forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => Mavzu boshlandi: Robiya 07 Oktyabr 2007, 11:16:46

Nom: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 07 Oktyabr 2007, 11:16:46
Ushbu mavzuda shu shu nomli kitob asosida insonning dunyoga kelib,yashab,to umri poyoniga yetib tuproqqa qo’yilgungacha unga hamroh bo’ladigan eng asosiy urf-odatlar,taomillar,udumlar haqida fikrlashamiz.
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 07 Oktyabr 2007, 11:21:25
Tavallud.Beshik.Alla.
  Tavallud topgan bolaning qulog’iga ota-bobolarimiz birinchi navbatda bir mulla chaqirib,azon ayttirganlar.Azon aytilganda bolaning qulog’i ochilgan.Odamlarni eshitish,tinglash qobiliyati shakllana boshlagan.Ismi ilk bor chaqaloqning o’z qulog’iga singdirilgan.So’ng uning chillasi — kichik chilla va katta chilla o’tkaziladi.Kichik chilla yigirma kungacha,bolaning onasi,enagasidan bo’lak yoniga,chillalik bo’lgani uchun hech kim kiritilmaydi.Katta chillasi,qirq kun o’tganidan keyin bolani beshikka belash marosimi bilan o’tadi.
  Chillaning ma’nosi shuki, belgilangan muayyan muddat davomida (kichigi 20 kun,kattasi 40 kun) xonadonga begona odam kiritilmaydi.Namozshomdan keyin hech kim ko’chaga chiqmaydi,bemahalda ko’chadan hovliga birov kirmaydi.Chillali joy desangiz,zarurmand,shoshilinch mehmon ham musulmon bo’lsa, tushunadi.Ertasi,kun yorug’ida xonadonga mehmon tashrif buyuradi.yangi dunyoga kelgan bolani yomon ko’zdan,ins-jinsdan asrash uchun shunday qilinadi.
  Tavallud topgan bola bosh farzand bo’lsa,bozordan borib beshik sotib olinadi.Ikkinchi yo navbatdagi farzand bo’ladigan bo’lsa,opa-akasining beshigiga belanadi.Beshik — bola oyoqqa turguncha yotadigan,yashaydigan joyi,boshpana uyidir.
   Mustahkam,qulay,yaxshi,xosiyatli bitta beshik bir oiladagi o’n farzandnigina emas,uch-to’rt avlodni tarbiyalab,voyaga yetkazishi mumkin.O’zbeklar,tojiklarda bobosi,otasi yotgan beshikda tarbiya topgan bola-nabiralar bor.Yosh onalar ixlos qo’yib,mana shunday xosiyatli,qadimiy beshiklarda o’z bolalarini boqishni afzal ko’radilar.O’zbek shuning uchun beshikni muqaddas bilib,hech qachon yosh chaqalog’i bo’lmasa ham tashlab yubormaydi.
  Beshik bor joyda bola bo’ladi.Bola bor joyda alla aytilishi tabiiy.Onalar qadimdan o’z bolalari beshigi tepasida kechasi bo’lsin,kunduzi bo’lsin,alla aytib kelishgan.Allalarda xalq turmushining juda ko’p qirralari o’z in’ikosini topgan.Alla o’z ohangi bilan bolaga ona nafasini yetkazib turadi.Go’dakni xotirjam qilati,elitadi,orom olib uxlashiga imkon beradi.
   Allalarga onalar o’z his-tuyg’ulari,orzu-armonlari,istak-niyatlarini,dard-hasratlarini ham qo’shib aytganlar.Alla axloqiy,tarbiyaviy,an’anaviy ijod namunalaridan iborat bo’lgan.Alla tinglagan bola onaga mehrni sut bilan o’z taniga,shuuriga singdiradi.Alla insonda,ong qatlamlarida bir umr mungli,xazin,nurli qo’shiq bo’lib saqlanib qoladi.Alla eshitmagan bolada bu xususiyatlar bo’lmaydi.Manqurtlik mana shundan kelib chiqadi.Bola o’z onasini o’zga ayollardan farqlay olmaydi.Unda o’ziga onalik xislatini topolmaydi.Alla nafaqat onaning bolaga mehri,balki bolaning onaga mehr-oqibatini ham ma’nan ta’minlaydi.
  O’zbek onasi alla aytarkan,bu allalar bir-biriga sira o’xshamaydi.Hatto bir onaning bugun aytgan allasi kechagisiga o’xshamasligi mumkin.Ayni paytda,allalarda hamma ona va bolaga xos bo’lgan umumiylik ham bor.Bu mehr-muhabbat!Mana fikrimiz debochasida bir emas,ikki emas,naq uch udumimiz haqida bilib oldik.Endi,sizlarga savol bilan murojaat qilmoqchiman: yuqoridagi urf-odatlarimiz taomilga xos tashkillashtirilyaptimi?Ya'ni,ularga jamiyatimizda nechog'lik amal qilinyapti?
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: AbdulAziz 08 Oktyabr 2007, 06:57:03
Assalomu alaykum!
Go'zal mavzu uchun tashakkur!

Haqiqatda ham yosh o'zbek oilalalari, yoshlar uchun bu ma'lumotlar juda ham foydalidir. Umri va hayoti islom bilan o'tgan ota-bobolarimiz farzandning har tomonlama: jismoniy, ruhiy, islomiy tarbiyasi uchun doimo mas'ul bo'lishgan va bir qancha tadbirlarni ishlab chiqishgan.

Yangi tug'ilgan chaqaloqning qulog'iga azon aytilishi ham bejizga emas. Chunki chaqaloqning birinchi eshitadigan kalomi Alloh bo'ladi. Alloh kalimasini eshitgan chaqaloq agar ota-onasi islomiy tarbiya bersa, inshaalloh umr bo'yi yo'ldan adashmaydi. Odatda aynan azon ayttirilgan kuni chaqaloq uchun aqiqa ham o'tkaziladi. Bu amal haqida siz olgan manbada yozilmagan bo'lsa kerak. Bu amal ham farzand kamolotiga katta hissa qo'shadi. Chilla ham ahamiyatli narsa bo'lib, odatda chaqaloqlar ma'sum bo'ladilar. Ma'sum, gunohsiz insonlarga shayton va kofir jinlar doim hujumda bo'ladilar. Shuning uchun chilla saqlash, chaqaloq bor uyga begonlaraning kiritilmasligi, shomdan keyin chaqaloq va ota-onaning ko'chaga imkon qadar chiqmasligi ehtiyot choralaridandir.

Beshik bizning xalqlarimizning milliy udumi bo'lib, undan to'g'ri va tartibli foydalanib, gigienik qoidalarga amal qilinsa, chaqaloq uchun katta foydalari bor ekan. yana xalqimizda beshik to'yi degan udum (bunda chaqaloqni kattaroq yoshdagi ayol beshikka belaydi. Marosimda asosan mahallaning yosh bolalalri chaqirilib, ularga turli shirinliklar ulashiladi) mavjud bo'lib, agar bu shukrona tarzida, hatmi qur'on qilinib, yosh bolalarni shirinliklar bilan xursand qilinadigan bo'lsa, yaxshi amaldir. lekin bu udum tarkibida ba'zida birqancha bid'at amallar bajariladi. Ba'zi joylarda chaqaloqni o'tdan aylantirish kabi amallar mavjud ekan. Bu Islomga umuman ziddir.

Alla. Manimcha butun dunyo onalari alla aytishsa kerak. Ko'pchilik allani bir qo'shiq sifatida e'tirof etadi. Aslida allaning ma'nosi Alloh so'zidandir. Qadimda onalarimiz yangi chaqaloqning shuuriga Allohning kalomini singdirish uchun uni uxlatishda ham Alloh, Alloh deb yaxshi niyatlar qilib, Allohdan so'rab, farzandga xush yoqadigan qiroatda alla aytishgan. Allohning yodi, so'zi chaqaloq shuuriga singib, uni orom oldirgan. Keyinchalik esa bu so'z alla ko'rinishiga kelib qolgan.

Endi savollaringizga kelsak,
Yuqoridagi urf-odatlarimiz taomilga xos tashkillashtirilyaptimi?
Ya'ni, ularga jamiyatimizda nechog'lik amal qilinyapti?

Musulmonchilikdan xabari bor o'zbek xonadonlarida ushbu amallar imkoniyat darajasida amalga oshirilyapti.
Ba'zi zamonaviy o'zbek oilalalrida esa bu holatlar bilan bog'kiq yangi "udumnlar" paydo bo'lgan. Bular na shariatga to'g'ri keladi va na udumlarimizga. Mana shunday yangi udumardan biri chaqaloq tug'ilganda tantanalar bilan, karnay-surnaylarda chaqaloq va uning onasini limuzinda (boshqa moshinada kelish go'yo uyat) lib kelish. Bundan tashqari yaqinlarini kafega taklif qilib, bu yangilikni "yuvib berish".

Bu haqda yana boshqa userlarimizning fikr-mulohazalarini kutamiz.
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: mansur_bek 09 Oktyabr 2007, 01:11:39
Assalamu-alekum yuqoridagi fikrla juda o'rinli lekin

Iqtibos
Chilla ham ahamiyatli narsa bo'lib, odatda chaqaloqlar ma'sum bo'ladilar. Ma'sum, gunohsiz insonlarga shayton va kofir jinlar doim hujumda bo'ladilar. Shuning uchun chilla saqlash, chaqaloq bor uyga begonlaraning kiritilmasligi, shomdan keyin chaqaloq va ota-onaning ko'chaga imkon qadar chiqmasligi ehtiyot choralaridandir.

bu fikrga e'tirozim bor.CHilla bu bid'at narsa ,chilla saqlash esa irimdir.Malumki islomda irim yoqdir.Lekin yangi chaqaloqni dunyo hayotiga ko'nikishi uchun ma'lum vaqt ehtiyot qilinadi.Koz tegishi dinda bor ya'ni nabiy s.a.v ning bu sozlari" Nazar tuyani qozonga.insonni qabrga yetaklaydi" haqiqatdir.SHu sabab chaqaloq ehtiyot qilinadi lekin irim va gumonlar bilan emas.Allahga tavakkul va duo ,umid va qadarga ishonch bilan.

Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 15 Oktyabr 2007, 13:27:05
Assalomu alaykum!
 Mana,yangi mavzumizni Bismilloh deb boshlab oldik.Bir qancha fikrlar ham bildirildi.Ibtido qanchalik go'zal bo'lsa,uning davomi ham shunday davom etar ekan.Demak,navbatdagi udumimiz haqida gaplashsak...

                                                Ismu sharif
  Dunyodagi barcha jonli-jonsiz narsalarning,hatto oniy voqea-hodisalarning ham o’z nomi,ismi,atamasi bor.Ismlarda har bir narsaning ,voqea-hodisalarning ahamiyatli tomonlari aks etadi.Xalq orasida odam bolasi o’z xulq-atvori,fe’li va shu jumladan,ismi bilan tug’iladi,degan gap bor.Ota-onalarning ximati o’z farzandlariga munosib nomni topib qo’yishdan iboratdir.
 Qadimgi ota-bobolarimiz boshqa odatlar qatori ism qo’yish odatini ham tark etmaganlar.Ism tug’ilgan bolaning qaysi urug’dan,qanday sulolaning nechanchi avlodi ekanligi,uning tavallud topgan vaqti,joyi,salomatligining ahvoli,bola tanasidagi alohida belgilar va boshqa omillarga qarab,kitob ko’rib qo’yilgan.Albatta o’g’il bolalarga atalgan ismlar qizaloqlarnikidan farq qilgan.Ism qo’yish odatda qishloq,mahalla-guzarning keksa,o’qimishli,donishmand kishilari imtiyozida bo’lgan.Ba’zan muayyan oilaning eng keksa yoshli oqsoqoli,buvisi zimmasida qolgan.Ayrim hollarda chaqaloqlarning quloqlariga azon aytib,ular qulog’ini ochadigan so’fi,mullalar ixtiyorida bo’lgan.Bolaga ism qo’yish g’opyatda jiddiy,ma’suliyatli udum sanalib,bu ism bo’lajak fuqaroning kelajak taqdiri-a’moli,hayot yo’liga ta’sir qiladi,deb tushunilgan.
  Ayonki hozirgi vaqtda ko’pchilik o’tmishda o’tgan buyuklarning,shohlarning ismlarini qo’ishni yoqtirishadi.Biroq,aqidalarga ko’ra bunday ismlarni bolaning ko’tara olishi yoki olmasligiga ham qarab qo’yish kerak.Xalqda bular yuki og’ir ismlar deyiladi.
  Baribir,ism qo’yishda muvofiqlik,mutanosiblik bo’lgani tuzuk.Aytaylik,Temur yoxud Ulug’bek,Jahongir,Muhammad deb ism qo’yilsa-yu, bola ulg’ayganda bu ismlarga munosib bo’lmay,harom-harish,yomon ishlarni qilib yursa, albatta,bunday nomlarning obro’yini tokadi.
  Avvalo ismlar mavridi bilan Xudoyi payg’ambarlarning nomlari asosida Rasul,Akbar,G’ani,Muhammad singari atalgan.Bu bilan farzand olloh Taoloning marhamatidan dunyoga keldi,umri uzun bo’lsin,Xudo yorlaqasin degan niyat qilingan.Xudoyberdi,Olloberdi,Tangriberdi singari ismlar aksariyat paytlarda qizlar orasida tug’ilgan yagona o’g’il bolaga, tilab olingan farzandlarga qo’yilgan.Bola tug’ilgan fasli,vaqt va marosim davriga qarab: Bahor,Navro’z,To’ychi,Bayram singari nomlar bilan atalgan.
  Ism qo’yish odatida o’g’il-qizga ota-onaning,aka-opalarining ismi ham muayyan o’rin tutadi.Keyingi nomlar shu ismlarga uyqash tarzda qo’yiladi.Masalan, Naim,Karim,Salim,Mahmud,Mas’ud,Maqsud singari
  Bola tug’ruqxonada tavallud toparkan,otadan yetti kun orasida farzandi uchun guvohnoma keltirish talab qilinadi.Guvohnoma yozilayotganda "œIsmingizni ma’nosi nima?" kitobida jo bo’lgan turkiy xalqlar va o’zbek millatiga mansub ismlar ro’yxatidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.Ko’pgina  shahar va qishloqlarimizda esa bu yangi rasmga ko’p ham rioya qilinavermaydi.Hozir shaharda bo’lsin,qishloqda bo’lsin, o’z davriga qarab,ba’zi bir ismlar nihoyatda ko’payib ba’zilari esa mutlaqo tanqislashib,yo’qolib ketayotir.
  Hozirgi kunda bolaga ism qo’yish muayyan an’analar,tarixning murakkab sinovlaridan o’tgan udum-odatlarga rioya qilmay,shunchaki urf ketidan quvish tufayli yosh ota-onalar biror kitob qahramoni,kino yulduzi,atoqli shaxs,tarixiy zotlar ismlarini o’z farzandlariga o’rni bo’lsa-bo’lmasa qo’yib oqibatda ularni noqulay ahvolga solib qo’ymoqdalar.Eskiyu yangi bo’lishidan qat’iy nazar,o’ziga munosib nom qo’yilmagan bola kelajakda ota-onasi,bobo-buvisidan domongir bo’ladi.Bunga haqqi bor ham albatta.Ba’zan bu norozilik o’z nomini o’zgartirish bilan tugaydi.
  Kishilar o’rtasidagi muomalada ismlarning to’g’ri talaffuz etilishi muhim ahamiyatga ega.Bir-birlarini ko’nglidan yaqin olib,ardoqlivchi odamlar ismlarining yoniga "œjon" qo’shimchasini aytib chaqirishadiki,bu ikki o’rtadagi munosabatlarda iliqlik tug’diradi.
  E’tibor bo’lsangiz, qariyalar, "œhoy", "œhey" deya bir-birini chaqirishayotgan bolalarga,albatta tanbeh berishadi.Shuningdek,ismlarning yarmini aytib,yarmini qoldirib aytish,ruschaga aylantirib chaqirish katta madaniyatsizlik hisoblanadi.Gulchehra,Gulnora,Gulandom singari xilma-xil chiroyli ismlarning faqat "œGulya" nomi ostida jamlanishi kechirilmas holdir.
  Er-xotinlar bir-birining nomini aytib chaqirishmaydi.Juda zaruriyat tug’ilganda,ular bir-birlarini katta farzandlarining nomi bilan atashadi.Bu hol sharqona nafis munosabatning bir belgisidir.Ammo, fozirda bu nafosatga darz ketyapti.
  O’zbekchilikda tarbiya o’g’il-qizga nom berish,ism qo’yishdan boshlanadi.Ota-onaning burchi bolasiga munosib ism qo’yib,qo’lini halollab,boshini ikkita qilishdan iboratdir.Shuning uchun xalqimizda "œota bolish oson — otalik qilish qiyin" degan naql bor.Murakkab hayot yo’lida to’g’ri ism olgan o’g’il-qiz ota-onaning,avlodning munosib davomchilari bo’lib,bu yo’lda kattalarga yordam berishlari talab qilinadi.
  Yuqorida,diqqat qilib o'qisangiz,hozirda dolzarb bo'lgan uch muammo haqida fikr ketdi:
 1. Ism qo'yish
 2. Oilada ota-ona,farzand bilan muloqot
 3. Ko'cha-ko'y,mahallada do'st,birodarlarni ismi bilan chaqirish muammolari.
 Ular haqida fikrlaringizni kutamiz.
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Laylo 17 Oktyabr 2007, 06:39:39
AQIQA
(sunnat to‘yi)


Farzandga ism qo‘yish va uning sochini oldirish uchun tavalludining yettinchi kunida qo‘y so‘yib, xalqqa ehson va ziyofat berish aqiqa marosimi deyiladi.

Imomi A’zam mazhablariga ko‘ra, aqiqa qilish mustahabdir.

O‘g‘il bolaga ikkita, qiz bo‘lsa, bitta qo‘y so‘yiladi. Aqiqaga so‘yiladigan qo‘y qurbonlik molining sifatiga teng bo‘lishi kerak. Agar bunday sifatli qo‘y topilmasa, imkoniyatiga qarab, topganini so‘yaveradi. Qo‘y so‘yishga imkoni bo‘lmasa, echki ham kifoya qiladi. Ammo aqiqa uchun parranda so‘yish joiz emas.

Hozirgi zamonda ko‘p joylarda faqat o‘g‘il bolalarga aqiqa qilinib, qizlarning aqiqasi odatdan chiqarilgan. Holbuki, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam "œAl g‘ulomu murtahinun biaqiqatihi", ya’ni bolaning ofat va kasalliklardan salomat bo‘lishi aqiqaga bog‘liqdir, - deb marhamat qilganlar.
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Laylo 17 Oktyabr 2007, 06:39:50
Hazrati Rasululloh sallallohu alayhi vasallam payg‘ambar bo‘lganlaridan so‘ng o‘zlariga aqiqa qildilar. Hazratning bu amallari aqiqa o‘z muayyan vaqtidan o‘tsa ham, soqit bo‘lmasligiga dalildir. Aqiqani tavalludning yettinchi kunidan tashqari, o‘n to‘rtinchi yoki yigirma birinchi kunlarida qilish kitoblarda tavsiya qilingan.

Aqiqa qo‘yini so‘yish vaqtida quyidagi duo o‘qiladi. "œAlohumma hozihi aqiqatu fulonin (bolaning ismi aytiladi) damuho bidamihi va azmuho biazmihi va jilduho bijildihi va sha’ruho bisha’rihi, Allohummaj’alho fidoan liibni fulonin (otasining ismi aytiladi) fidoan minan nor". Ya’ni "œParvardigoro! Bu falon(bolaning ismi aytiladi)ning aqiqasidir, qoni uning qoniga, go‘shti uning go‘shtiga, suyaklari suyaklariga, terisi uning terisiga va juni juniga badaldir. Xudovondo, ushbu aqiqa molini falonchining (otasining ismi aytiladi) farzandi uchun do‘zax o‘tidan fido qil!"

Aqiqa uchun so‘yiladigan hayvonning suyaklari sindirilmaydi, bo‘g‘inlaridan ajratilib, bir qismini doyaga, qolganini xom holda yoki pishirib xalqqa beriladi.
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Laylo 17 Oktyabr 2007, 06:40:10
Aqiqa qilingan kuni bolaning sochini oldirib, sochining vazni barobarida elga tilla, nuqra (kumush) yoki pul sadaqa qilinadi. Garchi qizlarning bolaligida sochini oldirish joiz bo‘lsa-da, ba’zi kitoblarda qiz bolaning sochini oldirmaslik aytilgan. Ulug‘larimiz va o‘tgan ajdodlarimiz qiz bolalarni hatto yoshligida ham sochini kesishdan ehtiyot qilganlar.

Holbuki, bizning zamonamizda boshqa dinlardan o‘tgan vayron va botil odat, ya’ni ayol-qizlarning soch kesishi an’anaga aylanib bormoqda. Mo‘’tabar kitoblarda ayollarning beuzr soch kesishlari mutlaqo harom deyilgan.

Payg‘ambar alayhissalom: “Man tashabbaha biqavmin fahuva minhum”, ya’ni o‘zini bir qavmga o‘xshatgan kishi ham o‘sha qavmdandir, - deb marhamat qilganlar. Boshqa hadislarida Rasululloh sallalohu alayhi vasallam ayollar kiyimini kiygan erkakka va erkaklar kiyimini kiygan ayolga hamda o‘zini ayolga o‘xshatgan erkaklarga va o‘zini erkaklarga o‘xshatgan ayollarga la’nat aytganlar.

Agar farzand kindigi kesilgan yoki xatna qilingan holda tug‘ilsa, uni fazilatli va barakotli deb bilish kerak. Zero, barcha payg‘ambarlar shunday sifatda tavallud topganlar. Faqat Ibrohim xalillulloh sakson yoshlarida o‘zlari o‘zlarini sunnat qilganlar. Shundan xatna qilish sunnat bo‘lib qolgan.  ("Nikoh va oila" risolasidan)
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Laylo 17 Oktyabr 2007, 06:40:52
ISM QO‘YISH

Otaning zimmasidagi farzand haqlaridan biri, tug‘ilganidan yetti kun o‘tgach, unga chiroyli va ma’nosi ham go‘zal bir ism qo‘ymoqdir. Zero, ism egasining xulq atvoriga, hatto taqdiriga ham ta’sir qiladi. Qiyomat kunida ham insonlar ismi bilan chaqiriladi.

O‘g‘il bolalarga payg‘ambarlarning (alayhimus salom) muborak ismlarini qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Ismlarning yaxshirog‘i Abdulloh, Abdurrahmon, Muhammad, Ahmad va shu kabilardir.

Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ma’nosi yomon ismlarni o‘zgartirar edilar. Masalan, hazrati Umar roziyallohu anhuning qizlari Osiya (gunohkor) ismini Jamila (chiroyli, go‘zal) deb o‘zgartirganlar.

Ba’zi ulug‘lar kiborlarga xos ismlardan or qilib, o‘z ismlarining faqir, ya’ni kamtarin bo‘lishini istashgan. Hazrati Alisher Navoiy ham bu borada “Nasoyim ul-muhabbat” asarlarida quyidagi hikoyani keltirganlar:

 “Hazrat Xusrav Dehlaviy rahmatullohi alayh debdurki, bir kun mening xotirimg‘a keldiki, Xusrav ulug‘lar otidur, ne bo‘lg‘ay edi, agar menda faqr oti bo‘lsa erdiki, Hashr kuni meni ul ot birla atasalar erdi va bu xotirni hazrat shayx Nizomuddin Avliyoga arz qildim. Dediki, solih vaqtda sening uchun ot tilalgay va men bu intizorda bo‘ldum. Bir kun shayx dediki, bizga mundoq makshuf bo‘ldiki, qiyomat kuni seni Muhammad Kosales degaylar”6.

Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning muborak ismlarini farzandlarga qo‘yish mumkin, hatto fazilat hisoblanadi. Ammo Abulqosim deya kunyalari bilan atash joiz emas.
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Laylo 17 Oktyabr 2007, 06:41:40
Farzandga payg‘ambar yo farishtalar ismlaridan qo‘yilsa, unga dashnom berish, so‘kish, la’natlash va masxara qilish mumkin emas. Mabodo ota-ona bu farzandni tarbiyalash uchun koyishdan boshqa chora topolmasa, u holda bolaning ismini aytmay, “sen falon” deb aytsin.

Muhammad ismli bolani e’zoz va ikrom qilish lozim. Quyidagi hadisi sharif ham shunga dalolat qiladi: “Qachonki, bolaga Muhammad deb ism qo‘ysangiz, albatta, unga ikrom ko‘rsatinglar, u o‘tirgan joyni keng va ochiq qilinglar. Unga achchiq va qattiq yuz bilan boqmanglar”.

Bolaga ma’nosiz va xalq orasida hijolat qiladigan ism qo‘yish durust emas. Masalan: Qo‘chqor, Bolta, Tesha, O‘roq, Chori, Panji va hokazo.

Farzandga yaxshi ism qo‘yilgandan keyin, uni chala-yarim qilmay, to‘liq va go‘zal talaffuz qilish kerak. Afsuski, xalqimiz orasida ismni qisqartirib aytish odatga aylanib qolgan. Bu yomon odatning boshlanishi oiladan, ota-onadan bo‘ladi. Masalan, Abdullohni (ma’nosi Allohning bandasi degani) Avdilo yo Avdi deb chaqiriladiki, bu ism egasiga hurmatsizlikdir. Qolaversa, chaqirgan kishining ham fasohat va madaniyatdan uzoqligiga dalolat qiladi.

Shuningdek, ota-ona, ustoz va katta yoshdagi kishilarning ismlari bilan o‘zlariga murojaat qilish hamda er-xotin bir-birlarining ismlarini aytib chaqirishlari beadablik sanaladi.

Chala yoki o‘lik tug‘ilgan bolaga ham ism qo‘yish kerak. Agar farzand jonsiz tug‘ilsa yoki tug‘ilgandan so‘ng nobud bo‘lsa, bu holdan ota-ona qattiq aziyat chekmasin. Alloh taolodan savob umidida sabr qilsalar, shu farzandlari qiyomat kunida do‘zax o‘tidan parda bo‘lsa, ajab emas. ("Nikoh va oila" risolasidan)
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 05 Dekabr 2007, 15:21:53
                 Ko’pkari uloq — o’zbek, qozoq, qirg’iz, turkman,tojik xalqlarining barchasi uchun birday qadrdon. Ko’pkari — bu chavandozlar bahsi.Ota-bobolarimiz go’daklikdan bolalik fasliga kirgan farzandlarining qo’lini halollash, bo’y yetgan qizlarini uzatish, er yetgan o’g’illarini uylantirish to’ylarida xalqqa osh berib, so’nggida ko’pkari bahsi tomoshlalarini ko’rsatishgan.
   Ko’pkari chopish — bu chavandozlik ot ustida ommaviy musobaqa shartlarini bajarib, g’olib chiqish uchun olib boradigan kurashi, janggidir. Ko’pkarining boshqa nomi uloq ham deyiladi. Ko’pkari bahsida soyilgan uloq (echki bolasi) tanasi to’y- musobaqa hakamlari tomonidan o’rtaga tashlanib, ushbu kurash shartlari ana shu uloq bilan bog’liq holda bajariladi.
   Ko’pkari asosan yakka bahs. Musobaqa sharti o’rtaga tashlangan uloq tanasini taqimga (chavandoz soni bilan arg’umoq sag’risi orasi) qisib, maydonni gir aylantirgancha, belgilangan manzilga — uloq kayvoni hakamlari yoniga birinchi bo’lib keltirib tashlash. Biroq ko’pkarida chavandozlar o’rtaga qo’yilganm sovrin — qimmatbaho buyumlarni bo’lib olish uchun jamoa bo’lib harakat qilishlari ham mumkin.
   Ko’pkarida ot egasi poygaga tishishi ham, tushmasligi ham mumkin. Chavandozlar keksayganlarida, uloqqa o’zlari turli sabablarga ko’ra tusholmasliklari tufayli ko’pkari shartlariga tayyorlangan "œaqlli", "œtajribali" otlarini yosh chavandozlarga "œkira"ga beradilar. Bu o’rinda ham g’olib chiqqan arg’umoq g’ayratli chavandozi bilan ot egasi mukofotni bo’lib oladilar.
   Hozir ham jumhuriyatimizning Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Buxoro viloyatlarining bir qator tumanlarida ko’pkari o’yin — odati ijro etib kelinmoqda. Bugungi kunda dehqon,bog’bon, paxtakorlarning katta qurultoylarida, Navro’z bayramlarida katta ko’pkarilar tashkil etilib, o’tkazish yana qaytadan rasm bo’lmoqda. Bir so’z bilan aytganda to’y to’ydek o’tmoqda.
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 10 Yanvar 2008, 11:41:34
Hashar — Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan udumlarimizdan biri bo’lib, qadimdan o’zbek xalqi hayotida muhim o’rin tutib kelgan. Hashar bu ko’pchilikning bir yoqadan bosh chiqarib, bir maqsadda birgalashib harakat qilishidir.
  Qadim zamonlarda ota — bobolar qishloqlarda, yozloqlarda xo’jalik ishlarini ko’p hollarda hashar yo’li bilan bitirib olishgan.
  Hashar odatining eski zamonlarda, ayniqsa, beva — bechoralar, kambag’al oilalarga katta yordami tekkan. Qishloqning o’ziga to’q oilalari birlashib yoki yolg’iz kambag’al, bechora, yetim-yesirga hovli — joy qurib berish, go’dak farzandlarining qo’lini halollash, to’y berib, boshini ikkita qilib qo’yish kabi savob ishlar jamoa — qishloq ahli orasida albatta hashar yo’li bilan bamaslahat bajarilgan.
  Hashar bahorda ko’chalarni tozalash, ko’chatlar ekish, ariqlar ochish, yo’llar qurish, mozorlarni obodonlashtirish, ko’priklar qurish, jamoat joylarini (masjid, madrasa, maktab) tartibga keltirish, shifoxonalar qurish borasida ham ko’pchilikka foyda keltirgan.
  Hasharning o’ziga xos xususiyati shundaki, u beminnat, bepul, beta’ma bajariladi. Hashar ishi ko’pchilik tomonidan tekin ado qilinadi. Eski zamonlarda ona — momolarimiz hashar odatini to’ylar oldidan gilam to’qish, bichish — tikish, qavish ishlarida ham qo’llagan. Qaysi oilada to’y kutilsa, keksa ayollar o’sha yerga ko’chib o’tishgan.
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 10 Yanvar 2008, 11:42:04
Jumhuriyatimizning janubiy viloyatlari — Qashqadaryo, Surxondaryoda hasharga o’xshash yana bir odat mavjud. Bu "œhayrov" deb ataladi. Bu tadbir — hashar bahordamas, qishda o’tkaziladi. Qishloq — shaharlarga obihayot olib keladigan bosh ariq hashar yo’li bilan loy — gildan tozalanib, yilda bir bor amalda qayta kovlanadi. Bu marosim o’tadigan kuni yoshu qari hasharga — to’g’rirog’i, hayrovga chiqadi. Hatto, yo’ldan, ko’prikdan o’tayotgan yo’lovchi ham otdan tushib, qo’liga belkurak olib, ariq qazigan. Yana bir qiziq joyi ariqdagi hayrovchilardan biri ko’prik ustiga chiqqan yo’lovchiga belkurak uchida non "œuzatgan". Ne’matdan ko’ziga surtib, totingan shaxs bu ramz o’zini kurashga chorlayotganliklarini darhol tushungan.
  Hasharda tezkorlik bilan iashlaydigan kishilar hamisha olqishlarga sazovor bo’lishgan. Masalan, imorat qurishda uyning burchak devorini ko’tarish eng murakkab ish hisoblanadi. To’rt kishi to’rtta burchakdan tushib devor ura boshlaydilar. Kimki birinchi bo’lib, devorni bitkazsa, uning yelkasiga to’n yopiladi va kelgusi hashargacha eng devkor, ya’ni ishchan odam deb hisoblanadi. Xo’sh, shuncha odamga ovqat topish osonmi?
  Hashar qilayotgan kishiga buning ham hech og’irlik tomoni yo’q. Nega deganda, hasharchilarning ahli ayoli, onalari tushlik paytida har xil taomlar pishirib, hashar bo’layotgan yerga olib borishadi. Erkaklar shu yerda chordona qurib o’tirgancha, ayollarning oshpazligiga ham baho berishadi.
  Ko’rdingizmi, bir odat tufayli qanchadan — qancha boshqa urfu — odatlar ham kelib chiqadi. Hashar bo’ayotgan joydan qolmaslikka harakat qilgan o’g’lon hamisha yengil kayfiyatda yurishga haqlidir, chunki, boshiga biror mushkul ish tushgudek bo’lsa, unga ko’maklashmoqqa butun bir xalq hamisha shay turadi.
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 31 Yanvar 2008, 10:18:05
Juda qadimiy o’yin-odatlarimizdan biri kurashdir.Bu o’yin-odat haqida Siz yaxshi tasavurrga egasiz.Chunki kurash odatimiz ,hayriyatki, yo’qolib,izsiz ketgan udumlarimiz qatoriga kirmay qolgan.Buning sababi,obrazli qilib aytganda,har bir zamon,ayniqsa,bizning zamonamizda kundalik turmush,hayot kechirishning o’zi kurashdan iborat bo’lib qolganligi tufayli shunday bo’lgandir"¦
   Kurash- qadimiy va erkin kurash turlariga bo’linadi.Bu odatning tarixi xalqimiz tarixi qadar uzundir.Kurash bizning xalqimiz paydo bo’lib,taraqqiyot yo’liga kirganidan buyon tarkib topib, rivojlanib,takomillashib bordi.Milliy kurashni biz hozirgi kunda sport turi sifatida qayd etamiz.Aslida esa bu odat xalq hayotining juda muhim tarmog’i bo’lib,uning taqdiri-a’molini belgilagan.
   Qadimda yalpi qirg’in,o’lim qurollari bo’lmagan paytlarda,pahlavonlar u yoki bu xalq, qo’shin,katta lashkar g’alabasini,bu bilan esa shu podsholikning taqdirini hal qilganlar.Polvonlik bitta-ikkita shaxs misolida emas,umumxalq siymosida ommalashgan.Yaxshi chavandozlik,kamondan behato o’q otish,chapdastlik bilan qilich chopish, epchillik, jasurlik, tantilik va mardlik, hallolik kurashchilarning bosh fazilatlari sanalgan.
  `   O’zingiz to’y — tomoshalarda, oynai jahon va kino filmlarda ikki polvonning davra o’rtasida xalq olqishida kurash tushib turishganining guvohi bo’lgansiz.ayniqsa bu odat qishloqlarimizda hamon ananaviy ravishda davom etib kelayotganligi kishini quvontiradi.Bunday polvonlar kurashi O’zbekistonimizda ikki toifaga bo’linadi.Bular Buxorocha kurash va  Farg’onacha kurash shakllaridir.Bu ikki toifa kurash o’ziga xos jihatlari bilan bir-biridan tubdan farq qiladi.Bu farqlar kurash shartlari, polvonning kiyinishi, xalqimiz hududiy bo’linishi va mazkur aholining tabiati, ruhiyati, urf-odati, udumlari bilan chambarchas bo’glanib ketgandir.
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 31 Yanvar 2008, 10:18:21
Farg’onacha kurashda polvonlar to’n kiyib, belbog’ bog’lab, bir-birlarining bellaridan ikkala qo’l bilan ushlagan holda maydonda musoboqalashadilar.Bu kurash usuli qadimiy turga juda yaqin bo’lib, unda raqiblar bir-birlariga nisbatan kuch ishlatib, polvon oyog’ini to’shakdan uzib, so’ng xohlagan tomonga yiqitishlari mumkin.Bu usulda chalish, qayirish, yonboshga olish, yelkadan oshirish, boshdan oshirish usullari taqiqlanadi.Shu bilan birga, raqiblar buun olishuv davomida qo’llarini qo’yib yuborishlari ham mumkin emas.
   Buxorocha kurashda esa polvonlar kalta to’n kiyib, belbog’ bog’lab, kurash maydoniga tushadilar.Bu usul erkin kurash usullariga juda yaqin turadi.Unda chalish, qayirish, yelkadan oshirib otish kabi usullarga ruhsat beriladi.Bu usulda kurash tushganda raqibning kuragini bir zumga yerga tekkizib turgan polvon g’olib sanaladi.
   O’zbeklarda qadimdan ne-ne polvonlarning dong’i ketmagan.Biz o’z zamonamizda ham jahon polvonlari Hushvaqt Ro’ziqulov, Jalol Ro’ziqulov, Norqobil Yo’ldoshev, Sayfiddin Hodiyev, Sobir Ro’ziyev, Mahmadali polvon, Bozorboy polvon singari hamyurt-zamondoshlarimiz bilan faxrlanamiz.Kurash haqida ko’p asarlar yozilgan.
  Kurash odati asosan sayil va bayramlarda, turli tantanalarda, katta — kichik to’ylarda amalga oshiriladi. Buning o’z tartib — qoidalari bo’lgan, albatta. Kurashni o’rtadagi kayvoni — hakam rahbarligida eng oldin kichik bolalar, so’ng o’smirlar, o’spirinlar o’z tengqurlari bilan olishib, boshlab berishgan. Undan keyin esa davraga er yetgan yosh yigitlar tushishgan. Mana shundan keyingina haqiqiy pahlavonlar, el orasida mashhur bo’lgan polvonlar olishgan.
  Aksincha, boshqa hollarda, davra kurashini avval oppoq soqolli chollar, keksa polvonlar boshlab berib, so’ng navbatni keyingi avlodlarga berishgan. Katta odat qobig’idagi bu kichik odat, avvalo tarbiyaviy, ta’limiy ahamiyat kasb etgan.

Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 22 Fevral 2008, 12:25:44
Salom va alik.

-   Assalomu alaykum! — qo’lini ko’ksiga qo’yib, ajib tavoze ila salom berdi yosh yigit.
-   Vaalaykum assalom! — alik oldi oppoq soqolli nuroniy chol hassasiga tayanib, bir zum nafas rostlar ekan, so’ng qo’shib qo’ydi: - Mulla bo’ling, umringizdan baraka toping, yaxshi joylardan ato qilsin,bo’tam.
-   Assalomu alaykum, buvijon! — jarangdor, shirin ovozi eshitildi qiz bolaning.
-   Vaalaykum assalom! — jvob qildi sochlari boshiga o’ragan doka ro’moli yanglig’ oppoq buvi, so’ng o’ng qo’li bilan yosh qizning kiftiga qoqib: - Qoqindiq, kimning qizi bo’lasiz? — deb so’radi. Javob olgach: - Ilohi baxtingizni bersin, tagli-taxtli joylarga kelin bo’ling, o’zingizdan ko’payib, uvali-juvali bo’ling, - deya fotihaga qo’l ochdi otinoyi"¦

Ulug’ bobomiz Ahmad Yassaviy zamonida ham, katta bobokalonimiz Amir Temur davrida ham, hazrat Alisher Navoiyu Husayn Boyqaro va Bobur mirzo zamonlarida ham xudi shunday salomlashilardi.
  Bugun ham bir oz nuqsonlarni hisobga olmaganda shunday manzaralarni uchratib turaasiz. Hamma gap odobning boshi bo’lgan salomning erta, yuz yildan keyin, yana ming yillardan keyin ham xuddi shunday avlodlar tilida jaranglab turishida qolgan. Chunki xalqning umri uning madaniyati, urf-odat, udumlari umrining uzunligi bilan o’lchanadi.
  Odobning boshi salomdan boshlanadi. Siz erta turib, boboyu buvingizga albatta salom berasiz. Ammayu xolangiz, tog’ayu amakingizni ham inchunun. Kichik uka-singillaringiz o’z navbatida Sizga salom berishadi. Bog’chada, maktabda, ko’cha-ko’yda, jamoat harakatida kattalarga u tanish-begona demay, salom berasiz. To’g’ri qilasiz, "œSalom — Xudoning qarzi", deydi keksalar. Salom insoniylikning ham boshi. Hatto Siz yaxshi bilgan ertakda ham yalmog’iz kampirday fe’li buzuq salom bergan qizchaga, "œgar saloming bo’lmaganda ikki yamlab, bir yutardim", deydi. "œSalom" kalomi tufayli uni kechiradi.
  Salomlashish — qadimiy odat. Dunyodagi barcha madaniy xalqlar o’zaro insoniy munosabat, muomala va muloqotni salomdan boshlashadi. Har bir xalqning salomlashish bilan bog’liq bo’lgan o’z urf-odatlari bor. Hindlar qo’l kaftlarini birlashtirgancha, peshonalariga tirab, afg’onlar yuzlarini yuzlariga suykagancha kift urishtirib salomlashishsa, inglizlar bosh kiyimini olib, yengil ta’zim qilishadi.
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 22 Fevral 2008, 12:26:39
  Biz, o’zbeklar, barcha islom dunyosi xalqlari singari bir-birimizni ko’rganimizda "œAssalomu alaykum" deya qo’l olishib ko’rishamiz. "œAssalomu alaykum" iborasi arabcha "œSizga tinchlik tilayman" degan ma’noni bildiradi. "œVaalaykum assalom" esa "œsizga tinchlik tilayman" javob salomi sanaladi.
  Salomlashish odati yosh va marosim bilan bog’liqdir. Masalan, keksa odamlar bir-birlari bilan ikki qo’llab ko’rishishadi. Uzoq vaqt bir-birlarini ko’rmagan qadrdonlar quchoqlashib, so’ng qo’l olishib, hol-ahvol so’rashadilar. Keksalar quchoqlashganda bir-birlari kiftlarini, kurak va yelkalarini silab-siypab, uqalaydilar ham. Bu ayni paytda uzoq yo’l yurib toliqqan yo’lovchi mehmonlarga o’ziga xos xodimilik, tibbiy, jismoniy tarbiya hamdir.
  Madaniyatlilikning birinchi belgisi bo’lgan salomlashish odatida keksa kishi bilan yosh yigit, o’smir, bola ko’rishganda yosh "œassalomu alaykum", deya o’ng qo’lini ko’ksiga yurak ustiga qo’yadi. Keksa kishi "œvaalaykum salom" deya ayrim rag’batlantiruvchi olqishlar ham aytishi mumkin (Borakallo, mulla bo’ling, otangizga rahmat, katta yigit bo’ling kabi). Bunday paytda keksa kishi qo’l uzatsagina, yosh borib, ikki qo’llab u kishining qo’lini olishi lozim.
  "œSalom" kalomi "œsavob" so’ziga uyqash. MA’no jihatidan ham bir-biridan uzoq emas. O’zidan kattalarga salom bermoq bizlar uchun ham qarz, ham farz. Salom berishni kanda qilmaydiganlarni odobli, axloqli, salomsizni odobsiz-tarbiyasiz sanab kelishgan qadimdan ota-bobolarimiz. Salom bergan savob oladi, deyishadi. Nima uchun? Chunki salom berish bilan Siz ko’p odamning kayfiyatini ko’tarasiz, hurmatini oshirasiz, chiroyini ochasiz. Alik olganning hayotga muhabbati, insonga ishonchi ortadi, ruhi tetiklashadi. Katta savob ishlar ham mana shu kichik kalomdan boshlanadi.
  Xotin-qizlar odatda salomlashishni yelka qoqishib, ba’zan o’pishib ko’rishish bilan amalga oshirishadi. Keksa ayollar yosh qizlarga: "œQoqindiq, umringdan baraka top", kabi olqishlar aytib, salomiga alik olishadi. Erkak kishi ayol bilan salomlashganda, er kishi odob saqlagani ma’qul. Ayol qo’l uzatsagina u bilan qo’l olishib, silkitmay, ko’rishish lozim.
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 19 Mart 2008, 09:07:54
DASTRUXON. TAOM. FOTIHA

Inson paydo bo’lib, taom iste’mol qila boshlabdiki, dastruxon bor. Dastruxon aziz, muqaddas, rizq-ro’z manbai va ramzi sifatida ko’zga surtilgan. Dasturxon odobi, taom yemak qoida-qonunlari ham xalqimizda azaldan mavjud. Uyingizda bo’lsin, mehmonda bo’lsin, kuniga uch-to’rt bor dastruxon yoziladi. Unga non-choy, qand-qurs, ho’l va quruq meva qo’yiladi. Dasturxonlar ham joyi, odami, mavsumi, ma’rakasi, xonasiga qarab, katta-kichik, rang-barang, odmi-ohorli bo’lishi mumkin. Dasturxon — taomi bilan ulug’
  Dasturxon ustiga odatda, birinchi non qo’yiladi. O’zbeklar tandir nonni ko’proq iste’mol qilishadi, u dastruxonga juft qo;yiladi (Farg’ona vodiysida non toq qo’yiladi, 3,5,7,9 ta singari). Bir choynakda qo’sh piyola bilan choy damlanadi. Quruq mevayu asal, murabbolar — dastruxon ziynati. Nonushta, tushlik, kechki ovqatga qarab, dastruxon o’ziga xos bezatiladi, to’ldiriladi. Dastruxon odobi ham qadimiy bo’lib, kishidan muayyan an’analarni yaxshi bilishni talab qiladi. Dastruxon yozilganda nonni, taomni, barcha yeguliklarni iste’nol qilishni birinchi bo’lib keksa kishi, bobo, buvi, amma-xola boshlab beradi. Kichik oilada esa ota-ona. Bungacha albatta qo’llar yuvilgan, sochiqlarga artilgan, toza-ozoda bo’lishi shart. O’zbeklar O’rta Osiyo va Sharq mamlakatlari ko’pchilik xalqlari singari suyuq ovqatlari qoshiqda, quyuqlarni esa qo’lda tanovul qilishadi. Shuning uchun ham musulmonchilikda juda ko’p qo’l yuviladi.
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 19 Mart 2008, 09:08:45
Taomga tanovulga kirishishdan oldin albatta, "œBismillohir rahmonir rahiym" deyilishi shart. Umuman o’zbekchilik-musulmonchilikda hech bir ish bismillosiz boshlanmaydi. Ovqatga qo’l urish ham ulug’ yoshlilarning sha’ni. Shundan so’ng o’rta yoshli, kichik yoshlilar ovqat iste’moliga kirishadilar.
  Oilada dasturxonga, taomga qarashni ota boshlab beradi. Undan so’ng bolalar ovqatga qo’l uradilar. O’zbeklar juma va dushanba oqshomlari, ya’ni payshanba va yakshanba kunlari kechqurun albatta osh, palov damlashadi. Bu kunni "œchopon qoziqqa ilinadigan kun" ham deyishadi. Bu kuni oilaning ulug’laridan biri tahorat olib, xonadonning o’tgan ajdodlari, marhumlar xotirasiga duoyu fotiha o’qishadi. Bilganlari "œQur’on" suralaridan xatmi qur’on tushirishadi. Bilmaganlar "œFotiha" va "œIxlos" surasini uch bor takrorlab, fotiha o’qishadi. Ana shundan keyingina ovqat-palovga qo’l uriladi. Bu ikki oqshom o’tkir ichimliklar, sharob, may iste’mol qilinmaydi. Ovqat yeyish odobi ham rasamadi bilan, takaluf ko’rsatib, to’kmay-sochmay, yaxshi chaynab, hazm qilinadi. Xushbo’y choy ustidan nur ustiga a’lo nur bo’ladi.
  O’zbekning ovqat ustidagi sertakallufligi, "œoling-oling"i, "œdastruxonga qarang"i, "œOlib o’tiring"i, "œqani-qani"si el orasida mashhur. Shunday mutoyiba borki, osh ustida bir-biriga kaft yozib, "œqani,qani" deb turgan o’zbek do’stiga hayron bo’lgan qozoq birodar: namuncha "œqani"laysan, mana, ko’z o’ngingda, bug’i chiqib turibdiku, deb o’zbek do’stining qo’lini oshga tekkizib qo’ygan ekan. Bu hazil, albatta. "œOsh egasi bilan shirin" aqidasiga amal qilgan millatdoshlarimiz dastruxon odobini yaxshi tushunganliklari uchun ham taom iltifotini qilib, ovqat mahtal bo’lmasin, deya mehmon-mezbon uni shirin qilib baham ko’rishgan.
  Taom iste’mol qilib bo’lingach, oilaboshi albatta fotihaga qo’l ochadi. Taom yemakning yakuni bo’lgan bu odatda yeyilgan taomni ekkan-tikkan, yetkazgan, yegan-ichgan kishilar olqanadi, yetkazganiga shukr qilinadi. Qizig’i shundaki, barcha marosimlarda arab-fors tillarida o’qiladigan duoyu fotihalar ovqatdan keyingi, dastruxon usti fotihasida sof turkcha-o’zbekcha o’qiladi.
  Fotiha namunasi:

Bismillohir rahmonir rahiym.
Shirin obod, manzil obod,
Payg’ambar xudoga salovot,
Ko’p bergin, ko’l bergin,
Keng fe’l, ketmas davlat bergin.
Do’stga zor, dushmanga xor
Nomardga muhtoj qilmagin.
O’t balosi, suv balosi, nohaq
Tuhmatdan o’zing asragin.
Ekkani, tikkani, yeganni-ichganni
Savobini dargohingda qabul qilgin.
Omin, ollohu akbar!
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 19 Mart 2008, 09:09:38
Ovqatdan oldingi qo’l yuvilishini aytdik. Ovqatdan keyingi qo’l yuvdirish udumi o’zgacha. Oshni yeb, yog’ini qosh, mo’ylov, mahsisiga surgandan so’ng "œqani, ilohi omin" deya dasturxon savobiga duoyu fotiha qilgan bobo, ota (keksa kishi) va kattalar uchun oilaning dastyor bolalari chopqillab, dastsho'y’va oftobada iliq suv keltiradi. Yelkada sochiq bilan kattaning qo’liga suv quyib, dastsho’yda yuvdiradi. Qo’l kamida uch bora suvda yuvilishi talab qilinadi. Yuvilgan qo’l silkinmaydi, artiladi. Ana undan keyin, dastruxon yig’ishtirilgach, dastruxon usti oilaviy suhbatlari, gangir-gungir gurung davom etadi.
  Shundan keyingina hamma o’z o’rindan, dastruxon atrofidan turadi. Hali ham bu udum to’la tugallangani yo’q. Endi dasturxonni qoqish an’anasi ham bor. Dasturxon qoqish savob sifatida eng yosh ishtirokchiga topshiriladi. Odatda, dasturxon bir chekkaga, hovlining toza, ozoda joyiga qoqiladi. Dastruxondan tushgan non uvog’i, guruch donalari, mayiz-yong’oq ushog’i harom-harish narsaga, joyga tushmasligi, ularni xonadondagi kuchuk, tovuq, mushuk terib yesin uchun shunday qilinadi. Dasturxonni qoqqanda, undagi so’nggi nasibalarni axlatga ag’darish, duch kelgan tomonga sochib yuborish noshukrlik, gunoh sanaladi.
  Qoqilgan dasturxon keltirilib, unga ushatilgan va ushatilmagan nonlar o’rab qo’yiladi. O’zbek xotin-qizlari orasida dasturxon ko’tarib, "œol tovog’im, ber tovog’im"  odati ham azaldan mavjud bo’lib, odatda to’y-ma’raka, charlar, chaqiriq, mehmondorchiliklarda marosimga yarasha dasturxon qilib boriladi. Bu marosimlarda maxsus dasturxonchi xotinlar, kayvoni erkaklar bo’ladigan to’y-ma’raka dasturxoni qoidalarini ana o’shalar boshqarib turadilar.
  Yuqorida aytganimizdek, inson rizqu nasibasi timsoli bo’lgan dasturxon muqaddas sanalganidan uni bosish, yerga tushirish, harom-harishga qo’shish katta gunoh sanaladi. Dasturxon haqida xalq orasida maqol matal, iboralar ko’p. Yaramas, xasis kishilarga nisbatan "œtuz ichib, tuzlig’iga tupurgan" deyishadi. Yaxshi, saxiy odamlarga nisbatan "œqo’li, dasturxoni ochiq" deb ta’rif beriladi. Dasturxonni ulug’lab "œbir kun tuz ichgan joyingga qirq kun salom ber" degan fikr ham qadimdan qolgan.
 

Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 28 Mart 2008, 11:19:40
Xalqning bag’ridek issiq.

 "œO’t, olov", "œalanga", "œgulxan", "œcho’g’" kabi atamalar bilan bag’ringizga issiq yugurtiradigan unsur ayni paytda dahshat, balo, ofat, kulfat ramzi sifatida ham talqin qilingan. Xususan, xalqda, o’t balosi, suv balosi, nohaq tuhmatingdan o’zing asrasin, degan ko’kka, tangri-taologa munojot, fotiha yakuni hamon o’zbek udumlarining ming yillik hamrohi sifatida yashab kelmoqda.
  O’t-olov bilan bog’liq odatlar nihoyatda ko’p. Men ulardan eng asosiy, ayni paytda unutilib ketgan turini eslatib o’tishni istardim: ajdodlar qabila-qabila bo’lib yashash davrlarida bir qabila boshqarilishi, turmush kechirilishining og’irlashishi, jon sonining ko’payib ketishi sabablariga ko’ra ikkiga, uch-to’rttaga bo’linishga majbur bo’lgan. Bu bo’linish ajralish, yakkalanish emas, aksincha, avlodning ko’payishi, qabila urug’ining soni va salmog’i oshishi sifatida eng ulug’ ijtimoiy boylik hisoblangan.
  Mana shunday paytda ajdodlar ajralib, mustaqillashib chiqayotgan yangi avlodga bugungidek mebel-u televizor, muzlatgichu palos gilamlar emas, ilonning tilidekkina olov hadya etishgan, xolos. Bu sovg’a yangi hayot, yangi qabila va katta oila ramzi bo’lib qolgan. O’z o’t-oloviga ega bo’lgan yangi avlod endi mustaqil qabila sifatida o’z kunini o’zi ko’rgan. Ota-ona qabilasi bosh hadyasi — o’t bir umr o’chmagan.
  Ana shu kunlardan buyon bizning xalqimizda yangi oila dunyoga kelganda, "œqozon-o’chog’ini ajratib berdik" degan yoqimli jumla yuradi. O’ylashimcha, turkiy tildagi olovga nisbatan berilgan o’t atamasining bosh ma’nolaridan biri harakat nomi "œo’t", "œo’tish" mazmunini tashib, o’tning cho’g’dek taftini insoniyat beshigi — oilaga ko’chirib, bozga mangu meros qoldirgan. Bu o’rinda o’t, olov, o’tin tushunchalari shundan kelib chiqib, mustaqillikka o’tish ifodasini tashigan.
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 28 Mart 2008, 11:20:24
  O’rta Osiyoning ko’p xalqlarida bo’lgani singari biz o’zbeklarda ham o’t-olov bilan bog’liq urf-odat, udum, maishiy turmush an’analari juda ko’p. Insoniyat olovni kashf qilib, yangi taraqqiyot pog’onasiga qadam qo’ydi. U shu tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqdi. Islomdan oldingi davrlarda vujudga kelgan Zaratushtra, Avesto davrida olov ulug’ kuch, ilohiy manba sifatida ilohiylashtirilganligi bejiz emas.
  O’t-olov bilan bog’liq qadimiy odatlardan biri tancha-sandal qurish va undan foydalanish odatidir. Tiramohqora kuzda yozloqlardan qishloqlarga ko’chgan ajdodlarimiz hovlida qator o’rin olgan: qora uy, ayvon, yemakxona, sandalxona, mehmonxona kabi bo’lmalarda qish kunlarida o’t-olovdan bahramand bo’lganlar. Bola-baqra tayyorlashgan. Tanchaning joyi to’rtburchak holda o’yilgan. O’yilgan joyning o’rtasidan cho’g’ solish uchun aylana shaklda yana kavlashgan, so’ngra tuproq ko’chaverib bezor qilmasligi uchun somonli loy bilan suvalgan.Tancha o’rnining naq tepasida shiftda xuddi shu shakl va kenglikka mos tuynuk ochilgan. Yoqilgan olov tutuni shu tuynukdan tashqariga chiqib ketgan. Qora uyda tutab ancha-muncha ovora qilgan. Shuning uchun ham bu ish maxsus qora uyda bajarilgan, shunday bo’lsa-da, bu borada evi yo’q kishi yo bolalarga atab "œisinmadim olovingga, ko’r bo’ldim tutuningga" degan maqol ishlatilgan.
  Tashqarida qor-yomg’ir yog’ib turganda, qattiq shamol esayotganda, toza lov — cho’g’ tayyorlab beradigan maxsus xonaga "œqora uy" deyilgan. O’t yoqilaverganidan uy devorlari qopqora bo’lgan. Qora uy xonadon va qo’ni-qo’shni bola-chaqalarining sevimli joyi hisoblangan. Ayni paytda, qora uyda qumg’on qaynatib, mayiz-yong’oq, olma-o’rik qoqi tanovul qilib, bolalar o’z ijodlari bilan ham band bo’lganlar. Qo’shiqlar, she’rlar ertaklar aytilgan. Bolalar folklorining bir qismi mana shunday qora uylardagi gulxan atrofida yaratilgan.
  Sandal uyda odatda keksalar, bemorlar, yosh bolali onalar o’rin olishgan. Qora uyda tayyorlangan bozillab turgan cho’g’lar xokandozda sandal uyga keltirilib, tanchaga solingan. Tancha yuqorida aytganimiz to’rt burchak shaklda o’yilgan yer bo’lsa, sandal tancha ustiga qo’yilgan chorsi, to’rt tomoni teng, hatto bo’yi va eni ham deyarli teng bo’lgan kursidan iborat bo’lib, uning oyoqlaridan to’rt enlik yuqorida maxsus "œtuyoqlar"ni birlashtiruvchi yog’och poyalar o’rnatilgan. Bu poyalar ham sandalni mustahkam, but saqlashga qaratilgan, ham asosiy vazifasi tanchaga uzatilgan oyoqni qo’yadiganm maxsus joy sanalgan. Sandal usti sandal ko’rpa bilan yopilgan. Ko’rpali sandal (sandali ham deyiladi) go’dak bola uchun ayniqsa, qo’l kelgan. Beshikdan bo’shatib, ishton-ko’ylakchalari kiydirilgan go’dak xoh qiz, xoh o’g’il bo’lsin, sandalga keltirilib, tik tutib turilgan. Sandal bolaga "œoyoqqa kirgizish" vazifasini ham o’tagan. Bola qiqirlab kulib talpinarkan, beixtiyor sandalning u tomonidan bu tomoniga atak-chechak qilib yurgan. Shu tariqa yiqilsa-surinsa beshikast, beozor, yumshoq sandal yonida bola ilk bor oyoqqa kirgan.
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 28 Mart 2008, 11:21:10
Odatda sandal uyning kiraverishdagi o’ng burchagida o’rnatilgan. Bunda ham olov olib kirish masofasi yaqinligi, ham yong’in xavfsizligi, ham devorlarga yostiqlar vositasida suyanib o’tirish maqsadlari ko’zda tutilgan. Sandal ustidagi ko’rpa to’rt tomon-yerga to’shalgan ko’rpachalar ustiga tushib turgan. Har kim sandal atrofida o’z o’rnini bilib o’tirgan. Keksalar to’rda, o’rta yoshlilar ikki yonda, bolalar quyi, ostona yaqinidan joy olishgan. Eshik oldida xizmatga shay turishgan. Sandal ustida dasturxon yozilgan. Sandal hangomalari bilan bog’liq turfa xil mutoyiba, hikoyatu rivoyatlar borki, ularning o’zi bir kitob bo’lgulik.
  Sandal uyda ko’pincha cho’qqa tashlab, isiriq tutatilgan. Bu turli yuqumli kasal-bemorliklardan asrashning yaxshi vositasi bo’lgan. "œIsiriqdan jin qochar, mushtdan jinni" degan maqol ham bor.
  Sandal nafaqat isinish, sovuqdan saqlanish, balki tarbiya o’chog’i ham hisoblangan. Keksalar qadimiy hikoyatu rivoyatlar aytganlar, yaxshi insoniy munosabatlar ibrat qilib ko’rsatilgan.
  Ocharchilik va urush yillarining og’ir kunlarida xalqimizning joniga oro kirib, yorug’ kunlardan umidvor etgan ham sandladir. Uning ustiga mayiz, turshak to’kishib, jun titishmi, paxta chigitlashmi, ko’rak chuvishmi ishqilib, qandaydir yumushla mashg’ul bo’lishgan.
  Tarixiy taraqqiyotimiz davomida hayotimizda nimaiki muhim rol o’ynagan bo’lsa, uni eslab, qayd qila borish burchimizdir. Tog’li tumanlarda tancha hozirgi vaqtda ham qahraton qish  faslida odamlarimiz joniga oro kirmoqda. Kishining irodasi, qiyofasi bevosita u o’sgan sharoit bilan belgilanishi sir emas. Xalqimiz yuragining taftli, bag’rining kengligi bir tomondan saxiy quyoshimizdan bo’lsa, ikkinchi tomondan o’z atrofiga ko’p odamlarni jamlay oladigan tayanchlarimizdan bo’lsa
ajаbmas!

Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Chustiy 01 Aprel 2008, 02:25:35
Robiya ming bor uzr lekin bu mavzuni davom ettirmaganiz maqul deb o'yliman. Hozirgi kunimizdagi ko'plab masiyatlar sababchisi ham aynan o'sha udumdir. Misol u/n kishi vafot etsa udum deb qarz havola qilib blsa ham, uzi ijarada istiqomat qilsa ham turli tadbirlarni tkazib uzini ham zgalarni ham tashvishga qyadi.
 Olovga bogliq udum esa zardo'shiyladan qolgan udum hisoblar, zardo'shiylar esa olovga siginganliklari hech kimga sir emas, shuningdek rta Osiyo halqlari zardo'shiy bulganlgi kupchilikka ma'lum.
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 02 Aprel 2008, 08:57:11
Chustiy haqiqatda gaplariz to'g'ri. O't bilan bog'liq udumlar haqiqatda otashparastlikni eslatarkan. Endi bunday udumlar haqida ehtiyot bo'laman. Mulohazangiz uchun tashakkur!
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 08 Aprel 2008, 19:31:09
                                                         Mehmondorchilik.

Mehmondorchilik, ya’;ni mehmon kutish va kuzatish odati dunyodagi aksariyat xalqlarga xos xususiyatdir. O’zbek xalqi bu jo’mard odatni juda qadim zamonlardan ixtiyor qilgan. Shuning uchun madaniyatimizning ko’hna manbalarida mehmondorchilik insonning, oilaning, qabila va xalqning odamiylik, saxovat, madaniy va ma’naviy aloqasi — muloqoti mezoni sifatida juda katta qadr bilan tilga olingan. O’zbeklar, "œmehmonxonang tor bo’lsa ham mehru diling keng bo’lsin", deyishadi.
   Sharq xalqlari orasida mashxur bo’lgan Hotami Toy hikoyati Navoiy bobongiz asarlari orqali sizga ham tanish albatta. Ularda mehmonga eng so’ngi luqmasigcha saxiylik bilan tutqazgan oila va qabila sha’nini saqlab qolgan ajoyib inson haqida hikoya qilinadi. Xalqimiz eski zamonlardayoq "œmehmon- otangdan ulug’"degan naqlga ko’ra eshikdan kelgan odamni xurmat-ehtirom bilan kutib olib, izzatini joyiga qo’yib, kuzatib qo’yishgan.
  Qadimiy odatlarimizdan bo’lgan mehmondorchilikning ko’pgina o’ziga xos xususiyatlari bor. Avvalo, qadimdan Sharqda maxsus musofirxonalar, karvonsaroylar mavjud bo’lgan. Bu joylarda o’zga mamlakat va shaharlardan kelgan sayyohlar, savdo va tijorat ahllari, elchiyu choparlar vaqtinchalik pana topishgan.
  O’ziga to’q, to’kin turmush kechirishgan ota-bobolarimiz o’z hovlilaridan tashqarida, bir-biridan ancha olislikdagi qishloqlarni tutashtirib turuvchi yo’l bo’ylarida rabotlar qurishgan. Bu rabotlardagi hovuz bo’ylariga tollar ekishgan. Otda, eshakda yoinki yayov yo’lga chiqqanlar ana shu rabotlarda nafaslarini rostlab, hordiq chiqarishib, yana o’z yo’llarida davom etganlar.
  Eng muhimi, bulardan tashqari, o’zbek xalqining o’ziga yetar xonadonlarida, deyarli har bir hovlida maxsus mehmonxonalar bo’lgan. Ko’proq bunday mehmonxonalar ichkari-tashqari hovlining tashqarisida, ko’chadan kiraverishda joylashgan ko’ndalang uydan iborat bo’lgan. Bunday uylar kamida 9, bo’lmasa 11 bolorli, keng va katta xonalardan iborat bo’lgan. Mehmonxona maxsus jihozlangan bo’lib, unda mehmonlar uchun barcha sharoitlar taxt qilib qo’yilgan.
  Mehmon kelganda, u oila, bola-chaqasi bilan, otda-eshakda bo’lishi mumkin, oilaning barcha a’zolari "œmehmon otangdan ulug’" deb xush tavoze’, ko’ngli ochiqlik bilan kutib olishgan. Oqshom esa qishloqning (mahalla-guzar) o’ziga yetar kishilari mehmon sharafiga bu xonadonga taklif etilgan. Mehmondorchilik anjumanida yaqin-atrofning ulamoyu fuzalolari, baxshiyu shoirlari albatta taklif qilingan. Bu oqshom mehmon kutish bahonasida dunyo voqealaridan, siyosatdan, savdo-sotiqdan, adabiyot-san’atdan hammani qiziqtirgan odob doirasidagi bahsu gurunglar olib borilgan.
  Baxshi shoirlardan she’ru dostonlar tinglangan. Jangnoma kitoblar, roviylar ibratli hikoyatlar o'’iganlar. Hunarmandchilik, dehqonchilik, bog’bonlik sirlari, yangi mavsumga tayyorgarlik maslahatlari haqida gap borgan.
  Biz o’zbeklarda, umuman, musulmonchilikda mehmon hatto g’arazli maqsadda, yurtga, qabila yo oilaga yomon niyat, dushmanlik maqsadi bilan kelgan bo’lsa ham, mezbon buni sezsa-da, yaxshi bilsa-da, mehmondorchilik odatiga shak keltirilmagan. Albatta, mehmon sharafiga to’kin dasturxon  bezatilgan. Chunki bu nafaqat o’sha oila, balki qabila, qishloq, millatning sha’ni sanalgan. "œMehmon oz o’tirar, ko’p ko’rar", deb uy-xonadonni tartirblashitirb, toza farishtali qilib qo’yilgan.
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 12 May 2008, 14:18:53
"¦ Odamga libos.

  Madaniyatlilikning asosiy belgilaridan biri bu kiyinish odatidir. Kimning qanday kiyinganligiga qarab uning did-farosati, moddiy va ma’naviy darajasini hatto kasbini aniqlab olish mumkin.
  Insoniyat ongida boshqalardan istihola qilish, uyalish, andisha tushunchalari paydo bo’lgandan boshlab ular kiyinishni odat qilishgan.
  Kiyinishni ilk bor zaif jins — ayollar boshlaganlar. Shuning uchun ham xotin-qizlar tabiatida kiyinish, bezanish, taqinish tushunchalari turmushning asosiy ko’rinishlari qatorida turadi. Shu sabab xalqimizda, onagni otangga bepardoz ko’rsatma, degan gap bor. Kiyinish madaniyati jins, yosh fasl, millat, urf-odatlar, kasb-kor, zamon va taraqqiyotning muayyan bosqichi, darajasi bilan bog’liqdir. Bolalar, qizlar, yoshlar, o’rta yoshlilalar, keksa odamlarning kiyinish madaniyati mazmuni va shakli shamoyili jihatidan bir-biridan ajralib turadi.
  Kiyim odamni issiq-sovuqdan saqlaydi. Kishi tanasi, ruhiga ijobiy ta’sir qiladi. Salomatlikni barqarorlashtirib turadi. Bizning o’zbek xalqimiz kiyinish madaniyati nuqtai nazaridan ham dunyoodagi xalqlarning oldingi saflarida turadi. Bir necha ming yillar ilgari ota-bobolarimiz egniga yaktak-lozim, oyoqqa kovush-mahsi, etik, boshga shabpo’sh, do’ppi, telpak, ustga chopon, to’n kiyib, belga belbog’, qars boylashgan.
  Momo-oyilarimiz ham qimmatbaho, nafis uzun ko’ylak-lozim, kovush-mahsi, kamzul, to’n kiyishgan. Jun , ipak, tovar, chit-satin ro’mollar o’rashgan. Sochpopuk, kulota, po’pak, tillaqosh, zebigardon, turli-tuman uzuk-xalqa, tanga-tillolardan iborat taqinchoqlar ham kiyimlar datsasiga yanada ko’rk va jilo bergan.
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 12 May 2008, 14:23:37
  Kiyinish har bir xalqning qadim zamonlardan buyon yashab kelayotgan mintaqasi, shart-sharoiti, turmush tarzi, udum, urf-odatlari, tabiati bilan ham chambarchas bog’liq bo’lgan. Masalan, serquyosh o’lkalarda yashovchi xalqlarda qadim zamonlardan beri oq matodan kiyim kiyinishni odat qilishgan. Chunki oq mato quyosh nurlarini bir qadar qaytarib, kishilarni issiq ta’siridan saqlagan.
  Aksincha, iqlimi sovuq o’lka va yurtlar xalqlari esa odatda qora matodan kiyim kiyishga odatlanishgan. Chunki bu kiyim sal bo’lsa-da chiroy ko’rsagan quyosh nurlarini o’ziga singdirib, kiyim egasining tanini yayratgan.
Dunyodagi barcha xalqlar bir-biriga hududiy, madaniy-maishiy, iqtisodiy jihatdan qanchalik yaqinlashganlariga qarab, ularning kiyinish madaniyatidagi jihatlar ham bir-biriga ko’chgan. Bu bir mamlakatning ikkinchi davlat tomonidan bosib olinishi, katta xalqqa kichik xalqlarning ixtiyoriy ravishda qo’shilishi kabi omillar bilan bog’lanib ketadi. O’rta Osiyodagi ko’pgina xalqlar singari o’zbek xalqining kiyinish madaniyatida ham asosiy, o’zbek odat va rasmlaridan tashqari, Eron, grek-makedon, arab, mo’g’ul xalqlari kiyinish alomatlari uchraydi. Chunki tarixdan Siz bu xalqlar lashkarlari O’rta Osiyo yerlariga bostirib kirib, bir necha muddat bu yerlarda yashab qolishganini yaxshi bilasiz.
  Aksincha, Yaqin Sharq, Sibir, Kavkazorti, Hindiston, Afg’oniston va Yevropaning bir qism xalqlarida O’rta Osiyo, xususan, bizning qadimiy xalqimiz kiyinish madaniyati belgilarini uchratishingiz mumkin. Bu Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur va Bobur Mirzo, Shayboniyxon kabi ajdodlarimizning bu mamlakatlarga lashkar tortib yurishlaridan qolgan meroslardir.
  Hozirgi davrda umuman katta kishilar ham rangi-tusi, katta-kichikligi demasa, odatda, bir xil kiyim-bosh: ko’ylak, kostyum-shim, tufli-botinka, plashch-palto, shlyapa yoki shapka kiyishadi. Bu kiyimlar dastasi umuman Yevropa madaniyatiga doir, xususan qadimiy ingliz xalqi milliy kiyim-bosh hosilasidir. Taraqqiyotning so’nggi asriga kelib, dunyoda eng faol ishlatiladigan til bu — ingliz tili bo’lganidek, kiyinish borasidagi eng qulay va ko’pchilikbop kiyinish udumi ham ingliz kiyimi: kostyum-shim, plashch-palto va hokazo kiyimlar bo’lib qoladi.
  Umuman, bugungi kunda roman-german xalqlari kiyinish madaniyati deyarli butun jahon xalqlari tanasi va ruhiga egalik qilmoqda. Biroq har bir xalq, jumladan, ko’p millatli xalqlarimiz tarkibiga kiruvchi har bir millat o’z kiyinish an;analari, madaniyati, insonning tashqi ko’rinishi bilan bog’liq urf-odatlarini u yoki bu darajada saqlab qoldi va bundan buyon ham asrab-avaylab saqlashi tabiiy.
  Obrazli qilib aytganda, umumiy gulzorda gul ko’p, chaman ko’p, lemin har bir gulning o’z rangi, hidi, hayot tarzi va ifori bor. Millatlar va kiyimlar ham xuddi shunday. Ular rang-barangligi bilan kamalakdek tovlanib, ko’ngillarni quvontirishi lozim.
  Siz kavkazlikni papax va kamzulisiz, ukraini guldor ko’ylagisiz, tojikni gilam do’ppi va belbog’da osilgan pichoqsiz tasavvur qilolmaganingizdek, o’zbekning ola do’ppi va choponisiz ko’z o’ngingizga keltira olmaysiz. Bular xalqlarimizning tashqi ko’rinishi — kiyinish borasidagi o’ziga xos milliy xususiyatlaridir.
  Kiyim kishining nafaqat tashqi qiyofasini, balki ichki ma’naviy dunyosi, qaysi millatning farzandi, qaysi zamonning qanday saviyali odami ekanligini ham ko’rsatib turadi.

Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 02 Iyun 2008, 20:55:32
                                          "YOR-YOR" aytilganda...

Xalqona topqirlik, quvnoqlik va bo‘y qizlarga xos bo‘lgan uyatchanlik ila aytiladigan "œYor-yor" go‘zal udumlarimizdan biri hisoblanadi. Taomilga ko‘ra, to‘y kuni kelin dugonalar tomonidan jo‘rovoz bo‘lib kuylanadigan bu qadimiy marosim qachon paydo bo‘lgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ammo shunisi aniqki, bu an’ana xalqimiz o‘tmishi singari qadimiy va qadrlidir. 
Ma’lumki, xalqona qo‘shiqlar badihago‘ylik tarzida — turmush, sharoit va mahalliy an’analardan kelib chiqqan holda kuylanadi. Qizlarning shirin orzu-istaklari va armonlari tarannum etiladigan yor-yorlar, o‘ziga xos va rang-barang uslubda o‘zbekona fe’l-atvorni ham namoyon etadi.
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yor-yor aytish an’anasining o‘ziga xos shakli mavjud. Marosim boshida dugonalar kelinni bezatilgan uyga olib kirishadi va davra qurib, o‘lanni boshlaydilar:
Shoyi ko‘rpa yig‘ilgan — to‘y seniki, yor-yor,
Qo‘lida tillo qamchi, yor seniki, yor-yor.
Ey yoronlar, yoronlar, vaqt g‘animat, yor-yor,
Qizni olib keldik biz, jon g‘animat, yor-yor.
Bu o‘rinda nihoyatda topqirlik bilan ishlatilgan tashbeh — "œtillo qamchi qo‘lida" iborasi satrlar qatidagi mazmunni chuqurroq anglashimizga yordam beradi. Darhaqiqat, oila mas’uliyatini tillo qamchiga mengzash bu satrlarda juda o‘rinli bo‘lgan. Mas’uliyatning asosiy qismi esa erning zimmasida bo‘lishi tabiiydir.
Dugonalar tomonidan boshlangan o‘lanni kelinning opasi davom ettiradi. Marosimni kelinning onasi yakunlab beradi. Mantiqan olib qaralganda ham shunday bo‘lishi kerakday, ya’ni avvalo kelinchakka, so‘ngra davrada o‘tirgan bugun-erta oila qurish arafasida turgan qizlarga qarata pand-nasihat, o‘git bo‘lgulik gaplar ko‘pni ko‘rgan, hayot mashaqqatlarida toblangan kishi tomonidan aytilsa, ta’sirli bo‘ladi. Onalar esa bunday vaziyatda nima demoqlikni juda yaxshi biladilar:
Hovlimizning to‘rida bir tup anjir, yor-yor,
Bir tup anjir tagida tillo zanjir, yor-yor,
Tillo zanjir olmanglar, uzilmasin, yor-yor,
Ro‘zg‘origa baxt tilang, buzilmasin, yor-yor.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bu go‘zal marosimning Xatirchi varianti folklorshunoslar uchun ko‘p jihatdan yangilik. Negaki, bu marosimning dugonalar tomonidan boshlanib, onalar yakunlab berishi an’anasi boshqa joylarda takrorlanishi ehtimol. Eng asosiysi, marosim shu tarzda o‘tkazilganda, "œYor-yor" ning ma’naviy-estetik ta’siri yuqori bo‘ladi.   
 
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 21 Iyun 2008, 00:38:03
O'zbek dasturxoniga marhamat 10:07:55 


Deylik, ko‘z o‘ngimizda bezatilgan dasturxon. Aqlu zakovat mahsuli — non, shirinlik, meva-chevayu ichimliklar, quyuq-suyuq taomlarning kishi tanasini quvvatlantirish, sog‘lomlantirish, turli xiltlardan poklash va tozalash xususiyati borligi ayni haqiqatdir.

Noz-ne’matlarning nimadan, qanday qilib tayyorlanishi haqida fikrlash lozim bo‘lsa, bu manzaraning davomini pazandalik san’atiga ulash o‘rinlidir. San’atning bu turiga ehtiyoj kishilar turmush tarzidan kelib chiqib shakllangan. Har qaysi millatning, har qaysi elatning yegulik, ichkiligini o‘zida mujassam etgan pazandalik san’ati bor. Buning vujudga kelishini esa ko‘p hollarda o‘tmish bilan, ajdodlar turmush tarzi bilan ham bog‘laydilar. O‘zbek xalqi oshxonasi o‘zining boy va qadimiy an’analariga egaligi bois, o‘zga millat vakillarini qiziqtirayotgani ham bugungi kun voqeligi bo‘lib qoldi.
... 2001 yilning bahor kunlaridan birida Toshkentga xizmat safari bilan kelgan xorijlik mehmonlarning nasibasi o‘zbek xonadonlaridan biridagi to‘yga qo‘shilgan edi. Nahorga ikki-uch kishilik qilib suzilgan lagandagi oshni ko‘rib, yevropaliklar ajablanishdi. Taomga turli ziravorlardan tashqari, qazi-qarta, bir parcha dumba yog‘, go‘sht solingan. Likopchalarda achchiq-chuchuk ham uzatildi. Och qoringa kaloriyasi bu qadar boy taomni tanovvul qilish mehmonlarga erish tuyuldi. Boz ustiga, ovqatning hammaga tekin tarqatilayotgani ularni yanada hayratga soldi. Mehmonlarni to‘yxonaga boshlab kelgan mezbon saxiylik va tavozedan taajjublanayotgan xorijliklarga bu o‘zbek xalqining qadimiy taomili ekanligini, yog‘lik osh tarkibidagi kaloriyasi yuqori elementlarni parchalashga yordam beruvchi ziravorlar borligini, achchiq-chuchuk bilan iste’mol qilinganda esa taom yanada yaxshi hazm bo‘lishini ayt­gach, bu ularga ma’qul tushdi. Oshning ketidan esa uni hazm qilishga yordam beruvchi choynak-choynak ko‘k choy uzatildi.

40 yillik urinish

Milliy pazandalik san’atining qadimiy an’analarini, sir-asrorlarini har qaysi hudud misolida o‘rgangan, retseptlarni to‘plagan va uni kitob holiga keltirgan mar­hum tadqiqotchi Karim Mahmudovning xizmatlarini shu o‘rinda e’tirof etib o‘tmoqchimiz. O‘zbekiston hududida yashagan va hozirda istiqomat qilib kelayotgan aholi pazandalikda o‘ziga xos maktab yaratganini ko‘ra bilgan Karim Mahmudov bugungi avlodga ma’lum bo‘lmagan taom turlarini ham o‘rgandi va retsepti bilan «O‘zbek milliy taomlari», «Mehmonnoma», «Mehmon kutish san’ati» kitoblariga joyladi. Muxlislar javonidan o‘rin olgan bu kitoblarda muallif 40 yildan ortiq vaqt mobaynida O‘zbekistonning uzoq-yaqin tuman va qishloqlariga shaxsiy ekspeditsiya uyushtirganini, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan qadimiy taom turlarini keksalardan so‘rab-surishtirganini bayon etar ekan, ularni retsepti bilan havola etadi.

Har bir uy bekasi pazanda bo'lsin

Mazali taomning ta’mi og‘izda qoladi. U xoh suyuq, xoh quyuq bo‘lsin, ichidagi masalliqlar — yog‘, go‘sht, sabzavot, dukkakli o‘simliklardan loviya, no‘xat, mosh, perlovka yoki guruch pishirilgan holatda iste’mol qilinganda, kishi tanasining turli mikroelement­lar — yog‘, oqsil, uglerod va vitaminlarga bo‘lgan ehtiyojini qoplaydi. Mutaxassislarning ta’kidlashiga qaraganda...
 
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 27 Iyun 2008, 10:54:53
                         Kattaga hurmatda, kichikka shafqatda bo'lish

   Kundalik hayotimizda shunday narsalar borki, ularni bajarmasdan hayot kechirishning o'zi mumkin emas. Masalan, ovqatlanish, kiyinish va hakozolar. Biroq, ahamiyatsizdek tuyulgan, aslida zaruriyatdan ham zaruriyroq ba'zi bir taomillar, urf-odatlarni ham yoddan chiqarmaslik kerak. Tasavvur eting, ertalab turganingizda derazadan mo'l-ko'l quyosh nuri tushib turibdi. U Sizning ovqatlanishingizga ham, kiyinishingizga ham zarracha aloqasi yo'q. Biroq, bu omil ruhingizni ko'tarib yuboradi, beixtiyor shodlanasiz, hayot ne'matlarining nechog'li qadr-qimmatli ekanligini anglaysiz. Tabiatning boshqacha manzaralari, olis-olis ufqlar, ekinzorlar, o'tlaqlar ham dilingizda g'alati, anglab bo'lmas his-tuyg'ularni uyg'otadi. Bu tuyg'ular sirli tuyulsa-da, ruhingizni yuksaltiradi. Siz jamiki mavjudodga, yorug' olamga, tabiatga shukronalar aytigingiz, odamlarga yaxshiliklar qilgingiz keladi.
Ana shunday insoniy tuyg'ular-la bog'liq, hamisha, har qanday vaziyatda yaxshilikka undovchi udumlarimizdan biri kattaga hurmat, kichikka shavqatdir.
Xalq og'zaki ijodida deysizmi, o'zaro suhbat-gurunglarda deysizmi, bu aqida hech qachon chetda qolmagan. Ma'lumki, yozma adabiyot ham insonlarning eng go'zal narsalarga ehtiyojian kelib chiqqan. Hikoyami u, she'rmi u-ehtiyoj farzandidir. Kattaga hurmat, kichikka shafqat hislariga tashnalik juda ko'p so'z san'atkorlariga turtki bergani ayon.
Donishmand bobolarimiz, keksa kishilarga, ota-onaga, aka-uka, opa-singil, qarindosh-urug'larga, mahalla-guzar ahliga nisbatan hurmat , mehr-oqibat, shafqat, muhabbat tuyg'ularini yurakdan eng asl gavhar donasiday asrash to'g'isida maxsus tarbiyaviy risolalar bitganlar.
Ahmad Yassaviy, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg'ariy, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy singari ajdodlarimiz, bobolarimiz ijodiy merosining katta qismi mana shu chuqur insoniy mavzuga qaratilgan. Katta kishilar oldida odob saqlash, ularning gapi, o'giti, pand-nasihatlarini quloqqa olib, amal qilishning ma'nosi sirtdan qaragandagiga nisbatan juda keng va terndir. Chunki, yoshi ulug' odamlarning zimmasiga o'zlaridan oldin o'tgan ota-bobolarning katta ma'naviy zil yuki yuklatilgandir. Bu tabarruk inoniyat hayotining bardavomligini, uzluksizligini ta'minlovchi "yuk"ni qabul qilib olishning ham o'ziga yarasha odob-qoidasi bor. Kichikka shafqat ham bejiz emas, ula rhozirgi zamonni ham, o'tmishni ham kelajak avlodlar-la bog'lydilar. Ularga har qancha mehr, shafqat ozlik qiladi bu ma'suliyatli vazifaning oldida!
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 27 Iyun 2008, 10:55:40

Sizlarning o'zingizdan kichik bolalarga, ayniqsa qizchalarga hamishalik e'tiboringiz, mehribonchiligingiz, beminnat ko'magimgiz o'z eringizni, avlod-ajdodlarni nechog'li sevishingizni ham bildiradi. Kattalr orasida ham-o'zingizdan kishiklar o'rtasida ham ayrim nogiron, kasalmand kimsalar uchrashi mumkin. Ularga nisbatan nihoyatda ehtiyatkorlik bilan muomalada bo'lmoq talab etiladi. Munosabatingizning asosini izzat, saxovat, shafqat va mehr tashkil etishi kerak.
Ayrim tengdoshlar o'zlaridan kichik va nogironlar uyoqda tursin, kaltabinlik bilan kattalarni, hatto o'z ota-onalarini ham mensimay, nazar-pisand qilmay qo'yadilar. O'zboshimchalik Yo'liga kiradilar. Avvalo ularning o'qishlari susayib, yomonlashadi. Chekish, ichish kabi yaramas odatlarni o'rganadilar. Bezorilik, kissavurlik, nashavandlikqiladilar. Oqibatda kelajak istiqboli, yuksak insoniy taqdir-a'moldan mahrum bo'ladilar. Ahloq tuzatish hibsxonalariga, qamoqxonalarga tushadilar. Siz shunday tengdoshlaringizning faoliyatinituzukroq tahlil qilib ko'radigan bo'lsangiz, engil-elpi hayotdan hech qanday maqsad-muddaosi bo'lmagan bolalar unday noma'quchiliklarga qo'l urishini bilib olasiz. O'z xatti-harakatlaringiz, xulq-atvoringiz bilan ularga ta'sir o'tkaza olsangiz, qalbingizda go'zal his-tuyg'ular yana baquvvat tomir otadi, yanada ko'proq ijobiy fazilatlarga ega bo'lasiz. Udumlarimizning mohiyatiga e'tibor beradigan bo'lsak, ularda hatto qora narsalardan ham yorug'lik qidirish, ularni ham to'g'ri yo'lga solish istagi yotganligiga guvoh bo'lasiz.
Kattaga hurmat, kichikka shafqat aqidasiga tobelik, mutelik ruhiyati, tabiati, o'zidan kattaga, xususan hokim sinfga nisbatan bo'yin tovlamaslik, qaramlik, qullik ifodasi, deya tanqidiy nazar bilan qaraydiganlar ham uchraydi. Ayrimlar, hatto kattaning yuziga, ko'ziga tik qaramaslik, hurmat-odob saqlashni xurofat deb bilab, aksincha, yosh yigit-qiz qaddini g'oz tutishi, suhbatdoshining ko'ziga tik qarashi, ko'ngliga o'tirishmagan pand-nasihat, o'gitlarini keskin rad qilishi lozim, degan fikrdalar.
Bunday mulohazalar bir tomonlamadir. Insonning xatti-harakati, gap-so'zi boshqa birovlarning diliga og'ir botmasligi kerak. Boyg'ozilik qilib yurish bilan hech narsa o'zgarib qolmaydi, aksincha, bu ba'zi birovlarga haqoratday tuyulib, ular hech qachon Sizga o'z dillarini ochishmaydi. Haqoratning katta-kichigi bo'lmaydi. Tarsaki bilan urasizmi, nojo'ya qilig'ingiz bilan g'ashiga tegasizmi-baribir, bu haqorat, ko'ngil og'ritishdir.
Bu jihatdan qadim zamonlarda ko'pgina Sharq xalqlari tarixida kattaga hurmat, kichik va ojizlarga shafqat qonuniyati har bir kishining insoniy burchi sifatida qaralgan. Aks muomala esa g'ayriaxloqiy tushuncha sanalgan.
Hurmat-izzat, e'zozlash, aziz tutish tuyg'usi nafaqat tirik odamlarga, balki dunyodan o'tgan marhumlarga nisbatan, hatto jon-jonivorlar, insonning rizqu nasibasi bo'lgan nonga, ilm-ma'rifat, madaniyat ramzi oq qog'ozga, tiriklik va hayot manbai suvga nisbatan ham keng qo'llanilgan.
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 27 Iyun 2008, 10:57:07

Izzat-hurmat nafaqat inson zotining tirikligida, balki u hayotdan ko'z yumganda ham saqlangan. Tirikligida odamlarga, jamiyatga, ilm-ma'rifatga, madaniyatga katta foyda etkazgan shaxslar vafotlaridan keyin ham chuqur hutmat-izzatga sazovor bo'lishgan. Ularning qabrlari aziz deb bilingan. Maqbaralar ko'tarilib, obodonlashtirilgan. Bot-bot ziyorat qilib turilgan. Chunki, u ham qachonlardir er yuzida ter to'kkan, zahmat chekkan. Aytaylik, biror daraxt ekkan, hovuz qazigan. O'z bola-chaqalari, yoru birodarlari, qarindosh-urug'lariga g'amxo'rlik ko'rsatgan. Insonning er yuzida yashab o'tgan umrinidan tashqari abadiyatga daxldor, hech qachon o'lmaydigan yana bir umri ham borki, shu sababli u dafn etilishi zamonoq unutilishga mahkum emas. Mayda, ojiz hasharotlarga, jonivorlarga mehribonlik ham ulug fazilatdir. Aqalli bir mushukka bo'lsang mehribon, Demak, salomatdir sendagi ibo, -deydi Xusrav Dehlaviy. Ota-bobolar yerga tushgan non parchasi, uvog'ini ohista olib, o'pib, yuz-ko'zlariga surtib, oyoq ostidan chekkaga, qushlar, it-mushuklar eb ketadigan joylarga ko'tarib qo'yishgan. Qog'ozga nisbatan ham shunday munosabatda bo'lib kelingan. Nonni, qog'ozni erga tashlash, uni bosib o'tish gunoh hisoblangan. Obi hayot hususida ham shuni aytishimiz mumkin. Kattadir-kichikdir suvga peshob qilsa, ulug' gunoh sanalib, ko'zi ko'r bo'lib qoladi, deya cho'chishgan. Qo'l, daryo, ariqlarning suvlari shu sababdan ham toza, musaffo, shirin bo'lgan.
Izzat-hurmat odatida erkak kishining ayol zotiga munosabati alohida o'rin tutadi. Qadimdan ota-bobolarimiz yer yuzidagi barcha ezguliklar manbai, inson hayotining sarchashmasi bo'lgan ayol zotiga hamisha hurmat saqlab kelganlar. Xotin-qizlar ro'zg'or tashvishlari, kundalik turmush urunishlari uchun yugurib-elishdan xalos qilingan. Nozik jins sifatida har qanday og'r yumushdan saqlangan. Buviyu onaga, opa-singilga, amma-xolalarga zo'r hurmat bilan qaralgan. Ota- bobolar, erkaklar, yosh yigitlar-u, o'smir, o'spirinlar ayol zotining xizmatida kamarbasta bo'lishgan.
Ona-ku tabaruk zot sanalib, bosgan izlari ko'zga surtilgan. Butun hayot davomida onani o'grintirmaslikka harakat qilingan. Onani farzand tomonidan savatga solib, boshga ko'tarib, etti marta Makkayu Madinaga olib borib, tavof qildirish, onaizorning farzand bshigi ustida bedor o'tkazgan bir kuniga teng tutilmagan. Onalardan keyingi opalarga hurmat-ehtiromni ayting. Amir Temur bobomiz Samarqandda yashagan opalarini jahon ayvonining qaysi puchmog'ida lashkar tortib yurishlariga qaramay, oy sayin yo'qlatib turganlar. Imkoni topildi deguncha, sovg'a-salomlar bilan ziyorat qilishni kanda qilmaganlar. Bobur Mirzo ham huddi shunday egachilari Xonzoda begimni yilning qaysi fasli bo'lishi-yu, yog'in-sochindan qat'I nazar, haftada bir bor ziyorat qilishni tark qilmaganlar"¦
Asrlar davomida shaxslararo izzat-hurmat milatlararo diqqat-e'tiborga aylana bordi. O'zbek xalqimiz qo'n-qarindoshi - qozoq, qirg'iz, tojik, turkman, qoraqalpoq, ozarbayjon xalqariga nisbatan chuqur qo'shnichilik hurmat-izzatnisaqlab kelishdi. Bir-birlari ta'lim-tarbiya fani, madaniyatini boyitishdi.
Insonning inson bo'lib etishuvchi uning yuragini qanday tuyg'ular band etganiga qarab belgilanadi. Hurmat, shafqat his-tuyg'ulari, ayniqsa, muborak sanlaib, hayotda kishiga juda ko'p yaxshiliklarni baxshida etadi. Bizning yashashdan murodimiz, hayotdan maqsadimiz ham shu-da!
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2008, 16:43:51
                                              Yaxshi niyat-yarim davlat

Yaxshi niyat — yarim davlat, deydi xalqimiz. Tilak bildirish, yaxshi niyat, duoyu olqishlar — bu ham o’zbek xalqining eng qadimiy udumlaridan biridir. Inson hayotining barcha fasllarida, turli yoshlarda, turli munosabatlar bilan, turmushning barcha chorrahalarida bir-biriga tilak bildiradi, yaxshi niyat qiladi.
Bola tug’ilganda,-"Farzand, zurriyod muborak bo’lsin deya umriyu rizqi, ota-onasi, boboyu buvisi bilan bergan bo’lsin",- deyiladi. Bu ixcham tilakning mazmunida katta hikmat bor. Bolaki tug’ilibdimi, avvalo uning umri uzun bo’lsin, rizqi nasibasi mo’l bo’lsin, ota-onasi tarbiya berib, oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazar ekan, farzandining huzur-halovatini, rohatini, iqbolini ko’rishsin, xalqning og’irini yengil qiladigan shaxs bo’lib yetishsin kabi ko’pga va uzoqqa mo’ljallangan tilaklar birgina shu ibora hikmatda o’z jamuljamini topgan.
O’g’il uylantirayotgan, qizini turmushga chiqarayotganda ham yangi oila qutlug’ bo’lsin deya muborakbod qilinib, "œIloho ikki yoshning baxti iqbolini bersin, qoshgani bilan qo’sha qarisin, uvali-juvali bo’lishsin, tuproq olishsa oltin bo’lsin" kabi ixcham niyatlar bildiriladi. Bu bilan hamrohini topgan baxtu saodatini ham topsin , o’la-o’lguncha bir-birlariga sodiq yostiqdosh bo’lishsin, farzandlari ko’pu tarbiyali bo’lishsin, topganlari o’zlariga nasib qilsin, avlodning munosib davomchilari bo’lsinlar singari hayotiy, samimiy tilaklar ko’zda tutilgan.
Safarga, sayyohatga, xizmatga otlanayotgan kishilarga, "œSafaringiz bexatar bo’lsin, eson-omon yana diydor ko’rishaylik, xudo yor, pirlar madadkor bo’lsin" , degan tilaklar bildiriladi. Mo’ysafidlar, ota-onalar farzandlarining duoyi jonini qilisharkan, "œoy borib, omon qaytgin", deya kaftlarini yuzlariga surtib, fotiha tortishadi. "œOmad yor bo’lsin, olginu oldirmagin, to’rt muchang sog’ bo’lsin, xudo o’z panohida asrasin, chor-yorlar madadkor bo’lsin" tilaklari ham shu holatlarda qo’llanilishi mumkin.
Biror joydan, shahar, qishloq, davlat, safar va ziyoratdan qaytgan kishilarga, "œziyoratlar qabul bo’lsin" degan niyat bildiriladi. Bunga javoban safardan qaytgan shaxs, "œmurodingiz hosil bo’lsin" deya minnatdorchilik bildiradi. Buning ma’nosi shuki, xolis, ezgu niyatlar bilan ziyoratga chiqib, mozor bosib, ulug’ avliyo-anbiyolarni ziyorat qilib qaytibsiz, yaxshi niyatlaringizni xudo o’z dargohida qabul qilsin, deyilayapti. Javobda esa ikki ma’noli mantiq jo bo’lgan: Iloho aytganingiz kelsin, insholloh, Sizga ham ushbu ziyoratning savobidan tegsin, ma’nolari shular jumlasidandir.
Odamlar ko’ngillari to’lmagan, gumonsiragan shaxs, voqea-hodisa, ish haqida odatda, "œoxiri baxayr bo’lsin, oxirini yarlaqasin" degan mulohaza — tilak aytishadi. Bu bilan ushbu shaxs yo hodisaning ketishi shu bo’ladigan bo’lsa, oqibati yaxshilikka olib bormaydi, yana ham Xudo insofini berib, bir tomonga boshqarib, oxirini yarlaqasa, noumid shayton, deya umid bildiriladi.
Marhumlar xotirasiga fotiha o’qilarkan, "œXudo dargohida qabul qilsin, joylari jannatda bo’lsin, go’rida tinch yotsin, arvohi shod bo’lsin, xudo rahmat qilsin" kabi tilaklar va ularning teng muqobillari ishlatiladi. Xonadon sohibiga, "œXudo sabr bersin, marhumning qolgan umrini sizga, bola-chaqangizga bersin, qaratmagan tabibingiz qolmadi, xudoning irodasi shu ekan, xudo bir, o’lim barhaq" deya yupatiladi, ko’ngil so’raladi. "œBandalik, hammamizning ham boshimizda bor gap, borar joyimiz o’sha manzil" singari iboralar ham shu marosimning yupatuvchi iliq so’zlari sanaladi. Marhum keksa odam bo’lsa; "œ Shu kishining yoshlariga yetib yuraylik, o’lim emas, buni to’ deyavering, tabarruk",- deyiladi. Keyingi yosh avloddan biror farzand marhum bobo, ota, xola, onaga o’xshatiladigan bo’lsa, marhum hayotdan yosh ko’z yumgan bo’lsa "œUmri o’xshamasan-u, falonchi pismadonchiga quyib qo’ygandek o’xshabdi",- deyiladi.

Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2008, 16:45:35
Kasal bemor ko’rgani borganda, avvalo kech borilmaydi, payshanba kuni bemor ko’rilmaydi, "œTuzalib qoldingizmi, xayriyat, rang-ro’yingiz binoyiday" deyiladi. Qaytayotganda xayrlashayotib, "œXudo shifo bersin" deya yuzga fotiha tortiladi, "œDardini bergan Olloh davosini ham beradi, keng fe’lli bo’ling, ko’pi ketib ozi qoldi, ko’rmagandek bo’lib ketasiz", - deyiladi.
Gadolar tilanib oldingizdan chiqsa ham o’zbek ortiqcha sarmoyasi bo’lmasa, peshvozga qattiq gapirmaydi, xudo bersin, deya yaxshi niyat qilib, o’tib ketaveradi. Bir kam dunyo. Bola-chaqaning bosh-oyog’iga, sandig’i, sarpo-surug’iga yetkazishning iloji bo’lmasa, "œhammasi to’la-to’kis bo’lishi shartmas, peshonasiga bersin", deyiladi.
Ostona hatlab, o’zga xonadonga kirilganda, yuzga fotiha tortilarkan, "œIloho, tinchlik-xotirjamlik, omonlik bo’lsin, boy-badavlat Xizr barakasini bersin, qadam yetdi, balo yetmasin" kabi so’z va iboralar qo’llaniladi.
Biror kishi yangi kiyim, joy — jalol, mol-mulklik bo’lganida o’zbekchilikda "œQulluq bo’lsin, muborak bo’lsin, nasib etsin, tepkilab-tepkilab kiying, egningizda to’zisin, yarashibdi, buyursin" kabi so’z va iboralar qo’llaniladi.
Xalqimizda odamlarga yaxshilik qilish, birovning kori xayriga yarash axloq normasi, odamgarchilik, insoniy burch sanaladi. "œYaxshilik qil daryoga tashla, baliq biladi, baliq bilmasa — Xoliq biladi" aqidasiga rioya qilarkan o’zbek har bir o’zga insonga, uning yoshi, jinsi, millati, qavmidan qat’iy nazar, yaxshilik sog’inib yashaydi.
Yaxshi niyat, tilak bilan bog’liq o’zbek xalq maqollari ham bir talay. Ulardan:
Yaxshi so’z jon ozig’i, yomon so’z bosh qozig’i;
Yaxshi oshini yeydi, yomon boshini;
Yaxshidan vafo, yomondan jafo;
Yaxshilik to’rga eltar, yomonlik go’rga;
Yaxshilikka yaxshilik- har kishining ishi, yomonlikka yaxshilik- er kishining ishi;
Yaxshi so’z ham, yomon so’z ham bir og’izdan chiqadi;
Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar, yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar;
Yaxshini bil o’zidan, yomonni bil ko’zidan;
Yaxshini ko’rib shukur qil, yomonni ko’rib fikr qil;
Yaxshilik qilsang yashir, yaxshilik ko’rsang oshir;
Odamdan yaxshi ot qolsin;
Yaxshi chechakka bolari qo’nar
kabi axloqiy- tarbiyaviy maqol-naqllar shular jumlasidandir.
Yaxshi niyat-tilaklar odob-axloq, nasihat, maslahat, yaxshilik sog’inish mayllarida bo’lganidan oddiy muomala-munosabat, kundalik turmush lahzalari, umrguzaronlik yo’llarida, umr saboqlari sifatida har qadamda uchraydi:
Xush kelibsiz;
Xush ko’rdik;
Yaxshi boring;
Yaxshi qoling;
Yaxshi yotib turing;
Shirin tushlar ko’ring;
Yoqimli ishtaha, ishtahangiz karnay bo’lsin;
Xayrli tun, xayrli tong; yaxshilikka buyursin;
Yaxshi kunlaringizga yarasin;
Yaxshi kunlarda ko’rishaylik;
Yaxshiliklaringizga qaytaray;
Ko’z tegmasin;
Baraka toping;
Uyingizga bug’doy to’lsin;
Bola-chaqangizning huzur-halovatini ko’ring;
Yaxshi niyatlaringiz o’zingizga yor bo’lsin;
Tuproq olsangiz oltin bo’lsin;
Qo’chqorday o’gil bersin;
Topganingiz to’yga buyursin;
Fayz-barakangizni bersin;
Umringiz uzoq bo’lsin;
O’ylagan niyatlaringizga yetib yuring;
Topish-tutishingizga Ollohim baraka ato qilsin.
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2008, 16:46:31
Insonning boshiga har xil savdolar tushishishi mumkin. Minnatsiz osh, g’avg’osiz bosh bo’lmasa, deydi o’zbek. Jabrdiyda, alamdiyda kishidan ko’ngil so’raganda, uni yupatilganda, odatda, "œKo’nglingizni cho’ktirmang, oyning o’n beshi qorong’u bo’lsa, o’n beshi yorug’", "œAlbatta yorug’ kunlar ham keladi", "œBoshingiz omon, joningiz sog’ bo’lsin", "œBoshingiz toshdan bo’lsin", "œBu kunlar unut bo’lib ketadi", "œDavlat, pul qo’lning kiri", "œMol topiladi, jon topilmaydi" qabilidagi jumla, ibora, so’zlar, maqolu naqllar qo’llaniladi.
Adolatsizlik oldida ojiz qolib, yer mushtlab, yiglab-zorlanib turgan odamga, "œKuyinmang, keng bo’ling, u Xudo bexabarga ham tikilgani-boqqani bordir", "œQarz qiyomatda qolmas" deydilar. "œQirq kun o’tmay xudoyi taolloning o’zi ko’rsatadi", "œXudoning g’azabiga uchraydi, o’shanda meni aytdi deysiz", degan gaplar bilan tasalli berishadi.
Kishining ko’ngliga qarash, nozikta’blik, dardkashlik, hamdardlik o’zbekning ko’ngil hamrohi. Biz o’zganing dard-g’amiga, tashvishiga loqayd, befarq qarolmaymiz. Shodligidan boshimiz osmonga yetsa, dard-tashvishida sherik bo’lamiz. Shunda quyidagi so’zlarni ishlatamiz:
Mushkulingiz oson bo’lsin.
Do’stga xor, dushmanga zor, nodonga muhtoj qilmasin.
Ko’nglingizga olmang.
Og’ir bo’ling.
Boriga baraka.
Barakasini bersin.
Qatorda xato bo’lmasin.
Ko’pga bersin, ko’p qatorida bizga ham bersin.
Bir-birimizdan kam qilmasin.
Ishingiz baroridan(o’ngidan) kelsin.
Ko’p bersin, ko’l bersin, keng fe’l, ketmas davlat bersin.
Yomonning yuzini teskari qilsin.
Yaxshilarga yondashtirgin, yomonlardan uzoqlashtirgin.
Aytganingiz kelsin.
Farishtalar omin desin.
O’zaro muomala-munosabat, uchrashuv, yuz ko’rishuvlarda shunday qisqa muloqatlar bo’lib o’tadi:
-Xirmonga baraka.
- Umringizga baraka.
- Yaxshimisiz, tan-joningiz sog’mi?
- Xudoga shukur, o’zingiz tinchmisiz, bola-chaqalar omonmi?
- Bu yaxshiligingizni o’la-o’lguncha unutmayman. Mendan qaytmasa, Xudodan qaytsin.
- Bandasidan yaxshilik qoladi. Bu mening insoniy burchim.
- Minnatdorman, Xudo umri joningizni ziyoda qilsin, dunyo turguncha turing. Bola-chaqangizning orzu-havasini ko’ring.
- Rahmat, yaxshi niyatlaringiz o’zingizga ham yor bo’lsin"¦
Sig’inish, iymon-e’tiqod bilan bog’liq yaxshi niyatlar ham hayotda juda ko’p qo’llaniladi. Ular ruhlanish, madad, ishoncha va e’tiqodni kuchaytirishga yordam beradi.
"œYo Ali", "œYo pirim", "œYo Alisheri Xudo", "œYo Rabbim" kabi xitoblar shular jumlasidandir. Bir ishga jazm qilish, faoliyatni boshlash, kirishish , polvonlik, kurash hamda ko’pkari-uloqda va boshqa harbu zarblarda kuch-quvvat talab qilingan lahzalarda bu xitoblar bot-bot qo’llaniladi.
Dasturxon, taom, bir piyola choy ustidagi suhbatlarda, daf’atan osh yeb turganimizda mehmon kelib qolsa, "œE, keling, keling, qaynonangiz suyar ekan", deyiladi. Mehmon ham, albatta, "œRahmat, qaynonam suymasa, qizini berarmidi", deydi. Ovqatni oxirigacha yedirishga undashda, "œOling, qoldirmang, dunyoning oxiriga yetib yuring, hamma savobi shu oxirgi luqmada-ya", degan jumla ishlatiladi. Choy quyayotganda, so’nggi payola choy uzatilgan kishiga, piyolada choy juda kam bo’lsa-da, "œMarhamat, dunyoning oxiriga yetib yuring", deyiladi. Bu bilan, avvalo choy quyuvchi o’zini, mehmonni choyning kamligi uchun xijolatpazlikdan qutqazadi. Ikkinchidan, dunyoning oxiriga yetib yuring , deganda- Sizning umringiz tugaganda, dunyo ham tugab, qiyomat qoyim bo’lsin, degan niyat emas, xudo bergan umringizni yashang-u, o’bro’-e’tiboringiz, yaxshi nomingiz dunyo turguncha tursin, umringiz boqiy bo’lsin, degan niyat yotadi.
O’zbekning har gapida ishlatiladigan yaxshi niyat, tilaklari bu xalqning odob-axloqi yuksak bo’lgan qadimiy madaniyat egasi ekanligidan dalolat beradi. "œYomonlik hammaning, yosh bolaning ham qo’lidan keladi", deydi xalq.
Qavmimizning tili shirin, gapi qiziq, qalbi saxovat, mehr-muhabbatga to’la, niyatlari pok, yaxshilik va ezgulikka yo’g’rilgan. Siz bilan biz ham bu xislatlardan benasib qolmasligimiz lozim.
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:06:22
                                                          Sovchilik

   Vatan ostanadan, hovli bo'sag'adan, oila sovchilikdan boshlanadi. Sovchi ikki xonadonga qarindoshlik iplarini bog'lashga da'vat etilgan kishidir. Sovchi kamida ikki, yo'qsa uch-to'rt kishidan iborat bo'lib, ikki jinsdagi erkak va ayol sovchilar ham bor. Har ikki to'p alohida, mustaqil harakat qiladi.
Odatda sovchilar kayvoni, el orasida obro'-e'tiborli, tagli-tugli, oqilu fozil kishilardan tanlanadi. Chunki ularning vazifasi og'ir, mas'uliyatli. Sovchining gap-so'zi mantiqli, ishonarli, tosh bosadigan, zalvorli bo'lmog'i lozim.
Sovchilar yigitning oilasi nomidan qiznikiga, bo'lajak kelinnikiga elchilik qilib, uning qo'lini so'rab borishadi. Umr savdosining pishish-pishmasligi, avvalo, kuyov bo'lmishning o'zi, ota-onasi, qarindosh-urug'i, qolaversa, sovchilarning mahoratiyu tajribasiga, quda bo'lmishlar ko'ngil qulfiga kalit sola olishiga ko'p jihatdan bog'liq. Ayni paytda o'z vazifalarining butun mas'uliyatini bo'yniga olgan bunday kishilar, har ikki oilani, ularning farzandlarini yaxshi bilganlar. Bilishmasa so'rab-surishtirishgan. Muayyan tasavvur qilishgach, undan so'ng vazifalariga kirishganlar. Bo'lmasa, birovning guldek farzandi umriga zomin bo'lib, bir tomonni o'tday kuydirib, bir umr o'zgalar domongirligida yashashni katta gunoh deb bilishgan.
Sovchilar "qizi borning nozi bor" degan naqlga amal qilib, vaqt o'tkazib, kelin bo'lmishnikiga uch-to'rt marta boradilar. Odatda sovchilikdan qaytgan mutasaddilarni "bo'rimi yo tulki" deb qarshi olinadi. Agar ular ishni o'rinlatib, xushxabar bilan qaytishsa, sovchilar "bo'ri" deb javob berishadi. Bu gal ish pishmagan bo'lsa, "tulki" deyishadi.
Ayol sovchilar ham qizning "ostonasini cho'ktiradilar". Yigit bilan qiznikiga bo'zchining mokisidek qatnayverib, kovushlarini to'zitadilar. Ayol va erkak sovchilarning maqsadlari ro'yobga chiqqach, o'sha zahotiyoq non sindiriladi. Ya'ni "non sindirish" fotiha bilan sovchilik taomili o'z vazifasini o'tab bo'ladi.
Holva - ko'pincha, go'daklikdan qiz bolaga nisbatan brriladi. Vaqt o'tib unga sovchi kelishi, fotiha o'qilishi, holvayu patir ushatilishi ko'zda tutilib, shunday deyiladi.
Ilgari zamonlarda sovchilar to'ppadan-to'g'ri, dabdurustdan kirib borishni odat qilmaganlar. Ayol sovchilardan biri to tong sahardayoq, hali hamma uyqyda ekanligida qiznikiga borib, uning ostanasi ostini supurib qaytganlar. Ertalab turib bunga ko'zi tushgan ota-onalar nima voqea ekanligini anglashgan, o'zlarini bilmaganlikka solib, zimdan tayyorgarlik ko'ra boshlangan. So'rab kelishi ehtimoli bo'lgan xonadonlarninig ahvol-ruhiyasi bilan ham kishi bilmas tanishib olganlar. Shundan so'ng sovchilarning kelishini kuta boshlashgan. Sovchilarning birinchi elchiliklaridayoq hech kim rozilik berib qo'yavermagan, garchand, ko'ngillarida moyillik bo'lsada, qizlarining, qolaversa, o'zlarining qadr-qimmatlarini, sha'nlarini yuqori ko'tarishga uringanlar.
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:07:37
Hozirgi davrda sovchilarning ishi ancha yengillashgan. Avvalo yoshlarning o'zlari tanishib, ota-onalarini ko'ndirib, ishni pishitib qo'yadilar. Ikkinchidan, sovchilarning tanishuv, sinov, o'rganuv vaziflarini o'znikilar, ota-onalar, amma-xola, opa-yangalar o'z zimmalariga olganlar. Ular kelinning , kelin yaqinlari esa kuyovning aslini, avlodu zuryodini, tag-tugini surishtirib o'rganib chiqadilar. Buning uchun mahalla, qo'ni-qo'shni ahlining fikri-maslahati yo o'qish, yo ish joyidagi bu yoshga berilgan baho katta ahamiyat kasb etadi.
Bulardan tashqari, yoshlar uchun maxsus uyushtirilgan "uchrashuvlar" ham katta o'rin tutadi. Qiz-yigit bunday uchrashuvlarda tanishisharkan, bir-birlarining fe'l-atvori, qiziqishlari, saviyalaridan yuzaki bo'lsa-da xabardor bo'ladilar. Shunga qarab, turmushga chiqish yoki uylanishga rozilik beradilar, yo bermaydilar. Hozirgi kunda yoshlar bir-birlarining ichki dunyosidan tashqaritashqi qiyofalariga ham katta e'tibor beradigan bo'lganlar. Ayniqsa yigitning bo'yi juda muhim ro'l o'ynaydi. Qizlar uchrashuvdan qaytgan dugonalaridan darhol: "Bo'yi qanaqa ekan?" degan savol bilan murojaat qilishadi.
Sovchilik odati to'g'risida yana ko'p gaplar aytish mumkin. Ayniqsa, qadimgi sovchilarxuddi davlat ahamiyatiga ega bo'lgan vazifani bajargan elchiday maxsus sovchilik maktabidan o'tib, shunga mos iboralar, maqol va matallar, so'z o'yinlari, hozirjavoblik, sir va sukut saqlash, shirinzabonlik, shoirona ruhi, olimona mantiq egasi bo'lib, oila madaniyatining etuk arboblari darajasiga ko'tarilgan.
Darvoqe, o'z farzandining taqdiriga beparvo bo'lmagan ota-onalar ham ko'pincha sovchilarning o'zini tutishi, dunyoqarashi, gap-so'zlariga qarab, yigitning qanday odamligini ham ma'lum darajada tasavvur etishgan.Uchragan odamni sovchilikka yuborish yaxshimas : bu yigitning o'z qadrini bilmasligigina emas, qiz qadrini erga urishi hamdir. Oila qurishda eng avvalo yigit-qiz mas'ul bo'lsa, keyin sovchilardir. Shuning uchun ba'zi bir mahalda, birdan fikrlari o'zgarib, o'zlarinini elchilikka yuborgan yigitga, yigit tomonga" bu qizing ularga to'g'ri kelmasligini" tushuntirib, fikrlaridan qaytarmoqchi bo'ladilar. Ularning xarakterlarini bir-biriga chog'ishtirib bo'ladilar. Ularning fikri inobatga olinmasa, mas'uliyatni bo'yinlaridan soqit qilib, ish pishiradilar.
O'ylashimcha, bizning Sharq mamlakatlarida xalqlar yashab, oila qurib, farzandlar tarbiyalab yangi avlodlarni qovushtirib, nikoh to'ylari o'tkazisharkan, qadimiy sovchilk odati ham saqlanib qolishi kerak. Chunki yangi oila sovchilikdan boshlanadi.
Nom: Re: O'zbek udumlari
Yuborildi: Robiya 16 Noyabr 2008, 13:55:56

                                              Bosh kiyim (do’ppi)

   O’zbekiston xalq amaliy san’atining eng ommaviy va hamma yerda tarqalgan turlaridan biri har doim do’ppi — adrasli qattiq yoki yumshoq qalpoqcha bo’lgan edi. Do’ppi o’zbek milliy kiyimining ajralmas qismi bo’lib, o’zbek xalqining hayoti va an’analariga chuqur kirib borgan. Do’ppi (turkcha tepa so’zidan) nafaqat o’zbeklar, balki boshqa Markaziy Osiyo xalqlarining ham milliy bosh kiyimidir. Do’ppilar turlariga qarab ajratilgan: erkaklar, ayollar, bolalar uchun, qarilar uchun turlari. Keksa ayollar bu bosh kiyimni kiymaydilar. Bolalarning do’ppilari (kulohcha, qalpoqcha, do’ppi, kallapo’sh) matolarining turli-tumanligi va rang-barangligi bilan, popuk va sharchalarining kattaligi, kashtalari, zarlari va tumorlarining ko’pligi bilan farqlanadi. O’zbek do’ppilarining eng ko’p tarqalgan shakllari ozgina konussimon kabi to’rt qirrali do’ppilardir. Do’ppilar bikki yoki undan ortiq mato qatlamlaridan tikilib, ipak yoki odiiy iplar bilan qavilib, mutahkamlanar edi. Tayyor do’ppi ustidan ipak, zar yoki kumush ip bilan kashta tikilar edi. Do’ppi tikish san’atini avvaldan ayollar o’rganar edi. Do’ppilardagi eng ko’p uchraydigan naqshlarga gul naqshlari, hayot va unumdorlik ramzi bo’lgan bodom naqshi kiradi. Do’ppilarningnaqshida saqlovchi vosita deb hisoblangan ilon izi naqshi ham tez-tez tikilar edi. Geometrik shakllardagi naqshlar ham juda ommaviy edi. Turli tumanlarda yaratilgan do’ppilar o’zining shakli, naqshlari va tanlangan ranglari bilan farqlanadi. O’zbekistoning ko’pgina tumanlarida chust do’ppilari eng ko’p uchraydi. Chust do’ppilarining eng tarqalgan turi qora matodagi to’rt dona qalampir shaklidagi oq naqsh bilan tikilgan bo’lib, pasti qator joylashgan gumbazchalar bilan o’ralgan. Do’ppining uchta turi mavjud — dumaloq, to’rt qirrali dumaloq do’ppilar va cho’zinchoq qalpoqcha. Chust do’ppilari naqshining keskinligi bilan (bodom donasi to’la, mo’ylovchasi kalta va keskin burilgan)va pastki chetining balandligi bilan ajralib turadi. Farg’ona vodiysi do’ppilarining boshqa turlari — «Sandali», «Akka ikki so’m», «Chimboy», «Surkachekma» va boshqalar naqshlarining soddaligi bilan ajralib turadi. Samarqand do’ppilari «piltado’zlik» uslubiyotida bajarilgan. Do’ppilarning boshqa turlari ham bor urgutcha «qalpoq», Buxoroning zar tikilgan do’ppilari, shahrisabzcha «gilam do’ppi», Kitol va Shahrisabz do’ppilari «sanama» va «chizma», «taq’ya», «tayxa», «chumakli», «kush» — Xorazmning erkaklar va ayollar do’ppilari. Do’ppilarda eng ko’p tarqalgan naqshlar qalampirnusxa do’ppi (poklik va barcha foniy narsalardan voz kechish ramzi), xoch, patlar, bulbul, qush naqshlari (oliy donolik ramzi), atirgul shoxi (tinchlik va go’zallik ramzi), muqaddas arab yozuvlari va boshqalar uchrar edi.