forum.ziyouz.com

Kutubxona => Jahon adabiyoti => Mavzu boshlandi: mutaallimah 10 Oktyabr 2007, 10:01:09

Nom: Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)
Yuborildi: mutaallimah 10 Oktyabr 2007, 10:01:09
(http://www.ziyouz.com/rasmlar/books/ogay_ona.jpg)

I

Quyoshni bahorning boshi va kuzning adog‘ida har qachongidan ko‘ra qattiqroq, ko‘proq suyushimizni ta’kidlashga hojat bo‘lmasa kerak. Odamlar ilk bahor kuyoshini askarlikdan qaytgan o‘g‘lini yoki g‘urbatga uzatilgan, ya’ni uzoqqa kelin bo‘lib tushgan qizini kutib olgan otaona kabi qarshilaydilar. Kuzgi quyosh esa bamisoli bayram ta’tilida kelgan mehmon — loaqal yana bir kunga qolishi istalgan suyukli farzand... U bulutlar bag‘ridan boqishi bilan bog‘chalarga, supalarga, ayvonlarga, derazalar tubiga ko‘rpachalar solinadi, suhbatlar kurilib, tikish-bichish singari ko‘l yumushlariga kirishiladi.
Aprelning boshlarida, ikki qavvatli uy derazasi oldida o‘tirib ham ip yumaloqlagan, hamda to‘r parda uzra tushayotgan oqshomni kuzatayotgan ikki ayol aslida ko‘pdan orziqib kutganlari — quyosh nurlari bois shu yerda o‘tirardilar.
Tashqarida bolalar to‘p o‘ynamokda. O’yinda yengilmaslik uchunmi, yoki hali isib ulgurmagan bahor havosida junjikmaslik uchunmi o‘rtadagi to‘p ortidan yugurishmokdalar. Devor tubida esa ikki bolakay ularni tomosha qilib turishibdi. Biri sovqotganidan ko‘llarini qo‘ltiqlariga suqib olgan, qarovsizligi ko‘rinishidanoq bilinib turgan olti yoshlardagi zaifgina o‘g‘il bola. Ikkinchisi go‘zal liboslar kiyg‘izilgan, toza qiyofali, uch yoshlarga kirarkirmas qizaloq. Tanimaganlar kattasini kichigining uyida xizmat qiladigan ayolning o‘g‘li deb o‘ylashlari mumkin va shunday gumon qilishga haqlidirlar. Chunki, bunday taxmin qilib, hukm chiqarishga istalgancha alomatlar bor, ammo boshqacha o‘ylashga asos bo‘ladigan dalil mavjud emas.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 10 Oktyabr 2007, 10:02:52

Aslida bu ikki bola — qarindoshlar. Qarindoshliklari ikki holatda aks etadi: biri shu onda yonmayon turishlari, ikkinchisi bir uyda yotibturishlari. Ularning shu ikkisidan boshqa barcha narsalari farqlidir. Yebichishlari, kiyinishlari va ularga qilinadigan muomala qarindosh emasliklariga dalolat bo‘la oladi. Birini «bir donam, yagonam, dilporam, dilbandim» deb suyishsa, ikkinchisini «yo‘qol, basharang qursin» deya quvishsa, biriga har soat jonim, ko‘ngling ne tusaydi» deb murojaat etilsayu, boshqasi ochqaganini aytsa, «ochqamay o‘l, zahar ye, zaqqum yut" deb javob eshitsa, birini bag‘riga bosarkan, boshqasini ko‘kragidan itarsa, albatta, bu hodisalar, ularning qarindosh ekaniga dalil sanalmaydi,
Olti yoshlardagi o‘g‘il bola bundan uch yil avval — uch yoshlarida yetim qolib, o‘gay ona ko‘lida shu holga tushdi: bir bola ko‘tara olishi mushkul bo‘lgan qahru qiyinchiliklarni, hayot achchiqliklarini totdi, tayoq yedi. Ko‘rgankechirganlari ichida tamoman unutgani — ona mehri, ona shafqati... Uning uchun ana shu uch yil uch asr qadar uzoq kechdi. Shu uch yil ichida loaqal biror marta tasodifan bo‘lsaham «jon bolam» degan so‘zni, afsuski, eshitmadi. Uning quloqlari bunday yaxshi so‘zlarga tashna, qalbi esa zor bo‘ldi. Bu bolaning vazifasi kichigiga qarash, uni ovuntirish, o‘ynatish, beshigini tebratish va Sanihaxonim ko‘rsatgan ishlarni bajaripvdan iborat.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 10 Oktyabr 2007, 10:03:06

Hozir bu ikki qarindosh to‘p o‘ynayotganlarni tomosha qilishmoqda. To‘g‘rirog‘i, kattasi tomosha qilayotgan kichigiga ko‘zquloq. O’yinni ro‘paradan ko‘rish qulay tuyuldi. Singlisini qarshi tarafga ohista yetaklay boshladi. Ko‘zi bolalar o‘ynayotgan to‘pda, aksiga olib to‘p singlisiga kelib teshshi mumkin. U faqat shuning uchun diqqatini to‘pga qaratgan, o‘yinni esa tomosha qilmoqchi emas. Uzi o‘ynamagach, tomoshadan ne foyda?
Bu ehtiyot singlisini yaxshi ko‘rgani uchunmi? Yo‘q. Chunki biri har jihatdan sevgiga, ikkinchisi nafratga duchor bo‘lgan qarindoshlarning birbirini yaxshi ko‘rishi daryoning tepaga oqishiday gap. Unda bu harakatning sababi nimada? Bu bolao‘ziyaxshi ko‘rmagan qarindoshini nechun bu qadar jiddu jaqd bilan qo‘riqlaydi? Javob oddiy: kaltak yeyishdan qo‘rqish... Ha, shu qo‘rkuv bo‘lmasa, tayoqemasaedi... Boy bolalari yegan shokoladdan ko‘proq tayoqlar... o‘rniga mexrshafqat, muruvvat ko‘rsa edi, balki qarindoshini bundan ko‘proq avaylardi. Joni achib, yaxshi ko‘rib, o‘zi istab qarardi. Shafqat va marhamat yulduzlar qadar uzoq ekan, u o‘ziga yuklangan yumushlarni ko‘ngiddan, mehr bilan ado etolmas edi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 10 Oktyabr 2007, 10:06:43

Yo‘l o‘rtasiga kelganda qizaloqning oyog‘i qayrilib, yiqilib tushdi. Bola uni darhol turg‘azdiyu, faryodini to‘xtatolmadi. U qizaloqni kuchib chetga yetakladi, kiyimlarini qoqa boshladi. Qizcha yig‘idan tinmasdi. Qarshi tomondan ochilgan eshikdan bir ayolning boshi ko‘rindi. Atrofga alangladi, bolalarni ko‘rdi. Yo‘lda erkak yo‘qligini bilgach, tezroq yurdi:
— Razil, yana bolani yig‘latding, hozir senga ko‘rsatib qo‘yaman!
Yuqoridan ochilgan derazadan yosh qiz ovoz berdi:
— Sanixaxola, Ismoilning aybi yo‘q. Bolao‘zi yiqildi. O’z ko‘zim bilan ko‘rdim.
Sanihaxonim, uning bu aralashuvidan mamnun emasligini ta’kidlagan ohangda javob berdi:
— Yaxshi qarasa yiqilarmidi, singlim? Ko‘r bo‘lgur, hech qaramaydi go‘dakka.
So‘ng bolalarga o‘girildi. Yuqorqdagi qiz:
— Alloh haqqi, u aybdor emas! — deya bakirdi. Lekin Sanihaxonnm quloq solmadi, kattasini birikki shapaloqlagach, kichigini quchog‘iga oldi:
Kel qo‘zichog‘im, yagonam! So‘ng Ismoilga o‘girildi: Uyaltirma, ikki tarsaki nima degan gap? Naq oyog‘imning ostigaolib tepkilardimku.... —deya o‘dag‘aylab, bolasini yetaklab uyi tomonga yo‘l oldi.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 10 Oktyabr 2007, 10:55:44

Ismoilning nohaq jazolanishi o‘ynayotgan bolalarga tekin tomosha bo‘ldi. Ikki daqiqa davom etgan bu shafqatsiz voqea ularni tinchlantirdi, hatto dam oldilar.
Ismoil yig‘lar ekan, ular yana o‘yinlariga berilib ketdilar. Bu orada yon tomondagi eshik ochilib, haligi baqirgan qiz chiqdi va Ismoilni chaqirdi:
— Ismoil! Ismoil!
Ismoil qayrilib qaradi.
— Buyoqqa kel!
Bordi. Qiz uni ichkariga taklif etarkan:
— Ol, mana bularni, ye! Mana bunga esa ko‘ngling istagan narsani sotib ol, —deya qo‘lidagi qandlarni unga uzatdi. Boshqa ko‘lida esa ellik qurush bor edi.
— Kerakmas, Fotima opa.
— Olmasang xafa bo‘laman, opa demaysan.
Ismoil hiqillashini bosolmadi. «Bular nimaga ham yarardi, hech qanday foydasi yo‘q», deganday oldi. Cho‘ntagiga soldi.
— Kel yuzingni yaxshilab yuv, Ismoil, —deb Fotima zinada turgan suraxi (grafin)ga uzaldi, Ismoil hiqqillab:
— Opa, o‘zim yuvaman, ovora bo‘lmang.
Men kuyib tursam, yaxshiroq yuvasan. Quloqsiz bo‘lma!

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 10 Oktyabr 2007, 10:56:03

Ismoil yuzini yuvdi. Fotima sochiq keltirib bolaning yuzini artdi va  o‘pib qo‘ydi.
— Bir narsa kerak bo‘lsa, yonimga kel, maylimi, Ismoil.
Ismoil uning ko‘zlariga qaradi. Ezilib qaradi. Ko‘zlari yana yoshlandi.
— Mening xam sizday opam bo‘lsaydi?!—deb cho‘ntagidan chiqargan kir ro‘molchani ko‘zlariga olib bordi.
— Men sening opang emasmanmi, Ismoil?! Doim yonimga kelib tur.
— Qanday kelaman? Bu yerga kirganimni ko‘rsa, o‘ldiradi meni.
Tashqariga yo‘nalib, o‘z eshiklariga bir qarab qo‘ydida, devor tagiga iyagi bilan qo‘llariga tayangancha cho‘nqayib o‘tirdi va yig‘lay
bshladi.
Sanihaxonim Ismoil yegan tayoqlar jannatdan chiqqan deydi. Orasira shunday deyishdan Ismoilni urib zavqlangani kabi zavq oladi. Jannatdan chiqqan narsa faqat tayoqmi? Yoxud tayoqning jahannamdan chiqqan turi yo‘qmi? Modomiki, jannatdan chiqqan ekan, nechun Salma bilan birga totmaydi bu tayoqni?! Ismoil kichik boshi bilan bularni tushunganday bo‘lar, yig‘lar, faqat tuzukroq, to‘g‘riroq javob topolmasdi. Topgandan ne foyda? Tayoq jannatdan chiqqanmi yoki do‘zaxdanmi, baribir Ismoilning joniga azob beraveradiku, Ismoil shunday xayollar bilan band bir paytda yuqorida ikki ayol o’rtasida shunday suhbat kechardi:
— Pastda nima qilib yuruvding, Fotima?
Ismoilning ko‘nglini ko‘tardim, ona.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 10 Oktyabr 2007, 10:56:22

— Birovning bolasi bo‘lsa, senga nima, qizim? Onasini bilasanku, dimog‘idan qurt yog‘adi. Nega aralashasan demaydimi?..
— Desin, ona, deb ko‘rsin?! Zulm emasmi go‘dakkinaga?! Onasi bo‘lmasa, shuncha ezish kerakmi? Aslida onasizligini bildirmasligi zarurku... buning o‘rniga bunday ish tutsa, jon chidaydimi?
— Bu insonlik emas, ammo na chora, nima ham qilarding?! Kimga
dod deysan, kimga tushuntirasan, qizim?! Hamma yerda
shunday. Qaysi o‘gay ona yetim bolalarni bag‘riga olibdi?! O’z bolasiday ko‘ribdi? O’gaylik qilmagan o‘gay ona bormi? Qani bunday fazilatlar, qizim?
— Menga qolsa, bu bolaga zulm qilinmasa deyman. O’z dardi o‘ziga yetib ortadi. Ona mehriga muhtoj, ko‘ngli vayron bolaga qanday muomala qilishmokda, bilmadim. Qanday inson bunday muomala qiladi, qaysi axlok, kitobida bunga o‘rin bor?! Qay vijdon bunga chidaydi, bilmadim, ona, bilmadim..!
Shu kecha Fotima, uxlay olmadi. Ko‘zlarini yumishi bilan Ismoilni ko‘rar, u yig‘lar, to‘xtovsiz yig‘lardi. Bu bolaning yolg‘iz aybi — onasining o‘lgani, yetimligi. Aslida, unga bu yoshda parvarish, ona mehriga muhtoj g‘amli yuragiga, mahzun ko‘ngliga malham zarur edi. Lekin qayda malham?! Qani, u mehribon inson?! Insoniylik amriga kuloq tutgan bormi? Muruvvat, marhamat yo‘lidan yurguvchi qani? Qani, o‘z diniy burchini o‘ylaganlar?! Qaerda?!! Axloqiy vazifasini o‘taydiganlar qayda, qayokda, qani?!
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 10 Oktyabr 2007, 10:56:46

Agar Janobi Payg‘ambarimiz tug‘ilmasdan yetim qolganlari eslansa, har yetimga qilingan yaxshilik Alloh huzurida ul zotga qilingan yaxshilik singari qabul qilinishi o‘ylansa, shunday hodisalar sodir bo‘larmidi?! Aslida katta odam ham ko‘tarolmaydigan yuk bechora, yoshgina go‘dak yelkasiga qo‘yilgan edi. Onasi vafot etgandan buyon hayoti vayron, ko‘ngli chilparchin, dunyodan bezgan. Bezdiruvchi tayoqlar, haqoratlar paydarpay yog‘ilib, peshmapesh kelib turar, faqat yaxshi so‘z, mexrmuruvvat, marhamat ko‘li tasodifan bo‘lsada, hali uning darvozasini, ko‘ngil eshigini ochmagandi...
Ha, jajjigana Ismoil bu holga bardosh berar, istaristamas bu og‘irliklarni ko‘tarardi. Ko‘tarmasdan nima ham qilardi?! Arzimas xatosi uchun ham kaltaklaydigan o‘gay onauni parvarish qilarmidi?! Unga yoki otasiga bularni aytib, dardiga darmon toparmidi?! Ismoiluchun bu ishlar g‘oyat mushkul edi. Otasi yonida ham o‘gay onasidan ko‘p bor haqorat eshitgan, kaltak yegan, ammo otasi uning yonini olmagan. Aqalli biron marta o‘gay onaning qo‘lidan tutmagan. Yo‘qsa, shunday bo‘larmidi? Loaqal oqshom uyga qaytgan otasini xursandlik bilan qarshilab, quchog‘iga otilmasmidi?! Qachon bunga jur’at qila olgan? Fotima bunday holatga shohid bo‘lmagan. Ammo oqshom uyga qaytgan ota qarshisida boshi egik, o‘ylayo‘ylay uygakirib ketgan maxzun Ismoilni ko‘p ko‘rgan. Balki bir oz keyin bu kamchiliklar botar vau otasining ko‘lidan tutar... Balki har kim o‘z aybi uchun o‘zi jazolanar... Balki qarindoshi qilgan xatosi uchun Ismoil jazolanmaydigan kunlar kelar...

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 10 Oktyabr 2007, 10:57:37

Ikki haftacha avval uning ko‘nglini ko‘tarib:
— Ismoil, uning qilmishlarini otangga aytmaysanmi? Meni ko‘p uradi demaysanmi? —deyishi bilan Ismoilning boshi egildi:
Otam meni yaxshi ko‘rmaydiku... Kechasi tizzalariga o‘tirmoqchi bo‘lsam, onamga qaradi, qaradiyu, meni surib ko‘ydi. U Salmani keltirdi:
— Kapkatta bolangni suymasdan mana buni erkalat! Otam ham uni erkalatdi.
Ismoil bularni aytib yig‘ladi, Fotimani ham yig‘latdi.To‘shagida shularni o‘ylab uxlayolmagan Fotima goh o‘ngga, goh chapga ag‘darilar, o‘rtanar edi.
Ikki oy o‘tdi. Bayram keldi. Odatga muvofiq bolalar eshikmaeshik yurib, ko‘l o‘pardilar.
Ismoilham bayram kuni otasining ko‘lini o‘pdi. Otasi ham uni bag‘riga oldi, kuchoqladi, yuzlaridan o‘pdi. Bayramda cho‘ntagiga tushgan besho‘n kurush va kiygan yangi liboslari o‘z yo‘liga, Ismoilni quvontirgan — ota quchog‘ida besh daqiqa o‘tirish, ota chehrasini
ochiq ko‘rib,shirin so‘z eshitish edi. Hatto o‘gay onasi uni suyib, quchoqlab o‘pdi.
Bayram qanday go‘zal, qanday totli! Har kun bayram bo‘lsaydi, deb o‘yladn. Avval buni do‘stlariga anglatishni o‘yladi. Otam meni suydi demoqchi bo‘ldi. Keyin bu fikridan voz kechdi. Uydan chiqib to‘g‘ri Fotima opasining eshigiga yurdi. Nima uchun? Uni tushungan yolg‘iz u bo‘ldi, ko‘zyoshini u sidirdi, har nedan ortik, muhtoj bo‘lgani — shafqatni, mehrni undan ko‘rdi. Qay vaqt kaltaklansa, Fotima opa hamdard bo‘ldi. Ko‘ngli tasalli topdi. Shuning
Uchun Ismoil eng avval uning uyiga yo‘l oldi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 10 Oktyabr 2007, 10:57:48
Eshik Ismoil qo‘l uzatmasdan avval ochildi, ochiq chehra Fotima opa uni taklif etdi. Kelishini derazadan ko‘rdi.
— Opa... — deya unga talpindi.
— Kirmaysanmi? Qochadiganga o‘xshab turibsan. Shundaymi? Dunyoda seni yolg‘iz tashlab ko‘ymayman.
Ismonlningo‘zi ham kirishni, besh daqiqa opasining yonida o‘tirishni judayam istardi. Ammo uning vayron ko‘nglidan, tushunarmikan, istamay qolmasmikan dega hadiklar o‘tdi. U kechirayotgan hayot — mehrga muhtojli hech kim tomonidan sevilmaslik hissini ko‘ngliga sing dirib yuborgan bo‘lib, Fotima opasi yonida o‘tirish unp yuk, malol kelishi mumkinligini o‘ylamokda edi. Yuqori chiqdi. Qo‘llar o‘pildi, duolar qilindi,
— Bugun otam meni suydi, opa. Bag‘riga olib erkaladi
— Bu — tabiiy, Ismoil, u — sening otang. Albatta shunday qiladi.
— Harkun bunday emasku...
— Endi shunday bo‘ladi, inshooloh.
— Ismoil uzatilgan qandlardan bir dona oldi.
— Yana ol, Ismoil
— Yetadi, opa. Bo‘ladi. Rahmat.
Yo‘q, bo‘lmaydi, mana buni men uchun ol. Meni yaxshi ko‘rsang, ol.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 10 Oktyabr 2007, 10:58:08

Ismoil yana bir dona oldi. U nimanidir aytmoqchi edi. Boshini sal egdi:
— Opa, sizga bir gap aytaymi?
— Ayt, Ismoil.
— Kechqurun otam meni mozorga olib bordi. Menga onamning qabrini ko‘rsatdi. «Qara, o‘g‘lim, bu yerda onang yotibdi. O’qi!» — dedi.
— O’qidingmi?!
— «Fotiha» o‘qidim, opa, «Alham»ni. Ammo, rosa yig‘ladim.
U Fotimaga bu gaplarni ayta turib ko‘zlariga kelgan yosh tomchilarini to‘xtatolmadi. Ketmoqchi bo‘lib, o‘rnidan turdi. Fotima darhol qo‘llaridan tutdi.
— Qayoqqa borasan, Ismoil? Mening bilan shunchagina o‘tirasanmi? Odam opasining yonidan ham shunchatez ketadimi?
Ismoil Fotima opasining ko‘nglini ko‘tarish uchun yana qaytib o‘tirdi. Sal fursat o‘tgach:
— Endi ketay, opa, — deb qo‘zg‘aldi.
— Mayli, bor. Ammo yana kel, kutaman.
Ismoil chiqdi. So‘ng qayoqqa ketganini hech kim bilmaydi. U ancha vaqt mahallada ko‘rinmadi.
Agar go‘rkov o‘sha kuni joyida bo‘lganida, oltietti yoshlardagi bir bolaning eshikdan kirib, shoshapisha qabriston oralab ketganini ko‘rgan bo‘lardi. Bu bola o‘sha tunda ziyorat qilgani kelib, onasining qabrini bilib olgan Ismoil edi. Undan boshqa bola bunga qodir emasdi. U dunyoda shu bir uyum tuprokdagidekaftni hech yerdan, hatto otasidan ham topolmagani va shuning uchunmikan otasi bilan o‘zi o‘rtasida begonalik paydo bo‘lganidan bu yergaeldi.Chopib keldi. Har kim ko‘ngilxushlik uchun shoshgan bayram ayyomida to‘yibto‘yib yig‘lamoq, yillar ko‘ngliga cho‘ktirgan dardlarining bir qismini yengillatmok, uchun kelgandi Ismoil...

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 10 Oktyabr 2007, 10:58:25
Bayram o‘n besh kechakunduz bo‘ldi. O’gay onaning Ismonl to‘g‘risida bergan ma’lumoti otani o‘ylantirib ko‘ydi. Uning aytishicha, Ismoil teztez qayoqlargadir ketar,yarim soat, bir soatgacha xech kim uni ko‘rmasmish. O’zidan so‘ralsa:
— O’ynadim, — deb ko‘ya qolar, boshqa javob olinmasdi.
Yangi xotinning ra’yiga qarab bugungacha o‘z o‘g‘liga o‘gay ota qatorida bo‘lmoqdan boshqa narsa ko‘lidan kelmagan otani o‘y bosdi. Bola qayoqqa ketishi mumkin?
Boshqa mahallalarga o‘ynagani borib, u yerda bolalardan tayoq yeb qaytgani esiga tushdi. Ezildi. Ismoil o‘zi uchun muglaqo xuzursiz bu uydan uzoqlashishi tabiiy emasmi?! Ikkinchi marotaba uylanganidan keyin ota sifatida o‘g‘li uchun hech narsa qilmadi. Ota buni ilk bora bugun xis etdi va o‘z qilmishlarining kechirilmas gunoh ekanligini anglaganday bo‘ldi. Uni ichidan qaynab chiqayotgan bir nido ezardi: vijdonli bir o‘gay ota Ismoilga sendan ko‘ra yaxshiroq muomala qilar, mehrliroq bo‘lardi. Turdi. Tashqariga chikdi. Ko‘zyoshlarini sidirmokdan boshqa bir chora topolmayotgandi.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 10 Oktyabr 2007, 10:58:46
Ikkn kun o‘tdi. Havo ancha ilib qoldi. Do‘konlarning eshiklari ochildi. Ko‘kraklarni to‘ldirib-to‘ldirib bahor xavosini oladigan zavqli damlar boshlandi. Bir do‘stinikida mexmondorchilikda o‘tirib, choyning oxirgi yutumini ho‘plarkan ko‘zlari birdan katta-katta ochilib ketdi. U ko‘chada yugurib ketayotgan Ismoilni ko‘rib qoldi. Mezbon bilan xayr xo‘shlashishga ham sabri chidamasdan Ismoilning ortidan tushdi. Ismoil orqasiga qaray demasdi. Besh daqiqalardan so‘ng qabriston eshigidan avval olti yoshlardagi bola, undan keyin bir kishi kirdilar. Uning qaydaligi endi ma’lum edi. Avval mozorchiga uchradi. Mozorchn bu bola bir ikki haftadirki, qabristonga serqatnov bo‘lib qolganini, shoshapisha, hatto yugurib kelishi va birozdan so‘ng qaytishini aytdi.
Mozor boshlarida hech kim ko‘zga tashlanmasdi. Ota ajablangan ko‘yi Ismoilni axtara boshladi. O’g‘li hadeb ko‘zga tashlanavermagach, Fotiha o‘qib ketishuchun marhuma xotinining qabri tomon yo‘naldi. O’n odimcha masofa qolgan ediyamki, mozorning narigi tarafidagi g‘alati butaga ko‘zi tushdi. Butaga yaqinlashib, shoxni ko‘tarish
uchun egilishi bilan hayratdan dong qotdi. Ko‘zlari koasidan chiqkuday bo‘lib, bir hamlada buta shoxini chetga tirdi. Buta tagida Ismoilning zaif vujudi ko‘rindi. Chuqurligi bir qarichcha keladigan, yotganda Ismoilning bo‘yiga mos bir joy qazilgan. Ismoil shu chuqurda ozi mozorga tegar darajada yotibdi, yuziga bo‘z parchasi qilgan. Ustidan buta olinishini sezar-sezmas Ismoil yotgan joyidan irg‘ib turdi. Qarshisida otasini so‘rdi. Sakrab turarkan birinchi qilgan ishi yuzidagi bo‘z tarchasini cho‘ntagiga solmoq bo‘ldi. Har ikkisi kutilmagan bu uchrashuv hayajoni ichra qo‘rquv va hayrat aralash bir-biriga tikilib qoldilar.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 10 Oktyabr 2007, 10:59:00
Ismoil oyoq tovushlarini eshitgan, biroq ziyoratchi uni sezmasdan o‘tib ketishiga ishonib, jim yotgan edi. Ko‘rdiki qarshisida otasi turibdi. Shu onda tuproqqa aylangan onasi va yetimlik jamiki ozorlarini chekishiga sabab bo‘lgan otasi orasida edi u. Qochish kerakmikan? Nima qilsa ekan? Ismoil hozir bu savollarga javob bera oladigan holatda emasdi.
— Bu yerda nima qilyapsan, o‘g‘lim?
— Onamning kuchog‘ida yotibman.
— Shunday xam bo‘ladimi, bolam? Onango‘lganiga necha shil bo‘ldi?! Axir u tuproqqa aylanib ketganku
— Mayli. Men unnng tuprog‘ini ham yaxshi ko‘raman. Endi bu yer mening uyim, — dedi u qo‘li bilan qazilgan koyga ishora qilib.
Ota boshqa chidayolmadi, Onasining tuprog‘idan boshqa o‘kinadigan yeri va kimsasi qolmaganini anglagan bolasini bag‘riga bosib xo‘ng-ho‘ng yig‘lay boshladi.
Bir muddat shunday yig‘lagach:
— Yur, o‘g‘lim, ketamiz, — deb ko‘lidan tutdi va u yerdan chiqdilar. O’n-o‘n besh qadam tashlagach bir nima esiga tushib so‘radi:
— Yuzingta yopib olganing nimaydi, o‘g‘lim?
— Ismoil kissasidan bo‘z parchasini chiqardi:
Onamning ko‘ylagidan uzib oldim .Bunda uning hidi bor.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 10 Oktyabr 2007, 10:59:29
Tush, Quyosh harorati kuchayganida qabristondan naqadar gunohkor va bemehrligini anglagan ota hamda uniig ota mehridan maxrum bo‘lgani uchun ona xokini yuzga surtib, ona tuprog‘iga bosh urushdan boshqa chorasi qolmagan tolesiz o‘g‘li chiqishmokda.
Tunda, Ismoil uykuga ketgach, bu hodisalarni bir-bir anglatgan otaxo tiniga murojaat qildi:
— Bir narsaga aqlim yetmayapti. Ismoil onasi o‘lganda uni taniydigan holda emasdi. Uning ko‘ylagi qayoqdan bildi?
Sanixaxonim javob berdi:
— Kecha uyni yig‘ishtirayotganda eski kiyimlarni taxlayotib unga onasining ko‘ylagini ko‘rsatgandim. U olib uni ko‘liga oldi, ko‘zlari yoshlandi. Men ortiqcha axamiyat bermasdan ko‘ylakni uning ko‘lidan olib ko‘ydim.
U taxmonni titkilab o‘sha ko‘ylakni topdi. Bu ko‘ylakning naq ko‘ksidan bir parcha qirqib olingan edi.
O’sha kundan e’tiboran Ismoilning uydagi ahvoli ozgina yengillashdi. Endi Ismoil ba’zida bir tizzasiga Salmani olgan otasining kuchog‘ida o‘tirish zavqini totar bu holdan Sanixaxonimning qovog‘i ham avvalgaday uyulmasdi.
Endi Ismoil ham ochiq chehra bilan yura boshladi.Avallari oqshomda uyga qaytgan otasini boshi xam holda kutib olgan Ismoil endi otasi kelishi bilan yugurib boradigan va uning ko‘lidan ushlab uyga yonma-yon kiradigan bo‘ldi. Uning hayotida ko‘zga ko‘rinarli o‘zgarishlar bo‘lnanini bilgan ko‘shnilarning ham vijdonlari endi xotirjam edi. Avvalo Fotima... Ota-o‘g‘il ko‘l ushlashib uyga kirisharkan, ba’zan uning ham ko‘zlaridan qaynoq tomchilar mexr va shafqat to‘la ko‘ksiga enardi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 11 Oktyabr 2007, 03:33:30

II

Fotima bu yil o‘n to‘qqizga qadam ko‘ydi. Bu yoshga pok, vijdoni oldida uyalmaydigan bir holda kirdi. Qur’on o‘qimoqni otasidan, namoz o‘qimoqni ota-onasidan,tarbiya va odobni ular bilan birgalikda o‘z vijodonidan o‘rgandi. Har jixatdan ayol degan nomga munosib bo‘ldi.
Otasidan yetarlicha diniy ma’lumot oldi. Alloh har narsani ko‘rguvchi, eshitguvchi, bilguvchi ekanini, yaxshiyomon qilgan ishlari hususida uning huzurida bir kun xisob berajagi, bu ishlarni chap va o‘ng yelkasidagi ikki kotib farishta yozib borajagini bilishi bilan ko‘zlari yoshlandi. Shu kundan boshini o‘radi, ko‘pchilik orasida o‘zini qanday odobli tutsa, yolg‘iz qolganda xam shunga qattiq amal qildi.
Ayollar to‘planishgach, bemalol ochiq-sochiq o‘tiraveradilar. Hatto Fotima yaxshi taniydigan adabli, tarbiyali bir nechta xotinlar ham shunday ish tutishdi. Dugonalari, uni ham boshini ochib, ro‘molnni yechib o‘tirishga qistashardi. U qabul qilmasdi.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 11 Oktyabr 2007, 03:43:49

— Bu yerda hech kim yo‘q-ku, Fotima, kim ko‘rib o‘tiribdi?! Buncha talabchan bo‘lmasang?!
— Alloh ko‘radi, — deb javob berardi Fotima.
— Xo‘p, sen o‘raganing bilan sochingni Alloh ko‘rmaydimi? — deya e’tiroz etdi dugonasi.
— Tabiiyki, ko‘radi.
— Unda nechun bu taassub, mutaassiblik?! Nimadan buncha saqlanasan, Fotima?!
— Istaymanki, Alloh meni uyalishimga sabab bo‘lgan holatda ko‘rmasin. O’zi amr etgan, rozi bo‘ladigan qiyofada ko‘rsin.
Hech qanday e’tirozga o‘rin qolmadi. Fotima yodlangan qoidalarni shunchaki gapirmadi, balki shu qadar sammiy javob berdiki, ochilgan tizzalar va boshlar darhol yopildi, bu so‘zlar vijdonlarga qadar yetdi, qalblar titratib yubordi. Shu kundan so‘ng Fotimaga bunday tak lif bilan murojaat qilishga hech kim botinmadi. Hatto uni ziyorat qilgani kelishgan dugonalari boshqa joylardagiday va avvalgiday emas, tartibli va nazokatli bo‘lgan holda o‘tiradigan bo‘ldilar.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:35:27
Bolalikdan xotirasida qolgan bir voqea bor: bir kun boqqa borishdi. Olti yoshga kirib-kirmagan Fotima bog‘dan u yoq bu yoqqa yugurayotib bir olma topib oldi va «ona senga olma keltirdim "œdedi sevinib, so‘ng toklar orasiga kirib ketdi. Yon qo‘shnining bog‘idan bir bosh chiroyli uzum ularning bog‘iga osilib turardi. Endi uzaman deb turganida otasining ovozi darhol ko‘l tortishga maj etdi:
— Fotima,uzma qizim! Bu uzum bizga harom!
Uning jajji shuurida uzum qora bo‘lganligi uchun harom degan fikr qoldi. Oradan yillar o‘tdi, lekin Fotima bir dona ham qora uzum yemadi. Uzumning qoraligi uchun emas, birovning moli bo‘lgani uchun harom ekanini yillar o‘tib bilgach ham oq va qora uzum ko‘yilsa, uning ko‘llari beixtiyor oqga uzalaverardi...
Bu yil o‘n to‘qqizga kirayotgan Fotima kichikligidan shunday o‘sdi. Qalbidagi Allohdan qo‘rqish, odob va tarbiya hissi vijdonidagi iffat tuyg‘usi, insoniy noztkliklar... Yoxud suhbatlari, uyalishlari, harakatlariyu muomalasi...Uni o‘zidan katta-kichik, barcha ayollarga o‘rnak qilib ko‘rsatish mumkin. Chunki Fotima o‘zini, so‘zlari va harakatlarini nazorat qilishga qodir qiz bo‘lib yetgandi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:35:45

Fotima bo‘y yetgan qizlar kabi atrofdan so‘rala boshlandi. So‘raganlar orasida boy-badavlatlar, faqiru o‘rtahollar bor. Bulardan har biri bir bahona bilan etilardi. Fotima turmushga chiqishi kerak bo‘lgan olam dini butun bir musulmoy, pok, go‘zal axloqli, insoniy fazilatlar bilan ziynatlangan inson bo‘lishi kerak. Boy yoki faqir bo‘lishi uning uchun aytarli ahamiyatga ega emas. Mahallasida boy deb tanilgan va zamona zayli bilan faqirlashgan kishilar bor. Bir zamonlar kunlik ovqatini zo‘rg‘a topib, ertangi quni uchun ko‘lida hech vaqo bo‘lmagan,lekin serg‘ayratligi tufayli boshqalarga yordam beradian darajada boyib ketgan odamlarni ham biladi. Shu tufayli Fotima mol-mulk kabi bugun kelib, erta ketadgan narsalarga ahamiyat bermasdi.
Bir kuni uni ikki bolali beva erkakka so‘rab kelishi. Xotini bir yil burun vafot etgan bu odamning bolalari parishon bir xolda qolgandi. Buvisi,ya’ni marxum xotinning onasi bu parishonlikni biroz bo‘lsada kamaytirish uchun ancha urindi, lekin o‘zi ham xastalanib qoldi. Shundan so‘ng Odilbek bolalarining axvolini biroz bo‘lsada yaxshilash umidida ikkinchi bor uylanishga istar-istamas rozi bo‘ldi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:36:04
Odilbek namozxon, xushfe’l, xushbichim, fayzli bir inon edi. U haqda eshitilgan qisqa ma’lumot — shu. Fotimaning onasi bunday turmushga rozi bo‘lmaydiganga o‘xshardi. Ikki yetimga qarash oson bo‘ptimi?! Uni muamolar kamroq,har jihatdan to‘kin oilaga uzatmoqchi edi. U to‘g‘rida qizi bilan maslahatlashdi:
— U odam yaxshilikka yaxshi emish, ammo ikki yetimn or, qizim, nima qilasan?
— Ularga farzandimday qarayman, ona bo‘lib tarbiyalayman.
 Ona bo‘lib qarash osonmi, qizim? Saniha nima qildi? Ismoil yegan tayoqlarni ko‘rmayapsanmi? Bola shuncha zulm ko‘ryapti, Saniha shuncha gunoh orttiryapti,
 Xo‘sh, Sanihaxonim onalik qildimi, buni istadimi,bunga tirishdimi? Kelganining uchinchi kuniyoq Ismoil uydan yig‘lab chiqmaganmidi? Qachon Ismoil Salmaday go‘zal, toza liboslar kiydi? Qachon Salma bilan teng ko‘rildi? Salmaga qarashdan ortib, biror marta do‘stlari bilan o‘ynadimi? Aminmanki, u uyda Salma Sanihaxonimning bolasi, Ismoil esa uning xizmatkoriday ko‘riladi. Hatto xizmatkorga ham bunday muomala qilmaydilarku.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:36:42
— Qizim, bir narsa menga ma’lumki, yetimning qahri qattiq bo‘ladi. Qancha urinma, o‘zingni ularga ona sifatida tan oldirolmaysan. Senga bir narsa aytaymi? Yetimg‘esirsiz, qaynonasiz, bolasiz oilaga kelin bo‘lishing kerak. Nega o‘zingni zaxmatga urasan,el qilmaganni qilasan?
— Ho‘sh, unda bu bolalar nima bo‘ladi, ona? Bironta o‘zini bilmaydigan kelib har xil zulmlar o‘tkazsa, bechora bolalarning hoai ne kechadi, ularning aybi nima, ona?
— Senga nima, Fotima? Birovning bolasi bo‘lsa, o‘ylagan narsangni qara. Qancha chidaysan, bir hafta, bir oy sabr qilding, xo‘sh, oxiri nima bilan tugaydi? Bir kun kelib boshqacha o‘ylab qolasan. Pushaymon bo‘lasan, hayoting so‘ngigacha ularning dardiga o‘ralashib o‘zini jabr qilasan, yo Sanixaga o‘xshab, og‘izlariga urib, tashqariga quvib, haydaysan. Bundan boshqa yo‘l bormi?
Bor, ona. Ularni o‘z farzandimday o‘stirib, savob olish bor. O’z bolasini parvarish qilish hayvonning ham qo‘lidan keladi. Inson bir pog‘ona ustun bo‘lishi kerakmasmi? Insonning xayvovdan ustunligi g‘arib yetimni bolasiday bag‘riga bosa olishida emasmi? Zulmning har qanday turi ham yomon, ammo yetimga qilingam zulm, zolimni, ya’ni zulm qilguvchi insonni hayvondan pastroq tushirib ko‘ysa kerak.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:37:04
Bu suhbat Fotimaning istagi amalga oshishi bilan yaqunlandi. Qizini so‘ratgan bu odamning yomon odam emasligini bilgan otasi ixtiyorni Fotimaga berdi Yetimlarni parvarishlash Fotimaning qo‘lidan keladi Agar Fotima xoxlayotgan inson axloqiy buzuq, ichkiliboz, qimorboz, din dushmani bo‘lsa, qizini unga bermaslik otaning burchi. Aksi bo‘lsa, Fotimani o‘z ixtiyoriga qo‘yish kerak. Shu sababdan sovchilarga muvofiq va munosib javob berdi.
Bayramdan bir oylar keyin Ismoilning ahvolini ko‘rganlar uning sekin-asta o‘nglanib borayotgani haqida xulosa chiqarishlari mumkin edi. Ba’zan otasi uni bozorga olib borar, ba’zan Ismoil o‘rtoqlari bilan o‘ynardi. Uyda yana uni kaltaklashyaptimi, yo‘qmi bilib bo‘lmasdi. Faqat ilgarigiday tayoq yeyishlar nihoyasiga yetgan!
eDI. Buni birinchilardan bo‘lib Fotima angladi.Aslida Fotimaning ikki yetimi bo‘lgan kishiga turmushga ishiga sababham Ismoil edi. To‘g‘rirog‘i, Ismoil chekkan iztiroblarning uning ko‘nglida qoldirgan teran ta’siri edi bu. Ikki yetimning qo‘nglini olish—ularni zolim ko‘liga tushishdan kutqarish edi uning niyati. Yo‘qsa, Fotimaday ham ruhiy, xam jismoniy go‘zallik sohibasi,ishchan qizga uylanmoqchi bo‘lganlar ko‘p edi. Yana ko‘plab topilardi ham.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:37:28

U uylangan odamga turmushga chiqarkan, uning marhum xotini xotiralariga bog‘lanib qolishi mumkinligini bilgani holda, bu go‘daklarni qutqarish fikrida edi. Modomiki, bo‘lg‘usi er murosali inson ekan, muammo yo‘q hisob. Har xolda o‘lgan bilan tirik bir emas. Endi uylangan xotini ham sevadi, hurmatlaydi. Buning ustiga, Fotima eri bo‘ladigan odamga, birinchi xotiniga nisbatan xurmatni unutishini taklif etadigan, uni esiidan chiqarmagani uchun xafa bo‘ladigan, tirg‘aladigan qiz emas. O’zi bir vaqtlar kichikligidan boqib katta qilgan mushugi yo‘qolganda uning xotirasini ko‘nglidan chiqarib tashlayolmagan Fotima, ikki bolasini omonat qoldirgan bir insonni unutib yuborishni tasavvuriga sig‘dirolmasdi. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri muruvvatsizlik bo‘lardi.
O’zining u xonimni unuttiradigan nima bor? Balki u xotin ko‘p ustun, saviyali, fazilatli bo‘lgandir. Uni unutish— u qoldirgan go‘daklarni ham yoddan chiqarish demakdir. Holbuki, Fotima bu xonadonga shu go‘daklarni deb kelmoqda edi, toki ular unutilmasin, iztirobda qolmasin.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:38:03
* * *

Fotimaning ikki yetimi bor odamga tegishga rozi bo‘lishidan qarindosh urug‘ bexad hayron bo‘lib qoldi. Ular bolani eplash mushkulligidan so‘zlar, o‘ylamasdan ish tutilayotganligini aytib, kuyinishardi. Yosh, kelishgan u odamning qusur va kamchiliklari deyarli yo‘q aksincha, u bir talay fazilatlarga ega. Qarindoshlarning ba’ilari do‘stona achinishib, ozorlanishar, ba’zilari esa qaror qabul qilgan Fotimani ayblashar edi. Hali ham fikridan qaytish uchun kech emasligini, aksincha, bu eng to‘g‘ri yo‘l ekanini aytishardi. Onasi kelganlarning dashnomlariga javoban:
— Qancha harakat qilmay kor qilmadi, tushuntirolmadim. Ne qilay, qo‘limdan nimaham kelardi. Ana o‘zingiz chaqirib gaplashinglar, —demoqdan boshqa chora topolmasdi. Ular Fotimaning o‘zi bilan gaplashishdi:
— Fotima, seni yaxshi ko‘rganimizdan kuyinamiz. Bo‘lmasa, bizga nima? Ke, o‘zingni qiynama. Xohlasat pochchang aralashadi. Kech bo‘lmasdan oldini olaylik.
Fotimaning yuragi siqildi. Nega har kim aralashaveradi? Boradigan, yashaydigan va buni ko‘ngil rizoligi bilan istagan uning o‘zi-ku. Har holda o‘z zararini o‘z ham ularchalik o‘ylar va tushunardi.
— Xola, — dedi, — meni yaxshi ko‘rganingiz uchun gapiryapsiz, ammo mening qarorim qatiy. Mening maqsadim ikki go‘dakka qarash hamda ularni iztirobdan, mashaqqatdan kutqarish. Men pushaymon qilmayman. Buning uchun behuda aziyat chekmang.
— Ishqilib pushaymon bo‘lib qolmasang bo‘lgani, Fotima!
— Parvardigorim meni uyaltirmas. Yomon ish qilmoqchi emasmanku!
So‘z shu yer da to‘xtadi.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:38:40
* * *

To‘yni oddiygina o‘tkazish taklifi keldi. Fotimanin otasi bu taklifni ma’qullab qarshi oldi.
— Xotini yaqinda vafot etgan odam, dabdabaning bugun va umuman hojati yo‘q, — dedilar.
Fotima ham bu taklifni o‘rinli deb bildi. Hatto bundan Odilbekning tushungan bir inson ekani ko‘rinardi.Hurmatli inson bo‘lmasaydi, marhum xotinining xotirasini xayoliga ham keltirmasdi.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:39:06

III

Yillar bo‘yi inson ko‘li tegmagan, parvarishdan uzoq, begona o‘tlardan ko‘rinmas holga kelgan bog‘cha bilan istalgan mahalla va hattoki shahar ayollari ahvoli o‘rtasida katta o‘xshashlik bor. Bu bog‘chada yetishgan narsalarning ko‘pi iste’molga yaroqli mahsulot bo‘lib yetishishi qiyin. Bog‘bon tarbiyasi bog‘cha uchun begona edi. Shu sababdan har nihol, o‘zicha — qanday yo‘l topsa, shunday o‘sib yotardi.
Mahalla ayollari ham shunday. Kichik yoshdan quloqlari tarbiya uchun burilmagan, Faqat betakalluf bir turmushning beparvo tarzi quloqlariga quyilib,qalblariga qadar o‘rnashgan. Shu sababdan ular hislariga, orzulariga to‘qri kelgan narsalarni o‘zlari bilganicha, o‘zlari xohlaganicha qoyillatib bajarishardi. Faqat aql va mantiq zaruratiga, axloq va fazilat amriga kelganda loqayd qolishlari ko‘zga tashlanadi. O’tirib birovni g‘iybat qilishda, chog‘ishtirishda, chaqimchilikda, bahslashishda, urushishda barcha mahoratlarini ishga solib, o‘rtaga chiqaradiganlar ko‘p. Ammo o‘zlarini bundan saqlaydigan ayollar ozdir.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:39:24
Ayollarning hammasi shunday deyish insofdan bo‘lmasa kerak. Ular orasida ham orzu-umidlari, maqsad va tuyg‘ulari, faoliyatlarini Alloh rizosi uchun qiladigan, irodasini hislari qarshisiga qudratli bir qo‘mondon kabi oladiganlar bor. Go‘yo tasodifan yovvoyi o‘tlar iskanjasida qolgan noyob bog‘ guli kabi. Ba’zan bu gul atrofini qichitqi o‘tlar qoplaydi, chirmoviqlar o‘raydi, tikanlar kurshaydi va gulni yoniga yaqinlashib bo‘lmas holatga keltiradi. Lekin, baribir, uning xush bo‘yi atrofga yoyilishidan, go‘zal rangi yiroqlarga joziba taratishidan ko‘z quvnaydi, dimog‘ chog‘ bo‘ladi, jon xuzur qiladi.
Fotimaning turmushga chiqishini eshitib, tabriklagani kelganlar orasidagi (.....) Xonimni ham Fotimalar malhallasining guli deyish mumkin. Bu xonim Fotimaning jasoratli qarorini qutlagani va unga bu qarorda sobit qolmoqni tashviq qilgani kelgandi. Ikki kunlik huzur-halovat uchun fazilat va xaqiqat yo‘lini tark etmasdan, yolg‘iz qolib mashaqqatlarga duch kelsa ham sabr etishni maslaxat va nasihat qilgani kelgan bu ayol xush qarshilanishga arzigulik, yaxshi kutib olinishga munosibdir
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:39:42
Qalbi xaqqa bog‘langan, yomonliqdan yuz o‘girgan insonlarda boshqlarga o‘xshamagan, porloq bir vijdon bor. (...) Xonim fazilatsizlikni, fayzsizyashamoqqatashviqni, haqsizlikni, huquqsizlikni ko‘rganda qo‘l siltab, ko‘z yumib ketmaydigan, iloji boricha chora topishga, tadbir qilishga kirishadigan, hech bo‘lmaganda ich-ichdan iztirob chekadigan vijdon soxibasi edi. Ko‘pchilik xato manzil tomon kim o‘zarga shoshgan bir davrda ularni haq yo‘lga yurishga undashni amr etgan bir vijdon sohibasi edi u. Fotymaning eshigida bir xonim turardi. Ko‘rinishida sokinlikdan boshqa narsani ifoda etmagan, samimiyatdan boshqa narsa o‘qilmagan chexrasidan qalbiga boqsangiz vulqonlar otashli, ummonlar kabi bezovta bir olamning aks etganini ko‘rishingiz mumkin.
Eshik ochildi. Qirqqa yakranlashgan, o‘rtadan baland, uzunga yaqin bo‘yli, boshini sharf bilan yaxshilab o‘ragan bir ayol ko‘rindi. Hech qachon kelmagan, bir uzoq ko‘shni tashrif buyurdi. Fotima har kuni bir necha mehmonlar kelishiga odatlanganligi va ularning kelish sababini bilgani uchun uyiga ilk bor mexmon bo‘lib kelgan uzoq qo‘shnining tashrifidan xayron bo‘lmadi, uni begonalardek qarshilamadi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:40:25

Mehmon xonimda xar kun keladiganlarda uchramagan bir xususiyat ko‘zga tashlanib turardi. Harakatlarida, turishidayoq ro‘parasidagi odamni hurmat bilan muomala qilishga majbur etadigan viqor va jiddiyat sezilardi. Bir qahva ichguncha qancha «zahmat chekkani»ni takrorlaydigan yoki ming turda g‘iybat qiladiganlardan emasligi bilinib turardi. Ayol jimgina qaxva ichdi, tashakkur aytdi, Alloh ziyoda etsin, deya duo qildi. So‘ng Fotimaning turmushga chiqish haqidagi qaroridan juda mamnunligini aytib, tabrikladi. Bu haqda suxbatlashish mumkin bo‘lgan bironta mehmon kelishiga umid qilmagan Fotima shoshib qolganday bo‘ldi. Mexmon xonim davom etdi:
«Faqat, qizim, insonlik sharafi xayrli qaror qabul qilishdagana emas, balki turli aziyatlar qarshiida qabul qilingan qarorda sabr bilan davom eta bilmoqdadir. Bu go‘daklarga beradigan har bir luqma taoming, aytadigan har so‘zing Alloh xuzurida zoe ketmasligini, qiymatli bo‘lishini unutma. Ularga qiladigan xar yaxshiliging, Payg‘ambaringga qilingan yaxshilik ekanini yodingda tut. Bilursanki, u zotham tug‘ilmaslaridanoq otalaridan, olti yoshlarida onadan yetim qoldilar. Yetimlarning ko‘z yoshlarini sening mehr-shafqating to‘xtatsa, sendan baxtli odam yo‘qdir. Ha, bu yo‘lda ancha zaxmat va aziyat chekasan. Sabr etsang, bu zaxmatlar ertaga rahmat bo‘lib qarshingdan chiqadi. Peshona terini to‘kib insonligini isbot etganni, Payg‘ambari xurmatiga yetimlarga ko‘z-quloq bo‘lganni Alloh ko‘z ko‘rmagan ne’matlar bilan siylaydi. Ularga onalari yo‘qligini «Fotima yaxshi ayol ekan", deyishlari uchun emas, Alloh rozi bo‘lishi uchun sezdirmaslikka kirish».
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:41:10
Fotima qabul qilgan qarori uchun shu kunga qadar ilk marotaba qutlanayotganini tushundi. Uylariga ilk bor kelgan bu xonimning so‘zlari riyodan yiroq, g‘oyat samimiy edi. Ketayotganda, haligacha tanishib suhbatlashmaganidan xijolat bo‘lib qo‘lini o‘parkan, xonimdan duo qilishinn so‘radi, bu xil nasihatlarni kutganini bildirdi.
Ko‘k yuzidagi bulutlarni shamol atrofga tarqatgann kabi insoniy vaznfasini ijro ztgach, vazmin qadamlar bilan uyiga yo‘nalgan bu xonimning orqasidan yerdagi chang to‘zonlarni ko‘kka sovuradigan bir shamol turdi. Bir onda odam-odamni tanimaydigan holat vujudga keldi. U to‘zonva quyun ichra sokinlik bilan odimlayotgani qo‘zga tashlanib turardi. Bu manzara Fotimaga botilning kelib-ketishini, chang-to‘zon kabi ekanini, faqat haq qudratli va boqiy bo‘lib qolaverishini eslatdi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:42:29
* * *

Kim edi bu ayol? Ismini aytishni lozim topmagan, hatto aytmasliqdan ko‘nglida huzur tuygan bir ayol. Sababi nima edi? Uyaladigan ish qildimi yoki «nechun bunday qilding?» —deb so‘rab ketadiganlardan biri ekanligi uchun shunday yo‘l tutganmikan? Albatta, yo‘q.
Agar: «Ajabo, bu xonim ushbu ishni Alloh rizoligi uchun qilganidan va faqat U bilishi yetarli ekaniga ishonganidan o‘zini tanitishni istamagandir?»—deyilsa, javob savolning o‘zida aks etgan bo‘lardi.
Insonda bir dard bor. Amallarini boshqalarga bildirish dardi. Bu dard ba’zan tarbiya va odob doirasidan chiqib ketadi. Inson bir yaxshilik qiladi. Faqat bu yaxshilik mukofotini Allohdan kutmasdan, boshqalarning boshlarini qotirib, kuloqlariga yetkazmaguncha rohat topmaydi. Kelajak nasllarga qanday yetkazishadi? Buning ham chorasi bor, yo‘li oson. Darhol marmar lavhaga ko‘rsatilgan yordam va o‘zining ismini yozdiradi, Tamom. Kim nima deydi?
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:42:52

Ba’zan birovga ertalab yaxshilik qilinib, kechqurun yuziga solinadi. Lekin bu jahonda bildirmasdan yaxshnlik qilib, bu yaxshiligini yodida saqlab yurmaydiganlarning ham borligi aniq. Haqiqat shuki, Fotimaning mehmoni — har so‘zi gavhardan ziyoda bu ayol dunyoning ismsiz janoblari orasidan o‘rin olishga loyiqligini o‘z harakatlari bilan isbot etgandi. Alloh undan rozi bo‘lsin.
Uning mukofoti uni tanimagan, faqat ortidan bu yo‘lda duo qilganlarning Alloh huzurida qabul bo‘lingan niyozlaridir.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:43:22
IV

Odilbek bir necha xonadonga bosh urib, nihoyat muvaffaqiyatli javob oldi..Uning avval uylanganini, buning ustiga ikki yetimi borligini eshitganlar darhol rad etardilar. Odnlbek tul xotinlar balki bu turmushga rozi bo‘lar deb o‘ylar, biroq hech kimdan ijobiy javob ololmasdi. Nihoyat Fotima ismli bir qizning oilasi bu taklifni:
 — Bir o‘ylab ko‘raylik... — deya qarshilashdi va bir haftadan keyin rozi bo‘lishdi.
Xotini o‘lganiga bir yil bo‘ldi . Undan xotira bo‘lib uch yoshli qizaloq va besh yashar o‘g‘il qoldi. Odila va Husayin. Bu bir-birvdan sevimli, bir-biridan go‘zal va shirin, shu bilan birga bir-biridan tolesiz ikki go‘dak uning ko‘lida qoddi. Ne qilarini bilmaydi.
Xotinining xasgaligi kuchaygan sayin, hayotdan umidi uzilarkan, go‘daklarni avvalo Allohga, qolaversa eriga omonat qoldirganini bir lahza bo‘lsin yodidan chiqarmaydi.
So‘nggi kecha edi. Xasta qiynalib nafas olar, har nafas olganda tili zo‘rg‘a qimirlar, bir narsalar aytayotgandek bo‘lardi. Odilbek uning ahvoli yomonlashganini sezishi bilan qulog‘iga bir necha bor Alloh... Alloh dedi. U javob bermadi. Minnatdor ko‘zlarini eridan olib, qo‘llari bilan ishorat qildi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:45:17

Odila belanchakda yotar, Husayin uni kuldirib, o‘ynardi. Xasta ayol eriga qaradi, so‘ng ko‘li o‘ynayotgan bolalarni ko‘rsatganday uzaldi. Faqat uzalgan qo‘l havoda qolmadi, ko‘rpa ustiga tushdi. Bu orada chukur nafas bilan Alloh kalimasi eshitildi. Ko‘l boshqa qimirlamadi. Faqat hamma narsadan bexabar o‘ynayotgan bolalarini ko‘rsatganday oldinga uzanib qoldi. Balki bu xarakati bilan so‘nggi hayotining g‘unchalarini, kurtaklarnni omonat qoldirayotganini yana bir bor bildirib, uylanadigan xotiniga bu go‘daklarni ezdirmaslikni vasiyat qilmoqchi bo‘lgandir.
Odilbek ko‘zlarida qalqqan yoshlarni sassiz sidirarkan, bir necha soniya avval onasi bo‘lgan bu yetimlarga iztirob va achinish bilan qaradi. Odila akasi tebratayogan belanchakda qulgidan to‘xtamasdi...
Uning kulgisi yana qancha davom etadi? Buni tushunishga hali ojiz edi. Har qanday inson oilasidan o‘limdan qattiq ta’sirlanadi, nihoyat bu taassurot kundan-kunga kamayadi. Biroq shunday payt keladiki, unga aloqador nimadir xotiralar cho‘g‘ini qo‘zg‘ab, o‘t oldirib yuboradi, ko‘ngil iztirob alangasi ichra qoladi...
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:45:35

Odilbekning ahvoli, ta’siroti boshqacharoq kechdi. Uzoq vaqtlar ko‘nglida Xayriyaning alohida bir joy band etib turganini his etdi. Bu uning oilasiga, xotiniga vafosidan edimi yoki undan yodgor qolgan ikki no‘dakning kundan-kun onalarini qo‘msashlariga, izlashlariga boqib, qon yig‘lab, yarasi yangilanib, ko‘ngli zirqirashidanmi? Odilbek uchun vafo hissidan ko‘ra ikki norasidaning achchiq holi kuchlilik qilgandek edi, go‘yo. Biroq uni vafosiz deyish insofsizlikdir. Tunlar onasizlik tufayli g‘ariblikda qiynalgan yetimlarni kuchog‘iga olib sevmoqning ta’rif etilish mumkin bo‘lmagan bir xis paydo qilishini boshidan kechirganlar yaxshiroq bilsalar kerak. Aslida bular musibatda qolganmi? Quchoqlarida boshlari egik turgan, sevgalisi tark etgan bir oshiq, maxzunligi og‘ushida jim qolgan go‘daklarmi aslida? Barchasining bag‘ri yarim. Barchasi kuygan. Ko‘ngillari yarali. Shu bilan birga xotinidan judo bo‘lgach, bir-ikki yil o‘tib uylanganlarning chexrasi ochilganini ko‘rganlar ko‘pdir. Bunga aksi o‘laroq uyda ko‘chada, maktabda doimo g‘ussali, yig‘lamoqqa tayyor yetimning qosh-ko‘zi kulib turishi nodir hodisadir.
Ota ko‘ngli bir ayol bilan to‘lishi mumkin. Faqat bola ko‘nglini oladigan, ko‘nglini to‘ldiradigan ayol endi dunyoda yo‘q. Ota sevgisi bir insonga bo‘lgan sevgidan iborat, bolaning mehr-muhabbati esa faqat onaga bog‘likdir. Ona yer yuzida bir donadir, yagonadir. Uning onasi o‘lgach, uyga yangi bir ona keladi. Otaning aytishicha, bu onaning avvalgisidan kamchilik tarafi yo‘q. Faqat bolaning fikricha, bu ona bilan avvalgi onani qiyoslash inson bilan uning soyasini tenglashtirishdek gap.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:46:54
 Biri butun borlig‘i bilan shafqat va marhamatdan iborat bo‘lsa, boshqasi faqat moddiy va shakliy jixatdangina onaga o‘xshaydi. Biri sevsa, ikkinchisi uradi, biri bag‘riga bossa, o‘zgasi ko‘ksidan itaradi, Birinchisi — ona, ikkinchisi—o‘gay ona.
Odilbek bolalarida onasizlik tuyg‘ularini ko‘rgan sayin, dardi ham ortib bordi. Ularni har oqshom, har tun kuchog‘iga olarkan, ko‘li ko‘zyoshlardan nam bo‘lardi. Ayniqsa, Husayin:
—Ota, onam kelmadiku, hali tuzalmadimi?—deb so‘raganida dardi yanada kuchayadi Tun-kechalab qiynalsa ham ularga qarar, shafqatini, mexrini ayamas, kunduzlar qaynonasi, ya’ni xotinining onasinikiga qoldirib, ishiga ketardi. Bir kun u ham bolalarga qarayolmaydigan darajada xastalandi va u yana uylanish majburiyatida ekanini xis eta boshladi. Fotimaxonimga uylanish masalasi ham hal bo‘lgunga qadar bolalariga bir o‘gay onakelishini tuzukroq o‘ylab xam ko‘rmagan ekan. Yoxud bolalari bilan ovora bo‘lish, ularning holiga achinib, yaxshi niyat bilan harakat qilyash bunday o‘y surishlardan chalg‘itgandir. Endi bu kun tartibidagi ko‘ndalang masala kun sayin ulkanlashar, barcha yo‘llar bolalarga o‘gay ona topish ma’nosida birlashardi. O’gay ona... Bu nomni bugungichalik haqikiy ma’noda tushunmagan edi. Boshga tushmaguncha bilmas deidilar. Peshonadagi yara bilan devordagi kovakning qanday farqi bor? Odilbek necha bor xotini o‘lib uylanganlarni eshitgan.Ammo o‘sha uylanganlarning o‘z bolalariga bugun anglaganidek, o‘gay ona olib keltshni tushunmagandi.Hozir o‘gay onani bir olov sifatida qabul qilardi:etimlarning ovqatini pishirish yoki isitish o‘rniga yoqib yuboradigan olov.Yohud u bir shamol-go‘daklarga orom berish o‘rniga a ularni junjiktirib, yuz-kuzlarini chang-to‘zon bilan to‘ldirguchi shamol...
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:47:13

Bolalar boshiga shunday ona kelishi ehtimoli bor. Bunday ehtimol katta. Butun ixtiyor ko‘ldan ketishi mumkin. Shu o‘y Odilbekni egovlardi. Ona hasratida yuraklari dog‘langan go‘daklarga qarashi bilan o‘zini ularga zulm farmonini imzolagan hakim o‘rnida ko‘rardi.
Hamma o‘gay insonlar ham bolalarga zulm qilishdan zavq olmasa kerak deb o‘zini ovutishni istaydi. Mingtadan bitta bo‘lsa ham yaxshisi uchrab, bolalarning chehrasi ochilib qolar deya umid qiladi.Oxiri:"Nega bekorchi hayol,behuda o‘y suraman. Yaxshi o‘gay ona mening bolalarimni kutib turibdimi?» — deb yana g‘ussasi ortadi.
To‘yga bir hafta qoldi. Chigal o‘ylar qurshovida kun sayin Odilbekningumidiuzilib bordi. Uylanishni istaganiga pushaymon bo‘ldi. To‘yga tayyorgarlik ko‘rilmagan, so‘z bermagan bo‘lsaydi, shu ko‘yi bo‘ydoq o‘tishga rozi edi. Oh, qarshi tarafdan qaytish taklifi kelsaydi, to‘y zararini to‘lab, barcha aloqani to‘xtatgan bo‘lurdi. Aksiga olib, utarafdan bunday sado yo‘q edi.
Kunlar shunday o‘ lar bilan o‘tdi. Xotinining bir yil avval vafot etgani sababi bilan cholg‘uli-solg‘uli to‘y qilmoqchi emas. Faqat kelin kelgan oqshom do‘stlari bilan bir taom yeb, o‘tirish qilmoqchi — mavlud, masnaviy o‘qitmoqchi. Qiz tarafga ham bu taklif ma’qul bo‘ldi.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:48:37

Bir kecha avval... Ertasiga kelin kelishi kerak.To‘g‘rirog‘i, balki ochiqrog‘ini aytish kerak bo‘lsa, bolalarning hayotida onasizlik davri tugab, o‘gay ona davri boshlanadi. Bu kecha to‘yib-to‘yib yaxshi ko‘rib qoladigan kechasidir. Bozordan keltirgan bir xaltachani uzatarkan.
— Nima olib keldingiz menga, ota? — degan bolalariga ichi zirqirab qaradi. Endi bunday narsalarni faqat o‘gay ona roziligi bilan keltirishini o‘ylab ko‘ngli buzildi. Go‘yo ayrilmoq uchun xayrlashayotganday ularning gul yuzlaridan xidlab-hidlab o‘pdi. Xaltachalarni ochdi. Pista, qandlar, o‘yinchoqlar... qandlarni yedirdi. O’yinchoqlarni berdi.
— Qani, bolalarim bular bilan o‘ynang, men namozimni o‘qiyin! —dedi. Namozdan so‘ng suv isitdi, yuvintirdi, sochlarini taradi, ust-boshini kiydirdi. Kechgacha ularni o‘ynatdi, Uyqulari kelishi bilai uxlatdk. O’zi ham yonlariga auzaldi. Yetimlarini hidlab-hidlab ko‘zlarini yumdi. Uxladi...
tun yarmida dahshat ichra uyg‘ondn. Qaradi. Bolalari pish-pish uxlashmoqda. Ko‘rgani tush ekaniga shukr etdi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:49:49

Tushida Husayin ochqoganmish, o‘gay onasidan ovqat so‘raganmish, u esa:
-Hozir ovqatlanadigan vaqt emas!.. — dermish va ovqat bermaganmish. Birozdan keyin bolatakror so‘rasa:
-Zaqqum ye.Hammamiz ochmiz. Kutsang, o‘lasanmi?! —deb ozor berarmish. Bu so‘z Husayindan ziyod Odilbekka yomon ta’sir qilib:
— Xonim, bolaku bu, biroz ovqat bersangiz bo‘lmaydimi desa:
— Uning tarbiyasi menga oid ekan, ishimni qiyinlashtirish ne hojat? Og‘ziga ikki urish o‘rniga ovqat tutish kerakmi? Bugun indamasang, ertaga boshimga chiqadi.Nimasi bola buning? Ko‘rmaysanmi, har narsaga aqli yetadi deb Husayinga shunday bir g‘azabli qarash qilganmishki...
Odilbek bu tush ertaga haqiqatga aylanajagini o‘ylab o‘rtandi. Peshonasini silarkan ko‘rkuvdan sovuq ter paydo bo‘lganini sezdi. Bu terlar tush ta’siri va vijdon muxosabasiga oid edi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:53:36
Vu orada Odila uyqu aralash qo‘llarini uzatganday bo‘ldi:
— Ona, suv... — dedi. Odilbek turib, suv keltirdi. Lekin qizi yana yaxshigina uxlardi. Uyg‘otmoqqa ko‘zi qiymadi. Piyolani ko‘l yetadigan joyga ko‘ydi, uyg‘onib, suv ichgisi kelishi mumkin. Bolalari yoniga uzaldi. Bir pas bolalarining nafas olishini tinglab yotdi, hatto Odilaning suv so‘rashini kutdi va sekin-sekin uykuga ketganini bilmay qoldi.
Vomdodni o‘qigach, yotmadi. Bolalarining uyg‘onishini kutdi. Ovqatlarini hozirladi. Uyg‘ongilari kelmasdi, Uyg‘onmaslikka xaqlari bor, bunday rohat yana qachon nasib kim bilsin.. o‘yladi Odilbek. Yana qutmoqchiydi... Qarindoshlari kelib qolishlari kerak. Nima bo‘lganda ham to‘y, bir yil orziqib kutilgan ona (!) uyga rohat, huzur keltirmoq uchun tashrif etadi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:53:47

V

Fotimaning uydan ayrilishi qiyin bo‘ldi. To‘i yaqinlashgani sayin iztirobi ham ortib bordi. Bu mahzunlik totuv turmush kechirish-kechirmaslik xavotiridan ko‘proq ota-onadan alohida yashash, ulardan ajrash tuyg‘usi edi.
Fotima o‘ziga tasalli berish uchun harakat qildi.Har bo‘y yetgan qizning boshida turmushga chiqishdan boz chora yo‘qligini o‘yladi. Umrining oxirigacha ota uyida qololmasligini bu o‘yga uladi. Ikki yetimga onalik qilishini va bu bilan savob qozonishini xotiriga keltirdi. Ular bilan mashg‘ul bo‘lib vaqt qanday o‘tganini bilmay qolishini, bu mutlaqo ayriliq bo‘lmay, istagan paytda qizlik uyidagilarini ko‘rib keta olishini tushunsa-da, bu maxzunlikka monelik qilolmadi. Nihoyat to‘y onasi bilan birga so‘ng bor ovqatlanayotganini o‘ylagach, taom tomog‘idan o‘tmadi. Ko‘zlari yoshga to‘ldi. Otasining qistashiga qaramasdan ovqat yeyolmasligini aytdi va yemadi. Shoshilinch yurishlar, kelib-ketishlar, o‘rinli-o‘rinsiz baqirib-chaqirishlar va shunga o‘xshash hodisalar bilan bir necha soat o‘tdi. Bu soatlar Fotimaga uzunmidi yoki qisqa? Buni Fotima bilolmasdi. Faqat eshikka mashina kelishini kutib turgan bolalar taksi uzoqdan ko‘rinishi bilan:
Kelishmoqda... —deya baqirishib,u tomon yugurdi. Fotima ko‘nglida g‘alati kechinmalar paydo bo‘layotganini,tizzalari majolsizlanayotganini his qildi. Birozdan so‘ng yoniga ikki ayol keldi. Bu orada tashqaridan, «Ovmin» ovozlari keldi. Qo‘llar duoga ochildi. Duolarni eshitmas, faqat ovmin deganlari qulog‘iga chalinardi. So‘ng yana jimlik.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:55:08
U ham qo‘llarini ko‘tardi. O’z rizoligi bilan shu turmushni tanlaganini ko‘ngil tarjimoni bo‘lgan tillari yengilgina qimirlab anglatar, ko‘zlaridan oqqan injular upa-elikka ehtiyojsiz gul yuzidan sirg‘alib ko‘ksiga go‘zal bir holda tomchilab tushardi:
— Rabbim, sabr ber. Xayrli oqibat ato qil. Yetimlarimga zulm etmokdan, zolimlikdan, ularning haqqiga xiyonat qilmoqdan O’zingga sig‘inurman. Poko Parvardigoro, nomus bilan yashamoqni, xayrli zuriyotlarni, bolalarim o‘rtasida adolatga rioyat etmoqni nasib ayla, yo Robbil a’lamiyn! Sendan sixat-salomatlik, afiyat, xusni xulq tilayman, dinimga, ibodatimga loyiq kuch-quvvat so‘rayman. Huzuringga uyaladigan holda bormokdan O’zing asra, Habibing hurmati...
Bu orada tashqaridan duo so‘ngiga yetganini bildirguvchi «Fotiha salovat!» degan ovozlar eshitildi va Fotimaning ko‘llari ham yuzlariga surildi. Keyin xolasining qizi ko‘llaridan tutgancha, to‘yga kelgan keksalarning, qarindoshlarining qo‘llarini o‘ptirdi. Pastki bog‘chada ota-onasi, tog‘asi, amakisi bir qator turishardi. Ular bilan xayrlashdi. Oldinda go‘zal jildi va muqovali Qur’oni Karimni tutib ketayotgan ayol izidan yurib yonidagi ayollar bilan birga taksiga o‘tirdi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:56:26

Fotima uchun yig‘laganlar orasida bir chetdan unga mahzun-mahzun termulib qolgan Ismoil ham bor edi. Fotimaning qalbidagi g‘alayonlar va g‘ussasining hozirga darajasi haqida so‘zlash xuquqi faqat bu holatni boshidan o‘tkazgan, boshiga yopinchiq tashlab, ota uyi bilan xayrlashish alamini totgan kelinlardagina mavjuddir.
Fotimani bir hovliga tushirdilar. Yangi emas. Lekin xarob ham emas. Uch xonasi, bir zali, bog‘i bor. Bog‘cha qarovsiz. Hovli (uy va bog‘) to‘y oldidan yig‘ishtirilganiga qaramasdan, ko‘p vaqtlardan beri ayol qo‘li tegmagani bilinib turardi. Fotimaning ko‘ngli zirqiradi. Xasta, zaif, holsiz bir yosh ayol ko‘z oldiga keldi. U
bolalariga qanday taomlar bergan, hovlini qanchalar orasta qilgan... Faqat xastaligidan bog‘ oyoq bosolmaydigan holga kelgan.
Aslida to‘y deyish unchalik joiz bo‘lmagan bu yig‘inga kelgan qo‘shnilar birpasdan so‘ng tarqalishdi. Uyda faqat Odilbekning qarindoshlari — to‘rt-besh ayol qoldi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:57:53
Birozdan so‘ng eshikdan bir ayol va ikki bola kirdi. Fotima bu xotinni ikki marta ko‘rganini esladi. Odilbekning xolasi. Yonida qora qosh, qora ko‘z, qirra burun, chiroyli, shirin ikki go‘dak. Yanga liboslar kiydirilgan, sochlari taralgan. Agar ularga diqqat bilan boqqanlarida yuzlarida iztirob belgilarini ko‘rmasalar, bu ularda iztirob yo‘qligidan emas, balki noto‘g‘ri qarash, yaxshilab qaramaslikdandir. Odilbek ningxolasi ularning qo‘llarini tutib olgan. Fotimaning yoniga kelishdi. Muloyim,ammo ko‘p vaqt dard chekkani bilinib turadigan ovozda:
— Xush kelibsiz, qizim—dedi.
— Xushvaqt bo‘ling, xola! Ayol yonidagi bolalarga ishorat qildi:
Mana, qizim, bolalaring. Avval enasi qaradi — katta onasidan keyin, kim kelsa shu, uning-buning qo‘lida qoldi. Qo‘g‘irchoqday ko‘ldan-ko‘lgao‘tib yurishdi bechora bolalar. Endi senga topshirdik. Omonat. Shunday omonatki, ko‘ngillari jannat eshigiga bog‘langan, bir omonatki, boshidan bir tuk tushib,joni qiynalsa,xisobi katta. Bu gulg‘unchalarni xoxla yayrat,xoxla uz. Ixtiyor senda. O’zing bilasan.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 20:59:14

Bularni shikasta ohangda so‘zlayotgan xonim bir o‘ziga bir Fotimaga hayron qarayotgan bolalar yoniga bordi:
— Qarang, bolalarim, onangiz keldi. Endi yaxshi bo‘ladi. Qani, ko‘llarini o‘ping.
Husayin Fotimaning onasi ekanini yaxshi anglamadi, shu bilan birga tarbiya natijasi tufayli, odob yuzasidan uning qo‘lini o‘pdi. Chekinmoqchi bo‘ldi. Ammo yangi ona uning qo‘lini qo‘yib yubormadi. Chap ko‘liga olgach, dedi:
— Qani sen ham kelchi, Odila.
Odila xolasiga qaradi. Fotima avvaldan tayyorlab qo‘ygan, rangli qog‘ozlarga o‘ralgan ikki xaltacha chiqardi. Birini Husayinga berdi. Keyingisidan beshlik, o‘nli bir qancha mayda pullar chiqarib Husayinning hovuchini to‘ldirdi So‘ng:
_ Endi Odilaning ko‘nglini olamiz, unga ham beramiz, — dedi. Husayin Odilaning ko‘lidan ushlab , sekin tortdi:
Kel, singlim, senga ham beradilar, — dedi. Odila zo‘rg‘a yaqinlashdi. Guyo kulog‘idan sudralgan uloqcha. Berganlarini olarkan, Fotima uni quchoqladi. Oldiga o‘tqazdi. Odila turib, qochmoqchi bo‘lardi. Fotima uni ko‘yib yubormadi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 21:01:27
- Men sening onang emasmanmi? Nega mendan qochasan, qizim? Seni shunchalik o‘zimniki, desamam, nega sen onam deb uchmaysan? Mana, keldim. Endi hech ketmayman. Qochsang xafa bo‘laman, onang bo‘lmay ko‘yaman. Akang, mana, shu yerda. Kel, Husayin, kel, o‘g‘lim. Sen oldida o‘tir, singling ham bag‘rimda bo‘lsin.
Husayin tortinib-uyalib keldi. Fotimaning bir tizzasiga o‘tirdi. Yangi ona ikkovini ham bir-bir o‘pib, bag‘riga bosdi. Bolalar dimog‘iga xushbo‘y urildi. Bu hid bolalarga go‘zal ta’sir etdi.
Boshqa ayollar aralashmasdan quzatib turishardi. Ikki yetimga kelar-kelmas hadyalar berib, o‘pib, bag‘riga bosgan ona bilan, tizzalarida o‘tirgan ikki go‘dak holati ularning ko‘zlarini yoshladi.
Ikki ko‘li bilan ikki go‘dakni kuchgancha Fotima Odilbekning xolasiga qayrilib qaradi:
— Hali so‘zlaringizni tingladim . Juda to‘g‘ri va yaxshi gapirdingiz. Ishonchingiz komil bo‘lsin, men ham bu uyga ularning dardiga chora bo‘lish, bag‘rimga bosib, qiyinchiliklarini ketkazish uchun keldim. Sabrim yetguncha tirishaman, o‘z onasi bo‘lish niyatidaman. Bolalarga mendan nima istagan, kutgan bo‘lsangiz, ziyoda bajarishga kirishaman. Duo qiling. Alloh meni uyaltirmasin, — dedi. Bu so‘zlar xolani va boshqa ayollarni mamnun etdi. Hatgo ulardan biri yonidagi xotinga:
— Eshityapsizmi? — deb oyog‘i bilan yengilgina turtib qo‘ydi.
Bir soatlardan keyin Fotima bilan bolalar o‘rtasida samimiy munosabatlar boshlandi deyish mumkin.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 21:03:31
* * *

Oqshomga qadar turli o‘ylar bilan o‘zini yeb bitirgan Odilbek ohista odimlar bilan, istar-istamas uyga kelib, bolalarga ko‘zi tushmasdan, g‘alati axvolda qoldi. O’zini g‘arib xis etdi. Endi bu uyda uni kulib, yugurib chiqadigan bolalar o‘rniga tund holda qarshi oladigan bir xotin va undan qo‘rqib biror burchakka bekinadigan bolalar mavjud. Mana, hozirdan bu o‘rtada ko‘rinishmaydi.Balki xolasi xafa bo‘lishmasin, xo‘rlanmasin deya o‘zininikiga olib ketgandir. Ularning yo‘qligi, bo‘lsa ham ko‘zlarida yosh to‘la ekanligi bu uyni kanchalar fayzsiz, farog‘atsiz qilib qo‘ygan-a, yo Rabbiy...
Xayriya o‘lmagan, bugun bir shifoxonadan tuzalib chiqqan bo‘lsaydi, naqadar go‘zal bo‘lardi. Oh, naqadar deb o‘yladi. So‘ngra bu Alloh takdiriga qarshi, odobdan tashqari bir o‘y (shayton vasvasasi)ekanini va musulmon bunday fikrlamasligini xotirlab, Alloh Taolodan afv tiladi. Bunday o‘ylamokdan ne foyda bor edi? Bo‘lmaydigan o‘ylar bilan boshini qotirguncha, haqiqatga aloqador bir narsa bilan mashg‘ul bo‘lish afzal emasmi? Masalan, o‘gay ona ko‘nglini qanday oladi, bolalarini uning zulmidan qanday qutqaradi, qanday yo‘l topish mumkin? O’ylashi va chora topish kerak bo‘lgan narsalar mana shular edi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 21:06:05
Bir sigaret tutatdi. Ilgari chekmasdi. So‘nggi bir yil ichida shu zaqkumga yo‘liqdi. Bir-ikki tortdi. Biroz keyinroq bir do‘sti kelishi kerak edi. O’zining bu ahvolini unga biddirmaslik lozim. Zotan, tongdan oqshomga qadar o‘ylashdan va kuygan ko‘ngil bilan Alloxga duo etishdan boshqa hech ish qilmadi, bir luqma bo‘lsin taom yemadi. Kechgacha ikki quti sigaretni bulg‘ashga aslo haqqi bo‘lmagan toza havoga pufladi. O’chini undan oldi. Sabr kosasini to‘ldirayozgan iztirob uni o‘z-o‘ziga atrofini o‘ragan pashshalar talovida ko‘llari bog‘langan, bechorahol, g‘arib ahvolda ko‘rsatdi. Bu orada xolasi boqqa chiqdi. Uni ko‘rib, yaqinlashdi:
— Xush kelibsan! Beadad shukrki, bu ish xam bitdi, dedi. Odilbek:
— Bolalar qani, xola? Nima qilishyapti?
— Ichkarida. Onalari bilan o‘ynab ovunib o‘tirishibdi.
Odilbek sarchib tushdi.
— Tushunolmadim?
— Onalari tizzasida o‘ynab o‘tirishibdi.
— Yo...
Bu hayrat nidosi Odilbekning og‘ztdan chiqishi barobarida ko‘zlari ham yoshlandi,g‘alati bo‘lib ketdi.
-Ha o‘g‘lim,ba’mani xonimga o‘xshaydi. Kelar-kelmas go‘daklarga hadyalar berdi, o‘pdi, quchoqladi. Bu uyga kelishdan maqsadi ham ularga yetimlik mashaqqatlarini chektirmaslik ekanini aytdi. Menimcha, bularni chin dildan gapirdi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 21:07:30

Bir necha kunlardan buyon bolalari g‘amida ezilib kelayotgan Odilbek bu so‘zlarga juda-jula ishonishni hohlardi.Qarshtstda xazilni hush ko‘rmaydigan xodasi so‘zlarkan , ishonmasdan bo‘lmasdi. Ammo shuuriga beri o‘rnashib qolgan chigal va og‘ir o‘ylarini birdan uloqtirish osonmi? Undagi karaxtlik va turg‘unlikni qo‘rgan xolasi:
— Kel, eshiqdagi kalit o‘rnidan ularga o‘zing qara,-dedi.
Xolasi oldinda, Odilbek orqada, uyga kirishdi. Kelinning xonasi yopiq edi. Xola balki ichkaridan ochilgandir deb o‘ylab avval eshikni turtdi, so‘ng Odilbekka qara deganday ishora qildi. Odilbek ko‘zining birini yumib, ikkinchisini kalit joyi(teshigi}ga to‘g‘riladi. Fotimaxonim yon tarafdan ko‘rinib turardi. U cho‘k tushgan, Odila va Xusayin oldida o‘tirardi. Fotimaxonim ko‘lini tizzasiga ko‘ydi. Odilaning ko‘zi Fotimaxonimning qo‘lida. Birdan uning ko‘lini tutdi. Fotimaxonim atay qo‘lini tortmadi. Odila qo‘lini silkib:
Tutdim , ushladim , — deb qichqirardi . Boshqa qarashning hojata yo‘k, Bir oylik vijdon azobi nihoya topganga o‘xshaydi. Kichrayib, torayib bir zindon holiga kelgan dunyo bir zumda unut bo‘lib, «Kal Alining bog‘iga aylangan qarovsiz hovlisi ko‘ziga saroyday ko‘rina boshladi.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 21:10:01

Uch kun o‘tib, nonushta tayyorlayottn Fotimaxonim ota o‘g‘il o‘rtasida kechayotgan suhbatdan xabarsiz edi. Qo‘li ish bilan, qalbi esa shu ne’matlarni ato etganga, yaratgam shukrona bilan mashg‘ul. Kun kelib ushbu ne’matlar u ham javob berajagini o‘ylaydi.
Fotimaxonimdan mamnun bo‘lsada, hali uni tamom bu uy odami sifatida qabul qilolmayotgan Husayin sir aytmoqchi bo‘lganday otasiga yaqinlashdi. Sekingina:
— Ota, bu opa qachon ketadi?
— Qaysi opa, o‘g‘lim?
— Tashqaridagi opa?
—A, onani opa deyishganini sendan eshityapman. Odam onasini ham opa deydimi hech zamonda?
— Bu mening eski, avvalgi onam emas, ota.
— Nega eski onang emas, o‘g‘lim? Kasal bo‘lguncha shunday edi, hozir ham shunday. Yoki sizni yaxshi ko‘rmaydim?
Yaxshi ko‘radi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 21:25:29
Bu orada Fotimaxonim ichkariga kirib qolib suhbat to‘xtadi.
U bir ish uchun qaytib chiqib ketgach, Odilbek:
— Endi bunday gaplarni eshitmayin, o‘g‘lim. Agar, ona demas ekansan, meni ham ota dema!
— Nega endi, ota?
— Onangni opa deganingdan keyin, meni ota deyishning ne hojati bor?! Onang xafa bo‘lib, seni o‘g‘lim demay ko‘ysa, nima qilasan? Onang bo‘lmasa, seni yaxshi ko‘rarmidi? Sizlarni o‘pib yotqizarmidi? Onang bo‘lmasa, bu ishlarni qilarmidi?
Bu orada Fotimaxonim xonaga yana kirdi. O’tgan qunlar Husayinni Fotimaxonimga ko‘proq yaqinlashtirdi. Odila esa hali kichik. Avval o‘tganlarni eslayolmaydi. Ikki kun o‘tmasdan Fotimaxonimni ona deb yaxshi munosabatda bo‘lib ketdi.
O’ynamoq uchun chiqqanlarida deraza oldida kuzatib,kutib o‘tiradigan, qaytganlarida yugurib eshikni ochadigan onalari bor edi endi ularning uyida.
— Kelganimizni qanday bildingiz, ona?
—Derazadan qarab, kutib o‘tiruvdim, bolalarim kelsin deb.
-Bizni judayam yaxshi ko‘rasizmi, ona?
Juda-judayam!
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 21:26:11

Keyin bu yaxshi ko‘rishning kattaligini, darajasini ko‘rsatish uchun yoniga yozilgan qo‘llar va ularga mehr bilan qarab qolgan ko‘zlar...
Bu ko‘zlarning sohibi, bolalarining boshqa bolalardan kam emasligi, past kelmaslik kerakligini, ba’zi o‘zini bilmaganlar: «Ha, endi, nima bo‘lardi, yetim shunday bo‘ladida!» —demasliklari uchun butun kuch-kuvvati va g‘ayratini sarflar, xar ikkisini ham gulday toza qilib tashqari chiqarardi. Uyda ham kundalik ishlaridan tashqari, ularni o‘ynatar, qo‘ngil ochishlarini tartibga solib borardi.
Odilbek hayotidan mamnun ko‘rinardi. Ko‘rinadi emas, xaqiqatan mamnun. Chunki Fotima o‘gay ona emas, o‘z onalariday bolalarga talabchanlik va mehr bilan qaramokda. Endi bolalar uzoq davom etgan dardli hayotdan forig‘ bo‘ldilar. Odilbek azonda uydan xavotirsiz, xotirjam chiqadi. Ishiga ko‘nglida rohat, qalbida xuzur bilan keladi. Buyuk falokat o‘rniga saodat kelganini,tushida ko‘rganlari tush bo‘lib qolganini anglagan va shukr aytgan bir qul qay axvolda bo‘lsa, Odilbek ham shu holda. Go‘daklariga boqib rahmatlidan bir omonat ekanini, birga achchiq-chuchuk kunlarni kechirgan xotinini xotirlaydi. Ba’zan charchagan paytlarida: «Fotima!» deyish o‘rniga «Xayriya» deb yuboray deydiyu, aqlini yig‘ishtirib oladi. Ba’zan uyqu aralash yonidaga Fotimani Xayriya deb o‘ylab ko‘yardi. Xavfli tomoni shunda ediki, uyku aralash og‘zidan uning ismi chiqib ketishi mumkin edi. Unda Fotimaxonim o‘zini yaxshi ko‘rmasligini, hanuz u Xayriyaga bog‘liq ekanini o‘ylab qolishi mumkin. Buning oqibati yaxshi deb bo‘lmaydi. Qaysi erkak uylangan xotinini avvalgi eridan so‘z ochishini, ochganda ham unga bog‘lanib qolganini eshitishni istaydi?
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 21:27:16
Avvalgi erini har kecha maqtayvergan xotinini «uchchovimiz bir o‘ringa sig‘maymiz» deb urib yotoqdan uloqtirgan Afandining holiga o‘xshaydimi bu? Ba’zan pishgan taom Xayriya tayyorlaydigan ovqatga o‘xshashligi, Xayrnya uni keltirganda yeyman deb og‘zini kuydirishlari uni ikki-uch azvalgi xotiralarga qaytarardi. Yana u bilan bog‘liq hotiralarga beixtiyor berilib ketardi. Fotimadan shikoyat bormidi? Shunin uchun avvalgi xotinini unutolmayaptimi? Yo‘q, u xaqiqatni inkor yoki oyoq osti qiladiganlardan emas. Do‘konida sotiladigan qahva va shunga o‘xshash qimmatli bir narsani tortarkan, tarozining qarshi pallasiga qahva solinib o‘ralgan qog‘oz og‘irligicha foydani xaridor zarari xisobiga urib qoladigan sotuvchida vijdon borligini gapirish lozimmi?
Bir necha bor ayni o‘zi kabi vijdonli bir xaridornin
— Odilbek, o‘raydigan qog‘ozni tekin olmaysan. Shunday ekan, zarar ko‘rasan, degach:
Foydamiz qog‘oz xarajatini qoplaydi, — deb, bun ko‘ngil roziligi bilan qilayotganini aytardi. U tijortida vijdon talabidan kelib chiqib ko‘yilgan foydadan ziyodini o‘ziga munosib ko‘rmas va barokat shunda ekan ishonar edi. Bunday tushunchaga ega kishining bolalari halovat ato etgan, ularni o‘z onasi kabi bag‘riga bosgan o‘zining xurmatini ham o‘rniga qo‘ygan xonimdan shikoyat etilishiga imkon bermasligi kunday ravshan. Albatta xonimiga munosib tarzda hurmat ko‘rsatyapti, faqat odobu tarbiyasi, samimiyati yanada ziyoda xurmat etishga loyiq ekan, uni xafa qilmaslik uchun hech bo‘lmasa Xayriyaxonimni uning yonida xotirlamaslikni istardi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 13 Oktyabr 2007, 21:28:02
Fotimaxonim Qur’on o‘qishni bilardi. Boshlang‘nch maktabni tugatgach, maxsus kursga qatnab, xatm qilgan, Kursda Qur’oni Karimni so‘ngiga qadar o‘qigan bo‘lsa ham har bomdoddan so‘ng Kalomullo tilovatini odat qilgay Alloh kalomini o‘qigach, uning zavqi va hayajoni bilan ishlarini boshlardi. Kelin bo‘lgach ham bu odatini davom ettirdi. Kelgan haftasining juma oqshomi edi. Odil akasiga murojaat qildi:
— Kur’onni o‘qishni bilasizmi?
— Yo‘q! Bu jihatdan omadsiz va savodsizman.
— Savodli bo‘lishni istaysizmi?
— Qanday?
Sizga Qur’on o‘qishn io‘rgatsam, nima deysiz?
— Shu yoshdami?
— Yoshingizga nima qilibi? Inson Qur’on o‘qishni o‘rganishi uchun mutlaqo go‘dak bo‘lishi kerakmasku...Ko‘ngil xohasa bu yoshdagina emas, yigirma yil keyin o‘rganish mumkin. Otam yozuv almashganda yoshi bir joyga borib qolgan ko‘plab kishilar yangi yozuvni o‘rganganini aytar edilar.
— Yaxshi, qanchada o‘rganishim mumkin?
Kirishishingiz, harakatingizga bog‘liq. Har oqshom bir soat mashg‘ul bo‘linsa, bir oyda bemalol o‘qishingiz umkin. Vafot etgan qancha qarindoshlaringiz ikki sahifalik tilovatga och odamning ovqatga bo‘lgan ehtiyojidan ko‘ra kuchliroq ehtiyoj bilan ko‘z tikadirlar. Bomoddan so‘nggi o‘qiladigan o‘n daqiqalik oyatlar qalbga qanday tuyg‘ular solishini tilovat qilgach anglaymiz.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 14 Oktyabr 2007, 00:58:35

 — Juda mamnun bo‘lardim, ko‘llaringni o‘paman. Shu oqshomdan kechiktirmasdan, darhol boshlaymiz.
Odilbek aytganidek shu kechadan o‘qishni boshlab yubordi. U so‘zida turadigan insonlardan edi.
Fotimaxonimning aytgani to‘g‘ri chikdi. Odilbek bir oy o‘tgach, insoniyat xidoyati uchun yuborilgan sharafli kitobni hurmatli va suyukli xonimining yordami bilan kechqunlar bemalol o‘qiydigan bo‘ldi. Bu ilk qadam edi. Bundan so‘ng bu kitobda ko‘rsatilgan, oqibati mutlaqo saodat bo‘lgan islomiy va insoniy qonunlarni o‘rganmoq uchun uning turkiy tarjimasini o‘qib chiqishga qaror qilishdi.
Bir kun Odilbek uyga qo‘lida bir qog‘oz xalta bilan qaytdi. O’zini ochiq chexra bilan karshilagan xonimga uni uzatarkan;
— Qimmatli ustozimga hadyam bu, —dedi. Qog‘oz xalta ochildi.Go‘zal bir libos edi. Fotimaxonim erining yuziga boqib:
— Tashakkur. Ammo mening bolalarimga hadya qani? Men kiyib,ular shunday qoladtlarmi?
— Ularga ham bo‘ladi. Bir hafta o‘tsin, inshoolloh.Ularning ham ko‘ngillarini ko‘taraman.
— Buni olgan do‘kon zgasi bilan do‘stligingiz bormi?
Bor.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 14 Oktyabr 2007, 00:59:01

— Yaxshi, agar menga quloq solsangiz, buni ertaga eltib borib,o‘rniga bolalarimga ikki hira oling. Qarang, kunlar ham soviy boshladi. Ham ko‘ngillarini olasiz, sovuq yemaydilar. Ularni xursand, shod etsangiz, men sevinaman. O’zim kiyganimdan ziyodaroq kuvonaman.
Bu so‘zlardan Odilbekning ko‘zlarida yosh paydo bo‘lgan ikki tomchi yoshga qaramaslik uchun kiyimni taxlamoqqa kirishgan Fotimaxonim boshini ko‘tarmas ilova qildi:
— Ham men bunday emas, qimmatliroq hadya xoxlayman.
— Nimani istaymiz, Fotimaxonim?
— Xoxlaganimni xuftondan keyin aytaman.
— Hozir ayting.
— Hozir paytimas.
Buni anglashdan ojiz qolgan Odilbek xotinini ortiq qistamadi.
Fotimaxonimning lutfi uchun Yaratkanga jon-dili bilan shukr qildi.
O’ynagani chiqqan bolalar uyga qaytishganda,kamzul qog‘oz xaltachaga joylanib,yashirib qo‘yilgandi.
«Xufton»dan so‘ng Odila Fotimaxonimning yoniga keldi:
— Ona, meni uxlating, — dedi, Fotima uni o‘rniga yotqizdi. Yonida o‘tirdi. Unga har tungi uch kalima darsi takrorlatdi:
— Seni kim yaratdi, qizim?
— Alloh.
— Payg‘ambaring kim?
— Hazrati Muhammad.
—Dining nima?
Islom.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 14 Oktyabr 2007, 00:59:21

Darsi bittach, yonoqlaridan bir-bir o‘pib, «Alloh rohat bersin, tuning xayrli bo‘lsin» dedida, uykuga ketishini kutdi. Besh daqiqalar o‘tib, Odila uxlab qoldi. Birozlan so‘ng Husayin ham uxlagach, eriga murojaat qildi:
— Endi mening hadyamga navbat keldi. Shu oqshomdan e’tiboran har oqshom uch bor «Ixlos» va bir marotaba "œFotiha» surasini, har juma oqshomi Taborikni o‘qib,marhuma qarindoshimga bag‘ishlaysiz. Bir kamzul bir kun sevintirar,bu hadya esa har kun.
— Sening qarindoshing qlganmi?
— Ha. Bir yil avval.
— Bu hakda gapirmaganding.
— Endi gapiraman.Mayli,o‘qiyman,lekin ismi nima qarindoshingning?
Fotima g‘oyat sokin ovozda dedi:
— Xayriya.
Bu ismni eshitishi bilan Odilbekning rangi o‘zgardi.Hayajonini bildirmaslik uchun ming‘irladi:
—Xayriyami?
—Ha, Xayriya. Nega g‘alati bo‘lib ketdingiz?
Yo‘q, g‘alati bo‘lmadim.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 14 Oktyabr 2007, 00:59:38
— Men Xayriya deyishim bilan dovdiradingiz. Nega? Odilbek boshini quyi soldi:
— Chunki vafot etgan xotimimning ismi ham Xayriya edi Fotimaxonim.
Qistamadi.Bu gapni qo‘yib, sening qarindoshingga o‘taylik.
— Mening qarindoshim vafot etgan xotiningiz Xayriyadir. Haqqiga tilovat qilishingizni istagan qarindoshim aynan u.
Odilbekning ko‘zlari yoshlandi. Boshini egdi:
— Ammo, men uni unutishga harakat qilyapman.
— Nega? Axloqsizmidi? Odilbek tezlik bilan e’tiroz etdi:
— Yo‘q, aslo.
— Yaxshi ko‘rmasmidingiz? Sevmasmidingiz? Odilbek jon joyidan ushlangandi. Sevmoq — ne degani? Telbalarcha sevardi. Chuqur iztirob bilan:
— Yaxshi ko‘rardim, Fotimaxonim. Faqat nega so‘raysiz? Nechun kul bo‘lgan dardni qo‘zg‘aysiz?
Nechunmi? Masalan, Xayriyaxonim hayot bo‘lganida sevmasmidingiz? Unutilishiga sabab uning o‘lishimi? Bu xonimning aybi sizga ikki shu’laday, nurday bola , hayotini hayotingizga bog‘laganimi, nomusini sizga topshirganimi, butun borlig‘i bilan sizniki edimi, sizning yo‘lingizga ko‘z tikkanimi? Shularmi uning unitilishiga sabab,ayting! Nega bu bolalarni unutmayapsiz? Bular faqat sizga oidmi yoki o‘lgach,vafosiz eri tomonidan unutilgan Xayriyaxonimning ham ularda haqqi bormi?
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 14 Oktyabr 2007, 00:59:54

Bu so‘zlar Odilbekning yuragiga o‘qday qadaldi, terga botirdi:
— Fotimaxonim, bir ko‘ngulda ikki sevgi bo‘lurmi? Bir inson ikki xotinni ham sevishi mumkinmi?
— Bu kecha g‘alati suhbatlashayapsiz. Meni sevish bilan uni sevish orasida qanday munosabat bor? Uni sevish bilan, masalan, mozorga borib u bilan birga yotasizmi? Na siz bunday qila olasiz, na u sizdan buni kutadi. Bugun unga bo‘lgan sevgingiz, Alloxdan uni kechirishi so‘rashingiz, savobini unga atab taom tarqatmog‘ingiz unga bag‘ishlab Qur’on o‘qimog‘ingizdir. Yoki marxumni boshqacha tarzda sevish ham mumkinmi? Men unga qarshi so‘zlasam, meni uyaltirish o‘rniga, aksincha yo‘l tutishingizdan xafa bo‘ldim. Sizni bunday qiyofada qo‘rishni istamasdim. Axdiga vafoli bo‘lmog‘ingizni xohlayman. Sizdan unga nisbatan muruvvat kutaman.
Odilbekning ko‘zlari yerda bo‘lgani uchun Fotimaxon uning ko‘zlari yoshlanganini ko‘rmadi. Agar uyatdan yerga kirgudek, yorilgudek holda bo‘lmasaydi, yig‘layotganini ovozidan ham bilsa bo‘lardi. Faqat bunga imkon yo‘q edi. Qalbi gavhardan qimmat xonimi qarshisida ekanini yana bir idrok etib, u ko‘rsatgan insoniy ibratdan lol qolib turardi. Bir ayol erining o‘lgan xotinini bu qadar bu darajada insoniylik ko‘rsatishi uni lol etgandi:
— Uni unutmasligingiz haqida menga so‘z bera olasizmi?
Odilbek so‘z berdi. Suxbat ta’sirida bu kecha uzoq vaqt uxlay olmadi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 14 Oktyabr 2007, 01:00:17

* * *

Bir kun keyin bolalariga bir donadan jun kamzul keltirildi. Ikkisnning ham sevinchi so‘ngsiz. Ularni kuvongannni ko‘rgan Fotimaxonim:
— Mana, endi men mamnun bo‘ldim. Alloh sizdan rozi bo‘lsin, — dedi.
Husayin:
— Ona, otam sizga ham olib keladimi?
— Albatta, olib keladi. Ammo hozir menda bor. Siz kiysangiz, men xursand bo‘laman.
Ovqatdan so‘ng ikki bola yashinmachoq o‘ynashardi. Avval biri ko‘zlarini yumadi, ikkinchisi yashirinadi, so‘ngra ko‘zlarini ochib bekinganni topadi, Yashirinish navbati Odilada. Husayin ko‘zlarini yumdi. Fotimaxonim qo‘llarini ochib, «kel» deya ishora etdi. Ayni vaqtda Odilbek ham shunday qildi. Bola taraddudlandi, ikkisiga teztez qarab oldida, so‘ng Fotimaning quchog‘iga otildi. Boshini uning ko‘ksiga yashirib, qichqirdi:
— Bo‘ldiii..
Husayin ko‘zlariki ochdi va bir daqiqadan so‘ng Odilani topdi. Aka-singilning qiyqirg‘i ko‘kka ko‘tarildi. Odilbek so‘radi:
— Qizim, men ham kuchog‘imni ochdimku, nega menga kel
mading?
Siz — badbo‘ysiz, onam — xushbo‘y. Qizaloq sigaret isini aytmoqchi edi. Sigaretning yomon hidi kelganidan otasining bag‘riga yashirinmadi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 14 Oktyabr 2007, 01:00:32
— Rostdan xam yomon hid keladimi mendan, qizim?
— Rostdan. Ishonmasangiz, akamdan so‘rang.
Husayin boshi bilan tasdiqladi, so‘ng, yana o‘yin boshlandi. Odilbek bu holni so‘rash uchun Fotimaxonimga o‘girildi. Ko‘zlarida, siz nima deysiz, degan ma’no bor edi. Fotimaxonim:
— Ha, afsuski, shunday xidingiz bor. Ba’zan odamning nafasi qaytadi. Otam chekmasdi, lekin piyoz, sarimsoq yesa oqshom jomega bormasdi, namozni uyda o‘qirdilar, Hech zsimdan chiqmaydi, bir oqshom:"Ota, azon aytilmoqda", — dedim.
Eshityapman, qizim. Faqat bu oqshom piyoz yedim, jamoatni bexuzur qilmasam devdim, — dedi. Men esa buni behuda deb topdim:
Men bo‘lsam, piyoz va sarimsoq uchun jomeni tark etmasdim, ammo jome uchun bularni tark etardim, — dedim. Otam javob bermadi. Ammo shundan keyin ularni xomligicha yeganini ko‘rmadim.
Odilbek nozikta’b xotinini sigaret hidi bilan behuzur qilganini shunda tushundi. Tashlamoq kerak. Xonim tirikligida chekmasdi. Vafot etgach, bolalarnin parishon xollarini ko‘rib cheka boshladi. Dardimni unutarman deb o‘yladi. Fotimaxonim u sigaretni tashlash uchun qanday ta’sir etish kerakligini bilardi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 14 Oktyabr 2007, 01:00:56
— Chekishni necha yoshdan boshladingiz?
— Bir yil bo‘ldi. Raxmatli Xayriya vafot etgach, boshladim. Bolalarning holi parishon edi. G’amim kamayar debman.
— Bundan bolarning g‘ami kamaydimi?
— Bnlmadim.
— Menimcha, ozaymadi. Ularni ovutish, dardiga chora topish o‘rniga ularni unutib, o‘zingizni o‘ylabsiz. To‘g‘ri yo‘l tanlamabsiz. Masalan, chekishga xarjlangan pul bilan bolalarning ko‘nglini olish mumkin edi.
Fotimaxonim to‘g‘ri gapirardi.So‘zlaridan chekishni tashlatish xoxishi sezilib turardi. O’zi ham sekin-sekin zararini ko‘ra boshlagan edi. Kechalari yo‘tal tutsa, uxlatmaydi. Tonglar ishtaxasiz turadi. Buning ustiga uch yarim yosh bolasi «sasiysiz», deb ikki oylik o‘gay onasini quchsa.
U kecha bu masala boshqa ko‘zg‘almadi. Ammo Odilbekning zexnini bir muddat mashg‘ul qilib turdi. Odilbek o‘sha kecha qilgan qaroriga binoan, har kun ozozdan kamaytirib — chekishni butunlay tark etdi. Bir kun sigaretni tashlagani to‘g‘risida suhbatlasharkan, do‘sti:
— Men chekmayman, ammo chekkanlar bir o‘rgangach, tashlash qiyin deyishadi,—dedi.
— Go‘dak o‘zi uchun benixoya sevimli bo‘lgan ona ko‘kragini tark etadiku. Aqli joyida, irodasiga hokim inson sigaretni tark etishi mushkul ishmi? Irodasiga hokim bo‘lmaganlar uchun mushkul bo‘lishi mumkin, —deb javob berdi Odilbek.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 14 Oktyabr 2007, 01:01:11
VI

Bir kun Xusayin tashqarida o‘ynayotib, urishayotgan ikki bolaning orasiga tushdi. Orachilik qilmoqchi bo‘ldi, yani ajratib ko‘yishni istadi. Ajratolmadi, buning ustiga ularning mushtlariga nishon bo‘ldi. Qo‘shni xotinlartsan biri yetib keldi va uni urishyapti deb o‘yladi. Husaynni chetga tortdi-da
— Nima istaysiz bu yetimchadan? Uyalmaysizmi? Tortadiganini tortib, oladiganini olib yotibdi bechora go‘dak. O’gay onaning o‘zi yetmaydimi? Husayin hayron bo‘ldi, ne qilarini bilmay qoldi.
—Xola, mening onam o‘lgani yo‘q, — deya oldi. Ayol uning boshini siladi:
— Seni aldashmoqda, go‘dagim. Asl onangni ko‘rganinga edi, buni ona dermiding?! Farishtaday ayol edi. Buning nimasi sizga o‘xshaydi? Ko‘zlariga qara. Sizning ko‘zingiz — qora, uniki — qo‘k.
Eshtk oldid aularni kuzatib turgan boshqa bir qo‘shni xotin:
— Nimalar deyapsan, Olmos? Nega bolani xafa qilasan? Bularni gapirib nimaga erishding? — dedi.
Uni urishyapti opa,etimni uradimi? Ayb emasmi?
Xo‘p,sen bularni gapirib bolani xafa qilishing ayb emasmi? Yaxshi ish qildingmi?
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 14 Oktyabr 2007, 01:01:30

— Bilsin,duch kelganni ona demasin.
— Nega duch kelgan? Sendan, mendan yaxshi u xotin, mashaAlloh.
— Sen uni oqlovchi bo‘lib qoldingmi, Samohat? Yaxshi bo‘lsa, ikki yetim bolasi bor odamga turmushga chiqarmidi?! Sen ham yaxshi bo‘lsang, shunday xotinning yonini olmasding. Uning nimasi ona?! Xayriyaning o‘rnini bosolarmidi?! Gapirmaysanmi bularni?! Meni zaharlama xudo haqqi, menga tirg‘alma, tilimni qichitsang, rasvoi jahon qilaman seni!
Gap yana cho‘zilib gapira-gapira uzoqlashdi. Erkaklar o‘tib ketishi bilan Husayinga tasalli bermoq uchun eshigini ochgan Samohat xonim uning boshi egik holda og‘ir-og‘ir qadamlar tashlab, uyiga yaqinlashib qolganini ko‘rdi. Ichi achidi. Eshigini yopib ichkari kirarkan:
— Razil xotin,Xudodan top!-demoqdan o‘zini tiya olmadi.
Haligi xotining chirkin harakatini aqlli odam to‘g‘ri topmasligi muqarrar. O’z onasi borday mexr bilan qaralayotgan bu bolaga yetimligini bildirish uni ruhan cho‘ktirish ekanini bnlmaslik aybdir. Balki u xotin ham biroz o‘ylasa, so‘zlari bolani xafa qilishini bilgan bo‘larmidi?! Ammo inson avval so‘ylaydi, keyin o‘ylaydi. Bir ishni avval o‘ylamasdan qilib ko‘yib, keyin pushaymon bo‘ladi. Avval o‘ylab keyin so‘ylasa, avval tushunib, keyin ado etsa ne bo‘larkin?
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 14 Oktyabr 2007, 01:01:58
* * *

Husayin istar-istamas qadamlar bilan o‘ychan holda ichkari kirishi bilan Fotimaxonim unga yaqinlashdi.
Nima bo‘ldi o‘g‘lim, tobing yo‘qmi?
...
Gapirsangchi, jon bolam, mazang qochdimi? Nimani o‘ylayapsan?
Husayin yana javob bermadi. Fotimaxonim hayron bo‘ldi. Uy o‘rtasida turgan bolaning oldiga cho‘kkalab o‘tirdi.Qo‘llari bilan uning boshini ko‘tardi. Yuzlaridan bir-bir o‘pdi. Xusayinning ko‘zlari yoshli edi.
Birov bilan urushdingmi,o‘g‘lim? Nega gapirmaysan? Xo‘sh, gapir, yo‘qsa, onang bo‘lmayman.
Xusayn yig‘lay boshlagandi:
— Siz mening onam emas ekansiz. Mening onam o‘lgan.
Fotimaxonim ne qilarini bilmay qoldi. Tepasidan qaynoq suv quyilganday bo‘ldi. Peshonasidan sovuq ter chikdi.Bu uyga kelishning asosiy sababi ularga o‘gayligini bildirmaslik emasmidi? Uch oy o‘tmasdan bu umidi ko‘kka sovurilmokda. Shuning bilan birga Fotimaxonim oxiri baxayr bo‘lishiga ishonchidan ayrilmasligi kerak edi. Yaxshi niyatli insonlarni Alloh yordamsiz qoldirmasligiga ishonardi.
— Xo‘sh, kim gapirdi bularni, o‘g‘lim?
— Tashqarida. Bir xotin.
Seni birovga o‘xshatibdi, o‘g‘lim. Qara, men sog‘man. Sen mening onam o‘lgani yo‘q, demadingmi?

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 14 Oktyabr 2007, 01:03:12
—Dedim.
— Nima dedi u?
— «Seni aldashyapti, u o‘gay onang, uning ko‘zlari senikiga o‘xshamaydiku», dedi.
— Sen ishondingmi?
— Albatta, ishondim. Qarang, ko‘zlaringiz menikidaymi?
— Ko‘zlarimiz o‘xshamasa, onang bo‘lmas ekanmanmi?
— Bilmasam.
— Kel, bunday bag‘rimda o‘tir, senga ba’zi narsalarni tushuntiray, quloq sol.
— Sizning bag‘ringizda o‘tirmayman.
— Buni qarang, onasining kuchog‘ida o‘tirmasmish.
Shularni aytarkan, uni kuchoqlaganday ko‘tardi.
Husayin:
— Qo‘ying meni... qo‘yib yuboring... —deya tipirchilardi.Vaziyat yomonlashib borardi. Uni tushirdi va ro‘parasiga turdi:
Demak, noma’lum xotinga ishonasan, menga ishonmaysan, shundaymn?Men o‘g‘lim bor, deb quvonib yuribman. Birov uchrab otang o‘lgan desa, ishonasanmi, qarindoshing o‘ldi desa, bunga ham ishonasanmi? Xo‘sh, meni ona demasang kimni ona demoqchisan? Onam deb kimni yaxshi ko‘rasan? Bugungacha seni xech urdimmi? Yomon gapirdimmi? Aytganingni ikki qildimmi, ko‘zichog‘im? Onang bo‘lmasam shunday qilarmidim? Menga ona deganingda, bor onangni top, men sening onang emasman demasmidim? Meni xafa qilding, ko‘nglimni vayron qilding. Ket, qarshimda turma. Qachon kelib ko‘limni o‘psang, shundagina yarashaman.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 14 Oktyabr 2007, 01:03:54

Fotimaxonim shularni aytib boqqa chiqib ketdi.Bolaga bularni gapirgan xotinga nisbatan ichidan bir g‘azab ko‘zg‘alib kelardi. Agar yomonlikka odatlangan bo‘ls edi, xech qursa u xotinning ortidan yomon so‘zlar aytardi. Lekin uning tili yomon so‘zga aylanmaydi. Fotimaxonning irodasi xislaridan g‘olib keldi, u xotinni duoibad etmakdan tiyilib, yetimlarini yaxshilik yo‘lida duo qilishga kirishdi: «Yo Rabbiy, go‘daklarim holini O’zing isloh et, ularga nisbatan ko‘nglimni marhamat bilan to‘ldir, bubolalarni o‘z onasi kabi ulg‘aytirishim uchun Senga sig‘inaman!» Ko‘nglidan chiqqan duolari yuksak maqomlarga ko‘tarila boshladi. Ko‘zlari ravshanlashdi.
Oradan yarim soatcha vaqt o‘tdi. Bu orada Husayin ichkarida nima qildi yoki Fotimaxonimning o‘zi qay daraja iztirob cheqdi, bilish qiyin. Insonning ichida kechadigan shunday tuyg‘ular borki, ta’rifiga til ojiz,tariflash sanoqli kishilargagina nasib etgan.
Husayin tashqariga chiqdi. Fotimaxonimga yaqinlashdi va uch odimcha berida to‘xtadi. Qo‘llari shimining cho‘nchagida. Harakatlaridan biroz ulg‘ayganday tuyulardi.Bir muddat Fotimaxonimga qarab turdi. Fotimaxonim boshini ko‘tarmas va unga boqmasdi. Bir pas o‘tgach, so‘radi:
Mendan xafamisiz?
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 14 Oktyabr 2007, 01:05:07
Ona demasdi. Fotimaxonim javob bermadi. Husayn bir-ikki lahza kutgach, takror so‘radi:
— Xafamisiz, mendan ranjidingizmi? Fotimaxonim boshini ko‘tardi. Ko‘zlari nam edi.
— Yig‘layapsizmi?
Hanuz ona demasdi. Fotimaxonim boshini yana egdiyu Husayin yaqinlashdi. U ham yig‘laguday edi. Insonga xos xususiyatlardan biri shu: yoshli ko‘zlarga boqqanda ko‘zlari yoshlanadi. Qo‘lini Fotimaxonimning boshiga qo‘yli.
— Nega yig‘layapsiz?
Ona demaslikka qattiq harakat qilardi.
— Men sening onang emasman. Nega suykanasan menga? Qoch,yaqinlashma. So‘ng qo‘zlarini artib, uni yengilgina itardi:
— Ket yonimlan.
— Ketmayman. Yarashing men bilan.
Ovozi hozir yig‘lab yuborishidan xabar berardi.
— Yarashmayman.
Yoshli ko‘zlar bir-biriga bir pas qaradi. Fotimaxonim qo‘lini Husayinga uzatdi, Husayin tutdi, o‘pdi va peshoasiga qo‘ydi.
— Onam de.
— Onam.
— Jonim onam de.
— Jonimonam.
— Yagona onam de.
Yagona onam!
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 14 Oktyabr 2007, 01:06:02
— Onangni kuchoqla, qani, ko‘rayin. Husayin quchoqladi, o‘pdi. Fotimaxonim ham uni bag‘iga bosdi:
— Yana shunday ish qilsang ko‘rasan, seni Qanday savalayman. So‘ng uni qo‘llaridan ushlab, qarshisiga turg‘azdi:
— Gapir, yana shunday haqsizlik qilib, meni ranjitasanmi?
— Yo‘q, ona.
Husayin xanuz onasining ko‘zlarini kuzatardi.
— Sizning ko‘zingiz nega ko‘k, ona? Fotimaxonim bu savolga javob bermasdan o‘zi so‘radi: Sening ko‘zlaring nega qora?
—Bilmayman.
— Men xam bilmayman, o‘g‘lim. Tangrim sening ko‘zlaingni qora yaratgan, menikini — ko‘k. Hozir senga bir narsa ko‘rsataman. Ichkaridan bir parcha non keltir. Ali amakilarning pishagini chaqiramiz.
— Nonsiz chaqirsak bo‘lmaydimi, ona?
Hayvonni aldasak bo‘ladimi, qo‘zim? Chaqirsak, bir narsa bermoqchi deb yugurib keladi, bizda esa hech narsa bo‘lmasa, ya’ni aldasak, hech narsa bermasak, gunoh bo‘ladi, Inson bugun hayvonni aldasa, ertaga o‘ziga o‘xshao‘ insonni aldaydi. Bu bechora hayvonning hech kimi yo‘q.Biz nima bersak, yeydi. Yugur, onalar aytgan ishni darrov bajarish kerak.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 14 Oktyabr 2007, 01:06:37

Husayin chopib borib, uydan bir parcha non keltirdi. So‘ng Ali amakining bog‘iga burilib, pish....pish...pish deya pishakni chaqira boshladi. Birozdan so‘ng bir pishak bu yoqqa hatladi.
— Nonni to‘g‘ra, oldiga ko‘yaylik.
Husayin non to‘g‘ramlarini oldiga tashlar, pishak kuzatib turar,so‘ng o‘ziga qulay tomondan yaqinlashib, mohirona bosh silkkancha og‘zining goh o‘ng, goh chap tarafiga o‘tkazib yerdi.
— Husayin!
— Labbay, ona?
Pishakning ko‘zlarini ko‘ryapsanmi?
Husayin qaradi. Va hayratdan qichqirdi.
Aaaa... Ona mushukning ko‘zlari noto‘g‘ri ekan.
 Fotimaxonim kuldi:
— Qanaqasiga noto‘g‘ri bo‘lsin, o‘g‘lim?
— Xato. Biri bir rangda, ikkinchisi ikkinchi rangda.
— Ko‘rdingmi, o‘g‘lim, menga sizning ko‘zingiz nega ko‘k deganding. Hatto bir pishakning ikki ko‘zi turli rangda. Alloh shunday yaratgan.
— Xo‘p, unday bo‘lsa, Xayriya kim, ona?
— Mening bir ismim Xayriya, bilmaysanmi, bo‘talog‘im.
— Bilmayman.
— Unda oqshom otang kelganda so‘raysan. Men indamay turaman.
— Ishondim, ona, so‘ramayman.
— Yo‘q, oqshom so‘raymiz.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 14 Oktyabr 2007, 01:07:49

* * *

Odilbek do‘konda o‘tirarkan, qo‘shni bola qo‘lida bir konvert bilan keldi:
— Buni Fotima yangam berib yubordi amaki, — deb xatni uzatdi. Maktub ikki satrdangina iborat edi.
«Oqshom sizdan Husayin mening ismimni so‘raydi.Bugundan e’tiboran ikkinchn ismim Xayriyadir. Sababini tushuntiraman».
Odilbek xatni o‘qib, o‘yga toldi. Husayin nega Fotimaning otini so‘radiykan? Nega ismi Xayriya bo‘ldi ekan? Biror ezma bo‘lar-bo‘lmas gaplarni laqilladimi? Uylanganidan beri chehralari ochilib qolgan bolalaridan omad yuz o‘girmoqdami?
Oqshomni joniqib kutdi. Uyga borishi bilan ko‘zlari bolalarining yuzlarida bo‘ldi. Hech narsa anglamadi, ovkatlanarkan Fotimaxonim:
— Qani, o‘g‘lim, otangdan mening otimni so‘rachi? —dedi
— Ota, onamning oti nima? — dedi.
— Fotima, o‘g‘lim.
— Boshqa oti bormi onamning?
— Bor, bir oti — Xayriya. Ammo biz ko‘pincha Fotima deymiz. Nega so‘rayapsan, qo‘zim?
— Bugun bir xotin meni yetim, dedi.Onang tirik yursa shunday bo‘larmidi, dedi. Onam Xayriya ekanini aytdi.
— Xo‘sh, sen ishondingmi, Husayn?
— Yo‘q, ishonmadim. Mening onam sog‘ dedim.
—Xo‘sh?
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 14 Oktyabr 2007, 01:08:34

— «Bu sening o‘gay onang, seni aldashyapti», — dedi
— Onangning o‘lib-o‘lmaganini men bilmay, ular bilib qolibdimi? Inson bir yil kasal yotsa, darhol o‘ladimi? Mana, ko‘rmayapsanmi, tuzalib keldi.
Dasturxon atrofidan turdilar. Fotimaxonim xonadan chiqshi bilan Odilbek Xusayinni yoniga o‘tqazdi?
— O’g‘lim, onang seni uryaptimi?
— Yo‘q, ota.
— Yomon so‘z aytadimi?
— Aytmaydi.
— Sizlarni yaxshi ko‘radimi?
— Juda yaxshi ko‘radi.
 Xo‘sh, o‘gay ona bo‘lsa, shunday qilarmidi?

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 14 Oktyabr 2007, 01:09:06

* * *

Bir kun ishdan keyin Odilbek do‘konga ketayotganda Fotimaxonim:
— Ruxsat etsangiz, bolalarni znasiga olib borib kelsam,-dedi.
— Mayli, boringlar. Mendan ham salom denglar. Odilbek ketgach, Fotimaxonim bolalarini chiroyli kiyintirdi. Yuz-ko‘llarini yuvdi, sochlarini taradi. Ikkisini yoniga olib yo‘lga chiqdi.
O’n-o‘n besh kunda bir kelib bu bemor ayolni ziyorat qilib, hatto uy ishlariga qarashar, bu bordi-keldi bilan nevaralarini unga ko‘rsatib ketardi.
Odilbek qaynonasidan Fotimaning kelib turishiga ilk bor ruxsat so‘raganida u rozi bo‘lmadn. «Qizim o‘rniga kelgan xotinga qanday qarayman?! Kelmasin, ko‘rmayin — dedi. Odilbek:
Bolalarni o‘z bolasiday yaxshi ko‘radi, o‘z bolasiday qaraydi. Bu yoqqa kelishdan maqsadi nevaralaringazni sizga ko‘rsatish, sizning qo‘nglingizni olish. Nevaralari o‘gay ona ko‘lida qoldi deb xafa bo‘lmang, o‘zingiz ko‘ring. Balki, bolalar ham sizni sog‘ingandir,-degach, u rozi bo‘ldi.Va to‘ydan o‘n besh kun o‘tgach, uni ko‘rgani keldilar.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 14 Oktyabr 2007, 01:09:46
Ayol ularning kelishiga chidayolmadi,ko‘zyoshlarini tutolmadi. Bu kuyovi, bu nevaralari, ammo mana bu kim? Qani Xayriyasi? Qani, besh-olti yil avval yopinchiq yopinib kelib-ketib turadigan jigargo‘shasi? Yoshlik zavqiga to‘ymagan, dard ustiga dard chekkan, nihoyat ikki ma’sum go‘dagini qoldirib ketgan gul yuzlisi qani? U bir uyum tuproq bo‘lib, uning o‘rniga kelib o‘tirgan, bolalari uyiga ega chiqan bu xotin kim bo‘ldi? Ne yuz bilan bu uyga qadam qo‘ydi? Qizini esiga tushirib, «qara, qizingning hamma narsasiga men ega bo‘ldim», degani keldimi bu yerga? Ortiq o‘ylashga fursat bo‘lmadi. Shundoq o‘rniga to‘g‘ri kelib qo‘lini o‘pgan bolalariga «rahmat, sog‘ bo‘ling!» derkan, orqalaridan Fotimaxonim:
— Qalaysiz, yaxshimisiz, ona? — deb qo‘lini o‘pdi. Ayol yig‘lab yubordi.
Katta ona, nega yig‘laysiz?
Fotimaxonim oldinroq harakat qildi:
— Yig‘lamasinlarmi o‘g‘lim, qara, katta enang xasta-ku?
Odila Fotimaxonimning kuchog‘ida, Husayin esa buvisining o‘rnida o‘tirardi. Momo bemor bo‘lishiga qaramasdan Fotimaxonimning bolalarga munosabatini ko‘zdan qochirmasdi. To‘g‘risini aytganda, Fotima bolalarni o‘ziga jalb etishni uddalardi. Husayinning «ona» deyishiga «labbay, onasining joni" deya javob berishi bunga misoldir.Unga "œnima deysan" va hatto «jim, suhbatlashayapmiz» deya olishi mumkin edi. «Onasining joni» derkan, bunda o‘zini ko‘rsatishdan asar ham yo‘q, gapirishidan, ovoz ohangidan sezilmasdi. Aksincha, haqiqiy ona mehri, muomalasi bor edi unda. Kelganlar yana kelishni va’da etib hayrlasharkan,katta onaning ko‘nglida bir chimdim xuzur va xotirjamlik qoldirardilar.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 14 Oktyabr 2007, 01:11:10

fotimaxonim birinchi kelganidan keyin Odilbekning ruxsati bilan yana bir necha bor keldi, har kelishida katta ona ko‘ngli yanada iliy boshladi. Mana bugun yana boryapti. Momoning ko‘nglini olishni o‘ziga burch deb bildi. Bemor buvi biroz tuzalgan, ularni turib qarshi oldi:
— Marhamat qizim, xush kelibsiz, — der ekan, ovozi bu tashrifdan mamnunligini bildirardi. O’tirdilar, hol ahvol so‘rashishdi, suhbatlashishdi.
— Fotima qizim, mana bu yerda ikkita olma bor. Birini o‘zingaz oling, birini bolalarga bo‘lib bering.
Fotimaxonim turdi, olmalarni oldi. Kesdi. Bolalarga bo‘lishdi.
— O’zingiz nega olmadingiz,
— Shular yesa, men yegandayman.
Bnrozdan so‘ng bolalar boqqa chiqib ketishdi. Ular chiqib ketishi bilan buvi:
Fotimaxonim, to‘g‘risini aytganda, kuyovimning uylanishi meni o‘lguday xafa qildi. Qizim vafot ztganiga nihoyat bir yil bo‘ldi. Uning o‘rniga, bolalar boshiga o‘gay ona keltiradi deb o‘zimni yeb ado qildim. Bu yerga ilk kelmoqchi bo‘lganingizni Odilbekdan eshitganimda, kelmasin, ko‘zim ko‘rmasin, dedim. Ammo men yanglishgan ekanman, qizim. Har kelganingizda birozdan sizga ilib bordim. Ilk kelib-ketganingizdayoq kechgacha xafachiligim yengillashdi, Ularga o‘z bolangizday qarashingizda kamchilik yo‘q.Albatta, bolalarni ko‘iganimda rahmatli farzandimni xotirlamay bo‘lmaydi.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:00:10
Chidayolmayman, ammo bu uning o‘limi tufayli paydo bo‘lgan g‘ussadir. Go‘daklarimni boshi egik holda qoldirmadingiz, yetim ekanini bildirmadingiz, ularga o‘gay bo‘lganingizni sezdirmadingiz. Men ularni yig‘latasiz, deb o‘ylasam ko‘zyoshlarini artdingiz. Dardlariga dard qo‘shadi deb taxmin etsam, siz dardini oldingiz,hamdadard bo‘ldingiz, dardlariga darmon bo‘ldingiz. Alloh sizdan rozi bo‘lsin, ikki dunyoda uyaltirmasin, Bu daraja ayollik — insoniylikni sizdan kutmagandim, to‘g‘risi.
— Rahmat, sog‘ bo‘ling xola. Sizdan ham Alloh rozi bo‘lsin! Kuyovingizga turmushga chiqishimning eng asosiy sababi shu ikki go‘dakka qarash edi. Balki ishonmassiz, ularni o‘z farzandimday yaxshi ko‘raman. Hozir bog‘da o‘ynayaptilar, ammo mening xayolim ularda, yiqilib, bir yeri lat yemasin, og‘rimasin deb ich-etimni yeyman. Ertaga mavllud o‘qitmoqchiman, borsangiz juda mamnun bo‘lardim.
— Yana biroz tuzalsam, boraman. Xayriyam vafot etgan uyga kirmagandim. Endi qanday kiraman, bilmadim.
Endi men qizingizman. Qarang, nevaralaringiz bor.Mavludni Xayriyaxonim ruhiga bag‘ishlash uchun o‘qitmoqchiman. Boring. Meni ranjitmang. Kutaman.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:00:27
Bolalar o‘yinga berilib ketdilar. Fotimaxonim derazadan chaqirdi:
— Xusayin! Singlingni olib kel, ketamiz.
— Yana biroz o‘ynaylik, ona. Xo‘pmi?
— Yo‘q, oqshom bo‘ldi. Otang keladi, uyda bo‘lishimiz kerak. Xayrlashdilar. Momo ikki go‘dagini yetaklab, insoniy maqomning baland pog‘onasida, muruvvat cho‘qqilarida viqorli qadamlar tashlab ketayotgan bu xonimga ko‘ksida ajib tuyg‘ularga to‘lgan holda qarab qoldi. ko‘cha muyulishiga yetguncha kuzatib turdi. So‘ng ichkari kirdi. Endi ularni ko‘ngli bilan kuzatardi. Ko‘ngilning kuzatishi uchun ko‘zning ko‘rishi shart emas. Lablari pichirlab duo qildi: «Alloh sendan rozi bo‘lsin, qizim!»
Tonglab Odilbek bozorga chiqayotganda Fotimaxonim unga picha pul berdi.
— Bunga qand olib keling. Hozirlnk ko‘rayin. Odilbek pulni qaytardi.
— O’zim ololmaymanmi, Fotimaxonim! Olib qo‘ying.
— Mavludni men o‘qitaman. Qandini olish mening zimmamda. Xoxlasangiz siz ham uning ruhiga istaganingizni bag‘ishlang.
Odilbek indamasdan pulni olib ketdi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:00:48
* * *

Mavludga kelganlar unchalik ko‘p emas. Xayriyaning onasi,Odilbekning ammasi va xolasi, Fotimaxonnmning onasi, ko‘shnilardan to‘qqiz-o‘ntasi va mavlud o‘qiydigan otinoyi.
Fotimaxonim ko‘pchilikni xohlamadi. Shovqin-surondan boshqa narsa bo‘lmaydi deb o‘yladi.
Taklif etilganlar mavlud Xayriyaxonim nomiga o‘qilganini eshitgach, Fotimaxonimni tabrikladilar. Bir-birlariga "œXonimlik mana bunday bo‘pti-da», deyishdi.
fotimaxonimning fikricha, bu mavlud Xayriyaxonim ruxi pokiga bag‘ishlanganini aytish lozim emas edi. O’zini ko‘rsatishni yaxshi ko‘rmasligini bilganlar — biladilar. Qadrlaydilar. Uning bu tushuntirishdan asosiy maqsadi nima ekanini bilganlar har holda uning bu harakatini ma’zur ko‘rsalar kerak.O’lgan kundoshiga chin dildan hurmat ko‘rsatgan xonimlar soni bir shahardagi mahalla boshliqlaridan ozrokdir. Fotimaxonimning shu guruhga mansubligi bnlinishi zarur. Bolalarga o‘gay onadek emas, o‘lgan qarindoshining bolalariga qaraganday qarashini mahalla ayollari bilishlari shart. Bilsinlar, toki bundan buyog‘iga bolalarning qulog‘iga yetim ekanini aytib, pichir-pichir qilmasinlar. Mana mavlud o‘qitishdan ko‘zlangan maqsad va g‘oya. Yo‘qsa, Xayriyaxonimga sadaqa sifatida o‘qilishi kerakmidi? Fotimaxonim kelganidan beri biror kun uning haqiga duoi hadya etmakni unutgani yo‘q.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:01:07

Eshigiga kelgan faqirni sevintirarkan, ehsonini mutlaqo Xayriyaxonim nomiga atadi, kechgacha unga oid moldan o‘zi uchun sadaqa qilish muruvvatga zid ekanini har gal vijdonidan eshitib turdi.Daraxt soyasida dam olib mevasidan totib, ekkanni va yetishtirganni duo qilish insoniylikdan hisoblanganidek, Xayriyaxonimning mehlari singgan xonadonga kelib, ko‘nglida unga nisbatan yomonlik tuymadi. Tez-tez agar men o‘lib, bolalarim boshiga bir xotin kelib, ne qilsa mamnun bo‘lardnm deb ba’zan Xayriyaxonim parda ortidan bolalariga munosabatimni kuzatadi deya qabul qilish, faqat bularni Xayriyaxonim mamnun bo‘ladi deb emas, Alloh rozi bo‘lishini tushunib, uning amrini ado etayotganini anglash, unga xos bo‘lgan va ayni o‘rinda ta’kidlanishi zarur xususiyatlardandir.
Aytishga oson. Masalan, yuvib tozalangan kiyim yarim soat o‘tmasdan yana yuvadigan holga kelishi. Odilaning ovqatlanishida peshband taqimiga ko‘nmay, ovqatni libosiga to‘kishi, Husayinning o‘ynayotganda yiqilib hamma yog‘ini loy qilishi kabi son-sanoqsiz hodisalar... Bular qarshisida sabru tahammul ko‘rsatib, bolalarni Ismoil, o‘zini Saniha o‘rniga qo‘ymaslik, hatto o‘z farzandini bu holda ko‘rib yomon so‘zlar aytadigan ayollar saviyasiga tuymaslik buyuklikning ifodasidir.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:12:27

Fotimaxonim bolalarning bu ishlaridan xafa bo‘lmasdi deyish noto‘g‘ri bo‘lardi. U ham oddiy inson-bandai ojiza, uning ham xush, noxush paytlari, yaxshilikdan suyunib, yomonlikdan kuyunishlari bor. Faqat bola larning bu qilmishlaridan xafa bo‘lish boshqa, bu xafachilik tufayli yaxshi yoki yomon harakatda bo‘lish, sab etish yoki sabr etmaslik yana bir boshqa gapdir. Insonlik mezoni xafa bo‘ladigan, qayg‘uli xodisalar oldida g‘am chekib-chekmaslik emas, bu hodisalarni sabr va matonat bilan qarshilash va afv etishdir. Fotimaxonim jajji go‘daklardan yetuk nnsonlardek harakatlarni kutish nojoiz ekanligini yaxshi anglaydi. Shu sababda ularning noxush qilmishlaridan xafa bo‘lsada, yomon so‘z aytmoqdan o‘zini tiya olardi. Albatta, bolalar bunda ishlarni atay qilmaydilar. Ya’ni Fotimaxonimga aziyat beraylik deb qilmaydilar. Qolaversa, Fotimaxonim bu uyga ularni urmoq, qarg‘amoq, ko‘ngillarini qoldirmoq uchun kelmadiku... Ularning yaralariga malham ko‘yish niyati bilan keldiku. Bunda Alloh rizoligi mavjudligidan umid qildi.
Ikki kecha avval o‘tgan voqea Fotimaxonimning bu xususdagi fikrini ochiqroq ko‘rsatadi.
Dasturxon atrofida o‘tirisharkan, Odilbek Odilaga peshband tutishni buyurdi, qizaloq akslik qilib, solmadi, ikkinchi qoshiqni olayotganda ovqat ust-boshiga to‘kildi, Odnlbek asabiylashib, ikki shapaloq urdi.Qizaloq chinqira boshladi. Fotimaxonim yemaqdan chekinadi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:13:18

— Ovqatingizni yemaysizmi, Fotimaxon?!
— Yemayman.
Birozdan so‘ng Fotimaxonim turib, dahlizga chiqdi. Orqasidan Odilbek ham chikdi:
— Nega ovqatingizni yemadingiz, Fotimaxon?
— Nega bolani urdingiz? U bilib, xohlab to‘kdimi?
— Men unga aytdim, peshband tutmadi.
— Bolalik degani shunday bo‘lmaydimi? Yigirma yoshli qizdan kutish kerak bo‘lgan narsalarni kutmaysizku shu go‘dakdan. Bola bo‘lmaganmisiz, bolaligingizni unutdingizmi? Hammaning bolasi shunday,hamma bolalar shunday qilishadi. Men ursam, siz meni qaytarish o‘rniga, teskarisi bo‘lyapti, bunday keyin siz o‘gay ota bo‘lasiz, men o‘z onasi...
— Fotimaxon, hammasi sizning ziyoningizga. Endi uni artib-yuvadigan siz emasmi?
— Albatta, men.
— Joningizni bunchalik qiynab, sizga nima zarur?
— Achinishga mendan ko‘ra bolalar ko‘proq muhtoj. Yer yuzida bularga achinadigan, qaraydigan bir siz va men. Buni yolg‘izz menga tashlab qo‘yasizmi? Bunga Alloh rozi bo‘ladimi? Modomiki, kirlarini yuvadigan men ekanman, sabrim tugaguncha siz ham sabr qilasiz. Yaxshi bo‘lib ketadi. Tarbiyamizga Alloh yordam beradi. Men bunga ishonaman. Endi borib uning ko‘nglini oling, shunday qilsangiz men xam ovqatlanaman. Boring.
Odilbekning boshi egildi:
— Fotimaxon, meni uyaltirdingiz, — deya ichkariladi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:13:39

* * *

Kelganlarga mavlud ta’siri katta bo‘ldi. Mamnun ketdilar. Bundan so‘ng Fotimaxonim to‘g‘risida nari-beri so‘zlaydiganlar topilsada, bolalarga yetimligini eslatishga o‘xshagan hodisalar nihoyasiga yetdi.
Mavlud o‘qitilgan kechasi edi. Fotimaxonim tun yarmida uyg‘ondi. Soat bir yarimni ko‘rsatmokda. Boqqa chikdi. Osmonni bulut qoplagandi. Shamol esar, shamolda daraxtlarning shoxlari chayqalar va yengilgina fig‘on qilib ko‘yardi. Bu manzara kunduz kunlari xis etish qiyin bo‘lgan tuyg‘ularni ko‘zg‘ardi. Butalar orasidagi qochirgan ovi oldidan chiqqan ovchiday yulduzlarni kuvlagan oy ba’zan birpas bulutlar orasiga yashirinib, yana umid va shiddat bilan olg‘a intilardi....
Qayga ketishmoqda? Qayoqqa boradilar? Har tun intizom bilan harakatlangan oy va yulduzlar nimani anglatadi, aslida? O’zlariga tayin etilgan vazifadan tashqari aslo chiqmagan, Yaratganning azamati va qudratiga dalolat etguvchi bu yulduzlarni bir muddat tomosha qilgan Fotimaxonim ichkari kirayotib yengilgina sovuq yeganiga sezdi. O’rniga yotarkan faqirlar har doim, har tun shunday junjikadi deya o‘yladi.
Tashqarida xanuz shamol fig‘oni eshitilib turardi. Fotimaxonim shu fig‘on aro Xayriyaxonimni o‘yladi. Bir uyum tuproq holiga kelgan u xonim bu uyda necha yil yotgan? Mavluddan uning ruhi xabardormidi yoki kelganlarga Xayriyaxonim uchun o‘qiyapman deyishi soxtalik bo‘ldimi? Bir muddat shularni o‘yladi...
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:14:25
VII

Oradan ikki yil o‘tdi. Fotimaxonimdan o‘zgasi bardosh qilishi qiyin bo‘lgan hodisalarga to‘la ikki yil. Fotimaxonim nafsidan sabri ustun kelgan ikki yil. Bu ikki yil ichida Fotimaxonim ham bir qizli bo‘ldi. Samiha...
Samiha uch oyga to‘lgan kunlar edi. Fotimaxonim ikki daqiqaga qandaydir ish bilan boqqa chiqdi. Samiha o‘rnida yotar,Odila o‘yinchoq o‘ynar, ora-sira cho‘ntagidan qovurilgan no‘xat olib, og‘ziga tashlab qo‘yardi. Ikki daqiqadan so‘ng Fotimaxonim ichkari kirganida Odila chaqaloqning to‘shagidan tushib kelardi. Birdan yuragi shig‘ etdi. Ajabo, go‘dakka bir narsa bo‘ldimi? Bu savolga javob izlashga xojat xam, vaqt ham yo‘q, chunki Samihaning xirillashi yaxshi nafas ololmayotganiga ishora. Fotimaxonimning ichi yondi. Otildi. Samihaning og‘ziga ko‘piklar to‘plana boshlagandi. Barmog‘ini og‘ziga suqdi. Og‘zida hech yo‘q, ammo bolaning rangi va og‘zidagi ko‘piklar bo‘g‘ilayotganini ko‘rsatardi. Chaqaloqni bag‘riga bosdi. Ko‘kragidan og‘ziga ikki tomchi sut oqizdi. Bo‘g‘zi yumshaydi.Odila unga no‘xat yedirmoqchi bo‘lgani aniq edi. Bo‘g‘zidagi xirillash ortar, ko‘piklar ko‘payardi. Bolani olib, yo‘lga chiqib doktorga borguncha vaqt o‘tar, Fotimaxonim peshonasida paydo bo‘lgan terlar, ko‘zidan oqqan yoshlar hozir uning ne ahvolda ekanini bildirib turardi. Odilaga qaradi,narsa bo‘lmaganday o‘ynab o‘tiribdi.
— Odila,singlingga,nima yedirding?
No‘xat yedirdim. Yig‘ladi-da...
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:14:42

Fotimaxonimning ichidan kelgan bir his chaqaloqni ko‘yib Odilani yaxshilab kaltaklashni, hech qursa, bir shapaloq tushirishni amr etardi. Talvasa paytida qilinadigan eng qulay ish shu edi. Hech bo‘lmasa yuragiga biroz suv sepiladi.
Lekin Odilaga tegadigan tayoqning Samihaga foydasi bormi? Bola ikki shapaloq bilan tuzalib qoladimi? Odila bola bu holga tushsin deb shunday qildimi? Istab, qildimi? Urganda keladigan foyda, avf etganda keladigan zarar bormi?
Fotimaxonim shularni o‘ylab, Odilani urishdan voz kechdi, Odila yana hech narsadan xabarsiz holda o‘yinchoqlarini o‘ynab ketdi. Uning shu mas’um holatini ko‘rib Fotimaxonim yolvordi.
— Yo Rabbiy, bag‘ri yarim yetimlar, ko‘ngli mungli yetimlar xurmatiga, mening ikki yetim bolam hurmatiga bolamni qutqar! Kichik yoshda yetim va o‘ksik qolgan Habibing hurmati. Yetimlarga yelka tutgan, ko‘l uzatgan, haqqini qo‘rigan yaxshi insonlar hurmati...
Fotimaxonim oradan qancha vaqt o‘tganini biladigan ahvolda emasdi. Bu uzrli holat. Bolasi bunday holga tushgan onalar uning nima his qilganini tushunadilar, vaqtni qanday o‘tganini bilmasligi ham ayb sanamaydilar. Qo‘lini chaqaloqning og‘ziga tiqqanidan keyin to‘rt-besh daqiqacha o‘tdi. Faqat bu vaqt bolasi bo‘g‘ilgan uchun yoki og‘riqlar, sanchiqlar ichra qiynalgan, tirishgan xasta uchun oz deganda bir necha soatlarday tuyuladi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:14:57

Oradan besh daqiqacha o‘tganda bolaning chuqur bir nafas olganini his etdi. Birdan yuragi yanada qattiqroq ura boshladi. Faqat bemalol nafas olayotganini ko‘rgach tinchlandi.No‘xat tomog‘idan o‘tib ketgandi. Darhol bu musibatni aritgani uchun Allohga shukr etdi. Bolaning yonoqlaridan bir-bir o‘pib, hidladi va o‘rniga yotqizdi.Yurak urishi, ko‘ngil bezovtaligi hali tamoman o‘tib ketmagandi. Bir oz gul suvi bilan chakkalarini, yuzlarini siladi. Fotimaxonim uchun katta musibat, o‘zi uchun Samihaga qovrilgan no‘xat yedirishdan iborat bo‘lgan bu hodisa nimalarga olib kelganini bilmagan Odila bemalol o‘ynab o‘tirardi.
Ajabo, shu tobda boshida Samihaxonim bir ona bo‘lsaydi, holi ne kechardi? Buni taxmin bilish qiyin bo‘lmasa kerak. Bu aziyat va haqoratlarni barcha tuqqan onalar va o‘gay onalar tasavvur qila oladilar.
Fotimaxonim bu hodisa sabab Odilaga tayoq o‘qtalmadi,urmadi, yomon so‘z aytmadi. Ammo chaqaloqni u bilan boshqa biror marta yolg‘iz qoldirmadi.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:15:17
* * *

Husayin bu yil maktabga borishi kerak. Otasi uni qo‘lidan tutib, qayd ettirib kelgani olib bordi. Husayin maktab ochilishi yaqinlashayotgani sari kuchliroq hayajonlanardi:
— Maktabda o‘qish qiyinmi, ona? Siz ham maktabga borganmisiz, ona? — kabi savollar berar, Fotimaxonim uni tinchlantiruvchi so‘zlar aytar, o‘qib buyuk odam bo‘lishini tushuntirardi.
Fotimaxonim Husayin uchun ikki dona peshband qilish va uni maktabga doim top-toza qiyofada yuborish istagini Odilbekka bildirdi. O’rtoqlari orasida xijolat bo‘lmasin, uyalmasin, derdi.
O’qish ochilgan kuni otasi uni ko‘lidan tutdi va maktabga olib bordi.
Mahalladan tanish bir bolaga topshirdi.Sinflarga kirib-chiqishda yordam berishini tayinladi. Tushda ko‘p qatori maktabdan qaytarkan, deraza oldida Husayinning yo‘liga qarab turadigan bir ona bor edi.
— Oh, onasning joni kelyapti,- deya uning jajji yonoqlaridan o‘parkan, Husayin jiddiy oxangda:
— Tushlikdan so‘ng, ovqatlangach yana o‘qish bor, ona, — dedi.
Pokiza peshband, dazmollangan shim, maktabga borib-kelishida yarqirab turuvchi, tozalangan poyabzal, yuzlari porloq bir bola... Bu hol va bu qiyofa maktab ochilishida qanday bo‘lsa ,shunday davom etdi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:15:37
Bir kun toza,ikkinchi kun ham shunday bo‘lmaydilar, bugun oyoq kiyimi yap-yangi bo‘lganlar, bir necha kun o‘tgach loy ichida tanib bo‘lmaydigan holga keltirishadi.Ichlarida boyi, faqiri, juda ham kambag‘allari bor. Biroq eng boylari ham o‘rtahol oila farzandi Husayinga tozalik va intizom jihatdan tenglasholmasdi.
Bir kun o‘qituvchi tozalikni tekshirayotib bir bolaning oldida to‘xtadi. Ismi Yilmaz. Cho‘ntagining cheti yirtiq, bir tugmasi tushgan va peshbandi ko‘p vaqtlardan beri yuvilmagandi.
— Yilmaz, seni ertaga bunday ko‘rmayin. Onangga ayt, o‘qituvchi shunday dedi de, — tanbeh berib o‘tdi. Nazorat davom etdi. Husayinning yoniga keldi.
— Qarang, bolalar! Hammangiz Husayinday bo‘ling.Unga o‘xshab top-toza bo‘lib keling. Sen aytchi, Yilmaz, sen g‘ayrat qilsang, Husayinday bo‘lmaysanmi, o‘g‘lim!
Yilmas boshini egdi, javob bermadi.
— Gapir, sen ham Husayinday ozoda bo‘lishni istaysanmi, Yilmaz?
Yilmaz bosh ko‘tarmay ming‘irladi:
— Istayman, ustoz.
Juda yaxshi. Modomiki, istar ekansan, ertadan boshlab seni gulday ko‘rayin. Uyga borishing bilan onangga ayt, men uyalyapman, o‘qituvchi menga tanbeh berdi de.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:16:19
— Men bunday deyolmayman, janob muallim.
— Nega aytolmaysan?
O’qituvchi asabiylashganday bo‘ldi. Yilmaz javob beravermagach, yengilgina, astagina kulog‘idan tutdi:
— Buni qaranga! Ham toza bo‘lmoqchimish ham aytolmasmish.
So‘ngra yana biroz dag‘allashdi:
— !... ...
Yilmazning ko‘zidan sizilgan ikki tomchi yosh muallimga ta’sir qildi shekilli, yumshadi, qulog‘ini sekinroq ushladi. Otasini uzoqdan tanirdi, orqavorotdan bilardi. Boy bilan o‘rtahol orasidagi bir odam edi.Bolasiga yangi liboslar olib berish unchalik qiyin bo‘lmasa kerak. Uning boshini silab:
— Boshqa bunday adabsizlik qilma, Yilmaz va bolalarga murojaat qildi:
— Yilmazning uyini biladigan bormi?
— Bor,ustoz.
Uch qo‘l barobar ko‘tarildi.
— Bugun ketishda Yilmazlarniknga uchrab, mening aytganlarimni aytasiz.
Aytmasinlar, janob muallim.
— Aa-a-a? Haddingdan oshyapsan, Yilmaz... Nega aytmasinlar? Sababi nima?
— Chunki, aytsalar, tayoq yeyman, ustoz. Mening o‘z onam yo‘q,mening
onam o‘gay.
Yilmaz bu gaplarni aytar ekan yig‘lay boshladi. Yig‘i aralash qo‘shib ko‘ydi:
— Aytganlari bilan bajararmidi? Battar uradi.
Yana yig‘lashga tushdi. O’qituvchi bu qadar qattiqko‘llik qilganiga pushaymon bo‘ldi. Ahvol bunday bo‘lib chiqishini o‘ylamagandi. Yilmaz to‘xtamasdan yig‘lardi,
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:16:41
— Yilmaz, yig‘lama. Azamat yigitsanku o‘zing. Tashqariga chiqib, yuzingni yuv! Husayin, do‘stingga yordamlash!
Husayin Yilmazning ko‘lidan tutdi, Yonma-yon sinfdan chiqishdi.
Chashma boshida — ikki bola. Biri o‘gay ona zulmini,etimlik mashaqqatlarini totgan, ikkinchisi yetimligini bilmagan, ona mehrini ko‘rayotgan yetim.
Yilmaz yuz-qo‘lini yuvgach, ko‘llarini shimiga surtdi:
Ro‘molcham yo‘k. O’zi bermaydi, menham so‘ramayman. So‘rasam, yomon so‘zlar aytadi. Sen o‘lmading, men kutuladim, deydi. Bechora onamga ham til tekkizadi.
Xusaynn cho‘ntagidan ro‘molchasini chiqardi:
— Ol, Yilmaz. Seniki bo‘lsin.
— Olmayman, Husayin.
— Olmasang, xafa bo‘laman.
Yilmaz po‘molchani oldi. Cho‘ntagiga soldi. Birga sinfga kirdilar. Tushdan so‘ng maktabdan uyga qaytgan Husaynda parishonlik sezilardi,
— Bolaginam, nega xafa ko‘rinasan, birov bilan urishdigmi yoki boshqa bir hodisa ro‘y berdimi, — deya ahvol so‘radi Fotimaxonim.
Yo‘q, ona, xech narsani o‘ylaganim yo‘q.O’qtuvchim meni bolalarga ko‘rsatib, Husayndek bo‘linglar, dedi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:17:04
— Ofarin, o‘g‘lim. Ammo sen yana nimanidir o‘ylayapsan?
— Yo‘q, ona, xech narsani o‘ylaganim yo‘q.Sinfimizda Yilmaz degan bola bor. Usti boshi kir, yirtiq...
Husayin sinfda bo‘lgan voqeani boshidan hikoya qilib berdi.
— Ona, juda achindim, unga ro‘molchamni berdim, jahlingiz chiqmas.
— Obbo bolamey, yaxshilik qilsang, nega jaxlim chiqsin?! Juda yaxshi qilibsan. Ertaga do‘stinni aytib kel.Onam so‘tilgan kiyimlaringni tikmoqchi de. Albatta olib kel, xo‘pmi? Senga ham savobi tegadi. Yetimga yordam qilganing uchun Alloh senga savob beradi.
Ertasi kun Husayin onasining aytganini qildi. Bir bolani ergashtirib keldi. Bu bolaning o‘gay ona zulmi ostida, qarovsiz o‘sganini anglamoq uchun axmoqning y ikki bor qarashiga hojat yo‘q. Fotimaxonim ularga ovqat berdi. Ular ovqatlanayotgan paytda kiyimlarini tikdi, tozaladi, dazmolladi.
Bir soatdan so‘ng ko‘chaga chiqqan bola mening ham shunday onam bo‘lsaydi degan orzu bilan o‘gay onasi bo‘lgan uyi tomon yo‘l oldi. U ketishi bilan Husayin Fotimaxonimning bo‘ynidan quchokdadi:
— Bir dona onam, dono onam, bularni men uchun qildingizmi?
— Albatta, o‘g‘lim, yana olib kel, kutaman, yana shunday qilaman.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:17:27
* * *

Uch-to‘rt kundan keyin Yilmaz Husayinning qistovi bilan yana keldi. Aslida qistashiga ham hojat yo‘q edi. Uyida ko‘rgan yomonlik, zulm «hamma endi menga shunday muomala qiladi, xech kim yaxshi ko‘rmaydi, hamma mendan nafratlanadi», degan ishonchni paydo qilgan edi. Yilmaz kimning yoniga bormayin, xo‘rlik, haqorat va ko‘raman, deb o‘ylardi. Bir gal Husayinning onas o‘g‘lim dedi, ammo bu safar ham shunday deydimi, ya ganidan mamnun bo‘ladimi?
Dard ustiga dard — yana shuncha o‘gay ona ham bor. O’gay onalarga topshirgan bolalarining yuzidagi mahzunlikni uqolmaydigan, ojiz, o‘ysiz, beg‘am qancha otalar va nihoyat guldek bolalari chekkan aziyatdan suyaklari sirqiragan necha-necha marhuma onalar bor.
Fotimaxonim qo‘zlarining namlanishidan hech narsa tushunmagan Husayin, xafa qiladigan gap aytdimmikan, deya o‘ylarkan, Fotimaxonim:
Ayt, o‘g‘lim, ayt, u ham meni ona desin. Tushdan keyin olib kel, maylimi?
Tushdan keyin Yilmaz keldi. Ko‘zlarini yerdan olmas,uyalardi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:17:47
— Qani Yilmaz, ona desangchi, onamga! Husayin uchun bir kalimadan iborat ona degan so‘zni aytish qanday qiyinligini, bu so‘zning naqadar qimmatli ekanini Yilmazdan so‘rash kerak edi. Fotimaxonim xuzurida ikkita yetim bor edi. Biri dunyoning barcha alam va qayg‘usini totib ko‘rgan Yilmaz ismli bechora bola; ikkinchisi esa ayni holatdan Allohning marhamati bilan Fotimaxonimning duch kelishi natijasida kutulgan bax-tiyor bola, Ikkisining ham onasi o‘gay. Ammo biri marhamatsiz, toshday hissiz, bergan aziyatidan zavq oladigan vijdonsiz; ikkinchisi esa, o‘z bolalariga qarashda onalarga o‘rnak bo‘ladigan, ya’ni onalar o‘z tuqqan bolasiga mana shu o‘gay onachalik qarashni, mehrli bo‘lishni havas qilishiga sazovor bo‘lgan.
Fotimaxonim Yilmazning ro‘parasiga cho‘kkaladi. Bir necha tengdoshi toqat qilolmaydigan mashaqqatlar boshiga tushgan yetti-sakkiz yoshlardagi bu bolaga, mahzun chehrali jajji bu insonga mehr to‘la ko‘z bilan qaradn.
— Qani, onadeginchi, menga o‘g‘lim. Endi men sening ham onangman. Husayin qanday o‘g‘lim bo‘lsa, sen ham shunday o‘g‘lim bo‘lasan. Xafa qilma meni, ona deginchi, o‘g‘lim...
Bu orada ko‘zlari yoshga to‘lgan Yilmaz birdan o‘zini Fotimaxonimning bag‘riga otdi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:18:10
Ona, onam... —deb faryod qildi. Fotimaxonim uni haqiqiy onalik bag‘riga bosdi, quchoqladi. Umrida ona shafqatidan mahrum, ona mehrini ko‘rmagan bu bola qarshisida u ham marhamat yoshlarini to‘kdi. Husayin ikki uch-qadamcha naridan bu hayajonli, achchiq manzaraga qarab qolgandi. Hayratlar ichida edi. Hozir Yilmaz his etganlarni u his etishi yoki unga his ettirish mumkin emasdi. Tomdan yiqilib tushganning holini faqat tomdan yiqilib tushgan biladi. Kim bilsin, bechora bola ona deyishni qanchalar orzu qilgan, qancha vaqtlar, qancha yillar "œbolam» degan so‘zni eshitmoqqa zor bo‘lgan.
Birozdan so‘ng Fotimaxonim ko‘z yoshlarini artdi.
— Sen uyda onangni nima deysan, ona demaysanmi, o‘g‘lim.
— Yo‘q. So‘ng xo‘rsnnib ko‘shib qo‘ydi: — o‘zi aytkizmaydi.Bir marta unga ona dedim. «Nega onang bo‘lay,men tug‘dimmi seni?Bor, anavini ona degin»,—deb mozorot tomonni ko‘rsatdi.
— Men ham shundan keyin uni ona demadim. Hiqillay-hiqillay bularni so‘zlagan Yilmaz, gapirib bo‘lgach, yana yig‘lashga tushdi. Fotimaxonimning dardi yana oshdi.
— Bundan keyin meni ona degin, maylimi?
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:18:27

Fotimaxonim uning ko‘zyoshlarini artdi, kuchi yetgancha tasalli berdi. Faqat qisqa bir vaqtda, uning mushtday qalbida yillar osha yig‘ilib qolgan dunyoday dardni ketkazishi mumkinmi? Doim qon tomib titrgan jarohat bir onda qanday tuzaladi? Har qun vayron bo‘lgan ko‘ngil bir zumda qanday tiklanadi?
Birozdan so‘ng u o‘zi uchun zindon bo‘lgan uyga ketarkan, yana eski holiga qaytadi. Dunyoda Yilmazga ochiladigan yolg‘iz uy, ota uyi.... Ammo uning uchun eng yoqimsiz uy ham shu. U zindon bo‘lmay nnma? Mashaqqat makoni! Azob uyasi! Ne qilmoq kerak? Yilmaz bu uyda, hatto tushida bo‘lsin, loaqal bir-ikki soatgina halovat topmoqqa rozi... Ammo u yerda ko‘rgan tushlari ham dahshatli, terlarga g‘arq bo‘lib uyg‘onadi. Bir muddat zulmat ichra ko‘zlarini katta-katta ochib shiftga tikiladi, mavhum xatar, noma’lum qo‘rkuv aro chap-o‘ngga ag‘dariladi. Yana shu qo‘rquv ostida sekin-sekin ko‘zlariga uyku cho‘kadi... Kechasi kunduzidan totsiz, kunduzi kechasidan qorong‘u bu uyda yashashdan ne foyda, yashamaslikdan ne zarar? Ichidagi havo, devoridagi toshlardan qattiq bu uyda Yilmaz uchun ko‘rishi mushkul bo‘lgan, ko‘rishi mumkin bo‘lmagan, yo‘q narsa bor: saodat...

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:19:32

VIII

Sodiyaxonim anchadan beri o‘gay o‘g‘li Yilmazda bir qancha o‘zgarishlar seza boshladi. Bir kun liboslari tikilgan holda keladi, boshqa kun Yilmazda anglashilmas xushnudlik ko‘rinadi. Aslida undan biron narsa so‘rashga xech qachon jur’at qilmagan bu bola o‘zidan yana ham uzoqashganini, biroq qoniqish holatidae kanini sezganday bo‘lardi. Buning sababi bo‘lishi kerak edi. Uch-to‘rt kun avval yirtiq shimini tikilgan, yuvilgan, dazmollangan ko‘rishi uni yerga urganday bo‘ldi:
— Bugun qayokda qolding?
— Dars tayyorladim.
— Kimlarnikida tayyorlading?
—Husayinlarnikida.
— Husayin kim?
— Sinfdoshim.
— Xo‘sh, shimga nima bo‘ldi?
— Onasi dazmolladi.
— Nega dazmollatding?
— O’zi dazmollayman dedi, berdim.
— Seni shunday taltaytirishadi. Duch kelganga yaltoqlanasan, shundaymi? Qarab tur, kechqurun otangga alla-kimlargadir shim dazmollatib yurishingni aytib dodingni berdirmasammi. Ja-a, janob bo‘lib ketdilar. Ko‘z tegib yurmasin tag‘in!
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:19:41
— Nima qilay? Siz dazmollamaysiz, meni maktabda turtkilashadi.Tayoq yeyman. Bundan xabaringizbormi?
— Vaysashini-chi buni!
Sodiyaxonim shunday deb Yilmazning ustigabostirib kela boshladi, ammo Yilmaz chavdonlik bnlan eshikdan chiqa qochdi. Sodiyaxonim eshikdan chiqshi bilan Yilmaz qochgan tomondan kelayotgan xotinga baqirdi:
— Allohni sevsangiz, shuni ushlang.
Lekin ayol yonidan indamay o‘tavergach, yana baqirdi:
— Allohni sevsangiz, dedim, Inson. Shuni ushlab qoling!
— Allohni yaxshi ko‘rganimdan, Undan qo‘rqqanimdan tugmadim. Yetimni urish uchun gapirgan gapingizni qarang. Unga ko‘targan mushtingizni nafsingizga ursangiz, avval o‘zingizga urib ko‘rsangiz qanday bo‘larkin? Agar Allohni bilsangiz, bu gudakka xizmatchi bo‘lardingiz. Bolangiz o‘zingizday o‘gay ona ko‘lida qolsa, nima qilasiz? — dedi va javob kutib turmasdan yo‘lida davom etdi. Bu so‘zlar Sodiyaxonimning g‘azabini battar qo‘zg‘adi. Oh, ko‘chalar oralab bu tirmizakni quvlasa, tutib o‘chini olsa...
Uning ortidan kin to‘la boqishlar bilan chaqnagan qo‘zlar, g‘ijirlagan tishlar va hirsli, o‘zgacha tusga kirgan yuz... boshqa chora yo‘qligi uchun uyga chekindi. Eshikni ichkaridan bekitarkan, oqshom uyga kelarsan, deya ming‘irladi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:20:02

Kim bu Husayin? Avvalo buni bnlib,borib bolani taltaytmasliklarini aytib, ogohlantirib kelish keraq Yilmaz kim, dazmolli shim kiyishni unga kim ko‘yibdi?! Yamoqli kiyim yetmaydimi?
Aslini olganda Sodiyaxonim Yilmazga yomon muomala qilishini biladi. Maktabdan yugurib kelib, non so‘ragan yetti yoshli och go‘dakka: «Zaqkum ye. Qani non, ko‘rmayapsanmi? Bu janobimga endi bir xizmatchi yollashimiz kerak!» — demaslik kerakligini ham biladi. Biladi, ammo o‘zini to‘xtatolmaydi, tutib turolmaydi. Yilmazning har harakati uning g‘ashiga tegadi. Ko‘rishi bilan asabiylashadi. O’z bolasi ne qilsa yoqadi, sevinadi. Yilmazga kelganda teskarisi. Yilmaz ona deguday bo‘lsa, xuddi uning onasiga o‘xshab o‘lib qoladiganday tuyuladi. Yilmazga nisbatan haqsizlik qilishdan boshqa ish ko‘lidan kelmaydi. Ba’zan: «Bu bola o‘zi shunga munosib, yo‘qsa boshiga mendan boshqasi kelgan bo‘lardi, balki yaxshilikka yaramas, yaxshilik qilsam, yanada kekkayib, yomonlashib ketishi mumkin», — deyao‘zini ovutardi. Ba’zan qilgan muomalasi va so‘zlagan so‘zi haddan oshganini o‘zi ham tan olardi. Masalan, olti oy oldin bir hodisa bo‘lib o‘tdi. O’sha oqshom eri:
— Qara, Sodiya, bolaning cho‘ntagi yirtilibdi, tikib ber!—dedi.
— Endi shu yetmay turuvdi, shu qoluvdi qilmaganim. Ipni ignadan o‘tkazib, chatib tashlash shuncha qiyinmi bunga? Ertaga askarlikka borsa, qanday qiladi? Hozirdan o‘rgansin... — deb javob berdi. Holbuki, «ertaga askarlikka boradigan bola», endigina boshlang‘ich maktabning birinchi sinfiga borishga tayyorlanyapti.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:20:26
Bu surbetlik qarshisida ota nima ham qila olardi? Bechora odam, bu xotinga go‘yo azob chekish va bolasini ezdirish uchungina uylangandi. Bu ikkisi rost chiqdi. Har oqshom yangi-yangi shikoyatlar... Guyo bu bola tongdan tungacha yaramaslik qiladi yoki yetimning butun vazifasi o‘gay onasiga ish orttirishdan iborat emish.
Bu oqshom eshitgan shikoyati yanada boshqacharoq. Yilmaz shimini boshqa ayolga dazmollatgandi. Bu ish uydagi onaga, ya’ni o‘ziga katta haqorat edi. Agar qilingan bu aybning jazosini ota bermasa, beradigan topiladi. Ota-o‘g‘il bir bo‘lib, bechora Sodnyaxonimga xayollariga kelgan zulmni o‘tkazishadi. Sodiyaxonim bu harakat o‘ziga haqorat ekanini tushunar, biroq uning shimini dazmollash lozimligini aqliga sig‘dirolmasdi.
Shu paytgacha xohlagan tarafiga osongina egiladigan eri bugun negadir uning xoxishiga mos suhbatlashadiganga o‘xshamasdi. Vajohati shuni ko‘rsatib turardi. Zotan, ota-o‘g‘il bir bo‘lib o‘ziga zulm qilish rejasini pishitib olganlarini, bulut kelishidan yomg‘irni sezganday erining holatidan sezgan va yana o‘zi haq bo‘lib chiqishi uchun gapni shunday boshlashni lozim topgandi. Haqiqatan, Maxmudbek:
— Qani,Xonim, avval aytingchi, shu uyga kelganingizdan buyon bu bolaning shimi necha marta dazmollandi? Bola maktabga — odamlar orasiga boradi, parishon qiyofada chiqmasin deb chiroyli kiyintirib jo‘natgan kuningizni eslaysizmi? Unga ona bo‘lib aziyat chektirmasdan, yomon so‘zlamasdan, kaltaklamasdan yoki kaltaklatmasdan, yaxshi muomala qilgan, ko‘nglini olgan, bolam deb bag‘ringizga bosgan kuningiz bo‘ldimi? Masalan, hatto bayram kuni o‘z bolangizday quchib, o‘pganingizni kim ko‘rdi? Albatta, birovlarga boradi. Bundan g‘azablanish o‘rniga biroz o‘ylab ko‘rsangiz qanday bo‘lardi? — deyishi ahvol u o‘ylagandek bo‘lib chiqqayaini anglatardi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:39:57

Mahmudbekning nogoh sizlab, vazmin gapirishidan Sodiyaxonim dovdirab qoldi. Aslida bir gapini ikki qilmagan eridagi bu holatga biror ma’no berolmadi. Kunduz Yilmazni ushlab qolmagan xotin ham nimalar demadi.Demaq bu ishda bir sir bor. Ammo Sodiyaxonim osonlikcha bu sirning tagiga yetolmasdi.
Kunduz Yilmazning tutilishini istamagan kampir Sodiyaxonimga aytadiganini aytib, qolganini to‘kib solish uchun Mahmudbekning do‘koniga to‘g‘ri bordi va u yerda nafasini rostladi. Mahmudbek mahallada keksa ayollar orasida xurmatli bo‘lgan Faridaxonimni yaxshi qutib oldi, nima xizmatlari borligini so‘radi. Faridaxonimning rangi o‘zgarib kettani dilida to‘kib soladigan gapi borligini bildirib turardi. O’rindiqqa o‘tirgach, bir-ikki lahzatin olishni kifoya bilib so‘z boshladi:
— O’g‘lim Maxmudbek eshigingiz oldidan o‘ta turib.., — deya hodisani anglatgach, xulosa qilib maqsadini aytdi. — Biroz avval mendan biror xizmat, iltimosim, amrim bor-yo‘qligini so‘rading. O’rtada bajarishga majbur bo‘lganing — Alloh amri bor. Zero, ado etilishi lozim bo‘lgan eng sharafli amr Alloh amridir. Alloh bolaga, yetimga yaxshi qaramoqni amr etgan. Ana shu amrni ado etmasdan, mening xohishimni o‘rinlatishdan senga nima foyda bor? Ikkinchi uylanganingdan buyon Yilmaz yomon so‘z eshitishdan, ezilishdan, tayoq yeyishdan boshqa narsa ko‘rgann yo‘q. sizningcha, shu Alloh amrini ado etishmi? Senda otalik mehfi bo‘lsaydi hamma Yilmazga achingan bir paytda va bu gap menday kampirning qulog‘igacha yetib kelmasdan burun o‘g‘lingga achingan bo‘larding va uni butunlay Sodiyaxonimning ixtiyoriga tashlab ko‘ymasding. Yo rahmatli xotiningdan qolgan omonatni shunday xor-zor qilib saqlash uchun uylangandingmi? Xotiningni bu qadar mamnun etishga urinishing yaxshi, biroq Allohning xuzurida qanday javob berishingni ham ozgina o‘ylab ko‘rmadingmi?
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:40:40
Eshikdan kirgan xaridorni ko‘rgan Faridaxonim gapirishdanto‘xtad Maxmudbek eshitgan achchiq so‘elar ta’sirida terlarga botdi, yer yorilsa, kirib ketsam, deydigan holga tushdi. Xaridorning kirishi unga quyosh tig‘ida terga botgan odamga salqin xavoning tegishidek ta’sir qildi. Turib,xaridor bilan muomala qildi. Ikki daqiqadan so‘ng, xaridor ketgach, yana mehmoni ro‘parasiga vijdon hisobini bermoq uchun qaytdi. Faridaxonim bu ikki daqiqa ichida biroz tinchlandi, yana qancha achchiq so‘zlar aytib yuborishi mumkin ekanligani o‘ylardi. Ammo ortiqcha so‘zga ehtiyoj yo‘q edi. Tushunganga shunisi xam ziyoda, yaxshi otga — bir qamchi. Xonim so‘zini anchayin qattiqroq ohangda davom ettirdi:
— Bu bola chekkan azob, ehtimol, seningcha kamdir, ammo biz endi chidayolmaymiz. Agar xotiningning zulmini to‘xtatolmasang, bolani bizga ber, o‘z nevaramday qarayman. Yo‘qsa, biroz otalik burchingni ham bajar, yetimning chiroyi ochilsin.
Faridaxonim so‘zlarini tugatib o‘rnidan turarkan, yana qo‘shib qo‘ydi:
— Achchiq gapirdim, Mahmudbek! Lekin yetimning haqqiga rioya qilmaganing, bu haqsizlikning oldini olmaganing uchun ertaga chekadigan azobing bundan anchayin achchikroq bo‘ladi. Butun pushaymon bo‘larsan, balki kutulish yo‘lini toparsan, ammo zrtangi pushaymon o‘zingga dushman bo‘ladi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:41:42

Faridaxonim taklif etklgan choyni ham ichmasdan turib ketgach, Maxmudbekni chuqur o‘y bosdi. Eshitgan so‘zlari bag‘ini ezib yubordi. Ayol kishidan bunday haq so‘zlarni eshitish osonmi? Agar kichikligidan kattalarga xurmat ruhida tarbiyalangan bo‘lmasa edi, balki ko‘rsroq javob tsaytarib yuborardi. Ammo aytadigan so‘zlari nafsining himoyasidan boshqa narsa bo‘lmasdi. O’zini bu ayoldan himoya qilishdan, unga o‘zini haq deb qo‘rsatishdan nima foyda bor? Modomiki, ertaga aldab bo‘lmaydigan, har narsaning xaqiqatini ayon qiladigan, zolimdan mazlumning haqqini Olib beradiganning huzuriga borilganda mahallaning momosiga qiladigan dag‘dag‘asi Mahmudbekni qutqaradimi? Aslida aytilgan so‘zlar naqadar achchiq bo‘lmasin haq, emasmi?! To‘g‘ri aytmadimi momo? Uylanishidan murodi Yilmazninguzur-halovatini ta’min etishmasmidi? Qani u halovat, qani u xuzur?!
Oqshom Sodiyaxonimga qarshi ilk bor achchiq gapirishining siri shunda edn. Tabiiyki, Mahmudbek Faridaxonimning do‘konda aytgan achchiq gaplaridan so‘z ochmadi.
Sodiyaxonimga qarshi jangta chiqan Mahmudbek bundan keyin muvaffaqiyat qozonadimi? Yoki Sodiyaxonim Yilmazga qarshi hiylalarini boshqa yo‘lga, boshqa usulga almashtiradimi? Ta’qib etadimi? Javoblar taxmindan iborat. Vaqt ko‘rsatadi. Bunday savollarga munosib javobni dono hakam vaqt bergusidir.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:42:04

IX

Bironta mahallada mish-mish to‘xtadi deyish — bugun quyosh chiqmadi deyish bilan barobar. Buni ikki xotin uchrashganda beixtiyor qulog‘ingizga kirgan so‘zlardan ham bilishingiz mumkin. Buday suhbatlarda yaxshi-yomon do‘stlari ortidan faqat ezgu maqsadlar, odob va axloqdan so‘z ochgan fazilatli ayollar unchalik ko‘p emas.
Fotimaxonim qanchalik yaxshi bo‘lmasin, u xakda xilma-xil so‘zlarni qalashtirib tashlaydiganlar oz emas. Odilbek uylanarkan, u xaqda xech narsani bilmasalarda: «Oh, bechora go‘daklar, o‘gay ona qahrini ko‘radigan bo‘lishdi», — deya bolalar chekadigan azoblardan fol ochadilar — bahs etadilar. Vaqt ularni haqsizlar safiga qo‘shdi. Fotimaxonim kelishi bilan qaqshab qolishi kutilgan go‘daklarning chiroyi ochilib, yomonlikka duch kelishlari o‘ylangan bolalar gulday pokiza holatga kirdilar. Bu safar Fotimaxonimning onalarcha xarakatlarini o‘zining bolasi yo‘qligiga bog‘ladilar. «O’zining bolasi bo‘lmagandan keyin xammaxam shunday qiladida», —dedilar. «O’zining bolasi tug‘ilsin ko‘ramiz, bularning bir pullik qimmati qolarmikin», —deydiganlar ham topildi. Ajabo, bu gaplarni gapirganlarning o‘zlari ikki yetimga qarashi kerak bo‘lib qolsa, nima qilarkinlar?! O’z bolalariday qarash u yoqda tursin, Yilmaz yoki Ismoilga qaralgandan sal yaxshiroq tarbiyalay olishadimi? Haqiqat shuki, har kun yuzlab bolalar yetim qoladi. Ammo bulardan faqat bitta-ikkitasigagina Fotimaxonim nasib etadi. Haligi g‘iybatchilarning har biri Saniha, Sodiya bo‘la oladi, ammo Fotimaxonim bo‘la olishi gumon.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:42:22

Vaqt yana ularning yanglishganini ko‘rsatdi. Samiha tug‘ilgandan keyin ham Husayin va Odilaning ahvollari o‘zgarmadi. Hatto Odilaninguch oylik Samihaga no‘xat yedirmoqchi bo‘lgani va tomog‘iga tiqilgani to‘g‘risidagi hodisani, hech kim, loaqal Odilbek ham eshitmadi. Fotimaxonim matonat ko‘rsatdi, sabr qildi. Birovlar eshitishining hech qanaqa foydasi yo‘q edi. Qo‘lida o‘z bolasi bo‘lishiga qaramasdan Fotimaxonim Husayinni ikknnchi sinfga ham avvalgiday pokiza holda jo‘natardi.
U fazilat yo‘lida yuksalardi, bunga ters o‘laroq razolat yo‘lida tashlanayotgan qadamlar ham yo‘q emas edi.
Samoxatxonim qatnashgan bir suhbatda, o‘zi yo‘q qo‘shnilar g‘iybat qilinib, navbat Fotimaxonimga yetdi. Fotimaxonimning ishlari boshdan-oyoq riyokorlik emish. O’zini ko‘rsatish uchungina bolalarga yaxshi qararmish. Bunday ichi sirti bilan, tili dili bilan, so‘zi ishi bilan bir bo‘lmagan kimsalar aslida juda xavfli ekanlar. Zotan, ikkiyuzlamachi bo‘lish, yaxshilik qilyapti deyishlari uchungina yaxshilik qilish axloqsizlik bo‘lmay nima?
Qanchadan-qancha shunga o‘xshash axloq qoidalari sanaldi. Natijada Fotimaxonim haqida tamomila teskari hulosalar chiqarildi. Ular orasida vijdoniga quloq soladigan yolgiz Samoxatxonim edi, u eshitgan so‘zlariga e’tiroz bildirdi:
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:42:40

— Singlim, inson o‘zini ko‘rsatish uchun yegimlarga bunchalik mehribonlik qilishi qiyin. Bolalarning ahvolini ko‘rmayapsizmi? Har qun toza kiyintirib chiqaradi. Necha bor o‘zim ko‘rdim: bolalar yiqilib,hammayog‘ini loy qilib uyiga ketishadi va besh daqiqa o‘tib, yana top-toza chiqib kelishadi. Mayli, bizga hammaamallari sezilmasin ham deylik, lekin qo‘shnilar bu xonimning bolalarga baqirib-chaqirganini, qarg‘aganini eshitishlari kerakku? Yoki tarsaki tushurganini ko‘rmaydilarmi va ularning yig‘laganlarini eshitmaydilarmi? Na sen, na men uning qilganini qila olamiz. Yuz-qo‘limizni bulg‘amaymiz. Bizga o‘tirib olib g‘iybat qilish qulayroq. Hech bo‘lmasa unga til tegizmaylik.
— U bularning barini o‘zini ko‘rsatish, namoyishkorlik uchun qiladi-ku!
— Qayokdan bilasan? Tashqaridagilarga o‘zini ko‘rsatishi mumkin, ammo uyda kechgacha hech kim bo‘lmaydiku, kimga namoyishkorlik qiladi? Atrofidagi to‘rt devorgami? Mayli, Fotimaxonim o‘zini ko‘rsatish uchun yaxshilik qilayotgan bo‘lib chiqaqolsin. Ammo bundan bolalar huzur-halovat topyaptilar, o‘gay ona nimaligini bilmayaptilarku, shuning o‘zi yetmaydimi?! Koshki, barcha o‘gay onalar ham u kabi ko‘rgazmaga bo‘lsada, yaxshilik qilsalar!
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:42:59

Samohatxonim to‘g‘ri gapirdi. Ammo to‘g‘ri gapni tan olish osonmi? Tug‘ri so‘zga moyillik bildiruvchi topiladimi? Ularga har qancha asossiz bo‘lmasin, o‘rtada g‘iybat qilishga yaragulik mavzu bo‘lsa bas. Qilingan yoki qilinmagan gunohlari uchun kimlarningdir po‘staklarini koqishlari kerak. Saqichday chaynab g‘iybat qilishlari kerak.
Fotimaxonimning bir qusuri bor edi. Uning bu ayollar orasiga ko‘shilganini, umuman gap-gashtaklarga chiqqanini hech kim ko‘rmagan, shunchaki kelib-ketib yuraversa bo‘lardi, aslida. Mahalladagi ayollarning ko‘pchiligi uning yuzini durustroq ko‘rganlari ham yo‘q edi. Bu uning kibriga ishora emish. Inson o‘zini bunchalar katta tutmasligi kerak ekan. Alloh bunday insonni dovdiratib qo‘yarmish. O’zini shunday katta tutganidan keyin ikki bolalidan boshqa kim tan olardi?! Keyin Xayriyalarnikiga onasi huzuriga borgani nimasi? Qizingning o‘rnini men egalladim, deganimi?! Shuxam odamiylikmi?!
Samohatxonim yana gapga aralashdi.
— Orangazga kelib nimaga erishadi. Birovga loy chaplash, birovni yomonlashni o‘rganadimi? Xayriyaning onasi huzuriga yemon niyatda bordimi? Borishidan xafa bo‘lsa, Fotimaxonim buning chorasini topib, ko‘nglini olsa kerak menimcha, Xayriyaning onasi nevaralarining ahvolini bilib xursand bo‘ladi. Agar xafa bo‘lsa edi, Fotimaxonimnin gziyoratiga kelarmidi?! Ko‘ryapsizki, ora-sira o‘z xohishi bilan kelib-ketib turibdi. Bunisiga nima deysiz?!

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:43:23
Ayollardan biri qattiq suqildi.
— Qo‘ying, qizim,, Samohat bugun Fotimaga oqlovchi bo‘lgan. Boshqa gaplardan gapiring.
— Nega oqlovchi bo‘lay? Haqni haq deyish oqlovchilikmi?
— Oqlovchilik.Yaxshi gaplashayapmiz, suhbatni buzib nima qilamiz? Ma’nosiyam, foydasiyam yo‘q.
— Yaxshi gaplashish, Fotimaxonimga ayb taqmoqmi? U holda marhamat, xohlaganingizni gapirib, suhbatlashing.
Samohatxonim shunday deb,o‘rnidan turdi. Qistashlariga qaramasdan o‘tirmadi va chiqib ketdi.
Samohatxonim Husayinni yetim degan xotinni qaytarganini eshitganlar bor edi. Uning bu vaziyatda o‘zini tutishini ko‘z oldiga keltirganlar ozmi-ko‘pmi har holda vijdoni borligiga qanoat hosil qilgan bo‘lishlari kerak. Ayollar orasida bu xildagi, ya’ni haqsizlik qarshisida jim turmaydigan, haqiqatni mudofaa etadigan xonimlarning topilishi e’tirof etilish zarur bo‘lgan haqiqatlardandir.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:43:42
Bu voqeadan uch kun o‘tgach, Fotimaxonimning eshigi taqilladi. Bu Samohatxonim edi. Bir pas u yoq buyoqdan suhbatlashdilar,hol-ahvol so‘rashdilar. Samohatxonim so‘zni o‘zi boshladi. Uni xurmat qilishini aytdi. So‘ng gap aylanib, uch kun ilgarigi voqeaga keldi. Aytib berdi. Fotimaxonim ochiq yuz bilan, vazmin holda tingladi:
— Shunday gaplar bo‘lib turadi, opa. Odamlarning tili tiyilmaydi. El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. Urinmang. Alloh barchamizni avf etsin! Bolalarga qarayapman, kamchiliklarim ko‘p. Agar bilmasdan ularni xafa qilib qo‘ysam, Alloh shu bolalarning xurmati meni kechirsin, — deb gapga yakun yasadi.
Fotimaxonim bexuda og‘iz og‘ritadiganlardan emas edi. O’zi hakdagi g‘iybatni berilib tinglashni xush ko‘rmasdi. Shuning uchun bu gapni so‘ngiga qadar sabr bilan tingladi. Tinglarkan, «ular bilib, o‘zim xabarsiz qolgan qusurim bormikin», deya gapning oxirini kutdi. Bandai ojizmiz —o‘zimiz ilg‘amagan kusurimiz bo‘lishi mumkin. Buni birovning ogoxlantirishidan bilib qolamiz. O’zimiz uzrli, hatto haq deb biladiganimiz hodisada mutlaqo nohaq ekanimiz, boshqaning fikri sabab yuzaga chiqishi mumkin. Shuning uchun Fotimaxonim boshdan-oyoq haqiqatga aloqasi bo‘lmagan so‘zlarni tinglash zaxmatiga beriladi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:43:59
Bolalarga munosabatining soxtalik va o‘zgalarga yaxshi ko‘rinish bilan hech bir aloqasi yo‘q. Payg‘ambarimiz otasini ko‘rmaganligidan, olti yoshda onadan ham yetim qolib,shu olti yilning ham ancha qismini sut onasi ko‘lida o‘tkazgandan xabardor edi. U zot hurmati uchun yetimga onalik qilish shafoatga sazovor etishini, hatto jannatda Payg‘ambarga juda yaqin, qo‘shni bo‘lishiga olib kelishini bilardi, shunday umid bilan bolalarni bag‘riga olgandi.
Kibr qilmoq uning axloqidan emas edi. Qo‘lidagi ikki yetim hurmati uchun Allohdan istig‘for tilagan, bolalarni najotga sababchi deb bilgan ayolda kibr ne qilsin? Mahalladagi g‘iybatchilarga aralashmaslikni esa — zararga aralashmaslik deb bilardi.
Shu kun Samohatxonim Husayinlarnikida ikki soatcha o‘tirdi. Fotimaxonimning bolalarga, bolalarning Fotimaxonimga bo‘lgan mehr-muxabbatini, samimny muomalalarini ko‘rdi, mushohada etdi. Bu ziyoratidan mamnun bo‘ldi. Bundan keyin ko‘rishib turishga kelishishdi. Mish-mish o‘rniga yaxshi so‘zlashish, bir-biriga haq yo‘lda yordamlashish, foydali ishlarga mashg‘ul bo‘lish kerakligini so‘zlashdilar. Bir-birining qusurini samimiy gapirmoqchi, yanada yaxshi bo‘lishlari uchun o‘zaro yordam bermoqchi edilar. Bu o‘ziga xos axloqiy qarindoshlik edi. Axloqiy yo‘ldosh bo‘lmoqchi edilar.
Samohatxonim jo‘nayotib ichida o‘zgacha bir tuyg‘u his etdi. Boshqa ayollar bilan xayrlashayotganida his etganlariga mutlaqo o‘xshamaydigan tuyg‘u edi bu. Bu tuyg‘u ichida mavjudligini endi-endi his eta boshlagan bo‘shliqni to‘ldirish umidini bergandi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:44:19
* * *

Husayin bir kun maktabdan qaytib papkasini uloqtirganday tashladi-da, ko‘chaga jo‘nadi. Fotimaxonim ortidan chaqirdi:
—Husayin namozingni o‘qidingmi?
— Yo‘q, ona, kelib o‘qiyman.
— Bo‘lmaydi, hozir o‘qiysan. Husayin qocha boshladi.
— Qochsang, tutib olib kaltaklayman, Husayin, — deyishiga qaramasdan eshikdan chiqib, juftakni rostlab qoldi.
Husayin ikki oy avval namoz o‘qishni boshlagandi. Fotimaxonim kechalari yotarkan ularga namoz suralarini o‘qitardi. Ora-sira yoniga o‘tqizib, namoz o‘qishni o‘rgatardi. Bir kun Fotimaxonim Husayin uchun ham bir joynamoz to‘shadi. Husayin onasi barobar yotib-tura boshladi. Keyinroq har kim o‘z-o‘zicha o‘qib ketdi.
Bugun maktabdan qaytayotib, do‘stlari bilan o‘ynamoqqa kelishgan edilar. So‘zining ustidan chiqish uchun onasiga quloq solmay qochib qoldi.
Oradan o‘n daqiqacha o‘tib, eshik taqilladi. Fotimaxonim eshikni ochdi-yu, xushi boshidan uchdi. Rangi bo‘zday oqardi  ikki o‘rtog‘i Husayinning ko‘ltig‘idan suyab turardi. Boshidan oqqan qon yuz-ko‘zini qizil rangga bo‘yagan. Do‘stlari nima deganini hatto eshitmadi. Yarasini artdi, tozaladi, malham surdi va bog‘lab, Husayinni yotqizdi. Ko‘p qon ketganidan va qo‘rquvdan Husayinning yuzi sarg‘ayib qolgandi. Yoniga o‘tirib sochlarini mexr bilan silab tuzatayotgan Fotimaxonimga qaradi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:44:41
— Sizga quloq solmaganimdan bo‘lmadimi bu, ona?! Kechirasizmi?
— Kechirdim, o‘g‘lim. Lekin boshqa bunday qilma. Kechasi Husayin isitmaladi. Ba’zan ko‘zi ochiq alahsiraydi. Fotimaxonim tunni uning yonida o‘tkazdi. Bir narsa kerak bo‘lsa, so‘rashini tayinladi. Ko‘zi ilingan ekan, Husayin g‘udrandi:
— Ona, suv...
Fotimaxonim uyg‘ondi, turib suv keltirdi. Husayin uxlab qolgandi.
— Husayin, Husayin... Suv so‘rovding, o‘g‘lim. Husayin suv ichgin. Fotimaxonim to‘shagiga keldi. Uxlamoqchi bo‘ldi .
— Ona!
Turdi. Tungi chiroq nurida Husayinni aniq ko‘rib turardi. Uyg‘oq emasdi. Demak, alaxsiramokda. Yana o‘rniga yotdi.
U kechani qanday o‘tkazdi, qancha uxladi, qancha uxlamadi bilmaydi. Tongda ko‘zlaridagi mudroq, boshidagi og‘irlikdan hech uxlamaganday holda ekanini his etdi. Yotib-turaverish holdan toydirgandi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:44:59
Husayinning issig‘i tongga yaqin biroz tushib, uxlab qoldi.Tushga yaqin uyg‘onib, yonida onasi o‘tirganini ko‘rdi.
— Ona, soat nechchi bo‘ldi?
-O’n bir bo‘lyapti, o‘g‘lim.
— Vaqt o‘tibdi... maktabga bormaymanmi?
— Bugun yot, ertaga borasan o‘g‘lim. Otang maktabga uchrab xastaligingni aytmoqchiydi.
— O’qituvchim xafa bo‘lsachi?
— Kasalligingni eshitsa, nega xafa bo‘ladi, o‘g‘lim? Ammo onasining aytganini qilmagani uchun tobi qochibdi deb eshitsa, albatta, xafa bo‘ladi. Inshoolloh, ertagacha tuzalib ketasan.
Fotimaxonim Husayinga dars tayyorlashda yordam berishdan charchamasdi. O’zining ham ancha-muncha yumushlari bor edi. Shu orada namozlarini o‘qir, so‘ng xayotida juda ham kam tark etgan odatga aylanib qolgan Qur’on tilovati bilan mashg‘ul bo‘lar, uyini supirib-sidirib, orasta qilib qo‘yar, ortib qolgan vaqtida Husayinning darslariga yordamlashardi. Ba’zan u bilan birga boshlang‘ich sinfdan esida turgan bilimlari yordamida matematika darsiga kirishar, ba’zan adabiyotdan ko‘mak berar va Husayinni o‘qilgan har parchadan saboq olishga, xulosa chiqarishga, axloqiy bilim qozonishga o‘rgatardi. Masalan, o‘qish kitobidagi ot-arava bilan toshbaqaga ozor bergan bola to‘g‘risidagi hikoyaga Husayin berilib ketardi. Bir bola toshbaqaga turli xil azobu aznyatlar yetkazadi va oxirida yo‘ldan o‘tayotgan aravaning g‘ildiragi ostiga qo‘yadi. Qari, cho‘bir ot—bir hayvon bu toshbaqani ezmaslik uchun yo‘lini o‘zgartib, zolim bolaga menday ham bo‘lmadinga, deganday qarab o‘tadi. Bu hikoya uni o‘yga toldirardi. Demak inson hayvondan ham past ketishi, tuban tushishi mumkin ekan.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:45:14
— Qanchalar ayanchli-a, ona. Hatto cho‘bir ot ham achindi bu toshbaqaga.
— Seningcha, bola yaxshilik qildimi yoki hayvon, Husayin?
— Hayvon yaxshi ish qildi, ona!
— Senga yana bir savol — shu bola bilan cho‘bir yonma-yon tursa, qaysi go‘zalroq ko‘rinadi. Ya’ni bola chiroylimi yoki hayvon?
— Bola go‘zalroq.
— Yaxshi, endi aytchi, inson bahosi nima bilan belgilanadi, chiroyi bilanmi yoki qilgan ishi, harakati bilanmi?
— Qilgan harakatlari, ishlari bilan o‘lchanishi kerakmasmi, ona?
— Albatta, o‘g‘lim. Qara, bu bola hayvondan chiroyli, biroq hayvon undan ko‘ra yaxshi ish qilyapti. Demak inson ba’zan qilgan bitta axloqsizligi bilan o‘zini yerga uradi,o‘zini hayvondan ham past holga tushirib ko‘yadi...
O’qish kitobida bir she’r bor. Bu she’rning ustki qismida rasm berilgan bo‘lib, unda yo‘lda ketayotgan odam va yo‘lning chap tomonida do‘mpayib turgan kichik tepacha aks etgan. She’r rasmdagi yo‘lovchiga xitoban bitilgan. Go‘yo kimdir g‘oyibdan yo‘lovchiga xitob qilayotgandek. Yo‘lovchi ham bu sasga quloq tutgan va yonidan bexabar o‘tib ketayotgan tepachaga e’tibor bergandi:
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:45:31
To‘xta yo‘lchi, bilmay qadaming qo‘yib,
Turganing yer bir davr botga nmakondir.
Egilib, quloq tutp, bu sassiz uyum
Bir vatan qalbini otgan makondir.

Kimsasiz, ko‘lkasiz yo‘lning so‘lida,
Ko‘rganing bu tepa Ona do‘lida,
Istiqlol jangida, nomus yo‘lida,
Jon bergan Mahmudlar yotgan makondir.

Bu uyum turarkan buyuk zilzila,
So‘ng vatan parchasi o‘tarkan qo‘lga,
Mahmudning dushmanin bo‘g‘gan bu selga
Muborak qonini ko‘shgan makondir.

O’ylaki, yig‘ilgan qon, suyak, etning
Uyumi bu do‘msak omonsiz, metin
Bir harbning so‘ngida butun millatning
Hurriyat zavqini totganmakondir.
(Najmiddin Xalil O’nan she’ri)


Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:45:53

Fotimaxonim bu she’rni o‘qib chikdi. Istiqlol urushida qanchadan-qancha insonlar shaxid ketgani, bugungi avlod ularni bilmasligi, xotirlamasligini, ularning ishonchi, ma’naviyati, axloqini davom ettirmaganligini esladi. Ular bu yurtning egalari edi. Ammo ularni minnatdorlik bilan eslash o‘z yo‘liga, ularning unutilmasligi uchun jiddiy mashg‘ul bo‘lganlar, hatto kurashganlar bor edi...
Husayin boshlang‘ich maktabni a’lo baholarga bitirdi. Bir kun Odilbekning do‘koniga Husayinning o‘qituvchisi keldi:
— Xayrli kun, Odilbek! — deb ichkari kirdi.
— O-o-o! Marhamat Erdolbek! Qaysi shamollar uchirdi? Bizlarni butunlay unutganmisiz deb o‘ylagandim.
— Unutganim yo‘q, Odilbek! Doim ham xohlaganingni qilishga imkon bo‘lmas ekan...
—- Shunday. Marhamat! Erdolbek kirib o‘tirdi.
— Choymi, qaxvami?
— Choy ichayliq Odilbek qarshisidagi do‘konga qarab bir bolaga buyurdi:
— Mahmud, bizga ikkita choy keltir, o‘g‘lim. So‘ng muallimga qaradi:
— Qalaysiz, Erdolbek! Olamda nima gap? Erdolbek do‘konni kuzatishda davom etarkan:

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:46:10
— Shu kunlarda dam olishdan boshqa ish qilmayapmiz. Biroz dam olish ham kerakda, to‘g‘rimi?
— Albatta. Tabiiy.
Bu orada gap aylanib Husayinga taqaldi. Erdolbek so‘radn:
— Xusayinni o‘qitmoqchimisiz, Odilbek?
— Ha, kuchim yetsa, o‘qitmoqchiman. Kuchim yetganicha o‘qitish niyatidaman. Ko‘raylikchi, o‘qib bir narsa bo‘ladimi o‘zi yoki yuzimizni yerga qaratadimi?
— Bu bola o‘qiydi, Odilbek mening kelishdan maqsadim ham bir jixatdan shu. Odilbekdan ahvol so‘ray, hamda bolaning o‘qishi hususida bir maslahatlashaylik dedim. Menga qolsa, urinib-surinib bo‘lsa ham bolani o‘qitish kerak. -Xo‘sh,Husayinning o‘zi nima deydi. Kim bo‘lmoqchi?
— Hozircha bir nima degani yo‘q. Men ham bir aniq qarorga kelgan emasman. Ammo onasi men o‘g‘limni Imom Xatib maktabidan boshqasiga qo‘ymayman deydi.
Birdan Erdolbekning rangi o‘zgardi. Yuzidagi ifoda ketib, burishgandek bo‘ldi:
— Bolaning mehnatini kuydirmoqchimisiz? Bunday ish qila ko‘rmang. Qobiliyatli bir bolani aqidaparast to‘nkaga aylantirmoqchimisiz? Muallimi sifatida men bunga rozi emasman. Mamlakat bunday bolalarning xizmatiga zor.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:46:27
— Demak to‘g‘ri demaysiz, Erdolbek. Shundaymi?
— Qatiyyan noto‘g‘ri. Do‘stim, bolaning boshini o‘rgimchak uyasigaa aylantirmang.Dunyo oldinga ketganda orqada qolmoqdan ne ma’no? Bundan ko‘ra o‘qitmagan yaxshiroq. .Boldiri ochiq arablarning tilini o‘rganadi. Bering, ana o‘rta maktabda inglizcha o‘rgansin. Fandan, adabiyotdan nasibasini olsin. Millatiga xizmat qilsin.
Erdolbek choyning so‘nggi ho‘plamini ichdi. So‘ng so‘zida davom etdi:
— Imom Xatib maktabining natijasi — ko‘lda tasbex;, oyoqda maxsi, bu qishloq meniki, bu qishloq seniki deb xirmon aylanib kezish...
Odilbekning ko‘zlariga tikildi:
— Qisqasi — tilanchilik, tilanadi. Menga qolsa, xotiningiz tugul boshqasi bo‘lsa ham nima desa-desin, u yerga ko‘ysangiz otalik burchini bajarmagan bo‘lasiz. Yana o‘zingiz bilasiz Odilbek. Bola sizniki.Xohlasangiz xor qilasiz, xohlasangiz istiqbolini ta’min etasiz. Bizning vazifamiz bilganimizni aytish.
Erdolbek shunga o‘xshash ko‘shimchalar qilgach, so‘zlarini shunday tugatdi:
Bolani zamonga muvofiq va munosib qilib tarbiyalash shart. Aqlu zakovati joyida, istiqboli porloq yoshlarni almisoqdan qolgan, zamonaviy bo‘lmagan ishlar bilan mashg‘ul qilish nobakorlikdir. Unda faqat ota-onasining emas, butun bir millatning haqqi bor. Unga yaxshi tahsil bermaslik esa millat haqqiga xiyonat sanaladi.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:46:45
Erdolbek vazifasini, vijdoniy burchini (!) o‘rinlatgach, ruxsat so‘rab turdi. Uning ketidan Odilbek o‘ylanib qarab qoldi. Erdolbekning gapida jon bor.Xaq taraflari ko‘p. Masalan, tilanchilik yaxshi ish emas. Aqlu hushi yetarli bolada ota-ona bilan birga millatning ham haqqi borligiga e’tiroz yo‘q. Mamlakat o‘z kelajagini shu bolalarga qarab belgilashiga kim e’tiroz bildira oladi?! O’zi ham aslida Husayinning doktor yoki muxandis bo‘lishini orzu qilardi.
Odilbek bolasining doktor yoki muxandis bo‘lib yetishishini havas qilgani uchun Erdolbekning so‘zlari ta’siriga tushdi. Aslida uni Imom Xatib maktabiga qarshi deb bo‘lmasdi, ammo bu maktab tug‘risidagi ma’lumotlari juda kam edi. Albatta, Erdolbek muallim bu xususda yetarlicha bilishiga ishonardi.
Oqshomgi ovqatdan so‘ng Fotimaxonimga Erdolbekning kelganini va oralarida bo‘lib o‘tgan suhbatni aytib berdi. So‘ng:
— Men qaror qilib qo‘ydim,xonim,o‘g‘limni o‘rta maktabga yozdirmoqchiman, —deb so‘zini tugatdi.
— Yaxshi, Husayin Imom Xatib maktabida o‘qisa, xaqiqatan aqidaparast bo‘lishiga ishonasizmi?
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:47:02
Odilbek javob bermadi. Aqidaparast nima ekanini yaxshiroq bilmasdi. Faqat bu kalima xayolida mudhish ma’noni jonlantirardi. Masalan,tirnoqlari uzun, soch-soqoli o‘siq, iflos, ko‘rinishi insonga dahshat soluvchi bir shaxs ko‘z oldiga kelardi.
U javob bermagach, Fotimaxonim davom etdi:
— Fikrimcha, mening o‘g‘lim qoloq ham, aqidaparast to‘nka xam, mutaassib, qo‘polham bo‘lmaydi; pokiza, olijanob,to‘ppa-to‘g‘ri inson bo‘ladi. Salohiddinni ko‘ring... Bola bu yil beshinchi sinfni bitiradi. Na mutaassib, na qo‘pol bo‘ldi. Tilidan «xonim afandim» tushmaydi, har kun maktabga qatnaydi. Bu ko‘chadan boshqa maktablarga boruvchilar ham o‘tadi. Ko‘ryapman. Agar ularning tilga olib bo‘lmaydigan so‘zlar bilan suhbatlashishlari, xatti-harakatlari bolamni ko‘pollikdan qutqaradigan bo‘lsa, bolam umr bo‘yi qo‘pol bo‘la qolsin.
Fotimaxonim so‘zlari qanday ta’sir etayotganini bilish uchun Odilbekning yuz o‘zgarishlariga qarab olgach:
— Bu bola Imom Xatib maktabidadin o‘rganadi, axloq o‘rganadi, Allohga va insonlarga nisbatan vazifalari nimaligini o‘rganadi. Ertaga biz dunyodan o‘tsaq ortimizdan mening gul yuzli bolam Fotiha o‘qiydi. Nega endi bu maktabdan chiqqanlar millatiga xizmat qilmas ekan? Ular boshqalardan ziyodroq xizmat qilishlari mumkin. Axloq, nomus va iffat tuyg‘ulari tanqis bir paytda, ko‘chamizdan o‘tayotgan o‘sha bolalar axloq xizmatchilari bo‘lsalar, axloqning ahvoli voy...
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:47:18
Ovoz ohangi biroz o‘zgardi:
— Men bolamni boshqa maktabga bermayman. Agar siz faqat muallimlar aytgan gapgagina ishonar ekansiz, Imom Xatib maktabi domlalaridan tanishingiz bo‘lsa, undan ham so‘rang. O’sha muallim Imom Xatib maktabining dushmani emasligini qayoqdan bilasiz?
Odilbek Fotimaxonimning bu talabiga istar-istamas rozi bo‘ldi. Fotimaxonim esli-xushli ayol, ammo Erdolbek shu sohaning odami. To‘g‘risi, tilanchilarni tayyorlaydigan maktabga bolasini yuborishga ko‘ngli chopmayotgandi. Muallim haq edi. Cho‘lda yashagan, bugungi madaniy dunyoda o‘rinlari bo‘lmagan arablarning tilini o‘rganish uchun vaqt sarflash behuda va ma’nosizday tuyulardi. Husayinning qaysi maktabga borish masalasini bir kechada hal qilish judayam shart emasdi. Bunga hali vaqt bor. Bir bolaning kelajagi bir kechadayoq hal bo‘ladigan oddiy masala emas. Hali bu xususda yanayam atroflicha o‘ylab ko‘rish, Fotimaxonim aytganidek boshqa o‘qituvchilardan ham so‘rab ko‘rish uchun bu bahsga vaqtincha nuqta qo‘yildi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:47:33
Fotimaxonim Husayinning qaysi maktabda o‘qishiga kuyinishi o‘z bolasiga kuyingan onaning mehribonlngidan ziyodaligi diqqatga sazovordir. Erdolbek kelishidan bir kecha avval bu mavzuda bahslasharkan, Odilbek:
— Xonim, bilaman... bu bolalar uchun qayg‘u, ozor chekdingiz, ammo... —deyishi bilan Fotimaxonim:
— Ozor chekkanim yo‘q. Har ona bolasiga ne istasa, shuni istadim.Tabiiyki, mening ham haqqim bor, —deb javob qildi. Bu so‘zlarni o‘gay ona emas, haqiqiy onaga munosib Fotimaxonimning o‘z og‘zidan eshitganimizda yanada yaxshiroq tushungan bo‘lardik. Menga nima,o‘zining o‘g‘li, ne istasa, shuni qilsin, deyishi mumkin edi. Hatto o‘qitmaslikka chora izlab, yo‘liga g‘ov bo‘lardi. Faqat uning bu tiynatda emasligi yillar davom etgan o‘gaylik-o‘zlik imtihoni natijasida ma’lum bo‘lgan, u o‘gay degan o‘y allaqchonlar mahalladoshlari xotirasiga kelmay qo‘ygandi. O’gay deyilganda, u xaqiqiy ona ekanligini isbot etdi. Ozor chekasan deyilganda, u zahmatlar rahmatga yuz burajagiga ishondi, sabr-matonat ko‘rsatdi. Unashtirilgan kunlarda, hamma bunday turmushdan qaytarmoqchi bo‘lgan paytlarda, «qizim insonlik sharafi yaxshi qaror qabul qilishgina emas, balki aziyatlarga sabr qilib, o‘sha qarorda sobit turmoq va davom etmokdadir» degan ayol nasihatiga munosib, muvofiq harakat etdi. Kim nima desa-desin, Xusayin endi o‘z o‘g‘li edi. Unda bir onaning o‘z o‘g‘liga bo‘lgan haqqi qadar haqqi bor edi. Bu xaq yaxshiliklarini yuzga solish, kimlargadir aytib yurish ma’nosida emas, balki unga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish va yo‘llash ma’nosidagi haqdir.
Hozir ham o‘g‘lining Imom Xatib maktabida o‘qishi uchun aynan shu xaqni qo‘llamoqda va shu haqqa rioya etmoqda.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:47:51

Ikki kun o‘tgach, Cho‘rumningyaqsh tumanlaridan Majido‘zuga qatnaydigan avtobus ichidagi yo‘lovchilar orasida Odilbek xam bor edi. Shaharchaga kiraverishdagi qabristondan o‘tar-o‘tmas o‘ttiz besh yoshlardagi bir ayol tushishini aytdi va avtobus to‘xtadi. Ikki bolasini tushirgach, haydovchiga yigirma lira uzatdi:
— Mana shundan olib qoling, uka.
— Mayda bering, opa, mayda pulim yo‘q.
— Menda ham yo‘q, inim. Avtobusdagilardan hech biri yigirma lirani maydalay demasdi. Mayda pullari bor edi, lekin birovning ehtiyojini qondirishni istashmasdi. O’zganing ehtiyojini qondirmoq buyuk insoniylik hisoblangan davrlar ortda qolgan, endi bu—ayb, ahmoqlik sanaladi. Vatan urushida shahid ketganlarning behuda qon to‘kkanligi ta’kidlanayotgan bir davrda odamlardan o‘ng‘aysiz holatga tushib qolgan xotinningehtiyojini qondirishni kutish kulgili, albatta.
Ayol xijolat bo‘ldi. Bozor bo‘lsaydiki, pulini maydalatsa. Haydovchi shoshirardi.
— Maydangiz yo‘q ekan, tayyorgarlik ko‘rib chiqmaysizmi?
Bu orada yigirma beshlarga kirgan yigit xaydovchiga murojaat qildi:
— Xolaning haqi qancha?
— Yetti yarim lira.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:48:11

Yigit cho‘ntagidan yetti yarim lira chiqarib uzatdi va ayolga yuzlanib dedi:
— Siz uchun to‘layman. Siz xam maydalatsangiz, men uchun bir faqirga to‘lab yuborarsiz.
Ayol duo qila-qila ketdi. Odilbek yarim soatdan beri yonma-yon o‘tirib kelayotgan yo‘ldoshiga shundagina diqqat bilan qaradi. U yana avvalgi holatida ketib borardi va go‘yo hozirgina sotib olgan narsasining pulini to‘lagandek bamaylixotir edi. Yoki bir do‘stiga qarz bergan, ertaga qaytib olishiga aniq ishongan qyofada edi. Haydovchining yordamchisi:
— Qani yur, ketdiq — degach, avtobus qo‘zg‘aldi. Odilbek yonida jimgina ketayotgan hamrohiga qaradi:
— Majido‘zudanmisiz, inim?
— Yo‘q.
— Aybga buyurmaysiz, nima ish qnlasiz?
— Imom Xatib maktabida muallimman.
— Siz bilan o‘tirib biroz suhbatlashmoqchi edim.
— Sizni mamnun qilishni judayam isgardim. Afsuski, shoshilinchroq ishim bor, Agar uch-to‘rt soat keyin suhbatlashsak bemalol.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:48:37

Holbuki bu payt Odilbekning rejalariga ham to‘g‘ri kelmasdi. Avtobus to‘xtab yo‘lovchilar tusha boshlashdi. Yigit qo‘lida sumkasi bilan uzoqlashdi.
Ko‘z oldida bo‘lib o‘tgan bu voqea Odilbekni o‘ylantirib qo‘ydi. Yo‘ldoshi bir faqirga berarsiz deb hech tanimagan ael uchun yo‘l haqi to‘ladi. O’zi umri davomida bunday ish qilganini eslay olmadi, yo‘q qilmagan, bunday qilishni o‘ylab ham ko‘rmagan. Yo‘lovchilarning ham har biri shu holda edi. Ishning g‘alati tomoni: yigit bu yaxshiligini gapirmagan, hatto ko‘rinishidan ham hech qanday g‘urur sezilmasdi. Go‘yo bu yaxshilikni boshqa birov qilganday. Mana, bir imom hatib maktabining o‘qituvchisi. Tilanishning o‘rniga tang qolgan insonga yordam bermoqda. Obbo Erdolbek mana kelib ko‘r, tilanishni...
Odilbek shularni o‘ylab olomonga aralashib ketdi. So‘ngra tasavvurida mutaassib timsoli jonlandi. Bu domlannng nimasi ko‘pol?! Agar qo‘pollik shunday bo‘ladigan bo‘lsa, Odilbek ham «mutaassib, qoloq va qo‘pol» bo‘lishni juda-juda istardi.
Odilbek uch-to‘rt soatdan so‘ng yana Cho‘rumga qaytarkan bu hodisani Fotimaxonimga aytib berishni o‘ylardi. U xotinining: men nima degandim, deya ta’na qilib, o‘zini maqtaydigan ayollar toifasidan emasligini bilardi. Muhimi haqning o‘rtaga chiqishi. Bu haq xoh Odilbek tarafidan, xoh o‘zi tarafidan bo‘lsin, farqi yo‘q. Hatto ba’zan Odilbek hak chiqishini, bu sabab bilan ko‘ngliga bir kibr kelmasligani istaydi. Ba’zan o‘z so‘zi to‘g‘ri chiqqanda, bu to‘g‘rilik sening lutfingdan boshqa narsa emas, mendan emas, meni nafsimga asir bo‘lib, g‘ururga ketmoqdan o‘zing saqla, — deya duolar qilardi.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:49:03
Ikki kun keyin edi..,
O’n sakkiz-o‘n to‘qqiz yoshlarga knrgan yigit do‘konga kirib, Odilbekka bir lira uzatdi.
— Uch kun avval ikki kilo qand oluvdim. Qaytimini noto‘g‘ri beribsiz... Borib bir lira haqingiz menga o‘tganini bildim. Uzr», ertaroq olib kelishning imkonini to-polmadim, — dedi.
Odilbek pulni oldi.
— Katta rahmat, tashakkur! Pulni keltirganingiz uchun emas, to‘g‘riligingiz uchun minnatdorman.
— Rahmat, salomat bo‘ling!
— Har holda talaba bo‘lsangiz kerak?
— Ha, talabaman. Nasib bo‘lsa, bu yil bitiraman.
— Qaerdao‘qiysiz?
— Imom Xatib maktabida.
— Yana!..
Odilbekning og‘zidan chiqqan bu xayrat nidosidan yosh yigit hayratlandi. Faqat Odilbek o‘zini tezda o‘nglab, tutib oldi:
— Agar o‘tirib, bir piyola choyimni ichsangiz xursand bo‘lardim.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:49:41

Bu orada Husayin do‘kondan ichkari kirgandi.
— Husayin, bizga ikkita choy keltir.
Husayin chiqdi. Odilbek joy ko‘rsatdi va gap boshladi:
— Bu bola mening o‘g‘lim. Boshlang‘ich maktabni a’lo baholarga bitirdi. O’tgan kun muallimi keldi.,.
Odilbek masalani tafsiloti bilan tushuntirdi. Onasining fikrini, o‘z tushunchasini aytdi.
— Iltimos, menga shu masalaga oydinlik kiritishda yordam bersangaz.
Masalani oxirigacha diqqat bilan tinglagan yigit:
— Amaki, bu muallimning gaplari isbotlash mumkin bo‘lmagan, qiymatsiz so‘zlar. Sizga vaziyatni bilganimcha izohlashga harakat qilaman: avvalo Imom Xatib maktabi jangari, qo‘pollarni yetishtirmaydi. Dinli, imon-e’tiqodli, axlokli bir inson bo‘lish bilan jangarilik orasida qanday aloqa bor?! O’g‘lingiz u yerda ota-onaga hurmat, qarindosh-urug‘ga, hamsoya-haq, qo‘ni-ko‘shni, mahalla-qo‘yga yaxshilik va xalqqa xizmat qilish fazilatlarini o‘rganadi. Allohning amrlarini, payg‘ambar ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘lni shu maktab orqali bilib oladi. Vaqtini oqshomlari yarim kechagacha qahvaxonalarda, qimorxonalarda sarflash o‘rniga, kitoblar ustida o‘tkazish zavqini shu maktabda o‘rganadi. Ham Allohiga kul, ham millatiga xizmatchi bo‘lmoq menimcha, qoloqlik yoki jangarilik emas. Biz u yerda arablarning tilinigina o‘qimaymiz. Arabchani o‘rgansak bundan murod Allohning kitobini yaxshi anglashdir, payg‘ambarimizning hadislarini o‘z tilida o‘rganmoqdir. Behayolikni qarang!
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:50:59
Buni aytayotib do‘kon oldidan o‘tayotgan erkak va ayol sayyohni ko‘rsatdi, Erkakning sochi bir qarichdan uzun, bir-biriga qorishgan, yuvuqsiz, kir holda. Tizzasidan bir qarich baland, kirligidan asl rangi bilinmaydigan shim, yelkasida irganch to‘rva. Oylab hammom yuzini ko‘rmagani bir qarashda bilinadi. Ter va sho‘r otib ketganini ta’riflash mushkul. Ayolning ham erkakdan qolishadigan jihati yo‘q. Qisqasi, egasiz hayvon bulardan tozaroq. Bularni ko‘rganlar ko‘ppaklarga rahmat deyishi shubhasiz. Orqasidan ularni tomosha qilib kelayotganlarga bee’tibor ilgarilayotgan bu janob va xonim afandiga(!) Odilbek bir ko‘z tashlab olgach, mehmoniga qaradi. Yigit so‘zida davom etdi:
— Agar til shu tilda so‘zlashganlarga o‘xshash uchun o‘rganiladigan bo‘lsa, bularning tilini o‘rganishdan nima foyda bor? Inglizcha va frantsuzcha bular bilan suhbalashish uchun emas, bularning ilmu fanini egallamoq uchun o‘rganiladi. Demak arabchani ham insoniyatga abadul-abad to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan Alloh kitobi va payg‘ambarimiz hadislarini o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun o‘qiymiz. Qolaversa, biz nega tilanchilik qilar ekanmiz?! Biz ham ular kabi ma’muriyatga kiramiz, ularday maosh olamiz. Faqat, ularga o‘xshab tirikchiligimizdan shikoyat etish o‘rniga, yanada yomonroq ahvolga tushmaganimiz uchun Allohga shukr aytamiz. Ha, bugun imom va muazzinlarning maoshi idora xizmatchisinikidan ozroq. Boyvachchalarning tamakiga sarflaydigan pulichalik maoshga sabr qilgan inson nafsiga kul bo‘lmasa, masalan, pora olmasa, har holda bu fazilatdan darak bo‘lsa kerak. Imomdan o‘n barobar ziyod maosh oladigan noib, bolalarimni boqishga pulim yo‘q deb turganda, imomning ahvolini tushunish mumkindir, har holda.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:52:58
Bilim jihatidan ulardan past ekanimizni tan ololmayman. Imom Xatib maktablar o‘rtasidagi har yilgi munozaralarda mag‘lub bo‘lmasligi so‘zimning bir dalilidir.
Yigitchaning so‘zlari Odilbekka keragicha ta’sir ko‘rsatdi. Bir necha kun ichida sodir bo‘lgan bu ikki hodisa unga Erdolbekning so‘zlari haqiqatga qanchalik yaqin ekanlligini yaxshigina anglatdi.
Odilbek ahmoq odam emasdi. Ko‘z oldida ro‘y bergan bu ikki hodisadan xulosa chiqara olishga qodir edi. Agar bu maktabning o‘quvchilari tilamchi bo‘lishsa, nechun o‘sha domla notanish ayolga «men uchun bir faqirga berarsiz», deb yetti yarim lira baxshida etdi, nega bu azamat yigit Odilbek adashib berib yuborgan bir lirani uchqundan so‘ng qaytarib olib keldi?! Nonning narxi ellik qurushga chiqqan kunlarda yetti yarim lira kichkina pul emas.
Natija — Husayin Imom Xatib maktabiga yoziladigan bo‘ldi . Fotimaxonim Husayinni yoniga o‘tqazib Qur’oni Karim o‘qimoqni o‘rgatar, kelajakda o‘g‘limga qulay va oson bo‘lsin deb o‘ylardi.
Bir kun Husayin uyga o‘ychan holda keldi. Fotimaxonim:
— Bir dona bolam, nega o‘ychansan bugun?
— Imom Xatib maktabida dars ko‘pmish, ona. Sen u yerda o‘qiyolmaysan, deyishyapti. Boshqa maktablarning darslari oz emish.
— Nega ko‘p bo‘ladi, bolam. Ular ham boshqa maktablardagidek dars o‘tishadi, boshqalarday boshlab, ularday tugatishadi. Ko‘p bo‘lsa yo ulardan oldinroq boshlashardi, yo keyinroqtugatishardi. Bilmasdan gapirishadi, o‘g‘lnm. Agar sen onamning ko‘ngli qolmasin desang, bunday so‘zlarga ishonma. Sen shu maktabga borasan!..

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:54:29
* * *

Bugun maktablar ochnladi. Husayin hayajonda. Azonlab onasi tayyorlagan nonushtadan chala-chulpa yeb, dasturxondan ko‘zg‘aldi.
— Yesang-chi qo‘zichog‘im!
— Yeyolmadim, ona. Butun hayajondaman. Fotimaxonim Husayinning kiyimlarini o‘z ko‘li bilan tuzatdi. Sumkasini ko‘liga tutqazdi. So‘ng ro‘parasiga o‘tnb unga qaradi. Endi o‘n uchga kirgan ma’sum chehrali yetimiga bu ko‘rinish juda yarashgandi. «Rahmatli onasi ko‘rsaydi... Qanchalar sevinardi! — deb o‘yladi. — Ona, men ketdim.
— Qo‘limni o‘pmasdanmi, o‘g‘lim?
Husayin sumkasini ko‘yib, onasining qo‘lini o‘pdi. Fotimaxonim uni quchib, bag‘riga bosdi,
— Mening oy yuzli bolam, shafoatchi bo‘lasan menga, dunyodan o‘tsam o‘qib, duo qilarsan, farzandim. Shu kunla-ringni ko‘rsaydim! Shaqodatni ko‘tarib kelgan kuningga yetsaydim.
Fotnmaxonim so‘zlarkan ko‘zlarida paydo bo‘lgan yosh-lar ko‘nglidagi samimiy sevinchdan boshqa narsa emasdi. Husayinning yualaridan bir-bir o‘pdi.
— Meni uyaltirma, o‘g‘lim! Husayin sinfda qoldi, degan gap bo‘lmasin, tinmay harakat qil, o‘qi!
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:55:44
— Harakat qilaman, ona.
Husayin maktabga ketdi. Peshinda makggabdan qayttan bolasini Fotimaxonim boshlang‘ich maktabda bo‘lganidan ziyoda sevinch va buyuk hayajon bilan kutib oldi. Maktabini yaxshi ko‘rnshini aytganida yuzlaridan nur tomgan ona uni duolar qildi, unga ikki dunyo saodatini Parvardigordan so‘radi.
Husayik o‘qishni shunday hislar bilan boshladi. Kunlar, ularning ketidan oylar shunday tuyg‘ular ichra kechdi.
Imom Xatib maktabi Husayinga nima berishi mumkin?
Avvalo har maktab, xar bir o‘qish o‘z talabasiga nima bersa, bu maktab ham shuni beradi. Bundan ziyoda Yarat-ganni va o‘ziga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan payg‘ambarni tanlamoq, uning yo‘lida yurishning har xil kibr va shuhratdan xoli viqor va vazminlik tuyg‘ularini baxsh etishini, qisqasi, komil inson bo‘lishni tashviq etadi.
Husayinning bu maktabda o‘tkazgan ilk ikki yili — bolalikning so‘ngi bo‘lib, bolalarcha kechdi. Qisqasi, bu ikki yilda Fotimaxonim Husayinga boshlang‘ich maktabda bo‘lgani kabi imkoni boricha yordamlashdi. Bundan maqsad Husayinga dars o‘rgatishdan ko‘ra ko‘proq uni dars tayyorlashga undash, kirishtirish edi. Shu bilan birga Husayinning kasbga yo‘naltirilgan maxsus diniy darslarini o‘zi ham talaba singari o‘rganishga xarakat qildi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:56:48
Ba’zan Husayin maktabdoshlari bilan birga uyda dars tayyorlar, Fotimaxonim ularga choy damlar, taom chiqarar, tortinmasdan o‘tirishlari uchun imkon berardi. Ba’zan ular o‘tirishgan xonaning eshigigacha kelib, quloq solar, dars tayyorlab-tayyorlamayotganini nazorat qilardi. Balki u gap poylab, maroqlanish uchun shunday qilgan dersiz? Fotimaxonimdek odob va tarbiya namunasi, iffat va fazilat obidasi bo‘lgan bir xonimga nisbatan bu savolga «ha» deb javob berganlar gunoh ostida qoladilar. Uning maqsadi bolasining dars tayyorlash bahonasida behuda vaqt sarflab, behuda narsalarga berilmasligini nazorat qilyash edi. Har holda bunday maqsad bilan o‘g‘lining xatti-harakati oatarbnyasini nazorat qilgan Fotimaxonimning ma’zur etilmasligiga jiddiy bir sabab topilmasa kerak.
Husayin ikki yillik taxsil hayotini onasining e’tibori va yordami bilan muvaffaqiyatli ado etdi.
Bu yil Husayin uchinchi sinf talabasi — balog‘at yoshiga kirib, uyning ikkinchi erkaga sanalib qoldi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:58:22

Yanayam to‘g‘rirog‘i, u o‘zini shunday his etmokda edi. Hatto o‘smirlikning ba’zi bir tabiiy havoyiliklarini ko‘rsata boshladi. Goh maktabdan chiqnb uyga kech kelar, kelar-kelmas sumkasini ko‘yib hech kim bilan gaplashmasdan, men falon yerga boraman demasdan chiqib ketardi. Izzat-nafs belgilari bilinib qoldi. Ba’zan do‘stlari bilan dars tayyorlashga ketib, tun yarmida qaytardi.
Bomdodga uyg‘otmoq uchun Husayinning yoniga kirgan Fotimaxonim tamaki xidini sezib ijirg‘andi, egilib hidladi — aniq tamaki hidi. O’g‘lini uyg‘otib o‘zi joynamoz uzra tiz cho‘kdi. Ko‘zlari derazadan elas-elas qo‘rinayotgan tumanli tog‘larga qaraganday. Faqat ularga tomosha qilish niyati bilan qaramayotgani aniq. Zotan tomosha qilayotganning qo‘zlari bu qadar tolg‘in bo‘lmaydi. Ko‘zlardagi tolg‘inlik qalbning g‘ayri odatiy tashvishga duch kelganidan dalolat. Haqiqatan, Fotimaxonim bomdoddan so‘ng oxirat diyoriga ko‘chganlarga oyatlar o‘qib, duolar qilishni odat etgandi. Oradan olti-etti daqiqa o‘tib ham Husayin turavermagach, yana uning yoniga bordi. Haligi hid yana uni bezovta va xafa qildi.
— Husayin, qani tur, namoz o‘tib ketyapti.
— Ona, bu kecha kech yotdim.
— Namozingni o‘qib, yana yotaverasan.
— Ko‘zlarimni ocholmayapman, ona, yana bir soat ruxsat bering.
— Bo‘lmaydi, o‘g‘lim. Hozir quyosh chiqadi. Namoz uyqudan xayrlidir.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:59:42

So‘ngra uning qo‘lndan tutib ko‘tardi. Husayin haqiqatan uyquga to‘ymagandi. Kech yotgandi. Shuningdek onasining turg‘azmasdan qo‘ymasligini o‘z ismini bilgandek aniq bilardi. Bugungacha kun chiqqach bomdodni o‘qiganini yoki kun chiqmasdan avval o‘qimaganini eslayolmaydi. Namozini o‘qidi va yana yotdi.
Bir soat o‘tib turgach, onasining yuzida qayg‘u alomatlari ko‘ringanday bo‘ldi.
— Tobingiz yo‘qmi, ona?
— Yo‘q, o‘g‘lim.
— Xafa ko‘rinasiz.
— Ha, xafaman.
— Nima bo‘ldi? Nega xafasiz? Bu gal Fotimaxonim so‘radi:
— Qayg‘umning sababini bilsang, meni qanday hursand qilasan?
— Kuchim yetgancha sizni xursand etishga harakat qilaman, ona.
— Unday bo‘lsa, to‘g‘risini ayt. Meni aldaganing bilan Allohni aldayolmaysan. Shuni bilib, to‘gri gapir. Sendan nega tamaki hidi kelyapti? Nechun gul yuzli bolamdan bu irganch hidni sezyapman? Javob ber menga, shu zaqkumni chekdingmi?
— Yo‘q... yo‘q, chekmadim ona.
— Unda nega ust-boshing bunchalik sasiydi?
— Kecha do‘stlarim chekishdi. Shuning hidi singgandir.
— Nega chekmanglar demading?
— Menga nima, ona. Menga kuloq solisharmidi?!
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 03:59:57
— Unda to‘g‘ri so‘zingga quloq solmaydiganlar bilan nega do‘st bo‘lasan? Tozaroq, tug‘riroqlar bilan do‘stlasholmaysanmi? Senga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadigan, sen to‘g‘risini aytganingda qabul qiladigan do‘stlaring nega yo‘q? Haqli so‘zingta e’tiroz etsalar, nechun tark etmaysan ularni?
Bu so‘zlar Husayinning bardoshini nuratdi, hissiyotini ranjitdi.
 — Tark etib bo‘ladimi, ona?! Tark etsam xafa bo‘lmaydilarmi? Do‘stlarni xafa qlish to‘g‘rimi?
— Yaxshi, onani xafa qilish to‘g‘rnligani qaysi kitobda o‘qiding? Ona seni ezgulikka da’vat etarkan do‘stlarimni ranjitmay deb onani xafa qilsang, Alloh rozi bo‘larmikan? Senga sigaret chektirib yoki sening yoningda chekishdan boshqa hunari yo‘q, senga insonlikni unutdiradigan, onaga bosh ko‘tartiradigan oshnani lo‘lilarning orasidan ham topa olasan. Ammo sen uchun kecha-kunduz duolar qilgan, sendan ziyoda tushunishga, o‘ylashga harakat qiladigan onani, taxminimcha, topishing mushkul.
Fotamaxon Husayinga ko‘zlarini yaxshiroq tikib, so‘zlari  ta’siriga tortmoqni istaganday bo‘lib, davom etdi:
— Seni haq yo‘lga yo‘llaydigan do‘st top, men uning ko‘llarini o‘paman. Oyoqlarining changini silayman. Faqat chekadigan, ertaga boshingga balo boshlab keladiganlarni og‘aynim, jo‘ram deb menga gapirma, o‘g‘lim.
Bu mavzu shu yerda yopildi.Husayin onasiga javob bermadi. Maktabga ketdi.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 04:00:12

* * *

Husayinning tengkurlari haqiqatan yomon bolalarmidi?
Bir zamonlar bu bolalarning shu ahvolga tushishlarini aytgan odamni jinniga chiqaradiganlar topilar yoki uning so‘zlaridan kulishar, bu pokiza go‘daklar haqida bunday o‘ylagani uchun masxara qilishardi. Ammo oradan o‘tgan bir-ikki yilda ular juda o‘zgardi, kecha farishtaday qo‘ringan go‘daklar bugun o‘zlarini farishtalarga o‘xshatgan sifatlaridan judo qildilar.
Har kun maktabga odob bilan borib-keladigan bolalarga nimadir bo‘ldi. O’zlarini o‘zga olamda ko‘rganday. Tungi ko‘ngnlxushliklar ularni qanoatlantirmay qoldi. Tungi lazzatlar to‘ydirmas, endi yanada qoniqmoq uchun bugungacha xayollariga kelmagan yo‘llarni axtarib topishardi.
Bir kun ko‘rilgan muqovasida qilichidan qon tomgan qaroqchilarning rasmi bo‘lgan kitob bu bolalardan birini kira bilan ijaraga kitob o‘qitadigan bir do‘kon oldigacha sudradi. U yerdan bir kitobni ijaraga olib qaytdi. O’sha kundan keyin ikki kunda bir, uch kunda bir ijara kitob do‘koni oldida ko‘radigan bo‘lishdi. Har gal yangi kitob bilan qaytar, uyda dam olish bahonasida alohida bir xonaga kirib, dars kitoblari ostiga qo‘yib, sarguzasht romanni o‘qirdi. Agar birov kirib keladigan bo‘lsa, tezda dars kitobini romanning ustiga qo‘yib o‘qiyverardi. O’g‘li dars tayyorlab charchaganini o‘ylagan ona, choy damlab keltirganida, uni dars kitoblarini o‘qib o‘tirgan holda ko‘rar va sevinardi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 04:01:52

Bu kitoblarning mohiyati nima? O’qiganga qanday foydasi tegadi-yu, nimani o‘rgata oladi?!
Bu kitoblarni o‘qiganlarda ota-onasiga mag‘rur ko‘rinishni sharaf sanash, janjalkashlikka havas paydo bo‘lgani sezilardi, har holda bu kitoblar odob va axloq o‘rgatmasdi. Hali o‘n beshga to‘lmagan, qiyofalarini qaroqchilarga o‘xshatgan bezorichalar og‘zilarida sigaret bilan ko‘chada u yoq-bu yoqqa mag‘rur kezishadi. Bular o‘sha kitoblarni o‘qigan falokatzoda bolalardir.
Bu kitoblarning nomidanoq to‘g‘ri emasligini, ularni xosiyatsiz ko‘llar hozirlaganini, urush-janjal, tubanlik zavqi mevasi ekanligini, millat bolalarini o‘sha maktabga xos bo‘lgan ulug‘ xususiyatlardan, buyuk vazifalardan hali kichikligadayoq mahrum etmoq niyatida tayyorlanganini bemalol bilib olsa bo‘ladi. Ba’zan dunyoning eng kuchli lashkariga bosh egmagan millatning bolalari tafakkur, ma’rifiy-ma’naviy jihatdan shunday buziladiki, ko‘rib ishongangiz kelmaydi. Bu kitoblar ichida qaroqchilik, axloqsizlik va shunga o‘xshash turli razolatlardan namuna topishingiz mumkin. Ammo insonga insoniylik yo‘lida bir odim otdiradigan, uni milliy odat va an’analarga bir qadar yaqinlashtiradigan biror narsani topish mumkin emas. Otalar bolam quvonsin deya olib kelgan bu kitoblar o‘elariga qarshi bolalari ko‘liga tutqazilgan to‘pponchalardir. Balki to‘plardir. Endi ko‘chalarini shu kitoblarga taqlidan bir-biriga to‘pponcha bilan hujum qilgan kovboylar, niqoblangan qaroqchilar tuta boshlaydi. Bular erta dorilfununda bilim oladigan bo‘lsalar, o‘sha bnlim-ni yaxshigina shaklda talonchilikda qo‘llay oladigan badbaxt va zavolli bolalardir. Bu bolalarga shu tahdid kinolar nazariy jihatdan yordam beradilar va axloqsizlik jihatini yana to‘ldiradi va quvvatlaydi. Bunga beparvo ota-onalar bir kun haqiqiy, ulkan sovuq qurol zavqini(!) totib ko‘rishlari aniq.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 04:02:08
Bu bolalar uchun ko‘cha— odobsiz so‘zlar dorilfununi. Faqat u yerda o‘qish-yozishni o‘rganmaydilar. Ikki kun o‘tgach, boshlang‘ich maktabda o‘rgangan harflaridan foydalanib ko‘chada o‘rgangan fahsh so‘zlarini hojatxonalarning devorlariga yozadilar. U yerlarni kufrlarga to‘ldirib bezash ularga zavq beradi...
Husayinning do‘stlari tamomila o‘zlarini yo‘qotgan, yoshlik savdosiga sho‘ng‘ib, mutlaqo beboshlik daryosida suzib ketadiganlardan emas. Yoki hali bu holga yetib kelganlaricha Yo‘q. Faqat shu ahvolga yetib kelish uchun «bo‘l-bo‘l» qilishib suhbatlashishar, chekishar, muallimlarni tanqid va mazax qilish bilan mashg‘ul bo‘lishar, ammo bu ishlarini asosan maktabdan uzoqda qilishardi...
O’sha tun Husayin chekmadi. Taklifni qabul qilmadi. Oralarida: «Qaranglar, uning og‘zi sasib qolarmish», — deb masxara qilganlar bo‘ldi. Zo‘rlab chektirmoqi bo‘lgan-lar bo‘ldi. Qo‘llaridan kelmadi.
Husayinning jig‘iga tegardi. Uni mazax qilib, ko‘ngil ochmoqchi bo‘lardnlar. O’zlarini katta olishib, uni bola ko‘rardilar. «Yigitchilik degani ayollarga o‘xshab chekmasdan o‘tirish emas, — deyishardi. Husayin turib ketay desa, ortidan gap qilishadi. Qolaversa, bu mutlaqo bolalarcha harakat bo‘lardi. Shuning uchun vaziyatni ko‘ngilsiz tarafga burmadi, sabr etdi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 04:03:45
Husayin onasi bilan bo‘lib o‘tgan azondagi ko‘ngilsiz suhbatdan so‘ng ming bir o‘ylar bilan maktabga keldi. Birinchi soat adabiyot darsi edi. Qora O’g‘lonning she’rlarini o‘qishardi. Husayin oxiridan ikkinchi qitaga diqqat qildi. Munozara qilayotganlar tinchlanmas va tinglashmasdi:

Murodim so‘zlamoq bunda nasihat,
Sizga munosibdir tinglamoq faqat,
Mehribon bo‘lganga ko‘rsatma zahmat,
Sevganning so‘zidan kechguvchi bo‘lma!


Termani baytma-bayt izohlayotgan sinfdoshlarining so‘zlarini eshitmasdi. Yoshiga munosib bu she’r unga qattiq ta’sir qildi, «Mehribon bo‘lganga ko‘rsatma zahmat — Sevganning so‘zidan kechguvchi bo‘lma!» bayti unga kechasi kechgan totsiz hodisalarni eslatdi. Og‘aynilarini oddiy tamaki chekish uchun ranjitganini o‘yladi. Ikki tortim tamaki uchun ham do‘stlarining ko‘nglini qoldiradimikin? To‘g‘risi Husayin o‘g‘ilbolaga munosib ish qilmadi. Va nihoyat, bir chekishdan bir balo bo‘lmasdi, ularning ham dili og‘rimasdi. Inson do‘sti uchun zahar yutadi-ku. Masxara bo‘lgani-chi. O’sha kundan e’tiboran o‘tgan bir yarim soatlik ko‘ngilsiz vaqtni, o‘ziga qaratilgan qochirimlarni o‘yladi. Bunga birgina chekishni deb o‘zi sababchi bo‘lganini tan oldi. Yarashmagan qiliq edi bu. Tom ma’nosi bilan xomlik qildi. O’rtada tuzatilishi kerak bo‘lgan xato turardi. Bu xatoni tan olib, tengdoshlaridan kechirim so‘rashi kerak. Muallim:
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 04:04:25
— Husayin, shu so‘nggi baytni, sen izohla, —deyishi bilan o‘ylari tarqab ketdi. O’rnidan turdi va so‘nggi baytni o‘qidi:

«Seni har davrada hijolat qilar,
Yomonlar izidan ko‘chguvchi bo‘lma!»


Husayinning miyasida chaqmoq chaqnagandek bo‘ldi. Avvalgi va keyingi baytlar orasidagi bog‘lanishdan esankiradi. Yutindi va boshini ko‘tardi:
— Ustoz, bu baytda Qoracha O’g‘lon yomon, axloqsiz kimsalar bilan do‘st bo‘lmaslikni nasihat qilmoqda. Bunday do‘stlik natijasida tarbiyamiz buzilib, yomon odatlar o‘rganishimizni, yig‘in va majlislarda uyaladigan holga tushishimizni eslatmoqda. Bunday davradoshlar orasidagi harakatlar, so‘zlar do‘st sifatida, albatta, bizni uyaltiradi. Ularning oshnosi bo‘lganimiz uchun odamlar nazaridan qolamiz, qimmatsiz insonga aylanamiz,
— Yaxshi Husayin, oldingi baytlarga nima deysan?: «Mehribon bo‘lganga ko‘rsatma zahmat — Sevganning so‘zidan kechguvchi bo‘lma!» Bizga do‘stlik, mehribonlik qilgan, bizni yaxshi ko‘rgan kimsalarni nima qilamiz? Ularni tark etsak, sevganimizning so‘ziga quloq solguvchi bo‘lamizmi?
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 04:04:59

Husayin bir-ikki lahza o‘ylab javob berdi:
— Ustoz, yaxshi ko‘rganning so‘ziga quloq solmaslik, bajarmaslik insoniylikdan emas. Do‘stlikka xiyonat. Faqat bu misrada kelgan «sevgili» so‘ziga alohida e’tibor qilmoq kerak deb o‘ylayman. Sevgili, ya’ni mehribon degani o‘z manfaati uchun g‘ayri shar’iy ishlarga boshlaguvchi degani emas. Zero, bunday odamni mexribon, yaxshi ko‘rguvchi deb bo‘lmaydi. Aslida bizning axloqiy saviyamizni tushiradigan do‘st bizni sevmaydi. Yaxshi ko‘rgan — suyuklisiga yaxshi bo‘lishni istaydi. Qanday inson o‘zi uchun qimmatli bo‘lgan kishini noo‘ng‘ay, uyaladigan holga keltiradi? Do‘stini yaxshi ko‘rgan odam uni uyaltiradigan holga tushirmaydi, balki bunday holda bo‘lsa, qutqarishga harakat qiladi. Do‘st yuziga loy chaplash emas, uning yuzidagi g‘uborni artish bizning vazifamiz emasmi? Bizni haq yo‘ldan chalg‘itib, yomonlikka boshlaydigan do‘stni har doim, hatto lo‘lilar orasidan ham topa olishimiz mumkin.
Husayin shu yerda so‘zini tugatdi. Tugatdi emas, onasidan eshitgan jumlani gapirolmay, uning farishtaday sof, nurli yuziga ro‘baro‘ kelgandek jim qoldi. Balki davom etardi. Jim qolganini so‘zini tugatdi deb o‘ylagan o‘qituvchi tashakkur aytdi. Husayin o‘tirdi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 04:05:26
Keyingi soat axloq darsi edi. Mavzu ota-ona oldidaga burch, axloqiy vazifa. O’qituvchi bir hadisi sharif o‘qidi: «Jannat onalar oyog‘i ostidadir». So‘ng sinfga murojaat qilib, birgalikda hadisni izoxlashni topshirdi.
— Usmon, bu hadisni qanday tushunasan? Masalan, bu onalar oyoq bosgan joyda jannat bor deganimi?
— Ustoz, «jannat onalar oyog‘i ostida», degani jannatga ularning oyoqlari ostiga poyondoz bo‘lar darajada xurmat va xizmat etish bilan kiriladi deganidir. Shu qadarki, ularga hurmatdan inson bir narsa yo‘qot-maydi, aksincha, Alloh huzurida hurmati ortadi. Xizmatiga yarasha jannatga yaqinlashadi. Bu aslida bir misol. Ona rozi qilinmaguncha jannatga kirishga yo‘l yo‘q ma’nosidadir.
Husayin do'stini tinglarkan, ertalab onasi bilan bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz suhbatni esladi. Oldingi darsda do‘st haqida o‘zi aytgan so‘zlar xayolidan o‘tdi. Vijdoni o‘zini haqsizga chiqardi. Onasi aytgan so‘zlarga e’tiroz bildirganini yana bir bora angladi.
Onasi do‘st haqida so‘zlarkan, o‘z manfaatini o‘yladimi? Husayin yaxshi do‘st orttirsa, kimga foydayu, yomon do‘st topsa, kimga zarar? Avvalo o‘ziga emasmi? Shunday ekan, onasi o‘zi uchun emas, o‘g‘li uchun so‘zlaganligiga qanday shubha bo‘lishi mumkin?
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 04:05:40
Husayin o‘sha kun darsda, tanaffuslarda o‘yladi. Bir tarafda — onasi, ikkinchi tomonda — sinfdoshlari... Ich-ichidan onasini tan olmoqda edi, ammo uch yil birga o‘qigan sinfdoshlariga nima deydi?
Uchinchi darsni tugatishardi. Dars yakuniga o‘n besh daqiqacha bor. Eshik taqilladi, kutilmasdan ochildi. Oldinda maktab mudiri yordamchisi, izma-iz boshqa domla ichkari kirishdi. Dars o‘tayotgan o‘qituvchiga yaqinlashib, astagina bir-ikki so‘z shivirladi. O’qituvchi boshi bilan tasdiq ishorasi qildi. Mudir yordamchisi sinfga murojaat qildi: «Bolalar, turinglar!» So‘ng:
— Hamma qo‘lini boshiga ko‘ysin! — deb buyurdi. Tintuv o‘tkazishmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Husayin hayratlandi. Oqshom chekkan sinfdoshlarining illatlari ochilmoqda edi. Ko‘zining yoni bilan ularga qaradi. Ranglarida, tuslarida o‘zgarish, xayajon sezilmaydi. Balki yonlarida yo‘qdir deb o‘yladi. Ayni paytda o‘zi g‘oyatda hayajonda edi.
Tekshirish boshlandi. Uchalasi barobar izlashardi. Navbat chekadigan o‘rtog‘iga kelganda Husayinga bir narsa bo‘ladiganday yuragi tez urib ketdi, hayajonlandi. Haqiqatan uning orqa cho‘ntagidan tamaki qutisi olinib oldiga ko‘yilganda Husayin uyalib boshini egdi. O’rtog‘i-chi, uyaldimi? Aslo. Na uyaldi, na hayajonlandi. O’zini xuddi cho‘ntagidan qo‘rg‘oshin qalam yoki kundalik daftar topilgandek tutardi.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 04:07:00
— Erto‘g‘on, bunima?
— Sigaret, janob.
— Yaxshi, bu holingdan hijolat chekmayapsanmi? Uyalmansanmi?
— Tamaki otamniki. Uyda unutib qoldiribdi, tushki dam olishda eltib bermoqchiman. Agar uyalish kerak bo‘lsa, otam uyalishi kerak.
Shu javob bilan ish bitdimi? Albatta, yo‘q. Tartib-intizom majlisida masala ko‘rilib, hal etiladi. Diqqatga sazovor jihati shuki, berilgan javob oldida Husayin qip-qizarib ketdi. O’rtog‘ida topilishi shart bo‘lgan to‘g‘rilik va hayo tuyg‘ularining yo‘qligi qizartirdi uni. Erto‘g‘on sigaret otasinikiligini aytganda, boshini burib qaradi. Parta ustida turgan tamaki qutisi kechagi, tungi xotiralarni uyg‘otdi. Tanaffusga chiqqanlarida Husayin unga yaqinlashdi:
— Nega sigaret otamniki deding, Erto‘g‘on?
Erto‘g‘on Husayinni esli-hushli ko‘rishni istaganday achinib qaradi.
— Go‘daksan, Husayin, — dedi va ketdi...
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 04:07:18
X

Izma-iz kelgan bu voqealar go‘yo til biriktirib, Husayinni onasidan uzr so‘ratish uchun sodir bo‘lganday. Erto‘g‘ondan to‘g‘ri gapirmaganining sababini so‘raganda bergan javobi yaraga sepilgan qalampir bo‘ldi. Husayin uni bugungacha yaxshi bilmagani, u va unga o‘xshaganlar bilan do‘st bo‘lgani uchun uyaldi. Bu do‘st Husayinni majlislarda uyaltirishi, axloqiy buzuq yo‘llarga yo‘llashi mumkin. Tutiladigan eng to‘g‘ri yo‘l — to‘g‘rilikdan qayrilganni to‘g‘ri yo‘lga keltirmoq... Hech qachon kim bilandir do‘stlashish majburiyat bo‘lmagan. U yoki bu kimsa bilan do‘stlashish, yoki do‘stlashmaslik tavsiya etilishi mumkin, xolos. Husayin ham Erto‘g‘on bilan do‘st bo‘lishga majbur emasdi, shuni anglagan holda uni tark etishga qaror qildi.
Erto‘g‘onning xatolari tufayli maktabdan haydalishi bu qarorning xato emasligiga dalil bo‘ldi.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 04:07:37
* * *

O’sha kun tushdan keyin bog‘da suhbatlashayotgan do‘stlari yonidan o‘tarkan eshitilgan bir-ikki so‘z uni to‘xtab tinglashga majbur etdi. Ikki sinfdoshi baxslashar, besh-olti sinfdoshi tinglashardi. Yozma imtihonda nusxa (shpargalka)dan foydalanish to‘g‘risida so‘z borardi. Ikki do‘stining biri:
— Nusxa talabaning haqqidir, — derdi. Kim nima desa-desin, meni fikrimdan qaytarolmaydi. O’zlaringiz uddalay olmagach, tarbiyasizlikdan lof urasiz. «Pishak quyruqqa yetolmagach, «puf, sassiq» derkan», degan otalarimizning tiliga shakar. Eplasang, bu gaplarni aytib o‘tirmasding.
Ikkinchisi javob berdi:
— Bunday qilmasligimiz bu ishni noto‘g‘ri, chirkin bir harakat deb bilganimizdandir. Ha, biz bu ishni qilmaymiz. Chunki odobimiz, tarbiyamiz bunga yo‘l qo‘ymaydi. Uy-ingizda o‘tirib dars qilishga kuchingiz yetmaydi, sabr qilolmaysiz, yalqovlikka, ishlamasdan, charchamasdan dam olishni, ko‘ngil ochishni istagan nafsingizga hokim bo‘lolmaysiz, natijada haqqingiz bo‘lmagan nusxa ko‘chirishga, ya’ni noto‘g‘ri ishga qo‘l urasiz. Bu ishni ham talabaning zarurati, ehtiyoji deb qabul qilasiz. Extiyoj — ilm, zarurat — bilmoqdir. Qo‘shni do‘kondan molo‘marib olib, sotib pul topgan va yonidagi sinfdoshining bilimi bilan baho olgan ikki kishining orasida qanday farq bor?! Balki bir kun kelib ko‘shnining molini o‘g‘irlash yomonligi to‘risida millatga nasihat qilarsiz. Boshqasi gapga suqildi:
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 04:07:55
— Xo‘p, sen shu qadar to‘g‘rilik bilan nimaga erishding? Kecha jug‘rofnyadan to‘rt olgan zoti oliylari, o‘zlarimidi?!
— Olishim mumkin. Men uchun hiyla bilan o‘n olgandan, to‘g‘rilikcha to‘rt olish xayrlidir. Haqiqatan, qimor, o‘g‘irlik, riyokorlik bilan millionlar topmasdan to‘g‘rilik, peshona teri bilan ozroq pul topgan va yaxshiligiga ko‘ngli xotirjamligini dalil keltiruvchi qanchalab vijdonli odamlar bor.
— Ko‘zbo‘yamachilik qilma!
— Ko‘zbo‘yamachilik qilayotganim yo‘q. Ko‘zbo‘yamachilik dalil bo‘lmasligi aniq narsani dalil qilib ko‘rsatishdir, Men shunday qildimmi? Shunday dedimmi?
Ularning yuzlariga bir lahza tikilgach, davom etdi:
—Do‘stlar, o‘z bilimi bilan imtihondan o‘tishning shunday huzur va zavqi borki, bu halovatni ko‘chirmakashlar bilmaydi.
— Sen o‘zing hech nusxa ko‘chirganmisan? Nusxadan foydalanganmisan?
— Yo‘q.
— Unday bo‘lsa, sen ham buning zavqu hayajonini bilmaysan.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 04:09:29
— Men o‘sha zavqu hayajonni bilaman. Birovning molini o‘marayotgan, o‘marganini yeyayotgan o‘g‘ri shunday hayajonlanadi, aynan shunday zavqlanadi. Faqat bu zavqu hayajonni halol deb da’vo qilolmaysiz. Eshiting, misol keltirayin. Bir odam o‘g‘liga: «bugun bir lira topib keltir», debdi. O’g‘li «xo‘b bo‘ladi», deb onasidan olib, kechasi otasiga keltirib beribdi. Otasi pulni derazadan uloqtiribdi. «Ertaga yana keltir», debdi. O’g‘li ikkinchi kun yana onasidan olib keltirgan pulning uloqtirishini jimgina kuzatibdi. Keyingi kuni haligi kishi xotiniga pul bermaslikni tayinlabdi. Uchinchi kun mehnat qlib topishdan boshqa iloji qolmagan o‘g‘il, keltirgan pulini uloqtirmoqchi bo‘layotgan otasining bilagidan tutib:
— Nima qilyapsiz, ota? Men bu lira uchun oqshomgacha zahmat cheqdim, bundan xabaringiz bormi, —debdi.
Mening bu hikoyaga qo‘shimcham yo‘q. Har kim xohlaganini tushunsin. Istagan ma’nosini olsin. Tinglayotganlardan biri:
— Shunaqasi ham bo‘larkanmi? — deb e’tiroz qildi. Boshqasi chidab turolmadi.
— Bo‘lish-bo‘lmasligi senga aloqador emas. Hikoyadan chiqadigan hulosa senga aloqador. Odam peshona terinig to‘kmasdan mulkning qiymatini bilmaydi, mashaqqat bilan topganini qadrlaydi, degan xulosa chiqarish darkor.
Bu savol berilayotganda Husayin miyig‘ida kulib qo‘ydi, faqat bu istehzo, kamsitish, mazaxlash yoki kibrning belgisi emasdi.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 04:09:48
Husayin so‘nggi darsda yozma nazorat ishini toshpirishi kerak. Bugungacha nusxaga havasmand bo‘lmagani sayin ba’zan esda saqlayolmasligini o‘ylab bir-ikki so‘zni partaga yengilgina qayd etib ko‘yar, bundan foydalangan paytlari ham bo‘lardi. Bu safar shu ishni qilmadi, bunga sabab bir soat avval tinglaganlarining ta’siri edi, Sigareti olingan, uning otasiniki ekanligani yuzi qizarmasdan ayta olgan Erto‘g‘on bu darsda nusxa ko‘chira turib qo‘lga tushishi ham Husayinda qatgiq, manfiy bir ta’sir qoldirdi. Oqshom uyiga kirar-kirmas onasining ko‘lini o‘pmoqni, uzr so‘ramoqni, o‘zining haqsizligini e’tirof etmoqni o‘ylardi. Uyiga shunday xayol va shunday niyat bilan bordi.
Qur’oni Karim oldida Allohning quli ekanini har hujayrasi, har zarrasi, bor vujudi bilan his etgan, tavozeli holda sokin va sassiz bir ado bilan o‘qiyotgan Fotimaxonim... Insoniyat uchun hidoyat bo‘lib kelgan bu kitobdan ufurgan nur, uning odobi bilan adablanmoqni eng buyuk maqsad deb bilgan bu xonimning yuzida aks etar, ifodasi imkonsiz, moddiy jihatdan qo‘l yetmas bir go‘zallik tajalliy etardi. Tasviri bir jumlada mushkul bo‘lsa-da, undagi bu hol — ko‘zi Kitobi Karimda, ko‘ngli samoda. Ya’ni ko‘zi Qur’onga, ko‘ngli bu sharafli kitobni yuborgan Allohga yo‘nalgan, bog‘langan. Bu shunday bir hol ediki, bu hol xuzurini faqat bir mo‘min butun borlig‘i bilan boqiyga bog‘lanib, foniyni unutib — dunyo mashg‘ulotini ko‘ngildan quvib o‘qigan namozida topishi mumkin.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 04:10:27
Husayin onasining tilovati tugaguncha kutdi. Uyga kirib, onasini farishta sifat qiyofada Qur’on o‘qiyotgan holda ko‘rishi yanada kuchliroq ta’sir qildi. Ertalab o‘zi ranjitgan onasini bu xolda ko‘rgan qo‘zlari yoshlandi.
Kitobi yopildi. Qo‘llar ko‘tarildi. Tilovat savobi muhtojlarga bag‘ishlandi. Kalomini o‘qiganga, hurmatlaganga buyuk mukofotlar va’da etgan Allohga chin dildan duolar qilinur. Shu onda uning yuzlariga boqqan kishi, soflik va poklikda huddi ikki tomchi yoshning odob va hayo bilan to‘liq yuzlardan sizib o‘tganini ko‘rgan bo‘lardi. Ammo ko‘rishning hojati yo‘q. Chunki u — Fotimaxonim ko‘rsinlar deb yig‘lamas, buni yig‘i ham deb bo‘lmasdi.
Qo‘llar yuzga suruldi. Kitobi Karimni ko‘tarish uchun uzalgan qo‘llar muallaq qoldi. Chunki o‘ng tarafdan uzatilgan bir juft ko‘l kitobni oldi va o‘rniga qo‘ydi. So‘ngra hanuz joynamoz ustida o‘tirgan Fotimaxonimning o‘ng qo‘lini olib bag‘riga bosdi. Hurmatu mehr bilan o‘pdi va peshonasiga surdi. Birozdan so‘ng uzrini aytdi:
— Ona, meni shu Kitobi Karim hurmati avf eting! So‘ng onasining oyoqlarini quchdi. To‘xtatmoqchi bo‘lgan ona, navbatdagi yolvorishni eshitdi:
— Onajon, ruxsat bering, bir bor yuzlarimni surayin! Ertalab onasiga isyon bilan qaragan yuz, Payg‘ambar ifodasi bilan ostida jannat bo‘lgan ona oyog‘iga surilmoqla yuklandi. Fotimaxonim o‘g‘lini turg‘azdi. Ko‘zlaridan o‘pib, bag‘riga bosdi:
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 04:11:46
— Charog‘im, to‘g‘ri, halol, pokiza insonlarga oshnolik qilsang deyman, bir dona Husayinimdan, gul yuzli bolamdan o‘sha zaqqumning hidi kelmasa deyman?!.
Husayin o‘sha kungi hodisalarni bir-bir naql etgach:
— Ona, so‘z beraman, hayotda yolg‘iz qolsam-da, meni haq yo‘ldan ayiradigan bilan do‘st bo‘lmayman. Sizning do‘stligingiz menga yetarli, —dedi.
Oradan ikki haftacha vaqt o‘tdi. Ko‘kda yer yuziga yengil va mayin yomg‘ir donalarini yullashga loyiq bulutlar paydo bo‘ldi. Quyosh goho ko‘rinib, atrofni ilitar, faqat bu orada o‘rtaga tushgan va quyosh nurlarini to‘sgan bir bulut fuqaroga sadaqa qabilida bir necha lahzalik yomg‘ir sevalar, so‘ngra shoshiladigan joyi yo‘q yo‘lovchiday og‘ir-vazmin uzoqlashardi.
O’sha kun bir necha do‘stlari bilan aylanishga chiqqan Husayin sekin-sekin kinoxonaga yaqinlashganlarini bilmay qoldi. Jo‘ralaridan birining:
— Bugun kinoga tushaylik, — degan taklifini hammalari tasdiqlashdi. Yoshlar— shunaqa. Ko‘pincha qilayotgan ishlarini oldin o‘ylab ko‘rishmaydi. Ular oldin xayollariga kelganini qiladilar, so‘ng o‘ylashni boshlaydilar. Lekin Husayinga ham aynan shunday ta’rif berish haqsizlik bo‘lardi. Chunki chipta olmasdan avval «kirsammi-kirmasammi», deb bir muddat taraddudlandi. So‘ngra bundan ham bir ibrat olarman deya chipta oldi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 04:12:18
Hali o‘n besh daqiqa bor. Har kim yonidagi bilan suhbatlashar, atrofdan kelgan ovozlar birlashib yuksalar, gaplar eshitilmas, shuning uchun yonidagi suhbatdoshga biroz ovozni ko'tarib gapirishga to‘g‘ri kelardi.
Husayin maktabga kelgan vaqtlarda kinoning nohush holatlariga unchalik tobu toqati yo‘q edi. Avval o‘zi bilan biron kitob olmaganiga ranjiganday bo‘ldi. O’n besh daqiqa o‘qidim, deb o‘yladi. Vaqtni behuda o‘tkazishni xushlamasdi. Masalan, muallim kelmagan bo‘sh darslarni o‘rtoqlari behuda o‘tkazsa, Husayin o‘qituvchi kelib qolsa, qanday javob beraman qabilida ish tutib, shunga asosan o‘qib-o‘rganib o‘tirardi.
Tan olish kerakki, uning bu xususiyatida o‘z qobiliyati bilan birga onasining ham katta hissasi bor. Maktabga borib kelarkan fursat bo‘lgan taqdirda xayolida darslarni tahlil qilishni, bu orada «Ixlos» surasini uch, «Fotiha» surasini bir karra o‘qib rahmatli xolasiga bag‘ishlashni odatlantirgan ham onasidir. Aytishlariga qaraganda Husayinga xolasining ko‘p mehnati singgan. Kichikligida onasidan ko‘proq xolasi qaragan. Ismi — Xayriya. Onasining ham xolasining ham ismi Xayriya deb ilk bor eshitganda g‘alati tasodif ekanini o‘ylagandi. Keyin onasidan so‘raganda, Fotimaxonim:

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 04:13:22
— O’g‘lim, mening otim ham Xayriya, ammo ko‘ryapsanki ko‘pincha meni Fotima deb chaqirishadi. Oldinlari hammaga ikkita ism ko‘yishardi. Otam Xayriya ismini juda yaxshi ko‘rganlaridan meni ham, uni ham Xayriya degan. Sen endi bu gapni qo‘y-da, maktabga borib kelguncha xolangga bag‘ishlab o‘qishni unutma. Ham vazifangni o‘tagan, xam borib-kelguncha vaqtni behuda ketkazmagan bo‘lasan,—degandi.
Endi Husayin bularni tushunadi, shuning uchun bu yerdagi bo‘sh vaqtning qadriga yetayapti. Biroz o‘tib bu g‘ashligi o‘rinsizligani angladi. Chunki, bu g‘ala-g‘ovur ichida o‘qigani bilan tushunmasdi.
Atrofda suhbatlashayotganlarning harakatlari umuman olganda durust holat emas. Tug‘rirog‘i, Husayinning fikricha, bular aql va mantiq tarozisiga tortib ko‘rilsa, natija — noxush. Suhbatlashayotganlarning fikricha esa, aksincha, suhbatlari zaruriydir. Kamdan-kam kishilargina behuda, foydasiz gaplashayotganligini anglashga qodir, ularning ichidan kamdan-kamlarigana bunday foydasiz so‘zlashdan ko‘ra sukutni afzal bilishadi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 04:13:37

Quloqlarni garang qilgudek g‘ala-g‘ovur orasida kuchli hayajon bilan gaplashayotgan orqa qatordagi ikki yoshdan biri bundan oldingi filmga ikki marta tushganini va falon artistning shohona roli bo‘lganligi sababli yana bir marta tushishga ham tayyor ekanligani so‘zlar edi. Qaysidir artistning allaqaysi ko‘shiqchi bilan don olishishi endi hech kimdan yashirib bo‘lmaydigan holga kelgan, go‘yoki ikkisining o‘rtasida yangi bir ishq mojarosi boshlanganmish. Hatto yaqinda farzandli bo‘lishlari kutilayotganligi haqida xabarlar tarqatiladi. Falon artist askarlikka ketayotganmish. Ajabo, askarlikda ham unga o‘z kasbiga aloqador biron vazifa berilarmikan? Agar shunday yo‘l tutishsa, ayni muddao bo‘lardi, chunki ham san’atkor san’atini rivojlantiradi, ham bu bilan askarlarda jangovor ruh uyg‘otib, qo‘shinga katta yordam berardi... Shu kabi og‘iz charchatishdan boshqa sifati bo‘lmagan so‘zlar qatori va ora-sira bu yerda yozishimizga odob tamoyillari yo‘l qo‘ymaydigan kalomlar eshitiladi. Xusayinning fikricha, bu tarzda vaqt o‘tkazish odob va mas’ulnyat tuyg‘usining yetishmasligi va yoki umuman mavjud emasligi bilangina izohlanishi mumkin. Bu so‘zlardan kimga qanday foyda bor yoki ular aytilmay qolgan taqdirda ko‘riladigan zarar ne chog‘li?
Atrofda endigina o‘n besh yoshini qarshilagan oliftachalar seltanglab yurar, yo‘tala-yo‘tala yeqilgan sigaretlarini chekishga harakat qilardilar. Qo‘llari bilan og‘zini berkitishlari tamakining o‘ta achchiq ekanini va shu sabab yo‘talayotganlarini anglatardi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 04:14:15
Bu orada parda ochildi. Uch marotaba yangragan ogohlantiruvchi qo‘ng‘irokdan so‘ng film boshlandi. Namoyishdan oldin ko‘rsatiladigan filmlardan parchalar taqdim etilardi. Ularda aks etgan sharmandali bir sahna ko‘rinishi tomoshabinlarning yuraklaridan qaynab chiqqan inqillash yuksalishiga, yanada kuchayib, hayvoniy xirillashga o‘xshagan hayajonli ovozlarning chiqishiga sabab bo‘ldi. Hushtak chalganlar, hatto o‘zini tutolmasdan bor ovozda na’ra tortganlar ham yo‘q emasdi. Bunday filmlarni ko‘rgandan so‘ng yoshlikning qanday mahv etilishini, iffat va nomus tuyg‘ularining qay tarzda ildizlaridan ayrilganini anglamoq uchun xo‘kizning aqli ham kifoya qiladi.
Asosiy film boshlandi. Uning ham ko‘rsatilgan parchalardan farqi yo‘q edi.
Xu sayin haftaning ikki-uch kunini kinoteatrda o‘tkazadiganlar sirasiga mansub emasligi uchun film texnikasi haqida aytadigan gapi yo‘q. Uning odobi esa o‘zi bilmaydigan sohada so‘z aytishiga to‘sqinlik qilardi. Faqat o‘z sohasidan kelib chiqib, bir-ikki og‘iz so‘z bilan bahsga aralashishga ham kishining haddi sig‘maydi.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 04:14:34

Bunday filmlar axloqsiz, odobu tarbiyasiz kimsalar uchun ko‘ngil ochish vositasi bo‘lishi mumkin. Lekin bular Xusayin kabi oila tarbiyasi va Imom Xatib maktabi tahsilini o‘zaro uyg‘unlashtirgan, sharafli bir musulmon bo‘lish orzusi bilan urgan o‘spiringa ko‘ngilxushlik vositasi bo‘lishi qiyin. Bu filmlar adab va hayo yo‘lidan uzoqlashtirishi va darslardan chalg‘itishi mumkin. Husayinning bu filmdan olgan yolg‘iz sabog‘i: boshqa qaytib bunday fil’mlarga kelmaslik va vaqtni zoe ketkazmaslik bo‘ldi. Bu razolatni tomosha qilish uchun ketgan pulchi? Bu pulga bir faqir tushlik qilishi mumkin edi. Filmni yarmida tark etmoqchi ham bo‘ldi, ammo o‘rtoqlari bilan filmni tanqid qilish uchun kutdi, sabr qildi.
Qolaversa, bir necha kishini «kino» kasalligidan qutqarish ham yomon ish emasdi. Lekin butun Turkiyada har kun ikki yuz mingdan ziyod kishi vaqtini kinoda o‘tkazishi nazarda tutilsa, Husayinning o‘rtoqlariga qiladigan yaxshiligi dengnzdan tomchi deyish mumkin.
Shuncha odamni kinodan qaytarish xayoliy bir gap edi. Yoshlikning go‘yoki sel kabi kinoxonalarni, maydonlarni to‘ldiradigan 6u davrida mazkur maqsad yo‘lida urinishlar suvdan yog‘ chiqazishga urinishdek bir gap edi. Qaniydi, aqlli va o‘ziga to‘n; musulmonlarning bir guruhi din, diniy va axloqiy mavzularda film ishlab chiqaradigan shirkat tuzsalar. Ko‘pchiligi masjidga faqat o‘lganida bir necha kishining yelkasida ziyorat qlish uchun birinchi va so‘nggi marta keladigan bu kishilarga kinoteatrlarda ko‘rsatiladigan filmlar orqali din va axloq tuyg‘usini yaxshiroq yuqtirish mumkin. Bunday yo‘l tutish qayoqqa ketayotganini o‘zi ham bilmaydigan ko‘plab yoshlarga yo‘l ko‘rsatgan va ularni halokatdan qutqargan bo‘lardi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 04:15:21

Chiqqach, film ta’siri bilan suhbatlashgan do‘stlarning hayajoni bosildi. Husayin tengdoshlari bemalol tinglashiga ko‘zi yetgach, so‘z boshladi va fikrlarini anglatdi. Tinglayotganlar qatorida yuzida mamnuniyat aks etganlar bor edi. Hech xushlamayotganlarini bildirayotganlar, anglatayotganlar ham topilardi. So‘zlarini tugatganda ilk e’tiroz baralla eshitildi:
— Xo‘sh, Husayin, biz hech dam olmaymizmi, ko‘ngil ochmaymizmi?
Husayinning javob berishiga o‘rin qolmadi, Bir jo‘rasi:
— Dam olishga haqqimiz bor. Ammo dam olyapmiz deb bunaqa odob va axloq yo‘llariga pistirma qo‘ygan filmlarni ko‘rish ham har holda dam olish bo‘lmasa keraq Dam olish faqat film tomosha qilish deganimi?! Ko‘ngil ochish-chi? Mening axloqimni buzmaydigan, nomus va iffat tuyg‘ularimni orttiradigan, mehnatga nisbatan kishida kuch-quvvat, g‘ayrat, muhabbat uyg‘otadigan filmlar bo‘lsin, biz ham ko‘ramiz, biz ham qutlaymiz.
Husayin bu suhbatning foyda berayotganini ko‘rib mamnun bo‘ldi. Bundan keyin kinoga haftada bir borishga qaror qilindi. Kino uchun ketadigan qolgan pulga kitob olinib, harakatchan, tarbiyali va faqir bir do‘stga hadya qlindi. Hadya etganlar ko‘nglida pulni behuda xarjlamagani, yaxshi ish qnlganidan huzur bor edi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 04:15:36

Keyinroq ham Husayin sinfdoshlari bilan bu mavzuda makggab ichida kengroq tashviqot yuritishga kirishdi. Kino pullarini xayrli yo‘lga sarflamoqqa rozi bo‘lganlarning g‘ayrati bilan kutubxona tashkil etish qarorlashtirildi. Kitob javoni usgiga «Bu kitoblar kinoga beriladigan pulga olindi degan yozuv ilindi.
Husayin kinoga borganini bir hafta o‘tgach, onasiga aytdi. Hodisani bir boshdan gapirib berdi. So‘zlarini tugatganda Fotimaxonim o‘g‘lining sochlarini siladi:
— Mamiun bo‘ldim, o‘g‘lim, hursand bo‘ldim. Umid qilamanki, har kun bir yangi yaxshilik eshigani ochgaysan. Shu yo‘lda mashg‘ul bo‘lasan. Har yaxshilikni yolg‘iz Alloh rizosi uchun ado etishga g‘ayrat qilgaysan. Faqat sendan istaganim bir yaxshilik qilganingda, nega ko‘proq qilmadim, nega kech qildim deya Allohdan kechirim so‘ra. Men o‘g‘limni shunday ko‘rmoqni istayman. Shunday ko‘rsam, quvonaman, bolam.
Husayin onasining bu yuksak tuyg‘usi, nozik hislari qarshisida erib ketdi. So‘zlari go‘zal, o‘zi so‘zidan yaxshi bo‘lgan onasining Qur’on axloqi bilan nurlangan yuziga shukrona va minnatdorlik hislari bilan boqdi. Bu iz umr bo‘yi Haqqa qul bo‘lmoq sharafi bilan porlab, faqat Haq ne’matlari qarshisida loyiq ibodat etolmaganining, munosib qul bo‘lolmaganining ranjidasi bilan yonardi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 16 Oktyabr 2007, 04:15:58
Hafta davomida yaxshilik qilgani uchun sevingan, o‘ziga sig‘may yurgan Husayin endi qarshisiga xar kun yangi fazilat bilan chiqqan onasiga loyiq o‘g‘il bo‘lmagani uchun kuyinardi. Uning ko‘k ko‘zlariga tikilib bir on o‘yga toldi. Har narsaga ibrat nazari bilan boqqan, samimiyligiga to‘lib-toshgan 6u ko‘zlar uning bepoyon ummonlarni tamsil etgan pokiza ruhiga tarjimonlik qilganday. Tolg‘in ko‘zlaridan sizgan ikki tomchi yosh Husayinda so‘z bilan tushuntirish mushkul bo‘lgan his va o‘ylarning dolg‘alanganini bildiradi. Birdan o‘z ko‘zlarining ham bu ko‘zlar kabi moviy bo‘lmaganidan ranjiganday bo‘ldi. Qanday g‘alati holki, onaning ko‘zlari moviy, o‘g‘ilniki qora! So‘ngra Alloh taolo har narsaga qodirligini, kuruq tuproqdan yuzlab tur meva, giyoh va gullar yetishtirgan Allohningbu ishda ham bir hikmati borligini o‘yladi. Ko‘z rangi jihatidan emas, axloq va tushuncha tarafidan unga o‘xshshi kerakligini xotirladi. Necha ko‘zlari ko‘k odamlar borki, pokiza axloqqa daxldor emas.
Husayin shularni o‘ylaganda azon ovozi asr kirganini, har xil mashg‘ulotlarni qo‘yib, Yaratgan huzurida turish kerakligini e’lon etardi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 21 Oktyabr 2007, 01:47:15
* * *

Imom Xatib maktabining to‘rtinchi sinfiga o‘tganda dars tatbiqoti sifatida hutba o‘qish vazifasi topshiriladi. Husayin qanday mavzuni olish kerakligi haqda bir qarorga kelolmasdi. Ilk daf’a xutba juda ham hayajonli edi. Xayolida ba’zi mavzular jonlanar, lekin hech biriga ko‘ngli chopmasdi.
Asrdan so‘ng maktabdan qaytarkan ko‘zi yerda, xayoli mavzu tanlash bilan mashg‘ul. O’ylay-o‘ylay og‘ir-vazmin odimlardi. Yonidan o‘tayotganlarning ayol, erkakligini farqlamasdi.
— Xusayin, yo‘l bo‘lsin! Boshini qo‘tardi.
— Qalaysan, Husayin?!
— Xudoga shukur. Tinchliq O’zing qalaysan?
— Allohga shukur. O’ychan ekansan.
— Shukur, yaxshi. Yomon emas.
— Alloh yaxshilikdan ayirmasin.
— Omin.
Ajrashdilar. Ora-sira ko‘rishib turadigan samimiy do‘sti. Yurishda davom etdi. Eski o‘ychanlik tarqalib ketdi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 21 Oktyabr 2007, 01:47:33
Bugun chorshanba, Cho‘rim bozori qizg‘in. Yo‘llar odatdagidan ko‘ra tiqilinch. Yaqin qishloqlardan kelganlar endi ketmoqchiligini ma’lum qilganday magazinlari oldiga qo‘ygan yuklarini hozirlashmoqda. Doira (aylana do‘kon)lardan bir oz erta chiqqan ayol-erkaklar qo‘llarida to‘rxalta olib bozorga shoshilibroq ketishmoqda. Eski hokimiyat binosi bo‘lgan tarafdan Qubbali Jom’e yo‘nalishida kelgan avtobus yomg‘ir suvlarini sachratmasin deya bir chetga chekinib, o‘tib ketishini kutib turdi.
Jome’ ro‘parasidagi magazinning yonida cho‘kkalagan kampir Xusayinning diqqatini tortdi. Ustidagi liboslar faqirligiga, yuzidagi ajinlar umr bo‘yi mashaqqat chekkaniga dalolat edi.
Oldida bir savat bor edi. Bir ko‘li bilan savat tutqichidan ushlab, shu qo‘li ustiga peshonasini suyab turar, chuqur-chuqur nafas olardi. Oldidan o‘tgan avtobus sachratgan suvlari bezovta qilmas yoxud chekinmoqqa toqati va majoli yo‘q edi. Boshini kutardi. Atrofdan o‘tayotganlarga yordam umidida bokdi.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 21 Oktyabr 2007, 01:47:51
Shu orada oldidan o‘taetgan ochiq-sochiq xotin uni turtib, chetga itardi va yo‘lida davom etdi. Uch qadamcha yurib, yana qaytdi, sumkasidan hamyoninn olnb, undan kampirga pul uzatdi. Bu payt Husayin ham ularga uch-to‘rt qadamcha yaqinlashib qolgandi, Momo avval qo‘liga tushgan pulga, so‘ng uni bergan ayolga qaradi, pulni qaytardi:
— Tilanish uchun o‘tirganim yo‘q, charchadim, — dedi. Pokiza insonlarga yarashadigan muomala edi bu. Tilanadigan ahvolga tushmaguncha bu yo‘l bilan qorin to‘ydirishni munosib ko‘rmaslik doim ham uchraydigan fazilat emas. Bu pul olinsa ne bo‘lardi? Bergan ham, olgan ham zarar qilmasdi. Ammo «mendan muhtojroqlar bordir» deya zirqiragan vijdonga ne deymiz?
Ko‘cha boshlarida o‘tirib kelgan-ketganga qo‘l ochganlarni, kechgacha zshikma-eshik kezganlarni o‘iladi Husayin... Bu odamlar o‘rtahol hunarmand yoki do‘kondorni ortda qoldiradigan pulnn qo‘lga kiritishmoqda...Hatto bular orasida bozorma-bozor kezadiganlari ham bor. Bir necha kun burun bir baqqol bitta tilanchini dushanba kuni Majido‘zuda, seshanba kuni Singurluda, Chorshanba kuni Ko‘hna (So‘rgun)da, payshanba kuni Olachada, juma kuni Cho‘rumda ko‘rganini aytgandi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 21 Oktyabr 2007, 01:48:10
Bunday mablag‘ tikish talab qilinmaydigan «san’at»ni kim ham sevmaydi. Sarmoya yo‘q, soliq to‘lash yo‘q, «bo‘sh turgan qo‘lni Alloh sevmaydi», deya eshiqdan-eshikka sang‘ib, do‘kondan-do‘konga izg‘ir va bir-ikkita duoni ming‘nrlashdan iboratmi bu «san’at». Bunday tilanchilikning qanday qiyinchiligi bor?
Xo‘sh, toptalgan or-nomus, yo‘qotilgan odob va iffat tuyg‘usig‘a nima deysiz? Bularning hech qanday qadri yuqmi?
Yo‘q, aslo yo‘q!.. Uyatning ko‘chalariga allaqachonlardan buyon qadam bosmagan, «Xudo bersin!» —degan javobni eshitgach ham ketishni xayoliga keltirmagan, shilimshiq kabi yopishqoq, ko‘z ostiga olgan odamini zuluk kabi so‘rmagunicha ko‘ngillari joyiga tushmaganidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, yuqorida qayd etilgan tuyg‘ular ular uchun bir necha harflarning yig‘indisi — quruq so‘z, holos.
Ammo insonlikning asl mohiyatini anglaganlar uchun odob va iffat so‘zlarining ma’nolari dunyodan va dunyodagi barcha narsalardan benihoya qimmatlidir.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 21 Oktyabr 2007, 01:48:31
Mana, momoning berilgan sadaqani olmagan paytda his etgan ruhiy holati. Agarda bu pulni olsa, ikkinchi marta berilgan sadaqani olishi osonlashadi, bu esa uchinchisini olishga xohish uyg‘otadi va shu tariqa poyoniga yetishiga juda oz fursat qolgan umr tilanchilik bilan yakun topadi. Bu esa umr bo‘yi xayoliga ham keltirishni istamagan mudhish bir yakun.
Yalang‘och xotin bir soniya turdi, so‘ng yo‘lida davom etdi. Husayinning yonidan o‘tar ekan: «Bular odam bo‘lmaydi», deya g‘udranmoqda edi. Xusayin chidab turolmadi:
— Xonim afandi, odam bo‘lishlari uchun tilanchilik qilishlari kerakmi?
Xotin hayron bo‘lib, Husayin tomonga qayrildi:
— Bir nima dedingizmi?
— Odam bo‘lishlari uchun tilanchilik qilishlari kerakmi, degandim.
Xotin savolga «ha» deb javob berolmadi. Gapni cho‘zmaslik uchun bo‘lsa kerak, yo‘lida davom etdi. Husayin keksa xotinning yoniga kelib:
— Hola, istasangiz yordamlashay, savatingizni uyingizgacha olib borib beraqolay, — dedi.
Ayol boshini ko‘tardi. Qarshisida ochiq chehrali yigitcha turardi. Unga minnatdor nigoh tashladi:
Alloh sendan rozi bo‘lsin, bolam. Madorim butunlay quridi. Ozroq yordamlashib yuborsang, yana o‘zim olaman, — dedi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 21 Oktyabr 2007, 01:48:51

Savatdan qo‘lini olib, ikki tizzasiga tayandi. Butun kuchini qo‘llariga va tizzalariga to‘plab, kuchanib o‘rnidan turdi. Husayin savatni oldi. Juda og‘ir emasdi. Lekin kampirni bemalol charchata olardi. Birga mahalla oralab yurdilar. Kampir ora-sira «Alloh murodingga yetkazsin!», deb duolar qilib borardi. Lekin Husayin savatni duo uchun emas, dinning muhtojlarga yordam etish yo‘lida bergan amrini bajarish, insonlik vazifasini ado etish uchun ko‘tarib borardi, Albatta, uning duo etishiga ham qarshi emasdi. Yoshlikda Alloh rizosi uchun bir keksaga yordam bergan kishi, o‘zi keksayganda yordam beradigan yoshlarning topilishiga ishonardi.
Bu ayol o‘rnida o‘z onasi bo‘lganda, bu aziyatni u chekkanida nima qilardi? Uning shu ahvolda emasligiga shukr qilishning yagona yo‘li bu ayolga va u kabilarga yordam bermoqdir. Bundaylarni ko‘rib, o‘ziking ahvoliga shukr etib o‘tib ketmoq o‘ysizlik, beparvolik sanalishi kerak. Agar boylarning molida faqirlar uchun Alloh tarafidan belgilangan haq bo‘lsa — Husayin bu haqning borligiga ishonardi — xuddi shunday yosh va sog‘lomlarning kuch-quvvatida keksalar va ojiz-zaiflar uchun tayin etilgan haq ham bor. Bu yordam tan kuch-quvvatining zakotidir. Bu muruvvat va insonlik tuyg‘usining yuksak nuqtasidir.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 21 Oktyabr 2007, 01:49:39
— Uyim shu yerda, o‘g‘lim, Alloh sendan rozi bo‘lsin! Bu so‘z Husayinning xayolini bo‘ldi. Savatni eshik oldiga qo‘ydi. Eshikning turishi uyning xarobligidan xabar berardi.
— O’g‘lim, sening oting nima? Kimlardansan?
— Nima qilasiz, hola?
— Bir yo‘lim tushsa, uyingizga kirib, sendan ko‘rgan yaxshiligimni onangga aytardim.
— Shart emas, hola. Men onam eshitishi uchun emas, Alloh rizosi uchun yordamlashdim. Onamni xursand etishni istasangiz, haq yo‘ldan ayrilmasligi uchun duo qiling.
Husayin ketdi. Eshikdan ichkari kirgan momoning ko‘zlari yoshli edi. Bu yoshning sababi o‘zining kuchi yetganda boshqalarga yordam etolmaganlik pushaymonidan edi. Boshqa birov bu yeshlarning sababini yaxshnlik qilishni sevadigan bir insonni uchratganidan paydo bo‘lgan tuyg‘ular tufayli deb tushunishi mumkin. Hech tanimagan bnr bola yukini ko‘tarib keltirib bergani va o‘z nevarasidan bunday olijanoblik ko‘rmagani nazarga olinsa, insoniylikdan uzoq bo‘lgan nevaradan haqorat ko‘rishi, og‘ir so‘zlar eshitishi, katta ona o‘rniga «sassiq kampir!» deya baqirishi, o‘zining shu ahvoliga rozi bo‘lib shukr etishi hisobga olinsa, ikkinchi qarashni oldinga surganni haqli deyish ham bemalol mumkin.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 21 Oktyabr 2007, 09:20:13
Husayin keksa ayoldan ajrashgach, uyga keldi. Ko‘z oldida kechgan va ikki ayolning bahsi yaxshilik va yomonlik kurashiga o‘xshagan bu hodisani o‘ylamasdan bo‘lmasdi. Uyimda bir haftaga yetgulik yeguligim bor deb berganni olmaslik buyuk fazilatdan darak bo‘lsa kerak. Momoning o‘sha yuqori tabaqaga mansub kibor xotinni sharmanda va parishon qilishiga nima deysiz?! Bular bir zamonda yashagan ikki guruhga mansub ayollar timsoli. Bir tarafda erining ko‘z o‘ngida ochiq-sochiq holda ko‘cha kezgan va o‘zidan balandga egilib, zaifni surib o‘tadigan, amal-taqal qilib turmushga chiqib olgan hayosizlar; ikkinchi tarafda og‘zidagi nonni birovga ilingan, tizzasidagi yarani o‘z tug‘ishganiga qo‘rsatmoqdan or qilgan, uyalgan, nomusini boshiga ko‘targan, nomus uchun hayotini seva-seva fido qilishga tayyorlar...
Husayinning onasi ikkinchi guruhga mansub. Bu guruhning timsoli — munosib qobiliyatli, qiladigan ishini o‘ylab, mutlaqo Alloh rizosi uchun ado etadigan bir ona...
Bu yil o‘n oltiga kirgan Husayim, shu choqqacha tasodifan bo‘lsin, onasini boshi ochiq yoki yalang‘och holda ko‘rgani yo‘q.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 21 Oktyabr 2007, 09:23:03
Husayin onasiga shohidi bo‘lgan hodisani aytib bergach, so‘zini shunday tugatdi: «Mening onam, onajonim, bilsangiz, sizni shunday yaxshn ko‘ramanki... Mening yonimda go‘yo bir begona borday doim o‘ranib, yopinib yurasiz».
O’ranishimni «mendan chekinish» deb o‘ylaysanmi? Onalar o‘g‘illaridan chekinib o‘ranmaslar, men ham sendan chekinmasman. Seni nomahram sanasam, kimim qolur mening bu dunyoda?! Sen bo‘lmagan paytlarda, Odila va Samihaning yonida ham shu holda bo‘laman. Ular oldida ham boshim o‘rog‘liq yuraman, yolg‘iz qolganimda ham shu holdaman.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 21 Oktyabr 2007, 09:23:55

— U payt kimdan qochib, o‘ranasiz?
— Bil. O’zing bil kimdanligini!
Fotimaxonim Husayinga yoshligida dugonalariga bergan javobni aytdi. Shu qadar samimiy so‘zlagani o‘n yillardan keyin ham tasdiq bo‘ldi.
Husayin bu yil to‘rtinchi sinfda, o‘n kundan keyin keladigan jumaga xutba o‘qish uchun tayyorlanish topshirilganini aytgach:
— Qaysi mavzuni tanlasam, ona? — dedi.
— Hozirgina aytganlaring go‘zal mavzularku, o‘g‘lim? Bularning boshi moda. Moda haqida tayyorlan.
Haqiqatan go‘zal mavzu topilgandi.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 21 Oktyabr 2007, 09:25:29
* * *

O’n kundan so‘ng juma namozi uchun minoralardan taralgan azon sasi mo‘minlarning juma ekanini unutmasliklarini ta’min etarkan, uyning bir burchida, joynamoz ustida, butun borlig‘i bilan yaratganga yuzlanib, o‘g‘li o‘kiydigan hutbada yanglishmasligini, shu xutba sababli yo‘llaridan adashganlar yana haq yo‘lga va o‘zlariga kelishlarini duolar qilgan bir o‘gay ona bor edi. Yillar davomida, qat’iy iroda, tuganmas sabr va o‘gay emas, haqiqiy ona mehri bilan bag‘riga bosgan yetimini endi jon-jonidan va chin ko‘ngildan duo etardi. Oradan kechgan o‘n bir yil vaqt uni et bilan tirnokday bolalarga bog‘lab qo‘ydi, ularning o‘gayligini deyarli unutdi. Endi Alloh madadini tilagan gul yuzli farzandiga «menga oxiratda shafqatchi, shafoatchi bo‘ladi, degan ezgu umid bilan boqar,unga onalik muhabbati bilan bir navbatda alohida ma’naviy mehr ham ko‘ygandi.
Birozdan so‘ng o‘g‘lidan xabar kelishi kerak. Tongda har kungiday alohida bir hayajon bilan yo‘lga chiqararkan, ko‘lini o‘pgan bolasini:
Alloh madadkor bo‘lsin, gunohkor onangni ham duo qilishni unutma, o‘g‘lim... — deb kuzatdi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 21 Oktyabr 2007, 09:26:58
Jome’ liq to‘lgan. Odilbek o‘g‘lini ko‘rib hayajonlanmaslik uchun ustun orqasida yashiringanday bo‘lib o‘tiribdi. Bir zamonlar Erdolbekning so‘zlariga ishonib va aldanib Imom Xatib maktabiga berishni istamagan o‘g‘li to‘rt yillik tahsil mevasini ko‘rsatishi, otasi uni aynan shu maktabga bergani uchun mamnun etishi keraq
Juma quniga maxsus azon aytib bo‘linganda minbarda sekin oyoqqa turgan o‘g‘lini ko‘rishi bilan qo‘zlarida paydo bo‘lgan ikki tomchi yoshni artishni lozim topmadi.
Xalq shunday o‘n olti, o‘n yetti yoshlilar o‘qigan xutbaga odatlandi. Necha yilki, endi din ilmini unutay deganida bahor chechagiday yigitlarni tinglash zavqu hayajonini tota boshladi.
Xutbaning arabcha qismini yoddan o‘qigan va turkcha qismiga kelgan Husayinning ovozi sekin-sekin ko‘tarila boshladi. Ko‘zlaridan yoshlari sizilib, vnjdonlari oldida tillari qisiq, boshlari ham bo‘lganlarning boshlari ko‘ksilariga tag‘in ham enib borardi.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 21 Oktyabr 2007, 09:27:45

Turkcha qismini, siz hurmatli o‘quvchilar bilan birga tinglamoqni ravo ko‘rdik:
Muharam musulmonlar! Xutbamiz moda haqida. Bu millatni moda balosi mahv etgan. Moda atalmish bexosiyat odatlar keltirgan baloyu gunoh dunyo va oxiratda bizga yetib, ortib ham qolur. Oilamiz islom odatlari bilan idora etilgan, odamlarimiz Allohtsan ko‘rqan, millatimizga otalarimizning odatu an’analari hokim bo‘lgan zamonlarda rohatda ediq har sohada yo‘limiz ochiq edi. Bugun yo‘llarimiz emas, ayollarimiz ochiq. Islom odatlariga emas, ingliz, frantsuz va boshqalarning odatlariga, Rasulullohning amrlariga emas, Ovro‘podagi kimligi noma’lum, qandaydir axloqsizning xohishiga bo‘ysunamiz. Ayni o‘rinda Payg‘ambarimizning bir hadisi sharifini naql etish joiz. Marhamat qiladilarki: "œKim qaysi qavmga o‘xshasa, o‘shalardandir!»
Agar Rasulullohning amrlariga modaga ahamiyat berganimiz kabi munosabatda bo‘lganimizda edi, ko‘plab pokiza va haqiqiy musulmon kishilar yetishardi. Agar modaga ketgan isrof, faqiru fuqaroga xarjlansa, necha bag‘ri yaraga malham, qancha ko‘ngli yarimga xursandchilik bo‘lardi. Yilda bir necha bor o‘zguradigan modaga sarflangan xarajatlarning hisobi yo‘q, «Bu yil oq libos kiyiladi», deyildimi tamom... amr — amrdir. Kuchi yetgan-etmaganning ustida oq libos bo‘lishi shart. «Bu yil oyoq kiyimlarning tovoni bir qarich bo‘larmish, liboslarning etagi tizzasidan bir qarich yuqori chiqarmish, sochlar falon shaklga kirarmish», deyilganidan so‘ng past poshnali oyoq kiyim, etagi tizzani, oyoqni bekitadigan libos qidirib ko‘ring-chi. Modaga berilgani uchun o‘zini maymunday turli qo‘rinishga solgan qanchalab kishilarning aslida uyida yeyishga tuzuk-quruq taomi yo‘q...
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 21 Oktyabr 2007, 09:28:23
Lekin biz ularki emas, modani boshlab beradigan boylarni aybdor deb bilamiz. Ilgari vaqtlarda to‘yga keta turib faqirlar o‘ksinmasin deya ziynatlarini taqmagan, havaslanib, ko‘ngli tushmasin, og‘rinmasin, xarajatga qiynalmasin deb hashamdor kiyinmagan olijanob insonlar bo‘lgan ekan. Endi esa o‘zidan boshqani o‘ylamaydigan, barcha fazilati cho‘ntagidagi puldangina iborat bo‘lgan boylarimiz bor. Bugun har to‘y uchun alohida kiyim tiktirmasa uyaladigan, o‘n besh, yigirma bosh kiyimni kam deydigan ayollarimiz mavjud.
Butsdaylarga Rasulullohning qizida faqat bir bosh libosi bo‘lganini eslating. Bugun ustiga kiyishi uchun eng oddiy libosni topishga ham qiynaladigan, «bir muruvvat sohibini yo‘lla, yo Rab», deya ingrab, iltijo qilayotgan qancha ayollar borligini eslating. Insonlik sharafi va fazilati boylarning kim o‘zarga kiyinishi, bo‘ylashib, bahslashishida emas, balki ochlarni to‘ydirish, yalang‘ochlarni kiyintirishda ekannni tushuntiring. Modaga sarf etnlayotgan har tiyinning Alloh huzurida hisobi, javobi borligini aqllariga joylang.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 21 Oktyabr 2007, 09:28:49
Janoblar, hikoya demang.matal-cho‘pchak deb tinglamang, uyiga haftada go‘sht kirmagan, issiq sho‘rva ichmagan, to‘yib ovqatlanmaydigan qanchalab dindoshlarimiz bor... Biz qish kunlari issiq pech yonida iliqqina o‘tirar ekanmiz, quruq, sovuq qozonlariga ko‘zyoshlari tomgan birodarlarimiz qancha?! O’ylab ko‘rsak, din va axloqiy jihatdan bizdan ko‘p yuksak. Alloh huzurida bizdan sharafliroq qanchalab birodarlarimiz biz qorin to‘qligidan me’damiz bilan mashg‘ul paytlarimiz ochliqdan qiynalayotgan bo‘ladilar.
Muhtaram musulmonlar!
Bilamizki, shunday boylarimiz borki, kunda yuzlab lira foyda ko‘radilar, har kun go‘sht, yog‘ va asalga bo‘kadilar, tag‘in hech narsaga erishmaganidan, xuzur topmaganidan, bir millioni ikki millionga chiqmaganidan shikoyat qilishadi. Bundaylardan muruvvat kutmaymiz. Faqat boy xotinlarining tirnoq bo‘yog‘iga xarjlaganicha pul topish uchun eshikma-eshik yurib odamlarning kirlarini yuvishga majbur bo‘layotganlarni unutmaylik.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 21 Oktyabr 2007, 09:29:00
Ayrilishni istamaganimiz bu dunyodan yolg‘iz kafan bilan birga ayrilar ekanmiz, yonimizdan yaxshiliklarimiz, ibodatlarimizgina joy olishini, oxiratda bizga yeganlarimiz emas, yedirganlarimiz, kiyganlarimiz emas, kiydirganlarimiz foyda keltirishini unutmaylik.
Modomiki, el eshigida tilanchi emas ekanmiz, bunga shukrona o‘laroq, un, o‘tin topolmagan, holini birovga arz etolmaganlarni yo‘qlamasak, yordam bermasak, Allohning so‘roqlariga qanday javob beramiz? Ertaga, qilgan isroflarimizning gunohlari qarshisida ter to‘kib, pushaymon bo‘lmasdan burun o‘zimizga kelaylik, bu xil qashshoqlikning va isrofgarchilikning oldini olaylik.
Husayin xutbasini bitirganda, kishilarning ko‘nglida uyg‘ongan to‘lqinlanish, yuraklarni to‘ldirgan hayajon tuyg‘ulari bu xutbaning odamlarga juda yoqqanidan darak berardi. Ammo xutba tinglovchilarga yoqish uchungina emas, xalqqa ta’sir etish, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun o‘qildi. Shu sababli xutbaning ta’sirini o‘sha kungi tilga tushish, Odilbekni do‘koniga kelib tabriklab ketgan xesh, do‘stu aqraboning e’tibori bilangina o‘lchamoq to‘g‘ri bo‘lmasa kerak.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 21 Oktyabr 2007, 09:29:21
Bundan keyin yonida yarim yalang‘och qizini yoki nabirasini tartnbga chaqiradiganlar bo‘ldimi yoki bo‘ladimi? Xotinini bezatilgan molday yotoq kiyimida namoyishga chiqargan erkaklar bu kimlarga taqlid ekanini tushunib, tushuntiradimi? Bu chirkin harakatlarga barham beriladimi? Yuzlaridagi or va nomus hissini chaplangan bo‘yoqlar hamda upa-eliklar yo‘q qilib yubormaydimi? Davron yana eski davronligicha qolaaersa, u Kun uchun ko‘zlardan tomgan ikki tomchi yosh bilan ikki tomchi suvning farqi qolarmikin?
Jome’ning imomi uni tabrikladi, bir oqsoqol nuro-iy chol quchoqlab, ko‘zlaridan o‘pdi. Jome’dan chiqarkan Husayinning oyoq kiyimini qo‘yarda-qo‘ymay to‘g‘rilagan o‘n sakkiz yoshli yigitning samimiyati-chi?!
— Men o‘qiyolmadim, hech bo‘lmasa bitta o‘qiganning oyoq kiyimini to‘g‘rilash savobidan mahrum bo‘lishni istamayman.
Bu o‘spirinni Husayin tanimaydi. Ammo Fotimaxonim uni uzoqdan bo‘lsa-da ko‘rganda edi, Ismoilning yosh chehrasi, g‘amgan nigohi uning ko‘z o‘ngida namoyon bo‘lardi. Ha, bu yosh yigit o‘sha Ismoil edi. Qarshisidagi o‘zidan ikki yosh kichik Husayin bir zamonlar har yegan tayog‘idan so‘ng ko‘zlarini silab artgan Fotima opasining o‘gay o‘g‘li ekanini bilarmikan? Husayin bu samimiy, azamat yigitga ham o‘z onasi Fotimaxonim mehr-shafqat ko‘rsatganini seza olarmikan? Hatto, Fotimaxonimdan ko‘rgan mehriga shu yigit sabab bo‘lganini kashf etishga imkon bormikin?
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 21 Oktyabr 2007, 09:33:42
* * *

Otasi Ismoilni qabristondan topgan kundan e’tiboran uning hayoti yaxshilanishga yuz tuta boshladi, ammo bu bir yilgina — otasining vafotiga qadar davom etdi. Otasi ham onasiday bir uyum tuproqqa aylandi. Sanihaxonim, Ismoil va Salima qoldilar. Uyni idora etish mutlaq Sanihaxonimning hokimiyatiga o‘tdi.
Ismoil otasi topshirgan boshlang‘ich maktabni amallab tugatgan bo‘lsa-da, ota-onali bolalar uchun butunlay yot bo‘lgan qiyinchiliklarga duch keldi. Bitta daftar uchun ham Sanihaxonimdan pul olishni istamaganidan Chorsuda teshikkulcha sotdi, bozordan qaytayotganlarning yuklarini uylarigacha eltib berdi. Shunday yo‘llar bilan tirikchilik qilishga kirishdi.
Maktabda har kun istaganini olib yeydigan boy bolalarining yonida ularday ovqatlanolmas, lekin uzun iztirobli hayot tajribasi o‘zini to‘q ko‘rsatishga majbur etishi shunga o‘xshash turmush kechirganlarga ma’lum.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 21 Oktyabr 2007, 09:34:10
Tanaffuslarda o‘ynab-kulayogan sinfdoshlari orasidan sekin sirg‘alib bir chetga chiqib, mahzuillgini ko‘rsatmaslik uchun ularni tomosha qilganday bo‘lar, aslida onasining qabri tomondan esayotgan shamoldan ko‘ksini to‘ldirib nafas olar, ko‘zlari yoshlanardi. Bu holni ko‘rganlar nechun ko‘zi yoshli ekanini, o‘yinlarga qatnashmayotganini so‘rashardi. Ismoilning ko‘ziga shamol tufayli tuproq kirganmish, shu sababli yoshlanibdi. Balki ko‘rib chiqarish mumkindir». Ayni maqsaddauning ko‘zlariga sinchiklab qaragan sinfdoshi qanchalik tikilmasin, ko‘zida changdan nishon ko‘rmasdi.
Ba’zan uni doim tomosha qilayotgan holda ko‘rgan sinfdoshlari nechun o‘ynamayotganini bilishni istardilar. Javob oddiy: «tomosha qilishni yaxshi ko‘raman, o‘ynamoqni xushlamayman». Ba’zan bir jo‘rasi uni ko‘lidan tutib bog‘chaning boshqa tarafiga olib o‘tardi. Buni qasddan qilmasdi. Shunchaki, aylanish uchun... Lekin Ismoilning bir pasda bog‘ning avvalgi, o‘zi turgan tarafiga o‘tib qolganini bilmay qolardi. Qabriston tarafda laydo bo‘lgan bulutlar unga g‘alati zavq bag‘ishlar, lekin u bu g‘arib zavq tabiatini tushunolmasdi. Maktabdan qaytarkan, har kuni bo‘lmasa-da, g‘amgin qunlarida «qabriston tomondan Chorsuga borish kulayroq ekan», deya aylanib ketgan bu boladagi nozik tuyg‘ularni anglaydigan bormidi? Tashqaridan yuzaki qaraganlarga ko‘lida sumka ko‘tarib maktabdan chiqqan, Tim tagidan o‘tib ketayotgan bir bola. Lekin u qabriston eshigiga yaqinlashishi bilan tomog‘iga tugilgan achchiq tuyg‘ularni, egik boshini, mushtdek, balki g‘unchadek yuragida qo‘zg‘algan hayajon to‘lqinlariyu toshqinlarni va shularning barchasi bir bo‘lib ko‘ksidan ko‘tarilib kelayotgan yig‘ini bosish uchun tishini tishiga ko‘yib turishlarini anglaydigan kimsa bormi?
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 21 Oktyabr 2007, 09:34:40
Uning bu holini ko‘rguvchi, bnlguvchi yolg‘iz bir Borliq bor... Har kimning holini bilguvchi, hatto kimsaning o‘zi uchun-da maxfiy bo‘lgan har narsadan xabardor Allohdir. O’zini bu holda ko‘rsa, nimalarnidir sezadigan, uning dardiga hamdard bir inson bor yorug‘ dunyoda... Bu inson shu onda nimalar qilayotgan ekan, o‘zi qay holda ekan? Xabari yo‘q. Oradan shuncha yillar o‘tdi, balki u ham unutgandir? Yoki ko‘rsa tanirmikin? Buni bilmaydi. Lekin Chorsuda, bozorda kezarkan har ayolga e’tibor berar, uni axtarar, qaysi mahallada, qay uyda ekanini bilishni istardi.
Bir kun teshikkulcha sotayotib bir deraza pardasi ortddan ko‘zga chalingan bir bosh uning aqlini shoshirar darajada sevintirdi. O’sha kundan so‘ng boshidagi teshik-kulcha solingan taxta bilan ko‘chadan o‘tayotgan yuz-qo‘li kir kulchachining boshqa sayyoh sotuvchilar kabi baqirib-chaqirmasligi Fotimaxonimning diqqatini nega tortmadi? Eshik oldida o‘ynab yurgan Odilaga teshikkulcha uzatganda olmadi. Balki bu onasi bergan tarbiya sababli, balki sotuvchining yuz-ko‘li qoraligi tufaylidir.
Ismoil nechun o‘zini tanitishni istamadi, aksincha, yuz-ko‘zini tanimas holga solib, o‘sha ko‘chadan o‘tishni afzal ko‘rdi? Buning sababi undagi g‘ariblik, yolg‘izlik tuyg‘usidir. Balki Fotimaxonimdan avvalgi mehrni ko‘rmas... Bu uniumidsiz holga boshlardi. Balki tanisa ichkariga taklif etar, balki kirishini boshqalar istamas va u ham tez-tez kelishdan uyalar?! Holbuki, tanimasdan kelib-ketgan bu ko‘chada unga ahamiyat bergan yo‘q. Yuz-ko‘li kir bir kulchachi... Ha kelibdi, ha ketibdi, Kimning nima ishi bor?!
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 21 Oktyabr 2007, 09:36:16
Uning irkitligini ko‘rganlar kulcha yeyish maqsadidan darhol voz kechardilar. Uning esa parvoyi falak. Zotan, u bu taraflarga teshikkulcha sotgani kelayotgani yo‘q-ku... Uning yagona muddaosi deraza oldida o‘tirishini Xudodan yolvorgan bir kimsasining oldidan o‘tib, unga uzoqdan, ikki lahza bo‘lsin boqmoq, unga yaqinlashgach esa bosh egib sekin-sekin uzoqlashmoqdir.
Uning eshigi oldida uymalashishga jasorati yo‘q. Go‘yo tanib, chaqirib qoladiganday. Uning eshigi oldida boshqa ko‘chalarda baqirgani kabi baqirish yo‘q. Balki ovozini bir necha yil oldingi Ismoilning tovushiga o‘xshatib yuborar. Ammo qayg‘uga cho‘mgan kechalari chiqib shundoq qabriston eshigigacha va o‘sha ko‘chagacha kelish, bu kimsasiz ko‘chada kezish, Fotimaxonim bosgan izlardan yurish, Fotimaxonimning oyog‘i tekkan ostona yonida turish, uyquga ketganida uyi oldida qorovullik qilish hollari yo‘q emas edi. Bunga kim nima derdi?! Bormi bunga monelik qilguvchi?!
Bir kun shu ko‘chadan o‘tayotganda o‘zidan kichikroq bir bola tirg‘aldi. Fotimaxonimning qo‘shnisi bo‘lgani uchun uni avf etdi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 01:51:25
Odilbekning do‘konini bilib oldi. Ko‘p vaqt u yerda «balki uyiga biror narsa berib yuborar», degan umidda aylanib yuradigan bo‘ldi. Keyin Fotimaxonim tanib qolishini o‘ylab bu fikrdan voz kechdi. Boshlang‘ich maktabni sinfda qolmasdan bitirdi. Ammo tirikchilik to‘rlariga bandi etilganidan bundan buyog‘nga o‘qiyolmasdi. Zero, o‘qishni davom ettirish uchun faqat istakning o‘zigina kifoya qilmasdi. Bunnng imkoni yo‘q edi. Na ota-onasi tiriladi, na Sanihaxonim tushunadi. Tushunsa ham o‘qitishni xohlashi gumon edi, Teshikkulcha bilan qorin to‘ydirib bo‘lmaydi, shuning uchun boshqa bir ish qilish kerak degan o‘yda edi.
Bir kosib qarindoshiga shogird tushdi, Uydagi ahvoli bilan solishtirganda, shogirdlik unga unchalik og‘irlik qilmasdi. U yerdan tegadigan bir necha tiyin uning uchun muhim emas. Kasbni yaxshiroq o‘rganish uchun jon holatda tirishar, Sanihaxonimning osilgan qovog‘i, tund vajohatidan kutuladigan kunlarini xayol etib ishga kirishardi. Ustozi namoz o‘qshasa tayoq yeyishini, ish uchun urmasa ham namoz uchun urishini avvaldan ogohlantirgani sababli ibodatni kanda qilmas, ularda ota-onasini duo qilishni unutmasdi. Bu duolar ularga foyda keltirishini, onasining ruhi dunyoda qoldirgan yetimidan borgan hadya bilan sevinishini o‘ylab, bir oz bo‘lsada ko‘ngli rohatlanar edi. Ba’zan orttirgan bir necha chaqasi bilan bir faqirning ko‘nglini olmoqqa chiqar, ota-onasi uchun duo qilishini so‘rardi.
Kunlar shunday o‘tardi. Jome’da Husayinning xutbasini eshitib iztirob cheqdi, havas qildi. Shunday bo‘lmoqni qanchalar istagandi. Balki Fotimaxonimday bir onasi bo‘lganda ana shu xutba o‘qigan o‘zi bo‘lishi ham mumkin edi. Jamoat chiqkuncha kutdi. Husayin oyoq kiyimini olmoqchi bo‘lganda Ismoil avvalroq harakat qilib, to‘g‘rilab qo‘ydi. Bu oyoq kiyimlarga Fotima onasining ham qo‘llari tekkan bo‘lishi mumkin. Zotan, uning o‘g‘li bo‘lishining o‘zi yetarli edi. Unga qilingan xizmat, Fotimaxonimga qilingan xizmat demakdir.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 01:52:07
* * *

Bolasiga yetarlicha mol-mulk qoldirgan, katta boylik to‘plagan ota o‘zi yaratishga mas’ul bo‘lgan kelajakni ta’minlagan sanaladimi?
Insonning ruh va badandan paydo bo‘lgan bir mavjudot ekanlngini qabul qilgan, uning faqat oddiy bir moddiy borliq emasligini tan olganlar bu savolga ha deb javob berishlari mumkin emas. Oqshom tushgach, hisobsiz mol-mulk ustida boyo‘g‘lidek tunaganlar bunga misoldir. Ammo bolasini qoldirgan moliga, undan ham muhimrog‘i shaxsiga, nafsiga hokim bo‘ladigan odob-axloqqa o‘rgatganlarga e’tiroz yo‘q. Bular zurriyotlari istiqbolini ta’minlash yo‘lida ilk qadam tashlaganlar, ularni borishlari zarur mo‘ljal, manzil sari yo‘llaganlar.
Farzandiga taom yeyish odobini o‘rgatish o‘rniga ovqatni o‘zi yedirib qo‘ygan, velosiped haydashni o‘rgatish uchun go‘dagini velosipedga mindirib qiyaliqdan pastga qo‘yib yuborgan otaning harakatlari qanchalik xato bo‘lsa, mulkni boshqarishni bilmagan bolasini boyligaga boshliq qilib qo‘yish ham shunchalik xatodir. To‘g‘ri, bola yiqilib-turib velosiped minishni o‘rganar, ammo u o‘rgangunicha velosipedning mingulik holi qolmaydi. Otasi qoldirgan boylikdan boshqa hech narsaga ega bo‘lmaganlar xushlarini boshlariga to‘plashlari, qo‘llaridagini sochib-sovurmasliklari uchun yana bir boylikka extiyojmandlarki, bu boylik osongnna qo‘lga kirmaydi. Bu: «Yana kelin bo‘lsam, ro‘zg‘or tutishni o‘rganardim», — deb ikkinchi marta kelin bo‘lishga ko‘z tutgan tul xotinning holatini eslatadi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 01:53:25

Otaning farzandiga qoldirishi mumkin bo‘lgan eng go‘zal, qimmatli merosi odob va tarbiyadir. Bu haqiqatni bilganlar, bolalarini urish o‘rniga adab xivichi bilan tartibga chaqirishadi, intizomga keltiradilar.
Fotimaxonim Husayin, Odila va Samihaga nima bera olishi mumkin? Otasidan qoladigan katta boyliknimi? Yo‘q. Undana otasidan qoladigan boylikka, na bunday boylikning insonga saodat keltirishiga ishonchi bor. Agar boylik saodat deyilsa, faqirlardan badbaxtroq kimsalar bo‘lmasdi. Fotimaxonim ertaga ularni jamiyat oldida va Yaratgan huzurida uyalmaydigan darajada tarbiyalab yegashtirsa, eng qimmatli merosni qoldirgan bo‘ladi. Jamiyat avlodiga, farzandiga mol-mulq boylik qoldirganlarni muborakbod etmaydi. Lekin ularni odob-axloqsiz, vijdonsiz qilib yetishtirsa, tanqid va tahqir etadi.
Fotimaxonim shunisiga ishonadi. Ishongani uchun o‘g‘lini haqiqiy o‘g‘il bola, haqiqiy farzand, qizlarini ota-onasiga gap tekkizmaydigan tarzda o‘stirish, tarbiyalash yo‘lidan boradi. Bu oson yo‘l emas. Aks holda, hammaning bolasi ham haqiqiy farzand bo‘lib yetishardi. Hamma ham qoshiq yasay oladi, ammo faqat ustasigina uning sopini qoq o‘rtasidan chiqarishga qodir.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 01:53:58
Barcha ayollar ham Fotimaxonim kabi farzand tarbiyalashning, uni iftixor qilingudek bir tarbiyaga sohib qila olishning lozimligiga ishonmaydi. Bir ona bolasi och qolsa kasallanishi va oxir-oqibat nobud bo‘lishiga ishonadi. Shu ishonch tufayli har kech, har saxar uyqudan qolib unga ko‘krak tutadi. Issiq to‘shagini tark ettiradigan, uyqudan ko‘z ocholmaydigan, uyqudan totli narsa bo‘lmagan paytlarda ko‘z ochdiradigan bir tuyg‘u va ishonch bor — bu shafqat, «agar emizmasam bolam qiynaladi», degan ishonch. Bu his, shu tuyg‘u onani issiqni-issiq, sovuqni-sovuq demasdan bola xizmatiga yo‘llaydi. Fotimaxonimning fikricha, beshikdagi bola sutga qanday ehtiyojmand bo‘lsa, beshikdan turgach tarbiyaga ham shunday ehtiyoji bordir.
Tarbiya hech kimga hech qachon zarar keltirmaydi. Kesilgan daraxt mehmonxonaga kiritilmaydi.
U daraxt maxsus dastgohlarda qayta ishlanib, jihoz shaklida mehmonxonaga kirishi mumkin. Tarbiya hatto hayvonga ta’sir ko‘rsatar ekan, nechun u insonni farishtaga yaqinlashtirib, ulardan ham yuksak maqomlarga ko‘tarmasin?!
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 01:54:16
Fotimaxonim tarbiyaning ahamiyatiga qisqacha shunday izoh beradi. Shuning uchun bolalarining dars tayyorlashidan tortib, to yaxshi axloq sohiblari bo‘lgunga qadar qo‘lidan kelganicha g‘ayrat qilishiga shubha yo‘q. Masalan, Husayin «tayyorlaydigan darsim qolmadi», deb o‘yinga berilganda shunday derdi:
— Otang do‘konni ochib, uch soat ishlab keyin yopib, aylanib yursa, bo‘ladimi?
— Ona, do‘kon ham yopiladimi?
— Nega yopilmas ekan?! Axir uch soat ichida o‘sha kun tirikchiligiga yetgulik pul ishlash mumknn.
— Mumkin, ammo bu bilan ish bitmaydi. Ertaga chiqadigan qo‘shimcha ehtiyojlar yoxud dam olish kunlaridagi xarajatlar uchun ham ishlash kerak-ku.
Barakalla, sen ham ertaga bir musulmon muhtoj bo‘ladigan bilimga hozirdan tayyorlan. Bir musulmon uchun bugunga qadar olgan bilimlaring yetib-etmasligini o‘ylab ko‘r. Bilim insonga foydadan boshqa narsa emas. O’g‘lim, o‘ynamoq har kimning qo‘lidan keladi, ammo o‘tirib Allohning qullariga Allohga eltguvchi yulni ko‘rsatish niyati bilan harakat qilmoq har kim bajara oladigan ish emas. Inson qancha harakat qilsa, barakati ham shuncha, — deb Husayinni dars tayyorlashga o‘tqizardi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 01:55:13
Boshqa kun do‘konlardagi shogirdlarni misol keltiradi. Ularning ertadan-kechgacha tinmasliklarini, hatto ba’zan ovqatlanishga ham vaqt topolmasliklarini, ularning ham onalarining jondek bolasi ekanini, undan ortiq, yo kam joyi yo‘qligini aytib, ular qanday harakat qilsalar, talaba ham shunday qilishi kerakligini uqdiradi.
Husayin onasining tashviqi bilan darslarni sinfdoshlariga qaraganda yaxshiroq o‘zlashtirdi. Maktab darslari tugashi bilan maslagiga aloqador kitoblar o‘qir, ba’zi narsalarni daftariga qayd etib qo‘yar, onasi aytganiday bundan doim foydalanardi. Ba’zan bir sinfdoshi darsga emas, maslagiga aloqador savol berib sinfdoshlari javob berolmasa, bilganlarini aytar yoki shu savolga daxldor kitoblarni tavsiya qilardi. Boshqa o‘rtoqlari kabi dars tugar-tugamas o‘yinga chopmas, o‘qir, darsda javob berish uchun emas, Alloh rizosi uchun, Alloh qullariga yordamchi bo‘layin deb o‘qirdi. Uyining supurib-sidirilishini Alloh rizosiga bog‘lagan, bundan daftariga savob bitilishini umid qilgan samimiy onaning o‘g‘li bo‘lish shuni taqozo etmaydimi? Bir kun onasidan so‘radi:
— Ona, uy supurish ham Alloh rizosiga bog‘liqmi? Hamma narsa Alloh rizosi bilan izohlanadimi?
— O’g‘lim, Alloh pokiza bo‘lganlarni sevadi. Tozalikni amr etganini tushunib, uyni supurish nega uning rizoligiga sabab bo‘lmasin?! — deb javob berdi va Husayin qanoatlandi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 01:55:58
* * *

Fotimaxonimning Samiha va Odilaga munosabatini: biri haqiqiy, biri o‘gay bo‘lgan, faqat har ikkisi ham o‘zini haqiqiy hisoblagan ikki opa-singil va bir ona deb tasvirlash mumkin. Ular hamma bolalardan farq qilishmasdi va Fotimaxonim ham ba’zan yaxshi, ba’zan talabchan bo‘lardi. Bolalari orasida raqobat paydo bo‘lmasligi uchun qilni qirq yorgandek noziklik va ehtiyotkorlik bilan adolatli muomala yuritardi. Bu adolatli muomala tufayli hech birining xayoliga «onam meni boshqalardan kamroq yoki ziyodaroq yaxshi ko‘radi», — degan o‘y kelmaydi. Agar kimningdir qalbida shubha tug‘ilsa, bunga sabab Odilaning ko‘zlari boshqacharoq, Samihaning ko‘zlari esa Fotimaxonimning ko‘zlariga o‘xshashligi bo‘lishi mumkin, holos. Ularning maktabga borib-kelishlari ham Husayinga o‘xshash tartib-intizom ichida kechdi. Sinfdoshlariga o‘rnak bo‘ladigan toza qiyofada o‘qishlarini davom etgirdilar.
Bu uyda ikki qizdan biriga olingan kiyimdan boshqasiniki aslo ortiq yoki kam bo‘lmasligiga qattiq e’tibor qilinardi, hech qachon «Samiha kichikroq-ku, unga mana buni olaqolaylik», — deganga o‘xshash ayirmachiliklarga yo‘l qo‘yilmasdi. Hatto Fotimaxonim qizlariga ko‘ylak tikishni bir kunda boshlab, bir kunda tugatardi. Hech qachon oldin birini bitirib, so‘ng ikkinchisini boshlamasdi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 01:56:22
Bu uyda kiyimlari bir xil bo‘lgan opa-singil bor. Opa-singilning ahil yashashlari uchun har qanday sharoit mavjud, aksiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan narsa esa yo‘q.
Agar Fotimaxonimdek onalari bo‘lmaganda ular shu qadar osonlik bilan ahil yashay olarmidilar? Fotimaxonimdan boshqasi uydagi o‘gaylik masalasini shu xilda bildirmasdan hal etishi mumkinmidi?
Fotimaxonimni hamma qatori oddiy bir banda, uning ishlari ham bir inson qiladigan ish, deb qaralsa, boshqa har qanday ayol ham aqlini ishlatib, irodasiga hokim bo‘lib, Alloh roziligi yo‘lida uningdek bo‘la olishiga shubha bormi? Inson vijdonsiz bo‘la olganideq agar xohlasa vijdonli ham bo‘lishi mumkin. Yomon ish qilganidek, yaxshi ish bajarishi ham mumkin. Irodasiga qul bo‘lganidek, hokim ham bo‘la oladi. Qisqasi, bir o‘gay onaning yetimlarga yomonlik qilganchalik yaxshilik qilishga ham kuchi yetadi. Yaxshi o‘gay ona bo‘lish uchun na osmondan tushishning, na zamzamda yuvinishning hojati bor. Ammo biron ayol ahdidan ko‘ra hislariga tobe bo‘lsa, vijdon azobiga tushiradigan gunoh qilishini hisobga olmaydi.
O’z farzandini kechirgan ona, yetim bolasini avf etishga qodir emasmi? Farzandini bag‘riga bosgan ayol onaligini isbot etsa, yetimni bag‘riga bosgan ona iksonligini isbot etgan bo‘lur. Onalik yuksak tushuncha. Xuddi uning kabi yaratilish paytidayoq fe’liga singdirnlgan marhamat hisobiga u bilan onalik martabasida teng mavqeda turuvchi sanoqsiz maxluqotu mavjudotlar bor, Yetimni bag‘riga bosish esa ulardan farqimizni — insonlikni isbotlash demakdir. Bu martabada insonga tenglashadigan boshqa mavjudot yo‘q.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 01:56:41
Hatto farishtalar undan pastda, ta’zim etgan holdadirlar. Yaratilganlarning eng sharaflisi insondir. Insondan boshqa barcha maxluqlar ham o‘z bolasini bag‘riga bosishda insonga tenglashishi mumkin. Lekin o‘z bolasidan boshqasini shafqat va marhamat bilan kucha olish faqat nnsonga xosdir. Har qanday ayol ona bo‘lishi mumkin, ammo ularning hammasi ham yaxshi o‘gay ona bo‘lolmaydi. Chunki baland tog‘ning eng yuksak cho‘qqisiga chiqish hammaning ham qo‘lidan keladigan ish emas. Ona o‘g‘il-qizidan hurmat ko‘rishi tabiiy, u bunga haqlidir. Yaxshi o‘gay onani hurmat qilish esa uni bilgan har bir kishining vazifasidir. Onalik shafqati insondagi ochlik, chanqashga o‘xshash tabiiy hol. Bolasiga shafqatsiz hayvon ham deyarli yo‘q. O’gay onalik esa irodani ishlatish natijasidir. Axloq 6u irodani yaxshi va yomon tomonga qo‘llash uchun xizmat qiladi. Ayol faqat ona bo‘lganligi uchun jannatga kirishiga aql bovar qilmaydi. Qanday ona bo‘lganiga qarab va, ayniqsa, yetimni o‘z bolasiday ko‘rgani uchun jannatda payg‘ambarlar bilan bir qo‘lning yonma-yon ikki barmog‘ichalik yaqinlikda qo‘shni bo‘lishi haqida esa mujdalar bor. Fotimaxonim Samihaga nisbatan qanday ona bo‘lsa, Husayin va Odilaga nisbatan ham shunday ona ekanini va inson ekanini isbot qilaolgan. O’n to‘qqiz yoshidagi qarorida qat’iy turdi, yillar davomida qiyinchiliklarga qarshi jasorat ko‘rsatdi. Uning uchun bu bolalarga yaxshi muomala qilish oson, aksincha, yomon muomalada bo‘lish qiyin. Uning fikricha, oqibatda yaxshilik keltiruvchi qiyinchilik zahmat sanalmaydi. Bu dunyoda xayrli ishlar uchun chekilgan barcha zahmatlar so‘nggi nafas bilan barham topadi. Yetimlarga soya bo‘lganlar u Kun soyada bo‘ladilar. Yetimlar soya bo‘ladilar. Onalarining najotlariga sabab bo‘ladilar. Fotimaxonim izlagan narsa mana shudir.
Husayin Imom Xatib maktabini yetti sinfini yaxshi bitirdi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 01:57:15
Bir kun Fotimaxonim Xusayinni yoniga o‘tqizdi. Uning nima to‘g‘risidadir maxsus gaplashmoqchi ekanligi yaqqol sezilib turardi. Odila va Samiha bog‘da edi.
— O’g‘lim, bugun sen bilan Odila va Samixa eshitishini istamaganim bir masalani gaplashamiz.
— Gaplashaylik ona, marhamat.
Fotimaxonim dona-dona qilib so‘z boshladi:
— Bu yil o‘n to‘qqizga kirayapsan, o‘g‘lim. Bolaliging ortda qoldi. Endi azamat bir yigit bo‘lding. Past-balandni o‘rganding, yaxshini yomondan ajratadigan bo‘lding. Endi bir haqiqatni bilishingni istayman. Yillar davomida bu haqiqatni sendan, Odiladan va Samihadan maxfiy tutdim, yashirib keldim. Menimcha, bunday qilinishida foyda bor edi. Bugun esa bu haqqatning ochilishida foyda bor deb uylayman va shuning uchun ham aytmoqchiman.
Husayin tashvishlanib tinglardi. Fotimaxonim davom etdi:
Bundan ancha yillar avval bo‘lib o‘tgan ikki hrdisani eslaysanmi, yo‘qmi, bilmadim. Bir kuni: Bir ayol menga yetimligimni, onamning oti Xayriya ekanligini aytdi», — deganding. Undan ko‘zing mening ko‘zimga o‘xshamasligini eshitgan ekansan. O’sha kun otangdan mening ikkinchn ismim Xayriya ekanini bilganding va masala hal bo‘lgandi. Bir gal: «Samihaning ko‘zlari boshqacha, biznikiga o‘xshamaydi», — deganingda, men senga otangning sochlarining bir qismi qora, bir qismi oqligini ko‘rsatgandim. Bularni eslaysanmi?
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 01:58:07
— Biroz eslaganday bo‘lyapman, ona.
— Eslayolmasliging ham mumkin. Ammo bilishing lozim bo‘lgani shulki, o‘sha ayoldan eshitganing, har qun holam deb haqqiga duo qilganing Xayriyaxonim sening va Odilaning haqiqiy, o‘zingizningonalaringizdir. Vafot etganiga o‘n to‘rt yilga yaqin vaqt o‘tdi. Men esa sizning o‘gay onangizman, bolam.
Xusayin g‘alati bo‘lib ketdi. Ko‘z o‘ngida yuz-ko‘zi o‘zinikiga o‘xshash ayol paydo bo‘lganday bo‘ldi. Faqat boshlang‘ich maktabdagi snnfdoshi yetim Yilmaz xayolida undan aniqroq gavdalandi. Demak, o‘zi ham unga o‘xshash. Lekin uning yetimligi bilan o‘zining yetimligi orasida qanday bog‘liqlik bo‘lishi mumkin? Farq esa yer bilan osmoncha. Aytgani ikki bo‘lgani yo‘q. Yilmaz chekkan jafolar esa, eh-he... Nimasi o‘xshash buning?! Uning onasidagi insoniylikdan uzoq fe’l bilan o‘z onasining farishtalarga yaqin sifatlari orasida tog‘larcha masofa bor.
— Ona, hazillashmayapsizmi?
Nega xazillashay, o‘g‘lim?!
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 01:58:28

— Ammo, bizning nimamiz yetimga o‘xshaydi? Samihaning nimasi o‘zingiznikiyu, bizning qaerimiz o‘gay?! O’gay bo‘lsak shuncha vaqtdan beri bilinmasmidi?! Sizning ismingizXayriya emasmi?
— Mening asosiy ismim Xayriya emas, o‘g‘lim. Bu uyga kelgach, onangni Xayriya ekanini eshitsang, hayronu xafa bo‘lmagin deb o‘zimga Xayriya degan ikkinchi ismni oldim. Sizning o‘gaylarday o‘smaganligingizga kelsak, otangga turmushga chiqishimning asosiy sababi sizning yetimga o‘xshamasligingizni, yaxshi unib-ulg‘ayishingizni ta’minlash edi. Yillar davomida sizni o‘z zurriyotim sifatida bag‘rimga bosish, sizga yetimliklaringizni sezdirmaslik uchun ko‘limdan kelganini qildim. Agar o‘zim bexabar qusurlarim bo‘lsa, Alloh kechirsin, sen ham menga buni anglashim uchun yordam ber, qo‘zichog‘im.
Husayinning qo‘zlari yoshlandi, Bu onaning o‘gay emas, o‘z onasi bo‘lishini shu qadar istardiki...
Endi nima bo‘ladi, ona? Bundan keyin biz o‘gay bo‘lamizmi?
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 01:58:54
— Nega o‘gay bo‘lasizlar, o‘g‘lim? Bugungacha sen o‘zimning o‘g‘lim eding, bundan buyog‘iga ham shunday bo‘ladi. Odila bugunga qadar o‘z qizim edi, qizim bo‘lib qolaveradi. Bugun ushbu sirni xaqiqiy onasini tanisin va uning haqqiga duo kdlsin deb ochdim. Butungacha ushbu vazifani men bajarib keldim. Uning haqiga har kun tilovat qildim, duo o‘qndim. Istagim, bugundan boshlab sen ham shunday qilsang.
Fotimaxonim bir-ikki lahza nafas rostlab, yana davom etdi:
Bugunga qadar buni bilishingizdan biron-bir foyda yo‘q edi. Bo‘yni egik, ko‘ngli siniq bir yetim sifatida ulg‘ayar edingiz. Balki meni ona deb atamasmidingiz?! Xullas, bundan yutqizadigan faqat siz edingiz. Shu sababdan bugunga qadar bu sirni sizlarga ochmagandim. Odila yana bir necha Yil bu sirdan voqif bo‘lmay turgani ma’qul. Sen ham bu hakda unga hech nima demay tur! Hozircha buning payti emas. Uning bilishidan hech qanday foyda yo‘q. Mana, senga so‘zlashni xohlaganlarim shulardan iborat, o‘g‘lim. Onangni tani va unnng uchun tilovat qil.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 01:59:14
Xusayin ta’rif etish mushkul bir ahvolda qoldi. Demak, qarshisidagi yillar bo‘yi o‘zlarini gul kabi yetishtirgan, balki istalgan bir haqiqiy onadan ko‘ra ancha-muncha ko‘proq mehr ko‘rsatgan bu xotin o‘gay edi. Aqlini taniganidan beri yashab o‘tgan hayotini ko‘z oldida jonlantirdi. Masalan: Samihaning Odiladan farqli tutilgan biron hodisani eslamoqchi bo‘ldi. Muomalalardan biron-bir belgi axtardi, faqat bular hech bir naf bermadi. Mana ishonish mumkin bo‘lmagan ikki xulosa: Yo bu xabar xato bo‘lishi kerak yoki shuncha yillik o‘gaylik davrida o‘zni o‘gaydan ayirgan, soxta va yasama harakatlar topilishi darkor. Na unisi, na bunisi. O’rtada bir vijdon bor edi va bu vijdonga hech bir bo‘yab-bejashsiz oliy darajadagi onalik mehri, tarbiyasi ko‘rsatilgani ma’lum zdi. Husayin o‘rtadagi munosabatlarda biron-bir soxtalik bo‘lganligini ayta olishi uchun yolg‘on so‘zlashi lozim. O’gay ekanligini bugun aytgan onaning istalgan kimsaning onasidan ko‘ra xurmatga loyiqroq ekanligini juda yaxshi tushunar edi. O’z bolasining o‘qishi, yomonlar bilan do‘st bo‘lmasligi, odamlar orasida uyalmasligi uchun qay ona bu qadar g‘ayrat qilardi?! Qaysi onaning qo‘lidan kelardi bu ish?! Agar ko‘llaridan kelsa, hammasining farzandi ham tarbiyali bo‘lmasmidi?!
O’sha kuni do‘konga borganda otasi undan onasi bilan ba’zi narsalarni gaplashgan-gaplashmaganini so‘radi. Xusayin bor gapni aytib berdi. So‘ng aqliga kelgan bir savolni berdi:
Xo‘sh, onam bilan marhum onamning qarindoshligi bormidi?
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 01:59:47
— Yo‘q, o‘g‘lim.
— Tanirmidi?
— Bilmadim. Bilganim shuki, ko‘pchilik o‘z opa-singillarining yetimlariga ham bunchalik qaray olmaydi. Ko‘pincha sizni urmoqchi bo‘lganimda, sizni himoya qnlib, meni uyaltirgan. Sizlarga mendan ko‘ra mehrnbonroq bo‘ldi. Men sabr qilolmagan, sabrim yetmagan paytlarda u sabr qildi. Xasta bo‘lganingizda mendan ko‘proq kuyundi. Sizlardan shikoyat qilganini eslolmayman. Yaxshiligini yuzga solmadi. Bugungi holga kelishingga, Imom Xatib maktabida o‘qishingga sabab bo‘lgan ham udir. O’lgan onang seni tug‘di, sutini emding, ammo seni shunchalar tarbiya qila olarmidi, yo‘qmi, bunisini bilolmayman.
Odilbek qancha yillar davomida insoniylik va muruvvatdan boshqa harakatiga shohid bo‘lmagan Fotimaxonimning bir vaqtlar Qur’oni Karim o‘qimoqni o‘rgatganini aytganida Husayinning ko‘z oldida bu nurli siymo yuksalib, haqiqin onalarning yaxshi jihatlari mujassam bo‘lgan sharaf tojini kiyardi.
Asr namozini birga o‘qigach, Odilbek o‘g‘liga onasining qabrini ziyorat qilishlarini aytdi va yo‘lga tushdilar. Qabriston eshigidan kirisharkan mahzun qiyofali bir askarning chiqayotgakini va salom berib uzoqlashganini ko‘rishdi. Husayin bu askarni taniganday bo‘ldi. Keyin xutba o‘qigan juma quni oyoq kiyimini olib kelib to‘g‘rilab qo‘ygan yigitni esladi. Oradan to‘r? yil o‘tgandi, shu paytgacha uchrashib qolishganlarida so‘rashib-salomlashib o‘tishardi. Demak, askar bo‘libdi.
Husayin onasining mozoridan g‘amgin holda ketmadi deyish insofsizlik bo‘lar edi. To‘g‘ri, Fotimaxonim o‘ziga munosib onalik qildi, ammo o‘z onasining loaqal yuzini xotirlashni naqadar istardi. Zehni shu o‘ylar bilan bir muddat mashg‘ul bo‘ldi. Unnng ko‘zlari namlandi. Qayg‘urnshning marhumga foydasi yo‘qligini, unga rahmat tilash ma’yuslikdan, g‘ussadan foydaliroq ekanini o‘yladi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:00:30
* * *

Oliy Islom Ma’hadiga imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan Husayin ketishi bilan uyda ikki qizidan boshqa hech kimi qolmagan Fotimaxonim bir tarafdan o‘g‘lini sog‘insa, ikkinchi tarafdan uning o‘zi istagan o‘qishga kirganini o‘ylab ovunardi. O’g‘li yonida bo‘lib, tahsnl chala-yarim qolsa, bu ham yaxshi emas. Faqat chidash qiyin bo‘lgan ayriliq. Ammo bu ham muammo emas. U bunday qiyinchiliklarning ozmunchasiga bardosh etmaganmi-di?! Ora-sira maktublari kelib turardi. Otasiga yozgan xatlaridan tashqari onasiga ham alohida maktub yozib ahvolini va duo qilishini so‘rardi. Mana bu maktub ketganidan ikki oy o‘tgandan so‘ng kelgandi:
Sevimli onajonim!
Kecha asrdan so‘ng choyxonadachoy ichay dedim. Choyxonachining yordamchisi choy keltirdi va cho‘ntagidan bir xat chiqarib, «shuni o‘qib bersangiz, eshitsam»,—dedi. O’qidim. Tugagach, maktabga nega bormaganini so‘radim. U oh tortdi:
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:01:04
— Ular yubordilaru, men qochdimmi, birodar, — dedi. So‘ngra tushuntira boshladi. O’gay ona qo‘lida o‘sibdi. Undan ona sifatida uch narsa ko‘rdim deydi: tundliq yomon so‘z, tayoq...
— Bu uchalasidan ortiq biron naraa ko‘rdim desam, yolg‘on bo‘ladi. U ko‘zlari yoshlanganini yashirish uchun derazadan tashqariga qaradi. Men devordagya rasmlarga qaragan bo‘ldim.
Aytishicha, otasi asabiy odammish. «Har oqshom dasturxon atrofiga yig‘ilganimizda o‘gay onam:
— Bugun badbaxt o‘g‘il u ishni qildi, bu ishni qilmadi, — deb to‘kib solardi. Otam:
— Xonim, besh daqiqa sabr et, bola ovqat-povqatini yeb olsin, so‘ng xohlaganingday uraman, —desa:
Men uring demayapman, faqat qilganini aytayapman, holos. Qancha majburlasam ham to‘xtatolmadim, mana o‘zining yuzi, — deb meni ko‘rsatdi. Men endi ikki barobar tayoq yeyishimni ismimni bilganday aniq bilib, indamadim. Otam:
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:01:31
— Xonim, asabimga teg‘ma, jahlimni qo‘zg‘ama! Qonimni qaynatsang, sening bolang ham xaqqini oladi. Bu ayb qnladi-yu, seniki tinch turadimi? Sening bolang osmondan tushganmi? Qaysi kun o‘g‘lingning xatosini aytding? Hudodan qo‘rqmaysanmi?
— Mening farishta o‘g‘lim nima qildi? Yashiriladigan aybi bormi uning? Yo tuxmat qilayinmi bolamga?
— Xo‘p, meniki har kun ayb qiladimi? Hech to‘g‘ri ishi yo‘qmi bechoraning? Bir kun bo‘lsa ham qo‘nglim uchun yaxshi bir ish qildi desang, nima qiladi? — deya yolvorsa ham o‘gay onamning men haqnmdagi yaxshi gapni otam hech eshitmadi.
— Har qun shu! Yolg‘on gapiraymi? Qilganini qilmadi deymi?
Otam dasturxondan ko‘l tortib turadi:
Har kun tayoq yeb to‘ymadingmi, aqling kirmadimi! Yetar endi! — deb rosa uradi. So‘ng onamga tashlanadi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:01:56
— Bu yetim bola sen tufayli shuncha tayoq yedi. Men buning javobini qanday beraman, — deb mendan ikki barobar ko‘proq uni ham uradi. Keyin:
— Endi yumshadingiz. O’tiringlar, — deb bizni dasturxon atrofiga o‘tqizadi. Ko‘zyoshlari bilan yemagan ovqatimizni yednradi. O’gay onamning yuzlari gezarib ketgan. Ora-sira menga qarab Qo‘yadi. Bu ertaga senga ko‘rsatib ko‘yaman degani. Haqiqatan ko‘rsatadi. Otam bo‘lmaganida:
— Razil bola, sen tufayli kaltak yedim, — deb ustimga bostirib keladi. Ushlab olsa, to‘yguncha uradi.
Mana, uka, senga bir oqshom voqeasini aytdim. Bu har oqshom davom etishini aytsam senga g‘alati tuyulishi mumkin, balki ishonmassan, Ammo bularning hammasi mening boshimdan o‘tgan... Otam yo‘q paytlarda ovqatlanishga o‘tiramiz. O’gay onam, o‘gay ukam va men. Agar ovqatda mening oddimdan go‘sht bo‘lagi chiqib qolsa, u zudlik bilan ukamning oldiga surib qo‘yiladi. Uyda biron tansiqroq taom tayyorlansa, ovqat pishar mahali meni uni keltir, buni keltir deb yugurtirardi. Ishlar bitgach, dasturxon boshiga kelib ukamdan qolgan ovqatnigina ko‘rardim. Ba’zan ukam ga xitoban:
Ol ko‘zichog‘im, sen ham hamma qatori yeyaver, qorning ochqab ketganini ko‘rib turibman,—deredi. «Hamma» men ekanligimni bilib turardim.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:03:13

Bir kuni otamningu bilan gaplashayotganini eshitib qoldim. Gap mening o‘qishim xususida edi, O’gan onam ming bir bahona keltirib otamni bundan qaytarishga urinardi. Oqbatda meni maktabga bermadilar.
Bir kuni holam menga bir-ikki narsalarni o‘rgatdi. «Bularni hech kim yo‘q payti otangga ayt, mening aytganligimni unga bildirma», — dedi. Rozi bo‘ldim. Bir kun otam bilan boqqa ketayotgandik. Otam gaplashmasdi, boshini yerga osiltirgancha vazmin yurib borardi. «Ayni vaqti», — deb o‘yladim:
— Ota.
U menga o‘girildi:
— Nima deysan, o‘g‘lim.
— Jaxlingiz chiqmasa, sizga bir gap aytardim.
— Ayt, jahlim chiqmaydi.
— Onam bo‘lsaydi, men sen uchun bir gul misoli xushbo‘y taratardim. Hozir esa tikanman, senga botib turaman, to‘g‘rimi?
Otamning ko‘zlarini yosh qopladi. Meni quchoqladi, bag‘riga bosdi, hidladi va hiqillab yig‘lay boshladi. Bir muddat shunday turganidan sung:
Toychog‘im, kurib turibsan-ku, sendan ko‘proq uni do‘pposlayman. To‘g‘ri aytding, ammo ne qilay, kuchim yetmayapti,—dedi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:04:18

Men yana holam o‘rgatganidek:
— Menga kuchingiz yetadi-ku, ota, — dedim.
Bu so‘zlar otamga qattiq ta’sir qildi, Bu gaplarni kim o‘rgatganini so‘radi, aytmadim.
O’sha kundan keyin otamning menga nisbatan muomalasi o‘zgardi. Onam chaqsa, avvalgidek sapchib turib urmaydigan, faqat do‘q-po‘pisa bilan, nasihat bilan kifoyalanadigan bo‘ldi:
— Boshqa bunday qila ko‘rma, abjag‘ingni chiqaraman, bola...
O’gay onam otamdagi bu o‘zgarishni ko‘rardi, faqat sababini bilmasdi. Menga ba’zan «o‘g‘lim, bolam» deb, ba’zan yeguliklar berib avrasa ham bunga muvaffaq bo‘lolmadi.
Saodatli hayotim ikki yilcha davom etdi. Saodatli kunlar deganim, ota-onasi bor bola uchun tikanlar ustida yotish bilan teng. Ikki yildan so‘ng — otam vafot etgach, ahvol o‘zgardi. Boshimda qora bulutlar aylana boshlagach, qochdim. Mana shu yerda xizmat qilyapman...»
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:04:47
Mening bir dona onam, bularni tinglagach, qadringizga ko‘proq yetadigan bo‘layapman, sizni yanada ko‘proq yaxshi ko‘rib qolyapman. Qaysi bolaning o‘z onasi sizning menga ko‘rsatgan yaxshiligingizni ko‘rsata oladi?! Bu yerda talabalar o‘z ota-onalaridan oyda-yilda bitta maktub olishadi. Holbuki mening onajonim o‘z qo‘llari bilan bitilgan maktubni har hafta jo‘natadilar. Maktubni olib yuz-ko‘zlarimga suraman, «farishtasifat onamning qo‘llari tekkan, buyozuvni nurli barmoqlari yozgan»,—deb to‘yib-to‘yib hidlayman.
Boshingizni og‘ritmadimmi? Kamchiligimga e’tibor bermang. Sizga uzun xat yozmasam, ko‘nglim tinchlanmaydi. Yozarkanman, yoningizda o‘tirganday, yuzlaringizga to‘yib qarayotganday tuyulaman. Besh daqiqa bo‘lsin sizni yonimda his etmoq uchun, maktubni cho‘zib yuborganim uchun meni avf eting. To‘yib-to‘yib qo‘llaringizni o‘pish umidi bilan, sizga sog‘inchli salomlar yo‘llayman.
O’glingiz Husayin.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:05:35

Husayinning maktubiga Fotimaxonimning shaxsan o‘zi javoblar bitardi. Javoblarida Turkiyada bironta musulmon odam qolmaganda ham yolg‘iz o‘zi bu ehtiyojni qarshilay oladigan darajada bilimli, yangi musulmon bo‘lgan bir odamga «mana sen o‘rnak oladigan musulmon», deya ko‘rsatadigan darajada axloqli, ilmiga amal qilgan-qilmagani so‘ralganda uyalmaydigan darajada ibodatga bog‘liq bo‘lishga undardi. Yoshligini qanday kechirgani to‘g‘risida Allohga hisob berishini unutmasligini, agar yoshlik g‘ayri shar’iy yo‘llarga undasa, u tarafga bir qadam qo‘ya ko‘rmasligini aytib, ogohlantirishni ham unutmaodi.
Husayinning hayoti Cho‘rumda — ota-onasi huzurida qanday kechgan bo‘lsa, ularning nazoratidan uzoq Istambulda ham shunday davom etardi. U yerda ham odob-axloqini muhofaza etar, darsdan boshqa narsalarga chalg‘imasdi. Chunki u o‘z maslagidan kelib chiqib birinchi navbatda Alloh rizosi uchun, Allohning diniga yordam bermoq uchun harakat qilardi. Ibodatini o‘zgalar ko‘rsin deb emas, Uning rizosini qozonmoq uchun, tark etgan yomonligini odamlar yomonlashidan chekinish uchun emas, Kun kelib Alloh huzurida javob berish uchun, har neni ko‘rguvchi, eshitguvchi, bilguvchi Allohdan qo‘rqqani uchun yomonliklarni tark etdi. Alloh qilma degan ishni qilmasligiga sabab odamlarga yaxshi ko‘rinish emas, Uning amrini ado etish shartligini, farzligini bilgani uchundir. Bunday fikr va ishonchdagi insonga nazorat shart emas.
Ikkinchi kursga o‘tganida kelgan bir maktubda Odnlaning Ismoil ismli bir yigit tarafidan so‘ralgani, bola yetim o‘sgani, kosiblik qilayotgani eslatilib, axloqi haqida «yomon emas» deyilgandi. Husayin bu ish ko‘proq ota-onasi va Odila orasida hal etilishi, agar axloqi yaxshi bo‘lsa, berilishi uchun jiddiy to‘siq yo‘qligini bildirdi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:05:57
* * *

Fotimaxonim Ismoilni unutgan edimi? Bir so‘z bilan aytsak, yo‘q. Unutgan emas. Ora-sira onasinikiga borgan-da, neish bilan mashg‘ulligini surishtirar va uni duolar qilardi. Bugun o‘z farzandiday yetishtirgan ikki yetimiga qandaydir xizmat qilolgan bo‘lsa, agar Alloh rizosi yo‘lida bir-ikki odim otgan bo‘lsa, bunda Ismoilga achinish tuyg‘usining, yoshligini uning ko‘zyoshlarini ko‘rib kechirganining buyuk hissasi bor. Ta’bir joiz bo‘lsa, Ismoil dard chekdi, bu darddan olingan ibratlar, hamdardlik tuyg‘usi Fotimani yaxshi yo‘l tutishga yo‘lladi. Ismoilni shuninguchun duo qiladi, yomonliqdan saqlashi uchun Tangriga yolvoradi.
Tan olish lozimki, Fotimaxonim ikki yetim bilan ovora bo‘lib, Ismoil o‘zini izlab, o‘ylaganidek Ismoil haqida o‘ylayolmadi. Bu oqibatsizlikdan emas, ikki yetim oldidagi burchini yaxshiroq o‘tash tuyg‘usidandir, Shu sababdan eshigi oldidan ko‘p bor o‘tgan yuz-qo‘li kir teshikkulcha sotuvchi bolani balki Ismoildir deb diqqat bilan kuzatolmagandir. Uning Ismoil ekanini xayoliga keltira olmasdi. Qolaversa, o‘ylaganida nima ham qila olardi? Uni o‘z uyiga, o‘z tasarrufiga olishi mumkin emasdi-ku?!
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:06:23
Kunlarning birida Odilani so‘rab Ismoil tomondan sovchilar keldi. G’alati bo‘ldi. Kelganlarning ko‘pini bilardi. O’z mahallasining ayollari. «Ismoilni o‘zing yaxshi bilasan», — deyishdi. Biladi, albatta, ulardan ziyodroq biladi. Shu bilan birga otasi bilan Odilaning fikrini so‘ramasdan biror narsa deyolmasdi. Shuni aytdi. «Ismoil uylansa alohida yashaydimi yo yana o‘sha onasi(!) bilan birga turishadimi?» — deb so‘radi. Tabiiyki, Odilani Sanihaxonimning qo‘liga topshirib ko‘yolmasdi. Ismoil alohida turmoqchi ekan. Bundan ajablanmasa ham bo‘ladi. Demak, yillar davomida chekkan azobini qayta tortmoqchi emas... Ularga otasi bilan bir bor uchrashishlari kerakligini bildirdi.
Mehmonlar ketgach, Odila bilan suhbatlashdi. Odilaga Ismoilning yetim ekanligi xush kelmayotgandi.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:06:53
— Meni yetimga bermoqchimisiz?! — dedi. Bunday demasligi kerak edi. Balki o‘zi yetimligini bilmagan, yetimlik hayotini yashamagan, ona mehriga yo‘g‘rilgan Odila adashgandi: yetim ham o‘zi kabi inson ekanligini, balki yetim bo‘lmaganlarga qaraganda insonni ko‘proq qadrlashini bilmasdi... Vayana bilmasdiki, Ismoil Odilaga Fotimaxonimning qizi bo‘lgani uchun uylanmoqchi edi, Uning tarbiyasida axloqli qiz bo‘lib yetishganini taxmin etgan Ismoil umr bo‘yi Fotimaxonimning hurmati uchun Odilani hurmat qilishini qaydan bilsin?! Bu azamat yigit bir kun ko‘chada o‘ziga teshikkulcha uzatgan kichkina sotuvchi ekanini qayoqdan taxmin etolsin?!
Odila kibrli bir qiz emas. Aslida bu uyda olingan tarbiya tartib-intizomni sevishga, poklikka ahamiyat berishga qaratilgan. Yetimni yoqirmaslik odat emas. Ammo qarangki, turmush qurishni taklif etayotgani nogoh yetim chiqib qolgani g‘alati ta’sir qildi va eshitishi bilan «meni yetimga bermoqchisiz?» deb yubordi. Fotnmaxonim yetimning ham inson ekani, hatto boshqalardan ham qimmatli bo‘lishi mumkinligini tushuntirdi. Agar bu taklifni qabul etishni istamasa, buni yetnmni xushlamaslik kabi bir sababga bog‘lamasligini aytdi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:08:07
Odilbek ham Odilani Ismoilga berilishga rozi edn. Uning fikricha, axloqi durusg, ishi-kuchi joyida yigitning xushlanmaydigan tarafi biroz faqirligiyu, yetimligi, holos. Ammo bu o‘ylaydigan ish emas. Faqirlik kelib-ketadigan hol. Yetimlik odamning ixtiyorida emas. Ixtiyoriga zid tarzda o‘z qizi ham yetim emasmi?! Gap faqat faqirliqda bo‘lsa, Xudo xohlasa bu to‘g‘rilash mumkin bo‘lgan muammo. Ismoilni yoniga olib, unga qo‘maklashsa, hammasi ko‘ngildagidek bo‘lib ketadi.
Xullas, Odilani Ismoilga beradigan bo‘lishdi. Ismoilning sevinchini tasvirlash uchun so‘z ham, ta’rif ham yo‘q. Buni uning o‘rnida bo‘lib ko‘rganlar yaxshi bilishadi. Asal yemaganga asal lazzatini anglatish mushkulligini tan olganlar, uni bu hususda ma’zur qo‘rurlar.
Xusayin katta ta’tilga chiqib,uchinchi sinfga o‘tgani haqidagi xushxabarni olib keldi. To‘yning shu ta’tilda o‘tishi belgilandi. Kuyovning do‘konini ta’riflashdi, tushuntirishdi. Bordi. Qarshisida o‘zi avvaldan tanigan chehrani ko‘rib, biroz shoshganday bo‘ldi. Suhbatlashdilar.Suhbatlashgandagi tortinchoqliq ovozidagi g‘arib ohang va shikastalik hanuz Ismoilning yetimligini bildirib turardi. G’aroyib voqea deb o‘yladi: yetimlik mashaqqati ovozidan bilinib turgan bir erkak bilan, yetimlik neligini bilmagan bir ayolning kurajak turmushi... Bu oilaga ichida chin ko‘ngildan yaxshiliklar tiladi. Saodat faqat O’zidan qutiladigan Parvardigoriga ko‘ngildan duolar, niyozlar etdi va ketdi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:08:48

To‘y musulmonga yarashadigan dilxushliklar, tartib bilan o‘tkaziladigan bo‘ldi. To‘yda Odilbek va Fotimaxonim Ismoilga og‘ir keladigan shartlar qo‘ymaganligi nur ustiga a’lo nur edi. Hatto Odilbek va Fotimaxonim Ismoilga puldan yordam ham qilishdi, xijolat bo‘lmasligini, buni o‘zidan boshqa hech kim bilmasligani tushuntir-di. Ismoilning ko‘zlari yoshlanmay qolmadi. Dunyoda Fotima onalar bo‘lganidek, Odilbeklarning ham topilishidan qanoat hosil qildi. Eridagi bu fazilat Fotimaxonimning yillar oshaqilgan mexnati samarasidir, balki Majido‘zu sayohatida bir tanimagan ayolga yo‘l haqini to‘lagan domlaning ta’siridir. Balki bu fazilatlar unda avvaldan bo‘lgandiru, shular ta’sirida nish otgandir.
Yetimini yetimga bergan Fotimaxonim bir kun Odilbekka iltimos qildi: «Hech kimga bildirmasdan Ismoilga biroz yordam bersak». Odilbek ma’qul topdi. Shunday yaxshilikni tashviq qilgani uchun xonimiga tashakkur izhor etdi. Ammo o‘zi buni bir necha kun avval amalga oshirib bo‘lganini aytishni ep ko‘rmadi. Chunki bu ishni Fotimaxonim bilsin deb emas, ajrini Allohdan kutib, ado etgandi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:09:46
* * *

Odila bir kun Ismoilning kiyimlarini tozalarkan ich cho‘ntagidan, bir paytlar rangi qirmizi bo‘lgani bilinib turgan bo‘z parchasini topib olib, hayron bo‘ldi. Kuyovlik libosi cho‘ntagiga solingan bu bo‘z parchasi nima edi? Bilolmadi. Poyabzal tozalagich bo‘lsa, ich kissaga solinmasdi. Sevimli eri buni cho‘ntagida olib yurishidan bir maqsadi bo‘lsa kerak, deya tag‘in joyiga qaytarib solib ko‘ydi. Oqshom so‘raganda Ismoil bergan javob uni o‘lguday xijolat qnldi: «rahmatli onamning libostsdan olingan bir parcha...» Odila bunia ytgan Ismoilning ko‘zlariga qaramaslikni afzal bilib, boshini egdi.
Odilbek avval o‘ylab ko‘yganidek Ismoilni o‘z yoniga oldi. Do‘kondagi ish kundan-kun yaxshilanib, qizib borar, yonida bir yordamchi bo‘lishini taqozo etardi. Bunga kuyovidan boshqani loyiq ko‘rmadi. Har yil muntazam zakotini hisoblab berar, balki yanglish hisob bo‘lgandir, vijdonim, ko‘nglim tinch bo‘lsin, deb ustiga bir mikdor qo‘shardi ham. Sandiqni keltirgan hammol albatta xizmat haqqiga qo‘shimcha choy puli olar va xursand bo‘lib, duolar qilib ketardi. Odilbek do‘kondan ko‘rayotgan barakasini mana shu yaxshiliklar hisobiga deb bilardi. «Alloh uchun berganga Alloh berar», degan lavhani do‘koniga ostirib qo‘ygandi. Bu do‘konning moddiy bo‘lmasa ham, ma’naviy bezagi edi, undagi ma’no Odilbek tijorat ishlarida qat’iy amal qiladigan aqidalardan biridir.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:10:09
To‘g‘rilik aytishga oson, to‘g‘rilikka amal qilish, uni asos qilgan tarzda ish yuritish esa juda mushkuldir. Do‘konida hiyladan boshqa ish qilmaydigan kimsalar yuzi qizarmasdan haqiqatdan so‘z ochib, to‘g‘riliqdan lof urishadi. «Sendan boshqasiga bu narxda bermayman»,— deganlar, ayni mollarini shu bahoda, hatto arzonroqqa ham o‘zgalarga berib yurishadi va vijdonlari ham qiynalmaydi. Shunday bnr davrda Odilbekning axloqiga ishonib, aldanmasliklarini bilib, uning do‘koniga baxuzur keladilar. Uni bilmaganlar ham bu do‘kondan chiqarkanlar aldanmaganlariga amin bo‘ladilar.
Uning do‘konida har narsaning o‘z narxi, o‘z bahosi bor. Bu baho vijdon va qanoat kabi ikki hakam qarori bilan tasdiqlangan. Tanigan ham tanimagan ham bir narsani bir narxda oladi. Ba’zi mol bahosi past qo‘yilishi xaridorning g‘alati-g‘alati qarab ko‘yishiga sabab bo‘ladi. So‘raydi va kamchiligi borligini biladi. Kamchilik bir qarashda sezilmas darajada. Natijada xaridor u molni oladi. Ketayotib bu qusur aytilmaganda bilmasligini, dunyoda yaxshi odamlar borligini va yana do‘konga kelishini o‘ylab, xursand bo‘lib ketadi. Do‘konda esa, molining kusurini aytib sotadigan, Allohga va insonlarga nisbatan axloqiy vazifani yaxshi o‘taydigan, o‘zini to‘g‘rilikka yo‘llaydigan, Allohga shukr etmoq bilan mashg‘ul bo‘lgan bir Odilbek qolgandi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:10:29

Boshqalarda topilmaydigan mollarning bahosi ham uning do‘konida ziyoda ko‘rsatilmaydi. Yoki kamyob mol bahosini oshirish uchun saqlab qo‘ymaydi. Chet el mahsulotiga alohida joy qilib qo‘ygan. Xaridorga agar xohlasa, Turkiyada ishlangan, puli Turkiyada qoladigan mol berishini aytadi. Xaridor ishlatib ko‘rmagan molni olishni istamaydi. Odilbek so‘raydi:
— Puling chetga — ajnabiyga ketishiga, millatning qashshoqlashishiga rozimisan?
— Jonim, senga nima?! Sen xohlaganimni ber.
Beraman. Lekin bu sotilmaydi. Xaridor hayron. «Sotilmasa nega do‘konda turibdi? Bu qanday gap? Borib turgan muomalasizlik», — deb o‘ylaydi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:10:57
— Yaxshi, lekin namoyishga qo‘yganmisan buni?
— Ha, namoyish uchun saqlayapman. Nima olmoqchiligini, puli qayoqqa, kimlarga ketishini bilarmikin deb saqlayapman. Qayokdan bilasan bu mollar ichiga bizni biz bo‘lishdan chiqaradigan moddalar aralashtirilmaganini?! Zararsiz bo‘lganda ham, pul millat kissasidan chiqib, o‘zga millatning, masalan, yahudiyning kissasiga tushadi. Holbuki, turk molini olsang, puli Turkiyada qoladi...
Xaridor bu suhbatdan so‘ng tavsiya etilgan molni oladi yoki olmasdan chiqib ketadi. U bundan so‘ng eski odatida qoladimi? Yoki tushunib, milliy sarmoya muhofazasi yo‘lida bir qadam tashlaydimi? Bu uning vijdoniga bog‘liq. Ne bo‘lganda ham Odilbekning ishi rohat. «Ikki chaqa deb milliy sarmoyaga xiyonat qilaymi?!»—deb vazifasini o‘taydi hamda xaridorga ajoyib bir o‘y, tushuncha berib qo‘yadi. Xaridorning hech narsa olmasdan chiqib ketishi muammo emas. Kun kelib, bu millat o‘z mahsulotidan boshqasini munosib ko‘rmaslikni anglab yetadi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:11:18
* * *

Bu tushuncha Odilbekka qaydan keldi?
E’tirof etmoq kerakki, ilgari bunday fikrlamasdi. Tug‘ri, tuzuk, harakatchan edi. Shuning bilan birga olgan gazlama yoki uy ashyosi o‘zimiznikimi, yo‘qmi deb qiziqmas, shunchaki yoqtirganini olardi, holos. Bu hol Husayin Imom Xatib maktabining beshinchi sinfiga borishiga qadar davom etdi.
Husayin darsdan tashqari o‘qigan bir tafsir kitobidan Qur’on oyatlarining ko‘pi nozil bo‘lishiga yaxudiylarning tarbiyasizligi sabab bo‘lganini bilib oddi. O’sha joydan savdodagi qallobliklarning aksariyati ana shu millatga xos ekanligini, ular o‘zga millatlarni talash, abgor etish maqsadida turli hiylalar ishlatishini bilib oldi. Bu bilimlardan Odilbekni ham xabardor etdi.
Kun kelib, Odilbek ishini ulgurji, ko‘tara savdoga o‘tkazdi. Harom yo‘l bilan boyiganlarga halol va shar’iy yo‘l bilan ham boyish mumkinligini isbotladi. Hiylakor va haromxo‘r u dunyodagina emas, bu dunyoda ham topganini baxuzur, bemalol yeyolmasligi qilmishiga jazo emasmi?
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:11:41
Odilbekka ba’zan yaqin tumanlardan zarur mollar so‘ralgan talab maktublari kelardi. Bu talablarning bir qismini qondirardi, qondirilmagan qismi uchun talabgorlarga maktublyar yo‘llab «topilmagan chet el mahsulotlari o‘rniga xohlasangiz, o‘zimiznikidan yuboraman!, deb taklif bildirardi. Bu maktublar ko‘pincha yaxshi natijalar berardi.
Mamlakatdan tashqariga oqib ketayotgan pul masalaning bir tomoni, masalaning boshqa tomoni — u yoqdan keladigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati qanaqaligi. Kutsdan-qun ortib borayotgan turli xastaliklarning bunga hech qanday aloqasi yo‘qmikan?! Unda oldin ko‘z ko‘rib, kuloq eshitmagan tomir qotishiga o‘xshash kasalliklar osmondan tushyaptimi?
Tabiiy, o‘zing mutaxassis bo‘lmagan sohalarda qat’iy so‘z aytish yaxshi emas. Ammo, ota-bobolarimiz bejizga «Govurdan do‘st bo‘lmas» deyishmagan.
Odilbek o‘g‘lini Imom Xatib maktabiga berish oldidan ikkilanganini esladi. O’g‘lini bu o‘qishga berganidan pushaymon emas. U bilan qilgan samimiy suhbatlari natijasida tijoratida, fikr va axloqida katta o‘zgarishlar bo‘lganidan Odnlbek juda ham mamnun.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:12:22
Husayin Imom Xatib maktabiga qayd etilgach, Odilbek goho Erdolbekka ro‘baru kelib qolganida piching va minnatlariga ahamiyat bermasdi. Erdolbek:
— Kim ne desa-desin, Odilbek, siz yanglishdingiz.
— Erdolbek, yanglishgan bo‘lsam ham mamnunman. Faqat yanglishganimni isbot etish qoldi, bunday odamning topilishiga ishonmayman. Sizga tijoriy hayotdan misol keltiray: tasavvur etingki, bir mol faqat mening qo‘limda bor. Millatning bu molga ehtiyoji katta, baland narx qo‘yishimni kim ma’n eta oladi?
Masalan, avtobus bekatida yigirma besh qurushlik gazli suv ellik, hatto yetmish besh qurushga sotiladi. Gazetalar ko‘pincha katta shaharlarda kimlarningdir kasal ot va eshak so‘yib sotilayotganda ushlanganini yozishadi. Bular yolg‘on bo‘lsa, bu yomonlarning oldini olmoq, yolg‘on bo‘lmasa, bularni haqiqat sifatida qabul qilmoq majburiyatidamiz. Vijdonni isloh qilishga hukumat ham ojiz. Har insonning boshiga bittadan nazoratchi ko‘yolmaydi. Har do‘konni va do‘konchini har kun, har soat nazorat qilolmaydi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:12:49
Xaridorga molning kamchiligini aytmasam, aytishga meni kim majbur qiladi? Qaytarib olib kelganga, buni o‘zing qilib keltirding deb tuxmat qilsamchi? Kim meni qaytaradi? Ertaga bahosi oshadigan bir molni uyimda yeki boshqa joyda saqlab, vaqgi kelganda chiqarsam, kim aralashadi bunga? Hukumat bularning qanchasidan xabar topadi? Nechasini uddalaydi, nechasiga ulgurib, qanchasiga ulgurmaydi? Bunaqa voqealar tijoratda qanchadan-qancha?! Qo‘limdagi mol tugaguncha eski bahoda sotsam, bunga kamroq foyda ko‘rishni yoqtirganim sabab emas. Bu Allohdan ko‘rqishimdan, vijdon tuyg‘usidan.
Stadionning ilk ochilgan kun cho‘kishiga nima deysiz? Stadion qurilishida ilm yetarli bo‘lmaganmi? Yoki xalq ilk ochilgan qun yoqtirmasdan ketmon, bel, cho‘kich bilan qulatdilarmi? Balki quriliivdagi nuqson vijdon hokimiyatining Alloh buyrug‘i bilan nazorat qilinmay qolishi natijasidir?
Odilbek Erdolbekning yuziga javob kutganday birpas qarab turgach, davom etdi:
Erdolbek, xayotimda, tijoratimda kechaga nisbatan bugun yaxshi tomonga o‘zgarish bo‘lgan bo‘lsa, buning birinchi sababi o‘g‘lim o‘qigan kitoblardan foydalanganim, u bilan din, ma’naviyat borasida muzokara qilganim, axloq to‘g‘risida suhbatlashganimdir.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:13:09

Odilbek bundan so‘ng Erdolbek bilan biror marta bahslashmadi. Bahslashsa-da, natija o‘zgaradi deb bO’lmasdi. Odilbek to‘g‘ri gapirardi, Odilbek o‘g‘li tufayli bilmagan sohalaridan xabardor bo‘ldi, anchagina ma’lumot oldi. Bungacha faqat namozxon bir musulmon edi, holos. Fotimaxonimga uylanib, Qur’oni Karim o‘qishni o‘rgandi, natijada bir qadar fe’li ham yaxshilandi, masalan, marhuma xotini haqiga har kun tilovat qilmoqni, uning ruhiga bag‘ishlab sadaqalar bermoqni odat qildi, Shu sababdan xonimiga bo‘lgan xurmati so‘ngsiz. Unda bir ayolda bo‘lishi kerak bo‘lgan bir talay xususiyatlar bor edi. Qarshisidagn eri bo‘lsa ham to‘rri, samimiy so‘zlar, yaxshi niyat bilan yo‘l ko‘rsatadi. O’zini katta tutish, tavsiya etgan narsasi to‘g‘ri chiqsa, yuzga solishday tarbiyasizlikni unda ko‘rmadi. O’g‘lining o‘qishidan faqat foydalar ko‘rganini inkor etolmaydi.
Odilbekning do‘kondagi aqidalaridan biri to‘g‘rilik bo‘lsa, ikkinchisi qanoat edi. Ha, unda qanoat mavjud edi. Faqat uning bomdoddan so‘ng to xuftongacha namoz vaqtlaridan tashqari doim do‘konda bo‘lishini ko‘rganlar bu qanoatni anglashlari mushkul. Ham qanoat sohibn bo‘lmoq ham oqshomgacha ishlamoq... Agar bu da’vo to‘g‘ri bo‘lsa, qanoatning boshqa bir ma’nosi bordir?!
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:13:34
Ha, qanoat bir luqma, bir xirqa», deb yotib, bugun yegulik topib, ertani o‘ylamaslik emas. Hisobsiz boy bo‘lishning ham qanoatga zarari yo‘q. Faqat inson bu molga emas, bu molni bergan va xoxlaganida olib qo‘ya oladigan qudratga ega Allohga kul ekanini anglasa, bas. Pulga kul bo‘lmasa, uyida puldan boshqasiga o‘rin qoldirmaydiganlardan bo‘lmasa, pul uchun Alloh rizosnni tark etish o‘rniga Alloh rizosi uchun pulidan kecha oladigan, pul va mulk ortishi ochko‘zlikni emas, shukrini orttirishi lozim. Alloh yo‘lida bir pog‘ona yuksalmoq uchun pulni bir narvon deb biladi va foydalanadi. Oqshom uyga kelganda «qan-cha topdim», deb emas, «qanday topdim, harom aralashib ketmadimi?» deb o‘ylaydi. Odilbekning qanoati shunday bir qanoatdir.
Ha, to‘plagan boyligi hisobini Robbiga qanday berajagini, yaxshi, halol ishlash ham ibodat ekanini o‘ylagan insonni qanoatsiz deb bo‘lmaydi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:13:57
* * *

«Dunyo va oxiratning eng sharafli axloqini senga o‘rgatayinmi? Seni tark etganning holiga rioyat, seni mahrum etganga yaxshilik va ikrom, senga zulm etganga kechirimli muojala.»
Rasululloh S.AV.
Tagidan yozma xatlar bilan Husayinning bayram bilan tabriklari, sihat va salomatlik tilab qilgan niyatlari joy olgandi.
Bu tabrik xati Ismoilning ko‘nglini titratib yubordi. Bu tabrikni olib, o‘n daqiqa o‘tar-o‘tmas Odila bilan birga Sanixaxonim ko‘lini o‘pmoq uchun yo‘lga otlandi. Shu onda eshik ochilib bayram tabrigiga kelgan Sannhaxonim kirib keldi. Sanihaxonim xastaligi paytida Ismoildan ko‘rgan yaxshilik ta’sirida tavba suvida yuvinib, poklanib, Ismoil ham Fotimaxonimning tashviqi, Husayinning tabrigi ta’sirida muruvvatdan yiroq tuyg‘ularni quvib, bir-birini hayit bilan tabriklash huzuriga va lazzatiga erishdilar. Bu ularning hayoti davomida dildan kelgan bir istak bilan «onam», «bolam» deya quchoqlashib ko‘rishgan ilk bayramlari edi.
Bir soatlar o‘tirgach, ketayotib oyna qarshisida ro‘molini tuzatayotgan Sanixaxonimning ko‘zlari oynaga pardaga o‘xshatib ilib qo‘yilgan eski bo‘z parchasiga tushdi. Yillar qa’ridan ko‘ngilsiz bir xotira jonlandi. Bo‘z ko‘rpachasiga g‘ariblarcha ko‘l uzatgan jajji yetim Ismoil ko‘z oldiga keldi. Ro‘molini tuzatgan bo‘lib bo‘zni oldi, ko‘zyoshlarini unga artdi va joyiga qo‘ydi. Uydan chiqarkan lablari pichirlab, shu bo‘zdan bo‘lgan libos egasiga «Fotiha» o‘qirdi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:14:21
* * *
Husaynn Istambuldan tahsilni tamomlab kelgach, birdan ishga joylashmasdan avval askarlik burchini o‘tab kelishni o‘ylab yurardi. Lekin onasining bir yil bo‘lsa ham o‘qituvchilik qilib ismingni, kasbingni mustahkamla degan taklifini qabul qilib foyda ko‘rdi. Haqiqatan bu o‘zi uchun yaxshi bo‘ldi.
Bir yildan so‘ng askarlikka jo‘naydigan Husayinni kuzatmoq uchun kelganlar uyni to‘ldirdi. Odila bilan Samiha og‘alarining safar xaltasini hozirlar, o‘g‘illarini askarlikka yuborganlar xotiralarini so‘zlardilar. Vaqt yaqinlashgan sayin hayajon ham ortib borardi. Nihoyat ayriliq daqiqalari kelganda erkaklar tarafida o‘tirgan Husayin onasining qo‘lini o‘pmoq, qarindoshlari bilan xayrlashmoq uchun ichkari kirganida hayajon so‘nggi nuqtaga yetdi. Husayin:
Ona, duo qiling, — deb qo‘lini o‘pib quchganda ko‘zlar yoshga to‘ldi, orqasiga o‘girilib ro‘molchasi bilan ko‘zlarini artganlar bo‘ldi. Fotimaxonim o‘g‘lini quchgandan so‘ng, ma’yus, lekin samimiy ovoz bilan shunday dedi:

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:14:51
— Qara o‘g‘lim, bugungacha senga qaramoq bizning vazifamiz edi. Bugundan so‘ng bizga qaramoq sening vazifang bo‘lur. Hayotingda o‘tashing kerak bo‘lgan vazifalarning eng ulug‘laridan birini ado etmoqqa ketyapsan. Istardimki, to‘g‘riliqdan, samimiyatdan ayrilmagaysan. Agar bir bor nojiddiy harakat qilib, vatan xizmatiga hiyla aralashtirsang, sendan rozi emasman. Navbatchilikda har on menga, qarindoshlaringga hujum qilmoqchi bo‘lgan dushman qarshisiga chiqqanday sergak, bedor va xushyor bo‘l! Yurganda qadamingni dushmanni ezayotganday bos. Meni Alloh huzurida uyaltirib qo‘yma! Vatan mudofaasida xiyonat qilgan o‘shaning onasi ahvolini boshimga solma. Meni butsday sharmandalikka tushirma! Agar so‘zlarimga amal qilsang orqangda seni kecha-kunduz duo qilgan bir onang bor. Sen uni topasan. Agar so‘zlarimga amal qilmasang, yonimga qaytma va meni ona demagaysan o‘g‘lim! Mayli, Alloh salomat saqlasin va seni ikki dunyoda azizu mukarram etsin!..
Fotimaxonimning so‘zlari atrofdan eshitilgan hiqillab yig‘lashlarga qorishib ketdi. Lekin u matonatni qo‘ldan qo‘ymadi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:15:18

Husayin boshqalar bilan ham xayrlashgach, ayrildi. U eshikdan chiqishn bilan darhol joynamoz uzra qo‘l bog‘lab turgan, Parvardigoridan namoz bilan madad tilagan Fotimaxonimda har onada ko‘rilmagan bir haybat mujassam edi. Salom bergach, samoga qalqqan ko‘llar va Robbiga bog‘langan ko‘ngil, ko‘zlardan sassiz engan yoshlar va qimirlagan lablar pichirlab, Oliy Parvardigordan nelarnidir so‘rab, unsiz iltijolar va duolar qilardi.
Oy borib, omon kelsin!.. — deb duo qilib ajrashganlardan ikkitasining orasidagi bu suhbatni ko‘ring.
— Fotimaxonimni ayting, bolaga ketar chog‘ida og‘ir gaplar qilmadimi? Ming qilsa ham o‘gay bor uyda maza qolmaydi-da.
— Menimcha, unday emas, egachim. To‘g‘risini aytsam, siz yanglishyapsiz. So‘zlar sizga achchiq tuyulsa-da, yaxshilik uchun aytildi. Menimcha, har ona shunday so‘zlashi kerak. Alloh uchun go‘zal, yaxshi so‘zlar aytdi.
Husayinning yo‘l xaltasini bekatgacha Ismoil eltdi. Bekatda yo‘lovchilar minadigan avtobus bagajini yosh yigit ochib, uning xaltasini oldi. Husayin bu yigitni ko‘zlaridan taniganday bo‘ldi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:15:46

Bir muddat esladi. Bu orada shofyorning:
— Yilmaz, tezroq qnmirla! —deb baqirishi unga boshlang‘ich maktabdagi yetim sinfdoshi Yilmazni eslatdi. Tanimaydigan holga kelibdi. Bolalikdan qolgani — faqat qo‘zlarining rangi. U bilan bir-ikki og‘iz gaplashmoqni qanchalar istardi. Ammo u ish bilan band, o‘zi ham quzatib kelganlar bilan xayrlashishi kerak. Ismoil bilan quchoqlasharkan, bu yigitga e’tibor berishni, ilojini topsa bir ishga joylashni iltimos qildi. Avtobusga mindi. O’ziga qo‘l siltayotganlar bilan xayrlashib, Istanbul sari yo‘l oldi. Tuzla piyoda maktabida ta’lim olib, bir yarim yillik xizmatini boshlamoqchi.
Ismoil va Yilmaz ikkalasi ham yetimlik hayotini qo‘rgan, uning mashaqqatlari bilan kurashgan darddosh, taqdirdosh edilar. Salomlashishdan boshlangan tanishish bir-ikki oyda qalin do‘stlikk aaylandi. Ismoil sinfdoshi Husayinning pochchasi ekanini eshitgan Yilmaz unga yanada yaqin muomalada bo‘ldi. U ham Ismoilni «pochcha», deya boshladi.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:16:06
Jamoat bilan oldi-berdida hiyla ishlatmagan Odilbekning ishi kundan-kun ilgarila borardi va bir o‘zi ulgurolmas, yana bir kishining yordamiga extiyoj sezardi. Husayin askarlikka ketganiga besh oy bo‘ldi. Odilbek do‘kon ishlariga endi yana bir odam aralashishini istardi. Ikki kishi bo‘lib harakat qilsalar ham ibodat, ham ish oqsamaydi. Odilbekning hayotiy aqidasi diniy va dunyoviy ish bir-biriga xalal berishiga yo‘l qo‘ymaslik, aksincha, bir-birini to‘ldirib, go‘zallashtirib, bnr-biriga yordamchi bo‘lishiga erishish. Payg‘ambarning «Dunyoning ishlarini hech qachon o‘lmaydigandek, oxirat ishlarini ertaga o‘ladigandek ado et!» —degan amrini harf-harfigacha tatbiq etish azmidan hech bir manfaat qaytarolmasdi. Hayotda eng yaxshi muvaffaqiyat qozonishning siri shundadir. Bu borada suhbatlasharkanlar Ismoil o‘zining va Husayinning do‘sti Yilmazdan so‘z ochdi.
Yilmaz ertasigayoq ishni boshlab yubordi. Bir hafta o‘tib kelgan Husayin do‘sti do‘konda ishlayotganini ko‘rib xursand bo‘ldi. Boshlang‘ich makgabdagi jajji jafokash Yilmaz ulg‘ayib, bir azamatga aylangandi. Malakasizligi bir qarashda bilinardi. Shuning bilan birga qandaydir ishlar qilishga tirishar, shu ishda qolishga xavasmand ekani ko‘rinib turardi. Avvalgi kasbidan ko‘ra tuzuk, toza va kulay ishga yo‘liqish mamnuniyatini yuzidan uqish mumkin edi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:16:24
Boshlang‘ich maktabni tugatgach, o‘gay onasi ko‘p yashamadi. Yilmaz erkin nafas oldi, Otasi Mahmudbek uchinchi bor uylanishni xohlamadi. Chunki ikkinchi bor uylanganiga ham pushaymon edi.
Ota-o‘g‘il gulday yashab, ishlab yurarkan bir kun do‘konga kirib yuki yengil, lekin qimmatbaho buyumlarni o‘margan o‘g‘rining kasofati bilan shikoyatsiz yashayotgan kunlariga so‘ng nuqta qo‘ydi. Endi bu ishdan bir natija chiqmasdi. Mahmudbek do‘konda qolgan bor-yo‘q molni chiqarib sotdi. Sotdiyu shu hafta o‘zi ham dunyoga qo‘l tortdi, etak siltadi. Hayotining hisobini bermoq uchun o‘ziga hayot ato etganning huzuriga ketdi. Janoza harajatlaridan ortib qolgan bir necha qurush ko‘ngli yarim Yilmazga qanchagacha yetardi?! Boshlang‘ich maktabdan so‘ng o‘qishga Imkoni bo‘lmagan, hunarsiz bolaga hammollik va shofyor yordamchiligidan boshqa ish topilarmidi? Yilmaz ham abtobus bekatlarida bir muddat yo‘nalishlarni e’lon qiluvchi — jarchi bo‘lib ishladi. Bu orada haydovchiga yordamchi zarur edi, darrov ishni boshlab yubordi. Faqat ishidan ko‘ngli to‘lmas, xuzurlanmasdi. Oqshom tushib uyga kelgach, horg‘inlikdan butun vujudi, ruhi, ko‘ngli rohatsizlanardi. Pokizarok, bir ishga joylashishni shunchalar istardiki...
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:17:20
Husayin askarlikka jo‘nayotgan kunda Ismoilning ko‘lidan jomadonni olarkan, Husayinni bir qarashda taniganini, lekin bu yordamchi, jomakorda ko‘rinish unga ozor berishi mumkinligini o‘ylab o‘zini tanimaganga solishni afzal ko‘rdi. Husayinni bir jihatdan qarindosh hisoblardi. Chunki, zulm ostida qolgan o‘sha og‘ir kunlarida ko‘ngil yarasiga uning onasi malham ko‘ydi, bag‘riga bosdi, mehr-shafqat to‘la boqishlarini sezdi, Ona demoqning‘ ta’rifsiz hayajonini tuydi va ovundi.
O’sha kundan keyin Husayinni garajgacha olib kelgan Ismoilni tez-tez ko‘rardi. Avval salomlashib o‘tishardi, keyin-keyin bir-ikki daqiqa suhbatlashadigan bo‘lishdi. Hamdardlik ularni darrov do‘stlashtirdi. Masalaning yana bir tomoni Yilmaz go‘dakligida birga o‘ynagan Odilaga Ismoil uylangandi. Bir qun Ismoil^do‘konlariga ishga taklif etganida Yilmaz bu taklifni mamnuniyat bilan qabul etdi.
Oradan bir necha oy o‘tdi. Ishini yokdirar, charchaganini bilmas, berilib harakat qilardi. Odilbek ham xursand edi. Yilmazdagi g‘ariblik hissi yo‘qolib, odamlarga, havtga aralashib, ko‘tarinki, dimog‘i chog‘ bo‘lib qolishiga, nekbin harakatlar qilishiga sababchi bo‘lardi.

Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:17:48
Ismoil bir kun Yilmaz bilan yolg‘iz qolganda doim aytmoqchi bo‘lgan, lekin aytolmay yurgan bir dardi borligini, buni ko‘pdan payqab yurganini aytdi. Yilmaz tortinchoqlik bilan uylanish vaqti kelganini, lekin qo‘lida hech vaqosi yo‘qlignni, o‘ziga yordam kerakligini so‘zladi. Kimga uylanmoqchi ekanini so‘raganda, Yilmaz uyalib jimib qoldi va boshini egib oldi. Yuzi uyatdan qizarib ketdi. Ismoil osmondan tushgani yo‘q. Ko‘ngli nimalarnidir sezadi. Vaziyat avvalo Fotima onasi bilan maslahatlashishni taqozo etadi. Kunglida shunga qaror qildi va unga aytdi, Fotimaxonim mamnun bo‘ldi. «Demak, Alloh menga ikki emas, to‘rt yetimga ona bo‘lishni nasib etgan ekan, o‘g‘lim. Nima deyman, Allohning bu lutfu karamini qanday qarshilayman, bilmayman» dedi, so‘ngra ko‘zlaridan to‘kilgan ikki tomchi yoshni yetimlarning yarasiga malham bo‘lgan, malham surgan barmoqlari bilan sidirdi. Odilani bir yetimga uzatgandan beri har namozdan so‘ng har ishga qodir Allohning lutfu karamidan umidvor bo‘lib, «Yo Robbiy, Samihamni ham bir pokiza yetimga nasib ayla, bugungacha adolat bilan duolarimni ijobat etganingdek, qizimga ham baxtu saodatli turmush nasib aylab, meni bu turmushni ko‘rib, halovat topishimga muvaffaq ayla, o‘ksiklarning, g‘ariblarning, yetimlarning Sultoni Habibi Akramning hurmatlariga....» deb duo qilishni unutmasdi. Mana, duosi qabul bo‘lganining ilk mujdasi. Endigi tilagi Odilbekning bu ishni ma’qul topishi edi.
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: mutaallimah 22 Oktyabr 2007, 02:18:14

Uyda to‘yga hozirliklar ko‘rilyapti. Odilaning emaklab qolgan o‘g‘lini bag‘rida uxlatayotgan BUYUK ONA qo‘lida goho og‘ir-vazmin o‘girilayotgan tasbeh donalari. Goho deraza oldida ko‘zlaridan biri bilan o‘tirib, ora-sira ko‘ringan kuyosh ziyosida boqqanida yuz-qo‘zlarini nurlantirguvchi Qur’onini qizi ham eshitadigan darajada sokin va mayin ovozda o‘qirdi. Uning kunlari shu taxlit kechardi...
Nom: Re: O’gay ona (qissa). Ahmad Lutfi Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 08:03:49
O'gay ona (roman)

(http://www.ziyouz.com/images/books/ugay_ona.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=70)

Muallif: Ahmad Lutfiy Qozonchi
Hajmi: 391 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=70)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1705.0)