ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: xxmexx 08 Oktyabr 2007, 08:35:13

Nom: Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
Yuborildi: xxmexx 08 Oktyabr 2007, 08:35:13
AYOLLARGA XOS MASALALAR

Muallif: Fotimaxon Sulaymon qori qizi


MUNDARIJA

So‘zboshi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg76348#msg76348)
Ayollarning ma’naviy huquqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg76350#msg76350)
Hazrat payg‘ambarimizning (s.a.v.) ayollarga ajratgan darslari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg76353#msg76353)

Ayollarning yurish-turishiga doir masalalar

O‘ranish va islom (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78852#msg78852)
Iymonga mos kelmagan kiyim to‘g‘risida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78855#msg78855)
Jinsiy erkinlik keltirgan xastaliklar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78857#msg78857)
Avrat masalasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78860#msg78860)
Mahram masalasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78864#msg78864)
Hayz masalalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78876#msg78876)
Nifos masalasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78914#msg78914)
Islomda homiladorlik xususidagi hukmlar va tib ilmi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78917#msg78917)
Istihoza – uzr qoni masalasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78918#msg78918)
Tug‘ishning nazorat qilinishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78922#msg78922)
Homila tushirish masalasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78928#msg78928)

Ayollarning ijtimoiy huquqlari

Ayolning eri zimmasidagi haqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78933#msg78933)
Mahr masalasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78934#msg78934)
Nafaqa masalasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78944#msg78944)
Er-xotinning  o‘zaro haqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78951#msg78951)
Zino (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78964#msg78964)
Ayolning eridagi haqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78968#msg78968)
Musulmon ayol fazilatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78972#msg78972)
Duo (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78983#msg78983)


So‘zboshi

Dunyo yaratilgandan to hozirgi kungacha Zamin ne-ne davrlarni, ne-ne tuzumlarni ko‘rmadi. Jamiyat doim rivojlangan, yangilangan, o‘zgargan. Albatta bu o‘zgarishlar inson ongini shakllantirib, unga har taraflama ta’sir o‘tkazib kelgan. Xususan jamiyatning rivojlanishi mobaynida turli dinlar va g‘oya-mafkuralar davlat siyosatida hukmronlik qilib, ayollarga munosabat o‘zgarib turgan.

Islom dini jahonga tarqalib, Ovro‘pa mamlakatlarida ham musulmonlar ko‘paygach, ayollar muammosi nozik masalaga aylandi. Ayollarning diniy liboslarda yurishidan tortib, to ishlab chiqarishdagi ishtiroki masalalarigacha bir qancha muammolar, turli xil fikrlar, Islomga har xil yondashuvlar natijasida insonlar o‘rtasida ixtilof-ziddiyatlar, hatto musulmonlar orasida fitnalar kelib chiqdi. Bu muammolar hozirgi kunda, Islom o‘zining yana bir yangi bosqichiga ko‘tarilgan paytda jamiyatda o‘ta dolzarb bo‘lib turibdi. Bu muammolarni hal qilishning turli xil yo‘llari taqdim qilinyapti.

Bir guruh buni g‘arbliklarga xos ruhda hal qilish kerak, desa;
Bir guruh musulmonlar Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yashagan davrlarni tiklash kerak, ijtihodga o‘rin yo‘q, deydi;
Uchinchilari esa, dinni tozalash kerak, shariat hukmlarining ko‘pi eskirgan, uni qayta ko‘rib chiqish zarur, deydilar.

Shunday bir sharoitda musulmon ayol e’tiqodini saqlab qolgan holda, jamiyatda, o‘qishda va ishlab-chiqarishda qatnashishi zarurligini davr taqozo qilyapti. Chunki Islomda din va dunyo degan ayri tushunchalar yo‘q.
Nom: Re: Ayollarga hos masalalar!
Yuborildi: xxmexx 08 Oktyabr 2007, 08:39:54
Biz bu kitobga qo‘l urar ekanmiz, zamonamizda musulmon ayolning tutgan o‘rni qanday bo‘lishi kerak, degan savolga atroflicha javob berishga, muslima ayollarimizni qiynayotgan, o‘ylantirayotgan muammolarni tahlil etishga harakat qildik.

Buning uchun avvalo Qur’oni karimning ayollarga tegishli bo‘lgan oyatlariga, ayollarga qarata aytilgan, ular to‘g‘risidagi hadislarga murojaat qildik. Yurtimizdagi musulmonlar Imom Abu Hanifa mazhablarida bo‘lganliklari sababli, hanafiy mazhabidagi fiqhiy kitoblardan istifoda qildik: ana shu manbalar kitobning asosini tashkil qildi.

Masalaning tahlil uslubiga ko‘ra, avvalo ayollarga tegishli bo‘lgan ko‘rsatma va ilohiy amrlar ajratib olindi va ularga nisbatan hanafiy mazhabining qarashlari bayon qilindi. Kitobimiz musulmon ayollarining o‘z diniy haq-huquqlarini bilishlari, bilibgina qolmay, ulardan o‘z o‘rnida foydalanishlari va jamiyatning faol a’zosi bo‘lishlari yo‘lida ularga foyda keltirsa, niyatimizga yetgan bo‘lur edik.

Islomda ayollarga tegishli bo‘lgan masalalar talaygina, bu kitob doirasida ularning barini qamrab ololmadik va ilmiylik da’vosidan ham yiroqmiz. Shuning uchun kitobda kamchilik va nuqsonlar bo‘lsa, hurmatli ulamolarimiz o‘z fikr va mulohazalarini bildirishadi, degan umiddamiz.

Alloh xato va nuqsonlarimizni kechirsin, barchamizni O‘zi rozi bo‘ladigan amallarga yo‘llasin, omin!
Nom: Re: Ayollarga hos masalalar!
Yuborildi: xxmexx 08 Oktyabr 2007, 08:41:51
Bismillahir rohmanir rohim.

Alhamdu lillahi Robbil a’lamiyn vassalotu vassalamu ala Rasulina Muhammadin va alihi va ashabihi ajmaiyn.

AYOLLARNING MA’NAVIY HUQUQLARI

“Kishining iymondan keyingi,
xayriyati va baxtiyorligi – dunyoda
yaxshi xotinga ega bo‘lishligidir.”

Hadisdan

Jamiyatni isloh qilish, insonga baxt-saodat yo‘llarini ko‘rsatish barcha samoviy dinlarning asosini tashkil etadi.

Tarixdan ma’lumki, jamiyat taraqqiyoti davrida yuksak maqomlarga yetgan va chuqur tanazzulga yuz tutgan zamonlar bo‘lgan. Har bir din jamiyatdagi bid’at, xurofot va xilma-xil xastaliklarga qarshi choralar ko‘rgan. Islom dini ham nozil bo‘lgan vaqtidanoq ijtimoiy hayotda, oilada, davlatchilikda hukm surgan chirkin urf-odatlarga qarshi ilohiy muolajasini boshladi. Shu o‘rinda biz ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan haqiqatni yana bir bor eslatib o‘tmoqdamiz.

Allohning basharga birinchi kalomi, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) da’vatlarining boshi, Qur’onning ilk amri “Iqro’” (“O‘qi”) degan kalom bo‘ldi. Bu amr albatta ayollarga ham tegishli edi. Islomga ko‘ra ayol va erkak bir butunning ikki parchasi kabidir. Bir-birlarini to‘ldiradilar. Chunki hadisi sharifda aytilganki: “Ayollar erkaklarning (to‘ldiruvchi) parchasidir” .

Islomga ko‘ra, ayol ham erkak kabi dindor bo‘lishga, ibodat qilishga haqli va buyurilgandir. Qiladigan amaliga qarab mukofotlanadi yoki jazolanadi. Jinsiyat farqi savobining kam bo‘lishiga sabab emas. Qur’on ayol va erkakning tengligini e’lon qildi, undagi farzlar erkagu ayollarga barobar nozil qilingan.
Nom: Re: Ayollarga hos masalalar!
Yuborildi: xxmexx 08 Oktyabr 2007, 08:43:10
Ammo ular orasida faqat ayollarga va faqat erkaklarga xos bo‘lgan ko‘rsatmalar mavjud. Masalan: o‘ranish, hayz, emizishga doir oyatlar ayollarga xos bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida necha marta nikoh mumkinligi, mahr, nafaqa va hokazolar erkaklargagina tegishli buyruqlardir. Qolgan ilohiy buyruqlar, aytib o‘tganimizdek, har bir musulmon erkak va ayol uchun barobardir.

Islom dini ayollarga keng huquq va haqlar bergan. Musulmon ayol qulchilik ruhidan ozod bo‘lishi kerak. Buning uchun u o‘zining haq-huquqlarini bilishi va talab qila olishi kerak. Islom amrlariga bo‘ysunish, diniy ko‘rsatmalarga amal qilish esa ilmsiz bo‘lmaydi, ilm uning debochasidir. Shuning uchun ham bu masalani birinchi o‘ringa qo‘ydik. Ba’zi bir musulmon erkaklar ayol kishi namoz o‘qishni bilsa, ro‘za tutsa shu kifoya, uning oliygohlarda o‘qishi shart emas, deb hisoblaydilar. Bu xato fikr. Aksincha, islomni to‘g‘ri tushunib amal qilgan mo‘min erkaklar, avvalo o‘zlari ilmli bo‘lganlari yoki ilm olayotganlari holda, ayollarning ham ilm egallashlariga yordamchi bo‘ladilar. Axir o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, erkak o‘zi jamiyatda faol ishlab, ongi rivojlanib ketaversa-yu, ayol uyda o‘g‘lini o‘ziga o‘xshatib tarbiyalasa, ota va o‘g‘il orasida tafovut paydo bo‘lib qolmaydimi? Kelajak odamlarini tor fikrli ayollar tarbiyalasa, jamiyat rivoj topadimi? Musulmonlar uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hayotlari o‘rnak va ibrat ekan, ayollarga bunday munosabat va ularning ilm olishlariga musulmon erkakning qarshilik ko‘rsatishi noto‘g‘ridir.

Islomda iymondan keyingi farzi aynlardan biri ilm olishlikdir (farz – «bajarilishi shart» degan ma’noni ham anglatadi). Alloh taolo bandasini tafakkur qilib, borliqqa qarab, tahlil qilib, O‘zini tanishini xohlaydi. Ko‘r-ko‘rona, taqlidiy iymon keltirishlikni xush ko‘rmaydi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Ilmni Chinda bo‘lsa ham borib olinglar”, deganlar. Vaholanki, o‘sha paytda Chin (Xitoy) butlar va butparastlar o‘lkasi bo‘lgan. Lekin ular bunday deyishga qo‘rqmadilar. Chunki borliqda Allohning qudratini namoyon etib turuvchi son-sanoqsiz dalillarni aqli bilan ta’ammul qilgan inson Uning vahdoniyyatiga iymon keltirgach, Rabbisiga shirk keltirmaydi, aksincha haq talabida bo‘ladi. 
Nom: Re: Ayollarga hos masalalar!
Yuborildi: xxmexx 08 Oktyabr 2007, 08:49:07
Islom tarixida olima ayollar ko‘p o‘tgan. Qur’oni Karim amri bilan boshlangan ilm va madaniy faoliyat tez sur’at bilan ilgarilay boshlagan. Asri saodatda sahobiyalar o‘rtasida ilmlari, zehnlari bilan ajralib turgan ayollardan hazrati Oysha, Xafsa, Ummu Salama, Karima bintul Miqdoya, Ummu Gulsum binti Uqba, Oysha bint Sa’d (r.a.)larning nomlari tarixda qolgan. Ular Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning so‘zlarini tushunib olib, odamlarga yetkazardilar. Hadis kitoblarida hazrati Oysha, Ummu Habiba binti Abu Sufyon, Ummu Adb, Asmo binti Abu Bakr, Savdo binti Zam’a, Fotima binti Qays, Durra bint Abu Lahab, Sofiya bint Abdulmuttolib, Zaynab bint Jahsh, Maymuna bint Xoris, Ummu haram bint Milhom, Ummu Fervalarning nomlari keltirilgan.

Shubhasiz shariatning uch amal tayanchi bor. Bular ilm, amal, ixlos. Shu uch juzdan har biri haqiqiylashsa, shariat haqiqiylashadi. Bir kishida bu uch juz bilan shariat vujudga kelsa, Alloh roziligi qozonilgan bo‘ladi.

Rasulullohning (s.a.v.) nikohlarida to‘qqiz nafar ayollari bo‘lgan. Umuman shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, Islomda erkak kishiga to‘rttagacha ayolga uylanishga ruxsat berilishining ijtimoiy sabablari mavjud, erkakning tabiiy ehtiyoji uchungina emas. Qur’on erkak kishiga to‘rttagacha nikohni halol qilar ekan, unga ayollar o‘rtasida adolat qilishlikni ham ta’kidlaydi. Albatta bu oson ish emas, shuning uchun buning savobi ham kattadir. Rasululloh (s.a.v.) ayollarga nihoyatda yaxshi muomalali bo‘lganlar va boshqalarni ham shunga da’vat qilganlar. Bu haqda bir necha hadislar rivoyat qilingan:

“Mo‘minlarning to‘la ishonchlisi xushxulqlisidir. Sizlarning yaxshilaringiz ayollarga, zavjalariga yaxshi muomalada bo‘lganlaringizdir” .

“Ayollar xususida Allohdan qo‘rqingiz. Zero, siz ularni Allohdan omonat o‘laroq olgansiz”
Nom: Re: Ayollarga hos masalalar!
Yuborildi: xxmexx 08 Oktyabr 2007, 08:54:43
HAZRAT PAYG‘AMBARIMIZNING (S.A.V.) AYOLLARGA AJRATGAN DARSLARI HAQIDA

“Bir ayol hazrat Payg‘ambarimizga (s.a.v.) dedi: «So‘zingizni tinglashimizga imkoniyat bo‘lmayapti, bevosita o‘zingizdan eshitaylik, bir kunni tayin kiling, kelaylik, Alloh sizga o‘rgatganini bizga o‘rgating!». Hazrat Payg‘ambar (s.a.v) alohida dars o‘tishni qabul qilib, buyurdilar: “Falon kun, falon yerda to‘planinglar!” O‘sha kun kelgach, ularga va’z-nasihat aytdilar, ba’zi diniy ishlarni buyurdilar: “Ey xotinlar, orangizda uch bolasi o‘lgan birorta ham xotin bo‘lmasa kerak, mabodo bo‘lsa, uni o‘sha bolalari parda bo‘lib do‘zax o‘tidan asragaydir”, dedilar. Shunda bir xotin: “Ikkita bo‘lsa-chi?”, dedi. Rasululloh (s.a.v.): “Ikkita bo‘lsa ham (parda bo‘lgaydir)”,-dedilar (bu gap otaga ham taalluqli).

Ayollarning fikr va tushunchalaridan foydalanish kerak emas, deganlar, ularni fikr-o‘ylarini bayon etmoqdan mahrum qilib, porloq va nurli shariatga, sog‘lom aqlga qarshi chiqadilar. Chunki, mo‘mina ayollar bilan maslahatlashishni bevosita shariat amr etmoqda. Alloh Qur’oni karimda shunday marhamat etadi: “... ishlaringizda ularga maslahat soling!...” (Oli-Imron surasi, 159-oyat). Diqqat etilsa bu oyati karimada Rasulullohga (s.a.v.) ham mo‘min erkaklar bilan, ham mo‘mina ayollar bilan maslahatlashish amr etilmoqda. Tabiiyki, musulmonlar ham shu amrga tobe’dirlar. Bir xadislarida «Ayollaringizga maslahat soling, ammo ularning aytganlariga teskari ish tuting» deganlar. Oyati karimada faqat erkaklar bilan maslahatlashib, ayollar bilan maslahatlashmaslik kerak, bunga ehtiyoj yo‘q, deydigan bir ishora mavjud emas. Bu oyati karimani faqat erkakka maxsus deyish ayolga muxoliflikdan boshqa narsa emas. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham erkaklarga, ham ayollarga teng yuborilganlar. Allohning va Payg‘ambarining xitoblari ayollarga ham, erkaklarga ham qaratilgan. Bu xitoblarni ochiq bir nass yoki ijmo bo‘lmaguncha erkaklar maxsus etib, ayollarni tashqarida qoldirmoq joiz emas. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ahli ayollari bilan maslahatlashib ish ko‘rganliklari ma’lum. So‘zimiz quruq bo‘lmasligi uchun ushbu hadisni keltiramiz. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: “Rasululloh (s.a.v.) bunday deb aytdilar: “Kimki Alloh taologa va qiyomat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisiga ozor bermasin! Shuningdek ayollar bilan doimo yaxshilikcha maslahatlashingizlar...”
Nom: Re: Ayollarga hos masalalar!
Yuborildi: xxmexx 08 Oktyabr 2007, 09:11:30
Rasululloh (s.a.v.)ning siyratlari ayollar bilan maslahat qilish xususida bir ibrat xazinasidir.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 6 hijriy yilda 1400 sahoba bilan Madinadan Baytullohning ziyorati uchun borganlarida mushriklar Hudaybiya nomli vodiyda yo‘lni to‘sdilar. O‘sha yerda sulh tuzilib, musulmonlar Ka’bani ziyorat qilmay qaytib ketadigan bo‘ldilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hudaybiyada oyoqqa qalqib; “Ey insonlar, turing qurbonliklaringizni so‘ying. Sochlaringizni oldiring va ehromdan chiqing!”, deya ashobga amr etdilar. Ulardan hech biri joyidan qimirlamadi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) amrlarini yana bir takrorladilar. Yana qimirlashmadi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) buyruqlarini uchinchi bor takrorladilar. Yana qimirlamadilar Payg‘ambarimiz (s.a.v.) zavjalari Ummu Salamaning yonlariga bordilar. Borishlari bilan Ummu Salama: “Yo Rasululloh! Ne bo‘ldi?”, deb so‘radilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Ey Ummu Salama! Xalqning (musulmonlarning) bu tutimi nedir? Esankiraydigan hol. Ularga: qurbonliklaringizni so‘ying, sochingizni oldiring va ehromdan chiqing!, deb takror-takror aytdim. Ular so‘zlarimni eshitar, yuzimga boqisharu amrimni bajarmoqka turishmadi?!”, deb nolidilar.

Hazrat Ummu Salama: “Yo Rasululloh! Ko‘rganingizdek xalq shu holga tushmoqda. Ey Allohning Payg‘ambari! Siz shu ishni bajarmoqni istaysizmi? Istasangiz, tez boring, qurbonliklarni so‘yguncha, sartaroshni chaqirib, soch oldirguncha ashobdan hech kimga so‘z aytmang. Siz qurbonliklarni so‘yib, soch oldirsangiz, xalq ham shunday qiladi. Muhaqqaq sizga ergashadi!”, dedilar.

Shundan so‘ng Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ehromlarini o‘ng qo‘ltiqlaridan chiqarib, chap yelkalariga tashladilar. Qo‘llariga bir xorba (nayza) olib, baland ovozda «Bismillahi, Allohu Akbar!», deya, qurbonlik tuyalarini so‘ya boshladilar.

Ashob Payg‘ambarimiz (s.a.v.) qurbonlik so‘yishlarini ko‘rishlari bilan darhol turib, qurbonlik tuyalarini so‘yishga tushdilar.

Hazrat Ummu Salama shunday dedilar: “Qurbonliklarga qarab shunday chopdilarki, to‘planganlarini ko‘rib bir-birlarini ezib qo‘yishlaridan qo‘rqdim”6 .

Demak, ilm olishlik Islomda farz ekan va ilm bevosita kasb-hunar bilan bog‘liq ekan, ayollarning ishlab chiqarishda qatnashishlari, jamoat ishlarida faol qatnashishlari ham nihoyatda muhimdir.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:19:13
Ayollarning yurish-turishiga doir masalalar

O‘RANISH VA ISLOM

Islomda ayollarga buyurilgan shar’iy shartlardan biri avrat joylarini berkitishdir.
Islom dini kelishidan avval arab ayollari boshlariga bir ro‘mol tashlab olishardi. Faqat ikki uchini yelkalaridan orqaga osiltirib, gardanlari va ko‘ksilarni ochiq qoldirishardi. Ayollar kesilgan (yirtilgan) ko‘ylaklar kiyib, son va boldirlarini namoyish etardilar. Ayolning onalik viqorini saqlaydigan tasattur yo‘q hisobi edi. U davr ayollarida erkakdan chekinish, tortinish degan narsalar yo‘q edi. Ayni zamonda hojatxonalar uylardan tashqarida bo‘lardi. Ayollar tun qorong‘usida hojatga borishganida hur yoki joriya ekani farqlanmaganligidan yo‘lda shilqimliklar bo‘lib turardi.

Ayollar uylaridan bezanib, kiyinib chiqishar, yaxshi-yomon erkaklar bilan aralashib o‘tirib, suhbatlashishardi. Madinai Munavvarada hijob oyati tushgunga qadar bu iflos odat davom etdi.

Rasululloh (s.a.v.) tasatturning foydasi va zarurligini bilganlari holda, bu xususga aloqador oyati karima endirilishini kutayotganlari uchun o‘zlaricha bir nima demasdilar.

Haqiqatan, musulmon ayollarga o‘ranish amri hijriy 4-yilda (milodiy 624) zulqa’da oyida farz qilindi.

Tasattur oyati nozil bo‘lishi bilan Payg‘ambarimiz ashobga yetkazdilar. Sahobalar tasattur amrini uyidagi ayollarga aytdilar va musulmon ayollar gazmollardan yopinchiq qildilar.

U davrda ayollar tasatturga amal qilishgani, ya’ni, qanday o‘ranishganini hazrati Oysha onamiz shunday hikoya qiladilar:

“Vallohi, men Allohning kitobi Qur’onning tasdiqi va uning indirilishiga iymon jihatidan ansor ayollaridan fazilatliroqlarini ko‘rmadim. «Nur» surasidagi o‘ranish haqidagi oyat tushishi bilan erkaklar ayollariga borib, Alloh yuborgan oyatlarni o‘qiy boshladilar. Har qaysisi bu amrlarni zavjasiga, qiziga, singlisiga va barcha yaqinlariga o‘qishardi. Ayollarning hech biri istisno etilmaslik sharti bilan Allohning Qur’ondagi amriga muvofiq jundan va paxtadan tayyorlangan yopinchiqlarga o‘randilar. Va shu holda Rasulullohning (s.a.v.) orqalarida tong namozini o‘qidilar.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:19:34
Qur’onda Rasulullohga (s.a.v.) xitoban: “Ey payg‘ambar, juftlaringizga, qizlaringizga va mo‘minlarning ayollariga ayting, ustlariga yopinchiqlarini o‘rasinlar! Mana shu ularning (cho‘ri emas, balki ozod ayollar ekanliklari) tanilib, ozorlanmasliklari uchun eng yaqin (vositadir). Alloh mag‘firatli va mehribon bo‘lgan zotdir». (Ahzob surasi, 59-oyat).

Turli millatlarga mansub mo‘minalarning urf-odatlari ham farqli bo‘lishi tabiiydir. Bizning diyorimizda azaldan to‘quvchilik sanoati rivojlangan bo‘lib, duxoba, adras, xonatlas, shoyi kabi gazlamalar xalqning ehtiyojini qondirib kelgan, shu gazlamalardan liboslar tikib kiyishgan. Chetdan keltirilgan matolarni xalq sotib olishga qurbi yetmagan, shu milliy liboslarni ayollar avrat chegaralaridan chiqmagan holda kiyishgan. Hozirda esa zamonaviy liboslar, chet el urflari bo‘yicha bichib-tikilgan kiyimlar ko‘payib ketdi, ayollarimiz urf deb milliy va diniy e’tiqodimiz chegarasidan chiqib ketyaptilar. Albatta, moddiylikka bo‘lgan nafs har bandada bor. Islom bunga qarshi chiqmaydi. Ayollar xonatlas va boshqa turli gazlamalardan ko‘ylaklar va zamonaviy chet el liboslarini ham kiyishlari mumkin, faqat ular avrat joylarini berkitsa, yupqa bo‘lib badanini bilintirmasa, nihoyatda tor bo‘lmasa, rang jixatidan kishilarni o‘ziga jalb qilmasa, buning hech bir zarari yoki atrofdagilarni behuzur qiladigan joyi yo‘q. Avrat chegaralari haqida quyiroqda ma’lumot beramiz.

O‘ranishga doir ilohiy amrlarni ko‘rib chiqsak:
“Mo‘minalarga ham ayting, ko‘zlarini (nomahram erkaklardan) quyi tutsinlar. Va avratlarini (zinodan) saqlasinlar! hamda ko‘rinib turadigan boshqa ziynatlarini ko‘rsatmasinlar* va ro‘mollarini ko‘kraklari uzra tushirib olsinlar!...” (Nur surasi, 31-oyat).

“O‘z uylaringizda qaror topinglar, (ko‘chaga chiqqanlaringizda esa) ilgari jaholiyat (davri) yasanishidek yasanmangizlar...” (Ahzob surasi, 33-oyat).

Bu oyati karimalarga ko‘ra balog‘atga yetgan musulmon ayolning o‘ranishi farzdir. Buni inkor etgan mutlaq kofir bo‘ladi. Bir kun o‘ranarman degan ayol gunohkor bo‘ladi, lekin kofir bo‘lmaydi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:19:57
Avvalo shuni yaxshilab tushunib olish kerakki, Islomda o‘ranish faqat foydasi uchun emas, eng avval Allohning amri bo‘lgani va uning rizosini qozonish uchun farz qilingan. O‘ranishning faqatgina, yolg‘iz foyda ma’nosini dinimiz ma’qullamaydi. O‘ranishdan murod Alloh roziligi bo‘lmog‘i kerak. Aslida insonning yashashidan va barcha ibodatlaridan murod ham Rizoi Boriydir, ya’ni, Alloh rizoligidir. Namoz, ro‘za, zakot ham turli foydalar uchun ado etilmaydi, agar ibodatlar Alloh rizosidan tashqari maqsadlarni ko‘zlab qilinsa, maqbul emas. Ibodatlarimizni yolg‘iz Alloh rizoligi uchun ado etsak , Alloh kutilmagan joydan ne’matlar yuborib mukofotlantiradi. Ayollar ham Alloh uchun kiyinib, yashasalar, ham bu dunyoda, ham oxiratda mukofotlarini ko‘radilar, inshoalloh.

“Ma’naviy foyda” deb ta’riflaganimiz, Alloh rizosi uchun kiyinish va boshqa ibodatlarning ado etilishi hech tugamaydigan jannatga erishtiradi. Janobi Haqqa bir odim yaqinlashsak, u bizga o‘n odim yaqinlashadi. Bir yaxshilik qilsak, Rabbimiz bizga o‘n yaxshilik qiladi. Amallarimizning haqiqiy mukofotini abadiy dunyoda ko‘rishimiz shubhasiz.

Yopinchiqning yana bir foydasi – ayolni erkaklarning yomon nazari, zararli energiyasidan saqlaydi. Amerikalik bir shifokor mutaxassis g‘arblik ochiq-sochiq ayollarni teri va tanalari borasida tadqiqot o‘tkazgan. Tadqiqotchi ovro‘palik va amriqolik ayollarning yosh bo‘lishlariga qaramasdan yuzlarida joziba kamayib, ajinlar ko‘payganini, bo‘yoqlari to‘kilgan mashina kapotlarini takror bo‘yagandek bo‘lib, go‘zallashish o‘rniga, aksincha battar buzilganlarini kuzatgan. Amriqolik teri mutaxassisi Sharq musulmon ayollari borasidagi tadqiqoti natijasi tamoman teskariligini, masalan, 70 yoshli musulmon ayolning 35-40 yoshdagi ayolday badanida tirish yo‘qligini va yuzi g‘oyatda nurli ekanini ko‘rdi. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, G‘arb ayollaridagi teri raki musulmon o‘lkalardagi ayollarda yo‘q darajada. Tadqiqotchi buning sababini shunday tushuntiradi: “Mashina faralaridan taralgan nurlar pashsha va quyonni qanday behuzur qilsa, erkaklar ko‘zidagi elektromagnit to‘lqinlari – alfa, betta va gamma nurlar ham ayollarning badaniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi”7 .

Tadqiqotchi Sharq jamiyatidagi musulmon ayollarning yuz terilari keksa bo‘lishiga qaramasdan uncha burishmaganiga va terisida saraton (rak) kasalliklari deyarli yo‘qligiga tasattur sabab ekaniga, u ayollar tanini quyoshning zararli nurlariga va erkaklarning elektromagnit to‘lqinlariga to‘yingan nazarlariga to‘siq bo‘lib xizmat qilishiga va bu hikmatli ekaniga qanoat hosil qilibdi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:20:15
IYMONGA MOS KELMAGAN KIYIM TO‘G‘RISIDA

Davrimiz ayolining dindorlik, axloq, nomus haqidagi tushunchalari bilan birga yoqasi ochiq ko‘ylaklar kiyishi, ochiq-sochiq yurishi ichki dunyosi bilan zidlashadi. Uyida erlariga hokisorona muomala va ko‘rinishda bo‘lib, tashqarida begona ko‘zlarga go‘zal ko‘rinish ehtiyojini his etgan ayollar boshqalarga nisbatan har qancha yaxshi niyatli, xolis, pok qalbli ekanliklarini so‘zlasalar-da, bu ishlari o‘z qadr-qimmatlariga qarorlariga muvofiq harakat emasligini o‘zlari ham juda yaxshi tushunmoqdalar.

Islomda kiyim odam tanasini ko‘z-ko‘z yoki namoyish qilish uchun emas, o‘ranish, berkitish uchun kiyiladi. Kiyim jinsiy maylni kuchaytirmoq, uyg‘otmoq uchun emas, aksincha tinchlantirmoq, kamaytirmoq uchundir. Ma’naviy yuksalish insonni moddiy mashaqqatga tashlamaydi. Islom faqat moddiyatga yo‘l ko‘rsatib, uni nazorat qiladi. Dinning g‘oyasi jismga bee’tiborlik yoki insonni dunyodan uzoqlashtirish emas, Islom inson hissiyotlarining mo‘’tadilligini saqlaydi. O‘zini faqat tanadan iborat deb bilib, jismdan foydalanishdan boshqa narsani o‘ylamaydiganlardan bo‘lmasligi uchun o‘lchov, chegara qo‘yadi.

Erkak har joyda, duch kelgan ayoldan xohlagancha foydalanishini din ta’qiqlagan. Islom bu borada ayollar uchun islomiy kiyinish qoidalarini ko‘rsatib, ayollar zimmasiga majburiyat yuklagan.

Islom buyurgan shaklda kiyinmaganlar o‘zlarini qanchalik yalang‘och ekanliklarini bilmasalar ham, kiyinganmiz deya o‘ylasalar ham, hazrat Muhammad (s.a.v.) ifodalaganlaridek “kiyingan yalang‘ochlar”dir.

Yalang‘ochlik lug‘atda “hech narsa kiymagan holat, yechinganlik, uryon, ustida libos bo‘lmaslik” mazmunida keladi. Yalang‘ochlik islomiy ma’noda esa, avratlari butunlay yoki qisman ochiq ma’nosidadir. Yalang‘ochlik – Islom dini boshqa insonlardan himoyalanish uchun o‘rashni amr etgan tana a’zolarining ochiq qolishidir. Balog‘atga yetgan qizlarning yoki xotinlarning turmushga chiqishi mumkin bo‘lgan erkaklarga vujudining har qanday bir (avrat hisoblangan) a’zosini ko‘rsatishi yalang‘ochlik sanaladi. Yalang‘ochlik dinimizga ko‘ra bir fitnadir. Terror insonning tanini o‘ldirarkan, yalang‘ochlik esa ham inson badanini, ham ruhini o‘ldirmoqda. Yalang‘ochlik tufayli uyalish tuyg‘usi yo‘qoladi. Alloh Zuljalol ta’kidlagan yomon tuyg‘u va hatti-harakatlardan tiyilmoq va qochmoq hayo (uyalish tuyg‘usi)dir. Hayo – uyalish va or ma’nosidadir.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:20:26
Islom atamasiga ko‘ra hayoning boshqa bir ta’rifi; munkar (yomon va harom)dan chekinmoq, uzoqlashmoq, qochmoq va inson o‘z-o‘zini ayblamog‘idir. Uyalmoq – noto‘g‘ri xohishdan tiyilmoqdir, shariat ta’qiqlagan ish-harakatlardan to‘xtamoq va xijolat bo‘lmoq tuyg‘usidir. Uyalish tuyg‘usi insonni yaxshilikka yo‘llab, yomonlikdan qaytaruvchi bo‘lgani uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) iymonning bir shoxi deganlar.

“Allohdan haqiqiy hayo qilgan odam, boshini va boshidagi ko‘z, til, quloq kabi a’zolarini, qornini va qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarini (Allohning amriga zid harakatdan) tiysin, (aksincha) o‘limni va chirib yo‘q bo‘lajagini xotirlasin. Oxiratni istagan dunyo bezaklarini tark etadi. Bularni ado etgan, Allohdan haqiqiy hayo etgan (uyalgan) bo‘lur” .

Tasattur qoidalari uylanish va oila qurishni himoya qiladi. Erkak bilan ayol orasidagi fitna, adashish sababi avvalo erkak bilan ayolning birga bo‘lishi va do‘st tutinishidir. Dinimiz majburiy hollardan tashqari ayol va erkak birga bo‘lishini xavfli hisoblaydi.9 Shariat bu saqlanishni faqat qarindoshlik va ehtiyot chora-chegaralari ichida joiz ko‘radi. Janobi haq ayol bilan erkakni hassos yaratgan va bu ikki jins orasida ma’lum bir chegara qo‘ygan. Bu ikki jins orasidagi farqlilik holatiga shunday misol keltirishimiz mumkin. Urg‘ochi bilan erkak (zid) qarama-qarshi (jins) baholanadi. Pozitiv (+) va negativ (–) sifatida ta’riflaydigan bo‘lsak, bu baholar ayol va erkak orasidagi tortishish quvvatini yetishtiradi. Erkakning ayolga bo‘lgan shahvati sababli erkak bilan ayol orasiga tushadigan ta’sirga to‘siq bo‘luvchi tasattur ayol bilan erkakning aralashuvini man qiladi. Yalang‘ochlik tug‘dirgan chegarasizlik ayol va erkakni bir-biriga gij-gijlab, uylanish va oila qurish tamallarini buzadi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:20:40
Jinsiy erkinlik keltirgan xastaliklar

Yalong‘ochlik “madaniyati” bilan birga kelgan jinsiy erkinlik teri-tanosil xastaliklarini tezlik bilan yoyilishiga sabab bo‘ldi. Qadimdan qolgan jinsiy xastaliklar davosi bugun osonroq bo‘lsa ham, yangi paydo bo‘layotgan xastaliklar qarshisida tib ilmi davolashda ojizlik sezmoqda. Ba’zi odamlarda asoratini qoldirgan bu xastaliklar ko‘pincha o‘limga sabab bo‘lmoqda.

So‘zak (gonoreya), zahm (sifilis), xarras va keyingi yillarda paydo bo‘lgan xlamidiya kabi buzuq jinsiy munosabatdan hosil bo‘luvchi xastaliklar, bularni ham yo‘lda qoldiruvchi OITS xastaliklari bor.

So‘zak siydik yo‘llarini yallig‘lab, yaralaydi. Bu xastalikka uchraganlar butunlay sog‘ayib, avvalgi hollariga qaytishlari mushkul. Siydik qopiga, jigar va boshqa a’zolariga ham zarari bor. Bu kasallik so‘zak xastaliklari bilan og‘rigan odam bilan aloqada bo‘lganlarga yuqadi. Ayollar bepusht bo‘lib qolishlari mumkin. Zahm mikroblari barcha a’zolarga tarqaladi, nasldan-naslga o‘tadi, oson yuqadi.

Xlamidiya ayol-erkakka bir xil ta’sir etadi. Hech qanday belgi bermasdan vujudga yoyilish xususiyatiga ega. Nasl borasida ayol uchun tahlikali. Xastalik ayoldan tug‘ilgan bolaga o‘tib, miya asorati va saraton (rak) kasaliga olib kelish xavfi bor.

OITS virusi sabab bo‘lgan xastalik esa o‘ta xavfli va halokatli. Bu virus dastlab frantsuz L. Montagnier, so‘ngra amerikalik Robert Gallo tomonidan 1984 yilda topildi. Bu xastalikka eng avval 1980 yilda Nyu-Yorkda duch kelindi. Afrikadan, xususan Xaitidan kelgan juft jins sayyohlar bu virusni qisqa vaqtda Amerikadagi juft jinslarga tarqatdi.

HTLV-3 virusi vujudni xastaliklardan himoya qiladigan T yordamchi hujayralarini yo‘qotadi. Keyingi bosqichda o‘pka yallig‘lanishi, saraton va shunga o‘xshash kasalliklar boshlanishi mumkin. Xususan, hujayra pardasida yomon qabariqlar paydo bo‘lib, bu OITS ekanini dalillaydi. Bu pufakchalar terida binafsharang dog‘lar hosil qiladi. Qon, tufuk, maniy va jinsiy aloqa orqali boshqaga o‘tadi. OITS virusi xususan bir jansdagilar va biseksuallarda va ular bilan aloqada bo‘lganlarda tez urchiydi. Insonning kasalliklarga qarshi qobiliyatini yo‘qotadi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:20:54
Oyatlarning nuzul sabablari

Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinishicha: “Rasululloh (s.a.v.) zamonida Madina ko‘chalarida ketayotgan bir ayol va bir erkak ro‘baro‘ kelishganida qarashadi. Shayton bu boqishlarini bir-biriga yoqtirishga harakat qiladi. Kishi bir tomondan yurar va u ayolga qarardi. Boshi ayol tarafga burilgan bo‘lgani uchun oldindan chiqqan bir devorga urilib, burnini qonatdi; “Allohga (j.j.) qasamki, Rasulullohga (s.a.v.) borib, vaziyatni tushuntirmagunimcha burnimning qonini yuvmayman”, deb qasam ichdi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib voqeani aytdi. Rasululloh (s.a.v.) “Burningni devorga urib qonatganing gunohingning jazosidir”, dedilar. Shundan so‘ng mo‘min erkaklarga: “Ko‘zni (haromga qarashdan) to‘singlar...” oyati nozil bo‘ldi.

Jobir ibn Abdulloh al-Ansoriy shunday rivoyat qiladi: “Asmo binti Mirsa’dning (r.a.) Bani Horisa yerlarida bir xurmozori bor edi. Ayollar u yerga etak tutmasdan, ko‘ksi, sochlari va oyoqlaridagi taqinchoqlarini ko‘rsatib, ochiq holda borardilar. Asmo (r.a.) “Bu ko‘rinishingiz naqadar chirkin!” dedilar. Shundan so‘ng, “Mo‘minalarga ham ayting, ko‘zlarini (nomahram erkaklardan) quyi tutsinlar...” oyati nozil bo‘ldi”.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:21:10
Oyat tafsiridagi tafsilotlar

Birinchi kuzatish: Alloh taoloning “Ko‘zlarini tiysinlar” va “Nomuslarini qo‘risin” so‘zlaridagi hikmat shuki, nomahram ayollarga boqish zino elchisi, yomonliklarning boshidir. Nazarlar qalb elchisi bo‘lgani uchun, ko‘ringan manzaralar insonni o‘ziga tortib, qiynaydi. Zero, har ko‘rganingni ado etolmaysan, ba’zi ko‘rganlaringga sabr qilolmaysan. Zero, qarash bilan mubtalo bo‘lish mumkin. Bundan saqlanmoq qiyin. Ko‘z har narsani qalbga yetkazadigan eshikdir, yo‘ldir. Inson bu yo‘l orqali gunohga botadi. Chunki, boqish tabassumga, tabassum salomga, salom suhbatga, suhbat kelishuvga, kelishuv esa, g‘ayri mashru’ ishga vasila bo‘ladi.

Ikkinchi kuzatish: Oyatdagi “ko‘zlarini tiysinlar” amri har narsa uchun emas, Alloh taolo harom qilgan narsalarga tegishlidir.

Uchinchi kuzatish: Oyatdagi “Ziynatlarini ochmasinlar” ta’biri ziynatlar taqilgan joylarni, shu sababli ziynatlar berkitilishini ifodalaydi.

Zamahshariy aytadilar: “Oyatda ziynat joyining zikr etilishidan hikmat; ziynat joylarni berkitish zarurligini ifoda etilishidir. Chunki, Alloh taolo “Ziynatlarini ochmasinlar” deya buyurar ekan, aslida ziynat joylarining ochilmasligini qasd etgan, ya’ni, maqsad qilib qo‘ygan. Chunki, taqilmagan ziynatlarning ko‘rinishi harom emas. Bu jihatidan ziynatlarning ta’qiqlanishiga zarurat yo‘q. Demak, aslida ta’qiqlangani – ziynatlar taqiladigan joylardir”.

To‘rtinchi kuzatish: ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra, odam ko‘z bilan zavqlangani kabi, quloq bilan ham lazzatlanadi. Shuning uchun, Alloh ayollar yurganlarida, “hamda ko‘rinib turadigan boshqa ziynatlarini ko‘rsatmasinlar!...” deb buyuradi. Chunki oyoqlar yerga urilganda taqilgan ziynatlarning masalan, qo‘ng‘iroqchalarning ovozi eshitiladi. Bu ovoz erkaklarga ayol kelganini bildirib, shahvoniy xohishlarini qo‘zg‘aydi. Shu sababdan bu oyat ham avvalgi oyatda bo‘lgani kabi ziynat taqilgan a’zolari, oyoqlarining ochilishi haromligiga dalolat etadi. Xullas, shahvatni qo‘zg‘aydigan atr-upa, nozli yurish va nozli suhbatlashishlar ham ta’qiqlanadi. Chunki, Alloh taolo: “...Bas, sizlar (nomahram erkaklarga) mayin so‘z qilmanglarki, aks holda qalbida buzuqlik bo‘lgan kimsa tama’ qilib qolur..”, degan. Bu oyatdan anglashiladiki, ayollar ataylab ovozlariga mayinlik, ohang berib, tovushlarini titratib nomahram erkaklarga so‘zlamasinlar, chunki bundan o‘rtada shar’iy bo‘lmagan munosabat kelib chiqishi, bu esa ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Beshinchi kuzatish: “Ko‘zni tiyish”ning bir necha foydalari bor:
1. Alloh taoloning amriga itoat qilgan bo‘ladi.
2. Bir o‘q kabi qalbni yaralaydigan manzaralardan himoyalangan bo‘ladi.
3. Qalb quvvatlanadi.
4. Qalb yomon narsalar bilan mashg‘ul bo‘lmaydi. Alloh bilan bog‘lanishga, mashg‘ul bo‘lishga odatlantiradi, imkon paydo qiladi.
5. Qalbni nurli qiladi.
6. Qalbga (zakovat) farosat beradi.
7. Shayton kiradigan yo‘llarni berkitgan bo‘ladi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:21:22
Erkakning erkakka nisbatan avrati

Erkakning erkakka nisbatan avrati kindigidan tizza ostiga qadar. Mazkur joylarga boshqa erkakning qarashi harom. Bundan tashqari joylarga qarash harom emas. Chunki, Rasululloh (s.a.v.): “Bir erkak boshqa bir erkakning avrat joyiga, bir ayol ham, boshqa bir ayolning avrat joyiga qaramasin!”, deb buyurganlar.

Rasululloh (s.a.v.) yonida hech kim bo‘lmasa ham yechinishni va avrat joylarini ochishni taqiqlaganlar. “Qip-yalang‘och bo‘lib, yechinmang. Zero, shunday malaklar borki, sizdan faqat hojatxonada ekaningizda va juftingiz bilan qo‘shilayotganingizda ajrashadi”.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:21:44
Erkakning ayolga nisbatan avrati

Xoh mahram, xoh nomahram bo‘lsin, erkakning ayolga nisbatan avrati erkakka nisbatan bo‘lgani kabi kindigidan tizzasininng ostiga qadar. Faqat er-xotinning orasida avrat joylar yo‘q. “Ular avratlarini (haromdan) saqlovchidirlar. Illo, o‘z jufti halollari va qo‘l ostidagilar (cho‘rilar) bundan mustasnodir. Bas, ular malomat qilinuvchi emaslar!” (Mo’minun surasi, 5-6-oyatlar).
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:21:54
Ayolning ayolga nisbatan avrati

Ayollarning ayollarga nisbatan avrati erkaklarning erkaklarga nisbatan avrati kabidir, kindikdan tizza ostiga qadar. Shunga ko‘ra, bir ayolga boshqa bir ayolning kindigidan tizzasi ostigacha bo‘lgan a’zolariga qarash haromdir. Bundan tashqari joylarga qarash mumkin.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:22:04
Ayolning erkaklarga nisbatan avrati

Sahih (ishonchli) qarashga ko‘ra, ayolning erkakka nisbatan avrati butun vujudidir. Shofe’iy va Hanbaliylarning qarashi shunday. Hatto imom Ahmad ibn Hanbal (r.a.) bu xususda: “Ayollarning butun vujudi avrat bo‘lganidek, tirnoqlari ham avratdir”, deganlar.

Imom Abu Hanifa (r.a.) va Imom Molik (r.a.) fikriga ko‘ra, ayolning qo‘llari va yuzidan tashqari butun vujudi avratdir.

Ushbu qarashlarning o‘ziga xos dalillari bor, shular xususida bir oz to‘xtalamiz:
Hanafiylar va molikiylarning dalillari: hanafiylar va molikiylarning yuz va qo‘llarning avrat emasligi quyidagilar: “Bulardan ko‘rinib turganlari mustasno” oyati yuz va qo‘llarning ochiq bo‘lish zaruratiga, ularning avrat emasligiga ishorat etmoqda. Bu qarash ba’zi sahobiy va tobeinlarda ham rivoyat etilgan. Haqiqatda, Said ibn Jubayr (r.a.): “Bulardan ko‘rinib turganlari mustasno” oyatidan maqsad “yuz va qo‘llardir”, deganlar.

Shu yerda nega bizning diyorda momolarimiz paranjida yurishgan, degan savol tug‘ilishi mumkin. O‘sha davrda ayollar goh sachvonlarini tushirib, goh ochib yurishgan, masalan bozorlarda ochishgan. U davrlarda zamon notinch, tez-tez urushlar bo‘lib turgan. Ayollarning yuzlarini yopib yurishlari ularni ana shunday vaziyatlarda ozor topmasliklari uchun, ularni asrash uchun bo‘lgan. Osuda paytlarda esa yuzni ochib yurishlariga shariat qarshilik ko‘rsatmagan.

Shofe’iy va hanbaliylarning dalillari: shofe’iy va hanbaliylarning yuz va qo‘llar avrat ekaniga dalillari Kitobdagi: “Ziynatlarini ochmasinlar” oyati. Bu oyati karima ziynatlarni ochishni harom qilgan. Ziynat ikki xildir – biri yaratilishdan bo‘lgan ziynat, ikkinchisi esa erishilgan ziynat. Yuz yaratilishdan bo‘lgan bir ziynatdir. Hatto go‘zallikning asli fitna va fasod manbaidir. Erishilgan ziynat esa kiyilgan go‘zal libos, taqinchoqlar, ko‘zga surilgan surma, qo‘lga qo‘yilgan xinaga o‘xshash narsalardir. Oyati karima ayollarga qaydsiz, shartsiz ravishda erkaklarga a’zolarini va ziynatlarini ochishni ta’qiqlaydi, harom qiladi. Shofe’iy va hanbaliylar fikriga ko‘ra, “Bulardan ko‘rinib turganlari mustasno” ifodasidan maqsad, qasdsiz o‘z-o‘zidan, ya’ni, ixtiyorsiz ochilgan qismidir. Masalan, shamol ayolning yopinchig‘ini, ro‘molini ko‘tarib ochib yuborishi. Chunki oyat ma’nosi: “Ayollar ziynatlarini qat’iyan ochmasinlar. Ochgan taqdirda tanqid etiladi. Qasdsiz o‘z-o‘zidan, shamol kabi ixtiyorsiz narsalar sababi bilan ochilsa tanqid etilmaydi”. Shunday ekan, yuz-qo‘l ham ochilishi ta’qiqlangan ziynatlardandir.

Yuz va qo‘lning avrat emasligini da’vo qilgan olimlar yuz va qo‘llarda hech bir ziynat ashyosi bo‘lmasligini va bularning ochilishi fitnaga sabab bo‘lmasligini shart qilib qo‘ymoqdalar.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:22:18
Ayollar ziynatlarini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan mahramlar

Qur’oni karim ayollar ziynatlarini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan erdan tashqari mahram erkaklarni umumiy hukmdan istisno tarzda birma-bir sanagan. Buning hikmati oyatda zikr qilingan erkaklar bilan ayolning davomli muomalada va birga bo‘lish zaruratidir. Bu erkaklar ayol ila qarindoshlik rishtasi bilan bog‘liq va fitnaga o‘rin yo‘q.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:22:35
Ayollarning mahramlari

1. Er. Er xotinining barcha joylariga, butun vujudiga qarashi mubohdir. Oyatda istisno etilgan a’zolardan tashqari barcha a’zolardan manfaatlanishi mumkin.
Qurtubiy shunday dedilar: “Ayolning eri va joriyaning xo‘jayini uning butun vujudiga boqishi mumkin bo‘lganidek, bir istisnodan tashqari barcha a’zolaridan ham foydalana oladi. Shuning uchun ham Alloh taolo ayol ziynatlarini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan erkaklar sanog‘ini er bilan boshlagandir”.
2. Ota va bobolar. Ayolning ota va ona tomonidan otalari ayni hukmdadir.
3. Erning otasi.
4. Ayolning o‘z o‘g‘illari, erning o‘g‘illari va nabiralari.
5. Ayolning qarindoshi (aka-uka, opa-singil)lari. Xoh ota-onasi bir, xoh faqat ona yoki ota bir qarindoshi bo‘lsin, farqi yo‘q.
6. Qarindosh (aka-uka, opa-singil)larning o‘g‘illari.
Sanalganlarning bari ayolga mahramdirlar. Bular oldida ziynatlarini ochish mubohdir.

Alloh taolo bu oyatda amaki va tog‘alariga oid hukmni bayon etmagan. Barcha faqihlarga ko‘ra amaki va tog‘alarning hukmlari ham mahramiyat jihatidan yaqinlik darajalari sanalgan kishilar bilan birdir. Amaki va tog‘alar ota hukmida bo‘lgani uchun oyatda alohida sanalmagan.

Oyatda sanalgan nasab yo‘li bilan qarindosh erkaklar ayolning mahrami bo‘lgani kabi bir onaning sutini emganlar ham ayolning mahramlari hisoblanadi. Zero, Rasululloh (s.a.v.) “Uylanishi nasab yo‘li sababli harom bo‘lgan ayollar va sut emishganlar ham bir-birlariga haromdirlar”, deya marhamat qilganlar.

Musulmon ayollarning g‘ayridin ayollarga nisbatan avrati. Faqihlar bu xususda ixtilof etganlar. Ba’zi olimlarga ko‘ra, oyatdagi “o‘z ayollari” dan murod “musulmon ayollar”dir. Salafning ko‘pchiligi shu fikrda.

Qurtubiy shunday dedilar: “Oyatdagi “o‘z ayollari”dan maqsad “musulmon ayollar”dir. Shunday bo‘lsa, mo‘min ayol mushrik, zimmiy va kofir ayol qarshisida vujudining biror joyini ochishi halol emasdir. Faqat joriyalar hukmi mustasnodir”.

Ba’zi olimlar fikriga ko‘ra, nasoro (xristian) bir ayolning musulmon bir ayolni o‘pishi yoki musulmon bir ayolning mushrik bir ayolga avrat joyidan tashqari yerlarini (o‘rinlarini) ko‘rsatishi makruhdir.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:22:49
Oyatdagi ayolga ehtiyojsizlar kimlar?

Oyati karima ayolga ehtiyoji bo‘lmagan erkaklarni erkaklik hukmidan istisno etgan. Ayol neligini bilmagan, ayolga nisbatan xohishsiz, aqlsiz erkaklar qarshisida ziynatlarini ochishda hech bir gunoh yo‘q. Chunki, bular ayollarga yomon ko‘z bilan qaray olmaydilar. Oyatdan sahih ma’no chiqarilishi va oyat maqsadini aniqlash uchun ba’zi sahobiy, tobein va mufassirlarning oyat tafsiri xususidagi qarashlarini keltiramiz:

Ibni Abbos (r.a.) fikriga ko‘ra, “ehtiyoji bo‘lmagan”dan murod ayollarga hech ehtiyoji qolmagan erkaklardir.

Abu Qatoda (r.a.) fikriga ko‘ra, faqat qorin to‘ydirish uchun uyga kelgan erkaklardir.

Bu xususda bir necha qarash bor. Bularning hammasi oyatdagi “ehtiyoj bo‘lmagan”lardan murod, yo erkaklik kuchini yo‘qotgan, jinsiy quvvat va xohishi so‘ngan yoki jinsiyat sohasida hech narsa tushunmaydigan aqli nuqsonli erkaklarni ifodalaydi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:23:05
Ayollar necha yoshli bolalar oldida o‘ranmasliklari mumkin?

Ulamolar oyatdagi “hali ayollarning yashirin joylaridan xabardor bo‘lmagan bolalar” ifodasida ixtilof etganlar. Ba’zi olimlar fikriga ko‘ra, balog‘atga yetmagan bolalar nazarda tutilgan. Ba’zi olimlar fikriga ko‘ra esa, bolaligi tufayli ayolning maxfiy bo‘lmagan joylarini farqlay olmaydigan bolalardir. Bu bolalar o‘n yoshga yetmagan bo‘lishlari kerak. Bola balog‘atga yetmagan bo‘lsa-da, ayolning maxfiy joylarini tushunsa, ayollar bunday bolalar oldida ziynatlarini ko‘rsatmasligi yanada uyg‘undir.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:23:22
Ayol ovozi avratmi?

Islom fitna-fasodga sabab bo‘luvchi har narsani harom qilgan. Hatto ayollar yurayotganda oyoqlarini yerga qattiq urishini ham ta’qiqlagan. Chunki, ayolning oyoq tovushi erkaknikidan farqli. Shu jihatdan erkak qalbida ayolga xohish uyg‘otadi. Haqiqatda Alloh marhamat qilmoqda: “hamda ko‘rinib turadigan boshqa ziynatlarni ko‘rsatmasinlar! ”

Hanafiylar bu oyatga tayanib, ayol ovozini ham avrat ekaniga hukm etganlar. Bu oyatda ayollar oyog‘idagi taqinchoqlar ovozi taqiqlanmoqda. Ayol ovozi esa, taqinchoq ovozidan jozibalidir. Shu sababdan taqiq zaruriydir.

Ba’zi mufassirlarning fikriga ko‘ra, “Bu oyat ayolning baland ovozda suhbatlashishi harom ekaniga dalolat etadi. Chunki, ayol ovozi taqinchoqlar ovozidan ko‘proq fitna uyg‘otadi. Shuning uchun bu oyat ayol ovozini ta’qiqlaganiga dalolat etgani kabi mazhabimiz ayol azon aytishini ta’qiqlagan. Erkaklik hissini uyg‘otishi bilan fitna va shubha tug‘dirishi tufayli ayol yuziga qarashning ham harom ekaniga dalolat etadi”.

Imom Shofe’iy va boshqa ba’zi olimlar esa ayol ovozi avrat emasligiga hukm etganlar. Zero, ayol olish-berish qilishi, guvohlik berishi joizdir. Bu holda gapirishi, suhbatlashishi zaruriydir.

Fitnadan amin bo‘lish sharti bilangina ayol ovozi avrat emas. Zero, Rasulullohning (s.a.v.) xotinlari erkaklar bilan suhbatlashar, hadis rivoyat etardilar. Shubhasiz, suhbatlashib hadis rivoyat etgan erkaklar orasida ularga mahram bo‘lmagan erkaklar ham bor edi. Bularning suhbatlariga hech bir sahobiy e’tiroz etmagan.

Yana ayol qo‘llaridagi bilakuzuklari, qo‘llarini sollantirib, ko‘z-ko‘z etib, kerilib yoki nozlanib yurishlari haromdir. Tor va jozibasi rangli liboslarda ko‘chaga chiqishi, chiqayotib xushbo‘y sepishi, surishi va erkaklar e’tiborini tortadigan shaklda yurishi va suhbatlashishi nojoiz. Chunki, Alloh marhamat qilmoqda: “...Bas, sizlar (nomahram erkalarga) mayin so‘z qilmanglarki, aks holda qalbida buzuqlik bo‘lgan kimsa tama’ qilib qolur. Yaxshi (to‘g‘ri) so‘zni so‘zlangizlar! O‘z uylaringizda qaror topinglar, (ko‘chaga chiqqanlaringizda esa) ilgari jaholiyat (davri) yasanishidek yasanmangizlar...” (Ahzob surasi, 32-33-oyatlar).

Fasod ko‘payishi, tarqalishi, axloqning buzilishi, erkakning harakatsizligi va g‘ayratsizligidandir. Nomusini qizg‘anmagan, asramagan kimsa musulmon bo‘lmaydi. Zero, Rasululloh (s.a.v.): “Uch sinf (guruh, tabaqa) inson borki, jannatga ham kirolmaydi, jannat hidini ham hidlay olmaydi. O‘zini erkaklarga o‘xshatgan, davomli (mast qiluvchi) ichkilik ichganlar va dayuslar”, deb marhamat qildilar. Ashobi kirom: “Dayus kim?”, deb so‘radilar. “Ahli oilasini erkaklardan qizg‘anmaydiganlardir”, deya javob berdilar Payg‘ambarimiz (s.a.v.).
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:23:41
Musulmonlarning ruxsat so‘rash odobi

“Ey iymon keltirganlar! O‘z uylaringizdan o‘zga uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizgacha kirmangiz!. Mana shu sizlar uchun yaxshidir. Zora (bu gapdan) eslatma olsangizlar. Bas agar u (uy)larda hech kimni topmasangizlar, unda to sizlarga izn berilmaguncha ularga kirmangiz! Agar sizlarga “qaytinglar”, deyilsa, qaytib ketaveringlar! Shu sizlar uchun eng toza (yo‘ldir). Alloh qilayotgan ishlaringizni bilguvchidir. (Xususiy) maskan bo‘lmagan (mehmonxona, karvonsaroy kabi) sizlar foydalanadigan uylarga (izn so‘ramasdan) kirishlaringizda sizlarga gunoh yo‘qdir. Alloh oshkor qilayotgan narsangizni ham, yashirayotgan narsangizni ham bilur”
(Nur surasi, 27-29-oyatlar).

Bu oyatni keltirishimizga sabab, har bir uyda ayol bo‘lib, u turli holatlarda yurishi mumkin. Hozirgi zamonaviy uylarda ayol ko‘rinmaydigan tashqari hovlilar yo‘q, bunga imkon ham yo‘q. Shuning uchun bu oyatni ham bilib, unga amal qilish har bir musulmon erkagu ayolga farzdir.

Alloh taolo mo‘min qullarini chiroyli odob bilan odoblantirar ekan, ularni eng yuksak axloqqa da’vat etadi. Birovning uyiga kirishdan oldin ruxsat so‘rash kerakligini amr etadi. Kirgach, ichkaridagilarga salom berishni buyuradi. Toki, oralarida mehr-muhabbat paydo bo‘lsin. O‘zlariga oid bo‘lmagan uylarga iznsiz kirishni ta’qiqlaydiki, ular turli mushkul vaziyatga duch kelib qolmasinlar va ichkaridagilar og‘rinmasinlar. Kirish izni va salom shubhali holat ko‘tarilib ketishiga va hurmatga sabab bo‘ladi. Izn berilmagan taqdirda ortga qaytish eshikda kutishdan, ichkariga kirish qat’iyatidan va qayta so‘rashdan xayrlidir. Uy ahlining ruxsat bermasligida bir sabab yoki noqulaylik bor, yo bir uzrlari yoki ziyoratchini munosib qarshilashlariga mone bor hol mavjud. Borilgan uyda kimsa yo‘q bo‘lsa, kirish joiz emas. Chunki, maskanlar uchun ulkan ehtirom borki, u yerga kirmoq uy ahlining ruxsat berishi bilangina bo‘ladi.

Maskan bo‘lmagan, insonlar foydalanishi uchun qurilgan karvonsaroy, hammom, oshxona kabi joylarga kirish uchun ruxsat shart emas.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:23:55
Oyatlarning nozil bo‘lish sabablari

1. Yuqoridagi oyatning nozil bo‘lish sababi shu rivoyatdan ma’lum bo‘ladi: Bir ayol Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga kelib: “Yo Rasululloh, men xonamda hech kimning, hatto otam va bolam ko‘rishlarini istamaganim bir kiyimda yuraman. Bunday kiyimda ekanimda yonimga birov beruxsat kirib qolsa, nima qilaman?”, dedi. Shundan so‘ng: “Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga...” oyati nozil bo‘ldi.

2. Abi Xotam Muqotildan: «Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga...” oyati nozil bo‘lganida Abu Bakr Siddiq (r.a.) Rasulullohdan (s.a.v.): “Quraysh tojirlari davomli ravishda Makka, Madina, Shom, Yaman, Quddus kabi joylarga boryaptilar. U yerlarda va yo‘llarda ularning tayinli boshpanalari yo‘q. Faqat umumiy va ichida doimiy o‘tirilmaydigan musofirxona, karvonsaroyga o‘xshash joylar bor. U yerlarga ham ruxsat so‘rab kirish kerakmi?”,-deb so‘radilar. Shundan so‘ng: (Birov uchun) maskan bo‘lmagan (mehmonxona, karvonsaroy kabi) sizlar foydalanadigan uylarga...” oyati nozil bo‘ladi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:24:05
Qay hollarda uyga ruxsatsiz kirish muboh?

Oyatning zohiri barcha vaqt va hollarda uylarga iznsiz kirishning harom ekaniga dalolat etmoqda. Zarurat hollari bundan mustasno. Masalan, bir uyda yong‘in chiqishi, o‘g‘ri-qaroqchi va talonchilar bosishi yoki o‘sha uyda din aniq ta’qiqlaydigan narsalar bilan shug‘ullanishganda shundan xabar topgan kishi iznsiz kirishi mumkin. Faxriddin Roziy bu xususda o‘z tafsirida atroflicha izohlagan.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:24:18
Ruxsatsiz begona uyni kuzatishning hukmi qanday?

Bir kishi begona uyni kuzatishi qat’iyan harom. Faqat faqihlar begona uyni ruxsatsiz kuzatgan kimsaga jazo qo‘llashda; urishda, ko‘r qilishda ixtilof etganlar.
1. Imom Shofe’iy (r.a.) va Hanbal (r.a.) fikrlariga ko‘ra uy ahli ruxsatisiz uyni kuzatganning (oynasidan qaraganning) ko‘zini ko‘r qilsalar, qasos olinmaydi. Kuzatuvchi (qarovchi) biror haq ham talab etolmaydi.

2. Imom Molik (r.a.) va Abu Hanifa (r.a.) fikriga ko‘ra, oynadan qarovchining ko‘r etilishi jinoyatdir. Shuning uchun diyyati (jarima) beriladi yoki qasos olinadi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:24:29
Ayol begona erkak bilan yolg‘iz qolishi mumkin emas

Tabariyning rivoyatida Rasul Akram (s.a.v.) marhamat qiladilar: “Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan odam yonida mahrami bo‘lmagan begona bir ayol bilan bir joyda qolmasin”.

Yana, Rasuli Akram marhamat qiladilar: “Siz olti narsani bajarishga menga so‘z bering, men ham sizning jannatga kirishingizga kafil bo‘laman: suhbatlashganingizda to‘g‘ri so‘zlang, va’dalaringizga vafo qiling, omonatga xiyonat qilmang, iffatingizni saqlang, ko‘zlaringizni yuming, qo‘llaringizni torting!”.

Muslim va boshqalarning rivoyatlarida Jarir (r.a.) deydilarki: “Rasuli Akramdan oniy qarash haqida so‘radim. Rasuli Akram marhamat qildilar:
– Tezda ko‘zingni ol (yuzingni o‘gir)”.

Isfahoniy rivoyatida Rasuli Akram shunday rivoyat qiladilar: “Qiyomat kuni barcha yig‘laydi. Faqat haromdan saqlangan, Alloh yo‘lida uyqusiz qolgan va Allohdan qo‘rqqani uchun ko‘z yosh to‘kkanlar bundan mustasnodirlar”.

Islom erkak va ayolning bir-birlari bilan qo‘l berib ko‘rishishlarini ta’qiqlaydi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) umrlarida ayollar bilan qo‘l qisishmaganlar, qo‘l olishib ko‘rishmaganlar. Bu xususda bizga Umayma bint Ruqayya naql etmoqda:

“Bir necha ayol bay’at etmoq uchun Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldik. Bizdan Mumtahana surasi, 11 oyatida sanalgan moddalarni qabul qilishimizni so‘radilar. Biz qabul qilamiz, dedik. Bizga “Qo‘lingizdan kelguncha, kuchingiz yetkuncha bularni ado eting!”, dedilar. Biz “Bizga Alloh va Rasuli bizdan ko‘ra mehribondir”, dedik va “Yo Rasululloh, qo‘limizni siqmaysizmi?”, deb so‘radik. U zot “Men ayollarning qo‘llarini siqmayman, bir ayolga nima desam, yuz ayolga o‘tadi”, dedilar”.

Hazrati Oysha onamiz marhamat qiladilar: “Allohga qasamki, Rasulullohning (s.a.v.) qo‘llari biror ayolning qo‘llariga tegmagan. Rasululloh (s.a.v.) ayollarga so‘z orqali bay’at etardilar”.

Mufassir Ali as-Sabuniy bu hodisalarni shunday sharhlaydilar; Barcha rivoyatlar Payg‘ambarimiz (s.a.v.) na bay’atda, na boshqa joyda ayollar bilan musofaha etmaganini (qo‘l berib ko‘rishmaganini) ko‘rsatadi. Gunohdan ma’sum bo‘lgan Rasulullohning (s.a.v.) bu harakatlari biz ummatlariga bir irshoddir. Allohning Rasuli tohir, nazih va pok zot bo‘la turib, bay’atdek muhim voqeada ayollar qo‘lini ushlamadilar, boshqa erkaklar begona ayol qo‘lini tutishlari muboh bo‘lishi mumkinmi?! U erkaklar shahvatdan amin va fitnadan salim emasdirlar. Shayton ichlarida qon kabi kezmoqda.

Bizning asrimiz va Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yashagan davr orasidagi farq osmon bilan yerchalik. Davrimizning ekologik muammolari, yer yuzining juda ko‘p davlatlaridagi iqtisodiy tanglik, buning natijasida insonlarning ma’naviy holatlari va boshqa turli sabablarga ko‘ra xilma-xil kasalliklar ham ko‘payib bormoqda. Masalan, o‘rta asrlarda ayollar uyga doya chaqirib tug‘salar, hozir bunday qilish ona va bola uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Tug‘ruqxonalarda doyalar kechayu-kunduz ishlashlari kerak. Albatta, u yerda u yoki bu kasb egasi bo‘lgan erkaklar ham ishlashlari tabiiy. Shunday sharoitda ayol kishi nima qilishi kerak? Bunga to‘rt mazhabda javob yo‘q. Bu borada shaxsiy fikrimiz bo‘lishiga qaramay, savolni hurmatli ulamolarimiz ijtihodlariga qoldirsak.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:24:46
Uyga xotinsifat erkaklar kiritilmaydi

Islomiy uy pok va go‘zaldir. U yerga ayolsifat erkaklar va erkaksifat ayollar kiritilmaydi. Shuning uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ayoldek harakat qilgan erkaklarni va erkakdek harakat qilgan ayollarni la’natlaganlar va: “Ularni uylaringizdan chiqaring!”, deganlar. O‘zlari bundaylarni uylaridan chiqarganlari kabi, hazrat Umar (r.a.) ham chiqarganlar.

Hazrat Oysha (r.a.) jonli bir voqeani so‘zlaydilar:
“Madinada ayolsifat bir odam bor edi. Ayolga ehtiyoji yo‘q hisoblanardi. Ora-chora Payg‘ambarimizning (s.a.v.) xotinlari yoniga kelib turardi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) ichkari kirdilar. U xotinlaridan birining yonida so‘zlardi: “Oldindan qaralsa, qornida to‘rt, ortdan qaralsa, sakkiz buklangan ko‘rinadi”. Shundan so‘ng, Rasululloh (s.a.v.) xotinlariga: “Ko‘rdingizmi, bunday-bunday narsalarni biladi. Endi yoningizga hech kelmasin”,-dedilar”.

Bir kun Rasullullohning (s.a.v.) huzurlariga qo‘liga xina qo‘ygan ayolsifat bir kishini keltirdilar. “Bu nima ish qildi?”, deb so‘radilar. Sahobalar: “Yo Rasululloh, bu xotinlarga o‘xshashga harakat qiladi”, deyishdi. Rasululloh u odamni Noki o‘rmoniga surgun qilishni buyurdilar. “Uni o‘ldiraylikmi yo Rasululloh”, deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) marhamat etdilar: “Alloh meni namoz o‘qiganlarni o‘ldirmoqdan man etdi”.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:25:11
Balog‘atga yetgan qiz qarindoshlar bir o‘rinda yotadimi?

Islom dini (oxirgi chegara sifatida) o‘n yoshga kirgan qiz bolalarning erkak qarindoshlari tugul, hatto qiz qarindoshlari bilan bir o‘rinda yotmasligini amr etadi.

Bu diniy buyruqdan maqsad – qiz bola nomusini himoya qilmoqdir.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:25:29
Hayz – odat ko‘rish

Hayz ham ayol organizmiga xos holat bo‘lib, uni bilish Islomda muhim ahamiyat kasb etadi. Hayzning odat ko‘rish, oy ko‘rish, nopoklik, betahoratlik, benamozlik kabi nomlari bor. Hayz ilmini o‘rganish ayollarga farzi ayndir. Hamda eng muhim masalalardandir.

Imomi Muhammad hayz haqida alohida bir kitob yozganlar. Chunki poklik, namoz, ro‘za, Qur’on o‘qish, e’tikof, haj, balog‘at, jinsiy munosabat, ajrashish, idda kabi bir necha ibodatlar hayzga bog‘liqdir.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:25:39
Nifos

Nifos: lug‘atda – ayol ko‘zi yorishi ma’nosida kelgan. Shariatda esa, bola yoki bolaning ko‘p qismi – (hatto a’zolari parcha-parcha bo‘lsin) chiqqandan so‘ng ayol rahmi (bachadon)dan kelgan qondir.

Bolaning oz qismi chiqqandan so‘ng qon kelsa, nifos emasdir. Ayol tahorat olib namozini o‘qiydi. Ruku’ va sajdaga iloji bo‘lmasa, imo-ishora bilan o‘qiydi. Kechiktirmaydi, tark etmaydi.

– Ko‘z yorigan ayol hech qon ko‘rmasa nifosli bo‘ladimi?
– Ha, nifosli bo‘ladi.

Bolani tabiiy tug‘ib, rahmi (bachadoni)dan qon kelgan taqdirda nifoslidir. Chunki, ko‘z yorigach qon rahmidan chiqqandir. Qon qornidan, ya’ni kesilgan joydan kelsa, nifos emas, yaralidir.

Nifos – tug‘ishdan keyin oqadigan qondir. Ko‘z yorigan holda qon ko‘rmagan ayol g‘usl qilishi shart emas. Bu Abu Yusuf hazratlarining qarashi28 .

Imom Muhammad hazratlaridan ham shunday rivoyat bor, faqat bu ayolga tahorat olish vojib. Chunki, bola bilan birga ifloslik ham chiqqan.

Imom A’zam Abu Hanifa hazratlariga ko‘ra, bunday ayolning g‘usl etishi zarur. Olimlarning ko‘pchiligi shu qarashni qabul qilgan.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:25:49
Ayollar ko‘radigan qon ikki xil

1. Sahih qon – hayz muddatidan: 3 kundan oz, 10 kundan ko‘p bo‘lmagan haqiqiy qondir. Nifos (nifoslik)da esa 40 kundan ko‘p kelmagan qon.
2. Fosid qon – hayz va nifosdan boshqa qon. Fosid qon turli bo‘ladi:
a) Hayz muddatining eng ozi 3 kun, undan ham oz vaqt kelgan qon – fosid qon;
b) Hayzning eng ko‘p muddati 10 kun, undan oshgan qon – fosid;
v) Nifos muddatining eng ko‘pi 40 kun, undan oshiq kelgan qonlar – fosid qonlar;
g) Homiladordan kelgan qon – fosiddir;
d) Kichik qizlar ko‘rgan qon –fosid;
e) Odatdan to‘xtash, qolish (menopaz) davrida ko‘rilgan qon – fosid qondir.

Lug‘atda hayz – odat: oqinti ma’nosidadir. Hayz – bir ayolning bachadoni (rahmi)dan xastalik yoki ko‘z yorishdan tashqari ma’lum bir muddatda keladigan va ibodat qilishga to‘siq bo‘lgan qondir. Bunga “odat holi” ya’ni, “odat vaqti” deyiladi.

Odat qoni ayol vujudining me’yoriy (normal) faoliyati va homila yo‘qligida har oyda keladigan qondir.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:26:01
Hayz qonining paydo bo‘lishi

Rahm (bachadon) – bola tug‘ilguncha turiladigan, muhofaza etiladigan joy. Rahm – xazna (qindiloq)dan keyin keladigan ichki a’zo. Rahm ichiga “endometrium” (“Endometrium”) deyiladi. Baxmalday bir qatlam. Bu qatlam har oy tuxum to‘llaydiganga o‘xshab hozirlanadi, ya’ni, har odat davrida bir tuxum o‘sib yetiladi va nasl bo‘lishga tayyor holga keladi. Agar to‘llanish bo‘lmasa, ya’ni, homila bo‘lmasa, qisqa umrli tuxum va u bilan birga bachadonning eng ichki qatlami o‘ladi va qonab vujuddan tashqariga oqib chiqadi, ya’ni, hayz (muddati) boshlanadi.

Odam (a.s.) va Havvo onamiz gunohkor bo‘lishib, jannatdan quvilganlaridan so‘ng, Alloh taolo Havvo onamizni homilador bo‘lishga, tug‘ishga va har oyda qon ko‘rishga hukm etdi. Bu hol ayollar uchun ilohiy bir nizom bo‘lib qoldi. Bu hol gunohlarga kafforat bo‘lishi ham zikr etilgan.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:26:08
Qizning balog‘at yoshiga yetishi va ilk odat boshlangan vaqti

Qizning balog‘at yoshiga yetishi va ilk odat boshlanish vaqti Hanafiy ulamosi fikriga ko‘ra, 9 yoshdan keyindir. Chunki, hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) hazrat Oysha (r.a.) onamizga u kishi balog‘atga yetgach uylandilar.

Boshqa bir qarashga ko‘ra: Rasulullohning (s.a.v.) mana bu so‘zlariga muvofiq balog‘at yoshi 7 qilib belgilangan: “Yettiga kirgach ularni namozga buyuring!”.

Qizlar ilk hayz qoni ko‘rishlari bilan balog‘atga yetgan bo‘ladilar va namoz, ro‘za kabi ibodat va amallarga mukallafdirlar. Qiz 15 yoshga to‘lishi bilan, hech oy ko‘rmagan bo‘lsa ham, hukman balog‘atga yetgan hisoblanadi.

Onaning qizlari oldidagi vazifalari: qizi odat ko‘rmasdan avval unga odat haqida o‘rgatishi, ogohlantirishi va bu davrga ruhan tayyorlashi kerak. Bu ondan e’tiboran namoz, ro‘za, tasattur (o‘ranish) kabi barcha hukmlar unga farz bo‘lganini va bundan buyon Allohga va insonlarga nisbatan ma’sul bo‘lganini bildirish onalarga vojibdir.

Balog‘atga yetgan qizning ilk ko‘rgan hayzi juda muhim, chunki bu doimo o‘ziga odat bo‘ladigan hodisadir. Shuning uchun ham bunga e’tibor bermoq lozim. Odat kunlarini to‘g‘ri hisoblab, to‘g‘ri belgilamoq lozim. Shunga ko‘ra, qiz odat vaqtiga hozirlik ko‘radi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:26:22
Qiz ilk ko‘rgan qon hech to‘xtamasa, odat qanday aniqlanadi?

Bir qiz balog‘at yoshiga yetib, ilk qon ko‘rsa-yu, to‘xtamasa, oyning o‘n kunini hayz, yigirma kunini poklik deya qabul etmoq lozim. Va qon davom etib turgan muddatga har oy shunday hisoblanadi. Bu hol uning davomiy odatidirki, hayz deb qabul qilingan o‘n kunda namozlarini o‘qimaydi va shu o‘qimagan namozlarini qazo qilib o‘qimaydi. Shu o‘n kunga Ramazon to‘g‘ri kelib qolsa, ro‘zasini tutmaydi. Lekin keyin poklangach, qazo qilib tutadi. Boshqa hayz hukmlari ham shunga ko‘ra tadbiq etiladi. Faqat poklik hisoblangan yigirma kun uzr sohibi kabi har namoz vaqtida tahorat olib, farz va nafl namozlarini istaganicha o‘qishi mumkin. Agar bir muddatdan so‘ng qon to‘xtasa, bu holda ayol vaziyatiga ko‘ra, ya’ni, odat belgilanishi zarur.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:26:33
Qiz ko‘rgan qon uch kundan oz bo‘lsa...

Qiz ilk ko‘rgan qon 3 kundan oz vaqtda to‘xtasa, hayz qoni emas va tark etgan namozlarini qazo qilib o‘qishi lozim. Bir qiz ilk marta sahih qon bilan hoyiz bo‘lsa, so‘ngra to‘la muddat sahihi poklik holni kechirsa, hayz va poklik kunlari shundayicha aniqlangan bo‘ladi. Keyingi odatlarida qon to‘xtamay oqsa ham, avvalgi ilk odat va poklik holidagi odati qabul qilinadi va shunga amal qiladi.

Hayz va nifos (ko‘z yorigan ayol)da odat bir marta aniqlanib qarorlashtiriladi. Ya’ni, bir ayol ilk hayz va nifoslik vaqtlarida necha kun qon kelsa, shu muddat uning odati bo‘ladi. Masalan, bir qiz ilk daf’a 7 kun odat ko‘rgandan so‘ng qon to‘xtasa, boshqa hayzlarida odat muddati 7 kun. Qon davom etsa, uzrdir.

Bir qiz balog‘atga yetganda ilk sahih qon (eng ozi 3 kun) va so‘ng sahih poklik (eng ozi 15 kun) ko‘rmay ilk qoni davom oqib, sahih poklik holni ko‘rolmasa, bularning hech biriga e’tibor etilmaydi. Bu holda qon kela boshlagan kunning avvalidan boshlab 10 kun hayz, 20 kun tozalik vaqti hisoblanadi. Masalan, bir qiz 11 kun qon ko‘rib 14 kun toza bo‘lgandan keyin, yana qon kelishi davom etsa, qon 10 kundan ziyod kelgani uchun fosid (haqiqiy emas)dir. Tozalik ham 15 kundan kam bo‘lgani uchun fosiddir. Bu holda 10 kun hayz, 20 kun tozalik muddati deb qabul qilinadi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:26:48
Odat qonining ranglari va aniqlanishi

1. Xira, loyqa suvga o‘xshash;
2. Tuproq rangli, to‘rga o‘xshash xira oqindi;
3. Qirmizi;
4. Qora;
5. Yashil;
6. Sariq, ba’zilari pilla sariqligida, ba’zilari somon rangida, ba’zilari tish sariqligida bo‘lishi aytilgan. Ammo e’tiborlisi: ilk ko‘rgan paytdagi rang o‘zgarishiga e’tibor qilinadi. Masalan, ayol oq rangda bir oqindi ko‘rdi-yu, qurigach sarg‘ayishi mumkin. Yoxud qirmizi yoki sariq ko‘radi, qurigach oqaradi (keyingi holi e’tiborsiz).

Agar ayol bo‘z ustida yangi, tiniq, tomchilagan bir oqlik ko‘rsa va bu quriganda sariqlashsa, uning hukmi oq hukmidadir.

Hayz muddatidagi qonlarning barchasi hayzni bildiradi. Oqindining oqarishi bilan hayz tugagan bo‘ladi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:26:57
Mazhablarga ko‘ra odatlar muddati

Hanafiylarga ko‘ra: 9 yoshdan 50-55 yoshlargacha ko‘rilgan qon – hayzdir. Bu yoshdan avvalroq odatdan to‘xtaydiganlar ham bor.

Shofe’iylarga ko‘ra: qat’iy muddat yo‘q. Iqlimga qarab o‘zgaradi. Faqat 62 yoshdan keyin to‘xtashi g‘olib (ustun)dir.

Ba’zi ayollarda odat kunlari sobit emas. Doimo o‘zgaradi. Masalan, bir oy 5 kun, boshqa oyda 6 kun odat ko‘rishlari mumkin. Bu holda ehtiyotlik bilan amal qilish lozim bo‘ladi. Shundayki, bu ayol 6 kun bo‘ldimi, cho‘milib-yuvinib namozlarini o‘qiydi, ramazon to‘g‘ri kelsa, ro‘zasini tutadi. Chunki, bu 6 kundagi qonning istihoza (xastalik) bo‘lish ehtimoli bor. Faqat 6 kun chiqmaguncha (tugamaguncha) jinsiy munosabat qilinmaydi. Ajrashgan bo‘lsa, iddati bitgan hisoblanmaydi. Zero, bu 6 kundagi qon hayz bo‘lishi ham mumkin.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:27:08
Keksa ayollarda odat to‘xtashining aniqlanishi

Odat qoni, umuman, 45-50-55 yoshlarda to‘xtaydi. Bunga odatdan qolish davri (menopaz) deyiladi.

Menopaz: ayol vujudida to‘l homila tuxumlarini yetishtirishning to‘xtash davridir.

Menopaz sababi nima? Ayol keksaya boshlagach, tuxum yetishuvi ozayib, garmon ishlab chiqish to‘xtaydi. Shunda ayolning buzilgan tuxumlarining ziyodasi tashqariga chiqishga, demak oy ko‘rishga zarurati qolmaydi. Odatlar siyraklashib, bora-bora to‘xtaydi.

Menopaz davrining muddati: bu mavzuda ma’lum bir qoida yo‘q. 10 yil, 5 yil yoki ozroq. Menopaz davriga bosh unsurlar; ayolning ruhiy va jismoniy ahvoli, jinsiy munosabatlar, sog‘lik va garmonlar holati, barcha a’zolarning ishlash hollari, yashash va hayot kechirish tarzi ta’sir qiladi.

Har bir ayolning o‘ziga xos organizmiga ko‘ra, odat qoni bu yoshlardan avval yoki so‘ng ham to‘xtashi mumkin. Lekin ko‘pchilik ayollarda 50-55 yoshlarda odat to‘xtaydi. Homila umidi va ehtimoli qolmagani qabul etiladi. Bu yoshdan so‘ng ayoldan kelgan qon shar’an hayz sanalmaydi, istihoza (uzr)dir.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:27:21
Hayzli ayol namoz vaqtida nima qiladi?

Ulamolar hayzli ayol har namoz vaqti uchun tahorat olib, joynamozda (yoki namoz joyida) o‘sha namozni o‘qiyajak qadar (vaqt) o‘tirishi, odat (an’anasi)ni unutmaslik uchun tasbeh va tahlil bilan mashg‘ul bo‘lishi mustahabdir, deganlar. Bu rivoyatda: “bu ayolga avval o‘qigan namozlaridan eng go‘zalining savobi beriladi”, deya marhamat qilingan. Hayzli bir ayol namoz vaqtlari kirganda tahorat olib, uyining bir burchagiga o‘tirib tasbeh aytishi, “La ilaha illalloh”deyishi mustahabdir.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:27:31
Hayzli, nifosli ayollar muborak kechalarda nima qiladilar?

Bunday ayollar muborak kechalarni ibodat va zikr bilan o‘tkazish niyati va hozirligida bo‘lsalar yaxshi. Har kishiga muhaqqaq niyatining haqqi beriladi. “Mo‘minning niyati amalidan xayrli (yaxshi) dir,” degan hadisi sharifda aytilganidek, shubhasiz bunday kunu tunlarning rahmat va barakotlaridan nasibalarini lozim bo‘lganicha kamchiliksiz oladilar. Chunki, ayollarning bunday tahoratsiz hollari ixtiyorlaridan tashqari, o‘z qo‘llarida emas va uzrli bo‘lganidan rahmatdan mahrum qolmaydilar, niyat amaldan yaxshi (xayrli)roqdir.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:27:40
Hayz va nifosli ayolga harom narsalar

1. Namoz o‘qimaydi.
2. Ro‘za tutmaydi.
3. Jome’ va masjidlarga kirmaydi.
4. Ka’bani tavof qilmaydi.
5. Qur’ondan to‘la bir oyat o‘qimaydi.
6. Qur’ondan bir oyatga qo‘l tekkizmaydi.
7. Jinsiy munosabatda bo‘lmaydi.
8. Hayz va nifosli ayollarning ta’qiqlangan joylari (kindik bilan tizza orasi)ga yalang‘och holda erlari teginmaydi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:27:50
Hayzli va nifosli ayollar jome’ va masjidlarga kirmaydilar

Hayzli, nifosli yoki janobat bo‘lgan ayolning xoh o‘tirish uchun, xoh ibodat qilish uchun bo‘lsin, masjidga kirishi haromdir.
Hayzli yoki janobat bo‘lganning qabrni ziyorat qilishiga to‘sqinlik yo‘q.
Hayz, nifos va junubning jome’ va masjidlarga kirolmasligini hazrat Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qilganlar: “Junub va hayz hollarida bo‘lganning masjidga kirishini halol ko‘rmasman”.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:28:02
Hayzli va nifosli ayollar Ka’bani tavof qilolmaslar

Hayzli va nifosli ayolga tashqaridan bo‘lsa ham Ka’bani tavof qilish harom. Hayzli va nifosli ayolga xoh hajning farzidan bo‘lgan ziyorat tavofi bo‘lsin, xoh nafl tavof bo‘lsin haromdir. Hatto Masjidi haramga kirib tavofni boshlagach, odati boshlansa ham Ka’ba tavofi halol emasdir. Ka’ba tavofida pok bo‘lmoq vojibdir.

Hayz holida bo‘lgan ayol tavofdan boshqa hajning barcha ruknlarini bajarishi mumkin. Hajning farzlaridan bo‘lgan ziyorat tavofini majburiy o‘laroq hayzdan tozalanguncha kechiktiradi. Zero, bu tavofni ma’naviy nopoklik holida bajargan ulkan gunoh orttirgan bo‘ladiki, bir tuya yoki sigir kabi katta mol qurbon qilishi zarur.

Hazrati Oysha (r.a.) marhamat qiladilar:
“Rasululloh (s.a.v.) bilan birga chiqdik. Maqsadimiz haj qilmoq edi. Sarif degan joyga borganimizda hayz bo‘ldim. Yig‘larkanman Rasululloh (s.a.v.) yonimga kirdilar va:
– Nima qildi, hayz bo‘ldingmi?, – deb so‘radilar.
– Ha, – dedim. Payg‘ambarimiz (s.a.v.):
– Bu, Alloh taolo ayollarga xos qilgan bir xususiyat. hajning Baytulloh tashqarisidagi barcha talablarni o‘rinlat,– dedilar. Rasululloh (s.a.v.) keyinroq xotinlari uchun bir sigir qurbon qildilar”.

Bir ayol oy ko‘rgan (hayz) holida ehromga kirarkan, haj sunnatlaridan bo‘lmish g‘usl qilishi mumkin. Zero, bu g‘usl vujud pokligi uchundir. Nifos (nifosli) bo‘lsa ham g‘usl qiladi. Faqat Masjidi Sharifga kirishi joiz emas, tavofni kechiktiradi.

Bu mavzuda hazrati Oyshadan (r.a.) qilingan rivoyatlarda aytiladi:
“Umays qizi Asmo Muhammad ibn Abu Bakrni (haj yo‘lida) Zulxulayfaga yaqin Hudaybiya sulhi (bitimi) tuzilgan daraxt yonida tug‘di. Shundan so‘ng Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Abu Bakrga Asmo g‘usl etib, shundayligicha talbiya aytishini amr etdilar”.

Bir ayol farz bo‘lgan bu ziyorat tavofini qilgach, oy ko‘rsa, undan (zimmasidan) vido – ayriliq tavofi tushadi. Va tark etgani uchun hech narsa lozim emas. Bir ayol hayit (bayram) kunlarida ziyorat tavofini yoki uning ko‘pini bajaradigan vaqt toza bo‘la turib, tavofni tark etadigan bo‘lsa, o‘sha ayol jazo (kafforat) sifatida bir qurbonlik qilishi lozimdir.

Agar qurbon xayitining birinchi, ikkinchi, uchinchi kunlari poklanmagan bo‘lsa, tavofni keyinga qoldirgani sababli o‘ziga hech narsa lozim emas. Shu bilan birga, agar haj farzlaridan bo‘lgan bu tavofni yoki uning ko‘pini bajaradigan qadar muddat toza bo‘lgan bo‘lsa va o‘sha kunlarda bu tavofni qilmagan bo‘lsa, kechiktirganligi sababli bir qo‘y yoki bir echki qurbonlik qilishi lozim bo‘ladi. Chunki, vojibni uzrsiz tark etmoqda. Agar ayol ehromdalik paytida odat ko‘ra boshlasa, g‘usl etadi va hajning barcha ruknlarini erkak kabi bajarishi mumkin, faqat bu holda (hayzli) ziyorat tavofini ado etolmaydi (keyinga qoldiradi, kechiktirgani uchun qurbonlik qilishi ham lozim emas).

Kechiktirishga to‘siqlar – sabablar bo‘lsa, masalan, hajga birga borgan safardoshlari kutmasdan ketadigan bo‘lsalar, mone bo‘lgan taqdirda tavofni ado etib, jazo sifatida bir tuya qurbon qilishi mumkin. Tavba qilib, istig‘for aytadi yoki ziyorat tavofini keyin qiladi.

Makka xalqidan bo‘lmay, boshqa yerdan kelgan ayol hajga kelib, ehromdan va Arofatda vaqfadan so‘ng hayz ko‘rib, ziyorat tavofini qilmay hayz uzayganidan Qurbon hayitining to‘rtinchi kuni ham o‘tib, tozalanmaganidan tavofni qilmasdan mamlakatiga ketsa, ayolning haji tamom bo‘lmaydi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:29:48
Bir ayol ziyorat tavofidan avval odat qonini ko‘rib, to‘xtaguncha kutadigan bo‘lsa

Ziyorat tavofini qilmasdan odat qonini ko‘rgan bir ayolni hamrohlari poklanguncha kutsalar, ayol poklanib tavofni ado etadi. Safardoshlar ayolni kutmasalar Shofe’iy mazhabiga ko‘ra, ular bilan birga qaytib ketadi, tavof bo‘ynida qarz bo‘lib qoladi. Makkaga qaytolmaydigan masofaga borguncha eriga qo‘shilishi joiz emas, shuncha masofaga borgach, ehromdan chiqish niyati bilan bir qurbonlik so‘ydiradi. Bu qurbonlik so‘ydirishi mumkin bo‘lgan joydagi kabi, bir vakil tayin etish surati bilan haramda ham so‘ydirishi mumkin. Sochini qisqartmagan bo‘lsa, qisqartirib ehromdan chiqadi va eriga qo‘shilishi mumkin. Ziyorat tavofini qilmagan bir ayol imkon topganda yana Makkaga qaytib, zimmasida qarz bo‘lib qolgan ziyorat tavofini ado etadi. Hanafiy mazhabiga ko‘ra, bunday ayol yo odat qonidan poklanguncha kutadi. Yoki tahriman makruh bo‘lsa ham, odatda ekan, ziyorat tavofini ado etadi va jazo (kafforat) sifatida bir tuya so‘yadi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:29:58
Hayzli ayol hajda Safo bilan Marvani sa’y eta oladimi?

Oy ko‘rganlik va janobatlik sa’y etmoqqa mone’ emas. Joiz. Bu xususda umumiy qoida shu: haj ibodatlarida Masjidi haromdan tashqari qilinadiganlarining hech birida tahorat shart emas. Masalan, Sa’y etmoq, Arofatda vaqfa, Muzdalifada vaqfa, Minoda shaytonga tosh otmoq kabi ibodatlarda tahorat shart emas. Agar tahoratli bo‘lsa fazilati ziyoda va sunnatga muvofiqdir. Masjidi haromda qilinadigan har ibodat uchun tahoratli bo‘lish shartdir.

Diqqat: Qadimda Safo bilan Marva Masjidi haromning tashqarisida bo‘lgani uchun hayz holidagi ayol sa’y eta olardi. Endi esa, Safo bilan Marva Masjidi haromning yonida bo‘lgani uchun sa’y etish (hayz holida) haromdir.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:30:08
Hayzli bo‘lgan ayol Arofat vaqfasini ado eta oladimi?

Hayz holida bo‘lgan ayol Arofat vaqfasini ado eta oladi. Muzdalifada duo qilib, Minoda shaytonga tosh otishi mumkin va bunga mone’lik yo‘q. Faqat Masjidi Harom va boshqa jome’larga kirolmaydi. Shuning uchun Ka’bani tavof etish haromdir.

Shofe’iy mazhabida qilingan tavof sahih emasdir.

Hanafiy mazhabiga ko‘ra, sahih bo‘lsada, tahriman makruhdir. Jazo sifatida bir tuya so‘yish lozim.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:30:19
Hayzli va nifosli ayolga vido tavofining hukmi

Makka tashqarisidan kelganlar uchun bu tavofni qilmoq vojibdir. Makkadan ajralganda oy ko‘rgan va nifos bo‘lganlarga vojib emas. Chunki, ayollar bunday hollarda masjidga kirishlari harom.

Faqat Makkadan ajralmasdan poklansa, vido tavofini ado etish zarur. Makkaning safariy sanalgan chegarasidan o‘tgach, poklansa, endi qaytishning hojati yo‘q, shart emas. Odat holi oxiriga yetgani holda g‘usl etmasdan bir namoz vaqti o‘tmasdan Makkadan chiqqan ayolga (tavofi sodar) vido tavofi uchun Makkaga qaytishi kerak emas. Hayzli bo‘lib chiqqan bir ayol, hanuz miyqotni o‘tmasdan yuvingan va ortga qaytgan bo‘lsa, bu ayolga vido tavofi qilish shart.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:30:56
Hajga boradigan ayollar hayzning oldini olmoq va kechiktirmoq uchun dori qo‘llashlari mumkinmi?

Ayollar hajda ekanida faqat tavofni qilolmayaptilar. Tavofni ado eta olishlari uchun qoni ertaroq to‘xtashi va yoki odatni kechiktirish uchun shifokor nazoratida dori qo‘llashlariga to‘sqinlik yo‘q.

Hajga borarkan, hayz bo‘lmaslik uchun gormon dorisi ham qo‘llash mumkin. Faqat tibbiy jihatdan bunday dorining zarari sobit bo‘lsa, bunday dorini bergan tabib gunohga qoladi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:31:09
Hayzli va nifosli ayol Qur’onni qanday o‘qiydi?

Hayzli va nifosli ayol Qur’onni bo‘g‘in-bo‘g‘in, harfma-harf, kalima-kalima holda o‘qishi joiz. Shu tarzda ayol muallimlik qilishi ham mumkin. Ikki so‘zning orasini uzib-uzib o‘qishi kerak.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:31:23
Hayzli, nifosli va tahoratsiz ayolga:

quyidagi holatlarda to‘sqinlik yo‘q:
a) duo o‘qishda;
b) duo niyati bilan Fotiha surasini o‘qishda;
v) ichida duo ma’nosi bo‘lgan bir oyat o‘qishda;
g) Qur’ondan bo‘lmagan (ya’ni, Qur’onga yopishmagan) bir jild yoki bo‘z bilan Qur’onni ushlashida yoki ko‘tarib yurishida;
d) Alloh taologa zikr va tasbeh aytishda;
e) qabrni ziyorat qilishda;
yo) qo‘lini, og‘zini yuvgach yeb-ichishda to‘sqinlik yo‘q. Junub qo‘lini, og‘zini yuvmasdan yeb-ichishi makruh. Hayzligiga cho‘milish zarur bo‘lmaguncha makruh emas.
j) boshqalar o‘qigan Qur’onni tinglashlari va ko‘ngildan kechirishlari mumkin.
z) jome’ va masjidlarda bo‘lmaslik sharti bilan uylarida o‘qilgan Qur’onni, amru-ma’ruflarni eshitishi mumkin.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:31:34
Hayzli ayol yonida Qur’on o‘qiladimi?

Hazrati Maymunadan (r.a.) qilingan rivoyatda aytilgan: “Rasululloh (s.a.v.) bizdan birimiz oy ko‘rsak, yonimizga kirib, boshlarini quchog‘imizga qo‘yardilar va Qur’on o‘qirdilar...”.

Hayzli va nifosli ayol shunday holda ekan, gunoh bo‘lgani holda sajda oyati o‘qisa yoki boshqasidan sajda oyatini eshitsa, o‘ziga sajda vojib bo‘lmaydi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:31:42
Hayzli, nifosli, junub va tahoratsiz ayolning Qur’onga qo‘l tekkizishi harom

Bundaylar Qur’on sahifalarini cho‘p bilan ochishlari yoki tartibga keltirishlari mumkin. Bundaylarning Qur’onga qo‘l tekkizmoqlari u lavhada, parchada, taxtada yoki devorga yozilgan bo‘lsa ham joiz emas. Bu yozuvlarga qo‘l tekkizmaydi, hamda bunday holatda oyat ko‘chirmaydi.

Faqat Mushaf (Qur’on) jildiga yoki oq joyiga qo‘l tekkizish; ba’zilar fikricha ta’qiqlangan, ba’zilar fikricha joiz bo‘lsada, ta’qiqlangani hurmatga loyiq. Sahih bo‘lgani ta’qiqlanganidir.

Qur’onni faqat xalta, sumka kabi alohida g‘iloflar ichida qo‘lga olish mumkin. Jildiga yopishgan bo‘lsa, mumkin emas. Sahihi shu, fatvo shunga ko‘ra, chunki jild Mushafga tobe’dir.

Hayzli, nifosli, junub va tahoratsiz ayollar agar Qur’onni yonishdan, suvlarda oqib yoki cho‘kib ketishidan saqlash yoki go‘dakning qo‘lidan olib qo‘yish uchun qo‘l tekkizishlari mumkin.

Hayzli, nifosli, junub va tahoratsiz ayollar Qur’ondan tashqari Tavrot, Zabur va Injil o‘qishlari ham makruh. Bularning bari Alloh kalomi, o‘zgartirilgan joylari ma’lum emas.

Bunday ayollar Qur’onga qarasalar makruh emas. Chunki, junublik ko‘zning ishi emas, demak duo ham makruh emas. Uyda o‘qilgan Qur’on va xatmlarni tinglashlari mumkin, qo‘l tekkizmasdan ko‘z bilan ta’qib etishlari mumkin.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:31:53
Nifosli va hayzli ayol bilan jinsiy munosabatda bo‘lish harom

“Sizdan hayz to‘g‘risida so‘raydilar. Ayting: “U (er-xotin uchun) aziyatdir. Bas hayz paytida xotinlaringizdan chetlaning va to poklanmagunlaricha ularga yaqinlashmanglar! Poklanganlaridan keyin ularga Alloh buyurgan ravishda kelaveringlar! (qovushaveringlar). Albatta, Alloh chin tavba qilguvchilarni va obdon poklanib yuruvchilarni sevadi”
(Baqara surasi, 222-oyat).

Hayzli ayollar bilan oilaviy munosabatni bildiruvchi Payg‘ambarimizning (s.a.v.) muborak so‘zlari:

“Bir kishi hayz holida bo‘lgan ayolga shariat jihatidan ham, tibbiy jihatdan ham zararli bo‘lgan o‘rin – bola tushishidan yaqin bo‘lsa, yohud bundan tashqari boshqa bir joydan yaqinlashsa, yoxud g‘oyibdan xabar berishni da’vo qiluvchi kohin (folchi)ni tasdiqlasa (halol qabul etsa va aytganini bajarsa), o‘zini Qur’on bilan sunnatdan, ya’ni Muhammadning dinidan uzoqlashtirgan bo‘ladi”.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:32:07
Hayz holicha yaqinlik qilishning kafforati

Hayz holicha yaqinlik qilmoq Alloh qo‘ygan ta’qiq chegarasidan o‘tish ekanidan Allohning Rasuli bu harom ishni bajargan kishi haqida shunday marhamat qiladilar:
“Bir dinor yoki yarim dinor sadaqa beradi”.

Besh bo‘luv ikki (5/2) dinor miqdorida sadaqa berish ham mumkin ekanligini mana bu hadis o‘rgatadi:
“Hazrat Umarning (r.a.) parhezkor joriyasi bor edi, qachon unga yaqinlashmoq istasalar odat (hayz)li ekanini aytardi, unga ishonchi qolmagani uchun bir gal uzrini chin bilmay birga yotdilar, haqiqatdan, odatli ekanini bildilar. Kelib, vaziyatni anglatishlari bilan Allohning Payg‘ambari unga besh bo‘luv ikki (5/2) dinor sadaqa qilishini amr etdilar”27 .

Sadaqani kishining moddiy ahvoliga ko‘ra, besh bo‘luv uch miqdoriga ozaytirish mumkinligini ham ifodalamoqda. Bir dinor 4,25 gr. oltinga tengdir.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:32:39
Hayz va nifosliga oilaviy munosabat man etilishining sabab va hikmati

Hayz – ayol rahmi (bachadoni)dan kelgan qon, vujuddagi ko‘pgina zaharlarni tashqariga chiqaradi. Odat holidagi ayol tolg‘in va xasta bo‘ladi.

Odat vaqtida rahim yo‘llaridagi qon tomirlari ochiq va ayol ozmi-ko‘pmi aziyatli bo‘lganidan jinsiy yaqinlik unga ozor beradi, rahm yo‘llaridagi karaxt mikroblar uyg‘onib, ayol behuzurligiga sabab bo‘ladi.

Ayollar naqadar pokiza bo‘lsalarda, oy ko‘rgan holda umuman qonlari va terlari zaharli bo‘lganidan og‘ir bir hid taratadi. Shuning uchun bu vaziyatda yaqinlik qilish erkakni jirkantirishga va oraga sovuqlik tushishiga sabab bo‘ladi.

Hayzning eng ko‘p muddati bo‘lgan o‘n kun o‘tgach, xoh ilk hayz ko‘rgan bo‘lsin, xoh odatli bo‘lsin cho‘milmasdan, yuvinmasdan avval jimo’ qilsa ham halol.

Bir ayolning hayz qoni odatdan avvalroq to‘xtagan bo‘lsa, munosabat (jimo’) qilmoq (odati o‘tgunga qadar, hatto cho‘milgan bo‘lsa ham) mubohdir. Faqat bu vaziyatda ehtiyotan namoz o‘qishi va ro‘za tutishi lozim.

Hayzli ayol bilan jimo’ qilish haromligini bilib (qasddan), halol deb yaqinlik qilgan kimsa kofir hisoblanadi. Alloh harom qilganni (ta’qiqlaganni) qasddan halol hisoblagan kimsa ilohlikni da’vo qilganga o‘xshashdir. Nifosli ayol bilan ham ayni shu gap.

Ayol hayz holini yashirganda gunohkor bo‘lgani kabi, hayz tugaganini berkitmoq bilan ham gunohkor bo‘ladi. Zero, Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Alloh mu’fassila ayolni la’natlasin, uni rahmatidan uzoq tutsin”, dedilar va mu’fassilani shunday tushuntirdilar:

“Mu’fassila – eri uni xohlab qolganida oy ko‘rmagani holda “ko‘ryapman”, deb erini aldaydigan ayoldir”.

Er-xotin har ikkisi rozi bo‘lib, ayol hayzli paytida jinsiy aloqa qilsalar, har ikkisi ham gunohkor bo‘lganidan tavbai nasuh (qaytib bu gunohni hech qilmaslik uchun tavba va istig‘for) etishi va bir faqirga sadaqa berishlari kerak.
Agar bir taraf rozi bo‘lmay, ikkinchi taraf zo‘rlik qilsa, zo‘ravonlik qilgan gunohkordir.

Hayz tugashi va jimo’ halol bo‘lishi uchun shu uch shartga amal qilish lozim:
Bir ayolning har vaqtidagi hayzi tamom bo‘lib ham, hayzining eng ko‘p muddati bo‘lgan 10 kundan va nifosning eng ko‘p muddati bo‘lgan 40 kundan avval qon to‘xtasa, shu uch xususdan biri tahaqquk etmaguncha (amalga oshirilmaguncha) ayolga erining yaqinlik qilishi halol bo‘lmaydi.

Qon to‘xtagach yuvinishga va namozning ilk takbiri bo‘lgan “Allohu akbar” demoqqa va bularning oxirlarini, masalan, yuvingach liboslarini kiymoq kabi narsalarni bajarishga vaqt bor ekan, yuvinmay yoki tayammum qilmay ilk namoz vaqtini o‘tkazaroq namoz ayolning bo‘yniga qarz bo‘lib qolgan bo‘lishi kerak. Bu holda o‘ta namoz vaqti butunlay chiqishi bilan uning eri bilan jimo’ qilishi (yuvingan bo‘lmasa ham) haloldir.

Chunki, o‘sha vaqtning namozi ayol zimmasiga qarz bo‘lganki, bu ham tozalik hukmlaridan bir hukmdir. Ya’ni, o‘sha ayol hukman poklangan demakdir. Shu sababli boshqa shar’iy hukmlar ham bunga bog‘liq ekanidan o‘ta hukmlardan biri eri bilan jimo’ qilishning halol bo‘lishidir.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:32:51
Muhim bir eslatma

Musulmon ayollarning ba’zilari odatlari to‘xtagach, namoz o‘zlariga qarz bo‘lmaydi deb o‘ylaydilar va qachon g‘usl qilsam o‘sha vaqt namoz menga farz bo‘ladi, men ham o‘shandan so‘ng namozlarimni o‘qiy boshlayman, deydilar. Holbuki, bir ayolning odati 8 kun bo‘lib, masalan, juma kuni peshindan so‘ng odati to‘xtasa, agar asr namozining vaqtiga qadar yuvinmoq va namozni o‘qimoq mumkin va vaqtga uyg‘un bo‘lsa, o‘sha kunning peshin namozi o‘sha ayolga qarz, ya’ni, farz bo‘ladi. Bu namozni o‘sha vaqtda o‘qiy olsa, qanday yaxshi, lekin vaqt borida, ya’ni, zamon musoyid paytida yuvinmasdan namozni qazoga qoldirsa, gunohkor bo‘lishi bilan birga o‘sha namozni so‘ngra qazo qilib o‘qish u xotinga (ayolga) farz bo‘ladi va namozni vaqtidan uzrsiz o‘tkazgani uchun tavba qilishi kerak.

Eng to‘g‘risi barcha musulmon erkaklar va bilxossa, bu tozalikka ko‘proq muhtoj va majbur bo‘lgan musulmon ayollari uzr va rohatsizliklari bitishi bilan shar’iy bir to‘siq bo‘lmasa, darhol yuvinishlari kerakki, bu farzdir.

Hayzi 10 kundan ozroqda, nifos qoni 40 kundan kamroqda to‘xtagan ayolning yuvinmagunicha yoki bir vaqt namozni o‘tamagunicha jimo’ qilishi halol emasdir. Vaqt o‘tsa haloldir, hayz 10 kundan so‘ng davom etsa ham hukman toza va junub hukmidadir. Ya’ni, hayz qoni to‘xtagan, faqat yuvinmaganlikdan junub hukmida bo‘lganidan jinsiy munosabat haloldir. Ammo g‘uslsiz namoz mumkin emasdir.

Odat kunlari ma’lum bo‘lgan ayolning hayzi odatidan ozroq bir muddatda to‘xtasa, yuvingan bo‘lsa ham jinsiy munosabat halol bo‘lmaydi. Zero, odat kunlarida hayzning yana kelish ehtimoli ko‘proq. Bunday ayol yuvinib, namozini mustahab vaqtiga qoldirishi vojibdir. Ammo hayz odatining tamomida to‘xtasa, mustahab vaqtga kechiktirishi mustahab bo‘ladi.

Hayz odatning me’yoriy vaqtida to‘xtasa, jinsiy munosabat, hatto yangi hayz ko‘rganlardan bo‘lsa ham darhol halol bo‘ladi.

Hayzi odatning me’yoriy vaqtida to‘xtaganida bir namoz vaqti o‘tsa va namoz bo‘yniga qarz bo‘lganida toza hisoblanib, junub hukmida bo‘lgani uchun yuvinmasa ham, eri u bilan jimo’ qilsa halol. Masalan, peshindan avval yoki peshinning boshlanishida hayzdan to‘xtasa, asr vaqti kirmaguncha jimo’ halol bo‘lmaydi. Chunki, peshin vaqtining so‘nggida bir namoz miqdori o‘tishi bilan namoz ayolning bo‘yniga burch (qarz) bo‘ladi. Namoz bo‘yniga qarz bo‘lishi bilan ayol hukman pok hisoblanadi. Junub hukmidadir. Va jimo’ halol bo‘ladi. Shuningdek vaqtning so‘nggida to‘xtab, hayz to‘xtashi bilan asr vaqti orasida bir namozlik fursat qolsa, asr vaqti kirgach (jinsiy) munosabat joiz.

Ikki vaqt orasida (namoz o‘qiydigan miqdordan) ozroq fursat qolsa, quyosh botmaguncha munosabat halol bo‘lmaydi. Chunki faqat asr namozi quyosh botishi bilan ayolga qarz bo‘lgandir.

Ayolning qoni to‘la 10 kunda to‘xtasa, yuvinmasdan erining unga yaqinlik qilishi halol bo‘ladi.

Musulmon bir erkak g‘ayri muslim bir ayolga uylansa, hayzli va nifosli kunlarida o‘sha xotin bilan munosabat (jimo’) qilishi musulmon erkakka taqiqlangandir.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:33:10
Hayzli va nifosli ayolning tizzasi bilan kindigi orasidagi qismi ham haromdir

Hayz va nifosdagi ayolning tizzasi ostidan kindigiga qadar bo‘lgan qismidan shahvatsiz bo‘lsa ham foydalanmoq yoki ko‘ylaksiz teginmoq haromdir. Qur’oni Karimda: “...poklanmagunlaricha ularga yaqinlashmanglar!...” deyilmoqda. (Baqara surasi, 222-oyat)

Demak hayz va nifosli bo‘lgan bir ayoldan jismoniy huzurlanishga intilish qanday ko‘rinishda bo‘lmasin haromdir. Chunki hayz va nifosli ayol tibbiy jihatdan o‘ziga xos bemorlik hukmidadir.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:33:30
Hayzli ayol yuvinmasdan qilishi muboh bo‘lgan ishlar

Hayzli ayol qo‘lini, ogzini yuvgach, yeb-ichishi makruh bo‘lmaganidek, hayz tugashida yuvinmasdan jimo’ qilmog‘i, ikki jinsiy aloqa orasida tahorat olib, g‘usl etmasdan, yana aloqa qilishi mumkin. Ammo orada cho‘milib-yuvinmoq yoki tahorat olmoq afzalroqdir.
Odatli ayollar qo‘liga va sochiga xina qo‘yishlari mumkin.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:33:48
Hayzli ayolning xushbo‘y sepishi va surishi

Ayol eri oldida jozibasini yo‘qotmasligi uchun ayniqsa jinsiy joziba zaiflashadigan odat davrida xushbo‘y (atir)lar sepishi hamda surishi mumkin va kerakdir.

Odat holida (jinsiy munosabat) harom bo‘lsa-da, erkalashib-suyushmoq (yalong‘och holda ta’qiqlangan joylardan tashqari) haloldir. Bu davrda vujuddan taralgan noxush hidlarni ketkizmoq, salbiy taassurot qoldirmaslik uchun xushbo‘y sepish va surish mumkin.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:33:58
Hayzli bilan birga yeb-ichish

Hayzli ayollar bilan yeb-ichish, jinsiy hayotdan tashqari turli hamdamlik va hamkorlik davom etishi shu hadisda ham oydinlashmoqda:
Hazrati Oysha (r.a.) marhamat qiladilar:
“Hayzli paytlarimda Rasululloh (s.a.v.) suv solingan meshni menga berardilar, men ichib bo‘lgach, u zotga uzatardim. Mening labim tekkan joyni ko‘zdan kechirar, u zot ham o‘sha joydan ichardilar”.
Hayzli ayol ovqat pishirishi va xamir qilishi, suv ishlatishi makruh (ta’qiqlangan) emas.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:34:10
Hayzli ayol bilan bir o‘rin (to‘shak)da yotmoq

Hazrat Ummu Salama marhamat qiladilar: “Rasululloh (s.a.v.) bilan bir choyshab tagida yotganimda hayz ekanimni eslab sekin to‘shakdan chiqdim va hayz uchun tayyorlagan libosimni oldim. Uni ko‘rgan Rasululloh (s.a.v.):
– Hayz ko‘rdingmi?, – deb so‘radilar
– Ha, – dedim. Meni yonlariga chaqirdilar. U zoti muborak bilan birga bir choyshab tagida yotdim”.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:34:23
Junub va hayzli ayol bola emizishi mumkinmi?

Emizikli ayol hayz holida bola emizishi mumkin bo‘lganidek junub paytida ham emizishi mumkin. Bu xususda ixtilof yo‘q.

Tahoratli ayolning bolasini emizishi tahoratini buzmaydi. Tahoratli emizgani yaxshiroqdir. Tahoratsiz, junub yoki hayzli ayol suv olish uchun yuvilgan qo‘lini suv idishiga tiqsa (zarurat tufayli), o‘sha suv musta’mal (harom) bo‘lmaydi.

Hayzli va nifosdagi ayollar muazzin aytgan azonni takrorlaydilar.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:34:37
Hayzli ayolning paxta yoki bo‘z qo‘llashi haqida

Hayz vaqtida ayollar bo‘z yoki paxta ishlatishlari mumkin. Hayzning hidi sezilmasligi uchun bo‘zga, lattaga xushbo‘ylik sepishlari ma’quldir. Agar bo‘zlar foydalanilmaydigan holga kelsa, ularni ko‘mmoq, yoqmoq lozim. Ayol kishining hayz jihozlarini maxfiy tutishi, alohida saqlashi gigienik va islomiy odob ko‘rinishidir.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:34:45
Tib ilmining bu mavzudagi tavsiyalari

Oy ko‘rganda ichki kiyimlar va badan tozaligiga e’tibor qilish lozim. Bu holdagi ayol kunda yuvinishi, pardoz qilishi bilan birga vujudining pokligiga ham ko‘proq diqqat qilishi kerak. Bir ayol mustasno hadislarda bir necha bor, faqat me’yoriy (normal) vaqtlarda kunda bir marta tanosil a’zosini yaxshilab yuvish majburiyatidadir. Yuvinmasdan avval bo‘shanishida o‘zi uchun yengillik bor. Tanosil a’zosiga upa, imkoni bo‘lsa, lavanda gulidan tayyorlangan xushbo‘y (malham) surishi lozim. Chunki, lavanda guli vujud hidini eng yaxshi bekituvchi vositadir.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:34:56
Ayol odat ko‘rish vaqtini unutib qo‘ysa

Islomda har bir ayol hayz, nifoslik va poklik kunlarini, bularning hisobini, muddatini bilishi kerak. Agar din xususida diqqatsizlik, e’tiborsizlik va loqaydligi tufayli bunday jiddiy va muhim masalalarga beparvo holda ahamiyat bermaydigan, umrini mayda-chuyda ishlar bilan band qilib, shu sababli odat vaqtlarini unutadigan bo‘lsa, buning mas’uliyati, hisob va jazosi juda katta va og‘ir bo‘ladi (Xudo saqlasin). Behushlik va jinnilik sababli unutib, amal qilmaydiganlar, albatta bu hukmdan mustasnodirlar.

Qoida: Hayz ma’lum bo‘lgan ayol qoni davom etganini yoki hayz kunlarining sanog‘i tamom bo‘lib-bo‘lmagani xususida shubhaga tushsa va yoxud hayz o‘rnida va davriy aylanishida ikkilansa, o‘ylab ko‘radi; fikri nimaga qanoat qilsa, o‘shanga qaror qiladi. Agar qanoat hosil qilmasa, toza yoki hayzli bo‘lgani haqida aniq hukm etilmaydi. Lekin ehtiyotlik bilan harakat etiladi. Bu holda ayol hayzli holatlarda ta’qiqlangan ishlarni qilmaydi va har vaqt uchun yangidan tahorat oladi.

Ayolning xar namoz vaqti uchun tahorat olishi faqat tozalik uchun bo‘lmay, hayzli bo‘lishi ehtimoli uchun hamdir. Bu taqdirda namoz o‘qish bilan o‘qimaslik halol va harom xususida teng bo‘ladi. Mavzu namozdek muhim ibodat haqida bo‘lgani uchun ehtiyotga rioya qilinadi va ayol namozini o‘qiydi. Chunki, zimmasida namoz qarz bo‘lib qolishidan ko‘ra, o‘qilgani yaxshi (xayrli)roqdir.

Ayol hayz bilan tozalik orasida va tozalikka kirib-kirmaganiga (hayzdan chiqib-chiqmaganiga) ikkilansa, har namoz uchun yuvinadi. Ayolning har namoz uchun yuvinishi o‘sha onda hayzdan chiqib, tozalikka kirishi joiz ekanidandir. Bunday holdagi ayol g‘ayri muakkada sunnatlarini, masjidga kirishni va jinsiy munosabatni tark etadi. Mushafga tegmaydi, nafl ro‘za ham tutmaydi. Tilovat sajdasini eshitishi bilan sajda qilsa, qarzi tushadi. Chunki, o‘zi toza bo‘lsa, sajdaning adosi sahihdir. Toza bo‘lmasa, zotan, vojib emasdir.

Hayz kunlarini, muddatini unutgan ayollar ramazonda ro‘zalarini ehtiyotlik bilan tutadilar va ikkilanganlari tufayli ramazondan keyin hayz muddati – 10 kunning ikki misli 20 kun o‘laroq ro‘zalarining qazosini ado etadilar. Bu 20 kun tutishlari ehtiyotan va shubhani ketkizmoq uchundir
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:35:10
Nifos muddati bilan bog‘liq masalalar

Nifosning eng kam muddati qonning bir soat bo‘lsa ham kelishidir. Ko‘pi bilan 40 kun. Faqat shularga binoandir.

Agar qon ilk boshlanishida yoki odatlarida 40 kundan ko‘p bo‘lsa, yuqorida ishora etilgandek, buning 40 kuni nifosli ekaniga e’tibor etiladi. Ikki qon orasida tozalik (qonsiz holi) 15 kundan ziyod bo‘lsa ham Abu Hanifa (r.a.)ga ko‘ra, bu muddat – nifosdir. Fatvo ham shu asosga binoandir.

Bir ayol ko‘z yorigach, bir muddat qon ko‘rib so‘ngra qirq kun ichida qon to‘xtab, tozalik ko‘rgach, qirq kunning oxirlarida yana qon ko‘rsa, bu qon ketma-ket kelgan qon hukmidadir. Va ayolning nifosi ikkinchi marta kelgan qonning tugashi yoki 40 kundir.

Nifos muddati ichida ko‘rilgan poklik ham nifos hisoblanadi. Masalan, 10 kun qon kelib 5 kun to‘xtagach, yana 10 kun qon keladigan bo‘lsa, bu 25 kunning hammasi nifos muddati hisoblanadi. Nifosda, 40 kun orasida ko‘rilgan tozalik Imom A’zamga ko‘ra xoh 15 kun, xoh ozroq yoki ko‘proq bo‘lsin, tanaffusni tashkil etmaydi. Poklikning ikki tarafidagi qon davomli qon kabi hisoblanadi. Fatvo ham shunga ko‘ra.

Imomayn (imom Muhammad bilan Abu Yusuf)ga ko‘ra esa, 15 kun tanaffusni tashkil etadi. Ayol ko‘zi yorigandan so‘ng bir kun qon, 38 kun poklik va bir kun qon ko‘rsa, Imom A’zamga ko‘ra bu 40 kun nifosdir. Imomaynga ko‘ra faqat birinchi kun ko‘rilgan qon nifos sanaladi.

Birinchi marta nifosdagi ayolning nifos qoni 30 kundan keyin to‘xtasa, so‘ngra 45 kun tamom bo‘lmasdan yana qon ko‘rsa, buning 40 kuni nifosdir. Chunki, nifos bilan hayz orasidagi poklik muddati 15 kun bo‘lmaydi. Ikkinchi qon uzr qonidir. Bunday holda nifosning muddati 40 kun hisoblanadi. Nifosdagi ayolning masalan, har doimgi nifos davri 40 kun bo‘lib, bu gal 20 kun qon ko‘rib to‘xtasa, so‘ngra 19 kun toza qolsa, avvalgi odati bo‘lgan 40 kunini tamomlamaguncha eri bilan jinsiy munosabatda bo‘lmaydi.

Agar nifosdagi ayol 40 kun o‘tmaslik sharti bilan odatidan tashqari qon ko‘rsa, masalan, odati 20 kun ekan, 15 kunda qon to‘xtasa yoki qon 25 kun davom etsa, odati 15 kun, ikkinchisiga ko‘ra odati 25 kun bo‘ladi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:35:24
Nifosning hukmi

Nifos asosan hayz kabidir. Avvalroq hayz va nifos haqida mushtarak hukmlar bo‘limida aytildi. Ya’ni, nifosli ayol ham hayzli kabi Qur’on o‘qiy olmaydi, jome’ga kirolmaydi, Ka’bani tavof eta olmaydi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:35:33
Homila tushishi bilan bog‘liq masalalar

Homila qorinda parchalangan va homilaning ko‘p qismi chiqqan bo‘lsa, agar tushgan bolaning tirnoq, barmoq, soch kabi a’zolaridan ba’zilari ma’lum bo‘lsa, ayol nifosda sanaladi. Aks holda nifosda hisoblanmaydi.

Agar homilaning a’zolaridan hech biri shakllanmay tushgan bo‘lsa, bu ayol uchun nifos yo‘q. Agar bu ayolni hayzli sanash mumkin bo‘lsa, hayzli sanaladi. Bu mumkin bo‘lmasa, qoni istihoza (uzr) qonidir. Uzr qoni ba’zi tomirlar yorilishidan chiqadigan qondir.

Bir homila tushishidan (bola tushirishdan) avval yoki so‘ngra qon ko‘rsa va homila a’zolari shakllangan bo‘lsa, ayolning avval ko‘rgan qoni hayz emas, homila tushgandan so‘ngra qon ko‘rgani uchun nifosli sanaladi. Faqat tushgan homilaning a’zolari shakllanib qolgan bo‘lsa, avvalgi ko‘rgan qon – agar hayz sanalishi mumkin bo‘lsa hayz qonidir.

A’zosi ma’lum bo‘lmagan bola tushirgan ayoldan kelgan qon uch kun davom etsa va undan avval o‘tgan hayzidan keyin to‘liq bir poklik davri o‘tmasa hayzdir. Poklik davrining o‘tishi ikki hayz orasidagi oraliqni tashkil qilishi lozim.

Qon uch kundan kam kelib, undan keyin bir poklik davri o‘tsa, yoxud uch kun davom etib, undan avval to‘liq tozalik davri o‘tmasa bu holatda kelgan qon – ya’ni, ba’zi tomirlar yorilishidan chiqadigan istihoza (uzr)dir.

A’zosi ma’lum yoki noma’lum holda homila tushgan bo‘lsa, masalan, bolani hojat paytida tushirsa, davomli qon kelsa, uning muddatiga qarab hukm qilinadi.

Ayol hayzi to‘xtashi bilan qachon homilador bo‘lganini aniqlay olmasa va 120 kun qon ko‘rmasa-yu, so‘ngra bolani hojatxonada tushirsa, bola a’zosi ma’lum, shakllangan hisoblanadi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:35:49
Islomda homiladorlik xususidagi hukmlar va tib ilmi

Savol: Bugungi tibbiyotga ko‘ra homila to‘rt, besh, oltinchi haftalardayoq shakllana boshlaydi. “Hujayradan insonga” nomli kitobning 28, 29, 31-sahifalarida shunday deyilmoqda. Homilaning bo‘yi to‘rtinchi hafta oxirida besh millimetrga yetadi, ko‘z va quloqlari o‘rni bilinadi. Bosh va bo‘yin qismi tana uzunligining yarmini tashkil etadi. Yurak, hazm yo‘li, me’da va jigar va tana paylari shakllana boshlaydi. Beshinchi haftada vujudi bir santimetrga yetadi. Boshi pastga egilib ko‘ksini berkitadi. Qo‘l va oyoqlar, boldirlar hali shakllanmagan bo‘ladi.

Yuqorida aytilgan va kitobdagi rasmlarga ko‘ra homila to‘rt, besh va oltinchi haftalarda shakllana boshlaydi. Holbuki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qilmoqdalar: “Shubhasiz har biringiz ona rahmi (bachadoni)da nutfa holida 40 kun yig‘ilasiz, so‘ng (nutfa) yana shunday 40 kun qon laxtasi bo‘ladi. So‘ngra, yana 40 kun et parchasi bo‘ladi. Shundan so‘ng, farishta yuborilib, unga ruh uflanadi”. Ya’ni, “Hujayradan insonga” kitobidan anglashilmoqdaki, 40 kun ichida homila shakllana boshlaydi. Ya’ni, homila tanasi, vujudida ba’zi a’zolari ma’lum bo‘la boshlaydi. 120 kundan so‘ng, unga ruh puflanadi. Hadisi Nabaviy bilan tibbiyot qarashi orasida qarama-qarshilik yo‘qmi?

Javob: bugungi tibbiyot bilan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hadisi sharifi orasida qarama-qarshilik yo‘q. Chunki, hadisi Nabaviyya ifoda eturki, homila et parchasi holiga kelgach, vujud va a’zolari bilinadigan (ta’bir joiz bo‘lsa, ko‘z bilan ko‘rinadigan) darajada shakllantiriladi. Va bu shakllantirish ochiq-oydindir, aniqdir. “Hujayradan insonga” nomli kitob esa, homilaning nutfa holidagi paytida yashirin va aniq bo‘lmagan shakllanishidan so‘z ochmoqda. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hadisi tibbiyot aniqlagan shakllanishni inkor etmayapti. Ayni vaqtda tasdiqlayapti. Hatto ibni Hojar homilaning nutfa holida shakllanishini ochiqcha izohlaydi: “Janobi haq birinchi 40 kunning oxirida bir farishta yuboradi. Qon laxtaga aylangan bir paytda nuftani yoriq holda shakllantiradi. Et parchasiga aylangach, Alloh ikkinchi marta farishtani vazifalantirib, uni ochiq holda shakllantiradi”.

Tushgan homilaning qo‘l-oyoq, barmoq, tirnoq va soch kabi ba’zi a’zolari aniq bo‘lsa, bola hukmidadir.

Homila a’zolari faqat 120 kundan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Ayol shu muddatdan boshlab nifoslik hisoblanadi. Homila a’zolari ma’lum bo‘lishidan maqsad, homilaga ruh berilishidir. Bu ham 120 kundan so‘ng bo‘ladi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:36:01
Istihoza – uzr qoni

Istihoza – uzr qoni rahm (bachadon)dan emas, bir tomirdan kelib, tanosil a’zosi yo‘lidan oqqan hidsiz bir qondir.

Istihoza bilan bog‘liq masalalar:
Istihoza qoni hayz va nifos qonidan farq qilib, burundan kelgan bir qon kabidir. Istihoza ayol pok ayol hukmidadir. Bu bir kasallik hisoblangani uchun ayol turli xil ibodatlarni ado etadi, ro‘zasini tutadi, Qur’on o‘qiydi, Ka’bani tavof etadi, jinsiy munosabatda bo‘lishi mumkin. G‘usl lozim bo‘lmaydi.

Dalili: Ibn Mojaning «Sunan»ida: Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) Fotima binti Abu Xubayshga: “Hayz kunlarida namozdan uzoqlash, so‘ngra (hayz muddati tugagach) cho‘mil va (qon davom etsa ham) har namoz uchun tahorat ol. Hatto (bo‘yra) ustiga tomchilasa ham”, dedilar30 .

O‘zidan uzr qoni kelgan bir ayol peshin namozi vaqtida tahorat olib, namoz o‘qisa, so‘ngra qon to‘xtasa, bu ayolning namozi tamomlangan bo‘ladi. Faqat tahorat olib hanuz namoz boshlamasidan avval yoxud namoz o‘qirkan qon to‘xtasa, tahoratning qiymati qolmaydi. Yangidan tahorat olib, namozini o‘qishi zarur.

Homilador ayoldan kelgan qon istihozadir.
To‘qqiz yoshdan kichik qizlardan kelgan qon istihozadir. Bir ayol 55 yoshdan so‘ng qon ko‘rsa, hayz emas. Faqat bu yoshdan so‘ng kelgan qon rangi quyuq qora yoki quyuq (to‘q) qirmizi bo‘lsa, bu hayzdir. Agar qon rangi bunday bo‘lmay, och rangda bo‘lsa istihozadir.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:36:13
Uzrli sanalishning sharti

Bir namozning komil vaqtiga qadar ayolda qon davom etib, vaqtining hammasini qoplamaguncha uzrli hukmi ayolda sobit bo‘lmaydi. Namoz vaqti ichida tahorat olib, namoz o‘qiydigan qadar qondan toza o‘laroq bir vaqt topilsa, faqat o‘sha vaqt uzr sohibi bo‘lur. Uzrli ayol har farz namozning vaqti uchun tahorat oladi va o‘sha tahorat bilan o‘sha vaqtda farz va nafl namozlaridan xohlagancha o‘qiydi, Hanafiylarga ko‘ra, uzrlining tahoratini vaqtning chiqishi buzadi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:36:28
Uzrli ayol har namoz uchun g‘usl qilishi shartmi?

Har namoz uchun g‘usl qilish katta mashaqqat keltirishi bilan birga, kundalik ishlarga ham xalal beradi. Islom har sohada, har ishda tozalikka ahamiyat berish bilan birga, qulaylik va osonlikni ham saqlaydi.

Hanafiylarga ko‘ra uzrli ayol pok ayol hukmidadir, ya’ni, namozini o‘kiydi, ro‘zasini tutadi, Qur’on o‘qiydi, jinsiy munosabatda bo‘la oladi. Faqat har namoz uchun bir tahorat oladi, g‘usl qilishning hojati yo‘q.

Uzr qoni davom etarkan, hayz boshlansa va o‘zi buni ajrata olsa, namozni tark etadi. Ramazon bo‘lsa, o‘sha muddat ichida ro‘za tutmaydi va jimo’ qilmaydi. Muddat o‘tishi bilan bir marta g‘usl qiladi va so‘ngra tahorat olib, ibodatida davom etadi. Uzrli ayol tahorat olmasdan avval, tanosil a’zosini yaxshilab yuvadi va toza bo‘z bilan yaxshilab artadi.

Uzrli ayolda uch xil holat bo‘lishi mumkin:
1. Hayz muddati, istihoza bo‘lmasdan avval aniqlanadi. Istihoza holi boshlangan bo‘lsa ham hayz (odat) muddatini ajratib aniqlab olgan ma’qul. Ayol o‘zi ajratolmasa albatta shifokorga murojaat qilishi kerak. Umuman, istihoza holati bo‘lganda ayol bunga loqayd qaramasligi kerak, darhol shifokorga borishi kerak.
2. Bordi-yu qon to‘xtamay davomli oqsa shu sabab ayolning hayz muddati aniq bo‘lmasa, bu holatda hayz ko‘rish muddati 6 yoki 7 kun sanaladi. Chunki, ko‘pchilik ayollarning odati shunday. Bu taqdirda ayol qoni to‘xtashi bilan yo 24 kecha-kunduz yoki 23 kecha-kunduzli namozini o‘qiydi.
3. Ayolning hayz muddati ma’lum emas, ya’ni turli vaqtlarda bo‘lsa va odat qoni bilan boshqa qonlarni ajratadigan vaziyatda ayol qonini farqlashi (ajratishi)ga ko‘ra hukm etadi. To‘q qirmiz, qoraga moyil oqqan qon hayzdir, davom etishi bilan namoz o‘qimaydi, ro‘za tutmaydi. Rangi o‘zgarishi bilan uzr qoni boshlanganiga hukm etadi. Va yuvinib-cho‘milib namozini boshlaydi.

Yangi hayz ko‘rgan haqida: hayzning eng ko‘p muddati (10 kun)dan ziyod ko‘ringan qon istihozadir.

Odati bo‘lgan ayol haqida: odatidan ziyod kelgan qon bilan (10 kundan ziyod kelgan qon), nifosda 40 kundan ziyod kelgan qon istihozadir. Ayolning odati aniq belgilangan bo‘lsa, odatiga havola etiladi. Ya’ni, odat muddatidan ziyod kelgan qon xastalik qoni bo‘ladi.

Hayz tugashi bilan darhol kelgan qon hayz emas, uzrdir. Ya’ni, ikki hayz ketma-ket kelmaydi. Nifos ham shunday.

Bir ayol hayz va nifos uchun belgilangan so‘nggi muddatdan ziyod qon ko‘rsa bu istihoza qoni hisoblanadi. Bir ayol hayzning eng oz muddatidan ozroq bir muddat qon ko‘rgan bo‘lsa, istihozadir. Keksa ayollar bilan yosh qizlar ko‘rgan qonlar ham istihozadir. Bir ayol homilador paytida yoki ko‘z yoradigan vaqt, ko‘z yorishdan avvalroq ko‘rgan qonlar ham istihoza qonidir.

Ayolning har oy boshida, masalan, 5 kun hayz ko‘rish odati bo‘lsa-yu, 6 kun qon ko‘rsa. 6-kun ham hayz sanaladi. Bundan so‘ngra 14 kun poklik davrini o‘tkazib, yana bir kun qon ko‘rsa odatiga havola etiladiki, o‘sha ham 5 kundir. 6 kun istihoza bo‘ladi. O‘sha kun tark etgan namozlari qazosini ado etadi.

Ayolning har nifosda odati 30 kun bo‘lib, so‘ngra bir marta 31 kun qon ko‘rsa, izma-iz 14 kun bir poklik davri kechirib, hayzini ko‘rsa, bu ayolning odatiga havola etiladi. Odati 30 kundir. Ziyoda bo‘lgan bir kun tozalik davri bo‘lgan 15 kundan hisoblanadi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:36:48
Ayol tushida jimo’ qilsa, g‘usl qiladimi?

Hazrat Payg‘ambarimizning (s.a.v.) juftlaridan hazrati Ummu Salama onamizning yonlarida Ummu Sulaym (r.a.) ismli ayol Allohning Rasulidan so‘radi:
– Yo Rasululloh! Tushida eri (yoki boshqa) bilan jimo’ qilganini ko‘rsa, ayol g‘usl qiladimi?
(Bunday savoldan uyaldilar shekilli) hazrati Ummu Salama Ummu Sulaymga qarab tanbeh berdilar:
– Xudo, xayringni bersin! Boltani toshga urding, yo Ummu Sulaym! Rasululloh xuzurlarida ayollarni yerga urding!
Ummu Sulaym bunga qarshi shunday javob berdilar:
– Shubhasiz, Alloh haqiqatni bilishda uyalishni buyurmagan. Bilmaganimizni Rasulullohdan so‘raymiz, haqiqatni bilganimiz bilmasligimizdan xayrliroqdir.
(Ummu Sulaymning savoli o‘rinli ekanini o‘nglash uchun) Rasululloh (s.a.v.):
– Xudo sening xayringni bersin, Ummu Sulaym, boshi berk ko‘chaga kirgan sensan, dedilar va savolga javoban shunday marhamat qildilar: “Tush ko‘rganida ayol maniysi kelsa (buni ko‘rsa) cho‘milishi (g‘usl qilishi) zarur”.
Bu gal Ummu Salama so‘radilar:
– Yo Rasululloh! Ayolning ham maniysi bo‘ladimi?
Rasululloh bu savolga shunday javob berdilar:
– Ayolning maniysi bo‘lmasa edi, qanday qilib bolasi o‘ziga o‘xshashi mumkin bo‘lardi. Shubhasiz, ayollar erkaklarning o‘xshashidir (ya’ni, bu jihatdan ayol erkakka o‘xshaydi.

Havla (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) ayol tushida erkaklar ko‘radiganini ko‘rishi haqida so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.) Janobimiz unga shunday marhamat qildilar: “Inzol voqe’ bo‘lmaguncha (maniy oqmaguncha) g‘usl shart emas. Xuddi erkakdan maniy kelmaguncha g‘usl unga shart bo‘lmagandek...”

Bir qarashga ko‘ra, ayol ihtilom bo‘lib, maniy chiqmasa ham, inzol lazzatini topgan, totgan bo‘lsa, ayolga g‘usl qilish vojib. Chunki, ayol maniysi ko‘ksidan rahmga tushadi. Erkakda esa, aksincha maniy ko‘rinishi shart.

Boshqa bir qavlga ko‘ra, ayol zimmasiga g‘usl farz bo‘lishi uchun maniysi xazna tashqarisiga chiqqan bo‘lishi shart. Fatvo ham shunga ko‘radir.

Shofe’iylarga ko‘ra esa, erkak yoki ayol uyquda ihtilom bo‘lib, uyg‘onganida, namlik ko‘rsa, g‘usl zarurdir. Namlikdan maqsad – maniyning tashqariga chiqishidir. Ayolning farjigacha oqib tushgan namlik ko‘rinsa, g‘usl qilishi kerak. Namlikka duch kelmagan taqdirda, uyquda ihtilom bo‘lganini ko‘rgan kimsaga g‘usl kerak emas.

Uyqusida ihtilom bo‘lganini xotirlagan va inzol lazzatini sezgan bir odam uyg‘onganida bir ho‘l ko‘rmasa, u odam g‘usl qilishi shart (lozim) emas. Ayol uchun ham shunday.

Uyg‘onganida to‘shagida yoki uyqusida nam ko‘rgan odam ihtilom bo‘lganini xotirlayotgan bo‘lsa, agar o‘sha namlikning maniy yoki maziy bo‘lganiga qanoat keltirsa, yoki maniymi, maziymi ekanida shubhaga tushsa, o‘sha odamga g‘usl qilish lozim bo‘ladi. Faqat o‘sha namlikning oq ekaniga qanoat keltirsa (ishonsa), g‘usl kerak emas.

Agar namni ko‘rib, faqat ihtilom bo‘lganini xotirlayolmasa va namlik oq degan qanoatga borsa, g‘usl kerak emas. Faqat bu nam maniy degan qanoatga borsa, g‘usl qilishi zarur.

Agar o‘sha odam namlikning maziy ekaniga ishonsa, yana g‘usl qilishi shart (zarur) emas.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:37:10
Tug‘ishning nazorat qilinishi

Tug‘ishning nazoratga olinishi aholi ko‘payishini chegaralash, homila(dorlik)ning oldini olish niyati bilan amalga oshirilgan, hayotga, turmushga tadbiq qilingan va siyosiy, iqtisodiy, demografik, tibbiy, axloqiy, ijtimoiy va diniy jihatlarni o‘z ichiga qamraydi. Oila(ni) va aholini reja lashtirish nomi bilan tug‘ishni nazorat qilish o‘tgan asrlardan beri tadbiq qilinishiga qaramasdan, asosan XIX asrda G‘arbiy Yevropada ijtimoiy harakat sifatida paydo bo‘lib, tezda butun dunyoga tarqaldi. Tug‘ish-tug‘ilish nazorati amaliy tatbiqotining turli sabablari bor:
1. Xavfsizlik, ta’minot andishasi, kelajakdan qo‘rquv – ochlik va yo‘qsillik muammosi;
2. Davlat aholini ozaytirish yoki ko‘paytirish chegarasini saqlashi uchun tashviq etishi;
3. Homila(dorlik)ni hohlamaslik;
4. Tug‘ish-tug‘ilishni mumkin (bo‘lgan) eng yaxshi shart-sharoitlargacha kechiktirmoqlik, qoldirmoq xohishi;
5. Ko‘pbolalilik qulay va rohatda yashashga to‘sqinlik qilishi, faqat iqtisodiy jihatdan to‘kislikka erishgachgina ko‘p bolalikni istamoq;
6. Xastaliklar. Xastaliklarning bolaga ham o‘tish xavfi. OITS, varam (sil, shish) va hokazo.
7. Bolaning ko‘pligi ibodatga va ilmga to‘siq bo‘ladi, degan fikr;
8. Yangi bir homila(dorlik) ayol uchun tahlikali bo‘lishi yoki emizikli bolasiga zarar berish holati.

Dinimizga ko‘ra, zaruratlar va xastaliklardan tashqari, boshqa sabablar tushunarsiz topilmoqda.

Turli tug‘ish nazorati yo‘llari, usullari va vositalari topilmoqda, faqat bularning ko‘pchiligi homilaning oldini keskin ololmayapti.

Homiladorlikning oldini olishda turli vositalar qo‘llanilyapti:
1. Azl, ya’ni, erkak jinsiy munosabatni yarmida to‘xtatishi, maniyni tashqariga oqizishi;
2. Taqvim (ritm) usuli – ayolda homila bo‘lmaydigan davrlarda jimo’ qilish;
3. Prezervativ (condom, kaput). Spermatazoidni homila bo‘ladigan bo‘shliqqa tushishining oldini olish uchun. So‘nggi yillar rasman tashviqoti kuchaygan va asrning eng qo‘rqinchli xastaligi OITSga qarshi eng yaxshi chora – himoya vositasi sifatida ko‘rsatilmoqda;
4. Yutiladigan dorilar. Bularning ta’siri turlicha;
5. Rahm (bachadon) ichiga qo‘yiladigan narsalar: diofragma, kremlar (malham, malzamlar), supozituar, tampon va spirallar;
6. Oldirish (abort);
7. Bepushtlik;
8. Artib, yuvish;
9. Laparoskopiya – ho‘llangan issiq bint yoki plastir (malham mato) yopishtiriladi;
10. Sterilizatsiya, ya’ni, ayolning tuxumdon yo‘llarini jarrohlik yo‘li bilan bog‘lab tashlash. Bunda ayol hech qachon farzand ko‘rolmaydi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:37:27
Homiladorlikning oldini olish vositalarining turli xil ta’sirlari va tahlikalari mavjud. Barchasi fitratga zid, tabiiy qo‘shilishga to‘siqdir. Ularning ko‘pchiligi ruhiy-asabiy behuzurlik keltiradi, nomutanosiblikka sabab bo‘lib, jamiyatda tanglik paydo qilmoqda.

Lekin ba’zan ayol hayoti uchun tahlikali holat bo‘lsa homiladan saqlanishlik shariatga zid kelmaydi. Hazrat Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) bizga kelgan rivoyatlarda ham azl ta’qiqlangani uchramaydi. Shuning uchun azlga jumhur ulamo muboh deb qarashadi.

Turli fatvolarda ulamolar zarurat bo‘lmaganda har qanaqa shaklda homilaga to‘sqinlik qilish joiz emasligini, faqat tahlikali hollardagina azl ham, dori qabul qilish ham joizligini aytishgan.

Hazrat Payg‘ambarimizning (s.a.v.) “Azl qilinsa ham, qilinmasa ham, Alloh xohlagan har jonzot qiyomatgacha dunyoga kelajagini” aytganlarini dalil sifatida olgan va istisno hollaridagina ruxsat bergan islom ulamolari, umuman, tug‘ishni nazorat qilishga qarshi chiqmoqdalar. 
 
Faqirlikdan qo‘rqqanlar uchun dalil shuki, Alloh ayollarni faqat xushvaqtlik uchun yaratmagan. Erkak xotinga farzand ko‘rish niyati bilan yaqinlashishi kerak. Bu sunnatdir va farzand oilaning asosiy maqsadidir. Alloh marhamat qiladi:

“Xotinlaringiz ziroatgohingizdir. Bas, ziroatgohingizga xohlagan jihatingizda kelaveringiz va o‘zingiz uchun yaxshi (savobli ishlarni) taqdim etingiz! Allohdan qo‘rqingiz va bilingizki, siz U bilan muloqot qiluvchidirsiz ...” (Baqara surasi,  223-oyat).

Rizq qo‘rquvi (rizqsiz qolishdan qo‘rqish) yengil bir iddaodir. Alloh millionlarcha, milliardlarcha jonzotning rizqini bermoqda, U Xoliq va Razzoqdir. Inson Allohning ishiga, nizomiga aralashmasligi kerak. Fitriy ishni, tabiiy jinsiy yaqinlashish yo‘lini, farzand orttirish ne’matini, bola ko‘rish yo‘lini berkitmasligi kerak. Ayniqsa, bepushtlikni o‘ylamasligi, niyat qilmasligi lozim. Allohning yaratganini o‘zgartirganlar  musulmon bo‘lolmaydilar. Faqat Alloh xohlagan bandasini bepusht, befarzand qiladi.

Shayton deydi “...ularni adashtiraman,  ularni hoyu-havasga cho‘ktiraman.  Buyursam ular hayvonlar qulog‘ini kesadilar, buyursam Alloh yaratgan narsalarini o‘zgartiradilar ”. Kimki Allohni qo‘yib shaytonni do‘st tutsa, bas, u ochiqdan-ochiq ziyon qilibdi (Niso surasi, 119-oyat).

(Fir’avn g‘azab bilan) aytdi: “Men izn bermay turib unga iymon keltirdingizmi?! Albatta u (Muso) sizlarga sehr o‘rgatgan kattangizdir. Bas, yaqinda bilursiz. Albatta, men oyoq-qo‘llaringizni qarama-qarshisiga (o‘ng qo‘l, chap oyog‘ingiz yoki aksincha) kesurman va sizlarning barchangizni osib tashlayman”. Ular dedilar: “Zarari yo‘q. Zero, biz Robbimizga qaytguvchidirmiz” (Shuaro surasi, 49-50-oyatlar).
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:37:36
O‘rama sim (spiral) qo‘llamoq

Ayol tanosil a’zosiga davomli qolmoq maqsadi bilan tibbiy bir parcha qo‘yilishi, homila bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi joizmi? Shu holda ayolning g‘usli sahihmi? Ro‘zasi sahih bo‘ladimi?

Islom dini turmush qurishga ikki jihatdan katta ahamiyat beradi:
Inson naslining ko‘payishiga. Payg‘ambarimiz (s.a.v) marhamat qiladilar: “Ey yoshlar jamoasi! Uylanishga qodir bo‘lganlar uylansinlar! Chunki, turmush ko‘zni va nomusni himoya qiladi. Kuchi yetmagan kishi ro‘za tutishga g‘ayrat qilsin. Chunki, ro‘za uni to‘xtatadi”32 .

Turmush qurishning eng buyuk g‘oyalaridan biri nasl qoldirish va ko‘paytirish bo‘lganiga ko‘ra, xastalik, atrof-muhitning dinsizligi va o‘ta qashshoqlik kabi zaruratlar mone’ (to‘siq) bo‘lmasa, ayolning homilador bo‘lmaslikka harakat qilishi to‘g‘ri emas.

Ikki nutfa rahmda birlashgach bir insonning asli bo‘ladi. Uni buzilishining hukmi haqida farqli qarashlar olg‘a surilgan. Shunga qaramasdan, o‘rama (spiral) qo‘yilgan taqdirda g‘usl tahoratiga, ro‘zaga mone’ emas. Olingan tahorat sahihdir. Chunki, bu parcha yuvish kerak bo‘lmagan a’zo ichiga o‘rnashtiriladi. Faqat ro‘zador paytda bu parchani tanosil a’zosiga o‘rnatilishi joiz emas. Ro‘za buzilishiga sabab bo‘ladi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:37:51
Ayol g‘usl qilayotganda xaznasini (farjini) yuvadimi?

Junub, hayz va nifos hollarda ayol xazna tashqarisini yuvishi vojibdir. Tahoratda esa sunnatdir. Ichini yuvish shart emas.

Ayol a’zosiga tiqilgan narsalar g‘uslni shart (lozim) qiladimi?

Ayol xaznasiga erkak tanosil a’zosidan boshqa barmoq va shunga o‘xshash narsalar tiqilsa g‘usl lozim emas. Ayol xaznasiga shifo uchun doktor barmoq yoki asbob kiritishida ayolga ham, doktorga ham g‘usl kerak emas. Shifo uchun qo‘llanilgan pilik va boshqalarning hukmi ham shunday.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:38:02
G‘uslga mone’ bo‘lguvchi narsalar

Tirnoq orasida, ustida bo‘lgan (va teriga suvni o‘tkazmaydigan) turli bo‘yoq (lak)lar g‘usl komil bo‘lishiga mone’. Tirnoq ustida yupqa qatlam hosil qilib, tagiga suv o‘tkazmaydigan bo‘yoq (lak)lar g‘uslga mone’dir (bo‘lsa g‘usl komil bo‘lmaydi). Faqat tirnoq orasidagi yoki unga yopishgan kir g‘uslga mone’ emas. Bu xususda qishloqlik va shaharlik teng barobardir. Lablariga surilgan bo‘yoq, ustida qatlam hosil qilsa (albatta, hosil qiladi) va suvni shu bo‘yoq teriga o‘tkazmasa, g‘uslga mone’dir.

Tirnoqdagi loy, tuproq g‘uslga mone’ emas. Xurmo to‘plagan kishilar bilan bo‘yoqchilarning tirnoqlariga bulangan narsalar g‘uslni komil bo‘lishiga mone’dir.

Lekin bularning bari zarurat va tozalanishning mashaqqati bo‘lganda va zarur holatlarda g‘uslga ijozat beriladi.

Bir kishining badaniga baliq tangachasi yoki chaynalgan non yopishib, qurib-qotib qolsa-yu, yuvinib-cho‘milganda tagiga suv o‘tmasa, u kishining g‘usli komil bo‘lmaydi. Faqat badanida pashsha yoki burga najasi bo‘lgan kishining g‘usli komil bo‘ladi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:38:21
Ko‘z, qosh, qaboq bo‘yog‘i g‘uslga mone’mi?

Bular ostiga suv o‘tmasa, g‘uslga mone’. Lekin tabiiy o‘sma, surma ostiga suv o‘tkazganidan bu joizdir. Va tib tomonidan ham foydalidir. Tabiiyki, faqat uy ichida eri uchun qo‘yishi, surishi mumkin. Bezanib-bo‘yanib ko‘chaga chiqishi gunohdir.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:38:33
Bola tushishiga sabab bo‘ladigan ishlar

Bunga sabab bo‘lgan fe’llar xoh ayolning ota-onasidan, xoh boshqalardan sodir bo‘lsin farqi yo‘q, bola tushishiga sababchi bo‘lsa, diyyat lozim bo‘ladi. Lekin, bola ona rahmidan tashqari chiqib, tushmaguncha jinoyat hisoblanmaydi. Chunki, bolaga qilingan ish tufayli o‘lib-o‘lmagani bilinmagan taqdirda hukm shunday tadbiq etiladi. Faqat qilingan ish tufayli bolaning ona qornida o‘lgani qat’iyan aniq bo‘lsa, u holda jazo zarurdir.

Shu jihatdan to‘rt imom ham jinoyat sanab, jazoni lozim qilgan harakat natijasida ona rahmidan o‘lik tushgan bola uchun jinoyatga yarasha jazo belgilanadi, deganlar.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:38:46
Imomlarning o‘lik yoki tirik tushgan bola haqidagi qarashlari

a) Imomi Ahmad ibn Hanbalga ko‘ra, tushgan bolaning hayoti barqaror davom etishi kerak. Faqat tug‘ilgan onda tiriklik belgilari ko‘rinib, darhol o‘lishi tirik bo‘lganiga yetarli sabab emas. Ayni zamonda tushgan bola kamida 6 oylik bo‘lishi shart. Chunki, bundan (6 oydan) kam bo‘lgan vaqtda bolaning yashashi mumkin emas. U holda, tushgan bola kam deganda 6 oylik bo‘lib, yashash belgilari davom etsa, tirik hukmida qabul qilinadi va o‘lgan taqdirda shunga ko‘ra hukm etiladi (beriladi). Shofe’iylardan Muzaniy ham ayni fikrda.

b) Imom Abu Hanifa bilan imom Molikka ko‘ra, bolaning tushishiga sabab bo‘lganni javobgar qilish uchun, bolaning onasi tirik bo‘lishi kerak. O‘lgan onaning rahmidan bola tushirilsa, tushirilishiga sabab bo‘lgan kimsa javobgarlikka tortilmaydi. Chunki, onaning o‘lishi bolaning ham rahm (bachadon)da o‘lganiga ochiq sabab sifatida qabul qilinadi. Ammo, onasi o‘lishi bilan barobar, bola tirik tushsa, bunga sabab bo‘lgan kishi javobgar bo‘ladi. Bola o‘lgan taqdirda, diyyat o‘taydi. O‘lmagan taqdirda onasining o‘lganligi uchun sababiga ko‘ra jazo beriladi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:38:58
Bola tushishiga sababchi bo‘lganga beriladigan jazo

Bu jazo qilingan fe’lning turiga, niyatiga va oqibatiga qarab belgilanadi. Umuman, besh qismdan iborat:
1. Homilaning ona rahmidan o‘lik tushishi;
2. Homilaning ona rahmidan tirik tushib, so‘ng o‘lishi;
3. Homilaning ona rahmidan tirik tushib o‘lishi yoki boshqa bir sabab bilan yashashi;
4. Homilaning ona rahmidan tushmasligi yoki ona o‘lgach tushishi;
5. Onaga yetkazilgan ozordan kelib chiqqan natija – oqibatlar...

1 – Homilaning ona rahmidan o‘lik tushishiga sabab bo‘lgan fe’ldir. Bu fe’lni qilganning jazosi, homilaning diyyatidir. Bu diyyat bahosi 5 ta tuya bo‘lgan, bir qul yoki joriya ozod etishdir.

Haqiqatdan Abu Hurayra (r.a.) eslatadilar:
“Huzayl qabilasidan ikki ayol janjanlashdi. Biri qo‘liga tosh olib, ikkinchisiga otib ham uni, ham rahmidagi homilasining o‘limiga sababchi bo‘ldi. Da’vo Rasulullohga yetdi. Janobimiz (s.a.v.) ona rahmidagi homilaning o‘lgani uchun u bir qul yoki joriya ozod qilishini va o‘ldirgan ayolning diyyatini o‘ldirganning ota tarafidan yaqinlari o‘tashlarini qaror qildilar”.

Ozod etiladigan qul topilmagan taqdirda (hozirgi davrda qullik, joriyalik yo‘q) uning o‘rniga 5 ta tuya to‘lanadi. Bunda olimlar ittifoqdirlar. Tushirilgan homilaning o‘g‘il yoki qiz bo‘lishi jazo o‘zgarishini lozim qiladi. Faqihlarning aniqlanishicha, qiz diyyati – o‘g‘il bola diyyatining yarmidir.

Homilaning diyyati – qasddan qilingan jinoyat bo‘lsa, og‘irlashtiriladi, xato tufayli (o‘lgan) bo‘lsa, yengillashtiriladi. Qasddan jinoyat qilinsa, diyyat jinoyat qilganning ota tarafidan yaqinlariga yuklatilmaydi, xato tufayli qilinsa, yuklatiladi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:39:17
Homila tushirilishi sababli lozim diyyat kimlarga beriladi?

Avval shuni aniqlab olaylik, homila tushishiga sababchi bo‘lgan ya’ni, shu jinoyatni sodir qilgan kimsa, xoh shu homilaga sohib onaning o‘zi bo‘lsin, diyyatiga voris bo‘lolmaydi.
Hanafiy, shofe’iy, hanbaliy mazhablariga ko‘ra, olingan diyyat homila vorislariga faroiz usuliga ko‘ra taqsim etiladi.
Imom Molik hazratlariga ko‘ra, olingan diyyat faqat bolaning onasiga beriladi. Imom Lays ham shu qarash tarafidadir.
Har qanday bir fe’li sababli ayol egiz yoki uchiz (uchta) bola tushirsa, har biri uchun alohida diyyat lozimdir.

2 – Homila ona qornidan tirik tushib, so‘ng o‘sha fe’l sababi bilan o‘lishidir. Yuqorida aytilgandek, ba’zilarning fikricha, qasos shart. Ayrimlarning fikricha esa, komil diyyat zarur. Komil diyyatdan maqsad 5 ta o‘rtacha tuya. Tuya topilmasa, qiymati, puli beriladi. Komil bo‘lmagan diyyat o‘rtachaga yaqin 5 ta tuyadir.
Bola tushgach ona o‘lsa, qilingan jinoiy fe’l sababli bolasini tushirgach, ona o‘lsa, bola uchun alohida bir diyyat, ayol uchun ham xato bilan o‘ldirilgan bo‘lsada, alohida bir diyyat kerakdir. Qasddan o‘ldirgan va ma’lum bir asbob qo‘llagan bo‘lsa, qasos lozimdir.

3 – Homila tirik tushsa va yashasa. Bu holda jinoyatchiga faqat ta’zir jazosi lozim. Buni esa davlatning tegishli tashkiloti tayin etadi. Bola bir muddat yashagach, boshqa bir sabab bilan o‘lsa ham, uning tushishiga sababchi bo‘lgan kimsaga boshqacha bir jazo berilmaydi.

4 – Homilaning ona rahmidan tushishi yoki onasi o‘lgach tushishi. Jinoyatchi qilgan bir fe’l sababli ayol bolasini tirik paytida tushirmasada o‘lgach tushsa, bola tushishi uning fe’li (aybi) bilan bo‘lmaganligi tasdiqlansa, jinoyatchiga faqat ta’zir beriladi ya’ni, ta’zir jazosiga tortiladi. Ammo mutaxassislar yoki biladigan kishilar tarafidan bolaning tushishiga uning fe’li sabab bo‘lgani aniqlansa, diyyat lozim bo‘ladi.

5 – Onaga yetkazilgan aziyatlarning oqibatlari. Jinoyatchining fe’li onaga aziyat bergan yoki og‘ir xastaliklarga sabab bo‘lsa shunga qarab jazo belgilanadi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:39:30
Homilani tushirish uchun ayolga berilgan dori

Bir odam homilador ayolga homilasini tushirish uchun bir dori bersa, ayol bu dorini qabul qilib, bolasini o‘lik tushirgach, o‘zi ham o‘lsa, bunda qasdga o‘xshash jinoyat sodir etilgan, ya’ni homilani tushirish hodisasi sodir bo‘lgan. Bunda homila uchun bir diyyat lozim, ayolni esa qasdga o‘xshash mazmunda o‘ldirgani sababli ham og‘ir bir diyyat shartdirki, bu 120 tuya bo‘lur.

Homila tushishiga sabab bo‘lgan kimsaga diyyatdan boshqa kafforat ham lozim. Bu imom Shofe’iy bilan imom Hanbalning qarashi va ijtihodlaridir. Imom Molikka ko‘ra, bu o‘rinda kafforat mandubdir, vojib emas.

Imom Abu Hanifaga ko‘ra, homila o‘lik tushsa, faqat diyyat kerak. Tirik tushsa, kafforat ham kerakdir. Kafforat ma’lum bo‘lganidek bir qul ozod qilmoq, yo‘qsa 60 faqirni to‘ydirmoq yoki kiydirmoq yoki 60 kun paydar-pay ro‘za tutmoqdir. Shu bilan birga homilani tushirgan jinoyatchiga kafforat ham shart yoki shart emasmi – bu xususda faqihlarning farqli qarash va aniqlanishlari bor.

Ammo diyyat xususida aytganlarimizdan tashqari farqli qarash va ijtihod yo‘qdir. Tabiiyki, to‘rt mazhabning qarash va ijtihodini nazarda tutmoqdamiz.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:39:41
Ayollarning ijtimoiy huquqlari

Er-xotinning o‘zaro haqlari. Mahr nima?

“... ayollarga nisbatan erkaklarda bir daraja
(ziyodalik) bor...”[/b] (Baqara surasi, 228-oyat)

Ayolning eri zimmasidagi haqlari

Ayolning eri oldidagi haqlaridan birinchisi mahrdir. Mahr – o‘zi rozi bo‘lib oila qurishga ixtiyor qilgan qizga yo ayolga kuyovning ko‘ngildan chiqarib beradigan hadyasidir. Mahr – ayolga islom tayin etgan haqdir. Insonlar islomdan avval bu haqqa keragicha rioya etmaganlar, shuningdek, bugun ba’zilar bu haqni deyarli unutishgan ko‘rinadi. Bu xususda hazrati Alloh shunday marhamat qiladi:
“Xotinlarga mahrlarini mamnunlik bilan beringiz!...” (Niso surasi, 4-oyat).

“...Ular bilan (nikoh orqali) yaqinlik qilishingiz bilanoq, belgilangan  mahrlarini beringiz!...” (Niso surasi, 24-oyat).

Islom mahrni ayolning haqqi qilib tayinlashi bilan bu mulkni tasarruf qilish haqqi ham faqatgina shu ayolga tegishli. Islomda mahr belgilaganda me’yordan, chegaradan chiqmaslik kerak. Mahrni ayol faqat nikohdan keyingina oladi. Lekin ayol mahrdan voz kechishi ham mumkin.

Agar ayolning eri o‘lsa yoki u bilan ajrashsa, bu olinmagan mahr o‘z-o‘zidan kuchga kirishi mumkin. Ya’ni, bir erkak ajrashmoqdan oldin mahrni to‘lash kerak ekanligini xotirlasa, duch kelgan paytda taloq aytishdan o‘zini tiyadi. Demak mahrda ajrashishni o‘nglash, oldini olish ma’naviy xususiyati ham bor. Bundan tashqari, oldin olsin, keyin olsin, bir miqdor mulkka sohib bo‘lgan ayol o‘zini amniyatda his etadi, eriga mute’ bo‘lish qo‘rquvidan qutiladi. Imom Molik ham mahrni bu sohada xarjlanishini majburiy hisoblaydilar va ilova etadilar: “Xalifa Umar ibn Abdulaziz viloyatiga shunday farmoyish tarqatdi: “Otasi bo‘lsin yoki yana boshqasi bo‘lsin, bir ayolni turmushga uzatarkan, mahrdan tashqari ehson, ikrom turidan o‘zi uchun so‘ragan, istagan narsa ayolnikidir”.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:39:55
Mahrning ozi maqbuldir

Mahr bu- nikoh paytida kuyov tomonidan kelinga beriladigan va qaytarib olinmaydigan sovg‘a. Mahr miqdori nima va qanday? Bu xususda bir-biridan farqli miqdorlar ko‘rsatilgan. Islom bu xususda qat’iy bir raqamni aytmaydi, aks holda vaqti kelib bu turli qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu va boshqa sabablar bilan mahr masalasida miqdor qattiq qo‘yilmagan. Bu raqam 5 va 12000 dirham orasida. Hazrati Alidan (r.a.) naql etilgan bir rivoyatda, 5 dirhamdan oz bo‘lmaydi, deyilgan. Boshqa bir rivoyatda esa, eng oz miqdor 10 dirham deb ko‘rsatilgan.

Ibrohim an-Nahoiy hazratlari shunday deydilar: “Islomning avvalgi davrlarida ozod ayollarga nasli past, xulqi yomon xotinlarga haq berganday mahrlariga bir-ikki dirham berilishini xush ko‘rmasdilar, eng ozi 20 dirham berilishini istashar edi”.

Zayd ibn Aslam shunday deganlar: “Qadimiy kitoblarda bitilgan: “Bokiraning mahri 40 dirham, tulning mahri 20 dirham-ki hech kimsa zino qilib ham “Men uylanishga imkon topolmadim”, demasin”.

Hazrati Oysha onamiz (r.a.) Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat etgan hadisda: “Ayolning hosiyatli, omadli, baxtiyor ekaniga ilk ishorat to‘y ishlarining va mahrining qulay, oson bo‘lishidir”. Urva ham, men ham: “Ayolning xosiyatsiz ekaniga ilk ishorati mahrning ko‘p bo‘lishi deymiz”.

Bundan ko‘rinib turibdiki, Islomda ayol mahri turmushni qulaylashtirish va osonlashtirish uchundir.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:40:49
Mahrning ko‘pi makruhdir

Ummatning ko‘pligi bilan iftixor etajaklarini bildirgan suyukli Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ko‘p mahrdan xursand bo‘lmasdilar.

Abu Xodrad al-Aslamiy boshdan kechirgan bir hodisani shunday hikoya qiladilar. “Uylandim, kelib Rasulullohdan (s.a.v.) mahr uchun yordam so‘radim. “Qancha berding?”, dedilar. “200 dirham”, dedim. Rasululloh (s.a.v.): “Agar pulni Butxon darasidan cho‘mich bilan to‘plasangiz ham, bunchalik ko‘p bermasdingiz!”, dedilar.

Mahr kuyov tarafning imkon va roziligiga qoldirilgan. haqiqatdan, buni quyidagi hadislarda ochiq-oydin ko‘rish mumkin:
Bir majlisda Rasululloh (s.a.v.) ikki-uch marta: “Ersiz ayollarni turmushga bering!”, dedilar. Shundan keyin bir odam “Mahr qancha yo Rasululloh?”, deb so‘radi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) “Kelishuvlaringizga bog‘liq”, dedilar.

Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat etilgan bir hadisda esa: “Bir odam guvohlar huzurida uylanganda mahrni oz yo ko‘p berishida monelik yo‘qdir”,-deya marhamat qilingan.

Hazrati Ali karramallohu vajhahu ham: “Mahr juftlar kelishuviga ko‘ra”, dedilar. Hasan Basriy ham: “Mahr oz bo‘lsin, ko‘p bo‘lsin – tomonlar roziligiga tobedir”, der, buning ma’lum bir vaqti yo‘qligini so‘zlardilar.

Bu rivoyatlardan anglashiladiki, mahr miqdori zaminu zamonga ko‘ra o‘zgarmoqda. Bu miqdor Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida me’yoriy (normal) hollarda 10-12 uqqa (400-500 dirham) orasida bo‘lardi:
Abu Hurayra (r.a.) “Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida mahr 10 uqqa edi, har uqqa 40 dirham edi”, deydilar.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:41:03
Mahrga nimalar berilishi mumkin?

Rivoyatlarni o‘qiganimizda avvalo oltin, kumush, oro bo‘lmoq uchun uy va ziynat ashyosi, cho‘ponlik qilish, Qur’on o‘rgatish kabi turli ish va narsalarni ko‘ramiz.

Uy ashyosi: oltin va kumushning ya’ni, pulning mahr ekanini bilamiz. Boshqa narsalar ham mahr bo‘lmoqda.

Shulardan biri uy ashyosi: Abu Said al-Xudriy (r.a.) deydilar: “Rasululloh (s.a.v.) hazrati Oyshaga (r.a.) 40 dirhamlik uy ashyosi bilan uylandilar”.

Temir uzuk: Sahl ibn Sa’d (r.a.) deydilar: “Rasululloh (s.a.v.)ga bir ayol keldi: “Menga bir er toping, yo Rasululloh”, dedi. Rasululloh (s.a.v.): “Bunga kim uylanadi”, dedilar. U yerdagilardan biri: “Men uylanaman”, dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Unga temirdan bo‘lsa ham bir uzuk ber”, dedilar. U: “Yonimda yo‘q”, degach, Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Unday bo‘lsa, bilgan Qur’on suralaringni unga o‘rgat”, dedilar.

Oyoq kiyim: Abdulloh ibn Amrning otasi deydilar: “Fazora o‘g‘illaridan biri bir ayolga juft oyoq kiyim berib uylangandi. Payg‘ambarimiz eshitib qabul etdilar”.

Bir kishi Ibn Abbosga bir ayolga nikohlanganini aytdi. Ibn Abbos: “Oyoq kiyimingning bir poyini bo‘lsada unga ber va zifofga (chimildiqqa) kir”, dedilar.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:41:46
Zirh: Hazrati Ali (r.a.) aytadilar: “Rasulullohdan (s.a.v.) qizlari Fotimani so‘rashdan uyaldim. Beradigan hech vaqom yo‘qligini xotirlab voz kechdim. So‘ngra Payg‘ambarimizning (s.a.v.) yordam va yaxshilik-sevarliklarini eslab bordim, so‘radim. Menga: “Biror narsang bormi?”, dedilar. “Yo‘q”, dedim. “Hutomiya sovut (zirh)ing qaerda?”, deb so‘radilar. Men “Uyimda”, dedim. Keltirdim. Nikohimizni qildilar. Zifof kechasi bo‘lishi bilan yonimizga keldilar, o‘tirdilar. Biz baxmal chimildiq ichida edik. Payg‘ambarimizni (s.a.v.) ko‘rib uyaldik. “Kelgunimcha suhbatlashmang!”, dedilar. Bir kosa suv so‘radilar. Suvga o‘qib (dam soldilar), duo qildilar. So‘ng suvni ustimizga septilar. “Meni ko‘proq yaxshi ko‘rasizmi, unimi?”, dedim. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qildilar: “Uni juda yaxshi ko‘raman, ammo sen men uchun qimmatliroqsan!”.

Taom (egulik): Jobir (r.a.)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (s.a.v.) shunday marhamat qiladilar: “Kim uylanadigan ayolga ikki qo‘lini to‘ldirib un, bug‘doy va qovurilgan un kabi taom, yeydigan narsalar bersa, nikohi halol bo‘ladi”.

Cho‘ponlik: hazrati Muso (a.s.) hazrati Shuaybga (a.s.) 8 yil cho‘ponlik qilib, qizini olgani Qur’oni Karimda yozilgan. Alloh marhamat qiladi:

“(Shuayb) aytdi: “menga sakkiz yil ishlab berishing badaliga men senga mana shu ikki qizimdan birini nikohlab bermoqchiman. Endi, agar o‘n yilni bitirsang (o‘n yil ishlab bersang) o‘zingdan (marhamatdir). Men seni qiynashni istamayman. Inshoalloh, mening solih kishilardan ekanimni bilursan”. (Muso) dedi: “Mana shu sen bilan mening o‘rtamizdagi (bitim)dir. Ikki muddatdan qay birini ado qilsam, bas, menga adovat qilinmas. Alloh aytayotgan so‘zimizga guvohdir” (Qasos surasi, 27-28-oyatlar).

Musulmon bo‘lmoq: Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat etilishicha: “Abu Talha Ummu Sulaymni so‘radi. U: “Qasamki, sen kabilar rad etilmaydilar, ammo sen kofirsan, men musulmonman, senga tegishim halol emas. Agar musulmon bo‘lsang, shuni mahr sifatida qabul qilardim, boshqa narsa sendan so‘ramayman”, dedi. Abu Talha musulmon bo‘ldi. Bu mahr sifatida qabul etildi”.

Sobit dediki: “Ummu Sulaym kabi qiymatli bir mahr olgan ayolni eshitmadim. Abu Talha musulmon bo‘ldi, turmush qurdilar va xayrli bolalar ko‘rdilar”.

Ozod etish: Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: “Rasululloh (s.a.v.) Sofiya bint Huyayni ozod etdilar, so‘ng unga uylandilar. Ozodlik – mahr sifatida qabul etildi”.

Qur’on o‘rgatmoq: Sahl ibn Sa’d (r.a.) aytadilar: “Rasulullohga (s.a.v.) bir ayol kelib, “O‘zimni sizga bag‘ishladim”, dedi va uzundan-uzoq kutdi. Birisi turib, “Yo Rasululloh, sizning ixtiyoringiz bo‘lmasa, uni menga bering”, dedi. Rasululloh (s.a.v.): “Unga beradigan biron narsang bormi?”, dedilar. U: “hech narsam yo‘q”, dedi. Kishi axtarib hech narsa topolmadi. Rasululloh (s.a.v.) unga: “Qur’oni Karimdan biror narsa bilasanmi?”, dedilar. Kishi: “ha”, degach, “Shunga muvofiq bu ayolni senga zavjalikka berdim”,-dedilar Janobimiz (s.a.v.).

Uy va xizmatchi: Ibrohim an-Naxoiy hazratlari bir ayolga uy va xizmatchi berib uylanishda hech qanday yomonlik ko‘rmasdilar.

Hajga olib bormoq: Uqba ibn Omir rivoyat etgan bir hadisda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qiladilar: “Ado etilishi juda ham lozim bo‘lgan shartlar, bir ayolni olayotganda unga muqobil bergan so‘zingizdir”.

Ba’zilar bu shartlarni mahr, nafaqa va yaxshilik, va’da kabi uylanish ma’nosida tushunsalarda, aslida bular ayolga uylanish uchun ayol rozi bo‘ladigan turli xil shartlardir. Shunga qarab, Ibrohim an-Nahoiy, bir ayolni haj qildirmoq uchun unga uylanmoqni joiz ko‘radilar. Agar zifofga kirmasdan avval ajrashadigan bo‘lsa(lar), yarim haj harajatini berishi lozim bo‘ladi, dedilar.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:42:00
Mahrning vujub zamoni (vojib bo'ladigan vaqti)

Taraflar orasida nikoh ahd etilishi bilan ayol darhol mahrga haq qozongan bo'lmaydi. Buning uchun quyidagi uch holatdan biri sodir bo'lgan bo'lishi kerak:

1. Duxul. Ya'ni, oralarida jimo' bo'lishi kerak. Chunki, Alloh taolo marhamat qilmoqda: "Agar bir xotinni (qo'yib), o'rniga boshqa xotinni almashtirmoqchi bo'lsangizlar, avvalgisiga garchi uyum-uyum molni (mahr qilib) bergan bo'lsangiz ham, undan biron narsani qaytarib olmangiz! Uni bo'hton va ochiq gunoh bilan olasizmi? Axir bir-biringiz bilan qovushib, u (xotin)lar sizlardan qat'iy ahd olganlaridan so'ng qanday qilib u (mahrni) qaytarib olasizlar?!" (Niso surasi, 20-21-oyatlar).

2. Duxuldan avval (duxulgacha) erining o'lishi. Bu xususda Alqama bir hadisni naql etadi: "Ibn Mas'udga bir jamoat kelib: "Oramizdan bir erkak uylandi, xotini bilan ma'lum bir miqdor atrofida shartlashmagandi, hali zifofga kirmasdan (duxul voqe' bo'lmasdan) o'ldi", dedilar. Abdulloh ibn Mas'ud: "Rasululloh vafotlaridan beri bunday qiyin masalaga duch kelmagandim, borib boshqalardan so'rang", dedilar. Jamoat bir oy u-bu deb yurdi. Tag'in ibn Mas'udga murojaat qildilar: "Siz ashobning ilg'ori, sizdan boshqa kimdan so'raymiz, boshqalarni topolmayapmiz", deyishdi. Ibn Mas'ud marhamat qildilar: "Sizga o'z qarashimni aytmoqchiman. Agar to'g'ri bo'lsa, sherigi va naziri yo'q Allohdandir. Agar xato bo'lsa shaytondandir. Alloh va Rasuli undan uzoqdirlar. Mening fikrim shunday: Ayolga to'liq mahr va meros beriladi. Bunga muvofiq ayol to'rt oy, o'n kun idda kutadi".

Ibn Mas'ud bu fatvoni tirband xaloyiq oldida berdi. Oralaridan bir necha kishi turib: "Guvohlik beramizki, siz aynan Rasululloh (s.a.v.) bergan qarorni berdingiz. Bizdan Birvo bint Voshiqning qizi boshidan shunday hodisa o'tdi. Rasululloh (s.a.v.) ayni hukmni berdilar", deyishdi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:42:10
Xilvat: Muhammad ibn Abdurrahmon ibn Sa’bon shunday dedilar: Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: “Bir kishi ayolning yuzidagi yopinchiqni ochib boqsa, mahr vojib bo‘ladi; xoh duxul bo‘lsin, xoh bo‘lmasin”.

Hazrati Umar (r.a.) ham shunday derdilar: “Bir kishi zifof kechasi eshikni bekitib, pardalarni tushirsa yoxud ayol pecha (yuz parda)sini ochsa, mahr vojib bo‘ladi”.

Boshqa ko‘pgina rivoyatlarda ham ushbu holatda ayol idda saqlab, meros ham oladi, degan fikr bor.

Sulaymon ibn Yasor shunday dedilar: “Horis ibn al-Hakam bir ayolga uylandi. Oqshom tushgach, eshikni berkitdi, so‘ngra tashqari chiqib, ajrashdi va “Men unga tegmadim”, dedi. Ayol “Menga tegdi”, dedi. Marvonga bordilar. Marvon Zayd ibn Sobitni chaqirdi, “Ne deysan, horis ishonchli bir odam”, dedi. Zayd: “Ayol homilador bo‘lsa, toshbo‘ron qilasanmi?”, deb so‘radi. U: “Yo‘q”, deb javob berdi. “U holda ayolni tasdiqlash majburiyatidamiz”, dedi Zayd.

Barcha rivoyatlarda ko‘rilgandek, xilvat voqe’ bo‘lishi bilan mahr vojib bo‘ladi. Yolg‘iz imom Shofe’iy mahr lozim bo‘lishi uchun xilvat yetarli emas, deganlar va duxul ya’ni, jimo’ni shart qilganlar. Xilvat bilan faqat mahrning yarmi lozim bo‘lishini aytganlar va shu oyatni dalil qilib keltirganlar:

“Agar ularni mahrini belgilab, ammo qovushmay turib taloq qilgan bo‘lsangizlar, belgilangan mahrning yarmi (zimmangizdadir)” (Baqara surasi, 237-oyat).
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:42:20
Mahr zikr etmasdan uylanish

Mahr zikr (qayd) etmasdan qurilgan turmush sahihdir. Chunki, Alloh marhamat qilmoqda:
“Agar xotinlaringizni, qovushmay turib yoki ularga mahr belgilamay turib taloq qilsangiz sizlar uchun gunoh yo‘qdir” (Baqara surasi, 236-oyat).

Hatto bir kishi mahr bermaslik sharti bilan uylansa, mazhabimizga ko‘ra turmushi joiz bo‘ladi. Chunki, mahr turmush qurish rukni va sharti emas.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:42:32
Mahrda ixtilof

Er-xotin o‘rtasida mahr xususida ixtilof paydo bo‘lsa, imom Sha’biy qavliga ko‘ra, qasam(yod) qil(dir)moq bilan er so‘zi qabul qilinadi, ayol ham isbotlash vaziyatidadir. Ibrohim an-Nahoiy bu vaziyatda “Mahri misl uchun ayol so‘zi qabuldir”, deganlar. Xushoym esa, imom Sha’biy so‘zini ma’qullaganlar.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:42:41
Yuz ko‘rish

Mahrni tomonlar o‘zaro qat’iy belgilashsa, bu mahrga mahri mu’samma deyiladi. Agar mahr to‘la yoki bir qismi oldindan olinsa bunga mahri mu’ajjal deyiladi. Bir qismini oldin, bir qismini keyin (ya’ni, nasiya) olinishi mumkin. Nasiya qismiga mahri mu’ajjal deyiladi. Mamlakatimizda zifof kechasi oldidan bir miqdor mahr beriladiki, bunga yuz ko‘rish (ko‘rmana) deyiladi. Bu xususda hazrati Oysha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: “Rasululloh (s.a.v.) menga mahridan oz bo‘lsa ham bir narsa olmagan kelinni erining yoniga kiritmaslikni amr etdilar”.

Rasululloh (s.a.v.) bir narsa bermasdan hazrati Fotima (r.a.) bilan zifofga kirishni so‘ragan hazrati Alini (r.a.) man’ etdilar, ammo zirh (sovutni) bergach, ichkariga kirishga ruxsat berdilar.

Sa’id ibn Jubayr dedilar: “Bir erkak xotiniga ko‘ylak, shohi ro‘mol va uzuk kabi biror narsa taqdim etmaguncha yoniga kirmasligi kerak”. Hasan Basriy hazratlari esa buning majburiy emasligini so‘zlaydilar.

Sulaymon ibn Yasor ham bir erkakning nikohlangan xotiniga biror narsa taqdim etmasdan yoki mahrini uzmasdan yoniga kirishini makruh sanardilar.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:42:51
Mut’a

Mahr kesilmasdan va duxul, ya’ni, zifof voqe’ bo‘lmasdan avval ajrashgan ayolga tasalli mohiyatida berilgan libos va shunga o‘xshash narsalarga mut’a deyiladi. Buning aniq miqdori yo‘q, har kimning ahvoliga havola etilgan. Bu xususda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
“Agar xotinlaringizni, qovushmay turib yoki ularga mahr belgilamay turib taloq qilsangiz sizlar uchun gunoh yo‘qdir. Lekin, ularni moddiy jihatdan ta’minlang; boy ham, kambag‘al ham o‘z hollariga qarab (ta’minlasin). Ezgulik qiluvchilar zimmasidagi burch (shudir)” (Baqara surasi, 236-oyat).

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Amra bint al-Javn bilan zifofga kirganlarida ayol “Xudo xayringizni bersin”, dedilar. Shundan so‘ng, Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Buyuk zotga sig‘inding”, dedilar. Usomaga yoxud Anasga amr etdilar: “Unga mut’a sifatida uch adad qatan libos bering”, dedilar.

Sahihi Buxoriyda yanada kengroq, tafsilotlari bilan berilmoqda: Abu Usayd (r.a.) deydilarki: “Rasululloh (s.a.v.) bilan chiqdik, bir boqqa kirdik. Nihoyat ikki bog‘ning orasida o‘tirdik. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Shu yerda o‘tiring”, dedilar. O‘zlari ichkari kirdilar, ayolni keltirdilar. Umayma ibn Nu’mon ibn Sharoxilning uyiga endirdilar. Yonida yangasi ham bor edi. Payg‘ambarimiz ayolning yoniga kirishlari bilan, unga: “O‘zingni menga bag‘ishla”, dedilar. U: “Hatto hech bir malika ham o‘zini oddiy birovga (duch kelganga) taslim etadimi?”, dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uni tinchlantirish va taskin berish maqsadida qo‘lini yelkasiga qo‘ymoqchi bo‘lganlarida, u: “Sendan Allohga sig‘inaman”, dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Buyuk bir maqomga sig‘inding!”, dedilar va tashqariga chiqdilar. So‘ngra menga: “Yo Usayd, unga oq qatandan qilingan ikki qavat libos kiydir va uyiga olib bor”, dedilar”.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:43:02
Nafaqaning zarurati

Nafaqa ayolning erkak zimmasidagi eng katta va davomli haqqidir. Isyon, uydan qochish va boshqa shunga o‘xshash xususiy holatlardan tashqari nafaqaning bekor qilinishi zikr etilgan emas. Xatto nafaqa ayolning faqir bo‘lishiga ham bog‘liq emas. Chunki, ayolga nafaqa belgilanishi ahd zaruratidir. Bunda boy ham, faqir ham barobardir. Orada zavjiyat bog‘i mavjud bo‘lishi bilan nafaqa ham davom etadi. Bu xususda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
“Erkaklar xotinlari ustidan (oila boshlig‘i sifatida doimiy) qoim turuvchilardir. Sabab – Alloh ularning birlari (erkaklar)ni birlari (ayollardan ba’zi xususiyatlarda) ortiq qilgani va (erkaklar o‘z oilasiga) o‘z mol-mulklaridan sarf qilib turishlaridir. (Ayollar ichida) solihalari – bu (Allohga) itoatli, g‘oyibga Alloh saqlaganicha himoyatli (ya’ni, erlarining sirlari, mulklari va obro‘larini saqlovchi)lardir...” (Niso surasi, 34-oyat).

“...Ularni (onalarni) me’yorida oziqlantirish va kiyintirish otaning (erning) zimmasidadir...” (Baqara surasi, 233-oyat).

“Boy kishi o‘z boyligidan nafaqa bersin. Kimning rizqi tang qilingan (kambag‘al) bo‘lsa, u holda Alloh unga ato etgan narsadan (holiga yarasha) nafaqa bersin! Alloh hech bir jonni O‘zi unga ato etgan (rizq)dan boshqa narsaga taklif qilmas...” (Taloq surasi,7-oyat).

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qilganlar: “Ularning zimmangizda muvofiq bir tarzda kiyajak va yeyajak haqlari bordir”.

Muoviya al-Qushayriyning “Ayollarimizning bizning zimmamizda qanday haqlari bor, yo Rasululloh?”, savoliga ham shunday javob berdilar: “Yeganingizdan (ya’ni, yeganingizday) yedirmoq, kiyganingizday kiydirmoq, yuziga shapaloq tortmaslik, yomon so‘zlamaslik, uydan tashqarida yolg‘iz qoldirmaslik”.

Ayol butun umrini uyiga, eriga va farzandlariga bag‘ishlagani uchun ham nafaqaga haq qozongan. Islom erkaklarga buning uchun katta savoblar va’da qiladi. Zotan, bu Islomning eng buyuk xususiyatlaridan biridir. Hatto dunyoviy, muboh ishlar, ezgu niyatlar amalga oshirilsa mukofotlar va’da qilingan. Ayni shu xususdagi ko‘plab hadislardan bir nechasi:

“Eng yaxshi sadaqa – borligida berilganidir”. “Bergan qo‘l, olgan qo‘ldan yaxshidir”. “Avval oiladan boshla. Xotining “Yo meni to‘ydir, yoki ajrash”, deydi. Xizmatching “Meni to‘ydir, keyin ishlat”, deydi. O‘g‘ling “Meni to‘ydir, kimga tashlab qo‘ymoqchisan?”, deydi”.

Bu hadislarda, oyatlarda ko‘rilgani kabi balog‘atga yetmagan, hali o‘zi ishlab pul topa olmaydigan, xasta, yurolmaydigan farzandlarning, xotinning va qari ota-onalarning nafaqasi oila boshlig‘ining zimmasiga vojibdir.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:43:19
Nafaqaning fazilati

Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) deydilar: “Vido hajida xastalandim. O‘lar xolatda edim. Rasululloh (s.a.v.) meni ziyorat qildilar. “Yo Rasululloh, qanchalik hasta ekanimni ko‘ryapsiz. Ko‘p mol-mulkim bor. Yolg‘iz qizimdan boshqa merosxo‘rim yo‘q. Boyligimning uchdan ikkisini sadaqa sifatida tarqataymi?”, dedim. “Yo‘q”, dedilar. Men: “yarmini ulashaymi”,-dedim. “Yo‘q”, dedilar. So‘ngra: “Hatto uchdan biri ko‘plik qilur. Merosxo‘rlarni qo‘l cho‘zadigan shaklda faqir qoldirmoqdan xayrliroqdir. Alloh rizosi uchun ularga bergan nafaqang tufayli muhaqqaq savob qozonursan, xatto xotining og‘ziga uzatgan bir luqmadan ham”, dedilar.

Ibn Abbos rivoyat etgan bir hadis esa shunday: “Bir odam oila tashvishlari sababli horib-charchab g‘amgin uxlab qolsa, bu – Alloh yo‘lida ming marta qilich urmoqdan fazilatliroqdir”.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:43:30
Nafaqaga sovuqqonlik

To'la ado etilgan nafaqaga qanchalik savob berilsa, unga beparvolik qilish shu qadar gunohi mujibdir. Abdulloh ibn Amr rivoyat etgan bir hadisda Payg'ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiladilar: "Bir kishining tirikchiligi uchun ma'sul bo'lgan kishilarga beparvolik qilishi unga yetarli gunohdir".

Abu Zarr bunday dedilar: "Men ila bir kishining o'rtamizdan bir gap o'tib onasini haqorat qildim, onasi arab emas edi (bu ayol avval g'ulom bo'lgan hazrat Bilolning onalari bo'lgan.). U Rasululohga (s.a.v.) shikoyat qildi. Janob Rasululloh (s.a.v.) mendan: "Falonchi bilan so'kishib qoldingmi?" deb so'radilar. Men "Ha shunday", dedim. Ular onasini haqorat qildingmi, dedilar. Men "Ha shunday", dedim. Janobi Rasululloh: "Senda jaholatdan bor ekan", dedilar. Men: "Shu yoshga kirib, qarigan bo'lsam hammi?", dedim. Janobi Rasululloh (s.a.v.): "Ha shunday, ular sizlarning birodarlaringizdir. Alloh taolo ularni sizlarning qo'lingizga topshirib qo'yibdi. Kimga Alloh taolo qo'liga birodarini topshirib qo'ygan bo'lsa yeganidan yedirib, kiyganidan kiydirsin, kuchi yetmagan ishga buyurmasin, agar buyursa unga o'zi ko'maklashsin", deb aytdilar.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:43:42
Nafaqada o‘rtachalik (e’tidol)

Nafaqada ham dinimiz qo‘ygan e’tidol o‘lchovi chegarasida sarf etish maqsadga muvofiqdir. Chunki, muboh ish yaxshi niyat bilan qilinganda savobga sazovor bo‘lsa, aslida savobli bo‘lgan ish islomdan tashqari qilinsa, gunohga inqilob etadi. Ayni shu sababdan, Imom G‘azzoliy hazratlari bizga shu o‘gitni bermoqdalar: “Nafaqada xasislik ham, isrofgarchilik ham qilmang, o‘rtacha yo‘l tuting”.

Alloh marhamat qilmoqda:
“...shuningdek yenglar va ichinglar, (lekin) isrof qilmangizlar...” (A’rof surasi, 31-oyat).

“(Baxillik qilib) qo‘lingizni bo‘yningizga bog‘lab ham olmang. (Isrofgarchilik qilish bilan) uni butunlay yoyib ham yubormang! Aks holda malomat va mahrumlikda qolursiz” (Al-Isro surasi, 29-oyat).

Rasululloh (s.a.v.) ham marhamat qiladilar: “Eng yaxshingiz oilasiga yaxshi bo‘lganingizdir”.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:43:53
Nafaqaga oilaning hissasi

Nafaqani har qancha ta’min etmoq erkakning vazifasi esa-da, imkoniyati keng bo‘lgan ayol eriga yordam berishi ham mumkin. Abdulloh ibn Mas’udning xotini Zaynab eslaydilar: “Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) xutbalarida: “Xotinlar, ziynat-taqinchoqlaringizdan bo‘lsa ham, sadaqa bering”, dedilar. Men uyga keldim, erim Abdullohga “Siz qo‘li qisqa odamsiz. Rasululloh (s.a.v.) bizga sadaqa qilishimizni amr etdilar. Borib Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) so‘rang; agar mumkin bo‘lsa sizga sadaqa qilsam, yo‘qsa, boshqasiga bersam”, dedim. U kishi “Yo‘q o‘zing bor”, dedilar. Bordim. Ko‘rdimki, Rasulullohning (s.a.v.) eshiklarida ba’zi ayollar bor. Ular ham shuni so‘rashga kelibdilar.

Bu orada Rasulullohga (s.a.v.) vahiy kelibdi, yonimizga Bilol Habashiy keldilar. Unga “Rasulullohdan so‘rang; eshikda ikki xotin turibdi, erlariga va uylaridagi yetimlarga sadaqa berish joizmi, yo‘qmi ekanini so‘rashmoqda, deng. Kimligimizni aytmang”, dedik. Bilol ichkariga kirdilar. Rasululloh (s.a.v.) undan bizning kimligimizni so‘radilar. U kishi: “Ansorlardan bir ayol bilan Zaynab”, dedilar. Rasululloh (s.a.v.) “Qaysi Zaynab”,-deb so‘radilar. Bilol: “Abdulloh ibn Mas’udning xotini Zaynab”, deb javob berdilar. Rasululloh (s.a.v.): “Bor, ularga ayt, shunday qilsalar ikki savobga erishurlar, ham aqrabolik (silai rahm) savobi, hamda sadaqa savobi”, dedilar”.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:44:06
Nafaqaning qamrovi

Nafaqadan maqsad zavjasining yeb-ichishini, kiyinishini va boshpanasini hozirlamoqdir.
1 – Taom: nafaqasini un, bug‘doy shaklida olgan ayol, ovqat tayyorlashni bilmasligini so‘zlasa, illo, qilasan, deb zo‘rlanmaydi. Unga non yopadigan, taom pishiradigan xizmatchi yollaydi. Zero, Alloh taolo marhamat qiladi:
“...o‘z oilangizni boqadigan o‘rtacha taomlardan...” (Moida surasi, 89-oyat). Un va bug‘doy esa yeyilmaydi. Buni yeydigan holga keltirtirish erning burchidir.

Faqat bu mazmun ijtihodiy bo‘lganidan keskin va qat’iy emas. Buni tadbiq qilish uchun “Erning xotini zimmasidagi haqlari” bo‘limiga qarang.

Doriga o‘xshash narsalar ham yemoqqa doxildir. Zero, Alloh taolo marhamat qiladi:
“...Ularni (onalarni) me’yorida oziqlantirish va kiyintirish otaning (erning) zimmasidadir...” (Baqara surasi, 233-oyat). Dori ham rizq atamasining ichiga kirmoqda. Zero, dori ham yegulik kabi vujudni muhofaza qiluvchidir.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:44:19
2 – Kiyim: kiyim – nafaqaning eng muhim moddasidir. Bu xususda Alloh marhamat qiladi:
“......Ularni (onalarni) me’yorida oziqlantirish va kiyintirish otaning (erning) zimmasidadir hech kimga toqatidan ortiq (ma’suliyat) yuklanmaydi...” (Baqara surasi, 233-oyat).

Bu yerda kiyim o‘lchovi keltirilmagan (yaxshilik bilan deyilmoqda). Bu zaminu zamonga qarab o‘zgaradi. Rasululloh (s.a.v.) buyurmoqdalar: “Kiyinganingizdek kiydiring...”. Bu bichim jihatidan emas, sifat va nav jihatiga ishoratdir. Imkoni keng bo‘lgan va holiga yarasha mato kiygan kishi oilasiga ham shunday sifatli gazlamadan kiydirmog‘i kerak. Qur’on hukmiga ko‘ra, qozi ibn Abi Laylo ayol kiyimi sifatida yillik ikki ko‘ylak, ikki ro‘mol, ba’zan chorshaf ta’yin etardilar.

Erning vaziyatiga qarab bu o‘zgarishi mumkin. Agar er faqir bo‘lsa, ayolga bir ko‘ylak, bir pecha va bir chorshaf ta’yin etiladi. Agar boy bo‘lsa, bularning sifatlisidan olinishi so‘raladi. Bu yoz uchun, qish uchun ham erning boy yoki faqirligiga qarab, bir qishlik kiyim, ba’zan shalvor tayin etiladi. Ayol qish uchun ko‘rpa, erning sharoitiga qarab, yopinchiq va to‘shak so‘rasa bu ham berilishi kerak. Chunki, bular sog‘lik uchun muhimdir.

3 – Maskan (boshpana): bu xususda Alloh taolo marhamat qiladi:
“Ularga (taloq iddasini saqlayotgan xotinlaringizga) o‘zlaringiz maskan tutgan joydan toqatingizga qarab joy beringlar...” (Taloq surasi, 6-oyat).

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham buyuradilar: “Uni (ayolingizni) uydan tashqarida yolg‘iz qoldirmang!”.

Uy insonning hayotida voz kecha olmaydigan ehtiyojidir. Bu ehtiyoj ayol uchun yanada muhim va zarurroq. Chunki, ayol vaqtining ko‘pini shu maskanda o‘tkazadi. Shu sababdanki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiladilar: “Ado etilishi eng zarur bo‘lgan shart bir ayolga uylanayotganda aytilgan shartlardir”.

Ahmad ibn Hanbal bilan Ishoq ibn Rovayh bir ayolga uylanayotganda unga uydan chiqarib yubormaslik va boshqa bir shaharga ko‘chib ketmaslik haqida va’da berilgan bo‘lsa, bu va’dani bajarish kerakligini so‘zlaganlar
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:44:33
Er-xotinning  o‘zaro haqlari

Xotinning eri oldidagi vazifalari quyidagilardir:
Eriga itoat etishi: Turmush qurish har qanday ikki kishi orasida tuzilgan bir shirkat kabi qabul qilinmasada, bu ikki kishining o‘rtoqlashib qiladigan bir necha vazifalari, bir talay ishlari bor. Bu ishlar ma’lum tartib-intizom asosida ado etilishi uchun bir boshliq tarafidan idora qilinishi lozim. Mana shu idora etuvchi – erkakdir.

“Erkaklar xotinlari ustidan (oila boshlig‘i sifatida doimiy) qoim turuvchilardir. Sabab – Alloh ularning birlari (erkaklar)ni birlari (ayollardan ba’zi xususiyatlarda) ortiq qilgani va (erkaklar o‘z oilasiga) o‘z mol-mulklaridan sarf qilib turishlaridir (Ayollar ichida) solihalari – bu (Allohga) itoatli, g‘oyibga Alloh saqlaganicha himoyatli (ya’ni, erlarining sirlari, mulklari va obro‘larini saqlovchi)lardir...” (Niso surasi, 34-oyat).

Bu yerda erkak ustunligi ikki sababga bog‘langan: 1. yaratilish jihatiga ko‘ra. 2. erkakning nafaqa ta’min etishiga ko‘ra.

Erga itoat qilgan xotin maqtovga loyiq ko‘rilgandir. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) “Xotinlarning eng yaxshisi qaysinisi?”, deb so‘rashganida: “Yuziga boqqanda erini sevintiradigan, buyurganda eriga itoat etadigan, nomusi va moli xususida eriga isyon etmagan xotindir”, deb javob berganlar.

Qayd etish kerakki, xotinning bu itoati – erning mashru (shar’iy) buyruqlari uchun haqiqiydir. Agar eri g‘ayri mashru’ ishlarga amr etadigan bo‘lsa itoat etmaydi, hatto qarshi chiqishi kerak.

Ayollarga erlariga ozor bermaslik amr etilgan: “...Maoz ibn Jabal (r.a.)dan aytilganiga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday marhamat qiladilar: “Qaysi bir ayol (mo‘min) eriga ozor berganda, u kishining hur jufti (bu ayolga): Alloh sening joningni olsin, u kishiga ozor, aziyat berma. Chunki, shubhasiz u sening yoningda mehmon musofirdir, sendan ayrilib, tezda yonimizga keladi, deydi”.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:45:09
Yotoqni tark etmaslik haqida: jimo’ (jinsiy munosabat)ning er-xotin hayotida muhim o‘rni bor. Bu borada erkak faolroqdir. Bu jihatdan xotini uning bu talabini qo‘ldan kelguncha bajarishga g‘ayrat qilishi kerak. Bu xususda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qiladilar:

“Bir kishi ehtiyoji uchun xotinini chaqirsa, tandir-o‘choq boshida bo‘lsa ham kelsin”. Yana shu ma’noda: “Agar ayol erining to‘shagini tark etib, o‘zi yolg‘iz uxlasa, maloikalar uni to erining qo‘yniga qaytgunga qadar la’natlaydilar”.

Hazrati Oysha onamizdan (r.a.) shunday rivoyat keladi: “Ba’zan erimiz bizni hohlaydilar. Biz xafaligimizdan yoki xohlamaganimizdan rad etamiz, buning zarari bormi?”, deb so‘radik. Oysha (r.a.) onamiz: “ha, bor, eringning senda shunday haqlari borki, seni tuyaning ustida xohlasa, mone’lik qilmaysan”, deb javob berdilar. Ammam yana so‘radilar: “Ba’zan oy ko‘rganimizda, alohida yotoq bo‘lmasa, nima qilamiz?” Hazrati Oysha (r.a.) shunday dedilar: “Izor (yubkaga o‘xshash etak)ini yaxshilab bog‘lasin, so‘ngra erining yoniga kirsin. Izorining usti eriga haloldir. Yana senga shuni qo‘shimcha qilay: Mening kecham (navbatim) edi. Tegirmonda arpa un tortib, bir necha dona non yopdim. Rasululloh (s.a.v.) ichkariga kirdilar. Eshikni itardilar. Masjidga kirdilar. Rasululloh uxlamoqni istasalar eshikni qulflar, mesh og‘zini bog‘lar, suvidish ustini yopar va chiroqni o‘chirardilar. O‘zlarini kutdim, qaytib kelsalar non bilan siylamoqchi edim. Kirmadilar. Nihoyat meni uyqu bosdi. Non ham sovidi. So‘ngra Rasululloh kirib, meni turg‘azdilar: “Meni isit, meni isit”, dedilar. Men hayzli ekanimni aytdim. “Zarari yo‘q”, dedilar... So‘ngra qo‘shnimizning boqma qo‘yi kirib, yopgan nonlarni tishlab qochdi. Shunga ovora bo‘ldim, Rasululloh uyg‘ondilar. Qo‘yni eshikkacha quvdim. Rasululloh (s.a.v.): “Ulgurganingni ol, qo‘y uchun qo‘shningga aziyat berma!”, dedilar”.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:45:24
Eri uchun bezanmoq:

Ayol yaratilishi jihatidan go‘zal bo‘lsa-da, bu go‘zallikni ziyoda qiluvchi ziynatdan uzoq bo‘lmasligi kerak. Avvalo, bu eri oldidagi vazifasidir.

Ummu Laylo dedilar: “Bizga Rasululloh (s.a.v.) bay’at etdik. Bizga bergan buyruqlari orasida shular bor edi: “... oyoqlaringizga xina qo‘ying, g‘usl qilganda sochlaringizni tarang, qo‘llaringizga xina qo‘ying. Kuchingiz yetsa, kumush bilakuzuk taqing. Kuchingiz yetsa, qayish (uzun ingichka teri – sirim) ishlating, faqat aslo erkaklarga o‘xshamang”.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ayollarni erlari, mahramlari oldida pardoz-andoz qilib, taqinchoqlar taqib orasta yurishdan qaytarmaganlar, aksincha shunga buyurardilar ham. Faqat ayol eri o‘lsagina pardoz qila olmas edi. Bu xususda ushbu hadis kelgan. Ummu Atiyya: “Biz ayollar o‘likka uch kundan ortiq aza tutmoqdan qaytarildik, er o‘lsagina 4 oyu 10 kun aza tutmoq mumkin edi. Bu muhlat mobaynida na surma, na atir-upa va na yamaniy kiyim kiyar edik” dedilar.

Mashhur arab adabiyotchisi Asmoiy (749/828) naql etadilar: “Cho‘lda bir ayolni ko‘rdim, qirmizi ko‘ylak kiygan, qo‘llariga xina qo‘ygan. Ayni zamonda qo‘lida tasbehi ham bor, buni ko‘rib “tasbeh ne, bu bezak ne”, dedim. Ayol: “Mening bir Allohga oid bo‘lgan, bir nafsim va bo‘sh vaqtimga oid bo‘lgan tarafim bor”, degan ma’noda she’r aytdi. Bildimki, u eri uchun bezangan yaxshi xotin ekan”.

Shuni ham unutmaslik kerakki, agar bir xotin go‘zal bo‘lsa, bu bilan erini kamsitmasligi, unga g‘urur qilmasligi kerak.

Yana Asmoiy sahro sarguzashtlaridan so‘zlaydilar:
«Cho‘lga chiqdim. U yerda g‘oyat go‘zal ayolni ko‘rdim, eri juda yoqimsiz edi. “Bunga qanday rozi bo‘lding?”, dedim. Menga shunday dedi: “Jim bunday gapirma, har holda erim, Allohga xush keluvchi bir ish qilgandirki, mukofot sifatida meni unga berdi. Men Alloh rozi bo‘lmaydigan bir ish qilgandirmanki, jazo sifatida uni menga bergandir. Alloh rozi bo‘lganiga men rozi bo‘lmayinmi?”. Men jim bo‘ldim”. Ayollarimiz masalaga shunday yondosha olsalar edi, turmush muammolari osonroq hal etilardi.

Hozir musulmonman, degan ba’zi ayollarimiz G‘arb ayollariga monand pardoz-andoz qilishga ko‘p xunuk taqlidlar qiladilar. Ba’zi holatlar Islom dinida aytib o‘tilgan:
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:45:35
Badaniga chizdirmoq, tishlarini yo‘ndirmoq, qosh va yuz tuklarini yulmoq va yuldirmoq

Buxoriy, Muslim va boshqalarning rivoyatlarida Rasuli Akram marhamat qilganlar: “Go‘zallik uchun sochiga soch ulagan va ulatganga (parik taqqan va taqdirganga) badaniga o‘yib chizdirgan va chizganga Allohning la’nati bo‘lsin!”.

Hazrati Oysha onamiz (r.a.) aytadilar: “Ansordan bir xotin qizini turmushga uzatgandi. Qizining sochlari to‘kildi. Ayol Payg‘ambarimizga keldi, kuyovi (qizining eri) sun’iy, ulama soch (parik) taqishini istayotganini so‘zladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Sun’iy, ulama soch taqqanlar mal’undir”, dedilar.

Ulama soch haqida shunday ekan, boshni ochib yurish kabi diniy amrlarga zid, teskari munosabatlar va istak-talablaru so‘rovlarga aslo ijobiy javob berilmaydi.

Yana Buxoriy bilan Muslimning ibn Mas’ud (r.a.)dan rivoyatida shunday deyilgan: “Go‘zallik uchun badaniga o‘yib chizdirgan va chizganga, jimbizga o‘xshash narsalar bilan qosh va yuz tuklarini yuldirgan va yulganga, tishlarini kengaytirib Alloh yaratgan go‘zallikni o‘zgartirgan ayollarni Alloh rahmatidan uzoq qilsin!”.

Faqihlar: “Ayollarda soqol va mo‘ylov paydo bo‘lsa, olmoq joizligini asoslaganlar. Ibni Obidin soqol va mo‘ylov ayolga fitrat emasligini, shu sababli (agar chiqsa) olish mustahabligini bayon etgan”.

Buxoriy va Muslim rivoyatlariga ko‘ra, ansorlardan bir ayol qizini turmushga uzatadi. Bu orada qizining sochlari to‘kildi. Rasuli Akramga onasi murojaat etdi:
– Yo Rasululloh, qizimning sochi to‘kildi, eri ya’ni, kuyovim qizimning boshiga boshqa soch taqmog‘ini aytyapti, nima deysiz?

Rasuli Akram:
– Yo‘q, zero bunday sochlariga soch qo‘shganlar, la’natlangandir, deb – javob berdilar.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:45:49
Ayollarning soch kestirishlari

Ayol kishiga sochini kesishga zarurat tug‘ilsa, agar sochni butunlay tagidan yoki erkaklar sochiga o‘xshatib qisqartirib oldirsa haromdir. “Alloh taolo o‘zini erkaklarga o‘xshatishga harakat qilgan ayollarni va o‘zini ayollarga o‘xshatishga harakat qilgan erkaklarni la’natlagandir”.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:46:01
Eriga aziyat bermaslik

Ba’zi xotinlar erlaridan qancha-qancha yaxshiliklar ko‘rishlariga qaramay, arzimas narsa uchun barcha yaxshiliklarni inkor qilib, erlariga ozor beradilar.

Bir kun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ayollarga: “Sadaqa bering, ey ayollar, jahannam xalqining ko‘pi xotinlardir”,-dedilar. O‘rta hol bug‘doy rang bir ayol: “Nega yo Rasululloh?”, deb so‘radi. “Chunki siz ko‘p shikoyat qiluvchi, eringizning yaxshiligini (ne’matini) inkor etguvchisiz”, dedilar” .

Payg‘ambarimiz dan, (s.a.v.) Ummu Salama onamiz (r.a.) rivoyat etgan hadislarida: “Men uyda etaklarini sudray-sudray eridan shikoyat etish uchun chiqib ketgan xotinlardan nafratlanaman”, deganlar.

“Bir xotin eriga har aziyat berganda jannatdagi xotini – hur qiz: “Unga ozor berma, Alloh joningni olsin, u senning yoningda omonatdir. Ko‘p o‘tmay seni qoldirib, bizning yonimizga keladi”, deydi”.

Abu Umoma al-Bohiliy aytadilar: “Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir ayol keldi. Yonida ikkita sut emadigan bolasi bor edi. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) nimalardir so‘radi. Rasululloh (s.a.v.) uch dona xurmo berdilar. U har bolasiga bittadan xurmo berdi. Bolaning biri yig‘ladi. Xotin bir dona xurmoni ikkiga bo‘lib, bolalariga berdi. Bundan ta’sirlangan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday dedilar: “Bular bolalarini qorinlarida ko‘taradilar, so‘ngra tug‘adilar, emizadilar, mehr-shafqat bilan o‘stiradilar. Agar erlariga ozor-aziyat bermasalar, namoz o‘qiganlari jannatga kiradi” .

Erlari rozi bo‘lgan xotinlarga mana bu xushxabarni yetkazdilar: “Qaysi xotinning eri undan rozi holda o‘lsa, u xotin jannatga kiradi”. 
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:46:12
Ayolning uy ishlarini qilishi

Har bir xotin uy ishlarini qilib, hovli va uylarini toza tutmog‘i kerak. Bu xususda mazhablarning qarashlari turlicha bo‘lsa-da, quyidagi hadis fikrimizga oydinlik kiritadi:
Hazrati Ali karramallohu vajhahu ibn Obudga shunday dedilar: “Senga o‘zim va Fotimadan gap ochaymi?” U: “ha” degach, shunday marhamat qildilar: “Fotima qo‘l tegirmonini torta-torta qo‘lini, suv tashiy-tashiy yelkasini qabartirdi, uyni supura-supura libosining ohori ketdi, oqardi”. O‘sha kunlar Payg‘ambarimizga (s.a.v.) xizmatchilar kelgandi. “Men otangdan bir xizmatchi so‘ra”, dedim. U ketdi, otalari band ekanlar, bir narsa deyolmasdan qaytib keldi. Ertalab yana bordi. Rasululloh (s.a.v.): “Nima so‘ramoqchisan qizim”, dedilar. Fotima indamadi. Men, “men aytayin yo Rasululloh”, dedim va “Fotima tegirmon tortishdan qo‘llari, suv tashishdan yelkasi qabardi. Sizga xizmatchilar kelishi bilan borib sizdan bir xizmatchi so‘rashini, shu tariqa yukini yengillatishini aytgan edim”. Rasululloh (s.a.v.) qizlariga qaradilar: “Allohdan qo‘rq, ey qizim Fotima, Allohning farzlarini ado et, uy ishlarini qil, o‘rningga yotganingda 33 marta Alhamdulilloh, 33 marta Subhonalloh va 34 marta Allohu Akbar deya tasbeh ayt; hammasi yuz bo‘lur. Bu sen uchun xizmatchilardan xayrliroqdir”, dedilar.

Fotima ham “Men Allohdan va Rasulidan roziman”, dedi. Rasululloh (s.a.v.) xizmatchi bermadilar .

Islom er-xotin orasidagi haqlarni tartib-intizomga solish uchun qo‘ygan asoslar fitriy va tabiiydir. Erkak uydan tashqaridagi ishlarni, ayol bola boqish va uy ishlarini yaxshi biladi. Erkak ham, ayol ham tabiatiga mos ishlarni qilishga mukallafdirlar. Shunday qilib, xonadon ham tashqaridan, ham ichkaridan tartib-intizomga solinadi. Bundan ayol ham, erkak ham zarar ko‘rmaydi.

Hazrati Fotimaning (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) uy ishlariga bir yordamchi so‘rashini va natijasini ko‘rdik. Endi hazrati Abu Bakrning (r.a.) qizi Asmoning (r.a.) hikoyasini tinglaylik:
“Uy ishlariga qarab, barcha uy yumushlarini qilardim. Erim Zubayrning bir oti bo‘lib, uni ham men boqardim. O‘tini, suvini berardim, qova (chelak)ni men yamar, suvni men tortardim. Xamir qorardim. Bir farsahga yaqin masofadan boshim ustida xurmo va danaklarini tashirdim”.

Bu ikki hadis uy ishlari ayolga, tashqi xizmatlar erkakka taalluqli ekanini ko‘rsatmoqda.
Yana Payg‘ambarimiz (s.a.v.) mana bu hadislarida xotinning eridagi yana bir haqqiga ishorat qilmoqdalar: “Xotinlaringizda shu haqqingiz bor: istamagan kishilaringizni uyingizga qo‘ymaslik”.

Mana bu hadis ham ibratlidir:
“... o‘ziga dunyoligini ta’min etgan erining orqasidan ochilib-sochilgan xotinning yuziga Qiyomat kunida Alloh boqmaydi...”.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yana shunday marhamat qiladilar: “Barchangiz cho‘pon (rahbar)siz va hammangiz qo‘l ostingizdagilarga javobgarsiz; amir halqiga javobgar. Erkak oilasiga rahbar, oilasiga va qo‘l ostidagilarga javobgar. Ayol eri haqlarining cho‘poni, uyiga va bolalariga mas’ul. Xizmatchi xojasi haqlarining cho‘poni va moliga javobgar. Shu sababdan barchangiz (boshliq)siz va hammangiz qo‘lingizdagilarga javob berasiz. Shunday ekan, masalalarga javob hozirlangiz. Ashob “Javoblari nima yo Rasululloh”, deyishdi. “Yaxshi amal (ish)lardir”, deb javob berdilar”.

Ayol erining molidan eri rozi bo‘ladigan miqdorda sadaqa bergan taqdirda savob qozonadi. Bu xususda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qiladilar: “Bir ayol uy intizomini buzmaydigan shaklda erining molidan sadaqa bersa o‘zi ham, eri ham savobga sazovor bo‘lur”.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:46:32
Xotin eri qaerda bo‘lsa uning yonida bo‘lishligi xususida

Otalarimiz “ko‘zdan uzoq – ko‘ngildan uzoq”, “mehr ko‘zda” deganlar. Er-xotin bir joyda bo‘lishlari muhaqqaqki, ularni yanada mas’ud va baxtiyor qiladi. Bu mavzuda Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “Ularga (ya’ni, taloq qilinib, idda saqlayotgan ayollaringizga) o‘zlaringiz maskan tutgan – qudratingiz yetgan joydan maskan beringlar va ularni (turgan joylaridan) siqib chiqarish uchun ularga ziyon yetkazmanglar...” (Taloq surasi, 6-oyat).

Hatto mana shunday holatlarda ham bir joyda yashash muvofiq ko‘rilmoqda. Biz to‘xtalayotgan masalada esa er ayolini o‘zi bilan birga boshqa yerga boshqa mahallaga, boshqa bir shaharga olib ketishi masalasidir. Yuqorida ishorat qilganimizdek, er-xotinning birga yashashi asosdir. Faqat vaqti bilan erining boshqa yerda ishi chiqib, rizqini u yerdan terishi mumkin. Bu holda ayol mutlaqo eriga tobe’ bo‘ladi.

Faqihlar mana bu qaydlarni ham keltiradi: “Ayolni boshqa yerga olib borish uchun yo‘l emin bo‘lishi, ayol chiday olmaydigan darajada mashaqqatli bo‘lmasligi, dushman qo‘rquvidan holi bo‘lishi kerak. Agar shu kabi to‘siqlar bo‘lsa, ayol eri bilan ketmasligi mumkin”.

Ayol eri ko‘rsatgan uyda yashashi uchun uy qulay, talabga javob beradigan bo‘lishi kerak, ya’ni muvofiq bo‘lishi lozim. Agar uy muvofiq bo‘lmasdan, turmushdan kutilgan haqlar zoe bo‘lsa, ayol u uyda o‘tirishga mas’ul emasdir. Chunki, bunday maskanlar shariatga muvofiq emas. Nomashru’ maskanlardir. Masalan, uydagi tartib (to‘g‘rirog‘i tartibsizlik) zavjiyat muammolarini o‘rinlatishga imkon bermaydigan darajada bo‘lsa, yo ulardan bir zarar yetadigan bo‘lsa, yo narsalarini o‘g‘irlatib qo‘yish qo‘rquvi bo‘lsa, bunday hollarda ayolni yashashga majbur etish kerak emas. Bu kabi uylarda yashashga imkon bo‘lmasa, ayol u yerda turishdan qo‘rqsa va nihoyat, qo‘shnilar yaxshi bo‘lmasalar ham ayol bunday uyda o‘tirmoq bilan javobgar hisoblanmaydi va mas’ul tutilmaydi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:46:45
Eridan ruxsatsiz nafl ibodat qilmasligi:

Farz ibodatlarga hech kim mone’ bo‘lolmas. Nafl ibodatlarida esa qulaylik bor. Safvon ibn Muattalning xotini Rasulullohga (s.a.v.) kelib, “Erim namoz o‘qiyotganimda uradi, ro‘zamni buzadi va o‘zi bomdodni quyosh chiqmasdan avval o‘qiydi”, deb shikoyat qildi. Eri ham yonida edi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) undan so‘radilar. U: “namoz o‘qiyotganimda uradi” deyishiga sabab, u namozda ustma-ust ikki sura o‘qiydi, men unga buni mone’ qilgandim”, dedi. Rasululloh (s.a.v.): “Bir sura bo‘lsa ham barcha odamlarga yetadi”, dedilar. Safvon shunday davom etdi, “ro‘zasini buzishimga kelsak, uzundan-uzoq (bir necha kun) ro‘za tutadi, men esa yoshman, sabr etolmayapman”, dedi. Rasululloh (s.a.v): “Bir ayol erining ruxsatisiz nafl ro‘za tutolmaydi”, dedilar.

Shu mavzuga aloqador yana ikkita hadis bor:
“Eri yonida bo‘lgan ayol uning ruxsatisiz (nafl) ro‘za tutmasin”.
“Bir ayol eri izn bermaguncha ro‘za tutolmaydi. Agar tutsa, ochligi va suvsizligi yoniga qoladi, ro‘zasi qabul bo‘lmaydi”.

Ibni Umar (r.a.) haj to‘g‘risida Rasulullohdan (s.a.v.) shu hadisni rivoyat etadi: “Eri bo‘lgan boy xotinga eri ruhsat bermasa, nafl hajiga ketolmaydi”.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:46:59
Xotinni tarbiyalash

Har bir oilaga rahbar kerak. Erning shariat doirasidagi barcha istaklariga xotini itoat etish majburiyatidadir. Agar itoat etmasa, eri tarbiyalash huquqiga ega. Zero, Alloh shunday marhamat qiladi:
“...Xotinlarning itoatsizligidan qo‘rqsangiz, avvalo ularga nasihat qilingiz, so‘ng (bu ta’sir qilmasa) ularni yotoqlarda tark etingiz, so‘ngra (bu ham kor qilmasa), ularni (majruh bo‘lmagudek darajada) uringiz. Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi (boshqacha) yo‘l axtarmangizlar. Albatta, Alloh juda oliy va ulug‘ zotdir” (Niso surasi, 34-oyat)
.
Oyatdagi “nushuz” kalimasi ayol eriga itoat etmasligi, unga qarshi kekkayish ma’nosida keladi. Oyatda “... Xotinlaringizning itoatsizligidan qo‘rqsangiz...” deyilmoqda. Quyidagilarga ishorat qilinmoqda; avvallari erining da’vatlariga rozilik bildirib, istaklarini darhol bajargan, eri ichkariga kirishi bilan  darhol o‘rnidan turgan ayol endi tamoman shularning teskarisini qila boshlaydi. Bu holda eri quyidagilarni tartib bilan amalga oshiradi:
a) avvalo yaxshi gapirib, nasihat qiladi. Eri unga Allohdan qo‘rqish kerakligini, xotinida ancha haqlari borligini, ya’ni, uning oldida bir talay huquqlarga ega ekanligini eslatadi. Aks holda nafaqasini to‘xtatishini aytadi;
b) yotog‘ini tark etadi. Birinchi tadbir bilan ayolning aqli kirmasa, eri uni yolg‘iz yotishga mahkum etadi;
v) urmoq. Bu choraga yuqorida qilingan amallar ish bermasagina murojaat qilinadi.

Shu yerda eslatib o‘tishimiz kerakki, ayol isloh etmoq (tuzatmoq) uchun uriladi, o‘ldirmoq yoki mayib-majruh qilmoq uchun emas. Shu sababli Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiladilar: “Agar sizga itoatsizlik etadigan bo‘lsalar, ularni yengilroq uring”.

Yengilroq urish qanday? Mufassirlar buni shunday tushuntirganlar: Ro‘molcha va qo‘l bilan uriladi, qamchi va tayoq bilan emas. Buni ham oshirib yubormaslik, bir joyga emas, yuzdan tashqari vujudining turli qismlariga almashtirib tekkiziladi. Chunki, yuz barcha go‘zalliklar mujassam bo‘ladigan inson chehrasidir.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:47:17
Erining ruhsatisiz ishga kirmoq

Islom ayolga uy ishlarini qilish vazifasini bergan. Islom dini erkaklargina qiladigan og‘ir kasblarni ayollarga farz qilmagan, lekin ayollarga xos ba’zi ishlarni erkaklarga xos ba’zi ishlar bilan tenglashtirib, ular bilan teng savob olishni joriy qildi.

Hozirgi sharoitda musulmon ayollarga turli sabablarga ko‘ra ishlab chiqarishda, shifoxonalarda, maktablarda ishlash ehtiyoji ortib bormoqda.

Ayol uydan tashqariga chiqishi bilan vazifa sohasining tashqarisiga chiqqan bo‘lurki, bu holda harakat qilishi ba’zi shartlarga muvofiq bo‘lishi kerak.

Olimlar ayolning ish-harakatlarini, erining haqqiga zarar beradigan va bermaydigan shaklda ikkiga ajratishgan; birinchisini man’ etib, ikkinchisini joiz ko‘rishgan.

Hanafiy faqihi Ibn Obiddin marhamat qiladilar: Shuni bilish foydaliki, qaysi bir ish ayolga erining haqqini cheklasa, bu xil ishlar man’ qilinishi kerak. Ammo bunday zararlarga o‘rin bermaydigan ishni man’ qilishda hech qanday ma’no yo‘q. Shuningdek, qilayotgan ish ayollarga xos farzi kifoyalardan bo‘lsa, bundan ham uni man’ etish to‘g‘ri emas, masalan, doyalik, tikuvchilik, muallimalikka o‘xshash ishlar. Ishlash bilan birga ayol kishining farzandlarining tarbiyasini enaga yoki bog‘cha tarbiyachilariga tashlab qo‘yishi bola tarbiyasiga nuqson yetkazishi mumkin, chunki hech kim onadek mehr berib, tarbiyani o‘rinlatolmaydi. Hozir davr shundayki, ayol kishi ko‘chaga chiqmasdan uyda o‘tirib ham farzandiga yaxshi tarbiya berolmaydi, chunki u zamondan orqada qoladi, kunida sakkiz soat ko‘chada ishlab ham farzandlariga vaqt ajratolmaydi, ularni nazorat qilolmaydi. Demak, shunday sharoit bo‘lishi kerakki, ayol ibodatlarini o‘rinlatgani holda foydali mehnat bilan band bo‘lsin, ham farzandlari va eriga vaqti qolsin. Shunda jamiyatga foydali bo‘ladi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:47:31
Taksilarda haydovchi bilan yolg‘iz ayol shahar ichida yoki tashqarisida uzoq-yaqin masofada kezadimi?

Ayol kishiga ijtimoiy mehnat bilan shug‘ullanishni davr taqozo etar ekan va ayol ko‘chaga chiqar ekan, shu savol tug‘ilishi tabiiydir. Din nuqtai nazaridan bir-biriga begona erkak-ayol yolg‘iz qolishlari haromdir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir hadisi sharifda shunday marhamat qiladilar: “Bir erkak bilan bir ayol yolg‘iz qolsalar, mutlaqo uchinchilari shaytondir”. Ya’ni, shayton ularga vasvasa solib, shahvatlarini qo‘zg‘atadi. Shuning uchun bir ayolning shahar ichida olomon orasida ma’lum yerdan booshqa bir yerga mahramisiz, zaruratan borishi lozim bo‘lsa (yolg‘iz qolmaslik sharti bilan), taksida ketishining zarari yo‘q. Kechasi, shahar chetiga erining iznisiz yolg‘iz shofyor bilan taksida ketishi harom. Allohdan qo‘rqqan musulmon ayol o‘qishda bo‘ladimi, ishda bo‘ladimi, eshigi yopiq bir xonada erkak bilan yolg‘iz qolishlikdan o‘zini saqlaydi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:47:44
Ayolning haj uchun mahrami bo‘lmasa turmushga chiqishi joizmi?

Bu mavzu ba’zi o‘tkinchi (manfaatparast)lar tarafidan suiiste’mol qilinib, bir qancha ayollar tuzoqqa tushirilgan. Islom dinining kechasi ham kunduziday oydin. Ya’ni, dinimizda yopiq qolgan mavzu yo‘q. Muvaqqat (vaqtinchalik) nikoh harom. Haj qilmoq uchun ma’lum muddatga erkak bilan ayolning nikohlanishiga hech bir mujtahid imom izn bermagan. Lekin ayol tul bo‘lib, jiddiy turmush ko‘rmoq istasa, erkak ham umr bo‘yi yashamoqni o‘ylab, niyat qilib uylanmoqchi bo‘lsa, tabiiyki bunga hech qanday qonuniy to‘sqin yo‘q. Ayol kishi yolg‘iz bo‘lib, hech qanday mahrami bo‘lmasa, u ayolga haj farz bo‘lmaydi. Lekin u ayolning mablag‘i bo‘lsa-yu, haj ibodatini qilishni xohlasa ishonchli, o‘zi tanigan ayollar guruhiga qo‘shilib borishi mumkin.

Tarixdan ayonki, yuksak fazilat va axloq sohiblari doimo jamiyatning oz qismini tashkil etib kelishgan, talay qismi esa fisqu fujur, fahsh va turli buzuqliklardan xoli emas edi. Bularga nisbatan moddiy tarbiya vositalari va Alloh tarafidan yuborilgan barcha payg‘ambarlarning shariatlari shuningdek, Islom dini ham jazo choralari, jazoi mu’ayyidalar belgilagan. 
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:47:56
Zino

1. Zinoning yomonligi: Islom dini turmush qurishga buyurgan va turmush qurganga bir qancha savoblar va’da etgan. Ayniqsa, turmush qurishni osonlashtirgan va qulaylashtirgan; uylanadigan ayollar sonini zarur bo‘lganda to‘rttaga chiqargan. Bular sog‘lom va baxtli turmushni ta’min etish uchundir, odamlarni zinodan saqlash uchundir. Islom zinoni turmushning asosiy dushmani deb e’lon qilgan.
 
Zino – nikohsiz jinsiy munosabat qilmoqdir. Turmush qurish odamga qancha foyda va baxt keltirsa, zino shuncha zarar va baxtsizlik keltiradi.

Zino so‘ngsiz, qon bilan yuvilmaydigan g‘avg‘olarga boshlaydi. Oilaga oilada bo‘lmaganlarni aralashtiradi. Bir begonani umr bo‘yi boqqani kabi, asl oiladan bo‘lganlarni merosdan mahrum etadi. Oilaga sharmandalik tamg‘asi bosilib, tuzalishi mushkul moddiy va ma’naviy xastaliklarga sabab bo‘ladi. Zino Alloh kitobida, Rasululloh (s.a.v.) sunnatida qattiq qoralangan. Qur’oni Karim: “Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki u buzuqlik va yomon yo‘ldir” (Al-Isro surasi, 32-oyat) deya odamlarni zinodan uzoq bo‘lishga chaqiradi.

Rasululloh (s.a.v.) ham bizga zino va boshqa yomonliklarni shunday qoralab tushuntirganlar. Imron ibn Husayn deydiki: Rasululloh (s.a.v.) “Zino, ichkilik va o‘g‘irlikka nima deysiz”, deb so‘radilar. Biz: “Alloh va Rasuli yaxshiroq biladi”, dedik. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qildilar: “Bular fahsh (iflos) harakatlardir, jazoga loyiqdir...”.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: Janob Rasululloh (s.a.v.) shunday dedilar: “Zino qilguvchi zino qilayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmagay, o‘g‘ri o‘g‘irlik qilayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmagaydur va ichkilik ichuvchi ichkilik ichayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmagay. Tavba etsa, qabul bo‘ladimi, yo‘qmi, oxiratda ma’lum bo‘lgay”.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:48:11
2. Zino qilganlar bilan turmush qurmoq, uylanmoq: Zino, nasliy zahm va so‘zak kabi yuqumli kasalliklarga sabab bo‘lsa, inson bir oilani, turmush qurishni tahlikaga solib qo‘yadi. Chunki, Alloh zoniy (zino qiluvchi)larning turmush qurishlari xususida shunday marhamat qiladi:
“Zinokor erkak, zinokor ayol yoki butga sig‘inuvchi ayoldan boshqasiga uylanmas. Zino qilgan ayol ham zino qilgan yoki butga topingan erkakdan boshqasi bilan turmush qurolmas. Bu (xil uylanish) mo‘minlarga harom qilingandir”.

Ko‘ryapsizki, zino qilganlarga kimlar loyiq ko‘rilmoqda. Yo o‘zlariga o‘xshash zoniylar yoki butparastlar. Yanada oydinroq anglash uchun oyatning tushish sababini ko‘raylik:
Abdulloh ibn Amr deydilarki: Musulmonlardan Ummu Mahzul degan boy bir fohishaga uylanmoq uchun Rasulullohdan (s.a.v.) ruxsat so‘radi. Bu xotin o‘ziga uylanadigan kishiga moli bilan yordamda bo‘lishini va’da qilgandi. U kishi vaziyatni Rasulullohga (s.a.v.) bildirgach, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yuqoridagi oyatni o‘qidilar va bunday uylanishga ruxsat bermadilar.

Ba’zi olimlar zino etgan ayollarga uylanishga ruxsat berganlar. Ular quyidagi dalillarga tayanganlar:
Hazrat Oysha onamiz (r.a.) aytadilar: Rasulullohdan (s.a.v.)so‘radilar: bir odam zino etgan ayolga va yoxud (uning) qiziga uylanishi mumkinmi? Payg‘ambarimiz (s.a.v.) javob berdilar: “Harom, halolni harom etmas; faqat nikoh bilan bo‘lgani harom etar”. Ya’ni, ayolning zino etganligi shariat halol qilgan nikohni harom etmaydi, u ayoldan tavba umid qilinadi va unga uylanish mumkin.

Hadisning ikkinchi qismi ma’nosi: ya’ni, bir kishi xotinining onasi bilan zino qilsa, xotini unga harom bo‘ladi. Hatto xotinining onasiga qo‘l tekkizishi (silashi, quchishi), o‘pishi va shahvat bilan avrat joyiga boqishi ham shundaydir. Bu yerda xotini bilan nikohlidir; holbuki, yuqoridagi hadisda odam ayol bilan nikohli emas.

Amr ibn Dinor deydilar: Shomda bir ayol yomon (buzuq) ish qildi. Buni hazrat Umarga (r.a.) yozdilar. Hazrat Umar (r.a.) ayolning sohibiga: “Uni turmushga ber va ahvolini hech kimga gapirma”, deb yozdilar.

Yana shu qarashdagilar yuqoridagi oyatni ta’vil etib va oyatdagi “nikoh” ta’biri uylanmoq ma’nosida emas, jimo’ ma’nosida, dedilar.

Tavba va islohi hol qilganlar kechirilib, uylanishga ruxsat berilgan. Imom Sha’biy bir voqeani aytadilar:
Yosh bir qiz zino qildi. Unga zino haddi urildi. So‘ngra bular muhojir bo‘lib ketdilar. Yosh qiz chiroyli, yaxshi tavba qildi, ahvolini tuzatdi. Kelib qizni amakisidan so‘radilar. Amakisi o‘tmishini tushuntirmay turmushga berishni istamas, faqat sirini fosh qilishni ham istamasdi. Ahvolni hazrat Umarga (r.a.) bildirdilar. Hazrat Umar (r.a.): “Uni boshqa soliha ayollar kabi turmushga uzatgin”, deb yozdilar.

Bir kishi Ibn Abbosga dardini yordi: «Bir ayol bilan ta’qiqlangan munosabatda bo‘lib yurardim. So‘ngra Alloh bizga tavba nasib etdi-yu, lekin ba’zilar: “Zino qilgan erkak faqat zino etgan yoki butga topingan ayolga uylanur”, dedilar. Ibn Abbos marhamat qildilar: “Yo‘q, bu holat unday emas, unga uylan, gunohi mening bo‘ynimga”.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:48:47
3. Zinoning jazosi: Zinoning bir qancha moddiy, ma’naviy zararlari va shariat tarafidan sobit etilgan og‘ir jazolari ham bor. Bu jazolar nuzul davomida shu shakllarda takomil topgan:
a) hibs qilmoq jazosi: Islomning ilk yillarida zinoning jazosi ayol uchun bir umrlik qamoq, erkak uchun qattiq tanbeh-ogohlantirish va ozor berish shaklida edi. Bu xususda Alloh shunday marhamat qiladi:
“Xotinlaringizdan qaysilari fohishalik qilsa, ularga o‘zingizdan to‘rt (erkak) kishini guvoh qilingiz. Agar guvohlik bersalar, to ularga o‘lim kelguncha yoki Alloh biror yo‘l qilguncha, ularni (o‘z) uylarida saqlangiz!
 
Sizlardan o‘sha (zinokorlikni) qilganlarning ikkisi, (erkak va ayol)ga (koyish va ta’zirlarini berish bilan) aziyat (jazo) beringiz. Agar ular tavba qilib, (o‘zlarini) tuzatsalar, ularni tinch qo‘yinglar. Albatta Alloh tavbalarni qabul qilguvchi va mehribon bo‘lgan zotdir”  (Niso surasi, 15-16-oyatlar).

Avvalgi oyatda ko‘rilganidek, zinoga jazo belgilash va zinokorga jazo berish uchun to‘rt guvoh tarafidan isbot qilishi lozim. Buning ustiga bu guvohlik taxminiy emas, aniq-ko‘z bilan ko‘rgan va to‘rt guvoh ittifoq qilgan bo‘lishi shart.

b) surgun va toshbo‘ron jazosi: Keyinroq yuqoridagi jazo surgun va toshbo‘ron shaklini oldi.
Uboda ibn Somit deydilar: “Rasulullohga (s.a.v.) vahiy kelganida ranglari o‘zgarib, qiynaldilar. Yana shunday bo‘ldi. Bu hol o‘tgach dedilar: “Yozing: Alloh zino etgan ayollarga shunday yo‘l ko‘rsatdi: turmush qurgan turmush qurgan bilan, bo‘ydoq bo‘ydoq bilan zino qilsa, 100 darra uriladi. Agar turmush qurgan (oilali) kimsa zino qilsa, 100 darra uriladi, so‘ngra toshbo‘ron qildirilib, o‘ldiriladi. Bo‘ydoq kimsa zino qilsa 100 darra uriladi, so‘ngra bir yilga surgun qilinadi”.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:49:12
Zavjiyat sirlarini saqlamoq

Jimo’ – mahram va shaxsiy mavzu. Xastalik va doktorga borish zarurati bo‘lmaguncha maxfiy tutilishi kerak. Bu xususda Allohning va Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning amrlari bor. Alloh taolo:
“...(Ayollar ichida) solihalari – bu (Allohga) itoatli, g‘oyibga Alloh saqlaganicha himoyatli (ya’ni, erlarining sirlari, mulklari va obro‘larini saqlovchi)lardir...” (Niso surasi, 34-oyat).

Mufassirlar oyatda kelgan “saqlovchi” kalimasi zavjiyat sirlarini ham o‘z ichiga olishini aytganlar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham turli hadislarida bu masalaga munosabat bildirganlar va ummatni yaxshi axloq, go‘zal xulq egasi bo‘lishga chaqirganlar: “Muhojirlardan tashqari barcha ummatim avf etilgandir”. “Muhojirlar kimlar yo Rasululloh?” deyishganida, u zot: “Ular shunday kimsalarki, kechasi (tunda) bir ish qiladi, Alloh buni bekitadi, ular esa ertalab turib “kechasi unday qildim, tunda bunday qildim” deya u sirni oshkor etadi”, dedilar.

“Alloh huzurida eng yomon kimsalar bir-birlari bilan qilgan zavjiyat munosabatlarini boshqalarga aytib yurguvchilardir”, deganlar Payg‘ambarimiz (s.a.v.).

Abu hurayra (r.a.) hikoya qiladilar: “Bir kun Rasululloh (s.a.v.) namoz o‘qiganlaridan keyin muborak yuzlarini bizga qaratib: “Joyingizga o‘tiring”, dedilar va so‘radilar: “Ichingizda oilasi bilan bo‘lgan tungi mashg‘ulotni unda-bunda aytib yuruvchilar bormi?” Ashob jim. Ayollardan so‘radilar. Yosh bir qiz tizzasida turib, Rasululloh (s.a.v.) ko‘rishlari uchun bo‘ynini cho‘zib, “Ha, erkak va ayollar shunday narsalarni suhbatlashadilar”, dedi. Rasululloh (s.a.v.): “Bu nimaga o‘xshaydi, bilasizlarmi? Bunday ish tutganlar ko‘chada, xalqning ko‘z o‘ngida bir-biri bilan chatishgan shaytonlarga o‘xshaydilar”, dedilar”.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:49:22
Ayolning eridagi haqlari

“... va yaxshi amallarda ular (ayollar) uchun zimmalaridagi erlari oldidagi burchlari barobarida huquqlari ham bor...”
(Baqara surasi, 228-oyat).

Bundan avvalgi bo‘limda erning (ayol) xotini ustidagi haqlarini ko‘rdik. Yuqoridagi oyati karima ayollarning erkaklar ustida ularning haqqichalik haqlari borligini bildirmoqda.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hijratning 10 yilida (632 milodiy) Vido hajida ummatga turli mavzularga doir xitobatdan so‘ng, ayol haqlariga ham munosabatlarini bildirdilar. Sulaymon ibn Amr ibn al-Ahvas rivoyatlariga ko‘ra, shunday deganlar: “Ey, ummatim! Ayollarga yaxshi muomalada bo‘lishingizni tavsiya etaman. Ular qo‘l ostingizda asirlar kabidirlar. Ularga nisbatan quyidagilardan boshqa haqqi sohib emassiz: agar ortiqcha chirkin harakatda bo‘lsalar, ularni yotoq o‘rinlaringizga qo‘ymang va yengilroq uring. Agar itaoatkor bo‘lsalar zidlashmang, qarshilik qilmang. Shuni yaxshi bilingizkim, ularning ham sizlarda haqlari bor; bu ularni go‘zal kiyintirishingiz va yaxshi taomlar bilan ta’minlashingizdir”.

Hokim ibn Muoviya al-Qushayriy otasidan rivoyat qiladi. Otasi Rasulullohdan (s.a.v.) so‘radilar: “Ayollarimizning bizning zimmamizda qanday haqlari bor?” Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qilgandilar: “Yeganigizdan yedirmoq, kiyganingizdan kiydirmoq, yuziga shapaloq tortmaslik, uydan tashqarida yolg‘iz qoldirmaslik”.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:49:33
Ayolni urmaslik

Yer yuzida erkak va ayol paydo bo‘lganidan buyon mavjud bu masala hamon dolzarbligini saqlab kelmoqda. Ne yoziqki, ba’zi o‘zini bilmaganlar va yomon niyatlilar tarafidan vaqti-vaqti bilan hujumga uchragan Islom, bu mavzuda ham haqsiz ayblovlarga nishon bo‘lgan. Go‘yo Islom ayolni urmoqni tashviq etuvchi sifatida odamlar ko‘ngliga o‘rnashtirishni, bu bilan esa ularda dinga nisbatan yomon tuyg‘ular uyg‘onishni istaganlarning ishidir. Bu masalada biz uchun eng buyuk ibrat Allohning Rasuli emasmi? U zotning rafiqalari hazrati Oysha roziyallohu anhu bizga shunday xabar beradilar: “Allohning Rasuli xizmatchini ham, birorta ayolni ham urmaganlar”.

“Allohning Rasuli rafiqalaridan hech birini urmaganlar. Qo‘llari bilan hech kimga ozor bermaganlar; magar, urush holida bo‘lsa bunday emas. O‘zlariga qilingan haqsizlikka javob qaytarmaganlar. Magarki, Alloh harom etgan narsalardan birini buzadigan bo‘lsalar, shu vaqtda bu amalga yarasha jazosini berardilar”.

Ilyos ibn Abdulloh ibn Abi Zubob shunday hikoya qiladilar: “Rasululloh (s.a.v.): “Ayollarni urmanglar”, dedilar. Bir muddatdan so‘ng hazrati Umar keldilar. “Yo Rasululloh, ayollar erlariga qarshi sher sifat bo‘lib qoldilar!”, dedilar. Payg‘ambarimiz urushlariga ruxsat berdilar. Rasulullohning (s.a.v.) uylarini eridan tayoq yeganlari uchun shikoyatga kelgan ayollar o‘rashdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Uyimni erlaridan shikoyat etuvchi ayollar o‘rashdi. Ayollarni uradiganlar xayrli kishilar emasdir!”, dedilar”.

Hazrati Ali (r.a.) ham shunday marhamat qiladilar: “Valid ibn Uqbaning xotini Rasulullohga (s.a.v.) kelib eri urayotganini aytdi. Rasululloh s.a.v. unga: “Bor, eringga meni Rasululloh himoyalariga oldilar de”, dedilar. Ayol ketdi. Ko‘p o‘tmasdan yana keldi. “Yo Rasululloh, meni badtar ura boshladi”, dedi. Rasululloh unga kiyimlaridan bir popuk kesib berdilar va: “Eringga buni ko‘rsat va meni Rasululloh himoyalariga oldilar de”, dedilar. Ayol ketdi. Yana tezda qaytib keldi. Rasululloh (s.a.v.) ikki qo‘llarini ko‘tardilar: “Allohim, Validni O‘zingga havola etdim, mening yuzimdan (men sabab) ikki marta gunohga kirdi!”, dedilar”.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:49:44
Xotinga dinni o‘rgatmoq

Bu xususda  Alloh bizga shunday amr etadi: “Oilaga namozni buyur, o‘zing ham uning mashaqqatlariga bardosh qil. Biz sendan rizq so‘ramasmiz. O‘zimiz seni rizqlantirurmiz. Oqibat sohiblari taqvodorlardir”.

Ayni zamonda oyatda namozda davomli bo‘lgan, taqvo qilgan oilaning rizqi mo‘l bo‘lishiga ishorat bor. Tahoratli, namozli bir oila dasturxonidan baraka arimasligi shubhasizdir.

 Alloh hazrati Ismoil (a.s.) haqlarida marhamat qiladi: “Kitobda Ismoilni ham esla. Chunki, U ahdiga vafo qilguvchi. Biz tarafdan yuborilgan bir payg‘ambar edi. Oilasiga namoz o‘qishni, zakot berishni amr etardi. Parvardigori huzurida xush ko‘rilganlardandir”.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiladilar: “Alloh tunda turib namoz o‘qigan, oilasini ham ogohlantirib namoz o‘qishga sabab bo‘lgan kishiga marhamati bilan muomala qilsin. Agar oilasi turishni istamasa, yuziga suv sepsin. Alloh tunda turib namoz o‘qigan, erini ham ogohlantirib, namoz o‘qishga da’vat qilgan ayolga marhamati bilan muomala etsin. Agar eri turishni istamasa, yuziga suv sepsin”.

Musulmon erkak ayolini Alloh farz qilgan ibodatlarga va din ilmini o‘rganishga chaqirib, o‘zi bilsa o‘rgatishi kerak, bilmasa muallima topib o‘qittirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ayolning o‘zi erining ruxsati bilan o‘ziga farz qilingan ilmlarni borib o‘rganishi mumkin.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:49:57
Ota-onani ziyorat qilmoq

Dinimiz avvalo ota-onaga silai rahm qilishlikni va qarindosh-urug‘larni borib ko‘rishlikni, agar ular muhtoj bo‘lsalar, imkon qadar jonlari va mollari bilan yordam berishlikni buyuradi. Shuning uchun ayol haftada yoki 15 kunda bir ota-onasini va avvalgi eridan bo‘lgan bolalarini ziyorat qilishi kerakki, eri bunga to‘sqinlik qilmasligi lozim. Qur’oni Karim shunday ta’lim beradi: “Parvardigoringiz yolg‘iz Uning O‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onalaringizning) birovi yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab “uf” tortma va ularning (so‘zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so‘z ayt.” (Al-Isro surasi, 23-oyat). Qur’onda marhamat qilingani kabi hazrat Payg‘ambardan (s.a.v.) eng ko‘p kimga yaxshilik ko‘rsatish kerak, deb so‘ragan bir sahobiyga “onangga”, deya uch bor takrorlaganlaridan so‘ng “otangga” dedilar.

Islomda ona haqqiga e’tibor shu qadarki, ona mushrik bo‘lsada, bu haqqini yo‘qotmagan bo‘ladi. Faqat ota-ona farzandiga yo er xotiniga Islomdan tashqari, ya’ni, Islomga zid amr va talqinda bo‘lsalar, u holda ularga itoat qilinmaydi. Istasa ular ham ziyoratga kelishi mumkin. Eri xohlamasa ularni uyiga qo‘ymasligi ham mumkin. Bu vaziyatda ko‘chada yoki hovlida ko‘rishib, suhbatlashadilar. Bu holat rahm-shafqat tushunchalariga zid kelsada, er mahram bo‘lmagan va o‘zi shubhalangan kishilarni xotini bilan ko‘rishmoqdan man etishi mumkin.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:50:09
Musulmon ayol tavba bilan Allohga yo‘nalgandir

Ko‘pincha uy-ro‘zg‘or tashvishlari bilan o‘ralashib, farzandlariga berilib ketgan musulmon ayol g‘aflat ichida qolishi mumkin. Yo Alloh amri qarshisida kamchilikka yo‘l qo‘yishi, yanglishgan bo‘lishi mumkin. Yo uning amrini bajarishga kechikkan bo‘lishi mumkin. Qisqasi, musulmon ayolga yarashmaydigan bir vaziyatga tushib qolgan. Avvalo, bu hushyor, ziyrak bir musulmon ayolga munosib hol emas. Lekin sergak musulmon ayol bunday holatlarda g‘aflat bosib uzoq yurishi mumkin emas. U ko‘ngliga kirgan g‘aflatdan tezda uyg‘onishi, sergak tortishi kerakligini biladi. Hatto bu qusri uchun Rabbisidan mag‘firat so‘raydi. Darhol tavba qilib, Parvardigorining rahmatiga sig‘inadi. Chunki, eminlik va omonlik Undadir. Rabbimiz shunday marhamat qilmoqda: “Taqvo qiluvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa, Allohni eslaydilar. Bas, haqiqatni ko‘ra boshlaydilar”.

Agar bir ko‘ngil iymon sevgisi bilan to‘la bo‘lsa, bunday ko‘ngilni zang bosishi, ichiga g‘aflat kirishi mushkul. G‘aflat fosiqlik to‘la ko‘ngilga ta’sirini ko‘rsata oladi. Musulmon odam ko‘p vaqtini fosiqlar, dinsizlar bilan o‘tkazsa ham ibodatlariga putur yetishi mumkin. Shuning uchun hushyor, ziyrak va bedor musulmon ayolning qalbi davomli hidoyatni, toatni tanlaydi, ibodat bilan mashg‘ul bo‘ladi va Allohga tavba qilmoqni o‘ylaydi. Bunday ayolning ko‘ngli doimo rahmat nurlari bilan to‘la, ibodat shu’lasi bilan munavvar bo‘ladi. Doimo tavba va Alloh mag‘firatining shifobaxsh shabadalarini his etib, hidoyatning huzurbaxsh shamollarini sezib yashaydi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:50:23
Musulmon ayol oila a’zolariga mas’uldir

Alloh huzurida ayol javobgarligi erkaknikidan kam emas, hatto ko‘proq va kattaroqdir. Chunki u uyda erkakka nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Bolalari bilan ko‘p vaqtini o‘tkazganidan, bolalar va uyga aloqador muammolarni eriga qaraganda ko‘proq, yaqindan biladi. Erkak xabarsiz bo‘lgan masalalarni biladi va hal qiladi, yechimini tezroq topadi. Ziyrak musulmon ayol Rasululloh (s.a.v.) hadislarini xotirlashi bilan mas’ulligini darhol tushunadi. Chunki, Payg‘ambarimizning (s.a.v.) so‘zlariga davomli quloq soluvchidir.

Hushyor va ziyrak musulmon ayol o‘zining va farzandlarining tarbiyasini mudom kuzatib borishi, mas’uliyatni chuqur his etib, o‘zidagi va oila a’zolaridagi xato-kamchiliklarini to‘g‘rilab, tuzatib turishi kerak.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:50:34
Musulmon ayolning asl niyati – Alloh rizosidir

Musulmon ayolning asl niyati va maqsadi har doim Allohning rizoligidir. U barcha amallarida shu o‘lchovga diqqat-nazarini qaratadi va hassos tarozuda tortadi. Alloh nimani xush ko‘rib, nimadan rozi bo‘lsa, o‘shanga amal qiladi. Alloh norozi bo‘ladigan noxush ishlardan, noxush holatlardan qochadi.

Agar musulmon ayol Alloh rozi bo‘ladigan, Alloh xush ko‘radigan bir narsa bilan odamlar xush ko‘radigan bir narsa o‘rtasiga tushib qolsa, u, albatta, Alloh rizosini afzal ko‘radi va Alloh xush ko‘radigan yo‘lni tanlaydi. Hatto bu tanlashdan odamlar achchiqlanib hafa bo‘lsalar ham, bu borada ikkilanmaydi. Alloh rizosini ustun ko‘radi va Alloh rizosiga erishish uchun, u barcha ko‘ngil g‘uborlarini yuvib xotirjamlik his etadi. Va alal oqibat, Alloh insonlarni ham undan rizo qilishga qodirligini biladi va o‘ylaydi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:50:47
Musulmon ayol Allohga munosib bandadir

Musulmon ayol Allohga qullik tushunchasini, bandalik mazmunini o‘zida go‘zal namoyon etguvchidir. Sezgir, taqvoli musulmon ayol mustahkam ishonch sohibasidir, ayni vaqtda yuksak niyat va maqsad uchun yaratilganini his etadi. Haqiqatda Parvardigorimiz bu maqsadni shunday chegaralamoqda: “Men jin va insni faqat O‘zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim” (Vaz-Zoriyot surasi, 56-oyat).

Haqiqatni his etgan musulmon ayol umrini, vaqtini behuda sovurmaydi. Uni munosib va muvofiq kechirishni o‘ylaydi. Barcha iymonlilar shunday ekanini biladi. Shu sababli iymonli insonlar Allohga bandalikni qanday amallar bilan ifoda etish zaruratini tushunadilar. Mo‘min ayol qiladigan har qanday ishdan maqsad – Allohning rizoligiga sazovor bo‘lish va shu niyatning qalbida ustivorligi va buyukligini his etib yashash.

Endi musulmon ayollarga ibrat bo‘ladigan, maqsadidan qaytmaydigan, niyatidan adashmaydigan, uzoqni ko‘ra bilgan, turmushdosh tanlashda yanglishmagan ba’zi buyuk ayollarimiz hayotidan misollar keltiramiz. Bularning boshida Mulxon qizi Ummu Sulaym turadi. U madinalik, Ansor ayollari ichida eng avval islomni qabul qilganlardan. Nadr o‘g‘li Molik bilan turmush qurgan edi. O‘g‘li Anas shu eridan. Ummu Sulaymning musulmon bo‘lishi erini norozi qildi va xafa bo‘lib tashlab ketdi. Lekin Ummu Sulaym musulmonlikdan qaytmadi. Dinida sobit qoldi. Biroz muddatdan so‘ng eri o‘lganini eshitdi. Ummu Sulaym u chog‘lar yosh ayol edi. Shunga qaramasdan Alloh yo‘lida harakatlandi. O‘g‘li Anasning yoniga bordi. Anas 10 yoshlarda edi. O‘g‘lini hazrat Payg‘ambarimiz (s.a.v.) xizmatlariga berdi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:50:56
Bu orada Madinada kuch-quvvat va boylikda peshvolardan, husn-tarovati va xulqi yaxshi bo‘lgan bir yigit uni so‘rab keldi. Bu Abu Talha edi. Hali musulmon emasdi. Ummu Sulaymga uylanishni istardi. Kuchli, boy, kelishgan Abu Talhaga madinalik har bir yosh qiz turmushga chiqish orzusida edi. Vaziyat shunday bo‘lgach, taklif aytilishi bilanoq Ummu Sulaym rozilik bilan darhol qabul etishi kutilardi. Lekin ne holki, Abu Talha hech kutmagan so‘zni undan eshitib, hayajonga tushdi. Ayol shunday dedi:
– Ey, Abu Talha! Bilmaysanmi, sen topinayotgan “iloh” tuproqda o‘sgan bir daraxt va bu yog‘ochni habash bir kishi yo‘nmadimi?
Abu Talha:
– Ha, shunday,-dedi.
Ummu Sulaym davom etdi:
– Sen tuproqda bitgan bir o‘tinga, taxta parchasiga sajda qilmoqdan uyalmaysanmi?
– Senga qimmatli boylik va mahr beraman, dedi Abu Talha baxtiyor va shod yashashidan kibrlanib. Ummu Sulaym maromini buzmasdan qat’iyat bilan aytdi:
– Ey, Abu Talha! Senday erkaklar ortga qaytmaydilar, past ham ketmaydilar. Faqat sen kofir bir odamsan, men esa musulmon bir ayolman. Agar musulmonlikni qabul etsang, sening musulmon bo‘lishing – mening mahrim bo‘ladi. Sendan bundan boshqa boylik istamayman.
Abu Talha ikkinchi kun ham keldi. Bu gal yana ziyoda boylik taklif etib, hamma imkoniyatlarni ishlatishga va’da berdi. Lekin Ummu Sulaym so‘zida sobit turdi. Uning bu saboti, Abu Talhaning ko‘z o‘ngida Ummu Sulaymni qiymatli qilib, yuksaltirib yuborgandi. Go‘zalligini, jozibasini, sabr-matonatini ko‘rsatdi. Yana Ummu Sulaym shunday so‘z boshladi:
– Ey, Abu Talha! O‘zing bilasan, topinayotgan ilohlaring duradgorlar tomonidan yasalgandir. To‘g‘ri emasmi? Agar o‘t qo‘ysang yonib yo‘q bo‘ladi.
Bu so‘zlar Abu Talhaning boshiga bosqon bo‘lib tushardi. Abu Talhaning tuyg‘ulari larzaga keldi va o‘z-o‘zidan shunday so‘radi: “Yagona iloh bo‘lgan Parvardigor yonadimi?”. Va tilidan shu so‘zlar to‘kildi:
“Ashhadu al-la ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan Rasululloh (Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga, Muhammad Allohning Rasuli ekaniga guvohlik beraman!)”
Shu onda so‘zlarni Abu Talhadan eshitib sevinch bilan mas’ud bir holda turgan Ummu Sulaym:
– Ey, Anas tur, Abu Talhani uylantir, dedi.
O‘g‘li Anas darhol turib, nikoh uchun guvohlarni boshlab keldi. Shu tariqa uylanish amalga oshdi. Abu Talha ham g‘oyat shod. Baxtiyor bo‘ldilar. Bu sevinch va mas’udlik ichra borlig‘ini Ummu Sulaymga sochmoqni istardi. Faqat ayol ehtiromli va iffatli mo‘min xotinlar kabi turib shunday dedi:
– Ey, Abu Talha! Men sen bilan Alloh uchun turmush qurdim. Shuning uchun, boshqa mahr kutmayman!
Hazrat Ummu Sulaym (r.a.) hazrat Abu Talha (r.a.)ning musulmon bo‘lishlariga sabab bo‘lib, qimmatli va muhtaram bir erga qovushib qolmasdan, ayni zamonda Allohdan savob qozondi. Savob Alloh huzurida qirmizi tuyalarga ega bo‘lmoqdan qimmatliroqdir! Ummu Sulaym shu tariqa ham musulmon, asl bir jufti halolga, ham Alloh huzurida yuksak mukofotga sazovor bo‘ldi.
Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: “hazrat Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Haybar kuni hazrati Aliga (r.a.) bayroqni berdilar. Hazrati Ali (r.a.): “Yo Rasululloh, men yahudiylarga qarshi bizdek musulmon bo‘lgunlaricha urishaveraman!” dedilar. Janob Rasululloh (s.a.v.): “Boringiz, Haybarning bir chekkasiga tushib avval ularni islomga da’vat qilingiz, so‘ng Alloh taolo nelarni buyurganini ularga tushuntiringiz! Siz sababli Alloh taolo bir odamga hidoyat qilsa, bu sizga “Xumrun – ni’amdan” yaxshiroqdir!” dedilar”. (Xumrun ni’am – eng chiroyli tuyalardan iborat bo‘lgan poda. Bunday podaga ega bo‘lmoqlik arablar uchun faxr hisoblangan).
Mana, musulmon ayol iymon, ishonch, insoniy munosabatlar va jufti halol tanlash kabi mavzularda o‘ziga shunday bir ayolni ibrat va o‘rnak etishi kerak.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:51:08
Erga itoatli bo‘lishlik – yaxshi muomala qilishlikdir

Talabchan, yetuk musulmon ayol eriga nisbatan doimo itoatkordir. U bilan ahil yashaguvchidir. Erining roziligini qozonishga, uni doim mamnun qilishga harakat qiladi. Hatto musulmon ayol eri yo‘qsillik va faqirlik ichida bo‘lsa ham, bu haqda yuziga solmaydi, keskin so‘z ochmaydi. Uy ichlarini yoki ishlarini ro‘kach qilib, qo‘l qisqaligidan zorlanmaydi. Musulmon ayol buni yoddan chiqarmasligi, aksincha, doimo esda tutishi kerak. Islom tarixida shunday fazilatli xonimlar bo‘lganki, sabrda, ehsonda ya’ni, yaxshilikda, insoniylikda o‘rnak bo‘lib qolganlar. Ular erlariga, uylariga va dinlariga qilgan xizmatlari bilan mashhur va shonli edilar.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:51:20
Ayol erining sevinchiga, g‘am-qayg‘usiga sherikdir

Erning ko‘nglini olguvchi, ko‘zlarini quvnatguvchi musulmon ayol erining baxtli va baxtsiz kunlarida yonida turadi, sevinsa sevinchiga, g‘am cheksa qayg‘usiga sherik bo‘ladi. Yaxshi-yomon kunlarini birga baham ko‘radi. Juftiga kundalik ishlarida yordamchi bo‘ladi. Masalan, o‘qib-o‘rganish, bahsli masalalarni birga hal etish kabi foydali hodisalarni va o‘zaro nasihatlarni tinglamoq kabi hayot go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishda ham er yolg‘iz emasligini shunday qilib his etadi. Juftining baxtiyor va ishonchli ekaniga iymoni komil bo‘ladi, tushunadi.

Haqiqatda, hazrati Payg‘ambarimizning (s.a.v.) hazrati Oysha (r.a.) bilan musobaqalashganlari eng ochiq dalildir. Mana shu juftning hayot go‘zalliklaridan birga bahramand bo‘lishlari shod-mas’ud yurishlarini, bir-birlariga mehr-muhabbat, hurmat-ehtirom bilan yaqin bo‘lmoqlarini yanada ziyoda qiladi. Bir-biriga bo‘lgan ishonchlarini yanada mustahkamlaydi.

Ayol qadru-quvonchlarida eri bilan qanchalik birga bo‘lsa, totli so‘zlari, to‘g‘ri-o‘rinli qarorlari bilan ham shunchalik juftining ko‘nglini ochadi va ovlaydi. Unga haqiqat, yaxshilik va go‘zallikni ko‘rsatadi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:51:34
Ayol eridan boshqaga boqmaydi

Yetuk musulmon ayol faqatgina eriga qaraydi, mahramlaridan tashqari erkaklarga ahamiyat bermaydi. Chunki u bu mavzuda Allohning quyidagi oyatiga quloq soladi: “Mo‘minalarga ham ayting, ko‘zlarini (nomahram erkaklardan) quyi tutsinlar ...” (Nur surasi, 31-oyat).

Musulmon ayol begona erkaklarga boqishdan uzoq turishi kerak. Aks holda yengil tabiatli bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Vaholanki, erkaklar ayollardan hamiyat, iffat va odob izlaydilar. Omonatni saqlaydigan, pok tushunchali va yaxshi niyatli ayollar yetuk musulmon ayoldirlar.

Yetuk musulmon ayol eriga tanishi yoki dugonasini vasf etmaydi, ta’riflamaydi. Chunki, hazrat Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qilganlari kabi bu islomda taqiqlangandir: Ayol ayolga yalang‘och badanini ko‘rsatmasin. Toki keyinroq eriga o‘sha yalang‘och ayol xususiyatlarini eri ko‘z oldiga keltiradigan holda sifatlab aytib bermasin”.

Chunki Islom vijdonlarni qarorli, ko‘ngillarni sokin, tushuncha, xayol va xotiralarni ham chegarali bo‘lishini istaydi. Shu tariqa inson umr bo‘yi huzurli, xotirjam, mas’ud bo‘lishini, aqli keraksiz va ortiqcha narsalarga bog‘lanmasligini amr etadi. Ne uchun yaratilgan bo‘lsa, ish yo xizmat o‘laroq o‘sha narsalar o‘zi uchun osonlashtirib taqdim etilgandir. Shuning uchunki, er xotinidan boshqa ayol haqida eshitib fikri bo‘linib, sarosima bo‘lmasin. Chunki xayol jihatidan erkak bunday bir vaziyatga yanglish tushishi mumkin, huzurini yo‘qotishi, xato yo‘lga kirib qolishi, fitna va zalolatga ketib qolishi mumkin. Aynan yaxshi juft bu xususiyatlarda juda ham e’tiborli va talabchan bo‘lib harakat qiladi, juft sifatida burchini go‘zal bir shaklda ado etadi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:51:45
Musulmon ayol erining tinchlik-xotirjamligini saqlaydi

Musulmon ayol yolg‘iz eri uchun bezanishi, taqinchoqlarni taqishi, ish va xizmatlari bilan unga yaqin bo‘lishi hali yetarli emas. Erining uydan bezib, boshqa joylarni qo‘msab qolishidan qo‘rqqan ayol unga huzur-halovat, tinchlik-xotirjamlik baxshida etishi, sokinlik saqlashi kerak. Musulmon odam zavqlarini, hayotini, tartib va intizomini Islom nazarda tutgan o‘lchovlar ichida shuurli o‘laroq ado etuvchi kishidir. Shu sababli, eri uyida bularni ko‘rishi, keng ma’nodagi huzur-halovat va mazani uyida tota olishi, pok, oliyjanob, odobli va tarbiyali farzandlarni ko‘ra olishi kerak. Qisqasi, musulmon ayol bu ma’noda qanday mahorat ko‘rsatishi zarur bo‘lsa, barchasini o‘rinlatishi kerak. Chunki bularning barchasi Islom istagan, buyurgan va ado etishi talab qilingan ishlardir. Musulmon ayol buni yodda tutishi lozim. Bilishi kerakki, islomda juft – Alloh oyatlaridan bir oyatdir. Chunki, Alloh ayolni erkak uchun huzur beruvchi, rohatini saqlovchi, uni shod va mas’ud etuvchi bir issiq quchoq va mehr shafqatning qaynoq bulog‘i, marhamat manbai qilib yaratdi. Alloh marhamat qiladi:

“Uning alomatlaridan (yana biri) – sizlar taskin topishlaringiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratishi va o‘rtalaringizda inoqlik va mehribonlik paydo qilishidir”. (Rum surasi, 21-oyat).

Aniqrog‘i, bu ikki borliqning teran tuyg‘ular bilan bir-birlariga bog‘lanishidir. Alloh bu ikki juftni bir-birlariga bog‘lagan. Huzur va sokinlik ichra, halol luqma bilan bu hayotiy dunyo ne’matlaridan har ikkisi ham foydalanmoqqa marhamat etilgan. Aslida ayol er uchun bir ishonch, bir boshpana va sevimli uyi ichida bir rohat va quvonch chirog‘idir. Shafqat bilan, sevgi bilan, samimiyat bilan uyini suyab turgan bir ustundir. Yetuk musulmon ayol bu yuksak tushunchalarni his etadi va baxtiyorlik, shodlik uchun ne lozim bo‘lsa, ado etish ilinjida bo‘ladi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:51:57
Musulmon ona farzandlarini duoiba’d qilmaydi

Hushyor va talabchan musulmon ayol – ona farzandlariga zarar keltiruvchi xatoga bormaydi. Ularga la’nat o‘qimaydi, duoiba’d qilmaydi. Chunki u payg‘ambarlar yo‘liga bog‘liqdir. Hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.) inson o‘z farzandlarini la’natlashini, duoiba’d qilishini ta’qiqlaganlar.

Imom Muslimning kitoblarida keltirilgan hadisda Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar: “Zinhor o‘zingizga qarshi duo qilmang (duoiba’d qilmang, o‘zingizni la’natlamang), farzandlaringizni duoiba’d qilmang. Ehtimol, qilingan duo Alloh tarafidan o‘zidan bir narsalarni istab va istaklarning qabul etiladigan bir vaqtiga mos kelar va shu tariqa sizning nomingizga o‘sha duo qabul etilar”.

Shu sababdan bir kishining farzandlarini la’natlashi, duoiba’d qilishi yanglish bir harakat, yaxshi ish emas. Bir ona achchig‘i kelganda yanglishsa g‘azabi bosilgach, pushaymon bo‘ladi, yana avvalgi holiga qaytadi. Nahotki, ona dinning ko‘rsatmalariga muvofiq harakat qilib, so‘ng to‘xtasa?! Farzandlarini duoiba’d qilsa?! Dinini bilgan ona bunday qilmaydi. Dinini bilgan ona farzandlari yanglishganda ham ba’zi yengil tabiat, o‘zini bilmagan ayollar qilguvchi xatoni takrorlamaydi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:52:11
Hushyor va talabchan musulmon ona farzandlari hayotiga doim e’tiborlidir, ularning hatti-harakatlarini, o‘y-fikrlarini doim kuzatuvchidir. Nima o‘qib, nimani yozishganlaridan xabari bor, do‘sti kim, hamkor, hamdami kim, qaerlarda yuradi, bo‘sh vaqtlarni qanday, kim bilan o‘tkazadi – bularning barchasini nazorat ostiga oladi. Ona farzandini yomonlar bilan do‘stlashganini, xato harakatlar qilayotganini, noo‘rin joylarga borib kelayotganini, nomuvofiq oldi-berdi qilayotganini, chekishga o‘xshash axloqsiz narsalarga o‘ralashganini, noo‘rin o‘yin va ko‘ngilxushliklarga, haromlarga, Islom axloqiga mos kelmagan narsalarga bog‘lanayotganini sezishi bilan darhol ogohlantirib, tanbeh beradi, yumshoqlik bilan tuzatmoqqa, yaxshilik bilan to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatmoqqa, ishontirmoqka harakat qiladi. Bu ishlarni otaga nisbatan ona yaxshiroq uddalaydi. Chunki, ona farzandlariga otadan ko‘ra yaqindir. Shu sababli ota bajarolmaganini va farzandlariga buyurolmaganini ona o‘rinlata oladi. Farzandlari ertangi kunning go‘zal va qimmatli a’zolari bo‘lib yetishuvini ona ta’minlaydi. Ularning kamol topishini, odamiylikka erishishini Islom qadriyat va amru farmonlari doirasida ado etadi.

Har farzand fitratiga mos dunyoga keladi. Agar ota-onasi yahudiy bo‘lsa – yahudiy, nasroniy bo‘lsa – nasroniy, otashparast bo‘lsalar – otashparast qilib tarbiyalaydilar. Bu haqiqat Buxoriy rivoyat qilgan sahih bir hadisda aytilgan.

Shu jihatda farzandlar shaxsiyati shakllanishida ota-onasining buyuk va muhim o‘rni bor. Uning dunyoga kelishidan to balog‘at yoshiga yetib, kamol topgunicha nimalar lozim bo‘lsa, zarur shaklda ado etuvchi ota-onadir.

Musulmon ona farzandlari ruhiga eng go‘zal axloqni naqsh etadi. Boshqalarni yaxshi ko‘rmoqni, yaqinlariga xushmuomala, kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat ko‘rsatmoqni, zaif va zaifalarga yordam bermoqni o‘rgatadi. Ishlarni chiroyli va go‘zal bajarishni, to‘g‘ri so‘z bo‘lishni uqtiradi. Ahdiga vafo qilishni, hukmlarida odil bo‘lishni, shunga o‘xshash odob-axloqqa doir narsalarni farzand ongiga, qalbiga soladi va oqibatli, xushxulq inson bo‘lishga tinimsiz yordam beradi. Aslida bu yordam uning vazifasidir, burchidir. Farzandiga ibrat bo‘lib, unga go‘zal muomala, muloyimlik, hokisorlik, marhamat va mehr-muhabbat bilan yondoshadi va bu yo‘lda sabot bilan davomli harakat qiladi. Bahs va zerikishga o‘rin qoldirmasdan ularga ham g‘amxo‘rlik va beozorlikni singdirib boradi. Va farzandlariga onalikning kuyunchak ogohlantirishlari bilan birga ularning ba’zi xatolarini kechiradi.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:52:27
Duo

“Ey Allohim! Eng buyuk salotlaringni, eng ulug‘ barakotlaringni, eng ziyoda xayrlaringni, asrab- avaylashingni, mehribonlik va salomingni ummat janobi, Rahmat payg‘ambari, barcha yaxshiliklar fotihi, xayr yo‘lboshchisi, olamlar Parvardigorining Rasuli, nabiylarining so‘ngisi, mutaqqiylarning imomi, rasullarning sayyidi Muhammad (alayhissalom)ga ehson et!”.

Ey Allohim! U zotni avvalgilar va oxirgilar orzu etadigan, ko‘zni oydin etajaging va o‘zingga ziyoda yaqin etajaging maqomi Mahmudga yuksaltir!

Ey Allohim! Muhammad (alayhissalom)ning tilaganini ber, umidiga yetkaz! U zotni ilk shafoat etuvchi va shafoatni ilk qabul qiluvchi et!

Ey Allohim! U zotning hujjatini (dalilini) buyuk qil. Tarozusini barcha payg‘ambarlarning mezonidan og‘ir qil, dilini ochiq qil, darajasini muqarrar qullaringning eng balandiga yuksaltir!

Ey Allohim! Bizni uning jamoatida, uning shafoatiga sazovor ayla! Uning sunnati bilan yashat, uning millatiga (diniga) ol, bizni, uning havzi kavsariga qovushtir. Xor bo‘lmasdan, razil bo‘lmasdan, pushaymon bo‘lmasdan, shubhalarga tushmasdan, uning yo‘lini o‘zgartirmasdan, o‘zgalarni fitnaga solmasdan, dunyo zarlari bilan fitnalanmasdan bizni uning kosasidan ichirgil! Ey Olamlar Rabbisi, duoimizni qabul et.

Ey Allohim! Men qalbim bilan qaror berib, tavba qilib, so‘ng nafsimning bexosiyatligi, jaholatim sabab, takror etgan barcha gunohlarimga Sendan mag‘firat tilayman.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 14 Oktyabr 2007, 07:52:43
Avval Senga so‘z berib, so‘ngra badnafsimga ergashib, so‘zimda turmagan har vafosizligim, qilgan gunohlarim uchun sendan mag‘firat so‘rayman, Sening roziligingni maqsad qilib, ishga kirishar ekanman, o‘zgalardan ham yordam so‘raganim uchun, har xayr va yaxshilik uchun Sendan mag‘firat tilayman!

Ey maxfiy va oshkor har narsani bilguvchi Allohim! Kun yorug‘ida, tun qorong‘usida, anjumanda va tanho, yashirin va ochiq qilgan har gunohim uchun sendan mag‘firat tilayman! Ey halim! (Qilgan ayblari uchun quliga shoshilinch jazo bermaydigan) Allohim! Qur’oni Karim hurmatidan menga rahmat ayla, Qur’onni menga rahmat, imon, nur, hidoyat, shifo qil, Allohim Qur’ondan unutganlarim bo‘lsa xotirlat, tushunmaganlarim bo‘lsa anglat, kechayu kunduzda Qur’on o‘qishni menga nasib et, Qur’onni menga qiyomat kunida shafoatchi, hujjat, nur qil. Allohim, manfaatsiz ilmdan, maqbul bo‘lib huzuringa ko‘tarilmaydigan amaldan va qabul qilinmaydigan duodan o‘zing asra. Rabbim, Senga kofir bo‘lishdan qabr azobidan asra, sendan boshqa iloh yo‘q. Rabbim. Sendan pokiza hayotu, rohatli o‘lim berishingni so‘rayman, oxiratda xor va sharmanda bo‘lmaslikni so‘rayman. Ey Rabbim, menga hidoyat va taqvo, qalb pokligi va behojatlik ato et. Ilohim, meni ilmga boy qil, halimlik bilan beza. Taqvodorlik bilan hurmatli qil va tan-sihatlik bilan chiroyli qil, dushmanga yengilishdan, ustimdan kuladigan ishni qilishdan o‘zing asra. Allohim, Sendan jannating va jamolingni ko‘rsatishingni, do‘zax azobidan panoh berishingni so‘rayman, meni amali solihlardan qil, Qur’on xulqi bilan xulqlantirgin va Firdavs jannati vorislaridan qilgin. Omin!!!

“Ey Allohim! Sen mening Rabbimsan, Sendan boshqa iloh yo‘q, meni sen yaratding, men Sening qulingning va joriyangning farzandiman, Sening (qudrat) hovuchingdaman, kokilim Sening (qudrat) qo‘lingdadir”.

Men kuchim yetguncha sening ahding va va’dang (senga bergan so‘zim) uchun harakat qildim. Qilgan amallarimning sharridan (xato gunohlarimdan) Senga sig‘inaman, menga ato etgan yaxshiliklaringni iqror etib, mening Senga qarshi gunohlarimni e’tirof etaman, u holda gunohlarimni kechir, chunki, gunohlarni faqat Sen afv etuvchi, faqat Sen kechiruvchisan!

“Ey Rahmlilar rahmlisi, mehribonlar mehriboni! Meni, ota-onamni, iymon keltirgan barcha erkak va ayollarni mag‘firat et! Shubhasiz, Sen har narsaga va har ishga qodirsan!”.
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 30 Oktyabr 2007, 07:45:25
MUNDARIJA

So‘zboshi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg76348#msg76348)
Ayollarning ma’naviy huquqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg76350#msg76350)
Hazrat payg‘ambarimizning (s.a.v.) ayollarga ajratgan darslari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg76353#msg76353)

Ayollarning yurish-turishiga doir masalalar

O‘ranish va islom (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78852#msg78852)
Iymonga mos kelmagan kiyim to‘g‘risida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78855#msg78855)
Jinsiy erkinlik keltirgan xastaliklar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78857#msg78857)
Avrat masalasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78860#msg78860)
Mahram masalasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78864#msg78864)
Hayz masalalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78876#msg78876)
Nifos masalasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78914#msg78914)
Islomda homiladorlik xususidagi hukmlar va tib ilmi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78917#msg78917)
Istihoza – uzr qoni masalasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78918#msg78918)
Tug‘ishning nazorat qilinishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78922#msg78922)
Homila tushirish masalasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78928#msg78928)

Ayollarning ijtimoiy huquqlari

Ayolning eri zimmasidagi haqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78933#msg78933)
Mahr masalasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78934#msg78934)
Nafaqa masalasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78944#msg78944)
Er-xotinning  o‘zaro haqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78951#msg78951)
Zino (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78964#msg78964)
Ayolning eridagi haqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78968#msg78968)
Musulmon ayol fazilatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78972#msg78972)
Duo (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.msg78983#msg78983)
Nom: Re: Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2007, 01:41:37
Ayollarga xos masalalar

(http://www.ziyouz.com/images/books/ayollar.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=63)

Muallif: Fotimaxon Sulaymon qori qizi

Hajmi: 267 Kb
Fayl tipi: PDF

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=63)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.0)