ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: shoir 21 Oktyabr 2007, 19:44:50

Nom: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 19:44:50
QIRQ YOSH

Qirq yosh ham keldiyu qo‘limdan tutdi,
Borman na ertakda, na afsonada.
Qirq yilning naq yarmi yo‘llarda o‘tdi,
Yarmi esa o‘tdi bemorxonada.
Shu mo‘’jaz uyimda yonsin deb chiroq,
Ne aziz zotlarga yondoshdim gohi.
Birin aka dedim, birini o‘rtoq,
Ba’zan nom chiqardim: davron maddohi!
Kim alam chekmabdi umrida bir bor .
U meni anglamas, anglamas aslo!
Kim haqqa tashnadir, kim mehrga zor,
Men unga umrimni etgumdir fido.
Ming bora roziman ona yurtimdan,
Ko‘rdi u erkalik chog‘larimni ham.
Kimdir tosh otsa ham goho ortimdan,
Qoshimda bosh egdi kelib so‘nggi dam.
Qirq yillik umrimning eng avj pallasi
Kelajak kunlarga munglig‘ qarayman.
Ukajon, navbating yetdi chamasi,
Endi men saflarga qanday yarayman?!
Bir vaqtlar jo‘r bo‘lib o‘tli yoshlikka
Yurardim hech so‘nmas tilagim bilan.
Bugun-chi, dardlashib turibman yakka
Shu majruh, shu xasta yuragim bilan.
Afrosiyob kabi vayrondir dilim,
Cho‘ng larza yuz berdi unda nogahon.
Oh, faqat ko‘milib ketmasin yo‘lim,
Faqat o‘tib tursin ko‘chamdan zamon!
1981, Moskva

Abdulla Oripov
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: shoir 26 Oktyabr 2007, 15:13:00
HAYOT SABOQLARI

Ikki og‘a-ini yovlashdi bir kun,
Ikkovlon sig‘madi bitta makonga.
Nainki bir makon, tor bo‘ldi ochun,
Ketdi ikkisi ham ikki tomonga.

Oylar, yillar o‘tdi oradan qancha,
Axir bir-birlarin topdilar omon.
Titroq yelkalarga boshin qo‘ygancha
Ho‘ng-ho‘ng yig‘lashdilar go‘daklarsimon.

Xo‘sh, nima bo‘libdi, dersiz, albatta,
Kammi bu dunyoda ahil, noahil.
Lekin, nahot deyman, faqat kulfatda
Namoyon bo‘ladi muhabbat asl.

Anglamoq istayman bu holning sirin
Boqib atrofimga men gohi onlar.
Bunda ko‘rib tursa ular bir-birin
Balki yeb qo‘yardi allaqachonlar...
1991

Abdulla Oripov
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: shoir 26 Oktyabr 2007, 15:13:15
HAYOT HAQIQATI

Umrning yarmini o‘tdik amallab,
Qolgan yarmiga ham podshodir xudo.
Faqat ayriliqdan asragin, yo Rabb
Do‘stu yoronlardan qilmagin judo.

G‘animlar makrini o‘ylasang agar
Dunyodan yashamay ketgan yaxshiroq.
Ba’zan dil uyingni aylar munavvar
Yetti yot begona yoqqan bir chiroq.

Muhtoj bo‘lganingda silaydi boshing
O’zi muhtoj bo‘lgan tanti mardumlar.
O’lim tilaganda tirik safdoshing,
Hayotga qaytarar seni marhumlar.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Foniy 05 Dekabr 2007, 18:44:25
HAYOT
 
Qattiq hazil qilmagin hayot,
Qo‘y, kulmagin mening ustimdan.
Ko‘ngil dardi sirdoshimga yot,
Dushman afzal ekan do‘stimdan.

Asablarim dutor simimas,
Koptok emas, bu – mening qalbim.
Ro‘zg‘or ekan mustahkam qafas,
Dunyo yuzin ko‘rolmay qoldim.

Ko‘zim boqsa beg‘ubor, sokin
Sovuq nigoh tashlaysan unga.
Yurak haydar siqilib qonin,
To‘ldirarsan qaytadan xunga.

Bosh ko‘tarsam, yog‘dirarsan tosh,
Chog‘ qazirsan yurar yo‘limga.
Baxtsizlikka berdimu bardosh
Baxtni quvlab yetdim o‘limga.

Javlon Abdullo
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Muhammad Amin 06 Dekabr 2007, 17:54:57
BU FONIY DUNYO
Biz kelib ketuvchi to’garak jahon
Na boshi ma’lum na so’ngi ayon
Hech kimsa rostini aytib berolmas
Biz qaydan keldigu ketarmiz qayon

Keksa yosh hayotga har kimki yetar
Hammasi izma-iz birma-bir o’tar
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar

Kelmoq qo’lda bo’lsa kelmasdim bir dam
Ketmoq qo’lda bo’lsa ketmas edim ham
Juda soz bo’lardi bu g’amxonaga
Kelmasam, turmasam, kelib ketmasam.

Afsuski yigitchilik mavsumi bitdi
Ko’klam o’tib ketdi, qish kelib etdi
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi
Bilmadim qachonlar keldi-yu ketdi.

Umar Xayyom
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Muhammadali 13 Mart 2008, 20:01:01
ERKA KIYIK

Erka kiyik, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo'lib sahrolarga yetalasam,
Bu dunyoda birday g'arib men ham, sen ham,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Sening ko'zing qora, mening ko'zim qora,
Sening bag'ring yara, mening bag'rim yara,
Bu dunyoda sen bechora, men bechora!..
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Shamol emas, izing quvib yurdi kamon,
Sayyod mening kulbamni ham qildi vayron.
Sening joning , mening jonim — omonat jon,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Kel, yig'laymiz birgalashib yantoqlarga,
Sahrolarda qurimagan buloqlarga,
Ikkalamiz yaralganmiz qiynoqlarga,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Umrimizning barcha yo'li, so'qmog'i cho'g',
Cho'g'dan qo'rqma, beyuz qo'ygan qopqondan qo'rq.
Bu dunyoda senga do'st yo'q, menga do'st yo'q,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Soch oqardi, dildosh kutib ko'zim toldi,
Yuragimdan to'kilmay ne so'z qoldi,
Yo'l so'ngida, hech bo'lmasa o'lim oldi,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Ohihjon Madaliyev   ashullasi
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Muhammadali 13 Mart 2008, 20:03:05
KETAMAN
Abdulaziz Muborak she'ri


Ketaman
Bu yerdan bosh olib,
Majnunni siylagan sahroga.
Ketaman
Ko‘zimga yosh olib,
Yulduzlar vatani— samoga.

Bo‘lmasa,
Harsangga bog‘lanib,
Cho‘kaman tubi yo‘q ummonga
Yoki ko‘kkaptarga aylanib,
Uchaman Ko‘hi Qof tomonga.

Do‘st tutib tongdagi shabnamni,
So‘ng singib ketaman tuproqqa
Ketaman
Yig‘latib onamni,
«Borsa kelmas»dan ham yiroqqa.

Ketaman
Baribir ketaman,
Shu mening eng so‘nggi qarorim.
Suymasang suykalib netaman?!
Alvido!!!
Suyukli dildorim,
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Mas'ud 30 Oktyabr 2008, 15:21:33
Куз...
Қалбда қандайдир жимлик ўй сурар,
Мудраб қолгандайин ҳаёт севгиси...
Деразам ортидан уйимга қарар
Кўчада баргларнинг хазонрезгиси.
Қуёш узоқлашиб борар заминдан,
Учиб кетаётган қушлар сингари.
Кундуз қисқа бўлиб боради тундан
Дарахт либос ташлар кун ўтган сари.
Сойлар шарқирамай оқмоқдадирлар,
Тоғлар хоҳламайин кутади қорни...
Сариқликни кийган кўҳна адирлар,
Лолани соғиниб қўмсар баҳорни.
Тонг билан туш вақтни ажратиш қийин.
Хаёлим мисоли тўзғир ер-осмон.
Шамол олиб келган ғуборни кейин
Ёмғир ювиб кетар аллақай томон...
Лекин кетармикин бу билан ғашлик?
Кўнгил махзунликка бўлганми сургун?
Ахир ғаниматдир бебаҳо ёшлик,
Кетдик, қалб, истиқбол тарафга юргин!

Атрофни эгаллаб олгани етмай,
Дилга ҳам хазинлик келтирмоқда куз...


©
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 02:35:51
Erkinjon Iminov (ERKINJON) 

Hayot nogoh sinovga tortsa,
Baxtli-baxtsiz kunlar boshlansa.
Dardlaringdan ko`zin yoshlansa,
Mendek do`stingni eslarmikinsan?
Bir kun kelib amaling oshsa,
Amalinga hushtor do`stlaring oshsa,
Ularning davrasi o`ziga tortsa,
Mendek DO`STINGni eslarmikinsan?
Jondan aziz sevganing yoningda bo`lsa,
Shiringina farzanding jilmayib kulsa,
Ko`zlarning baxtingdan porlab tursa,
Mendek DO`STINGni eslarmikinsan?
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Mas'ud 16 May 2009, 17:55:22
Шамол... Қуюқ булут... Кўркам хиёбон,
Майсада ўтириб ўйга толаман.
Кўзимни бир зумга юмиб, ногаҳон,
Узоқ-узоқларга кетиб қоламан.

Неча йил ғам билан ҳамхона бўлдим,
Ичим тимдалади армон қанча вақÑ‚.
Ҳар баҳор ундим-у, гулламай сўлдим,
Эшигимни қоқиб ҳеч келмади бахт.

Шамолдек шиддат-ла умр ўтмоқда,
Бир зум тўхтатишга сира йўқ илож...
Билмам, эрта мени нелар кутмоқда,
Эй, тақдир ёзиғи, сирларингни оч!

Қуюқ булутларга айланган қалбим,
Маъносиз ўтмишдан бўлгандек мажруҳ.
Мавҳум дунёлардан тўйиб кетиб, жим,
Тубсизлик тубига кетиб қолар руҳ...

..Хорғин ўйларимдан чарчаб кетиб сўнг,
Кўзларимни очдим...
Ором топди жон.
Ажиб хисларимни аста уйғотиб,
Нажотдек туюлди яшил хиёбон...

Шамол... Қуюқ булут... Кўркам хиёбон...



Масъуд
16 май... Лондон
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: gul 18 May 2009, 06:01:12
HAYOT O'ZI SHUNAQA DO'STLAR,
GOH YIG'LATIB GOH KULDIRADI.
HAMMASIGA CHIDAY OLSAK BAS,
U XAMISHA  BAHT KELTIRADI !!!
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Fatima 08 Iyul 2009, 16:01:57
Kuz manzaralari

Abdulla Oripov


Yana dalalarga boshlaydi havas,
Bog`larda xazonlar yonadi lov-lov.
Do`stlarim, bu kuzning barglari emas,
Mening yuragimdan to`kilgan olov.

Shoxlarda mezonlar yaltirar xira,
Poyida shivirlar mening kuylarim.
Do`stlarim, bular ham mezonmas sira,
Bu mening chuvalgan so`ngsiz o`ylarim.

Quyosh ham falakda bamisli ro`yo
U endi yondirmas, yaltirar faqat.
Do`stlar, u ham endi quyoshmas aslo,
U olis yoshlikda qolgan muhabbat!
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Fatima 09 Iyul 2009, 11:08:08
KO’KLAMLARING

Hamid G`ulom


O’n sakkiz yosh - o‘n sakkiz ko‘klamlaring,
Gul hayotingda g‘animat damlaring.

O’n sakkiz yil - o‘n sakkiz chaqmoq misol,
Do‘stlaring, sirdoshlaring, hamdamlaring.

Ilk muhabbat nozli mehmoning bo‘lur,
Mahv etur ishqing gumonu g‘amlaring.

Kunduzi oftob yo‘lingda mash’aling,
Ko‘qda yulduzlar tuningda shamlaring.

Bir nafas tark etmagay tun-kechalar
Tushlaring, orzularing - o‘ktamlaring.

Dushmaning hijron bo‘lib qolgay mudom,
Do‘stlaring vasl - dardingga malhamlaring.

Sevgi ummoniga yuksaqdan otil!
Ishq - hayotingda g‘animat damlaring. 
 
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Mas'ud 19 Sentyabr 2009, 02:01:48
Тинчлик истамайди жонсарак қалбим,
Мудом эмас танда бир хил ҳарорат.
Хаёл тиним билмас, туролмайди жим,
Юрак ҳам тополмас тўзим-ҳаловат.

Кечиккан ёшликнинг дардини туйиб,
Мўъжаз дунёимни безайди хазон.
Ҳаёт шаробидан ичолмай тўйиб,
Тарқатдим Ñ‘ сотдим сувдан-да арзон.

Лабларда табассум, ўзгалар хурсанд,
Бахтини топишган аллақачонлар.
Уларнинг юзида қувончни кўрсам,
Баҳрим очилади, яйрайди жонлар.

Биридан олганман завқланиш хиссин,
Яна бошқасидан жиндеккина ғам.
Кимдир тақдим этган ҳурлик нафасин,
Шундан, мана, тирик вужудим, танам.

Тақдирим жуда ҳам моҳир тикувчи,
Ундаги Одамлар барча-барчаси.
Бир бутун матони ташкил этувчи,
Сермазмун умримнинг битта парчаси


(c) 2007 yil
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Mas'ud 24 Sentyabr 2009, 02:01:50
Маюс термуламан; кузак шамоллар,
Хазонрезги баргни айлар чирпирак.
Чалкашиб кетади орзу-хаёллар,
Ва бирдан йиғлашни бошлайди фалак.

Олислаб боради қушлар жаранги,
Қалбимдек хирадир осмоннинг ранги,
Умримнинг бошланди яна бир тонги,
Субҳидам нафасин туймайди юрак.

Қайдадир чалинар “Чўл Ироқ” куйи,
Теграмда чарх урар келажак ўйи,
Барглар тўкилмоқда сарғайган куйи,
Дардини айтолмай жони минг ҳалак.

Шудрингдан намланар томларнинг ости,
Яшилни сариқлик уммони босди,
Сиқилиб кетибсан, сўйлагин ростин,
Қайларда бўзладинг, малласоч малак?

...Xисларим xазон-ла уйғун: бемажол,
Само қовоқ уяр, қуёш ҳам беҳол...
Йўқолиб бормоқда кўкдаги ҳилол,
Меҳрга ташнадир у ҳам мен каби...

Маюс термуламан кузак шамолга...


(c) 2007 yil


Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Foniy 05 Oktyabr 2009, 20:20:50
MEN YOLG`ONCHI

Yuzim kulsa ham qalbim yig`laydi,
Quyosh porlagan qishga o`xshayman.
Dardim bormi-yo`q, hech kim bilmaydi
Yolg`on dunyoda, yolg`on yashayman.

Rost yashaganim, bolalik o’tdi,
Beg`ubor hislar, meni unutdi.
Bugun aldovlar yoqamdan tutdi
Yolg`on dunyoda, yolg`on yashayman.

Sevdim degan qiz boshqaga tegdi,
Ko`nglim sindirdi, boshimni egdi.
Men ham qizlarni aldayman endi
Yolg`on dunyoda, yolg`on yashayman.

Shirin aldovga eriydi inson,
Rostini aytib ko`rindim yomon.
Bildim: o`limdan boshqasi yolg`on
Yolg`on dunyoda, yolg`on yashayman.

Nodir Muhammad
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Mahdiyah 06 Oktyabr 2009, 08:55:14
Mana shu misrasiga qarshiligim boru ..... :D



Men ham qizlarni aldayman endi

lekin keyingi 4 qatorga GAP YO'Q!!! JUDA HAQ GAPLAR!!!  

Shirin aldovga eriydi inson,
Rostini aytib ko`rindim yomon.
Bildim: o`limdan boshqasi yolg`on
Yolg`on dunyoda, yolg`on yashayman.

Nodir Muhammad
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Mahdiyah 06 Oktyabr 2009, 09:05:32
Mana shu she'rni shu forumdan olganmidim esimda yo'q.
Lekin shu mavzuga taaluqli bo'lgani uchun yana joylayabman.
Juda ta'sirli, ibratli she'r...

Farzandlarga o‘rnak otalar

Bugun ba’zilarga boqsak har zamon
Achinamiz insonga, yig‘labon asta.
Ota qo‘ynida yarim AROQ quchganda,
Kamolni kimda ko‘rsin farzandlar...

Uyida azonsiz tonglar ham otsa
Saxardan ulfat paydolar bo‘lsa
Ichvolib oilasin so‘ksa va ursa,
Hush xulqni kimdan o‘rgansin farzanlar...

Yashashda na maqsad, bor na intilish
Ishlari  zluksiz seriallar ko‘rish.
Dinda qanday yurish va qanday bo‘lish,
Islomni kimdan o‘rgansin farzandlar....

Ota farqlamasa gar halol-xaromni
Lafzsiz, aldab topsa yegulik nonni
O’rganmasa namozni  asrni, shomni
Vijdonni kimda ko‘rsin farzandlar...

Unitilsa gar jigarlarga mehr-oqibat
Xonadondan uzoqlashsa hayr-saxovat
Qizlarga qilinmasa hayo, ibodan nasihat
Hadisni kimdan o‘rgansin farzandlar...

Bugun Yaratganga bor na shukr, na ibodat
Sizni kutib qoldi poklanish, xajga ziyorat
Axir yaqin va aniqki kelar oxir kun Qiyomat,
Iymonni kimda ko‘rsin farzandlar,
Xaqiqiy Insonni kimda ko‘rsin farzandalar...

Nodirjon
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Mas'ud 06 Oktyabr 2009, 14:29:12
G’alati she’r…

Yuragimga qon kerak,
tomirda g’am oqmoqda.
Ruhimga-chi, jon kerak,
tanam olov yoqmoqda.

Dardlarimdan olam ham,
tor ko’rinar ko’zimga
Kundan kunga oxshamay,
borayapman o’zimga.

Gardanimga tap tortmay,
gunohlarni ortyapman.
Savob aravasini,
zo’rg’a-zo’rga tortyapman.

Borayapman, manzilim
abadiydek - beparvo,
O’zim totgan sharbatni,
o’zgaga ko’rmay ravo.

Boshqalar-la ishim yo’q,
menday xudbin bormikin?
Dushmanlar-ga oshno-yu,
do’stga dilozormikin?

O’tkazarman bugunim,
qulluq qilib gadoga.
Ertamni o’ylamayman -
tavakkaldir Xudoga.

Mana shunday bir kasman -
Hammadan ham osiyroq.
Ko’nglimda mehr tanqis,
Ishqdan ketganman yiroq.

Yuragimda qon yo’qdir,
Bu tanmada jon yo’qdir,
Barchasin tushunguvchi,
Bitta mehribon yo’qdir…

Yolg’zioyoq yo’l uzoq,
Yalang bosib o’taman.
Zulmat ichra quyoshni,
Faqat Haqdan kutaman

Yorug’likka intilib,
Nurdan topgum panohim
“Menga o’xshaganlarga
To’zim bergin Allohim…”


(c) 14-16 Avgust… London
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: ossiyobinti 06 Oktyabr 2009, 15:49:46
Davr o'zgarmoqda inson ongi ham,
Ishonch va hurmat qilinmoqda juda kam.
Shunchalik kuchlimikan bu zamon ta'siri,
Barcha o'zgarishlardan ma'no qani,
Qani insoflilik, qani inson sha'ni
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Mas'ud 07 Oktyabr 2009, 00:14:16
Davr o'zgarmoqda inson ongi ham,
Ishonch va hurmat qilinmoqda juda kam.
Shunchalik kuchlimikan bu zamon ta'siri,
Barcha o'zgarishlardan ma'no qani,
Qani insoflilik, qani inson sha'ni

OFF: Singlim, uzr, albatta, lekin fikrlarni qatorga solib qo'ysa, she'r bo'lavermaydi-da... Hamma narsaning o'z qonun-qoidalari bor... Iltimos, she'rni sal hurmat qilaylik...
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Mahdiyah 07 Oktyabr 2009, 11:32:13
Kattalarga nasixat.

Yaraqlagan uylaring chang bo’lsayam siqilma,
Ro’zg’oringda bir nima kam bo’lsayam siqilma.
Yo’qchilikdan kunda bir jang bo’lsayam siqilma,
O’g’ling yeb o’rga ketar, qizing yeb qirga ketar.

Chaynayotgan noningni bolamga deb o’lasan,
Katta bo’lsa gap bilan bir siltasa so’lasan,
Bino qo’yma, siylama, po’palama, ko’rasan,
O’g’ling yeb o’rga ketar, qizing yeb qirga ketar.

Qariganda g’alvani ko’tarolmas yuraging,
Qani ota-onalar suyanchig’ing-tirgaging,
Yotib qolsang, og’risang, kimga bo’lar keraging,
O’g’ling yeb o’rga ketar, qizing yeb qirga ketar.

G’amni olsang ko’nglingga to’lib ketaverasan,
Oftob urgan maysaday so’lib ketaverasan,
Yuragingni changallab o’lib ketaverasan,
O’g’ling yeb o’rga ketar, qizing yeb qirga ketar.

O’zin boqqaning qolib, bolasin ham boqasan,
Kuch-quvvating borida hammasiga yoqasan,
O’zing uchun bir bora chiqqanmisan boqqa sen?
O’g’ling yeb o’rga ketar, qizing yeb qirga ketar.

Uylantirib bolangni, bo’lak qilgin uyini,
O’zi tortsin ro’zg’orning tashvishini-o’yini,
Ko’rib tursang bo’lgani sog’-salomat bo’yini,
O’g’ling yeb o’rga ketar, qizing yeb qirga ketar.

Ta’ma qilsang bir nonni chimirilar qoshlari,
Sensiz pishib yeyilar yog’liqqina oshlari,
Yugurishar oldingga og’rib qolsa boshlari,
O’g’ling yeb o’rga ketar, qizing yeb qirga ketar.

Erining topganini o’ynab yerkan bir ayol,
O’g’lining topganini o’ylab yerkan bir ayol,
Bekorga aytilmagan xalq ichida bu maqol,
O’g’ling yeb o’rga ketar, qizing yeb qirga ketar.

Mayli tushgan uyida yashnab yursin kelinlar,
Maqtab, alqab duo qil, yayrab yursin kelinlar.
Qaynonammas, onam deb, sayrab yursin kelinlar,
O’g’ling yeb o’rga ketar, qizing yeb qirga ketar.

Yalab-yulqagan uying kelinlarga qolodir,
Sendan keyin kim bilsin ne kuylarga solodir,
Uyim, bolam-chaqam, deb olaverma xavotir,
O’g’ling yeb o’rga ketar, qizing yeb qirga ketar.

Mehnat qilding, tinmading, yetganicha imkoning,
O’zing uchun ham yasha, g’animatdur har oning,
Tog’larga chiq, havo yut, jon-jon o’zingni joning,
O’g’ling yeb o’rga ketar, qizing yeb qirga ketar.

O’g’illarda qo’sh ulov, sen yurasan piyoda,
O’zlaridan oshmagan moli bo’lsin ziyoda,
Bolam, bolam, bolam deb nima ko’rding dunyoda?
O’g’ling yeb o’rga ketar, qizing yeb qirga ketar.

O’lsang bolalaring ham qabrgacha boradi,
Aytchi, unda sen bilan qaysi biri qoladi?
Qiyomatda qay biri gunohingni oladi?
O’g’ling yeb o’rga ketar, qizing yeb qirga ketar.

Ko’ngling kimni xushlasa, o’sha bilan suhabt qil,
Tikonlarga qarama, gulag qarab rohat qil,
Asabingni qiynama, yuragngga shavqat qil,
O’g’ling yeb o’rga ketar, qizing yeb qirga ketar.

Pardoz qilib, yasanib, ey ayol hech tolmagil,
Qarilikni bo’yningga also-aslo olmagil,
O’nta bolang bo’lsayam erginangdan qolmagin,
O’g’ling yeb o’rga ketar, qizing yeb qirga ketar.

To’rt pul topsang yarmini keksalikka olib qo’y,
Yig’ib eski nimchangning cho’ntagiga solib qo’y,
Bolalaring pul desa, nafaqangdan nolib qo’y,
O’g’ling yeb o’rga ketar, qizing yeb qirga ketar.

Qo’ling ishda va lekin ROBBANAda bo’lsin dil,
G’iybat, hasrat gapni qo’y, SUBHANALLOH aytsin til,
Bu dunyoning nonin yeb, u dunyoning ishin qil,
O’g’ling yeb o’rga ketar, qizing yeb qirga ketar.

Yig’ishtirib umrning qolganini borini,
Marhaboxon qilgaysan OXIRATNI korini,
Qulog’ingga quyib ol bu nasihat dorini,
O’g’ling yeb o’rga ketar, qizing yeb qirga ketar.

Marhaboxon Karimova
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Mahdiyah 07 Oktyabr 2009, 15:11:18
Mana shu she'rda achchiq bo'lsada haqiqatlar yozilibdi...
Bir o'qib ko'ring...

O’g’il bola birovning xasmi

Elda shunday gap bor: “Qiz bola birovning xasmi”.
Xalq bilib aytadi, lekin mening fikrimga qo’shiladiganlar ham ko’p bo’lsa kerak.


O’g’ilmi, qiz – bari o’z bolang,
Qizlar mexmon deyishar rasmi.
O’zingniki, asli qiz bolang,
O’g’il bola birovning xasmi.

Qizing jonin ilinib turar,
Yuraklari tilinib turar,
Mexri ko’zdan bilinib turar,
O’g’il bola birovning xasmi.

O’tirasan bo’lib parvona,
Ega chiqar bitta jonona,
Bu savdoga bo’lma xayrona,
O’g’il bola birovning xasmi.

Sog’inganda yig’lamay kutgin,
Ichikmasdan o’zingni tutgin,
Ko’z yoshingni “qult” etib yutgin,
O’g’il bola birovning xasmi.

Unutsa ham o’z onasini,
Tug’ilgan xovli, xonasini,
Unutmaydi qaynonasini,
O’g’il bola birovning xasmi.

Uy ro’zg’ori bo’ynida “xurjun”,
Bolamga der Xudo bergan kun,
Duo qilu chiqarmagin un,
O’g’il bola birovning xasmi.

Uragingni ustuni – yori,
Sovuqqotsa po’stini – yori,
Bolasiga topgani bori,
O’g’il bola birovning xasmi.

Urushsalar qozi bo’lasan,
O’rtada tarozi bo’lasan,
O’limingga rozi bo’lasan,
O’g’il bola birovning xasmi.

Bir g’am kelsa yoningga chopar,
Xindistonda bo’lsang ham topar,
Boshqa payt kutma, ey, modar,
O’g’il bola birovning xasmi.

Koyib ba’zan qarg’ab, tonasan,
Kechirmasang qanday onasan?
Tushun, muncha kuyib-yonasan:
O’g’il bola birovning xasmi.

Janjal qilma, onamisan bas!
Kelin sening kundoshing emas,
O’g’ling endi sirdoshing emas,
O’g’il bola birovning xasmi.

Sovchilikka borishdan oldin,
Sandiqqa sep solishdan oldin,
Bir mantiqqa ko’nikib olgin,
O’g’il bola birovning xasmi.

Kelsayu, kelmasa duo qil,
Bilsayu, bilmasa duo qil,
Bersayu, bermasa duo qil,
O’g’il bola birovning xasmi.

Kelingga gapirsang muloyim,
O’g’ling sendan rozi har doim,
Bu xayotdir, Marxabo oyim,
O’g’il bola birovning xasmi.

Marhaboxon Karimova

Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: ossiyobinti 07 Oktyabr 2009, 15:32:38
Dunyo o'tar ekan endi angladik,
O'lim qay odamni chetlagandi ayt,
Agar tirik bo'lsang,o'lmagan bo'lsang,
Haliyam o'sha men aytgan yo'lga qayt!
 

Joning halqumiga kelmasdan burun,
Iymon ko'chasini tanla birodar,
Katta musibatning oldini olmoq,
Dod- voydan qutulmoq istasang agar.
 

Biz ham, sen ham bitta zaminga keldik,
Yashadik ozgina farq ila ahir,
Nahotki, foniydan abadiy mangu,
Hayotni bermoqqa botinding og'ir.
 

Qara qabrisronning keng maydonida,
Shohlar gadolar-la birga yotarlar,
Azob farishtasi orqali kelgan,
Turli azoblarni bir-bir totarlar.
 

Ularning kimligi surishtirilmas,
Faqat amallarga qarar dunyo u,
Bir bor "Rabbim" deya ibodat qilgan,
Insonlar kuniga yarar dunyo bu.
 

Kel, do'stim, ana shu hur dunyo uchun,
Yashaylik qullik kishanin otib,
Birinchi bo'limda g'olib kelganalr,
Bo'lavermaslar bil, hamisha g'olib.
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Mas'ud 11 Oktyabr 2009, 15:26:29
Ҳар бошда чарх урар турфа муаммо,
Ҳар кўнгил хоҳишда ўзгача маъно...
Билмадим, кимлардир Ñ‘қтирар, аммо,
Мен бозорни жуда ёмон кўраман.

Билмайман, ким дўсту, ким эрур душман,
Бировга ўлжаман, кимга улушман,
Бозордан йироқда ҳур, эркин қушман,
Мен бозорни жуда ёмон кўраман.

Ким айтар, "шу экан замона зайли",
Кас нокас бўлди-ку, замон туфайли,
"Отанг, онанг бозор," десинлар, майли
Мен бозорни жуда ёмон кўраман.

Ажаб, бешигини шайтон аллалар,
Тутруқсиз гаплар-у, ёлғон яллалар,
Залолатни кўпроқ ўйлар каллалар,
Мен бозорни жуда ёмон кўраман.

Кўзга тик қарашиб, алдайди сизни,
Сўкишлар, қарғашлар ол этар юзни,
Хуллас инсоният унутар ўзни,
Мен бозорни жуда ёмон ко раман.

Ҳалол луқма нима, билмас кўпчилик,
Харомни номлашар  - бу “тирикчилик”
Раҳмонмас, шайтонни айлашар шерик,
Мен бозорни жуда ёмон кўраман.

Шарм йўқ, ҳаё йўқ пулнинг дастидан,
Оқибат бир чақа емиш қасдидан,
Ёлғон онт ичишар чақа устидан,
Мен бозорни жуда ёмон кўраман.

“То рози” ҳукмидан кўнгиллар нари,
Кўз ўйнар тарози тоши сингари,
Алдашга интилар ҳам ёш, ҳам қари,
Мен бозорни жуда ёмон кўраман.

Ерга қарасангиз, кўзи маюслар,
Осмонда эса-чи, "мағрур" даюслар,
Тик боқишга йўл бермас номуслар,
Мен бозорни жуда ёмон кўраман.

Разолат ҳукм этган маконлар кўпдир,
Бири бошқасидан ўтадир, хўпдир,
Бунда-чи, барчаси, барчаси тўпдир,
Мен бозорни жуда ёмон кўраман.

Гарчи қорани-да, кўрсатади оқ,
Пок қалбдан қанчалар бўлса ҳам йироқ
Таажжуб... дунё унга интилар!?
Бироқ,
Мен бозорни жуда ёмон кўраман.

Ҳаммамиз ҳар куни шошилиб борган,
Лойини жаҳолат ҳокидан қорган,
Аёлу-эркакни бузиб юборган,
Бозорни жудаям ёмон кўраман.

Жудаям жудаям ёмон кўраман!


(c) 2008 yil
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: siddiqa 14 Oktyabr 2009, 07:59:52
Umr - qumsoat

Umr — qumsoat ham
yarimlab qoldi,
ko'nglim to'lgani yo'q bilganlarimdan.
Yodimni og'ritar kechirganlarim,
ko'pdir qilmaganim qilganlarimdan.
Kechalar tobora oydinlashadi,
ko'zingda quyoshning chechagi so'lmas,
yashaging keladi,
faqat umrni
qumsoat singari to'nkarib bo'lmas.
Go'zallar yodimdan o'chdilar bir-bir,
do'stlarim bag'rimdan ko'chdilar bir-bir,
yillarim uzilib tushdilar bir-bir,
faqat bu ko'ngilni
to'ldirib bo'lmas.
Kun keldi,
ohlaring uchadigan kun,
yuraging olamga sig'maydigan kun,
yuzingni bosgancha yerning yuziga,
silkinib-silkinib yig'laydigan kun.
Kimni baxtli qildim,
kimni umidvor,
kimlarga ko'nglimni yorib so'yladim.
Qo'limni berdimmi moziy qa'ridan
cho'zilgan sanoqsiz ojiz qo'llarga?!
Quyosh daldasida egilganlarning
yengilroq qildimmi og'irligini?
Aytdimmi kimlarning asl do'stligin,
kimlarning haqiqiy yog'iyligini?!
Kun keldi,
boshingni egadigan kun,
hattoki o'zgalar gunohi uchun
yuzingni bosgancha yerning yuziga,
silkinib-silkinib yig'laydigan kun.
Mendan nima qolur,
abadiy nurlar
barq urib yashnagan dunyo tomonda?
Urinib-surinib, sira to'lmagan
bir ko'ngil qoladi
qolsa ham mendan.

Shavkat Rahmon
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: siddiqa 14 Oktyabr 2009, 08:01:22
Tariqat

Dunyoga sig'madim,
sig'madi dunyo
g'urbatdan toraygan tabiatimga,
qop-qora chechakday sochilmish hulyo
jo'mardlar ko'milgan tariqatimga.
Mayliga,
chechaklar qop-qora bo'lsin,
yiqitsa shu yo'lda yiqitsin taqdir,
qurtlagan istaklar shu'lasi so'lsin,
xudoyim siylagan hurligim yaxshi.
Bichilgan qullarning,
qulzodalarning
malak siymolarin o'ynatgan dunyo,
yaralgan lahzadan hur odamlarni
iblislar tilida so'ylatgan dunyo.
Chiroyli ermaklar mahzanidir ul,
mag'izi qayg'udan,
po'stlog'i zardan,
sarg'arar ochilmay turib qizil gul,
tuprog'i jimgina qusgan zahardan.
Chayqalar jaholat og'ochlarida
necha ming Mashrabu
Mansuri Halloj...
hamon yuksaladi yo'l boshlarida
odamzot qoniga to'ymagan jallod.
Tokay bu iblislik,
tokay bu yolg'on,
tokay tig' ko'tarar qora guruhlar,
tokay bijg'ib yotar g'arib olamon
ichiga tiriklay ko'milgan ruhlar.
Zulfiqor ruh kerak,
kerak chin yog'du,
chin ishq yolqinlari bag'rimga to'lsin,
jismimni toblasin faqat chin og'riq,
chechaklar qop-qora bo'lsa-da bo'lsin.
Bag'rikeng xudoyim
kechirib qo'yar,
yiqilsam yetmay ul haqiqatimga,
ko'milsam, ko'milay o'limi go'zal —
jo'mardlar ko'milgan tariqatimga.
 
shavkat Rahmon
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Mas'ud 21 Oktyabr 2009, 12:50:16
Сен кимсан?
Ҳеч ҳисоб бердингми ўзинг
Ҳаққа - Яратганга...Ñ‘ виждонингга?
Ё соқов бўлишга қилдингми қарор?
Тегдими олам ғамлари жонингга?

Сен Кимсан?
Туну кун тиним билмасдан,
Ишлайсан Ñžқийсан одамийликка.
Баъзида илож йўқ кўзни юммасдан,
Баъзан ҳақиқатга боқасан тикка...

Сен кимсан?
Тарихинг йиғлайди ортдан.
Чанг босган китоблар айланди гунгга.
"Зиё" каломи ҳам рангин йўқотган,
Оналар алласи айланди мунгга.

Сен кимсан?
Аёлни чиқариб бозор,
Орни ҳам бир йўла туҳфа этдингми?
Ёки даюсларга эгилиб ҳазор,
Номус дунёсидан чиқиб кетдингми?

Сен кимсан?
Тарбия аталмиш қонун,
Қўлланма бўлмайди Ñžғил қизингга.
Шунчалар маккорми наҳотки, шайтон?
Хатто тик қарайди фарзанд кўзингга...

Сен кимсан?
Қўлингда Қуръонинг борми?
Қалбингда бахт нури - имонинг борми?
Сени қийнамасми миллат тақдири?
Айт!
Жавоб бер саволга!
Забонинг борми?

Сен кимсан?

(с)
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Mahdiyah 21 Oktyabr 2009, 13:42:48
SHE'RGA GAP YO'Q.

KATTA RAHMAT
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Mas'ud 06 Dekabr 2009, 15:42:18
Kuz xayollari…

Yomgirli o’lkaning mahzun tunida,
Xazon faslini ham kuzatmoqdaman…
Ichimda hukmron dardni qo’sh qo’llab,
U bilan uzoqqa uzatmoqdaman…

Ko’nglim yaproq yanglig’ sarg’arib ketgan,
Shirin azoblarim to’kilar izsiz…
Kech kuz bilagimdan bemajol tutgan,
Fikrimni jamlolmay yuraman so’zsiz…

Parishon xayolim ummonlariga,
G’arq bo’lib ketaman.
Jovdirar ko’zim.
Goh tushib ketaman g’urbat qa’riga
Tanimay qolaman o’zimni o’zim…

Bahorda ochilgan ajib tuyg’ular
Yerdagi barg misol toptalib ketdi…
Ertaning qaygusi yuragim tirnar,
Garchi bugunimni qanchalar kutdim…

Bu kun umidlarim ko’z yoshi bo’ldi,
Avval orzularim so’ngda armondir.
Sabab xazon emas…
Adashgan o’zim…
Asli mening qadrim suvdan arzondir…

Unsiz peshonamga qo’limni tirab
Uyqu yo’q,
bo’zlyman  telba singari
Yurakka g’ulg’ula solar tentirab,
Menga tinchlik bermas kuz xayollari...


(c) Noyabr... 2009
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Ulugbek-Uz 08 Dekabr 2009, 00:38:33
Сен кимсан?
Ҳеч ҳисоб бердингми ўзинг
Ҳаққа - Яратганга...Ñ‘ виждонингга?
Ё соқов бўлишга қилдингми қарор?
Тегдими олам ғамлари жонингга?

Сен Кимсан?

Тасанно, барака топинг!

офф: юфорумдаги Масъуд ҳам сиз бўласизми?
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Mas'ud 08 Dekabr 2009, 01:18:00


Тасанно, барака топинг!

офф: юфорумдаги Масъуд ҳам сиз бўласизми?

OFF: rahmat... Ha, uforumdagi Mas'ud menman  :)
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Ulugbek-Uz 08 Dekabr 2009, 03:16:23
Мен кимман?

Гуноҳлари улкан - бир ожиз банда,
Қалбим йиғлайдию, юзимда ханда.
Ким учундир, нима учундир,
Юз бор ўлиб тирилсам-да кунда,
Муштипар, хокисор, мушфиқ онамга,
Мисқолчалик… бердимми фойда…

Кимман мен?
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Абду 08 Dekabr 2009, 19:47:29
Мен ўзимни севаман,
Менга ўзим Ñ‘қади
Энди менга барибир,
Ким қанақа боқади,
Қўлим калта ва лекин,
Йўқдан кўра шукр бор,
Бу дунёда ҳеч одам,
Эмас мендек бахтиёр.

Гап эшитсам жилмайиб,
Калтак есам куламан.
Чап юзимга уришса,
Ўнгим тутиб тураман.
"Юрак" деган қабрга,
Армонимни кўмганман.
ВақÑ‚ устида Ñžғлимга,
Ўйин тушиб берганман.

Ҳар тонг қараб ойнага,
Дейман менинг ғамим йўқ.
Мен соғломман, мен зўрман,
Ташвишим йўқ, камим йўқ.
Ғанимларим бор лекин,
Мен улардан қарз эмас.
Ҳеч қайсиси жонимни,
Ичишимга арзимас.

Хомуш бўлар баъзилар,
Сочин оқин санашиб.
Менга эса турибди,
Ажинлар ҳам ярашиб.
Тикон-тикон гул тердим,
Ҳар нарса ўз ҳолича.
Азизларим дунёни,
Қабул қилинг борича.

Осон яшай десангиз,
Маслаҳатим олволинг.
Ўзингини озгина,
Жинниликка солволинг.
Яшашга эмас бизни,
Имтиҳонга ташлабдир.
Пирим ўша кавушсиз,
Девонаи Машрабдир.

Кўйлагимни сўрашса,
Тўнимни ҳам бераман.
Тиконларнинг ичидан,
Гуллолалар тераман.
Ғам сўзидан ўзимга,
Шодлик сўзин ясайман.
Мен шунақа ўзимни,
Хурсанд қилиб яшайман.
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Абду 08 Dekabr 2009, 20:11:37
Yomg‘ir loyga yoqqan zamonda,
Suvlar soyga oqqan zamonda,
Boylar boyga boqqan zamonda,
Menga qarab kulgan yo‘qchilik.

Iligini so‘rib ilkimning,
Sarg‘aytirgan guldek singlimni,
Erta ulg‘aytirgan o‘g‘limni,
Jigarimni tilgan yo‘qchilik.

Dada, balki sizni o‘limdan
Asrash kelarmidi qo‘limdan...
Siltab tortib eski to‘nimdan,
Meni etim qilgan yo‘qchilik.

Minnatli osh, bu – sochma o‘qdek,
Ich-ichingni kuydirar cho‘g‘dek.
Qorin ochu nazarim to‘qdek,
Meni aziz bilgan yo‘qchilik.

To‘g‘ri, nima kelsa – Xudodan,
Da’voyim yo‘q eski dunyodan.
Taskin shuki, Odam Atodan
Menga meros qolgan yo‘qchilik.
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Mas'ud 10 Dekabr 2009, 15:19:17
Subhidam...
Tong asta yuzini ochib,
Qorong'ilik yorug' osmondan qochib
Quyosh ham nurlarin erinib sochib,
kun boshlanmoqda...

Kimga mukofot-u, kimgadir jazo
Allakim baxtli-u, kimdadir azob
Bir joyda tug'ilish, boshqada qazo...
kun boshanmoqda...

O’tgan kun yashnagan gul so’lgunicha,
Sekin ochilmoqda kechagi g’uncha
Har safar oq betni varaqlagancha
kun boshlanmoqda...

Tirikchilik, deya tinmaydi odam,
Dunyo abadiymas - bilmaydi odam
Har kunim oxirat sari bir qadam...
kun boshanmoqda...

Bu kunni kimlardir uyg’onish sanar
Boshqa dil bugun chun dilidan yonar,
Shu kundan har qalbda umid uyg’onar
Kun boshlanmoqda…

Bizni yetuklikka yetaklab asta,
Birov salomatu, boshqasi xasta…
Fanoni baqoga etib payvasta,
Kun boshlanmoqda…kun

(c)
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Mahdiyah 28 Yanvar 2010, 07:36:26
http://webfile.ru/4261008

Скачать erim yurib ketti.mp3 с WebFile.RU (http://webfile.ru/4261008)

Marhabo Karimovadan yana 1 ajoyib she'r.
Faqat mp3 sini joyladimu qaysi ssilkaligini aniq bilmiman  :D
Lekin she'rga GAP YO'Q


Mani erim yurib ketti...

Mani erim yurib ketti, yurak bag’rim kuyib ketti
O’zim bilsam go’rga edi,  bu ovoza bo’lib ketti.
Kech keladi ishidan ham, ayrilganday hushidan ham,
Yurganini bilsa bo’lar ko’rayotgan tushidan ham
Ro’zg’or bola manga qolib, o’tiradi o’yga tolib,
Telefoni jiringlasa gaplashadi bekinvolib.
Har nodon der “Polbinga bor, issiq-sovu sehr bergin”,
Biror dono aytmaydiki “Eringni sev, mehr bergin”.
Bolalarim bilishmasin, ko’z yoshimni ko’rishmasin.
Ko’ngli qolib, otasini yomon ko’rib qolishmasin.
Qaynar g’iybat “Iya iya... Eriz uylanvoganmisha”
Yonin olib urishaman “Ajab qisin sizga nima?”
Opam boshlar mani ko’rsa “Xotinbozmish erin rosa”
“Nima qisin xotinlariz o’zlari erkevoz bo’lsa?
Eplaptimi yurvosin, mayli o’ynab kulvosin
Mani mulki-davlatimda davri davron survosin”
“Vay sen ahmoq, vay sen beor, Sanga kere bo’masa yor,
Sot kim ochdi savdosida mahallangda ochib bozor
Pochchangni ko’r qanday erkak? Chakki yurmas toza yurak”
“Mani erim zo’rda, sizi latta eriz kimga kerak”
“Vay zo’r bo’gan erin qursin! Bino qo’ygan she’rin qursin!
Sanga jonim kuydimiya? Yurmog’idan ortig’ yursin.”
“Qizg’onmaydiyam he sani! Yana ortiq kerilgani”
“Nimasini qizg’onaman, tuplimidi yiyilgani
G’iybat qilib ochmang bozor, hamma ishni fursati bor.
Endi bitta opti, asli to’rttagacha ruxsati bor”
Yuramanu bermay sirim, ammo yurak tilim-tilim.
Kundoshlik xotinlar bekor chekishmagan ekan chilim.
Kim u jonon bilgim kelar, aptini bir ko’rgim kelar.
Tutib olib, sochlarini bitta-bitta yulgim kelar.
Borgim ekmas mehmongayam, boqqim kemas insongayam,
“Janjal qil” deb gijgijlaydi, ish topildi shaytongayam.
“Yetib bor” der o’sha yerga, ikkalovi xozir birga
Bormaymaney, jinnimani g’ururimmi urib yerga
Nima poyda urishlardan, qozilashib yurishlardan?
O’q otayin kundoshimga, mag’rur qarab turishlardan
Er ko’ngli qush uchib ketar, sovuq yurtdan ko’chib ketar,
Tutmoq uchun don sepayin, miltiq otsam qochib ketar.
Ranjimasin erim mayli, zo’r ayol er talashmaydi.
Boplab qo’yar edimkuya, bu ish manga yarashmaydi.
Nodonga donolik qilay, sahroga daryolik qilay,
Do’stim qilsa begonalik, man unga oshnolik qilay.
Jilsin desam tosh joyidan, bo’lay erimning poyidan.
Quyosh bo’lib mehrim sochib, aynitayin o’shal oyidan,
Pardozlab yuz qoshu ko’zni, quvnoqlikka solib o’zni,
Har tong qarab tosh oynaga takrorlayman bitta so’zni:
“Ming turlansiz o’sha layli, Marhaboga o’xsholmaydi
Kiygan bilan kavushimni, qilolmaydi yurishimni”.
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: siddiqa 03 Aprel 2010, 11:04:36

Dunyoni qizg'anma


Abdulla Oripov she'ri

Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Men sening ko'changdan o'tmasman zinhor.
Mening bu olamda o'z aytar so'zim
Va o'zim sig'ar mozorlarim bor.

Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Sen ichgan buloqdan ichmasman aslo.
Sen yurgan tog'larda qolmagay izim,
Sen kechgan daryodan kechmasman aslo.

Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Qalbingni yoqmasin shubha va so'roq,
Men o'zga manzilga tikkanman ko'zim,
U sening kulbangdan juda ham yiroq.


 
 
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Akbarjоn 04 Aprel 2010, 00:49:55

Dunyoni qizg'anma


Abdulla Oripov she'ri

Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Men sening ko'changdan o'tmasman zinhor.
Mening bu olamda o'z aytar so'zim
Va o'zim sig'ar mozorlarim bor.

Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Sen ichgan buloqdan ichmasman aslo.
Sen yurgan tog'larda qolmagay izim,
Sen kechgan daryodan kechmasman aslo.

Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Qalbingni yoqmasin shubha va so'roq,
Men o'zga manzilga tikkanman ko'zim,
U sening kulbangdan juda ham yiroq.

 


eshitgan bo'lsalariz agar, Sherali Jurayevning kuyida shu she'r zo'r chiqqanda lekin
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Mas'ud 16 May 2010, 21:52:40
Ummonning yuzida qalqigan muz tog' –
Armonli xislardan muzlab qolgan men.
Quyoshning mehridan olgancha saboq,
On sayin, kun sayin erib boramen.

Garchand boshim dengiz ustida mag'rur
Tursa ham,
yashirib olganim - tanam
Zalvorli iztirob yukini olib shu
Cheki yo'q suvlikni kezar betinim.

Dardim qolib ketar,
Azoblar bitar,
Eniga o'sadi alamning bo'yi.
Ko'ksimda darz asta qalbimni sitar,
Tugab borayapman mana shu kuyi.

Bilmam, yashashimda nimadir g’oya,
Bilib, qasd qilmoqmi o’zin joniga.
Ko’zimning yoshidan yaralgan qoya
Balki qaytmoq istar asli holiga.
 
Mayli, orolgacha bormasam yetib,
Mayliga, sho'r suvning zahrini yutsam.
Roziman, bug'lanib, uchib, suvlanib,
Ziyoga talpinib yo'q bo'lib ketsam...


(c)
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: UzMuslim 22 Avgust 2010, 18:52:45
Har daqiqa, har on yodimda,
Doim hayolimda, qish-bahorimda,
Hatto oqayotgan jushqin qonimda
Yashaysiz, onajon, men bilan birga.

         Necha bedor tunlar o'tdi oradan,
         Osmon choq-choq bo'ldi dardli noladan,
         Jabr aylamasdan murg'ak bolaga
         Ona, olib keting yetimxonadan.

Ona, sherik bo'ling quvonch-g'amimga,
Halos eting tezroq hijron - g'animdan.
Bu tashna dilimga mehr taratib,
Qutqaring, onajon, alamlarimdan.

         Necha yilki, sog'inchlarda yonaman,
         Sizni hayolimdan ham qizg'onaman.
         Hali bag'ringizda olarman orom
         Hozircha ko'zlari yo'lda bolaman.
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Hadija 29 Sentyabr 2010, 09:16:03
Сенданда қолар

Ҳаволаниб учган зарра-ÑŽ қумлар,
Сувга етиб келгач елданда қолар.

Тоғлардан сел билан оқаётган тошлар,
Тузга етиб келгач селданда қолар.

Бу дунё алдоқчи, алданма унга,
Отангдан қолгандир сенданда қолар.

Йўлга чиққсанг ўнг-у-сўлингга қара,
Қанча шаҳар, қанча мозор, қанча мақбара.

Бунда барча тенгдир гадо-ю тўра,
Созанда чалаётган найингдан сўра.

Соз-у, ноз-у, раққоса-ÑŽ эски ноғора,
Бошқалардан қолган сендада қолар.

(Manbasini bilmayman, onam yozib kelgan dokni ichida bor ekan :))
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Abu Muso 22 Oktyabr 2010, 23:25:55
:as:

Bu Jahon ulkan saroy, karvonlari o'tguvchidir
Keldi-ketdi bunda bir, mehmonlari o'tguvchidir.
Bir go'zalning vasliga, olamni kim bermoqqa shay
Lek bu davron qisqadur, jononlari o'tguvchidir

Ne olib kelding jahonga va ketarsan ne olib?
Barchasi qolg'ay sabil, sarsonlaring o'tguvchidir
O'tdi Iskandar bahodir, o'tdi Chingiz ot minib
Yildirim turk, yoki Temur, xonlar o'tguvchiidir

Qayda noshud oqsoqol, o'z xalqini be tig' so'yar
Baribir el-yurt qolur, sultonlari o'tguvchidir
Keksayib qolding birodar, ertadan uzma umid
Goh yetib, goh yetmagan, armonlaring o'tguvchidir.

Bu Jahon ulkan saroy, karvonlari o'tguvchidir...
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: dilnoz_08 12 Mart 2011, 09:42:12
 :) some of them is really good
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Mas'ud 12 Mart 2011, 12:36:45
Бeдорликка ошино кўнгил,
Тун қўйнидан излайди шуъла.
Тополмайин қийналади дил,
Кўксим эзар мунгли ашула.
Ўтирибман,
Сассиз, садосиз,
Кутиб ногоҳ кeлар зиёни.
Ичимдаги дардим  – адосиз –
Тор дeб билар шу кeнг дунёни.
Хўрсинаман,
Ёғдуни истаб,
Хонам кeзар зулмат шарпаси.
Нур қидирган хаёлим қистаб,
Нола қилар юрак зарбаси.
Соғинчларга тўлган танамни,
Қўяримга жой бeргин, Худо.
Қуёшларга кўмиб оламни,
Ҳисларимдан этмагин жудо.
Ёруғликка интилиб ўсдим,
Дуолардан топиб паноҳим.
Ўзим ҳақ, дeб,
Ўзгани тўсдим,
Энди авфин кутар гуноҳим.
Англаяпман қанча хатоим,
Тонгга қадам қўйганим сари.
Жаҳолатдан асра, Худойим,
Бир бeғубор гўдак сингари.
Ўзинг энди рост йўлга бошла,
Йўлиқтирмай ғамга, балога.
Ичларимни тўлдириб ташла
Ёруғликка, нурга, зиёга...

(c)
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: UzMuslim 27 Aprel 2011, 13:03:03
Bir kun savol berdi yoshgina o‘g‘lon:
- Nechun Allohim deb yig‘laysiz nolon.
Dedim, javobimdan bo‘lmagin hayron,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Tinimsiz aldasa muhit, makoning,
Tortsa oyog‘ingdan do‘stu yoroning.
Shunday o‘tar bo‘lsa har zum, har oning,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Noshukur emasman dunyoda garchand,
Qaydadir menga ham bor balki dilband
Va lekin tiriklay kuydirsa farzand,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Insofu ishonch ham shirin so‘z bari,
Tiriklik toshqindir yoki ko‘pkari.
To hayot ekansan qochgaydir nari,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Shunchalar kaj erur dunyoi gardun,
Undan diyonatni axtarmoq nechun,
Padar shod o‘z o‘g‘lin bag‘rin etsa xun,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Mingta ko‘z poylaydi bitta joningni,
Joningmas, martabang, balki shoningni,
O’t qo‘ymay yoqarlar xonumoningni,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Bu ko‘hna dunyoda yashadim nega,
Yaydoq ot misoli bo‘ldim beega.
Malomat qilurman, olomon, senga:
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Mendan ranjimasin bo‘lsa do‘st agar,
Balki ularning ham dilida kadar,
Hoynahoy mendaylar degay muqarrar:
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Umr ham oxirlab bormoqda sekin,
Endi sarg‘aymoqda men ekkan ekin.
Mayli, sen o‘zingga suyangil, lekin,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Mas'ud 03 Iyun 2011, 13:23:02

Ҳаётимнинг қўшиғин тополсайдим дунёда...
(Ботир Зокиров)



Юрагимнинг уммони тинчлик нима билмайди,
Унда эзгулик, меҳÑ€ барчадан ҳам зиёда.
Мени фақат бир орзу, битта истак қийнайди - 
Ҳаётимнинг қўшиғин тополсайдим дунёда...

Юрагимнинг осмони булутларга бегона,
Кунларида юлдузлар қуёш мисол порлайди.
Ойдин тунда оймома бўлар менга ҳамхона,
Оламда не яхши бор, ҳузурига чорлайди.

Юрагимнинг илдизи, зиёларга туташган,
Нурдан баҳра олган қон гупурмоқда вужудда.
Дуоларга қўшилиб, ниятлар тўлиб тошган,
Ҳаваслар-чи, қайнайди муштдек келган ҳудудда

Юрагимнинг тоғлари сабрлардан яралган,
Матонатнинг чўққиси ҳамон мени кутмоқда.
Водийлари азобнинг тошлари-ла ўралган,
Ҳар бир босган қадамим кураш билан ўтмоқда.

Юрагим ҳокин қайдан олган – менга ноаён,
Лой қориш чун сувлари жаннатдандир, эҳтимол.
Най навосин эшитиб, танга кирганида жон,
Ёзган умр дафтари меҳнатдандир, эҳтимол.

Юрагимнинг дунёси тек турмайди, тинмайди,
Фасли фақат навбаҳор – умидимдир гуллари.
Умр дарахтин шохлари бунда ҳечам синмайди,
Зулматларнинг заҳридан йироқдадир йўллари...

Мени фақат бир орзу, битта истак қийнайди - 
Ҳаётимнинг қўшиғин тополсайдим дунёда...


(c)
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Bonuxon 08 Iyun 2011, 11:31:56
Hayot deganlari qiziq bo'larkan, tong otib kun botib umr o'tarkan,
Tong saxarda uyg'onib xar bir odamzod,qo'lin o4ib Xudoyimga nola qilarkan.
Kimdir iltijo qilib baxtin so'rasa,yana kimdir nola qilib taxtin so'rarkan.
Olloxim bag'ri keng u wundayin zot,
Kim nima so'rasa wuni berarkan.
Men xam wular qator umidvor banda,
Har tong so'rawni qilmadim kanda.
Olloxim ewitib mening nolamni,
Yubordi SIZDAYIN AZIZ INSONNI!!!
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Muhammad Yusuf 25 Iyun 2011, 12:06:01
Yana bir yil o'tdi bekor
Peshonangiz sajdaga tegmadi
Endi ham yurmang bekor
Qalbingiz ibodat rohatin sezmadi.
Hayollarda faqat o'z manfaatingiz
Olloh rizosi uchun nima qildingiz?


Amallaringiz men uchun emas
Chin ixlosla yaxshilik qiling
Insonlar aytgani uchun emas
Yaratganning amri ila ibodat qiling
Dunyoga nima uchun keldingiz?
Olloh rizosi uchun nima qildingiz?


Holis niyatla ibodat qiling
Amallar niyatga qarab
Iymon huzuri ila sajda qiling
Duo aylang Rahmonga qarab
Insonsiz ibodat uchun yaratildingiz
Olloh rizosi uchun nima qildingiz?


Umringiz o'taverar benamoz bo'lsangiz ham
Sizga farqi yo'qmi jaxannamiy bo'lsangiz ham
Holis maslahatim yomon ko'rsangiz ham
So'nggi qachon Haqqa yuzlandingiz ?
Olloh rizosi uchun nima qildingiz ?


 Abdulloh Dilshod

Olloh yaxshi bandalarini yaxshi ko'radi.
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Muhammad Sanjar 27 Yanvar 2012, 21:20:34
Daryodek chayqalib, daryodek toshib,
To'fondek to'xtamay umr o'tkazdik.
Izzat ilinjida mansab talashib,
Odamday yashamay umr o'tkazdik.

Topganimiz - go'zal qizlar nigohi,
Qilgan hadyamizning bo'lmay adog'i,
Onaizorimiz qabriga gohi
Bitta gul to'shamay umr o'tkazdik.

Suyganni siylamoq qo'ldan kelmadi,
Suymasga suykanib ko'ngil to'lmadi.
Do'st holin so'rmoqqa fursat bo'lmadi,
Yo'qladik-yo'lamay umr o'tkazdik.

Kimgadir ilinib oltin devorni,
Kimdandir qizg'onib qishda ham qorni.
Qanotiga kirib xudobezorni,
Nochorni qo'llamay umr o'tkazdik.

Iblisni inim deb quchdik gohida,
Arshda arg'imchoqlar uchdik gohida.
Shayton bilan sharob ichdik gohida,
G'aflatdan bo'shamay umr o'tkazdik...

O'zdan o'tganidan o'zimiz ogoh,
Ikki yelka to'la bir dunyo gunoh.
Nasib etgaymi endi odamday o'lmoq?..
Odamdek yashamay umr o'tkazdik.

(Muhammad Yusuf)
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Akbarjоn 28 Yanvar 2012, 09:22:48
Тасалли

Ўзни бахтсиз ўйлаган, эй одам
Хар ишда хикмат бор, хар бир ташвишда
Қанчалар кўп ташвиш чекмаган олам
Қанча орзу яксон бўлганди қишда

Бу уммат бошига келган мусибат
Ичида энг оғир эрур биттаси
Росулуллоҳ вафот этган мусибат
Энг оғир мусибат эрур шубхасиз

Хаёт ташвишларин йиғолсанг бир-бир
Бир сиқим туз каби шўрли, аламли
Уничи дарёга солмоқлик даркор
Кам сувнинг шўридан бўларсан ғамли

Кўнглингни кенг қилгин мисоли дарё
Дарёда қанча туз чучук бўлғуси
Иймонинг махкам тут чорласин зиё
Шунда нурли кунлар етиб келгуси

Дунё бахти асли мурод бўлмасин
Синов йўлларидан олға борайлик
Махшарда ташвишдан елканг тўлмасин
Зикруллоҳни айтиб ғолиб бўлайлик

(с)
Nom: Re: Hayot va umr haqida she'rlar
Yuborildi: Хадича 22 Avgust 2012, 08:07:15
Ezgu orzulari bo'lganida puch
Ayol xiyonatiga kelganida duch
Nafsini yengmoqqa topolmasa kuch
Alamdan ezilib Erkak yig'laydi.

Haqiqat olovdir,yolg'on bir shisha
Haq gapni aytmoqdan qilmam andisha
Qizi nogoh bo'lib qolsa foxisha
Hammadan yashirib,Erkak yig'laydi.

Cheksiz hasratlarga qolganda botib
Ayriliq dog'ini ko'rganda totib
Bolasin tobutin qolsa ko'tarib,
Yurakdan o'kirib Erkak yig'laydi.

 Xizmat qilolmasa tikib jonini
Rozi qilolmasa Otajonini.
Tuproqqa qo'yganda Onajonini.
Uyalmay bo'kirib Erkak yig'laydi.

Do'sti sotib ketsa og'ir kunida
Dardkashi bo'lmasa aslo yonida
Omadi chopmasa ish maydonida
Bir chetga o'tirib Erkak yig'laydi.

Shayton quchog'ida yotsa bolasi
Vijdonin iblisga sotsa bolasi
Qariyalar uyiga otsa bolasi.
Ajalin chaqirib Erkak yig'laydi.

Xaromni tanlasa, halol turganda
Navqiron yoshligin uvol qilganda
Qirq do'sti bo'lmasa qirqqa  kirganda
Chin dildan o'rtanib,Erkak yig'laydi.

Choyxonada o'tkazgan bo'lsa umrin,
Hech masjid tomonga burmasa yo'lin
Bir kuni tushunsa adashganligin
Umriga achinib, Erkak yig'laydi.

Toshdan ham qattiqdir yetimlik noni

Taqdirida bo'lsa sag'irlik oni.

Ming bir azoblarda qolganda joni.

Ko'ngliga suyanib Erkak yig'laydi.


Maylar-u sharobga bo'lsa u oshiq
Jirkanch odatlarga yashasa  sodiq
Nom qozonolmasa Ablaxdan ortiq
Bir kuni og'rinib Erkak yig'laydi.

Hech ham baxt ko'rmasdan bir kuni oxir

Og'zim oshga yetdi,deganda oxir.

Ajal sari " Ketdik" desa Azroil.
" E voh"deb baqirib Erkak yig'laydi.

She'rim tugar endi Abdulloh
Yuraklar ezildi so'zing tinglab voh.
Kechir bizni Alloh, kechir, yo Alloh...
Kechirmasang bilki, dunyo Yig'laydi....

( с )