forum.ziyouz.com

Kutubxona => Jahon adabiyoti => Mavzu boshlandi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 12:35:09

Nom: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 12:35:09
Farg'ona kelini (roman)

(http://www.ziyouz.com/images/books/fargona.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=46)

Muallif: Jo'rjiy Zaydon
Hajmi: 535 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=46)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1686.0)
Nom: Re: Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 12:36:06
(http://www.ziyouz.com/rasmlar/books/fargona.jpg)

Arabchadan Shoikrom Shoislomov tarjimasi
                               
JAHON — FARG‘ONA KELINI


   221 yil.* Farg‘onaliklar yangi yilni kutishga hozirlik ko‘rmoqda. Hamma uy ko‘tarish, yasatish, hovli tozalash, supurish-sidirish bilan ovora. Ular o‘z tomlari tepasiga tug‘ osib, darvozalar ustiga guldastalar tikishmoqda. Bu ishlardan qutulganlar esa o‘zlariga va bola-chaqalariga ki¬yim-kechak, olti kunlik bayramga yetarli qand-qurs, holva, tansiq yemish xarid etish uchun gala-gala bo‘lib bozorga yo‘l olishardi.
   Qaysi hovliga kirmang, hammasida ayollar o‘choq va tandirlarga o‘t qalab, xonaki taom va anvoyi shirinliklar tayyorlash taraddudida. Ular yuvinish uchun suv isitishadi. Uy xodimlari esa xojalarining kichkintoylarini yasantirishadi, ovqat pishirishga yordamlashadi, bayramga atab yopiladigan nonlarning xamirini qorishadi.
   Yangi yilning bug‘doyi barakali bo‘lsin degan umidda yangi bug‘doy unidan non yopib, bayram kuni bo‘lishib yeyish taomil bo‘lib qolgan. Bayram kunlari ular yangi aqchalarni ishlatishar, kumush idishlarda bir-birlariga yangi don, tuxum va yangi meva tuhfa etishardi. Bozor rastalari o‘sha kunlarda ertadan-kechgacha ochiq, erkaklar va yosh-yalanglar bilan liq to‘la bo‘ladi. Kishilar bozordan xarid qilgan sovg‘a-salomlarini savatga solgan, tugunchak qilib bog‘lab olgan, yoki ot-eshaklar ustiga yuklagancha yo uylariga — bola-chaqalari oldiga, yoki ibodatxonalardagi majusiy* boshliqlarga olib borishmoqda. Hamma oyog‘i olti, qo‘li yetti bo‘lib, shoshgancha borardi.
Agar siz shahar o‘rtasidagi katta qo‘rg‘onga chiqib, undan Farg‘ona atrofiga qarasangiz, qog‘ozga chizilgan xaritaga yoki rangli suratga o‘xshagan bir manzaraga ko‘zingiz tushadi. Negaki, qo‘rg‘on atrofidagi ikki binoni istisno qilganda, qolgan imoratlarning hammasi kesak devorli, bir-biriga o‘xshash pastqam uylar edi.
   O‘sha ikki binoning biri otashxona — majusiylar topinadigan katta bino. U yerda hali ham otashparastlik davom etardi.
   Savlati zo‘r bu bino shahardagi boshqa binolarga qiyos qilinsa, gullar o‘rtasidagi baland xurmo daraxtiga o‘xshab ko‘rinardi. Uning tepasidagi shamolda hilpirab turgan yashil bayroqlar toza ipakdan bo‘lib, har birining uzunligi o‘n gazcha kelardi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 12:36:53
    Ikkinchi bino esa marzubonning* uyi. «Marzubon» degani qadimiy fors tilida «hokim» degan ma’noni bildiradi. Uy atrofi turli meva daraxtlari ekilgan katta bog‘cha. U yerda, shahar qo‘rg‘onining orqa tomonida, uzunasiga ketgan daraxtlar, tokzor va gulzorlar ko‘zga tashlanadi. Ular ichida zilol ariqlar shildiraydi. Daraxtlarda qushlar sayraydi...
    Shahar xalqi harakatda ekan, zo‘r tantana bilan ko‘chani changitib kelayotgan arava ularning diqqatini o‘ziga jalb qildi. Daf’atan qaragan kishiga u arava emas, balki katta uyga o‘xshab ko‘rinardi. Arava tepasida naqshinkor yog‘ochlarga o‘rnatilgan kumushdan yasalgan, zarhalli bir qubba. Uning o‘rtasida esa ko‘k ipakdan tikilgan guldor pardalar hilpiraydi. Aravaga qo‘shilgan ikki duldul otning ustiga kimxob yopqich to‘shalgan. Qo‘lida qamchi ushlagan aravakash ulardan biriga minib kelmoqda. Arava yonida esa bir necha g‘ulom kelishardi. Arava ustiga yopilgan parda uning ichidagilarni ko‘rishga imkon bermasdi. Ammo u arava kimniki ekanini Farg‘onada yashovchi har bir kishi biladi. U hokimning aravasi bo‘lib, shaharda undan bo‘lak hech kimda bunday arava yo‘q edi.
    Bu aravani hokimga kavkazlik cherkas xotinining qarindoshi tuhfa qilgandi. Hokimning o‘zi esa forslardan edi. Kavkazda bekalarning sayohatga yoki shaharga chiqqan vaqtda tushib yurishi uchun shunaqa maxsus arava tayyorlanardi. Unda bekalar uchun safarda kerak bo‘ladigan hamma anjom— hatto oziq-ovqatlargacha hozirlab qo‘yilgan bo‘lardi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 12:37:50
    Oldilaridan o‘tayotgan bu hashamatli aravada o‘tirgan malikani ko‘rishga farg‘onaliklarning hammasi — yoshi ham, qarisi ham oshiqardi. Malika har safar ko‘chadan o‘tarkan, pardani ohista ko‘tarib, ko‘zi tushgan kishilar bilan salomlashardi. Nozik tabassumi, sho‘x boqishi, husni va donoligi bilan hammani o‘ziga maftun qilgan u malak hokimning qizi ekanini hamma bilardi.
    Ammo bugun negadir hokimning qizi arava pardalarini ko‘tarmas, aravakash esa otlarni tez yo‘rttirib borardi. Ko‘chadan o‘tayotgan kishilar aravakashning otlarni bu qadar tez haydashidan uning shahar tashqarisiga chiqmoqchi ekanini anglashdi. Arava orqasiga ikki ot bog‘langan bo‘lib, ular egarlangan bo‘lsa ham, ustida odam yo‘q edi. Ulardan birining egari ustiga o‘q yoy to‘ldirilgan bir idish yuklangan. Bu ot, aravada kelayotgan hokim qizining oti ekanini odamlar darrov payqab olishdi. Chunki malikaning xuddi shu otni minib erkaklar kiyimida ovga, poygaga chiqish odati borligi kishilarga avvaldan ma’lum edi. U ikki otning ketida ov paytida xizmat qiladigan g‘ulomlar, itlar va qoplonboqarlar kelishmoqda. Farg‘onaliklar uchun bu unchalik qiziq tomosha emas, chunki hokimning qizi ovga ishqiboz ekanini, mohir ovchi ekanini ular bilishardi. Lekin nima sababdan u xuddi bugun — bayram kuni ovga otlanganini bilolmay hamma hayron edi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 12:39:05
    Ko‘chada turganlar orasida ikki kishi bor ediki, ularning biri farg‘onalik, ikkinchisi esa qo‘qonlik savdogar. Qo‘qonlik savdogar farg‘onalikning qarindoshi bo‘lib, yangi yilni kutib olish uchun kelgandi. Bunaqa narsalarni u ilgari ko‘rmagandi. Shu vajdan u: — Bunchalik tantana bilan ketayotgan kim bo‘ldi? — deb yonidagi o‘rtog‘idan so‘radi.
— Bu hokim Tahmozning qizi Jahonbekaning vahimasi. Ilgari eshitmaganmisiz?
— Bu shaharda juda badavlat bir hokim yashaydi, uning yolg‘iz sohibjamol qizi bor deb eshitgandim. Uning shu bittagina qizidan bo‘lak farzandi yo‘qmi?
— Bor, suyuq oyoq, badbashara, ko‘sa bir o‘g‘li ham bor, lekin u qiziga bir misqol o‘xshamaydi, — dedi farg‘onalik o‘rtog‘i.
— Hokim, albatta, shu shaharlik bo‘lsa kerak?
— Yo‘q, kelgindi, bundan o‘ttiz-qirq yil muqaddam, qirchillama yigitlik chog‘ida, arab musulmonlaridan qochib bu yerga kelib qolgan. U forsning allaqaysi qit’asida hokim bo‘lib, ko‘p qiyinchiliklarni boshidan kechirgan ekan. Ota-bobolarining dinidan chiqishni istamay, mol-mulkini yig‘ishtirib, shu yerga kelib qolgan.
— U rostdan badavlatmi? — so‘radi yana qo‘qonlik mehmon.
— Ha, mol-mulki behisob, Farg‘ona tashqarisida, Toshkent daryosi qirg‘og‘idagi daraxtzorlarning hammasi uniki. Uy-joy, oltin-kumush va javohirlarni aytmaysizmi? Keling, qo‘ying uni, yaxshisi, bozorga borib bir qo‘y olaylik-da, bola-chaqamizga so‘yib beraylik, — dedi farg‘onalik savdogar.
Ammo uning qo‘qonlik o‘rtog‘i har narsaga qiziqadigan odam bo‘lgani uchun do‘stining maslahatiga unamay, savolini davom ettiradi:
— Bu beka shunday kunda sayohatga chiqishiga bois ne ekan?
O‘rtog‘i kulib:
— Bo‘lmasa, u ham bizning ayollarimizga o‘xshab uyda xamir qorib, non yopib, ovqat pishirib o‘tirsinmi? U otasining uyida o‘zi bek, o‘zi xon, degani degan, aytgani aytgan, do‘stim. Bir necha yil bo‘ldi, onasi vafot etgan. Otasi shu qizining ko‘ngliga qarab boshqaga uylanmay kelyapti. Qizini juda yaxshi ko‘radi u. Qizini shunaqangi erkalatadiki, xuddi oshiq-ma’shuq deysan.
— Yo‘q, uni uyda o‘tirib xamir qorsin, ovqat pishirsin deyotganim yo‘q, — dedi qo‘qonlik o‘rtog‘i, — loaqal bayram kuni sovg‘a-salom bilan otasini ko‘rgani kelganlarni kutib olish uchun uyda o‘tirsa bo‘lardi.
Do‘sti uning so‘zini bo‘ldi:
— Ey, og‘rimagan boshimga oltin isirg‘a, yaxshisi, bozorga boraylik-da, oladigan qo‘yimizni tanlaylik.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 12:40:00
    Dabdabali arava ikki kishining yonidan o‘tib, shahar chekkasiga yo‘l oldi, undan ham o‘tib, bog‘chalar tomon burildi-da, hokimga qarashli katta yer oldiga borib to‘xtadi. Bu aravani kutib olishga odatlangan hokimning korandalari bu safar ham yugurib, unga peshvoz chiqishdi. Arava to‘xtashi bilan aravakash otdan irg‘ib tushdi-da, uning jilovidan ushladi. Bekaning qo‘lidan ushlab tushirish uchun g‘ulomlardan biri arava yoniga chopdi. Marjon ismli chaqqon va uddaburon bir g‘ulomni beka o‘ziga yaqin tutardi. U arava oldiga keldi-yu, lekin pardani ko‘tarishga yuragi betlamay turib qoldi. Bekaning o‘zi esa na pardani ko‘tarar va na arava ichidan boshini chiqarib qarardi. Beka xizmatida arava yonida kelgan g‘ulomlar ham, uning istiqboliga chiqqan korandalar ham Jahonning aravadan tushishini sabrsizlik bilan kutishardi. Beka hadeganda aravadan tushavermagach, ular besaranjom bo‘la boshladi. Bekaning qashqa oti esa odamdan ko‘ra ham tinchsizlanib, oyog‘i bilan yer depsir, go‘yo o‘z egasini chaqirganday yoki, u tezroq chiqa qolsin, deganday zo‘r berib kishnardi. Otboqar har qancha urinsa ham, uni tinchita olmasdi. Nihoyat parda ko‘tarildi-da, ichidan ellik yoshlar chamasidagi juda salobatli, uzun-mo‘l kiyimli, boshidan tortib bo‘ynigacha katta ro‘mol o‘rab olgan bir ayol aravadan tushdi. Bu ayol Jahonning oqsochi, sirdoshi va mahrami Hayzuron edi.
    Hayzuron yerga oyog‘ini qo‘yib bekasini aravadan tushirish uchun unga qo‘lini cho‘zdi. Jahon aravadan tusharkan, hamma uning dillarga o‘t tutashtiradigan husn-jamolini ko‘rishga oshiqardi. O‘sha kuni u ov kiyimlarini, ya’ni uzun shim, orqa etagi ochiq uzun kamzul va ustidan yana ipak kimxobdan to‘nga o‘xshatib tikilgan rido tashlab olgandi. Boshida esa qiyiqchaga o‘xshagan, chakkasini qoshlarigacha bekitgan bir ro‘mol. Oftob urmasin uchun yelkasiga uning peshini tushirib ham olgandi. Shamolda kiyimi ko‘tarilib, yuzidan boshqa a’zolari ko‘rinib qolishidan ehtiyot qilib, u ridosi ustidan belini ham bog‘lab olgandi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 12:41:10
    Jahon uzun bo‘yli, barvasta bo‘lib, chehrasida salobat, sog‘lomlik va husn barq urib turardi. Uning shahlo ko‘zlari shunaqangi boqardiki, sehr-jodu bundan ortiq bo‘lmas.
Jahonga bir qaragan yoki u bilan so‘zlashgan har qanday odam aqlu hushidan begona bo‘lar, o‘zini yo‘qotib qo‘yar, tili kalimaga kelmay qolardi. Butun inon-ixtiyorini Jahonga berardi-yu, bir o‘yinchoq kabi qizga bo‘ysunishdan boshqa chorasi qolmasdi.
    Jahonning ovga yoki biror sayohatga otlanayotganini eshitganlar bir ko‘rib qolish uchun yo‘liga peshvoz chiqar, uning kutib turganlar bilan tabassum aralash salomlashib o‘tishi odamlarni o‘zida yo‘q xushnud etardi. Ammo bugungi holat tamoman o‘zgacha edi. Qizning chehrasidagi g‘am ko‘lankasi, tabassumi bilan yashirmoqchi bo‘layotgan ko‘zlaridagi yosh odamlarni hayratda qoldirdi.
    Jahon yuzidan pardasini ko‘tarib, bo‘ynini ochganini, sochini tashlab uyda yurganini ko‘rsang, uning qanchalik shijoatli va dovyurak ekanligini payqaysan. Dastlab qaraganda uning asli zoti forslardan bo‘lgan otasiga jilla ham o‘xshamasligidan taajjub qilasan kishi. Lekin uning onasi cherkas ekanini bildingmi, tabiiyki, bu taajjub yo‘qoladi-da, qiz onasiga tortganligiga qanoat hosil qilasan. Onasidan unga tashqi qiyofagina emas, balki cherkaslarga xos kuch-quvvat, shijoat, erksevarlik, chavandozlik va ovchilik kabi xislatlar  ham o‘tgandi. Ziyraklik, o‘tkir aql kabi fazilatlar unga otasidan o‘tgandi. Mana shunday fazilatlari tufayli u husnda ham, sipolikda ham zamonasining barkamol qizi bo‘lib yetishgan hamda farg‘onaliklarning muhabbat va hurmatini qozonib, ular o‘rtasida «Farg‘ona malagi» degan nom olgan.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 12:43:30
    Jahon aravadan tushdi. Ko‘rishish ishtiyoqida o‘zini kutib turganlarga ko‘zi tushishi bilanoq, qalbidagi iztiroblarni sezdirib qo‘ymaslik uchun darrov ularga salom berdi. Keyin mahramiga qarab, yoqimli ovoz bilan:
— Oyi, otim qani? — dedi. Qiz yoshligidan zo‘r mehr bilan tarbiyat qilgani uchun uni sevib, erkalanib «oyi» deb chaqirardi. Jahon dilidagi gaplarni hamisha shu ayolga aytar, undan hech qanday sirini yashirmasdi.
    Jahon aravadan tezda tushavermaganining boisi ham muhim bir ish ustida mahrami bilan kelishib olmoqchi bo‘lganida edi.
    Hayzuron otboqarni imladi, u raqs tushayotganday o‘ynoqlab turgan otni Jahonga ko‘ndalang qildi. Jahon jilmayib, astagina otning peshanasini siladi. Otning peshanasida sherni eslatuvchi bir necha oq yol bo‘lgani uchun qiz uni «sher» deb atardi.
     Peshanasini silayotgan odamni tanigan ot dumini silkib, oyoqlari bilan yer tepa boshladi.
Hayzuron qo‘l qovushtirib tik turganlarga qaradi:
— Sayidamiz ovga ketyaptilar, sizlar arava bilan bu yerda qolib, taom tayyorlab turasizlar. Orangizdan chopqir ikki kishi orqamizdan yursin. Qilingan ovni olib kelishadi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 12:44:50
    Shundan keyin Jahon lip etib o‘zining qashqa otiga minib oldi. Hayzuronning otboqari Firuz bekasiga otini ko‘ndalang qildi-da, uni mindirib qo‘ydi.
— Endi sen orqangga qaytib, o‘sha ikki kishi bilan borasan, — dedi Hayzuron Firuzga qarab.
    Borishi kerak bo‘lgan ikki kishining biri Marjon edi.
    Hayzuron otga qamchi bosib, sayidasi Jahonning otiga yetib oldi-da, ikkalasi yonma-yon keta boshladi. Jahon kamonni yelkasiga taqib olgan, o‘qdoni esa egar qoshiga osig‘liq edi. Tekis yerning ko‘p qismiga ekin ekilgan. Uzoq-uzoqdan shahar tevaragidagi tog‘lar ko‘rinardi.
Odatda Jahon ovga chiqqanda qoplon va itboqarlarni birga olib yurar, kiyik, yovvoyi eshak va tog‘ echkilarini tog‘ oralig‘idagi yo‘llar va vodiylarda ovlardi. Bugun kishilardan xoli bo‘lish maqsadida hech kimni o‘ziga hamroh qilmadi. Uning «Ovga chiqaman» degani bir bahona edi, xolos.
Jahon bilan Hayzuron ikkalasi ko‘z ko‘rib, quloq eshitmaydigan xoli bir yerga yetganlarida, Hayzuron mehribonlik bilan Jahonga qaradi-da:
— Mana endi ikkovimizdan bo‘lak hech kim yo‘q, sening ham, onangning ham maxfiy sirlarini hech kimga izhor qilmaganim va qilmasligim o‘zingga ayon. Nega bunchalik parishon ekaning sababini endi menga aytgin, — dedi.
    Jahon qattiq xo‘rsindi-da:
— Oyi, qo‘ying, shu gapni so‘ramang. Ozgina bo‘lsa ham ko‘ngil ochish uchun ovga chiqqanman, — dedi.
— Meni rostdan ham ov qilish uchun chiqdim, degan gapingga ishonadi deb o‘ylaysanmi? Axir shu bahona bilan xoli joyi topib suhbatlashishimiz kerakligini senga aytgan o‘zim-ku, yoki dilingdagi gap menga ma’lum emas deb o‘ylaysanmi? — dedi Hayzuron kulib.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 12:45:44
    Jahon Hayzuronni chalg‘itmoqchi bo‘ldi:
— Dadam bir necha yildan buyon dardga chalinib yotganini ko‘rib-bilib turib ham yuragim siqilishidan ajablanasizmi? Tabib uning shifo topib ketishi amri mahol deganini o‘zingiz eshitgansiz-ku, axir. Agar otamga biror gap bo‘lsa, men yolg‘iz qolaman. Bu yerda hech kimim yo‘q. Na otamning fors mamlakatidagi qarindosh-urug‘larini, na onamning Kavkazdagi urug‘-aymoqlarini tanimasam. Qanday... — dedi-yu xo‘rligi kelib nafasi halqumiga tiqildida, so‘zini davom ettira olmadi.
— Sayidam, hokim endi betob bo‘lganlari yo‘q-ku, u kishining dardlaridan avval ham tashvishlanib yurarding, lekin bugungiday siqilmasding. Yashirib kelayotgan gapingni men yaxshi bilaman, — dedi Hayzuron.
    Jahon ajablangansimon unga nazar tashlab, ko‘nglini bilib olish maqsadida qattiq tikildi. U dilidagi gapni yashirishga qancha urinmasin, yuzlari qizarib, ikki ko‘zi chaqnab borayotganini Hayzuron sezib turardi:
— Ha, siringdan voqifman, lekin sen uyalib, uni yashirmoqchi bo‘lib yuribsan. Mana men hozir dilingdagi hayoni yuzingda ko‘rib turibman, — dedi.
    Jahonning yuziga qon yugurib, qizil guldek ochilib ketdi va ko‘zlari yashindek chaqnab, yuragida qaynab turgan sevgi harorati sirtga tepdi.
    Kishi o‘z ko‘ngil sirini qancha yashirmasin yoki yashirishga urinmasin, uning ko‘zlaridan ko‘nglidagini uqib olish mumkin. Kishining o‘zi bir gap aytsa-yu, tili boshqa gapni aytsa, tiliniki emas, ko‘ziniki to‘g‘ri chiqadi, albatta. Xususan Jahonga o‘xshagan sezgisi nozik va mehri zo‘r kishilarda ko‘zning gapi so‘zsiz to‘g‘ri keladi. Jahon katta yurak, qalb va katta aql egasi edi. Lekin shu paytda ayollarga xos ko‘ngli bo‘shlik ustun kelib, boshini yerga eggancha jim turardi.
Hayzuron so‘z boshladi:
— Bu sirdan voqif bo‘lganimga ajablanmasang ham bo‘ladi. Mengina emas, butun saroy ahli bu sirni biladi. Faqat otanggina bilmaydilar, xolos.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 12:46:51
    Saroydagilar uncha-muncha hayiqadi, bo‘lmasa, uni otangga yetkazishgan bo‘lardi. Ochig‘ini aytsam, bunday qilishlariga men ruxsat etmadim.
    Jahon otining yolini tuzatib turib, birdan:
— Akam Somon-chi, u ham bu sirdan voqifmi? — dedi.
Hayzuron Somonning nomi tilga olinishidan achchig‘landi:
— Quruq qolarmidi o‘sha. U hamma narsadan xabardor. Oyoq olishini men allaqachon senga aytgan edim-ku.
    Hayzuron Jahonning akasiga ko‘ngil bo‘shlik qilayotgani uchun koyimoqchi bo‘lib turuvdi, buni sezgan Jahon uning gapini bo‘ldi:
— Akam Somonning nojo‘ya xatti-harakatlarini sezib yuraman, lekin nima qilay: yakka-yu yagona akam. Unga ayb qo‘yishga yuragim chopmaydi. Akamning ba’zi qiliqlari yoqmasa ham, menga ancha mehri borligini sezib yuraman. Lekin shunda ham har xil sirlarga aralashib yurishi menga ma’qul emas. U menga sir sandiqqa o‘xshab ko‘rinadi. Ko‘pincha u kun bo‘yi allaqaerlarda daydib yuradi. Butun Farg‘onani izlasang ham uni topib bo‘lmaydi. Kelganidan keyin «qaerda eding» deb so‘rasak aytmaydi, yoki mujmal bir javob qilib ketaveradi. Ba’zi mish-mishlarga qaraganda, u shahardagi otashxona boshlig‘i bilan ko‘pincha xufiya suhbat qilarmish. Uning ichidan pishgan va hiylakorligi sir emas.
— Fikrimcha, bu otashxona boshlig‘ining Bobak* Xurramiy boshliq maxfiy jamiyat kishilari bilan tili bir bo‘lsa kerak. Bobak shu qadar kuchga egaki, musulmonlar xalifasi undan qo‘rqib qoldi. Akang Somon shu jamiyat a’zosi bo‘lsa ham ajab emas. Mayli, hechqisi yo‘q, xurramiylar hokimiyatni forslarga olib berish va musulmonlarga qarshi jang qilish tadbirlarini ko‘rishmoqda, — dedi Hayzuron.
— Akam Somonni benuqson demayman, lekin nima qilayki, akam-da. Keling, qo‘ying, o‘sha haqda gaplashmaylik.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 12:48:14
    Bu qiz o‘z akasining shunchalik bema’niligini, niyati buzuqligini sezgani holda yana undan yaxshilik kutib yurishidan ajablangan Hayzuron ko‘zlarini yerga tikkancha bir oz xayolga cho‘mdi, keyin bu bahsni to‘xtatib, avvalgi hangomani davom ettira boshladi:
— Xo‘sh, xayolingni parishon qilgan, ko‘nglingni band etgan gapni hali ham aytib bermaysanmi?
Murabbiyasi oldida o‘zini ojiz sezgani Jahonga qattiq ta’sir qildi. Uning nafsoniyati g‘olib keldi:
— Oyijon, meni ojiza degan fikringizdan qayting, shunday deb o‘ylasangiz, yanglishasiz. Parishonligim sababini bilsangiz, qani o‘zingiz aytib bering-chi.
Hayzuron gapni qisqa qilib qo‘ya qoldi:
— Parishonligingga sabab — Zirg‘om.
    Zirg‘om nomini eshitgan zamon Jahonning yuragi qinidan chiqayozdi, yuzlariga qon yugurdi, ko‘zlari chaqnadi. Buni ko‘rgan Hayzuron: «Qizginam, endi bo‘yningga ola qol, Zirg‘omni sevishingni ko‘zlaring aytib turibdi», — dedi.
    Zirg‘omni sevishimga Hayzuron qanday qararkin. Ma’qullarmikan-yo‘qmikin, deb Jahon uning ra’yini bilmoqchi bo‘lib, indamay turardi.
    Hayzuron o‘z fikrini bayon qildi:
— Zirg‘om o‘ktam yigit, shijoatli, botir yigit. Farg‘ona va Fors mamlakatlarida benazir yigit.
— Xo‘p, uning botir va o‘ktam yigitligini bilar ekansiz, uning to‘g‘risida yana nimalar bilasiz? — so‘radi Jahon.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 12:48:55
    Hayzuron dilidagi gapni aytmoqchi bo‘ldi-yu, lekin Jahonni o‘ylab, bir lahza jim qoldi. Oldingi gaplardan ancha dadillangan Jahon sekingina qayta so‘radi:
— Oyi, hech narsani andisha qilmay, fikringizni ochiq aytavering.
— Zirg‘omning nasl-nasabini hisobga olinmaganda, undan munosib yigit yo‘q. Uning nasl-nasabini, otasi kimligini Farg‘onada hech kim, hatto uning o‘zi ham bilmaydi.
    Jahon kamonini o‘ynagancha Hayzuronga qaradi:
— Zirg‘om to‘g‘risida odamlar nima deyishadi?
— Zirg‘om shijoatda, saxovat, husnda, olihimmatlik va sipolikda sara yigit, deb maqtashadi-yu, lekin nasabiga kelganda biror gap aytolmay, bir-birlariga qarashadi, — so‘z boshladi Hayzuron, — onasi uni qo‘lda ko‘tarib Farg‘onaga kelgan vaqti mening yodimda. O‘shanda u kelishgangina juvon edi. Farg‘onaliklardan bir nechtasi unga sovchi bo‘ldi, kishi qo‘ydi, lekin u «yo‘q, er qilmayman, bolamni katta qilaman» deb unamadi, kambag‘al bo‘lishiga qaramay, bolasini yaxshi parvarish qildi. Keyin janobi hokim — sening otang undan xabar topib, o‘z huzurlariga chaqirtirdilar. Uning boshidan nimalar kechganini surishtirganlarida, avvaliga aytmadi-yu, keyin aytgan gaplari mana bunday bo‘ldi: «Men yosh qizcha ekanman, turklar sahroda onamning bag‘ridan tortib olib, Iroqqa keltirib sotishgan ekan. Keyin bir iroqlik qulfurush uyida tarbiyalanib, katta bo‘ldim. Taqdir ekan, oxiri borib o‘sha yerlik bir kishining qo‘liga tushdim. U meni qullikdan qutqardi-yu, o‘ziga xotin qilib oldi. Qornimdagi bola tug‘ilmasdan u kishi vafot  etdi. Bola tug‘ilgach, hamma narsadan voz kechib, bor-yo‘g‘imni shuning tarbiyasiga bag‘ishladim».
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 12:49:41
    Otang janobi hokim uning gaplaridan qanoatlanmadilar shekilli, sinab ko‘rish uchun «Saroy a’yonlaridan bittasiga seni uzatsam, nima deysan» deganlarida, u e’tiroz bildirdi. Shunda ham u kishining shubhalari tarqamadi. Keyin uni o‘z saroylari yoniga joylashtirib, butun ro‘zg‘or-tirikchiligini but qilib berdilar. U yaxshi chevar edi. Saroydagi boshqa xizmatkorlar qatori ishlab yurib, ko‘zi dardga chalindi. Shu kasal bahona bo‘lib, ko‘zdan ayrildi, ishga ham yaramay qoldi. Shundan keyin otangning uyida qolib ketdi. Bu yog‘ini o‘zing ham bilasan.
    Zirg‘om ulg‘aygach, ot minishni, kamon otishni o‘rgandi. Unda zo‘r qobiliyat paydo bo‘la boshladi. Shundan keyin otang — janobi hokim uni o‘zlariga sodiq mahram qilib oldilar. Uni juda yaxshi ko‘rar, iste’dodiga qoyil qolar edilar.
    Bir necha yil burun xalifa Mu’tasim bu tomonlardan turklar, farg‘onaliklar, ushrusanliklardan askarlikka odam so‘ragan vaqtda Zirg‘om ham ixtiyoriy ravishda yozilib, Bag‘dodga ketdi.
Sen yashirib yurgan oralaringizdagi muhabbatni o‘sha vaqtdayoq sezgan edim. Ammo uning qanday qilib sendan ko‘ngil uzib, Bag‘dodga ketganidan hayron edim. U bechora nasl-nasab va martabada oralaringizda osmon bilan yercha farq borligini o‘ylab, «Men qaerda-yu Jahonga erishish qaerda», deb umid uzgan bo‘lsa kerak-da.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 12:50:54
    Hayzuronning so‘zlariga diqqat bilan quloq solib o‘tirarkan, Jahon: «Odamning odamligi shunday paytlarda ma’lum bo‘lishini bilgani uchun u Mu’tasimning xizmatiga borishga bel bog‘lagan. Siz aytgandek, «Men qaerda-yu, Jahonga erishish qaerda» deb umidsizlangandir bechora. Ammo men uni o‘zimdan allaqancha afzal ko‘raman. Kishi yer-suvi, uy-joyi va mol-mulki bilan emas, balki fazilatiga qarab, el-yurt o‘rtasidagi obro‘siga qarab baholanadi. Siz o‘zingiz ham, boshqalar ham uning ajoyib xislatlarini maqtab gapirib yurasizlar-ku, axir. Uning askarlik xizmatida sharaf topishiga men aminman. Turli joylardan keltirilgan qullarni xalifa sotib olib tarbiyalagani va askarlikka olgani, keyinchalik ular o‘z mahoratlarini ko‘rsatib, qo‘mondonlik vazifalarigacha ko‘tarilganini ko‘p eshitganmiz. Shunday ekan, Zirg‘omning fazlu fazilatlari ma’lum-ku! Uning qobiliyati o‘zingizga ham, menga ham ayon-ku!»— dedi.
    Jahon bu gaplarni qattiq ishonch bilan, tilini biyron qilib so‘zlarkan, yuragida muhabbat alangasi avj olayotganday bo‘lardi. Jahonning gaplarini eshitgan Hayzuron uning Zirg‘omga chindan ham ko‘ngil berganligiga yana ham qattiqroq ishonch hosil qildi. Jahonni bu ra’yidan qaytarishga so‘z topolmay, dedi:
— Zirg‘omning Mu’tasim askarlari orasida yuqori martabaga erishuviga hech bir shubha yo‘q, albatta. Lekin bosh qo‘mondonlikka erishgani bilan ham kishi Farg‘ona malagiga munosib bo‘la qolmaydi. Senga amirlar sovchi qo‘yib turishibdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 12:51:25
    Hayzuron Jahonning ko‘ngli uchun yoki uni maqtash uchun emas, balki bor gapni aytgan edi. Jahonni javob qaytarish niyatidan chalg‘itish uchun Hayzuron gapni ata¬yin boshqa yoqqa burib: «Qizim, men juda charchadim», — dedi-da, yon tomonga qaradi, har gal Jahon kelib, ov qilib ketdigan vodiylar yaqinidagi bir tepalikka ko‘zi tushdi. O‘sha tepalikka ishora qilib: «Shu yerga borib ozgina dam olsak, nima deysan? Keyin otga minish qochmas. Sen yoshsan, safar mashaqqatlari menga og‘irlik qiladi», — dedi. «Juda yaxshi bo‘ladi», — uning taklifini ma’qulladi Jahon. Har ikkovlari otdan tushib, tepa tomon yo‘l olishdi. Otboqar orqadan yetib kelib, ikkala otni bir chekkaga yetaklab, ustidagi namat yopqichni oldi-da, tepalikdagi yassi bir tosh ustiga to‘shab berdi. Jahon bilan Hayzuron uning ustiga o‘tirib olgach, otboqar otlarini o‘tlatgani ketdi. Ikki xizmatkorga qarab Jahon: «Vodiyga kirib, ovdan daarak olib chiqinglar», deb jo‘natib yubordi.

_______________
* Melodiy 826 yilga to‘g‘ri keladi.
* M a j u s i y l a r — otashparastlar. Islom dini kirib kelgunga qadar O‘rta Osiyo xalqlari majusiy dinida bo‘lganlar.
* M a r z b o n  yo k i  m a r z u b o n — katta yer egasi, u shahar hokimi hisoblanardi.
* B o b a k — Arablarga qarshi Ozarbayjondagi mashhur xurramiylar qo‘zg‘olonining yo‘lboshchisi, 837 yili o‘ldirilgan.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 12:52:14
     ZIRG‘OMNING MAKTUBI

    Hayzuron Jahonga qaradi:
— Sayidam, gapimga nima deding?
— Meni shunchalik mubolag‘a bilan baland ko‘tarishingiz va sevib maqtashingiz bejiz emas, chunki men qizingizman. Har bir ona o‘z qizini maqtashga tushib ketganida, «uni talashib podshohlar bir-biri bilan jang qilishyapti», deyishdan ham toymaydi.
— Men, haqiqatni, rost gapni aytdim. Manaman degan Eron shohlari roziligingni kutishayotgani yolg‘on emas-ku axir?
Jahon yelkasini qisdi. Bu gaplarga ishongisi kelmasdi:
— Eron shohlari-ya? Tavba, hozir ularning podshohlari bor ekanmi?
Jahon o‘zining qanchalik yuqori martabali qiz ekanini tushunib olish payti yaqinlashayotganidan Hayzuron o‘zida yo‘q sevindi. Zotan, u bor gapni aytayotgan edi.
— Sayidam, yelkangni qisma, eronlarda shunday ulug‘ shohlar borki, ular bugun-erta Xusraviylar hokimiyatini qayta tiklaydigan bo‘lib turishibdi. Tabariston hokimi Moziyorni, Ardabil hokimi Bobak Xurramiyni bilmaysanmi? Ming-minglab qahramonlar bu shavkatli amirlarning farmoyishida. Lekin shunga qaramay, Farg‘ona malagiga tiz cho‘kib, uning bir karami uchun jon olib-jon berishmoqda.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 12:52:55
    Jahon, yechilib o‘tlab yurgan qashqa otiga nazar tashlarkan, Hayzuronning gapi yoqmagandek bosh silkidi-da:
— Oyi, shohlaringizni boshimga uramanmi, menga Zirg‘omdan bo‘lak hech kim kerak emas, Moziyorni, Bobakni ne qilay? Ardabil va Tabariston bilan bizning yurt orasida qancha kunlik masofa bor?
— Gapimga ishonmasang, Bobak Xurramiy kimligini, niyati nimaligini akang Somondan so‘ra, — dedi Hayzuron.
    Jahon o‘zini qo‘lga oldi-da:
— Akam shunaqa bir kishini hadeb maqtayotganini eshitgandim shekilli, lekin o‘zingiz bilasiz-ku, uning hech bir gapiga ishonmayman. Bu gapga e’tibor berganim ham yo‘q, negaki, hech kim Zirg‘omning o‘rnini bosa olmaydi, amir va podshohlarni uning tirnog‘iga ham olmayman, — dedi.
— U mamlakatlarni uzoq desang, mana qo‘shnimiz Ushrusananing amiri Afshin-chi? U hozir Bag‘dodda hamma musulmon askarlarning bosh qo‘mondoni. U yaqinda otangni ko‘rgani keladi. Otang o‘zlari yangi yil bayramida kelib ketgin, deb unga xat yozganlar, — dedi Hayzuron.
Hayzuron bilan shu choqqacha bemalol gaplashib o‘tirgan Jahonning Afshin nomini eshitishi bilan xayoli qochdi, tusi o‘zgardi, yuragiga g‘ashlik tushdi. «Bo‘ldi, uning otini sira ham atamang», — deganday qo‘lini siltab, Hayzuronni gapdan to‘xtatdi.
    Hayzuron yana gap boshlamoqchi edi, Jahon norozi ohang¬da: — Qo‘ying, uni gapirmang, nomini eshitishga toqatim yo‘q. Siz sezib yurgan xafaligimning boisi ham xuddi o‘shaning o‘zi. Uning yaqinda Farg‘onaga kelishini, yangi yil bayramini bizda o‘tkazishini eshitib, o‘zimni qo‘ygani joy topolmayapman. Bayramni boshqa biror uzoqroq yerga borib o‘tkazish qo‘limdan kelsa, albatta shunday qilaman, — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 12:53:30
    Jahon Afshinni shu qadar yomon ko‘rishidan ajablangan Hayzuron:
— Afshin senga biror yomonlik qilganmidi? — deb so‘radi.
— Yo‘q, menga yomonlik qilmagan, bir og‘iz gapirgan ham emas. Lekin u otamning ziyoratiga kelganidan buyon yomon ko‘rib qolganman, aftiga qaragim kelmaydi. Kim haqida nima deb o‘ylasam, xuddi shu o‘ylaganimdek bo‘lib chiqaveradi. Bunga o‘zim ham hayronman.
— Taajjub, — dedi Hayzuron, — Afshin Zirg‘omning boshlig‘i ekanini, Zirg‘omning maqsadi musulmon askarlari orasida shuhrat qozonib, Afshin qo‘mondonlaridan biri darajasiga ko‘tarilish, uning bayrog‘i ostida bo‘lish ekanini bilmaysanmi?
— Yo‘q, oyijon, Zirg‘om Afshinga tobe emas, u xalifa qorovullarining boshlig‘i, — dedi Jahon. Hayzuronning chehrasida hayronlik alomati zohir bo‘ldi.
— Shu so‘zlaring rostligiga o‘zing to‘la ishonasanmi?
Jahon unga tikilib, tabassum qildi:
— Ha, albatta, mening unga ishonchim sizning podshohlar mening visolimga yetisholmay yurganiga ishonchingizdan ham zo‘rroq, — dedi-da, qo‘lini cho‘ntagiga tiqib:
— Ancha bo‘ldi, undan xat olgandim. U yaqinda Farg‘onaga kelishini yozgan. Lekin nima uchundir hanuz daragi yo‘q, — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 12:54:27
    U xatni chiqarib: «Mana o‘zingiz o‘qib ko‘ring», deb Hayzuronga uzatdi. Xat qadimiy pahlaviy tilida yozilgan edi:
    «Somurroda yashayotgan Zirg‘omdan, Farg‘onadagi ko‘nglim farishtasi Jahonga!
Sayidam! Men seni hamma vaqt sayidam deb atayman, chunki sen butun borliqning sayidasisan, mening sevgilimsan. Sen qalbimning — butun vujudimning xojasisan. Farg‘onadan chiqqanimdan buyon ancha yillar o‘tib ketdi. Shu vaqtgacha senga maktub yozmadim, to‘g‘risi, buni o‘zimga ep ko‘rmadim. Hokimning qizi, sayida, malakxil’at Jahonga xat yozishni mendek bir faqir yetimga kim qo‘yibdi, deb o‘yladim. Sen bilan vidolashayotgan kunim ulug‘ martabaga erishish uchun qo‘limdan kelganicha tirishaman, sening martabangga yaqinlasha olsam, ostonangga kelib boshimni uraman-da, jufti halollikka roziligingni so‘rayman. Bordi-yu, o‘shanday yuqori martabaga erisha olmasam, baxtim qaro ekan deyman-da, peshanamga urib, hajringda zor-zor yig‘lab dunyodan o‘taman, degan edim.
    Men bu yerga kelib askarlikka yozildim. Og‘ir jang maydonlariga sening nomingni qalbimga jo qilib kirdim. Nomingni o‘zida saqlayotgan ko‘ksimni o‘qlarga tutdim. Muborak, aziz noming meni hamma falokatlardan omon saqladi.
    Men askarlik xizmatida turli lavozimlarda bo‘lib, oxiri xalifa saroyida qorovullar boshlig‘i vazifasiga erishganimdan keyin senga sevinch xabarini yo‘llayap¬man.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 12:55:13
    Sen, ehtimol: — Bu martabaga ko‘tarilishdan maqsading nima? — deb so‘rarsan. Ochig‘ini aytsam, maqsadim shu martaba tufayli sening visolingga yetishdir. Sensiz hayot hayot emas menga.
    Men janob hokimni ziyorat qilishga, sevgilim Jahonni ko‘rishga musharraf bo‘lish uchun Farg‘onaga borishni niyat qilgan edim, xalifalikka putur yetkazadigan ba’zi tashvishli yumushlar chiqib qolmaganda, allaqachon Farg‘onada bo‘lardim.
    Farg‘ona safariga otlanish uchun hozir qulay bir chora topildi. O‘zing bilasanki, xalifa Mu’tasim Bag‘dod yaqinida turk askarlariga atab Somurro degan maxsus shaharcha bino qilgan. Men ham shu yerda turk askarlari bilan birgaman.
    Islom mamlakati — Bag‘dodda paydo bo‘lgan turli isyonchi guruhlarni xalifa o‘sha turk askarlari kuchi bilan bostirmoqchi.
    Turk askarlari shahar atrofidagi aholi bilan aralashsa, kuch-quvvati, shijoati ketib qolishidan qo‘rqqan Mu’tasim Movarounnahrdan cho‘ri turk qizlarini sotib olib, o‘sha askarlarni uylantirmoqchi, Farg‘onaga borib cho‘rilar sotib olish uchun bir qancha kishilarni tanlab qo‘ydi. O‘sha kishilar bilan birga men ham vatanimga borib kelmoqchi ekanimni xalifaga aytib, ruxsat oldim. Shoyad, yaqin orada diydor ko‘rishsak. Xatni senga yetkazishni ishonchli kishilarimdan biriga topshirdim. Oyim-dan senga salom».
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 12:56:01
    Hayzuron xatni o‘qib bo‘lgach, Jahonni quchoqlab o‘pdi:
— Senga ham, Zirg‘omga ham muhabbat muborak bo‘lsin. Zirg‘om, albatta, senga munosib yigit. «Kishi hayotda mol-mulki bilan emas, balki odamiy fazilatlari bilan qadrli» degan gaping to‘g‘ri. U botirligi va g‘ayrat-shijoati bilan hozirdanoq soqchilar boshlig‘i lavozimini egallagan bo‘lsa, bir necha yillardan keyin juda ulug‘ martabalarga erishsa ajab emas. Islom davlati hali jangu jadal qilyapti, Zirg‘omdek  yigit yana ham yuqoriroq martabalarga ko‘tarilishiga nima to‘sqinlik qilardi?
Hayzuron dilidagi gapni aytgani uchun, Jahon behad xursand bo‘ldi-yu, ammo ketidan lekini chiqib qoldi:
— Bu xatni olganimga bir necha oy bo‘ldi. Haligacha Zirg‘omdan darak yo‘q, bilmadim, ne hodisa yuz berdi ekan?
    Hayzuron: «Tashvishlanma, u albatta kelib qoladi, lekin...» dedi-yu, ko‘ngliga bir narsa kelgandek o‘ylanib, boshini quyi soldi.
— Xo‘sh, oyijon, ayting, nima lekini bor, — dedi Jahon.
— Lekini shuki, seni Zirg‘omga berishga otang rozilik bermasmikinlar deb qo‘rqaman.
— To‘g‘ri, men bu gapni otamlarga aytganim yo‘q, lekin ishonchim komilki, u kishi Zirg‘omni yaxshi ko‘radilar, juda hurmat qiladilar. Undan keyin, men nimani istasam, otam unga qarshilik qilmaydilar.
— Sayidam, janobi hokim Zirg‘omni yaxshi ko‘rishlarini, hurmatlashlarini yaxshi bilaman, lekin bu yerda boshqa bir gap bor. Shuni o‘ylab ko‘rdingmikin? — dedi Hayzuron.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 12:56:48
— Qanday gap ekan? — dedi avzoyi o‘zgarib Jahon.
— Bilishimcha, Zirg‘om musulmon, sen bo‘lsang islom diniga kirgan emassan. U seni xotinlikka olishi qanday bo‘larkin?
    Jahon:
— Men ham musulmon bo‘lsam nima qilibdi? Axir islom dini hozir davlat dini-ku, — dedi.
— Otang, qavm-qarindoshlaring dinidan qanday qilib voz kecha olasan?
— Bu din Zirg‘om bilan mening muhabbatimizga g‘ov bo‘ladigan bo‘lsa, men albatta, undan voz kechaman. Chunki men bu dunyoda ham, u dunyoda ham sevgilim qaerda bo‘lsa, o‘sha yerda bo‘lishni istayman.
    Jahon shunday deb jilmaydi. Uning ko‘zlaridan marjondek yosh oqib, yuziga tushdi.
    Gap cho‘zilib, ahvol og‘irlashganini sezgan Hayzuron Jahonni alahsitmoqchi bo‘lib, joyidan qo‘zg‘aldi va gapni boshqa tomonga burdi:
— Kun alla-palla bo‘lib qoldi, sen bo‘lsang, hali ham ovga kirishganing yo‘q, otingni min, men ketingdan kuzatib yuraman. Kiyik ovlashdagi mahoratingni ko‘rib, bir tomosha qilay, qizim.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:29:09
                                    * * *

    Jahon «otimni, kamon va o‘q yoylarimni olib kel» deganday qilib, otboqarga imladi. Keyin u qaerda ov yaxshi bo‘larkin deya mo‘l tog‘ tomonga ko‘z yugurtirdi. Birdan yaqin yerdagi tosh ustida bir tog‘ takasi o‘ynoqlab yurganini ko‘rib qoldi. Ilgari bu yerda tog‘ takalarini hech ko‘rmagan edi. U shoshib, «Firuz, kamonni tez olib kel», deb otboqarga xitob qildi.
    Kamon qo‘liga tekkach, darrov uni o‘qladi-da, tog‘ takasini nishonga oldi. O‘qni otish oldida Jahon «agar shu o‘qni unga tekkiza olsam, Zirg‘omga yetishaman, u bilan tezda ko‘rishaman. Bordi-yu, o‘q tegmay qolsa, Zirg‘om bilan tezda uchrashishim qiyin bo‘ladi», deb ko‘ngliga tugib qo‘ydi.
    Taka esa hamon o‘sha tosh ustida bular tomon qarab turardi. Jahon o‘q uzdi. O‘q fazoda vizillab taka tomon uchib ketdi.
    Hayzuron esa o‘q borib yetmasdan taka qochib ketsa, nima bo‘ldi, degan xavotir bilan undan ko‘zini uzmay turardi.
    Taka yiqildi, keyin qochib borib ikki xarsang o‘rtasidagi bir chuqurlikka burildi. Takaning yiqilganini ko‘rgan Jahon sevinganidan: «Ana yiqildi. Marjon, yugur, uni olib kel», deb baqirdi. Marjon, hamrohi va otboqar uchalasi taka tomon chopib ketishdi. Jahon sevinganidan yuragi yorilguday bo‘ldi. Hayzuron kulib, uning yoniga keldi:
— Bu takani qulatganingdan juda xursand bo‘ldim. O‘qing unga tekkani uchungina emas, yo‘q. Sen uni nishonga olayotganingda men, «agar Jahon shunga tekkiza olsa, albatta Zirg‘omga ham yetishadi», deb xayolimdan o‘tkazgan edim. Endi, qizim, albatta maqsadingga yetishasan. Xursandligim mana shundan.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:29:39
    Jahon jilmayib dedi:
— Men ham xuddi shuni ko‘nglimga keltirgan edim. Endi «Zirg‘om sening munosibing», deb ayta olasizmi?
— Men g‘o‘r mulohazalarimni senga aytgan edim. Hozir esa Zirg‘omga muhabbatim juda ham oshib ketdi.
    Ular shu qabilda hazillashib kulishdi. Hayzuron o‘z fikrini ochiq aytib, Jahonning ko‘ngliga chiroq yoqqandek bo‘ldi.
    Tog‘ takasini sudrab kelayotganlarning hayqiriq ovozini eshitgan Jahon ular tomon yugurdi. Taka o‘lgan edi. Uning bir o‘q bilan o‘lganidan Jahon ajablandi. Uning o‘qi hamon takaning biqinida sanchig‘liq turardi. U yana boshqa bir o‘q takaning bo‘g‘zida sanchilib yotganini ko‘rib qoldi-da, «Hoy, bunda ikkita o‘q bor, men faqat bitta otgan edim-ku, mana bu ikkinchi o‘qni qaranglar, bu qaerdan kelib tegdi? Marjon, bu o‘qni darrov chiqarib ol!» deb, xizmatkorga buyurdi. Marjon juda qiyinchilik bilan o‘qni tortib oldi va «taka shu o‘q bilan o‘lgan», deb  uni Jahonga uzatdi. Jahon o‘qni oldi-da, barmoqlari bilan u yoq-bu yog‘ini ag‘darib ko‘zdan kechirdi. O‘qning patida arab tilida yozilgan bir xatga ko‘zi tushdi. Jahon arabcha xatni o‘qishni bilardi. U xatning harflarini hij, turib, birdan «Zirg‘om» deb baqirib yubordi-da: — Mana bu o‘qda Zirg‘omning ismi yozilgan ekan, — dedi. Marjon ham arab harfi bilan bitilgan yozuvlarni bilgani uchun, uni o‘qib ko‘rdi-da: «Ha, to‘g‘ri, bunda Zirg‘omning ismi bor», — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:30:46
    Bu tasodifdan hang-mang bo‘lib qolgan Jahon Hayzuronga qaradi. Esankirab qolganini ikki erkakdan yashirmoq uchun u o‘zini bazo‘r qo‘lga oldi. Keyin ularga qarab: «Takani biror yerga olib borib so‘yinglar-da, nima qilsangiz, ixtiyor o‘zlaringizda», — dedi. Ular uzoqlashgach,             
    Hayzuronga qarab:
— Bu hodisaga nima deysiz? — dedi.
— Meningcha, — dedi Hayzuron, — Zirg‘om shu o‘rtada bo‘lishi kerak. Bu o‘q bilan takani otgan ham muqarrar o‘shaning o‘zi. Lekin taka jarohatlanganicha uzoq yerlarni bosib kelganga o‘xshaydi, chunki tog‘ takalari bu yerdan uzoq bo‘lgan Toshkent daryosining* qirg‘oqlarida yoyilib yuradi.
    Jahon «bu tushimmi yo o‘ngimmi» deb xayolga cho‘mdi va boshini quyi solib:
— Bu juda g‘alati tasodif, ammo hali ham men yanglishdimmikan degan xavotirdaman. Lekin ko‘nglim buni rost deb aytyapti. Xo‘p, mayli, gumonimiz to‘g‘ri chiqsa, uni siz hozir qaerda deb o‘ylaysiz? — dedi.
— U Farg‘onaga kirishdan avval dam olish uchun biror soy atrofiga tushgan bo‘lsa kerak. Lekin men bu tomonlarda Toshkent daryosidan bo‘lak suv borligini bilmayman, ehtimol, u daryoning sharqiy qirg‘og‘iga tushgan bo‘lsa,— dedi Hayzuron.
Jahon so‘radi:
— Siz aytayotgan qirg‘oq bu yerdan uzoqmi?
— Bir-ikki farsah* keladi, o‘sha tomonga borging kelayotganga o‘xshaydi-a?
    Xijolat aralash tabassum qilgan Jahon, nega bunday savol berayotganini aniq bilish uchun Hayzuronning ko‘ziga tikildi. O‘zining fikriga qo‘shilayotganini sezib, Hayzuronga: «Ha, biz uni izlab borsak, qanday bo‘larkin deysizda», — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:32:05
    Hayzuronning unga rahmi keldi, ko‘ngliga qo‘l solib ko‘rmoqchi bo‘ldi:
— Kishilar eshitsa, Jahon Zirg‘omni atayin izlab bordi, deb gap qilishadi. Ammo tasodifan unga yo‘liqib qolsak-chi, unda hech kim hech narsa deyolmaydi. Yana shuni ham bilib qo‘yki, yo‘l ancha olis, mashaqqatli, unga chiday olasanmi?
    Jahon: «Otga minib olganimizdan keyin nima mashaqqat bo‘lardi. Qani, qo‘zg‘aling, ketdik», — dedi-da, ikki erkak tomonga qaradi. Ular uzoqda, hali ham taka so‘yish bilan ovora edi. Jahon ularni chaqirmoqchi bo‘layotganini sezgan Hayzuron, oldinroq: «Bo‘lmasa, men xizmatching Firuzni chaqirib kelay, u sening jilovingdan yursin, ikkinchisiga esa qolgan xizmatchilar bilan shahar darvozasi yoniga borib, bizni kutib turishga farmon qilsang», — dedi.
    Uning bu maslahati Jahonga ma’qul tushib, «juda soz bo‘ladi» dedi. Hayzuron xizmatchilar oldiga borib, «buyoqqa kel» deb Firuzni imladi. Darrov yugurib kelgan Firuzga: «Hamrohingga borib ayt, u boshqa xizmatchilarni olib tezroq shahar darvozasiga borsin-da, bizni kutib turishsin. O‘zing esa ikkala otimizni olib kel, bizning yonimizda borasan», — dedi. Firuz topshiriqni bajarib bo‘lgach, Jahon bilan Hayzuron qaerga borishayotganini bila olmay ularning orqasidan yo‘lga tushdi.

_____________
* Sirdaryo nazarda tutiladi.
* F a r s a h — 8 kilometrni tashkil etadi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:32:47
ZIRG‘OM VA JAHON

     Shoyad, sevgilim kelayotganini ko‘rsam, deb ko‘zlari to‘rt bo‘lib borayotgan Jahon otning boshini anhor tomonga burdi. Uning yonida ot mingan Hayzuron borardi. Tikka kelgan quyosh tig‘i ostida chuqur xayolga cho‘mib borayotgan Jahon bugun ovqat yegan-emaganini ham unutgandi. Hali ovqat ekan-ku, muhabbat dardiga yo‘liqqan odam o‘zining jahonda bor-yo‘qligini ham unutib qo‘yadi.
     Jahon va Hayzuronning otlari hakkam-dukkam ekin ekilgan yerlardan o‘tib borarkan, Farg‘ona malagini taniydigan o‘sha yerlik korandalarning ko‘zi ularga tushdi. Ular Jahonning o‘zinigina emas, qashqa otini ham, xizmatchisini ham tanishar edi. Korandalar Jahonning hurmati yuzasidan o‘rinlaridan turib, unga ta’zim qilishdi. Lekin xayoli parishon qiz ularga e’tibor bermadi, odatiy tabassumini unutdi. Xayol daryosiga g‘arq bo‘lib borayotgan Jahonning fikrini ikkala otning baravar kishnashi bo‘lib yubordi. U olisga nazar tashladi. Yo‘l ustida turkmanlarniki kabi qubbali chodirlar tikib o‘tirgan o‘troq odamlarga ko‘zi tushdi. Ilgari turkmanlar ana shunday tepasi qubbali to‘garak chodir tikib o‘tirishardi. Chodirlar orasida to‘rt-besh ot ko‘rindi. Yigitlar ikki biyani sog‘ishayotgan edi. Sahroyi arablar tuya sutini ichganidek, Turkiston cho‘llarida yashaydigan ko‘chmanchilar ham biya sog‘ib, sutini ichishardi. Jahon ularning oldiga borsa, gapga tutilib alahsib qolishdan cho‘chidi-da, yo‘lini boshqa tomonga burdi. Lekin Hayzuron otning jilovini chodirlar tomonga burdi. «Zirg‘om to‘g‘risida bulardan bir surishtirib ko‘rsak, shu yerlardan o‘tgan bo‘lsa, ular ko‘rishgan bo‘lsa ajab emas, daryo tomonga yursak, yo‘limiz ancha qisqararmidi deyman», — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:33:18
     Uning bu fikri Jahonga ma’qul tushdi shekilli, u ham otining jilovini chodirlar tomonga burdi. Bularni ko‘rgan bolalardan biri Jahonning qiyofasidan «bu albatta biror amirning qizi bo‘lsa kerak», deb o‘yladi-da, mehmonlarni kutib olish kerakligini xabar qilish uchun chodirga, otasi tomonga yugurdi.
     Bolaning otasi — mo‘ysafid dehqon hassasiga tayanib kelarkan, Jahonga ko‘zi tushishi bilanoq uni tanidi. Bolalarini chaqirib: «Mehmonni otidan tushiringlar», — dedi. Lekin Jahon otdan tushgisi kelmay, dehqonga minnatdorchilik bildirdi. Keyin u «qani, qariyani gapga solib ko‘ring-chi», degandek Hayzuronga qaradi. Hayzuron:
— Sayidam, otdan tushing, bir oz dam olib, keyin yana yo‘lga chiqarmiz, — dedi. Jahon Hayzuronning taklifini noiloj qabul qildi. Firuz boshqa otlarni ko‘rsa, kishnab, bularning gapiga xalaqit bermasin, deb ikkala otning yuganidan ushlab nariroqqa olib ketdi.
     Jahon bilan Hayzuron piyoda yura boshlashgach, chol soddalik va muloyimlik bilan ularga:
— Bizning kulbai vayronamizga malikam muborak qadamlarini bir tegizib, tabarruk qilib ketsalar yaxshi bo‘lardi, — deb ularni o‘z chodiriga taklif qildi. Jahon uyala-uyala chodirga kirdi-da, o‘zi va hamrohi uchun to‘shalgan po‘stakka o‘tirdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:34:13
     Hayzuron so‘z boshlamasdanoq cholning o‘g‘li sopol kosada suyuq ovqat  olib keldi. Ovqat biya sutidan tayyorlanganini sezgan Jahon: «Hozir ovqatga ishtaham yo‘q, ko‘nglim hech narsa tusamayapti», — deb uzr aytdi. Mo‘ysafid bolaga qarab:
«Bo‘lmasa bir kosa qimiz olib kel», — dedi. Kelgan mehmonlarga sharob o‘rnida talqon, go‘ja yoki hozirgi vaqtda limonad va choy berish odat bo‘lganidek, ko‘chmanchilar biya sutini achitib qimiz qilib qo‘yar va mehmonlarga tutar edilar. Chol qimizni ko‘rsatib: «Buni ichish uchun kishi och bo‘lishi shart emas, suvdek bir ichimlik, issiqning hovrini ko‘taradi, charchoqni ketkazadi», — dedi. Jahon buni ham rad qilishni o‘ziga ep ko‘rmay, kosani qo‘liga oldi. Shu fursatdan foydalanib,       Hayzuron cholga qaradi:
— Bugun bizdan boshqa mehmonlar bu yerdan o‘tgani yo‘qmi?
— Yo‘q, sizlarning poyqadamingiz yetganidan behad xursandman. Qaysi shamol Jahonoyni bu tomonlarga uchirdiki, xarob kulbamiz obod bo‘ldi. Boshqa mehmonlar kelmaganda ham, Jahonning bir o‘zi ming mehmonga arzigulik.
     Hayzuron: «Safar qiladigan musofirlar hamma vaqt ham shu yerdan o‘tib turishadimi?» — deb so‘radi.
— Ha, albatta, — dedi chol, — Ushrusana, Qo‘qon yoki Buxorodan kunchiqar tomonga yuradigan kishi daryodan o‘tgach, albatta yo‘li shu yoqqa tushadi. Farg‘onagami, boshqa shaharlargami shu yerdan boradi. Ko‘pincha, Hindiston, Tibet yoki Xitoydan Rum mamlakatiga ketayotgan yoki u yerlardan qaytib kelayotgan savdogarlar ham bu yerdan o‘tadi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:34:42
     Hayzuron Jahonga qarab fors tilida: «Zirg‘omning yo‘li ham shu yerdan o‘tadigan bo‘lsa uni shu yerda kutib turganimiz ma’qul, u yoqqa borib ovora bo‘lib yurgandan ko‘ra, shu yaxshi emasmi? Biz bir yo‘ldan yursak,  u boshqa yo‘ldan kelib, o‘tib ketib qolsa, bir-birimizga duch kelmay qolamiz», — dedi.
     U yerdagi dehqonlar chig‘atoy tili, ya’ni qadimiy turk tilida so‘zlashganlari uchun Hayzuronning gapiga tushunishmadi. Jahon bu gapga javob bermadi. Lekin chehrasidan uning taklifiga rozi bo‘lganday edi. Hayzuron:
— Bo‘lmasa, mayli, otaxonimiz biror taom tayyorlay qolsin, xo‘p deya qol, — dedi.
— Avval o‘zimiz yo‘q deb qo‘yib, endi qay yuz bilan so‘raymiz.
— Malol kelmaydigan qilib o‘zim so‘rayman, — dedida, Hayzuron cholga qarab chig‘atoy tilida: «So‘yish uchun sotadigan bironta otlaring yo‘qmi?» — dedi.
— Yo‘q, sayidam, biz otlarni faqat suti uchun boqamiz. Ularni nochor bo‘lib, sutdan qolgandagina so‘yamiz, — dedi chol.
— Mabodo biror toycha so‘yish lozim bo‘lib qolsa, nima qilasizlar?
— Shu yerdan o‘tadigan yilqilar podasini poylab turamiz-da, tanlaganimizni sotib olamiz, — dedi chol, keyin kunchiqar tomonni ko‘rsatib: — Men anchadan beri shu tarafga qarab turibman, olisdan quyuq chang ko‘tarilyapti, ehtimol bu yoqqa kelayotganlarning podasidir. Ular kelishi bilan bir-ikkita ot sotib olib, darrov so‘yamiz. Malikamiz andak tahammul qilsalar, semiz bir ot so‘yib ziyofat qilardik.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:35:37
     U kishining xushmuomalasi, ziyrakligi Jahonga ma’qul tushib, jilmaydi. Qizning tabassumidan o‘z taklifiga rozi bo‘lganligini anglagan chol o‘g‘illaridan biriga darrov borib, o‘sha uyurning oldidan to‘sib chiqishni buyurdi. Bola yugurganicha ketdi. Ota esa dasturxon tayyorlashga kirishdi, bitta qovun keltirib, Jahonning oldiga qo‘ydi:
— Mana bu tilni yoradigan Buxoro qovunlaridan. Istagan vaqtlarida so‘yib beramiz.
     Katta amaldorlar uyida ham maqtovga arziydigan bunday qovun cholning chodiriga kelib qolganidan Jahon ajablandi. Buni sezgan chol:
— Qizlarimdan biriga xushtor bo‘lib qolgan bir yigit menga olib kelgan tuhfalar orasida shu qovun ham bor ekan,— dedi.
     Xushtor so‘zini eshitgan Jahon o‘zining muhabbati dardini esladi-da, bir oh tortib cholga qaradi: — Bu qovunni atalgan kishisiga — qizingizga saqlab qo‘ying.
Chol javob qaytarmoqchi bo‘lib turuvdi, uzoqdan kimningdir chaqirayotganini eshitdi. Qaytib chopib kelayotgan o‘g‘li: «Ular podadan birorta otni ham sotishmas ekan», — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:36:32
     Kelayotgan yilqi podasining oyog‘idan chiqayotgan changga qaragan Jahon uning oldida egarlangan ot minib kelayotgan bir kishini, uning orqasida egar-jabduqsiz o‘nlab otlarni o‘ynatib kelayotgan chavandozlarni ko‘rdi.
     Ba’zi otlarni Turkiston sahrolarida yilqi va mol boqib tirikchilik o‘tkazadigan Gruziya dashtidan kelgan cho‘ponlar minib olgandi. Jahon oldinda kelayotgan otliq yigit askar kiyimida ekanini va qo‘lidagi nayzaga bayroq osilganini ko‘rdi, lekin u bayroqqa bitilgan ismga e’tibor bermadi. Agar o‘sha ismni o‘qisa bormi, butun a’zoyi badanini qaltiroq bosib ketgan bo‘lardi. Chol o‘sha otliq kishining yo‘lini to‘sib: «Bu otlardan bittasini bizga soting», — deb iltimos qildi. Otliq kishi takabburlik va qo‘pollik bilan: «Yo‘q, sotmaymiz», — dedi.
— Bolam, hozir bitta ot so‘yish zarur bo‘lib qoldi, aytgan pulingni beramiz, — yolvordi chol. Ammo u kishi bu iltimosni rad qilgancha bosh chayqadi, lekin chol «nima uchun sotmaysiz» deb yana savol berdi. «Bu uyur pulga muhtoj kishilarniki emas», — deb javob berdi otliq.
— Kim ular o‘zi, axir?
— O‘qishni bilmaydiganga o‘xshaysiz, aks holda savol-javobga hojat qolmagan bo‘lardi, — dedi-da, otliq yigit bayroqni ko‘rsatdi. Bu so‘zni eshitgan Jahon yalt etib bayroqqa qaradi. Arab harfi bilan yozilgan «Afshin Haydar bin Korus» so‘zlarni o‘qidi-yu, rangi o‘chib, Hayzuronga qaradi. Dehqonning ham, Hayzuronning ham chehrasida bir xilda o‘zgarish paydo bo‘lgandi. Chol otliqdan: «To‘g‘ri aytdingiz, o‘qishni bilmayman, bu bayroq kimga tegishli?»— deb so‘radi.
— Xalifa Mu’tasimning lashkarboshisi va Ushrusana mamlakati hukmdori amir Afshin Haydar bin Korusniki.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:38:05
     Turkistonda bu nomni bilmaydigan birorta kishi yo‘q edi. Chunki Afshin Mu’tasimning xizmatiga kirmasidan oldin Ushrusana podshosi bo‘lgan. Chol hayron bo‘lib qoldi. U qo‘rqib ketganidan: «Eshitishimizga ko‘ra, Afshin Bag‘dodda turar emish», — dedi.
— To‘g‘ri, — javob berdi yigit, — u Bag‘dodda yashaydi, lekin bir necha kun burun Ushrusanaga keldi va bizni askarlari uchun mol, qo‘y sotib olishga yubordi.
— Hozir bu yilqilarni Ushrusanaga haydab boryapsizlarmi?
— Afshin Ushrusanada edi, lekin u navro‘z bayramini o‘tkazish uchun Farg‘onaga kelishi kerak.      Uning askarlari Toshkent atroflarida qo‘nishgan, mana bu yilqilar o‘shalarga tegishli, tushundingizmi? — dedi yigit va otiga qamchi bosib yo‘lga tushdi. Otboqarlar ham uning ketidan jo‘nashdi.
     Chol yana surishtirishga botinmadi. Jahonni ziyofat qila olmagani uchun xijolat tortdi. Unga uzr aytish uchun so‘z topolmasdi.
     Jahon esa o‘rnidan turib, «ikkala otni olib kel», deb xizmatchiga buyurdi va cholning yoniga yugurib borib: «Otajon, bizga qilgan g‘amxo‘rliklaringiz uchun juda minnatdorman, hozir zudlik bilan qaytishim zarur bo‘lib qoldi, nasib bo‘lsa, boshqa bir fursatda kelib, sizni ziyorat qilib ketaman», — dedi.
     Chol qizning bunday xushmuomala va kamtarligidan mamnun bo‘lib, malikaning qo‘lini o‘pdi. Jahon qo‘lini tortib olarkan, otaga biror narsa berish kerak, degandek Hayzuronga qaradi-da, yonidan to‘rt-besh oltin pul chiqarib, cholga uzatdi:
— Bolalar uchun o‘yinchoq — o‘q-kamon olib berasiz.— Chol tashakkur aytib pulni oldi. Jahon va Hayzuron u bilan xayrlashgach, otga minib yo‘lga tushishdi. Firuz ham ularning izidan yurdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:38:49
     Bir oz yo‘l yurgach, Jahon ko‘nglida g‘ashlik paydo bo‘lgandek bir uh tortdi-da, Hayzuronga qarab so‘radi: «Endi nima deysiz? Afshin Farg‘onada emish. Otamni ko‘rish uchun u albatta, hovlimizga keladi».
— U otangni kelib ko‘rsa, sen nimaga tashvishlanasan?..
Jahon uning gapini bo‘ldi.
— Men tashvish qilayotganim yo‘q, parvoyimga ham kelmaydi. Askarlari ham men uchun xavfli emas, lekin uning o‘zini ko‘rishga toqatim yo‘q va... — dedi-da, boshidagi ro‘molini tuzatib qaytadan o‘rab olish bahonasi bilan gapni boshqa yoqqa burdi.
     Hayzuron Jahonning xavfsirayotganini sezsa ham, o‘zini bilmaslikka solib: — Aqlli, dono qizim, hech kimdan, hech narsadan qo‘rqmaydi, daryo tomonga yurish niyatingdan qaytganing yo‘qdir-a? — dedi.
     Jahonga uning savoli qiziq tuyuldi. U yer tagidan qarab jilmayib qo‘ydi. Tili bilan aytolmasa ham, butun ko‘rinishi «Bo‘lmasam-chi?» deyayotganday edi.
     Yilqi to‘dasi ko‘zdan g‘oyib bo‘lguniga qadar Jahon bilan Hayzuron unga tikilib borishdi. Ularning otlari yo‘rg‘alagancha yilqilar borayotgan tomonga emas, boshqa tomonga qarab borardi.
     Quyosh bota boshladi. Hayzuronga ochlik ta’sir qildi Jahon esa o‘z sevgilisi bilan uchrashish shavqida hamma narsani unutgandi. U churq etmay uzoq yo‘l bosdi. Ko‘nglidagi shirin xayollar borgan sari ulg‘ayib, ildiz otardi. Sevgilisi bilan yuzma-yuz kelishini ko‘z o‘ngiga keltirarkan, yuragi o‘ynab, «muhabbat irodamdan ustun chiqmaganda, bunday qaltis ishga jur’at etmasdim», derdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:40:17
     Ko‘p vaqtlarda muhabbat va iroda kim yengishga o‘ynay-di-yu, muhabbat g‘olib chiqaveradi. Ba’zan iroda muhabbatdan ustunlik qiladi, lekin bu uzoqqa cho‘zilmaydi, mabodo cho‘zilib ketsa, muhabbatning yuzaki va tez so‘nuvchan ekanidan dalolat beradi. Muhabbat ahli odatda tiyran aqlli, tadbirli va donishmand kishilar bo‘ladi, lekin ular sevgi yo‘lida faqat aqli kam kishilar qiladigan ishlarni qilib yurishadi. Boshqalar uning xatti-harakatidan hayron bo‘ladi, lekin uning o‘zi ulardan ko‘ra ko‘proq ajablanadi. Chunki aqli uning ishini nazorat qiladi, uni tanqid qiladi, uning og‘ir yo‘lga tushib qolganini ko‘rsatadi, lekin u bunday yo‘ldan qaytishni uddalay olmaydi. Chunki uning aqlli va donishmand qalbi muhabbat girdobiga qattiq o‘ralgan bo‘lib, ko‘ngil xohishiga xilof ish qilib qo‘ysa, sira bardosh berib bo‘lmaydigan darajada azoblanadi, jinni bo‘lib qolishi yoxud jonini taslim etib yuborishi ham hech gap bo‘lmaydi. Qanchadan-qancha oshiqlar aql bilan ko‘ngil o‘rtasidagi nizoning qurboni bo‘lishadi. Aqlli kishida sevgi paydo bo‘lsa, uning irodasi bilan xohishi o‘rtasida qattiq jang ketadi. Agar u nafsoniyatli, qalbi musaffo kishi bo‘lsa, o‘z izzat-nafsi va qalbi kuchiga suyanib, nafsi xohishiga qarshi kurashadi, mag‘lubiyatga uchrashdan qo‘rqmaydi.
     Jahonda aql ham, iroda ham zo‘r edi. Ayni vaqtda u jo‘shqin qalbli, chuqur hissiyotli qiz edi. Negaki u o‘z yorini chin qalbdan sevar, u bilan bir necha yildan beri hamgap bo‘lgan, uning muhabbati qizning ko‘nglidan mahkam joy olgan edi.
     U o‘z sevgilisiga vafodor, o‘z ahdidan qaytmaydigan qiz edi. Afshindan cho‘chishi va uni ko‘rishdan nafratlanishi sevgilisiga bo‘lgan vafosini yana ham kuchaytirardi.
     Qiz sevgilisi bilan uchrashish uchun uning oldiga borishdan iymanmadi. Ov qilgani ketyapmiz, degan gap Jahonga yaxshi bahona bo‘ldi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:41:40
* * *

     Jahon bilan Hayzuron chor atrofga nazar tashlab borishardi. Otlarning o‘zi ularni daryo qirg‘og‘i tomon boshladi. Uzoqdan daryo suvi ko‘zga tashlandi, qirg‘oq ham ko‘rindi, lekin u yerda na o‘tov, na biror piyoda yoki otliq askar ko‘rinardi.
— U yerda hech kim ko‘rinmayaptimi? — so‘radi Jahon otini to‘xtatib Hayzurondan.
— Yo‘q, ko‘rinmayapti. Qirg‘oqqa yaqinlashib qoldik. Qani, yuraver-chi, o‘sha yergacha boraveraylik, ajab emas, bizga dalda beradigan biror belgi ko‘rinsa, — dedi Hayzuron.
Ular ketidan Firuz borardi. Nihoyat qirg‘oqqa yetib bir daraxt tagidagi chayla yaqinida to‘xtashdi. U yerga qandaydir yo‘lovchilar qo‘nib, yaqindagina jo‘nab ketgani sezilib turardi. Tashqarida olov hanuz o‘chmagan, ovqat, meva-cheva va et qoldiqlari bor edi.
     Shu payt chayla egasi «bizga kelgan qo‘noq bo‘lsa kerak», deb ularning istiqboliga chiqdi: «Xush kelibsizlar, qani, marhamat», deb chaylaga taklif qildi. Hayzuron: «Chaylaga kirgin-da, bu yerda qo‘nib o‘tgan kishilar kimligini bilib chiq», deb Firuzni yuborgan edi. Firuz chaylaga borib, egasiga salom berdi va o‘sha kishilarni so‘radi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:42:13
— Ular musulmon askarlari ekan, tong paytida daryodan o‘tib kelib, choshgohgacha bu yerda turishdi-da, tushgi ovqatlarini yeb bo‘lgach, jo‘nab ketishdi, — deb javob qildi chayla egasi.
— Ular qaysi tomonga ketganidan xabaringiz bo‘lmadimi?
— O‘ylashimcha, Farg‘onaga ketishdi, ular yangi yilni o‘sha yerda o‘tkazishmoqchiga o‘xshaydi.
     Bu so‘zni eshitgan Jahon: «Ular albatta Zirg‘om bilan hamrohlari. U Farg‘onaga borsa, to‘g‘ri biznikiga tushadi, bu yerga men chakki ovora bo‘lib kelibman», — dedi o‘zicha. «Shuning uchun darrov Farg‘onaga qaytib borishim, ketib qolishmasdan u bilan uchrashishim kerak», degan fikrga keldi.
     Hayzuronga qarab: «Qani, ona, otning jilovini qo‘ying, ularni orqasidan qo‘yib, qorong‘i tushmasdan burun manzilga yetib olaylik. Hozir odamlarimiz turgan joygacha chamasi ikki chaqirim yo‘l qoldi», — dedi. Ular shahar darvozasida kutib turgan odamlar tomon ot choptirib ketishdi.
     Jahon mo‘ljaldan kechikib qolgani uchun xizmatkorlar tashvishlanib, bir necha kishini uni qidirishga yuborishgan ekan. Ular qizni topolmay qaytib kelgandan keyin, tashvishlariga tashvish qo‘shilibdi. Uning kelayotganini uzoqdan ko‘rib, bo‘y-basti va otining tusidan Jahonning o‘zi ekanini bilishdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:42:44
     Sog‘-salomat yetib kelgandan keyin ko‘ngillari tinchib, qizni otdan tushirishdi, tayyorlab qo‘yilgan taomni oldiga keltirib qo‘yishdi. Hayzuronning taklifi bilan u go‘shtdan ozgina totigan bo‘ldi, ustidan shoshilib qimiz ichdi va ho‘l meva tanovul qildi. Shu payt xizmatkorlardan bittasi Hayzuronning yoniga kelib qulog‘iga nimalarnidir shivirlagan edi, uning rangi o‘chib ketdi. Buni ko‘rgan Jahon bir hodisa yuz berganini sezib, Hayzuronni chaqirdi va nima gap degandek, unga qaradi. — Akang Somon bu yerga kelib seni yo‘qlatibdi-da, darrov iziga qaytib ketibdi, — dedi Hayzuron.
— Hech narsa demabdimi?
— Yo‘q, hech narsa aytmabdi, — dedi-da, Hayzuron tiqilib qolayozgan og‘zidagi ovqatini yutishga urindi.
     Jahon Hayzuronga shivirlagan xodimning tusidan tashvishlanib: «Akam dadam to‘g‘risida kelganga o‘xshaydi, tinchlikmikin, u kishiga biror gap bo‘lmadimikin?» — deb so‘radi.
Hayzuron Jahonning buni darrov payqab olganidan jilla ham ajablanmadi, chunki kishilar ko‘nglidagini ko‘zlaridan uqib olish Jahonning odati edi. Hayzuron: «Urmuzdga* shukur, u kishiga hech gap bo‘lgani yo‘q, lekin sening kechikkaningdan bir oz xavotir olibdilar. Tezroq qaytsin, deb tayinlabdilar. Axir yangi yil kiray deb turibdi-da»,— dedi.
     Jahon irg‘ib o‘rnidan turdi-da, «hozir qaytishim kerak, ot-aravalarni tayyorlanglar», deb xizmatchilarga buyurdi. «Otam og‘ir tortib qolmasalar, menga kishi yuborib o‘tirmas edilar. Qani, chaqqon bo‘linglar, ketdik».
     Xizmatchilar ot-aravalarni allaqachon tayyorlab qo‘yishgandi. Jahon bilan Hayzuron otga minib, qolgan xizmatchilar ularning ketidan hokim saroyi tomon yo‘l olishdi. Jahonning fikri zikri u yerda, Zirg‘omni uchratishda edi.

_________
* U r m u z d — zardusht dinidagilar, ya’ni otashparastlar aqidasicha, ezgulik xudosi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:43:52
       HOKIM SAROYIDA

     Jahon hamrohlari bilan otasining saroyiga yetib kelganda qorong‘i tushgandi. Ularning bog‘chasida chirog‘lar porlab turibdi. Bog‘cha hokimning ziyoratiga kelgan kishilar, ular keltirgan hadyalar bilan liq to‘la. Jahonlar bog‘chasi xuddi bayram kunlaridagidek go‘zal manzara kasb etgan. Odatda bayram kezlari ularning yuzida shod-xurramlik to‘lib-toshar, tanbur-dutorlar beto‘xtov chalinib turardi. Ammo bugungi manzara bo‘lakcha. Tanbur-dutorlar keltirilganu, lekin hokimning og‘ir betobligi tufayli ularni chalish hech kimning ko‘ngliga sig‘masdi. Hammaning egnida ipakli bayram kiyimlari. Odamlarning bir qismi to‘p-to‘p bo‘lib, ba’zilari esa yakka-yakka bog‘chada va hokimning qasriga chiqadigan zinapoyalarda turishardi. Biroq hammaning chehrasida g‘amginlik, ular tik turgan holda bir-birlariga shivirlashardi. Bog‘cha darvozasi yonida xizmatkorlar ot-eshaklarga ortilgan kiyim-kechak, xushbo‘y narsalar va ho‘l mevalarni tushirib olish va saroyning ichkarisiga tashish bilan ovora.
     Jahonning aravasi saroy eshigiga kelib to‘xtashi bilan hamma yo‘lning ikki tomoniga o‘tib, o‘rta bo‘shab qoldi. Qizni ko‘rish bilan ular g‘am-g‘ussalarini unutishdi. Hamma Jahonni sevar, unda xayr-barakat bor deb ixlos qilardi. Aravadan tushishi bilan hammalari ovozlarini barala qo‘yib salom berishdi. Bu qiz otasining oldiga kirishi bilan hokimning dardi tarqab, shifo topadi, deb o‘ylashardi turganlar. Jahon hurmat bilan boshini egib, to‘planganlarning salomlariga javob qaytardi. Uning xushtavozeligidan salomi tabassumdek tuyulardi. Hayzuron Jahondan ilgari otidan tushib, uning yonida borardi. Odamlarning bari qizning hurmati uchun o‘rinlaridan turishadi. Jahon e’zoz-ikrom bilan odamlar orasidan asta-sekin yurib, bog‘chaga kirdi. U yerdan saroy yonidagi ayvonga chiqiladigan zinapoyaga ko‘tarildi. U bir tomondan, Zirg‘omni ko‘rarmikinman degan umidda bo‘lsa, ikkinchi tomondan, Afshinga ko‘zim tushib qolmasa edi, degan xavotirda, odamlarga birma-bir ko‘z qirini tashlab o‘tardi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:44:25
     Saroy ahli Jahonning yo‘liga g‘oyat muntazir edilar. U kelishi bilan hamma Jahonning istiqboliga chiqdi. Jahon ular orasida akasi Somonni ko‘rmagach, «otamning yonida bo‘lsa kerak», deb o‘yladi. Saroyning mahram xodimi oldiga yetgach, undan otasining ahvolini so‘radi. «Shukur, yaxshilik xudosining marhamati bilan otangiz durustlar»,— dedi xodim. Jahonning ko‘ngli bir oz taskin topdi, lekin u hamon tik turgan cho‘rilar va xizmatkorlar orasidan yurib, otasining xonasi tomon oshiqardi. Gilam yozilgan dahlizdan o‘tib, otasi yotgan xonaning eshigiga yetdi. Tezroq uni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, sog‘lig‘ini bilib xotirjam bo‘lish uchun shoshardi qiz. Eshik oldida bichilgan mamluklardan* maxsus bir qorovul turardi.
     U Jahonni ko‘rishi bilan hokimning huzuriga yugurib kirdi-da, Jahonning kelganini xabar qildi, so‘ng qaytib chiqib, pardani ko‘tardi va Jahonning kirishi uchun ruxsat berilganini aytdi.
Jahon ov kiyimlarini va boshidagi ro‘molini yechmay, lov-lov yonib turgan tashvishdan yana ham go‘zallik kasb etgan yuzi va bo‘ynini ochgan holda otasining yotog‘i yoniga bordi. Uning ko‘zlari chaqnar edi.
     Hokim tetik, hali oltmishdan oshmagan kishi ekaniga qaramay, betoblikdan ancha o‘zini oldirib qo‘ygan, ko‘kragiga tushib turgan soqoli oppoq oqargan, ko‘zi ich-ichiga botib ketgan, yuzida ajinlari ko‘paygan, lekin salobati sira kamaymagan edi. Intizor bo‘lib yotgan paytida qizi yetib kelganini bilgan otaning ko‘zlari yorishib ketdi. U obnus* yog‘ochidan yasalgan,  kunguralariga fil tishi qadalgan karavot ustida chalqancha yotardi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:46:27
     Boshida kichik salla, ustida zar bilan qavilgan ipak ko‘rpa, yarim belidan yuqori tomonga qimmatbaho sammuriy* po‘stin tashlab qo‘yilgan. Yengi shimarilgan bo‘lib, ozib ketgan ikki qo‘lini ko‘rpadan chiqarib yotardi.
     Jahon eshikdan ichkari kirishi bilan to‘g‘ri otasining karavoti yonidagi tokchaga qo‘yilgan oltin ma’buda tomon borib, otashparastlar odaticha bo‘ynini egib, unga topindi. Uyning o‘rtasida shiftga osilgan chirog‘dan tashqari ma’buda oldiga ham sham yoqib qo‘yilgandi. Jahon ibodatini tamom qilib bo‘lgach, karavot yoniga borib tiz cho‘kdi-da, otasining qo‘lini o‘pib, yuz-ko‘zlariga surta boshladi.
     Otasining holdan ketgani Jahonga  ancha ta’sir qilgan bo‘lsa ham, unga dalda berish uchun o‘zini mahkam ushlashga harakat qilardi. Otaga chuqur muhabbat va buyuk ehtiromini ochiqdan-ochiq bayon qilib turgan qizning ko‘zlari kulmasa ham, labi jilmayardi.
     Otasi uni ko‘rishi bilan ko‘ziga yosh oldi-da, beriroq kel, degandek ikki qo‘lini cho‘zdi. Jahon otasining bag‘riga o‘zini tashlashi bilan ota uni o‘pib, muattar soch va bo‘yinlarini hidladi. Otamni tirik ko‘ramanmi-yo‘qmi, deb qattiq xavfsiragan Jahon bemorning issiq nafasini, soch-soqollari tikandek botishini sezib, uning sog‘ayib ketishiga umid bog‘ladi. Hokim o‘zini dadil tutdi, ikki tirsagiga tayanib o‘rnidan turdi va yostiqqa suyanib o‘tirib oldi. U qiziga qarab: «Yonimdagi ko‘rpachaga o‘tir», degandek ishora qildi. Jahon ko‘rpachaga o‘tirib: «Dada, qalaysiz?» — deb ahvolini so‘radi. «Yaxshilik xudosi — mehribon Urmuzdning marhamati bilan durustman, yomonlik xudosi yaxshilik xudosidan g‘olib chiqib, seni ko‘rolmay qolamanmi deb ko‘rqqan edim, chunki dardim zo‘rayib, darmonim qurib, juda holsizlanib qolgan edim. Lekin saroyga qaytganingni eshitib, ancha sog‘ayib qoldim. Qizim, bu dunyoda mening baxtim, ovunchog‘im faqat sensan. Endi saroydan hech qaerga jilma, seni ko‘rib tursam, ko‘nglim taskin topadi», — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:47:05
     Bemor yotgan keksa otasining kuyib-pishib gapirganiga rahmi kelgan Jahonning ko‘zidan ikki tomchi yosh to‘kildi. Qizning ko‘z yoshi otasiga ta’sir qilmay qolmadi. O‘limidan keyin qizining taqdiri nima bo‘lishini ko‘z o‘ngiga keltirgan otaning mehri jo‘sh urib, yig‘lab yubordi. O‘pkasi to‘lib turgan qizining hovurini pasaytirish uchun u o‘z hayajonini yashirishga urinardi. Otaning ko‘nglidan o‘tayotgan xayollarni sezgan qiz o‘zini mahkam tutib, jilmaydi va «Mehribon yaxshilik xudosiga shukur, sizning sog‘ayib ketishingizga aminman», — dedi-da, ma’budani ko‘rsatib: «Men dardingizga shifo berib, kasalingizni daf qilishni shu sanamdan iltijo qilaman, unga yolvoraman, u albatta murodimni beradi», — dedi.
— Men kohinni* topib kelish uchun akang Somonni yubordim. U kelsa, hammamiz birgalikda duo qilishamiz.
     Otasining duoga — ibodatga rag‘bat etganini ko‘rgan Jahonning tashvishlari bir oz pasaydi, ko‘ngli taskin topganday bo‘lib so‘radi:
— Kohin shu oqshom keladimi? — Hokim og‘ir bir uh tortdi: «Uni topib kel, deb akangni yubordim, lekin olib kelishiga aqlim yetmayapti. Chunki u biror ishni men buyurgandek qilib bajarib kelgan emas». Hokim shunday ta’na gapni aytganiga pushaymon qildi shekilli: «Mayli, bugun kelmasa, ertaga kelar», deb ilova qilib qo‘ydi.
     Otasi akasidan norozi ekanini Jahon sezdi. Buni u anchadan buyon payqab yurgan bo‘lsa ham, sababini bilolmasdi.
     Jahonning ziyrak va hushyorligini bilgan otasi, «qizimning ko‘ngli buzilmasin», deb Somondan noroziligini undan yashirdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:47:34
     Ota-bola bir oz sukut qilib turishdi. Keyin hokim o‘zini o‘nglab olib:
— Qizim, Jahon, xonangga borib kiyimlaringni kiyib, ovqatingni yegin, men ancha durustman, uyqum ham kelib qoldi, — dedi.
Jahon o‘rnidan turdi:
— Dadajon, qiladigan yumushlar bo‘lsa aytsangiz, bajarib, undan keyin xonamga ketardim.
— Yo‘q, qizim, hech bir yumush yo‘q, borib dam olgin, xudoning panohiga topshirdim. Ertalab kohin kelsa, biror yangilik eshitib qolarsan, — dedi bemor.
     «Otamning, ertaga bir yangilik eshitib qolarsan, degan gaplari nimasi, qanday yangilik bo‘lishi mumkin!» degan fikr Jahonni ne-ne xayollarga olib bordi, ammo u aniq bir fikrga kela olmadi. Har holda otasi Afshinni tilga olmagani qiz uchun shodlik edi. Jahon Zirg‘om nomini qistirib ketadigan biror gap boshlamoqchi bo‘ldi. Otasi yigitni maqtaguday bo‘lsa, unga ko‘ngli borligini darrov aytib qo‘ya qolishni diliga tugib qo‘ydi. Lekin bunday gaplarni otasi oldida gapirib odatlanmagani uchun «mayli, Zirg‘omning o‘zi kelganida gapiraman», deb avvalgi fikridan qaytdi-da, hokim oldidan chiqib ketadigan bo‘ldi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:47:59
     Hali Jahon uydan chiqqanicha yo‘q edi, eshik oldidagi soqchi kirib «Somon keldi» deb xabar berdi. Uning nomini eshitgach, hokimning tusi o‘zgarib, «mayli, kirsin», dedi. Somon ichkari kirdi. Uni ko‘rgan kishi Jahonning akasi ekaniga sira ishonmasdi. Somon hokimning sindlik* bir cho‘risidan tug‘ilgan bo‘lib, sakkiz yoshida onadan yetim qolgandi. Shundan keyin otasi Kavkazga borib, u yerda bir cherkas qiz bilan uchrashib, yaxshi ko‘rib qolgan va unga uylangan edi. Farg‘onaga qaytib kelgandan keyin hokimning cherkas xotini egizak qiz tug‘ib beradi. O‘sha ikki qizning biri Jahon edi. Ikki qizni yosh qoldirib ona vafot etdi, bolalarining tarbiyasini ota Hayzuronga topshirdi. Qizlar husnu latofatda onalariga o‘xshash barkamol edi. Xotinini nihoyatda sevgan ota qizlarini ham sevdi, boshqaga uylanishni mutlaqo istamadi. Ammo uch yoshga to‘lar-to‘lmas qizlarning biri yo‘qolib, Jahonning tanho o‘zi qoldi. Otaning butun muhabbati Jahonga o‘tdi.
     Qizning yo‘qolishi o‘lim tufayli emas, boshqa bir vajdan yuz bergan. Allaqanday bir ot kelib, uni olib qochib ketgandi. Turkistonda bir to‘da o‘g‘rilar bo‘lib, ular o‘z otlarini bolalar va uy-ro‘zg‘or buyumlarini olib qochishga, olisda kutib turgan o‘g‘rilarga yetkazib berishga o‘rgatishardi. O‘shandan beri farg‘onaliklar o‘z bolalarini shu qabilda olib qochilishidan ehtiyot qilib yuradigan bo‘lishgan.
     Hokim esa qizning yo‘qolish sababini boshqacha gumon qilgan. Lekin bu gumonini hech kimga aytmaganu, o‘sha vaqtdan boshlab Somondan ko‘ngli qolgan.



Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:49:38
     * * *

     Somon pastki iyagida bitta-yarimta ko‘rinar-ko‘rinmas ko‘sa soqolli, yuzi yassidan kelgan yigit. Uyqudan turgan kishining ko‘zidek ikki ko‘zining oqiga qizil aralashgan. Bundan tashqari u g‘ilay bo‘lgani uchun sizga qaraganda shiftga yoki eshikka qarayapti, deb o‘ylaysiz. Ko‘zi hamma vaqt alang-jalang. Siz bilan so‘zlashayotganda yerga qarab turadi yoki qovoqlarini chimirgancha boshqa tomonga qarab gapiradi. Bir narsadan qo‘rqqandek, lablari pirillab uchib turadi. Gap boshladimi, so‘zlari biri ikkinchisiga ulanib ketaveradi. Shu bilan birga, u hiylakor, aldamchi, o‘zidan boshqaga hech narsani ravo ko‘rmaydigan xudbin odam.
     Otasi unga kirish uchun ijozat berishi bilan boshida ipak qalpoq, egnidagi butun jasadini qoplagan uzun to‘ni etagiga chalishib ketgudek bo‘lib chopib ichkari kirdi-da, hokim huzurida tik turgancha: «Kirshonshohga* bordim, lekin u yerda kohinni topmadim. Aytishlaricha, u ertaga ertalab kelarmish, nima qilay? Uyiga borib, uni topib kelaymi?» — dedi.
Hokim ensasi qotib:
— Bu yerga qaytib kelib o‘tirmay, uni topib kela qolsang bo‘lardi-ku, mayli, ertaga boshqa odam yuboramiz, bor, ishingni qilaver, — dedi.
     Otasining Somonga qilgan muomalasidan Jahonning: «Demak, otam uni yaxshi ko‘rmas ekanlar», degan gumoni yana ortdi. U ilgari bunday muomalani ko‘rmagandi.
— Uning xuddi shu kechasi sizga zarurligini bilganimda, qaerdan bo‘lsa ham topib kelgan bo‘lardim, bo‘lmasa hozir yana borib kela qolay? — dedi Somon.
Somon gapirayotganda otasi tikilib turgandi, u gapini tugatishi bilan yuzini boshqa yoqqa burdi-da: «Yo‘q, kerak emas, meni o‘z holimga qo‘y, ozgina dam olmoqchiman», — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:50:33
     Somon engashib otasining ikki qo‘lini o‘pdi-da, yurgan yo‘lida qoqilib-suqilib, chiqib ketdi. Jahon tik turganicha goh otasiga termular, goh ikki ko‘ziga yosh olib, ma’buda yonidagi shamga tikilar edi. Jahon otasining lab qimirlatishidan ko‘nglidagi yashirin bir sirni aytmoqchi bo‘layotganini payqab, karavotga o‘tirdi-da, uning qo‘lini ushladi. Undan sovuq ter chiqqanini, sal qaltirayotganini sezdida: «Dada, menda ishingiz bormi yoki ketaveraymi?» — deb so‘radi. U yostig‘ini tuzatarkan: «Qizim, ketaver..., yo‘q..., tura tur..., mayli, ketaver, borib dam ol!» — dedi.  Jahon tashvishlanib:
— Dada, sizga nima bo‘ldi? Akam Somon aytganingizni bajarmagani uchun xafa bo‘ldingizmi? U maqsadingizni yaxshi tushuna olmabdi, xolos, — dedi.
Hokim boshini bir silkib qo‘ydi.
— U mening maqsadimni tushunmabdi, lekin men uning maqsadini tushundim. Hisob vaqti yaqinlashdi... — U shunday dedi-yu, yotib, uxlash uchun choyshabni ikki yelkasiga ko‘tarib oldi. Endi otasi bu to‘g‘rida ko‘p gapiraverishni istamaganini sezgan Jahon uning choyshabini to‘g‘riladi-da, qo‘lini o‘pib chiqib ketdi. U akasini o‘ylagancha o‘z xonasiga bordi. Hayzuron uni uyda kutib o‘tirardi. Kelishi bilan yuqoriga olib, otasining ahvolini so‘radi, «Kiyim-boshlaringni almashtirib, o‘rningga borib uxla», dedi.
     Jahon hamon tik turardi. Uning xayoli Zirg‘omda ekanini payqagan Hayzuron tasalli berdi:
— Hamma joy-joyiga ketdi, bog‘chada ham, ayvonda ham chirog‘lar o‘chirildi, Zirg‘omdan hanuz darak yo‘q, balki ertaga kelib qolar.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:51:15
     Bu gapdan qanoat hosil qilgan Jahon uning yordami bilan kiyimlarini almashtirdi, shundan keyin Hayzuron xayrlashib, chiqib ketdi. Jahon endi o‘rniga yotay deb turganida bir xodima kirib: «Somon keldi, siz bilan gaplashmoqchi, huzuringizga kirishga ruxsat so‘rayapti», — dedi.
     Somon kelganini eshitgan Jahon xursand bo‘lib ketdi, chunki otasining unga qilgan muomalasi Jahonga g‘alatiroq tuyulgandi. Somon g‘amgin, xafa holda kirdi. Uning ezilganini ko‘rgan Jahonning rahmi kelib, ochiq chehra bilan kutib oldi va «Dadamning muomalalaridan xafa bo‘lmang, betoblikdan ko‘ngillariga qil ham sig‘maydi», — dedi. Somon o‘gay singlisi Jahonning gapiga javob qaytarmay, bo‘ynini egib ko‘rpaga o‘tirdi. Uning yuzlaridan quyilayotgan yoshni ko‘rgan Jahon ta’sirlandi. Qizning odamiylik mehri aqli va sezgirligidan ustun kelib: «Aka, nega yig‘layapsiz?» — deb so‘radi.
     Somon boshini ko‘tarib, bo‘g‘iq ovozi bilan dedi:
— Mendan so‘rab nima qilasan, voqeani o‘z ko‘zing bilan ko‘rib, qulog‘ing bilan eshitding-ku, axir!
— Dadam sizga nima degan bo‘lsalar, yomon niyat bilan emas, kasalliklari tufayli dedilar. Sizni yaxshi ko‘radilar, sizdan bo‘lak o‘g‘illari yo‘q, axir u kishining nomi sizda qoladi va siz...
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:51:53
     Somon uning so‘zini bo‘ldi:
— Dadam, ehtimol, meni yaxshi ko‘rarlar, lekin o‘zim baxtsizman. U kishining xizmatlarida jonimni fido qilaman. O‘zlari kohinni aytib kelishni menga buyurganlari yo‘q edi, lekin «bir kishi bo‘lsa, kohinni topib kelardi», deganlarini eshitib, «men bora qolay» deb o‘zim ketgan edim. Qachon bo‘lsa, menga teskari qaraganlari-qaragan, mendan norozi bo‘lib ketmasalar, degan tashvishdaman.
— Dadam, sizdan rozilar yoki albatta rozi bo‘ladilar, xotirjam bo‘lavering, — tasalli berdi Jahon.
— Sen meni hurmat qilishingni va dadamni mendan rozi qilish harakatida ekaningni yaxshi bilaman. Lekin u kishining ko‘ngillarini boshqalar buzyapti, o‘zlari oq ko‘ngil bo‘lganlari uchun, kim nima desa, ishonaveradilar,— dedi-yu, yana Jahonga malol kelmasin deb, o‘rnidan turib, chiqib ketmoqchi bo‘ldi. Jahon uni to‘xtatib: «Aka, orabuzar, ig‘vogar deb kimlarni aytmoqchisiz?» — dedi.
— Din nomidan aqlimizni ham, dillarimizni ham, mollarimizni ham asir qilganlarni aytmoqchiman, — dedi Somon.
     Gapidan u ibodatxona xodimlari — kohin va so‘filarni aytmoqchi bo‘lganini Jahon payqadi-da, unga: «Ha, tushundim, «hali kohinni topmadim» deb jo‘rttaga yolg‘iz qaytib kelganingiz ham shuning uchun ekan-da», — dedi.
     Somon yo‘talib oldi-da: «Ataylab qilganim yo‘q, rostdan ham uni ibodatxonada topmadim, lekin boshqa yerga borib, qidirib ham o‘tirmadim, chunki ularning nomuborak qadami uyimizga yetsa, biror yaramas ish chiqarmay ketmaydi», — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:52:17
    Jahon uning gapini bo‘ldi:
— Bu fikringizga qo‘shilmayman, chunki kohinlar biz uchun ibodat qilishadi, ular biz uchun baraka, boshimizga tushgan har bir falokatni ularning yordami bilan daf qilamiz. Bundan tashqari otamiz ularga ixlos qo‘yganlar, u kishiga zid ish qilishimiz durust bo‘lmaydi, albatta.
— Ularning ichida ba’zi durust odamlar ham borligini inkor qilmaymiz, — dedi Somon, — lekin ba’zilari borki, o‘lguday tamagir. Hamma narsaga chovut solaverishadi. Ey, qo‘ysang-chi, hozir ular to‘g‘risida gapirishning nima keragi bor. Menga eng keragi otamning mendan ko‘ngillari qolmasligi.
— Bu yog‘ini menga qo‘yib bering-da, bemalol borib uxlang, — dedi Jahon.
     Somon boshini egib, g‘amgin chiqib ketdi. Ammo Jahon o‘rniga cho‘zildi-yu, kechani xayol dengiziga g‘arq bo‘lgancha mijja qoqmay o‘tkazdi.

_____________
* M a m l u k — qul kabi sotib olingan va xojasining ixtiyorida turadigan xizmatchi.
* O b n u s — qora, qattiq daraxt.
* Savsarlar oilasidan bo‘lgan yovvoyi hayvon terisi.
* K o h i n — otashparastlarning duoxoni, tabibi.
* S i n d — Hindistondagi bir viloyat.
* K i r sh o n sh o h — Farg‘onadagi majusiylar ibodatxonasining nomi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:52:56
     ZIRG‘OM BILAN JAHON

     Jahon bugun barvaqt uyg‘ondi-da, guldor atlas peshmatini yopinib, otasi huzuriga bordi. Otasi o‘z karavotida o‘tirgandi. Uning ahvoli kechagiga qaraganda birmuncha durust edi. Jahon shodlanib: «Dada, tuzukmisiz?» deb so‘radi.
— Yaxshilik xudosiga ming qatla shukurki, bir oz durustman, bu kecha tinch uxladim. Hozir ancha bardamman. Afshin Farg‘onaga kelgan, kelmaganidan xabaring bo‘lmadimi? U bayram munosabati bilan keladigan edi.
     Jahon Afshin nomini eshitishi bilan seskanib tushdida: «Bilmadim, ehtimol, kelgandiru, lekin biz tomonda ko‘ringani yo‘q», — dedi.
— Biror kishi uni surishtirib kelsamikin?
— Undan xabar topib kelsin desangiz, albatta odam yuboramiz. Lekin Farg‘onaga kelgan bo‘lsa, taklifimizni kutib o‘tirmay, o‘zi biznikiga kelgan bo‘lardi.
— To‘g‘ri aytding, qizim, akang kohinni chaqirib kelishga ketdimi?
— Uni qidirib saharlab chiqib ketgan edilar. Kecha kechasi uni topib kelolmaganim uchun dadam mendan ranjidilar, deb ko‘p o‘ksindilar.
— Unday bo‘lsa yaxshi, qaytib kelib qolar, — dedi chol. So‘ng iltimos qildi: — O‘z qo‘ling bilan menga suv ber, qizim.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:53:25
     Jahon sevinganicha chiqib ketdi, bir piyola suv olib kelib dadasiga uzatdi. Dadasi suvni ichib bo‘lar-bo‘lmas eshikdagi soqchi kirib: «Iroqdan kelgan bir mehmon yigit huzuringizga kirishga ruxsat so‘rayapti», — dedi.
— Bu mehmon albatta Afshin bo‘lishi kerak, — dedi hokim hayajon ichida va o‘z odatiga xilof ravishda mehmonning kimligini surishtirib o‘tirmay, «Kiraversin!» dedi. Jahon shu paytda bu yerda bo‘lganidan afsuslandi. Qani endi devor tars yorilsa-yu, bu yerdan chiqib keta qolsa, lekin dadasini o‘ylab, tishini tishiga qo‘ydi. Jahon ichidan zil ketsa ham, harakatidan sezdirib qo‘ymaslik uchun o‘zini dadil tutar, bardosh berib o‘tirardi.
     Eshik soqchisi pardani ko‘tardi-yu, mehmon ichkari kirdi. Uni ko‘rgan Jahonning yuragi duk-duk urib, birdan gulday ochilib ketdi, chehrasidagi avvalgi g‘am-qayg‘udan asar qolmadi. Kelgan mehmon Afshin emas, Zirg‘om edi. Uni ko‘rish bilan hokim tabassum qilib, dedi: «Xush kelibsan, o‘g‘lim Zirg‘om, men do‘stimiz Afshin keldimikin deb o‘ylagandim. Sen Iroqdan kelyapsanmi?»
— Balli, sayidim, Iroqdan kelyapman, — dedi Zirg‘om.
— Afshin ham sen bilan keldimi?
— Yo‘q, u men bilan kelgani yo‘q, ammo Iroqdan chiqayotgan kunim uning ham Ushrusanaga kelish niyati bor deb eshitgan edim. Kelgan bo‘lsa ham ajab emas.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:53:55
     Zirg‘om o‘ttiz yoshlar chamasidagi, xushbichim, xushfe’l, o‘rta bo‘yli, to‘ladan kelgan, yelkalari va manglayi keng, kulcha yuzli yigit edi. Uning ko‘zlarida botirlik, saxovat va rostgo‘ylik barq urib turardi. Yigit boshidagi qirmizi qalpog‘i ustidan qora salla o‘rab olgandi. Egniga havo rang kamzul kiygan, uning ustidan oltin dastali qilich taqilgan. Arg‘uvoni ipakdan tikilgan shim, kamzuli ustidan qora chakmon kiygan. Qaddi-qomatidan zo‘r pahlavonlarga o‘xshab ketardi. Bir yerda tikka turgan bo‘lsa, uni o‘rnidan siljitib bo‘lmaydigan tog‘ deb faraz qilasiz.
     Zirg‘om hokimning huzuriga kirar ekan, u yerda Jahonni ham uchratishi xayoliga kelmagandi. Jahon qanchalik hayajonlangan bo‘lsa, Zirg‘om ham shunchalik o‘zini yo‘qotib, qizga  nima deyishini bilmay qoldi.
     Ko‘zi Zirg‘omga tushishi bilan Jahon hissiyotlarini qanday yashirishni bilmay qoldi. U yuragining duk-duk urayotganini, vujudidagi titratmani bir amallab yashirsa ham, chehrasida va ko‘zlarida namoyon bo‘lgan zo‘r xursandlik belgilarini yashirishga sira chora topolmasdi. U otasining dardini ham unutib qo‘ydi. Uning butun fikr-yodi sevgilisiga otasi qiladigan muomala bilan band. Otasi Zirg‘omni muborakbod qilayotganini ko‘rib, Jahon shodlanib ketdi. U ma’buda yonidagi ustunga suyanib turar, ma’buda ustidagi changni artish bilan butun vujudini qamrab olgan hayajonni yashirmoqchi bo‘lardi. U Zirg‘omdan yuzini bekitmadi, zotan, farg‘onalik ayollar o‘sha vaqtlarda paranji-chimmat yopinishmasdi, Jahon ham yuzini to‘sishni o‘ziga or deb bilardi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:54:38
     O‘z sevgilisi bilan tasodifan uchrashib qolgan Zirg‘omning qanchalik shodlanganini asti so‘ramang. U hokimga salom berib, engashib ikki qo‘lini o‘pdi. Bu bilan hayajonini birmuncha yashirishga muvaffaq bo‘ldi.
     Hokimning amri bilan Zirg‘om bir ko‘rpachaga, Jahon ikkinchi ko‘rpachaga o‘tirishdi. Hokimning hol-ahvol so‘rab bergan savollariga javob qilganidan keyin u: «Bayram bilan sizni hammadan avval muborakbod qilaman deb shoshilib kelgandim, betob ekaningizdan bexabar ekanman. Tezroq tuzalib, ko‘rmagandek bo‘lib keting», — dedi.
— Bugun ertalabdan beri yaxshiman, seni ko‘rib shodligim yana ziyoda bo‘ldi. Seni qanchalik sevishimni o‘zing yaxshi bilasan.
     Zirg‘om unga tashakkur aytib, engashib qulluq qildi. Hokimning mehribonchiligidan u xushnud bo‘ldi, lekin Jahonning shodligi oldida uning xushnudligi hech narsa emasdi. Jahon sevinganidan yuragi duk-duk urar, dadasining gaplarini jon qulog‘i bilan tinglardi. Zirg‘om hokimga minnatdorchilik bildirdi:
— Janob hokimning iltifotlaridan benihoya minnatdorman. Tarbiyangizda bo‘lgan chog‘imdayoq lutfu marhamatlaringizdan boshim ko‘kka yetgan edi.
     Zirg‘omning maqtovlaridan xijolat tortgan hokim: «Sen to‘g‘ri Iroqdan kelyapsanmi?» deb so‘radi.
— Balli, janob hokim, Farg‘onaga kecha kechqurun yetib keldim.
— Iroqda odamlarning ahvoli qalay?
— Hammaning o‘ziga yarasha bir tashvishi bor, hamma bir-biridan, hatto do‘stlaridan ham xavfsiraydi, o‘zini ehtiyot qilmoqchi bo‘ladi, boshqa millat askarlaridan yordam istaydi. Ammo shu kunlarda peshqadamlik turk askarlari qo‘liga o‘tib boryapti, — javob berdi Zirg‘om.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:54:55
— Yangi xalifa Mu’tasim* o‘z xalifaligini mustahkamlash uchun turk tog‘laridan yordam so‘raganidan, ular shu jumladan Ushrusana hokimi Afshin ham, sen ham unga yordam ko‘rsatganlaringdan xabarim bor, — dedi hokim.
Hokim Afshin qatori o‘z nomini tilga olganidan to‘lqinlanib ketgan Zirg‘om bunday dedi:
— Xalifalikni himoya qilishda Afshinning xizmatlari katta, men esa hali biror arziguli ish qilganim yo‘q.
Hokim uning so‘zini bo‘ldi:
— Botirlik, saxovating seni yaqinda baland martabalarga erishtiradi. Zo‘r qahramonliklar ko‘rsatganing uchun xalifaning askarlari o‘rtasida ancha-muncha obro‘ qozonibsan.
Zirg‘om quvonib ketdi:
— Siz janob hokimning marhamatlari bilan kamina soqchilar boshlig‘i bo‘ldim.
— Xalifa soqchilarining boshlig‘i bo‘ldim degin? — hokim so‘radi.
— Balli, janob hokim, shunday...
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:55:56
     Hokimning chehrasida shodlik alomati ko‘rindi va Zirg‘omning shitob bilan yuqori martabaga ko‘tarila boshlagani haqidagi suhbatga Jahonni ham aralashtirmoqchi bo‘lib unga qaradi. Jahon esa Zirg‘omga tikilganicha, uning gaplarini zavq bilan tinglardi. Agar hokim shu paytda uning ko‘ksiga quloq solib ko‘rsa bormi, yuragining qattiq urayotganini albatta eshitgan bo‘lardi. Jahon otasiga bir qaradi-da, boshini egdi. Uning javdirab turgan ko‘zlaridagi ma’noni Zirg‘om payqab turgan bo‘lsa ham, hokim tushunmadi.
    Hokim yana avvalgi so‘zini davom ettirdi:
— Demak, hozir Iroqda turk askarlaridan ancha bor, degin.
— Ha, yigirma mingdan ham ortiq bo‘lsa kerak, ularning orasida Farg‘ona amirlarining farzandlari — axshidlar va boshqalar ham bor, — dedi Zirg‘om.
Hokim mulohazasini aytdi:
— O‘ylashimcha, xalifaning onasi turk bo‘lgani uchun askarlikka ularni ko‘proq olishga uringan.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:56:24
— Ehtimol, bu ham sabablardan biridir, — dedi Zirg‘om, — lekin asosiy sababi o‘zingizga ma’lumki, musulmonlar davlati aslida arablardan kelib chiqqan. Mamlakatlarni zabt etish uchun boshlangan yurishlar paytida hamma askarlar arablardan bo‘lgan. Ular bir qancha mamlakatlarni zabt etib, o‘z davlatlarini tuzishgan Amaviylar davrida ham ko‘pchilik askar arablardan edi. Keyin eronliklar abbosiylarga yordam berib, Abbosiy davlatini tashkil etishda o‘z hissalarini qo‘shishdi. Shuning uchun eronliklarning ishi oldinga bosib, arablarning ishi ketiga ketdi. Sobiq xalifa Ma’mun* davrigacha eronliklarning ishi rivoj topdi. Davlat arboblari ham ulardan bo‘ldi, aytganlari aytganu, deganlari degan bo‘lib qoldi. Islom dini paydo bo‘lgan davrdan boshlaboq hokimiyatni Eron shohligiga qaytarib olish uchun ular qilib kelayotgan xatti-harakatlar sizga sir emasdir albatta, janob hokim.
     Hokimning chuqur xo‘rsinishidan fors davlatining qo‘ldan ketgani uchun qayg‘urayotganini Zirg‘om sezsa ham, o‘zini bilmaslikka solib, gapini davom ettirdi:
— Xalifalik Mu’tasim qo‘liga o‘tgach, u eronliklardan cho‘chidi, xususan, ular akasi Aminni* o‘ldirib, xalifalikni uning o‘gay ukasiga — fors ayolidan tug‘ilgan Ma’munga olib berishganda,       Mu’tasimning tashvishi kuchaygan edi. Chunki Ma’mun vafotidan keyin xalifalik meros tarzida eronliklarga o‘tishi lozimligini u yaxshi bilardi. Shuning uchun Mu’tasim ham shahar sharoitiga uncha ko‘nikmagan, bardoshli bir millatdan askar to‘plab, forslarga qarshi kuch yig‘ish taraddudiga tushdi. Uning bu rejasiga turklar mos kelgani uchun ularni askarlikka safarbar qila boshladi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:56:56
— Turk askarlari Bag‘dodning o‘zida istiqomat qilishadimi? — so‘radi hokim Zirg‘omdan.
— Ular yaqin fursatgacha Bag‘dodda yashab turishuvdi, lekin bag‘dodliklar bilan oralarida kelishmovchilik yuz bergani, ko‘chalarda ularga ozor berishlar, ba’zan o‘ldirishlar sodir bo‘lganligi tufayli Mu’tasim ularning o‘zlariga alohida shahar qurib berdi va unga Surra Man rao* deb nom qo‘ydi. U yerda ko‘chalar ochtirdi, har bir oilani alohida joy bilan ta’minladi, turli hunar egalari uchun alohida rasta va savdo do‘konlari ajratib berdi. Bundan tashqari, u yerda ko‘plab qasrlar, imoratlar qurilib, suv chiqarildi. Markaz Bag‘doddan Somurroga ko‘chibdi degan ovoza xalq orasida tarqalib, savdogarlar xo‘jalik anjomlari bilan, boshqa xalq iste’mol mollari bilan bu yerga kela boshladi, shahar ancha obod bo‘lib ketdi.
    Bunday siyosat va tadbirdan ajablangan hokim so‘radi:
— Ha, ha, demak, u yer juda katta shahar bo‘lib ketdi degin-a, turklar o‘z dinida qoldimi yoki musulmon diniga kirishdimi?
— Ulardan ko‘pchiligi zardushtlik dinida ekanligi janoblariga ma’lum, lekin hozir ular islomni qabul qilishgan. Askarlarning kuch-qudratini kamaytirmaslik uchun xalifa ko‘rgan g‘alati tadbirlardan yana biri — ularni shahar aholisidan chetlatib, yerli ayollarga uylanishni man qilgani va Turkistondan turk ayollarini keltirib, shularga uylantirish harakatida ekanidir. Xalifa cho‘ri ayollar sotib olish uchun Farg‘onaga ancha odam yubordi. Shu vaziyatdan foydalanib, men ham ular bilan birga keldim.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:57:38
     Hokim: «O‘g‘lim, kelganingdan juda quvondim, boshim osmonga yetdi. Bayram oldidan seni ko‘rishni yaxshilik xudosi o‘zi muyassar qildi», — dedi-da, rangi o‘zgarib ketdi va yuzlarida xafalik alomatlari paydo bo‘ldi. Yig‘lab yubormaslik va hayajonini yashirish uchun u yo‘taldi, mo‘ylovini, yuz-ko‘zini silab qo‘ydi. Shu orada Jahon va Zirg‘om bir-birlari bilan ohista ko‘z urishtirib olishdi.
Jahon otasining Zirg‘omga qilayotgan shirin muomalasidan sevinayotgan bo‘lsa ham, hokimning umidsizlanishidan bir oz tashvishga tushib qoldi. Otasining Zirg‘omga bu xayrixohligi mangu bo‘lishini istardi u. Zirg‘om o‘zining umr yo‘ldoshi bo‘lishiga otasi qarshilik qilmasligiga ham Jahon to‘la ishongandi va qulay payt keldi deguncha shu gapni unga aytishni ko‘ngliga tugib qo‘ygandi.
Zirg‘omni gapga solish uchun hokim:
— Onang qalay? — deb so‘radi.
— Xudoga shukur, juda yaxshilar, hamisha janobingizni va bizga qilgan marhamatlaringizni eslab turadilar. Sayida Jahonni tillaridan qo‘ymaydilar, u kishiga ixloslari juda baland.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:58:06
     Zirg‘om bilan gaplashishga mavrid kutib turgan Jahon:— Bechora Oftob xola, u kishini onamdek yaxshi ko‘raman, u kishidek qalbi pok ayolni uchratmaganman. Oftob xola mening ovunchog‘im edilar, — dedi.
     Hokim bir narsadan cho‘chigandek, birdan joyidan qo‘zg‘aldi-da: «Somon qaerda? Kohinga bordimi? Darrov oldimga chaqirib kelinglar. Somonga inonib bo‘lmaydi», — dedi. Keyin boshini shunday sarak-sarak qildiki, bundan allaqancha ma’no anglashilardi.
Zirg‘om irg‘ib o‘rnidan turib: «Kohinni men chaqirib kela qolay, u kishini taniyman, uylarini ham ko‘rganman»,— dedi. Hokim e’tiroz bildirdi:
— Yo‘q, ovora bo‘lma, qasrimizda nima ko‘p — xizmatchi ko‘p. Somonning o‘zi, men borib kelaman demaganda, ulardan bittasini allaqachon yuborgan bo‘lardim.
— Otamning buyruqlarini o‘zim bajarib kelaman, deb Somon juda yaxshi ish qilgan, agar janoblari ruxsat bersalar, hali ham bo‘lsa men borib kela qolay, — dedi Zirg‘om qo‘zg‘alib. Hokim uning so‘zini bo‘ldi:
— Yo‘q, sen borma.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:58:26
— Bo‘lmasa, men sodiq xizmatchimni, uzr, o‘rtog‘imni yubora qolay. U har nima qilib bo‘lsa ham buyurgan ishimni ko‘ngildagidek bajarib keladigan kishi, — dedi Zirg‘om va tashqari chiqib:
— Vardon! — deb chaqirdi. Qirq yoshlar chamasida, yurish-turishi chaqqon, siyrak soqolli bir kishi hokim oldiga yugurib kirdi. Uning burni, butun qiyofasi armani ekanini bildirib turardi. U yaqinginada Somurroda Zirg‘omning xizmatiga kirib, oradan sal fursat o‘tmasdanoq o‘zining fasohati, tirishqoqligi tufayli unga yoqib qolgandi. Zirg‘om u bilan o‘z do‘stidek muomala qilardi. Uning boshida yumaloq salla, egnida kalta shim va qo‘y terisidan tikilgan po‘stin. Zirg‘omning oldiga kelishi bilan, Zirg‘om undan:
— Kecha kechqurun bir otashxona yonidan o‘tgandik, tepasida chirog‘lar yonib turgan va bayroqlar osilgan edi. O‘sha yerni topib bora olasanmi? — deb so‘radi.
— Ha, albatta, topib boraman, — dedi Vardon.
Zirg‘om:
— Unday bo‘lsa o‘sha yerga borib, kohinni izlab topasan-da, unga «Hokim sizni so‘rayaptilar, hozir borar ekansiz», deb aytasan, keyin o‘zing bilan birga olib kelasan, — dedi. Xizmatkor:
— Xo‘p bo‘ladi, — deb chiqib ketdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:59:02
     Jahon esa Zirg‘om bilan so‘zlashish, azaliy muhabbat bahsiga ko‘chishga oshiqardi. Ancha vaqtlik hijrondan keyin o‘z sevgilisi visoliga yetishgan oshiq gaplashgan bilan gapi tamom bo‘lmasligi tabiiy. Jahonning ko‘nglida ham Zirg‘omga asrab qo‘ygan gaplari qanchadan-qancha. Shunday ekan, u bilan suhbatlashishga oshiqsa, buning sira ham ajablanadigan joyi yo‘q.
     Zirg‘omning ehtiroslari ham Jahonnikidan kam emasdi. Qay yo‘l bilan shu ulug‘ orzusiga yetish mumkinligi ustida boshi qotib turgan bir paytda, hokim Jahonni chaqirib:
— Xizmatchi Mehtarga ayt, Zirg‘omni qasrga joylab, hamma zarur narsani muhayyo qilib, keyin mening huzurimga kelsin, kohin kelguncha u bilan gaplashib oladigan ozgina gapim bor, — dedi.
Jahon otasining buyrug‘ini bajarish uchun chiqib ketayotganda Zirg‘om undan burunroq u o‘tadigan maxsus zalga chiqib turdi.
     Vardon hokim saroyidan chiqib ketayotganda bayram libosidagi juda ko‘p kishilar saroy eshigi oldida tuhfalar ko‘tarib turganini ko‘rdi. Ular hokim huzuriga kirish uchun ruxsat kutib turishgandi. Vardonning chiqib kelayotganini ko‘rib, nega shoshilayotganini so‘ray boshlashdi. Ba’zilari undan hokimning kayfiyatini so‘radi. Lekin Vardon ularga javob qaytarmay, yugurganicha ko‘chaga chiqdi. Ko‘cha esa bayram taraddudida, qo‘llarida ho‘l meva va qant-qurs ko‘targan, bir-birlarini muborakbod qilishayotgan kishilar bilan gavjum edi. Vardon bularning hech biriga alahsimay, yo‘lida davom etib, otashxonaga yaqinlashdi. Uning qo‘rg‘oni tepasida bayroqlar hilpirar, atrofida esa otashxona xizmatchilari yashaydigan o‘nlab hujralar ko‘zga tashlanardi. Otashxonaning anvoyi gullar bilan bezatilgan eshigi oldida liq-liq odam. Vardon o‘zini bu yerda ziyoratga kelgan otashparast qilib ko‘rsatib, to‘g‘ri otashxona hovlisiga kiradi. Hovli sahniga boshdan-oyoq ipakli matolar to‘shalgan, tevarak-atrofda ravoqlar bo‘lib, ular zarrin pardalar bilan o‘ralgan, ba’zilari esa qimmatbaho toshlar bilan bezatilgandi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 17:59:33
     Vardon hovlidan yurib, ibodat qilinadigan joyga yetib bordi. Ibodatxona to‘rt burchak bo‘lib, o‘rtasida yopiq bir bino, bu binoning ichida esa eshik o‘rnida ochiq joyi bo‘lib, unga besh zina bilan chiqilardi. Hovli devorining atrofi cho‘nqirlik, unda olov yondirilib, xushbo‘y giyohlar tutatib qo‘yilgan. Uning tutuni tevarak-tarofga yoyilmoqda. Qubbaning burchaklaridagi yuzlab o‘tdonlardan qo‘rg‘on tepasiga tutun ko‘tarilib turardi. Hovlining ba’zi bir tomonlarida doira shaklidagi idishlar og‘zidan alanga ko‘tarilmoqda. Ibodatxona tevaragida tizilgan kishilar ba’zisi o‘tirgan, ba’zisi esa tik turgan holda o‘tga topinishar, ibodat qishilardi.
     To‘rda tik turgan bir kishini ko‘rgan Vardon kohin shu bo‘lsa kerak, deb yoniga borayotganda boshiga uzun uchli qalpoq kiygan kishi yo‘lini to‘sdi. U kishini ibodatxona xizmatchilaridan biri, deb tushundi Vardon. Unga qarab: «Menga janob kohin kerak edi, o‘sha yuqorida turgan kishi qohin emasmilar?» — deb so‘radi. Xizmatchi: «Yo‘q, u emas, kohin hozir bandlar», — dedi.
— O‘zlari qaerdalar? — so‘radi Vardon.
— Nima ishing bor edi? Ibodat qilmoqchi bo‘lsang, yoki tabarruk o‘tdan olmoqchi bo‘lsang, mana bu o‘tdonda o‘t, borib topinaver! — dedi xizmatchi...
— Yo‘q, kohinning o‘zlarida ishim bor edi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 18:00:06
Shundan keyin xizmatchi teskari burilib:
— Ibodat tamom bo‘lgandan so‘ngina u kishini uchratishing mumkin, — dedi.
Vardon uni to‘xtatdi:
— Xafa bo‘lmang, janob, men musofirman. Kecha Qo‘qondan keldim, eshitishimcha, sizlar musofirlarni hurmatlar ekansizlar.
Xizmatchi xijolat tortib unga qaradi:
— Sen ibodatga yoki o‘t olishga kelmaganmisan? Mana, oldingda muqaddas olov yonib turibdi. Istaganingcha olaver.
Vardon yana:
— Yo‘g‘-e, siz qanday odamsiz, axir men kohinning o‘zlari kerak deyapmanu,  sizga, — dedi.
Xizmatchi unga yaqin kelib, qulog‘iga shivirladi:
— Kohin mana bu o‘ng tomondagi hujrada ulug‘ zotlar bilan xos suhbatdalar. U kishining chiqishlarini kutib tur, bo‘lmasa, bilganingni qil.
Vardon cho‘ntagidan bir necha tanga pul chiqarib, tabassum ila unga uzatdi-da:
— Ruxsat bersangiz, men shu hujraga yaqinroq borib, janob kohindan tavajjuh olsam, keyin hujra yonida ibodat qilsam? — dedi.
Xizmatchi pullarni oldi-da:
— Xo‘p, mayli, ammo ehtiyot bo‘l, yana birov payqab qolmasan, — dedi.
    Vardon «albatta» dedi-yu, kohinning oldiga kirish va unga hokimning buyrug‘ini yetkazishni mo‘l, hujra tomon yugurdi. Eshikka yaqinlasharkan, ko‘zi kohinga va uning yonidagi kiyim-boshi shay ikki kishiga tushdi. Ulardan bittasi Afshin ekanini bildi, ammo ikkinchisini ko‘rarkan, qo‘rqqanidan butun vujudi titrab ketdi. Chunki u Bobak al-Xurramiyning* muovini, Vardon uchun xatarli odam bo‘lgan Isbehbaz edi.
    Vardon o‘zicha: «Bu Armaniston — Ardabildan nima uchun bu yerga keldi ekan? Axir, u yer bilan Farg‘onaning orasi juda olis yo‘l-ku?» dedi-da, qanoatlanarli javob topolmagach, ibodat va duo qilgan bo‘lib, joyida qimirlamay turdi. Majusiylarning o‘tga topinadigan xonasida musulmon askarlarining qo‘mondoni Afshin bilan musulmonlarning eng ashaddiy dushmani bo‘lgan majusiy — Bobak al-Xurramiyning noibi o‘rtasidagi bu maxfiy suhbatning asl sababini bila olmay hayratga tushdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 18:00:44
     U ozgina turib, hujra orqasidagi yo‘lakka o‘tadigan ochiq yo‘lga chiqdi. U yerda hujra ichidagi odamlar ko‘rinadigan, lekin bu yerdagi odam hujradagilarga ko‘rinmaydigan bitta darcha bor edi. O‘sha darchadan ichkaridagilarni sinchiklab ko‘zdan kechirdi: ular ipak gilam ustida o‘tirishardi, kohin qalpoq va arg‘uvon tusli uzun chopon kiygan. Afshin esa qalpoq ustidan salla o‘ragan, ammo Isbehbaz sallasiz, qalpoqda edi. Vardon Afshinning Abbosiylar belgisi bo‘lgan qora to‘n kiyib, ko‘pincha Somurrodagi masjidda namoz o‘qib yurishini ko‘rgandi. Ammo bu yerda uning bayramda majusiylar kiyadigan arg‘uvoniy chopon kiyganidan va otashxonada o‘tga topinadigan kishilar bilan hamsuhbatligidan ajablandi. Isbehbazning esa musulmon bo‘lmagani sababli o‘tga topinishi uni ajablantirmadi.
     Vardon ularning gaplariga quloq solsa, kohin: «Yaxshilik xudosining yordami bilan biz albatta yengamiz, lekin sabr qilish kerak», derdi. Isbehbaz esa: «Biz sabrli kishilarmiz. Lekin sabr etishimiz uzoqqa cho‘zilmaydi, basharti...» dedi-yu, birdan jim bo‘ldi. Afshin: «Uzoqqa cho‘zilsa ham, sabr qilish foydali, lekin birodaringiz* mening to‘g‘rimda o‘sha eski fikrida qolishi kerak», — dedi Isbehbaz: «U sizning to‘g‘ringizdagi fikrini o‘zgartirgani yo‘q, lekin siz o‘zlarini musulmon yoki arab deb atayotgan o‘sha yahudiylarga ko‘p yaqinlik qilayotganingizni ko‘rib, shu ulug‘ ayyom kunida siz bilan ko‘rishib kohin huzurida va’dangizni eslatib qo‘ymoq uchun yubordi meni», — dedi.
Afshin kuldi:
— Ehtimol, u kishi meni bir necha yil muqaddam, shu yerda, Tabariston hokimi Moziyor ham bo‘lgan vaqtda qilgan shartimizni unutdi deb o‘ylayotgandir. Yo‘q, mana kohin hazratlari guvohlar, men ahdimga sodiqman.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 18:01:57
    Kohin, to‘g‘ri, degandek bosh irg‘adi. Afshin so‘zini davom ettirib:
— Mana shu otashxona guvohimizdir. Men qattiq kirishib, mablag‘ to‘playapman. Shuni do‘stim Bobakka aytib qo‘ying. Xoh urush, xoh tinchlik yo‘lida tashlagan har bir qadamim evaziga Mu’tasimdan albatta biror mablag‘ undirib, uni Ushrusanadagi xazinamizga yuborib turibman. Moziyor ham o‘z va’dasida turibdi. U kishi alohida sabablarga ko‘ra bu yil biz bilan kela olmadi. Va’dada qattiq turishimga undab, menga xat yozdi. Biz harakatga kirishuvimiz bilanoq o‘zi butun Tabariston xalqi bilan biz tomonda turib harakat qilishga va’da beryapti. U bu davlatdan qutulish va forslar hokimiyatini qayta tiklash yo‘lida bizdan ko‘ra ham qattiq harakat qilmoqda, — dedi.
— Sizning to‘g‘ringizda sayidimizning fikri xuddi shunday, lekin siz yahudiylardek uzoq vaqt ularning hukmiga bo‘ysundingiz, hatto necha marta biz bilan jang qilishga otlandingiz, — dedi Isbehbaz.
Afshin kulib, bosh silkidi:
— Ajabo, menday odam haqida shu xayollarga borildimi hali? Mening niyatim do‘stim Bobakka shunchalik qorong‘imi? Men unga qarshi urushganimda bu yoqdagilardan maqsadimni yashirish uchun qilganimni u bilmaydimi? Fursat keldi degancha niyatimni amalga oshirmay qo‘ymayman. Orzuga erishmoq uchun hammamiz bir yoqadan bosh chiqarishimiz kerakki, unday orzuga na Abomuslim Xurosoniy*, na Ja’far Barmakiy* va na Fazl binni Sahl* erisha olmagan. Ular shoshilib qolib, rejalarini buzib qo‘yishdi, ammo biz sabr qilib, orzumizga albatta erishamiz.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 18:02:35
Kohin Isbehbazga qarab gapga aralashdi:
— Shohning fikri to‘g‘ri: u ko‘pni ko‘rgan kishi. Sen, o‘g‘lim, Bobakka borib ayt, sabr qilsin, yaxshilik xudosi bizning jilovimizda ekaniga ishonaversin. Muzaffariyat kunlari yaqinlashganini tushimda ko‘rib yuribman.
     Vardon bularning gaplashayotgan gaplarini eshitib, hang-mang bo‘lib qoldi. Demak, xalifaning bosh qo‘mondoni majusiy ekan, u payt poylab davlatni ag‘darish uchun musulmonlarning dushmanlari bilan til biriktirib yurgan ekan-da. Payti kelganda ish beradigan bu sirni bilib olganidan Vardon g‘oyat mamnun bo‘ldi.
     Shundan keyin u kohin ketishga otlanayotganini, Afshin va uning sherigi ham qo‘zg‘alayotganini, kishilar tanib qolmasin uchun yuzlarini ro‘mol bilan yashirganliklarini ko‘rdi-da, bekinib turgan joyidan chiqib, kohinning yo‘lini to‘sish uchun ibodatxona sahniga bordi.
     Kishilar ibodat bilan ovora edi. Ibodatxona xizmatchisi: «Kohin chiqyaptilar», deyishi bilan hamma uni ko‘rish uchun tayyorlandi. Vardon ham ular orasida turib, nima qilishsa, shuni qilib turdi. Kohin yal-yal yonadigan ajoyib kiyimini yerga sudrab, bo‘yniga gavhar marjon taqqan holida, chap qo‘lida oltin dastali sovlajon* va o‘ng qo‘lida hassasini yerga tiq-tiq urgancha chiqib keldi. Uning hurmati uchun odamlar boshlarini yerga eggancha tik turishardi.
     Kohin Vardon yoniga yaqinlashganda, u yugurib borib qo‘lini o‘pdi-da: «Janob hokim zarur bir ish vajidan sizni hozir chaqiryaptilar», — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 18:03:04
     Kohin: «Nima bo‘ldi? Kasallari og‘irlashdimi?» — deb so‘radi. «Bilmayman, lekin hozir borib kelishingizni qattiq tayinladilar, u kishini albatta o‘zing bilan olib kelasan deb buyurdilar», — dedi Vardon. Kohin: «Unday bo‘lsa, tashqarida kutib tur, birga ketamiz», — dedi.
     Afshin meni ko‘rib qolib, bu yashirin siridan xabardor bo‘lganimni bilib qolmasin, deb Vardon o‘zini ehtiyot qila-qila eshikka chiqdi. Eshik oldida oltin egar-jabduqli ikki ot qo‘shilgan arava turardi. Bu arava Afshin uchun tayyorlanganini sezdi. Shundan keyin kohin chiqib aravaga o‘tirdi, uning yoniga yuzini ro‘mol bilan yashirgan Afshin ham kelib o‘tirdi. Kohin Vardonga qarab: «Ikki otdan biriga minib ol», degandek ishora qildi. Ular hammasi hokim saroyi tomon yo‘l olishdi.

____________
* M u ‘ t a s i m — abbosiylar xalifasi (833—841).
* M a ‘ m u n — abbosiylar xalifasi (813—833).
* A m i n — abbosiylar xalifasi (809—813).
* S u r r a  m a n  r a o — «Ko‘rgan kishi sevinadi»» demakdir. Buni qisqartirib «Somurro» ham deb ataladi.
* B o b a k  a l-X u r r a m i y — Xalifa Ma’mun davrida chiqib, Bazzni markaz qilgan, yigirma yilcha hukm surib, keyin Mu’tasim davrida Afshin tomonidan ushlanib, o‘ldirilgan.
* Birodaringiz deb bu yerda Bobakni aytmoqchi.
* Xurosonda yashirin siyosatga boshchilik qilgan qo‘mondon. 775 yilda Iroqda o‘ldirilgan.
* Xalifa Horun ar-Rashidning vaziri bo‘lgan, 803 yili o‘ldirilgan.
* Xalifa Ma’munning vaziri bo‘lgan, Eronlar tarafdori bo‘lgan eronlik, 818 yili o‘ldirilgan.
* S o v l a j o n — shohlar qo‘lida oliftalik uchun olib yuriladigan hassa.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 18:03:51
     OSHIQ-MA’SHUQNING UCHRASHUVI

     Zirg‘om Jahonning xonasida bir chekkadagi kursiga o‘tirib, uni sabrsizlik bilan kutmoqda. Bularning birga bo‘lishidan hech kim shubhalanmasdi, saroydagilar buni oddiy narsa deb tushunardi. Chunki Zirg‘om hokim ishonadigan yigit. Jahon esa odatda erkaklardan qochmasdi.
Zirg‘om o‘z sevgilisining otasi betob bo‘lganidan tashvishga tushgan, ne-ne xayollarga borgan bo‘lsa ham, uning Jahonga muhabbati va u bilan uchrashib, gaplashishga bo‘lgan ishtiyoqi hamma narsani unuttirib yuborgandi.
     Shu paytda Jahon otasining buyrug‘ini Mehtarga aytayotganini Zirg‘om tashqaridan eshitdi-yu, yuragi o‘ynab ketdi. Jahon kirishi bilan Zirg‘om o‘rnidan irg‘ib turib, uning istiqboliga yurdi. Ular shodlanib, bir-birlariga tabassum qilishdi. Butun borliqni, g‘amu g‘ussani unutib, yangidan olamga kelgandek bo‘lishdi.
     Jannatdagi kishilar suhbatining nash’asini tasavvur etmoqchi bo‘lgan odam uzoq vaqt hijron azobini chekkan oshiq-ma’shuqning raqiblardan olisda, visol ayyomidagi suhbatlariga nazar tashlasin. Farqi shundaki, jannatdagi suhbat boqiy bo‘lsa, bularning suhbati muvaqqat bo‘lib, orasiga cho‘p tushib qolish xavfi ham yo‘q emas.
     Ikki qo‘lini qovushtirib turgan sevgilisini ko‘rib Jahonning yuziga qon yugurdi-yu, ko‘rishmak uchun unga qo‘l uzatdi. Ich-ichidan xursand bo‘lib va ko‘zlari chaqnayotgan Zirg‘om ham unga qo‘l uzatib, kaftini siqib ko‘rishdi. Jang maydonlarida qo‘rquv nimaligini bilmaydigan botir yigit Zirg‘omki shu payt dag‘-dag‘ titrarkan, iroda va aqli har qancha zo‘r bo‘lsa ham, zuvalasi ayollik loyidan qorilgan Jahon bu holatdan qay ahvolga tushishini anglash qiyin emas, albatta.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 18:04:19
     Zirg‘om so‘z boshlab: «Sayidam, qachonlardan beri vaslingga tashnaman», — dedi.
Jahon qo‘lini uning qo‘lidan ohistagina oldi-da, ginali qarab: «Meni sayidam demang, balki... voy, keling o‘tiraylik», — dedi. Ikkalasi kursiga o‘tirishdi. Jahonning nima demoqchi bo‘lganini sezgan Zirg‘om: «Sendan bo‘lak kimni sayidam deb atashim mumkin? Axir, sen Farg‘ona malagi va hokimning qizisan. Men esa bir kambag‘al bevaning — Oftobning o‘g‘liman».
     Jahon uning gapini bo‘ldi: «Balki, siz mening sayidim va xojamsiz, siz xalifa soqchilarining boshlig‘i yoki askarlarining qo‘mondoni bo‘lganingiz uchun emas, chin bahodir — qahramon bo‘lganingiz uchun sayidimsiz. Bunisi ham mayli, sizni menga hoja qilib qo‘ygan boshqa bir narsa borki, uni aytishga tilim ojiz. O‘sha narsani o‘zingiz topib, menga aytmasangiz ko‘nglim taskin topmaydi». Qiz uyalib, qip-qizarib ketdi. U muhabbati to‘g‘risida gapirmoqchi bo‘lganini, lekin oshkora aytishdan hayo qilganini sezgan Zirg‘om: «Qaysi vajdan bechora Zirg‘omni o‘zingizga sayid deb hisoblayotgan bo‘lsangiz, o‘shaning xuddi o‘zi sizni Zirg‘omga ma’buda qilib qo‘ygan. Men shu ma’budaning itoatkor quliman», — dedi.
— Men sizga ko‘nglimdagi narsani ham, uning sabablarini ham aytib berishdan ojizman dedim-ku, ammo o‘zim aniq biladigan va aytib bera oladigan narsam shuki, olamda men uchun sizdan ko‘ra ulug‘ zot yo‘q. Vaqtni bekor o‘tkazmaylik, chunki kohin kelib qolib, otam meni chaqirib qolishidan qo‘rqyapman, — dedi Jahon.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 18:04:56
     Jahon otasini tilga oldi-yu, uning holini eslab, xo‘rsindi va: «Sevgilim, vaqtimiz juda g‘animat. Ha, sevgilim, sizdan oldin shu iborani tilga olganim uchun meni kechiring. Muhabbat dunyoda qanday zo‘r narsa-ya», — dedi.
Zirg‘omning butun g‘am-g‘ussasi sirtiga tepdi:
— Bu iborani menga aytishga sizdan bo‘lak hech kimning haqqi yo‘q edi. Mana, dastlab o‘zingiz aytib qo‘ya qoldingiz, o‘z og‘zingizdan eshitmay turib, sizni sevgilim deb aytishga menda jur’at qayda? Tangriga shukurlar bo‘lsinki, bundan keyin sizni ham sevgilim deb atashimga yo‘l ochildi. Bu ibora tilimda qanday laziz, ko‘nglimda qanchalar orombaxsh. Shu so‘zni dilimda qayta-qayta takrorlaganman, sizning og‘zingizdan eshitarmikanman deb qachonlardan buyon orzu qilib yurardim, mana, maqsadimga erishdim. Olamda mendan ko‘ra baxtliroq odam bormi?
     Jahon boshini yerga egdi. Ammo Zirg‘om undan ko‘zini uzmasdi. Ikki bilagidan ushlashga yuragi dov bermay, iloji bo‘lsa, ikki ko‘zi bilan uni o‘z yoniga tortib olgisi kelardi. Sevligisining vujudi titrab, boshini yerga egib turganini ko‘rgan Zirg‘omning ko‘ngliga g‘alati xayollar keldi. Jahon hozir achchiq qilib ketib qolsa kerak, deb o‘yladi-da, unga dedi:
— Nega boshingizni yerga egib oldingiz, sevgilim?
    Jahon boshini ko‘tardi va Zirg‘omning ko‘nglidan nimalar kechganini sezib, tabassum bilan: «Boshqa xayollarga bormang, sizni sevgilim deb atarkanman, hech kimdan qo‘rqqanim yo‘q. Xususan, otamning sizga qilgan muomalalari va ko‘rgazgan iltifotlari sizni oshkora shunday deb atashimga yordam berdi. Eh, otam betob bo‘lmaganlarida edi, betob bo‘lmaganlarida...» — dedi-yu, jim bo‘ldi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 18:05:13
— Tangri u kishiga shifo bersin, — dedi-yu Zirg‘om qizning ko‘zlariga tikilgancha jim bo‘ldi. Ularning har ikkisi ham bir-birovining dilidagi gapni ko‘zlaridan uqib turardi. Jahon Zirg‘omga nisbatan ko‘proq narsa sezdi shekilli, o‘zi so‘z boshladi:
— Zirg‘om, men o‘z tuyg‘ularini sevgilisidan yashiradigan, uning diliga shubha soladigan, ojiz qiz emasman. Necha yillar birga yashab, bir-birimizni yaxshi sinaganmiz, ruhimiz bir-biriga payvand bo‘lib ketgan, bizni bir-birimizdan ajrata oladigan kuch endi dunyoda yo‘q. Sizsiz menga hayot ham, orzu-umidlarim ham yo‘q. Siz meniki va men sizniki, shunga imonim komil. Men qachon biror narsani o‘ylasam, darhol ko‘z o‘ngimda siz paydo bo‘lasiz, o‘sha fikrimni bo‘lib yuborganday bo‘lasiz, ko‘z o‘ngimga nimani keltirmay, uning ichida sizni ko‘raman. Shunday ekan, bizni judo qila oladigan biror kuch dunyoda bo‘lishi mumkinmi axir? Agar vujudimizni bir-biridan ajratsalar ham, ruhimizni, xayolimizni aslo ajrata olmaydilar. Lekin oldimizda katta bir g‘ov turibdi, shundan o‘tsak... — dedi-yu, sukut etib ko‘zdagi yoshini sezdirmaslik uchun yuzini boshqa yoqqa burdi.
Zirg‘om Jahonning nima demoqchi bo‘lganini tushunmadi. Biroq qizning ajoyib gaplari va hozirgi o‘zini tutishi yigitni nihoyatda jo‘shtirib yuborgandi...
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 18:05:48
— Nimadan xavotir qilasiz? Sizning biror narsadan qo‘rqqaningizni hech qachon ko‘rgan emasdim. Sizdagi aqllilik, dovyuraklilik hamma baloga qalqon edi-ku. Mana, ixtiyorim qo‘lingizda, nimaki farmoningiz bo‘lsa, hammasini bajarishga tayyorman.
— Rahmat sizga, Zirg‘om, ixtiyoringizni menga topshirdingiz, men hech narsadan qo‘rqmayman, chunki dunyoda meni sizdan chetlata oladigan hech bir kuch yo‘q. Otamda biror o‘zgarish yoki dudmollik yuz berib qolarmikan, degan xavotirda edim, ammo bugun o‘sha xavotirim ham yo‘qoldi. U kishining betobliklari bor, tez shifo topib ketsalar edi,— dedi Jahon. Zirg‘om unga dalda berdi:
— Xudo xohlasa, shifo topib ketadilar. Dilingizda boshqa gaplaringiz bo‘lsa, mayli, izhor eting.
— Hali bir qancha to‘siqlar bor. Boshqalarni cho‘chitsa ham, men ularni parvoyimga keltirmayman. Chunki ular hammasi puchak narsalar, siz esa javohirsiz. Siz meniki ekansiz, butun dunyo, dunyodagi hamma narsalar ham meniki. Meni ko‘nglimdagini ochiq aytib qo‘ya qolganim uchun avf eting. Sizning ham shunday qilishingizni istardim. Chunki men ikkilanishni, fikrni dudmol qilishni yoqtirmayman.
Zirg‘om qat’iy qilib dedi:
— Sizni sevaman yoki sizni deb butun dunyodan kechib yuboraman deb ochiq aytib qo‘ya qolishimni istaysizmi? Yo‘q, menimcha, bunday deyishning sira ham hojati yo‘q. Tashna kishiga «menga suv kerak desang, bo‘lmaydimi» deyish, baxti qaro odamdan o‘zing uchun baxt istaysanmi? deb so‘rash lozim emas-ku, axir. Siz bo‘lmasangiz, men suvsiz baliq, jonsiz jasadman. Baxtim ham, hayotim ham, butun borlig‘im ham siz.
     Jahonning ko‘zlariga olam yorishganday bo‘ldi, g‘am-g‘ussasi tarqalib: «Men sizdan kutganim ham shugina edi. Hovlida Somonning ovozi kelyapti. U bu yerga kirib, sirimizdan voqif bo‘lib qolmasin. Endi va’damiz shuki, otam tuzaldilar deguncha u kishiga shu haqda gap ochaman. Bergan javoblarini sizga yetkazaman», — dedi-da, turmoq uchun o‘rnidan qo‘zg‘aldi. Shu payt g‘amgin, dard-dunyosi qorong‘i Hayzuron kirib keldi. Jahon uning yoniga bordi. Hayzuron:
— Somon hozir hokimning oldilariga kirmoqchi bo‘lib ketdi, — dedi.
— Kohin ham birga keldimi? — so‘radi Jahon.
— Yo‘q, yolg‘iz o‘zi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 18:06:22
     Jahon boshini sarak-sarak qilib, tishlarini g‘ijirlatdi-da: «Bu kishini ko‘rdingizmi?» — deb Zirg‘omni ko‘rsatdi.
     Hayzuron xijolat tortib, terga botib ketdi va: «Shu ahvolda kirganim uchun kechirasiz, uzr. Qizim, otang Somonning kirishini istamaydilar, «yonimga hech kimni qo‘ymanglar, deb tayinlagan edilar», dedi. Keyin u Zirg‘omga qarab salom berdi-da, uning qo‘lini o‘pmoqchi bo‘ldi.
Zirg‘om kulimsirab, uning salomiga alik oldi. Hayzuron Jahonni astoydil e’zozlashini yaxshi bilgani uchun Zirg‘om u bilan tortinmay bemalol gaplashaverardi.
— Somonning o‘z otasi oldiga kirishidan nega buncha tashvishlanmasanglar?
— Kecha kohinni olib kel, deb dadam uni yuborganlarida uddasidan chiqolmay, lalayib qaytib kelgani uchun undan norozi bo‘lgan edilar, — dedi Jahon, so‘ngra, — hozir otamning oldilariga borib kelaman, — dedi-da, Zirg‘omni o‘z xonasida qoldirib, yugurganicha chiqib ketdi. Somon otasi yoniga kirishiga ruxsat bermayotgan soqchi bilan eshik oldida «adi-badi» aytishayotganda, Jahon unga qarab: «Aka, sizga nima bo‘ldi?» — dedi.
— Ko‘rmaysanmi, otamning oldiga kirishga to‘sqinlik qilayotibdi.
— Xafa bo‘lmang, otamiz to‘shakda yotibdilar, meni ham chiqarib yuborib, Mehtar bilan ba’zi ishlar ustida suhbatlashyaptilar. Kohinni uchratdingizmi?
— Yo‘q, topolmadim, — dedi Somon.
— Kohinni topmay, yolg‘iz qaytib kelishingizdan dadamning dillari og‘rishini bilmaysizmi?
    Ular ikkalasi eshik oldida shunday so‘zlashib turgandi, ichkaridan hokim: «Somonni yonimga kiritmanglar, Jahon, sen bu yoqqa kel», — deb chaqirib qoldi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 18:06:53
    Jahon akasiga qarab ohista dedi:
— Aka, siz ayvonga borib turing, otamizni ranjitmang, bu yerdan chiqib, darrov oldingizga boraman.
    Somon «xo‘p» deb ayvon tomonga ketdi. Jahon ichkariga kirdi, otasi yonida Mehtar cho‘kka tushgan, oldida qog‘oz, siyoh va dovot bor edi. Hokim rangi o‘chgan, o‘ychan holda karavotda o‘tirardi. Jahon kirishi bilan unga bir qarab, jilmaydi. Jahon ham ochiq yuzlik bilan uning yoniga borib qo‘lini o‘pdi va: «Dadajon, qalaysiz? Tuzukmisiz?» deb so‘radi. Hokim uning peshanasidan o‘pdi va uzoq vaqt quchoqlab turdi. Otasining iliq ko‘z yoshlari yelkasiga tomayotganini sezgan Jahon qo‘rqib, uning yuziga qaradi: ko‘zlari jiqqa yosh edi. Uning avzoyi Jahonga qattiq ta’sir etganini, Jahon qo‘rqayotganini bilib atayin tabassum aralash: «Qizim, men yaxshiman, qo‘rqma! Senga qo‘limdan kelganicha yaxshilik qilaman, o‘tir», — dedi va Mehtarga qarab: «Sen eshikka chiqib tur» degandek ishora qildi. Mehtar tashqari chiqib, eshikni mahkam berkitdi. Jahon otasi yonidagi daftar-qalamga yana bir qarab qo‘ydi-yu, lekin so‘rashdan istihola qildi.
     Otasi bir esnadi-da, orqasidagi yostiqni balandroq ko‘tarishni so‘rab, qiziga qaradi. U oyog‘ini uzatib, yostiqqa suyanib oldi-da, so‘z boshladi:
— Akang Somonning bu safar ham yolg‘iz qaytib kelganini bildim, chunki u kohinni olib kelsa, o‘zi uchun foyda emas, zarar bo‘lishini bilib shunday qilyapti.
— Dadajon, xotirjam bo‘ling, kohinni olib kelish uchun Zirg‘om o‘z xizmatchisini yubordi. Hozir kelib qolsa kerak, — dedi Jahon.
    Otam nima deyarkinlar deb Jahon qasddan Zirg‘omning nomini tilga olgan edi. «Zirg‘om dili pok yigit, uni ko‘rib juda xursand bo‘ldim. Senga akalik qilishga arziydigan yigit battol Somon emas, balki shu Zirg‘omdir»,— dedi hokim.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 18:07:29
     Sevgilisini otasi maqtagani Jahonga yoqib tushdi. Shu to‘g‘rida yana gap ochmoqchi bo‘lib turuvdi, birdan soqchi kirib: «Kohin Afshin bilan birga tashqarida ruxsat so‘rashyapti», — dedi.
Afshinning nomini eshitgan hokimning yuziga qon yugurib: «Afshin ham keldimi?» deb so‘radi. Soqchi: «Ha, janob hokim, Afshin ham bor», — dedi.
     Ammo Jahonga uning kelishi ma’qul bo‘lmadi. Qizning dilidagi sevinch o‘rnini xafalik egalladi. Uning basharasini ko‘rmay qo‘ya qolay, deb chiqib ketishga shaylandi-yu, lekin otasining ijozatini kutishga o‘zini majbur qildi. Otasi unga qarab: «Istasang, o‘tiraversang ham mayli. Yana o‘zing bilasan, qizim», — dedi.
— Dadajon, ruxsat bersangiz men chiqib keta qolay.
— Mayli, qizim, chiqib dam ola qol! — dedi hokim. Qiz xonaning bir burchagidagi maxfiy eshikdan chiqib ketdi. Hokim soqchiga qarab: «Kohin ham, Afshin ham kira qolishsin», — dedi.
Kohin uning orqasidan Afshin hokim huzuriga kirishdi. Kohin avval ma’buda tomonga bordi, bukilib labini pichirlatib nimalarnidir o‘qib, duo qildi. Afshin ham xuddi kohindek ma’budaga topindi.
— Xush keldinglar, qani, marhamat, o‘tiringlar, — dedi hokim va ularni o‘tqazdi. So‘ng Afshinga: «Juda uzoqlashib ketib, kishini sog‘intirib qo‘ydingiz», — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 18:08:00
    Afshinning yoshi ham hokimning yoshiga yaqin edi. U moshkichiri soqolini qashib turib: «Ha, turli moneliklar chiqib qoldi. Farg‘onaga shu bugun yetib keldim, o‘zingizning ahvolingiz qalay?» dedi.
— Tuzukman, siz ayni vaqtida keldingiz, — dedi hokim, — keyin kohinga qaradi: — Sizga bir necha marta kishi yubordim, kelmadingiz.
— Bundan ilgari menga hech kimsa borgani yo‘q, yo‘qlatganingizni eshita solib, yugurib kelishim, — dedi kohin.
— O‘g‘lim Somonni kecha ham yuborgandim, bugun ham yubordim. Ibodatxonadan u kishini topmadim deb qaytib keldi.
     Hokimning bu gapidan hayratga tushgan kohin: «Bayram munosabati bilan tevarak-atrofdan Farg‘onaga kelgan kishilar ibodatxonani ziyorat qilib, nazr-niyoz topshirib turgani uchun uch kundan buyon ibodatxonadan qimirlaganim yo‘q. Siz chaqirtirasizu, nahotki kelmasam. Farzandingiz ibodatxonaga borib, meni so‘rasa-yu, men eshitmasam, balki borgan bo‘lsa ham, meni so‘ramagan, yoki tanimaydigan kishilardan so‘ragan bo‘lsa ajab emas», — dedi.
Hokim jahli chiqib, tishlarini g‘ijirlatdi:
— Sizni so‘ramagan bo‘lsa kerak. Nima niyatda shunday qilganini bilolmay qoldim. Bilsam ham aytib o‘tirishning hojati yo‘q. Uning jazosini berib qo‘yaman, mana, birodarim Afshin bunga guvoh bo‘lsinlar. — U chapak chalib soqchini chaqirdi va unga: «Yonimizga hech kimni kiritma, eshikni berkitib qo‘y», — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 18:08:41
     *  *  *

     Jahon Afshin kelgani va otasining oldida dovot-qalamlar tayyorlab qo‘yilganini ko‘rib, u yerdan asabiyat va hayajon ichida qaytib chiqqan edi. U to‘g‘ri Zirg‘omning oldiga keldi. Zirg‘om yolg‘iz o‘zi ayvonda edi. Uni ko‘rish bilanoq Jahon hayajonini unutdi, g‘amu g‘ussasi tarqadi.
     Zirg‘om uning oldiga borib, otasining ahvoli qandayligini so‘radi. Jahon: «Otam ertalabkidan ko‘ra tuzuklar. U kishi sizni menga Somon o‘rnida akalik qilishingizni aytdilar. Koshkiydi sizning undan necha baravar yaxshi ekanligingizni bilsalar», — dedi-da, Zirg‘omga ma’nodor bir qarab qo‘ydi.
Zirg‘om ko‘zlari kulib turib dedi:
— Meni osmon-falakka chiqarib qo‘yganingiz uchun katta rahmat, otangizni qanday tashlab chiqdingiz?
Jahon qattiq xo‘rsindi-da:
— Afshin bilan kohin kelganini bilmadingizmi? — dedi.
Zirg‘om hayajonga tushdi:
— Afshin ham keldimi? Xizmatchim Vardonni men hali ko‘rganim yo‘q.
— Ikkalasi birga kelishdi... Men shundan qo‘rqib yurardim, mayli, hechqisi yo‘q. Otam tuzalib ketsalar bas.
Zirg‘om: «Ular qaerda?» — deb so‘radi.
— Otamning oldilarida, hech kimni yo‘latmay, o‘zlari o‘tirishibdi. U kishi menga bu yerda o‘tiraversang ham, chiqib ketsang ham ixtiyor o‘zingda, dedilar. Men ularning basharasini ko‘rmay qo‘ya qolay, sevgilim Zirg‘om bilan suhbat g‘animat deb chiqib keldim.
— Ularning suhbati uzoq cho‘ziladiganga o‘xshaydi, ruxsat bersangiz men bir tashqariga chiqib kelsam, — dedi Zirg‘om.
— Meni tashlab qaerga borasiz?
Zirg‘om unga dalda berdi:
— Xohlamasangiz, bormasam ham bo‘ladi, lekin borsam ham bir lahzada qaytib kelaman.
— Mayli, borib keling, yaxshilik xudosining  o‘zi asrasin!
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 18:09:12
     Jahon «yaxshilik xudosi» degandan keyin Zirg‘om: «Shu topda menda bir savol tug‘ildi, ruxsat bersangiz so‘rab olsam», — dedi.
Jahon uning ko‘zlariga tikilib turib: «Savolingiz mening yaxshilik xudosiga e’tiqodim xususida bo‘lsa kerak. Sizningcha, xudo bitta, u ham yaxshilik, ham yomonlik xudosi, shunday emasmi?» — dedi.
    Zirg‘om uning ziyrakligiga ofarin aytib: «Ha, savolim xuddi shuning o‘zi edi», — dedi.
— Men bundan buyon sizning diningizni qabul qilaman. Bu dunyoda ham, u dunyoda ham sizdan ajralishni istamayman, — dedi Jahon.
   Jahonning ko‘nglidan chiqarib aytayotgan bu gapidan Zirg‘om sevinib: «Menda yana boshqa bir savol ham bor», dedi. «Tortinmay aytavering», — dedi qiz.
— Mening onam Iroqda yashash niyatida ekanlarini siz yaxshi bilasiz. Nima uchun shunday ekanligini men bilmayman...
   Jahon uning gapini bo‘ldi:
— Siz qaerni istasangiz, men o‘sha yerda bo‘laman, men uchun butun dunyo siz yashaydigan yerdan iborat bo‘ladi. Otamning Farg‘ona yoki boshqa yerlardagi mol-mulklari menga kerak emas.
— Men hozir hamma maqsadimga erishdim, baxt-saodatimni mukammal qo‘lga oldim. Endi menga ruxsat bersangiz, borib Iroqdan birga kelgan hamrohlarimni ko‘rib, ulardan xotirjam bo‘lib qaytib kelsam, — dedi Zirg‘om xursand bo‘lib.
— Boring, sizni yakka-yu yagona xudoning o‘zi asrasin!
Zirg‘om Vardonni chaqirib kelishga kishi yuborgandan keyin Jahon bilan xayrlashib chiqib ketdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 18:10:03
     HOKIMNING O‘LIM OLDIDAGI VASIYATI  VA VAFOTI

     Jahonning ko‘ngliga Zirg‘omning orqasidan borish xayoli keldi. Lekin otasining betobligini o‘ylab, bu fikridan qaytdi. Agar otasi vafot etsa, u akasining qo‘lida qoladi. Akasi esa madadkor bo‘lishga arzimaydigan, beburd bir odam. Jahon otasining kohin va Afshin bilan o‘tkazayotgan suhbatini eslab, yana ko‘ngli g‘ash bo‘ldi, tashvishlandi. Chunki kohinlarning tamagirligi, xususan, ibodatxonada xizmat qilishni ular mol-mulk to‘plash, maishat qilish manbai deb bilishi Jahonga ma’lum edi.
     E’tiqodlar eskirgani sari tamagirlik unga rahnamo bo‘la boradi. Buzuqlik avjiga minib, kishilar uchun u dinsizlikdan ham battar bo‘lib qoladi. Shunga ko‘ra, Jahon dinga mukkasidan ketmagan edi, u otasining otashparastlik dinida bo‘lar ekan, hech narsani surishtirmagan, chunki u shu dinga ishonuvchilar oilasida tug‘ilib o‘sgan edi. Uning boshqacha odat va axloq bilan tarbiyalanishi qiyin ham edi. Bunday bo‘lishi ko‘pchilik avomlarda uchraydigan tabiiy bir holat. Ular yoshlikda o‘rgangan, ko‘rgan va eshitganlarini qilishadi. Katta bo‘lib u yoq-bu yoqni ko‘rganda va ilm-idrok orqali tahlil etishga qodir bo‘lganlarida o‘sha taomil va axloqni aql va ko‘ngillariga o‘rnashib qolgan diniy e’tiqod bilan qo‘shib yuboradilar. Shuning uchun din va uning taomili kishiga milliy an’anadek bo‘lib qoladi. O‘sha taomilni ta’na etuvchilardan dindor g‘azablanadi, diniy urf-odatlarni himoya qiladi, ularni o‘z nomusini saqlagandek saqlashga intiladi.
     Jahon kohinlar ko‘pchilikni ishontirish maqsadida aytadigan gaplariga e’tiborsizlik bilan qarardi. Ularning qo‘lidan keladigani, boylik to‘plash deb ishongani uchun, ulardan hayiqmasdi. Kohinning hokim bilan suhbati Jahonni qiziqtirmasdi-yu, lekin Afshinning bu suhbatga aralashgani uning diliga g‘ashlik solardi. U nima uchundir Afshinni yoqtirmaydi. Askarlari va hukmi ostidagi odamlari ko‘p bo‘lgan, hokimning hurmat va ishonchini qozongan Afshindan Jahon qo‘rqardi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 18:10:31
     Bexosdan Jahonning ko‘zi uydagi gilamga bosilgan zarbof naqshlar ichida ko‘zlari o‘tdek chaqnab turgan sher suratiga tushdi-da, sevgilisini esladi, chunki uning nomi ham sher* edi. Bag‘rimda sherim bor ekan, men nimadan qo‘rqaman, degan fikr o‘tdi qizning ko‘nglidan.
     Jahon shu tariqa xayol surib o‘tirgandi, birdan eshik tomonda tapur-tupur oyoq tovushi eshitildi. Bu o‘z xodima-si Hayzuronning oyoq tovushi ekanini payqab, Jahonning yuragi o‘ynay boshladi. O‘zi nima gap? Qanday xabar keltirganikin? Hayzuron Jahonga yaqin kelib: «Jahon, hokim seni chaqiryaptilar. O‘zingni dadil tut, mening sinovimga bardosh bergan botirligingni qo‘ldan berma, qizim», — dedi.
     Hayzuronning bunchalik ogohlantirishidan Jahon cho‘chidi, lekin har qanday to‘qnashuvlarga bardosh bera olishga qodir ekaniga ishongani uchun bu daldalar sababini surishtirib o‘tirmadi, gapni cho‘zishni o‘ziga ep ko‘rmay, otasi tomon yugurdi. Hokimning oldida kohin bilan Afshin o‘tirgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylab, yuragi bir oz siqildi. Shunday bo‘lsa ham, Jahon qadamini sekinlatmay, hokimning xonasiga yetib bordi. Soqchi eshikni ochishi bilan u to‘g‘ri otasining karavoti tomon chopdi. Otasi yig‘idan kipriklari namlangan, yosh to‘la ko‘zlarini eshikka tikib yotardi. Qiziga ko‘zi tushishi bilan u zo‘raki jilmaydi. Ko‘zlari chaqnab, mehr bilan boqib turmagan bo‘lsa, Jahon uni o‘lgan deb hisoblashi muqarrar edi. U o‘zini bardam tutib, otasi yoniga bordi. Uni ko‘rishi bilan ota o‘zida yangi bir shodlik his qildi-da, ikki bilagini ochib, gapirish uchun og‘zini juftladi, lekin lablari qimirladi-yu, gapirolmadi. Jahon uning ko‘ksiga otildi. Yuragi bardoshli bo‘lmaganda, u so‘zsiz hushidan ketgan bo‘lardi, chunki hademay so‘qqa yetim bo‘lib qolishiga ko‘zi yetib qolgandi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 18:11:11
     Jahon jon taslim etayotgan otasining ikki bilagidan ushladi, menga rahm qiling, yolg‘iz tashlab ketmang, deyayotgandek uning yuziga termuldi, ko‘zlari yoshga to‘ldi, ho‘ngrashimni eshitib qolmasinlar, deb nafasini bo‘g‘ar, boshini yerga egar edi. Hokim esa qizining diliga to‘lgan xavf-xatar va g‘amginlikni sezmay qolmadi, uni yupatmoqchi bo‘ldi, lekin so‘zlay olmay, faqat labini qimirlatib, Afshin tomonga qaradi. Qo‘li bilan uni va kohinni ko‘rsatdi. Afshin qo‘lida buklangan qog‘ozni ushlab o‘tirgandi. Otasining ishorati bilan o‘ziga ko‘z tashlagan Jahonga qarab, tasalli bergandek tirjayib qo‘ydi. Ma’buda tomonga qarab tik turib ibodat qilayotgan kohin iztirob ichida unga qaradi. Bu qarash Jahon ilgaridan qo‘rqib yurgan masala hozirgi suhbatda hal qilinganligini bildirdi. Jahon otasiga qarab hol so‘radi:
— Dada, tuzukmisiz? Yaxshi bo‘lib qolgan ko‘rinasiz.
     Ota qiziga javob qilmoqchi bo‘ldi-yu, lekin jon talvasasi uni so‘zlashga qo‘ymadi. Qiz otasi yoniga o‘tirib sovuq terdan ho‘l bo‘lib ketgan qo‘lini ushladi-da, uning hayot bilan vidolashayotganini payqab, dod-faryod solmoqchi bo‘ldi, lekin u o‘zini qo‘lga oldi. Shunday bo‘lsa ham ko‘z yoshini yashirishdan ojiz qolib, yerga qaradi. Chaqnoq ko‘zlardan oqayotgan yoshlar qizni guldek ochiltirib yuborgandi. Ammo qisqa-qisqa nafas olishi, xirillashi va ajal yaqinligi ham betob otani aql-hushdan judo qilmadi, sevimli qizini unuttira olmadi. Hokim bir og‘izgina so‘z aytsam deb, har qancha urinsa ham, kuchi yetmadi — so‘nggi daqiqalar kelmoqda edi. Oxiri u, qizim, eshikka chiqib tur, ozgina uxlab olay degandek imo qildi. Ammo qaltirab otasi boshida o‘tirgan Jahon unga itoat etib chiqib ketishni ham, qo‘zg‘almay o‘tira berishni ham bilmay, ikkilanib qoldi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 18:11:41
     Otaning yurak urishi yana tezlashib, o‘rnidan qo‘zg‘almoqchi bo‘lgandek boshini qimirlatar va u yoq-bu yoqqa javdirardi-yu, lekin hech narsaga majoli yetmasdi.
     Hokim Jahonga termuldi, qiz ham otasining nursizlangan, hayot alomati so‘nayotgan ko‘zlariga tikildi. Hokim ikki qo‘lini qizi tomon uzatmoqchi bo‘ldi-yu, lekin qo‘llari sal qimirladi, xolos. Keyin bir xo‘rsindi-yu ikki qo‘li shalpayib qoldi, yuragi urishdan to‘xtadi. Ko‘zlari yumilib,  qovoqlari halpillab qoldi, burni va ikki chakkasi tirishdi, soch-soqoli hurpayib, kishi qo‘rqadigan darajada o‘zgarib ketdi. Jahon jon holatda: «Dadajon», deb baqirib yubordi. U sochlarini to‘zitib, yuzlarini yulib, tirnay boshladi. Uning dodlaganini butun saroy ahli eshitdi. Bu shum xabar shu lahzadayoq oqsoch Hayzuronga ham borib yetdi. U xonaga kirib, Jahonning qo‘lidan ushlagan holda g‘am-g‘ussasini yengillatishga, tasalli berishga behuda urindi.
     Hokimning hayoti so‘nishi bilan aholi majusiylar odati bo‘yicha motam taraddudiga tushdi. Uni yuvishdi, oq kiyim-bosh kiygizib, katta bir xonada xontaxta ustiga yotqizib qo‘yishdi. Hokimning yaqinlari uning atrofini qurshab o‘tirishardi. Kohin esa ovozini chiqarib duo o‘qir, o‘tirganlar «omin» deb qo‘yishardi. Bir oz fursat o‘tgach, otasi vafot etayotganda uyda bo‘lmagan o‘g‘li Somon yetib keldi, dodlab yig‘lay boshladi. Kishilar unga tasalli berishdi. Otasi o‘layotgan paytida qattiq azob chekkan Jahon endi o‘zini bir oz tutib olgandi. U yoq-bu yoqni o‘ylay boshladi. U birdan-bir ovunchog‘ini, dardini yengillata oladigan Zirg‘omni o‘ylardi. Koshkiydi, hozir u kelib qolsa-yu, dardimga malham bo‘lsa, deb yo‘lini kutardi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 18:12:12
     Kohin: «Boshqa bir xonaga kiraylik», — deb Jahonni taklif qildi, ularning ketidan Somon ham kirib bordi. Ikkalasini yoniga o‘tqazib, bunday dedi: «Marhum birodarimiz — otangiz uchun ko‘p qayg‘urish darkor emas. U kishi taqvodor, xayr-ehsonli odam edilar. Ezgulik xudosi hamma vaqt u kishiga yordir. Biz uning ruhiga atab uch kechayu uch kunduz xushbo‘y og‘ochlardan o‘t yoqamiz. Otangizning ruhi hali bu yerni tark etmasligini, uch kundan keyingina chiqib ketishini o‘zinglar yaxshi bilasizlar. Shunday ekan, bunaqa dodlab qayg‘urishning hojati yo‘q.
     Hokim juda badavlat odam edi, vafotidan keyin xayr-ehson qilishni va qoldirgan merosini bo‘lib berishni vasiyat qildi. Uning ruhi jasadi atrofida uch kunni o‘tkazib, keyin arshi a’loga chiqadi, hur-g‘ilmonlar orasida u bilan uchrashib, qilingan xayr-sadaqalarni unga aytib beradi. Keyin abadiy ayshu farog‘atda bo‘ladi. Biz bir yilgacha uni unutmay, haqiga duo qilib turishimiz kerak. Hokim dafn marosimini qay tariqa o‘tkazishni vasiyat qilganligini ikkalangizga aytib beraman».
     Boshini yerga solib, sukut ichida kohinning gaplarini tinglayotgan, dastro‘moli bilan ko‘z yoshini peshma-pesh artib turgan. Jahon o‘z otasining vasiyati haqida gap ochgan kohinga: «Qani, otamning vasiyatlarini aytib bering», degandek qarab qo‘ydi. Kohin: «U kishi o‘z jasadini hamma odamlar qo‘yiladigan oddiy go‘ristonga qo‘yishimizni vasiyat qildi», — dedi.
     Kohin shunday deyishi bilan qiz ham, akasi Somon ham hayron bo‘lishdi va: «Bu qanday gap, oddiy go‘ristonga faqir-fuqarolar qo‘yilmaydimi, otamiz maxsus maqbaraga qo‘yilishlari lozim-ku», deyishdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 18:12:42
     Kohin: «To‘g‘ri, aslida shunday bo‘lishi kerak edi, lekin hokimning vasiyatlari shu bo‘ldi, buning sababini menga sir tariqasida aytdilaru lekin men uni sizlarga ayta olmayman», — dedi.
Jahon kohinning so‘zlariga boshqa so‘z qo‘shmay jim turgan bo‘lsa ham, Somon indamay turolmadi:
— Janob kohin, dadamizni nega umumiy qabristonga dafn qilamiz, axir u oddiy kishilar qabristoni ekanini o‘zingiz yaxshi bilasiz-ku, u yerda jasadlarni tosh ustiga qo‘yiladi, toshlardagi jasad ochiq havoda qoladi-da, yirt-qich qushlarga, vahshiy hayvonlarga yemish bo‘ladi. Ulardan ortib qolgan suyaklar bo‘lsa, quduqqa tashlanadi. Yaxshi kishilarning suyagi yomon kishilarnikiga aralashib ke-tadi.
     Somonning ko‘mish marosimi masalasida qarshilik ko‘rsatayotganidan kohin ajablandi, lekin unchalik parvo qilmay:
— Janob Afshinning huzurida otangizning qilgan vasiyatlari shu. Bir necha kundan keyin sizga o‘qib eshittiriladigan vasiyatnomada shunday deb qayd etilgan, — dedi va dafn hozirligini ko‘rishni saroy mutasaddisiga buyurdi.
     Kishilar bir necha kungacha hokimning duoyu fotihasini o‘tkazishdi. Jahon Zirg‘omning qaytishini sabrsizlik bilan kutmoqda, uning kechikkanligidan tashvishlanar, qayg‘usiga qayg‘u qo‘shilardi. Zirg‘omning bajarib keladigan ishi bir necha haftaga cho‘zilishi mumkinligi Jahonga qorong‘u edi. Oshiq kishi ko‘p besaranjom, serxavotir bo‘ladi. Negadir, Jahon akasi Somondan ilgari ko‘rmagan mehr-shafqatlarni ko‘rar, u Jahondan bir qadam ham nari siljimaydigan bo‘lib qolgandi. Jahonning xafalanganini ko‘rsa, darrov unga tasalli berardi. Jahonning Zirg‘omga ishqi tushganini Somon sezardi, lekin uning o‘ziga bu haqda aytmagan bo‘lsa ham, singlisi Zirg‘omni bot-bot eslab yurishidan xabardor edi. Shuning uchun uning haqida ko‘p gapirar va ba’zan maqtab ham qo‘yardi. Shu bilan birga, Jahonga boshqa kishilarni, xususan Bobak al-Xurramiyni ham maqtardi. Somon o‘zi muhabbat nimaligini bilmas, oshiqlarda sehrli kuch borligini tushunmas edi, lekin ularning tashvish va zaiflik sabablarini idroki bilan topardi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 18:13:12
Jahon fahm-farosatli bo‘lib, akasiga uncha ishonmasa ham, uning gapidan zavqlanardi. Sevgilisini hurmat qilgani, uning fazilatlari va dovyurakliligini maqtagani uchun Jahon Somonni yoqtiradigan,  u bilan suhbatlashadigan, uning avvalgi nuqsonlarini va yomon niyatlarini unutadigan bo‘lib qoldi.
Mana sizga muhabbat: kishining ko‘zini ko‘r, qulog‘ini kar qilib qo‘yadi. Kishi har qancha dono, har qancha aqlli bo‘lmasin, ishq changaliga tushsa, o‘sha donolik va aqlni yo‘qotib qo‘yadi. Kishi har sohada bilimdon, katta siyosatmand, zo‘r olim, o‘tkir shoir yoki ulug‘ faylasuf bo‘lishi mumkinu, ishq-muhabbat bobida yosh boladay itoatkor bo‘lib qolaveradi. Ba’zan unga xayolparastlik g‘olib chiqib, orzusiga yetishni osonlashtiradigandek tuyuladigan yoki ko‘ngliga tasalli beradigan har qanday bo‘lmag‘ur narsalarga ishonaveradigan, xurofotlarga ham ko‘ngil beraveradigan bo‘lib qoladi.
     Har bir xurofotga jonu jahdi bilan qarshi bo‘lib yuradigan ota sevimli farzandi betob bo‘lib, tabiblarning dori-darmoni kor qilmay qolganda, o‘g‘lim balki shifo toparmikan deb o‘zini folbinlar va sehrgarlarning so‘ziga ishontiradi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 22:36:57
    *  *  *

    Motam kunlari kohin bilan Afshin ta’ziya bildirib, hokim saroyiga qatnab turishdi. Somon esa otasining vasiyatini bilishga oshiqardi. Motam kunlari tugashi bilan kohin kelib alohida uyda suhbatlashmoq uchun Jahon bilan Somonni chaqirdi va cho‘ntagidan buklangan qog‘oz olib: «Mana, otalaringiz mening huzurimda janob Afshinga topshirgan vasiyatnomasi», dedi va Jahonga qarab: «Otang vasiylikni o‘z do‘sti Afshinga topshirib, to‘g‘ri ish qildi»,— dedi.
Kohin qog‘ozni ochib: «Janob Afshin bu vasiyatni sizlarga o‘qib eshitdirganimdan keyin o‘zlariga qaytarib bermog‘imni buyurdilar. Yaxshi tinglab, tushunib olinglar», — dedi-da, salmoqlab o‘qiy boshladi. Jahon jiddiyat bilan unga quloq solar, Somon esa jim o‘tirardi. Vasiyatnoma quyidagicha:
«Bu Farg‘ona hokimi Tahmozning o‘z hayotining oxirida ibodatxona boshlig‘i kohin huzurida va yaxshilik xudosining yordami bilan Ushrusana podshohi va xalifa Mu’tasimning lashkarboshisi podshoh Afshin Haydar ibn Kovusga topshirgan vasiyatnomasi. Iskandar yili... Xurdodmoh (may) oyining ikkinchi kuni.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 22:37:39
     Hokim Tahmoz o‘zidan keyin qoldirgan mol-mulk, yer-suvlarni vorislari manfaati yo‘lida shu vasiyatnomaga muvofiq tasarruf qilmoqni Ushrusana podshohi va Mu’tasimning askarboshisi Afshin Haydar ibn Kovusga topshiradi. Tahmozning qonuniy vorislari faqat ikki farzand: Somon bilan Jahondir. Tahmoz qoldirgan hamma narsalarni qizi Jahonning o‘ziga vasiyat qiladi: saroy, undagi asbob-uskunalar, yer-suv, jonli mol va imoratlar, qul va joriyalar, oltin asbob va idishlar hamda naqd pullar — shularning hammasi qizi Jahonning merosidir. Do‘stimiz Afshin ularga qarab turmog‘i va yaxshilik xudosining inoyati bilan Jahonning foydasi uchun ularni tebratib turmog‘i shart. Ammo o‘g‘lim Somon shu merosning hammasidan mahrumdir: faqat bir nav yashashi uchun yetarli narsani vasi ajratib berishi mumkin.
Somonni merosdan mahrum qilishimning sababini bu vasiyatnomada yozishni loyiq topmadim, lekin noaniq qolmasin uchun sababini kohin huzurida vasiga og‘zaki aytib qo‘ydim. Zarur vaqt kelguncha bu narsa shu ikki kishi o‘rtasida sir bo‘lib saqlanib turmog‘i kerak.
     Mana shu vasiyatim o‘z huzurimda yozildi. Uni o‘zim aytib turdim va imzom bilan tasdiqladim, unga kohin guvoh bo‘ldi. Shuning bir harfini o‘zgartirgan kishiga ellik martaba la’nat bo‘lsin. Buni aql-hushim joyidalik vaqtida, o‘z ixtiyorim bilan yozdirdim. Yana o‘lganimdan keyin jasadimni umumiy qabristonga qo‘yishlarini va u yirtqich hayvonlarga yemish bo‘lmog‘ini vasiyat qildim.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 22:38:16
     Yaxshilik xudosi bu vasiyatning ijrosiga o‘zim rahnamolik qilsin va unga muvofiq amal qilishda birodarimiz Afshinga o‘zi yordam bersin».
     Kohin vasiyatni o‘qiyotganda Somon bilan Jahon jim o‘tirishgandi. Somonni mahrum qilish degan jumlaga yetganda uning yuzlari o‘zgarib, rangi o‘chdi, lekin hammasini o‘qib bo‘lguncha sabr qilib o‘zini tutib turdi-da, keyin: «Xo‘sh, nega otam meni merosdan mahrum qiladilar, men axir yolg‘iz o‘g‘illariman-ku? Bunday gap bo‘lishi hech mumkin emas, u kishining nomi va shuhrati menda qoladi, yer-suv esa men bilan singlim Jahonga tegishlidir», — dedi.
— Vasiyatnomani ikkalangizga o‘qib berdim, undan chetga chiqib bo‘lmaydi. Har holda yana Afshinning fikriga qarash kerak. Men esa o‘z vazifamni ado etdim, endi ruxsatlaringiz bilan ibodatxonaga qaytay. Afshin o‘zi kelib vasiyatga muvofiq ish ko‘radi, davlat vasiyatni ijro etishda unga kuch bilan yordam beradi. Bolam Somon, otangning merosidan senga tegmagani uchun sabr qilishing kerak, — dedi-da, kohin shoshilib chiqib ketdi. Somon ham uni ayvonning zinapoyasigacha kuzatib qo‘ymoq uchun orqasidan chiqdi. U bilan xayrlashib, bog‘chaga tushgandan keyin Somon tishlarini g‘ijirlatib orqasidan qarab turdi-da, ichida g‘uldiradi:
— Nahs bosgan kohin! Sen bir baloni boshlab kelasan, deb qo‘rqib yurardim, seni aytib kel deb otam necha marta yuborganda paysalga solib, keyinroq kelishingga chora izlaganim ham shunday vasiyatdan qo‘rqqanim uchun edi, chunki otamning men to‘g‘rimdagi fikrini sezardim. Ha, uning mendan nega jahli chiqqanini bilaman, ammo men qilib qo‘ygan o‘sha ishni otam biladi deb o‘ylamagandim. Lekin bu ish meni meros haqimdan mahrum qilolmaydi. Janob kohin, gapingiz to‘g‘ri, ish o‘sha la’nati Afshinning qo‘lida, u pashshadan ham xira va suq. U merosga ega bo‘lish, bizni undan mahrum qilish uchun o‘zi vasi bo‘lishga intilgan bo‘lsa kerak, albatta. Eh, koshki Jahon so‘zimga kirsa edi, ikkimiz bir bo‘lib Afshinning ta’zirini berib qo‘yardik. Lekin Jahon o‘lgudek o‘zbilarmon. Ha, mayli, hammasining ta’zirini o‘zim beraman. — Somon bog‘chadan chiqib otini minib ketayotgan kohinning orqasidan qarab turib, shu gaplarni ko‘nglidan o‘tkazdi-da, keyin singlisi yoniga qaytib keldi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 22:39:11
     Afshinning vasiy bo‘lgani Jahonning o‘ziga ham og‘ir tushdi. Lekin chorasi yo‘q edi. Buning ustiga akasining merosdan mahrum qilingani yana ortiqcha. U akasiga qarab:
— Aka, xafa bo‘lmang, men hayot ekanman, sizni qiynab qo‘ymayman, akamsiz, otamning merosi badalini o‘zim boshqa yo‘l bilan to‘g‘rilayman, — dedi.
    Somon yerga qarab, bo‘ynini egib turdi, keyin ko‘zidan yosh to‘kib: «Merosdan mahrum bo‘lganim uchun emas, uning sababini bila olmaganim uchun kuyaman. Nima yomonlik qilgan ekanmanki, menga shunday muomala qilinsa?» — dedi.
Jahon akasiga tasalli berdi:
— Men ham buning sababini bilmayman, Afshindan bo‘lak hech kim bilmaydi, u yaqin orada Bag‘dodga jo‘nab ketishi kerak. Biz bu yerdamiz, mol-mulk o‘z qo‘limizda, undan o‘zimiz istagancha foydalanaveramiz.
   Bu mehribonlik uchun Somon Jahonga tashakkur aytdi. Ammo dilidagi gapni undan yashirdi. Uning merosdan mahrum bo‘lganidan Afshin bilan kohinning xabardor bo‘lishi va buning sababini bilishi Somonni qattiq tashvishga solardi. U hech narsa demay, bunga qanday chora topish kerakligini ustida fikr yuritardi. Keyin nimalarni o‘ylayotgani singlisi sezib qolmasin uchun Zirg‘om to‘g‘risida gap ochib, xayolini chalg‘itdi:
— Nimaga botir Zirg‘om kechikib qoldi? Biror muhim ish chiqib qolmasa, bunday jimjit bo‘lib ketmasdi, albatta.
— U Farg‘onadan olisroq yerda bo‘lsa kerak, agar Farg‘onaning o‘zida yoki unga yaqinroq yerda bo‘lganida boshimizga tushgan bu musibat xabari unga yetmay qolmasdi. Qaytib kelib qolsa ajab emas, — dedi Jahon.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 22:40:57
— Zirg‘om shu yerda bo‘lganida qayg‘umiz bir oz yengillashgan bo‘lardi. Men uni ko‘rsam xursand bo‘lib ketaman. U o‘z oti bilan chindan ham sherdek yigit. Hech kimga nasib bo‘lmagan olijanob xislatlarning hammasi unda bor.
     Akasining bu maqtovlaridan Jahon qattiq tashnalikdan so‘ng to‘yib suv ichgandek mamnun bo‘ldi. Akasining Zirg‘omni maqtayotgani sidqidildan emasligini bilib turgan bo‘lsa ham, har holda u sevgilisining nomini tilga olayotgani uchun shodlanardi, «akam uni yaxshi ko‘rarkan, avvallari men yanglish o‘ylab yurgan ekanman», deb jo‘rttaga o‘zini yupatardi.
Ikkovlari shunday so‘zlashib o‘tirishgan paytda Hayzuron Zirg‘omning kelganini xabar qildi.      Jahonning yuragi bir orziqib tushdi va butun g‘am-g‘ussalari unut bo‘ldi. Zirg‘om otasining ko‘ngliga yoqqanini va u hozir tirik bo‘lganda, qanchalik baxt-saodatga erishgan bo‘lishini eslab, ko‘ziga yosh oldi, lekin uni ko‘rishi bilan o‘zini bardam tutib, jilmaydi. Zirg‘om unga salom berib, ko‘ngil so‘radi. Keyin u Somonga qarab uning ham ko‘nglini so‘radi. Somon:
— Choramiz qancha, peshanada bori shu ekan, baxtimizga sen omon bo‘l, — dedi.
Jahon o‘z xonasi tomon yo‘l oldi. Safar kiyimlarini hali yechmagan Zirg‘omni o‘z xonasiga taklif qildi va: «Otam vafot etayotganlarida shu yerda bo‘lmaganingiz biz uchun qayg‘u ustiga qayg‘u bo‘ldi», — dedi.
— Iroqdan menga topshirilgan vazifani tezroq ado etay, deb uzoq yerlarga borishga majbur bo‘ldim, lekin... — dedi-yu, jim bo‘lib qoldi. Jahon:
— Ha, nima hodisa yuz berdi? — deb so‘radi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 22:41:55
    Xalifadan «Iroqqa tez qaytib kel», degan buyruq kelib qoldi.
Jahon boshini egdi va:
— Sizning ketishingiz men uchun ko‘ngilsizlik bir ish bo‘ladi... — dedi.
Zirg‘om uning so‘zini bo‘ldi:
— Men Farg‘onada qolaman, chunki yuragim, aqlim va butun vujudim shu yerda, — dedi-yu, birdan Somonning shu yerdaligi esiga tushib, xijolat bo‘ldi.
— Mayli, xijolat bo‘lmang, o‘rtamizdagi sirni akam biladilar, bu kishi sizni yaxshi ko‘radilar, mardligingizni, xulq-axloqingizni yoqtiradilar. Tap tortmay bemalol gapiravering. Sizning bu yerda qolishingiz men uchun ayni muddao. Lekin modomiki, sizni izzat qilgan va obro‘yingizni oshirgan xalif chaqirtirgan ekan, menimcha, uning yoniga bormog‘ingiz kerak. Xalifa Afshinni ham chaqirtiribdimi?
— Uni chaqirganidan xabarim yo‘q, — dedi Zirg‘om, — lekin uni ham chaqirsa kerak, deb o‘ylayman. Chunki bu urushga aloqador masala, Afshin esa bosh qo‘mondon. O‘zingiz ayting, siz shunday qayg‘uda turib, men qanday keta olaman, ko‘nglim tinchiydimi? Siz...
Somon uning gapini bo‘ldi:
— Mayli, xavotir bo‘lmang, otamiz Jahonning holidan xabar olib turishni janob Afshinga vasiyat qilganlar, — dedi-da, jahldan ko‘zlari pirpirab ketdi.  «Ey, buni chakki aytib Zirg‘omni tashvishga solib qo‘ydingiz», degandek Jahon unga bir o‘qrayib qaradi. Chunki u o‘z sevgilisiga hamma vaqt shodlikdan so‘zlardi, juda majbur bo‘lmasa, unga yoqmaydigan narsani sira tilga olmasdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 22:42:33
     Afshinning vasi bo‘lib qolganidan taajjublangan Zirg‘om, bu qanday voqea, degandek  Jahonga qaradi. Jahon: «Afshin otamning o‘rtoqlari, unga ko‘p ishonardilar. O‘zlaridan keyin mening holim nima kechishini o‘ylab, uni menga vasi, kohinni esa guvoh qilibdilar, mayli, bundan tashvishlanishning hojati yo‘q», — dedi.
     Zirg‘om yerga tikilgancha xayol surdi: «Afshin Iroqda o‘zim bilan birga, bir shaharda yashaydi. Mendan uzoqda, Farg‘onada yashaydigan boshqa kishidan ko‘ra, uning vasi bo‘lgani yaxshiroq», degan fikrga keldi. U yo‘lga chiqishga azm qildi-da, Jahonning o‘zi bilan ketishi to‘g‘risidagi ra’yini bilmoqchi bo‘lib unga qaradi. Jahon esa undan ko‘zini uzmay tikilib turardi. «Demak, Afshin o‘ziga topshirilgan vazifani bir yoqlik qilguncha bu yerda turar ekan-da. Bunda siz uchun ancha xotirjamlik bo‘ladi», — dedi Zirg‘om Jahonga qarab.
    Jahon Zirg‘omning maqsadini tushundi:
— Men bu yerda ta’ziya tugaguncha turib, keyin Bag‘dodga boraman. Otamning vafotlaridan keyin bu shaharda yashashga toqatim yo‘q. Farg‘onaliklardan men ko‘rayotgan mehr-ixlosga qaramay, o‘zimni bir begonadek his qiladigan bo‘lib qoldim. Xususan, siz ketsangiz, g‘aribligim juda ham bilinib qoladi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 22:43:41
     Ularning o‘rtasidagi gap-so‘zlarni Somon eshitayotgan bo‘lsa ham, hech nimaga tushunmasdi, chunki so‘qir qo‘lida chiroq bilan ham so‘qirligicha qolaveradi. Muhabbat unga yetib bormasdi. Shunday bo‘lsa ham ularning gapiga aralashishni o‘ziga lozim topib: «Jahon Bag‘dodga borib, onangizni ko‘rish ishtiyoqida, chunki u kishi unga sevimli do‘st va ulfat edilar», — dedi.
     Jahon akasiga gina qilgandek bir qaradi-da: «Men gapning po‘skallasini aytishni yaxshi ko‘raman. Zirg‘omga bo‘lgan muhabbatimni ochiq-oydin izhor qilishga qo‘rqadi, deb o‘ylaysiz shekilli meni. Yo‘q, muhabbat uchun hech kimni aybsitib bo‘lmaydi. Yaxshilik xudosi otamning umrlarini yana bir yil cho‘zib berganda, ish albatta biz istagancha bo‘lardi. Xo‘sh, aka, siz nima deysiz?» — dedi.
— Zirg‘omni sevishingga mutlaqo qarshi emasman. U shunga arziydigan yigit. Sen uni mendan oldin sevib qo‘yganing chakki bo‘ldi, bo‘lmasa uni yaxshi ko‘rishda sendan o‘tib ketgan bo‘lardim. Lekin unga sening muhabbating boshqa, meniki boshqa, — javob berdi Somon.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 22:44:17
    Otasining vasiyatini eshitganidan buyon Somonning ko‘ngli g‘ash bo‘lishiga qaramay, bunday hazil qilishi Jahonga yoqib tushdi, lekin u akasining makkor, hasadgo‘yligini yaxshi bilardi. Akasiga ko‘z qiri bilan bir qarab qo‘ydi va Zirg‘omga gap qotdi:
— Ketishingiz menga og‘ir tuyuladi, lekin ketmasangiz bo‘lmaydi, sal fursatda men ham ketingizdan yetib boraman...
    Somon uning gapini bo‘ldi:
— Men ham buni qog‘ozdagi qantdek asrab, sizning yoki onangizning qo‘liga olib borib topshiraman.
    Jahon so‘zini davom etdiradi:
— Dunyo — mol-mulk o‘rtamizdagi sevgiga g‘ov bo‘lib tushadi deb o‘ylamang. Jo‘nashimdan oldin sizga xat yozib ma’lum qilaman.
    U bo‘lajak qiyinchiliklarni sezib turgan bo‘lsa ham, o‘ziga-o‘zi qattiq ishonganligi uchun qat’iy qilib gapirdi. Zirg‘om o‘z istaklarini ro‘yobga chiqarmoq uchun safar qilishi zarur bo‘lsa ham, Jahon to‘sqinlik qilarmikin degan xavfda edi. Jahon uni yo‘lga chiqishga undayotganini ko‘rib, safardan voz kechdi va Farg‘onada qolishni ma’qul topdi. Lekin Jahonga nima deb javob qilishni bilmay sukut saqlab turdi. Uning ikkilanib turganini sezgan Jahon:
— Sizning bu yerda qolishingiz men uchun eng katta baxt, lekin dovyurak qo‘mondonning ishi har qanday chaqiriqqa «labbay» deb javob berishdir. Bu chaqiriq hammaga hukmi o‘tadigan xalifaning chaqirig‘i bo‘lgach, unga «xo‘p»dan bo‘lak qanday javob bo‘lishi mumkin?
Somon gapga suquldi:
— Siz xotirjam bo‘lavering, o‘zim buni olib borib, sizga omon-eson topshiraman.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 22:44:58
    Zirg‘om o‘z maqsadiga erishish uchun qat’iy kirishadigan kishilardan edi, lekin, «Jahonni qoldirib ketsam, unga og‘ir botmasmikin, birga ketamiz desam, hali ta’ziyasi tamom bo‘lgani yo‘q», degan xayolga bordi.
Jahon uni yo‘lga otlanaverishga da’vat qilganidan keyin, qat’iy fikrga keldi:
— Sizning xohishingiz shu bo‘lsa, so‘zingizdan chiqmayman, xudo xohlasa, ertaga yo‘lga chiqaman.
    Ikkalasining orasiga shu paytda suqulib o‘tirishni noqulay sezgan Somon: «Zarur ishlarim bor, shularni bajarib, keyin qaytib kelarman», deb o‘rnidan qo‘zg‘aldi. Jahon unga:
— Har safardagidek yo‘q bo‘lib ketmang, hozir ahvol nozik. Sizning saroyda bo‘lishingiz juda ham kerak, — dedi.
    Somon «xo‘p» deb apil-tapil qadam tashlab chiqib ketdi. Jahon bilan yolg‘iz qolgan Zirg‘om butun dunyoni unutdi: safarni ham, urushni ham, qo‘mondonlik, obro‘-martaba — xullas, hamma narsani miyasidan chiqarib yubordi. Shu daqiqalar yillarga cho‘zilishi, abadiy bo‘lishini istab qoldi. Hozir uning xayoliga na ovqat, na sharob, na boylik kelardi. U xayol osmonida parvoz etardi, go‘yo ikkalasining ruhi birlashib, tanaga ehtiyoj qolmagandek, yoki u tana boshqa hech narsani istamayotgandek edi. Muhabbat — ruhlar bir-birini o‘ziga tortishi va yaqinlashuvidan iborat. Jismoniy intilish, shahvat uni buzmasligi yoki kuchini bo‘lmasligi lozim. Ruhiy yaqinlashuv, birlashuv sevgining kuchiga kuch qo‘shadi. Uning boqiyligini istagan kishi — shahvatdan saqlanishi kerak. Dunyoda oshiq bilan ma’shuq bir-biriga o‘z muhabbatini izhor etishidan zo‘rroq saodat yo‘q. Jannatni tasavvur etishga qiynalgan kishilarga jannat jinsiy g‘arazlardan xoli bo‘lgan oshiq-ma’shuqlar ruhining bir-biriga yaqinlashuvidir, deyilsa to‘g‘ri bo‘ladi. Kishilar buni she’riy xayol deb hisoblaydilar, lekin bu she’riy xayol emas. Bu xayolning haqiqatga aylanganini biz hech qachon bilmadik va eshitmadik ham.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 22:45:27
    Zirg‘om bilan Jahon singari sof muhabbatli oshiq-ma’shuqning uzoq vaqt ko‘rishmay, birdan uchrashib qolishi chinakam baxt namunasi ekaniga hech shubha yo‘q. Otasining vafoti tufayli ko‘ngliga xafalik cho‘kkan Jahon bu baxtni Zirg‘omdan ko‘ra ko‘proq his etgan bo‘lsa kerak. G‘amboda yurak boshqa yuraklarga qaraganda tasalliga ehtiyoji ko‘proq, shuuri o‘tkirroq bo‘ladi.
Ular ikkalasi shirin suhbatga tushib ketishdi. Gaplari esa o‘z-o‘zlaridan nolishdan nariga o‘tmasdi. Ular borliqni unutib, suhbatlari juda cho‘zilib ketdi. Yonlariga Hayzuron kirib gaplarini bo‘lmaganda, dunyoning ishlari bularning xayoliga ham kelmagan bo‘lardi.
    Motamzadaligi yuragini siqmasin deb Hayzuron Jahonni sira yolg‘iz qoldirmasdi. Hozir ham Somon chiqib ketgandan keyin Jahon yolg‘iz qoldi shekilli, deb o‘ylab, undan xabar olgani kirgandi. Yonida Zirg‘om o‘tirganini ko‘rib, uyalib orqaga tisarildi. Jahon uni «kiravering» deb chaqirgach, kirishga majbur bo‘ldi. Bu ikki yosh guldek ochilib ketgani, ko‘zlari chaqnab turgani, bir-birlaridan ko‘z uzmay, gaplariga quloq berib o‘tirishganini ko‘rib, Hayzuron hang-mang bo‘lib qoldi. Uning kirishi bularni ogoh qildi, ruh olamidan moddiy olamga ko‘chirdi. Hayzuron Zirg‘omga salom berib, keyin Jahondan hol-ahvol so‘radi va unga nima kerakligini bilmoqchi bo‘ldi. Jahon: «Hech narsaning keragi yo‘q, lekin Zirg‘om to‘g‘risida qanday fikrdasiz?» — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 22:46:36
   Hayzuron bunday savolni kutmagani uchun esankirab qoldi:
— O‘zingga shunchalik yoqqan, munosib yigitning nimasini mendan so‘raysan? Kishilarni mendan ko‘ra o‘zing yaxshi bilasan-ku, men nima ham deyishim mumkin. Mening qo‘limdan keladigan gap «murod-maqsadinglarga yetkazsin» deb yaxshilik xudosidan iltijo qilish xolos, — dedi-da,— Somon qaerga ketdi? — deb so‘radi. Jahon: «Darrov qaytib kelaman deb saroydan chiqib ketdi, kelib qolsa ajab emas», — dedi.
     Jahon o‘rnidan turdi, Zirg‘om ham turib: «Menga qaytmoq uchun ruxsat bersangiz», — dedi. Jahon: «Sizning ketishingiz men uchun juda og‘ir, lekin...» — dedi-da, o‘zini bardam tutib: «Safaringiz xayrli bo‘lsin, xotirjam bo‘ling, sal o‘tmay men orqangizdan albatta yetib boraman. Bu yerda yashashga hech ra’yim yo‘q», — dedi.
     Shundan keyin Zirg‘om Jahon bilan xayrlashib chiqib ketdi. Saroydagi kishilar bilan Vardon uni kutib turgandi. Iroqqa jo‘nash uchun kerakli yo‘l anjomlarini tayyorlashni Zirg‘om unga buyurdi.

_______________
* Z i r g‘ o m — arabcha «sher» demakdir.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 22:47:58
    AFShIN BILAN JAHON O‘RTASIDAGI MOJARO

    Ezilgan, tinkasi qurigan Jahon katta uyga qaytib keldi. Zirg‘omni jo‘nashga undaganidan pushaymon bo‘lib, xayol daryosiga cho‘mdi. «Endi bu vasiyatnoma mashmashasidan qutulish, biror yo‘l topish uchun men aqlimni bir joyga yig‘ishim, nihoyatda ziyrak bo‘lishim kerak», derdi u.
Kun kech bo‘ldi-yu, Somondan darak bo‘lmadi. Ikkinchi kuni Jahon uyqudan barvaqt turib, sochlarini taradi, qora libosini kiyib, qora ipak chodirni ustiga tashladi. Boshiga ham qora ro‘mol o‘radi. Uning chehrasi shu qora parda ichida oydek nur sochib turardi. Lekin oyda Jahonning yuzidagi ma’no, jodu ko‘zlaridagi mehr o‘ti qayda deysiz.
    Qiz bog‘chaga kirib, o‘zini ovutmoq uchun daraxtlar orasida aylanib yurib, bir o‘rindiqqa borib xayol surib o‘tirgan edi, oqsoch yugurib kelib: «Sayidam, shu yerdamiding?» — deb so‘radi.
— Ha, o‘zi nima gap, nima bo‘ldi?
— Keldi... Afshin keldi, seni ko‘rmoqchi bo‘lyapti.
    Bu xabar Jahonni ajablantirmadi, aksincha, sevindi. Chunki Afshin kelsa, u bilan so‘zlashib, maqsadini bilib olmoqchi, otasining vasiyatidan qutulish chorasini ko‘rmoqchi edi. O‘tirgan yeridan irg‘ib turib: «U qaerda?» — deb so‘radi.
— Ayvonda, seni kutib turibdi, — javob qildi oqsoch.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 22:48:32
     Atrofini yasovullar o‘ragan podshohlardek hech narsadan tap tortmay mag‘rur odim tashlab Jahon saroyga kirib keldi, chunki u o‘zining dovyurakligiga va olijanobligiga e’timodi zo‘r edi. Oqsoch bilan hozirgi ahvol haqida mayda-chuyda gaplarni gaplashib, shiyponga chiqiladigan zinaga qadam qo‘ydi. Shiypon to‘rida o‘tirgan Afshin uni ko‘rishi bilan o‘rnidan turib, istiqboliga hozirlandi. Afshin oltmish yoshlarga yaqinlashgan bo‘lishiga qaramay, o‘zini yosh ko‘rsatish uchun soqol-mo‘ylovini bo‘yagandi. U baland bo‘yli bo‘lib, ko‘zlari katta, yuzi va bo‘yni barkashdek yassi, chakkasi tirishgan, yuz suyagi o‘ynab chiqqan bir kishi edi. Boshida gardishiga shohi salla o‘ralgan kichkina qalpoq, egnida qahva rang kamzul, uning ostidan oyog‘igacha bekitgan ishtoni ko‘rinib turardi. Kamzul ustidan beliga naqshin kamar bog‘lagan, kamarga dastasiga qimmatbaho toshlar qadalgan qilich osgan. Buning ustidan qora chakmon ham kiyib olgandi. U «men shunday mansabdor bo‘laturib senga bo‘yin egdim yoki mehribonlik qildim», degandek kibr bilan Jahonni oldiga borib qarshi oldi. Unga yaqinlasharkan, salom berib, ahvolini so‘ragan bo‘ldi va ko‘rishmoq uchun qo‘lini ham uzatdi. Jahon ham unga qo‘l berdi. Afshin Jahonning qo‘lini ancha vaqt siqib turdi. Jahonning badani seskanib ketdi-yu, shunday bo‘lishiga qaramay: «Yaxshiman, qani, o‘tiring», deb taklif qildi. Afshin Jahonning oldin o‘tirishini kutib, odob saqlagandek bo‘lib turdi. Jahon o‘tirgach, Afshin unga tikilganicha yonidagi kursiga borib o‘tirdi. Uning bunday tikilishidan niyati buzuqligini tushungan Jahon, pisand qilmagandek boshini yerga egdi. Ammo Afshin uning bu holatini azadorlikdan deb o‘yladi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 22:49:40
— Azizam, boshingga og‘ir kulfat tushdi, marhum otangning vafoti eng og‘ir musibat. U kishi bilan oramizdagi do‘stlikni o‘zing yaxshi bilarding. Shu do‘stlik tufayli o‘zidan keyin senga rahnamolik qilishni menga topshirib ketdi. Buni otang sening qadringga yetishimni yaxshi bilganlari uchun qildilar, albatta. Buni o‘zi hayotlik chog‘idayoq senga ma’lum qilgan bo‘lsa kerak? Sening donoliging va ziyrakligingga avvaldan qoyil qolganman. Buni senga otang gapirgan bo‘lsalar ham kerak.
    Afshin gapni bu tomonga burib ketayotganidan Jahon hayratda qolgan bo‘lsa ham, unga murosasozlik qildi:
— Ha, sizning do‘stligingizni, ulug‘ martaba egasi ekaningizni dadamdan ko‘p marta eshitganman. U kishi «Afshin Ushrusanada dongdor podshoh, na Farg‘onada va na Ushrusanada uning nomini, ishlarini bilmagan birorta kishi topilmaydi», derdilar.
    O‘zini bu qadar ko‘klarga ko‘targani uchun Afshin Jahonga minnatdorchilik bildirdi. So‘ng ko‘pdan buyon sir saqlab kelgan shum niyati tomon yana bir odim tashlashga jur’at etdi:
— Meni maqtashingni eshitayin deb, bu savolni berganim yo‘q. Savolimning o‘ziga javob berishingni istardim. Men uchun qanchalar qadrli ekaningni otangdan eshitmaganmisan?
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 22:50:15
    Uning ko‘nglidagi gapni, nima demoqchi bo‘layotganini Jahon payqamay qolmadi, lekin bilmagan bo‘lib:
— Unday gapni eshitganim esimda yo‘q. Meni o‘z farzandlaringiz qatorida va otamni esa akangizdek bilib, bizga yaxshilik qilyapsiz degan fikrdaman. Bu olijanobligingiz uchun sizga katta tashakkur. Arvoh xotirasini qilib, dadamning ruhini shod etayotganingiz uchun sizdan minnatdorman. Sizdan yana bir iltimosim bor, shuni ham bajo keltirsangiz, bizni juda mamnun etgan bo‘lardingiz, — dedi Jahon.
— Xo‘sh, nima ekan u iltimos?
— Mening donoligim va aqlimga o‘zingiz tahsin aytayotibsiz. Haqiqatan shunday bo‘lsam, menga vasiy bo‘lishingizning nima hojati bor edi?
— Senga vasiy bo‘lishim donoliging va aqlingga futur yetkazmaydi, — dedi Afshin ayyorona iljayib.
— Siz podshoh va bosh qo‘mondonsiz, sizning ulug‘ martabangiz va ishlaringizning ko‘pligi menga o‘xshaganlarga vaqt sarflashga imkon bermasa kerak. Bundan tashqari, siz Iroqda, men esa Farg‘onada istiqomat qilaman. Vasiylikdek og‘ir yukni zimmangizdan soqit qila qolsangiz, yaxshi ish qilgan bo‘lardingiz.
— Yo‘q, yo‘q. Men otangning vasiyatiga hech qachon xiyonat qilolmayman. Sening xizmating bo‘lgani uchun har qanday og‘irlik ham menga bilinmaydi. Xizmatingda bo‘larmikinman, deb ko‘pdan beri orzu qilib yurardim. Ammo Iroq bilan Farg‘ona orasining olisligi masalasiga kelganda bu hech gap emas: yo sen Iroqqa ko‘chib borasan, yoki men Farg‘onaga ko‘chib kelaman. Har holda ikkimiz bir yerda bo‘lishimiz kerak.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 22:50:53
Jahon uning maqsadini aniq bilib olgan bo‘lsa ham, hech narsaga aqli yetmagandek:
— Mavlono, menimcha, bunchalik bog‘lanishga zarurat bo‘lmasa kerak, — dedi.
— Meni mavlono deb atamagin, — dedi Afshin unga mehribonlik qilgandek.
— Xo‘p, bo‘lmasa, ota yoki amaki, menga bunchalik bog‘lanishning hojati yo‘q.
Afshin qoshlarini chimirib, tirjaydi va kursini Jahonning kursisiga yaqinroq surdi:
— Amaki deb chaqirishing mavlono deganingdan ham og‘irroq, nega men bilan betakalluf, bemalol gapirishavermaysan? — U cho‘ntagidan juda qimmatbaho gavhardan ishlangan marjon olib Jahonga uzatdi. Gavhar uning qo‘lida yaltirab turardi. «Men seni azizam desamu, sen meni amaki deb chaqirsang durustmi?» — dedi.
    Jahon avval yuzini teskari burdi, keyin unga bir ko‘z olaytirib qaradi-da, kursisini nariroqqa surib oldi va qo‘lini orqasiga qilib:
— Yo‘q, sayidim, menga gavharning keragi yo‘q, men azador odamman, qolaversa, bunday so‘zlarga toqatim yo‘q, — dedi.
    Jahonning bunday nafratlanishidan ajablangan Afshin: «Otang vasiy qilib tayinlagan odam bilan shunday muomala qilasanmi? Men begona odamman deb faraz qilaylik, lekin loaqal otang vasiyatini hurmat qilishing kerakmasmi?» — dedi.
Jahon bosiq ohangda, ovozini bir parda baland ko‘tarib, kinoyaomuz dedi:
— Ey podshoh, ey qo‘mondon, o‘sha vasiyatni oldin o‘zingiz hurmat qilmog‘ingiz lozim emasmidi?
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 22:51:41
    Afshin «jiloving mening qo‘limda» degandek: «Otangning vasiyati faqat shu qog‘ozdagining o‘zi deb o‘ylaysanmi? U kishi menga og‘zaki ham vasiyat qilganlar, buni albatta bajarishim kerak», — dedi.
Jahon ko‘zlari chaqnab, lablari titrab, Afshinni ezib tashlaguday bo‘ldi:
— Otam hayot bo‘lganlarida siz bu gaplarni aytishga sira ham jur’at qilmagan bo‘lardingiz.
    Afshin achchiq istehzo qilib, shunday o‘qraydiki, Jahon undan cho‘chib ketdi. Afshinning jahli chiqdi, og‘zini ko‘pirtirib o‘shqirdi:
— Yaxshi, otang hech narsa demagan bo‘lsin, lekin mening gapim senga kifoya emasmi? Men seni ziyrak, dono qiz deb o‘ylab xato qilgan ekanman. Ushrusana podshosi seni o‘ziga yaqin olib, do‘stlarcha gapirsa-yu, sen unga qo‘pollik bilan muomala qilsang yarashadimi?
Jahon ham bo‘sh kelmadi, g‘azab bilan unga bir o‘qraydi:
— Bas, shu yerda to‘xtang, ko‘p haddingizdan oshmang, o‘zingizni hadeb maqtayvermang. Sizning podshohligingiz o‘zingizga, men uchun uning bir chaqalik qiymati yo‘q.
— Sen maqsadimga tushunmaganga o‘xshaysan, hali ham tushunmadingmi? Jahon, men seni sevaman, qattiq sevaman,— dedi-yu, qizargan ko‘zlari battarroq chaqnab ketdi.
Uning shu gapini eshitgan Jahon sherdan hurkkan ohudek sakrab tushdi:
— Men sizga ishorat bilan «to‘xtang, ko‘p haddan oshmang» degan edim, quloq solmadingiz.   Juda haddan oshib ketdingiz! Endi shuni bilib qo‘yingki, menga bunaqa bema’ni gaplar aytishingizga yo‘l qo‘ymayman. Bu — sharmandalik. Soch-soqolingiz oqarib ketibdi-yu, bolalaringizdan ham kichikroq bir qizga «o‘ldim-kuydim» deyishga uyalmaysizmi?
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 22:53:02
Afshin qizarib, bir xo‘rsindi-da, tavoze qilishga, yalinishga o‘tdi:
— Ey Jahon! Muhabbat faqat yosh yigitlarda bo‘ladi, deysanmi? Menimcha, muhabbat keksalar uchun ko‘proq zarur, ular muhabbatning qadriga ko‘proq yetishadi. Kishilar xato o‘ylashadi: muhabbat yoshga qaramaydi.
    Keyin u yaxshilab o‘rnashib o‘tirib oldi-da, ko‘kragiga ishorat qilib: «Bu yurakda muhabbatning shunday zo‘r alangasi borki, hech qanday yigit ko‘kragi unga bardosh bera olmaydi. Men yigit bo‘lganman, hozir keksaydim. Sening ma’budang bilan ont ichib aytamanki, mening hozirgi muhabbatim avvalgidan ko‘ra zo‘rroq va mustahkamroq. Mana, ishonmasang ko‘r, ulug‘ podshoh, dovyurak qo‘mondon bo‘la turib ishqingda yolboryapman, o‘zimni oyoqlaring ostiga tashlayapman», — dedi-da, qizning oyog‘iga yiqilib, gapida davom etdi:
— Agar menga xo‘p desang, baxt-saodating yo‘lida jon fido etuvchi oshiqi beqaroring bo‘laman, o‘zing esa Ikki Iroq*, Fors, Xuroson, Ushrusana va Farg‘onada aytganing aytgan, deganing degan malika bo‘lasan. Yo‘q desang, o‘jarligingni qo‘ymasang...
    Jahon «odam bo‘lmay o‘l» degandek aftiga tikilib turdi-da, uning gapini bo‘lib, keskin gapirdi: «Turing, ey Haydar, turing, Kovusning o‘g‘li, turing, ey Ushrusana podshosi, o‘pkangizni bosib oling, gapingizni o‘ylab gapiring! Qilgan bu noma’qulchiligingizni men kechiraman, boshqalarga yoyib yurmayman. Meni odamlar: «Afshindan ko‘ra aqlliroq ekan, o‘zini tuta bilarkan», deb yursa, siz uchun yaxshi bo‘lmaydi».
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 22:53:39
Jahonning bu gaplari Afshinning yuragiga o‘qdek qadaldi. U tishlarini g‘ijirlatib, o‘rnidan turdi:
— Sen o‘z o‘jarliging bilan meni tiriklay o‘ldirding. Meni aytganini qila olmaydi deb o‘ylama. Hali ham kech emas. «Sen uchun baxt-saodat eshigini lang ochib beraman», degan taklifimni yaxshilab o‘ylab ko‘r, nodon kishilar ishini qilma. Shuni yaxshi bilki, sening o‘zing ham, butun mol-mulking ham mening qo‘limda. Agar so‘zimga unasang, aytganimni qilsang, o‘zim ham, hamma topgan-tutganlarim ham seniki.
    Jahonning jahli chiqib, butun vujudi o‘t bo‘lib yondi. Afshinni battarroq koyimoqchi bo‘ldi-yu, lekin o‘ylab qoldi: har qalay u podshoh, qo‘lida askar-anjomlari bor, xususan u otasi belgilab ketgan vasiy. Unga bas kelolmasligini, agar u yomonlikka ko‘chsa, na hokim va na amir o‘zining tomoni bo‘la olmasligini tushundi. Buning dastidan faqat xalifalik poytaxti Bag‘dodda xalifaga shikoyat qilish va shu yo‘l bilangina qutulish mumkin. Faqat xalifagina Jahonning shikoyatiga quloq solib, Afshinning tanobini tortib qo‘yishi mumkin edi.
    Jahon endi boshqa bir tadbir ko‘rish lozim ekanligini o‘yladi. Zo‘r irodasi bilan o‘zini mahkam tutib, yumshoq ohangda dedi: «Siz gapirgan gaplaringizni o‘ylab ko‘rishimga fursat bering. Mening aytganlarimni siz ham o‘ylab ko‘rishingizga vaqt beraman. Ikkimiz ham obdan o‘ylashib ko‘rib, keyin bir bitimga kelamiz. Sizning bu gaplaringizni sir tutishga, boshqalarga oshkor qilmaslikka tirishaman. Ha, Afshin hokimning do‘sti va vasiyi bo‘la turib, qizning sha’niga shunday gaplarni aytibdimi?» — deydigan kishilar malomatidan sizni saqlashim kerak. Mening shu taklifimni qabul qilasizmi, yo‘qmi? Qabul qilmaydigan bo‘lsangiz, u vaqtda beodoblik va sharmsizlikni mendan ko‘rasiz. Bu ojiz qizning qo‘lidan nima kelardi deb o‘ylamang, janob!»
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 22:54:38
    Qizning zo‘r jasorat egasi ekaniga yana bir marta ishonch hosil qilgan Afshin uning yuziga qarashga ham yuragi dov bermadi. G‘azabdan Jahonning ko‘zlari yana ham qattiqroq chaqnab ketdi. Jahonning gaplari Afshinning miyasiga yashin tushgandek ta’sir qildi:
— Sen ojiz qiz emassan, men ham aqldan toygan kishilardan emasman. Lekin sen boshqalarga o‘xshab muhabbat faqat yoshlarga yarashadi, deb o‘ylaysan. Men esa keksalar ishq yo‘lida yoshlardan ham sobitroq ekanini senga amalda ko‘rsatib beraman. Men sevgilisi yo‘lida hamma bor-yo‘g‘ini, hatto hayotini ham qurbon qilib yuboradigan kishiman. Qani, qaysi yigit shunday qila oladi? Ular yengil tabiatlilik tufayli, ko‘ziga qon to‘lganlik tufayli muhabbat qo‘yadilar. Yoshlar muhabbatda barqaror turolmaydi, o‘z mahbubasiga keragicha vafo qilolmaydi. Endi sen gaplarimni o‘ylab ko‘rish uchun muhlat so‘rayapsan. Xo‘p, muhlat beraman, ehtimol, shu asnoda aql-hushingni yig‘ishtirib olarsan. Birodarim — otangning ta’ziyasi ham hali tugagani yo‘q, unga qadar mening umidim yuzaga chiqib qolar. Mening xayrixohligimni ochiq bilganingdan keyin gaplarim xususida asta-sekin fikr yuritib ko‘rarsan, albatta.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 22:55:12
    Afshinning balandparvoz orzusi haqidagi uzundan-uzoq gaplarini eshitib bo‘lib, Jahon bosiq, lekin qat’iy ohangda dedi:
— Mening ishonchli vasiyim sifatida quloq berishingiz kerak bo‘lgan bitta gapim bor: vasiylik vazifangizni ado qilish uchun saroy va saroy ahllari ishini tartibga solish ustida hech bosh qotirib ko‘rdingizmi?
— Ha, hamma ishlarni o‘rinlatib qo‘ydim, dehqonlar dalada ishlashyapti, saroy boshlig‘i saroy ishlarini bajarib turibdi. O‘zim esa sening mol-mulkingni o‘zingdan ko‘ra ham yaxshiroq tejab-tergab, muhofaza qilib turibman,— dedi Afshin. Keyin hamon qo‘lida turgan bezagini ko‘z-ko‘z qilib, — Buni olmading-a, ola qol, — dedi.
Jahon achchig‘i kelib undan betini o‘girdi:
— Bugungi uchrashuvimizni eslatadigan hech bir narsani qabul qilgim yo‘q, ilojini topsam, xonadagi shu holatimizning shohidi bo‘layotgan yoki shu so‘zlarni eshitayotgan hamma narsani bu yerdan chiqarib tashlar, yo‘qotib yuborar edim. Otamdan qolgan meros ustida bosh qotirayotganingiz, ularni tejab-tergab turganingiz uchun sizga tashakkur aytishga ruxsat etsangiz. Otamning do‘stlari va oilalarini ishonib ketgan kishilari bo‘lmish Afshindan men shuni kutgan edim, albatta. Endi akam Somonni nima uchun merosdan mahrum qilganlaringizni bilsam bo‘ladimi?
    Hech narsani nazar-pisand qilmay, o‘zini ustun tutib shartta-shartta gapirayotgan Jahon oldida dovdirab qolganiga qaramay, Afshin nafasini ichiga yutib: «Sen menga go‘yo vazifasini uddalay olmayotgan kishidek tergov qilyapsan. Menga Somonning merosdan mahrum qilinishini sir saqlash vazifasi yuklangan. Agar ma’shuqa o‘z oshig‘iga savol bergandek qilib so‘rasang, hamma narsani aytib berishga tayyorman», — dedi.
— Vasiyatga amal qilavering, muhabbat, oshiq-ma’shuq degan gaplarni yig‘ishtiring! — kesatdi Jahon.
Afshinni ter bosib, hang-mang bo‘lib qoldi. Boshqa biror so‘z aytishga yuragi dov bermadi. U «ketishim kerak», deb o‘rnidan qo‘zg‘aldi. Qizni sira ham rozi qila olmasligiga aqli yetib, mag‘lublarcha xonadan chiqib ketdi. «Afshin Jahondan mag‘lub bo‘libdi» degan malomatdan cho‘chidi-da, eshik oldiga borganda: «Xo‘p, mayli, sen bilan keyin gaplashaman», — deb qo‘ydi.

_________________
* Ikki Iroq deb Ajam (Fors) Iroqi va Arab Iroqini aytishadi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 22:58:27
     XALIFA MU’TASIM VA SURRA MAN RAO SHAHRI

     Xonadan chiqib ketayotgan Afshinning orqasidan Jahon tik turganicha qarab turdi. Keyin u devordagi pardaga tikilgan suratga ko‘z tashladi-da, chuqur xo‘rsindi. Og‘ir mehnatni bajargan kishidek bo‘g‘in-bo‘g‘ini bo‘shashib ketdi, o‘zini kursiga tashladi. Tevarak-atrofiga qarab o‘z-o‘zicha: «Ey Jahon, ey Farg‘ona malagi! Boshingga ne kulfatlar tushdi-ya? Otang vafot etdilar. Uning ustiga sevgilingning Iroqqa jo‘nab ketishi-chi? Xayr, mayli, Zirg‘om bu nodon cholning, behayo podshoh va mutakabbir qo‘mondon Afshinning yaramas niyatlarini bilmay ketgani yaxshi bo‘ldi. U battol chol surayyo yulduziday Jahonga xomtama bo‘lib yuribdi-ya. Men unga «ko‘nglim Zirg‘omda, sen laqillab yurma», deb nega aytib qo‘ya qolmadim? Yo‘q, agar aytganimda u bechorani ham tashvishga solib qo‘ygan bo‘lardim, albatta. Oh, sevgilim Zirg‘om, qaerdasan? — dedi-da, uning uzoq yurtlarga ketib qolganini eslab, to‘satdan yig‘lay boshladi. Yig‘layotganimni birov eshitib qolmasin deb ovozini pasaytirib, ko‘z yoshlarini daryo qilib oqizdi. U o‘zini unutib, alamini yig‘idan olar, o‘ksinib-o‘ksinib yig‘lardi. Shu holatda ekan, tapillab o‘zi tomonga kelayotgan oyoq tovushini eshitib qoldi. O‘zini yig‘ishtirib oldi. Qarasa oqsochi — Hayzuron qo‘rqib ketgan, yugurganicha ikki qo‘lini ochib, quchib olgudek bo‘lib kirib kelyapti. Ojizlik qilganidan xijolat tortgan Jahon uning quchog‘iga o‘zini tashladi. Hayzuron gap boshladi:
— Ha, qizim, sayidam, senga nima bo‘ldi, biron yering og‘riyaptimi?
— Onajon, — dedi Jahon ko‘z yoshini artib, — nega yig‘lashimdan ajablanasiz. Kuni kecha mehribon otamdan judo bo‘lgan bo‘lsam. U kishidan ayrilib qolishimdan ham og‘ir musibat bormi? — Hayzuron Jahon bilan Afshin o‘rtasidagi mojaroni garchi eshitmagan bo‘lsa ham, Afshin chiqib ketayotgandagi vajohatini ko‘rib, ancha-muncha narsani fahmlagan edi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:03:09
— Qizim, to‘g‘ri aytasan, janob hokimning vafotlari chindan ham og‘ir musibat bo‘ldi. Ayniqsa o‘zlaridan keyin Afshinday kishining vasiy bo‘lib qolishi musibat ustiga musibat bo‘ldi, — U Jahonni quchoqlab o‘pdi va:
— Qizim, nima uchun yig‘layotganingni bilaman, xafa bo‘lma, men sening uchun jonimni qurbon qilaman. Faqat men emas, butun saroy ahli, farg‘onaliklarning hammasi sen uchun o‘zlarini fido qilishadi, — dedi.
    Jahon Hayzuronning quchog‘idan sekin o‘zini oldi-yu, «qani, o‘tiring» deganday imo qilib yonidan joy ko‘rsatdi. Hayzuron suq bilan Jahonga tikilganicha u ko‘rsatgan yerga o‘tirdi. Jahonning yuzidagi umidsizlik, xafalik alomatlari o‘rnini jiddiylik alomatlari egalladi. Lekin u hamon jim o‘tirar, nimanidir o‘ylayotgani ko‘zlari va manglayidan ko‘rinib turardi. Uning sukuti uzoqqa cho‘zildi. Hayzuron esa qulog‘ini ding qilib «sayidam nima der ekan», deb kutib turardi. Axiyri Jahon shartta o‘rnidan turdi-da, Hayzuronga jiddiy boqib:
— Hozirdan boshlab menga bu yurt harom, — dedi.
Undan bunday gapni eshitgan Hayzuron o‘takasi yorilguday bo‘lib, sakrab o‘rnidan turdi.
— Nima deyapsan, qizim?
— Bu saroyni hozir tashlab chiqib ketishim kerak.
— Qaerga? Hamma mol-mulking shu yerda bo‘lsa, o‘sgan-ungan yurtingdan qaerga ketmoqchisan, ularni kimga tashlab ketasan? — qo‘rqa-pisa so‘radi oqsoch.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:03:39
— Ularni tamagirlarga — Afshinga, kohinga qoldirib ketaman.
Hayzuronning yuzi bo‘zarib ketdi.
— Qanday qilib bu yerni tashlab ketasan, butun boyliging shu yerda, o‘zing esa aytganing aytgan, deganing degan sayidasan.
— Boylikning ham, hukmfarmonlikning ham menga keragi yo‘q, — dedi Jahon qat’iy va keskin tusda. Zirg‘omdan uzoqdaligi tufayli Afshin o‘ziga ko‘z olaytirishidan qo‘rqayotganini aytmoqchi bo‘lganini payqagan Hayzuron uni yupatishga tushdi:
— U senga yomon niyatda bo‘lsa, sadqai sar. Parvo qilma. Sen o‘z saroyingda malikasan, bu yerdan seni chiqarishga kimning haddi bor?
— Yo‘q, u mening shu yerda qolishimni istayapti, men o‘zim ketmoqchiman, — dedi Jahon unga qayrilib.
— Jon qizim, qanday qilib ketasan, qaerga borasan? Qani, ayt-chi?
Jahon boshini egib turib: «Ketaman dedim, ketaman. Boshqa gap yo‘q. Siz bu yerda qolishingiz kerak» — dedi.
Ko‘ziga jiq-jiq yosh olib Hayzuron uning gapini bo‘ldi:
— Men bu yerda nega qolarkanman? Sensiz men bu yerda nima qilardim, qizim. Sen qaerda bo‘lsang, men ham o‘sha yerda bo‘laman, faqat qaerga borishingni bilmoqchiman, xolos.
— Iroqqa.
— Qizim, bu gap aytishga oson, ammo uni amalga oshirish qiyin. Biz bilan Iroq orasi qancha yo‘lligini bilasanmi o‘zing?
— Bilmayman, lekin so‘zim bir, ketaman dedimmi, ketaman.
Hayzuron ohista uni yupatishga tushdi:
— Sen aqlli va dono qizsan, o‘ylamay bir ishni qilmaysan, albatta. Biz bilan Iroq orasi bir necha oylik yo‘l. Bu yo‘lning ko‘p qismi xatarli sahro va biyobonlardan iborat. Qaroqchi va yo‘lto‘sarlar ko‘pligi uchun u yerlarda faqat qurol-yaroqli soqchilar kuzatuvida, ko‘pchilik bo‘lib yurish mumkin, xolos.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:04:00
Jahon o‘z so‘zida qattiq turib oldi:
— Bo‘lganicha bo‘lar, Iroqqa ketishim muqarrar.
— Sayidam, oppoq qizim, o‘zing yaxshilab o‘ylab ko‘r. Yosh joningga rahming kelsin, ko‘ra-bila turib o‘zingni halokatga otma! Iroqqa bormoqchi bo‘lgan odam qo‘rqinchli dasht-sahrolarni kesib o‘tishi kerak. U yerlarda turkman va boshqa qabilalarning qaroqchilari ko‘p bo‘ladi. Ular ko‘pincha Xuroson va Eronga ketayotgan savdogarlar yo‘lini to‘sib, mollarini tortib oladilar, o‘zlarini o‘ldiradilar ham. Shunday yo‘ldan qanday qilib yolg‘iz bora olasan? — dedi unga yolvorib Hayzuron.
— Mayli, qismatda bitilgani bo‘ladi, odamlar boradigan yerga men ham bora olaman. Borish uchun kerakli hamma tadbirni ko‘raman.
Hayzuron Jahonni bu niyatidan qaytarish mumkin emasligini angladi:
— Sen Afshinning betini ko‘rmaslik uchun Iroqqa ketmoqchiga o‘xshaysan. Axir uning istiqomat qiladigan joyi Iroq-ku. Iroqda uning nufuzi hamma yerdagidan ko‘proq emasmi?
— Iroqqa yetib olsam, undan tap tortadigan yerim qolmaydi. Xalif o‘sha yerda turadi. Uning hukmi Afshinnikidan zo‘rroq bo‘lsa kerak, albatta. Bundan tashqari Zirg‘omim ham o‘sha yerda-ku, — dedi-da, Jahon bir oz tin olgach, yana so‘zida davom etdi, — men Zirg‘omdan yordam talab qilmoqchi emasman, lekin haqiqatga quloq solinadigan bir mamlakatda u ahmoq chol bilan gaplashib qo‘ymoqchiman. U o‘z askarlari bilan bu yerda mendan g‘olib chiqishi mumkin, ammo Bag‘dodda buning uddasidan chiqa olmaydi. Endi siz meni bu niyatdan qaytaraman deb bekorga urinmay qo‘ya qoling!
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:04:28
    Jahon eshik tomon qadam tashladi. Qattiq sarosimada qolgan, yig‘idan o‘zini bosa olmagan Hayzuron ham hiqillay-hiqillay uning orqasidan ergashdi.
    Jahon u yoq-bu yoqqa qaramay, yugurgancha o‘z xonasiga kirdi. Uning chehrasida shijoat va xotirjamlik sezilardi. Yana gap qo‘shishga yoki orqasidan kirib boraverishga jur’at qilmay Hayzuron qadamini sekinlatdi. Ichkaridan turib uni Jahon chaqirdi. «Labbay» deb ichkariga kirgan Hayzuron qizning g‘alati bir holatda karavoti ustida o‘tirganini ko‘rdi. Bir tomondan uning chehrasida jiddiyat — aniq niyat belgilari, ikkinchi tomondan esa, andak sarosimalik nishonalari ayon bo‘lib turardi. U kirishi bilan Jahon: «Somon hali ham qaytib kelgani yo‘qmi?» deb so‘radi. Hayzuron ohista javob qildi:
— Yo‘q, sayidam, bugun ertalabdan buyon ko‘rganim yo‘q.
Jahon boshini bir silkib qo‘ydi-da, «keling, ona, yonimda o‘tiring», deb oqsochni taklif qildi.
Hayzuron uning yuziga qarashga iymanib turardi. Sekin yoniga o‘tirdi. Jahon gap boshladi:
— Mening safarga chiqishim sababini hech kim bilmasin, buni sir saqlang, saroy mutasaddisi Mehtarga mol-mulk, ekin-tikinlarimizdan xabardor bo‘lib turishni topshiring. So‘raganlarga: «Yaqin bir shaharga ketyapmiz», — deb qo‘ya qoling.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:04:53
— Xo‘p, sayidam, buyrug‘ingni albatta bajaraman. Yo‘lga qachon chiqamiz?
— Yaqin fursatda, ta’ziya marosimi tugashini kutmasdanoq jo‘naymiz. Qaysi kuni yo‘lga chiqishimizni keyinroq aytaman. Safarimiz juda olis. Shuning uchun olib ketiladigan barcha safar anjomlarini taxt qilib qo‘yishingizni o‘tinib so‘rayman.
    Hayzuron qabul ishoratini qilib boshini qimirlatib qo‘ydi. Jahonning qasd qilgan ishidan sira qaytmasligini u yaxshi bilar va buni ko‘p tajribadan o‘tkazgan edi. Shuning uchun ertagacha sabr qilishni ma’qul ko‘rib, oraga boshqa so‘z qo‘shmadi. Bir oz sukutdan keyin qizning o‘zini yolg‘iz qoldirib chiqib ketdi.
    Bu uzoq safarda Somonning ham hamroh bo‘lishiga ehtiyoj borligi uchun Jahon butun kunni shu haqda fikr yurgizib kech qildi. Bunday safarga Somon jon-jon deb chiqishini Jahon yaxshi bilardi. Ertasiga ertalab Jahon uyqudan uyg‘onishi bilanoq Somonning eshigini qoqdi. Dabdurustdan unga: «Shunchalik beg‘am bo‘ladimi kishi. Qaerlarda qolib ketdingiz axir, aka?» — deb gina qila boshladi. «Bir kungina ko‘zingga ko‘rinmasam shunchalik vaximaga tushasanmi, oylab yo‘q bo‘lib ketsam nima qilarding?» — dedi Somon. «Nima gap, biror yoqqa ketish niyatidamisiz?» — so‘radi qiz.
— Shu shaharda men butun baxt-iqbolimdan ajralgan bo‘lsam, endi bu yerda istiqomat qilib nima maza topardim. O‘z yerimda, ona yurtimda, hatto o‘z oilamda xor-zor bo‘lib yurishimdan nima foyda. Sen saroyu, mol-mulku hamma narsaga vorissan. Bu yerda ayshu ishratingni surib yuraver. Meni o‘z holimga qo‘y, boshim oqqan tomonga ketay, — dedi Somon o‘zini mungli qilib ko‘rsatib. Bu gapni u qanday niyatda aytayotgani Jahonga sir emasdi. Lekin akasining «safarga chiqaman» deganining o‘zi Jahonga yo‘l ochib berdi: «Ikkimiz birga safarga chiqsak, nima deysiz?»
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:05:33
— Xo‘sh, senda ham safarga chiqish niyati bormi? — dedi somon.
— Ha, bo‘lmasa-chi?
— Sening biror yoqqa borishingga hech bir hojat yo‘q. Ammo Iroqqa boradigan bo‘lsang, unda boshqa gap. U yerda sevgiling Zirg‘om yashaydi.
— Ha, men Iroqqa bormoqchiman, siz o‘zingiz-chi? — so‘radi Jahon.
— Yaxshi uqib olginki, — dedi Somon, — bunday safarning o‘zi bo‘lmaydi. Unga ko‘p tayyorgarlik ko‘rish lozim. Yo‘l olis va qo‘rqinchli bo‘lgani uchun biror qofilaga qo‘shilib borishimiz kerak.
— Mayli, nima chora ko‘rish lozim bo‘lsa, shuni ko‘ring, lekin tezroq harakat qiling.
    Somonning yuziga qon yugurdi. U ko‘pdan o‘ylab yurgan maqsadiga erishmoq uchun Jahondan shunday ruxsat olish payida edi. Afshindan qochib safarga chiqishga Jahon bunchalik oshiqmaganda, akasining g‘arazini bilib qolgan bo‘lardi. Lekin u Afshindan tezroq qutulish maqsadida o‘sha g‘arazga e’tibor bermadi hisob. Akasiga safar tadorigini ko‘rishni topshirib, o‘zi ham Hayzuron bilan unga bildirmay tayyorlana boshladi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:06:03
      *  *  *

     Xalifa Mu’tasim Bag‘dodni qo‘yib, turkiy va boshqa xalqlarni joylashtirish uchun undan ellik mil (150 km.) nariroqqa Surra man rao (Kim ko‘rsa xursand bo‘ladi)* nomli shaharcha bunyod qildi. U abbosiy xalifalarning ikkinchi shahri hisoblanadigan bo‘ldi. Mu’tasim u shaharni dahalarga bo‘lib, dahalarni turli yurtlardan keltirilgan askarlar uchun alohida-alohida qilib ajratib berdi. Ularning ba’zilari samarqandlik turklar, ba’zilari Far-g‘onadan, ba’zilari esa Ushrusana va boshqa joylardan keltirilgan yigitlar edi. Xalifa har bir toifa uchun maxsus qo‘mondon belgiladi. Ularning mashhurlari esa Ushrusana shahzodalaridan bo‘lgan Afshin, avval Mu’tasim qo‘mondonlaridan bittasining quli bo‘lib, keyin ozod qilinib, qo‘mondonlikka ko‘tarilgan Ashnos, yana Itox va Sumo degan sarkardalar ediki, keyingi ikkitasi ham ilgari qul bo‘lishgan.
     Mu’tasim Surra man raoni bino qilish oldidan me’morlarni, binokor ustalarni, mardikor, duradgor, temirchi va boshqa hunarmandlarni chaqirtirgandi. G‘isht, yog‘och kabilarni Basra, Bag‘dod, Antokiya* va Shomning boshqa chekkalaridan, marmar toshni esa Loziqiya*dan keltirgan edi.
     Mu’tasim o‘zi uchun shaharning o‘rtasida qasr qurdirdi. Uning yonida esa katta masjid jome bunyod qilib, masjid tevaragida bozor barpo etdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:06:53
     Mansurning* Bag‘dodni qurishdagi tartibiga amal qilib, bozorda har bir kasb egalari uchun alohida rasta ajratdi. Xalifa qo‘mondonlar uchun o‘z qasridan, kishilar xonadonlari va rastadan uzoqroqdan maxsus joylar ajratdi. Ashnosni shaharning narigi chekkasiga — shimoliy tomoniga va qasrdan bir necha chaqirim nariroqqa joylashtirdi. U yerni Bag‘dod — Karxiga o‘xshatib Karx deb nom qo‘ydi. Afshinni esa janub tomonda al-Matira nomli joyga o‘rnashtirdi. U ham xalifa qasridan bir necha mil uzoqda edi. Farg‘onaliklar uchun boshqalarnikidan ko‘ra yaxshiroq joydan yer ajratdi. Turklar, xurosonliklar va mag‘ribliklar uchun ham alohida-alohida yerlar ajrattirib berdi. U hamma qo‘mondonlariga o‘z odamlari uchun masjid va bozorlar bino qilishni buyurdi. Dajla daryosining oqar tomoniga qaragan katta ko‘chalar chiqardi. O‘sha ko‘chalar kesib o‘tadigan kichik va boshi berk tor ko‘chalar ham qurdirdi. Al-Matiraning shimol tomonidan Dajla bo‘ylab Karxga boradigan ko‘cha markaziy ko‘cha edi. Kishilar uchun ajratilgan turar joylar esa ana shu katta ko‘chaning o‘ng va chap tomonlarida joylashgan bo‘lib, Dajlaga boradigan kichik va tor ko‘chalar unga yopishgandi. Moliya idorasi, Mu’tasimning qasri, masjid va qul bozori ham shu ko‘chada edi. Bu ko‘chaning qarshisida Abu Hamd nomli yana bir ko‘cha chiqarilgandi. Mu’tasim Dajla daryosi ustiga sharqiy qirg‘oqdan g‘arb tomonga o‘tadigan ko‘prik qurdirdi va daryoning u tomonida imoratlar bino qilib, daraxtlar o‘tqazdi, quduqlar qazdirdi. Har bir mamlakatdan turli ustalarni, masalan, Misrdan suv inshooti mutaxassislarini, qog‘oz ishlash ustalarini, Basradan esa chinni va sopol ishlash ustalarini oilalari bilan ko‘chirtirib keldi. Binolarning hammasi bir necha qavatli bo‘lib, atrofi bog‘-bo‘stonlarga aylantirilgandi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:07:22
    Mu’tasim Surra man rao degan shunday shahar qurganini eshitib, oldi-sotdi qilmoq uchun atrof-tevarakdan kishilar yog‘ilib kela boshladi.
    Mu’tasimdan keyin xalifa bo‘lgan al-Vosiq*, al-Mutavakkil* va boshqalar bu shaharni kengaytirib,  katta binolarni yana ham ko‘paytirdilar.
    Farg‘onaliklar uchun qurilgan binolar orasida Mu’tasimning saroyi yoniga eshigi Dajla tomonga qaragan bir bog‘cha, ichida uncha katta bo‘lmagan bir imorat turardi. Uning yonida ikki dona xurmo daraxti qad ko‘targan. Somurroda yashovchilar bu uy kimga qarashli ekanini bilishmasdi. Chunki unda bozorga chiqib ro‘zg‘orga kerakli narsalar olib keladigan xizmatkorlardan bo‘lak kishini ko‘rishmasdi. Qo‘mondonlar esa bu Zirg‘omning hovlisi ekanini bilishardi. Ular o‘zlariga o‘xshab katta hashamatli uy qurmagan, har xil xizmatchi va cho‘rilar saqlamagan Zirg‘omning dunyo lazzatlariga — aysh-ishrat, zeb-ziynatga e’tibor bermasligidan ajablanishardi. Ular bu yerda Zirg‘om yolg‘iz o‘zi yashaydi deb ham o‘ylashardi. Zirg‘om Farg‘onaga ketmasdan burun ba’zi qo‘mondonlar bu uyga kelib turishardi ham. Ammo u safarga ketganidan keyin hech kim bu dargohga qadam bosmay qo‘ydi. Chunki uyda Zirg‘omning ko‘zlari ojiz bo‘lib qolgan qari onasi va Mas’uda nomli bir cho‘ridan bo‘lak hech kim ko‘rinmasdi.

____________________
* Bu shahar Somuro deb ham yuritiladi.
* A n t o k i ya — Antioxiya shahri.
* L o z i q i ya — Laodikiya shahri.
* M a n s u r — abbosiylar xalifasi (754—775). Bag‘dod shahrini qurdirgan.
* A l-V o s i q — abbosiylar xalifasi (842—847).
* A l-M u t a v a k k i l — abbosiylar xalifasi (847—861).
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:08:04
     ZIRG‘OMNING ONASI

     Zirg‘omning onasi — Oftob hali qarimasdan oldin, Iroqqa borishdan burunoq ko‘zi ojiz bo‘lib qolgandi. Farg‘onaliklar ham Somurrodagilar kabi Oftobning o‘tmishidan xabarsiz edilar. Xonadonida uzoq vaqt yashaganligiga qaramay, hokim Tahmozning o‘zi ham uning kimligini bilmagandi. Oftob o‘zining asli kim bo‘lganini hatto o‘g‘li Zirg‘omdan ham sir tutib kelardi. Zirg‘om «mening otam kim edilar?» deb so‘ragandi, u: «Otang musulmon askarlaridan bittasi bo‘lib, janglardan birida shahid bo‘lganlar. Men hayotimning so‘nggi nafaslarigacha u kishining xotirasi uchun qora kiyib, motamda o‘tkazishga ahd qilganman», der edi. Har safar Zirg‘om otasi haqida surishtirarkan, onasi shundan nari o‘tmasdi. Lekin Zirg‘omni bu gaplarning o‘zi qanoatlantirmay yurardi. U kunlarning birida: «Rostini aytib bermasangiz qo‘ymayman», deb onasini qistadi. Ona bu gapni yana keyinga surdi. Zirg‘om unga qachon shu va’dasini eslatsa, onasi javobni boshqa vaqtga qoldiraverardi.
     Zirg‘om yoshligini Farg‘onada o‘tkazdi. O‘zi tengi yigitlar qatori askarlikka kirish yoki tirikchilik o‘tadigan biror ishning payidan bo‘lish uchun Iroqqa borishni onasidan maslahat so‘rasa, onasi rozilik bermasdi. Oxiri borib unga ruxsat berdi va ona-bola birgalikda Iroqqa ko‘chib, Somurroda yashab turishdi. Zirg‘omning uquvli, pishiq-puxta yigitligi nazarga tushib, avval askarlikka, undan keyin soqchilar boshlig‘i martabasiga ko‘tarildi. U qachon otasi haqida so‘ramasin, onasi har safar «keyinroq aytaman», deb bir xil javob qaytarardi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:08:51
    Zirg‘om oxirgi marta hukumat topshirig‘i bilan Farg‘onaga bormoqchi ekanini aytib, undan ruxsat so‘raganda, onasi tezda qaytib kelish shartini qo‘yib, rozilik berdi. Ona cho‘risi Mas’uda bilan o‘z saroyida yolg‘iz qoldi.
    Oftob butun kunini uyda o‘tkazar, boqchaga ahyon-ahyonda chiqardi. Joriya Mas’uda esa qo‘lidan kelgancha uni ovutish-yupatishga harakat qilardi. U bir necha yildan beri Oftobning xizmatida edi-yu, lekin o‘z bekasining ko‘ngli ochilib, kulib turganini biror marta ham ko‘rmagandi. Oftobning bu qadar ma’yus va parishonholligidan boshqalar kabi Mas’uda ham hayron edi, sababini sira tushuna olmasdi. Shunga qaramay, u Oftobning muloyimligi va kamsuxanligi uchun juda ham sevar, hurmat qilar edi.
    Oftob keksaygan, ko‘zi ojiz bo‘lsa ham, ko‘rkam va yoqimtoy ayol edi. Uning yuzlarida yoshlikdagi mislsiz husnning izlari qolgandi. Boshidan ko‘p og‘ir kunlar kechganiga qaramay, uning barvastaligi, salobati, xushtabiatligi saqlanib qolgan edi. Cho‘risi Mas’uda Oftobning ko‘nglini ko‘tarish uchun har xil voqealardan gapirib berib o‘tirardi. Uning xalif Mu’tasim to‘g‘risidagi hikoyalarga ko‘proq moyilligini, xususan, o‘g‘li soqchilar boshlig‘i bo‘lganidan keyingi voqealarga qiziqib quloq solishini Mas’uda sezardi. Lekin gapirmas, onda-sonda xo‘rsinib: «Bolaginam Zirg‘om qachon kelarkin, juda olislab ketdi», deb qo‘yardi xolos.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:09:59
     «Zirg‘om kaytib kelyapti», degan xushxabarni birinchi bo‘lib Mas’uda eshitdi. Onasi yo‘liga intizor bo‘lib o‘tirganini bilgan Zirg‘om o‘zidan oldinroq elchisini yuborgan edi. Elchi kelib Mas’udaga Zirg‘omning kelayotganini xabar qilish bilan, Mas’uda yugurib sayidasi Oftob oldiga chopdi. Oftob uning yuzini ko‘ra olsa, albatta, qizning chehrasida shodlik alomatlarini payqagan bo‘lardi. Ona bechorani biror xastalik yoki tabiiy nuqson emas, balki zamonaning jabr-sitamlari  ko‘rish ne’matidan mahrum qilgandi. Ko‘r bo‘lib qolishining haqiqiy sababini hammadan sir saqlab yurishi ham zamona zulmi tufayli edi.
     Ona Mas’udaning shoshilib kirishidan yaxshilik xabar topib kelganini sezdi, yuragi oshiqib ketganidan, uni gapirishga ham qo‘ymay:
— Ha, Mas’uda, o‘zi nima gap? Zirg‘om keldimi? — deb so‘radi.
— Ha, sayidam, Zirg‘om keldi, qaerdan bildingiz? — dedi qiz.
— Ko‘nglim sezib turuvdi, axir Zirg‘omdan bo‘lak kimim ham bor? Qani, Zirg‘om o‘zi?
— Kelayotganmish, yaqin kelib qolganmish, — onani yupatdi Mas’uda.
Oftob o‘zini tutolmay, irg‘ib o‘rnidan turdi. Uning yuzlariga qon yugurdi, ko‘zidan tomgan ikki dona yoshni qora ro‘molining bir chekkasiga surtib, tabassum bilan dedi:
— Zirg‘omim kelyapti? Xudoga shukur, uyga qachon yetib kelarkan?
— Xudo xohlasa, kechqurungacha kelib qoladi, — tasalli berdi Mas’uda.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:11:40
    Oftob: «Tur bo‘lmasa, darrov kechki ovqatingga urin»,— dedi-da, ko‘zi qaytadan ochilganday, hech narsaga turtinmay-qoqilmay to‘ppa-to‘g‘ri o‘z hujrasiga borib, yuz-qo‘lini yuvdi, yangi kiyim-boshlarini kiyib oldi. Zirg‘omga muntazirlikdan o‘zini chalg‘itish uchun bo‘lar-bo‘lmas narsalarga urinib turdi.
    Oftob zehni o‘tkir va sezgisi nozikligidan xizmatchilarini uydami, bog‘chadami yurganini o‘tirgan yerida payqab turardi. U o‘z ishlaridan qutulgach, ayvonga kelib o‘tirdi. Mas’uda esa sayidasining o‘g‘li kelayotganidan xursandligini ko‘rib, sevina-sevina oshxonada ovqat tayyorlash bilan mashg‘ul edi. Oftobning «Mas’uda» deb chaqirgani eshitildi.
U yugurib kelib: «Labbay, sayidam, men shu yerdaman», — dedi.
— Zirg‘om keldi, xizmatchilarga ayt, darrov uning istiqboliga chiqishsin, — dedi ona.
Hali hech narsaning daragi bo‘lmay turib, o‘zidan-o‘zi «Zirg‘om keldi» deganidan ajablanib Mas’uda boqcha tomon chiqib qaradi, lekin hech kimni ko‘rmagach, qaytib kelib Oftobga: «Kelganicha yo‘q, lekin hali zamon kelib qolsa kerak», — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:12:58
— Bir otning oyoq tovushlarini eshityapman, — dedi ona. Oftobning g‘oyat sezgirligini ko‘pdan sinab kelgan Mas’uda garchi yaqinlashib kelayotgan biror kishini ko‘rmasa ham boqcha tomon borib, xizmatchilarga Zirg‘omni kutib olishni buyurdi. U qaytib boqcha eshigiga yetmasdanoq, olisdan ko‘tarilayotgan changni ko‘rib, otlarning tapir-tupur ovozini eshitdi-da, Oftobning so‘zi rostligiga to‘la qanoat hosil qildi. Ozgina fursat o‘tar-o‘tmas safar kiyimidagi otliq Zirg‘omga, uning orqasidan boshqa bir otni choptirib kelayotgan Vardonga ko‘zi tushdi. Oftobdan suyunchi olish uchun uy tomon yugurib keldi. Ona ko‘zlarini katta-katta ochganicha, otlarning ovozi kelayotgan tomonga tikilib, eshik yonida turardi. Go‘yo bir narsani ko‘rayotgandek ko‘zlari aylanib turardi. Uning ko‘zini aylantirayotgan narsa tengsiz onalik mehri edi. Mas’udaning kelayotganini sezgan Oftob uni gapirtirishga qo‘ymay: «Men, Zirg‘om keldi demadimmi? Otining ovozi bo‘g‘in-bo‘g‘inimga singib, nafasining haroratini sezib turibman. Xudoyim, uni yomon ko‘zdan asragin». Oftob bu gaplarini ko‘zi, qoshi, qo‘li va butun gavdasi bilan gapirayotgandek tuyulardi. Uning bu holati Mas’udaga qattiq ta’sir qildi. Onaga rahmi kelib, yuragi achidi. Koshki u mushtipar onaning hozir ikki ko‘zlari charaqlab ochilib ketsa-yu, nuri diydasini ko‘rsa.
     Boqcha darvozasiga yetib kelgan Zirg‘om otning jilovini xizmatchisiga tutqazib, hovli zinapoyasiga chiqib onasining yoniga keldi-da, uning og‘ushiga otilib, qo‘llarini o‘pa boshladi. Ona ham onalik mehri bilan uni o‘z bag‘ridan qo‘ymasdi. U ayvon tomon yo‘l olib, o‘g‘lini eson-omon yetib kelgani bilan muborakbod qilar, qayta-qayta o‘pib, yelkasi, bilaklari, ko‘kragi va bo‘ynini ushlab zavqlanar va barmoqlari bilan yuzi, soqol-mo‘ylablarini silardi. Go‘yo ona barmoq uchlari bilan o‘z farzandining butun vujudini ko‘rayotgandek his qilardi. Zirg‘om bilan qo‘l ushlashib ayvonga kelgan ona avval o‘zi ko‘rpachaga o‘tirdi-da, qo‘lidan birov olib qochib ketayotgandek qizg‘anib, o‘g‘lini mahkam quchoqlab, yoniga o‘tqazdi. Sevinganidan uning ko‘z yoshi sira tiyilmasdi. Zirg‘om esa yosh boladek ona bag‘ridan o‘zini olmasdi. Shu yo‘sinda birmuncha fursat o‘tgach, ona undan hol-ahvol so‘rashga o‘tdi. O‘g‘il sog‘-salomatligini aytib, uni tinchitdi va: «Sizni juda ham sog‘indim, shuncha uzoq vaqt safar vaqtida bir daqiqa ham xotiramdan nari ketmadingiz», — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:13:37
     Oftob Mas’udaga darrov dasturxon yozishni buyurdi. Zirg‘om esa safar kiyimlarini yechib, boshqa kiyinib kelish uchun onasidan ijozat so‘radi. U safarga ketganidan buyon birinchi marta hamma yoqda shamlar yondirilgan kecha edi. Chunki avvalo Oftob uchun shamning hojati bo‘lmasa, undan keyin Zirg‘om ketgach, keldi-ketdilar ham tiyilib qolgandi. Ular birgalikda dasturxon atrofida o‘tirib ovqatlanishdi. Ovqatdan keyin Oftob o‘g‘lini yoniga olib qo‘yarda-qo‘ymay gapga solaverdi. Yo‘ldan charchab kelgan Zirg‘om onasining ijozati bilan yonboshladi, ko‘rish ne’matidan mahrum bo‘lgan ona uning qo‘lini ushlaganicha yonida o‘tirardi. Onasining iltimosiga ko‘ra, u Somurrodan chiqib ketganidan buyon ko‘rgan-kechirganlarining hammasini birma-bir hikoya qilib berdi. Ona: «Farg‘onada uzoq turdingmi?» — deb so‘radi. U Farg‘onani tilga olishi bilan Zirg‘omning ko‘nglida ko‘p narsalar kechdi:
«U yerda bir necha kun turdim», — dedi-da, hokimning vafot etganini unga aytish-aytmaslikni o‘ylab, jim bo‘lib qoldi. Zirg‘omning o‘yga tolganini payqab ona:
— Ha, gapiraver, bolam, u yerda nimalar ko‘rding, nima yangiliklar bor? — dedi.
— Nima desam ekan, hammalari sizni so‘rashdi, juda yaxshi qo‘shnimiz edilar, deb maqtashdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:14:34
— Hokimning uy ichi tinch ekanmi? — Zirg‘om qanday javob berishini bilmasdi.
— Hokimdan boshqa hammalari yaxshi, sog‘-salomat o‘tirishibdi, ammo hokimning o‘zi og‘ir xasta, tabiblar ham, ularning dori-darmoni ham u kishiga shifo bo‘lmayapti.
— Olamdan o‘tganga o‘xshaydilar, shunday emasmi? — dedi ona.
— Hali vafot etmagan bo‘lsalar ham, har holda o‘sal bo‘lib yotibdilar, kasallari ko‘pdan beri davom etyapti. U kishi juda olijanob odam, sizni ko‘p hurmat bilan tilga oldilar.
— Chamamda hokimning vafot etganini aytishga tiling bormayotganga o‘xshaydi. Xudo rahmat qilsin. Kelayotganingda bola-chaqalarining ahvoli qanday edi?
Zirg‘om onasi hokimning o‘lganini sezib qolganidan ajablanmadi, chunki uning shunday o‘tkir sezgiga egaligini ko‘p marta tajribadan o‘tkazgandi. U Jahon to‘g‘risida so‘z ochishga bahona qidirdi:
— Bola-chaqalari durust, ularga ko‘p mol-mulk qoldirib ketdi.
—Ehtimol, butun merosi Jahonga qolgandir?
Zirg‘om onasining Somonni yoddan chiqarganidan taajjublandi:
— Somon yodingizdan chiqdimi?
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:15:11
    Oftob yashirib yurgan sirni o‘zi oshkor qilayotganini sezib, yuzlarida ikkilanish paydo bo‘ldi. Ko‘zlari alang-jalang bo‘lib, boshini quyi egdi:
— Somonni unutganim yo‘g‘-a, lekin otasi uni merosdan mahrum qildimikin, deb o‘ylayman.
Onasi bir gapni bilmay aytmasligini tushunadigan Zirg‘omning taajjubi yana oshdi:
— Bu gapni o‘zingizcha aytyapsizmi, yoki biror narsani yashiryapsizmi?
— Bordi-yu, biror narsani yashirdim deylik, agar uni senga aytish mumkin bo‘lganda, albatta aytardim. Hozircha Somonni bir yoqqa qo‘yib, menga Jahon to‘g‘risida — Farg‘ona malagi ustida gapir. Uning holi ne kechyapti? Men uni jonimdan ham yaxshi ko‘raman, biram ziyrak, biram xushchaqchaqki, asti qo‘yaverasan.
    Onasidan Jahonning rosa maqtovini eshitgan Zirg‘om Somon to‘g‘risida bilmoqchi bo‘lgan gaplaridan voz kechib, onasi bilan faqat o‘z sevgilisi to‘g‘risida suhbatlashishni ma’qul ko‘rdi:
— Jahonni so‘rasangiz arziydi, butun Farg‘ona ahli unga mahliyo. Men umrimda unaqa qizni ko‘rmaganman, aql-idrokini, husnda tanholigini aytmaysizmi? Xudoyim sizga qaytadan ko‘z bersa-yu, uni o‘z ko‘zingiz bilan bir ko‘rsangiz...
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:16:10
     Jahon haqida jo‘shib-toshib gapirayotganini eshitgan ona o‘g‘lining unga bir olam muhabbati borligini sezdi va: «Qancha maqtasang ham oz. Senga e’tiroz bildirishga sira o‘rin yo‘q. Ey xudo, ko‘zi ochiq kishilar dunyoda istagan narsalarini ko‘rganda, men bechora sen bilan Jahonni ko‘ra olsam nima bo‘lardi», dedi-da, bir xo‘rsinib qo‘ydi: «Mayli, bu dunyoda baxtim shu ekan, o‘ziga ming qatla shukurki, ko‘zimning nurini olgan bo‘lsa ham, aqlimni nurli qildi, baxtimga seni qoldirdi. Seni ko‘zim bilan ko‘rmasam ham, qalbim bilan ko‘raman. Jahonni esa, hammadan yaxshi ko‘raman, u ham qalbimning to‘ridan joy olgan». Ona quchoqlamoqchiday qo‘lini Zirg‘omning ko‘kragiga uzatdi. Yuragining qattiq urishidan Jahonni chindan ham sevishini aniqlab oldi. Ammo Zirg‘om onasining maqsadini tushunib yetmagandi. Oftob: «Men Jahonni yaxshi ko‘raman, sen ham uni sevasanmi? Rostini ayt!» — dedi. Zirg‘omning nazarida butun olam charog‘on bo‘lib ketdi:
— Ha, onajon, sevaman, buning uchun siz mendan ranjimasangiz kerak. Uni men bilan birga yuragingizga jo qilgansiz-ku.
— Sira ham ranjimayman, bolam, lekin u ham seni sevadimi? U hokimning qizi, otasining saroyida biz mehmon bo‘lib turganmiz. Ulug‘lar odaticha u o‘zini, ehtimol sendan yuqori ko‘rar. Unga nima ham deb bo‘ladi. Sening otang kimligini bilmaydi-da, axir. — Oftob bu so‘zni aytishga aytib qo‘ydi-yu, lekin o‘zi afsuslandi. Badani zirillab ketib, gapirayotgan gapini to‘xtatib qo‘ydi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:16:43
— Ko‘nglingizni to‘q qilavering, oyijon, — dedi Zirg‘om, — u meni astoydil yaxshi ko‘radi, xudoga shukur, u o‘zini katta olishni xayoliga ham keltirmaydi. Asli zotimni bilmasa ham, men bilan turmush qurishga ahd qildi. Gapdan gap chiqib, hozir nasabimni tilga olib qoldingiz, va’dangizga vafo qiladigan payt endi kelgandir deyman?
    Zirg‘omning niyatini sezgan Oftob: «Bolam, va’daga vafo qiladigan vaqt hali bo‘lgani yo‘q, lekin yaqin qoldi. Jahon to‘g‘risida gaplashaylik, unga boshim osmonga yetib sovchi qo‘yaman. O‘zim ham shuni ko‘pdan o‘ylab yurardimu, lekin bu aqldan uzoq narsa deb qo‘yardim. Ha, aytgancha, bu gapni otasining huzurida aytdimi?» — dedi.
— Oyi, o‘rtamizdagi sirni endi sizga aytib bera qolay. Men siz bilan Somurroga kelishimdan burun Jahon bilan turmush qurishga ahdlashgandik. Buni sizga ilgari aytmaganimning sababi, u vaqtda men hech qanday obro‘ va mansabga ega emasdim, shuning uchun unga qanday tenglashaman deb o‘ylagandim. Xudo meni xalifa oldida shunday obro‘ga erishtirgandan keyin, uni Jahonga ma’lum qilish va otasi huzurida nikoh masalasini hal etish uchun Farg‘onaga borish taraddudiga tushgandim. Otasining betobligi va vafoti xalal berib qoldi, bo‘lmasa va’dasiga vafodor Jahon bilan turmush qurish masalasini hal qilgan bo‘lardik. Otasining vafoti sababli bu ishni keyinroqqa qoldirdik.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:17:01
— Jahonga uylansang, Farg‘onada turmoqchi edinglarmi yoki uni bu yerga olib kelmoqchimiding?
— Bu albatta sizning ra’yingizga bog‘liq narsa edi. U sizning gapingizdan sira chiqmaydi. Men uning ta’ziyasi tugaguncha Farg‘onada turib, nikohdan keyin bu yerga olib kelmoqchi edim, lekin xalifadan «zudlik bilan qaytib kel», degan buyruq olgach, Jahon bilan maslahatlashdim, u qaytishimni ma’qul ko‘rib, to‘y masalasini keyin bamaslahat hal qilamiz, dedi.
Oftobning chehrasi ochilib, yuzida tabassum paydo bo‘ldi.
— Shunday kunlarni bergan xudoga hamd aytaman va seni eng yuqori baxtga erishtirishini ko‘nglimning sultonidan iltijo qilaman. — Onasining gapi otasi ustida borayotganini payqagan Zirg‘om:  «Siz meni tuqqaningiz, emizib katta qilganingiz uchun men eng baxtli odamman, lekin...» Otasi to‘g‘risidagi gap bir-biriga ulanib ketishidan qo‘rqqan ona uning so‘zini bo‘lib: «Xalifa nima uchun seni zudlik bilan kel deb chaqirganining boisini bildingmi?».
— Hozircha bilganim yo‘q, u meni biror harbiy masalada u yoq-bu yoqqa yubormoqchi bo‘lsa kerak, yoki o‘zingiz biror gap eshitdingizmi?..
— Sen yo‘g‘ingda men hech narsa eshitganim yo‘q, bolam, chunki men Mas’udadan bo‘lak hech kim bilan gaplashganim yo‘q.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:17:25
Zirg‘om so‘radi:
— Xalifa Afshinni ham chaqirtirdimi?
— Bilmayman, hozir Afshin qaerda? U Somurroda emasmi?
— Yo‘q, uni men Farg‘onada uchratdim.
Oftobning ko‘ngliga bir nima keldi shekilli, shuni o‘ylayotgandek boshini quyi solib turdi-da: «Afshin hokimning yaqin do‘sti edi, uning ta’ziyasida hozir bo‘ldimi?»— deb so‘radi.
— Ha, hozir bo‘ldi, hokim uni o‘z oilasiga vasiy qilib belgiladi...
Zirg‘omning gapini quvvatlaydigan eski ishlardan xabardor kishidek Oftob sekin kulib qo‘ydi. Uning kulganidan shubhalangan Zirg‘om: «Oyi nimaga kulyapsiz? Bu to‘g‘rida mendan boshqa kishilardan ham biror narsa eshitganmisiz?» — dedi.
— Yo‘q, lekin Jahonning onasi rahmatlik dugonamdan eshitgan narsalar esimga tushib ketdi. U hech bir sirni mendan yashirmasdi, men ham sirlarimni unga ochiq aytaverardim. Jahonning onasi ko‘pincha erining Afshinga e’tiqod qo‘yishidan nolib yurardi. Uning ochko‘zligini, tamagirligini bilgani uchun o‘zi unga inonmasdi. Lekin hokimning ishlariga aralashishni o‘ziga ep ko‘rmasdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:17:40
Afshin ochko‘z, tamagir ekanini eshitgan Zirg‘omning xayoli qochdi, chunki u juda katta merosga vasiy bo‘lib olgan edi-da. Ehtimol, Jahonning mol-mulkiga xiyonat qilar. Ammo Zirg‘om o‘zi halol bo‘lgani uchun o‘zgalardan ham shubhalanmasdi. Nahotki, shunday katta qo‘mondon o‘zi vasiy bo‘lgan mol-mulkka xiyonat qilsa?
— Merosga Afshin qo‘lini cho‘zadi deb o‘ylaysizmi?
— Bilmayman, lekin o‘sha bechora aytgan sirni senga oshkor qilyapman-da. Somon ustida bilganlarimni ham, uning merosdan mahrum qilinish sabablarini ham hokimning xotini aytgan edi...
Zirg‘omning Somon haqidagi shak-shubhalari ko‘z oldiga keldi.
— Otasining ko‘ngli qolganini Somonning o‘zi ham sezib yurgan ekan. Vasiyatni man qilay deb jon-jahdi bilan kirishib ko‘ribdi. Otasi qachon «kohinni chaqirib kel», deb yuborsa, chaqirib kelmay qayoqdagi bahonalarni to‘qib chiqardi.
— Vasiyatnoma kohinning qo‘li bilan yozildimi? — Oftob so‘radi.
— Ha, uni topib kelish uchun men Vardonni yuborgandim.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:17:57
    Oftob boshini irg‘ab: «O‘zi yaxshi kohin. Jahonning onasi rahmatlik shu kohinni ham yoqtirmasdi. Uni ko‘rgisi kelmasdi. Bayramlarda uylariga kelsa, basharasini ko‘rmay, deb ayvonga chiqib ketardi. Yaxshiyam, Vardonni esimga solding, u qaerda?»
— Shu yerda, safardan charchab keldi, hozir uxlagan bo‘lsa kerak. Rostini aytsam, u shijoatli odam. Hamma ishlarimda shunga suyanaman. Uni xizmatkorim deb aytishga ham tilim bormaydi. Uni do‘stim desam arziydi. Xizmatkorlardan u allaqancha yuqori turadi. Unda qandaydir bir xislat bor, bejiz odam emas.
— Undan beparvo bo‘lma, o‘g‘lim. U zamondan jabrlangan bo‘lsa kerak. Zamon o‘zi shunaqa, hamma vaqt dono kishilarni qoqiltirib-suqiltirib kelgan.
Uxlash vaqti yaqinlashgani, xususan, o‘g‘lining yo‘ldan horib kelgani onaning esiga tushib qoldi.
— Qo‘zichog‘im, bor, o‘rningga borib yot. Xudo xohlasa, ertaga xalifa Mu’tasimning oldiga borasan. U bilan yaxshilik ishlar ustida ko‘rishishing nasib bo‘lsin, — dedi-da, o‘rnidan turdi. Hammalari o‘z o‘rinlariga borib yotishdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:18:31
     XALIFA MU’TASIM VA SHER

     Ertasiga ertalab Zirg‘om o‘rnidan turdi. Yuvinib kelib, onasiga salom berdi, ta’zim bilan uning qo‘lini o‘pdi. Keyin birga o‘tirib nonushta qilishgandan so‘ng odatda xalifa huzuriga kirganda kiyadigan kiyimlarini — ustiga salla o‘ralgan qalpoq, abbosiylar kiyadigan qora to‘n, ichidan kamzul va uzun cholvor kiyib, bo‘yniga qilichini osdi, otini minib, Vardon bilan birgalikda xalifaning saroyi tomon yo‘l oldi.
     Mu’tasimning saroyi Somurroning sharqiy tomonida joylashgan bo‘lib, bir necha hashamatli binolardan iborat keng maydonni ishg‘ol qilgan edi. Chor atrofi devor bilan o‘ralgan. Saroy qadimiy eron shohlarining Madoin shahridagi binolari tarzida qurilgan. Uning tashqi katta darvozasi uch tavaqali bo‘lib, o‘rtasida ot-aravalar bemalol o‘tadigan katta eshik: ikki chekkasida odam o‘tadigan ikkita kichkina eshigi bor edi. Ichkariga kirgan kishi binolar o‘rtasidagi katta boqchaga ko‘zi tushadi. U binolardan biri va eng kattasi Mu’tasimning hashamatli qasri.    Qolganlari esa saroy ahlining turar joylari, mehmonxonadan iborat edi. Sherlar uchun qurilgan maxsus bino ham bor edi. Mu’tasim sherlarni asrash va tarbiya qilishga ishqiboz bo‘lib, ko‘pincha sher oviga o‘zi chiqib turardi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:18:48
     Zirg‘om xalifaning o‘sha saroyiga yetib kelganida kun ancha ko‘tarilib qolgan edi. Darvozaga yaqinlashishi bilan soqchilar uni tik turib qarshi olishdi. Zirg‘om otidan tushmay, darvozadan to‘g‘ri ichkariga kirib, xalifaning qasri yonida to‘xtadi. Vardon esa darvoza yonida otidan tushib, uni yetaklaganicha Zirg‘om orqasidan borib, uning oti jilovidan ushladi va ikkala otni otxona tomon yetaklab ketdi. Xalifaning maxsus hojibi uni qarshi oldi. Zirg‘om xalifa huzuriga kirish uchun ruxsat so‘ragan edi, hojib: «Kecha kechqurun ovga chiqib ketgan edilar, hali qaytganlari yo‘q», — deb javob berdi.
— Yaqin orada qaytarmikinlar?
— Hozir kelib qolsalar kerak.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:19:12
     Hojib dam olishi uchun Zirg‘omni qasr ichidagi katta xonaga taklif qildi va: «Xush kelibsiz, safardan eson-omon qaytib keldingizmi?» deb hol-ahvol so‘radi. Zirg‘om hojibga javob qilgandan keyin, xalifa nima sababdan chaqirtirganini bilmoq uchun mamlakatda bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida so‘rab, uni ancha gapga soldi-yu, lekin qanoatlanarli javob ololmadi, safarga ketganidan keyin saroyda qilingan ba’zi yangiliklarni ko‘zdan kechirish bilan o‘zini mashg‘ul qilib o‘tirdi. Keyin boqchaga chiqib, undagi gul va daraxtlarni tomosha qilmoqchi bo‘ldi. Hojib ham boqcha tevaragida u bilan birga yurgan edi, saroydagilar g‘ovur-g‘uvur qilib qolishdi. Kimdir «xalifa ovdan qaytdilar» deyishi bilan odamlar qasr tomonga o‘tadigan yo‘l chetiga tizilishdi. Xalifa yonida ovga chiqqan kishilar otliq va piyoda kirib kela boshladi. Keyin ovga chiqqan vaqtda vahshiy hayvonlar hujumidan saqlanish uchun kiyadigan ov kiyimlarini ko‘ylagi ustidan kiyib olgan xalifaning o‘zi kirib keldi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:19:28
     Mu’tasim o‘rta bo‘yli, uzun va qizg‘ish soqolli odam edi. Uning butun vujudida shijoat sezilar, o‘ynab chiqqan paylari kuch-quvvatga to‘la edi. U shu qadar kuchli ediki, bir o‘zi ming qadoq* yukni yelkasida ko‘tarib, bir necha qadam yerga olib bora olardi. Birovning bilagini ikki barmog‘i orasiga olsa, uni ezib yuborardi, temirni egib chambarak qilar va chaqa pulni barmog‘i bilan astoydil bossa, undagi muhr o‘chib ketardi. U serjahl, ginasi qattiq odam edi. Ot minishga, chavgon o‘yiniga o‘ch edi. U qasr darvozasiga kelib otdan tushdi. Ko‘pchiligi qo‘mondon va otliq askarlardan iborat bo‘lgan kutib turuvchilar bilan salomlashdi. Ular orasida Zirg‘omga ko‘zi tushib, bir jilmaydi-da, unga salom berdi. Zirg‘om chopib borib uning qo‘lini o‘pmoqchi bo‘lgandi, rozi bo‘lmagandek qo‘lini tortib oldi* va «Sen ham shu yerdamiding?» deb so‘radi.
— Janoblarining farmoyishlari bilan yetib keldim,— dedi Zirg‘om.
— Kecha kechqurun bu yerda bo‘lganingda men bilan ovga chiqqan bo‘larding.
— Koshkiydi, amiralmo‘’minin, ayni muddao bo‘lar-kan-a, ...hamma vaqt baxt va g‘alaba sizga yor bo‘lsin!
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:20:01
     Xalifa qars tomon yuzlandi-yu, yana orqasiga qaytib, turgan kishilarga tarqalish uchun ruxsat berdi va Zirg‘omning o‘zini to‘xtatib: «Seni shodlantiradigan bir gap aytmoqchiman, men bahaybat bir sher ushlab keldim. Qachon sherni ko‘rsam, seni eslayman, chunki sening noming uning nomlaridan bittasi*, — dedi-da, hojibni chaqirib, — ovchilarga ayt, sherni anavi qafasga olib kelishsin», — dedi. Keyin boqchaning bir tomonidagi hayvonlar turadigan joyga qarab yurdi. Yonida Zirg‘om. U bilan so‘zlashib bora turib, xalifa safari to‘g‘risida gap ochdi: «Bu safardan bizning istagimizni yaxshilab bajarib kelgan bo‘lsang kerak, albatta». — Xojamning farmoyishlarini bosh ustiga oldim, u kishining madadi bizga yor bo‘ldi. Cho‘rilarni sotib oldik.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:20:25
Xalifa uning gapini bo‘ldi:
— O‘zing sotib oldingmi?
— Yo‘q, mening oldi-sotdi ishlarda uquvim kamroq. Lekin kerakli cho‘rilarni sotib olishda kishilarga ko‘maklashdim. Yaqinda ular bu yerga yetib kelib qolishadi. Men farmoningizga muvofiq tezroq, ulardan oldinroq jo‘nayverdim.
     Zirg‘omning so‘zini eshitib Mu’tasimning chehrasida boshqa bir holat ro‘y berdi, boshini yerga egdi. Keyin u: «Mayli, bu haqda bafurja so‘zlasharmiz», — dedi-da, boqchaning eshigiga ko‘z tashladi. Xalifaning chakkasidagi taram-taram tomirlariga qon yugurdi. Zirg‘omga imlab, xodachalar ustiga qo‘yilgan temir qafasni ko‘tarib kelayotgan kishilarni ko‘rsatdi. Qafas ichida ko‘zidan o‘t chaqnab bahaybat bir sher turardi. Yirtqich hayvonning shijoati Zirg‘omga allanechuk ko‘rindi-yu, xayoliga bir narsa kelgandek yuragi o‘ynab, qovoqlarini chimirdi.
     Xalifa tik qarab turardi. Qafas ko‘targanlar yaqinlashishi bilan uni qo‘llaridan yerga qo‘yishga buyurdi. Sher quloqlarni kar qilgudek baland ovozi bilan bo‘kirardi: «Sher jarohati qattiqligidan bo‘kiryapti. Ko‘kragining tepasidan otgandim. O‘lib qolmasa edi deb qo‘rqaman, lekin har ko‘rganda bir shodlanishim uchun o‘lmay yurishini istardim». Xalifa shunday dedi-yu, qafas tomonga qadam tashladi. Uning hurmatini saqlab Zirg‘om orqasidan yurdi. Sherning oldiga yetishlariga bir necha qadam qoldi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:20:49
     Xalifaning qo‘lida faqat bitta o‘q yoydan bo‘lak quroli yo‘q edi, chunki kiyim-boshiga qarab turuvchi xizmatchisi u kelgan vaqtda shundan bo‘lak hamma qurollarini yig‘ishtirib olgan edi. Xalifa qafasga yaqin keldi-da, sherning jig‘iga tega boshladi: urmoqchi bo‘lgandek qo‘lidagi o‘q yoyni unga o‘qtalar, sher esa bo‘kirar va tipirchilardi. Sher ko‘kragining yuqorisidan tinmay qon oqar, qon tomchilari uning ko‘kragi va oyoqlarida qotib qolgandi, ko‘zlariga qon to‘lgan, yumilay deb qolgan edi. Mu’tasim uni hozir o‘lib qoladi deb o‘ylab, tegajaklik qilib, unga o‘q yoyni otgandi, u sherning naq ko‘ziga borib tegdi. Sher jon achchig‘ida unga hamla qilaman deb bir sakragandi, boshi temir panjaraga urildi. Uning g‘azabi yana battarroq oshib, o‘zini bilmay orqasiga qaytdi. Mu’tasim bilan Zirg‘om xavotir ichida sherning harakatlariga qarab turishardi. Axir, u sher emasmi? O‘lim oldida ham vahimasi bor-da.
     Xalifa yonida Zirg‘om sherning shu achinarli ahvoliga rahmi kelib, tikilib turarkan, u birdan qafasning bir chekkasini boshi bilan qattiq urib, ikkita panjarani sindirdi va u yerdan boshini tashqari chiqarib oldi. Zirg‘om bilan xalifadan boshqa hamma bir-birini bosib-yanchib tumtaraqay bo‘lib ketishdi. Sher «hap» etib xalifaga tashlandi-da, tirnoqlari bilan uning bilagiga yopishdi. Uni butunisicha yutib yuborguday bo‘lib, og‘zini katta ochdi. Mu’tasim holdan ketib, o‘zini o‘lganga chiqarib qo‘ydi. Chunki o‘zini mudofaa qilishga va sherning changalidan qutulib chiqishiga biror chora qolmagan edi. Odamlar bo‘lsa allaqachon hammasi chekka-chekkaga yashiringandi. Ammo Zirg‘om joyidan siljimay sherga tashlandi, u bir qo‘li bilan sherning pastki, ikkinchi qo‘li bilan yuqori jag‘ini yirib: «Mavlono, xizmatingizga tayyorman, xudoning amri bilan salomat qoldingiz», — dedi. Xalifa shu onda sherning ikkala jag‘i ajrab ketganini ko‘rdi va bilagini uning changalidan bir amallab tortib oldi. Shunga qaramay, sher Zirg‘omga hamla qilishga urinmoqda edi. Zirg‘om yonidan xanjarini chiqarib uni sherning ko‘ksi, biqini va qo‘ltig‘i ostiga sancha boshladi. Uning qattiq jahli chiqqanidan, butun vajohati shernikidan ham haybatliroq bo‘lib, mo‘ylabi dikkayib, ko‘zi qizarib va qovog‘i solinib ketdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:21:15
     O‘takasi yorilib, har tomonga qochib ketgan odamlar sherning qonga bo‘yalganini, Zirg‘om uning ustiga minib olganini va xalifa Zirg‘omga tikilib turganini ko‘rib, yopirilib kelishdi. Ular g‘ovur-g‘uvur ichida xalifaning salomat qolgani uchun shukurlar aytib, Zirg‘omning botirligiga qoyil qolib, hang-mang bo‘lib turishardi. Bu tasodifiy hodisadan qo‘rqib rangi o‘chib ketgan xalifa Zirg‘omga zo‘rg‘a jilmayib, qaradi-da: «Barakallo, Zirg‘om! Chindan ham sher ekansan», — dedi.
     Xalifaning maqtovini eshitgan Zirg‘om o‘zini tutib oldi. Qo‘lidagi qon tomib turgan xanjarni yerga qo‘ydi-da, «Men amiralmo‘’minining qullariman, bu qilgan ishim sizning iltifotingiz tufayli bo‘ldi. Bu yirtqich hayvondan o‘ch olishga siz munosib edingiz, yolg‘iz o‘zingiz uni albatta o‘ldirgan bo‘lardingiz, lekin men shoshilib, o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim, sizga chovt solganiga chiday olmay, unga tashlanib o‘ldirdim. Qilgan jur’atim uchun meni avf etasiz»,— dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:21:32
     Zirg‘omning bunday odob bilan uzr aytishi xalifaga yana yoqib tushdi. «Qolgan gaplarni keyin alohida o‘tirib so‘zlashamiz», — dedi-da, ketishga qo‘zg‘aldi. Shu payt sherning tirnog‘i botgan bilagi og‘riyotganini sezgan bo‘lsa ham, xalifa o‘zini dadil tutdi va odamlarni tarqalishga buyurdi. O‘zi esa Zirg‘om bilan qasr tomon yo‘l oldi va hojibiga: «Biz chaqirtirgan tabibdan bo‘lak hech kimga huzurimga kirishga ruxsat bermaygaysan», deb amr qildi. Tabib kelib xalifaning jarohatini ko‘rdi va zarar qilmaganini, qo‘lidagi qalqon joniga ora kirganini aytdi va salomat qutulgan bilan muborakbod qilib, kechga qadar o‘rnidan qimirlamay yotishini maslahat berdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:22:04
     * * *

     Xalifaning bu ko‘rgiligi butun saroy ahliga tarqaldi, uning holini so‘ragani vazirlar, qo‘mondonlar kelishdi, lekin hojib ularni xalifaning farmoyishidan voqif qilganidan keyin ular qaytib ketdi. Xalifa Zirg‘omni o‘z xonasi ichidagi maxsus hujraga taklif qildi. U yuz-qo‘lini yuvib, u yoq-bu yoqlarini tuzatib o‘sha hujraga kirdi. Xalifa unga minnatdorchilik izhor qilgandek o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi, lekin Zirg‘om uni turishga qo‘ymay, qo‘liga yopishib, o‘pdi. Xalifaning taklifiga muvofiq odob bilan uning yonida o‘tirdi. «Zirg‘om, sen tufayli yangidan dunyoga keldim», — dedi xalifa.
     Zirg‘om uyalib, boshini quyi soldi: «Xojam, avf etgaysiz, bunday maqtovga arzigulik bir ish qilolganim yo‘q. Sherni halokatga solgan sizning o‘qingiz, uning qo‘zg‘algani jon talvasasi edi. Mabodo men biror ish qilgan bo‘lsam, bu burchimdir, men sizning qulingizman».
     Xalifa unga qarab: «Ofarin senga, mening atrofimni ikki yuzlama, laganbardor kishilar o‘rab olgan. Ularga shunchaki ishonch bildirsam ham, sening qahramonliging va sadoqatingni sezib, ko‘pdan buyon suyub yuraman. Shunday qalbaki kishilar orasida xalifalar saroyida sendek qo‘mondonning bo‘lishi oson gap emas. Sadoqatingni avvaldan sezib, seni soqchilar boshlig‘i lavozimiga tayinlagandim. Sen shu mansabga loyiq kishisan», — dedi-da, bu suhbatlarini birov eshitayotgan-eshitmayotganini aniqlash uchun eshik va deraza tomon qarab qo‘ydi. Zirg‘om yerga bosh eggancha sukut etib turardi. Keyin Mu’tasim boshini ko‘tarib davom etdi:
— Farg‘onadan tezroq qaytib kel, deb seni chaqirtirganimning sababini bilasanmi?
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:22:25
— Ojizman, janob oliylari.
— Davlatimizning barqaror turishi uning sirlarini maxfiy tutishga bog‘liqligini bilmasang kerak?
— Bundan voqifman, xojam amin bo‘lsinlarki, sirlarini saqlashda men o‘z ko‘ngillaridagidan ham mustahkamroqman.
— Sadoqating va yaxshi xizmat qilishingga birinchi ko‘rganimdayoq ishonganman. Senda shu xislat mavjudligini sezib, seni suydim.
Zirg‘om uni hurmatlab, tashakkur aytmoq uchun o‘rnidan qo‘zg‘oldi:
— Bu ulug‘ marhamat, lekin men unga sazovor emasman, mendek bir askar amiralmo‘’mininning shunday iltifotlariga sazovor bo‘lishi amri mahol. Payg‘ambarning qoim maqomlariga xolis xizmat qilish bilan men biror ortiqcha ish qilibmanmi? Bu jami musulmonlarning vazifasi emasmi?
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:22:39
Xalifa uni qo‘lidan ushlab o‘tqazarkan:
— To‘g‘ri aytasan, bu albatta musulmonlarning burchi, lekin shu burchini ko‘ngil bilan ado qiladigan kishilar ozda, shunday bo‘lmaganda men Bag‘doddan chiqib, bu shaharni qurishga majbur bo‘lmagan bo‘lardim, o‘z qavmim va jamoamga va akam Ma’mun davlatdan umidvor qilib qo‘ygan bu eronliklarga qarshi kurashish uchun uzoq Turkiston va Farg‘onadan askar olishga sira hojat bo‘lmagan bo‘lardi. Men har tomondan dushman qurshovidaman. Ozarbayjon va Tabaristondagi uzoq dushmanlar menga ozlik qilganday, o‘z shahrim va saroyim ichidagi kishilarni aytmaysanmi? Hatto o‘zimga sirdosh qilib olgan va davlatimni himoya qilishda ishonganim mana bu turklarni ko‘rmaysanmi, ular faqat mol-mulkim uchun menga yordam qilishyapti. Men ular bilan murosa qilib, allaqancha mol-dunyo sarflab avaylab kelyapman. Ular meni aldayapmiz deb o‘ylashadi, — dedi-da, sukutga botdi. Yoshlangandek tuyuladigan ko‘zidan o‘t chaqnab, jiddiy qiyofaga kirdi. Zirg‘omni salobat bosib, yana nima derkin deb yerga boshini quyi solib kutib turdi. Xalifa so‘zini davom etdirdi:
— Farg‘onada Afshinni ko‘rdingmi?
— Ha, xojam, ko‘rdim.
— U yerga nima uchun borgan ekan?
— Farg‘onaga nima uchun borganini menga aytgani yo‘q, yangi yil bayrami munosabati bilan el-yurtidan xabar olishga borgan bo‘lsa kerak deb o‘ylayman. Har holda yaqin orada kelib qolsa kerak.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:22:57
Xalifa Zirg‘omning so‘zini ma’qulladi:
— Ha, albatta keladi-da, u bu yerdek sermaishat joyni qaerdan topardi, lekin...
— Uning sizga sadoqati xususida biror ishtibohingiz bormi?
— Ishtibohgina emas, balki aniq bilaman, lekin o‘zimni chalg‘itib, unga ishonch bildiraman, chunki biz urush davridamiz... Afshin askarlari biz uchun kerak. Shunday bir vaziyatda sen mening sirdoshim bo‘lib, saroyimdan jilmasligingni iltimos qilaman.
Zirg‘om qulliq qildi:
— Men qulingizman, buyurgan ishingizni bajarish vazifam.
— Sen hozirdan boshlab menga yaqin suhbatdoshsan. Botirligingga o‘z noming juda mos kelsa ham, senga sohib— suhbatdosh deb nom qo‘yishga jazm qildim. Chunki sen menga suhbatdoshsan, shu laqab senga ma’qulmi?
Zirg‘om tashakkur tariqasida boshini egdi:
— Amiralmo‘’mininning menga marhamatlari behaddir. Men bunday muruvvatga sazovor emasman. Lekin, janoblari, kaminaning darajasini ko‘tarmakchilar va...
Xalifa uning gapini bo‘ldi:
— Nega o‘zingni bunday hurmatga sazovor emasman deb hisoblaysan? Axir sherning changalidan meni qutqazgan sen-ku!
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:23:24
    Zirg‘om xijolat chekib boshini quyi soldi. Lekin xalifa oldida martabasi ko‘tarilayotganini va shunga haqiqatan ham loyiq bo‘lganini eshitsa, Jahon albatta sevinajagini o‘ylab ko‘ngli yanada ko‘tarildi. U xalifaga qaradi:
— Xojamning ko‘rsatgan iltifotlari uchun tashakkur aytishga tilim ojizdir.
— Hali shuni iltifot deb hisoblaydigan bo‘lsang, kelajakda sen uchun mo‘l qo‘yilgan haqiqiy in’omlarimga nima derkinsan?
    Zirg‘om sukut etdi. Xalifa so‘zida davom etdi:
— Sen hali uylanmaganingni va onang bilan birga istiqomat etayotganingni bildim. Shuning uchun bu qasr yonida maxsus bir hovlida tursanglar, deyman. Sening uylanish vaqting ham yetib qolibdi, ha, shunday emasmi?
Zirg‘om odob bilan boshini yerga solib turarkan:
— Xojam o‘zlari biladilar, — dedi.
— Men senga g‘oyatda chiroyli, ziyrak bir turkiy cho‘rini mo‘ qo‘ydim. Bundan bir yildan ziyodroq men uni bu Zirg‘omga loyiq qiz ekan, deb ko‘nglimdan o‘tkazib qo‘ygandim.
Xalifadan bu gapni eshitgan Zirg‘om barmog‘ini tishlab qoldi. Chunki uning ko‘nglida butunlay boshqa sevgi chechak yozgan edi. U Jahonni sevgan, undan boshqaga ko‘ngil berishni aslo istamasdi. U xalifaga qarshi chiqishdan ham, uning taklifini qabul qilishdan ham ojiz edi. U nima deyishini bilmay, gangib jim turib qoldi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:23:39
    O‘z taklifidan Zirg‘omning tortinishini hech o‘ylamagan xalifa uning xayolga cho‘mib turganini ko‘rib so‘radi:
— Nega indamaysan? Yoki mening taklifim ma’qul tushmadimi?
— Yo‘q, aslo! Amiralmo‘’mininning soyai panohlarida istiqomat etish men uchun eng yuqori istak-ku axir! — Lekin Zirg‘om uylanish ustida gap ochmadi. «Uyalib buni aytmagandir», deb o‘ylagan xalifa:
— Ha, uylanish-chi, balki sen boshqa kishilardek emasdirsan? Askarlarim ichida uylanishni istamaydigan biror odam yo‘q-ku. Shuning uchun ham men Turkistondan cho‘rilar sotib olib kelishga kishilar yubordim. Men turklarni Bag‘dod yoki boshqa yerdagi kishilarga aralashib, ersifat bo‘lib ketishlarini istamayman. Yoki bu safar olib kelingan cho‘rilardan birortasiga uylanish niyating bormi? Lekin har qancha o‘ringaningda ham butun Turkistonda men tanlagan qizdan chiroylirog‘ini topa olmaysan. Uning menga ma’qul bo‘lgani bejiz emasdir, albatta. Uning tengsiz husnini ko‘rgan qo‘mondonlarim yo‘lida jon fido qilishmoqda, lekin men qizni ulardan birontasiga ham berdirmay, faqat senga ravo ko‘rdim.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:23:56
    Zirg‘om va xalifaning taklifini qabul qilishga, na ko‘nglidagi fikrini ochiq-oydin aytishga yo‘l topolmay qoldi. Shunday bo‘lsa ham o‘zini dadil tutib, dedi:
— Hozir biz urush holati yoki unga tayyorgarlik ko‘rish paytidamiz. Shu vazifadan bo‘shagach, amiralmo‘mininning amr-farmonlaridaman.
Mu’tasim qanoat hosil qilganday bo‘ldi. Zirg‘omning urushga tayyorlanayotgani unga ma’qul tushdi:
— Xo‘p, mayli, biz urush holatidamiz. Lekin sen mening qasrimdan qimirlamasligining kerak. Borib onang va ro‘zg‘orlaringni bu yerga oldirib kel, shu bugundan boshlab noming «Sohib» bo‘lganini onangga aytib qo‘y. Men saroydagi maxsus kishilarimga, qo‘mondonlarimga va arkoni davlatga bu xususda shipshitib qo‘yaman.
Xalifa o‘rnidan qo‘zg‘oldi. Zirg‘om ham turishga otlandi:
— Bo‘lmasa, farmoningizni volidamga yetkazish uchun uyga borishga ijozat bersangiz.
— Mayli, istasang, bor! Xodima shu bugunning o‘zida sizlar uchun joy tayyorlab qo‘yadi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:24:26
     Zirg‘om ta’zim qilib, orqasi bilan yurib, xalifaning oldidan chiqdi. U eshikka chiqib, otni olib kelish uchun Vardonga kishi yubordi. Zirg‘om xayolga cho‘mganicha Vardon bilan otga minib, uy tomon jo‘nadi. Xalifaga yoqib qolgani va o‘zi bilan birga istiqomat etishiga taklif etgani uchun u har qancha mamnun bo‘lsa ham, uylanish ustidagi gapidan hayron edi. Lekin bu taklif siyosatga daxldor bo‘lmagani uchun uning chorasi topilib qolishiga ishonardi.
Zirg‘om uyiga yetib kelishi bilanoq onasi kutib oldi va Vardondan hol-ahvol so‘radi. Keyin tayyorlab qo‘yilgan ovqatini olib kelib xontaxtaga qo‘ydi. Hammalari birga ovqatlana boshlashdi. Ona o‘g‘lining sukutidan biror yangilik yuz berganini sezdi:
— Amiralmo‘’mininga uchrasha oldingmi, bolam?
— Ha, oyijon, uchrashdim.
— Ahvollari qalay? Sen Farg‘onadan tezroq qaytib kel, deb chaqirganlarining boisini aytdilarmi?
     Zirg‘om duduqlanib qoldi. Xalifa bilan oralarida o‘tgan hamma gapni onasiga aytib bersa, xalifaga bergan va’dasiga xilof ravishda sirni oshkora qilgan bo‘lardi. Shuning uchun: «Ha, aytdilar, lekin qiziq bir voqea yuz berdi» deb qo‘ya qoldi.
— Nima bo‘ldi?
    Zirg‘om onasiga sher voqeasini, undan xalifani qutqarib qolganini va uning nomini xalifa Zirg‘om emas, «Sohib» deb o‘zgartirganini va buning sabablarini aytib berdi. Onaning ko‘ngli ko‘tarildi va shodligidan betiga qon yugurdi. Zirg‘om: «Bundan tashqari, xalifa meni o‘z yonlarida yashab turishga da’vat etdilar», — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:25:21
    Ona bir burda nonni olib yemoqchi bo‘layotgan edi, o‘g‘lining so‘zini eshitib, hayron bo‘lib qoldi va ikkala oq ko‘zini unga tikib:
— Yonlarida istiqomat qilishingga rostdan da’vat qildilarmi? Nimaga? — dedi.
— O‘zlariga mulozim bo‘lishim uchun, bu menga katta hurmat.
Onasi og‘zidan chaynab turgan nonini yutmay turib:
— Xalifa mening ham sen bilan birga turishimni aytdilarmi? — dedi.
— Ha, sen ham, onang ham shu yerda istiqomat etasizlar, dedilar.
Onaning rangi o‘zgardi. Og‘zidagi taomni shosha-pisha chaynashidan uning tashvishga tushib qolgani sezilib turardi:
— Mayli, bolam, sen o‘zing boraver, xalifaning qasrida yashash men uchun darkormas.
— Oyijon, nimaga unaqa deyapsan? Siz bormasangiz, men ham bormayman, albatta.
— Yo‘q, bolam, sen boraver, xalifaga yaqin turish — katta obro‘, buni qo‘mondonlar orzu qiladi. Men esa shu yerda turaman, vaqti-vaqti bilan oldimga kelib turarsan. Seni qo‘lim bilan ushlab, yuzlaringdan o‘pib tursam kifoya.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:25:40
Onasining tortinishidan qasrda yashashni istamayotganidan Zirg‘om taajjublandi:
— Yo‘q, oyi, siz men bilan u yerga borasiz. Birga yashaymiz, men xalifaga va’da berib keldim. Va’daga vafo etmaslikka choram yo‘q.
Ona ozgina jim turdi-da: «Mayli, o‘ylashib ko‘ramiz»,— dedi.
— Oyi, vaqt tang, ertaga ko‘chishimiz kerak. Mas’udaga buyursangiz tayyorgarlik ko‘raversa. Men Vardonga aytaman, u ham Mas’udaga yordamlashadi. Siz xalifaning saroyidagi ayollar bilan apoq-chapoq bo‘lib, kunduz kunlari ular bilan suhbatlashib yoki ashula eshitib o‘tirasiz. Bu yerda bitta o‘zingiz o‘tirgandan ko‘ra saroyda yashash yaxshi emasmi? Bundan tashqari, men uchun muhim bo‘lgan bir maslahat vajidan sizning u yerda bo‘lishingiz zarur.
Onasining betiga qon yugurdi, ahvoldi o‘zgardi. Uning avzoyi o‘zgarganligi ojiz ko‘zlarining alang-jalang bo‘lganidan sezilib turardi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:25:58
— Ammo ovunish, suhbatlashish uchun menga sen keraksan, bo‘tam. Mening yolg‘izim, ko‘z qorachig‘im sensan. U yerga bormasligimning chorasi bo‘lmasa, uyda turish yoki u yoq-bu yoqqa chiqib ketish ixtiyori o‘zimda bo‘lishini senga shart qilaman. Xo‘sh, men uchun muhim bo‘lgan bir maslahat vajidan siz u yerda bo‘lishingiz kerak deyapsan. Ko‘rib turibsan, men ko‘zi ojiz bir ayolman. Menga qanday ehtiyojing bor?
— Oyi, siz mening nurim, chirog‘imsiz. Siz xalifaning menga tayyorlab qo‘ygan «baxti»dan qutqazishga yordam beradigan kishimsiz.
— Baxtdan qutqazish? Nima demoqchisan, ochiqroq ayt!
— Xalifa men uchun bir turk qiziga sovchi bo‘lyapti. Aytishicha, bu shaharda undan go‘zal qiz yo‘q emish. Uni boshqa hamma qo‘mondonlaridan ko‘ra menga munosib deb bilgan emish.
— Sen unga nima javob aytding?
— Yo‘q deyishga tilim bormadi. Keyinroq javobini aytaman, deb va’da qildim.
— Nima, uni rad qilmoqchimisan?
— Bo‘lmasam-chi, qabul qilaymi?
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 23:26:19
Ona sukut etdi. Uning Jahonga bo‘lgan muhabbatini esladi:
— Xalifaning taklifini qanday rad qila olasan?
Zirg‘om yuragidagi dardini ochiq izhor etdi:
— Jahon-chi? Men unga mehr qo‘yganman-ku?
— Meni shuning uchun birga bo‘lasiz deyapsanmi? Xo‘p, men seni bu tuzoqdan qutqazish chorasini ko‘raman, bu qiyin ish emas, albatta.
Zirg‘om xursand bo‘lib ketdi.
— Unday bo‘lsa hammamiz ertaga ko‘chamiz. Siz meni Zirg‘om deb chaqira ko‘rmang, chunki xalifa mening nomimni «Sohib» deb ataydi, Zirg‘om desangiz, mening qo‘ygan nomimni yoqtirmabdi, deb xafa bo‘lishi mumkin.
— Xo‘p, o‘g‘lim, shunday qilaman.
Shu payt ular ovqatlarini yeb bo‘lishdi. Ona ko‘chish taraddudini ko‘rishni Mas’udaga buyurdi. Zirg‘om esa unga yordam berishga Vardonni qo‘shdi.
Ertasiga ular hammasi xalifa saroyiga ko‘chib borishdi va uning yonidagi bir hovliga joylashishdi.
Xalifaning boshqa xizmatlariga suyanishsa ham, ona-bola o‘zlari uchun Mas’uda bilan Vardonni olib qolishdi.

_______________
* To‘rt yuz kilo.
* Arablarda qo‘lni o‘pish odati bor, lekin tavoze yuzasidan kattalar o‘z qo‘lini o‘pishga bermaydi.
* Arab tilida sherning yetti yuzga yaqin nomi bo‘lib, undan bittasi «Zirg‘om»dir.

Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:17:23
     AHMAD IBN ABU DUOD

     Jahonning kelayotgani to‘g‘risida biror yangilik eshitishga ilhaq bo‘lib Sohib xalifa saroyida bir qancha vaqtni o‘tkazdi. Xalifa Sohibga tanmahramlikka tanlagan qizdan xalos bo‘lish uchun u Jahonning tezroq yetib kelishini sabrsizlik bilan kutardi. Xalifa Jahonni ko‘rgach, o‘z qo‘mondoniga boshqa biron qizni ep ko‘rmasligi turgan gap edi. Shuning uchun Sohib dunyodagi hamma qizlarni sevgilisi Jahonning tirnog‘iga ham olmas edi. Buning uchun xalifa undan xafa ham bo‘lmasdi. Biroq Jahon nega kelmayapti ekan? Undan darak bo‘lavermagandan Sohib qattiq tashvishda edi: ko‘ngli g‘ash, yuragiga qil sig‘maydi. Bir kuni do‘sti va xizmatchisi Vardonni yo‘qlatib, undan: «Far-g‘onaliklar xususida qanday fikrdasan?» deb so‘radi.
Uning maqsadini sezgan Vardon:
— Ayam Jahonni aytyapsizmi? — dedi.
— Borakallo. Otasining ta’ziyasi tugagandan keyin Bag‘dodga kelishga va’da bergan edi, lekin hanuz daragi yo‘q. Biror kishi orqali xabar qilmadi. Sen bunga nima deysan?
— Ruxsat etsangiz, o‘zim borib buni surishtirib kelsam?
    Xizmatkorning bu qadar fidokorligidan mamnun bo‘lgan Sohib jilmaydi va: «Borakallo, Vardon, senga bu qadar og‘ir vazifani yuklamoqchi emasman. Faqat nima qilsak bo‘larkin, deb maslahat so‘rayapman, xolos», — dedi.
    Vardon o‘ylab, boshini yerga egib turdi:
— Menimcha, janob Afshin Farg‘onadan kelguncha yana bir oz tahammul qilsak.
— U qachon kelarkin?
— Yaqinda kelarmish degan xabar bor. Kelgan zamon o‘zidan yoki hamrohlarining birortasidan surishtirib bilib olamiz.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:18:05
     Vardonning maslahati Zirg‘omga mas’ul tushdi: «Bo‘lmasa, buni Afshinning hamrohlaridan o‘zing so‘rab, bilasan». Vardon: «Xo‘p, maqsadingizni angladim», — dedi. Sohib kuldi.
— Men uchun qaysi maslahatni foydali deb bilsang, yashirmay bemalol aytaver! Yodingdan chiqmasin, men seni xizmatchim emas, do‘stim, sirdoshim deb hisoblayman!
     Vardon unga ta’zim qilib, bosh egarkan: «Men hamisha xizmatingizni jon-dildan ado etuvchi xodimingizman. Hozir menga ruxsat bersangiz, Afshinning karvonlari yetib kelmasdan, yo‘liga chiqsam», — dedi. «Mayli, bor, o‘zingga ma’qul ishni qilaver!»— ruxsat berdi unga Sohib Vardon u bilan xayrlashib, chiqib ketdi.
     Zirg‘om qasrda o‘tirgan edi: «Xalifa sizni yo‘qlayaptilar», deb bir kishi keldi. U otlanib, xalifaning qasri tomon yo‘l oldi. Qasrga yaqinlashganda, unga: «Xalifa o‘z xosxonalarida qozikalon Ahmad ibn Abu Duod bilan suhbatdalar», deb aytishdi.
     Ahmadning xalifaga g‘oyat manzurligi Zirg‘omga ma’lum edi. U muhim ishlar xususida Ahmad bilan maxsus gaplashib olardi. Zirg‘om ruxsat so‘rab, ularning oldiga kirib bordi. Xalifa xona to‘rida, o‘z kursisida, Ahmad ibn Abu Duod esa uning yonida, ikkinchi kursida o‘tirardi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:24:55
     Asli arab bo‘lgan Ahmad ularga zo‘r ixlos va muruvvat bilan tanilgan kishi edi. Mu’tasim arablarni o‘zidan uzoqlashtirgan, ulardan iltifotini uzib, qadr-qimmatlarini ancha pasaytirib qo‘ygan edi. U o‘ziga turklarni yaqin tutardi. Shunday bo‘lsa ham Ahmadga ishonchi zo‘r edi: vazirlari o‘rniga u bilan maslahatlashar va uning maslahatisiz biror ishga qadam qo‘ymasdi.
Odatda xalifalar oldida boshqa kishi gap boshlashi mumkin bo‘lmasa ham, Ahmad Mu’tasim oldida bemalol gapiraverardi...
     Xalifa oldida qozilar qozikaloni o‘tirganini ko‘rgan Zirg‘om o‘zining muhim bir ish yuzasidan chaqirilganini sezdi. U xalifaga salom berdi. Xalifa unga «alik» oldida: «Marhamat, qani, kelaver, Sohib», deb Ahmad ibn Abu Duod yonidan joy ko‘rsatdi. Keyin u qoziga qarab dedi:
— Siz, ehtimol, bu qo‘mondonni hamma biladigan nomi bilan emas, boshqa nom bilan chaqirayotganimdan ajablanayotgandirsiz? Sizning bu yigit to‘g‘risidagi fikringiz maqbul, ko‘pdan beri uning botirligi va sadoqati haqida so‘z yuritardingiz. Men uning siz maqtaganingizdan ham a’lo ekanini amalda sinab ko‘rdim. U men uchun o‘zini o‘lim to‘lqiniga otdi: meni sherning changalidan qutqazib, o‘z qahramonligini namoyish qildi. Shu vajdan uni o‘zimga yaqin tutib, Sohib deb ism qo‘ydim va saroyga keltirib joylashtirdim.
     Oltmish yoshlar chamasida bo‘lib, soch-soqoliga oq oralagan qozi Mu’tasim Zirg‘omni maqtayotganini eshitib: «u maqtovga arziydigan yigit ekan. Men uni dastlab ko‘rishdayoq ma’qul topib, istiqboli ulug‘ bo‘lar, deb umid tutgan edim. Ilohim, xizmatingizda barqaror bo‘lsin!» — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:25:25
— Shuning uchun hozirgi maslahatimizdan uni voqif etish kerak, — dedi Mu’tasim.
Zirg‘om odob saqlab, xalifaning farmonini kutib o‘tirardi. Xalifa unga dedi:
— Ey Sohib, Armanistondagi o‘sha majusiy to‘g‘risida kelgan xabarlarni biz qozi bilan muhokama qilayotgan edik.
     Xalifa Ardabildagi davlat boshlig‘i Bobak al-Xurramiyni ko‘zda tutayotganini sezgan. Zirg‘om: «Bu odam biror voqea sodir qildimi?» — deb so‘radi. Uning xalifa bilan tuzilgan bitimni buzganidan, musulmon askarlari bilan o‘rtalarida yuz bergan voqealardan va Bobakni qo‘lga tushira olmaganlari tufayli uning ishi avj olib ketganidan Zirg‘om xabardor edi. Qozi gapga aralashdi:
— Bobak al-Xurramiyning Armanistonda xalifaga itoat etmagani, u goh Afshin askarlarini, goh boshqalarni xalifaga qarshi gijgijlatgani sizga ayon. Biz bilan Armaniston orasi olis, urush ba’zan bizning foydamizga, ba’zan uning foydasiga hal bo‘lib kelmoqda. Bobak u yerda mustahkam o‘rnashib olgan. Xalifa esa... — u jim bo‘lib Mu’tasimga qaradi. Mu’tasim uning so‘ziga qo‘shimcha qildi:
— Ey Sohib, Afshindan ko‘nglim to‘q emasligini, undan qanday qutulishga hayronligimni senga aytgan edim. Sen uni o‘z yurti, o‘z fuqarosi, qavm-qarindoshi, urug‘-aymoqlari ichida ko‘rding. Xo‘sh, uning xususida qanday mulohazaga kelding?
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:25:39
— Afshin u yurtlarda katta hukmdor. Uni yo‘lboshchi deb hisoblashar, shahanshoh deb atasharkan, qay bir kishilar uni «xudolar xudosi» deb yuborishdan ham toymas ekan. U musulmon diniga kirishdan avval shunday nomga ega bo‘lgan ekan. Hozir u «xudolar xudosi» deb atalishini istamasa kerak. Ey xalifam, u shu qadar katta nufuzga egaki, bir marta xitob qilsa, son-sanoqsiz kishilari uning chaqirig‘iga tayyor bo‘ladi. Xalifa istasalar, uni vazifasidan bekor qila oladilar. Meni uning o‘rniga tayinlamoqchi bo‘lsalar, xizmatlarida qonimni ham, jonimni ham ayamayman. Men o‘zimni Afshindan qudratliroq deb o‘ylamayman, lekin xalifaning sodiq qullariman. Qaysi xizmatga munosib ko‘rsalar, men tayyorman, tangrining o‘zi madadkor bo‘lsin.
Qozi Mu’tasimga qarab:
— Sohib o‘z sadoqatini va davlat xizmatiga fidokorligini ochiq aytyapti. Bunday o‘zgarishlardan kelib chiqadigan xatarli natijaga, albatta, uning idroki yetadi. Men Afshin yoki boshqa biror kishi bizning fikrlarimizdan voqif bo‘lmasligini lozim ko‘rardim. Agar ijozat bersangiz, menda bir mulohaza bor, shuni o‘rtaga tashlasam, balki biror manfaati tegib qolsa ajab emas.
— Qani, eshitaylik, — dedi-da, xalifa Zirg‘omga qaradi: — Men qozini vazir va maslahatchilarim maqomida hisoblayman. Vazirlarim va xos kishilarim ko‘p, lekin ulardan bittasiga ham qozichalik ishona olmayman. Gapiring, qozi afandi!
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:26:01
— Afshin o‘z yurtida podshoh, uning askar va yordamchilari yetarli. U sizga faqat mol-mulk orttirish, boyish maqsadida xizmat qilyapti. Ba’zilarning aytishicha, uning musulmonlarga xizmati faqat mol-mulki uchun, o‘z holiga qo‘yilsa, albatta, Bobak bilan birlashib, biz musulmonlarga qarshi jang qiladi. Bordi-yu, uning musulmon bo‘lgani rost bo‘lsa ham, har qalay sinalmagan-da. Biz unga qattiqqo‘llik qilsak, to‘nini teskari kiyib olsa ajab emas. Bobak bilan bir yoqadan bosh chiqargudek bo‘lsa, o‘zingizga ma’lum, biz uchun ancha xatarli ish bo‘ladi. Menimcha, uni aldashimiz, «sen davlatimiz uchun eng ishonchli kishisan», deb ishontirishimiz, istaganicha pul-mol berib, o‘zini va askarlarini sotib olishimiz va Armanistondagi o‘sha majusiyga qarshi urushga solishimiz kerak. Yengib chiqsa, Bobakdan qutulgan bo‘lamiz. Shundan keyin Afshinning xoinligi xalifaga ochiq-oydin ayon bo‘lsa, jazosini berish hech gap emas. Chunki u yakkalanib, suyanchig‘i qolmagan bo‘ladi. Agar uning bizga chin ko‘ngildan xizmat qilayotgani aniqlansa, u vaqtda tegishli hurmat ko‘raveradi.
     Qozining so‘zini eshitgach, Zirg‘om uning fikri oqilona fikr ekanligiga ishonch hosil qildi. Zirg‘omning o‘ziga qolsa, u bunday hukm chiqara olmasdi, chunki u qahramon bo‘lsa ham, bunday nozik fikrlay olmasdi. Bir kishi ayni vaqtda ham qahramon, ham o‘tkir fikrli bo‘lishi juda kam uchraydi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:26:17
— Qozi, bu eronlik yoki ushrusanalikning kuchiga ortiqcha baho beryapti, undan qo‘rqyapti. Askarlarimiz ichida ulug‘ sarkardalar borligini bu kishi unutganga o‘xshaydi. Ularning har biri o‘z kishilari va qurol-yarog‘i bilan davlatimizni himoya qilishga qodir.
— Xalifamiz rost aytyaptilar. Chindan ham farmonlarida Ashnos, Itox, Bag‘o, Sumo va boshqa bahodirlar bor. Lekin ular oddiy xalqdan chiqqan, ularning birortasi ham askarlar ichida Afshindek nufuzga ega emas. U o‘zining behisob xalqi orasida qancha hokimiyatga ega ekanligini hozir eshitib turibmiz. Agar biz uni xafa qilsak, yuqorida zikr etgan kishilarimiz uning o‘rnini bosishga ojizlik qilib qolar. Bobakning qarshi chiqishi o‘rtaga suqilmasa, biz na Afshinning, na boshqalarning kuch-qudratini pisand etmagan bo‘lardik. Siz xalifam, shijoatli va tadbirkor kishisiz. Tangri sizni xalifalik bilan siylaydi. Binobarin, hiylakorlik yoki sabrpeshalikka yurmaysiz. Ammo hadisda: «Urush hiylakorlik — makrdan iboratdir», deyilgan. Mening ra’yim shu. Yana hamma ish o‘z ixtiyoringizda. Hamma a’yonlar qatori men ham sizning irodangizga bo‘ysunaman. Sizga itoat etish yo‘lida qonimizni ham, jonimizni ham ayamaymiz.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:35:26
     Xalifa: «Qozining so‘zlariga nima deysan», degandek Zirg‘omga qaradi. Zirg‘om: «Men qozining gaplarini qaytarishga botinmayman. Yaxshi siyosat bobida u kishi o‘ylagan fikrlarni men xayolimga keltirishdan ojizman. Mening javobimni o‘zingiz eshitdingiz. Men qilichbozman, binobarin, farmoningizni tugal bajarish burchimdir. Xoh Ozarbayjonga, xoh Turkistonga, xoh Armanistonga qo‘shin tortishga amr qilsangiz, butun kuch-qudratimni, g‘ayrat-shijoatimni sarflab otlanaman. Ammo qozining andishalari, bergan maslahatlari ancha ma’qul. Shunday bo‘lsa ham xalifamizning oliy tadbir va ra’ylariga itoat etamiz», — dedi.
— Ikki ish sababli ikkalangizdan maslahat so‘radim,— dedi xalifa, — birinchisi, Afshinning yetib kelishi yaqin qolgani to‘g‘risidagi xabar, ikkinchisi esa Armanistondan kelgan ayg‘oqchimizning so‘ziga ko‘ra, la’nati Bobakning kuchayib borayotgani va biz tomonga qo‘shin tortishi ham ehtimoldan uzoq emasligi masalasidir. Bobakning kelishini beparvo kutib o‘tira olmaymiz.
Qozi unga dalda berdi:
— Bobak mamlakatimizga qadam bosishga jur’at qilishiga sira aqlim bovar qilmaydi. O‘zi «xalifa bizning ustimizga qo‘shin tortib kelib qolmasmikin» degan xavotirda. Menimcha, hozir Afshinni yaxshilab kutib olish, undan keragicha foydalanib qolmoq uchun «sen yaxshi», deb turish kerak.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:35:56
     * * *

     Ular shu suhbatda ekan, asr namoziga aytilayotgan azon tovushi eshitildi. Xalifa o‘rnidan turishga otlanib, qo‘lini qo‘liga urib, xojibni chaqirdi-da: «Xalifa asr namozini o‘qish uchun masjidi jomega kelarmishlar» deb jamoatga xabar qilib qo‘yishini buyurdi.
     Zirg‘om ham, qozi ham xalifa bilan o‘sha masjidga borishi lozim bo‘ldi. Bu masjidni xalifa Mu’tasimning o‘zi bino qildirgan. U shu qadar mustahkam qurilgandiki, islom mamlakatlarida yagona edi. Uning devor va mehrobi oynavandlik qilib ishlangan bo‘lib, mehrobda turib namoz o‘qiydigan kishi tashqaridan masjidga kirib kelayotganlarni bemalol ko‘ra olardi. Masjid xalifaning qasriga yaqin bo‘lgani uchun u namozni ko‘pincha shu yerda o‘qirdi. Xalifa o‘rnidan qo‘zg‘alayotganda qozi bilan Zirg‘om uylariga borib tahorat olib kelishga ruxsat so‘rab, tashqari chiqishdi.
     Masjidga avval xalifa kirdi. Kishilar, sardorlar va vazirlar uni ko‘rish uchun tik turishardi. Xalifa masjid ichida o‘zi uchun ajratilgan hujraga kirishi bilan ketidan uning xos kishilari, jumladan, qozi Ahmad va vaziri Muhammad ibn Abdulmalik az-Zayyot hamda yuqorida nomlari zikr etilgan turk sarkardalar kirishdi. Zirg‘om ham ichkari kirib, oddiy kishilar qatoriga borib o‘tirdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:36:21
     Devorga o‘rnatilgan oynalar shunday shaklda ediki, namoz o‘quvchilarga o‘z shakllari boshqa bir masjidda namoz o‘qiyotgan kishilardek bo‘lib tuyulardi.
     Zirg‘om mehrobdagi oynalarga qarab, orqa tomondan tanish-notanish kishilarning masjidga kirayotganini ko‘rib turib, namozni o‘tayotgan edi, to‘satdan tanishdek tuyulgan bir kishiga ko‘zi tushdi. Uni yaxshilab ko‘rib olish uchun sekin orqasiga qaradi: u Jahonning akasi Somon edi. Zirg‘om avaylab orqasi bilan yurib, eshikka yaqinlashdi. Uning orqasiga qaytayotganini ko‘rgan Somon undan oldinroq masjid sahniga chiqib ketdi. Somon Farg‘onadalik vaqtida ko‘rimsizligini bildirmaslik uchun yaxshi xil’at kiyib, o‘ziga oro berib yurardi. Hozir u butunlay o‘zgarib ketibdi. Zirg‘om uni zo‘rg‘a tanidi. Somon achinadigan darajada ozib ketgan, kiyimlari to‘zgan, qo‘l va boshini bog‘lab olgandi. Uning shu alfozda turganini ko‘rib, Zirg‘omning rahmi keldi va Jahonga biror gap bo‘lmadimikin degan fikrga kelib: «Somonmisan?» deb baland ovoz bilan so‘radi.
— Ha, Somonman.
— O‘zi nima gap? Senga nima bo‘ldi? Jahon qani?
— Alohida bir joy bo‘lsa, boshimdan o‘tgan hamma savdolarni birma-bir aytib berardim. Somurroda sizni qidirmagan yerim qolmadi. Holdan toydim. Ehtimol, shu yerdan toparman, deb masjidga qidirib kelgandim.
— Qani, orqamdan yuraver, — deb Zirg‘om masjid sahnidan yura boshladi, — meni eski nomim bilan so‘ragan bo‘lsang kerak. Uni hozir hech kim bilmaydi. Meni bu yerda «Sohib» deb atashadi. Jahon qaerda? Kiyimlaring nega bunchalik xarob?
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:37:19
     Ular ikkalasi masjid sahnidan chiqib, Ka’ba shaklidagi to‘rt burchak bir binoga yetib kelishdi. Uyigacha borishga sabr-toqati qolmagan Sohib Somon bilan shu binoga kirib, uning qissasini eshitishga qaror qildi. Binoga kirib, Somonni supada o‘tirishga taklif qildi-da: «Xo‘sh, gapir-chi, Jahon qaerda, qanday falokat yuz berdi?» — dedi.
Somon xo‘rsinib, boshini yerga egdi:
— Sizni xafa qiladigan xabar bilan keldim.
Zirg‘om hayajonga tushib so‘radi:
— Nima, Jahonga bir gap bo‘ldimi?
— Yo‘q, unga hech gap bo‘lgani yo‘q, lekin... — Somon gapini davom ettirolmay, «qult» etib yutindi.
— Lekinini ayt, nima gap o‘zi? Jahon qaerda? So‘zlay qolsang-chi axir!
Somon ko‘ziga yosh oldi:
— U qaerdaligini bilmayman. Qaroqchilar yo‘lda olib qochib ketishdi.
Zirg‘om sherga o‘xshab o‘kirdi, Somonning ko‘ziga qattiq tikildi, sochi tikka bo‘lib, qo‘rqinchli bir tusda: «Olib qochishdi, dedingmi? Bunga kim jur’at etdi?», dedi.
— Uni tortib olib ketgan yaramaslarning kimligini bilolmadim. Lekin siz bir oz sabr qiling, men bo‘lgan voqeaning hammasini batafsil aytib bo‘lay.
— Xo‘p, gapir, lekin qisqaroq qil!
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:37:48
— Siz ketganingizdan keyin bir necha kun ichida biz Farg‘ona ahli boshiga ikkita kulfat tushdi, — dedi-da, Somon gapini birov eshitib qolishidan qo‘rqayotgandek tovushini sekin qilib masjid sahniga ko‘z yugurtirdi. Yaqin o‘rtada quloq solayotgan kishi yo‘qligiga qanoat hosil qilgach, davom etdi. — Kulfat bizga eng yaqin kishimizdan — otamiz bizni ishonib topshirib ketgan kishidan yetdi. Afshin otamning merosidan meni mahrum etish bilan qoniqmay, singlimga ko‘z olaytirdi.
     «Somonga tegishli bo‘lgan hissaga ko‘z olaytirgani yetmagandek, Jahonning merosiga ham qo‘l cho‘zibdi-da», deb o‘ylagan va boshqa narsani xayoliga keltirmagan Zirg‘omning a’zoyi badani jimirlashib ketdi.
— Demak, u insofsiz Jahonning merosiga ham qo‘l cho‘zibdi-da?
Somon o‘zining soqolsiz taqir iyagini ishqalab turib, yo‘talib qo‘ydi-yu, hech narsa demadi. Bu xatti-harakatdan shubhalangan Zirg‘om:
— Shunday emasmi? — deb so‘radi.
— U ablah faqat merosga ko‘z olaytirgan bo‘lsa mayli edi-ya. Jahonning o‘ziga ham ko‘z olaytirdi. Bu achchiq haqiqatni sizga aytib, xafa qilganim uchun avf eting. Bu rost gap. U Jahonning botir Zirg‘omga aytib qo‘yilganini bila turib, o‘ziga og‘dirib olmoqchi bo‘ldi. Jahon uni o‘ziga tan mahramlikka qabul qilishi amri maholligini Afshin yaxshi bilardi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:38:03
Zirg‘om qalt-qalt titrardi:
— Xo‘sh, keyin nima bo‘ldi?
— Biz qochish chorasini ko‘rdik. Yengil-elpi yuklarimizni olib, Jahon bilan bir qofilaga qo‘shilib, yo‘lga tushdik. Bu ishimizni saroydagilardan oqsoch Hayzuron bilardi, xolos. Uni ham o‘zimizga hamroh qilib, Afshin xabar topib qolmasin deb, shoshilinch ravishda uchalamiz Somurro tomon yo‘l oldik. Issiq-sovuq demay, yo‘l azobini chekib, ancha qiyinchilik bilan Xurosondan o‘tdik va Hamadonga yaqinlashganimizda, hamrohlarimiz bizdan ajralib, bo‘lak tomonga ketishdi. Biz esa endi tinch yerga yetib oldik, xotirjam bo‘laversak arziydi, deb o‘yladik. Shu payt otliq qaroqchilardan bir to‘dasi kelib, yo‘limizni to‘sdi. Kuchimiz yetgancha ulardan o‘zimizni mudofaa qildik, hatto mening qo‘lim sinib, boshim jarohatlandi. «Men o‘lsam sadqai sar, ammo Jahon salomat qolsin», deb urindim. Lekin afsuski...
— Keyin nima bo‘ldi? U jarohatlandimi yoki olamdan o‘tdimi?
— Jahon sog‘-salomat, lekin uni va oqsoch Hayzuronni olib qochib ketishdi. U menga: «Zirg‘omga salom ayting va bo‘lgan voqeani unga yetkazing!» — dedi.
Zirg‘omning tutuni osmonga chiqib, qoni qaynab, ko‘zlaridan o‘t chaqnardi:
— U qaroqchilar kim ekan? Birortasini ham tanib olmadingmi?
— Yo‘q, ular «tanib qolishsa, sirimiz fosh bo‘ladi», deb yuzlariga parda to‘sib olishgan. Ovozlarini ham sira chiqarishmadi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:38:23
     * * *

     Zirg‘om boshini quyi solgancha, jonsiz kishidek birmuncha vaqt jim qoldi. Keyin masjiddan chiqib kelayotgan odamlarning g‘ovur-g‘uvuri qulog‘iga kirib, o‘ziga keldi. Xalifa ham masjidda ekanini esladi. Xalifa «Zirg‘om nega yashirinib turgan ekan», degan shubhaga tushmasin deb Somonga: «Meni kutib tur» ishorasini qildi-da, o‘zi davlat arboblari yoniga borib turdi. Sal fursat o‘tmay, tik turgan kishilar safdan chekinib, o‘rtadan xalifaga yo‘l bo‘shatishdi va unga salom bermoq uchun kutib turishdi. Xalifa o‘tayotganda turgan kishilarning yuziga birma-bir qararkan, Zirg‘omga ko‘zi tushdi, «qani, orqamdan kelaver» degandek unga ishora qildi. Xalifaning bu taklifi Jahon to‘g‘risidagi gaplarni bilib olishimga monelik qilmasmikin, deb Zirg‘om ikkilanib qoldi. Xalifa qasrga yetmasidanoq odamlar asta-sekin tarqalishdi. Zirg‘omdan bo‘lak hech kim qolmagandi. Xalifa qasrga kirib borarkan, «sen ham birga yuraver» degandek uni yana chaqirdi. Ular ikkalasi xalifaning xos hujrasiga kirgandan keyin xalifa Zirg‘omdan: «Namoz tugamasdan oldin nega masjiddan chiqib ketding?» deb so‘radi. Xalifaning bu savolidan Zirg‘om xijolat tortdi. O‘zi oyna orqali tashqaridan kirgan Somonni ko‘rganidek, xalifa ham orqadan kirgan-chiqqan kishilarning hammasini ko‘rib turishini u o‘ylamagandi. To‘g‘risi, kutilmaganda Somonning masjidda paydo bo‘lishi Zirg‘omning o‘zini ham, qaerda turganini ham unuttirib yuborgandi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:38:52
— Men ko‘raman, deb hech bir xayolimga keltirmagan bir kishiga ko‘zim tushib qoldi, u bilan uchrashishim juda ham zarur bo‘lganidan tashqariga chiqdim. Namozni sizning orqangizda ado etishim kerak edi, afv etasiz. Masjidda turib, menga ko‘zingiz tushishini o‘zimga bo‘lgan ulug‘ iltifotingiz deb bilaman, — deya uzrini aytdi.
— Sen sohibim bo‘lganing uchun hamma ishlaringga qiziqaman. Ko‘rgan-eshitganlaring ichida sen uchun biror ko‘ngilsiz voqea bo‘lmasa, shuning o‘zi bas.
Hamadonga borish uchun xalifadan ruxsat so‘rash payti kelganini bilgan Zirg‘om: «Modomiki, xalifamning soyai davlatlarida ekanman, ko‘ngilsiz voqea yuz bermagay. Lekin farg‘onalik yaqinlarimdan bir jamoasi Iroqqa kelayotgan ekan, yo‘lda bir to‘siq ularning tezroq yetib kelishlariga monelik qilibdi. Mendan madad so‘rab kishi yuborishgan ekan. Ijozat bersangiz, bir necha kunga Hamadonga borib kelsam», — dedi.
     Mu’tasim boshini egib eshitdi-da, so‘ngra: «Mayli, bor, lekin ko‘p jimjit bo‘lib ketma! Agar askar yoki aloqachilar kerak bo‘lsa, birga olib ket», dedi.
     Tashakkur aytib Zirg‘om unga bosh egdi. So‘ng ruxsat olib Somonni qoldirib ketgan yeri — masjid tomon qaytib bordi. O‘ziga Mu’tasim bunchalik e’tibor berganidan shodlansa ham, Jahon va Afshin haqida eshitgan gaplaridan ko‘ngli g‘ash edi. Afshin ham Somurroga kelmagan. Zirg‘om tezroq Hamadonga borishi kerak. U o‘zi va Somon minib boradigan bekat otlarini tayyorlashga buyurib, onasi bilan xayrlashgani ketdi. Onasiga: «Zarur bir ish bilan ketyapman. Bir necha kun ichida qaytib kelaman», — dedi. Onasi oq yo‘l tilab qoldi. Shu kuni kechqurun Zirg‘om yo‘lga chiqdi. Qattiq tashvishlaganidan yuragi hovliqar, ko‘ngli o‘zidan oldinroq Hamadonga qarab uchib ketayotgandek bo‘lardi. Otlar almashtiriladigan har bir bekatga yetganda, u yerdagi odamlardan: «Shu atrofda biror yerda joylashgan qaroqchilar borligini eshitmadinglarmi?» deb surishtirib ko‘rardi. Zirg‘om yo‘lda kam uxlab, tunni kunga ulardi. Shu yo‘sinda ular Hamadonga yaqinlashdi. Hamadon yaqinida xilvat bir tog‘lik joy bor edi. Xat-xabar eltuvchilar shu tog‘ yonidan o‘tardi. Bekat ham o‘sha yerda. Bekatga yetganidan keyin Zirg‘om Somondan: «Qaroqchilarga duch kelgan yeringlarni eslay olasanmi?» deb so‘radi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:39:10
— O‘ylashimcha,  shu tog‘ning orqasida bo‘lsa kerak.
Ular toqqa kun botar paytlarida yetib kelishgan va bekatchilar ular uchun yotadigan va hordiq chiqaradigan joyni ham tayyorlab qo‘yishgandi. Lekin Zirg‘om ertalabgacha chidashga toqat qilolmadi. Har qaerga ketayotgan va har qaerdan kelayotgan xat tashuvchi va savdo ishi bilan yuruvchi kishilar shu bekatda tasodifan uchrashib qolishdi. Bekat xo‘jayini Zirg‘om xalifaning xos kishilaridan ekanligini va bu yerga muhim ish bilan kelganini payqab boshqa kishilarni ham bundan voqif qilib qo‘ydi. Ular hammasi Zirg‘omning xizmatini bajonu dil bijarishga harakat qilardi. Zirg‘om bekat xo‘jayinidan:
— Bu yerda ko‘p vaqtdan buyon turasizmi? — deb so‘radi.
— Bir necha hafta bo‘ldi. Biz bekat odamlari hamma vaqt ko‘chib yuramiz. Bizga biror xizmatingiz bo‘lsa, bajonu dil ado etishga tayyormiz, — dedi u.
— Borakallo sizlarga! Bu soylarda yoki tog‘larda o‘rnashgan yoxud bu yerlardan o‘tib turadigan o‘g‘rilar yoki yo‘lto‘sar qaroqchilar borligini hech eshitmaganmisiz?
— Bu xususda juda oz eshitganmiz. Lekin kecha qaroqchilardan bir to‘dasi mana shu tog‘ning orqasida joylashgan deb eshitib qoldim. Ulardan hukumat hanuz bexabar bo‘lsa kerak deb o‘ylayman, — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:39:27
Bekat sohibidan bu gaplarni eshitgan Zirg‘om:
— O‘sha qaroqchilarning joyini ko‘rsatib beraoladigan bir kishini menga hamroh qiling, — dedi.
Zirg‘omning dovyurakligi va yolg‘iz o‘zi o‘sha qaroqchilar tomonga yo‘l olishga oshiqishidan ajablangan bekat sohibi:
— Siz bu yerda o‘tira turing, ularni aniqlab, bilib kelish uchun avval biror kishini yuboraylik, shunga nima deysiz? — dedi.
— Yo‘q, yo‘l ko‘rsatadigan bir kishini biz bilan yuborsangiz kifoya, — dedi-da, yoniga qilichini osib, katta choponini kiydi va boshini katta ro‘mol bilan o‘rab oldi. Yoniga Somonni va o‘sha bekatdagi soqchilardan bir kishini olib, o‘zi ularning oldiga tushib ketaverdi. Yo‘l xavfli, o‘nqir-cho‘nqir, quyosh botib qorong‘ilik quyuqlashgan vaqt edi. Zirg‘om boshini yerga eggancha gapirmay, u yoq-bu yoqqa qaramay, yo‘lida davom etardi. O‘sha tog‘dagi bir muyulishga borib yetishdi. Yo‘l boshlovchi kishi old tomonlarida miltirab yonib turgan bir chirog‘ini ko‘rsatib: «Ularning turgan joyi ana o‘sha, ular bizni sezib qolib ushlab olishlaridan qo‘rqaman», — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:40:01
     MU’TASIM BILAN ARABLAR

     Somon Zirg‘omga: «Men ham siz bilan borsam bo‘lardi»,— degan edi, lekin Zirg‘om uni ham qoldirib, yolg‘iz o‘zi piyoda jo‘nadi. U kavushi bilan mayda toshlarni g‘ijirlatib bosib borardi. Uning jahli chiqqanidan, tanho bo‘lishiga qaramay yo‘lidagi xavf-xatarni pisand qilmasdi. Zirg‘om o‘z jasorati va botirligiga qattiq ishonardi. Qaroqchilar joylashgan yerga chamasi bir o‘q borib yetadigan masofa qolganda Zirg‘omning ko‘zi chiroq oldida u yoq-bu yoqqa o‘tayotgan kishilarga tushdi. Itlarning irillashi qulog‘iga chalindi. Lekin Zirg‘om bularga e’tibor bermasdi. Uning yolg‘iz kelayotganini ko‘rgan qaroqchilar dushman ekanini xayollariga keltirishmadi ham. Negaki, dushman shunday paytda tanho yurishga yuragi dov bermasligini ular yaxshi bilishar edi. Ulardan biri: «Kim bu» deb ovoz chiqardi.
— Yo‘qotgan narsasini qidirib yurgan yo‘lovchi... boshliqlaringiz qaerda? — dadil javob berdi Zirg‘om.
     Bir lahza o‘tar-o‘tmas qaroqchilar orasida harakat va shivir-shivir boshlanib ketdi. Keyin uchiga olov yoqilgan tayoq ushlagan, yuzi ro‘mol bilan o‘ralgan bir kishi uzun choponga o‘ralib, Zirg‘om yoniga keldi. Har qancha tikilib qarasa ham, Zirg‘om uni tanimadi. Lekin unga tashlanish yoki o‘zini mudofaa qilish uchun hozirlanib, qilichini qo‘liga oldi. Olov ko‘targan kishi Zirg‘omga yaqinlashib keldi-da:
— Xush kelibsiz, Zirg‘om, xush kelibsiz, Sohib, — deb uning nomini atab qarshi oldi. O‘z nomi tilga olinganini eshitgach, Zirg‘omning yuragi hovliqib, u kishi bilan gaplashib qo‘yishga ahd qildi. Lekin tanimagani uchun: «Siz kim bo‘lasiz?» — deb so‘radi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:40:22
    Kishi Zirg‘omning yoniga kelib, yuzidagi pardani ko‘tardi va qo‘lidagi olovni o‘z betiga yaqin keltirdi:
— Meni tanimadingizmi?
Zirg‘om sinchiklab qarab, uni tanidi:
— Hammodmisan? Bu yerga nimaga kelib qolding?
— Meni bu yerga do‘stingning jabr-zulmi keltirdi, — degach, bir hushtak chalgan edi, itlarning vovillashi bosilib, to‘planib turgan kishilar tarqaldi. Keyin u Zirg‘omning qo‘lidan yetaklab yo‘l boshladi. Somurroda davlatning ko‘zga ko‘ringan kishilaridan biri bo‘lgan Hammodning bu ishiga tushuna olmagan Zirg‘om hayratda edi. Hammod Zirg‘omning yaqin oshnasi bo‘lib, undan bir necha hafta ilgari uni Somurroda ko‘rgandi. U Hammod orqasida xotirjam boraverdi. Ular katta toshlardan yasalgan, devorlari buzilgan eski binoga borishdi. Agar yo‘lovchi olov yorug‘ida u binoning buzilib yotgan qoldiqlariga sinchiklab qarasa, albatta, unda qadimgi eroniylarning naqsh va gullarini ko‘radi. Ammo Zirg‘om uni sezmadi. Ular bir hujraga kirishdi, unda na palos, na ro‘zg‘or asboblari bor. Yerda don solingan qoplar va idish-oyoq bosilgan qutilarni ko‘rdi. Bular hozirning o‘zida savdogarlardan tortib olib kelinganga o‘xshardi. Hammod bir quti ustiga o‘tirib, Zirg‘omni ikkinchi quti ustiga o‘tirishga taklif qildi:
— Bu narsalardan hayron bo‘layotganga o‘xshaysan?
— Nega hayron bo‘lmay, bu yerni men qaroqchilar joyi deb eshitdim. Sen ham shulardan biri ekansan, deb o‘ylayapman.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:40:47
— Men ularning biri emas, boshlig‘iman, senga ishonchim komil bo‘lmaganda, birinchidan, bu sirni bildirmagan va bu yerga seni boshlab kelmagan bo‘lardim, ikkinchidan, ishongan do‘stingning zulmi nimalarga olib kelganini ko‘rib qo‘y, deb seni bu yerga olib keldim.
— Do‘sting, deb amiralmo‘’mininni aytyapsanmi? — tushunolmay so‘radi Zirg‘om.
— Amiralmo‘’mininni emas, turklar va farg‘onaliklar amirini aytyapman. Yana ham aniqrog‘ini ayt desang, u akasi Ma’mun kabi kofirlar amiridir.
    Bunday kutilmagan gaplarni eshitar ekan, Zirg‘om ko‘zlab kelgan maqsadini ham bir chekkaga surib qo‘ydi:
— Bunday gaplarni aytishingga yo‘l qo‘ymayman. Senga ixlosim bo‘lmaganda, bu gaplaringni eshitib, chidab turolmagan bo‘lardim. Lekin sadoqating esimda, ko‘nglingdagi gaplaringni menga ayt. Yuragingda xalifaga bo‘lgan g‘ashlikni ketkazishga harakat qilaman. Biz sening ko‘magingga va qilichingga muhtojmiz. Bizga qarshi kishilar ko‘p. Shuning uchun bir yoqadan bosh chiqarishimiz kerak.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:41:03
Hammod yaxshilab o‘rnashib o‘tirib oldi. Uning chehrasida g‘amginlik ko‘rinib turardi:
— Xalifani mudofaa qilayotganing uchun men senga hech narsa demayman, chunki u turklar va farg‘onaliklarning do‘sti. Shular tufayli o‘z ahliga va qavm-qarindoshlariga yomon nazar bilan qaraydi. Sen esa hozir uning do‘sti va eng yaqin kishisisan. Men seni bunga noloyiqsan demoqchi emasman. Bundan ham ko‘proq martabaga arziysan. Lekin sen biz arablarning o‘rnida bo‘lganingda, bu odamning qilayotgan zulmiga bardosh berolmagan bo‘larding, albatta. Bizga o‘tkazayotgan zulmi kamlik qilgandek, u dinimizga ham rahna solyapti. Arab zoti borki, hammasidan u in’omini kesib qo‘ydi. Ularga maosh ham berdirmay qo‘ydi. Mu’tasimdan oldingi xalifalardan qaysi biri shu ishni qilgan?.. Arablar to‘rt xalifa va umaviylar davrida qancha izzat-obro‘ va an’analarga ega bo‘lganini, boshqa millatlar «g‘ing» demay ularga bo‘ysunganinigina emas, hatto eroniylar qilichi ostida vujudga kelgan Abbosiya xalifaligining avvalgi davrida ham arablar hukmronlikni qo‘ldan bermaganliklarini senga eslatib qo‘ymoqchiman. Mana, xalifa Ma’munni olaylik. Mu’tasim kabi mu’tazila* bo‘lib, arablar bilan har qancha urush qilgan bo‘lsa ham, lekin ulardan xayr-ehsonini ayagan emasdi. Mu’tasim yo‘qchilik yoki qahatchilik sababli ularga beradigan in’omini kesib qo‘ydi desak, xato bo‘ladi. U turklarni, ushrusanalik va farg‘onaliklarni qo‘lga olish uchun behisob mol-dunyo sarf qilyapti. Ular uchun Somurro shahrini qurdirib berdi. Turli joylardan xotin-qiz cho‘rilar olib kelib, ularga hadya qildi, hamyonlarini oltin-kumushga to‘ldirdi. Sen ham arab bo‘lganingda, xalifaning bunday ishlariga chidab turolmagan bo‘larding.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:41:33
    Hammodning haq gapirayotganini anglagan Zirg‘om uning so‘zini rad etishga hech qanday dalil topolmadi. Lekin Mu’tasimga bo‘lgan xayrixohligi uni himoya qilishni va biror uzr axtarishni taqozo qilardi:
— Amiralmo‘’minin haqidagi fikrlaringni inkor etmayman, lekin sen «xalifa yomon niyat bilan bu ishlarni qilayotir», deb hisoblayapsan. Xalifa davlatga dushmanligi aniq bo‘lgan ba’zi arablarga shunday qilyapti, xolos. Arablardan ba’zilari unga qarshi urush ochdi va uning farmonidan bosh tortdi. Ammo o‘z xizmatini chin ko‘ngildan ado etuvchilarni xalifa juda o‘ziga yaqin tutadi, ularga in’omlar beradi. Mana, qozi Ahmad ibn Abu Duodni olaylik. U arab. Uning xalifa oldida qanchalik obro‘ga ega ekanini mendan ko‘ra yaxshiroq bilasan. Yaxshisi, o‘zingni ol: arab bo‘lishingga qaramay, u seni o‘ziga yaqin tutmadimi? Obro‘-martabangni ko‘tarmadimi?
     Hammod bosh chayqab: «Fikrimcha, sen do‘sting xalifani mudofaa qilmoqchi bo‘lyapsan. Minglab xor-zor bo‘lgan, kambag‘allik va yo‘qsillikka uchragan arablardan ko‘z yumib, qozi Ahmadni menga ro‘kach qilyapsan. Yana sen menga o‘zimni gapirasan. To‘g‘ri, men ham mansabdor edim. Koshki shunday mansab qurib ketsa! U Makkadagi Ka’badan musulmonlarni chalg‘itish uchun Somurroda yasama Ka’ba qurib, meni unga mas’ul xizmatchi qilib qo‘ydi. Makkadagi Ka’ba Hijoz arablari uchun daromad manbalaridan biri edi. Ular har yili hajga boradiganlardan manfaat ko‘rardi. Xalifa esa ularni shu manfaatdan mahrum etdi. Musulmonlar Hijoz arablari bilan aloqa qilishmasin, deb Somurroda o‘sha Ka’bani qurdirdi.
Zirg‘om uning so‘zini bo‘ldi:
— Lekin bu ishni Mu’tasim boshlagani yo‘q. Bundan oldingi xalifa va amirlar ham shunga harakat qilishgan. Hajjoj va Mansurlar bunga uringan bo‘lsalar ham, uddasidan chiqolmay muvaffaqiyatsizlikka uchrashgan.
— Mu’tasim ham maqsadiga erisha olmaydi, chunki baytulloh Makkadadir, uni Somurroda barpo etish hech kimning qo‘lidan kelmaydi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:42:28
     * * *

    Zirg‘om bunday qarasa, suhbat uning bu yerga kelgandagi maqsadidan butunlay tashqariga chiqib ketyapti. U gapni qisqa qilmoqchi bo‘ldi:
— Har narsa deganingda ham, bu gaplar sening qaroqchilik qilishingni oqlay olmasa kerak.
— Qaroqchilik dema, biz o‘g‘rilik degan narsani mutlaqo qilganimiz yo‘q.
Zirg‘om o‘zini mudofaa qilayotgan Hammodning gapidan kulimsirab bosh silkib qo‘ydi.
— Kulma, do‘stim. Biz o‘g‘rilik qilayotganimiz yo‘q. O‘g‘ri emasmiz ham. Biz o‘z huquqimiz uchun kurashyapmiz.
Uning gapidan ajablangan Zirg‘om «nima deyapsan» degandek bo‘ynini cho‘zib qaradi. Hammod davom etdi:
— Mana bu yerda yotgan mollar kambag‘al, beva-bechoralarning haqi, xudo qur’onda «buni o‘shalarga berilsin» degan. Bular yer egalarining daromadidan olingan ushr* yoki o‘ljaga olingan mollarning beshdan biridir. Bularni islomning avvalidagi xalifalar boy va savdogarlardan olib, kambag‘allarga sadaqa yoki ehson qilib berishardi. Mu’tasim esa uni berdirmay qo‘ydi. Musulmonlar arab bo‘lgani uchun ochdan o‘lishi kerakmi? Xalifa kambag‘allarni shu ko‘yga solmoqchi  bo‘lgani uchun biz ularning haqini zo‘rlik bilan olib beramiz.
 
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:42:45
Uning keltirayotgan vaji o‘rinli bo‘lgani uchun Zirg‘om qoyil qoldi, lekin bahsni to‘xtatmoqchi bo‘ldi:
— Xo‘p, mayli, yaqinginada sen Somurroda turganingni bilaman. Xalifa maoshingni to‘xtatib qo‘ygani yo‘q-ku. Unga qarshi chiqishingning boisi nima?
Hammod xo‘rsinib o‘rnidan turdi. Uning yuzidagi jahl o‘rnini qayg‘u egalladi:
— Meni unga qarshi qo‘yayotgan, gina-kuduratimni qo‘zg‘ayotgan bir narsa bor. Shu narsa tanamdagi jonimni hiqildog‘imga keltirdi, yuragimga sanchilib, to‘g‘ri yo‘ldan adashtirdi. Shuning uchun jonim boricha bu zolimdan o‘ch olmay qo‘ymayman.
Uning peshanasidan g‘ar-g‘ar ter quyilib ketdi. Zirg‘om nima gapligini aniqlashga juda ham qiziqdi. Uning gaplaridan sevgilisidan judolik azobidan shikoyatni sezdi-da:
— Birodar, o‘zi nima gap? Ochig‘ini aytib qo‘ya qol. Men bu yerga o‘zimga tegishli juda muhim bir ish bilan kelgandim. Sen esa o‘z dardingni aytib, qayg‘umga qayg‘u qo‘shding, — dedi.
— Sening ishing har qancha muhim bo‘lganda ham, men chekkan qayg‘u oldida pashshacha ham emas. Men bag‘dodliklardan birining qizini sevib qolganman. U ham meni sevadi. Uni endi o‘z nikohimga olishga chog‘langan paytimda Mu’tasimning hamnishinlaridan Horis as-Samarqandiy degan kishi lop etib chiqdi-da, uni o‘ziga so‘ratib, zo‘rlik bilan ilib ketdi. Shundan keyin sen aytgan o‘sha qozi Ahmad orqali xalifaga arz-dodimni yetkazdim. U menga: «Sen o‘zingga boshqa qiz axtar, bu qiz senga tegmaydi», degan javobni qildi. Lekin u qizni men qattiq sevishimni bilardi, — dedi-da, Hammod «Ey Yoquta» deb bir xo‘rsinib qo‘ydi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:43:04
— Qizning oti Yoqutamidi?
— Ha, nomi Yoquta. Qani, ayt-chi, men xalifaning hamma yomonliklariga chidab kelganman, endi bunisiga ham chidaymi? Xudo xaqi, men xalifadan ham, hukumatidan ham noroziman. Men qaroqchilik qilish uchun emas, balki shu hukumatdan o‘ch olish uchun bu ko‘yga tushdim. Bu nohaqlikka qarshi kishilar juda ko‘p.
    Zirg‘om Yoquta voqeasiga qiziqdi, chunki o‘zining boshiga ham shunday falokat tushgan edi. Bir falokatga uchragan yoki uchrashdan qo‘rqib yurgan kishi shunday falokatga uchragan boshqa kishilarga hamdard bo‘la oladi. Uylanmagan odam farzandidan ayrilgan otalarning dardiga uy-joy qilgan, bola-chaqa ko‘rgan kishichalik qayg‘urmaydi. Oshiqdagi hissiyotni faqat ishq-muhabbatni boshidan kechirganlargina tushunadi. Zirg‘om Hammodga tasalli bera boshladi.
— Do‘stim, ko‘nglingni xotirjam qil. Bu ishingda, ehtimol, men senga yordam berarman. Endi mendan bir shingil gap eshit: men shu qorong‘i kechada bu yerga sendan bir narsani so‘rashga kelganman. Gapimga quloq sol! Avvalo bilib qo‘yki, boshingga tushgan bu dardingga malham bo‘luvchi avvalo men bo‘laman, chunki ikkimizning dardimiz bir xil ekan.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:43:21
— Gapir, botir, qulog‘im senda.
— Umr yo‘ldoshi bo‘lamiz deb, va’dalashib qo‘ygan bir qizim bor. U Farg‘onada edi, men esa Somurroda. Qiz akasi va oqsochi bilan Somurroga safar qilgan. Ular Hamadonga yetganda, qaroqchilar hujum qilib, qiz bilan oqsochni olib ketishgan. Akasi bu xabarni menga yetkazgandan keyin darhol uni izlashga tushdim. Aloqachi meni shu tomonga yo‘llagani uchun, bu yerga kelib qoldim. Xo‘sh, shu xususda sen qanday fikr berasan?
— Biz xotin-qizlarni olib qochadigan o‘g‘rilardan emasmiz. Qiladigan ishlarimizni senga aytib berdim. Bu atrofda o‘g‘rilar ham, yo‘lto‘sarlar ham yo‘qligiga imonim komil.
— Axir, qizning akasi shu hodisa tepasida o‘zi bo‘lgan. Qochib borib, menga shu xabarni yetkazdi-ku.
Hammod bu gapga ishonmagandek bosh silkidi:
— Bu yerda biz bir necha haftadan beri yotibmiz. Bunday voqeani mutlaqo eshitganimiz yo‘q. Ehtimol, xabarchi noto‘g‘ri aytgandir.
Somonni tanigandan buyon uning niyati buzuqligini bilib yurgan Zirg‘omning ko‘zi ochildi:
— Xabar yetkazgan kishi mana shu qirning oldida turibdi. Uni hozir chaqirtirib kelaman. Voqeani o‘z og‘zidan eshitasan.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:43:47
     Hammod «Zirg‘om aytayotgan kishisini bu yerga chaqirib kel!» deb odamlaridan biriga buyurdi. Ammo u odam «hech kimni topmadim» deb qaytib keldi. Shundan keyin Zirg‘om o‘zi borib axtardi. Somonni turgan yerida topmagach, boyagi yo‘l ko‘rsatgan kishidan surishtirdi. U: «Qaerga g‘oyib bo‘lganini bilmay qoldim», dedi. Zirg‘om uni har qancha qidirtirsa ham, darak topmadi. Demak, bunda qandaydir bir sir bor. «U meni aldadimikin. Hatto Afshin to‘g‘risidagi gapi ham yolg‘onmikin?» degan xayolga bordi. Jahon ustidagi gaplariga ishonchi yo‘qoldi. «Endi Somurroga qaytishdan bo‘lak chora yo‘q» — dedi o‘zicha Zirg‘om. Keyin o‘rtog‘i Hammod yoniga borib: «Kel, ikkimiz birga Somurroga qaytaylik», dedi. U qabul qilmadi: «Qaytib borishimdan hech manfaat yo‘q. Do‘sting mol-mulkimgagina ziyon yetkazgan bo‘lsa mayli edi, hech narsa demasdim. Lekin u ko‘kragimga nayza sanchdi. Buni sira kechira olmayman, o‘zing bilasan, mendan xafa bo‘lma!»
    Zirg‘om unga yetgan musibatni o‘yladi va sevgilisini tortib olgani uchun albatta o‘ch olishi kerakligini ko‘z o‘ngiga keltirdi:
— To‘g‘ri aytasan, bu fikringga men ham qo‘shilaman. Agar xalifa mening sevgilimga shunday ko‘z olaytirishini bilsam, albatta, senikidan ham qattiqroq o‘ch olishga yo‘l izlagan bo‘lardim. Mayli, o‘zing bilasan, har holda meni unutma. Men ham sening ishingda jonimni ayamayman. — U bir oz jim turib, qo‘shimcha qildi:
— Mabodo senga xat yozishim, kishi yuborishim yoki o‘zimning kelishim lozim bo‘lib qolsa, seni shu yerda uchrata olamanmi?
— Bu kechadan keyin qaerda bo‘lishimni o‘zim ham bilmayman. Bu yerda omonatgina turibman. Ammo o‘zing menga darkor bo‘lib qolsang, qaerdan izlashim mumkin?
— Somurrodan, — dedi Zirg‘om.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:44:15
     * * *

     Zirg‘om o‘rtog‘i bilan xayrlashdi. Uning fikr-xayoli eshitgan bu gaplarida edi. Jahonning qiyofasi uning xayolidan nari ketmasdi. Chunki xuddi o‘sha yerda, shunday qorong‘i kechada uni o‘g‘rilar olib ketishgan deb eshitgandi. Xayoliga Jahonni ushlab olishayotgandek, u bechora «Zirg‘om, qaerdasan, menga yordam ber», deb qichqirayotgandek tuyuldi. Uning badani zirqirab ketdi, tishlarini g‘irchillatdi. Zirg‘om shunday xayollarga cho‘mib, o‘nqir-cho‘nqir yo‘llar orqali yo‘l boshlovchi ketidan aloqachilar turadigan joyga kelib yetdi. So‘ng otiga minib, Somurro tomon yo‘l oldi.
     Qaytish yo‘li kelgan yo‘liga qaraganda yaqinroq bo‘lsa ham, unga ancha olis tuyulardi. Somurroga yetib borish juda qiyindek ko‘rindi. Chunki u tezroq yetib borib, o‘tkir va serfarosat Vardonga uchrashib, bu ishda uning maslahatini olmoqchi edi.
     Zirg‘om Somurroga kun botish paytlarida yetib bordi. Quyosh nuri zaiflashib, shu’lasi u yer-bu yerlardagina qolgandi. U dumaloqligi hamda sariq shu’lasi bilan qon ichida suzib yurgan girdob olovni eslatardi. Zirg‘om Somurrodagi binolarga, xususan eng buyuk va ko‘rkam bo‘lgan xalifaning qasriga, katta masjidga nazar tashladi. Masjid minorasi balandligidan bulutlarni yorib ketgandek. Dajla daryosi shaharning shimolidan janubiga qarab oqyapti. Uning qirg‘oqlarida mevasi osilib yotgan xurmo daraxtlari boshiga salla o‘rab, miltig‘ini ko‘tarib turgan askarlardek zich turardi. Tabiatning bu go‘zal manzarasi Zirg‘omni o‘ziga maftun etdi. U rohatlanib, bir oz turib qoldi. Ammo uning yonida xachir minib kelayotgan xat tashuvchini bu manzara uncha qiziqtirmasdi. Chunki u buni ko‘raverib, qiziqmaydigan bo‘lib qolgandi. Kishining kayfiyatiga qarab tabiat manzaralaridan ta’sirlanishi ham turlicha bo‘ladi. Boshqalarga qaraganda oshiqlar tabiatning holatiga ko‘proq moslashadilar.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:44:32
     Zirg‘omning ko‘ngli bu yerda tanholikni istab qoldi. U hamrohiga qarab: «Siz mendan oldinroq Somurroga kirib boravering», — deb ishora qildi. U yolg‘iz o‘zi qolib, quyoshning botishini kuzatib turardi. Quyosh uning ko‘ziga olisdan, xurmo daraxtlari orqasidan qizg‘ish jilvalanib ko‘rinardi. Quyoshning bir chekkasi ufqqa tutashdi. U cho‘zilib, filning xartumi shaklida ufq orqasiga kira boshladi. Qolgan qismi ham, sekin-asta g‘oyib bo‘ldi. Quyosh o‘rnini qizg‘ishroq bo‘lib, so‘ng qora tusga kirgan ufq egalladi, hamma yoqni qorong‘ilik bosdi. Zirg‘omning yuragi siqilib, yo‘lga tushish kerakligini esladi. Otiga qamchi urib, asta-sekin yura boshladi va shaharning quyi tomonidagi daraxtzor yerga borib yetdi. Daraxtsiz joydan unga Dajla daryosi ko‘rindi. Uning qirg‘og‘i bo‘ylab qasrga bormoqchi bo‘ldi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:44:47
     Havo toza. Hamma yoqni sukunat qoplagan. Dajlaga yaqinlashganda Zirg‘omni yana xayol olib qochdi. Ot daryo bo‘ylab bormoqda. Zirg‘om jilovni qo‘yib yuborgan. Mayingina shamol esadi, hamma yoq jimjitlikda, faqat daraxt barglarining shitirlashi va ot tuyog‘ining taqir-tuqur ovozidan bo‘lak hech narsa eshitilmasdi. Chuqur xayolga botib ketayotgan Zirg‘omning qulog‘iga hech qanday ovoz kirmasdi. To‘satdan orqa tomondan: «Xudodan qo‘rqinglar, meni qo‘yib yuboring, odamlar, menga yordam beringlar», deb dodlayotgan bir ayolning ovozi eshitildi. Zirg‘om yuragiga o‘q qadalgandek cho‘chib ketdi. Ovoz bo‘g‘ilib chiqa boshladi. Bu xuddi Jahonning ovoziga o‘xshagani uchun Zirg‘omning a’zoyi badani jimirlashib ketdi. «O‘g‘rilar bechora Jahonni ham shunday qilishgandir, dodlaganda hech kim yordamga kelmagandir, men bu ayolga yordam qilsam, ajab emas Jahonga ham yordam qo‘lini cho‘zguvchi biror mardni xudo muyassar qilsa», dedi-da, otdan tushdi va qilichini yalang‘ochlab: «Mana men yordamingga tayyorman! Hoy badbaxtlar, unga tegmanglar!» deb baqirgancha ovoz kelayotgan tomonga yugurdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:46:32
     Kecha tim qorong‘i edi. Zirg‘om hech kimni uchratmagach, bu «Xayolmi yoki jinlar Jahonga o‘xshab dodlab, meni gangitayotibdimi?» deb qo‘rqdi. Lekin hech qanday fursat o‘tmay, bu ovoz yaqinlashdi, daryo qirg‘og‘idan «Xudo haqi menga yordam bering, o‘limdan qutqaring» deb ikki qo‘lini ochgancha bir ayol chopib kelardi. Uning orqasidan ikki kishi quvib kelyapti. Ulardan biri qilichini yalang‘ochlab: «Qaerga qochyapsan, hozir o‘ldiraman», deb do‘q urardi.
Zirg‘om u kishiga qarab: «To‘xta, unga tegma, bo‘lmasa bo‘yningni sug‘urib olaman», — deb do‘q urdi.
     U kishi quloq solmay, xotinni quvlab yetib olay deganda, ayol Zirg‘omning oldiga kelib, oyog‘iga o‘zini tashladi. Quvib kelayotgan kishi qo‘lidagi qilichi bilan ayolga hujum qilmoqchi bo‘layotganda, Zirg‘omning qilichi bir zarb bilanoq uning tanasidan boshini judo qildi. Keyin sherigiga yopishib, uni ham o‘ldirmoqchi bo‘lganda, uning qurolsizligini payqab to‘xtadi va: «Kim bo‘lasiz?» deb ovoz chiqardi.
— Bizni so‘rashga nima haqqing bor? Sening ishing emas, qizni qo‘yib yubor-da, yo‘lingga jo‘nay ber! Kimligimizni senga keyin ko‘rsatib qo‘yamiz.
— Joyingdan qimirlama, nomard, bo‘lmasa, seni ham boshingni uzaman, hozir o‘zingni menga tanit va bu qiz voqeasini aytib ber!
 
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:47:36
— Bu qiz xojasidan qochgan. Bizni uni tutib kelish uchun yuborgan edi. Axtarib shu yerdan topdik. Xojasiga borishdan bosh tortgandan keyin, sherigim po‘pisa qildi, sen oraga tushmaganingda ushlab olib ketgan bo‘lardik. U sherigimning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Sen buning uchun javob berasan, albatta.
     Charchab, holdan ketgan qiz ko‘kat ustida yonboshlab olgan edi, uning gapini eshitib irg‘ib turdi-da: «Yolg‘on, xoinlar, yolg‘on aytyapsizlar», — dedi.
     Qizning ovozini eshitib, Zirg‘om uni yana Jahonga o‘xshatdi. Yuragi duk-duk ura boshladi. «Yo‘q, bu Jahon emas, Jahon bo‘lganda meni ovozimdan tanimasmidi», — dedi-da, u kishiga qarab: «To‘g‘risini ayt, meni qo‘rqitmay qo‘ya qol, bo‘lmasa, seni ham sheriging bilan bir go‘r qilaman», — dedi.
— Qizning gapiga ishonma, bu xalifaning xonadonidan qochgan. Uni ajratib olishga kimning yuragi dov beradi?
— Men ajratib olaman, jo‘na, yo‘lingdan qolma.
— Ha, ha, sen kimsan o‘zing? Uni men ajratib olaman, deyishga qanday tiling bordi? — Zirg‘om teskari qarab, qizni qo‘lidan ushladi-da, yigitga: «Bor, jo‘na, o‘sha xalifaga yoki bu qizga xo‘jayinlik qiladigan kishiga borib, qizni Sohib ajratib oldi deb ayt», — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:48:51
Sohib nomini eshitgandan keyin u kishi o‘zini yo‘qotgudek dovdirab orqasiga tislandi:
— Janob, kechirasiz, tanimasni siylamas, xato qilibman. Siz ekaningizni payqamabman, — dedi-da, orqasiga qarab jo‘nab qoldi.
Zirg‘om esa qizning qo‘lini qo‘yib yuborib, o‘z joyida qimirlamay turgan otini jilovidan yetaklab keldi va qizga qarab: «Yur, qizcha, qo‘rqma, xatardan omon qolding, endi nima gap o‘tganini menga tushuntirib ber!» — dedi.
Qiz bo‘g‘iq ovoz bilan:
— Xudoga shukur, bu balodan meni qutqazish uchun sizni yetkazdi. Siz bo‘lmaganingizda, zum bo‘lib ketgan bo‘lardim.
     Qizning ovozidan zavqlangan Zirg‘om uning yuziga qaramoqchi bo‘ldi. Uning xayolidan Jahon o‘tib turgani uchun: «Shu qiz Jahonning o‘zi emasmikan?» degan fikrga keldi. Lekin tunning tim qorong‘iligi qizning yuzini ko‘rishga imkon bermasdi. Zirg‘om unga: «Rostini ayt, sen kim bo‘lasan?» dedi.
— Men birovning cho‘risi edim, xojam xudo uchun meni ozod qildi, tanish bir yigit o‘ziga meni so‘ratdi, oramizda sevgi ham paydo bo‘ldi. Umr yo‘ldoshi bo‘lishga u bilan ahd-paymon qilishdik. Shundan keyin xalifaning mulozimlaridan Horis as-Samarqandiy degan kishi meni ko‘rib qolib, o‘ziga xotinlikka so‘ratuvdi, men qabul qilmadim.
     Horisning nomini eshitib, Zirg‘om Hammoddan eshitganlarini esladi va «u yigitingning ismi nima edi?» deb so‘radi.
— Ismi Hammod.
— Unday bo‘lsa, sening isming Yoqutami?
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:50:10
Qiz: «Bu notanish odam mening ismimni qaerdan bildi?» — deb hayron bo‘ldi va tili g‘uldillab:
— Mening ismimni siz qaerdan bildingiz? Hammodni taniysizmi, u hozir qaerda? — dedi.
— Uni taniyman. Lekin hozircha unga erishishga yo‘l yo‘q, sen gapingni tugatganingdan keyin uning voqeasini aytib beraman.
Qiz qattiq sevinganidan o‘zini yo‘qotayozdi.
— Men Horisning iltimosini rad qilganimdan keyin u qozi Ahmadni xalifaga vosita qildi. Xalifa meni ko‘rib, uzoq tikildi-da, qozining qulog‘iga nimanidir shivirladi va menga: «Men bir o‘ylab ko‘rgunimcha sen rasmiy xotin bo‘lmay, Horisning shunday qo‘lida tura turasan», deb amr qildi. Horis meni uyga eltib borib qamab qo‘ydi-da, nikohiga o‘tishim kerakligini goh aldab, goh do‘q qilib uqtira boshladi. Bir necha haftadan keyin menga tegishib, «Jazmaning Somurrodan boshqa yerga ketib qoldi», — dedi. Men uning gapiga ishonmadim va Hammodning xalifa qasri yaqinidagi joyiga qochib borishga otlandim. Horisning yordamchilaridan bo‘lgan mana bu ikki kishi meni ushlab qaytarmoqchi bo‘ldi. Qaytishga rozi bo‘lmaganimdan keyin, «o‘ldiramiz», deb menga do‘q qilishuvdi qo‘rqib dodladim. Ana shu vaqtda ovozimni eshitib, meni qutqazishga siz kelib qoldingiz, xudo xayringizni bersin!
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:51:20
     Qiz gapini tugatgach, do‘sti uchun uni qutqazganidan Zirg‘om behad shodlandi. Lekin Hammod o‘sha uchrashgan kechadan keyin u yerdan chiqib ketishini va qaerga borib joylashuvi noma’lumligini eslab, sukut qilib turdi. Ko‘z o‘ngidan Jahonning siymosi o‘tib turardi va o‘ziga-o‘zi: «Men bu qizni qutqazganimdek, Jahonni ham qutqazadigan kishi topilganmikin?» — dedi.
Shodligidan yuragi yorilayozgan Yoquta Zirg‘omdan sevgilisi to‘g‘risida ko‘rgan-bilganlarini eshitishga oshiqib, uning yonida piyoda borardi. Hadesa, Zirg‘om gapiravermaganidan keyin u: «Hammod haqida gapirib beraman degan edingiz, rostdan u Somurrodan chiqib ketganmi?» — deb so‘radi.
— Ha, Horis aytgandek, u Somurrodan ketib qolgan...
— Qaerga ketgan?
— Bilmayman, u bilan men bir necha kun muqaddam Bag‘doddan tashqarida uchrashdim. Qaergadir borishini aytdi. Sen tufayli u Horisdan ham, xalifadan ham achchig‘langanini senga gapirib berdi. Senga bo‘lgan muhabbati mustahkamligiga ko‘nglingni to‘q qilaver.
Yoquta yuzlarini yumdalab dodlay boshladi:
— Voydod, men endi qaerga boraman, qaerda tunayman, uni qaerlardan izlayman?
— Qayg‘urma, xudo o‘sha kunlarga yetkazguncha mening uyimda, onam bilan birga turasan. Zarur bir gap chiqib qolsa, u menga xat yozishga va’da bergan.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:52:36
— Xudo xayringizni bersin, lekin...
— Singlim, tashvishlanma, onam bilan tinch, totuvlikda yashaysan. Hech kim senga ko‘z olaytira olmaydi. Uyda u kishi tanho o‘zlari turadilar, seni qiz qilib olib, sen bilan ovunadilar.
Shu paytda Yoquta saroyga yaqinlashib qolganini sezib, to‘xtadi-da: «Xalifaning qasri yoniga kelib qolganga o‘xshayman», — dedi.
Zirg‘om: «Men shu saroyning ichkarisida bir qasrda yashayman,» — dedi.
Yoquta ketiga tislandi:
— Xalifa bilib qolsa, menga yomon bo‘lmaydimi?
— Xotirjam bo‘laver. Sen mening uyimda tinch bo‘lasan.
    Shu payt ular saroyga yetib kelishgandi. Zirg‘omni ko‘rgan soqchilar unga yo‘l bo‘shatishdi, ulardan bittasi kelib otini otxonaga yetaklab ketdi. Zirg‘om Yoquta bilan uyiga yetib keldi. Uni ko‘rgan xizmatchilardan bir nechtasi onasiga xabar qilish uchun ichkariga yugurib kirib shamlarni yondirdi. Ular hovlining o‘rtasiga borgach, shamlar yog‘dusida Zirg‘om qizga sinchiklab tikildi. U Jahonga juda o‘xshab ketgani uchun Zirg‘om sarosimaga tushib, yuragi orziqib ketdi va ichida «Ajabo, bu qanday tasodif?» — dedi qizga zavqi kelib. Shunchalik iztirobda turishiga qaramay, uning yuzidagi salobati, husn-jamoli, xususan, yuz-ko‘zi va ovozi bilan Jahonga juda-juda o‘xshaganligi Zirg‘omni hayron qilmay qo‘ymadi. Uni qutqazish yo‘lida tortgan azob-uqubati qizga mehr qo‘yishini taqozo qilardi. Kishilar manfaati uchun azob chekkan odam tabiatan ularni sevadi. Shuning uchun ham kishi o‘z farzandlari ichidan o‘ziga ko‘proq qaram-hojatmand bo‘lganiga ko‘proq mehr qo‘yadi. Ota o‘z farzandi yo‘lida qanchalik mashaqqat tortsa, unga mehri shunchalik oshadi. Zirg‘omning ko‘ngli Jahon bilan band bo‘lmaganda, u albatta Yoqutaga mayl qilgan bo‘lardi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:53:49
    Oftob esa o‘g‘lini kutib olishga hozirlandi. Uning oyoq ovozini eshitish bilan oldiga yugurib borib, quchoqlab o‘pdi. U hovlida yana boshqa bir yot kishi harakatini sezib: «O‘g‘lim, yoningdagi hamrohing kim?» deb so‘radi.
— Onajon, bu sizga hamroh bo‘ladigan qiz, — dedi.
    U o‘g‘lim Jahonni olib keldi, deb o‘yladi-da, Yoqutaning oyoq ovozi kelayotgan tomonga qarab: «Jahon kelib qoldimi?» deb so‘radi.
    Onasini Jahonni tilga olishi Zirg‘omning yuragini larzaga keltirdi, eski yarasini yangiladi. U bir xo‘rsinib: «Yo‘q, oyi, Jahon emas, do‘stlarimdan birining qaylig‘i. Men uchun hurmatli bir ayol», — dedi.
    Yoquta Oftobning yoniga kelib, uning qo‘lini o‘pmoqchi bo‘lgandi, u kamtarlik qilib qo‘lini o‘pgani qo‘ymadi va «Xush kelibsiz, jonim, ismingiz nima?» — deb so‘radi.
— Nomim Yoquta, onajon.
Yoqutaning tovushini eshitgan Oftob g‘alati bo‘lib qoldi, ajablangandek labini cho‘chchaytirib, ikki oq ko‘zini pir-pir o‘ynatdi:
— Ajabo, bu ovozni tanigandek bo‘lyapman.
— Oyi, uni siz Jahonning ovoziga o‘xshatyapsiz shekilli, haqiqatan juda o‘xsharkan. Men ham uni dastavval eshitib, shunday gumon qilgandim.
Oftob unga javob bermay, sukut etdi. Keyin Yoqutani qo‘lidan ushlab, yoniga o‘tqazdi va bag‘riga bosib quchoqlab: «Borakallo, qizim, zab kelibsan-da» — dedi-da, Zirg‘omga qarab: «Bu Yoqutaga sen qanday duch kelib qolding? Qaerda ekan?» — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:54:07
— Sizga aytgan ishimdan qaytib, shaharning quyi tomonidan kelayotuvdim, ikki kishi bu qizni quvlab kelayotgan ekan. Uning qo‘rqib dodlaganini eshitib, oldiga bordim-da, haligilar qo‘lidan qutqazdim. Keyin to‘g‘ri uyga boshlab kelaverdim. Bir odam bu qizni majburan o‘ziga xotinlikka olmoqchi bo‘lganida u qochibdi, ular buni ushlab o‘sha odamga eltib berishmoqchi ekan.
— U odam kim ekan?
— Xalifaning mulozimlaridan — Horis as-Samarqandiy degan kishi.
— Qiz nega uni istamadiykin, axir u badavlat, obro‘li odam-ku.
— Chunki bu qiz Hammod degan bir arab yigitini yaxshi ko‘rar ekan, oyi, siz uni tanimaysizmi?
— Sen bilan bir kelganda ovozini eshitganga o‘xshayman. U hozir qaerda?
— Shaharda emas, ketgan, u qaytib kelgunicha Yoquta bu yerda istiqomat etib turadi. Maylimi, sizga bemalolmi?
— Menga yoqqanda qanday, sen ish bilan ketganingda menga hamdam, ovunchoq bo‘ladi, hozirning o‘zidayoq buni men ko‘p yildan buyon tanib yurgan kishidek his qilyapman. Hay, hay, umring uzoq bo‘lgur qizim-ey.
Qizning kiyim-kechaklarini yangilab, yuvib-tarab kelishni Oftob Mas’udaga buyurdi. Keyin ovqat keltirildi. Zirg‘om onasidan: «Vardon kelmadimi?» deb so‘radi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:54:34
— Bir necha kun bo‘ldi, kelib seni so‘radi. Qaerga ketganingni unga ayta olmadim.
— Afshin xususida u sizga hech narsa demadimi?
— Uning bu yerga kelib, Somurrodan tashqarida askari bilan to‘xtaganini, bir necha kundan keyin biz tomonga o‘tishini aytdi. Vardon uning oldiga ketgan bo‘lsa kerak yoki bugun-erta borar.
Ona-bolaning suhbati uzoqqa cho‘zilmadi. Ular dam olish uchun o‘rinlaridan qo‘zg‘alishdi. Erta bilan turgandan keyin Zirg‘omni yana xayol olib qochdi. U tezroq Vardonni topib, Jahon to‘g‘risida Afshinning hamrohlaridan eshitganlarini bilishga oshiqardi.
     Shu kuni kechqurun xalifa Zirg‘omni yo‘qlab kishi yubordi. Zirg‘om qora kiyimlari va qalpog‘ini kiyib xalifaning umumiy qabuliga bordi. Ijozat olib, xalifa oldiga kirdi va ta’zim qilib, tik turdi. Xalifaning yonida qozi Ahmad o‘tirardi. Uni ham o‘tirishga taklif qilib, ochiq chehra bilan: «Safardan qachon qaytding?» — deb so‘radi.
— Kecha kechqurun keldim, janob xalifam. Bugun o‘zim huzuringizga kelish uchun tayyorlanayotgan vaqtimda, xalifa sizni chaqiryaptilar, deb uyimga kishi borib qoldi.
— Safardan qaytayotganingda yo‘lda kimni uchratding?
Horis kelib albatta Yoquta to‘g‘risida xalifaga shikoyat qilganini bilgan Zirg‘om: «Ikki kishi qiynayotgan bir qiz bolani uchratdim», — dedi.
— «Tarki odat, amri mahol» degandek, u qizni qutqazgandirsan? Borakallo! — dedi xalifa.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:55:26
    «Tarki odat, amri mahol», deb xalifa ilgari o‘zini sherning changalidan qutqazganiga imo qilayotganini sezib, Zirg‘om xijolat tortsa ham, o‘zini bilmasga solib:
— Shu ahvolni ko‘rib turib, ko‘z yumib ketishga insofim yo‘l bermadi. Qizning joniga ora kirdim. Qutqarib olib keldim. Keyin bilsam, u qiz davlat arboblaridan biriga tegishli  ekan.  Janobingizning  homiyliklarini  eslab, «kel-e, boshimga tushganini ko‘rarman», dedim. Bu nojo‘ya xatti-harakatim uchun afv etgaysiz, — dedi.
Mu’tasim kuldi:
— Halol ovni ushlabsan. Uni qo‘lda saqlashga hammadan ko‘ra o‘zing loyiqsan. Qizni yaxshilab ko‘rdingmi, qalay ekan?
— Chakki emas, mavlono!
— Mana endi iqror bo‘lib, qo‘lga tushding.
Xalifa nima demoqchi bo‘lganini Zirg‘om tushunmay turgandi, qozi gapga aralashdi:
— Xalifa sen uchun bir qizga kishi qo‘yganlari esingda bo‘lsa kerak.
— Ha, esimda bor, — dedi Zirg‘om.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:55:55
— O‘sha qiz xuddi shuning o‘zi. — Bu tasodifdan taajjublangan Zirg‘om nima deyishini bilmay gangib qoldi. Qozi so‘zini davom ettirdi:
— Bir necha hafta burun Horis bu qizni o‘z nikohiga olishni talab qilib olib kelganda, xalifaning nazarlari tushgan edi. Boshqa bir kishi ham uni o‘ziga mo‘ljal qilib yurar ekan. Shunda xalifa menga qarab: «Bu qiz Sohibga munosib», dedilar-da, Horisga: «Men talab qilgunimcha buni sen saqlab turasan», deb buyurdilar. Horis bugun ertalab kelib: «Zirg‘om Yoqutani mendan tortib olib ketdi», deb ustingdan shikoyat qildi. Xalifa: «Bu qiz Sohibniki, sen ovora bo‘lma», deganlaridan keyin lom-mim deyolmay chiqib ketdi. Shuning uchun senga janob xalifa: «Halol ovni ushlabsan, iqror bo‘lib qo‘lga tushding», deyaptilar.
Zirg‘omning «xalifaning iltifotlari uchun rahmat» deb duo qilishdan bo‘lak iloji qolmadi:
— Amiralmo‘’minin o‘z qullari xususida nimaiki qilsalar, ixtiyorlari.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:56:59
Shundan keyin Mu’tasim: «Somurroning eng go‘zal qiziga ega bo‘lding, qo‘sha qaringlar!» dedi-da, qo‘lini qo‘liga urib hojibni chaqirdi va qulog‘iga nimanidir shivirlagandi, u «xo‘b» deb chiqib ketdi. Keyin ustiga quyoshdek yaltirab turgan gavhar bo‘yin tumor qo‘yilgan bir likopcha ko‘targan xodim kirib keldi. Uni Sohibga taqdim et, deb xalifa imlagach, unga uzatdi. Uning yaltirashidan xayoli qochgan Zirg‘om tashakkur aytmoq uchun o‘rnidan turgan edi, Mu’tasim: «Bu gavhar bo‘yin tumorni Yoquta bo‘yniga taqib yasanadi», — dedi.
Zirg‘om hurmat va minnatdorchilik qilib, bosh egib, unga ta’zim qildi va «amiralmo‘’mininning iltifot va marhamatlari benihoya bo‘ldi», — dedi.
— Senga bundan ham ko‘proq in’omlar qilsa arziydi.
Zirg‘om bo‘yin tumorini olib, ro‘molchasiga o‘radi-da, xalifani yana duo qildi, keyin ruxsat olib, uning yonidan chiqdi. Yo‘l-yo‘lakay xayol surib, uyiga bordi. Ammo Yoqutani nikohiga olish masalasi uni jilla ham tashvishlantirmadi, chunki uni nikohiga olgan-olmaganini xalifaga bildirmay, egasi kelguncha uyida saqlab turib, u kelishi bilan oshiq-ma’shuqni bir-biriga topshirmoqni o‘yladi.
Zirg‘om uyga kelgach, onasi: «Xalifa seni nimaga chaqirgan ekan?» deb so‘radi. «Yoquta to‘g‘risida», — dedi Zirg‘om.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:58:09
    Bu gapni eshitgan Yoqutaning badani jimirlashib ketdi, chunki u Horisning chaqimchilik qilishidan qo‘rqib yurgandi. Lekin Zirg‘om onasiga kulib gapirganini ko‘rib, u ancha xotirjam bo‘ldi, nazokat bilan unga bir qarab qo‘ydi. «Ochiqroq aytib ber, o‘zi nima gap?» deb ona yana so‘radi.
— Horis ustimizdan xalifaga shikoyat qilibdi. Xalifa uning shikoyatini rad etdi va Yoqutaga yaxshiroq qarab turishni menga topshirdi.
    Shundan keyin qizning ko‘ngli yorishib, Zirg‘omga tahsinlar aytdi. Uning xalifa oldidagi obro‘yini va unga so‘zi o‘tishini ko‘rib, mehri yana ziyoda bo‘ldi. Yoqutaning ko‘ngli Hammodda bo‘lsa ham, Zirg‘omning o‘zi kutgandan ham ortiq ekaniga iqror bo‘ldi. Zirg‘omdan xalifaning gapini eshitgandan keyin Yoquta uyalib, yuzlari qizarib ketdi. Dono va o‘tkir irodali bu qiz uyalinqirab, qizarib-bo‘zarib: «Janob Sohibning marhamatlari uchun minnatdorman. Meni ham oriyatdan, ham o‘limdan qutqazdilar. O‘z himoyalariga olib, martabamni ham ko‘tardilar»,— dedi.
   Zirg‘om cho‘ntagiga qo‘lini uzatib, bo‘yin tumorni oldi-da: «Bu amiralmo‘’mininning senga tuhfalari», — dedi.
   Yoquta nima deyishini bilmay uni olib, Oftobga uzatdi. Oftob uni qo‘liga olib, ushlab ko‘rdi-da: «Bu senga munosibga o‘xshaydi», — deb qizning bo‘yniga taqib qo‘ydi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:59:00
    Ana shularning hammasi Zirg‘omning g‘am-tashvishini zarracha kamaytira olmadi. Kecha kechqurun va bugun ertalab yuz bergan hodisalar Zirg‘omga o‘z sevgilisini eslatardi. Xususan, Yoquta bo‘yniga taqqan gavhar bo‘yin tumorni aytmaysizmi. Zirg‘om o‘ziga-o‘zi: «Jahon shu yerda bo‘lganda bu tumorni taqish albatta uning haqqi emasmidi», — derdi. U shunday xayolga bordi-yu, Vardonni surishtirish uchun uydan chiqib ketdi. Qo‘rquvdan o‘zini yo‘qotib kelayotgan Vardonni u yo‘lakda uchratdi. Zirg‘omni ko‘rib u salom berdi. Zirg‘om shoshilib so‘radi:
— Ha, bormisan? Nega muncha jimjit bo‘lib ketding?
Ikkalasi bir chekkadagi uyga borib o‘tirishdi. «Afshin kechikib kelganligi tufayli ushlanib qoldim. Uning Somurroga kelganiga bir-ikki kungina bo‘ldi. Topshirig‘ingizni bajarishga zo‘rg‘a shu bugun muyassar bo‘ldim», — dedi Vardon.
— Jahon to‘g‘risida nima xabar topib kelding?
Vardon bir lahza sukut etib turgach: «Afshinning maxsus kishilari orasida uning hamma kirdikorlaridan xabardor bir o‘rtog‘im bor. O‘shaning aytishicha, Jahon ulardan ilgari Farg‘onadan chiqib ketgan emish», — dedi.
— Bu gapni sen ketganingdan keyin Jahonning akasi Somondan eshitgandim.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 11:59:26
Somonning nomini eshitib Vardonning rangi o‘chdi.
— Somon shu yerdami? Qani u ablah? Hozir u la’nati munofiqning jonini sug‘urib olaman.
Vardonning bu qadar jahli chiqqanidan taajjublanib Zirg‘om:
— Somonni nega o‘ldirmoqchi bo‘lyapsan? U nima qilibdi? — dedi.
— Uning qiliqlarini hozir aytib beraman. Ammo o‘zi nima deganini oldin menga gapirib bersangiz.
— Uning aytishicha, Afshindan qochib, singlisi Jahon bilan Farg‘onadan chiqishgan emish. Hamadonga yetishganda qaroqchilar duch kelib, Jahonni va oqsochini asir olishganmish. Somon esa bizga bu xabarni yetkazish uchun ulardan qochib Somurroga kelganmish.
— Qaroqchilarning qilgan ishidan xabardor bo‘libsiz. Endi u la’natining bugungi qilgan ishini men sizga aytib beray: menga topshirgan vazifangizni bajarmoq uchun kecha kechqurundan ishga kirishdim. Lekin uni zo‘rg‘a bugun erta bilangina ado eta oldim. O‘sha o‘rtog‘imga uchrashdim, u hamma bo‘lgan voqeani birma-bir aytib berdi. O‘rtog‘im menga gapirayotgan paytda Somon otiga minib, qir tomonga o‘tib qoldi, lekin men uni yaxshi taniy olmadim. Suhbatdoshimdan: «Bu kim bo‘ldi, bevaqt nima qilib yuribdi?» deb so‘radim. Uning aytishicha, xuddi shu odamning o‘zi shu bugun tongotar paytida kelib, Afshin bilan suhbatlashgan, Jahonni qaroqchilar olib ketganini aytgan, bu ishda aybdor Zirg‘om, deb sizni yomonlagan emish. Bu gapni u ketib bo‘lgandan keyin o‘rtog‘im menga aytdi. Afsuski, ilgariroq bilganimda u badbaxt ko‘saning bo‘ynini sug‘urib olgan yoki bo‘g‘ib o‘ldirgan bo‘lardim.
    Zirg‘om Somonning munofiqligini, niyati buzuqligini avvaldan sezib, uning hech bir gapiga ishonmay yurardi, lekin Jahonning olib ketilgani haqidagi xabardan ikkilanib, o‘ziga-o‘zi: «Bu yigitning ikkiyuzlamachiligini bilarding, lekin Jahon to‘g‘risida bergan ma’lumotini ham yolg‘on deb hisoblaysanmi?» — deb qoldi.
    Shu orada «Bobak qo‘zg‘olon ko‘taribdi, harakati kuchaygan emish», — degan xabar kelib qoldi-da, xalifaning Afshin butun askarlari bilan Ardabil tomonga otlansin degan farmoni e’lon qilindi. Shu vajdan Afshin bilan uchrashish Zirg‘omga muyassar bo‘lmay qoldi.

_________________
* M u ‘ t a z i l a — Islom avvalida vujudga kelgan bir mazhab.
* U sh r — hosildan olinadigan soliq. Hosilning o‘ndan bir hissasi.

Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:00:36
     FARG‘ONADAN JO‘NASH

     Jahon akasi va oqsochi bilan birgalikda Farg‘onadan qochib ketishga qat’iy qaror qilgandan keyin o‘ziga tegishli qimmatbaho, yengil narsalarni joylab qo‘ydi. Iroq yo‘lidagi dashtu biyobon, cho‘lu sahrolardagi xatardan emin bo‘lish uchun birga ketadigan yo‘lovchilar masalasini hal qilishni u akasiga topshirdi. Somon singlisi topshirig‘ini bajo qilganini aytdi. Ular «yaqin yerdagi dam oladigan bir joyga ketyapmiz», degan bahona bilan tayyorlangan yuklarni yo‘l yoqasiga tashiy boshlashdi. Endi safar payti yaqinlashmoqda. Bundan keyin o‘z shahriga qaytib kelmasligini bilgan Jahonga kindik qoni to‘kilgan, yer-suvi, havosi va soya-salqiniga o‘rgangan joydan judo bo‘lish, otasining qasri, birga yashab, birga o‘sgan yaqin qavm-qarindoshlarini tashlab ketish juda og‘ir tuyulardi. Uning yuragi siqildi, chehrasidagi quvnoqlik yo‘qoldi. Akasi unga ketishga dalda bersa, oqsochi yo‘l azob-uqubatlarini ko‘z o‘ngiga keltirardi. Jahonning o‘zi esa Farg‘onadan ajralish tufayli yuz beradigan hamma og‘irliklarni bir tomonga surib qo‘yib, niyatidan qaytmasdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:00:57
     Safarga otlanadigan kechasi saroy boshlig‘ini chaqirtirib, saroyga va unda yashaydigan kishilarga yaxshi qarab turishni tayinladi, o‘zining tez qaytib kelmasligini unga sir tariqasida uqtirib, ishonchni oqlashi, serg‘ayrat, serharakat bo‘lish kerakligini ham alohida ta’kidlab qo‘ydi. Saroy boshlig‘i Jahonning boradigan yerini bilmasa ham, har holda uning safarga chiqishidan afsuslandi. Agar uning Iroqqa ketayotganini bilsa, u ham, boshqa tanishlarning hammasi ham qayg‘urib, yig‘i-sig‘i qilgan bo‘lishardi, albatta. Chunki qizning mehribonligi, ziyrakligi va husn-jamoli tevarak-atrofdagi hammani o‘ziga maftun qilgan, uni xuddi ma’budadek ulug‘lashga odatlanishgan edi.
     Ertasi erta bilan Jahon sayohatga yoki yozlik dam oladigan yerga ketayotgandek qashqa otini minib chiqdi. Uning yonidagi akasi va oqsochi ham otga minishgan. U shahar darvozasidan chiqarkan, otasidan qolgan mol-mulk, bog‘-rog‘larni tashlab ketayotganiga achinib, ko‘ziga yosh oldi: lekin sevgilisi yonida bo‘lishdan ko‘ra buyukroq baxt-saodat yo‘qligini eslab o‘ziga-o‘ziga tasalli berdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:01:29
     Bular hamroh bo‘lgan savdogarlar karvoni Hind mamlakatidan har xil attorlik mollar va kiyim-kechak ortib, Xurosonga bormoqda edi. Jahon ham o‘z buyumlarini va yo‘l anjomlarini ana shu savdogarlarnikiga qo‘shadigan bo‘ldi. Bu ishni asosan akasiga topshirib, o‘zi safar kiyimlarini kiyishga taraddudlandi. Shundan keyin ba’zisiga yuk ortilgan, ba’zisiga odamlar minib olgan, bir-biriga matashtirilgan tuya va xachirlardan iborat karvon kechqurun yo‘lga chiqdi. Itlar, qozon-tovoq va o‘rin-to‘shaklar ham ularda. Kirakash va molboqarlar esa tuyada borishmoqda. Chunki karvon o‘z odamlari, hayvonlari va uy anjomlari bilan yurardi. Ular kunduzning uzun-qisqaligi, havoning issiq-sovug‘i va boshqa sharoitlarni hisobga olib yo‘l yurardi. Safarga, uning xavfu xatariga o‘rgangan, yo‘l-yo‘riqni bilgan, jismoniy baquvvat qo‘riqchilar karvon atrofini qurshab, qo‘riqlab bormoqda. Ularning Amudaryo bilan Toshkent daryosi (Sirdaryo) oralig‘idagi sahrolarda tarqoq holda yashaydigan turkman qabilalari bilan aloqa va do‘stliklari bor. Ikki daryo o‘rtasidagi masofada haftalab, ba’zan ikki oylab yuriladi. U yerlarda qaroqchi, yo‘lto‘sarlar ancha topiladi. Shuning uchun ham agar karvon katta bo‘lmasa, u yerlardan yurishga kishi jasorat etolmaydi. Yo‘lda yurilganda karvon harbiy intizomni qo‘llaydi, dam olish paytlarida chodirlar tikiladi, qo‘y yoki qoramol so‘yilib, qozonlar osiladi. Kishilar ovqatlanib, dam olishadi.
      Jahon bunday safarni umrida boshidan kechirmagan va eshitmagan edi. Lekin u yo‘l mashaqqatlariga tishni tishga qo‘yib chidar, sevgilisiga uchrashish orzusi bilan o‘ziga o‘zi tasalli berar edi. Bu, kishilarni hayratga soladigan muhabbat mo‘’jizalaridan edi, albatta.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:01:57
     Ularning bu uzoq safarda tortgan mashaqqatlarini, kunduzning issig‘i, kechasining izg‘irini, ular olib borayotgan ob-ovqat tugab qolib, tortgan tashnalik va ochliklarini to‘liq tasvirlaydigan bo‘lsam vaqt yetishmaydi. Shuning uchun gapni muxtasar qilaman:
Karvon Ray shahriga yetib borganda: «Endi karvondan ajralish kerak, chunki u Iroqqa boradigan yo‘ldan yurmaydi, shimol tomonga burilib ketadi», — dedi Somon singlisiga. Jahon akasining ra’yiga bo‘ysundi. Yuklari va mol-mulklari bilan karvondan ajralib o‘z yo‘llariga qarab ketishdi. Shu kuni kechqurun Hamadondan nariroqda bir qancha otliq kishilar bular ustiga bostirib keldi. Otda ketayotgan Jahon mardlik bilan o‘zini mudofaa qildi. Somon ham sovuqqina qarshilik ko‘rsatdi. Bular kuchsizlik qilib, mag‘lubiyatga uchrashdi. Otliqlar Jahonni va oqsochini ushlab oyoq-qo‘lini bog‘lashdi. Somon esa «Bu hodisadan Zirg‘omni voqif qilaman», degan bahona bilan qochdi.
     O‘zining asir olinganini ko‘rgan Jahon ularning boshlig‘ini chaqirib: «Bu nima qilganlaring? Sizlarga mol kerak bo‘lsa, mana yuklarimiz, bularni olib, bizni bo‘shatib yuboringlar, sizlardan hech da’vogar bo‘lmaymiz», — dedi. Otliq kishilar o‘zlarini tanitmaslik uchun ovozini chiqarmas, basharasini ham o‘rab olgandi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:02:37
     Jahonning gapiga birinchi bo‘lib ovoz chiqargan bir otliq: «Biz o‘g‘ri emasmiz, molga muhtoj ham emasmiz. Bizga Farg‘ona malagini yer yuzidagi eng ulug‘ kishiga olib borib topshirish vazifasi yuklangan. U kishiga yaxshilikcha rozi bo‘lmagan bu qiz, endi majburan rozi bo‘ladi», — deb javob berdi.
     Uning gapini eshitgan Jahon o‘ziga tuzoq qo‘yilganini sezdi. U, bularning rostakam o‘g‘ri bo‘lishini, mol-mulk bilan daf bo‘lishini istardi. Bu, albatta, mag‘lubiyatdan qo‘rqqani uchun emasdi. Qizning dadilligi, dovyurakligi ma’lum. Uning butun fikr-yodi sevgilisida. Moli ketsa ham, o‘zi omon qolib, sevgilisiga yetib borsa bas. Nima gapligini puxtaroq bilib olish uchun Jahon: «Ey do‘stlar, qilayotgan ishlaringiz ulug‘ odamlar qiladigan ishga o‘xshamaydi», — dedi.
— Kishi shundan bo‘lak chora topmagandan keyin nima qilsin? Qadr-qimmati baland, so‘zi yerda qolishini nafsoniyati ko‘tarmaydigan bir kishi sovchi bo‘lib borsa-yu, noumid qaytib ketsa, durustmi, axir? — javob berdi otliq.
— Unday bo‘lsa, u kishi birovga sovchi bo‘lishni ham, jazmanlikni ham yig‘ishtirib qo‘yishi kerak, — qat’iy gapirdi Jahon.
— Rostakam jazman bo‘lsa-yu, lekin sevgilisini qo‘ldan boy berib qo‘ygan bo‘lsa, nima qilsin?
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:02:55
— Bunday safsatani qo‘ying. Men sizlarni faqat moltalab o‘g‘rilar deb o‘ylayapman. Mana mollarimiz, hammasi qo‘lingizda. Bizni qo‘yib yuborsangiz, bu mollarga yana ikki hissa qo‘shib berishga so‘z beraman.
— Beradigan mollaring uchun ming qullug‘. Lekin o‘zingni bo‘shatib yubora olmaymiz. Biz seni olib ketayotganimizdan, niyating ro‘yobga chiqmay qolganidan pushaymon bo‘lma. Negaki, jahonda eng ulug‘ bir zotning qo‘liga boryapsan, u bilan tuzuk muomalada bo‘lsang, sendan ko‘ra baxtli odam bo‘lmaydi, — dedi noma’lum kishi.
U odam «jahonda eng ulug‘ bir zot» deb kimni aytayotganini Jahon fahmlamadi:
— Maqsadingizga tushunmadim, «ulug‘ zot», deb kimni aytmoqchisiz?
— Bir necha kundan keyin hammasini tushunib olasan. Hozir xotirjam bo‘laver. Biz seni izzat-ikrom bilan olib boramiz. Ko‘zlangan joyga yetib olganimizdan keyin aysh-ishrat, rohat-farovonlikdan boshing chiqmaydi.
    Jahon oqsochi bilan yo‘lda bir necha kunni o‘tkazdi. Begona odamlar bu ikkalasining qo‘l-oyog‘ini ertasi erta bilanoq yechib qo‘yishgandi, oziq-ovqat, yotish-turishlaridan xabar olib, izzat-hurmat bilan xizmatlarini bajo etib borishardi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:03:18
     Jahon istasa, ularning qo‘lidan qochib ketishning imkoni bor edi. Lekin qochishni lozim ko‘rmadi. Ochig‘i, buning oqibatidan qo‘rqardi. Olihimmat kishilarning vijdoni hatto o‘limdan qochishga ham yo‘l qo‘ymaydi.
     Shu yo‘l yurishida Jahon necha-necha shahar, qishloq, tog‘u tosh va o‘ru qirlarni bosib o‘tdi, turli millat kishilarini ko‘rdi. Bir kun u o‘zini Ozarbayjondan o‘tayotganini fahmladi. Karvonboshi unga bugun Armanistonda ekanliklarini va hademay Ardabilga kirib borishlarini tushuntirdi. Jahon o‘zini Bobak Xurramiyga olib borishayotganini endi bildi. Bir vaqt Bobak uni otasidan so‘ratganida o‘zi qabul qilmaganini esladi-da, Bobakning qo‘liga ketayotganini taxmin qildi va o‘zini undan himoya etish tadbirini ko‘ra boshladi. Bu ishda muqarrar akasining qo‘li borligini payqab, unga ishongani uchun afsus-nadomat chekdi.
     Haqiqatan ham Jahon Somondan dargumon bo‘lib yurgani to‘g‘ri edi, chunki akasining tabiatida tubanlik bor edi. Otasi Somonni merosdan mahrum qilib, hamma mol-mulkni Jahonga vasiyat qilib ketgani uchun, unda singlisiga adovat o‘t olib ketgandi. U o‘z niyatlarini to‘g‘ri odamlarga o‘xshab botirlik bilan yuzaga chiqara olmagandan keyin, makkorlik, hiylakorlik yo‘liga o‘tib olgandi. Shum niyatlilar xalq uchun eng zararli kishilardir. Bular pok, vijdonli kishilar manfaatini poymol qilmay turib, shum niyatiga erisha olmaydi. Somon Xurramiya maslagiga qo‘shildi. Xurramiya — xo‘jayinlarga qarshi kurashadigan maxfiy bir uyushma bo‘lib, shu davrda uning rahbari Ardabil hokimi Bobak Xurramiy edi. Xurramiylar Bobak hukmdorligini quvvatlash uchun maxfiy ravishda harakat qilishardi. Tabiatan juda shafqatsiz bo‘lgan Bobakning jon-tani ayollar. Qaerda biror chiroyli ayol bor deb eshitsa bas, uni o‘z obro‘si bilan, bo‘lmasa, pul-mol, bu bilan ham bo‘lmasa, zo‘rlik bilan saroyiga keltirishga harakat qilardi. Uning shu dovrug‘i hamma yoqqa tarqalgan edi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:03:39
     Bobak bizning Jahonimizning husn-kamolidan xabar topib, Somon orqali unga sovchi yubordi. Otasi rozilik bermagandan keyin «Uni menga yetkazib bersang, seni xursand qilaman, mol-davlatga ko‘maman va katta bir mansabga tayin etaman», deb Somonga va’da berdi. Somon otasi hayotligida bu ishning uddasidan chiqolmasdi. Cholning vafot etishi va Somon merosdan mahrum qilinishi bu ishlarni tezlashtirib yubordi. Somon navro‘z kunlari Farg‘onada xurramiylarning bir o‘tirishida Bobakning noibi Isbehbaz bilan uchrashdi. U yashirin ravishda shunday o‘tirishlarda qatnashar va otasiga bildirmasdan, bir necha kunlab uydan g‘oyib bo‘lib ketar edi. Qanday hiyla ishlatish kerakligi ustida ular bilan maslahatlashardi. U Isbehbaz bilan o‘tirishganda Jahonni Ardabilga yetkazib berishga so‘z berardi. U tabiatan tuban bo‘lgani uchun oshiq-ma’shuqlar sevgisini bir chaqaga olmaydigan nomard ham edi. Uning shum niyati, xususan, Afshin bilan ko‘rishib, otasining vasiyatini eshitgandan keyin avj olib ketdi. Uning butun fikr-zikri Afshindan alamini olishda bo‘lib qoldi. Isbehbaz bilan til biriktirib qo‘ygan hiylakorligini amalga oshirishni u boylik, obro‘ topish va raqibidan o‘ch olish vositasi deb bildi. Shunday qilib, u Jahonni Iroqqa o‘tib ketayotganda asir olish uchun bir necha kishi Ray bilan Hamadon o‘rtasida poylab turishi, olib ketishgandan keyin: «Uni qaroqchilar majburan mendan tortib olib ketdi», deb xalq o‘rtasida ayyuhannos solishi to‘g‘risida Isbehbaz bilan kelishib oldi. Uni olib ketishgandan keyin Somon Zirg‘om bilan Afshinning o‘rtasiga rahna solish uchun Iroqqa bordi. U Zirg‘omning botirligini, Jahon uchun jon fido qilishga tayyorligini yaxshi bilardi. Jahonni Afshin olib ketdi, degan gapga ishonsa, Afshinni o‘ldirmay qo‘ymasligini ham bilardi. Somon olisni ko‘rolmaydigan, kaltafahm edi. Shuning uchun o‘ylagan tadbirini o‘rinlata olmadi. Uning hiylasi Zirg‘omga ma’lum bo‘lib qoldi. Lekin kaltafahmligi tufayli u «Vazifamni to‘liq bajardim va maqsadimga erishdim», deb Iroqdan qaytdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:04:22
     Jahon esa Armanistonning o‘sha vaqtdagi viloyat markazi bo‘lmish Ardabilga yaqinlashayotganini sezgach, oldida turgan xavf-xatarga qarshi kurashish tadbirini ko‘ra boshladi. U Bobak to‘g‘risida ancha narsalar eshitgandi.  Uning rasvo va aysh-ishratga berilgan odam ekanini, Ardabilda istiqomat qilishini ham bilardi. Uni olib ketayotgan kishilar qorong‘i tushmasdan serdaraxt bir o‘rmonga yetishdi. Bu ardabilliklarning yashirinadigan joyi bo‘lib, biror falokat yuz bersa, shu o‘rmonda jon saqlashardi. Uy jihozlari va idish-tovoq yasash uchun kerakli yog‘ochni ham shu o‘rmondan kesib ketishardi.
     Shu o‘rmonga qarab turib Jahon Bobakning zulmidan o‘zini mudofaa qilish tadbirini o‘ylay boshladi. U Zirg‘omni eslab: «Boshimga tushgan savdolar qulog‘iga yetsa, holi nima kecharkin?» — deb qo‘ydi.
     Jahon shu xayol og‘ushida ekan, ular Ardabilga boradigan yo‘ldan burilib, o‘rmonga kirayotganlarini sezdi. Kishilardan bittasi kelib Jahonga qashqa otining jilovini o‘rmon tomon burish lozimligini aytdi. Buning sababini bilmasa ham, Jahon otini o‘sha tomonga burdi. Bir-biriga birikib ketgan daraxtzorni kesib o‘tib ular noqulay yo‘ldan borishardi. Jahon esa bu tariqa yurilayotganining boisini bilish maqsadida goh o‘ng, goh so‘l tomonni diqqat bilan kuzatardi. Shu payt ularning boshlig‘i Jahonning yoniga kelib: «Bu tomonga burilganimizdan ajablanayotgan yoki xavfsirayotgan bo‘lsangiz kerak?» — dedi. «Men hech narsadan cho‘chiyotganim yo‘q, lekin Ardabilga yaqin qolganda bu noqulay yo‘ldan borayotganimizdan hayron bo‘lyapman, xolos», — dedi qiz. Boshliq Jahonning jur’ati va dovyurakligiga tahsin aytib: «Yo‘lning chekkasida tikib qo‘yilgan bayroqni ko‘rmadingiz shekilli»— dedi.
— Yo‘q, ko‘rmadim, qani bayroq?
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:04:59
Boshliq uni yetib kelgan joylaridagi bir tepalikka olib chiqdi:
— Huv anavi bayroqni ko‘rmayapsizmi? — dedi-da, bayroq tomonga ishora qildi.
Jahonning ko‘zi bayroqqa tushdi-yu, uning Afshinniki ekanini payqab, yuragi orqasiga tortib ketdi:
— Bu musulmonlar bayrog‘i-ku, — dedi u.
— Ha, to‘g‘ri, bir kishi kelib: «Kattamiz Ardabilni tashlab chiqib ketdilar, u yerni musulmonlar bosib oldi» — deb xabar yetkazdi.
— Siz Bobakni aytyapsiz shekilli, u qaerga ketibdi? — hayajon bilan so‘radi Jahon.
— U Armanistonning ichkarisiga kirib, Ars daryosi yonidagi Bazz degan bir shaharchaga o‘zini olibdi. Buni bizga xabarchi aytdi.
     Jahon: «Bu kishi mehribon, marhamatli odamga o‘xshaydi. Odamlar jang qilish bilan ovora bo‘lib  ketsa, bizni, balki bo‘shatib yuborar», deb umid qildi-da: «Demak, bizni Bazzga olib ketyapsizlarmi?» deb so‘radi.
— Hovva, Bazz bu yerdan bir necha kunlik yo‘l.
— Nahotki, meni o‘zlaringiz bilan birga borishga majbur qilsanglar?
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:05:28
    Bu savolidan Jahonning «bizni bo‘shatib yuborishingiz mumkinmi?» demoqchi bo‘layotganini sezgan boshliq:
— Kattamizning farmoni qat’iy. Uni buzishning sira iloji yo‘q. Basharti biz sizni bu yerda bo‘shatib yuborsak, qaroqchilar qo‘liga tushmaganingizda ham, yirtqich hayvonlarga yemish bo‘lasizlar, — dedi.
    Jahonning orqasidan Hayzuron kelardi. Jahon unga qayrilib qarashi bilan u: «Bobakning oldiga borishdan nega muncha qo‘rqmasang? Sendek malika undan qo‘rqarmidi?» — dedi.
Hayzuronning gapi Jahonga dalda bo‘ldi, u buni biror mo‘ljal bilan aytayotganini tushundi. Ular yana yo‘lda davom etishdi. Jahon tevarak-atrofga qarar, u yerlarning jimjitligini, o‘rmonning kengligini o‘ylab borardi. Olisdan Ardabil shahriga ko‘zi tushdi. Uning katta maydonida askarlar va islom bayroqlari g‘uj-g‘uj.
    Jahon Afshinning Farg‘onada qolganini va Ardabilga kelganlar uning askaridan bir bo‘lagi ekanini bildi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:05:53
     Choshgoh vaqti edi. Jahon bilan Hayzuronni olib borayotgan kishilar qorong‘i tushib, kechasi bu o‘rmonda qolib ketishdan qo‘rqib, otlariga ustma-ust qamchi bosishardi. Ular o‘rmondan chiqib, yo‘lda davom etisharkan, Arshak, Xash va Barzand shaharlaridan o‘tishdi. Bobakning urush vaqtini hisobga olib, askarlarning oziq-ovqatlarini saqlab qo‘yiladigan omborlari ustida, bu shaharlarning qo‘rg‘onida musulmonlar bayrog‘i ko‘rindi. Oldinga yurilgan sari Jahon havoning sovuqligini his etardi. Shu yo‘sinda ular Bazzga kirib borishdi.
     Bazz shahar emas, qal’a yoki tuproq qo‘rg‘onga o‘xshagan bir joy ekan. Chunki u qo‘rg‘onga o‘xshash bir necha qasrlardan iborat bo‘lib, qasrlar ustida bir qancha qubba, atrofini vahimador paxsa devor o‘ragan. Qubbalar tepasida Xurramiylar bayrog‘i osilgan. U tomonlarning yeri tog‘liq bo‘lib, askarlarning yuk bilan o‘tishi g‘oyat mashaqqatli. Binobarin, Jahon Bobakni musulmonlar olishi mumkin bo‘lmaydigan shu mustahkam istehkomga joylashgan ekan deb bildi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:06:33
     Jahonni olib kelayotganlardan biri Bazzga kirishga, Jahonni qasrga tushirishga ijozat olmoq uchun oldinroq chopib ketdi. U qaytib kelib, bular kirmoqchi bo‘lib turgan darvozadan emas, boshqa bir darvozadan kirishlariga ishorat qildi. Qo‘rg‘on ichkarisiga kirgan Jahon o‘zini qafasga tushganday his qildi. Uning bu ahvolini payqagan Hayzuron otini qamchilab, boshliq yoniga keldi-da: «Bizni qaerga olib bormoqchisizlar?» — deb so‘radi.
— Ulug‘imiz hozir Bazzdan tashqaridalar. Go‘zal qayliqlarini ayollar qasriga eltib qo‘yishni buyurdilar. U kishi o‘zi qaytguncha izzatu ikromda yashayverasizlar.
     Uning «qayliqlari» degan so‘zini eshitib Jahon cho‘chib ketdi, lekin o‘zini bardam tutib, qasr yoniga kelguncha indamadi. Qasr alohida devor ichida bo‘lib, sahni va tomorqasi bor. Soqchilar ularni istiqboliga tik turib, yo‘l bo‘shatishdi. Jahon Hayzuron bilan otidan tushmay, katta darvozadan ichkari kirishdi. Ularga kiradigan kichik darvozaga yaqin kelganda,  Jahon, undan keyin Hayzuron ham otdan tushdi. Xizmatchilardan bittasi yugurib kelib, ikkala otni olib ketdi. Jahonning yuzi ochiq bo‘lgani uchun uning husn-jamolini ko‘rib, hamma hang-mang bo‘lib qoldi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:06:53
     Bularni olib kelgan karvonboshi Jahonning oldiga kelib, ehtirom bilan tik turgancha: «Hurmatli sayidam, sizni xohishingizsiz bu yerga olib kelishga jur’at qilganim uchun avf etasiz, chunki ulug‘imizning topshiriqlariga ko‘ra, men bu ishga majbur edim. Lekin qiynalmay kelishingizga iloji boricha harakat qildim. Endi shu qilgan yaxshiligimni ulug‘imiz amir oldilarida gapirib qo‘ysangiz, negaki, bundan keyin hamma ish sizning ixtiyoringizda bo‘ladi»,— dedi.
Jahon so‘radi:
— Otingiz nima?
— Behzod.
— Meni hozir qaerga olib borasiz?
— Qasrning oqsochi oldiga. U sizning orom olishingiz uchun zarur bo‘lgan hamma yumushlarni bajaradi. — Tik turib ularning gapiga quloq solayotgan Hayzuron: «Bu qasrdagi kishilar ichida sizga tanish biror ayol yo‘qmi?»— dedi.
— Bu xotinlarning ko‘pini taniyman. Ular har xil millatdan. Ularning ichida Haylona degan bir ayol bor. O‘zi asli amirlar xonadonidan. Amirimiz janob Bobak uni keltirib, o‘z haramlariga qo‘shmaslaridan burun erining Armanistondagi hovlisini bilardim. Uni olib kelganlardan bittasi men o‘zim bo‘lib, yo‘lda tanishganmiz. U aqlli, xushchaqchaq ayol. Sayidamga, ehtimol, o‘sha xotin yoqar, u bilan apoq-chapoq bo‘lib ketishar. Mana, oqsoch ham kelib qoldi. Endi qaytishimga ijozat berasiz, nomim Behzod, — dedi-da, yigit orqasiga qaytdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:07:20
     Jahon oqsoch kelib yetguncha o‘z qasri oldida turgan malikadek hech hayajonlanmay, viqor bilan turaverdi. Oqsoch yoshi o‘tgan, novcha bir ayol edi. Ko‘rinishidan yoshlik paytida go‘zal bo‘lgani sezilib turardi. U yaltiroq, guldor kiyim kiygan, bo‘yniga marjon, qo‘liga bilaguzuk, qulog‘iga zirak taqqandi.
     Jahonga ko‘zi tushishi bilanoq yo‘l mashaqqatlari ham kor qilmagan husn-salobat uni o‘ziga maftun qildi. Uning ko‘zlarida u yerdagi o‘nlarcha xotinlarning birontasida ham uchramagan ajoyib latofatni ko‘rdi. Asir olinib kelganiga qaramay, uning hanuz shaxdamligidan hayratga tushdi. Jahonning obro‘si kattaligidan va Bobak uni o‘ziga so‘ratganida qabul qilmaganidan ham oqsoch xabardor bo‘lgani uchun, endi uni ko‘ngli siniq, g‘amnok va yolborgan holida ko‘rarman, deb o‘ylagan edi. Ammo uning avvalgidek bo‘y egmay, zarra hayajonlanmay turganini ko‘rib: «Bechora, taqdiriga tan beribdi-da», deb o‘yladi. U Jahonning oldiga kelib muborakbod qilarkan: «Xush kelibsiz, Farg‘ona malagi! Sizni bu yerga majburan keltirishgani, har qalay, men uchun og‘ir, lekin boshga tushganni ko‘z ko‘radi. Endi avvalgi ra’yingizdan voz kechishingizni iltimos qilaman», — dedi.
 
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:07:46
     Jahon unga jilmayib qaradi-yu, javob bermadi va yerga tikilganicha u bilan qasr yo‘lagidan boraverdi. O‘z kundoshlarini ko‘rish uchun o‘lib-qutilib har tomondan mo‘ralashayotgan qasr ichidagi mahramlarga uning ko‘zi tushmadi ham. Uning tengsiz husnini va kelishgan qomatini ko‘rgan mahramlar: «Bobakning butun fikr-yodi, muhabbati unga o‘tib ketar ekan», deb hasad qilishdi. Ammo Jahon hech narsaga parvo qilmagandek oqsoch ketidan boraverdi. Oqsoch uni qip-qizil gilamlar bilan chiroyli qilib bezatilgan bir xonaga olib keldi-da: «Mana bu uy sizniki, bemalol farog‘at qiling», deb taklif etdi. «Mening o‘z engil-boshlarim qaerda? Yuklar bilan birga uni ham tortib olishgandi», — so‘radi Jahon. Oqsoch: «Hozir hammasini keltiraman», — dedi-da, chiqib ketib, quti va sandiqlarni yubortirdi.
     Jahon Hayzuron bilan bu uyda yolg‘iz qolganidan keyin, endi tuzoqqa ilinganiga to‘la ishondi. Yuragi siqildi, o‘zini har qancha bardam tutsa ham bo‘lmadi, yig‘lab yubordi. Hayzuron uning yonida bardam turib, tasalli berardi. Lekin qizning yuziga oqib tushayotgan ko‘z yoshlarini ko‘rib, uning ham yuragi bardosh bera olmadi. Jahonning oyog‘iga yiqilib, kiyim-boshlarini ko‘ziga surtdi:
— Oh, jonim, qanday baloga yo‘liqdik, qaerlarga kelib, bandi bo‘lib qoldik. Shu topda Zirg‘om qaerda ekan? — kampir dodlay boshladi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:08:23
     Jahon lom-mim demay yum-yum yig‘lardi. Shundan keyin Hayzuron Jahonning oldida bu qadar zaiflik qilgani chakki bo‘lganini sezib, o‘zini to‘xtatib oldi-da: «Lekin men sening donolik bilan ish ko‘rishingga, dovyurakligingga qattiq ishonaman. Nima qil desang, qilishga tayyorman»,— dedi.
— Behzod shu qasrdagi xotinlar ichida Haylona deganni maqtaganini eshitdingiz, agar o‘sha bilan tanishib olsak, bizga bop ulfat bo‘lib qolsa ajab emas, o‘shani topib bu yoqqa olib kelsangiz, qanday bo‘larkin. Oldin kiyimlarini topishib berib, keyin borsangiz.
    Hayzuron uning kiyim-kechaklarini topishib berib, Haylonani qidirgani ketdi. Quyosh botishga yaqinlashib, xizmatchilar qasr shamlarini yoqa boshlashdi. Jahon kiyimlarini almashtirib bo‘lib yonboshladi, tevarak atrofga ko‘z yugurtirdi. O‘zining shunday ahvolga tushib qolganini, Farg‘ona bilan shu turgan joyining orasi bir necha oylik masofa ekanini, Somurro ham xuddi shunday olisligini xayolidan o‘tkazdi. Keyin u Zirg‘omni o‘ylab, o‘ziga-o‘zi: «Mening boshimga tushgan bu falokatdan xabari bo‘ldimikin? Turgan yerimni, hol-ahvolimni unga ma’lum qilsam, balki meni qutqazib olib ketarmidi?» — dedi. U akasi Somonni eslab: «Unga nima bo‘ldiykin? U jang vaqtida halok bo‘ldimi yoki boshqa joyga qochib ketdimi?» — dedi o‘ziga-o‘zi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:08:45
     Jahon shunday xayollar ichida o‘tirarkan, birdan eshik taqilladi. Hayzuron kirib: «Sayidam, Haylonani olib keldim», — dedi.
     Jahon uning istiqboliga o‘rnidan turmoqchi edi, Haylonaning o‘zi yugurib kelib ko‘rishdi va eskidan tanishdek kulib u bilan hol-ahvol so‘rashdi. Uning chiroyidan tashqari xushmuomalasi, yoqimtoyligidan o‘ziga juda monand dugona topilganiga xursand bo‘ldi, o‘zini go‘yo Farg‘onada, otasining qasrida, o‘z ahli ichida o‘tirgandek sezdi.
     Haylona malla soch, moviy ko‘z, oq yuzli, labidan tabassum arimaydigan ayol edi. Jahon ham tabassum bilan uning mehribonligiga tashakkur aytdi. Haylona unga dalda berish va ko‘nglini ovlash uchun: «Xush kelibsiz, Farg‘ona malagi! Sizning husningiz, donoligingiz ta’rifini eshitganimizga ancha bo‘ldi, ko‘pdan buyon yo‘lingizga muntazir edik», — dedi.
— Men o‘zimni jahannamga ketdim deb o‘ylab turuvdim, sizni ko‘rib, g‘amim bir oz yengillashdi.
Uning tovushini eshitib, Haylona zavqlandi, o‘ziga hamdard deb bildi. Shu payt o‘z o‘tmishini esladi shekilli, ko‘ngli buzilib, «Qismatimiz shunday ekan, jonimni qoqay, siz o‘z musibatingizni boshqalarnikiga qiyos etsangiz, sizniki hech narsa bo‘lmay qoladi. Agar ular menga qilgan zulmni ko‘rganingizda, «iya, menga juda ham rahm qilishibdi-ku», deb hisoblardingiz.
— Ularning fe’l-atvorini aytib bersangiz, ehtimol, tashvishlarim yengillasharmidi, — dedi Jahon.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:09:15
Haylona og‘ir xo‘rsindi:
— Mening ko‘rinishimdan va forschani yaxshi gapira olmayotganimdan eronlik emasligimni sezgan bo‘lsangiz kerak. Men turk ham, arman ham emasman. Armanistondan ushlab kelingan otamning Ammuriyyadagi uyida katta bo‘lgan yunon qiziman. Menga arman ruhoniylaridan biri sovchi yuborib, xotinlikka oldi-da, o‘z shahriga olib ketdi. U bilan ikki yilgina birga yashadimmi, yo‘qmi, ta’rifim Bobak Xurramiyga yetipti, — u ovozini pasaytirdi. — Bobak meni erimdan tortib olmoqchi bo‘ldi. Erim unamagach, uning yo‘q paytini mo‘l turib, o‘z kishilarini yuborib, zo‘rlik bilan meni bu yerga oldirib keldi. Mana, bir qancha yil o‘tib ketdi, lekin men hamon shu yerda qamaldaman. Erimning qaerdaligini va mendan keyin qay ahvolga tushganligini bilmayman. U mening qaerdaligimni biladiyu, lekin olib ketishga yo‘l topolmay sarson. Kim biladi, uni o‘ldirib yuborishdimi? — Haylona shunday dedi-da xo‘rligi kelib, piqillagancha ko‘z yoshini artdi va kulimsirab: «Bu sarguzashtimni aytishdan maqsad sizning g‘amingizga g‘am qo‘shish emas, sizga tasalli bermoqchiman», — dedi.
     Jahon o‘zicha: «Bu bechoraning boshiga og‘ir savdolar tushgan ekan», — dedi-da, o‘z sarguzashtini ham unga aytib bermoqchi bo‘ldi, lekin uyaldi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:09:41
Xo‘rsinib, gapni boshqa yoqqa burmoqchi bo‘ldi:
— Bobakning o‘zi qaerda? Bu yerda qanday hayot kechiryapsizlar?
— U bu qasrda emas. Shu shaharcha qo‘rg‘onlari yaqinidagi boshqa bir qasrda yashaydi.  U yerda o‘z istehkomlarini kuzatib turadi. Bu qasrdagi ayollardan istaganini u yerga oldirib borib, bir kun-ikki kun u bilan ishrat qiladi.
— Bilishimcha, u bir muhim ish bilan ovora bo‘lib, bu qasrdan ham, qasrdagilardan ham xabar olmay qo‘ygan emish.
— Shunday, u katta bir jangga hozirlik ko‘ryapti.
— Kim bilan jang qilmoqchi? — qiziqib so‘radi Jahon.
— Iroqdagi musulmonlar ahvolini bilib kelish uchun o‘z ayg‘oqchilarini yuborgan edi. Ayg‘oqchilar kecha qaytib kelib, musulmonlar Afshin qo‘mondonligida Bobakka qarshi katta hujumga tayyorlanayotgani xabarini aytishibdi.
    Afshin nomini eshitgach, Jahonni qaltiroq bosdi va hamma baloning boshi shu Afshinning o‘zi ekanini esladi. Haylona diqqat bilan tikilsa bormi, shu topda Jahonda yuz bergan o‘zgarishni ko‘zlaridan bilib olsa bo‘lardi. Lekin Jahonni birinchi ko‘rishi. Farg‘onadagi katta mulkdor hokimning qizi ekanini, Bobak uni so‘raganda rozi bo‘lmagani uchun majburan olib kelinganini biladi xolos.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:10:01
— Afshin o‘zi kelganmi? — deb so‘radi Jahon.
— Bilmadim, lekin kelgan bo‘lishi kerak. Bobak yo‘lga poyloqchi va to‘siqlar qo‘yish uchun bir qancha odamlari bilan Bazzdan chiqib ketgan, u bir necha kunsiz qaytmasa kerak, — dedi Haylona.
    Bu xabardan Jahonning ko‘ngli yorishdi. Ayg‘oqchilarning Iroqdan qaytib kelganini eshitib: «Ularning orasida sizga tanish kishilar ham bormi?» deb so‘radi Haylonadan.
— Mening xodimam ularning bittasi bilan tanish.
Shu paytda Hayzuron Jahonga kechki ovqatni olib kelib, gapga quloq solib turgandi. U Haylonaga qarab: «Qaysi xodimangiz?» — dedi.
— Sizga meni ko‘rsatgan xodimam.
— Ha, uni tanib oldim, u chindan o‘zingizga o‘xshagan xushchaqchaq ayol ekan, — dedi Hayzuron.
Haylona gapida davom etdi:
— Shuning uchun o‘sha ayg‘oqchi buning ilinjida, hamma vaqt unga tufhalar olib keladi, uning maslahati bilan ish qiladi, shunga uylanmoqchi.
    Bu gapni eshitib, Jahonning chehrasi ochildi. Ular Hayzuron bilan ko‘z urishtirib, bir-birlarining ko‘ngillaridagini bilib olishdi. Hayzuron ayolga:
— Men shu xodimangizdan bir narsani iltimos qilmoqchi edim. Agar oshig‘i yana Iroqqa boradigan bo‘lsa, shu iltimosimni unga aytsa, siz shu ishda menga yordam bera olasizmi? — dedi.
— Bosh ustiga, siz tayyorlaydigan narsangizni tayyorlay bering, — dedi Haylona.
    Hayzuronning yuziga qon yugurdi. Chunki u endi o‘z sayidasi xususida shu ayg‘oqchi orqali Zirg‘omga ma’lumot yuborish imkoniyatiga ega bo‘lgandek edi. Shundan keyin suhbat tugab, Hayzuron o‘rtaga dasturxon yozdi. Hammalari birgalikda ovqatlanishdi. Safarda toliqib kelgan Jahonning dam olishi kerakligini eslab, Haylona ketishga ijozat so‘radi va «ertaga erta bilan o‘zim kelib sizni uyimga olib ketaman», — deb gapni bir yerga qo‘yib, chiqib ketdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:11:24
     BOBAK VA JAHON

     Jahon kechasi ne-ne xayollarni o‘ylab yotdi. U Zirg‘omga xat yozmoqchi bo‘ldi-yu, xatim atayin yoki bilmasdan begona qo‘lga tushib qolsa, natijasi yomon bo‘larmikin, degan andishaga bordi-da, yozmoqchi bo‘lgan so‘zlarini og‘zaki aytib yuborishga qaror qildi. O‘ylagan fikrini erta bilan turib Hayzuronga aytdi U: «Durust o‘ylabsan, janob Zirg‘omga «Jahon Bazzda, Bobak huzurida», degan fikrni bildirsak kifoya», — dedi. «Mening ham ra’yim shunday», — dedi Jahon.
— Hozir Haylonaning oldiga boramiz. U yerda men xodimasiga uchrashib, qiladigan ishini o‘ziga yaxshilab uqtiraman.
— Yaxshi bo‘ladi, — dedi-da, Jahon kiyinib, borishga tayyorlana boshladi. Uydan chiqishga harakat qilayotganlarida bir xodima kelib: «Sayida Jahon qaerdalar?» — deb so‘radi.
    Jahon o‘z nomini aytib chaqirilganidan «Bobak kelib qolgan bo‘lsa, qizni olib kel, deb bu xodimani yubordimi» deb cho‘chib ketdi. U jim turgan edi, Hayzuron turib, nima ishi borligini surishtirdi. U Jahonning akasi kelganini, u bilan ko‘rishmoqchi ekanini aytdi.
    «Akasi» degan so‘zni eshitgan hamona Jahon ikki fikr o‘rtasida qoldi: biri, «akam Zirg‘om to‘g‘risida yaxshi gap topib kelganmikin», deb shodlanishi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, «bu qallob, ayyorga ko‘zim uchayotibdimi», deb xafalanishi bo‘ldi. U xodimaga: «Ayting, kira qolsin», — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:12:09
    Yig‘idan qizarib ketgan ko‘zlaridan yosh oqizib Somon kirdi. Jahonga ko‘zi tushishi bilan, dodlab oyog‘i ostiga o‘zini tashladi. Shu bilan o‘zini koyishdan Jahonni alahsitgan bo‘ldi. Jahon uning nimaga yig‘layotganini tushunmadi-da, «Sizga nima bo‘ldi, nega yig‘layapsiz?» — deb so‘radi.
U yig‘idan bo‘g‘ilgan tovush bilan: «Bilmadim», dedi.
— Bilmadimingiz  nimasi... aytavering... gapiring...
Somon javob bermay, boshini yerga egib, yeng uchi bilan ko‘z yoshini artaverdi. Jahon «Qaerdan keldingiz?» — deb so‘ragan edi. «Somurrodan» — deb javob qildi.
— Zirg‘om qalay?  U bilan uchrashdingizmi? — Jahon Zirg‘omni so‘rashi bilan Somon yana yig‘lay boshladi. Jahonning yuragi notinchlanib, birdan o‘rnidan turib baqirdi:
— Gapiring, sizga nima bo‘ldi? Zirg‘om qalay?.. O‘zi qaerda?
    Somon orqasiga qaytib: «Tura tur, men nafasimni rostlab olay», degandek, Jahonning qo‘lidan ushladi. Keyin: «Uning qaerdaligini bilmayman», deb javob qildi.
— Somurroda edim, demadingizmi?
— Ha, Somurodda edim, lekin Zirg‘om u yerda emas.
— Zirg‘om Somurroda emasmi?
— Ha, singlim, u yerda yo‘q, hamma yerdan surishtirdim. Uni ko‘rdim degan biror odamni uchratmadim.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:13:05
Jahon angraygancha akasiga qarab qoldi. Somon yana gap boshladi:
— Nima desam bo‘ladi? Zirg‘om Somurroda yo‘q, Farg‘onaga ketgandan keyin qaytib kelganini hech kim ko‘rmabdi.
     Uning gapini eshitgandan keyin Jahonning qoni qaynadi, jahlidan o‘zini yo‘qotib qo‘ya yozdi, lekin chidadi, o‘zini bardam tutdi. Hayzuron kelib Somonning qo‘lidan ushlab, o‘zi tomon torti-da: «Ochig‘ini ayt, nima gap eshitding?»— dedi.
Somon singlisi eshitib qolmasin, deb ovozini  pasaytirib dedi:
— Bizga qaroqchilar hujum qilib, Jahonni va sizni ushlab olishgach, bu falokatdan bahodir Zirg‘omni ogoh qilishni o‘zimga ham farz, ham qarz deb bildim-da, Somurroga yugurib, to‘g‘ri uyiga bordim. Uyi bo‘m-bo‘sh, hech zog‘ yo‘q. Keyin undan-bundan surishtirib boqdim, hech kimdan biror darak topmadim. Ammo bir odam menga aytdi... — dedi-da, tupugini yutub, boshini eggancha jim bo‘lib qoldi. Bu gaplarining hammasini Jahon eshitib turgandi. U to‘xtalib qolgandan keyin, Jahon bo‘ynini cho‘zib yana quloq soldi.
— Xo‘sh, eshitganingni ochiqroq gapiraver, — Hayzuron unga ishora qildi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:14:20
Somon gapini davom ettirdi:
— O‘sha kishining aytishicha, hammamizning boshimizga yetgan o‘sha katta dushmanimiz o‘z odamlaridan bir to‘dasini Zirg‘om tomonga ham yuboribdi. Ular yo‘lning muyulishida biqinib yotib, Zirg‘om o‘tishi bilan uning ishini to‘g‘rilashgan emish. — Somon yig‘lab yubordi.
     Jahon uning gapini eshitib, yig‘laganini ko‘rgandan keyin yig‘isi to‘xtaguncha o‘zini tutib turdi. Keyin puchakdan sarani ajratadigan kishidek uning betiga tikildi. Go‘yo Jahonning ko‘zidan olov shu’lasi chiqib, ko‘ziga tushayotgandek Somon unga qarolmay, boshini yerga solib turardi. Odatda munofiq kishilar birovga tik qaray olmaydi.  Xususan, mag‘zini chaqqan Jahon Somonning yolg‘on so‘zlayotganini payqadi. Somon «bu xabar Jahonni albatta, esankiratib qo‘yadi. O‘zini qaerga qo‘yishini bilmay qoladi», deb kutgan edi. Lekin aksincha bo‘lib chiqdi. Jahon akasi Somonning o‘tmishdagi qiliqlarini birma-bir  xayolidan o‘tkazdi-da, «iflos niyatiga yetish uchun atayin yolg‘on gapiryapti», degan qarorga keldi:
— Aka, haqiqatan rost gapiryapsizmi?
— Bo‘lmasa, shuncha gapni ichimdan to‘qib gapiryapmanmi? Men senga ko‘rgan-eshitganlarimni aytib berdim. «Ishqilib, bu yolg‘on bo‘lsaydi», deb orzu qilaman.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:15:14
Jahon bir dam boshini yerga egib turdi:
— Mening bu yerdaligimni sizga kim aytdi? Qasrga sizni kim kiritdi?
Singlisining bu savoliga javob topolmay, Somon shoshilib, g‘o‘ldirab qoldi. Chunki Jahon shu yerdaligini bilishi uning qaroqchilar bilan muqarrar aloqasi borligini ko‘rsatib turardi. U hech narsa deyolmay lol qolgandi.  Javob axtarishiga ham qo‘ymay, Jahon dedi:
— Bas, javobning keragi yo‘q.  Niyatingizni fahmladim. Shuning o‘zi menga kifoya. Endi xurramiy do‘stlaringiz oldiga boring, ular bu xizmatingiz uchun sizga mukofot berishar, boring, tezroq jo‘nang! — Jahon uydan tashqari chiqdi. Chunki u Haylonanikiga borish taraddudida turgan edi. Somon boshini chayqab gapiga Jahon ishongani va uydan haydab chiqarganidan ajablangan bo‘lib chiqib ketdi. Hayzuron Jahonni xoli topib: «Menimcha, Somonning gaplariga beparvolik qilmay, Zirg‘om haqida aniq bir gap topib keladigan kishini yuborishimiz kerak», — dedi.
— Somonning gapi yolg‘onligiga shubham yo‘q. O‘sha Haylona aytgan ayg‘oqchiga Somurroga borib, Zirg‘omni xalifa qo‘riqchilarining boshlig‘i, deb so‘rashini iltimos qilsangiz.
Keyin Jahon bilan Hayzuron Haylonani ko‘rgani borishdi. Mezbon ikki aziz mehmonni ochiq chehra bilan qabul qildi. Haylona bilan Jahon suhbatlashib o‘tirarkan, Hayzuron ayg‘oqchiga beriladigan topshirig‘ini yaxshilab tushuntirdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:15:41
     * * *

     Bobakning oqsochi qasrning xojasi bo‘lib, aytgani aytgan, degani degan edi. Qasrdagi hamma ayollar va bichilgan* xodimlar oqsochning shijoatidan qo‘rqishar va topshirig‘ini bajarishga bajonidil harakat qilishardi. Chunki u xizmatkorlar bilan Bobak o‘rtasida vositachi edi. Jahon o‘z tabiatidagi xushmuomalalik va ehtiyotkorlikni o‘zgartirmadi. Oqsoch uni qadrlar, hurmatini joyiga keltirardi. Bir necha kundan keyin sevinchidan yuzlari bo‘rtgan oqsoch Jahonning oldiga kelib salomlashdi-da, «Sizga xushxabar — kuyov keldilar», dedi.
     Oqsochning bu gapidan Jahon cho‘chib ketdi, unga javob ham qilmadi. «Kuyov deganimdan uyaldi shekilli», deb o‘yladi-da, oqsoch: «Men ulug‘imiz Bobakning oldilaridan keldim. U kishi safardan qaytdilar. Sizning kelganingizni bilib, bag‘oyat xursand bo‘ldilar, «uni menga chaqirib kel», deb buyurdilar», — dedi.
Jahon oshiqmay, hayajonlanmay so‘radi:
— Qaerga?
— Qasrlariga, — dedi oqsoch.
— Mana shu biz turgan joy u kishining qasri emasmi?
 — Ha, bu yer ham u kishining qasri, lekin o‘zlari bilan istiqomat qilishi lozim bo‘lgan xotinlarni u yerga oldirib borishga odatlanganlar.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:16:07
     Jahon bunga rozi emasligi va qabul qilmasligini ishorat qilib, boshini chayqab, «yo‘q» alomatini bildirdi. Boshqa gap qo‘shmadi.
Sherning changali orasida turib, dangal «yo‘q» deya olganidan oqsoch taajjublanib unga qaradi:
— Bu qasr bilan Bobakning qasri orasida usti yopiq bostirma bor. Xotin kishi bunda o‘z uyida yurgandek, bemalol yuzi ochiq yuraveradi. Uni hech kim ko‘rmaydi. Qani, bo‘la qoling, sira qo‘rqadigan joyi yo‘q.
   Jahon qimirlamay o‘tiraverdi. Oqsoch bu qizning takabburligidan xafa bo‘lib, qattiqroq muomalaga o‘tdi:
— Qizginam, sizga yaxshilikcha aytyapman, tura qoling. Bu odam bilan o‘ynashib bo‘lmaydi, jahli chiqqanda hech kimni ayamaydigan odam. — Oqsoch tovushini pasaytirib, unga yaqinroq keldi va yalingandek qo‘lini uning yelkasiga tashladi:
— Men sizga faqat yaxshilikni ravo ko‘raman, negaki sizni birinchi ko‘rishimdanoq yaxshi ko‘rib qolganman, jonimni qoqay, turing, tezroq bo‘ling.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:16:27
Jahon boshini ko‘tarib, unga qaradi:
— Yaxshi ko‘rganingiz uchun qulluq. Lekin men bu uydan chiqmayman.
Jahonning javobi oqsochning g‘azabini qaynatdi, u eshik tomon burilib chiqib ketdi. Hayzuron bular o‘rtasidagi hangomani tik turib tinglayotgandi. Jahonning u ayolga qilgan muomalasi yoqmay, chiqib ketgandan keyin, o‘ziga Hayzuron dashnom bermoqchi bo‘lganini sezgan Jahon undan oldin gap boshladi:
— Onajon, koyimay qo‘ya qoling, men bu ahmoq zolimning qo‘lidan keladigan ishdan qo‘rqmayman. Men unga bosh egib, o‘z xohishim bilan borarmishmanmi, chuchvarani xom sanabdi. Men sira ham bormayman, osmon qo‘lida bo‘lsa, tashlab yubora qolsin. Men yolg‘izligimga, bu yerda asira ekanimga qaramay, o‘zimga yarasha nufuzim, saltanatim bor deb hisoblayman. Men o‘zimni otamning qasrida, qavmu qarindosh, urug‘-ayg‘omlarim orasida deb bilaman.  Qo‘yavering, u qo‘lidan kelganini qilsin,  Farg‘ona malagi — Zirg‘omning sevgilisi birovga bo‘ysunish nima ekanini bilmaydi.
     Sovuqdan eti uvushgan Jahon o‘rnidan turib, ipakli yo‘l-yo‘l kamzulini egniga tashlab, boshiga gulli katta ro‘molini o‘radi. Chunki bu yerlarning iqlimi sovuq iqlim edi. «Yoniga borishni rad qilganimni eshitib Bobak nima qilarkin», deya xayol surib u boshini ko‘tarmay, uy ichida u yoq-bu yoqqa yurdi. Oxirgi nafasi qolguncha o‘z nomusini saqlashga, o‘zini mudofaa qilishga qat’iy qaror qildi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:16:48
      Jahon shu xayolda ekan, Hayzuron uning yonida qimirlamay turardi. Shu payt ilgari eshitilmagan qattiq bir yo‘tal tovushi eshitildi. Bu Bobakning yo‘tali ekanini payqashdi. Uning qasrga kelganini juda kam ko‘rgan ayollar shoshib qolib, u yoq-bu yoqqa yugurishar, hamma yoq g‘ovur-g‘uvur bo‘lib ketgandi. Jahon oqsochning Bobakka allanimalar gapirayotganini eshitib, peshayvonga qarab turgan derazadan mo‘raladi. Bobak jadal bilan kelayapti. Ikki tomonda unga ta’zim qilayotgan xodimlar va boshini egib hurmat bilan salom berayotgan ayollar. Ko‘pchiligi otashparast bo‘lgan, ularning hammasi butga topingandek Bobakka topinar, u esa kibr bilan kelardi.
     Jahonning ko‘zi Bobakka tushishi bilan jahldan qaltirab ketdi. U otasining qasrida ekan paytlarda kishilarning ta’zim qilish hangomasini ko‘p ko‘rgan, ko‘zi pishib qolgan edi. Shuning uchun undan ajablanmadi. Lekin o‘zi ular qatori Bobakka ta’zim qilishni istamadi. Avval baland martabada bo‘lib, keyin bir oz pasaygan kishi o‘z obro‘sini qo‘ldan bermaslikka uringanidek, Jahon ham unga bo‘y bermay turaverdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:17:10
     Bobak yag‘rindor, xum kalla, barkash yuz, ko‘zlari chaqchaygan, lablari qalin, ko‘kragi ko‘tarilgan bir odam edi.  Yurgan paytida yerga «minnatdor bo‘lsang bosaman», degandek viqor bilan qadam tashlardi. U turganda ham, o‘tirganda ham bir xilda mutakabbir edi. Mabodo biror narsasi yerga tushsa, engashib uni olishga a’zolari bo‘y bermaydi. Hamma vaqt va hamma yerda uning nomini ulug‘laydigan, soyasiga ko‘rpacha soladigan, nima desa, buyrug‘ini jon fido qilib bajaradigan laganbardorlari ko‘p. Xurramiylar boshlig‘i va urush sarkardasi bo‘lmish Bobakday bir odamning shunday bo‘lishi ajablanarli emasdi. Buning ustiga Bobak shijoatli, qattiqqo‘l, paytlari baquvvat, o‘z kuch-qudrati bilan g‘ururlanuvchi kishi edi. Agar u ayshu ishratga qattiq berilmasa, nafs balosiga giriftor bo‘lmasa, ulug‘ kishilar — yo‘lboshchilar safidan joy olgan bo‘lardi. Lekin u sharobga ruju qilib, xususan tinchlik vaqtlarida ko‘p ichadigan bo‘lib ketgan. Shu kuni u o‘z qasrida ichkilik bazmi qurib, Jahonni olib kelishga kishi yuborgan, uni kutib sharobxo‘rlik qilib o‘tirgandi. Oqsoch: «Jahon kelishdan bosh tortdi», deb xabar bergan vaqtda, sharobdan boshi aylanib, garang bo‘lib turgandi. «Ha-ha, hali gap shunaqami, men unga bosh tortish nimaligini ko‘rsatib qo‘yaman», — deb jahl bilan Jahonning oldiga kelayotgandi. U Jahonning xonasiga yaqinlashganda, oqsoch ilgariroq yurib eshikni ochdi-da: «Mana, Jahon shu yerda», — deb orqasiga qaytdi va Hayzuronni tashqariga chaqirib, nariroqqa olib ketdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:18:15
     Tik turgan Jahon Bobak kirgach, o‘tirib oldi. Bunday mensimaslikni Bobak o‘zi uchun tahqir deb hisobladi, lekin qizning ajoyib jamolini va ko‘zidagi sehrli boqishni ko‘rarkan, o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. U fors, gruzin, cherkas va rum go‘zallaridan ko‘pini ko‘rgan bo‘lishiga qaramay, bu qadar sehrli malakka ko‘zi tushmaganini sezdi-da, jahldan bir parda tushdi, lekin «o‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas» deganlaridek, hamisha odamlarda itoat va ta’zim ko‘rgan bu hukmdor takabburlikni qo‘ygisi kelmay: «Meni ko‘rib, o‘rningdan turish o‘rniga, o‘tirib oldingmi?» — dedi.
     Jahon esa irodasi mustahkam bo‘lishiga qaramay Bobakning haybatini ko‘rib, suvdan chiqqan qushdek bir seskanib tushdi. Keyin sochini tuzatgan bo‘lib, boshini ko‘tardi-da, unga tikilib qaradi. U qizning ko‘zlariga qaragan Bobakning ko‘kragini bir o‘q teshib o‘tdi-yu, vujudidagi bor jahli g‘oyib bo‘lib ketgandek tuyuldi. Jahon:
— Qalbim sizniki bo‘lmaganidan keyin turganimdan sizga nima foyda? — dedi.
Jahonning javobidan ro‘shnolik kutgan Bobak uning yonidagi ko‘rpachaga o‘tirdi:
— O‘sha qalb menga nasib bo‘larmikan, degan umiddaman.  Unga mendan ko‘ra mustahiqroq kishi bo‘lmasa kerak, deb o‘ylayman. Musulmon askarlarining ashaddiy dushmani, Xurramiya toifasining boshlig‘i, buyuk davlatmand va bahodir Bobakning kimligini bilasan, albatta. Seni men majburan oldirib kelganim yaxshi bo‘lmadi, lekin yaxshilik yo‘li bilan uddasidan chiqa olmaganim uchun shunday qildim. Xo‘sh, endi men to‘g‘rimda fikring qanday?
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:19:19
    Uning yalinayotganini va o‘zini yaqin tutmoqchi bo‘layotganini ko‘rgan Jahon: «Sizni bahodir, dovyurak va qattiqqo‘l kishi, shu bilan birga asir deb bilaman», — dedi.
Bobak hayajonlanib ketdi:
— Asir? U nima deganing?!
— Ha, xuddi shunday. Siz asirsiz, maishat, shahvoniy his asirisiz. Qattiqqo‘l ulug‘ podshoh uchun bunday asirlik yarashmaydi... Og‘zingizdan sharob hidi anqiydi.
— Sen nodon qiz, o‘zini musulmon bilib, ichkilikni o‘ziga harom qiladigan yahudiylarga o‘xshaysan. Jahonda sharobdan maza narsa bormi? U hamma lazzatlarning onasi, u kishini baquvvat qiladi, qonni jo‘shtiradi, nafsni zo‘raytiradi.
— Taajjub, o‘zingiz zo‘r saltanat egasi, musulmonlarning ashaddiy dushmani bo‘la turib, bu shahvoniy narsalarni dunyoning ziynati deb hisoblaysiz? Bahodir degan ulug‘vor, hurmatli, so‘zi o‘tadigan, olisdagilar haybatli, yaqinlarga iltifotli bo‘lishi kerak.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:20:03
Bobak uning gapini bo‘ldi:
— Men shunday emasmanmi?
— Shunday emas ekansiz. Uzoqdagilar ba’zan sizdan qo‘rqaru, lekin yaqinlar sizni sevmas ekan. Tevarak-atrofingizdagi odamlar laganbardorlik qilib, nomingizni ko‘tar-ko‘tar qiladi: ko‘zdan g‘oyib bo‘lishingiz bilan sizni yomonlashga tushadi. Chunki siz ularni qoyil qoldiradigan ish qilmagansiz.
Bobak o‘zi mag‘lubiyatga uchraydigan masala ustida qiz bilan janjallashishini ep ko‘rmadi. Ikkinchi tomondan, u qizga ortiqcha yalinishni ham xohlamadi. Jahonning nasihatgo‘y yoki rahnamo sifatida muomala qilayotgani unga og‘ir tuyuldi:
— Hozir bu mashmashani bir yoqqa qo‘yib turaylik. Qani tur, ketdik, — deb o‘rnidan turdi va Jahonni qo‘lidan ushlab turg‘izish uchun unga qo‘lini uzatdi. Jahon qo‘lini bermadi, o‘tirgan joyidan qimirlamadi.
Bobak yana qo‘lini uzatdi. Jahon o‘rnidan turdi-da, qo‘lini orqasiga qilib:
— Bobak, haddingizdan oshmang, bu ishlaringiz bilan boshqalardan eshitishni istamagan bir gapga munosib ekaningizni o‘zingiz quvvatlagan bo‘lasiz. Mendan nariroq turing!
Bobak yalinishga o‘tdi:
— Bo‘lmasa, senga mendan bo‘lak kim yaqin kela oladi? Axir, sen mening qaylig‘imsan. Baxtga erishgin, deb seni turk mamlakatining eng olis yeridan ne mashaqqatlar bilan oldirib keldim. Endi meni baxtsiz qilma!
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:20:22
— Qidirgani qiz-juvon bo‘lib, buning o‘zi nufuzli hukmdor bo‘lgan kishi hech qachon baxtsiz bo‘lmaydi. Chunki uning istagan narsasiga qo‘li yetadi. Mol bilan bo‘lmasa, qilich bilan muddaosini amalga oshiradi. Qasringizda yuzlab go‘zal ayollar bo‘lsa-yu, bitta men bo‘ysunmaganim uchun o‘zingizni baxtsiz hisoblasangiz! Siz meni bu yerda yo‘q deb hisoblayvering, o‘z holimga qo‘ying.
— O‘z baxtimni senda bilmaganimda yoki sensiz yashashim mumkin bo‘lganida, seni keltirish uchun bunchalik ovora bo‘lmagan, ne-ne tadbirlarni ko‘rmagan bo‘lardim. Do‘stim Somon bo‘lmaganda, bu baxt menga muyassar bo‘lmasdi.
    Shu payt Jahon o‘zini ikki qo‘llab Bobakka topshirgan kishi akasi Somon ekanini aniqlab oldi. Hozir u kimdan va qanday qilib o‘ch olishni bilmas edi. U Somon haqidagi gapni eshitmaganday bo‘lib so‘radi:
— Meni qasringizdagi ayollar qatoriga qo‘shmoq uchun shuncha aziyat chekdingizmi?
— Seni ulardan ortiq izzat-hurmat qilib, ajoyib gavharlar tortiq qilaman. Kiyimning eng yaxshisini kiydiraman, butun muhabbatimni senga bag‘ishlayman. O‘zingni bu shaharning xojasi qilib qo‘yaman, nima desang, aytganingni muhayyo qilaman.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:20:44
— Shunaqa deng, menga gavharlar taqasizmi? Gavharlar quruq yaltiroq tosh, xolos. Ular kishining odamiyligini oshira olmaydi. Mana bu sandig‘im gavharlar bilan liq to‘la. Farg‘onada qasrim, yer-suvlarim, hamma-hammasi bor. U yerda men bir malika edim, lekin o‘sha davlat, mol-mulk, yer-suvni boshimga bitgan bir balo deb, voz kechdim.
Bobak uning gapini bo‘ldi:
— Eshituvimga qaraganda, otang — Hokim Ushrusana amiri Afshinni senga vasiy qilib ketgan emish. Xayr, bu gaplarni qo‘yib turaylik, yaxshisi, yur, birga tanovul qilaylik. — U Jahonning yoniga yaqin bordi. Jahon g‘azablanib, ketiga tislandi. Bobak ko‘zini ola-kula qilib unga qaradi-da:
— O‘z xohishing bilan bormasang, majburan oldirib ketaman. Men aytganimni qilmay qo‘ymaydigan kishi ekanimni bilasan. Seni men Farg‘onadan Armanistonga olib keltirsamu, orasi yuz qadam kelmaydigan bir qasrdan ikkinchi qasrga olib o‘tishni men uchun qiyin deb o‘ylaysanmi?
— Ko‘z o‘ngingizda turganim uchun meni Farg‘onadalik vaqtidan ko‘ra yaqinroq keldi deb hisoblayapsiz shekilli? Yo‘q, yaxshi bilib qo‘yingki, men sizdan hamon Farg‘onada yoki undan ham olisroqda turgandek uzoqman.
— Ikki panjam orasida turib, shu gapni aytyapsanmi?— g‘azabi qo‘zg‘adi Bobakning. — Istasam, seni temir changalimga olaman, istasam, odamlarimga buyurib, bog‘latib olib ketaman. Mayli, hali ham bo‘lsa yaxshilab o‘ylab ko‘r.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:21:18
    Jahon ham bo‘sh kelmay, o‘zini undan yuqori tutishga harakat qilardi. Nihoyat unga mag‘rur bir nazar tashladi:
— Bo‘ynimdan bo‘g‘ib olarsiz. Balki kishilaringizni chaqirib, meni bog‘latarsiz yoki o‘ldirtirarsizu, lekin iflos niyatingizni amalga oshirish, biror yerimga tegish qo‘lingizdan kelmaydi. Istasangiz o‘ldiring, o‘ldirishga yuragingiz dov bermasa, o‘zimni o‘zim o‘ldiramanu, tahqir va tahdidingizdan qutulaman. Sizdan ustunroq, sizdan dovyurakroq va kuchliroq bir qiz bilan gaplashayotganingizni unutmang. Meni qasringizdagi ko‘chadan topilgan, asir qilingan yoki sotib olingan cho‘ri ayollarga tenglashtirayotgan bo‘lsangiz, yanglishasiz. Siz Farg‘ona hokimining qizi bilan gaplashyapsiz. Falakning gardishi bilan uning poyqadami sizning tomoningizga yetib qolibdi. Uni o‘zingizga do‘st qilib olingu, bas, boshqa xayolga o‘tmang, yoki bu yerdan tuyog‘ingizni shiqillatib qoling-da, meni ham, o‘zingizni ham tinch qo‘ying.
    Jahon bu gaplarni ulug‘ saltanat egasidan sira top tortmay gapirardi. Bobak esa uning oldida o‘zini yengilayotgandek his qilardi. Jahon har bir nazar tashlaganida, uning yomon niyatlaridan biri qulab tushayotgandek bo‘laverdi. U Jahonga qarab:
— Xo‘sh, nima demoqchisan? — dedi.
— Meni o‘z holimga qo‘ying, demoqchiman.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:21:52
— Xo‘p, senga bir necha kun muhlat beraman, tanangga  yaxshilab o‘ylab ko‘r! Menga itoat etsang, baxt topishingni bilib qolarsan, — dedi-da, teskari qarab, rangi o‘chgancha uydan chiqib ketdi. Bobakning oqsochi Hayzuron ularning ba’zi gaplarini eshitib, Jahonning dovyurakligi va Bobakning sira pisand qilmayotganidan ajablanib turishgan edi. Jahonga teskari bo‘lib qolgan oqsoch shundan keyin uning tomoniga o‘tdi. Shu vaqtdan boshlab yuzaki emas, balki astoydil xushmuomala bo‘lib qoldi.
    Jahonning Bobakka aytgan gaplari uni qo‘rqitish uchun emasdi, balki u yomon niyatidan qaytmagan taqdirda, o‘zini mudofaa qilishning, bunda ham iloji bo‘lmasa, o‘zini o‘zi o‘ldirishning chorasini ham ko‘rib qo‘ygandi.  U Iroqqa ketgan ayg‘oqchining Zirg‘om to‘g‘risida olib keladigan xabarini kutish uchun Bobakdan bir necha kunlik muhlatni undirib olishga ataylab harakat qildi, xabar kelgandan keyin, o‘shanga qarab ish ko‘rmoqchi bo‘ldi.
     Shu kuniyoq Jahon voqeasi butun qasrdagilarga yoyildi. Hamma xotinlar unga hayron qolishdi. Ular bunga yosh bola kattaning yoki nodon odam aqlli kishining ishiga ajablanib qaragandek qarashdi. Haylona Bobakning qasrdan chiqib ketganini bilib, Jahonning oldiga yugurib keldida, bo‘lgan voqeani surishtira boshladi. Jahon kamtarlik bilan izoh berib, Bobak oldida ko‘rsatgan jasoratini  xaspo‘shladi. Jahonning bu ishi Haylona oldida uning obro‘sini yana bir necha pog‘ona ko‘tardi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:22:39
     Shunday qilib, Jahonning bu ishi butun bazzliklar og‘ziga tushdi. Ularga zarbulmasaldek bo‘lib qoldi. Jahon esa bu gaplarga e’tibor bermasdi, fikr-xayoli faqat Zirg‘omda, qanday qilib bo‘lmasin, unga o‘z boshiga tushgan falokatlarni ma’lum qilishda edi. Xoin Somonni qaytib uchratmadi.
Iroqqa ketgan ayg‘oqchining qaytishini Jahon bir necha kun sabrsizlik bilan kutdi. Jahon Haylona bilan sirdosh bo‘lib, boshidan o‘tgan qiyinchiliklarni unga aytib bergandi. Haylona Jahonga hamdard bo‘lib, uning to‘g‘risida qayg‘uradigan bo‘lib qoldi. Ayg‘oqchining qaytib kelishini u ham Jahon kabi intizorlik bilan kutardi.  Ayg‘oqchi qaytib keldi. Xuddi shu kuni Jahon Haylonaning uyida bo‘lib, xodima uning xizmatida edi. Hayzuron esa qaergadir ketgan. Aftidan, Jahon xodimaning chehrasida bir o‘zgarish ko‘rdi shekilli, Haylonaga qarab: «Xodimangizdan so‘rang, jazmani nima gap topib keldi  ekan?» — dedi. Bu tasodifdan hayron bo‘lgan Haylona: «Ayg‘oqchini keldi, deb o‘ylayapsizmi?» dedi.
— Ha, kelganu, lekin sevinchli xabar topib kelmaganga o‘xshaydi.
Jahonning bu karomatidan taajjublanib, Haylona xodimani imlab chaqirdi-da, «Do‘stimiz Somurrodan qaytdimi? Qachon keldi?» — deb so‘radi.
— Ha, keldi, ikki soat chamasi bo‘ldi.
— Nega shu mahalgacha bizga aytmading?
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:23:00
    Bularning gapiga quloq solib turgan Jahon hayajonlandi, sabri tugab, xodimadan: «U senga nimalar dedi?» — deb so‘radi.
— Somurrodan surishtirib daragini bilib kelsin, degan kishingizni u surishtiribdi-yu, ammo hech darak topmabdi.
— Uning o‘zini ko‘rib, so‘rasak bo‘larmikin?
— Bilmadim, — dedi xodima. — Oqsoch ruxsat berarmikin?
— Farg‘ona malagi istagan narsaga u albatta ruxsat beradi. Chunki Jahon oqsochni sehrlab, ko‘nglini o‘ziga rom qilib oldi. Jahon jazmanimni ko‘rib, undan bir narsani so‘ramoqchi ekan, deb oqsochga borib aytgil,— dedi Haylona.
Xodima borib jazmanini birga olib keldi.
— Ko‘rgan-bilganlaringni aytib ber, — deb Jahon Somurroga borib kelgan ayg‘oqchidan so‘radi.
— Zirg‘om to‘g‘risida surishtirdim, lekin uni hech kim bilmadi, — javob berdi ayg‘oqchi.
— Xalifa saroyidan surishtirmadingmi?
— U yerdan ham surishtirdim, hech daragini topmadim. 
— Uni soqchilar boshlig‘i deb so‘raganingda, balki topgan bo‘larding.
— So‘radim, odamlar soqchilar boshlig‘ining oti Sohib deyishdi.
Jahon o‘zini tutolmay qoldi.
— Aytayotgan gaping rostligiga ishonching komilmi?
— Kishilar, soqchilar boshlig‘iga zo‘r e’tibor berayotganlari uchun men uni diqqat bilan tekshirdim. Eshituvimga ko‘ra, u shijoatli, botir kishi emish. Xalifa uni juda e’zozlarmish, qasridagi qizlardan bir go‘zaliga uylantirib, qimmatbaho tuhfalar bergan emish.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:23:23
    Uning bu gaplaridan rost so‘zlayotgani Jahonga aniq bo‘ldi. Uning uylanganligi to‘g‘risidagi gapi bo‘lmaganda, Jahonning xayoliga Sohib deyayotgani Zirg‘omning xuddi o‘zidir, degan fikr kelishi ham mumkin edi. Lekin  Zirg‘om buni tashlab, boshqaga uylanishiga Jahonning aqli sira-sira bovar qilmasdi. Akasining: «Afshin Zirg‘omni o‘ldirtirgan», degan gapi Jahonga rostdek tuyuldi-da, o‘ch olishga ko‘proq intildi. Umidsizlik uning boshini aylantirib, qaerda turganini ham unutib qo‘ydi. Shu payt Hayzuronning chaqirayotganini eshitib, uyalib ketdi. Ko‘ngli tan-holikka mayl qilib, uyiga qarab yugurdi. U Hayzuron chaqirganini ham unutdi. Haylonaning yonidan chiqa turib, Hayzuronga duch keldi.
— Sayidam, qaerga oshiqyapsan? — dedi Hayzuron.
— Siz meni chaqirgan edingiz, oz bo‘lmasa unutayozibman. Nima demoqchi edingiz?
— Qasr bog‘ida aylanib yuruvdim, Bobak o‘z qasridan chiqdi. Men uni qo‘rg‘on tomon borar desam, bu qasrga kirdi-da oqsochiga: «Hozir Jahonni ko‘rmoqchiman», — dedi. Oqsoch bu gapni darrov senga yetkazishimni topshirdi.
— Rostdanmi? Bobak meni ko‘rmoqchi bo‘libdimi? — hayajonlanib so‘radi Jahon.
— Ha, o‘z uyingda ko‘rmoqchi bo‘libdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:23:49
— Tag‘in kelib-kelib, mening uyimda ko‘rishmoqchimishmi? Endi nima qilaman? Ey yaxshilik xudosi, o‘zing madad qil! Qutulish mushkul bo‘ladigan bir tuzoqqa ilinganga o‘xshayman, — dedi-da, u Hayzuronga qarab so‘radi: — Iroqdan qaytib kelgan ayg‘oqchining gapini eshitdingizmi?
— Ha, sayidam, eshitdim.
— U haqda qanday fikrdasiz?
— Uning gapidan Zirg‘om Somurroda emasga o‘xshaydi.
— Uning Somurroda emasligi meni tashvishlantirayotgani yo‘q. Akam Somonning aytgan gapi rost chiqib qolmasa, deb qo‘rqyapman, eshitmaganmidingiz axir?
— Eshitganmanu, lekin rostmi, yolg‘onmi kim biladi?
Hayzuron bilan Jahon shu tariqa asta-sekin so‘zlashib kelib, uyga yaqinlashishdi. Jahon birdan ketiga tislanib: «Endi hozir Bobakka ro‘para bo‘lishim kerak. Unga nima deyman-a? Ehtimol, undan bir yangilik xabar eshitarman»,— dedi.
    Shu paytda uydan «Jahon, Jahon», deb Bobakning chaqirayotgan ovozini eshitgan Jahon oyoqlari bir-biriga chalishib ketayotganiga qaramay, o‘zin dadil tutib, eshikdan ichkariga mo‘raladi. Uyda o‘tirgan Bobak o‘rnidan turib, ochiq chehra va tabassum bilan uni qarshi oldi. Uning jilmayishini, xususan, o‘rnidan turib qarshi olayotganini va «Farg‘ona malagi meni nazariga ilmay, kelganimda loaqal o‘rnidan turmagan bo‘lsa ham, men uning hurmati uchun turyapman», deganini eshitganidan keyin Jahonning ko‘ngli ozgina taskin topdi:
— Jahon sizni emas, balki yomon fe’llaringizni koyigan edi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:24:47
    Bobak o‘tirdi va Jahonni ham o‘tirishga taklif etdi-da, «Agar Bobak o‘sha yomon fe’llarini uloqtirib tashlasa, uni sevarmiding?» — dedi.
    Bobak bu gaplarni astoydil aytayotgani Jahonga ayon bo‘lgan bo‘lsa ham, unga shubha bilan qaradi:
— Jahlingizni chiqargan qizni bir masxara qilib, undan o‘ch olmoqchi bo‘libsiz-da. Men o‘zimni xavfu xatarda qoldirib bo‘lsa ham sizga xayrixohlik qilib gapirgan edim.
— Yo‘q, Jahon, men seni masxara qilayotganim yo‘q. Sen aytgan gaplarni yaxshilab o‘ylab ko‘rdim. Bu yerdan chiqib ketgach, butun vaqtimni gaplaring mag‘zini chaqish bilan o‘tkazdim.      Aytganlaring asta-sekin menga ta’sir qila boshladi. Qaysi nasihatingni ko‘z o‘ngimga keltirsam, o‘zimdan o‘zim xijolat bo‘lib, o‘tmishdagi qilmishlarim uchun nadomat chekdim. Haqiqatan men kayf-safoga, xotinlarni ko‘paytirishga mukkadan ketgandim, chunki u xotinlardan birortasi tugal yoqmagan, ko‘nglimga o‘tirmagan edi. Sen qanday qilib shu vijdon-shuurimni o‘zgartirganingni sezmay qoldim... Menda ilgari hech bo‘lmagan bir o‘zgarish paydo bo‘ldi. Sen yaxshilik xudosi menga yuborgan muqaddas ruhga o‘xshaysan. — Bobak zo‘r ehtirom bilan gapirardi. — Endi meni qiziqtiradigan narsa, «sizni sevaman», deb aytishinggina qoldi, xolos. — Shunday dedi-yu, chakkasidan chak-chak ter oqdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:25:15
    Undagi bu o‘zgarishdan Jahon taajjublandi. Astoydil gapirayotganini ko‘zidan payqagani uchun uning makkorligidan qo‘rqmay qo‘ya qoldi. Bu badmuomala odamning shunday shirinsuxanlik bilan muomala qilayotganini taqdirlab: «Bu gaplarni chindan aytyapsizmi?» — dedi.
— Albatta, mening birovni andisha qilib gapirmasligimni o‘zing tushunasan. Men nasihatingga amal qilib, sharob ichmaydigan bo‘ldim. Sen tufayli boshqa xotinlardan ham voz kechmoqchiman. Jahon, gaplaring rost, baxtli hayot ikki tomonlama muhabbatda ekan. Mana, men seni sevaman, sen ham meni sevasanmi? Endi «yo‘q» deyishga senda hech bir asos yo‘q.
    Jahon boshini yerga egib, Zirg‘omni yo‘qotgani va uning taqdiri haqida xayol surib qoldi.
Yoqimsiz Bobak ko‘ngil berishni so‘rayotganini, xizmatiga bel bog‘lab, sharobdan, xotinlardan aloqasini uzishga ahd-paymon qilayotganini ko‘rib, «uning gaplariga rozi bo‘lsammikan» dedi Jahon o‘ziga-o‘zi. Lekin xayolidan sevgilisi o‘tdi. U adashgan bo‘lib, keyin topilib qolsa nima bo‘ladi. «Qaysi yuzim bilan unga qaray olaman», — deb ancha xayol surib qoldi. Bobak esa uning og‘zini poylab turardi. Hadeb Jahondan javob chiqmagandan keyin: «Sen Afshinni o‘ylayapsan shekilli?» — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:25:44
    Afshin nomini Bobak tilga olgach, u haqda biror narsa bilsa kerak, deb o‘ylagan Jahon: «Afshin haqida xayol surayotganimni siz qaerdan bildingiz, uning menga qanday aloqasi bor?» — dedi.
— Axir u senga vasiy emasmi?
— Vasiy bo‘lsa nima bo‘pti?
— Sen yashirsang ham, eshitgan narsamni men sendan yashirmayman. Otang Afshinni senga vasiy qilib tayinlagandan keyin, u seni xotinlikka olmoqchi bo‘lganda, qabul qilmagan ekansan, shunday emasmi?
    Jahon uyalib, qizardi. Ko‘zida g‘azab uchqunlari chaqnadi. Boshini yerga solib, javob qaytarmay turdi. Bobak:
— Ushrusana podshohi Afshinni, qolaversa Armaniston hokimi Bobakni o‘z iffati va fazl-kamolotini saqlab qolish maqsadida qabul qilmagan bir qizga sadqa bo‘lsang arziydi, — deb kesatdi-da: — Afshin sendan qonli o‘ch olgan deb eshitdim. Qarab tursin, o‘ch olish qanday bo‘lishini men ko‘rsatib qo‘yaman unga.
    Afshindan o‘ch olish niyati borligini aytgandan keyin Jahon uni qabul qilishga chog‘landi. Lekin ko‘nglida hamon Zirg‘omni ko‘rish maqsadi turardi:
— Gapingizdan men tufayli Afshindan o‘ch olish niyatida ekaningizni sezyapman. Shuning uchun ijozat bersangiz, bir narsani eslatib qo‘ysam: siz  meni o‘zingizga  o‘xshash fors millatidan ekanimni, arablarga munosabatda forslar ham dushmanlik niyatidaligini va bu narsa katta yer egasi, hokim otamga ham qanchalik ravshanligini bilasiz. Shuning uchun siz, Afshin va Tabariston shohi Moziyor musulmonlar davlatini qulatishga til biriktirishgansizlr. Shunday emasmi? Rostini ayting, janob.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:26:16
— To‘g‘ri aytyapsan, haqiqatda shunday.
Jahon yana so‘radi:
— Musulmon askarlari bilan birga Afshin sizga qarshi urushmoqchi ekanining ma’nisi nima?
— Afshin: «Men sizlarga yordam beraman», deb musulmonlarning molini yig‘ib, o‘z mamlakatiga jo‘natib olmoqchi. Molni olib bo‘lgandan keyin hammamiz birlashamiz-da,  ularning davlatini ag‘daramiz.
Jahon unga shubha aralash bir nazar tashladi-da, dedi:
— O‘zingiz shu askarlarning sardori, Xurramiya toifasining boshlig‘i, kishilarning yerga bosh qo‘yib sajda qilishgacha hurmatini qozongan bir kishi bo‘la turib, nega bu nayrang tuzog‘iga ilinib qoldingiz?
— Sen buni nega nayrang deb hisoblayapsan? Afshin menga avvaldan tanish odam. Biz bu ish to‘g‘risida u bilan kelishib qo‘yganmiz: va’dadan qaytmaslikka qasamyod qilganimizga bir necha yil bo‘ladi. Tabariston shohi ham biz bilan birga. Har yili shu va’damizni yangilab turamiz. Bizni aldashdan unga nima foyda bor?
Jahon Bobakning ko‘zlariga tikilib turib, dedi:
— Afshin mol-dunyo topmoq uchun sizni aldaydi, chunki siz musulmonlarga qarshi muhorabaga otlanmasangiz, unga rizq eshigi yopilib qoladi. Ammo Tabariston shohi Moziyorning niyati tuzukroq bo‘lsa, ajab emas. Lekin sizning ishingiz uni qizitirmaydi. Mening talabimni qabul qil, desangiz, askarlaringiz bilan birga aldanib, muhorabaga kirishingizni istamayman. Chunki unda g‘olib chiqsangiz, Afshin sizdan sheriklik haqini talab qiladi. Mabodo, mag‘lub bo‘lib qolsangiz, mag‘lubiyatingizdan foydalanib qoladi.
Uyqudan uyg‘ongandek Bobakning ko‘zi ochildi. Jahon uning ko‘zlaridan pardani olib tashlagandek bo‘ldi. Jahonning o‘zidan ustun ekanini sezdi-da:
— Rahmat senga, juda ma’qul fikrni aytding, haqiqatda Afshin makkor ekan, — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:27:16
— Sizdek bir zotning hamma ishni o‘z qo‘liga olishi, boshqalarga o‘rnak bo‘lishi, taqsimga qo‘shiladigan va o‘lja talashadigan sherigi bo‘lmasligi kerak. Shu fikrimga qo‘shiladigan bo‘lsangiz, yarashish quvonchida ham, jang tashvishida ham sizni qo‘llab-quvvatlayman. Nikohimiz masalasi esa urushdan xotirjam bo‘lingandan keyin hal bo‘lishini oldingizga shart qilib qo‘yaman. Ana shundagina men: «Forslar ichidan eng ulug‘ kishi menga nasib bo‘ldi», — deb maqtansam arziydigan bo‘ladi.
Bobak zavqlanib ketdi:
— Lekin, qani, ayt-chi? Hozirdan boshlab meni sevasanmi? — Jahon g‘olibona tabassum bilan:
— Muhabbat sizni qachondan qiziqtiradi? — dedi.
— Muhabbatimga arziydigan ayolni topsam, uning sevgisiga loyiq bo‘lishni istayman. Meni sevasanmi, yo‘qmi?
    Jahon o‘zini ozgina tutib turdi-da: «Ha... yo‘q...» dedi gapini tugatishga ham tili bormay. — Bu urushdan qutulguningizcha singil o‘z akasini sevganidek sevib turaman.
— Bo‘ldi, Jahon shu gaping menga yetarli, — dedi Bobak xursand bo‘lib.
— Lekin, — dedi Jahon, — odamlar meni shu ismim bilan tanimasligi kerak. Chunki kim bilsin, balki men askarlar ichida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, so‘zlab qolarman-da, nomim chiqib ketar. U vaqtda Afshinmi, boshqasimi, meni tanib qolishi mumkin. Boshqalarga o‘zimni tanitishni istamayman. Hozirdan boshlab mening ismim «Gulnor» bo‘lsin,— dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:27:41
Bobak rozilik bildirib:
— Xo‘p, mayli, kelishdik. Gulnor bo‘la qolsin, — de-di-yu, shu payt buzuq maishatparast kishilar anjumanidan qutulib, muhabbatli, yaxshi odamlar suhbatiga muyassar bo‘lgandek bo‘ldi. Bunday yaxshi o‘zgarish faqatgina chin muhabbat tufayli sodir bo‘ladi, xolos. Bobak «lazzat ayshu ishratda», deb bilib, faqat jismoniy shahvatga mukkasidan ketgandi. Butun ko‘nglini o‘ziga maftun qilgan, ko‘ziga olovdek ko‘ringan birorta ayol bilan o‘zi orasidagi chin muhabbat lazzatini totib ko‘rmagandi. Shuning uchun ahvoli o‘zgarib, qalbida bir rohat his qildi. Jahonga bosh egib, uning maslahatisiz biror ishga qadam qo‘ymaydigan bo‘lib qoldi. Jahonni ilgari tanimagan bazzliklar orasida uning nomi Gulnor bo‘lib ketdi.
Bobak ketish uchun qo‘zg‘alarkan:
— Gulnor, bugun baxt-saodatimning boshlangan kuni. Hech qachon o‘zimni hozirgidek baxtli sezgan emasman, — deb o‘rnidan turdi-da, gapini davom ettirib: — Mening bir iltimosim bor, unga qarshilik ko‘rsatmassan deb o‘ylayman, suhbatdoshlarim ichkilik bazmiga odatlangan, oralarida sharob ichishga qattiq berilganlari bor. Ularga hozirgacha to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadigan kishi bo‘lmagan. Bu odatlarini birdan yo‘q qilishga o‘tsam, mendan xafa bo‘lib qolishadi. Hozirgi urush paytida ularga juda muhtojman. Shuning uchun ularni o‘zimdan bezdirmay, suhbatlarini davom ettirib, birga ichishayotgandek bo‘lib yursam, keyinroq biror maslahat chiqib qolar.
— Mayli, o‘rgangan odatlarini asta-sekin tashlatishingiz sharti bilan, — dedi Jahon.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:28:15
    Bobak Jahonga «shartingni qabul qildim», degandek ishorat qildi va shu bilan Jahonning uning ustidan qozongan g‘alabasi nihoyasiga yetdi. Chunki manmanlik va qo‘pol muomalalikda nom chiqargan bir kishi ipakday muloyim bo‘ldi qoldi.
    Mana bu, er kishilarni yomon yo‘ldan qaytarish uslubini yaxshi bilgan aqlli ayol tadbirining kuchidan dalolat beradi. Ayollar bu kuchga avval o‘ziga muhabbat uyg‘otish yo‘li bilan erishadi. Ular erkakning qalbiga ega bo‘ldimi bilingki, jiloviga ham ega bo‘ladi. Ammo dakki berish bilan uni tuzatmoqchi bo‘lsa, yomonlikka battaroq yopishadigan qilib qo‘yadi.
    Bobakning o‘zgargani va shartini qabul qilgani uchun Jahonning sevinchi ichiga sig‘masdi! Chunki bunda o‘z sevgilisining qismatini bilguncha va Afshindan o‘ch olinguncha, Jahonga o‘zini saqlab turish imkoni tug‘ilgan edi. Shu payt akasi Somonni eslab, Jahon Bobakni to‘xtatdi:
— Mening ham sizdan bitta talabim bor. Shuni amalga oshirib bersangiz.
— Nima istasang, bajarishga tayyorman.
— Akam Somonning menga qilgan xiyonatini yaxshi bilasiz. Undan men o‘ch olmoqchi emasman. Lekin uni bu shahardan chetlatsangiz, chunki bu yerda turishi askarlar uchun xavfli. Uni o‘ldiring yoki  qamang demayman. Vasvasasidan qutulishimiz uchun chetlatsangiz kifoya.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:28:35
— Uning xoinligidan foydalangan bo‘lsam ham, shahardan chetlatmoqchi bo‘lib turgandim. To‘g‘ri, u bo‘lmaganda  men Farg‘ona malagiga erisha olmagan bo‘lardim. Lekin u singlisiga sotqinlik qilganidek, bir kun menga ham xoinlik qilishi mumkin. Yaqin orada uni bu mamlakatdan badarg‘a qilaman. Mening qasrimda istiqomat qilishni istamaysanmi?
— Yo‘q, meni shu qasrdan qo‘zg‘atmang. Bu yerdagi odamlarga o‘rganib qoldim. Agar biror maslahat yoki tadbir ustida kerak bo‘lib qolsam, va’dalashib, uchrashaylik.
Bobak tabassum bilan oshiqi beqarordek Jahonga tikilib turib, so‘zlarini qabul qildi. Jahon ochiq chehra bilan o‘rnidan turdi. Bobak u bilan xayrlasharkan: «Hozirdan boshlab bir-birimizning gapimizdan chiqmaydigan bo‘ldik. Meni sevasanmi?» — dedi.
— Biz siz bilan aka-singilmiz. Siz menga akasiz. Singil o‘z akasini sevgandek sizni sevaman. Sizga singil o‘z og‘asiga boqqandek boqaman. Sizning osoyish va rohatingiz yo‘lida o‘zimni ayamasligimni tez fursatda ko‘rasiz.

_____________
* Odatda saroylardagi haramlarda xizmat qiladigan erkaklarni bichib qo‘yilardi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:29:03
     ZIRG‘OM UMIDSIZLIKKA TUSHISHI

     Zirg‘om Jahondan darak topib kelish uchun kunchiqar tomondagi joylarga yashirin ravishda kishilar yubordi. Bir necha kishi Farg‘onaga ham ketgan edi. Anchadan keyin ular Jahon to‘g‘risida biror tayin gap topmay qaytib kelishdi. Zirg‘omning ko‘ziga yorug‘ dunyo qorong‘i bo‘lib, Jahondan umid rishtasi uzilay deb qoldi. Uning yo‘qolishiga kim sababligini o‘ylab-o‘ylab, Afshindan gumon qiladi. Somonni, uning ikki  yuzlamaligini, makkor va bevafoligini eslab, undan ham shubhalana boshladi. Zirg‘om Mu’tasim bilan ov, sayohat va namoz vaqtidagina birga bo‘lardi. Boshqa vaqtini u uyida tanho o‘tkazar edi. Ba’zida u kamolot va husnda Jahonni eslatadigan Yoquta bilan suhbatlashib, o‘zini bir oz ovutar edi. U Yoqutaga qaragan vaqtida do‘sti Hammodni eslab: «Shu ikkalasini bir-biriga qovushtirishga muvaffaq bo‘lsam, meni ham sevgilim bilan uchrashtiradigan kishi chiqib qolarmikin?» — deb chin ko‘nglidan orzu qilardi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:30:09
     Zirg‘om ko‘p kutdi, Jahondan darak bo‘lmadi. Uning barhayot ekanidan umidi uzildi. Endi unga olam qorong‘u. Bu dunyoda yashashdan nima foyda. U urushga borib, biror falokatga uchrash yoki yarador bo‘lish yo‘li bilan o‘zini ovutmoqchi bo‘ldi. Bu dunyodan ko‘z yumsa-yu, muhabbat va hijron azobidan qutulib qo‘ya qolsa. O‘lish ham o‘zi bo‘lmaydi. U o‘zini o‘zi o‘ldirishi kerak. Bunday qilish esa nomardlik. Hech bir chora topolmaydigan ojiz yoki aqldan ozgan kishigina shu yo‘lni tanlaydi. Shu bilan birga, Zirg‘om Jahondan darak topish orzusidan hali butunlay voz kechgan emas.
     Jahonning o‘chini olmay, o‘lib ketish ham Zirg‘om uchun og‘ir, albatta. Turli-tuman xayollar uning boshini gangitardi. Sirini yashirishga har qancha urinsa ham, uni ko‘rgan kishi bir qarashdayoq bezovtaligini sezmay qolmasdi. U o‘z dilidagi og‘ir g‘amni onasidan sir tutishga, uni xafa qilmaslikka urinardi. Lekin onasi hamma gapdan voqif edi. Jahon to‘g‘risida o‘smoqchilab Zirg‘omdan so‘raganda, u: «Kishilarim xabar topolmay kelishdi, yana boshqa tomonlarga odamlarni yubordim, ehtimol, ular biror xushxabar olib kelishsa», — derdi. Onasi uning gapiga ishongan bo‘lib: «Ha, noumid shayton. Ajab emas, o‘zini olib kelishsa», deb uni yupatar edi. Zirg‘omga Vardondan bo‘lak tasalli beradigan kishi qolmadi. U hamma vaqt Zirg‘omning eng yaqin kishisi edi, Zirg‘om zeriksa yoki biror narsadan tashvish qilsa, dilidagi gapni Vardonga aytar va undan maslahat so‘rar edi. Vardon uning dardini yengillatadigan aqlli maslahatlar berardi. Kunlarning birida ular ikkalasi qasr bog‘ida aylanib yurarkan, Zirg‘om hayotdan bezganini aytgan edi, Vardon unga tasalli berdi:
— Mavlono, sizdek zot bu qadar ojizlikni o‘ziga ravo ko‘rishi ma’qul emas.
— Vardon, sen meni «mavlono» dema. Sen mening birodarimsan. Shuning uchun senga dardimni aytaman, eng mahram sirlarimni ham sendan yashirmayman. Jahonni ko‘rishdan umid uzganimdan buyon hayotda hech bir halovat topolmayapman.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:30:25
— Har bir kishining bir kun olamdan o‘tishi bor. Ajal yetsa, uni bir daqiqa ham keyinga surib bo‘lmaydi. Sabr qiling. «Tangri sabr etuvchilar bilan birgadir».*
— Ey Vardon, sabr etaverib holdan toydim. O‘limdan bo‘lak rohat topolmaydiganga o‘xshayman. Lekin o‘z-o‘zini o‘ldirish, o‘zimni o‘zim xor qilishim demakdir.
Vardon Zirg‘omni xursand qiladigan va Iroqqa kelganidan buyon ko‘ngliga tugib yurgan bir fikrini unga bayon qilmoqchi bo‘ldi-da:
— Mu’tasimning xos kishisi va musulmon sardorlarining kattalaridan bo‘lgan sizdek kishi musulmonlar bilan fors, rum yoki arab qo‘shinlari o‘rtasida urush to‘xtamay turgan bir paytda hayotdan bezib, o‘limga yo‘l izlab yurishi g‘alati emasmi? — dedi.
Vardonning bu so‘zi Zirg‘omning ko‘zini ochdi. Zotan, uning ko‘zi allaqachon ochilishi kerak edi:
— Rost ayding, menga o‘xshashlar uchun urush maydonida o‘lish osondir. Lekin xalifa meni o‘z yonidan qo‘zg‘atmaydi. Meni o‘ziga hamnishin qilib oldi. Hech qaerga borishga ijozat bermaydi.
— Bundan keyin u sizning biror yerga borishingizni man etmasa kerak.
— Nechun? — hayajonlanib so‘radi Zirg‘om.
— Chunki Armanistonda xurramiylar kuchayib ketgan. Bobak va uning qal’alari Afshinni qiyin ahvolga solib qo‘ygani haqida ketma-ket ma’lumotlar kelib turibdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:30:36
— Buni senga kim aytdi? Men bu gaplarning teskarisini o‘ylab yurardim. Xalifa hech narsani mendan yashirmasdi.
Vardon bosiq ohangda dedi:
— To‘g‘ri, xalifa o‘zi biladigan narsani sizdan sir tutmaydi, lekin bu aytganlarimdan u bexabar.
Zirg‘omning hayajoni ortdi:
— Qiziq, bu urush haqidagi xalifaga ma’lum bo‘lmagan gaplar senga qaydan ayon bo‘la qoldi?
— Ha, xojam, vazirlar va xalifaga xos kishilar yaxshi siyosat olib borishning yo‘llaridan biri — ba’zi xabarlarni xalifadan yashirishdir, deb hisoblashadi.
— Bu gaping to‘g‘ri, — dedi Zirg‘om, — lekin men ham o‘sha xos kishilardan biri bo‘la turib, bundan bexabarman.
— Bu xabarni mendan bo‘lak kishi sizga yetkaza olmas deb o‘ylayman, chunki uni men xalifaning xabarchilariga hech bir daxli bo‘lmagan manbadan eshitdim.
Vardonning bu gapi Zirg‘omga g‘alati tuyuldi-da: «Nima eshitding?» — deb so‘radi.
— Bobak al-Xurramiy Ardabildan Bazzga ko‘chib o‘tib, uni o‘z istehkomiga aylantirgandan keyin harbiy qudrati zo‘rayib ketgan emish.
Zirg‘om uning gapini bo‘ldi:
— Buni kecha eshitgandim.
— U mag‘lubiyatga uchrab, qochmoqchi bo‘lib turgan bir paytda birdan kuchayib ketganligi sababini ham bildingizmi?
— Ha, bildim. Musulmonlarga «xap sanimi» deb yurgan kishilar u bilan birlashib qolgani tufayli Bobak yangi kuchga ega bo‘lib olgan.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:30:54
Vardon tabassum qildi:
— Asl sabab bu emas, ehtimol, bugun xalifaga ham ma’lum bo‘lib qolar. Haqiqiy sabab butunlay boshqa.
— Xo‘sh, bo‘lmasa nimada, aytib ber-chi? — so‘radi Zirg‘om.
— Armanistondan kelgan kishilardan biri menga bir gap aytdi. Bu gapni boshqa odam aytgudek bo‘lsa, men ishonmasdim. Uning aytishicha, behayolik, sharobxo‘rlik, dag‘allik va buzuqlik bilan dong‘i chiqqan Bobak o‘sha nomatlub ishlardan qaytib, yaxshi yo‘lga kirgan, ulfatlari bilan may bazmlarida o‘tirganda sharob ichmaydigan bo‘lib qolgan emish. Askarlarining ishini tartibga keltirgan, hamma kuchlarini to‘plab, odamlarini musulmonlarga qarshi qo‘zg‘atayotgan emish. Bu gaplarni aytgan kishi Bazzning butun ichki ishlaridan voqif. Bobakning hayotidagi bu o‘zgarishlarga uning xotinlaridan Gulnor degan aqlli va tadbirli bir ayol sabab bo‘lgan emish. U xotin Bobakning jilovini qo‘lga olgan, hamma ishlarida uning  o‘ng qo‘li hisoblanar emish.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:31:09
     Zirg‘om bir fursat boshini egib jim turdi. Bobakning yomon xulq-atvordan qaytgani uchun xafa bo‘ldi. Chunki Zirg‘om uning xulq-atvori biz uchun foydali deb o‘ylab yurardi. Zirg‘om bir olma daraxtining yonida turib, qo‘lidagi  kaltak bilan uning mevasini tushirarkan, Bobak haqida o‘ylardi. Vardon uning yonida sukut saqlab turardi. Shu payt xalifa xizmatchilaridan biri yugurib keldi. Uni ko‘rgan Zirg‘om o‘zini xalifa chaqirtirganini payqab, Vardonga: «Xalifa meni urush voqealaridan xabardor qilmoq uchun chaqirtirgan bo‘lsa kerak, bu odamning shoshib kelganligi bejiz emas», — dedi.
— Agar siz bu jangga qatnashishga rozilik bersangiz, men ham birga xizmatingizni qilib boraman. Chunki men u yerlarning past-balandini yaxshi bilaman, foydam tegib qolar.
Zirg‘om: «Yaxshi bo‘ladi», — dedi-da, uyiga kirib qalpog‘ini, xalifa oldiga borganda kiyadigan boshqa kiyimlarini kiyib, xalifa saroyidagi xos xonaga qarab yo‘l oldi. Yetib borishi bilan darvozabon unga yo‘l ochib, xalifadan ruxsat ham olmay, to‘g‘ri ichkariga kiritib yubordi. Xalifa huzurida faqt qozi Ahmad hayajon va g‘azab ichida o‘tirgandi. Zirg‘om xalifaga ko‘rinib, salom bergach, uning chehrasi ochilib, o‘tirishga taklif qildi. Zirg‘om o‘tirgandan keyin xalifa unga qarab: «Qasrdan tashqari chiqmay ko‘p zerikkan ko‘rinasan, bu yerdagi kayf-safo ham joningga tegib, jang maydonini qo‘msayotganga o‘xshaysan»,— dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:31:30
    Xalifaning urushga otlanish kerakligi to‘g‘risida gap ochmoqchi ekanini, o‘zining yordamiga qattiq zarurat bo‘lmasa, bunday qilmasligini payqagan Zirg‘om:
— Janoblarining yonlarida bo‘lish men uchun ulug‘ iltifot va sharaf. Lekin qurollanib, qilich-yarog‘ taqib, dushmanga qarshi jangga borish muqaddas burchimdir. Armanistondagi muhorabaga borishni menga ham loyiq ko‘rsangiz, deb iltimos qilishni ko‘pdan o‘ylab yurgandim. Agar ijozat bersangiz, ulug‘ marhamat qilgan bo‘lardingiz. Men hamisha  sizning otgan o‘qingizman, dasturxoningizdan yeb-ichib, mamnun bo‘lgan kishiman.
    Zirg‘omning ziyrakligi va ayni muddaoni topib gapirganligi xalifaga ma’qul tushib, qozi Ahmadga qaradi. Qozi «Sen xalifaning tayanchlarisan. Yonlaridan aslo siljitgilari kelmaydi. Lekin qasrdan tashqari chiqmaganing uchun ancha siqilgan ko‘rinasan. Negaki, botir sarkarda jang maydoniga borib, g‘alaba qozonib kelmaguncha, ko‘ngli o‘rniga tushmaydi. Hozir Armanistonda urush olib boryapmiz. Qaysar Bobak o‘z istehkomlariga kirib mustahkamlanib olgani uchun poylab turibmiz. Endi o‘sha tomonga seni yo‘llasalar, sening qo‘ling bilan g‘alabaga erishsak, degan umidda men amiral mo‘’mininga maslahat solgandim»,— dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:31:50
Zirg‘om qo‘l qovushtirib dedi:
— Mening inon-ixtiyorim amiralmo‘’mininda, «hozir bor» desalar ham tayyorman.
Xalifa Zirg‘omga qaradi:
— Armanistondagi musulmon askarlarga Afshin boshchilik qilayotganini bilsang kerak. Qo‘mondonlaridan biri bo‘lib, uning ixtiyoriga borish senga malol kelmaydimi?
— Men amiralmo‘’mininning qinidan sug‘irilgan qi-lichlariman, istasalar boshliq, istasalar itoatgo‘y qilib yubora beradilar. Hammasini ham bajonu dil qabul qilaman.
Xalifa xursand bo‘lib:
— Borakallo, boshqa qo‘mondonlarga nisbatan sening qadring ortiqligini hisobga olishni ta’kidlab, Afshinga  noma yuboraman, — dedi.
Zirg‘om oyoqqa turib:
— Bo‘lmasa, oq fotihalarini bersalar, men jo‘nab ketdim. Bazz qo‘lga olinib, Bobak qatl etilmaguncha qaytib kelmaslikka so‘z beraman, — dedi.
    Xalifa tabassum qilib: «Zirg‘omga bosh-oyoq sarpo berilsin», deb buyurdi. Zirg‘om xalifaning oldidan ustidan og‘ir bir yuk olib tashlangandek yengil tortib chiqdi.
Bo‘lgan voqeani qasr darvozasi yonida uni kutib turgan Vardonga aytib berdi va: «Sen onamning ko‘z oldilarida bo‘lib, shu yerda qolaversang yaxshi bo‘lardi», — dedi.
— Xotirjam bo‘lavering, u kishi xalifaning qasrida, hamma xizmatchilar yonlarida.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:32:20
    Shundan keyin Zirg‘om onasining oldiga borib: «Xalifa meni jang maydoniga jo‘natyapti», — dedi. Onasi ham unga rozilik bildirib, xalifaning farmonini bajarishni tavsiya etdi va eson-omon, g‘alaba bilan qaytib kelishini xudodan so‘rab, haqqiga duo qildi.
Keyin Zirg‘om Yoquta yoniga borib, u bilan salomlashdi. Uning safarga otlanayotganini eshitib, Yoquta ko‘ziga yosh oldi. Zirg‘om uni yupatdi:
— Ishqimga ravnaq tilab, haqqimga duo qilib tur. Ajab emas, yo‘lda Hammodni uchratib qolsam. Meni undan beparvo bo‘lib ketdi, deb mutlaqo o‘ylama, — Zirg‘om shu gaplarni aytarkan, ichida qattiq xo‘rsinib qo‘ydi. O‘z sevgilisini yo‘qotib, g‘amu g‘ussaga mubtalo bo‘lgani yodiga tushdi.
Yoquta unga so‘z aytolmay, boshini quyi solib, indamay turardi, marvaridday ko‘z yoshlari yuzlaridan oqib tushardi. Zirg‘om Yoquta bilan xayrlashib chiqdi-da, safar tadorikini ko‘rishni Vardonga buyurdi. Keyin u: «Yoqutaning holidan xabardor bo‘lib turing», deb onasidan iltimos qilib, u bilan xayrlashdi va farg‘onalik baquvvat yigitlardan tuzilgan maxsus qo‘shini bilan yo‘lga chiqdi.
   Ardabilda va boshqa jang maydonlarida musulmon askarlari bilan xurramiyalar o‘rtasida bo‘lgan bir necha to‘qnashuvlar xurramiyalarning Ardabilni bo‘shatib chiqib ketishi bilan yakunlandi. Ular Bazzga, Bobakning qal’asiga borib qo‘shilishdi. Bazz mustahkam istehkomli shahar yoki bir qancha qasr va qal’alardan tashkil topgan katta qal’a edi. Unng atrofi qalin paxsa devor bilan o‘ralgan, bahaybat darvozalari va ko‘p minoralari bo‘lib, yo‘li juda qaltis edi, unga tog‘ va  vodiylar orqali borilardi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:32:36
    Bobak Bazzga qochgandan keyin musulmon askarlari uni izidan quvib borishdi. Bazz bilan Ardabil orasidagi bir qancha manzillarga musulmonlar o‘z harbiy istehkomlarini qurishdi. Bu istehkomlar askarlarning qaytish yo‘lini qo‘riqlash va xalifaning turar joyi Somurro bilan aloqa bog‘lab turish uchun mo‘ljallangandi. Iroqdan keladigan oziq-ovqatlarni Armaniston chegarasiga kirganda, Ardabilda tushirib olishar, undan «Hisnunnahr» («Anhor qo‘rg‘oni») degan istehkomga olib borishardi. Undan esa Arshaq, Xash, Barzand va Bazz yo‘lidagi Ruz-Arruz degan oxirgi manzillarga olib ketilardi.  Bu anjomlar har manzilning soqchilaridan qo‘lma-qo‘l o‘tib borardi.
Afshin askarlarni joylashtirish uchun ishonchli bir joy tanlashni o‘z odamlariga topshirdi. Ular Ruz-Arruzda eski bino qoldiqlari turgan uch tog‘ni tanlashdi: Afshin askarlarni u yerga joylashtirdi. Bazzga boradigan hamma yo‘llarni katta toshlar bilan o‘rab, qo‘rg‘ondek qilib olishdi. Hujum qilish uchun faqat bitta yo‘lni qoldirib, boshqa hamma yo‘llar oldiga toshlar orqasidan xandaqlar qazdirdi. Afshin bu ishga ko‘p mehnat sarf qildi. Odamlar tinimsiz tosh tashish va xandaq qazish bilan band bo‘ldi. Soqchilar kecha-yu kunduz poyloqchilik qilishdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:33:04
    Ruz-Arruz chalkash-chulkash tepalar orasida joylashgan bir vodiydan iborat. Afshin askarlarini tayyorlab har bir qo‘shilmani bir lashkarboshiga  topshirdi. Lashkarboshilar uch kishi bo‘lib, ular Ja’far al-Hayot, Abu Said va Ahmad ibn al-Xalil edi. Askarlarni Ruz-Arruz bilan Bazz orasini ajratib turgan vodiydan yuqoriroqdagi hamma harbiy nuqtalarga joylashtirdi. Shu bilan Afshinning harbiy lageri juda kengaydi. Masofa olisligi, qo‘shilmalarni tog‘ va vodiylar bir-biridan uzoqlashtirib turgani uchun qo‘shinni qo‘zg‘atish yoki yurish boshlash kerakligi qo‘ng‘iroq chalinadi, to‘xtasa, chalish to‘xtatiladi. Askarlar o‘z tartib va saflarini buzmay, shunga muvofiq harakat qilardi.
Afshin o‘z lashkargohini baland bir tepaga o‘rnatdi, undan Bazzga qarab, Bobak qasrini va boshqa qasrlarni kuzatib turardi.
    Bobak barcha urushlarda askarlari orasidagi bir to‘da kishilarga qattiq suyanardi. Musulmon askarlarining yo‘lini to‘sish va chalg‘itish maqsadida o‘shalarni tepalar orqasidagi vodiylarda yashirinib turish uchun yuborardi. Afshin esa ularning hamma hiyla-nayrangini barbod berishga kirishar, bekinib yotganlarni topish va aniqlash uchun o‘z ayg‘oqchilarini yuborardi.
Afshin shu qamalda xurramiyalarni uzoq vaqt chalg‘itib turdi. Bazzning ro‘baro‘sidagi vodiyning narigi tomoniga askarlardan bir to‘dasi bilan kesib o‘tishni lashkarboshilaridan biriga buyurdi. Sarkarda u yerga yetib borishi bilan Bobak qo‘rg‘ontepani dushmandan mudofaa qilish uchun o‘z askarlaridan bir qo‘shilmani chiqardi.  Kech kirishi bilan Afshin askarlari xandaq orqasidagi lashkargohlarga qaytib kelib, shu yerda tunashardi. Afshinning bu harbiy taktikasi xurramiyalarning joniga tegdi. Ular Afshin askarlariga qo‘qqisdan hujum qilmoqchi bo‘ldi. Bir kuni Bobakning askarlari Afshin askarlarining odatdagidek vodiy tomondan qaytishini kuzatib turishardi. Shunda Ja’far al-Hayyotning otliq askarlari qolib, boshqa odamlari o‘tib ketgach, Bobak askarlari Ja’farga tashlandi. Ja’far o‘z askarlari bilan xurramiyalarni Bazzgacha quvib bordi. Ikki tomon askarlarining qiyqiriq ovozi Afshinga eshitildi. Askarlarning urushayotganini ko‘rib, u o‘z rejalarining buzilib ketishidan xavotirlandi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:33:30
    O‘lja olish maqsadida jangdagilarga yordam berishga odatlangan ko‘ngillilardan bir guruhi Ja’farga yordamga kelib, uning kuchiga kuch qo‘shdi. Ja’far askarlari bilan qo‘rg‘onga hujum qildi. Qo‘rg‘ondan oshib, shaharga kirmoqchi bo‘layotgan Afshin unga: «Sen mening tadbirimni buzding, asta-sekin askarlaringni olib, orqaga qayt!» — dedi. Buning ustiga Bobakning yashiringan ayg‘oqchilari ham harakatga tushgandan keyin, Ja’far fursat qo‘ldan ketganiga qayg‘urib, orqaga qaytishga majbur bo‘ldi.
    Shundan keyin ko‘ngillilar o‘zlari qolib, bir necha kun urushni davom ettirishdi. Ularning yem-xashagi, oziq-ovqati tugadi, lekin ular achinib: «Afshin bizga yordam berganda Bazzga kirib borgan bo‘lardik», — deyishardi. Askarlar to‘polon qilib, urushni boshlab yuborishni talab qilsa ham, Afshin mag‘lubiyatga uchrashdan qo‘rqib ishni orqaga siltardi. U mol-mulk orttirish uchun atayin urushni keyinga surayotgan bo‘lsa-chi? Chunki xalifa Afshinning otga mingan har kuni uchun ovqat, qurol-aslahadan tashqari o‘ng ming dirham, ot minmagan kuniga esa besh ming dirham yuborib turardi. Bu pullarni Afshin Ushrusanaga yuborardi. Urush bahonasi bilan qancha ko‘p kun o‘tsa, Afshinning daromadi shuncha ko‘payardi.
     Bir kuni Afshin o‘zining Bazzga qarab qurilgan chodirida o‘tirgandi, askarlari shu yer xalqning kiyimidagi bir kishini haydab kelayotganiga ko‘zi tushdi. Uning oldiga yaqinlashganlari ham yo‘q edi, ular asir olib kelayotgan odam Jahonning akasi Somon ekanligini payqab, iztirobga tushdi. Lekin undan foydalanish umidida: «Uni qiynamay, qo‘llarini yechib yuboringlar», — deb buyurdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:33:45
    Somon boshini egib, Afshin yoniga kelib tiz cho‘kdi. Afshin ochiq chehra bilan undan: «Boshingni ko‘tar! Bu yerga sen qanday kelib qolding?» — deb so‘radi.
— Janob xojam, men Bazzdan kelyapman.
— Qani, bo‘lmasa yaxshilab o‘tirib ol-chi, — dedi Afshin unga qarab. Somon odob bilan Afshin ko‘rsatgan joyga o‘tirdi.
— Xo‘sh, bu shaharga nima uchun kirib qolding?
Somon boshini chayqadi.
— Mavlono Afshinning xizmatlari bilan kelgandim.
— Bu nima deganing, Somon? — hayron bo‘lib so‘radi Afshin.
— Somurroda janobingizning ziyoratlariga musharraf bo‘lganimdan buyon buyrug‘ingizni bajarish uchun Jahonni izlab yurgandim. Oxiri uning Bobak qo‘lida ekanini aniq bilib oldim.
Somonning bu gapdan Afshinning ko‘zi ola-kula bo‘lib ketdi.
— Hozir Jahon shu yerda — Bazzda ekanmi?
— Ha, shu yerda ekan.
— Bunday olis bir shaharga u qanday kelib qoldi ekan? — hayron bo‘ldi Afshin.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:34:02
— Hamadon yaqinida qaroqchilar uni mening qo‘limdan tortib olib ketganini sizga aytgan edim. Ko‘p surishtirdim, oxiri bilsam, uni oldirib ketgan kishi Bobak ekan. Jahonning go‘zalligini eshitib, sovchi yuborganda, otam uni kuyovlikka qabul qilmagandi. Keyin oradan bir qancha vaqt o‘tib ketdi, otam vafot etdilar. Zamona zayli bilan Jahon Somurroga borish uchun otlanganini Bobak eshitib, yo‘liga kishi qo‘ygan va poylab yotgan yerlariga kelishimiz bilan uni ushlattirib olib ketgan ekan.
— Xo‘sh, keyin nima bo‘lgan? Hozir ham u Bazzdami?
— Singlimning ishiga tushunolmayapman. U hech bir qarorda turmadi. Ushrusana amirining marhamatini rad etib, arzimas bir kishiga turmushga chiqishga rozi bo‘ldi. Keyin undan ham voz kechib, Bobakni ixtiyor etdi va uning sevimli xotini bo‘lib oldi. Hozir u Bobakning o‘ng qo‘li, jonini fido qilib unga yordam beryapti. Men unga: «Bu ishing noto‘g‘ri, hali ham bo‘lsa undan voz kechib, Afshinga borishing  kerak, u sening vasiying bo‘ladi», — deb ko‘p pand-nasihat qildim, gapimga quloq solmadi. Keyin uni tashlab, sizning oldingizga keldim.
— Borakallo, — dedi Afshin xursand bo‘lib, — ba’zi ayg‘oqchilarimning  gapiga qaraganda, Bobakning eng sevimli xotinining nomi Gulnor emish. U juda aqlli, tadbirkor ayol bo‘lib, Bobakka yordam berib, uning qaddini ancha tiklab qo‘ygan emish.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:34:22
— Shu aytayotgan ayolingiz Jahonning xuddi o‘zi. U o‘zini tanitmaslik uchun atayin ismini Gulnor qilib olgan. Yangi qaylig‘iga musulmon askarlarga qarshi urushda yordam berishga va’da qilib, jonbozlik ko‘rsatyapti. Agar shu Jahon bo‘lmaganda, Bobak allaqachon ko‘radiganini ko‘rardi.
Somonning niyati buzuqligi Afshinga ma’lum bo‘lsa ham, faqat yomon kishilar bajara oladigan ishlarda undan foydalanish maqsadida yaxshi muomala qildi. Afshin Somon o‘zini yomon ko‘rishini va qo‘lidan kelsa, o‘ldirib yuborishga ham tayyor ekanini bilsa ham, xushmuomalalikni qo‘ldan bermadi, boshini chayqab, iyagini qashladi, telpagini tuzatib oldi-da, o‘tirgan joyida bir qimirlab:
— Bizning yaxshiligimizga bu qiz shunday nonko‘rlik qildi. Uni deb men seni bir vaqtlar xafa qilgandim ham. Ajab emas, yomonlik deb o‘ylagan ishing bir vaqt kelib yaxshilik bo‘lib chiqsa, — dedi.
Afshin bir oz jimlikdan so‘ng: «Jahonning bu yerdaligini Zirg‘om bilgan emasmi?» — dedi.
— Yo‘q, albatta, Jahon ham Zirg‘omning o‘lik-tirikligidan bexabar.
Afshin uning gapiga ishongisi kelmadi:
— Nega shunday deysan. Zirg‘om uni qidirsa, darak topmay qo‘yadigan odam emas-ku.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:34:38
— Nomlarining o‘zgargani bu ishda katta yordam berdi. Men Jahonga Zirg‘om o‘ldirilgan deganman. Uning shunga ishonganligiga xo‘p deyavering. Zirg‘om bo‘lsa: «Jahonni qaergadir olib ketilgan», deb hayotdan umid uzib qo‘ygan. Janoblarining menga teskari qarab yurganlariga, otamning merosidan meni mahrum qilganlariga qaramay, rizoliklariga erishmoq uchun shu ishlarni qilganman, — dedi-da, Somon ko‘zlarini alang-jalang qilib Afshinga qaradi.
— Men uchun astoydil xizmat qilganingga endi inondim. Endi shu harakatingni intihosiga yetkazib, ishonchimni oqlasang, ulug‘ mukofotga sazovor bo‘lasan.
— Farmoningizga ma’talman, nima desangiz bajarishga tayyorman.
— Bazzda bo‘ldim deyapsan, xo‘sh, Bazzning odamlari, qo‘rg‘on va askarlari to‘g‘risida nimalarni bilasan? — dedi Afshin.
— O‘zingiz ko‘rib turibsiz: shahar juda mustahkam. Askar va qurol-yarog‘lari yetarli. Xurramiylar mol-joni bilan birlashgan, boshliqlarining buyrug‘ini bajarishga astoydil bel bog‘lashgan. Shunga qaramay, ularning mag‘lub bo‘lishidan umidvorman.
Afshinning tusi o‘zgarib, tetiklanib ketdi:
— Nimaga tayanib shunday deyapsan?
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:34:58
— Bazzning ichki ahvolini mulohaza qilib, Bobakning mag‘lubiyatga uchrashidan umid qilaman. Bilishimcha, u yerda musulmon va boshqa kishilardan juda ko‘p asirlar bor. Shulardan yetti ming olti yuztasi ayollar va yosh bolalar. Bobak o‘ldirgan kishilarni ikki yuz ellik mingtacha deb taxmin qilishadi. Odamlar, hatto uning shaharchasida yashayotganlar ham Bobakning hukmdorligidan bezor bo‘lishgan deb eshitdim. Agar sizdan yigirma kishi shaharga bostirib kirishga yo‘l topsa, Bobak odamlari ularni ko‘rsa, butun xalq taslim bo‘lishiga aminman.
— Seningcha, shaharga kirish uchun hujumni qaysi tomondan boshlasak ma’qul bo‘ladi?
Somon o‘rnidan turib Bazz tomondagi bir tog‘ga ishorat qildi va: «Mana bu tarafdan. Bu tog‘ni ko‘ryapsizmi? Dushman shu tog‘ chekkasidan nari yoqqa o‘tsa, shaharga kirish yo‘li ochilishini bilgan Bobak yashirin askarlarini shu yerga joylashtirib qo‘ygan. Janoblari shu tog‘ chekkasining orqa tomonidan borishga iloj topsalar bo‘ldi, marra o‘zlariniki, muqarrar g‘alabaga erishadilar».
Somonning kelganidan xursand bo‘lgan Afshin undan yana ko‘proq ma’lumot olishga harakat qilayotganida hojib kirib: «Xalifa Mu’tasimning noma eltuvchisi kelib, eshikda kutib turibdi», — dedi. Afshin hojibga qarab: «Ayt, bu yoqqa kiraversin!» — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:35:18
    Safardan toliqib kelgan, ko‘kragida bir parcha mis osilgan* noma eltuvchi ichkariga kirib, oyoqqa turdi.  Afshin: «Qani, bu yoqqa kelaver, nima yangilik bor?»— deb uni o‘z yoniga chaqirdi.
Noma eltuvchi uning oldiga kelib, ustiga xalifalik muhri bosilgan bir ipak o‘ramani topshirdi. Afshin uni qo‘liga olib o‘pdi va surg‘unchini ochdi. Uning ichidan muhrlangan kumush nay, kumush nay ichidan esa o‘ralgan bir qog‘ozni chiqarib oldi-da, uni o‘qiy boshladi. Uning avzoyini va xatti-harakatini kuzatib turgan Somon xatni o‘qib turib, Afshinning rangi o‘chib ketganini payqadi.  Afshin maktubni o‘qib bo‘lib, noma eltuvchiga «mayli, ketaver», degandek ishora qildi. U chiqib ketdi. Keyin Afshin tik turgan Somonga qaradi va uni o‘ziga ko‘proq jalb qilish uchun zo‘rlab jilmayib, o‘tirishga buyurdi-da:
— Bu xat nima xususda ekanini  bilasanmi? — deb so‘radi.
— Yo‘q, janob, men ilmi g‘oyibdan bexabarman.
— Bu Mu’tasimning xati, xatda meni mustahkam turishga da’vat qilib, birodari Zirg‘om boshchiligida menga qo‘shimcha askar yuborganini aytibdi.
— Ushrusana hokimi — askari tog‘u toshlarni to‘ldirib yotgan bir qo‘mondon yordamiga muhtoj ekanmi?
— Yo‘q, albatta, amiralmo‘’mininning o‘zi buni yaxshi biladi. Zirg‘om urush uchun emas, boshqa maqsadda kelayotgan bo‘lsa kerak bu yerga. U Jahonning ishidan xabardor bo‘lib qolmaganmikin degan xavotirdaman. Mayli, u xoh bilsin, xoh bilmasin, baribir Jahon meniki. Mendan bo‘lak hech kim unga qo‘l tegiza olmaydi. Sevgi va muhabbat ish bermasa, zo‘ravonlik va andishasizlik bilan Jahondan o‘ch olish qo‘limdan keladi. Farg‘onadagi o‘sha kun sira ko‘nglimdan chiqmaydi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:35:34
Somon yana Afshinga dalda bera boshladi:
— Singlim bu yerdaligini Zirg‘om mutlaqo bilmaydi.  Balki uni tirik deb o‘ylamasa ham kerak. U: «Jahonsiz hayotning menga nima keragi bor», deb o‘limni ma’qul ko‘rib, atayin urush maydoniga kelgandir. Odamlarda shunda bir bema’ni taomil bo‘libdi: birovni sevib qolsa, jinniga o‘xshab qoladi. Hatto o‘z hayotini ham sevgilisi yo‘lida ayamaydi. Bittasi shu yo‘lda o‘lsa, boshqalar ham shuning orqasidan borishni istaydigan bo‘lib qoldi.
Afshin xoxolab kulgan edi, tishining oqi ham ko‘rinib ketdi:
— Zirg‘om o‘lim istab kelgan bo‘lsa, bosh ustiga, jonimiz bilan uni qabul qilamiz. Ammo oshiqlarni jinni deb aytayotganing uchun ma’zursan. Senda muhabbat ahlining zavqi, shuuri yo‘q, undan bexabarsan, — dedi-da, boshini ozgina yerga egib turib so‘radi: — Biz ertaga shaharga hujum qilib kirsak, singlingni qasrdan topa olamizmi?
Somon o‘rnidan turib, Bizz tomonga qaradi va qo‘li bilan ishora qilib:
— Sharqiy darvoza yonidagi hashamatli qasrni ko‘ryapsizmi? O‘sha — xotinlar qasri. Jahon ham shu qasrda yashaydi. Shu qasrga to‘g‘ri kirmoqchi bo‘lgan odam o‘sha darvozadan borishi kerak, — dedi. Keyin g‘arb tomondagi bir qasrni ko‘rsatdi: — Mana bu g‘arbiy darvoza yonidagi qasr xuddi Bobakning qasri. U hamma qasrlardan ham mustahkamroq. Unga hujum qilgan kishi o‘lmay qolmaydi. Mana endi, «nima qilaman» desangiz, ixtiyor o‘zingizda.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:36:04
    Afshin o‘tirgan yerida bir qimirlab qo‘ygandi, Somon o‘rnidan turib, ketishga ijozat so‘radi. Afshin unga: «Biz bilan bo‘lasan, zarurat bo‘lmaganda bu yerdan qimirlamaysan», — dedi.
Afshinning maqsadiga tushungan Somon:
— Siz ixlosimni, niyatim pokligini aniqlaguningizcha, huzuringizda asir bo‘lib turishni istayman. Mening ishim Zirg‘omga ham, boshqalarga ham bildirilmay, sir tutilishini sizdan iltimos qilardim. Bo‘lmasa, ko‘rayotgan choramiz buzilib, ishimiz barbod bo‘ladi, — dedi.
     Afshin unga «xo‘p» degandek boshini qimirlatib qo‘ydi-da, g‘ulomini chaqirib, uni e’zoz-ikrom bilan muhofaza qilib turishni topshirdi. Shundan keyin Somon o‘zini Afshin yaxshi qarshi olganini, singlisidan o‘ch olish uchun otasining merosini o‘ziga berishga va’da qilganini o‘ylab, o‘zida yo‘q xursand bo‘ldi. Zirg‘om kelsa, bir hiyla bilan uni o‘ldirtirib, singlisidan o‘ch olish payti yaqinlashayotgani uchun u yana ham mamnun edi. Somon ilgari Afshindan ko‘ngli qolganligini, Zirg‘omdan unga qarshi yordam so‘raganligini hamda singlisidan ko‘p yaxshiliklar ko‘rganligini ham unutdi. U o‘z manfaati uchun har qanday behayolikdan, qalloblikdan qaytmasdi. U Afshindan vasiylik burchini bajarmagani yoki singlisiga yomon ko‘z bilan qaraganligi tufayli emas, balki otasining merosidan o‘zini mahrum qilgani uchun xafa bo‘lgan edi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 12:36:19
     U Zirg‘omni bahodirligi, saxovatpeshaligi yoki boshqa olijanob fazilatlari uchun emas, balki o‘z maqsadiga erishishida undan yordam olish uchun unga tilyog‘lamalik qilib yurgandi. Keyinchalik Somonning bu qadar o‘zgarib ketgani ham uning manfaatparastligidan edi. Unda na sevadigan qalb, na uyaladigan yuz bor. Uning butun fikr-zikri, vujudi mol-mulkka hirs qo‘yishga qaratilgan. O‘zining yomon xulq-atvori uchun kishilar nazaridan qolganligi uning mol-dunyoga bo‘lgan hirsini yana ham oshirdi. «Boy bo‘lsam, kishilar meni hurmat qiladi, ulug‘laydi», deb kishilar orasida mol-dunyo bilan hurmat topmoqchi bo‘ldi. Odamlar xoh uni sevsin, xoh yomon ko‘rsin, buning Somon uchun farqi yo‘q edi.

_______________
* Qur’onning «Baqara» surasi, 156-oyat.
* Xalifaning maxsus xat tashuvchisining belgisi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 16:55:43
     BAZZNING TASLIM BO‘LISHI

     Somon chiqib ketgach, Afshin yolg‘iz qolib, undan eshitgan gaplar xususida fikr yurgizdi. Somonning gaplari uning o‘ylab yurganlariga mos kelardi. Somon bu ishlarni Afshinni sevganidan, undan qo‘rqqanidan yoki vasiyatnomani o‘zgartirarmikin, degan shum niyat bilan qilganining Afshin uchun farqi yo‘q edi. Afshin Jahon haqida eshitganlarini yana xayoldan o‘tkazdi. Uning go‘zalligi va mehrigiyosini eslab, daragini topgani uchun sevindi. «Qo‘limga tushgandan keyin, hech qaerga qochib ketolmaydi, — dedi u o‘ziga-o‘zi. U yana yo‘lida birdan-bir g‘ov bo‘lib turgan Zig‘romni esladi. Uni halok etish borasida Somon bergan maslahatni ma’qul topdi.
     Sohib — Zirg‘om hamrohlari bilan yetib keldi, degan xabarni olgunga qadar Afshin shunday orzular bilan bir necha kunni o‘tkazdi. Ertasi ertalab Zirg‘om uning oldiga keldi. Uni Afshin yaxshi kutib olib davlatga yordam berishga xayrixohlik qilgani uchun tashakkur aytdi. Sohib ham tashakkur bildirdi. Jahondan umidini uzgan Zirg‘omning chehrasida ancha o‘zgarish ro‘y berganini payqasa ham, Afshin e’tibor bermay, uning bahodirligi va olijanobligini maqtay ketdi. «Davlat xizmatini o‘taganim va dinga yordam ko‘rsatganim uchun maqtanarli bir ish qildim deb aytishdan ojizman», — dedi Zirg‘om so‘z boshlab.
— Gaping to‘g‘ri, sen bizga juda zarur bir fursatda yetib kelding. Muhim ishlarda sendan bo‘lak suyanadigan sarkardamiz yo‘q. Men seni sinovdan o‘tkazganman, shijoat va matonatingni yaxshi bilaman.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 16:56:18
— Men bu urushning cho‘zilib ketgani va xurramiylar yerini qo‘lga olish bu qadar og‘irlashganidan ajablangandim. Bu istehkomlarni va bu yerga kelish yo‘llarining qiyinligini ko‘rganimdan keyin sizning bahodirligingizga tasanno aytdim. Sizning ilgarilab ketishingiz yoki tezroq g‘alaba qozonishingizga men katta hissa qo‘shaman, deb maqtana olmayman. Lekin bu muhorabadan chetda turishni o‘zimga ep ko‘rmadim. Boshqalar qatori kelib, aralashishni lozim topdim. Qanday xizmat buyursangiz tayyorman, — dedi Zirg‘om.
    Zirg‘omning bu gaplaridan uning Jahondan umidi uzilganiga Afshin qat’iy ishondi. Zirg‘omga halokat chohini tayyorlash uchun Afshin gapni boshqa yoqqa burmoqchi bo‘ldi:
— Borakallo, himmatingga balli. Sen safardan kelding, avval dam olishing kerak... Xo‘sh, Somurrodan gapir! U yerdagilarning ahvoli qalay, xalifa o‘zlari qalaylar?
— Bu Bobak badbaxtning ishidan hamma tashvishda. Ammo sizning irodangizga va olib borayotgan oqilona siyosatingizga ular tasanno aytishmoqda... Xalifa bu urushni tezroq tugatishga harakat qilayotganini sezib, shahid bo‘lish orzusida o‘zimni shu jangga tashlash uchun keldim, — dedi Zirg‘om. Uning ko‘zlari charaqlab ochilib ketdi. Zirg‘omning bu ko‘rinishidan   Afshin o‘zicha xo‘p xulosa chiqarib oldi va unga qarab:
— Bu gaplarni ertaga hal qilamiz. Ammo hozir lashkargohlarimiz, sarkardalarning o‘rnashgan yerlari, xandaq, qo‘rg‘on va askarlarning pistirmalarini senga ko‘rsataylik,— dedi-da, o‘rnidan turib otlarni tayyorlashga buyurdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 16:57:59
Zirg‘om o‘rnidan qo‘zg‘alarkan:
— Bu istehkomlarning ba’zilarini ko‘rib, harbiy intizom o‘rnatishda mo‘’jizakor ishlar qilganingizni payqadim, — dedi.
Kunning qolgan qismini ular ikkalasi butun istehkom va qo‘rg‘onlarni aylanish bilan o‘tkazishdi.    Zirg‘om ko‘p sonli askarlarni va o‘rnatilgan puxta intizomni ko‘zdan kechirib chiqdi. Afshin o‘zidan-o‘zi bu narsalarni ko‘rsatganidan Zirg‘om shodlanib:
— Shuncha aksar bor ekan, endi bu shaharni qo‘lga olishga darhol kirishilsa ham bo‘larkan, — dedi. Afshin:
— Bu sustkashlikning sababini senga ertaga aytib beraman, — dedi-da, ikkalasi ajralishdi.
Shundan keyin Zirg‘om o‘z chodiriga bordi. Uni Vardon kutib o‘tirardi. Vardon bilan Zirg‘om ikkalasi haqiqiy og‘ayni, oralaridan qil o‘tmaydigan do‘st bo‘lib qolishgandi. Ikki do‘st suhbatga tushishdi. Zirg‘om Afshin bilan bo‘lgan hamma gaplarni o‘rtog‘iga aytdi va: «Afshin urushni tezlatishga va’da qildi. Men undan urushning eng og‘ir yeriga yuborishni o‘tinib iltimos qildim. Hozirdan senga aytib qo‘yay, agar men qaytib kelmasam, mushtipar onamning holidan xabardor bo‘lib yur!» — dedi bo‘g‘ilgan ovozi bilan. Buni yashirish uchun yo‘talib qo‘ydi-da, gapini davom ettirdi:
— Mening ishq-muhabbatim tufayli u kishi chekkan aziyatlardan o‘zing xabardorsan. Yoqutaning ham ehtiyotini qil. Ajab emas, xudo karam qilib jazmani bilan uchrashtirsa. Bilishimcha, sen uni taniysan. Jahon masalasiga kelsak, mabodo u hayot bo‘lib, mening vafotimdan keyin unga uchrashsang, ishqida tortgan dard-alamlarim haqida unga aytishni senga omonat topshiraman.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 16:58:16
Vardon uning so‘zini bo‘ldi:
— Menga vasiyatingizni qo‘ying! Sizdan keyin men sira tirik qolmayman. Siz qaerda bo‘lsangiz, o‘sha yerda bo‘laman deb yoningizda birgalashib yuribman.
— Do‘zax azobi bu hayotdan qutulish uchun men o‘zimni halokat changaliga tashlamoqchiman, senga nima bo‘ldi?
Vardon xo‘rsinib boshini egdi. Ko‘zlaridan yoshi oqib, yuziga tushdi. Xijolat tortgandek boshini yuqori ko‘tardi-da:
— Menda ham o‘zimga yarasha dard-alam bor. Undan xabardor bo‘lganingizda, halokat yo‘li tomonga o‘zingizdan oldin mening borishimni talab qilgan bo‘lardingiz. Mayli, salomat bo‘lsak, hammasini keyin aytib beraman. Har holda mening ishimning oqibati ham siznikiga bog‘liq.
Vardonning yuragi shunchalik kengligidan Zirg‘om taajjublandi. Uning ko‘nglida nimadir borligini Zirg‘om ilgaridan sezib yurgan bo‘lsa ham, o‘zi gap ochmagani uchun so‘rashga iymangan edi:
— Mayli, do‘stim, Vardon, sen nima istasang, shu bo‘ladi. Ertaga Afshinning bizga tayyorlab qo‘ygan vazifasini ko‘ramiz.
Afshin shu kechani Somon bilan Zirg‘omning kunini ko‘rsatish ustida reja tuzib o‘tkazdi. Ertasiga ertalab Zirg‘om Vardon bilan birgalikda Afshin huzuriga borishdi. Afshin yolg‘iz o‘zi o‘tirardi. Zirg‘om Afshindan qanday qarorga kelganini so‘ragandi, u:
— Dushmanni yana bir muddat qamal qilib turishni maslahat ko‘ryapman, — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 16:58:34
Bu o‘zgarishdan Zirg‘om cho‘chidi, hujumni keyinga surish unga ma’qul tushmadi:
— Ne vajdan bunda qarorga keldingiz?
— Bugun hujum qilmog‘imizni men yomon natija beradigan shoshma shosharlik deb o‘ylayapman. Kechasi bu ishni har tomonlama o‘ylab, mulohaza etib ko‘rdim. Bizning g‘alaba qilishimizga kafil bo‘la oladigan hozirlikni topmadim.
— Bugun hujum qilishga nimadan qo‘rqayapmiz? Shuni menga ma’lum qilsangiz? — qaytib so‘radi Zirg‘om. Afshin o‘rnidan turib, chodir eshigi yoniga borib to‘xtadi-da, Bazzga va uning qo‘rg‘onlariga sinchiklab tikildi.
— Bu shaharni ko‘ryapsanmi? U osmondagi shunqordan ham badasturroq. Xususan, ana shu qasr joylashgan g‘arbiy tomon, u Bobakning qasri. Biz shaharni olish uchun uning yonidagi tuproqqo‘rg‘onga yetib borishimiz kerak. Shaharning g‘arbiy tomoniga qarab turgan anavi baland tepani ko‘ryapsanmi? Qasrga o‘sha tepaning orqasidan bo‘lak yo‘l yo‘q. U yo‘l esa g‘oyat xatarli. Undan ko‘p askar yurolmaydi, kam askar esa xurramiylarning o‘qi va manjaniqidan qo‘rqib, jasorat qila olmaydi. Bobak yashirinib turgan kishilariga qattiq suyanadi. O‘sha tepaning orqasida yoki uning vodiysida yashirib qo‘yilgan askarlari bo‘lishi kerak. Ana shundan xafsirayapman.
— O‘sha tepaga farg‘onalik askarlarim bilan men borsam? — dedi Zirg‘om dadil.
— Agar shunday qiladigan bo‘lsang, men qo‘rg‘onlar atrofiga har tomondan askar to‘playman. Xudo xohlasa, shu bilan g‘alabaga erishamiz.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 16:59:01
— Hujumni qachon boshlaymiz?
— Sen ma’qul ko‘rgan paytda.
— Shu kechasi, — dedi Zirg‘om qat’iy, — men kechasi ularga bostirib kiraman, tongotargacha eson-omon Bazzga kirib olsam bo‘lgani. Sizlar shaharning boshqa tomonidan hujum qilasizlar. Shu bilan g‘alabani qo‘lga kiritamiz.
— Menimcha, kechasi hujum qilish uchun hammamiz puxta tayyorlanishimiz kerak: sen askarlaring bilan tepaning orqa tomonidan borib, shaharning ro‘baro‘sida turasan. Vaqt yarim kechadan og‘gach, u yerda uch joyda olov yoqiladi. Undan askarlarimiz har tomondan shaharga hujum qilganini bilasan-da, sen ham o‘z tarfingdan hujum boshlaysan. O‘g‘lim, sen joylashadigan tomon boshqa hamma tomonlarga qaraganda xavotirliroq, buni esingdan chiqarma!
Zirg‘om:
— Xavf-xatarning men uchun ahamiyati yo‘q. Hozir men kishilarimni tayyorlash uchun boray, ertaga hammamiz Bobak qasrida uchrashamiz, — dedi-da, tashlanmoqchi bo‘lgan sherdek tishining oqini ko‘rsatib kuldi. G‘azab va umidsizlik uni yanada haybatliroq qilgan edi. Ikki mo‘ylabi dikkayib, qoshlari chimirildi, ko‘zlari chaqnadi. Afshin unga qarashga va ko‘ziga tikilishga hayron bo‘lib: «Agar senga o‘xshash o‘n azamat bo‘lganda, allaqachon Bazzni olgan bo‘lardik», — dedi. Afshin bu gapi bilan, Zirg‘omni yana ham tezlamoqchi edi. Bobakning kuchli mudofaa qurollari va pistirmada yotgan kishilari tufayli uning tepadan oshib, qo‘rg‘onga borolmasligiga Afshin qattiq ishongandi. Qizig‘i shundaki, Zirg‘om o‘z odamlari yoniga borib, hujumga tayyorlanmoqchi-yu, lekin o‘zi yo‘lni bilmaydi, uni so‘ragani ham yo‘q. Yo‘lni bilmagani uchun Zirg‘om muqarar mag‘lubiyatga uchraydi, deb o‘ylab Afshin xursand bo‘ldi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 16:59:25
   Afshinga qarab: «Ertaga o‘sha yerda uchrashamiz», — deb qo‘li bilan Bobakning qasrini ko‘rsatgach Zirg‘om chiqib ketdi. Afshin esa uni iljaygancha kuzatdi. Chodirdan uzoqlashgan Zirg‘omga Vardon yo‘liqdi. Har ikkisi birga keta boshlashdi. Vardon Afshin bilan qaday qarorga keliganini so‘radi.
— Shu kechasi Bazzga hujum boshlaydigan bo‘ldik, — dedi Zirg‘om unga qarab.
— Qaerdan?
— Bazzga men farg‘onaliklar bilan ana shu tepa orqasidan borib, g‘arb tomondagi darvozadan bostirib kirishim kerak. Bobakning qasri xuddi shuning yon biqinida. Shunday qilib, tuproq qo‘rg‘ondan birinchi bo‘lib biz kiramiz yoki o‘sha qo‘rg‘on tagida halok bo‘lamiz.
Vardon o‘rnidan turib, unga qaradi-da: «Tepa tomonga boradigan yo‘lni bilasizmi?» deb so‘radi.
— Yo‘q... bilmayman... lekin...
Vardon ajablandi:
— Lekiningiz nimasi? U uzoq yo‘l, unga boradigan kishi tepa orqasidan yurib, tuproq qo‘rg‘onning ro‘parasidagi qirg‘oqqa yetish uchun bir necha soatlik masofani bosib o‘tishi kerak, — dedi va bu bilan Zirg‘omni ogohlantirmoqchi bo‘ldi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 16:59:46
— O‘zing u yo‘lni bilasanmi?
— Ha, bilganda qanday, uni besh qo‘limday bilaman, — dedi Vardon xursand bo‘lib.
Zirg‘omning ham ko‘ngli joyiga tushdi:
— Unday bo‘lsa, sen bizga yo‘l boshlovchi, balki qo‘mondonimiz bo‘lasan. Yur, odamlarimiz yoniga boraylik. Hozirdan tayyorlanishsin. Keyin kechqurun ular bilan sen bilgan yo‘lga tushib, kechasi shaharning ro‘parasiga yetib boramiz.
    Vardon «xo‘p», dedi-da birgalikda keta boshlashdi. Oralarida sukunat hukm surardi. Bazz yo‘lida uchrashi mumkin bo‘ladigan xavf-xatarlarni ko‘z o‘ngiga keltirib, har ikkalasi xayolga cho‘mgandi. Lekin qalblaridagi g‘alabaga ishonch tuyg‘usi ikkalasini ham xavf-xatarlarga e’tibor bermaslikka undardi. Ular farg‘onaliklar o‘rnashgan lagerga yetib kelishdi. Farg‘onaliklar ko‘p emas, bir necha yuz kishi xolos. Lekin hammasi baquvvat, saralangan, Zirg‘om uchun o‘zini fido qiluvchi, hatto  o‘tga tashla desa, tashlaydigan kishilar edi.
    Zirg‘om chiqib ketgandan keyin Afshinning yoniga Somon kirdi. Zirg‘om bilan bo‘lgan mojaroni Afshin unga birma-bir aytib berdi va: Qolgan ishlarni sen o‘zing bajarasan»,— dedi. Somon qabul ishoratini qilib, bosh eggancha chiqib ketdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:00:08
    Bexosdan dushmanni bosish uchun shu kechasi hujum qilishga Afshin askarlarni tayyorladi. U o‘z qismiga Jahon yoki Gulnor yashaydigan ayollar qasriga kiradigan darvoza tomondan hujum qilishni tayinladi. Shaharga bostirib kirib, kishilar o‘lja olishga kirishgan choqda, Afshin ayollar qasrini qo‘lga olish va Jahonni ishonchli bir kishiga topshirib, undan keyin boshqa ishlarga boshchilik qilish rejasini tuzdi.
    Zirg‘om esa o‘z kishilarini tayyorlab, Vardonning yo‘l boshlovida yo‘lga tushdi. Tepa atrofini aylanib, g‘arb tomondan Bazz ko‘rinib turgan bir yerga borishib, hamma yoqni qorong‘i qoplaguncha o‘sha yerda turishdi. Odamlarga shu yerda hujumga tayyor bo‘lib kutib turishni buyurdi. Keyin Vardon pastak bir tepaga borib, Bazzga nazar tashladi. Kechachi notanish bir shaharga kelgan kishi faqat chiroqlarni ko‘rib, bino va qal’alarini yaxshi ajrata olmaganidek, ular ham u yer-bu yerdan milt-milt yonib turgan chiroqlarni ko‘rishdi, xolos. Vardon:
— Bu chiroqlardan tuproqqo‘rg‘onga yaqinrog‘i, eng yorug‘i Bobakning chiroqlari, biz uni qo‘lga olamiz yoki o‘sha yerda halok bo‘lamiz. Shaharning ana u tomonidagi olis chiroqlarni ko‘rib turibsiz. Ayollarning qasri o‘sha yerda. Bobak xotinlarga o‘chligi va dunyo lazzatlariga mukkasidan ketganligini bilsangiz kerak deb o‘ylayman, — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:00:22
Zirg‘om uning gapini bo‘ldi:
— Tadbirli va aqlli bir xotinining sharofatidan unda ancha o‘zgarish yuz berganini eshitdim. Ofarin u ayolning buyuk aqlu irodasiga!
— Haqiqatan ham u aqlli ayol ekan. Bo‘lmasa, Bobakka so‘zini o‘tkaza olarmidi. Uning ra’yisiz Bobak hech bir ish qilmas ekan.
Zirg‘om chuqur nafas oldi:
— Hozir bizga bu gaplarning nima keragi bor? Hujumni boshlaydigan yo‘limiz haqida gaplashaylik? Hozir biz bilan shahar orasida nima bor?
— Shahar bilan oramizda bir vodiy bor, — dedi Vardon.
— Uni qanday kesib o‘tamiz?
— Vodiy ustidagi ko‘prikka o‘xshatib turgan joydan o‘tamiz. Uning narigi tomoniga borib olsak, tuproqqo‘rg‘onga yaqinlashgan bo‘lamiz. Bir hujum bilan tuproqqo‘rg‘on ustidan oshib o‘tamiz. U yerda qo‘riqchilar bo‘lmasa kerak, albatta. Chunki bizni shu qaltis yo‘ldan keladi yoki u yerga tushadi deb, xurramiylar sira xayoliga keltirmaydi.
— Unday bo‘lsa yur, tushaveraylik.
— Xojam, sabr eting. Odamlar uxlab, ko‘ngil tinchiydigan vaqt bo‘lsin. Yarim kecha bo‘lmay, Afshinning yoqqan o‘tini ko‘rmay turib, u tomon siljishimiz durust emas, — dedi Vardon.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:00:49
— Xo‘p, mayli, gaping, ma’qul — dedi-da, Zirg‘om odamlar tomon qarab, jim kutib turishlarini, o‘t yoqmaslikni va olg‘a yurishga buyruq berilmasdan turib ovoz chiqarmaslikni ta’kidladi. Keyin ularni qoldirib, Vardonni chaqirdi.
— Yur, sen aytgan tomon bemalolmi yoki biror to‘siq bormi, yaxshiroq tekshirib ko‘raylik, — dedi.
Ular ikkisi toshloq yerlarda paypaslab-paypaslab, uzoq masofa bosishdi. Kechasi tim qorong‘iligidan kishi tumshug‘i tagidagi narsani ham ko‘rolmasdi. Hamma yoq jimjit. Katta toshlar ustida yurgan ilonlarning vishillashi va havoda qanot qoqqan qushlar ovozidan bo‘lak hech sado eshitilmasdi. Zirg‘om bilan Vardon ovoz eshitilmasin deb qadamlarini sekin-sekin tashlashga jon-jahdlari bilan urinishardi. Ular vodiyga yaqinlashganda tepasidan ikki-uch kishi bir yo‘la o‘ta oladigan ko‘prikka o‘xshash katta xarsanglarni ko‘rishdi. Shu payt Zirg‘om:
— Odamlar g‘aflat uyqusida yotgan shu topda to‘g‘ri tuproqqo‘rg‘onga borib, ustidan oshib tushgim kelyapti. Men qo‘rg‘onning ichkarisiga kirib olsam, musulmonlar bardam bo‘lib hujum boshlaydilar va bu ish zafarimizga sabab bo‘ladi, — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:01:24
Vardon uni qaytardi:
— U yerda pistirmada yotgan kishilar bo‘lishi mumkin. Sizga shikast yetkazishlaridan qo‘rqaman. Yaxshisi, birga qaytaylik yoki men o‘zim borib kishilarimizni boshlab kelay-da, hammamiz birgalikda ishga kirishaylik.
— Bo‘lmasa, sen bor, ularni olib kelguningcha men shu yerda turaman.
Vardon:
— Shu joydan qimirlash yoki biror harakat qilishdan ehtiyot bo‘ling! — dedi-da, farg‘onaliklar tomon qaytib ketdi. Zirg‘om yolg‘iz qoldi.
    Vardon ketgandan keyin u tuproqqo‘rg‘onga qarab, uning o‘zidan ikki yuz qadam narida ekanini angladi, unga sekin yurib borib, orqasida nima borligini bilib qaytib kelmoqchi bo‘ldi. Yo‘lni bilmasa ham, qo‘rg‘onni mo‘ljalga olib yo‘lga tushdi. Yerga tegib ovozi eshitilmasin deb qilichini baland ko‘tarib, oyog‘ini asta-sekin bosardi. U qo‘rg‘onga yaqinlashdi. Qo‘rg‘on baland, tepa ustida minoralar bor edi. U yerda darvoza tepasidagi katta minoradan bo‘lak hech yerda chiroq ham yo‘q, ovoz ham eshitilmaydi. Shu yagona chiroq yorug‘i ham juda zaif edi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:01:54
    Zirg‘om tuproqqo‘rg‘onga yaqinlashganda, g‘ivirlagan bir harakat sezdi-da, qilichining dastasidan ushlagan holda o‘rnidan irg‘ib turdi. Shu payt qilich yalang‘ochlagan o‘n chog‘li kishi ko‘z ochib-yumguncha toshlar orqasidan chiqib uni qurshab olishdi. O‘zining qo‘lga tushganini payqagan Zirg‘om qilichini qindan sug‘urdi-da, qattiq bir na’ra tortdi. O‘limni pisand qilmaydigan bu dovyurak yigit o‘ng va chap tomonga sher kabi tashlanardi. Ular esa arslondan qo‘rqqan kiyikdek, oldiga tushib qochishardi. Zirg‘om ular ketidan beparvogina chopardi. U birdan xandaqqa ag‘darildi, qo‘lidan qilichi tushib ketdi. Uning ikki oyog‘i bilan yelkasi atrofi arqon tashlandi va uni xandaqdan tortib ola boshlashdi. Zirg‘om hayqiriq-suron, do‘pir-do‘pir ovozlarini va Vardonning «men shu yerdaman» degan tovushini ham eshitdi. Bu yerdagilar Zirg‘omni poylab turish uchun bir kishini qoldirib, Vardonning tovushi chiqqan tomonga yugurishdi. O‘z odamlari olisdan yordamga kelganini tushungan Zirg‘om sherga o‘xshab bir na’ra tortdi-da: «Vardon, mana bu arqonlarni uz!» deb qichqirdi.
    Ko‘z ochib-yumguncha fursat o‘tmasdan Vardon yugurib kelib, arqonlarni kesdi. U arqondan bo‘shanib olgandan keyin, qilichini ushlagancha xurramiyalarga hujum qildi, ulardan o‘ldirganini o‘ldirdi, qolganlari tumtaraqay qochib qoldi. Salgina vaqt o‘tmay xurramiylar ketib hamma yoq bo‘shab qoldi. Keyin Zirg‘om o‘z odamlariga: «Qo‘rg‘on tomon hujumga!» deb baqirdi. U gapini tugatmasdanoq xuddi tog‘ yiqilayotgandek qo‘rqinchli bir ovoz eshitildi. Vardonning: «Xojam, o‘zingizni chetga oling, ular tog‘ning tepasidan turib katta toshlar yuklangan aravalarni yumalatishyapti. Toshlari ustimizga tushadi, uni shijoat bilan daf qilib bo‘lmaydi», — degan ovozini eshitdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:02:44
   Urush va nayza sanchishdan qo‘li toliqqan Zirg‘om o‘zini chetga oldi. Vardon uni ogohlantirmaganda, toshli aravalardan bittasi ustiga tushib, mayda-mayda qilib yuborishi hech gap emasdi. Chunki ozgina o‘tmasdan, aravalar qattiq sel yoki jaladek yuqoridan yog‘ilib keldi. G‘ildiraklar yumalab-yumalab, qo‘rg‘onga kelib taqalaverdi. Ularga osilib, qo‘rg‘onning tepasiga chiqish mumkin bo‘lib qoldi. Uni ko‘rgan Zirg‘om: «Qo‘rg‘onga hujumga», deb kishilariga buyruq berdi. O‘zi qilichini yalang‘ochlab, kishilarining oldiga tushib yugurdi. O‘zi chiqib ulgurmasdanoq, qo‘rg‘onning tepasi qo‘liga o‘q-yoy ushlagan kishilari bilan liq to‘ldi. Raqib tomon hujum qilayotganlarni o‘q-yoy bilan otsa ham, ular parvo qilmay olg‘a intilishaverdi. Zirg‘om ularning oldida bo‘lib, boshidan qalpog‘i tushgan, uzun ust kiyimi va chalvori yirtilgandi. Uning darvoza yonidagi aravalardan biriga chiqib, undan qo‘rg‘onga oshib tushmoqchi bo‘layotganini Vardon ko‘rib, u ham o‘shanday qildi. Shu payt qo‘rg‘on darvozasi ochilib, undan xurramiylardan bir guruhi chiqdi-da, aravani va aravadagilarni qurshab oldi, Zirg‘om bilan Vardonning ustiga arqon tashladi. Ular bir aylanib, qilich bilan arqonni kesishdi-da, Zirg‘om ularga: «Pastkashlar! Qilichlar qaerda qoldi, biz bilan arqon urushi qilmoqchisizlar?» — deb baqirdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:03:21
    Zirg‘omga hech kim javob qilmadi, u arava ustida turib qilich o‘ynatardi. Shu payt birdan arava yog‘ochidan oyog‘i toyib ketib, quladi-da, boshi bir toshga urildi. Uni ko‘rgan Vardon o‘zini unutib, u bilan ovora bo‘lib qoldi. Bu holdan foydalangan dushman askarlari ularning ustiga yopirilib, qo‘l-oyog‘ini bog‘lashdi va qo‘rg‘onning ichkari tomoniga olib borib, darvoza tepasidagi minoraga chiqarib, soqchilar boshlig‘ining oldiga tashlashdi. Boshliq Zirg‘omni hushiga keltirish uchun ustidan suv septirdi. U o‘ziga kelgach, qilichini qo‘liga ushlashga va sakrab turishga harakat qildi. Lekin qo‘l-oyog‘i bog‘langan holda yotgandi. Yoniga qarasa, Vardon ham o‘zidek bog‘liq holda yotibdi. Asirga tushganliklari Zirg‘omga alam qildi va ularga qarab: «Urushda arqondan panoh topish sizlar uchun uyat, mard bo‘lsanglar, qilichni ishga solinglar, o‘ldiringlar, lekin asir qilmanglar!» — dedi-da bunday qarab xurramiylar kiyimida — chalvor va qalpoqda o‘tirgan soqchilar boshlig‘iga ko‘zi tushdi. Uning yonida shu jangdan omon chiqqan bir to‘da soqchilarni ham ko‘rdi. Ularning avzoyidan urush alomatlari hali yo‘qolmagan edi. Ularning fors tilida so‘zlashayotganini eshitdi. O‘zi ham u tildan xabardor bo‘lgani uchun boshliqqa arabcha ham, forscha ham gapirib ko‘rdi, lekin boshliq unga javob qilish o‘rniga imlab o‘z odamlarini chaqirib yubordi-da, Zirg‘omning oldiga kelib arqonini yechdi. Keyin Vardonnikini ham yechib, arab tilida: «Tur, Zirg‘om turib o‘tir», — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:03:53
    Uning ovozini eshitib, Zirg‘om hayajonlandi va sinchiklab basharasiga qaradi-da, tanigandek bo‘lib: «Hammod emasmisan?!» — deb baqirdi. Boshliq: «Topding, xuddi o‘shaning o‘ziman», — dedi. Bu tasodifdan hayratda qolgan Zirg‘om unga yana bir tikilib: «Bu yerga qanday kelib qolding?» — dedi.
— Hamadon yaqinida sendan ajrashgandan keyin shu yerga kelganman. Kelishimning sababi o‘zingga ma’lum. Sening zolim do‘stingdan o‘ch olish uchun shu majusiyning lashkarlariga kelib qo‘shildim. Bu qilichlarni zarariga xizmat qildirish o‘rniga, mudofaa uchun asrab qo‘ysa yaxshiroq emasmidi?
   O‘zidagi bir olam g‘am-anduhga qaramay, Zirg‘om bir iljaydi-da: «Do‘stim zolim emas», — dedi. Keyin: «Yoqutani qidirtirib ko‘raman», — deb Hammodga bergan va’dasi esiga tushdi-da: «Shoshma, senga sevinchli xabar olib kelganman, balki senda ham shunday yaxshi ma’lumot bordir», — deb yubordi.
   Hammod hayajonga tushib, ko‘zlari chaqnab ketdi va: «Qanday xabar, Yoqutani topdingmi? U qaerda?» — deb so‘radi.
— Ha, uni topdim, hozirda u Somurroda, oyimning yonlarida izzat-ikromda yuribdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:04:24
— Bu tushimmi, yo o‘ngim? — deb Hammod irg‘ib o‘rnidan turdi-da, — Yoquta hozir mening uyimda yashayapti dedingmi? Voy, tillaringdan aylanay, uning sog‘lig‘i qalay, omon-eson yuribdimi? Senga ming-ming ofarin, butun dunyoni bergandan ham ortiq shodlantirding meni, — dedi-da, unga yopishib yuz-ko‘zlarini yalab-yulqab  o‘pa boshladi. Keyin tashvishli bir narsa esiga tushib qolgandek, birdan rangi o‘chdi-da ketiga qaytib:
— Men ham Jahonni qidirish va surishtirishda bor kuchimni ayamadim, lekin baxtga qarshi senga muyassar bo‘lgan baxt menga muyassar bo‘lmadi. Uning na o‘zini, na xabarini bila olmadim. O‘zing ham undan biror darak topa olmadingmi? — dedi.
— Hech izlamagan joyim, surishtirmagan yerim qolmadi, hamma sa’y-harakatim bekor ketdi. Jahon haqida hech narsa bilolmadim, — dedi Zirg‘om og‘ir bir xo‘rsinib, — odamlaringni qaytarmaganingda, meni o‘ldirib qo‘yishardi. Shunda menga yaxshilik qilgan bo‘larding. Men bu mamlakatga fath qilish bilan maqtanish yoki o‘lja olish uchun emas, barvaqtroq o‘lib, dunyoning g‘am-anduhidan qutula qolay degan niyatda kelganman.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:04:57
Uning bu kulfatiga hamdard bo‘lgan Hammod ko‘nglini ko‘tarmoq uchun dedi:
— Yorug‘likdan umidsizlanma, do‘stim, sen menga bu dunyo qorong‘i desang ham, bir kunmas, bir kun yorug‘likka chiqib qolasan. Mening Yoquta tufayli tortgan azob-uqubatlarimdan xabaring bor, axir undan umidim uzilganidan el-yurtimni va qavm-qarindoshlarimni tashlab ketdim. Mana bugun o‘zing uning sog‘-salomat yurganini aytib o‘tiribsan. Hech kutmagan bir vaqtda yorug‘lik xabari kelib qoldi. Men ham bir vaqtlari sendek ish qilmoqchi bo‘lgandim, ish o‘zimni o‘ldirishgacha borib yetgandi, lekin bir voqea ro‘y berdi-yu, ko‘nglimni ancha tinchitdi va sabr etishimga yordam berdi. Sen ham shunday tasodifga duch kelib qolsang, ajab emas. Menga o‘xshash sabr qilib tur. Men Yoqutaga o‘xshab ketadigan bir qizni uchratdim. Uni ko‘rib, dardim ancha yengillashdi, Yoqutadan ajralganlik alamini bir oz bosgan bo‘ldi.
Shu payt Zirg‘om Yoqutaning Jahonga o‘xshashligini esladi-da:
— Menga ham Jahonga o‘xshaydigan qiz duch keldi-yu, lekin dardini yengillatishini sezmadim, balki uni duch keltirganim g‘amimga g‘am qo‘shdi, — dedi. Hammod taajjublandi.
— Men esa o‘sha qizni Yoqutaga o‘xshatib, bir oz tasalli topaman. Unga erishish yo‘li men uchun butunlay berk bo‘lsa ham, ko‘rishimning o‘ziyoq Yoqutadan umidsizlanishimni tarqatadi. U qiz shu shaharda turadi. Shahardagi ayollarning eng hurmatlisi, eng ko‘hligi va eng martabasi balandi. U kishidan qochmaydi. Uni qachon ko‘rsam, o‘zimda bir shodlik his qilaman, to‘yib-to‘yib qarab olaman.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:05:22
    Vardon gapga aralashmay quloq solib o‘tirardi. U Hammodning Yoqutaga o‘xshagan qiz haqida gapirayotganini eshitib, Yoqutaning Jahonga o‘xshashligini esladi. Uning alomatlarini aniqroq bilib olmoqchi bo‘lib turgan edi, birdan Zirg‘om, hovliqib; «U qizni qaerda ko‘rasan?» — deb so‘rab qoldi.
— Shu shaharda xuddi Bobakning qasrida uchrataman.Bobakka ko‘mak berayotgan, axloqini tuzatib, yomonlikdan yaxshilikka qaratayotgan qizni eshitgansizlar, albatta, — dedi Hammod.
— O‘ylashimcha, Gulnorni aytayotgan bo‘lsang kerak? — so‘radi Vardon.
— Ha o‘shani aytyapman. U Yoqutaga juda ham o‘xshab ketadi. Uni ko‘rsam, ko‘z o‘ngimda Yoquta gavdalanadi qoladi. U Bobakning qasriga qatnab turganini, u bilan birga o‘z otiga minib chiqayotganini ko‘raman. Men hayotimda undan go‘zalroq, sehrliroq va salobatliroq ayolni ko‘rgan emasman.
    Zirg‘omning yuragi duk-duk urib ketdi, qorong‘ilik bo‘lmaganda, uning chehrasida namoyon bo‘lgan o‘zgarishni Hammod albatta ko‘rgan bo‘lardi. Zirg‘om bir lahza boshini yerga egib, Hammodning Yoquta to‘g‘risidagi gaplarini va: «U Jahonga juda o‘xshab ketadi», deb qilayotgan ta’rifini ko‘nglidan o‘tkazdi-da ichida: «Bu Jahonning o‘zi bo‘lmasin tag‘in», dedi va Hammodga qarab: «Shu Gulnor deyayotganing o‘zi qaerdan?» — deb so‘radi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:05:44
— U Bobakning xotinlaridan bittasi, boshqalari singari u ham, uzoq shahardan olib kelingan. Lekin u hammasiga qaraganda, Bobakning jilovini qo‘lida tutib turgan ayol. Boshqa kundoshlari ayollar qasrida yashirinib, Bobakni ko‘rganda unga sajda qilsa, Gulnor o‘zining qashqa otini minib lashkargohda aylanib yuradi. Kimlarga buyruq qilayotganini, kimlarga jerkib tashlayotganini ko‘rasiz. Xullas, uning gapi hammaga — kattaga ham, kichikka ham o‘taveradi.
   Zirg‘om Hammodning «qashqa otini», degan gapini eshitib, yomg‘irda qolgan chumchuqdek silkindi, silkindi emas, qaltirab ketdi. U irg‘ib o‘rnidan turdi-da: «Rostdan oti qashqami? O‘zi qaerda? Xudo haqqi, uni menga bir ko‘rsatchi, Hammod! U Jahonning xuddi o‘zi», — dedi.
Hammod unga achinib;
— Koshkiydi, u Jahon bo‘lsa, do‘stim. Lekin Jahon emas, Gulnor degan boshqa bir ayol, — dedi.
— Mening ko‘nglim «u xotin Yoqutaga o‘xshaydigan bo‘lsa, Jahonning xuddi o‘zi» deyapti, chunki Jahonga juda ham o‘xshaydi. Yana o‘zing uning oti qashqa, uzoq shahardan olib kelingan deyapsan. Bu ta’riflaring hammasi Jahonga to‘g‘ri keladi. Nomi boshqaligining unchalik ahamiyati yo‘q. Masalan, sen meni Zirg‘om deb taniysan, ammo Somurroda hech kim meni Zirg‘om deb atamaydi. U yerda mening nomim Sohib. Sen aytayotgan ayol Jahonning xuddi o‘zi. Ko‘nglimdagi umidsizlik buluti tarqadi, ayt-chi, u qaerda hozir?
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:06:08
— Xotinlar qasrida bo‘lsa kerak. Chunki u kechasi o‘sha yerda bo‘ladi, kerakli vaqtda Bobakning qasriga chiqadi.
   Zig‘rom siqiq joydan keng yerga chiqqandek bir xo‘rsindi, undagi umidsizlik o‘rnini umidvorlik egalladi. U ketmoqchi bo‘lib turib, o‘zining yirtilgan kiyim-boshlariga qaradi. Uni Hammod to‘xtadi:
— Bu kiyimlaringni yechib, xurramiylar kiyimini kiyib ol. Odamlar sendan shubha qilishmasin. Vardon ham shunday qilishi kerak. Ertaga ertalab ayollar qasriga chiqasiz.
Zirg‘om uning gapini bo‘ldi:
— Ertagacha chiday olamanmi?.. Qanday qilib chidayman. Xo‘p, sabr qilgan bo‘lay, shahar ham chidab tura oladimi? Musulmonlar uning butun atrofini o‘rab olishgan. Hademay uni fath etishadi. Hali seni bundan xabaring yo‘qmi?
— Fath etishlari mumkin. Bu men uchun yangilik emas. Chunki o‘zim Bobakning qo‘mondonlaridanman. U ba’zi ayg‘oqchilaridan sizlarning shu darvoza tomondan hujum qilishlaringizni eshitib, bu kecha undan xabardor bo‘lib turishni menga topshirdi. Shunga binoan men kechqurun kelib soqchilarni qo‘ydim. Yaqinlashganlaringni ko‘rib, sizga hujumni boshlashni ularga buyurdim. Natijani o‘zing ko‘rding. Mayli, o‘tgan ishga salavot, kel, kiyimlaringni o‘zgartir! Sen ham kiyimlaringni almashtirib ol, — deb Vardonga qaradi. Ammo Vardon boshini yerga eggancha xayolga cho‘mgandi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:06:46
— Ie, birodar, senga nima bo‘ldi? Nega buncha xayol surib qolding? Yo sen ham bizning dardimizga yo‘liqqanmisan?
Vardon bir xo‘rsindi-da:
— Ha, mening ham o‘zimga yarasha dardim bor. Dardimni xotinlar qasriga yetganimizda bilasan. Hozir, «tezroq qasr tomonga chiqaylik», degan Zirg‘omning fikriga men ham qo‘shilaman, — dedi.
Ularning gapiga Hammod «xo‘p» dedi. Ular xurramiyalar kiyimini kiyib, hammalari birga chiqishdi. Hammod o‘zi qaytib kelguncha darvozani muhofaza qilib turishni odamlarga topshirdi. «Bu ikki asir shu kecha ushlangan asirlar bilan birga mening huzurimda saqlanadi», deb ularning ko‘nglini xotirjam qilib qo‘ydi. Keyin u qo‘rg‘ondan Bazzga tikilib qaradi: Hamma yoq chirog‘lar bilan yoritilgan, shaharning o‘rtasida g‘ovur-g‘uvur ovozi eshitildi. Odamlarini chaqirgandi, hech biridan darak bo‘lmadi. Keyin u o‘z xodimini chaqirib: «Odamlar qaerda?»— deb so‘radi.
— Hujum qilish uchun chalingan do‘mbira ovozini eshitmadingizmi? — javob qildi xodim. «Yo‘q, eshitmadim», — hayron bo‘ldi Hammod. U Zirg‘om va Vardon bilan gapga alahsib, do‘mbira ovozini eshitmay qolgandi.
   Vardon bilan Zirg‘om ikkalasi Afshinning lashkargohiga qarashdi. Uch yerga yoqilgan o‘tni ko‘rgach, hujum boshlangani aniqligiga ishonishdi, Zig‘rom: «Qani, qasr tomon yuraylik», — dedi.
Xodim qo‘shimcha qildi:
— Do‘mbira chalindi, kishilar tezda to‘planishdi, ularga sharq tomondagi darvozani mudofaa qilish to‘g‘risida buyruq berildi. Chunki, aytishlaricha, eng katta sarkardaning qo‘mondonligida musulmonlar hujumga o‘tgan emish.
— U katta sarkarda Afshinning o‘zimikin?
— Bilmadim, — dedi xodim.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:08:58
    * * *

    Hammod, Zirg‘om va Vardon xurramiylar otidan uchtasiga minib, ayollar qasri tomon choptirib ketishdi. Shahar xalqi to‘polon, g‘ovur-g‘uvur ichida o‘zini mudofaa qilish uchun qurol ko‘tarmagan bironta odam qolmagan. Ular Hammodni ham, hamrohlarini ham talon qilish uchun kelganlardan, deb o‘ylashdi. Musulmonlardan bir qanchasi shahar ichida ko‘zga ko‘ringan narsani talon-toroj qilish bilan ovora. Sharqiy darvozaga yaqinlashgan sari har qadamda musulmonlarni ko‘rib, shaharning qo‘lga olinganiga imonlari komil bo‘lsa ham, beparvo borishaverdi. Xotinlar qasriga yetishganda, qo‘llarida har xil buyumlarni ko‘tarib chiqib kelayotgan musulmon askarlarini ko‘rishdi. Ulardan ba’zilari xotinlarni haydab kelayotganini ko‘rib, shularning orasida Jahon ham bormikin, deb Zirg‘omning ko‘ngli notinchlandi. U Vardonni yoniga olib, qasr ichiga kirdi. Hammod:
— Sizlar bir oz sabr qilib turinglar, men hamma gapni aniqlab bilib kelay, — dedi-da, darvoza yonida qulflangan bir hujra tomon yo‘llandi. Uni taqillatib ko‘rdi, javob yo‘q. Keyin ichidagilarga o‘z tillarida nimanidir gapirardi,  bir  kampir  chiqib,  eshikni ochdi va qo‘rqib, qaltirab, ularni ichkariga kiritib, eshikni bekitdi. Hammod undan: «Xola nima gap bo‘ldi o‘zi?» deb so‘ragandi, kampir:
— Xabaringiz yo‘qmi? Shaharni fath qilishdi. Bu qasrga kelib, narsalarni talashdi, ayollarni esa asir qilib olishdi. Bu yerda yashirinmaganimda yoki avvalgi husn-jamolim, mol-mulkim bo‘lganda men ham omon qolmagan bo‘lardim, xayriyat, faqat zeb-ziynatimni olib qo‘ya qolishdi, — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:09:25
    Kampirning «ayollarni asir olishdi», degan so‘zini eshitib, Zirg‘omning a’zoyi badani jimirlashib ketdi, Vardonning ham hayajoni Zirg‘omnikidan kam emasdi. Lekin u o‘z tuyg‘ularini sir tutishda Zirg‘omga nisbatan puxtaroq edi. Ularning kuyib-pishganini ko‘rgan Hammod kampirdan: «Hamma ayollarni olib ketishdimi?» — degan edi u: «Ha, hammasini olib ketishdi», — dedi.
— Gulorni ham olib ketishdimi?
— Yo‘q, Gulnorni olib ketishgani yo‘q.
— U qaerda bo‘lmasa?
    Kampir Hammodning yonidagi hamrohlariga qaradi: u maxfiy sirni aytishga tortinayotgandek edi. Hammod unga: «Qo‘rqmay, bemalol aytavering!» — dedi.
— Gulnor bilan Bobakning xotinlaridan bo‘lgan rumlik ayol bir necha kun burun chiqib ketishgan.
Vardon birdan so‘zga qotishib, hovliqib so‘radi:
— O‘sha xotinning nomi nima? Uni siz taniysizmi?
— Nega uni tanimay, axir shu qasrning oqsochiman.  Undagi hamma xotinlarning ipidan-ignasigacha menga ma’lum. Masalan Gulnorni olsak, bazzliklar uning haqida hech narsa bilmaydi. Ammo men uning nasabini, tagi taxtini Farg‘onadan olib kelingandan buyon bilaman. Uning nomi o‘sha vaqtda Jahon edi. U Farg‘ona hokimining qizi bo‘lgan. Keyin unga Gulnor deb boshqa nom qo‘yilgan. U mana shu rumlik xotinni yaxshi ko‘rib, u bilan opa-singildek bo‘lib ketishdi. Ularning yulduzi to‘g‘ri kelib qolgani uchun safarga ham birga ketishdi, — dedi kampir.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:09:55
   Uning gaplaridan Gulnor xuddi Jahonning o‘zi ekani ma’lum bo‘ldi, shak-shubhaga o‘rin qolmadi. Ammo Vardon qanoatlanmay:
 — Rumlik ayolni sizdan so‘ragandim, uning nomi nima edi? Boshqa ismi ham bormidi? — dedi.
— Uning oti Haylona, Armanistondagi katta ruhoniy eridan o‘g‘irlab kelingandan beri nomini o‘zgartirgani yo‘q.
Vardon hayajonlandi, qaltirab-titrab, o‘zini tutolmay baqirib yubordi:
— Haylona?.. U ... o‘sha. Xotinimning o‘zi.
   Vardon armanistonlik katta ruhoniy bo‘lib, xotinini Bobak tortib olganligini Zirg‘om endi eshitdi. Unga qarab qo‘ydi. Bu qarashi bilan uni ham muborakbod qildi, ham jindek gina qilgan bo‘ldi: — O‘zing katta ruhoniy bo‘la turib, menga xizmatchi qilib ko‘rsatib yuribsanmi? Men seni birinchi ko‘rganimdayoq, biror martabalik odam bo‘lsang kerak, deb ko‘nglimga tugib qo‘ygandim.
— Men xuddi shu daqiqaga erishish maqsadida sizdan panoh olib, musulmonlar xizmatiga kirdim. Umidim o‘sha buzuq, fohishaboz Bobakdan o‘ch olish edi. Xudo xohlasa, u qo‘lga tushib, qilmishiga yarasha jazosini tortsa kerak.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:10:16
Hammod:
— U qochmagan bo‘lsa, albatta, asir olingan bo‘ladi. Chunki shahar taslim bo‘lib, ish nihoyasiga yetdi, — dedi-da, kampirga qaradi:
— Gulnor bilan Haylona qaerga ketganini bizga aytib bermadingiz.
Kampir:
— Ikkalasi birga Rum mamlakatiga ketishdi. Musulmonlarga qarshi Rum ahlidan yordam so‘rashmoqchi. Bobakka yordam bermoq uchun Gulnor shunday maslahat ko‘rsatdi. O‘sha mamlakatdan bo‘lgani va tillarini bilgani uchun Haylona birga ketdi, — dedi.
— Janob Bobak qaerdalar? — Hammod so‘radi.
— U hozir Bazzda emas, asir ham tushgani yo‘q.
— Bo‘lmasa, qaerda u? Qo‘rqmasdan aytavering. Chunki Bazz musulmonlar qo‘liga o‘tdi. Ular boshqalardan ko‘ra bizga vafodorroqdir. Bobakning ishini siz boshqalardan ko‘ra yaxshiroq bilishingiz menga ma’lum.
— Bobak shahar qo‘ldan ketguncha kurashdi va uni mudofaa qildi. Keyin bu yerga kelib, ayollari va oziq-ovqatlardan istaganini oldi-da g‘oyib bo‘ldi. Fikrimcha, u shahardan chiqib, Armaniston chegarasiga o‘tib ketgan bo‘lsa kerak.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:10:54
   Hammod: «Endi nima qilamiz», degandek Zirg‘omga qaradi. Zirg‘om: «Qaytamiz», dedi-da, maslahatlashib oladigan holi bir yer izlab, hammasi chiqib ketishdi. Shu payt tong otib qolgandi. Hammod hamrohlarini o‘ziga tanish bir joyga boshladi. Yo‘lda ular musulmon askarlari shaharga na do‘st, na dushman oralamasin, deb uni talayotganini, uylarni buzayotganini va qasrlariga o‘t qo‘yayotganini ko‘rishdi.
Maslahatlashadigan joylariga yetgach, Zirg‘om Vardonga qarab:
— Endi, katta ruhoniy Vardon, bu ishimizda qanday maslahat beradilar? Kampirning gapiga qaraganda, Jahon bilan Haylona Rum mamlakatiga ketishgan. Rum katta mamlakat. Ular qaysi shaharga tushishini bilsak, albatta izlab boramiz, — dedi.
    Vardon o‘zini Zirg‘om katta ruhoniy deb chaqirgani uchun kuldi:
— Meni bu laqabim bilan chaqirishning keragi yo‘q. Zirg‘omning o‘rtog‘i degan nom men uchun hamma narsadan afzal. Jahon bilan Haylona ustidagi maslahatga kelsak, ruxsatingiz bilan men ularni axtarib, mamlakatning hamma yeriga boraman. O‘rnashgan yerlarini bilmay turib, bu yerga qaytib kelmayman.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:11:13
Hammod uning gapini bo‘lib:
— Yo‘q... Bu vazifani bajarishga mendan bo‘lak hech kim bormaydi. Zirg‘om men uchun ulug‘ ish qildi, mening sevgilimni qutqazib, uyida izzat-hurmat bilan saqlab turdi. Uning shu yaxshiligini qaytarmasam, nima degan odam bo‘laman. Men yolg‘iz borib, ularni izlab-surishtiraman, biror narsa bilsam, ikkalangizga xabar qilaman, — dedi. Zirg‘om bunga rozilik bermadi:
— Yoqutaning qaerdaligini va senga intizor bo‘lib yotganini bilib turib, boshqa vazifani o‘tashga borishing adolatdan emas.
— Men bilan janjalashishni qo‘y! Sening sevgilingni va bu armon do‘stimizning ayolini topib, o‘zlaringga topshirmaguncha, sevgilimning yoniga bormayman. Bu bilan tanishganimdan mamnun bo‘ldim. Yoquta esa Somurroda, sening uyingda tura tursin. Yaqinda diydor ko‘rishasizlar, deb uni sevintirib qo‘ysang kifoya, — dedi Hammod.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:12:47
    Vardon uning gapini bo‘ldi va xalifaning: «Yoqutani xotin qilib ol», deb Zirg‘omga buyurgani, Zirg‘om esa: «xotin qilib oldim», deb xalifani aldab chalg‘itib yurganini so‘zladi. Shunda Hammodning mardligi tutib:
— Shunday qilgan kishining qaylig‘ini topish uchun jonimni fido qilsam arzimaydimi? — dedi.
— Bo‘lmasa, men ham sen bilan birga boraman, — dedi Vardon. — Chunki u mamlakatni, tilini va yo‘llarini yaxshi bilaman.
Hammod ko‘nmadi:
— Ikkalangiz ham shu ishni qo‘yinglar, yolg‘iz o‘zim boraman, xayr, ketdim, — deb chiqib ketdi.
Zirg‘om bilan Vardon qoldi. Zirg‘om gap boshladi:
— Tavba, bu tushimmi, o‘ngimmi? Bugun bilan kecha kechqurun o‘rtasidagi farq umid bilan noumidlik o‘rtasidagi farq bo‘lsa, lekin...
Vardon uning gapini bo‘ldi:
— Ammo men bo‘lsam, do‘zaxdan jannatga ko‘chib o‘tgandek bo‘lyapman. Negaki, men xotinimni juda ham sevardim.  Bu yirtqichning vahshiyligi shungacha bordiki, u o‘ziga nikohlab olish uchun xotinimni taloq qilishimni talab qilib turib oldi. Men qabul qilmaganimdan keyin, askar yuborib, xotinimni zo‘rlik bilan oldirib ketdi. Ilohim, beting qaro bo‘lgur, xotinboz majusiy! Agar qo‘limga tushsa, qonini simiraman.
— Ehtimol, u Afshinning qo‘liga tushgandir. Hozircha sen bilan men nima gapligini bilmaymiz. Qani, ketdik, lashkargohga boramiz, — dedi Zirg‘om.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:14:39
     BOBAKNING HALOK BO‘LISHI

     Afshin askarlarini hujumga mohirona tayyorlab qo‘ygani uchun Bazzni osonlik bilan fath etdi va xurramiylardan ko‘zga ilinganini qatl qildi. Bobakning xotin  va bola-chaqalarini asir oldi. Ammo Jahon bilan Haylona shaharda bo‘lmagani uchun ularni qo‘lga tushirish imkoni bo‘lmadi. U butun shaharni yondirib bo‘lgach, Bobakning qochib ketganini aniqladi. Afshin Ruz-Arruzdagi qarorgohiga qaytdi. Jahonni qo‘lga kirita olmagani, hatto uning qaerdaligini ham bilmagani uchun qayg‘urdi. Somonning aytgan gaplaridan ikkilanib: «Mabodo, Jahonni uning o‘zi biror yerga qochirmaganmikin», degan xayolga ham bordi.
     Afshin asir olgan kishilar ichida arablar, forslar va qishloqdagi atoqli kishilar, boylar ko‘p edi. Ularning hammasini katta bir maydonga to‘plab, o‘z qarindoshlariga xat yozishlarini buyurdi. Kim kelib «falonchi asir menga tegishli», deb da’vo qilsa va o‘z da’vosining to‘g‘riligiga ikkita guvoh keltira olsa bas. U asir ayolmi, bolami, qizmi, kimligidan qat’i nazar, egasi olib ketaverishga ruxsat berildi. Shu yo‘sinda ko‘p kishilar asirlikdan ozod etildi.
     Afshin Armanistondagi amir va poplarga Bobakning qochgani to‘g‘risida xat yozdi va o‘z chegaralarini ehtiyot qilishni, Bobakning yo‘llarini kuzatib turishni iltimos qildi. Zirg‘omni o‘ldirilgan deb o‘ylab, g‘aflatda qolgani uchun Afshin ancha qayg‘urdi. Chunki uni ko‘tarib ketayotganlarini ko‘rdik, o‘likmi-tirikmi bila olmadik, har holda, asir olingan yoki o‘ldirilgan, deb farg‘onalaliklardan kimdir Afshinga ma’lumot bergan edi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:15:02
     Ertasiga  Zirg‘om Vardon bilan birga musulmonlar turgan lashkargohga bordi. Afshin uni yaxshi qarshi olib, jangdan sog‘-salomat chiqqanligi bilan muborakbod qildi, o‘zining qora niyatini yashirmoq uchun: «Hujum qilingan kechada ko‘p botirlik ko‘rsatding», deb Zirg‘omni maqtagan bo‘ldi. Keyin uni muhim ishlarda, xususan Bobakning qochganligi ustida maxsus maslahatchi qilib oldi va uni tutib kelish yuzasidan ko‘rgan tadbirlarini Zirg‘omga aytib berdi.
Zirg‘om Afshinga:
— Mening xodimim Vardon armanistonlik. Ota-bobosi ham, o‘zi ham armanlardan. U o‘sha yerlarni juda yaxshi biladi. Bu ishda undan foydalansangiz bo‘ladi. Istasangiz uni hozir oldirib kelaman, — dedi.
— Yaxshi bo‘lardi, — dedi Afshin. Zirg‘om bir g‘ulomni chaqirib, Vardonni aytib kelishni burdi. Vardon kirib, tik turganicha salom berdi. Afshin undan:
— Sen Armanistonning ko‘cha va yo‘llarini bilasanmi? — deb so‘radi.
— Ha, bilaman, — dedi Vardon.
— Xurramiy Bobak qaerga yashirinadi va kimning panohiga boradi deb o‘ylaysan?
— U Armanistonning biror shahariga bora olmaydi, chunki armanilar uni yomon ko‘rishadi. Qo‘lga tushsa, o‘ldirmay qo‘yishmaydi. U biror o‘rmon yoki vodiy ichida yashirinishi mumkin. U to‘qayzor deb ataladigan katta vodiyda yashirinsa kerak. Bu vodiy Ozarbayjon bilan Armaniston orasidagi sero‘t, serdaraxt bir joy. Daraxtlarining zichligidan unga ot-ulov kirib bora olmaydi, ichida yashiringan kishini topib ham bo‘lmaydi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:15:32
    Vardonning bu ma’lumotlaridan foydalanib, Afshin o‘sha to‘qayzorga ayg‘oqchilarini yubordi. Ular borib, Bobakning o‘sha yerda yashiringanini aniq bilib kelishdi.
    Afshin: «Bobak va uning yaqin kishilariga tegmaslik va omonlik berish to‘g‘risida bir vasiqa yuborsangiz», deb Mu’tasimga kishi yuborgan edi, vasiqa kelgach, omonlik berilgan kishilardan ba’zilarini chaqirib, «sizlarga omonlik berildi. Endi hech kim sizlarga tega olmaydi», deb tushuntirdan va shu vasiqani olib, «Bobakning o‘g‘li bilan birga uning oldiga boringlar», deb buyurdi. Lekin Bobakdan qo‘rqib, uning oldiga borishga hech kimning yuragi dov bermadi. Afshin:
— Xalifa tomonidan berilgan bu omonlik haqidagi xushxabarni olib borsanglar, u albatta xursand bo‘ladi, — dedi.
Lekin ular:
— Bobakning kimligini biz yaxshiroq bilamiz, — deyishdi.
Ularning orasidan ikki kishi o‘rnidan turib:
— Mabodo, bizga biror shikast yetsa, bola-chaqalaringni boqaman deb va’da bersangiz, biz boramiz, — deyishdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:15:53
     Afshin o‘z bo‘yniga bu kafolatni olgandan keyin, ular vasiqani olib, jo‘nab ketishdi. Ular Bobakning oldiga borib, nima maqsadda kelishganini aytgandi, Bobak ulardan birini o‘ldirib, ikkinchisini: «Bu vasiqasini o‘ziga olib borib ber», deb Afshinning oldiga qaytarib yubordi, Bobakning o‘g‘li o‘sha kishilarning biridan otasiga xat yozib yuborgandi. Bobak unga: «U haromi mening farzandim bo‘lganda, orqamdan yetib kelgan bo‘lardi. Mening unday o‘g‘lim yo‘q. Qirq yil qul bo‘lib, xor-zor yashaganingdan, bir kun boshliq bo‘lib yashaganing yaxshiroq. Shu gapim senga omanat, unga borib, aytasan», — dedi. Bobak o‘sha to‘qayzordan jilmay, oziq-ovqatlari tugaguncha yashadi. Ovqati tamom bo‘lgandan keyin ba’zi odamlarini olib, to‘qayzordan chiqdi. O‘zini qamal qilish uchun yuborilgan Afshin askarlaridan bittasini ham ko‘rmagandan keyin: «Meni poylab-poylab, qo‘lga tushirishdan umidlari uzilib, jo‘nab qolishibdi», deb o‘ylagan Bobak akasi Abdullohni, onasini va boshqa bir xotinni olib, Armanistonga borish niyatida yo‘lga chiqdi. Afshinning soqchilaridan biri ularni kuzatib turish tayin qilingan askarga xabar qildi. Kuzatuvchilar boshlig‘i Abussoj degan kishi Bobak ketidan ot qo‘ydi. Ular bir soy yoniga o‘tirib ovqatlanishayotgandi. Bobak kuzatuvchi askarlarni ilgariroq payqadi-da hamrohlari bilan qochib qutuldi. Abussoj esa, Bobakning onasi va yonidagi ayolni qo‘lga tushirib Afshinga yubordi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:16:12
    Bobak Armaniston tog‘larida yashirinib yuraverdi. Uning yo‘lini poylab yurgan katta poplardan biri hiyla ishlatib, uni o‘z qo‘rg‘oniga taklif qildi va kelganidan so‘ng Afshinga xabar yubordi. Afshin Bobakka kishi yuborib, ko‘p narsalar va’da qilib taslim bo‘lishini talab qildi. Lekin u qabul qilmadi. Shundan keyin uni o‘z qo‘rg‘oniga chaqirgan katta pop boshqa bir hiyla o‘ylab topdi. Ov qilamiz, degan bahona bilan uni qo‘rg‘ondan tashqari olib chiqdi-da, Afshinga xabar yubordi, shu tariqa Bobak va akasi Abdulloh qo‘lga tushirilib, Afshinga jo‘natildi.
    Bobak lashkargohga yaqinlashganda Afshin askarlarini ikki qator turg‘izib, o‘zi baland bir yerdan unga qarab turgandi. U kelgan zamoni otidan tushirib, ikki saf bo‘lib turgan askarlar o‘rtasidan o‘tkazdirdi. Keyin Barzanddagi bir uyga kirgizib, uni qo‘riqlab turishni bir odamiga topshirdi. Bobakni qo‘lga tushirishda qatnashgan kishilarga mukofotlar berib, xalifaga ham xabar yubordi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:16:38
    Xalifa Bobak va uning akasini Barzanddan Somurroga olib kelishni buyurdi. Afshin o‘z askarlari va bakovul-yasovullari bilan ikkalasini olib, Somurroga yo‘l oldi. Bu voqea 223 hijriy yili* sodir bo‘lgandi.
    Afshin yo‘lga chiqqandan keyin xalifa unga har kuni bir ot bilan bosh-oyoq sarpo yuborib turdi. U Qanotiri Huzayfa* degan yerga yetib kelganda, xalifaning o‘g‘li Horun-al-vosi uni kutgani chiqdi.
Afshin Bobakni Matira degan joydagi o‘z qasriga tushirdi. Qozi Ahmad bin Abu Duod o‘zini tanitmay kelib, Bobakni ko‘rdi va gaplashdi-da, qaytib borib, Mu’tasimga uni ta’riflab berdi. Keyin Mu’tasim ham kelib, o‘zini tanitmay, uning basharasini ko‘rib ketdi.
    Ertasiga xalifa taxtiga o‘tirib, odamlarni Somurroning katta darvozasidan to Matiragacha saf tortib turishga buyurdi, keyin Bobakni filga teskari mindirib, to katta darvozaga kelguncha, hammaga ko‘rsatildi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:17:00
    Shundan keyin Bobakni xalifa saroyiga olib kelishdi. Xalifa Bobakning o‘z jallodini oldirib keldi-da, unga ikki oyog‘ini, ikki qo‘lini chopib tashlashni buyurdi. Jallod uni chopib tashladi. Keyin boshini kesdirib, tanasini Somurroda dorga osdirib qo‘ydi. Akasi Abdullohni qornini yordirtirdi-da, kallasini Xurosonga yubortirib, Bag‘dodga, Ishoq bin Ibrohim qo‘liga yuborib, unga ham Bobakka qo‘llangan jazoni qo‘llashni buyurdi, xalifaning buyrug‘i bajarildi va tanasi ikki ko‘prik o‘rtasiga — sharqiy tomonga osildi. Xurramiylar yetgan  so‘ngi marra shu bo‘ldi.
    Zirg‘om, Vardon ham Afshin bilan birga Somurroga qaytib kelishdi. Bobakning o‘ldirilganini ko‘rib, ko‘ngillari tinchidi. Ammo Zirg‘om uni jang maydonida o‘z qo‘li bilan o‘ldirolmagani uchun ko‘nglida armoni qoldi. Somurroga yetib kelishlari bilan Zirg‘om darhol uyiga borib, onasi bilan ko‘rishdi, uning tabarruk qo‘lini o‘pdi va Yoquta bilan salomlashib, Hammod bilan uchrashish damlari yaqinligini aytib, uni sevintirdi. Yoquta o‘zini yo‘qotib qo‘yib, Zirg‘omga qanday minnatdorchilik qilishni bilmay qoldi. Keyin Zirg‘om Jahonning sog‘-salomatligi, uning Rum mamlakatiga ketgani xususida onasiga bir oz so‘zlab berdi. Hammodning Rumga borib, o‘zi Jahonni surishtirib kelishdan bo‘lak narsani qabul qilmaganini ham onasiga aytdi-da, voqeaga quloq solib turgan Yoqutaga qarab kulib qo‘ydi. So‘ngra: «Bu ish senga yoqmaganga o‘xshayapti, nima qilay, u «bajaraman», deb oyog‘ini tirab turib oldi».— dedi. Xijolat bo‘lganidan Yoquta qizarib ketdi. Boshini yerga egib turib: «Biz har qancha qilganimizda sizning shukringizni ado eta olmaymiz. Siz meni o‘limdan, oriyatdan qutqardingiz va o‘z tarbiyangizga oldingiz», — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:17:23
Zirg‘om uning gapini bo‘ldi:
— Men xalifa topshirgan vazifaning bir qisminigiga bajara oldim. Bizlar uning fuqarosimiz, unga itoat etish hammamizning burchimizdir, — dedi. Yoqutaning ahvoli o‘zgarganini, g‘alati qarashlarini ko‘rgan Zirg‘om: «Bu bechora nimanidir aytmoqchi bo‘lyapti-yu, lekin uyalib aytolmayapti», deb o‘ylab, undan so‘radi:
— Senga nima bo‘ldi, nima demoqchisan?
— Siz xalifaning buyruqlarini ado etish uchun jonbozlik qilayotganingiz menga Horis as-Samarqandiyning uyida turgan vaqtlarimda ko‘rgan bir narsani eslatyapti. Shuni o‘ylab xalifaning hayotidan xavotir olyapman. Uning hayotiga chang solishga intilayotgan kishilar ham yo‘q emas ekan.
Bu gapga Zirg‘om uncha ahamiyat bermadi:
— Ba’zi xoinlarning xalifaga qarshi olib borayotgan fitnalariga parvo qilmaymiz. «Buzoqning yugurgani somonxonagacha», deydilar, Ular hech qaerga bormaydi. Bu nojo‘ya ishlarga asosiy sabab xalifaning yaqin qarindoshlarining laqmaligidir. Ochko‘z vazir va qo‘mondonlar: «Xalifalikni sizlar qo‘llaringizga olishingiz kerak», deb ularni laqillatyapti. Chunki ular davlatning qo‘ldan qo‘lga o‘tishidan foydalanib qolishmoqchi. Mana, Ma’munning o‘g‘li Abbosni ko‘ring. Ba’zilar xalifalikni talab qilish kerakligini unga uqtirishyapti. Mu’tasim tirik ekan, bunga u aslo muvaffaq bo‘la olmaydi. Demak, ularning niyati Mu’tasimni yo‘qotishdir. Lekin ular maqsadlariga erisha olmaydi. O‘zlari qazigan chohga o‘zlari qulashlari muqarrar.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:17:44
O‘g‘lining gaplarini eshitgan onaning yuzlariga nur yugurib, jilmaydi-da:
— Borakallo, o‘g‘lim, odamgarchilik, mardlik shunday bo‘lishi kerak! — dedi.
Shundan keyin Zirg‘om kiyinib, xalifa bilan ko‘rishish uchun chiqib ketdi. Xalifaning huzurida Afshin va boshqa sarkardalar o‘tirishardi. Zirg‘om kirishi bilan xalifaning chehrasi ochilib ketdi:
— Xush kelibsan, ulug‘ bahodir Sohib! Dushmanlarni daf etish yo‘lida qilgan xizmating, ko‘rsatgan shijoat va botirliging bizga ma’lum bo‘ldi. Borakallo! Seni Sohib deb bekorga aytmagan ekanmanmi? — dedi-da, o‘ziga yaqinroq o‘tirishni taklif etdi.
Zirg‘om xijolat tortib, boshini egdi:
— Kishi o‘z xojasining xizmatini bajargani uchun hech qanday tashakkurning hojati yo‘q. O‘z burchimni o‘tadim, mendan rozi bo‘lsalar bas.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:18:03
Xalifa Afshinga qaragandi, u:
— Shijoatda, jon-dil bilan xizmat qilishda sohibga o‘xshagan kishi juda kam uchraydi, — dedi va Zirg‘omning o‘zidan shubhalanishini tarqatish maqsadida uning ishlarini mubolag‘a bilan maqtay boshladi. Xalifa ham uni maqtab, bir qancha hadya va sarupolar berishni buyurdi. Yig‘in tarqalib, Zirg‘om uyiga qaytib keldi. U yana Jahon to‘g‘risida xayolga cho‘mdi. U hamon Hammod keltiradigan xabarni kutmoqda. «Jahon bilan Haylonaning holi nima kechdi ekan? Ularning taqdiri qanday bo‘larkin?» — degan xayolda u Vardon bilan fikrlashib, bir necha kunni o‘tkazdi.
Ko‘p o‘tmay Somurroda «Tiyufil degan Rum podshosi Islom mamlakatlariga qarshi yurish boshladi», degan xabar tarqaldi. Bu xabarni Zirg‘om eshitib, do‘sti Vardonga kishi yuborib chaqirtirib keldi-da, ikkalasi: «Bu qanday xabar bo‘ldi, nima bilan yakunlanarkin?» deb turli-tuman xayollarga borishdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:18:30
Vardon:
— Menimcha, rumlarning musulmonlarga qarshi urushga otlanishiga Bazzning fath qilingani sabab bo‘lgan bo‘lsa kerak. Eshitishimga qaraganda, Afshin Bobakni boshi berk ko‘chaga kirgizib, halokatini yaqinlashtirib qo‘ygan choqda Bobak Rum podshosiga xat yozgan. Xatida: «Musulmonlar hozir men bilan ovora. Islom mamlakatini yo‘q qilib tashlash uchun sizga juda qulay payt keldi», degan emish. Bu xatni yuborishda Jahonning ham hissasi qo‘shilgan bo‘lishi ehtimoldan uzoq emas.
Zirg‘om o‘ylab turarkan:
— Jahon bilan Haylona o‘sha yerda ekan, degan fikr ko‘nglimga keldi, — dedi.
— O‘sha yerda bo‘lishganda Hammoddan bizga xabar kelgan bo‘lardi, chunki u ikkalasini qidirib, Rum mamlakatini kezib yuribdi. Har holda sabr qilishga to‘g‘ri keladi.
    Zirg‘om shu alfozda iztirob chekib, bir necha kunni o‘tkazdi. Bir kuni Vardon shoshilib kelib,   Zirg‘omni yetaklab, bog‘chaning narigi tomoniga olib bordi-da, ipak ro‘molchaga o‘ralgan bir narsani unga uzatdi. Zirg‘om ipak ro‘molchani olib, ichidan bir maktub oldi. Maktub tepasidagi Hammodning ismiga ko‘zi tushdiyu, yuragi o‘ynab, davomini o‘qiy boshladi. Maktub quyidagicha edi:
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:18:57
    «Ammuriyya. Hammoddan. Somurro. Sohib — Zirg‘omga. Men senga xat yozolmadim, kutaverib zerikib ham ketgandirsan. Shunday qilishga majbur edim. Qidirib, bir necha oyni befoyda o‘tkazdim. Axiri, «Rum podshosi Tiyufil Zibatroga keladi», degan xabarni eshitdim-da, yo‘qotgan narsamizni o‘sha yerdan toparman degan umid bilan unga uchrashmoqchi bo‘ldim. Zibatro shahriga borib yetmasimdan, rumlar uni qo‘porib vayron qilishdi, ayollar va yosh go‘daklarni asir olishdi. Keyin ular musulmonlarning Maltiyya va boshqa istehkomlariga hujum qilib, u yerlardagi ayollarni ham asir olishdi. Asir olingan musulmon erkaklarning esa ko‘zlarini o‘yib, burun va quloqlarini kesishdi, degan gaplarni eshitdim. O‘sha kesilgan kishilardan ba’zisini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Qo‘lida quroli yoki minadigan ulovi bo‘lmagan kishilardan bo‘lak hamma o‘z yurtini tashlab, rumlardan qutulish uchun Shom va Jaziraga qochib ketdi. Bu ahvolni ko‘rgandan keyin Zibatroga borishdan voz kechdim. Ammuriyyalik Notis degan katta pop Bobakning davrida Bazzga borib, Jahonni ham ko‘rgani esimga tushib qoldi. Ehtimol, Jahon o‘sha Notisning oldiga ketgandir, deb o‘yladim.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:19:31
    Shu mo‘ljalim to‘g‘ri bo‘lib chiqdi, Ammuriyyaga borgan vaqtida Jahon bilan Haylona Bazzdan to‘g‘ri kelib, Bobakka yordam berish to‘g‘risida Rum podshosiga iltimos qilsa deb, Notisga yo‘liqishganini eshitdim. Notis ularni o‘z qasriga tushirgan va iltimoslarini ado etishga va’da bergan ekan. Bazz qo‘ldan ketib, Bobak o‘ldirildi, degan xabar kelgandan keyin Jahon bilan Haylona Armanistondan butunlay umid uzib, Ammuriyyada qolib ketishgan. Katta pop ularning har ikkalasini, xususan, Jahonni juda yaxshi ko‘rgan, ularning o‘z qasridan tashqariga chiqishiga hech yo‘l qo‘ymagan. Jahon seni topishdan umidi uzilgandan keyin, chin ko‘ngildan asirlikka rozi bo‘lgan bo‘lsa kerak. Sening hol-ahvolingni va uchrashuv vaqtlaring yaqin qolganini Jahonga xabar qilib, bir sevintiraman deb ko‘p urindimu, lekin ilojini topa olmadim. Chunki ular musulmonlardan o‘zlarini qattiq ehtiyot qilishadi. Musulmonlarning birontasidan badgumon bo‘lishsa, ularni darrov o‘ldirib, zibatroliklarga qilgandek, quloq-burnini kesishadi.
    Jahon bilan Haylona hozir Ammuriyya katta popi Notisning qasrida qamalib yotibdi. Ishim tezda o‘ngidan kelishini kutmasam ham, ularning har ikkisiga xabar yetakzish ustida qo‘limdan kelgancha harakat qilaman.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:20:07
    Bilishimcha, rumlar islom mamlakatini yo‘qotishmoqchi, musulmonlar tezroq otni qamchilab, oldinroq ularning mamlakatini zabt etishlari kerak, deb o‘ylayman. Ularning eng mustahkam shahri Ammuriyyani olsak, uni fath qilish musulmon qo‘shinlari uchun hech qiyin emas. Chunki shaharning paxsa qo‘rg‘onlari ancha zaif deb eshitaman.
    Shu maktubni olganingdan keyin, do‘sting xalifani Ammuriyyani fath qilishga da’vat etasan, degan umiddaman. Agar Ammuriyyaga yurish qilsalaringiz, sening o‘zing qo‘ngan yeringni bilib olishim uchun o‘zaro belgimiz uzun ikki bo‘lak bayroq bo‘lsin. Kelganing zamon ikkita uzun bayroqni tikka qadab qo‘yish esingdan chiqmasin. Ko‘rishguncha xayr».

Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:20:48
    Xatni o‘qib bo‘lmasdan Zirg‘omning chakkasidan ter quyilib, g‘am-g‘ussasi ortib, qahr-g‘azabi qaynab ketdi. Keyin u xatini Vardonga uzatdi. U ham o‘qib chiqib:
— Ishga tezroq kirishish lozim deb o‘ylayman. Men Ammuriyyaga jo‘nashim kerak, — dedi.
— U yoqqa borishingdan foyda yo‘q. Chunki u ikki ayolning asirlikdagi ahvoli xatda yozilganidan ham ko‘ra ortiqroq. Do‘stimiz Hammod bizni qattiq qo‘rqitib yubormaslik uchun uni yengilroq qilib ko‘rsatibdi. Xatni qaragin, katta pop Notis har ikkoviga, xususan, Jahonga qattiq hirs qo‘ygan, deb yozibdi. Ya’ni, u Jahonni sevib, o‘ziga mo‘l turibdi, demoqchi. Uning changalidan Jahonni qutqazish uchun hiyla-nayrangning o‘zi yetmaydi, albatta, kuch ishlatish kerak. Hammod o‘z xatining oxirida shunga ozgina ishorat qilibdi.
— Agar muhoroba lozim bo‘lsa, bu masalani sendan bo‘lak hech kim qo‘zg‘ata olmaydi. Chunki xarifa oldida obro‘ying katta. U sening aytganlaringdan chiqmaydi. — Shu onda Zirg‘om irg‘ib o‘rnidan turdi-da, Vardonni tashlab uyiga ketdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:21:55
    Kiyimlarini kiyib, to‘g‘ri xalifaning oldiga borib, kirishga ruxsat so‘radi. Xalifa qozi Ahmad bilan o‘tirgandi. Ikkalasining yuzida g‘amginlik alomatlari sezilib turardi. Zirg‘om kirib salom berishi bilan xalifa uni qarshi olib: «Juda vaqtida kelding. Men hozir senga kishi yubormoqchi bo‘lib turgan edim. Qani, o‘tir», — deb yonidan joy ko‘rsatdi.
Zirg‘om o‘tirib:
— Nima uchundir huzuringizga kelgim kelaverdi. Chunki mening fikri zikrim hamma vaqt sizda. Yaxshi istaklaringizga sherik bo‘lganim uchun ko‘nglimizga keladigan gapimiz ham doim bir yerdan chiqaveradi, — dedi.
Qozi gap boshladi:
— Bazzni fath qilishda ko‘rsatgan qahramonliging uchun xalifa sendan xursand bo‘lganlarini eshitdim. Sening to‘g‘ringdagi fikrlarim to‘g‘ri chiqqanidan mamnunman. Mana, janob xalifaning nazarlarida katta obro‘ga ega bo‘lding, sening maslahatingga qo‘shiladigan, qilichingga suyanadigan bo‘ldilar.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:22:19
   Zirg‘om odob saqlab bosh egdi, qozining gapiga javob qaytarmadi. Xalifa qozining gapiga ilova qildi:
— Rum mamlakatidan bizga kelgan ma’lumotga qaraganda, la’nati Tiyufil Zibatro va Maltiyyaga kelib, xalq-qa juda azob bergan, musulmonlarga nisbatan ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan noma’qulchiliklarni qilgan emish. Zirg‘om muddaoni aytdi:
— Bu xususda mening ra’yimni so‘rasalar, Horun ar-Rashid tadbiriga amal qilib, qilich solishdan bo‘lak chora yo‘q. Ularga hujum boshlab, mamlakatlarini yakson qilish kerak. Tiyufil kishilarining ko‘z o‘yish, burun kesish va ayollarni asir olish kabi yovuzliklariga biz musulmonlar chiday olmaymiz. Askarlaringizni tayyorlatishingizni, ularning bir zafardan ikkinchi zafarga bel bog‘lashlarini sizdan iltimos qilardim.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:22:43
    Kamina qulingiz bo‘lsa, bu urushga hammadan avval otlanaman.
    Xalifam erkak musulmonlarning ko‘zi o‘yilishiga chidasalar ham, musulmon ayollar asir olinishiga sira toqat qila olmasalar kerak, deb o‘ylayman. — Zirg‘om shu gaplarini gapirib turib ko‘zidan o‘t chaqnab, g‘azabidan lablari pir-pir uchdi. U xalifa oldida ortiqcha harakatlar qilganini o‘z so‘zini tugatgandan keyin sezib qoldi. Boshini ko‘targan edi, Mu’tasimning jahli chiqqanidan rangi o‘chib, ko‘zlari qizarib, chaqnab ketganini ko‘rdi. U o‘tirgan yerida hayajonlanib gapirarkan, Zirg‘omga tikildi. Bir narsaga hamla qilmoqchi bo‘layotgan sherdek botir bo‘lib ketdi. «Jur’at qilib so‘zlaganim uchun uning jahlini chiqardimmi», deb qo‘rqqan Zirg‘om uzr aytish uchun gap boshlagandi, qozi Ahmad uni to‘xtatib:
— Sen amiralmo‘’mininning musulmonlar foydasiga bo‘lgan hamiyatlarini qo‘zg‘atding. O‘zlariga shu ish sir bo‘lmasa ham, xuddi shunday hamiyatni o‘z askarlari va bahodirlarida ko‘rishni sevadilar.
Xalifa:
— Sohib xuddi tilimning uchida turgan gapni topib gapirdi. Men yo Afshinga va boshqa sarkardalarga urushga tayyorlanish to‘g‘risida buyruq beraman. Bu albatta Islom yo‘lidagi muqaddas urush bo‘ladi. Xudo xohlasa, ertaga ko‘rishamiz, — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:23:20
    Shundan keyin qozi ham, Zirg‘om ham xalifaning yonidan chiqib ketishdi.
    Zirg‘om turli xayollar bilan uyi tomon yo‘l oldi. Uni kutib turgan Vardonga bo‘lgan voqeani hikoya qilib berdi. Vardon bu gaplardan xursand bo‘lsa ham xalifaning fikri o‘zgarib qolmasmikin, deb xavotirga tushdi. Ertasiga erta bilan barvaqt xalifaning g‘ulomi Sohibni istab keldi. Zirg‘om u bilan birga xalifaning yoniga bordi. U kishilarni qabul qilmaydigan xos xonasida kechalik libosi bilan keng choponga o‘ralib o‘tirgandi. Xalifaning yuzida qandaydir tutaqishizish alomatini ko‘rib, Zirg‘omning ko‘ngliga xavf tushdi. Mu’tasim unga o‘tirishni buyurdi. Zirg‘om o‘tirib olgach, xalifa so‘radi:
— Seni nima uchun chaqirtirib, shu taxlitda qabul qilganimni bilasanmi?
— Yo‘q, mavlono, bilmadim.
— Uyqudan cho‘chib uyg‘ondim-da, to‘shagimdan irg‘ib turib ketdim.
— Ilohim, tushingiz yaxshilikka buyursin!
— Kechasi xufton namozini o‘qib, rumliklar xususida musulmonlar uchun foyda bo‘ladigan bir fikrni ko‘nglimga solarmikin deb xudodan iltijo qildim. Uyquga ketibman. Tushumda alahsirab, o‘zimni yo‘qotib qo‘ya yozdim.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:23:51
    Zirg‘om bo‘ynini cho‘zib, e’tibor bilan uning gapiga quloq solmoqda edi. Xalifa soqol-mo‘ylabini silab, boshidagi kichkina sallasini to‘g‘rilab oldi-da:
— Men tushimda ko‘rdim dedim. Aslida u tush emasdi: bir ovoz eshitdim — yuragimning ich-ichiga o‘tib ketdi. Rum mamlakatida asirga tushgan Hoshim qabilasidan bir ayolning: «Mu’tasim qaerdasan?» deb qichqirayotganini eshitdimu, «Yordamingga tayyorman», deb uyg‘onib ketdim. Demak, xudo menga yurish qilishni va bevosita o‘zim bu jihodda ishtirok etishni amr qildi deb, tushimga ta’bir berdim. Sen safar tayyorgarligini ko‘raver, men qo‘mondonlarimga ham tayyorlanishni buyuraman. Askarlarimga ishonsam bo‘ladimi?
Zirg‘om uning Afshindan shubhalanib yurganini esladi:
— Buni men aniq aytolmayman. Ularning dunyo jamg‘arish uchungina jang qilishayotganidan o‘zingiz xabardorsiz, albatta. Ular Bazzni fath qilib, xurramiylarni tugatishdi. Rumlarni ham shunday qilishsa kerak.
— O‘ylashimcha, agar sen bormaganingda, ular Bazzni fath qilishni yana bir necha yilga sudrashardi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:24:07
Zirg‘om xalifaning bu mubolag‘ali maqtovidan xijolat tortib:
— Kaminaga ishonchlari bo‘lsa, shu hujumga yuborsalar. Mendan xiyonat chiqar deb, qo‘rqmasalar ham bo‘ladi, inshoolloh, — dedi.
Xalifa undan so‘radi:
— Seningcha, Rum mamlakatlarining qaysi biriga yo‘l olsak yaxshi bo‘ladi?
— Siz eshitgan o‘sha dodlash ovozi Ammuriyyadan chiqqan. Ammuriyya Rum shaharlarining eng kattalaridan biri, xristianlikning qaynagan yeri. Uning fath qilinishi musulmonlar uchun katta g‘alaba.
Xalifa Zirg‘omning fikrini quvvatladi:
— To‘g‘ri aytding. Yo‘l taraddudini ko‘raver.
Zirg‘om sevinchi olish uchun Vardonning yoniga chopib ketdi va tayyorgarlik ko‘rishga kirishdi.

________________
* Melodiy hisobda 837—838 yillar.
* Huzayfa ko‘prigi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:25:11
    AMMURIYYANING FATH QILINISHI*

    Mu’tasim o‘z askarlarini urushga tayyorlab qo‘yib, umumiy qabul xonasiga kirdi. Bag‘dod qozisini va uch yuz yigirma sakkizta odil kishilarini chaqirib, vaqf qilgan yer-suvlariga ularni guvohlikka o‘tkazdi. Shu yer-suvlarini uchga bo‘lib, bir qismini xudo yo‘liga, ikkinchi qismini bola-chaqasiga, uchinchi qismini esa ozod qilgan qul va xizmatchilariga atadi. Shundan keyin Ammuriyya safari uchun qurol-yarog‘, mayda asbob-uskunalar, suv va boshqa suyuqliklar solinadigan idishlar va boshqalarini tayyorladi. To‘qqiz yuz ming jangchidan iborat askar ajratdi. Ularga Afshin, Ashnos va boshqalarni qo‘mondon qilib belgiladi.
    Mu’tasimning o‘zi ham otiga minib, islomning avvalgi yillaridagi jihodga chiquvchilarga o‘xshab, ozuqa to‘ldirilgan xaltani orqasiga osib oldi.
Askarlarni Rum mamlakatining turli tomonlariga taqsim qildi. Ular hammasi Anqara yaqinida birlashib, Ammuriyyaga qarab yo‘l olishlari kerak edi. Ularni uch tomonga yo‘lladi: chap tomondagisiga boshliq Ashnos turtki bo‘ldi, o‘rtadagisiga Mu’tasimning o‘zi va o‘ng tomondagisiga Afishinni tayinladi. Har bir qo‘shilmaning orasi ikki farsax* bo‘lishi kerak edi. Yana har bir qo‘shilmani ikkiga — o‘ng va so‘lga bo‘lishga va yo‘lda duch keladigan hamma qishloqlarga o‘t qo‘yib, vayron qilish va odamlarni asir olishga buyurdi. Shunday qilib, har bir qism Anqara bilan Ammuriyya o‘rtasidagi belgilangan joyiga borib turishi kerak. Anqara bilan Ammuriyya o‘rtasi yetti mazgil edi. Qo‘mondonlar Mu’tasim buyrug‘iga muvofiq ish ko‘rib, askarlari bilan Ammuriyyaga yetib borishdi. Birinchi borgan Ashnos, keyin Mu’tasim va oxirgisi Afshin bo‘ldi. Qo‘mondonlar Ammuriyyani har tomondan o‘rab olishdi. Mu’tasim uni qo‘mondonlarga bo‘lib berdi. Har bir qo‘mondonga qaramog‘idagi odamlariga qarab qo‘rg‘onlar tayinlandi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:25:33
    Zirg‘om Mu’tasimning lashkargohiga o‘tdi. Mu’tasim uni hurmatlab, o‘ziga yaqin tutardi. Uning yaqin kishilari ichida Horis as-Samarqandiy ham bor. Xalifa Zirg‘omni o‘ziga yaqin tutgani va uning  obro‘si oshayotgani uchun Horis qattiq hasad qila boshladi. Ammo Zirg‘om bunga unchalik e’tibor bermasdi. Uning fikr-yodi Jahonni qutqazishga qaratilgan. Vardonning xayoli esa, qanday qilib bo‘lmasin, Haylonani uchratishda.
Bular joylashgan lashkargohda ikkovlari bir tepalikka chiqib, Ammuriyyaga qarashdi. Ammuriyya — binolari ko‘p, atrofi keng katta bir shahar. Uning tevaragida baland qo‘rg‘on, qo‘rg‘on ustida hashamatli minoralari bor edi. Qo‘rg‘onning darvozalari esa pishiq-mustahkam. Binolar orasida ustida bayroqlar hilpirab turgan bir qasrga ko‘zlari tushdi. U butxona boshlig‘i Notisnig qasri ekanini va Jahon shu yerda istiqomat qilishini bilib, Zirg‘on og‘ir bir xo‘rsindi-da, yer chizib o‘tirgan Vardonga ko‘z tashladi:
— Shu popning qasri emasmi?
— Ha, xuddi o‘shaning o‘zi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:25:56
— Hammodning gapi to‘g‘ri bo‘lsa, Jahon bilan Haylona shu qasr ichida qamalib yotgan bo‘lishi kerak. Bu shahar juda mustahkam ko‘rinadi. Unga yorib kirish oson emasga o‘xshaydi. Lekin xudo xohlasa, bizga uning istehkomi bardosh bera olmaydi, — dedi-da, Vardonga qarab: — Hammod tayinlagan qo‘sh bayroqni tayyorlab qo‘yganmisan? — dedi.
— Ha, tayyorlab qo‘ydim. Lekin biz Mu’tasimning lashkargohida, uning bayrog‘i ostidamiz. Hammod tayinlagan qo‘sh bayroqni qanday osa olamiz?
— Uni bir chekkaga osamiz. Balki Hammod o‘z xatida yozganidek, uni ko‘rishga muntazir bo‘lib turgandir.
— Bo‘lmasa, men uni ertaga mana shu tepa ustiga bir soatcha osib qo‘yaman. Nima bo‘lsa ko‘rarmiz, — dedi-da, Vardon lashkargohga qaytib ketdi.
    Ertasiga Mu’tasim majlis chaqirdi. Majlisda qo‘mondonlar, xalifaning maxsus kishilari qatnashdi, ular ichida Sohib va Horis as-Samarqandiy ham bor edi. Majlisda bo‘lajak jang rejasi muhokama qilindi. Muazzin peshin namoziga azon aytgan vaqtda ular tarqaldi. Xalifa o‘z chodiriga kira turib: «Ertaga erta bilan mening oldimga kel», — deb Sohibga buyurdi. Zirg‘om chodirga qaytib kelib, o‘zini kutib turgan Vardonni ko‘rdi. U juda g‘azablangandi. Undan Zirg‘om: «Bayroqni nima qilding?» deb so‘radi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:26:43
— O‘sha tepaga qo‘yib keldim.
— Qanday qilib uni tashlab kelding? Nega qovog‘ing soliq, xafa ko‘rinasan?
— Bayroqdan ham muhimroq bir ish chiqib qoldi. Shuning uchun ham tashlab kelaverdim, — dedi Vardon hayajonlanib.
— Nima bo‘ldi? Ayt.
— La’nati Somonni Afshinning lashkarlari orasida ko‘rib qoldim. U juda izzat-hurmatda. Aftiga qarashga sira toqatim yo‘q edi. Ushlab, bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ya qolgim keldi.
— Yo‘q, og‘ir bo‘l, do‘stim. Hozirgi vaziyatimiz ittifoqni, birlikni talab qiladi. Unga qo‘l ko‘tarsang, Afshinning jig‘iga tegib, askarlar orasida g‘ovg‘a ko‘tarilishiga sabab bo‘lasan. Somon masalasini boshqa bir vaqtga qo‘yib, tepaga bor, qo‘rg‘onlarni kuzat, tunda u yerda bo‘l!
Vardon chiqib ketdi. Zirg‘om yolg‘iz qolib, o‘zi haqida o‘ylab ketdi. U yotib uyqusi kelguncha Jahonni, onasini, Hammodni va Afshinni xayolidan o‘tkazdi. Keyin uyquga ketib Vardoning chaqirgan ovozini eshitib uyg‘ondi. Ko‘zini ochib qaradi: Vaqt kechqurun bo‘lib, hamma yoqni qorong‘i bosgan edi. «Vardon Hammodni ko‘rib, mendan sevinchi olgani kelgan bo‘lsa kerak», deb o‘yladi:
— Hammod keldimi? — shoshib so‘radi u.
— Yo‘q, kelgani yo‘q.
— Bo‘lmasa, nega bayroqni tashlab qaytib kelding?
— Ertagacha sir tutib bo‘lmaydigan bir ish chiqib qoldi. Shuning uchun tashlab kelishga majbur bo‘ldim. Erta bilan Mu’tasimning oldiga borishingdan ilgari bu sirni bilib qo‘yishing kerak.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:27:05
Zirg‘om hovliqib:
— Ikki og‘iz so‘z bilan aytib qo‘ya qol. Mayli, bo‘lmasa, men sen bilan o‘sha tepaga boraman, kechani birga o‘tkazamiz. O‘sha yerda aytib berarsan.
— Aytadigan gapim ko‘p emas, lekin tepagacha men bilan borsang, yomon bo‘lmasdi.
Zirg‘om irg‘ib o‘rnidan turdi-da, oddiy askar kiyimini kiyib, Vardon bilan yo‘lga chiqdi.
Tepalik Mu’tasim bilan Ashnosning lashkargohlari o‘rtasida edi. Ular ikkalasi ba’zisida chirog‘ yoqilgan, ba’zisi qorong‘i chodirlar yonidan o‘tishdi.
— Meni notekis yo‘llar bilan olib ketayotganga o‘xshaysan, — dedi Zirg‘om Vardonga qarab.
— Senga bir yangilikni ko‘rsatmoqchiman. Chap tomonimizdagi mana bu chodirni bilasanmi? — dedi Vardon.
— Ha, bilaman, Ma’munning* o‘g‘li Abbosning chodiri, nima bo‘lipti?
— Menga bir sir ayon bo‘ldiki, agar buni Mu’tasim bilib qolsa, butun lashkargohni ag‘dar-to‘ntar qilib yuboradi.
Zirg‘om taajjublandi:
— Qanday sir?
— Shu bugun men sening yoningdan qayta turib, anavi yerdan o‘tdim. Horis as-Samarqandiyning shu chodirdan chiqib kelayotganini va Abbos uni zo‘r hurmat bilan kuzatayotganini ko‘rdim. O‘zimcha, bu hurmatning tagida bir gap bor bo‘lsa kerak, deb qo‘ydim. Mu’tasim Horisning qo‘lidan Yoqutani olib qo‘yib, senga hadya qilgani uchun undan o‘ch olish niyatida yurganini bilardim. Xalifalikni egallab olgani uchun Abbosnnig Mu’tasimga: «Hap sanimi, qarab tur», deb yurgani ham senga sir bo‘lmasa kerak.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:27:34
     Qo‘mondonlardan ba’zilari xalifalikni Abbos olishi kerak deb yurardi. Lekin u bay’atni* o‘ziga talab qilishga yuragi dov bermagach, taxt Mu’tasimga o‘tgan edi. Men Somurroda turgan vaqtimda Horis as-Samarqandiy Mu’tasimni qoldirib o‘rniga Abbosga bay’at qilish kerak, deb yurganlardan bittasi deb eshitgan edim. Lekin ular askarlardan qo‘rqib, bu ishni amalga oshira olmay yurishgan. Bugun Horis Abbosning chodiridan chiqib kelayotganini ko‘rib, ikkalasining o‘rtasida muhim bir ish bo‘lsa kerak, degan fikr ko‘nglimga keldi.
     Tepaning ustiga o‘rnatilgan chodirga yetib borishguncha Vardon yo‘lga past ovoz bilan shu sirni hikoya qilib bordi. Kechasi qorong‘i edi. Zirg‘om chodir yonida ho‘kizga o‘xshab xurrak otib yotgan bir kishini ko‘rdi. Og‘zidan sharob hidi burqsib turardi.
— Bu kim?  Undan sharob hidi kelyapti-ku? — dedi Zirg‘om.
— Menga sirni aytim bergan odam shu. Bu kishi Horisning qullaridan. Men u bilan Somurroda tanishganman. Uni aldab olib kelib, ichirdim. Kayf bo‘lib qolgach, menga qiziq bir gapni aytib berdi. Uni senga shu yerda aytaveraymi yoki chodirga kirganingdan keyinmi? Ochig‘ini aytganda, shu qorong‘ida bayroqni tikib poylab o‘tirishning hech keragi yo‘q. Uni o‘n gaz naridan ham ko‘rib bo‘lmayapti-yu, Ammuriyyadan turib qanday ko‘rinsin?
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:27:57
— Gaplaring to‘g‘ri, — dedi Zirg‘om, — bayroqni Hammod kechasi ko‘radi, degan fikrda emasman. Lekin uni kun botayotgan paytida ko‘rgan bo‘lsa-yu, bir ilojini qilib, kelib topib olsa, yoki ertaga tongotar vaqtida ko‘rib, izlab kelib seni topsa, degan xayol bilan «uni osib qo‘yish kerak», deyapman. Qani, anovi quldan eshitgan gapingni aytib berchi.
Vardon tepadan bir necha gaz nariroqda yotgan katta bir xarsang tomonga yurdi. Ikkalasi tosh ustiga o‘tirishgandan keyin Vardon hikoyasini boshladi:
— U qulning aytishicha, xo‘jayini Horis hamma qo‘mondonlarga elchi bo‘lib borib, ulardan Abbos uchun bay’at olishga til biriktirgan emish. Qo‘mondonlarning ba’zisi Afshinning qo‘li ostida, ba’zisi Ashnos qo‘lida va qay birlari esa Mu’tasimning askari ichida. Shunday bo‘lgach, Horis uchchala lashkargohni aylanib chiqqan. Qo‘mondonlar, undan tashqari, Mu’tasimning xos kishilaridan bir necha odam u orqali Abbosga bay’at qilishgan emish. Yana Horis bay’at qilgan qo‘mondonlarga:
— Biz shu hodisani e’lon qilganimizdan keyin har qaysingiz o‘z bosh qo‘mondoningizni o‘ldirishingiz kerak. Masalan, Mu’tasimning xoslari Mu’tasimni, Afshinning xoslari Afshinni va Ashnosning xoslari Ashnosni o‘ldirsin, — degan emish.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:28:17
Vardonning gapini tinglab, lol qolib o‘tirgan Zirg‘om:
— Obbo, yuzi qora-ey. Subutsiz, badbaxt xotin-ey, — deb qo‘ydi.
Vardon so‘zini davom ettirdi.
— Meningcha, Abbos ularning hammasidan aqlliroqqa o‘xshaydi. Qulning gapiga qaraganda, u Ammuriyyani fath qilish ishini tag‘in qo‘ldan boy berib qo‘ymaylik, deb bu yomon niyatni amalga oshirishga qarshi chiqqan emish. Bu gaplarni senga bugun aytishdan maqsadim shuki, ertaga xalifa oldiga borganingda, istasang uni ham xabardor qilarsan.
— Yo‘q, Vardon, bu ishni xalifa bilmasliklari kerak. Bilib qolsalar, biz musulmonlar orasida fitna chiqargan bo‘lamiz. Ular bu shum niyatning ijrosini keyinga siltashgani uchun, yashirib turaylik. Xalifaning muborak hayotlarini omon saqlash uchun atroflarida parvona bo‘lib tursak kifoya.
Vardon Zirg‘omning fidoiligiga qoyil qolib:
— Ofarin senga, qahramon! Bu fikring juda to‘g‘ri, — dedi.
Zirg‘om unga:
— Lekin bu qulni shu yerda qoldirib xato qilgansan: U hushiga kelib, bu yerni tanib qo‘ysa, seni chaqishi mumkin. Bu joyni bilmagani durust. Yaxshisi, u hozir uyqu va kayfda ekan, boshqa joyga eltib qo‘y. Qaytib kelguningcha men shu yerda tura turaman, — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:28:51
    Vardon: — Ma’qul, — dedi-da, irg‘ib turib, uni uyg‘ota boshladi. Lekin u hamon o‘ziga kelavermagandan goh turg‘izib, goh yetaklab, goh sudrab, o‘zining chodiridan Abbosning chodiri yaqiniga olib borib tashladi-da, qaytib keldi. Vaqt yarim kecha bo‘lib, lashkargohdagilarning hammasi uxlagandi.
Zirg‘om unga:
— Men o‘z chodirimga boraman, sen tong otguncha shu yerda bo‘l, — dedi.
Vardon:
— Bosh ustiga, xo‘p, jonim bilan, — deb javob qildi.
    Zirg‘om xayolga cho‘mgancha o‘z chodiri tomon yo‘l oldi. U chodirga yetmasdanoq qo‘rg‘on yaqinida g‘ovur-g‘uvur ovoz eshitdi. Qarasa, lashkargoh soqchilaridan bir to‘dasi bir kishini bo‘ynidan bo‘g‘ib, haydab kelishyapti. U kishi esa: «Meni Sohibga olib boringlar», deb baqirardi.
Uning tovushini eshitib, Zirg‘om bezovta bo‘lib qoldi, chunki u Hammodning tovushi edi. Zirg‘om chodiriga yugurib kirdi-da, ularning yetib kelishini kutib turdi. Bir ozdan keyin ulardan bittasi Zirg‘omning oldiga kirib:
— Biz bir ayg‘oqchini ushladik, u shahar tomondan lashkargohga kirgan. Men Sohibning oldiga kelayotgandim deydi,— dedi.
Zirg‘om:
— Qani, uni bu yoqqa olib kiringlar-chi, — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:29:34
U kirdi. Zirg‘om sinchiklab qarab, Hammodning o‘zi ekanini aniqladi-da: «Qoldirib ketaveringlar», — deb soqchilarni jo‘natib yubordi. Ular ketgandan keyin Hammod bilan salomlashib, hol-ahvol so‘radi va yoniga o‘tqazib, undan Jahon to‘g‘risida savol qildi.
— Jahon hali ham pop Notis yonida turipti, — dedi Hammod.
— Bizning xabarimizni unga yetkazganing yo‘qmi?
— Yo‘q, hech shunga muvaffaq bo‘la olmadim. Kecha sizlarning askarlaringizni ko‘rib, bayroqlarga qattiq tikilib qaradim, lekin qo‘sh bayroqni faqat shu kechagina ko‘rdim. Bu yerga chiqib kelishning ilojini topa olmay, hozirgina bir amallab chiqqandim, adashib qoldim. Soqchilar qo‘liga tushganimdan keyin: «Meni Sohibning oldiga olib boringlar», — deb talab qildim. Mana, huzuringdaman.
Zirg‘om:
—Xush kelding, demak, Jahon hamon Notis qasrida ekan-da.
— Ha, Haylona ham u bilan birga. Pop ikkalasiga qattiq hirs qo‘ygan. Xafa bo‘lma, yaqin orada sevgilingga muyassar bo‘lasan.
— Qanday qilib? Qo‘rg‘onlarning istehkomi qattiqqa o‘xshayapti-ku, qamal ancha vaqtga cho‘zilsa kerak.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:30:21
— Xudo xohlasa, buni o‘zim qisqartaman.
— U yoqqa osonroq kiradigan yo‘lni bilasanmi?
— Fathni yengillashtiradigan yo‘lni bilaman, hozir senga uni ko‘rsatib qo‘yaymi?
— Men ertaga barvaqt xalifaning oldiga boraman. Dushman to‘g‘risida ma’lumotga ega ekaningdan uni xabardor qilaman. Shu gapni xalifa sendan rozi bo‘lishiga vosita qilamiz-da, o‘tmishdagi ishlaringdan kechib yuboradi,— dedi.
Hammod bu maslahatga rozi bo‘ldi.
Ertalab Zirg‘om bilan Hammod xalifaning chodiri tomon yo‘l olishdi. Zirg‘om Hammodni  tashqarida qoldirib, ruxsat so‘rab xalifa oldiga kirdi. Xalifa uni yaxshi qarshi olib, yoniga o‘tqazdi. Ammo Zirg‘om uning qovog‘i osilganini ko‘rib tashvish ichida indamay turgan edi, xalifa:
— Nima uchun chaqirganimni bilasanmi? — deb so‘radi.
Zirg‘om:
— Menda karomat yo‘q, taqsir, bir narsani oldindan bila olmayman, — dedi.
Mu’tasim bir xo‘rsinib qo‘ydi-da: «Men Somurroda qozi Ahmadni o‘zimga mahram bilib, unga sirlarimni aytar edim. Halol va pokdilligingni bilganim uchun hozir sening maslahatingga tayanishim kerak, deb o‘ylayman», — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:30:41
— Men janoblarining ixlosmand qullariman.
— Afshin ustida ishtibohdaman deb, aytganim esingda bormi?
— Ha, esimda, janob xalifa.
— Men ilgari uning tamagirligini ko‘rib hayron bo‘lib yurardim, lekin hozir bu lashkargohda qilayotgan yashirin fitnalarini ko‘rib, avvalgi ishlari buning oldida holva ekan, deb qo‘ydim. Uning qilayotgan ishlaridan hech xabaring bo‘ldimi?
Zirg‘om tushunib turgan bo‘lsa ham, o‘zini go‘llikka solib:
— Janoblarining maqsadlarini tushunmadim, — dedi.
— Eshitishimcha, ba’zilar akamning o‘g‘li Abbosga bay’at qilishga va meni o‘ldirishga qaror qilishgan emish, — dedi g‘azabdan ko‘zlari o‘tdek yonib.
Xalifaga tasalli bermoq uchun Zirg‘om:
— Bunday gaplarning bo‘lishini aqlan ehtimol tutsam ham, bo‘lganini bilganim yo‘q, chunki o‘tmish xalifalar davridan buyon xalifalik tamagirlarning ko‘z tikkan yerlari bo‘lib kelgan. Farazan, ba’zi kishilar shu fikrga kelgan bo‘lsa ham, lekin qo‘llaridan hech narsa kelmaydi, kutgan natijalariga erisha olmaydilar. Atrofimizdagi dushmanlar ustidan g‘alaba qilish uchun hozir hammamiz bir yoqadan bosh chiqarmog‘imiz kerak. Men janoblarining fikrlariga bir qo‘shimcha kiritsam, ajab emas, shu bilan ko‘ngillari taskin topsa, — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:31:06
— Qani, ayt-chi, nima gap topib kelding? — dedi.
— Men janoblariga shu oqshom Ammuriyyaning o‘zidan kelgan bir odamni boshlab keldim, u kishi shaharning hamma kirish-chiqish joylaridan xabardor. Uni huzuringizga keltiraymi?
— Ha, mayli, kirsin!
Zirg‘om irg‘ib turib Hammodni chaqirdi. Hammod kirib tik turgancha, xalifaga salom berdi. Xalifa uni ko‘rishi bilan tanidi-da, qovog‘ini soldi-yu, lekin «o‘tir», deb joy ko‘rsatdi. U cho‘nqayib o‘tirdi. Mu’tasim Zirg‘omga qarab:
— Buni men arab bolasi Hammodga o‘xshatyapman, o‘sha emasmi? — dedi.
— Ha, xuddi shunday, o‘zlarining qulvachchalari. Ilgari bundan xatolik o‘tgan, lekin o‘zlarining afv-karamlari ulug‘, bu o‘shandan umidvor.
— Nima vajdan bizga keldi ekan?
Hammod:
— Shu shaharga kirish peshanamda bor ekan, bundan bir necha hafta ilgari kirdim, uning istehkomlari bilan tanishdim. Kecha janoblarining askarlarini ko‘rdimu, harakat qilib qochdim va shu yerga keldim, — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:31:19
— Bizga qanday xizmat ko‘rsatish qo‘lingdan keladi?
— Janoblariga shaharning shikastlarini ko‘rsataman, uni bilgandan keyin fath qilishlari oson bo‘ladi. Bu shaharning mustahkam qo‘rg‘oni bor. Bir vaqtda sel kelib, bir qismini yuvib ketgan. Podsho uni qaytadan bino qilishni buyurib, omiliga xat yozgan, lekin omil sustkashlik qilib, vaqtni o‘tkazib yuborgan. Podshoning Qustantiniyadan* chiqqanini eshitgan omil uning Ammuriyyaga kelib, bu vayrona qo‘rg‘onni ko‘rib qolishdan hurkib, uni nari-beri ishlatib qo‘ya qolgan, ya’ni yuzini tosh bilan ishlaganu, lekin teshik rahnalarini esa yog‘och bilan to‘sib qo‘ygan. Agar istasalar, uni shu yerdan turib ko‘rsata olaman, — dedi.
Xalifa o‘rnidan turib:
— Qani, menga uni ko‘rsat-chi, — dedi.
Hammod olisdan uni xalifaga ko‘rsatdi. Xalifa uni ko‘rgandan keyin Hammodga tashakkur aytdi va: — Gaping to‘g‘ri chiqsa yaxshigina mukofot olasan, — dedi.
Zirg‘om:— Gapining rostligiga men kafilman. Mukofotni darhol berishga buyursalar mumkin bo‘larmikin, — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:31:38
— Xo‘p, sen tufayli uni tezlataylik, nima mukofot bersak bo‘larkin?
— U mol talab qilmaydi, faqat ruxsat bersangiz, cho‘ringiz Yoqutani o‘ziga xotin qilib olsa.
Xalifa:
— Yoqutani — xotiningnimi? — deb hang-mang bo‘lib qoldi.
Zirg‘om ozgina jim turdi-da:
— Ha, menga xotin bo‘lsin, deb janoblari buyurgan Yoqutani. U mana shu o‘rtog‘imning sevgilisi bo‘lgani uchun janoblarining saxovatpeshaliklariga suyanib, uni xotin qilmaganman. Uni omonat tariqasida uyimda saqlab keldim. Agar janoblari bizni boshimizdan oyog‘imizgacha in’omlari bilan ko‘mmoqchi bo‘lsalar, bu urushdan sog‘-salomat qaytib borganimizdan keyin gunohimizni kechib, Yoqutaning Hammodga tanmahram bo‘lishiga ijozat bersalar, — dedi.
Xalifa Zirg‘omning vijdoniga, xulq-odobiga qoyil qolib, jilmaydi-da:
— Ikkalangizning gunohlaringdan kechdim, ayni vaqtda Hammod mening imtiyozli kishilarimdan biri bo‘lishini istayman, ko‘p in’omlar beraman, — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:32:10
    Ikkalasi uning marhamatiga tashakkur aytishdi. Keyin Mu’tasim: «Qani, ishga o‘taylik», dedi-da, o‘z chodirini buzilgan qo‘rg‘on oldiga ko‘chirilib, oldiga manjaniqlar o‘rnatishni va qo‘rg‘onning qolgan qismini ham vayron qilishni buyurdi. Rumliklar qo‘rg‘on o‘rniga bir-biriga zich qilib xodalar taxlashdi. Manjaniq u xodalarni ham sindiravergach, rumliklar uning ustiga barzax o‘rnatishdi. Yana manjaniqlardan toshlar otilavergach, qo‘rg‘on yorildi. Keyin Mu’tasim qamal qilishni kuchaytirdi.
    Rumliklar qo‘rg‘on atrofida o‘tib bo‘lmaydigan bir xandaq kovlashgandi. Agar o‘sha xandaq bo‘lmaganda, shahar ilbatta olingan bo‘lardi.
    Zirg‘om xalifaga o‘sha xandaqning ichiga tuproq to‘ldirilgan qo‘y terilari bilan yopishni maslahat berdi. Xalifa shu maslahat bo‘yicha ish ko‘rdi hamda teri ustidan qo‘rg‘on tomonga yumalatish uchun har birining ichiga o‘ntadan odam sig‘adigan katta dabboblar qildirib, bittasini yumalatib ko‘rishdi. U dabboblar xandaqning yarmiga borganda o‘sha terilarga ilindi. Xandaq ichidagi kishilar arang undan qochib qutuldi. U yana bir qancha narvon va manjaniqlar ishlatdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:32:31
    Zirg‘om Jahonga tezroq erishish uchun hujumni boshlashga ruxsat berishni xalifadan hadeb iltimos qilardi. Xalifa uni ayab, hujumga ruxsat bermadi, keyin u urush ochishni buyurdi. Birinchi bo‘lib hujum qilgan Ashnos bo‘ldi. Ma’raka maydoni tang bo‘lgani uchun urush qilish qiyin bo‘ldi. Shuning uchun Mu’tasim qo‘rg‘on atrofidagi manjaniqlar bilan unga yordam berdi. U qo‘rg‘onning teshilgan yeri ustiga manjaniqlarni to‘platdi. Ikkinchi kuni Mu’tasim Afshinga o‘z odamlari bilan hujumga o‘tishni buyurdi. Uchinchi kuni esa Mu’tasimning o‘zi qo‘l ostidagi lashkari, jumladan, mag‘ribliklar, turklar bilan birga hujumga kirdi. Mu’tasimning qo‘l ostida bo‘lgan Zirg‘om shu qadar abjirlik va matonat ko‘rsatdiki, unga har qanday qahramon ham havas qilsa arzirdi. Hammodning ishidan xabardor bo‘lgan Vardon ham Zirg‘om yonida edi. Zirg‘omning  fikr-xayoli pop Notis qasri tomon yo‘llanishda.
    Jang qattiq qizib, kechasigacha davom etdi. Poplar ilgari qo‘rg‘on minoralarini bo‘lashib olishgandi. Keyin ular orasida janjal chiqib qoldi, ba’zilari ertalab kelib, boshqalarining ziddiga yurish uchun qurollarini tashlab, Mu’tasimning kishilari oldiga tushib, shaharga kelishdi. Rumliklar mag‘lub bo‘lib, shaharga musulmonlar fotihlar sifatida kirishdi va unda talash, o‘ldirish va qurollarni olish bilan mashg‘ul bo‘lishdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:33:03
    * * *

    Zirg‘om o‘z sevgilisini qidirib, to‘g‘ri popning qasri tomon yo‘l oldi. Shahar ko‘chalari talon-toroj qilish, asir olish uchun kirgan musulmonlar bilan liq to‘lgani uchun Vardon bilan Hammod ham qasrga ko‘p aziyat chekib, arang yetib bordi. Uch og‘ayni qasrga kirsa, uning eshiklari lang ochiq, ichida na mol-mulk, na xotinlar qolgan. Ular Jahon bilan Haylonani izlab, qasrning hamma uylarini aylanib chiqishdi. Ulardan darak topolmagach, Zirg‘om Hammodning aytgan gaplariga shubhalanib qoldi. Hammod esa uning shubhalanganligini sezib aytgan gapining to‘g‘riligiga ont ichdi va:
— Menimcha, askarlardan ba’zilari qasrga kirib, uni talagan va odamlarini olib ketgan bo‘lsa kerak, — dedi.
Zirg‘om bilan Vardon xafa bo‘lib o‘rnidan turishdi. Vardon:
— Ma’raka tugagandan so‘ng ularni asirlar orasidan axtaramiz, — dedi.
Musulmonlar g‘alabaga erishgach, xalifa urushni to‘xtatib, o‘ljalarni shahar atrofiga to‘plashni buyurdi. Ular sotiladigan bo‘lganidan xaridorlar ko‘paya boshladi. Sotishni tezlatish uchun har bir mol ustida uch marta: «Kim oshdi?» deyiladi-da, sotib yuborilaveradi. Asir-qullar ko‘pligidan, ularni bir yo‘la beshta-beshta, o‘nta-o‘ntadan sotishardi. Mu’tasim esa sotuvchilarni «tez bo‘linglar» deya oshiqtirardi. Xalifa shaharni vayron qilishga buyurgani uchun, askarlar uni vayron qilishdi, kuydirishdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:33:27
    Kishilar oldi-sotdi bilan band bo‘lib turgan paytda Vardon asirlar orasini aylanib chiqdi. U na xotinidan va na Jahondan darak topmagach, yuragi siqildi va birgalikda maslahat qilishib olmoq uchun Zirg‘omning oldiga qaytib kelmoqchi bo‘ldi. Yo‘lda u Afshinning lashkargohidan o‘ta turib, o‘ljalar orasida Jahonning qashqa otiga ko‘zi tushdi. Ot yonida turgan Somonni ko‘rib, u muqarrar Jahonning oti ekanligiga ishonch hosil qildi. Uni yomon ko‘rgani uchun qattiq g‘azablandi-yu, lekin Zirg‘omni rioya qilib, unga bir shikast yetkazishdan o‘zini tiydi, chunki Zirg‘omning xohishi shu edi. Shundan keyin u ko‘rgan voqeasini yugurib borib Zirg‘omga aytdi. Zirg‘om kelib Jahonning qashqa otini ko‘rdi, lekin Somon allaqachon ot oldidan ketib qolgandi. Otga qarab, uning peshanasidagi sher suratini ko‘rdi-yu, u Jahonning oti ekaniga Zirg‘omda shak-shubha qolmadi. Jahon bilan Haylona Afshin olgan asirlar ichida ekan, degan fikr ko‘ngliga keldi. Darhol kirib, Jahon bilan Haylonani talab qilmoqchi bo‘ldi, lekin askarlar orasida nizo chiqib ketishidan qo‘rqib, bu ra’yidan qaytdi, chunki u askarlarning ittifoq bo‘lishini istardi. Keyin u o‘zicha, Jahon bilan Haylonani qutkazish uchun xalifani o‘rtaga qo‘yishga qaror qildi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:33:59
    Shunday keyin Zirg‘om xalifani qidirdi. Uning umumiy qabulxonada o‘tirganini, g‘alaba bilan muborakbod qilish uchun oldiga qo‘mondon va a’yonlar keti uzilmay kirib turishganini eshitdi. Xalifaning bo‘shashini kutib o‘tirib, kunni allamahal qildi. Axiri odamlar tovsalgandan keyin ruxsat so‘rab, sekin yoniga kirdi. Xalifa uni yaxshi qabul qilib, o‘z yoniga o‘tqazdi, unga xushchaqchaqlik bilan muomala qildi. Zirg‘om ham uni tabriklab, haqqiga duo qilgan bo‘ldi. Zirg‘omning yuzida g‘am ko‘lankasini, tutoqish alomatlarini ko‘rgan xalifa:
— Senga nima bo‘ldi? Xafa ko‘rinasan? — dedi.
Zirg‘om:
— O‘z xojasi oldida quldan aslo xafalik zohir bo‘lmaydi. Xafa emasman, lekin bir oz bezovtaroqman, — dedi javob qildi.
— Nima uchun hayajonlanding, Sohibim?
— Afshinning zulm-taaddisi meni hayajonga soldi.
— Uning taaddisi nimadan iborat? Sen donosan, birovlar bilan «san-manga» bormasliging menga ma’lum.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:34:21
— Men u bilan na martaba, na o‘lja talashmayman. Men oshiq bo‘lgan qiz falakning gardishi bilan Ammuriyya-ga kelib qolgan ekan, Afshin mening sevgimdan voqif bo‘la turib, asir tushirib, o‘ziniki qilib olibdi.
Mu’tasim hayron bo‘ldi: «Qanday qilib Ammuriyyada buning ma’shuqasi bo‘ladi?» deb o‘yladi-da, unga qarab: «Ochiqroq gapir, men tushuna olmadim», dedi.
Zirg‘om gap boshladi:
— Janob oliylari, xudo baxtu davlatlarini bundan ham ziyoda qilsin, Somurroda kaminaga Yoqutani tanmahramlikka taqdim etgan edilar. Men kecha o‘zlariga aytganimdek, buyruqlariga xilof ish qilgandim. Xilof ish qilganimning boisini o‘sha vaqtda o‘zimdan so‘ramadilar. Uning boisi cho‘rilar olib kelish uchun meni Farg‘onaga yuborgan vaqtingizda u yerda bir qizga oshiq bo‘lib qolgandim va u bilan ikkimiz umr yo‘ldoshi bo‘lishga ahd qilgan edik. Baxtga qarshi shu payt qizning otasi vafot etib qoldi. Farg‘onadan qaytib kelishim to‘g‘risida o‘zlarining farmoni oliylari bo‘lib, to‘y masalasini keyinga qoldirib, Somurroga qaytib kelgandim. Shundan keyin ko‘p hodisalar yuz berib, oxiri bu qiz taqdirning taqozosi bilan Ammuriyyaga kelib qoladi. Qiz Ammuriyya popi Notisning qasrida qamalib yotgan ekan.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:34:48
    Ammuriyyani fath qilgan vaqtimizda men qizni qasrdan axtarib topa olmadim. Surishtirsam, u Afshinning qo‘liga tushib qolibdi. Unga borib, qizni talab qilmoqchi bo‘ldim, lekin ittifoq bo‘lishimiz juda zarur bo‘lib turgan bir paytda askarlar orasida nizo chiqarmay deb, maslahatlarini olish uchun hozir o‘zlariga arz qilgani keldim.
Mu’tasim bir lahza boshini yerga solib turdi-da:
— Bu oson hal bo‘ladigan ish. Afshin sening ma’shuqangni o‘zida ushlab turmaydi, asir olingan ayollar behisob, arzimas pulga sotib ham yuborilyapti-ku, — dedi-da, chapak chalib tashqaridagi g‘ulomlaridan birini chaqirdi-da, Afshinni chaqirib kelishni buyurdi.
    Bir ozdan keyin Afshin kirib, xalifaga salom berdi, Yonida o‘tirgan Zirg‘omni ko‘rib, nima uchun chaqirilganini sezdi-yu, bilmaslikka olib jim turdi. Xalifa unga qarab: «Sohibga aloqador bir ish ustida sizni chaqirdim. Uning men uchun qadrli bir kishi ekanini o‘zingiz yaxshi bilasiz»,— dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:35:23
Afshin tabassum qilib:
— Sohib men uchun ham muhtaram, buni o‘zi ham yaxshi biladi, — dedi.
— Sizning ixtiyoringizga tushgan asiralar orasida bir qiz bor ekan, Sohib sizdan o‘shani so‘rayapti.
— Asiralar to‘lib yotibdi, arzimaydigan pulga sotilib ham ketyapti, agar u mendan beshtasini so‘rasa, o‘ntasini berishga tayyorman.
Zirg‘om Afshinning chalg‘itayotganini tushunib:
— O‘zingiz yaxshi biladigan bir qiz menga kerak, — dedi.
— U kim ekan?
— Hokimning qizi Jahonni aytmoqchiman.
Afshin  hayron bo‘lgan bo‘ldi:
— U ham asiralar ichida ekanmi?
— O‘shalarning ichida bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman, u bilan birga Haylona degan rumlik yana bir ayol ham bor.
Afshin  xalifaga qarab:
— Mabodo asiralar orasida Jahon bo‘lsa, uni Zirg‘omga topshirish zahmatidan meni qutqarsinlar, uzr, — dedi.
— Sohib uni ma’shuqam deb da’vo qilyapti, u to‘g‘ri so‘z odam, to‘g‘ri gapiradi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:35:49
— Mayli, lekin bu qiz men uchun o‘z qizim o‘rnida, otasi meni unga vasiy qilib tayinlab ketgan. Sohib buni inkor qilmasa kerak, deb o‘ylayman.
Mu’tasim Zirhomga qaradi: uning rangi o‘chib, chehrasida g‘azab alomatlari ochiq-oydin sezilib turardi. Mu’tasimning  o‘ziga qaraganini payqagan Zirg‘om jahlini tiydi-da, «Hokim bu kishini vasiy qilganidan xabarim bor, lekin qiz bilan gapni bir yerga qo‘yganimiz vasiyatnoma yozilishidan burun bo‘lgan», — dedi.
Afshin:
— Bu gap to‘g‘ri bo‘lsa, vasiyat qiluvchi uni o‘z vasiyatida aytib ketgan bo‘lardi. Vasiyatnomada bu gap yo‘q. Men qizni hech kimga unashtirilmagan deb hisoblayman. Otasining vasiyatiga muvofiq; mening ruxsatimsiz uni birovga unashtirish durust emas, — dedi-da, fikrini bilmoqchi bo‘lgandek xalifaga qarab qo‘ydi.
    Mu’tasim hayron bo‘lib qoldi, chunki Zirg‘omning o‘z xohishiga erishuvini istardi. Shu bilan birga, askarlar ichida g‘avg‘o ko‘tarilishini ham istamasdi. U Afshinga qarab:
— Faraz etaylik, qizning otasi unashtirilganini bilmagan yoki unga iqror bo‘lmagan bo‘lsin, hozir u sizning otalig‘ingizda ekan, biz bevosita siz orqali unga sovchi bo‘lyapmiz.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:36:27
    Afshin mot bo‘ldi, nima deyishini bilmay, boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. «Qizni Zirg‘omga bermayman», deb xalifani o‘zidan ranjitsinmi yoki xo‘p desinu, qarab turib undan ajralib qolaversinmi? U ozgina o‘ylab turdi-da, dedi: «Janob oliylarining buyruqlari muqarrar bajariladi, lekin xudo xohlasa shu ish Somurroga qaytib borganimizdan keyin bo‘lsin».
Mu’tasim: «Bu to‘g‘ri maslahat», degandek Zirg‘omga qarab qo‘ydi.
    Afshin ishni atayin keyinga siltayotganini va tilining uchidagina gapirayotganini sezgan Zirhom qat’iy qilib:
— Afshin amiralmo‘’mininning talablarini qabul qilgan bo‘lsa, nikohni shu yerning o‘zida qildirsin, — dedi.
    Afshin bo‘ysungandek tabassum qildi va: «Xalifa buyruq qilsalar bosh ustiga, hech qanday gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas, lekin asiralar hozir qaerdaligini bilmayman, fikrimcha, ular Somurroga jo‘natilgan bo‘lsa kerak», dedi. Zirg‘om Jahonning otini shu yerda — lashkargohda ko‘rgani uchun o‘zini ham shu yerda deb bilardi. U:
— Agar qiz bu yerda bo‘lmasa, Somurroga borgunimizcha nikohni to‘xtatib turishga roziman, hozir borib, uning bor-yo‘qligini tekshirib, basharti, bor bo‘lsa, shu yerga olib kelish uchun xalifam o‘z kishilarini yuborsalar, deb iltimos qilardim, — dedi.
    Xalifa g‘ulomini chaqirdi va: «Afshinning lashkargohiga borib, Jahon degan asira qizni topib, bu yerga olib kel», — deb buyurdi.
Zirg‘om g‘ulomni to‘xtatib:
— Uning oti Gulnor, bu mamlakatda uni shunday deb atashadi, — dedi.
G‘ulom chiqib ketdi. Zirg‘om esa cho‘g‘ ustida turgandek besaranjom: uzoq vaqtdan buyon ko‘rmagan sevgilisini ko‘rishga oshiqib, yuragi qinidan chiqib ketay dedi. Meni o‘lgan deb hisoblab yurgan Jahon to‘satdan menga ko‘zi tushsa, juda hayron bo‘lib qolsa kerak», degan fikr ko‘ngliga keldi. Shu yo‘sinda kechgan har bir lahza uning xayolida soatlarga aylanib ketdi. Keyin xalifa yuborgan g‘ulom: «Asir tushgan ayollar shu bugun ertalab Somurroga yuborilgan ekan», degan gapni topib keldi.

Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:38:59
    Bu xabar Zirg‘omning boshiga chaqmoqdek urilgan bo‘lsa ham, sukut etdi-yu, lekin: «Jahonning sinchiklab axtarishni, basharti u lashkargohda bo‘lsa, majburan olib kelishni Vardonga aytaman», deb ko‘ngliga tugib qo‘ydi.
    Xalifa Zirg‘om bilan Afshinning ketaverishiga ruxsat bergandan keyin Zirg‘om chiqib, Vardonni ko‘rish uchun to‘g‘ri o‘z chodiriga bordi. Uni topolmagach, kishilardan so‘radi. Uni ertalabdan beri ko‘rmaganliklarini, qaerga ketganini ham bilmasliklarini aytishdi. Uni chodiriga borib surishtirmoq uchun o‘zi chiqdi, u yerda ham yo‘q. Hammodni ham ko‘ra olmadi. Ikkalasi bir yerda bo‘lsa kerak, deb umid bog‘lagan edi, afsuski, ikkalasi ham yo‘q. Zirg‘om tashvishlandi. Vardonni ko‘rishi juda ham zarur edi. «Jahonning otini erta bilan turgan joyiga borib aniqlab kelaman», deb yolg‘iz o‘zi chiqdi. Uni ham topa olmadi. Shundan keyin u, «Afshin to‘g‘ri aytgan ekan, u xalifaga yolg‘on gapirishga jur’at etmasa kerak», degan xulosaga keldi-da, chodiriga qaytdi va ko‘nglidagi niyatini hech kimga aytmadi.

________________
* A m m u r i y ya — bu shaharni ilgari Anatoliyada G‘olatiya (Galatiya) deb atalardi, u Anqaradan uzoqroqda katta markaziy bir shahar bo‘lib, hozir uning nom-nishoni qolmagan. 223 (melodiy 837—838) yili Mu’tasim uni zabt qilgan.
* F a r s a x — bir tosh, ya’ni 8 km. ga yaqin.
* M a ‘ m u n (786—833) Horun ar-Rashidning (766—809) o‘g‘li — abbosiy xalifalaridan. Mu’tasimning akasi.
* B a y ‘ a t — xalifa saylovida tarafdor bo‘lib qo‘l ko‘tarish — ovoz berish.
* Q u s t a n t i n i ya — Istambul shaharlaridan biri.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:39:33
    AFSHINNING SUD QILINISHI

    Afshin asir olingan ayollarni o‘sha kuni ertalab lashkargohdan olib ketishga buyruq bergandi. Bu ish Somonning maslahati bilan bo‘lgandi. Jahon popning qasrida ekanini unga ko‘rsatgan, asir qilib olishga maslahat bergan ham o‘sha Somon edi. Somon Bazzda bo‘lgan vaqtidan boshlab Jahonning har bir qadamini kuzatardi. Uning Rum mamlakatiga chiqqani, Ammuriyyaga borib tushgani ham Somonga ma’lum edi. Bu ishlarni u otasining vasiyatini o‘zgartirish to‘g‘risida Afshindan olgan va’dasiga erishmoq uchun qilgandi.
    Ammuriyya fath qilingandan keyin, u singlisi oldiga borib, unga yordam ko‘rsatish uchun kelgandek qilib ko‘rsatdi. «Afshin ham faqat seni qutqazish uchun bu hujumni uyushtirdi» deb, ungi xotin bo‘lishni maslahat, beraverdi. Ammo Jahon uning maslahatlariga unamasdi. Shuning uchun Zirg‘om pop qasriga yetib kelmasidan oldinoq Afshinning odamlari Jahonni va Haylonani otga mindirib, uning lashkargohiga olib ketishdi. Haylona Jahon uchun katta suyanchiq. Ular bir-birini sevishgan, ayrilmas do‘st, dugona bo‘lib olishgandi. Ikkalasi ham o‘zini bevatan, g‘arib deb hisob qilardi. Ular Afshinning lashkargohiga kelishgandan keyin, asirdek bo‘lib qolishgani jahonga juda og‘ir tuyuldi. Mu’tasimga yo‘liqib, o‘zini Afshin changalidan qutqazishini iltimos qilmoqchi bo‘ldi, lekin akasi sabr qilishni tavsiya etdi va: «Seni o‘zim Somurroga olib boraman, u yerga borgandan keyin istagan ishingni qilaverasan», deb uqtirdi. Somon Somurroni tilga olishi bilan Jahon Zirg‘omini esladi, chunki uning barhayot ekanidan umidvor edi. «Juda bo‘lmasa, uning onasi tirik bo‘lsa, o‘g‘li haqidagi gaplarni surishtirib bilib olarman», degan umidda» «Mayli, Somurroga bora qolay, lekin Haylona ham men bilan birga bo‘lishi shart», — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:39:58
    Somon bu shartni qabul qildi. Somonning maqsadi Zirg‘omga bildirmasdan Jahonni olib qochish edi. U tong saharda Jahonni izlab yurgan Vardonni ko‘rib, Afshinning oldiga yugurdi va unga «tezda ayollarning ikkalasini to‘ppa-to‘g‘ri Ushrusanaga yuborib, u yerda saqlab turish kerak», degan maslahatni berdi. Afshinga Somonning maslahati ma’qul tushdi. Shundan keyin Somon yuk ortadigan ulovlarni va yo‘lda ularni qo‘riqlab boradigan soqchilarni shoshilinch ravishda tayyorladi-da, ko‘zni shamg‘alat qilib yo‘lga tushdi. Jahonni topib kelish uchun xalifa yuborgan g‘ulom lashkargohga kelganda, ular bu yerdan chiqib ketganiga bir necha soat bo‘lgandi.
    Zirg‘om esa Vardon bilan Hammodning bedarak yo‘q bo‘lib ketganidan tashvishlanib, nima qilishini bilmay, hayron bo‘lib qoldi. Ular bir falokatga uchragan bo‘lmasin, deb qo‘rqdi: «Afshin ularni bir baloga yo‘liqtirgan bo‘lsa-ya»,— degan xayolga ham bordi.
    Askarlar o‘lja va asirlarni sotish bilan Ammuriyyada bir necha kunni o‘tkazishdi. Mollar ko‘p bo‘lgani uchun yahudiy savdogarlari undan ko‘p foyda topishdi. Undan keyin askarlar shaharni vayron qilish, qo‘porish bilan yana bir necha kun qolib ketishdi. Shaharliklardan ko‘p odam qirib tashlandi. Pop Notis esa o‘zidan-o‘zi ularga taslim bo‘ldi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:40:20
    Hamma ishlar saranjom topgandan keyin Mu’tasim Somurroga qaytishga farmon berdi. Zirg‘om esa benihoya tashvishda. U o‘z sevgilisini Somurroda uchratish niyatida u yerga qaytayotganlar bilan birga yo‘lga tushdi.
    Yo‘lda Zirg‘om qarshi tomondan kelayotgan otliq kishilarga ko‘zi tushdi Ularni ko‘rishi bilanoq yuragi hovliqib ketdi, chunki otlar orasidagi bittasi Vardonning oti ekanini payqadi. O‘sha yo‘lovchilarga yetib olish uchun otiga qamchi bosdi. Ularga yaqinlashganda ikki kishini — Vardon bilan Hammodni tanib: «Vardon!» deb baqirdi.
— Labbay! — dedi Vardon, uning ovozida shodlik va zafar ohangi yangrardi.
Zirg‘om:
— Qaerda edinglar? Men sizlardan juda tashvishlandim, — dedi.
Vardon:
— Somurroga borib kelyapmiz.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:40:37
Zirg‘om:
— Nima uchun bordinglar u yerga?
— Ikki kelinni u yerga olib borib, tashlab kelyapmiz.
— Qaysi kelinlarni aytyapsan?
— Jahon bilan Haylonani.
— Qanday qilib? Gapir, tezroq gapira qolsang-chi!
— Qarasam, sen Afshinga yalinadigan ko‘rinding. U bilan gaplashadigan bo‘lsang ham, xalifa oldida gaplashasan. U esa senga chap bermoqchi: Jahon bilan Haylonani qaergadir olib qochmoqchi. Shu ishdan g‘aflatda qolgudek bo‘lsak, ularni qidirib topishga umr kifoya qilmasdi. Senga bildirmasdan bir kuch ishlatish kerak degan fikr keldi ko‘nglimga. Chunki senga bildirsam, «askarlar orasida g‘avg‘o chiqmasin», deb turib olasan. Jahon bilan Haylonani olib qochishni Afshinga Somon maslahat berganini ham bilgandim. Shuning uchun Somonni ham qo‘shib, qizlarning ikkalasini zo‘rlik bilan olib ketishga Hammod bilan so‘z biriktirdik va shu ishni bajardik. Mena ikki kelinni Somurroga olib borib, Sohibning uyiga joyladik. Somonni esa sen yetib borguningcha, qamoqxonaga qamatib keldik.
Zirg‘om bir tomondan sevinsa ham unga:
— Afshin bilan kelishgan va’damizda tursak yaxshi bo‘lmasmidi? U xalifa oldida Somurroga yetib borgan zamonamiz to‘y qilib yuboramiz, deb menga va’da bergan edi,— dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:40:55
Vardon:
— Afshin Jahonni Somurroga yuboraman, degan ga-pini chin deb ishonganmiding? — dedi-da, Hammodga qa-rab.
— Do‘stim, sen Yoqutani ko‘rib sevingani bo‘lsang kerak deb o‘ylayman, lekin nimaga yana qaytib kelyapsan? — deb so‘radi.
— Sen bilan birga bo‘lish va xizmatimni to‘liq ado etish niyatida qaytib kelyapman.
Askarlar qo‘shlama tarzida yo‘lda bormoqda. Zirg‘om esa Mu’tasim yonida, uning qo‘shilmasida bormoqda. Kech kirgach, ular dam olish uchun mazgilga tushib, yuklarni ham tushirishdi. Vardon esa xalifaga qarshi uyushtirilayotgan yangi fitni xususida Zirg‘omga hikoya qilib berdi. Bu haqda uni ilgari ham ogohlantirgan edi. U «xalifaning hayoti xavf ostida, bundan albatta o‘zini xabardor qilib qo‘yish kerak», — dedi.
Hammod:
— Bu xabarni xalifaga men yetkazaman, lekin uning oldiga meni Zirg‘omning o‘zi hech kim yo‘q paytida olib borishi kerak, — dedi.
Zirg‘om:
— Qani yur, hozir boramiz, — dedi.
Vaqt xufton payti edi. Ular xalifaning chodiriga borib yetishdi-da, Zirg‘om kirishga ruxsat so‘radi. Ruxsatdan keyin Zirg‘om yonida Hammod bilan birga kirdi. Xalifa:
— Xo‘sh, keling, Sohib, — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:41:24
Zirg‘om:
— Do‘stim Hammodda janob oliylariga ma’lum qilishi zarur bo‘lgan maxfiy gaplar bor agar ruxsat bersalar, aytmoqchi, — dedi.
Xalifa Hamodga qaradi:
— Gapir, lekin yolg‘on aralashtirishdan ehtiyot bo‘l!
    Hammod sarkardalar xalifani o‘ldirib, o‘rniga Abbosni o‘tqazish to‘g‘risida kelishib olganini va suiqasd qilganlarning nomini, shu jumladan, Shoh bin Ismoil Xurosoniyni, Horis as-Samarqandiy, Ujayf bin Anbasa va boshqalarni aytib berdi. Mu’tasim bu ishga shitob bilan kirishib, gumonsiragan kishilarini chaqirtirdi, ularni turli vositalar bilan tergov qildi. Ular qilmishlariga iqror bo‘lgandan keyin, hammasini o‘ldirtirdiki, bu o‘ldirtirish vositalarini batafsil bayon etishga hojat yo‘q. Ammo Abbosni Somurroga borguncha saqlab turdi va uni mal’un, deb atadi. Shundan keyin u Ma’munning bolalarini tutib, uy-uylarida umrbod qamoqqa hukm qildi. Vaqtida ogohlantirganliklari uchun Zirg‘om bilan Hammodni maqtab, ularga mukofotlar berdi.
    Afshin Vardon bilan Hammodning qilgan ishlarini ba’zi odamlardan eshitdi, lekin Somurroga yetib borguncha sabr qilib, u yerga borgandan keyin ularni ham, Zirg‘omni ham o‘xshatib xalifaga chaqmoqchi bo‘ldi. Qofila Somurroga yaqinlashganda Zirg‘omning yuragi duk-duk ura boshladi, chunki uzoq hijrondan keyin Jahon bilan ko‘rishadigan vaqt kelayotganini u bilardi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:41:51
    * * *
    Jahon Vardon bilan Hammodning qo‘liga o‘tgandan keyin, azaliy orzulari yana jo‘sh urdi. Avvaliga ularning askarlari bilan hujum qilayotganini ko‘rib, «yana qanday baloga duchor bo‘lyapman», deb xudodan panoh tiladi va ulardan o‘zini mudofaa qilmoqchi bo‘ldi. Keyin birdan Vardonning tovushini eshitib qoldi. O‘sha tovushni xotini Haylona ham eshitib qoldi-da, ikkalasi uning tomoniga burilishdi. Tirikligidan umid uzib qo‘ygan Vardonning ovozini eshitgan Haylona qalbida paydo bo‘lgan sevinch va hayajonni aslo so‘ramang. Er-xotin bir-birlarini quchib, qadimiy va mangu muhabbat alomatlarini zohir etishardi. Shu payt Vardon Somonni ushlab, qo‘l-oyog‘ini bog‘lab qo‘yishni o‘z sheriklariga topshirdi-da, Jahonning yoniga bordi. Jahon unga qarab:
— Rostdan Vardonning o‘zimisan? — deb so‘radi.
Vardon:
— Ha, menman, sayidam, salomatlik va diydor ko‘rishish sizga muborak bo‘lsin? — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:42:09
Jahon to‘lqinlanib so‘radi:
— «Ko‘rishish», Zirg‘omim, u qaerda?
Vardon:
— U sog‘-salomat, bir necha kundan keyin keladi. Men sizning uning Somurrodagi hovlisiga eltib qo‘yaman, u yetib borguncha o‘sha yerda onasi yonida turasiz.
Jahon «bu tushimmi yo haqiqatmi» deb xayol surdi-da, Vardonning basharasiga yana bir tikilib qaradi va: «Zirg‘omim tirikmi?» dedi. Shu payt Jahon «Zirg‘om o‘lgan» deb xabar yetkazganlardan birinchisi bo‘lmish Somonni esladi. Somon esa otning orqasiga o‘ngarilib qo‘yilgancha yotardi. Jahon unga qaradi. Vardon bilan gaplashib turgan Jahonga qarab Somon: «Menga rahm-shafqat qil», deyotgandek tuyuldi. Lekin Jahon yuzini teskari o‘girdi-da, Vardon bilan apoq-chapoq bo‘lib, shodu xurramlikdan uchib ketay deb turgan Haylonaga qarab: «Vardonni sen ilgari ham tanirmiding?» — deb so‘radi.
— Axir bu o‘z erim bo‘ladi-ku.
— Menga aytgan pop ering shumi?
— Ha, xuddi o‘zi. Uni menga yetkazgan Ollohga shukur. Oshiqingning qarorgohiga yetganingdan g‘oyat mamnunman, muborak bo‘lsin, Jahon! — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:42:25
Vardondan Jahon: «Zirg‘om qaerda?» — deb yana so‘radi.
— Hozir Ammuriyyada, Somurroga jo‘naydigan bo‘lib turishibdi.
Shundan keyin ular ham. Somurro tomon yo‘l olishdi. Vardon o‘zida yo‘q xursand. Yo‘lda ular boshdan kechirgan mojarolarni bir-birlariga hikoya qilib borishardi. Vardon ham Zirg‘omning Mu’tasim oldida qozongan obro‘-martabasini maqtadi, uning nomini xalifa Sohib deb o‘zgartirganini va buning sabablarini Jahonga tushuntirib berdi. Bundan tashqari, u Hammod bilan Yoquta voqealarini va Yoqut Jahonning xuddi o‘ziga o‘xshashligini hikoya qildi.
Ular Somurroga yetgandan keyin Vardon darhol Somonni qamoqxonaga yubordi va uning boshlig‘iga: «Bu ayg‘oqchini qamab qo‘yishni Sohib buyurdi», deb ta’kidladi. Keyin u Jahon kelganini Oftobga xabar qildi. Jahon bilan Oftobning uchrashuvlaridagi holati kishi ko‘z o‘ngiga keltira olmaydi. Oftob Jahonni yonidan siljishga qo‘ymay, bag‘riga tortib, quchoqlab o‘pardi.
Yoquta ham Hammodni ko‘rgach, sevinganidan terisiga sig‘may ketdi. U Hammodning barhayotligidan xabardor edi, lekin Jahonni ko‘rib og‘zi ochilib qoldi. Yoquta bilan Jahonning bir-biridan ajratib bo‘lmaydigan darajada o‘xshashligidan u ko‘zguda o‘z aksini ko‘rayotgandek his qildi. Jahon ham Yoqutani ko‘rib hayratda qoldi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:42:55
    Vardon Somurroda o‘z vazifasini tugatgandan keyin Ammuriyya tomon qaytishga otlandi. Hammod ham u bilan birga yo‘lga chiqdi.
    Somurroda  xalifa saroyidagilarning hammasi Zirg‘omning yo‘lini sabrsizlik bilan kutmoqda.
O‘n yetti kun o‘tgandan keyin «xalifa va uning askarlari sog‘-salomat g‘alaba bilan qaytib kelyapti», degan xushxabar tarqaldi. Somurro shahri bezatildi. Davlat arboblari va askarlar saf tortib ko‘chalarga bayroqlar osildi, kuylar chalindi, butun shahar shod-xurramlikka to‘ldi. Erkagu ayol tomosha qilish uchun yo‘lga chiqdi. Hamma shu marosim bilan band.
    Jahonga esa hech bir narsa ko‘rinmaydi, hech narsa eshitilmaydi. Xalifaning hamrohlari ichida Zirg‘om saroyga kirib kelayotganini ko‘rarmikanman, deb uning ikki ko‘zi saroy darvozasida. Lekin xalifa kirib kelgan vaqtda uning yonida hech kim ko‘rinmadi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:43:16
    Jahon hayajonlanib, ko‘yib-yonib turgan paytda hovlida yo‘tal ovozi eshitildi. Bu ovoz albatta Zirg‘omniki ekanini tushungan Jahonning a’zoyi badanini qaltiroq bosib ketdi. Uni kutib olish uchun oldiga yugurmoqchi bo‘ldi, lekin dag‘-dag‘ qaltirab, ikki oyog‘ini yerga bosa olmadi. Rangi quv o‘chib ketdi, lekin u tahammul qildi, o‘zini bosdi, dovyurakligini esladi-da hovli tomon yura boshladi. Zirg‘om ichkariga kirgandi. U Jahonning shoshilmay, o‘zini yo‘qotmay bemalol yurib kelayotganini ko‘rdi. Uning ko‘zlari minbarda turib kishilarni sajda qilishga da’at qilayotgan yoki muhabbat yo‘lida o‘zini fido qilishga chaqirayotgan voizning holatini eslatardi. Zirg‘om ta’zim qilib, Jahonga salom berdi. U o‘rnidan turib, quchoqlab ko‘rishishni istardi-yu, ammo bunday qilish uyat hisoblangani uchun botinmadi, oyoqqa turib, unga qo‘lini uzatdi. Jahon ham o‘z navbatida Zarg‘omga qo‘l berdi-da, bir olam ma’noli tabassum bilan ko‘z urishtirishdi. Keyin Zirg‘om:
— Farg‘ona kelini, xush kelibsan, necha oy, necha yillardan beri ko‘rishmadik. Mening ham safarim cho‘zilib ketdi. Lekin «oshiqlar yo‘li qisqadir» degan maqol bor,— dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:43:30
Jahon kulib javob berdi:
— Yo‘l noqulay, o‘r-qirlari ko‘p bo‘lgani uchun cho‘zilgandir-da, lekin shakar suvini qancha ko‘p qaynatsang, shuncha shirin bo‘ladi.
— Lekin u shakarning suvi qaynayverganidan qurib qolib kuyib ketarmikan deb qo‘rqqan edim, — dedi.
— Men ko‘z yoshlarim bilan uni ho‘llab turmaganimda, kuyib ketishiga sal qolgandi, — deb ikki ko‘zini ochgandi, unda ikkita durdona paydo bo‘ldi. Shu ko‘zlari bilan bir qaragan edi, Zirg‘omning ko‘ksiga o‘q qadalgandek bo‘ldi. Zirg‘om hushidan ketayozib.
— Shunday yoshlar bo‘la turib, shakarning kuyib qolishidan qo‘rqarmiding? — dedi.
— Lekin qayg‘u yoshi bilan shodlik yoshi orasida osmon bilan yercha farq bor, mayli, xudoga shukur, hammasini ham ko‘rdim.
Hamon o‘z qo‘lida turgan Jahonning qo‘lini siqib, o‘sha yerdagi kursi tomon uni boshladi. Uning ikki ko‘ziga tikilib turib so‘radi;
— Sen hozir Ollohga shukur aytyapsan. Ilgari bo‘lsa, unga emas, Urmuzdga* shukur aytarding. Bu o‘zgarish qachon yuz berdi?
Jahon Zirg‘om bilan birga yurib kelib, butun dunyoni unutgan holda ikkalasi yuzma-yuz o‘tirdi-da, gap bosh-ladi:
— Bir vaqtlar ahvolim o‘zgarib, ko‘nglim boshqa yoqqa ketdi, o‘z shuurimga ega bo‘lolmay qoldim, Zirg‘om nimani istasa, men shunga tayyorman degan qarorga keldim. Seni qiziqtirayotgan bu o‘zgarish o‘sha kundan boshlab yuz bergandi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:43:56
    Umidsizlik vujudimni kurshab olgan kunlarimga achinaman. Akam Somonni, boshqa odamlarni «Zirg‘omdan xabar bilib kelinglar», deb Somurroga yuborganimda, ular «Yo‘q, ekan», hatto ba’zilari: «O‘lgan ekan», deb qaytib kelishgan kundagi umidsizliklarim uchun achinaman. Qancha noxushlik, qancha falokat keltirgan o‘sha kunlar hech kimning boshiga tushmasin! Ammo hozir ularning hammasi unut bo‘ladi — ko‘rmagandekman. Endi dunyoda mendan baxtliroq kishi bo‘lmasa kerak, men Farg‘onada — sizning yoningizda bo‘lgan kunlarimdan ham baxtliroqman. U kunlari men baxtsizlik nimaligini bilmay, ko‘r-ko‘rona baxtli bo‘lgandim. Uchrashuv nimaligini bilmay turib, muhabbat to‘lqini bilan otilib, sizga yaqin bo‘lishdan lazzatlanardim.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:44:42
    Ammo bugun bilsam, baxt-saodatning qadri shu baxt yo‘lida chekilgan azob-uqubatga qarab ziyoda bo‘larkan. Farg‘onada siz bilan birga o‘tkazgan kunlarimda shuni bilgan bo‘lsam, sizga yetishishdan oldin muhabbat yo‘lida bir qancha qiyinchiliklarni boshdan kechirishni o‘zimga lozim ko‘rgan bo‘lardim, albatta, — dedi. Shu gaplarini gapirarkan, unda muhabbat zavqi g‘alaba qilib o‘zini, ayollik izzat-nafsini unutib qo‘ygandi. Uning yuzidagi tarovatga, ko‘zidagi sehrga mahliyo bo‘lib qolgan. Zirg‘om sevgilisining gaplari mag‘zini chaqolmadi. Jahon gapini tugatdi. Ammo Zirg‘om unga quloq solayotgandek, hamon tikilib turardi. Keyin u  o‘zini tutib oldi, xayoli boshqa yoqda bo‘lganidan, gap nima ustida borayotgannii ham unutganidan xijolat bo‘ldi-da:
— Bu judolik vaqtlarida boshingdan o‘tgan voqealarni eshitishga juda qiziqaman. Ularning ba’zisini boshqalardan eshitgan bo‘lsam ham, o‘z og‘zingdan eshitishim uchun boshqa gap edi,— dedi. — Sen ham mening boshimdan nimalar kechganidan xabardor bo‘lishni istasang kerak, albatta. Gaplarimiz ko‘p, bafurja gaplasharmiz. Umrim bo‘yi senga tikilib o‘tirsam ham, tikilishdan to‘ymayman, ey guluzorim, ey obi hayotim! Muhabbat lazzati shu muhabbat yo‘lida chekiladigan azob-uqubatga qarab ziyoda bo‘ladi, deganing to‘g‘ri. Ammo sen bilan mening muhabbatimiz ziyodalikni qabul qilmasa kerak, lekin mashaqqat, azob-uqubat bilan yana ham musaffo bo‘ladi, desang, bu fikringga qo‘shilaman.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:44:57
Jahon o‘rnidan turib:
— To‘g‘ri aytdingiz, ikkimizning visol damlaridan oladigan lazzatimizning nihoyasi yo‘q, — dedi.
— «Onangizni ko‘rdingizmi?» — deb so‘radi Jahon. «Yo‘q, hali u kishini ko‘rganim yo‘q», — javob berdi Zirg‘om.
Jahon:
— Sizga qanday yaxshi, shunaqa mehribon onangiz bor, u kishi sizni bag‘riga bosib, bo‘ylaringizni hidlashni juda ham sog‘inganlar, — dedi.
 Jahon bilan Zirg‘om  hovli tomonga chiqishdi. Hovlida turgan ona ularni sezdi. Zirg‘om yugurib borib, uning qo‘lini o‘pdi, ona ham bag‘riga bosib o‘pdi, peshonasini siladi. Shu yerda tikka turgan Yoqutani ko‘rsatib, Jahon Zirg‘omga:
— Men yo‘qlik vaqtimda Yoquta bilan hamsuhbat bo‘lib tursangiz arzimasmidi? — dedi.
Zirg‘om: — U bilan ba’zan suhbatlashib turdik, ammo ko‘p vaqtlari siqilardim ham. Ikkalangizdagi shu o‘xshashlik seni menga topib berdi. Buni keyin senga gapirib beraman, — dedi. Oshiq-ma’shuq shunday suhbatlar bilan uyda bir necha soatni o‘tkazishdi. Keyin ovqat tayyor bo‘lib, uni yeyishga o‘tirishdi. Shu vaqtda Oftob o‘g‘liga qarab: — Endi to‘yni boshlab yuboradigan vaqting keldi, o‘g‘lim, — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:45:10
Zirg‘om javob berdi:
— To‘g‘ri, oyi, xudo xohlasa ertaga boshlaymiz.
Ular hali ovqatni yeb, dasturxon yig‘ishtirilgani ham yo‘q ediki, saroy g‘ulomlaridan biri kelib, Zirg‘omni xalifa yo‘qlatayotganini aytdi. Zirg‘om o‘rnidan turib, kiyimlarini kiydi-da, chiqib ketdi. U umumiy qabulxonaga yaqinlashganda, darvoza yonida turgan ushrusanalik bir qancha yigitlarni ko‘rib, Afshinning shu yerdaligini payqadi. Ichkariga kirib, majlisning to‘rida, o‘z taxtida o‘tirgan xalifaga, uning yonida kursida o‘tirgan Afshinga ko‘zi tushdi. Vardon bilan Hammod katta xonning bir chekkasida tikka turishardi. U salom bergach, xalifa unga «o‘tir» ishoratini qildi. U o‘zini tushunmaganga solib:
— Oliy hazratlari ruxsat bersalar, bir og‘iz gap gapirsam, — dedi.
Xalifa:
— Mayli, gapir, — dedi.
Zirg‘om Vardonni ko‘rsatib: «Hazrati oliylariga Armanistonning katta poplaridan biri bo‘lgan Vardonni tanitmoqchiman. Bazz, va Ammuriyya muhorabasida askarlarimiz safida yaxshi ish ko‘rsatdi», — dedi.
Xalifa ham, Afshin ham uning gapidan hayron bo‘lib qolishdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:45:28
Xalifa:
— Bu sening xodiming Vardon emasmi? — deya so‘radi. Zirg‘om:
— Uning tag-tugini surishtirmay, xodim deb yurgan edim. Keyin bilsam, ulug‘ kishi ekan. Mening huzurimda bir qancha xizmatlari bo‘ldiki, undan musulmon askarlariga ko‘p manfaat keldi. Hazrati oliylari ruxsat bersalar, u o‘tirsa, — dedi.
— Lekin uni sud majlisiga, seni guvoh tariqasida chaqirtirganman.
— Hazrati oliylariga itoat etib, shohidlik vazifamni ado etaman — dedi-da o‘tirib gapga quloq soldi.
Xalifa:
— Bosh sarkardamiz Afshinning gapicha, Vardon bilan Hammod uning askarlariga taaddi etib, qo‘llaridan ikki asir ayolni tortib olgan emish. «Biz u masalani Somurroga qaytib borganimizdan keyin hal etamiz», degan buyrug‘imizga ular bo‘ysunishmagan.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:45:41
Zirg‘om:
— Shunday qilishgan, hazrati oliylari! Agar bu ishni gunoh deb hisoblasalar, u gunoh mening bo‘ynimda, sababki, uni men tufayli qilishgan, unga men javobgarman. Qanday ish bo‘lgan bo‘lsa ham Hammodni hazrati oliylari afv etgan edilar. U o‘zlarining va’dalariga muyassar bo‘lmoq uchun Somurroga kelgan. Boshqa kishining gunohi tufayli u jazoga mustahiq etilmasa kerak.
Mu’tasim o‘zi unutgan bir narsani xayoliga keltirayotgandek chakkasini qashidi-da:
— To‘g‘ri aytding, Hammod muhtaram va ko‘p yaxshilik qilgan kishi, o‘ziga munosib yaxshilik qaytaramiz. Istasa, hozir qora kursidan turib, chiqib ketishi mumkin, — dedi.
Hammod qulluq qilib, chiqib ketdi. Majlisda Vardon, Zirg‘om va Afshin qoldi. Keyin xalifa Zirg‘omga xitob qildi.
— Sen Vardon xususida o‘ziga munosib gapni aytding, lekin u o‘sha ikki asir ayol to‘g‘risida bizning farmonimizga zid ish qildi. Biz Ammuriyyadalik vaqtimizda bu ikki ayolning ishini Somurroga qaytib borgach, hal qilamiz degan edik. Vardon shu farmonga rioya qilishi kerak edi. O‘sha ikki asir ayol bu yerga keltirilsin!
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:45:59
Zirg‘om:
— U ikki asir ayolning biri mening ma’shuqam bo‘lsa, ikkinchisi buning jufti haloli bo‘ladi. Mening ma’shuqam menga tegishi ustida hazrati oliylarining buyruqlari bo‘lgandi, popning xotini hozir mening hovlimda, janob Afshin uning uchun qayg‘urmasalar ham bo‘ladi, — dedi.
Afshin g‘azabidan ko‘zlarini katta ochib:
— Birinchidan, ikkala ayol ustida ham hazrati oliyning farmonlariga rioya qilinishi, menimcha, zarur edi. Mening ma’shuqam deyayotganing Jahon bo‘lsa, uning ustida alohida gaplashamiz, otasining vasiyatiga muvofiq uning ixtiyori menda.
Shu payt Vardon o‘rnidan turib, gapirishga ruxsat so‘radi-da, xalifaga xitoban:
— Bu kishi Jahonga vasiy bo‘lganligi haqida hazrati oliylariga rasmiy hujjat taqdim etganmi? — deb so‘radi.
Mu’tasim Vardonning gapidan ko‘zi ochilib, Afshinga qaradi: — Vasiyatnoma qaerda?
— U menda, men yolg‘onchimidim?
— Shariat bo‘yicha, hukm chiqarishdan oldin vasiyatnomani ko‘rish talab qilinadi, uni yashirishning sizga nima zarurati bor?
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:46:29
    Afshinning basharasida g‘alati bir holat yuz berib, avval gapni boshqa yoqqa chalg‘itmoqchi bo‘ldi, keyin o‘zini g‘azablangan ko‘rsatib:
— Shunday ishda bosh sarkarda yolg‘onchi bo‘lib, bir qulvachchaning gapi rost bo‘ladigan bo‘lsa, oxirzamon bo‘libdi-da! — dedi.
Vardon:
— Men bu kishining vasiyligini inkor qilmayman, lekin xalifa janoblari Ushrusana podshosi qanday odamligini bilib qo‘yishlari uchun o‘sha vasiyatnomaning aslidan xabardor bo‘lsalar, yaxshi bo‘larmikin, deb o‘ylayman, — dedi.
Afshin fig‘oni falakka chiqib, o‘zini unutib qo‘ygandek:
— Xalifa huzurlarida musulmon askarlarining bosh sarkardasiga shunday muomala qilinadimi? Faraz etaylik, vasiyatnoma yo‘qolgan, o‘g‘irlangan yoki kuyib ketgan bo‘lsin. Shu bilan men aybdoru, yolg‘onchi hisoblanishim kerakmi? Bu odam vasiyligimga o‘z tili bilan iqror bo‘lyapti, bas shunday ekan, vasiyatnomani ko‘rsatishimdan nima foyda?
Vardon sipolik bilan dedi:
— Janob sarkarda, jahlingiz chiqmasin, biz xalifa huzurlarida sud majlisida o‘tiribmiz. Sud sizdan shu vasiyatnomani o‘qib berishingizni talab qiladi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:47:08
Afshinning qattiqroq jahli chiqdi:
— Vasiyatnoma yo‘qolgan, uning iborati yodimda yo‘q.
Vardon:
— Iborati mening yodimda, agar hazrati oliylari ruxsat bersalar, huzurlarida uning iboratidan ba’zisini o‘qib, bersam, — dedi.
Xalifa:
— Mayli, esingda borini aytib ber, — dedi.
Vardon:
— Vasiyatnoma xudo nomi bilan emas, zardushtlar xudo deb e’tiqod qiladigan «Urmuzd» nomi bilan boshlanib, unga shariat qozisi o‘rnida majusiylar kohini guvoh bo‘lgan. Shunday emasmi, islom askarlarining sarkardasi! Mana shuning o‘zi bu zotning kimliklarini bilib olish uchun hazrat oliylariga yetarli dalil bo‘lsa kerak.
Afshin yana g‘azablandi. Vardon uni tahqirlamoqchi va sharmandasini chiqarmoqchi bo‘layotganini payqadi. U bilan nojo‘ya o‘chakishgani uchun achindi-yu, lekin o‘zini bardam tutib, dedi:
— Xo‘sh, bunda ta’na qilishga arziydigan nima bor? Vasiyat qilgan kishi o‘zi zardusht dinida bo‘lgani uchun o‘z dini va mamlakatining urf-odati bo‘yicha yozgan. Gapingga qaraganda, meni zardushtlikka nisbat bermoqchisan. Bu sening haddan tashqari yuzsizliging!
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:47:25
Vardon Afshinga murojaat qildi:
— Hazrat oliylari ruxsat bersalar, men bilgan gapimni aytib bersam.
Xalifa:
— Sen o‘zingni himoya qilyapsan, bunga yordam beradigan har qanday gapni aytishga haqlisan, — dedi.
Vardon Afshinga murojaat qildi:
— Men sizni zardushtlikka nisbat beribgina qolmay, zardushtiysiz, hozirgacha Urmuzdga topinib yurasiz, deb barala ayta olaman. Bundan tashqari, islomni himoya qilaman degan niqob ostida mol-mulk jamg‘arishni o‘zingizga asosiy kasb qilib olgansiz. Qo‘lingizdan kelsa, musulmonlar davlatini chilparchin qilishga urinasiz. Mana, Farg‘onadagi otashxona bu gapimning dalilidir.
Vardon shunday degandan keyin Afshin masala chuqurlishib ketayotganini ko‘rib, bu yig‘inning o‘zida uning hal bo‘lmasligini payqadi-da, keyinga qoldirmoqchi bo‘lib, dedi:
— Sening gaplaring hozirgi yig‘inimiz mavzuidan chiqib ketdi. Biz hozir ikki asir ayolning yashirin ravishda olib ketilganligi masalasini qarayapmiz.
Gapga Zirg‘om aralashdi:
— Bu masalada men aybdorman, deb hazrati oliylariga aytdim, chunki ularning bittasi mening ma’shuqam, u hozir o‘z hovlimda...
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:47:49
Xalifa gapini bo‘ldi:
— Uni jufti halollikka olishingga biz e’tiroz bildirayotganimiz yo‘q, bildirmay, olib qochib ketgani uchun Vardonni ayblayapmiz.
Vardon javob berdi:
— Afshin janoblari «lozim bo‘lib qolgan taqdirda musulmonlar davlatini ag‘darishda darkor bo‘lar» deb har yili ularning qanchadan-qancha mol-dunyosini o‘z mamlakatlari Ushrusanaga yuborib turadilar. Jahonni ham «olib borib o‘sha mollarga qo‘shib qo‘yilsin» deb farmon berganlarini bilib, uni olib qochdim.
    Xalifa Afshinga o‘girildi. Uning ko‘ksida selkillab turgan soqoli va qaltirab turgan muzdek qo‘l-oyoqlariga qaradi-da:
— Bu ayblar juda katta ekan, ularni rad qila olmaydiganga o‘xshaysiz, — dedi.
Afshin o‘zini oqlamoqchi bo‘ldi:
— Bu gaplarning hammasi yolg‘on. O‘tirishning davomini ertaga qoldirsak! Shunda uning sarasi sarakka, puchagi puchakka ajraladi.
Vardon rozi bo‘ldi:
— Mayli, majlisni xoh ertaga, xoh undan keyinga qoldirilsa ham zarari yo‘q, lekin aybdorning Somurrodan ketmay turishiga sud oldida kim kafil bo‘la oladi?
Xalifa:
— Bu kishi shu yerda — saroyda turadi, — dedi-da, soqchilar boshlig‘iga «buning qurol-yarog‘ini va kiyimlarini yechintirib ol, qochib ketmasi, poylab tur», — deb buyurdi. Afshin pushaymon yeb o‘rnidan turdi-yu, lekin hamon karamdimog‘lik va zarda bilan xalifa oldidan chiqdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:48:13
    Afshindan keyin xalifa Vardonni ham chiqarib, yuborib, Zirg‘omni olib qoldi. Keyin xalifa bir xo‘rsindi-da, zirg‘omga qarab: — Badbaxt zardushtlar! Davlatimizga sherik bo‘ladi-yu, yo‘limizga g‘ov soladi. Olloh bizga ularning qilichidan foydalanishga, makrlarini esa o‘zlariga qaytarishga yordam berdi. Xo‘sh, Sohib, bu ishda qanday fikr berasan? — deb so‘radi.
Zirg‘om javob qildi:
— Ularning ko‘nglidagi buzuqlik hazrati oliylariga ma’lum. Ularning o‘zidan ham, makrlaridan ham ko‘p zamonlardan buyon nolib yurgandilar.
Xalifa gapida davom etdi:
— Do‘sting Vardonning gaplari bizga sir emasdi. Chunki Xurosondagi omilimizdan maktub olib turamiz. Bu maktublarda u Afshinning o‘z mamlakatiga juda ko‘p mol-dunyo yuborib turishi haqida shikoyat yozardi. Ammo biz sabr qilib kelardik.
    Ko‘p odamlar uni zardushtligi hamda Tabariston podshosi Moziyor va Bobak bilan bizga qarshi muhoraba qilishga ittifoq tuzganligi haqida maktub yo‘llardi. Bundan qozi Ahmad va vazirlarimiz Muhammad bin Abdulmalik Zayyot va boshqalar xabardor. Bizga xiyonat qilishda Afshin bilan ittifoqlashgan Tabariston podshosi Moziyorni, Sug‘d podshosi Marzubonni, bir zardusht ruhoniyni va Ushrusanada masjid bino qilgani uchun Afshinning qiynoviga uchragan ikki musulmonni olib kelishga kishi yuborganmiz. Men yaqinda majlis chaqiraman. Unga o‘sha kishilar qatnashadi. Barcha maxfiy sirlarni shu majlisda ochib tashlaymiz va aybdorlarni o‘z aybiga yarasha jazolaymiz.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:48:35
    Tez orada Mu’tasim majlis chaqirdi, unda o‘sha kishilar qatnashdi. Unga Zirg‘om bilan Vardon ham da’vat etildi. Hamma yig‘ilgach, Afshin qamoqxonasidan chiqarilib majlisga olib kelindi. Vazir Abdulmalik soqchilik vazifasini olib bordi. Kaltak yegan va badanida eti qolmagan ikki kishi keltirilib, orqalari ochildi va xalifa Afshinga qarab:
— Bularni taniysizmi? — deb so‘radi.
Afshin javob qildi:
— Ha, taniyman, bu kishi so‘fi, bunisi imom. Bular Ushrusanada masjid qurgani uchun har birini ming qamchi urganman. Chunki Sug‘d podshosi bilan oramizda har bir millatni o‘z dinida qoldirish, unga daxl qilmaslik to‘g‘risida shartnoma bor. Bu ikkalasi Ushrusanadagi bir otashxonaga taaddi qilib, ichidagilarni chiqarib tashlab, o‘rniga masjid bino qilishgan. Shuning uchun bularni o‘rgan-   man.
Qoralovchi savol berdi:
— Sizda oltin, javohirlar bilan bezalgan bir kitob bor, ichida kufr so‘zlari ham yozilgan. Shu kitobni qaerdan olgansiz?
Afshin:
— U kitob menga otamdan qolgan, unda ajamlar* adabiyoti kufrlari ham bor. Men undan adablarini olib, kufrlarini tashlayman. U shunday ziynatlangan ekan, o‘z holicha qoldirdim. Menimcha, bu islomdan chiqaradigan bir ish bo‘lmasa kerak, deb o‘ylayman.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:48:56
Keyin guvohlardan yuqoridagi ruhoniy turdi:
— Bu kishi bo‘g‘ib o‘ldirilgan hayvon va qushlarning etini ham yeydilar va ular bo‘g‘izlangandan shirinroq bo‘ladi deb meni ham yeyishga majbur qiladilar. Bir kuni menga «Musulmonlarni yomon ko‘rsam ham, hamma ishlariga kirishdim, hatto zaytun yog‘ini yedim, tuya mindim, kavush kiydim, lekin shu paytgacha xatna qilinmaganimni yashirib kelaman», degan edilar, — deb guvohlik berdi. Afshin turib:
— Bu ishonchsiz odam, gapiga ishonib bo‘lmaydi, — deb e’tiroz bildirgan edi, qoralovchi Afshinning gapini rad qildi. Keyin qoralovchi Afshinga qarab: — Mamlakatingizdagi kishilar sizga xat yozganda nomingizni qaysi so‘zlarni qo‘shib ulug‘lashadi? — deb bergan savoliga Afshin: «Aytmayman», deb javob qildi.
— Ular sizni xudolarning xudosi deb yozishlari aniqmi?
— Ha, shunday deb yozishadi.
— Musulmonlar bunday demaydi. Endi fir’avndan qaeringiz kam?
— Ular otamga ham, bobomga ham shu ibora bilan xat yozishga o‘rganishgan. Islomga kirishimdan avval o‘zimga ham shunday yozib kelishgan. Men o‘zimni ota-bobolarimdan past olib «menga bunday deb yozmanglar» deb aytishni munosib ko‘rmadim. Basharti shunday deganimda, ular meni mensimay qolishlari mumkin edi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:52:03
Keyin Moziyor o‘rnidan turdi. Qoralovchi Afshinga qarab so‘radi.
— Bu kishi bilan xat yozishganmisiz?
— Yo‘q.
Moziyor gap boshladi:
— Bu kishining nomidan ukasi mening ukamga xat yozgan. Xat mazmuni bunday: Bu dinga Bobakdan bo‘lak hech kim yordam bermadi. Lekin Bobak o‘zini-o‘zi o‘limga tashladi. Men uni o‘limdan qutqazish uchun ko‘p harakat qildimu, lekin bo‘lmadi. Agar sen qarshilik qilsang, seni o‘zim o‘limga tashlayman. Qo‘limda bahodirlar va yordam beradigan kishilarim to‘lib yotibdi. Senga qarshi askar yo‘llasam, biz bilan urushadigan uch toifa — arablar, mag‘ribliklar va turklar qoladi. Arablar it qatori bir xalq, oldiga bir burda non tashlab qo‘yib, boshiga uraveraman. Mag‘ribliklar kallaxo‘r. Ammo turklar bo‘lsa, ularning ishi bir soatlik. O‘qlari tamom bo‘lgach, tepalariga ot bilan hujum qilamizu, hammasini yer bilan yakson qilamiz. Keyin bizning zardushtlik dinimiz ajamlar vaqtidagidek rivojga minib ketadi.
Afshin:
— Guvohning o‘zi bu xatni ukam yozganini aytyapti. Mening bu ishda nima aybim bor? — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:52:22
Vardon o‘rnidan turdi:
— Xatni yozgan ukam, menda nima ayb bor deyapsiz. Xo‘sh, Farg‘onadagi otashxonada sizni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan kishining gapiga nima deysiz? Shu Moziyor va Bobak yuborgan vakillar bilan otashxonada yonma-yon o‘tirishib, musulmon davlatini barbod qilishga ittifoq tuzgansiz. Shu ishni amalga oshirish uchun yetarli mol-davlat to‘plab berishni siz ustingizga olgansiz.
Afshin teskari qaradi:
— Bu menga da’vogar, o‘z da’vosini quvvatlash uchun yolg‘on gapiryapti.
Vardon bo‘sh kelmadi:
— Vasiyatnomaga shohid bo‘lgan ruhoniyning o‘zini olib kelsamu, u ham mening shu gapimni tasdiqlasa, bunga nima deysiz?
Xalifa:
— U ruhoniyni o‘zimiz oldirib kelamiz, — dedi.
Vardon: — Hazrati oliylari hozir Afshinning Somurrodagi uyiga bir kishi yuborsalar, zardushtlarning suratlaridan albatta bittasini topib keladi, — deb iltimos qildi.
Qoralovchi:
— Uni biz kecha oldirib keldik, — dedi-da, bir g‘ulomga buyurib o‘sha suratni keltirib ko‘rsatdi: yog‘ochdan ishlangan haykal ustida ko‘p qimmatli toshlar bor. Haykalning qulog‘ida bir-birining ichiga kirgizilgan ikki tosh bo‘lib, ularning ustki tomoniga oltin quyilgan edi. Bundan tashqari bir necha but va zardushtlarning bitta kitobi ham bor edi. Ularni ko‘rib Afshin hang-mang bo‘ldi-yu, tiliga muhr bosildi. Shundan keyin xalifa uni qamoqxonaga qaytarib: «O‘lgunicha ovqat va suv berilmasin» deb buyurdi. Afshin 226 yil, melodiy 840—841 yillarda o‘ldi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:52:54
    Bir necha kundan keyin Zirg‘om xalifa oldiga kirib, Afshinning Jahonga vasiylik da’vosini tag-tugi bilan tushuntirib berdi. Xalifa esa uning vasiyligini bekor qilib, otasidan qolgan mollarni Jahonning o‘z qo‘liga olib berilishini buyurdi va Farg‘onaga kishi yuborib, u yerdagi «Korshonshoh» degan otashxonani buzdirdi. Hammod bilan Vardonni o‘z a’yonlari qatoriga qo‘shdi, Zirg‘omni xalifa saroyidagi ikki qasrga joylashtirishni buyurdi. Xalifa Jahon bilan Zirg‘omning to‘yini o‘tkazishga amr qilib, hammalariga katta-katta in’omlar berdi.

_______________
* U r m u z d — zardushtiylar e’tiqodicha, ezgulik xudosi boshqa, yovuzlik xudosi boshqa. Urmuzd esa ezgulik xudosidir.
* A j a m — arab bo‘lmagan millatlar.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:53:54
    ZIRG‘OMNING NASL-NASABI

    Somon hibsxonada bir qancha vaqt qolib ketdi. U Vardondan bo‘lak hech kimning esiga ham kelgani yo‘q, Vardon vaqt-vaqti bilan uni masxaralash va o‘ch olish uchun oldiga borib turardi. Zirg‘om esa band. Afshinning ishidan xotirjam bo‘lganidan keyin Zirg‘om rahm qilib, Somonni ozod qildirib yubormoqchi bo‘ldi. Vardon unga e’tiroz bildirdi:
— Uni bo‘shatsang, o‘rniga go‘yo meni qamagan bo‘lasan. Men undan bir qancha narsalarni so‘rab, o‘z og‘zidan javob eshitishga qiziqaman, chunki u hech bir inson qilmaydigan ishlarni qilgan.
Zirg‘om:
— Bo‘lmasa, bu haqda Jahonning fikrini olaylik, — dedi.
Vardon:
— Yaxshi bo‘ladi, — deb javob qildi.
Zirg‘om  Jahonga maslahat solgan edi, u «bilmadim, uning xususida mendan so‘ramay qo‘ya qolganingiz yaxshi edi, mutlaqo unutib yuborishni istardim», degan javobni berdi.
Zirg‘om har qalay uning fikrini bilish uchun:
— U hozir qamoqda, uni nima qilsak ekan? — dedi.
 Jahon bir oz sukutdan so‘ng:
— Uni bo‘shatishingni istardim, lekin menga hanuz qorong‘i bo‘lib kelayotgan bir sirni juda ham bilib olgim kelyapti — otamning undan xafa bo‘lganligi sababini, — dedi.
Shu payt Zirg‘om ko‘p vaqtdan buyon bilishga orzumand bo‘lib yurgan boshqa bir sirni esladi: bu — o‘zining nasabi masalasi edi. Somondan sirni bilib olgach, o‘z nasabi ustida onasidan uzil-kesil so‘rashni diliga tugdi.
    Zirg‘om qamoqxonadan Somonni  uyiga oldirib kelib, mehmon qilmoqchi bo‘ldi, unda o‘zi, onasi, Jahon, Yoquta, Hammod, Vardon va Haylona ishtirok etdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:54:18
     Somon yomg‘irda qolgan mushukdek shumshayib kirib keldi-da, jazolanishdan qo‘rqayotgan gunohkordek tikka turdi. O‘z qilmishlarini o‘ylab, rang-ro‘yidan ajragani yetmagandek, aft-basharasi ham tirnalgan, kiyim-boshlari yirtilib, ozib-to‘zib ketgan edi. Hovli o‘rtasiga kelib to‘xtagach, bo‘ynini egib, o‘tirganlarga ko‘zini javdiratib qaradi. U Yoqutani ko‘rdi-yu, ahvoli o‘zgarib, bir xil bo‘lib ketdi. Keyin  Jahonga ko‘zi tushdi-da, xo‘rligi kelib, yig‘lab yuborguday bo‘ldi. Jahon Somonni shunday ayanchli holatda ko‘rib, o‘ziga qancha jabru jafolar qilganiga qaramay, rahmi keldi — yig‘lab yubordi. O‘tirganlarning hammasi unga achindi. Ammo Vardonning ko‘ngli mutlaqo yumshamadi. O‘tirganlar ruxsati bilan birinchi bo‘lib Vardon so‘zladi:
— Somon! Qo‘rqma, bironta gunohing uchun seni sud qilishga chaqirganimiz yo‘q, o‘zing bo‘laringcha bo‘psan. Sud qilganimiz bilan ham aybingga loyiq jazo topa olmaymiz, odamlarga munosabatda sening qarorsizliging qiziqtiradi. Bir qarasak, seni otang merosidan mahrum qilgani uchun Afshindan xafa bo‘lib, unga qarshi Sohibdan yordam izlayapsan, keyin birdan Sohibga  qarshi bo‘lib qolib, Afshindan madad so‘rayapsan. Yana sal fursat o‘tmay, Afshin bilan teskari bo‘lib qolasan-da, yordam so‘rab Sohibga murojaat qilasan. Xullas, sening kimga do‘st, kimga dushmanligingni hech kim bilmaydi. Eng katta jumboq — axloq tomondan ham, husn-aqldan ham farishtalarga o‘xshagan shu singlingga xiyonat qilganing. U birovning xasmi bo‘lsa, o‘z sevgilisi yashayotgan yerga qochib ketishda senga ishonsa, akam deb suyansa-yu, sen shunga qaramay, dunyodagi eng buzuq kishiga uni ro‘baro‘ qilgansan. Singlingning xiyonatkorona qo‘lga tushurilib, buzuqlik sardori bo‘lgan o‘sha la’natiga majburan eltib berilishiga rozi bo‘lgansan. Uni Somurroga olib borganingda, u la’natidan oladigan mukofotdan ko‘ra yaxshiroq mukofotga ega bo‘lgan bo‘larding-ku axir. Baribir Bobakdan mukofot emas, sharmandalik, rasvolik topding, unga avval yordam berib, keyin xiyonat qilding, istehkomlarining sirini dushmanlariga ochib berding. Singlingga va uning sevgilisiga yoqmaydigan ishlarda Afshin bilan til biriktirding. Odamlar orasida ko‘p yomonlarini ko‘rdim, ular o‘zlariga ham, boshqalarga ham ayon bo‘lgan bir maqsad yo‘lida senikidan badtarroq ishlarni qiladilar. Ammo senda ma’lum bir maqsad borligini bilmadim.

Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:56:02
    Somon yolg‘ondan boshini yerga solib, Vardonning gapini tinglardi. Ko‘zi g‘ilay bo‘lgani uchun qarab turgani aniq bilinmasa ham, Yoqutadan ko‘zini uzmasdi. Vardon so‘zini tamomlaganidan keyin Somon unga qarab, qo‘rqa-pisa gapirdi:
— Men qilgan ishlarimning sababini o‘zim bilmaymanu, senga qanday aytib beray. Men shunday yomonliklar qildimki, uni bilganlar bildi, bilmaganlar yo‘q. Ularning yoki loaqal ulardan bittasining sababini so‘rasalar, javob ayta olmay qolaman. Mening bilganim shuki, avval bir yomonlikni qilaman, keyin uni tuzataman deb undan badtarrog‘iga yuguraman. Xullas, ishlarimning hammasi boshdan-oyoq zanjirdek bir-biriga ulangan gunohlardan iborat. Birinchi gunohimni ko‘rib, undan andoza olaver, — dedi-da, rangi o‘zgarib, zo‘rg‘a tupugini yutib, o‘zini u yoq-bu yoqqa tashladi.
Vardon to‘satdan:
— O‘sha birinchi gunohing nima? — deb so‘rab qoldi.
Somonning kuzlari pir-pir uchib Yoqutaga qaragancha anqayib qoldi-da, keyin ko‘zidagi harakat boshqa a’zolariga ham o‘tdi. Hatto ikki tizzasi bir-biriga chalishib, yiqilib ketayozdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:56:45
Undagi bu o‘zgarishni ko‘rgan Zirg‘om:
— Somon, bo‘lmasa, bemalol o‘tirib gapira qol, — dedi. Boshqa o‘tirganlar ham uning ahvoli o‘zgarib. Yoqutaga qattiq tikilib qolganidan hayron bo‘lishdi. Yoquta o‘zi ham uyalib, xijolat tortdi va unga teskari qarab o‘tirdi.
    Zirg‘omning gapi bilan Somon cho‘kkalab o‘tirdi-da, ikkala kafti orasiga boshini qo‘yib, o‘kirib yig‘lab yubordi. U entika-entika yig‘ladi. O‘tirganlar, bu yolg‘ondan yig‘layapti, shaytonlik qilyapti degandek bir-biriga qarab qo‘yishdi. Keyin u yig‘isini to‘xtatib, birdan irg‘ib turdi-da. Yoqutaning oyog‘iga yiqilib, yana yig‘i boshladi. Odamlar xususan, Hammod hayron bo‘lib, o‘z xotinidan uni nariroqqa itarib tashlamoqchi bo‘lib, oldiga bordi:
— Somon! Senga nima bo‘ldi? Kishilar sendan avval boshlab qilgan gunohingni so‘rashyapti, nega javob bermaysan?
     Somon Yoqutani ko‘rsatib, baland ovoz bilan: «Dastlabki gunohim shu yerda, xuddi mana shuning ustida», — deb yana yig‘lab yubordi. O‘tirganlar yana hayron bo‘lishda va uni aqldan ozibdi, deb o‘ylashdi. Jahon ham shunday xayolga borib:
— Gapirsangiz-chi, axir sizga nima bo‘ldi? Nega Yoqutaga yopishib oldingiz? Sizning nimaligingizga hech kim tushuna olmayapti, — dedi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:57:31
— Birinchi yanglishganimning o‘zi shu Yoquta. Buning asli ismi Yoquta emas, Shahrizod, — dedi.
Somonning bu gapini eshitgan Zirg‘omning onasi Oftob:
— Shahrizod?! To‘g‘ri, xuddi Shahrizodning o‘zi, — deb baqirdi va yonida o‘tirgan Yoqutani bag‘riga bosib: — Senga qo‘limni birinchi tegizganimdanoq isingdan sezgan edim, — dedi. Keyin Jahonni chaqirib: «Jahon! Azizim, Shahrizodni tanimaysanmi?» — deya savol qildi.
Jahon hayron bo‘lib, bir oz o‘ylanib turdi-da:
— Bunaqa ismli qizni bilmayman, faqat men tug‘ilmasimdan burun go‘dakligida o‘lib ketgan Shahrizod degan opam bo‘lganini eshitganman, — dedi.
Oftob:
— Sening opang xuddi shuning o‘zi, u o‘lgan emas, yo‘qolgandi. Voqea noma’lum bo‘lgani uchun uni o‘ldi deb ovoza qilishgan. Bu sirni men, dadang va shu Somondan bo‘lak hech kim bilmasdi. Uning yo‘qolishi shu Somonning qo‘li bilan bo‘lgan.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:58:07
     Bu endi atak-chechak qila boshlagan paytida Somon bog‘ tomonga olib chiqqan-da, saldan keyin o‘zi yig‘lab qaytib kelgan. «Shahrizod qani», deb dadang so‘raganda, u: «Yilqichilarning otidan bittasi kelib, uni olib qochib ketdi», — deb javob qilgan. Otang Somonning gapiga ishonmadi. Unga har qancha do‘q-po‘pisa urib qo‘rqitsa ham, bu o‘sha gapini ma’qullab turaverdi. Shundan keyin uni yomon ko‘rib qolgan va noiloj Shahrizodni «o‘ldi», deb ovoza qildirishgan, — dedi.
     Oftob shu voqeani so‘zlarkan, hamma miq etmay jim o‘tirardi. U gapini tugatgach, Jahon Yoqutaga yopishib, bag‘riga tortdi-da, hadeb o‘pa boshladi. Yoqutaning sevinchi hammanikidan ham oshib tushdi, chunki shu vaqtgacha o‘zini cho‘ri deb yurgan qiz hokimning qizi bo‘lib chiqdi. U ham singlisini quchoqlab o‘pdi. Bu tasodifdan hayratda: «Opa-singil o‘rtasidagi bu o‘xshashlik bejiz emas ekan-da», deyishar va bir-biridan bu o‘ngimizmi, tushimizmi deb so‘rashardi.
Jahon so‘radi:
— Somon aka, ochig‘ini ayting, Shahrizodni qanday qilib sizdan olib ketishgan?
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:59:03
    Somon ko‘z yoshini artib turib: — Men o‘n yoshlarda, bu opang esa to‘rt yoshdalik vaqtimizda ancha esimni tanib qolgan bola edim. Dadam bilan oyim buni juda sevib erkalatishar, menga esa unday qilishmasdi. Mening rashkim kelib, singlimni yomon ko‘radigan bo‘lib qoldim. Otamdan pul so‘raganimda menga bermasdan, bunga pulni ham, boshqa narsalarni ham beraverganlari menga qattiq alam qildi. Bir kun odamlar ko‘chalarda yurib kichkina bolalarni sotib olisharmish deb eshitib qoldim-da, singlimning murabbiyasi ko‘zini shamg‘alat qilib, uni bog‘cha tomonga aldab olib chiqdimda, o‘shalarga ikki oltinga sotdim. Ular buni olib ketishdi, men esa uyga qaytib kelaverdim. Shahrizod qani deb so‘rashganda, bilmayman, ot olib qochib ketdi, deb javob qildim. Dadam ishonmadilar. Keyin uni men sotib yuborganimni eshitib, ko‘p qidirtirdilar, baribir foyda chiqmadi. Shundan keyin otam meni yomon ko‘rib, endi senga hech narsa bermayman deb ta’kidlab qo‘ydilar. Shundan buyon hamma menga dushmanu, hamma xatti-harakatlar mendan o‘ch olish, menga zarar yetkazish uchun qilinayotgandek tuyulib, qaysi yo‘l bilan bo‘lsa ham mablag‘ to‘plab, ulardan o‘zimni himoya qilishim kerak, degan fikrga o‘tib oldim. Shu yo‘lda birinchi qilgan harakatim otam betob bo‘lib yotgan chog‘larida vasiyatnoma yozdirishlarini to‘xtatish bo‘ldi, lekin uni eplay olmadim. Bunday uddaburoligimni tuzataman, deb undan battarroq falokatga uchradim. Xullas, nima ish qilmayin, hammasi men xohlaganning  teskarisi bo‘lib chiqaverdi. Mana, bir necha kundan beri qamoqda yotib, endi ko‘zim ochildi — haqiqatni angladim,— dedi-da, qattiq bir oh tortdi. Rangi badtarroq o‘chib, butun a’zoyi badani qaltirab: — Boshimdan o‘tgan hamma sirlarimni ochiq aytib berganimdan keyin menga rahm-shafqat qilmoqchi ham bo‘lib qolarsizlar, yo‘q, men sizdan gunohlarimni kechirishlaringizni  so‘ramayman, chunki butun hayotni rasvolik, buzuqlik bilan o‘tkazgan mendek odamning jazosi o‘limdir, — dedi-da, yonidan xanjarini olib ko‘kragiga bir sanchdi-yu, qora qoniga belanib, yerga yiqildi. Hamma yoq shovqin-suron bo‘lib ketdi, ayollar bu qo‘rqinch manzaradan chetga qochishdi. Somon oldingi qilmishlariga astoydil tavba qilganiga qat’iy ishonganlari uchun, uning o‘lib ketganiga achinishdi, ko‘mish marosimi tashkil etishdi. Uning o‘limi hammadan ko‘ra ko‘proq Jahonga qattiq ta’sir qildi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 17:59:25
     «Jahon bilan Yoquta ikkalasi opa-singil ekan», — degan gap hammaning og‘ziga tushdi — tillarda afsona bo‘ldi. Ikkalasi otadan qolgan merosni bo‘lashib oldi. Hammod bilan Zirg‘om xalifa qoshida katta obro‘ga ega bo‘lib bir-biriga boja bo‘lishdi va istagan maqsadlariga erishishdi. Lekin Zirg‘om o‘ylagan bir narsa hamon yechilmay, ko‘nglining bir chekkasini xira qilib turardi. Zirg‘om o‘shani bilishni istab, bir kun onasi yoniga o‘tirdi-da:
— Mening haqiqiy nasl-nasabimni aytib beradigan vaqt hali ham kelmadimi? Xudoning menga qilgan shuncha marhamatlarini ko‘rib turib, uni aytib bera qolmay, yana nimani kutib turibsiz? — dedi.
Oftob keyinga siltashga urindi:
— Men hech narsani kutayotganim yo‘q. Lekin sen hali o‘zingga munosib o‘ringa erishganing yo‘q.
— Ya’ni otam mendan ko‘ra ulug‘roq, martabalari balandroq kishi edi, demoqchimisiz?
— Ha, albatta.
— Unday bo‘lsa, u kishi bosh sarkarda yoki vazir bo‘lgan ekanlar-da? Shunday bo‘lsa, u kishining ishlari odamlardan maxfiy qolmasligi kerak edi-ku.
— Dadang sen aytayotgan shaxslardan ham yuqori edi.
Zirg‘om hayron bo‘lib: — Bo‘lmasa, Payg‘ambar yoki hazrati Ali avlodidan ekanlar-da, — dedi.
— Ularning a’yonlaridan.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 18:00:00
    Zirg‘om boshini yerga egib, onasi kimni aytmoqchi bo‘layotganini o‘ylab qoldi. Endi otasining xalifa bo‘lganiga shubhasi qolmadi. «Demak, otam xalifa bo‘lgan ekanlar-da»,— deb so‘rmoqchi bo‘ldi-yu, lekin uyalib so‘ramadi va indamay turib qoldi. Onasi esa hamon uning so‘rashini kutardi. Zirg‘om so‘ramay jim turavergandan keyin, Oftob:
— Savolingni nega oxiriga yetkazmayotibsan? — dedi.
— Ko‘nglimdagini aytishdan uyalyapman.
— Uyalma, xalifamidilar demoqchi bo‘lsang, to‘g‘ri topgan bo‘lasan. Dadang xuddi xalifa edilar.
Zirg‘om hayajon ichida:
— Otam xalifa? U nima deganingiz? Mu’tasim yoshda menga yaqin, u otam bo‘lishi albatta mumkin emas. Ma’mun ham, Amin ham menga ota bo‘lganligi amri mahol, — dedi.
— Ular sening aka-ukalaring bo‘ladi.
Zirg‘om yana hayron bo‘ldi:
— Demak, meni Horun ar-Rashidning o‘g‘li bo‘lamanmi?
— Ha, o‘g‘lim, xuddi shunday, uzoq yillar o‘tgandan keyin bu haqiqatni birinchi marta gapirishim.
— Dunyoda buni biladigan sizdan boshqa odam ham bormi?
— Yo‘q.
— Bu sirni shuncha vaqtdan buyon bekitib yurishning ma’nisi nima?  Odamlar xalifalarning o‘ziga emas, hatto ularning dumlariga mansub bo‘lsa qancha maqtanishadi-ku?
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 18:00:22
— Buning bir sababi bor, aytib bersam, to‘g‘ri ekan, deb aqling ishonadi. Men Bag‘dodda Horun ar-Rashid saroyidagi cho‘rilardan bittasi edim. U meni yaxshi ko‘rardi. Bir kechasi u singlisi Abbosani, uning eri Ja’far Barmakiyni va o‘g‘illari Husayn va Hasaynlarni yo‘q qildi. Buni g‘oyat sir tutganidan, uni ijro qilishda foydalangan hamma odamlarni ham o‘ldirib yubordi. Qasrdagilarning hammasi bo‘layotgan voqeani olisdan ko‘rib turgan bo‘lsa ham, birortasi o‘z xonasidan chiqishga botina olmadi. Ammo men o‘sha vaqtda yosh bo‘lganim uchun uni ko‘rish va eshitishni o‘zimga ma’qulladim-da, bir yerga borib biqinib turib, Horun ar-Rashid o‘z singlisi va boshqalar to‘g‘risida ayoli Zubayda bilan gaplashganini eshitdim. Shu biqingan joyimda meni ham hech kim ko‘rmaydi deb o‘ylagandim. Qarasam, Zubayda Horunga xitob qilib: «Cho‘rilaringiz gapimizni eshitayotgan ekan», — deb meni ko‘rsatib berdi. Shunda men endi albatta qatl qilinaman, deb o‘zimni o‘limga hukm qilib qo‘ydim, yuragim qinidan chiqib, dag‘-dag‘ titraganimdan oyoqqa tura olmay qolmadim. Horun jahl bilan Masrurni chaqirib: «Kim u, hozir bu yerga olib kel!» deb buyurdi. Menga ko‘zi tushgach, Horun achindi, chunki ayg‘oqchilarga xos ish qilganim uchun u albatta meni o‘ldirishi kerak. U har qancha qattiqqo‘l kishi bo‘lsa ham, kishi bo‘lsa ham, ko‘z yoshimni ko‘rib bo‘shashdi. Bir nafas yerga qarab turdi-da, — Habiba, o‘zingni-o‘zing o‘limga tashlading-da, — dedi. Horun meni Habiba deb atar edi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 18:00:45
    Men uning oyog‘i ostiga tashlandim, yig‘ladim, hatto ko‘z yoshim uning oyoqlarini ho‘l qilib yubordi. Shu vaqtda men  senga senga homilador edim. «Yoshligimga, qornimdagi bolangizga rahmingiz kelsin, shafqat qiling», deb yalindim, yolvordim.
    Horun ozgina jim turdi, so‘ng o‘z shaxtidan qaytib: «Mayli, bir qoshiq qoningdan kechdim, lekin bundan keyin seni ko‘rishga va nomingni eshitishga toqatim yo‘q», — dedi-da, Masrurni chaqirib: «Hozir buning zod-rohilasini tayyorlab, o‘zi istagan yurtiga jo‘natib yubor», — deb farmon berdi. Men, «Farg‘onaga boraman», dedim, chunki avvaldan u yer menga tanish edi.
    Horun meni yonidan chiqarib yubordi. Shu qop-qorong‘i kechada Masrur bilan Bag‘doddan tashqariga chiqdim. U bir necha yilga yetadigan mol-holni tuyamga yuklab berdi-da, xayrlashib, o‘zi qaytib ketdi. Yo‘lda ko‘p yurdim, orada seni tug‘ib ham oldim. Oxiri Farg‘onaga eson-omon yetib kelib, hokim va uning oilalari bilan tanishdim. Ko‘p odamlar menga sovchi yuborishdi, erga tegishni xohlamay seni tarbiyat qilish bilan mashg‘ul bo‘ldim. Ammo sirimni hech kimga boy bermadim, uni hammadan pinhon saqladim. Sen katta bo‘lib aql-hushingni taniganingdan keyin «Bag‘dodga boramiz», deb meni qistading, men esa unamay, galga solib yurdim. Horun ar-Rashid ham, xotini Zubayda ham dunyodan o‘tgandan keyingina bu yerga — Bag‘dodga kelishim mumkin bo‘lib, sen bilan safar qilishga rozilik berdim.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 18:01:07
Oftob boshidan o‘tganlarini gapirib bo‘lgach, Zirg‘om:
— Demak, men Mu’tasimning ukasi ekanman-da, — dedi.
— Ha, uning ukasisan, u buni bilib qolsa, seni yana ham o‘ziga yaqinroq tortadi, martabangni bundan ham oshi-radi.
Zirg‘om «kerak emas» degandek boshini silkib dedi:
— Yo‘q, oyi! Bu sir ikkimizning oramizda maxfiy qolaverishi kerak. Mu’tasim bilib qolsa, menga bo‘lgan muhabbati o‘rnini hasad egallab, mening payimga tushib qoladi. Men o‘zimning nasl-nasabimni bilib oldim. Shuning o‘zi yetarli. Uni izhor qilgan taqdirimizda biror foyda chiqadi deb o‘ylamayman, chunki odamlar baribir ishonmaydi. Kutganimizdan ham ortiqroq ne’mat va martabaga erishganimiz uchun xudoga shukur qilamiz.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 18:01:47
     JO‘RJIY ZAYDON VA UNING «FARG‘ONA KELINI» ROMANI HAQIDA

    Jo‘rjiy Zaydon arab adabiyotining yirik namoyandalaridan biri. U adabiyot sohasidagina emas, balki fan va madaniyat bobida ham anchagina ishlar qildi, adabiyotshunoslik, til, falsafa, tarix, huquq, geografiya, jurnalistika, yozuvchilik — bular Zaydon qiziqqan va hayratomuz darajada samarali ijod qilgan sohalardir.
     Jo‘rjiy Zaydon 1861 yil 14 dekabrda Bayrut (Livan)da tug‘ilib, 1914 yil 21 avgustda Qohirada vafot etdi. U kambag‘al oilada tug‘ilgani uchun ko‘p o‘qishga qurbi yetmadi, poyabzal moylab yurib, mustaqil ravishda kitob mutolaasiga kirishdi; adabiyot, tarix uni erta qiziqtirdi. U o‘z kuchini sinab ko‘rgan sohalarning birortasida ham rasmiy ta’lim olmagan, hammasiga ham shaxsiy mutolaa bilan erishgan edi. Jo‘rjiy Zaydon protestantlar kollejiga qisman qatnab o‘qib, dorichi degan guvohnoma olgan xolos. Keyin u Misrga borib, u yerda «az-Zamon» jurnali redaktsiyasiga ishga kirib bir yilcha ishlaydi (1882), keyin Livanga qaytadi, so‘ngra Bayrutda bir yilcha olimlar suhbatida bo‘lib, ko‘p narsa o‘rganishga muvaffaq bo‘ladi. Undan Londonga borib, tabobat sohasidagi bilimlarini oshirishga urinadi, u yerda sharq adabiyoti va tarixini biladigan olimlar bilan tanishadi, kutubxonalarga qatnaydi. Britaniya muzeyi kutubxonasida u ayniqsa ko‘p mutolaa qiladi. Bundagi arab manbalari uning ijodiga katta turtki bo‘ldi. So‘ngra Zaydon Yevropa bo‘ylab sayohat qiladi. Qohiraga qaytgach, muallimlik qiladi, ayni zamonda «al-Muqtataf» jurnalida ishlay boshlaydi. Zaydon 1892 yili Misrda «al-Hilol» (YArim oy) jurnaliga asos soladi va umrining oxirigacha — yigirma yildan ko‘proq vaqt mobaynida uning noshiri bo‘lib qoladi. Bu adabiy jurnal shundan buyon o‘tgan sal kam sakson yil davomida arab adabiyoti va madaniyati rivojiga katta hissa qo‘shdi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 18:02:16
     Zaydon bu jurnal uchun tarixiy-adabiy maqolalar yozdi, uyushtirdi. Shu jurnal taqozosi bilan u ilmiy-ommabop maqolalar va tarixiy sarguzashtlar yozib, keyinchalik tarixiy romanlar yaratdi.
Zaydon 1889 yilda ikki jildlik «Misrning yangi tarixi», «Umumiy mosuniy tarixi»ni, 1902—1906 yillar orasida esa besh jildlik «Islom madaniyati tarixi»ni yozadi. Bu so‘nggi asar to‘laligicha 1910—1912 yillar orasida Istambulda turk tiliga, keyin fors, hind tillariga, 1907 yilda Leydenda to‘rtinchi tomi ingliz tiliga, birinchi tomi esa 1914 yilda tatar tiliga tarjima qilindi. 1908 yilda Zaydon «Arablarning islomdan oldingi tarixi» asarini yozdi. Uning ikki jildlik «Sharqning mashhur kishilari», «Arab tili tarixi», «Qadimgi arab nasablari», «Yangi farosat ilmi», «Xalqlar darajasi», «Ajoyib yaralmalar», «Umumiy tarix», «Qisqacha yunon va rumo tarixi», «Misrning qisqacha geografiyasi» kabi tarixiy-adabiy va tilshunoslikka oid asarlari bosilib chiqib, muallifiga katta shuhrat keltirdi. Zaydon vafotidan keyin farzandlari uning uch jildlik tanlangan asarlarini nashr ettirdi.
     Zaydonni adabiyot olamiga mashhur qilgan uning romanlari bo‘ldi. U arab tarixiy romanchiligiga asos soldi, uni yuqori pog‘onaga ko‘tardi. Zaydonning 22 tarixiy romani bo‘lib (bularning ko‘pi o‘rta asr tarixiga oid), ular chuqur o‘rganishga, tadqiq etishga arziydi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 18:02:37
     Zaydonning tarixiy romanlari ikki qismli «G‘asson qizi»dan boshlanadi. Bu asarni avtor 1886—1897 yillar orasida yozgan. Asar arablarning islomdan oldingi davrdagi urf-odatlari, ulardagi ichki qarama-qarshiliklar, ilk islom davri va bu dinning kelib chiqishi, islom dinini joriy etish uchun bo‘lgan  kurashlar, musulmonlarning Makka shahrini egallashi, ikkinchi xalifa Umar davrigacha (634—644) bo‘lgan voqealarni, Suriya, Iroq, Eronning bosib olinishini o‘z ichiga oladi. Uning ikkinchi romani — «Misrlik Armanusa»da arab qo‘mondoni Ibn al-Os rahbarligida Misrning bosib olinishi, vizantiyaliklar odatlari, arab qo‘shinlarining jang usullari to‘g‘risida hikoya qilinadi.
Xalifalik ichida bo‘lgan ichki nizolar, toj-taxt uchun o‘zaro kurashlar, xalifa Umarning o‘ldirilishi, Alining xalifalik taxtiga o‘tirishi kabi voqealar «Quraysh go‘zali», «O‘n yettinchi ramazon» romanlarida aks etgan. «Karbalo go‘zali» romani xalifa Alidan so‘nggi qonli urushlarga, uning o‘g‘li Husaynning Karbaloda o‘ldirilishi — shialar bilan sunnilar o‘rtasidagi mazhab kurashi voqeasiga bag‘ishlangan.
     Zaydon arablarning Ispaniyani fath etilishi va Frantsiya chegarasigacha yetib borishi voqealariga «Andalus fathi» va «Sharl (Karl) va Abdurahmon» romanlarini bag‘ishlagan. Shu tariqa Zaydon islom paydo bo‘lganidan keyingi har bir yirik voqeani chuqur, atroflicha o‘rganib, ularni keng o‘quvchilar ommasiga yetkazish uchun roman janrini tanlaydi. Uning «Abu Muslim Xurosoniy», «Ar-Rashid singlisi — Abbosa», «al-Amin va al-Ma’mun», «Ahmad ibn Tulun», «Abdurahmon G‘olib», «Qayruvon qizi», «Salohiddin Ayyubiy», «Dur daraxti kabi romanlari shular jumlasidan bo‘lib, VII—XII asrlar o‘rtasidagi davrni o‘z ichiga oladi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 18:03:27
     * * *

     «Farg‘ona kelini» romani IX asrda arab xalifaligida bo‘lib o‘tgan voqealarga bag‘ishlangan. Roman voqeasini yaxshiroq tasavvur qilmoq uchun tarixiy voqealarni bir lahza ko‘z oldimizga keltiraylik.
     Xalifalik territoriyasida IX asrda xalq harakatlari boshlanib, ba’zi bir joylarda avj olib ketgan edi. Xalifa hukmronligini dahshatga solgan voqealardan biri Bobak qo‘zg‘oloni edi.
Bobak Xurramiy Ozarbayjon, Armaniston va Shimoli-g‘arbiy Eronda boshlangan xurramiylar harakatiga bosh bo‘lib, yigirma yildan ortiq kurashdi. Hatto xalifa Ma’munning (813—833) ham bu qo‘zg‘olonni bostirishga qurbi yetmadi. Shu bilan bir vaqtda Misrda (829—832) qo‘zg‘olon ko‘tarilib, uni bostirish uchun xalifaning o‘zi bosh bo‘lib Misrga boradi, qo‘zg‘olonchilarni qattiq jazolaydi. Bu orada ichki ziddiyatlar va taxt uchun kurashlar zo‘rayadi. Xalifalikda hatto arab qo‘shinlariga ham to‘la ishonch qolmaydi, ularning turini o‘zgartishga kirishiladi. Bag‘dod a’yonlari va qo‘mondonlarining doimiy fitnalaridan xavfsiragan xalifa, avvalo O‘rta Osiyodagi xalqlardan qo‘shin to‘plab, o‘z taxtiga tayanch qilib oladi. Dastlab bu askarlar chegara to‘qnashuvlarida asir tushgan hamda o‘sha davrda qul bozorlaridan sotib olib kelingan qullardan, keyinchalik maxsus tuzilgan qo‘shinlardan iborat bo‘ldi. Bular xalifa dargohida turib, poytaxtdagi arab isyonkorlariga qarshi kurashda, ularning qo‘zg‘olonlarini bostirishda xizmat qilgan. Bu askarlar mahalliy arab aholisi bilan aloqada bo‘lmas, hatto ularga uylanish ham ta’qiqlangan edi. Shu boisdan ham ular uchun O‘rta Osiyodan turk cho‘rilari sotib keltirib, bir qismini uylantirib ham qo‘yishardi. (Bu holat romanda ham aks ettirilgan). Xalifa bular xizmatidan yaxshi manfaatdor bo‘lgani uchun ularga yetarli maosh va mukofotlar berib turgan. Turk askarlaridan tuzilgan gvardiyaga keyinchalik shu xalqdan sarkardalar tayinlagan. So‘ngra ichki nizolardan qo‘rqqan xalifa Mu’tasim (813—843) yangi shahar Somurroni bunyod etib, turk gvardiyasiga o‘sha yerni qarorgoh qilib belgilaydi, so‘ngra poytaxtni ham unga ko‘chiradi. Lekin xalifa Somurroda ham bora-bora turk qo‘shinlari va lashkarboshilaridan xavfsiray boshlaydi. Chunki bu gvardiya boshliqlari toj-taxt uchun o‘zaro kurashlarga ham aralashib, o‘z manfaatlariga xizmat qiladigan nomzodni qo‘llashga harakat qila boshlaydilar.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 18:04:16
     Arab xalifaligiga kirgan boshqa xalqlar, hokimlar xalifalik taxtini saqlab qolishga urinishgan. Chunonchi, Ushrusana hokimi Afshin xalifalikning eng yirik sarkardasi bo‘lgan. Shu Afshin yordamida Mu’tasim akasi Ma’mun ham bostirolmagan Bobak qo‘zg‘olonini bostiradi va Bobakni Somurroga keltirib o‘ldiradi. Afshinning o‘sib borayotgan nufuzidan qo‘rqqan xalifa uning Bobakni tutib berganini ham hisobga olmaydi, xiyonatda ayblab o‘ldiradi.
     Zaydonning «Farg‘ona kelini» romani ana shu voqealarga bag‘ishlangan. Bunda barcha tarixiy voqealar, shaxslar o‘zicha qoladi. Voqea Farg‘ona hokimining qizi Jahonning Zir-g‘om bilan sevgisi tasviri bilan boshlanib, tarixiy voqealarning borishiga ko‘ra, bu sevishganlar boshqa yurtlarda turli-tuman sarguzashtlarga duchor bo‘ladilar. Jahon Bobak qaroqchilari qo‘liga tushib, voqea Armanistonga ko‘chiriladi, u yerda xurramiylar bilan xalifalik qo‘shini to‘qnashuvi tasvirlanib, Bobakning qo‘lga tushishi, qatl etilishi ko‘rsatiladi. Nihoyat, roman Jahonning Iroqqa Somurroga kelishi, ikki sevishganning bir-biriga yetishuvi bilan tugaydi.
     Tarixni yaxshi bilgan Zaydon tarixiy asarlar yozish, bilan qanoat hosil qilmagan. U odamlarga tarixni badiiy asarlar orqali targ‘ib qilishni, ularni tarixdan o‘rnak olishga da’vat etishni ma’qul ko‘rgan. Shu sababdan roman janrini tanlagan. Bundagi barcha qahramonlar tarixiy shaxslar bo‘lib, ba’zi birlarigina avtorning ijodiy fantaziyasi mahsulidir.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 18:04:38
     Yozuvchining o‘zi bunday deydi: «Odamlarning tarix o‘qishiga va undan foydalanishiga eng yaxshi vosita tarixni roman shaklida ommalashtirish ekanligini tajribada ko‘rdik. Bunda, xususan, ba’zi bir Yevropa yozuvchilarida ko‘rganimizdek, roman tarixdan ustun turmasligi kerak, balki tarix romandan ustun turishi va romanni boshqarishi kerak. Bu xil G‘arb yozuvchilarida shundayki, ularning tub maqsadlari roman yozish bo‘lib, uni ishonarli qilib ko‘rsatish maqsadidagina tarixiy voqealardan foydalanishadi. Bunda ular tarixiy voqealarni izohlashdan chekinib, o‘quvchilarni adashtirib qo‘yadilar.
     Biz esa o‘z romanlarimizda o‘tmishdagi tarixiy voqealarga asoslanganmiz. Barcha qiziq voqealarni keltirishimizdan maqsad o‘quvchini ularga qiziqtirishdir. Tarixiy voqealar hech o‘zgartishsiz, o‘zicha olingan, sevgi qissalarini kiritishdan maqsadimiz romani oxirigacha o‘qib chiqishi uchun o‘quvchida qiziqish uyg‘otishdir».
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 18:05:40
     Avtor tarixiy romanni shunday tasavvur qilgan. Rostdan ham u tarixiy voqealarni chuqur mutolaa qilgan, romandagi yirik shaxslar va ular haqidagi tavsiflar, shahar ko‘rinishlari, qal’a, daryo, ibodatxonalar, diniy e’tiqodlar, kiyim-kechak, tashqi ko‘rinishlar, ma’lum xalqning kasb-hunarlari — hamma-hammasi tarixiy kitoblardan olingan. Hatto bularni sharhlashda o‘quvchi oldida mas’uliyat sezgan va uning shubhasidan hayiqqan Zaydon roman betlarida o‘zi tayangan manbalarni ham keltirgan. Shu tariqa roman sahifalarida mashhur sharq tarixchilaridan Mas’udiy, Yaqubiy, ibn Butata, ibn al-Asir, ibn Xallikon, al-Maqdisiy, Yoqut Hamaviy kabi nomlar va ularning asarlari uchraydi.
     Zaydon bu romanni yozishdan oldin O‘rta Osiyo tarixini, geografiyasini birmuncha o‘rgangan ko‘rinadi. Lekin shunga qaramay, uning ba’zi ma’lumotlari roman voqeasidan keyingi davrlarga oid ma’lumotlardir. Hatto O‘rta Osiyo territoriyasini «Turkiston» deb atalishi ham keyingi asrlarga to‘g‘ri keladi. Zaydon Sirdaryoni «Farg‘ona tashqarisidagi Toshkent daryosi» deb oladi, bu yerdagi qadimiy turkiy xalqlar tilining qanday atalishini bilmay, uni chig‘atoy tili deb oladi. Vaholanki, Chig‘atoy  nomi mo‘g‘ullar davrida (XIII) yuzaga kelgan, romandagi voqea esa to‘qqizinchi asrning birinchi yarmida yuz beradi. Bunga muallifning manbalardan kerakli ma’lumotlarni topa olmaganligi va bu o‘lkalarga sayohat qilmaganligi natijasi deb qarash mumkin. Shunga qaramay, Samarqand, Buxoro, Ushrusana, Toshkent, Farg‘ona, Ozarbayjon, Armaniston, Tabariston, Shom, Yunon, Antokiya, Latakiya, Konstantinopol kabi bir qancha shaharlar haqida ma’lumotlar beradiki, bu hol o‘quvchilarning ma’lumotini kengaytirishga xizmat qiladi.
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdurRohman 07 Oktyabr 2007, 18:06:06
    Zaydon o‘z davrining ilg‘or kishisi edi. U tarixiy voqealarni roman shaklida sharhlashda yangi, o‘ziga xos yo‘l topdi, ularning qiziqarli, sarguzashtli bo‘lishini ta’minladi.
Jo‘rjiy Zaydonning «Farg‘ona kelini» romani arab mamlakatlarida ko‘p tarqalib, juda keng nashr etilgan, fors tiliga ham tarjima qilingan edi. Bu asar birinchi marta arabchadan o‘zbekchaga tarjima qilinib, o‘quvchiga taqdim etilmoqda. Tarjimon Shoikrom Shoislomov arab tilini mukammal biladi. U ilgari arab adabiyotidan ba’zi narsalarni tarjima qilgan bo‘lsa-da, lekin «Farg‘ona kelini» tarjimonning birinchi yirik tarjimasidir.

Abdusodiq Irisov
Nom: Re: Fargʻona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Yuborildi: AbdulAziz 08 Yanvar 2009, 07:07:26
Farg'ona kelini (roman)

(http://www.ziyouz.com/images/books/fargona.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=46)

Muallif: Jo'rjiy Zaydon
Hajmi: 535 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=46)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1686.0)