forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: shoir 26 Oktyabr 2007, 15:27:05

Nom: Baxt haqida she'rlar
Yuborildi: shoir 26 Oktyabr 2007, 15:27:05
BAXTLI ODAM

Tashvishga chulg‘anib qoldi bu yurak,
Tashvishlar ko‘paydi haddan ziyoda.
Beshigida yotgan go‘dakdan bo‘lak,
Tugal baxtli odam yo‘qdir dunyoda.
1987

Abdulla Oripov
Nom: Re: Baxt haqida she'rlar
Yuborildi: shoir 26 Oktyabr 2007, 15:27:35
Baxtlidir, o‘z davrin zavolin ko‘rmay
Yo‘qlikka ravona bo‘lolgan inson.
Baxtlidir, yanglishib ekkanin o‘rmay,
Shudgorin qaytadan boshlagan dehqon.

Mo‘ysafid jangchiga qarayman g‘amgin
Ko‘ksida nishonu ko‘cha-ko‘yda xor.
Unga na o‘tmishi berolgay taskin,
Va na kelajakdan zarra umid bor.

Nahot o‘tgan umr butkul havoyi,
Nahot ko‘rganlarin barchasi sarob.
Nahot yetmish to‘rt yil sig‘ingan joyi
Manfur manzil bo‘lsa, jirkanch va xarob.

Avliyo degani - yovuz jodugar,
Dohiy deganlari - kallakesar zot.
Nabirang o‘zingga tutsa og‘u gar,
Dardingni kimga ham degaysan, hayhot.

Shahid ketmasmidi o‘sha jang chog‘i
Fidoyi bir askar nomini olib.
Bugun na qalqon bor, na bor yarog‘i,
Mag‘lubdan sadaqa so‘raydi g‘olib.

Olamda fojia ko‘p erur, biroq,
Bunisin alami haddan ziyoda,
Oh, nechog‘ dahshatdir, tirik turgan cho
Umring oyoqosti bo‘lsa dunyoda...
1991

Abdulla Oripov
Nom: Re: Baxt haqida she'rlar
Yuborildi: Mas'ud 31 Iyul 2008, 12:34:17
Сени сйласпман...
Қайдадир сен ҳам,
Олис юлдузларга
Термуласан жим...
Кимнидир кутасан
Интиқиб шу дам.
Мен ҳали билмаган,
Дилгир малагим.

Кичик бир нуқтада,
Жамулжам хаёл...
Йсл қараб чарчаган
Аигоҳинг ғамгин.
Толиққан қарашда
Сон мингта савол,
Ораста қалбингга.
Бермаспти тин.

Ичинг анор каби.
Қизилликка ғарқ,
Ҳар битта донаси —
Азобинг, дардинг.
Айт нега жим тилинг,
Сарвинози Шарқ,
Бунчалик сабрни
Қаердан олдинг?

Битмас матонат-у
Туганмас тоқат,
Ва жиндек табассум,
Ксзларингда жо.
Юрагинг ақлингдан
Истайди шафқат,
Ҳар битта зарбаси —
Юзта илтижо.

Бас, етар!
Қийноқли дамларинг
Ортда,
Унутиб ғамларни,
Шодон куламиз.
Eзгуликка тсла
Ксркам ҳаётда,
Албатта иккимиз
Бахтли бсламиз...

Соғиниб, сртаниб,
А­нтикиб ёниб,
Сени сйласпман...



©...2007 yil