forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 05:59:34

Nom: Fazluddin Iqroruddin. Nikoh va oila risolasi
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 05:59:34
NIKOH VA OILA RISOLASI

Toshkent
«Movarounnahr» - 2004

Ushbu risolada zamonamiz yoshlari uchun juda ham zarur bo‘lgan nikoh, oila qurish, farzand tarbiyasi, aqiqa, ism qo‘yish, eru xotin haqlari va taloq kabi masalalar, urfu odat va milliy qadriyatlarimiz haqida atroflicha bahs yuritilgan. Barcha masalalar, hukm va fatvolar Imomi A’zam mazhablariga oid mo‘’tabar manbalardan olingan. Kitob keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.

Mualliflar:
Muhammadi Maxdum Shohmurodzoda, Sariosiyo tumanidagi “Hazrati Mavlaviy” jome’-masjidi imom-xatibi.
Fazluddin Iqroruddin, Sariosiyo tumanidagi “Xoja Alouddin Attor” jome’-masjidi imom-xatibi.

Nashrga tayyorlovchi  va mas’ul muharrir:
Sayfiddin Sayfulloh, O’zFA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi.

Muharrir:   
Abdulaziz Muborak

Musahhih:   
Abdusalom Abdunazar


Risola O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo'mita ruxsati bilan chop etildi.

MUNDARIJA

Juda zarur risola (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79271#msg79271)
Nikoh (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79273#msg79273)
Kelin tanlash (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79276#msg79276)
Kuyov tanlash (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79282#msg79282)
Mahr (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79283#msg79283)
Nikoh vaqti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79287#msg79287)
Nikohning sunnatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79288#msg79288)
To‘y (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79291#msg79291)
Mujomaat sunnatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79294#msg79294)
G‘uslning farzlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79303#msg79303)
G‘uslning sunnatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79306#msg79306)
G‘usl niyati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79312#msg79312)
Suv miqdori (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79314#msg79314)
G‘uslning vojib bo‘lishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79322#msg79322)
Hayz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79328#msg79328)
Tuhr (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79331#msg79331)
Mamnuoti hayz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79332#msg79332)
Nifos (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79342#msg79342)
Istihoza (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79344#msg79344)
Farzand tavalludi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79350#msg79350)
Ism qo‘yish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79357#msg79357)
Farzand tarbiyasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79363#msg79363)
Aqiqa (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79378#msg79378)
Ona sutining xosiyati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79386#msg79386)
Razo’ (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79390#msg79390)
Erning haqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79399#msg79399)
Xotinning haqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79408#msg79408)
Taloq (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79418#msg79418)
Idda (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79429#msg79429)
Nikohi noravo ayollar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79434#msg79434)
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:00:33
JUDA ZARUR RISOLA

Qo‘lingizdagi mo‘’jaz risola nikoh, er-xotinlik, taloq, hayzu nifos, idda aqiqa va boshqa muhim shar’iy masalalar haqida. Islom dinida balog‘atga yetgan har bir yigit va qiz imon va islom shartlarini, halol va harom haqidagi ko‘rsatmalarni yaxshi bilib, ularga amal qilishi kerak. Islom dini insonni hidoyatga boshlab, dunyo va oxirat saodatiga eltuvchi nurli yo‘lni ko‘rsatib beradi. Dinimiz har bir shaxsning e’tiqodini, aqlini, molini, jonini muhofaza qilish barobarida, uning naslu nasabini qo‘rish, himoya qilishga ham jiddiy e’tibor qaratadi. Xususan, zinoni, unga olib boruvchi har qanday yo‘llar va vositalarni qattiq qoralaydi. Bu boradagi ilohiy hukm va shar’iy tavsiyalarga amal qilinmasa, ayanchli oqibatlar keltirib chiqarishidan ogohlantiradi.

Darhaqiqat, bugungi kunda mahram-nomahramni ajratmaydigan, shahvatiga asir bo‘lgan ba’zi hayvontabiat insonlarning zinokorligi tufayli qanchadan-qancha oilalar barbod bo‘lmoqda, otasiz, nasabsiz bolalar tug‘ilib, jamiyatimizda o‘g‘rilik, qaroqchilik, buzg‘unchiliklar sodir bo‘lmoqda. Haqiqatan, inson nikoh odoblariga, er-xotinlik haqlariga rioya qilmasa, nomahramdan saqlanmasa, o‘zini ham, ahlu ayolini ham halokat girdobiga tashlashi muqarrar.

Fiqhiy kitoblarida uylanish odoblari va uning mas’uliyati haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Ular arab va fors tillarida bo‘lganligi uchun hamma ham o‘qib, tushunish imkoniyatiga ega emas. Shu bois mualliflar Imom A’zam mazhabiga oid bo‘lgan "œMuxtasar ul-viqoya" sharhlari, "œRaddul-muhtor", "œJome’ ur-ramuz", "œShir’at ul-Islom" singari kitoblardan nikoh va boshqa jihatlar bilan bog‘liq masalalarni tarjima qilib, ularni izohlab, risola holida jamlashgan. Mavzuga aloqador oyat va hadislardan istifoda etgan holda, shariatimizga, his-tuyg‘ularimizga muvofiq kelmaydigan ba’zi urf-odatlarni tanqid qilishgan. Nikohga oid ba’zi ahkomlarni yoritish uchun o‘rni-o‘rni bilan tabobat ilmiga ham murojaat qilishgan. Har bir mavzu haqida fikr yuritilganda ularning shar’iy asoslari, hukmlari Hanafiy mazhab doirasida tekshirilib, bugungi kun ehtiyoji yuzasidan foydali o‘git va tavsiyalar berilgan.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:01:15
Sir emas, bugungi kunda diniy qadriyatlarimizga keng yo‘l ochilgan va islomiy adabiyotlar ko‘plab nashr etilayotgan bo‘lsa-da, nikoh uylanish odoblari, er va xotinlik haq-huquqlari, taloq va idda kabi masalalardan har bir kishi ham to‘la xabardor emas. Bu risola katta va kichik yoshdagi barcha kishilar uchun zarur. Ayniqsa, xolis niyat-la oila qurish, pokiza va totuv hayot kechirish ilinjida yurgan har bir yigit-qiz uchun dastlabki muhim ma’lumotlarni berish bilan e’tiborga molik dasturul amaldir.

Risolada keltirilgan ma’lumotlar g‘oyat muhim, hayotiy bo‘lgani uchun imkon qadar undagi har bir masala va o‘gitning mohiyatini to‘g‘ri tushunishga harakat qilish kerak. Zero, yoshlarimiz poklikka, uylanish odobiga, er-xotinlik haqlariga jiddiy amal qilsalar, ulardan tug‘ilajak farzandlar ham, inshaalloh, solih, taqvodor va salomat bo‘lib tug‘iladilar. Bunday yoshlar esa ota-onasiga, elu yurtiga hamisha rahmat keltiradilar.

Kelinglar, biz ota-onalar ham yelkamizdagi ulkan mas’uliyatni his etib, avvalo, o‘zimiz Allohdan qo‘rqaylik, taqvo qilaylik, halol va haromning farqiga boraylik-da, so‘ngra farzandlarimizdan ham shularni talab qilaylik. Hadisi shariflarning birida hazrat Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam oila boshliqlarini cho‘ponga o‘xshatib, ularning mas’ul va javobgar ekanliklarini alohida ta’kidlaganlar. Shunday ekan, farzandlarimizni haq va to‘g‘ri yo‘lda tarbiyalashning har qanday moddiy va ma’naviy vositalari bo‘lsa, ulardan foydalanishimiz kerak. Axir dono xalqimiz: "œYaxshilik ham, yomonlik ham ostonadan boshlanadi", deb bejizga aytishmagan...

Muhtaram kitobxon! Savob umidida yozilgan ushbu risolani o‘qib, undan bahramand bo‘lib, uning chop etilishiga hissa qo‘shganlarni ham duolar qilib turishingizni umid qilib qolamiz.

Sayfiddin Sayfulloh
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:01:53
NIKOH

Jumla maxluqotni juft qilib yaratgan va insonni nikoh bilan sharaflantirgan Allohga behad hamdu sano va shukronalar bo‘lsinki, bu nikoh bizlarni fahshdan, zinodan saqlovchi, halol bilan haromni ajratib turuvchi chegara-to‘siqdir. "œNikohlanish mening sunnatimdir va kimki sunnatimdan yuz o‘girsa, bizdan emas", deb shar’iy oila qurishga da’vat qilgan haq payg‘ambar hazrati Muhammad Mustafoga, u zotning ahli xonadon va ashoblariga Allohning behisob salotu salomi bo‘lsin.

"œNikoh" so‘zining lug‘aviy ma’nosi mujomaat (jinsiy aloqa) qilish, majozan esa oila qurish deganidir. Shariatda ijob va qabul (ikki tomonning roziligi) bilan hosil bo‘ladigan nikoh tufayli er-xotinga bir-biridan barcha ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanmoq halol bo‘ladi.

Nikohda muhim sunnatlar va haqlar bor. Ularni bajarish majburiyati, mas’uliyati eru xotin zimmasiga yuklatiladi. Agar er-xotin bularni ado etmasa, balo va ofatlarga duchor bo‘lishi mumkinki, hamma ham bu jihatini his qilib, tushunavermaydi. Masalan, oila nafaqasi uchun halol rizq topish, ahli ayol va farzandlarga to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berish kabi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:02:49
Shuningdek, nikoh mazmun-mohiyati bilan dinni ustuvor qilish, axloqni yaxshilash va sayyidi koinot hazrati Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamning faxru iftixorlari bo‘lgan xayrli va muborak bir ishdir. Bu xususda hadisi shariflarning birida bunday marhamat qilinadi: "œNikohlaninglar, ko‘payasizlar. Albatta, men qiyomat kunida o‘tgan ummatlarga nisbatan sizlar (ya’ni ummatimning ko‘pligi) bilan faxrlanaman. Hatto qorindan tushgan noraso va chala tug‘ilgan bola bilan ham".

Nikohni ayrimlar moddiy qiyinchilik, yetishmovchilikka sabab bo‘ladi, deb gumon qiladilar. Aksincha, nikoh tufayli insonning rizqi va davlati ziyoda bo‘ladi. Chunki yaratgan Parvardigor Qur’oni karimning "œNur" surasi 32-oyatida: "œ...Agar ular (nikohlanuvchilar) kambag‘al bo‘lsalar, Alloh ularni O‘z fazlu karami bilan boy-behojat qilur", deya mujda beradi1.

Hadisi sharifda: "œBir musulmonning nikohida hozir bo‘lgan kishi bir kun Alloh yo‘lida ro‘za tutgandek bo‘ladi va bu bir kun (savob yuzasidan) yetti yuz kunga barobar", degan ulug‘ xushxabar berilsa, boshqa bir hadisi sharifda esa: "œIkki kishining nikohiga shafe’ bo‘lsang, ya’ni ularni juftlashtirmoqqa sabab bo‘lib, sa’y qilsang, shafoatning afzali shudir", deya marhamat qilinadi. Hatto, yuqorida eslatganimizdek, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "œAlbatta nikoh - mening sunnatim, kimki sunnatimdan yuz o‘girsa, u bizdan emas", deganlar. Bu xitob Payg‘ambar alayhissalomning sunnatlarini xush ko‘rmagan va nikohga qodir bo‘la turib uylanmaganlarga tegishli. Ba’zi uzrli sabablarga ko‘ra turmush qurmadiganlar bundan mustasno.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:03:55
Nikohning fazilatlaridan yana biri shuki, uylanayotgan kishi zarurat bo‘lganda nikoh uchun qarz olsa, "œQanday to‘lar ekanman?" deya boshi qotmasin. Zero, bu qarzning adosini mehribon Parvardigor o‘z zimmasiga olgan. Agar uylanuvchi kishining niyati poklik, taqvodorlik bo‘lsa, hech qanday qiyinchilik, faqirlik va muhtojlikdan qo‘rqmasin. Bu borada hazrat Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: "œFaqirlik va muhtojlikdan qo‘rqib oila qurmaganlar bizdan emas", deb qattiq ogohlantirganlar.

Hanafiy mazhabimizda nikoh olti qismga bo‘linadi:
1. Ayolning mahrini berishga, nafaqasini ta’minlashga qodir, aqliy va jinsiy sog‘lom, uylanmagan taqdirda zino qilishi aniq bo‘lgan kishiga nikohlanish farz.
2. Jinsiy ojiz bo‘lmagan, mahr berishga va nafaqasini ta’minlashga qodir, uylanmasa, zino qilish ehtimoli bo‘lgan kishi uchun uylanish vojib.
3. Jinsiy tomondan o‘rtacha, zino qilish ehtimoli bo‘lmagan kishi uchun oila qurish sunnat.
4. Oila tebratish majburiyatiga bo‘ysunmay, xotiniga zulm o‘tkazishi shubhasiz bo‘lgan kimsaning uylanishi haromdir. Zero, bunday turmush har ikki taraf uchun saodat emas, baxtsizlik keltiradi.
5. Oilani boshqarish haqlariga rioya qilmasdan, xotiniga zulm qilishidan qo‘rqilgan kimsaning uylanishi makruh.
6. Zino qilish qo‘rquvi bo‘lmasa ham, jinsiy lazzat olish uchun uylanish muboh.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:04:15
KELIN TANLASH

"œDurrul Muxtor" nomli fiqh kitobining "œNikoh fasli" shu satrlar bilan boshlanadi: "œOdamzot uchun nikoh va iymondan boshqa hatto jannatda ham davom etadigan ibodat yo‘q. Oila shunday saodatmand bir bog‘ki, hatto jannatda ham davom etadi. Har qanday shartnoma ham ma’lum muddatdan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotadi, ammo bir-birlaridan mamnun bo‘lgan umr yo‘ldoshlarning hayoti esa o‘lim bilan ham tugamaydi".

O‘zimizga umr yo‘ldoshi tanlar ekanmiz, bir yostiqda keksayish niyatidagina emas, balki jannatda ham birga bo‘lish orzusida yo‘lga chiqishimiz kerak. Shuning uchun munosib umr yo‘ldoshi tanlash inson hayotidagi eng muhim, balki hayot-mamot masalalardan biri hisoblanadi.

Nasl-nasabning qanday davom etishi, farzandlarning ta’lim-tarbiyasi, axloq-odobi, sog‘lik-salomatligi, hatto qarindosh-urug‘, aka-singil va do‘st-birodarlar bilan bo‘ladigan aloqa, yaqinlik, bordi-keldining risoladagiday saqlanib qolishi ham bevosita bo‘lajak umr yo‘ldoshiga bog‘liq. Qolaversa, uylanayotgan kishi turmush o‘rtog‘i bilan hayotining asosiy qismini o‘tkazadi, shubhasiz, ma’naviy kamolot va moddiy farovonlikka erishishda ahli ayolning o‘rni va ahamiyati o‘ta muhimdir.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:04:45
Bu ishga shu darajada diqqat qilish kerakki, kelinning aslu naslida, hatto qarindosh-urug‘larida mavjud bo‘lgan iqtidor, qiziqish, xulq, qiyofa, fe’l-atvor va boshqa o‘ziga xos ijobiy va salbiy xususiyatlar bo‘lajak farzandlarga irsiyat orqali o‘tishi, ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun ota-bobolarimiz yetti ajdodini, qarindosh-urug‘ini so‘rab-surishtirib, ma’qul topsalar, keyin sovchi qo‘yganlar.

Biroq bugungi kunda bunday qadriyatlar o‘rnini diniy va milliy g‘ururimizga yot bo‘lgan ayrim bema’ni odatlar egallamoqdaki, bu hol o‘zligini bilgan har bir kishini tashvishlantirishi, iztirobga solishi shubhasiz. Masalan, birovning boyligi, obro‘si, amali uchun quda bo‘lish, boshlig‘ining beodob va nomunosib qizini kelin qilish, qizning chiroyiga uchib uylanish yoki kasbiga, hunariga qarab kelin tanlash va boshqalarni aytish mumkin. Shubhasiz, bu borada eng to‘g‘ri yechim sunnatga, fozilu dono kishilar maslahatiga amal qilmoqdir.

Avvalo Alloh taolo Qur’oni karimda uylanish haqida bergan ko‘rsatmasini keltirib o‘taylik. "œTo iymonga kelmagunlaricha mushrika ayollarga uylanmangiz! Shubhasiz, ozod mushrika ayoldan — garchi u sizga yoqsa-da, — iymonli cho‘ri yaxshidir. To iymonga kelmagunlaricha mushrik erlarni (qizlaringizga) uylamangiz! Shubhasiz, ozod mushrikdan — garchi u sizga yoqsa-da — mo‘’min qul yaxshiroqdir. Ular (mushriklar) do‘zaxga chaqiradilar. Alloh O‘z izni-irodasi bilan jannatga da’vat qiladi. Va odamlar eslatma olishlari uchun o‘z oyatlarini bayon qiladi". ("œBaqara" surasi, 221-oyat). "œZinokor erkak faqat zinokor ayolga yoki mushrikaga uylanur. Zinokor ayolga faqat zinokor erkak yoki mushrik uylanur. Va bu (ya’ni zinokor ayollarga uylanish) mo‘’minlarga harom qilingandir". ("œNur" surasi, 3-oyat).
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:05:15
Demak, Parvardigori olam bizlarni avvalo mo‘’minalarga uylanishga buyursa, keyingi oyatda iymon keltirmagan mushrikalarga va zinokorlarga uylanishdan qaytaradi. Bu biz uchun juda muhim tavsiyadir. Ayniqsa, zinokor er yoki ayol bilan turmush qurish haqidagi ogohlantirishga qattiq e’tibor qaratishimiz zarur.

Uylanmoqchi bo‘lgan kishilar eng avval aqlli, pokdomon va dindor ayolni tanlashlari lozim. Chunki soliha va yaxshi amallar qiluvchi ayol dunyoning eng afzal boyliklaridan biri hisoblanadi. Darhaqiqat, er kishi shunday ayol tufayli supir-sidir, pishir-kuydir, bichish-tikish kabi ro‘zg‘or tashvishlaridan ozod bo‘lib, ilmu ma’rifat hosil qilishga, toatu ibodat bilan mashg‘ul bo‘lishga vaqt topadi. Shu jihatdan soliha va go‘zal axloqli ayol diniy va dunyoviy ishlarda yordamchi bo‘ladi.

Uylanayotgan kishi aslu nasabi oliy (baland) ayolni ixtiyor qilsin. Chunki asl (ona) farzandni o‘z tomoniga tortadi. Molu mulkda, izzatu hurmatda o‘zidan pastroq ayolni talab qilsin, chunki bu jihatlarda erkakning ayoldan ustun bo‘lishi, uni fitna va malomatlardan saqlaydi. Shuningdek, xarajati va ehtiyoji kam ayolga uylanish kerak. Hadisi sharifda: "œEhtiyoji kam, mahri oz va farzand ko‘rishi oson bo‘lgan ayol barakotli ayoldir", deyilgan.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:05:41
"œHazor savol" kitobida shunday hikoyat keltirilgan. Malika so‘radi: "œBir oilada uch aka-uka bor. Kattasining sochi qora, o‘rtanchisining sochi oq-qora, kichkinasining sochi oppoq, sababi nimada?" Donishmand javob berdi: "œKattasining sochi qoraligiga sabab, uning xotini odobli, axloqli va eriga itoatli. O‘rtanchasining zavjasi o‘rta hol va kenjasining ayoli odobsiz va axloqsizligidan dalolat beradi".

Aslu nasabi past, dinu diyonatda sust bo‘lgan sohibjamol ayolga uylanish ham xayrli emas.

Kelinni faqat boyligi, obro‘si va husnu jamoliga qarab tanlamaslik kerak. Erkak xotinni obro‘siga uchib uylansa, xoru zor bo‘lishi mumkin. Boyligi va chiroyi uchun turmush qursa, faqiru muhtoj bo‘ladi. Bu borada Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: "œKimki xotinning molu jamoli uchun uylansa, uning molu jamolidan mahrum bo‘ladi va kimki ayolning dini uchun uylansa, Alloh taolo u kishiga uning molu jamolini ham nasib qiladi", deb marhamat qilganlar.

Yana qaddu qomati, ko‘rinishi noxushlik uyg‘otadigan, yoshi juda qari va yomon so‘zlaguvchi, badxulq va badkirdor, zinokor hamda mutakabbir ayollarga uylanish ham ma’qul emas.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:05:59
Rivoyat qilishlaricha, hazrati Muso alayhissalom qavmlari - bani Isroildan bir kishi: "œTo yuz kishi bilan maslahat qilmagunimcha uylanmayman", deb ahd qildi. To‘qson to‘qqiz kishi bilan maslahatlashdi va: "œErta tongda yo‘limda uchragan birinchi kishining maslahatiga amal qilaman", deb o‘yladi. Ertalab unga birinchi ro‘baro‘ bo‘lgan odam — qamishni ot qilib minib olgan bir devona edi. Bu holatdan u kishi juda xafa bo‘ldi. Ammo tunda qilgan ahdiga muvofiq shu devonadan maslahat so‘ramoqchi bo‘lib, unga yaqinlashdi.

Devona esa minib olgan "œot"iga ishora qilib: "œYonimga kelma, otim tepadi", dedi va ketishga chog‘landi. U kishi: "œOtingni to‘xtat, menga sening maslahating zarur, men uylanmoqchiman", dedi. Devona biroz o‘ylanib turib dedi: "œBilki, ayollar uch toifa bo‘ladi: birinchisi sening foydangga, ikkinchisi sening zararingga, uchinchisi esa yo sening foydangga yo zararinggadir", deya "œot"ining boshini burib, keta boshladi.

U kishi devonani yana to‘xtatib: "œAytganlaringni ma’no va hikmatlarini menga sharhlab ber" dedi. Devona unga shunday javob qaytardi: "œBirinchi toifa deganim, bu bokira qizdir. Chunki nikohdan so‘ng uning qalbi va mehru muhabbati faqat senga bog‘lanadi. Zero, u sendan boshqa bilan ulfat va uns olmagandir. Ikkinchi toifa deganim, bolali beva ayoldir. U sening molingni yeydi, ammo avvalgi erini deb ko‘z yosh to‘kadi. Uchinchisi, yo foydang yo zararingga deganim, bu avvalgi eridan farzandi bo‘lmagan juvondir. Agar sen avvalgi eridan yaxshiroq bo‘lsang, seni do‘st tutadi, mabodo yomonroq bo‘lsang, u holda senga dushman bo‘lishi mumkin".
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:06:08
Devonaning javobidan hayratda qolgan u kishi so‘rabdi: "œSo‘zlaring hakimona, ammo ne uchun qilmishlaring devonavor?". Devona javob berdiki: "œEy birodar! Meni mas’uliyatli, oxiratda esa javobi qattiq va og‘ir bo‘lgan qozilik mansabiga tayin qilmoqchi edilar. Men bu xatarli lavozimni qabul qilmaslik uchun o‘zimni devonalikka urdim va undan qutilib qoldim".

Hukamolar aytadilar: uylanuvchining bo‘lajak qallig‘i o‘zidan to‘rt jihatda: yoshda, qomatda, boylikda, hasabda (obro‘ va e’tiborda) past bo‘lishi hamda to‘rt jihatda: husnu jamolda, odobda, axloqda va taqvodorlikda ustun bo‘lmog‘i darkor.

Kuyov kelin uchun to‘y oldidan turli xushbo‘yliklar, mushk va surmalar kabi pardoz ashyolaridan hadyalar yuborsin, o‘zi ham uning oldiga kirayotganda xushbo‘yliklar sepsin. Shuningdek, nikohdan oldin kelin-kuyovning bir bora uchrashishlari sunnatdandir. Zero, nikohdan oldin vakillar huzurida bir-birlarini ko‘rmoqlari to‘ydan so‘ng o‘zaro uns va ulfat bo‘lishlariga sabab bo‘ladi. Uylanayotgan yigit o‘zining mahramlari - onasi, singlisi, amma yoki xolasi orqali kelin bo‘lmishning lab-tishlarini, qosh-qovog‘ini, ko‘z-kipriklarini, sochini, bo‘yni-yu tomog‘ini, bag‘baqalari, yuzi, poshna va boldirlarini ko‘rdirib, hatto hidlatib olsa ham ravo. Toki nikohdan so‘ng undan nafrat qilmasin.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:06:59
KUYOV TANLASH

Ayollar ham o‘zlariga munosib dindor, taqvodor, xushaxloq, juvonmard, shijoatli va saxiy kuyovni ixtiyor etsinlar, zinhor fosiq va badkirdor kishiga turmushga chiqmasinlar. Rasuli akram sallallohu alayhi vasallam: "œQaysi bir ayol fosiq odamga turmushga chiqishga rozi bo‘lsa, qiyomat kuni qabridan peshonasiga "œAllohning rahmatidan noumid" deb yozilgan holda turgiziladi. Ogoh bo‘linglarki, mening shafoatimni xohlagan ayol fosiq kishini er qilmasin", deb marhamat qilganlar.

Binobarin, erkaklar o‘z mukarrama va muaddaba (odobli) qizlarini fosiq va badnamo (turqi sovuq), e’tiqodi zaif, kelinning haq-huquqlarini ado etolmaydigan va nasab jihatidan o‘zlariga barobar bo‘lmagan yigitlarga uzatmasinlar. Qizlarning haqqini saqlab, ularni muvofiq joylarga uzatmoq o‘ta muhim ishdir.

Hadisi sharifda bunday deyiladi: "œO‘z izzatli va odobli qizini fosiq kishiga uzatgan kimsaning ustiga har kuni ming la’nat tushadi, qilgan amali osmonga chiqmaydi, duosi mustajob bo‘lmaydi va uning uchun sarf va adl qabul bo‘lmaydi".

Shuningdek, kishi o‘zining yosh qizini katta yoshli, qabih va xunuk kishiga bermasin, chunki bundan fitna sodir bo‘lishi mumkin.

Qizning o‘ziga mos kuyovdan sovchi kelsa, valiy (qiz egasi) paysalga solmasin. Zero, badavlat yo mansabdor kuyov kutish yoki boshqa ta’xir sababidan fitna va fasodga duchor bo‘lishi mumkin. Hadisi sharifda: "œUch narsa: namoz vaqti kirganda, janoza hozir bo‘lganda va qiz bolani o‘ziga munosib kuyov talab qilganda kechiktirilmaydi", deb marhamat qilingan.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:07:22
MAHR

Nikoh vaqtida kuyov tomonidan kelinga beriladigan doimiy va shaxsiy mulkni mahr deyiladi.

Mahr nikohning vojiblaridan biri bo‘lib, uning miqdori nikoh vaqtida tayin qilinadi. Nikoh payti mahr tayin qilinmasa ham, nikoh sahih hisoblanadi, ammo mahri misl berish vojib bo‘ladi. Mahri misl shuki, kelinga ota tomonidan qarindosh, aqli, dini, xusni, yoshi, mol-mulk va obro‘si barobar, hatto qiz yo juvonligi muvofiq bo‘lgan tengining mahri miqdoridir. Agar ota qavmidan tengi topilmasa, u holda begonalarga qiyoslanadi.

Mahr kuyov tomonning imkoniyatiga qarab belgilanadi. Mahrni quyidagi rivoyatga muvofiq berish sunnatdir. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam qizlari Fotima roziyallohu anhoni hazrati Ali karramallohu vajhahuga to‘rt yuz misqol nuqra mahr bilan uzatdilar.

Mahrning eng kam miqdori ham bor va bu qiymat "œMajma’ ul-maqsud"da o‘n tanga deyilgan. Agar mahr bu miqdordan kam belgilansa ham, o‘n tanga berish vojib bo‘ladi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:07:40
Ko‘pincha, nikoh paytida qizning mahrini belgilamay, "œmahriga bitta uy, oldi ayvon, sigiri bilan" deb qo‘yishadi. Buni kelin-kuyov tushunmaydi ham. Oqibatda kelinlarimizning haqlari paymol bo‘ladi. Uy ham, mol ham bo‘lajak oilaning umumiy mulkidir. Nikoh paytida guvohlar ishtirokida mahrni aniq belgilash, bu narsa kelinning shaxsiy va daxlsiz narsasi ekanligini tushuntirish, kuyovga esa va’da qilingan mahrni aslo esdan chiqarmay, taqdim etishni yuklash, ayniqsa, muhimdir.

Mahrni chin dildan rozi bo‘lib, xursandchilik bilan berish kerak. "œNiso’" surasining 4-oyatida Alloh taolo: "œVa beringlar xotunlarg‘a alarning mahrlarini xursandlik ila!.." deb buyurgan.

Ma’lumki, bugungi kunda kuyov tomonidan kelin tarafga to‘y xarajatlari uchun u-bu narsalar yuborish odati bor. Kelin tomondagilar bu narsalarni to‘yga ishlatadilar va qolgan ashyolar esa to‘ydan keyin kelin-kuyovlarga beriladi. Bu narsalar mahr bo‘ladimi, yo‘qmi, degan savol tug‘iladi. Agar faqat to‘y xarajati niyatida yuborilgan bo‘lsa, mahr hisoblanmaydi, lekin kelinning mahri deb bersalar, mahr hisobiga o‘tadi. Valiylar qabul qilgan taqdirda ham, yuqorida ta’kidlaganimizdek, mahr kelinning shaxsiy va daxlsiz mulki bo‘lgani uchun, uni xarj qilish ham kelinning ixtiyoridadir. Bu narsalarni so‘ramasdan ishlatishga hech kimning, hatto ota-onasining ham haqi yo‘q.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:08:09
Yana bir odat bugungi kunda og‘riq nuqtalardan hisoblanadi. Ayrim joylarda kelin taraf kuyov tomonidan "œsut puli" va shunga o‘xshash narsalarni tama va talab qilishadi. Bu narsalarning ham mahrga aslo daxli yo‘q, aksincha, bid’at-xurofot ishlar sarasiga kiradi.

Ba’zi xalqlar hali ham qalin deb, ko‘p mol-mulk olish xurofotidan qutila olmagan. Kelin olish uchun ko‘p ming so‘mlab pul, o‘nlab mol-qo‘y, kiyim-kechak va jihozlar berishga, kelin kelgach, undan shu narsalarni undirib olishga o‘rgangan oilalar haligacha bor. Buning dinga aloqasi yo‘q, bu — bid’at, ayniqsa, hozirgi sharoitda xalqimiz boshiga tushgan musibatdir. Qolaversa, bunday qalin olish-berish qizlarimizning haq-huquqini kamsitish, ularni oldi-sotdi qilish demakdir.

Ana shu xurofot sababdan qancha yigitlar uylanolmay halak, qizlarimiz esa turmush qurolmay, baxti paymol bo‘lmoqda... Qizimizni "œqimmatroqqa sotish"ni o‘ylamay, buning o‘rniga unga Allohdan baxt-saodat, qo‘sha-qo‘sha farzand, oilasiga qut-baraka so‘rab, duoda bo‘lishimiz a’lo emasmi? Janobi Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "œEhtiyoji kam, mahri oz va farzand ko‘rishi oson bo‘lgan ayol barakotli ayoldir", deb bejiz aytmaganlar.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:08:23
Yana mahrning naqd va nasya shakli bor. Ammo, aytib o‘tilganidek, mahr o‘z ixtiyorini begona bir odamga topshirayotgan qizning ko‘nglini ko‘tarish, yangi oilasiga, xossatan turmush o‘rtog‘iga mehr-muhabbatini ziyoda qilish uchun beriladiki, nasyadan ko‘ra naqd bo‘lgani avloroq.

Kuyov mahrni ado qilmoq uchun kelindan muhlat so‘ramasin, agar kelin o‘z ixtiyori bilan kechiktirishga rozi bo‘lsa, hech boki yo‘q. Yigit mahrning hammasini berolmagan taqdirda ham, bir qismini ertaroq yuborsin.

Mahrning ma’lum bir qismiga qizlar uchun qadrli bo‘lgan zirak, uzuk, soat kabi tilla taqinchoqlar, marjon, marvaridga o‘xshash ziynatlar va pardoz ashyolari olib, nikoh paytida berilsa, nihoyatda foydali bo‘ladi. Qolaversa, shirin xotiralarga oshno ayollar uchun, bu baxtli-saodatli kunlaridan qimmatli bir esdalik bo‘lib qoladi. Bu holda ham albatta kuyovning qudrat va toqatiga e’tibor berish lozim.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:09:25
NIKOH VAQTI

Shariatda nikoh uchun muayyan biror oy yoki biror bir kun tayin qilinmagan. Ammo shavvol oyida nikohlanmoq afzalroq. Chunki Oisha onamiz roziyallohu anho: "œMeni Nabiy sallallohu alayhi vasallam shavvol oyida nikohladilar", deganlar. Ma’lumki, shavvol oyi qamariy oylarning o‘ninchisi hisoblanib, ramazon va qurbon hayitlari orasida keladi.

Quyidagi rivoyat xalqimiz orasida tarqalgan, "œIkki hayit orasi nikoh joiz emas" degan botil aqidaning puchligiga dalil bo‘ladi. Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallamning "œLa nikaha baynal ‘iydayni" degan so‘zlarini hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bunday sharhlaganlar:

"œBu qavl ikki hayit orasida nikoh nojoiz, degani emas. Bu hadisi sharifning boisi shunday: bir yili qish faslida hayit namozi juma kuniga to‘g‘ri kelib qoldi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hayit namozini o‘qidilar va juma namoziga hozirlanmoqchi bo‘lib, uyga qaytdilar.

Sahobai kiromlardan birlari Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: "œEy Allohning rasuli! Hozir falon joyda bir nikoh bor edi..." dedilar. Qish faslida kun qisqaligidan juma namoziga vaqt kam qolgani uchun Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ikki hayit orasida, ya’ni hayit va juma namozining o‘rtasida nikoh yo‘q, dedilar". Chunki juma kuni ham musulmonlarga hayit hisoblanadi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:09:54
NIKOHNING SUNNATLARI

Nikoh bilan zinoni ajratmoq uchun nikohni el orasida e’lon va izhor qilmoq sunnatdir. Poytaxtimiz Toshkentda ko‘pincha Bibi Oisha onamiz roziyallohu anho rivoyat qilgan hadisi sharifga muvofiq, nikoh asosan masjidlarda o‘qiladi. Ammo viloyatlarda bu holatning aksini ko‘rish mumkin. Ya’ni kelinlarni kechasida maxfiy yoki kuyovning uyiga olib borgandan keyin, ba’zan ikki uch kun, ba’zan esa bir haftadan so‘ng nikoh o‘qiladi.

Agar kelin o‘g‘irlangan bo‘lsa, bu holat nafaqat sunnatga, balki farzga ham xilofdirki, xonadonga baxt emas, balo olib keladi.

Nikoh paytida eng kamida to‘rt kishining hozir bo‘lmog‘i shart. Chunonchi, quyidagi hadisi sharifda ham shu haqda bayon qilingan: "œTo‘rt kishi hozir bo‘lmagan nikoh sifohdir (ya’ni sahih emas, zinodir): uylanuvchi, kelin yoki kelinning vakili va ikki odil guvoh".
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:10:03
Nikoh paytida xutba o‘qish ham sunnat. Shuningdek, kelin-kuyovning boshidan sochqi (qand, bodom va tangalar) sochish va odamlarning sochqilarni tabarrukan shitob bilan terib olishlari ham sunnat hisoblanadi.

Ta’kidlab o‘tmoq lozimki, hazrati Rasul alayhissalom va sahobai kirom raziyallohu anhum zamonalaridan keyin yangi chiqqan amallarni bid’at deyiladi. Ammo bid’at ikki xil bo‘ladi: hasana (yaxshi) va sayyia (yomon). Shariatga muvofiq bo‘lgan yangi amallar bid’ati hasana bo‘lib, unga amal qilish savobli va maqbuldir.

Sunnatlardan yana biri kuyov chimildiqqa ilk bor kirganda kelinning oyoqlarini yuvib, suvini uyning burchaklariga sepishdir. Zero, bu amal tufayli ushbu xonadonga fayzu baraka yog‘iladi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:10:19
Mazhabimizdagi asosiy fiqh kitoblaridan biri bo‘lgan "œMuxtasar ul-viqoya"ning turkiy sharhi "œMajma’ ul-maqsud"da quyidagi hadisi sharif keltirilgan. Abi Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallollohu alayhi vasallam ba’zi sahobalariga vasiyat qilib dedilar:

"œQachonki, yangi olgan xotining uyingga kelsa, o‘tirgan zamonida oyog‘idagi mahsisini yechib ol. Ikki oyog‘ini yuv, oyog‘idan musta’mal bo‘lib tushgan suvni uyning eshigiga (ostonasiga) va (to‘rt) burchagiga sep. Shunday qilsang, Xudoi taolo sening hovlingdan yetmish xil faqirlikni chiqargay va yetmish xil g‘aniylikni (boylikni) kirgizgay.

Va yetmish rahmatni senga nozil qilgay, u rahmat jufting ustida tebranib turgay, toki u rahmatning barakasi uyingning hamma burchaklariga yetgay va u xotin, har qachonkim shu hovlida bo‘lsa, jinni bo‘lmoqdan va maxov bo‘lmoqdan va pes bo‘lmoqdan omon bo‘lgay".
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:10:43
TO‘Y

Nikohning mashhur sunnatlaridan biri, elu yurt oldiga baqadri imkon dasturxon yozib, ziyofat bermoqdir. Ayniqsa, kelin to‘yida pishirilgan taomni g‘animat bilish kerak. Chunki ulug‘larimiz bu ziyofatda jannat ne’matlaridan bir ulush bor, deyishadi. Hazrati Ibrohim alayhissalom va payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam bu taom haqiga duo qilganlar.

TANBEH: nikoh e’loni uchun ehson qilinsa, ortiqcha dabdaba va isrofdan saqlanib, sunnatga muvofiq to‘y o‘tkazmoq lozim. Qolaversa, faqatgina o‘ziga to‘q kishilarni chaqirib, kambag‘allarni unutib qo‘ymaslik kerak. Chunki hadisi sharifda faqirlarni chaqirmay, boylar uchungina tayyorlangan taom eng yomon taomligi ta’kidlangan.

Kelin nikohdan oldin chiroyli kiyimlarini kiyib, sochlarini tarab, ko‘zlariga surma tortishi, qo‘l-oyoqlariga xina qo‘yishi hamda xushbo‘y atirlar sepib, ziynatlanmog‘i lozim. Lekin zinhor satri avratni tark etib, yarim yalang‘och holda odamlarga o‘zini ko‘z-ko‘z qilmasinki, xayr-barakadan mahrum, la’natga mubtalo bo‘lgay.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:10:54
Kuyov kelinning oldiga kirgach, ikkovlari ham avval ikki rakat nafl namoz o‘qishsin. Keyin kuyov qo‘lini kelinning peshonasiga qo‘yib shunday duo qilsin: "œAllohumma borik liy fiy ahliy va borik li ahliy fiyya, Allohummarzuqniy minho varzuqho minniy, Allohummajma’ baynano mo jama’ta fiy xayrin va farriq baynano izo farraqta fiy xayrin". Ma’nosi: "œEy Parvardigor! Meni ahlim uchun va ahlimni men uchun xayrli va barakotli qil! Parvardigoro, ahlimdan menga va mendan ahlimga rizq (farzand) ber! Allohim, albatta bizni yaxshilik bilan qovushtirding, endi ajratsang ham yaxshilik bilan (ya’ni umr tugaganda) ajrat!"

Ahli bilan jinsiy aloqa qilishdan oldin ushbu duoni o‘qishi lozim: "œAllohumma biismika istahlaltu farjaho va biamonatika axaztuho, Allohumma famo qazayta shay’an min rahimiho faj’alhu barran taqiyyan vaj’alhu musliman saviyyan valo taj’al mufsidan sharikan lishshaytoni". Ma’nosi: "œEy Allohim! Sening noming bilan buni o‘zimga halol qildim va sening omonating bilan uni oldim. Parvardigoro, buning rahimida (bachadonida) nimaniki hukm etsang, uni yaxshi amalli, taqvodor chin musulmonlardan qil va shaytoni la’inning fasodkor sheriklaridan qilib qo‘yma!"
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:11:05
Yurtimizda nikoh bilan bog‘liq turli urf-odat va marosimlar bo‘lib, ularning hammasi ham to‘g‘ri va dinimizga mos kelavermaydi. Ayrim joylarida bir g‘alati odat bor. To‘y tugagach, chimildiqqa kelin-kuyov uchun joy to‘shab, atrofida kelinning amma-xolalari, yangalari turib olib, kuyovni kutib o‘tirishadi. Kuyov besh-oltita tengdoshlari bilan kelib, yaqinlari o‘rtasida o‘tirgan kelinni ko‘tarib o‘ringa tashlaydi. Ayollar darrov ularning ustini ko‘rpa bilan o‘rab qo‘yib, to tonggacha shu yerda o‘tgan-ketgandan, er-xotinning o‘zlarigagina tegishli bo‘lgan aloqalardan, beparda gaplarlardan hangomalashib o‘tirishadi.

Bunday odat, avvalo, dinimizga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki sunnatga muvofiq, kelin-kuyovni xoli qoldirish lozim. Ikkinchidan, kelin-kuyovni ko‘rpaning ostida tonggacha dimiqtirib, nafaslarini yutib chiqishlaridan kimga foyda?! Buning ustiga ko‘rpaning qimirlaganini ko‘rib qolsalar: "œBuguncha o‘zingizni bosib turing" qabilidagi gaplar bilan ularni uyaltirish, o‘z oilalaridagi sirlarni boshqalar oldida aytib, turmush qurayotgan yoshlarga salbiy ta’sir ko‘rsatish qaysi andozaga to‘g‘ri keladi?! Bunday bema’ni odatlardan voz kechib, sunnatga muvofiq yo‘lni tanlashimiz lozim.

Tajribali mutaxassis, shifokor-androlog O‘ktam Muhammad Murod "œNikohning birinchi kechasi" nomli kitobida ogohlantirib o‘tganidek, bunday urf-odatlar hayot ostonasiga endi qadam qo‘yayotgan yosh kelin-kuyovlarga ruhan ta’sir etib, ularning ilk qovushishlariga monelik qiladi. Bunday holatlar turli tushunmovchiliklarga, dilxiraliklarga va hatto ba’zi oilalarning ajralishiga ham sabab bo‘ladi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:11:25
MUJOMAAT SUNNATLARI

Mujomaatda (jinsiy aloqada) ham sunnat va odoblar bor. Avvalo er kishi jufti haloli bilan qo‘shilib, farjini haromdan (zinodan) saqlashni, kuydiruvchi fosid modda, ya’ni zoid (ortiqcha) maniydan tanni qutqarishni hamda tab’ni lazzatlantirib, uni parvarish va tarbiya qilishni niyat qilsin. Toki uning tabiatida shu mujomaat tufayli quvvat paydo bo‘lsin. Ba’zi tabiblarning so‘zlariga qaraganda, jimo’ ko‘ngilga farah va xursandchilik keltirishi bilan birga ishtahani ochadi, g‘azabni so‘ndirib, buzuq fikrlar va savdoi vasvasalarni miyadan quvadi.

Er-xotin jimo’dan so‘ng badandagi najosatlarni artmoq uchun alohida-alohida xirqa (bir parcha mato) olishlari ham sunnatdir. Agar ikkovlari bir matodan foydalansalar oralariga sovuqlik tushishiga sabab bo‘ladi.

Jimo’ qilishdan avval "œA’uzu billahi minash shaytonir rajim, Bismillahir rahmonir rahim", deb ushbu duoni o‘qisin: "œAllohumma jannibnash shaytona va jannibish shaytona mo razaqtano". Ma’nosi: "œEy Allohim! Bizdan va bizlarga ato etajak rizqingdan (farzanddan) shaytonni yiroq qil!" Agar Tangri taolo ularga farzand ato qilsa, ushbu duoning barakotidan jin va shayton u farzandga zarar yetkaza olmaydi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:11:35
Agar farzand o‘g‘il bo‘lishini xohlasa, albatta qattiq ixlosu e’tiqod bilan "œIxlos" surasini o‘qib, shunday duo qilsin: "œEy Alloh! Agar shu jimo’dan menga o‘g‘il farzand hadya qilsang, unga payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamning muborak ismlarini qo‘yaman". Shunda Alloh taolo xohlasa, unga o‘g‘il farzand ato qiladi. Hadisi sharifda kelganki, kim homilador ayolining qorni ustiga qo‘lini qo‘yib, "œIxlos" surasini va yuqoridagi duoni o‘qisa, inshaalloh, o‘g‘il tug‘iladi.

"œShifo" kitobida yozilganiga ko‘ra, agar nutfa erkakning o‘ng tarafidan ayolning o‘ng tarafiga tushsa, o‘g‘il, aksincha, chap tarafdan chap tarafga to‘kilsa, qiz tug‘iladi. Yana bir rivoyatga ko‘ra, xotin hayzdan pok bo‘lgach, birinchi kundan beshinchi kungacha jimo’ qilinsa, o‘g‘il, beshinchi kundan o‘ninchi kungacha jimo’ qilinganda esa, qiz tug‘iladi. Albatta, bu — bir sabab. Zotan, kimga qiz va kimga o‘g‘il ato etish Qur’on oyatlariga muvofiq Allohning xohish-ixtiyoridadir.

Bilmoq lozimki, badan va nafs mo‘’tadil holda, pokiza va muattar joyda, shodmonlik va xursandchilik holatida mujomaat qilmoqlik vojib amallardandir. G‘azablanganda, g‘am-anduh chekkanda, shuningdek, mast holda (Alloh asrasin) jimo’ qilmasin.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:11:58
Mujomaatdan avval o‘ynashib, hazillashib, o‘pishish hamda quchoqlashish sunnatdir. Zavjasining ko‘zlarida shahvat zohir bo‘lguncha, erkak uning sochlarini silab, peshona-yu ko‘zlaridan, chehra-yu lablaridan, dudog‘i-yu tomog‘idan o‘pmog‘i va yana ko‘kragini ohista ushlab, badan, son va farjini muloyim siypalasin. Zero, bu harakatlarni jimo’dan avval qilmoq badanga rohat keltirishi bilan birga, farzandning komil aql va to‘rt muchasi butun tug‘ilishiga sabab bo‘ladi.

Erkak va ayol inzolda (nutfa to‘kish) bir-birlariga muvofaqat qilishi kerak. Zero, agar erkak ayoldan oldin forig‘ bo‘lsa (nutfa to‘ksa), xotin kishi kunning qolgan qismini sustbadan va parishonxotir o‘tkazadi.

Bayt:   Zan k-az bari mard norizo barxezad,
        Pas fitna-yu jang daron saro barxezad.


Ma’nosi: agar xotin erining yonidan norozi turib ketsa, bas, bu xonadonda fitna-yu janjal boshlanadi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:12:21
Er inzol qilgandan so‘ng xotini lazzat olib, sonlarini bir-biriga jips qilmaguncha, uning ustidan tushmasin. Hadisi sharifda ham kelibdiki: "œErkak o‘z ahli bilan mujomaat qilganda xo‘rozga o‘xshab sakramasin". Bu kinoya jimo’ni tez boshlab, tez tugatmaslikka dalolatdir.

Bir rivoyatda homilador bo‘lmaslik uchun inzol vaqtida xotin andomidan (farjidan) zakarni chiqarib (nutfani chetga to‘kmog‘i) man’ qilingan. Ammo ba’zi olimlarning qavllariga qaraganda, bu ishning durustligi xotinning roziligiga bog‘liq. Agar shu so‘zlarga tayaniladigan bo‘lsa, ayrim ayollarning tabiblar tavsiyasi va tibbiy holatiga ko‘ra, turli vositalar orqali homiladorlikdan saqlanishlari joiz bo‘ladi.

Erkak va ayol hamisha, ayniqsa, jimo’ vaqtida farj, badan, og‘iz, libos va joylarini ozoda tutishlari kerak. Zero, badan yoki libosning nopokligi, nafasning badbo‘yligi erning ham, xotinning ham bir-biriga bo‘lgan mehrini so‘ndiradi va jimo’ jarayonini sustlashtiradi. Xususan, ayol yotish oldidan ozoda va xushbo‘y bo‘lishi, nafis va zebo kiyim kiyib, sochlarini tarashi, latif va mavzun harakat qilib, sharmu hayo ila shirin tabassum etishi, nozu istig‘no va mahramona so‘zlari bilan erining shahvoniy hissiyotini to‘la uyg‘otsin. Oqila-yu zebo, g‘amxoru mehribon ayol shunday qilsa, er-xotin jimo’dan beqiyos lazzat va halovat topib, bir-biridan behad bahramand bo‘ladi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:12:30
Erkak jimo’dan keyin ayoldan darrov burilib, undan avval beparvo holda uyquga ketmasin. Zero, bunday harakat ayolning ko‘ngli qolishiga sabab bo‘ladi. Erkak kishi doimo, ayniqsa, uyqu paytida ayolning posboni va himoyachisi hisoblanadi. Hayotning go‘zalliklaridan bahramand qilgan xushbaxt va sohibjamol jufti haloliga osuda uyquga ketgan payti termulishning ham o‘ziga yarasha zavqi va farahbahshligi bor. Erkak kishi jimo’ oldidan ayoliga qanday muloyim va muhabbatli bo‘lsa, jimo’dan keyin ham shunday e’tibor ko‘rsatishi kerak.

Jimo’ paytida ko‘p so‘zlashmaslik ham sunnat hisoblanadi. Chunki bu holatda ko‘p so‘zlashish tug‘ilajak farzandning soqov yoki duduq bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Yana ba’zi kitoblarda ta’kidlanishicha, ayol farjiga nazar tashlash tug‘ilajak farzandning ko‘r bo‘lish ehtimolini kuchaytiradi va erkakni faromushxotir qiladi, xotirasini susaytiradi.

Azon va iqomat paytida qovushish farzandning riyokor bo‘lishiga, tahoratsiz qo‘shilish baxil bo‘lishiga, yulduzlar va sayyoralar ostida yopinchiqsiz yaqinlik qilish farzandning munofiq bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Qorinning och va bo‘sh holatida qovushmoq zararsiz bo‘lib, bolaning nafs va ruhi yengil bo‘lishiga boisdir. Taqvo va ehtiyot yuzasidan yuqoridagi maslahatlarga amal qilish albatta foydadan xoli emas.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:12:51
Erkak ayolining hayz holatida aslo yaqinlik qilmasin. Chunki bu holatda yaqinlik qilishning harom ekanligi Qur’oni karim oyatlari bilan sobit bo‘lgan. Bu borada hayz faslida batafsil so‘z yuritiladi, inshaalloh.

Xilvat-xoli joyda mujomaat qilish odobdir, hatto yonlarida Qur’oni karim, yosh go‘dak yoki hayvon bo‘lsa ham jimo’ qilmaslik kerak. Agar o‘rtada parda yoki to‘siq bo‘lsa zarari yo‘q. Har oyning o‘rtasida va oy chiqqan tunda yopinchiqsiz jimo’ qilishdan ehtiyot bo‘lish kerak. Chunki bu kechalarda jinlar yig‘iladigan payt bo‘lib, tug‘ilajak farzandga zarar yetishi, hatto aqli zaif bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas.

Yana ehtilomdan so‘ng peshob qilmasdan va yo farjini yuvmasdan aloqa qilmasin. Aks holda shayton jimo’ga sherik bo‘lib, farzandning parishonxotir yoki aqlan zaif tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Kechaning avvalida qo‘shilib, sahar paytigacha g‘usl qilmay uxlash makruhdir.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:13:02
Ayolning duburiga (orqa yo‘liga) jimo’ qilmasin. Zero, bu ish kichik livota bo‘lib, shariatda qat’iyan man’ qilingan, bunday jirkanch ishni qilgan kishi la’natga uchragay.

Er-xotin jimo’ paytida satrga rioya qilib, ustini yopinchiq bilan yopsin. Erkak ko‘p jimo’ qilishi bilan faxr qilmasinki, beadablik sanaladi.

Ayolining husnu jamolini maqtamasin. "œBo‘ston"da kelibdir: "œTo‘rt narsaning oqibatini bilmay turib: taom hazm bo‘lmaguncha, jangchi jangdan qaytmaguncha, dehqonchilik pishib yetilmaguncha, xotinni umr oxirigacha maqtash durust emas".

Erkak ayoli bilan jimo’ qilishni uzoq tark etishi zarar keltiradi. Zero, quduqning suvi tortib turilmasa, qurib qolishi mumkin. Ba’zan jimo’ni uzoq tark qilgan kishilarda bosh aylanishi, ko‘z oldi qorong‘ulashib, badanning og‘irlashishi, moyalar (tuxumlar) va ayollarda ko‘krak shishishi va shunga o‘xshash kasalliklar paydo bo‘ladi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:13:15
Biror sababga ko‘ra er-xotinning jimo’ qilishga quvvati susayib, zaiflashib qolsa, imkon qadar badanni baquvvat qiladigan taom va sharbatlardan, yaxshi g‘izo va davolardan iste’mol qilishlari lozim. Toki har ikkisining ham jimo’ga xohishlari ziyodalashib, bir-birlariga haris va mushtoq bo‘lsin. Agar vaqtincha jimo’dan saqlanish kerak bo‘lsa, unda kuchsiz taom yeyish yoki ro‘za tutib yurish maqsadga muvofiqdir.

Haddan ortiqcha jinsiy munosabat ham badanga, ko‘zga zaiflik keltiradi. "œIhyou ulumid-din"da erkak kishi har to‘rt kechada bir marta jimo’ qilgani mo‘ta’dil holat deyilgan. Hazrati Ali karramallohu vajhahu: "œO‘rtacha bo‘lgan jimo’dan tovonlarga ilik, ko‘zlarga nur, badanga quvvat yetadi" deganlar.

Mujomaatdan so‘ng peshob qilish vojibdir. Aks holda qolgan maniy qaytib, peshob yo‘lini bog‘laydi. Oqibatda bedavo dardga giriftor bo‘lish mumkin. Mujomaatdan so‘ng tahorat qilmoq, yengil uxlamoq va agar ikkinchi marta qo‘shilishni xohlasa yoki junub holatida taom yeyish zarurati tug‘ilsa, tahorat qilmoq sunnatdir. Bir rivoyatga ko‘ra, er-xotin jimo’dan keyin o‘ng tomonga o‘girilib, biroz uxlasalar, salomatlikka foydali hamda o‘g‘il farzand tug‘ilishiga bois bo‘ladi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:13:31
Hakimlar aytadi: agar ayolni qo‘rqitib yoki majburan jimo’ qilinsa, tug‘ilgan farzand zehnsiz va kaltafahm bo‘ladi. Peshindan oldin, oyning avvali va tong otar paytidagi yaqinlikdan komil va sharafli farzand tug‘iladi.

Dushanba kechasida jimo’ qilishdan farzandning hofizi Qur’on bo‘lishi umid qilinadi. Farzand saxiy bo‘lmog‘i uchun seshanba kechasi tavsiya qilingan. Payshanba kechasidagi jimo’ sababidan, farzand taqvodor olim bo‘ladi. Payshanba kuni peshindan oldin jimo’dan shayton qochadigan hakim va olim farzand dunyoga keladi. Juma kechasidagi jimo’dan farzand obid va muxlis bo‘lsa-da, farzand baxtli bo‘lmog‘i uchun juma namozidan oldinroq vaqtni jimo’ uchun g‘animat bilish lozim. Bu tavsiyalarning barchasi osor va axbor asosida sobit bo‘lgan. Vallohu a’lam bissavob — to‘g‘risini Alloh bilguchidir.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:14:07
G’USLNING FARZLARI

Insonga qaysi sababdan bo‘lmasin g‘usl qilish vojib bo‘lgan holatni janobat deyiladi. Janobat - nopoklik holati ekanligi barchamizga ayon. Shuning uchun musulmonlarga ushbu holatda g‘usl qilib (cho‘milib), poklanish zarur.

Janobatdan so‘ng g‘usl qilishning farzligi Qur’oni karim oyatlari asosida sobit bo‘lgan. Jumladan, Alloh taolo "œMoida" surasining 6-oyatida: "œ...Agar sizlar junub bo‘lsalaringiz, xo‘b (yaxshilab) poklaninglar!" deb buyuradi.

G‘uslda uchta farz bor: Og‘izni yuvmoq, burunni chaymoq, butun badanga suv yetkazmoq.

Og‘izni yuvganda g‘arg‘ara qilish lozimki, suv tomoqqacha borsin. Agar tishlarning orasida taom qolgan bo‘lsa, tishni tozalab, ularning o‘rniga suv yetkizmoq kerak. G‘usl qilganda og‘iz yuvish xayolidan ko‘tarilgan bo‘lsa, og‘izning o‘zini uch marta g‘arg‘ara qilish, kifoya.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:14:40
Burunga ham chuqur suv tortib yuvish kerak. Chunki suv dimoqqacha yetib, achitsin. Ro‘zador bo‘lmasa astoydil chayish lozim. Ro‘zador kishiga g‘usl vojib bo‘lib qolsa, og‘iz va burunni ehtiyot bo‘lib yuvsin. Chunki suv tomoq va dimoqqacha borsa, oshqozonga suv ketib qolishi tufayli ro‘zasi fosid bo‘ladi. O‘sha kun ro‘zasini ochmaydi, ammo keyin qazosini ado etishi kerak. Shuning uchun ham ro‘zador odam imkon qadar g‘uslni vojib qiladigan amallardan saqlanishi, mabodo shunday holatga tushib qolsa, og‘iz va burunni juda ehtiyotkorlik bilan chayishi, burunga suv yetkazishda chap qo‘lning kichik barmog‘idan foydalanishi lozim.

Ramazoni sharifda kunduz kuni uxlab, ehtilom bo‘lsa, g‘usl vojib bo‘ladi. Shunda og‘iz-burunni yuvishga to‘g‘ri keladi. Ta’kidlash joizki, bizning mazhabimizda og‘iz va burun tahoratda ichki, g‘uslda esa tashqi a’zo hisoblanadi. Shuning uchun bu a’zolarni yuvish tahoratda sunnat bo‘lsa, g‘uslda farzdir.

Boshqa a’zolarni ham sinchkovlik bilan yuvish kerak, agar bir tola soch o‘rnichalik joy qolsa ham kishi janobatdan pok bo‘lmaydi. Hadisi sharifda: "œHar bir tola soch ostida janobat bor, bas, sochlaringni yuvinglar va badanlaringni pok qilinglar" deb marhamat qilingan. Yana bir hadisi sharifda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "œJanobatida bir tola soch o‘rniday joyga suv yetkazmagan kishiga do‘zaxda turlik-turlik azoblar qilinadi", deganlar.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:15:00
Agar tirnoqlar orasida yo badanida hamirga o‘xshash yopishqoq narsalar qolgan va badanga suv o‘tishiga monelik qiladigan bo‘lsa, bunday holatda g‘usl qilish joiz emas. Avvalo shu narsani ketkazishi va uning ostiga suv yetkazishi kerak. Ammo loy, tuproq va kir kabi narsalarni suv ketkaza olgani va bu narsalar o‘ziga suvni qabul qilgani uchun g‘usl joiz bo‘ladi. Qo‘l va oyoqlarga qo‘yilgan xinolar ham shunday hukmda. Agar soch yo soqolga yog‘ surtilgan bo‘lsa, sovun yoki shunga o‘xshash vositalar bilan yuvish shart emas, suvning o‘zini yuritib yuvilsa, kifoya qiladi.

Odatda ayollar zirak taqish uchun quloqlarini teshadilar. G‘usl vaqtida qulog‘idagi ziragini harakatlantirmasa, teshigining ichiga suv yetdi, deb qalbi taskin topishi kifoya qiladi. Agar taskin topmasa, albatta, zirakni qimirlatib, harakatlantirib, teshikning ichiga suv yetkazish shart. Zirak taqilmagan holda ham shunday. Faqat gumoni g‘olib kelmaganda, qo‘li bilan ishqalab suv yetkazsa, bas. Biror cho‘pga o‘xshash narsa bilan teshikning ichiga suv yetkizish mashaqqat bo‘lganidan, bunga hojat yo‘q. Agar g‘usl qiluvchining barmog‘idagi uzuk kichik va tor bo‘lsa, uni harakatlantirib tagiga suv yetkazishi lozim.

Xatna qilinmagan erkaklar zakarining xatna qilinmagan joyi ostiga suv yetkazishlari vojibdir. Kindikning ichiga ham kichik barmoqni kirgizib, suv yetkazishi vojib amallardandir.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:15:32
G’USLNING SUNNATLARI

G‘uslda ham tartib bilan yuvinmoq sunnatdir. G‘uslning sunnatlari oltita:

1. Ikki qo‘lni bo‘g‘ini bilan yuvmoq. Agar bir qo‘l nopok bo‘lsa, obdasta(oftoba)ning yoki shunga o‘xshash biror idishning dastasi nopok bo‘lmasligi uchun, avval obdastani toza qo‘l bilan ushlab, najas qo‘lni uch marta yuviladi, keyin ikki qo‘l yuviladi. Agar ikki qo‘l ham nopok bo‘lib, suv quyishga odam bo‘lmasa, u holda bir toza lattani tishlab olib, suvga botirib, qo‘lga quyiladi. Idish bo‘lmaganda biror ko‘lda tahorat qilish tartibi ham shunday.
2. Suv bilan istinjo qilmoq. Ya’ni o‘ng qo‘l bilan suv quyib, chap qo‘l bilan avratlarni to ko‘ngli qaror topguncha yuvmoq.
3. Badanda najosat bo‘lsa, avval najosatni yuvish.
4. Namozdagi kabi tahorat qilmoq.

FOYDA: Tahorat qilganda g‘usl maqsadida og‘izni g‘arg‘ara qilib, dimog‘ni achishtirib yuvsa, g‘usl boshlaganda yuvish shart emas. Lekin qo‘l va yuz kabi tahoratda yuvilgan a’zolarni g‘usl holatida qaytadan yuvishlik sunnat. ("œSharhi viqoya" hoshiyasidan)
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:16:09
5. Tahoratdan keyin tartib bilan butun badanga uch marta suv quymoq. Tartib bilan suv quymoqni bayoni shuki, avval o‘ng, so‘ng chap yelkadan, keyin boshga va boshqa a’zolarga uch martadan suv quyiladi.

Ammo hazrati Oisha onamiz roziyallohu anhodan rivoyat bor: "œRasululloh sallallohu alayhi vasallam avval suvni boshlaridan, so‘ngra o‘ng, keyin chap yelkalaridan va boshqa a’zolaridan quyib yuvar edilar". Ushbu hadisi sharif "œMishkot"da muttafaqun alayh deb keltirilgan. Boshqa ko‘p kitoblarda ham, jumladan, "œMaslakul muttaqin"da shu hadisi sharifga muvofiq amal qilishga mayl qilingan. G‘usl va tahoratda birinchi marta suv quyib, ishqalab yuvish farz, ikkinchi va uchinchisi sunnatdir.

6. Ikki oyoqni yuvmoq. Agar suv oyoq ostida to‘planadigan joyda, masalan, tog‘orada g‘usl qilsa, oyoq tahorat qilgan vaqtda yuvilmaydi, ammo toza tosh yoki taxta kabi narsa ustida bo‘lsa, oyoq tahorat paytida yuviladi va g‘usl oxirida oyoqni yuvish shart emas.

Ayollarning sochlari o‘rilgan bo‘lsa, ochmaydilar. Sochlarining ostiga suv yetkazishlari kifoya. Sochlarini ochib (yoyib) yuvish mashaqqat bo‘lgani uchun kokillarini mix yoki ipga osgan holda yo erlarining yordamida quruq qoldirishlari mumkin, yuvish shart emas. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Ummi Salama roziyallohu anho onamizga: "œQachonki, suv sochlaringni ostiga yetsa, senga kifoya qiladi", dedilar. Ammo g‘usl qilayotganda ayollarning sochlari yoyilgan holda bo‘lsa, sochlariga batamom suv yetkazib yuvishlari lozim bo‘ladi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:16:29
Yuqoridagi hadisi sharif faqat ayollargagina xos. Agar erkaklarning sochlari uzun yoki o‘rilgan bo‘lsa, u holda sochlarini yozib, soch va boshlarini soqollariga o‘xshab batamom yuvishlari farzdir. Agar biror tola soch yoki soqollariga suv yetmay qolsa, janobatdan pok bo‘lmagaylar. Shuning uchun hazrati Ali karramallohu vajhahu "œVa min samma odaytu ra’siy, odaytu ra’siy, odaytu ra’siy", ya’ni shuning uchun boshimni dushman tutdim, boshimni dushman tutdim, boshimni dushman tutdim, deb sochlarini tez-tez oldirib turar ekanlar.

Albatta, g‘uslni xilvat joyda qilish lozim. Chunki ayollarning tamom badanlari, erkaklarning esa kindik ostidan tizzalari ostigacha (kindik va tizza ham) avrat hisoblanadi. Satri avrat qat’i farzdir. Shuning uchun erkaklar ko‘l, daryo yoki anhor kabi ochiq suv havzalarida cho‘milsalar, shalvor kiyishlari yoki uzunroq lungi bog‘lashlari shart. Aks holda gunohkor bo‘ladilar.

G‘usl qilayotganda gapirmaslik va qibla tarafga yuzlanmaslik mustahabdir. Yuvinib bo‘lgandan so‘ng artinish lozim.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:16:52
G’USL NIYATI

G‘usl oldidan niyat qilmoq sunnatdir.

Birinchi marta suv quyganda quyidagicha niyat qiladi: "œNavaytu an ag‘tasila g‘uslam minal janobati raf’al lil hadasi va istibohatal lis-saloti va tahoratal lil badani va taqarrubam minallohi taolo, Allohu Akbar". (Ma’nosi: nopoklikni ko‘tarmoq, namoz va boshqa ibodatlar uchun badanni poklamoq va Allohga yaqin bo‘lmoq uchun janobat g‘uslini niyat qildim).
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:17:33
SUV MIQDORI

Shariatda har qanday isrofgarchilik qoralanadi. Qur’oni karimning quyidagi oyatlariga binoan isrof harom qilingan.

Alloh taolo "œA’rof" surasining 31- oyatida: "œ...Va yenglar va ichinglar va haddan oshmanglar. Albatta Alloh taolo haddan oshguvchilarni do‘st tutmas", deb ogohlantiradi.

"œIsro’" surasi 26-27-oyatlarida esa: "œ(Ey Muhammad), qavmu-qarindoshga, miskin va yo‘lovchiga (xayru ehson qilish bilan) haqlarini ado eting va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymang. Chunki isrof qilguvchilar shaytonlarning do‘stlari bo‘lgan kimsalardir. Shayton esa Parvardigoriga butunlay kofir bo‘lgandir", deb buyuradi.

Shuning uchun biz bu o‘rinda tahorat va g‘usl qilishda suvni isrof qilmaslik uchun uning shariatda belgilangan miqdorini keltirib o‘tamiz.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:18:02
Ma’lumki, har bir zamonda o‘ziga xos o‘lchov va tortish asboblari bo‘lgan. Masalan, man, so’, ratl, qadoq va hokazo... "œSaloti mas’udiy" kitobining g‘usl sunnatlari faslida va mavlono Fariduddin Attor qoddasallohu sirrahuning "œChahor kitob"ida tahorat suvi miqdorini bir yarim man, g‘usl suvini to‘rt man deb belgilangan.

"œFarhang"da 1 man — 846 grammga teng deyilgan. Demak, tahoratdagi bir yarim man suv 1 kg 269 grammga va g‘usldagi 4 man suv 3 kg 384 grammga barobar keladi. Tahoratda belgilangan 1 kg 269 gramm miqdordagi suvni uchga bo‘lib ishlatish ko‘rsatilgan.

Tahorat suvining uchdan biri 423 gramm, ya’ni yarim manga teng. Uchdan biriga istinjo qilinadi. Yana bir qismiga og‘iz-burun, bet-qo‘lni yuvib, boshga mahs tortiladi. Qolganiga esa oyoqlar yuviladi. Istinjo uchun bu miqdordagi suv bilan qalb taskin topmasa, u holda to qalb taskin topguncha suv ishlatish joiz.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:18:27
“Saloti mas’udiy” kitobida g‘usldagi to‘rt man suvning bir yarim maniga yuqoridagi tartibda tahorat qilinsa, qolgan qismi, ya’ni 2 kg 115 gr.ga badanni tartib bilan yuviladi deb tayinlangan. G‘usldan oldin badandagi najosatlarni yuvish uchun ishlatiladigan suv bu miqdorga qo‘shilmaydi. Chunki najosatni ketishiga qarab suv ishlatiladi.

“Jomi ur-ramuz”da biroz yengillik keltirilib, hojat bo‘lmaganda 4 mandan kamroq, zarurat bo‘lganda isrof qilmasdan biroz ziyodroq ishlatish joiz deyilgan.

“Saloti mas’udiy”da rivoyat qilinadi: “Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Sa’d roziyallohu anhuni g‘usl asnosida suvni ko‘p ishlatayotganlarini ko‘rib, shunday marhamat qildilar: “Ey Sa’d! Suvni isrof qilmagin” Sa’d roziyallohu anhu so‘radilar: “Yo Rasullalloh, farzni bajarayotganda ham suv isrof bo‘ladimi?” Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Agar oqib turgan suv bo‘lsa ham isrof bo‘ladi”, deb javob qaytardilar.

Sa’d roziyallohu anhu yana so‘radilar: “G‘usl suvining miqdori qancha, yo Rasulalloh?” Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: “To‘rt man” deb javob berdilar: Sa’d roziyallohu anhu aytdilarki: “Yo Rasululloh, menga bu miqdordagi suv yetmaydi”. Rasuli akram sallallohu alayhu vasallam: “Ey Sa’d! Bu miqdor suv sizlardan eng junliroq va toatliroq kishilarga ham kifoya qiladi”
,- deb ziyoda ishlatishga ruxsat bermadilar.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:19:13
Albatta, hozirgi zamonda taraqqiyot tufayli tahorat va g‘usl qilishda kommunal shirkatlari tomonidan beriladigan issiq-sovuq suvlardan foydalanamiz. Tan olish kerakki, aksariyatimiz jo‘mrakni ochib, suvni oqizib qo‘ygancha g‘usl yoki tahorat qilamiz.

Bu hol, ayniqsa, ko‘p qavatli uylarda yashovchi kishilarda kuzatiladi. Isrof harom ekanini bilib ham shunday qilishda davom etaversak, shubhasiz, Allohga xush kelmaydi.

Bunday holatda suvni nihoyatda tejab sarflaylik, gunohlarimiz, isroflarimiz uchun Parvardigori olamga tavba qilib, g‘usl va tahoratda suvni biror idishga, masalan, obdastaga olib ishlataylik. Bitta odatdagi obdastaga bir yarim litr suv sig‘arkan. Demak, tahorat uchun bir obdasta, g‘usl qiladigan bo‘lsak, uch obdasta suv ishlatishimiz maqsadga muvofiqdir. Va yo jo‘mrakni kerakli miqdorda ochib ishlatsak, malomatdan xoli bo‘lamiz. Vallohu a’lam bissavob.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:19:51
G’USLNING VOJIB BO‘LISHI

G‘uslni vojib qiladigan amallar beshtadir.

1. Nutfaning (maniy) lazzat va shiddat bilan chiqmog‘i. Maniy o‘z makonidan lazzat va shiddat bilan ajralib, andomdan sust holda chiqsa ham Imomi A’zam mazhabida g‘usl vojib bo‘ladi.

IZOH: Nutfa shunday suvki, bu suv sababidan Alloh taolo o‘z qudrati bilan hamma jonzotlarini yaratadi. Nutfa erkakka ham, ayolga ham barobar bo‘lib, erkak kishining pushtidan, ayollarning ko‘kragidan ajralib chiqadi. Erkaklarning nutfasi quyuq va oq rangli, ayollardan keladigan nutfa esa quyuq va sariq rangda bo‘ladi. Farzandning ota yoki onaga o‘xshamog‘i ushbu suvga bog‘liqdir. Agar erkakdan keladigan nutfa oldin yo ko‘proq bo‘lsa, farzand otaga, aksincha bo‘lsa, onaga o‘xshab tug‘iladi.

2. Jimo’ qiluvchining zakari uchi jimo’ qilinganning oldi yoki orqasida g‘oyib bo‘lmog‘i. Ushbu holatda maniy inzol bo‘lsa yo bo‘lmasa, ikkisiga ham g‘usl vojib bo‘ladi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:20:37
Hadisi sharifda: "œQachonki ikki xatna qilingan aloqa qilsa va hashafa (erkak andomining uchi) g‘oyib bo‘lsa, nutfa xoh inzol bo‘lsin, xoh bo‘lmasin, g‘usl qilish vojibdir", deyilgan. Ushbu hukm insonlarga xosdir. Hayvontabiat bir inson biror hayvon bilan aloqa qilsa, g‘usl vojib bo‘lishi uchun maniy kelishi shart.

TANBEH: yuqorida birovning orqasiga jimo’ qilish sababidan g‘usl vojib bo‘lish mas’alasi zikr qilindi. Ushbu fahsh amal og‘ir jinoyat, gunohi azimdir. Hazrati So‘fi Allohyor rahmatullohi alayh forsiydagi "œMaslakul - muttaqin" asarlarida shunday deganlar:

Nakunad in tariqae mal’un,
Balki az tariqai humul odun.
Harki, sozad nazar ba so‘i pas,
La’nati Haq musallati on kas.
V-onki, rozi shavad bo in kor,
Shud sazovori la’nati Jabbor.


(Bunday fahsh ishni (orqa yo‘lga jimo’ qilishni) mal’un ham qilmaydi, balki bu gunohni qiluvchilar shaytondan ham battardir. Kimki orqa yo‘lga shahvat bilan nazar qilsa va yo kimki bu ishga rozi bo‘lsa, Allohning la’natiga giriftor bo‘ladi).
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:21:55
3. Ehtilom. Ya’ni uyqudan uyg‘onganda kiyimi yo badanida maniy yoki maziy ko‘rmog‘i.

Insondan uch xil suyuqlik keladi: maniy, maziy va vadiy. Maniy hukmi yuqorida o‘tdi. Maziy shunday suyuqlikki, u er kishi o‘z ayoli bilan hazillashganda, o‘ynashganda keladi, ammo kelgani bilinmaydi. Rangi oq, maniydan ko‘ra suyuqroq bo‘ladi. Uyg‘oq holda kelsa, tahoratni buzadi, ammo g‘usl vojib bo‘lmaydi. Uyquda kelsa, maniy bo‘lishi ehtimolidan g‘uslni vojib qiladi. Agar kishi tush ko‘rsa-yu suv ko‘rmasa, g‘usl vojib bo‘lmaydi. Lekin tush ko‘rmasa ham, uyg‘onganda kiyim yoki badanida maziy yo maniy asoratini, ya’ni namni topsa, g‘usl qiladi. Hadisi sharifda: "œAl mou bil moi", ya’ni g‘usl suvni ko‘rishdandir, deb marhamat qilingan.

Vadiy ham shiralik bo‘lib, ba’zan peshobdan keyin keladi. Tahoratni ketkizadi, ammo g‘uslni vojib qilmaydi.

ESLATMA: mujomaatdan so‘ng, g‘usldan oldin biroz uxlamoq yo sayr qilmoq yoki peshob qilish zarur. Agar mazkur uch amaldan birortasini qilmasdan darhol g‘usl qilsa va g‘usldan so‘ng qolgan maniy kelsa, qaytadan g‘usl qilish vojib bo‘ladi. Ammo mazkur harakatlardan birortasini bajargandan so‘ng g‘usl qilsa-yu keyin qolgan maniy kelsa, buni maziyga haml qilib, qaytadan g‘usl qilmaydi. Bu hukmlar erkak va ayollar uchun barobar.

4-5. Hayzdan va nifosdan poklanish uchun g‘usl qilish vojib bo‘ladi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:22:53
HAYZ

Bilmoq lozimki, ayollarga xos bo‘lgan qon uch turli: hayz, nifos va istihozadir.

Hayz shunday qonki, u balog‘atga, ya’ni to‘qqiz yoshga yetgan va keksalik yoshidan, ya’ni ellik besh yoshdan o‘tmagan ayollarning bachadonidan keladi. Bu tayin bir muddatda keladi, ammo turli kasallik va og‘riq tufayli bo‘lmasligi kerak.

Hayzning eng kam muddati uch kecha-kunduz va ko‘pi o‘n kecha-kunduzdir. Uch kecha-kunduzga yetmasa yoki o‘n kecha-kunduzdan o‘tib ketsa, shuningdek, balog‘atga yetmagan yo keksa ayollar qon ko‘rsa, bu hayz emas, istihoza qoni bo‘lib, navbati kelganda bu haqda to‘xtalamiz, inshaalloh.

Hamma ayollarning ham hayz ko‘rish muddatlari o‘n kunga yetib bormaydi: ba’zilarda besh, ba’zilarda olti, yetti yo sakkiz yoki to‘qqiz kecha-kunduz davom etishi mumkin. Balog‘atga yetgandan so‘ng ikki-uch marta hayz ko‘rib bir muddatda to‘xtasa, bu muddat o‘sha ayolning odati bo‘ladi.

Demak, har bir ayol o‘zining odati bo‘yicha hayz ko‘rsa, muddatida to‘xtagandan keyin o‘n kun bo‘lishini kutmay, g‘usl qiladi va unga hayz man’ qilgan amallar barchasi halol bo‘ladi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:23:34
TUHR

Tuhr, ya’ni ikki hayz orasidagi poklik muddatining eng kami o‘n besh kecha-kunduzdir. Agar o‘n besh kunga yetmasdan yana qon kelsa, bu istihoza qoni bo‘ladi. O‘n besh kecha-kunduzdan keyin ko‘rilgan qon navbatdagi hayzdan hisoblanadi. Poklik muddatining oxirgi chegarasi belgilanmagan. Chunki ayollar ikki-uch yil va ba’zan undan ham ko‘proq hayz ko‘rmay yurishlari mumkin.

MASALA: hayz muddatida mutaxallil bo‘lgan (oraga kirib qolgan) poklik, ya’ni bir ayol bir yo ikki kun qon ko‘rib, keyin bir necha kun pok yursa va o‘n kun ichida yana qon ko‘rsa, oradagi qon kelmagan kunlar ham hayz hukmida bo‘ladi. Shuningdek, hayz muddatida oq rangdan boshqa har qanday rangdagi qon hayz qoni hukmida bo‘ladi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:24:11
MAMNUOTI HAYZ
(Hayz paytida man’ qilingan amallar)


Hayz holatida ayollar quyidagi ibodat va amallarni qilishlari man’ qilingan: namoz o‘qish, ro‘za tutish (Ramazon ro‘zasi ham), masjidga kirish, Ka’bani tavof qilish, Qur’oni karimni g‘ilofsiz ushlash va yoddan yoki kitobga qarab o‘qish, eri bilan jimo’ qilish.

Hayz vaqtidagi namozlarning qazosi o‘qilmaydi, Alloh taoloning lutfu karami va ehsoni ila soqit bo‘ladi. Ammo hoiz (hayz ko‘rgan) ayol namoz vaqti kirganda imkon qadar tahorat bilan joynamozda sukut qilib o‘tirsa, savobga erishadi. Ramazoni sharif ro‘zasining qazosini esa hayitdan so‘ng paysalga solmay, darhol tutib berishi lozim. Hajga borgan ayol hayz ko‘rsa, Arafotda turishi mumkin.

Hayz holatidagi ayoli bilan jimo’ qilish quyidagi oyati karimaga binoan qat’iy harom qilingan. Alloh taolo "œBaqara" surasining 222-oyatida: "œ(Ey Muhammad!) Sizdan hayz haqida so‘raydilar. Ayting: "œU ko‘ngilsiz - nopok narsadir. Bas, hayz paytida ayollaringizdan chetlaningiz va to poklanmagunlaricha ularga yaqinlashmangiz! Pok bo‘lganlaridan keyin ularga Alloh buyurgan tarafdan kelingiz! Albatta, Alloh tavba qilguvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutguvchilarni sevadi", deb buyurgan.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:24:21
 Mazhabimiz ulamolari ayolining hayz holatida yoki orqa yo‘liga jimo’ qilishni halol degan kishi dindan chiqadi, deganlar. Hayz holatida sahvan jimo’ qilib qo‘ygan taqdirda agar qon qizil rangda bo‘lsa, bir dinor va agar sariq rangda bo‘lsa, yarim dinor sadaqa berishi lozim.

Bas, ayollar hayz vaqtida erlari ularga rag‘bat qilmasliklari uchun eski, ko‘rimsiz kiyimlar kiyib, imkon qadar ishva-yu karashma, intim suhbat va harakatlardan tiyilishlari kerak.

Hayz paytida xotinning kindigidan tizzasigacha bo‘lgan a’zolariga qo‘l tekkizmaslik lozimligi fiqh kitoblarida bayon qilingan. Ammo er hayz ko‘rgan ayolining boshqa a’zolarini ushlamog‘i mumkin va nasorolarga xilof qilmoq uchun u bilan bir to‘shakda yotmog‘i esa sunnat hisoblanadi. Hoiz ayol bilan suhbatlashish, bir dasturxonda o‘tirish mumkin. U bolasini emizishi, xulosa qilib aytganda, dunyoviy muomalalarni va ro‘zg‘or ishlarining barini qilishi joizdir.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:24:33
Hayz nikoh o‘qishni ham man’ qilmaydi. Shuning uchun hayzlari to‘y kuniga muvofiq kelgan kelinlarni nikoh qilmasdan kuyovning uyiga olib borishga maslahat beradigan johillarning fikrlari botildir.

Hayz va nifos ko‘rgan ayollar Qur’oni karimni ushlash va o‘qishdan qaytarilgan bo‘lsalar ham, shukrona uchun "œAlhamdu lillah", biror xayrli ishni boshlash oldidan sunnatga muvofiq "œBismillohir rahmonir rahim" deyishlari joiz.

Diniy kalimalarini aytishi, bolalari yoki boshqalarga o‘rgatishi mumkin. (Tahoratsiz kishi Qur’oni karimni ushlamasdan yoki yoddan o‘qishi joiz, ammo tahorat bilan o‘qisa, savobi ko‘p va sunnatga muvofiq bo‘ladi).

Mazkur jamoa, ya’ni hoiz va nifosli ayollar, tahoratsiz va junub kishilar Qur’oni karimni ushlamaydilar. Ammo Qur’on solingan g‘ilofning dastasidan ehtiyot bo‘lib ushlashlari joiz, biroq oyatlar bitilgan tanga, idish va qog‘ozlarni ushlashlari ham durust emas.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:26:16
TANBEH: ma’lumki, hayz va nifos payti muhtarama ayollar uchun mashaqqatli bir holdir. Ba’zi johil kishilar hayzni ayb der ekan. Aksincha, hayz ayb emas, balki fazilat hisoblanadi. Hayzda Alloh taoloning bir necha hikmatlari bor bo‘lib, ularning avvalgisi farzand ko‘rmoqdir. Alloh taolo in’om etgan narsalar, shubhasiz, bandaning manfaati uchun bo‘ladi.

Hadisi sharifda: "œAyollarning uch kunlik hayzi bir yil isitmalashdan ulug‘roq, bir kunlik isitmalash bir yillik ibodatdan afzal", deb marhamat qilingan. Shuningdek, bir kun nifos ko‘rish qirq g‘azodan yaxshiroq, bolani emizish qul ozod qilishdan yaxshiroq va farzand emgan suti uchun onaga qirq haj va umra savobidan ziyodroq savob yoziladi.

Hazrati Oisha onamiz roziyallohu anho Rasululloh sallallohu alayhi vassallamdan rivoyat qiladilar: "œAgar ayol hayz ko‘rsa, avvalgi gunohlariga kafforat bo‘ladi. Agar hayz ko‘rgan kunida "œAlhamdu lillahi alo kulli hol va astag‘firulloha min kulli zanbin."(Har qanday holatda ham Allohga hamd bo‘lsin va barcha gunohlarimga istig‘for aytaman), desa, Alloh taolo uning do‘zax o‘tidan emin bo‘lishini, Sirot ko‘prigidan salomat o‘tishini va jannatga kirishini ta’min etadi. U ayolning darajasini qirq shahidning darajasidek baland qilgay".
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:26:33
Hasan Basriy rahmatullohi alayh: "œBu savob va martabalar eriga itoatkor, shariat hukmlariga amal qiladigan va o‘zini nomahramlardan saqlaydigan soliha ayollar uchun bashorat qilingan", deganlar.

Hikoyat qilinadiki, Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam zamonlarida bir sahobai kirom jihodga ketayotib, ayollariga: "œMen qaytib kelguncha uydan chiqmagin", deb ketgan ekanlar. Ittifoqo, o‘sha ayolning otasi kasal bo‘lib qoldi va Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga odam yuborib, kasal otasining ziyoratiga borish uchun izn so‘radi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "œEriga itoat qilsin", dedilar.

Ikki-uch kun o‘tgach, otasining ahvoli og‘irlashgani haqida xabar yetdi. Yana Rasululloh sallallohu alayhi vasallam huzurlariga odam yuborib, borishga ruxsat so‘radi. Ijozat bo‘lmadi. Bir necha kundan so‘ng otasining ahvoli tamom og‘irlashib, hayoti oxirlaganini eshitib, yana kishi yubordi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "œEriga itoat qilgani yaxshiroq", dedilar. Ayol itoat qildi.

Qazoi qadar yetib, otasi vafot etdi. Shunda ham borishga ijozat etmadilar. Ayol sabr qildi. Eri kelmaguncha ko‘chaga chiqmadi. Shunda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam eriga itoatkor bo‘lgani uchun Alloh taolo u ayolning barcha gunohlarini kechirganini bashorat qildilar.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:27:06
NIFOS

Homilador ayol farzandini tuqqandan so‘ng keladigan qon nifos qoni hisoblanadi. Nifosning eng kam muddati belgilanmagan. Zero, bola tug‘ilishi bilanoq nifos davri boshlanadi. Eng so‘nggi muddati esa qirq kundir. Agar qirq kunga qadar ham to‘xtamasa, nifos hukmida bo‘ladi, qirq kundan keyingisi esa istihoza qonidir.

Tug‘ilgan bolaning ba’zi a’zosi ma’lum bo‘lgan holda go‘shtpora, ya’ni chala tug‘ilsa ham, komil tug‘ilgan bola hukmida bo‘lib, undan keyin kelgan qon ham nifos hisoblanadi.

Nifosda ham hayz kabi ma’lum bir muddat odatga aylanishi mumkin. Masalan, birinchi bola tug‘ilib, qon yigirma besh kunga borib to‘xtasa va ikkinchi bolada ham shu hol takrorlansa, demak, u ayolning nifosidagi odati yigirma besh kun bo‘ladi.

Qon to‘xtagach, g‘usl qiladi va unga man’ qilingan barcha amallar joiz bo‘ladi. Ta’kidlab o‘tmoq lozimki, hayz holatida man’ qilingan amallar va hukmlarning barchasi nifosga ham tegishli.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:27:50
ISTIHOZA

Dardmandlik va qandaydir illatlar tufayli bemavrid keladigan qonlar istihoza qonidir.

Masalan, hayzning eng kam muddati, ya’ni uch kecha-kunduzga yetmay to‘xtasa yo birinchi marta hayz ko‘rayotgan ayolning hayz ko‘rishi o‘n kundan ortib ketsa, o‘n kundan o‘tgan kunlaridagi yoki birinchi marta tuqqan ayolning nifosi qirq kundan o‘tib ketsa, qirq kundan ziyodasi istihoza qonidir.

Ayollarning hayz va nifosdagi odatlarida to‘xtamay, hayz va nifosning oxirgi muddatidan ham o‘tib ketgan qon istihoza qoni hisoblanadi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:28:13
Masalan, bir ayolning hayzdagi odati 7 kun bo‘lsa, to‘satdan biror hayz muddati 7 kundan o‘tib, 10 kunda ham to‘xtamay, 12 kunga o‘tib ketsa, odatidan tashqarisi (ya’ni 7 kundan keyingi 5 kun) hayz emas, balki istihoza qoni hisoblanadi. Agar odatidan (ya’ni 7 kundan) o‘tib oxirgi muddatiga (ya’ni 10 kunga) yetmay yoki 10 kunga borib to‘xtasa, bu holda odatdan o‘tgani ham hayzdan hisoblanadi.

Nifosda ham shunday: agar bir ayolning nifos ko‘rish odati 30 kun bo‘lsa-yu, biror safar odatidan o‘tib, 45 kunda to‘xtasa, o‘sha ayolning odatidan (ya’ni 30 kundan) o‘tgan 15 kun ham istihoza qoni hukmida bo‘ladi. Bu ayol 30 kundan o‘tgan 15 kunlik namozlarining qazosini o‘qishi lozim. Agar odatidan o‘tsa-yu 40 kunga yetmay yo 40 kunga borib to‘xtasa, nifos hukmida bo‘ladi.

Homiladorlik paytida ko‘rgan qoni ham istihoza qonidir.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:28:32
Istihoza hayz va nifos man’ qilgan amallarning hech birini man’ qilmaydi va g‘usl qilish ham vojib bo‘lmaydi, tahorat qilib ibodatda davom etaveradi. Agar bilmasdan istihoza qonini hayz deb namoz va ro‘zani qazo qilsa, istihoza ekanligi ma’lum bo‘lgandan so‘ng, namozning qazosini o‘qimoq va ro‘zaning qazosini tutmoq lozim bo‘ladi.

Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam barcha ummatni ilm olishga buyurib, quyidagidagicha marhamat qilganlar: "œIlmni talab qilmoq barcha musulmon erkak va ayolga farzdir". "œTanbehul g‘ofilin"da bu hadis kifoya miqdorigacha ilm o‘qimoq farz deb sharhlangan. Chunki hamma ham oliy darajada ilm olishga muyassar bo‘lmaydi. Shuning uchun zaruriy ilmlarni, ya’ni iymon, namoz, ro‘za, zakot, ushr, haj, halol va harom, ota-ona haqqi, farzand tarbiyasi, oilaviy muomala va boshqa zaruriy amallarning ilmini bilish har bir mo‘’min va mo‘’minaga shart va zarurdir.

Xususan, erkaklar mazkur ilmlar bilan birga, hayz, nifos va istihoza ilmlarini chuqur bilib, o‘z ahli xonadonlariga bildirmoqlari hayotiy zaruratdir. Chunki ahli ayoli bu bilimlardan bexabar bo‘lsa, eridan o‘rganmog‘i qulay va bemaloldir. Xijolat va uyalishga o‘rin qolmaydi. O‘z navbatida onalar o‘z qizlariga bu muhim ilmlarni bildirishlari kerak.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:29:26
FARZAND TAVALLUDI

Agar bir kishiga xotini tuqqani haqida xushxabar yetkazilsa, xursand bo‘lib, farzandni Alloh taolo in’om etgan ulug‘ ne’mat deb bilishi, Allohga hamd aytishi sunnatdir.

Bir hadisi sharifda: "œFarzand hidi jannat hididandir", degan xushxabar aytilsa, boshqa birida: "œFarzand dunyoda nur va oxiratda surur (xursandchilik)dir", deb marhamat qilingan.

Ba’zilar o‘g‘il ko‘rishni istab, qiz bola tug‘ilganda kamroq xursand bo‘ladilar. Aksincha, agar qiz farzand tug‘ilsa, ota-ona ziyodaroq xursand bo‘lishlari kerak. Zero, islomdan avvalgi johillar qiz bolani yomon ko‘rib, tiriklay yerga ko‘mar edilar. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam buyuribdilar: "œBirinchi farzandi qiz bola bo‘lgan ayol barakali, baxtli va sharofatli ayol ekanligidan dalolatdir".
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:30:08
Alloh taolo Qur’oni karimda "œSho‘ro" surasining 49-oyatida: "œ...U (Alloh) O‘zi xohlagan kishiga qizlarni hadya etur va O‘zi xohlagan kishiga o‘g‘illarni hadya etur..." deb qiz bolani o‘g‘il boladan muqaddam sanashi ham qiz farzandning barakotliroq va fazilatliroq ekanligidan dalolatdir. Ayollar va qiz bolalarning fazilatlari haqida ko‘p osor va axborlar kelgandir.

Bola tavallud bo‘lganda uni oppoq matoga o‘ramoq lozim, sariq matoga o‘ralmasin. So‘ng darhol o‘ng qulog‘iga azon va chap qulog‘iga takbir (iqomat) aytiladi. Zero, bolaning dunyodan birinchi eshitadigan ovozi va so‘zi Allohning muborak ismi bo‘lsin. Shuningdek, ushbu azon va iqomat sababidan bola bir necha dard va ofatlardan salomat qoladi.

Hadisi sharifda ham keladiki: "œHar kimda farzand tug‘ilsa, uning o‘ng qulog‘iga azon va chap qulog‘iga takbir aytilsa, undan ummus-sibyon5 ko‘tariladi".
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:30:25
Parvardigordan farzandga ixlos va e’tiqod bilan dunyo va oxirat yaxshiliklarini so‘raladi. Birinchi bo‘lib totadigan taomi shirinlik bo‘lmog‘i uchun biroz xurmoni ezib, muloyim qilib chaqaloqning tanglayiga suriladi.

Ota-ona chaqaloqning yig‘layverganidan diltang va bezovta bo‘lmasinlar, chunki uning yig‘isi Alloh uchun zikr, tahlil va hamdu sano, ota-onasi uchun istig‘fordir.

Hazrati Payg‘ambar alayhissalom huzurlariga keltirilgan har bir chaqaloq haqiga: "œAllohummaj’alhu barran va anbithu fil islomi nabotan hasanan". Ya’ni "œEy Parvardigor, bu farzandni yaxshi amallar qiluvchi solih, taqvodor, xayrli va saxovatlilardan qil! O‘zing uni islomiy xulqlar bilan voyaga yetishini nasib et!", deb duo qilardilar.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:31:05
ISM QO‘YISH

Otaning zimmasidagi farzand haqlaridan biri, tug‘ilganidan yetti kun o‘tgach, unga chiroyli va ma’nosi ham go‘zal bir ism qo‘ymoqdir. Zero, ism egasining xulq atvoriga, hatto taqdiriga ham ta’sir qiladi. Qiyomat kunida ham insonlar ismi bilan chaqiriladi.

O‘g‘il bolalarga payg‘ambarlarning (alayhimus salom) muborak ismlarini qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Ismlarning yaxshirog‘i Abdulloh, Abdurrahmon, Muhammad, Ahmad va shu kabilardir.

Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ma’nosi yomon ismlarni o‘zgartirar edilar. Masalan, hazrati Umar roziyallohu anhuning qizlari Osiya (gunohkor) ismini Jamila (chiroyli, go‘zal) deb o‘zgartirganlar.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:31:15
Ba’zi ulug‘lar kiborlarga xos ismlardan or qilib, o‘z ismlarining faqir, ya’ni kamtarin bo‘lishini istashgan. Hazrati Alisher Navoiy ham bu borada "œNasoyim ul-muhabbat" asarlarida quyidagi hikoyani keltirganlar:

 "œHazrat Xusrav Dehlaviy rahmatullohi alayh debdurki, bir kun mening xotirimg‘a keldiki, Xusrav ulug‘lar otidur, ne bo‘lg‘ay edi, agar menda faqr oti bo‘lsa erdiki, Hashr kuni meni ul ot birla atasalar erdi va bu xotirni hazrat shayx Nizomuddin Avliyoga arz qildim. Dediki, solih vaqtda sening uchun ot tilalgay va men bu intizorda bo‘ldum. Bir kun shayx dediki, bizga mundoq makshuf bo‘ldiki, qiyomat kuni seni Muhammad Kosales degaylar"6.

Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning muborak ismlarini farzandlarga qo‘yish mumkin, hatto fazilat hisoblanadi. Ammo Abulqosim deya kunyalari bilan atash joiz emas.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:31:52
Farzandga payg‘ambar yo farishtalar ismlaridan qo‘yilsa, unga dashnom berish, so‘kish, la’natlash va masxara qilish mumkin emas. Mabodo ota-ona bu farzandni tarbiyalash uchun koyishdan boshqa chora topolmasa, u holda bolaning ismini aytmay, "œsen falon" deb aytsin.

Muhammad ismli bolani e’zoz va ikrom qilish lozim. Quyidagi hadisi sharif ham shunga dalolat qiladi: "œQachonki, bolaga Muhammad deb ism qo‘ysangiz, albatta, unga ikrom ko‘rsatinglar, u o‘tirgan joyni keng va ochiq qilinglar. Unga achchiq va qattiq yuz bilan boqmanglar".

Bolaga ma’nosiz va xalq orasida hijolat qiladigan ism qo‘yish durust emas. Masalan: Qo‘chqor, Bolta, Tesha, O‘roq, Chori, Panji va hokazo.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:32:22
Farzandga yaxshi ism qo‘yilgandan keyin, uni chala-yarim qilmay, to‘liq va go‘zal talaffuz qilish kerak. Afsuski, xalqimiz orasida ismni qisqartirib aytish odatga aylanib qolgan. Bu yomon odatning boshlanishi oiladan, ota-onadan bo‘ladi. Masalan, Abdullohni (ma’nosi Allohning bandasi degani) Avdilo yo Avdi deb chaqiriladiki, bu ism egasiga hurmatsizlikdir. Qolaversa, chaqirgan kishining ham fasohat va madaniyatdan uzoqligiga dalolat qiladi.

Shuningdek, ota-ona, ustoz va katta yoshdagi kishilarning ismlari bilan o‘zlariga murojaat qilish hamda er-xotin bir-birlarining ismlarini aytib chaqirishlari beadablik sanaladi.

Chala yoki o‘lik tug‘ilgan bolaga ham ism qo‘yish kerak. Agar farzand jonsiz tug‘ilsa yoki tug‘ilgandan so‘ng nobud bo‘lsa, bu holdan ota-ona qattiq aziyat chekmasin. Alloh taolodan savob umidida sabr qilsalar, shu farzandlari qiyomat kunida do‘zax o‘tidan parda bo‘lsa, ajab emas.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:32:40
FARZAND TARBIYASI

Bolaning tili chiqishi bilan unga avvalo kalimai tayyibah — La ilaha illallohu Muhammadur rasulullohni o‘rgatish lozim. "œOyat-al kursiy"ni va "œHashr" surasining oxiridagi "œHuvallohullaziy..." deb boshlangan uch oyatni o‘rgatsa, Alloh taolo o‘sha farzandni doimo xayrli ishlar qilishga muvaffaq qiladi. Shunday tarbiya bergan ota-onaga farzandining yaxshi, xayrli amallaridan savoblar beriladi. Aksincha, u sodir etgan yomon amallarga ota sherik bo‘lmaydi.

Farzand yetti yoshga kirganda namoz o‘qishga buyursin. Agar o‘n yoshgacha namoz o‘qimasa, hadisi sharifga muvofiq, urib bo‘lsa ham namoz o‘qitish lozim. Shunda balog‘atga yetguncha besh vaqt namoz o‘qishga ko‘nikib boradi.

O‘n yoshdan o‘g‘il va qiz bolalarning yotoq joylarini boshqa qilish kerak.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:33:35
Ota-ona farzandlar bilan muomala qilishda, jumladan, hadya berish, erkalash, lutf va mehribonlikda adolat qilib, barchalariga bir xil munosabatda bo‘lishi shart. Mabodo farzandlaridan birortasini ayricha sevsa ham, buni boshqalariga sezdirib, ularning ko‘nglini cho‘ktirmasligi lozim.

Biror narsa olib kelsa, birinchi qizlariga, keyin o‘g‘illariga ulashsin. Chunki qizlarning qalbi o‘g‘il bolalarga qaraganda nozik va ta’sirchan bo‘ladi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "œKim qiz bolalarni xursand qilsa, Allohdan qo‘rqib yig‘lagandek bo‘ladi va kimki Alloh taolodan qo‘rqib yig‘lasa, Alloh taolo uning badanini do‘zax o‘tiga harom qiladi", deb marhamat qilganlar.

Farzand ulg‘ayib aqlini taniy boshlagach, unga Qur’on, farz, sunnat va boshqa din ilmi va odobidan ta’lim bersin. Agar o‘zi qodir bo‘lmasa, Imomi A’zam mazhabiga oid komil ustozga berib, zaruriy ilmlardan boxabar qilsin.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:33:52
O‘g‘il bolalarga suzish, kamon otish, ot minish kabi yigit kishi uchun vatan himoyasida, jangda, musofirchilikda zarur bo‘ladigan hunarlarni va yana biror bir kasbni o‘rgatishi, qiz bolalarga pishirish, chevarchilik va shunga o‘xshagan ro‘zg‘or uchun zarur ishlarni o‘rgatmoqlari lozim. Zero, kasb-hunar o‘rganmoq o‘tgan anbiyo-yu avliyolarning sunnatlari bo‘lib, insonni faqirlik va muhtojlikdan qutqaradi.

Yana farzandlarga kasb-hunar bilan topilgan halol rizqlardan yedirmog‘i vojibdir. Ular voyaga yetganlari zahoti o‘zlariga mos qalliq topib, oilali qilsinlar. Aks holda ulardan biror gunoh sodir bo‘lsa, Alloh asrasin, ota-ona farzandining shu gunohiga sherik bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, Alloh taolo ota-onaga farzandlarni gunohdan pok va Islom fitratida omonat qilib bergan, o‘z navbatida ota-ona ham bu omonatni pok va bexiyonat Alloh taologa havola qilmoqliklari lozim.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:34:37
Hadisi sharifda ta’kidlanganidek: "œSizlarning har biringiz oilangizga cho‘pon kabisizlar. Har biringiz hamma farzandlaringizga va ayollaringizga javobgar bo‘lasiz". Shu bois ota-ona Alloh taolo oldida mas’ul bo‘lmaslik uchun, farzandlarining dini va obro‘sini saqlashi kerak. Buzuq aqida va nojo‘ya oqimlarga kirib qolmasliklari uchun Ahli sunnat val jamoat aqidasi, hazrati Imomi A’zam rahmatullohi alayh mazhabi va naqshbandiya tariqati ta’limoti asosida tarbiyalashi zarur.

Er o‘z xotin va farzandlari bilan ochiq chehrali, saxovatli, marhamatli, muloyim holda, doim xursandchilik bilan hayot kechirishga harakat qilsin. Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam: "œSizlarning eng yaxshiroqlaring, o‘z ahliga yaxshi muomala qilganlaringdir. Men ahlim uchun yaxshi muomala qilishda sizlarning yaxshiroqlaringizman", deb marhamat qilganlar.

Ota-ona mehr-shafqat yuzasidan farzandlarini o‘psinlar. Bu haqda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "œFarzandlarni ko‘p o‘pinglar, albatta sizlar uchun har bir o‘pganda jannatda bir daraja bor", deb marhamat qilganlar
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:35:00
Rivoyat qilishlaricha, hazrati Umar raziyallohu anhu bir kishini amaldor qildilar. O‘sha kishi bir yumush bilan kelganda Amirul mo‘’minin farzandlaridan birini quchoqlariga olib, o‘pib-erkalab o‘tirar edilar. Xalifai zamonning bu ishlaridin hayratda qolib dedi: "œMening ham bolalarim bor, ammo ularni hech qachon o‘pgan, erkalagan emasman". Shunda hazrati Umar roziyallohu anhu: "œModomiki, o‘z bolalaringga, yoshlarga rahm-shafqating yo‘q ekan, kattalarga rahming qaerdan kelsin", deb u amaldorni darhol bo‘shatib yubordilar.

O‘rni kelganda aytish kerakki, qiz bola balog‘atga yetgandan so‘ng otasi va bolig‘ og‘a-inilari bilan o‘pishib ko‘rishishdan tiyilsin. Mahramlar bilan qo‘lma-qo‘l so‘rashish kifoya.

Onalar ham balog‘atga yetgan o‘g‘illari bilan o‘pishib ko‘rishmasin. Aks holda bunday paytda tasodifan shahvat paydo bo‘lib qolsa, xunuk oqibati haqida kitoblarda juda og‘ir hukmlar keltirilgan. Qarindoshlardan tog‘a va amakilar ham shu hukmda. Ammo ayollar boshqa qarindoshlar bilan qo‘l berib so‘rashishlari mumkin emas.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:35:43
Aksar kitoblarda ayollarning nomahram erkaklarga salom berishlari ham ta’qiqlangan. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ayol kishining nomahramlar bilan ko‘rishishini qat’iyan man’ qilganlar. Shuningdek, begona ayolga nazar qilishni "œShaytonning zaharli o‘qlaridan bir o‘q", deya zararli va ofatli ekanligiga ishora qilganlar.

Alisher Navoiy hazratlari "œArbain hadis"da (qirq hadis sharhi) yuqoridagi hadisi sharifni shunday sharhlaganlar:

Solma ko‘z, kimsa bo‘lsa nomahram,
Garchi nafsing topar nazzorada sud.
Ki nazarkim harom, shaytonning —
Navokidir valek zahrolud.


Ota doimo farzandlariga tabassumli, ochiq yuzli bo‘lsin. So‘zlaganda, muboh bo‘lgan o‘yinlarda ularga erkinlik bersin va ularning haqiga doimo xayrli duo qilsin. Hadisi sharifda aytilishicha: "œOtaning farzand haqiga qilgan duosi payg‘ambarlarning o‘z ummatlariga qilgan duosi kabidir".
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:36:16
Ona ham duo qilishga haqliroq. Chunki Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "œOnaning duosi tez ijobat bo‘ladi", dedilar. Ashobi kirom so‘radilar: "œNima uchun shunday, yo Rasulalloh?" Rasuli akram: "œChunki ona otaga nisbatan mehribonroqdir. Rahmli va mehribonning duosi bekor ketmaydi", deb javob berdilar.

Ota-ona farzandlarini aslo duoibad qilmasin, qarg‘amasin. Chunki ularning xayrli duolari kabi, qarg‘ishlari ham tez ijobat bo‘ladi. Agar shunday bo‘lib qolsa, Alloh asrasinki, farzand badxulq, badkirdor bo‘ladi. O‘z navbatida, farzandlar ham ota-onalarining ranjishlariga, noroziliklariga, qarg‘ishlariga sabab bo‘ladigan amal va harakatlardan astoydil tiyilishlari lozim.

Rivoyat qilishlaricha, bir kishi Abdulloh ibni Muborak huzurlariga kelib, o‘g‘lining beodob va badkirdorligidan shikoyat qildi. Abdulloh ibni Muborak so‘radilar: "œUni duoibad qilganmiding?" U kishi tasdiqlab, bosh silkidi. Shunda hazrat: "œSen o‘zing uni buzib qo‘yibsan", deb u kishini malomat qildilar. Otaning nasihat, ta’limu tarbiyasi farzandga ta’sir qilmoq uchun, avvalo, o‘zi ham solih bo‘lmog‘i lozim.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:36:26
Kishi birovning farzandiga ziyon yetkazmasligi, yomonlik qilmasligi kerak, chunki uning zarari zamonlar o‘tib, o‘z farzandlariga qaytishi mumkin. Masalan, hazrati Yusuf alayhissalomga akalari yomonlikni ravo ko‘rdi, quduqqa tashlab ketdi. Oqibatda necha zamonlar o‘tib, o‘zlarining farzandlari Fir’avn qo‘liga asir tushdi.

Ota farzand boshida sihat-salomat hayot kechirib turgani uchun Allohga shukrona qilib, yetim va mazlumlarning ko‘z yoshi to‘kilishidan saqlasin va ularga rahmu shafqat qilib, boshlarini silasin, bu ish bag‘ritoshlikni uzoqlashtiradi. Shuningdek, muhtojlarga nafaqa va xayru ehson qilsinki, mukofoti jannatdir, inshaalloh.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:37:04
AQIQA
(sunnat to‘yi)


Farzandga ism qo‘yish va uning sochini oldirish uchun tavalludining yettinchi kunida qo‘y so‘yib, xalqqa ehson va ziyofat berish aqiqa marosimi deyiladi.

Imomi A’zam mazhablariga ko‘ra, aqiqa qilish mustahabdir.

O‘g‘il bolaga ikkita, qiz bo‘lsa, bitta qo‘y so‘yiladi. Aqiqaga so‘yiladigan qo‘y qurbonlik molining sifatiga teng bo‘lishi kerak. Agar bunday sifatli qo‘y topilmasa, imkoniyatiga qarab, topganini so‘yaveradi. Qo‘y so‘yishga imkoni bo‘lmasa, echki ham kifoya qiladi. Ammo aqiqa uchun parranda so‘yish joiz emas.

Hozirgi zamonda ko‘p joylarda faqat o‘g‘il bolalarga aqiqa qilinib, qizlarning aqiqasi odatdan chiqarilgan. Holbuki, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam "œAl g‘ulomu murtahinun biaqiqatihi", ya’ni bolaning ofat va kasalliklardan salomat bo‘lishi aqiqaga bog‘liqdir, - deb marhamat qilganlar.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:38:35
Hazrati Rasululloh sallallohu alayhi vasallam payg‘ambar bo‘lganlaridan so‘ng o‘zlariga aqiqa qildilar. Hazratning bu amallari aqiqa o‘z muayyan vaqtidan o‘tsa ham, soqit bo‘lmasligiga dalildir. Aqiqani tavalludning yettinchi kunidan tashqari, o‘n to‘rtinchi yoki yigirma birinchi kunlarida qilish kitoblarda tavsiya qilingan.

Aqiqa qo‘yini so‘yish vaqtida quyidagi duo o‘qiladi. "œAlohumma hozihi aqiqatu fulonin (bolaning ismi aytiladi) damuho bidamihi va azmuho biazmihi va jilduho bijildihi va sha’ruho bisha’rihi, Allohummaj’alho fidoan liibni fulonin (otasining ismi aytiladi) fidoan minan nor". Ya’ni "œParvardigoro! Bu falon(bolaning ismi aytiladi)ning aqiqasidir, qoni uning qoniga, go‘shti uning go‘shtiga, suyaklari suyaklariga, terisi uning terisiga va juni juniga badaldir. Xudovondo, ushbu aqiqa molini falonchining (otasining ismi aytiladi) farzandi uchun do‘zax o‘tidan fido qil!"

Aqiqa uchun so‘yiladigan hayvonning suyaklari sindirilmaydi, bo‘g‘inlaridan ajratilib, bir qismini doyaga, qolganini xom holda yoki pishirib xalqqa beriladi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:39:01
Aqiqa qilingan kuni bolaning sochini oldirib, sochining vazni barobarida elga tilla, nuqra (kumush) yoki pul sadaqa qilinadi. Garchi qizlarning bolaligida sochini oldirish joiz bo‘lsa-da, ba’zi kitoblarda qiz bolaning sochini oldirmaslik aytilgan. Ulug‘larimiz va o‘tgan ajdodlarimiz qiz bolalarni hatto yoshligida ham sochini kesishdan ehtiyot qilganlar.

Holbuki, bizning zamonamizda boshqa dinlardan o‘tgan vayron va botil odat, ya’ni ayol-qizlarning soch kesishi an’anaga aylanib bormoqda. Mo‘’tabar kitoblarda ayollarning beuzr soch kesishlari mutlaqo harom deyilgan.

Payg‘ambar alayhissalom: "œMan tashabbaha biqavmin fahuva minhum", ya’ni o‘zini bir qavmga o‘xshatgan kishi ham o‘sha qavmdandir, - deb marhamat qilganlar. Boshqa hadislarida Rasululloh sallalohu alayhi vasallam ayollar kiyimini kiygan erkakka va erkaklar kiyimini kiygan ayolga hamda o‘zini ayolga o‘xshatgan erkaklarga va o‘zini erkaklarga o‘xshatgan ayollarga la’nat aytganlar.

Agar farzand kindigi kesilgan yoki xatna qilingan holda tug‘ilsa, uni fazilatli va barakotli deb bilish kerak. Zero, barcha payg‘ambarlar shunday sifatda tavallud topganlar. Faqat Ibrohim xalillulloh sakson yoshlarida o‘zlari o‘zlarini sunnat qilganlar. Shundan xatna qilish sunnat bo‘lib qolgan.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:39:50
ONA SUTINING XOSIYATI

Onaning farzandga sut emizishi ham muhim sunnatlardan biridir. Qur’oni karimning "œBaqara" surasi 233-oyatida: "œOnalar bolalarini to‘la ikki yil emizadilar. (Bu hukm) emizishni benuqson qilmoqchi bo‘lgan kishilar uchundir", deyilgan. Hadisi sharifda: "œBola uchun onasining sutidan yaxshiroq oziq yo‘q", deb marhamat qilingan.

Agar ona ba’zi bir sabablar bilan emizishga qodir bo‘lmasa, otasi soliha bir ayol topib, chaqaloqni ma’lum muddatgacha emizdirmog‘i lozim. Aksincha, badxulq va nodon ayolga emizdirmasinki, u ayolning yomon fe’lu xo‘ylari sut orqali bolaga o‘tib, farzandning ham yomon fe’lu atvorli bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Rivoyat qilishlaricha, podshoh bir asirni o‘limga hukm qilibdi. Shunda asir: "œEy shahanshoh! Meni o‘ldirishdan ne naf? Undan ko‘ra, mening hunarlarim ko‘p, ulardan foydalansangiz yaxshi bo‘lardi. Saroyingizdagi otlarni mening oldimdan o‘tkazsangiz, men har qaysisining fazilat va kamchiliklarini aytib beraman", debdi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:40:11
Shohning amri bilan otlarni asir oldidan o‘tkazibdilar. Otlar bir ariqdan o‘tayotgandi, asir ulardan biriga ishora qilib: "œMana bu ot sigir suti bilan o‘sgan, aks holda yetti iqlimda bunday ot topilmasdi", debdi. Ajabki, asir ta’riflagan tulpor podshohning eng yaxshi ko‘rgan, faxrlanadigan oti ekan.

Shohning taajjubi ortib, so‘radi: "œBuni qaerdan bilding?" Asir: "œBoshqa otlar ariqdan to‘g‘ri o‘tib ketdilar, bu ot esa ariqdan o‘tgandan so‘ng orqa oyog‘ini silkitib qo‘ydi. Bu odat faqat sigirgagina xosdir", deb javob berdi. Podshoh sayisdan bu so‘zning haqiqat yo bekorligini so‘rabdi. Sayis chindan ham bu ot tug‘ilganda onasi o‘lib qolgani va boshqa biya topilmaganidan sigir suti bilan boqilganini tan olibdi. Shoh asirning bilimiga, farosatiga qoyil qolib, uni ozod etibdi.

Ko‘rinib turibdiki, farzand tarbiyasida sut emizadigan onaning ham katta ta’siri bor. Shuning uchun onalar farzandlarini boshqa ovqatlar bilan o‘stirishni imkon qadar tark qilsinlar.

Taassufki, ba’zi onalar Allohning ulug‘ ne’mati bo‘lmish shirin farzandlarni tarbiya qilish o‘rniga, ularni uyda o‘z hollariga tashlab qo‘yib, o‘zlari ko‘cha-ko‘yda, sayru sayohatda yoki bozorlarda savdo-sotiq bilan mashg‘uldirlar. Bu ahvolda jamiyatda kim solim va sog‘lom avlod yetkazishga kafolat beradi. (Ey Tangrim! Ota-onalarga o‘z farzandlarining tarbiyasi bilan chuqurroq mashg‘ul bo‘lishlarini nasib et!)
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:40:42
RAZO’

Hozirgi kunda jamiyatimizdagi dolzarb masalalardan biri - razo’dir. Xalqimiz uzoq yillar davomida johiliyat ta’siri va tazyiqi tufayli razo’ masalalaridan bexabar qolib, bu muhim jihatga e’tiborsizlik va loqaydlik qilganlari sir emas.

Xususan, tug‘ruqxonalarda kam sutli onalarning chaqalog‘ini ko‘p sutli onalarga emizdirilar yoki hamshiralar tomonidan ularning sutini boshqa bolalarga berilardi. Shuning uchun bu masalaning qanchalik jiddiy va muhim ekanini chuqur anglashimiz zarur.

Razo’ so‘zining lug‘aviy ma’nosi "œsut emizmoq" degani. Shariatda bolaning boshqa ayol ko‘kragidan ikki yarim yoshgacha bo‘lgan paytida sut emishi va uning hukmlari bilan bog‘liq masalalar tushuniladi. Demak, chaqaloq ikki yarim yoshgacha bo‘lgan vaqtida onasidan boshqa ayolni emsa — xoh o‘zi ichsin, xoh ichirilsin — razo’ hukmi sobit bo‘ladi. Sutning miqdorining farqi yo‘q. Bir tomchi sut bo‘lsa ham bolaning qorniga yetib borsa, kifoya. Agar qorniga yetib bormasa, razo’ sobit bo‘lmaydi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:41:10
Razo’ning hukmi shunday: begona ayolning sutini emgan chaqaloqqa o‘sha ayol — ona, u ayolning eri — ota hukmida bo‘ladi. Chunki ayolning suti eridandir. Sut emgan bola shu er-xotinning asl farzandlaridek hisoblanib, qavmi qarindoshlari ham bu bolaga mahram bo‘ladi. Sut emgan bola o‘g‘il yoki qiz bo‘lishidan qat’i nazar, ularga nikohlanishi mutlaqo mumkin emas.

Agar sut emgan bola katta bo‘lib uylansa, eru xotin, farzandu nabiralarining ham sut emizgan ayol va uning eriga nikohlari harom bo‘ladi. Zero, sut emgan bola o‘g‘il bo‘lsa, uning xotini bularga kelin, agar sut emgan bola qiz bo‘lsa, uning eri kuyov, farzandlari nabira hisoblanadi. Ammo sut emgan bolaning boshqa qarindoshlari begona hukmidadir.

Mazkur masalalar quyidagi forscha bayt va o‘zbekcha she’rda go‘zal shaklda ifodalangan.

Bayt:

Az jonibi shirdeh hama xesh shavand
V-az jonibi shirxora zavjonu furo‘’.
Sut emizgan jonibidin xesh bo‘lgaylar bari,
Ya’ni sut bergan eri birla aning farzandlari,
Ikkisi volidayni ham alar singillari,
Ham ikovini ako ham uko dilbandlari,
Ushbular emguchiga bo‘lgusidir mahramlari,
Sut emgon jonibidin er-xotin farzandlari,
Ul bayon bo‘lganlari bo‘lgay bular mahramlari.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:41:29
Demak, razo’ tufayli sut emizgan ayol, eri, farzandlari, er-xotinning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari sut emgan bolaga mahram hisoblanadilar.

Mazkur yoshdagi bolani ikki yo‘lining biridan ayol suti bilan huqna (klizma) qilish yo erkak kishining sutini yosh bolaga ichirish yoki ayol sutini ovqatga qo‘shib berish razo’ hukmini sobit qilmaydi.

Agar ayol sutini taomdan boshqa narsalarga, masalan, suvga, sutga yoki doriga aralashtirib ichirilsa, bu holda qaysi birining ko‘pligi e’tibor qilinadi: ayol sutining miqdori ko‘p bo‘lsa, razo’ sobit bo‘ladi, oz bo‘lsa, sobit bo‘lmaydi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:41:49
Burundan tomizilgan sut ham razo’ hukmini sobit qiladi, chunki sut burun orqali oshqozonga borib, oziq bo‘ladi.

Erga tegmagan qizning suti, quloq yoki ko‘zga tomizilgan sut va o‘lgan ayolning suti ham razo’ni sobit qiladi.

Ikki yarim yoshdan o‘tgan bolalarda va undan yuqori necha yoshda bo‘lmasin, har qanday ayolning sutini qay holda ichsa ham razo’ sobit bo‘lmaydi. Bilmoq lozimki, ayolga boshqa bolani emizish zarurati tug‘ilsa, albatta, erining roziligini olishi shart. Vallohu a’lamu bissavob.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:42:41
ERNING HAQLARI

Ayol o‘z umr yo‘ldoshi bilan yaxshi muomalada bo‘lib, uni ehtirom qilsin, yaxshi so‘zlaru xush odobi va raftori bilan uning qalbini qo‘lga olsin. Hadisi sharifda: "œAyollarning jihodi o‘z eri bilan yaxshi muomalada muosharat (tirikchilik) qilishidir", deyilgan.

Ayol kishi Alloh taolodan savob umidida erining g‘ayrat (rashk) va g‘azabiga sabr qilsin. Shu bilan birga besh vaqt namozini o‘qisin, ramazoni sharifda ro‘za tutsin, nomusini saqlasin va eriga itoatli, farmanbardor bo‘lsin, hatto eri tog‘dan menga bir tosh olib kelib ber desa, yuz o‘girmasin. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar: "œHar qachonki ayol besh vaqt namozini o‘qisa, ramazon ro‘zasini tutsa, o‘z nomusini saqlasa va o‘z eriga itoat etsa, Parvardigorning jannatiga doxil bo‘ladi".

TANBEH: er: "œAyolim menga itoatkor bo‘lishi kerak", deb haddan oshib, unga jabr-zulm qilmasin, shariat ko‘rsatmalaridan chetga chiqmasin.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:42:51
Erning ruxsatisiz uydan chiqmasin va o‘z eridan boshqalar uchun ziynatlanmasin, muattar (xushbo‘y) qilmasin va uning to‘shagidan ajramasin, balki u bilan birga to‘shakda yotsin. Erining oldiga u xohlamaydigan, u yomon ko‘rgan kishilarni kirgizmasin. Ayol o‘z eriga noshukrlik qilmasin, ko‘p ayollarning odaticha: "œMen sizdan hech yaxshilik ko‘rmadim", demasin. Kiyimlarini o‘z erining uyidan boshqa joyga qo‘ymasin.

Agar eri uni o‘pish yo mujomaat qilish va shunga o‘xshash xos muomalotlarga chorlasa, itoat etsin. Agar bemorlik yo hayz tufayli itoat etolmasa, u holda yaxshilik bilan tushuntirib, uzr aytsin. Shuningdek, taom hozirlash, chiroq yoqish, tahorat va boshqa paytlarda suv va sochiq tayyorlash kabi ishlar ayolning zimmasidadir.

Agar ayolning moli bo‘lsa, eriga minnat qilmasin. Ro‘zg‘orning qiyinchiligi, kamxarjligi, muhtojligi tufayli taloq so‘ramasin. Eriga g‘azablanib, achchiqlanib boqmasin, zarda qilmasin. Tili bilan ham erining diliga ozor yetkazmasin.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:43:18
Ro‘zg‘ordagi nafaqa va kamchiliklarni tushkinlik va tundlik bilan aytib ranjitmay, imkon qadar xotirjam bir kayfiyatda va taklif ohangida, masalan, shuni olish kerakmikan, shunday qilsakmi, buni olsakmikan, qabilida aytishi, tushuntirishi lozim. Erining toqati, imkoniyati yetmaydigan narsalarni talab qilmasin.

Iloji boricha eriga do‘stlik va muhabbat izhor qilsin. Eri ishdan yoki biror yerdan kelsa, uning istiqboliga chiqib, shirinsuxanlik, tabassum va ochiq yuzlik bilan kutib olsin. Shuningdek, eri uchun ziynatlanib, chiroyli, yarashimli kiyimlarini kiyib, ko‘z va kipriklariga surma, qo‘l va oyoqlariga xinolar qo‘ysin hamda eriga yoqqan liboslarini kiyishga diqqat qilsin. Ko‘chadagi hammomga eri ijozat bersa ham aslo chiqmasin.

Rivoyat qilinishicha, sahobai kiromlardan Talha roziyallohu anhu uzoq safarga chiqqan edilar. U kishi qaytib kelguncha bir o‘g‘illari vafot etdi. Safardan qaytganlarida ayollari ziynatlanib, xursandchilik bilan kutib oldi. Kechki dasturxon atrofida o‘sha o‘g‘illari ko‘rinmagani uchun, uni so‘raydilar. Xotinlari hech narsa sezdirmay: "œBir joyga ketgandi, hozir kelib qoladi", deb javob qaytardi. Xufton namozidan so‘ng yotoq joylarini to‘shab, tunni birga o‘tkazadilar.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:43:30
Ertasiga hazrat yana o‘sha o‘g‘illarini so‘raganlarida, ayollari: "œUni bizga Alloh taolo omonat bergan edi, yana o‘zi qaytarib oldi. Bizga sabr-toqatdan boshqa chora yo‘q", deb muloyimlik bilan tushuntiradilar. Sabrli va soliha ayol shunday bo‘lishi lozim.

Ahli haqiqat oldida soliha ayollarning sifatlari quyidagicha: husni jamoli — Alloh taolodan qo‘rqish, boyligi - qanoat, zebu ziynati — poklik, ibodati (Alloh taoloning farzlaridan keyin) — eriga yaxshi xizmat qilish, himmat va irodasi esa o‘limga tayyor turishdir.

Xotin kishi nikohdan to umrining oxirigacha erining uyini o‘ziga lozim tutsin. Erining pul va molini behuda sarf etmasin, boshqa ayolidan ko‘rgan farzandlariga ham jabru jafo qilmasin. Xudodan qo‘rqsin. Chunki Alloh zolimlarni sevmas, mazlumlarning ohini bee’tibor qo‘ymas.

Ota-onasi va yaqin qarindoshlarining ziyoratiga erning roziligi bilan borishi vojibdir.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:44:12
Er-xotin bir-birlari bilan doimo yaxshi va samimiy munosabatda bo‘lishlari lozim. Chunki ayol bu dunyoda eri bilan yaxshi muomalada bo‘lib, roziligini topsa, jannatda ham o‘sha eri bilan birga bo‘ladi. Bir kishi muftiydan: "œJannatdagi ayollarimiz kimlar bo‘ladi", deb so‘rabdi. Muftiy: "œDunyodagi ayolingiz bilan jannatda ham birga yashaysiz", debdi. Uning tepa sochi tikka bo‘lib: "œUnday bo‘lsa, ayolim bilan tezroq ajrashay. Bu dunyoda azob bergani yetmaganday, oxiratda ham azob chekamanmi", debdi...

Ummu Habiba onamiz: "œAgar ayol bu dunyoda ikki er qilgan bo‘lsa, oxiratda qaysi biri bilan birga bo‘ladi?" deb so‘raganlarida, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "œU holda ayolga tanlash imkoniyati beriladi va ayol o‘ziga bu dunyoda yaxshi muomala qilgan erini ixtiyor etadi", dedilar.

Chiroyli va sohibjamol ayolning eri badfe’l va badsurat bo‘lsa, sabr qilsin. Eri ham Alloh taolo unga shunday ayol nasib qilganiga shukr aytib, ayolini qadrlasin. Zero, sabr qiluvchi va shukr qiluvchilarning ikkisi ham jannatda bo‘ladi, inshaalloh.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:44:44
XOTINNING HAQLARI

Insof bilan aytganda, hech bir jamiyat, hech bir tuzum ayollarga Islom diniday ehtirom ko‘rsatmagan, uning haqqini aniq va mukammal qilib belgilab qo‘ymagan. Fikrimizni ushbu mashhur muborak hadis ham tasdiqlaydi: "œJannat onalar oyog‘i ostidadir". O‘z navbatida, oilada ham ayollarning muayyan haq-huquqlari belgilab qo‘yilgan.

Er zimmasidagi xotinning haqlaridan ba’zisi quyidagilardan iborat: o‘zi yeydigan taomlardan ayoliga ham yedirish va o‘zi kiyadigan kiyimlardan unga ham, o‘ziga mos kiyimlar kiydirish. Alloh taolo uning rizqu molini ziyoda qilgan bo‘lsa, u ham ayolining nafaqasini ziyoda va farovon qilsin.

Erkak xotiniga yaxshilik va husni xulq bilan pandu nasihat bersin, unga muloyimlik bilan muomalada bo‘lsin. Chunki momomiz Havvo roziyallohu anho jannatda bobomiz Odam alayhissalomning qaburg‘alaridan yaratilganlar. Ma’lumki, qoburg‘a qiyshiq va qattiq suyak bo‘lib, agar uni zo‘rlab to‘g‘rilayman desangiz, u sinadi, shu holatga qo‘yib qo‘ysangiz, qiyshiqligicha turaveradi. Va agar issiq suvga solib qo‘ysangiz, to‘g‘rilanishi oson bo‘ladi. Shuning uchun ayollarga doim muloyim muomalada bo‘lmoq lozim. Ulug‘larning ko‘plari xotinlarining nomaqbul ranju amallariga sabru toqat qilar ekanlar.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:45:16
Ulamolar aytibdilar: xotinning jabru sitamiga sabr qilish bir qancha nomaqbul ishlarning oldini oladi. Masalan, ayolning ranjiga sabr qilish bolaga nojo‘ya shapaloq tushmasligi, qozon-tovoq sinmasligi, sigir-buzoq kaltaklanmasligi, kiyimlar yirtilmasligiga hamda mehmonning qaytib ketmasligiga sabab bo‘ladi.

Hazrati Rasul alayhissalom buyuradilar: "œQachonki birovlaringizning mingan ulovi sarkashlik qilsa (ya’ni itoat qilmasa) yoki zavjasining yo biror ahli baytining xulqi yomon bo‘lib qolsa, bas, uning ikki qulog‘iga azon aytsin". Shuning uchun er xotinining yaxshi xulqli va pokizaligini ulug‘ ne’matlardan bilmog‘i lozim. Zero, ushbu ne’matga har qancha shukr qilsa ham oz.

Erkak ko‘p ishlarda ayolga itoat etmasin, pushaymonlik keltiradi. Va ayolning xiyonat, aldov va makridin hazar qilsin. Bobomiz Odam alayhissalomning jannatdan chiqishlariga momomiz Havvo raziyallohu anhoning da’vatlari sabab bo‘lgan edi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:45:56
Erkak kishi xotinining ba’zi yomonlik va gunohlaridan, agar u gunoh fahsh bo‘lmasa, ko‘z yumsin, uning pardasini el orasida yirtmasin. Tirikchiligini Alloh taolo rozi bo‘lgan ishlar bilan o‘tkazsin.

Er o‘z ayoliga ro‘zg‘or ishlarida; suv tashish, o‘tin olib kelish va ayollarga qiyin bo‘lgan ishlarda yordam berishi kerak. Ayniqsa, uyga mehmon kelganda uning oldiga dasturxonni o‘zi yozsin, ayrim joylarda odatga aylanib qolgan kabi, mehmon oldiga o‘tirib olib, xotiniga buyurmasin.

Hadisi sharifda: "œRo‘zg‘or ishlarida ayoliga yordam beradigan erkakka Alloh taolo payg‘ambarlardan hazrati Ayyub alayhissalomga, hazrati Dovud alayhissalomga, hazrati Ya’qub alayhissalomga va hazrati Iyso alayhissalomga bergan savoblaridek savob beradi", degan xushxabar aytilgan.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:46:23
Yana Rasululloh sallallohu alayhi vasalam o‘z sahobalariga: [i"œOilaga xizmat qilmoq Parvardigorning g‘azabini pasaytiradi, hasanot (yaxshiliklar) va darajalarni ziyoda qiladi hamda (jannatiylarga atalgan) hurlarning mahri bo‘ladi"[/I], deganlari ham shunga dalolatdir.

Er o‘z xotini bilan o‘ynamog‘i, hazillashmog‘ini shariat man’ qilmagan. Bu behuda, befoyda va botil amallardan ham emas.

Shu bilan birga erkak kishi xotin va farzandlariga tarbiya beruvchi bo‘lganida, ularning oldilarida azamatli, salobatli va vazmin bo‘lmog‘i lozim. Rasululloh sallallohu alayhi vasalamning: "œO‘z ahli oilang ustidan tayog‘ingni ko‘tarma va qamchingni ularga ko‘rinadigan joyga osib qo‘y!" degan so‘zlarida juda ulug‘ hikmat, go‘zal ko‘rsatma, chiroyli tadbir borligi ochiq ko‘rinib turibdi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:46:52
Agar er xotiniga shariat izni bilan odob bermoq uchun siyosat qiladigan va ta’zir beradigan bo‘lsa, u holda shu kunning oxirigacha u bilan jimo’ qilmasin va ochiq yuzlilik bilan gaplashmasin, tadbiri behuda ketadi.

Erkak xotini va qizlariga ip yigirish kabi uyda bajariladigan hunarlarni o‘rgatsin. Qur’oni karimdagi "œNur" surasini o‘qitsin. Bu surada Alloh taolo zinoning hukmi va unga beriladigan jazo hamda bir-biriga la’nat aytish, pokiza ayollarni zinokor deb tuhmat qilishning og‘ir jinoyatlardan ekanligi bayon etgan.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:47:09
TALOQ

Bilmoq kerakki, ajralishga zarurat tug‘ilgan holda shariat taloqqa ijozat bergan bo‘lsa ham, Alloh halol qilgan ishlarning eng yomoni, eng noxushi taloqdir. Shu sababli bizning hanafiy mazhabimizda bir kishi o‘z ayoliga "œinshaalloh taloqsan" desa, taloq tushmaydi. Chunki Alloh taloqni xushlamaydi, hatto behuda taloq Parvardigorning g‘azabini keltiradi.

Oiladagi birgina janjal tufayli tiliga darhol taloq keladigan erlarning fe’li, ayollarning fe’l-atvoriga yaqindir. Boisi Alloh taolo ajralish ixtiyorini irodasi mustahkam bo‘lgani uchun erkaklarga bergan.

"œMishkotul masobih"da keltirilgan bir hadisi sharif mazmuniga ko‘ra, shaytoni la’in o‘z lashkarlarini turli yomonliklarga buyurar, ulardan birontasi men bir oilaning orasini buzdim, desa katta mukofot berar ekan. Mabodo shariatda ko‘rsatilgan sabablar tufayli ajralishga to‘g‘ri kelganda ham birdan uch taloq qilish man’ qilingan.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:47:33
Shar’iy sabablar bilan xotinini taloq qiladigan bo‘lsa, birinchi martadayoq uch taloq demasin, balki ikki hayz o‘rtasida jimo’ qilmasdan bir taloq desin va keyin ham shu tartibda ikki marta taloq bersa, sunnatga muvofiq taloq bo‘ladi.

Buning hikmati shuki, oradagi vaqtlarda yarashish xohishi paydo bo‘lsa, yo‘l ochiq qoladi. Qolaversa, idda vaqtida ayolning nafaqasi erning zimmasida bo‘ladi. Hatto raj’iy taloq9 qilingan ayol erining unga qaytmog‘i uchun idda vaqtida ziynatlanib, eriga chiroyli ko‘rinishga harakat qilishi ta’kidlangan.

Shuni ham aytish lozimki, erning faqat uch marta taloq qilishga haqqi bor, xolos. Birdaniga uch taloq desa ham, ayri-ayri aytsa ham shunday. Masalan, biror kishi xotinini bir taloq qilib, qayta nikohlanib, yana bir taloq qilib, qayta nikohlangan bo‘lsa, uchinchi taloq qilishidan keyin bu ayoli bilan yarasha olmaydi, toki u ayoli boshqa odamga o‘z ixtiyori bilan nikohlanib, u eri o‘z ixtiyori birla taloq qilmagunicha.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:48:01
Taloq qilishning ikki yo‘li bor:

1.   SARIH. Ya’ni faqatgina taloq lafzlari bilan adadni qo‘shmay taloq qilish, "œsen taloqsan", "œseni taloq qildim" kabi so‘zlar bilan taloq qilish. Bu holda faqat bir raj’iy taloq tushadi.

2. KINOYA. Taloq so‘zini ishlatmay, taloq niyatida aytilgan boshqa lafzlar orqali holatga qarab tushadigan taloq. Bu lafzlar uch qismdir.

Birinchisi, er xotiniga "œtur", "œyo‘qol", "œchiq", "œtur meni yonimdan", deb taloq niyatida aytsa, taloq tushadi. Xoh g‘azablanib aytsin, xoh taloq muzokarasi holatida, ya’ni taloq to‘g‘risida bahslashib turgan bo‘lsin, farqsiz. Niyati bir taloq bo‘lsa, bir taloq, niyati uch taloq bo‘lsa, uch taloq tushadi. Agar erning niyati qo‘rqitish yoki taloqdan boshqa narsa bo‘lsa, taloq tushmaydi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:48:29
Ikkinchisi, er xotiniga "œbo‘shsan, buzilgansan, uzilgansan, man qilingansan" kabi so‘zlarni aytsa, g‘azab holatida niyatiga qaraladi. Ammo taloq muzokarasi bo‘lib turganda aytsa, niyatidan qat’i nazar taloq voqe’ bo‘ladi, taloqni niyat qilmasa, bir boin10, agar niyati uch taloq bo‘lsa, uch taloq tushadi.

Uchinchi qism so‘zlar, ya’ni "œidda saqlagin, bachadoningni pok qil, sen yagonasan, sen ozodsan, ixtiyor qil, seni ishing va amring o‘z qo‘lingda, o‘z ixtiyoringda, seni haydadim, seni ayirdim" kabi so‘zlar g‘azab holatida ham, muzokara holatida ham, niyatdan qat’i nazar, taloq voqe’ bo‘ladi. Uch taloqni niyat qilsa, uch taloq va taloqni niyat qilmagan taqdirda, bir boin taloq tushadi.

Mazkur uch qismdagi kinoya lafzlarning har qaysisini xursandchilik va rozilik holatida aytsa, u holda niyatiga qaraladi, ya’ni taloq niyat qilmasa, taloq tushmaydi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:48:47
Ayollar avratini doimo berkitib yursin va badanlari zohir bo‘ladigan va a’zolari seziladigan darajada yupqa va tor kiyimlar kiymasin. O‘zini erkakka o‘xshatmasin va erkaklar ham o‘zini ayollarga o‘xshatmasin.

Erkaklar orasida yuz beradigan ko‘p fitna va mojarolarga, asosan, ayollar sabab bo‘lar ekan. Shuning uchun erkaklar ko‘cha-ko‘yda begona ayollarga bir marta nigohlari tushgandan so‘ng qaytib unga qaramasinki, bu shariatimizda man’ qilingan. Ulug‘ avliyolar esa begonaligini bilgan ayollarga birinchi marta qarashdan ham saqlanishni buyurganlar. Bunday ehtiyotkorlik fitna va ofatdan omon bo‘lishga kafolat bo‘ladi, inshaalloh.

Agar begona ayolga ko‘zi tushganda shahvat tug‘yon ursa, darhol o‘z ahliyasi bilan jimo’ qilib, taskin topsin. Bu bilan zino qilishdek ulkan gunohdan o‘zini olib qochsinki, hadisi sharifning ko‘rsatmasi ham shunday.

Alloh taolo bizlarga nafaqat zino qilmaslikni, balki zinoga yaqinlashtiradigan amallardan saqlanishni buyuradi. Shunga o‘xshash ayollar ham begona erkakka nazar tashlamasinlar, nomahramlarga ko‘rinishdan tiyilsinlar va imkon qadar ko‘rinmaslikka urinsinlarki, bu bilan, shubhasiz, Alloh taoloning marhamatiga musharraf bo‘ladilar.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:49:24
IDDA

Idda so‘zining lug‘aviy ma’nosi sanamoq degani. Shariatda esa eri vafot etgan ayolning to‘rt oyu o‘n kun, agar eri taloq qilgan bo‘lsa, uch oy to‘liq va yo uch hayzi komil ko‘rguncha turmushga chiqmay turishiga idda saqlash deyiladi.

Avvalo bilmoq lozimki, idda saqlashdan asosiy maqsad naslni pok va toza bo‘lishidir. Shu maqsadda ayollarga, turli sabablar bilan erlaridan ajralganlaridan so‘ng to idda muddatlari tugamaguncha boshqa erga turmush qurishlariga ruxsat berilmagan. Muayyan qilgan idda muddati, to‘kis o‘tgandan so‘ng ayolning bachadoni tozaligi, avvalgi eridan homilador emasligi ravshan bo‘lgach, turmush qurishlari mumkin.

Idda saqlash Qur’oni karim oyatlari orqali farz bo‘lgan. Alloh taolo "œBaqara" surasining 228-oyatida "œTaloq berilgan xotunlar uch hayz o‘tguncha o‘zlarini boshqa nikohdan saqlasunlar. Va joiz emas alarg‘a qorinlaridagi Alloh taolo yaratgan farzandni yashirmoqlari agar alar bo‘lsalar iymon keltirguchilar Alloh taologa va Qiyomat kuniga. Va alarning o‘z erlari bularni qaytarib olmoqqa shul muddat ichida boshqadin alar haqdordirlar agar alar sulhga tolib bo‘lsalar", deb buyuradi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:49:38
Iddaning uch xil holati mavjud:
1. Hayz ko‘radigan ayollar iddasi.
2. Hayz ko‘rmaydigan ayollar iddasi.
3. Homiladorlik hukmi.

Birinchi holatning hukmi shunday: hayz ko‘radigan ozod ayol eri bilan bir jimo’ qilish mumkin bo‘lgan vaqt xilvat joyda bo‘lganlari yoki jimo’ qilganlaridan keyin eri taloq qilsa, yoki bir-birlariga teng bo‘lmagani uchun ajrashsalar va yo hayz ko‘radigan ayolning eri qazo qilsa yoki qozining hukmi bilan nikoh bekor qilinsa, ayolning to‘liq uch hayz muddatida idda o‘tirishi lozim. Keyin boshqa erga tegishi joiz bo‘ladi. Agar mazkur ishlar hayz ko‘rayotgan vaqtida bo‘lsa, ushbu hayzi hisobga kirmaydi, iddasining muddati keyingi hayzdan boshlab hisoblanadi.

Ikkinchi holatda: balog‘atga yetmaganlik, qarilik sababidan yoki balog‘atga yetsa ham hayz ko‘rmagan ayollarning taloqdagi idda muddatlari to‘la uch oy, ammo mazkur ayollarning eri o‘lgan bo‘lsa, to‘rt oyu o‘n kundir.

Uchinchisi, ya’ni homilador ayollarning idda muddatlari hamma holatda tuqqunlarichadir.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:50:42
NIKOHI NORAVO AYOLLAR

Jamiyatimizda bu mavzuga taalluqli ba’zi noxush voqealar bo‘lib turishi sir emas. Xotin ustiga uning mahrami bo‘lgan opa, singil, amma, xolalari va shunga o‘xshash nikohlab bo‘lmaydigan va eri dunyodan o‘tgan yo eridan taloq bilan ajrashgan ayollar iddasining muddati tugamay boshqa erga tegish holatlari uchrab turibdi.

Bizningcha, bu nosha’riy va fosid ishlarning sodir bo‘lishiga, ba’zi domlalarimizning shu holatdagi ayollarni surishtirmasdan nikohlab berayotganlari ham sabab bo‘lmoqda.

Erkak kishiga nikohlanishi harom qilingan ayollar Qur’oni karimdagi "œNiso’" surasining 23-oyatida va fiqhiy kitoblarimizda bayon etilgan.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:50:50
Erkak kishiga onasining, ota-onasi onalarining (qancha yuqori ketsa ham), o‘z qizlarining, opa- singillarining, opa-singil va aka-ukalarining qizlari, ya’ni jiyanlarining (har qancha pastga ketsa ham) va yana amma-xolalarining (har qancha yuqori bo‘lsa ham) nikohi haromdir. Mazkur toifa ayollar nasab yuzasidan erkak kishining mahrami bo‘lib, nikohlari abadiy harom qilingan. Ammo amma, amaki, xola va tog‘alarning qizlarini nikohlari joiz.

Nikoh tufayli nikohi harom qilingan toifa ikki xil: abadiy yoki vaqtincha bo‘ladi.

Nikohi abadiy harom qilingan ayol, bu qaynonadir. Zero, qaynona kuyovga mahram bo‘lib, o‘z onasidek hurmatga sazovor zot hisoblanadi. Agar bu ayoli bilan qaysi sabablarga ko‘ra ajrashsa yoki ayoli olamdan o‘tsa ham, qaynonasini nikohlab ololmaydi.

Ikkinchi toifa xotinning boshqa aqrabolari, bu xotini bilan ajrashmaguncha nikohlari haromdur. Lekin oralaridagi nikoh ajralish yoki o‘lim tufayli bekor bo‘lgandan so‘ng xotinning boshqa aqrabolariga uylanish joiz bo‘ladi. Xotinning boshqa qarindoshlarining qisqacha bayoni shuki, agar o‘sha ayol erkak kishi deb tasavvur qilinadigan bo‘lsa, unga qarindoshlaridan kimning nikohi noravo bo‘lsa, eriga ham o‘sha ayollarning nikohi harom bo‘ladi
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:51:08
MASALA: Mazhabimizda ayol kishining safarga mahramsiz borishi ta’qiqlangan. Bu o‘rinda erkak kishi qaynonasidan boshqa xotinining nikohi noravo qarindoshlari bilan safar qilishi mumkin emas.

Xotinining avvalgi eridan qizi bo‘lsa, shu xotini bilan jimo’ qilgandan so‘ng bu qizning nikohi ham harom bo‘ladi. Ammo jimo’ qilmasdan ajrashsa, bu qizga uylanishi mumkin. Shuningdek, dadasining, bobosining va qancha yuqori borsa ham boshqa xotinlari bo‘lsa, ular ham ona hukmida va kelinlari, qancha pastga borsa ham, qiz hukmida bo‘lib, ularning nikohlari ham haromdur.

Alloh asrasin, bir ayol bilan zino qilgan kishiga o‘sha ayolning qizlari hamda biror ayolning badanini shahvat bilan ushlasa, uning ham qizlari, hatto birorta ayol biror erkakni shahvat bilan ushlasa, o‘sha kishiga u ayolning qizlari hamda biror ayolning andomi nihoniga shahvat nazari bilan qaragan kishiga, u ayol qizlarining nikohi harom bo‘ladi. Bu to‘rt toifa ayollarning qizlari, nabiralari qancha pastlasa ham, onasi, buvisi qancha yuqorilasa ham, nikohlanish haromdir.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:52:15
*   *   *

Iloho, barcha ayollarni iymonli, taqvodor, qanoatli, ibodatli va O‘zingni farzlaringdan so‘ng erlariga sodiq va itoatli qil! Ularni sharmu hayo, iffatu pokdomonlik zevari bilan ziynatlantir!

Parvardigoro, erkaklarni o‘z ahli oilasini himoya qiladigan or-nomusli, rashkli-shijoatli va qavvomu ustuvor qil! Omin, yo Rabbal olamin! Va sallallohu taolo alo xayri xalqihi Muhammadin va alo olihi va ashobihi ajmain, birohmatika yo arhamar rohimiyn.
Allohning nusrati bilan milodiy 2003 yil, noyabr, hijriy 1424 yil, ramazoni sharifda tamom bo‘ldi.
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 06:52:50
*   *   *

Ushbu risolani chop etilishiga yaqindan ko‘mak bergan barcha birodarlarimizga tashakkur bildiramiz. Va muhtaram o‘quvchilarimizdan risolada yo‘l qo‘yilgan ayrim xato va kamchiliklarni avf qalami bilan isloh qilishlarini so‘raymiz. 

Bayt:
Har kim o‘qisin, duo umidvorman,
Chunki men ojizu gunohkorman.

                                         
                                                    Muallif
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 07:03:52
MUNDARIJA

Juda zarur risola (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79271#msg79271)
Nikoh (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79273#msg79273)
Kelin tanlash (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79276#msg79276)
Kuyov tanlash (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79282#msg79282)
Mahr (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79283#msg79283)
Nikoh vaqti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79287#msg79287)
Nikohning sunnatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79288#msg79288)
To‘y (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79291#msg79291)
Mujomaat sunnatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79294#msg79294)
G‘uslning farzlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79303#msg79303)
G‘uslning sunnatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79306#msg79306)
G‘usl niyati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79312#msg79312)
Suv miqdori (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79314#msg79314)
G‘uslning vojib bo‘lishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79322#msg79322)
Hayz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79328#msg79328)
Tuhr (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79331#msg79331)
Mamnuoti hayz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79332#msg79332)
Nifos (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79342#msg79342)
Istihoza (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79344#msg79344)
Farzand tavalludi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79350#msg79350)
Ism qo‘yish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79357#msg79357)
Farzand tarbiyasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79363#msg79363)
Aqiqa (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79378#msg79378)
Ona sutining xosiyati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79386#msg79386)
Razo’ (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79390#msg79390)
Erning haqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79399#msg79399)
Xotinning haqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79408#msg79408)
Taloq (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79418#msg79418)
Idda (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79429#msg79429)
Nikohi noravo ayollar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.msg79434#msg79434)
Nom: Re: NIKOH va OILA RISOLASI. Fazluddin Iqroruddin
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2007, 02:25:51
Nikoh va oila risolasi

(http://www.ziyouz.com/images/books/oila_va_nikoh.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=75)

Muallif: Fazluddin Iqroruddin

Hajmi: 181 Kb
Fayl tipi: PDF

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=75)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.0)