forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Laylo 19 Iyun 2006, 04:55:28

Nom: Poklikka yo'l
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 04:55:28
Muslimasubh:

Ibn Abbos rivoyat qiladiki, Payg’ambarimizning amakilarini o’ldirgan Vahshiy Payg’ambarimizga (s.a.v) Makkadan xat yozdi:"Men musulmon bo’lishni xohlayman, lekin sizga tushgan bu oyatlar meni qaytaryapti:"Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o’ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o’ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan bittasi)ni qilsa, uqubatga duchor bo’lur"(Furqon,68). Men oyatda aytilgan shartlarning uchchalasini ham qilganman, men tavba qilsam bo’ladimi?"
So’ngra bu oyat tushdi:
Magar kim tavba qilsa va imon keltirib, yaxshi amallar qilsa, bas, Alloh ana o’shalarning yomonlik-gunohlarini yaxshilik-savoblariga aylantirib qo’yur"(Furqon,70).
Payg’ambar (s.a.v.) shuni Vahshiyga yozdilar. Vahshiy:"Albatta, oyatda shart bor ekan. Bu shart amali solihdir,bilmaymanki, amali solihga qodir bo’lamanmi yoki yo’qmi?"-deb yozdi.So’ngra Allohning ushbu so’zi tushdi:"Albatta, Alloh o’ziga sherik qilinishini kechirmas, shundan boshqa gunohlarni o’zi xohlagan bandalar uchun kechirur"(Niso,48). Buni Vaxshiyga yozdilar. Vaxshiy javob qildiki:"Bu oyatda yana bir shart bor ekan, bilmaymanki, Alloh mening gunohlarimni kechiradimi yo’qmi?" Keyin Alloh bu oyatni tushirdi:"(Ey Muhammad), Mening o’z jonlariga jinoyat qilgan bandalarimga ayting:"Allohning rahmat va marhamatidan noumid bo’lmangiz. Albatta Alloh(O’zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag’firat qilur. Albatta Uning O’zigina Mag’firatli, Mehribondir"(Zumar,53). Buni Vaxshiyga yozdilar.Vaxshiy bu xatda shartni topmaganidan keyin Madinaga kelib musulmon bo’ldi.

Abu Lays as-Samarqandiyning "œTanbehul-g’ofiliyin"(G’aflatdan uyg’otish) kitobidan olindi.
Nom: Re: Poklikka yo'l
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 04:55:51
Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam bayon qildilar: "œAlloh mo‘minlar uchun hozirlagan rahmatini Allohga hamd aytmoqlari uchun, ularni o‘z rahmatidan ikromli qilib qo‘yganiga Allohga shukr etmoqliklari va solih amallar qilmoqliklari uchun tayyorlab qo‘ydi. Chunki kim Allohning rahmatidan umid etsa, u yaxshi amal qiladi va o‘sha rahmatga erishishga harakat qiladi. Chunki Alloh taolo aytdi:

"œAlloh rahmati chiroyli amal qiluvchilarga yaqindir" (A’rof, 56).
Yana:

"œBas, kimiki Parvardigoriga ro‘baro‘ bo‘lishidan umidvor bo‘lsa, u holda yaxshi amal qilsin" (Kahf, 110).
Yana:

"œRahmatim — mehribonligim esa hamma narsadan kengdir" (A’rof, 156), ya’ni har narsa uchun Allohning rahmatidan nasiba bor.

Ibn Abbos, Alloh u kishidan rozi bo‘lsin, aytadi: "œVaqtiki bu "œMening rahmatim hamma narsadan kengdir" oyati nozil bo‘lganida iblis alayhil la’na g‘ururlandi va aytdi: "œMen ham Allohning rahmatidan nasibadorman". Yahudlar va nasorolar ham g‘ururlandilar, aytdilar: "œBizlar yaratilgan maxluqlarning bittasimiz. Bizga Alloh rahmatidan nasiba bor".

Abullays Samarqandiyning "Tanbehul g'ofiliyn" kitobidan.
Nom: Re: Poklikka yo'l
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 04:56:05
Rasulloh salolohu alayhi vasallam namozdan so’ng:
"œAstag’furilloh" deb orqasidan :
"œAlohumma antas salam va minkas salam tabaroka ya zal jalali val ikrom"
Ma’nosi:
Allohim Salom Sensan va salom sendandir. Ey ulug’ va hurmatli zot, Sen barokatlisan" deb aytar edilar.
So’ngra:
"œSubhanollohi valhamdilullohi va la ilaha ilollohu vallohu akbar va la havla va la quvvata illa billahil Alliyil Aziym" deb so’ngra 33 martadan Subhanolloh , Alhamdilulloh va Allohu Akbar deganimizdan so’ng:
"œLa ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah lahul mulku lahul va lahul hamdu va huva a’la kulli sha’in qodiyr"
Ma’nosi:
Allohdan boshqa iloh yo’q.Uning jufti va sherigi yo’q. Mulk unikidir. Hamd unga hos. U har narsaga qodirdir"
Shunda 33martadan zikr qilinganda 33*3=99 va shu duo bilan 100 bo’lib . Har bir namozdan so’ng ushbu amalni qilgan inson oladigan savob haqida Rasulloh salolohu alayhi vasallam hazratlari :"Ey Abu Zarr, har namozdan so’ng 33marta Subhanolloh, Alhamdilulloh va Allohu Akbar deb zikr qilib , orqasidan La ilaha ilollohu duosini o’qisang, gunohlaring dengizning ko’pigi qadar ko’p bo’lsa ham Alloh avf etadi(InshaAlloh)"
Nom: Re: Poklikka yo'l
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 04:56:18
Abdulloh ibn Amr ibn al-Osdan rivoyat qilinadi. Rasulloh salolohu alayhi vasallam aytdilar:"Ikkita juda fazilatli amal borki, uni qilishda davom etganlar albatta jannatga kiradilar. Lekin bu amallarni qilgan inson juda kamdir. Bu amallarning birinchisi har namozdan so’ng 10 marta Subhonolloh, 10 marta Alhamdilulloh va 10 marta Allohu Akbar deb zikr qilish!Shunda 5 vaqt namozda 100 marta zikr qilingan bo’ladi. Bu zikr og’izdan 150 marta chiqadi, lekin tarozuda 1500 ta savob bo’ladi(Alloh taolo har doim 1ga-10,10ga-100, 100ga-1000 beruvchidir). Ikkinchi amal esa, yotishdan avval 33 marta Subhanolloh, 33 marta Alhamdilulloh va 34 marta Allohu Akbar deb zikr qilish. Bularning umumiy soni 100 bo’ladi, lekin tarozuda 1000 ta savob hisoblanadi. 1500ga 1000ni qo’shsak jami 2500ta savob bo’ladi,so’zlarida davom etib Rasulloh salolohu alayhi vasallam shunday dedilar,Sizlardan qaysi biringiz bir kunda 2500ta gunoh qiladi?"
Shunda sahobalardan biri so’radi:
-Ey, Rasulloh salolohu alayhi vasallam bunchalik ko’p savob oladigan amalni qanday qilib tark etamiz?
-Sizlar namoz o’qiyotgan vaqtda shayton kelib shuni esla, buni esla deb har narsani eslatadi. Yotayotgan vaqtingizda ham duo va zikrlarni o’qimasligingiz uchun uxlatib qo’yadi. Shunday qilib, bu savoblaridan mahrum bo’ladi".
Nom: Re: Poklikka yo'l
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 04:56:28
Rasulloh salolohu alayhi vasallam Muslim ibn Horis raziallohu anhuga shunday dedilar:
"œShom namozidan so’ng hech kim bilan gaplashmasdan turib 7 marta "œAllohim menga do’zahdan najot ber" deb ayt. Agar shu kecha o’lsang, do’zaxdan omonda bo’lasan. Bu duoni bomdod namozidan so’ng ham ayt. Agar shu kuni o’lsang , do’zaxdan omonda bo’lasan" (Abu Dovud)
Nom: Re: Poklikka yo'l
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 04:56:37
Yotog’iga yotishdan avval Fotiha va Ixlos surasini o’qigan o’limdan tashqari barcha yomonlikdan omonda bo’ladi
Nom: Re: Poklikka yo'l
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 04:56:47
Uxlashdan oldin "Ixlos", "Falaq" va "Nos" suralarini o'qib yotsangiz, maza qilib uxlaysiz, bezovta bo'lmaysiz. Shayton va jinlar sizdan uzoqda, farishtalar qanotida orom olasiz.
Nom: Re: Poklikka yo'l
Yuborildi: Munira xonim 19 Iyun 2006, 12:39:18
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuh.
Har safar Farz namozidan keyin "Oyatal kursiy"ni (Baqara surasi,255-oyat) o'qisangiz, Alloh qalbingizga shukronalik va sabrni solib qo'yadi, InshaAlloh.