forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: shoir 26 Oktyabr 2007, 15:38:09

Nom: Sevgi va muhabbat haqida she'rlar
Yuborildi: shoir 26 Oktyabr 2007, 15:38:09
SIZNI UCHRATGUNCHA

Qay fursat men sizni ko‘rdim banogoh
Endi zarra hijron dilimni g‘ashlar.
Buncha yarashmasa o‘zingizga, oh,
Munis tabassumu ma’yus qarashlar.

Hech kimni hayratga solmas hech qachon
Mening yoningizda yo‘g‘im yo borim.
Yo falak, shuncha yil kezibman sarson
Sizni uchratguncha, erka dilbarim...
1986

Abdulla Oripov
Nom: Re: Sevgi va muhabbat haqida she'rlar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:05:41
ISTAYSIZMI-YO‘QMI

Istaysizmi-yo‘qmi, gardun aylana,
Istaysizmi-yo‘qmi, qaytib kelaman.
Sog‘inmagan ko‘zingizdan aylanay,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.

Oy botadi — yulduzlarning habibi,
Tong otadi, ta’nasi yo‘q samimiy.
Tabiatning qonunidek tabiiy —
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.

Quchog‘iga yashirmaydi xiyobon,
O‘rtamizda udum otlig‘ biyobon.
Sizga nima, kuysam o‘zim kuyaman,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.

Chaqmoq kalit bo‘ldi qulfi dilimga,
Tegmagan bir qizning zulfi dilimga.
Sizdan o‘zga xon yo‘q mulki dilimga,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman

Boshingizda yaproq bo‘lib aytaman,
Poyingizda tuproq bo‘lib aytaman.
Tuproqdayam mushtoq bo‘lib aytaman,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.

1998

Iqbol Mirzo
Nom: Re: Sevgi va muhabbat haqida she'rlar
Yuborildi: shoir 25 Iyul 2008, 15:03:53
KUZATISH

Ko‘zlar ko‘zga yana nigoron,
Boshga tushdi beshafqat hijron.
Muhabbatga yo‘ldosh imtihon,
Yuragingda meni olib ket.

Sensiz bedor tunlarim bilan,
She’rga sirdosh kunlarim bilan,
Ozurda jon unlarim bilan,
Yuragingda meni olib ket.

Ko‘zlarimda uchqunlar marjon —
Quyoshdan-da balki nurafshon,
Adashtirmas yo‘lingdan mijgon,
Yuragingda meni olib ket.

Shabadalar men bo‘lib o‘psin,
Sochlaringni to‘zitib o‘tsin,
Har makonda mehrim gul tutsin,
Yuragingda meni olib ket.

Ayriliqning dardi ko‘p yomon,
Gul chehraning zardi xo‘p yomon,
Baxtimga sen oy bor, kel, omon,
Yuragingda meni olib ket.

Tushlarimga kirganda kulcha,
Darak bersa subhidam qushcha,
Jaranglatib gar pichoq tushsa,
Seni kutgum sabri betoqat,
Baxtimga sen kel tezroq faqat...

Gulchehra Jo'rayeva (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2478&Itemid=217)
Nom: Re: Sevgi va muhabbat haqida she'rlar
Yuborildi: siddiqa 09 Iyun 2010, 07:32:23
Seni sevmay qo'ydim

Seni sevmay qo'ydim, rosti gap,
Eslamay ham qo'ydim, ko'p bo'ldi.
Garchi quvonchlardan mahrumdir dilim,
Garchi hijron uni boshpana qildi.

Garchi eslamadim seni bir lahza,
Garchi jilovladim tuyg'ularimni.
Faqat yuragimda mening ismimsiz,
Yashayverding boqib qayg'ularimni.

Garchi men hammadan seni yashirdim,
Yengib yashayoldim o'zimni-o'zim.
Faqat... Men barini inkor etaman.
Faqat... Fosh etadi sevgimni ko'zim.

Garchi takrorlayman, "Sevmayman seni,
Yodlamay ham qo'ydim, gapning rosti shu."
Faqat... Kulgularim sen bilan ketdi.
Faqat... Qoldi menda muzlagan tuyg'u.

Islom hamro
Nom: Re: Sevgi va muhabbat haqida she'rlar
Yuborildi: Mas'ud 09 Iyun 2010, 23:08:11
Nega ko'nglingizga qo'nibdi g'ubor,
Yoki xomush bo'lish zamon zaylimi?
Sizga kichikkina iltimosim bor:
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?

Faromush o’y surib, o’rtanmay g’amda,
Yashamoq kerakkan yorug’ olamda.
Hech nima demang-u, faqat shu damda,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?

Sizni o’ylayman-u, ko’nglim havotir,
Qalbingiz ochmaysiz, etib yuz-xotir,
Dilim hotirjammas, shu sabab hozir,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?

Mayli zamin uzra bo’lmasin bahor,
Ko’klamga umrbod bo’lay intizor,
Mushtoq yuraklarni aylamay zor-zor,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?

Umid mash’aliga bag’ishlab uchqun,
Ufqdan subhidamda chiqqandayin kun,
Shu onda, xabarim oqib, men uchun,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?


(c)
Nom: Re: Sevgi va muhabbat haqida she'rlar
Yuborildi: AL_laziz87 24 Avgust 2010, 00:13:19
sevgini xor qilganni basharasiga tufu
sevgini xor qilganni quvlasin qutulgan it
kechasi uxlaganda talasin kana-u bid
uchrashuvga chiqqan payt shimi yirtilib ketsin
[/color]
Xay xay Mavlona Siz yozyapsizmi yoki forumdagilarni qo'rqityapsizmi
Nom: Re: Sevgi va muhabbat haqida she'rlar
Yuborildi: UzMuslim 05 Sentyabr 2010, 15:37:34
EY OLLOXIM BILMAM QANDOQ GUNOX QILDIM,
QAYSI NOPOK MANZILLARGA QO'YDIM QADAM.
ARMON BO'LIB O'Z-O'ZIMNI BAG'RIM TILDIM,
NEGA MENI SEVMAS MEN SEVGAN ODAM?!

ASLIDA BAXTIM XAM SHUSIZ BUT-BUTUN,
DO'STLARIM YONIMDA PARVONA BUGUN.
EY OLLOXIM BILMAM NE UCHUN,
NEGA MENI SEVMAS MEN SEVGAN ODAM?!

YILLAR O'TIB BORAR, DARDIM ICHIMDA,
KO'RGIM KELAR UNI XATTO TUSHIMDA.
SHU TASHVISH KAM EDI MENI BOSHIMDA,
SHUNDOQ... MENI SEVMAS MEN SEVGAN ODAM...

ENDI SOG'INMAYMAN, BO'LDI YETAR, BAS!
O'YLAMAY YASHAYMAN SIZNI MEN BIR DAM.
YURAGIM SO'ZIMGA ITOAT QILMAS,
NEGA MENI SEVMAS MEN SEVGAN ODAM?
Nom: Re: Sevgi va muhabbat haqida she'rlar
Yuborildi: UzMuslim 05 Sentyabr 2010, 16:02:44
SENI SEVAR EDIM DUNYODA TANXO,
SENI YONIB-YONIB SEVAr EDIM.
O'ZLIGIMDAN, O'ZIMDAN XATTO.........
...DUNYOLARDAN TONIB SEVARDIM.

-TA'RIFLASHGA SENING KO'ZLARING,
MEN O'ZIMNI OJIZ SEZARDIM.
MENGA JONBAXSH ZILOL SO'ZLARING,
CHASHMASIDAN QONIB SEVARDIM.

-YURAGIMGA O'Q TEKKANIDA,
TAQDIRIMDAN NOLIB YIG'LARDAIM.
SENI TO'YING BO'LGAN O'SHA KUN,
XUDOYIMDAN BAXTING TILARDIM

-O'YLAMADING, UNUTDING MENI,
MEN NIMA XAM QILA OLARDIM.
IZLAMADIM QIYOSING SENI,
AXIR TANXOLIGING BILARDIM.

TITRAMASIN QO'LLARING ENDI,
NOMALARIM IZLARING O'PSIN...........
MEN=KU SENGA YETA OLMADIM,
ENDI SENI SHE'RLARIM TOPSIN.........
Nom: Re: Sevgi va muhabbat haqida she'rlar
Yuborildi: yoqutxon 21 Sentyabr 2010, 00:11:43
Ko'p  kezma  daraxtzor  bog'lar  ichinda,
Daraxtlar  dil  do'sting  bo'lolmas  sening,
Chorlasang  kelolmas,yonib  qucholmas,
Sen  faqat  mening  bo'l,
                                meniki,
                                          mening.

Ko'p  qolma  jarang  suv  buloq   bo'yinda,
Buloq  ham  dil  do'sting  bo'lolmas  sening,
Qaynashim  chashmadan  teran  joydandir,
Sen  faqat  mening  bo'l,
                                meniki,
                                          mening.

Ko'p  titma   muhabbat  kitoblarini,
Kitoblar  dil  do'sting  bo'lolmas  sening,
Bu  ishqning  tarixi  mening  qalbimda,
Sen  faqat  mening  bo'l,
                                meniki,
                                          mening.
 
Nom: Re: Sevgi va muhabbat haqida she'rlar
Yuborildi: UzMuslim 25 Sentyabr 2010, 20:48:17
Yuragim hamon, faqat seni deb uradi,
Meni yonimda doim, seni surating yuradi.
Dushmanlarim endi meni ustimdan kuladi,
Buyog’i hudodan endi ne bo’lsa bo’ladi.

Men seni sevaman, sen kimni sevasan,
Men seni o’ylayman, sen kimni o’ylaysan.
Bir kun kelib sen ham, jazoingni olasan,
O’shanda jonginam afsuslanib qolasan.

Seni sevaman deb, sen meni aldading
Do’stlarimni oldida, dushmanimni tanlading.
Javob kelmasligin bilib, senga maktub yozaman,
Xiyonatingni ko’rib men aql hushimdan ozaman

Men seni sevaman, sen kimni sevasan,
Men seni o’ylayman, sen kimni o’ylaysan.
Bir kun kelib sen ham, jazoingni olasan,
O’shanda jonginam afsuslanib qolasan.

Yaxshiyam do’stlarim bor, dalda beradi menga,
Nega meni aldading ishonardim men senga,
Sen meni hayotimni jonim, aylading barbot
Keyin kelib yalinsang chiqmaydi mendan najot
Nom: Re: Sevgi va muhabbat haqida she'rlar
Yuborildi: Robiya 03 Oktyabr 2010, 14:48:34
 :as:

SIZGA

Sizning
borligingiz
naqadar
yaxshi,
Dunyoda
gullarning
borligi
kabi...
Sizning
borligingiz
naqadar
yaxshi,
Yashil
Maysalarning
ovozi
yanglig‘.

Sizning
Borligingiz
naqadar
yaxshi,
Muqaddas
so‘zlarning
mavjudligidek...
Sizning
borligingiz
naqadar
yaxshi,
Samimiy
qo‘llarning
ehtiromidek.

Sizning
borligingiz...
Bu go‘zal ma’vo,
Osmon kabi go‘zal,
osmon kabi keng.
Sizning
borligingiz
naqadar
yaxshi,
Dunyoda
borligi
kabi XUDOning!!!

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Sevgi va muhabbat haqida she'rlar
Yuborildi: Robiya 11 Oktyabr 2010, 12:14:56
 :as:

СИЗ ЙЎҚЛАБСИЗ...

Сиз йсқлабсиз «меҳр ксргизиб,
Келмаслар», — деб армонли.
Сиз бош сгиб йсқлайсиз-у
Асрмидик биз жонни.
Шундай йсқлаб келгандик бир,
Тополмадик, на илож,
Кийдирмоқчи сдик ахир
Бошингизга бахтдан тож.
Йслингизга алвон-алвон
Чечак сочсак дегандик.
Умр боғида шсх-шодумон
Ғунча очсак дегандик.
«Айтсам, рад стса, қсйса чек»,
Андишангиз сшитиб,
Биз сзимиз очмоқ бслдик
Толеингиз сшигин.
Излаб келсак, мана, йсқсиз,
Ғурурли дил хомталаш.
Қайтмоқдамиз йсл шукуҳсиз,
Қайтмоқдамиз кснгил ғаш.
Ўч ҳиссими ксзда қалқир,
Бир лоқайд, бир хотиржам.
А­ртанги кун йсқлаб балки,
Сиз топмайсиз бизни ҳам.

Халима Худойбердиева
Nom: Re: Sevgi va muhabbat haqida she'rlar
Yuborildi: AL_laziz87 07 Noyabr 2010, 13:03:21
Ko'zlarimda suratingiz,
Dardlarimni bilolmaysiz,
Yig'lamaydi yuragingiz
Siz mendayin sevolmaysiz!
Siz tilagim desangiz xam,
Qon yuragim desangiz xam,
Yuz yil yig'lab sevsangiz xam,
Siz mendayin sevolmaysiz!
Chidolmaysiz qiynoqlarga,
Xijron otli firoqlarga,
So'ng ketasiz firoqlarga
Siz mendayin sevolmaysiz!
Jon beray bir so'zingizga,
Yoki tikilib ko'zingizga,
Jabr qilmang o'zingizga
Siz mendayin sevolmaysiz!
Ko'z o'ngimda nigoxingiz,
Dardim og'ir bilolmaysiz,
Chunki yolg'iz gunoxingiz,
Siz mendayin sevolmaysiz!
Nom: Re: Sevgi va muhabbat haqida she'rlar
Yuborildi: UzMuslim 22 Dekabr 2010, 01:07:05
 Osmon to'la yorqin yulduzlar,
Ko'zlar esa bir sizni izlar,
Sizsiz o'tar tunu-kunduzlar,
Naxotki Begona bo'lganmiz bizlar?...

O'z tuyg'ularim etgandim oshkor,
Uyg'onar deb yuragingiz tubida xislar,
Naxot bu tuy'gular bexuda bekor,
Naxotki Begona bo'lganmiz bizlar?...

Yuragingiz ekan tosh-muzlar,
Parvonadir sizga ko'p qizlar,
Ulardan azizroq bo'la olmadim,
Shuning chun Begona bo'ldikmi bizlar.

Xamon yo'lingizda intizor ko'zim,
Qalbimga o'rnashib olgandir kuzlar,
Yig'ilib qolgandir dildagi so'zim,
Naxotki Begona bo'lganmiz bizlar.???...
Nom: Re: Sevgi va muhabbat haqida she'rlar
Yuborildi: UzMuslim 02 Aprel 2011, 23:40:57
Sog'inib-sog'inib sog'inch tugadi,
Ishonib-ishonib ishonch tugadi.
Seni azoblaring davri butkul tugadi,
Qalbimda yo'q endi senga tuyg'ular!!!

Endi bor menda vafodor bir yor,
U go'zalni menday vafodori bor.
Bugun bo'lding mana mansiz hor,
Kechir menda qolmadi senga tuyg'ular!!!

Sen ayb qilarding lekin men gunohkor,
Goyoki men bevafoyu sen vafodor,
Seni chindan sevib bo'ldim aybdor
Bugun menda yo'q senga tuyg'ular!!!

Seni sevganman o'zimdan ortiq,
Senga edim birgina vafodor sodiq.
Dunyoda yo'q edi sendanda ortiq,
Lekin afsus qolmadi senga tuyg'ular!!!
Nom: Re: Sevgi va muhabbat haqida she'rlar
Yuborildi: UzMuslim 02 Aprel 2011, 23:41:25
Hayot doim bo'lgan biri kam,
Kimdur kuladi kimning ko'zi nam,
Hayoting azobga ko'milganda ham,
To tirik ekanman aslo yig'lama!!!

Borib ko'z yoshlaring artolmasam ham,
Dardingni o'zimga ololmasam ham,
Yoningda umirbod qololmasam ham,
To tirik ekanman aslo yig'lama!!!

Ko'zlaring yoshlari qalbimni qiynar,
Ko'zlaring yoshidan yuragim yig'lar,
Yig'lasang azobdan baqirgim kelar,
To tirik ekanman aslo yig'lama!!!

Kulgin kulgingdan men ham quvonay,
Shunda barcha g'amim birdan unitay,
Mayli quvonchingdan quvonib o'lay,
To tirik ekanman aslo yig'lama!!!

Ota onang so'zlari og'ir botsa ham,
Do'stim do'stingmanku so'zim unitma,
Hayotda qiynalsang qiyin damda ham,
To tirik ekanman aslo yig'lama!!!

Yig'lashdan avval bir meni esla,
Aytgan so'zlarimni birma bir esla,
Menday do'sting bor buni unitma,
To tirik ekanman aslo yig'lama!!!
Nom: Re: Sevgi va muhabbat haqida she'rlar
Yuborildi: azizbek_mx 03 Aprel 2011, 08:01:55
Kechalari yo'qolgan orom,
So'roqlayman seni bolishdan.
Nigohlaring aylaganda rom
Qo'rqar edim sevib qolishdan.

Kundan kunga borarding yoqib,
Baxtli edim birga yurishdan.
Vujudimda bir nido oqib
Qo'rqar edim sevib qolishdan.

So'zlashardim sen bilan to'lib,
Charchamasdim hech ham kulishdan.
Ba'zan faqat hayolga tolib
Qo'rqar edim sevib qolishdan.

Bugun o'tli-totli boqishlar
Qarshisida turolmadim jim,
Qo'rqar edim sevib qolishdan,
Lekin...
Nom: Re: Sevgi va muhabbat haqida she'rlar
Yuborildi: Hadija 14 Aprel 2011, 16:14:36
Muhabbatjon...

Diydor nadur? Diydor sening chin samimiy kulgularing,
O’zingday sof ham beg’ubor tozagina tuyg’ularing
Yana keldim aytmoq uchun armonlarim orzularim.
Kuyub o’tdim bu dunyodan dilda to’la alamimsan

Muhabbatjon muhabbat yur ketamiz muhabbat
Bu yerlarda g’iybat ko’p yur ketamiz Muhabbat"¦

Garchi kimlar tepib o’tdi ko’rsatmadim ko’zda yoshim
Yomonlikni ko’raverib yuzdan oshib ketdi yoshim
Do’st deganim oshimni yeb, keyin esa yeydi boshim"¦
Qo’shiq aytsam binafshaga qiqirlaydi so’lim rayhon"¦

Muhabbatjon muhabbat yur ketamiz muhabbat
Bu yerlarda g’iybat ko’p yur ketamiz Muhabbat"¦

Mehr nima odamlarda eng topilmas matomidi?!
Qahr nima nomardlarning og’rig’ida davomidi?!
Mehr berib mehr kutib yashashimiz xatomidi?!
Yon atrofim to’la odam, topilmaydi biron inson"¦

Tog’im deya suyanganim, odamlardan ko’nglim qoldi!
Har baloni ko’rib bo’ldim, ko’rmaganim o’ldim qoldi!

Muxabbatjon muxabbat yur ketamiz muxabbat
Bu yerlarda g’iybat ko’p yur ketamiz Muxabbat"¦

Nom: Re: Sevgi va muhabbat haqida she'rlar
Yuborildi: Muhammad Yusuf 25 Iyun 2011, 12:19:48
Agar sevish gunoh bo'lsa menman o'sha gunohkor
Buni bilgan faqat bitta guvoh bor
Endi u ham aytolmas hech kimga sirim
Chunki  u ham huddi mendek gunohkor.


Nom: Re: Sevgi va muhabbat haqida she'rlar
Yuborildi: AL_laziz87 22 Iyul 2011, 19:50:03
Baxtning yo'llarida azoblar yutib
Har oqshom yurakdan sog'inib kutib
Orzular gullarini qo'limda tutib
Qalbimda yig'laydi sensiz muhabbat.
Nom: Re: Sevgi va muhabbat haqida she'rlar
Yuborildi: Ansora 09 Aprel 2012, 15:29:28
ЯГОАА МУҲАББАТИМ

Йигит ёшим бсй чсзиб, қаддим расо бслганда,
Жоним танимга сиғмай, орзуларга тслганда,
Гул-чечаклар йслимда ишва билан кулганда,
Солдинг юракка оташ, сгона муҳаббатим,
Тонготарда юлдуздек афсона муҳаббатим...

Ксрдим юзингни, оҳим дунё билан туташди,
Ишқим овоза бслди, савдо билан туташди,
Ошиқ булбул чаманда раъно билан туташди,
Бслдинг уйим чироғи, ҳамхона, муҳаббатим,
А­й шу ёруғ дунёда сгона муҳаббатим.

Тутди уйимни бир кун чақалоқнинг йиғиси,
Жсровоз бслди унга бувижоним кулгуси,
Менда ота туйғуси, сенда она туйғуси,
Бслдинг фарзандларимга парвона, муҳаббатим,
А­й шу ёруғ дунёда сгона муҳаббатим.

Тақдир скан, гоҳида ёмонларга учрадим,
Одам шаклида юрган шайтонларга учрадим,
Иғволарга учрадим, бсҳтонларга учрадим,
Турдинг ёнимда маҳкам, мардона, муҳаббатим,
А­й шу ёруғ дунёда сгона муҳаббатим.

Золим фалак, тескари сврилмасанг, не бслгай?
Манфур ажал, ногаҳон тиғ урмасанг, не бслгай?
Арим, севар ёрингдан айрилмасанг, не бслгай?
Кетдинг, айладинг мени гирёна, муҳаббатим,
А­й шу ёруғ дунёда сгона муҳаббатим.

Гоҳи йиғлаб, гоҳида ксз ёшимни ютарман,
Келарсан, деб кечалар тушларимда кутарман,
Қисмат буюрди, ёрим, Тоҳир бслиб старман,
Чунки Зуҳро сдинг сен, бир дона, муҳаббатим,
Икки оламда менинг сгона муҳаббатим...

Жамол КАМОЛ
Nom: Javob: Sevgi va muhabbat haqida she'rlar
Yuborildi: albatros 19 Yanvar 2013, 18:27:32
Boshimdan muhabbat nurlarini soch,
Qonimda sezayin alanga kuchin.
Olloh bizni bergan yorug‘ dunyoga
Sevilmoqlik uchun,
Sevmoqlik uchun...

Barmog‘im uchida - Osmon eshigin
Ochib, ko‘rsataman muqaddas Ko‘kni!
Agar ishonmasa,
hamma o‘qisin:
«Bizning yorligimiz Xudoning hukmi!»

Men - balki Havoman,
Sen - Odam Ato,
Jannat bog‘laridan tushganim haqdir.
Bizning diydorimiz - eng buyuk ato,
Bizning diydorimiz - ilohiy taqdir...

Sir oshkor etganni sevmaydi Xudo,
Sen dilga quloq tut,
o‘ylanmoq nechun?
Axir ikkimizga zor edi dunyo
Sevgi nimaligin bilmoqlik uchun!..

Zebo Mirzo
Nom: Javob: Sevgi va muhabbat haqida she'rlar
Yuborildi: Хадича 02 May 2013, 12:56:02
Ne istaysan, deysan, istaklarimning
Cheki yo'q eshitsang, men so'zlaybersam.
Istaymanki, avval ishq, ilhom bo'lib
Bir bahor misoli qalbingga kirsam.

Yashil yaproqlarga berkinib bir zum,
O'ying, hislaringni o'g'irlab olsam.
Yuzingda balqisam bo'lib tabassum,
Sen uchun bir umr baxt bo'lib qolsam.

Gullar jilvasida boqib muloyim,
Ko'nglingni chorlasam,bermasam orom.
Istagim- oshig'im bo'lsang beqaror,
Butun borlig'ingni eta olsam rom.

Kuy bo'lib elitsam ba'zan bir nafas,
Tinglashni sira tark etging kelmasa.
Umrimga qilib sen hasad ham havas,
Yonimdan bir zumga ketging kelmasa.

Istaymanki, ko'ngling ko'nglimdek bo'lsa,
Orzu -o'ylaringni ko'rolsam ayon.
Istagim -qo'shaloq ochilgan guldek
Mehnat, muhabbatda tursak yonma-yon.

1958.
Saida Zunnunova.
Nom: Javob: Sevgi va muhabbat haqida she'rlar
Yuborildi: ilmitolib0720 03 May 2013, 21:19:40
 Ае дейсан?

Агар, сув боÒ“ни тарк стганин ксрсанг,
ÒšаÒ›роÒ› ерларга у мироб бслган де.
Мен сени тарк стсам сй гули раъно,
Ташна дилларга у шароб бслган де.
 
Агар Ò›уёш ерни тарк стганида,
Зулматни ёритмоÒ› бслгандир иши.
Агар мен сенга боÒ›масам бир бор,
ÒšоронÒ“у кснгиллар банд стди кечи.
 
Агар ошиÒ› ёрин тарк стса бехос,
Унда вафо йсÒ› скан-да дейсанму?
Агар мен ёнингга келсам, сзингча:
Мен сгона сканман-да дейсанму?


МоÒ³ир