ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:11:19

Nom: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:11:19
Quyidagi to'rtliklar Abdulla Oripovdan olingan:

Rejami? Oldindan gapirish qiyin,
Hayot ham, ijod ham nozikdir qildek.
Ta’na toshlarini otmay turasiz,
Hakim bilan bir oz hamkorlik qildik.

* * *

Zamin aylanadi, chiqadi quyosh
Hargiz kibr bilan ko‘tarmagin bosh.
Oyoq ostingdagi xarsangni tepma,
Balki haykal bo‘lar senga o‘sha tosh.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:12:07
Sizga tilaklarim bir jahon bo‘lsin,
Boshingiz oftobli osmon bo‘lsin.
Kunduzning g‘aroyib chog‘idir oqshom,
Saodat birla u nurafshon bo‘lsin.

* * *

Sen o‘lsang nimangni ko‘mamiz ekan,
Shuni o‘ylab qoldik bilonihoya...
Sen axir jismi yo‘q ko‘lankadirsan,
Sen axir birovdan tushgan bir soya.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:12:36
HASADGO’Y HAQIDA

O’zi oddiygina,
Kam yo‘q ishida,
Tonnalab ko‘mir bor
Lekin ichida.

* * *

Samoda yuribdi hanuz yolg‘iz oy,
Tanholik qiynaydi uni hoynahoy.
Yo‘qlikdan axtardim sening vaslingni,
Kim qayga sig‘insa, Ka’ba o‘sha joy.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:12:56
Shukr aytay, ko‘p yaxshi umr ko‘rdim men,
Goh yaydoq shamolday davron surdim men.
Lekin seni ko‘rsam bulut oldida
Chorasiz yo‘lbarsday hayron turdim men.

* * *

Azizim, payt keldi, ko‘nglim yoraman,
Insonman, sen horsang, men ham horaman.
Oting qamchilama o‘zg‘irman deya,
Sen borgan u joyga men ham boraman.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:13:20
Tug‘ilsang baxt bilan kamol o‘shadir,
Tark etsang olamni zavol o‘shadir.
Oxir chog‘ tuprog‘ing ustiga kelib,
Kimdir yod aylasa, iqbol o‘shadir.

* * *

Ravo ko‘r, yuzingda bir xol bo‘layin,
Ko‘rsat ag‘yoringni, zavol bo‘layin.
Kattakon to‘y qilib nog‘ora chalgin,
To‘yingda suv tashib hammol bo‘layin.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:13:39
Oftob botib ketdi, egildi boshim,
Yulduzdek sochildi ko‘zimdan yoshim.
Hajringda bag‘rimni yerga berurman,
Tun bir lahad bo‘lsa, oy qabr toshim.

* * *

Oqar daryoga ham kimdir band bergan,
Hayot kimga zahar, kimga qand bergan.
Ey, g‘ofil, sarkash deb meni kamsitma,
G‘anim senga emas, menga pand bergan.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:13:53
Bilaman, o‘tadi shodlik bilan g‘am,
Bilaman, g‘animat erur har bir dam.
Payg‘ambar atadim har zotni, ammo,
Muridim demadi hech bitta odam.

* * *

Oh, o‘tgan u kunlar qaytmagay zinhor,
O’chgan muhabbatning yonmog‘i dushvor.
Nigohing qadama qarog‘imga sen,
Unda to‘kilmagan ko‘z yoshlarim bor.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:14:16
G‘ALATI ZOT

Yong‘oqning tagidan o‘tganmi bu zot,
Na do‘stin, na yorin xushlaydi.
Boshini silasang, shu zahot,
Qo‘lingni tishlaydi...

* * *

KEKSA MUHOJIR

- Nega qadding egik, nega boshing xam
Nega nigohingni tortadi tuproq?
- Mening yer ustida tanishlarim kam
Mening yer ostida do‘stlarim ko‘proq.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:14:50
AQL HAQIDA

Shunchalar go‘zalsan, go‘zalsan, sanam,
Ta’rifing bitmoqqa ojizdir qalam,
Bir yigit umrini obod etarding,
Aql ham berganda falak bokaram...

* * *

Taqdir yo‘rig‘idan roziman ming bor,
Menga duch ayladi seni ey, nigor.
Ko‘zingda poyonsiz umrimni ko‘rdim,
Sensiz bir lahzaning o‘tmog‘i dushvor.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:15:16
SOBITLIK

O’chib borayotir qanchalar kalom,
Ne-ne bitiklar ham yo‘qdir, vassalom
Dunyoda faqat bir sobit suxan bor:
U o‘z farzandingga o‘zing qo‘ygan nom.

* * *

KO’RDIM

Soddadil odamni juda kam ko‘rdim,
Borin ham shikasta, ko‘zin nam ko‘rdim
Dunyoda firibgar ko‘p ekan, lekin,
Ularning barchasin shod-xurram ko‘rdi.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:15:40
EL QO’LLASA

El qo‘llasa, azizim, omon bo‘lsak, aja
Qo‘llamasa - rang-ro‘yi somon bo‘lsak,
Elni bizdan qizg‘anib so‘z aytguvchi zo
Ular uchun bir umr yomon bo‘lsak, ajabo.

* * *

GURUHBOZ

Bitta o‘zi pashshani ham yiqolmaydi,
U joyga ham bitta o‘zi chiqolmaydi.
Qayga borsa atrofiga sherik to‘plar,
Yo‘qolsa ham bitta o‘zi yo‘qolmaydi...
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:16:05
Bir vaqt boshoq edim, qirlarda o‘sdim,
So‘ng yaxlit don bo‘lib qo‘lingga tushdim...
Keyin-chi, tashlading tegirmonga sen,
Taftingda un bo‘lib turibman, do‘stim.

* * *

BAXTLI ODAM

Tashvishga chulg‘anib qoldi bu yurak,
Tashvishlar ko‘paydi haddan ziyoda.
Beshigida yotgan go‘dakdan bo‘lak,
Tugal baxtli odam yo‘qdir dunyoda.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:16:22
MARD BO’LSANG

Qadimdan bir gapni uqdirar hayot:
Mard bo‘lsang, o‘z to‘g‘ri yo‘lingdan qolma.
O’ladigan bo‘lsang o‘z go‘ringda yot,
Birovning mozorin egallab olma.

* * *

TAASSUROT

Tabiat kimga ko‘p yo oz beribdi,
Kimgadir xalacho‘p yo soz beribdi,
Vo ajab, mana bu mashshoq gadoyga
Tengi yo‘q shohona ovoz beribdi.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:16:57
Har gal ayyomlarni aylarman tavob
Garchand biri moddiy, o‘zgasi sarob
Sho‘rlik ona zamin birlikka zor-ku
Unga talpinish ham, demak, zo‘r savob.

* * *

* * *

Oqshomdan boshlangay odatda tonglar
Sukutdan uzilgay gulduros, bonglar
Boshing egma sira, xoksor banda,
Erta ruhing topgay oliy ohanglar.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:17:28
May asli pokdomon dilga arzirlik,
Zahmatkash, mehnatkash elga arzirlik
Bayram-ku, har kuni kelavermaydi.
Lekin zavqi qolar yilga arzirlik!

* * *

Soch ham to‘kilmoqda, omonatdir tish,
Izg‘irin yurakka urayotir nish,
Bahorim beto‘xtov qish tomon o‘tdi,
Yoz, kuzni qisqartdi mashaqqat, tashvish.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:18:26
BIZ

Biz avval ham yomon edik, hanuz yomonmiz,
Rahmon boqmas, iblis yoqmas sho‘rlik inson
So‘z so‘zlasak - mahmadona, jim tursak - soz
Shu tariqa, na bug‘doymiz va na somonmiz.

* * *

TARAQQIYOT

Hozir gadolar ham g‘oyat mukammal,
Ishni diplomatik yo‘ldan boshlaydi.
Egasidan u-bu so‘rashdan avval
Itiga, albatta, suyak tashlaydi.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:18:52
GAP BITTA

Parvo qilma, bo‘lmaganni bo‘ldiramiz,
Paymonasi to‘lmaganni to‘ldiramiz.
Bir zamonlar otar edik, osar edik,
Endi esa majlis qilib o‘ldiramiz.

* * *

O’ZIMIZ

Sen bizni kechirgin, ey Navro‘zimiz,
G’aflatda chalg‘idi ul kun ko‘zimiz.
Yuzingga shapaloq tortib yubordik,
Sho‘rpaxta bosamiz endi o‘zimiz.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:19:42
Turfa tuyg‘ularni xush ko‘rdim g‘oyat,
Dunyoning o‘zi ham rangin nihoyat!
Boqma ajablanib satrlarimga,
Baxtim rivoyatdir, g‘amim hikoyat...

* * *

Dunyoning g‘alati yo‘rig‘iga boq,
Kimga aysh tashnayu kimga dor mushtoq
Lekin hammasidan ma’no bittadir:
Qurbon oldin ketar, jallod keyinroq.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:19:56
Shudgorda qarg‘alar to‘dasin ko‘rsang,
Sira ajablanma, bo‘lma hangu mang.
Sen yerni ag‘darib, shudgor qilgan chog‘
Yuzaga chiqqandi qurtu chuvalchang.

* * *

Bahor! Sendan xushnud jami kor ahli
Xususan shod erur xoksor ahli.
Chunki tashrifingdan dil erib, zora,
Odamga o‘xshasa amaldor ahli.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:20:20
Bolaga o‘xshaydi, deydilar xalqni,
Bu gapni aytganlar, ehtimol haqdir.
Lekin takrorlayman men ham bir haq
Axir, bolalarning o‘zi ham xalqdir.

* * *

Har gal ayyomlarni aylarman tavob,
Garchand biri moddiy, o‘zgasi sarob.
Sho‘rlik ona zamin birlikka zor-ku,
Unga talpinish ham, demak, zo‘r savob!
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:20:36
Tabiat kimga ko‘p yo oz beribdi,
Kimgadir xala cho‘p yo soz beribdi.
Vo ajab, mana bu mashshoq gadoyga,
Tengi yo‘q shohona ovoz beribdi.

* * *

Ranjima toleing kulmasa agar,
Inson borin ko‘rar, o‘lmasa agar.
Shoir ham ijoddan qolmagay aslo,
Nogoh paymonasi to‘lmasa agar.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:21:18
Qah-qah urar bo‘lsam, vijdonimdan men
Mehnatim evazin so‘rab olurman.
Benaf o‘tgan damlar, men sizning uchun
Hayhot, qabrimga ham yig‘lab borurman.

* * *

Ehrom kiyib olgan ikki musulmon
Bir-birin so‘kishib choy talashardi.
Asli bilmasdilar, shu zum ikkovlon
Do‘zaxning tubidan joy talashardi.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:21:34
Kezib bu shaharni balki horgaysan
Va lekin Allohga diling yorgaysan.
Adasha-adasha Makkani topding,
Endi adashsang gar qayga borgaysan.

* * *

HOJI UKALARIM ANVAR VA XURSHIDGA

Do‘st bo‘lurmi bunchalar hamdam, inoq,
Bir pilikdan kuch olar ikki chiroq.
Oh, ahillik bor ekan o‘zbekda ham,
Ulg‘aying, turli yomon ko‘zdin yiroq.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:22:28
QUL VA QUYOSH

Demasman, zulmatda mudom faryod qil,
Himmat nuri bilan dilni obod qil.
Rasululloh demish:. Oshma haddingdan,
Quyosh tutilganda qulni ozod qil!

* * *

Haq sevgay o‘ziga yor bandalarni,
Dilida iymoni bor bandalarni,
Takabbur boshlarni pastroqqa egsa,
Yuksakka ko‘targay xor bandalarni.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:22:49
Kimdir farzandiga derdi: - Ey, qo‘zim,
Jonu diling bilan eshit bul so‘zim.
Qachondir salomga alik olmasdim,
Endi bir alikka zordirman o‘zim.

* * *

She’r, Farzand, Yaxshilik - misli polapon,
Tarqalib ketdilar hammasi har yon.
Olamda qanchaki yomonlik bo‘lsa,
Yopirilib keldilar bari men tomon.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:23:09
XALQNI ASRASANG

Hech kimsa devor bilan ajralganmas olamdan,
Vujudingga tutashdir tegrangdagi shu xilqat.
Yaxshilik qil hammaga, qaytajak o‘zingga ham,
Sen o‘zingni asraysan xalqni asrasang faqat.

* * *

ODAMIYLIK

Bir kun to‘kin bo‘lar yupqa dasturxon,
Zarbof bo‘lmasa ham kiygansan chopon,
Lekin odamlikni unutar bo‘lsang,
Ularning barchasi hayf senga, inson!
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:23:39
Paydo bo‘lganida zamin bir zamon,
Avval yaralgandir daraxt va hayvon.
Bul ikki soddani aldamoq uchun
Aqlini pesh qilib chiqqan so‘ng Inson.

* * *

Odatda ulfatlar bo‘lishganda jam,
Qizishib deydilar: dunyo - biri kam.
Ajib bir ziddiyat: oxirgi qadah,
Ortiq bo‘lganini o‘ylamas hech ham.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:24:06
Bir yo‘l chekkasida yotibman nolon,
Chorasiz bo‘lsam-da, men ham tirik jon.
Ustimga otingning soyasi tushdi,
Jilovini nari tortsang-chi, nodon.

* * *

Balki chaman bo‘lar dashti Karbalo,
Balki, behisht mavjud yulduzlar aro.
Mening O’zbekiston - Vatanim bordir,
Ularning baridan a’loroq, a’lo!
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:24:43
Olamda hech narsa emas yagona,
Besh panjang misoli turfa zamona.
Agar bir oqilni uchratsang, bilki,
Unga to‘g‘ri kelgay yuzta devona.

* * *

Paymonalar o‘z-o‘zidan to‘lgan emas,
Mangulik ham bir lahzada bo‘lgan emas.
Hoy raqibim, alay-balay dema menga,
Men o‘lmayman, chunki bobom o‘lgan emas.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:25:02
Ishlari ig‘vo-yu tuhmat va riyo,
Aldamchi, haromxo‘r, iymonsiz balo.
Agar ularni ham yaratgan bo‘lsang
Kimdan gina qilay endi, ey xudo.

* * *

She’rim, aytgan so‘zim, ba hukmi zamon,
Tarqalib ketdilar hammasi har yon.
Qalblarda tinch-totuv yasharmi ular,
Bozor iqtisodi bilan yonma-yon.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:25:32
Achinma, shoirga xorligi uchun,
Yoki parcha nonga zorligi uchun.
Bilib qo‘y, aslida yashaydi shoir,
Dunyoda muhabbat borligi uchun.

* * *

Chinor soyasidan bahramand bo‘lib,
Turfa xil ertaklar to‘qimoq oson.
O’zing ham ertaning tashvishin qilib,
Qaydadir bir nihol ekdingmi, Inson.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:26:03
AMUDARYOGA

Kimligimni bilar edim ozroq,
Bilar edim suyukligimni.
Amudaryoni ko‘rganda biroq
Bilib qoldim buyukligimni.

* * *

BOSHMANBULOQQA

Boshmanbuloq, Boshmanbuloq,
Senga ko‘zu qoshman, buloq.
Suvingdan bir qonib ichdim,
Endi mangu yoshman, buloq.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:27:07
Do‘stim, Haq deganni qo‘llagin faqat,
Parvoz qilar bo‘lsa - osmoni bo‘lgil.
Yovuzlikka qarshi qudrating ko‘rsat,
Mudom ezgulikning posboni bo‘lgil.

* * *

Urinma bolakay, urinma harchand
Bag‘ringni men kabi tig‘lay olmassan.
Men kabi quvonib, kularsan garchand,
Lekin men singari yig‘lay olmassan.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 15:27:54
Bugun xoli qo‘ydim yana daftarimni,
Buni balki kimdir yalqovlikka yo‘ydi
Asli senga aytar hamma gaplarimni,
Bulbul aytib qo‘ydi.

* * *

Mana bu hikmatga, do‘stim, sol quloq,
Balki senu menga bo‘lgay bir saboq.
Posbonning qovog‘i uyilgan bo‘lsa,
Hatto jannatga ham tortmaydi oyoq.

Abdulla Oropov to'rtliklari tugadi.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Dekabr 2007, 14:43:41
Umar Hayyom to'rtliklari

Afsus, umr behuda bo'lmishdir barbod,
Bo'lmadim haromdan bir nafas ozod,
Buyurganin qilmay yuzim qarodir.
Amringdan tashqari ishlaringdan dod!

***

Dunyoning tilagi, samari ham biz,
Aql ko'zin qorasi - javhari ham biz.
To'garak jahonni uzuk deb bilsak,
Shaksiz uning ko'zi - gavhari ham biz.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Dekabr 2007, 14:44:01
Sen-mendan oldin ham tun-kun bor edi,
Aylanga falak ham butun bor edi.
Tuproqqa avaylab qadamingni qo'y,
Bu tuproq qora ko'z bir nigor edi.

***

Kulol do'koniga kirdim bir safar,
Dastgohda ishlardi usta ko'zagar,
Gado qo'lidan-u, shohning boshidan,
Ko'zaning bo'yni-yu dastasin yasar.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Dekabr 2007, 14:44:21
Bizlar bo'lmasak ham jahn bo'lg'usi,
Bizlardan na nomu nishon bo'lg'usi,
Avval-ku yo'q edik, yetmovdi halal
Yana bo'lmasak ham, hamon bo'lg'usi.

***

Bu yerning yuzida har zarraki bor,
Bir zamon bo'lmishdi oy yuzli dildor.
Nozaninlar yuzin gardin asta art
Go'zal chehra edi bir vaqt bu g'ubor.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Dekabr 2007, 14:44:49
Dilim ilmlardan mahrum bo'lmabdi.
Bir sir qolmabdiki mavhum bo'lmabdi.
Tunu kun o'yladim yetmish ikki yil.
Ongladim - hech narsa ma'lum bo'lmabdi.

***

Sening maftuningman berayin xabar,
Uni ikki so'zla etay muxtasar:
Ishqing tuproq qilgay, ammo mehringdan
Boshimni ko'tarib bo'lgum jilvagar.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Dekabr 2007, 14:45:31
Keksa, yosh - hayotga har kimki yetar -
Hammasi izma-iz birma-bir o'tar.
Bu dunyo hech kimga qolmas abady,
Keldilar, ketamiz, kelishar, ketar.

***

Yuragim qonidan yuz xona vayron,
Uvvos tortuvimdan qo'rqinch yuz chandon,
Har bir kiprigimda qon daryosi bor,
Kipriklar yumulsa boshlanur to'fon.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Dekabr 2007, 14:47:15
 Afsuski yigitlik mavsumi bitdi,
Ko'klam o'tib ketdi, qish kelib yetdi,
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi
Bilmadim, qachonlar keldi-yu ketdi.

***

Bu ko'p eski ravot, olam unga nom, -
Tun-kun tulporiga bor bunda orom.
Bu eski bazm yuzlab Jamshiddan qoldi,
Bu go'rda yotadi yuz-yuzlab Bahrom.



Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Dekabr 2007, 14:47:59
Yo'qlikdan pok kelib, nopok bo'ldik biz,
Sho'xu quvnoq kelib, g'amnok bo'ldik biz.
Ko'zimiz to'la yosh yurakda olov,
Umr yelga ketdi, ham hok bo'ldik biz.

***

Bir g'arib ko'nglini qila olsang shod -
Yaxshidir yer yuzin qilgandan obod -
Lutfing-la bir dilni qul qila olsang,
Afzaldir yuz qulni qilmoqdan ozod.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Dekabr 2007, 14:48:41
Nokasdan sir berkit, dilingno bog'la,
Ablahdan yashirin bo'lmoqni chog'la,
Kishilar joniga o'z qilimishing ko'r,
Sen ham shunga ko'z tut, shuni so'roqla.

***

Bu kun kelar ekan, qo'lingdan, zinhor,
azizlar xotirin shod et, ey dildor.
Husning saltanati turmas abadiy,
To'satdan qo'lingdan ketishi ham bor.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Dekabr 2007, 14:49:13
Mol-dunyo hasrati qilmasin afgor,
Mangu yashar kishi qani, qayda bor?
Bir necha nafasing tanda omonat,
Omonatga omonat bo'lmoqlik darkor.

***

Ahil bo'lsa olov ichra ham inson,
Ahil kishilarga olov ham oson.
Noahil kishilar suhbatidan qoch,
Noahil suhbati yomondan yomon.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Dekabr 2007, 14:49:51
O'zni dono bilgan uch-to'rtta nodon
Eshak tabiatin qilur namoyon.
Bular suhbatida sen ham eshak bo'l,
Bo'lmasa "kofir" deb qilishar e'lon.

***

Bir so'ngakka sordek qanoat qilg'on,
Afzaldir nokasga bo'lgandan mehmon.
Nokasning shinnilik nonidan yaxshi
O'zing topib yegan burda arpa non.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Dekabr 2007, 14:51:46
Misoli bir oltin ko'za bu dnyo
Suvi goho shirin, achchiqdir goho,
Shuncha umrim bor deb kerilma aslo.
Egarloqdir ajal oti doimo.

***

Meni halok etmish g'amu hijroning,
Etagingni tutdim ketgan zamoning.
Ketding-u g'amingdan ming ko'ngil o'ldi,
Qaytding, yana ming jon bo'ldi qurboning.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Dekabr 2007, 14:53:42
Tokay pastlar xizmatin etasan bajo,
Har yemishga pashshadek qilma jon fido,
Bir nonni ikki kun ye, tortma minnat,
O'zga nondan o'z dil qoning ko'p avlo.

***

G'ayrating sarf etsang kiymoq, ichmoqqa,
Arziydi bu ishni ma'zur tutmoqqa.
Hushyor bo'l, qolganin bari arzimas
Umringni sarf etib, o'tib ketmoqqa.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Dekabr 2007, 14:54:37
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.

***

Biror kishi chiqib har zamon, mana Men, deydi,
Molu siymu zari bor chunon, mana Men, deydi.
Ishi rivoj topib turganda, bir kuni ajal,
Pistirmadan chiqib nogahon, mana, men deydi.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Dekabr 2007, 14:55:16
Kelolmagach qaytib ushbu olamga,
Qo'rqamen, yetmasmiz yoru hamdamga.
Bu damni g'animat hisob etaylik,
Balki yetolmasmiz hatto shu damga.

***

Jonimiz bu tanni tark etib ketar,
Ikki g`isht go`rimiz ko`zin berkitar,
Keyin boshqa go`rga g`isht qo`ymoq uchun,
Bizning tuproqlarni ezib loy etar.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Dekabr 2007, 15:16:07
Kelolmagach qaytib ushbu olamga,
Qo'rqamen, yetmasmiz yoru hamdamga.
Bu damni g'animat hisob etaylik,
Balki yetolmasmiz hatto shu damga.

***

Dilim bo'lgan edi bitta yorga zor,
U o'zga bir yerda g'amga giriftor.
Men undan o'zumga doru izlasam,
Netay, tabibimning o'zi ham bemor.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Dekabr 2007, 15:17:08
Kulol do`koniga tashladi nazar,
Ikki mingcha ko`za jim suhbat qurar:
— Qaysimiz sotuvchi, - dedi bir ko`za, —
Qaysimiz oluvchi, qani ko`zagar.

***

Bozorda bir kulol ko`rsatib hunar,
Bir bo`lak xom loyni tepib pishitar,
Loy ingrab aytadi: Hoy, sekinroq tep,
Men ham kulol edim, sendek, birodar.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Dekabr 2007, 15:17:36
Ketishdan qo'rqmayman men bu dunyoda,
Chunki u dunyoda umrim ziyoda.
Vaqti yetgach tanda omonat jonni
Topshirayin shunday bo'lgach iroda.

***

Jahon g'amin yema do'stim behuda,
G'am yemagil jahon tirriqdir juda,
Bori o'tib ketdi, yo'g'i hali yo'q,
Bor-yo'qni g'am qilmay yasha osuda.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Dekabr 2007, 15:18:00
Shuhrat topsang, kishilar hasadi yomon,
Yolg'iz qolsang sendan qilishar gumon.
Xizr bo'lsang hamki hech kimni bilma,
Seni ham bilmasin mayli biron jon.

***

So'zimga quloq os, ey do'sti a'lo,
Dunyo ishlarini o'ylama aslo.
Qanoat go'shasin aylabon makon,
Olam ishlarini qilg'il tamosho.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Dekabr 2007, 15:18:18
Umrim qiymoqdadir, dardim be iloj,
Rohat qisqa, zahmat topmoqda rivoj.
Xudoga ming bora shukrki, balo
Va kulfatga meni etmadi muhtoj.

***

Baxtingdan obodlik shoxi unsa ham,
Hayoting libosi bo'lsa-da, hurram.
Tanang chodiriga suyanma ko'pam,
To'rttala qozig'i sustdir, ey odam.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Dekabr 2007, 15:19:13
Qayda kamol topding, jononam o'zing,
Oyni uyaltirar tunda yulduzing.
Bazm uchun yuzlarim bezar go'zallar,
Jahon bazmin bezar bir sening yuzing.

***

Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Dekabr 2007, 15:20:05
O'zgartirib bo'lmas ne bitmish qalam,
Faqat dil xun bo'lur tortaversang g'am,
Butun umr jigar qonin yutsang ham,
Umring uzaytirib bo'lmas biror dam.

***

Olma sardaftari ishqning imlosi,
Yoshlik qasidasin jilva ziyosi.
Ey, ishq olamidan xabarsiz, bilg'il,
Ishq emasmi asli hayot ma'nosi.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Dekabr 2007, 15:21:57
Kimsani ranjitma, ranjitma hayhot,
G'azabing birovga sochmagil, ey zot.
O'zing ranj cheku, hech kimni ranjitma,
Rohat desang agar o'zing g'amga bot.

***

Muhabbat o'tida yonmasa ko'ngil,
Holiga voy degil bemoru zahil.
Muhabbatsiz o'tgan har bi kuning, bil:
Umringdan behuda ketmish behosil.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Dekabr 2007, 15:23:13
Bir burchakda qotgan nonga qanoat,
Istamadim undan ortiq hashamat.
Jonu dildan harid etdim faqirlik,
Faqirlikdan ortiq ko'rmadim davlat.

***

Poku, ahil, oqil kishiga o'rtqo -
Bo'lu noahildan qochaver yiroq.
Dono senga zahar tutsa ham ichgil,
Qo'l cho'zmagil sharbat tutsa ham ahmoq.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Dekabr 2007, 15:25:16
Dardga chalinmish bu dili vayronam,
Ishqdan uyg'onmadi sarmast jononam,
Oshiqlik sharobin berganlari kun
Jigarim qoni-la, to'ldi paymonam.

***

Hikmat chodirini tikladi Xayyom,
Andux ko'rasida yondi ul nokom.
Umr ipin kesdi ajal qaychisi,
Xizmatiga oxir shul erdi in'om.

Shoislom Shomuhamedov tarjimasi.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Dekabr 2007, 15:27:15
Umar Hayyom to'rtliklari tugadi.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 10 Yanvar 2008, 12:02:00
Dunyoda qoldimi ko’rmagan narsam,
Ko’rdim deb gerdayma,ne ko’ribsan kam.
Bir inson qalbini bila oldingmi,
Insonning qalbidan bormi keng olam!  M.Shayxzoda

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 10 Yanvar 2008, 12:03:49
So’yladim, til xato qildi,
Tiymadim, ko’z zino qildi,
Siyladim, nafs ado qildi,
Qiynadim, ruh nido qildi:
“Tavbang qani?!”

Qo’rqmayman yovlarim yoqamdan tutsa,
Chidayman so’ksayu qilsa haqorat.
Qo’rqaman ammo men bir ulug’ Zotdan,
Bir ulug’ ayyomdan qo’rqaman faqat.          Nurmuhammad Shoyoqub
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:31:59
Hofiz Sheroziy to'rtliklari

Men senga oshiq bo‘lib,
Egildim javobing yo‘q.
Balki ko‘zga ilmaysan,
Ne qilay ilojim yo’q.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:32:21
Sen yordan o‘zga, hech ko‘rinmas ko‘zga
Yo‘l yo‘q menga sening ko‘changdan o‘zga.
Keldi hamma odamga shirin tinch uyqu,
Mendan qochadur uyqu,kirmas so‘zga.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:32:54
Ishqing g‘ami birla bo‘lsa bag‘rim qon,
Husningni bayon etishda aqlim hayron.
Zulfingda g‘aribu chorasizdir ko‘nglim,
G‘urbatda nechuk o‘tar ekan unga zamon.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:33:36
Sen to‘lin oy –u quyosh senga banda erur,
To bandang o‘lubdur u tobanda erur.
Har lahza sening oy yuzing nuri bilan,
Oftob yorug‘, oy esa tobanda erur.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:33:58
Ko‘yingda men bevatan, o‘zga hech kim yo‘q,
Yoningda begonaman o‘zga hech kim yo‘q.
Zulfingni tanobiga bog‘langan menman,
Devonaroq mendan o‘zga hech kim yo‘q.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:36:27
Avvalda vafo bilan meni aylab shod,
Mast etdiyu javru jafo ayladi bunyod.
Har ikki ko‘zimda yoshu dilda to‘la o‘t,
Bo‘ldim yo‘lida tuproq, u etdi barbod.

Bosar ko‘nglimni har kun boshqa bir g‘am,
Ko‘zimda hajrdan turli tikan ham.
Chidab yengay desam, taqdir deydur:
„Qo‘lingdan kelmagay bu boshqa olam“.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:37:09
G‘amingda qon aro bu tun yotarman,
Farog‘at o‘rnidan surgun yotarman,
Ishonmassan, kelib ko‘rsin xayoling,
Ki sansiz qay yo‘sin mahzun yotarman.


Na dunyo davlati arzir sitamga,
Na borliq lazzati arzir alamga.
Jahonning yetti ming yillik g‘ururi,
Qachon arziydi yetti kunli g‘amga?

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:37:56
Ul kunki ayriliq menga aylab zo‘r,
Sabrim tugalishga hajring etsa majbur,
Ko‘z tashlar esam agar bo‘lak dilbarga,
Husningni tuzi haqqi meni qilsin ko‘r.


Kelur bu gul rafiqim gulshanidan,
U birlan benihoyat shod erurman.
Hamisha hamdamidurman, negakim,
Kelur sevgim hidi rangu hididan.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:38:20
Umiding uzma bu davri jahondan,
Vale tol bargidek titra zamondan.
Qaroliqdan nari rang yo‘q der ersang,
Qaro sochim oqardi, bu qayondan?


Umr devorini sel qurshab oldi,
Hayot jomin qarilik quydi, toldi.
Tashir hammol hayoting yuklrini
Ko‘z och, e xoja, umringdan ne qoldi?

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:39:17
Ne foyda u baxtdan ki qilmas imdod,
Ne foyda dildanki sira bo‘lmas shod.
Ul erdi ko‘zim qarosi ketdi ko‘zdan
Ne foyda u ko‘zdan bo‘lsa nuri barbod.


Boq gulni go‘zal jamoliga gulshanda,
Ko‘rgilki, bulutda yig‘i, gulda xanda.
Mag‘rur erur sarv o‘z ozodligiga,
Bu to‘g‘rilig‘-la bo‘ldi gulga banda.


Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:39:39
Yod aylamading meni, ey sha‘mi chigil,
Boshim uza har qancha tushubdur mushkil.
Ko‘nglimga g‘aming bilan to‘lubdur dardlar,
Dil bildiyu men bildim-u men bildim-u dil.


Sabo gul doyasi bo‘lgach, o‘shal dam,
Chamanda berdi ziynat gulga ildam.
Quyoshdan soyaga o‘tguncha bo‘lsang,
Quyosh yuzin qidir, gul soyasin ham.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:40:24
Hajring ila sha‘mdan ortiq yig‘lab bu on,
Shisha kabi koz‘da yoshim alvon – alvon.
May sog‘aridek yurak siqilmoqlikdan,
Chang nolasini eshitgach yig‘larman qon.


Ol ko‘ngil oluvchi bodani, jono, kel,
Yashirincha raqibi shumdan tanho kel.
Xasm etsa: o‘tir, borma, quloq solma unga,
Tingla so‘zimu turg‘ilu, moxliqo kel.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:41:17
May bazmin ariq labida qurmoq yaxshi,
G‘am – g‘ussadan eng uzoqda yurmoq yaxshi.
Gar bizning aziz umrimiz o‘n kun bo‘lsa,
Hech g‘amsiz o‘yin – kulgida yurmoq yaxshi.


Murod izlab hayot behuda ketdi,
Falakdan menga qay xil foyda yetdi.
Jahonda har kishiga do‘st bo‘ldim,
Bu qanday baxtki, u dushmanlik etdi.


Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:41:52
Agar g‘uncha qadahga bersa pardoz,
May ishqi qilsa nargisin qadahsoz.
Dili sof ul kishining kim, xubobdek,
Egib bosh dayraro yotsa qishu yoz.


Bobilni sehrgari ko‘zingga ustod,
Hech bir unutmas afsunnikim, olmish yod.
Ul zulfki, husning qulog‘iga taqilmish,
Hofiz duri nazmin taq, bo‘l ko‘zdan ozod.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:42:20
Men bo‘su kanor orzusida o‘ldim,
Men la‘li labingni qayg‘usida o‘ldim.
So‘z cho‘zmoq kerak emas, qisqasin aytsam:
Kel tezda, ki vasl justujo‘sida o‘ldim.


Ey yel, xabar et meni bu zorligimdan,
Unga, ki yemas g‘am bemorligimdan.
Shodlik beshigida uxlagaysan har tun,
Ayo xabaring bormi bedorligimdan.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:42:58
Umrimning hosili bo‘ldi faqat g‘am,
Ishq ichra har qanday paytlarda ham.
G‘amdan boshqa topmadim men bir ulfat,
Darddan bo‘lak topmadim, vafoli hamdam.


Sendan g‘uncha uyalib tutdi gar niqob,
Nargis ham xijilu ko‘zida yo‘q tob.
Gul tenglik da‘vosin qilolmas senga,
Gul oydin nur, sendan nur olur mohtob.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:43:23
Ko‘zingkim fitnalar yog‘dirar har on,
Jang o‘qin yog‘dirar afsus har zamon.
Dilingni tez uzding hamnafaslardan,
Ohkim tosh yog‘dirar diling har qachon.


Tokay bu jafou javr bo‘lur armoning,
El ko‘nglini ranjitishni istar joning.
Ko‘rdingmi dil ahlining qo‘lida qonlig‘ tig‘,
Tegsa senga o‘z gardingga o‘z qoning.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:43:47
Koshki edikim, baxt madadkor o‘lsa,
Yo charxi falak yana menga yor o‘lsa.
Yoshlik jolivini oldi qo‘ldan, ammo,
Pirlik o‘zi koshki padidor o‘lsa.


E sabo, so‘zimni maxfiy qil bayon,
Dil sirrin yuz tilda sharh etgil shu on.
Ranjitma insonni, qo‘pol so‘zlama,
O‘rtacha so‘z degil, tilni qil biyron.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:45:07
Deding: istarmanki senga bo‘lsam yor,
Xishvaqt bo‘l, aylagil sabr ixtiyor.
Sabru dil deganing nedirki bu dil,
Bir tomchi qon, yuz ming andishasi bor.

Hofiz Sheroziy to'rtliklari shu yerda tugadi.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 11:53:42
 Sa'diy ijodidan to'rtliklar

Bukun gapirmoqqa imkon bor ekan,
Lutfu yaxshilik-la so’zla birodar,
Zarurat tilingni bog’lab qo’yadi,
Ertan kelsa ajal elchisi egar.
                   ***
Ey oqil, nedur og’zimiz ichra til,
Hunarli kishi g’aznasin ochqichi.
Ochilmay to eshik na bilsun kishi,
U gavharfurushmi va yo eskichi.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 11:54:15
Xo’roz qilar xo’p shiddatli jang,
Ojiz qolur qirg’iy ursa chang.
Mushuk sherdir sichqon ovida,
Lek sichqondir duch kelsa palang.
                    ***
Tokim birorta so’z deguncha inson,
Aybila hunari barchadan pinhon,
Uxlab yotgan chiqar balki qoploni,
To’qayni bo’m-bo’sh deb qilmagil gumon.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 11:54:37
Jo’mard yaxshi agar topsa yarim non,
Do’stlar bilan ko’radi baham.
Bir iqlimga hokim bo’lgan podsho,
Yana bir iqlim deb, chekadi alam.
                  ***
Nazar sol behamiyat ul kishiga,
Ki hargiz ko’rmagay baxtu saodat.
Tunu kun o’ylar o’z tan rohatini,
Jafo oilaga soatba-soat.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 11:55:04
Kimningki boshiga qo’narkan davlat,
Barcha bo’lg’ay unga qarindosh yanglig’.
Baxt uning uyidan yuz o’girgan kun,
Eshigu devori bo’lar go’yo tig’.
                       ***
Davlat, toj-taxt unga qaram bo’lsa ham,
Darvesh-fuqaroga shoh erur posbon.
Qo’ylar cho’pon uchun qo’yilgan emas,
Qo’ylar uchun qo’yilar cho’pon.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 11:55:55
Amir xizmatida sokin va afgor,
Qo’llaring ko’ksingga qo’yguncha har gal.
Kuysa ham qo’llaring mayli, birodar,
Kaftingda tosh ohak ochganing afzal.
                      ***
Uchrar bu jahonda ushbu hol takror:
Betamiz izzatda, aqllilar xor.
Mehnatu g’ussada o’lar kimyogar,
Ablah xarobadan xazina topar.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 11:56:13
Qavmdan bittasi qilsa nodonlik,
Kattayu-kichikda toqat bo’lur toq.
Xalq maqoli bor-ku eshitgandirsan:
“Poda bulg’atar bir yaramas buzoq”.
                     ***
Bir qo’pol suhbati majlisda chandon,
Xushdil jamoatni ranjitur oson.
Hovuz to’ldirilsa gulobga tamom,
Bir it tushsa bo’lur badrabdek harom.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 11:56:34
Qanchaga chidasin miskin oyoqlar,
Bu yo’lda nor tuya oyog’i topur.
Ingichka bo’lguncha yo’g’on cho’zilib,
Ingichka chidamas, uzilib o’lur.
                     ***
Zang bosgan temirni qancha ishqama,
Zang ketib ko’zgudek sayqal topmas, bil.
Qaro dilga o’git etmoq befoyda,
Toshga mix kirmaydi qancha qoqmagil
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 11:56:53
Shirin dahan, shirin labdan chiqajak ovoz,
Kuylasin yo kuylamasin, bo’lur dilnavoz.
Yomon kuychi tilida-chi, hammasi yomon,
“Ushshoq” bo’lsin, “Xurosoniy” va yoki “Hijoz”.
                       ***
Yaxshi bo’lgil, hatto dushmaning oson,
Seni deyolmasin yaramas – yomon.
Tanburning ovozi soz chiqib tursa,
Qulog’in buramaydi sozchi hech qachon.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 11:57:13
Ba’zilar amalga mingan chog’ida,
Tamom unutilar do’stu yor, oshno.
Amalidan tushib bo’lsa notavon,
Dil dardiga do’stdan izlaydi davo.
                   ***
Do’stlaringni ko’rib turmoq ayb emas,
Ammo shunchalikki, demasinlar “bas!”
Sen o’zingni qancha koyiy bilsang xo’b,
Boshqalar koyishin eshitmaysan ko’p.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 11:57:47
Ezilgan bir chumoliman oyoq ostida jim,
Arimasman va dastimdan nolimas hech kim.
Odamlarga ozor bermoq uchun yo’q kuchim,
Shukrim qanday izhor etay bu ne’mat uchun.
                             ***
Kiyim so’rab badavlatga parcha qog’oz yozgandan,
Parcha – parcha yamoq tikib, sabr qilgan yaxshiroq.
Qo’shning soyasida agar borar bo’lsang jannatga,
Xudo haqi, do’zaxga teng, uqubati besanoq.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 11:58:06
Quruq qum izg’igan cho’l-biyobonda,
Tashnaning og’ziga sadaf yoki dur.
Ochlikdan yiqilgan kimsa belida,
Sopalakmi yoki oltin, baribir.
                  ***
Qovrilgan qush qadri to’qlar oldida
Dasturxonda piyoz, kashnich, o’tdan kam.
Och oldida o’tar tovuq o’rniga
Quruq suvda qaynab pishgan bir sholg’am.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 11:58:23
Eshitdingmi, uzoq go’rd bir savdgar,
O’layotib, otdan tushib, bir so’z demish:
“Ko’z och ekan, yo qanoat bilan to’yar,
Yoki mozor tuprog’isiz to’lmas emish”.
                      ***
Oltin – kumush bo’lsa, yedir barchaga,
O’zing ham rohat qil, yeb-ichib qolgin.
Sendan qolajakdir bu imoratlar,
G’ishtlar bo’lganda ham kumush yo oltin.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 11:58:39
Agar kosib musofirlikka chiqsa,
Qiyinlik betini ko’rmaydi aslo.
Kechin och uxlamoqqa majbur o’lg’ay,
Gar o’z yurtinda taxtdan tushsa podsho.
                      ***
Rizq agar har kimga kelur begumon,
Aql der: “Qidirgil uni sen o’zing”
Hech kishi ajalsiz o’lmaydi, ammo –
Kim ajdar og’ziga uradi o’zin?
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 11:58:58
Pashsha yopirilsa zo’r filni yengar,
Salobatli, polvon johilni yengar.
Chumoli birlashsa ittifoq bo’lib,
Arslon terisin olajak shilib.
                ***
Bildimki, odati zahar sochmoqdir,
Ilondan bo’lmadim bir on xotirjam.
O’zni do’st ko’rsatgan dushman tishlasa,
Uning tish zahriga topilmas malham.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 11:59:19
Rizqingdan ortiqni yeb bo’lmasa ham,
Talabda bo’lmag’il dangasa, beg’am.
G’avvos nahang og’zini o’ylasa agar,
Qo’lga kiritolmas hech durru gavhar.
                     ***
Gohida ravshan fikr donolardan ham,
Chiqmasligi mumkin durustroq tadbir.
Gohida aqlsiz go’dak bir bola,
Yanglishib, nishonga o’q urar mohir.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 11:59:37
So’zing garchi dilkash va shirin bo’lur,
Mukofoti tasdiqu, tahsin bo’lur.
Bir aytdingmi, aytma uni o’zga dam,
To’yib bir yedingmi yetar holva ham.
                     ***
Ey oqil, so’zning ham bosh – oyog’i bor,
O’zga so’zga so’zing qistirma, zinhor.
Aqlu hush egasi tadbirli inson,
So’z boshlar suhbatdosh jim bo’lgan zamon.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 11:59:57
Qayga kelmish ishq sultoni magar,
Qolmagay taqvo qo’lining quvvati.
Pok yashay olsin u bechora nechuk,
Loyga botgan bo’lsa yuz – ko’z suvrati.
                    ***
Ko’nling olurman boricha qudrat,
Zahmat yeturman, cheksamda zahmat.
To’tidek bo’lsang shirinlik yemish,
Shirin jon bilan etay parvarish.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 12:00:26
Yoshlarda hech vafo bo’lmas, bo’lsalar ham shod,
Chehralari go’zallikda o’tsa ham guldan.
Vafodorlik shevasini eshitolmaysan,
Har dam o’zga gulga qo’shiq aytar bulbuldan.
                   ***
O’zga bilan jannat sayridan ko’ra,
Sen bilan azobda yonganim ma’qul.
Go’zal dahanidan piyozning isi –
Yaxshidir xunuklar tutganidan gul.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 12:00:47
Yillar o’tib ketdi tepangdan g’ir – g’ir,
Otang mozoriga bordingmi bir dam?
Otang xotiriga nima ezgulik,
Qildingki, o’g’lingdan kutasan sen ham?
                         ***
Ey manzilga mushtoq yo’lchi, ko’p shoshmagil,
Chopqir otlar ko’pi yo’lda qolib ketdi.
Pandim eshit, sabr qilish bo’lsin ishing,
Oqsoq eshak manziliga borib yetdi.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 12:01:14
Keksadan istama quvnoqlik havas,
Yoshlik o’tmish oqar suv – ortga qaytmas.
Ekinga yetarkan o’roq zamoni,
Sabzadek mavj urmas, tinar javloni.
                    ***
Kampir sochlarin bo’yar birma – bir,
Dedim: ey, ko’p zamon yashagan kampir,
Nayrang bilan soching qilasan qora,
Ammo bukchaygan bel rost bo’lmas sira.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 12:01:45
O’zi buyurmoqqa o’rgangan kishi,
Qiyin boshqalarga quloq solishi.
Kim agar o’sibdi nozu ne’matda,
Holi og’ir bo’lar qolsa kulfatda.
                   ***
Darvesh agar yuz noma’qul ish qilsa,
Biriga ham do’stlar qilmas e’tibor.
Ammo podshoh biror hazil so’z desa,
Iqlimdan iqlimga o’tadi takror.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 12:02:13
Kimga yoshligidan berilmas odob,
Ulg’aygach bo’ladi baxtsiz, dili g’ash.
Ho’l novda egilar qay xilda egsang,
Quruqni to’g’rilar faqat o’t – otash.
                   ***
Yubordi o’g’lini maktabga podsho,
Qilib qo’yniga nuqra taxtacha jo.
Kumush ul taxtaga zardin bitib yod:
“Ota mehridan afzal jabri ustod”.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 12:02:40
Kiriming bo’lmasa, chiqimni to’xtat,
Qayiqchilar kuylar shunday bir qo’shiq:
“Agar toqqa yomg’ir yog’ib turmasa,
Bir yilda Dajla ham bo’lar qup-quruq”.
                     ***
Kimni mashhur etmish saxiylik, karam,
Qulfga tushmasin dinoru diram.
Yaxshi nomi chiqqan bo’lsa ko’chaga,
Odamlardan eshik yopolmas hecham.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 12:03:08
Past nodon mastlikda o’ylamas aslo,
Ne kechar ahvoli yo’qlik kunida.
Bahorda bargi mo’l daraxtlar nochor,
Yalang’och qolar qish izg’irinida.

                     ***
Ishonmagil maddoh, so’zamollarga,
Zarracha naf uchun seni madh etar.
Bir kuni murodin hosil etmasang,
Ikki yuzdan ortiq ayb sanab ketar.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 12:03:36
Eshitdim, Mashriqda bir chinni kosa,
Qirq kunlik mehnatda ochilur naqshi.
Mardoshda yasashar kunda yuz dona,
Qiymatini o’zing bilasan yaxshi.
                    ***
Cho’lda o’z ko’zlarim bilan ko’rganman,
Yo’lda qolib ketar shoshqaloq odam.
Shamoldek samanlar chopib toladi,
Sarbon bir me’yorda tashlaydi qadam.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 12:04:00
Kamolu fazldan bebahra bo’lsang,
Og’zing ocha ko’rmay tilingni tiygil.
Odamning o’z tili qilur sharmanda,
Puch yong’oqning vazni kelgandek yengil.
                    ***
Odamning ustiga qarab bir kunda,
Ilmu darajasin bilsa bo’ladi.
Va lekin dilidan bo’lma xotirjam,
Yillar o’tib bir kun oshkor qiladi.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 12:04:38
Tirik jonin oson bo’lar hal,
O’lik tirilmaydi qayta hech mahal.
O’qchida sabr bo’lsa, aqldan nishon,
Kamonga qaytmaydi uchgan o’q hech on.
                       ***
Oqilga past kishi ko’rguzsa jafo,
Ko’p alam chekmasin bo’lib dilsiyo.
Aron tosh sindirsa zar kosani gar,
Tosh narxi oshmaydi, pastga tushmas zar.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 12:05:03
Bo’lsa johil mahrumu kalta aql,
Yaxshiroqdir beamal olimdan ul.
Toydi yo’ldan chunki u ko’zsiz so’qir,
Bul yiqilmish choh aro ko’zlarda nur.
                     ***
Tabibga ko’rsatmay kasal tomirin,
Tuzalmoq xayoli xomdir, hushyor bo’l.
Bilmaganing so’ra, so’rash nomusi,
Bilki bilimdonlik va hurmatga yo’l.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 12:05:24
Gaping chinligini yaxshi bilmasdan,
Og’zing ochib aslo so’zga urma dam.
Yolg’on seni banddan qilsa ham xalos,
Rost gapirgil, agar bandda qolsang ham.
                      ***
Keyin ursang hamki, tosh bilan yuz bor,
It unutmas bergan ovqating aslo.
Pastlarni bir umr erkalasangu,
Sal qattiq gapirsang, boshlar mojaro.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 12:06:09
Qush tushmas pastdagi dona ustiga,
Tuzoq uzra ko’rsa o’zga bir qushni.
Boshqalarga ibrat bo’lmayin desang,
O’zing ibrat olib yuritgil ishni.

  Sa'diyning to'rtliklari tugadi.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Mas'ud 25 Yanvar 2008, 17:34:27
Bir qo'lda Qur'onu bittasida jom,
Ba'zida halolmiz, ba'zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


Umar Hayyom
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Mas'ud 25 Yanvar 2008, 17:36:36
May ichsang, oqilu dono bilan ich,
Yoki bir gul yuzli zebo bilan ich.
Oz-oz ich, goh-goh ich ham yashirin ich,
Ezma, rasvo bo'lma, hayo bilan ich.


Umar Hayyom
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 31 Yanvar 2008, 10:33:33
U dunyoga kelib tashvishning
Orqasidan yelib – yugurdi.
Na so’nggiga yetoldi ishning,
Na dunyoni anglab ulgurdi.

Oxir bir kun,
Aqli to’lgach u
O’z jonining qadriga yetdi.
Bor-ey, deya qo’l siltadi-yu,
Bu dunyoni tashladi – ketdi.

 Abdulla Oripov
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 31 Yanvar 2008, 10:57:33
 Robiya Turob qizi qalamiga mansub to'rtliklar

Gunohlaring jazolari og’ir – bilgum,
Men ularni yuvmay turib gunoh qilgum.
Ketar chog’i cho’bin otni gar minsalar,
Men shu otni gunohlardan yasab mingum.
                     
                      *  *  *

Bu dunyoga nega kelib, nega ketarman,
Umr ko’rib bu dunyodan nelar kutarman.
Yaxshi – yomon odamlar-la birga yashabon,
Men ulardek yaxshimi, yo yomon o’tarman.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 31 Yanvar 2008, 10:57:40
Hayot jarliklardan, qirdan iborat,
O’ylamay qadam bosma, ovunchoq bilib,
Hayotni o’ynamoq istasang agar,
O’zingni o’ynatar o’yinchoq qilib.

                        *  *  *     

Qushdek yengil sezib, o’zimni g’oyat,
Qanotim bo’lsa gar, uchmoqqa shayman.
Orzularim ko’pdir dilimda shoyad,
Go’yo men bir umr shunday yashayman.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 31 Yanvar 2008, 10:58:00
G’ishtim armon – qurdim imorat,
Pushaymon deb qo’ydim nomini.
Endi unda yasharman faqat,
Ekib ayriliqning donini.

                         *  *  *   

Bu dunyoning azobi yetmaganidek,
U dunyoning azobi o’rtaydi meni.
Gunohsiz chog’imda, yoshlik chog’imda,
Ekkandek Olloh o’rsaydi meni.

   Robiya Turob qizi to'rtliklari tugadi
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 15 Fevral 2008, 14:22:22
         Ð¢ÑžÑ€Ñ‚ликлар

    Абдуғани СУЛАЙМОН
Қўрқоқлик умрни узайтиролмас,
Писиб, панада жон сақлайман дема.
Жасорат боис у қисқариб қолмас,
Ҳақ пахтани ўтда сақлар, ғам ема...
* * *
Табассумли юзга нурлар Ñ‘ғилур,
Баджаҳлни шайтон йўлдан оғдирур.
Беҳуда кўп кулган жоҳилнинг қалби
Тош қотар, ўт ичра куйиб доғ ўлур.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 15 Fevral 2008, 14:24:06
Шарму ҳаёсини йўқотган инсон —
Кишилик шаънига Ñžқ отган инсон.
Элнинг лаънатига қиларми парво
Ота-онасига дўқ отган инсон?..
* * *
Дардларнинг оғири бахиллик экан —
Боғида кўкармас ҳаттоки тикан.
Олам ганжга тўлар, тўймайди бахил,
Ажаб, ҳирси осмон каби кенгмикан?..
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 15 Fevral 2008, 14:28:25
Баҳор ўткинчидир, боғинг ғанимат,
Ёшликдан кечган ҳар чоғинг ғанимат.
Ёш ўтса, тан заиф, руҳинг сўлади,
Йигитликда ошган тоғинг ғанимат.
* * *
Улуғ Ҳақ! Арқонинг кўп узун экан,
Банданинг юз йили ҳам бир зум экан.
Золимга беражак жазойинг тайин,
Мазлум юрагида қолмас ҳеч тикан.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 15 Fevral 2008, 14:30:21
Аё дўст, хатарнок эрур сафаринг,
Сабр-ла Раббингни қилурсан рози.
Гуноҳинг яширмас амал дафтаринг,
Савобингни оширмайди Тарози...
* * *
Ҳар қандай хайрли иш дуруст ниятсиз бўлмас,
Ният пок бўлмагунча кўнгил ҳам нурга тўлмас.
Барча йўқотишлардан имонсиз қолган ёмон,
Ҳақ йўлдан адашганнинг ҳаргиз толеи кулмас.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 15 Fevral 2008, 14:31:50
Ҳайвонларнинг мозорда ҳеч иши йўқ,
Аҳмоқларнинг ёзи билан қиши йўқ.
Донолик ҳам ёш танламас, воажаб,
Нодонларнинг ўлимдан ташвиши йўқ.
* * *
Қуёш кўкда Аллоҳ Ñ‘қиб қўйган бир чироқ,
Селу ёмғир эл ризқини этолмас йироқ.
Ожиз қулман, лек хаёлим кезар самони,
Гулдурмомо булуткарвон чалган қўнғироқ.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 15 Fevral 2008, 14:34:02
Ақли расо одамсан, аҳмоқ билан талашма,
Сувда олов Ñ‘қса жин, унга ўтин қалашма.
Раҳматдан бўл умидвор, паноҳ берсин Биру Бор,
Тўғри йўлда собит бўл, шайтон билан "ярашма".
* * *
Ҳар қандай эзгулик ҳиммат меваси,
Булутлар меҳридан тирилади ер.
Мудом омон бўлгин, ҳиммат шеваси
Сен боис ҳар гиёҳ Ҳақ зикрини дер...


Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 22 Fevral 2008, 16:40:22
Agar-chi, balandu pastdamiz, ey do’st,
Baribir bir yo’ldan qaytamiz, ey do’st.
Senga kulba bermas, menga – koshona,
Oqibat tuproqmiz, maysamiz, ey do’st.

                    *  *  *

Dunyoga kelding-ku ketgaysan qachon?
Ezgulik naqshini bitgaysan qachon?
Neki bor, yetishding yelib, yugurib,
Ey inson, O’zingga yetgaysan qachon?
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 22 Fevral 2008, 16:59:34
Biz keldik dunyoga bir imkon uchun,
Har lahza bir sinov, imtihon uchun.
Ming inson bita jon berolmas bizga,
Biz bitta jonmizu ming inson uchun.
                 
                    *  *  *
Xudo dargohida ochiqsan, inson,
Dunyo korgohida nechuksan, inson?
Jahonga sig’mayin yelmoqlar nechun,
O’zingku zarradan kichiksan, inson?
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 22 Fevral 2008, 17:03:29
Bu kun dasturlaring, darsliklaring ko’p,
Mehrobing, xonaqoh, masjidlaring ko’p.
Senga joiz asli yuksak amallar,
O, inson, buncha ham pastliklaring ko’p!



Har kun – umrimizning bir safaridir,
Har on – umrimizning bir gavharidir.
Tinchlik, omonlikda otgan har bir tong,
Ollohning bizlarga xushxabaridir.

Sirojiddon Sayyid
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:38:20
Pir izlama dunyodan – dunyoda pir juda ko’p,
Sir izlama dunyodan – dunyoda sir juda ko’p,
Bilki umring omonat, bir Haqni izla faqat,
Kir izlama dunyodan – dunyoda kir juda ko’p.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:38:43
Barcha yo’llar berk bo’lar, agar Sen tugun etsang,
Kecha bugun bo’ladi, agar Sen bugun etsang,
Banda yaxshi niyatda, tartib-qonun tuzadi,
Qonun qonun bo’ladi, agar Sen qonun etsang!

              *  *  *
Kimdir ochu, kimlar to’q,
Zamon – kamon, zamon – o’q,
Hamma da’voga quldir,
Pirlar bisyor , murid yo’q.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:39:14
Baloning yo’q sharmu ibosi,
Balolikdir har muddaosi,
Balo kelsa yayragin, ey jon!
“Balo – avliyoning libosi!”

               *  *  *
Bobolarim yozgan kitoblar
Kutayotir yuzi sarg’ayib.
Bobolarim yozgan kitoblar
Mag’ribda g’arib…
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:39:54
Har on, har daqiqa, bilsang, xatardir,
Tiriklik o’limga qarab safardir,
Qo’shnim o’ldi deya bo’lma xotirjam,
Qo’shningning o’limi senga xabardir.

               *  *  *
Ilohi, rahm ayla, ki Rahimsan,
Karimu Rahmonu ham Halimsan.
Men-ku bechora, rasvoi jahon,
Sen ey Sattor, aybpo’shi Qadimsan!
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:40:21
Kim piri murshidning etagin tutgay,
Imon sohiliga sog’-omon yetgay,
Dunyodan qo’lini yuvganidan so’ng,
Aldoqchi dunyodan aldanmay o’tgay.

                        *  *  *
Ayo do’stim, nechun g’aming bozor bo’ldi?
Har nafasing, har bir daming bozor bo’ldi?
Oxiratning bozorini unutdingmi?
Azalaring, oh, bayraming bozor bo’ldi…

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:41:10
Seni izlab erdim har nafas, har dam,
Har bir so’zing qalbim dardiga malham.
Yaktaging barini surtaman ko’zga,
Sen anqo urug’i – samimiy odam!

                   *  *  *
Badbaxtlikni baxt deb bilibman,
Naq do’zaxni taxt deb bilibman.
Kechir, Rabbim! Gunohli damni –
Saodatli vaqt deb bilibman.

Sadriddin Salim Buxoriy.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 05 Mart 2008, 10:57:18
Ganj kerakmi? Izla vayronalarda,
Shodlikmi? Topg’aysan g’amxonalarda.
Dur kerakmi? Toshlar orasida u,
Haqiqatmi? Ertak, afsonalarda…

*  *  *

Gar so’zlar bo’lmas salaflar so’zicha,
Yerni idrok qilur har kim o’zicha.
Dedilar: “Supracha, tirnoq yuzicha”,
Bizga yer tasbeh donasi ko’zicha.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 05 Mart 2008, 10:58:42
Sanoni nafaqat til, yurak aytur,
Jism ila jon birga-mushtarak aytur.
Uch yuz oltmish tomir ham tordek titrab,
Junbushda to’rt yuz qirq so’ngak aytur.

*  *  *

Elga emas, o’zima hayronadurman,
Hamma yaxshi, men nega yomondurman?
Uyni yodlash, ketmak g’ami dilda yo’q,
Qadrin bilmas men nechuk mehmondurman?
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 05 Mart 2008, 10:59:53
Elga terroru tug’yon vahmidan xavf,
Dilga shubhayu bo’hton zahridan xavf,
Agar iymon butun, kufr senga naylar,
Dinga noqis musulmon sharridan xavf.

*  *  *

Bir qarasang, qaytar dunyo – bu dunyo,
O’chakishsang, qaysar dunyo – bu dunyo,
Rozi bo’lsang, tildan kelgan baloga,
To’g’ri so’zni aytar dunyo – bu dunyo.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 05 Mart 2008, 11:02:22
Ey alif, egilma, dolga o’xshama,
Kerak payt haqni de, lolga o’xshama,
Gumrohga ergashib, qayon borursan?
Yetaklasa, yurgan molga o’xshama!

Fozil Zohid.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Mahzunabonu 07 Mart 2008, 19:28:32

Ла илаҳа иллаллоҳни тилимиз айтар осон
Аммо ушбу калимани дунёни қилган ҳайрон
Саҳобалар даврига олтин қаср қурдирган
Талстойдек зотларни черковдан юз бурдирган

Гётени ҳайрат ила Исломга қилган мойил
Айни шу калимадир биродар бизга қойил
Эртадан кечга томон унитилмай айтамиз
Аммо қачон гуноҳдан маъсиятдан қайтамиз

Xayrulloh Hamidov
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammadali 11 Mart 2008, 20:20:14
MUNOJOT

Xoliqo!
Qoyilman o'z nuqsonima,
Ko'b jafo qildim o'zumni jonima.
Zoti pokingdan inoyat bo'lmasa,
Hech ishonchim yo'q amal qilg'onima.

Xoliqo!
Qildim faoli kundani,
Qilmog'il rasvo mani - sharmandani.
Sen agar rahmat niqobin yopmasang
Aybi ko'b,nuqsoni ko'bdur bandani.

Xoliqo!
To'ktum ibodat tosini,
San tuzarsan bandani kam-ko'sini.
Qo'llaring bulg'onsa isyon loyig'a
Oqizursan mag'firat daryosini.

Xoliqo!
Qildim gunohi beadad,
Jon berar holatda san bergil madad.
Nafsi shayton ilkidin qutqormasang,
Bo'ldi mushkul holimizg'a,yo ahad!

Xoliqo!
Yo avvalo,yo oxiro,
Nafsi shayton jonima bo'ldi balo.
Garchi Olloyor O'tarchidur yomon,
Qo'ymog'il dushman qo'lida mubtalo.

Xoliqo!
Tutdim farog'at xobini,
Istadim doyim jahon asbobini.
Garchi Olloyor erur g'arqi gunoh,
Och ango o'lganda rahmat bobini.

Xoliqo!
Umr ayladim foniy bilan,
Endi bandang zor yilor joni bilan.
Garchi Olloyor erur zoru zabun,
Jonin ol niri imoni bilan.

Xoliqo!
Poishlarim bosh aylasang,
Xirmani rahmat mango chosh aylasang.
Munda tavfiqim,chirog'im qo'lga ber,
Onda imonimni yo'ldosh aylasang.

Xoliqo!
Afv ayla o'tgan yoshima,
Yaxshi qullarni ato qil qoshima.
Go'r ichinda kelsa ikki so'rg'uvchi
Onda sen rahm ayla yolg'uz boshima.

Xoliqo!
Diydamg'a ashki zori ber,
Ko'ngluma doim muhabbat yori ber,
Obi kavsardin mani serob etib,
Ham mang'a ko'pruk o'tarda yori* ber.

Xoliqo!
Lutf et gadoyi zoring'a,
Bandadurman,zorman har bir koring'a.
Mag'firat daryosig'a g'arqob etib,
Ko'zlarim shoyasta qil diydoring'a.

Xoliqo!
Tuz aylagaysan rohimiz,
Mustajob etgil duoi ohimiz.
Tongla hayron bo'lsa xalq o'z holig'a,
Mustafoni qil shifoatxohimiz.

So'fi Olloyor
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 07 Aprel 2008, 15:58:26
To'lan Nizom to'rtliklari:

Dunyo nima o’zi, siri qayerda?
O’sha kam deyilgan biri qayerda?
To’lan Nizom boshi yerday aylanur,
Uni biladigan piri qayerda?


Iymon, vijdon qani, qaydan topamiz,
E’tiqod, ixlos deb qayga chopamiz,
Qandoq yashiramiz nuqsonni eldan,
Oyni etak bilan qandoq yopamiz.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 07 Aprel 2008, 15:59:07
Haromni gunohga botib ham yeysan,
Turib yeysan, hatto yotib ham yeysan,
To’lan Nizom deydi: joynamozingni
Bir kuni to’ymasdan sotib ham yeysan.

Kel, ey, do’stga qo’l ber, yurganda yo’l ber,
Gar hovuz so’rasa, sen unga ko’l ber.
Dengiz ber, daryolarni ber, yana u
Nimani istasa, shuni ber, mo’l ber.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 07 Aprel 2008, 15:59:50
Umring bor, dunyoni sayohat ayla,
To’liqsang mozor bor, ibodat ayla.
Ko’ngil ochilmasa, Turkistonga bor,
Ahmad Yassaviyni ziyorat ayla.

Ana, o’tga tushdi, yonmadi shoir,
Haqiqat dardiga qonmadi shoir.
Ko’rgil, Mashrab hazratlari o’lmagay,
Chunki o’zligidan tonmadi shoir.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 07 Aprel 2008, 16:00:51
Yurak chiroq edi, piligi kuydi,
Qalbim qiymalandi, tiligi kuydi.
To’lan Nizom dedi: yor ketdi,ishq yo’q,
Ovora oyoqning iligi kuydi.

Jafo xaddan oshdi, jon chidayolmas,
Hajriga xon, sulton chidayolmas.
To’lan Nizom yonar,alangasiga
Yer chidayolmas,osmon chidayolmas.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 07 Aprel 2008, 16:01:22
Inkor etolmaysan, sevganim-sevgan,
Tashlab ketolmaysan,sevganim –sevgan.
To’lan Nizom deydi: yugur, ey ko’ngil,
Ammo yetolmaysan,sevganim-sevgan.

Tuproqqa bosh egib turgandim shodon,
Menga ato qilding deb aqlu iymon.
Kimdir shivirladi, non ham berdi yer,
Uning evaziga sendan olar jon.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 07 Aprel 2008, 16:01:55
Do’stlik nima o’zi, kim yaratadi,
Do’stsiz o’tgan damlar tez qaritadi.
To’lan Nizom, do’stlik eng oliy ne’mat,
Qalbingni qayg’udan u aritadi.

Menga falak kerakmas,
Suyadigan oyim yo’q.
Olam tor, dildan boshqa,
Boradigan joyim yo’q.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 07 Aprel 2008, 16:02:15
Bulbul, muncha maqtovlaring zo’r,
Seni demas qo’shiq yo’q,she’r yo’q.
Bulbul dedi: sayrashlarim ko’r,
Nega menga do’q urasan, do’q.

Kimlar badavlatu kim yashar muhtoj,
Kimlar tuban, kimning boshi uzra toj.
To’lan Nizom yig’lar: taqdir turfa rang,
Shul bois bu zamin topmadi rivoj.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 08 Aprel 2008, 16:37:06
Kim o’qisa Qur’onni,

Gapirmasa yolg’onni,

Yahshi ko’radi Allah,

La ilaha illalloh.

 

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 08 Aprel 2008, 16:37:45
Dilda oily niyatdir-

Gunohlardan hijratdir.

Insha Allah borguchi

Vatanimiz Jannatdir!
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 08 Aprel 2008, 16:38:02
Kimki gapirsa yolg’on,

Bo’lmasa unda iymon,

Unga do’zax kifoya!

Keyin qilar pushaymon

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 08 Aprel 2008, 16:38:30
Bilmaymiz nedir aldam,

To’g’rilik bizga hamdam.

Haq so’zdan qaytmagaymiz

Boshga qilich kelsa ham
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 08 Aprel 2008, 16:39:18
Mo’minning hayoti esgulik – iymon

Kofirning hayoti faqat oshu-non.

Hayotning mazmunin anglab yetmasa

Hayvondan nima farq qiladi inson?!

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 08 Aprel 2008, 16:40:14
Qara ey oqil inson!

Kimniki eru-osmon?

Kim yaratdi ularni?

Bormi ularda nuqson?

 

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 08 Aprel 2008, 16:40:52
Halol toyyib taomlar

Pok libosu-anjomlar,

Shukrin ado etaylik!

Allohdan bu – in’omlar.

Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Muhammad Amin 08 Aprel 2008, 16:41:19
Alloh pokdir, undan o’zga iloh yo’q,

Unga mushrik bo’lmoqdan zo’r gunoh yo’q,

Unga mushrik bo’lgandan zo’r gumroh yo’q

Bu ishlarda Undan o’zga panoh yo’q.
 
 
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 03 May 2008, 13:44:01
Tuproq to’shagida yotgan ko’p ko’rdim,
Yer qaro bag’riga botgan ko’p ko’rdim.
Yo’qlik olamiga ko’z tashlaganda,
Kelmagan ko’p ko’rdim, ketgan ko’p ko’rdim.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 03 May 2008, 13:47:16
Ko’nglim oppoq, na kek va na kinam bor,
Dushmanim ko’p, valekin men hammaga yor.
Mevali daraxtman, har bir o’tkinchi,
Tosh otib o’tsa ham menga bo’lmas or.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 03 May 2008, 13:50:46
Podsholik istasang, bo’l el gadosi,
O’zingni unutu, bo’l el oshnosi,
El toj kabi boshga ko’tarsin desang,
El qo’lin tutginu bo’l xokiposi.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 03 May 2008, 13:53:41
Oh tortgan chog’ingda yo’lga ko’z tutgil,
Yo’lda quduq bordur, ehtiyoting qil,
Do’st uyida mahram bo’lgan vaqtingda,
Qo’lingni, ko’zingni dilni til bil.


Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 03 May 2008, 13:56:15
Ul qodirki arzu aflok yaratdi,
Ko’ngilda do’g, dilni g’amnok yaratdi.
Mushkin zulflarniyu yoqut lablarni,
Yerda qorib oxirda xok yaratdi.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 03 May 2008, 13:59:30
Necha yil ilm-hunar payida bo’ldik,
Necha yil zar-zevar payida bo’ldik.
Olam sirlaridan bo’lganda ogoh,
Bari ishni tashlab qalandar bo’ldik.

    Pahlavon Mahmud
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 06 May 2008, 13:00:05
Yeru osmon, suv, havoni bergan O‘zing,
Olam uzra kuy, navoni bergan O‘zing,
Qudrating-la yaralgan bir ojiz bandangman,
Dard bergansan, davoni ham bergan O‘zing.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 06 May 2008, 13:00:12
Demang, dunyo g‘urbatlardan iborat,
Fisqu fujur, g‘iybatlardan iborat.
O‘zligini anglab yetgan insonga
Dunyo dilkash suhbatlardan iborat.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 06 May 2008, 13:00:20
Yolg‘izlik faqat Yaratganga yarashar,
Hayotda hamrohing, do‘sting bilan yur.
Hamrohning kimligi ko‘p muhim, bilsang —
O‘zingdan bir sifat ustun bilan yur...
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 06 May 2008, 13:00:27
Rizqimiz ochilgan har joy oralab,
Uni terayapmiz goh qo‘l yaralab.
Qaysimiz halol yo harom yeganmiz,
Xudoim Mahsharda olar saralab.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 06 May 2008, 13:00:35
Ta’magirdan savob ishlar kutmagin,
Hayosizning ko‘chasidan o‘tmagin.
Fanoda shaytonning shotirlari ko‘p,
Bunda yo‘liqqanning dastin tutmagin.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 06 May 2008, 13:00:42
Aybing bo‘lsa ranging o‘chib yashaysan,
Qo‘rquv, tahlikani quchib yashaysan.
Baloi badlarga giriftor bo‘lib,
Tavahhumga tushib, cho‘chib yashaysan.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 06 May 2008, 13:00:52
Xotin yomon bo‘lsa, mehmoning ketar,
Farzand yomon bo‘lsa, darmoning ketar.
Hech qurisa biriga insof so‘ragin,
Ikkisi yomon bo‘lsa, iymoning ketar.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 06 May 2008, 13:01:14
To‘rt tomon nohaqlik degandan ko‘ra,
O‘zing to‘g‘rimisan, qalbingdan so‘ra.
Nafs g‘olib joylarda qachon haq bo‘lgan,
Iymoning but bo‘lsa, haq shu-da, jo‘ra.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 06 May 2008, 13:01:30
Vaj qidirib yurish shartmas uzoqdan,
Adolatning dasti ketdi shilinib.
Kechda nokas Sherga qo‘ygan tuzoqqa
Tongda sodda Quyon qoldi ilinib.

Ismatulla Mamanov
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 11:09:21
Dunyo kengga kengu, torga tordir u,
Arqon kimga madad, kimga dordir u,
Boshingga ish tushsa birovdan ko’rma,
Degan gap azaldan haqdir u.

Omonulloh Mutal
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 11:09:29
Qushlar chug’ur-chug’urin birov kuy deb, biladi,
Birov kaltal o’qtalib porakanda qiladi.
Shundy ekan insonning tabiati xilma-xil,
Biri sevgan narsani birin qalbin tiladi.

Omonulloh Mutal
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 11:09:36
Jilmayganning bari bo’lmas mehribon,
Jallod ham kular ken, olar ekan jon.
O’roqqa razm sol quchog’in kerar,
Tagdan qirqish uchun qaytib ketar on.

Omonulloh Mutal
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 11:10:27
Odamni tanitgan til bilan qo’ldir.
Yo’lidan chalg’itgan o’ng bilan so’ldir.
Dunyoda hikmat ko’p, ibratli bo’lgin
Kemtiging ko’rsang gar, tek turmay to’ldir.

Omonulloh Mutal
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 11:10:38
Rostingni aytolsang o’zingga foyda,
Halovat bo’lmaydi yolg’on bor joyda.
Ming ishlov bersangda spool chinnimas,
Chunki uning asli ishlangan loydan.

Omonulloh Mutal
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Said Nosir 18 Iyun 2008, 16:24:55
Loy mushtlab turgan anavi kulol,
Qilsaydi aql ila chuqurroq hayol.
Hech qachon bunchalar tepkilamasdi,
Ota tuprog'idan yasarkan sopol.


Umar Xayyom
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 16:29:11
KO’ZLAR

Qancha nafis edi uning nigohi,
Suzilib boqqanda u goh-gohi –
O’ylardim go‘zallik bilan ko‘zlarning
Azaldan o‘qilgan mangu nikohi...

Maqsud Shayxzoda (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2470&Itemid=217)
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 16:30:16
YAXSHILAR QADRI

Do‘stlar, yaxshilarni avaylab saqlang!
«Salom» degan so‘zning salmog‘in oqlang.
O’lganda yuz soat yig‘lab turgandan, -
Uni tirigida bir soat yo‘qlang!

Maqsud Shayxzoda (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2470&Itemid=217)
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 16:33:43
Ikki narsa og‘ir ko‘ngaimga asli,
Ikki narsa uchun yo‘q menda bardosh:
Biri - dushmanimning shodon qahqahasi,
Biri - do‘st ko‘zida miltillagan yosh.

Asqad Muxtor (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=473&Itemid=217)
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 16:34:57
Hayot shunday mo'jizaki:
Qancha jabrin tortsang oz.
O'lim esa uning uchun
Arzimas bojdir, xolos.

Asqad Muxtor (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=473&Itemid=217)
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 16:36:52
Qadrlasang insonligingni,
Vafo qilsang o‘zingga o‘zing,
Faqat-faqat shunda men bilan
To‘gri kelur taqdir - yulduzing.

Saida Zunnunova (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2473&Itemid=217)
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 16:37:47
Ko‘ngil - yo‘l bo‘yida o‘sgan bir eman,
Tuyg‘u - buloq aytar shan rivoyatlar.
Turfa xil qurolu turfa qo‘l bilan
Tanasiga yozuq erur dastxatlar.

Ibraim Yusupov (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2474&Itemid=217)
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 16:38:08
- Tog‘ning qora toshi, yig‘laysan nega?
Sen kimdan xafasan - dil-bag‘ring garyon?
- E voh, hozirgina toshdillar bunda
Haqiqatni qildi rosa toshbo‘ron...

Ibraim Yusupov (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2474&Itemid=217)
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 16:38:29
To‘g‘ri kelmas sening aql toshingga,
Har kimning o‘zicha o‘lchov toshi bor.
Yengil kelsang, u-ku kular ustingdan,
Og‘ir kelsang - yog‘ar qabog‘idan qor...

Ibraim Yusupov (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2474&Itemid=217)
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Said Nosir 18 Iyun 2008, 16:39:14
Koshki tinch joy topib ketib bo'lsaydi,
Yo bu uzoq yo'lini o'tib bo'lsaydi.
Yuz ming yildan keyin orzu-umidlar
Tuproqdan ko'katdek unib kulsaydi.

Umar Xayyom
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Said Nosir 18 Iyun 2008, 16:40:10
Qazo chavgonida koptokdek nuqul,
Chapu o'ng yumala, dema: noma'qul,
Seni yumalashga solgan kim bo'lsa,
U bilgay, u bilgay, u bilgay: ha, ul 
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 16:40:34
KAMTARONA...

Hayot dehqonga yer etibdi ato,
Temirchiga - bosqon, chumoliga - xas.
Men yurmog‘im uchun yayrab el aro
Qalam ko‘targudek quvvat bersa bas.

Husniddin Sharipov (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2475&Itemid=217)
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 16:41:09
Uchma ko‘p ham choy-chaqalarga,
Kun qolmasin ko‘r baqalarga.
Uzoq umr ko‘raman, deb sen
Havas etma toshbaqalarga!

Normurod Narzullayev (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2476&Itemid=217)
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 16:41:29
Otangga cho‘p otsang, bolang tosh otar,
Tosh tegsa boshingga, jonni qaqshatar.
 Hisobli dunyo bu qadim-qadimdan,
So‘nggi pushaymondan ko‘zda yosh qotar!

Normurod Narzullayev (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2476&Itemid=217)
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Said Nosir 18 Iyun 2008, 16:41:48
Senga ko'rsatsalar,yasog'lik olam
Sen sevma, sevmaydi aqlli odam.
Sendeklar bir talay keldiyu ketdi,
Seni olmay turib, olib qol sen ham...
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 16:42:01
Gapirsin qalbing, ko‘zing,
Zinhor yolg‘on so‘zlama!
Bo‘lsa ham ikki yuzing,
Bo‘lma ikki yuzlama!

Normurod Narzullayev (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2476&Itemid=217)
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Said Nosir 18 Iyun 2008, 16:43:08
O'zni dono bilgan u uch-to'rt nodon,
 Eshak tabiatin qilur namoyon.
 Bular suhbatida sen ham eshak bo'l,
 Bo'lmasa "kofir" deb qilishar e'lon.  

 Umar Xayyom
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Said Nosir 18 Iyun 2008, 16:43:41
Falakning ustidan kim topdi zafar,
Yer qachon odam yeb to'yibdi magar-
Meni yemadi, deb kekkaya ko'rma,
Shoshmay tur, ko'p o'tmay navbating yetar.

Umar Xayyom
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Said Nosir 18 Iyun 2008, 16:44:12
Ey ko'z, ko'r bo'lmasang go'rdan bo'l ogoh,
Fitna to'la olam, har yon qayg'u-oh.
Chumoli og'zida guldek yonoqlar,
Yer qo'ynida sulton, sardor, podshoh....

Umar Xayyom
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Said Nosir 18 Iyun 2008, 16:44:39
O'z erkingda emas, axir, erta kun.
Ertangni ko'p o'ylab bo'lma jigarxun.
Bu damni bekorga ketkazma aslo,
Bilib qo'y, dunyoga bo'lmaysan ustun.

Umar Xayyom
 
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Said Nosir 18 Iyun 2008, 16:45:15
Ko'plar donishmand deb bildilar o'zni,
Xudoning zotidan ochdilar so'zni.
Hech biri bilolmay azal sirlarni,
Aljirab-valjirab yumdilar ko'zni...

Umar Xayyom
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Said Nosir 18 Iyun 2008, 16:46:26
Afsus, umr behuda bo'lmishdir barbod,
Bo'lmadim haromdan bir nafas ozod,
Buyurganin qilmay yuzim qarodir.
Amringdan tashqari ishlaringdan dod!

Umar Xayyom
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Said Nosir 18 Iyun 2008, 16:54:01
-"Tilingan tillarga qon yugurgusi,
Bo'shangan inlarga jonlar kirgusi.
Tikanli boqchalar chechak ko'rgusi,
Haq yo'li,albatta,bir o'tilgusi..."

www.jadid.my1.ru
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: AbdulAziz 30 Iyun 2008, 08:50:32
Tun bo'yi bemorga yig'lab bir odam,
Tongda o'lib qoldi, bemor-chi bardam.
Qanchalik chopqir ot jon taslim etdi,
Cho'loq eshak esa manzilga yetdi...

Shayx Sa'diy
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Iyun 2008, 11:33:15
Bozorga o‘xshaydi asli bu dunyo,
Bozorga o‘xshaydi bunda ham ma’ni.
Ikkisi ichra ham ko‘rmadim aslo,
Molim yomon degan biror kimsani.

Abdulla Oripov (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=468&Itemid=217)
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Iyun 2008, 11:33:37
Oqar daryoga ham kimdir band bergan,
Hayot kimga zahar, kimga qand bergan.
Ey, g‘ofil, sarkash deb, meni kamsitma,
G’anim senga emas, menga pand bergan.

Abdulla Oripov (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=468&Itemid=217)
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 30 Iyun 2008, 11:34:17
Deydilar it hurur - o‘tadi karvon,
Ranju balolardan yonmasin joning,
Lekin alam qilar bir umr giryon
Itlar orasidan o‘tsa karvoning.

Abdulla Oripov (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=468&Itemid=217)
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 03 Iyul 2008, 12:35:53
SIZKIMU MENKIM

Sirtimga qarab siz chiqarmang hukm,
Bilmasdan dilimda nimalar hokim.
Davrada vaqt degan bir donishmand bor,
U hali aytadi siz kimu men kim.

Shafoat Rahmarullayev (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2504&Itemid=217)
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 03 Iyul 2008, 12:36:31
KEKSALIK

Sochim zanjirida ajabo oq zang,
Ko‘z demish ko‘zgumdan arimaydi chang.
Vaqt degan egovdan tirnalgan yuzim,
Charxlangan aqlimning tig‘iga qarang.

Shafoat Rahmarullayev (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2504&Itemid=217)
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 03 Iyul 2008, 12:37:37
ORZU

Oppoq bulutlardan belanchak qilsam,
Hilol ipagidan halinchak qilsam.
Bobotog‘ kelbatli kuyov bo‘lsamu
Bahorni o‘zimga kelinchak qilsam.

Shafoat Rahmarullayev (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2504&Itemid=217)
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 03 Iyul 2008, 12:37:57
DARAXT

Ko‘nglimning rangdoshi do‘stim-a, daraxt,
Darchamning tubida o‘sding-a, daraxt,
Erkim yo‘lboshisi shu darcha edi,
Shuni ham ko‘zimdan to‘sding-a, daraxt.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 03 Iyul 2008, 12:38:24
VAQT BOR DEB

O'zimga vaqt bor deb dalda beraman,
Doimmas uni har galda beraman,
Asli zuvolam shu yolg‘on dunyodan
Shuning-chun o‘zimni aldayveraman.

Shafoat Rahmatullayev
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 21 Iyul 2008, 13:39:58
Қизларда ҳаё йўқ, йигитлар беор,
Бухорий, Темурлар йиғлаёди зор-зор:
“Ҳикматли Бухором, Ўзбекистоним,
Наҳот сени бугун қоплади ғубор!?”
                      * * *
Осмонга боқаман сонсиз юлдузлар,
Аллоҳ ҳикматини сўзлар бетўхтов,
Эсаётган шамол, майса, дарахтлар,
Дейди: “Ҳақ Қиёмат, яқиндир Сўров!”
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 21 Iyul 2008, 13:40:27
Намозда хушуъ йўқ, рўзалар қазо,
Қуръони Каримни унутди инсон,
Суннат амал эмас, қилинар риё,
АБАДИЙ ЖАННАТдан юз бурди инсон.
                      * * *
Бедор ўтказамиз узун тунларни,
“Таҳажжуд”да дуони қилмасдар канда.
Аллоҳдан сўраймиз гўзал ЯКУНни,
Гарчи ўзимиз бир гуноҳкор банда.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 21 Iyul 2008, 13:40:35
Бу дунё ҳаёти бир меҳмонхона,
Биз-чи, келиб-кетар йўловчи, меҳмон.
Ким яшар Аллоҳни дўст тутиб ўзга,
Кимдир бу дунёдан ўтар беиймон.
                       * * *
Орзулари бор бўлсина инсонни,
Нафс комига асир қилиб қўяди.
Аллоҳ зикрин, ибодатин қилишдан,
Мол-дунё ҳаваси ортиб боради.
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: Robiya 21 Iyul 2008, 13:40:56
Тил бердинг зикрингни қилмадим дилдан,
Икки кўзим тиёлмадим зинодан.
Кўксга уриб: “Мусулмонман!” дейману,
“Калима”ни айтолмадим юракдан.
                       * * *
Ҳақлиманми ёки йўқ, лекин,
СЕН*инг васлинг менинг маслагим!..


Гўзал Аҳлиддин қизи

* - Аллоҳ азза ва жалла
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 28 Iyul 2008, 11:31:21
Umrimni sarf etdim - pul qildi zamon,
Gulxanlar yoqdim men - kul qildi zamon.
Men baxtni madh etib yozgan she’rimni
Qog‘ozdan yasalgan gul qildi zamon.

Abdulla Sher (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2505&Itemid=217)
Nom: Re: To'rtliklar
Yuborildi: shoir 28 Iyul 2008, 11:35:57
Umring ko‘pi bilan bir-ikki nafas,
Nafas esa kichik bir shamolu sas.
Shamolga tayanmish umring binosi,
Mustahkam imorat yelga tayanmas.

Ibn Sino