ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN ISMOIL AL-BUXORIY
AL-JOMI’ AS-SAHIH
(Ishonarli to‘plam)
1
jild
Arabchadan ZOKIRJON ISMOIL tarjimasi
QOMUSLAR BOSH TAHRIRIYATI
1991 yil
Al-Jome' as-sahih. 1-jild
(http://www.ziyouz.com/images/books/sahih1.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=83)
Muallif: Imom al-Buxoriy
Hajmi: 1,13 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=83)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.0)
MUNDARIJA
Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg1089#msg1089)
Iymon kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg1093#msg1093)
Ilm kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg1134#msg1134)
Tahorat kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg1390#msg1390)
G'usl kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg2419#msg2419)
Hayz kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg3157#msg3157)
Tayammum kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg6368#msg6368)
Namoz kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg17559#msg17559)
Namoz vaqtlari haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg19616#msg19616)
Azon kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg20043#msg20043)
Jum'a kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg22840#msg22840)
Ikki hayit haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg22961#msg22961)
Vitr haqida hadislar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg22988#msg22988)
Alloh taolodan yomg'ir so'rash (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg22996#msg22996)
Kun tutilishi haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23046#msg23046)
Qur'on tilovat qilinganda sajda qilmoq (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23127#msg23127)
Namozni qasr o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23139#msg23139)
Kechasi Tahajjud o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23161#msg23161)
Nafl namozlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23186#msg23186)
Makka va Madinada o'qilgan namozning fazilatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23195#msg23195)
Namozda qilinadigan harakatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23201#msg23201)
Janoza va o'lim (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23237#msg23237)
Zakot berishning vojibligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23393#msg23393)
Haj kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23485#msg23485)
Umra haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23722#msg23722)
Muhsar va ovdan tegadigan ulush haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23941#msg23941)
Haj vaqtidagi ov haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23951#msg23951)
Madina fazilatlari haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg24075#msg24075)
Ro'za kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg24087#msg24087)
Tarovih kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg24259#msg24259)
Laylatul qadrning fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg24260#msg24260)
E'tikof haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg24269#msg24269)
BISMILLAHIR RAHMONIR RAHIYM.
Shayx, imom va hofiz (Qur’on va hadisni yod biluvchi) Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug;iyra al-Buhoriyni Alloh taolo rahmat qilsin, omin!
1-bob. Rasululloh sallolohu alayhi va sallamga nechuk vahiy kela boshlagani hamda Olloh taoloning “Biz senga Nuh va undan keyingi payg’ambarlarga nechuk vahiy yuborgan ersak,shunday vahiy yubordik” degan qavli hususida.
Yahyo inb Sa’id rivoyat qiladilar: ”Umar ibn al-Xattob minbarda turganlarida: ” Rasululloh sallolohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitganman”, -dedilar: ”Darhaqiqat, barcha amallar niyatga yarasha bo’lg’usidir. Kimki hijratdan niyati dunyo topmoq ersa, dunyoga erishg’usi, kimki hijratdan niyati xotin olmoq ersa, xotinga nikohlang’usidir. Demak ne niyatda hijrat qilganlig’i etiborga oling’usidir”
Urva ibn Zubayr rivoyat qiladilar,u kishi ersa, Oisha onamizdan eshitgan erkanlar: ”Horis ibn Hoshim (r.a) Rasulullohi alayhi va sallamdan: ”Yo Rasululloh, sizga vahiy nechuk kelg’usidir”, - deb so’radi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam “Menga vahiy, ba’zan qo’ng’iroq ovozi yanlig’ kelg’usidir. Kuchli vahiy kelganda shunday bo’lg’ay. Shunda men butun borliqni unutg’um va vahiy so’zlarini uqib olg’umdir. Ba’zan esa, menga inson qiyofasidagi farishta vahiy keltirg’ay, men uning aytganlarini yodlab olg’ayman”,-deb javob qildilar”
Oisha (r.a) :”Qattiq sovuq kunlardan birida ul kishiga vahiy kelganining guvohi bo’lgan erdim. Shunda ul zot butun borliqni unutgan holatda bo’lib, peshonalari qattiq terlab ketgan erdi”, - deb aytdilar.
Urva ibn Zubayr Oisha onamizdan bunday deb naql qiladilar: ”Dastlabki vahiy Rasululloh sallolohu alayhi va sallamga uyqularida sof tush tarzida nozil bo’lgan erdi. Keyin, tong shafаg’i yanglig’ nurdan o’zgasi tushlariga kirmay qo’ydi. Shundan so’ng, Rasululloh yolg’izlikni xushlaydigan bo’lib qoldilar. Oilalarini tark etib, yolg’iz o’zlari Hiro’ tog’idagi g’orda qatorasiga bir necha tun toat-ibodat qilib chiqar erdilar. Shu boisdan ham o’zlari birlan yegulik olib chiqib ketar erdilar. Yeguliklari tugagach, Xadichaning huzurlariga kelib, yana taom olib, yana toqqa qaytar erdilar.
Haqiqatga yetishgunlariga qadar shunday qilaverdilar. Bir kuni odatdagidek Hiro’dagi g’orda ibodat birlan mashg’ul bo’lib o’ltirganlarida xuzurlariga bir farishta kelib: ”Iqra’(o’qi)!”, - deb aytdi. ”O’qiy olmasman, dedim, - deydilar Rasululloh sallolohu alayhi va sallam, -shu payt ul zot meni bo’g’a boshladi, hatto men hirillab qoldim. Keyin meni qo’yib yubordi-da, yana: ”O’qi!” -dedi. Men ”O’qiy olmasman”, - deb erdim, ul meni ikkinchi bor bo’g’ishga tutindi, so’ng yana qo’yib yubordi-da: ”O’qi!” - dedi. Men ersam: ”O’qiy olmasman”, - deb javob qildim. Ul uchinchi marta bo’g’a boshladi, men tag’in hirillab qoldim. Keyin, qo’yib yubordi-da: ”Seni yaratgan Rabbingning, insonni alaq(lahta qon)dan yaratgan Parvardigoringning ismi ila o’qi, o’qi! Rabbing eng sahovatlidir!” - dedi”. Shundan so’ng Rasululloh sallolohu alayhi va sallam qo’rquvdan a’zoyi-badanlari titrab-qaqshab Xadicha binti Huvaylidning huzuriga keldilar-da: ”Meni o’rab(yashirib) qo’yinglar, meni o’rab qo’yinglar!” - dedilar. Ular Janob Rasulullohni qo’rquvlari tarqalgunga qadar o’rab qo’yishdi. So’ng, Xadishaga bo’lgan voqeani aytib berdilar-da: ”Men o’zimdan xavotir oldim (ya’ni,”Menga biron narsa bo’lib qolmasaydi” - deb qo’rqdim)”, - dedilar. Xadicha (r.a.) bunday dedilar: ”Yo’q, mutlaqo unday emas. Xudo haqqi, Olloh taolo sizni hech vaqt sharmanda qilmag’ay, siz qarindosh-urug’chilik munosabatlarini yo’lga qo’yg’aysiz, og’irni yengil qilg’aysiz, yo’qsillarni to’ydirg’aysiz, mehmon kutg’aysiz va haqiqiy ezguliklarning ro’yobga chiqishiga sa’yu imdod aylag’aysiz”.
So’ng, Xadicha onamiz Janob Rasululloh o’zlarining amakivachchalari bo’lmish Varaqa ibn Navfal inb Asad ibn Abdulluzo huzuriga olib bordilar. Ul kishi johiliya davrida nasroniy dinini qabul qilgan erdilar. Ibroniycha xat-savodlari bo’lib, Injildan Olloh taolo istagancha ibroniycha matnlarni ko’chirib yozar erdilar. O’zlari keksa va ko’zlari ojiz erdi. Xadicha (r.a) Varaqaga:”Ey amakimning o’g’li, birodaringizning gaplariga quloq osingiz!” - dedilar. Varaqa: ”Ey birodarimning o’g’li, nimalarni ko’rdingiz, aytingiz!” - dedi. Janob Rasululloh nimaiki ko’rgan bo’lsalar, birma-bir ayon ayladilar. Varaqa Janob Rasulullohga qarata: ”Bu, Olloh taolo Muso alayhissalomga yuborgan o’sha Hazrat Jabroilning o’zginasidir. Koshki erdi, men yosh bo’lsamu, (islom) diniga da’vat qilmoqda ishirok etsam, sizni qavmingiz o’z orasidan quvib chiqargan vaqtda men hayot bo’lsam!” - deb aytdi.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam hayrotomuz: ”Mening qavmim o’z orasidan haydag’aymi?” - dedilar. Varaqa: ”Ha, shunday. Bu vaqtga qadar biror kimsa menga siz kabi habar keltirmagan erdi, garchi keltirgan ersada, men uni qaytarib yuborgan erdim. Sizga Olloh taolo muyassar etg’usi kunlar menga ham nasib etsa, sizga amaliy madad berg’umdir!” - dedi. Lekin Varaqa ko’p o’tmay dor ul-baqoga rihlat etdi. Janob Rasulullohga bir muncha vaqt vahiy kelmay qo’ydi.