumi?
— Moshin yuborib, chaqirtirib olishar balki?! Shuni kutayotgandirsan?
Bu gap suyak-suyagimdan o‘tib, to‘ng‘illadim:
— Ko‘chada qolmasman...
— Qolib bo‘lganakansiz! Tag‘inam insof qilishdi.
— Insof? — Men yalt etib yuzlariga qaradim. Buni qanday tushunishni bilmasdim.
— Ana, xotiningdan so‘ra. Allaqaysi bir jo‘rnalgami, nimaga yuboradigan bo‘lishdi, — dedilar g‘oliblardek qo‘l to‘lg‘ab.
Ichim shuv etdi! Nazarimda ko‘ksimda bir narsa uzilib tushgan edi! «Ana, xolos! «O‘zTAG»1ga ham arzitmabdilar-ku?!» U o‘lsa o‘ligi ortiq, hamma «urilgan zo‘r»lar, qalami o‘tkirlar jo‘natiladigan joy edi. Unga hamma ham yetisholmasdi. O‘shani ham ravo ko‘rishmagan bo‘lsa, qay go‘rga jo‘natishmoqchi ekan?
Men yalt etib, ayvonda qolgan xotinimga qaradim. U yoshli ko‘zlarini chetga olib, yer suzgancha titranib turar edi.
— Aytavur, — dedim yanib, ham ayama degan kabi,— tilga olishga ham uyatli emasdir.
Uning bo‘g‘zidan bir og‘izgina so‘z uchdi:
— Koshkiydi...
Men shundagina nima gapligini anglagandek bo‘l-dim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:40:16
— Shoshma-shoshma, «Bir safda»gami? Ko‘zi ojizlar jurnaliga-ya?— deb yubordim ichim sidirila-yozib.
U yosh to‘la ko‘zlarini ko‘tarib, im qoqib edi, ular duvillab oqa ketdilar!
Mening esa, boshimga dovur bir jimirlov yugurgan edi, seskanib o‘zimga keldimu:
— Shumi marhamatlari, oyi? Bundan ko‘chada qolganim... afzal-ku, — deya bosh egib chiqib bora boshladim.
Oyim daf’atan gangib qolgan edilar:
— Voy, nega unday deysan, Maqsudxo‘ja? Xudo qarg‘agan bir joy emaskan-ku, — dedilar negadir.
— Qaeri kam? — dedim men ostonada to‘xtab.
— Qo‘y, unaqa dema. Ular ham Xudoning suygan bandasi. Qaytaga bu yoqda topmagan savobni o‘sha yerdan topasan, — dedilar oyim o‘zlarini o‘nglab olib. — Har so‘zing bir qorong‘i ko‘ksga nur bo‘lib kirsa, yomonmi? Buyam Xudoning marhamati, bolam.
«Suv yo‘g‘ida tayammum! Shundaymi?», degim keldiyu aytmay chiqib boraverdim.
Menga alam qilardi. Ana senga, «mardumi farg‘onalik!» Chetdan kelmasam, ikki dunyoda xorlashmasdi. Endi-chi? Birinchi qoqilganimdayoq munkitib yuborishdi! Turmaydigan qilib, tepib yuborishdi-ya!
— Yo‘q, bu xo‘rlikka chidab bo‘lmaydi! Undan ko‘ra, o‘z ishimga ketaman! Loyihachiligimni qilaman! — dedim ayvonga chiqib olib.
— To‘g‘ri qilasan, ana, hammayoq qurilish bo‘p ketti. Allada aziz injener bo‘b yurganingga nima yetsin! Bo Xudo, ochdan o‘lmasmiz. Yozuvchi bo‘lmasang-bo‘lmassan.
«Voh, shu oyimlarmi?» — Yalt o‘girilib qarasam, behazil aytyaptilar. Og‘zim ochilib qopti!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:40:45
U kishi holimni ko‘rib, ta’nali iljaydilar:
— Ha, ko‘zing qiymayaptimi? Qiymasa, har so‘zni o‘ylab gapirish kerak. Yaxshi gapga ham, yomon gapga ham farishtalar omin deb turadi. Unutdingmi, shuni?..
— Kechirasiz... — Men bo‘shashib tushgan edim.
— Avvalo, Ollohning yozmishidan ortig‘i bo‘lmagan, bo‘lmaydi ham, — dedilar oyim kamiga. — Qolaversa, odam jindek sabrli, shukrli bo‘lishi kerak. Undan beriga ishing o‘nglanishiga ishonma. Shu esingda bo‘lsin. Bor, bu yog‘ini O‘ziga tashlayu u yog‘idan ham bexabar qolma...
«Qarisi bor uyning parisi bor», deganlari shu bo‘lsa kerak. Men xotirjam tortib qolgan edim.
Shu payt ko‘cha eshik oldiga pat-patdan harob, «ko‘ksov» bir mashina kelib to‘xtadiyu o‘sha yoqqa qarab yurdim. Chiqsam, almisoqdan qolgan mashinadan (yo‘qdan ko‘ra minib yuribman devdi, hali ham alishtirmabdi!) Olim akam tushib kelyapti. Tilla topgan odamdek og‘zi qulog‘ida. Kamiga soqol-murti yuzini qoplab, o‘zi allaqandek qorayib ketipti. Shahar odamidan ko‘ra, qo‘nimi yo‘q safar kishisiga o‘xshaydi.
— Assalomu alaykum. Jahongashta mashinangiz bizzi ko‘chalarni ham topib kelarkan-ku! Shu kelishizda qaerlardan so‘raymiz? — dedim ko‘rgandan bahri-dilim ochila borib.
— E, nimasini aytasan, uka. Yeldim-yugurdim, uyqu nima, tinim nima — bilmadim: axiyri izlaganlarimni topib, ijozatini olib kelyapman, — u quchoq ochib ko‘rishgani kela turib, daf’atan alanglab to‘xtadi. — Darvoqe, Yodgorning o‘zi qani? Meni jigargo‘sham qani? Chaqir, samantoyning o‘zini. Va nihoyat, ijozat tekkani bilan qutlab qo‘yay uni!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:41:40
— Ijozat? Qanaqa ijozat? — dedim men ang-tang qolib.
Bungacha Olim akam yetib kelib, meni devdek bag‘riga tortib ulgurdi. Va pishillab quchganicha kuraklarimni silar ekan:
— Qanday ijozat bo‘lardi, o‘n sakkiz yillik armonlarni ushatib yuboradigan bir ijozat! Adajonisini ko‘rarga, ruxsoriga to‘yarga ijozat! Va nihoyat, Oltinxon to‘ram farzandlari bilan birga jo‘narga, bu ham padaribuzrukvorini ko‘rib kelariga ruxsat! Shunday qog‘oz olib beradigan bo‘lishdi, Maqsud. Muftiy domlam bilan To‘ram aralashmasalar bu safarni ikki dunyoda ham ixtiyor etib bo‘lmasdi. Eshityapsanmi, Maqsud, iqbol yuz ko‘rsatib, ro‘shnolik eshiklari ochilmoqda. Suyunchilik muborak bo‘lsin!
Men ham unga mahkamroq yopishdim:
— O‘zlariga ham muborak bo‘lsin yaxshi xabarlar,— deya yuzimni yuzlariga ishqarkanman, quloq yumshog‘idan o‘pgudek bo‘lib, shivirlamoqqa tushdim. — Darvoqe, siz hali hech narsadan xabaringiz yo‘q; akam keb ketiptimish...
— Kim, Sulton akam-a? — dedi u birdan meni mushuk bolasidek g‘ijimlab va o‘zidan nari itarib. Ammo qo‘yib yubora qolmasdi.
— Bu hali sir, — dedim shivirlab, — Hukumat bilmaydi.
Olim akam bo‘shashdi. Meni changalidan qo‘yib, ko‘zlarini chirt yumgancha, bir muddat turib qoldi. U aftidan bu xabarni kutmagan, hozir esa, tasavvur eta olmay turar edi.
Men uni xushiga keltirmoqqa urinib, battar qovun tushirdim:
— Siz bularga gapirib yurmang, tagiga yetolmay o‘tirishibdi o‘zlari...
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:41:52
Olim akam «shunaqami hali» deya rapidadek kaftini yelkamga tashlab edi, og‘ib ketarimga bir bahya qoldi. Kamiga:
— Men kimning g‘amida chopib yuribman, u kelib ketibdimi-a? — dedi.
— Bilasiz-ku uni. Kishibilmas shunaqa odatlari bor... — dedim.
U horg‘in bosh to‘lg‘adi:
— Shunisi chakki bo‘pti. O‘zining yo‘liga o‘zi... g‘ov tashlab ketipti.
Men shoshib qoldim:
— Nega endi? — dedim shipshigancha, — bu axir, sir-ku. Birov bilib, birov bilmagan. Hukumat qayoqdan is oladi?
U qo‘l siltadi:
— Sen bilganni ular bilmaskanmi? Yerni tagida ilon qimirlasa bilar. O‘ziga o‘zi qipti. Endi ijozat berib bo‘ptilar.
Yuragim xunuk tortib, shig‘-g‘ etdi:
— Hali tekshirib kelib... elak-elak qilishadi deng?
U bosh to‘lg‘adi:
— Ungacha borishmasa ham... barcha harakatlarim zoe ketipti.
— Ijozat tegdi, deyayotgandek edingiz-ku? — dedim ichim tushib.
Olim akam endi eshik tagida turishni o‘ziga ep ko‘rmay, yo‘l boshlayverdi:
— Ijozat Oltinxon to‘ramning tomirlariga tekkan. Buni unga hamsoya etib qo‘shmoqchi edilar. Endi o‘ylashib ruxsat beradilar...
Bu qizil qor yog‘ib, tuyaning dumi yerga tegsa agar, degani bilan barobar edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:42:09
3. Sadag‘ang ketay qariyalar
(Bir uchi yolg‘iz muallifga ayon tarixlardan)


Ertalabdan ularning boshida shu niyat aylangandan aylanar edi: «Javr-javr — qalami o‘tkirgina o‘sha bolaga bo‘pti. Fayzullaxonni insofga chaqirib, Xolbekka uchrash kerakmidi? Savob ham kerak-ku odamga! Bunday tili shirin mirzoni qaytib qachon onasi tug‘adiyu, qachon bizga ishga keladi?! Insof ham kerak odamga».
Qaerdan shu fikr-shu niyat uch qariyaning ko‘ngliga tushdi, hamma uyiga sig‘ganda ular sig‘may qolgan, eldan burun ishga otlangan edilar.
Jamalaksoch qizaloqligida shu dargohga kelganicha nechta mashinkani «sayratib-qaritgan» Gulsum opoy shu niyat-la sarkotibgami, kimga uchrarini mo‘l kelar edi.
Hammadan burun kelib olgan ishxonaning «ming yillik kutubxonachi»si (qarib, pakana tortib — mitti kampirga aylanayozgan) Osiyo xola esa, eshik-derazalarni ochib, kutubxonani shamollatib o‘tirar, yo‘lakda tiq etgan tovushga bir mo‘ralab, kimnidir yo‘lini poylar edi.
Gulsum opoy yog‘ tomsa yalagudek yarqiragan yo‘lakka kirib kelganida kotibning eshigi har qachongidek ochiq turar, opoy niyatiga yetgandek edi. Sumkachasini ish joyiga tashlab chiqsayoq, bas. «Opoy-opoy»lab bir yerga yetadigan kotib iltimosiga yo‘q demas. Jindek insof qilsa — qilibdi bolaga.
Ammo opoy eshik ro‘parasidan shipillab o‘ta turib qabulga kechikkanini ko‘rdi. Hamisha xushchaqchaq kotibning ro‘parasida baland bo‘yli, salobatdan Xudo qismagan adib Habib No‘’mon (o‘sha «Yoshlikda bergan ko‘ngil»ni yozgan kishi) yuzidan nur yog‘ilib o‘tirar edi. Bu nur bejizmas, Habib aka o‘n yoshida Qur’on ko‘targan — «bulbul qori» nomini olgan ekan. Buni hozir birov bilib, birov bilmaydi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:42:51
Shu odam bugun ertalabdan bu xonaga qo‘r to‘kib, kotibni qadim bir rivoyat bilan siylar, u ham jon qulog‘ini berib tinglar edi.
— Shunaqa, Fayzullaxon. U tuyakash yigitning hech bir tuyasidan noliydigan joyi yo‘q ekan. Hammasi cho‘k desa, cho‘kar, tur desa, turarkan. Burundug‘idan ip o‘tkazib, Shomga qadar borib keladi ekan. Kunlarning birida o‘sha tuyalaridan bittasiga jin tegib, birovning bog‘iga surib ketibdi. Surib ketgani mayli, yigitga bo‘y bermay butun bog‘ni payhon etib tashlabdi. — Habib aka so‘zni birovdan qarzga oladigan odam emasdi. Shu bois kotib eshikni berkitishni ham unutib uni tinglar, ikkisi ham rivoyatga berilib ketgan edilar. Habib aka esa, hatto o‘rnidan turib olib, papirosni ulab chekkanicha hikoyani davom ettirar edi. — Shunaqqib, Fayzullaxon, quturgan tuya arzimagan vaqt ichida birovning guldek bog‘ini yer bilan bitta qilibdi. Egasi chiqsa, haligi ahvol. Yigit tuyasini quvib yurganmish, tuya esa, u tomondan bu tomonga haloplab choparmish. Bog‘bonning fig‘oni chiqib, tuyakashni bo‘ralab so‘ka ketibdi:
— He, eplasang yetakla-da tuyangni! O‘rgildim sendek tuyakashdan! Ol, quturgan tuyangni, Xudo bezori,— deb kamiga orqasidan tosh otgan ekan, yigitning to‘pig‘iga borib tegibdi. Yigit ham jon achchig‘ida o‘sha toshni ola bog‘bonning o‘ziga itqitsa — Xudoning yozmishini ko‘¬ring— tosh qariyaning boshiga tegib, u shilq etib qulabdiyu omonatini topshirib qo‘ya qolibdi.
Shovqin-suronga qo‘rg‘ondan yugurib chiqqan o‘g‘illar ko‘rishsaki, haligi ahvol: bog‘ payhon qilib tashlangan, kamiga otalari yerda jon taslim qilib yotibdi. O‘g‘illar, albatta, buni tuyakashdan ko‘rib, avval uni tutib, toza do‘pposlashibdi. Axiyri esa, qonga qon da’vo qilib, qoziga boshlab keptilar. Qozi nima qilsin, tuyani jazoga tortolmaydi, tuyakashni o‘limga hukm qipti. Shunda Fayzullaxon, haligi musofir so‘z so‘rab, qoziga murojaat etibdi:
— Qozi janoblari, na iloj, osmon yiroq, yer qattiq, men hukmizga roziman. Faqat menga uch kungina muhlat bersangiz. Falon shaharda yolg‘iz onamu ahli ayolim qolgan. Qolaversa, odamlardan olgan omonatim bor. Ruxsat eting, uni qaytarishga, tokim or¬qamda qarzim qolmasin. Borish-kelishga ikki kun ketadi. Bir kun ularni ko‘rib, qarzlarimni qaytarishga yetar, — debdi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:43:21
— Yaxshi, kim kafillikka o‘tadi? — debdi qozi.
Hamma jim emish.
— Xaloyiq, men yigitga ijozat berolmayman. Kimdir kafillikka o‘tishi kerak, — debdi qozi.
Shunda Fayzullaxon, oppoq kiyingan bir qariya o‘rtaga chiqib kelibdi:
— Mana, men o‘tdim, unga javob beringiz: bo‘ynidagi qarzlarini uzib kela qolsin, — debdi u.
Hukm kuchga kirib, yigitni ozod etib o‘rniga qariyaning bilaklariga kishan uribdilar...
— Ajabo, qariya nimaga ishonib kafillikka o‘tibdi? Yigitni qaerdan taniydi ekan? — dedi kotib.
— Siz oxirini eshiting, Fayzullaxon,— dedi adib.
— Hali oxiri ham bormi?
— Bo‘lganda-chi! — dedi Habib aka papirosni bosh barmog‘i birla o‘rta barmog‘ining orasiga olib, uchini kuldonga ezg‘ilarkan. — Aytilgan muddat o‘tib, kafil dor tagiga opchiqib qo‘yilganmish-u, yigitdan darak yo‘qmish. Qozi hayron: ostirib yuboray desa, qariya uvol. Tangrining oldiga borganda nima deb javob beradi?
Da’vogarlar hayron: qotil ketib, bir oppoq — taqvodor qariya dor tagida ikki rakat namozini o‘qib o‘tirganmish.
Xaloyiq hayron: yosh ketib, dor tagida qariya qolganiga. Buning hikmati ne — hech kim tagiga yetolmasmish. Kafil turma, kafansiz ketasan deganlari balki shudir? Shunda uzoqdan bir qora ko‘rinibdi. Tikilib, intiqib qarashsa, javob so‘rab ketgan musofir halloslab chopib kelayotibdimish.
Yana hamma hayronu hayratda qopti: nedurki o‘limdan qutulib ketgan tuyakash dor tagiga qaytib kelyaptimish. Kelganda ham kech qolmadimmi deb, halloslab chopib kelyaptimish.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:43:32
U yetib kepti ham:
— Voh, Xudoyimga shukr, ulgurib keldim-a, jilla qursa, sizning ham xuningizga qolar edim, — deb qariyaning oyoqlari ostiga o‘zini tashlabdi.
Shunda qozi kafilni ozod etishlarini buyurib, yigitga savol nazari bilan qarabdi:
— Xo‘sh, o‘g‘lim, dordan qutulishga-ku qutulib ketuvding. Yana nechun halloslab yugurib kelding, o‘limga shunchalar tashnamisan? — debdi.
Yigit o‘rnidan turib, javob qilibdi:
— O‘limga tashna emasman, lekin bu kishiga so‘z qilib ketgan edim, musulmonlar lafzida tura bilmasakan demasinlar deb, qaytib keldim, — debdi u.
Qozi kafil turgan qariyaga o‘girilibdi:
— Siz-chi, qariya? Bu yigitni tanirmidingiz?
— Yo‘q, tanimasdim, — debdi u.
— Unda nimaga ishonib kafillikka o‘tdingiz? — debdi qozi.
— Lafziga ishonib. Qolaversa, bu shaharda bir musofirni kafillikka oladigan musulmon qolmabdi, demasinlar deb o‘tdim, — debdi qariya.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:43:51
Shunda bog‘bonning da’vogar o‘g‘illari o‘rtaga yugurib chiqib, tuyakash yigitni quchoqlab olibdilar:
— Shoshmang, qozi janoblari. Bu yigitni biz gunohidan o‘tdik, Alloh rozi bo‘lsin sizlardan, — deb turib olishibdi. Taqdir shunday narsa, Fayzullaxon. Men ham oldingizga shu oq boshim bilan bir ish yuzasidan kirib o‘tiribman, nimagaligini tushungandirsiz? Keling, Siz ham o‘sha mirzo bolaning gunohidan o‘ting. Hamiyat qiladigan odam qolmabdi, demasinlar bu ishxonada. O‘zi uzoqqa boradigan bola, abgor qilmaylik uni...
Gap aylanib nimaga taqalganini anglab yetgan kotib, o‘rnidan turdiyu bosh egdi:
— Men rozi, qori aka, — dedi u o‘zi ham allaqanday yengil tortib. — Faqat Xolbek akaning oldilaridan bir og‘iz o‘tsangiz bo‘larmidi...
— O‘taman-o‘taman, — dedi qariya ham tura boshlab, — Sizga rahmat, Fayzullaxon, men qariyaning so‘zini ikki qilmaganingiz uchun. Xudo xohlasa, buning ajrini ham ko‘rgaysiz, — dediyu chiqdi.
Haftaning boshi hech kim kutmaganda ana shunday xayrli boshlangan edi. Darvoqe, sadag‘ang ketay qariya-lardan bunday go‘zal vallomatlikni kutish kimning xayoliga kelibdi?!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:44:28
4. Yusufbekxojining chevarasidan ko‘rilgan muruvvat

Men «ishdan haydalib bo‘lgan odam»... haftaning boshida eldan burun ishxonaga yetib kelganimga o‘zim hayron edim.
Qo‘ltig‘imda bir dasta topshiriladigan kitoblar, qavatimizga ko‘tarilolmay (xuddi ko‘rgan odam: o‘l kepsan-ku, deydigandek!) zina tagida qisinib turarkanman, elburutdan kelib olganimga o‘zim pushmon edim. «Kamchatka»dagi kutubxonaga o‘tib olsam bas edi-ku, lekin qavatimizga chiqib, yo‘lakdan o‘tishga yuragim bezillab turar, biron kishi bilan ko‘rishib qolishdan qochib, zina tagidan chiqolmas edim. Birdan kallam ishlab qoldi: axir, past qavatdan borsam, oxirida zina bor-ku. Undan chiqib, kutubxonaga kirib olish mumkin-ku. Qolaversa, o‘sha yerda jon saqlab, biron soat o‘tirgach, kutubxonachi Osiyo opadan azmoyish olib, buyruq chiqqan-chiqmaganini bilmoqchi edim.
Bu niyat o‘zimga ham ma’qul tushib, pastki qavat bilan shipillab borib, yo‘lak oxiridagi zinadan shunday ko‘tarilsam, baxtimni qarangki, kutubxona eshiklari lang ochig‘-u, tiq etgan jon ko‘rinmaydi. Osiyo opa xonani shamollatay deb, eshik-derazalarni ochganu o‘zi po‘chta olganimi, nimaga ketib, qaytmagan edi.
Jonim kirib, kutubxonaga o‘zimni urdimu kitob javonlari ortidagi qay bir derazaning rahiga o‘tirib olib, ko‘rib ulgurilmagan kitobni varaqlashga tushib ketdim. Hali topshirib yuboradigan bo‘lib qolsam, qaytib ko‘ra olamanmi-yo‘qmi, deb o‘qishga berildim. Qolaversa, biron yerda vaqt o‘tkazmoq ham kerak-ku.
Bir mahal Osiyo opa bilan boshlashib, kutubxonaga kimdir kela boshladi. Ular yo‘lakay hol-ahvol so‘rashib kelardilar:
— Shunaqa deng-a, Osiyoxon, qarab turib momo bo‘pqopsiz-da, muborak bo‘lsin, muborak bo‘lsin. Xudo umri bilan bergan bo‘lsin. — Ovoz juda tanish edi, men ularni ko‘rmasam-da, boshlashib kelayotgan odamni tanib bo‘lgan edim: u muharrir muovini Xolbek aka edi. — Bir eriydigan bo‘psiz-da, Osiyoxon. Qachon endi chaqirmoqchisiz? — Xolbek aka ichkari kira oromkursilardan biriga yastanib ola qoldi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:44:56
Menga juda noqulay tuyilib ketdi: chiqay desam, chiqib ketolmayman, qolay desam, qololmayman. Derazadan tushib gum bo‘lish ham mahol. Qamalib qolgan o‘g‘ridek qisinib oldim.
— Keyingi haftalarga, — dedi Osiyo opa uning qarshisiga cho‘kib, — yana o‘ziz bilan maslahatlashib kunini aniq qilarbiz.
— Bu boshqa gap. Siznikidan ham va nihoyat is chiqadigan bo‘pti, Osiyoxon. Tabriklaymiz-tabriklaymiz, tortinmay aytavering, nima yordam kerak, — dedi Xolbek aka eshilib.
— Borsangizlar bo‘ldi, — dedi Osiyo opa, — boshim ko‘kka yetadi.
— Yo‘q, undaymas. Qutlug‘ dargoh degan nomimiz bor. Tortinmay aytavering, nima kamchiligiz bor: gilammi, televizormi? Bizdanam biron esdalik kirsin o‘sha kulbaga.
— Ey Xolbek aka, qo‘ying unday narsalarni, — dedi kutilmaganda qo‘l silkib Osiyo opa. — Sizdan ko‘p yaxshiliklar ko‘rganmiz. Ortig‘i ortiq. Faqat...
— Nima faqat? — dedi Xolbek aka qaddini sal ko‘tarib. U men tomonga qarasayoq bu yerda kim o‘tirganini ko‘rar-u, lekin qaramas, butun fikri-zikri kutubxonachida edi.
— Bizga qiladigan yaxshiligizni bir odamga qilsangiz xo‘b savobga qolar edingiz, — dedi Osiyo opa o‘tininqirab.
— Kimga ekan, men taniymanmi, o‘zi? — dedi Xolbek aka bu dabdurust gapdan hayron qolib.
— Taniysiz, — dedi Osiyo opa.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:45:05
— O‘zi-chi, til-zaboni yo‘qmi o‘zining? Sizni o‘rtaga qo‘ymasa? — dedi Xolbek aka negadir qiqirlab kulib. (Birov yordam so‘rab kirsa, u kishining shunaqa eshilib ketadigan odati bor edi.)
Hozir ham oromkursida taltayinqirab o‘tirganicha oyoqlarini cho‘zib, ikki qo‘lini ikki yonga tashlab yuborgan edi.
— Birov o‘rtaga tush degan joyi yo‘q, Xolbek aka. O‘zimcha so‘rayapman, — dedi Osiyo opa stol ustini kafti ila sidiribmi, artibmi.
— O‘zimcha? Iy, g‘alati-ku, o‘ziz qolib, birovga so‘rab yursangiz, — Xolbek aka ko‘zlarini yumib, boshlarini sarak-sarak qilgancha ta’sirlanib-ta’sirlanib kula boshladi. — Anoyimisiz, nima balo?!
— Eshiting-da, Xolbek aka, — dedi kutilmaganda opa zardaliroq qilib. — Sizday odam bor joyda nohaqlik bo‘lsa, yaxshimas-da. To‘g‘rimi?
— Iy, qiziq-ku. Qanaqa nohaqlik? Qolaversa, men kim bo‘pman? — dedi Xolbek aka qizishibroq. U gap o‘zani bu yoqqa burilishini kutmagan shekilli  «Voy, Osiyo xonim-ey. Shunaqa deng-a? Men kim bo‘pman?» deb qo‘yar edi.
— Sizmi, Yusufbekxojining chevarasisiz. Xojining esa kimligini yaxshi bilasiz, — dedi kutilmaganda opa.
Birdan Xolbek aka ang-tang qolgancha, qotib qoldi. Ko‘rib turibman, uning yuzi qorayib, qo‘ng‘irtob tusga kirgancha qolgan, o‘zi Osiyo opani endi ko‘rayotgandek tikilgancha tosh qotgan edi. Bu tarixni eshitayotgan o‘zim-chi, undan kam lol emasdim: Qarang-a, kimlarning zurriyotiyu avlodi bilan ishlayotgan ekanmiz, derdim.1 Ammo u:
— Siz nima deyayotganingizni bilasizmi o‘zi? — dedi anchadan keyin ovoz bitib. O‘zi esa turib ketarini ham, qolarini ham bilib bo‘lmasdi. Men Xolbek akani bu holatda birinchi marta ko‘rib turishim edi, qarshisida Osiyo opadan bo‘lak odam bo‘lsa, nima deyarini o‘zi biladigandek edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:45:47
— Nega bilmayin, Xolbek aka. Siz o‘shalarga tortib borayotganingiz bilan biz faxrlanib yuramiz-ku,— dedi u. — Shundan haddim sig‘ib, shu gapni sizga aytayapman-da. Yetimlarga siz muruvvat qilmasangiz, kim qiladi, Xolbek aka?
— Xo‘-o‘v, Osiyoxon-Osiyoxon. Sen meni jon-joyimdan olding-ku, jon-joyimdan, — dedi Xolbek aka kutilmaganda uni sensirab va bosh chayqab-chayqab. — Hamma menga oson tutsayam, sen tutma, Osiyo. Menga qolsa, bilasanmi, Osiyo, nima qilardim: hech kimning ko‘zyoshini oqizishga qo‘ymasdim. Qo‘ydirmasdim! Na ilojki, ixtiyor mendamas. Qolaversa, biz sen aytgan, nomlarini tilga olgan buvalarimizning tirnog‘iga arzimaymiz! Nima qilibmizki, Xolbek nomini ko‘tarib yuribmiz?! Yodgor o‘g‘li nomida yuribmiz?! Sen mening xasrat qutimni, shon qutimni, hammadan sir tutgan asror qutimni ertalabdan ochib yubording, Osiyo. Men istamaymanmi, qutidoru Yusufbekxojidek buva-kalonalarimizga o‘xshab muruvvatpesha bo‘lib yashashni? Ammo unga qani imkon, qani sharoit? Na qilaylikki, Osiyo, toleimiz shunday past yaralmish?! Balki men adashayotgandirman, izdan chiqib ketgandirman. Lekin ilojim qancha, qahri qattiq, xo‘mraygan bir zot, o‘zini kulib yenggan, nafs bandasi qilib ko‘rsatgan qiyofada yashashga majburman, Osiyo. Hamma tushunmasa ham sen tushunarsan, deb o‘ylayman... Ha, darvoqe, kimga muruvvat qilmoq kerakligini aytmoqchi eding? Ko‘nglim mumdek erigan chog‘da aytib qol. Keyin kech bo‘lmasin.
— O‘sha qalami o‘tkur mirzoni, sizning yurtingizga borib ishlab kelgan yigitni aytaman, — dedi opa kutilmaganda mening nomimni tilga olib, o‘ng‘aysizlikdan turib ketarimni ham, qayoqqa qocharimni ham bilmasdim men.
— Ha, ungami, ichidagi alamini sezdirib qo‘ygan anuv mirzogami? — dedi Xolbek aka eslab. — Uning aybi bitta — bizga o‘xshamaydi, — dediyu u tura boshladi.
— Nima qilsin, kirsinmi? — dedi Osiyo opa ham qo‘zg‘olib.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:46:08
U kishi yarim yo‘lga borib o‘girildi:
— Mayli, — dedi bo‘g‘iq bir tovushda, — ammo aytib qo‘y, qadamini bilib bossin. Bunaqada qalamini sindirib qo‘yadi. Qalam esa, har kimga ham berilvermaydi.
— Xo‘p, Xolbek akajon, aytaman, tayinlab-tayinlab aytaman. Ilohim, dunyo turguncha turing, — deb azza-bazza ortidan duo qila boshladi opa.
 U kishi eshikka yetganda yana to‘xtadi:
— Shu gap shu yerda qoldi. Qolaversa, boyagi gaplaram 1? — dedi o‘tingandek.
— Bo‘lmasa-chi, Xolbek aka. Siz meni endi ko‘rayotganingiz yo‘q-ku, — dedi opa.
— Devorni ham qulog‘i bor deyman-da, — deb u kishi chiqdi.
Men — devorning qulog‘i esa, chiqar tugul, qimirlashga madorim yetmay turganimcha turar edim. Ammo yuzlarimdan oqib tushayotgan shashqator yoshlarni na to‘xtata olardim, na adog‘i ko‘rinardi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:46:58
5. Allohdan chevarroq kim bor, qori aka?!

«Bismillahir Rohmanir Rohiym. Vas solatu vassalamu ala rasulillah. Ammo ba’d.
Xatingizni oldim, qori aka. Diyorga safarni hatto safardoshlardan sir tutmoq lozim bo‘ldi. Ko‘z tegmasin, Bahriddin yetilibdi. U hatto yollab jo‘natgan kishilariga-da mening kimligimni aytmabdi. Shu gung qulimizni ola keting, biz uchun aziz diyorni suvratga tushirib kelsin. Mana bu, xarita, biz yashagan joy-manzillar, mumkin bo‘lsa, izlab ko‘rarsiz, debdi.
Shu sababga  ko‘ra, Sizga-da ma’lum etolmadik. Ma’zur tutgaysiz.
Diyorga boraringizni bilsam, yolg‘iz tomirimga duo-lar yo‘llagay edim, debsiz. O‘zimning ham Andijon tomonlarga o‘tish niyatim bor edi, afsus, yo‘l tushmadi. Sizning yolg‘iz Yodgoringiz bo‘y-bastini ko‘rmoq, sizni xursand qilarlik bir xabarlar keltirmoq ilojini topmadim, uzr. Qolaversa, men birovning qora quli, Allohning bir «gung-soqov» bandasi qiyofasida edim. Izn-ixtiyorim o‘zimda bo‘lganida, balki qaytmasmi edim, umrbodga qolarmi edim vatanda! Ammo diyorda qolib bo‘lmadi! Jondan aziz yaqinlarimga jabr qilib qo‘ymog‘im mumkin edi.
Taqdirning turfa o‘yinlarini ko‘ringki, qori aka, Vatan jamoliga yetishdim deganda unga sig‘may turardim, begonadek his qilardim o‘zimni. Qandoq qurilgan ekan bu dunyo?! Allohning ko‘rsatganiga shukr etib, jim-jim qaytmoqdan o‘zga iloj yo‘q edi.
Hayratlanarli biron narsa ko‘rdingmu, deb so‘rabsiz.
Oh, qay birini aytay?! Vatanning har qarichi— misoli bir jannat edi! Uni bir bora ko‘rmoq uchun jon nisor etsa arzigay edi! Umrbod sarson-sargardon yurganlaring, begona yurtlarda darbadar kezganlaringga rozi ketmoq mumkin edi! Diyorda qori aka, har qadamda jannat islarini tuymoq mumkin edi. Har soniyada bir yig‘lab, bo‘shanmoq mumkin edi. Bu yig‘iga, u ko‘zyoshlariga hech narsani tenglashtirib bo‘lmasdi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:47:07
Faqat bir afsus, bir armon yurakni o‘rtaydi: farzand bo‘lib tug‘ilib, bu diyorga nima qilib beroldik? Ro‘shnolik chirog‘ini yoqmoqchi edik — yoqoldikmi, Alloh rozi bo‘ladirgan bir ishlar qilmoqchi edik — qiloldikmi, mana shular tinchlik bermasdi, o‘rtab qo‘ymasdi. Yaxshiyam «gung-soqov» bo‘lib ketganim, damim ichimda, alamimni ko‘zyoshlarimdan olardim, xolos.
Yana bir gap.
Biz ham o‘zimizni mujohid sanab yuribmiz ekan, qori aka. Bilasizmi, borganimdan kelgunimcha bolalikda ko‘rganim bir voqea hech ko‘z o‘ngimdan ketma¬-sa-ya!..
O‘sha bolaligimizda qishloqning eng chekkasida yolg‘iz bir xonadon bo‘lguchi edi: atrofi uch paxsa devor bilan o‘ralgani kamdek, o‘ngib ketgan darvozasi hamisha berk — qulflog‘liq turar edi. Uning qulfi zang-lab, qorayib ketgan, qachon ochilganini ham hech kim eslay olmasdi. Kaliti soyga tashlab yuborilgan deyishardi kattalar. Nega, biz hech tushunib yetmasdik. O‘sha tuproqtomli, pastak uyga odam zoti kirib-chiqmas, bizni ham yaqin yo‘latishmas edi.
«Borako‘rma, o‘lasan! U yerda yakkamoxovlar yashashadi! Nima, senam yakkamoxov bo‘lib qolmoqchimisan?» deb so‘kib haydashgani-haydashgan edi.
Lekin bizga qiziq edi. Bu yoqdan haydashsa, u yoqdan aylanib borib, tomosha qilardik. O‘sha yassi tomiga orqa tomondan chiqib yotib olardik-da, yakkamoxov — er-xotinning uydan chiqishlarini kutardik.
Bir mahal yuz-ko‘zlarigacha o‘ranib olgan ajinadek bir ayol chiqardiyu bizni ko‘ra derazalariga latta-lutta tutib tashlangan uyiga urib ketardi yana! Keyin soch-soqoli o‘sib, patak bog‘lab ketgan barzangi eri chiqib, qo‘liga ilingan narsani tomga otganicha, bizni bo‘ralab so‘kib haydashga tushar edi. Qochmay ko‘r-chi!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:47:37
Biz qay birimiz tomdan tashlab, qay birimiz qorinlarimiz tilinib, bo‘g‘otga osilib qolar edik.
— Yo‘qollaring, otib tashlayman! Joningda umiding  bormi,  ahmoqlar! — deb  baqirardi  ortimiz-dan u.
Qayda, sal nari borib, biqinib turib, uni o‘chishi ila yana qayta tomga tirmashardik. Qiziq-da: ekmasa, tikmasa, soyga suvga chiqmasa. Birovlar nahraga qo‘yib ketgan nonmi, sut bilan kun ko‘rsa. Yashab bo‘ladi ekanmi shunday?!
Eri tog‘dan tushib kelgan, soppa-sog‘ edi. «Bosmachi»lar orasida yurib-yurib kelsaki, xotini bunday dardga yo‘liqib, hech kimga aralasholmay qopti. U shu qolgancha qolib ketdi, irganmay ham yashayapti edi. Qarang-a, moxov bilan ham yashash mumkin ekan! Qirqma miltig‘ini yelkasiga osib ketvorsa — tog‘dagi sheriklariga qo‘shilib ketsa, kim nima derdi?! Ketmadi! Shu ketmagani qiziq edi bizga! Yassi tomga yotvolib, uning hovlida xotiniga, o‘ziga dori tayyorlashiga termulganimiz-termulgan edi. U esa, hovlidagi yolg‘iz sariq anjir soyasida o‘tirvolib, tabibchiligini boshlardi. Ya’ni biz avvalgi kunlari eski devorlar tag-kavaklaridan terib kelgan bosh barmoqdek-bosh barmoqdek chayonlarni shisha bonkadan bittalab tushirib, qo‘liga olardi-da, (qo‘rqmagani uning! Chaqib oladiyam demasdi!) boshini boshmaldog‘i bilan o‘rta barmog‘i orasiga olib, eza boshlardi.
Shunda deng, chayon dumini gajak qilib, nishini urarga joy izlab qolardi. U esa, chapdastlik bilan sutli kosaning chetini tutardi. Shunda chayon kosa chetiga nishini urib, zaharini to‘kar, keyin o‘sha sutni avval xotini, so‘ng o‘zi simirib icha boshlar edilar! Voh, qanday dahshat! Chayon zahrini ichsalar-a! Biz yotgan yerimizdan tura qocha boshlardik.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:48:15
Ana o‘sha moxov xotinidan kechib ketolmagan qora soqolli odam, uning sutga zahar solib dori tayyorlashlari butun safar davomida ko‘z oldimdan ketmasa-ya, qori aka! Bolalikda uncha anglab yetmagan ekanmiz. Shuncha yillar kechib, endi uning kimligi menga ma’lum bo‘lib borayotgandek edi!
O‘zingiz ayting, qori aka, ahli ayolining boshiga o‘shandek qora kun tushgan chog‘da ham uni tashlab ketmagan, undan irganmagan, oxirigacha bir tom ostida yashashga ko‘ngan kishi oldida biz kimmiz, kim bo‘bmiz?! Ana uni mujohid desa bo‘lar! Balki shuning uchun butun safar davomida ko‘z o‘ngimdan ketmagandir. Nima bo‘lganda ham Allohning hikmatiga tushunib yetmoq dushvor edi, qori aka.
Qolaversa, bu xatni yozmog‘imdan murod — o‘sha safar chog‘ida yana bir odam uchradiki, uni sizga aytmasam bo‘lmas. Chunki uni siz bizdan yaxshiroq bilasiz. Ha-ha, o‘sha sizning haloskoringiz, Miyonko‘ldagi qatli omda shuncha qori ichidan sizni qutqarib qolgan nobakor shogirdingiz edi u. Kelib-kelib nega u menga yo‘liqdi, o‘zim hayronman. Yo bu ham Allohning chevarligi, xos hikmatlarini bir-bir ma’lum qilmog‘i edimi? Bilasizmi, men uni qaerda uchratdim? Toshkentning qoq markazida, o‘sha Piyonbozor o‘rnida qurilmish mashhur mehmonxona oldida uchratdim, qori aka.
Oqshom edi. Ko‘chaning u betidagi teatr maydonida odamlar sollanib kezishar, favvora shovvasi tinim bilmay tepaga otilib yotar, faraxli bir pallada o‘sha aziz manzaralardan ko‘z uzolmay o‘tirarkanman, eski gazetalar taxlamini orqalagan bir bedavo ko‘chani kesib o‘ta boshladi. Uning egnida rangi unniqib ketgan bir ko‘k movut kitel-shim, belida qo‘sha-qo‘sha yag‘iri chiqqan belbog‘lar, peshonasini ham o‘shanday bir latta bilan tang‘igan, oyog‘iga esa kimlardan qolgan ko‘n etikni kiyib olgancha kelmoqda edi. Kuni bilan biz tomonga hech kimni yo‘latmagan melisa yigitlar ham charchashgan shekilli, unga orqa o‘girib, o‘zlarini ko‘rmaganga solib turishar, bedavo esa to‘g‘ri biz tomonga kelmoqda edi. Yelkasidagi kamdek, katta bir gazeta bog‘lamini bilagiga ilgancha (u har qadamda tizzasiga urilib chir aylansa ham parvo qilmas), o‘zi bir narsadan quruq qoladigandek shu tomonga yer suzib kelar edi. U shu atrofning sang‘i — devonasi shekilli, birov qayrilib boqmas edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:48:47
Mening esa, (tanimabman avvaliga!) ichim achib boryapti. Shu atrofda gazet chiqaradigan gazetxonalar bor, shu dargohlarning tuzini yalab o‘tgan mirzo ekanmi, qariganida xor bo‘pti-ku, deyman. Ammo kitel-shimidan bo‘lak toifaga o‘xshaydi. Kim bo‘lsa ekan, boyaqish? Bu orada u men o‘tirgan joyga yetib kelib qoldi. Orada nechtadir zina bor, shu kelishida yukini yerga qo‘ymasa, men o‘tirgan o‘rindiq oldiga kelib to‘xtashi, yukini qo‘yib, nafas rostlashi tayin edi. O‘zi ham qora terga tushib ketipti. Nima zaril ekan, shuncha taxlam narsani ko‘tarib yurish?!
Yo‘q, devona birinchi zinadayoq yukiga qoqilib, cho‘kkalab qoldi. Orqasidagi yuki esa, boshidan oshib tushib, chizimchasimi, nimasi cho‘rt uzilib ketdiyu o‘zi sochilib, yer bilan bitta bo‘ldi! Ana shunda u ortidan it quvgan devonadek hovliqib matohlarini tera ketdiyu men uni yaqindan ko‘rib, hang-mang qoldim. U o‘zimizning baqiroq Akmal o‘risimiz, otdan tushsayam, egardan tushmaydigan chulchutimiz edi, qori aka.
Boya bir tomonga siltanib yurib, sal oqsab kelayotgandi, shundan ham tanimabman. Hozir qarib, yana ham xarob tortgan, men uni maymundan battar xunuk yuzidan tanib qolgan edim.
«Ha, Akmal aka? Bu yerlarda nima qilib yuribsiz?» deb yuborishimga bir bahya qolgan edi.
So‘nggi damda tilimni tishlab, damim ichimda jim qola qoldim. Men kinochilarga yollanib kelgan kimning qora quli (zanjidan battar odam) uni tanishim mumkin emasdi! Buning ustiga «gung»man! Borib-kelib uni uchratgan yerimni qarang!
Yaxshiyam u esi kirarli-chiqarli bir odam, meni tanimadi. Tanib qolgandami, ko‘rardingiz tomoshani! Yalab-yulqab o‘pa ketsami, quchoqlab olsami — badnom qilardi odamni. Shuncha toat-ibodatlarimni bir pul qilardi! Yo‘q, Xudoga ming qatla shukrki, tanimadi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:48:59
Matohlarini hovliqa-hovliqa terib-bog‘larkan, irgangandek bir qarab qo‘ydiyu, yana uni yelkasiga ortmoqlab, so‘kinib-netgancha bosmaxona tomonga keta boshladi.
Men hayron edim: u bu yerlarda nima qilib, tentirab yuribdi? Nima izlaydi? Yo qachondir shu atrofdagi biron idoraga bog‘langanu endi uni izlab topolmaydimi? Yelkasidagi gazetlari nimasi? Nega uni hech kimga ishonmay ortmoqlab yuribdi?
Shunda Siz sarhaddan narida aytib bergan tarix yalt etib yodimga tushsa-ya! Miyonko‘l fojiasi, qancha qoriyu qurrolarni, Qur’onni yod olib, ko‘ksiga joylagan kishilarni o‘zimizni chulchutlar so‘ygani yodimga tushib ketsa-ya! Bu axir o‘sha shogirdiz edi, qorilarning bo‘yniga tig‘ tortib, dudama bilan ularni shahidlik maqomiga yetkazgan kishi!..
Sopi o‘zidan chiqarilgan bir jallod o‘shanday kunda Sizni tanib qolib:
— Ie, ustoz, Siz bu yerda ma’qib yuribsiz? Yo‘q, bu kishi bulardan emas! Men kafilman, kafillikka o‘taman, — deb Sizni chiqarib yuborishi, naqd o‘limdan olib qoluvini qanday tushunmoq kerak, qori aka?
Yo bu ham Allohning xos hikmatlaridan birimi? Bandasi anglab yetolmaydigan?.. Balki. Axir aytadilar-ku qirq yil qirg‘in bo‘lsa, ajali yetgan o‘ladi deb.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:49:13
Akmal o‘risning bunday holga tushib yuruvi-chi? Bu ham bejiz emasdir? O‘sha qo‘ydek bo‘g‘izlangan qorilarning qoni tutmasa, kishi bu holga tushmasa kerak edi?!
Yo shu atrofda bir vaqtlar o‘sha ishga undagan bir mahkama bo‘lganmiki, u o‘shani izlab sargardon tentiragan devonaga ham o‘xshar edi. Balki men  yanglishayotgandirman, boshqa bir gazet jinnisini Akmal o‘risga o‘xshatib yuborgandirman. Lekin maymundek xunuk, tas¬qara basharasi hech ko‘z o‘ngimdan ketmasdi.
Alloh har bandani shu kuyga tushmoqdan O‘zi asrasin! Oxiratda ko‘radiganlarining uchqunini bu dunyodayoq ko‘rsatib qo‘yganga o‘xshar edi, tavba.
Shom tushib kelar, shahar o‘rtasida qaydandir achchiq kuyindi hidi anqib-anqib kelar edi. Diyorga bunday bo‘ylarni ravo ko‘rmagan bir quli — men alamimni ichimga qult-qult yutib o‘ltirar edim.
Alloh hammamizga O‘zi to‘zim bersin, qori aka. Nazarimda, diyorga qaytmoq fasliga hali erta shekilli. Balki men adashayotgandirman. Ilohim, adashgan bo‘lay.

Addoyi Sultonmurodingiz
Jidda».
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:49:28
6. Astrobod etilmish ulug‘lardan biri

Qurt dahaga kirgandek hammamiz o‘z stolimizga muk tushib, ishga kirishib ketgan ekanmiz, qitir-qitir bilan yozuvimizni yozib yotsak, qo‘ng‘iroq jiringlab qoldi.
Mudirimiz telefon qulog‘ini istar-istamas olib, jindek firoq, jindek zarda ila:
— Lab-bay? — dedi.
Keyin eshitib turib-turib:
— Bor, bor, — dediyu go‘shakni o‘zidan chetga olib,— ko‘zi uchib turibdi o‘ziyam,— deganicha menga qaradi,— Akayiz...
Boshimga dovur jimirlov yugurib, taxta bo‘lib qolayozdim! Qanaqasiga akam bo‘lsin?! Yana keptimi?! Xayolim Sultonmurod akamga ketibdi! Dovdirab turganimni ko‘rib, mudirim yumshadi:
— Olim akayizmush. Shunaqa akangiz ham bormi?
— Shunday demaysizmi! Esimni chiqarib yubordingiz-ku, — dedim o‘rnimdan tura boshlab.
— Ha-a, xayoliz anuv akayizga... ketibdimi? — dedi u menga achininqirab.
Hamma gapni bularga aytib bo‘larmidi! Ayniqsa, anuv «feleton voqeasi»dan keyin. Tushungan unday deydi, tushunmagan bunday. Ustiga-ustak akamga o‘xshab chetda qolib ketganlarga qayishib-ku, o‘zim badarg‘a bo‘lib ketishimga bir bahya qoldi. Kimlar o‘rtaga tushib, kimlar kafil turib, joyimda zo‘rg‘a ilinib qoldim. Yana xayolim qochganini qarang. Bunaqada bir kunmas bir kun pand yeb qolishim tayin. Olim akam ham qiziq, shu yoqqa qo‘ng‘iroq qilib yurmay, uyga o‘ta qolsa bo‘ladi-ku! Nima gapi borakan?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:49:46
Hayiqibgina telefon qulog‘ini qo‘limga oldim:
— Labbay?
— E, Maqsud,  bormisan?  Suyunchini  chiqaraver, biz ketyapmiz, — dedi Olim akam tomdan tarasha tushgandek qilib. O‘lay agar, biron nima tushungan bo‘lsam!
— Qayoqqa-qayoqqa?
U sharaqlab kulib yubordi:
— E, pakana pari, pakana pari — xayolimdan ketmaydi nari! Unutdingmi, anuv kungi gaplarni? Ijozat tegdi. O‘zim olib ketyapman To‘ramning o‘g‘illarini...
— Shoshmang, shoshmang, Yodgor-chi, kennoyim-chi?— dedim nafasim ichimga tushib.
Hozirgina vahimasi olamni buzay deb turgan Olim akam yamlanib qolgandi:
— Aytuvdim-ku... O‘sha aytganimdek bo‘ldi. Ruxsat tegmadi. Lekin men boshqa yo‘lini topdim. Akamning boshi bir ko‘kka yetsin! Asli shunga qo‘ng‘iroq qilyapman. Yordaming kerak, — dedi boyagi-boyagi hovliqib.
— Men-a? Meni qo‘limdan nima keladi ekan? — dedim niyatiga tushunolmay.
Olim akam endi o‘zini bosib, dona-dona tushuntira ketdi:
— Sizlarda Penson, Glauberzon degan suvratchilar bor-a?
— Bor. Unisi o‘tib ketgan bo‘lsa ham, bunisi bor. Juda yaxshi taniyman.
— O‘shani opkela olasanmi?
— Qayoqqa? Siznikigami?
— Nega, o‘zinglarnikiga. Taklif qilsang kelar?
— Kelardi, lekin nimaga? — dedim o‘sha-o‘sha hayron qolib.
— Bir donagina, zo‘r suvratlari kerak. Qotirib olib bersin.
— Kimni... olib beradi?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:50:01
— Ey g‘alcha, — dedi kulib Olim akam, — nega tushunmaysan! O‘zlarini olib ketolmaganim-ketolmagan, jilla qursa, suvratlarini olib ketay! Axir oldiga shuncha joydan sho‘ppayib bormayman-ku! Jilla qursa, ruxsoriga to‘ysin, xotirjam tortsin!.. Qalay?!.
Men bo‘shashib tushgan edim:
— Yaxshi, men so‘rab ko‘ray...
— Sen yaxshilab iltimos qil. Xorijga ketayotgan odam bor, olib ketishi kerak de. Diydor qiyomatga qolib ketmasligi uchun ham kerak de. Ular tushunadi.
Men ado bo‘lgan edim: akam shunchalar omadsiz ekanmi? O‘g‘rincha bir kelib... (o‘zining yo‘lini o‘zi to‘sgani kamdek!..) jigarlarini xorijga chiqishdan ham mosuvo etib ketibdimi? Bu qanaqa jamiyat ekanki, otani boladan, ahli ayolidan ayirib tashlasalar, topishishga qo‘ymasalar? O‘zini kechirmaganlari kechirmagan, bularni uni ko‘rmoqdan ham mahrum etganmilar?! Shu bilan osmon uzilib tushadi ekanmi? Muftiy domlaning ham so‘zi kesmabdi-da?
— Bo‘ldimi, bugun-erta opkelasanmi? Ishondim-a o‘zingga? — deb telefonda shang‘illashini qo‘ymasdi akam.
— Yaxshi, ketguningizcha bir amallarmiz, — dedimu telefon qulog‘ini sekin joyiga qo‘ya qoldim.
— Tinchlikmi? — dedi mudirim ruhim tushib ketganini ko‘rib.
Men tinchlik-tinchlik, dedimu joyimga borib cho‘k¬dim. Ammo biron satr yozolmay, o‘tirib-o‘tirib, axiyri xonadan sirg‘alib chiqdim.
Glauberzonning xonasi «Kamchatka»da, kutubxona ro‘parasida edi. Iltimos qilsam, yo‘q demasligini bilaman. U shunaqa kichikko‘ngil, yumshoqzabon odam. Qolaversa, o‘ziga yaqin olib, suvratlariga ikki-uch og‘iz so‘z yozdirib yuradi. Sening tiling shirin, keyin suvrat ruhiga kira olasan, deb qo‘yadi. O‘zi keksa odamu negadir biz yoshlarni yaxshi ko‘radi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:50:17
O‘sha «Kamchatka»ga boryapsam, apparatini yelkasiga ilib, taqir boshiga yumshoq bir kungrador narsani ilgancha o‘zi kelyapti.
— Salom, uzoqqa boradirgan kichkina yozuvchi. Yo‘l bo‘lsin? — dedi.
Men to‘g‘risiga ko‘chib qo‘ya qoldim:
— Hizrni yo‘qlasam bo‘larkan, Sizga edi.
— Nechuk, — dedi u to‘xtab, — Qaytamizmi?
— Shart emas, o‘zizni ko‘rdim-ku, — dedim.
— Unda nima qilishimiz kerak?
O‘zimga kelganda birovdan bir narsa so‘rolmasdim. Shu odatimni tashlolmadim-tashlolmadim. Hozir ham chaynalibgina dedim:
— Bir odamga bir suvrat kerak ekan. Xorijga ola ketishiga. Shuni olib bera olasizmi?..
— Qachon, qaerda? — dedi u.
— Bugun bo‘lsa, bugun, bo‘lmasa, ertaga.
— Yaxshi, — dedi u yelkamga qoqib, — hozir vaqting qanaqa? Bo‘sh bo‘lsang, yarim soatga menga keraksan. Rosti, zo‘r bir yangilik bor. Kimga ilinarimni bilmay turuvdim. Yaxshi uchrading. Boramizmi?
— Siz yur deysizu bormaymi? Nima ekan? — dedim.
U yelkamdan quchib, qulog‘imga shipshidi.
— Kaydalovni bilasan-a?
— Zo‘r rassom, — dedim men, — qotirib chizadi, o‘shami?
— O‘sha, — dedi ovozini ko‘tarmay, — ming yillarga qoladigan bir rasm ishlab qo‘yganmish. Bir odamdan nusxa ko‘chirib. Bilding?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:50:28
— Yo‘g‘-e, qaerda? — dedim yutaqib.
— Yuraver, ko‘rasan. Mir Alisherdan bir tuki kam emasmish.
— Shunaqasi ham bo‘ladi ekanmi? — dedim azbaroyi hayratlanib.
— Bo‘ladi ekan-da, — dedi u ko‘z qisib.
— Kim ekan, aytaqoling, — dedim ichim quriy boshlab. Mening muxbirligim tutib ketgan, endi meni hech narsa undan uzolmas edi.
— O‘ziyam yuz yilda bir chiqadigan ulug‘lardan emish,— deb shipshidi u, ko‘zi esa, alang-jalang, yo‘lakda birov yo‘qmi, deb, alanglar edi. — Qolaversa, Astrobod etilmishlardan emish. Volodyaning gapi-da.
— Qaysi Volodya? — dedim tushuna olmay.
— Qaysi bo‘lardi, o‘sha Kaydalov-da.
— Ha-a, u bir narsani bilmasa aytmaydi, — dedim men ham. — Ketdikmi?
— Ketdik, bo‘limingga tayinlab qo‘y, izlab yurishmasin, — dedi u.
— Yaxshi, — deya yo‘lak bo‘ylab ilgariladim.
Qayoqqa ketayotganimizni aytib, pastga tushib borganimda Isoq aka oshnasining almisoqdan qolgan «Pobeda»siga joylashib, ikkovlashib meni kutishar edi.
Jildik. Mening savol xaltam ochilib ketgan, yol-g‘iz o‘zim orqa o‘rindiq o‘rtasiga o‘tirvolib, ijikilashga tushgan edim.
— Volodyaning o‘zi qaerda? Hozir ustaxonasiga boramizmi? — dedim ichim qurib.
— Umi, bir haftadan beri o‘sha kishinikida yotvolib ishlayapti-ku, — deb javob qildi Isoq akaning o‘rniga ham sherigi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:50:36
Juda-juda tushunarsiz edi:
— Yotvolib?.. Hech sog‘ yurmaydigan odam-a? Qanday bog‘lanib qopti?
Isoq aka boshini burib, kulimsirab qarab qo‘ydi:
— Ishonasanmi, shu rasmni deb, ichishniyam tashlabdi.
— Tashlabdi?.. — Osmon uzilib tushibdi desa, ishonardim, lekin Volodyaning tashlashiga ishonib bo‘lmasdi, — Yo‘g‘-e, — dedim baralla.
— Sasha, ayt, o‘zini gapi-a? — dedi Isoq aka sherigiga.
— Bir qultum ham olmayapti, o‘shaqqa boradigan kuni.
— Chidayapti ekanmi?
— «Ranjib qolsa, rasm chiqmaydi. O‘zining hurmatidan, dinining hurmatidan shunday qilyapman. Shunda bir sir ko‘rdim», deydi.
— Tavba, — dedim hayratga tushib, — O‘sha Volodya shunaqa narsalarni biladikanmi?
— Uni kim deb o‘ylayapsan, — dedi Glauberzon ko‘rsatkich barmog‘ini nuqib. — Hali borgin, ko‘rasan. Hech kim Navoiyni bundoq chizolmagan!
Bu orada Eski Juvadan o‘tib, Sebzorga qarab keta boshladik.
— O‘zi qayoqqa ketyapmiz? O‘sha aytgan odamiz shu tarafda turadikanmi? — dedim men.
Isoq aka bosh irg‘ab qo‘ydi:
— Borsak, ko‘rasan. Hayratlarga botib yurasan, shunaqa davlatmand odam bilan bir zamonda yashayapganimizga.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:50:47
Sirotkin mashinasini g‘ij-g‘ij odam chiqqan trolleybus ortidan solib edi, kutilmaganda uning shohi chiqib ketib, taqqa to‘xtadiyu mashinamiz borib urilishiga bir bahya qoldi. Siltanib to‘xtarkanmiz, Isoq akaning sherigi:
— Ana, ko‘ravur, qay zamonda yashayapmiz, — deb kuldi.
Keyin Taxtapulga yetmay o‘ngga burilib, tanish mahalla ichiga kirib borarkanmiz, ichim g‘urmishlab, sekin Isoq akaning yelkasiga qoqdim:
— Menga qarang, anuv mashhur tabib — To‘ram taqsirnikiga ketyapgan bo‘lmaylik tag‘in?
— Qaysi, Tibet tabiblari ham oldiga tusholmaydigan kishimi? — dedi u.
— Ha-da, qancha yil uy qamog‘ida o‘tirib, endi-endi eshigiga odam kelyapti-da.
— E, balli, Volodya qatta ekan, o‘shatta-da...
Chorak soatlardan keyin biz tanish darvoza oldida to‘xtab, uning bolachasidan engashib o‘tib, ichkari kirib borarkanmiz, oftobshuvoqdagi yog‘och karavotda qo‘sha-qo‘sha lo‘la bolishlar orasida, oldida davot-qalam, qo‘lida eskicha nastaliqda bitilgan g‘azalmi, maktubotmi, ushlagan sersavlat qariyani ko‘rib, dong qotib qopmiz. Qarshimizda rostdan ham asrlar qa’ridan labbay, deya chiqib kelgan munavvar zotlardek bir mo‘ysafid o‘ltirar, uning nainki oppoq sallasiyu o‘ziga yarashgan qizil chakmonidan, balki bodom qaboqlaridan ham nur yog‘ilar, rassom uni shundoqqina chizib olmog‘i mumkin edi...
U kishi men bilgan To‘ram taqsir edilar.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:50:58
7. Qamchingizga sallamno, qozi janoblari

«Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Avvalo, azimushshon Tangri taologa bu dunyoda yurgizib, turgizib, o‘ziga itoatda qilib qo‘ygan bandalari adadi qadar hamdu sanolar bo‘lsin.
Mahbub Payg‘ambarimizga bo‘lgan muhabbatimiz sababiyu u kishining xulqlari bilan xulqlanishga intilishlarimiz qadar U zotga salovatu durudlar bo‘lsin.
Shundan so‘ng, qozi pochcha janoblari, bizga ko‘rsatgan karamingiz vajidan o‘zlariga sallamno aytarimizga ijozat bersangiz.
Avvalo, o‘zimni tanitay: men o‘sha sizga bo‘y egib, ta’zim etmakdan bosh tortgan, buni o‘ziga or bilib, g‘ururi qo‘ymagan muhojirdirman. Qancha yaxshilar o‘rtaga tushganda ham uzringizni qabul etmab edim.
Yelkaga tushmish bir qamchi tufayli u diyorlarni tark etgan edik.
Eslagandirsiz?
O‘sha achchiq qamchi bejiz va ham behikmat emas ekan.
Bugun men o‘sha ta’zir qamchisi tufayli erishgan sharofatlarni aytaversam, ishonmassiz ham. Lekin nima chin — shu chindir. O‘sha ta’zir bizga ulug‘ sharofatlar keltirganini bilsangiz edi!..
Shuni sizga kamoli ehtirom bilan ma’lum qilmoqqa ruxsat etgaysiz, qozi pochcha janoblari.
O‘sha qamchi bo‘lmasa, (yashirmoq nega?!) biz Xudo xohlagancha u diyorda qolmoq, fozillar jamiyati ishini yurgizib, adolat urug‘larini sepmoq niyatini dilga jo etgan edik. Har qancha mashaqqatlar cheksak-da, bu ishdan qaytish niyatimiz yo‘q edi. Diyordan quvilgan kishilar — vatandoshlarimizni o‘z himoyamizga olmoq, imkoniyat yuz ochdi deguncha diyorga qaytarmoq rejalarini tuzmoqda edik.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:51:06
Qamchi busiz ham o‘ksik qalbimizni yomon yaralab, niyatlarimizni puchga chiqargandek edi, biz u diyorni tashlab chiqmoqqa majbur bo‘lgandik.
Uzr, qozi pochcha. Muhojirlarni ansorlar kabi bag‘riga olgan bir yurt nechuk ta’zir qamchisiga muhtoj bo‘lib qolibdi, deb xafalanibmiz-u, otdan tushib uzr aytmoqqa hozirlangan siz janoblarini tushunmabmiz. Jahl kelganda aql qochibdi. Ammo keyin bilsak, bizning aytganimizmas, Allohning xohlashi ustun kelmoqda ekan. Men buni Makkaga yetib, tavof maydoniga tushganimda, Allohning uyini ikki aylanib kelib, tavof chizig‘iga yetgan joyimda, ko‘k chiziq ustida to‘xtab, Hajarul asvad tomon duoga qo‘l ochgan kezimda anglab qoldim. Uyatlu va shirin bir his qamrab kelib deng, jonu jahonimni o‘rtamoqqa boshlagan edi...
O‘sha achchiq qamchi bo‘lmasa, bu xat qayda ediyu biz qaerda edik?! Shu yerlarga yeta bilarmidik hech zamonda? Alloh subhanahu va taologa sallamnolar bo‘lsinki, bir qamchi ila iqbol eshigini ochib, bizni bu yoqlarga yo‘llab qo‘yibdi.
Umrbod O‘ziga taqvo qilib o‘tayotgan zotlar qolib, biz Alloh uyiga yetib kelib tursak, minnatdorchiligimizni qay til ila izhor etaylik sizga, qozi pochcha janoblari? Negaki, o‘sha kuni o‘sha soat, o‘sha holatda sizga ro‘baro‘ kelmasak, bu haj qayoqda ediyu, bu tavof qayoqda edi!
Ich-ichimdan bir yig‘i, bir o‘ksik bosib kelib, o‘zimni tutolmay qolgan edim o‘sha pallada... Qaysi xizmatlarimiz Allohga xush kelibdiyu U O‘z uyi — Ka’batullohga chorlab chaqiribdi.
Sizsiz bu sharafga yetishmoq dushvor edi, qozi pochcha.
Ta’zir qamchingizga sallamnolar bo‘lsin! Tasannolar bo‘lsin! Usiz hidoyat yo‘li qayda ediyu, iqbol eshigi qayda edi?!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:51:18
Ijozat eting, Ibrohim maqomiga o‘tib, o‘tgan ustozlariz, volidayu volidlariz haqqiga duoda bo‘lsam. Shu tabarruk maydonda Qur’on xatm etib, azizlaringiz haqqiga bag‘ishlasam.
Men o‘sha uzringizni qabul etdim. Agar banogoh yoningizda bo‘lib qolsam, qamchi haqqini talab qilgan va Payg‘ambarimiz alayhissalom muhri nubuvvatlarini o‘paketgan sahoba singari yuzlaringizga yuzlarimni bosib, bir xumordan chiqqan bo‘lar edim.
Sizga-da bizning yo‘limizni berib, bu yoqlarga chaqirsin. O‘zi aziz ko‘rib, xorliklardan, xo‘rliklardan asrasin.
Kimni u aziz etibdir — butun dunyo birlashsa-da, xor etolmas. Kimni u xor ko‘ribdir — barcha inson u taraf bo‘lsin — baxtli etolmas.
Umidim bor diyorda qolgan azizlarim bilan shu sog‘inch diyorida ko‘rishmoqqa, topishmoqqa. Qay bir hislar shundan darak bergandek bo‘larlar. Ilohim, rost chiqsin.
Sizga barcha izzat-ikrom egasi Allohimdan har ikki dunyo saodatini tilab qolaman, qozi pochcha janoblari.

Duogo‘yingiz
Sultonmuroddan deb bilgaysiz.
Makkai mukarrama».
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:51:32
8. Dunyo turguncha turadirgan bir ish

«Ayollar saltanati»da edim. Biz mashbyuroni ham ba’zan  shu nom bilan ataymiz. U yerda nuqul mashinkachi qiz-juvonlar ishlashadi va ko‘pincha biz numerga tushadigan qistalang ishlarni aytib turib yozdirgani bu saltanatga kiramiz.
Ishimni Gulsum opaga yozdirayotgan edim, telefonga yaqin o‘tirgan juvon:
— Hoy, mirzo yigit, astaroq aytavering, ko‘z tegadi. Baribir sizni shahar telefoniga chaqirishyapti ekan, — deb qoldi.
Ishni beliga tepishganidan og‘rindim-u, lekin buni qilcha sezdirmay o‘rnimdan turdim. Yo‘lakay Gulsum opaga uzr, juvonga rahmat aytib chiqdim.
Borsam ayolim:
— Adasi, assalomu alaykum, uzr, menman, — deb turibdi telefonda. U huda-behudaga qo‘ng‘iroq qilavermasdi.
— Nima gap, tinchlikmi? — dedim alik olishni ham unutib.
— Oyimla o‘zini chaqiring deyaptila. Kelib ketmasangiz bo‘lmaydi shekilli, adasi.
— Yo‘g‘-e, shuncha qistalang ishlarim turib-a? — dedim qanday javob so‘rashni xayolimga ham keltira olmay: axir terishga tushadigan narsalarni topshirmay qayoqqa boraman?! — Nimaga ekan o‘zi? — dedim tubiga yeta olmay.
Ayolim bu paytda yalinishga tushgan edi:
— Jon, adasi, baraka topgur, adasi, jindek vaqtizzi ayamang...
— Vey inson, men ishdaman, tushunasizmi?
Birdan u jim bo‘lib qoldi. Tushundi desam, miq etib ovoz berib qo‘ymaydi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:51:42
— Meni ishim — o‘yinchoq, oydinda oyog‘im bilan yozib tashlaydigan narsalar, deb o‘ylaysizlar shekilli?— dedim kamiga.
— Voy, adasi, kim shunaqa deyapti? Kim oson tutyapti sizga?
— Oson tutmasangiz tushuninglar-da.
— Yaxshi, — dedi u murosai madoraga ko‘chib, — Oyimlaga nima dey? Kelolmasakanla deymi?
U meni nozik joyimdan ushlagan edi. Hamma-hamma bilan men oyimlarning gaplarini ikkita qila olmasdim. Xotinim ham shuni bilib turib so‘ramoqda, men past tushishga majbur edim. Qolaversa, ichim g‘urmishlashga boshlagan edi:
— Xo‘p, nimaga chaqiryapsizlar o‘zi? Aytsa bo‘ladimi?
— Kim bekordan-bekorga chaqiradi, adasi. U tomondan mehmonla kelib o‘tirishibdi, axir.
— Qanaqa-qanaqa? U tomoniz nimasi? — dedim tasavvur etolmay.
— Kennoyizzi yurtlaridan, Yodgormuroddizzi tog‘alari... So‘rab-so‘rab, topib kelishibdi, axir.
— Qayoqdan-qayoqdan? Hov o‘sha yoqdan-a? Endi-ya? — deb yubordim. Rosti, esim teskari bo‘lib ketayozgan edi.
— Ha, adasi. Tangritog‘ deysizlarmi, o‘sha yoqdan kelib, obketamiz deb o‘tirishibdi. Pochchayam shu yerdalar.
— Pochcha? U kishi nima qilib bu ishga aralashib yuribdilar?
— Qo‘yarda-qo‘ymay olib kelishibdi.
Xushim boshimdan uchib urishib berdim:
— Esi joyidami o‘sha tog‘alarining?! Qanday opketisharkan? Kim rozi bo‘ladi ekan?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:51:52
— O‘shaning uchun sizni so‘rashyapti-da, adasi.
Rosti, birpas nima deyarimu nima qilarimni bilmay qoldim. Nega endi kelib-kelib men «javoblarini» berishim kerak? Esimni yeb qo‘yibmanmi men bu ishga aralashib? Qolaversa, akamning daragi chiqib, elchilar kelib turganda-ya? Shunaqa paytda javob berib yuborib bo‘larkanmi?! Yo‘q! Ovora bo‘ladilar.
Men uzil-kesil kesib gapirdim:
— Kennoyimlarga ayting, shuncha o‘tirgan — endiyam qum-toshdek o‘tirib tursinlar. Akamning roziligisiz hech kim hech yoqqa ketolmaydi!
— Voy, adasi, kelib shu gapizzi o‘ziz ayting-da.
— Aytaman ham!..
Men ishlarimni tashlab, «uchib-elib» borganimda ular peshayvonda bir ayvon bo‘lib o‘tirishar, endigina osh suzib keltirilgan edi. Salom berib, kirib bordim:
— Uni qarang, uni qarang. Hizrni yo‘qlasak bo‘larkan-a. Qaynonang xo‘b suygan ekanmi seni! Kel, jiyan, kel. Qani, omonlashib qo‘yaylik, — deb pochcha o‘tirgan joylaridan quchoq ochib qo‘llarini cho‘zdilar. So‘ng o‘zlaridan mushk-anbar islarini taratib bag‘irlariga tortdilar. — Oh-oh, bo‘ylaringdan sening. Mirzolarning mirzosi bo‘b ketganmishsan. Katta dargohlarda izzating o‘zingga yetarluvmish. Tuf-tuf, ko‘z tegmasin. Allohim o‘zi bundanam azizu mukarram etsin, boshqalarga ham sening yo‘lingni bersin.
Bunga sari men o‘ng‘aysizlanib ketyapman, bag‘irlaridan qanday chiqish, qanday uzilishni bilmayman. Nega bunday alqay ketdilar, bu maqtovlar nega kerak — hech tushuna olmayapman. Balki anavi uzoq yurtdan kelgan qudalar oldida, Yodgorning tog‘lari oldida atay oshirib-toshirayotgandirlar, shundan so‘raysizlar javobni demoqchidirlar. Kechagida kimlarning qo‘llovi, kafilligi bilan zo‘rg‘a o‘z vazifasida ilinib qolgan mendek bir mirzodan kim yasamoqchilar — hech tushunib yetolmayman...
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:52:02
Axiyri mehmonlar bilan birma-bir so‘rashib chiqib, Yodgorning yoniga cho‘kdim.
Pochcha duo qilib, oshga qistadilar:
— Qani-qani, mehmonlar, taomni mahtal qilmaylik, mana men boshladim, — deb boshlab berdilar.
Ayollar ichkariga kirib ketishgan, nimagadir serbardan serbar oq shoyi ro‘mollarini o‘rab, uchini yelkalaridan oshirib tashlagan kennoyim uchib-qo‘nib xizmat qilib yurar, hali qatiq, hali achchiq-chuchuk olib kirar, piyolalarga choy quyib uzatar-da, yana chiqar edilar. Yodgor esa, umrida endi ko‘rayotgan tog‘alaridan ko‘z uzolmas, nimalarnidir ijikilab so‘ragisi kelar-u, jur’at etolmas, o‘zi ham bo‘yi cho‘zilib, tovshi rasta bo‘la boshlaganidan allaqanday tortinchoq bo‘lib qolgan edi. Men esam oshga qistash bahonasida ro‘paramda o‘tirgan mehmonlarning (ular ikki kishi edilar, biri soqol-murtiga «qirov inib», sochlari ham chakkasidan oqarib kela boshlagan, ammo yuzlari tog‘ shamollarida qorato‘ri tortgan, baquvvat, ikkinchisi men tengi, ozg‘in, ammo chayir bir yigit edilar) o‘sha ulug‘rog‘iga razm solib-razm solib qararkanman, kennoyimga xeshligining belgilarini izlar edim. Ular kennoyimga o‘xshab kamgap-kamsuqum, tortinchoqdan-tortinchoq edilar. Qolaversa, musofirchilikning issiq-sovug‘ini xo‘b totgan odamlarga o‘xshab, bosiq-vazmin tortib o‘ltirishar, o‘n qistaganda laganga bir qo‘l uzatib qo‘yishar edi.
— Hoy, baraka topkurlar, sizlarning sharofatingiz bilan yozilgan bu dasturxon. Olishib o‘tiringlar-da bunday. Necha yilning badalida bir kepqopsizlar,— deb ora-chora qistab qo‘yadilar pochcha ham. — Nima, jiyanni topganinglardan xursand emasmisizlar?!
— Nega, olvutmiz-olvutmiz. Qarab o‘tiruppiz, xursandmuz, — deyishadiyu yana xijolatlarga botib bir-birlariga qarab qo‘yishadi.
— Qarab o‘tirish kam, katta-katta olish kerak bu oshni. Uni o‘z nomi bilan: osh — ko‘tarma bosh, deganlar, — deb hammani kuldiradilar pochcha.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:52:12
Shunday gangur-gungur bilan osh yeb bitirilib, lagan olinar mahal dasturxonga fotiha qilindi. So‘ng hazmi taomga qovun so‘yib kiritishdi. Pochcha uning ham maqtovini keltirdilar:
— Voh-vo-oh, asal tortib ketipti-ku! Bay-bay-bay, qay kungay yerda bitgan ekan? Ekkanga ham balli, tikkanga ham balli.
— Buni shuncha qovunlar ichidan tanlab topganga-chi, shundan shu yoqqa ko‘tarib kelganga-chi, pochcha? — deb hazillashdim men.
— Olganga ham balli, sotganga ham balli, — deb kuldirdilar u kishi.
Shundan so‘ng po‘choq to‘la laganni ko‘tarib, Yodgor chiqdi ham; pochcha bir chetdagi piyolalarini olib, chert-gancha menga uzatdilar:
— Ana endi Maqsudxo‘jam, choydan bosib-bosib quyasan. Taomil shunday: shirin qovundan keyin issiq-issiq choy, deganlar. Mehmonlarga ham quy, yo‘lga chiqishadi ekan, vaqt-bemahal bezovta etib yurmasin.
— Kelishmasdan qayoqqa borishadi, bugun biznikida qolaverishadi, — dedim men.
— Me’mandarchiluk uchun rahmat. Yeduk-ichduk. Endu bizga juvob berusizlar. Yetub oluvimiz kerak, — de-di soqol-murtiga oq oralab, yoshi bir qoraga borib qolgan mehmon, dam pochchaga, dam menga iltijo-la boqib.
Meni esa vahm bosib kelardi: nima balo, mensiz ham ishni pishitib, bularni rozi qilib qo‘yishibdi ekanmi?! Hamma uvoliyu chuvolini kim bo‘yniga opti?..
Bular mendan ijozatsiz qayoqqa borishadi deb o‘tiribman. Ich-ichimdan bir norozilik uyg‘onib kelmoqda edi. Lekin iloji boricha yumshoqlik ila mehmonlarga qaradim:
— Uy egalari — kattalar bor. Ular turganda biz qanday javob bera olamiz, jilla qursa, oldilaridan o‘taylik?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:52:34
Yodgorning katta tog‘asi tomoq qirdi:
— Albatta, ular ko‘pruk. Ularsiz bitmas. Lekin biz siz kelguncha xo‘b gapirushdik. Ular siza tashlashdu. — U iltijoli boqib o‘tindi. — Sizlara ming rahmat, shuncha yil shuncha zamon qavatungizda olub o‘tirubsiz. Gard yuqturmabsiz. Zoruqtirmabsiz. Lekin har narsaning ham cheki, chegarasu bor. Biz ham Allohning oldida yuzshuvitlikdan qo‘rqarmiz.
Meni esa ich-ichimdan bir olov — norozilik olovi yondirib-kuydirib kelar edi: endimi?! Shuncha yil o‘tibmi? Bungacha qaerda edingiz?
Ammo ularning mehmon degan nomlari bor, uyimizda o‘tirishibdi. Dasturxonimizdan tuz ichib, non totingan joylari bor. O‘zlariga yarasha gap qilmoq lozim. O‘zimni bosib, issiq-issiq choy xo‘plashga tushgan edim, qulfi-dilim ham ochila qoldi:
— Albatta, sizlarning bu o‘tiruvingiz, ularni daraklay-daraklay topib keluvingiz — katta gap, Alloh rozi bo‘ladirgan ish. Har kim ham sarhad oshib, bu ishga jur’at etsin-chi! Dunyo turguncha esdan chiqmaydigan ish qilibsizlar oqibat ko‘rsatib, — dedim, ketidan; — Lekin tog‘ajonlar, sizlar ham bizni tushuning, — deb uladim, — Biz kimnidir emas, jondan aziz akajonimizning omonati, ahli ayolini asrab o‘tiribmiz. Bizniyam Allohdan umidimiz bor. Kutib yotibmiz yaxshi bir kunda uning kirib kelishini, — dedim.
Pochcha pishillab betimga qarab qo‘ydilar. Aftidan, mening og‘zimdan bunaqa gaplar chiqishini yo kutmaganlar, yo ta’sirlanib hayratga tushib qolgan edilar.
— Qanuydi, qanuydi, — deb qo‘ydi mehmonimiz ham. — Ammo umr ketyaptu. Ha-huv deb shuncha yil o‘tub ketiptu. Ana, u kishudan qolgan tirnoq — jiyan ham er yetubdu. Albatta, har narsa Allohdan, Tangrumning xohlashu bilan. Lekin sarhad o‘sha-o‘sha berk, ochiluvidan darak yo‘q. O‘zumiz ham Olma-ota tarafdin bir amallab o‘tub kelduk.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:53:02
Men ichim yorishib, u kishiga qaradim:
— Ammo siz bu yoqdagi gaplardan xabar topganingizdami! — Kelib, ovora bo‘lib yurmasdingiz, demoqchi bo‘ldim. Kamiga: — Akam, uning do‘stlari tinch o‘tirishgani yo‘q, — deb qo‘shdim.
Mehmonlar bir-birlariga ma’noli qarab olishgan, pochcha esa, piyoladagi choyni bir xo‘plashda bo‘shatib, xontaxtaga bag‘irlarini bergan edilar:
— Subhanalloh! O‘sha gaplarda jon bor degin hali? — dedilar u kishi.
— Bu taxmin bo‘lganda ham u tomondan odam kelgani, meni topib, bularni surishtirib ketgani aniq. Hatto men akamga xat bitib berdim, — dedim chiniga ko‘chib.
— Voy, seni, ichdan pishgan huvarini bolasi! Shuncha gaplar o‘tib, miq etib qo‘ymadingmi bizga?! Oy seni, voy seni! — Qo‘llarini yoyib, chayqalgancha mutaassirlandilar pochcha.
— Shuginamas, — dedim men qulfi-dilim ochilib.— Olim akam Oltinxon to‘ramning o‘g‘illarini topib, kuni kechagina Turkiyaga ketdilar, Yodgorni ham ola ketmoqchi edilar-u, ruxsat qog‘ozlar bitmay qoldi...
— Ana bu — zo‘r ish bo‘pti! O‘shanaqasi Sultonmurodni ham ko‘rib keladi, rishtalarni ulab keladi. — Shu holda mehmonlarga yuzlandilar. —Sizlar bularni hazil fahmlamang, hali hammasi yaxshi bo‘lib ketadi. Topishib-qovushib, tup qo‘yib, palak yozib ketishadi.
Mehmonlar tinchlari o‘g‘irlanib joylarida o‘tirolmay qolishgan, Yodgorning katta tog‘asi dam u, dam bu qulog‘ini ishqab-uqalab menga termular:
— Shoshumang, mirzo, shu rostmu, kuyavimiznu daragi chiqqanu rostmu, — deb ijikilar, — bu yoqda shuncha gaplar bor ekan-ku, biz ne tashvushlara tushub yurubmiz?! Og‘zuzga bol, og‘zuzga bol, — der edi.
Shu tob eshik qiya ochilib, Yodgorning qorasi ko‘zga chalingandek bo‘ldi. Qarasam, rostdan ham o‘zi — bir qadam chetga tisarilib turibdi. Ko‘zim tushishi-la: «Amaqu, bu yoqqa qaravoring», degandek imladi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:53:15
— Menmi? — dedim qo‘limni ko‘ksimga nuqib.
U bosh silkib shivirladi:
— Siznu so‘rashoptu...
Shu topda (sizga yolg‘on, Xudoga chin!) yuragim shuv etdi: kim so‘raydi, kennoyimmi?.. Bo‘shashib tushdim: chindanam nega u kishining oldidan bir og‘iz o‘tmay, bularga javob qilyapmiz? Nima haqqimiz bor? Balki u kishi yurtiga uchib-qo‘nib turgandir? Bir kun ham qolgisi yo‘qdir bu yoqlarda?! Men nimani ham bilardim?!
Shu holda mehmonlardan uzr so‘rab, chiqa boshlarkanman, na u kishidan, na oyimlardan so‘ramaganimdan pushmonda edim. Aslini olganda men kimman? Zimmaga olishga nima haqqim bor?! Uyni kattasi bo‘lmasam, qozi bo‘lmasam? Qolaversa, bu holda shariat nimani buyuradi — biz qaydan bilamiz?!
Chiqa eshikni zichlab berkitdim.
— Kim? Ayanglarmi? — dedim yuragim taka-puka bo‘lgancha.
Yodgor tili, chiroyi bilan kennoyimga tortgan bo‘lsa ham (Alloh uni chiroydan qismay, qiz bola bo‘lib tug‘ilishiga bir bahya qolgan edi!), ziyraklikda akamdan qolishmas edi. U qulog‘izni bering, degan kabi yelkamga yopishib kelib, shipshidi:
— Ayam... hujramizga berkinib olub o‘tiribdular. Yig‘layverub shishub ketubdilar.
Men shoshib qoldim:
— Chop, — deb qistadim unga, — borib ayt, o‘zlari nima desalar shu. Biz u kishini nomidan hal qilolmaymiz. Ixtiyor o‘zlarida. Shunday ekan de!
Yodgor xijolatlanib tisarildi.
— Yo‘q, amaqu, men buning uchun chaqurmadum. Eshikka xatchu keptu. Sizzi so‘roptu.
— Nima? — dedim hayron qolib.
— Qo‘l qo‘yub oladurgan narsamush.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:53:25
Men kennoyimning holidan ado bo‘lgan edim, qo‘l qo‘yib olinadigan narsani eshitib, xushim uchdi:
— Shu tobda shu kam edi! — deb hovliga tushaverdim.
Zinadan tushib, darvozaxonaga chiqib borsam, qalam haqi olib kelib yuradigan xat tashuvchi. Men kim ekan, nima ekan, deb yuribman!
— Keling, opoy.
Oqsariqdan kelgan yumshoqzabon tatar xotin kumushbandli ko‘zoynagini taqib, allaqanday uzun xat-g‘ilofni aylantirib, orqa-oldini ko‘rmoqda edi. Meni ko‘rib, shoshib qoldi:
— Iy, avara ettum. Buni kuring, Siza kichirasiz, imasmi?
Uzun ham chiroyli, xuddi kecha bosmaxonadan chiqqandek oq-oppoq xatg‘ilofning bezalishidan tortib, ramzlarigacha bir bo‘lakcha edi. Ramzki, bir chekkasida hilol, bir chekkasida allaqanday hashamatli bino qubbasi ko‘rinadi. Chiziqlariyu bosma harflari — bir nazokatli. Qaysi imloda ekan, o‘qolmadim.
— Qaerdan bildiz?— dedim opoyning sariqmayiz-dek tiniq yuziga qarab.
Opoy ko‘zoynagini qo‘liga olib, jilmaydi:
— Bulay xatlar bulak kimga-da kilar, jubargan igalarina qarang.
Shundagina ustiga qarab, xushim boshimdan uchdi. U chindan mening nomimgayu faqat manzil sanog‘ida adashgan edi.
— Uni qarang-a, menga ekan, — dedim dovdiran¬qirab, — Yaxshi olib kelibsiz, qaerlarda qolib ketardi, rahmat.
— Yuq, bu zakaznuy... Halu qo‘l quyup birasiz.
— E, shunaqami? — deb bir qog‘ozga qo‘l ham qo‘yib berdim. Lekin xayolim xatga qochib, uning orqa-oldini o‘girib ko‘rardim-u, kimdanligini bilolmay sarang edim. Qarangki, undan birorta tanish nom yo belgi topolmasdim. Kimdan bo‘lishi mumkin?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:53:37
Opoy xayrlashib ham ketdi, lekin biz g‘aroyib xatg‘ilofning orqa-o‘ngini tomosha qilishdan o‘zimizni tiya olmasdik.
— Qattun ekan, amaqu?
— Bilolmadim, — dedim rostiga ko‘chib. — Ma, sen ko‘r-chi, balki sening tishing o‘tar harflariga.
U ko‘rib turib, bir dikonglab qo‘ydi:
— Ie, amaqu, Turkiyadan-ku. Katta amaqum, Olim amaqumdan emasmu?
— Qaerdan bila qolding? — deb xatni uning qo‘lidan tortib oldim. Bu gapdan o‘zim ham bir hapriqib tushgan edim.
— Ana, To‘pqopu. O‘shaning ramzu. U Turkiyadan bo‘lak qaerda ekan?
— Aqling balo! — dedim uni quchib ham suyub, keyin yelkasiga qoqib, — Shuniki bilibsan, tuf-tuf ko‘z tegmasin, bizdanam uzoqqa borasan, — dedim sidqidil. Negadir men uni shu tobda akamga mengzab yuborgan edim. Shundanmi, ko‘zlarimga jindek yosh ham kela qoldi, buni yashirgan kishi bo‘lib, kuraklarini siladim. — Sen haqsan, Olim akamdan bo‘lak kim ham bizga u yoqdan yozardi.
O‘zim esa, xatni ocharimni ham, ochmasimni ham bilmayman. Ochay desam, u yoqda pochcha, mehmonlar o‘tirishibdi. Ochmay desam, ichim g‘urmishlab yotipti: «U yetib bordimikan, akamni ko‘rdimikan? Ko‘rgan bo‘lsa, qachon qaytadi ekan?» Bilgim keladiki, nar-yog‘i yo‘q.
Balki opkirib, mehmonlarga ko‘rsatish kerakdir? Suyunchi olish kerakdir?! Ularga bundan ortiq yana qanday xabar kerak?!
Shu tobda kallam o‘qdek ishlab keta qolgan edi:
— Sen kir-da, ayangdan, oyimlardan suyunchi ol! Men mehmonlarga aytay, — deb Yodgorning kiftiga qoqdim. — Olim akam bekorga xat bitadiganlardan emas! Adangni topganki, yozgan. Chop! — dedim karomatgo‘yligim tutib.
O‘zim esa, shunday ekaniga zarracha shubha qilmasdim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:53:50
9. Qiyomatga qolmagan diydor yoxud Alloh rozi bo‘ladirgan bir ziyorat

Maqsud, mening jondan aziz xolavachcham, ona o‘rnida onalik qilib, boshimizni silagan bir kishining yolg‘iz chirog‘iyu ishongan bog‘i. Yolg‘iz sen mening hozirgi holimni tushunishing mumkin, anglashing mumkin. Shu bois o‘zingga yorilgim keldi, to‘kilgim keldi. Yolg‘iz sengina buni tushunasan. Boshqalar mingdan birini anglamasliklari, tasavvur eta olmasliklari mumkin.
Shuning uchun qaytib borgunimizga qadar sabrim chidamadi. Qolavursa, biz bu yerda jindek ushlanib turadiganga o‘xshaymiz. Bu diydorlashuvni tashkil etib, uyushtirgan turkiyalik birodarlarimiz — diyo-nat ishlari vaqfining xodimlari har ikki tomon uchun aziz kishilarning bir-birlariga to‘yib olmoqlari uchun bu diyorda yana biron hafta turib qoluvimizga imkon bermoqdalar. Bunaqa mehmondo‘stlikni, ota yurtdan kelib qolishibdi, deb azizlashlarini, boshga ko‘targudek bo‘lishlarini men shuncha dunyo kezib, hech yerda ko‘rgan emasman.
Bular hammasi balki Oltinxon to‘ram sharofatlari tufaylidandir. U kishini bu taraflarda pir darajasida ko‘rib, azizlashar ekan. Qaraki, din Arabistonning qaqroq yerlariga tushibdiyu u bizning   diyorlarda ushlanib qolgan ekan: o‘z diyoriga sig‘magan Oltinxon to‘ramdek bir mudarris bu diyorlarda shunchalar izzat-ikrom topib pir darajasiga yetibdilar. Aql bovar qilmaydi. Lekin biz, Maqsud, chin haqiqatni ko‘rib turardik. Chindan barcha izzat-ikrom Alloh huzurida ekanki, uning yo‘lini mahkam ushlagan darbadar bir vatanjudo qulini o‘zining diyoridan yaxshi bir diyor bilan taqdirlab, ilgarigi izzatidan baland izzatlar bilan mukarram etibdi. Yuzlaridan nur yog‘ilgan u kishini ko‘rib, rostini aytsam, Maqsud, ko‘ksim to‘lib, bag‘rim uzilib-uzilib yig‘lagilarim keldi. Nahot shunday odamlar bizning diyorlarga sig‘masa?!.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:54:00
Uzr, Maqsud, muddaodan jindek ilgarilab ketdim.
Men senga avvalo, Turkiyaning Odana shahriga qanday yetib kelganimiz, bu yerdagi diyonat ishlari vaqfi xodimlari bizni qanday kutib olib, Saudiyadan yetib kelib, sabrsizlik ila kutib yotgan To‘ramdek azizlarimiz bilan qanday uchrashtirib-ko‘rishtirganlarini yozmog‘im kerak edi. O‘shanda barcha-barchasi tushunarli bo‘lardi, oydinroq tasavvur etarding. Rostini aytsam, dunyo dunyo bo‘lib, bunaqasini ko‘rmagandir.
Qolaversa, Maqsud, qiyomatda amallar taroziga qo‘yiladirgan pallada tosh bosadigan yolg‘iz amalim shu bo‘lsa kerak. Esingda bo‘lsa, bu — hov anavi Umarjon akaning tepasi yonida, hamma ko‘chib-ko‘chib ketib, yolg‘iz o‘zi qolgan, buzilayotgan uylardan nodir kitoblarni terib kelib, bir boloxona kitob yig‘ib qo‘ygan Sutchining ishiga o‘xshab ketyapti. U ham umrida yolg‘iz bitta tosh bosadigan ish qilgan — otamizni surgun yeridan bemalol toat-ibodat qilish mumkin bo‘lgan bir diyorga o‘tkazib qo‘ygan edi. Men u darajada jon hovuchlamagan bo‘lsam-da, bu ishga savob umidida bosh qo‘shganimdan o‘zim terimga sikmay ketayotirman. Zora Alloh shu niyatimni o‘sha kunda hisobiga olsa! Niyat ota bilan o‘g‘ilni topishtirish edi, topishtirdik, Maqsud.
Bunaqasi kam bo‘ladi. Barcha tingchilaru «quloq»larni dog‘da qoldirib, bunaqa uchrashuvni tashkil etish hammaning ham qo‘lidan kelsin-chi! Kelmaydi. Kelishi uchun Alloh iroda etib, panohida saqlamog‘i kerak.
Shunday qilib desang, mezbonlarimiz borgan kunimizning ertasiga:
— Uzr, ota yurtdan kelmish azizlar, bu kun sizni bahavoroq otelga ko‘chirgaymiz. Ma’zur tutgaysizlar bir yo‘la olib bormaganimizga,— deb qolishdi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:54:12
Bordik.
Ular oldida Ovruposi ip esholmay qopti.
Shunaqa orasta, shunaqa osudaki, Maqsud, biz kamida bir asr orqada qolib ketgandekmiz. Bunaqa sharoitli imoratlar qurishimiz uchun diyor o‘zimizga qolishi, biz dunyoga chiqishimiz, dunyoda tenglar ichida teng sanalishimiz kerak. Ungacha birov qayg‘urmaydi bizga.
Xonalarga joylashib, yuvinib-taranib bo‘lib edik hamki, bir piyola choyga deya qush sutidan bo‘lak hamma narsa muhayyo etilgan stol yoniga nonushtaga taklif etishdi.
Men-ku bunaqasini ko‘p ko‘rganman. Ammo esini tanib qishlog‘idan narini ko‘rmagan, daladan beri kelmagan hamrohim dovdirar, hech qovusha olmas edi. Bizda bir piyola choyni ham iloji bo‘lsa, o‘tirib-xotirjam ichadilar. Bu yerda ko‘ngil tortgan narsani o‘zi olib yeyish, yeganda ham tik turib tanovul qilish kerak edi.
O‘ttizdan endi oshib-oshmagan hamrohim — To‘ram diyordan hijrat etganlarida onasining qornida qolgan farzandlari bu taomillarga ko‘nikolmay, og‘ziga ushoq solishdan ham tortinib turar, boya aytganimdek, hech qovusholmas, o‘zining bu holidan xijolatlarga tushib borar edi. Shuncha qistashimga qaramay, u choy ichmadi, choy uni ichdiyov.
Shu orada mezbonlardan biri kelib, hamrohimga sezdirmay, qulog‘imga shivirlay ketdi:
— Endi ul zotning ziyoratlariga kirgaymiz, tayyormisizlar?
Men dabdurustdan anglamabman. Hovliqib qolib:
— Kimning huzuriga? — dedim.
— Pir to‘ramni. U kishi sizlarni intizor-intizor kutadirlar, — dedi u.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:54:24
Shundagina o‘zimga kelgan edim:
— Unday bo‘lsa, mozorbosdi sovg‘a-salomlarimizni olvolaylik.
— Yaxshi-yaxshi, ola kelishamiz, — deb bizga ergashdilar.
Yo‘lakay hamrohimga shipshidim.
— Vatandan esdalik deb bervorishgan narsalarni olvolar ekanmiz.
U kelayotgan yerida bir cho‘chib tushdi. Hatto to‘xtab qoldi, desam to‘g‘riroq bo‘lar.
— Nima, ular shetta ekanlarmi? — dedi hayratga tushib. Uchrashuv joyi shu deb kutmagan ekan, dovdirab qolgan edi.
— Ziyoratlariga chaqirishayapti, bardam bo‘lavering. U kishi sizning padari buzrukvoringiz bo‘ladilar, — dedim yelkasiga qoqib.
— Siz... siz ilgaridan bilasizmi? — dedi u yuzlarimga termulib. Nega ilgariroq aytmadingiz demoqchi bo‘lar edi u.
Men uni suyib, sekin bag‘rimga tortib qo‘ydim:
— Yo‘q, og‘ayni, — dedim yana ham yaqin olib, — dovruqlarini ko‘p eshitganmiz, — orqasidan qo‘shib qo‘ydim. — U kishining ziyoratlariga yetolmaganlar qancha, oshiqqanlar qancha. Ammo bugun u kishi sizni intizor-intizor kutadirlar. Axir tug‘ilganingizdan beri ko‘rmaganlar, to‘g‘rimi? — Qarab tursam, bu gaplardan uning ko‘zlari yoshlanib-yiltirab bor-yapti. Yelkasidan quchib xonaga boshlay qoldim. — Yuring, yuraqoling, unday zotlarni mahtal qilmoq mumkin emas.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:54:32
Mozorbostiga Arslonbobning asaliyu Quvaning anoridan, yana «churukchopon» deb atalmish qovunlar olvolgandik. To‘nu sarupolarimiz bor edi. Barchasini ko‘tarib, bizni dahliz atalmish, lekin xonning salomxonasidan qolishmaydigan bir xonaga olib kirdilar. Sovg‘alarimizni qo‘yib, yuraklarimiz potragancha kutib turibmiz, ichkariga xabar qilgani kirib ketgan diyonat ishlari vaqfining xodimi esa qaytib chiqa qolmaydi.
Dunyoda yana shunday orziqib kutilgan bir boshqa ziyorat bo‘lganini eslay olmayman, Maqsud. Ammo biz qay birimiz oldin, qay birimiz keyin kirarkanmiz deb, ichimiz tushib turarkanmiz, haligi turk birodarimiz ostonada ko‘rinib, imlab chaqirdi:
— Afandim, siz kiring, harna hazratim hovrdan tushsalar. Dilbandlarini to‘sindan ro‘baro‘ etmayluk, — dedi u shivirlab.
Men esam ul zotning huzurlariga qanday mujda bilan kelganimni bilsam-da, qanday sarupo yoxud diyordan esdalik ko‘tarib kirarimni bilmasdim. Shoshib qolganimdan qo‘limga ilingan narsani olvolibman.
Tanishtirguvchi turk birodarimiz xuddi xonning xudaychisidek eshikdan o‘tiboq, ta’zimga egildi:
— Hazratim, diyordan mujdalar ila kishi kelmish. Muftiy janoblari ham To‘ram taqsirning elchilari kirishga izn so‘rarlar...
Va men qo‘limda bir shisha bol ila kirib bordimu xona o‘rtasiga ham yetmay to‘xtab qoldim. Ajab sinoat. Taxt misoli ishlangan (balki menga shunday ko‘ringandir) yumshoq divanda lo‘la bolishu par yostiqlar ichiga ko‘milgancha Hizrdek nuroniy bir qa-riya — uzun yuz, cho‘qqi soqolli mo‘ysafid yonlariga engashgan kishining tushuntirishlariga some bir holda o‘ltirar, yuzlaridan yog‘ilayotgan nur o‘sha chiroyli kuzalgan oppoq cho‘qqi soqollaridan chiqarmi va yo boshlaridagi simobiy oppoq salladan taralarmi, ajratib bo‘lmas edi. Kishi chehrasidan shunchalar tiniq, shunchalar oydin nur yog‘ilishiga — aql bovar qilmas edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:54:45
Ul zot yonlaridagi kishining tushuntirishi bilan qo‘llaridagi hassaga tayanib tura boshladilar ham, men o‘zim sezmagan holda oshiqib borib, tiz bukmoqqa va barlarini o‘pmoqqa intildim. Salom berganim ham esimda.
Ul zot chiroyli alik olib (hozir ham quloqlarim ostida turibdi u kalom: va alaykum assalomu va rahmatullohi va barakotuhi va solavatullohi alayh. Yanglishmasam shunday edi), o‘zlari chap qo‘llari bilan qo‘ltig‘imdan olib, turmoqqa ishora etardilar. Qo‘llari biram yumshoq, biram haroratli, uzmasalar derdim. Oxirgi marta Tangritog‘da shunday qo‘l, shunday kaftga yo‘liqqan edim. U ham bo‘lsa, yo‘qotib topganimiz eshon dadamizniki edi. Mana hozir shunga o‘xshab, qarshimda go‘yo rahmatli dadamiz turgandek edilar.
— Turing, o‘g‘lon, yukunmoq nechun, biz ham banda. Bo‘ylaringizdan o‘rgilay, sizdan yurt bo‘ylari ufuradir. Ruxsat eting, bag‘rimga bosib to‘yay, o‘shal bo‘ylara.
Men qo‘limdagi asaldonni hamsoyalarigami, kimga tutqizib ulgurib, o‘zimni ul zotning ixtiyorlariga topshirdimu allaqanday yumshoq ham yoqimli bag‘irga singib bora boshladim. Faqat odam o‘zini xirmonda, oftob nurlarini emib yotgan momiq paxtalar ichiga tashlabgina, yo bo‘lmasa, onaizor bag‘riga yopishibgina shunday hislarni tuymog‘i, osmonlarda pardek uchib yurmog‘i mumkin edi, Maqsud.
Men shu holda edim. U kishi, ul zot esa bo‘ynilarimdan iskalanib, Allohga hamdlar aytardilar:
— Allohim, o‘zingga beadad shukrlar bo‘lsin. O‘zing yaratgan olamlar qadar hamdu sanolar bo‘lsin, meni bu bo‘ylara yetkarding, vatanim islarini ola kelgan o‘g‘longa yetkarding, O‘zingga sanolar bo‘lsin. Bu tan, bu jon O‘zingga fidolar bo‘lsin. Yetmasam nima qilardim?! Ko‘zlarim ochiq ketarmi deb saharlarda O‘zingga yig‘lardim, mana, yetkarding, ijobat etding O‘zing,— deb bo‘zlardilar, bo‘zlab turib, tasanno aytardilar Xudovandi karimga.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:54:54
Men esam u kishining bag‘irlarida bir yoqdan erib bormoqdaman, bir yoqdan esa, ajab tashvish bosib kelmoqda. Qarichilik — meni kim deb o‘yladilar, dilbandlari deb bildilarmi — hoy, xudaychi, qaydasiz, degim keladiyu qani uni izhor etarga til aylansa. Yaxshiyam talvasaga tushib ulgurmadim.
Ul zot birdan ikki kiftimdan tutib, yuzlarimga boqqancha qoldilaru o‘zlariga kelib, so‘rab istashga tushdilar:
— So‘zlang, o‘g‘lon, bizga qanday salomlar, mujdalar keltirdiz? Ahllarimiz, dilbandlarimizdan ne xabarlar bor?
Hayriyat, adashuvdan qutulgan edim, o‘zimni bir yengil his etdimki, bu turuvimizdan faqat farog‘at tuymoqda edim. Endi Alloh izni ila til ham bita qolgan edi.
— Avvalo, muftiy janoblari bilan To‘ram taqsir haqingizga duoda bo‘lib, ko‘pdan-ko‘p salomlar yo‘llab qolishdi, — dedim.
— Shundaymu? Alloh umrlarini ziyoda etsun. Raiyatning toleiga, vatanni toleiga ul zotlarni salomat etsun. Faqat faromushlik qursin, To‘ram taqsirni tuzukroq tanitsangiz?..
— Tangritog‘dan qaytmish Hoziq to‘ram... ona tomondan o‘zlariga tomir ekanlar, — deya oldim men yana qanday tushuntirarimni bilmay.
— Hay-hay-hay, ul zotmu? O‘shal diyorda dorilomon bir yurt qurmoq bo‘lgan To‘rammu? Niyatlariga yetdim deganda, yana ajdaho komiga tushgan marshalimizmi? Yurti sarbonidan ayrilib bo‘zlab qolgan, tengi yo‘q mujohidimizdanmu? Alloh salomat etsun, taskin-tasallular bersun O‘zi ul zotga. Qaytib chiqqaymikan yana ulardek bir zot?! Holimizni O‘zi o‘nglasin, ilohum!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:55:03
Gap vatan ozodligiga borib taqalsa, ul zotni to‘xtatib bo‘lmas, bir xo‘rlikmi, nima bosib kelib, qaltirab qoladilar ekan. Hozir ham, sezib-ko‘rib turardim, ul zotning ovozlari titrab, o‘zlari bir holga tushib borayotib edilar. Hamsoyalari shoshib-la qolishdi. Tirsaklaridan tutib, qo‘ltiqlariga kirmoqqa urinar, joylariga o‘tkazmoqqami, nimaningdir harakatiga tushib qolgan edilar.
Men esam nima qilarimni-da bilmay, xijolatlarga tushib borar edim. Haytovur, u kishi o‘tirgan joylarida xirqalarining yeng uchini mijjalariga bosa-bosa, jindek xotirjamlanib, yana betimga savolomuz qaradilar. Ovozlari ham boyagindan hiyla qotgan edi:
— Ul zotlarning so‘zlarini yerga tashlamay kelgan sizga-da Allohimning cheksiz marhamatlari bo‘lsun. Ko‘p mutaassir etdingiz. Ayting, o‘g‘lon, yana nelar keltirdingiz kamina huzuriga? Faqat yaxshilikdan, ezgulikdan so‘zlang biz vatanjudo bechoralarga.
Esim qursin, u kishi nima so‘rardilar-u, mening esimga nima tushib, tilimga nima kelibdi!
— Taqsir, vatanni, uning bo‘ylarini eslatsin deb sizga Arslonbob asalidan keltiruvdik, — deb boyagi asaldonni ola tiz bukancha qo‘shqo‘llab tutdim.
— Voh, shundaymu?! Qanday go‘zal ish bo‘ptu! Oh, Vatan bo‘ylaridan o‘zim o‘rgilsam! — deb u kishi asaldonni qo‘llariga oldilar-da, ochib bo‘ylagancha turib qoldilar.
Qarasam, ich-ichidan ilohiy bir nur balqigan o‘shal yuz-ko‘zlarda g‘alati bir jimirlov paydo bo‘lib, mijjalarida shudringdek ikki tomchi yosh ko‘rindiyu hech qancha ilinib turolmay dumalab tushib, o‘shal oppoq cho‘qqi soqollariga singib keta qoldi. Mendan bo‘lak birov ko‘rib-ko‘rmayin ham qoldi.
Oh, Vatan bo‘ylari shundoq ham aziz narsa ekanmi?! Ichimda bir narsa uzilib tushdimi deb o‘yladim, Maqsud! Ko‘zlarim tinib-la ketdi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:55:12
Ko‘z ochganimda ul zot bolga botirilgan o‘rta barmoqlarini angishvonadekkina og‘izlariga olib bormoqda edilar. Xonani esa, bol hidi tutib ketgan edi.
— Oh! Bol, degancha borsan o‘zing. Dunyoning yana qay bir chekkasinda bundayin asal? Yolg‘iz jannatda topilsa mumkin, — dedilar ul zot. Keyin asaldonni hamsoyalariga tutdilar, — Oling sizlar ham, Vatandan bol kelibdir. Bolga qo‘shib,— ul zot yana menga o‘girildilar, — yana nimalar keltirmishsiz?
— Ruxsat eting, ola kirsam, — dedim men o‘rnimdan dik turib.
— Shoshmangiz, — deb imo berdilar ul zot, — Siz bir boshdan ayting, ular opkirgaylar.
Men valakisalang, bul zotga manzur bo‘larli, yana bir narsadan boshlashni istardimu qaysinisidan boshlashni bilmasdim.
— Aytovuring, bizga u diyorning azizmas narsasining o‘zi yo‘qdir?
— Eng aziz narsalardan... ya’nikim, Marg‘ilon behisi, — dedim hamon o‘zimga kelolmay.
Olib kirdilar, sarig‘ oltindek sarg‘argan, piyoladek-piyoladek behilar shodasini.
Ul zot o‘tirgan joylarida nurga botib jilmaydilar:
— Sallamno bo‘lsin, Allohgakim, faqat bizning diyorlarda o‘stirib-bitdirib qo‘ymish bunday ne’matlarini. Yana, — dedilar u kishi, — bundanam bo‘ydorroq, xushbo‘yroq nima keltirmishsiz?
— Diyorning mashhurizamon «churukchopon»i...
Olib kirdilar sariq-ko‘kish olovdek tovlantirib, o‘tdan to‘qilgan jildbog‘ida osiltirib.
— Sallamno, sallamno. Nomiga-da, kishtikoriga-da, yetishtirgan egalariga-da. Qabul-qabul, — deb turib, yana boyagidek intiqlik-la so‘radilar. — Yana-chi, yana?! Yana bizning boshimizni qanday ko‘kka yetkurmakchisiz?
Shunda Maqsud, vujudimga uyat olovi yugurib, yuzlariga zo‘rg‘a boqdimu:
— Ma’zur tutgaysiz, biz faromushxotirlar-    ni, — dedim o‘zimda jur’at topib, — Boldan totluv, har narsadan aziz dilbandingiz turib, biz nimalarni kiritib o‘ltiribmiz?! Ul taqsirlar siz uchun bu olamda har nedan aziz oilangiz, ahli ayolingiz, tomirlaringiz daragini topib, dilbandingizni yubormishlar.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:55:23
Qarab tursam, ul zot eshik tomon allaqanday intiqib ham javdirab tikilib qolibdilar. Intizorlik shunchaki, ul dilbandning qorasi ko‘rinsayu o‘rnilaridan turib keta qolsalar. Qanot chiqarib uchishga-da tayyorlar. Axir kim uchun shuncha yo‘l bosib kelibdirlar?!
— Voh! Laysa kamislihi shay!1 Chindan O‘zing xuva ‘ala kulli shayin qodirsan! — deb turib ketdilar bir mahal. — Diyorda bizning shunday qarchig‘aydek o‘g‘limiz bor ekan-ku! Shularning muhabbatini ko‘nglimga solib qo‘yib, firoqida yondirayapti edimi O‘zi?!.
O‘girilib qarasam, safardosh hamsoyam dovdir-sov-dir kirib kelyapti. Padaribuzrukvori huzuriga yo‘llab yuborishgani esidami-yo‘qmi, xushi boshidan uchib, bu devonxonaga yig‘ilganlarga bir-bir termulib ilgarilab kelarkan, hassalarini bilaklariga solib, quchoq ochgancha peshvoz chiqayotgan zotga ko‘zi tushib, xushyor tortdiyu farzandlik mehri jo‘shib, shu tomon intildi.
— Dada!..
Shu bir og‘iz so‘zdan butun devonxona, unda hozir bo‘lganlar larzaga kelib, bo‘g‘izlariga qaynoq bir nima tiqilgancha turarkanlar, ko‘zlariga tirqirab yosh chiqqan edi.
Ayriliqning arimog‘i ana shunday bo‘ladi ekan, Maqsud!
Firoqning so‘nggi lahzasida kishi shu hol, shu alpozga tushadir ekan, Maqsud!
Alloh suygan bandalarini ana shunday ayriliq-judoliklar bilan sinaydi ekan, imtihonidan o‘tkazib, o‘ziga yaqin qiladi ekan, Maqsud!
Men Allohning hamma balo-sinovlariga dosh berib, chidab, o‘ziga shukr qilib kelgan bir insonni — piri komilni ko‘rib turardim, Maqsud! Ul zot shu pallada o‘sha sabrlari evaziga ham Allohning yana bir in’omiga musharraf bo‘lib turar, o‘ttiz yil burun ona qornida qolgan dilbandlari bu kun qarchig‘aydek yigit yetib, er yetib, ota bag‘rida iskalanar edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:55:36
Bu olamda mavjud o‘t-o‘lanlar, dov-daraxtlar    barglari adadi qadar hamdu sanolar bo‘lsin Yaratganga! Bu ziyoratga guvoh bo‘lib turgan kishi borki, barchamizning ko‘zlarimiz namlik, yuraklarimiz titrar edi. Vaholanki, bu qiyomatga qolmagan diydor yoshlari edi, Maqsud!
Shu tob o‘zimda yo‘q darajada mutaassirlanib, atrofga alanglarkanman, Maqsud, kimni ko‘rib qoldim degin?! Qibla tomondagi eshikdan ikki-uch nafar odam kirib kelib turib qolishgan, ular orasi-da — kim deb o‘ylaysan, Maqsud, osmondan tushgandek Sultonmurod akam paydo bo‘lib, mendan ko‘z uzolmay qolgan edi. Yo qodir Alloh! Qanchalar chevarsan O‘zing! Qay amalimiz xush kelib, bu kunga musharraf etding?! Biz jigargo‘shalarni ham topishtirmoqni shu kunga, shu soatga iroda etganmiding?! O‘zingga bu dunyoda olgan, oladigan nafaslarimiz adadi qadar hamdu sanolar bo‘lsin!
— Aka!!.
Yuragim yorilib ketmaganiga hayronman, Maqsud!
Ovozimdan devonxona oynalari jangillab ketgan, hamma — biz tomon o‘girilgan edi. Biz ikki jabrdiyda — tirik turib yo‘li ayro tushganlar bir-birimiz tomon yugura ketgandik.
Alloh barcha vatanjudolarga-da ana shunday diydor kunini ravo ko‘rib, topishmoqni nasib etsin, ilohim.
Albatta, Oltinxon to‘ramga-da, akamga-da atab olib borgan sovg‘a-salomlarimizni berib, to‘nlarimizni kiydirib quchoqlashgancha toza yig‘lab-siqtashdik. Diyorni eslab, qavm-qarindoshlarni so‘rab-istashib, ey yozilishdik. Dunyoda bizdan baxtiyor, Alloh mukarram etgan kimsa yo‘q edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:55:51
Men bu tashrifni issig‘ida, ichimga sig‘dirolmay, senga ilinib yozdim. Ko‘pam iching tushmasin, borgunimcha shular yetar.
Darvoqe, akamdan sizlarga mujda! Jondan aziz xolamlarga, Yodgorga, ayasiga aytib qo‘yishing mumkin. O‘shal qora-qura zanji kinochilarga qo‘shilib borgan gung tasvirchi — o‘zi ekan! Jur’atiga balli, o‘sha yerga borib, o‘zinikilarni ko‘ribam miq etmay qaytibdi! Tanitmabdi! Mendek odam chidolmasdim, Maqsud!
Yana: akamning Yodgorga, uning onasiga, sizlarga atalgan mujdalari bor. Uni bu xatga qo‘shmadim. Ko‘z qoracho‘g‘idek asrab o‘zim bilan olib borgayman. Bizdan barcha so‘raganlarga duoi salomlarimizni yetkazib qo‘ygaysan.
Xolamlarga, pochchaga ayt, namozlarida duolar-la so‘rab tursinlar, toki ilohim, bizni siz azizlarning bag‘ringizga eson-omon qaytarsin. Bu ulangan rishtalarni esa bir umrli qilsin. Omin.

Ko‘rishguncha xayr deb,
Olim akang.
Turk diyori, Odana shahri».
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:56:04
10. Osmondan tushgan marvarid yohud omonat egasi

Uni qarang-a! Ana kuzu mana kuz!..
Men ishga otlanayotib edim, tashqariga ko‘zim tushib, beixtiyor deraza tavaqalarini ochib yuboribman!
Yo‘q, adashmagan edim. Ko‘chadagi o‘rigimiz usiz ham kuzgi kelinlik libosini kiyib ulgurgan, kungay barg-lari yal-yal tovlanib, tonggi shabadada bir chiroyli parpirar edilar. Go‘yo bu kecha son-ming sarg‘ish kapalaklar yopirilib kelib, shu o‘rigimizga qo‘na qolishganu mana endi kun yuz ko‘rsatishi bilan jon bitib, nozik-ado qanotlarini yumib-yoygancha o‘zlarini oftobga solishar edi.
Keyin ishga jo‘nab ketib, uni tamomi unutgan edim. Kechga yaqin qaytsam... voh, o‘sha jonivor «kapalaklar»!.. Hammasi yer bilan bitta — gilam bo‘lib yotibdi! Ana sizga kuzu mana kuz!..
Yalt etib tepamga qarasam, valloh-valloh, qolgani ham bir olam — hech kamaymagandek edi! Qaytaga qir uchlari qizarib o‘rik jonivor botayotgan oftob nurida boshiga zarro‘mol tashlagan juvongami, kimga o‘xshab qolibdi.
Subhanalloh! Yolg‘iz Xudovandi karimning ishimasmi bu? Mana shuni aytadilar-da, xohlasa, yashnatadi, xohlasa, yer bilan bitta etadi deb!..
Bittalab terib olib, o‘pgudek nozik-ado barglar gilamini aylanib o‘tayotib, to‘xtab qoldim. Qo‘shni qizmi, kimdir o‘sha yer bilan bitta suqsurdek barglarni bir chekkadan supira boshlabdiyu yana nimani o‘ylab, supurgisini tashlab ketgan edi...
Turib-turib ichariga yuraverdim. Ammo hamisha yuziga yopiq turadigan eshigimiz nimagadir bugun ichkaridan berk edi. Tavba, uydagilar qayoqqa ketishibdi?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:56:14
Eshikning kishi bilmas siri bor edi: tepa panjaradan qo‘l suqib, darvozaxona fanerining gul-taxtasi sal ko‘tarilsayoq, u o‘z-o‘zidan ochilib ketar edi. Chaqirib o‘tirmasa ham bo‘laverardi. Men ham o‘shanday qilib, ochib kirib boraversam... qay ko‘z bilan ko‘rayki, pastki ayvon ostonasida birov — nega birov bo‘lsin! — kennoyim yuzlarini bilaklariga bosgancha xun-xun yig‘lab o‘tiribdilar. Tizzalarida bir narsa oqarishib ko‘rinadi.
Ichim shig‘-g‘ etdi: xatmi?!
Shungamikan, berkinib olib, ko‘z yoshlariga erk berganlari?.. Qaydan kela qolibdi u bir parcha xat?
Men qaytib chiqib ketarimni ham, kirib boraverishimni ham bilmasdim. Qaerdan ham bemahal kirib qolibman?!.
— Voy, Maqsudxo‘ja, sizmu?
U kishi yonoqlarini apil-tapil artgancha o‘rnilaridan qo‘zg‘olar ekanlar, tizzalaridagi haligi narsa — ikkiga ajrab, biri sirg‘alib, biri oq ukpardek uchib tusha boshladiyu kennoyim shoshib qoldilar.
Keyin bir harakat bilan ikkoviniyam tutib olib, yenglariga yashirmoqqa urinar ekanlar, men bir narsalarni anglagandek bo‘lar edim. Nazarimda u kimdandir kelgan mujdaxatmi, nimadir ediyu kennoyim uni yeru ko‘kka ishonmay yashiradir edilar...
Yig‘latgani uchun yashiradirlarmi, uyalganlaridanmi, ajrata olmas edim.
Qolaversa, u boyaqishginani bunchalar yig‘latgan narsa kimdan ekanu nima haqda ekan?
Faqat boyagi o‘tirnishlari — yuzlarini bilaklariga bosgancha xun-xun yig‘lashlari... hech ko‘z oldimdan ketmasdi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:56:24
— Nima bo‘ldi, nima bo‘la qoldi, kennoyijon?!— deb yugurgilab borayotgan joyimda u kishi menga bir olam xijolat ustiga... shunday suyunch, shunday iltijo bilan boqdilarki, to‘xtab qolayozdim. Uni qarang-a! Hali bular hammasi sevinch yoshlari ekanmi, odam suyunchdan ham o‘zini shunchalar yo‘qotib qo‘ymog‘i, xun-xun yig‘lamog‘i mumkin ekanmi?!.
U qanday xat xabar ediki, odamni bunday yig‘latsa? Men qolib, endi u kishining o‘zlari talpinib kela boshlagan edilar.
— Oh, bilsangiz edu, Maqsudxo‘ja, kimdan qandayun xabarlar yetganun?! U kishining o‘zlaru nimu ishlar qilub ketganlarun?!. — deya ona oqqushdek talpinib kelib, ikki kiftimdan tutgancha yelkamga yopishib olsalar, esxonam chiqayozipti.
— Kim-kim, akammi, o‘zlarini aytasizmi? Yana-mi? — derdimu oxirigacha anglab yetolmasdim.
U kishi, u mushfiqqa bo‘lsa, o‘ksilarini tutolmay, to‘liqib to‘liqib yig‘lar, kamiga yelkamga osilib,  qaynoq ko‘zyoshlari bilan kiftimni xo‘l etib borar, ora-orada til-zabon bitib:
— Oh, Maqsudxo‘ja, o‘zlaru ekanlar-a! Bir og‘uz sezdirub qo‘ymabdular-a... Menman demabdular-a, — derdilaru yig‘idan chiqolmasdilar.
Men esam oxirigacha tushunib yetolmayapman. Xursandliklariniyam, armonda qolganlariniyam bilolmayapman.
Hadeb:
— Kim-kim? Kimni aytmoqdasiz? — deb qaytarib-qaytarib so‘raymanu: — Yana qayoqdan kun chiqib, kela qochtilar? — deyman.
Axiyri kennoyim bir titranib, kiftimdan boshlarini uzdilaru:
— Oh, Maqsudxo‘ja-Maqsudxo‘ja, qayoqdan chiqar edu, biz kutgan tarafdan chiqdu! Alloh aziz qilgan taraflardan chiqdu! — dedilar to‘liqib, Bilasizmu, kim ola keldu, Olum akangiz ola keldular daraklarinu...
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:56:37
— Ie, u kishimi?!. Meni xayolim kimlarga ketibdi!  O‘zlari qanilar, oyimgilar,bular qani? — deb surishtira ketdim.
Qarang-a, To‘ramning iltimoslari bilan ketgan odam Oltinxon to‘ramni zurriyotlari bilan diydorlashtirib, kamiga yana qanday xabarlar bilan kelibdi!
Shundan o‘zlariga kelolmayaptilar, to‘liqib boryaptilar ekanmi kennoyim?!. Shu davada mening gina xaltam ochilib keta qolgan edi:
— Bitta qo‘ng‘iroq odamni o‘ldiribdimi? Bildirib qo‘ymaydilarmi, uchib kelardim...
Ammo u kishi bu ginamni gina sanamay Olim akani yoqlay ketdilar:
— Yo‘q-yo‘q, u kishi sizni ko‘p so‘rab-istadilar. Keyin kichigoyimlarnu, bularnu olib ketdular. Tayun-lab-tayunlab ketishdu, borar ekansiz.
Shu gaplardan keyin ham qani hovrimdan tusha olsam!..
— Elburutdan uylariga chopmasalar... borardilar o‘sha «polkovniklardan qolgan joylari»ga. Xolayu tog‘alarimizni shu yerda ham kuta olardik.
Oh, kennoyim-a, sabrlari tog‘cha bor, kennoyim-a! Shuncha ginalardan keyin ham Olim akamning tarafini olgandek, ro‘mollarining uchini mijjalariga bosa-bosa... menga jilmayinqirab qarab turar edilar.
— Yo‘q, Maqsudxo‘ja, u kishi bir nimularnu o‘ylab shunday qildular shekillu. Damini chiqarmayluk dedularmu...
— Balki, — dedim men ham bu fikrga qo‘shilib. Biz Sulton akamizning daragi chiqqanini hali bayram qila olmaymiz. Yurtga osh berib, keyin javobini ham berib yurolmaymiz. Qancha gaplar ochilib ketishi, surishtir-surishtirlar boshlanib qolishi mumkin. Olim akamning ham bilgani-bilgan... Keyin javr-javr — kimga javr bo‘ladi?! Shu kennoyimgami?! Undan ko‘ra, bu narsani sal nari qilgani ma’qul-ku. Aslida ham Olim akam kimning iltimosi bilan ketibdi? U safarning o‘zi ham sal imi-jimidaroq emasmidi, axir?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:56:51
— O‘zingiz-chi, o‘zingiz nega bora qolmadingiz? Yolg‘izdan-yolg‘iz o‘ltiribsiz, shunday kunda? — degandek qaradim.
Bu orada o‘zlarini hiyla tutib olgan kennoyim yenglarining ichidagi narsaga endi iymanib xijolat aralash qarab qo‘ydilar:
— Biz boyaqishlarga shu ham yetarlu... Olamnu olub berganlaru ila barobar.
— Shuning o‘ziga ko‘nib qolaverdingizmi? — Shuncha yerdan mozor bosib kelgan odam shugina bilan kelibdilarmi, demoqchi bo‘lardim. Kennoyim ham shu bir og‘iz so‘zdan o‘zlariga kelib, shoshib qoldilar:
— Chindan ham... Siz shoshumang, men hozir, — degancha pastdagi uylariga qarab boraverdilar. Yo shu bahonada haligi birovga ko‘rsatib bo‘lmaydigan — o‘zlarini esa, yig‘latgan xatni tashlab chiqmoqchi bo‘lardilar, yo menga atalgan biror narsani eslab qolgandilar. Men esa, hamma narsadan ham burun, o‘sha yeng ichidagi xatga intiq edim. Akamdan bo‘lak kimdan ham bo‘lishi mumkin?! Men hozir undan ayrilib qolayotgandek, qaytib so‘rab ham ololmaydigandek edim, nazarimda. Bu ham bo‘lsa, akamning anuv sarhad oshib kelgan (Chaman akam topib, berib yuborgan) xatlarini haliga dovur ko‘rsatmaganimning jazosi, qaytimi-      dek  edi. O‘zimga ham jindek alam qilayotgani shundan edi.
Bu orada kennoyim negadir paxta gulli choynak-piyola ko‘tarib chiqa boshladilaru piyolada top-toza buloq suvini ko‘rib, hayron qoldim. U nima bo‘lsa ekan?
Hamisha siniq jilmayadigan kennoyim bu gal tamomi boshqacha edilar.
— Mana, Maqsudxo‘ja, o‘sha mozor bosub kelgan narusalarning bittasu. Olloh aziz qilgan o‘sha diyornu suvi. Niyat qilub ichulgaykan, — dedilar u kishi meni taajjublarda qoldirib.
Men ham uni endi eslagan edim:
— Iya, bu o‘sha To‘ram taqsir buyurganlarimi? U kishi atay ola keptilarmi? — deya oldim.
— Yo‘q, akanguz... berub yuborubdilar...
Bu xabardan men chindan ham lol qolgan edim:
— Qanday, qaerdan bila qoptilar? — deb yuboribman, o‘zimga kelganimda kech bo‘lgan edi: dilimga kelgani tilimdan uchib chiqib ketgan, endigi pushmonimdan yer yorilmasdi...
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:57:04
Kennoyim yerga qarab siniq jilmaydilar. Lekin bu jilmayishning tagida g‘amdan ko‘ra quvonch ko‘proqqa o‘xshar, ko‘zlari ham chaqnar edi:
— Shifo so‘rab ichsun, inshaalloh, ko‘rmaganday bo‘lub ketgay, deganmushlar...
Valloh-valloh, shunday deganmishmi, atay berib yuborganmishmi?!.
Ana senga Sulton akang, mujohid akang! — derdi ichimdagi mitti chol tilga kirib. — Kelib ketgani, ko‘rib ketgani rost ekanmi? Ko‘rmasa, zamzam berib yuborarmidi?! Shifo so‘rab ich, dermidi?! Kelganki, ko‘rganki, u dardlari ariyqolsin deb, berib yuborgan. Ana, ular qandoq ham bir-birlariga mehribonlar, yeru ko‘kka ishonmaslar, derdi. Men bu so‘z-bu hislardan ichim allaqanday toshib yig‘lasim kelib borar, o‘zimni qo‘yarga joy topolmasdim. Vujudimga ham titroq kirganmi, qo‘limdagi piyola omonatga o‘xshab, ichidagi suv mavjlangandan-mavjlanib chayqalayotgandek, hozir o‘zimni tutmasam, bir yonga og‘ib to‘kila ketadigandek edi.
Kennoyim esa qistar edilar:
— Olung, Maqsudxo‘ja, faqat niyat qilub iching. O‘sha Xojar onamiz buloqlariga bizlarnuda o‘zi yetkazsun.
Men:
— Ilohim, ilohim, aytganiz kelsin, — dedimu ichib yubora qoldim. Oh, suv ham yutumi shunchalar yumshoq, o‘zi tomoqqa tekkandanoq chanqoqni oladigan bo‘ladimi ekan?! O‘zimizning Izzani buloq suvlariga o‘xshab, ichgan saring ichging kelaverardi, tavba. Yer ostidan chiqqan suv bunchalar yutumli, yumshoq bo‘lmasa?! Odam bolasiga atalgani, Ollohning marhamati ekani, O‘zi chiqarib qo‘ygani uchun ham shundaymikan?.. Men birinchi marta shunday xayollarga bormoqda edim. Nazarimda bu marhamatning hikmatini ham topgandek edim.
Kennoyim esa, yuzimga qarab, iltifot qilardilar:
— Yana bir piyolagina iching, Maqsudxo‘ja?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:57:13
— Rahmat, — dedim-u... o‘zim yana bo‘lsa yo‘q demasdim. Ammo tortindim, axir akam nima uchun berib yuborgan?.. Shunga ham sherik bo‘lamizmi?.. Rostini aytsam, shu bir piyola, suv bolaligimiz bilan birga yo‘qlikka ko‘chgan u Izza buloqlarini, akam bilan bu diyorda kechgan kunlarimizni yodga solib, sog‘inchimni yangilab yuborgan, o‘sha kunlarni qo‘msatishga tushgan edi! Qolaversa, Olim akam u tarafdan ola kelgan har bitta narsa menga aziz ko‘rinib ketmoqda, ichim qurib bormoqda edi-yu, so‘ray olmasdim. Ayniqsa, boya-gi ko‘rganim maktubga — akamning qo‘llari tekkan, har so‘zidan uning nafasi ufurib turguvchi xatiga shunchalar mushtoqmanki, qani endi so‘ray olsam, yetisha qolsam... Keyin kimsasiz bir uyga kirib olib, biqinib o‘qiy ketsam.. Ammo uni bu mushfiqadan qanday so‘rayman? Qolaversa, zamzam bahonasida ichkarigami, qaerga tashlab chiqqan bo‘lsalar?.
U kishi piyolani qaytarib olar ekanlar, yuzimdanmi, ko‘zimdanmi, bir narsalarni sezgandayin bir qarab qo‘ydilaru qayrila turib, to‘xtadilar:
— Maqsudxo‘ja, aytumoqchi anuv narusa... esungizdami? — dedilar yana ming bir istihola ila.
— Qaysi? — dedim garangsib.
— Ko‘rpacha qatudan chiqqan-chu?
E-ha, u marvaridni aytyaptilarni, uni unitib bo‘-lar ekanmi?!
Bir kuni ishdan kelsam, oyim chaqiryaptilar:
— Hoy, Maqsudxo‘ja, odam degan ham shunaqa ish qiladimi? Ko‘rpacha qatiga nima qo‘ygansan? — deb turibdilar.
Nima qo‘yibman, hech eslay olmasdim.
Keyin eshitsam, yig‘ib qo‘yilgan ko‘rpachalarni qoqib-suqishayotsa, ichidan shildirab bir shoda marvarid tushib kelayotganmish. Shodaki, iplari zar, bog‘ichlari tillodan, ko‘rgan odamning og‘zi ochilib qoladi emish.
Ko‘rib o‘zim ham hayronu lol qoldim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:57:25
Qaerdan kelishi, kim qo‘yishi mumkin, aql bovar qilmasdi. Qancha bosh qotirib ham tagiga yetolmagandik. Keyin axir bir kun isi chiqib qolar-ku deb men uni hech kim topolmaydigan bir yerga — anuv parda ortidagi birov bilib, birov bilmas tokcha-tortmachamiz tagiga yashirib qo‘ya qolgan edim. Shu vaqtgacha miq etmay yurgan kennoyim hozir o‘sha osmondan tushganday paydo bo‘lib qolgan marvarid haqida og‘iz ochmoqda edilar. Uni qarang-a!..
— Xo‘sh-xo‘sh? — dedim ich-ichimdan bir hapriqish bosib kelib.
— O‘shanu ham... bu kishi qoldurgan ekanlar.
— Yo‘g‘-e... — Bu endi aqlga sig‘dirib bo‘lmaydigan narsa edi. —  Qanaqasiga?
— Shunaqasuga... — dedilar kennoyim turgan joylarida to‘liqa boshlab, boyaqishginaning qaroqlariga yana yosh quyilib kelib, ovozi titray boshlagan edi, — o‘sha zanjular bilan kelganlaruda...
— O‘sha qora-quralar bilan-a?! — Mening boshimdan olov chiqib ketgandek edi, ko‘ksimga havomi nimadir yetmasdi. — O‘sha gap, o‘sha mish-mishlar rost ekan deng-a?!
Shu davada men ikki qadam tashlab, ushlab qoldimmi yo u kishi qo‘llarida choynak-piyola, bo‘shashib yelkamga o‘zlarini tashladilarmi, o‘zimga kelganimda yuzlarini yelkamga bosib, aytib-aytib siqtar edilar:
— Rost ekan, Maqsudxo‘ja! Biz boyaqishlar hech narusaning farquga bormabmuz!.. Fahmuga yetmabmuz... U kishu suvratlarga tushurib ketubdilar. To‘yub-to‘yub ko‘rib ketubdilar. Biz hech narusanu bilmabmuz. Bir ishora, bir belgu berub qo‘ymabdular hatto, — derdilar.
Men esam, u mushfiqani qanday yupatib, qanday tinchlantirarimni bilmayman, ichimdan esa bir olam narsalar o‘tib bormoqda: «Belgi deysiz, mana shu marvarid-chi, u qaysi belgidan kam?!» degim kelyapti-ku tushov tushgan tilim yechila qolmaydi, o‘zimga ovoz bita qolmaydi. Ammo bu voqea rost chiqqanidan boshim osmonda: voh, mana buni akam desa bo‘ladi! Hammasini dog‘da qoldirib ketibdi, hatto sayyoh qiyofasida kelgan anuv vatanjudodan o‘tib tushibdi! Chinakam Botur deb shuni aytadilar-da, derdim. Derdimu miq etolmasdim. Negaki yaqin olib, o‘ziniki hisoblab yelkamga bosh urgancha bo‘zlayotgan kennoyim mendan o‘tib tushmoqda edilar:
— Eshityapsizmu, Maqsudxo‘ja,— derdilar kuyib-pishib, — o‘sha «mehmon» o‘zlaru ekanlar. Kelubam bildurmabdular. Biznu ayab miq etmabdular. Alloh rozu bo‘lsun, — deb bir yerga yetardilar.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:57:38
Men esam:
— «Duoyu iltijolariz Xudoga yetgani shu, kennoyijon. Hali qarab turasiz, hammasi yaxshi bo‘lib ketadi! Yo‘llar ochilib, ko‘rmagandek bo‘lib ketasizlar. Shukr qiling, Alloh daraklarini chiqarganiga. Olim akam borib ko‘rib kelganiga. Mana bunday mujdalar keltirganiga, — deb taskin-tasallular bergim keladi-yu, ich-ichimdan bosib kelayotgan sevinch, xo‘rlik, sog‘inch aralash bir hislarni jilovlay olmayman: — Hademay Allohning o‘zi chegaralarni ochvorsa, bordi-keldilar mumkin bo‘lib qolsa, nima deysiz?! Akam o‘g‘rincha emas, allaqanday qora-quralar bilan emas, ro‘y-rost kirib kelsa, nima deysiz?! Axir Allohga oson ekan-ku», — deya xonamga yugurib kirgim, pardalarni ochib tashlab, o‘sha birov bilib, birov bilmas joydagi omonatni olib chiqqim keladi-yu, joyimdan jilolmayman, qo‘zg‘ololmayman. Faqat bir narsaga hayronman! U kishining o‘zi-chi, nega tanib turib ham... bilib turib ham necha miq etmabdilar, hokisorlik shunchalik bo‘larmi?
Shu davada:
— Shoshmang, men hozir, — deya bir qadam chekilib, uyimiz tomon burilmoqchi bo‘lgan joyimda u kishi bosh to‘lg‘ab o‘tinishga:
— Yo‘q-yo‘q, Maqsudxo‘ja, qo‘ying, tura tursun. Kichigoyum kelgunlaricha tursun, ovoza qilmay turayluk... — deb iltijo qilishga tusha ketdilar
— Xat-chi, zamzam-chi, ularni hammi? Endi bu narsalarni yashirib bo‘ladi ekanmi? — dedim hayronlar qolib.
— Yashirub-ku bo‘lmas, lekin ovoza qilish ham xayr¬lumikan? — dedilar u kishi.
Darvoqe, nima hayrli — o‘sha Alloh rozi bo‘ladigan narsadir. Chindan ham, hozir sabrdan yaxshiroq, xayrliroq narsa yo‘qdek edi.
Shu tob... hali joyimdan jilmay turib... eshikka yengil mashina kelib to‘xtab, ajabtovur musiqachalib, chaqira boshladi. Bunaqasi Olim akamning «Volva»sida ham yo‘q edi. Tavba, kim bo‘ldi ekan, deb chiqib borsam, qay ko‘z bilan ko‘rayki, tanish yashil «Jiguli»dan... boshida oq kepka, egnida oq hoshiyalari biram chiroyli, biram yarashgan zangori sportchilar kiyimida... Chaman akam tushib kelyapti:
— Xello, Maqsud mirzo! Haliyam sho‘ttamisan? Olim kepti-ku, ziyoratga o‘tmaymizmi, axir?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:57:51
— Assalomu alaykum. Nega o‘tmas ekanmiz! O‘tamiz. Akamni ziyorat qilib kelgan odamni ziyorat qilmaslik mumkinmi?! — dedim men quchoq ochib bora boshlab.
— Uni qara-ya! — dedi Chaman akam o‘sha-o‘sha hazilkashligi tutib, — Sultonga kimlar intiq-intizor, kimlarning ko‘zi teshilib yotibdi, Olim akang ko‘rib kepti! Dunyoning teskariligini ko‘r!
— Nasib-da, nasib! — dedim men.
— Endi borib yermiz xasip, — dedi u.
Kulishib, quchoqlasha ketdik. Orqadan chiqib kela boshlagan kennoyim qay ahvolga tushdilar, men ko‘rolmasdim.
Bir kunda shuncha xursandchilik, shuncha mujda! Bu yaxshi bir zamon, masrur kunlar kelayotganidan, anavi boyaqishlar ko‘kragiga ham oftobu shamol tegajagidan yaxshi bir darak emasmikan? Qolaversa, akamning manavi jahongashta do‘sti yana qanday xabarlar bilan keldi ekan? Bekorga qadam ranjida etmagandir?!
Shu tobda men undan bir narsani juda-juda so‘ragim, bilgim kelib ketayotir edi. Sekin qulog‘iga shivirladim:
— Ayting-chi, akajonimiz qo‘nim topgan diyorga bormoq osonmi, u yerdan kelmoqmi?..
Bu shunchalar sirli ediki, Chaman akam aftimga «Ha, quv», degandek qaradiyu u ham sekin bag‘riga tortib, qulog‘imga pichirladi:
— Xudo xohlasa, har ikkisi ham oson. Axir akang keb ketipti-ku. Endi kimning gali ekan? Navbat sizlarga-da.
— Yo‘g‘-e, rostdan-a? Behazil gapizmi? — deya aftiga tikilib qolibman. Shu temirqo‘rg‘ondan biron yoqqa chiqib bo‘larkanmi, demoqchi bo‘lardim.
U ham bir qarashda meni tushuna qoldi. Tushuna turib, dabdurustdan yelkamga qoqib, sal o‘ziga tortgancha jilmaydi:
— Akang yo‘lini topganda sen topolmaysanmi? Senga osonroq-ku? — dedi atay mening jig‘imgami-g‘ururimgami tegmoqchi bo‘lib. Rostdan ham bu gap nafsoniyatimga tegib ketgan, o‘zim to‘msaya boshlagan joyimda uning bu gapi hazil ekanini fahmlab qolib, bo‘shashdim:
— Hamma ham akam bo‘laveribdimi! Unday bo‘lolsak, jon-jon derdik-ku.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:58:04
Chaman akamga bu gap nasha qilib, bexos bag‘riga tortdiyu, quya qulog‘imga yana boyagidan ketdi:
— Eh, pakana pari, pakana pari. Gazetda ishlayverib, to‘ngib qopsan. Ko‘zingni och, sen ishongan tollar allaqachon kesilishga kepqolgan, ich-ichidan chirib yotibdi...
Yo‘g‘-e, nahotki, degandek aftiga yalt etib qarasam, har baloga aqli yetadigan Chaman akam... o‘sha-o‘sha su-yib, jilmayib turibdi.
— Bir kun ertalab turib qarasakki, u qari tollar yo‘q, ...shundaymi?
— Yo‘q, — dedi u ma’noli boqib, — ortidan esa, chiroyli bir tong otib kelyapti — boqib to‘ymaysan. Tushunding?! — dediyu shoshirishga tushdi. — Ketdik, ketdik, akangdek odamni ko‘rgan safarchi keladiyu biz oyoqni qo‘lga olib yetib bormaymizmi, uyat bo‘lar, axir. Bordir bizga ham atalganlari...
Shuncha qistasak-da, kennoyim unmadilar. Uyni yolg‘iz qoldirishga ko‘zlari qiymadi:
— Borarman keyinroq, menga boyagilar ham yetadi,— dedilar mungli jilmayib.
Chindan ham, endi nima ham akam berib yuborgan narsalardan o‘ta olardi?!
Alqissa, o‘sha Bo‘zsuv bo‘yidagi «polkovniklardan qolgan bog‘»ga yetib, tanish hovli-joyga kirar ekanmiz, peshvoz chiqqan safarchini ko‘rib, gangib qolgan edik.
Qay ko‘z bilan ko‘raylikki, qarshimizda Sulton akamizdek jussador, ko‘z qarashlariyu bo‘y-basti bilan, hatto yurishlari bilan akamga tortib ketgan bir odam — Olim akam quchoq ochib kelar edi. Valloh, valloh, Sulton akamning o‘zini ko‘rgandek quchoqlashib, yalashib-yulqashib ketdik. Xursandlikda bizga yetadigan odam yo‘q edi. Undan akamning hidi, bo‘ylarini tuyib, bir yerlarga yetar edik.
Ammo hammasidan Olim akam qo‘yin cho‘ntagidan chiqarib, menga uzatgan «mozorbosdi hadya» o‘tib tushdi.
U hov bir vaqtlar — bolaligimda tog‘am hadya qilgan narsaga juda-juda o‘xshab ketmoqda edi. Bu ham o‘shanga o‘xshab, tig‘i jimjiloqdek, o‘zi bir qarichcha keladigan — sadaf bandli pichoqcha edi. Balki o‘shaning o‘zidir, o‘sha pichoqchadir, degan xayollarga-da bormoqda edim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:58:14
Farqi — buning mo‘’jazgina qinchasi, yiltiroq qora ko‘ndan tikilgan g‘ilofchasiyu bejirimdan-bejirim shokilachasi ham bor edi. Qinmisan-qin. Yonga taqadigan belbog‘chasini aytmaysizmi, o‘shani-da unutishmagan edi. Fil suyagidanmi, nimadan qilingan oppoq sadaf bandi esa, o‘sha qindan chiqib turibdi.
Voh, nima bu? Qanday mo‘’jiza? Yo‘qolgan narsalar osmondan tushgandek paydo bo‘lib tursa? Yo akam berib yubordimikan?!
Ko‘zlarim o‘ynab ketganini ko‘rgan Olim akam        mayin jilmayib, yelkamga qoqdi:
— Sen avval ichini och, qindan chiqar. Kimdanligini bil.
Qo‘lim titranqirab qindan chiqarsam, uchiga qadar shildiroq qog‘ozga o‘ralgan jajji pichoqcha.
— Och, och, — dedi Olim akam qistab.
Qog‘ozini olsam, pichoqmisan pichoqcha. Naq, o‘sha, hov bolaligimizda tushib qolmasin deb, kitob muqovasi ortiga yashirib yuradiganimdek, sadaf bandli mitti pichoqcha. Faqat bir yuziga uch kunlik nozik hilolu bir yulduz zarb etilib, tepasidan zarhal bilan nimadir yozdirilgan edi. Unaqasiga ham, bunaqasiga ham o‘qiy olmadim.
— Ie, «Anvar mirzo», o‘zlarini ham tishlari o‘tmadimi? Unda ko‘fiy xatga ham tishi o‘tadiganlarga bering. Ana, Chaman akangizga bering, — dedi Olim akam tegishib.
Shundagina chumoli izidek bu mayda yozuv arabiy imloda, ustiga ustak, zer-zabarsiz ekanini anglab, qimtingancha qoldim.
Chaman akam o‘qidi. Qarangki, bitik arab imlosida bo‘lsa ham, o‘zi turkiy tilda edi: «Hammamiza suyukluv, hammamizdan o‘zgukluv 1 pakana pariga».
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:58:23
Tanidim! U Sulton akamdan edi! Undan bo‘lak hech kim bundoq yozmasdi ham, erkalamasdi ham!.. Tanidimu vujudimga shirin bir tuyg‘u — bir jimirlov yugurib, ko‘zlarimdan tirqirab yosh chiqib ketdi!
Rostini aytsam, bundoq yosh, bunday hislar ko‘pdan mehmon bo‘lmagan edilar. U yana uzoqroq davom etaversa, to‘xtamasa, derdim. Sog‘inch yoshlari shunchalar shirin bo‘ladimi ekan?!.
Men pichoq yuziga termular ekanman, akam atay yozdirib yuborgan haligi ikki og‘iz so‘z tilimdan tushmas, go‘yo dilimga muhrlanib qolgandek edi: «Hammamiza suyukluv, hammamizdan o‘zgukluv...» O‘zish tugul, ukasi degan nomga munosib bo‘lolsak-chi avval!..
Shu bilan birga, yana allaqanday shirin hislar qamrab kelib, bu so‘zlardan totli bir g‘urur ham tuymoqda edimki... o‘zim bilan o‘zim bo‘lib, hamrohlarimdan ortda qolib ketibman.
Bir mahal qarasam, ular hiyla narida to‘xtab turibdilar. To‘xtaganlari mayli, turishlari g‘alati edi, qo‘rqqulik edi!..
Valloh-valloh, o‘rtalarida qanday gap o‘tibdiki, Chaman akam safarchini ikki kiftidan tutib, o‘ziga qaratgancha... yuzlaridan ko‘z uzmasdi. Hech kimga bo‘y bermaydigan, qolaversa, durkun tortib ketgan Olim akam esa, shu holiga akajonisining ming yillik oshnasi oldida bo‘yin egib, yer suzib qopti. Bir qur bo‘lsa-da, uning ko‘zlariga qarab qo‘ymaydi. To‘g‘rirog‘i, qaray olmayotir. Yuragim shig‘-g‘ etdi: «Nima ro‘y bera qoptiki, bunday turishibdi? Mendan nimani yashirishgan ekan?!.»
Menga qolsa, yugurib borib, ijikilab surishtirishdan ham toymasdim, ammo ulgurmadim. Olim akam bir nima dediyu Chaman akam bo‘shashib, tusha qolgan edi.
U nimani qistab qo‘ymagan ediyu nimadan bunday bo‘shashib tusha qoldi? Qolaversa, akamdan bo‘lak kimni ham surishtirardi?! Bu o‘ydan yuragim to‘kilgudek bir holga tushib, sekin boraverdim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:58:34
Chaman akam so‘rardi:
— Xabarchilari-chi ulardan ham darak bo‘lmadimi?
— Ikki xafta kutdik,— dedi Olim akam, darak tugul, javob kelmadi...
Ana xolos! Nega unday bo‘libdi? Umrida lafzining ustidan chiqmay qolmaydigan akamga nima bo‘libdi? Bu o‘ydan kuragimda boshimga dovur bir jimirlov yugurib, peshonamdan muzdek ter chiqib ketgan edi.
Xuddi shu lahzada nima bo‘lib, Chaman akamning nigohi menga tushdiyu birdan o‘zgardi-qoldi. Kutilmaganda Olim akamni yarim quchganicha ichkari boshlayverdi. G‘alati hol edi: mezbon kimu mehmon kim, ajratolmay qolgan edim. Kamiga Chaman akam ovozini baralla qo‘tib, unga taskin berardi:
— Shunga shuncha tashvishmi? Muhimi, o‘zini ko‘ribsan, diydoriga to‘yibsan, sovg‘ayu, salomlarini ola kepsan. Ortiq nima kerak? Qayta ko‘risholmagan bo‘l-sangiz, epini qilolmagandir-da. Muxojir odamga oson tutma. Qaytaga uzulgan rishtalarni ulab kepsan, qay o‘lka, qay diyorlardan so‘rarimizni bilib kepsan! Shunga ham shukr, do‘ppini osmonga otsang-chi! — derdi shantallab. Qarang-a, bir o‘girilib kimga aylanib ulgurgan edi u.
Ammo ular mendan nimanidir yashirishayotganga ham o‘xshar edilar.
U nima ekan, suyukluv ham o‘zgunluv ukalari — men hech narsa bilmasdim.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:58:52
UCHINCHI KITOB BITDI

Jindek izoh: Va nihoyat, o‘n sakkiz yillik ayriliqdan so‘ng ota o‘z farzandi-arjumandi ruxsoriga yetishib, mushfiq onaizorning kelinlik sepi tariqasidagi taqinchog‘i — omonat ham o‘z egasini topgan va shariat zammata yuklamasi vazifalarni o‘tashga urinib qilingan sirli safar uddalanib, vatan sog‘inchi, yaqin jigarlar sog‘inchi jindek qondirilgan bir pallada «Judolik diyori»ning uchala kitobiga nuqta qo‘ymoq ham mumkin edi.
Ammo Oltinxon To‘ram farzandlarini ota diydoriga yetkazish asnosida jigargo‘shasi bilan ko‘rishishga muyassar bo‘lgan Sultonmurodning ketguningcha yana ko‘tarishgaymiz deb «lafzining ustidan chiqolmagani — hikoyachiga ham, kitobxonga ham qorong‘u qolayotgani bois bu tarixni aniqlashtirishga to‘g‘ri keldi.
Aziz kitobxon. Dastlabki urinishlarimizdan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, judolik tarixi hali poyoniga yetmagan ko‘rinadi. Shu bois Sultonmurod taqdiriga doir hozircha muallifga ayon tarixlardan bir qismini to‘rtinchi kitobning ilk bobi sifatida taqdim etishga jur’at qildik. Alloh xayrli qilsin.
Uzr, diydor navbatdagi kitobga qoldi.

Muallif.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:59:18
S o g‘ i n ch  d i yo r i

4-KITOBDAN ILK BOB

Sadag‘ang ketay Qora darvesh yoxud bemavrid chaqirilgan azon

(Yolg‘iz muallifga ayon tarixlardan)

Kun tig‘ga kelgan, o‘sha lag‘chaga aylangan kunning o‘zi ham osmon toqiga mixlanib qolgandek edi. Uning zavolga og‘ishi, olov taftining qaytishidan bir belgi, bir sas berib, biron narsa qilt etsa-chi qani!.. Hatto vaqt to‘xtab qolgandek. Soyalar-ku kichrayib borib, dov-daraxtlarning, qo‘rg‘onlarning ortiga yashirinib olgandek, tosh-kesaklar tagiga kirib ketgandek. Go‘yo olam Mahshargohga aylanib, quyosh ham pasaya boshlagandek bir pallada bu muazzam shahar ahli barcha yumushlarini tashlab, kim soya-salqin qo‘rg‘onlariga, kim qorong‘ilatilgan ichkari uylariga kirib ketganlaru butun shahar kimsasiz Madina-kentga aylanib qolgandek edi.
Yaxshi ham Olloh qaylulani chiqargan, shahar ahli necha zamonlardan beri kunning mana shu pallasida boyagidek salqin joylariga kirib ketib, bir muddat mizg‘iy ketadilaru yana asrga yaqin «tirilib chiqib», o‘z toat-ibodatlarigayu tirikchiliklariga kirishadilar. Asr namozi ana o‘sha qaylula shukronasiga o‘xshab ketadi. Ana shundan keyingina Madina ko‘chalarida bahri dilni ochadigan shabadalar yurib qoladi...
Ungacha hali picha bor. Bizga avvalgi kitoblardan tanish, qolaversa, shu asarlarning bitilishiga ma’lum ma’noda sababchi bo‘lgan Bahriddin birodarimiz ham hozir tijorat ishlarini bir chetga surib, ichkari uyda qaylulaga berilgan, shu topda tong-saharlardagidek tiniqdan-tiniq tush ko‘rib yotar, qarangki, yana o‘sha o‘ksik bolaligiyu iqbol etagidan tutdim deganda ajrab qolgan diyorining dalayu qirlarida kezib yurar edi. Kezish nimasi, o‘sha diyor shamollariga, qushlariga qo‘shilib, shabboxun urar edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:59:29
Umrining so‘nggi kuni, so‘nggi nafasiga qadar tushlariga kiraversa kerak o‘sha diyor, o‘sha o‘ngida yetib bo‘lmas go‘sha. Balki so‘nggi nafaslari bilan birga u bu vujudni, bu quvg‘indi ko‘ngilning qa’rini tark etsa, jon qushi bilan qo‘shilib chiqib ketsa ham ehtimol... Ungacha mehmon bo‘lib kelaversa, o‘rtayversa, jon qushini o‘sha aziz go‘shalarga yetaklayverib qo‘ymasa, ne ajab? Tilimiz nega yolg‘onlab keladir, uni judolik diyori deb atab? U axir dil qa’rida yotmasa, jon qushi ila birga bo‘lmasa, nega mizg‘idi deguncha ko‘rinaveradi, o‘sha go‘sha, o‘sha diyorga yetaklayveradi?!
Balki adoqsiz sirlaridan voqif qilmak lozim bo‘lgan choqlarida u yana tushlariga oralab kirib kelaverib, uni yana nimalardandir ogoh etmoqchi bo‘laverar?.. Ishqilib u o‘shal aziz diyorning ko‘m-ko‘k bedapoyayu qir-soylarida yugurgilab yurar, goh qaybir tepalarda, goh qaybir adirlarda yuragini hovuchlab turib qolar edi.
Bu yoqda esa, bir gala ot ovlovchi chavandozlar har birlarining qo‘llarida bittadan arqon-sirtmoq, hammalari bir ko‘rkamdan-ko‘rkam, uchqur otni, hali hech minilmagan salt bir otni har tarafdan o‘rab kelishardi. Payt poylab turib, hurkak otning bo‘yniga sirt-moq otib ilintirib olishsayu keyin qo‘yib yuborishmasa. Ammo ish hali bunga yetganicha yo‘q. Yaqinlashdilar deganda u shart qayriladiyu uzun, ko‘hlikdan-ko‘hlik bo‘ynini bir yonga egib, yollarini hilpiratgancha chap berib, qochib qoladi. Keyin birontasi unga yeta olsin-chi, changida qolib ketadilar! U esa, narigi qirga o‘tib borib, sekinlaydiyu atrof-javonibni jangillatib — shunday kishnab beradiki, bu kishnovdan yuraklar simillab oqishga tushadi. Simillagan sari g‘ururmi, nimadir qanotga aylanib, ikki kurakdan o‘sib chiqa boshlaydiyu u otni yana quvsalar bormi, unga qo‘shilishib uchgisi, tutqich bermagisi kelaveradi.
Ot ham otmisan ot edi o‘zi! Qirga yetib olib, tepada turishini ko‘rsangiz! Bunaqasi ilgari ham tug‘ilganmikan hech? Go‘zalligiyu ko‘rkamligini ko‘ring. To‘rttala oyoqlari tizzasiga dovur oq-oppoq, peshonasida yulduz-qashqasi bor bunday ot har yuz yilda bitta tug‘ilsa ham, mingtadan bitta chiqsa ham ajabmas. U chindan ham mingta ot o‘rtasiga tushsa, ajralib turadigan otlardan edi, tanuqlidan tanuqli, ko‘hlikdan ko‘hlik jiyronqashqa edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 14:59:51
Ot o‘g‘rilarimi, ishqibozlarimi, ishqilib sirtmoq tutgan abjir chavandozlar galasi shunchalar harislik bilan uni quvar, o‘rovga olar, sirtmoq tashlar edilarki, biri bo‘lmasa, biri muddaosiga yetib qoladigandek, Bahriddinning nafasi ichlariga tushib-tushib ketardi.
Ammo har gal «o‘ldi!» deya ichlari zimillab, ko‘zlarini chirt yumib olgan mahal... yana ochsaki, jiyron-qashqa Ollohning qaybir inoyati bilan «quv-quv»lardan qutilib chiqib, ketayotgan bo‘lar edi!..
Valloh-valloh! Bu ne hol, bu ne sinoat? Qachonga dovur bo‘y bermay, qochib yura oladi ekan?! Bu «quv-quv»larda ne hikmat yashirin o‘zi?..
So‘nggi damda... birov xuddi Ka’batullohdagidek tiniqdan tiniq, cho‘ziqdan cho‘ziq azon chaqirib yubordiyu... Bahriddin («Iya, asr bo‘lib ketibdimi» deya!) sapchib turib ketdi.
Keyin o‘sha ichkarida, o‘zlarining alohida tahoratxonalarida tahorat olib, yuvinib-taranib, birato‘la namozga otlanib, xoji ko‘ylaklarini kiyib chiqib keldiyu ayolining hali ham tikuv mashinasi yonidan turmay, o‘sha bir vaqtlar diyordan kiyib kelgan qarg‘ashoyi atlas ko‘ylagining etagini so‘kib-choklab o‘tirganin ko‘rib... hayratlandi:
— Ha, onasi, muncha ixtimat qo‘yib yo‘rmamasang? Qizlaringga boshqa juftini topolmay o‘tirmaylik, hali?
Marg‘ubonu eriga shirin jilmaydi:
— Ulariz o‘zlari avvaldan tanlab bo‘lishgan. Bu Fotimamizga. Zuhrangiz sariq atlas kiyadi emish.
— Unda ishim oson ekan. Men bunaqa ko‘hna atlasni yana qaerdan toparkanmiz, deb yuribman, — deb ketidan qo‘shdi. — Yana bitta egizak tuqqaningda bormi, onasi, bizdan badavlati bo‘lmasdi bu Madinai munavvarada.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 15:00:00
— Oling-a, — dedi ayoli yonoqlari kelin paytidagidek duv qizarib. — Shu davlatiz kammi, adasi? Xudoga shukr, hech kimdan kam emasmiz. Bahriddin badavlat nomingiz bor.
— Shukr, shukr, mingdan-ming shukr, gap kelganda aytdim-da. Qizlaring anuv yangi karavotimizga joy qila qolishsin, — deb yura boshlagan joyida ayoli shoshqich o‘rnidan turib, etaklariga ilashgan qiyqimlarni qoqishga tutingan kuyi uni to‘xtatdi.
— Shoshmang, adasi, elburutdan qayoqqa otlanib oldingiz? Asrga erta-ku hali?
— Erta?.. — deb hayratlandi Bahriddin. «Unda... azonni qaerdan eshitdim? O‘sha xovfimda ekanmi u ham?..»
— Erta-erta. Ana, soatga  ham qarang, — dedi ayoli.
Chindan ham devordagi zarhal kaftgiri to‘xtovsiz borib-kelayotgan soat millari asr vaqtiga yetishiga ancha bor, bu muddat ichida bir uxlab tursa yoki dunyoni ishini ado etib ulgursa bo‘lardi.
Bahriddin hech narsaga tushunmay kalovlandi: «Uni qara-ya... Unda bemahal yangragan azon — nimadan imdod ekan? Shaytoniy desa, haramdagidek jarangladi: bu kalimalardan shaytonning o‘zi tirqirab qochmog‘i lozim edi.  Hovfida — o‘sha ko‘rkam jiyronqashqa yugurib yurgan qir-adirlarda yangradi ekanmi? Unda xatardanmi, nimadan darak bermoqda?..
G‘alati, tushunuksiz hol edi. Bahriddin qaytarini ham, chiqaverishini ham bilmay to‘xtagan bir kezda ayoli nimanidir eslab, tokcha tomon yurdi:
— Darvoqe, adasi, Jiddadanmi, qaerdan diligram kelgan edi. Uyg‘otishga ko‘zimiz qiymay, olib kirmagan edik, ko‘ring, — deb xabarnomani olib uzatar ekan, qistadi, — birpasgina o‘tira turing, jindek tolmachoy tayyorlay, maylimi?
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 15:00:14
Shoshqich azon-la turg‘aziluv, undan avval mana bu telegrammaning kelishi... Qolaversa, dunyoda eng tanuqli, ko‘rkam bir otning hech kimga tutqich bermay qirdan qirga oshib yurishi... Bularning hammasi nimadandir imdod beraru Bahriddin ularni qanday ta’bir qilmoqni bilmas edi?
G‘alati, juda ham g‘alati edi. U bir chetdagi oromkursiga borib o‘tirishga sabri yetmay, turgan joyida telegrammaga ko‘z tashladi.
«Bahriddin badavlat birodarimizga: Moziydagi «Buyuk muhojir»dan zo‘rroq bir qahramon topgandekman. Yolg‘iz o‘zingga bir olam gaplarim bor. Anuv xizmatkoring — biz bilan yurtga borib qaytgan gung murobitni toptirib qo‘ysang. Osmonimizga zig‘ircha bulut oralashini ravo ko‘rmasman. Kordovadan qaytgan birodaring. Qora darvesh».
— Ana xolos, — deb yubordi Bahriddin.
Qiziq. U Sultonmurodning kimligini bilmasdi-ku? Jo‘nab ketgach qaerdan xabar topibdi? Nega, qaerdan murobit deb atamoqda? Yana topdirib qo‘y degani qiziq!.. Yolg‘iz o‘zingga bir olam gaplarim bor, degani-chi? Xavotirli bir gap o‘tmagan bo‘lsa, telegramma berib yurmay — to‘g‘ri kelaversa bo‘lardi-ku?!
Demak, o‘rtada bir gap bor! Behuda chopib kelayotgani yo‘q.
Uni rostakam vahm bosib kelib, turgan yerida «qul a’uzu»ni takrorlab, Ollohdan panoh so‘ragan bo‘ldiyu telegrammani deraza yonida qoldirib, telefon daftarchasiga yopishdi. Unda Sultonmurod xolavachchasining xos telefonlaridan tortib, barcha shaharlardagi jamiyat telefonlarigacha bo‘lishi kerak. Avval o‘ziga ulanib ko‘rishga harakat etdiyu bir vahimasiga o‘n vahima orttirib oldi. Har gal stantsiyadan bir xil javob bo‘lar edi: «janob telefon raqamlarini o‘chirib qo‘yganlar, yo chegaradan tashqarida bo‘lishlari mumkin».
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 15:00:26
— Qaerda bo‘lishi mumkin? — Bahriddin u bilan bir hafta oldin gaplashganini, undan keyin hech ulanmaganini esladi.
O‘shanda «Olimni ko‘rdim. To‘ramning zurriyotlarini diydorlashtirgani ola kepti. Senga, xonadon ahllaringga xeshu aqrabolarimizdan bir olam salom keltiribdi. Qaytishda albatta, kirib o‘taman. Ungacha ichikib qolma, deb sim qoqdim. Alloh ko‘rishtirguncha», deb edi. Mana endi ulanmay o‘tirsa...
Balki biron shoshqich ishi chiqib, jo‘nab ketdimi, deya Bombeydagi idorasiga ulandi.
— Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokotuhu, — deb salomlashdi kotib janob.
Bahriddin alik olib, o‘zini tanishtirdiyu birodarini so‘radi:
— Mumkin bo‘lsa, ulab yuborsangiz, — dedi umidla. Ammo kotib boyagidan ham tavozu bilan:
— Janob o‘sha taraflarda safardalar. Biz sizga oson ulanish raqamini ayta olamiz. Marhamat, yozib oling, — dediyu Bahriddin biladigan raqamni qaytardi. Bu o‘sha — qo‘l telefoni edi.
Bahriddin bir ko‘ngli ulanmayotganini aytmoqchi bo‘ldi-yu, hali yo‘q narsaga ularni ham xavotirga qo‘ygisi kelmadi. Endi yolg‘iz umid — Oltinxon to‘ramdan edi. Hech kim bilmagan taqdirda ham u kishi Sultonmurod qaerdaligini bilishlari kerak. Ular safarda ko‘rishgan bo‘lishlari kerak.
Bahriddin shu umidda To‘ramning madrasadagi oliy dargohlariga sim qoqdiyu u zot safardan qayta turib, qarichilik — jindek urinib qolganlarini eshitib, o‘zlariga ulanishga jur’at etmadi.
Endi yolg‘iz yo‘l — To‘ramni ziyoratlariga o‘tish qolgan edi. Shu bahona so‘rash mumkin, undan beriga bezovta etish adab doirasiga sig‘masa ham kerak?!
Bahriddinning quvvai hofizasi ham, aqli ham o‘qdek ishlasa-da, bundan to‘g‘riroq yo‘l ko‘rmas edi. Axiyri ichkarida o‘tira olmay tashqariga chiqib ketdi. U xurmozor oralab kezinar ekan, Qora darveshni o‘ylab:
— Kelsa, kela qolmaydimi? Jiddadan chiqqan odam allaqachon Madinaga kirib kelishi kerak edi-ku, — deb tashvishlanib borar, bunaqa vaqtda zikrga berilish lozimligi yodiga kela qolmas edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 15:00:34
Shu asno Zuhra qizi:
— Adajon, ayajonim choyga chaqiryaptilar, — deb chiqib qoldiyu u qizlarini toshkanchasiga «oh, mo‘moch qizlarim, po‘poch qizlarim, baraka topinglar, ona qizlarim», deya erkalab kirib boraverdi, ammo ichida g‘urmishlagan narsani hech unutolmasdi, hatto karavotga qilingan bir chiroyli joylar ham, shakarob berib suv sepilgan, salqin ufurayotgan ichkari hovlining o‘zi ham uning ko‘ziga ko‘rinmayotgan edi...
Hayriyat, bir piyola choy ichar-ichmaslaridan xabar kirdi:
— Xojam, xabashistonlik birodariz huzuringizga kirishga izn so‘raydir. O‘sha boshi mushtdek, o‘zi gungursdek odam...
— Darvoqe, Qora darvesh... — deb o‘rnidan tura boshladi Bahriddin badavlat, — yolg‘iz o‘zi bo‘lsa, shu yoqqa ola qolinglar, — deb izn bergan joyida «yo‘q, ular ikki kishi» degan javobni eshitib, fikridan qaytdi. — Mayli, men chiqib boryapman. Aziz birodarimizni o‘sha mehmonsupaga chorlay qolinglar. Yo‘l bosib kelishgan, muzdek suvlar tutinglar, — deb turib, ayoliga o‘girildi, — Balki tolmachoyning mastavasini ham o‘sha yerga chiqararsizlar. Qaranglar-a, kimlarning nasibasini qo‘shgan ekan, — deb alqab qo‘ydi.
U tashqari hovliga chiqib borganida mehmonlarning chuvakrog‘i qo‘sh xurmo tagidagi mehmonsupaga cho‘kkan, Qora darvesh esa, hurmo tagida turiboq yutoqqan qoranordek suvga yopishgan, muzlatgichdan chiqqan suvni idishi bilan ko‘tarib, ichmoqda edi.
U Bahriddinni ko‘rib qolib, suv idishni-da tashlab, ikki oyoqda turgan ulkan mittibosh dinozavrdek quchog‘ini ochib lapanglab kela boshladiyu, xizmatchilar turgan joylarida ang-tang qoldilar. Bahriddin esa: «O, bizni jonajon yurtni tavof etib kelgan aziz birodarimiz-ku!» deya talpindiyu bir-birlarining bag‘rilariga singib ketdilar. To‘g‘rirog‘i, Bahriddin Qora darveshdek, «ona sutiga to‘ymay qolgan dinozavr» bag‘rida oq bo‘tadek bo‘lib qolgan edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 15:00:45
Ular shu ko‘yi bir muddat bir-birlarini iskalanib, bo‘ylariga to‘ymay turib qolishgach, Qora darveshga zabon bitdi:
— Oh, meni Xotamtoy birodarim, ehsonlari, sochganlari Abdurahmon Avfcha bor oshnaginam, ko‘rar kun bor ekan-ku, — deya chin mo‘minlardek hali u yelkasiga, hali bu yelkasiga bosh qo‘yib, ko‘risharkan, bu ham uning kuraklarini silab, alqashini qo‘ymas edi:
— Sog‘intirib qo‘ygan Ollohimga shukr, ko‘rmasa turolmaydigan etib qo‘ygan yolg‘iz Tangri subhonahu va taologa shukr, — derdi.
Nihoyat qo‘shilishib kelgan hamsoyasi bilan-da ko‘rishib, supaning uch tarafini egalladilar-da:
— Qadam yetdi, balo yetmasin, Olloh o‘zi rahmatidan benasib etmasin, —  qavlida duolar qilishib, so‘rashib-istashga tushdilar.
Bu orada olma gulli choynaklarda choy chiqib, tolmachoyning mastavasi ham kela qoldi. Ayoli baraka topsin, qizlariga bosh bo‘lib, shu qisqa vaqtda xush-xo‘rgina mastava tayyorlab ulguribdi. Yana ustiga jindek qatiq, jindek murch, quruq rayxonlar bilan chiqarishibdi. Alqab-alqab ichib olishdiyu shu taftbosdidan so‘ng ikki birodar bir-birlariga o‘zlari tushunadigan tilda nigoh tashlab qoldilar. «Nechuk, zarur ishlaringni ham tashlab, biz tomon chopib qopsan? Tinchlikmi, ishqilib», derdi Bahriddin.
«Bilasan-ku, birodarlarimga tegishli gap chiqsa, ichimga sig‘dirolmay qolaman. Ayniqsa, sizlarga! Telegrammani olgandirsan?» demoqchi bo‘lardi u.
«Oldim», dedi Bahriddin bosh silkib. Qora darvesh esa, piyoladagi choyini bir xo‘plashdayoq bo‘shatib, turaverdi. So‘ngra gap-so‘zsiz uning tarafiga o‘tib, qo‘ltig‘idan oldiyu yelkasidan quchgancha xurmozor tomon boshladi, xurmolar tagiga yetishganda qo‘yib yuborib, o‘zi fil oyog‘idan-da yo‘g‘on bir daraxt tanasiga suyandi:
— Sog‘inch o‘z yo‘liga. Lekin men atay sizlarni deb, uni deb keldim, — dedi qorasidan oqi ko‘proq mitti ko‘zlarini buning yuziga qadab: — Topoldingmi o‘zini? Shu soat, shu daqiqada ko‘rsa bo‘ladimi? — dedi battar hayratda qoldirib.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 15:01:03
— Yo‘q. mana bir xaftadirki, hech yerda yo‘qmish,— dedi Bahriddin rostiga ko‘chib. — Telegrammani olganimdan beri urinaman, qani izini topsam. Hech kim hech narsa bilmaydi. Bombeyga ham qaytmagan...
— Qaytmagan?!. — Kutilmaganda u Bahriddinning yelkalariga chovut solgandek qo‘l tashlab silkishga tushsa... Bahriddin demaganlarning suyaklari shiqirlab o‘zi borib-kelarmidi yo ro‘parasidagi xurmolar chayqalarmidi, ajrata olmay qolgan, qolaversa, bu Qora dinozavrning changalidan qanday qutulishni bilmas edi.
— Sen o‘zingni mening o‘rnimga qo‘yib ko‘r. Bilasanmi, men kimga aylanaman? Ollohning oldida subutsiz odamga aylanaman-ku. Tushunasanmi shuni? — dedi u avvalgisidan ham qattiqroq silkilab.
— Tushunganim bilan... iloj qancha? — dedi Bahriddin.
— Yo‘q, sen ayt. Uni shu bugunoq, shu soatdayoq topa olamizmi?
Bahriddin endi o‘zini tortib, o‘ylanib qoldi:
— Shoshma, tushunibroq ayt. Sen u haqda hech narsa bilmasding-ku? Qaerdan eshita qolding? Kim aytdi, senga uni murobit deb? — dedi dilidagini tashiga chiqarib.
Qora darveshning mitti ko‘zlari oq zoldirdek aylandi:
— Kim emas, o‘sha safardan xabar topgan idora yo‘qladi, tushunding? Ularga yetkazishgan ko‘rinadi. Men esam... — U yuz burib olib g‘udrandi, — hech vaqo bilmayman!
— Demak, Sen bizdan qattiq xafasan. Ranjigansan. Shundaymi? — dedi Bahriddin, ichi allaqanday xuvillab qolib. «Nahotki shunday odam sinib o‘tirsa?»
— Xafa? — kutilmaganda u tirilib, boyagidek ikki kiftidan silkiladi. — Men-a? — dedi xansirab. So‘ng qah-qah urib yubordi. — Voy, seni qara-yu!.. Qaytaga u gung-soqoving kimligini bilib, qay holga tushganimni so‘rasang-chi! Bilasanmi u kim?!
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 15:01:19
— Kim? — dedi Bahriddin ham uni jazavasidan hayratga tushib.
— Uning oldida o‘sha Andalusiyaga qochib borgan «Buyuk mujohid» kim bo‘pti?! Yonimda shunday odam turib, vatanini deb, ahli ayoli, jigarporalarini deb, zimmasidagi shar’iy burchi — omonatini deb gung-soqov bo‘lib bo‘lsa-da, qora yukchi bo‘lib bo‘lsa-da, vatanga borishga jur’at etgan mujohid turib, men kimni kino qilmoqchi bo‘lib yuribman?! U chinakamiga diyoridan, ahli-yoridan, xeshu aqrabolaridan judo bo‘lgan odam-ku! Uning diyorga safari — zulm saltanati choklari muvaqqat, o‘zi muvaqqat ekanidan dalolat-ku. Olloh xohlasa, yolg‘iz mujohidiga qanday nusratlar ato eta olishidan bir nishona-ku bu safar! Tushunmadingmi shuni?! Men o‘sha idoradayoq tushunganman. Uning kimligini eshitganimdayoq tushunganman. Men nainki erkin fikrli, har narsaga Olloh nurila nigoh tashlay oladigan bir mo‘min, bir odamman, axir, ijodkorman, axir! Shu birodaringni yoqtirdimmi, shuni olaman! Sen buni tushun-da, uni topishga yordam ber. U yog‘ini o‘zimga qo‘yib ber. Ko‘ndirish mening ishim. Sen topishga yordam bersang, bas. Men uni tanib qoldim! Kimligini bilib qoldim! Onalar bunaqa mujohidni yuz yilda bitta tug‘adilarmikan, valloh a’lam. Rostingni ayt, topamizmi uni? — dedi nechanchidir marta uni silkilab.
Rosti, Bahriddin unga nima deyarini ham, qanday tushuntirarini ham bilmay qolgan, ammo haqiga ko‘chmasa ham bo‘lmas edi. Chiqmagan ;ondan umid.
— Xo‘p desang, asrdan keyinoq Makkaga, Oltinxon to‘ramning huzurlariga jo‘naymiz. Bundan boshqa yo‘l ko‘rmayapman, — dedi axiyri.
— Yaxshi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam masjiddarida namozni o‘qiymizu o‘shanaqasi jo‘naymiz,— dedi Qora darvesh ham bu fikrga qo‘shilib...
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 15:01:43
Ular supaga qaytisharkan, o‘sha ulug‘ masjid tomondan asrga chaqirib, azon yangray ketdiyu Bahriddin beixtiyor kunduzgi tushi, qir-adirlar osha do‘pir-do‘pir chopishgan chavandozlaru jiyronqashqani eslab, behol tortdi: «Astag‘firullohil a’zim, xovfida yangragan azon shulardan bir darak ekanmi?» deb o‘yladi. Chindan ham ilgarilari ham shunday bo‘lmasmidi? Namozga turolmay qolgan kezlari... hovlida yo jom tushib, jangillab ketar, yo shoshqich birov derazani taqillatib qolar edi-ku. Hatto bir gal Sultonmurod aniq-taniq chaqirib kelgan edi. Chiqsa, hech kim yo‘q, faqat bomdodga ketayotganlarning qoralari ko‘rinadi, xolos. Demak, ovoz bergan ham o‘sha, namozga uyg‘otuvchi farishta ekanmi? Qolaversa, ilgari zamonda kishilar zulm ustidan chiqib, yordamga ojiz qolsalar, azon chaqirib bo‘lsa-da, mazlumni qutqarar ekanlar. Bu ham o‘shanga o‘xshabdi-da...
Yo‘lda tushini Qora darveshga aytib edi, u ham:
— Ana-ana, bundan ortiq yana qanday belgi bersin?! Qani edi hozir ham o‘sha tartib amalda bo‘lsa,— deb qo‘shdi.
— Yaxshi-ku, lekin u azonni kim eshitib, kim adolat qilardi? — dedi Bahriddin.
Ana shunda Qora darvesh uni yelkasidan quchib:
— Eh, badavlat, badavlat! Hech kim eshitmasa ham jilla qursa Olloh eshitadi-ku! Olloh eshitgani kammi? — dedi yuzlari yorishib.
— Darvoqe-darvoqe, chindan ham uning adolati oldida bu dunyoning adolati nima bo‘libdi?! Avvalo, o‘sha adolatdan hech kim benasib qolmasin! Shu jumladan, Sultonmurod ham... O‘zi uni panohida asrasin! — deya oldi Bahriddin birodarining samimiyatigayu so‘zlariga ta’zim qilib.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 15:02:01
*   *   *
Ular yarim tunda Makkai mukarramadan To‘ram ziyo-ratlaridan qaytishar ekan, orqalaridan birinchi xabar yetib keldi. U zotning Turkiyadagi muridlari telefonda xabar qilishar edi:
«To‘rt kun muqaddam janob jamiyatning sho‘’basiga qaytib kelganlar. Yurtdan kelgan sayyohlar ila ko‘rishishlari lozim bo‘lgan. Shu orada ikki zanji mehmon sho‘’baga tashrif buyurib, janob ularni havokentga kuzatib chiqqanlar. Oxirgi ko‘rganimiz shudir. Janob sho‘’baga ham qaytib kelmadilar. Yurtdan kelib, kutib yotgan sayyohlar bilan uchrashuvga-da bormaganlar. Barcha izlashlarimiz besamar ketmakda. Alloh o‘zi hifzu himoyasida asragan bo‘lsin.
So‘nggi ma’lumotni qo‘shamiz: o‘sha kungi mehmonlar Nayrobiga uchganlar. Samolyotda birorta ham oq tanli bo‘lmagan...»
Bahriddin baralla ovozdagi telefonagrammadan so‘ngoq, yalt etib hamrohiga qaradi. Bu xabardan tosh haykaldek qotgan Qora darveshga nihoyat jon bitib, mitti yuzlarini burib qaradiyu, taskinga muhtoj birodariga elanib tikildi:
— Uzr, jindek kechikibmiz. Biz o‘ngarilguncha ular buyuk muhojirni o‘marib ketibdilar. Ammo qotiribdilar, tushmagurlar! — dedi tizzasiga shappalab.
— Ularing kim? — deya oldi Bahriddin.
— Bu yog‘i sir, oshna, — dedi u kutilmaganda tilini toqillatib. Ketidan esa qo‘shdi: — Agar ulardan boshqa birov bu ishga jur’at etgan bo‘lsa, bilib qo‘y, yerning tagidan bo‘lsa-da, muhojirni topdiraman, sen bexavotir bo‘l, — dediyu o‘rindiqqa tog‘ ag‘largan odamdek yastandi. Nimqorong‘i yo‘lda uning ko‘zlari oq yog‘dudek yarqirab-yarqirab ketar edi.
Bahriddin beixtiyor kunduzgi tushini eslab, nechanchidir marta hayratga tushdi. Qarangki, o‘sha jiyronqashqani quvib yurgan chavandozlar ichida bironta ham qora tanli chavandoz yo‘q edi. Ular qaydan paydo bo‘lib qoldilar? Tushuniksiz edi.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 15:02:23
TAQDIRNING ACHCHIQ SINOVLARI
(«Judolik diyori»ning avvalgi ikki kitobiga chizgilar.)


Istiqlol davri o‘zbek nasrida, ayniqsa, roman janrining ufqlari kengaydi. Nisbatan qisqa muddatda o‘nlab romanlar yaratildi. Ularning aksariyati o‘zbek xalqining o‘tgan XX asrdagi hayoti manzaralarini tasvirlashga bag‘ishlangan. Yozuvchi Murod Mansur «Judolik diyori» trilogiyasining birinchi (1998) va ikkinchi (2003) kitoblarini («Sharq» nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyatida) nashr etdi. Roman adabiy jamoatchilik va kitobxonlar tomonidan iliq kutib olindi.
«Judolik diyori» — ramziy nom. O‘zbek xalqining XX asrdagi hayotida, ayniqsa, asrning birinchi yarmida ayriliqlaru judoliklar ko‘p bo‘ldi. Minglab xonadonlarning ba’zi a’zolari Vatanda qolgan bo‘lsalar, ba’zilari g‘urbatda g‘arib bo‘ldilar. Hatto Vatanda qolganlar ham qamoq, surgun, qatl, urush kabi musibatlar tufayli takror-takror yaqinlaridan ayrildilar. «Judolik diyori»da xalqimiz boshiga tushgan ana shu og‘ir sinovlarning keng manzarasi chizilgan. Asarda o‘zbek xalqining buyuk bardoshi, eng og‘ir davrlarda ham nomiga munosib tarzda o‘zligini saqlab qola olgani, yo‘qotishu ayriliqlardan yanada toblanib chiqqani badiiy mahorat bilan aks ettirilgan.
«Judolik diyori»ning birinchi kitobi voqealari yosh bola Maqsudxo‘ja tilidan hikoya qilinadi. Shoirona qalb egasi ekanligi, tabiatni, hayotni, odamlarning turfa xislatlarini teran anglashi va yorqin bo‘yoqlarda tasvirlashidan hikoyachi bola muallifning o‘zi ekanligi seziladi. Adib ajdodlari kechmishini, o‘zi ko‘rgan-eshitgan voqealarni qalamga olgan, tug‘ilib o‘sgan, bolaligi kechgan manzil-makonlarni tasvirlagan. Shuning uchun ham asar jonli, tabiiy va samimiy chiqqan. Lekin bu samimiyat qatida qancha dard, qancha alam bor. Ayniqsa, poymol etilgan qadriyatlar, g‘orat qilingan tabiat manzaralari ayricha bir o‘rtanish, cheksiz alam-iztirob va ilojsiz sog‘inch bilan tasvirlanadi: «Kindik qonimiz to‘kilgan, necha pusht otalarimiz o‘tgan u diyordan hech vaqo qolmadi. Tuproq o‘sha-o‘sha, makon o‘sha edi-yu, lekin endi diyor yo‘q edi. Uni yodga soladigan bir o‘r yo qir, bir soy yo jilg‘a, bir qo‘rg‘on yo hovli qolmagandi».
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 15:02:34
Dastlabki boblar mutolaasi paytida o‘quvchi kitob Maqsudxo‘janing bolaligiga bag‘ishlangan va u voqealar markazida turadi, degan xayolga ham boradi. Ammo bobdan-bobga o‘tgani sayin asarning bosh qahramoni Sultonmurod ekani anglashila boradi. Muallif bosh qahramonni ko‘pam ta’rif-tavsif qilmaydi. Uni boshqalardan ajratib turadigan ayrim xislatlari Sultonmurodning xatti-harakatlari va boshqa personajlarning u haqdagi gap-so‘zlari vositasida yoritiladi. Uning o‘z nasl-nasabini unutmagani, quvg‘inga uchragan ajdodlarini ham faxr bilan eslab yurishidan manqurtlik avj olgan bir davrda Sultonmuroddek odamlar tufayli xalqning tarixiy xotirasi butunlay yemirilmay, davr bo‘ronlaridan ko‘p narsani omon saqlab qololganiga amin bo‘lamiz. Romanning faqat bir o‘rnidagina Sultonmurodning Oqsaroy va Go‘ri Amirni ziyorat qilgani, Oloy malikasi Qurbonjon Dodxoh tarixi bilan qiziqqaniga ishora bor. Bundan ko‘rinadiki, Sultonmurod faqat o‘z nasl-nasabidangina emas, balki jonajon xalqi tarixidan ham yaxshi xabardordir va uning ba’zi keskin, hatto zohiriy jihatdan o‘sha davr siyosati jinoyat deb baholaydigan xatti-harakatlari shunchaki alamzadalik oqibatida, ko‘r-ko‘rona bo‘lmay, balki mustahkam ma’naviy asosga, chuqur mazmun-mohiyatga egadir.
Yozuvchi Rahimjon Otaev «O‘tayotgan kunlar nafasi» maqolasida: «Sultonmurod, nazarimda, «Ustyurt voqeasi» qissasidagi Otamuroddan keyin Murod Mansur yaratgan eng jozibali qahramon», deb to‘g‘ri ta’kid-laydi. Sultonmurod va uning yigitlari haqidagi hi-koyalar haqiqatan o‘z vaqtida shunday bir guruh bo‘l-gan-bo‘lmaganidan qat’i nazar, ishontirarli, real      zamindan sira uzilgan emas. Bu guruh amalga oshirgan tadbirlar o‘sha davrdagi mustabid tuzumga qarshi umumxalq noroziligining natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Oktyabr to‘ntarishidan keyin bir qancha yillar davom etgan Turkistondagi milliy-ozodlik harakati, garchand bostirilgan bo‘lsa-da, istiqlol g‘oyasi xalqning eng yaxshi farzandlari qalbini hech qachon tark etmagan. Mustabid hokimiyat zulmi eng avj olgan davr-larda unga turli vositalar bilan qarshilik ko‘rsatish, hatto qurolli kurash boshlash kabi rejalar fikru xayolini band etgan odamlar bo‘lgan, albatta.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 15:02:43
«Judolik diyori» romanining fazilatlaridan biri— unda qahramonlarning maqsad-intilishlari o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va Islom dini nuqtai nazaridan yoritilganidir. Hatto yovuzlikka qarshilik ko‘rsatilganda ham adolat mezonlari buzilmasin, biror kimsa nohaq jabr ko‘rmasin, degan g‘oya ilgari suriladi. Bu hol, ayniqsa, og‘ir-vazmin, mulohazakor va taqvodor Nusratilla pochcha bilan dov-yurak, juvonmard, ammo qiziqqon va alamzada Sultonmurod o‘rtasidagi munozarada yaqqol ko‘rinadi. Nusratilla pochcha zulmkor tuzumni yoqlamaydi, bil’aks, undan nafratlanadi. Ammo zulm va adolatsizlikka qarshi kurashga azm qilganlar ham har bir tadbiri Ollohga qanchalik xush kelishini mulohaza etishlari, salla o‘rniga kallani olmasliklari lozim, deb biladi.
Sultonmurod va Nusratilla pochcha munozarasi asarning eng ta’sirchan sahifalaridandir...
Yozuvchi romanda bir qancha o‘zbekona obrazlar yaratadi. Nusratilla pochcha, Haybat, Soli, Akmal, Chaman, Salomxon, Marg‘uba — har biri o‘z qiyofasiga ega. Oqila, mulohazakor, qanoatli, mehribon Salomxon falakning gardishi bilan tariqdek sochilib ketgan Ulug‘xo‘jaboy avlodlarining omon qolgan vakillari bir-birlari bilan ahil bo‘lishlari, ajdodlariga xos diyonat, insoniylik, g‘urur kabi fazilatlarni saqlab qolishlarida katta o‘rin tutadi. Yo‘qotishlaru judoliklar uning qalbida o‘chmas jarohatlar qoldirsa-da, ayolning mustahkam irodasini sindirolmaydi. «Inson har yo‘qotganiga aza ochaversa, bir umr azador o‘tib ketadi-ku», deya u yaqinlarini sabr-toqatga, bor narsalarni asrab-avaylashga chaqiradi. Shuning barobarida, Salomxon yovuzlik va adolatsizlik qarshisida bosh egib turish tarafdori emas. U Sultonmurodning muayyan xavf-xatarlar bilan bog‘liq ishlariga xayrixoh. Boshiga mushkul ish tushib, kayvoni sifatida undan dalda va chora istab kelganlardan shirin so‘zi, jo‘yali maslahatlari, qo‘ldan kelgan yordamini darig‘ tutmaydigan ayol payti kelganda nobakor kimsalarga nisbatan g‘oyat murosasiz bo‘la oladi. Salomxon o‘zbek onalarining O‘zbek oyim darajasidagi yorqin adabiy obrazlaridan biri desak, mubolag‘a bo‘lmasa kerak.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 15:02:56
«Hammaning yashagisi keladi» («Ustyurt voqeasi») kabi tilga tushgan sarguzasht qissaning muallifi bo‘lgan Murodjon aka «Judolik diyori»da ham sarguzasht unsurlarini qo‘llagani asarning yanada qiziqarli va o‘qishli bo‘lishini ta’minlagan. Sarguzasht voqealarning bir turkumi sohibjamol Marg‘ubaning achinarli taqdiri bilan bog‘liq tarzda kechadi. Nikoh kechasi Marg‘uba baxtu visol evaziga musibat og‘usini tatiydi. Kuyov Bahriddin go‘shangaga kirishga ulgurmasdan, ta’qibchilardan qochadi. Kiyimlarini almashtirganlari tufayli, uning o‘rniga jo‘rasini o‘ldirishadi, ammo qotillar jasadni tanimay «Bahriddin» deb ko‘mib yuborishadi. O‘zi nikohida bo‘lgan odamning tirikligidan bexabar Marg‘uba muayyan vaqt o‘tgach, Sultonmurodga ko‘ngil qo‘yadi. Oshiqi beqaror Sultonmurod ham visol xayoli bilan masrur. Ta’qiblar kuchaygach, u ikkinchi bor o‘z ixtiyoriga qarshi Haybatga uzatilayotgan Marg‘ubani olib qochib, Vatanni tark etadi. Xorijda bo‘lsa-da, ular bir-birlariga yetishib, baxtli turmush qursalar kerak, deb o‘ylagan kitobxonning xayollarini birinchi kitob oxirida Maqsudxo‘jaga chet eldan yetgan xabarlar ostin-ustun qilib yuboradi. «Sultonmurod Marg‘ubani birinchi nikohidagi kishiga yetkazishga jazm etibdi va Olloh bu ishni o‘ziga taqdir qilganiga shukronalar aytibdi»...
«Judolik diyori»ning ikkinchi kitobi hajmi kattaroq va mutolaasi ham bir muncha murakkab. Birinchi kitobda voqealarni asosan roviy Maqsudxo‘ja hikoya qilsa, ikkinchida — ayrim boblar muallif nutqi vositasi, bitik, maktub va kundaliklar tariqasida bayon etiladi. Zamon ham o‘zgarib, tasvir jug‘rofiyasi ancha kengayadi.
Yana bir o‘zgarish shuki, asarning bosh qahramoni Sultonmurod voqealarda kam qatnashadi. Zamon taqozosiga ko‘ra, u yaqinlaridan uzoqda yashirinib yurishga mahkum. Ammo muallif mahoratiga tahsin aytish lozimki, Sultonmurodning bosh qahramonligiga zarra shikast yetmagan. Zohiran u kam ko‘rinsa-da, botinan Sultonmurod nomi asarni o‘z atrofida aylantiruvchi o‘qdir. Asar voqealari bosh qahramon taqdiriga chambarchas bog‘liq holda kechadi. Uning nomi va dovrug‘iga hech kim befarq emas. Bu nom odamlarda hayajon, sog‘inch, iztirob, iftixor, g‘urur, hayrat, muhabbat, mehr, umid, ba’zi kimsalarda esa, xavotir, qo‘rquv, vahima kabi xilma-xil his-tuyg‘ular uyg‘otadi. Uning qaerdaligi hech kimga ma’lum emas, ammo paydo bo‘lib qolishini intiqlik bilan kutadilar va bu hissiyot kitobxonga ham yuqadi. Nuroniy Hoziq to‘raning      «Qadrdonimiz, bizning Botur», deya eslashi Sultonmurodga berilgan yuksak bahodir.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 15:03:08
Kitobxon uchun kutilmagan, ta’bir joiz bo‘lsa, uni «ranjitadigan» hollardan biri shuki, birinchi ki-tobda beqiyos mehr-muhabbat bilan tasvirlangan Mar-g‘uba (suyukli Marg‘u kennoyi) kitobda deyarli ko‘rinmaydi. Unga ikki tomchi suvdek o‘xshash Sultonmurodning ikkinchi vafodor yori Mahfuza siymosi kitobxon uchun bu «yo‘qotish»ning o‘rnini bosadi. Xullas, Mar-g‘uba obrazi birinchi kitobga chuqur lirizm bag‘ishlagan bo‘lsa, ikkinchi kitobning malikasi Mahfuzadir.
Sarguzasht unsurlari romanning navbatdagi kitobida ham yetarli. Yodgorning o‘rniga Akbaralining o‘g‘irlanishi, Tangritog‘ diyoridagi kechmishlar, Sultonmurod va yigitlarining Hoziq to‘rani olib ketish uchun chegara osha kelishlari shular jumlasidandir. Asarga yangi olib kirilgan Hoziq to‘ra obrazi uning salmog‘i, tarixiy va falsafiy jihatlarini chandon oshirgan. Muallif o‘zining tasvir uslubiga sodiq qolib, mo‘’tabar inson Hoziq to‘raning o‘tmishi haqida batafsil ma’lumotlar keltirmaydi. Ammo ba’zi ishoralar, masalan, bir personajning uni Imom Shomilga mengzashidan, Hoziq to‘raning prototipi Alixon To‘ra Sog‘uniy ekanligi kitobxonga ayon bo‘ladi. Muallif kitobxon Sog‘uniyning hayot yo‘li va asarlaridan xabardorligini hisobga olgan.
Muallif qahramonlarning yirik tarixiy voqealardagi ishtirokini batafsil tasvirlashni maqsad qilib qo‘ymaydi. Ko‘proq ularning ruhiyati tahlili, tarixiy voqealarning ular xotirasida qoldirgan o‘chmas izlari, ongida yasagan o‘zgarishlarga e’tibor qaratadi. Bu, albatta, adabiyotimizda insonning ichki dunyosi tasviri birlamchi ahamiyat kasb etayotgani bilan bog‘liqdir.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 15:03:19
Romanning eng iztirobli sahifalaridan biri Hoziq to‘raning «xumdek boshi ustarada qirilgan nor-g‘ul» rahbar bilan suhbatidir. Norg‘ul rahbar o‘zining mustabid tuzumga sadoqatli xizmatini oqlashga urinadi: «Biz Uning oldida kimmiz? Xohlasa, chivinday ezg‘ilab tashlaydi, xohlasa, kaftida ko‘taradi. Ilojimiz, qancha?». «Sen kichkina odamman desang, men kimmanki desam, qachon odam bo‘lamiz o‘zi?» — deydi unga javoban Hoziq to‘ra qalbi sidirilib oqib.— Bormi o‘zi bu yurtda el uchun boshini tika oladigan bir inson?!».
Asarning asosiy falsafiy g‘oyalaridan biri shuki, har bir kishi yaratilishidan ezgulikka moyil. Odamlar orasida adashganlari bor, ammo insonlik qiyofasini butunlay yo‘qotgan tuzalmas nobakorlar bo‘lishi mumkin emas. Ollohning izni bilan bundaylarning ham mudroq vijdonlari uyg‘onmog‘i, ular tavba-tazarru’ qilib, ezgulik tomon yuzlanib, yaxshi amallari bilan o‘zlarining avvalgi gunohlarini, qisman bo‘lsa-da yuvmoqlari mumkin va lozim. Insonning zalolatdan xalos topishga intilishi va, alal-oqibat, bunga erishishi «Judolik diyori»da bir necha kishi taqdiri orqali ko‘rsatilgan. Mashhur o‘g‘riboshi Parpi to‘g‘riboshiga aylanib, bir paytlar o‘zini sharmandali jazoga mahkum etgan Sultonmurod izidan ketadi va shu tufayli elu yurtning duosini oladi. «O‘g‘ri qarisa so‘fi bo‘ladi» tarzida xo‘jako‘rsinga emas, balki chin dildan tavba qilib, imon keltirib qiladi bu ishlarni.
Asardagi bu xil ruhiy evrilishlar kam uchraydigan hodisa bo‘lib tuyulishi mumkin. Ammo mutlaqo imkonsiz ham emas. Boshqacha sharoitda hech kimga ozor bermay risoladagidek hayot kechirishi mumkin bo‘lgan kishi, taqdir taqozosiga ko‘ra, beixtiyor ravishda yovuz tuzum xizmatiga tortilib, gunohsiz odamlarga jabr qilishi, hatto qo‘li qonga bo‘yalishi mumkin...
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 15:03:33
Sharqona qadriyatlar — qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi mehru oqibat, rasm-rusumlar, urf-odatlar, an’analar asarda juda go‘zal ifodalangan. Mehmon kutish va diydor ko‘rishgandagi so‘rashishu mulozamatlar maromiga yetkazib tasvirlangan: «Uyimizni to‘ldirib o‘tiribsizlar», «Biram yarashib o‘tiribsizlar» yoki uzoq vaqt ko‘rmagan jiyani bilan uchrashgan ayol: «Bormisan, bolam?! Bir yarashib turibsan, qara, ota yurtlarga. Ko‘kqarg‘ani ko‘rib, odam bunchalar quvonmaydi, kelganing rost bo‘lsin, ilohim, bolam. Shu aziz yerlarda unib-o‘sgin. Ruhlar shod bo‘lsin. Kel, bolam, kel, — deb bag‘riga tortib, kuraklarini silab ko‘risha ketdi».
Romanning tili maroqli, ohorli tasvir-tashbehlarga boy, uslubi ravon, sodda. Toshkent shevasi boyliklari, xalq tili va bolalar nutqidan samarali foydalanilgan. Adib hamma narsani o‘ziga mos sifat, o‘ziga xos obrazlar orqali tasvirlaydi. Uning tashbehli tasvirida olmazorlar o‘smarang-u, yong‘oqzorlar surmarang; behilar bukri kampirni esga soladi; qiyg‘os gullagan shaftoli boshiga gulli ro‘mol tashlab, salomga chiqqan kelinchakka o‘xshaydi...
Adabiyotshunos olim Naim Karimov Oybekning «Bolalik» qissasiga yozgan so‘ngso‘zida: «Biz va, ayniqsa, keyingi avlodlar XX asrning 10-yillaridagi Toshkentni va, umuman, o‘zbek xalqining hayotini bundan keyin Oybek xotiralari orqali ko‘z oldimizga keltiramiz», deb yozadi. «Judolik diyori» romanida esa, zilziladan oldingi Toshkentning Yakkabog‘, Qatortol, Novza, Cho‘ponota, Izza soyi, Achchi qirlari kabi so‘lim go‘shalarining yorqin tasvirlari berilgan.
Nom: Re: Judolik diyori (uchinchi kitob). Murod Mansur
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 15:03:45
Asarda ko‘p hikmatli so‘zlarga ham duch kelamiz. Bu hikmatlarning ba’zisini muallif xalqdan olgan bo‘lsa, ba’zilarini o‘zi kashf etgan. Bular muallifning hayotni, odamlarni ko‘p yillar davomida kuzatishi natijasida kelgan xulosalari, umumlashma fikrlari: «Kekdan hech kim ko‘karmagan», «Mador yig‘aman degan kishi murosa qiladi», «O‘zi emas, taqdiri ko‘hlik bo‘lsin», «Urgan qo‘l emas, silagan qo‘l kuchli dunyoda», «Yurtda toki bitta yigit or-nomus uchun kurashar ekan, demak, hali yurt boy berilmagan»...
Tabiiyki, roman ba’zi qusurlar, mavhumotlardan ham xoli emas. Birinchi kitob voqealari asosan urush paytida kechgan bo‘lsa-da, o‘sha davr mashaqqatlari, bevosita urush bilan bog‘liq tarzda xalq kechirgan fojialar tasviriga yetarli o‘rin ajratilmagan. Ehtimol, bu holning sababini voqealar yosh Maqsudxo‘ja tilidan hikoya qilinishi bilan izohlash mumkindir. Chunki har bir kishi o‘z bolalik paytlarini eslar ekan, undagi yorqin, jozibali tomonlar ko‘proq xo-tirada qayta jonlanadi, o‘sha paytda boshdan o‘tgan qiyinchiliklar bir qadar unutilgan bo‘ladi.
Asarda payhon qilingan bog‘u bo‘stonlar, bolalik bilan bog‘liq tabiat go‘shalari tasvirlarida ba’zi qaytariqlar ham mavjud.
Nom: Re: Murod Mansur. Judolik diyori (3-kitob)
Yuborildi: AbdulAziz 07 Oktyabr 2011, 19:08:24
O‘zbeklikka xos qadriyatlarni tasvirlashda ba’zan me’yor unutilib, ideallashtirish darajasiga borilgan, nazarimizda. Muallif nazdida, o‘zbekning maishiy hayoti ham yer yuzida eng zo‘r bo‘lib, qiyosini faqat jannatdan topish mumkin: «Yaxshiyam o‘zbekning to‘y-hashami, aqiqayu ehsoni bor... shu bahona yig‘iladilar, diydor ko‘rishadilar, hol-ahvol so‘rashadilar. Kelolmagan qariyalarning omonat salomlari, duoyu tilaklarini yetkazadilar. Chindan shu xalqqa mansubligingdan, oqibatni, qarindosh-urug‘dan xabar olishni unutib qo‘ymaganingdan ichingdan bir g‘urur tuyib ketasan. Olloh seni shu toifadan etganiga (anuv ota-onasini tashlab, begona yurtlarga tentirab ketavuradiganlar toifasidan qilmaganiga!) shukronalar aytasan»...
Ayrim juz’iy kamchiliklardan qat’i nazar, «Judolik diyori» bir necha qissa va romanlar muallifi Murod Mansurning bosh asari va mustaqillik davri o‘zbek adabiyotining salmoqli yutuqlaridan biridir, deb aytishga haqlimiz. Romanda mustamlaka davrida ham ozodlik g‘oyasi xalq dilida yashagani, sadafda dur yetilganidek, xalq bag‘ridan muqarrar ravishda shijoatli, imonli, vatanparvar, mustaqil odamlar yetishib chiqishi badiiy tarzda aks ettirilgan.
Romanning ikki kitobi nashr etilgan bo‘lsa-da, u hali tugallangan asar emas. Ikki kitob mutolaasi jarayonida amin bo‘ldikki, «Judolik diyori» ta’sirchan muloqotlar hayajonli va unutilmas uchrashuvlardan xoli emas. Eng go‘zal diydorlar, sog‘inchli suhbatlar ayni uchinchi kitobda bo‘lsa ajab emas!

G‘ulom KARIM.
«O‘zbekistan adabiyoti va san’ati» gazetasi
2005 y. 5 avgust soni.