forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 05:48:29

Nom: Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Mo'minalar silsilasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 05:48:29
FOTIMAXON SULAYMON QORI QIZI

MO’MINALAR SILSILASI

MOVAROUNNAHR
TOSHKENT - 2004

MUNDARIJA

Mo’mina ayollar ibrati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1739.msg80709#msg80709)
Ummu Ishoq - Naxuro qizlari Sora (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1739.msg80713#msg80713)
Ummu Ismoil - Hojar onamiz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1739.msg80731#msg80731)
Ayorxo binti Xonid - Musoning onalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1739.msg80749#msg80749)
Osiyo binti Mazohim - mo'mina malika (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1739.msg80764#msg80764)
Bilqis binti Sharohil - Yaman malikasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1739.msg80776#msg80776)
Maryam Imron qizi - Isoning onalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1739.msg80793#msg80793)
Asmo binti Abu Bakr (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1739.msg80813#msg80813)
Robia al-Adaviyya (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1739.msg80839#msg80839)
Zaynab binti Ali (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1739.msg80865#msg80865)
Nafisa binti Hasan (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1739.msg80873#msg80873)
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 05:49:45
MO’MINA AYOLLAR IBRATI
(Muharrir muqaddimasi)


Bismillahir rohmanir rohiym.

Islom dinida insonlarning insonlardan farqi, faqat Allohga itoati, doimiy toati, taqvosi bilan belgilanadi. Alloh aytadi: "Albatta sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ongiz taqvodorrog‘ingizdir" (Hujurot surasi, 13-oyat). Ayollarning yaxshisi, e’tiborlisi esa erlariga itoatda bo‘luvchi mo‘mina ayollardir. Qur’oni karimda marhamat etilgan: "Bas, ibodat-itoatli va (erlari) yo‘qlgida Allohning hifzu himoyati bilan (erlarining mol-mulklarini va o‘z iffatlarini) saqlovchi xotinlar - yaxshi xotinlardir. (Niso surasi, 34-oyat)

Tarixda ana shunday mo‘mina, siddiqa, zohida, olima, obida ayollar juda ko‘p o‘tganki, ulardan har birining tarixi, ibratli hayoti bir kitobga mavzu bo‘lguday. Qo‘lingizdagi ushbu risolaga nomlari tarix qatlariga oltin harflar bilan yozilgan bir necha mo‘mina ayollarning muxtasar qissalari jamlangan.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 05:49:56
Bular insoniyatga Ishoq, Ismoil, Muso, Iso (alayhimussalom) payg‘ambarlarni tug‘ib, tarbiyalab bergan Sora, Hojar, Ayorxo, Maryam kabi ulug‘ volidalar, baxtiyor onalar, zolim Fir’avnning mo‘mina xotini Osiyo, birinchi va eng taqvodor so‘fiya Robi’a al-Adaviyya, Abu Bakr Siddiqning qizlari Asmo, Hazrati Alining qizlari Zaynab, olima va fozila ayol Nafisa binti Hasan kabilarning qissalaridir. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat etilgan hadisda shunday marhamat qilinadi: " Payg‘ambarimiz bir kuni yerga to‘rtta chiziq chizdilar va "Bu nima, bilasizlarmi?", deb so‘radilar. Sahobalar: "Alloh va Uning rasuli bilguvchiroq", deb javob berishdi. Payg‘ambarimiz " Bular jannatning eng afzal ayollari - Hadicha binti Huvaylid, Fotima binti Muhammad, Maryam binti Imron, Fir’avnning xotini Osiyo binti Mazohimdir", deb javob berdilar. (Imom Ahmad rivoyati)

Mo‘mina onalarimizning, Allohga itoatda, toatda, qanoatda barchaga namuna bo‘lgan ulug‘ ayollarimizning hayot yo‘llari, Haq yo‘lidagi fidoyiliklari va sadoqatlari qiyomatgacha mo‘min-musulmonlar uchun ibrat bo‘lib qolaveradi, inshaalloh!
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 05:50:25
NAXURO QIZLARI SORA
(Ummu Ishoq)


Sayyidati Soraning (Alloh u zotdan rozi bo‘lsin) erlari anbiyolarning ulug‘i Ibrohim alayhissalomdirlar. Sora yagona Allohga iymon keltirib, erlari bilan Falastinga hijrat qilganlar, keyin Misrga ketganlar. Misr podshohi u ayolga tajovuz qildi, lekin Alloh Sorani asradi va podshoh bir joriya hadya qildi.

Hazrati Sora tug‘magan edilar, zero keksayganlarida Alloh taolo u zotga farzand ne’matini berishni xohladi. Farishtalar bu haqda xushxabar yetkazdilar. Bo‘ylarida bo‘lib, Allohning nabiysi bo‘lmish Ishoq alayhissalomni tug‘dilar.

Hazrati Sora umrlarining oxirigacha Falastinda erlari Ibrohim alayhissalom va o‘g‘illari Ishoq alayhissalom bilan yashadilar. Shu yerda vafot etib, Xalil shahariga dafn etildilar.

Sora mo‘mina, sodiqa, pokiza ayol edilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 05:50:54
Hazrati Soraning iymonlari

Hazrati Sora Iroqning Bobil shahrida dunyoga keldilar. Nihoyatda ko‘rkam va chiroyli edilar. Axloqlari ham go‘zal bo‘lib voyaga yetdilar. O’ta pokizaliklari, axloq va odoblarining go‘zalligi bilan olamga mashhur bo‘ldilar. Balog‘atga yetgach, amakilarining o‘g‘li Ibrohim Ozor o‘g‘liga turmushga chiqdilar. Ular baxtiyor, shirin turmush qurib yashashdi. O’sha zamonlarda hech kim yagona Allohga ibodat qilmas, mushriklar har xil but-sanamlarga topinishardi. Ozor but yasab, sotardi. Ba’zilar yulduzlarga sig‘inishardi. Shulardan biri shaharning moliki Namrud edi.

Yagona Allohga ibodat qilish, pok e’tiqodga ergashishni Alloh Ibrohim alayhissalomga nasib etdi. Insonlarga Islomni yetkazish uchun Alloh taolo Ibrohim alayhissalomni tanladi va uni hidoyat qildi. Ul zot o‘z qavmini yagona Allohga ibodat qilishga, but-sanam va boshqa narsalarga topinmaslikka da’vat eta boshladilar. Da’vatni o‘zlarining qarindoshlaridan boshladilar. Ayollari Sora va akalarining o‘g‘li Lutasdan boshqa hech kim Ibrohim alayhissalomga ergashmadi, aksincha uni yolg‘onchiga chiqarishdi, da’vatlariga qarshi borishdi. U zot bilan talashib-tortishishdi, o‘tga otishdi, lekin Alloh taolo u zotni balolardan asradi.

Kunlardan bir kun Namrud da’vat yo‘lini to‘sish uchun Ibrohim alayhissalom bilan Rabbisi haqida bahslashishga chaqirdi. Alloh taolo Ibrohim alayhissalomga ilohiy hujjat berib, Namrudni yolg‘onchiga chiqardi. Sora onamiz erlarining yonlarida hamdard bo‘lib, Allohning diniga yordam berdilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 05:51:25
Soraning hijratlari

Bir qancha muddat Hazrati Sora erlari va jiyanlari Lut bilan Iroqda yashadilar. Lekin qavm Ibrohim alayhissalomning da’vatlarini yo‘qqa chiqarib, o‘zlariga ozor bera boshladi. Ibrohim alayhissalom oilalari bilan boshqa yerga ko‘chishni va da’vatni o‘sha joyda davom ettirishni istadilar. Alloh taolo vahiy qilib, ahllari bilan Falastinga ko‘chishni amr etdi. U yerni muborak yer, deb xabar qildi.

Hazrati Sora erlari va jiyanlari bilan Falastinga keldilar. Bu yer muborak joy va yaxshiliklarga mo‘l edi. Falastinda bir qancha zamon turishdi. Bu yerda Ibrohim alayhissalom insonlarni yagona Alloh taologa ibodatda bo‘lishga, haq dinga e’tiqod qilishga da’vat eta boshladilar.

Bir qancha vaqtdan keyin shaharni qahatchilik oldi. Yomg‘ir yog‘may, yerlar quridi, dehqonchilikda hosil unmadi, hayvonlar qirildi, go‘yo bu yerda ilgari hayot bo‘lmaganidek holga keldi. Ibrohim alayhissalomga Alloh taolo vahiy yuborib, boshqa makonga ko‘chishni amr qildi. Bu yerda katta Nil daryosi oqardi. U shunday daryo ediki, Allohning amri bilan uning suvi sasimasdi.

Ibrohim alayhissalomni ikkinchi marta qilgan hijratlari Misrga bo‘lgandi. Sora onamiz erlari va jiyanlari bilan Misrga ketdilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 05:51:43
Zolim podshoh

Ibrohim alayhissalom, Lut va Sora Misrga kelib, Nilga yaqin joyda maskan qilishdi. O’sha vaqtda bu yerda o‘ta zolim, podshoh hukmronlik qilardi. Ayollarni o‘ziga tortib olardi. Uning xizmatchilari Misrga tarqalishar, qaerda chiroyli ayol bo‘lsa, xabar berishar, podshoh ayollarni oldirib kelib, o‘ziga bo‘ysundirardi.

Hazrati Sora juda go‘zal ayol edilar. Podshohning odamlari bundan xabar topib, unga: «Ayolning yonida bir yosh bola va bir kishi bor, ular g‘arib ekan va misrlik emas!» deyishdi. Podshoh dedi: «Yonidagi kishi kim ekan, yaqinimi, erimi?» Podshoh odamlarining nima maqsadda kelishganini Ibrohim alayhissalom bildilar va dedilar: «Ey Sora, ular agar so‘rasalar, men singlisiman, deb ayt!» Podshoh odamlariga Sora «Men bu kishining singlisiman», deb aytdilar. Ular molikka bu xabarni yetkazishdi. Podshoh bu ayolni huzuriga keltirishni xohladi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 05:52:20
Podshoh qasrida

Podshoh odamlari Sora haqidagi xabarni yetkazganlaridan keyin molik Sorani keltirishni buyurdi. Ibrohim alayhissalom Alloh taologa yolvorib, shu zolimdan yordam berishini O’ziga tavakkal qilib so‘radilar. «Albatta Alloh taolo O’zi muhofaza qiladi va O’z qudrati bilan himoyasiga oladi», deb duo qildilar. Podshoh xizmatchilari Hazrati Sorani olib ketishdi. Ibrohim alayhissalom tahorat qildilar, namoz o‘qidilar, Alloh taologa tazarru’ bilan ayollarini qaytarishini so‘rab, duo qildilar.

Soraning hujralariga podshoh kirganida tahorat olishga izn so‘radilar, u izn berdi. Tahorat oldilar, namoz o‘qidilar, qo‘llarini baland ko‘tarib, duo qildilar: «Allohim, Sen bilasan, men Senga va rasulingga iymon keltirganman! Meni bu kofirdan o‘zing salomat saqlagin!»  Alloh   subhanahu   va   taolo   mo‘minlarning   iltijolarini albatta ijobat qiladi va yomonliklarni ular ustidan ko‘taradi. Alloh mo‘mina qulining duosini ijobat qildi! Podshoh Hazrati Soraga qo‘l uzatishi bilan qo‘li shol bo‘lib qoldi. «Ey Sora, Rabbingga duo qil, qo‘limni tuzatsa, men senga zarar keltirmayman», dedi shoh. Sora duo qildilar, duolari ijobat bo‘lib, shohning qo‘li tuzaldi. Lekin uning nafsi g‘olib kelib, Soraga yana qo‘lini cho‘zdi, yana qo‘li shol bo‘lib qoldi. Yana shoh yalindi. Sora ikkinchi marta duo qildilar, shohning qo‘li tuzaldi. Uchinchi marta qo‘lini Sora onamizga uzatgandi, yana shol bo‘ldi. Shoh qattiq qichqirib: «Duo qil Rabbingga, meni tuzatsin, senga hech zarar keltirmayman», dedi. Sora onamiz duo qildilar, qo‘li tuzaldi. Podshoh askarlariga baqirdi: «Senlar inson emas, shayton olib kelibsanlar, mening yerimdan olib chiqib tashlanglar!» Qo‘li tuzalganidan xursand bo‘lgan shoh Soraga bir joriyani qo‘shib berdi. U ayol misrlik Hojar edilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 05:52:45
Hazrati Sora va xodimalari

Sora podshohning qasridan Hojar bilan qaytdilar. Uyga yetib kelganlarida erlari nima hodisa bo‘lganini so‘radilar. Sora: «Alloh taolo fojirning qo‘lini tuzatdi va menga bir joriya berdi», dedilar. Yana yomg‘ir yog‘ib, hammayoqda mo‘l-ko‘lchilik bo‘ldi. Ibrohim alayhissalom oilalari bilan Falastinga qaytdilar. Yo‘lda Ibrohim alayhissalomga Alloh taolo vahiy yuborib, Urdun diyoridagi Sadum ahliga rasul bo‘lishni amr qildi. Ularni yolg‘iz Alloh taologa ibodat qilishga, fahsh ishlardan qaytarishga buyurdi. Ibrohim alayhissalom Alloh taolodan (jiyanlari) Lut alayhissalomning borishlariga izn so‘radilar, izn berildi. Lut alayhissalom Urdun diyoriga ketdilar.

Ibrohim alayhissalom oilalari bilan Falastinga yetib keldilar. Sora Ibrohim alayhissalom bilan yetti yil birga yashadilar. Ular farzand ko‘rishmadi. Ibrohim alayhissalom farzandli bo‘lishni xohlardilar. Shu haqda ko‘p tafakkur qilib yurardilar. Bir kun Sora Hojarga suv keltirishni buyurdilar. Suv keltirildi. Ko‘zlari ko‘zlariga tushib, Hojarni Ibrohim alayhissalomga olib berishni o‘yladilar. Yana ko‘ngillariga g‘ashlik tushib: «Ibrohim uylanganidan keyin mendan uzoqlashib ketsa-ya» deb qo‘rqdilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 05:53:15
Kunlar o‘tib, vasvasalari ketgach: «Ibrohim alayhissalom mo‘min, shirinso‘z, sodiq, insonlar, xotin olsalar ham o‘zgarmaydilar, manzilni ham tark qilmaydilar, deb o‘yladilar. Ibrohim alayhissalomga fikrlarini bildirdilar. Shoyad, Alloh taolo farzand ato etsa, degan niyatda Ibrohim alayhissalom rozi bo‘ldilar va joriyalariga uylandilar. Kunlar o‘tib, Hojarning bo‘ylarida bo‘ldi. Bola qorinlarida do‘ppayib qolganida Soraning rashklari kuchaydi. Hojar Ismoil alayhissalomni tug‘dilar, Soraning rashklari yanada kuchaydi. Ismoil    va   Hojarni   uzoqlashtirishni    istab    qoldilar.    Ibrohim alayhissalom Alloh taolo irodasi ila ayollari va o‘g‘illarini Makkaga yubordilar. U yerlar faqat sahrodan iborat edi. Ozgina xurmo, suv bilan ularni tashlab keldilar va duo qilib oilalarini salomat saqlashini hamda baraka berishini Allohdan so‘radilar: «Parvardigoro, albatta men zurriyotimdan (bir bo‘lagini - o‘g‘lim Ismoil va uning onasi Hojarni) Sening hurmatli Bayting huzuridagi ekin o‘smaydigan bir vodiyga joylashtirdim. Parvardigoro, (ular) namozni to‘kis ado qilsinlar, deb (shunday qildim). Bas, Sening O’zing odamlarning dillarini ularga moyil qilib qo‘ygil va ularni (barcha) mevalardan bahramand etgil. Shoyad, shukr qilsalar» (Ibrohim surasi, 37-oyat). So‘ng o‘zlari Falastinga qaytib kelib, Hazrati Sora bilan yashab turdilar.

Bir kuni er-xotin yolg‘iz o‘tirganlarida eshik taqilladi. Ibrohim alayhissalom yugurib borib, eshikni ochdilar. Huzurlariga uch kishi kirib keldi. Ular juda go‘zal va haybatli edilar. Ularni ehtirom ila o‘tqizdirib, oldilariga taom, go‘sht qo‘ydilar. Mehmonlar ovqat yeyishmadi va o‘zlarining maloika ekanliklarini bildirib, Alloh taolo Sadum ahliga azob yuborishini aytdilar. Chunki ular Lut alayhissalomning da’vatlariga quloq solmasdilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 05:53:32
O’z shirklarida, fahsh, munkar ishlarida davom etardilar. Maloikalar qaytib ketayotganlarida Sora onamizning farzandli bo‘lishlari, o‘g‘il ko‘rishlarining bashoratini berdilar - «(Parda ortida Ibrohimning) xotini turgan edi. U (farishtalarning Lut kofir qavmini halok etish uchun kelganliklarini eshitib) kuldi - xursand bo‘ldi. Shunda Biz (farishtalarimiz vositasida) u ayolga Ishoq (ismli o‘g‘il ko‘rishi) haqida va Ishoqdan keyin Ya’qub (ismli nabira ko‘rishi) haqida xushxabar berdik» (Hud surasi, 71-oyat). Bu xabarni eshitgan Sora onamiz ham xursand bo‘lib, ham dahshatga tushib dedilar - «U dedi: «Voy o‘lmasam, o‘zim kampir, erim qari chol bo‘lsa ham, tug‘averamanmi? Bu juda qiziq ish-ku!» (Hud surasi, 72-oyat).

Maloikalar Soraga dedilar - «Ular aytdilar: «Allohning amridan ajablanyapsanmi? Ey xonadon egalari, sizlarga Allohning rahmati va barakoti bo‘lgay. Albatta U hamdu sano egasi va buyuk zotdir» (Hud surasi, 73-oyat).

Hazrati Sora Allohga shukr qildilar.

Kunlar o‘tib, Hazrati Soraning ham homilalari bilinib qoldi. U zot juda xursand edilar. Oy-kuni to‘lib, Ishoq alayhissalomni tug‘dilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 05:53:52
Soraning vafotlari

Hazrati Sora Ishoq alayhissalomni 90 yoshlarida tug‘dilar. Ishoq alayhissalomga hayotlarining so‘nggi yillarini bag‘ishlab o‘stirdilar. Ibrohim alayhissalom ba’zan Hojarning oldilariga ketardilar. Shunda   Hazrati   Sora   o‘g‘illari    bilan   yolg‘iz   qolardilar.    Ishoq alayhissalom o‘sib-ulg‘ayib, uylandilar. Sora onamizning yoshlari 127 ga kirganida ajal yaqinlashdi. Rabbilarining chaqirig‘iga labbay, dedilar, pokiza ruhlari Xoliq tomon uchib, vafot etdilar. Muborak Falastin yeridagi Xalil degan shaharga dafn etildilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 05:54:46
UMMU ISMOIL - HOJAR ONAMIZ

Go‘zal Hojar muborak Misr yerida bundan 4000 yil avval dunyoga kelgandilar. Faqir bir oilada o‘sdilar. Go‘zalliklari, zukko va odobli ekanliklari atrofga yoyildi. Podshoh Hojarni qasriga keltirdi va o‘ziga xizmatchi qilib oldi. Hojar podshoh qasrida ayollar bilan birga yashadilar. Ixlos bilan xizmat qildilar. Lekin podshoh o‘ta zolim edi. Ko‘p ayollar bilan fahsh ishlariga berilar, xotinlarni yaxshi ko‘rardi.

Bir kuni ayollardan u qasrga boshqa bir go‘zal, soliha ayol kelganini eshitib qoldi. Ko‘p o‘tmay podshoh bu ayolni kelgan joyiga qaytarishni askarlariga amr qildi. Bu ayol Sora onamiz edilar. Podshoh unga xizmatkor qo‘shib berishni buyurgandi. Askarlarning ko‘zi Hojar onamizga tushib qoladi. Yuzlaridan soliha, taqvodor ekanliklari ko‘rinib turardi. Rahm qilib, uni zolimning qo‘lidan, fohishalar davrasidan qutqarishdi. Hojar onamiz bu ishdan o‘ta quvondilar. Allohga shukr qilib, yetti yil Sora onamizga sidqidildan xizmat qildilar. Hazrati Sora joriyalarini Ibrohim alayhissalomga olib berdilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 05:55:02
Itoatli xodima

Hojar va Sora Ibrohim alayhissalom bilan Misrda oz muddat yashab, Falastinga ko‘chib ketishdi. Hojar Sora onamizga sidqi-dil bilan xizmat qildilar. Sora ham Hojar onamizdek axloqi go‘zal, shirinso‘z, sadoqatli insonni hali ko‘rmagan edilar. Buyurilgan hech bir ishni og‘ir sanamaydigan Hojar gap qaytarmasdilar, ixlos bilan xizmat qilardilar.

Ibrohim alayhissalom joriyalarini yagona Allohga itoat va ibodat qilishga chaqirdilar. Hojar jonu dil bilan iymon keltirdilar. Bildilarki, albatta Ibrohim alayhissalom Allohning rasulidirlar! Zolimning qo‘lidan qutilib, soliha, mo‘mina Sora va Allohning rasuli Ibrohim alayhissalomga xizmat qilish nasib etganiga Allohga shukrlar qildilar va Allohning ulug‘ payg‘ambari Ibrohim alayhissalomga xizmat qilishlik buyuk ne’mat ekanligini bildilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 05:55:22
Ikkinchi xotin

Oylar, yillar o‘tdi. Hojar onamiz bu oilada Sora bilan birga yashadilar. Oilaning kamchiligi farzandsizlik edi. Bir kuni Sora onamiz: «Ey Hojar, men seni Ibrohim alayhissalomga bermoqchiman, shoyad, farzand tug‘ib berib, uni  shod qilsang.  Sendan hech yomonlik ko‘rmadik», dedilar. Bu taklifga hayron bo‘lgan Hojar onamiz ham xursand bo‘ldilar. Ulug‘ payg‘ambarga ayol bo‘lish ulug‘ baxt, lekin Sora Ibrohim alayhissalomni qizg‘onmasmikinlar, deb qo‘rqdilar. Ammo bu ish zaruratdan ekanligini tushundilar.

Shunday qilib, Sora onamiz joriyalarini Ibrohim alayhissalomga berdilar. Kunlar o‘tib, Hojar homilador bo‘ldilar. Soraning rashklari kundan-kun zo‘raydi. Hojar chiroyli, shirin o‘g‘il tug‘ib bergandilar. Otalari unga Ismoil deb ism qo‘ydilar. Hojar onamiz shu farzand baxtidan juda shod edilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 05:56:26
Hojar sahrodalar

Hojar onamiz tuqqanlaridan keyin Ibrohim alayhissalom yanada muhabbatli bo‘ldilar, o‘g‘illarini juda ko‘p suyardilar. Buni ko‘rib Sora onamizning rashklari kuchayardi. Bunga chiday olmasdan bir kuni o‘g‘li va onasini uzoqroqqa tashlab kelishni buyurdilar. Ibrohim alayhissalom o‘ylanib qoldilar. Alloh ularni Makkaning sahrosiga olib borishni Ibrohim alayhissalomga amr qildi. Bularning hammasi Uning xohishi va hikmati edi. Ibrohim alayhissalom Allohning amriga labbay, deb xotinlari va o‘g‘illari bilan uzoq yo‘lga tushdilar. Ular ko‘p yo‘l yurib, tog‘lar orasidagi bir vodiyga yetib kelishdi. Bu yerda hech kim ko‘rinmas, suv, ekin, hayot alomatlaridan asar yo‘q edi. Go‘dak Ismoil esa faqat onasini emar edi. Ibrohim alayhissalom ularning oldiga suv va xurmo qo‘yib, Falastinga qaytayotganlarida, Hojar onamiz hayron bo‘lib va qo‘rqib: «Ey Ibrohim, qaerga ketyapsiz, bu vodiyda hech narsa yo‘q-ku, bizni kimga tashlab ketyapsiz?» dedilar. Ibrohim alayhissalom javob bermadilar. Hojar bu so‘zlarni ko‘p marta takrorladilar, ul zot esa jim edilar! Hojar onamiz bu Allohning amri ekanligini his qildilar. Axir u zot Allohning rasuli!

Hojar Ibrohim alayhissalomga: «Bu Allohning amrimi?» dedilar. Ibrohim alayhissalom: «Ha», dedilar. Kuchli iymon sohibasi Hojar: «Agar Allohning amri bo‘lsa, men Unga tavakkal qilaman. U meni zoe qilmaydi, tashlab qo‘ymaydi», dedilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 05:56:43
Ibrohim alayhissalom qo‘llarini baland ko‘tarib: «Parvardigoro, albatta men zurriyotimdan (bir qismini - o‘g‘lim Ismoil va uning onasi Hojarni) Sening hurmatli Bayting huzuridagi ekin o‘smaydigan bir vodiyga joylashtirdim. Parvardigoro, (ular) namozni to‘kis ado qilsinlar, deb (shunday qildim). Bas, Sening O’zing odamlarning dillarini ularga moyil qilib qo‘ygil va ularni (barcha) mevalardan bahramand etgil. Shoyad, shukr qilsalar» (Ibrohim surasi, 37-oyat), deb duo qildilar. So‘ng Falastinga qaytib ketdilar. Hojar onamiz emizikli bolani ko‘tarib, Ibrohim alayhissalomning orqalaridan qarab qoldilar. Keyin o‘tirib, xurmo yedilar, suv ichdilar, Ismoilni emizdilar.    Ikki    kundan    so‘ng    xurmo    ham,    suv    ham    qolmadi.

Ko‘kraklaridan sut ham kelmay qoldi. Och va chanqagan Ismoil qattiq yig‘lay boshladi. Bolani yerga qo‘yib, Safo tog‘iga chiqib qaradilar, suv yo‘q! Marvaga chiqib qaradilar suv yo‘q! Yetti bor yugurib, ikki tog‘ orasida suv qidirdilar. Bola esa qattiq chanqaganidan betinim yig‘lardi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 05:57:29
Allohning rahmati

Hojar o‘g‘illarining oldiga yugurib keldilar. Shu lahzada Alloh onaning g‘amini yeb O’zining rahmatidan nasib etdi. Alloh Jabroil alayhissalomni yubordi. U zot qanotlari bilan yerni urdilar. Yerdan sizib suv chiqa boshladi. Hojar onamiz suvni ichib, Allohga hamd aytdilar. Suvga qarab: «zummi zummi», dedilar, shundan buloqning nomi Zam-zam bo‘ldi.

Ona-bola suvdan ichdilar, yuzlariga tabassum yugurdi. Bu Allohning ona-bolaga rahmati edi! Hojar onamizning suv qidirib yugurishlari to qiyomatgacha keladigan odamlarga shior bo‘lib qoldi. Baqara surasining 158-oyatida Alloh taolo xabar beradi: «Albatta Safo va Marva Alloh (buyurgan) marosimlardandir. Bas, kim Baytullohni (tavof qilish bilan) haj yoki umra qilsa, u ikki tog‘ orasida sa’y qilishining gunohi yo‘qdir. Va kim o‘z ixtiyori-la yaxshilikni niyat qilsa, bas, albatta Alloh Shukr qilguvchi (Taqdirlovchi) va Bilguvchidir».

Ona-bola bir qancha kun Zam-zam qudug‘i oldida qoldilar. Buloq atrofiga qushlar uchib kelishdi. Bu yerda suv borligini bilib, qabilalar ham yetib keldilar. Ba’zilar bu yerga maskan qilib yashab qolishdi. Yosh Ismoil ulardan arab tilini o‘rgandi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 05:57:52
Katta imtihon

Ismoil arablar orasida, Zam-zam yonida ulg‘aya boshladi. Ibrohim alayhissalom o‘g‘illari va xotinlarini ko‘rgani kelardilar. Bir kuni Ibrohim alayhissalom tush ko‘rsalar, o‘g‘illari Ismoilni so‘yayotgan emishlar! Buni Hojar onamizga aytdilar. Hojar bildilarki, payg‘ambarlarning tushlari rost va vahiy bo‘ladi. Bir necha vaqt Hojar onamiz jim mayus yurdilar. O’zlari o‘zlariga: «Yolg‘iz o‘g‘illarini qanday qilib qo‘yga o‘xshab bo‘g‘izlaydilar?», dedilar. Lekin Xojar onamizning iymonlari komil iymon edi. «Agar Alloh taolo shuni qazoi qadar qilgan bo‘lsa, sabr qilaman, Allohning amriga itoat etaman, bor kuch-quvvatim bilan bo‘ysunaman!» dedilar.

Ibrohim alayhissalom o‘g‘illari Ismoilga bu xabarni yetkazdilar. Ismoil shunday dedi: «Ey otajon, senga (tushingda Parvardigor tomonidan) buyurilgan ishni qilgin. Inshaalloh, meni sabr qilguvchilardan topursan» (Vas-soffot surasi, 102-oyat). Ibrohim alayhissalom o‘g‘illari bilan sahroga chiqdilar. Shayton avval Hojar onamizni vasvasa qildi: «Bolangni so‘ygani olib ketyapti!» So‘ng Ibrohim alayhissalomni vasvasa qildi. U zot ikkita tosh olib otdilar, Allohdan panoh so‘radilar. O’g‘illari ham shunday qildi. Haj amallari bajarilgandan so‘ng uch kun tosh otish shulardan meros qoldi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 05:58:22
Buyuk fidokorlik

Hojar intizorlik bilan uyda erlari va o‘g‘illarini kutardilar. Tinimsiz duo qilib, yig‘lab, bu imtihonni yengil qilishini, ota-bolaning sog‘-salomat qaytib kelishini Allohdan so‘rardilar. Ularning salomat qaytganlarini ko‘rib nima hodisa bo‘lganiga qiziqdilar. Ibrohim alayhissalom o‘g‘illari badaliga Alloh taolo jannatdan bir qo‘chqorni chiqarganligini, bu Uning imtihoni ekanligini, bu balodan ozod qilganligini aytib ayollarini xursand qildilar. Jabroil alayhissalom jannatdan bir qo‘y olib chiqib, bola badaliga so‘yishlarini bildirganini aytdilar. «Bas, qachonki, ikkisi ham (Allohning vahiysiga) bo‘yinsunib, (endi Ibrohim o‘z o‘g‘li Ismoilni qurbon qilish uchun) peshonasi bilan (erga) yotqizgan ediki, Biz unga nido qildik: «Ey Ibrohim, darhaqiqat sen (ko‘rgan) tushingni rost-bajo qilding». Albatta Biz chiroyli amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz. Albatta bu (ya’ni, Ibrohimning o‘z o‘g‘lini qurbon qilishga buyurilishi) ochiq-ravshan imtihondir, xolos. Biz (Ismoilning) o‘rniga (Ibrohimga) katta bir (qo‘chqor) so‘yishni - qurbonliqni evaz qilib berdik (ya’ni, katta bir qo‘chqorni jannatdan tushirdik)». (Vas-soffot, 103-oyat)

Hojar xursand bo‘lib Allohga shukr qildilar. Qo‘chqorning go‘shtidan o‘zlari ham yedilar, faqirlarga ham taqsim qildilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 05:58:35
Hojarning vafotlari

Hojar o‘g‘illari Ismoil bilan uzoq yashadilar. Ismoil katta yigit bo‘lib, arab qizlaridan biriga uylandilar. U kishi otalari Ibrohim alayhissalom bilan Ka’batullohni qurdilar. Hojar erlari va o‘g‘illari bilan haj manosiklarini bajardilar, Ka’bani tavof etdilar, haj qildilar. To umrlari tugaguncha Ka’bani kecha va kunduz tavof qildilar. Erlariga itoatli, mo‘mina, kuchli iymon sohibasi 90 yoshlarida shu yerda vafot etdilar va Ka’batulloh atrofiga dafn qilindilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 05:59:12
AYORXO BINTI XONID
(Musoning onalari)


Qadim zamonda Misrda Yusuf ismli zot akalari bilan yashardilar. Ul zot o‘zlaridan nasl qoldirdilar, ko‘paydilar. Ba’zilari solih, ba’zilari fosiq, ba’zilari mufsid bo‘lib tarqaldilar. Ba’zilari faqir, ba’zilari boy bo‘lib yashadilar. Yusufning otalari Yoqub nasllarini Bani Isroil, deb atashardi, chunki Yoqubning yana bir ismlari Isroil edi. Bani Isroilda bir soliha ayol bor bo‘lib, uning ismi Ayorxo binti Xonid ibnu Qohis ibnu Loviy ibnu Ya’qub edi. Iymonli oilada yashagan bu ayol ibodatli, taqvoli bo‘lib o‘sdi. U Ibrohim alayhissalom millatlarida yagona Allohga ibodat qilib yashardi. Balog‘atga yetganida amakisining o‘g‘li Imron ibn Yaxsar ibn Qohisga turmushga chiqdi. Imron taqvodor, mo‘min yigit edi. Ular Misrda, Nil bo‘yida yashashdi. Imon asosida oila bunyod bo‘ldi. Bulardan Maryam ismli go‘zal qiz dunyoga keldi. Uni soliha, taqvodor qilib tarbiyaladilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 05:59:30
Katta qo‘rqinch

Bir kuni Ayorxo qo‘shni ayoldan yangi xabar eshitib qoldilar. Fir’avn Bani Isroilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalarni o‘ldirarmish! U tush ko‘ribdi, unda katta bir o‘t-alanga Baytul Muqaddasdan Shomga, so‘ng Misrga kelib, hammayoqqa tarqalibdi. Fir’avnning ta’birchisi shunday debdi: «Bani Isroildan bir o‘g‘il tug‘iladi, sening taqdiring uning qo‘lida, u sababli sening saltanating qulaydi». Fir’avn buni eshitib har bir tug‘ilgan o‘g‘il bolani qatl ettirishga qaror qilibdi.

Bu xabar Bani Isroilga tez tarqaldi. Fir’avn har bir xonadondagi homilador ayolni ro‘yxatga oldirdi. Tug‘ilish vaqti yetganida askarlar poylab turib o‘g‘il bolalarni o‘ldiradigan, qizlarni tashlab ketadigan bo‘ldilar. Bir kecha Ayorxo qo‘shni ayolning qichqirganini eshitib, uyg‘onib ketdilar. Bildilarki, qo‘shni ayol o‘g‘il tuqqan. Fir’avnning askarlari onaning ko‘zi oldida bolaning qonini oqizganlar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 05:59:52
Ayorxoning qalbini qattiq qo‘rquv qopladi. Askarlar ketganidan keyin qo‘shni ayolning oldiga kirdi. Uning hayotdan ko‘ra o‘limga yaqin turganini ko‘rdi. Ayorxo unga sabr qilishni, yaqin kunda Alloh taolo bu alamlar o‘rniga yaxshilik berishini aytib, uning ko‘nglini ko‘tardi.

Fir’avn yetti yil davomida o‘g‘il bolalarni o‘ldirtirdi. Misrliklar Bani Isroil qavmining tugab, qirilib ketishidan qo‘rqishdi va oxiri Fir’avnga shunday deyishdi: «O’g‘il bolalarni so‘ysang ham bir yil tark qilgin». Fir’avn bunga bir shart bilan rozi bo‘ldi: «Kohinlar Fir’avnni o‘ldiradigan bolaning tug‘iladigan yili xabarini berishsin!»

Shunga shartlashilgandan keyin bir yil o‘g‘il bolalarni o‘ldirdi, bir yil qoldirdi. O’sha yili Ayorxo homilador bo‘ldi. Bolalar so‘yilmaydigan yilda Horun tug‘ildi. Alloh O’z fazli, marhamati bilan so‘yilishlikdan unga najot berdi. U qo‘rqmasdan ochiq holatda tug‘di.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:01:54
Homiladorlik va qo‘rquv

Bolalar uchun o‘lim yili boshlanishi bilan Ayorxo yana homilador bo‘ldi. Bilardiki, agar o‘g‘il tug‘ilsa, askarlar uni o‘ldiradi! Qalbiga qattiq qo‘rquv tushdi. Qo‘shnisini esladi. Shayton vasvasa qildi: «Hozir bolangni tug‘asan, Fir’avn askarlari uni qo‘lingdan oladi, ko‘zing oldida o‘ldiradilar, bundan ko‘ra o‘zingni Nilga tashlagin! Birga o‘lasan! Ko‘z oldingda bolangning so‘yilish manzarasini ko‘tarolmaysan!» Ayorxo shayton vasvasasidan Allohdan panoh so‘radi.

Bir kuni kohin Fir’avn oldiga kirib shunday dedi: «Bu yil o‘sha bola tug‘iladi. U sendan podshohlikni tortib oladi. Sening ustingdan g‘alaba qilib, o‘z yeringdan chiqaradi, diningni ham o‘zgartiradi».

Fir’avn tezlikda homilador ayollarni aniqlashga tushdi. Allohning hikmatlaridan biri shuki, boshqa homilador ayollarga o‘xshab Ayorxoning homilasi bilinmadi. Uning qorniga homilani aniqlash uchun qo‘llarini qo‘yishganida homila orqaga berkinardi. Ayolning orqasiga qo‘llarini qo‘yishganida old tomonga berkinardi. Oylar o‘tib bolaning tug‘ilish vaqti yaqinlashdi. Kunlar sayin onaning qo‘rquvi kuchayardi. Homilasini ko‘rib qolishlaridan, Fir’avn odamlari bilib qolishlaridan cho‘chirdi. Alloh taolodan ikki jonni salomat saqlashini va O’z panohida asrashini umid qilardi. Tug‘ilish vaqti yaqinlashdi. Ayorxo uyga berkinib oldi. Qarasa, o‘g‘il! Qalbini qattiq qo‘rquv chulg‘adi. Bolani mahkam bag‘riga bosib emizdi. Alloh bolani qanday qutqarishini ilhom bilan qalbiga soldi. O’g‘lini sandiqda Nilga oqizib yubordi. Alloh taolo aytdi: «Biz Musoning onasiga (Musoni tug‘ib, uni ham Fir’avn odamlari kelib o‘ldirishlaridan qo‘rqib turgan paytida) vahiy qildikki: «Uni emizavergin. Bas, qachon (Fir’avn odamlari o‘g‘il ko‘rganingni bilib qolib, uni o‘ldirib ketishlaridan) qo‘rqsang, uni daryoga tashlagin va qo‘rqmagin ham, qayg‘urmagin ham. Zero, Biz uni senga (ya’ni, tirik holida) qaytarguvchidirmiz va uni payg‘ambarlardan qilguvchidirmiz» (Qasos surasi, 7-oyat).
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:02:05
Onaizor ko‘zlari to‘la yosh bilan sandiq ortidan kuzatib qoldi.

Go‘dak Nil daryosida Allohning muhofazasida oqib borardi. Alloh eng yaxshi muhofazalovchi va rahmli Zotdir. Sandiqcha Fir’avn qasri yonida to‘xtadi. Podshohning ayoli uni ko‘rib, yugurib keldi va ichidagi bolani ko‘tarib oldi. Qalbiga bolaning muhabbati tushdi. U tug‘magan, farzandsiz ayol edi. «Uni (ya’ni, Musoni) sandiqqa solib daryoga tashlagin. Bas, uni daryo (to‘lqini) sohilga otsin. (Shunda) uni Mening ham, uning ham dushmani - Fir’avn ushlab olur». (Ey Muso, barchaga suyukli bo‘lishing) va Mening hifzu himoyamda unib-o‘sishing uchun Men sening ustingga O’z tomonimdan bir muhabbat tashladim (ya’ni, seni ko‘rgan kishi suyub qoladigan yoqimtoy bola qildim)» (Toha surasi, 39-oyat). Fir’avn sandiqdagi bola o‘g‘il ekanligini bildi, o‘ldirmoqchi bo‘ldi, lekin ayoli uni himoya qildi. «Sening ham, mening ham ko‘z quvonchimiz bo‘lib yursin, menga hadya qilgin bu bolani», dedi. Podshoh rozi bo‘ldi. «Fir’avnning xotini (unga): «(Bu bola) men uchun ham, sen uchun ham ko‘z quvonchidir. Uni o‘ldirmanglar. Shoyadki, uning bizlarga nafi tegsa yoki uni bola qilib olsak», dedi. Ular (o‘zlarining halokatlari shu go‘dak qo‘lida ekanini) sezmagan hollarida (uni bola qilib oldilar)» (Qasos surasi, 9-oyat).

Musoning onasi uyiga qaytdi. U ko‘p yig‘lagan, mahzun holatda edi. Zero qalbining bir parchasini Nilga oqizib kelgandi-da. Ko‘chaga chiqib «Dod, bolamni qaytaringlar», deb baqirgisi kelardi. Alloh taolo uning qalbiga taskin berdi, nihoyat u yupandi, chunki mo‘mina ayol edi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:02:34
«Muso (daryoda oqib ketgach) onasining qalbi bo‘m-bo‘sh bo‘lib qoldi. Agar Biz («Musoni o‘zingga qaytarurmiz», degan va’damizga) imon keltirguvchilardan bo‘lishi uchun uning ko‘nglini xotirjam qilmaganimizda albatta u (Muso o‘zining o‘g‘li ekanini) ochib qo‘ygan bo‘lur edi» (Qasos surasi, 10-oyat). Musoning onasi Ayorxoning dunyo ishlaridan ko‘ngli sovib ketdi. Xayolida faqat Muso! «Nima bo‘ldiykan, Ibrohimni olovdan qutqarganidek, Musoni ham g‘arq bo‘lishdan qutqardimikan? Sandiqqa havo kirmasdan bola o‘lib qolmadimikan? Suv uzoqlarga olib ketdimikan? Tirikmikan? Qaerda ekan?» Ayorxo uzoq o‘yladi. Qizi Maryamga dediki: «Sen sandiqni kuzatgin, qaerga ketdi ekan, lekin hech kim bilmasin». «Va (Musoning onasi) uning opasiga: «Uning ortidan tushgin», dedi. Bas, u (Fir’avn xonadonidagilar) sezmagan hollarida (Musoni) uzoqdan kuzatib turdi» (Qasos surasi, 11-oyat). Maryam ko‘chadan bir xabarni olib keldi. Fir’avnning ayoli bolani sandiqdan olibdi, hatto uni o‘ziga o‘g‘il qilibdi. Alloh taolo bolani ham g‘arq bo‘lishidan, ham o‘ldirilishidan o‘zi saqladi.

Musoning onasi Ayorxoning ko‘ngli taskin topdi. Bolasining salomat ekanligiga Allohga shukr qildi. Qiziga «Menga tez-tez bola to‘g‘risida xabar keltirib tur», deb tayinladi. Maryam qasrga tez-tez borib turdi va bir xizmatkor ayol bilan tanishib oldi. Bola to‘g‘risida undan so‘radi. «Qasrdagilar hozir hayron, bola hech kimni emmayapti ekan, malika bundan qattiq siqilgan! Bolaning ochlikdan halok bo‘lishi uni tashvishga solgan», dedi xizmatkor ayol. Maryam dediki: «Men bir pokiza ayolni bilaman, balki bola uni emar!» Joriya dedi: «Agar shu ayolni emsa, malika senga katta mukofot beradi».
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:02:51
U Maryamni malikaning oldiga olib bordi. «Biz avval (Musoga barcha) emizguvchi ayollarni harom qildik (bas, u biron ayolni emmadi), shunda (uning opasi kelib): «Men sizlarga unga kafil bo‘lib (emizadigan) va unga xolis (tarbiya beradigan) bir oilani ko‘rsataymi?» dedi» (Qasos surasi, 12-oyat). Malika dedi: «U ayolning uyi qaerda?» Maryam: «Uncha uzoq emas, bu yerga yaqin», dedi. Joriya va Maryam bolani olib uyga kelishdi. Maryam bola emmasa-ya, deb qo‘rqdi. U onasiga voqeani gapirib berdi va bolani Ayorxoning qo‘liga tutdi. Shunda ona «Biz Musoning onasiga (Musoni tug‘ib, uni ham Fir’avn odamlari kelib o‘ldirishlaridan qo‘rqib turgan paytida) vahiy qildikki: «Uni emizavergin. Bas, qachon (Fir’avn odamlari o‘g‘il ko‘rganingni bilib qolib, uni o‘ldirib ketishlaridan) qo‘rqsang, uni daryoga tashlagin va qo‘rqmagin ham, qayg‘urmagin ham. Zero, Biz uni senga (ya’ni, tirik holida) qaytarguvchidirmiz va uni payg‘ambarlardan qilguvchidirmiz» (Qasos surasi, 7-oyat)ni esladi. Robbisiga shukr qildi. So‘ng bolasini bag‘riga bosib, ko‘kragini uning og‘ziga soldi. Bola ko‘krakni ema boshladi. Ochiqqan bolaning yuzida rizolik alomatlari zohir bo‘ldi. To‘ygunicha emdi. Shundan keyin joriya bolani qasrga qaytarib olib ketdi. Malikaga xushxabarni aytdi. Malika xursand bo‘lib, bu ayolni qasrga taklif qildi. Joriya Musoning onasi oldiga kelib, malikaning chaqirayotganini aytdi. Musoning onasi malika huzuriga keldi. Malika uni saroyda yashab, bolani shu yerda emizib turishga taklif qildi. Musoning onasi e’tiroz bildirib: «Mening erim, bolalarim bor, bu yerda turolmayman, agar mayli desangiz, uyga olib ketib, boqib bersam», dedi. Malika rozi bo‘lib, ko‘p kiyim-kechak, hadyalar bilan Musoni onasiga berib yubordi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:03:20
Ayorxoning vafoti

Ayorxo Musoni bag‘riga bosib xursand holda uyga qaytdi. Allohning qudratini, va’dasiga xilof qilmaganini, U latif, raufur-rahim Zot ekanligini esladi. «Shunday qilib, Biz (Musoning onasining) ko‘zlari shodlanishi va g‘am chekmasligi uchun hamda Allohning va’dasi haq ekanini bilishi uchun uni onasiga qaytardik. Lekin ko‘p (odamlar Allohning va’dasi haq ekanini) bilmaydilar» (Qasos surasi, 13-oyat). Sutdan chiqqanidan keyin Musoni qasrga olib ketishdi, lekin vaqti-vaqti bilan «sut onasi»ni ziyorat qilish uchun malika uni uyiga yuborib turardi. Kunlar, oylar o‘tib, bola katta bo‘ldi. Muso Misrdan Madyanga ketganini eshitib Ayorxo ko‘p xafa bo‘ldi, intizorlik bilan bolasini kutdi. O’g‘li qaytganida Alloh taolo unga payg‘ambarlikni nasib etganini bildi. Bolasi tug‘ilgan vaqtida Allohning yuborgan vahiysini esladi. Uning dini g‘olib bo‘lishini istab, ko‘p duolar qildi. Ayorxo iymon keltirgan holida vafot etdi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:03:54
OSIYO BINTI MAZOHIM
 (mo‘mina malika)


Sayyidai Osiyo (r.a.) Fir’avnning ayoli bo‘lib, Allohga, Musoning rasulligiga iymon keltirganlar. Fir’avnning dinidan qaytganlar, uning zulm va alamlariga chidaganlar. Sabr va matonat bilan Alloh yo‘lida shahid bo‘lgan ayoldirlar.

Tahrim surasining 11-oyatida: «Alloh iymon keltirgan zotlar (va ular o‘zlari haqiqiy mo‘min bo‘lsalar, yaqin odamlarining kofir holda bo‘lishi ularga ziyon qilmasligi) haqida Fir’avnning ayolini misol keltirdi. O’shanda (ya’ni, Fir’avn u ayolning Muso payg‘ambarga iymon keltirganini bilib qolgach, azoblagan chog‘ida) u: «Parvardigorim, O’zing men uchun huzuringda - jannatda bir uy bino qilgin, menga Fir’avn va uning qilmishidan najot bergin va menga bu zolim qavmdan najot bergin», dedi».

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham uni maqtaydilar, Osiyoni ahli jannatdan ekanliklarini aytadilar: «Ayollarning yaxshilari - Maryam, Osiyo, Xadicha, Fotima», deganlar. «Erkaklarning komil imonlilari ko‘p, lekin ayollarning ichida imoni komilroqlari Osiyo va Maryamdir», «Ayollar ichida ahli jannatning afzallari Xadicha, Fotima, Maryam va Osiyodir», deganlar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:04:26
Qasr malikasi

Qadim zamonda Misr yerida Muso alayhissalom tug‘ilmaslaridan avval Bani Isroil xalqi xorlikda yashardi. Ular nihoyatda xaqir, eng og‘ir ishlarni qilishar, haqlarini olisholmasdi. Hukmdorlari Fir’avn o‘ta zolim odam edi.

Amakisining qizi Osiyoga uylangach Fir’avnning, otasi vafot etdi. Osiyo qasrda eri bilan tinch-osuda yashardi. Vaqtlar o‘tib, Fir’avn haddidan oshdi. Shayton qalbiga vasvasa solib: «Sen yagona hokim, ilohsan!» dedi. U vaziri Homon bilan birgalikda insonlarni Fir’avnga sajda qilishga, unga itoat etishga, uni buyuk iloh deb tan olishga majbur qila boshladi. Misrliklar unga itoat etib, sajda qila boshlashdi. Osiyo erining zolimligini, o‘z xalqini qiynayotganini ko‘rib, yuragi siqilardi, chunki uning fitrati sog‘, aqli yetuk, qalbi rahmga to‘la ayol edi. Odamlar qo‘rqqanidan Fir’avnga sajda qilayotganini, u iloh emasligini, bu zo‘rlik ekanligini u yaxshi bilardi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:04:50
Muborak o‘g‘il

Bir kun Fir’avn tush ko‘rdi: tushida bir o‘t Baytul Muqaddasdan Misrgacha yonib kelayotgandi. Ta’birchilarning aytishlaricha, Bani Isroildan bir bola tug‘ilib, Fir’avnning bor mulkini xarob qiladi.

Fir’avn Bani Isroilda tug‘ilgan barcha go‘daklarni so‘yishga qaror qildi. Odamlar podshohga: «Bir yil qatl qildir, bir yil qoldir, bo‘lmasa, Bani Isroil qirilib ketadi», deyishdi. Podshoh ko‘ndi. Kechirilgan yili Xorun tug‘ildi, qatl yili Muso dunyoga keldi. Alloh taolo bolani sandiqqa solib, Nilga oqizishni onasiga bildirdi. Onasi xuddi shunday qildi. Sandiq oqib, Fir’avnning qasriga yaqin keldi.. Xotini Osiyo sandiqni oldirib uni ochib, bolani qo‘liga oldi. Qalbiga uning muhabbati tushdi. Qattiq xursand bo‘ldi. Bildiki, bu bola muboraklidir.
Fir’avnning terisi oqarib qolgan edi. Musoning qo‘lchasi bilan Osiyo terini silab qo‘ygan edi, Allohning qudrati ila oqargani ketdi.

Oradan oz muddat o‘tib, podshohning askarlari bolani o‘ldirishga farmon olganlarini aytib keldilar. Osiyo: «Bu bola Bani Isroil emas, boshqa yerdan oqib keldi, men o‘zim borib bu haqda podshohga arz qilaman», dedi va bolani ko‘tarib shohning oldiga bordi. Shoh huzuriga kirib: «Bu sening va mening ko‘z qorachig‘imiz-ku», dedi. Fir’avn: «Sening ko‘z qorachig‘ingdir, lekin mening unga hojatim yo‘q», dedi. «Fir’avnning xotini (unga): «(Bu bola) men uchun ham, sen uchun ham ko‘z quvonchidir. Uni o‘ldirmanglar. Shoyadki, uning bizlarga nafi tegsa yoki uni bola qilib olsak», dedi. Ular (o‘zlarining halokatlari shu go‘dak qo‘lida ekanini) sezmagan hollarida (uni bola qilib oldilar)» (Qasos surasi, 9-oyat).
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:05:13
Bir kuni Osiyo Muso bilan Fir’avnning oldiga keldi va uni shoh huzuriga tashlab chiqib ketdi. U yerda majlis bo‘layotgandi. Muso Fir’avnning tizzasida o‘tirib, soqolini yulib oldi. Homon: «Shu bola sening mulkingni xarob qiladi, senga merosxo‘r bo‘ladi, buning bobosi Ibrohim xalildir», deb Musoni yomonladi. Fir’avn jallodlarni chaqirdi. Bu xabar Osiyoga yetib keldi va tezlik bilan shoh huzuriga yugurdi va: «Menga hadya qilgan bolani so‘ymoqchimisan!» dedi. Fir’avn: «Soqolimni yulib oldi, mulozimlarim: «Bu bola senga merosxo‘r bo‘ladi, qo‘lingdagi mulkingga egalik qiladi», deyishdi», dedi. Osiyo: «Sen ularning so‘ziga ishonma! Bu bola hali yosh, hech narsaning farqiga bormaydi. Men buni senga isbot qilib berishim mumkin!», dedi. Fir’avn: «Qanday qilib?!», dedi Osiyo: «Bolaning oldiga cho‘g‘ bilan gavhar qo‘y. Agar gavharni olib, cho‘g‘dan saqlansa, bilginki, u aql yuritayotgan bo‘ladi. Agar cho‘g‘ni olsa, bilginki, aqlli kimsa gavhar turganda cho‘g‘ni olmaydi», dedi. Fir’avnga bu gap ma’qul bo‘ldi. Saroy xizmatchilaridan ikkitasini chaqirib, birining qo‘liga cho‘g‘, ikkinchisinikiga gavhar berdi va ularni bolaning oldiga yubordi. Jabroil alayhissalom Musoning qo‘lidan ushladilar va cho‘g‘ ustiga qo‘ydilar, hatto u cho‘g‘ni qo‘lida ko‘tarib og‘ziga soldi, bundan tili kuydi. Shu sabab Muso alayhissalomning nutqlari yaxshi, ravon bo‘lmay qolgan. Fir’avn buni ko‘rib: «Bu bola so‘yilmasin», dedi. Osiyo xursand bo‘lib bolani olib chiqib ketdi. Unga malika yaxshi tarbiya berdi, yozish va o‘qishni o‘rgatdi. Muso Osiyoning fazilati bilan xuddi podshohning o‘g‘lidek o‘sdi. Alloh shu ishlarga sababchi qildi. «Qachonki, u voyaga yetib, (aqli) to‘lgach, Biz unga hikmat va bilim ato etdik. Biz chiroyli amal qilguvchi kishilarni mana shunday mukofotlarmiz» (Qasos surasi, 14-oyat).
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:05:40
Osiyoning Allohga bo‘lgan iymoni

Bir kuni Muso Bani Isroilni himoya qilib, Fir’avn ahllaridan birini o‘ldirib qo‘ydilar. Podshohning azob berishidan qo‘rqib, Madyanga qochib ketdilar. U zotning ketganlarini eshitgan Osiyo onamiz qattiq iztirob chekdilar. Na taom, na uyquda halovat bo‘lmadi, chunki Musoning firoqi qalblarini o‘rtardi. Muso alayhissalom o‘n yildan so‘ng Misrga payg‘ambar bo‘lib keldilar. Insonlarni yagona Allohga ibodat qilishga, Unga hech narsani sherik qilmaslikka chaqirdilar. Nihoyat Muso alayhissalom akalari Xorun bilan Fir’avnning qasriga kirdilar. Buni ko‘rgan Osiyo nihoyatda xursand bo‘ldilar. Ular Fir’avnni Haqqa da’vat qilishayotganini eshitdilar. Osiyo onamiz Muso alayhissalomning sodiq, haq payg‘ambar ekanliklariga ishondilar. Va yagona Allohga hamda Muso alayhissalomning rasul ekanliklariga iymon keltirdilar. Fir’avn ahllaridan amakilari Xaziqil ham imon keltirib mo‘min bo‘ldi. Xaziqil va Osiyo imon keltirganlarini qasr ahlidan yashirdilar. Osiyo onamiz Fir’avn, Homon va a’yonlarning Muso alayhissalomga zarar berishlaridan qo‘rqib, Allohdan u zotga yordam berishini, ular ustidan g‘olib bo‘lishini so‘rab duo qildilar. Muso alayhissalomning Fir’avn sehrgarlari ustidan g‘olib bo‘lganlarini ko‘rib ko‘p suyundilar. Iymonlari yanada quvvatlandi. Fir’avnning mo‘minlarni qiynashi Hazrati Osiyoning nafsoniyatlariga ta’sir qilardi va yanada Allohga bo‘lgan imonlari ziyoda bo‘lardi. Osiyo iymonlarini oz muddat yashirib yurdilar. Bu ko‘pga bormadi.

Xotini yolg‘iz Allohga imon keltirgani, Muso alayhissalomning da’vatlarini tasdiq etganini bilib qolgan Fir’avn qattiq g‘azabga keldi. Osiyoning oldilariga qattiq jahl bilan kirdi va: «Musoning Rabbisiga kufr keltirasan, bo‘lmasa, o‘lguningcha azoblayman», deb keskin talab qildi. Osiyo hech qo‘rqmasdan: «Rabbim, Rabbing va hamma narsaning Rabbisi bo‘lgan yolg‘iz Allohga keltirgan iymonimdan qaytmayman», dedilar. Fir’avnning g‘azabi yanada ortdi. Kohin va vazirlarni to‘plab dedi: «Mazohim qizi Osiyo haqida nima bilasizlar?» Ular Osiyoni maqtashdi. Fir’avn: «U boshqa Xudoga itoat qilyapti!» dedi. Kohinlar: «Uni o‘ldirgin», deyishdi. Fir’avn: «Uni o‘ldirolmayman, lekin qattiq azob bersam, dinidan qaytadi!» dedi va xizmatchilariga «Azobning eng qattig‘ini qo‘llanglar», deb buyurdi. Ular yerga to‘rtta qoziq qoqib, unga Osiyo onamizning qo‘l-oyoqlarini mahkam bog‘lashdi va quyoshning qaynoq harorati ostiga qo‘yishdi. Shuncha azob berilsa ham, Osiyo iymonlaridan qaytmadilar. Bularning hammasi Alloh uchun bo‘lgani sababidan azob ham u kishiga rohat bo‘ldi. Fir’avn azobni tinimsiz kuchaytirishni amr qilardi, Osiyo esa hammasiga sabr qilardilar. Iymonlari esa ziyoda bo‘lib boraverdi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:06:20
Shahidlik va xushxabar

Kun o‘tgani sayin Fir’avn Osiyo onamizga azob berishning turli usullarini o‘ylab topardi. Uning mulkida katta sahroi biyobon bor edi... Ana shu joyda Osiyoga azob berardi. U zotning esa duolari ijobat bo‘lib, maloikalar qanotlari bilan quyoshning haroratini to‘sishardi.

Bir kuni Osiyo onamiz jannatdagi makonlarini ko‘rib kuldilar. Fir’avn xotinini kuzatib turgandi, bu holga ajablandi. Atrofdagilarga: «Uning jinniligidan ajablanyapsizmi? Biz azoblayapmiz, u kulyapti», dedi. Oxiri Osiyo onamizni o‘ldirishdi. Pok ruhlari Rabbisi huzuriga ko‘tarildi. Maloikalar u ayolning jannatda yashashlari, ne’matlanishlari uchun ruhlarini olib chiqib ketishdi. Oxiratda Osiyo onamiz ulug‘ marhamat va ikromga noil bo‘ladilar. Bu ikrom Rasululloh alayhissalom aytgan jannati ayollardan biri bo‘lishlaridir.

Sayyidai Osiyo Qur’onda sodiq mo‘mina ayollar qatorida, Haq yo‘lini topgan ayol sifatida madh etildilar. Allohga imon keltirishda orqaga qaytmagan bu ayol Fir’avnning azoblariga, chidagan holda iymonlarida sobit turdilar.

Hidoyat va Haq yo‘lida bardavom bo‘lgan, oxiratni bu dunyo mashaqqatlariga sotib olgan ayol! Jannat va uning ne’matlarini, qasrlarini sotib olgan ayol! u Bu ayol sayyidai Osiyodir!
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:06:45
BILQIS BINTI SHAROHIL
 (Yaman malikasi)


Miloddan avval, Yaman mamlakatidagi Saba’ shahri hukmdori Bilqis zamonida bu mamlakat odamlari quyoshga sig‘inishardi. Sulaymon alayhissalomning askari hudhud qushi buni ko‘rib, u shahar xabarini berdi. Sulaymon alayhissalom xat yozib, (Bilqisni) Islomga da’vat etdilar. U payg‘ambarga katta hadyalar yubordi, lekin Sulaymon alayhissalom ularni olmasdan yana Islomga chaqirdilar. «Bas, qachonki (Bilqisning elchilari uning yuborgan hadyasini olib) Sulaymon (huzuriga) kelgach, u dedi: «Sizlar menga mol-dunyo bilan madad bermoqchimisiz?! U holda (bilingizki), Alloh menga ato etgan (payg‘ambarlik va mulku davlat) U zot sizlarga bergan (mol-dunyodan) yaxshiroqdir. Balki sizlar hadyalaringiz bilan xursand bo‘larsizlar, (lekin mening unga ehtiyojim yo‘qdir). Sen (qavmingga) qaytib borib (aytginki, agar huzurimga bo‘yinsungan hollarida kelmasalar), albatta biz ularga shunday qo‘shin bilan borurmizki, ular unga aslo bas kela olmaslar va albatta biz ularni (qishloqlaridan) mag‘lub hollarida quvib chiqarurmiz» (Naml surasi, Zb-37-oyatlar).

Bilqis Sulaymon alayhissalomning katta quvvat sohibi ekanliklarini, u zotning dinlari haq dinligini bilib, payg‘ambar huzurlariga boradi. Islomni xalqiga e’lon qiladi. «(Malikaga): «Saroyga kirgin», deyildi. Endi qachonki u (saroyni) ko‘rgach, uni suv (to‘lqin) deb o‘ylab oyoqlarini ochgan edi, (Sulaymon): «Bu oynadan yasalgan baland qasrdir», dedi. (Shunda malika) aytdi: «Parvardigorim, darhaqiqat men (quyoshga sig‘inish bilan) jonimga jabr qilibman, (endi) Sulaymon bilan birga barcha olamlar Parvardigori - Allohga bo‘yinsundim» (Naml surasi, 44-oyat).
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:07:16
Xayrli hudhud

Bilqis va uning qavmi quyoshga ibodat qilishardi. Allohdan boshqaga sajda etishardi. Sulaymon alayhissalom Shomda edilar. Ularning qo‘llarida katta davlat bor edi. Inson va jinlar bo‘ysunishib, xizmatlarini bajarishardi. Qushlar tilini bilar edilar. Bir kuni Sulaymon alayhissalomning askari hudhud askarlar ichida ko‘rinmay qoldi. U Yamanga ketgan edi. U yerda malika va qavmini ko‘rdi. Ularning quyoshga ibodat qilayotganlaridan, Allohdan boshqaga sajda etayotganlaridan hudhud xafa bo‘ldi. Sulaymon alayhissalom askarlari orasida hudhudni ko‘rmaganlari uchun uning qaerdaligini so‘radilar. «Agar uzrsiz ketgan bo‘lsa, azoblayman», dedilar. «U qushlarni ko‘zdan kechirib (ularning orasida hudhudga ko‘z tushmagach): «Nega men hudhudni ko‘rmayapman, balki u (mendan beizn) g‘oyib bo‘lguvchilardandir?! Albatta men uni qattiq azob bilan azoblarman yo so‘yib yuborurman yoki u menga (o‘z uzrini bayon qilib) ochiq hujjat keltirur», dedi» (Naml surasi, 20-21-oyatlar). Bir oz vaqtdan so‘ng hudhud keldi. oyib bo‘lganligi sababini undan so‘radilar. «Sulaymon dedi: «Sen rost so‘zladingmi yoki yolg‘onchilardan bo‘ldingmi, ko‘rurmiz» (Naml surasi, 27-oyat).
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:07:34
Ulug‘ maktub

Sulaymon alayhissalom Bilqisga maktub yozdilar: «Bismillahir rohmanir rohim! Sulaymon ibn Dovuddan Bilqis - Saba’ malikasiga! «Sizlar menga kibr-havo qilmay, huzurimga bo‘yinsungan holingizda kelingiz!» (Naml surasi, 31-oyat)».

Maktubni yozib bo‘lib hudhudga dedilar: «Mana bu maktubimni olib borib ularga tashlagin, so‘ngra ulardan chetlanib kuzatgin-chi, nima (javob) qaytarar ekanlar» (Naml surasi, 28-oyat). Tumshug‘ida maktubni tishlab hudhud uzoq yo‘lga tushdi. Shomdan Yamanga - malikaning qasriga yetdi.

Bilqis o‘z xonasida uxlayotgan edi. Uni qo‘riqchilar hushyorlik bilan qo‘riqlar ekan. Xonasi qulf! Eshiklar, derazalar qulf! Lekin kichkina darcha ochiq ekan! Hudhud malikaning hujrasiga darchadan kirdi. Malika shirin uyquda edi. Uning ko‘rpasi ustiga xatni tashladi. Malika cho‘chib uyg‘ondi. «Kim bu xatni olib kirdi, nega hech kim sezmadi?» deya fikr qildi. So‘ng darchaga qaradi, hudhudni ko‘rdi. Maktubni ochib o‘qidi. Bildiki, Shom podshohi Sulaymon ekan, u Islomga kirishni taklif qilibdi. U yagona Allohga imon keltirishga chaqiribdi! O’ylab qoldi. Davlatining baobru erkaklari va vazirlari bilan bir qarorga kelishni, ular bilan maslahatlashishni rejalashtirdi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:08:16
Malika qavmi bilan kengashdi

Bilqis shohona kiyimini kiydi. Vazirlar oldiga chiqib, tezda to‘planishlikni amr qildi. Malika taxtga chiqdi, atrofiga vazirlar, davlat a’yonlari, hukamolar yig‘ilishdi. Malikaning qo‘lida Sulaymon alayhissalomning xatlari bor edi. Xatni ochib dedi: - «(Qachonki hudhud Sulaymonning maktubini olib kelib malika Bilqisning oldiga tashlagach), u dedi: «Ey odamlar, haqiqatan menga ulug‘ bir maktub tashlandi. Albatta u Sulaymondandir va u (maktubda shunday bitilgandir): «Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman. Sizlar menga kibr-havo qilmay, huzurimga bo‘yinsungan holingizda kelingiz!» (Naml surasi, 29-31-oyatlar).

Qavm xatni eshitib jim bo‘lib qolishdi. Malikaning o‘zi bu jimlikni buzdi. «(Malika) aytdi: «Ey odamlar, menga bu ishimda fatvo-maslahat beringlar. Men to sizlar guvoh bo‘lmaguningizcha biron ish haqida hukm qilguvchi emasman» (Naml surasi, 32-oyat). Qavm o‘zining quvvatini hisobladi, 12 ming sarkardasi va 100 ming jangchisi bor edi. «Ular dedilar: «Bizlar kuch-quvvat va jur’at-matonat egalaridirmiz. (Qanday ishga) buyurish sening o‘zingga havola. Bas, nimaga buyurishni o‘ylab ko‘raver, (bizlar esa senga itoat eturmiz)» (Naml surasi, 33-oyat). Malika: «Sizlar biz jangga tayyormiz, deb o‘ylayapsizlarmi?» dedi. Qavm: «Albatta, uni o‘ldiramiz, chunki bizning katta kuchimiz bor, albatta uning ustidan g‘alaba qilamiz!» dedilar. Malika so‘radi: «Sizlarda boshqa fikr yo‘qmi?». «Yo‘q, bu bizning oxirgi fikrimiz!» deyishdi ular. Malika: «Sizning bu maslahatingiz ma’qul bo‘lmadi, chunki urush hamma narsani fasod qiladi, uning oqibatini hammamiz bilamiz. Podshoh agar bir davlatga qarshi urushsa, u davlatni fasod qiladi, ahliga aziyat yetkazadi. Agar Sulaymon kelib urushadigan bo‘lsa, uylarimizni vayron qiladi, erkaklarimizni o‘ldiradi, ayollarimizni joriya, bolalarni qul qiladi. Tezda biz zaiflashib qolamiz», dedi. Qavm malikaning hikmat va aql sohibasi ekanligini, oqilona tadbirini ko‘rib, unga hurmatlari oshdi, undan hozir nimani o‘ylayotganini so‘radilar: «Endi qanday chora ko‘ramiz?» Malika dedi: «Unga bir kishi orqali katta hadyalar yuboramiz, agar qabul qilsa, biz bilan urushmaydi. Agar u dunyo podshohi bo‘lsa, bizning hadyamizni oladi, unda u payg‘ambar emas. Yuborgan odamimiz ularning quvvatini, askarlarini bilib keladi, bizga kuchi yetadimi-yo‘qmi, bilib olamiz». Qavm bu taklifni ma’qulladi. Hammalari uning bu fikrida ittifoq bo‘lishdi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:08:27
Qimmatbaho hadya

Malika bir dunyo mol - tilla, kumush, la’li-marjon, gavhar, zumrad, yoqut, shu kabi qimmatbaho toshlardan, Yaman yerida o‘sgan yaxshi mevalar, turli xil mato, toza ipakdan bo‘lgan kiyimlar va yana qullar, joriyalar yubordi. Ularni bir donishmand hakim va qo‘riqchilar olib borishdi. Unga: «Podshohning qancha quvvati, askari borligini ham bilib kelasan», deb tayinlashdi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:08:44
Katta mulk

Bilqisning hadyalari Shomga yetib kelmasidan Sulaymon alayhissalom bu xabardan ogoh bo‘ldi. Yana bu hadyalarni olib kelguvchi Sulaymonning qancha askari borligini bilish uchun kelayotgani ham ma’lum bo‘ldi. Sulaymon alayhissalom mamlakatdagi hamma askarlarini chaqirdilar. Insonlar, jinlar, qushlar, hayvonlardan iborat bo‘lgan qo‘shin Sulaymon alayhissalom oldilariga yig‘ildi. Bir necha kunlardan so‘ng malikaning elchisi Shomga kirib keldi. Malikaning yuborgan odamlari, ashyolari Sulaymon alayhissalomning mulki oldida mo‘‘jazgina hadya bo‘lib ko‘rindi. Mehmonlar ko‘z oldida juda katta boylik turardi. Ular bunday boylikni ilgari ko‘rishmagandi. Qo‘rquv ichida podshohning qasri tomon yurishdi. Sandal yog‘ochidan, tilla bilan bezangan ustunli qasrni ko‘rishdi. Bilqisning elchisi Sulaymon alayhissalom oldilarida turib qoldi. U askarlarning adadi, navlarini bilib, ular jinlardan, qushlardan, hayvonlardan tarkib topganini ko‘rib aqli lol qoldi. Bular yengilmaydigan kuch ekanligini sezdi. Sulaymon alayhissalom Malikaning elchisi va birga kelgan odamlarini mehmonga chaqirdilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:09:11
Dasturxonda dunyoning har chekkasidan keltirilgan taomlarni ko‘rishdi. Unda albatta Yamanda tayyorlangan ovqatlar ham bor edi. Idish-tovoqlar tilladan edi. Kumush qadahlarga har xil turdagi musaffo sharoblar quyilgandi. Bu yerda xizmatlarni tilla kiyimlar kiygan hurlar bajarishardi. Hatto Yamanning malikalari ham bunday kiyimlarni kiyishmagandi. Malikaning elchisi Sulaymon alayhissalomning ulug‘ va qudratli ekanligini yana bir bor bildi. Unga olib kelgan hadyalarni berishga ham uyaldi. Darhaqiqat Sulaymon alayhissalom bu hadyalarni qabul etmadilar.

Malikaning elchisi ularning ishlaridan hayratga tushdi va o‘yladi: «Sulaymon molni xohlamasa, har qanday podshohdan boy bo‘lsa, maqsadi nima ekan?» Sulaymon alayhissalom elchining ko‘zidan fikrini angladilar va dedilar: «Yagona Allohga ibodat qiling, quyoshga sig‘inmang. Alloh meni hikmat bilan, podshohlik bilan, payg‘ambarlik bilan ulug‘ladi! Hadyalarni qaytarib olib keting! Mening oldimga musulmon bo‘lib kelinglar» dedi.

Elchi Sulaymon alayhissalom huzurlaridan malikaning musulmon bo‘lib tez kunlarda kelishi kerakligi, Sulaymon alayhissalom intizor bo‘lib kutayotganlari xabarini olib Yamanga qaytdi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:09:42
Malikaning muslima bo‘lishi

Malikaning odamlari Yamanga qaytib kelishdi. Malika ularni orziqib, hayajonlanib kutayotgan edi. Hamma tez to‘plandi va nima bo‘lganini elchidan so‘rashdi. U Sulaymonning katta mulk sohibi ekanligi xabarini berdi va: «U quvvatli, bizning unga kuchimiz  etmaydi. Sulaymonning huzuriga bir necha kun ichida musulmon holatda borishingizni xohlaydi», dedi.

Malika bir oz o‘ylanib qoldi va Shomga borishga qaror qildi. Sulaymon alayhissalomga qavmining ulug‘lari bilan borishi xabarini berdi. Taxtini salomat qo‘riqlashni esa xizmatchilariga qattiq tayinladi.

Bilqis Shom tomon yo‘lga chiqdi. Sulaymon alayhissalom Allohning qudratini, azamatini, olamda hech kimga bermagan narsasini berganini malika kelmasidan oldin unga ko‘rsatmoqchi bo‘ldilar. Askarlariga: «Ey odamlar, ular mening huzurimga bo‘yinsungan hollarida kelishlaridan ilgari qaysi birlaringiz menga uning (ya’ni, Bilqisning o‘z shahrida qolgan) taxtini keltira olursiz?» dedi» (Naml surasi, 38-oyat). Ifrit ismli jin - «(Shunda) jinlardan bir pahlavoni aytdi: «Men uni sen o‘rningdan turishingdan ilgari senga keltirurman. Albatta men bunga qodir va ishonchlidirman» (Naml surasi, 39-oyat). Sulaymon alayhissalom jim bo‘lib qoldilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:10:27
SIDDIQA MARYAM IMRON QIZI

Iso alayhissalomning onalari Maryam Imron qizini yoshliklarida Alloh taoloning O’zi pokladi, tarbiyaladi, bo‘yga yetganlarida Jabroil alayhissalom: «Albatta Alloh taolo senga otasiz bir o‘g‘ilni rizq qilib bermoqchi», dedilar. Maryam Allohning qazo va qadariga taslim bo‘ldilar. Allohning mo‘‘jizasi bilan muborak o‘g‘il tug‘ildi! Rumon -zolim podshoh bolani o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Maryam onamiz yahudlar bilan birga bolani olib bu yerdan ketdilar. Iso alayhissalom yigit bo‘lib bo‘yga yetganlarida Falastinga onalari bilan qaytib keldilar. Bu davlatga, ya’ni Bani Isroilga nabiy, payg‘ambar bo‘lgandilar. Yahudlar u zotni o‘ldirmoqchi bo‘lishdi. Alloh taolo O’z payg‘ambarini samoga ko‘tardi. Maryam onamiz bir oz muddat yashab vafot etdilar va Damashqqa dafn etildilar. Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Albatta Maryam dunyo xotinlaridan yaxshiroqdir», «Dunyodagi yaxshi xotinlar Maryam, Osiyo, Xadicha, Fotimadir», «Erkaklarning komillari ko‘p, lekin ayollarning komillari Maryam, Osiyolardir!»
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:10:52
Maryamning tug‘ilishlari

Shom shahrida, muborak Falastin yerida Bani Isroil nihoyatda iztirob va fasodga to‘la hayot kechirardi.

Bani Isroilda ham solih insonlar bor edi. Ular haq dinning amrlarini targ‘ib etishardi, Masjidul Aqsoda ibodat qilishardi, Tavrot o‘qishardi. Qavmning solih Imron ibn Moton ibnul Maozir degan imomlari bor edi. Ularning nasablari Sulaymon ibn Dovud alayhissalomga borib taqaladi.

Imron Bani Isroilning soliha ayoli Xanna binti Foquzga uylandi. Ular bir necha yil farzand ko‘rmadilar. Bir kuni Xanna daraxt tagida o‘tirgandi, daraxt ustidagi bir qush uchib kelib, inidagi bolasiga tumshug‘idagi taomni yedirdi. Buni ko‘rib Xannaning qalbi bolani qo‘msadi. Alloh taologa munojot etib, bir bola berishini so‘radi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:11:15
Agar Alloh taolo farzand bersa, Baytul-Muqaddasga xizmat qilish uchun berishini niyat qildi. «(Ey Muhammad), Imronning xotini: «Parvardigorim, men qornimdagi narsani (homilani dunyo ishlaridan) ozod etib, Senga nazr qildim. Bas, (bu nazrimni O’z dargohingda) qabul ayla! Albatta Sen eshitguvchi, bilguvchisan», deganini eslang!» (Oli Imron surasi, 35-oyat). Xanna bir oz vaqtdan keyin homilador bo‘ldi, lekin Imron bola tug‘ilmasidan oldin vafot etdi. Xanna shiringina bir qiz tug‘di. Qizini nazrga atagani esiga tushdi, va’dasiga vafo qilishni niyat qildi. «Ko‘zi yorigach esa, bunday dedi: «Parvardigoro, men qiz tug‘dim, - holbuki, Alloh uning nima tuqqanini bilguvchiroqdir va (har qanday) o‘g‘il bu qiz kabi (bu qizning o‘rnini bosguvchi) emasdir, - «Va men unga Maryam deb ism qo‘ydim. Men bu qizga va uning zurriyotiga dargohingdan quvilgan shaytonning yomonligidan panoh berishingni Sendan iltijo qilaman» (Oli Imron surasi, Zb-oyat). Alloh taolo Xannaning duosini ijobat qildi. Maryam va o‘g‘lini shaytonning yomonligidan saqladi.

Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Har bir odamni tug‘ilayotganida shayton ushlaydi, lekin Maryam va o‘g‘li bundan mustasno» (Muslim rivoyatlari).
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:11:28
Solihaning parvarishi

Xanna nazr haqidagi va’dasiga vafo qilishni qasd etildi. U qizini bir matoga o‘rab, masjidga olib bordi. Alloh taolo u qizni qabul qilishini va muhofaza etishini so‘rab, duo qildi. Bani Isroil olimlari Maryamning o‘z imomlari qizi ekanligini bilib, uni yaxshi ko‘rib, qo‘lga olishdi. Bu qizni kim tarbiyasiga olishi to‘g‘risida bahs qilishdi. Ularning ichlarida yoshlari ulug‘rog‘i Zakariyo alayhissalom edilar. U zot Xannaning opasini xotinlikka olgan edilar. «Men olaman bu qizni, men haqliroqman», dedilar. Lekin hech kim bir qarorga kelmadi. Oxiri qur’a tashlash ixtiyor qilindi. Tavrot yozadigan qalamlarini suvga tashlashdi. Zakariyoning qalamlari suv yuziga chiqib qoldi, boshqalarniki cho‘kib ketdi. Shunday qilib, Zakariyo Maryamni kafillikka oldilar. «Bas, Parvardigori uni (Maryamni) xush qabul aylab, chiroyli parvarish etdi va unga Zakariyoni kafil qildi. Har qachon Zakariyo (Maryamning) oldiga - hujraga kirganida uning huzurida bir rizq-nasiba ko‘rdi. U: «Ey Maryam, bu narsalar senga qayoqdan keldi?» deb so‘raganida (Maryam) javob qildi: «Bular Alloh huzuridandir. Albatta Alloh O’zi istagan kishilarga behisob rizq berur» (Oli Imron surasi, 37-oyat).
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:11:58
Maryam mehrobdalar

Maryamning yoshlari oltiga yetganida xos mehrob oldida o‘tirdilar, u yerga hech kim kirmasdi. Taom-ichimliklarini olib kirib berishardi. Hatto ruxsatlarisiz oldilariga kirishmasdi. Zakariyo har kuni Maryam huzurlariga kirganida oldilarida qishda yozning mevasini, yozda qishning mevasini ko‘rardi. U: «Ey Maryam, bu narsalar senga qayoqdan keldi?» deb so‘raganida (Maryam) javob qildi: «Bular Alloh huzuridandir. Albatta Alloh O’zi istagan kishilarga behisob rizq berur» (Oli Imron surasi, 37-oyat). Buni ko‘rgan Zakariyo alayhissalomning havasi kelar, Allohning qudratiga tan berib, bir solih farzand ato etishini so‘rab duo qilar edilar. Lekin yoshlari ulug‘, ayollari qari edi. Alloh taolo duolarini ijobat qildi. Yahyo ismli o‘g‘il xabarini va uning Bani Isroilga nabiy, rasul bo‘lishi bashoratini berdi.

Yillar o‘tdi, Zakariyoning yoshlari bir joyga borib, Maryamni tarbiyalashga qudratlari, quvvatlari yetmay qoldi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:12:10
Ajoyib bashorat

Kun o‘tgani sari Maryam mehrobda tasbeh aytib, Allohga ibodat qilardilar. Balog‘at yoshiga yetgunlaricha insonlardan uzoqda bo‘lib, o‘zlarini ehtiyot qildilar. Shahvatli narsalardan tiyilib, ibodatga berildilar. Allohga iymon keltirib yashadilar. «(Ey Muhammad), ushbu Kitobda (ya’ni, Qur’onda) Maryamni zikr qiling: u o‘z ahli oilasidan chetga - kunchiqar tomonga borib, ulardan parda ortiga berkinib olgan paytida Biz unga O’z ruhimiz (ya’ni, Jabroil)ni yubordik. Bas, u (Maryamga) bus-butun (ro‘y-rost) odam bo‘lib ko‘rindi» (Maryam surasi, 16-17-oyatlar). «Yana (iymon keltirgan zotlar haqida) o‘z nomusini saqlagan ayolni - Maryam binti Imronni (misol keltirdi). Bas, Biz O’z tarafimizdan bo‘lgan ruhni unga pufladik (va u Isoga homilador bo‘ldi). U Parvardigorining so‘zlarini va kitoblarini tasdiq etdi hamda (Allohning amriga) itoat etguvchilardan bo‘ldi» (Tahrim surasi, 12-oyat). Maloikalar Maryamni ziyorat qilishardi. Alloh taolo uni tanlaganini, ayollar olamida eng afzal ayol bo‘lishlarining bashoratini berishardi. «Farishtalar Maryamga aytishdi: «Yo Maryam, albatta Alloh seni (ayollar orasidan) tanlab oldi va (barcha gunohlardan) pokladi hamda seni butun olamlarning ayollaridan afzal qildi. Yo Maryam, Parvardigoringga itoat qil va ruku’ (Allohga ibodat) qilguvchilar bilan birga sajda va ruku’ (ya’ni, ibodat qil!») deganlarini eslang!» (Oli Imron surasi, 42-43-oyatlar).

Bir kuni farishtalar Maryamning oldilariga kelishdi va chiroyli xushxabar berishdi, ya’ni hech bir erkak yaqinlashmasdan, erga tegmasdan o‘g‘il tug‘ishini aytishdi. Bu bola Allohning mo‘‘jizasidir! Bu bolani Bani Isroilga nabiy, rasul qiladi! «Eslang (ey Muhammad), farishtalar dedilar: «Yo Maryam, albatta Alloh senga O’z tomonidan bir So‘z haqida xushxabar beradiki, uning ismi Al-Masih Iso binni Maryam bo‘lib, dunyo-yu oxiratda obro‘li va (Allohning) yaqinlaridandir, odamlarga go‘daklik paytida ham voyaga yetgan chog‘idagidek gapirur. U solih bandalardandir», deganlarida, Maryam: «Parvardigorim, menga odamzod tegmagan bo‘lsa, qayoqdan menda farzand bo‘lsin?» dedi. Alloh aytdi: «Shunday, Alloh O’zi xohlagan narsasini (O’zi xohlagan suratda) yaratadi. Qachon biron ishni iroda qilsa, unga: «Bo‘l!» deydi. Bas, u ish bo‘ladi» (Oli Imron surasi, 45-47-oyatlar).
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:12:34
Muborak homila

Kunlar o‘tdi. Maryam Allohning zikri va ibodatiga hamon mashg‘ul edilar. Bir kuni hech kimning iznisiz bir kishi kirib keldi. Bu kishi odam suratli Jabroil alayhissalom edilar. U kishini ko‘rganda Maryam qo‘rqib seskandilar, Allohdan panoh so‘radilar. «(Maryam unga): «Men Rahmonga (ya’ni, Allohga) sig‘inib sendan panoh berishni iltijo qilurman. Agar (Allohdan) qo‘rquvchi bo‘lsang, (menga ziyon yetkazmagin)», dedi. Jabroil aytdi: «(Qo‘rqmagin), men faqat senga bir pokiza o‘g‘il hadya qilish uchun (kelgan) Parvardigoringning elchisidirman, xolos». (Maryam) dedi: «Menga odamzot tegmagan bo‘lsa, buzuq ayol bo‘lmasam, menda qayoqdan farzand bo‘lsin?!» (Jabroil) aytdi: «Shunday. Parvardigoring ayturki: «Bu (ish) Menga osondir. Biz u (bolani) odamlar uchun oyat-mo‘‘jiza va O’z tomonimizdan bo‘lgan rahmat-marhamat qilurmiz. Bu bitgan ishdir» (Maryam surasi, 18-21-oyatlar). Maryam jilbobi bilan chiqdilar. Jabroil alayhissalom yenglarini ushladilar va pufladilar. Allohning mo‘‘jizasi bo‘ldi. Maryam qalblarida bu sirni berkitdilar. Kunlar o‘tib, homilalari bilindi. Taqvodor Yusuf un-Najjor Maryamni ko‘rib: «Maryam iffatli, pokiza, bokira qiz edi-ku!» deb hayron bo‘ldi. «Ey Maryam, urug‘siz ekin, yomg‘irsiz daraxt o‘sadimi? Erkaksiz bola tug‘iladimi?» Maryam gap nima haqdaligini bilib dedilar: «Albatta Alloh taolo ekinlarni avvaldan urug‘siz yaratgan! Albatta Alloh taolo jannatdagi daraxtlarni yomg‘irsiz yaratgan! Albatta Odam alayhissalomni erkak-ayolsiz yaratgan!» Yusuf dedi: «To‘g‘ri aytding!» Bildiki, Maryamning homilalari Allohning mo‘‘jizalaridan biridir!
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:12:56
Oylar o‘tdi. Maryamning tug‘ishlari yaqinlashdi. Alloh taolo dedi: «Bas, (Maryam) unga homilador bo‘lib, u bilan birga yiroq bir joyga ketdi. Bas, to‘lg‘oq azobi uni bir xurmo daraxtining shoxiga olib bordi (va u shoxga osilgan holda ko‘zi yorigach), dedi: «Qani, mana shu (kundan) ilgari o‘lib ketsam-u, butunlay unutilib ketsam edi» (Maryam surasi, 22-23-oyatlar); «Shunda (xurmo daraxtining) ortidan (Jabroil) nido qildi: «amgin bo‘lma, Parvardigoring (oyoq) ostingdan bir ariq oqizib qo‘ydi. (Mana shu qurib qolgan) xurmo shoxini silkitgin, u senga yangi xurmo mevalarini tashlar. Endi sen yeb-ichgin, shod-xurram bo‘lgin. Bas, agar odamzoddan birontasini ko‘rib qolsang (va u sendan bu bolaning otasi haqida so‘rasa), u holda: «Men Rahmon yo‘lida ro‘za tutmoqni nazr (ahd) qilganman, bas, bugun biron insonga so‘zlamayman», degin» (Maryam surasi, 24-26-oyatlar). Maryam tinchlandilar, yedilar, ichdilar va bolani emizdilar.

Kunlar o‘tdi, Maryam o‘zlariga kelib, yana quvvatlandilar, bolani ko‘tarib, qavmiga qaytdilar va albatta hamisha Allohning yordamiga suyanardilar. Qavm bu bolani bilib qolganidan keyin masxara qila boshladi. «So‘ng (Maryam bolasini) ko‘targan holda qavmiga kelganida ular: «Ey Maryam, (sen hech kim) qilmagan ajib ishni qilding-ku!» (Maryam surasi, 27-oyat) dedi ular. Ba’zilari: «Ey Horunning singlisi, sening otang yomon odam emas, onang ham fohisha emas edi-ku!» dedilar» (Maryam surasi, 28-oyat). «Shunda (Maryam og‘iz ochmasdan bolasiga) ishora qildi (ya’ni, uning o‘zidan so‘ranglar, dedi). Ular aytdilar: «Beshikdagi go‘dak bilan qanday so‘zlashurmiz?!» (Maryam surasi, 29-oyat). Alloh subhanahu va taolo O’z qudrati bilan Maryamning pokligini isbot qilish uchun, bu bolaning otasiz yaratilishidagi Alloh taoloning mo‘‘jizasini ta’kidlash uchun bolaga nutq berdi. «(Shu payt chaqaloq, ya’ni Iso tilga kirib) dedi: «Men Allohning bandasidirman. U zot menga Kitob -Injil ato etdi va meni payg‘ambar qildi. Yana meni qaerda bo‘lsam, xayru-barakotli qildi va modomiki, hayot ekanman, namozni (ado etishni) va zakotni (ato etishni) amr qildi. Shuningdek, (Alloh) meni onamga itoatli-mehribon qildi va meni sitamkor badbaxt qilmadi. Menga tug‘ilgan kunimda ham, vafot bo‘ladigan kunimda ham, qayta tiriladigan kunimda ham tinchlik-omonlik bo‘lur» (Maryam surasi, 30-33-oyatlar). Beshikdagi bolaning javobi va ovozi har bir gumonni yo‘qotdi. Qavmining yuzi dahshatli bo‘ldi. Ular Olamlar Rabbisining ulug‘ mo‘‘jizasi oldida turganliklarini bildilar. Maryamning pok ekanliklari alomatlari zohir bo‘ldi. Bundan Maryamning qalblari yorishdi va Allohga hamd aytdilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:13:48
Maryamning hijratlari

Yahudiylar va kohinlar bola tug‘ilganligining xabarini bilishdi. «U katta bo‘lib, odamlar orasida hukm qiladi». Isoning tug‘ilishi va gapirishi rumoniy hokim Xayrudusning qulog‘iga yetdi. U zolim edi. Falastinliklar o‘rtasida zulm, josuslik va qo‘rqitish bilan hukm surardi. Sulton bolaning tahdid qilishidan qo‘rqdi va askarlariga uni topib o‘ldirishni buyurdi. Yahudiy va kohinlar ham bu ishga ittifoq bo‘lishdi.

Yusuf un-Najjor zolim podshohning shaytoniy ishlarini bilib qoldi. Tezlikda Maryamga xabar berdi. O’zini va bolasini xavfdan qutqarish uchun Falastindan uzoq yerlarga ketishni, Misrga hijrat qilishni maslahat berdi. Maryam Misrga qanday borishni o‘ylab qoldilar. Yo‘lni qanday topadilar? Lekin Allohning inoyatini, lutfini esladilar. Xotifdan shunday ovoz eshitdilar: «Allohning inoyati bilan (yo‘lga) chiq. Qo‘rqma, albatta sen Allohning nabiysi bilan birgasan». Maryam tezda o‘zlarini o‘nglab, Misr sari ketdilar. Zolim hokimning askarlari va yahudlarning nazaridan chetda bo‘ldilar. Tezda muborak Misr yeriga yetib bordilar. Bir solih kishining uyiga tushdilar. U kishi faqirlarga, musofirlarga katta hovli ajratgan edi. Maryam o‘g‘illari bilan shu yerda yashadilar. Bu uy suvi chuchuk Nil daryosiga yaqin edi. Ular bu yerda uzoq bo‘lishdi va ko‘p narsani o‘rgandilar. Misrliklarga qo‘shilishdi. Alloh taolo Iso alayhissalomni Nil yerlarida ko‘p karomatlar bilan ikrom qildi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:14:12
Maryamning qaytishlari va vafotlari

Maryam Iso alayhissalom o‘n ikki yoshga kirgunlaricha shu yerda birga turdilar. Keyin zolim Xayrudus vafot etganini bilib, o‘g‘illari bilan Falastinga qaytdilar. Xalil shahriga yaqin bo‘lgan Nosira shahrida tinch yashay boshladilar. Iso alayhissalomning yoshlari o‘ttizga yetganida Alloh taolo u zotni yolg‘iz O’ziga itoat qilishlari uchun Bani Isroilga nabiy va rasul etdi. Ko‘p mo‘‘jizalar berib, u zotga xastalarni tuzatadigan, o‘liklarni tiriltiradigan karomat ato etdi. Odamlar Iso alayhissalomni yaxshi ko‘rib, unga ergashishardi. Bu ishlarga onalari Maryam ko‘maklashardilar. Yahudiylar tomonidan bo‘lgan zulm jabrini ham onalari birgalikda ko‘tarardilar. Ular Iso alayhissalomni o‘ldirmoqchi bo‘lganlarida Alloh taoloning O’zi ozod qildi. Isoning Yaxuso ismli bir xoin shogirdini Masih shakliga keltirdi va yahudiylar uni Iso, deb qo‘lga olib, tiriklayin osdilar. Alloh taolo esa Iso alayhissalomni samoga ko‘targan edi.

Alloh taolo Maryamga o‘g‘illari haqida vahiy qildi. Maryamning qalblari taskin topdi, bildilarki, Alloh taolo Iso alayhissalomga kofirlarning qo‘lidan najot bergan! Shundan so‘ng Maryam besh yil yashadilar va 53 yoshga kirganlarida dunyodan ko‘z yumdilar va Damashqda dafn etildilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:15:49
ASMO BINTI ABU BAKR
(ikki tuya egalari)


Bu onamiz otalari Abu Bakr Rasululloh (s.a.v.) bilan hijratga chiqishganida uch kun tuyalari bilan g‘orga ularga taom, suv tashib turganlar. Rasululloh (s.a.v.): «Bu tuyang evaziga Alloh taolo jannatda ikki tuya beradi», deganlar.

Asmo Abu Bakrning kichik qizlari bo‘lib, yoshliklaridan Islom e’tiqodida o‘sgan, shijoatlari bilan bu dinga katta yordam bergan ayoldirlar. Erlari jannat va’da qilingan Zubayr ibn Avvomdirlar. Uch o‘g‘illari bo‘lgan: Abdulloh, Mus’ab, Urva. Ular Rasululloh (s.a.v.)dan fiqh o‘rganganlar, hadis rivoyat qilganlar, Allohdan o‘zga hech kimdan qo‘rqmaganlar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:16:03
Tug‘ilishlari

Abu Kuhofaning o‘g‘li Abu Bakr ikkinchi farzandining tug‘ilishini intizorlik bilan kutardilar. Xotinlari Qutayla onasining oldiga borganida jajji qizaloq tug‘di. Abu Bakr Alloh taologa shukr qildilar. Ismini Asmo deb qo‘ydilar. Asmoning Oisha va Abdulloh ismli opa-akalari ham bor edi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:16:50
Asmoning yoshliklari

Otalari Abu Bakr fahsh va yomonliklarni bilmasdilar. Asmo u kishidan arab tarixi, adabiyotini o‘rganib, ko‘p she’rlar yodladilar. Otalarining Payg‘ambar alayhissalomga sadoqatlarini ko‘rib yashadilar. Asmo derdilar: «Otam birinchi musulmonlardan edilar».
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:17:18
Islomga kirishlari

Abu Bakr erkaklardan birinchi bo‘lib Islomga kirdilar. Rasululloh (s.a.v.)ning izlaridan insonlarni Islomga chaqirish uchun chiqdilar va dastlab bu ishni o‘z oilalaridan boshladilar. Zero u kishi o‘z oilasining jaholat qorong‘uligida qolishini istamasdilar. Islom ilohiy ne’mat ekanligini tushungandilar. Ayollari Qutaylaning oldiga kelib, Islomga da’vat qildilar, u xohlamadi. Uni taloq qilishga qaror qildilar. So‘ng qizlari Asmoni Islomga chaqirdilar, Asmo ikkilanmasdan qabul qildilar va Nabiy (s.a.v.) oldilarida imonlarini e’lon qilib, bay’at etdilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:17:35
Asmoning ikki tuya sohiba bo‘lishi

Nabiy (s.a.v.) sahobalariga Madinaga hijrat qilish uchun izn berdilar. Makkada hech kim qolmadi, qolgan bo‘lsa ham ular oz kishi edi. Abu Bakrga: «Shoshilmang, zora sizga Alloh taolo yaxshi yo‘ldosh bersa», dedilar. Abu Bakr ikki tuya sotib oldilar.

Bir kuni Asmo, Oisha, Abu Bakr o‘tirganlarida Rasululloh (s.a.v.) kirib keldilar. Bildilarki, biron hodisa bo‘lgan. U zot alayhissalom: «Oldingizdagilar chiqib tursin», dedilar. Abu Bakr: «Bular mening qizlarim», dedilar. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo bu yerdan chiqishni, hijratni buyurdi», dedilar.

Makkadan chiqish vaqti bo‘ldi. Nabiy (s.a.v.) kechaning uchinchi qismida Abu Bakrning uylariga keldilar. Asmo safarga kerak narsalarni tayyorladilar. Ularning hijratga chiqishlari Asmo uchun muhim davr bo‘ldi. Otalari va Nabiy (s.a.v.)ga taom va ichimlik tashidilar. Ular uch kun Savr tog‘ida berkinib yashashdi.

(Ketishlaridan avval) tuyaga qanday taom va ichimliklarni ortishni o‘ylab otalariga murojaat qildilar. Abu Bakr: «Ikki tuyaga ortgin, bittasiga safar anjomlari, bittasiga taom-ichimliklar!» dedilar. Nabiy (s.a.v.): «Bu ikki tuyangga jannatda ikki tuya beriladi», dedilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:18:09
Sabr va jahl

Rasululloh (s.a.v.) Abu Bakr bilan Madina yo‘liga chiqdilar. Quraysh boshliqlaridan Abu Jahl ibn Hishom Abu Bakrning uyiga keldi. Nabiy (s.a.v.) ularning uylarida deb o‘ylaganida, eshikni Asmo ochdi. Abu Jahl: «Otang Abu Bakr qani?» deb so‘radi. Asmo: «Otam qaerdaligini bilmayman», deb javob berdi. Abu Jahl iflos qo‘llari bilan Asmoni bo‘g‘di, Asmo uning qo‘llaridan kuch bilan chiqib ketdi. Abu Jahl ortiga qaytdi. Rasululloh (s.a.v.) va Abu Bakr g‘ordan chiqib, Madinaga jo‘nadilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:18:22
Hikmat sohibasi

Asmo (r.a.) nihoyatda sabrda, sukutda yurdilar. Otalari va Payg‘ambar alayhissalomning Madinaga ketganlarini hech kimga so‘zlamadilar. Abu Bakr hamma mollarini o‘zlari bilan olib ketgandilar. Abu Bakrning otalari Abu Kuhofaning ko‘zlari ojiz edi, Asmoning oldilariga kelib: «Abu Bakr hamma mollarini olib ketdimi?» deb so‘radi. Asmo: «Yo‘q, otam bizga juda ko‘p mol, pul tashlab ketdilar!» deb darrov tosh olib uni lattaga o‘radilar va: «Otam bizga shuncha oltin tashlab ketdilar», dedilar. Abu Kuhofa qo‘li bilan paypaslarkan, qalbi taskin topdi. Lekin Abu Bakr hech nima qoldirmagan edilar. Qari bobosining ko‘ngliga taskin berish uchun Asmoning topgan hiylalari edi bu.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:18:47
Zubayrning ayoli

Hijratdan avval Asmo Zubayr ibn Avvomga turmushga chiqdilar. Zubayr Shomga safar qildi. U zot Rasululloh (s.a.v.)ning Madinaga hijrat qilganlarini eshitib, u yerga kelgandi, ammo bu shaharda Asmo yo‘q edi. Asmoni intizorlik bilan kutdi. Bildiki, Asmo homilador ekan. Asmo Madinaga kelishi bilan o‘g‘il tug‘di. Uning ismini Abdulloh qo‘yishdi. Musulmonlar bu bolaning dunyoga kelishidan xursand bo‘ldilar. Hijratdan so‘ng birinchi tug‘ilgan bola Abdulloh ibn Zubayr bo‘ldi. Otasi Zubayr ham juda xursand bo‘ldi. Abdullohni Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga olib borishdi. U zot xurmoni chaynab tupuklari bilan Abdullohning og‘ziga soldilar. Abdulloh Rasululloh (s.a.v.)ning muborak tupuklari tushgan birinchi bola bo‘ldi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:19:04
Sobira ayol

Zubayr ibn Avvom juda faqir edi, na mol, na tijorati bor edi. Madinaga yaqin yerdan Rasululloh (s.a.v.) bir yer ajratib berdilar. Asmo Zubayrning dehqonchilik ishlariga, og‘ir hayotiy mehnatlariga yordam berardi. Har kuni dalaga borar, kelishda Zubayrning otlariga yig‘ilgan xashakni boshiga qo‘yib qaytardi. Ketishda esa suv to‘ldirilgan xumni ko‘tarib ketardi. Har kuni shunday derdi: «Erim Zubayrning yeridan boshqa moli yo‘q, otidan boshqa narsasi yo‘q! Men nonga xamir qilsam, nonim o‘xshamaydi. Ansor ayollar non yopib beradilar. Bir kuni boshimda xum bilan kelayotsam, oldimdan Rasululloh (s.a.v.) bir necha sahobalari bilan chiqib qoldilar. Rasululloh (s.a.v.) meni chaqirib, tuyaning orqasiga o‘tirib olishimni taklif qildilar. Men sahobalardan uyaldim. Erim Zubayrning rosa rashkchi ekanligini esladim. Rasululloh (s.a.v.) mening uyalganimni bilib o‘tib ketdilar». Abu Bakr qizlarining holini bilganlaridan keyin shunday dedilar: «Qizim, sabr qil. Bir ayolning eri solih bo‘lsa, so‘ng vafot etsa, ayol bunga sabr qilib o‘tsa, u eri bilan jannatda birga bo‘ladi». Bir oz vaqtdan keyin Abu Bakr dala ishlariga qarashish uchun qizlariga bir xodim yubordilar. Asmoning shundan keyin og‘ir hayotlari yengillashdi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:19:31
Mushrika ona

Rasululloh (s.a.v.) Hudaybiyya sulhida mushriklar bilan ahd tuzdilar. Asmoning onalari mushrika edi, u qizini ko‘rgani keldi, qo‘lida hadyalari ham bor edi. Asmo onasi mushrika bo‘lgani uchun sovg‘alarni olmadi. Onasi to‘g‘risida Rasululloh (s.a.v.)dan so‘ragani bordi: «Yo Rasululloh, onam...» deyishlari bilan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga: Alloh taolo shu oyatni nozil qildi: «Alloh diningiz to‘g‘risida sizlar bilan urushmagan va sizlarni o‘z diyorlaringizdan haydab chiqarmagan kimsalardan - ularga yaxshilik qilishlaringizdan va ularga adolatli bo‘lishlaringizdan qaytarmas. Albatta Alloh adolat qilguvchilarni sevar» (Mumtahana surasi, 8-oyat).
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:19:43
Rasululloh (s.a.v.)ning duolari

Bir kuni Asmo kasal bo‘lib qoldilar va oxiri og‘irlashdilar. Boshlariga qo‘llarini qo‘yib: «Mening gunohimdan Allohning mag‘firati ko‘p», derdilar. Alamlari ziyoda bo‘ldi, opalari Oishaning oldilariga borib: «Rasulullohga ayting, kelsinlar. Duo qilsalar, shoyad, Alloh shifo bersa!» dedilar. Rasululloh (s.a.v.) keldilar va: «Ey Asmo, qo‘lingni boshingga va yuzingga qo‘y, so‘ng shuni ayt», dedilar va bir duoni o‘qidilar. Asmo uch kun shu duoni o‘qidilar, alam-og‘riqlari ketdi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:20:15
Saxiy ayol

Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) o‘tib ketayotib, Asmoni ko‘rib qoldilar. Asmo pullarini sanayotgan edilar. Dedilar: «Ey Asmo, sanama, Alloh senga sanamasdan beradi». Asmo aytadilar: «Shundan keyin hech pul sanamaydigan bo‘ldim. Shundan keyin men o‘ylamaydigan joydan pul yog‘ilib keladigan bo‘ldi».

Asmo bolalariga doimo ehson qilishni buyurardilar. «Sadaqa qilinglar, lekin menga qaytarmikan, deb kutmanglar. Agar kutsanglar, sadaqaning savobi ketib qoladi», derdilar. Ibn Zubayr onalarining saxovatliklarini doim kuzatib yurardilar. Dedilar: «Men ikki ayoldan boshqa saxiy ayolni ko‘rmadim. Biri - Oisha, ikkinchisi - Asmo! Lekin ular ikki xil saxiydirlar. Oisha molni yig‘ib, so‘ng ehson qiladilar, Asmo esa qo‘llariga pul tushdimi, ertaga qoldirmasdan ehson qiladilar».
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:20:32
Bolaning jasorati

Asmo doim haq narsalarni tortinmasdan gapirardilar. Bir kuni o‘g‘illari Abdulloh huzurlariga kirganida xasta edilar. Abdulloh onasiga dedi: «Agar o‘lsangiz, bu kasaldan qutilasiz». Asmo dedilar: «Mening o‘lishimni xohlaysanmi? Bunday demagin! Agar sening ikki tomoningdan o‘lim kelsa ham, men o‘lishingni xohlamayman! Seni birov o‘ldirsa, u bilan hisoblashaman. Agar senga ajr bo‘ladigan ish bo‘lsa, hatto o‘lim bo‘lsa ham, borgin, lekin ajr bo‘lmaydigan ishga buyurilsang, uning yo‘lida o‘lim bo‘lsa, qochgin!»

Abdulloh ibn Zubayr onalari huzuridan chiqib, Hajjojning oldiga bordi. Uni ko‘rib nihoyatda nafrati qaynadi. Buni ko‘rganlar Abdullohni masxara qilishdi. Hajjoj bilan Ibn Zubayr tortishib qolishdi. Abdulloh ibn Zubayr ansorlar ustidan onasiga shikoyat qildi: «Onajon, ansorlar mening ustimdan kulishdi, hatto oilam ham!» Asmo dedilar: «Ulug‘ yashagin, ulug‘ bo‘lib o‘lgin!»

Asmo o‘g‘illarining shahid bo‘lganini eshitdilar, sabr qildilar. Hajjoj Abdulloh ibn Zubayrni o‘ldirganidan keyin qurayshliklarning g‘azablarini qo‘zg‘atish uchun uni Madina yo‘liga osib qo‘ydi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:21:02
ZOHIDA ROBI’A ADAVIYYA

Robi’a kechalari namoz o‘qib chiqar, bir oz ko‘zlari ilinib uxlab qolsalar, turib: «Ey nafsim, qancha uxlading, kechasi qancha vaqt qoyim bo‘lding?» derkanlar, so‘ng yig‘lab boshlarini sajdaga qo‘yarkanlar. Boshlarini ko‘tarsalar, sajdagoh ko‘z yoshlaridan ho‘l bo‘lib ketarkan.

Robi’a Iroq shaharlaridan Basrada tug‘ilgan esalar-da ismlari olamga yoyildi. Huzurlariga olimlar, zohidlar kelib ilm olardilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:21:16
Robi’aning tug‘ilishlari

Iroqning mashhur Basra shahrida, hijriy birinchi asrning oxirida Robi’a binti Ismoil tug‘ildilar. Otalari Ismoil juda faqir odam edi. Hech narsalari yo‘q edi... Shu bilan Alloh bergan rizqqa sabr qilib yashashardi. Ismoil kechalari qoim, kunduzlari soim edi. Uning uch qizi bor edi. Robi’a to‘rtinchilari bo‘ldi. Shuning uchun Robi’a deb nom qo‘ydilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:21:45
Robi’aning rizqlari

Robi’a tug‘ilganida uyda taom yo‘q edi. Almashtirish uchun mollari ham yo‘q edi. Ismoil qo‘shnilaridan taom so‘radi, lekin topilmadi. Turib namoz o‘qidi, so‘ng uxladi. Tushiga Rasululloh (s.a.v.) kirdilar. «Xafa bo‘lma! Bu tug‘ilgan qizing sayyidai jalilaga aylanadi. Yetmish ming ummatim bu qizingning shafoatidan umid qiladi. Sen Basra amirining oldiga bor! U Iyso ibn Zovon bo‘lib, har kecha turt yuz rakat namoz o‘qiydi. Lekin juma kechasi o‘qimaydi, kafforatiga pul ajratadi. Shundan borib ol!», dedilar Rasuli akram alayhissalom. Ismoil ertalab uyg‘onib, amirning oldiga boradi va hammasini aytib beradi. Amir unga to‘rt yuz dinor berib yuboradi. Shunday qilib, muborak go‘dak Robi’aga Allohning o‘zi rizq yetkazdi.

Go‘daklik vaqtidanoq Robi’ada zukkolik alomatlari ko‘rina boshladi, aqli komilligi ham sezildi. Otalari taqvodan ta’lim berdi. Robi’a Qur’onni to‘la yod oldilar. Halol va haromni bildilar. Bir kuni otalari taom olib kelganida Robi’a so‘radilar: «Bu taom halolmi yoki harom, otajon?» Ismoil kichik qizining bu so‘zlaridan ajablanib dedi: «Ey Robi’a, nima uchun bunday savol beryapsan? Harom bo‘lsa, nima qilasan?» Robi’a: «Yemayman. Oxiratdagi o‘tdan ko‘ra ochlikka sabr qilaman», deb javob berdilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:21:56
Tahajjud o‘qiydigan qiz

Robi’a bolalik vaqtlaridanoq ro‘za tutar, tahajjud namozini o‘qirdilar. Bir kuni kechasi hamma uxlaganidan keyin o‘rindan turib, qo‘lga Qur’on oldilar. Yosh, farishtasifat ovoz bilan o‘qidilar. Subh bo‘lgunicha namoz va Qur’on o‘qishdan tolmadilar. Hech kim ro‘za tutishlarini, tahajjud o‘qishlarini bilmasdi. Bir kuni otalari buni ko‘rib qoldi. Robi’a shunday duo qilardi: «Allohim, yulduzlarni yorug‘ qilding, ko‘zlarni uxlatding, podshohlarning eshigini berkitding, bu turgan maqomim Sening qo‘l ostingdadir. Allohim, biror hayvonning ovozini eshitishni istamadim, daraxtlarning shivirlashini ham eshitmadim, suvlarning shildirashini, qushlarning sayrashini ham tinglamadim. Lekin Sening yakkaligingni ko‘rib, bunga shohid bo‘ldim! Hech narsa Senga o‘xshamaydi, Sayyidim! Xilvatda Senga yaqinlashuvchilar yaqinlashyaptilar, suvdagi nahanglar ham azamatingga tasbeh aytishyapti. To‘lqinlar Sening muqaddas jalolingga mavj uradi. Tun qorong‘usi ham, kunduzning yorug‘ligi ham Senga tasbeh aytyapti, falakdagi sayyoralaring ham Senga tasbeh aytyapti, yaratgan dengizlaring ham, nur taratib turgan oying ham, yulduzlaring ham - hamma, hamma narsa Sening huzuringda o‘lchangan, Sen albatta Qahhor va buyuk Zotsan!»
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:22:18
Yetim qiz

Robi’a hali balog‘atga yetmasidan otasi vafot etdi, oz vaqtdan so‘ng onasi ham olamdan o‘tdi. Ayni o‘smir vaqtlarida yetim bo‘lib qoldi. Robi’a opasi bilan rizq qidirib ketishdi. Rizq izlab yurganida opasini yo‘qotib qo‘ydi. Oxiri o‘g‘rilarning qo‘liga tushib qoldi. Ular Robi’ani baxil, qalbi qattiq Bag‘doddagi savdogarga sotib yuborishdi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:22:31
Qullikdagi xo‘rliklar

Robi’a bir qancha vaqt cho‘ri bo‘lib yashadi. Azobli kunlarni boshidan kechirdi. Sayyidlarning nihoyatda xulqi buzuq, tili achchiq edi. Shunday bo‘lsa ham, Robi’a kechasidagi namozlarini tark etmasdi. Bir kuni xo‘jayin urdi, bilaklari sindi. Tungi namoziga turganida duo qildi: «Allohim, bilagimning alamiga, yetimligimga sabr qilaman, faqat Sen mendan rozi bo‘lsang bo‘ldi!» Kunlarning birida Robi’a yana kechasi ibodat qilib, duo aytib o‘tirgandi, xo‘jayin turib qoldi. Robi’a sajdaga boshini qo‘yib: «Allohim, qalbim Senga qanday intilayotganini bilasan! Senga ibodat qilishni sevaman! Sening xizmatingda bo‘lishgina ko‘zimning nuridir! Bu ish mening qo‘limda bo‘lganida edi, bir lahza ham Senga munojot qilishdan to‘xtamasdim. Lekin qalbi qattiq bandangning qo‘liga tashlab qo‘yding!» deb nola qildi. Bu so‘zlarni eshitgan xo‘jasi qalbiga qo‘rquv kirdi va: «Ey Robi’a, senga hurlikni hadya qildim! Xohlasang, shu yerda qol, biz sening xizmatingni qilaylik! Xohlamasang, istagan yeringga ketishing mumkin», dedi. Shunday qilib, Robi’a Allohga nola qilib cho‘rilikning og‘ir mashaqqatlaridan qutildilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:22:57
Allohga berilish

Robi’a Allohga berilib, dunyodan uzildilar va ko‘p zikr qila boshladilar. Ulamolar o‘rtasida nomlari mashhur bo‘ldi. Iroqning o‘sha asrdagi katta olimlari majlislariga kela boshlashdi. Sufyon Savriy, Shaqiq Balxiy, Molik ibn Dinor va boshqalar Robi’a bilan ilm muzokaralarini qilardilar. Bir kuni «sidq» to‘g‘risida suhbatlashishdi. Sufyon dedilar: «Allohning balolariga sabr qilmasa, banda sodiqman, deb da’vo qilolmaydi». Robi’a dedilar: «Bu so‘zingiz g‘urur, kibrdan!» Shaqiq dedilar: «Allohning balolariga shukr qilmasa, u sodiqmas!» Robi’a dedilar: «Bu so‘zingiz yaxshiroq!» Molik ibn Dinor dedilar: «Allohning balolaridan lazzat olmasa, u sodiqmas!» Robi’a dedilar: «Bu hammaning so‘zidan afzalroq!» Ular dedilar: «Ey Robi’a, sen ham bir so‘z aytgin!» Robi’a dedilar: «Allohning balosi kelsa, u banda sezmasa, sodiq bo‘loladi!»
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:23:13
Zuhdi taqvo yo‘lida

Turmush qursalar, erning mas’uliyati ko‘pligini Robi’a yaxshi bilardilar. Erga jonni fido qilish kerak! Bu mas’uliyat esa Alloh taologa mashg‘ul bo‘lishdan to‘sadi. Robi’aga ko‘p sovchilar keldi. Ulardan biri Muhammad ibn Sulaymon Hoshimiy edi. Uning yerlari, tijoratlari bor edi. Har kuni 80 ming dirham foyda topardi. U Robi’aga uylanish istagini bildirib, xat yozdi. Robi’a ham o‘z navbatida javob maktubini yozdilar: «Albatta zuhdi taqvo dunyoda badanning rohati! Bunday odam o‘ychan, g‘amgin bo‘ladi. Ishimni osonlashtir va oxirating uchun tayyorgarlik ko‘r! Nafsingga nasihat qil! Boshqalarning vasiyatidan ko‘ra, o‘zing nafsingga vasiyat qil! Mollaringni merosxo‘rlar taqsim qilib olsinlar. Hayotingning oxirigacha ro‘za tut! O’lim sening iftoring bo‘lsin! Alloh taoloning quliman! Sen kabi bo‘lganimda men ham Alloh taoloni zikr qilmasdim. Zikr qilishim - ko‘zimning qorasi!..»

Robi’aga Abdulvohid ibn Yazid ham sovchi qo‘ydi. Solihlar o‘rtaga tushdilar. Abdulvohid Robi’aning huzuriga kirganida Robi’a: «Ey shahvoniy, o‘zingga o‘xshagan shahvoniyyani qidirgin», dedilar. Hamma erga tekkin, deb zo‘rlaganida Robi’a dedilar: «Ey singillarim, mening rohatim xilvatda, mening suyukligim huzurida, Undan boshqaga alishtirolmayman! Unga qilgan ibodatlarim - mehnatim! Xuddi men Uninghusnini ko‘rgandekman, U mening mehrobim va qiblamdir!»
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:23:47
Ilm dargohi

Robi’aning uylari ilm dargohi, ulamolarning muzokara qiladigan joyi, zohidlar jamlanadigan maskan bo‘lardi. Hammalari bir bo‘lib Robi’adan qalbni ochadigan, hikmatli gaplarni so‘zlab berishlarini iltimos qilishardi. Ba’zi ulamolar Robi’aning oldilarida o‘tirib, dunyoni yomonlashardi. Robi’a derdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Kim bir narsani yaxshi ko‘rsa, uni ko‘p zikr qiladi», deganlar. Dunyoni ko‘p eslagan kishining qalbi o‘lgan bo‘ladi. Dunyoga sizlar cho‘kib ketgansizlar».

Rabohul Qaysiy degan kishi ham dunyoni zikr qilib, keyin yomonladi. «Men sizlarni ko‘ryapmanki, dunyo qalblaringning to‘rt tomonini egallagan!» dedilar Robi’a. Ular so‘rashdi: «Siz qaerdan bilasiz?» Robi’a dedilar: «Qalblaringga yaqin bo‘lib turgan narsani ko‘p gapirasizlar».
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:24:06
Sufyon Savriy birodarlariga aytdilar: «Yuringlar, Robi’aning huzuriga». Kirib duo qildilar: «Allohim, Sendan salomatlik so‘raymiz». Robi’a yig‘lab yubordilar. «Nega yig‘layapsan, Robi’a?». «Sizlar mening yig‘lashimga sabab bo‘ldilaringiz. Bilasizlarmi, salomatlik dunyoni tark qilgandagina bo‘ladi. Lekin sizlar uning ichiga kirib ketgansizlar».

Sufyon bir kuni Robi’aning oldilarida turganlarida «Voy, qayg‘ularim!» debdilar. Robi’a dedilar: «Yolg‘on gapirmang! Voy, ozgina qayg‘uligim, deng! Agar haqiqatda xafa bo‘lsangiz, dunyodan rohatlanmasdingiz!»

Bir ayol Robi’aga dedi: «Men seni, ey Robi’a, Alloh yo‘lida yaxshi ko‘raman». Robi’a dedilar: «Osiylik qilma! Allohga itoat et!» U ayol so‘radi: «Ibodat qilayotganda Allohni ko‘rasizmi?» Robi’a dedilar: «Agar men Uni ko‘rmaganimda ibodat qilmasdim. Rasululloh (s.a.v.): «Allohni ko‘rib turgandek ibodat qil», deganlar».
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:24:20
Zohida

Robi’a har kimning rizqini Alloh azaldan taqsim qilganini yaxshi bilardi. Rizq albatta insonga yetib turadi. Robi’a insonlarning qo‘lidagi narsadan taqvo qilardilar, ta’ma qilmasdilar. Shuning uchun ular Robi’ani yaxshi ko‘rardilar. Basraning amiri unga juda ko‘p mol yubordi va o‘zi kelib Robi’aga dedi: «Bu mollarni hayoting davomida o‘zingga ishlat!» Robi’a bu so‘zdan ko‘p yig‘ladilar va boshlarini samoga qaratib dedilar: «Allohdan dunyoning narsasini so‘rashga uyalaman, chunki U menga azaldan taqsimlab qo‘ygan! Men qanday qilib boshqa odamning mulkini olay, menga taqsim qilinmaganini qanday olay?! Meningholim buncha yomon bo‘ldi, shumi Islom?!»
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:24:51
Zokira

Har kecha Robi’a namoz o‘qirdilar. Bir kuni subhga yaqin bir oz ko‘zlari ilinib qoldi. O’rnilardan turib o‘z-o‘zlariga dedilar: «Ey nafsim, qancha uxlading?! Kechasi qancha qoim bo‘lding?!»

Qirq yil Robi’a kechasi bedor bo‘lib namoz o‘qidilar. Bir tahorat bilan xufton va bomdod namozini ado etdilar. Allohdan uyalganlaridan boshlarini hech samoga ko‘tarmadilar. Doim o‘zlariga der edilar: «Tavbamiz tavbaga muhtoj!»
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:25:07
Oxirgi yo‘l

Robi’a uzoq umr ko‘rib, saksongacha yashadilar. . .

O’lim onlari yaqinlashganda oldilarida xizmat qilib yurgan ayolga dedilar: «Mening o‘limimdan xafa bo‘lmagin. Hech kimga xabar bermagin. Egnimdan ko‘p ibodat qilgan shu ko‘ylagim va jundan bo‘lgan ro‘molim bilan kafanlagin. Qiyomat kuni uchun savobim mukammal bo‘lsin!»

Robi’a hijriy 185 yilda 80 yoshlarida Iroqda vafot etdilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:25:41
ZAYNAB BINTI ALI
 Payg‘ambar uylarida


Zaynab binti Ali ibn Abu Tolib (r.a.) hijratning oltinchi yili tug‘ildilar. Bu yili Rasululloh (s.a.v.) mushriklar bilan Hudaybiyya sulhini tuzdilar. Onalari Fotima onamiz Rasululloh (s.a.v.)ning qizlaridir. Akalari Hasan va Husayndan keyin tug‘ilganlar. Zaynab saodat asrida yashadilar. Bobolari Rasululloh (s.a.v.) Arab jarizasiga Islomni yoydilar. Otalari Ali ilm va taqvo sohibidirlar. Zaynab shunday oilada yashadilar.

Qur’onni to‘la yodlab, bobolari Rasululloh (s.a.v.)dan ba’zi hadislarni yodladilar. Ayrim ilmlarni, fiqhni sahobalardan o‘rgandilar. Yoshlari yetganda Rasululloh (s.a.v.)ning vafotlarini eshitdilar. Payg‘ambarimiz vafotlaridan eng avval xafa bo‘lgan qizcha hazrat Alining qizlari Zaynabdir!
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:26:09
Yolg‘iz qiz

Zaynab onalari - Fotimaning otalari Rasululloh (s.a.v.) vafotlaridan keyin qattiq kuyunib yig‘laganlarini ko‘rdilar. Olti oydan keyin Fotima ham vafot etdilar. Zaynab onalarining vafotlaridan ko‘p mahzun bo‘lib, otalari Aliga suyanib qoldilar. Zaynab onalarining qabrlariga otalari bilan birga bordilar. Hazrati Ali yig‘lab shunday duo qildilar: «Assalomu alayka, yo Rasululloh. Yoningizga qizingizni ham olib keldim. Siz bilan uchrashadigan kun yaqin! Yo Rasululloh, bu musibatlarga sabrim qolmadi... Inna lillahi va inna ilayhi roji’un».

Zaynab (r.a.) onalari Fotima (r.a.)ning to‘shakda akalariga qilayotgan vasiyatlarini eshitgandilar...

Zaynab akalari Hasan va Husaynning g‘amxo‘rliklari soyasi ostida balog‘at yoshiga yetdilar. Qurayshlik otalariga amakining o‘g‘li bo‘lishi Qurayshlik Abdulloh ibn Ja’farga turmushga chiqdilar...

Abdulloh ibn Ja’far hazrat Alining eng yaqinlaridan edi. Hech qachon talablarini qaytarmasdi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:26:43
Fitna

Zaynab islomiy davlat soyasida yashadilar. Abu Bakr, Umar, Usmon va otalari Ali (r. anhum) xalifalik qilgan davrlarni ko‘rdilar. Musulmonlar orasida fitna boshlanganining ham shohidi bo‘ldilar. Jamal kuni otalari Ali, Zubayr, Talhaga (r. anhum) fitna bo‘lganini ko‘rdilar. Siffin kuni otalari va Muoviyaga fitna bo‘lganini ko‘rdilar. Hazrat Ali (r.a.) Siffin fitnasidan qutilib Qurbon hayitiga yetib keldilar. Xavorijlar fitnasiga yo‘liqdilar. Fitnalar mavjida Zaynab ham bor edilar. 40 hijriy 19-ramazonning juma kechasi edi. Hazrat Ali Kufaning katta masjidiga bomdod namozini o‘qish uchun chiqdilar. Masjid yo‘lida hazrat Aliga Ibn Muljam hujum qildi. U qilichi bilan burnilari ustiga urdi. Hazrat Ali uyda ikki kun yotdilar, ramazonning 21-kuni vafot etdilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:27:19
Karbalo kunlari

Zaynab (r.a.) akalari Husayn (r.a.) bilan Kufaga ketdilar. U yerda Karbalo kunlarining shohidi bo‘lib, og‘ir, alamli kunlarni boshlaridan kechirdilar. Hijratning 61 yili muharram oyida Ashuro kuni akalari Husayn (r.a.), Ubaydulloh ibn Ziyod bilan Kufaga bordilar. Kechasi akalari dedi: «Ey Zaynab, men Rasulullohni tushimda ko‘rdim. «Sen biz tomonga kel!» dedilar». Zaynab bu so‘zlarni eshitib iztiroblandilar, yig‘ladilar. Husayn (r.a.) dedilar: «Yig‘lama, Alloh senga rahm qilsin. Ko‘z yoshlaringni artgin». «Qanday yig‘lamay?! Onam Fotima, otam Ali, akam Hasan vafot etishgan bo‘lsa!» Husayn (r.a.) rahm-shafqat bilan singillariga qaradilar: «Ey singlim, shayton vasvasasiga uchmagin!»

Zaynab dedilar: «Ota-onam, nafsim sizga fido bo‘lsin, ey akajon!» Husayn aytdilar: «Ey singlim, Allohdan qo‘rq! Bilki, yer yuzida hamma o‘ladi. Osmon ahllari ham abadiy qolmaydilar. Har bir narsa halok bo‘ladi. Faqat yolg‘iz Alloh boqiy qoladi. U shunday Zotki, yerni qudrati bilan yaratdi. O’z qudrati bilan xaloyiqni yana tiriltiradi. U yagona Zotdir. Otam mendan yaxshi edilar, onam mendan yaxshi edilar, akam mendan yaxshi edilar. Men va ular Rasululloh bilan bir oila edik!»

Shu so‘zlardan bir soat keyin Husayn (r.a.) ikki o‘g‘illari Muhammad va Avn bilan birga shahid bo‘ldilar. Ular Ahli baytning oxirlari edi. Zaynab (r.a.) shahidlarga qarab ko‘p yig‘ladilar, qalblari alam va xafalikka to‘ldi. Shahidlarni Kufadagi Ibn Zayyodning (Sayyodning) qasriga olib ketishdi...
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:27:45
Nafisa binti Hasan

Obida, zohida, qanoat, taqvo va iymon sohibasidirlar. Nafisa ilmning shaydosi bo‘ldilar. Olimlar fiqh va hadisni bu ayoldan o‘rgandilar. U ilm va ma’rifat sohibasi bo‘lib xalqqa tanildi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:27:59
Nafisaning tug‘ilishi va ulg‘ayishi

Rabi’ul avval oyining o‘n birinchi kuni chorshanbada, hijratning 145 hijriy yilida Makkai Mukarramada Hasan ibn Zayd ibn Abu Tolibning oilasiga yana bir jajji qizcha qo‘shildi. Hasan Masjidul-Haramda talabalarga dars o‘rgatayotgan, Qur’on o‘qitayotgan edi. Fiqhiy masalalarda bahs ketayotgandi. Joriya shoshilib kelib qizcha tug‘ilganining xabarini berdi. Hasan bu qizchani bergani uchun Rabbisiga shukrlar qildi. Joriyasiga suyunchi berdi va: «Ahli baytimga aytgin, ismini Nafisa qo‘yishsin!» dedi. Qizchaning ismi Nafisa bo‘ldi!

Hasan Nafisa tug‘ilganidan keyin amirul-mo‘minin Abu Ja’far Mansurning oldiga bordi. U bir necha kishilar bilan o‘tirgandi. Hasanning qizchali bo‘lganini eshitdi. Unga hadyalar va maktub berdi. Hasan amiral-mo‘mininning xatini o‘qib yig‘ladi, so‘ngra atrofidagilarga dedi: «Men Madinai Munavvaraga voliy etib tayinlandim. Xalifa buni menga ixtiyor etdilar. Agar bu amirlik Alloh tarafidan ne’mat bo‘lsa, bu qizcha (ya’ni, Nafisa) bashorat bo‘lgay. Agar bu amirlik bizga karomat (ulug‘lik) bo‘lsa, bu chaqaloq uning elchisi bo‘lgay».
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:28:32
Madinai Munavvarada

Hasan ibn Zayd yangi mansab vazifasini ado etish uchun uy ahli bilan Madinaga ko‘chib o‘tdi. Bu muborak karvon - Madina amiri Hasan ibn Zaydning karvoni Rasulullohning Madinalariga ketdi. U yerga yetib borishlari bilan Masjidi Nabaviyga kirishdi. So‘ng Rasulullohning qabrlariga ro‘baro‘ bo‘lishdi. Hasan ibn Zayd: «Assalomu alayka, yo Rasululloh, assalomu alayka, yo Habibulloh. Mana bular sizning zurriyotlaringiz va nabiralaringiz. Sizga qo‘shni bo‘lib tushishdi va o‘zlarini qiynagan g‘am-anduhlarini sizga yoygani kelishdi. Biz sizning hovlingizga mehmon bo‘lib keldik. Eshigingiz oldida turgan holimizda kitobingizni mahkam ushlab, fazilatlaringiz va odoblaringizga ergashgan holda keldik. Sizning nurlaringiz bizni o‘rab olsin. Sizning sirlaringiz bizni qamrab olsin. Sizning qo‘shnichiligingiz bizga muborak bo‘lsin.

Yo Rasululloh, bu mening qizim Nafisa. Men uni chin qalbimdan yaxshi ko‘raman, o‘z jonimdan ortiq ko‘raman va undan juda ham roziman. Sizning nafsingiz uni o‘rab olsin. Sizning qo‘lingizdan bo‘lgan barakot nasib bo‘lsin. Diningiz soyasida ulg‘ayishi uchun Allohning inoyati uni saqlasin. Kitobingiz yo‘lida yursin va pok bo‘lgan sunnatingizga ergashsin», dedi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:29:33
Muborak go‘dak

Hasan ibn Zayd Madinada voliylik qilar ekan, adolat bayrog‘ini tikladi, chor atrofga haqiqatni, tinchlikni yoydi. Har kuni Payg‘ambar masjidlarida namozi subhni o‘qirdi. Bir kuni yana namoz uchun chiqdi. Namozdan so‘ng musulmonlarga yuzlanib aytdi: «Allohga qasam, bugun kechasi tushimda Payg‘ambarimizni ko‘rdim. Tashrifim bilan tabrik etdilar va menga: «Men sening qizing Nafisadan roziman sen undan rozi bo‘lganing uchun va Haq subhanahu ham rozi men undan rozi bo‘lganim uchun», dedilar».

Nafisa nihoyatda chiroyli hayot boshladilar. Ulamolar va qorilar majlislarida o‘tirar edilar. Ularning ilmidan yod oldilar, foydalandilar. Qur’onning hammasini hifz etdilar. Solihlarning tarixi va sunnatlarni o‘rgandilar. O’sha vaqtda yosh edilar. Doim otalari bilan birga edilar. Otalaridan chiroyli xulq va o‘tkir ilm oldilar. Namoz o‘qishni yaxshi ko‘rib qoldilar va doim duo qilardilar: «Parvardigoro, meni Sening zikringdan chalg‘itadigan narsalardan qutqargin va O’zingga yaqinlashtiradigan hamma narsani mahbub qil, toating yo‘lini oson qil va meni O’zingga do‘st bo‘lganlarning jumlasidan et. Shuning uchunki, albatta Sengina qiyinchiliklarda, musibatlarda yagona orzu qilingan Zotdirsan».
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:29:45
Ilm Nafisasi

Nafisa Madinai Munavvarada yashab, balog‘atga yetdilar. Amakilarining o‘g‘li Ishoq ibn Mu’taman binni Ja’far ibn Sodiq Nafisani o‘z nikohiga so‘radi. Ishoq ibn Mu’taman ahli saloh, ahli din edi. U Rasululloh (s.a.v.)ga juda o‘xshash edi. Mana shu xislatlari Hasan ibn Zaydni qizini unga berishga undadi.

Rivoyat qilinishicha, Hasan ibn Zayd o‘z bola-chaqalarini yig‘ib dedi: «Bugun kechasi bobom Rasulullohni chiroyli suratda va chiroyli hay’atda tush ko‘rdim. Menga salom berib: «Ey Hasan, qizing Nafisani Ishoq ibn Mu’tamanga turmushga ber», dedilar».

Bu muborak nikoh rajab oyining birinchi juma kunida, hijriy 161 yilda sobit bo‘ldi. Nafisa undan ikki farzand ko‘rdilar: Ishoq va Ummu Gulsum.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:30:03
Makkaga qaytish

Tuhmatchi Ibn Abize’b xalifa Abu Ja’far Mansur oldiga borib, Hasan ibn Zayd xalifalikka erishish uchun orqadan ish ko‘ryapti, deb aytdi. Xalifa Hasanni ushlashni va Madina hokimligidan tushirib, qamoqqa mahkum etishini buyurdi. Mol-mulkini musodara qildirdi. Hasanning oilasi Makkaga ko‘chishga qaror qildi. Nafisa bobolari bilan vidolashish uchun Masjidi Nabaviyyaga kirdilar va ravzai muborakda namoz o‘qidilar. Namozdan so‘ng Payg‘ambar qabrlari oldida turib dedilar: «Salom sizga, ey ulug‘ bobo! Hamma odamlarga Allohning rasuli bo‘lmish - Sizga salom olamlarga rahmat bo‘lib kelgan zot, salom sizga, ey Qur’on egasi, salom sizga, ey butlarni sindirgan zot, salom sizga, ey Rahmonning habibi, haqqoniy Podshohga bizni shafoat qilguvchi zot, salom sizga, ey me’roj egasi, g‘orda yashagan va hamd bayrog‘ining egasi, qiyomatda, Allohga ro‘baro‘ bo‘ladigan. Havzidan sug‘oruvchi zot, sizga salom, sizni tashlab ketayotgan nabirangizdan salom. Sizni yaxshi ko‘ruvchi, sizning yaqinligingizni yaxshi ko‘ruvchi, sizga qo‘shnichilikni yaxshi ko‘ruvchi, sizning odoblaringizni mahkam ushlovchi nabirangizdan salom, to qiyomatda ko‘rishguncha!»
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:30:41
Misrga yo‘l

Misr ahli Nafisa va oilasiga yetgan musibatlarni bilishdi. Nafisadan Misrni ziyorat qilib kelishlarini so‘radilar. Nafisa aytdilar: «Inshaalloh, shaharlaringizga borgayman. Alloh albatta Misrni maqtab qo‘ygan va bobom Misr ahliga yaxshilik qilishni nasihat qildilar. «Agar Misrni fath etsangiz, uning ahliga yaxshilik qilinglar», deganlar.

193 hijriy sanada Makkada ahvol qiyinlashib, fitnalar ko‘payganidan keyin Nafisa Misrga ko‘chishni qaror qildilar va Makka ahliga qarab vidolashdilar: «vido sizga, yo Payg‘ambar o‘g‘illari va Rasululloh sulolasi, vido sizga , ey Qur’on ahli va din homiylari, vido sizga, ey vahiy tushgan joylar, vido sizga, ey qochqinda yurgan g‘ariblar, vido sizga, ey surgunda yurgan mazlumlar, vido sizga, ey hikmatning chashmalari. Sizlar uni taqsimladingizlar. Ey sultonning dushmanlari, siz uning xatosini topdingiz, vido sizga bizning qalblarimizdan. Siz bilan Alloh huzurida uchrashguncha alvido! U kunki, har nafs, har jon qilgan ishi bilan mukofot olgay!»

Muborak karvon Misr tomon yo‘l oldi. Ularni - Nafisa, onalari va erlarini Misr ahli marhabo, deb kutib olishdi. Misr a’yonlaridan Ibn Jassos hovlisidan joy berdi. Bu hovli Fustot shahrida joylashgandi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:30:57
Ulamolarning yo‘qlashi

Ulamolar ilm talabida Nafisaning oldilariga kelib turishardi. Nafisa parda ortidan kutib olar edilar. Moliki ilmlardan Abdulloh ibn Abdulhakam, Abu Said, Saxnun ibn Said Nafisaning ziyoratlariga kelardilar. Imom Shofe’ ashoblaridan Rabi ibn Sulaymon ham bu uyga ilm izlab keldi. Imom Shofe’ning o‘zlari ham Misrga kelganlarida Nafisaning ziyoratlariga ishtiyoq qildilar. Nafisa u zotni kutib oldilar. Fiqhda, hadisda va usuli ibodatda muzokara qildilar. Nafisa u zotdan Nafisaning masjidlarida tarovih namozida imom bo‘lishlarini so‘radilar. Masjidlari uzoq muddatlarda namozxon va tolibi ilmlar bilan obod edi. Imom Shofe’ rozi bo‘ldilar.

Vaqtiki, Imom Shofe’ o‘lim to‘shagida yotganlarida Nafisaga odam yuborib duo qilishlarini so‘radilar. Kelgan odamga Nafisa shu duoni yetkazdirishni aytdilar: «Alloh sizni O’zining nuri jamoliga nazar solmoqlikka muyassar aylasin». Imom o‘z ajallari yaqinlashganini bildilar va aytdilar: «Menga Nafisa ham janoza o‘qisin!» Ozgina kundan keyin u zot vafot etdilar va erkaklar janoza o‘qishganidan keyin Nafisa ham vasiyatni ado etdilar.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:31:47
Obida

Nafisa Qur’on va tafsirlarni ko‘p o‘qirdilar. Namozda yig‘lardilar, ro‘za tutardilar. Ro‘za va namozdan toliqmas edilar. Akalari Yahyoning qizi aytadi: «Ammamning qirq yil xizmatlarini qildim, biror kecha uxlaganlarini ko‘rmadim, biror kun og‘izlarini ochiq holda ko‘radim. Hayitlarda, tashriq kunlarida ro‘za tutmas edilar xolos. U kishiga: «Joningizga rahm qilmaysizmi?» dedim. «Qanday rahm qilay, oldimda sinovlar, mashaqqatlar turibdi. Faqat zafar topguvchilar bu mashaqqatlardan qutula oladi», dedilar. Bir kuni erlari: «Nafsingizga orom bering», dedilar. «Kimki Alloh bilan qoim bo‘lsa, har bir ish Alloh qo‘lidadir. Allohning toatida najot bordir, saodat yo‘lida tikondan qutulishga iloj yo‘q. Agar kimki tikondan qo‘rqmay bosib o‘tsa, manzilga yetar», dedilar».

Nafisa ko‘p haj qilar edilar. Rivoyatlarda aytishlaricha 30 marta haj qilganlar. Zaynab binti Yahyodan so‘raldi: «Ammangiz har kuni nima yer edilar?» «Har uch kunda bir marta yemish yer edilar. U kishining joynamozlari tepasi tomonida savat (xalta) osilgan turardi. Qachon yeyishni xohlasalar, shunda bor narsadan olib yerdilar. Erlaridan boshqa joydan topilgan narsadan yemas edilar yoki shu savatda Alloh nimani paydo qilgan bo‘lsa, shuni yer edilar», dedi.

Nafisa aytdilar: «Allohga hamdlar bo‘lsinki, Maryam binti Imronga yuborgan nasibadan bizga ham iroda etdi». Qur’onda Alloh taolo aytdi: «Bas, Parvardigori uni (Maryamni) xush qabul aylab, chiroyli parvarish etdi va unga Zakariyoni kafil qildi. Har qachon Zakariyo (Maryamning) oldiga - hujraga kirganida uning huzurida bir rizq-nasiba ko‘rdi. U: «Ey Maryam, bu narsalar senga qayoqdan keldi?» deb so‘raganida (Maryam) javob qildi: «Bular Alloh huzuridandir. Albatta Alloh O’zi istagan kishilarga behisob rizq berur» (Oli Imron surasi, 37-oyat).
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:32:04
Yo‘qolgan mato

Misrda bir kampir yashardi. Uning to‘rtta yetim qizi bor edi. Qizlari mato to‘qishardi. Kampir har haftada bir marta matoni sotib kelib, pulini yer edi. Bir kuni kampir to‘qilgan matoni sotish uchun bozorga olib ketdi. Yo‘lda bir qush uchib kelib uning boshidan matoni olib ketdi. Kampir xafa bo‘lib yig‘lashni boshladi: «Qanday qilaman, bu yetimlarga endi ovqat ham yo‘q, boshqa taom ham». Odamlar kampirning yig‘isini eshitib: «Nafisaga borgin, mushkuling oson bo‘lishi uchun duo qilgay», dedilar.

Kampir Nafisaning huzurlariga borib bo‘lgan voqeani so‘zlab berdi va duo qilishlarini so‘radi. Nafisa duo qila boshladilar: «Ey O’zi oliy, ham qahr qilishlikka qodir Zot, O’zi xo‘jayin, taqdir qilishlikka qodir Zot, mana bu cho‘ringning singan narsasini tuzatib qo‘ygin, mushkulini oson qilgin». Nafisa duoni tamomlab kampirga: «O’tirib turing, albatta Alloh taolo har bir ishga qodirdir», dedilar. Ozgina vaqt o‘tib, Nafisaning uylariga bir jamoa keldi va dedilar: «Biz tijorat ahlimiz. Bizda qiziq ish bo‘ldi, Misrga tijorat qilish uchun kelishimizda kemaga mindik. Yaqin qolganda kemaning bir yog‘ochi sinib qoldi va suv kira boshladi. Yog‘ochning o‘rniga har narsani to‘ssak ham, to‘xtamadi. arq bo‘lishdan qo‘rqib Allohga iltijo qildik. Duo tamom bo‘lishi bilan bir qush uchib kelib bir to‘plam to‘qilgan matoni tashladi. Shu mato bilan teshikni to‘sdik. Allohning izni bilan suv to‘xtadi. Salomat qolganimizning shukronasiga 500 dirham kumush tanga atadik».

Shunda Nafisa Allohga munojot qilib dedilar: «Ilohi, buncha ham mehribonsan va rahmlisan bandalaringga!» So‘ngra kampirdan so‘radilar: «Qizlaringiz to‘qigan matoni qanchaga sotar edingiz?» «Yigirma tangaga», dedi kampir. Nafisa aytdilar: «Bashorat shuki, Alloh subhanahu va taolo har bir tangangizga 25 tanga qaytaribdi».
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:32:46
Allohning huzurida

Misrda yetti yil turganlaridan keyin Nafisa xasta bo‘ldilar. Sabr qilib, rozi bo‘ldilar va aytdilar: «Mo‘minning sabri uning qalbidagi iymonining miqdoriga binoan bo‘ladi. Sabr qilguvchining kifoyasi Alloh u bilan birga bo‘lishidir. Allohning dargohida uning martabasi baland bo‘lishi uchun duch kelgan mashaqqatlarga bardosh berishligi mo‘minga lozimdir. Albatta Alloh mashaqqatning miqdoriga binoan ajr beradi va U kimni xohlasa, o‘zi ziyoda qilib ham qo‘yadi. Alloh bag‘ri keng, har bir narsani bilguvchi Zotdir».

Vaqtiki, erlari Ishoq u kishining boshlaridan kechirgan qiyinchiliklarini ko‘rib: «Yuring, Hijozga ketamiz», dedi. Nafisa aytdilar: «Yo‘q, bora olmayman, tushimda Rasulullohni ko‘rdim. Menga: «Misrdan ko‘chmang, siz shu yerda vafot etasiz», dedilar». Vaqtiki, Nafisa ajal nihoyasini his qildilar. Erlarini chaqirtirdilar. Ishoq u kishidan uzoqda edi. Nafisa o‘z hovlilarining sahnidan qabr qazdirgan edilar. Goho qabrga tushib namoz o‘qir edilar. Hatto u yerda 190 marta Qur’on o‘qiganlar. U kishi umrlarining oxirida ham ro‘za tutganlar. «Bo‘ldi qiling endi ro‘za tutishni», deyishdi. Ammo Nafisa ro‘za tutishda qattiq davom etdilar. Bu zot Allohning uchrashuviga qattiq shoshilar edilar. Atrofdagilarga dedilar: «Vo ajabo, o‘ttiz yildan beri Allohga ro‘za tutgan holda uchramoqni so‘rar edim. Endi ro‘zani tashlaymanmi, yo‘q, bo‘lmaydi?!» So‘ng An’om surasini o‘qishda davom etdilar. Shu oyatga kelganlarida jonlari uzildi: «Ular uchun Parvardigorlari huzurida doru-s-salom (tinchlik diyori ya’ni, jannat) bordir. Va qilib o‘tgan yaxshi amallari sababli Alloh ularning do‘stidir» (An’om surasi, 127-oyat).

Nafisa Misrda dafn etildilar, Bu zotning o‘limidan butun xalq g‘am chekdi, qattiq qayg‘uga botdi.
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:41:01
MUNDARIJA

Mo’mina ayollar ibrati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1739.msg80709#msg80709)
Ummu Ishoq - Naxuro qizlari Sora (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1739.msg80713#msg80713)
Ummu Ismoil - Hojar onamiz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1739.msg80731#msg80731)
Ayorxo binti Xonid - Musoning onalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1739.msg80749#msg80749)
Osiyo binti Mazohim - mo'mina malika (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1739.msg80764#msg80764)
Bilqis binti Sharohil - Yaman malikasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1739.msg80776#msg80776)
Maryam Imron qizi - Isoning onalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1739.msg80793#msg80793)
Asmo binti Abu Bakr (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1739.msg80813#msg80813)
Robia al-Adaviyya (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1739.msg80839#msg80839)
Zaynab binti Ali (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1739.msg80865#msg80865)
Nafisa binti Hasan (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1739.msg80873#msg80873)
Nom: Re: MO’MINALAR SILSILASI. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2007, 01:26:58
Mo'minalar silsilasi

(http://www.ziyouz.com/images/books/muminalar.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=72)

Muallif: Fotimaxon Sulaymon qori qizi

Hajmi: 141 Kb
Fayl tipi: PDF

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=72)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1739.0)